KIRISH

 

            Boshqaruv shunday fanki, uni nazariyasiz tasawur etib boimaydi. Ayrim mutaxassisliklarda nazariyalashtirish g'alatiroq tuyulsa, boshqaruv mutaxassisliklari ichida hech qanday shubha tug'ilmaydi. Har bin o'zicha yagona qaror qabul qilishga olib keladigan, ko'pqirrali boshqaruv shart-sharoitini, hatto eng tajribali rahbar yoki rahbarlar guruhi ham hisobga olaolmaydi.

            Boshqaruv odamlar orasidagi alohida munosabat ko'rinishidir. Buning mazmuni shundan iboratki, har bir odam boshqa odam orqali u bajarishni xohlamagan narsaga erishishni istaydi. Ushbu an'ana ming yillar mobaynida yig'ilgan tajriba asosida amalga oshishi mumkin. Ko'p-chilik boshqaruv nazariyasi deganda XIX asr oxirigacha, ya'ni amerikalik muhandislar ishlariga murojaat etishadi. Bizga tarixdan ma'lumki xohlagan ishni (savdo-sotiq, urush, diplomatiya va sh.k) bajarishda odamlarni boshqarish san'ati amalga oshirib kelingan.

            Insoniyat, jamiyat tashkil eta boshlanganidan beri, boshqaruvning samarali usullari izlanib, tashkillashtirilib kelinmoqda.

            Tarixiy manbalar shu narsadan dalolat berayaptiki, eski Rim va Xitoy qo'mondonlari, davlat arboblari va savdogarlari boshqaruvning juda ko'p usul va sirlarini bilishgan. Gap shundaki, ushbu usul va sirlar katta muvaffaqiyat bilan hozirgi kunda ham qoilanilishi mumkin.

Sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizning shax-san o'zlari ishlab chiqqan boshqaruv usul va sirlari O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng keng miqyosda o'rganila boshlandi.

            Qizig'i shundaki hamma yaxshi fikr-mulohazalar, yangiliklar, jum-ladan, boshqaruv sohasidagi usul va sirlar qanchalik samarali bo'lmasin, shunchalik tez yoddan ko'tarilaboshlagan. Shuning uchun yangilanish davrida olimlar, kuchli tafakkur egalari aqlan va noaqlan ishlab chiqilgan boshqaruv g'oya, usullarini yangi tamoyil va tajribalar asosida rivojlantira boshlaganlar.

            Shunday holat XIX asr oxiri XX asr boshlarida paydo bo'ldi. Shu narsani alohida ta'kidlab o'tish kerakki, boshqaruv nazariyasining hozirgi vaqtdagi   ko'rinishi,   mazmuni,   usullarini   ishlab   chiqqanlar   (menej-mentlar), o'tmish tajribalarini to'liq tatbiq etmagan bo'lsalarda, o'zlari boshqaruvning yangi-yangi yo'llanmalarini taklif qildilar. Biroq ularning fikrini o'tmish tajribalaridan ajralmagan tarzda qabul qilish kerak emas.

Boshqaruv — bu turli xil tabiatdagi (biologik, ijtimoiy, texnikaviy) tashkiliy sistemalar funksiyasi (vazifasi) bo'lib, ularning ma'lum bir tuzilmasini saqlashni ta'min etadi, faollik rejimini, faoliyat maqsadini, dasturning bajarilishini qo'llab-qo'ltiqlab turadi.

            Umuman, boshqaruv qator fanlar (menejment, iqtisod, psixologiya, psixofiziologiya, sotsiologiya, politologiya, yuridik, fllosofiya, pedagogika, madaniyatshunoslik, kibernetika, matematika va sh.k.lar) shug'ullanishi kerak bo'lgan sohadir. Shunday qilib, boshqaruv nazariyasi mustaqil soha ko'rinishida faqat fanlararo sistema sifatidagina mavjud bo'lishi mumkin. Menejment — korxonani samarali boshqarish haqidagi fandir. U o'z tarkibiga korxonani tashkil etish tamoyillari (adliya qismi), uning taraqqiyot strategiyasi (ideologiya - mafkura qismi), xodimlarni tanlash (sotsiologiya qismi) va uning ishini maqbullashtirish usullari (psixologik qism) haqidagi bilimlarni qamrab oladi. Menejmentdagi eng asosiy narsa amaliyotda xohlagan insoniy tashkilotga yarashi mumkin bo'lgan umumiy boshqaruv tamoyillarini ajratish, aniqlash va qo'llash bo'lib hisoblanadi.

            Bunga boshqaruv maqsadi va vazifalarini aniqlash, ularga erishish uchun aniq tadbir-choralar ishlab chiqish, vazifalarni ayrim operat-siyalarga ajratib chiqish, ishlarni bo'lish, tashkilot ichidagi turli bo'-linmalar munosabatini koordinatsiyalash, tuzilma ishini mukammal-lashtirish, qaror qabul qilish va kommunikatsiya ishlarini maqbullash­tirish, faoliyatning motivlarini yaxshilash, rahbarlikning samarali yo'l-larini qidirish ijtimoiy javobgarlikni oshirish va boshqa masalalar kiradi.

            XX asrning 90-yillarida boshqaruv jarayonida ikki tendensiya paydo bo'ldi.

            Birinchidan, menejmentning baynalmilallashuvi, yangi voqeliklarni jamoa asosida fikrlash. Boshqaruv bo'yicha juda ko'p kitoblarning chop etilishi, menejmentga o'rgatuvchi dasturlarning tarqatilishi, turli xil mamlakatlardagi boshqaruvga oid tajribalarning umumlashtirilishi va shu kabilar.

            Umuman olganda, boshqaruvga oid muammolar yechimini hal etishda shunday katta tajriba mavjudki, go'yoki bugungi kunda hech qanday yangilik ustida bosh qotirmasa ham bo'ladigandek tuyuladi.

            Biroq hayot shunday murakkabki, u o'zining yangidan-yangi talab va ehtiyojlarini namoyon etmoqda.

            Masalan, hozirgi zamon boshqaruv nazariyasi quyidagi savollarga qanday javob berishi mumkin: nima uchun ayrim davlatlarda millionlab odamlar hech qanday maosh yoki boshqa bir madadga ishonmay yashayaptilar? Ushbu holat qanday natijalarga olib keladi? Hech qanday natijasiz va rag'batlantirishsiz yashayotgan inson taqdiri nima bo'ladi? Bunday odamlarni qanday boshqarish mumkin? Ushbu odamlardan nima kutish mumkin? Qaysi bir o'tmish saboqlarida yoki hozirgi zamon menejmenti haqidagi darsliklarda shularga o'xshash holat tahlil etilgan?

            Ko'rinib turibdiki, hayotning o'zi namoyon etayotgan muammolar boshqaruv haqida shakllantirilgan g'oyalarni tanqidiy nuqtayi nazardan ko'rib chiqishni taqozo etadi.

            Demak, boshqaruv haqidagi fikr-mulohazalar cheksiz davom etishi, bu yo'nalishda keng doirada tadqiqot va amaliy ishlarni olib borish davr talabi bo'lib hisoblanadi. Shu bilan birga ta'kidlab o'tish kerakki, boshqaruv nazariyasini rivojlantirish o'ta murakkab ishdir. Ushbu fan predmeti cheksiz darajadagi murakkab, o'zgaruvchan, oldindan bilib bo'lmaydigan mavjudot inson bo'lib hisoblanadi. Insonni boshqarish uchun uning eng kuchli, ayniqsa, kuchsiz tomonlarini chuqur o'rganish, to'liq axborotga ega bo'lish kerak. Ushbu axborotlar asosida (turli xil fanlar yordamida to'plangan usullar bilan) insonga o'z xohishicha qilishi mumkin bo'lmagan ishni bajarishga ta'sir kuchini topish kerak. Shunday qilib, bir-biridan ancha uzoq bo'lgan fanlarni birlashtirish muammosi ko'tariladi.

            Bu esa o'ta murakkab muammodir. Fanlarni birlashtirish shu tarzda olib borilishi kerakki, boshqaruv bo'yicha amaliy xulosalar chiqarish imkoni tug'ulishi kerak. Ushbu yo'nalishdagi to'siqlardan bin bu u yoki bu tushuncha emas, hatto iboraning turli fan sohalarida turlicha talqin qilinishidir. Masalan, sistema so'zi pedagogikada ayrim, psixologiyada ayrim, tarixda ayrim, siyosatda ayrim, texnikada ayrim talqin etilishi mumkin. Stimul tushunchasi boshqaruv nazariyasida markaziy o'rinni egallasa, psixologiyada boshqacha, sotsiologiyada butunlay boshqacha, iqtisodda esa yana o'zgacha talqin etiladi. Turli xil fanlarda stimul har xil ma'noda qabul qilingani bilan u boshqaruvning quroli bo'lib hisoblanadi.

            Ayrim darslik va qo'llanmalar faqat ushbu muammoni bayon yetish bilan chegaralanishgan. Bir so'z bilan aytganda, boshqaruv keng va chegaralanmagan ma'noni bildiradi. Hayotdagi hamma olib boriluvchi jarayonlarni boshqaruv deb nomlash mumkin. Odam mashinasini, ish joyini, bo'sh vaqtini, samolyotni, turli xil stanok, robot, agregatlarni boshqaradi. Inson boshqaruvni   amalga oshiraborib o'zini ham boshqaradi.

Iqtisodda boshqaruv asosiy mezondir.

            Boshqaruvning asosiy qurollaridan biri bu informatsiya (axborot)dir. Ushbu qo'llanmada boshqaruv fanining shakllanish tarixi, vositalari, qonuniyatlari, tamoyillari, usullarini keltirish bilan birga infrastruktura, menejment, marketing, strategiya, avtomatlashtirish va raqamli bosh-qarish, informatsiya (axborot), informatsion texnologiyalar, ma'lumot-larni qayta ishlash tizimlari, rejalashtirish va tizimli yondashish, tizimli yondashish va boshqaruv, tizimli yondashish va shu kabilar yoritilgan.

            Qo'llanmada bayon etilgan materiallar professorlar S.S.Qosimov, N.A.Mo'minovlarning boshqaruv asoslariga oid o'qilgan va o'qilayotgan ma'ruzalar matni va o'tkazilgan amaliy mashg'ulot tajribalari asosida mujassamlashtirilgan.

