5-§.    KOMPYUTERLAR HAR JABHADA KERAK

 

            Prokuror uchun  kompyuter.   Huquqni himoya qilish organlarida axborot xizmati qanchalik yaxshi tashkil qilingan bo'lsa, jinoyatchilikka qarshi kurash shunchalik unumli bo'ladi.  Shahar prokuraturasi katta hajtndagi ma'lumotlarni tez tahlil qilish yangi usullari tomon qadam

tashladi.    "Interkvadro"   Rossiya-Fransiya-Italiya   qo'shma   korxonasi yordamida Omsk shahar prokuraturasida beshta zamonaviy kompyuterlar paydo bo'ldi.  Shaxsiy EHM da ishlashga o'qitiladigan kurslar tashkil etildi. Ularga o'z xizmat vazifalari tufayli zamonaviy axborot

texnikasi o'zlashtirishi zarur bo'lgan huquqni himoya qilish organlarini barcha xodimlari taklif etildilar. Ma'lum vaqtdan so'ng Omskda shahar prokuraturasi va ichki ishlar boshqaruv organlari kompyuter xizmat ko'rsatish yagona tizimi yaratildi.

             EHM po'lat erituvchi vazifasida. "Novokramotor mashinasozlik zavodi" birlashmasida kompyuter po'lat erituvchi sifatida ishlay boshladi. EHM xotirasiga elektroshlak qayta erituvchii usuli bilan po'latning ixtiyoriy markasini ishlab chiqamvchi dasturi kiritildi. Kompyuter po'lat erituvchining erituvchii vaqtini tezlashtiradi, texnologik jarayondagi xatolarni yo'qotadi va shu tufayli maxsus chidamli metall isrof bo'lishini kamaytiradi. Bundan tashqari, quyish uchastkasida shakli jihatidan tayyor detallarga maksimal yaqinlashgan quymalar olishga imkon beradi. Bu har yili yana 600 tonna metallni tejashga imkon beradi. Po'lat erituvchilarning uchta smenasi og'ir ishlardan ozod bo'lishdi.

            Kompyuter — sotuvchi. Samarqand viloyatining savdo boshqarma-sida hisoblash mashinasi ishga tushirildi. Unga buyum ayirboshlash reja-lari bajarilishi hisobini olib borish, bazalar va do'konlarda mollar ha-rakatini tekshirib turish topshirilgan. Xotiraga kiritish uchun ma'lumotlar teletayp orqali tashkilotlardan keladi.

            Kompyuter — qorovul. Avtomobil o'g'irlashning o'sishi tufayli AQSH da (1988-yilda 1.400.000 ta mashina o'g'irlangan, bu 1984-yilga nisbatan 11,2 foiz ortiq) Amerikaliklar zudlik bilan avtomobilni o'g'ir-lashga qarshi moslamalar sotib ola boshladilar. Ular shunchalik soddaki, o'g'rilar tezda avtomobil "himoyachisini" qurolsizlantirib o'z ishlarini davom ettirmoqdalar.

            Massachusets shtatidagi "Lodjak" korporatsiyasi taklif qilgan narsa o'g'rilarni boshi berk ko'chaga kiritib qo'ydi va minglab avtomobillarni saqlab qoldi. Gap mashinaga o'rnatiladigan, to'g'rirog'i berkitiladigan maxsus elektron qurilma ustida ketayotgan edi. Shunday elektron quril-ma bilan jihozlangan mashinalar haqida ma'lumotlar awaldan mirshab kompyuteri xotirasiga kiritiladi. Jabrlangan mashina egasining axborotidan so'ng operator aynan qaysi avtomobil o'g'irlanganini ko'rsatuvchi kla-vishlarini bosadi, kompyuter esa mirshab bo'limining tomiga o'rnatilgan antenna orqali o'g'irlangan avtomobilda yashirilgan elektron qurilma qabul qiladigan signal tarqatadi.

            Elektron qurilma signalni qabul qilgach, o'z navbatida, kodlangan signallar jo'nata boshlaydi... Hozircha tizim 12 dan to 25 kvadrat mil-gacha boigan radiusda ishlaydi. Signallar shu qadar aniqki, ular mir-shablarga o'g'irlangan avtomobilning harakat yo'nalishinigina emas, hat-to tezligi haqida ham xabar beradi. Qolgani esa mirshabning ishi. Uning mashinalari ratsiya orqali bir-birlari bilan aloqa o'rnatadilar va doim mashina o'g'risining mag'lubiyati bilan tugaydigan quvishni boshlaydilar. Yana, yaqin kunlarda, "Nyuyork tayms" ning yozishi bo'yicha, Mas­sachusets shtati Ueylend shaharidagi sotuvchiga 18 ming dollarga sotib olingan va o'g'irlab ketilgan "Shevrole Kamboro" si qaytarildi. Mir-shablar kodlangan signalni qabul qilgach etti daqiqadan so'ng avto-mashinani topdilar va o'g'rilar bilan birga qo'lga oldilar. Hozircha bu qurilma faqat Massachusets shtatida chiqarilmoqda va 500 dan 700 dollargacha baho bilan sotilmoqda. Avtomashina egalari va mirshablar-ning aytishicha, uning kelajagi porloq. Firma boshqa shtatlar mirshablari bilan shartnomalar tuzdi.

            Josuslik va kompyuterlar. "Yangi texnika yordamida josuslik san'ati". Amerikaning "Taym" haflanomasi ushbu sarlavha ostida D. Cherchning maqolasini bosib chiqardi. Quyida uning ba'zi qisqartishlar bilan bayoni beriladi.

            Bizning davrda uzatkichlar va uning mikrofonlari nina to'g'no-g'ichning qalpoqchasidek o'lchamga ega va ularni istagan joyga-devorga, shipga, kresloga, stulga, shaxsiy kiyimga o'rnatib qo'yish mumkin. Bu mikrofonlarni topib olish faqat ularning o'lchamlari juda ham kichikligi uchungina mushkul emas. Elektron yordamida "titish" yashirilgan mik­rofonlarni topishning kontakt usulidir. Qandaydir qurilma biror yuzaga, masalan, shubha qilingan devorga mikroto'lqinlarni yo'naltiradi; mik-roto'lqinlar kelib urilgan mikrofon faqat o'zi ishlayotgandagina o'zini aniqlab olinishi mumkin bo'lgan signalni tarqatadi. Zamonaviy maxfiy mikrofonlar ma'lumotni, masalan, 15 daqiqa davomida, faqat o'ziga yozib oladi va so'ng birdan qandaydir mikrosekund davomida qidiravchi odam mikroto'lqinlarni maxfiy mikrofonga yo'naltirmasa, uni topib bo'lmaydi. Kompyuterlar asrida maxfiy mikrofonlarni topish usullari har doim ham ish beravermaydi. Josuslik filmlarida ko'pincha qahramonlar radioda baland musiqani qo'yib, orqalarida krandan suvni shovullatib oqizib qo'ygach, o'zlari asta pichirlab gapirishadiyu, lekin agar tovushlar bir necha maxfiy mikrofonlar bilan qabul qilinsa, kompyuter har xil burchakli tovush izlarini bir-biri bilan solishtiradi, keraksiz shovqinlarni olib tashlab, ovoz tebranishlarini ajratib oladi. Amerikaning ko'p hukumat tashkilotlarida ishlagan radiosignallarni kompyuter vositasida kuchaytirish bo'yicha bir mutaxassis shunday ta'kidlaydi: "Plyonkaga yozilgan, lekin to'liq o'chib ketgan tovushni shunday qayta tiklash mumkinki, unda siz faqat shu tovushni eshitasiz". Mikrofonlarni elektryoyozuv mashinkalarida, chop etish uskunalarida va hokazolarda yashirib qo'yish mumkin. Ular klavish yoki «Selektrik» tipidagi mashinkalarining  chiqarayotgan tovushini  ushlab  va  elektron  tovushsifatida uzatishadi. Binodan tashqarida kimdir bu uzatmani qabul qilib, klaviaturada bosilgan matnni o'qib olishi mumkin. Yashirin mikrofon o'rnatuvchilar odatda oson topib olinishi mumkin bo'lgan qurilmalar qidirishadi. Bundan maqsad shuki, bu qurilmalar qidiruvchilar tomonidan osonlikcha topilgach, ularda soxta ishonch hissi uyg'onadi. Yashirin mikrofonlarning topib olinishi qiyinlashtirish yo'llaridan bin uzatkichda ishlatilib radioto'lqinlarni "berkitish" va uni panalab qo'yishdir. Buni oddiy radio va oynai jahon ko'rsatuvlarida qo'llaniladigan to'lqinlarga yaqin to'lqinlar ishlatish orqali amalga oshiriladi.

            Ikkinchi usul "sakrovchi to'lqinlar" ishlatishga asoslangan. Bu usulda ma'lumot daqiqa davomida ma'lum bir to'lqinda uzatiladi, keyin esa boshqa, keyin uchinchi to'lqinda, xullas, keng diapozonda uzatiladi. Ayniqsa, havo orqali axborot uzatadigan yashirin mikrofonlarni topish qiyin. Ular bino tashqarisida eshituvchi postga sim bilan ulanadi.

            Sim sifatida elektr tokini uzatuvchi ixtiyoriy narsani ishlatish mum­kin; bu xonaning tashqarisini bo'yashga ishlatiladigan metall bo'yoq, oddiy elektr liniyasi yoki hatto konditsionyer ventilatori. Bu mikrofon­larni elektron "titish" bilan topib bo'lmagani uchun, ularni topishda binoning yoki devorning har bo'lagini yerinmay rentgen bilan tekshirib chiqish kerak.

            Ba'zi eshitib olish usullari qo'llanilganda umuman mikrofon ishla-tilmaydi. Kompyuterlar binodan bir mil narida soyabonli avtomobilda turgan va radioto'lqinlarini qabul qilishi mumkin bo'lgan apparaturaga radioto'lqinlar uzatishadi. Bu to'lqinlarni keyin boshqa kompyuterlarga uzatishadi. Natijada kompyuter klaviaturasida urilgan va ekranida paydo bo'lgan so'z, shu daqiqadayoq soyabon tagidagi ikkinchi ekranda ham paydo bo'ladi. Bu usulni qo'llash mumkinligi haqida mutaxassislarning fikri bo'linayotir. Ayrim mutaxassislar fikricha, istagan elektronika ma-gazinidan taxminan 300 dollarga detallar sotib olib, malakali texnik sotuvchi apparatura yasab olishi mumkin. Konnektikut shtatidagi yashi­rin mikrofonlarga qarshi apparat ishlab chiqaruvchi "Feyrfild" kompa-niyasining prezidenti shunday deydi: "Balki shundaydir, lekin aniq tas-virni hosil qilish uchun butun bir laboratoriya uskunalari kerak". Eng g'aroyib texnika shundan iboratki, tovush to'lqinlari ta'sirida kuchsiz titraydigan ixtiyoriy yuzaga yoki derazaga nurlari yo'naltiriladi: Juda ham kuchsiz tebranishlarni lazer nuri payqaydi va ularni tovushga aylantiruvchi kompyuterga uzatadi.

            Josuslikka qarshi apparatura chiqaradigan "Interneshnl sekyuiti assoshieyts" konnektikut firmasining vitse-prezidenti Richard Xeffyernan hozirgi sharoitda bu usulni qo'llash mumkinligiga shubha bildirmoqda. Uning tushuntirishicha, derazaga faqat xona ichidan chiqayotgan to-vushlargina kelmay, balki bino tepasidan uchayotgan reaktiv samolyot-lar, ko'cha transporti, qushlarning sayrash tovushlari ham keladi. "Ko'p joylarda ko'chadagi shovqin darajasi yuqori bo'lganligidan derazalar tebranishidan ma'lumot olib bo'lmaydi" deydi u.

            Boshqa mutaxassisning aytishicha, mudofaa vazirligi lazer josus-ligidan etarli darajada xavotirda va uning uchun Pentagonning maxfiy suhbatlar olib boriladigan xonalarining devorlari lazer nurlarini chal-kashtirish uchun «oq shovqin» chiqarib turuvchi maxsus uskunalar bilan jihozlangan.

 

6-§. TABIAT, HISSIYOT, TAFAKKUR, TARAQQIYOT

 

            Inson yaratgan "mo'jiza" laming ko'plari hozirgi kunda hayoti-mizdan mustahkam o'rin oldi. Ularning aksariyatiga biz odatdagi narsa-lardek qaraymiz. Biroq ana shu "oddiy mo'jiza" larni yaratish uchun fan, texnika juda katta taraqqiyot yoiini bosib o'tdi.

            Ulug'vor ishlarni amalga oshiruvchi inson, Aristotel aytganidek, ta-biat kamchiliklarini to'ldiruvchi texnikani yaratishda qanday kuchlarga tayanadi? Shubhasiz, inson bu sohada o'z idroki va fahmi bilan yaratgan fanning buyuk qonunlariga asoslanib ish ko'radi. Rus aviatsiyasining otasi Jukovskiy: "Inson o'z qanotiga emas, balki fahm va idrokiga tayanib uchadi" -degan edi. Zotan, eng "aqlli" mashinalarni ham inson, uning hissiy va aqliy tafakkuri yaratadi.

            Kibernetikaning sarhadlari hali aniq belgilab chiqilmagani uchun uning ko'p jihatlari munozarali bo'lib turibdi, uning taraqqiyot yo'llari tugal ishlanmagan, lekin bu fanning hayot uchun, xalq xo'jalik tarmoq-lari uchun keltirayotgan nafi hech qanday shak-shubha tug'dirmaydi. Zotan, hozirgi zamon texnikasini avtomatlashtirishsiz tasawur qilish qiyin. Avtomatlashtirishning kelajagi esa fan-texnika taraqqiyotini odam-lar ongiga singdirish bilan bog'liq.

            Kibernetikaning tajriba sinovidan o'tgan xulosalari, barcha fanlar, jumladan, fizika, matematika, falsafa, elektronika, tarix va boshqa fan-larning xulosalari kabi hayotiy bo'lib qolmoqda. Kibernetika boshqaruv san'ati haqidagi fandir. Uning tarkib topishiga negiz bo'lgan asosiy masala-hisoblash mashinasi imkoniyatlari bilan tafakkurlash imkoniyatlarining o'zaro munosabati haqidagi masaladir.

            Odam tafakkuri! Tabiatning o'zi yaratib, yuksak darajada kamolotga yetkazgan boshqaruv bu! Tabiatning ko'pgina sirlari orasida, xususan, in-son rahiy faoliyatini o'rganish g'oyat murakkab. Shuning uchun ham bilimning bu sohasi uzoq vaqtlardan buyon fanda tekshirilmagan "oq dog'" bo'lib kelgani ajablanarli emas.

Xo'sh, elektron-hisoblash mashinasi xotirasining prinsipi qayerdan olingan? Bu savolga olimlarimiz bevosita inson miyasini tekshirib javob bermoqdalar.

            Odamning 14— 15mlrd asab hujayrasi va tanasida 10 trillion asab to-lalari mavjud. Matematiklar, yozuvchilar umuman aqliy mehnat bilan mashg'ul kishilarda miyaning ana shu hujayralaridan faqat 2 milliard-chasi xizmatda bo'lib, qolganlari esa zaxirada turadi.

            Bordiyu, uzunligi 100 metr, eni 20 metr va balandligi 4 qavatli binoga teng keladigan elektron-hisoblash mashinasi qurilsa, mana shu milliardlarcha lampa, integral sxema va boshqa apparatlarga ega bo'lgan mashina inson miyasidagi barcha neyronlarning vazifasini bajara olar-mikan? Taxmin qilishlaricha, bunday mashina miyamizdagi zaxira hujay-ralardan faqat 2 milliardchasining ishini bajara oladi.

            Olimlar mashinalar bilan inson organizmining o'xshashligidan foydalanib, miya modeli asosida tezkor ishlaydigan mashinalar yasash mumkinligini aytmoqdalar.

            Odam miyasiga turli taassurotlar, sezgilar, ko'z, quloq va boshqa organlar orqali tinimsiz kelib turadi va uzoq vaqt saqlanadi.

            Demak, inson miyasi elektron-hisoblash mashinasidan xohlagan operatsiyani hech qanday programmasiz bajarishi bilan farqlanadi. Juda ko'p miqdordagi programmani eslab qolib, kerakli masalalarni yechib bera oladigan EHM larni loyihalash mumkin, albatta. Biroq buning uchun shunday ko'p mablag' sarflash kerakki, amaliy jihatdan o'zini oqlamaydi. Miya esa axborotlarni yig'ib borishi bilan o'z "programmasi" ni o'zgartirib, mustaqil tarzda o'z xatti-harakatlari uchun yangi programmalarni tuza bilishdek ajoyib xususiyatni o'zida mujas-samlashtirgan. Hozirgi vaqtda ana shunday xususiyatlarni bir muncha o'zida aks ettira oladigan, ya'ni o'z-o'ziga ta'lim bera oladigan ayrim mashinalar ixtiro qilinmoqda. Bunday mashinalar hayot sinovidan o'tmoqda.

            Inson psixikasining sirli tomonlaridan biri hissiyotdir. Tashqi muhit, umuman hayot taassurotlar bilan to'lib-toshgan. Shunday ekan, taassurot hissiyotsiz bo'lmaydi, albatta. Qanday hissiyot bo'lsa, shunday amaliyot bo'ladi.

            Taassurotning kuchiga, kishining hissiyotiga qarab L.N.Tolstoy ko'zning 85 xil, kulgining 97 xil turini kuzatgan. Leonardo da Vinchi yi-g'ining sababiga qarab qoshning chimirilishi ham har xil bo'ladi, degan.

            Ammo hissiyot hammada bir xil bo'lavermaydi. Hissiyot alomatlari kishining individual psixikasiga bog'liq. Ayrimlar esa aksincha, "toshga suv" sachraganday nazar-pisand qilmaydi. Balzak Austerlis jangini tas-virlar ekan, go'yo urush maydonini ko'rib, yaradorlarning oh-faryodlarini eshitib turgandek hayajonga tushgan, M. Gorkiy "Okurov shaharchasi" qissasini yozayotgan chog'ida stoldan chalqanchasiga yiqilib tushgan ekan. Shunda xuddi uning ko'ksiga ham pichoq sanchilganday bo'lgan.

            Shuningdek, xushsuratlik, nafis san'at va adabiyot, kishi qalbini to'lqinlarga soluvchi muloyim musiqa inson rahiyatida ijobiy xislatlarni uyg'otuvchi kuchlardan hisoblanadi.

            Psixikaning bardam bo'lishi ongga, saviyaga bog'liq. Chunonchi, Gyote balandlikdan qo'rqar, Demosfen duduq, Bayron esa oqsoq ekan. Mashaqqatli mashqlar tufayli biri cho'qqisevar, ikkinchisi biyron gapi-radigan, uchinchisi esa tekis yuradigan bo'lgan. Arximedning tishi og'-risa, u matematika bilan shug'ullanib, og'riqni unutib qo'yar ekan.

            Umuman, hissiyotning-sezgi a'zolarining vujudga kelishi hamda his-siy in'ikos va uning shakllari haqida buyuk mutafakkirlar Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy kabi alllomalarning ilmiy merosida ajoyib fikrlar ilgari surilgan. Forobiyning ta'kidlashicha, sezgi-seziluvchi narsa tabiatga bog'liq, agar narsa sezgi a'zolariga kuchli ta'sir qilsa, uning obrazi uzoq saqlanadi.

            Insonda sodir bo'luvchi hissiyot-sezgi, his-tuyg'ular hech qachon insonning o'z qo'li bilan yaratilgan, uning ko'rsatmasi bilan ishlovchi mashina va xususan EHM ga xos emas. EHM uchun qobiliyat va hayot sirlarini ochib berish, xalq ommasi bilan chambarchas aloqada bo'lish kabi xislatlar mutlaqo yotdir.

            Iqtisod fanlari nomzodi A.Vishnevskiy "hisob bo'yicha tanlangan sevgi" ("Komsomolskaya pravda", 1975-yil, avgust) degan maqolasidasevgi bilan amalga oshirilgan nikoh yaxshimi yoki hisob bilan amalga oshirilgan sevgi yaxshimi, degan muammoni ko'targan edi.

            Albatta, sevgi bilan amalga oshirilgan nikoh afzaldir. Bunga shubha yo'q. Sevgi asosida nikoh qurish insoniyatning nisbatan yaqin vaqt ichida erishgan yutuqlaridan biridir. Bir uchrashishdayoq turmush qurishga ahd qilib, tezda oilani buzib ketayotgan yoshlar uchun EHM yordamiga murojaat etish mumkin. Oila qurgandan so'ng bo'ladigan ikir-chikirlarni hech qanday EHM hisoblab, oldindan aytib bera olmaydi.

            Tafakkurlash-mutlaqo qolipga solingan, matematik formulalar maj-muasi bo'lmay, insonning butun aqliy faoliyati bilan boshqarib turiladi. Ma'lumki, biror-bir masalani EHM da hal etish uchun uning algoritmi, ya'ni mavjud masalani hal yetishning ketma-ketligi ishlab chiqiladi. Am­mo shu narsa aniqki, aqliy jarayon algoritmlar tasarrufiga topshirib qo'yilgach, endi aql-farosatning aralashuvi talab qilinmaydi. Algoritm inson tafakkurini shu jarayonni nazorat qilib va boshqarib turish vazi-fasidan xalos etib, bu ishni tamoman mashinaga topshirib qo'yadi. Bino-barin, biz avtomat bevosita inson tafakkurining nazorati va boshqaruvida bo'lgan sohalarni birin-ketin egallab olganining guvohi bo'lib turibmiz.

 

7-§.  KOMPYUTER VA TIL

 

            Insonlar orasidagi eng muhim vositachi hisoblangan til va u haqdagi fan-tilshunoslik (lingvistika) keyingi 30—35 yil ichida ancha murak-kablashib ketdi.

            Insoniyat 1950-yillardan boshlab hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi davriga qadam qo'ygan ekan, shu vaqtdan e'tiboran ilmiy-tex­nika taraqqiyoti boshqa fanlar qatori, tilshunoslik oldiga ham katta ahamiyatga ega bo'lgan vazifalar qo'ydi. Bunday muammolarni oqilona hal etish uchun tilshunoslikning matematika bilan, kibernetika va uning moddiy texnika bazasi hisoblangan elektron-hisoblash mashinalari bilan aloqasini yo'lga qo'yish va mustahkamlash lozim bo'ladi.

            EHM laming ish ko'lami yildan-yilga kengayib bormoqda, Yaqin kelgusida elektron-shoir yoki elektron-bastakorni tinglashimiz mumkin bo'ladi. Albatta, mashina va bularning hammasini inson yordamida u tayyorlab bergan programma asosida bajaradi. Xo'sh, "aqlli" mashinalardan tilshunoslik masalalarini hal etishda ham foydalanish mumkin emasmikan?

            Yozma va og'zaki nutqni tahlil qilishda hisoblash texnikasining yor­damiga suyanishga qanday ijtimoiy-madaniy yoki xalq xo'jaligi ehtiyoji sabab bo'ladi? degan savol tug'ilishi mumkin. Bunga birinchi sabab, -yer yuzi aholisining o'sishi tufayli vujudga keladigan xalq maorifi muam-mosidir. Demograf (aholishunos) olimlarning hisoblashlaricha, 2010 yil-dagi yer yuzi aholisi 7—7,5 mlrd kishiga etadi. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, o'quvchi va talabalar nufuzi taxminan 1,5—2 mlrd ga yetadi. Bu hoi o'rta va oliy ta'lim muassasalarining sonini keskin orttirishni va shunga munosib ravishda, o'qituvchilar sonini orttirmagan holda o'qi-tish-o'qish ishlarini yaxshilash chorasi bormi?- degan savolni tug'-diradi. Ha, bor ekan. Buning uchun programmalashgan ta'limni amalga oshira oladigan, "o'qituvchi kadr" laming o'mini bosa oladigan elektron ("aqlli") mashinalar zarur bo'ladi. Binobarin, yozma va og'zaki nutqni tahlil qila oladigan, o'qita oladigan, imtihon ola biladigan "aqlli" ma­shinalar yaratish kerak bo'ladi. Agar shunday mashina yaratilsa, o'qi­tuvchi hozirgiga qaraganda ko'proq o'quvchilarga dars berishi, shuning-dek, o'quvchilaming tarbiyasi bilan shug'ullanishga ko'proq vaqt ajratishi mumkin bo'ladi.

            Ikkinchi muammo axborot tarjima mashinalari yaratish bilan bog'liq.

Hozir dunyoda million xil ko'rinishdagi ilmiy yangilik-axborot mav­jud bo'lib, ulaming tavsifi muntazam ravishda ko'p tillarda berib bo-riladi. Bundan tashqari, har yili yarim millionga yaqin yangi hujjat qayd qilinadi. Shu qadar ko'p ilmiy va ishlab chiqarish axborotini o'n minglab malakali ekspertlar qat'iy sistemalashtirishlariga qaramay, bir mamlakat-da amalga oshirilgan ixtirolar boshqa mamlakatlar olimlari tomonidan qayta-qayta kashf etilmoqda. Aftidan, hozir biror yangilikning ixtiro qi-linganligi yoki qilinmaganini surishtirib bilishdan ko'ra uni yangidan kashf qilish osonroq bo'lib qoldi. . .

            Bugungi kunda dunyo bo'yicha 60 tilda 100.000 dan ziyod ilmiy-texnika jurnallari nashr etilmoqda.

            Toshkentdagi Navoiy nomli O'zbekiston Respublikasi Davlat kutub-xonasining fondi har yili taxminan 230.000 ta nusxaga ortmoqda. Ammo bu yerda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashning yetarli yo'lga qo'yil-maganligi sababli ulaming 30—35 foizga yaqini o'z vaqtida kitobxonlarga yetkazib berilmayapti.

            Binobarin, ilmiy axborot materiallarini eski usullar bilan tez va maqsadga muvofiq tarzda ishlab chiqarish imkoni bo'lmayapti. Endilikdahar qanday ilmiy-texnika axborotini keng kitobxonlar ommasiga o'z vaqtida, tez va oson yetkazishning birdan-bir yo'li materialni tarjima va annotatsiya qiladigan elektron mashinalarni yaratish va ulardan foyda-lanishdir.

            Odatda, biror tilni o'rganayotganda, o'sha tilning lug'at boyligiga murojaat qilinadi. Lekin har bir tilning lug'at boyligida ming-minglab so'z bo'lib, ularning hammasini yodda saqlab qolish mumkin emasligi ta-biiy. Shu sababli, o'rganilayotgan tilning dastlab eng asosiy, tez-tez qaytalanadigan so'zlarini o'zlashtirishga kirishilinadi va asta-sekin so'z boyligi ortib boradi.

            Biror tilning ilmiy jihatdan chuqur, amaliy jihatdan talabga to'la javob beradigan so'z statistikasini yoki grammatik statistikasini, chastotali lug'atni yaratish yoki tovush birikmalarini o'rganish murakkab masala bo'lib hisoblanadi. Chunki birgina hozirgi o'zbek tilining chastotali lu-g'atini yaratish uchun, awalo, umummilliy adabiy tilning barcha asosiy janrlarini (vaqtli matbuot, badiiy adabiyot, ilmiy-ommabop adabiyotlar, bolalar adabiyoti, jonli so'zlashuv tili va boshqalarni) statistika usulida to'liq o'rganib chiqish zarur. Bunday masalalarni qo'l kuchi bilan hal etish juda murakkab va mashaqqatli ish bo'lib, mutaxassislar bu ishda EHM dan foydalansalar, ham vaqtdan yutiladi, ham ish kuchi tejaladi deb ta'kidlamoqdalar.

            Biror til yoki nutqni tadqiq yetishda dalillarni, misollarni to'plash va ularni tartibga solishning o'ziga ancha vaqt ketadi. Shu yerda ba'zi misollarni keltirish o'rinlidir, masalan E.A.Shteynfeldning "Hozirgi rus adabiy tili chastotali lug'ati"ni (40600 so'zlik) yaratishda 300 kishi ishtirok etgan. Shunga qaramay bu lug'atni mukammal deb bo'lmaydi.

            Til yoki nutqni EHM yordamida tadqiq yetishning qanchalik mu-himligini quyidagi birgina misoldan ham bilsa bo'ladi. Masalan, Qozo-g'iston Fanlar akademiyasi Tilshunoslik institutida professor K.B.Bektaev rahbarligida ishlagan muhandislar lug'atni ellik soatda tuzib chiqqanlar. Vaholanki, shu ish qo'l kuchi bilan bajarilsa, o'sha lug'at ustida o'n yil ishlangan bo'lar edi.

            Italyan matematigi Bezenning hisoblashicha, lug'at tuzishda 40 kishining qo'lda bajariladigan ishini EHM da bir kishi qilishi mumkin.

            Hozirda elektron-hisoblash mashinalari murakkab operatsiyalarni juda katta tezlik bilan bajarmoqda. Chunki, mashinaning bir daqiqalik ishini bir kishi 10 yildagina bajarishi mumkin.

            Tilshunoslikda matematik statistika usullarini tatbiq etishning ikki bosqichi mavjud. Birinchi, quyi bosqichda matnlarni kombinatsiya-lashtirish va statistik tavsiflashda EHM dan foydalaniladi. Ikkinchi, yuqori bosqichda esa EHM da so'zlaming ma'nosi va uslubi bilan bog'liq masalalarni hal etishda, matnlarni avtomatik indekslash, anno-tatsiyalash, mashina tarjimasi va shunga o'xshash ishlarda foydalaniladi.

            Adabiy til lug'atlarini va grammatikasini tuzish, shuningdek, adabiy va tarixiy yodnomalar tavsifini tayyorlashga ketadigan vaqtni kamay-tirishda, yuqorida ta'kidlanganidek, elektron-hisoblash mashinalarining roli katta. Ammo buning uchun inson bilan kibernetik apparat o'rtasida "nutqiy aloqa" ning til tomonini, ya'ni lingvistik asoslarini chuqurroq ishlab chiqarish lozim bo'ladi.

            EHM xotirasiga kiritilishi lozim bo'lgan so'zlar, shuningdek, bu so'zlar o'rtasidagi o'zaro bog'lanishning grammatik qoidalari mashina uchun tuzilgan programmada qat'iy matematik ko'rinishga ega bo'lgan-dagina inson tomonidan topshirilgan vazifalarni mashina aniq bajarishi mumkin.' Bunda tilchi bilan kibernetik muhandis oldida matnlarni an-notatsiyalash, mashina tarjimasi uchun programma tuzish va tilni mate­matik tadqiq qilish kabi jiddiy masalalarni hal etish vazifasi turadi.

            Matnlarni avtomatik qayta tuzish va mashina tarjimasini amalga oshirishda bir qator qiyinchiliklar bor. Jumladan, EHM xotirasining cheklanganligi, mantiqiy usullar va metodik qoidalar sistemasining chek-langanligi hamda ishning murakkabligi shunday qiyinchiliklar jumlasiga kiradi.

            Fan tarraqqiyotining hozirgi darajasi til hodisalarining ko'pgina nazariy va amaliy masalalarini aniq usullarda hal etishni talab qiladi. Bu vazifalarni matematik, kibernetik usullarsiz bajarish mumkin emas.

            Modomiki shunday ekan, hozir muhandis va matematiklar kiber­netik usullarni qanchalik o'zlashtirib olgan bo'lsalar, har bir tilshunos ham o'sha usullarni shunchalik egallab olishi kerak. Bugungi kundagi til­shunoslik ilmining taqozosi ana shunday.

 

 

VI BOBGA OID OLINGAN BILIMLARNI CHUQURLASHTIRISH UCHUN SAVOLLAR

 

1.   Axborot nima?

2.   Axborotni qayta ishlash usullari.

3.   Axborot va jamiyatning munosabati.

4.   Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini tushuntirib bering.

