13-MAVZU. YAGONA O'QUV-TARBIYA JARAYONIDA FUQAROLIK VA VATANPARVARLIK TARBIYASI
1. Fuqarolik va vatanparvarlik tarbiyasi jarayonida milliy istiq-lol g'oyalarining mazmun, mohiyati.
2. O'zbekiston fuqarosining o'z Vatanini sevishi.
3. Qur'oni Karim va hadislarda huquqiy tarbiya.
4. Yagona o'quv-tarbiya jarayonida fuqarolik va vatanparvarlik g'oyasini yoshlar qalbi va ongiga singdirish yo'llari.
Ijtimoiy hayotda fuqarolik madaniyatining shakllanishi jamiyat manfaatlari hamda fuqaroning birgalikdagi manfaatiga mos keladi.
Istiqlol mafkurasi ko'p millatli O'zbekiston xalqining ezgu g'oya-ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo'lidagi asriy orzu-intilishlari hayotiy ideallarini o'zida aks ettiradi.
Milliy g'oya va istiqlol maflcurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodani, tugal namunasi hali hanuz yaratil-magan tushunchalarni o'zimizga tasavvur qilishimiz kerak. Bu tu-shunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g'oyalarning ma'no-mazmunini teran angiab yetishga xizmat qiladi.
Xalqni buyuk kelajak va ulug'vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan millati, tili va dinidan qat`l nazar har bir fuqaroning yagona Vatan baxt - saodati uchun doimo mas'uliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizga munosib bo'lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga da'vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot -mezoniga aylantirish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. O'zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo'lidagi bosh g'oyasi-ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g'oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliya-tining ma'no-mazmunini belgilaydi.
Milliy istiqlol mafkurasida fuqarolik va vatanparvarlik tarbiyasining talqini
Yosh avlodga yagona pedagogik jarayonda axloqiy tarbiya malakasini singdirishda, avvalo, fuqaroviylik yo'nalishini berish muhim masala sifatida qaralmog`i lozim. Zero ta'lim tizimida yoshlar ongida fuqaroviylik tushunchasini hosil qilish vatanparvarlik g'oyalari asosida shakllanadi. Shuning uchun ham fuqaroviylik tarbiyasi vatanparvarlik tarbiyasi bilan uzviy bog'liq holda amalga oshiriladi.
Vatan - insonning kindik qoni to'kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan, hayotiga ma'no-mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan - ota-bobolarimizning xoki poylari jo bo'lgan, vaqti-soati yetib har birimiz bosh qo'yadigan muqaddas zamindir.
Barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligi va qonun ustuvorligini, jamiyat munfaatlari va aholi xavfsizligining muhofazasini kafolatlovchi huquqiy davlatni barpo etish yo'lidan bo-rayotgan ekanmiz, biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma'-naviyva axloqiy qadriyatlarga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e'tibor qaratadi. Bu jarayon milliy istiqlol g'oyasi va maf-kurasiga, o'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga asoslanadi.
Vatanparvarlik haqida gapirganda ona zaminga bo'lgan mu-habbat, uni sevish, ardoqlash va uning ravnaqi yo'lida g'amxo'rlik qilish tushuniladi.
Millatimizning vatanparvarligi - bu xalqimizning qoniga singib ketgan iymon va isnof, mehr-muhabbat, vijdon va andisha, or-no-mus, ona yurtga, elatiga sadoqat kabi azaliy axloqiy-ma'naviy qadriyatlar haqidagi g'oya va qarashlari yig`indisidir.
Jamiyatni ma'naviy yarigilanishdan ko'zlangan bosh maqsad: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik,-diniy bag'rikenglik kabi ko'p muhim masalalardan iborat. Misol uchun Vatan tuyg'usini olaylik. Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug`iladi, ya'ni inson o'zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg'usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo'lsa, tug`ilib o'sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo'ladi.
Qur'oni Karim va Hadisi Sharif huquqiy munosabtalarni tash-kil etish manbayi sifatida. Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, o'zbek xalqi ko'p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyat tarixiga ega. Payg'ambar alayhissalom vafotlaridan so'ng islom ola-mida yangi qonun va qoidalarning paydo bo`lish jarayoni to'xtadi. Ana shu davrdan boshlab barcha huquqiy muammolar Qur'oni Karimda va Payg'ambar alayhissalom sunnatlarida ko'rsatib bergan qonun va qoidalar asosida hal etilib huquqiy tarbiya beriladigan bo'ldi. Islom huquqshunosligi asosan Qur'oni Karim va sunnati Naboviya asosida shakllanadi va sunnatning negizini tashkil etuvchi hodisalarni jamlab kelajak avlodning huquqiy ehtiyoji vujudga keladi. Buyuk islom olimi faqih Burhonuddin-al Marg`iloniy Qur'oni Karim va hadis ilmini mukammal egallab, fiqh-islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo'lgan va huquqiy tarbiya sohasida beqiyos durdona hisoblangan «Al Hidoya» asarini 573-yil (milodiy U70-y) da yozgan. «Al Hidoya» bir necha asrlar davomida ko'p musulmon mamlakatlarida, jumladan Markaziy Osiyoda huquqiy tarbiyaga oid eng yirik asosiy manbalardan biri bo'ldi.
Bugungi kunda mamlakatimiz mustaqil demokratik huquqiy davlat qurish yo'lidan borayotganligini quyidagicha asoslab berish mumkin:
• istiqlot mafkurasi umumbashariy qadriyatlarni e'tirof etishi va ulardan oziqlanishida ham ko'rish mumkin;
• qonun ustuvorhgi;
• inson haq-huquqlari va hur fikrlilik;
• turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash;
• diniy bag'rikenglik;
• dunyoviy bilimlarga intilish, ma'rifatparvarlik;
• o'zga xalqlarning ilg'or tajribalari va madaniyatini o'rganish va hakozo.
O'zbekiston insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qat`l nazar fuqarolarning hu-quqlari va erkinliklarini ta'minlab beradigan davlat. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqiy tarbiyada asosiy dastur bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasining mustaqil bo'lishi munosabati bilan maktablardagi ta'lim-tarbiya ishlari rivojlanib takomillashib borayotir. Mamlakatimizda juda katta o'zgarishlar ro'y berganligi yangi jamiyat barpo etilganligi natijasida qonunchilik va huquq tartibotini yanada mus-tahkamlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini hi-moya qilishni kuchaytirish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Har bir pedagog ta'lim bilan tarbiya berishga jiddiy e'tibor berishi lozim. O'quvchi yoshlarga tarbiya berishda ularga yuksak fuqarolik his-tuyg'ularni sifat va xislatini tarkib toptirishda ta'lim va tarbiya birligi muhim ahamiyat kasb etgan. Maktabda o'qiti-ladigan har bir fanning o'ziga xos tarbiyaviy ahamiyati va imkoniyatlari bor. Ana shu imkoniyatlardan o'z o'rnida to'g'ri foydalanish o'qituvchining bilim, tajriba va mahoratiga, izlanishiga bog'liq. Ta'limiy-tarbiyaviy omil va vositalar ko'p. Shulardan bin davlat ramzlaridan darslarda va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'rinli foydalanishdir. Davlat ramzlaridan pedagogik maqsadlarda foydalanish, ta'lim va tarbiya jarayonida ularning ahamiyatini o'quvchilarga tushuntirish, ularning xulq atvoriga chuqur ta'sir etadi. Hozirgi vaqtda Davlat ramzlaridan foydalangan holda o'quv tarbiya ishlarini tashkil etish muhim masalalardan biri. Hayotga qadam qo'yuvchi har bir o'smir o'z respublikasining qomusini bilishi, unga amal qilishi kerak. O'quvchilarda O'zbekiston respublikasi Madhiyasi, Gerbi va Bayrog`iga nisbatan hurmat tuyg'ulari tarbiyalanishi zarur.
Hozirgi davrda bolalar va o'smirlar o'rtasida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning yangi shakllari qo'llanilmoqda. Yoshlar o'rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tashkil etish va sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish borasida pedagogik faoliyatni yanada kuchaytirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1. Umumiy ta'lim maktablarida huquqiy bilimlarni targ`ib qiladigan xonalar tashkil etishga alohida ahamiyat berish.
2. Barcha maktablarning sud, prokuratura, advokatura, birinchi navbatda esa voyaga yetmaganlar inspeksiyasi va voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiyalar bilan aloqa-larini mustahkamlash.
3. Doimiy ravishda yangi tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va ularni hayotga keng tatbiq etish. To'plangan ilmiy bilimlardan pedagogik tajribalarda oqilona foydalanish, o'smirlarga davlatimiz qonunlariga muntazam rioya qilish ko'nikmalarini singdirish huquqiy tarbiyaning samarali amalga oshirish garovidir.
Asrlar davomida insoniyat bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume'tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'ri-kenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi.
Insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon er-kinligi ham qonun yo'li bilan kafolatlanadi. "Taraqqiyotning o'zbek modeli" - yurtboshimiz tomonidan jamiyatni isloh qilishning chuqur ilmiy asoslangan tamoyillaridan birida shunday deyiladi: «Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi, demokratik yo'l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istis-nosiz hamma hurmat qilishi va ularga og`ishrnay rioya etishi lozim».
Shunday ekan, o'quv-tarbiya jarayonida fuqarolik va vatan-parvarlik tarbiyasini amalga oshirish uchun o'quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, vatan, jamiyat uchun fidoiy insonlar etib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Milliy istiqlol g'oyasining mohiyatini qanday tushunasiz?
2. Milliy ongni shakllantirish qanday yo'llar bilan amalga oshirilishi mumkin?
3. Fuqarolik tarbiyasining asosini nimalar tashkil qiladi?
4. Fuqaroning vatanparvarligi nimalarda namoyon bo'ladi deb o'ylaysiz?
5. Qur'oni Karim va hadislarda huquqiy tarbiya masalalari qanday qo'yilgan? Unga munosabatingizni bildaring.
6. Huquqiy tarbiyaning maqsadi nima va uning mazmunini nima tashkil etadi?
7. Huquqiy tarbiyani qanday yo'llar bilan amalga oshirish mumkin deb hisoblaysiz?
8. «Vatanparvarlik bu -...» mavzusida esse yozing.
1. «Tarbiya jarayonida davlat ramzlaridan foydalanish» mavzusida kichik ma'ruza tayyorlang.
2. Vatanparvarlik his-tuyg'usini baholashga oid test-so'rovno-malariga1 javob bering.
3.Quyidagi testlarni yeching.
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan va necha bob, bo`lim, moddadan iborat?.
A. 1991-yil 31-avgustda, XXV bob, 6-bo'lim, 125-moddadan.
V. 1992-yil 2-iyulda. XXVI bob, 5-bo'lim, 127-moddadan.
S. 1992-yil 8-dekabrda. XXVI bob, 6-bo'lim, 128-moddadan.
D. 1992-yil 18-noyabrda. XXVI bob, 4-boUim, 125-moddadan.
2. «Har kim bilim olish huquqiga ega» degan ibora Konstitu-tsiyaning nechanchi bob va moddasida yozilgan?
A. IX bob, 41-modda.
V. IX bob. 40-modda.
S. IX bob. 31-modda.
D. X bob, 43-modda.
3. Huqiqiy tarbiyaga oid eng yirik asar «Al-hidoya» kimning qalamiga mansub?
A. Al-Termiziy. V. Al-Buxoriy.
S. Al-Marg`inoniy.
D. Ahmad Yassaviy.
4. Konstitutsiyamizning 31-moddasida nima haqida so'z boradi?
A. Fikr yuritish erkinligi haqida.
V. Birjoydan ikkinchi joyga ko'chish haqida.
5. Ilm olish huquqi haqida.
D. Vijdon erkinligi haqida.
5. O'zbekistonning davlat ramzlariga nimalar kiradi?
A. O'zbekiston bayrog`i va gerbi.
V. O'zbekiston madhiyasi.
5. O'zbekiston Konstitutsiyasi
D. Yuqoridagilarning barchasi.
6. Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlari Prezident I.A.Karimovning qaysi. asarida o'z aksini topgan?
A. O'zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlari.
V. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li.
S. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda.
D. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q.
7. «Men nechun sevaman O'zbekistonni» she'rining muallifi kim?
A. Abdulla Oripov.
V. Erkin Vohidov.
S. Muhammad Yusuf.
D. Omon Matchon.
14-MAVZU. O'QUVCHILARNING MEHNAT, KASB VA JISMONIY TARBIYASI
«Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo'yib kelayotgan yoshlarning-ongiga shunday fikrni singdirish ke-rakki, ular o'rtaga qo'yilgan maqsadlarga erishish o'zlariga bog'liq ekanligini, ya'ni bu narsa ularning sobit-qadam g'ayrat -shijoatiga, to'la-to'kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog'liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir».
1. Yosh avlodni tarbiyalashda mehnat tarbiyasining o'rni.
2. Yoshlarni to'g'ri kasb tanlashga yo'naltirish.
3. Sog'lom avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning aha-miyati.
4. O'zbekistonni dunyoga tanitishda sportning o'rni.
Mehnat umuminsoniy, milliy va ma'naviy qadriyatlar taraqqiyotining negizidir. Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining roli va o'rni beqiyos kattadir. Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir. Shuningdek bolaning har tomonlama shakllantirish vositasi, uning shaxs sifatida ulg'ayish omili hamdir. Buyuk ajdodla-rimiz mehnat tarbiyasi to'g'risida to'xtalib, qimmatli fikrlarini bildirib o'tishgan. Masalan, Abdurahmon Jomiy: «Oltin topmaginu o'rgangin hunar, hunarning oldida xasdir oltin-zar», - degan fikr bildirsalar, ulug' mutafakkir Alisher Navoiy: «Umrni zoye etma, mehnat qil, mehnatni saodatning kaliti bib, - deydilar.
Fransuz adibi Anatol Franc: «Eng yaxshi axloqiy va estetik dori — mehnat», - degan fikrni ilgari suradi.
Bir qator o'zbek xalq maqollarida ham inson hayotida mehnat alohida ulug'lanadi. Masalan, «Mehnat baxt keltirar», «Mehnat e'tibor garovi», «Mehnatsiz rohat yo'q», «Mehnat qancha og`ir bo'lsa, keti shuncha shirin bo`lar» va boshqalar.
Kadriar tayyorlash Mitliy dasturi va boshqa bir qator me'yoriy hujjatlarda yoshlarning mehnat tarbiyasiga alohida e'tibor qara-tilgan. Mehnat yoshlar uchun ham zaruriyat, ham burch bo'lishi, buning uchun uyda ham, o'quv yurtlarida ham mehnat qilish uchun sharoitlar yaratish Iozim. Agar bola kichikligidan mehnat qilishga o'rgatilsa, o'yindan mehnat qilishga hech bir qiyinchiliklarsiz o'tadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 23-moddasida «Har bir inson mehnat qilish, mehnat turini ixtiyoriy tanlash, adolatli, qulay mehnat sharoitida ishlash huquqiga ega», -deb ta'kidlangan.
Shunday ekan, bugungi kunda O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, xalq farovonligini ta'minlash yo'lida fidokorona mehnat qilayotgan kishilar bilan faxrlanish va o'rnak olish Iozim. Yoshlar mehnati dastlab oilada, keyin esa o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Bu jarayonda ayniqsa akademik litsey, kasb-hunar kol-lejlarning o'rni va ahamiyati beqiyos kattadir. Ta`lim to'g'risidagi qonunning 13-moddasida ta'kidlanganidek, «kasb-hunar kollej o'quvchilarining kasb-hunarga moyilligi, mahorati va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisos olishini ta'minlaydigan uch yillik o'rta kasb-hunar o'quv yurtidir».
Inson faoliyatining asosiy turi mehnat, atrof-muhitni o'zlash-tirish, bunyod qilish orqali ham ijtimoiy, ham shaxsiy ehtiyojlarini qondiradi. Shuning uchun mehnatga murakkab ijtimoiy hodisalar sifattda qaraladi. Mustaqillik milliy kadriar tayyorlash ko'lami va sifatini oshirishni taqozo qilmoqda. Yirik korxonalarda milliy kadrlarning kamligi etuk mutaxassislarning migratsiyasi ushbu muam-moga davlat nuqtayi nazaridan jiddiy yondashishni talab- yetmoqda.
Yoshlar mehnatining mazmuni mamlakat oldida, ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy vazifalar, viloyat va tumanlardagi kadrlarga bo'lgan ehtiyoj, o'quv yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida belgilanadi. Avvalo, bolalar ta'lim jarayonida mehnat haqida dast-labki bilim va tasavvurlarga ega bo'ladilar. O'qish ham mehnat ekanligini tushunib oladilar. O'quv rejasiga kiritilgan mehnat dars-larida esa mehnat qilish malakalarini egallaydilar. Bu jarayonda o'z mehnatlarining natijalarini ko'rib zavqlanadilar va yanada yaxshiroq mehnat qilishga harakat qiladilar. Mehnat qilish jarayonida sinfdan va maktabdan tashqari mehnat, o'z-o'ziga xizmat qilish mehnati, ijtimoiy foydali mehnat turida faol ishtirok etadilar va chiniqadilar. Pedagogika fani mehnat tarbiyasini tashkil qilishda qo'yayotgan talablar quyidagilar:
- mehnatning ijtimoiy axloqiy ahamiyatiga alohida e'tibor berish;
- mehnat o'quvchining yoshi, hayoti tajribasi va imkoniyatlariga mos bo'lishi;
- o'quvchilarning mehnat faoliyatlari ijodiy xarakterda bo'lishi;
- o'z vaqtida turli kasblar haqida ma'lumotlar berib borilishi;
- mehnat ahllari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish.
Mehnat tarbiyasi fan asoslarini o'rganish jarayonida o'quvchilarning olgan bilimlarining aniq maqsadga yo'nalganligi, ishlab chiqarish jarayonining ilmiy asoslarini, bilim va kasbiy qiziqishlarni ko'zda tutadi.
Mehnat jamoalari inson umrining asosiy qismi o'tadigan, uning tafakkuri, hayotga munosabati shakllanadigan ijtimoiy-ma'-naviy muhitdir. Ular kishida jamoa ruhi, mehnatsevarlik, omilkor-lik, adolat tushunchasi, mehr-oqibat tuyg'ularini tarbiyalaydigan o'ziga xos maskan bo'lib hisoblanadi. Kasb tanlash jiddiy va mas'uliyatli ishdir. O'z hayot yo'llarini jiddiy suratda belgilab borish jiddiy masala. Buning uchun maktablardagi politexmka tizimidagi to'garaklar muhim o'rin tutadi, fan to'garaklarida bolalar texnik saviya va bilimlarini kengaytiradi, kasb tanlashga tayyorlanadi. Maktabda yuqori sinf o'quvchilari uchun «ishlab chiqarish asoslari, kasb tanlash» kursi o'qitiladi. Kasbga yo'naltirish umumiy o'quv tarbiya jarayonida amalga eshiriladi. O'quvchilarni kasbga yo'nalti-rishda ota-onaning ham roli kattadir
.
Kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish o'qituvchining pedagogik faoliyati bilan bevosita bog'liqdir. Ta'limni oqilona, optimal yo'l bilan tashkil qilish va olib borish orqali turli yoshdagi maktab o'quvchilarida mehnatga ongli munosabatni tarkib top-tirish, kasb-hunarga nisbatan qiziqishni o'stirish mumkin.
Barkamol avlodni jismoniy komilliksiz tasavvur qilib bo'lmaydi, bu tarbiyaning bosh maqsadi jismonan chiniqqan, mard va sabotli, qat`lyatli vatanparvarlarni kamol toptirishdir.
Jismoniy tarbiyaning inson kamolotidagi o'rni. Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida barkamol insonni tarbiyalash eng asosiy, kechiktirib bo'lmaydigan muhim vazifalardan biridir. Prezidentimiz ta'kidlaganidek: «Sog'lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, faravon hayot asosini qurish deganidir». Shunday ekan, mamlakatimizda sog'lom avlod dasturi harakatining keng tus olgani, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta'lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug'vor vazifani amalga oshirish yo'lidagi muhim qadamdir.
Huquqiy demokratik davlatimiz, ochiq fuqarolik jamiyatining eng ustuvor yo'nalishlaridan bin sanalmish ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi bu jarayonning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuasidan iborat. Shu boisdan mamlakatimiz mustaqilligidan so'ng yosh avlodning tarbiyasiga, sog'ligiga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Prqezidentimiz Islom Karimov tomonidan chiqarilgan «Mamlakatimizda sportni rivojlantirish to'g'risida», (2003), O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasining «o'suvchi-laming bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va foydali mash-g'ulotlar bilan ta'minlash to'g'risidagi (1999-yil, 21-sentyabr, 277201693 sonli byrug`i), kabi me'yoriy hujjatlarda yoshlarning jismoniy kamoloti masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.
2001 yilning «Sog'lom avlod yili» deb atalishi ham bejiz emas edi, chunki hayot tajribasi «sog'lom tanda - sog' aql» bo'lishini allaqachon isbotlagan.
Jismoniy tarbiya yosh avlodni taraqqiy ettirishda muhim vosita hisoblanadi. Tana a'zolarining mo'tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim, mutafakkir Abu AH ibn Sino: «Badantarbiya - sog'liqni saqlashda ulug'vor usuldir», - deydiki, bu fikr: «Kimki qilsa harakat-sog'ligida bo'lar barakat» degan naslni eslatadi.
Jismoniy tarbiyaga e'tiborni kuchayganligini maktab o'suvchilari o'rtasida «Umid nihollari», kollyej va litsey talabalari ishtirokida «Barkamol avlod», oliygoh talabalari o'rtasida «Universiada» sport musobaqalarining tashkil etilganligi va muntazam o'tkazilib kelinayotganligida, yoki sportning ko'plab turlari bo'yicha O'zbe-kistondan Olimpiada va jahon chempionlari yetishib chiqib, O'zbe-kiston nomini butun dunyoga yoyayotganida ham ko'rish mumkin. Bundan tashqari, barcha maktablarda, mahallalarda ham turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda, ayrim oilaviy musobaqalar ham o'tkazish yo'lga qo'yilib borilmoqda.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi - O'quvchilar tanasidagi barcha a'zolarini sog'lom o'sishini ta'minlash barobarida ularning aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdan iborat. Abdulla Avloniyning fikricha, sog'lom fikr, yaxshi axloq va ilm - ma'rifatga ega bo'lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarur.
Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta'sir ko'rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko'rishga yordam beradi.
28-rasm.
Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi:
1. Inson a'zolarining tuzilishi va ularning funksional kamoloti.
2. O'quvchilarning sog'ligini mustahkamlash.
3. Gigiena qoidalariga ko'nikish.
4. Bo'lajak ishchi-mehnatchilarning jismoniy va fiziologik sifatlarini kasb ahamiyati jihatidan shakllantirish, ish qobiliyatlarini oshirish.
5. O'quvchilarda iroda, chidamlilik, qat`ly intizom, do'stlik hissini kamol toptirish.
6. Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash.
Insonning kuch va qobilyatlarini tahlil etganda, u uchga bo'li-nadi: jismoniy, aqliy va axloqiy. Shunga binoan insonning bu kuch-qobilyatlarining taraqqiysi, yuksalishini ta'min etadigan tar-biya ham uch qismga ajraladi, bular badan tarbiyasi, asl tarbiyasi, axloq tarbiyasidir.
Badan tarbiyasi inson hayotida katta ahamiyatga ega. Birin-chidan, hayotda har kimning mukammal sog'-salomatlikka, kuch-quvvatga ega bo`lishi ehtiyoji bor. Ikkinchidan, tan sog'lig`i fikr va axloqning ham sog`iig`ini ta'min etadi. Fikr va axloq bilan mijoz va sog'lomlik uzviy bog'liq.
Badan tarbiyasining maqsadi har tomonlama yetuk: jismonan chiniqqan, sof fikrli, mard, sabotli, qat`lyatli, Vatanni himoya qila oladigan shaxslarni kamol toptirishdan iborat.
O'quvchilarni jismoniiy tarbiyalash jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi. Birinchi vazifasi-sog'liqni mustahkamlash, tana a'zoiarini chiniqtirish, jismoniy jihatdan to'g'ri rivojlanish hamda uning ish qobilyatining oshishiga ta'sir etishdir.
Maktab yoshidagi bolalarni qaddi-qomatini to'g'ri-mutanosib shakllantirish, suyak-bo'g`inlarini va muskullarini uyg'unlashgar* tarzda rivojlantirish, yurak-qon tomir hamda nafas olish a'zoiarini, asab tolalari majmuasini mustahkamlash muhim.
Tana a'zoiarini mo'tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Qadimda xalqimiz badantarbiyani riyozat deb atashgan Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino: «Badantarbiya-sog'liqni saqlashda ulug'vor usuldir», deydiki, bu fikr: «Kimki qilsa harakat-sog'lig`ida bo'lar barakat» degan naqlni eslatadi. Ulug' mutafakkirning «Tibbiy doston» («Urjuza») asarida riyozat-badantarbiyasi haqida batafsil fikr bildirilgan. Olim jismoniy mashqlar bilan o'rtacha shug'ullanish sog'liqqa foydali ekanligini bunday ta'riflaydi:
«Bilsang riyozat turlari necha-necha
Sharofatli bo'lur esa u o'rtacha.
To'g'ri va mo'tadil bo'lib o'sgay badan
Kir-chir ila chiqindidan qutular tan».
Buyuk donishmand jismoniy mashqsiz yurish badanda yomon xidlarning yig`ilishiga sabab bo'lishini alohida uqtirib, bunday deb yozadi:
«Riyozatsiz yotishdan ko'p topma rohat,
Bu rohatdan topolmassan hech manfaat.
Jim yotsang iflos xilt-la to'lar badan,
G`izocha hech hozirlanmas biror maskan».
Jismoniy mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksiz ekanligini D. Adisson bunday ta'riflaydi: «Mutolaa asl uchun qancha zarur bo'lsa, jismoniy mashqlar ham badan uchun shuncha zarur deydi.
Suqrot hakim esa bunday deydi: «Girnnastika yordami ila badanimning muvozanatini to'g'rilab olaman.
Shuni ham aytish kerakki, o'quvchilarning sog`iig`ini jismoniy tarbiya darslari hamda maktab sharoitlarida o'tkaziladigan maxsus tadbirlar hisobigagina mustahkamlash qiyin. Chunki bu jarayon ota-ona, tarbiyachi, butun pedagoglar jamoasining ishi bo'lib, sog1-lomlashtirish bilan bolalarni muntazam ravishda, butun yil davo-mida shug'ullantirish kerak.
O'quvchilarda yangi harakat turlariga qiziqish, ko'nikma va malakalar hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O'sitish jarayonida o'quvchilar harakat, ko'nikma va malakalarini egallaydilar. Bu malaka va ko'nikmalar jismoniy tarbiyalar bo'yicha tuzilgan o'quv dasturida nazarda tutil-gan bo`lib, ulardan ba'zilari, masalan, tez yurish, yugurish, sakrashlar amaliy mashqlardir. Shu bilan birga, bu mashqlar gimnastika asbob-anjomlarida mashq qilish, akrobatika, badiiy gimnastika harakatlarini muvofiqlashtirishga, shuninigdqk, yangi harakatlarini osonroq va qisqa vaqt ichida o'rganib olishga ko'maklashadi, ko'nikma va malakalar hosil qiladi.
