O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
X. IBRAGIMOV, SH. ABDULLAYEVA
PEDAGOGIKA NAZARIYASI
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan darstik
sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT - 2008
X. Ibragimov, SH. Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi (darslik). Ò., «Fan va texnologiya», 2008, 288 bet.
Mas'ul muharrir: p.f.d., professor R.H. Jo'rayev
Mazkur darslik Pedagogika oliygohlari bakalavr yo'nalishining barcha sohalari bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'Ijal-langan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'Iim davlat standartlari talablari asosida tuzilgan. Unda «Pedagogika nazariyasi va tarixi» kursi bo'yicha o'quv rejada ko'rsatilgan «Pedagogikaning umumiy asoslari», «Tarbiya nazariyasi», «Ta'Iim nazariyasi (Didaktika) bo'Iimlariga monand mavzular kiritilgan. Íàã bir mavzu malnlaridan so'ng takrorlash va munozara uchun savollar, topshi-riqlar berilgan. Bu alfozda tuzilgan matnlar o'quv mashg'uloti da-vomida talabaning olgan bilimlarini reproduksiyalashga zamin yara-tadi, mustaqil, erkin fikrlashiga, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqatni jonlantirishga, tahsil oluvchining faoliigini oshirishga yordam beradi va muammoii o'qitish bosqichlarini o'z ichiga qamrab oladi.
Taqrizchiiar: p.f.d., professor M. Quronov;
p.f.d.y professor E. Turdiqulov.
ISBN 978-9943-10-123-4
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2008.
«Taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texni-kaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma 'naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy ma- 'naviy salohiyat - ma 'rifatli insonning ikki qanotidir».
I.A.Karimov
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni (1997), "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" (1997)da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb å’lîn qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta mas'uliyatli, ulug'vor vazifalarni yukladi.
Hozirgi zamon fanida, ijtimoiy hayot sohalarida ajoyib kashfiyotlar, murakkab jarayonlar, universal texnologiyalar bilan bogiiq umumbashariy jarayonlar yuz bermoqda. "O'zbekiston innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o'tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko'paytirishga asoslanadi. Bu - mamlakatimiz jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib bonshining zarur sharti va mustahkam poydevori bo'lib xizmat qiladi, - deb ta'kidlaydi Prezidentimiz I.A. Karimov.
Yuqorida tilga olingan shunday jarayonlarni, yangiliklarni tahlil quishda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy, ma'naviy, madaniy merosimizni avaylab bilim va ko'nikmalarni yosh avlodga taqdim etishda, yangicha mantiqiy fikrlash malakasini shakllantirishda pedagogikaning ahamiyati salmoqlidir. Ijtimoiy voqea-hodisalarni, hayotda sodir bo'layotgan yangiliklarni tushunib olish va uni himoya qilish uchun esa zamonaviy fan bilan tanisliish zarur.
Ma'lumki, har bir mustaqil fan o'zining predmeti va metodologik asoslariga ega. Pedagogika ham boshqa fanlar kabi avvalo, jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Shu sababli ta'lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim, chunki ta'limiy va tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib, jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin.
Hozirgi kunda Pedagogika ta'lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta'lim standartlari, ta'lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman uning qonuniyatlari haqida bilim, ma'lumot beradigan fanga aylandi.
O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim davlat standartiari (Ò., 2004y.)ga asoslangan o'quv rejasiga ko'ra pedagogika oliygohlarida "Pedagogika nazariyasi va tarixi" fanini o'qitishga 152 soat ajratilgan bo'lib, shulardan 72 soati ma'ruzalarni tashkil qiladi.
Ushbu darslik yangi andoza talablari bo'yicha tuzildi. Unda dasturdagi pedagogika nazariyasiga oid mavzular qamrab olingan. Har bir mavzudan keyin takrorlash va munozara uchun savollar berildi, oxirida asosiy adabiyotlar ro'yxati, mavzuga oid muammoli vaziyatlar, ularning yechimlari, mustaqil ishlash uchun topshiriqlar, tavsiyalar keltirilgan. Pedagogik vaziyatli masalalar talabalarning ma'ruzalarda egallagan nazariy bilimlarini to`la-to`kis idrok qilishi, jamlangan malaka va ko'nikmalarni hayotda qo'llay olish imkoniyatiga ega bo'lishiga qaratilgan.
Mualliflar tomonidan tayyorlangan darslikni yaratishdan maqsad:
• fan va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks ettirish;
• talabaning bilim olishida optimal uslublardan foydalanish;
• ilg'or pedagogik texnologiya elementlarini darsda tadbiq qilish va h.k.
Darslik vazifalari:
- o'rganilayotgan mavzularni to'la idrok qilish uchun zamin yaratish;
- o'zlashtirib olinishi zarur bo'lgan malaka va ko'nikmalarni hosil qilish;
- pedagogika faniga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g'oyalarni hayotda qo'llay olish imkoniyatiga ega bo'lish;
- talabalarning pedagogik texnologiyalar, ta'lim vositalari: haqidagi boshqa bilimlar bilan qurollantirishni ta'minlash;
- muammoli pedagogik vaziyatlarning yechimini talaba tomonidan mustaqil ravishda topishga imkoniyat yaratish.
Darslikdagi mavzular shunday metodik tarzda tuzilganki, ular mavzuning nomini, uning maqsadini,mazmunini yoritib berish bilan birga, takrorlash uchun savollar, topshiriqlar majmui, turli muammoli vaziyatlar, talabalarning foydalanishi lozim bo'lgan manbalar ro'yxatini o'z ichiga oladi.
Bunday tarkibda tuzilgan matnlar talabalarning mustaqil va tanqidiy fikrlashi, o'z ustida mukammalroq ishlashi uchun qulaylik yaratadi.
Tarbiyaning asosiy qirralari — e'tiqod va ibrat, ilm va mantiqiy tafakkur, haqiqat yo'lida ruhiyat safarbarligi va iroda qudrati -bularning barchasi mavzularda asosiy g'oya sifatida yoritilishiga harakat qilingan. Darslikdagi "Pedagogikaning umumiy asoslari" bobidagi 1,2,3-mavzular; "Tarbiya nazariyasi" bobidagi 7,9,13; "Ta'lim nazariyasi" bobidagi 15,16,17,23-mavzularni - p.f.d., professor X.I. Ibragimov va "Pedagogikaning umumiy asoslari" bobidagi 4,5-mavzular; "Tarbiya nazariyasi" bobidagi 6,8,10,11,12,14-mavzular; "Ta'lim nazariyasi" bobidagi 18,19,20,21,22-mavzularni p.f.d. Sh.A. Abdullayevalar tayyorlashdi.
Mualliflar kursning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinishi tartibi va uslubi bo'yicha bildirilgan har qanday taklif -mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar va keyingi o'quv qo'llanma, darsliklar tayyorlashda hisobga oladilar.
Ushbu darslikda ta'limning ijtimoiy tabiati, uning tarkibi, mazmuni va mohiyati, ta'lim sohasi, pedagogika kategoriyalarining rivojlanish tendensiyalari hamda ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari, shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, pedagogik diagnostika va prognoz, pedagogik loyihalash kabi mavzular bo'yicha tushunchalarga ega bo'lish uchun zaruriy ko'rsatmalar bayon qilingan.
Bu darslikdan pedagogika oliygohlari talabalari bilim va malakalarini oshirishda, o'qituvchilar mustaqil ishlarni tashkil qilishda , foydalanishlari. mumkin.
UMUMIY ASOSLAR
1-MAVZU: KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI.
O'QITUVCHILIK KASBI VA UNING JAMIYATDA
TUTGAN O'RNI
1. "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning qabul qilinishi, ularning mohiyati.
2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli to'g'risida tushuncha.
3. O'qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda
tutgan o'rni.
4. O'qituvchi shaxsining insonparvarligi.
O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o'zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o'zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o'rtasida uyg'unlikni vujudga keltirish, ehtiyojlarning xususiylikdan umumiylikka o'sib o'tishining qondirilishi har jihatdan voyaga yetayotgan yoshlarning qobiliyatlari, iste'dodlari, ichki imkoniyatlari, o'ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishrri, shuningdek, rivojlantirishni talab etadi. Yosh avlod-ning shaxs va subyekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasinini aniqlamasdan turib, o'rta maxsus va oliy ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish mumkin emas.
Jamiyatning infrastrukturalarida, guruhiy shaxslararo munosabatlarda demokratiya prinsiplarining qaror topishi, fuqarolar o'rtasida teng huquqlilik, subyektlilik, hamkorlik, hamdardlik (empatiya) mezonlari turmush tarziga aylana boshlashi kishilik dunyosi-ning jahonshumul ijtimoiy - tarixiy g'alabasining yorqin ifodasidir. Hozirgi davrda shaxsning robotlashuviga chek qo'yilishi, o'zining mustaqil inson (subyekt) tarzida namoyon bo'lishi uchun moddiy-ma'naviy negiz barpo etilishi, shaxsiy dunyoqarash (ham ilmiy, ham diniy), barqaror e'tiqod, mustahkam pozisiya, qat'iy iroda, o'tkir va bukilmas g'oyani egallashga imkon yaratdi. Ana shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqelik, hodisa, ijtimoiy tasavvur va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura sifatida tan olinishi va rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi pedagogik bilimlarning zaruratga aylanganligini anglatadi.
Insonshunoslik fanida inson-jamiyat, jamiyat-inson shaklida o'zaro ta'sirni taqozo etar ekan, birinchi va ikkinchisi ham to'g'ri, ham teskari aloqani o'rnatishi joiz. Abdulla Avloniy o'z davrida bashorat qilganidek: "Agar pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalashni xohlar ekan, unda insonni har tomonlama o'rganishi zarur".
Xuddi shu bois, ta'lim-tarbiya jarayonida barkamol insonni shakllantirish lozim, uning natijasi, mahsulasi orqali mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, kuchli irodali, ishchan, g'oyaviy e'tiqodli, ma'naviyati yuksak, ðîk vijdonli shaxsni kamol toptirish joiz. Chunki "subyekt-subyekt" munosabatni amalda qaror toptirmasdan turib, tarbiyalanganlik darajasini aniqlash imkoniyatiga ega bo'lmaymiz. Bu o'rinda pedagogika katta ahamiyat kasb etadi, jamiyatning barkamol shaxsni yetishtirishdek maqsadiga mos kelishi ayni muddaodir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: "Aql-zakovatli, yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo'ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi", - degan fikri ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy g'oyani ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini ko'rsatadi.
Bu ulug'vor vaziflarni amalga oshirish uchun Respublika Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida, qonuniy zamin bo'lgan "Ta'lim to'g"risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'grisidagi qonun"ining qabul qilinishiga bir qator omillar sabab bo'ldi: birinchidan, biz yashayotgan muhitda ijtimoiy tuzum o'zgarishi bo'lsa, ikkinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish va mulkka bo'lgan munosabat o'zgardi, uchinchidan, eski mafkuraviy qarashlar yangi sharoitga javob bermay qo'ydi, to'rtinchidan, ta'lim muassasalarida olib borilayotgan tadbirlar jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilinishni, talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar his-tuyg'ularini singdirib, ularni har tomonlama barkamol, chuqur bilimga ega mutaxassis etib tayyorlashni taqozo etdi.
Ma'lumki, "Ta'lim to'g'risida"gi qonun 5 ta bo'lim, 34 moddadan iborat. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillarida: ta'lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi, demak, ta'lim-tarbiya ishlari davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biridir.
Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari: - ta'lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi;
- ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
- umumiy o'rta, shuningdek, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;
- o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining yo'nalishini tanlashning
ixtiyoriyligi;
- ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuvi;
- bilimli bo'lish va iste'dodni rag'batlantirish;
- ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish.
Ta'lim - tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko'zlangan maqsad barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdir.
"Eng avvalo, bizning ta'lim tizimiga bo'lgan munosabatimizni ham tubdan o'zgartirish kerak. Ta'lim islohoti bizni demokratik o'zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo'lidan dadil etaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch bo'lmog'i zarur. Har birimizga besh barmoqdek, eskicha aytganda, to'qqiz puldek ayon bo'lsinkim, ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini ham o'zgartirish mumkin emas".
Yurtboshimiz ta'lim-tarbiya islohotining zarurligi va muhimligi haqida o'zining qator nutqlarida to'xtalib o'tganlar.
1997 yil 29 avgustdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yurtboshimiz so'zlagan nutqlarida shu vaqtgacha amalga oshirilgan tadbirlar talabga javob bermayotganligini, eski sho'rolar zamonidan qolgan ta'lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan to'liq qutila olmaganligimiz, ikkinchidan, o'zgarishlar yuzaki bo'lib, ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini, bosqislarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bermaganligi, uchinchidan, bizning amaldagi ta'lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera oimasligi... kabilar ham bu islohotni zarurligini ko'rsatdi. Shu munosabat bilan yurtboshimiz "Barkamol avlod — O'zbeklston taraqqiyotining poydevori" mavzusida so'zlagan nutqida ta'lim-tarbiya tizimida islohotlar o'tkazish zarurati va omillarini asoslab berdilar.
Ta'lim to'g'risidagi qonun maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-xunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olish mumkinligi kabi konstitusiyaviy huquqini ta'minlashdan iboratdir.
Qonunning 1-bo'limi "Umumiy qoidalar" deb nomlanadi. Unda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqlari, ta'lim muassasasining huquqiy maqomi, DTS, ta'lim berish tili kabi masalalar o'z ifodasini topgan.
"Ta'lim to'g'risida" gi qonunning 2-bo`limida ta'lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan.
Respublikamizdagi ta'lim tizimi: Davlat ta'lim standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini; ta'lim tizimini rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni qamrab oladi.
Mazkur qonunning 10-moddasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi ko'rsatiladi (1-rasm):
Qonunning 2-bo'lim, 11-17-moddalarida har bir ta'lim turining mohiyati qisqacha yoritib beriladi. Unda ta'kidlanganidek, maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlaiigan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti-etti yoshga etgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalalr muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
Umumiy o'rta ta'lim majburiy bo'lib, u quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: boshlang'ich ta'lim (I-IV sinflar); umumiy o'rta ta'lim (I-IX sinflar). Umumiy o'rta ta'lim o'quvchilarning fanlar asoslari do'yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o'zlashtirish ehtiyojini, asosiy O'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, meqnat ko'nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. «Umumiy o'rta ta'lim tugallanganidan keyin ta'lim fanlari va ular bo'yicha olingan baholar ko'rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi».
Qonunda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim olish maqsadida har kim umumiy o'rta ta'lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishning yo'nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega ekanligi ta'kidlanadi. «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar do'yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta'Iimni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo'ladigan o'rta maxsus, Kasb-hunar ta'limi beradi».
Akademik litseylarda o'quvchilar o'zlari tanlab olgan ta'iim yo'nalishi bo'yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o'rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko'nikmalarini o'zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu ko'nikmalarni o'qishni muayyan oliy ta'lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro'yobga chiqarishlari mumkin. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi; o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko'n ikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar do'yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.
Oliy ta'lim yuqori malakali mutaxassis tayyorlaydi, ikki bosqichda: bakalavriat va magistraturada amalga oshadi.
Qonunning uchinchi bo'limi ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishga bag'ishlangan bo'lib, unda ta'lim oluvchilarni va ta'lim muassasasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, yetim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni o'qitish masalalari qonuniy ifodasini topgan.
To'rtinchi bo'limida ta'lim tizimini boshqarishdagi Vazirlar Mahkamasining, Ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko'rsatilgan bo'lsa, beshinchi bo'limda yakuniy qoidalar ifodalab berilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati 1997 yilning 29 avgustida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida «Ta'lim to'grisidagi»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo'1-yo'riqlar ko'rsatib berildi.
Ma'lumki, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» besh bo'limdan iborat bo'lib, unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish omillari, dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro'yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, dasturni ro'yobga chiqarishga oid chora-tadbirlar belgilab berilgan. Dasturning 3-bo'limida kadrlar tayyorlashning milliy modeli mohiyati yoritilgan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
«Shaxs» — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi». Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbjyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi do'yicha mehnat qilish huquqi ro'yobga chiqariladi.
Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga davlat tomonidan ta'lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko'rish kafolatlanadi. Ta'lim jarayonida shaxs davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Ta'lim xizmatlarining amalga oshiruvchi sifatida shaxs munosib darajada malaka darajasini olgach, bilim va tajribalarni ta'lim jarayonida yosh avlodga o'rgatish, moddiy ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat va maishiy xizmat sohalarida faoliyat ko'rsatish bilan shug'ullanadi.
Har bir odam faqat ta'lim, ijtimoiy tarbiya va ma'naviy kamolot, kasb-hunar o'rganish tizimi vositasidagina shaxs bo'lib shakllanadi.
Natijada shaxsning ijtimoiy kamol topishi - uning jamiyat uchun foydali fimksiyalarni bajarishi, o'z vazifa va burchlarini puxta hamda ijodiy anglab, boshqalar bilan teng, mustaqil munosabatlarga kirishuvi yuz beradi.
Kadrlar tayyorlash tizimida shaxsning o'rni va roli, huquq va majburiyatlari konstitutsiyaviy mustahkamlanib, qonuniy himoyaga olingan va tegishli hujjatlarda batartib bayon etilgan.
«Davlat va jamiyat» — Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari bo'lib, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo'yicha ta'lim muassasalarining faoliyatini uyg'unlashtiradi».
Davlat va jamiyat quyidagilarni, chunonchi:
-fuqarolarning ilm olish huquqini, ularning kasb tanlash va malaka oshirish imkoniyatlarini;
- akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o'qib-o'rganish yo'nalishini tanlash huquqini beruvchi majburiy umumiy o'rta va o'rta maxsus , kasb-hunar ma'lumoti olishni;
- davlat grantlari bazasida yoki pullik-bitim asosida oliy va undan yuqori darajalarda ma'lumot olish huquqini;
- davlat ta'lim muassasalarining moliyaviy ta'minotini;
- o'quvchilarning o'qish, yashash va dam olish sharoitlarini ta'minlash masalalarini hal etish yuzasidan jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishni;
- ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni;
- ta'lim muassasalarining pedagog xodimlari, ota-onalarning bolalar tarbiyasi, hayotini himoya qilish uchun mas'uliyatlarini oshirish yuzasidan me'yoriy-huquqiy hujjatlarning amal qilish faolligini kafolatlaydi. Shunday qilib, shaxs uchun sifatli kasb-hunar tayyorgarligi, ijtimoiy rag'bat va himoya, favqulodda holatlarda yordam olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
«Uzluksiz ta'lim» - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi boiib, ta'limning barcha turlarini: maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'limni, DTSni, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi».
Uzluksiz ta'lim tizimi inson va jamiyatning turli xil ta'limiy ehtiyojlarini qodirishi, bilimlarning qadr-qimmati va mavqeini ko'tarish uchun keng imkoniyatlar yaratib berishi, shuningdek, iqtisodiyotning o'zgaruvchan ehtiyojlari sharoitida umum ta'limiy, umummadaniy, kasbiy va ilmiy asosda mutaxassislar tayyorlash yo'li bilan fundamental bilimlar berib, shaxsni ijtimoiy himoya qilishni ta'minlashi kerak (3-rasm).
Uzluksiz ta'limni isloh qilish yo'nalishlari sifatida ta'lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, davlat va nodavlat ta'lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish, majburiy umumiy o'rta ta'limdan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limiga o'tilishini ta'minlash, ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta'lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish, ta'lim va ilm-fan bilan bog'liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish kabilar belgilandi.
3-rasm. Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari.
«Fan» — yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'or-pedagogiê va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi». Fan-ta'lim mazmunini tubdan yangilashda, ta'lim standartlari, ta'lim dasturlari, o'quv darsliklar va qo'llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik. ta'minotni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi. Qolaversa, fan kadrlar tayyorlashda buyurtmachi sifatida ilmiy izlanishlarni bevosita o'quv jarayoni bilan mutanosiblashtirishga erishadi.
«Ishlab chiqarish» - kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta'minlash jarayonining qatnashchisi». Ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash tizimida buyurtmachi va iste'molchi funksiyalarini bajarib, kerakli yuksak darajalarda va tegishli sohalar uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida faol ishtirok etadi.
Ishlab chiqarishning ehtiyojlari kadrlar tayyorlashga bo'lgan ijtimoiy buyurtmani shakllantiradi, kasb-hunarga tayyorlashning maqsadi, vazifasi va mazmunini aniqlaydi, malakaviy talablarni ilgari suradi, yangi texnologiyalar va o'qitish shakllarini tanlab olish shartlarini belgilaydi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo'lishini va hayot o'zgarishlariga moslanuvchanligini ta'minlaydi. Kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg'or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo'lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ustoz, muallim, o'qituvchi zimmasiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo'lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi yuklatilgan. Hatto ibtidoiy jamoa tuzumidayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda tajribali, hayotni ko'rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar. O'qituvchilik kasbining paydo bo'lishi tarbiyaning kelib chiqishi bilan bog'liqdir.
Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar tarbiyaning vujudga kelishi uchun asosiy shart bo'ldi. Inson mehnat qurollari tayyorlay boshlagan davrdan boshlab kishilik jamiyati paydo bo'ldi. Eng oddiy mehnat qurolarini qo'llash va ularni ongli ravishda tayyorlashning toboro kengayib va murakkablashib borishi yosh avlodga mehnat bilimlarini, ko'nikma va tajribalarini berish zaruratini tug'dirdi.
Dastlab bu hol mehnat faoliyati jarayonida va butun ijtimoiy hayot quynida ro'y berar edi. Keyinchalik tarbiya inson faoliyati va ongining alohida sohasiga aylandi.