5.   Qog'ozsiz texnologiya nima?

6.   Telemajlislar texnologiyasini aytib bering.

7.   Kompyuter, axborot texnologiyalari sohasida xorij mamlakatlari bilan qanday hamkorliklar amalga oshirilmoqda.

8.   Axborot biznesi nima?

9.   Axborot biznesining paydo bo'lish tarixi.

10. L.Dzem tizimining qanday segmentlari bor?

11. Axborotga R.U.Emerson ta'rifi.

12. Inson-mashina tizimining mazmuni va mohiyati.

13. Inson qobiliyatining kompyuterlarga o'tkazish muammolari.

14. Boshqaruv    tizimiga    «yuqoridan»    va    «quyidan»    keladigan axborotlar.

15. Boshqaruv tizimiga kelib tushadigan axborotlarni aniqlashtirish yo'llari.

16. Kompyuter texnologiyasidan foydalanish jabhalarini sanab o'ting.

17. Kompyuterlar xotirasining mazmuni qayerdan olingan?

18. Inson tafakkuri va kompyuterning mutanosibligi.

19. Inson hissiyoti va kompyuter.

20. Kompyuter texnologiyasi va tilshunoslik (lingvistika).

21. Kompyuter texnologiyasi va tarjima masalalari.

 

VII bob.  INFORMATSION TEXNOLOGIYA KELAJAGI

 

l-§. KICHIK, O'RTA VA XUSUSIY BIZNESNI AXBOROT

 BILAN TA'MINLASH

 

            Ko'pchilik kichik biznesni yirik biznesdan farqi xuddi bola va katta odam farqidek tasawur etadi. Bu, albatta, to'g'ri emas. Hozirgi zamon tajribasi shu narsadan dalolat berayaptiki, qaysi mamlakatda kichik biz-nes taraqqiy etgan bo'lsa, shu mamlakat taraqqiyoti yuqori bo'ladi. Dunyoning turli xil mamlakatlarida kichik biznesning mezonlari turli xildir. Ishlovchilar soni 20 dan 30 gacha bo'lsa—kichik korxona, 100 dan 400 gacha bo'lsa—o'rta korxona, 500dan ortiq bo'lsa—yirik korxona deb yuritiladi.

            Dunyoning etakchi davlatlarida kichik biznes ko'rsatkichi 86 foizni tashkil etadi. Shuning o'zi kichik biznesning hayotda tutgan o'rnini yaqqol belgilaydi.

            Iqtisodni isloh qilishning samarali yo'llarini qidirib, gigant, bahaybat katta korxonalar oldida turgan qiyinchiliklardan voz kechib, asosiy e'tibor kichik va o'rta tadbirkorlikni rivojlanishiga qaratilmoqda. Kichik va o'rta biznesning xalq xo'jaligi tarmoqlarini taraqqiy ettirishdagi ahamiyatini chuqur xis qila boshlaganligimiz juda ko'p reja va xohishlarimizni yana va yana qaytadan ko'rib chiqishimizni talab etmoqda.

            Kichik va o'rta biznes hozirgi zamon iqtisodiy tizimida asosiy rolni o'ynab, nafaqat iqtisodiy, muhim ijtimoiy masala bo'lib hisoblanib, bandlik muammosini samarali hal etadi, servisli xizmatlar infrastrukturasini barpo etadi, yirik biznesni rivojlanishiga asos yaratadi.

            Rivojlangan mamlakatlarda yillar davomida paydo bo'layotgan biz­nesni qo'llab-quwatlash uchun tashkiliy, moliyaviy va informatsion-kon-sultatsion tizimlar ishlab chiqilgan. Hatto shunday shart-sharoitda ham yangi bunyod etilayotgan kichik va o'rta biznes korxonalarining yar-midan ko'pi oyoqqa turolmay birinchi yiliyoq o'z faoliyatini to'xtatadi.

            Shuning uchun hali tajribasi kam bo'lgan sharoitda, kichik va o'rta biznesni rivojlantirish, oyoqqa turg'izish oson ish emas, albatta.

            Shu sharoitda kichik va o'rta biznesni oyoqqa turg'izish, rivoj-lantirish bo'yicha, tashkiliy, moliyaviy va informatsion-konsultativ ti-zimni ishlab chiqishdagi davlatimiz rahbariyati olib borayotgan siyosat, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish o'ta muhim ahamiyat kashf etadi. Xuddi shu maqsadda 1997-yil mart oyida kichik va o'rta tadbirkorlikni rag'batlantirish bo'yicha Respublika koordinatsiya kengashi tashkil etil-gan edi. Ma'lumki ushbu kengashga u yoki bu darajada tadbirkorlikni rivojlantirishga oid davlat siyosatini ishlab chiqishga daxldor bo'lgan lavozimdagi shaxslar, hamda xalqaro moliyaviy institut va tashkilot ham a'zodirlar. Respublikamizning hamma viloyatlarida koordinatsiya ken­gashi qarorlarini viloyat va tumanlarga yetkazib, uning bajarilishini ta'minlashga yordam beradigan hududiy ishchi komissiyalari bunyod etilgan.

            Kengash tarkibida tadbirkorlar orasida informatsion va tushuntirish ishlarini olib boradigan, tadbirkorlar uchun biznes-reja, monitoring, in-vesttitsiya loyihalarini tanlash va nihoyat investitsiya loyihalari amalga oshishini xisobga olish va nazorat qilishga javobgar bo'lgan beshta ishchi guruhi tashkil etilgan.

            Koordinatsiya kengashi ishi boshlamasdan oldin Kengash, uning xududiy bo'linmalari faoliyatiga oid qonuniy-huquqiy masalalar aks et-tirilgan maxsus to'plam tayyorlangan.

            Tadbirkorlarni informatsion ta'minlash ishlaridan muhimi Ken-gashning viloyat va tumanlarda tayanch informatsion-konsultativ punkt-larini tashkil etilishi bo'ldi. Bunday punktlarning tashkil etilishidan bo'­lgan maqsad tadbirkorlarni biznes rivojlanishi uchun kerak bo'lgan axborotlarni kompyuter elektron tarmog'i orqali ta'minlash bo'lib hi-soblanadi. Hozirgi kunda tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi 148 ta kompyuter tarmog'iga ega. Hamma gap shundaki, tad­birkorlar mavjud axborot bilan to'liq ta'minlanmay kelayaptilar. Ayniqsa, chet el kredit resurslaridan foydalanish yo'llari, Yevropa banki, Osiyo banki haqidagi ma'lumotlari yetishmay kelayapti. Kichik va o'rta biznes uchun kerak bo'ladigan xom ashyo haqidagi, kreditlar olish mexanizmi to'g'risidagi ma'lumotlar tayanch punktlarga to'xtovsiz kelib turishi kerak.

            Albatta, davlatlararo ilmiy-texnikaviy axborot almashishi va uni tashkil etish Davlat ahamiyatiga ega bo'lgan muhim masaladir.

            MDH mamlakatlari bilan davlatlararo ilmiy-texnika axboroti alma-shinishi   O'zbekiston   Respublikasining   29.12.95   yilda   qabul   qilingan

"Xalqaro shartnomalar to'g'risida" gi qonunini amalga oshirishning sha-kllaridan biridir. Ushbu qonunning 7-moddasida bunday almashinishning huquqiy bazasi idoralararo shartnomalardan iborat deb ko'rsatilgan.

            Ilmiy-texnika axboroti bilan davlatlararo almashinishning naqadar muhimligi bugungi kunda hech kimda shubha uyg'otmaydi. Hech bir davlat boshqa mamlakatlarning axboroti va tajribasini hisobga olmay turib ishlanmalarning hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuqori ilmiy-texnik saviyada va ilmiy tadqiqotlarning natijalari raqobatlasha oladigan darajada bo'lishini ta'minlay olmaydi.

            Axborotni tijorat asosida yoki bepul tarqatish bo'yicha jahon tajribasi bunday hollarda xalqaro elektron tarmoqlardan foydalanilishni ko'rsa-tadi.

            Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi va MDH mamlakatlari o'rtasidagi ilmiy-texnika, asosan qog'ozlar vositasida amalga oshiril-moqda.

            MDH mamlakatlari bilan davlatlararo ilmiy-texnikaviy axborotlar almashinuvi sohasida qator shartnoma va bitimlar tuzilgan. Jumladan, Qozog'iston, Qirg'iziston respublikalari ilmiy-texnika axboroti milliy markazlari, Rosssiya Federatsiyasi fan va texnika siyosati vazirligi, Bu-tunrossiya ilmiy-texnika markazi, Moldova Respublikasi texnik-iqtisodiy axborot ilmiy tadqiqot instituti, Birlashgan millatlar tashkilotining O'z-bekistondagi Vakolatxonasi o'rtasidagi shartnoma va bitimlardir.

            Ushbu shartnomalarning umumiy prinsipial asoslari quyidagilardan iborat:

            -   axborot  sohasida mintaqaviy va davlatlararo hamkorlik uchun zarur sharoitlarni yaratish;

            -  muntazam ravishda axborot bilan almashinib turishni ta'minlash va milliy axborot resurslarini tashkil yetish;

            -   axborot   sohasidagi  hamkorlikni  bozor  asoslariga  o'tkazish  va axborot  mahsulotlari va xizmatlarini tijorat  asosiga  o'tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish.

            Markaziy Osiyo davlatlarining ilmiy-texnika axboroti organlari o'rtasida o'zaro ilmiy-texnika axboroti bilan almashinish bo'yicha min­taqaviy hamkorlikka alohida ahamiyat beriladi. Bu borada qator ba-yonnomalar imzolangan, jumladan, Markaziy Osiyo respublikalari mil-liy-texnika axboroti milliy organlarining axborot nashrlari bilan o'zaro almashinish bo'yicha; analitik va axborot materiallari bilan o'zaro alma­shinish bo'yicha; Markaziy Osiyo respublikalarining milliy ilmiy-texnikaaxboroti bo'yicha bazalari va ma'lumotlar bankini almashinish bo'yicha, yagona axborot makonining tashkil etilishini ta'minlaydigan, fan va tex-nika sohasida samaralf davlatlararo hamkorlikka ko'maklashadigan Mar-kaziy Osiyo davlatlari ilmiy-texnika axboroti milliy tizimlari kuch-g'ay-ratlarini birlashtirish dasturlari loyihasi bo'yicha tuzilgan, tasdiqlangan bayonnomalar.

            Qozog'iston, Qirg'iston, Moldova, Armaniston, Ozarbayjon, Ukra-ina respublikalari bilan barter asosida axborot bilan almashinish yo'lga qo'yilgan.

            Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqa doirasida axborot bilan almashinish O'zbekiston Respublikasining jahon ilmiy-axborot majmuiga qo'shilishi yo'lidagi faqat birinchi bosqich ekanligini tushungan holda uzoq chet ellar bilan amaliy aloqa o'rnatishga harakat qilindi.

            O'zbeksitonga Informatika va axborot texnologiyalari milliy tadqiqot markazi-SMD (Gyermaniya) "Ilmiy-texnika axboroti sohasida Markaziy va Janubiy YevropaG' MDH da zamonaviy axborot texnologiyalarini o'rganish va qo'llanish" loyihasining bosh muvofiqlashtiruvchisi amaliy tashrif buyurgan. Olib borilgan muzokaralar natijasida O'zbekiston va SMD o'rtasida O'zR axborot xizmatlari va elektron ma'lumotlar bazasi, to'g'risida axborot to'plash va SMD ga taqdim etish, shuningdek, O'zbekistondagi avtomatlashtirilgan axborot resurslarining holati to'g'­risida yakuniy hujjatni tayyorlashda ishtirok etish bo'yicha kontrakt imzolangan.

            Shu bilan birga mintaqaviy va xalqaro axborot sohasidagi hamkorlik nisbatan yangi soha bo'lib, dastlabki bosqichlarda kamchiliklar bo'lishi muqarrar. Bizningcha, quyidagilarni shunday kamchiliklar qatoriga kiritish mumkin:

            1.  O'zR da yagona davlat ilmiy-texnika axboroti tizimining   oyoqqa turmaganligi.

            2.  Dastlabki axborotni yig'ish, to'plash, qayta ishlash, tahlil qilish va uzatish, shu asosda yangi axborot mahsulotlari va ximzatlarini sintez qilish   jaryonlarini   texnologiyalashtirish   va   avtomatlashtirish   uchun instrumental vositalarining yetishmasligi.

            3.  Axborot mahsulotlarini tijorat asosiga muvaffaqqiyatli o'tkazish uchun mutaxassislarning bozor mexanizmlari (jumladan, marketing, me-nejment va umumiy iqtisodiy bilimlar) sohasidagi malakasining yetarli emasligi.

            4. MDH mamlakatlari va jahonning boshqa mamlakatlari bo'yicha davriy va nodavriy nashrlar tizimlarining komplektlangan fondlari yo'q-

ligi.

            Hozirning o'zida fanlarni o'rganishda kompyuterlardan bevosita darslarning o'zida foydalanib bo'lmaydimi degan savol tug'ilishi mum-kin. Albatta, mumkin. Lekin buning uchun hisoblash texnikasi bazasi va dasturiy vositalarning mavjudligi jihatidan sharoit yaratilgan hamda mashg'ulotlarni olib bora oladigan malakali o'qituvchi bo'lishi kerak. Ayrim fanlarni chuqur o'rganuvchi sinflarda va bo'lib-bo'lib o'qitiladigan fanlarda, birinchi navbatda, kompyuterlarni qo'llash imkoniyati yara-tiladi, kompyuterlashtirilgan sinfdagi mashinalar soni bunga imkon beradi. Dasturiy vositalarda hali ancha yetishmovchiliklar, qiyinchiliklar mavjud. Dasturiy vositalarni maktablarga etkazib berish masalasi hozircha to'la hal etilmagan muammodir. U katta harajatlarni talab etadi, ammo xalq ta'-limi vazirligi tomonidan bu sohada bir qator tadbirlar rejalashtirilib, amalga oshirilib kelinmoqda. Ma'lum miqdorda moddiy mablag'ga ega bo'linganidan so'ng dastur vositalarini viloyat o'qituvchilar malakasini oshirish institutlari orqali ko'paytirib, tarqatish joizdir. Bu ish ahvolni ancha tartibga soladi va qaysi maktabda nima bor, u nimaga muhtojligini bilishga zarur bo'lganda uslubiy yordam berishni kechiktirmaslikka im­kon beradi. Shu o'rinda respublikamiz va viloyatlar bo'yicha dastur vo­sitalarining katalogi tashkil etilishini hamda matbuot orqali muntazam ravishda berib borilishini taklif yetish mumkin.

            Hozirgi bosqichda kompyuter qo'llaniladigan mashg'ulotlarning sa-maradorligini oshirishda nazorat qiluvchi, bilim darajasini tekshiruvchi, modellash ko'magi va ko'rgazmalilikni oshiravchi dasturlar tayyorlash maqsadga muvofiq. Bu turdagi dastur o'quvchilar bilimini aniqlash, dars­larning ko'rgazmaliligini oshirish va materiallarni takrorlashda qo'l ke-ladi.

            Yaponiya hayotini chuqurroq o'rganar ekanmiz, g'alatiroq tuyu-luvchi fikr-tuyg'ular kishini qamrab oladi. Masalan, boshqaruv ishlarida qancha shaxsiy xonalar, kotiblar kerak degan savol tug'iladi. Olib boril­gan tahlillar Yaponiyadagi juda ko'p tashkilotlardagi rahbar xodimlar shaxsiy xonalarini qisqartirib borilishi salbiy emas, hatto ijobiy natijalar berayotganligidan dalolat beradi.

            Yaponiyadagi bizning tuman hokimiyatlariga o'xshash tashkilotlar ayrim-ayrim shaxsiy xonalardan iborat bo'lmay, katta-katta xonalar, ya'ni yarim zallardan tashkil topgan. Ana shu xonada oddiy xodimlarbilan birga seksiya, guruh rahbarlari ham joylashgan. Rahbar ish joylari-stollari hamma xodimlar nazorat ostida bo'ladigan qilib joylashtirilgan. Ishning shu tartibda tashkil topishi, etilishi o'zaro nazoratga olib keladi. Chunki rahbar ko'z ostida xodimlar bekorchilik bilan shug'ullanmaydilar va, aksincha, rahbar ham tartib bilan ishlashga, vaqtni bekorga o'tkaz-maslikka odatlanadi. Hatto telefon orqali ortiqcha suhbatlashishlar, tez-tez tamaki chekishlarga ajratilgan vaqt ham kamayib boradi. Rahbarga murojaat etish uchun ham shart-sharoit ko'proq tug'iladi. Yopiq xonada o'tirib vositachilik rolini o'ynaydigan kotibaga ham hojat qolmaydi. Tashqaridan ish bilan kelgan odam qaysi xodim bilan biror-bir masalani hal etishi kerak bo'lsa, uning oldidagi to'siqqa yondoshadi va suhbatni boshlayveradi. Gazeta muharririyatlari, tashkilotlar, ma'muriy bosh-qarav xodimlari ham shu tartibda ishlaydi. Qahvaxona, sartaroshxona, do'kon bolalar bog'chalari, dam olish bog'lari va shu kabilarda shaxsiy xonalar yo'q, Yirik sanoat korxonalari, jumladan, avtomobil va radioelektronika zavodlari direktorlarida ham shaxsiy xonalar yo'q. Ular ayrim xonalarda o'z muovinlari bilan birga o'tiradilar, u yoki bu masalani hal etishda kichik zalga xodimlarni yig'ib maslahatlashib olishadi.

            Shaxsiy xonaga ega bo'lgan amaldorlarga vazirlar, ularning muo­vinlari, boshqarma rahbarlari, shahar hokimlari, universitet rektorlari va shu kabilar kiradi. Janubiy Quriyada ham shunday tartib joriy etilgan.

            Ushbu ma'lumotlarni tahlil qilar ekanmiz, idora rahbarlari egallab turgan xonalardan samarali foydalanilayotganmikan?—degan savol tug'i­ladi. Xodimlarni arzimagan axborot olish yoki ishni bitirish uchun xonama-xona yugurtirishga, har bir xona oldida soatlab kutib turishga majbur etib, asosiy ish qolib ketib, ikkinchi darajali ish bilan shu-g'ullanishga majbur etmayotganmikanmiz?

            Ayrim xona va kotibalarni ko'paytirish byurokratiya ildizining rivoj olishiga, shaxsiyatparast, amalparastlarning qanot yozishiga, buyruqboz-likni zo'raytirib, hayotdan chetlashishga o'rgatmayotganmikan?

            Jamiyatni axborotlashtirish ishlab chiqarishning yuqori darajasidagi jaryon bo'lib, axborotdan jamoat resursi sifatida foydalaniladi.

            Axborotlashtirish-bu umumdunyo jarayoni bo'lib, taraqqiy etgan mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligini, iqtisodiy o'sishi va milliy xavfsizligini ta'min etadi.

            Axborotlashtirish butun bir alohida jarayon va iqtisodiy taraqqiyotni yangi, muhim omili bo'lib, yangilikni joriy yetish, ishlab chiqarishni rekonstruksiya va modernizatsiyaalashni ta'min etadigan, iqtisodning hayotchanligini oshirib beradigan omildir. Axborotlashtirish texnologi-yasisiz zamon talabiga javob beradigan, ilm-fan yutug'iga asoslangan ishlab chiqarishga o'tish, sanoat tarkibini, ilmiy tadqiqotning, loyiha va tajriba konstruktorlik ishlarining yangi ko'rinishlarini amalga oshirib bo'lmaydi. XX asrning oltmishinchi yillarida taraqqiy etgan xorij mam-lakatlarining ilmiy va konstruktorlik tashkilotlarida EHM ni qo'llash yakka hokimligi yo'qolibgina qolmay, bu tashkilotlar asosiy iste'molchilar qatoridan chiqib qolgan edilar. Bu vaqtga kelib G'arb mamlakatlarida hisoblash mashinasi vaqtining 80 foizi ishlab chiqarishni, moliyaviy va savdo faoliyatini boshqarishga sarflana boshlangan. EHM larni hisoblash jarayonidan boshqarish jarayoniga o'tkazish asosiy o'zgarish davri bo'lib hisoblanadi. Ana shu davrda sobiq SSSR va sotsialistik mamlakatlar EHM larni bunyod yetish va ishlab chiqarishda keskin orqada qola-boshlagan edilar.

            Kichik EHM laming bunyod etilishi va ular xotirasining katta EHM xotiralaridan qolishmasligi shaxsiy kompyuterlarni, oddly chop etuvchi mashinalar singari stolga joylashtirish imkonining tug'ilgani, albatta, ko'pchilikni hayratga soladi. Shahsiy kompyuterlardan, eng awalo, kuchli arifmomyertlar va chop etuvchi mashinalar sifatida foydalanish mumkin. Ushbu mashinalarda dastur tuzish jarayoni ham osondir. AQSH va Yaponiyada maktab ta'limida bunday kompyuterlardan keng foydalaniladi. Buning alohida asosi bor. Hozirgi zamon qurollarining asosini elektronika tashkil etadi. Shuning uchun mamlakat harbiy xizmatchilari EHM saboqlarini chuqur bilishlari kerak. Shu sababli, "kompyuter savodxonligi" ni oshirishga harbiy sanoat komplekslari katta moddiy mablag' ajratmoqdalar. Maktablar sotib oladigan kompyuterlar bahosi bozor narxidan 90 foizgacha kamaytirib tayinlanadi.

            Bugungi kunda savodli kishining faqat mashina haydash, mashin-kada chop etish emas, kompyuterda ishlashni ham bilishi taqozo etilmoqda.

            Shaxsiy kompyuterlar imkoni cheksiz bo'lmasada, anchaginadir. Shaxsiy kompyuter telefon orqali hisoblash markazlari bilan bog'lanishi va o'z navbatida, uy bekasi yoki egasi turli xil moliyaviy, xo'jalik va il­miy axborot olish imkoniga ega bo'ladi. Uyda o'tirib samolyot, poezdga bilet buyurishi, omonat kassaga murojaat qilishi, do'konlar bilan mulo-qotda bo'lishi mumkin. Agar xonadon mezboni olim, injener, arxitektor, shifokor,   pedagog  bo'lsa   o'z   sohalari  bo'yicha   kerakli   axborotlarniolishlari mumkin. Shaxsiy kutubxonasi bo'lmaganlar shaxsiy kompyuter ekranida xohlagan kitob, ilmiy qo'llanma, risola, maqolani o'qishlari mumkin. Hatto uyida o'tirib davlat xizmatini amalga oshirish mumkin, bunda mehnati samarali bo'lib, ortiqcha vaqt sarf etmay, ishdan keyin uyida transportlarda ezilib, asabi buzilib kelmasdan, sog'liq, salomatlik uchun shart-sharoit tug'iladi. Bu ayniqsa, salomatligi uncha yaxshi bo'l-magan va ko'p bolali onalar uchun juda ham qulaydir. Bunday elektron xonadonlar kundan-kunga ko'payib bormoqda.

            Shaxsiy kompyuterlar boshqaruv, u yoki bu qarorni qabul etish ja-rayonida muvaffaqiyat bilan qo'llanilmoqda. Boshqaravning qog'ozsiz texnologiyasi ana shu tarzda yuzaga kelmoqda.

            Eslatib o'tganimizdek, boshqaravning asosini axborot tashkil etadi. Agar biz suhbatdoshimiz xulq-atvorini, xarakterini chuqur o'rganib chiqmas, tahlil etmas ekanmiz, u bilan bo'ladigan muloqotimiz maqsadga muvofiq bo'lmay chiqishi mumkin.

            Bir nuroniy chol 110 yoshdan oshganida undan qanday qilib shun-day uzoq umr ko'rganligi sababini so'rashganida, chol shunday deb javob bergan ekan: "Men awalo, g'iybatni yoqtirmaganman, yoqtirmayman, bu birinchi, ikkinchidan, men bilan muloqotda bo'luvchi shaxs haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lmasam u bilan bekorchi suhbat va tortishuvga vaqt ajratmayman, bulaming hammasi, o'z navbatida, asabni, sog'liqni maromida olib yurish garovi bo'lib hisoblanadi". Cholning o'gitida bir dunyo mazmun bor, albatta. Ya'ni salomatlikni, asabni saqlash uchun unga salbiy ta'sir etuvchi omillar, axborotga to'la ega bo'linsa, so'ngra uni boshqarish oson bo'ladi. Shuning uchun ma'lum bir qaror qabul etish uchun turli xil ma'lumotnoma balans va h.k. lardan foydalaniladi. Boshlang'ich statistik hisobotlardan kerakli ma'lumotni olish uchun boshqaruv xodimlari juda ko'p qimmatli vaqt sarflashadi. Shaxsiy kom­pyuter va EHM turlarining boshqarish jarayonlari keskin o'zgaradi. Xohlagan lavozimdagi boshqaruvchi stoli ustida shaxsiy kompyuter paydo bo'ladi. Ushbu kompyuter EHM tarmog'i bilan bogiangan bo'lib, boy ma'lumotlar bankiga chiqish imkoni tug'iladi. Har qanday kerakli ma'lumotni olish tayyorlaydigan yordamchi guruhi kerak bo'lmay qoladi. Ushbu ishlarni boshqaruvchining o'zi shaxsiy kompyuter yordamida amalga oshiradi. Buning uchun matematika, kibernetikaning hamma asoslarini chuqur o'rganib chiqishi shart emas, faqat shaxsiy kompyuter tugmalaridan to'g'ri foydalanishni o'rganib olsa etarli. Boshqaruvchida o'zining moyana olib ishlayotgan asosiy ishini, ya'ni o'ylash, izlash, boshqaruv jarayonidagi sodir bo'luvchi qiyinchiliklardan xoli bo'lish, o'zi javob beradigan xo'jalik faoliyati haqida bosh qotirishni amalga oshirishga imkon tug'iladi. Ma'lumotlar tayyorlovchi idora va guruhlarning yo'q bo'lishi boshqaruv texnologiyasidagi inqilob bo'ladi, desak yanglishmagan bo'lamiz. Boshqaruv ishlari tarkibi keskin o'zgaradi. Qiyin, lekin hech qachon o'z ishi natijasidan minnatdor bo'lmaydigan kishilar guruhi qisqaradi. Boshqaruvchilar ijodiy imkoniyatlari, boshqarishga oid qabul etiladigan qarorlar varianti tahlili to'la foydalaniladi. Demak, qabul etiladigan qarorlar sifati va dangal, xato qabul qilinadigan qarorlar soni kamayadi.

            Qog'ozsiz texnologiya, jumladan, telemajlislar o'tkazish imkonini tug'diradi. Bunday majlis qatnashchilari o'z ish joylarida yoki uylarida o'tirib o'z oynai jahon ekranlarida paydo bo'ladigan axborotlardan foydalanib, bir-birlariga savol berishlari va shu zahotiyoq qo'l-lanilayotgan hisoblash vositalari yordamida sawollariga tegishli javobni olishlari mumkin. Hozirgi kunda selektorli aloqa yordamida majlis o'tkazish odat bo'lib qolgan. Telemajlislar mohiyati juda kattadir, chunki har bir majlis qatnashchisi oldida shaxsiy kompyuter bo'lib, xohlagan axborotni olib, majlisda ko'riladigan masalani puxta hal etishi mumkin. Shuningdek, har bir majlis qatnashchisi har bir taklifni shu zahotiyoq tekshirib ko'rishi mumkin.

            Qog'ozsiz texnologiyani amalga oshirish uchun xalq xo'jaligida, ido-ralarda boshqarish jarayoni tubdan o'zgartirilishi kerak. Bunda mavjud boshqaruv tizimining hammasi qayta qurilishi lozim. Shundagina qo­g'ozsiz texnologiyadan foydalanish aytarli samara beradi. Ushbu jarayon savodxonlikning yangi pog'onaga ko'tarilishini, ko'p miqdordagi idora xodimlarini qaytadan o'qitishga va, eng muhimi, yangi tashkiliy struk-turani tashkil etishga to'g'ri keladi. Hamma gap shundaki, qog'ozsiz tex­nologiya faqatgina axborot to'liq va xohlagan paytda harakatda bo'l-gandagina amalga oshishi mumkin. Demak, eng qiyin va muhim ma-salalardan biri idoralararo olinadigan axborotdan yagona bank ma'lu-motlariga o'tilishi kerak. Bunday tashkiliy inqilob qachon amalga oshadi, buni xudo biladi, albatta.

            Shaxsiy kompyuterlarning keng tarzda qo'llanilishi jamoatchilik hayotida katta siljish kashf etadi. Yaqin yillarda hamma chop etish, bosma ishlari, birinchi navbatda, ilmiy ma'lumotlar magnit lentasiga o'tkaziladi va har bir shaxsiy kompyuter egasi xohlagan ilmiy axborot bilan tanishish va undan foydalanish imkoniga ega bo'ladi. Xuddi shuningdek, kinofilmlar, teleko'rsatuvlar ham shaxsiy kom-pyuter ixtiyoriga o'tkazilib, xohlagan odam, xohlagan vaqtda, xohlagan kino, ko'rsatuvni tamosha qila oladigan bo'ladi. Albatta, bu kabi yangi-liklar hayotda chuqur ijtimoiy o'zgarishlar sababkori bo'lib hisoblanadi.

Ba'zi davlatlarda sotuvda g'ayritabiiy elektron qurilma paydo bo'ldi. Bu qurilmalar yosh ota-onalar orasida shuhrat qozondi.

            Qurilma kichkinagina priyomnik va mikrofondan tashkil topgan. Priyomnik ota-onalar qo'lida bo'lsa, mikrofon sho'x bolalarning kiyim-larga o'matiladi. Mikrofon o'matilgach, bolakaydan xavotir olmasa ham bo'laveradi: agarda bola ota-onasidan 5-10 metr uzoqlikka ketib qolsa yoki suvga tushsa, mikrofon ishlab ketadi va priyomnikdan baland ovoz-da signal yangraydi. Elektron tarbiyachi ota-onalarga o'z farzandlarini ko'zdan qochirmaslik uchun katta yordam bermoqda.

            Angren shahar markazida joriy etilgan aholini ishga joylashtirish, qayta o'qitish va kasbga yo'naltirish bo'yicha avtomatlashtirilgan bosh-qaruv tizimi mehnatga layoqatli ishsiz aholini nommanom ruyhatga olishda, korxonalarda qancha bo'sh o'rin borligini aniqlashda yordam beradi. Bundan tashqari, elektron hisoblash texnikasi zimmasiga uyushgan tarzda qabul qilinib, mamlakatimiz boshqa mintaqalariga ishga borayotgan kishilarni nazorat qilish va ro'yxatga olish ham yuklatilgan. Ilgari ishni bir necha kishi arang uddalagan joyda, endi EHM bo'yicha birgina mutaxassis ishlamoqda, xolos.

            Davlat avtomobil nazoratida EHM ni qo'llash mumkinmi? Ha, shubhasiz! Yo'qolgan, o'g'irlangan avtomobilni topishda avtomatlash­tirilgan qidirav tizimi bunyod etilmoqda Yo'qolgan mashinaning rangi, markasi, nomyer raqami va harfi bilan sanoqli daqiqalarda mashinani topish mumkin.

            Kompyuter va sport. Oxirgi o'n yillikda hayotimizda muhim o'zgarishlar yuz berdi. Ta'lim, maorif sohalarida, ayniqsa, aniq fanlar yo'nalishida sifat saqlashlari sodir bo'ldi. Oshib borayotgan axborot hajmi xizmat vazifalarini ado etishdagi psixologik yuklanishlarni oshirib yuboi Ji. Yangi ishlash sharoiti, o'qish va ishlash ma'lum miqdordagi psi­xologik va jismoniy bardamlikni talab etadi. Olib borilgan tadqiqot shu narsadan dalolat berayaptiki, bunday bardamlik, ayniqsa, aniq fan­lar—fizika, riyoziyot, kibernetika bilan shug'ullanuvchilarga darkordir.