            Albatta, ushbu qo'llanma hajmi biz o'ylagan hamma materiallarni qamrab olish imkonidan uzoq bo'ldi.

            O'ylaymizki, keyingi nashrlarda yana qo'shimcha fikr-mulohazalar aks etishiga imkon tug'iladi.

            Qo'llanma bo'yicha xohlagan fikr-mulohazalaringizni bajonidil kutib qolamiz.

MUALLIFLAR.

 

Ι bob. BOSHQARUV FANINING SHAKLLANISHI

l-§.  QISQACHA TARIXI

 

            IX asr oxirida Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzib, uning tepasiga kelgan Ismoil Somoniy va uning avlodlari mamlakat qudratini tiklash va mustahkamlash uchun bir qancha islohotlar o'tkazdilar. Bi-rinchi navbatda davlat boshqaruvi isloh qilindi. Ismoil davrida devon (mahkama) deb ataladigan 10 ta boshqarma tashkil etildi. Bu bosh-qarmalar uchun Registon yonida 10 ta bino qurdirildi. Bu devonlar: vazir devoni (bosh vazir), moliya (kirim-chiqim) ishlari devoni, davlat ishlarini boshqarish, davlat hujjatlarini boshqarish ishlari devoni, soqchilar, harbiy ishlar devoni, xat-xabarlar, davlatga xos mulklar devoni, muxtasib (diniy, savdo-sotiq, hunarmandchilikni nazorat qilish) devoni, vaqflik devoni, qozilik ishlari devoni. Viloyatlarda hokim xuddi shu devonlarning boshliqlari bo'lgan. Bu lavozimlarga kishilarni olishda uning kelib chiqishi, jamiyatda tutgan o'rni va davlat tizimida turgan kishilar bilan birga aloqasidan tashqari fors, arab tillarida Qur'on, shariat qonunlari hamda boshqa fanlardan ham xabardor bo'lishlari kerak bo'lgan. Bunday kishilar somoniylar davrida ko'p bo'lib, davlatga va islomga sadoqat bilan xizmat qilishgan. Markazlashgan boshqaruv tizimi davlat tomonidan qishloq xo'jaligi, suv inshootlari, savdo-sotiqni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o'tkazishga katta yordam bergan. Awalo, qishloq xo'jaligini tiklash, uni suv bilan ta'minlash uchun katta mablag'lar ajratilgan. Movarounnahrda suvdan foydalanish muammolarini hal qilishda "Ariqlar xususida kitob" deb atalgan qoidalar to'plamining tay-yorlanishi suvdan foydalanish ustidagi bahslarni yechishda qo'llanma bo'lib kelgan.

            Yahyo ibn Asad (819-855) davrida Toshkentda suv muammosini yechish uchun 2 million dirham pul ajratilib, ariq qazdirilgan. Bu qoshimcha yerlarni o'zlashtirishga olib keldi. Bu davrga kelib kanallar tor va chuqur qilib kavlana boshlandi, suv omborlari va suv taqsimlagichlar, oqava ariqlar qurildi. Suv ko'targich inshootlarining ixtiro qilinishi katta yutuq bo'ldi. Narshahiyning yozishicha, Buxoroning o'zida 10 dan ortiqariq bo'lgan. Bu ariqlar bo'ylab dehqon xo'jaliklari joylashgan va tirikchilik qilishgan. Ariqlarga suv yordamida ishlaydigan tegirmonlar qurilgan. Somoniy amirlari tashlandiq va dasht yerlarni o'zlashtirib, obodonlashtirish ishlariga katta ahamiyat bergan.

            Narshahiyning "Buxoro tarixi" kitobida yozishicha, Ismoil Somoniy Buxoroga yaqin joydagi Lashtak deb ataladigan joyni sotib olib, uni obodonlashtirgan, Jome masjidi qurdirib din vakillariga vaqf qilib bergan. Bu davrga kelib yirik yer egalari tabaqasi paydo bo'ldi. Hatto, g'ulomlar (harbiy xizmatga kirgan qullar) oliy lavozimlarga yerishgan. Ularga yer sotib olish uchun ruxsat berilgan. Bunday g'ulomlardan biriAlp Tegin qo'l ostida 500 dan ortiq qishloq, shaharlarda qasr, karvonsaroy, hammomlar, g'alla omborlari, minglab qo'y-echki, tuyalar bo'lgan. Tarixiy manbalarda ko'pincha bu davrda "atoqli dehqonlar", "baquwat dehqonlar" degan iboralarning uchrashidan, yirik dehqon xo'jaliklarining mavjud bo'lganligini bilish mumkin.

            Markaziy Osiyoda katta yer egaligining o'ziga xos xususiyatlari bo'lgan. Tarixiy manbalarda ko'rsatilishicha, katta yer egalari o'z yerlarini mayda qismlarga bo'lib, dehqonlarga ijaraga berishgan. Bunday dehqonlarni korandalar deb atashgan. Agar koranda yer egasidan ishlab chiqarish qurollari, urug' olsa, hosilning uchdan bir qismini olgan, faqat yerning o'zini olsa, ot-ulovi, urug'i o'zidan bo'lsa, hosilning ikkidan bir qismini olgan. Qishloq xo'jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash jarayonida ko'plab hunarmandchilik sohalari rivojlandi. Terini oshlash, ayniqsa, Toshkent atrofida keng tarqalgan. Oshlangan terilar shu yerning o'zida Buxoro, Samarqand kabi shaharlarga olib borilib, mahsulot qilib chiqarilgan. Bug'doyni un qilish, sholini ochish, kanopdan ip yigirish, non yopish, shirinlik pishiruvchilar o'z ish jarayonlarini takomillashtirib, hunarlarning mohir ustasi bo'lgan.

            Somoniylar davrida Movarounnahr taraqqiy etgan hunarmandchilik va savdo-sotiq markaziga aylandi. IX-X asrlarda shaharda hunarmand-chilikning mavqei o'sib bordi. Bu vaqtga kelib, O'rta Osiyoda olim-larning hisoblashicha, 20—25 foiz aholi shaharlarda yashay boshladi. Hunarmandlar, savdogarlar, xizmat ko'rsatish sohasidagi kishilar sha-harning asosiy aholisi bo'lib qoldi.

            Bu paytga kelib, hunarmandchilikning barcha sohalari, to'qima-chilik, zargarlik, temirchilik, o'ymakorlik, misgarlik kabi ko'plab hu-narlar taraqqiy etdi. Shaharda hunarmandchilik va savdo-sotiq markaz-lashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xom ashyoning ko'pligi, ichki va tashqi bozorda mahsulotlar raqobatining kuchayishi, davlat tomonidan bu jarayonlarni tartibga solib turilishi va qo'llab-quwatlanishi o'lkani iqtisodiy va madaniy jihatidan ravnaq topishiga olib keldi.

            O'rta Osiyoda to'qimachilik, jumladan, Marv va Buxoro viloyatlarida, ayniqsa, taraqqiy etdi. Chunki bu viloyatlarda yetishtirilgan paxta va ipak ishlab chiqarishiga katta ta'sir ko'rsatgan.

            Marv gazlamalari butun Sharqda bozori chaqqon bo'lsa, Buxoro "zandana" nomli gazlamasi bilan mashhur bo'lgan.

            Termiz shahrida chinni idishlar, kamon o'qi, sovun, qishloq xo'jaligi uchun mehnat qurollari yasalgan. Arxeologlar Eski Termiz shahri xarobalaridan temirchilarning yirik kvartalini, shuningdek, kulolchilik, chinni idish chiqaruvchilar, zargarlarning kvartallarini topishgan.

            Qog'oz ishlab chiqarishda Samarqand ustalariga teng keladigani bo'lmagan va bu qog'ozlar musulmon mamlakatlaridagi papirus va pergamentni butunlay siqib chiqarishgan.

Afrosiyobda kyeramika ishlab chiqarish yuksak darajada rivojlangan. Bu yerning ajoyib san'at namunalari (chinni buyumlari) Samarqand, Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida, Sharq madaniyati muzeylarida saqlanmoqda.

            Davlat tomonidan ichki va tashqi savdoda sharoit yaratilishi, ya'ni savdo korxonalarining xavfsizligini ta'minlanishi, olinadigan boj solig'i-ning kamligi, karvon yo'llaridagi qulayliklari uning rivojiga ta'sir etdi.

            Davlat tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, mahsulotlarning ko'p­ligi tashqi davlatlar bilan bo'ladigan savdoni rivojlantirdi. Somoniylar davrida Janubi-Sharqiy Yevropa, shuningdek, Yeronni, Old Osiyoni, Kavkazni, O'rta Osiyo orqali Xitoy bilan bog'lab turuvchi karvon savdosi katta ahamiyatga ega edi.

            Buxorodan mayin gazlamalar, gilamlar, joynamozlar, Buxoro qo-vunlari, Karmanadan salfetkalar, Samarqanddan parcha, simg'in (ku-mushrang) matosi, kimhobi shoyi, mis qozon, qog'oz, Jizzaxdan jun va jun mahsulotlari, Termizdan chinni, sovun, sopol idishlar, Farg'onadan qurol-aslahalar, meva-cheva olib keltirilgan. Xitoydan ipak va ipaklik kiyimlar keltirilib, u yoqqa shisha va otlar olib borilgan. Sharqiy Yevropa bilan savdoda Xorazm viloyati katta rol o'ynagan. Xorazmdan Sharqiy Yevropaga: guruch, quruq meva, paxta, gazlamalar, jun va ipaklik kiyimlar, kumush tangalar olib borilgan bo'lsa, u yoqdan mo'yna, asal, bulg'or terilari, qullar olib kelingan. Somoniy kumush tangalarini Moskva, Novgorod kabi shaharlarda va Daniya, Shvetsiya kabi dav-latlarda topilishi savdo sotiqni qay darajada taraqqiy etganidan dalolat beradi. Savdo - sotiqni keng miqyosda taraqqiy yetishi davlatdan katta miqdordagi pul yoki to'lov vositalarini chiqarishni talab qilardi.