Yangi tug'ilgan bolani jamoadagi keksalar, oqsoqollar boqardilar. Matriarxat taraqqiyotining oxirlarida bolalarni tarbiyalash uchun yoshlar uylari paydo bo'lib, ularda urug' oqsoqollari bolalarga tarbiya berganlar. Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun maxsus maktablar tashkil etilgan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim beradigan kishini «didaskal» («o'qitaman», «o'rgataman» so'zidan olingan) deb ataganlar. Bolalarni maktabga tarbiyachilardan biri boshlab borgan yoki sayrlarga olib chiqqan, bunday tarbiyachi «pedagog» («payne» - bola, «agogeyn» - yetaklamoq so'zidan olingan) deb atalgan. Bu tushunchalar hozirda ham o'qituvchiga nisbatan ishlatiladi, lekin uning mohiyati boshqacha ahamiyat kasb etadi.
Har bir jamiyatda ham pedagog, o'qituvchi, tarbiyachilarga yoshlar murabbiysi sifatida katta hurmat bilan qarab kelingan. Ayniqsa, bizning mustaqil yurtimizda o'qituvchiga hurmat-e'tibor va unga qo’yilgan mas'uliyat ham nihoyatda oshib bormoqda. Bu o'rinda respublikamizda 1 oktyabrni «Ustoz va murabbiylar kuni» deb e'lon qilinganligini ta'kidlab o'tish joiz.
Ma'lumki, "shaxs va davr" yoki "davr va shaxs" munosabati muammolari tahlilida uchta holat bo'lishi mumkin:
Birinchidan, shunday shaxslar bor — ular davr bilan hamnafas, o'zi yashagan zamonning yalovbardori sifatida namoyon bo'ladi.
Ikkinchi toifa shaxslar o'z davrining ruhi, maqsad va vazifalarini anglay olmaydi, ya'ni zamondan orqada qoladi.
Uchinchi toifa insonlar yetakchilar sanalib, ular voqelikdan o'zib ketadi, ayni paytda o'z davrining ruhini chuqur his etadi va anglaydi. Bunday shaxs hayotiy qarashlari, g'oyasi va faoliyat yo'nalishida kelajakni ko’ra oladi.
O'qituvchi shunday yetakchilik xususiyatiga ega bo'lgan, ma'naviyati yuksak shaxs bo'lishi va shunday shaxsni tarbiyalashi lozim. Shaxsning ma'naviy olami yuqori bo'lsa, tabiiy ravishda bu uning amaliy faoliyatida ham o'z ifodasini topadi, uning g'oyalari jamiyatga siugadi.
Abu Ali ibn Sinoning fikricha: "O'qituvchi matonatli sof vijdonli, rostgo'y, bolani tarbiyalash yo'llarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog'i lozim. Muallim o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib, uning aql qatlamlariga kirolmog'i lozim".
"O'qituvchi — deydi Al Forobiy, — o'z or - nomusini qadrlashi, adolatli bo'lmog'i lozim. Ana shundagina u insonlikning yuksak darajasiga ega bo`ladi va baxt cho'qqisiga erishadi", deb ta'kidlaydi.
Yusuf Hojib Qoshg'ariy: "A'zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo'lsalar, nodonlik, bilimsizlik tufayli o'n ming va yuz minglarcha odamlar halok bo'ladilar», - deb ta'kidlashlari bejiz emas.
Ulug' mutafakkir Alisher Navoiy ham o'qituvchining yoshlarga ta'sir o'tkazish mehnatini xolisona baholab: "Agar shogird nodonlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi", "Xalq yo`lida kim senga bir harf o'rgatmish ranj ila", - kabi satrlar bitgan.
Nasriddin Tusiy o'zining "O'qituvchilarni tarbiyalash to'grisidagi" nomli asarida: "O'qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharhandali, qo'pol yoki qattiq bo'lishi mumkin emas. Dars paytida o'qituvchining o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin", - deydi.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida o'qituvchining yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Zamonaviy o'qituvchi ijtimoiy pedagog-psixolog bo'lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham yoshlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yo'lga sola olishi, jamoada ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
Jamiyatning o'qituvchilik kasbiga qo'yadigan asosiy talabalari quyidagichadir:
- shaxsni ma'naviy va ma'rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg'onish mafkurasining hamda umuminsoniy boylikiarning mohiyatini bilishi, yoshlarni mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o'z vatani tabiatiga va oilasiga bo'lganmu-qabbati:
- keng bilim saviyasiga ega bo'lishi, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;
- yoshlar pedagogikasi, psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fizologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi;
- o'zi dars beradigan fan bo'yicha mustaqkam bilimga ega bo'lib, o'z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo'lishi;
- ta'lim va tarbiya metodikasini egallashi;
- yoshlarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi, empatiya his-tuyg'ulariga ega bo'lishi;
- pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta'limning ifodali vositalari) va pedagogik takt (nazokat)ga ega bo'lishi;
- o'qituvchining o'z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Har bir o'qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo'lishiga intilishi kerak.
O'qituvchiga jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kuzatishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o'qituvchining pedagogik faoliyatiga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, milliy dasturdan ko'zlangan maqsadlar juda ko'p. Avvalo, bu maqsad va vazifalarning to'la amalga oshishi mamlaka-timizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning o'zgarishiga ohb keladi, jamiyatda yangi shaxs komil insonlar vujudga keladi.
Ikkinchidan, yurtboshimiz so'zi bilan aytganda: «Ta'limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotdan o'z o'rnini topish jarayoni tezlashadi», «Ta'limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi... «Ta'limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro'yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi».
Xuddi shunday jamiyatimizning Milliy dasturda ko'zlagan maqsadlarga erishishi ta'lim-tarbiya tizimidagi ishlar samarasiga va avvalo, o'qituvchiga ham bog`liqdir. O'z davrining ruhini chuqur anglagan, kelajakni ko'ra bilgan shaxslarni tarbiyalash o'qituvchi tarbiyachilarning bosh vazifasidk. O'qituvchi va o'quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o'rnini ongli intizom egallashiga erishmog`imiz darkor. O'qituvchining bosh vazifasi: o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ularda tafakkur qirralarini shakllantirish va rivojlantirish eng muhim ta'limiy-tarbiyaviy ish bo'lib hisoblanadi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari. O'zbekistonning Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi 1997 yilning 29 avgustida qabul qilingan bo'lib, u besh bo'limdan tashkil topgan. Dasturning ikkinchi bo'limida dasturning maqsad va vazifalari bilan birga uni ro'yobga chiqarish bosqichlari ham ko'rsatib berilgan. Dasturning maqsad va vazifalarini ketma-ket uch bosqichda amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Birinchi bosqich 1997-2001 yillarni o'z ichiga qamrab olgan bo'lib, unda mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun xuquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish ko'zda tutilgan edi. Bu bosqichda ta'lim qonuni asosida ta'lim tizimi va mazmuni qayta ko'rildi, umumiy o'rta va oliy ta'lim uchun DTSlar yaratildi, ta'lim jarayoni didaktik va axborot ta'minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish boshlandi, o'rta maxsus ta'lim uchun zarur moddiy-texnika, o'quv-uslubiy va kadrlar bazasi tayyorlandi, ta'lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimi joriy etila boshlandi.
Ikkinchi bosqich 2001-2005 yillarni o'z ichiga qamrab olgan edi, unda Milliy dasturni to'liq ro'yobga chiqarish, meqnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni qisobga olgan qolda unga aniqliklar kiritish nazarda tutilgan edi. Bu bosqich «sifat bosqichi» deb nomlanib, quyidagi vazifalarni amalga oshirish muhim deb belgilangan edi:
— majburiy umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga, shuningdek, o'quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta'limga o'tishni to'liq amalga oshirish; — ta'lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to'ldirish, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltirish;
— ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o'quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash, uzluksiz ta'lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish.
Bu bosqichda ta'lim xizmati ko'rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to'liq ishga solinishi lozimligi bilan belgilandi. Ikkinchi sifat bosqichida belgilangan vazifalar imkoniyat darajasida bajarilib, hayotga tatbiq etib kelindi.
Uchinchi bosqich - 2005 va undan keyingi yillarni o'z ichiga qamrab olgan bo'lib, unda to'plangan tajribant tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish ko'zda tutilgan.
Bunda ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustaqkamlanishi, o'quv-tarbiya jarayoni yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan to'liq ta'minlanishi, milliy (elita) oliy ta'lim muassasalari qaror topishi ko'zda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o'qituvchi burchi, ma'suliyati va uiiing barkamol shaxsni shakllantirishdagi o'rni haqida.
Prezidentimiz I.A.Karimov o'z nutqlarida yoshlarga katta tshonch bildirib, O'zbekiston kelajagi yoshlar qo'lida ekanligini ta'kidlar ekan, avvalo, yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib etishtirish o'qituvchi va tarbiyachilarning fidokorona mehnati bilan bog'liqligini nazarda tutadi. Jamiyatimiz talab etayotgandek har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalab etishtirishda o'qituvchining o'rni beqiyosdir.
Yurtboshimiz o'zining qator nutqlari va asarlarida ta'lim-tarbiya masalalariga to'xtalganda, o'qituvchini ham e'tibordan chetda qoldirmaydi. «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so'zlagan nutqida jamiyatimizda ta'lim berish tizimi, yangilanish jarayoni talablari bilan yaqindan bog'lanmaganligi sabablaridan biri-o'qituvchiga borib taqalishini aytib o'tadi: «Tarbiyachilarning o`ziga zamonaviy ta'lim berish ularning ma'lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo'lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz.
Mening fikrimcha, ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shu erda. O'qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz, ammo, zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak».
Bundan ko'rinib turibdiki, o'qituvchining o'zi avvalambor, zamonaviy bilim bilan qurollangan bo'lishi lozim.
Ma'lumki, boshlang`ich sinflarda bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadi. Shuning uchun kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning ta'lim-tarbiya jarayoniga eng yetuk, tajribali murabbiylarni jalb etish lozim.
Mamlakatimiz rahbari o'zining «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» (1992), «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997), «Millatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qilsin» (1998), «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q» (1998), «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» (1998), «Ma'naviy yuksalish yo'lida» (1998), («O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999) kabi nutq va asarlarida ta'lim-tarbiya sohasidagi islohotlarimizning mazmuni erkin, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilishi lozimligini ta'kidlab o'tadi. Bu jarayonda esa o'qituvchi-o'quvchi munosabatini o'zgartirish talab etiladi. I.Karimov: «Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta`limi va tarbiyasini ko'rgan shaxslar kerak», - deb ta'kidlaydi. Maktablarimizda o'quvchilar mustaqil fikrlashga o'rgatilishi, o'qituvchi-o'quvchi munosa-batidagi majburiy itoatkorlik o'rnini ongli intizom egallashi lozimliligini uqtiradi.
Bugungi kunda o'qituvchiga qo'yilayotgan muhim talablardan biri, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan tanishish, amalda qo'llash va shular orqali bolalarni mustaqil fikrlashga o'rgatishdan iboratdir.
O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risidagi»gi Qonunining 5-moddasida «...tegishli ma`lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega» ekanligi aytiladi. Mazkur qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va hozirgi kun talablariga ko'ra o'qituvchiga qo'yilgan talablar ham kengayib, murakkablashib bormoqda. XXI asrda o'qituvchidan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlik talab etiladi.
Shunday qilib, kadrlar tayyorlash milliy modelida o'qituvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o'rniga obyektiv baho berilgan bo'lishiga qaramasdan, ta'lim-tarbiya jarayonida qanday insonni shakllantirish lozim, ta'lim-tarbiya natijasida inson qanday bo'lishi kerak, degan savollarga muntazam javob izlash zaruriyati mavjudligicha qoladi va asrlar osha mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan «komil inson tarbiyasi» g'oyalariga hamohang ravishda rivojlantiriladi.
MUSTAQIL ISHLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR
1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'grisida»gi Qonuni (1997)ning vazifalari to'g'risidagi minidebatga tayyorlaning. Bunda «Ta'limda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarning ustuvorligi», «Davlat ta'lim standartlari doirasida barchaning ta'lim olishi uchun imkoniyat yaratilganligi» haqidagi tushunchalarni keltirilgan nazariy dalillar rukni asosida isbotlashga harakat qiling.
2. «O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimi», «Mening ideal o'qituvchim», «O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning o'qituvchi burchi, mas'uliyati, insonparvarligi va uining barkamol shaxsni shakllantirishdagi jamiyatda tutgan o'rni haqida» mavzularidan biriga referat tayyorlang.
3. Interfaol uslublardan biri «B-B-B chizma»dan foydalanib ta'lim to'grisidagi Qonun va Milliy dastur to'grisidagi fikrlaringizni jamlang.
B-B-B chizmasi:
4. O'zbekiston Respublikasidagi uzluksiz ta'lim tizimi to'grisidagi manbalarda keltirilgan materiallarni o'rganing va ularni og'zaki quyidagicha tartibda ifodalang:
"Ta'lim totg'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dastur"ning qabul qilinishi, ularning mohiyati:
1. Kadrlar tayyorlash milliy modeli to'g'risidagi tushuncha.
2. O'qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o'rni.
3. O'zbekiston Prezidenti I.A. Karimov o'qituvchi burchi, mas'uliyati, insonparvarligi va uning barkamol shaxsni shakllantirishdagi o'rni haqida.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxati
1. Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqivotinine poydevori. - Ò.: "Sharq", 1997.
2. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillari -Ò.: «O'zbekiston», 2000.
3. Karimov I.A. Sog`lom avlod - xalqimiz kelajagi «Xalq so'zi» gazetasi, 8 dekabr I999y.
4. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'grisida»gi Qonuni - Toshkent, 1997.
5. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. -Toshkent, 1997.
6. Oliy ta'lim me'yoriy hujjatlari. - Toshkent, 2001 41-67-b
7. Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika. O'quv qollanma - T:, «Fan», 2005, 2531-b.
8. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. - Ò.: «Cho'lpon» nashriyoti, 1992.
2-MAVZU: PEDAGOGIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
1. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.
2. Jamiyat va olam rivojida pedagogikaning mohiyati.
3. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari.
4. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va pedagogika fanlari tizimi.
5. Milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirishda pedagogikaning o'rni.
O'zbekistonda ta`lim-tarbiya sohasini isloh qilish zarurati
O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatda sodir bo'layotgan demokratik o'zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo'lidan dadil yetaklovchi, harakatlantiruvchi ichki kuchga aylanmoqda. «Ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini ham o'zgartirish mumkin emas» - deb ta'kidlaydi Prezidentimiz I.Karimov.
Yurtboshimiz ta'lim-tarbiya islohotining zarurligi va muhimligi haqida o'zining qator nutqlarida ham qayta-qayta to'xtab o'tadi. 1997 yil Oliy Majlis IX sessiyasida so'zlagan nutqida shu vaqtgacha amalga oshirilgan tadbirlar talabga javob bermayotganligini, eski sho'rolar zamonidan qolgan ta'lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan to'liq qutila olmaganligimiz, ikkinchidan, o'zgarishiar yuzaki bo'lib, ta'lim-tarbiya va o'quv jarayon-larining tarkibini, bosqich-larini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini echib bermaganligi, uchinchidan, bizning amaldagi ta'lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi... kabilar ham bu islohotni zarurligini ko'rsatdi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da "Ta'lim to'grisidagi'gi Qonun va "Kadriar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi. Bu qonun hujjatlariga asosan, respublika-mizda ta'lim-tarbiya tizimini tubdan o'zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko'tarish, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishning qonuniy asoslari belgilab olindi. Bu borada bir qancha ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Ànà shu sessiyada Prezident I.A.Karimov "Barkamol avlod -O'zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusida nutq so'zlab, quyidagi g'oyalarni ilgari surgan edilar:
1. Maktablaming moddiy bazasini mustahkamlash.
2. Bilimli, mahoratli tarbiyachi o'qituvchilami tayyorlash, ularning hayotiy talablarini qondirish.
3. O'quv jarayoniga tegishli bo'lib boshlang`lch sinfiarda va undan keyingi bosqichlarda o'qiyotgan bolalarga qaysi sinfda nimani o'qitish maqsadga muvofiqligini ilmiy nuqtai nazardan asoslash.
4. Boshlang`lch ta'limga ikkinchi darajali ish deb qaramaslik, chunki bolaning dunyoqarashi, didi saloqiyati shakllanadigan boshlang`lch sinflarga eng etuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qofylishiga katta e'tibor berish.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach ijtimoiy tuzum o'zgardi. Ijtimoiy tuzumning o'zgarishi shu tuzumning maqsadi, vazifalariga mos keladigan va uni amalga oshiradigan kadriar tayyorlash vazifasini qo'ydi. Demak, ta'lim-tarbiyaning tashkiliy-uslubiy asoslarini yaratish davr talabi bo'lib qoldi. Ana shu davr talabiga muvofiq barkamol avlodni tayyorlab voyaga etkazishning qonuniy asosi bo`lmish "Ta'lim to'grisidagi"gi qonun, "Kadriar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.
Hozirgi kun jamiyat rivojida pedagogikaning o'rni
XXI asrda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo'lmoqda. Shuning uchun insonParvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'grisi-dagi"gi Qonunida ta'lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas'uliyatli ulug'vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma'naviy, madaniy, diniy merosimiz qayta tiklana boshlandi.
Íàã bir mustaqil fan o'zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, pedagogika fan sifatida shakllanib, o'zining predmetiga ega. Boshqa fanlar kabi pedagogika ham fan sifatida paydo bo'lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib, jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin.
Pedagogika atamasi qadimiy bo'lib, "bola yetaklovchi" degan ma'noni bildiruvchi grekcha "paydogogos" so'zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarda ko'rstilishicha, qadimgi Yunonistonda o'z xo'-jayinlarining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini "pedagog" ("bola yetaklovchi") deb atashgan. Keyinchalik esa bu tushuncha keng ma'noda ishlatilib, maxsus bilimlarni egallagan mutaxassislarga nisbatan qo'llanila boshlandi. Shu bimn birga ta'lim-tarbiya ishlari bilan shug'ullanuvchilar kasb-hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar. Ularning ta'lim-tarbiya borasi-dagi faoliyatlari va to'plagan tajribalaridan o'rinli foydalanishlari PEDAGOGIKA fanini vujudga kelishiga olib keldi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq siyosiy, ijtimoiy, madaniy-ma'naviy va ilmiy hayotimizda ko'plab yangiliklar, umum-bashariy jarayonlr bilan bog'liq ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ldi.
«Eng muhimi inson va fuqaroning fikrlash va dunyoqarashi o'z-garmoqda, siyosiy va ijtimoiy ongi, uning umumiy saviyasi to'xtovsiz o'sib bormoqda» - deb ta'kidlaydi Prezidentimiz I. A.Karimov.
Pedagogika nafaqat o'zining o'rganuvchi predmeti, balki tarixiy rivojlanishi bilan ham o'ziga xos fandir.
«Avesto» ta'limoti, «Qur'oni Karim» sabog`i, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-970), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824-892) kabi xadis ilmining ulig'lari ta'lim-tarbiya jarayoniga ulkan xissa qo'shib, pedagogikaning shakllani-shiga zamin yaratdilar. Ularning pedagogik qarashlari tarixning zarhal sahifalaridan munosib o'rin egalladi.
Ilk o'rta asrlarda Abu Nasir Forobiy (789-950), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (937-1051), Kaykovus (XI asr), Ahmad Yugnakiy (XI asr), Mahmud Qoshg'ariy (XI asr) kabi allomalar ta'lim - tarbiyaga oid dunyoviy fikrlari bilan shuxrat qozondilar.
O'zbek badiiy tilining asoschisi, buyuk davlat arbobi Mir Alisher Navoiy o'zining tarbiyaviy ahamiyatga molik bo'lgan noyob asarlari, ilmiy tafakkur va falakiyot ilmi sohasida yetuk dunyoqarash sohibi Mirzo Ulug'bek ma'rifiy qarashlari, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa adiblar o'zlarining o'lmas ijodiyoti bilan pedagogika taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shdilar.
Ovro'pa faylasuflari Tertullian (160-222), Avgustin (354-430), Akvinat (1225-1274)larning pedagogik ta'limoti muvaffaqiyat qozongan bo'lmasada, rotterdamlik Erazm (1466-1536), Italiyalik Viktorino de Feltre (1378-1446), farangistonlik Fransua Rable (1494-1553) va Mishel Monten (1533-1592)larning insonparvarlik g'oyalari, ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Didaktikaning asoschisi, chex olimi Yan Amos Komenskiyning ta'lim tamoyillari, shakllari va uslublari to'g'risidagi ilmiy qarashlari, ingliz faylasufi va pedagogi Jon Lokk (1632-1704)ning «jentelmen tarbiyasi» - tadbirkor va ma'rifatli, ishbilarmon va ziyoli, e'tiqodi kuchli shaxs tarbiyasiga oid ta'limoti bugungi kunda ham o'z dolzarbligini yo'qotganicha yo'q.
Fransuz ma'rifatparvar mutafakkirlari Deni Didro (1713-1784), K. Gelvetsiy (1715-1771), P. Golbax (1723-1789), Jan Jak Russo (1712-1778)larning demokratik va gumanistik qarashlari, shveytsariyalik olim Iogann Genrix Pestalotsi (1746-1827)ning o'quvchilarning ma'naviy tarbiyasi va rivojlantiruvchi ta'lim nazariyasi pedagogika sohasini kengaytirdi.
Amerikalik olimlar Iogann Fridrix Gerbart (1776-1841), Jon Dyui (1859-1952), Edvard Tomdayk (1874-1949)larning fanga «tarbiyaviy ta'lim», «dars modeli», «rivojlantiruvchi topshiriqlar ti-zimi», «eksperimentel pedagogika», «test usuli» kabi tushunchalarni kiritishlari, noan'anaviy pedagogik ta'limotlari, nemis olimi Fridrix Adolf Disterverg (1790-1886)ning tamoyillari muammolariga qarashli nazariyasi insonlarni xanuzgacha originalligi bilan hayratga soladi.