            Ko'pchilik aqliy mehnat natijasida kelib chiqadigan taranglikni yum-shatish yo'llaridan bin deb sport qabul qilingan. Biroq turli xil odamlar bu ish bilan turlicha shug'ullanishadi. Ayrimlar shaxmat bilan, ayrimlar jismoniy tarbiya bilan, ayrimlar tennis bilan, ayrimlar oddiy sayr bilan shug'ullanishadi. Ko'pchilik aqliy taranglik bilan bog'liq bo'lgan shaxmat va shu kabi o'yinlarni ko'ngildagidek dam bermaydi, degan fikrda.

            Sport ishini rivoj oldirishda matematik va kibernetik usullar beqiyos ko'p qo'llanila boshlandi.

            Ma'lumki, matematik statistika usullari sport bilan shug'ullanuv-chilar uchun mashg'ulotlar o'tkazish tartibi, samarasi, nazorat qiluvchi datchiklar ko'rsatkichlari hamda ular kelajagini aniqlab berishga yordam beradi. Axborotlashtirish esa turli xil qurilmalar ko'rsatkichlari bandligini va ishlash aniqligini belgilab beradi.

            Elektronika kiyim tikadi. Ta'tildan qaytgan tikuvchilar o'zlarining ish joylarini va sexlarini tanimay qolishdi. Har qalay, bir oy ichida qayta qurish natijasida Toshkent to'qimachilik birlashmasining ikkita sexi eng yangi elektron qurilmalar bilan jihozlangan bitta sexga aylandi. Bu yerda ishchilarning soni o'zgarmagan holda, erkaklar kiyimlarini ishlab chiqish 20 foizga oshdi. Ishlab chiqarishni qayta qurish ishlarini diqqat bilan rejalashtirildi. Hamma tikuvchilar dam olishga ketishganda reja barbod bo'lmasligi uchun ehtiyotdan yarim mahsulotlar awaldan tayyorlab qo'yildi. Shundan so'ng to'liq yangi uskunalar buyurtirildi, qabul qilindi va o'rnatildi. Birlashmaning qurilish brigadasi bo'm-bo'sh sexlarga ke-lishi bilanoq, birinchi navbatda, ikkisi ham bir xil mahsulot, ya'ni erkaklar kiyimi ishlab chiqaravchi bu sexlar orasidagi devorni buzib tashladi. Muhandis kommunikatsiyalarni ship tagiga ko'tarib, qo'shimcha yuzlab kvadrat metr ishlab chiqarish maydonini bo'shatishdi. Natijada yorug'lik va havoga boy keng zal paydo bo'ldi. Unga montajchilar va texnologlar eskirgan mashinalar bilan jihozlangan eski potok o'rniga ikkita zamonaviy tikuv konvyerni joylashtirishdi. Endi tikuvchi motoristkalar mashinalar ustida soatlab egilib o'tirishmaydi. Shuningdek, ish sifati ham endi qo'llarning chaqqonligiga bog'liq emas, ko'zlar zo'riqishi kamaydi va choklar cheksiz qatoriga susaymas hamda charchatuvchi tikilishni talab etmaydi. Transport liniyasi bilan bog'langan elektron avtomatlar va yarim avtomatlar potokning asosini tashkil qiladi. Konveyyerni sozlash vaqtidayoq texnik nazorati bo'limi (TNB) mahsulotlar sifatining keskin oshganligini qayd etdi. Ko'p operatsiyalarda elektronika sifatni ta'minlamoqda. Mikroprotsessorlarga yozilgan programmaga ko'ra mashinaning o'zi ehtiyoj choklar shartligini aniqlaydi, cho'ntak qopqoqlarini tikadi va hokazo. Tikuvchi endi tikuv uskunasining operatori sifatida ko'rinadi. Demak, transport chizig'i hamsoz bo'ladi. Awalgiga o'xshash unda o'nlab emas, balki besh yuzdan ortiq aravachalar bor. Endi sexma-sex yarim mahsulot quchoqlari bilan yurishlar va ish vaqtini bekorga yo'qotishlar tugadi. Texnika juda murakkab bo'lsa ham tikuvchilar unga cho'chimasdan yaqinlashadilar. Mashinalarni awal eski sexlarga o'rnatib, darhol ishga tushirilgan edi. Yana eng muhimi shundaki, moda ketidan doimiy quvlash birmuncha engillashadi. Masalan, erkaklar kostyumining yangi modelini o'zlashtirish uchun mashinadagi programmani o'zgartirish mumkin.

 

2-§. YANGI INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR

 

            Hozirgi kunda juda keng ma'noda, ayniqsa, iqtisodda, informatsiya (axborot) muhim strategik resurs bo'lib hisoblanadi.

            Iqtisodda faol tarzda rivojlanib borayotgan jarayonlar mavjud tashkiliy-xo'jalik bog'liqliklarni qayta ko'rib chiqish va informatsion infrastrukturadagi muhim o'zgarishlar haqida chuqur o'ylashga majbur etadi.

Iqtisodning informatsion infrastrukturasini informatsiyani qayta ishlash va tahlil yetish markazlari, informatsiya almashuv kanallari, aloqa liniyalari va kommunikatsiya hamda o'zaro informatsiya ta'siri vositalari tashkil etadi.

            Iqtisodning bugungi informatsion holati o'zaro kuchsiz tarzda bog'langan informatsion sektorlardan iboratdir. Har bir sektor turli xil sabablarga binoan foydalanish va kengaytirish imkoniga ega emas.

            Hozirgi iqtisodiy informatsion tizimi o'zaro aloqasiz munosabatda bo'lib o'ziga xos takrorlanishlar sodir bo'ladi, ushbu tizimlar loyihasi va ekspluatatsiyasi qimmatlashadi. Bozor iqtisodiyoti oyoqqa turib borgan sari informatsion resurslarning asosiy qismi iqtisodning nodavlat sek-torida shakllana boshladi. Davlat hududlarini axborotlashtirish ahvoli iqtisodiyot taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir. Hozirgi zamon iqtisodiyotini axborotlashtirish jarayonida muhim o'rinni informatsion texnologiya majmuasi, uni olib borish va foydalanish uslubi, ma'lu-motlarni uzatishning tarmoqlari va informatsion-telekommunikatsion tizimlari egallaydi.

            Mavjud informatsion texnologiyani rasmiy tarzda yirik ikki yo'-nalishga bo'lishimiz mumkin: axborotlashtirishning dasturiy-matematik vositalari—bu  yangi   informatsion  texnologiyani   loyihalashga  mo'ljallangan va echimni qabul qilishni ta'minlab beruvchi amaliy informatsion texnologiya.

            Birinchi yo'llanmani tashkil etuvchi ko'pchilik texnologiyalar amalda elektron-hisoblash mashinalari bunyod etilishi mobaynida maxsus va umumiy dasturiy ta'minot, turli xil operatsion klass va amaliy dasturlar paketi ko'rinishida paydo bo'lgan. Ushbu texnologiyalar hamda ularning mukammallashgan ko'rinishlari iqtisodiy informatsion tizimlarda keng tarzda foydalanilib kelinmoqda va juda ko'p manbalarda batafsil yoritilgan. Yangi informatsion texnologiya tarkibiga gipermatnli texnologiyalar, mashinali grafika, telekommunikatsion usullar, sun'iy intellekt tizimlari, multimedialar kiradi. Amaliy informatsion tizimlarni bunyod etishda ta'kidlab o'tilgan mukammal texnologiyalarga tayanish kerak bo'ladi. Chunki ana shundagina iqtisodiyotning hozirgi zamon kompyuterlashtirish darajasiga chiqish va jahon hamjamiyati bilan ba-ravar qadam tashlash imkoni tug'iladi.

            Gipermatnli yo'nalish o'z navbatida katta miqdordagi semantik (tushunarli) axborot bilan (matn ko'rinishidagi) ishlash imkonini beradi. Matnda turli xil rangli ko'rinishlar ajratilgan bo'lib, matnni iste'molchi xohlagan tarzda o'rganish imkonini beradi, ya'ni gipermatnni bildiradi.

            Gipermatn — axborotni tashkil etishning shunday shakliki, unda matn turli xil ko'rinishlarga ajratilib, har bir ko'rinish boshqa ko'rinishga o'tkazilishi uchun o'zaro aloqa tartibi ko'rsatilgan bo'ladi. Gipermatnli texnologiyaning xusuciyati shundan iboratki, iste'molchi (foydalanuvchi) ning o'zi yangi bilimni bunyod etish yoki o'rganishni tanlaydi. Tanlash iste'molchining xususiy qobiliyati, qiziqishi va malakasi darajasiga bog'-liqdir. Ushbu texnologiya, ayniqsa, yangi ijtimoiy-iqtisodiy konsep-siyalarni ishlab chiqishda foydalidir. Bu jarayonda normativ-huquqiy huj-jatlar asosiy konseptual tamoyillarga mos tushishi kerak. Obyektga oid gipermatn shakllantirilayotgan informatsion fond (jamg'arma) ga tegishli hujjatlarni tahlil etish imkonini beradi.

            Grafika. Mashina grafikasi haqida gap borar ekan, shu narsani ta'kidlab o'tish kerakki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmiy va tadbirkorlik tasawurlarni yorqinlashtirishga katta e'tibor beriladi. Ayrim vaqtda tad-qiqot obyektning iqtisodiy va moliyaviy holatini to'liq tasawur etish uchun yetarli bo'lib hisoblanadi.

            Telekommunikatsiya Keyingi vaqtlarda bozor iqtisodiyotining taraq-qiy etishida jamoatchilik bemalol qatnasha oladigan kompyuter tizimi faol  joriy   etilmoqda.   Ya'ni   tematik   xarakterdagi   tadbirkorlik   bazama'lumotlari, elektron birja va reklama peshtaxtalari, e'lonlar tizimlari, masofadan turib axborotni qayta ishlash tizimlari, informatsion, mo-liyaviy va boshqa ko'rinishdagi xizmatlarni tasawur etish tizimlari. Shu-larga o'xshash ko'pchilik foydalanuvchi tadbirkorlik tizimlarini joriy etishning asosiy ko'rinishi bo'lib lokal hisoblash tarmog'i va telekom-munikatsion tizimlar hisoblanadi. Lokal hisoblash tarmog'ining imkoni hududiy reja asosida chegaralangandir. Telekommunikatsion tizimlar ajratilgan, ko'pincha oddiy shahar telefon kanallaridan foydalanib, iste'molchilarni uzoq masofadagi telekommunikatsion ma'lumotlar ba-zasidan informatsion xizmatlar bilan ta'minlab turadi.

            CASE texnologiya. Iqtisodiy informatsion tizimlarni loyihalash tajribasi shu narsani ko'rsatayaptiki, bu mantiqan murakkab, mehnat hajmi katta va ish olib borish ma'nosida uzoq muddatli jarayondir. Bu esa o'z navbatida, maxsus ko'rinishdagi dasturiy-texnologik vositalarni ishlab chiqishni taqozo etadi. CASE (Computer Aided Software Enji-neyering) tizimi murakkab iqtisodiy majmua modellarining mantiqiy-analitik modellarini ishlab chiqish jarayonini qamrab olish imkonini beradi. Ular diagramma yoki matnlar yordamida tizimli talablar, tizimlar modellararo aloqalar, tizimlarning o'zini tutish dinamikasi va dasturiy vositalar arxitekturasi ko'rinishida foydalanuvchi tarkibiy yoki obyektga mo'ljallangan loyihalash va dasturlash uslubiyatiga asoslangan bo'ladi.

            Sun'iy intellekt tizimi. Informatikadagi ilmiyamaliy siljish intel-lektual tizim industriyasini paydo bo'lishiga olib keldi. Ushbu sohadagi eng muhim va tez rivojlanayotgan yo'llanma bilimga asoslangan tex-nologiyalarni ishlab chiqish bo'lib hisoblanadi. Informatsion-qidiruv, hisob-mantiqiy va ekspert tizimlardan foydalanib, iste'molchi o'ziga topshirilgan topshiriqlarni o'zi qiziqqan sohasidagi tildan chetga chiq-magan tarzda bajarish imkoniga ega bo'ladi. Intellektual informatsion-qidiruv tizimlari bilim bazasidagi kerakli ma'lumotlarni qidirishni amalga oshirish, boshqaruv va iqtisodiy masalalarni hal qilish imkonini beradi. Ma'lum bir sohadagi to'plangan bilimlar yordamida ekspert tizimlar murakkab jarayonlarni bilish, tashxislash, qaror qabul qilish, xatti-hara-katlar rejasini shakllantirish, gipotezalarni belgilash va tekshirish im­konini beradi. Sun'iy intellekt tizimining rivojlanishi yangi informatsion texnologiyani loyihalashtirish vositalarini taraqqiy ettirishda muhim aha-miyat kashf etib, bilimlar, ya'ni kompyuter inqilobiga olib kelishi mum-kin.

            Multimedia - bu nafaqat matnlar va qo'zg'olmas tasvirlar bilangina emas, balki harakatlanuvchi video, kompyuterli grafika, nutq va yuqori sifatli tovushlar bilan ishlashni ta'minlab beruvchi interaktiv tizimdir. Multimediya sistemasining paydo bo'lishi o'z navbatida biznes, ta'lim va boshqa professional faoliyatlarda keskin o'zgarishlar bo'lishiga olib keladi va shu tariqa jahon bozoridagi turli xil talablarni kuzatib borish, sotilayotgan mollar video katalogi, 'tadbirkorlik bazalari, ma'lumotno-malar barpo etish, ish bo'yicha videokonferensiyaalar o'tkazish imkonini

beradi.

            Bozor iqtisodiyotidagi amaliy informatsion texnologiyalai\ Yangi xo'jalik mexanizmlarini qo'llab-qo'ltiqlash uchun bozor munosabatlariga mos tushuvchi yangi informatsion texnologiyalar ishlab chiqish kerak. Jumladan, hozirgi sharoitda bank va investitsiya faoliyatida o'zgarishlar sodir bo'lmoqda, soliq solish tizimi mukammalashib bormoqda, boshqa­ruv faoliyatining yangi ko'rinishlari va bozor subyektlari paydo bo'l­moqda. Bularning hammasi samarador amaliy informatsion texnolo-giyalarni talab qimoqda.

            Bank tizimlari. Bank tarkibining o'sib, mukammallashib borishi o'z navbatida moliya tashkilotlarining yangi xizmat ko'rinishlariga o'tishini talab qiladi. Bank tizimlarining o'zgarib borishi, tabiiy tarzda har bir tashkilotning samaradorligini va faoliyatini oshirish, o'zaro bir-biri va chet eldagi sheriklar bilan bo'ladigan munosabatni yaxshilash uchun kerak bo'ladigan axborotlashtirishning majmuaviy konsepsiyasini ishlab chiqish talab qilinadi. Bank informatsion texnologiyasi hisob-kitob ish-larini olib borishda talab etilgan darajadagi operativ holatni ta'min etishi kerak. Bank tizimi sohasi mehnat hajmi katta, juda ko'p miqdordagi hisoblash ishlariga -oid bo'lib o'ta og'ir, kishini charchatadigan soha bo'lib hisoblanadi.

            Strategik muammolarni hal etishning eng perspektiv yo'llaridan biri bank texnologiyalarini bunyod etish uchun immitatsion modellashtirishni qo'llash bo'lib hisoblanadi. Bank xodimi bank moliyaviy ko'rsatkichlarini immitatsiya etish, qabul qilinadigan qarorlar samaradorligi va oqibatini baholash va shu tarzqa moliya bozorida o'z siyosatini belgilab olishi mumkin. Ushbu yo'llanmaga bank iste'molchilari va mutaxassislari uchun mo'ljallangan ekspert tizimlarini ishlab chiqish monanddir.

            Bank faoliyatini axborotlashtirishning muhim masalalaridan biri dav-lat banklariaro aloqani o'rnatish bo'lib hisoblanadi. Mavjud qog'oz tex­nologiyasi pullarni o'tkazish uchun 2-3 kun talab etadi. Pullarni o't-kazishdagi ushlanib qolishlar hisoblarni tashkil etish ko'rinishidan tortib kommunikatsiya holati bilan shartlangan bo'ladi. Yangi informatsion tex-nologiyaning qo'llanilishi ushbu inqirozdan chiqishga olib keladi.

            Mustaqil tarzda ishlab chiqilayotgan va modernizatsiyaa qilib ke-linayotgan dasturiy majmualar o'ta qimmat bo'layotganligi sababli bank texnologiyasi sohasida mutaxassislashayotgan va bank muammolarini majmuaviy tarzda hal etish imkoniga ega bo'ladigan tashkilotning roli nihoyatda oshib bormoqda. Bir so'z bilan aytganda, bankka oid ax-borotlarni qayta ishlash avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqish va uning imkoniyatini kengaytirish muhim masala bo'lib qolmoqda.

            Birja texnologiyalari. Tajriba shu narsadan.dalolat berayaptiki birja kompyuter majmualarini loyihalash—bu loyiha jarayonida ishtirok etuvchi hamma mutaxassislardan yuqori malaka talab etuvchi mantiqiy murakkab, katta mehnat va ancha vaqt talab etuvchi ishdir. Bunday maj-mualarhi loyihalash, odatda, his-tuyg'uga, ekspert baholashga, majmuani faoliyat ko'rsatishini sinashdek qimmatbaho ishga va amaliy tajribaga asoslanadi. Birja texnologiyasidan foydalanuvchilar soni oshib borishi bilan loyihalash g'oyasi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan yuqori unumdorlik roli î'sib boradi.

            Hozirgi zamon birja informatsion texnologiyalarini joriy etish, o'z navbatida birja ishi iqtisodiy samaradorligini oshirishga olib keladi. Ushbu samaradorlik birja texnologiyasining davlat hududlariga keng tarzda tarqalishi, aylanma vositalarining aylanish tezligi, nafaqat yirik masshtabdagi ishlarni tobiga etkazish, katta mehnat talab qiluvchi va uzoq davom etadigan murakkab ishlarni avtomatlashtirish oldi-sotdi ishlar bo'yicha buyurtmalar haqida brokerlik firmalaridan olinadigan axborotlarni zudlik bilan tahlil etish, avtomatlashtirilgan tarzdagi savdoni tashkil etish va sh. k. lar evaziga sodir bo'ladi.

            Menejment texnologiyalari.. Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish menejmentining hamma holati yangi mazmun bilan to'ldirib boriladi. Har bir ishlab chiqarish ichki va tashqi axborot bilan bevosita bog'langandir. Kelib turadigan turli xil ma'lumotlar ichida menejer qaror qabul qilishi uchun qat'iy belgilarigina kerak bo'ladi. Qolgan ma'lumotlar esa informatsion "shovqin" bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari, axborotning ko'p qismi u kerak bo'lgan joyda emas, qandaydir masofada paydo bo'lishi mumkin. Shuning uchun axborotni qabul qilib olishda ushbu masofani, albatta, hisobga olish kerak. Kommunikatsiya muammosini hal etish axborotni etib kelish tezligiga ta'sir etib korxonani samara bilan ishlashiga olib keladi. Ana shu muammolar, o'z navbatida maxsus boshqariluvchi informatsion tizim ishlab chiqilishini taqozo etadi. Bunday tizimlarni ishlab chiqish uchun ikki asosiy yo'llanma mavjud. Birinchisi, MIS-tizim (Management information Systems). Bu tizim me­nejer uchun kerak vaqtda eng qulay shaklda o'tgan, hozirgi va kelajak uchun zarur bo'lgan axborotni konkret sharoitga mos holda tayyorlab beradi. Ikkinchi yo'nalish, DSS-tizimiga (Decision Support Systems) asoslanadi. Ushbu tizim qaror qabul qilish jarayonini intellektual ta'-minlab berishga mo'ljallangan bo'lib qabul qilinayotgan qarorni qo'llab-qo'ltiqlash uchun xizmat qiladi. Axborotning tarqalishidagi tanlash uchun kerak bo'ladigan sistemalashtirish (tizimlashtirish) tamoyili quyidagi talablarga javob berishi kerak:

            -  axborot boshqaruv darajasiga mos tushishi kerak. Bu shuni bil-diradiki axborotning quyidan yuqori darajaga siljib  borishda yiriklashuvi va zichligini ta'minlaydi;

            -  axborot boshqaruv maqsadiga mos tushishi, menejment   talabiga javob berish kerak.

            Ya'ni boshqaruvning har bir bosqichi uchun shunday axborot yubo-riladi yoki yuboriladiki u boshqaruv jarayonining hamma funksiyasini bajarish imkonini tug'diradi. Masalan, tahlil qilish jarayonida nafaqat joriy, balki o'tmishdagi va istiqbolga oid ma'lumotlar rejadagilar bilan solishtirilib sodir bo'lishi mumkin bo'lgan og'ishlar sababi aniqlanadi.

            Marketing texnologiyasi. Marketingning informatsion oqimini (ko'lamini) majmuaviy o'rganish, o'z navbatida ko'p miqdordagi tadbirkorlik va statistik ma'lumotlarni tahlil qilib chiqishni talab etadi. Marketing informatsion texnologiya deganda, istiqbolga oid va joriy marketing tadqiqotlarini tashkil etish uchun xizmat qiladigan turli xil usul va tadbirlarning to'plam tushiniladi.

            Soliq informatsion tizimlari. Soliq tizimining o'zgarib borishi o'z navbatida bu sohadagi informatsion texnologiyani keskin qayta qurishni taqozo etadi. Davlatimizning hozirgi kundagi soliq tizimi xorijdan olin-gan tayyor model bo'lmaganligi sababli soliq xizmatidagi axborotlash-tirish muammosini hal etish uchun xorijiy mamlakat dasturiy-matematik mahsulotini birma-bir ko'chirib olib kelib bo'lmaydi. Shuning uchun ham soliq tizimini yaxshilash uchun kerakli axborotni yig'ish, qayta ishlash texnologiyasining samarali turlarini ishlab chiqishimiz kerak.

Soliq tizimi axborotlashtirish konsepsiyasiga quyidagilarni kiritish mumkin: -  soliq xizmatini  amalga  oshirish uchun mo'ljallangan informatsi-on-analitik tizimi majmuasini ishlab chiqish;

            -  soliq tizimini faqat ichki   emas tashqi obyektlar bilan aloqa qilib tura   olish   qobiliyatiga ega bo'lgan kommunikatsiya tarmog'ini ishlab chiqish;

            -  soliq informatsion muhitini bunyod etish;

Bu konsepsiyani amalga oshirish uchun quyidagilarni amalga oshi­rish zarurdir:

            -  axborotlashtirishning majmualiligi, tizimliligini ta'minlab uni   so­liq xizmati oldida turgan masalalami hal etishga bo'ysindirish;

            - iste'molchilarning talablariga mos axborotlarni aniqlab chiqish;

            -  axborotlashtirishni amalga oshirishdagi javobgarlik va tartibga bo'y-sinish;

            -  umumiy va maxsus ma'lumotlar bankining kirish, chiqish holatlari bir-biriga mos tushadigan bo'lishi kerak;

            -  iste'molchilarga axborotni olishi uchun qulay sharoit yaratish va sh.k. lar.

            Investitsion loyihalarni boshqaruv texnologiyasL Investitsion loyi-halarni boshqaruv texnologiyasini bunyod etishda hozirgi zamon infor­matsion texnikaviy va dasturiy-matematik ta'minotga asoslaniladi. Chun-ki buyurtmachilar, investorlararo almashinadigan axborotni qabul etish, qayta ishlash va qaror qabul yetish uchun sharoit yaratilishi kerak. Ushbu muammo universal informatsion baza loyihalashni taqozo etadi. Inves­titsion loyihalarni boshqaruvchi yangi informatsion texnologiyaning aso-sini maxsus dasturlar majmuasida investitsion loyihalashning hamma bosqichi nazarda tutiladi.

            Yangi informatsion texnologiyalarning jadallik bilan joriy etilishi iqtisodiy axborotni qayta ishlashning mavjud tizimini qayta ko'rib chiqishni taqozo etadi. Yangi informatsion texnologiyalarning muhimli-gini baholay olmaslik, murakkab iqtisodiy muammolarni ko'payishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun iqtisodiy tahlil olib borishda iqtisodiy, boshqaruv, ilmiy-texnikaviy, qonuniyatga oid, tadbirkorlikka tegishli qator axborotlarni qayta ishlash samarali tizimini ishlab chiqishdek, majmuaviy masalani hal etish kerak bo'ladi.

            Informatsion texnologiyani rivojlantirish bo'yicha olib borilishi mumkin bo'lgan tadqiqotlar asosiy yo'llanmasi quyidagicha bo'lishi mumkin:

            -  axborotni muhofazalash va axborot xavfsizligi;

            - murakkab jarayon va tizimlarni algoritmlash va   modellashtirish;

            -  ma'lumotlarni tahlil yetish va  murakkab    tizimlarni boshqarishga oid intellektual vositalar;

            -  maxsus muammolarni hal etish, masalalarni echish uchun ma-tematik modellashtirish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish;

            -  elektron hujjat almashishini amalga oshirish tizimini rivojlantirish;

            - jug'rofiy axborot tizimlarini ishlab chiqish.

 

3-§. KOMPYUTERDAN SAQLANISHNING 12 USULI

 

            Olib borilgan tadqiqotlar shu narsadan dalolat berayaptiki, kompyuter bilan muloqotda bo'linganda ko'rish jarayoniga bo'lgan salbiy ta'sir ko'proq namoyon bo'lar ekan. Ko'p yillik tajriba shuni ko'rsatayaptiki eng muhimi, ko'zni dam oldirish ekan. Taklif etilayotgan mashqlar ko'z muskullarini tarangligini bo'shashtirib, yangi kuch bag'ishlaydi.

            1-mashq. Kompyuter oldida o'zingizga qulay holatni belgilang:

            -    o'zingizni taranglashmay bo'sh tuting;

            -    shoshmasdan elkangizni rostlang;

            -    ko'zni yumib, juda oxista kipriklaringizni birlashtiring;

            -    yopilgan ko'z bilan o'z oldingizga to'g'ri boqing, taranglash-mang;

            -    boshni taranglashmay, kuch sarf etmay to'g'ri tuting;

            -    tanani taranglashtirmay boshni ko'krak tomon va  orqaga yo'nal-tiring, xuddi shu holatda boshni chap elka va o'ng elka tomon buking.

            2-mashq. Ko'zni ochmay turib, ko'z qoracho'g'ini soat strelkasi va unga qarshi tomonga uch-to'rt martadan aylantiring.

            3-mashq. Hech bo'lmaganda har ikki soatda ishdan xoli tarzda, stul suyanchig'iga yastaning, qo'lni oyoq boldiriga qo'ying, yuzingiz muskul­larini bo'shashtiring va 10-15 daqiqa xolis bo'ling.

            4-mashq. Ko'zni yumib burun tashqi qismidan mo'ylov usti tekis-ligigacha doiraviy tarzda ko'z osti muskuligacha uqalab boring (20-30 daqiqa davomida). So'ngra yopiq ko'z bilan 15 daqiqa o'tiring.

            5-mashq. Boshni sekin-asta egib daxan, bilan ko'krak qafasiga taqang va mumkin qadar ko'proq orqa tomonga eging. Boshni chap va o'ng yo'llanmada uch-to'rt martadan aylantiring.

             6-mashq. Uzoq nuqtaga uch-to'rt daqiqa tikilib turib, so'ngra bo-qishni burun uchiga o'tkazib uch-to'rt daqiqa sokinlikda bo'ling. Bu mashqni 4-6 marta qaytaring.

            7-mashq. Agar imkon bo'lsa, qo'llaringizni balandga tik ko'tarib, taranglashgan tarzda barmoqlarni cho'zib, tananing hamma muskullarini taranglashtirib, yetti-sakkiz daqiqa nafas olmay turing. Tanani burib qo'lni keskin tushirib, tanani etti-sakkiz daqiqa bo'shashtiring. Buni uch-besh marta qaytaring.

            8-mashq. Qo'l barmoqlarini shunday tarzda qisib va bo'shatib yuboringki, kuchlanish sezilsin. Bo'shating, keyin shoshmasdan bar­moqlarni siqing.

            9-mashq. Qo'l barmoqlarini bosh orqa tomoniga o'tkazib kuraklar-ni shunday harakatga keltirish kerakki, elkaning yuqori qismida kuch­lanish paydo bo'lsin. Shu holatda besh-o'n daqiqa bo'lish kerak. So'ngra bo'shating. Mashqni besh-o'n marta qaytaring.

            10-mashq. Qo'l barmoqlarini boshingiz orqasiga yopishtirib sekin-asta qo'lni ko'tarib, to'g'ri tutib, ushbu holatni besh-o'n daqiqa saqlang. Buni besh-o'n marta qaytaring.

            11-mashq. Tik turgan holatda qo'lingizni ko'tarib, bir vaqtda bo-shingizni chapga, o'nga burib, engil kuchlanish sezing.

            Daxaningizni sekin-asta pastga egib, shu holatda besh daqiqa tu­ring. Buni besh-o'n marta qaytaring. Ushbu mashq uzoq vaqt egilgan holatda bo'lganingiz salbiy oqibatini yo'qotishga yordam beradi.

 

4- §. BOZOR IQTISODIYOTIINFORMATSION STRATEGIYASI

 

"Hayotning hamma baxtsizligi

axborotning yetishmasligidandir".

Klod Shenon

 

            O'zbekistonnning mustaqilikka erishishi mustaqillikning majmuaviy mezonlarini ishlab chiqish, aniqlash ilk bo'lajakdagi ijobiy siljish va natijalarni mustahkamlash kerak ekanligini taqozo etadi. Ana shunday mezonlardan bin informatsion mustaqillikdir. Hozirgi vaqtdagi infor-matsion mustaqillik quyidagi tushunchalarni o'z ichiga oladi:

            - tashqi muhitda mavjud bo'lgan xohlagan axborotni ola bilish qobiliyati;

            -    axborotning ishonchliligini tekshira bilish;

            -    axborotdan shaxsiy qiziqish va qoniqish uchun foydalana bilish;

            -    mustaqil  milliy informatsion resurslarni bunyod etish;

            -    informatsion resurslarni turli xil tahdidlar va rejalashtirilmagan hujumlardan mudofaa yetish.

            Informatsion mustaqillikning yuqorida ta'kidlab o'tilgan tamoyil-larini e'tiborga olsak mustaqil O'zbekiston bozor iqtisodiyotidagi infor­matsion strategiyaning asosiy yo'nalishlari namoyon bo'la boshlaydi.

            Xalqaro axborot almashuvning o'ziga xos belgilari namoyondir:

            -    xalqaro axborot almashuvning rivojlanishi obyektiv voqelikdir;

            -    axborotning, monopoliyashuvi;

            -    sanoati taraqqiy etgan yirik mamlakatlar, kompaniyalari tomo-nidan yo'naltirilgan siyosatni olib borilishi;

            -    etakchi, taraqqiy etgan mamlakatlar va ularning firmalari orqali tashqi iqtisodiy aloqa vositasi sifatida axborot almashinuvidan foyda-lanilishi;

            -    xalqaro informatsion almashuvda kichik va o'rta firmalarning faol ishtirok etayotganligi;

            -  axborot tayyorlovchilararo sodir bo'luvchi qarama-qarshiliklarning kuchayib borishi, dunyo informatsion bozorida ulararo raqobatning kes-kinlashib borishi;

            -    axborotni monopoliya qilib   olgan axborot resurslari   egalarining rivojlanib borayotgan va mustaqil davlatlar qaramligining yangi ko'ri-nishlarini   (awal  informatsion,   so'ngra  ilmiy-texnikaviy va  iqtisodiy, keyinchalik esa siyosiy) bunyod yetishga urinishlari;

            -    rivojlanayotgan   va   mustaqil   davlatlarning   yangi,   haqiqatgo'y informatsion tartib   o'rnatishdagi   kurashlari.