            Ismoil Somoniy tomonidan pul islohotining amalga oshirilishi ichki va tashqi rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. "Ismoil" deb atalgan kumush tangalar to'lov vositasi sifatida mashhur bo'ldi. Uning tarkibida kumushning ko'pligi (92,5 foiz) faqatgina ichki savdoda emas, tashqi savdoda ham katta rol o'ynadi.

            Movarounnahr Somoniylardan keyin qoraxoniylar, g'aznaviylar, Xorazmshohlar davrida iqtisodiy jihatdan rivojlanib borgan bo'lsa, XII asrdagi mo'g'ullar istilosi xalqning boshiga og'ir kulfatlar keltirdi.

            Siyosiy, iqtisodiy, madaniy, jihatdan xalq og'ir ahvolda qoldi. Toki ulug' bobomiz Amir Temur mo'g'ul zulmini tugatib, yirik davlatga asos solgandan keyingina xalq qayta uyg'ondi.

Insoniyat tarixida 1800-yildan 1970-yilgacha boigan vaqt boshqa-ruvda samaradorlikni oshirish muammosini o'rganishdagi eng mahsuldor davr bo'lib hisoblanadi. Dunyo iqtisodiyoti samaradorligini oshirishga (ayniqsa XX asr boshida) eng ko'p hissa qo'shganlar quyidagilardir: Eli Uitni, Charlz Bebbidj, Fredyerik Teylor, Anri Fayol, Genri Ford, Frenk va Lilian Gilbret, Genri Gait va Myeri Parkyer Follettlar.

            Ma'lumki, E.Uitni (1765—1825 y.y.) paxta tozalash mashinasini yaratgan va ko'pchilikka hali ham noma'lum bo'lgan yig'uv konvyer va mashinalar qismlarini o'zaro almashtira oladigan ishni birinchi joriy etgan Amerikalikdir. U bu ishni 1812-yildagi urush arafasida o'ziga te-gishli qurol-aslaha zavodi va paxta-qog'oz fabrikasida amalga oshirgan.

            1832-yilda Ch. Bebbidj Uitni g'oyasini taraqqiy ettirib ishlab chiqa-rish samaradorligini oshishi tor yo'nalishda ishlovchi har bir ishchi mutaxassisligiga bog'liq ekanligiga alohida e'tiborni qaratadi. Bebbidj ishchilarni mashina bilan almashtirilganda iqtisodiyot o'lchami qay darajada o'zgarishiga oid qator masalalarni ko'rib chiqdi.

            F.Teylorni (1856—1915 y.y.) "ilmiy boshqarish" muallifi sifatida kimdir osmonu falakka ko'targan bo'lsa, kimdir uni yerga urgan edi. Balkim, Teylor ishchining bir kunlik mehnat hajmini xronometraj usuli bilan asoslash va uning mehnat xarajatlarini o'rgangani uchun shunday maqtov va e'tirozlarga moyildir.

            A. Fayolni ilmiy boshqaruvning fransiyalik otasi deb ham atashgan. U tog' muhandisi bo'lib 1916-yilda "Umumiy sanoat boshqaruvi" nomli kitobini chop etdi. Ushbu kitobda boshqaruvning o'n to'rtta tamoyillari o'z aksini topgan. 1949-yilgacha ushbu kitobning ingliz tilidagi tarjimasi bo'lmagan.

            G.Ford (1863-1947 y.y.) avtomobilni ixtiro qilgan bo'lmasada, shunday arzon bahodagi avtomobillarni ishlab chiqarganki, millionlab amerikaliklar birinchi marta avtomobil sotib olishga muvaffaq bo'lishgan.

            Tarixga juda katta ta'sir o'tkazganlardan bin Devid Rikardo (1772-1823) bo'ldi. U Angliyada tug'ilib, London fond birjasida ko'p muvaf-faqiyatlarga erishdi. Orttirgan davlati kelajakda fan bilan shug'ullanish hamda Angliya parlamentining umumpalatasi ishida ishtirok etish imkonini berdi. D.Rikardoning ancha mashhur "Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish tamoyillari" deb nomlangan asari Adam Smitdan keyin uni mumtoz siyosiy iqtisod g'oyalarining ifodasi sifatida olamga tanitdi.

            Rikardo xalqaro iqtisodiyotda savdo erkinligining afzalliklarini tadqiq qilgani tufayli, ayniqsa, mashhur bo'lib ketdi. Erkin savdo siyosati shundayki, bunda millatlar o'rtasidagi oldi-sotdida tariflar va boshqa to'siqlar olib tashlanadi. Ana shu nuqtayi nazarni isbotlash uchun Rikardo biz bugungi kunda qiyosiy ustunliklar deb atalgan konsepsiyani ishlab chiqdi. Bu ustunliklarni tahlil yetish unga agar, eksportchiga nisbatan importchi kamroq sarf-harajatlar bilan mahsulot ishlab chiqarayotgan bo'lsa, bir mamlakat tovarlarini boshqa mamlakatlar import qilishi mumkin degan xulosaga kelgan edi.

            Qiyosiy ustunliklarning Rikardocha talqini quyidagicha:

            Portugaliya va Angliyada vino hamda dag'al mato ishlab chiqariladi. Har ikkala mamlakat bir-biri bilan ana shu mahsulotni ayirboshlash naqadar afzallikka ega ekanligini chamalaydilar. Shunday taxminiy hisob-kitob qilaylik:

            10 barrel vino 5 yard (91,44 sm) dag'al mato bilan ekvivalent hisoblanadi (binobarin, ayirbosh qilish mumkin).

            Portugaliyada 80 ishchi bir yilda 10 barrel vino ishlab chiqarishi mumkin. Angliyada esa shuncha vino ishlab chiqarish uchun 120 ishchi band bo'ladi.

            5 yard dag'al mato ishlab chiqarish uchun Portugaliyada 90 ishchi kerak. Portugaliyada esa shuncha dag'al matoni ham Angliyaga qaraganda bir muncha samaraliroq ishlab chiqarishga qodir bo'lsa-da, u vino tayyorlashga ixtisoslashadi, hamda dag'al matoni Angliyadan import qilishini ma'qul ko'radi. Bu shuning uchun ham qulayki, Portugaliya savdo-sotiq   qilar   ekan,   bir  yil   mobaynida   o'zida   90   kishi   ishlab chiqaradigan miqdordagi matoni Angliyaning 80 ishchisi raehnat mahsuli sifatida oladi. O'z navbatida Angliya ham bunday mol ayirboshlashdan yutadi. U dag'al mato to'qishga ixtisoslashar ekan, o'zida 120 kishi ishlab chiqaradigan miqdordagi vinoni Portugaliyadan 100 ishchi mehnat mahsuli sifatida oladi.

            Rikardo parlament a'zosi bo'lgani holda an'anaviy homiylik qilib tu-rish siyosatidan voz kechishga majbur etish maqsadida hukumatga kuchli darajada ta'sir o'tkaza boshladi. U o'z niyatiga erishguniga qadar olam-dan o'tib ketgan bo'lsada, zo'r berib qilgan sa'y harakatlari nihoyat o'z samaralarini keltiradi: 1840-yilda Angliya erkin savdo siyosatini qo'llab-quwatlagan dunyoda birinchi mamlakat bo'ldi. O'shandan keyin iqtisodiyoti barq urib ketgan Angliya yer yuzida eng boy davlatlardan bin qatoridan o'rin oldi.

            Hozir kibernetika o'zining nazariy asoslarini (falsafiy asoslar, avtomatlar nazariyasi, modellar nazariyasi, katta sistemalar nazariyasi va h. k. barpo qilmoqda, ularni xalq xo'jaligida, fan-texnikada qo'llash ishlari olib borilmoqda, elektron-hisoblash mashinalari takomillash-tirilmoqda.

            Havo bo'lmasa odamzod yashay olmaydi. Energiyasiz zavod ishlamaydi. Informatsiyasiz boshqarish bo'lmaydi. Boshqarish uchun informatsiya yig'ish, uni aloqa kanallarida bir joydan ikkinchi joyga yetkazib berish, bu informatsiyani qayta ishlash kerak

            Bu yerda aloqani informatsion hodisa ma'nosida, ya'ni informatsion jarayonni amalga oshirish ma'nosida tushuniladi. Bu hoi Kibernetika uchun «informatsiya» tushunchasi eng muhim nazariy tushunchalardan bin ekanidan dalolat beradi.

            Demak, kibernetikaning asosiy tushunchalaridan bin infor-matsiyadir.

            Datchiklar informatsiyani aniqlab bersa-yu, lekin shu boshlang'ich informatsiya noaniq qabul qilinsa, unda kibernetikadagi matematik vositalar ham, EHMlar ham mo'ljallangan xulosalarni bermaydi. Shuning uchun kibernetika boshlang'ich informatsiyani aniq vositalari, informatsiyani yozadigan maxsus asboblar yasash, signallarni qayd qilishni kuchaytirish kabi masalalarni hal qilishni ham o'z ichiga oladi.

            Agar hisoblash mashinalari bo'lmaganda, kibernetika ham olimlar doirasidan tashqariga chiqmay qolib ketar edi. Kibernetika hozirgi zamon mo'jizali mashinalari bilan qurollangani uchungina odamlar uchun zarur fanga aylandi.

            Kibernetika tarixidan: Rasman kibernetika tarixi Amerikalik olima, Massachusets Texnologiya institutining matematika professori Norbert Vinerning «Kibernetika yoki boshqarish, hayvonot va mashinalardagi aloqa» degan asari Belgiyada 1948-yili bosmadan chiqishi bilan bosh-lanadi.

            Bu kitob Vinerning butun ilmiy faoliyatining natijasi bo'lib 1958-yilga kelib, rus tiliga tarjima qilindi. 1961-yilda esa, «Kibernetika» mual-lifining muqaddimasi va yangi boblardan iborat ikkinchi qism qo'shilib, AQSHda ikkinchi marta nashr qilindi. Bu kitob rus tiliga 1968-yilda tarjima bo'ldi. Bundan tashqari, Vinerning rus tilida chiqqan «Kiber­netika va jamiyat», «Yaratuvchi va Robot» (1966-y.) kitoblari ma'lum.

            1948-yildayoq kibernetika atrofida boshlanib ketgan qizg'in munozara, bahslar 1958-yilgacha davom etdi. Kibernetikaning paydo bo'lishi osonlikcha o'tmadi.