Jismoniy tarbiya darslarining asosiy vazifalaridan bin - o'quv-chilarning yoshiga, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilikni) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish. Yuqorida aytilgan jismoniy sifatlar alohida mavjud bo`lmay, balki ulardan bin u yoki bu faoliyat turida yetakchi o'rinni egallaydi. Masalan, harakatli va sport o'yinlarida-chaqqonlik, qisqa masofaga yugurishda-tezkorlikni aytish mumkin. Maktab dasturi o'quvchilarining harakatlari, sifatlarini har tomonlama rivojlantirish hamda ularining jismoniy rivojlanishlari va umumiy ish qobiliyatlarining ortishi uchun kerakli sharoitini yaratadi, albatta. Shu bilan birga, o'quvchilarda ahloqiy-irodaviy sifatlarini tarbiyalash, xulq-atvor madaniyati ko'nikmalarini tarkib toptirish kerak.
O'quvchilarda o'z sog'lig`iga ongli munosabatni tarbiyalash zaruriy bo`lib, bu ularning ozoda-sarishtalik tartibida, gigiyena qoi-dalariga rioya qilishlarida, ertalabki gimnastika bilan shug'ulla-nishlarida hamda sport mashg'ulotlarida muntazam qatnashishlarida namoyon bo'ladi. Badantarbiyaning sihat-salomatlikka foydasini o'quvchi qancha yaxshi bilib olsa, unga bo'lgan qiziqishi shunchalik ortadi.
Mo'tadil ravishda, o'z vaqtida badantarbiya bilan shug'ulla-nuvchi odam davolanishga muhtoj bo'lmasligini chuqur anglab oli-shi kerak.
Olim va shifokorlarning kuzatishilaricha, badantarbiya tug'ma issiqlikni oshiradi. Chunki ular yengilgina issiqligini paydo qiladi, a'zolardan to'planuvchi chiqindilarni yo'qotadi.
Badantarbiya mashqlari tartibli va yo'li bilan bajarilsa, fikrni uyg'unlashtiradi, qon yurishiga yordam beradi, hazmni yaxshilaydi, asabni quvvatlantiradi, tana haroratini orttiradi, zehnni charhlaydi.
Inson jismoniy sog'lom va bardam-baquvvat bo'lsa, hayot go'zalliklarini idrok etadi, aql-zakovati yuksala boradi, atrof-muhitni ziyrak bo`lib kuzatadi. Shu nuqtayi nazardan, insonning sog'lom-baquvvat bo'lishida badantarbiya muhim omil ekani aniq. Demak, bu tarbiya asliy, ahloqiy va estetik tarbiyaning zamini ekan. Ta'bir joiz bo'lsa, bir yerda turib qolgan ko'lmak suv hech foydasiz deyilsa, harakatsiz odam ham ko'lmak kabidir, sharqirab oqqan suvning o'zi go'zal bo`lishi bilan birga, dala-bog'larini yashnatgani kabi, serharakat, jismoniy mashqlar bilan shug'ul-lanadigan odam-ning ham o'zi (jismonan) go'zal, ham aqli go'zal, ham odob-axloqi go'zal bo'ladi.
Badantarbiya insonni har tomonlama tetik, hushyor, qobilyatli bo`lib kamolga yetkazadiki, donolar jismoniy tarbiya-go'zallik tar-biyasidir, deb bejiz aytishmagan.
Inson jismonan sog'lom, har tomonlama yetuk rivojlanishi uchun ma`lum maqsadni ko'zlagan holda tejamli harakat qilishi, tabiat qo'ynida yoki ozoda-shinam sport zalida harakatli mashqlar bilan shug'ullanishi-bularning hamrnasi unda nafosat his-tuy-g'usini, aqliy tushinchasini va didini tarbilaydi. Shubha yo'qki, xilma-xil, aniq, ifodali bajarilgan jismoniy mashqlar estetik kechinma, hislarni yuzaga keltiradi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida harakatlar maqsadining ham shakl, ham mazmun jihatidan bir-biriga mos kelishi esa uning go'zaligini ta'minlaydi.
Go'zaliik - bu avvallo, harakatlarning sodda, yengil, izchil va tugal bo'lishidirki, o'qituvchi ham o'quvchi ham bunga intilsalar, nafosatga erishiladi. Albatta, jismoniy tarbiyaning vazifasi o'quv-chida faqat go'zailikni idrok etishgina shakllantirish bo`lib qolmay, balki ularni kishi harakatidagi bolalarni jismoniy chiniqtirishda sinf rahbarlarining ma'suliyati katta. U jismoniy tarbiya o'qituvchisi bilan hamkorlikda bolalarni muntazam ravishda ertaiabki badan tarbiya qilishga odatlantiradi, maktabda jismoniy tarbiya bo'yicha anialga oshiriladigan tadbirlarga jalb etadi. Bolalarni chiniqtirish masalasini faqat jismoniy tarbiya darslarida hal etib bo'lmaydi. Jismoniy tarbiya bo'yicha olib boriladigan ishlar darsdan tashqari vaqtlarda, sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlar jarayonida amalga oshiriladi.
Sinf rahbari o'quvchilar o'rtasida «Sport tinchlik elchisi», «Olimpiadachilar oramizda», «Donolar sport haqida», «O'zbek sportchilari - bizning faxrimiz» kabi mavzularda suhbatlar, sinf soatlari, mashhur sportchilar bilan uchrashuvlar tashkil etsa, bolalar jamoasida sog'lom turmush tarzini targ`ib qilishga zamin yaratiladi.
Yosh avlodni jismonan chiniqtirishda o'quv yurtlari rejasi bo'yicha o'tiladigan jismoniy tarbiya darslarining roli, ahamiyati beqiyos kattadir. To'g'ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya, shaxsning me'yoriy jismoniy taraqqiyotini ta'minlaydi, salomatligini mustah-kamlaydi, yoshlarni mehnatga, turmushga tayyorlaydi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
I. 1. Komil inson shakllanishida mehnat va jismoniy tarbiyaning tutgan o'rnini qanday tushunasiz?
2. Mehnat va jismoniy tarbiyaning maqsadi, mazmuni va vazifalari nimalardan iborat?
3. Mehnat va mehnatsevarlik haqida mutafakkirlarimizninng qarashlaridati misollar va maqollar keltira olasizmi?
4. O'quvchiiarni to'g'ri kasb tanlashga yo`llash uchun qanday ishlar olib borish lozim deb o'ylaysiz?
5. Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan jismoniy tarbiyaga e'tibor kuchaytirilishining sabablari nimada deb bilasiz?
6. Mehnat va jismoniy tarbiyani qanday yo'llar bilan amalga oshirish mumkin?
II. «O'zbekistonni dunyoga tanitayotgan mashhur sportchilar» mavzusida kichik esse yozing.
III. Muammoli masalalar yechish.
1-masala: Ko'p bolali oilaning otasi mamnun bo'lib hikoya qiladi: yer ag'darish biz uchun hech gap emas. 1-2 kg konfet, pechenye sotib olib kelamanda, qani bolalar bu sizlarga, lekin oldin yerni chopib beringlar, deyman.
- Bolalar konfetsiz yer ag'darishmaydimi, - so'radik biz.
- Uncha tirishib ishlashmaydi-da, - tushuntirdi ota.
Ota qo`llagan rag'batlantirish usuliga qanday baho berasiz?
2-masala: 3-sinf O'quvchisining onasi hikoya qiladi: Avvallari o'g'limning hamma ishi joyida edi. Men ishlamasdim, unga ko'p vaqt ajratardim. Ishga kirganimdan so'ng «ikki baholar» ola bosh-ladi. Kechqurun darsini tekshirsam, topshiriqlarning bir qismi baja-rilmagan, bajarilgani esa iflos, tushunarsiz bo'lgani uchun uni qayta ko'chirish kerak. Lekin qachon ulgurardi. Uxlash vaqti bo'lib qo-lardi.
Ota-onaning xatosi nimada. Siz qanday yo'l tutardingiz?
Axborot manbalari
1. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Ò., 1998.
2. I.A.Karimov. Ma'naviy yuksalish yo'lida. - Ò., «O'zbekiston», 1998.
3. I.Karimov. O'z kelajagimizni o'z qo'limiz bilan qurmoq-damiz. - Ò., «O'zbekiston», 1998.
4. Pedagogika. O'quv qo'llanma. A.Munavvarov tahriri ostida, -Ò., 1996, 157-159, 168-172-b.
5. O'zbek bolalar an'anaviy o'yinlarining tarixiy asoslari // «Pedagogik mahorat», 2002, 4-son, 52-56-b.
15-MAVZU: TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA VA KORREKCIYA VAZIFALARI
Diagnostika (yunon tilida «dia»-shaffof, «gnosiss»-bilim degan ma'noni bildiradi) - o'rganilayotgan obyekt yoki jarayon to'g'risi-dagi aniq ma'lumot olishning umumiy vositasi bo'tib xizmat qiladt. Diagnostikaning ahamiyatini meditsina nuqtayi nazaridan qarasak, kasallik belgilari va ularni kelib chiqish sabablari to'g'ri aniqlansa, davolanish natijasida bemor tuzalib ketishining kafolati oshadi. Xato diagnoz esa faqat shifokorlarning aqliy harakatini yo'qqa chiqaribgina qolmay, balki kasalning tuzalish imkoniyatini ham susaytirishi mumkin. Tana a'zolari salomatligi to'g'risidagi aytilgan ushbu fikrlar ruhiy sog'liqqa ham bevosita aloqadordir.
Inson jismoniy rivojlanishini diagnoz qilish ancha oson kechadi, buning uchun ayrim mashqlar bajarilgach, uning natijasiga binoan xulosa chiqarish mumkin. Lekin ruhiy, ma'naviy, ijtimoiy rivojlanishni diagnostika qilish mashaqqatli faoliyatning mahsulasi hisoblanadi. Bu maqsadda qo'llanayotgan metodikalar muayyan darajada murakkab bo'lib, har doim ham to'g'ri natija beraveradi, deb xulosa chiqarish, shoshilinch qaror qabul qilish noxush oqibatlarga olib keladi. Peflagogik amaliyotda pedagog-psixologlar va o'qituvchilar shaxsning alohida sifatlarini o'rganadilar, lekin olingan natijalarga asoslangan holda, rivojlanishning barcha tarkiblariga umumiy baho berishga har doim ham musharraf bo'lavermaydilar. Chunki tajriba uzluksizligini ta'minlash integrativ yondashishni ta-qozo etadi, ko'p omillik tahlilgina uning yechimiga ijobiy ta'sir etadi, xolos.
Ta'lim oluvchilaming shaxsiy-xarakterologik sifatlarini aniqlashning, hech bo'lmaganda oddiy metodikasini egallash, uni tatbiq etish, kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning muhim unsurlaridan biridir. Oliy va o'nta maxsus o'quv maskanlari o'qituvchilari ko'pincha o'quvchi-yoshlarning aqliy qobiliyatlarini o'rganishga e'tibor qaratadilar, ammo ularning tarbiyalanganlik darajalarini (keng ma'noda) va xulqiy nuqsonlarini korreksiyalash muammolarining uzluksiz ta'lim tizimida yagona uzviylik va yaxlitlik nuqtai nazaridan talqin qilishga, uning yechimlarini topishga urinishmaydi. O'quvchilar va talabalarning aqliy rivojlanishlari ko'p jihatdan mustaqil fikrlashga, umumiy tarbiyalanganiik darajasiga bog'liq. Ularning tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish, ma'naviy-ma'rifiy rivojlanish xususiyatlarini o'rganish, zarur bo'lsa xulqiy nuqsonlarini bartaraf etish hozirgi davrning muhim talablaridan biridir.
Ijtimoiy pedagogik diagnostika - pedagogik omillarning sama-radorligini oshirish maqsadida shaxsga axloqiy, intellektual, estetik, jjsmoniy, sotsiologik, ekologik va ijtimoiy-psixologik ta'sir ko'r-satish haqidagi axborotlaming majmuyi. Yoshlar jamoasidagi har bir shaxsning tarbiyalanganlik darajasini tashxis qilish uchun avva-lambor «tarbiya» va «tarbiyalanganlik» atamasining tarkibiy qism-lari, mezonlari nimalar bilan belgilanishini tushunish zarur.
Jahon pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tushun-cha sifatida baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar mavjud. Tarbiyani kattalar (o'qituvchilar, murabbiylar va ota-onalar)ning bolalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni sifatida tushunish eng ko'p tarqalgan tendensiyadir. Bu o'rinda kattalar to'g'ri deb hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maqsadlar, vazifalar, normalar va talablarga muvofiq tarzda ta'sir ko'rsatish ko'zda tuti-ladi, albatta.
Tarbiyani bunday tushunish haqiqatga yaqinroq, biroq u bir tomonlama xususiyatga ega bo'lib, mazkur jarayonning faqat muayyan qismini aks ettiradi, xolos. Tarbiyaga bunday ta'rif berishda bolaga kattalarning ta'siri yo'naltirilgan obyekt sifatidagina qaraladi. Pedagogik tashxislashning asosiy maqsadi ham tashabbuskor va mustaqil shaxslarni tarbiyalashni nazarda tutadigan bo'lsa, u tar-biyalanuvchiga pedagogika jarayonida faol harakat qiluvchi subyekt rolini beradi.
Bugungi kunda pedagogik nazariya va amaliyot muammolarini tadqiq qilish va yechimini topishda pedagogik diagnostika hamda korreksiya muhim ahamiyat kasb etadi.
«Pedagogik diagnostika» atamasi ilk bor 1968-yili nemis olimi Karlxayns Ingenkamp tomonidan fanga kiritildi.
Ê. Klauer (Germaniya), B.Burk, Rollet (Angliya), S.D. Smir-nova, I.V. Dubrovina (Rossiya) va boshqa bir qator olimlarning «pedagogik diagnostika»ning «psixologik diagnostika» zamirida tu-g`ilganligini ta'kidlashlari, albatta, o'rinsiz. Bir paytlari psixologik diagnostika biologiya va tibbiyotning tashxis modellarini andoza qilib olgani kabi pedagogik diagnostika ham zarur bo'lganda psixologik ilmiy-tadqiqot metodlardan o'z o'rnida foydalandi.
Pedagogik, psixologik, sotsiologik adabiyotlar tahlili tashxislashga turli qarashlar mavjudligini ko'rsatdi. Bu pedagog shaxsi-ning diagnostikasi (o'zini-o'zi tashxislash), ota-onalar, pedagoglar tom.onidan o'quvchilar jamoasini tashxislash; ma'muriyat, mutasaddi mutaxassislar va ta'Hm bo'Umlari uslubiyotchilari tomonidan o'quv dargoqining faoliyatini tashxislash va hokazolar bo'lishi mumkin.
Pedagogik diagnostika o'z mohiyatiga binoan korreksion tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
«Korreksiya - deb ta'kidlaydi M. Quronov-hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o'smirlar bilan olib boriladigan aniq faoliyatdir».
Bir qator olimlar: (R.S. Nemov, D.V. Olshanskiy, G. Broyer, G. Mattes) «Pedagogik korrekciya - tarbiya jarayonida yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy sohalarda oldin óî`l qo'ygan nuqsonlarini bar-taraf etish jarayonidir», - deb hisoblaydilar.
Fikrimizcha, korrekciyalash jarayoni-yoshlarning ongiga, his-tuyg'ulariga ta'sir etuvchi va turli ijobiy qobiliyatlari hamda shaxsiy fazilatlarni shakllantiruvchi faoliyat turidir.
Korreksiyalash ta'sirida ularning g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga nisbatan ilmiy qa-rashlari tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkam-lanadi va shu bilan birgalikda tarbiyaviy masalalar amalga oshiriladi.
Korreksiya jarayonida yoshlarda jamiyatning shaxsga qo'yadi-gan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulq-atvor malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish kezida yoshlarning ongiga (ta'Hm jarayonida), hissiyotiga (darsda va sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta'sir etib boriladi.
Pedagogik diagnostika va korreksiya jarayonida shaxsning ta-fakkuri, ongi, hissiyoti, irodasi, qarashlari e'tibordan chetda qolsa, u holda maqsadga erishish qiyinlashadi.
«Muayyan bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining moqiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi. U o'quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki illattni yo'qotish maqsadida rejalashtiriladi»,- deb yozadi Fleyk Xobson o'zining «Ðàçâèòèå ðåá¸íêà è åãî îòíîøåíèå ñ îêðóæàþùèìè» asarida (82,185). Uning fikricha, shu xislatlarni tarbiyalash yoki illatlarni yo'qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi va belgilangan maqsadni ro'yobga chiqarishga xizmat qila-digan nazariy va amaliy manbalarning qaysisini va qaerda ishlatish mumkinligi rejalashtiriladi.
Reja asosida o'tkazilgan tarbiya moqiyati ta'lim-tarbiya tizimini, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyatini tashkil qiladi. Pedagogik diagnostika va korreksiya reja asosida, tizimli va maqsadli olib borilsa, komil insonni tarbiyalashdek asr-lardan beri azaliy orzuni amalga oshirish istiqbollari, imkoniyatlari ko'lami yanada kengayadi.
Islom Karimovning: «Ma'naviyat haqida gap ketar ekan, men, avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon- irodasini, e'tiqodini mustapkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan qudratli kuchni tasav-vur qiiaman» (5,73) deyishida chuqur nazariy va ilmiy ma'no bor.
Respublikamiz olimlari: R.Q. Jo'raHev, R.G'. Safarova, X.I. Ibra-gimov, U.Q. Musayevlar tomonidan yaratilgan «Pedagogika fani Koncepsiyasbda ham pedagogika fani ta'lim-tarbiya darajasi hamda shaxsning ma'naviy qiyofasi, uni sotsiokorreksiya qilish yo'llari va qonuniyatlari, insonning intellektual salohiyati orasidagi aloqa-dorlikni har tomonlama o'rganib, ilmiy jihatdan asoslab berishi kerakligi aloqida ta'kidlangan. «Bunda pedagogik diagnostika hamda diagnostikaning asosiy yo'nalishlaridan biri-kognitiv diagnostika usulidan foydalanish ko'zda tutiladi», deb alohida qayd etiladi.Xuddi shu nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda, o'quv muassa-salari ta'lim-tarbiya ta'sirchanligini oshirish yo'llarini tadqiq etish taqozo etiladi.
«Pedagogikada ilgari yetarli darajada e'tibor berilmagan yo`nalish-pedagogik diagnostika shaxsning ma'naviy qiyofasini sotsio-korreksiyalash, xususan, o'qish va xulq-atvordagi nuqsonlami bar-taraf etish masalalari bugungi kunda salmoqli ahamiyatga ega bo'lib borishi bilan belgilanadi va u quyidagilarda o'z aksini topadi:
1. Mafkuraviy tizimning o'zgarishi, ijtimoiy yangilanish tarbiyalanganlikka yangicha yondashish, qarash, munosabat, mezon, talab, mohiyat, mazmun, shakl, atribut taqozo etishi.
2. Milliylik bilan diniylikning uyg'unlikka ega ekanligi, mil-latlararo munosabatlardagi bag'rikenglik tarbiyalanganlik fenome-nologiyasi ko'lamini yanada kengaytirishni talab qilishi.
3. Bilimdonlik va tarbiyalanganlik zamonaviy pedagogik texno-logiyalar, interfaol yondashuv asosida talqin qilinishiga ijtimoiy
zarurat tug`ilishi.
4. Pedagogik tadqiqotlarda psixologik nazariya va amaliy-ilmiy apparatni qo'llanilishi, muhitga muvofiqlantirilishi tendensiyasi kuchayishi.
5. Test, testologiya (prinsiplari, funksiyalari, parametrlari, interpretatsiyasi) hamda matematik statistika imkoniyatlaridan foy-dalanilishi, diagnostika, korreksiya turkumlari tatbiqiyligi namoyish etilishi.
6. Xulq-atvorda og`ish, ya'ni deviant holati ko'lami kengayishi va uni bartaraf qilish ehtiyoji umumbashariy ahamiyat kasb etishi kabilar.
Yoshlar jamoasida pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya ishlari metodik jihatdan to'g'ri yo'naltirilganda jamiyatning har bir a'zosi ongiga milliy istiqlol g'oyalarini singdirishda, mafloiraviy immunitet hosil qilishda, ularning o'zligini anglashda, vatanparvarlik va fidoiylik tuyg'ularini, millatlararo totuvlikni, diniy bag'rikenglikni, tolerantlikni shakllantirishda hamda komil insonga xos bo'lgan fazilatlarni: sofdillik, to'g'ri so'zlik, adolatparvarlik, saxovatlilik, ornomuslik, tantilik sifatlarini tarkib toptirishda ijobiy samaralarga erishish mumkin.» Bu yo'nalish mustaqil Q'zbekistonning har tomonlama rivojlanishida, jamiyat a'zolarining ma'naviy-ma'rifiy hayotida paydo bo'lgan muammolarini muvaffaqiyatli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik diagnostikaning ilmiy-nazariy yo'nalishini belgilash-da xorijiy olimlardan: Karlxaync Ingenkamp, Ingo Xartman, Linert, Frike, Lyumann, Rorshax, Diderix, Xeginger, Baxmayr (Germa-niya); Bol'sho, Burk, Rollet, Royleke (Angliya); Jorj Fisher, Jeyms Rays, T.Stoun (Amerika); A.V. Mudrik, V.D. Semyonova, G.N. Filova, S.D. Smirnov I.V. Dubrovina, Y. Langmeyer, G.M. Bres-lav, L.P. Fridman, E.I. Rogov (Rossiya), va tadqiq qilinayotgan muammoga daqldor o'quv-uslubiy adabiyotlar, respublikamiz olimlari: M. Quronov,R. Safarova, O. To'raeva, R. Mavlonova, V. Ka-rimova, X.I. Ibragimov, O. Musurmonova, O. Qasanboeva, K. Za-ripov va L. Maxmudovalaming pedagogik diagnostikaga oid tad-qiqotlari, o'quv qo'llanmalari, ilmiy maqolalari, qarashlari salmoqli o'rin tutadi.
Oliy, o'rta maxsus va umumiy o'rta Ta'lim muassasalari laqsil oluvchilarining bilimdonlik darajasini diagnostika qilish masalalari muayyan darajada o'rganilgan boisa-da, lekin bugungi kunga qadar yoshlarning tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish va xulqiy nuqsonlarini korrekciyalashni ta'minlaydigan yaxlit pedagogik nazariyasi va amaliyotga tatbiq etish yo`llari tadqiq etilmagan.
Pedagogik diagnostikaning jamiyatimizdagi yosh avlod ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishdagi ahamiyatini ilmiy asoslab berisb, ularning ma'naviy qiyofasi, ularni sot si î korreksiya qilish yo`llari va qonuniyatlari, intellektual salohiyati orasidagi aloqa-dorlikni aniqlash, mavjud ma'naviy-ma'rifiy ishlarning bugungi holatidan kelib chiqqan holda uning ta'lim bosqichlari aro uzviylik va uzluksizligini ta'minlaydigan metodikani yaratish dolzarb muammo hisoblanadi.
Agar:
- birinchidan, yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy soqadagi bilimlari, ularning individual-psixologik xususiyatlari, motivatsion sohasi atroflicha o'rganilganda;
- ikkinchidan, ularning tarbiyalanganlik darajasini tashxislay-digan va xulqiy nuqsonlarini qorrekciyalaydigan mavjud metodi-kalar chuqur taqlil etilib, ulardan amalda foydalanish tizimi ishlab chiqilganda;
- uchinchidan, yoshlar uchun yaxlit uzluksiz tarbiya tizimini ta'minlaydigan metodik majmualar yaratilganda;
- to'rtinchidan, turli tarbiyaviy tadbirlar (suhbatlar, kechalar, treninglar, sport-shoulari, ma'naviy-ma'rifiy sohadagi beilashuvlar) uyushtirilib, ularning imkoniyati, qiziqishlari, kamolot bosqichlari, jinsiy tafovutlari inobatga olingan holda turli jamiyat, klub va to'garaklarga jalb qilinganlarida;
- beshinchidan, ularning intellektual rivojlanishlari va qobiliyatlari, oila, mahalla, guruh va o'quv muassasadagi pedagogik-psixologik muhit atroflicha o'rganilganda, oliy va o'rta ta'lim maktabi bilan oila hamkorligi rivojlantirilganda;
- oltinchidan, ijtimoiy pedagog nufuzi va imtiyozlari yuqori darajaga ko'tarilganda;
- yettinchidan, barcha davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida ijtimoiy pedagog ishchi o'rni joriy qilinib, ularning maxsus dastur va reja asosida faoliyat ko'rsatishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratilsa, pedagogik diagnostika va korreksiyalash markazlari tashkil qilinsa, yoshlarning bilim olish va tarbiyalanganlik da-rajasini diagnostika qilish va xulqini korreksiyalash jarayoni samarali kechishi mumkin.
«O'zining maqsadi, vazifalari, tatbiq qilish sohasi bo'yicha pedagogik diagnostika hamisha mustaqil yo'nalish bo'lgan. Ammo hanuzgacha pedagogik diagnostikani mavhum va turli bahs-munozaralarga sabab bo'luvchi yo'nalish, uni «dastur sifatidagina qabul qilish mumkin», - deb hisoblaydigan olimlar ham yo'q emas. Shu sababli bugungi kunda «pedagogik diagnostika» atamasining bir necha talqinlari mavjud bo'lib, ular mazmun-moqiyatiga ko'ra xilma-xildir.
Bir qator tadqiqotchi olimlar (G. Royleke, R. Rollet, K. Leon-gard, A. Bass, A.E. Lichko, A. Shmelev) pedagogik diagnostikani: «Pedagogik faoliyatni optimallashtirishda, qulaylashtirishda zarur bo'lgan axborotni qo'lga kiritish jarayoni» (34, 54), - deb ta'kidlaydilar.
X. Feger, N. Petillon, V. Bogaskiylar pedagogik diagnostikani psixologik diagnostikadan ajralib chiqqan, degan fikrni ilgari surishadi.
Ya. Yirasek, A. Kern yoshlarning bilim olishga moyilliklarini aniqlovchi yo'naltiruvchi testlari, D.B. Elkoninning «Grafik diktant»i, A.L. Vengerning «Nuqtalar do'yicha chizish», I. Shvansar-ning «Aqliy rivojlanishni diagnostika qilish», V.V. Xolmovskaya-ning «Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning qobiliyatlarini tashxislash» kabi metodikalari mashhurdir.
Germaniyaning «Ta'limni rivojlantirish yagona rejasi»da shun-day deyiladi: «Pedagogik diagnostika tushunchasi pedagogika soha-sidagi barcha jarayon va muammolarni yoritilishini, o'zlashtirishni va o'quv jarayoni samaradorligini o'lchashni, ta'lim olish sohasi-dagi har bir kishining imkoniyatlarini aniqlash choralarini, ayniqsa, maktab ta'limi tizimida xohlagan kasbni va ta'limning uchinchi bosqichini tanlash choralarini nazarda tutadi».