            AQSH statistika byurosining 1990—2000 yy.ga mo'ljalllangan basho-ratiga muvofiq, ishchilar soni oshib borishi kerak bo'lgan professiyalar (mutaxassisliklar) ichida birorta ham ishchi professiyasi ko'rsatilmagan. Shu bilan birga elektronika bo'yicha muhandis va texniklar, EHM dasturchilari, tizimli analitiklar va sh.k. lar soni o'rtacha 1,5 marta oshib borgan. Ushbu mutaxassislarning hammasi u yoki bu tarzda axborotni qayta ishlash bilan bog'liqdir.

            Bozor iqtisodiyoti informatsion strategiyasini loyihalashda, birinchi navbatda, ilmiy-texnikaviy mustaqillikni taxminlashga mo'ljal qilish ke­rak. Bu siyosatni to'g'ri olib borayotgan Yaponiya tabiiy resurslari kam bo'lishiga qaramay iqtisodda AQSH dan keyingi o'ringa chiqib olganligihech kimga sir emas. Sababi, bilim, axborot, intellektual mulkning qadr-lanishi boiib hisoblanadi. Ya'ni, asosan, informatsion va oqibat natijada ilmiy-texnikaviy taraqqiyot ta'siridir.

            Axborot o'z-o'zidan kerak emas, albatta. U boshqarav, istiqbolli va boshqa qarorlarni qabul qilish, ilmiy-texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot ustuvorligini tanlash uchun resurs sifatida kerakdir. Axborot muammolarni hal qilish uchun xizmat qiladi.

            Informatsion strategiyani chuqur tasawur etish uchun bozorning tarkibi, mohiyati, mazmuni, shakli va ko'rinishlarini sinchiklab o'rga-nish talab etiladi. Bozorning juda ko'p ko'rinishlarini o'rganishdan chetlashib, faqat axborot, intellektual mulk va innovatsiya bozoriga qisqacha to'xtalib o'tamiz. Hozirgi kunda innovatsiya bozori amalda yo'q desak ham bo'ladi. Informatsion mahsulot bozori boshlang'ich darajada bo'lib informatsion xizmat, ma'lumotlar axboroti, dasturiy ta'minot, tex-nikaviy vositalar va boshqalar sohasida mavjuddir. Xohlasak-xohlamasak informatsion strategiya mamlakatimizdagi paydo bo'lgan va bo'layotgan hamma-hamma bozorni o'z qamroviga olishi kerak.

            Dunyoda informatsion mahsulotdan foydalanish holati quyidagicha:

            —Shimoliy Amerikaga dunyodagi telealoqa vosita va xizmatlarining 40 foyizi va mikrokompyuter va dasturiy ta'minot sohasida 60 foyizga to'g'ri keladi.

            -  Dunyo bo'yicha Yaponiya bozori jahon informatsion mahsulot va xizmatining 12—18 foyizini tashkil etadi.

            —G'arbiy Yevropa mamlakatlari bozori dunyo informatsion mahsulot va xizmatining 25—30 foyizini tashkil etsa, Osiyo mamlakatlari va boshqa kontinentlar 5—10 foyizini tashkil etadi, xolos.

            Baxtga qarshi, qisqa muddat ichida yirik, taraqqiy etgan mamlakat-lardagi informatsion texnologiyani bunyod yetish murakkabdir. Shuning uchun mustaqil O'zbekistonda informatsion mustaqillikni amalga oshi-rish uchun o'ziga xos va mos boshqa davlatlarga bog'liq bo'lmaydigan tizimni ishlab chiqish va joriy yetish taqozo etiladi. Shuning uchun quyidagi tavsiyalarni berishimiz mumkin:

            -  asosan, o'z kuchimizga ishonishimiz va hech iloji bo'lmagan taq-dirda, informatsion texnologiyani bunyod yetish masalasida xorij mam-lakatlariga murojaat qilish mumkin;

            -    agar biz informatsion   resurs va apparatura dasturiy   ta'minotni sotib oladigan bo'lsak, faqat bir manbadan emas, raqobatbardosh man-balardan olishimiz kerak;

            -    to'liq informatsion    texnologiya    tizimni    barpo etish loyihasi, uslubi, tartibiyati yaratilishi kerak;

            -    axborotni eksport qilish tartibi, uslubini yaratishimiz kerak;

            -    umumhududiy ahamiyatga ega bo'lgan informatsion muammo­larni echish uchun konsorsium, birlashma,  aksiyadorlik jamiyatlarini bunyod etish kerak;

            -    informatsion texnologiyalarni chet davlatdan olish uchun yax-shisi franchayzing haqida bitim tuzib, "kalit" ga topshiriladigan variantni topish kerak;

            -    informatsion texnologiya tizimini joriy etishda O'zbekistondagi hamma   davlat va nodavlat tashkilotlar ishtirokini amalga oshirish lozim bo'ladi.

 

5-§. INFORMATSION RESURSLARDAN MARKETING

 FAOLIYATIDA FOYDALANISH

 

            Har bir firma (kichik va o'rta biznes korxonasi) ning moliyaviy-iqtisodiy holati hamma resurslarning, jumladan, moddiy, mehnat, enyer-getik va informatsion resurslarning yuqori samaradorligiga bog'liq jahon tajribasi shu narsani ko'rsatayaptiki, informatsion resurslar undan odi-lona, to'g'ri foydalanilganda, albatta, mehnat, moddiy va enyergetik re­surslar bilan bir xil tarzda qadrianadi. Buning ustiga axborot boshqa re-surslardan tejamkorlik va samarali tarzda foydalanishga imkon tug'di-radigan resursdir.

                        Axborot olishga bo'lgan imkon bozor iqtisodiyotidagi raqobatda ish-tirok yetishning asosiy shartlaridan biridir.

            Informatsion resurslardan har tomonlama samarali tarzda foyda­lanish hozirgi zamon marketingidagi muhim muammolardan biridir. Ushbu muammo uchta bosqichni o'z ichiga oladi: marketologlarning ax-borotga bo'lgan talabini aniqlash, uning manbalarini va axborotning uslub va vositalarini bilish.

            Kerakli axborotning yetishmasligi, aniq bo'lmagan yoki muammoga bevosita bog'liq bo'lmagan ma'lumotlardan foydalanish, hamda axbo-rotdan maqsadli yo'nalishda foydalana bilmaslik firmaning raqobat-bardoshligiga katta zarar etkazishi mumkin. Shuning uchun marketo­loglarning asosiy maqsadi axborotni qaror qabul qilish jarayoni ko'ri-nishida harakatga keltirish. Firma faoliyati samaradorligi, asosan, axbo-rotga bog'liq. Bekorga to'g'ri qaror qabul qilish uchun 90 foyiz axborotva 10 foyiz ilxom kerak deb aytilmagan. Marketingga oid qarorlarni qabul qilish jarayonida axborotdan foydalanish muammosi quyidagilarga bog'liq:

            -    axborotning   yetishmasligi   yoki   kerak   bo'lmagan   axborotni ortiqchaligi;

            -    axborotning turli xil idora va tashkilotlar bo'yicha tarqalganligi;

            -    axborotning o'z vaqtida tushmasligi. Marketologlar uchun kerak bo'lgan axborotga boigan ehtiyojni aniqlash bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan yechimlarning samaradorligi bilan bog'iiqdir. Bir-biriga zid bo'l­gan turli xil yechimlarning majmuasi tanlanib,   ulardan qaysi bin kerakli ekanligini belgilash uchun zarur bo'lgan qo'shimcha axborotni aniqlash zarurdir. Amalda qabul qilinadigan qaror, yechim bilvosita yoki bevosita u yoki bu tarzda firma faoliyatiga ta'sirini o'tkazadi. Axborotga bo'lgan ehtiyoj qabul qilingan qaror oqibatlari nuqtayi nazaridan aniqlanadi. Qabul qilingan qaror natijasining ta'sirini baholashda keng ko'lamda fikr yuritishga to'g'ri keladi. Chunki juda oddiy bo'lib tuyulgan qarorlar ham sezilarli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayrim vaqtda mensil-maydigan qarorlar moliyaviy iqtisodiy faoliyatga sezilarli ta'sir o'tkazishi mumkin.

            Marketinga oid axborotning boshqaruvga oid qarorni qabul qilish-dagi mavqei, asosan, uch ko'rinish bilan belgilanadi:

            -    bir-biriga zid bo'lgan harakat rejalarini amalga oshirishdagi no-ma'lumlik darajasi;

            -    noto'g'ri qabul qilingan qarorning moliyaviy iqtisodiy oqibatlari;

            -    birlamchi olingan axborot noaniqligini kamaytirish uchun foyda­lanish mumkin bo'lgan axborotni topa bilish.

            Informatsion ta'minlash muammosining asosi to'g'ri tanlangan ax­borot manbai bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining axborot-lashtirish haqidagi qonunida ta'kidlab* o'tilganidek axborot egasi undan foydalanuvchilar oldida oldindan noto'g'ri, to'liq bo'lmagan axborotni berganligi, keltirgan zarari uchun qonuniyat oldida to'liq javobgardir.

            Marketing faoliyati uchun ma'lumotlar manbai quyidagilar bo'lishi mumkin:

            -    birlamchi marketing ma'lumotlarini ular paydo bo'ladigan joy-ning o'zida yig'ish (ma'lumotlar yig'iladigan maxsus blankalar analitik tadqiqotlarning eksperimental (sinov) ma'lumotlari, sotsiologik so'rovlar va sh.k. lar.)

            -    xalqaro statistik ma'lumotlardan yillik to'plamlar va shu kabi-lardan olingan ma'lumotlarni tahlil etish va tanlash;

            -    tadbirkorlik xususida tarqatiluvchi marketing ma'lumotlari fir-malar xizmatlaridan foydalanish.

            Marketing faoliyati uchun ma'lumotlar manbaini tanlash, qidirish doim davom etadigan jarayondir. Marketinga oid tadqiqotlar natijalari rejalarga va firmaning joriy ishlab chiqarish holatiga tegishli o'zgar-tirishlar kiritishda foydalaniladi.

            Marketing tadqiqotlari dunyo mol bozori, tarmoq bozoriga ham taalluqli boiishi mumkin. Shuning uchun eng awalo, tadqiqot obyekti, ya'ni konkret buyum (tovar) va bozor, ichki yoki xorijiy vaziyat aniq­lanadi. Xorij tajribalari shu narsadan dalolat berayaptiki, marketing tad-qiqotlariga sarflanadigan harajatlar noto'g'ri qaror qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan katta moliyaviy yo'qotuvlarga olib keladi. Sarflar esa o'n-yuz baravar ortiqcha bo'ladi. Masalan, "Ford" firmasining "Yerdel" avtomobilini ishlab chiqarish bo'yicha muvaffaqiyatsizligi 250 mln AQSH dollarini, "Radio Co of Amyerica" firmasining yangi kompyutemi ishlab chiqarish bilan bog'liq yutqiziqlari 500 mln Amerika dollarini tashkil etgan.

            Birlamchi ma'lumotni o'z vaqtida olish jarayoni qimmatbaho jara­yondir. Birlamchi ma'lumotlarni olish ko'rinish (shakl) lari ichida quyi­dagilar ajratiladi: matnli, jadvalli, matritsali, grafikli hamda staistik di-namik qatorlar ko'rinishidagi.

            Marketing tadqiqotining asosini bozor, baho, raqobat va shu kabilar haqidagi obyektiv, to'la va o'z vaqtida olinishi mumkin bo'lgan axborot tashkil etadi. Hamma gap konkret qo'yilgan masalani hal yetish uchun marketing bo'yicha mutaxassisga kerak bo'lgan axborotni topa bilish, aniqlash va olabilishdadir. Shu narsani ta'kidlab o'tish kerakki, mar­keting tadqiqotlari natijasida olinadigan tadqiqotlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

            -    bozor sharoitidagi sodir bo'ladigan konkret sharoitni xarakterab bozordagi holatga operativ mo'ljal vositasi bo'lib xizmat qilishi kerak;

            -    boshqaruvning ayrim bosqichlari nazorat va signalga oid axbo­rotni o'z ichiga oladi;

            -    talabning yil, oy va choraklar (kvartal) bo'yicha qoniqtirilishini aniqlab berishi kerak;

            -    qoniqtirilmagan talabning hajmi va tarkibini belgilash;

            -    bozor holatini aniqlashdagi farqni taqqoslash; - ilgari amalga oshirilgan bahoga nisbatan talab va takliflararo nisbatning real vaqtdagi og'ishlari haqidagi signal axborotni olish im-konini yaratish.

            Marketing tadqiqotni o'tkazishning eng muhim bosqichi o'rganishga moyil axborotni maxsus iqtisodiy-matematik va matematik statistika usullari yordamida qayta ishlash va to'plangan ma'lumotlar ichidan kerakligini ajratib olish bo'lib hisoblanadi.

            Hozirgi vaqtda marketing tadqiqotlarida ko'pincha miqdoriy usul-lardan foydalanilmoqda. Bu esa o'z navbatida, korxona tadbirkorlik fao-liyati ko'rsatkichlarini aniqlash, qarama-qarshi qo'yish, taqqoslash im-konini beradi.

            Davriy matbuot orqali axborot olish. Ushbu usulda axborot olish umumiy xarakterga ega bo'lib, uncha qimmat emas.

            Xalqaro interaktiv xizmatlar orqali axborot olish. 1980-yillar oxirida kompyuter texnologiyasi va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanib borishi natijasida tadbirkorlik asosida axborotni olish va tarqatish maqsadida interaktiv xizmatlar shakllana boshladi. Ushbu xizmatlar orqali va axborot olish uchun talabga javob beradigan hisoblash texnikasi kerak bo'ladi. Bundan tashqari, bunday axborotning bahosi qimmatdir. Hozirgi zamon informatsion texnologiyasidan foydalanishning afzalligi aniq bo'lib, taraqqiy etgan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu jarayonni to'g'ri qabul qilib, o'z mamlakati iqtisodiy kelajagi uchun foydasi tegishini tushunmoqdalar. Planetamiz xalqlari kelajagini barpo yetishda fundament rolini o'ynaydigan jarayon—bu axborot-telekommunikatsion texnologiya bo'lishi mumkin. Moliyaviy-iqtisodiy axborot bo'yicha faoliyat ko'rsatadigan yirik axborot xizmatlar juda ko'p ma'lumotlar tarqatishga imkon tug'dirayapti. Ushbu xizmatdan, odatda, hisobchilar, iqtisodchilar, menejerlar, marketologlar, yirik firmalarda moliyaviy faoliyat ko'rsatuvchi mutaxassislar foydalanishadi.

 

MARKETING AXBOROTINI QAYTA ISHLASH USUL

VA VOSITALARI

 

            Turli xil ko'rinishdagi axborotlarni majmuaviy tarzda qayta ishlash, tahlil etish va undan marketing faoliyatida foydalanishda, asosan, quyi-dagi usul va vositalar qo'llaniladi:

            1. Maxsus marketing axborot-boshqaruv tlzimlari (MMIBT). Iqti-sodni bozor munosabatlariga o'tkazilishi bilan marketing informatsion-boshqaruv tizimlaridan foydalanila boshlanganligi ajablanarli emas, al-batta.

            MMIBT marketing faoliyatiga samarali ta'siri bilan baholanib ax­borotni qayta ishlash va umumlashtirishda quyidagi imkonni yaratadi:

            -    maqsadli bozorlarni mo'ljallashda, ular ichidan istiqbolligini tan-lashda aniq hududlardagi savdo konyunkturasi va kelajagini baholash;

            -    o'z va raqobatdagi mahsulotlar ko'rsatkichlarini taqqoslash;

            -    o'z firmasi, raqobatchilar talabini toiiq tahlil eta bilish;

            -    o'z faoliyati istiqbolini ma'lum bir bozor segmentida baholash;

            -    marketing faoliyat samaradorligini tahlil eta bilish;

            -    informatsion bozor tovar tarkibini tahlil eta bilish;

            -    har bir bozor segmentidagi raqobat kurashi jarayonidagi baho, baholar nisbatini tahlil eta bilish.

 

TADBIRKOR KOMPYUTER GRAFIGI DASTURIY VOSITALARI

 

            Ushbu vositaning rivojlanishi shaxsiy kompyuterning turli xil soha-larida joriy etilishiga olib keladi. Shaxsiy kompyuterlardan foydalanish sohalarining keskin kengayib borishi qimmat-unumdorlik nisbatining sezilarli o'zgarishiga olib keldi. Yangi dasturiy mahsulotlar eng arzon kompyuterlarda ham grafik foydalanish imkonini yaratadi. Bunda inter-feysning eng yuqori sifatiga erishiladi. Ya'ni foydalanuvchi va shaxsiy kompyuterlar orasida haqiqiy muloqot paydo bo'ladi. Marketologlar uchun eng qulay va istiqbolli texnologiya WYSIWYG (What You See Is What You Get - nimani ko'rsangiz, shuni olasiz) bo'lib hisoblanadi. Ushbu texnologiya turli xil o'lchovdagi diagrammalarni olish, tahlil etish, yangi bilimlarga ega bo'lish imkonini beradi. Tadbirkor kompyuterli grafik dasturiy vositasi yordamida tezkorlik bilan moliyaviy va ilmiy hisoblarni amalga oshirish, hisob-nazorat faoliyatni to'liq avtomatlashtirish, katta hajmdagi raqamli axborotlarni samarali qayta ishlash imkonini beradi.\

 

VII BOBGA OID OLINGAN BILIMLARNI  CHUQURLASHTIRISH UCHUN SAVOLLAR

 

1.   Kichik, o'rta, xususiy biznes va axborotning bir-biriga munosa-bati.

2.  Tadbirkorlik va axborot texnologiyasi.

3.   Axborotni tijorat asosida taraqqiy ettirish usullari.

4.   Davlatlararo ilmiy texnikaviy axborotlar almashuvchi jarayoni.

5.   Axborotlashtirish va iqtisodiy taraqqiyot.

6.   Axborotning ishlab chiqarish jarayonlarida tutgan o'rni.

7.   Iqtisodiy informatsion tizimning shakllanishi.

8.   Informtsion   texnologiyaning   asosiy   ikki   yo'nalishi   nimadan iborat?

9.   Gipermatn nima?

10. CASE texnologiyasi nima?

11. Sun'iy intellekt tizimi nima?

12. Multimediya nima?

13. Bank tizimlari va birja texnologiyalari.

14. Menejment va marketing texnologiyalari.

15. Soliq informatsion texnologiyalari.

16. Investitsion loyihalarning boshqarav texnologiyasi.

 

VIII bob. MURAKKAB JARAYONLARNI

 BOSHQARISHDA SISTEMALI MUNOSABAT

 

l-§. SISTEMALI (TIZIMLI) TADQIQOTLAR

RIVOJLANISHINING AYRIM XUSUSIYATLARI

 

            Sistemali munosabat tadqiqotlarining rivojlanishi sobiq Ittifoq davridan boshlangan bo'lib, taxminan 30 yil vaqtni o'z ichiga oladi. Eng awalo, shu narsani alohida ta'kidlab o'tish kerakki, sistemali munosabat bilan shug'ullangan olimlar tadqiqotlarida ushbu yo'nalishning mazmimi, ma'nosi, tushunchalari, boshqa tadqiqotlarga bo'lgan munosabati, usuli, kelib chiqish tarixi haqida turli - tuman mulohazalar mavjuddir. Buning ustiga sistemali munosabatni fan va texnikaning juda ko'p sohalarida shiddat bilan qo'llanilayapganligj yaqqol ko'zga tashlanib turibdi.

            Ushbu sohadagi tadqiqot odat (moda) ko'rinishini olgan edi. Moda tez o'zgarishi mumkin bo'lganidek, sistemali tadqiqot modasi ham o'ta boshladi. Chunki bu tadqiqot modadan tabiiy ishga aylandi.

            Sistemali munosabatning tushunchasi shundan iboratki, o'rganila-yotgan real holatning tadqiqida to'liq tasawurga ega bo'lishga harakat qilinadi. Albatta, «to'liq tasawur» absolyut bo'lmay nisbiydir.

            Sistemali munosabat, sistemali mo'ljal deb ham ifodalanadi.

            Hozirgi zamon ilmiy texnikaviy taraqqiyot va bilishning asosiy xususiyatlaridan bin tadqiqot obyektlariga sistema deb qarashdir. Bunda sistema deganda bir-biri bilan bog'iangan va o'ziga hos xususiyatlarga ega bo'lgan obyektlarni nazarda tutiiadi. O'zaro bir-biriga ta'sir etuvchi ele-mentlar ko'p bo'lganda, murakkab sistema (obyekt) lar sinfi alohida aj-ratiladi. Inson tomonidan ajratiiadigan ko'pchilik siste,malar ichida turli xil operatsiya, ish, xislatlarni amalga oshiraoladigan texnologik va boshqa jarayonlar oqimini ta'minlaydigan, o'zi harakatlana oladigan sistemaiar ajralib turadi. Ya'ni bunday sistemaiar inson tomonidan qo'yilgan maqsadni hal etaoladilar.

            O'zi harakatlana oladigan sistemaiar texnikaviy, tashkiliy va inson-mashina ko'rinishlariga bo'linadi. Texnikaviy (avtomatik) sistemaiar in­son tomonidan belgilanadigan masalalarni  inson  ishtirokisiz bajarishqobiliyatiga egadir. Agar sistema tarkibida inson ishtiroki aks ettirilsa, bunday sistema tashkiliy deb ataladi. Tashkiliy sistemada, agar masalani hal etishda inson va texnikaviy sistema o'zaro alohida bo'lsa, bunday sis­tema inson-mashina sistemasi deyiladi. Sistemani ushbu tarzda ta'rif-lashda inson ishtiroki bo'lmasa texnikaviy sistema, inson ishtirok eta-digan texnologik rejimdagi mutanosiblik texnologik jarayonlarni, shahar xo'jaligini va boshqa murakkab obyektlarni (ya'ni inson-mashina siste-malarini) avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari (ABS) bo'lib hisob-lanadi. Kosmonavtlami tayyorlashni tashkil etish sistemasi (KTTES) tashkiliy sistemadir.

            Ko'rsatib o'tilgan sistemalarni boshqarishdagi asosiy xususiyatlarni tahlil etib chiqamiz, chunki tahlil etib chiqish uslubiyat va amaliyot nuqtayiy nazaridan muhimdir.

            Taraqqiy etgan davlat iqtisodiyoti katta, murakkab sistemadir. Ushbu sistemada sanoat korxonalarini boshqarish haddan tashqari murakkabla-shib bormoqda. O'zbekiston Respublikasida yirik zavodlar, kombinatlar, ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish va sanoat birlashmalari bunyod etilgan va bunyod etilayapti. Yangi texnika va texnologik jarayonlardan foydalanish evaziga ishlab chiqarish samaradorligi oshib borayapti; o'z tarkibiga minglab detal va operatsiyalarni, o'n minglab yig'uv birliklarini qamrab oluvchi buyumlar ko'rinishi murakkablashib bormoqda; foyda-lanuvchi materiallar va texnologik asbob-uskunalar nomenklaturasi (turi) kengayib bormoqda; korxonaning mutaxassislashuvi va koope-ratsiyalashuvi chuqurlashib bormoqda; mahsulot tarkibi va iste'mol-chilarning sifatga bo'lgan talabi juda tez o'zgarib bormoqda.

            Ishlab chiqarish jarayonlarining to'xtovsiz mukammallashib borishi, mexanizatsiyalashuvi va avtomatlashtirilishi sanoat ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligini yuqori darajada o'sib borishini ta'minlayapti.

            O'z navbatida, ishlab chiqarish hajmining o'sishi, hamda boshqaruv qarorlarini (yechimlarini) ishlab chiqishda juda ko'p miqdordagi ijtimoiy va iqtisodiy omillarni hisobga olish kerakligi, boshqaruv uchun kerak bo'lgan axborot hajmini oshib borishi va uni qayta ishlashga sarflanuvchi vaqtni kamayib borishiga olib keladi. Korxonalardagi axborot oqimini o'rganish shu narsadan dalolat berayaptiki, hozirgi vaqtdagi mavjud axborot xajmi boshqaruv xodimlari qabul qilib olishi, qayta ishlashi va zudlik bilan qaror qabul qilishi imkonidan birnecha marta oshiqdir. Bu esa o'z navbatida, korxonalarda hisob-kitoblarni o'z vaqtida olib borish oqsoqlanib, ayrim hisob-kitoblar melmat xajmi katta bo'lganligi sababli,

umuman amalga oshirilmay, tajriba asosidagina xulosa chiqarishga olib keladi. Boshqaruvga oid yechimlarni hal etish hozirgi kunda juda ham javobgar masalaga aylanib bormoqda.            Boshqaruvga oid yechimlar asosida katta ishlab chiqarish resurslari ishga tushiriladi, katta kollektiv faoliyati tashkil etiladi va bularning hammasi oqibat natijada ishlab chiqarish samaradorligiga kuchli ta'sir o'tkazadi. Asoslanmagan qaror, yechimlar esa ishlab chiqarish texnologiyasidagi yo'qotuvlardan birnecha marta ko'p bo'lgan yo'qotuvlarga olib kelishi mumkin.

            Boshqaravni yaxshilashga faqat Kibernetika, informatika, hisoblash mashinalari va iqtisodiy-matematik usullar va shu kabilar sohasida eri-shilgan yutuqlarni keng qo'llash, ya'ni avtomatlashtirilgan boshqaruv sistema (tizim) larini bunyod etish evaziga erishish mumkin.

            Hozirgi zamon ilmiy-texnikaviy taraqqiyot asosini mashinasozlik so-halari majmuasi tashkil etadi. Mashinasozlikning keyingi taraqqiyoti bir tomondan ilm-texnika-ishlab chiqarish sistemasidagi bo'g'in (zveno) laming o'zaro ta'sirini mukammallashtirishni, ikkinchi tomondan tex­nologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni talab etadi. Hozirgi kunda avtomatlashtirishning ayrim muammolari bo'yicha juda ko'p muhim ishlar amalga oshirilgan. Biroq buyumlarni avtomatlash­tirilgan tarzda ishlab chiqarish muammosini hal etish yagona uslubiyati ishlab chiqilmagan; buyum va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga tayyorlash uchun tahlil etish usullari, mashina-avtomatlar, texnologik majmualari tuzilmasi (strukturasi) ni tahlil etish usullari hamda nazorat va avtomatik boshqaruv vositalari bilan jihozlanganligi yetarli darajada rivojlanmagan.

            Xohlagan texnologik jarayonning avtomatlashtirilishi texnologik jarayon va uning elementlarini avtomatlashtirishdan boshlanadi.

            Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishdagi texnologik jarayon deganda uskunalar ishlov berish organlari bilan mahsulot va boshqaruv sistemasi-ning o'zaro ta'siri tushuniladi.

            Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonni ishlab chiqish o'z ichiga quyidagilarni oladi:

            - jarayon fizikaviy ma'nosining tahlili;

             -ularning matematik bayoni;

            -  texnologik jarayon parametrlarini belgilab beruvchi va ularning buyum sifati shakllanishiga ta'sir etish darajasini aniqlab beruvchi omillar (faktorlar) majmuasini aniqlash; - korrektirovka (tuzatuvchi) signalning ish bajaruvchi mexanizm yoki jarayonni ko'rgazmali tarzda aks ettirib beruvchi qurilmaga o'zaro ta'siri miqdorini aniqlab berovchi miqdorlarni belgilash. Íàr bir konkret ho-latda ayrim faktorlar orasidagi aloqani topish usuli o'z navbatida, jarayon ko'rinishi, uning (fizikaviy-kimyoviy, fizikaviy-mexanikaviy) qonuniyat-lari holati va ularning amalda o'rganilganlik darajasiga bog'liq. Bu ho-latda texnologik jarayon yo'nalishini tajribaviy ma'lumotlar asosida aniq-lash mumkin.

            Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayoni nazoratga va boshqaruvga moyil boiishi kerak. Burring uchun o'ziga xos va mos asbob - uskunalar, informatsiya datchiklari, aks ettirish qurilmalari, ish baja­ruvchi qurilmalar qo'llaniladi. Informatsiya (axborot) ni qayta ishlash, hisoblash mashinalari yoki oddiy qurilmalar asosida olib borilishi mumkin.

            Ko'pchilik avtomat va yarim avtomatlarda dastur yo'naltiruvchisi tayanchlari bo'lgan boshqaruv sistemasi qo'llaniladi. Ushbu tayanchlar yordamida ishchi organlar surish miqdori chegaralanadi, turli xil ish rejimlari amalga oshiriladi va sh. k. Tayanchlardan kelib turadigan sig-nallarni o'zgartirish elektrik yoi bilan amalga oshiriladi. Keyingi vaqt-larda ushbu vazifalar to'lig'incha hisoblash mashinalariga yuklanilayapti. Bu holatda datchiklar u yoki bu ishchi yoki xolis siljishlar haqidagi axborotni signal ko'rinishida berish vazifasini bajaradi.

            Avtomatlashtirishning uch bosqichi ma'lumdir: 1) mashina ishchi siklini avtomatlashtirilishi, mashina-avtomatlar va yarim avtomatlarni bunyod etish; 2) mashinalar sistemasini avtomatlashtirish; 3) ishlab chi­qarish jarayonlarini kompleks (majmuaviy) avtomatlashtirish, avtomatik sex va zavodlarni bunyod etish.

            Avtomatlashtirishning yuqorida zikr etilgan uch bosqichini ko'rib chiqishdan oldin «Avtomatlashtirish nima?»—degan mavzuni ko'rib chi-qamiz.

 

2-§. SHAHAR XO'JALIGIDA SISTEMALI  MUNOSABAT

 

            Shahar xo'jaligi deganda aholining moddiy va madaniy ehtiyojini qondirishga mo'ljallangan korxona, tashkilotlar sistemasi tushiniladi. Bundan tashqari, shahar xo'jaligi ishlab chiqarish korxonalari, tashki-lotlarga, qurilishga, boshqaruv organlari va sh.k. larga kerakli xizmatlar-ni ko'rsatadi. Shahar xo'jaligi halq xo'jalik majmuasi, jumladan, sanoat

bilan chambarchas bog'langan. Bir tomondan shahar xo'jaligining rivoj-lanish va o'sish darajasi sanoatning rivojlanish va o'sish darajasiga bog'liq, boshqa tomondan shahar xo'jaligi ko'p tomondan sanoat korxonalarini mahsulotlar, xizmatlar bilan ta'minlab beradi.

            Shahar xo'jaligining rivojlanishi uzoq muddatni (10 va undan ko'p yil) q'amrab oladigan loyihalar asosida olib boriladi. Bunday loyihalarda shahar hududini rejalashtirish, uni obodonlashtirish, sanitar-texnik va energetika xo'jaligi, shahar transport! va shaharning boshqa kommunal korxonalarini tashkil etish, qurish masalalarini keng tarzda ko'rib chiqi-ladi.

            Shahar xo'jaligidagi ko'p qirrali vazifalarning bajarilishi o'z navba­tida, boshqaruvning murakkab sistemasini bunyod etish, korxona, tashki­lotlar, xizmat o'choqlarini tashkiliy va ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan bo'linishini talab etadi.