            N. Viner mashhur matematik edi. U matematikaning funksional tahlil, sonlar nazariyasi," ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohalarida ishlagan va katta kashfiyotlar yaratgan.

Awal Viner kibernetikasi ko'pchilikka quraq sensatsiya bo'lib ko'ringan. Keyinchalik kibernetika keng va salobatli fan sohasi sifatida butun dunyoda tan olinishi uchun «Viner sensatsiyasi»dan ratsional asoslarni ajrata bilish va buning uchun kibernetikaning kelib chiqish tarixiga nazar solishga to'g'ri keldi.

            Tarixga murojaat qilish shunday fikr va voqealar topish imkoniyatini ochdiki, bu kibernetika asoslariga boshqacha qarashga va Kibernetikaning mantiqiy shakllanish yo'llarini topishga yordam beradi. Ma'lum bo'lishicha, bizning zamondagi kibernetikadan awal ham kibernetika g'oyalari bor ekan, kibernetika ko'pchilik fikri va hayot taqozosi bilan yuzaga chiqqan ekan.

            Mashhur Isaak Nyuton: «Agar men boshqalarga nisbatan uzoqroqni ko'rgan bo'lsam, bu alplar yelkasiga tayanganim natijasidir», deb bejiz aytmagan. Hozirgi zamon kibernetikasiga oid ko'pgina fikr va mulo-hazalarni ham ko'hna tarix sahifalaridan topish mumkin.

            Birinchi bor kibernetika so'zi Platonda uchraydi. Unda kibernetika kemalarni boshqarish, o'lkalarni ma'muriy boshqarish ma'nosida ishlatiladi.

            Hozir biz bilamizki, kibernetikaning asosiy tushunchalaridan biri «algoritm» so'zi ulug' o'zbek olimi al-Xorazmiy nomi bilan bog'liq, al-Xorazmiy birinchi muhim algoritmlarni tuzib qoldirgan ekan. Kibernetika tarixiga ko'z tashlar ekanmiz, yana bir mashhur olim-Andre Mari Amper (1775-1824) haqida gapirmasak bo'lmaydi. Amper fransuz fizigi va matematigi, elektrodinamikaning asoschilaridan biri bo'lib, Parij Fanlar akademiyasining a'zosi edi. U tabiiy fanlar hamda matematika bilan shug'ullangan, ehtimollik nazariyasi, mexanika masalalariga va ratsional hisoblashni tatbiq qilish va matematik tahlilga oid qator asarlar yozgan.

            Kibemetikaning mantiqiy asoslarini nemis olimi, ulug' matematik Gotfrid Leybnis (1646-1716) nomi bilan bog'lash mumkin. «Agar men fan koshonalarida panogoh olim topmoqclii bo'lsam, deydi N. Viner, albatta, Leybnisni tanlagan bo'lar edim. Leybnis falsafasi ikkita asosiy g'oya, ya'ni universal ishoralar g'oyasi va mantiqiy hisoblash nazariyasi atrofida tashkil topdi». Leybnis Londondagi qirollik jamiyati va Pe-terburg akademiyasining a'zosi bo'lgan, Petr I bilan bir necha marta Rossiyada fanni taraqqiy ettirish haqida suhbatlar qilgan. Matematikada Leybnis differensial va integral hisobni kashf (Nyuton bilan bir qatorda) qilish bilan mashhur, 1673-74 yillarda u hisoblash mashinasi nusxa-laridan birini yasadi. Shuning uchun hozirgi zamon «mashina mate-matikasi»ning eng to'ng'ich kashfiyotchilaridan biri hisoblanadi. Leybnis mantiq faniga yangi simvollarni, kombinatorlik g'oyalarini, ehtimollik bilimi usullarini kiritdi, mantiq fanini hisoblash bilan yaqinlashtirdi. U hatto hamma masalalarni mantiqiy yo'l bilan echadigan yangi simvolik apparat topishni orzu qilar edi (keyinchalik bunday apparat yaratish mumkin emasligi ma'lum bo'ldi).

            Kibernetikaning asosiy tushunchasi—«teskari aloqa» ham XVII asrda kashf qilingan edi. Gyugens mayatnikli soat yaratishi bilan birga bosh-qariluvchi organlar orasida yangi aloqa vositasi paydo bo'ldi. Keyinroq V. Sulit bunga «teskari aloqa» degan nom berdi.

            Avtomatik boshqarish nazariyasini ko'zga ko'ringan rus olimi va jamoat arbobi I. A. Vishnegradskiy boshlab berdi. Mashina mexa-nizmlari sintezi usullari akademik P.L.Chebishev nomi bilan bog'liq.

            900-yillarda Yekaterinoslavda Ya.I.Grudinning tirik organizm dinamikasiga bag'ishlangan ishlari bosilib chiqqan. Bu ishlarda «organizmlar» dinamik sistemalar deb qaralgan edi.

            XVII asrda oliy asab sistemasi faoliyati fiziologiyasini, ayniqsa, hayvonlar asab sistemasini o'rganish ishlari boshlab yuborildi. Keyin­chalik bu sohada akademik I.P. Pavlov olamshumul kashfiyotlar qildi.

            Vinerning   aytishicha,   I.P.   Pavlov   statik   fikrlar   doirasidan   hozirgi zamondagi dinamik tasawurlarga tomon keskin qadam qo'ygan olimdir.

            XVII asrda ehtimollar nazariyasi paydo bo'ldi va keyinroq u fizikaga tatbiq qilindi.

            XVIII  asrning oxiri va XIX asrning boshlariga Nyuton, Karno va Djoul fizikasi xos bo'lsa, XX asrda statistik fizika taraqqiy topdi. Nemis olimi Lyudvig Bolsman, Amerika Qo'shma Shtatlarida yashagan Dj. Villard Gibbs fizikaga statistika nuqtayi nazaridan qarab, asrimizning boshida fizikada yangi soha ochdilar.

            Avtomatlar nazariyasini barpo qilishga V.I. Shestakov va X.E. Shennonlar katta hissa qo'shganlar.

            1936-yilda A. Tyuring cheksiz avtomatlar nazariyasini yaratdi. Bular hozirgi zamon kibernetikasining asoslaridir. Ikkinchi Jahon urushi vaqtlarida va undan keyin Viner har xil firmalarda aloqa vositalari nazariyasi ustida ish olib bordi. Telefon va telegraf kanallari (simlari) orqali signallar yuborish, bu signallarning mashinalar va jamiyatni boshqarishdagi ahamiyati va boshqa tadqiqotlar N. Vinerni kibernetikani kashf yetishiga olib keldi. N. Viner ham nazariy, ham amaliy tomondan kibernetika fanini kashf yetishga tayyorlangan olim edi. Gyugens, Leybnis, Gibbs, Bolsman, Lebeg, Tyuring va rus olimlari Pavlov, Vish­negradskiy va boshqalar kibernetikani yaratishda Vinerga ustoz va hamkor bo'ldilar.

            Shunday qilib, XX asr o'rtalarida birinchi tomondan, boshqarish informatsiya to'g'risidagi fanning vujudga kelishi obyektiv zaruratga aylandi. Ikkinchi tomondan bu fanning vujudga kelishi uchun ilmiy va texnik baza yaratilgan edi. Shuning uchun Norbert Viner kashfiyoti fan taraqqiyotining tabiiy davomi bo'ldi. Albatta, yangi fan yaratish fan olamida mustaqil o'rni va hurmati bor Vinerdek novator olimdan ozmuncha mehnat talab qilmadi.

            Kibernetika murakkab sistemalarni boshqarish haqidagi fan. Sistema tushunchasi butun olamga, jumladan, uning ayrim qismlariga ham taalluqlidir. Jumladan, tirik organizmlar, mashina, uy, bulut, suv—bularning hammasi turli xil sistema hisoblanadi. Mazkur sistemalar bir-biriga o'xsha-masligidan qat'i nazar, umumiy belgiga ega bo'lib, ular elementlar majmuasini tasawur etadi yoki boshqacha qilib aytganda, sistema bo'lib hisoblanadi. Bir sistema o'ziga boshqa sistemani qamrab oladi. Masalan, inson organizmi qon aylanish va asab sistemasini, molekula esa atomlarni o'z ichiga oladi.

            Har bir sistema turli holatda bo'lishi mumkin. Inson tanasi sistema, tana bajaradigan harakat uning holati hisoblanadi. Bunday hodisani ma-shinada ham ko'rish mumkin. Mashina ham harakatsiz holatda, ham turli operatsiyalarni bajaravchi harakat holatida bo'ladi. Ya'ni siste-maning bir holati ikkinchi bir holat bilan almashtiriladi.

            Shunga o'xshash hodisalarni sun'iy sistemalarda ham kuzatish mumkin. Qandaydir detalni toblash uchun pechga qo'ysak u holda detal holati asta-sekin o'zgara boshlaydi. Metall kesish stanoklarida zago-tovkaga ishlov berilganda tayyor bo'layotgan detallarning va stanok-moslama asbob-detal sistemasidagi elastik siljishlarning holati o'zgarib borishining guvohi bo'lamiz.

Shu narsani ta'kidlab o'tish kerakki, har bir sistema uchun uning o'ziga xos o'zgarish chegarasi mavjuddir. Agar o'zgarish belgilangan chegaradan chiqib ketsa, u holda mavjud sistema boshqa sistemaga aylanadi.

            Kibernetika fan sifatida sistemaning umumiy nazariyasi bilan organik bog'langan bo'lib, uning metodlaridan foydalanadi. Bu esa o'z navbatida, kibernetika tushunchasi fundamental kategoriya bo'lgan "sistema" ni tahlil qilishdan boshlash kerak degan fikrga olib keladi.

            Hozirgi zamon fanining muhim kategoriyasi bo'lgan «sistema» haqida turli tushunchalar mavjud. Ayrim olimlar sistema deganda voqelikning har bir obyektini tushunsalar, boshqa olimlar esa bir butun barqaror bo'lgan obyektni tushunadilar. Birinchi nuqtayi nazardan tahlil etilsa, sistema umumiy xarakterga ega bo'lgan tushunchaga aylanib qoladi. Ikkinchi nuqtayi nazar amalda ko'proq foydalanish imkonini beradi.

