Bugungi kunda mamlakatimizda beshta mobil aloqa operatori – GSM standartida faoliyat ko‘rsatadigan “O‘zdunrobita” (“MTS-O‘zbekiston” savdo belgisiostida), “Unitel” (“Bilayn” savdo belgisiostida) va “Coscom” (“Ucell” savdo belgisiostida), CDMA standartida ishlaydigan “Rubicon Wireless Communication” (“PerfectumMobile” savdo belgisiostida) “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “O‘zbektelekommobayl” filiali (“Uzmobile” savdobelgisiostida) faoliyatyuritmoqda.Ularning mijozlari soni 24,3 million foydalanuvchidan ziyod bo‘lib, mamlakataholisining 80 foizdan ortig‘ini tashkiletadi.
Prezidentimiz IslomKarimov yuqori texnologiyali telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish mamlakatimiz uchun qanchalik muhim strategika hamiyatga ega ekanini alohida ta’kidlaydi. Davlatimiz rahbari 2010 yil 7 dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida yurtimizda 6 million kishi internetdan foydalanayotgani, ularning yarmini mobilaloqa orqali internetdan foydalanuvchilar tashkil etishini qayd etganedi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugun ushbu ko‘rsatkich 7,6 million kishigayetgan, ularning 4,27 million nafari internetdan mobil aloqa orqali foydalanmoqda.