            Shahar qancha katta bo'lsa (aholi soni, hudud, sanaot korxonalari soni bo'yicha) shunchalik shahar xo'jaligi korxonalari har bir fuqaro uchun beriladigan mahsulot (xizmat) hajmi shunchalik ko'p bo'ladi. Masalan, suv, issiqlik, elektr energiya va sh.k. lar. Katta shaharlarda shahar yo'llari rivojlangan bo'lganligi uchun transport tarmog'i ham keng bo'ladi. Shaharning o'sib borishi yashash binolari qavatini oshirishni taqozo qilsa, bu o'z navbatida, lift xo'jaligini, yuqori qavatlarga suv va issiqlik borishini tashkil etilishini taqozo etadi.

            Xuddi sanoat, qurilish, transportdagi singari shahar xo'jaligi korxo­nalari o'z faoliyatini quyidagilar asosida amalga oshiradi: 1) xo'jalik hi-sob-kitobi; 2) davlat tomonidan ajratilgan asosiy fond va aylanma vositalar; 3) halq xo'jaligi asosiy tarmoqlari ishchilarining mehnati. Sha­har xo'jaligining avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasini bunyod etish-da mavjud tajribalarni e'tiborga olib, avtomatlashtirishning uch bosqichini belgilash mumkin:

            Birinchi bosqich—mavjud boshqaruv tuzilmasi doirasida amalga oshiriladigan qandaydir boshqaruv organi chegarasida olib boriladigan jarayon yoki ishlarni avtomatlashtirish hamda ayrim tarmoq, korxona, assotsiatsiya va shu kabilar uchun avtomatlashtirilgan boshqaruv sistema-larini bunyod etish.

            Ikkinchi bosqich-birinchi bosqichda bunyod etilgan avtomatlashti­rilgan boshqaruv sistemalarini (ABS) birlashtirish. Ushbu bosqichga huj-jatlar shakli, axborotni kodlashtirishni unifikatsiyalash, ABSlararo ma'­lumotlar almashishini, texnikaviy vositalar birligini, aloqa kanallaridama'lumotlarni uzatish usullari va ABS matematik ta'minotlarni unifi-katsiyalashtirish evaziga erishiladi.

            Uchinchi bosqich—boshqaravning hamma zvenolaridagi boshqaruv-chi organlar va jarayonlarni qamrab oluvchi shahar xo'jaligi boshqaruv jarayonini kompleks avtomatlashtirish. Ushbu bosqichda hamma soha-dagi ABS larni integratsiyalash nazarda tutiladi.

Bayon etilganlar munosabati bilan shahar xo'jaligini boshqarish uslu-biyatini mukammallashtirish va ABSlarni loyihalash taqozo etiladi. Ush­bu uslubiyatning muhim elementlaridan biri shahar xo'jaligi zveno (bo'-g'in) lari va kichik tizimlarni imitatsion modellashtirish bo'lib hisob-lanadi.

 

3-§. TASHKILIY BOSHQARUV SISTEMASI (TBS)

 

            Kosmonavtlar tayyorlash tashkiliy boshqaruv  sistemasi   (KTTBS) ustida to'xtalib o'tamiz. Shu narsani alohida ta'kidlab  o'tamizki, kosmik apparat (yoki uni imitatsiya qiluvchi trenajyor) ni avtomatika va hisob-lash texnikasi bilan jihozlanganligi mazmuniga ta'sir qilmaydi, chunki tahlil etilayotgan sistema tashkiliy sistemaga taalluqlidir. Oxir oqibatda konkret maqsadni inson shakllantirib, unga erishish yo'llarini aniqlaydi, ishlar majmuasini baholash mezonlarini ishlab chiqadi, paydo bo'luvchi muammolarni kelishib hal etish yo'llarini qidiradi. Keyingi vaqtda tash­kiliy boshqaruv sistemalarini ishlab chiqishga oid qator ilmiy ishlar chop etilgan. Ushbu ishlarning asosiy qismi sanoat korxonalari, birlashmalar, assotsiatsiyalar va halq xo'jaligi tarmoqlarini boshqaruv sistemalariga bag'ishlangan. Bu sohadagi asosiy natijalar ilgari joriy etilgan rejalash-tirish tamoyillari nuqtayi nazaridan olingan boiib, boshqaravning o'zi xuddi texnikaviy sistemalarni boshqargandagidek olib borilgan. Tashkiliy sistemalarning o'ziga hos xususiyatlari, ularning texnikaviy sistemalardan farqli  xususiyatlari  inobatga  olinmagan.  Agar texnikaviy  sistemaning boshqaruvchiga ta'siri bir maromda bo'lib, unda belgilangan algoritm bilan aniqlanadigan bo'lsa, tashkiliy sistemalarda ushbu ta'sirning qo'-yilgan maqsadga erishish yo'1-yo'riqlari va usullari bir xil emas. Tashkiliy sistema, boshqariluvchi sistema sifatida o'z tarkibida boshqaruv organiga (qaror, echim qabul etuvchi) ega bo'ladi. Kutilgan maqsadga erishish eng maqbul tarzda bo'lishi uchun, kerakli natijani olishda sistema xulqining turli xilligi boshqaruv organiga qaror, yechimlarni qabul etishda tanlash erkinligini beradi.

            Tashkiliy boshqaruv sistemasi qo'yilgan maqsadni amalga oshirish uchun ma'lum bir tarzda birlashtirilgan odamlar, mashinalar va mexa-nizmlar majmuasi bilan belgilanadi.

            TBS quyidagilarni o'z ichiga oladi:

            -    element va bosqichlarni tashkil etish shakli sifatidagi boshqa-ruvchi va boshqariluvchi struktura (tuzilma);

            -    aniq texnologiya bo'yicha bajariladigan operatsiyalar majmuasi sifatidagi (ko'rinishdagi) boshqarav jarayonlari;

            -    boshqaruvchi sistemani, boshqariluvchi jarayonga ta'siri usul va yo'l yo'riqlari majmuasi sifatidagi, ko'rinishidagi boshqaruv usullari;

            -    boshqaruv jarayonlarini   mexnizatsiyalash  va   avtomatlashtirish vositalari sifatidagi, ko'rinishidagi boshqarav texnikasi.

            TBS ni sistemali tahlil sifatida shakllantirishga bir necha yonda-shuvlar mavjud. Ushbu yondashuvlar turli xil fan sohalari, jumladan, ja-rayonlar tadqiqi (issledovanie operatsiy), ko'p bosqichli sistema na-zariyasi, sistemaning umumiy nazariyasi va shu kabilarning konsepsiya, usullariga tayanadi. Tashkiliy boshqarav sistemasini tadqiq etilganda in-formatsiya tushunchasi xohlagan simvol (belgi) va signal sifatida tu-shuniladi. Modellar esa informatsion jarayon grafik-sxemasi sifatida amalga oshiriladi. Modelning asosiy maqs_adi-sistema tuzilmasini tartibga solish, informatsion oqim (potok) lar qaytarilishiga yo'l qo'ymaslik va ular tarkibini tartiblashtirish. Hozirgi vaqtda bunday yondashuv, asosan hujjatlar aylanishini tahlil etish va informatsion masalalarni hal etishda foydalaniladi.

            Model dinamik tuzilmasi (A.P. Buslenko, Dj. Forrester va sh.k lar) bir-biri bilan informatsion oqim bilan bog'langan qator bosqichlardan iborat. Hisoblash mashinalarida modellashtirishga bunday yondashish sistemaning u yoki bu qo'pol ta'sirlarga bo'lgan reaksiyasini tahlil etish imkonini beradi. Biroq haqiqiy sistema yuz va minglab tenglamalarni tuzishni nazarda tutadi va shuning uchun olinadigan xulosa va takliflar sezilarli darajada oddiylashtiriladi.

            Murakkab sistemalar uchun quyidagi ko'rinishdagi qator modellar tuzilishi taqozo etilganda, muhandislik yondashuvidan foydalanish mumkin:

            -   qo'yilgan maqsadni amalga oshirishda mazmunan sistema ishi amalga oshirilishiga yordam beruvchi funksional model;

            -  tadqiq etilayotgan jarayon o'zgaruvchi parametrlarini ma'lum bir bog'liqlik va tenglamalar bilan bog'lab turuvchi matematik model; -  sistemada qabul etiladigan qaror, yechimlar samaradorligini ba-holash mezonini belgilab beruvchi texnika-iqtisodiyot modeli;

            -    boshqaravchi  organlarni   asosiy jarayon  bilan  o'zaro  ta'sirini aniqlab beravchi informatsion model.

            TBS laming hamma ko'rinishlari uchun «ish hajmi», «resurslar» va «bajarish vaqti» degan tushunchalar kiritilgan (M.K. Babunashvili)

            Eng ko'p amaliy natijalar situatsiya-holat va imitatsion modellardan foydalanilganda olingan. Chunki katta sistemalar boshqaruv obyektlari-ning to'liq rasmiylashtirilishi mumkin emasligi, tuzilmaning noturg'unligi bilan xarakteranadi. Imitatsion modellar kelajagi yaxshidir: ular bir qancha rasmiylashtirish usullarini birlashtirish, katta sistemalar faoliyati u yoki b'u tomonlarini tahlil etishda turli xil matematik modellardan foy-dalanish imkonini beradi.

            Kosmonavtlar tayyorlashni rejalashtirish jarayonida quyidagi yirik masalalar hal etiladi:

            l.Kosmonavtni tayyorlash vaqtida tavsiya etiladigan talab va chega-ralarni aniqlash.

            2.  KTTBS resurslarini parallel tarzda olib boriladigan dasturlararo tarqatilishi.

            3.   Kosmonavtlar tayyorlashning reja-grafigi va jadvalini shakllan-tirish.

            Ushbu masalalarning ketma-ketlikda hal etilishi rejalashtirishning asosiy mazmunini tashkil etadi.

            KTTBS ning muhim xususiyatlaridan biri tahmin etilayotgan sis-tema ishining grafik va jadvalini tayyorlash imkonini beradi.

            Biroq har qanday mavjud sistemada jarayonlar bajarilish muddati va tartibini bajarishda u yoki bu buzilishlar sodir bo'lishi tabiiydir. Shuning uchun grafikni amalga oshirish statistik xarakterga ega. KTTBS ini reja­lashtirish va boshqarishga stoxastik dasturlash va boshqarish nazariyasi nuqtayi nazaridan yondashish kerak.

            KTTBS ning umumiy sifat xususiyatlariga boshqaruv umumnaza-riyasi nuqtayi nazaridan tavsifnoma berish mumkin:

            1.  Kosmonavtlarni tayyorlash jarayoni, holati haqidagi axborotdan foydalana oladigan bir necha qayta aloqali konturga ega bo'lgan yopiq sistemadir.

            2.   Sistema ko'p bosqichli, iyerarxik bo'lib, har bir bosqich uchun yuqori bosqichlardan va boshqaruv obyektlaridan informatsiya kelib turadi.

            3.  Informatsiyalarning kelib turishi nodoimiy tarzda amalga oshiril-may, informatsiyani uzatish chastotasi hal etilayotgan masala bosqichiga bog'liq.

            4.  Sistema stoxastik ko'rinishga ega.

            Imitatsion modellar—bu mutaxassisning normal tafakkuri va iqtidorini matematik modellashtirish usullari bilan bog'lash imkonini beradigan inson - mashina sistemasidir.

            Statistik modellashtirish g'oyasi, matematik va dasturli ta'minot vo-sitalarining rivojlanib borishi inson bilan hisoblash texnikasi orasida muloqot (dialog) o'rnatish imkonini yaratadi. Agar shu paytgacha gap masalalarni hal etishning interaktiv usullari ustida borgan bo'lsa, endi gap modellar qurishning imitatsiya usullari haqida borayapti. Bu usullar evristik tartib va foydalanuvchi shaxs tajribasini nazarda tutadi. Model-lashtirishda adaptatsiya va o'z-o'zini tashkil etish g'oyasi amalga osha-yapti, o'z-o'zini modellashtirish evolyutsion jarayon bo'lib qoldi. Mulo­qot eksperiment o'tkazuvchining intellektini to'ldiruvchi va kuchay-tiruvchi vosita sifatida imitatsiyani o'z ichiga olib, eksperiment o'tkazuvchining ishini avtomatlashtirishda yangidan-yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

            Imitatsion model va muloqotning mavjudligi situatsiya (vaziyat) ni model yordamida interpretatsiya (ko'p tomonlama tasvirlash, muloha-zalash, fikrlash) qilish va hatto uni oddiy o'yin sifatida tasawur etish mumkin. Imitatsiyaga o'yin sifatida yondashish murakkab tajribalarni egallashga mushtoq bo'lgan juda ko'p odamlarni o'rgatish uchun kuchli vosita rolini o'ynayapti. Model o'z navbatida trenajyor bo'lib qolmoqda.

            Qabul qilinayotgan qarorlar, yechimlar samarali va hayotiy bo'lishi uchun eksperimentning uch manbaidan olinadigan informatsiya, modellashtirish va ekspert mulohazalari natijalaridan foydalanish kerak. Informatsiyani olishda ekspert informatsiya sistemasidan foydalanish maxsus ta'minotni talab etadi.

            Insoniyat faoliyatining shunday sohalari mavjudki, interaktiv rejim-larni qo'llamasdan, faqat imitatsion modellar yordamida tasawur etib bo'lmaydi. Shunday sohalardan biri kosmosni tadqiq etish bo'lib hisob-lanadi.

            Informatsiyani operativ izlash vositalarining rivojlanishi u yoki bu sistemani loyihalash muddatini qisqartirish va qimmatini kamaytirishga olib kelayapti. Shuning uchun informatsiyani izlash avtomatlashtirilgansistemalar ishlab chiqilmoqda. Loyihachining sistema bilan muloqoti tur-li xil tarzda olib boriladi.

            Universal avtomatlashtirilgan imitatsion modelning qo'llanilishi (UAIM) hozirgi zamon texnologik jarayonlarining ko'p ko'rinishlariga oid avtomatlashtirilgan loyihalash boshqaruv sistemalariga tegishli masa-lalarni hal etish imkonini beradi.

 

4-§. ISTIQBOLLASH BOSHQARUV ASOSLARI MEZONI

 

            O'zaro foydali yagona axborot tizimini yaratish va ta'minlash rivoj-langan mamlakatlarning bosh yo'nalishlaridan biridir.

            Mustaqil O'zbekistan Respublikasining o'z davlat axborot tizimini yaratmay turib, jahon hamjamiyatiga kirishini tasawur qilish qiyin.

            Axborotni tahlil qilish hukumat darajasida juda muhim qarorlar qabul qilinishini ta'minlaydi. Bu o'z mohiyati bilan fan va texnika rivo-jini aniq istiqbollarining eng ishonchli omili bo'lib, O'zbekiston Respublikasini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning ustivor yo'nalishlarini aniqlashda muhim asos bo'lib hisoblanadi.

            Fanning maqsadi—tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlarini o'r-ganish va ulardan amaliy faoliyatda foydalanish. Ilmiy olg'a siljish—bu qonunlarni bilishga asoslanadi. Kishilar faqat tabiat va jamiyat qonun-lariga muvofiq kechadigan faoliyatnigina muvaffaqiyatli amalga oshira oladilar.

            Faqat bizga ma'lum hodisalarning ba'zilarigina emas, balki ilgari ma'lum bo'lmagan va haqiqatda yuz bermagan hodisalarni ham oldindan bashorat qilish mumkin.

            Yangi hodisalarni oldindan ko'ra bilish va istiqbollash qandaydir hodisaning rivojlanish yo'nalishlarini ochib berishga asoslangan. Rivoj­lanish yo'nalishlarini ochib berish bilan birga kelajak kurtaklarini ko'-rishimiz va bu bilan uni oldindan bilib olishimiz mumkin.

            Istalgan sohada ilmiy bashorat va istiqbollashning asosi rivojla-nishning obyektiv qonunlarini va muayyan-tarixiy sharoitlarda ularning ta'sir mexanizmini bilishdir.

            Biz tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlarini qanchalik ko'p bilsak, ilmiy bashorat uchun shuncha ko'p imkoniyatga ega bo'lamiz. Buyuk kashfiyotlarning ko'pchiligi sanoat, qishloq xo'jaligi, harbiy sohani rivojlantirishning bevosita ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kashf etil-gan. Ijtimoiy hayot sharoitlarini kishilarning o'zi o'zgartiradi, lekin ular-

ning o'zi bularni o'zlari istagan vaqtda yoki o'z subyektiv fikrlari bo'-yicha emas, balki bunday o'zgartirish obyektiv jihatdan zarar bo'lgan holdagina shunday qiladilar.

            XXI asrning boshlanishidagi jahonda yuz berayotgan dramatik î z-garishlar bozor iqtisodiyoti tomon qat'iy yo'l tutishga olib keldi. Ilmiy-texnika inqilobi, yangi xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqansh kuchlarini rivojlantirishdagi axborot bosqichi va tobora o'sib borayotgan jahon xo'jaligining baynalmilallashuvi milliy iqtisodiyotning turh-tu-manligi bilan birgalikda zamon talablariga moslashish zaruriyatini keltirib

chiqardi.

            Ulkan o'zgarishlar bilan bir qatorda moddiy ishlab chiqansh so-hasida ham barqaror qarashlarni qayta baholash yuz bermoqda, yangi g'oyalar vujudga kelmoqda. Agar ilgari hokimiyatning an'anaviy man-balari kuch va boylik bo'lgan bo'lsa, ilmiy-texnika inqilobi u yoki bu davlatning jahondagi obro'-e'tiborini belgilovchi mezonlar to'plami «bi-lim» tushunchasi bilan boyitdi. Mashhur futurolog E. Toffler qayd qilib o'tganidek, bilimning roli shuning uchun oshdiki, shu vaqtgacha jahon ilmiy-texnika taraqqiyotidan orqada qolgan, qashshoq va kam rivojlangan mamlakatlar bilim egallashlari mumkin bo'ldi.

            Boshqa bir Amerika; olimi-F.Fukuyama ham E.Toffler kabi fikr yuritadi va sanoat inqiloblari davrida davlatning kuch-qudrati va milliy manfaatlari uning hududi, resurslari va aholi soni bilan belgilanishi ilmiy-texnika inqilobi (ITI) davrida mehnat unumdorligi va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlarning oshishi kabi ko'rsatkichlar birinchi o'ringa chiqadi. Shuning uchun xalqaro ierarxiyada davlatning o'rnini belgilovchi omil-jamiyatning aqliy, texnologik va ta'lim salohiyati bo'lib qolmoqda.

            Shu bilan birga, faqat bilimgina rivojlanishning yangi ustivor yo'nalishi sifatida jahon tajribasini egallash va' ilmiy-texnika inqilobi ilg'orlari bilan tenglashish emas, hech bo'lmaganda ularning yutuqlaridan mintaqa iqtisodiyotini sog'lomlashtirish, ijtimoiy muammolarni hal qilish va jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallash uchun foydalanish imkonini beradi. (Bunday rivojlanish imkoniyatining mavjudligidan Ja-nubiy Sharqiy Osiyo davlatlarining tajribasi dalolat beradi.)

            Demak, ilmiy bashorat qilish chegaralari jamiyatning o'zidagi mu-nosabatlarning etilganligi bilan belgilanadi. Bu hoi amaliy faoliyat uchun muhim ahamiyatga ega, chunki faqat amalda mavjud va rivojlanayotgannarsalarni ko'rishgina emas, balki hali murtak holatdagi yo'nalishlarni ham xushyorlik bilan hisobga olish zarur.

            Mamlakatning ko'p tarmoqli xo'jaligini rivojlantirishning eng maq-sadga muvofiq yo'llarini va ishlab chiqarish tuzilishi va hajmidagi ku-tilayotgan o'zgarishlarni, shuningdek, jamiyatning ehtiyojlarini aniqlash uchun asos sifatida ilmiy-texnika taraqqiyotini uzoq muddatli istiqbollash alohida ahamiyat kasb etadi.

            Shuni yodda tutish kerakki, istiqbol reja emas. Ular o'rtasidagi muhim farq shundaki, reja qabul qilingan xo'jalik siyosiy qarorni amalga oshirishning aks ettirilishi, istiqbol (prognoz) esa bu rejani amalga oshirishning haqiqiy, iqtisodiy jihatdan to'g'ri yo'lni izlash demakdir. Shuning uchun rejadan farqli ravishda istiqbol yangi omillar yuzaga kelgan sari qayta ko'rib chiqilishi mumkin.

            Texnika taraqqiyotini ham, iqtisodiy rivojlanishni ham istiqbollash qisqa muddatli (5—7 yil), o'rta muddatli (15 yil) va uzoq muddatli (50 yilgacha) istiqbollashga bo'linadi.

            Xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida sezilayotgan ilmiy asoslangan istiqbollar ishlab chiqishga bo'lgan keskin ehtiyoj istiqbollash meto-dologiyasini o'rganadigan ilmiy fanning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Prognoztikaning asosiy vazifalaridan bin prognozlashning ilmiy usullarini ishlab chiqishdan iborat. Ilmiy-texnika taraqqiyotini prognozlash uchun foydalaniladigan usullar ular qamrab olgan muammolar va ularning maz-muniga ko'ra o'zgarib turadi. Masalan, bevosita ilmiy-texnika taraqqi-yotining muammolarini hal qilish uchun mo'ljallangan prognozlar fan va xalq xo'jaligi ayrim tarmoqlarining rivojlanishini mufassal prognozlash asosida ishlab chiqilishi kerak. O'z navbatida, ilmiy-texnika rivojlanishi prognozlari uzoq muddatli iqtisodiy prognozlarga nisbatan asos bo'lib, tegishli uzoq muddatli iqtisodiy prognozlar shu asosda ko'riladi.

            Ilmiy-texnika taraqqiyotini prognozlash erishilgan darajani va yuzaga kelgan tendensiyalarni tahlil qilish, vaqt oralig'i va shartlarning mazmunini aniqlash, shuningdek, qo'yilgan maqsadlarga erishishni ta'minlovchi tadbirlar tizimini belgilashni o'z ichiga oladi.

            Metodologiya muayyan nazariyalarga nisbatan quyidagi to'rtta asosiy vazifani bajaradi:

            -    mazkur   nazariyani   yoki   fanga   tegishli   muayyan   usulning funksional masalalarini tahlil qiladi;

            -    olinadigan bilimni  sistemalashtirish va klassifikatsiyalashtirish-ning tamoyillari va shakllarini belgilab beradi;

            -    voqelikning o'rganilmagan sohalarini tadqiq etishda metodologik asos sifatida xususiy fan qonunlarini qo'llash shartlarini belgilaydi;

            -    umumlashtirish, abstraksiyaning yuqori darajasida xususiy fan-larda hal qilinmagan muammolarni izohlaydi.

            Ilmiy-texnika taraqqiyotini prognozlash metodologiyasi hal qilinishi muayyan vazifalarning bajarilishini ta'minlaydigan jami muammo va masalalarni ko'rib chiqadi. Asosiy e'tiborni ilmiy-texnika taraqqiyotining turli obyektlarini prognozlash usullarini tahlil qilishga qaratish zarur. Bunday tahlil o'z ichiga ayrim usullarning aniqligi va samaradorligini baholash, shuningdek, muayyan usullarni o'ziga xos turli obyektlarga nisbatan qo'llashning qonuniyligini baholash va tasdiqlashning yo'l qo'-yiladigan va mumkin bo'lgan muddatlarini aniqlashni oladi. Bunday tahlil asosida ilmiy-texnika taraqqiyoti obyektlarining turli guruhlarini prog­nozlash uchun muayyan usullarini qo'llash bo'yicha tavsiyanomalar ishlab

chiqiladi.

            Prognozlash usullari va prognozlarni sistemalashtirish va klassifi-katsiyalash mezonlarini tahlil qilish. Bunda prognozlar va prognozlash usullari shaklidagi bilimlar faqat sistemalashtirilganidagina noma'lum sohalarni tadqiq qilish usuli sifatida foydalanish mumkinligi munosabati bilan klassifikatsiyalash muammosi yuzaga keladi. Usullarni sistemalash­tirish ilmiy-texnika taraqqiyotini prognozlash amaliyotida uni qo'llanish

shartlaridan biridir.

            Ishonchli prognozlarni sintez qilishni ta'minlovchi sharoitlarni tahlil qilish. Shu munosabat bilan prognozlash obyektini sintez qilish, prog-nozlashni hal qilish uchun zarur axborot massivlarining shakllanish mu-ammolari ko'rib chiqiladi. Yuqorida ko'rsatilgan tarzda tahlil qilish jara-yonida fan-texnika taraqqiyotini prognozlashning turli sohalarida prog­nozlar ishlab chiqish jarayoniga xos bo'lgan umumiy belgilar va xusu-

siyatlar ochiladi.

            Hal  qilinishi  shubha  ostiga  qo'yiladigan  muammolarni  aniqlash.

Ixtiro va kashfiyotlarni prognozlash muammosi xususan shunday mu-ammodir. Umuman olganda ixtiro va kashfiyotlarni prognozlash mum-kinmi? Bu masalani hal qilish faqat xususiy fan, vosita va usullarini emas, balki prognoztikaning evristik usullari bilan birgalikda materialistik dialektika tamoyillarini ham jalb qilishni talab etadi.

            Fan va ayniqsa, texnikani prognozlashda shu tarmoqlarning rivoj-lanish va hozirgi holati uchun javob beradigan vazirliklar, uyushmalar va konsernlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklatiladi.

            Rejalashtirish aniqligini ancha oshirish va iteratsiyalar miqdorini qisqartirish uchun ilmiy prognozlash usullari yordamida obyektning ri-vojlanish yo'nalishlari va uning kelajakdagi istiqbolini aniqlash imkonini beradigan ma'lumotlarga oldindan ega bo'lish zarur.

            Ma'lumki, fan va texnikaning rivojlanishini prognozlashning klassik usullaridan biri chet el va vatanimizdagi ilg'or texnologiyalar darajasini qiyoslashdan iboratdir. Buning uchun turli manbalardan, shu jumladan, chet el davriy nashrlari va davlat prognozlash va statistika komitetidan qiyoslanadigan muhim axborotlarni olish zarur.

            Masalan, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining yaqin besh yillikka mo'ljallangan rivojlanish yo'nalishlari va istiqbollarini aniqlash uchun EHM va boshqa avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) uskunalari ishlab chiqarishning haqiqiy yo'l qo'yiladigan darajasi, ishlab chiqilayotgan uskunalarning texnik ta'riflari, turli korxonalar va tar-moqlarda ABT ni joriy qilish iqtisodiy samaradorligi, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini loyihalash, o'rnatish va ishlatish bo'yicha mu-ayyan bilimlar va tajribaga ega bo'lgan xodimlarning mavjudligi kabi av­tomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining rivojlanishiga ta'sir qiladigan asosiy omillar to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lish zarur.

            Bu omillar reja tuzishda ham dastlabki material hisoblanadi. Shu-ning uchun bu omillarning kelajakdagi ahamiyati va rivojlanish yo'na-lishlarini prognozlash zaruriyati yuzaga keladi, ya'ni ilgarigi tajriba va statistika ma'lumotlaridan foydalanib rejalashtirilayotgan jarayonlarga xos qonuniyatlarni aniqlash, bu qonuniyatlar asosida ularning yuz berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarini baholash zarur. Yaxshi asoslangan prog-noz bajarib bo'ladigan reja tuzish, qo'pol xatolardan qochish va xara-jatlarni qisqartirish imkonini beradi.

            Sanoatning jadal sur'atlarda rivojlanayotgan yangi tarmoqlaridagi ishlarni rejalashtirishda prognozlash alohida ahamiyatga ega. Hisoblash texnikasi vositalarini yaratish va uni xalq xo'jaligiga joriy etish bo'yicha ishlar juda ko'rgazmalidir. Hisoblash texnikasi barcha ishlab chiqarish tarmoqlari xo'jalik hayotining turli tomonlariga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun hisoblash va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining rivoj­lanishini rejalashtirish va prognozlash masalalari katta ahamiyat kasb etadi.

            Texnologiya juda tez o'zgarib turadigan, ishlab chiqarish va bosh­qaruv strukturasi murakkab bo'lgan hamda boshqa tarmoqlar bilan ko'p-lab  xo'jalik  aloqalarida bo'ladigan tarmoqlarda uzoq muddatli  rejalashtirish qiyin masala. Rejali yechimlarni ishlab chiqish uchun umum qabul qilingan modellar hozircha yo'q. Ishlab chiqilayotgan modellarning samaradorligi ular o'z ichiga uzoq muddatli prognoz ma'lumotlarini qanchalik to'la olganligi bilan belgilanadi. Rejalarning iloji boricha ko'p-roq alternativ variantlarini olish uchun ilgari o'zlashtirilgan va yangidan yaratilayotgan mahsulotning asosiy ko'rsatkichlariga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan texnikaning qo'shma tarmoqlari va fundamental fanning rivoj­lanish yo'nalishlarini bilish zarur.

            Hozirgi zamon iqtisodiyoti rivoji ilmiy-texnika inqilobi sharoitlarida o'tmoqda va bevosita ishlab chiqarish kuchi sifatida fanning roli tobora ko'proq namoyon bo'lmoqda.

            Fan va texnika yutuqlarini xalq xo'jaligida joriy etish bu rivojla-nishning asosini tashkil etadi va uning rivojlanish sur'atlarini belgilab beradi. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi obyektiv ravishda fan va texnika rivojlanishini rejalashtirish va bu jarayonni boshqarishning ilmiy asoslanganligini oshirishni talab etadi.

            Fan va texnikaning tegishli sohalaridagi tadqiqotlarning holati va xalq xo'jaligining tarmoqlarida ishlab chiqarishning texnik darajasini tahlil qilish asosida va chet ellardagi yutuqlarni hisobga olgan holda fan-texnika taraqqiyotining bosh masalalari va rejalashtirilayotgan davr oxirida erishilishi mo'ljallanilayotgan xalq xo'jaligi tarmoqlari texnik rivojlanishining darajasi belgilanadi. Bunda halq xo'jaligida texnika ta-raqqiyotini jadallashtirilishini belgilovchi tarmoqlarning texnik darajasini oshirishga alohida e'tibor beriladi. Xalq xo'jaligi tarmoqlarining ilmiy-texnika darajasi, asosan ikki: o'z ilg'or texnologiyalarini joriy etish hisobiga ishlab chiqarishni modernizatsiyaalash va chet eldan tayyor texnologiyalarni sotib olish yo'H bilan oshiriladi. Har ikki usul ham O'zR rivojlanish sharoitlariga mos va iqtisodiy hamda ekologik jihatidan foy-dali bo'lgan taqdirdagina ulardan foydalanish va amalga oshirish mum­kin. Demak, davlatimiz uchun jahonning yetakchi mamlakatlaridagi eks-pert markazlari kabi institutlarning mavjudligi ayni muddaodir.

            Ilmiy-texnik rivojlanishni boshqarishning tegishli qarorlar qabul qili-nadigan bir necha darajasini ajratib ko'rsatish mumkin.

            Internatsional (baynalmilal) daraja - ikki yoki undan ortiq mamlakat hamkorligi doirasidagi fan va texnika rivoji bo'yicha. Ilmiy-texnika ta-raqqiyoti butun insoniyat taqdiriga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Alohida mamlakatlardagi fan va texnika rivojiga jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti katta ta'sir ko'rsatadi. Lekin u yoki bu mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy

va  siyosiy sharoiti fan-texnika taraqqiyotining  sur'atlari,  xarakteri  va yo'nalishini hamda uning ijtimoiy oqibatlarini belgilab beradi.

            Fan va texnika taraqqiyoti davlat bitimlari doirasidagi boshqaruv obyekti bo'lib qoladi. Eng muhim muammolar (konstruksion materi-allar, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va boshqalar) bo'yicha birgalikda prognozlar ishlab chiqishdagi davlatlararo ilmiy-texnika hamkorligi buning yorqin misoli.