Bu yerda asosiy e'tibor kasb tanlashga yordam berishga qaratilgan.
Nemis olimi Mauermanning yozishicha: «Pedagogik diagnostika o'zlashtirish va o'quv jarayoniga tayyorgarlik o'rtasida aloqa o'rnatadi, o'quv jarayonida kechadigan o'quv maqsadini to'g'ri belgilaydi va o'quv-tashkiliy shakllami sharoitga mosligini baholaydi».
K. Klauer pedagogik diagnostikaga ta'rif bergan bir qator olimlarni tanqid ostiga olib, shunday fikrlarni bildiradi: «Pedagogik diagnostika (tashxislash) vazifalarini birvarakayiga klassifikatsiyalash (turkumlash)ni, bir paytning o'zida amalga oshirishi mushkul, shu sababli u pedagogik diagnostika atamasining mohiyatini bel-gilamasligi kerak. Pedagogik diagnostika dolzarb pedagogik qarorlarni, hukmlarni chiqarishga bo'lgan urinishlar majmuyidan iborat».
Rus olimi V.I. Zverev: «Pedagogik diagnostika - bu turli pedagogik vaziyatlarni o'rganish, aniqlash, ta'lim tizimi qatnashchi-larining xilma-xil qobiliyatlari darajasini bilishdan iborat jarayon» (34,12), - degan fikrni ilgari suradi. Boshqa rus olimasi L. Denyakina: «Pedagogik diagnostika - bu pedagogning o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashxislashda individual-malakaviy sifatlarini belgilovchi, shaxsning ijodiy taraqqiy topishida ko'makchi, pedagogik jamoaning muvafTaqiyatini oshiruvchi faoliyatdir» (34,66), - deb yozadi.
«Pedagogik diagnostika o'quv jarayonining samaradorligini oshirish, mazmunini boyitish va attestatsiya uchun qo'llaniladi».
Barcha tavsiflarni umumlashtirib, quyidagicha fikr bildirishni joiz deb o'ybymiz: pedagogik diagnostika - pedagog shaxsining va u bilan muloqotga kirishuvchilarning pedagogik tizim natijalarini taqlil qilish, kafolatlash va tavsiyalar berish jarayoni.
Pedagogik diagnostika: birinchidan, individual ta'lim jarayonini qulaylashtirishi, ikkinchidan, jamiyat talabidan kelib chiqqan holda, ta'lim-tarbiya natijalarini to'g'ri aniqlashni taminlashi, kafolatlashi, uchinchidan, o'ziga xos ta'lim yo'nalishi va mutaxassislikni oqilona tanlashga yordam berishi kerak. Pedagogik diagnostika yordamida ma'naviy-ma'rifiy jarayon tahlil qilinadi va ta'lim-tarbiya natijalari aniqlanadi.
Tashxislashda nafaqat ta`lim-tarbiya natijalarini sarhisob qilish, balki ularning o'zgarish dinamikasini ham nazarda tutish lozim.
Shakllanib borayotgan demokratik huquqiy davlatning yosh-larga nisbatan amalga oshirayotgan siyosati yigit va qizlarga o'z qobiliyati va iste'dodini to'la ro'yobga chiqarishda, yangilanish va taraqqiyot jarayonlariga faolroq qo'shilishga yordam berishdan iboratdir. Shu jihatdan ta'lim-tarbiya jarayonini diagnostika qilishga zarurat oshmoqda.
Yoshlarning kamolot darajasini diagnostika qilishda va xulqi-dagi nuqsonlarni korreksiyalashda intellektual va tarbiyalanganlik darajasi orasidagi aloqadorlikni aniqlash, xalq pedagogikasi tajribalarini zamon talablari bilan uyg'unhshtirish, ta'lim-tarbiya tizimini qulaylashtirish, komil inson fazilatlarini shaklllantirishga qaratilgan milliy qadriyatlar va ilg'or metodikalar uzluksiz ta'lim tizimida tahsil olayotgan yoshlarning tarbiyalanganlik darajasini takomillash-tirishda muhim yo'nalish sifatida qaralmoqda.
Ta'lim jarayonini diagnostika qilishning bir necha ftmksiyalari farqlanadi.
1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va ko'nikmalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.
2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqini o'stirish funkciyasi. Nazorat natijasida talabalarda o'z bilim, iqtidor va ko'nikmalarini yanada takomillashtirish ehtiyoji uyg'onadi.
3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakl-lantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish faol o'quv orqali, shu jumladan, nutq faoliyati orqali amalga oshiriladi.
4. Tahsil funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalar o'z bilim-larini mustahkamlaydilar. O'quv materiali yanada chuqur o'zlash-tiriladi, hodisalar o'rtasida yangi bog'lanishlar o'rnatiladi, shu bilan aqliy faoliyat yanada takomillashadi.
5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. Nazorat jarayonida o'quvchilarning psixologik ijobiy xislatlari shakllanib bormog`i lozim.
6. Nazoratni baholash funksiyasi. Nazorat natijasida sifat o'zgarishlarining me'yori aniklanadi.
Yuqorida kursatilgan funksiyalar albatta bir-biriga uzviy boglangan holda yuz beradi.
Nazorat — ko'p qirrali murakkab jarayon hisoblanadi, tahsil oluvchilarda doimo jonli qiziqish uyg'otib, aqliy faoliyatni faol-lashtiradi.
Dastlabki nazorat - yangi mavzuni boshlashdan oldin uni o'zlashtirishga qanchalik tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan nazorat tun.
Joriy nazorat - o'quv jarayonining hamma jabhalarida judayam chuqur bo'lmasa-da, tez-tez o'tkazilib turilishi zarur bo'lgan, uquv materiali ustida tizimli ishlashni ta'minlaydigan nazorat turi.
Mavzu asosidagi nazorat - o'qituvchi tomonidan nazorat ish kichik va katta kollokvium, maxsus seminar shaklida bir mavzu yoki bo'lim tugagandan so'ng, semestr mobaynida 3-5 marotaba o'tkaziladigan nazorat turi.
Natijaviy nazorat - o'quv fanining bir qismi yoki butunicha tugatilgandan keyin, agarda dastlabki, joriy tematik va bo'sag'ali nazorat natijasida kursga mo'ljallab tayyorlangan testlar bo'yicha o'tkaziladi.
Nazorat jarayonini faollashtirish maqsadida turli nazorat shakllarini o'ziga qamrab oluvchi mezon - reyting uslubi xisoblanadi.
Reyting - baholash, tartibga keltirish, klassifikaciyalash, birorta hodisani oldindan belgilangan shkala buyicha baholash tushuniladi.
Shkalalash - (ingl. - o'lchov birligini aniqlash) - real jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Reyting bo'yicha nazoratni amalga oshirishda test usulidan ham foydalaniladi.
O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash quyidagi pedagogik sharoitlarni bajarish asosida amalga oshiriladi:
1. Obyektiviik.
2. Loyiqalash.
3. Modellashtirish.
4. Oshkoralik.
5. Mazmunlilik.
6. Tadqiqotchilik.
7. Izchillik.
8. Individuallik.
9. Differensiatsiya.
Jamiyatimizda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda bosh omil-yoshlami Vatanga muqabbat, milliy g'urur, muloqot odobi, o'zbek va jahon madaniyati, san'ati, xalq yodgorliklarini tushunish va ardoqlash kabi yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish, shaxs milliy dunyoqarashini kamol toptirishdir. Shu sababli bugungi kunda diagnostika ta'limiy-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshirishda, muhim tarbiyaviy vazifalarni hal etishda yetakchi o'rinni egallab kelmoqda.
Pedagogik diagnostikaning natijalari kadrlar tayyorlash va ular-ning kasbiy malakalarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Tashxis-lashda mavjud pedagogik muammolar ravshanlashadi, ularning yechimini topish zarurati borligi aniqlanadi. Muammolar yechimi faoliyatning tarkibiy qismlarida, vazifalarni oqilona taqsimlashda o'z aksini topishi mumkin. Pedagogik diagnostika funksiyalari (vazifalari) aynan shu miqtai nazardan kelib chiqadi:
- teskari aloqa funkciyasi - ko'zlangan o'quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishish shakllari va yo'llarini tahlil qilish;
- maqsad va vazifalarni belgilash funkciyasi - jamoaning taraqqiy qilish istiqbollarini, istiqboliy rejalarini aniqlash;
- taqsimot funksiyasi - jamoa a'zolari o'rtasida burchlarni, vazifalarni taqsimlash;
- yaratish funksiyasi - kattalarning yoshlar bilan muloqot qilishining sog'lom muhitini tarkib toptirish;
- pedagogik tajribani o'rganish va umumlashtirish funksiyasi;
- pedagogik korrekciyalash funkciyasi - yoshlar xulqidagi, ta'limiy faoliyati, tarbiyaviy jarayondagi nuqsonlarni bartaraf etish vazifasini o'taydi, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilarni attestat-siyalashda qo'l keladi;
- motivatsiya va rag'batlantirish funksiyasi - o'quvchi-yoshlarning hamda tarbiyachi-o'qituvchilarning ta'lim olish va ta'lim berish faoliyatini rag'batlantirishni, tashqi stimullami adekvat qabul qilishni nazarda tutadi. Tarbiyaviy jarayonda komillikka intilishni kuchaytiradi;
- nazorat funksiyasi - ta'limiy-tarbiyaviy jarayonda turli xil nazorat turlarini o'tkazishni nazarda tutadi, chunki diagnostika ma'aviy-ma'rifiy jarayon holati to'g'risidagi axborotga ega bo'lishni bildiradi.
Rus olimi N.S. Sunsov ta'kidlashicha, pedagogik diagnostika quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi: maqsadga yo'naltirilganlik; aniqlik va ishonarlilik; tizimlilik va uzviylik (66, 48).
Diagnostikaning maqsadga yo'naltiritganligi avvalambor, tashkiliy shakl, vosita va metodlarning oxirgi natijalar bilan mutano-sibligi va pedagoglarning kasbiy talablari: O'quv-tarbiyaviy ishlar-ning samaradorligini oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi.
Diagnostikaning ma Hum obyektga yo 'naltirilganligi ta'lim berishda o'quvchi-yoshlarning, tarbiyachi-o'qituvchilarning individual tafovutlarini hisobga olish, ularning intellektual rivojlanishlari, jinsi, ijtimoiy nufuziga qarab belgilanadi. Diagnostikaning aniqlik va ishonarlilik muolajalari metod va vositalarning ilmiy asoslariga bog'liqligi biJaii belgilanadi.
O'quvchi-yoshlarning tarbiyalanganlik darajasini uzviy va ti-zimli diagnostika qilish ko'p jihatdan ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat-ning ko'p qirraligi va shaxsning ij'timoiy-individual xususiyatlari-ning xilma-hilligi bilan tavsiflanadi. Ma'lumki, o'quvchi-yoshlarning bilimlarni idrok etishiga uning ilgarigi tajribasi, aqliy rivoj-lanish darajasi salmoqli ta'sir ko'rsatadi. Agar yangi materialga aniq bo'lmagan yoki noto'g'ri tasavvurlar va tushunchalar qo'shilsa, bu yangi taassurot yoshlar ongida noadekvat tarzda joy egaliaydi. Natijada ularda xato bilimlar, noto'g'ri malakalar to'planib qolishi mumkin. Bu esa o'quvchi-yoshlarning hatti-harakatlarida, axloqiy xulq normalaridan chekinish alomatlarining paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Bunday paytlarda ular ongida xato tarzda paydo bo`lgan tushunchalarni korreksiyalash tadbirlarini zudlik bilan o'tkazish lozim bo'ladi.
Pedagogik diagnostika o'quv-tarbiyaviy ishlarning yakuniy natijalar ko'rsatkichlarini hamda mazkur jarayonning kechish hola-tini yaqqol aks ettirish xususiyatiga ega.
Yoshlar orasida pedagogik diagnostikani tashkil qilishda beriladigan nazariy bilimlarni yoshlar qalbiga yetkazish, ularni kundalik ehtiyojiga yo'naltirish uchun quyidagi ish usullariga e'tibor berish lozim:
- o'quv muassasa, mas'ul shaxslar sinf, guruh jamoasining ruhiy holati, ya'ni har bir shaxsning faoliyati, qiziqish darajasiga;
- o'quvchi-yoshlarning tartib-intizomiga, davlat mulkiga bo`lgan munosabatiga;
O'quvchi-yoshlarning ijtimoiy hayotdagi faolligiga;
- yoshlar bilan o'tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarga bo`lgan munosabatiga (ijobiy, salbiy, befarqligiga);
- yoshlarning kattalar, o'z tengdoshlari bilan axloqiy muomala va munosabatlariga;
- o'quv maskanlarida tashkil etilgan qonun-qoidalarga munosabat va ularga amal qilishga;
- o'quv muassasasidagi ijtimoiy fikrga bo'ysunuvchanligiga.
Yuqoridagilarga amal qilinganda pedagogik diagnostikani o'tkazish yo'nalishlarini to'g'ri tashkillashtirishga imkoniyat yaratiladi.
Mustaqil ish vo'nalishlari
a) Pedagogik diagnostika va korrekciyaning mohiyatini o'rganish;
b) Pedagogik diagnostika funkciyalari va ijtimoiy tamoyillari to'grisidagi ma'lumot to'piash;
s) Pedagogik diagnostikaning jamiyatimizdagi yosh avlod ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishdagi ahamiyatini taqlil qilish.
Mustaqil ish bosqichlari
1-bosqich: «pedagogik diagnostika va korreksiya» matnini sinchiklab o'qing va Insert strategiyasidan foydalanib taqlil qiling.
2-bosqich: pedagogik diagnostika metodlari orqali guruhingizdagi biron talabaning tarbiyalanganlik darajasini aniqlashga harakat qiling. Kuzatuvlaringizni daftarga qayd eting.
3-bosqich: reyting, test, dasturlashtirilgan topshirik usullaridan foydalanib, mutaxassisligingizga oid fanlar bo'yicha diagnostika o'tkazing.
KERAKLI MANBALAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti IA. Karimovning ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan asarlari.
2. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risidagi»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Miliiy dasturi».
3. Pedagogika Fani Koncepciyasi.
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasining ta'lim sohasidagi qarorlari.
5. Oliy va o'rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi vazirliklarining «Reyting asosida baholash» to'g'risidagigi me'yoriy huijatlari.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasining Konstituciyasi. - Ò.: O'zbekiston, 2003, 38-b.
2. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni. - Ò., 1997.
3. O'zbekiston RespubHkasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. - Ò., 1997.
4. Karimov I.A. O'zbekistan the road of independenge and progress. - Ò., «O'zbekiston», 1992, - R. 70.
5. Abdullayeva Sh. A. O'quvchiiarni pedagogik tashxislashda qo`llaniladigan metodlar // Xalq ta'limi, 2003, ¹3, 40^t5-b.
6. Abdulloh Avloniy. Muxtasari tarixi anbiyo va tarixi islom. - Ò.: «Fan», 1994, 293-b.
7. Êëàóåð Ê. Ïåäàãîãè÷åñêîå äèàãíîñòèðîâàíèå. - Ì., Ëîãîñ, 1999, 421-å.
TA`LIM NAZARIYASI (DIDAKTIKA)
16-MAVZU: TA'LIM JARAYONINING TA'LIMIY,
TARBIYAVIY VA RIVOJLANTIRISH FUNKSIYALARI
«O'z mustaqil fikriga ega bo`lgan, o'z kuchiga, o'zi tanlagan yo'lning tug'riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan qaraydi. U jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan cho'chimaydi, balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlarga, hayot haqiqatiga suyangan holda liar qanday g'arazli niyat, tahdid va intilishlarni fosh qilishga qodir bo"ladi».
I.A.Karimov
Bilim jarayonining ilmiy, nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini, ya'ni ta'lim, bilim berish, o'qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil boiimi didaktika-ta'lim nazariyasi shug'ullanadi.
Didaktika - grekcha so'z bo'lib, "didasko", ya'ni «o'qitish», «o'rgatish» ma'nolarini bildiradi. Ta'lim qonuniyatlarini o'rganish, tahlil qilish jarayonida ta'lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vaziflari, o'qitish principlari, shakllari haqidagi bilimlar bayon etiladi. Didaktika pedagogikaning «nimaga o'qitish», «nimani o'qi-tish» va «qanday o'qitish» kabi savollariga javob izlaydi.
Ta'lim - insoniyat tajribasining ma'lum tomonlarini, ya'ni o'quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo`lishlarini ta'minlaydigan fao-Hyatdir. O'qituvchi ta'lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o'quvchi, talabaga ta'sir ko'rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o'quvchi ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta'limdagi yutuqlar, avvalo, o'qituvchiga bog'liq. Mutaxassis sifatida o'z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo`lish psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallashi, har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o'rganish va baholash, pedagogik ta'sir ko'rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo`lish kerak.
Mustaqil ishlash iste'dodini shakllantirish, kasbiy layoqat hissini, pedagogik voqea va hodisalarni taqqoslash, tahlil qilish va xulosalash ko'nikmalarini rivojlantirish-bularning barchasi ta'lim jarayoning asosiy vazifalaridir.
Ta'lim jarayoni - ma'lumot mazmuni hamda unga oid faoliyat usullarini o'quvchilarning o'zlashtirishi uchun o'qitish va o'qish faoliyatlarining real aloqalashuvi, sababiyatli bog'lanishi, bir-biriga muvofiqlashuvi asosida ta'limning aktlar, zvenolar, cikllar shaklida makon va zamonda harakatlanadigan maqsadga muvofiq shirkat faoliyatidir (29-rasm).
29-rasm. Ta'lim jarayoni.
Ta'limning asosiy vazifalari shaxsni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta'lim inson bilish faoliyatining bir tun sifatida bir necha ma'noni bildiradi, ya'ni ta'lim oluvchilarda bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e'tiqodlami shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o'stirishdir.
Ta'lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to'plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko'nikma va malakalar hamda e'tiqodlar shakllantiriladi.Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo'lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya'ni unda ikki tomon o'qituvchi va o'quvchi faol ishtirok etadi. O'qituvchi aniq maqsadni ko'zlab, reja va dastur asosida bilirrr; ko'nikma va malakalarni singdiradi, o'quvchi esa uni faol o'zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok tassavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o'ynaydi. Ta'lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko'nikma va malakalarni hosil qilish, ya'ni haqiqatlarni ocha olishga qodir bo'lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir (30-rasm).
O'qituvchi, o'quvchi va talabalardagi fikrlash jarayonni to'g'ri yo'lga solish uchun amaliyot har qanday bilishning negizidir, degan qoidani hisobga olish zarur. Ta'limda o'qituvchi bilim berish bilan cheklanmaydi, u o'quvchiiarning fikrlash faoliyatiga ham rahbarlik qiladi, o'quvchilarda ishdagi mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini o'stiradi va shu tariqa o'rganilayotgan narsaning ongli ravishda o'zlashtirib olishga erishiladi, materialni idrok qilishlari va tushunib olishlari bilan birga, uni puxta esda saqlab qolishlari to'grisidagi ham g'amho'rlik qiladi (31-rasm).
O'qituvchi o'quvchi - talabaning bilish faoliyatlarini tashkil qilish maqsadida o'quv ishlarni olib borar ekan, avvalo ta'lim jarayoni orqali uch vazifani, ya'ni bilim berish orqali uch maqsadni ha] qilish lozimligini unutmasligi kerak. Bu maqsadlar o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatini birlashtiradi:
1. Ta'limiy maqsad - O'quv materialining mazmunini bilish, ya'ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o'zlashtirish va ama-liyotga tatbiq qila olishdir.
2. Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o'zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g'oyalar, dunyoqarashlar ta'sirida o'zining shaxsiy sifatlarini, imon - e'tiqodlarini shakllantirishdir.
3. Rivojantiruvchi maqsad - ta'lim jarayoni ta'sirida shaxsning aqliy kamolatini, bilish qobiliyatini, o'qishga, mehnatga bo'lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat.
Bu maqsadlarni amalga oshirish natijasida o'quvchi - talabada mustaqil ishlash iste'dodi paydo bo'ladi. Uni o'ylashga o'rgatadi, ta'lim jarayonida tafakkur qukmronlik qiladi .
Bu bog`iiqlikni, avvalo, ta'limni amalga oshirish bosqichlarda ko'rishimiz mumkin. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat?
Birinchi bosqich - o'quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda o'quvchi talaba ta'limning mazmuni bilan tanishib, o'zining bilish vazifalari nimalardan iborat ekanligini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi.
Ikkinchi bosqich - ular o'quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo'ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar.
Uchinchi bosqich - yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar o'qituvchining qo'shimcha izoqlari orqali mustahkamlanadi.
To'rtinchi bosqichda - ular o'zlashtirib olgan bilimiarni imko-niyatga qarab amaJiyotga tatbiq qiladilar.
Bularni bilish orqali o'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi mumkin. Shuning uchun o'quv jarayonining hamma bosqichlarida o'qituvchi etakchilik va boshqaruvchilik rolini o'ynaydi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan bo'lsak, o'qi-tish jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmog`i sifatida qator vazifalarni bajaradi. Jumladan:
1. O'quvchi va talabalarda bilim ko'nikmalari va malakalarini hosil qiladi.
2. Ularda dunyoqarash, ishonch va e'tiqodlarini o'stiradi.
3. Yoshlarni muayyan darajada o'qimishli, muayyan tarbiyali kishilar bo'lib etishishlariga, qobiliyat va is'tedodlarini o'stirishga erishiladi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o'qituvchida o'z kasbiga layoqat bo'lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo'lishdir. Bu, avvalo, pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishda ko'rinadi. Bundan tashqari o'qituvchi o'quvchiga qiziqib qarashi, uning ehtiyoj va xususiyatlarini tushuna bilish lozim.
O'qituvchi keng ko`lamdagi didaktik bilimlarga, pedagogik ma-horatga ega bo'lishi lozim. Shundagina o'qituvchi kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida ta'lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar
1. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. —Ò., «Sharq», 1997.
2. Karimov I.A. Ma'naviy yuksaHsh yo'lida. — Toshkent, «O'zbekiston», 1998.
3. Abduqodirov A. Umumta'lim maktablari uchun elektron darslik yaratishning nazariy asoslari // «Pedagogik mahorat». 2003. 2-son, 6-10-betlar.
4. Pedagogika. O'quv qo'llanma. A. Munavvarov tahriri osti-da. - Ò., 1996. 68-74-betlar.
5. Roziqov O. va boshq. Didaktika. Darslik. - Ò., «Fan», 1997, 81-109-betlar.
6. Tursunov I.Y., Nishonaliev U. Pedagogika kursi. - Ò., «O'qituvchi», 1997, 89-92-betlar.
7. Musayev U. va boshq. Darslik - bilim, ma'lumot va axborot manbai // «Ma'rifat gazetasi», 2003-yil 26 fevral.
8. Ibragimov XX, Abdullayeva Sh.A. Pedagogika. O'quv qo'llanma. - Ò., «Fan», 2004, 234-239-betlar.
Topshiriqlar
1. O'zbekiston Respublikasinig ta'lim to'g'risidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida aks ettirilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillarini o'rganing.
2. Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog`i orqali mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifry sohalarda islohotlar haqidagi ma'lumotlarni to'plang va ularni tahlil qiling.
3. Nazariy dalillar ruknini sinchiklab o'qing va: a) ta'lim jarayonining tuzilishi (bosqichlari) aks etgan chizma tayyorlang; b) ta'lim jarayonining mohiyati va vazifalari, o'qitish jarayonining ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish funksiyalari haqida og'zaki gapirib bering.
Mavzu yuzasidan zarur manbalar
a) O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi Qonuni;
b) Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi;
s) Pedagogik ta'lim Konsepsiyasi.
17-MAVZU: TA'LIM MAZMUNI. DAVLAT TA'LIM
STANDARTLARI.
O`QUV REJALARI VA VOSITALARI
1997-yil 29-avgustda O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'gnsidi'gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi. Bu qonunda ta'kidlanishicha, ta'limning mazmuni har bir o'sib kelayotgan yosh avlodni hayotga va dunyoviy demokratik jamiyat baxt - saodati yo'lidagi yuqori unumli mehnatiga barkamol avlod qilib tayyorlash bilan belgilanadi.
Ta'limning asosiy mazmuni uning vazifalarida oydinlash-tiriladi, Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog'liq bo'lgan vazifalar kiradi.
Yangi demokratik jamiyat qurishda ta'limning mazmuni bu jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib quyidagtlarga amal qilgan holda belgilanadi:
• ilmiy bilimlarni etakchi roli to'grisidagigi qoidaga;
• insoniyatning madaniy-ma'rifiy merosiy boyliklarini umu-minsoniy qadriyatlarni egallab olish haqidagi "Milliy dastur" ko'rsatmalariga;
• tarbiyalanuvchi shaxsni barkamol qilib rivojlantirish, iymon-e'tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish;
• ilmiy hayot bilan yangi demokratik jamiyat qurilishi tajribasi bog'liqligi haqidagi qoidaga;
• ta'limning bir maqsadga qaratilganligi;
• ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga va didaktik prinsiplariga muvofiqligiga amal qilinadi.
Yangi demokratik jamiyat qurayotgan bizning mamlakati-mizda ta'limning mazmunini quyidagi yollar bilan takomillashtirishni nazarda tutiladi:
• fan va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks ettirish;
• ikkinchi darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan material-lardan qutilish;
• o'rganilayotgan fanlar ro'yxatini va materiallar hajmini aniqlash hamda o'quvchi yoshlar, albatta, o'zlashtirib olishi kerak bo'lgan malaka va ko'nikmalarning optimal hajmini belgilash;
• o'quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g'oyalarni juda ham aniq bayon qiiish;
• o'quvchilarni pedagogik texnologiyalar: komp'yuter, kserks, elektron pochta va shu kabi boshqalar to'g'risidagi bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda shu texnologiyalardan foydalanish ko'nikmalarini hosil qiiish.
Umumiy ta'lim - bu o'quvchilarning har tomonlama umumiy tayyorgarl/gini va rivojlanishini ta'minlovich fan asoslarini egallab olishdir.
Kasbiy ta'lim - insonning o'zi tanlagan, nisbatan tor yo'nalishdagi mehnat faoliyatiga xizmat qiladi.
Politexnika ta'limi - o'quvchilarning nozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari, uning energetikasi haqidagi bilimlar sistemasi bilan ta'minlaydi hamda inson faoliyatining turli sohalaridagi ish operatsiyalarini o'zlashtirib olish uchun baza ahamiyatiga ega bo'lgan bir qator mehnat ko'nikma va malakalarini egallash nazarda tutiladi.
Ma'lumot mazmuni - yoshlarning ma'lumoti, taraqqiyoti, tar-biyasini mo'ljallab, hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo'li bilan tanlangan bilimlar, ko'nikma-malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlardir.
