219-xona
Abonementning asosiy vazifasi - universitet talabalariga darsliklar, o`quv va metodik qo`llanmalar bilan ta`minlash. Talabalarning kutubxona bilan tanishishi shu abonementdan boshlanadi, shu erda talabalar kutubxonaga a`zo bo`lib, kutubxonlik guvohnomasini olishadi va kutubxonadan foydalanish qoidasi bilan tanishishadi. A`zo bo`lgan talabalarga birinchi kurslar uchun komplekt kitoblar beriladi. Kitoblar semestrga beriladi. Abonement xodimlari kitob berishdan tashqari quyidagi ishlarni bajarishadi:
- kitoblar ko`rgazmasini tashkil qilish;
- kafedralar bilan adabiyotlarni tanlab ro`yhatdan chiqarish;
- kitobxonlik formulyarlarni tayyorlash;
- o`qishdan chetlashtirilgan talabalar buyrug`i bilan ishlash;
- talabalarning alifboli va sanoqli kartotekasi bilan ishlash;
- talabalar tomonidan yo`qotilgan kitoblar o`rniga kitoblarni qabul qilish va ularni rasmiylashtirish;
- kutubxona tomonidan uyushtirilgan barcha tashkiliy ishlarida qatnashish.
Ish vaqti:
Dushanba - juma: 9:00 dan 18:00 gacha
Shanba: 9:00 dan 14:00 gacha
Xodimlar:
1-toifali kutubxonachi - Maxkambayeva Zuhra Baltabayevna
1-toifali kutubxonachi- Tulyaganova Maxbuba Anvarovna
|
217-xona
Ilmiy adabiyotlar abonementi matematika, fizika, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya, butunjahon tarixi, san`at, tibbiyot, sport va til o`rganish bo`yicha ilmiy adabiyotlar bilan universitet professor-o`qituvchilar tarkibiga, xodimlarga, aspirantlarga va talabalarga hizmat ko`rsatadi. O`quv adabiyotlar faqat o`qituvchilarga beriladi. Ilmiy adabiyotlar abonementida o`qituvchilar, xodimlar va aspirantlar kutubxonaga a`zo bo`lishadi va ularga kutubxonada yagona bo`lgan kitobxonlik guvohnomasi beriladi.
Adabiyotlar kitobxonlik guvohnomasi mavjud bo`lganida, kitob so`ralishiga qarab 3 kundan 2 haftagacha bo`lgan muddat bilan uyga beriladi. O`qituvchilarga darsliklar bir yilga beriladi. Kerak bo`lgan taqdirda, ular qayta ro`yhatdan o`tib muddatini kelasi yilga uzaytirishligi mumkin.
Hizmat ko`rsatishdan tashqari abonement xodimlari tomonidan kitob ko`rgazmasini uyushtiriladi, adabiyotlarni ochiq ko`rish tashkillashtiriladi va kitobxonlar bilan fondni saqlash bo`yicha suhbatlar olib boriladi.
Kitobxonlar ushbu abonementda badiiy adabiyotlardan foydalanishligi mumkin.
1-toifali kutubxonachi-Rustamova Ma`mura Anvarovna
|
|
221-xona
№ 1 o`quv zali talabalar falsafa, pedagogika, psihologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, fizika, matematika, informatika, va universitetda o`tiladigan maxsus fanlardan darslik va o`quv qo`llanmalardan foydalanishligi mumkin. Ushbu bo`lim fondida universitetning professor-o`qituvchilar tarkibi tomonidan yaratillgan 176 nomdagi ma`ruzalar matni, universitetda o`qitiladigan fanlarga doir 577 nomdagi metodik qo`llanmalari davlat va rus tillarida mavjud.
Zalda O`zR Prezidenti I. A. Karimovning asarlarining ko`rgazmasi har doim uyushtiriladi.
O`quv zaliga kitobxonlik guvohnomasi bilan kiriladi. O`quv zaligadagi adabiyotlar uyga, darsga yoki nusxa ko`paytirishga berilmaydi.
Ish vaqti:
Dushanba - juma: 9:00 dan 18:00 gacha
Shanba: 9:00 dan 14:00 gacha
Xodimlar:
1-toifali kutubxonachi-Dadasheva Zulfiya Kabulovna
1-tiofali kutubxonachi-Abduraxmonova Fotima Karimjonovna
|
201-xona
Kutubxonaga yagona nusxada bo`lgan va yuqori darajada so`raladigan yangi adabiyotlar ushbu qiroatxonaga beriladi. Bundan tashqari bu erda texnikaga oid jurnallar bilan ham tanishish mumkin. Adabiyotlarni faqat kitobxonlik guvohnomasi bilan foydalanish mumkin. O`quv zali professor-o`qituvchilar tarkibiga, talabalarga, magistrlarga, aspirantlarga va xodimlarga hizmat ko`rsatadi. O`quvchilarga kitob va jurnallar tanlashga yordam beriladi, mavzuli va axborot ko`rgazmalari uyushtiriladi, adabiyotlarni ochiq ko`rishni tashkillashtiriladi, yangi qabul qilingan adabiyotlarga va davriy nashr uchun kartotekalar olib boriladi.
Ish vaqti:
Dushanba - juma: 9:00 dan 18:00 gacha
Shanba: 9:00 dan 14:00 gacha
Xodimlar:
1-toifali biblograf-Shohalimova Muqaddas Shokirovna
1-tioyali bibliograf - Isaeva Nargiza
|
|
|
|