Rus milliy pedagogikasining asoschisi Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy (1824-1870)ning o'qitishning xalqchilligi nazariyasi, ulug' yozuvchi, olim, pedagog va tanqidchi Lev Nikolayevich Tolstoy (1828-1910)ning o'qitish jarayonidagi hayotiylik tamoyili ta'lim-tarbiya jarayonida o'ziga xos o'rinni egalladi.
Jadidchilik harakatining yorqin namoyondalari: Munavvarqori «Abdurashidxonov, Mahmudxo'ja Behbudiy, Saidahmad Siddiqiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Ishoqxon Ibrat, Muhammadsharif So'fizoda kabilar Turkiston maorifi va ta`lim-tarbiya tizimi rivojiga salmoqli hissa qo'shdilar. Ular o'zlarining sermazmun hayoti va faoliyatlari bilan hanuzgacha yosh avlodga ibrat namunasi bo'lib kelmoqda.
Bugungi kunga qadar pedagogika sohasida yangi-yangi ta'limotlar, g'oyalar kashf qiiindi, yuzlab risolalar, asartar yaratildi, bu sihaga oid «Everest cho'qqilari» zabt etildi, ammo tarbiya jara-yonidagi insonni chuqur o'yga cho'mdiradigan muammolar hanuzgacha o'z yechimini to`laqonli topganicha yo'q.
Pedagogikaning metodologik asosi yosh avlodni tarbiyalash an'analarini, jamiyatning taraqqiyot bosqichlaridagi o'qitish va kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun-qoidalarini,qomusiy mutafakkirlar, ma'rifatparvar adiblar va pedagoglarning ta`lim-tarbiya, ma'rifatga doir g'oyalarini va ularning rivijlanishini mukammal o'rganadigan fandir.
Zamonaviy Pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat ko'r-satayotgan shxslarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, komil inson etib tarbiyalashdek muhim masalalarni hal qilishi lozim.
Pedagogika insonshunoslik fani bo'lib, jamiyat va shaxs munosabatlarini tizimlashtiradigan tarbiya va ta'lim muammolarini o'rganadi.
Unda hozirgi zamon fani va metodologiyasining quyidagi umumiy masalalari yoritiladi:
- fan tarixi va taraqqiyqti;
- fan haqidagi asosiy konsepsiyalar;
- hozirgi zamon fanidagi asosiy dolzarb muammolar. Pedagogikaning rivojiga IX-XVI asrlar (Sharq uyg'onish davri)da yashab ijod etgan Al-Buxoriy, At- Termiziy, Abu Nasir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg'ariy, Ahmad Yassaviy, Bohouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug'bek, Mir-Alisher Navoiy, £ahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk daholar, XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining yirik namoyondalaridan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Saidahmad Siddiqiylar, Ovropo`pa davlatlarining buyuk mutafakkir va pedagog olimlaridan Yan Amos Komenskiy, Jan Jak Russo, I.G. Pestolotsi, Adol'f Disterveg. K.D.Ushinskiy, A.S. Makarenko, J. Lokk, Jon Dyui, Edvard Torndayk, S.T. Shaskiy, B.Blumlar ulkan hissa qo'shdilar.
Pedagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta`lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi fanga aylandi.
4-rasm.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Har bir fanning mazmun va mohiyatidan kelib chqadigan, uning asosiy tomonlarini yoritishga xizmat qiladigan va eng ko'p ishlatiladigan asosiy tushunchalari bo'ladi. Xuddi shuningdek, pedagogika fanining ham asosiy kategoriyalari mavjud.
Kategoriya - (yunoncha: kategoriya - «ko'rsatma», «dalil», «tushuncha») pedagogikada pedagogik jarayonlar xususiyatlarini, mohiyat-mazmunini, shaxs va jamiyat, shaxs va gurux, shxs va jamoa o'rtasidagi, ta'lim va tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik, iqtisodiy-ekologik va h.k., munosabatlarni aks ettiruvchi asosiy tushunchadir. Kategotiriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va jamiyat tajribasi asosida paydo bo'ldi. Kategoriyalar orqali inson borliqni, tavarak-atrofni, ijtimoiy hayotda sodir bo`layotgan voqea-hodisalami o'rganadi.
Shulardan bin va asosiysi sifatida «Pedagogika» atamasidir. («Pein» - bola va «agogein» - yetaklamoq degan ma'noni bildiruvchi yunoncha - paydagogos» so'zlaridan paydo bo'lgan). Buning izohi quyidagicha: Eramizdan oldingi III-I asrlarda qadimgi Yunonistonda quldoriarning bolasini ovqatlantiradigan, sayrga olib boradigan, tabiat qo'ynida o'ynatuvchi tarbiyachi - qullarni «pedagok» deb atashgan. Bugungi kunga kelib «pedagok» so'zi keng qamrovli, yangicha ma'no kasb etgan.
Pedagogikaning yana bir muhim tushunchalaridan biri - «Didaktika» so'zidir. Qadimgi Yunonistonda quldorning bolasiga mak-tabda talim beruvchi kishini «Didaskal» deb atashgan. «Didaktika» - yunoncha «didaktikos» so'zidan olingan bo'lib, «o'qitish», «o'rgatish», «bilim berish» ma'nolarini anglatadi. Qadimgi yunonlar o'qitish faoliyatiga nisbatan «didasko», o'qituvchi o'rnida «didaskab, o'quvchiga nisbatan «didaskale» atamalarini ishlatishgan. Ammo «di-daktika» termini o'zining dastlabki ma'nosidan ancha uzoqlashgan. Hozir bu tushunchalarning hajmi va mazmuni ancha boyigan va kengaygan bo'lib, u faqat o'qituvchining faoliyatini emas, shu bilan birga o'quvchining faoliyatini ham o'z ichiga qamrab olgan
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga ta'lim, tarbiya, ma'lumot, rivojlanish, pedagogik faoliyai, pedagogik jarayon, bilish, o'rgatish, ta'lim-tarbiya metodlari, prinsiplari va boshqalar kiradi. Biz ularni pedagogik tushunchalar ham deb ataymiz.
Tarbiya - tarbiyachi o'zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma'lum maqsadga ko'ra tizimli ta'sir ko'rsatishiga aytiladi.
Jahon pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tushuncha sifatida baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar mavjud. Tarbiyani kattalar (o'qituvchilar, murab-biylar va ota-onalar)ning bolalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni sifatida tushunish eng ko'p tarqalgan tendensiyadir. Bu o'rinda kattalar to'g'ri deb hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maqsadlar, vazifalar, normalar va talablarga muvofiq tarzda ta'sir ko'rsatish ko'zda tutiladi, albatta.
Tarbiyani bunday tushunish haqiqatga yaqinroq, biroq u bir tomonlama xususiyatga ega bo'lib, mazkur jarayonning faqat muayyan qismini aks ettiradi, xolos. Tarbiyaga bunday ta'rif berishda bolaga kattalarning ta'siri yo'naltirilgan obyekt sifatidagina qaraladi. Pedagogika ham tashabbuskor va mustaqil shaxslarni tarbiyalashni nazarda tutadigan bo'lsa, u tarbiyalanuvchiga pedagogika jarayonida faol harakat qiluvchi subyekt rolini beradi.
Shaxsning o'zi, o'z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilish orqali hosil bo'lgan obraz - «Men»-obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini belgilaydi va barkamollik mezonlari bo'lib hisoblanadi.
«Men»-obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va uning tarbiyalanganlik darajasi omillaridan biri liisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, «...tarbiyani shaxsning o'zi va o'z sifatlari to'g'risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta'rif berish mumkin». Demak, har bir inson o'zini, o'zligini qanchalik aniq va to'g'ri anglasa, tasavvur qilsa, unda jamiyatning axloq normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kamayadi.
Abdulla Avloniy o'zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asa-rida inson kamolotida tarbiyaning o'rnini alohida ta'kidlab, «Janobi haq insonlarning asl xilqatda iste'dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga etkazmoq tarbiya vositasida bo`ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go'zal xulqlarga odatlanib katta bo'lsa, baxtiyor bir inson bo'lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o'ssa, nasihatni qulog`lga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil bir rasvoi odam bo'lib chiqadi»-deb ta'kidlaydi. Shunday ekan, bugungi kunda pedagogik nazariya va amaliyot muammolarini tadqiq qilish va echimini topishda pedagogik diagnostika hamda korreksiya muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta'lim - maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o'tkazila-digan o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollan-tiradigan bilim qobiliyatlarini o'stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.
Ma'lumot - ta'lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtiril-gan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Pedagogik faoliyat - estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy kabi maqsadlarga muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o'ylab ko'rilgan, katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo'lgan mehnatining o'ziga xos turidir.
Pedagogik jarayon - ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta'sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda tarbiyachining yo'naltiruvchi va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida bolaning o'z-o'zini taraqqiy ettirishidir.
5-rasm. Pedagogikaning rivojlanib va boyib borishiga ta'sir ko'rsatuvchi fanlar.
Har qanday fan ham yakka holda o'zi mukammalikka erisha olmaydi. U boshqa fanlar bilan aloqada, ularning yutuqlaridan foydalangan holda mazmunan boyib boradi. Xuddi shuningdek, pedagogika fani ham hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqidagi ma'lumotlarga tayanadi. U tabiat va jamiyat rivojlanihsi qoidalari to'g'risidagi ma'lumotlarga asoslanadi, o'zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib, insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. U falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, etika va estetika, biologiya va madaniyatshunoslik, siyosat-shunoslik va boshqa fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Íàã bir yurtning fuqarosi bo'lmish o'qituvchi-tarbiyachi va o'quvchi yoshlar o'z ona yurti tarixini bilishlari, vatanparvar bo'lishlari lozim. Ta'lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan habardor bo'lmay turib, o'qituvchilik qilish mumkin emas.
O'qituvchi o'quvchilarga bilim berish, ma'lumotli qilish, tarbiylash maqsadida unga tizimli ta'sir ko'rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya'ni ta'sirning samarasini bilish uchun o'quvchining sezgi, idroki,tasavvur, diqqat va tafakkur - fikrlash jarayonining qanday kecliayotganini bilishga asoslanib ta'sir ko'rsatish rejasini belgilaydi. Ayniqsa, yosh davrlari psixologiyasini o'qituvchi chuqur bilishi talab etiladi. Buni yaxshi bilgan o'qituvchi esa har bir bolaning yosh va individual hususiyatlarini hisobga olgan holda bolaga yondashadi va unga samarali ta'sir ko'rsata oladi. Ma'lum ma'noda o'qituvchilarga xizmat qiladigan psixolo-eiya turkumidagi fanlarni ham pedagogika fanlari tizimiga kiritish mumkin.
Falsafa pedagogika fani uchun metodologik asos bo`lib xizmat qiladi. Falsafa pedagogikani ilmiy uslublar bilan qurollantiradi, ta'lim va tarbiyaning obyektiv qonun-qoidalarini ishlab chiqishga manba bo'ladi.
Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo'limi bo'yicha ma'lumot beradi. Bu fan o'quvchining xulqi, odobi me'yoriarini aniqlash, belgilash hamda go'zallikni chin ma'noda tushuntirish, o'quvchi ongida hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita rag'bat uyg'otish borasida pedagogika fani bilan aloqadordir.
Fanlarni o'qitish yo'llari didaktikaga aloqador, chunki har qanday fanni o'qitish usuli shu fanning mazmuni, tizimini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilib olinishiga xizmat qiladi. Demak, pedagogika fani bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, bolalar gigiyenasi va pediatriya kabi fanlar bilan ham mustahkam aloqada, bu fanlar bir-biriga chambarchas bog'liqdir.
Turli sohada bilim oluvchi o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalashning nazariy hamda amaliy tomonlarini pedagogika fani tarmoqlari yoritib beradi. Pedagogikaning quyidagi tarmoqlari mavjud:
- umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o'quvchilarni tarbiyalash va o'qitish haqida);
- maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalami tarbiyalash bilan shug'ullanadi);
- madaniy-oqartuv pedagogikasi (madaniy-ma'rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o'rganadi);
- kasb-hunar ta'limi pedagogikasi;
- harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o'quvchilarini vata-nimizning shon-sharafi va or-nomusi uchun yetuk kurashchi, harbiy qurol-yaroqlardan samarali foydalana oladigan yoshlarni tarbiyalash yo'nalishi);
- oila pedagogikasi;
- maxsus pedagogika (oligofreno-aqli zaiflarga, tiflo-ko'zi ojiz bolalarga tarbiya berish), metodika
8-rasm. Pedagogika fanlari tizimining maxsus tarmoqlari.
Zamonaviy pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat ko'rsatayotgan shaxslarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan, yukasak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, komil inson etib tarbiyalashdek muhim masalalarni hal qilishi lozim.
Milliy g'oya va mafkurani shakllantirishda pedagogikaning o'rni
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, tarbiya qaqidagi g'oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma'lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g'oyalarning shakllanishida zar-dushtiylik ta'limoti, uning muqaddas kitobi "Avesto"da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Qur'oni Karim va Hadisi Shariflarda musul-mon ahlining dunyoqarashi, falsafasi, ma'naviyati, axloqi, e'tiqodi har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish yo'llari bayon qilingan. Boy ma'naviy qadriyatlarimizga munosabatni belgilashda Prezidentimiz I.A.Karimov maqsad, faqat ilmiy-madaniy merosni o'rganish emas, balki betakror xazinamizning ilmiy, amaliy tamoyillarini yangi davrga xizmat qiluvchi qirralarini, hikmatlarini ochish, ularni hayotga tatbiq qilishdan iborat ekanligini mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq belgilab bergan edilar. Mamlakatimizda ma'naviyat sohasiga alohida e'tibor berilishi milliy davlatchiligimizning, milliy mafkuramizning asosini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz g'oya, mafkura, milliy goya, milliy mafkura, ma'naviyat at am alarm ing etimologiyalarini ochib berdi. U milliy g'oya, milliy mafkura har kungi hayot sharoitlaridan kelib chiqishi bilan birga har bir fuqaroning, davlatning, millatning istiqbolidan kelib chiqishini ko'rsatdi.
Ma'lumki, g'oya - insonlarga kuchli ruhiy ta'sir ko'rsatuvchi, ularni harakatga keltiruvchi fikrdir. Fikr esa inson miyasining mahsuli.
Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtayi-nazarlar va e'tiqodlar tizimi, majmui) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g'oyalar majmuidir. Milliy mafkura - xalqimizning ma'naviy-ilmiy mentaliteti, g'oyalari asosida amalga oshirilayotgan ishlar, jarayonlardagi tutayotgan yo'li, davlatga, jamiyatga, olamga, o'z-o'ziga, taraqqiyotga munosabatlar tizimidan ibortadir.
Insonning ma'naviy faolligi amaliy-kasbiy faolligi bilan uyg'unlashganda barkamollik sifatlari tabiiy shakllanadi, rivojlanadi. Aynan ana shu tushunchalarni to'g'ri anglash ta'lim-tarbiyaning metodologik asoslarini to'g'ri tanlashga yordam beradi. Chunki ta 'limning subyektivlik, demokratik, huquqiy insonparvarlik asoslari insonlarning nodir, betakrorligini vv'yobga chiqarishdir.
Yoshlarimizda bolalikdan boshlab sog'lom e'tiqod va yuksak dunyoqarashni shakllantira olsak, ular ma'naviyati boy, mustaqil fikrli va olijanob shaxslar bo'lib ulg'ayadi. Mafkuraviy dunyoqarash va milliy g'oyalar shunday e"tiqod asosida shakllanadi.
Milliy istiqlol g'oyasini yoshlar ongi va qalbiga singdirishda milliy urf-odat va an'analarimizning, oila va mahallalarning, ayniqsa ta'lim-tarbiya beruvchi muassasalaming o'rni juda salmoqli bo'lib, bu ham pedagogika fani oldiga ulug'vor vazifalarni qo'yadi. Qanday usullar, vositalar va yo'llar bilan ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarish lozimligini pedagogika belgilab beradi.
MUSTAQIL ISHLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR
1. Quyidagi «..donolar bisotidan..» deb nomlanmish hikoyatlardan parchalarni o'qing va mushohada qiling.
Ilm o'rganish fazilatlari haqida
Allohning yerdagi elchisi Rasululloh aytmishlarki, ilm o'rganish har bir mo'min va muslima uchun farzdir. Ilm tolibi uchun borliq mayjudot, hatto dengizdagi baliqlar ham (o'z) gunohlarini so'rab istig'for aylaydilar.
Ilm ibodatdan afzaldir, chunki u dinni tutib turuvchidir. Bilim olmoq ikki toifaga bo'linur, ya'ni bin qalban ilmga tashnalikdur, bu foydali ilmdur. Bunday ilm kishi hayotini toabad nurafshon qiladur. Ikkinchi xildagi ilm esa faqat tildagidur.
Savol: Bu hikoyatda qanday ilm to'g'risida fikr bildirilyapti?
2. Farosat uchun maosh
Bir savdogarning ikki mirzasi bor ekan. Savdo-tijorat ishlarida barcha yumushlarni har ikkalasi ham birdek bajarishar, savdogarga sidqidildan xizmat qilisharkan. Lekin maosh masalasida anchagina farq bo'lib, biri ko'p, bin esa ozroq haq olar ekan. Bu ahvol anchagina davom etibdi. Maoshi oz mirza ancha vaqt xojasining og'zini poylab yuraveribdi. Biroq savdogar bu haqda hech ham gap ochmas, har kuni odatdagi o'z ishlari bilan mashg'ul bo'lar ekan.
Sabr kosasi to'lgan mirza bir kun payt topib yuragidagi dardini xojasiga to'kib solibdi.
Mana qanchadan beri indamay hamma ishlaringizni qilib kelyapman. Ishyoqmaslik qilib, biror vazifadan bo'yin tovlagan yerim yo'q. Anavi mirza bilan bajaradigan ishimizda shuncha kuzatib biror farqni anglay olmadim. Lekin maoshimiz nega turlicha ekanligiga aslo aqlim etmayotir, - debdi.
Xoja mirzaning so`zini eshitib miyig`da kulibdida, uning da`vosi to`g`ri ekanligini tan olibdi va bu haqda keyinroq gaplashajagini aytib, hozir zarur bir yumushni ado etib kelishini buyuribdi.
- Bosh ustiga! - debdi mirza tavoze bilan o'rnidan turarkan.
- Bo'lmasa eshiting - debdi xoja. - Karvonsaroyga Bog'doddan savdogarlar tushishibdi. Borib ulardan so'rangchi, bisotlarida baxmal matosi bormikan?
Mirza ko'ksiga kaftini qo'yib: «Xo'p bo'ladi», debdi va xojasi huzuridan chiqibdi. Hech qancha vaqt o'tmay, u karvonsaroyga borib kelibdi.
- Taqsir, bog'dodlik savdogarlarda baxmal mato bor ekan! -debdi.
- Rangi qanaqa ekan bilmadingizmi? - debdi xoja.
- Yo'q! Rangini so'ramabman.
- Rangini bilib keling! - deb buyuribdi xoja mirzaga.
Mirza yana karvonsaroyga qarab ketibdi va fursat o'tib yana xojasi yoniga kirib kelibdi.
- Bildim, taqsir! Rangini so'rab bildim! Pistamagiz ekan, baxmal rangi!
- Yaxshi, - debdi xoja.
- Baxmalning gazini necha so'mdan sotarkanlar Bog'dodlik birodarlar?
Tili lol mirza baxmal narxini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga zing`lllabdi va u erdan.baxmal narxini ham aniqlab kelibdi. Lekin xojasi tushmagur mirzaga yana: «Hammasi bo'lib qancha baxmallari bor ekan, bilmadingizmi?» - degan savolni ko'ndalang qilib, uni mulzam etibdi. Mirza baxmalning qancha ekanligini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga junayotgan ekan, xoja uni to'xtatibdi.
- To'xtang, - debdi va ikkinchi mirzani chaqirtirib, birinchi mirzaga aytgan dastlabki topshiriqni aytibdi. Ikkinchi mirza ham karvonsaroyga qarab ketibdi va bir fursat o'tgach, xoja va birinchi mirza o'tirgan erga kirib kelibdi.
- To'g'ri taqsir! Karvonsaroyga Bog'doddan savdogarlar kelishibdi. Bisotlarida baxmal matolari ham bisyor emish, - debdi.
- Rangi qanday ekan uning?
- Rangi pistamag`lz, sifati ham soz!
- Har gazini qanchadan deyishmoqda?
Ikkinchi mirza baxmal narxini ham aniq aytib beribdi. U xoja-sining «Hammasi bo'lib qancha baxmallari bor ekan?» degan savoliga ham aniq javob qilibdi.
Shu payldan xoja ikkinchi mirzaning xizmati uchun unga minnatdorchilik aytib, javob beribdi va birinchi mirzaga yuzlanibdi:
- Mirzam, endi tushungandirsiz, maoshingidagi farq sababini? Maosh belgilashda xodim farosati xam e'tiborda tutilur. Kishi farosatining maoshi bebahodir! - debdi.
Savol: 1) Mazkur hikoyat nima uchun shunday nomlangan? Fikringizni izohlab bering. 2) Mustaqil fikrlovchi inson bo'lib shakllanishda farosatning o'rni qanday? Sizning fikringizcha, xalq manfaatini ko'zlashda, vatan ravnaqini yuksaltirishda mustaqH fikrlash ko'nikmalari zarurmi? Javobingizni asoslab bering.