            Har qanday sistema ma'lum murakkablikka ega bo'lib, u uzlukli elementlardan tashkil topgan bo'ladi. Bo'linish bir butunlik bilan qarama-qarshilikka egadir. O'z navbatida, har qanday elementni ham nisbatan mustaqil sistema sifatida tasawur etish mumkin. Element hamma vaqt sistemaning bir qismi bo'lib hisoblanadi.

            Sistema va elementning nisbatini faqat uzluksiz, ichki va tashqi kategoriyalar nuqtayi nazaridan emas, balki bir butunlik va bir qism sifatida ham qurish mumkin. Ichki o'zaro ta'sir, birlik va sistemaning qarama-qarshi  momentlari  uning  harakat  va  taraqqiyotining  manbai

hisoblanadi. Faqat elementlarning bir-biriga bog'liq emasligi va shart-langanligi uni harakatga keltiradi.

            Inson va tirik jonivorlar organizmlarining hayotiy faoliyati bir tomondan olib qaralsa, faqatgina ma'lum harorat chegarasidagi normal holatda bo'lishi mumkin. Har qanday boshqa modda ham o'z normal holatini ma'lum harorat   chegarasigacha   saqlay   oladi.

            Bir sistemaning boshqa sistemaga o'tish jarayonining o'zi ham ma'lum sistemadir. Masalan, bir insonning yoki hayvonning turli yoshdagi holatini (bolalik, o'smirlik va qarilik holatini) turli xil sistema deb qabul yetish mumkin. Bolalikdan o'smirlikka o'tishdagi taraqqiyot bir sistemaning ikkinchi sistemaga o'tish jarayoni hisoblanadi.

            Har bir sistema qator boshqa sistemalarga o'tishi mumkin. Masalan, bahorda yerga qadalgan ypyg' unib chiqishi yoki yo'q bo'lib ketishi mumkin, yoki yana bir misol, faraz qilaylik, Samarqand shahridan Toshkent shahriga keluvchi avtomobil harakatini boshlangich sistema deb ko'radigan bo'lsak, avtomobil mo'ljallangan manzilga etib kelgach, Toshkentdan chiqadigan qancha yo'l bo'lsa, shuncha yo'llanma olishi mumkin.

            Sistemadagi o'zgarish shu sistemani mazkur chegaraviy faoliyatidan og'diruvchi qator sabablar orqali yuz beradi. Masalan, haydab kelinib, soyuq joyda qoldirilgan avtomobil sovutish sistemasidagi suvning muzlab qolishi oqibatida yurgizmoqchi bo'lgan dvigatel detallarida ishqalanish va ortiqcha yuklanish hosil bo'lib, remen uzilishi yoki dvigatel ishdan chiqishi mumkin. Sistema o'z faoliyatini buzishga sabab bo'luvchi faktorlarga qarshi moslashish qobiliyati mavjud bo'lgandagina saqlanib qolinadi. Faraz qiling, biz korxona yoki institutga ketyapmiz. Uydan korxonaga yoki institutga etib borish uchun mo'ljallangan vaqtni hisoblab chiqamiz. Biroq yo'lda nazarda tutilmagan tasodif faktorlar (transport kechikib qolishi yoki falokat ro'y berishi, anchadan beri ko'rishmagan tanish-bilishning uchrab, suhbatga tutib qolishi va shu kabilar) maqsadga erishish kerak bo'lgan harakatni o'zgartiradi. Korxona yoki institutga kerakli vaqtda etib borish uchun esa mo'ljaldagi harakatni to'xtovsiz davom ettirishimiz kerak. Yoki boshqa misol, talabalarning biri yotoq-xonada tursa, ikkinchisi shahar tashqarisida istiqomat qiladi. Lekin ertalab soat to'qqizda boshlanadigan darsga shahardan tashqarida istiqomat qiladigan talaba yotoqxonada istiqomat qiladigan talabaga qaraganda ancha ertaroq keladi. Chunki, shahar tashqarisida istiqomat qiladigan talaba, yotoqxonada istiqomat qiladigan .talabaga qaragandainstitutga o'z vaqtida etib kelishi uchun ta'sir etuvchi tashqi faktorlarni oldindan ko'ra biladi, ertaroq yotib, ertaroq turadi va yo'lga tushadi.

            Albatta, hamma vaqt shunday boiavermaydi. Lekin biz bu yerda shunday hoi bo'lish imkoniga ahamiyat beryapmiz, xolos. Bu esa boshqarish jarayonidir. Miya bo'laklari tashqi faktorlar bilan ta'sirlangan inson ayrim vaqtda eng oddiy harakatlarni bajarishga qurbi etmay qoladi, u tashqi faktorlar ta'siriga moslashish qobiliyatini rivojlantirishga ojiz bo'lib qoladi. Yuqorida qayd etib o'tganimizdek, o'z faoliyatini buzishga oid tashqi faktorlar ta'siriga qarama-qarshi tura oladigan, chidamkor sistemalargina saqlanib   qoladi.

            Ma'lumki insonda boshqarish organi—markaziy asab sistemasi, bosh miya hisoblanadi. Inson miyasi organizmda sodir bo'luvchi jarayon-larnigina emas, balki tabiat kuchlari va jamiyat taraqqiyotini ham boshqaradi. Tabiat faqat tirik organizmlarninggina boshqaruv organlarini bunyod etgan. Texnika taraqqiy yetishi bilan boshqaruvning ba'zi funksiyasini inson o'rniga bajarishga qodir bo'lgan mexanizmlar yaratildi.

            Sun'iy boshqaruv qurilmalari xuddi inson miyasidek, o'z-o'zini boshqaravchi sistemalar kategoriyasiga kiradi. Ana shu turdagi hamma o'z-o'zini boshqaravchi sistemalar kibernetik sistema deyiladi.

            Kibernetik sistema, bir butun sistema singari, tashqi muhitdan nisbatan ajralgan bo'ladi. Masalan, insonni tashkil etuvchi elementlar majmuyi ma'lum bir darajagacha mustaqillikka ega bo'ladi. Bunday sistemani boshqa sistemaga nisbatan bog'liq emas deb aytsa ham bo'ladi. Shu bilan birga har bir sistema tashqi muhit ta'siri ostida bo'ladi. Sistemaning tashqaridan ta'sir oladigan qismi «kirish», boshqa sistemaga ta'sir etadigan qismi esa «chiqish» deyiladi. Buni grafik usulda quyidagicha ifodalash mumkin:

 

            Bir sistemaning o'zida bir yoki bir necha «kirish» va «chiqish» bo'lishi mumkin. Inson tashqi ta'sirlarni qabul qiluvchi va uni qayd etuv-chi asab hujayralari ko'rinishida juda ko'p «kirish» va «chiqish»ga ega.

            Eng oddiy va ko'p tarqalgan kibernetik sistema «kirish» va «chiqish» holatiga ega bo'lgan sistema hisoblanadi. Elektron-hisoblash mashinasi ham eng oddiy sistemadir: mashinaning «kirish» va «chiqish»lari bo'lgan elektron    elementlar    hamma    vaqt    ikki    holatda—o'tkazuvchan    va o'tkazmaydigan holatda bo'ladi. Miyachi? Miyani kibernetik sistema deb atash mumkinmi?

            Bizga ma'lumki, tashqi muhit ta'siri ostida miyaning u yoki bu qismi qo'zg'alib, ma'lum ish bajaruvchi organlarga «buyruq» beradi. Tashqi muhit ta'siri bo'lmasa miyada qo'zg'alish ham bo'lmaydi. Miya turli xil asab hujayralari-neyronlardan iborat. Neyronning har biri xohlagan vaqtda qo'zg'algan va qo'zg'almagan holatda bo'lishi mumkin.

            Shunday qilib, neyron va elektron lampa materiyaning rivojlanish darajasi nuqtayi nazaridan farq qilsada, bir tomondan ular o'xshashdir. Ya'ni neyron ham, elektron element ham ikki holatda-«qo'zg'algan» va «qo'zg'almaydigan» holatda bo'lishi mumkin.

            Organizmning yashab turgan sharoitdagi ish faoliyatini doimiy holatda ushlashda teskari aloqaning ahamiyati katta. Insonda harorat, qon bosimi, qondagi qand miqdori va shu kabilar doimiy bo'lishi kerak. Markaziy asab sistemasi bunday doimiylikni quyidagi tarzda ushlab turadi: har bir ko'rsatkichning normadan oshishi, masalan, xonadagi haroratning haddan tashqari ko'tarilib yoki tushib ketishi, qon bosimi-ning oshishi zudlik bilan markaziy asab sistemasiga signal ko'rinishida boradi. O'z navbatida, markaziy asab sistemasi ushbu informatsiyani qayta ishlab, uni ish organlariga-yurak qon tomirlari, buyrak va shu kabilarga yuboradi. Ushbu qayta ishlangan informatsiyani ish organlariga borishi qoniqarli natija beradimi, yo'qmi, ya'ni qon bosimi yoki yurak urishi normal holga keladimi, yo'qmi? Mana shu yerda teskari aloqa ishga tushadi va natijada markaziy asab sistemasiga signallar borib, organizmda sodir bo'luvchi real o'zgarishlar haqida informatsiya beradi.

            Teskari aloqa markaziy asab sistemasi funksiyasini o'zgartirish yoki normal, holga keltirishda asosiy mezon boiib hisoblanadi.

            Boshqarishning kibernetika fani orqali o'rnatilgan umumiy qonuniyatlari inson asab sistemasi funksiyasini tushunishda katta ahamiyat kashf etadi. Kibernetika fiziolog va psixologlar uchun tadqiqot etishning ilgari qoilanilmagan va ma'lum bo'lmagan vositalarini, shuningdek, yangidan-yangi gipotezalar orqali ularni amalda tekshirish imkonini beradi.

            Kibernetika paydo bo'lgunga qadar fiziologiya va psixologiyada tadqiqotlar olib borish usullari juda ham chegaralangan edi. Masalan, asabni buzishga olib keluvchi operativ aralashuv markaziy asab sistemasi faoliyati ko'rinishini buzar edi. Miyaning haqiqiy faoliyati ko'rinishi psixologik o'zgarishini tadqiq yetishning subyektiv metodi, ya'ni kuzatishmetodi orqali ham aniq bilib bo'lmaydi. Shuning uchun fiziologlar ham, psixologlar ham davriy tarzda texnika tomonidan bunyod etilgan modelga murojaat etganlar. Psixologiya va fiziologiyadagi muhim ixtirolar xuddi ana shu model bilan chambarchas bog'langandir.