Ta'lim mazmuni-yoshlarni ma'lumotli qiiish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida ma'lumot mazmunidan tanlanib, ta'lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko'nikma-malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini emotsional baholashga doir munosabatlardir. Ta'lim mazmuni ma'lumot mazmuni asosida tanlanadi. Ta'lim mazmunini o'rgatish va o'zlashtirish yo'li bilan ma'lumot mazmunini amalga oshirishga, binobarin, yoshlarni ma'lumotli qiiish, taraqqiy ettirish, tarbiyalashga qarab boriladi.
Ma'lumot mazmunini tanlashga oid nazariyalarning ayrimlari uzoq o'tmishga borib taqalsa, ayrimlari XX asrda paydo bo'lgan.
Modciiy ta'lim nazariyasi XIX asrning keyingi choragida kirib keldi (1879-y, F.Doerfeld. «Didaktik materializm» kitobi). Moddiy ta'lim nazariyasi asoschilari maktabining vazifasi bolalarga imkoniyati yetguncha ko'proq bih'm o'rgatishdan iborat deb hisoblar-dilar.
Formal ta'lim tushunchasi 1791 yili (E.Shmidtning «Empirik psixologiya» kitobida) ishlatilgan.
Formal ta'lim nazariyasi tarafdorJari maktabning vazifasini bolalar taraqqiyotida ko'rishadi. Ular maktabning ishi bilim berish emas, aksincha, bolalarda turli qobiliyatlarni rivojlantirishdan iborat, deb bilishadi. Bilimlarni esa har kim o'zi istagancha o'z qobiliyatiga yarasha o'rganadi.
Ta'lim mazmuni quyidagi davlat huijatlari va rasmiy hujjatlarda o`z aksini topadi:
1. O'quv rejasi.
2. O'quv dasturi.
3. Darslik.
O'quv rejasi - davlat hujjatidir. Unga barcha umumta'lim mak-tablari so'zsiz amal qiladi. Bu hujjatda sinflar bo'yicha o'rganilishi lozim bo'lgan o'quv faniari va shu fanlar uchun ajratilgan o'quv soatlari ko'rsatiladi. Bu huyat maktabning yagona o'quv rejasi hisoblanib, u xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqla-nadi. Alohi-da aniq bir fanning o'quv rejasi - shu fanni o'qitish uchun ajratilgan soatlar va o'quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatlaridir.
O'quv-rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslaniladi: - o'quv tarbiya ishining maqsadi, o'quvchilarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini ko'nikmaga aylantirib, uni hayotga qo'llay olishga o'rgatish. Maktab o'quvchilariga bilim berish yoshiga qarab tizimga solinadi va qoidalarga asoslanadi:
a) boshlang`ich ta'lim - 1-4 sinflar;
b) umumiy o'rta ta'lim - 5-9 sinflar;
v) o'rta maxsus kasb-hunar ta'Hmi, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari.
Shu o'rinda ta'lim tizimining yangi zamonaviy bo'g'mi bo'lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga ham to'xtab o'tsak.
Ta'lim to'g'risidagi qonunga asosan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining maqomi tenglashtirilgan. Shu bilan birga, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o'z oldiga qo'yilgan maqsadlar bilan bir-biridan ma'lum ma'noda farq qiladi.
Akademik litseylar - o'quvchilarning qiziqishlarini va qobili-yatlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishini chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o'qitishni ta'minlaydi. Akademik litseylar, asosan oliy o'quv yurtlari qeshida tashkil etiladi. Akademik litseylarda har bir o'quvchi o'zi xohlagan mutaxassislik bo'yicha o'qishi mumkin.
Akademik litseylarda o'quvchilarni iqtidorlilari o'zlarini qiziq-tirgan mutaxassisliklarda o'qib, o'z iqtidorlarini ocha oladilar, ana shu maqsadni amalga oshirishga iqtidorli, iste'dodli bolalarm tarbiyalashga xizmat qiladi.
Kasb-hunar kollejlari esa o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlagan yo'nalishlari bo'yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkonini beradi. Kasb-hunar kollejlari oldingi bilim yurtlaridan ham mazmunan, ham shaklan farq qiladi. Bu farq - bularning eng, avvalo, o'quvchilarni o'qishga qabut qilishdan boshlab, o'quv jarayonining tashkil etilishi, mazmuni bilan mezonan va bir necha kasb-hunar egasi, ustasi, kichik mutaxassis bo'lib o'qishni tamomlashdan iboratdir. O'quv jarayoni Davlat ta'lim standartlari, yangi zamon talablariga javob beradigan o'quv reja va dasturlar asosida tashkil etiladi.
Kasb-hunar kollejlarida o'quv dasturlarida oldingi bosqichi-umumiy o'rta ta'lim maktablarida, oliy o'quv yurtlarining o'quv dasturlari bilan o'zaro ta'limning uzluksizlik va izchillik prinsiplariga amal qiladi.
O`quv dasturi - har bir alohida fan uchun tuziladi. Dastur o'quv rejasiga asoslanadi. Dasturda fanning mazmuni, mavzu ketma-ketligi, ikkinchi mavzu birinchisini to'ldirishi, izchilligi bilan yoritiladi va ma'lum mavzular orqali ko'rsatiladi. O'quv dasturida mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi.
Fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda yo'nalishlari ajratiladi. Ular boblarga bo'linadi. Boblar katta-katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo'linadi va o'quv-chilarga tushuntiriladi. O'quv dasturining o'zini amal qilishi kerak bo'lgan qoidalari mavjud.
1. Dastuniing aniq bir g'oyaga asoslanganligi.
Dastur mustaqil jamiyatimiz taraqqiyotining tamoiyllariga asoslangan holda isloh qilingan har bir fan, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar qirralaridagi erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks ettirishi lozim. Dastur uzohni ko'ra bilishi qoidalariga asoslanishi kerak.
2. Dastur ilmiylik prinsiplariga asoslanadi.
Har bir ta'lim va tarbiya g'oyalari, ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida ki-ritiladi.
3. O'quv dasturi aniq mazmun va mantiq g'oyalarini o'zida aks ettirishi lozim. Dasturda fanning maqsad va vazifalari undagi bilim asoslari misollar va masalalar orqali o'rganiladi. Aks holda tushun-tirish qiyin bo'ladi.
4. Nazariyot bilan anialiyotning birligi prinsiplari.
Talabalar nazariy olgan bilimlarini amalda qo'llay olish ko'nikmasini shakllantirish nazarda tutiladi.
5. O`quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi. Vaqt o'tishi bilan fan olamida yangi-yangi kashfiyotlar, ma'lum bir ilmiy qonun-qoidalarpaydo bo'lib, fan takomillashib boradi.
O'quv dasturi davlat tomonidan tasdiqlangan reja asosida bakalavriat, magistratura, litsey, gimnaziya, kollejlarga alohida-alohida tuziladi.
Darslikni hammamiz bilamiz. Undan uzoq yillar davomida foydalanib kelganmiz, ayrimlarga u eng yaqin do'st bo'lib qolgan.
Darslik. Darslik o'quv jarayonining asosi. O'quvchining uydagi muallimi, yordamchisi. Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi:
1. Darslikda aks etgan ilmiy bilimlar sinf î'quvchHarming yosh xususiyatiga mos kelishi kerak.
2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asosi, g'oyalari tizimli va izchil bo'lishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan, ishonarli bo'lishi lozim.
3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog'langan bo'lishi kerak.
4. Darslikda mavzu sodda ravon tilda yozilishi hamda tegishli qoida va ta'riflar berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi rasmlar va bezatilishi o'quvchining yoshiga mos, fanning xarakteriga monand bo'lishi kerak.
5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo'lishi, Hmiylikka asoslanishi kerak.
O'quv predmetlari. Har bir o'quv predmetida o'ziga oid fanning umumiy asoslari beriladi. Fan va o'quv predmeti bir-biridan quyidagi belgilariga ko'ra farq qiladi:
BirincHtdan, fan hajm va mazmun jihatidan keng bo'lib, unda shu fanga oid g'oyalar, qarashlar, bilimlar, tushunchalarning barchasi o'z aksini topadi. O'quv predmeti hajmi nisbatan tor bo'lib, unda bolalarning hayotiy tajribalari, real imkoniyatlariga mos keladigan bilimlarni o'rgatish ko'zda tutiladi.
Ikkinchidan, fan hamma uchun yoshu-qari, o'zbeku-qozoqqa bir xil xizmat qiladi. O'quv predmetlari esa faqat yoshlarga mo'ljallab tuziladi.
Uchinchidan, fan va o'quv predmetining faqat o'zigagina xos vositalari mavjud.
To'rtinchidan, fan o'zini-o'zi rivojlantiradi. O'quv predmetlari esa yoshlarni ma'lumotli qiladi, rivojlantiradi, tarbiyalaydi.
Lekin farqlariga qaramasdan ular o'zaro uzviy bog'langan. Fan rivojlangan sari o'quv predmetlari sayqallashib, takomillashib boradi.
TOPSHIRIQLAR
1. Ta`lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta'lim mazmuniga qo'yilgan talablarni tatlil qiling.
2. Ta'lim mazmunining belgilanishini o'rganing, uning tarixiy xarakterini tahHI qiling.
3. Umumiy o'rta ta'lim davlat standartlari asosida ta'lim mazmunining ifodalanishini o'rganing.
4. Ta'lim mazmunini aks ettiruvchi normativ hujjatlar:
a) o'quv rejalari;
b) dasturlar;
v) darsliklar va ularning tuzilishiga qo'yilgan talablarni o'rganing va mutaxassislik fani buyicha DTS asosida kalendar-reja tuzishni mashq qiling.
5. Moddiy ta'lim va formal ta'lim nazariyalari g'oyalarini T-chizma asosida solishtirib, tahlil eting:
6. Hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiyalar qo`llanilishi munosabati bilan qanday yangi o'quv adabiyotlari paydo bo'ldi va qo'llanilmoqda? A. Abduqodirovning «Umum ta'lim maktablari uchun elektron darslik yaratishning nazariy asoslari» («Pedagogik mahorat», 2003, ¹2, 6-10-betlar) maqolasini Insert usulida o'qib, tahlil qiling.
7. Mutaxassisliginigizga oid darslikdan birorta o'quv materiali-ni tanlab, quyidagi ishlarni bajaring:
- o'quv materialini o'quv elementlariga ajrating;
- o'quv elementlari bo'yicha beriladigan savollarni belgilang;
- o'quv materiali mazmunini hisobga olib ko'rgazmali qurol yasang;
- mazmunga mos keladigan o'quv topshiriqlari tiplarini aniq-lang.
8. Mutaxassislik faningiz buyicha DTS, o'quv dasturga asos-lanib, chorak uchun kalendar-tematik ish reja tuzishni mashq qiling.
9. Erishilgan natijani oMchash, baholash: Mutaxassisligingizga oid fanning o'quv dasturini va o'shanga tegishli darslikni olib bir-biriga solishttrib ko'ring. Darslikning dasturga muvofiqligini tahlil qiling.
Axborot manbalari
1. Karimov I. A. Ma'naviy yuksalish yo'lida. - Toshkent, «O'zbekiston», 1998.
2. Abduqodirov A. Umumta'lim maktablari uchun elektron darslik yaratishning nazariy asoslari // «Pedagogik mahorat». 2003, 2-son, 6-10-betlar.
3. Oliy ta'lim me'yoriy hujjatlar to'plami. - Ò., «Sharq», 2001.
4. Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika. O'quv qo'llanma. - Toshkent, «Fan», 2004, 234-239-betlar.
5. Ïåòèëëîí Ï. Äèàãíîñòèêà ñîöèàëüíûõ è ýìîöèîíàëüíûõ ïðèçíàêîâ. - Ì., Òîðãîâûé äîì Ãðàíä, 2003, 137-ñòð.
6. Ïëàæå Æ. Ðåá¸íîê è åãî ðàçâèòèå. - Ì., Çíàíèå, 1984, 45-49-ñòð.
7. Ïîäëàñûé È.Ï. Ïåäàãîãèêà. - Ì., Âëàäîñ, 2003, 162-ñòð.
8. Ðàéãîðîäñêèé Ä.ß. Ïðàêòè÷åñêàÿ ïñèõîäèàãíîñòèêà. Ì., Áàõðàõ, 1998, 67-ñòð.
9. Roziqov Î. va boshq. Didaktika. Darslik. - Ò., «Fan», 1997, 81-109-betIar.
10. Tursunov I.Y., Nishonaliev U. Pedagogika kursi. - Ò., «O'qituvchi», 1997, 89-92-betlar.
11. Musayev U. va boshq. Darslik - bilim, ma'lumot va axbo-rot manbai // «Ma'rifat gazetasi», 2003 yil, 26 fevral.
18-MAVZU: TA'LIM TAMOYILIARI (PRINSIPLARI)
Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri, - deb ta'kidlanadi, kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta'lim tizimi o'quv-tarbiya jarayonining hamma bosqichlarini qamrab oladi hamda har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Dasturda uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari ham o'z ifodasini to'liq topgan. Bular:
- ta`limning ustuvorligi,
- ta`limning demokratlashuvi,
- ta`limning insonparvarlashuvi,
- ta`limning ijtimoiylashuvi,
- ta`limning milliy yo'naltirilganligi,
- ta'lim va tarbiya uzviy bog'liqligi,
- iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoit yaratish kabilardir.
Pedagogikada ta`limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari alohida, ya'ni didaktika qismida o'rgamladi. Bu jarayonda ta'lim prinsiplariga alohida to'xtaladi. Xo'sh, ta'lim prinsiplari kim uchun va nima uchun kerak? U o'quvchi faoliyatiga ham dahldormi?
Ta'lim jarayoni murakkab hamda ko'p qirralidir. Bu jarayon-ning muvafFaqiyatli va samarali natijasi ta'lim jarayonining qonun qoidalari, ya'ni ta'limga qo'yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog'liq.
Ta'lim prinsiplari o'quv tarbiya jarayoniga qo'yiladigan ijtimoiy talablar, ta'limni tashkil etish va boshqarishda rioya qiladigan qoidalar sifatida amal qiladi.
Ko'pchilik adabiyotlarda «O'qitish prinsiplari» iborasi ishla-tiladi. Lekin ta'lim prinsiplari ta`lim jarayonining ikkala subyektiga - o'qituvchi va o'quvchiga ham daxldor. Shuning uchim ulami ta'lim prinsiplari deb atagan ma'qul, deb ta'kidlaydi prof. O. Ro-ziqov.
Ta'limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga qo'yiladigan talablar, qoidalar ta'lim prinsiplari deb ataladi.
Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo`lib, ular ta'limning barcha turlari, darajalari, subyektlari, o'quv-tarbiya jarayonining hamma komponentlariga dahldor umumiy qoidalardir.
«Prinsiplar va ta'lim qonuniyatlari uzviylikda mavjuddir. Qo-nuniyatlar prinsiplarning ayrim tomonlarini yoritadi. Prinsip umumiylik xususiyatiga ega bulib, ta'limda barcha uquv fanlarini uqitish bosqichlarida qo'llanadi».
O'qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak - atrofdagi dunyoni bilishining umumiy qonunlari asosida sodir bo'ladi. Shuning uchun o'qitish tamoyillari ta'lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to'g'ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta'lim tamoyillari o'quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o'zaro bir-biri bilan mustahkam bog'liq holda bir sistemani tashkil etadi. Har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta'lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o'z hissasini qo'shadi. Ta'lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o'quvchi talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta'lim tamoyillarning mohiyatini chu-qur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir.
O'quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo'lishi, texnika va fanning so'nggi yutuq va kashfiyotlarini o'zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan o'quvchi ilm fandagi yangiliklardan xabardor bo'lishi lozim.
O'qitishning ilmiylik tamoyillari ta'lim jarayonida o'quvchi-talabalarni hozirgi zamon texnika fan taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa, talaba yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirishga qaratiladi. Ilmiylik ta'limning mazmuniga va usullariga aloqadordir. Shunday ekan bilim ilm-fan bilan o'quv predmeti o'rtasida hamkorlik, o'zaro bog'liqlik bo'lishiga erishish lozim. Ta'limning hamma bosqichlarida ilmiy izoh-lashlardan foydalanmoq lozim.
Bilimlarni tizimli va izchil o'zlashtirish qoidasi ta'limning ilmiyligi va tushunarliligi qoidalari bilan uzviy bog'liq. Tizimlilik (sistemalilik) didaktik kategoriya sifatida YA.A.Komenskiyning asarlarida asoslab berilgan edi. U tabiatda bir narsa ikkinchi narsa bilan bog'liq bo'lganidek, ta'limda har bir narsa ikkinchisi bilan aloqada bo'lmog`i, har bir mashg'ulotda o'rganilgan bilim keyingi o'rganiladigan bilimlarga yo'l ochishi lozim, deb hisoblaydi.
Professor O.Roziqov tizimlilikni ta`lim qoidasi sifatida quyidagi belgilarga ega ekanligini ta'kidlaydi: tartibga solinganlik, tashkiliylik, yaxlitlik, rejalilik, davomiylik, vorisiylik, istiqbolga yo'nalganlik.
Ta`limning tizimli bo'lishi uning izchil bo'lishi bilan bog'liqdir. Izchillikka asoslangan ta'limning xarakterli belgisi shundaki, u o'quvchilarning oldindan o'zlashtirgan bilim va malakalari zami-rida yangi bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilish. ularning o'za-ro bog'lanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimJarni bayon qilish jarayonida oldindan o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni yanada chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta'minlashga qaratilgandir.
Tizimlilik va izchillik o'quv fanlarining bir-biri bilan bog'liq bo'lishini ham nazarda tutadi.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog'lab olib borish ta'limning yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta'lim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog`iiqligiga asoslanadi. Shundagina o'quvchi-talaba o'rganayotgan o'quv materiallarining tub mohiyatini tushu-nib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o'qituvchi ta`lim jarayonida o'quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmog`i lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli tushunib o'zlashtirishga olib keladi.
Ta'limdagi onglilik va faollik, o'quvchidagi ko'tarinki kayfiyat, ko'proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o'zlashtirish o'qitish jarayonining psixologik tomonlarida o'z ifodasini topadi. O'qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat`iy bayon etilsa, o'quvchi talabaning fikr yuritishi shunchalik aniq va ravshan bo'ladi va o'quv materiallarini ongli o'zlashtirish darajasi ham oshadi.
Ta`lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o'zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday jarayonda o'qituvchi o'kuvchining mashg'ulotlarga munosabati va bu jarayonda o'zini qanday tutishga e'tibor bermog`i lozim. Shunday ekan, ta'limning samaradorligi o'qituvchining o'quvchilarni o'qishga izchil va muntazam qiziqtirib borisliga bog'liqdir. Buning uchun o'qituvchi ularni o'qishga ijodiy munosabatda bo'lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim.
Ta`lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko'tarilgan hayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli, ta`lim shaxsni shakllantirishning asosiy manbaidir.
O'qitib tarbiya berish deganda ta`lim va tarbiyaning bir-biri-dan ajralmasligini tushunamiz. Íàã bir o'quv fani hatto, ayrim mavzu va mavzuchalari ham shubhasiz, tarbiyalovchilik xarakteriga ega.
Tabiiy fanlar - matematika, kimyo, biologiya va boshqalarni o'zlashtirish orqali o'quvchilarda ilmiy e'tiqod, dunyoqarash shakllana boradi. Ular dunyoni o'rganish mumkinligini ilmiy asosda anglab oladilar. Har bir narsa yuzasidan haqqoniy hukm chiqarishga o'rganadilar.
Gumanitar fanlarning tarbiyaviy ahamiyati yanada kengroq bo'lib, ular komil insonning axloqiy sifatlarini shakllantirishga har tomonlama yordam beradi.
O'quvchi-talaba ilmiy bilimlarni o'zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi, iymon-e'tiqodi va qobiliyati o'sib rivojlanib boradi. Ta'limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish o'qituvchining, avvalo, ta'limni uslubiy jihatdan to'g'ri tashkil etishiga, o'quv materiallarining mazmuni bilan bog'liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashiga va o'quvchilarning bilim olishga qiziqtira olishiga bog'liqdir. Shu bilan birga o'qituvchining o'quvchilar oldidagi obro'-e'tibori muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Ta'limning ko'rsatmalilik qoidasi - ta`lim jarayoni sifatini oshiradi, o'quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Bu qoida o'qitish jarayonida ko'rish, eshitish, hid, ta'm, maza bilish, terimuskul harakati kabi sezgi organlarining bir yo'la obyekt ustida safarbar qilinishini talab etadi.
Ta`lim jarayonida ko'rsatma materiallar o'quv predmetlarining xarakteri va mazmuniga qarab turli-tuman bo'lishi mumkin.
Jumladan:
a) buyum va narsalarni aslini tabiiy holda ko'rsatish;
b) tasviriy ko'rsatmali materiallarni namoyish qilish;
v) narsa va buyumlarni shartli belgilar orqali ko'rsatish;
g) ovozli ko'rsatmali materiallarni ko'rsatish. Ta`limda ko'rsatmalilikning samarali natijalar berishi uchun uning quyidagi tomonlariga ham e'tibor berish kerak:
Birinchidan, ishlatiladigan ko'rsatmaii qurollar u yoki bu sinf o'quvchilarining yoshi va o'ziga xos xarakter xususiyatlari, umumiy tayyorgarligi - saviyasiga mos keladigan bo'lishi lozim.
Ikkinchidan, foydalaniladigan ko'rsatmati qurollar o'tilayotgan dars mavzusining mazmunini ochib berishga yordam beradigan materiallar bo'lishi lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida foydalanish uchun belgilangan ko'rsatmali materiallardan unumli foydalanrnoq uchun zarur bo`l-gan ta'lim usullari to'g'ri tanlangan bo'lishi lozim.
Ta`lim jarayonida muvaffaqiyatlarga faqat bilim berishda o'quvchi - talabaning o'ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olganda erishish mumkin. Shuning uchun o'qituvchilarda bolalar psixologiyasiga oid bilimlar etarli bo'lishi lozim. Sinf o'quvchilar jamoasiga xos umumiy xususiyatlar va har qaysi o'quvchiga tegishli xususiyatlar ta'limning har bir bosqichida e'tiborga olinishi kerak. Bunga erishish uchun o'qituvchi o'quvchilarni kuzatishi va ularning ruhiy olamini o'rganishi lozim. Faqat shundagina o'quvchidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi va ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib boriladi.
Xulosa qilib aytganda, ta'lim qoidalari umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o'qish va o'qitish jarayonlarming yo'nalishi, o'quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o'zlashtirilishi, bilim va ko'nilcmalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalari yig`indisi bo'lib, ular bir-biri bilan uzviy bog`liqdir.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Ta'lim prinsiplarining ahamiyati nimada?
2. Ta'lim prinsiplari tizimiga nimalar kiradi? Ta'limning ilmiy bo'lishi prinsipi mohiyatini qanday tushundingiz?
3. Ta`limda nazariya bilan amaliyotning bog'liq bo'lishi prinsipini mutaxassisligingizga bog'lab tushuntira olasizmi?
4. Ta`limda onglilik va faol harakatda bo'lish prinsipi o'quvchiga nima beradi?
5. Ta'limni tarbiyalovchilik imkoniyatlaridan foydalanishning pedagogik jarayondagi ahamiyati nimadan iborat?
6. Ta'lim jarayonining ko'rsatmali bo'lishi ta'lim samarasiga qanday ta'sir ko'rsatadi?
7. Bilimlarni puxta va sistemali o'zlashtirib olish prinsipiga misol keltiring.
8. Ta'lim jarayonida o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish prinsipining mohiyati nimadan iborat?
9. Ta'limning tizimlilik va izchillik prinsiplarini amalga oshirish qoidalarini mutaxassisligingizga oid mavzu misolida bayon eting.
10. Ko'rgazmalilik va onglilik prinsiplarining o'zaro bog'liqligi, xususiyatlari va ularni amalga oshirish qoidalari to'g'risida mini ma'ruza tayyorlang.
11. Pedagogik muammoli masalalarnn yeching:
O'quvchi she'rni yaxshi ayta turib, birdan to'xtab qoldi, yana boshladi va to'xtadi. So'ngra yig'lab «Yodlagan edim», dedi. O'qituvchi «Mayli hayajonlanma, Dilbar javob bersin, keyin aytib berasan» - dedi.
O'quvchi o'zini tutib olib, she'rni tuxtamay aytib berdi.
O'qituvchi 5 baho qo'ydi.
Darsdan sung darsni kuzatgan talabalar o'rtasida bahoni oshirib qo'ymadimikin degan munozara boshlandi. O'qituvchi esa, men bahoni tushira olmayman, u juda intiluvchan, harakatchan, lekin doskada hayajonlanib qoladi. Masalan, Anvar shunday xato qilsa kechirmayman, chunki u o'qimagan bo'ladi.
O'qituvchi haqmi? Bu yerda qaysi ta'lim prinsipi qo'llanilayapti?
AXBOROT MANBALARI
1. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -
Ò., 1998.
2. Karimov LA. Ma'naviy yuksalish yo'lida. - Ò., «O'zbekiston», 1998.
3. Umumiy o'rta ta'lim muassasa (maktab)larida o'quvchilar bilimini nazorat qilishning reyting tizimi to'g'risida muvassat Nizom. G «Xalq ta'limi», 2000, 4-son, 10-24-b.
4. Farberman Â., Musina R., Jumaboyeva F. Oliy o'quv yurt-larida o'qitishning zamonaviy usullari. - Ò., 2002.
5. Roziqov O. va boshq. Didaktika. Darslik. - Ò., «Fan», 1997.
6. Tursunov I.Y., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. Ò., «O'qituvchi», 1997.
7. Zunnunov A., U. Mahkamov. Didaktika. - Ò., «Sharq», 2006, 49-b.
19-MAVZU: TA'LIM METODLARI VA VOSITALARI
O'qitish metodi deganda ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilaming kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O'qitish usullari ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining qanday bo'lishini, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. O'qitish usullari har ikkala faoliyatning: a) o'qituvchi tomonidan o'quvchilami bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish; b) o'quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish faoliyatida qo'llanadigan yo'llarni o'z ichiga oladi. Ta'lim berish o'qituvchidan izlanishni, pedagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy salohiyati boy bo'lgan ustozgina mavzuni talabalarga mahorat bilan etkazib beradi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta'lim metodlarini tanlay biladi, kerakli vositalardan o'z o'rnida foydalaniladi.
Ta'lim metodi ta'limning maqsadi va vazifalariga bog'liq. Metodlar o'quvchilarning yoshiga ta'limning mazmuniga va funk-siyasiga qarab tanlanadi.
Metodlarni har qanday muammoni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilarining bilim savi-yasi, o'zlashtirish qobiliyati, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlar qo'llaniladi:
- o'qitishning og'zaki metodi;
- o'qitishning amaliy ishlar metodi;
- o'qitishning ko'rgazmali metodi;
- muammoli evristik modellashtirish metodi;
- o'qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodi;
- o'qitishning induktiv va deduktiv metodi;
- o'qitishda rag'batlantirish va tanbeh berish metodi;
- o'qitishda nazorat va o'z-o'zining nazorat qilish metodi.