Mavzu yuzasidan testlar
1. Quyidagi ta'rif to'g'ri belgilangan qatorni toping: «Pedagogika - inson faoliyati sifatida maqsad sari qilingan harakat, xohish istagi va ehtiyojlaridan kelib chiqqan fan»
A. Umumpedagogik.
V. Umummetodik.
S. Umumfalsafiy.
D. Pedagogika tarixi ta'rifi.
2. Abu Nasir Forobiy ta'limning milliy xarakteri nimaga bog'liq deb e'tirof etadi?
A. Farosatga.
V. Millatga xos beigilarga.
S. Tilga.
D. Idrokka.
3. Jahon tarixiy pedagogik jarayoni va uning hozirgi bosqichi qanday masalalarni har tomonlama o'rganishni taqozo etadi?
A. Global masalalarni.
V. Tarbiyaviy masalalarni.
S. Ta'limiy masalalarni.
D. Umuminsoniy va milliy masalalarni.
4. Pedagogikaning fan sifatidagi vazifasi nima?
A. O'rgatadi.
V. O'rganadi.
S. Ta'lim - tarbiya obyekti.
D. Ta'lim - tarbiya tizimi.
5. O'zbek pedagogikasining vazifasi nima?
A. Respublikamizda yashovchi turli millat va elatlarning orzu-istaklariga monand ta'lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to'g'ri hal etib berish.
V. O'zbek xalq pedagogikasi taraqqiyotini o'rganish.
S. O'zbek xalqining orzu-istaklariga monand ta'lim-tarbiya qonunlarini ishlab chiqish.
D. Milliy qadriyatlarni o'rganishda pedagogikadan foydalanish.
6. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari to'g'ri belgilangan qatomi ko'rsating:
A. Bilim, ilm, fan.
V. Ta'lim, tarbiya, ma'lumot, rivojlanish.
S. O'qish, mustaqil ish, ma'lumot berish.
D. Pedagogika, metodika, fanlar.
7.«Pedagogika» atamasi qanday ma'noni bildiradi?
A. Lotincha «pedagog» so'zidan kelib chiqib, «o'qitaman» ma'nosini bildiradi.
V. Yunoncha «paydogogos» so'zidan kelib chiqib, «ta'lim beraman» ma'nosini bildiradi.
S. Yunoncha «paydogogos» so'zidan kelib chiqib, «bola etaklash» ma'nosini bildiradi.
D. Yunoncha «didaskab so'zidan kelib chiqib, «bola etaklovchi» ma'nosini bildiradi.
8. Ta'lim nima?
A. Sinfda dunyoqarash tarkib toptiradigan jarayon.
V. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchining birgalikdagi tarbiyaviy
sifatlarini shakllantirish jarayoni.
S. Maxsus tayyorlangan kishilar raqbarligida o'tkaziladigan, o'quchilarda dunyoqarash hosil qiladigan jarayon.
D. Maxsus tayyorlangan kishilar raqbarligida o'tkaziladigan, o'quvchilami bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim qobiliyatlarini o'stiradigan, dunyoqarashni tarkib toptiradigan jarayon.
9. Tarbiya nima?
A. O'sib kelayotgan avlodda hosil qilingan aqliy kamolot, bilim, malaka va ko'nikmalardir.
V. Tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalovchi ongiga sing-dirish uchun ular ruhiyatiga maqsadli ta'sir etish jarayoni.
S. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi bilim, malaka, ko'nikma hosil qilish jarayoni.
D. Tarbiyachi xohlagan sifatlarni bolada paydo qilish jarayoni.
10. Tarbiya turlari to'g'ri belgilangan qatorni ko'rsating:
A. Iqtisodiy, jismoniy, madaniy va h.k.
V. Ekologik, iqtisodiy, rag'batlantiruvchi.
S. Jismoniy, ruhiy, ekologik va h.k.
D. Jismoniy, ekologik, vatanparvarlik, axloqiy, iqtisodiy, estetik.
11. O'quv bilish faoliyatini tashkil qilishning asosiy jihatlari to'liq ko'rsatilgan qatorni belgilang:
A. Pedagogik, psixologik, kibernetik, didaktik.
V. Matematikaviy, fiziologik, iqtisodiy.
S. Amaliy, didaktik, ixtisosiy.
D. Pedagogik, psixologik.
E Avtomatlashtirish, individuallashtirish.
12. Abu Ali ibn Sinoning qaysi asari ispan adibi Ibn Tufaylning «Yakzon o'g'li Xayya», Fransuz mutafakkiri Jan Jak Russoning «Emil yoki tarbiya haqida» povestlarining yozilishiga asos bo'ldi?
A. «Risolai axloq». V. «Donishnoma». S. «Hidoyat».
D. «Tadbiri Manozil».
E. «Xay ibn Yakzon qissasi».
13. Pedagogik texnologiya usulining ilmiy-metodik asoslari bu -…
A. Ta'lim - tarbiya qonuniyatlari.
V. Bixevioristik ta'limot.
S. Kognitivistik ta'limot.
D. Ishlab chiqarish texnologiyasi.
E. Pedagogik tizim nazariyasi.
14. O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlari Prezidentimiz I.A.Karimovning qaysi asarida o'z aksini topgan?
A. «Yangi uy qurmay turib eskisini buzmang» (1996).
V. «Yo'limiz mustaqil davlatchilik va taraqqiyot yo'li» (1994).
S. «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» (1992).
D. «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»(1999).
15. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik deganda nimani tu-shunasiz?
A. Xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlashni.
V. Insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishini.
S. Ma'naviyat va ma'rifatni yuksaltirishni.
D. Xalqimizning adolat, tenglik, ahil qo'shnichilik, insonparvarlik kurtaklarini avaylab kelishi.
16. Xalqimizning ma'naviy merosi nima?
A. Xalqimizning ma'naviy ruhi bo'lib, insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o'giti bilan birga singadi.
V. Ota-ona namunasi.
S. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik.
D. Shaxs imkoniyatlarming erkin namoyon bo"lishi.
17. Insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi nimalarda ko'rinadi?
A. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikda.
V. Insonning o'zi va oilasining baxt-saodati yo'lida mehnat qilishga shaxsan tayyor ekanligida.
S. O'zi xoqlagan Har qanday ishni bajara olishida.
D. Ota-ona o'gitlarini bajarishida.
18. O'zbekiston fuqarosining vatanparvarligi nimalarda namoyon bo'ladi?
A. O'z oilasini sevishida.
V. Davlat ramzlarini hurmat qilishida
S. O'z yen, tabiati, o'lka tarixi, madaniyati, an'analari bilan faxrlanishi, ularni himoya qilishida.
D. Yuqoridagilaming barchasida.
Mavzu yuzasidan savollar
1. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning maqsad va vazifalari
nimalardan iborat?
2. Prezident I.A.Karimovning «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nutqida qanday g'oyalar ilgari surilgan?
3. «Pedagogika» so'zining kelib chiqishi va ma'nosi.
4. Pedagogika fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Uning jamiyat rivojidagi o'rnini qanday tushunasiz?
5. Pedagogikaning asosiy tushuncha (kategoriya)lariga nimalar
kiradi?
6. Pedagogika qaysi fanlar bilan aloqada rivojlanib, boyib boradi?
7. «Pedagogika fanlari tizimi» deganda nimani tushunasiz?
3-MAVZU: MILLIY ISTIQLOL G'OYASI, MILLIY
MAFKURANING PEDAGOGIK ASOSIARI.
MUTAXASSISLIK
Milliy g'oyaning ma'nosi va pedagogik mohiyati. Milliy istiqlol maflturasi ko'p millatli xalqning ezgu g'oya-ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo'lidagi asriy orzu-intilishlari, milliy ideallarini o'zida aks ettiradi,
Mafkura xalqni-xalq, millatni-mfflat etadigan, uning shonu shuhrati, or-nomusi, ishonch-e'tiqodini ifodalaydigan, jamiyatimizning o'ziga xos taraqqiyot yo'li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda, muttasil rivojlanib, takomillashib boradigan g'oyalar tizimidir.
Insoniyat tarixi - g'oyalar tarixidir.
G'oya - inson tafakkuri mahsuli, fnilliy g'oya esa millat tafakkurining mahsulidir.
Milliy g'oya - inson va jamiyat hayotiga ma'no – mazmun baxsh etadigan, uni maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir. «...Mafkura muayyan ijtimoiy guruq, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad - muddaolari, manfaatlari, orzu intilishlari hamda ulami amalga oshirish tamoyillarini o'zida mujassam etadigan g'oyalar tizimidir».
Toki hayot mavjud ekan mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan ular o'z taraqqiyot yo'lini, ertangi kun ufqlarini o'zining milliy g'oyasi, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi.
Ma'naviyat - arab tilidagi "ma'no" yoki "ma'naviyatun," "ma'noi g'oya" so'zlaridan olingan bulib, "ruhiy holat" degan ma'noni anglatadi.
Milliy mafkura xalqimizning ma'naviy-ilmiy mentaliteti, g'oyalari asosidagi amalga oshirilayotgan jarayonlardagi tutayotgan yo'li, davlatga, jamiyatga, olamga, o'z-o'ziga, taraqqiyotga munosabatlar tizimidan iborat.
Biz g'oya haqida gapirganimizda, uning tarixiy shakllari, tur-lariga ham to'xtab o'tishimiz lozim. Tarixda buzg'unchilik va bu-nyodkorlik g'oyalari haqida dalillar ko'p.
Xo'sh, bunyodkorlik va buzg'unchilik g'oyalariga nimalarni kiritish mumkin? Ularning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni qanday?
«Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda ikki kuch-bunyodkorlik va buzg'unchilik g'oyalari hamisha kurashadi». Bunyodkorlik g'oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek oiliyjanob maqsadlari bilan ajralib turadi.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalari va mohiyati
Milliy istiqlol mafkurasining bosh g'oyasi: «ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish»dan iboratdir. Uning asosiy g'oyalari quyidagilar:
1. Vatan ravnaqi.
2. Yurt tinchiigi.
3. Xalq faravonligi.
4. Komil inson.
5. Ijtimoiy hamkorlik.
6. Millatlararo totuvlik.
7. Dinlararo bag'rikenglik.
Insonning o'zligini anglashi uning nodir va betakrorligini anglashdan boshlanadi. Insonning nodir va betakrorligini anglash birinchidan, uning o'ziga yashiringan imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish uchun asos bo'lib, istakni shakllantirsa, ikkinchidan, unda boshqalarni ham betakror ulug' siymoligini anglash orqali o'zgalarni hurniat qilishni, ulug'lashni keltirib chiqaradi. Uchinchidan, bosh-qalarning ham nodir, betakrorligiga ishonish, ulami hurmatlash, qalbni g'arazdan poklaydi. To'rtinchidan esa, har bir kishining betakrorligini anglash asosida kishilarda boshqalar bilan muomala va munosabatning moddiy, ilmiy, ma'naviy-madaniy manfaat kasb etishni insoniyat ijtinioiyligiga tabiiy zarurat tug`lladi. Shu yuqoridagi sifatlarning shakllana borishi komiliik sifatlarining asoslaridan iboratdir.
Komiliik sifatlarini to'laqonli shakllantirish uchun esa faqat nasihatlar, da'vatlar etarli emas. Insonning ma'naviy faolligi amaliy - kasbiy faolligi bilan uyg'unlashganda barkamollik sifatlari tabiiy shakllanadi, rivojlanadi. Aynan ana shu yuqoridagi tushunchalarni to'g'ri anglash ta'lim-tarbiyaning metodologik asoslarini to'g'ri tan-lashga yordam beradi. Chunki ta'limning subyektivlik, demokratik, huquqiy, insonparvarlik asoslari insonlarning nodir, betakrorlikla-rini ro'yobga chiqarishdir.
Insonlarning nodir va betakrorligini dunyoviy, diniy ilmlai uyg'unligida tushuntirib berish mumkin. Har bir kishi azaliy yaxsl taqdir, ezgu niyatlar bilan, ma'lum o'ziga xos ulug' maqsad vazifalar bilan yaratilgan. Ammo inson asli yaratilishda ozod erkindir.
Insonning ozod va erkinligi shunchalikki, hatto uning iymon -e'tiqodi, Olloh taolo tomonidan majbur qilinmaydi. Bu haqda Qur'oni Karim Shuaro surasining 4-oyatida "...Zero, iymon -e'tiqod nochor, noilojlikdan emas, balki qalb qanoati bilan ixtiyoriy bo'lishi lozimdir"1, - deyilgan. Chunki kishilar bu ulug' hislatlar faqat insonlar foydasi uchunligini, ularga amaj qilish insonlar uchun ham ma'naviy, ham moddiy manfaatlarning asosi ekanligini ongli tushunib, ularga amal qilsalar bu ishlar ular uchun huzur -halovat va baxtiyorlik bag`lshlaydi. Vijdon kishilarning ongi, ong osti va qalbi mutanosibligini amalga oshiruvchi ma'naviy-insoniy tuyg'u, sifat. Agar vjjdonni sodda qilib tushuntirish lozim bo'lsa, vijdon - insonning qalb amri bilan bajargan ishlarining (faoliyatim) ruhiy mezonidir.
Dono xalqimiz, ota-bobolarimizning "Xudo qalbingda bo`lsin, bolam", degan gaplari bejiz emas. Shuning uchun vijdon har bir kishining qalbidagi Xudodir, deyilishi bejiz emas. Kishi hayotidagi qilgan ishlari do'yicha vaqti-vaqti bilan o'z vijdoni oldida hisob berib turadi. Bu muloqot haq muloqat bo'lishi lozim. Ayrim vaqrda nohaq ishni haq deb isbotlash o'z vijdonini, bu, esa xudoni aldash bilan teng kuchdir. Bunda ong osti (haqiqat) ishga tushib kishining ongli va ong osti orasida nomutanosiblik boshlanib, kishini ruhiy xastalikka olib keladi. Ruhiy xastalik esa jismoniy xastalikka olib keladi, ayrim hollarda boshqa ko'ngilsiz voqealarga olib kehshi mumkin.
Shunday qilib, g'oya insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuchdir.
Mafkura-muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'naviy tamoyillarini ifoda etadigan g'oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.
«O'zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi, o'z mohiyatiga ko'ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o'tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog'laydigan asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g'oyalar tizimidir.
Mustaqillik sharofati bilan xalqimizning milliy ongi, milliy g'ururi, siyosiy madaniyati o'sib bormoqda. Agar milliy ongimiz to'xtovsiz yuksala bormasa, mustaqilligimizning ma'naviy zamini mustahkam bo'lmaydi. Xalqimizning, jumladan, yoshlarimizning milliy jihatdan-o'z-o'zini anglashiga, ularda milliy iftixor tuyg'.usini shakllanishiga erishishimiz lozim. Milliy ong va o'zligini anglash u yoki bu millatga mansubligini his qilish, uning tarixi, madaniyati, urf-odat va an'analarini chuqur bilish bilangina chegaralanmaydi. Milliy o'z-o'zini anglash millatning hozirgi ahvoli, uning oldida yechimini kutayotgan muammolarni bilish va ularni hal qilishda faol harakat etishni talab etadi.
Mana shu faoliyatda ishtirok etishda har bir kishining o'ziga xos uquvi, qobiliyati, xarakteri, uning nodirligi va betakrorligi namoyon bo'ladi. Demak, inson nodirligi va betakrorligining, uning yutuq va muvaffaqiyatlarining birinchi garovi o'z uquvi, qobiliyati va qiziqishlariga doir faoliyat, hayot yo'li hunar, kasb tanlashidadir, Yutuqning ikkinchi garovi shu o'ziga mos tanlangan hayot yo'lidan donolik, aql bilan faoliyat ko'rsatish, eng ko'p moddiy va ma'naviy mahsulot olishidadir. Soha bo'yicha istiqbolli ma'naviy fikr inson yutug`ining uchinchi garovidir.
O'zining uquvi, qobiliyatini ro'yobga chiqarish asosida bunyodkorona mehnat qilib, moddiy-ma'naviy mahsulotlar yaratib o'zim", oilasini ðîê, halol luqma bilan boqib, davlatni, xalqni moddiy-ma'naviy boyitishga xizmat qilgan kishi so'zda emas, amalda ham haqiqiy iymonli kishi bo'ladi.
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
1. «G'oyaga qarshi-g'oya, fikrga qarshi-fikr, jaqolatga qarshi-ma'rifat bilan kurashish» tamoyili mohiyatini yoritish uchun kichik munozara tashkil eting.
2. Xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalanib, milliy qadriyatlarni yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati va ularni samarali qo'llash yuzasidan takliflar ishlab chiqing.
3. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalarini nirnalar tashkil etadi? Bu boradagi qarashlaringizni «Taklif va rnulohazalar» rukni ostida daftaringizga qayd qilib boring.
4. Quyidagi iboralami izohlang:
- «Vatani borning baxti bor, mehnati borning-taxti».
- «Ona erning tuprog`i ona sutidek aziz».
- «Vataning tinch, sen tinch».
- «Vatanning ostonasi oltin».
5. «Davlat ramzlari-bizning faxrimiz» nomli mini-viktorina savollariga javob bering:
1. O'zbekiston Respublikasi madhiyasi so'zlarini kim yozgan? A. Erkin Vohidov.
V. Abdulla Oripov. S. Omon Matchon.
2. Davlat gimni yunoncha «hummos» - madhiya so'zidan olingan boiib, quyidagi ma'noni bildiradi:
A. «Shohlar ashulasi». V. «Maqtov ashulasi». S. «Yuqori pardali tovush bilan aytiladigan ashula».
3. Davlat mustaqilligi ramzlari deganda nimani tushunasiz? A. Mustaqil davlat belgisini.
V. Asosiy mafkura belgisini. S. Shartli belgilarni.
4. Amir Temur davlatining bayrog`ldagi belgi - uchta halqa tasviri nimani bildirgan?
A. « Kuch - adolatdadir». V. «Kuch - boylikdadir.
5. «Kuch - adovatdadir».
5. O'zbekiston Respublikasining gerbida tasvirlangan Xumo qushi nimani bildiradi? A. Boylik, irodalilik. V. Mehnatsevarlik, poklik.
5. Baxt, najot, tinchlik elchisi.
6. O'zbekiston Respublikasining gerbi qachon qabul qilingan? A. 1992 yil 2 iyulda.
V. 1992 yil 14 iyulda. S. 1993 yil 8 aprelda.
Mavzu yuzasidan savollar va topshiriqlar
1. Milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadi nimadan iborat?
2. G'oya va mafkuraiarning tarixiy turlari haqida nimalarni bilasiz?
3. Milliy isliqlol mafkuramizning bosh va asosiy g'oyalari haqida gapirib bering.
4. Milliy istiqlol maflcurasini o'quvchilar ongiga qanday yo'llar bilan singdirish mumkin deb o'ylaysiz?
5. Ta'lim-tarbiya jarayonida milliy istiqlol g'oyasini o'quvchi-larga singdirishga doir misollar keltiring (Mutaxassislik faningiz asosida).
6. Insonning o'zini nodir va betakrorligini anglashi unga nima beradi?
7. Milliy istiqlol mafkurasining «Vatan ravnaqi», «Xalq farovonligi», «Komil inson» kabi asosiy g'oyalariga Klaster tuzing.
Masalan, «Xalq farovonligi» tushunchasiga tuzilgan Klaster tarkibi quyidagicha bo'ishi mumkin:
Klasterlarga bo'lish tartibi:
- Siyosiy sohada: erkinlik, ozodlik, istiqlol, tenglik, tinchlik; Ijtimoiy sohada: turli imtiyozlar, ijtimoiy himoya, bilim olish, dam olish, mehnat qilish;
Iqtisodiy sohada: mulkka egalik; tadbirkorlik, tashabbuskorlik, xususiy mulkchilik, shirkat, fermer, oila pudrati, mehnatkashlik, mirishkorlik, raqobat; Tabiiy boyliklar, yer resurslari.
Axborot manbalari
1. Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyoti-ning poydevori. - Ò.: «Sharq», 1998.
2. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - Ò., «O'zbekiston», 2000.
3. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. (Ma'ruza matnlari ucliun materiallar). - Ò.: «Yangi asr avlodi», 2001.
4. Pedagogika. Ma'ruzalar matni. N.G'aybullayev va boshqalar. - Ò., 2000.
5. Tulenova G. Milliy ong va milliy iftixor o'sishining tar-biyaviy ahamiyati // «Xalq ta`limi». 1997, 2-son, 14-19-betlar.
6. Entoni Giddens. Sociologiya. - Ò., «Sharq», 2002.
7. Qur'oni Karim. «Shuaro» surasining 4-oyati. O'zbekcha izohli tarjima. Alouddin Mansur. - Ò., «Cho'lpon», 1992. 262-bet.
4-MAVZU: SHAXS KAMOLOTI IJTIMOIY-BIOLOGIK
HODISA, PEDAGOGIK JARAYON OBYEKTI
VA SUBYEKTI SIFATIDA
1. Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi.
2. Shaxs shakllanishiga ta'sir etuvchi asosiy omillar:
a) irsiyat (biologik omil);
b) muhit (ijtimoiy omil);
v) ta'lim va tarbiya;
g) faoliyat va faollik.
3. Bolalaming yosh davrlari xususiyatlari.
Istiqlol tufayli o'zining mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan jamiyatimiz kun sayin demokratlashib, davlat, jamiyat va shaxs munosabatlari tobora ko'proq demokratiya tamoyillariga asoslanmoqda.
Ta'lim tizimi oldidagi davlat buyurtmasi O'zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy g'oyalarida o'z aksini topgan.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuksak umumiy madaniyatga, kasb-hunar ko'nikmalariga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolaming oqilona yechimlarini topish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarni odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama barkamol, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda mukammal o'zlashtirgan, mas'uliyatli fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g'oyani ilgari suradi.