            O'z-o'zini rostlovchi kibemetik mexanizmlarning bunyod etilishi tirik organizmga ancha yaqin bo'lgan modellarga tayangan holda miya faoliyatini tadqiq etish imkonini berdi. Modellar, albatta, miya faoliyati xossalari haqidagi masalani yechishga to'liq javob bera olmasada, fiziolog va psixologlar uchun asab sistemasini tadqiq etish yo'lida siljish bera oladigan gipotezalarni yaratish imkonini beradi.

            Kibernetika tashqi muhitdan olinuvchi ma'lumotlar asosida mate-matik mashinaning sinish va buzilishini aniqlab beradigan matematik usullarni ishlab chiqadi. Shifokorlar ham o'z hayotiy tajribalarida xuddi shunday masala bilan talashadilar. Ulardan tashqi belgilar asosida kasallik xarakterini aniqlash talab etiladi. Meditsina kibernetika usullariga asoslangan tarzda murakkab masalalarni yechishda ta'kidlab o'tilgan usuldan foydalanadi. Hozir mamlakatimizda, jumladan, O'zbekistonda shunday statsionar—kasalxonalar mavjudki, bemor bemalol ochiq havoda sayr qilib yurishi, shaxmat o'ynashi yoki dam olib yotishi mumkin. Biroq unga biriktirilgan turli xil datchiklar uning asab sistemasi faoliyati, yurak urishi, qon bosimi haqida davolovchi shifokorga informatsiya ko'rinishida to'la ma'lumot etkazib turadi. Shifokor bemorni ko'rmay turib, uning faoliyati haqida batafsil xulosa chiqara oladi.

            Kibernetika yordamida markaziy asab sistemasi faoliyatini model-lashtirish mumkin.

            Xo'sh, elektron-hisoblash mashinasining xotira prinsipi qayerdan olingan? Bu savolga olimlarimiz bevosita inson miyasini tekshirib javob bermoqdalar.

            Ma'lumki, inson miyasi elektron-hisoblash mashinasidan xohlagan operatsiyani hech qanday dastursiz bajarishi bilan farqlanadi. Juda ko'p miqdordagi dasturni eslab qolib, kerakli masalalarni yechib bera oladigan EHMlarni loyihalash mumkin, albatta. Biroq bunday mashina xotirasi qimmatga tushadi va amaliy jihatdan qiyinchiliklar tug'diradi. Miya esa axborotlarning yig'ilib borishi bilan «Dasturi» ni o'zgartirib, mustaqil tarzda o'z xatti-harakatlari uchun yangi «dastur»larni tuza bilishdek, ajoyib xususiyatga ega. Bugungi kunda o'z-o'ziga ta'lim bera oladigan ayrim mashinalar ixtiro qilingan. Bunday mashinalar hayot sinovidan o'tmoqda.

            Kibernetika va boshqa fanlar har qanday fanning bilimlar sistemasidagi o'rni, birinchi navbatda, uning qonuniyatlari bilan aniq-lanadi, kibernetikani materiya harakatining ma'lum shaklidagi obyekt-larning ma'lum qonuniyatlarini o'rganuvchi fan deb atab bo'lmaydi. Ana shuning uchun ham hozirgacha hech kirn kibernetikaning u yoki bu qonunini ochgani yo'q. Kibernetika materiyaning barcha shakllariga oid ma'lum turdagi jarayonlarni o'rganishdagi yangi munosabatdir. Kibernetika-bu funksional sisternalar, tafakkurning yangi uslubi, nazariyasidir.

            Yuqorida aytib o'tilganlardan ikki muhim oqibat kelib chiqadi. Bi-rinchidan, kibernetikaning kelib chiqishi materiya harakatining ayrim formasi emas. Ikkinchidan, nazariy kibernetikani o'rganish hamma fanlardagi kibernetik munosabatni e'tiborga olgan holda olib borilishi kerak. Kibernetika sistemaning funksiyalanishi xarakterida informatsion regulativ tahlilga e'tibor beradi.

            Mashina xotirasi qandaydir taxminiy xotiralar yig'indisi va tasav-vurlarga asoslanib emas, aniq oldindan belgilangan axborotlar yig'indisiga asoslanib ish ko'radi. EHMni inson miyasi ish faoliyatidan farqi ham ana shunda. Shuni eslatib o'tish lozimki, inson miyasi hujayralari shunday tashkil topganki, ulardan qandaydir funksiyani bajarish uchun talab qi-linganidan ko'proq hajmda foydalaniladi.

            Kelajakdagi EHMlar ana shunday xususiyatlarni o'zida mujassamlash-tirgan bo'lishi kerak, EHM murakkablasha borgan sari, ularning ishonchli ishlash muammosi birinchi o'ringa chiqib bormoqda. Bu muammoni bi­rinchi qarashda shubhali bo'lib tug'ilgan yo'l, ya'ni xuddi inson miyasi asab tolalari singari bir-biri bilan chambarchas bog'langan juda ko'p miqdordagi oddiy va kam ishonchli elementlar majmuasi orqali hal etish mumkin. Kelajakda EHMlar ko'p jihatdan inson miyasi tuzilishiga o'xshab ketishi kerak. Bularning hammasi kibernetikani bir xususiy fan sifatida emas, balki tabiat va jamiyatdagi murakkab hodisalarni o'rganish va tushuntirishga oid masalalar bilan shug'ullanadigan yangi ilmiy yo'llanma deb qabul etish kerakligini taqozo qiladi.

            Mag'ziga matematika singib ketgan Kibernetika, ayrim olimlar o'ylaganidek, matematikaning bo'limi bo'lib ham hisoblanmaydi. Kiber­netikaning o'z predmeti bor. Shu nuqtayi nazardan kibernetika abstrakt matematika bilan boshqa konkret fanlar oralaridagi fandir.

            Kibernetika uchun abstrakt munosabat xarakteridir. Fanda bunday munosabat «qora yashchik» metodi degan nom olgan. Konkret fanlardanfoydalana borilgan sari «qora yashchik» asta-sekin «oq yashchik»ka aylanadi. Bu esa insonning sistemaning ichki xossalariga kirib borishini bildiradi. Kibemetik munosabatning umumiyligi moddiy dunyo birligini anglatuvchi yana bir dalildir.

            Shuni alohida ta'kidlash lozimki, boshqarish hamma vaqt shu boshqarish jarayonining bosbida qo'yilgan maqsadni yoki boshqarish jarayonida yuzaga chiqqan maqsadni ko'zlashi va shu maqsadga muvofiq bo'lishi kerak.

            Demak, kibernetika murakkab dinamik sistemalarning bir holatdan ikkinchi holatga o'tishiga oid umumiy masalalar bilan shug'ullanadi. Har qanday boshqarish jarayoni sistemaning tashqi va ichki tomonidan ta'sir qiluvchi tasodifiy va doimiy faktorlarni qabul qilish, saqlash, uzatish va qayta ishlash asosida amalga oshiriladi.

            Kibernetika tekshiradigan obyektlar, ya'ni murakkab dinamik sistemalar, asosan, texnika, biologiya va sotsiologiyadan olinadi. Bu moddiy obyektlardagi jarayonlar o'ziga xos biologic, sotsiologik va boshqa qonuniyatlar asosida o'tadi. Lekin bu murakkab dinamik sistemalarda kibernetika tekshiradigan jarayonlarning shunday umumiy tomonlari borki, ular kibernetikani boshqa sohalardan ajratib turadi.

            Kibernetika turli sohadagi obyektlarni matematik modellar yorda-mida o'rganadi. Dastlab murakkab sistema ayrim elementlarga ajratiladi va elementlar orasidagi aloqalar belgilanadi. Keyin har bir element holati o'zgarishini tasvirlovchi tenglamalar tuziladi va shu tenglamalar elektron-hisoblash mashinalarida tekshiriladi. Ana shularga asosan, murakkab sistemaning matematik modeli shu sistemaning matematika tilidagi tasviri degan xulosaga kelish mumkin. Matematik model yoki tasvir haqiqiy obyektlar ishini iloji boricha to'la va to'g'ri aks ettirishi kerak, aks holda bu modellar ma'nosiz bo'lib qoladi.

            Informatsiya nazariyasi, ehtimollik nazariyasi, algoritmlar nazariyasi, avtomat nazariyasi, operatsiyalarni tekshirish va shu kabi fanlar Kibernetikaning matematik asosini tashkil etadi.

Biz hozirgacha kibernetika sohalari haqida gapirdik, lekin kiber­netikaning o'ziga ta'rif berganimizcha yo'q. Turli muallifiarning kiber-netikaga bergan ta'rifi oz bo'lsada, bir-biridan farq qiladi. Chunki har bir muallif kibernetikani ta'riflaganda, uning biror tomoniga alohida e'tibor bergan bo'ladi.

            Keling, olimlarga so'z beraylik: N.Viner kibernetikani mashinalar va tirik organizmlardagi bog'lanish hamda boshqaruv to'g'risidagi fan deb hisoblaydi.

            Demak, kibernetika murakkab dinamik sistemalarni boshqarish, ular orasidagi informatsion aloqalar va shunga kerakli texnik moslamalar haqidagi fandir.

            Bepoyon tabiatni chuqurroq o'rganishda maxsus fanlar bilan bir qatorda kibernetikani qo'llash muhim kashfiyotlarga olib kelishi mumkin.

 

2-§.  BOSHQARUV HAQIDA TUSHUNCHA. BOSHQARUV JARAYONI VA BOSHQARUV TIZIMLARINING TURLARI

 

            Boshqaruv muammosi o'zining rivojlanish jarayonida bir necha bosqichlardan o'tgan.

            Awalida alohida ko'rsatkichlarni (masalan harorat, bosim va hokazolarni) nazorat qilish masalalari, keyinchalik alohida agregatlarni rostlash va pirovardida murakkab obyektlarni: ko'p agregatli texnologik majmualarni, samolyotlarni avtomatik boshqarishga borib taqaldi.