- Metodlar o'z navbatida guruhlarga bo'linadi:
(Ta'lim metodlarini solishtirib o'rganish maqsadida quyidagi shakldagi T-chizmadan foydalanamiz. Uning moliiyati va qo'lla-nish qoidalari oldingi mavzularda berilgan).
O'quv informasiyasini so'z orqali uzatish va axborotni cshitish orqali qabul qilish metodlariga nimalar kiradi va ularga qanday talablar qo'yiladi?
O'qitishning og'zaki metodlari uch turga: a) o'qituvchining hikoyasi; b) suhbat; v) maktab ma'ruzasiga bo'linadi.
Hikoya usuli boshlang`ich sinflarda ko'p qo'llansa, yuqori sinflarda ma'ruza usuli ko'p qo'llaniladi. Ta'lim mazmuni notanish bo`lsa hikoya va ma'ruza usullari qo'laniladi.
Ta'lim mazmuni o'quvchiga qisman tanish bo`lsa suhbat usuli qo'llaniladi. Og'zaki bayon qilish usulida har ikkala faoliyatning o'qituvchining bayon qilishi va o'quvchilarning shu bayon qilingan bilimlarini diqqat bilan tinglab ongli va mustahkam o'zlashtirishlari birligiga amal qiladi.
Hikoya maktab ta'lim tizimida eng ko'p qo'llanadigan usul bo'lib, u hamma sinflarda barcha fanlarni o'qitishda, maktab ta'li-mining hamma bosqichlarida qo'llaniladi. Boshlang`ich sinflarda bu ancha qisqa va aniq bo'ladi, sinflarning o'rta guruhiga kelib hikoya ancha kattaroq hajmda va davomli bo'ladi. Yuqori sinflarda hajmi katta bo'ladi, ma'ruzadagi kabi butun darsni band qilmaydi.
Nutq madaniyatini o'stirishda hikoyaning o'rni katta bo'ladi. Shu jihatdan o'qitishning og'zaki usullari ta'limda doimo eng ko'p qo'llaniladi
O'quv ma'ruzasi - o'quv materialini og'zaki bayon qilish uchun muljallangan. Uning hajmi hikoyadan katta bo'ladi. O'quv ma'ruzasi dars yoki mashg'ulotning barcha qismini egallab oladi.
Ma'ruza, asosan, yuqori sinflar, kollej va oily o'quv yurtlarida qo'llaniladi. Maktab ma'ruzasi o'tilayotgan mavzuning haqiqiy ilmiy mohiyatini ochib berish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish yo'li bilan to'liq mashg'ulot davomida bilimlarni izchillik bilan bayon etishdir.
O'quv materialini og'zaki bayon qilish usuli quyidagi bir qator didaktik qoida va talablarga asosan qo'llaniladi:
1. Bayon qilinayotgan materiallar g'oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy hamda nazariyani amaliyot bilan bog'lashga qaratilgan
bo'lishi kerak.
2. Bayon qilinadigan materiallarning tarbiyaviy ahamiyatini to'g'ri ko'rsatish orqali o'quvchiga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish.
3. Bayon qilishda o'qituvchining nutqi yagona manba hisob-lanadi va u nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.
4. Bayon qilishda o'qituvchi ishlatadigan ta'riflar, qoida va qonunlar kitob matnidan farq qilishi, mazmuniga mos bo'lishi kerak.
Qanday hollarda suhbat usuli qo'llaniladi? Uni qo'llashda qanday qoidalarga amal qilish lozim?
Suhbat usuli - savol-javob usuli deb ham yuritiladi.
O'quvchilar darsga etarli darajada tayyor bo`lsa o'qituvchi rahbarligida muammoli savollarga javoblarni o'zlari axtarib topadigan suhbatlar maqsadga muvofiqdir. Bunday suhbatlar evristik izlanish, axtarib topish xarakterida bo'ladi.
O'qitish jarayonida o'rganilayotgan mavzu yuzasidan kmsh, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qo'llaniladi.
Suhbatlar, ayniqsa, o'qitishning tarbiyalovchilik xarakterida dunyoqarash, e'tiqodni tarkib toptirishda qo'l keladi. Suhbatlar butun sinf hamda o'quvchilarning ayrim guruhlari bilan ham o'tkaziladi.
Suhbatlar orqali: a) o'quvchilarning o'z hayotlarida uchratgan voqea, hodisalar yuzasidan savollar berish orqali o'quvchilarning mustaqil fikr qilishlarini amalga oshiradigan holatlarga e'tibor qilish; b) o'quvchilarning ilgari o'rgangan tayanch bilimlarini esga tushirishga erishish lozim. Suhbat usuli bilan ish ko'rganda o'qituvchi quyidagilarga amal qilishi lozim:
1. O'qituvchining suhbat uchun tayyorlab kelgan savollari sinf î'quvchila lining hammasiga taalluqli bo'lib, so'roq o'rtaga tashlanishi kerak.
2. O'quvchilardan bin javob berish uchun chaqiriladi.
3. Sinfning hamma o'quvchilari javob berayotgan o'quvchini qunt bilan tinglashi, uning javobini to'ldirishi, tuzatishi, oydinlash-tirishga yordam berishini ta'minlashi kerak.
4. O'quvchilarning javobi qay darajada to'g'ri-noto'g'ri bo'lishidan qat`i nazar o'qituvchi tomonidan izohlanishi, yakunlanishi va baholanishi zarur.
Ta'lim jarayonida turli ko'rgazmali qurollardan foydalanishga harakat qilamiz. Xo'sh, usiibu o'quv informatsiyasini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodiiiing ahamiyati qanday? Ko'rgazmalilikning qanday turlari mavjud? degan savoilarga javob topishga harakat qilaylik.
Ko'rgazmali usulning muhimligi o'rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga o'quvchini undash, mantiqiy va nazariy element laming birligiga ishonch hosil qiiishga, nihoyat nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llay olishga o'rgatishdan iborat.
Ta'limda ko'rgazmalilik usuli namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya tariqasida olibboriladi.
Ta'lim jarayonida namoyish etish usulidan foydalanish asosiy materiaining xarakteriga - mazmuni, shakli va hajmiga bog'liq. Bu xarakter ikki turlidir;
1. Aslicha ko'rsatilishi mumkin bo'lgan buyum va narsalar: o'simliklar, ularning tarkibi, hayvonlar, ma'danlar, kolleksiyalar, asbob va mashinalar, modellar va h.k.
2. Tasviriy ko'rgazmali materiallar: A) buyum, narsa, hodisa va voqealaraing tasvirini ifodalovchi materiallar, rasm, surat, fotosurat, diafil`m va h.k. B) buyum, narsa, voqealaraing biror shartli belgisi orqali ifodalangan simvolik va sxematik tasviriy materiallar geografiya va tarix kartalari, chizmalar, jadvallar, diagrammalar va h.k.
Tasviriy ko'rgazmali materiallar turliligi har xil qo'llashni talab etadi. Masalan:
1. Buyum va narsalarni tabiiy holda ko'rsatishni ikki usulda namoyish etiladi:
a) o'tilayotgan mavzuga oid badiiy ko'rgazma materiallari o'quvchi bayon qilayotgan bir vaqtda (faqat o'qituvchi ko'rsatadi);
b) tabiiy ko'rgazmali materiallarning soni etarli bo'lsa ular har bir o'quvchiga tarqatib beriladi.
2. Tasviriy ko'rgazmali materiallarning har ikkala turini ham ikki xil usulda olib borish mumkin:
a) ko'rgazmali materiallarni o'qituvchi namoyish etadi;
b) ko'rgazmali materiallar o'quvchiga tarqatiladi.
O'qitilayotgan mavzuning xarakterini hamma vaqt sinfda ochib bo'lmaydi. Bu holda nima qilish kerak? Ekskursiya metodidan foydalanish mumkin. Mavzuni ekskursiya usuli bilan ham ko'rsatish mumkin. Bu usulda o'rganilayotgan narsa hodisalarni tabiiy sharoitda zavod, fabrika, tabiatda, muzey, ko'rgazmalarda tashkiliy ravishda ko'rsatiladi. Agar ko'rsatilayotgan joyda o'tilayotgan mavzu mazmunini keng ochib berish imkoni bo'lsa, buni o'qituvchi oldindan borib kuzatib keyin o'quvchilarni olib boradi, ekskursiya usulidan foydalanadi, o'quvchilar ekskursiya davomida obyekt ustidan ma'lumotlarni eshitish yoki kuzatish bilan chegaralan-masdan zarur materiallarni yozib oladilar, rasmini chizadilar, o'lchash, hisoblash ishlarini olib boradilar.
O'qituvchi ekskursiya oxirida mulohaza va fikrlarni umumlashtirib, xulosa chiqaradi va mashg'ulotni yakunlaydi.
O'qitishning amaliy metodlarini qo'llash o'quvchilarga nimalar beradi?
O'quv informasiyasini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laborotoriya, ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish, mehnat harakatlari va boshqalar).
O'qitishning amaliy usullari doirasi keng. Bu usullarga: yozma mashq, tajriba, laboratoriya xarakteridagi mashqlar, mehnat topshiriqlarini bajarish kabilar misol bo'ladi.
Yozma mashqlar jarayonida olingan nazariy bilimlar bevosita amaliyotda qo'llanadi. Mashq qilish davomida ilmiy bilim va ma'lum ish harakat o'zlashtiriladi, takomillashadi, ular aniq o'quv fanining xarakteri hisobiga maqsadli, rejali tarzda amalga oshadi. Mashq davomida har bir mashq e'tiborga olinadi. Masalan, ona tilidan grammatik tahlil, matematikadan misol, masala yechish, tabiiy fanlardan ximiyaviy tenglamalar tuzish, koeffitsiyentlar tanlash, masala yechish, o'simlikllarni turlarga ajratish va h.k. Mashq davomida ilgari egallangan bilim, ko'nikma, malakalar, qonunlar faoliyatga tatbiq etiladi.
O'quvchilarning o'zlashtirilgan ko'nikma va malakalarni mus-tahkamlash ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish asosida olib boriladi:
• mashq uchun berilgan topshiriqning maqsadi o'quvchi-larga aniq tushuntirilgan bo'lishi;
• mashq ustidan sinf o'quvchilar jamoasi va har qaysi o'quvchilarning shaxsiy intilish, qiziqishini hisobga olishi;
• topshiriq butun sinf o'quvchilarining aktiv faoliyatini ta'minlaydigan bo'lishi va mashqni belgilangan vaqt ichida bajarishi talab etiladi.
Mashq qilishda o'quvchilarning yozma, ijodiy mashqlari alo-hida o'rin egallaydi.
Yozma ijodiy mashqlar ona tili, adabiyot, tarix, geografiya fanlarida ham qo'llaniladi. Ular insho, va'z, referatlar yozish kabi-larda o'z aksini topadi.
O'quvchilarning yozma grafik ishlari rasm solish, xaritalar chizish, chizma va sxemalar ishlash, jadval, diagramma, grafik, plakat, albom, stendlar ishlash, laboratoriya mashq ishlari, tajribalar o'qitish jarayonida o'quvchilarga atrofni o'rab olgan obyektlarni borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o'zgarish va rivojlanishi qonuniyatlari haqida yangi bilim beradi. Bu usullar o'quvchilar bilan yoppasiga va alohida olib boriladi.
Amaliy mashg'ulotiar o'quvchilarga umumiy politexnik ta'lim berish va mehnat malakasi bilan qurolantirishda asosiy usul bo'lib xizmat qiladi.
O'qitishning reproduktiv metodini qachon qo'llash mumkin?
Bu usullar o'quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlami bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv usullar o'quvchilarning o'quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta'minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko'nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo'llaniladi.
Reproduktiv usullar - o'quv materialining mazmuni, asosan, axborot xarakterida bo'lsa, amaliy harakat laming usullarini ta'riflasa, o'quvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor bilimlar yo'q bo'lsa, samarali qo'llanadi.
Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Reproduktiv usulda o'quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo'l-laydi.
Muammoti ta'lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yara-tish mumkin?
Muammoli deyilganda o'quv materialini o'quvchilar ongida ilmiy izlanishga o'xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo'ladigan qilib o'rganish tushuniladi.
O'quvchilarning fikriash faoliyatida mantiqiy to'g'ri, ilmiy xulosalarni izlash va o'zlashtirishga rag'batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi.
Har qanday. ta'lim o'quvchi uchun muammolidir. O'quvchi ongida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, o'quvchining faol fikriash faoliyati o'quv materialini puxta o'zlashtirib olishlari haqida sharq pedagoglari qimmatli fikrlar aytib o'tganlar.
Mutafakkir Abu Rayhon Beruniy (937-1048) didaktik qarash-larida o'quvchilarni o'qitish hamda tarbiyalash jarayonida, birinchidan, turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o'quvchining ze-rikmasligini, zo'riqmasligini ta'kidlagan.
Muammoli vaziyatda:
• o'quvchi uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya'ni o'rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish;
• o'quvchilarda bilishga qiziqish o'yg'otish;
• tahlil jarayonida o'quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish.
Ta'lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, un-dan foydalanish usullarini yaratish, ta'lim tizimining har bir bosqichida o'rganiladigan fanlarga xosdir.
Muammoli vaziyat fanning mazmuni o'ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o'rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi. Ta'lim jarayonida o'qitishning induktiv va deduktiv usullariga ehtiyoj sezilmoqda. Qanday holda induktiv va deduktiv usullar qo'llaniladi? Ayniqsa, deduktiv o'qitishga talab va e'tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo'llash o'rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma'lum mantig`ini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o'tishni tanlashni anglatadi.
Induktiv usullar texnik qurilmalarni o'rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qo'llaniladi.
Deduktiv usul o'quv materialini tezroq o'tishga yordam beradi, tafakkurni birmuncha faol rivojlantiradi.
Nazariy materialni o'rganishda anchagina umumiy holatlardan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi masalalarni echishda deduktiv usulni qo'llash, ayniqsa, foydalidir.
Ta'linida rag'batlantirish va tanbeh berishning qanday turlaridan foydalaniladi?
1. Ta'limga qiziqishni rag'batlantirish metodi.
2. Ta'limga burch va mas'uliyatni rag'barlantirish metodi.
O'quv faoliyatini rag'batlantirish deb kishining aktiv faoliyatiga bo'lgan tashqi mayiiga aytiladi. Shu sababli, rag'batlantirish o'qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi.
Rag'batlantirish kishining ichki mayiiga ta'sir qilganda real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. O'qishga qiziqishni rag'batlantirish turlaridan biri-o'qishda ma'lum qiyinchilik sezayotgan o'quvchilarga muvaffaqiyatli sharoit yaratishdir.
Rag'batlantirish va tanbeh berish usullari o'ziga xos xususiyatlarga ega. Rag'batlantirish: baho bilan, imo-ishora bilan, mukofot bilan amalga oshadi.
O'qishga doir tanbehlar dars paytida, og'zaki tanbeh berish, bahosini pasaytirib qo'yish, ish daftariga yozish, xatolarni ko'rsatish kabi usullar bilan amalga oshadi.
Maktabda o'quvchiga tan jazosi berish, o'zlashtirmagani uchun haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so'kish aslo mumkin emas.
Ta'limda nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish metodlarining zarurati nimada va uning qanday turlari bor?
1. Og'zaki nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish.
2. Yozma nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish.
3. Laboratoriya - amaliy nazorat va o'z-o'zini nazorat.
4. Test nazorati.
O'qitish tizimida nazoratning zarurligi shundan iboratki, butun o'quv yurtlari tizimiga samarali ishlayotganligi haqida axborot olishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyoj hisobga olinadi.
Nazorat maktabdagi o'qitish jarayoniga xos bo`lgan: ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantirishdek asosiy vazifalarni bajaradi. Nazoratni quyidagi turlarga bo'lish mumkin:
1. Og'zaki nazorat - yakka va guruhiy so'rash yo'li bilan amalga oshiriladi. Alohida so'rashda o'qituvchi ma'lum vaqt davrida o'quvchilar tushuncha, qonun nazariya holda dalillarni qay darajada egallaganliklarini aniqlaydi. O'quvchilar bilimi ona tili, matematika, fizika, kimyo fanlarida yozma tarzda ham baholanadi.
2. Yozma ishlar turli davomiylikka ega. Ayrim vaqtda qisqa, ayrimda esa to'la dars davomida yozma ishlar o'tkaziladi. Yozma nazoratda baholar obyektiv bo'lishi va o'quvchilaming tipik xatolari aniqlanib, kelgusida ularning bartaraf etilishi belgilab olinadi. O'z-o'zini nazorat qilish-o'quvchilarning o"quv faoliyatini muhim eiementidir. Nazorat kelgusidagi ishlarga reja tuzish nimalarga e'tibor berish kerakligini aniqlab beradi.
Ta'lim maqsadini muvafTaqqiyatli amalga oshirish yo'lida ta'lim vositalaridan foydalaniladi. Kompyuter, Multimedia, kodaskop, filmoskop, logorifm lineykasi, sirkul, apparat turlari - bular jumlasiga kiradi.
Ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash va ulardan o'rinli foyda-lanish - ta'lim samarasini ta'minlashga yordam beradi. Ta'lim metodi mavzuning maqsadiga qarab tanlanadi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. O'qitish usullarining ta'lim jarayonidagi ahamiyati qanday?
2. Uslub va vosita nima? Ularning mohiyatini ochib bering.
3. O'qitishning ogzaki usuli qanday turlarga bo'linadi?
4. O'qitishning ko'rgzmali usulidan foydalanishga qo'yilgan talablar qanday?
5. O'qitishning amaliy usullariga nimalar kiradi?
6. O'qitishning reproduktiv va muammoli izlanish usullarini qaysi hollarda qo'llash yaxshi samara beradi?
7. O'qitishning induktiv va deduktiv usullarini qo'llashga doir misollar keltiring (mutaxassislik faningiz misolida).
8. Agar siz o'qituvchi bo'lganingizda ta'Hm tizimini yaxshilash uchun yana qanday metodlarni tatbiq etgan bo'lardingiz?
9. Muammoli izlanish va reproduktiv metodlarining qo'llanilishini o'z mutaxassislik faningiz misolida aytib berishga tayyorlaning.
Axborot manbalari
1. I.A.Karimov. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Ò., «Sharq», 1998.
2. Pedagogika. O'quv qo'llanma. A.Munavvarov tahririda. Ò., «O'qituvchi», 1996, 86-102-b.
3. N.G'aybulIayev, R.Yodgorov. Pedagogika. Ma'ruzalar matni. Ò., 2000, 104-110-b.
4. I.Tursunov, U.Nishonaliyev. Pedagogika fcursi. Ò., «O'qituvchi», 1998.
5. G'aybulloh as-Salom. Ezgulikka chog'lan, odamzod. Ò., «Sharq», 1997, 312-313-b.
20-MAVZU: TA'LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISH SHAKLLARI (NOAN'ANAVIY SHAKLLAR)
1. Ta'lim shakllarining tarixan paydo bo'lishi.
2. Ta'limning asosiy shakli-dars va unga qo'yilgan talablar.
3. Darsning xil (tip)lari va ularning tuzilish shakllari.
4. Seminar va amaliy tajriba ishlari shaklidagi mashg'ulotlar.
5. Ta'limning samaradorligini ta'minlovchi noan'anaviy shakllar.
Ta`lim ni tashkil etish shakllari deganda, aniq muddatda va tartibda o'qituvchilar o'quvchilar bilan olib boradigan mashg'ulot turlarini tushunamiz. Hozirgi kunda umumta'lim maktablarida ta`limni sinf-dars shaklida olib borish keng tarqalgan.
O'tmish davrlarda ta'lim qanday shakllarda tashkil etilgan? Lining taraqqiyot bosqichlari qanday?
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz ta`limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo`lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta'lim berish ishlarini odamfarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog'langan hamda bilim berish, o'rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan.
Davr o'tishi bilan ko'pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bo'ladi, ta'lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi bola-larni guruh-guruh qilib, to'plab o'qitishni taqozo qilgan hamda ta'lim bilan shug'ullangan mutaxassis-o'qituvchilar tayyoriash zaruriyati kelib chiqadi.
Shu davrda dars va sinf-dars tizimi paydo bo'la boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bo`lgan kishilaT murabbiy, o'qituvchi bo'lib faoliyat ko'rsatadi.
Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug'ullanganligi "Avesto" va boshqa tarixiy manbalardan ma'lum. Ammo qadim davriardan ta'limni qat`iy chegaralangan vaqtda bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta'lim mazmunini bosqichma-bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.
Forobiyning "Fan va aq! zakovat" asarida o'quv fanlarini guruhlarga bo'lib o'qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e'tibor berilgan.
Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning xizmatlari katta, uni sinf-dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan.
Y.A. Komenskiy "Buyuk didaktika" asarida o'quv mashg'ulot-larini guruh shaklida tashkil etish, o'quv yili va o'quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg'ulotlar orasida tanaffuslar berilishi, guruhdagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo'lishiga aiohida e'tibor berdi. Dars davomida o'quvchilar diqqatini to'plash, materialni batafsil tushuntirish, o'quvchiga savollar berish, o'zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta'kidlaydi.
Biz hammamiz sinf-dars tizimida o'qiganmiz. Xo'sh, bu ti-zimning mohiyati nimadan iborat va u qanday tuzilishga ega?
Ta'limning maqsadi - mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo'sha oladigan "barkamol avlod"ni tarbiyalash.
Ta'limning vazifasi - yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.
Darsning maqsadi - o'qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o'quvchilarga bildirishi va o'quvchilar o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirib ko'rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o'qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma'noga ega matn tashkil etadi. Uni o'quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo'lgan o'quvchilar guruhi tushuniladi.
Dars - aniq maqsadni ko'zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o'quvchi, yoshlar bilan o'qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg'ulotlardir. Dars - o'z oldiga qo'yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta'lim standartlari asosida belgilanadi. Dars o'quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
- Har bir sinfda o'quvchilarni yoshi va bilim darajasi bir xii bo'lishi lozim.
- Dars qat`ly jadval bo'yicha belgilangan muddatda olib borilishi kerak.
- Dars o'qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va aiohida o'quvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladi.
- Dars, o'quv fanining xarakteri, o'qitilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi hamda ta'lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi, nav-batdagi bilimlarni o'zlashtirmoq uchun zamin yaratadi.
Shuni unutmaslik kerakki, ta'lim ishlari darsdan tashqari ham to'garak, ekskursiyalar shaklida olib boriladi.
Dars oldiga qanday talablar qo'yiladi? Ularning mohiyati nimadan iborat?
Har bir dars oldiga quyidagi talablar qo'yiladi: a) tarbiyaviy talab, b) didaktik talab, v) tashkiliy talab.
Darsga qo'yilgan didaktik talablar sirasiga quyidagilar kiradi:
1. Har bir dars aniq maqsadni ko'zlagan holda puxta rejalash-tirilmog`i lozim. Bu jarayonda o'qituvchi darsning ta'limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars bosqichlarini, ya'ni qanday tamomlash, ko'rgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib oladi.
2. Har bir dars aniq g'oyaviy, mafkurafiy izlanishga ega bo'lishi lozim. O'qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog`i lozim.
3. Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog'lanmog`i, ko'rsatmali vositalar bilan jihozlanmog`i lozim.
4. Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalangan holda tashkil etilishi lozim.
5. Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish darkor.
6. Dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faol munosabatda bo'lishi lozim, o'quvchi-talaba passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim.
7. Mashg'ulotlar butun sinf bilan va har bir o'quvchi biian, ularning shaxsiy xususiyatlarini e'tiborga-olgan holda olib borilishi kerak.
8. O'qitilayotgan rnavzuni mazmuniga bog'liq holda mustaqii yurtimizdagi o'zgarishlardan talabalarni xabardor qilish.
9. Darsda Prezidentimiz I.A. Karimovning ta'lim sohasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi boigan yoshlarimizga, farzandlarimizga. qarata qilgan murojaatlaridan o'z o'raida foydalanish.
Dars bilim va ko'nikma, malakalar bilan o'quvchilarni qurol-lantirishda asosiy ãîà o'ynaydi. Shu sababli, o'quv mashg'ulot-lariga ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars o'tish uchun sarflanadi.
Darsga quyilan tarbiyaviy talablar:
- darsda o'rganiladigan o'quv materiallari bo'yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish;
- nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
- bolalarda o'qishga oid ijobiy motivlarni uyg'otish, bilish, o'qish- o'rganishga havas, ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish;
- dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish.
Darsga qo'yilgan tashkiliy talablar:
1. Dars uchun puxta o'ylangan konspekt yoki reja tuzish.
2. Darsning mantiqiga (dars bosqichlarining o'zaro bog'liqligi, darsda amalga oshiriladigan ishlar; o'quv topshiriqlarming o'zaro
aloqadorligiga) rioya qilish.
3. Dars tempini o'quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish.
4. Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish.
5. Darsda ongli intizomni tashkil etish.
Dars tiplari nima, ular qanday tiplarga ajratiladi?
Dars tiplari - darsning maqsadi va mazmuni, o'quvchining yosh xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil bo'ladi. Endi biz darsning yanada ravshanroq ko'rsatib berish maqsadida darsni turlarga ajratamiz, saralaymiz va ularni tuzilishi bilan tanishamiz.
Dars qanday turlarga ajratiladi?
Ular quyidagilarga asoslangan turlarga ajratiladi:
1. Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab turlariga bo'lish.
2. Darslarni o'qitish jarayonining tahliliga qarab turlarga bo'lish.
3. Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo'lish.
Dasrlarni turlarga ajratishda birinchi qoida eng obyektiv va ma'quldir. Darsning mazmuni dasturda ko'rsatilgan bo'ladi.
Darslarni saralash dars tuzilishini bilishimizga o'rganishimizga yordam beradi.
Ta'lim tizimida tajribadan o'tgan dars turlari quyidagilardan iborat:
1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
2. O'quv materiallarini mustahkamlash.
3. Takrorlash va bilimlarni umumlashtirish darslari.
4. O'quvchilarning o'zlashtirishini nazorat qilish va baholash darslari.
5. Dars turlari uyg'unlashgan (aralash)darslar.
Yangi mavzuni o'tish darsida yangi mavzuni o'tish kerak ekan deb mashq qildirish yoki o'tgan mavzularni qaytarish mumkin emas deganlari noto'g'ri. O'quvchilarga biron nazariy mavzuni amaliyotga tatbig`ini o'rgatganimizda, shu ishni qanday bajari-lishini o'quvchilarning o'zlariga taklif etamiz. Bu ishlarni bir necha bor o'zlari sekin - asta shu ishni bajarishga ko'nikma hosil qila-dilar. Shunday qilib, oxirgi tegishli natijaga erishamiz.
O'tilgan mavzuni qaytarish, mashq qildirish darsi o'qitilgan bilimlarnigina emas o'rgatilgan ishni qaytarish, mehnat malaka-larini beradigan malakalarni o'tkazishdan iborat bo'lmog`i lozim.