            Bunday davlatlararo bitimlarni amalga oshirish doirasida MDH mamlakatlarida yagona axborot zonasini tashkil yetishga urinislilar bo'l-moqda. Lekin MDH bitimi ishtirokchilarining ilmiy-texnika axboroti davlatlararo muvofiqlashtiruvchi kengashi muayyan choralar qabul qilish imkoniyatiga ega emas: ilmiy-texnika axboroti (ITA) bilan almashish mexanizmlari uzoq muddat ishlab chiqilayapti. Markaziy Osiyo fan va texnika vakillari-ishtirokchilari tomonidan bitim imzolangandan keyin ikki oydan so'ng qabul qilingan qarorlar o'z mevasini bera boshladl: ekvivalent asosida ilmiy-texnika axboroti bilan almashinish choralari amalga oshirilmoqda.

            Bu darajadagi boshqaruv uchun prognozlarning bosh ahamiyati strategik qarorlar qabul qilishda, xususan Markaziy Osiyo respublika-larida jahon fan-texnika taraqqiyotining kelajagini sistemalashtirilgan holda o'rganish mexanizmini yaratishdan iborat.

            Mamlakatda fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari bo'­yicha qarorlar qabul qilinishining davlat darajasi. Mamlakat miqyosida fan-texnika taraqqiyotini prognozlash yangi ilmiy g'oyalar va texnika ishlanmalarining paydo bo'lishini, chet el firmalari ishlab chiqarish va il-miy-tadqiqotlari mazmuni va saviyasini baholash va faktlarni aniqlash, ham mamlakat ichidagi, ham chet ellardagi yangi raqobatlashuvchi ii-miy-texnika yo'nalishlarining paydo bo'lishini o'z vaqtida aniqlash imkonini beradi.

Mamlakat miqyosida fan-texnika taraqqiyotini prognozlash xalq xo'-jaligining rivojlanish istiqbollarini, sanoat, ishlab chiqarish, tabiiy, meh-nat va moddiy resurslardan oqilona foydalanish imkoniyatlarini tadqiq qilish, mablag' qo'shish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarni rejalashtirish, fan va texnika rivojining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini rejalashtirish maqsadida o'tkaziladi.

            Yirik kompleks ilmiy-texnika muammolari bo'yicha qarorlar qabul qilishning tarmoqlararo darajasi. Bu zamonaviy prognozlashning o'ziga

xos belgisi shundan iboratki, bunda ayrim obyektlarni prognozlashni ish­lab chiqishdan fan-texnika taraqqiyotini kompleks prognozlashga o'tiladi.

            Bu borada O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ilmiy-texnika taraqqiyotini muvofiqlashtirish kengashi fan va texnika davlat dasturlari, innovatsiya jarayonlarini boshqarish bo'yicha bir qator tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Amaliy ishlanmalarga e'lon qilin­gan tanlovlar O'zR ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustivor yo'na­lishlari bo'yicha eng yaxshi ishlanmalar tanlab olish imkonini beradi.

            Tarmoqlararo darajada prognozlash ilmiy tadqiqotlarning eng istiqbolli yo'nalishlarini aniqlash vositasida sanoatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga ko'maklashish, uzoq muddatga rejalashtirish asosida rivojlanishning alternativ variantlarini yaratish, shu tarmoqlarning jumladan, bo'lajak tashqi shart-sharoitlarni o'rganish, yangi ijtimoiy ehtiyojlarni aniqlash; kelajakda texnika tarmoqlari o'rtasidagi aloqani belgilash imkonini beradi.

            Bu darajadagi prognozlar istiqbolli rejalashtirishga dasturiy-maqsadli yondashishni amalga oshirishni ta'minlashi kerak.

            Prognozlashni ta'minlash uchun, chet el mamlakatlarining tajribasi ko'rsatishicha, ayrim fondlar shaklida bazaviy ma'lumotlarni yaratish zarur. Fan va texnika rivojining prognozi bo'yicha qabul qilinadigan qarorlarning to'g'riligi shu ma'lumotlarga analitik ishlov berishga bog'liq.

            Xalq xo'jaligi tarmoqlarining ilmiy-texnik rivojlanishi bo'yicha qa­rorlar qabul qilishning tarmoqlararo darajasi. Fan va texnikaning, ayniqsa, radioelektronika, kimyo, mashinasozlik kabi tez rivojlanadigan tarmoqlarda rivojlanish texnikaning jadal ma'naviy eskirishi, texnik g'o­yalar «hayotchanligi» ning ancha tez qisqarishi bilan ajralib turadi. Bularning hammasi hali hozirgacha ham mavjud bo'lgan ishlab chi-qarishning reja ko'rsatkichlarini aniqlashga subyektiv yondashish, ishlab chiqarishning mavjud rezervlarini saqlab qolishga intilish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnik darajasi, fan va texnikaning, u yoki bu sohaning rivojlanishini, prognozlash ishlanmalarini baholashda obyektiv tendensiyalarning buzib ko'rsatilishiga olib keladi.

            Tarmoqlarni prognozlash bo'yicha ishlar ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatining, turli sohalarini qamrab oladi va turli darajalarda o'tkaziladi. Masalan, vazirliklar, uyushmalar, konsyernlarning rahbar organlari umu-man tarmoqlarning, hamda uning asosiy ishlab chiqarish korxonalarining istiqbolli rivojlanishini prognozlashga muhtojdirlar. Tarmoqning rivojla­nish istiqboli texnik-iqtisodiy tadqiqotlar va axborot institutlari, tarmoq muammoviy institutlari, ilmiy-texnika markazlari tomonidan prognoz-lanishi mumkin.

            Ma'lumki, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar, oliy o'quv yurt-lari, ilmiy markazlarning aksariyati davlatimiz poytaxti Toshkent shah-rida joylashgan. Shu munosabat bilan fanni mintaqalashtirish siyosatini muvaffaqiyatli davom ettirish, viloyatlar hamda shaharlar hokimiyatla-rining birgalikdagi harakatlari bilan mintaqaviy ilmiy-texnika markazlari tashkil etila boshlandi.

            Bunday markazlarni tashkil etish:

            -    zarur ilmiy-texnika axborotini to'plash;

            -    umuman respublikada va muayyan viloyatlarda kelishilgan ilmiy-texnika siyosatini o'tkazish;

            -    respublikaning  turli   viloyatlarida   mavjud   mintaqaviy   muam-molarni aniqlash va ularni hal qilish uchun   ilmiy-texnika salohiyatni jalb qilish;

            -    ilmiy-texnika   salohiyatini   mintaqaning   muhim   xalq   xo'jaligi ahamiyatiga ega bo'lgan muammolarini hal qilish   uchun to'plash;

            -    ilmiy salohiyat ahamiyatini kuchaytirish;

            -    viloyatlarda tegishli ilmiy-texnik infrastruktura yaratish;

            -    ilmiy xodimlar tayyorlashni yaxshilash va dissertatsiyalar himoya qilish bo'yicha ixtisoslashgan turli kengashlar ishini tartibga solish va aholi o'rtasida fanning ahamiyatini oshirish;

            -    joylarda fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini joriy etish holatini yaxshilash;

            -    hamma joyda (mintaqalarda) mavjud ishlab chiqarish korxona-larida mahalliy xom ashyoga ilg'or texnologiyalarni o'zlashtirishni bog'-lash;

            -    respublika mintaqalarining ilmiy-texnik rivojlanishidagi nomu-tanosiblikni bartaraf etish imkonini beradi.

            Tarmoqda ilmiy-texnik prognozlash va o'z navbatida tarmoq ilmiy-tadqiqotlarining strategiyasi va maqsadlarini aniqlash; tarmoqdagi tad­qiqotlar sohasini tanlash; tadqiqotlar sohasi ichida loyihalarni tanlash; ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni ta'minlash uchun xodimlarga ehtiyojni aniqlash; tarmoq ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarning moliyaviy va moddiy resurslarini aniqlash; tarmoq ishlab chiqaradigan yangi texnikaga ehtiyojni aniqlash; tarmoqni boshqarish strukturasi va tizimni takomillashtirishning asosiy yo'nalishlarini aniqlash kabi istiqbolli vazifalarni hal qilishni ta'minlashi zarur. Prognozlash xu-

susan tarmoqning  istiqbolli  texnik  darajasini  aniqlashi  zarur.  Texnik darajasining muhim ko'rsatkichlari quyidagilar:

            -  umumiy ishlab chiqarish hajmida muhim nomenklatura bo'yicha eng ilg'or mahsulot turlarining salmog'i va uning texnik-iqtisodiy af-zalliklari, ishlab chiqilayotgan mahsulotning yangilanish darajasi;

            -    tarmoqdagi asosiy texnologik agregatlar va uskunalarning texnik-iqtisodiy darajasi, uskunalarning umumiy sonidan zamonaviy talablarga javob beradigan uskunalar salmog'i;

            -    ilg'or texnologik jarayonlar, texnik-iqtisodiy afzalliklar va mah­sulotning ushbu turi umumiy hajmida shu jarayonlar qo'llaniladigan ishlab chiqarish salmog'i;

            -    asosiy va yordamchi jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomat-lashtirish darajasi; ishlab chiqarishdagi asosiy syermehnat uchastkalar va ularni  mexanizatsiyalash bo'yicha  olib borilayotgan ishlarning holati (rejalashtirilayotgan  davrda  mexanizatsiyalashtirilgan  mehnatga  o'tka-zilishi kerak bo'lgan ishchilar soni va qo'l ishlari xarakteri ko'rsatiladi).

            Korxona, ilmiy-tadqiqot instituti (ITI) yoki konstruktorlik byurosi (KB) faoliyati chegarasida ishlab chiqarishlar, ilmiy-tadqiqot ishlanmalar (ITI), tajriba konstruktorlik ishlanmalar (TKI) ni rivojlantirish va amalga oshirish bo'yicha qarorlar qabul qilinadigan korxona yoki institut darajasi. Bu darajadagi ilmiy-texnik prognozlash: institut (korxona) fao-liyatining istiqbolli yo'nalishlarini ochib beruvchi ilmiy-texnik va texnik-iqtisodiy tendensiyalar xususiyatlarini; uning faoliyatini tashkil yetish strukturasini, istiqbolli yo'nalishlarni ishlab chiqish bilan bog'liq bo'lgan shtatlar va uskunalarni aniqlash imkonini beradi.

            Tarmoq ilmiy — tadqiqot institutlarining asosiy vazifalaridan biri fan va texnika rivojining asosiy yo'nalishlari va tashkil topgan tendensiyalar, texnikaning yuzaga kelgan raqobatlashuvchi sohalarini tahlil qilishni hisobga olgan holda ular yaratadigan texnikaning istiqbolliligini aniq-lashdan iboratdir.

            Institutning mavzu rejalarini ishlab chiqishda texnika va tadqiqot-larning har bir yo'nalishi bo'yicha prognozlarni amalga oshirish zarur. Prognozlarni ishlab chiqish institut rahbariyatiga ish rejalarini shakllan-tirishga yanada kuchliroq ta'sir qilish, alohida mavzu yo'nalishlari bo'­yicha tadqiqotlar hajmlarida zarur mutanosiblikni o'z vaqtida aniqlash;

            Tadqiqotlarni rejalashtirish va ilmiy rahbarlikda ishbilarmonlik na-moyish qilish. Tajriba shuni ko'rsatadiki, mavzuviy yo'nalishlarning rah-barlari ishlab chiqilayotgan g'oyalarning istiqbolliligini belgilovchi prog-nozlarga, raqobatlashuvchi g'oyalarni baholashga, amalga oshirilayotgan tadqiqotlardagi ustun tendensiyalarni bilishga muhtojdirlar. Tarmoq instituti doirasida texnika rivojini prognozlash bo'yicha ishlarning qo'yilishi O'z-bekiston va chet elda ilmiy va sanoat yo'nalishidagi o'zgarishlar to'g'ri-sida dalolat beruvchi yangi tendensiyalarni o'z vaqtida aniqlashni ko'zda tutadi. Fan va texnika mazkur sohaning rivojlanishini prognozlashda yangi g'oya va tendensiyalarni, rivojlanish yo'nalishidagi o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash va u yoki bu ishlanma hamda tadqiqotlarning istiqboli yo'qligini tasdiqlovchi omillarni aniqlash muhimdir.

            Laboratoriya yoki sex darajasi. Bunda ITI, TKI va ishlab chiqarish dasturlarining bir yoki bir necha bo'limlarini tanlash va amalga oshirish bo'yicha qarorlar qabul qilinadi.

            Ilmiy- tadqiqot laboratoriyalari va bo'limlari doirasida ilmiy-texnik prognozlash laboratoriyalar o'rtasidagi aloqani yaxshilash, qo'shma tadqiqotlar o'tkazish uchun aniq ma'lumotlar olish imkonini beradi. Laboratoriya mavzularini uzoq muddatli rejalashtirish bo'yicha keyingi ishlanmalarni va ularni mablag' bilan ta'minlashni asoslashga ko'mak-lashadi.

            Ilmiy-texnik prognozlashning ko'rib chiqilgan vazifalari boshqa-ruvning har olti darajasidan birida ma'lum darajada shartlidir, chunki turli darajalarda bir xil vazifalar bo'lishi mumkin. Lekin bunday yon-doshish turi shakldagi prognozlarni tartibga solish, ularning nisbiy rolini aniqlash, shuningdek, fan-texnika taraqqiyotini rejalashtirish va bosh-qarish jarayonida prognozlash oldidagi muammolarni aniqlash imkonini beradi.

            Ixtiroga tegishli bo'lgan ushbu xususiyatlarning har birini ixtiro-larning bir-biridan sifat bo'yicha farqini miqdoriy aniqlovchi tegishli koeffitsiyentlar bilan ta'riflab berish tavsiya etiladi.

            Tahlil etilayotgan axborotning muhimligi ko'pgina omillarga, ay-niqsa, kelajakda ixtiro yoki kashfiyot deb tan olinishi mumkin bo'lgan nazariy va fyndamental baza sifatiga bog'liq. Ilmiy-texnik prognozni ish­lab chiqishda fan-ishlab chiqarish siklining davom etish muddatini hisobga olish ham juda muhimdir. Aniqlanishicha, patent bayoni be-rilgandan so'ng har 5—8 yilda uni joriy etishga qaratilgan konstruktor-texnologik tayyorgarlik bosqichi, yana 7-8 yildan so'ng esa tajribaviy va seriyalab ishlab chiqarish jarayoni boshlanadi. Barcha ko'rib chiqilgan bosqichlar tegishli adabiyot axborotlari bilan birgalikda olib boriladi va ushbu axborot tahlili prognozlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

            Har qanday prognozni ishlab chiqishda uning hozirgi vaqtda va kelajakda qanday muhitda va ko'rinishda bo'lishini doimo hisobga olish zarur. Prognoz tuzishning birinchi bosqichlarida prognoz qilinayotgan obyektning chegaralari, uning atrofidagi va cheklovchi bog'lanishlarni aniqlash zarur.

            Ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishining ma'lum yo'nalishi doira-larida uni prognozlashda prognozning to'rt tipini belgilash mumkin:

            -    eng   yangi   ixtiro   va   kashfiyotlar   prognozlari   (fundamental tadqiqotlar prognozlari);

            -    yangi  ixtiro  va  kashfiyotlarni  qo'llash  sohalarini  prognozlash (ilmiy-tadqiqot ishlari prognozlari);

            -    yangi konstruksiyalar va mahsulot turlarining paydo bo'lishini prognozlash (tajriba konstruktorlik ishlari);

            -    o'zlashtirilgan yangi kashfiyotlar, ixtirolar va konstruksiyalarning keng tarqalishini prognozlash (sanoat ishlab chiqarishi prognozlari).

            Prognozning ushbu to'rt tipi g'oya paydo bo'lganidan boshlab to uning sanoatda o'zlashtirilishi va halq xo'jaligida qo'llanishigacha bo'lgan ilmiy-texnika ijodini moddiylashtirish jarayonini xarakterlaydi.

            Prognozlar to'rt tipining har birini tuzishda nafaqat prognozlash obyektining ilgarigi va prognozni ishlab chiqish paytdagi rivojlanishini bilish, balki fond sifatida yaqin sohalardagi prognoz ma'lumotlaridan xabardor bo'lish zarur. Masalan, uchinchi tip tajriba-konstruktorlik ishlar prognozlari uchun prognoz fondi ikkinchi tip ilmiy-tadqiqot ishlari prognozi haqidagi prognoz ma'lumotlaridir. Birinchi tip prognozi fondi bo'lib fan taraqqiyotining bir-biriga yaqin yo'nalishlarining o'xshash prognoz ma'lumotlari xizmat qiladi.

            Fan va texnikani ma'lum bir muhitda ishlaydigan tizim sifatida ko'rib chiqar ekanmiz, ilmiy-texnika taraqqiyoti strategiyasini aniqlashda ikki yoqlama rol o'ynashini aniqlash mumkin. Birinchidan, u fan va texnika rivojlanishi bo'yicha qarorlar qabul qilish jarayonini cheklaydi, ikkinchidan, ijtimoiy, siyosiy va ijtimoiy maqsadlarning tegishli maj-muida u yoki bu strategiyani tanlab olishda mezon bo'lib xizmat qiladi.

            Xalq xo'jaligi tarmoqlarida ilmiy-texnika taraqqiyoti yo'nalishlarini tanlash bo'yicha qarorlar qabul qilishda cheklovchi fond sifatida resurslar (moddiy-texnika, mehnat), mablag' va ijtimoiy ishlab chiqarishning sanoat tarmoqlarida ishlab chiqariladigan texnikaning ma'lum nomen-klaturasiga, hajm va sifatiga bo'lgan ehtiyojlar ahamiyat kasb etadi. Yangi texnika (mashinalar,  priborlar, uskunalar) ga ijtimoiy ehtiyojlar xalqxo'jaligi tarmoqlarida ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Umuman olganda, texnikani harakatlantiruvchi va rag'batlantiruvchi kuch ijtimoiy ehtiyojlardir. Texnikaga bo'lgan ehti-yojni aniqlash masalasi va uning rivojlanishini cheklovchi sharoitlar (yoki fond) ni hisobga olgan holda prognozlash hali yetarli darajada nazariy tadqiq etilmagan, rejalashtirish organlari esa texnik taraqqiyotni reja-lashtirishda zarur bo'lgan amaliy tavsiyanomalar bilan ta'minlanmagan.

            Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichi ishlab cbiqarish kuchlarining yuqori darajada rivojlanganligi, ilmiy-texnika ta­raqqiyotining jadal sur'atlarda borayotganligi bilan ifodalanadi.

            Hozirgi ilmiy-texnika inqilobi sharoitida milliy iqtisodiyot, fan, tex-nika kabi murakkab  obyektlarni boshqarishga yuqori talablar qo'yil-

moqda.

            Ekspert baholari ilgari va hozir sodir bo'layotgan jarayonlarning ekspertlar tomonidan qilingan tahlili va umumiy xulosalaridan kelib chiqqan holda beriladi va ular evristik prognozlash usullari nomini olgan norasmiy usul hisoblanadi.

            Evristik prognozlash usuli (EPU) deb fan, texnika va ishlab cbiqarish sohalarida yuqori malakali mutaxassislar (ekspertlar) o'rtasida so'rov o'tkazish yo'li bilan obyekt prognoz baholarining ixtisoslash-tirilgan ishlov natijalarini olish usuliga aytiladi. Prognoz ekspert baholari mutaxassislarning obyekt rivojlanish istiqbollariga nisbatan bo'lgan shax-siy fikrlarni namoyon etadi, u mutaxassislarning tajribasi va tafakkuriga asoslangan.

            Evristik prognozlashtirish usulining vazifasi ekspertlarning repre-zentativ guruhining prognoz baholariga tizimli ishlov berish asosida prognoz obyekti to'g'risida moddiylashtirilgan tasawurga ega bo'lish im-konini berishdir.

            Ushbu usulning evristik deb atalishining sababi-ilmiy muammolarni yechishda va prognozlash obyektining rivojlanish istiqbollarini baholash-da ekspertlar tafakkur shakllarining bir xilligi va shu bilan birga ekspertlar tomonidan prognoz ekspert bahosi qidiruvida o'ziga xos evristik usullar-ning qo'llanganligidadir.

            Ushbu usul asosida quyidagi nazariy taxminlar yotadi:

            - ekspertda kasbiy tajriba va fahm asosida shakllangan va kelajakka psixologik yo'nalishda qaratilgan poydevorning mavjudligi va uning mod-diylashtirishi;

            -    evristik prognozlash jarayoni va ilmiy muammoni yechish jara-yonining bir-biriga o'xshashligi hamd_a evristik haqiqatga yaqin tafakkur shaklida olinadigan bilimning bir xilligi;

            -    ekspertda   ekspertiza   xulosasini   chiqarish   mexanizm   negizi bo'lgan tabiiy, shaxsiy evristiklarning mavjudligi va ularning sun'iy ev-ristiklar bilan rag'batlanish imkoniyati;

            -    prognozlash   obyektini   prognoz   modellari   tizimi   ko'rinishida rivojlantirish g'oyalarini tasvirlash imkoniyati;

            Turli sohalarda keng qo'llanilayotgan evristik prognozlash yo'na-lishlaridan biri—ekspert baholash usuli.

            Ekspert baholashda qo'llaniladigan barcha usullar asosida ekspert-ning tajribasi va fahmi, zo'r zehnligi, muammoning muhimligi va ahamiyatini yetarli darajada ishonchli baholay olishi, tadqiqotlarning ma'lum yo'nalishlarini rivojlantirishning istiqbolliligi, u yoki bu hodi-saning sodir bo'lish vaqti, obyektning bundan keyingi rivojlanishining alternativ yo'llaridan birini tanlab olish maqsadga muvofiqligi va bosh-qalar yotadi.

            Ekspertiza vazifalarini ifodalashda prognoz tuzuvchi ushbu prognoz kim tomonidan va qanday maqsadlarda foydalanish to'g'risida aniq tushunchaga ega bo'lishi lozim. Masalan, prognoz (prognozlash obyekti iste'molchiga yo'naltirilgan) texnika vositalarining ma'lum bir yig'in-disidan foydalanish to'g'risida direktiv organ tomonidan qabul qilingan qarorlarning asosliligini oshirishga qaratilgan bo'lishi mumkin. Bu holda prognozning vazifasi, asosan, zarur hodisalar va ularning sodir bo'lishi muddatini aniqlashdan iborat. Agar prognoz texnika vositalari (ishlab chiqaruvchiga qaratilgan prognoz)ni ishlab chiqaruvchiga tegishli qa­rorlarning asosliligini oshirishga qaratilgan bo'lsa, u holda prognozning vazifasi belgilangan vaqt davomida bir qator hodisalarning prinsipial amalga oshirilishi va sodir bo'lish ehtimolini aniqlashdan iborat bo'lishi lozim.

            EPU qo'llaniladigan soha ilmiy-texnika obyektlari va muammolari bo'lsa, ular rivojlanishining tahlili yoki butunlay, yoki qisman shakl-lantirilmaydi, chunki ular uchun o'xshash model ishlab chiqish qiyin. Bunga quyidagi prognozlar kiradi:

            -  ITI va TKI natijalarini joriy yetish muddatlari, kutilayotgan ixtiro va kashfiyotlarning obyekt rivojlanishiga ta'siri;

            -  obyektning texnik xarakteristikasi; texnologik jarayonlarning rivoj-lanishi; oL ektni barpo yetish va bosqichlarini bajarish muddatlarining ehtimolligi, tarmoq korxonalari mahsulotlarining sifatiga talablar bel-gilash, mahsulot nomenklaturasiga ehtiyojlar; mahsulotning yo'l qo'-yilgan darajada ishlab chiqarilishi va hajmi iqtisodiy optimal texnik ko'rsatkichlarini aniqlash;

            -  sanoat—ishlab chiqarish xodimlari soni;

            -  sanoat—ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi fondi.

           

 

            Ilmiy-texnikaviy   prognozlashda   qo'llaniladigan   ekspert   baholash

usullari shaxsiy va jamoa usullariga bo'linadi. Shaxsiy usulda prognoz tegishli soha mutaxassislari tomonidan, ushbu soha xodimlariga bog'liq bo'lmagan holda ishlab chiqiladi, jamoa usulida esa prognoz tegishli soha bo'yicha mutaxassislarning bir-biri bilan prognozlanayotgan obyekt ha-qidagi fikrlarini almashish yo'li orqali ishlab chiqiladi.

            Ikkala usulning afzalliklari va kamchiliklari quyidagilardan iborat:

            Shaxsiy ekspert baholash usullari, odatda, «intervyu» tipida baholash va analitik baholash, jamoa ekspert baholash usullari esa — komissiya usuli, «tegishli baholar» usuli, «Delfalar» usuli va boshqalardir.

            «Intervyu» tipida baholash prognozchilarning ekspert bilan suhbat olib borishini taqozo etadi va suhbat davomida prognozchi ekspertga ilgaridan ishlab chiqilgan dasturga muvofiq prognozlanayotgan obyektni rivojlantirish istiqbollariga tegishli savollarni beradi. Bunday baho-lashning muvaffaqiyati ko'p jihatdan «intervyu» olinayotgan ekspertning turli fundamental masalalar bo'yicha hozirjavoblik bilan xulosalar berish qobiliyatiga bog'liq. Analitik ekspert baholar ekspertning fikrlarini tahltf va  prognozlashtirilayotgan   obyektning   kelgusidagi   holatini   va  rivoj­lantirish yo'llarini baholash ustida uzoq vaqt ishlashni taqozo etadi.

            Shaxsiy analitik ekspert baholash bilan ilmiy-texnika prognozi masalalarini yechishda ma'lumotnoma usuli va morfologik usullar eng keng tarqalgan usuldir. Ma'lumotnoma tuzishda ekspert qo'yilgan savol­larni puxta o'rganib chiqishi va puxta o'ylab ko'rishi lozim.

            Morfologik usul asosida ba'zi ko'p tomonli muammolar yechimining mavjud variantlarini aniqlash uchun obyektlarni ko'rib chiqishning oldindan ishlab chiqilgan sxemasi yotadi. Ekspertlarga tayyor variantlar taklif etiladi va u kelajakda belgilangan maqsadlarga erishish uchun ular ichidan aynan istiqbollilarini tanlab olishi kerak.

            Obyektni rivojlantirish yo'llari masalalari bo'yicha muzokaralar olib borish uchun ekspertlar guruhi muntazam ravishda yig'ilgan vaqtda komissiya usulidan foydalanish joizdir, Ushbu holda ekspert boshqa ekspertlar ta'siriga qaramasdan o'z shaxsiy fikrini himoya qilishi lozim, biroq bu yerda o'zaro ta'sir etish omili mavjud bo'lib, u ma'lum bir qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.

            Bu qiyinchiliklarni susaytiruvchi tanqidni man etuvchi qiyosiy baholash usuli qo'llanilganda ushbu qiyinchiliklarni birmuncha bartaraf yetishga erishilinadi.

            Ekspert baholashning u yoki bu usulini qo'llashdan awal prognoz qilayotgan obyektni puxta o'rganib chiqish lozim. Ekspert muvaffaqiyati ko'pincha ekspert baholashning mukammal ishlab chiqilgan dasturi darajasiga bog'liq.

            «Intervyu» tipidagi ekspert baholash eng sodda usuldir. Ekspert ba-holashni o'tkazish uchun prognozchini to'g'ri tanlash katta ahamiyatga ega. Siyosiy baholash usuli bo'yicha ekspertiza dasturlarini tayyorlash uchun ekspertlar e'tiborini muammoning ma'lum jihatlariga qaratish bilan birga muammoni ta'riflab berish juda muhimdir.

            Komissiya usuli ko'pincha ma'lumotnoma usuli bilan birgalikda qo'llaniladi va umuman olganda ushbu usuldan farq qilmaydi. «Delfa» usuli prognozlanayotgan muammoni dastlab ta'riflab berishni taqozo etadi, bundan kelib chiqqan holda savollar tuziladi va bu savollarga beriladigan javoblar prognozni ishlab chiqishda asos bo'lib xizmat qiladi.

            Ekspert baholashni muvaffaqiyatli o'tkazish ko'pincha ekspertlarga beriladigan savollarni to'g'ri tashkil etilishiga bog'liq. Ilmiy-texnikaviy prognozlashda ekspert baholashdan foydalanishning muhim bosqich-laridan biri-ekspertlarni tanlash. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, ekspertbaholashga tegishli turli usullarning o'ziga xos xususiyatlari ekspertlarga nisbatan qo'llaniladigan talablarga ma'lum bir ta'sir ko'rsatadi.

            Prognoz tahlili natijasida olingan obyekt modeli asosida ilmiy va texnik yo'nalishlar belgilanadi, ular bo'yicha ekspertni jalb etish zarurligi yoki maqsadga muvofiqligi aniqlanadi; fundamental va amaliy fanlar sohasida shug'ullanuvchi ekspertlar kichik guruhlari tuziladi, har bir kichik guruhlardagi ekspertlar soni aniqlanadi.

            Ekspert guruhni tashkil yetish masalalarini hal etishda ekspertlarning qobiliyatli tarmoqlarini aniqlash va barqarorlashtirish zarur, ekspert­larning dastlabki ro'yxatini bir qator tanlovlar o'tkazish yo'li bilan tuzish maqsadga muvofiqdir. Bunda birinchi tanlovda (dastlabki tanlovni ushbu tarmoqqa rahbarlik qiluvchi organ xodimlari yordamida amalga oshirish mumkin) tanlab olingan har ekspertdan ro'yxatdagi har bir savol bo'yicha xulosa berishga qodir bo'lgan mutaxassislarni tavsiya yetishlarini so'raladi. Keyingi tanlovda ham ikkinchi tanlov natijasida tanlab olingan ekspertlar mutaxassislarni tavsiya etadilar va hokazo. Ushbu jarayon tavsiya etilgan jami ekspertlar barqarorlashtirilgunicha, ya'ni ekspert­larning yakuniy ro'yxati to'lguncha davom ettiriladi.

            Ekspertlar guruhini tanlash. Ekspertlar guruhi (jamoa)sini tanlash masalasi quyidagi ketma-ketlikda hal etiladi:

            1.   Ekspertlar fikrini bilish zarur bo'lgan savollar ro'yxati tayyor-

lanadi.

            2.   Ekspertlar  ro'yxati  tuziladi,   ular  birgalikda  barcha  ko'pgina

savollar bo'yicha xulosa berishlari mumkin.

            3.   Ekspertizada berilgan  savolni  muhokama yetishda  mutaxassis sifatida  qatnasha  olish yoki olmasligini  aniqlash  maqsadida  savollar ro'yxati har bir ekspertga tarqatiladi.

            4.   Har bir ekspert bo'yicha savol-javob o'tkazishga saiflanadigan

vaqt, mablag' aniqlanadi.

            5.  Ekspertlar haqidagi masala o'rtaga qo'yiladi va hal qilinadi, ya'ni ekspertlarni shunday tanlab olish kerakki, bunda har bir masala bo'yicha hech bo'lmaganda bitta ekspert olish mumkin bo'lsin va shu bilan birga vaqt va mablag' sarfi katta bo'lmasin.

            Shaxsiy va jamoa ekspert baholashlari o'tkazishda ekspertlarni tanlash xususiyatlari qiziqish uyg'otadi. Aftidan, shaxsiy baholashlar jamoa baholashlariga qaraganda ekspertga nisbatan ancha yuqori talablar qo'yadi, deb ta'kidlash mumkin. Jamoa bo'yicha baholashda ko'p sonli fikr-mulohazalar asosida xulosalar qilinadi, shaxsiy baholashda esa vaqtincha bitta ekspert fikri asosida xulosaga kelinadi. Shu bilan birga shaxsiy baholashni o'tkazish shart-sharoiti ekspertlarga qo'yilgan talablar darajasini oshirishga ta'sir etadi. Xususan bu «intervyu» tipidagi baholash uchun xosdir.