            Hozirgi vaqtga kelib boshqarish sohasidagi mutaxassislarni tashkiliy tizimlarni boshqarish masalalari qiziqtirmoqda.

            Boshqarish jarayonida «tizim» tushunchasi asosiy bo'lib, tizim deganda bir maqsad bilan uzviy bog'langan, avtonom holda ishlay oladigan elementlar (obyektlar) to'plamini tushunamiz. Obyekt va elementlar to'plamini tizim deb qarash uchun ular tarkib (mazmun), tuzilma (struktura), aloqa, boshqarishga moyillik kabi tushunchalarga ega bo'lmog'i kerak.

            Tarkib. Boshqarish tizimlarining mutlaq ko'pchiligi kirish qismdagi resurslar (materiallar va hokazolar) to'plamini bahosi qimmatroq bo'lgan chiqish qismdagi resurslar (tovarlar, xizmatlar) to'plamiga o'zgartiradi. Shuning uchun, bunday tizimlar odamlar, mashinalar, materiallar va hokazolar kabi elementlar sinfiga ega bo'lmoq kerak.

            1-rasmda keltirilganidek X1; X2, Xn - lar obyektning kirish qismidagi, Y1 Y2, Yn- lar esa obyektning chiqish qismidagi resurslardir.

            Tuzilma. Tizimning faoliyati - uni tashkil etuvchi ayrim ele-mentlarning funksiyalaridan iborat bo'lib, bir-birlari bilan uzviy bog langan holda boshqarish uchun yo'naltirilgan bo'ladi. Boshqarish-ning, ma'lum bir vaqt ichida, hamma funksiyalarini bajaruvchi ele-mentlar uning tuzilma (struktura)sini tashkil etadi.

            Aloqa. Tizimning elementlari bir-birlari va tashqi muhit bilan bog'langan (aloqada) bo'lib, har qanday ta'sirga e'tibor qilish (o'z munosabatini bildirish) imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.

            Boshqarish. Tizim oldiga qo'yilgan maqsadlarga ta'sir etuvchi ko'r-satkichlarni baholash qobiliyatiga ega bo'lib, uning ishlash ko'rsat-kichlarini yaxshilash borasida tuzilmasini, tarkibini, aloqa va boshqarish usullarini o'zgartirish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Yoki boshqacha . qilib aytganda, tizim moslashishi va o'z-o'zini uyushtirish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.

            Íàr qanday boshqarish tizimi boshqarilish jarayoni bo'layotgan boshqarish obyekti (boshqariluvchi tizimcha) va boshqarilish buyruqlarini hosil qiladigan boshqaruvchi qurilma (boshqariluvchi tizimcha) dan tashkil topadi.

            Kibemetikaning boshqarishga oid qismi nuqtayi nazaridan avto-matlashtirishga mo'ljallangan korxonalar (ayniqsa, sanoat korxonalari) murakkab majmuaviy kibemetik tizimni tashkil qiladi. Uning murak-kabligi va majmuaviyligi esa tizimchadan kelayotgan buyruqlarni bajarish uchun quyidagi elementlarni, ya'ni texnik, texnologik, birgalikdagi mehnat, ishlab chiqarish buyruq (ta'sir) larni tashkil qiladi.

            Boshqarish jarayoni to'liq bo'lishi uchun boshqaruvchi tizim tomonidan boshqariluvchi tizimning kirish qismiga yuborilayotgan buy-ruqlar boshqaruvchi tizimchada mavjud bo'lgan boshqarishning algoritmi asosida bajarilishi kerak. Boshqarish organlari: a) ishlab chiqish jara-yonlarini oldindan istalgan tarzda o'tishini tanlash (boshqarish strategiyasi), b) ishlab chiqarish jarayoniga ishlash faoliyatini ta'mi-nlovchi ta'sir ko'rsatish (boshqarish taktikasi), s) ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish kabi funksiyalarni bajaradi.

            Boshqaruvchi tizimcha tashqi muhit bilan ham bog'langan bo'lib, bunday axborot boshqaruvchi tizimchaga epizodik tarzda, boshqariluvchi tizimchadan esa muntazam ravishda kelib turadi. Boshqariluvchi ti­zimcha (obyekt) ning kirish qismidagi resurslarga xom ashyo, materiallar, texnik va texnologik yangiliklar, rejaviy ko'rsatkichlar, uskunalar, qurilmalar, ajratilgan kreditlar, direktiv ko'rsatmalar, ishlab chiqarishning texnik—iqtisodiy ko'rsatkichlari va hokazolar kirsa, chiqish qismida esa tayyor mahsulot va hokazolar haqidagi axborot kiradi.

            Boshqarish jarayoni axborot jarayoni bo'lgani uchun o'zining amallar  ketma-ketligiga   ega  bo'lib,   ulardan   quyidagilarni   ko'rsatish

mumkin:

            Axborot yig'ish bosqichi—obyektning holati haqidagi har qanday axborotni yig'ish va ishlov berishga tayyorlash. Obyekt haqidagi ma'-lumotlar tizimini tavsiflovchi bir qancha ko'rsatkichlarning sonli ma'nosi bilan aniqlanadi. Bu esa keyingi bosqichda axborotga ishlov berishda matematik usullarni qo'llash imkoniyatini beradi.

            Qayta ishlash bosqichi—olingan axborotni qaror qabul qilish maq-sadida qayta ishlash bosqichidir. Qarorni tayyorlash ma'lum bir mezonlar bo'yicha bo'ladi. Bunday mezonlarga misol tariqasida ishlab chiqarish uskuna va qurilmalarini maksimal yuklash, mahsulotni tayyorlash vaqtini qisqartirish, ish unumdorligini oshirish, mahsulotning sifatini oshirish, ishlab chiqarish chiqindilarini, sarf-xarajatlarni kamaytirish va hoka-zolarni keltirish mumkin. Bu bosqichda matematik usullarni qo'llash ko'zda tutiladi.

            Boshqarish bosqichi da qabul qilingan qarorlar asosida boshqaruvchi ta'sirlarni shakllantirish va ularni boshqarish obyektida, ya'ni ijrochi uskuna, qurilma yoki ijrochilarga yetkazish.

            Shunday qilib, kibernetika nuqtayi nazaridan, boshqarish obyektidan olingan axborotni qayta ishlash natijasida, tizimning bir holatdan ik-kinchi holatga o'tishini maqsadga muvofiq yo'nalishdan olib borib, maq-bul natijalarni olishni ta'minlaydigan ta'sirlar (buyruq) axborotlarini shakllantirishdir.

            Dunyodagi borliqning mutlaq ko'pchiligi tizim shaklida rivojlanadi. Mavjud boshqarish tizimlarini ish muhitlariga qarab uch turga bo'lish mumkin:

            1.   Texnik (mexanik) tizimlarda boshqarish. Bu sohadagi fanning shifri 05.13.01 «Texnik tizimlarda boshqarish» mutahassisligi doirasida, Kibernetikaning  esa  «Texnik  kibernetika»   yo'nalishi  izlanishlar  olib boradi.

            2.  Tibbiy-biologik tizimlarda boshqarish. Bu sohadagi fanning (shifri 05.13.09) «Tibbiy kibernetika» mutaxassisligi doirasida, kibernetikaning esa «Tibbiy kibernetika» yo'nalishi izlanishlar olib boradi.

            3.   Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda boshqarish.  Bu sohadagi fanning (shifri 05.13.10) «Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda boshqarish» mutaxassisligi doirasida,   Kibernetikaning   «Ijtimoiy-iqtisodiy   tizimlarda   boshqarish» yo'nalishi izlanishlar olib boradi.

            Texnik tizimlarga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, qurilmalar va hokazolar misol bo'lishi mumkin.

            Tibbiy-biologik tizimlarga tirik mavjudotlar olami, ya'ni odamlar, hayvonot dunyosi, biologik tizimlar va o'simliklar dunyosi kiradi.

            Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga oila, mehnat jamoasi, tuman, viloyat, shahar, respublika va butun mamlakat misol bo'lishi mumkin.

            Bu tizimlar o'zgacharoq bo'lib, o'zgachaligi boshqarishda ishlab chiqarishning eng faol elementi odamlarning ishtirokidir.

            Tuzilish tamoyili nuqtayi nazaridan hamma boshqarish tizimlari tutashgan (ochiq) va tutashmagan (qayta aloqali) tizimlarga bo'linadilar. Tutashmagan boshqarish qayta aloqasiz (tutashmagan) ketma-ket ulangan boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalardan tashkil topgan bo'ladi. Ko'pincha bunday tizimlar parametrik bo'lib, obyektning chiqish qismi boshqaruvchi tizimchaning kirish qismi bilan boshqaruvchi tizimchaning chiqish qismi esa obyektning kirish qismi bilan tutashgan bo'ladi.

            Obyektdan boshqaruvchi tizimchaga uzatilayotgan ma'lumotlar, axborot deb, boshqaruvchi tizimchadan obyektga uzatilayotgan ma'lu­motlar boshqarish ta'siri yoki ta'sir deb ataladi.

            Boshqarish fani obyektga bo'ladigan ta'sir jarayonini shakllantirish haqida izlanishlar olib borib, kibernetika, matematika, hisoblash tex-nikasi, informatika, xuquqshunoslik, psixologiya, sotsiologiya va boshqa fanlarning yutuqlariga asoslanadi.

            Texnik tizimlarda boshqarish deganda professor Yu.O.Lyubovichning quyidagi ta'limini keltirib o'tish mumkin: «Keng ma'noda, boshqarish harakatda bo'lgan obyekt yoki jarayonga maqsadga muvofiq ta'sir ko'rsatib ma'lum bir miqdorga uning yo'nalishini, tezligini yoki jadalligini hamda harakatning ba'zi-bir tavsifini yoki parametrini o'zgartirishdir».

            Boshqarish sohasida tadqiqotlar olib borgan fransuz olimi A.Fayolning (1841-1925 yillar) bergan ta'rifiga binoan, «bosh­qarish—ixtiyorda bo'lgan manbalardan maksimal imkoniyatlar tarzida foydalanib, korxonani boshqarish oldida turgan maqsad sari olib borishdir».