O'quvchining bilimi, malaka va ko'nikmalarini tekshirish va ularga baho berish darsi bunda o'quvchilarning olgan bilimi tekshirilib, ular qanchalik o'zlashtirilganligiga qarab baho qo'yiladi.
Yuqoridagi asosiy turlardan boshqa yana qo'shimcha darslar tun ham mavjud. Bu dars turida yuqoridagi saralash nuqtai nazaridan olinganda, o'quvchilarning o'zlashtirishini tekshirish, yangi mavzuni o'tish va uni mustahkamlash uchun qaytarish kabi turli ishlar qo'shilsa ham, lekin qo'shimcha darslarning asosini bu ishlaming bittasi, qo'shimcha darslarning maqsadga to'laroq javob bera oladigani tashkil qiladi, qo'shma darsdagi boshqa ishlar esa shu asosiy ishga yordamchilik vazifasini bajaradi.
Ta'lim jarayonida eng ko'p qo'llaniladigan yangi bilimlarni bayon qilish darsi va aralash darsning tuzilishida qanday farqlar bor? Buni ko'rib chiqamiz:
Ta`lim tizimida takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darslari ham ko'p qo'llaniladi. O'qituvchi darsning ma`lum bir qismi, yirik mavzularni o'tib bo'lganidan so'ng bunday darslar uyushtiriladi. Bu darslar oraliq nazorat baholashda ham xizmat qiladi. Har bir darsning muvaffaqiyati ko'p jihatdan mashg'ulotni to'g'ri tashkil qilishga bog`iiqdir. Bu davrda sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish, bolalarni darsni tinglashga ruhiy jihatdan tayyor ekanliklarini o'rganish darkor. Shundan so'ng mahoratli pedagog fursatni qo'ldan boy bermay, shogirdlarini diqqatini chalg`itmay darsning asosiy qisniini boshlab yuboradilar, chunki sinf o'quvchilarini tezlik bilan mashg'ulotga faol kirishishlarini ta'minlash lozim.
Dars o'qituvchi va o'quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o'quvchilarda mustaqil fikrlay olish, iroda tar-biyalanadi. Nutq madaniyati rivojlanadi. Muammoli vaziyat orqali o'z yo'lini topa oladilar.
(Har bir dars turidagi o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini quyidagi T-chizma orqali chuqur tahlil qilihg).
O'quv ishlarini tashkil etishing darsdan tashqari shakllari ham bormi? Ularga nimalar kiradi?
O'quv mashg'ulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashqari yana qo'shimcha qator ta`lim shakllari mavjud bo'lib, bular amaliy-tajriba mashg'ulotlari, qo'shimcha darslar, fakultativlar, ekskursiya kabilardir.
Bular darsda berilgan bilimlarni to'ldirish, mustahkamlash, amaliyot bilan bog'lash uchun uyushtirilgan qo'shimcha mashg'ulotlardir. Bulardan tashqari, o'quv yurtlari tajribasida fan tugaraklari, ishlab chiqarish amaliyoti, o'yin shaklidagi mashg'ulotlardan ham foydalanilmoqda.
Laboratoriya mashg'ulotlarida bolalar turli o'quv predmetlari bo'yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o'tkazishadi. Laboratoriya mashg'ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda o'quvchilar guruhlarga ajralib, turli eksperimental topshiriqlarni bajarishadi.
Seminar mashg'ulotlari nazariy muammolarni faol o'rganish shakli hisoblanadi. O'rta umumta'lim maktablarida seminarlar quyidagicha o'tkaziladi: seminar uchun mavzu tanlanadi; mavzu bo'yicha reja, ko'rsatmalar beriladi; tayyorganrlik uchun yetarli vaqt ajratiladi; asosiy manbalar, ularning betlari aytiladi; maslahatlar beriladi. Seminarga barcha o'quvchilar tayyorgarlik kurishadi. Seminarning oxirida o'qituvchi yakunlovchi suhbat o'tkazib, kelgusi seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi.
Oliy ta'lim tizimida ta'limning qanday tashkiliy sbakllari qo`llanilmoqda?
Uzluksiz ta'limning hamma bosqichlarida ta'limning o'ziga xos tashkiliy shakllari mavjud. Jumladan: ikki bosqichli oliy ta'lim tizimida o'ziga xos ta'lim shakllari mavjud. Bularga: ma'ruzalar, seminar va amaliy mashg'ulotlar, kafedra o'qituvchilarining ochiq ma'ruzalarida qatnashish, ma'ruza matnini tayyorlash va muhoka-ma qilish, o'quv kurslari bo'yicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar kiradi.
Oliy ta'lim tizimida ma'ruza o'quv jarayonining ham usuli, ham shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini og'zaki, uzviy va muntazam singdirishga xizmat qiladi. Ma'ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o'ylashga majbur etadi. Shu sababli, ma'ruza iltniy tafakkurni rivojlantirishning o'ziga xos maktabiga aylanadi.
Ma'ruzani shunday o'qish lozimki, uning ta'sirida talabalarda shu fanga, uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e'tiqod, g'oya va milliy mafkura asoslari shakllansin. Buning uchun o'qituvchi har bir ma'ruzaning mazmunini, fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim.
Ma'ruza ijobiy hamkorlikka tayanib. tashkil qilingandagina samarali natija beradi. Buning uchun ma'ruza jarayonida ham ta'limiy ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo'llaridan bin - o'qituvchilar bilan talabalar o'rtasidagi do'stona, faol munosabatlarni tiklab olishdan iborat.
Bundan tashqari, dars va ma'ruzaning samarali natijasi o'quvchi talabalarning o'quv jarayonidagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bog'liq. Shunday ekan ta'limni samarali tashkil etish, uning dars, ma'ruza va boshqa shakllaridan o'qitish jarayonida foydalanishlari uchun shubhasiz, o'qituvchining pedagogik mahorati, pedagogik madaniyati, o'z fanini puxta bilishligi va o'quvchi-talabalar bilan umumiy til topa olishlari g'oyat katta ahamiyatga egadir.
Ta'limni tashkil etishning zamonaviy (noan'anaviy) shakllari zarurati nimada? Uning qanday shakllari qo'llanilmoqda?
Mustaqil O'zbekistonimizda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda ta'lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog'liq ishlar qilinmoqda. Ta'limni KVN, .munozara, disput, konferensiya, mushoira, sud o'yinlari va boshqa shakl-larda tashkil etishga harakat qilinmoqda. O'quvchilar faolligini oshiruvchi turli interfaol usullar keng qo'llanilmoqda. Bularga misol tariqasida Sinkveyn, Klaster, Aqliy hujum, T-chizma, Insert jadvali, B-B-B jadvali, Venn diagrammasi, Konseptual jadval, Semantik xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin.
(An'anaviy va noan'anaviy ta'lim shakllarini taqqoslab quyi-dagi chizmani to'ldiring).
An'anaviy metodlarning afzalliklari:
- Ma'lum ko'nikmalarga ega bo'lgan va aniq ma'lum tushunchalarni, fanni o'rganishda foydali.
- O'qituvchi tomonidan o'qitish jarayonini va o'qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi.
-Vaqtdan unumli foydalanish.
- Aniq, ilmiy bilimtarga tayanish.
Kamchiliklari:
- O'quvchilar passiv ishtirokchi bo'lib qoladilar.
- O'qituvchining to'la nazorati barcha o'quvchilar uchun motivasiyani vujudga keltirmaydi.
- O'quvchilar o'qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi.
- Eslab qolish darajasi hamma o'quvchilarda bir xil bulmaganligi sababali, sinf bo'yicha o'zlashtirish darajasi past bulib qolishi mumkin.
- Mustaqil o'rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.
Noan'anaviy o'qitish metodlarining afzalliklari:
- O'qitish mazmunini yaxshi uzlashtirishga olib kelishi.
- O'z vaqtida aloqalarning ta'minlanishi.
- Tushunchalarni amaliyotda qo'llash uchun sharoitlar yarati-lishi.
- O'qitish usullarining turli xil ko'rinishlari taklif etilishi.
- Motivatsiyani yuqori darajada bulishi.
- O'tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.
- Muloqatga kirishish ko'nikmasining takomillashishi.
- O'z-o'zini baholashning o'sishi.
- O'quvchilarning predmetning mazmuniga, o'qitish jarayoniga bo'lgan ijobiy munosabati.
- Mustaqil fikrlay oladigan o'quvchining shakllanishiga yordam berishi.
- Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi.
- Muammolar yechish ko'nikmalarining shakllanishi.
Kamchiliklari:
- Ko'p vaqt talab etilishi.
- O'quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.
- Juda murakkab mazmundagi material o'rganilayotganda ham o'qituvchi rolining past bo'lishi.
- «Kuchsiz» o'quvchilar bo'lganligi sababali «kuchli» o'quvchilarning ham past baho olishi.
- O'qituvchining o'zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko'nikmalariga ega bolishining talab etilishi.
XULOSA: Ko'p yillar davomida an'anaviy dars utish ta'limning asosiy shakllaridan bin bo'lib keldi.
An'anaviy dars-muayyan muddatga mo'ljallangan, ta'lim jarayoni ko'proq o'qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta'lim modelidir. Ma'lumki, an'anaviy darsda ta'lim jarayonining markazida o'qituvchi turadi.
An'anaviy dars o'tish modelida ko'proq ma'ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi.
Shu sabab, bu hollarda an'anaviy dars samaradorligi ancha past bo'lib, o'quvchilar ta'lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman o'quvchilar faolligini oshiradigan metodlar bilan boyitib borilsa, o'quvchilar o'zlashtirish darajasini ko'tarilishiga olib keladi.
Buning uchun daras jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o'qituvchi tomonidan o'quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirilib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda baxs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli o'yinlar metodlarini qo'llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o'quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usulla-ridan foydalanish, ta'lim vositalaridan o'rinli foydalanish talab etiladi.
O'qitishning noan'anaviy shakllarini 3 ga ajratish mumkin: hamkorlikda o'qitish modeli; modellashtirish; o'rganishning tadqiqot modeli.
Bu modellar, asosan, o'quvchi shaxsiga qaratilgan bo'lib, ular-ni markazida o'quvchi turgan ta'lim modellari deb ataladi.
Modellaslitirish - real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilshan va soddalashtirilgan ko'rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda uquvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta'lim olishini ko'zda tutuvchi metod.
Hamkorlikda o'rganish model! - o'quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta'lim olishini ko'zda tutadigan metod.
O`rganishning tadqiqot model! - o'quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo'naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko'zda tutuvchi metod.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta'lim samaradoligini oshirish zarurati haqida nimalar deyilgan?
2. Ta'lim shakllarining paydo bo`lishi haqida nimalarni bilasiz?
3. Ta'limni tashkil etishning dars shakli qachon paydo bo'ldi va uning mohiyati nimadan iborat?
4. Darsga qanday talablar qo'yiladi?
5. Darsning qanday xillari (tiplari) bor va ular qanday tuzilishga ega?
6. Seminar va amaliy tajriba ishlari shaklidagi mashg'ulotlar qanday tashkil etiladi?
7. Ekskursiyalardan qaysi vaqtlarda foydalaniladi?
8. Ta'limni tashkil etishning qanday noan'anaviy shakllarini bilasiz?
9. KVN, munozara, o'yin, mushoira, sud shaklidagi mashg'ulotlar haqida qanday tushunchaga egasiz?
10. Mutaxassisligingizga oid darslikdagi biror mavzu asosida noan'anaviy shakldagi mashg'ulot uchun ishlanma tuzing (turli interfaol usullardan foydalanib):
a. Test savollariga javob berish, pedagogik muammoli masa-lalar yechish (testlar ilova qilinadi);
b. An'anaviy va noan'anaviy ta'lim shakllariga munosaba-tingizni yozma bayon eting.
Mustaqil ish uchun adabiyotlar ro'yhati
1. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.
Ò., 1998.
2. Karimov I .A. Ma'naviy yuksalish yo'lida. - Ò., «O'zbekiston», 1998.
3. Pedagogika. O'quv qo'llanma. A.Munavvarov tahriri ostida. - Ò., 1996, 74-86-betIar.
4. Roziqov O. va boshq. Didaktika. Darslik. - Ò., «Fan», 1997, 147-164-betlar.
5. Tursunov I.Y., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. Ò., «O'qituvchi», 1997, 49-57- betlar.
6. Musayev U. va boshqalar. Darslik-bilim. ma'lumot va axborot manbai// «Ma'rifat gazetasi», 2003, 26-fevral.
Mustaqil ish bosqichlari
1-bosqich: O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g`risida»gi Qonunining vazifalari to'g'risidagi minidebatga tayyorlaning. Bunda «Ta'limda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlaming ustuvorligi», «Davlat ta'lim standartlari doirasida hammaning ta'lim olishi uchun imkoniyat yaratilganligi» kabi tushunchalarni dalillar asosida isbot etishga harakat qiling.
2-bosqich: O'tilgan mavzu do'yicha 20-25 minutlik «mini-dars» o'tishga tayyorlanib keling. Bunda o'qituvchi psixologiyasi va talabalarni darsga qiziqtirish yo'llari to'g'risida chuqurroq o'ylab, bu borasidagi qarashlaringizni «Taklif va mulohaza» rukni ostida daftaringizga qayd qilib boring.
3-bosqich: Eng mazmunli o'quv ko'rgazmasi konkursida faol ishtirok etishga harakat qiling.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I .A. Ma'naviy yuksalish yo'lida. Ò., «O'zbekiston», 1998.
2. Pedagogika. O'quv qo'llanma. A.Munavvarov tahriri ostida. Ò., 1996, 74-86-betlar.
3. Ibragimov XX, Abdullayeva Sh.A. Pedagogika. O'quv qo'l-lanma. Ò., «Fan», 2005, 67-74-betIar.
4. Roziqov O. va boshq. Didaktika. Darslik. - Ò., «Fan», 1997, 147-164-betlar.
5. Tursunov I.Y., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. - Ò., «O'qituvchi», 1997, 49-57-betlar.
21-MAVZU: YOSHIARNING MA'NAVIY-INTELLEKTUAL SIFATLARINI ANIQLASH VA RAG'BATLANTIRISH USLUBLARI
1. Yoshlarni ma'naviy-intellektual rag'batlantirishning maqsad va vazifalari.
2. Ma'naviy-intellektual sifatlarini zamonaviy usullarda aniqlashning samaradorligi.
3. Yoshlarning intellektual sifatlarini aniqlashda testning ahamiyati. Test va uning turlari.
4. Oliy o'quv yurtlarida rag'batlantirishning o'ziga xos usullari.
Yoshlarni mustaqil bilim olishga o'rgatish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A. Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sesiyasida so'zlagan nutqida «Faqatgina chinakam ma'rifatli odam inson qadrini, millat qadrint, bir suz bilan aytganda o'zligini angalash, erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil jamiyatimiz-ning jahon hamjamiyatida o'ziga munosib, obro'li o'rin egallash uchun fidokorlik bilan kurashishi mumkin» degan edi. Shu o'rinda ta'kidlamoq lozimki bugungi kunda yoshlarni ma'naviy-intellektual rag'batlantirishning ahamiyati kattadir.
O'quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o'quvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadi.
Bilimlarni nazorat qilishda qo'yilgan ball va baholar o'quvchi va talabada qanday taassurotlar qoldirganini, ular o'rtoqlariningo'qishdagi yuluq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo'lishlarini doim kuzatib borish lozim.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O'zbekiston kelajagi buyuk davlat» va «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li», «Istiqlol va ma'naviyat» kabi asarlarida mustaqil O'zbekistonning ma'naviy hayotining kelajagi haqida asosiy yo'na-lishlar belgilab berilgan. Jumladan, mutaxassislar tayyorlashda ular-ni intellektual rivojlantirish zarurligini alohida qayd qilingandi.
Voshlarni tarbiyalash jarayoni ma'naviy-intellektual rivojianish sifatlarini aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan.
Boshlang`ich sinfdan boshlab o'quvchidagi bor imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish ustida muntazam ishiansa, bolaning intellektual imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga asos solinadi. O'quvchilar tafakkurini rivojlantirishning eng samarali yo'li o'quvchilarda ongli bilim, mustahkam ko'nikma va malakalami shakllanish jarayonini ularning tarbiyasi bilan birga tashkil etishdir. Buning uchun o'qi-tuvchi tinimsiz izlanishi, o'qitishning yangi texnologiyalaridan samarali foydalanisht lozim.
O'quvchilarning intellektual imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish ularning bilim faoliyatiniiig psixologik-pedagogik qonuniyatlarini chuqur bilishni taqozo etadi.
Nima uchun bilimni nazorat qilishning reyting tizimini joriy etish zarurati tug`ildi?
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida ishlab chiqilgan davlat ta'lim standartlarida ta'limning har bir bosqichida o'quvchilar egallashi lozim boigan bilim, ko'nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berilgan. Lekin bu bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni bolaning intellektual imkoniyatlarini hisobga olib tashkil etilsa, yuqori samaradorlik ta'minlanadi.
Ma'naviy-jntellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy usul-larda aniqlash tarbiya jarayoniga samarali o'zgartirishlar kiritadi. O'quvchi yoshlarning, talabalarning ma'naviy-intellektual shakllanish sifatlardagi yutuq va kamchiliklarni rag'batlantirish, tuzatish tarbiya mazmuni usullari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish lozim bo'ladi.
Qo'yilayotgan talablar bilan har tomonlama intellektual rivojlantirishning pedagogik sharoitlarining mufassal emasligi oiasida tafovut yaratadi. Ayniqsa, mutaxassis tayyorlashda maktabdan boshlab oily o'quv yurtlarini bitirib chiqqunlarigacha nazorat shaklining to`liq bo'lmaganligi ta'lim-tarbiya jarayonining asosiy muammolarini tashkil etadi. Masalaning muhim tomoni shundaki, mutaxassislar ommaviy tusda tayyorlanganda tarbiyachilarning har bir talaba bilan yetarli darajada yakkama-yakka muloqot qilishga vaqti yetmaydi. Muloqot tezkor savol-javob tarzida o'tsa, tabiatan bunday muloqot talabani ham tarbiyachini ham qanoatlantirmaydi. O'quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o'quv yili davomida har doim muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, u ba'zan o'tkaziladigan tasodifiy tekshirishlarni oldini oladi va tartibli doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi.
UO'T Reyting tizimi to'g'risidagi Nizomda «O'quvchilar bilim darajasi sifatini nazorat qilishning reyting tizimini joriy etishning asosiy maqsadi nazoratning har xil turlari va shakllaridan foydalanish yo'li bilan umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standartlari talablari bajarilishini ta'minlash, ta'lim samaradorligini oshirish hamda o'quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat», deb ko'rsatiladi.
Reyting deganda-baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo'yicha baholash tushuniladi. Reyting yordamida psixologik obyektlarni, ular uchun umumiy bo'lgan xususiyatlarning yorqin darajasiga qarab (ekspert baholash) dastlabki klassifikatsiyalash amalga oshiriladi.
Shkalalash - aniq jarayonlarni rahamlar tizimi yordamida modellashtiradi. Ularning turli uslublari, tavsiflari qay bir miqdoriy o'zgaruvchilarga turlicha aylantirish uslublaridan iborat.
Hozirgi kunda uzluksiz ta'limning umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb hunar ta'limini va oliy ta'lim bosqichlarida o'quvchi -talabalar bilimi reyting tizimida baholanadi. Baholashning bunday shakli o'quvchi talabalarni butun o'qish davomida o'z bilimlarini oshirish uchun muntazam ishlashni hamda o'z ijodiy faoliyatini takomillashtirishni rag'batlantirish g'oyasiga asoslanadi.
Bilimlarni baholashda reyting nazorat tizimiga o'tish orqali qator vazifalar Hal etiladi. Jumladan:
• o'quvchi talaba bilimning sifat ko'rsatkichlarini haqqoniy, aniq va adolatli ballar bilan baholash;
• o'quvchi talabalarning o'zlashtirishini doiraiy nazoratga olish bilan ularning o'z ustida butun o'quv yili davomida faol ishlashini jonlantirish;
• o'quvcfrijalabalar mustaqil ishlarining samaradorligini oshirish;
• reyting nazoratida EHMli va EHMsiz testlardan foydalanish;
• ko'plab kamchiliklarga ega bo`lgan mavjud sinov, imtihon sessiyalaridan voz kechish.
Reyting nazorat tizimining asosida o'quv rejasiga kiritilgan har bir fan bo'yicha talaba o'zlashtirishining sifat ko'rsatkichlarini ballar bilan baholash yotadi.
Reyting tizimida testning o'rni qanday va uning qanday afzalliklari bor?
Reyting nazoratida test ham samarali qo'llaniladi. Test deganda - aniq vazifani takomillashganiigi darajasini aniqlashda, sifat va miqdoriy o'lchamlarda belgilash imkonini beradigan, faollikning biron shaklini qiziqtiruvchi biron aniq topshiriq shaklidagi sinov quroli tushuniladi.
Testning afzalligini quyidagicha bahoiash mumkin:
• nazorat uchun kam vaqt sarflanadi;
• nazariy va amaliy bilimlar darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkoniyatini beradi;
• ko'p sonli talabalar bilan bir vaqtning o'zida nazorat olib borish mumkin;
• bilim natijalari o'qituvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshiriladi;
• barcha talabalarga bir xil qiyinchilikdagi savollar berilib, bir xil sharoitlar yaratiladi.
Nazorat jarayonini faollashtirish, kam vaqt ichida ko'p sonli talabalarm nazorat qilish uchun bir qancha ratsional uslublar, jumladan, texnik vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
36-rasm. Nazorat shakllari.
Chet el tajribalari va ko'plab tajribalarning natijasi o'laroq reyting uslubi bugungi kunning nazorat mezoni deb qabul qilindi.
Íàã bir semestrdagi fanlardan to'plangan ballar yig`indisi talabaning semestr davomidagi, o'quv yili davomidagi fanlardan to'plagan ballar yig`indisi esa talabaning kurs reytingini tashkil etadi. Har bir fan bo'yicha o'quvchi talabaning o'zlashtirishini baholash chorak va semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi:
•joriy nazorat;
• oraliq nazorat;
• yakuniy nazorat.
Joriy nazorat - bu o'rganilayotgan mavzularni o'quvchi talabalar tomonidan qanday o'zlashtirayotganini muntazam ravishda dars jarayonida nazorat qilishdan iborat. Bu nazorat o'qituvchi tomonidan o'tkazilib, talabaning bilim darajasini, shu fanning har bir mavzusi bo'yicha aniqiab borish ko'zda tutiladi. Bu esa o'quvchining uzluksiz bilim olishini va natijasini muttasil nazorat qilib borishni nazarda tutadi.
Oraliq nazorat - bu mazkur fan bo'yicha o'tilgan bir necha mavzularni o'z ichiga olgan bo'lim yoki qism bo'yicha talabaning bilimini aniqlash. Oraliq nazorat darsdan tashqari vaqtda o'tkaziladi va talabalarga o'zlashtirish ko'rsatkichlarini oshirish imkonini beradi.
Yakuniy nazorat - bu nazorat semestrlari uchun belgilangan mavzular to`liq o'qitilib bo'lingan, o'tilgan mavzular bo'yicha yozma, og'zaki, test shaklida o'tkaziladi.
Talabaning fan bo'yicha semestrdagi reyting bahosi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda to'plagan ballari bo'yicha aniqlanadi.
Har bir fan maksimal reyting bali shu fan uchun o'quv rejasida ajratilgan umumiy dars soatlari miqdoriga teng deb hisobl,anadi.
Maksimal ballning 70% miqdori joriy, oraliq nazorat jarayonida, 30% miqdori yakuniy nazoratda to'planishi tavsiya qilinadi.
Semestr davomida mazkur fan bo'yicha to'plagan ballarga nisbatan talaba bilimi quyidagicha baholanadi:
86-100% a'lo;
71-85% yaxshi;
56-70% qoniqarli; '
55 % va undan kam foiz qoniqarsiz.
O'quv pedagogik ishlab chiqarish va bitiruv oldi malakaviy amaliyotlari davrida olingan bilimlar ham reyting ballari bilan baholanadi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida shaxsni rivojlantirishga be-rilgan juda katta e'tiborning boisi shundaki, faqat shaxsning kamoloti uning intellektual zakovatigina jamiyat taraqqiyotining omili bo`la oladi. Shaxsdagi intellektual zakovat esa yaxshi tashkil etilgan ta`lim-tarbiya jarayonidagina uyg'onishi, taraqqiy etishi va shaxs kamolotini ta'minlashi mumkin. O'qituvchi o'quvchilarning intellektual imkoniyatlarini maksimal ishga solish yo'lini izlab topishi Iozim.
Baholashning reyting-test tizimini yanada takomillashtirish orqali ham o'quvchilarning intellektual imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirib borishga harakat qilishimiz kerak.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Yoshlarni ma'naviy-intellektual rag'batlantirishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
2. O'quvchilar bilimini baholashning reyting tizimiga sizning munosabatingiz qanday?
3. Reyting tizimida qanday nazorat turlari qo'ltaniladi va ular qachon o'tkaziladi?
4. Reyting tizimida baholashda testlarning o'rni qanday?
5. Testlarning qanday turlarini bilasiz?
6. OHy o'quv yurtlaridagi reyting nazorati shakllari qanday?
7. Siz o"quvchini rag'batlantirishning qanday usullarini taklif etardingiz?
1. Mutaxassisiigingizga doir o'quv predmeti bo'yicha yopiq, ochiq, muvofiqlikni aniqlashga va davomiylikni to'g'ri belgilashga doir test topshiriqlaridan namunalar ishlab chiqing.
2. Umumiy o'rta ta'lim muassasa(maktab)larida o'quvchilar bilimini nazorat qilishning reyting tizimi to'g'risida muvaqqat nizomni chuqur o'rganib chiqing. Ushbu nizomdan va unda keltirilgan jadvallardan foydalanib, o'z faningiz bo'yicha reyting xaritasini ishlab chiqing.
Axborot manbalari
1. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Ò., 1998.
2. I.A. Karimov. Ma'naviy yuksalish yo'lida. Ò., «O'zbekiston», 1998.
3. Umumiy o'rta ta'lim muassasa (maktab)larida o'quvchilar bilimini nazorat qilishning reyting tizimi to'g'risida muvaqqat Nizom // «Xalq ta`limi», 2000, 4-son, 10-24-betlar. 4. Â. Farberman, R. Musina. F. Jumaboyeva. Oliy o'quv yurtlarida o'qitishing zamonaviy usullari. Ò., 2002.
5. Î. Roziqov va boshq. Didaktika. Darslik. Ò., «Fan», 1997.