Yuqoridagi g'oya ta'lim tizimi oldiga bir qator aksiomatik vazifalarni ko'ndalang qiltb qo'ydi. Jumladan:
- uzluksiz ta'lim tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
- ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatayotgan kadrlar tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
- ta`lim oluvchilarni mantiqiy mushoqada qildirish jarayonida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishni hal etish vazifalarini amalga oshirish.
Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qommlar va muassasalar vujudga kelishi, inson manfaatlariga e'tibor jahon huquqiy andozalari va milliy urf-odatlarning uyg'unligida shakllanib borayotganligi mustaqil O'zbekistonda ta`lim sohasidagi islohotlar tantana qilib boryotganligining belgisidir.
O'zbekiston Respublikasining mustaqil bo'lishi munosabati bilan maktablardagi ta'lim-tarbiya ishlari rivojlanib, takomillashib borayotir. Mamlakatimizda ijtimoiy soqalarda o'tkazilgan ijobiy islohotlar natijasida shaxsning erkin fikrlashi va mantiqiy mushoqada qilish ko'nikmalarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ku-chaytirish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Shaxs erkin, mantiqiy izchillikda fikrlay olmasa, demokratik tamoyillar tantana qilmasa, shaxsning ta`lim olish huquqi va erkinliklarini amalga oshirib bo'lmaydi.
«Biz uchun mustaqillik - eng avvalo, o'z taqdirimizni qo'limizga olish, o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni tiklash, mu'tabar shu zaminda, tinchlik-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir».
Shu nuqtayi nazardan, shaxsning har tomonlama kamol topishini amalga oshirish, yangicha fikr yurituvchi erkin fuqaroni tarbiyalash davr talabi bo'lganligi bilan belgilanadi va u quyidagilarda o'z aksini topadi:
1. Jamiyatimizda mafkuraviy tizimning o'zgarishi, ijtimoiy yangilanish erkin mushoqada yurituvchi shaxsga qo'yayotgan talablar yangicha yondashish, qarash, munosabat, mezon, talab, mohi-yat, mazmun, shakl, atribut taqozo etishi.
2. Erkin mushoqada yuritish fenomenologiyasining ko`lami kengayishi.
3. Uzluksiz ta'Hm tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol yondashuv asosida talqin qilinishiga, shaxsga ham obyekt, ham subyekt sifatida qaralishiga ijtimoiy zarurat tug`llishi.
Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qiladigan muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Shaxs-ijtimoiy hayotning maqsuli.
Odamning insonlik jinsiga mansublik fakti esa individ tushun-chasi bilan ifodalanadi.
Inson shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir.
Individuallik deganda shaxs ruhiy xususiyatlarining qaytarilmaydigan birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, ruhiy jarayonlarning o'tib borish xususiyatlari, hissiyotlar, faoliyat motivlari, tarkib topgan qobiliyatlar kiradi.
Individ va shaxs o'rtasidagi o'xshashlik va tafovutlar. Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi. Shaxsning jismoniy, aqliy, ma'naviy kamol topish jarayoni. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi.
Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo'lib, u barcha tug'ma va egallangan miqdor va sifat o'zgarishlarini o'z ichiga oladi. Rivojlanish deb bola vaznining oshishi, suyak va muskul tizimining, tanosil a'zolarining, nerv funksional faoliya-tining kamol topishi, aql-zakovatining shakllanishiga aytiladi. Bo-laning jismoniy rivojlanishida uning bo'yi o'sadi, vazni va muskul kuchi ortadi, sezgi organlari mukammallashadi, harakatlarni to'g'ri boshqara oladi.
Bolaning ruhiy rivojlanishida shaxsidagi psixik sifat va belgilar shakllanadi, hissiy-irodaviy, bilish jarayonida muhim o'zgarishlar yuz beradi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qat-nasha boshlaganda, uning xulqida tevarak-atrofga bo'lgan munosabatida, ayniqsa, jamoa ishlarida qatnashishida namoyon bo'ladi.
Shaxs rivojlanishida biologik omillar, ijtimoiy omillar, ta`lim va tarbiya, bola shaxsining faolligi (faoliyat) va boshqalar muhim o'rin egallaydi.
O'zbek olimlari E. G'oziyev, M.G. Davletshin, A. Munavvarov, V. Karimova, R. Jo'rayev, J. Hasanboyevlar; xorij olimlari D.B. Elkonin, A.V. Petrovskiy, V. Davidov, L.S. Vigotskiy, Dj. Dyui, G.Gardïåã, J. Piajelarning rivojlanishda shaxs faoliyatining ahamiyati to'grisidagi qarashlari salmoqli ahamiyatga ega.
Jamiyat taraqqiyotida insonriing bilimi va faol amaliy faoliyati to'grisidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma'ruzasida chuqur fikr bildirilgan.
Ajdodlarimizning komil inson haqidagi axloqiy talablar majmuasi sharqona axloq kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida sog'lom avlod tarbiyasi haqida o'lmas g'oyalar keltirilgan. Íàã bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo'lar ekan, uning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, ja-miyatga bo'lgan munosabati ham, faollik darajasi, axloq-odob borasidagi yetukligi ham turlichadir. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat qonun-qoidalariga asosan kamol topadi. Pedagogika shaxsning kamolotga etishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. Shaxsning kamolga etishida irsiyat, muhit, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o'zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga egadir (9-rasm).
Shunday qilib, ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o'rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy- belgilarning rivojlanishi ham insoniy-ijtimoiy muhitda yashashga bog'liqligiga ko'plab misollar keltirish mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitga emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanadi, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi (1920-yilda hindistonlik doktor Singx Midnapur shahri yaqinidagi bo'ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola va Amota hayoti bunga misol bo'ladi).
Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning obyektiv omillariga kiradi. Odamlar organizmdagi anatomik tuzilishni, fiziologik harakatni, asab tipini, asosiy shartsiz reflekslarni meros qilib ola-dilar. Odam shaxsi va xulqining rivojlanishida biologik omillarning rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi bixe-viorizm, pragmatizm, biogenetik oqimlar bo'lib, ularning ayrim vakillari odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos bar-cha xususiyatlarga ega bo'ladi desa, ayrimlari ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o'tadi, deydi. Ba'zilari esa bolaning axloqiy jihatdan o'sishini ham irsiyatga bog'laydi.
Biologik omilning inson shakllanishidagi o'rni muhim va o'ziga xos, irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar - aqliy va jismoniy meqnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug'ma o'tishi mumkin, lekin bu tug'ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, odamlar bilan aloqa qitishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma'lum xulq-odob qoidalariga amal qilishi lozimdir.
Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o'rni muhim bo'lib, Alisher Navoiy-shoir, Eynshteyn-fizik, Ulug'bek-astronom, Ibn Sino-tabib bo'lib tug`llmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste'dodga aylanishida ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya muhim rol o'ynagan. Davlatimizning barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosatiga ham shaxs shakllanishida muhitning o'rni muhimligini ko'rsatadi (10-rasm).
Ta'lim-tarbiya insonning shakllanishida yetakchi rolni o'ynaydi, ta'lim-tarbiya natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta'siri bera olmaydigan o'qish, yozish, mehnat, malaka va ko'nikmalar egallanishi, hatto tug'ma kamchiliklar ham ma'lum tomonga o'zgartirilishi (kar, ko'r, soqovlarni o'qitish), muhit ta'sirida yuzaga kelgan salbiy kamchiliklarni ham tugatisli mumkin (11-rasm).
11-rasm. Shaxs rivojida ta'lim-tarbiyaning o'rni.
Hozirgi kunda yurtimizda qobiliyatli, iste'dodli va iqtidorli bo-lalarga aloqida e'tibor berilayotganligi, bu yoshlar O'zbekistonimiz keiajagi deb aytilayotganligi ham bejiz emas. «Nihol» sovrini, Zulfiya mukofoti, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy nomidagi va Prezident stipendiyalarining joriy etilishi ham yoshlarga berilayot-gan e'tiborning namoyon bo'lishidir.
Shaxsning rivojlanishida «faoliyat», «faollik» tushunchalarining o'rni beqiyos.
Buyuk insonlar o'z sohalarida yuksaklikka erishish uchun tinmay mehnat qilganlar. Inson o'z intilishi va faolligi bilan yuksak cho'qqilarga, ko'p narsalarga erishishi mumkin, qobiliyat va iste'dodni ro'yobga chiqarish uchun ham o'z ustida ishlashi zarurdir.
«Inson faolligi «Harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi». Bola aynan turli faolliklar yordamida shakllanadi, o'zligini namoyon qiladi (12-rasm). Demak, o'quvchi faoliyati passiv jarayon bo'lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayon-dir. Ya'ni faoiiyat-o'quvchi ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va o'z-o'zini o'zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos faollik shaklidir. Bu - o'quvchining darslarda real predmetlar mohiyatini o'z tasavvuri doirasida, muayyan yechim orqali bilishga, yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan, faoliyatdir.
O'quvchining aqliy harakatlari-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o'z ichiga oladi. O'quvchi harakatlari quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi:
- perzeptiv - bunda o'quvchi ongida predmetlar va hodisalar to'grisidagi yaxlit obraz shakllanadi;
- mnemik faoliyat - narsa va hodisalarning moqiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi va bog'liq murakkab faoliyat turi;
- imajitiv faoliyat - («imaje» - «obraz») - ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida ongda berilmagan narsalarning xususi-yatlarini anglash va xayolda taklashni taqozo etadi.
O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish yuz bergan bo'lsa, bunday jarayon psixologiyada interio-rizatsiya deb nomlanadi, aksincha, aqlda shakllangan g'oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko'chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.
Faoliyat turlari ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko'ra ham farqlanadi. Ayrim harakatlar boshida liar bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat-e'tiborni, ongning yunalishini talab etadi. Lekin vaqt o'tgach, ongning ishtiroki kamayib, ko'pgina qismlar avtomatlashib boradi.
Ulug' olim, mutafakkir Abu Nasir Forobiy shaxs kamolotida faoliyatning muhim o'rnini alohida qaycf etib, uning turlarini bir necha bo'g`inlarga bo'ladi va amalga oshirish usullari, vaqt va fazoviy ta'rifi, fiziologik mexanizmlari to'grisidagigi g'oyani ilgari suradi.
Ta'lim oluvchilarning shaxsiy-xarakteroiogik sifatlarini aniq-lashning, hech bo'lmaganda oddiy metodikasini egallash, uni tatbiq etish, kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning muhim unsurlaridan biridir. Oliy va o'rta maxsus o'quv maskanlari o'qituvchilari ko'pincha o'quvchi-yoshlarning aqliy qobiliyatlarini o'rganishga e'tibor qaratadilar, ammo ularning tarbiyalanganlik darajalarim (keng ma'noda) va xulqiy nuqsonlarini korreksiyalash muammolarining uzluksiz ta'lim tizimida yagona uzviylik va yaxlitlik nuqtai nazaridan talqin qilishga, uning yechimlarini topishga urinishmaydi. O'quvchilar va talabalaming aqliy rivojlanishlari ko'p jihatdan mustaqil fikrlashga, umumiy tarbiyalanganlik darajasiga bog'liq. Ularning tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish, ma'naviy-ma'rifiy rivojlanish xususiyatlarini o'nganish, zamr bo'lsa xulqiy nuqsonlarini bartaraf etish hozirgi davrning muhim talablaridan biridir.
Mavzu yuzasidan savollar va topshiriqlar
1. Shaxs va individ bir-biridan nimalar bilan farq qiladi?
2. Rivojlanish deganda nimani tushunasiz?
3. Shaxs rivojlanishida biologik omilning o'rnini qanday tushunasiz?
4. Shaxs shakllanishida ijtimoiy muhitning ahamiyatini ko'r-satuvchi misollar keltira olasizmi?
5. Shaxs rivojlanishida ta'lim va tabiya qanday o'rin tutadi?
6. Shaxsning rivojlanishi uning faolligi bilan bog'liqmi?
Quyidagi pedagogik vaziyatli masalalarni o'qing, unga javob bering va javobingizni izohlang.
1 -masala .Bir ayol shunday fikr bildiradi: «Bizning oilamizda har xil ixtisosdagi kishilar bor. Turmush o'rtog`im-muhandis, men-muxbir, otam-hisobchi, onam-tikuvchi. Ishonamanki, qizim har tomonlama rivojlangan odam bo'lib yetishadi.
Ayol haqmi? Uning fikrini bola rivojlanishi qonunlari nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qiling.
2-masaIa. Ona shunday deydi: «Men bolaning rivojJanishi uchun unga u ishlata oladigan turli buyumlarni berish kerak, deb eshitgan edim. Shu sababli, uch yashar o'g'limning stol ustidan, shkafdan turli narsalarni olishiga ruxsat beraman. Unga tez-tez yangi o'yinchoqlar sotib olaman. Lekin u ko'p o'tmay bu buyumlarni har yoqqa otib tashlaydi va xonada kaltak ko'tarib chopib yurishni hamma narsadan yaxshi ko'radi. Men o'g'limning bu borishida yaxshi rivojlanishiga ishonmayman. Nimada xato qilayotganimni bilmayman.
Onaning xatosini va bolani rivojlantirish uchun turli buyumlardan qanday foydalanish kerakligini uqtiring.
3. «Ma'rifatli va ma'naviyatli insonning asosiy fazilatlari», «Shaxsning kamol topishida mustaqillikning ma'naviy zaminlari», «Tarbiya va rivojlanishning o'zaro bog'liqligi» niavzularidan biriga esse yozing.
1-Topshiriq
Quyidagi qaysi sifatlovchi belgilar insonni shaxs va individ sifatida tavsiflaydi. To'g'ri javoblanii o'ngdagi ustunga o'tkazing. Tanlovingizni izohlab bering.
2-topshiriq: «Siz o`z-o'zingizni to'g'ri baholay olasizmi?» mavzusida laboratoriya ishini bajaring.
Maqsad: Inson xarakteri, xulq-atvori, shaxsiy sifatlovchi beigilariga to'g'ri, oqilona, adekvat yondashishga o'rgatish.
Buni tekshirib ko'rish uchun, 1-dan, quyida keltirilgan («Asosiy ro'yxat» deb nomlanmish) belgilar orqali uch guruqdan iborat ro'yxat tuzib oling. Birinchi guruqdagi ro'yxatni «Ideal», ikkinchisini «Men», uchinchisini esa «Men odamlar nigohida» deb nomlang; 2-dan, daftarda abcissa va ordinata o'qidan iborat grafik tuzing. Bunda absissa o'qida sifatlovchi belgiiar yotishini («asosiy ro'yxat»dagi nomlar bo'yicha), ordinata o'qi esa sifatiovchi belgilarning ro'yxatdagi o'rnini ko'rsatishini unutmang. Masalan, berilgan asosiy ro'yxat bo'yicha talabchanlik sifati 10 o'rinda belgilangan.
Siz 1 guruqning «Ideal» ro'yxatini tuzar ekansiz, idealingiz uchun talabchanlik nechanchi o'rinda ekanligini aniqlab, ordinata o'qida joylashtirasiz; 2-chi ro'yxat «Men»ni tuzayotganda esa. endi ehtimol talabchanlikni aynan o'zingiz uchun neclianchi o'rinda ekanligini aniqlaysiz, ya'ni siz qay darajada talabchansiz. (2,5 va h.k.)
Ro'yxatdagi barcha nuqtalarni ordinata o'qi bo'yicha belgilab chiqqaningizdan so'ng (uchala ro'yxat asosida), nuqtalarni tutashtirib, egri chiziq yasaysiz. Uchinchi ro'yxat ham ordinata o'qida shu asnoda tuziladi.
Yasalgan uchala chiziqlaming o'rtasidagi farqni yaxshilab o'rganib chiqing va tegishli xulosalar chiqaring.
Masalan, «Ideal» va «Men» nomli ro'yxatlar bo'yicha belgilangan nuqtalar orasidagi farqning juda keskin bo'lishi shaxsning o'zini-o'zi baholashda o'ta tanqidiy yondashganligidan dalolat beradi va aksincha, «ideal» va «men» orasidagi tafovutning deyarli sezilmasligi esa shaxs o'ziga ortiqcha baho berganligidan dalolat beradi.
Shaxsning ayrim sifatlarini belgilovchi tushunchalar ro'yxati:
1. Qaqqoniylik 14. Faollik
2. Vatanparvarlik 15. Milliy g'urur
3. Oliyjanoblik 16. Kechirimlilik
4. Tashabbuskorlik 17. Saxovatlilik
5. O'ziga o'zi tanqidiy yondashish 18. Poklik
6. Samimiylik 19. Iymonlilik
7. Xushmuomalalik 20. Halollik
8. Pokizalik 21. His- tuyg`uga
9. Qat`lyatlilik beriluvchanlik
10.Talabchanlik 22. Donolik
11. Insoparvarlik 23. Intizomlilik (ro`yxat
12. Sabr-toqatlilik bo`yicha tuziladi).
13. Kamtarlik
13-rasm. Shaxsni baholashda sifatlovchi beigilar bo'yicha tuziladigan grafik.
«Ideal», «Men», «Men» odamlar nigohida» ro'yxatlari bo'yicha yasalgan egri chiziqlarani turli rangli siyoqlarda bajargan ma'qul.
- Bu ish jarayonida qanday xulosaga keldingiz?
- Shaxs faoliyatida vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy g`urur, tashabbuskorlikning roli qanday deb o'ylaysiz?
O`z xulosalaringizni daftarga qayd eting.
Mushoqada yuriting, testlarni eching:
l.Bola rivojlanishiga doir o'zgarishlarni, yosh davrlariga xos xususiyatlarni bilish va hisobga olish nima uchun kerak
A) Bolalarning rivojlanib borayotganligini aniqlash uchun.
V) Bolalarning jismoniy jihatdan o'sib borishini aniqlash uchun.
S) Bolalarning ruxiy jihatdan rivojlanishini aniqlash uchun.
D) Bolalarni to'g'ri tarbiyalash, samarali o'qitish uchun.
2.Qanday xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi?
A) Ma’lum bir yosh davriga xos bo'lgan anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlar.
V) Maktab yoshidagi bolalarga xos bo'lgan xususiyatlar.
S) Katta insonlarga xos bo'lgan xususiyatlar.
D) O'quvchilarga xos bo'lgan axloqiy sifatlar.
3. Necha yoshdan e'tiboran yasli davri hisoblanadi?
A) Tug`llgandan 2 yoshgacha.
V) 1 yoshdan 3 yoshgacha.
S) 1 yoshdan 5 yoshgacha.
D) 1 yoshdan 6 yoshgacha.
4. Maktabgacha tarbiya yoshini aniqlang?
A) 1 yoshdan 7 yoshgacha.
V) 2 yoshdan 5 yoshgacha.
S) 3 yoshdan 6-7 yoshgacha.
D) 6 yoshdan 7 yoshgacha.
5. Necha yoshdagilar o'smirlar deb nomlanadi?
A) II yoshdan 12 yoshgacha.
V) 12 yoshdan 18 yoshgacha.
S) 12 yoshdan 15-16 yoshgacha.
D) 16 yoshdan katta bolalarni.
6. O'spirinlik necha yosh bilan belgilanadi?
A) 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgandavr.
V) 12 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgandavr.
S) 15-16 yosh.
D) 12-18 yosh.
7. Necha yoshda bolalar ona titining deyarli barcha jiqatlarini egallagan bo'ladilar?
A) 2 yoshda.
V) 3 yoshda.
S) 5 yoshda.
D) 7 yoshda.
8. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar jismoniy jihatdan qanday o'sadi, bo'yi va og`lrligi o'rtacha qanday bo'ladi?
A) tez o'sadi, bo'yi 110 sm, og`lrligi 20 kg bo'ladi.
V) betartib o'sadi, bo'yi 115 sm, og`lrligi 20 kg bo'ladi.
S) tekis o'sadi, bo'yi 120 sm, og`lrligi 25 kg bo'ladi.
D) tartibli o'sadi, bo'yi 140 sm, og`lrligi 25 kg bo'ladi.
13-rasm.
9. O'smirlik davri yana qanday nomlanadi?
A) balog'atga etish davri.
V) kichik maktab davri.
S) sezgining o'sish davri.
D) qizlarning o'sish davri.
10. Bolalarda jinsiy yetilish davri, erkaklik va ayollik tashqi belgilari qaysi davrda paydo bo'la boshlaydi?
A) kichik o'quvchilik davrida.
V) o"smirlikda.
S) o'spirinlikda.
D) maktabgacha davrda.
11. Do'stlik va birodarlik hislari, sirdosh do'st topish istagi qaysi-davrda kuchli bo'ladi? A) maktabgacha davrda.
V) kichik maktab davrida.
S) o'smiriarda.
D) o'spirinlarda.
12. Qaysi davrda tasavvur va tafakkur doirasi deyarli nihoyasiga etgan va ijtimoiy hayotning biror soqasiga yo'naltirilgan bo'ladi?
A) kichik maktab davrida.
V) maktabgacha davrda.
S) o'smiriikda.
D) o'spirinlikda.
13. O'spirinlik faoliyatining asosiy tun nima bo'ladi?
A) o'yin va o'qish.
V) o'qish va mehnat.
S) o'yin.
D) mehnat.
14. O"z-o'ziga baho berish qaysi davrda kuchayadi?
A) kichik o'quvchilik davrida.
V) maktabgacha tarbiya davrida.
S) o'smirlik davrida.
D) o'spirinlik davrida.
Axborot manbalari
1. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Ò., 1998.
2. Çèìíÿÿ È.À. Ïåäàãîãè÷åñêàÿ ïñèõîëîãèÿ. - Ì, «Ëîãîñ», 2002.132- 186-ñòð.