            Ekspertlarning omilkorligi. Ekspert javoblarining puxtaligini baho­lash uchun ekspertlarning ilmiy qiziquvchanligini (savollarga nisbatan aka-demik ilmiy qiziqish va aniq sohaning mutaxassisi sifatida qo'yilgan savollarni yechishdagi amaliy tajriba), ekspert baholashni ekspert ish rejasiga kiritishni, ekspertning ilmiy va texnikaviy malakasining o'sish istiqbollari mavjudligini hisobga olish lozim.

            Tayyorlov bosqichining asosiy vazifasi—ekspertning omilkorligini va xolisonaligini aniqlash. Buning uchun turli xil xususiy baholashlar mav-jud. Ekspertga nisbatan qo'yilgan yuqori darajali talablar uning o'z sohasida bilimdonligini kompleks baholash zarurligini taqozo etadi.

            Ekspertning xususiyatlarini xususiy baholashni ikki guruhga bo'lish mumkin: evristik baholash-axborotlarga qanchalik egaligini va masalani bilish darajasi bo'yicha o'z-o'ziga baho berish, o'zaro jamoaviy baholash, ishchi guruhi tomonidan baholash, o'rtachadan og'ishgan statistik baholash, natijalarning tiklanishini baholash.

            Ekspertning bilimdonligini baholashning turli xil usullari mavjud bo'lib, prognozchi yechilayotgan masalaga va imkoniyatlariga qarab ular ichidan birini tanlab oladi.

            Evristik usulda bahoni ma'lum bir mezon asosida tuzish kerak bo'lib, har bir ball ekspert malakasini baholovchi tegishli xarakteris-tikalar yordamida belgilanadi.

            Bunda quyidagilar hisobga olinishi lozim: ekspertning ixtisos tor sohasidagi malaka darajasi, nazariy jihatdan tayyorgarlik darajasi, amaliy tajriba, bilim doirasi, tafakkurining o'tkirligi va jismoniy holati.

 

5-§. KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISHDAGI MURAKKAB

TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRILGAN

TARZDA BOSHQARUV XUSUSIYATLARI

 

Kimyoviy-texnologik jarayonlar ko'p miqdordagi o'zaro bog'langan parametrlar dinamikasining murakkabligi, texnologik rejimlarga turli xil faktorlarning ta'sir qilishi, muhitning tezkorligi va ko'p bosqichli ekanligi bilan xarakteranadi. Masalan, minyeral o'g'it ammofos ekstraksiya filtratsiya, bug'lantirish, quritish, neytrallash-yeritmaga ishqor qo'shib,uning kislotalik xususiyatini yoki kislota qo'shilgan ishqoriy xususiyatini aniqlash, maydalash va shu kabi jarayonlarni o'z ichiga oladi. Eks-traksiya sharbat, qiyom olish jarayoni, 850 m2 hajmli ekstraktorlarda bir vaqtda o'nlab asosiy va yigirmadan oshiq qo'shimcha reaksiyalar ta'-sirida o'tadi. Ekstraktorlarda kimyoviy jarayonlardan tashqari fizikaviy jarayonlar ham sodir bo'ladi. Kimyo sanoatining boshqa texnologik jarayonlari (TJ) ham xuddi shunday murakkabdir.

            Kimyoviy ishlab chiqarishda yuqori iqtisodiy samarani ta'minlash uchun keyingi vaqtlarda korxonani avtomatlashtirilgan boshqarav siste-masi (KABS) va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarini (TJABS) tashkiliy texnologik avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi (TTABS) ko'rinishdagi yagona integrallashgan boshqaruv siste-masiga birlashtirib yuborilayapti. Kimyo korxonasini TTABS yordamida boshqaruv sohasidagi bosqichlarning muhim zveno (bo'g'in) laridan biri operativ-dispetchyerlik avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi (ODABS) dir. ODABS yuqori bosqichdagi boshqarav yechimlarini texnologik yechimlarga o'zgartirib, ishlab chiqarish holati istiqbolini aniqlashga oid masalalarni hal etadi. Shu tariqa qaror qabul qiladigan shaxs (QQQSH) istiqbolga oid informatsiya asosida boshqaruvchi xislatlarni tanlashda to'g'ri qaror qabul qilish imkoniga ega bo'ladi.

            Azot o'g'itini ko'p bosqichli tarzda ishlab chiqarish ODABS yirik tuzilmasi 10-rasmda keltirilgan. Mazkur ODABS tarqoq holdagi yagona magistral ma'lumotlari yordamida birlashtirilgan informatsion sistema bo'lib hisoblanadi.

Sistema operativ nazorat, hisoblash, istiqbollash va boshqaruv masalalarini hal etadi. Boshqa ko'rinishdagi masalalarga texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblab chiqish, uskunalar ishini hisobga olish, ishlab chiqarish joriy quwatini hisoblab chiqish va shu kabilar kiradi. Ushbu masalalarni hal yetish uchun kerak boigan informatsiya datchiklardan bevosita kelib turadi. Informatsiya ko'rsatkichlarini olish va ularni qayta ishlash haqiqiy (real) vaqt birligida olib boriladi.

            Sistema matematika ta'minoti o'z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: datchiklar chiqish signallarini filtrlash algoritm va dasturlar majmuasi; parametrlar joriy qiymatini real vaqt birligida baholash, ularning to'g'riligini hisoblab chiqish; vaqt birligidagi hisoblab chiqish; sarflarni bo'laklarga ajratish va birlashtirish va nihoyat boshqaruvning navbatdagi qadamini istiqbollash. Sends dasturli ta'minot kerakli ma'-lumotlarni dispetchyer pultidagi displey ekranida operativ tarzda aks ettirish, texnologik jarayon rejimli parametrlarini kirgizish-chiqarish va tuzatish imkonini beradi.

            Shu narsani ta'kidlab o'tish kerakki, kimyo texnologiya sanoatidagi boshqaruv sistemalarida operativ istiqbollash masalalari juda kam joriy etilgan. Agar istiqbollash masalalari joriy etilgan va joriy etilayotgan bo'lsa ham, istiqbol operator-dispetchyer qo'l yordamida mavjud tajriba, his-tuyg'u asosida olib boriladi. Shuning uchun qabul qilinadigan qarorlar ham hamma vaqt to'g'ri bo'lib chiqavermaydi. Shu bilan birga ODABS da qo'llanilayotgan hisoblash texnikasi istiqbollashning hozirgi zamon matematik xislatlari, boshqaruvning to'g'riligi, samaraliligini ta'-minlash imkoniga ega.

            Umuman ODABS o'z tarkibiga hozirgi zamon o'lchov-boshqaruv va hisoblash texnikasi vositalarini (shu bilan birga sistemaning boshqaruv bo'g'ini bo'lgan inson) qamrab olgan inson-mashina sistemasi bo'lib hisoblanadi. Bunday sistemalarda ishlab chiqarish jarayonini operativ, optimal (eng maqbul) tarzda boshqarishni quyidagi bir-biri bilan cham-barchas bog'langan bosqichlar ko'rinishida tasawur etish mumkin:

            1.   Boshqariluvchi jarayonning joriy holati haqidagi informatsiyani yig'ish va tahlil etish;

            2.   Inson-operator tomonidan boshqaruv qarori (yechimi) ni qabul etish.

Qaror qabul etish qator kichik bosqichlarga bo'linadi:

            a) yechim variantlari genyeratsiyasi (boshqaruvchi ta'sir);

            b)  har bir variant oqibatini istiqbollash;

            v) har bir variant samarasini baholash (tanlangan mezon ma'no-sida);

            g)  eng samarali variantni tanlash.

            3.   Qabul etilgan echim bajarilishini nazorat qilish va paydo bo'lgan holatni tahlil etish.

            Ko'rinish bo'yicha oddiy bo'lsada, biroq mazmunan murakkab bo'­lgan inson-mashina (avtomatlashtirilgan) sistemasidagi boshqaruvning umumiy algoritmini istiqbollash masalasisiz tasawur etib bo'lmaydi. Xohlagan obyektni samarali boshqarishni ta'minlashning umumiy mu-ammosidagi istiqbollashning dialektik roli shundan iborat. Xohlagan ishlab chiqarish jarayonining faoliyatida turli xil tasodifiy faktorlar ta'sir qiladi. Bunday faktorlarga quyidagilar kiradi:

            1.  O'lchov asboblari, texnologik uskunalar, agregatlarning xatolik-lari.

            2.  Ishlab chiqarishdagi yaroqsizlik (brak), nazorat   va hisoblashdagi xatoliklar.

            3.  Uskunaning muvozanatdan chiqishi.

            4.   Xom   ashyo,   materiallar,   yarim  fabrikatlar  va  shu   kabilarni yetkazib berish maromining buzilishi.

            5.  Mahsulotni ishlab chiqarishda operativ rejaning ko'zda tutilmagan tarzda o'zgarishi.

            6.  Tabiiy ofatlar, epidemiya, avariyalar.

            7.  Turli xil ko'rinishdagi tashkiliy-texnikaviy nosozliklar. Ta'kidlab o'tilgan faktorlarning birgalikdagi ta'siri ishlab chiqarish jarayoni haqidagi informatsiyaning ko'p qismi noaniq ehtimollik xarak-terga ega bo'lishiga, ishlab chiqarish sistemasini stoxastik bo'lib qolishiga olib keladi.

            Stoxastik jarayonlar determinlashtirilgan jarayonlardan farqli o'laroq statistik (ehtimollik) modellari bilan oayon etiladi. Agar kirish signal-

larining statistik xarakteristikasi va jarayonning dinamik xususiyatlari aniq bo'lsa, u holda boshqaruv jarayoni statistik mazmunda aniq deb hisob-lanadi. Amalda ayrim vaqtlarda kirish signallari va jarayon dinamik xususiyatlari haqidagi statistik informatsiyalar to'g'ri bo'lib chiqmaydi. Bunday sharoitda kimyoviy texnologik jarayonlarga xos bo'lgan statistik noaniqlik holatlari paydo bo'ladi.

            Kimyoviy texnologik jarayonlarni boshqaruv sistemasining quyi bosqichida (TJABS) tashqi ta'sirlar tarqalish onlarini va sistemaning ayrim bo'g'inlaridagi ichki to'siqlarni aniq izohlash qiyin bo'lib qoladi. Shu bilan birga boshqaruv sifatining statistik mezonlari, eng awalo aniqlik mezoni jarayon holati parametrlari va boshqaruvchi sistema parametrlarining ehtimollik xarakteristikasini to'liq hisobga olish ke-rakligi masalasini amaliy hal yetishdagi muvaffaqiyat va jarayon foydali komponentlari nisbatiga bog'liq bo'ladi.

            Murakkab ko'p bosqichli texnologik jarayonni boshqaruv masalasi umumiy ko'rinishini, jumladan 11-rasmda keltirilgan boshqaruvning sod-dalashtirilgan struktura sxemasi (tarxi) ni ko'rib chiqamiz. Bu yerda pl-pn-texnologik jarayon bosqichlari; ABSl-ABSn-boshqarishning lokal avtomatik sistemalari; Î '—texnologik jarayon parametrlarini o'lchash va nazorat qilish bloki; OBQ—EHMni texnologik jarayon obyekti bilan bog'lov qurilmasi; Wl— Wn — tashqi ta'sirlar.

            EHMga kiritilgan algoritm va dasturlar, o'lchangan ma'lumotlar asosida texnologik jarayonning haqiqiy holatini identifikatsiyalash masa­lasini hal etadi.

            Umumiy holda samarali boshqarishni ta'minlash turli xil boshqa­ruvchi ta'sirlar voqeligida boshqaruv xatoligini topish bilan belgilanadi.

            Kimyoviy texnologik jarayonlar, ya'ni, murakkab stoxastik jara­yonlarni boshqarishda operativ istiqbollashtirishdan foydalanish berilgan qiymatdagi parametrlar rejimidan og'ishni operativ tarzda to'g'rilash imkonini beradi.

            Faqatgina boshqariluvchi jarayon joriy holatini operativ istiqbollash natijalarigina boshqaruvning eng yaxshi taktikasini tanlab, ishlab chi­qarish hajmi va mahsulot sifatini oshirishni ta'minlash imkonini beradi.

            Istiqbolli baholashning sifat mezoni. Istiqbollash algoritmlarini amalga oshirish jarayonida qidirilayotgan baholash aniqligi natijasiga muhim ta'sir yetuvchi qator xatoliklar sodir bo'ladi. Ularga quyidagilar kiradi:

 

            1.   Tadbiq etilayotgan jarayon qiymatini buzilishga olib keluvchi to'siqlar bilan bog'liq bo'lgan xatoliklar.

            2.   Jarayon matematik modelini noto'g'ri tanlash natijasidan kelib chiqadigan xatoliklar.

            3.   Kuzatuv oralig'ida  o'tib borayotgan jarayonning boshlang'ich davridagiga nisbatan o'zgarishiga olib keluvchi xatoliklar.

            4.. Mavjud algoritmni amalga oshirilishida asos bo'lib hisoblanuvchi masalani yechishning sonli usullari bilan bog'liq bo'lgan xatoliklar.

            5.  EHMdagi sonlarni chegaralanishiga oid bo'lgan xatoliklar.

            Tabiiyki, istiqbollash bahosi sifati mezonini tanlashda, albatta, olinadigan bahoning samaradorligi, yetarliligi, turg'unligini hisobga olish kerak.

            Ko'p o'lchamli holatda ushbu xossalar turli xil skalyar ko'rinishlar bilan xarakteranishi mumkin. Ana shunday xarakteristikalarga asoslangan va tez-tez ishlatib turiladigan mezonlarni eslatib o'tamiz:

            1.  Maqbullikning A mezoni. Agar xatolikning kovariatsion matritsasi eng kam izga ega bo'lsa, baholash maqbul (optimal) bo'lib hisoblanadi.

            Skalyar holatda minTKx mezon G'X baholash dispersiya xatoli-gining eng kichik mezoniga aylanadi.

            2.   Maqbullikning D  mezoni.  Agar baholash xatoligi kovariatsion matrit-sasining aniqlovchisi eng kichik qiymatga ega bo'lsa, baholash maqbul deb tushuniladi: min det Kx.

            3.     Maqbullikning E mezoni. Agar baholash xatoligi kovariatsion matritsaning eng katta xarakteristik soni kichik bo'lsa, baholash maqbul deb tushuniladi: Min max Xj (Kx), j=l,n.

            4.  Maqbullikning N mezoni. Ushbu mezon mavjud ma'lumotlardagi informatsiyani (X jarayon holati haqidagi) ko'paytiradi:

max I = max [H(x)-H(x/z)],

 bu yerda, N(x) — obyekt boshlang'ich entropiyasi.

            N(x/z) — obyekt aposterior entropiyasi.

            Baholash mezonini tanlashdagi asosiy talablar quyidagilar bo'lib hisoblanadi:

            -  birinchidan, u (ya'ni mezon) tadqiq etilayotgan jarayon asosiy sifatini aks ettirishi kerak;

            -  ikkinchidan, amalda masalani hal yetish sharoiti namoyon bo'lishi kerak. Hozirgi vaqtda mezonni tanlashga yagona yondashish yo'q, bu masala hal etilayotgan masala xususiyati va tadqiqotchi tajribasi bilan bog'liqdir.   Tabiiyki,   qo'llanilayotgan   hisoblash   texnikasi   qanchalik zamonaviy bo'lsa, tadqiq etilayotgan miqdor istiqbollash bahosini yuqori sifatiga erishish imkoni tug'iladi.

 

Istiqbollashning usul va algoritmlarini kimyo texnologiya jarayonlarida qo'llash

 

            1. Ammofos ishlab chiqarish texnologik jarayon parametrlarini istiq-bollash algoritmlari.

            Ammofos ishlab chiqarish jarayoni murakkab minyeral bo'lib hisob-lanadi.

            Ammofos olish texnologiyasi quyidagi bir necha uzluksiz jarayon-lardan tashkil topgan bo'ladi: ekstraksiya, filtratsiya, bug'lantirish, neyt-rallash, quritish, maydalash va shu kabilar.

            Ammofos ishlab chiqarish ikki bosqichdan iborat:

            - birinchisi ekstrakt fosfor kislotasini olish;

            -  ikkinchisi ekstrakt fosfor kislotasidan ammofos olish. Ishlab chi-qarilayotgan mahsulot (ammofos) sifati, texnologik jarayonlarning olib borilish, xom ashyodan foydalanish darajasi, ekstraksiya jarayoniga bog'-liq.

            Ekspert baholash usuli bilan 8 ta kirish va 6 ta chiqish parametrlari olinib, chiziqli model tanlandi

Y=Ax+δ

 

bu yerda, U1 — ekstraktor zonasidagi SO3 — ning tarkibi;

Y2 — ekstraktordagi harorat;

Y3— pulpa (maydalangan ruda) dagi suyuq va qattiq fazlar nisbati;

Y4— fosfor kislotasidagi R2O5 ning tarkibi;

Y5— ekstraktordagi pulpa darajasi;

Y6fosfogipsdagi P2O5 tarkibi;

X1 - H2SO4 sarfi;

X2— acuum — parlanishdagi elektrsizlanish;

X3— ekstrakt fosfor kislotasi sarfi;

X4— fosfat xom ashyosining sarfi;

X5— ekstraktordagi aylanma pulpa sarfi,;,

Õ6- pulpadagi SO3 tarkibi;

X7— ekstrakt fosfat kislotasining harorati;

X8aylanma pulpaning solishtirma og'irligi.

            Ekstraksiya jarayonini aniqlab beruvchi chiziqli model parametrlari 31 tani tashkil etadi. .

            Shunday qilib, ekstraksiya modeli quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

y =Ax=δ , Z=x+r

 bu yerda, x —o'lchamlilikning noma'lum parametrlari vektor-ustuni,

δ —xatolik vektor-ustuni,

X—o'lchamlilikning (6x31) o'zgaruvchan koeffitsiyentlari matritsasi,

G—o'zgaruvchan koeffitsiyentni o'lchashdagi xatolik matritsasi.

 

            Biosintez ishlab chiqarish texnologik parametrlarini istiqbollash algoritmlari. Meditsina va mikrobiologiyaning ko'pchilik sanoatida fyer-mentatsiya texnologik jarayoni asosiy va iqtisodiy nuqtayi nazardan muhim bo'lib hisoblanadi. Penitsillin ishlab chiqarish fyermentatsiyaning ko'zga tashlanarli misollaridan biridir.

            Ushbu jarayon apparatura va texnologik nuqtayi nazaridan eng muhim va murakkabdir. Antibiotiklar ishlab chiqarishdagi fyermentatsiya jarayoni davriy harakatlanuvchi apparatlarda sodir bo'ladi.

            Ishlab chiqarishning asosiy bosqichi mahsulotni olish, fyermen­tatsiya, ajratish, kimyoviy tozalash va quritish bo'lib hisoblanadi.

            Fyermentatsiya bosqichi sanoatning boshqa sohalarida uchraydi-gan bosqichdir. Shuning uchun ham antibiotiklarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalasi ana shu bosqichdan boshlanadi.

            Tadqiq etilayotgan jarayonga ta'sir etuvchi parametrlarni qator guruhlarga bo'lish mumkin (12-rasm).

            Inokulatorda ekish apparatida va fyermentatorda missellani o'stirish jarayoni uchun zarur bo'lgan quyidagi kirish parametrlari mustaqil o'zgaruvchilar bo'lib hisoblanadi: X1,...x14-lardan tashkil topgan x(i) vektori bo'lib hisoblanadi.

 

 

 

            Maqsadli mahsulotni xarakterovchi chiqish parametrlari quyidagilar: Zpkultural suyuqlik miqdori; Z2-penitsillin aktivligi; Z3-kultural suyuqlik pH qiymati.

            Yog' ekstraksiyasi jarayoni modelini boshqarishning operativ istiq-bollash va sozlash masalasi yechimi. Yog' ekstraksiyasi (paxta yog'i va shrot olinishi) jarayoni transportyor yordamida ombordan bunkerga urug'ning tushishidan boshlanadi.

            Elektromagnitli separatorlarda ustki tuklar va boshqa qurumlardan tozalangan urug'lar, keyinchalik yirik va mayda bo'laklardan tozalanadi. Bundan keyin pnevmatik tozalagichlarda minyeral va organik ifloslardan tozalanadi. Ifloslar ichida qolib ketgan ayrim urug'lar ajratilib qayta tozalashga jo'natiladi. Tozalangan urug'lar konditsionyerdan o'tkazilishi uchun namlagichga yuboriladi. Keyin ular elektr magnitli separatordan o'tkazilib par (pux) ajratgichga kelib tushadi. Urug'lar ishqorlanadi. Bu-tun qolganlari (25—30%) yana titratgichlarga jo'natilib mag'izi po'st-log'idan ajratiladi. Keyin mag'izi besh o'qlovli o'qlov stanlarida yanchiladi. Yanchilgan mag'iz bug'lash - namlash xonasiga jo'natilib qizitiladi, but va kondensant bilan to'yintiriladi. Shu yerning o'zida qovurilishning birinchi bosqichidan • o'tadi. Ikkinchi bosqichda yana yuqoriroq haroratdagi issiqlikda ishlov beriladi. Nam-issiqlik qayta ishlovidan so'ng dastlabki yog'ni olish (siqib) uchun pressga jo'natiladi.

Pressda  olingan   (ya'ni   siqishdan  so'ng)   kunjara   ekstraksiya   qilinish uchun jo'natiladi.

            Kunjara yuklanish va ekstraksion kolonnalardan ustunlardan o't-ganidan keyin yog'sizlantiriladi. Yogsizlantirilgan kunjaxa—shrot ekstrak-tordan chiqib shrot bug'lantirishga tushadi. Bu yerda shrotdan par orqali organik yeritgich ajratiladi. Keyin bug'latgichdan shrot sovutgichga va omborga tushadi.

            Eritgich, ekstraktor orqali o'tib borib ajratilayotgan o'simlik yog'I bilan to'yinadi va filtrlanmagan missella ko'rinishida oqib yig'gichga yo'naladi. Yig'gichdan loyqa missella filtrlar yordamida haydalib, yig'gichda filtrlangan mistsellalar uchun to'planadi. U yerdan dastlabki va oxirgi distillyatsiya uchun kelib tushadi.

            Yuqorida bayon etilgan ekstraksiya jarayoni texnologiyasi kirish va chiqish parametrlarini ko'rib chiqamiz.

            Ekstraktor. Kirish parametrlari: X1-kunjara sarfi, X2-kunjara yog'liqligi, X3-kunjara tuzilmasi, X5-kunjara namligi, X6-benzin sarfi, X7-benzin harorati, (12-rasm). Asosiy chiqish parametrlari: y1-shrot yog'ligi, u2-shrot benzin singdirganligi, u3, u4- shrot harorati va namligi, u5- kontsentratsiya, u6- missella sarfi (12-rasm).

            Shrotparlatgich. Shrotparlatgichda benzinni haydash paytidagi jarayon quyidagi kirish parametrlariga ega: X1-sarf, X2-harorat, X3-benzin singdirganlik, X4-shrot namligi, X5-sarf, X6-bosim, Õ7-bug' ha-rorati (13-rasm); chiqish parametrlari: u2-harorat, u3-shrot namligi (13-rasm).

            Dastlabki distillyator. Asosiy parametrlari quyidagilar, kirish: X1-sarf, X2-kontsentratsiya, Õ3-missella harorati, X4-bosim, X5-sarf, X6-bug' harorati; chiqish: Y1-sarf, Y2-konsentratsiya, Y3-missella harorati (13-rasm).

            Oxirgi distillyator. Jarayonning asosiy parametrlari quyidagicha, ya'ni kirish: X1-sarf, X2-harorat, Õ3-missella konsentratsiyasi, X4-sarf, X5-bosim, Õ6-bug' harorati, X7-elektrsizlanish, X8-apparatdagi yog' sathi; chiqish: Z1-yog'ning qaynab chiqish harorati, Z2-yog' harorati, Z3-benzin tarkibi (13-rasm).

            Tajribaviy tadqiqotlar Yangiyo'l yog' kombinatining ekstraksiya sexida olib borilgan.

            Olib borilgan tadqiqotlar quyidagi xulosani chiqarish imkonini be-radi: missella konsentratsiyasi ekstraksion benzin sarfi o'zgarishiga o'ta sezgir; benzin sarfi distillyatsiya jarayoni harorat rejimiga, bug' aralashmasi sarfiga va qizitilayotgan benzin haroratiga kuchli ta'sir qiladi; bug' sarfining o'zgarishi missellaning konsentratsiyasiga amalda ta'sir qilmaydi; tayyor yog' o't olish harorati bug' sarfi tebranishiga o'ta sezgir.

 

 

 

 

6-§. MURAKKAB OBYEKTLARNI

BOSHQARISHDAGI AVTOMATLASHTIRILGAN

INFORMATSION SISTEMALAR

 

            Avtomatlashtirilgan informatsion sistema (AIS) quyidagilarga mo'l-jallangan:

            -    so'rov bo'yicha ma'lumot ko'rinishidagi informatsiyalarni (son, matnli informatsiya, forraulalar, jadval, grafik va EHM mashinasi tilida berilgan dasturlar), yig'ish, saqlash va uzatish;

            -    boshqaruvchi  va  nazorat   etuvchi   signal  va  ma'lumot   ko'ri­nishidagi informatsiyalarni so'rov asosida berish;

            -    iste'molchilarning sistema va uni mukammallashtirishga oid ish-larini tahlil etish. AIS quyidagi rejimda ishlaydi:

            1.   AIS ni boshqarish.

            2.   Informatsiyani kirgizish, joylash va o'zgartirish.

            3.   Iste'molchilarning joriy so'rovlari asosida informatsiya berish.

            4.   Iste'molchilarning dastlabki so'rovlari asosida ish olib borish.

            5.   O'z-o'zini  tahlil  yetish,   struktura  (tuzilma)   ni  to'ldirish  o'z gartirishga oid talablarni ishlab chiqish.

            Boshqaruv rejimi quyidagi imkonni yaratadi:

            a)   iste'molchilarning axborotini kirgizish va chiqarish;

            b)  iste'molchilar ustivorligini o'zgartirish;

            v) sistema lug'at zaxirasiga so'zlarni kirgizish va undan chiqarish;

            g) sistema ichki holatini boshqarish.

            Jnfomjatsiyani kiritish rejimi yuqorida keltirilgan ko'rinishlar bo'yicha axborotlarni kiritish imkonini berib, informatsiya manbayi va kiritish vaqti shakllantirilib, uning to'liqligi tekshirib chiqiladi.

            Informatsiyani uzatish joriy so'rovlar asosida olib borilib, hisoblab chiqilgan informatsiya, albatta, iste'molchi darajasiga mos tushishi kerak.

Informatsiyani kiritish, chiqarish (uzatish ) dagi o'ziga xos chega-ralanishlar xotirani muhofazalash imkonini beradi.

            Bundan tashqari AIS iste'molchilar tomonidan olingan ishni nazorat qilish, ularga ko'rsatma va tavsiyalar berish imkonini beradi.

            AIS o'z-o'zini tahlil yetish rejimida quyidagilarni amalga oshiradi:

            a)   turli   xil   so'rovlarning  bajarilish   chastotasini  tahlil   qiladi   va informatsion massivlarni o'zgartiradi;

            b)   turli xil so'rovlardan foydalanish chastotasini tahlil qiladi va so'z zaxiralarini o'zgartiradi;

            v) nazorat etiluvchi parametrlar ro'yxatiga kiruvchi parametrlarni hisoblaydi va berilgan chastotada nazorat qiladi;

            g) hali kelib tushmagan informatsiyalarni to'ldirish uchun para­metrlar o'rtacha qiymatini shakllantiradi;

            d) informatsiyani uzatishda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xatolik-larni nazorat qiladi.

Iste'molchining sistema bilan munosabati maxsus grammatikadagi maxsus tilda olib boriladi.

            Til so'zi quyidagilarga bo'linadi:

            -    boshqaruv so'zi  (sistemani ishlab chiquvchilar so'z zaxirasiga kiritadi);

            -    bayon etish tili (sistemani ishlab chiquvchilar va undan foyda-lanuvchilar kiritishadi);

            -    xizmat so'zlari (sistemani ishlab chiqaruvchilar kiritishadi). Foydalanuvchi (iste'molchi) ning AIS bilan munosabati muloqot rejimida olib boriladi:

            a)   gapni tashkil  etgan  so'zlar rolini aniqlash uchun  yordamchi savollar beradi;

            b)   foydalanuvchiga uning lug'at zaxirasiga kiritiladigan  so'zlarni ishlatishni xabar qiladi;

            v) foydalanuvchi o'z savollariga olishi mumkin bo'lgan variantlarni aytib beradi.

            AIS ning ishi tipovoy topshiriqlarni ketma-ketlikda bajarish bilan belgilanadi. Sistemada programmalar banki bo'lib, har bir programma uning bajarilishi uchun kerak bo'lgan boshlang'ich informatsiyaga (savol­lar ko'rinishida) ega bo'ladi.

            AIS ning ishini funksional tarzda ikki blokning harakati deb tasawur yetish mumkin: «rahbar» va «bajaruvchi». «Rahbar» «bajaruvchi» ni ish bilan yuqlab dispetchyerlik funksiyasini bajaradi. «Bajaruvchi» ning roli «rahbar» tomonidan tavsiya etiladigan programmani bekamu-ko'st, tartib bilan bajarish bo'lib hisoblanadi.

            Tashkiliy texnologik sistemalarda (TTS) maqbul yechimlarni qabul yetish avtomatlashtirilgan sistemalarini tayyorlash tamoyili.

            Maqbul yyechimlarni qabul qilish avtomatlashtirilgan sistemasi (MEQQAS) ko'rilayotgan variantdagi yyechimlar oqibatini istiqbollash, ular samaradorligi va maqbulligini baholash uchun xizmat qiladi. Ushbu sistema AIS ning hamma texnikaviy majmuasidan foydalanadi, u bilan bir xil lug'at va ma'lumotlar informatsion massiviga ega bo'ladi. Shubilan birga MEQQAS ning ishi TTS bilan boshqarishda sodir boiuvchi jarayonlar va matematik modellar bankidan foydalanishga oid sifat jihatidan yangi xarakterga ega.

            MEQQAS quyidagi rejimda ishlaydi:

            1.   MEQQAS ni boshqarish.

            2.   Foydalanuvchilar so'rovlariga javob berish.

            3.   Informatsiya kiritish, joylash va o'zgartirish.

            4.   Modellarni solishtirish va to'g'riligini baholash.

            5.  Strukturaning o'zgarishi va to'ldirilishiga oid tavsiyalar tayyorlash va o'z-o'zini tahlil etish.

            MEQQAS matematik modellar algoritmik yechimlar va maqbullash banklariga ega.

14—15-rasmlarda MEQQAS ning so'rovga javob berish rejimida ishlash sxemasi ko'rsatilgan.

Ushbu sxemani markaziy qismi hisoblash programmalari bloki bo'lib hisoblanadi. Ushbu blokka foydalanuvchi (iste'molchi) so'rovlari kelib tushadi. Bu so'rovning mazmuni quyidagicha: bor xatti-harakatlami xarakterab beruvchi boshqaruv so'zlari majmuasi so'rov tarqatish mum-kin bo'lgan TTS butun yoki bir qismi, so'rov boshlang'ich ma'lumot-larini aniqlovchi sonlar qiymati va shu kabilar.

            MEQQAS ning so'rovlarga javob rejimidagi ishini tashkil yetish operativ ishlar bloki yordamida olib boriladi. Ushbu blok boshqa hamma bloklar ishining ketma-ketlikdagi harakatlari to'g'riligini aniqlab borishni ta'minlaydi, jumladan, AIS ma'lumotlar bankiga foydalanuvchi tomo-nidan yuborilgan ma'lumotni kiritadi (16-rasm).