6. I.Y. Tursunov, U.Nishonaliyev. Pedagogika kursi. Ò., «O'qituvchi», 1997.
22-MAVZU: YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING
MOHIYATI VA AHAMIYATIGA ZAMONAVIYLIK
KONTEKSTIDA BAHO BERISH
TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI
BOSQICHIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING
AHAMIYATI
Pedagogik texnologiya (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3-ming yillikda davlatimiz ta'lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o'qituvchi faoliyati yangilanadi, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg'ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
«Ta'lim tug'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta'lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish zanirligi qayta-qayta ta'kidlanadi. Chunki mamalakatimiz tez sur'atlar bilan taraqqiy etib, jahon ham-jamiyatida iqtisodiy-siyosiy mavqeyi kundan-kun ortib bormoqda. Lekin ijtimoiy sohada, ayniqsa, ta'lim-tarbiyada umumiy taraq-qiyotdan orqada qolish hollari sezilmoqda. Ta'lim-tarbiya jara-yonini texnologiyalashtirish bilan bunday holga barxam berish mumkin. Quyidagi holatlar ilg'or texnologiyalarai ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning dolzarbligini ko'rsatib beradi:
• «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarish uchun, ma'lum sabablarga ko'ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o'rin olishi uchun, aholi ta`limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida ilg'or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;
• an'anaviy o'qitish tizimi yozma va ogzaki so'zlarga tayanib ish ko'rishi tufayli «axborotli o'qitish» sifatida tavsiflanib, o'qituvchi faoliyati birgina o'quv jarayonining tashkilotchisi sifatidaginaemas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi yoki ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchi rolini o'2gartirish zarurligi;
• fan-texnika taraqqiyotining o'ta rivojlanganligi natijasida axbo rot laming keskin ko'payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
• kishilik jamiyati taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo'lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o'tib borayotganligi;
• barkamol avlodni tarbiyalash talabi ularga eng ilg'or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi.
Pedagogika fani va amaliyotida keyingi paytlarda keng qo'llanilayotgan «pedagogik texnologiya» atamasi inglizcha «an educational technologu» so'zidan otlngan bo'lib, «Ta'lirn texnologiyasi» degan ma'noni bildiradi.
Pedagogik texnologiya ikshunchasi va unga berilgan ta'riflar. "Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot*bilan bog'liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so'zdan - «texos» -«san'at», «hunar» va «logos» - «fan», «ta'limot» so'zlaridan tashkil topib, "Hunar fani" ma'nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to'liq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko'zda tutadi. Canada aniqroq aytadigan bo'lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat obyektlari (xom ashyo) ga bosqichma-bosqich ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish bora-sidagi ishchi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir.
Ishlab chiqarishda texnologiya so'zidan kelib chiqadigan quyi-dagi tushunchalar ishlatiladi:
Texnologik jarayon - ishlab chiqaritadigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig`indisi.
Texnologik operatsiya - ishchi tomonidan uzining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko'rinishidagi jarayonning bir qismi.
Texnologik xarita - ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirish-ni belgilovchi tartib bo'lib, ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.
Ana shu ta'rif va tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chirsak quyidagi xulosaga kelish mumkin: Pedagogik texnologiya - bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'quvchi (talaba)larga o'qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta'sir ko'rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o'quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik nashrlarda «O'qitish texnologiyasi», «Ta'lim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi.
O'qitish texnologiyasi - birinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli-harakat aspektini anglatadi. Bu, ta'lim jarayonini o'zga-ruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga ya konkret ta'lim-tarbiya jarayon-larini amalga oshirishni instrumental ta'minlovchi usul va vositalar (texnologik operatsiya)larning tartibli birligini o'zida mujassamlash-tirgan ta'lim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni;
ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli-bayonli aspektini ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo'yicha pedagogik hamda o'quv faoliyatining loyihasini bajarishning bayonidir (texnologik xarita).
Ta'lim texnologiyasi pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu texnik va inson resurslarini hamda ularni o'z oldiga ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo'yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlami o'zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo'llash va belgi-lashning tizimli usuli.
Bugungi kunda ilmiy va ommabop adabiyotlarda «pedagogik texnologiya» tushunchasini ta'riflashda turli xil tasniflarni uchratishimiz mumkin.
Pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDH davlatlari ichida birinchilardan bo'lib ilmiy asoslab berganrossiyalik olim V.P. Bespalko «Pedagogik texnologiya - amaliyotga joriy etish mumkin bo'Jgan pedagogik tizimning loyihasidir», -deyish bilan, quyidagi ta 'rifni beradi: «Pedagogik texnologiya - bu o'qituvchi mahoratiga bog'lik bo'lmagan holda pedagogik muvof-faqiyatni kafolatlay oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jara-yoni loyihasidir».
Bu ta'rif mazmunidan quyidagi muhim tamoyillarni ajratib ko'rsatish mumkin:
- PT o'quvchi (talaba)Iarda ma'lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyihalanadi;
- loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o'qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi;
- yakuniy natija, albatta, kafolatlanadi.
T.S. Nazarova ta 'rificha: «Pedagogik texnologiya - ta'lim-tarbiyadan ko'zlangan maqsadga erishish uchun o'quv jarayonida qo'llaniladigan usullar, vositalar majmuyidir».
Nufuzli YUNESKO tashkiloti ma'qullagan ta'rif buyicha «Pedagogik texnologiya - ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ulaming ta'sirini inobatga olib, o'qitish va bilim uzlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo'llashning tizimli metodidir».
Nemis olimi Kurt Levin, shveytsariyalik psixolog Jan Piajler XX asrning 40-yillaridayoq guruhda ko'pchilikning yagona bir qarorga kelishining psixologik tabiatini o'rganishar ekan, pedagogik texnologiyalarning ahamiyatini alohida qayd etib o'tishgan.
Amerikalik olimlar Benjamin Blum, Levi Stross, Jon Morenolar fikricha «...pedagogik texnologiya ta'lim maqsadlarini ko'z-lagan etalon asosida o'quvchilaming kuzatiladigan, o'lchanadigan harakatlari shaklida oydinlashtirishdir».
Rus olimasi N.V. Kuzmina pedagogik tizim uzida ta'lim va tarbiya maqsadiga bo'ysindirilgan o'zaro bog'lik tarkibli elementlardan tashkil topishini uqtiradi.
Bir guruh rus olimlari «pedagogik texnologiyalar obyektiv jarayon va u yangicha sifatiy muammolarni echish uchun ta'limni evolyutsion bosqichga ko'tarish shartlaridan bin» deb qaraydilar (M.V. Klarin, M.Klark, T.A.Ilina). M.V. Klarin fikricha, PT -o'quv jarayoniga yondashgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko'rsatkichlaridan kelib chiqib o'quv jarayonini loyihalashdir.
Rossiya pedagoglaridan V.M.Monaxov pedagogik texnologiyaga quyidagi ta'rifni beradi: «Pedagogik texnologiya-avvaldan reja-lashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo'lgan tartibli amallar tizimidir» va uning xususiyatiga e'tibor qaratib, «PT -o'quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchan-ligini hamda pedagogik jarayon turg'unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi», - deydi.
V.P. Bespalkoning o'zbekistonlik shogirdlaridan N. Sayidahme-dov fikricha: «PT - bu o'qituvchi (tarbiyachi) tonionidan o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir»2.
Yirik pedagog olimlarimizdan bin M.Ochilov pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosaga keladi: «Pedagogik texnologiya-tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta'lim shakllarini qulaylashtirish, natijasim kafolatlash va obyektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o'zaro ta'sirini inobatga olib, ta'lim maqsadlarini oydinlashtirib, o'qitish va bilim o'zlashtirish jarayonlarida qo'llaniladigan usul va metodlar majmuidir». U pedagogik texnologiyaga ta'lim usuli, ma`lum ma'noda ta'lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlarimajmui deb qaraydi. «Pedagogik texnologiya ta'lim-tarbiyaning obyektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o'quv jarayonlari, ta'lim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir», - deb ta'rif beradi.
Ko'rib turganimizdek, «pedagogik texnologiya» tushunchasini ta'rifiashda hali yagona fikrga kelinganicha yo'q.
Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiya - ta'lim-tarbiya jarayonlari, ta'lim usuli, vositalari, shakllari, o'qituvchi va tahsil oluvchi o'rtasidagi munosabatlar majmui bo'lib, ta'lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuvni talab qiladi va o'zida ta'lim maqsadlarini oydinlashtirishni, natijasini kafolatlashni va obyektiv baholashdek muhim belgilarni aks ettiradi.
Pedagogik texnologiyaning fan sifatidagi vazifalarini o'qitish-ning har bir bosqichida ta'limning mazmunini belgilash, ta'lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, predmetning mazmuniga kiritish uchun vaziyatli matnlar, testlar tayyorlash, shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma'naviy fazilatlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta'limning natijasi va o'zlashtirish darajasini aniqlash ularni obyektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi.
Pedagogik texnologiya XX asrning oxirlarida deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda tez tarqalib, nufuzli YUNESKO tashkiloti tomonidan ham tan olindi va qo'llab-quvvatlandi. Hozirda ko'pgina mamalakatlarda muvoffaqiyatli qoilanilib kelinmoqda.
Ko'pgina mamlakatlar pedagogik texnologiyadan foydalanib, ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirishda, o'quvchilar o'zlashtirishini oshirishda sezilarli yutuqlarga erishdilar
Ta'limni texnologiyalashtirishning asosini, ta'lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta'lim oluvchilarai, berilgan sha-roitlarda va belgilangan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o'quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to'liq boshqarish g'oyasi tashkil etadi.
Pedagogik texnologiya yordamida 3-ming yillikda O'zbekiston ta'lim-tarbiya tizimida ham tub o'zgarishlar yuz berishi, o'qituvchi-o'quvchi faoliyati yangilanishi, yoshlarda xurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg'ulari tizimli ravishda shaldlantirilishi ko'zda tutilmoqda.
Yangi pedagogik texnologiya mohiyati. Pedagogik texnologiyaga nima uchun «yangi» so'zi qo'shib ishlatilmoqda? «Yangi pedagogik texnologiya» nimani anglatadi? Birinchidan, pedagogik texnologiya ta'lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi. Binobarin, har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniqlab beradi va shunga mos holda ma'lum pedagogik tizim mavjud bo'ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o'z ta'sirini o'tkazadi va ta'lim-tarbiya mazmunini umumiy holda belgilab beradi. «Maqsad» esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o'z navbatida yangilash zarurligini keltirib chiqaradi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ta'lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo'nalishga burdi, ya'ni: «o'tmishdan qolgan mafkuraviy sar-qitdan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va ahloqiy talabalarga javob beradigan yuqori ma-lakali kadrlar tayyorlash»' deb belgilandi. Demak, ta'lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir.
Ikkinchidan, fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, auditoriyaga o'qitish imkoniyatlari katta bo'lgan yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta'lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga uzining ma'lum xususiyat-larini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli vosi-talar mavjudki, ular yangi pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi.
Pedagogik texnologiya mohiyati bilan boshqa texnologiyalar bilan bir qatorda turadi, chunki ular ham boshqa texnologiyalar kabi o'z xususiy sohasiga, metodlari, vositalariga ega, ma'lum material bilan ish ko'radi. Biroq pedagogik texnologiya inson ongi bilan bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushu-narli bo'lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik, xatto axborotli texnologiyalardan farq qiladi.
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA KONSEPSIYASINING RIVOJLANISH TARIXI
Insoniyat tarixida yashash uchun kurash, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, hayotning kelgusi qirralarini belgilab olishga urinishlar doimo bo'lib turgani kabi, pedagogik texnologiyaning ham o'z o'tmishi va kelajagi bo'lishi tabiiy holdir.
O'zbekistonda ta`lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan bin «shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi»dir. Bu omil davlatimimzning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi , uchun ta'limning yangi modeli yaratildi va uning kelajakdagi «portlash effekti» Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilmiy asoslandi. Bu modelni amaliyotga tatbiq etish o'quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog'liqligi kadrlar tayyorlash milliy dasturida o'z aksini to'liq topdi, ya'ni o'quv-tarbiyaviy jarayonni yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash e'tirof etildi. Uzoq yillar mobaynida «burjua nazariyasi»ga xos tushuncha deb tan olinmay kelingan pedagogik texnologiya qonuniyatlarini o'rganish va tadqiq qilish ijtimoiy buyurtma sifatida olimlarimiz oldiga qo'yildi.
XX asrning boshlarida pedagogik texnologiyaga oid qarashlar. Xo'sh, pedagogik texnologiya konsepsiyasi qanday universal o'zgarishar, kashfiyotlar zamirida rivojlandi?
«Pedagogik texnologiya» tushunchasining vujudga kelishi, ta'limning ilk tashkiliy va metodik shakllarining vujudga kelishi bilan bog'lik. Individual ta'lim o'quv-tarbiya jarayonining eng qadimiy tashkiliy shakli bo'lib, u dastavval qadimgi Yunonistonda paydo bo'lgan edi. O'qituvchi bir o'quvchi bilan ishlab, ta'Hmni bevosita tashkil etgan, boshqargan, nazorat etgan. O'qituvchi matnlarni o'qib bergan yoki bolalariga o'qitib so'zlatgan. Qoida va ta'riflarni yodlash, jismoniy mashqlarni bajarish, muzika asboblarida u yoki bu kuyni ijro etish yo'llari bilan bolalar hayot, san'at, notiqlik, jismoniy madaniyatga oid bilimlarni o'zlashtirgan.
Keyinchalik individual ta'lim o'rnini guruhlar asosida o'qitish egallagan. O'rta asrlarga kelib qoidalarni yodlash, bir xil tipdagi mashqlarni bajarish, og'zaki savol-javob, yuqori pag'onalarda esa ma'ruza, munozara ta'limning yetakchi usullariga aylana boshlagan. Bu holat asta-sekin sinf-dars sistemasini keltirib chiqarib yangi texnogiyaiarni kelib chiqishiga zamin hozirlagan.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida xorijiy mamalakat-larda ko'plab pedagogik nazariyalar vujudga keldi. Ularning ayrim-lari ta`lim-tarbiya tizimini yaxshilashga, o'quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan edi.
Shu davriarda «Yangi maktablar» degan pedagogik oqim paydo bo'lib, uning asoschisi francuz pedagogi E.DemoIen edi. Bunday maktablar Angliya, AQSH, Fransiya, Belgiya, Shvetsariya kabi ko'plab davlatlarda ochildi. Jenevada «Yangi maktablarning xalqaro birlashmasi» tuzildi va unda yangi maktablarga qo'ytlgan talablar belgilab berildi. Bu maktablar xususiy bo'lib, unda haq to'lashga qodir kishilarning boialarigina o'qitilgan. Yangi maktablarda ish yaxshi yo'lga qo'yilgan, to'liq jiqozlangan kabinet va laboratoriyalar tashkil etilgan, «erkin va faol» metodlar qo'llanilgan. O'quvchi-larning o'z-o'zini boshqarish organlari bo'lgan.
Maktablarning amaliy pedagogik laboratoriyasi bo'lib, bolalar-ning miyasini yodlab olingan bilimlar bilan to'ldirish orqali ta'lim berish o'rniga, ularning fikriash qobjliyatini umumiy o'stirish yo'li bilan ta'lim berishga harakat qilingan. O'quvchilarga qanday qilib kuzatish, gipotezalar topishni, o'z taxminlarini tekshirib ko'rishni o'rgatganlar. Bunday maktablarda o'qitish faktlarga va tajribaga tayanishga, bolalarning tashabbuskorligi va mustaqilligini tarbiyalashga asoslangan edi.
XIX asr oxirlarida Germaniyada pedagog Vilgelm Avgust Lay (1862-1926) «ish-harakat pedagogikasi»ga asos soldi. Uning g'oyalarida ham o'ziga xos ijobiy tomonlari, yangiliklar bor edi. Lay pedagogik jarayonda ifodalash, tasvirlashga katta ahamiyat berdi, chunki uning fikricha, mana shunday ifodalash yoki tasvirlash jarayonida o'quvchilar o'z faolliklarini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladilar, harakat qiladilar.
Uning fikricha, tasvirlashning har qanday turlari: rasm solish, loy va plastilindan buyumlar yasash, har xil narsalarning modelini yasash, chizmachilik, dramatizaciya, ashula, musiqa, raqslar, shuningdek, o'simlik hamda hayvonlarni parvarish qilish tajribalarini o'tkazish, og'zaki va yozma ishlar va shu kabilar ta'lim jarayonidagi«ifodalash» vositalaridir. Lay fikricha, hamma darslar ana shu qoidalar asosiga qurilishi lozim.
XIX asrning oxirida Germaniya, Angliya, AQSHda eksperi-mental pedagogika keng yoyildi. Eksperimental pedagogika bolalarning aqliy iste'dodini tadqiq qilish uchun «testlar metodi»dan keng foydalandi.
Eksperimental pedagogikaning yirik namoyondalaridan nemis pedagogi Ernst Meyman (1862-1915) va AQSH pedagogi Eduard Tomdayk (1874-1949) edilar Bolaning aqliy iste'dodini belgilay-digan testlar bilan bir qatorda, yana uning ulgurishini aniqlaydigan testlar ham belgilandi. Test usuli XX asrning 40-50-yillarida faqat AQSHdagina emas, balki Angliya, Fransiyada ham keng yoyildi.
Lekin bu pedagogika sobiq sho'rolat davrida qabul qilinmadi, chunki u bixeviorizm ta'limotiga asoslangan edi. Bu yo'nalishning psixologiyadagi eng muhim qoidasi organizmning ko'rsatkich bilan uning qo'zg'atgich javobi o'rtalaridagi aloqa bir ma'noligini so'zsiz tan olinishidir. Bu ta'lim jarayonini tajriba-sinov tarzida o'rgatishga ham, bu jarayonni boshqarishga ham bir xilda daxldordir.
Yaqin kunlargacha bixeviorizm mafkuraviy siyosatga ko'ra bu-rjua fani hisoblanib, inkor etilib kelindi. Hozirgi kunda esa bixeviorizmning mohiyati to'g'ri talqin etilib, uning ahamiyati keng yoritila boshlandi.
XX asrning 30-60-yittarida pedagogik texnologiyaga oid qarashlar. XX asrning 30-yillarida ta'lim-tarbiya tizimida katta o'z-garishlar yuz berdi. Bu o'zgarishlar hukumatning 30-yillarda qabul qilgan qator qaroriari (1932-yil 25-avgustdagi «Boshlang`ich va o'rta maktablarning o'quv programmalari va rejimi haqida»gi, 1933-yil fevraldagi «Boshlang`ich va o'rta maktab darsliklari haqida»gi, 1934-yil 15-maydagi maktablarda tarix va geografiya o'qi-tish to'grisidagigi va boshqalar) bilan bog'liqdir. Bu qarorlarda o'quv jarayonidagi kamchiliklar: O'quv materiallarining haddan tashqari ko'pligi, buning natijasida ayrim o'quv fanlari yuzaki o'tilayotganligi, ba'zi fanlar, ayniqsa, matematika, fizika va ximiya dasturlari orasida bog'lanish yo'qligi, soddalashib ketganligi kabilar ko'rsatildi. O'qitishda ko'rgazmali qurollardan foydalanishga alohida e'tibor qaratildi.
Asrimizning 40-50-yillarida o'quv jarayoniga texnik vositalar (radio, kino)ning joriy etilishi pedagogik texnologiyaga tenglashti-rildi. Faqat 60-yillarning o'rtasida, 70-yillarda bu tushuncha maz-muni chet el pedagogik nashrlarida (AQSH, Yaponiya, Angliya, Italiya, Vengriya) va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etila boshlandi va professor N. Sayidahmedov ta'kidlashicha, uning ikki yo'nalishi ko'rsatilgan. Birinchi yo'nalish pedagogik texnolo-giyani «O'qitishning texnik vositalari»ni qo'llash sifatida belgilasa (Ì.Þàãê, Xokridj - Buyuk Britaniya; K.Cheduik, D.Fini - AQSH; S.G. Shapovalenko - Rossiya) ikkinchisi - «O'quv jarayoni texnologiyasi» sifatida qaraldi (T.Samakato - Yaponiya; T.A.IHna — Rossiya).
T.S. Nazarovaning qayd etishicha pedagogik texnologiya 70-yillarning boshlarida AQSH da yuzaga kelgan bo'lib, uning asoschilari taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerrol, J.Blok, LAnderson va boshqalardir.
Pedagogik texnologiya keyinchalik dunyoning ko'p mamlakatlariga tarkalgan. YUNESKO dek nufuzli tashkilot xam tan olib, uzlashtirilishiga kumaklashib kelmokda. 1996-yili Ierusalimda, keyin 1997-yili Manila (Filippin)da ta'lim innovatsiyalari va tex-nologiyalari bo'yicha xalqaro konferensiyalar o'tkazilgan. Pedagogik texnologiyalar tezkor ravishda Janubiy Koreya, Yaponiya, Sin-gapur, Janubiy-Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlarida tajriba sinovdan o'tgan va joriy qilingan.
Pedagogik texnologiya markazlarining tashkil etilishi.
AQSHda - 1971-yiI Kommunikatsiya va texnologiya Assatsatsiyasi tashkil topdi. 1961-yildan «Pedagogik texnologiya» jurnali, 1971-yildan audio vizual ta'lim, audiovizualli kommunikatsiya bayoni nomli jurnallar chop etila boshlandi.
Angliyada - 1967-yil Pedagogik texnologiya milliy kengashi tashkil topdi. 1964-yiIdan «Pedagogik texnologiya va dasturli ta'lim» 1970-yildan «Pedagogik texnologiya» nomli jurnal chop etila boshladi.
Yaponiyada - 1965-yii umumyapon Pedagogik texnologiya markaziy kengashi tashkil etildi. 1965-yildan «Pedagogik texno- « logiya», Pedagogik texnologiya tadqiqotlari do'yicha jurnal chop etita boshladi.
Italiyada - 1971-yil Pedagogik texnologiya milliy markazi tashkil etildi va shu yildan «Pedagogik texnologiya» nomli jurnal chop etila boshladi.
Vengriyada - 1973-yil o'-qitish texnologiyasi davlat markazi tashkil etildi.
Sobiq ittifoqda — 1965-yil maktab jihozlari va o'qitishning texnika vositalari ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasida - 1997-yilda ta`lim muammolari instituti tashkil etilib, uzluksiz ta`lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalar joriy qilina boshlandi.
Pedagogik texnologiyalarning ta'lim-tarbiya jarayoniga kirib kelishi natijasida fan va texnikaning rivojlanishida katta siljishlar yuz berdi. O'quvchilarning o'zlashtirishini oshirishda katta yutuqlarga erishildi. Natijada pedagogik texnologiya ishi, uning maz-mun mohiyati, tashkil etilish metodlari, reyting natijalari bilan shug'ullanadigan alohida markazlar tashkil etilishi zarurat bo'lib qoldi.
Mustaqil ish yo'nalishlari
1. XX asr boshlarida «Pedagogik texnologiya» tushunchasi-m'ng vujudga kelishini tahlil qilish.
2. Yangi pedagogik texnologiyalar mohiyatini o'rganish.
3. Pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyasi o'zaro bog'liqligi va farqining tahlili.
Mustaqil ish bosqichlari
1-bosqich: Nazariy dalillarga asoslangan holda quyidagi mav-zularda referatlar tayyorlang:
1. XX asr boshlarida «Pedagogik texnologiya» tushunchasining vujudga kelishi.
2. 30-40-yillarda «Pedagogik texnika» tushunchasining talqini.
3. 60-70-yiIlarda pedagogik texno log iyalarga munosabat.
4. Pedagogik texnologiya markazlarining tashkil etilishi.
5. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi vazifalaridan kelib chiqib, ta`lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish.
2-bosqich: Insert strategiyasidan foydalanib «Ta'limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiyaning ahamiyati» mavzusidagi matnni tahlil qiling.
Mustaqil ishlash uchun asabiyotlar
1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, «Sharq», 1997.
2. Karimov LA. Ma'naviy yuksalish yo'lida. Toshkent, «O'zbekiston», 1998.
3. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. - Toshkent, «O'zbekiston», 1999.
4. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin // «Tafakkur», 1998, 2-son.
5. Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat. Toshkent, «O'zbekiston», 1994.
6. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. Toshkent, «Sharq», 1998.
7. Áåñïàëüêî Â.Ï. Ïåäàãîãèêà è ïðîãðåññèâíûå òåõíîëîãèè îáó÷åíèÿ. Ì., Ïåäàãîãèêà, 1995.
8. Áåñïàëüêî Á.Ï. Ñëàãàåìûå ïåäàãîãè÷åñêîé òåõíîëîãèè. Ì., 1989.
9. Yo'ldoshev. J. Yangi pedagogik texnologiya: Yo'nalishlari, muammolari, yechimlari // «Xalq ta'limi», 1999, 4-son, 4-11-b.
10. Êëàðèí Ì.Â. Ïåäàãîãè÷åñêàÿ òåõíîëîãèÿ â ó÷åáíîì ïðîöåññå. Ì., 1989.
ll.Levvy Itross, Bathory Z. The Toxonomy of Educational obyektiv in Continental. Evrop, Univ. of Shikago. 1994. - P. 146-163.
12. Mahmudov M. O'quv materialini didaktik loyihalash tizimi // «Pedagogik mahorat», 2002, 3-son, 3-11-b.
13. Mahmudov M. Ta`lim natijasini loyihalash // «Pedagogik mahorat», 2003, 1-son, 8-10-b.
14. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Ma'ruzalar matni. Qarshi, Nasaf, 2000.
15. Ïîäëàñûé È.Ï. Ïåäàãîãèêà. Íîâûé êóðñ. Êíèãà 1. Ì., Âëàäîñ, 2000.
16. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. Toshkent, Yangi avlod adabiyoti, 2005.
17. Sayidahmedov N. Ta'limda harakatlantiruvchi kuch // «Ma'rifat», 1998 yil, 16 yanvar.
23-MAVZU: XORIJIY MAMLAKATLARDA TA'LIM-TARBIYA
TIZIMI CHET EL TA'LIMI TARAQQIYOTINING ASOSIY
YO'NALISHIARI
O'zbekiston ta'lim tizimi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirmoqda. Ulardan ko'zda tutilgan maqsad - maktab faoliyatini demokratlatlashtirish, uning insonparvarlik tamoyillar-nini rivojlantirish, shu asosda o'quv-tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takommillashtirishdan iboratdir. Bu vazifalarni muvofaqqiyatli hal qilishning , muhim shartlaridan bin chet el maktabi va pedagogikasi tajribalariga munosabatni tubdan o'zgartirishdan iborat ekanligini hayotning o'zi ko'rsatmoqda.
Bu tajribalarni o'rganish orqali biz ta'limda xato va yangilishistilardan, shubhali hulosalarda o'zimizni saqlashimizdan tash-qari, ta'lim-tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o'z dolzarbligini yo'qotib borayotgan ish shakllari va uslublardan tezroq xalos bo'lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo'shimcha boy manbaiarga ham ega boiamiz.
Ta'lim-tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyusiya sharoitida muvaftaqiyatli faoliyat ko'rsata oladigan jamiyat a'zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo'naltirishda davlat xizmatini hamda o'rta ta'limning ko'p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta'lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo'llash, ta'limda tashabbus-korlik va ijodkorlikka keng yo'l ochish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o'rganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'limning mamlakat ishki siyo-satiga faol ta'sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi e'tirof qilinganhaqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta'minlashga ajratilayotgan mablag' miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffiqiyati va farovonlik timsoli»gina bo'lib qolmay, «u insonlami yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e'tiqodga aylangan.