3. Pedagogika. A. Munavvarov tahriri ostida. - Ò., 1996.
4. Nasriddinov Ã., AbduIIaeva Sh., Masofaviy O'qitish va didaktik ta'minot // «Pedagogik mahorat». 2003, 2-son, 31-36-betlar.
5. Petrovskiy A.V. va boshqalar. Umumiy psixologiya. Ò., 1994.
5-MAVZU: ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOT METODLARI PEDAGOGIK JARAYON VA MUTAXASSISLIK
Aniq izlanish predmetiga ega bo'lgan pedagogika fani ham o'zga fanlar singari o'z mohiyatini yoritish va materiallar to'plash uchun maxsus uslublar va vositalardan foydalanadi. Ular fanning metodlari deb yuritiladi.
Fanning saloqiyati va nufuzi, avvalambor, mazkur metodlar yordamida to'plangan ma'lu mot laming obyektivljgi va ishonchliligiga bog'liq bo`ladi.
Metod (lotincha «metodos»-«yo'b) tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi.
Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta'lim-tarbiya jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o'rganiladi.
Pedagogik tadqiqot bosqichlari quyidagilardan iborat: ma'lu-motlarni yig`lsh, xulosalarni jamlash, tadqiqot bo'yicha miqdoriy tahlil o'rtacha miqdoriy raqamlarni aniqlash, korrelyatsiya koeffitsiyenti grafiklarini tuzish, xulosalarning to'g'riligini ta'minlovchi ma'lumotlarni yig`lsh: (buning uchun turli xil metodlar qo'lla-niladi), ta'lim-tarbiya jarayoniga oid ishchi farazni ilgari surish, uni nazariy va amaliy jihatdan sinovdan o'tkazish maxsus metodikasini ishiab chiqarish va boshqalar.
Obyektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani 'rganish va o'rga-tish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo'lib, ular o'zaro uzviy bog'liqdir.
Pedagogika fani o'z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan uslublari bilan o'rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot uslublari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlariga xos bo'lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bihsh yo'llari, usullari va vosi-talari majmui tushuniladi.
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari qanchalik to'g'ri tanlansa ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari:
Kuzatish metodi ta'lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig`lsh imkonini tug'diradi. Bu usul ancha murakkab bo'lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo'llaniladi.
Tabiiy kuzatish orqali o'quvchilarning fanlarni o'zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va «muammolaridagi o'zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta'limiy-tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi.
Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o'quvchilarning tabiiy faoliyatini balki ularning ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi. Bunday kuzatishlar oqibat natijada pedagogika fani mazmunini boyishiga sabab bo'ladi.
Pedagogik tadqiqotda suhbat metodining o'rni ta'lim -tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalani-ladi. Odatda, suhbat usuli maktab o'qituvchilari va o'quvchilar ja-moasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo'llaniladi. Bunda suqbat usulini tatbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo'Uari belgila-nadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi.
Bolalar ijodini o'rganish bolalar ijodini o'rganishda maktab o'quvchilarining o'ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Bunda o'quvchilarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari, she'r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hiso-botlari ularning dunyoqarashi va ma'naviyatini o'rganish uchun manba bo'lib xizmat qiladi.
Bu uslub orqali o'quvchilar orasidan yetishib chihayotgan iste'dodli, iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan alohida ish olib boriladi. Bolalar ijodini quyidagi jarayonlarda ham aniqlash mumkin: fan olimpiadalari, mavzular bo'yicha konkurslar; maktablar bo'yicha ko'rgazmalar; musobaqalar; sayohatlar va boshqalar.
Ilmiy tadqiqotda test, so'rovnomalar uslubi yetakchi bo'lib sanaladi. So'rovnoma - anketa metodi qo'llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o'quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o'tkaziladi.
Test sinovlarini o'tkazishdan maqsad kam vaqt orasida o'quvchilarning bilimlarini yoppasiga aniqlash va baholashdir. Test savollarining o'rni va ularning mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, o'quvchilarning mustaqil fikrlarini o'stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish. Bu uslub orqali o'qituvchilar va o'quvchilar jamoasi ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma'lumotlar olinadi. Maktab hujjatlari deyilganda, o'qituvchi va o'quvchilarning soni, o'quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi.
Eksperiment - tajriba-sinov uslubi «eksperiment» so'zi lotincha «sinab ko'rish», «tajriba qilib ko'rish» ma'nosini anglatadi. Eksperimental tajriba ishlari, asosan ta'lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbig`l jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o'tkaziladi.
Eksperiment uslubi. sharoitga qarab 3 xilda o'tkaziladi:
1. Tabiiy eksperiment.
2. Laboratoriya eksperimenti.
3. Amaliy tajriba.
Statistika ma'lumotlarini tahlil qilish pedagogik tadqiqot statistika ma'lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o'zligini namoyon etolmaydi. Nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta'limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag'larining oshirilishi, xalq ta'limi muassasalarining o'sib borishi, darslik va o'quv qo'llanmalari, ko'rgazmali qurollar, o'qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo'jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag'lar statistika usuli orqali aniqlanadi. Statistik omil aniq, hayotiy bo'lsa bajarilayotgan ta'lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo'ladi.
Pedagogik tadqiqotda matematika va kibernetika uslubi «Kibernetika» so'zi yunon tilidan olingan bo'lib, «rolni bajaraman», «idora etaman» degan ma'nolami anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy qoidalarini va vositalarini ishlab chiqadi. Uning mazmuni axborot berish, dasturlashtirish, algoritmlar, boshqaruvchi tizim, model yasash singari asosiy nazariyalarda o'zligini namoyon etadi. Mazkur usuldan bugungi kunda pedagogikada ham keng foydalanilmoqda.
O'qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetika mashinalari yordamida bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish, dasturli ta'lim va uni mashina orqali boshqarish, o'qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish, differensial va individual ta'lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlar bajarilmoqda.
Demak, pedagogika fani o'z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o'rganadi.
Ilmiy-pedagogika tadqiqotlarning tarkibi, unga ilmiy izlanishlarning u yoki bu elementini kiritish bilan bog'liq ravishda har xil o'zgarishlarni boshdan kechirdi. Bizningcha, ilmiy- pedagogik tadqiqotlar tarkibini bir muncha umumlashgan ko'rinishda tasvirlash mumkin. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar to'rtta yirik blokdan iborat:
1-blok-tayyorgarlik ishlari.
2-blok tadqiqotni o’tkazish.
3-blok-tadqiqotga yakun yasash.
4-blok-tadqiqot natijalarini baholash.
Tayyorgarlik ishlari jarayoni (1-blok) - birinchi bosqichda ta'limning jamiyat ehtiyojlari maydonga tashlagan rivojlanish yo'llari o'rganiladi va ilmiy-pedagogik tadqiqot muammosi qo'yiladi (ifoda etiladi).
Bu bosqichda muammoning ishlanganlik darajasi ko'rsatiladi, uning ta'lim tizimi yoki pedagogika nazariyasining muhim muammolarini ishlab chiqish uchun zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqotchi mazkur muammo bo'yicha bilimlarni jamiyat ehtiyojlari uchun naqadar zarur ekanligini yaqqol anglab yetishi kerak. Dastlabki ma'lumotlar bilan qo'shni fan sohalarida qanchalik darajada hal qilinganligini ham nazarda tutishi kerak. Ilmiy-pedagogik tadqiqotning bu bosqichidagi eng muhim masala - bu mavzu qirralari muammolarini aniqlab olishdir, chunki busiz ilmiy ishning keyingi bosqichiga o'tish mushkul.
Tayyorgarlik ishlaridagi ikkinchi bosqich - bu mavzu tanlash va uning dolzarbligini ilmiy jihatdan asoslashdir. Mavzu bilan muammoning bevosita bog'liqligi pedagogika fani metodologiyasida eng muhim masalalardan biri sanaladi. Mavzuga nisbatan «yo'nalish» tushunchasi ancha umumiy, chunki u bir xil mavzularni bog'lovchi bo'lib hisoblanadi. Bunday holatda muammoni mavzuning mazmun jihatdan tavsifi sifatida qarash lozimga o'xshaydi, chunki unda pedagogik faoliyatning qandaydir bir qismining muammoli vaziyati aks etadi.
Tayyorgarlik ishlarining keyingi bosqichida tadqiqot obyekti aniqlanadi, uning maqsad va vazifalari ifoda qilinadi, shuningdek, ishchi gipoteza (ilmiy faraz) ishlab chiqiladi.
Tadqiqot obyektini aniqlayotib, nima qaralayotir, degan savolga javob berish lozim. Tadqiqot predmeti esa ilmiy-tekshirish qirrasini belgilaydi, obyekt qanday qaralishi haqida tasavvur hosil qiladi.
Tadqiqot maqsadlari pedagogik jarayonning qandaydir bo'g`lnida yangilikka erishish sifatida gavdalanadi.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borishga tayyorgarlik ishlarining navbatdagi bosqichida ishchi reja-prospekt tuziladi.
Odatda, reja-prospekt o'z ichiga quyidagilarni qamrab olishi kerak:
1. Kirish, Muammoning qo'yilishi. Mavzuning dolzarbligini
asoslash.
2. Tadqiqot muammosi, uning maqsadi, tadqiqot gipotezasi,
obyekt, predmet, tadqiqot masalalari (vaziflari).
3. Tadqiqotning taxminiy tarkibi (rejasi). Boblar va paragraflarning nomlari.
4. Tadqiqotda ko'zda tutilgan mazmun.
5. Tadqiqot metodikasi. Ish jarayonida tadqiqotning qanday metodlari va shakllari (umumiy va maxsus, ya'ni pedagogika va boshqa fanlardan o'zlashtirib olingan) qo'llanilishi asoslab beriladi.
6. Tajriba (eksperement)ga doir materiallar, eksperiment olib borish uchun hujjatlar ko'rsatiladi.
Tadqiqot o'tkazish (2-blok) quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
- tanlangan muammo bo'yicha materiallar to'planadi va ular
o'rganiladi;
- eksperimental materiallarni ishlab chiqish va ularni dastlabki tekshiruvdan o'tkazish;
- pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularga tuzatishlar kiritish;
- eksperiment o'tkazish, uning natijalarini maydonga tashlangan ilmiy farazga mosligini aniqlash.
Birinchi bosqichda tadqiqotchi muammoning nazariya va amaliyotidagi ishlanganlik holatini tahlil qilish kerak. Tadqiqot ishlariga kirishayotib, tadqiqotchi shu yo'nalish bo'yicha avvalgi tadqiqotchilar qanday ishlar qilganliklarini aniqlashi, bunda ma'lumni noma'lumdan ajrata olishi kerak. Masalaning holati nazariyada qanday ekanligini tahlil qilmasdan turib to'laqonli tadqiqot o'tkazish mumkin emas.
Muammoning nazariyadagi ishlanganlik darajasi, odatda, tadqiqotning kirish qismida va qolgan qismlarda aks ettiriladi.
Tadqiqot olib borishning navbatdagi bosqichida eksperimental materiallar ishlab chiqish va ularni tekshirib ko'rish amalga oshiriladi. Maydonga tashlangan farazni tekshirish maqsadida tadqiqotchi tomonidan sinov, yoki tekshiruv, yoki oydinlashtiruvchi eksperiment tashkil qilinadi. Bunda eksperimental ishlar metodikasining o'zini puxta ishlab chiqish zarur, tadqiq etilayotgan muammo bo'yicha kerakli eksperimental materaillarni tanlash lozim. Barcha eksperimental materiallar amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tekshirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Dastlabki tekshi-ruvlarga yakun yasashda reja va ishchi gipotezaga tuzatishlar kiritish kerak, bu esa ilmiy-pedagogik tadqiqotlar ustida olib boriladigan keyingi ishlar samaradorligiga ham yordam beradi. Dastlabki eksperimental tekshiruvlar ilmiy-tadqiqotlar olib borishning navbatdagi bosqichida zarur pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularga tuzatishlar kiritishga imkon beradi.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar tarkibi ikkinchi blokining so'nggi bosqichi eksperimental ishlar olib borishni nazarda tutadi va quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- ishlab chiqilgan materiallarni eksperimental tekshiruv;
- materiallarni har xil vaziyatlarda sinovdan yoki muhokamadan o’tkazib ma'qullash;
- tadqiqot natijalarini muhokama qilish;
- tadqiqot ishlari materiallarini matbuotda chop etish. Ilmiy-pedagogik eksperiment ilmiy farazlarni, gipotezani tekshirib ko'rishni o'zida gavdalantiradi.
Ilmiy-pedagogik tadqiqot tarkibining uchinchi bloki tadqiqotga yakun yasash bo'lib, u ikki asosiy bosqichdan tuzilgan:
- tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish;
- tadqiqot ntijalarini amaliyotga tatbiq etish.
Tadqiqot natijalari, odatda, xulosalar va xotimada qayd qilinadi. Ayni mana shu tadqiqotning qaymohi, mag'zi hisoblanadi. Shu bilan birga shuni e'tiborda tutish kerakki, tadqiqotga yakun yasash qo'lga kiritilgan natijalarai umumlashgan variantda gavdalanadigan ilmiy ish ko'rinishida rasmiylashtirishni nazarda tutadi. Bunda tadqiqotchi qo'lga kiritilgan tadqiqot natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka aniq va mantiqan yuqori saviyada bayon qilishga intilishi kerak.
Olib borilgan tadqiqot natijalari amaliyotga ikki usul (yo'l) bilan tatbiq etiladi:
- bevosita, ya'ni olingan natijalar to'g'ridan-to'g'ri iste'molchilarga tavsiya etiladi;
- bilvosita, ya'ni olingan natijalar nazariyaga kiritiladi va u nazariyani boyitgan holda u bilan birga tarkibiy qism sifatida amaliyotga o'z ta'sirini o'tkazadi.
Real hayotda, odatda, tadqiqot natijalari amaliyoti har ikkala yo'l bilan o'zaro aloqada tatbiq etiladi.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar tarkibining so'nggi, to'rtinchi bloki tadqiqot natijalarini baholashni nazarda tutadi va o'z ichiga tadqiqot samaradorligi mezonlarini ishlab chiqish hamda o'rganilayotgan muammo bo'yicha yangi yo'nalishlarni aniqlashni ko'zda tutadi.
Fundamental tadqiqotlar samaradorliginirig yetakchi mezonlaridan biri-tadqiqotning nazariy ahamiyatidir. Fundamental pedagogik tadqiqotning bosh mezoni, eng avvalo, uning natijalarini nazariyani rivojlantirishga, uning ichki mantiqiga ta'siridir.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar samaradorligining, ikkinchi, yana bir muhim mezoni - bu uning yangiligidir.
Bu mezon tadqiqotning nazariy ahamiyati bilan mustahkam bog'langan.
Pedagogika sohasidagi tadqiqotlar samaradorligining navbatdagi mezoni deb ilmiy ishning konseptualligini, ya'ni tadqiqotchining nazariy va metodologik nuqtai-nazarini, o'rganilayotgan muammoning har tomonlama asoslab burilishini aytish mumkin. Tadqiqot konseptualligi ilmiy asoslanganlik bilan mustahkam aloqada bo'ladi. Bundan tashqari, tadqiqotning istiqboliligi, uning natijalarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari katta ahamiyat kasb etadi.
Tatbiqiy tusdagi tadqiqotlarni baholashda asosiy ko'rsatkichlar bo'lib ishning amaliy jihatdan ahamiyati va dolzarbligi hisoblanadi.
Tatbiqiy tusdagi tadqiqotlarni baholash uchun zamonaviy metodlardan unumli foydalanish kerak, shundagina olingan natijalarning ishonchlilik darajasi haqqoniy bo'ladi.
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari qanchalik to'g'ri tanlansa, ta'lim-tarbiya mazmumni yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagigika fani ham boyib boradi. Shu sababli, pedagogik ilmiy-tadqiqot usullariga dogmatik yondashish mumkin emas. Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to'la yaratilgan va ishlab chiqilgan emas.
MUSTAQIL ISH BOSQICHLARI
1-bosqich: Pedagogika faning ilmiy-tadqiqot metodlarini aks ettiruvchi chizmalar yaratishga harakat qiling va «eng namunaviy ko'rgazma» konkursida ishtirok eting.
2-bosqich: Internet tarmog`l orqali «Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari» mavzusida ma'lumot yig`lng va ularni tahlil qiling.
3-bosqich: Nazariy dalillargi asoslangan holda quyidagi savollarga yozma javob bering:
1. «Metod» so'zining mohiyatini qanday tushunasiz?
2. Pedagogikada qanday ilimy tadqiqot metodlari qo'llaniladi?
3. Pedagogik kuzatish va suhbat uslublariga qanday talablar qo'yiladi?
4. Qanday yo'llar bilan bolalàã ijodini o'rganish mumkin?
5. Pedagogik tadqiqotda test va so'rovnomalarning o'rni qanday?
6. Pedagogik eksperimentlarning fan taraqqiyotiga ta'siri to'g'risida mushohada qiling.
7. Ilmiy tadqiqot metodlariga ijodiy yondashuv deganda nimani tushunasiz?
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxati.
1. Karimov I. A. Barkamol avlod - O'zbekiston Taraqqiyotining poydevori - Toshkent. «Sharq», 1997.
2. Karimov I.A. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar - Toshkent, «O'zbekiston», 2000.
3. Karimov I.A. Sog'lom avlod - xalqimiz kelajagi. «Xalq so'zi» gazetasi, 8 dekabr 1999.
4. O'zbekiston Respubliksining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni - Toshkent, 1997.
5. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi — Toshkent, 1997.
6. Ibragimov X.I., Abdullaeva Sh.A. Pedagogika. O'quv qo'llanma — Toshkent, «Fan», 2005. 25-31-b.
7. Abdullayeva Sh. A. O'quvchilarni pedagogik tashxislashda qo'llaniladigan metodlar // Xalq ta'limi, 2003, ¹3, 40-45-b.
8. Abdulloh Avloniy. Muxtasari tarixi anbiyo va tarixi islom. -Ò., «Fan», 1994. 293-b.
9. Êëàóåð Ê. Ïåäàãîãè÷åñêîå äèàãíîñòèðîâàíèå. - Ì.: Ëîãîñ,1999, 421-ñòð.
II BO`LIM
TARBIYA NAZARIYASI
6-MAVZU: TARBIYA JARAYONINING JAMIYAT
TARAQQYOTIDAGI O'RNI. IJTIMOIY TARBIYANING
MAQSADI, VAZIFALARI VA MAZMUNI
«Tarbiya biz uchun yo hayot,
yo mamot, yo najot, yo halokat,
yo saodat, yo falokat masalasidir»
Abdulla Avloniy
Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo'lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo'ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.
Tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o'zaro bog'liq ikki faoliyatni - o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o'quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o'quvchida jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o'quvchining ongiga (ta'lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta'sir etib boriladi. Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e'tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.
Islom madaniyatining tarkibiy qismi-tasavvuf (sufizm) falsafasida inson ma'naviyatining, ruhiyati o'ziga xos uslublar orqali aks ettirilgan. Hazrat Abu Hamid al-G'azzoliy, Attor, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G`ljduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubroning ta'lim-tarbiyaga, xulq axloqiga oid qarashlari, Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», «Kitob al Musiqi al-Kabir», «Katta musiqa», «Ritmlar tartibi haqida», Beruniyning «Mas'ud qonuni», «Hindiston», «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydona», «Axloq haqida risola»sidagi ma'naviy-ma'rifiy masalalar, Abu Ali ibn Sinoning «Tadbiri manozil», «Axloq haqida risola», «Donishnoma», «Salamon va Ibsol», «Xay ibn Yakzon», «Tib qonunlari», Alisher Navoiyning «Makorim ul-axloq», («Mukarram xulqlar»), «Badoiy ul-bidoya», («Go'zallikning boshlanishi»), «Navodir un-Nihoya», («Nodirliklar nihoyasi»), «Xazoyin ul-Maoniy», («Ma'nolar xazinasi») asarlarida insonni tarbiyalash g'oyalari hozirgi zamon bilan hamohangdir.
Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Cho'lpon asarlaridagi ma'naviy-ma'rifiy qarashlar bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotganicha yo'q. Buyuk ma'rifatparvar ziyolilarning g'oyalari milliy g'oya va istiqlol mafkurasining teran tomirlari bo'lib qola-veradi.
Inson tarbiyasi va uning tarbiyalanganlik darajasi o’z davrining ilmiy-amaliy mezonlari bo'yicha tadqiq etishlik ko'p asrlik fan tarixiga ega. Insoniyatning yer yuziga kelishidan e'tiboran kishilar muayyan sotsiumning a'zosi tariqasida shaxslararo munosabatga kirishishi, muloqot o'rnatishi, muomala maromiga rioya qilishi lozim, deb belgilanishi tarbiyalanganlik o'lchovlarining vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Taraqqiyot, ijtimoiy ong, aql-zakovat, komfortga intilish hissi tarbiyalanganlikning ham harakatlantiruvchisi, ham mexanizmi, ham zarurat ekanligini ta'kidlovchi omil bo'lib xizmat qilgan va bundan keyin ham ko'p funksional vazifani ado etaveradi.
Tarbiyalanganlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat, deb hisoblaydi mutafakkir Alisher Navoiy:
- jahl chiqqanda o'zini bosa olish; har bir ishni qilganda «yetti o'lchab bir kesish», sir saqlay olish, mulohaza qilib, ayrim gaplarni ichga yutish;
- doimo ishonch bilan yashash va olg'a intilish; andisha chegarasidan chiqmagan holda dadil bo'lish;
- bir ishni boshlagandan keyin uni oxiriga yetkazmay qo'ymaslik;
- topgan-tutganini tejab-tergab sarflash va hokazolar.