MEQQAS ish rejimining yana bir ko'rinishi modellar to'g'riligi va nisbatini baholash bo'lib hisoblanadi. Bu rejimda MEQQAS matematik modellar bankidagi modellar sifatini baholaydi.

 

7-§. METALLURGIYADA BOSHQARUV  SISTEMASI

 

            Metallurgiya sanoati kompyuterlar texnologiyasi asosida boshqaruv hisoblash texnikasi, lokal avtomatika va kompleks avtomatlashtirishni keng qo'llash mumkin bo'lgan an'anaviy soha bo'lib hisoblanadi. Bu albatta, quyidagi sabablarga bog'liq:                                                     

            -  metallurgiyaning xalq ho'jaligidagi ahamiyati;                                

            -  ishlab chiqarishning kengligi;

            -  ishlab chiqariluvchi mahsulot narxining yuqoriligi;                        

            - jarayonni inson tomonidan beshqarilishining murakkabligi;

            -   metallurgiya  agregatlariga va jarayoniga  kapital  mablag'larning ko'p sarflanishi;

            -  metallurglar mehnat sharoitining nisbatan og'irligi.

            Avtomatlashtirishning eng yuqori darajasi prokat ishlab chiqarishda amalga oshirilgan.

            -  qisish qurilmasi elektr privodini boshqarish;

            - talab etilgan aniqlikni ta'minlab berish;

            -  qisishning avtomatik tanlovini, yozuv va saqlashni amalga oshirish;

            -  qisish qurilmasining surilish holatini avtomatik aniqlash:

            -  avariya holatini vujudga kelish holatiga yo'l qo'ymaslik maqsadida sistema asosiy qismlari ishini avtomatik nazorat qilish;

            -   operatorni prokatni o'zgarishi mobaynida sistema bilan o'zaro munosabatini qulay holda ta'minlash.

            Prokat ko'rinishiga qarab pult yordamida qisishning tartibi o'matiladi va o'z navbatida qisish qurilmasini avtomatik boshqaruv dasturi aniqlanadi.

            Tayyorlov stani valiklarining yoyilishini hisobga olib operator kerakli o'zgartirishlarni amalga oshiradi. Qo'l bilan boshqaruvchi komanda nazoratchi holati nul holatida boiganda sistema ishga tushiriladi.

            Sistemaning asosiy ish rejimi prokatning doimiy ish rejimi bilan belgilanadi. Bundan tashqari sistemaning sozligini tekshiradigan maxsus nazorat rejimi ham ko'zda tutilgan. Hammasi bo'lib jarayonni borishi va kompyuter ishlab chiqadigan yyechimlarning to'g'riligini nazorat etuvchi 22 ta maxsus nazorat ko'rinishlari mavjud.

            Bayon etilayotgan avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasining blok-funksional sxemasi 16-rasmda keltirilgan. Ushbu sistemada kompyu-terlardan tashqari obyekt bilan bog'laydigan qurilma, datchiklar bilan aloqa qiluvchi qurilma, nazorat paneli, tezlik, valik holati va zagotovka datchiklari, boshqaruv elektrprivodlar mavjud.

            Qisish qurilmasini boshqaruv sxemasi, SA— seisin qabul qiluvchi;

            VKO' — «val- kod» o'zgartirgich;

            TD— tezlik datchigi;

            SD — seisin- datchigi;

            G— generator;

            QB— qo'l bilan boshqaruv, sxemasi;

            H— himoya;

            STIT— sistemani ishga tushirish texnologiyasi;                            

            BTRS— boshqaruvning to'xtovsiz va releli signallari;

            BS— boshqaruv signallari;

            JHA— jarayon haqida axborot;

            TQ — tezlanish quyilishi;

            TIT— tashqi ishga tushirish;

            VXRI—valiklar holati raqamli indikatsiyasi;                                     '

            KNI — «kantovka» nurli indekatsiyasi;

            OO'NI —  oxirgi o'tish nurli indikatsiyasi;

            ITSKQK — shga tushirish va sekinlashtirishni sozlov konstantasini

qo'lga kiritish;

            SO'SKQK — sekinlatishga o'tish sozlash konstantasini qo'lda kirgizish;

            OBQ —  obyekt bilan bog'lanish qurilmasi;

            D —  datchiklar;

            KSO' — kodli signallar o'zgartgichi;

            Ê — kompyuter.

             Val holatini aniqlab beradigan datchik tarzda ishga tushirilgan o'zgartgichlardan iborat bo'lib, navbatida reduktor va qisish mexanizmi seisin o'tkazgich bilan bog'langan.

            Tezlik datchigi sifatida MI-32 tipidagi taxogenerator bo'lib uning kuchlanishi, kompyuterning «kuchlanish — kod» o'zgartirgichning kirish

qismiga tushadi.

            Zagotovkaning surilish momentli aniqlovchi holat datchigi fotorele, statik tok relesi va mantiqiy nazorat sxemasidan iboratdir.

            Ushbu sistemaning joriy etilishi natijasida qisish qurilmasining ishga tushirilishi qo'l yordamida boshqarilishiga nisbatan 25% ga kamaygan, prokat agregatlari ishi mukammalashtirilgan hamda texnologik intizom

sifati oshirilgan.

            Prokat ishlab chiqarishda ARAYAMA (Yaponiya) zavodidagi sistema namunalidir. Ushbu zavodda texnologik jarayonlarni boshqa-rishning kompleks sistemasi joriy etilgan bo'lib 2032 stani reversiv qisish qafasidan iborat.

            Stanni sozlash mobaynida har birining o'lchami uchun qisish vintlari holati qiymati hisoblab chiqiladi. Qisish vintlari holati, qafaslar tezligi stanga o'rnatilgan rostlagichlar yordamida olib boriladi. Buning uchun esa adaptiv boshqaruv algoritmi poiat markasi, qotishmaning pechdagi qizish harorati, valiklar yoyilishni ham nazarda tutadi 17-rasmda sozlashni hisoblash blok-sxemasi keltirilgan.

            Stanni boshqarish loyihasi «Sumitomo Metall Industries» va «Hi­tachi, Ltd» firmalari tomonidan ishlab chiqilgan. Metall varaqalari haroratini rostlash maqsadida kompyuter chiqish tezligini aniqlab beradi. Rossiyaning Uralsk shahridagi truba ishlab chiqarish zavodida prokat tayyorlash jarayonining adaptiv boshqaruv sistemasi joriy etilgan.

            Sistema truba prokat stanini kompyuterlar asosida avtomatik sozlashga mo'ljallangan bo'lib trubalarni mo'ljallangan qo'yim chega-rasida tayyorlash imkonini beradi. Sistemaning qo'llanilishi truba devorlari qalirJigini o'matilgan. O'lchamdan og'ishini 20-25% ga kamaytiradi.

            Metallurgiya kombinatlaridagi turli xil ishlab chiqarish va agregatlar ishlari o'zaro bog'liqligi tashkiliy texnologik boshqaruv masalalarini keltirib chiqaradi. Yirik metallurgiya zavodlarida tashkiliy texnologik masalalarni hal etish «Elliot Automation» Ltd (Angliya) firmasida Park Gate Iron and Steel Plant zavodida, keyinchalik «Leo Genyeral Electric» (Angliya) firmasida avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasini bunyod etishda qo'llanilgan. Ushbu sistemada qo'yidagi masalalar amalga oshirilgan:

            -    qisish stani uchun ikki soatlik dastur hisobi va uning amalga oshirilishini nazorat qilish;

            -    qo'yilmalarni joylash va uning haroratini aniqlab turish rejasini tuzib chiqish;

            -    qirquvchi qaychilar harakatini boshqarish; magnitogorsk metal­lurgiya kombinati marten sexida «Impuls» sistemasi joriy etilgan.

            Sistema quyidagi vazifalarni bajaradi:

            -    uchastkadagi   transporter   haqidagi   axborotlarni   avtomatlash­tirilgan tarzda yig'ish;

            -    marshrut xaritalarini ishlab chiqish;

            -    transport harakatini boshqarish;

            -    qo'yilmalarni qizitish joylariga uzatish navbatini va sovuq metal-larni yuklash vaqtini aniqlash;

            -    obyekt modeli asosida uchastkadagi ahvolini 6—7 soat oldin bel-gilash;

            -    uchastkadagi har sxemani va kundagi texnik iqtisodiy ko'rsat-kichlarni hisoblab chiqish.

            1980-yillarda Angliya, Gyermaniya, Chexiyada ishlab chiqilib, me­tallurgiya sanoatida joriy etilgan texnologik jarayonlarni avtomat­lashtirilgan boshqaruv sistemalari quyidagicha xarakterangan;

            -    hamma ishlab chiqarish sexlarda texnologik jarayonlarni bosh­qarish uchun elektron hisoblash mashinalari o'rnatilgan;

            -    elektron hisoblash mashinalarida hal etiluvchi masalalar oddiy bo'lib, mualliflar murakkab matematik modellarni qo'llamaganlar;

            -    boshqaruvchi elektron hisoblash mashinalari qiyinchilik holatida «usta maslahatchisi» (sovetchik mastera) rejimida ishlagan;

            -    EHM aro o'zaro bog'liqlik yetarli darajada bo'lmay, boshqa­ruvchi EHM    ko'pchilik holatlarda smena va bir kunlik axborotlarni yuqori darajadagi EHM larga uzatish bilan band bo'lgan;

            -    ko'pchilik sistemalar tadqiqot bosqichi bo'lgan.

            EHM larni prokat sexlarida kalendar ishlab chiqarishni rejalash-tirishga oid axborotlarni yig'ish va uzatish uchun qo'llanilgan.

            1970-yillarda integrallashgan avtomatlashtirilgan boshqaruv sistema­lari nafaqat tashkiliy, balki texnologik boshqaruvga oid masalalarni hal yetish qobiliyatiga egadir. Yirik integrallashgan va avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari sifatida G'arbiy Sibir va Krivoyroq metallurgiya zavodlarini   misol  qilib  keltirish  mumkin.   Ushbu  avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari (ABS)  quyidagi vazifalarni bajargan:

            -  harorat, bosim, kimyoviy tartibni siljish va shu kabi datchiklar yordamida texnologik rejimlarga itoat etish, uskunalar holatini operativ nazorat  qilish,   mnemosxemalar va  raqamli  indikatsiyalar yordamida texnologik jarayonni tasawur etish, avariyali holatlarni aniqlash, asosiy texnologik parametrlar miqdorini   rostlash va berilgan  dastur  asosida o'zgartirish, domna pechlari yuklanishini boshqarish, texnik iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash va hujjatlashtirish.

 

8-§. ELEKTROSTANSIYALARDAGI BOSHQARUV TIZIMLARI

 

            Kompyuter bazasidagi boshqarav tizimlari energobloklar va issiqlik hamda atom elektrostansiyalarning ayrim agregatlarini boshqarishda keng qo'llaniladi.

            Chet elda 1500 MVt li issiqlik elektrostansiyaning kuchli blokni boshqaruvchi birinchi tizim Fawley Angliyada joriy etilgan. Sistema 3000 nuqtadan axborot olib, operator yordamida 900 liniyaga signallar uzatish qobiliyatiga ega. Yanada yirik hisoblangan Powbroke avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi ham Angliyada joriy etilgan bo'lib boshqaruvchi EHM 500 MVt quwatga ega bo'lgan to'rtta blokni avtomatik nazorat qilish imkoniga egadir. EHM lar 10000 parametrni o'lchay oladi. Tizimdagi boshqaruv funksiyasi lokal rostlagichlar yordamida olib boriladi. Yangi qurilayotgan bloklar ancha katta bo'lib, avariya holati butun energosistema holatiga kuchli ta'sir o'tkazadi, shu sababli datchiklar ishonchligiga bo'lgan ehtiyoj kattadir. Amalda boshqaruv tizimida zaxiradagi datchiklar, boshqa apparaturalar, shu jumladan, EHM lar soni ortib bormoqda.

            «Kompleks - ASVT» ABS-si quvvati 300-800 MVt ga ega bo'lgan enyergobloklarning boshqaruvini keng amalga oshirib kelmoqda.

            «Kompleks — ASVT» ga quyidagi funksiyalar yuklangan:

            -  texnologik parametrlarni enyergoblok organlari boshqaruv holatini nazorat qilish;

            -    boshqaruv   organlarini   ishga   tushirish,   parametrlar   og'ishini signallashtirish, himoyani ta'minlash va sh.k.;

            -  parametrlar joriy qiymatlarini va texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini qayd etish;

            - texnik- iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash;

            - normal va ish vaqtdagi rejalarni avtomatik rostlash;

            -   enyergobloklarning asosiy va yordamchi uskunalarini avtomatik himoyalash;

             - privod dvigatellari va rostlovchi organlarni masofadan boshqarish;

            -   yuqori   bosqichdagi   ABS   lar  bilan   ikki   tomonlama   axborot almashish;

            ASU «Kompleks — ASVT» blok-funksional sxemasi rasmda kel-tirilgan.

            ASU «Kompleks — ASVT» bazasidagi boshqaruv tizimida ikkita ierarxik bosqichni, ya'ni informatsion va hisoblash texnikasi, operator bosqichini ajratish mumkin.

            Informatsion bosqich vositalariga parametr datchiklari, ish baja-ruvchi qurilma va rostlagichlar majmuasi, ikkinchi bosqichga hisoblash texnikasi va operatorlar kiradi.

ASU «Kompleks — ASVT» ning informatsion bosqichi blok-funksional sxemasi rasmda keltirilgan.

            Sanoat datchiklaridan kommutatsiya qurilmalariga kelib tushadi. Normallashtirish va kommutatsiya qurilmalarining har biriga 60 tagacha termometrlar bog'langan. Parametrlarning mutlaq qiymatlari ko'p shkalali priborlarda aks ettiriladi. Ish bajaruvchi mexanizmlar holati haqidagi axborotlar diskret datchiklar yordamida kommutatsiya quril-masiga kelib tushadi. Kommutatsiyani boshqaruv bitta qurilmaga 32 tagacha analog va diskret datchiklar kommutatorini qo'shish mumkin.

            O'zgartirilgan axborot magistral shinalar va hisoblash tizimli aloqa qurilmasiga kelib tushadi.

            ASU «Kompleks — ASVT» hisoblash sistemasi blok-funksional sxemasi     rasmda keltirilgan.

            Ushbu tizimda ikkita M 6000 protsessordan foydalaniladi. Prot-sessorlararo aloqa o'rnatish uchun dupleksli registrlar va protsessorlararo aloqa kanallaridan foydalaniladi. Aloqa qurilmasi xohlagan protsessorga axborot berish va undan axborot olishni ta'minlaydi.

            ASU «Kompleks — ASVT» ni joriy etilishi quyidagilarni ta'minlab berish kerak:

            -   ajratilgan elektrenergiya uchun sarflanadigan yonilg'ini kamay-tirish;

            -  ekspluatatsiya ishonchligini oshirish, ish rejalarini aniq olib borish yo'li bilan asosiy uskunalar xizmat muddatini oshirish;

            -   ekspluatatsiyaga oid sarflarni boshqaruv sistemasini mukammall tashkil etish hisobiga kamaytirish va ta'minlash xarajatlarini qisqartirish.

            Shu narsani ta'kidlab o'tish kerakki, juda ko'p mamlakatlarda energetikada yuqori samaradorlikka erishish maqsadida issiqlik elek-trostansiyalarni boshqarish bo'yicha mujassamlashtirilgan. Misol tariqa-sida Allqheny (AQSH) dagi 4000 MVt li enyergotizim boshqaruv tizimini keltirib o'tish mumkin. Ushbu boshqaruv tizimi zamonaviy kompyuterlar bazasida qurilgan.

            Boshqaruv tizimi doirasiga 44 ta enyergoblok, 500 kVga uzatish liniyasi va beshta shtatlarda pastvoltli liniyalar kiradi.

            Atom energetikasining rivojlanishi enyergobloklarni boshqaruvchi ishonchli avtomatlashtirilgan sistemalarini bunyod etish vazifasini qo'ydi. Hamma atom elektrostansiyalari (AES) enyergobloklarini boshqaruvchi tizimlarda EHM funksiyalarini rezervlash va bo'lish joriy etilgan. Masalan, Shotlandiyadagi 1200 MVt quwatga ega bo'lgan AES boshqaruv tizimida ikkita zamonaviy kompyuterlar majmuasi rezervi mavjud.

            Gyermaniyadagi «Wuerqassen» AES ning boshqaruv tizimi kompyu­terlar yordamida asosiy axborotlarni qayta ishlab, jarayonni optimal-lashtirish masalalarini hal etadi. Ushbu sistemada o'lchanadigan pa-rametrlarning umumiy soni 5400 ta, ish boshqaruvchi organlar soni 1600 tadir.

            Sobiq SSSR da birinchi bo'lib 200 MVt quwatga ega bo'lgan blokning avtomatlashtirilgan sistemasi Beloyarsk AES ida joriy etilgan. Ushbu tizimga qo'yidagi vazifalar yuklangan:

            -  texnologik jarayonlar datchiklaridan markazlashtirilgan holda axborot yig'ish;

            - raqamli priborlardagi parametrlarni o'lchash;

            -  parametrlarni o'rnatilgan miqdordan og'ish haqidagi signallarni berish va o'lchash natijalarni qayta ishlash;

            -  raqamlar chop etuvchi mashinalarda operator talabiga binoan parametrlarni qayd qilib borish;

            - operator chaqirig'iga grafik tarzda qayd qilish.

            Texnologik kanallardagi kontaktli bosim va aktiv datchiklardan uskuna-lar, parlanish kanallaridagi suvlar xarji haqidagi axborotlar elektro-lyuminesentli mnemotablo va mnemosxemalarga (tovshli signallar bilan) kelib tushadi.

            Tizimdagi axborot kiritiladigan va chiqariladigan nuqtalar miqdori quyidagicha:

            Analogli kirish signallari

            Harorat                                                                          1658

            Bosim                                                                            134

            Xarajat                                                                           1124

            Hajmi                                                                             33

            Diskret kirish signallari

            Kontakt datchiklar                                                         2262

            Impuls signallar                                                             4884                     

            Qobiqlar gyermentikligi nazorati                                  998                       

            Analog chiqish signallari                                              16                        

            Diskret chiqish signallari                                               72

            Belgilangan ishonch ko'rsatkichlarni ta'minlab turish uchun axborot-hisoblash tizimi ikkita markaziy guruhdan iborat bo'lib ulardan biri doimo rezervda bo'ladi. Guruhlarning ishga tushirilishi maxsus elektron-releyli kurihna yordamida amalga oshiriladi.

 

VIII BOBGA OID OLINGAN BILIMLARNI CHUQURLASHTIRISH UCHUN SAVOLLAR

 

1.   Tizimli munosabat nima?

2.   Tizimli munosabatni ishlab chiqarish jarayonlarida qo'llanishiga misollar.

3.    Shahar xo'jaligida tizimli munosabatning qo'llanilishi.

4.   Tashkiliy boshqaruv tizimlari majmuasi.

5.    Istiqbollashning boshqaruv tizimlarini ishlab chiqishdagi ahamiyati.

6.    Istiqbol va reja munosabatlari.

7.    Istiqbollash  usullari,   istiqbollarni  tizimlashtirish  va  klassifikatsiyalash nizomlarini tahlil qilish.

8.    Ilmiy-texnik rivojlanishni boshqarish uchun qabul etiladigan qarorlarning nechta darajasi mavjud?

9.    Evristik istiqbollash usuli nima?

10.  Kimyoviy texnologik jarayonlardagi  o'zaro  bog'langan  parametrlarni sanab bering.

11.  Operativ dispetchyerlik avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tushuntirib bering.

12.  Operativ dispetchyerlik avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining qanday bosqichlari bor?

13.  Kimyoviy texnologik jarayonga ta'sir etuvchi tasodifiy faktorlarni aytib bering.

14.  Murakkab    texnologik   jarayonni   boshqarishning   oddiy   tuzilmasini tushuntirib bering.

15.  Istiqbollashning usul va algoritmlarni kimyoviy texnologiyasi jarayonlarida qo'llashni bayon eting.

16.  Murakkab   obyektlarni   boshqarishdagi   avtomatlashtirilgan   infor-matsion sistemani tushuntirib bering.

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

 

1.    Karimov LA. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. Toshkent. "O'zbekiston",   1992.

2. Karimov IA O'zbekiston kelajagi buyuk davlat. Toshkent. "O'zbekuiston" 1992.

3.   Karimov LA.  O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. «O'zbekiston» .1997.

4.   Áèðþêîâ Á.Â. Êèáåðíåòèêà è ìåòîäîëîãèÿ íàóêè. Ì., 1974.

5.  Èñìîèëîâ Á., Ìóìèíîâ Í. Àâòîìàòèçèðîâàííàÿ ñèñòåìà íàó÷íî-òåõíè÷åñêîé  èíôîðìàöèè  â  Ðåñïóáëèêå  Óçáåêèñòàí.   Èíôîðìàöèîííûå ðåñóðñû Ðîññèè. ¹4.1997.

6.   Áóøëåíêî Í.Ï. Ìîäåëèðîâàíèå ñëîæíûõ ñèñòåì. Ì., Íàóêà, 1968.

7.   Áóøëåíêî   Í.Ï.   Àâòîìàòèçàöèÿ   èìèòàöèîííîãî   ìîäåëèðîâàíèÿ ñëîæíûõ ñèñòåì.  Ì., Íàóêà, 1977.

8.   Ãëóøêîâ Â.Ì. Âèäåíèå ÀÑÓ. - Êèåâ, Òåõíèêà, 1974.

9. Äåíèñîâ À.À. Òåîðåòè÷åñêèå îñíîâû êèáåðíåòèêè. - ËÏÈ, 1977.

10.   Èâàõíåíêî  À. Ã.  Äîëãîñðî÷íîå  ïðîãíîçèðîâàíèå   è  óïðàâëåíèå ñëîæíûìè   ñèñòåìàìè.    Êèåâ. Òåõíèêà, 1975.

11.   Êàñûìîâ Ñ.Ñ. Ñîâðåìåííîå ñîñòîÿíèå ïðîáëåìû ïðîãíîçèðîâà­íèÿ   â   ñèñòåìàõ   îïåðàòèâíîãî   óïðàâëåíèÿ   õèìèêî-òåõíîëîãè÷åñêèìè ïðîöåññàìè. Äåïîíèðîâàííûå ðàáîòû. 1988.

12.   Êàñûìîâ   Ñ.Ñ,   Áåêìóðàòîâ  Ò.Ô.,   Çàõèäîâ  Á.À   Ìåòîäè÷åñêèå ìîäåëè è àëãîðèòìû óïðàâëåíèÿ â ïðîèçâîäñòâå ìèíåðàëüíûõ óäîáðåíèé. Òàøêåíò, Ôàí, 1984.

13.  Êàôàðîâ   Â.Â.    Ïðèíöèïû   ñîçäàíèÿ   áåçîòõîäíûõ   õèìè÷åñêèõ ïðîèçâîäñòâ.  Ì.: Õèìèÿ, 1982.

14.  Êàñûìîâ Ñ.Ñ., Þñóôáåêîâ Í.Ð., Ãóëÿìîâ Ø.Ì. Âû÷èñëèòåëüíûå ñèñòåìû è óïðàâëåíèÿ ïðîèçâîäñòâîì. Òàøêåíò, Óçáåêèñòàí, 1984.

15.  Êàñûìîâ Ñ.Ñ.  Àíàëèç êðèòåðèåâ êà÷åñòâà ïðîãíîçíûõ îöåíîê. Ñáîðíèê íàó÷íûõ òðóäîâ ÒàøÏÈ, 1988.

16.  Êàñûìîâ  Ñ.Ñ.   Ïðîãíîçèðîâíèå  õàðàêòåðèñòèê õèìèêî-òåõíîëî­ãè÷åñêèõ ïðîöåññîâ ìåòîäàìè ñòàòè÷åñêîé òåîðèè îïòèìàëüíîãî îöåíè­âàíèÿ.  Òðóäû  âî  Âñåñîþçíîé  íàó÷íîé  êîíôåðåíöèè   "Ìàòåìàòè÷åñêîå ìîäåëèðîâàíèå ñëîæíûõ õèìèêî-òåõíîëîãè÷åñêèõ ïðîöåññîâ". Ã. Êàçàíü. 1988.

17.  Êàñûìîâ Ñ.Ñ., Ãóëÿìîâ Ø.Ì., Ðàñóëåâà Ì.À. Ïðèìåíåíèå îïåðà­òèâíîãî  ïðîãíîçèðîâàíèÿ õàðàêòåðèñòèê     ìíîãîñòàäèéííûõ òåõíîëîãè­÷åñêèõ ïðîöåññîâ ê çàäà÷àì àäàïòèâíîãî óïðàâëåíèÿ ÕÒÑ. Òðóäû Âñå­ñîþçíîé   íàó÷íîé   êîíôåðåíöèè «Ìàòåìàòè÷åñêîå ìîäåëèðîâàíèå ñëîæ­íûõ ÕÒÑ». Ã. Êàçàíü, 1988.

18.  Êàñûìîâ Ñ.Ñ, Ãóëÿìîâ Ø.Ì., Êîãàé Â.Í. Ê âîïðîñó îïåðàòèâ­íîãî ïðîãíîçèðîâàíèÿ õàðàêòåðèñòèê ïðîèçâîäñòâåííûõ ïðîöåññîâ. Òðóäû Âñåñîþçíîé   êîíôåðåíöèè   «Ïðîãðàìíîå,   ìàòåìàòè÷åñêîå,   òåõíè÷åñêîå îáåñïå÷åíèå ÀÑÓÒÏ», ã.Òàøêåíò, 1988.

19.   Êàñûìîâ Ñ.Ñ. Çàäà÷à ïîñòðîåíèÿ ïðîãíîçíûõ ïðîöåäóð Êîëìà-íîâñêîãî  òèïà.  Òðóäû  ÓÏ   Âñåñîþçíîé  øêîëû   «Ðàñ÷åò  è  óïðàâëåíèå íàäåæíîñòè ìåõàíè÷åñêèõ ñèñòåì». Òàøêåíò, 1988.

20.  Êàñûìîâ Ñ.Ñ., Ãóëÿìîâ Ø.Ì., Øàøêèí Ì.Ë. Èññëåäîâàíèå è ðàçðàáîòêà ìåòîäîâ ïðîãíîçèðîâàíèÿ íà îñíîâå ïðîöåäóð äèíàìè÷åñêîé ôèëüòðàöèè.  Òðóäû  2-îé  Âñåñîþçíîé  êîíôåðåíöèè   «Àâòîìàòèçàöèÿ  è ðîáîòèçàöèÿ â õèìè÷åñêîé ïðîìûøëåííîñòè». Ã.Òàìáîâ, 1988.

21.  Êàñûìîâ Ñ.Ñ.,  Þñóïáåêîâ Í.Ð.  Ïðèìåíåíèå ïðîöåäóð ðàñïîç­íàíèÿ    çàäà÷ ïðîãíîçèðîâàíèÿ ïðîèçâîäñòâåííûõ ñèòóàöèè. Òðóäû 2-îé Âñåñîþçíîé êîíôåðåíöèè «Àâòîìàòèçàöèÿ è ðîáîòèçàöèÿ â õèìè÷åñêîé ïðîìûøëåííîñòè». Ã.Òàìáîâ, 1988.

22.  Êóðî÷êèí Å.Ð., Ìóìèíîâ Í.À., Êîïåéêèí ÑÂ. Àäàïòèâíîå ìåòîäû îáðîáîòêè èçìåðèòåëüíîé èíôîðìàöèè. Òàøêåíò, Ôàí. 1986.

23.  Êàñûìîâ Ñ.Ñ. Ê âûáîðó ìåòîäà ðàñïîçíîâàíèÿ ïðè èññëåäîâàíèè ïðîèçâîäñòâåííèõ ïðîöåññîâ. Òðóäû \Ë Âñåñîþçíîé øêîëû «Ðàñ÷åò è óïðàâëåíèå íàä¸æíîñòè áîëüøèõ ìåõàíè÷åñêèõ ñèñòåì». Ã. Òàøêåíò. 1988.

24 Êàñûìîâ Ñ.Ñ., Ãóëÿìîâ Ø.Ì. Âûáîð ðåøàþùèõ ïðàâèë ðàñïîç­íîâàíèÿ ïðîèçâîäñòâåííûõ ñèòóàöèé â ÑÕÒÑ. Âñåñîþçíàÿ íàó÷íàÿ êîíôå­ðåíöèÿ «Ìàòåìàòè÷åñêîå ìîäåëèðîâàíèå ñëîæíûõ õèìèêî-òåõíîëîãè­÷åñêèõ ñèñòåì». Ã.Êàçàíü. 1988.

25. Êàñûìîâ Ñ.Ñ. Ïîñòðîåíèå ïðîãíîçíûõ ðåãðåññèîííèõ ìîäåëåé íà îñíîâå àäàïòèâíûõ çàêîíîâ ðàñïîçíàâàíèÿ. Äåïîíèðîâàíî â èíôîðì-ïðèáîðå ¹4408, ïð. 88 îò 4.11.1988.

26. Qosimov S.S., Mo'minova N.A., Solihov Z.M., Shamsiev Z.Z., Azimov Â.Ì. "Boshqaruv nazariyasi va menejment asoslari" 1 qism, Toshkent-2001-y. II qism Toshkent-2002-yIll qism Toshkent-2002-y.

27.  Qosimov S.S., Obidov A.A. "Kompyuter olami". Toshkent. "Cho'lpon" 2001-y.

28.  S.S. Qosimov, N.A. Mo'minov "Axborotning hayotimizda tutgan o'rni" TEAI, Toshkent, 2001-y.

29 Qosimov S.S., Vasilev B.N. "Optik tolali aloqa liniyalari" (Ma'lumot-nomali qo'llanma) Toshkent, 2002-y. TEAI.

30.     Êðåìÿíûñêèé    È.    Ìåòîäîëîãè÷åñêèå    ïðîáëåìû    ñèñòåìíîãî ïîäõîäà ê èíôîðìàöèè Ì.: Íàóêà, 1977.

31.  Êèáåðíåòèêà. Ïðåñïåêòèâû ðàçâèòèÿ. Èçä. «Íàóêà», Ìîñêâà, 1981.

32.  Mo'minov N.A. Kibernetikaning masalalari. Toshkent. "Fan". 1984.

33.   Ìóìèíîâ  Í.ÀÈíôîðìàöèÿ ñòàíîâèòñÿ òîâàðîì.  Ãàçåòà   "Íà­ðîäíîå ñëîâî". 22.07.93.

34.  Ìóìèíîâ ÍÀ Áåñåäû î êèáåðíåòèêå. Òàøêåíò, «Óçáåêèñòàí», 1981.

35.  Mo'minov N.A. Axborotlashish va hayot. Toshkent. «Fan». 1992.

36.   Ìóìèíîâ ÍÀ. Èíôîðìàöèÿ ìàòåðèàëüíûõ ðåñóðñîâ. Èíôîðìà­öèîííûå ðåñóðñû Ðîññèè ¹4-5. 1996.

37.   Ñìèðíîâ È.×. Ñîöèàëíî-ôèëîñîôñêèå ïðîáëåìû èíôîðìàòèêè. Âîïðîñû ôèëîñîôèè, 1986, ¹10.

38.  Èíôîðìàöèîííî-ïîèñêîâûå ñèñòåìû. Ì. Ðàäèî è ñâÿçü, 1981.

39.  Ñìîëÿí Ã.ß. ×åëîâåê è êîìïüþòåð. Ìîñêâà. 1981.