Ta'lim to'g'risidagi g'amxo'rlik taniqli siyosatchilaming ham hamisha diqqat - e'tiborida bo'lgan. Shuning ushun ham AQSH-ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh Vaziri M.Tetchemi, Fransiya Prezidenti F.Mettiranlarni maktab islohoti-ning tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko'p sonli ilmiy muasasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta`lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xu-susiy tashkilotlar universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shu-g'ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro la'lim markazlari, masalan, AQSHda xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko'p-shilikning faoliyati o'quv dasturini takommillashtmsh va qayta qurishga maktab dasturlarini o'zgartirish ikki asosiy yo'nalishda: ekstensiv va intensiv yo'l bilan amalga oshiriladi.
Birinchi holatda o'quv muddati uzaytiriladi, o'quv materiallari hajmi ko'paytiriladi; ikkinchi holda esa, mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o'rinda ikkinchi yo'l, ko'pchilik mulaxassislarning e'tiroficha, maqbul hisoblanadi.
1961-yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari asosida AQSH o'rta maktablarni islohot qilish boshlangan edi.
Buning mohiyati shundaki, ingiliz tili va adabiyoti (to'rt yil), matematika (to'rt yil), tabiiy bilimlar (ush yil), ijtimoiy fanlar (ush yil), kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo'na-lishdagi majburiy ta'lim joriy qilindi.
Íàã bir yo'nalish o'z navbatida bir nesha qismga bo'linadi. Masalan, matematika, algebra, trigonometriya, ish yuritish, kompyuter texnikasini qo'llashdan iborat barcha majburiy predmetlar tarkibiga yangi kurslar kiritldi. 1985-yildan e'tiboran barsha yuqori bosqich kollejlarning to'qson foizi shu besh bazisli tamoyillar asosidagi dasturlar bian ish olib bormoqdalar. Natija: majburiy tayyorgarlik buyicha ta'lim hajmi qisqardi, shu bilan bir qatorda dastur chuqurlashtirilib o'rganiladigan kurslar hisobiga tig`izlashtirildi.
XX asrning 80-yillarida majburiy ta'lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingiliz tili va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta'limning boshqa turiari esa ihtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo'ldi.
Amerikadagi ko'zga ko'ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. O'quv dasturlarini qayta qurish jarayoni g'arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ta'lim vazir-ligining tavsiyalariga muvofiq o'quv rejasi va dasturini ta'lim muas-sasalarining o'zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o'quv soatlari o'qjtilishi shart bo'lgan «yadro» predmetlar: ingiliz tili adabiyoti, matematika, din darsi jismoniy tarbiyaga ajratiladi. O'quv soatlarining boshqa qismi esa o'qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy mate-matik) ajratiladi.
80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSHdagi sin-gari o'rganilishi majburiy bulgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingiliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o'quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo'ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o'quvchilar va ota-onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo»ning pedagogik g'oyalari Fransiya va Germa-niya ta'limiga ham sezilarii ta'sir etayotir.
Germaniya to'liqsiz o'rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tiilari kiritilgan o'quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o'quv dasturi tobora to'liqsiz o'rta maktab doirasida, chiqib, o'rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlangich maktablarida ta'lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, axloqshunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta'limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo'linadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinoq Ame-rika ta'limi yo'lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mam-lakat o'quv dasturida qator farqlar ko'zga tashlanadi. Yaponiyada o'quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va o'quv fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta'limi maktablarining yangi musiqa ta'limi o'quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o'rganish ham kiritilgan.
Yapon xalqida «Hamma narsa unutilganda ham ta'lim esda qoladi» degan hikmatli gap bor. Aftidan, rivojlangan davlatlarda o'quv dasturining rivojlanishi mana shu yo'nalish asosida qurilmoqda.
Integratsiyalashtirilgan va maxsus kurslar
Asosiy o'quv dasturlariga ma'lum sheklanishlarni kiritish, alohida predmetlarni o'rganishni kuchaytirib, ularni chuqur o'z-lashtiradi va o'quvchilarni ortiqcha «yuk» xolos qiladi. Bu masalani ijobiy hal etishda o'quv kurslari Integratsiyasini amalga oshirish yordam beradi.
Hozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o'quv dasturiga Integratsiyalashtirilgan kurslardir kiritish to'la amalga oshirildi. Fransiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktab-larida 15 foiz o'quv soatlari ajratildi.
Bu muammoni to'ldirish; o'quvchilarning u yoki bu kursga bo'lgan ehtiyojini to'laroq qondirish ushun maktablar alohida predmetlardan shuqurlashtirilgan kurslarni tavsiya etmoqdalar. Masalan, G'arbiy Yevropa maktablarida 15 foiz o'quvchilar fizika fanini chuqurlashtirib o'rganayotirlar.
Keyingi uch yil ichida AQSH da ilmiy bilimlarni chuqurlashtirib o'rgatishni ta'minlash maqsadida Integratsiyalashtirilgan kurslarning turli variantlari ishlab chiqilmoqda.
Chet el tajribalari shuni kursatadiki, ta'lim mazmunini qayta qurish ishida shoshma-shosharlikka yo'l qo'yib bo'lmaydi. Fikrimizcha bu sohada samaraliroq yo'l Integratsiya va ixtisoslash-tirishga asoslangan o'qtsv dasturlarini yaratishdir.
Mehnat ta'limi va kasbga yo'naltirish ishlaridagi o'zgarishlar
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda mehnat ta'limini hamda kasbga yo'naltirish borasida amalga oshirlayotgan ishlar-ning eng e'tiborga loyiqlari shu ta'lim bo'yicha o'quv dasturlarini kengaytirish; professionalizimga yuz tutish, kuchli moddiy ba'zani barpo etish yo'lidir. Har holda 1977-yilda AQSHda qabul qilingan «Mehnat faoliyatiga tayyorlash akti»ning asosiy g'oyasi ham shunga qaratilagan. Umuman AQSHda bu masalaga munosabat jiddiy. Kollejlarda kotejlar qurish, avtomobillarni ta'mirlash, komp'yuterlarni terish kabi amaliy faoliyat mavjudki, ular o'quv muassasalariga ma'lum miqdorda daromad ham keltirmoqda.
Mehnat ta'limi bilan bir qatorda kasbga yo'naltirish ishlari ham zamon talablariga hamohang takomillashmoqda. Kasbga yo'naltirish darslari barcha rivojlangan davlatlarda mavjud. Bunday darslarda mehnat olamidagi o'zgarishlar va tendensiyalar, kasb-kor sohibi bo'lish imkoniyatlari ham o'rgatiladi. Bunday darslami fan o'qituvshilari hamda maxsus kasbga yo'naltirish ishlari bo'yicha maslahatchilar olib boradilar. Bulardan tashqari, kasbga yo'naltirish konsultatsiya punktlari ham mavjud bo'lib, ular yuqori sinf o'quvchilari va ota-onalarga soha bo'yicha konsultatsiyalar tashkil etadilar. Bunday konsultatsiya punktlari maktablar tarkibiga kirmaydi. Ular xususiy mehnat birjalari tasarrufida bo'ladi.
Kasbga yo'naltirish ishlarini tashkil etishida korxonalar amalga oshrayotgan ishlar ham e'tiborga molikdir.
Ularning shtatli konsultatsiyalari maktablarda kasbga yo'naltirish bo'yicha keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib boradilar.
Ta'limni tabaqalashtirib olib borish muammolari
Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta'lim ishini ta-baqalashtirish muammolarini keltirib shiqardi.
Lekin masalan, atrofida hali qarama-qarshi fikrlar ko'p. Yev-ropa iqtisodiy hamjamiyatining 1983-yilda e'tirof etishiclia, ta'lim-da ijtimoiy tengsizlik kayfiyati hukm surmoqda. Bunga pul to`lab o'qish, sinfda yoki kursda o'quv kursini o'zlashtira olmay ikkinchi yilga qolib ketish, imtihonlarni o'ta talabchanlik asosida o'tkazish sabab bo'lmoqda.
Masalan, Fransiya boshlang`ish maktablari o'quvchilarining teng yarmi, litseylar o'quvchilarning 60 foizi fanlarni o'zlashtira olmay takroriy o'quv yiliga qolib ketmoqda.
Ikkinchi yili ko'p sonli imtihonlar sabab bo'lmoqda. Bu mamlakatning boshlang`ish va o'rta maktablarda bolalar 650 ta imtihon va zachyotlar topshiradilar.
Imtihonlardan yiqilish o'quvchilarning asab va ruhiy holatiga qattiq ta'sir o'tkazadigan vaziyatlar, hatto fojeali voqealar ro'y berish hollari uchraydi. Bunday vaziyat shubhasiz, faqat ota-onalar ichidagina emas, o'qituvchilar orasida ham keskin noroziliklarga sabab bo'lmoqda.
1983-yildagi AQSH davlat dalolatnomalardan biri to'g'ridan-to'g'ri «mamlakat xavf ostida» deb nomlangan. Unda o'quvchilar o'zlashtirishdagi «o'rtamiyonachilik» 70-80 foizni tashkil etayotganligi, funksional savodsizlik avj olayotganligi bayon etilgan.
80-yillarda AQSH o'quvchilarining 50-yillarga nisbatan reyting ko'rsatkichi 973 dan 893 ga tushdi Fransiyada ham 3 litseychidan biri muvoffaqiyatsizlikka uchrayotir.
Ta`limda ro'y berayotgan bu salbiy holatni bartaraf etish to`ldiruvchi ta`lim zimmasiga tushadi.
To'ldiruvchi ta`lim maktabgacha tarbiya muassalarida, maktab va litseylarda amalga oshrilmoqda. AQSHda bu xizmatga ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlari ham safarbar etilgan, Milliy telekompaniya maxsus o'quv kanali orqali 130 soatlik o'quv ko'rsatuvlari tashkil etdi.
O'quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo.'yisha chet mamlakatlarning ko'pshiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Mavzu bo'yicha zarur manbalar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan asarlari.
2. O'zbekiston Respublikasining «Ta`lim to'grisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi».
3. Pedagogika ta`lim fani konsepsiyasi.
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta`lim sohasidagi qarorlari.
Musiaqil ish yo'nalishlari
1. Rivojlangan davlatlardagi ta`lim islohotlarini tahlil qilish.
2. Chet el ta`lim tizimida o'quv dasturlarining mohiyatini o'r-
ganish.
3. Xorij ta'lim-tarbiya tizimida o'ziga xos xususiyatlarni tahlil
qilish.
Mustaqil ish bosqichlari
1-bosqich: Internetdan foydalanib, quyidagi mavzularda referatlar tayyorlang:
1. Rivojlangan davlatlardagi ta`lim islohotlari.
2. Chet el ta`lim tizimida o'quv dasturlarining mohiyati.
3. Integratsiyalashtirilgan va maxsus kurslar, kasbga yo'naltirish.
4. Ta'limni tabaqalashtirib olib borish muammolari.
5. Xorijda maxsus maktablar.
6. Xorij va Respublikamiz ta`lim-tarbiya tizimida o'ziga xos xususiyatlar, farqlar, o'xshashliklar.
2-bosqich: Nazariy dalillarga asoslangan holda «B-B-B» strategiyasidan foydalanib, «Chet el ta'limi taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari» matnini tahlil qiling.
Mustaqil ishlasb uchun adabiyotlar
1. I.A.Karimov. Barkamol avlod - O'zbekiston Taraqqiyotining poydevori. Ò., «Sharq», 1997.
2. O'zbekiston Respublikasi «Ta`lim to'grisidagi Qonuni». Ò., 1997.
3. O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. Ò., 1997.
4. R. Inog'omov, K. Toshmurodova. Pedagogika fani XXI asrda Ò., «Yangi asr avlodi», 2000, 43-77-betlar.
5. M.Ochilov Yangi pedagogik texnologiyalar. Ò., 2000, 98-b.
6. Levvy A. Bathory Z. The Ttoxonomy of Educational Objektives in Contenental. Unif of Chikago, sllinois; 1994, P. 146-163.
7. M.Sayidaxmedov. Yangi pedagogik texnologiyalar. — Ò., 2002.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. - Ò.: «O'zbekiston», 2003, 38-b.
2. O'zbekiston Respublikasining «Ta`lim to'g'risida»gi qonuni. - Ò.: 1997.
3. O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. - Ò.: 1997.
4. Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Ò.: «Sharq», 1997, 53-b.
5. Karimov I. A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavf-sizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari. - Ò.: «O'zbekiston», 1997, 328-b.
6. Karimov I. A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.: «O'zbekiston», 1999, 73-b.
7. Karimov LA. Ma'naviy yuksalish yo'lida. Ò.: «O'zbekiston» 1998, 78-b.
8. Abdullayeva SH. va boshqalar. Pydagogika. O'quv qo'Han-ma. - Ò.; «Fan», 2004, 198-b.
9. Abdulloh Avloniy. Muxtasari tarixi anbiyo va tarixi islom. -Ò.: «Fan», 1994, 293-b.
10.Abdurahmonov Abdulhay Saodatga eituvchi bilim. - Ò.: «Movarounnahr», 2004, 708-b.
11. Abdurauf Fitrat. Muxtasar islom tarixi. - T: «Fan», 1993, 172-b.
12. Abu AH ibn Sino.Tadbiri manzil. Dushanba.: «Irfon», 1980, 420-b.
13. Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Buxoriy. Hadis («Al-jomi as-Sahiyh). 1-jild. Tarjimon Z.Ismoilov. - Ò.: Qomuslar bosh tahririyati, 1997, 572-b.
14. Àáðàìîâà È. Ã. Äåëîâûå èãðû â ñèñòåìå ïîâûøåíèÿ êâàëèôèêàöèè. — Ì.: Çíàíèå, 1992, 170-ñ.
15. Àéäàðîâà Ë.È. Äåÿòåëüíîñòü øêîëüíèêà. - Ì.: Ïðîñâåùåíèå, 1990, 47-78-ñ.
16. Azarov Y.P. Tarbiyaviy ish metodikasi. - Ò.: «O'qituvchi»,
1991, 67-b.
17. Àìîíàøâèëè Ø. À. Ðàçìûøëåíèÿ î ãóìàííîé ïåäàãîãèêå. - Ì.: Çíàíèå, 1996, 147-ñ.
18. Aliyev A. Ma'naviyat, qadriyat va badiiyat. - Ò.: Akade-
miya, 2000, 631-b.
19. Axloq-odobga oid hadis namunalari. T,A. Yo'ldoshev
tahririda. - Ò.: «Fan», 1990, 146-b.
20. Ahmedov B. Ajdodlar o'giti. Hikmatlar. Hikoyatlar. Tamoyillar. - Ò.: «Cho'lpon», 1991, 234-b.
21. Barkamol avlod orzusi. - Ò.: «Sharq», 1999, 228-b.
22. Áåñïàëüêî Â.Ï. Ñëàãàåìûå ïåäàãîãè÷åñêîé òåõíîëîãèè. - Ì.: Ïåäàãîãèêà, 1989, 192-ñ.
23. Bohnishc S. Einige philosophisch - methodologische Fra-
gen-Berlin, 1990, 175 p.
24. Bloom B.S. A taxonomy of Eucational Objectives
Handbook. - Harvovv, 1965, 83 p.
25. Áîæîâè÷ Ë.È. Ëè÷íîñòü è å¸ ôîðìèðîâàíèå â þíîøåñêîì âîçðàñòå. - Ì.: Âëàäîñ, 1998, 219-ñ.
26. Âàðãåçå Ð.À.Âåëèêèå ìûñëèòåëè î âåëèêèõ âîïðîñàõ. -Ì.: Òîðãîâûé äîì Ãðàíä, 2000, 778-ñ.
27. Âîéøâèëëî Å.Ê., Äåãòÿðåâ Ì.Ã. Ëîãèêà. - Ì.: Âëàäîñ, 1998, 528-ñ.
28. VVeiner Â. Theorien der Motivazion. - Stuttgart: Klett,
1996, 167 p.
29. VVegner G. Handbuh der Pedagogischen Diagnostik. -
Berlin: General Press, 2000. - R. 56-67.
30. Giddens Entoni. Sotsiologiya. - Ò.: «Sharq», 2002.
31.Jenks C. (ed). The Sjciology of Childhood. London, 1982.
Sotsiologik istiqbolda bolalikning umumiy manzarasi.
32. Çèìíÿÿ È.À. Ïåäàãîãè÷åñêàÿ ïñèõîëîãèÿ. - M.: «Ëî-ãîî, 2002.
33. Ãóçååâ Â.Â. Îáðàçîâàòåëüíàÿ òåõíîëîãèÿ: îò ïðè¸ìà äî ôèëîñîôèè. - Ì.: Ñåíòÿáðü, 1996, È2-ñ.
34. Äåíÿêèíà Ë.È. Ïåäàãîãè÷åñêàÿ äèàãíîñòèêà — äâèæóùàÿ ñèëà ïåäàãîãè÷åñêîãî êîëëåêòèâà. - Ì.: «Óíèâåðñèòåò», 2000, 198-ñ.
35. Çàçþí È. À. Îñíîâî ïåäàãîãè÷åñêîãî ìàñòåðñòâà. Ì., Ïåäàãîãèêà, 1991, 251-å.
36. Çàíêîâ Ë.Â. Îáó÷åíèå è ðàçâèòèå. - Ì.: «Íàóêà», 1998, 149-å.
37. Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pydagogika. O'quv qo'l-lanma. - Ò.: «Fan», 2004, 182-b.
38. Isosova M. Shaxs ijtimoiylashuvida mahalla. G'.G'. Xalq ta'limi, 2003, 3-son, 4-6-b.
39. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar -Ò.: «O'zbekiston», 2000.
40.Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari. Ò.: 1994. 41.Mahmudov M. Komil inson shaxsi va ijtimoiy tajriba. «Pedagogik mahorat», 2002, 4-son, 6-10-b.
42. Munavvarov A.Q. Oila pedagogikasi. - Ò.: «O'qituvchi», 1994, 7-b.
43. Mustaqillik. Izohli ilmiy-ommabop lug'at. - Ò.: «Sharq», 1998, 177-b. ,
44. Oliy ta`lim me'yoriy hujjatlar to'plami. - Ò.: «Sharq», 2001.
45. Pedagogika A.Munavvarov tahriri ostida. - Ò.: 1996.
46. Ïîäëàñûé È.Ï. Ïåäàãîãèêà. - Ì.: «Âëàäîñ», 2003.
47. Roziqov O.R. va boshqalar. Didaktika. - Ò.: «Fan» 1997.
48. Sayidahmedov N. Texnologik yondashuv ustuvorligi. Ma'-rifat, 2003 yil 19 fevral.
49. Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. - Ò.: «O'qi-
tuvchi», 1997.
50.Tulenov J, G'ofurov Z., Falsafa. Darslik, - Ò.: «O'qituv-chi», 1997.
51.Umumiy o'rta ta'lim davlat standartlari. Turli sohalar bo'yicha. - Ò.: 1999.
52. Farberman Â., Musina R., Jumaboeva F. Oliy o'quv yurt-larida o'qitishning zamonvaiy usullari. - Ò.: 2002.
53. Frances C. VVaksler. Studying the Social VVorlds of Children. London. 1991. Bolalar rivojlanishi bo'yicha materiallar to'plami.
54. Yusupov E. Ma'naviyat asoslari. - Ò.: 1998.
55. Roziqov O. va boshsalar. Didaktika. - Ò.: «Fan», 1997, 302-b.
56. Rollet B. Anstrengungsvermeidungstest (FVT). Braunschvveig: VVestermann, 1999, 304-p.
57. Rudiger Prozecdiagnos als neueres Konzept der Lern-fahigkeitsdiagnose-In Mandi H. neue modelle Annahhmen und Befunde, 2002, 77-p.
58. Sadriddin Salim Buxoriy. Bahriddin Naqshband yoki yetti pir. - Ò.: «Yozuvchi», 1993, 73-b.
59. Sayidahmedov N. Pedagogika fani metodologiyasi yohud uning zamonaviy mazmuni haqida: Amaliyot va nazariyasi Ma'rifat. 2004-yil21-fevral.
60. Sayidahmedov N. Texnologik yondashuv ustuvorligi. Ma'-rifat, 2003-yil 19-fevral.
61. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Ò.: «Moliya», 2003, 172-b.
62. Sayf uz-Zafar. Navbahoriy. Durr ul-majolis. Tarjimonlar: H. Bobobekov va M. Hasaniy. - Ò.: Meros, 1992, 289-b.
63. Ñåìåíîâà Ç.Â. Íîâûå èíôîðìàöèîííûå òåõíîëîãèè â îáðàçîâàíèè: ñîñòîÿíèå è ïðîáëåìû. Intyrnyt yangiliklari axbo-rotnomasi. - Ò.: 2002, ¹2, Â.51-54 .
64. Ñåì¸íîâ Â.Ï. Ïåäàãîãè÷åñêèé ìåíåäæìåíò: 50 Íîó-Õàó â îáëàñòè óïðàâëåíèÿ îáðàçîâàòåëüíûì ïðîöåññîì: vvvvvv. @. Irex. org. for information, 15, 2005.
65.Ñóíöîâ Í.Ñ. Äèàãíîñòèðîâàíèå â ó÷åíè÷åñêîì êîëëåêòèâå. - Ì., Ïåäàãîãèêà, 2003, ¹4, 40-50-ñ.
66. Òàëèçèíà Í.Ô. Òåõíîëîãèÿ îáó÷åíèÿ è åå ìåñòî â ïåäàãîãè÷åñêîé òåîðèè. Ñîâðåìåííàÿ âûñøàÿ øêîëà. 1977, ¹1, 91-96-ñ.
67. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish asoslari dasturi. — Ò.: 2002, 294-b.
68. Tursunov I. Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. - Ò., «O'qi-tuvchi», 1997, 188-b.
69. Turkistoniy Rahmatulloh. Ilm va iymon. - Ò.: Mova-rounnahr, 1993, 78-b.
70.Tulyanova G. Milliy ong va miliiy iftixor o'qishining tar-biyaviy ahamiyati. Xalq ta'limi, 1997, 2-son, 14-19-b.
71.Tulyamonova H. Iqtisodiyot-ma'naviyat va mafkuraning ko'zgusidir. Ma'rifat 2000-yil 16-sentyabr, 5-b.
72.0'quv muassasalarida o'quvchilar bilim darajasini nazorat qilishning reyting tizimi to'g'risida muvaqqat Nizom. Xalq ta'limi, 2000, 4-son, 10-23-b.
73. Usmonov S., Sodiqov M., Oblamurodov N. O'zbekiston tarixi. 1-qism. - Ò.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nash-riyoti, 2002, 280-b.
74. Usoma ibn Munsiz. Ibratli kitob. - Ò.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1980, 192-b.
75. Farberman Â., Musina R., Jumaboyeva F. Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning zamonaviy usullari. - Ò.: GFNTI 2001, 192-b.
76. Farberman B.L. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. - Ò.: 1999, 84-b.
77. Feger H. Unterrichtcklima. VVeinheim.- Beltz :1993. 78-p.
78. Frances Ñ VVaksler. Studying the Social VVorlds of Children. London. Bolalar rivojlanishi bo'yicha materiallar to'plami, 1991, 122-p.
79. Hartlej I. Stratedies from Programmed Instrukctionanal Technologj. London, 1982, 179-p. 80. Heckhausen H. Motivation und Handeln. Berlin: Springer. 1997.
81.Õî6ñîí Ôëåéê. Ðàçâèòèå ðåá¸íêà è åãî îòíîøåíèå ñ îêðóæàþùèìè. - Ì.: Òîðãîâûé äîì Ãðàíä, 1999, 304-ñ.
82. Sharq tafakkuri xazinasidan. A. Sharopov tahriri ostida. -Ò.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1996.
83. Schmidt H. D. Zum Problem des Konstrukttbegriffs in der empirischen Personlickeitsforschung und diagnostik - Z Psychol 1999, 182-p.
84. Yusupov E. Ma'naviyat asoslari. - Ò.: 1998, 409-b.
85. ßäîâ Â.À. Ñîöèîëîãè÷åñêîå èññëåäîâàíèå: ìåòîäîëîãèÿ. Ïðîãðàììà. Ìåòîäû. - Ñàìàðà: ÑÌÃÓ, 2004, 68-ñ.
86.0'zbekiston milliy ensiklopediyasi. ¹ 1. - Ò.: Qomuslar bosh tahririyati, 2000, 767-b.
87.0'zbek pedagogikasi antologiyasi. Tuzuvchilar: Qoshimov K., Ochil Q. - Ò.: «O'zbekiston», 1999, 461-b.
88.Quvvatov N., G'oziyv E. Vatanparvarlik his-tuyg'usini baholash mezonlari. Xalq ta'limi, 1997, 2-son, 4-9-b.
89. Qori Nizomiddin bin mulla Hasan. Ilmi axloq. - Ò.: «Yozuvchi», 1994, 189-b.
90. Qobusnoma. Ogahiy tarjimasi. - Ò.: 1997. 123-b. 91.Qoriyev O. AJ-Marg`inoniy mashhur fikihshunos. - Ò.: AbdullaQodiriy, 2000, 182-b
92.Quronov M. O'zbekiston umumiy o'rta ta'lim maktablarida milliy tarbiyaning ilmiy-pedagogik asoslari: pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Ò., Qori Niyoziy nomli O'zPFTI, 1998, 157-b.
93. Quronov M.S., Qurboniyozova Z.S. Ijtimoiy pedagogika. -Ò.: RTM, 2003, 48-b.
94. Qo'ziyev Z. Sinf rahbari ishini tashkil etish va rejalashtirish. - Ò.: Universitet, 1994, 127-b.
95. G'aybulloh as-Salom. Ezgulikka chog'lan, odamzod. Ò.: «Sharq, 1999, 320-b.
96. G'oziyev E. Tafakkur psixologiyasi - Ò.: «O'situvchi» 1994, 292-b.
97. G'oziyev E. Psixologiya. - Ò.: «O'qituvchi», 1996, 198-b.
98. Hasanboyev J.Y. Uzluksiz ta'lim tizimida tahsil oluvchi-larning o'quv imkoniyatlarini aniqlash. - Ò.: «Fan», 2005, 32-b.
99. Åëüêîíèí Ä. Á. Ïñèõîëîãèÿ èãðû. - Ì : «Âëàäîñ» 1999, 360-ñ.
Xolboy Ibragimov, Shaxzoda Abdullayeva
PEDAGOGIKA NAZARIYASI
Toshkent - «Fan va texnologiya» - 2008
Muharrir: M. Mirkomilov
Tex.miharrir: A. Moydinov
Musahhih: S. Badalboyeva
Sahifalovchi: Sh. Mirqosimova
Bosidhga ruxsat etildi 30.07.08. Bichimi 60x84 1/16
«Times Uz» garniturasi.
Ofset usulida bosildi. Shartli b.t 19,0. Nashr tabog'i 18,5.
Tiraji 1000. Buyurtma ¹82.