Az-Zamaxshariyning fikricha, tarbiyalanganlikning o'nta nishonasi farqlanadi:
- birinchisi - xalq to'g'ri deb topgan narsani noto'g'ri deb qaramaslik;
- ikkinchisi - o'z nafsiga erk bermaslik;
- uchinchisi - birovdan ayb qidirmaslik;
- to'rtinchisi - yomonlikni yaxshilikka yo'yishlik;
- beshinchisi - agar gunohkor uzr surasa, uzrini qabul qilish;
- oltinchisi - muhojirlar hojatini chiqarish;
- yettinchisi - el g'amini yeyish;
- sakkizinchisi - o'z aybini tan olish;
- to'qqizinchisi - el bilan ochiq yuzli bo'lish;
- o'ninchisi - odamlar bilan shirin muomalada bo'lish.
«Xushxulqlik, yaxshi muomala, shirin so'zlilik va olijanoblik-tarbiyalanganlikning asl belgilaridan», - deb ta'kidlaydi G'aybullohas-Salom.
«Xushxulqli, yaxshi tarbiya ko'rgan kishi yaqinlari, yoru do'stlari uchun misli o'chmas chiroqdir»,- deb yozadi Servantes.
«Tarbiyalanganlik-jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo'ysunish va o'zgalarning nafratini qo'zg'atadigan xatti-harakatlardan o'zini tiya bilish».
Abdulla Avloniyning fikricha: «...xulq-nafsning suvrati» bo'lsa, Hamza Hakimzodaning ta'riflashicha: «Axloq xulqni ja'midur. Axloq ikki qism bo'lur. Bin axloqi husniya (yaxshi xulqlar), ikkinchisi axloqi zamima (yomon xulqlar)dur. Axloqi husniya insoniyat olamining bir gulshanidirki, anda hayo, qilm, saxo, qanoat, rizo, shukr, sabr, tavba, sidh, tavoz'u, ajz, faqrga o'xshash adolat gullari bila muzayyan va muattar o'lur. Axloqi zamima bir sho'razoredurki, oni aksincha jafo, zulm, hasad, kibr, kufr, tama', g'azab, nifoq, gasb, namima, kizb, bo'hton, g`lybat, buxl, xiyonat, isrof, qirs, poyriq, ta'jil, fitna, hosil; bunga o'xshash turli qabohat nimarsadan boshqa shaylar ko'karmaslar». Demak, tarbiyalanganlik barcha ijobiy xulqlarni o'zida mujassamlashtirib, salbiy xulqlardan forig' bo'lish demakdir.
Yoshlarda axloqiy xislatlar bilan birga, umuminsoniy fazilatlarni, ma'naviy sifatlarni tarbiyalashda pedagogik diagnostika va kooreksiyalash faoliyatiga murojaat etish zarur. Buning uchun, eng avvalo, inson fazilatlarining o'zaro munosabatlarini va o'rnini aniqlab olmoq lozim. Ma'naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o'z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi.
Rejali va maqsadli o'qitish va tarbiyalash jarayonida natijalarni aniqlash zaruriyati pedagogik diagnostikani vujudga keltirgan. O'z ibtidosida bu natijalar oddiy pedagogik metodlar orqali aniqlangan.
Tarbiyaviy metodlar: So'z orqali ifodalash, ko'rgazmalilik, amaliy namuna, rag'batlantirish, jazo uslublari va h.k.
Tarbiya jarayonida an'analar, udumlar, rasm-rusumlar roli. Vatan tuyg'usini shakllantirish, ona tilimizga muhabbat uyg'otish, milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, ezgulik timsoli bo'lgan yo'lni ulug'lash, umuminsoniy qadriyatlarga, millatlararo totuvlik, bag'rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg'or madaniyatni shakllantirish, dinning dunyoviylik bilan qarama-qarshi emasligini anglash, xuquqiy madaniyat-sog'lom dunyoqarashning muhim omili ekani to'grisidagigi ma'lumotlarni ko'paytirish, ma'rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirishdagi imkoniyatlari kengligini isbotlash kabi tamoyillari to'grisidagi — bularning barchasiga tarbiya metodlari orqali erishiladi. Íàã tomonlama barkamol, bilimli, malakali yoshlarni voyaga yetkazishda.
Quyidagi tarbiya turlarining ahamiyati salmoqlidir:
- Aqliy tarbiya: bilim, ilm, malaka, ko'nikma; aql, ong, fahm.
- Axloqiy tarbiya: axloq, odob, xulq, yaxshilik, adolat, insof, diyonat, sharm, hayo, vatanparvarlik va boshqalar,
- Mehnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, aqliy ish, jismoniy mehnat, foyda, maosh,
- Jismoniy tarbiya: chiniqish, sport, o'yinlar, sog'lom tan.
- Estetik tarbiya: go'zallik, kiyinish, tozalik, yurish turish, saranjom-sarishtalik.
- Ekologik tarbiya: tabiat, atrof-muhit, o'simlik va xayvonot dunyosiga ongli munosabat.
- Iqtisodiy tarbiya: tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof; foyda, mulk, mulkka egalik.
- Huquqiy tarbiya: fuqaro, tenglik, to'g'rilik, halollik, jinoyat, jazo, huquq, burch kabi kategoriyalarni qamrab oladi.
Tarbiya nazariyasi - pedagogika fanining bir qismi bo'lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o'rganadi. U Markaziy Osiyo faylasuflarning va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribasiga tayanadi.
Pedagogika tarixidan ma'lumki, ta'lim-tarbiyadan, tarbiya rivojlanishdan ajratib tekshirilmagan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya pedagogikasida tarbiya masalalarini alohida ko'rish hollari uchraydi. «1806-yilda chiqarilgan Rossiya Akademiyasi lug'atida birinchi bor tarbiya so'zi pedagogik tushuncha sifatida alohida keltiriladi», - deb ta'kidlaydi I.Tursunov.
«Tarbiya-ma'naviy manbalar va hozirgi zamon talablari ehti-yojlarining nazarda tutgan holda o'qituvchining o'quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro amaliy va nazariy muloqotidir».
«Tarbiya-tarbiyaclii xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda va tizimli ta'sir ko'rsatish jarayonidir».
Qat`ly ishonch bilan aytish lozimki, - degan edi Prezident I.Karimov O'zbekiston teleradiokompaniyasi muxbiri bilan muloqotda, - ma'naviy boylik moddiy boylikdan ming bor ustun, shu bois biz ta'lim-tarbiya masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida yondoshmoqdamiz. Kadrlar tayyorlash haqida Qonun qabul qilingan milliy dastur ham mohiyat e'tibori bilan shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan.
Biror-bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:
a) o'quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo'qotish maqsadida rejalashtiriladi.
b) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo'qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi.
d) belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysinisi va qayerda ishlatish rejalashtiriladi.
Bunday rejaga solinib, olib borilgan tarbiya mohiyatini ta'lim-tarbiya tizimi jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.
Tarbiya jarayonining xususiyatlari:
Tarbiyaning birinchi xususiyati uning ko'p qirrali jarayon ekanligi bo'lib, unda maktab, oila, bolalar va o'smirlar tashkilotlari, mahalla, keng jamoatchilik, kinoteatr, televideniye, adabiyot va san'at ishtirok etadi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Ta'limdan farqli ravishda u bola tug`llganidan boshlanadi, maktab yillarida, undan keyin va butun umr bo'yi davom etadi.
Tarbiyaning ta'limdan farqlantiruvchi yana bir xususiyati shun-daki, u yaxlit holda va konsentrik asosda amalga oshiriladi. Tarbiyaning turli tomonlari bir-biri bilan uzviy bog'langan. Boshlang`ich sinfda ham, o'rta va yuqori sinfda ham ayni bir narsa, masalan, do'stlik, ahillik, vatanparvarlik va boshqalarni tarbiyalash ko'zda tutiladi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama xususiyatga ega bo'lib, unda bolaning o'zi ham faol ishtirok etadi.
Tarbiyada qarama-qarshiliklarning ko'pligi yana bir xususiyatdir. Bu qarama-qarshiliklar bolalarda o'z tushunchalariga muvofiq dastlabki paydo bo'lgan sifatlar bilan tarbiyachi tomonidan tarkib toptirilayotgan sifatlar o'rtasida o'quvchilarga qo'yilgan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o'rtasidagi kurashlarda namoyon bo'ladi.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nasr Forobiy ta'lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Jamiyat taraqqiyotida muhim o'rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko'nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas'uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e'tiborga olishi zarur.
Tarbiyaning samarali bolishi ko'p jihatdan jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning rivojlanishiga bog'liq. Ma'naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o'rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma'naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.
Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog'liq.
Metod, ya'ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
1. So'z orqali ifodalash usuli.
2. Ko'rgazmalilik usuli.
3. Amaliy namuna usuli.
4. Rag'batlantirish va jazo usullariga bo'linadi.
Bu metodlar o'z navbatida quyidagi guruhlarga bo'linadi.
Birinchi guruh - so'z orqali uzatish, maslahat berish, ma'lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqa usullarga.
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san'at, badiiy san'at va boshqa ko'rish orqali tarbiyalash usullariga.
Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o'rnak ko'rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko'rsatish.
To'rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o'rtoqlari oldida ma'qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma'naviy rag'batlantirish.
Jazo - bu bolaning noto'g'ri qilgan ishiga o'zini iqror qildirish.
Tarbiya - Har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko'nikmasini o'zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo'ysunish va o'zgalarning nafratini qo'zg'atadigan xatti-harakatlardan o'zini tiya bilish.
Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma'rifat, san'at va amaliyot asosiy rol o'ynasada, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi. Uning fikricha inson kamolga yetishuvining eng muhim omillari ilm ma'rifatli bo'lish va yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to'g'rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do'stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go'zallikka intilish kabilardir.
Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan holda hal etishdir.
Adolat tushunchasi bilan bog'liq jihatlar juda keng qamrovli bo'lib, adolatli inson, adolatli jamiyat kabi tushunchalar shunday jihatlar jumlasiga kiradi. Adolatparvarlik tushunchasi esa adolat tamoyili amal qilgan holda ish olib borish, yo'l tutish, faoliyat yuritish demakdir. Prezidentimiz I.A.Karimov «O'z kelajagimizni o'z qo'limiz bilan qurmoqdamiz» (1999-yil, 13-fevral) mavzusidagi «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga javoblari biz uchun dasturilamal boldi.
• Vatan, millat taqdiri hal bo'ladigan qaltis vaziyatda to'g'ri yo'lni tanlash uchun avvalo tarixni yaxshi bilish, hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak.
• Adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo'lmog`i darkor.
• Endi, eski jamiyatni inkor qilish yoki ma'qullash kayfiyatidan voz kechib, bunyodkorlik kayfiyatiga o'tish kerak.
• Millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo'layotgan pallada o'zligimizni anglash, ma'naviy ildizlarimizni unutmaslik.
• Insonlar tafakkurini boyitish, uni yangi ma'no va mazmun bilan to'ldirish lozim.
Mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat qurish jarayonida o'tmishimizning hali o'rganilmagan sahifalarini tadqiq etish, davlat va siyosiy arboblarimiz nomlarini xalqimizga qaytarish, huquqiy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e'tibor berilmoqda. «Biz uchun mustaqillik - eng avvalo, o'z taqdirimizni qo'limizga olish, o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlami, urf-odatlami tiklash, mo'tabar shu zaminda, tinchlik-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir».
Shu nuqtayi nazardan, yoshlarda sog'lom tafakkurni shakl-lantirish tarbiyaviy masalalarni hal qilish mavzui doirasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, «adolat» keng qamrovli tushuncha sifatida ijtimoiy munîsabatlaming barcha jabhalarini qamrab oladi. «Adolat, axloq va huquq kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi, odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o'lchovdir», - deb yozadi F. Nizomov.
Íàã qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bolamiz.
Istiqlol sharofati bilan ko'plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari surilgan adolat to'grisidagigi g'oyalar atroflicha o'rganish zamon talabi bo'lib qolmoqda. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega, sotsiomadaniy darajasi rivojlangan, amaliy ko'nikma-malakalarni egallagan, raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda ijtimoiy adolat to'g'risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim. Kelajakda inutaxassis bo'lib yetishuvchi kadrlar, bugungi kun uzluksiz ta'lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini to'g'ri baholay oladigan, chuqur huquqiy bilimlarga ega, ijtimoiy hayot sohalari ichki qonuniyatlari to'g'risidagi tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijtimoiy sohadagi islohotlar, aqloqiy-huquqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida e'tibor berishlari lozim.
Mazkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta'lim tizimi shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida asosiy bo'g`in bo'lib hisoblanadi. Hayotda adolat me'yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy, ma'naviy-ruhiy jarayondir.
Huquqiy tarbiya muammolari va ularni ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish muammolariga bag`ishlab ilmiy izlanish olib borgan olimlar: A. Saidov, B. Karimov, T. Ergashev, A. Begmatov qarashlari qimmatli ahamiyatga molikdir.
Ma`lumki, inson jamiyatda erishishi mumkin bo'lgan narsalar:
-mulk, daromad, ijtimoiy maqom, hokimiyat, huquqlar insonlararo munosabatlari adolatga bog'liq. Moddiy ne'matlar va xizmat turlari, ijtimoiy (obro', hurmat-ehtirom), siyosiy ne'matlar (siyosiy erkinliklar, shaxs huquqi), sog'liqni saqlash kishilarning ijtimoiy ahvoli kabi sohalarda odamlar adolat muammolariga katta e'tibor beradilar. Mutafakkir Shahobiddin Imom Odil shoh g'oyasini ilgari surar ekan, ayni paytda hukmdorga adolat me'yorlariga rioya qilish lozimligini o'qtiradi. Jamiyatdagi mavjud sotsial guruhlar, sinflar, tabaqalarga nisbatan moddiy ma'naviy ne'matlami ulashishiga «chun xurshed meboyat zist», ya'ni quyosh singari barchaga baravar, barchani birday ko'rib, adolat yuzasidan taqsimlash lozimligini ta'kidlaydi. Alloma o'z madhiyalarida ilm ahli, ziyolilar dehqon. hunarmand, xizmatchilariga alohida ahamiyat qaratish, jamiyat barqarorligi va taraqqiyot yo'lida qilayotgan mehnatlarini qadrlash kerakligini aytib, o'z faoliyatida ham shunga erishishga intiladi.
«Mutafakkir Imom Buxoriy «Adolat-Allohning benazir inoyatidir, undan barchani bahramand qiling», - degan g'oyani ilgari surgan. Bu borada mashvarat (kengash)ga alohida ahamiyat berib, jamiyatni adolatli bajarishda uning vazifasi muhim ekanligiga e'tibor qaratadi». Bu bilan davlatning kuch qudrati faqatgina iqtisodiy imkoniyatlar, kuchli qo'shin, mirshab va qozilarga emas, balki adolat tamoyilining amal qilishga hamda uning amaliy faoliyatiga ham bog'liqligini ko'rsatib beradi.
Tarbiya jarayonida o'qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta'lim-tarbiya berish, o'quvchilar bilim, ko'nikma malakalarini muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va maflcuraviy tushunchalarni shakllantirishdan iboratdir.
Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o'zgartiradigan kuchli vositadir. Uning g'oyalari xalqning ishonch - e'tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga, aylansa, yetarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi targ`ibot va tashviqot ishlarini, o'quvchilarning tushunchasi, aql-idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan holda marifiy yo'l va usullar orqali amalga oshirish taqozo etiladi.
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
1. Mahallada tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqing.
2. Masalani yeching: ota o'z o'g'lining yetuklik attestatini olishi va 16 yoshga to'lishi munosabati bilan ziyofat berdi. O'g'lini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab unga qadah uzatdi. Oila a'zolari bu voqeaga quyidagicha munosabat bildirishdi:
Dadasi: «o'g'lim muborak yoshing bilan tabriklayman, shu munosabat bilan bir qadah ko'taraylik!».
Buvisi: «jon bolam, spirtli ichimliklarga o'g'lingni o'rgata ko'rma, ichkilikbozlikning oxiri voy bo'lishi mumkin».
Bobosi: «...mayli, otangning so'zi yerda qolmasin».
Oyisi: «...o'g'lim, otang senga qadahni spirtli ichimliklarning qanchalik zararli ekanligini bilishing yoki bilmasligingni sinab ko'rish uchun uzatdi».
Savol: Siz oila a'zolarining bu voqeaga bo'lgan munosabatlarini qaysi birini to'g'ri deb o'ylaysiz?
3. Quyida amerikalik yozuvchi Lengston Xyuzning «RAHMAT, MEM!» nomli hikoyasini o'qing.
RAHMAT, MEM!
Kechqurun soat o'n birlar, qorong`i tushgan. Gavdali ayol katta va og`ir sumkasini yelkasiga ortib ko'chada ketib bormoqda. To'satdan qorong'ulikdan bir yigitcha paydo bo'ldiyu, uning orqasidan kelib, sumkasini tortib olmoqchi bo'ldi. Bolakay orqadan sumkani shunday kuch bilan tortdiki, uning qayishi uzilib, yerga tushib ketdi. Lekin sumka shunchalik og`ir, bolakay esa shunday kichik ediki, u muvozanatini yp'qotib, qochish o'rniga, oyoqlarini osmonga cho'zgancha, orqasi bilan trotuarga yiqilib tushdi. Bar-vasta ayol keskin qayrilib, bolaning tor jinsi kiygan orqasiga tepdi. Keyin engashib bolani yelkasidan ko'tardi va kuch bilan silkitdi.
- Ey bolakay, sumkamni olib ber, - dedi ayol.
Bola sumkani olish uchun biroz oldinga qadam tashladi.
- Senga uyat emasmi?
- Ha, MEM, - deb g'uldiradi bola. Ayol uni avvalgidek yoqasidan ushlab turardi.
- Nega bunday qilding?
- Men'atayin qilganim yo'q.
- Senga ishonib bo'pman.
Ularning yonidan ikk-uch kishi o'tdi, kimdir ularga qayrilib qarab, yana yo`lida davom etdi, kimdir to'xtab ularni toniosha qila boshladi.
- Agar seni qo'yib yuborsam - qochib ketasanmi?
- Ha, MEM.
- Unda qo'yib yubormayman, - dedi ayol.
- Xonim, kechiring, - shivirladi bolakay.
- Aftingga qara, qanday iflos. Nima uyingda hech kim yuzingni yuv demaydimi?
- Hech kim yo'q, MEM.
- Endi kimdir bo'ladi. Bugun yuzing ham har qachongidan toza bo'ladi, - deb ayol bolani sudragancha ko'cha bo'ylab keta boshladi.
Ko'rinishdan bola 14-15 yoshlarda, oriq, nimjon bo`lib, krossovka va jinsida edi.
- Afsus, sen mening o'g'lim emassan, - dedi ayol. - Bo'lmasam ko'rsatib qo'ygan bo'lardim. Menga tegish kerak emasdi. Endi - qutila olmaysan. Missis Luella Beyts Vashington Jonsni endi uzoq vaqt unutmaysan.
Bola qo'ldan chiqishga harakat qilardi. Lekin ayol uni qo'yib yubormay, uyigacha olib keldi. Bolani xonasiga itarib olib kirdi, dahliz bo'ylab tortib, oshxonaga olib o'tdi. Ayol hamon uni qo'ltig`i ostidan ushlab turardi.
- Isming nima?
- Rodjer, - javob berdi bola.
- Hozir borib yuzingni yuvasan. Uqdingmi?
Rodjer eshikka qaradi, so'ngra ayolga, yana eshikka... va chanoqqa bordi.
- Meni qamoqqa olib borasizmi? - deb so'radi bola, chanoqqa engashib.
- Shunday iflos bashara bilan hech qayerga olib bormayman. Kechki ovqat tayyorlayman. Balki sen ham hali ovqat yemagandirsan?
- Uyimda hech kim yo'q, - javob berdi bola.
- Demak, unda birga ovqatlanamiz. Sen och qolgandirsanki, sumkamni o'g`irlashga qaror qilibsan.
- Men zamshadan tikilgan ko'k tufli olishni xohlagan edim,- dedi bola.
Bola yuzini yuvib, artindi. Keyin nima qilsam ekan deb o'girildi. Eshik ochiq edi. Dahlizga yugurib chiqish va qochib ketish mumkin.
Ayol o'rindiqda o'tirardi.
- Men ham yoshligimda ko'p narsa xohlar edim,- deb ayol jim
bo'ldi. Uzoq sukunat cho'kdi. . .
- Ha, men ham shunday narsalar qilganmanki, bu haqda gapirmaslik ma'qul, o'g'lim. Kim bilan bunaqa ishlar bo`lmaydi deysan. O'tir, men hozir biror yegulik tayyorlayman.
Xonaning boshqa chetida, to'siqning ortida gaz plitasi va sovutgich bor edi. Missis Jons o'rnidan turib, har daqiqada qochib ketishi mumkin bo'lgan bolaga ham, uning yonida turgan sumkasiga ham e'tibor bermay, to'siq ortiga o'tdi. Biroq bola qochishni o'ylamasdi. Buning ustiga u ayol ko'z qiri bilan kuzatishi mumkin bo'lgan xonaning uzoq burchagiga, sumkadan nariroqqa o'tirdi. U ayol unga ishonishini xohlardi.
Ayol sovitgichdan yegulik oldi, kàkàî qaynatdi va stolga qo'ydi. U boladan qayerda yashashini ham, ota-onasini ham, umuman uni noqulay ahvolga soladigan hech nimani so'ramadi. Bolaga o'zi to'grisida gapirib berdi, mehmonxonadagi kechgacha ochiq turadigan sartaroshxonada ishlashini aytib berdi. Bolaga ovqat yeb bo'lgach, pirog kesib berdi. Ovqatlanib bo'lgach, dasturxondan turib, o'n dollarlik kupyurani bolaga uzatdi va dedi:
- Ma ol, o'ntalik, o'zingga zamshadan tikilgan ko'k botinka sotib ol. Bundan keyin birovlarning narsasiga ko'z olaytirma. Yodingda bo'lsin: Harom pulga poyabzal sotib olsang, ular butun umr tovoningni kuydiradi. Ayol uni uzun dahlizdan chiqishgacha kuzatib qo'ydi.
