|
|||||||||||
|
Adabiyotlarni berish |
||||||||||
Har qanday talaba, o`qituvchi yoki xodim kutubxonadan foydalanish xuquqiga ega, faqat foydalanuvchi yonida kitobxonlik guvohnomasi bo`lishi va kutubxonadan foydalanish qoidalariga rioya qilishi sharti bilan foydalanishi mumkin. Talabalar O`quv adabiyotlar abonementida (219-xona), o`qituvchilar, xodimlar va aspirantlar esa Ilmiy adabiyotlar abonementida (217-xona) kutubxonaga a`zo bo`lishligi mumkin. Buning uchun guvohnoma yoki talabalik guvohnomasi va 3x4 sm xajmdagi 2 ta rasm bo`lishi kerak. U yoki bu kitobni olish uchun kitobxon kitob shifrni an`anaviy (219-xona) yoki elektron (220, 215, 213, 207-xonalar) kataloglardan topishi kerak. Shifrni topib, kitob muallifi va nomini yozib olish yodingizdan chiqmasin. Agar katalogdan topishga qiynalsangiz, xonadagi navbatchi kutubxonachiga murojaat qilishingiz mumkin. Kitobxon toifasiga va adabiyot turiga qarab adabiyot berish muddati va qoidasi o`zgartirilishi mumkin va bu xaqida kutubxonadan foydalanish qoidasi dan bilib olishingiz mumkin. |
|||||||||||
so`ngi yangilangan sana: 27.08.2020 |