- Xayrli tun, bundan keyin o'zingni yaxshi tut, - dedi ayol eshikdan tashqariga qarab.
Shalog`i chiqqan zinadan yugurib tushib, bola pastdan yuqoriga qarab, eshik oldida turgan ayolga «Raxmat, MEM» deb, yana nimalardir demoqchi bo'ldiyu, ammo labi pichirlagani bilan, ovozi chiqmasdi. Bola ovoz chiqarib minnatdorchilik ham bildira olmadi.
Matn yuzasidan topshiriqlar
1. Sizning fikringizcha, Rodjer yana o'g`irlik qiladimi? Javoblaringizni izohlang.
2. Matn yuzasidan ikki qismlik kundalik tuzing. (Ikki qismlik kundalik usuli mohiyati: Qog'oz o'rtasidan uzunasiga chiziq chiziladi. Uning chap tomoniga matndan sizga ko'proq ta'sir ko'rsatgan parcha, yoki hayron qoldirgan timsol, qiziqtirgan, o'ylantirgan yoki ma'qul bo'lmagan fikr yoziladi.
Varaqning o'n g tomoniga usbbu parcha yoki fikr bo'yicha sharh yozish kerak. Nima uchun ushbu parchani yozib oldingiz? Bu nima haqda o'ylashga, eslashga majbur etdi? Shu yuzasidan qanday savollar tug`ildi?)
Ikki qismli kundalikni quyidagi shaklda tuzish mumkin:
3. Rodjerning 10 yildan keyin Missis Jonsga yozgan xati qanday bo'lishi mumkin? Rodjer nomidan xat yozing (10 minutlik esse).
Mavzu yuzasidan savollar
1. Pedagogikaning «Tarbiya nazariyasi» bo'limi nimalarni o'rgatadi?
2. Tarbiya jarayoni mohiyati nimadan iborat?
3. Tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyati qanday bo'ladi?
4. Tarbiya jarayonining o'ziga xos qanday xususiyatlari bor?
5. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roliga qanday baho berasiz?
6. Mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishda tarbiya jarayonining ahamiyati qanday?
Mavzu yuzasidan kerakli manbalar
a) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning ma'naviy merosimizni o'rganish to'g'risidagi bildirgan fikrlari aks ettirilgan maqolalari, nutqlari, asarlari;
b) pedagogika fani konsepsiyasi;
s) sharq allomalarining asarlari.
TOPSHIRIQLAR
1. Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog`i orqali mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy sohalarda islohotlar haqidagi ma'lumotlarni to'plang va ularni tahlil qiling.
2. «Xalqimizning o'tmishda yaratgan madaniy merosi» mavzusida esse yozing.
3. Insert strategiyasidan foydalanib, tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari to'g'risidagi Pedagogika fani konsepsiyasida yoritilgan materiallarni, o'rganing va tahlil qiling.
4. Nazariy dalillarning qisqacha mazmuniga tayangan holda quyidagi mavzularda referat tayyorlang.
• Tasavvuf ilmi namoyondalarining pedagogik qarashlari;
• Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu All ibn Sinoning pedagogik qarashlari;
• Alisher Navoiy asarlarida insonni tarbiyalash muammolari;
• Tasavvuf ta'lim otining yorqin namoyondalari al-G'azzoliy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband ilmiy qarashlarida ma'naviy kamolotga erishish masalalarining talqin qilinishi;
• Ta'limda samaradorlikka erishish to'grisidagi Abu Rayhon Beruniy tavsiyalari;
• Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini O'zbekistonda o'rganilishi;
• Tabbarruk ma'naviy manbalarimiz bo'lmish «Qur'on», Hadislar, ajdodlarimiz ma'naviy merosi hisoblanmish «Qobusnoma», «Shohnoma», «Temurnoma», «Boburnoma», «Guliston», «Temur tuzuklari», «Qutadg'u bilig», «Maxbub ul-Qulub» kabi durdona asarlarida inson shakllanishida tarbiyaning ahamiyati;
• Abu Ali ibn Sinoning «Tadbir al-manozil», «Burch haqida nsola»laridagi g'oyalar;
• Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Cho'lpon kabi progressiv ma'rifatparvarlaming sog'lom fikr, yaxshi xulq, madaniyatga intilish xislatlari to'g'risidagi g'oyalari;
• Abdulla Avloniy, Mahmudxuja Behbudiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Aburauf Fitrat, Cho'lpon asarlarida tarbiya masalalari;
• Tarbiya jarayonida ta'lim muassasalarining roli;
• Tarbiyaning asosiy mezonlari;
• Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari;
• Yuksak dunyoqarash va e'tiqod tarbiyasi;
• Mas'uliyat, iymon, vijdon, adolat va tarbiya;
• Mafkuraviy tarbiya oiladan boshlanadi;
• Bobolar va momolar tarbiyasi-savodxonlik maktabidir;
• Mahalla - tarbiyachi sifatida;
• Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli;
• «O'z kelajagimizni o'z qo`limiz bilan qurmoqdamiz» (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Turkiston» gazetasi muxbirlarining savollariga javoblari asosida);
• Har tomonlama barkamol, malakali yoshlarni voyaga yetkazishda jamiyatimizda qabul qilinayotgan islohotlar;
«Yusuf Xos Hojibning oilada ota-onalarning mavqei haqida;
• Zahiriddin Muhammad Bobur ilm ahli va axloqiy fazilat haqidagi qarashlari;
• Abdulla Avloniyning vatanparvarlik tarbiyasi haqida.
5. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida «tarbiya» kategoriyasiga berilgan ma'lumotlarni to'plang va tahlil eting.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning ma'naviy-ma'rifiy qarashlari aks ettirilgan asarlarini qunt bilan o'rganing.
7. Sharq va G'arb mutafakkirlarining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini o'rganish.
8. «Qush uyasida ko'rganini qiladi» mavzusida kichik esse yozing.
Axborot manbalari
1. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori - Ò., 1997 ó;
2. I. A. Karimov. Ma'naviy yuksalish yo'lida. - Ò.: «O'zbekiston», 1998.
3. I. A. Karimov. O'z kelajagimizni o'z qo'limiz bilan qurmoqdamiz. - Ò.: «O'zbekiston», 1998.
4. Xalqaro ochiq jamiyat institutining «Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish asoslari» dasturi. 2002 .
5. Çèìíÿÿ È.À. Ïåäàãîãè÷åñêàÿ ïñèõîëîãèÿ. - M: «Ëîãîñ», 2002.
6. Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, - Ò., 1996-ó. U8-119-betlar.
7. Tursunov I.Y., U.N. Nishonaliyev. Pedagogika kursi. - Ò., «O'qituvchi», 1997-y, 172-173- betlar.
8. Ãàëàãóçîâà MA. è äð. Ñîöèàëüíàÿ ïåäàãîãèêà. - Ì.: «Âëàäîñ», 1999, 416-ñòð.
7-MAVZU: MUSTAQIL O'ZBEKISTON RIVOJIANISHINING MA'NAVIY, AXLOQIY NEGIZLARI
Jamiyatimizning ma'naviy yangilanishida, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda, jahon hamjamiyatiga qo'shilishini ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimovning «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» (1992), «O'zbekiston: madaniyat, iqtisod, mafkura» (1996) asarlarida ma'naviyat, tarbiya masalalariga katta e'tibor berilgan. Mamlakatiraiz rahbari o'zining deyarli barcha nutqlari va asarlarida ma'naviyatga, tarbiyaga juda katta e'tibor qaratadi, ayniqsa, lining quyidagi fikrlarida buni yaqqol ko'rish mumkin:
«..Íàã qaysi davlat, har qaysi miliat nafaqat yer osti va yer usti boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o'zining yuksak madaniyati va ma'naviyati bilan kuchlidir», yoki Abdulla Avloniyning: «tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir» degan fikri asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko'ra muhim va dolzarbdir», - deydi Prezidentimiz o'zining «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin» nutqida.
Haqiqatan ham yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek: «..Ma'naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o'z-o'zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yotadi». Mamlakatimiz rahbarining «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» (1998) asarida mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlari, tarbiya sohasidagi vazifalarimiz o'z ifodasini topgan.
Asarda yoshlar tarbiyasiga e'tiborni kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy va ma'naviy sohada quyidagilarga e'tibor qaratilganligi ta'kidlanadi:
1) insonparvarlik g'oyalariga sodiqlik;
2) ma'naviy va axloqiylikni qayta tiklash;
3) qadimgi va zamonaviy madaniy boyliklarni, adabiyot va san'atni bilish hamda ko'paytirish;
4) milliy va madaniy boyliklarni bilish hamda rivojlantirish;
5) hur fikrlilik, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish;
6) ijtimoiy adolat qoidalarini ro'yobga chiqarish;
7) hamma uchun ma'qul tibbiy xizmat;
8) umumiy ta'lim olish, kasbni va tegishli maxsus tayyorgarlikni o'tishni erkin tanlashda barchaga barobar huquq berish;
9) ijodning barcha turlarini rivojlantirish;
10) milliy istiqlol g'oyasi tushunchalari asosida milliy mafkurani shakllantirish hamda uning asosiy tamoyillarini o'quvchilar ongiga singdirish.
Ana shu ma'naviy axloqiy negizlarning har birini yoshlarimiz ongida shakllantirish, ular ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilishning muhim omillaridan biridir. Prezident I.A.Karimov ta'kidlaganidek, milliy g'oya va istiqlol mafkurasi yurtimizda yashayotgan barcha kishilarning ma'naviy boyligiga dunyoqarashining negiziga aylanishiga erishish biz uchun eng asosiy maqsaddir.
Bu o'rinda O'zbekistonda rivojlanishining ma'naviy-axloqiy negizlari nimalardan iborat ekan? - degan savolning tug`ilishi tabiiy.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy taraqqiyoti bevosita uning ma'naviy-axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov qayd qilgandek, bu negizlar:
1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
2. Xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
3. Insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
4. Vatanparvarlikdan iboratdir.
Mustaqil O'zbekistonning kuch - qudrat manbayi - xalqimiz umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Umuminsoniy qadriyatlar adolat, tenglik, ahil qo'shnichilik va vatanparvarlik bo'lib hisoblanadi. Xalqimiz bu qadriyatlaming nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab - asrab kelmoqda. Insonparvarlik - bu o'zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Bugungi kunda hur va ozod xalqimiz barcha xalqlar va davlatlar tomonidan yaratilgan ma'rifatda, fan va texnikada, madaniyat va san'atda nimaiki yangi va ilg'or jihatlar bo'lsa, shunga dadillik bilan intilmoqda. O'zbek diyorida, tarixda ko'p marta bo'lganidek, yana yangidan o'zimizning betakror va ilg'or, iqtidorli va eng muhimi-insonlarga kerakli qadriyatlarimiz barpo etiladi.
Xalqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish - O'zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma'naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun va insoniyatning ulkan oilasida o'z mustaqilligint tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg'usi bilan birgalikda etilgan. Ma'naviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qardosh qiladi. Ularning taqdirini o'zaro hurmat asosida yaqinlashtiradi. Bizning ma'naviyatimiz asrlar davomida million-million kishilar taqdiri asosida shakllangan. Ma'naviyat taqdirning ehsoni emas. Ma'naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo'l bilan mehnat qilishi kerak. Xalqimizning xotirasi ajoyib nomlarga boy. Butun jahonga mashhur bo'lgan Beruniy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug'bek, Navoiy va boshqa ko'pgina allomalar ma'naviyati keng va ayni vaqtda qismati og`ir bo'lgan siymolardir. «Ma'naviyat-insonning, xalqning, jamiyatning, dav-latning kuch-qudratidir». Vatan va jahon madaniyatining, adabiyot va san'atning yutuqlari har bir oilaga yetib borishi uchun oilaning moddiy ta'minlanganligidan qati nazar qulay sharoitlar yaratish talab etiladi. Ijodiy xodimlarning ma'naviy kuchiga erkinlik berish, ularga har tomonlama yordam ko'rsatish ham katta ahamiyatga egadir.
Insonning o'zi va o'z oilasining baxt-saodati yo'lida mehnat qilishga shaxsan tayyor ekanligi uning ichki imkoniyatlarini tashkiletadi. Shaxs imkoniyatlari bizda juda chuqur asoslarga egadir Respublikamizda jahon fani va texnikasi, falsafa va huquq yutuq-larini egallab olgan va shu bilan birga o'z xalqiga sodiqligini saqlab qolgan kishilar juda ko'pdir. O'tkazilayotgan islohotlar respublika fuqarolarining mehnatsevarligi, ishbilarmonligi va fidoyiligini namoyon etishda ularga yangi imkoniyatlar ochib beradi. O'z-o'zini rivojlantirishga, o'zini kamol toptirishga bo'lgan intilish insotming g'ururini, uning haqiqiy fazilatlarini yuksaltiradi.
O'zbekiston fuqarosining vatanparvarligi - bu qayta o'zgarishlar yo'lini ko'rsatuvchi, ko'zlangan maqsaddan chetga chiqmay-digan yo'lchi yulduz, ishonchli komposdir. Xalqning vatan-parvarlik his-tuyg'ulari, uning ozodlikka va baxt-saodatga intilishi har bir o'zbekistonlik uchun muqaddas mazmun kasb etayotgan mustaqil O'zbekistonning davlat ramzlarida o'z ifodasini topgan. Davlatimiz ramzlari: bayroq, tamg'a, madhiya O'zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g'ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e'zozlash-o'zining qadr-qimmatini, o'z mamlakatiga va shaxsan o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkam-lash demakdir. Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik, o'zining qudratli ildizlari bilan o'z oilasining avlod-ajdodlarining nomus-origa chuqur ehtiromga, insonning shaxsiy vijdoniga, burchga va o'z so'ziga sodiqlikka borib taqaladi. Kishilarimizning vatanparvarligi hamma vaqt sevimli xalqning shon-sharafi, qadr-qimmati, madaniyati va an'analariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda o'z ifodasini topib keldi. Vatanparvarlik fuqarolar yakdilligi yosh va mustaqil O'zbekiston davlati barpo etilayotgan negizdir. Ayni shu narsa jamiyatni qayta o'zgartirish yo'lidagi qiyinchiliklarni yengib o'tishga, ham-jihatlik va hamkorlikka erishishga yordam beradi.
Ta'lim O'zbekiston xalqi ma'naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O'sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo'ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz tako-millashadi, keksa avlodlaming dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o'tadi. Bizning davlatimiz mutaxassislar tayyorlashning ilg'or jahon tajribasini faoliyatga keng tatbiq etadi. Avvalo, O'zbekistonning o'zida yuqori sifatli ta'lim uchun sharoitlar yaratadi. Bizning xalqimizning doimiy fazilati bo'lgan haqiqatni bilish yo'lidagi saboqni fan, texnika, texnologiya, boshqaruv va informatikada erishilgan jahon yutuqlarini o'zlashtirishga yo'naltirish kerak bo'ladi. Faqat ana o'shandagina O'zbekiston o'zining barcha boylik-larining chinakam egasi va haqiqiy madaniy davlat bo'ladi.
Bugungi kunda respublikadagi har bir o'quv dargohi o'zining ta'lim tizimini mukammallashtirishga harakat qilmoqda. Yangi avlod darsliklarining yaratilishi, ta'limda reyting tizimlarining joriy etilishi, turli yo'nalishlardagi nazoratlar, ta'lim jarayonida faol o'qi-tish metodlaridan foydalanish va boshqa shu kabi tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash joizki, har qanday ish uslubi joriy etilganda ham, o'quvchi shaxsi, uning bilimga intilishi, mustaqil mushohada qilishi, ma'naviy jihatdan o'sishi asosiy muammo bo'lib qolaveradi. Shaxsning har tomonlama rivojlani-shida kreativ belgilar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, fikrni kashf etishga, yangilik yaratishga qaratilgan faoliyat kreativlik sifati bilan bog'lanib tushuntiriladi. Kreativlik-shaxsning muhim tavsifiy belgisi bo'lib, u birovlarnikiga o'xshamagan tarzda, noyob, takrorlanmas fikrlashga imkon beradi. Bu ay-niqsa, mustaqillik sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy adabiyotlarda kreativlikning bir qancha tavsiflari mavjud. Amerikalik olim D. Veksler tavsifi eng qulay tasniflardan biridir. Uning fikricha «kreativlik» (lotincha «kreatio» - «noyob fikrlash» degan ma'noni bildiradi) fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bo'lishini taqozo etadi va shablonli, zerikarli fikrlashdan farq qilib, narsa va hodisalar mohiyatidagi o'ziga xoslik, noyoblik sifatlarini anglashga yordam beradi».
Ma'lumki nutq faoliyati tafakkur bilan uzviy va chambarchas bog'liqdir. Tafakkur-inson ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va hodisalar o'rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo'lishini ta'minlovchi umumlashgan va mavhumlashgan aks ettirish shakli bilan uzviy va chambarchas bog'liqdir.
Vilgelm Vund, S.L. Rubinshteyn, E. G'oziyev fikrlaricha «tafakkur va fikrlash jarayonlari bilish jarayonlari deb ham nom-lanadi.
«Nutq rivojlangan sari inson tafakkuri ham rivojlanib boradi». Zamonaviy o'qituvchining bugungi kundagi asosiy vazifasi o'quvchi shaxsining tafakkur va flkrlash jarayonlarining o'ziga xos tomoniarini ochishga, uni o'stirish yo'llarini topishga qaratilgan.
Oxirgi yillardagi fan kashfiyotlari shuni ko'rsatadiki, fikrlash jarayonlarini sinf sharoitida va sinfdan tashqari paytlarda ham o'stirish, bunga qisqa, qulay yo'llar bilan erishish mumkin.
Mustaqil rivojlanayotgan, erkin demokratik davlat qurilishiga o'z hissasini qo'sha oladigan, analitik va tanqidiy mushohada qilish qobiliyatiga ega, fikrlash jarayonida yangilik, noyoblik, qaytarilmaslik elementlarini o'zida mujassamlashtirgan tafakkur egasini, ijodiy parvoz, yangiliklarni kashf etishga har tomonlama qodir shaxsni, shakllantirish o'ta dolzarb masaladir.
Ma'lumki, tarbiya jarayonida kreativ qobiliyatning ahamiyatini ilmiy-nazariy asoslab bergan o'zbekistonlik olimlar: S.S. G'ulomov, Malla Ochilov, Vasila Karimova; rus olimlari: V. Platov, Yu. Geronimus, V. Burkov; amerikalik olimlar: M. Forverg, J. Moreno, J. Torndayk, E. Bernlarning qarashlari qimmatli ahamiyatga molikdir.
O'zbekistonda ta'lim-tarbiyani isloh qilishda ajdodlar merosidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa insoniyat tarixida odamlar ongi va shuuriga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik kabi yuksak g'oyalar urug`ini sepgan (Zardo'sht yarat-gan) «Avesto» kitobi, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy qarashlaridan, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G`ijduvoniy, Bahovud-din Naqshband, Najmiddin Kubro, Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta'limotlarida va xalq og'zaki ijodiyotimizda aks etgan komil inson g'oyalaridan, ta'lim-tarbiyaga oid qarashlaridan foydalanish samarali natija beradi.
Shunday qilib, har bir atomi bilan shiddatli taraqqiy etayotgan XXI asrda yoshlarni jamiyatning faol ishtirokchilari qilib tarbiyalash dolzarb masalalar qatoridan o'rin oladi. Bu muammo negizida yoshlarga nafaqat umumiy ma'lumot va tarbiya, balki foydali kasb-korga yo'nalish olishiga, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni o'z ichiga oluvchi yagona uzluksiz milliy ta'lim tizimini yaratish vazifasi qo'yilmoqda. Bunday vazifalarning yechimini topishda xalqning milliy-ruhiy turmush tarzi, ta'limdagi butun jahon va Sharq tarbiyasining pozitiv yutuqlari har tomonlama e'tiborga olinishi; Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimining tubdan qayta isloh qilinishi, o'quv muassasalarining yangi shakllarining rivojlanishi, malalakali kadrlar tayyorlash tizimi yangi xususiyatlarining takomillashuvi natijasida inobatga olinishi zarur. Zotan bunday vazifalar yechimini topish mamlakatning iqtisodiy, ma'rifiy va madaniy rivojlanishini yuksaltiradi hamda yoshlar ma'naviy-axloqiy e'tiqod va tushunchalarini shakllantirishga ko'mak beradi.
TOPSHIRIQLAR
1) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning mamlakatni rivojlantirishning ma'anaviy-axloqiy negizlari ko'rsatib o'tilgan asarlarini o'rganing.
2) Umuminsoniy qadriyatlar ularga sodiqlik mohiyatini tahlil
qiling.
3) Mamlakatimizda xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot to'plang.
4) Buyuk mutafakkirlar va allomalarimizning asarlaridan, odob-axloqqa oid qarashlaridan foydalangan holda tarbiyaviy tadbir uchun ishlanma tuzing.
5) Mustaqil O'zbekiston Respublikasi rivojlanishining ma'naviy, axloqiy negizlari to'g'risidagi tushunchaga ega bo'lish, ijtimoiy-ma'naviy sohada tarbiyaga e'tiboming kuchayishi masala-larini tahlil qiling.
6) Ta'lim-O'zbekiston xalqi ma'naviyatining yaratuvchisi sifatida ekanligini ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog`i orqali olingan ma'lumotlar asosida tahlil qiling. Mamlakatimizda shaxsning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilayotganligini hayotiy misollar bilan asoslab bering.