            Fayol tadqiqotchilar orasida birinchilar qatorida boshqarishning quyidagi besh funksiyasini ta'riflagan: bashoratlash, rejalashtirish, uyushtirish, muvofiqlashtirish, nazorat. Fayolning fikricha, boshqarish shajarasining har bir sathida keltirilgan funksiyalar mavjud bo'lib, shajaraning sathi yuqori bo'lgan sari boshqarish oldidagi ma'suliyat shuncha yuqori bo'ladi.

 

 

 

3- §.  AVTOMATIK VA AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARUV TIZIMLARI

 

            Agar boshqaruvchi tizimcha bilan boshqariluvchi tizimchalar orasida, ya'ni boshqarish konturida odam ishtirok etmasa, bunday tizim avtomatik boshqaruv tizimi deb ataladi. Bunday tizimlarning obyekt qis-mida texnologik jarayonning borishi haqida ma'lumot beruvchi birlamchi o'zgartgichlar (datchiklar) mavjud bo'ladi. Birlamchi o'zgartgichlar tomonidan etkazilgan axborot asosida boshqaruvchi ta'sirlarni vujudga keltiriladi (shakllantiriladi).

            Bunday tizimlarning ko'pchiligi «Texnik tizimlarda boshqaruv» yo'nalishiga kirib, avtopilot rejimidagi o'zi o'char, avtomatik zavodlar, yer    osti    radio-uzatish    (odamlarsiz    ishlaydigan)    tizimlar,    tabiat o'zgarishidan  xabar beruvchi  meteostansiyalar va  avtomatik tizimlar misol bo'la oladi.

            Agar boshqaruvchi tizimcha bilan boshqariluvchi tizimchalar orasida, ya'ni boshqaruv konturida (doirasida) odam, qaror qabul qiluv-chi shaxs (QQQSh) tariqasida ishtirok etsa bunday tizim avtomat-lashtirilgan boshqaruv tizimi deb ataladi.

            Bunday tizimlarda boshqarish konturida EHM mavjud bo'lib uning vazifasi obyektdan chiqadigan informatsiyani, oldindan belgilangan matematik usullar bilan qayta ishlaydi.

            Qayta ishlangan informatsiyalarning pirovard natijalari ko'p variantli bo'lib qaror qabul qiluvchi shaxs (qqqsh) kerakli variantini tanlab oladi.

            Bunday tizimlar boshqarishning uchchala turlarida ham mavjud bo'lib, ularga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, korxonalarni avtomatlashtirilgan boshqarav tizimlari, avtomat­lashtirilgan ish joylari va hokazolar misol bo'la oladi.

 

4- §. QORA YASHCHIK VA MATEMATIK MODELLASH

 

            Boshqarish tizimlarini modellashtirish masalasini echishda «qopa yashchik» tushunchasi qulaylik tug'diradi. Qopa yashchik deganda, tashqi kuzatuvchiga ichki tuzilishi noma'lum, lekin kirish va chiqish qismidagi ko'rsatkichlarning o'zgarishi ma'lum bo'lgan tizim tushuniladi. Bunday holatda, chiqish qismidagi ko'rsatgichlarning kirish qismidagi ko'rsatkichlar o'zgarishida bo'lgan reaksiyasiga qapab tizimning xattiharakati to'g'risida muhim xulosalar chiqarish imkoniyati tug'iladi. Xususan, tuzilishi noma'lum yoki o'ta murakkab bo'lgan tizimlarni obyektiv o'rganish imkoniyatini ochib beradi.

 

            Obyektning chiqish qismidagi ko'rsatgichlarining (Y1Y2,Y3...Yn) kirish qismidagi ko'rsatkichlar (Õ1Õ2X3,…Õn) o'zgarishiga bo'lgan reaksiyasi orasidagi bog'liqlikning birorta formal (rasmiy) tilda tasvir-lanishi obyektning matematik modeli deyiladi. Matematik modellarning turlari har hil bo'lishi mumkin. Ular funksional bog'liqlik yoki grafika tarzida berilgan tizimning tavsifnomalari, tizimda bo'layotgan harakat-larni tasvirlaydigan tenglamalar, jadvallar tizimining bir holatdan ikkinchi holatga o'tishini ko'rsatadigan grafalar, chiqish (Y1,Y2,Y3…Yn) ning kirish (Õ1Õ2Y3….Õn) ga bo'lgan munosabatini bildiradigan algebraik, regression tenglamalar va hokazo munosabatlar tarzida bo'lishi mumkin. 3-rasmda ko'rsatilgan obyekt uchun matematik modelni quyidagicha ifodalash mumkin.

            Bu tenglamadagi koeffitsientlar Yi,Y2,Y3...Yn larni vujudga kelti-rishda Yi,Y2,Y3...Yn laming qo'shgan ulushini ko'rsatadi.

            Obyektning matematik modeli mavjud bo'lsa, kirish qismidagi ko'rsatkichlarning o'zgarishiga qarab, chiqish qismidagi ko'rsatkichlar qay yo'sinda o'zgarishini bashorat qilish, obyekt ichidagi mavjud bo'lgan, lekin awal aniq bo'lmagan ba'zi-bir qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.

            Matematik modellarning aniqligi chekli (oldindan aniqlangan) bo'l-gani uchun ham soddalashtirilgan modellar turkumiga kiradi, chunkibunday modellarda haqiqiy obyektda mavjud, lekin miqdor jihatidan ol-dindan belgilangan aniqlikdan ancha kichik bo'lgan ko'rsatkichlar tashlab yuboriladi, ya'ni matematik model ifodasiga kiritilmaydi.

 

I BOBGA OID OLINGAN BILIMLARNI CHUQURLASHTIRISH UCHUN SAVOLLAR

 

1.   Boshqarav usullari qaysi davrda boshlanadi?

2.   Boshqarav nima?

3.   Boshqaruv bilan qanday fanlar shug'ullandi?

4.   Boshqaravning nechta tendensiyasi mavjud?

5.   Samarali boshqaravning nechta belgisi bor?

6.   Boshqaravning asosiy qurollaridan bin nima?

7.   Boshqarav fanining qisqacha shakllanish tarixini aytib bering.

8.   Boshqarav fanining Markaziy Osiyoda shakllanish tarixi qanday?

9.   Boshqarish jarayonidagi «tizim» tushunchasi nimadan iborat?

10. Boshqarav tizimining nechta turi bor?

11. Avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqarav tizimlari farqini aytib bering.

12.  Boshqarish   tizimlarida   modellashtirish   va   «Qora   yashchik» tushunchasini bayon etib bering.  

                                 

ΙΙ bob.  BOSHQARISHNING QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI

l-§.  BOSHQARISH QONUNIYATLARI

 

            Boshqarishda ham o'z qonuniyatlari bo'lib, ular boshqarish sohasidagi tez-tez qaytarilib turuvchi hodisalar, boshqarish jarayonidagi voqealarning ichki tabiatini va mantiqiy bog'liqligini tushunishga yordam beradi.

            Avtomobilning yuki oshgan sari, benzin sarflanishning oshishi, korxonada mahsulot chiqaravchi xodimlar sonining oshishi, ma'muriy boshqaravchi xodimlar sonining oshishiga olib kelishi, murakkab tex-nologiya uchun ko'p yoki murakkab stanoklarning jalb qilinishi boshqa-rishdagi qonuniyatlarga misol bo'la oladi.

            Adabiyotda e'lon qilingan ba'zi bir qonuniyatlarga biroz to'xtalib o'tamiz.

            Xalq xo'jaligining hamma tarmoqlarida boshqarish tizimlari ko'p bo'g'inli, ko'p pog'onali bo'lishi mumkin bo'lib, ishlab chiqarishning asosiy maqsadi xalqning farovonligi va madaniyatini rivojlantirish bo'lib, ilmiy-texnika yutuqlariga asoslangan holda rivojlanishi kerak.           Xalq xo'jaligining hamma bo'g'inlarida va shajaraviy boshqarishning hamma sathlarida boshqarish tamoyillarining birligi boshqarish, xo'jalik yuritish oldiga qo'yilgan maqsadlarning va ularni amalga oshiradigan usullarning birligidadir. Boshqarish va xo'jalik yuritish bo'g'inlariga tarmoqlar, korxonalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlar va butun mamlakat misol bo'la oladi.

            Xalq xo'jaligi, boshqarish tizimlarining bo'Iaklari orasida muta-nosiblikka maqbul o'zaro munosabat (nisbat) ga erishish va uni saqlash. Xalq xo'jaligi murakkab dinamik tizim bo'lib, bir qancha tizimcha va elementlardan iboratdir. Bu tizimcha va elementlarga yoki bo'laklarga sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish, transport va aloqa, savdo va maishiy xizmat, fan, madaniyat, tibbiyot, bank xizmati va hokazolar kiradi. Bo'-laklar orasidagi bog'lanish uzviydir. Masalan, sanoat qishloq xo'jaligiga, kurilishga, transportga va boshqalarga mehnat qurollarini yetkazib bersa, qishloq xo'jaligi esa sanoat va boshqa bo'laklarga xom ashyo va materiallar yetkazib beradi. Shularni inobatga olgan holda, xalq xo'ja-ligining rivojlanishida bo'laklar orasidagi bog'lanishlar o'zaro mutanosib bo'lishi kerak.

            Hayotda bu esa har bir bo'lakning rivojlanishi boshqa bo'laklarning talabini to'liq qondiradigan darajada bo'lishi kerak. Boshqa so'zlar bilan aytganda, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarning quwatlari, mexa-nizatsiyalash va avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, ishlab chiqa-rishni uyushtirish orasida mutanosiblik va maqbul o'zaro munosabat bo'lishi kerak. Boshqarishda esa vaqti bilan (davriy holda) boshqariluvchi tizimchalarning holatini tahlil qilish, ulardagi nomutanosiblikni o'z vaqtida yo'qotishga imkon beradi.

            Mutanosiblik va maqbul o'zaro nisbat faqat tizimcha elementlari orasida emas, boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarning orasida ham ta'minlanishi kerak. Bu qonuniyatning bajarilishi xalq xo'jaligi va boshqarav bo'limlarining marom va samarali ishlashini ta'minlaydi.

Ishlab chiqarish fondlari harakatining uzluksizligiga, maromligiga, aylanish davr tezligini oshirishga (maromiga etkazishga) erishish korxonaning ishlab chiqarish fondlari uning ishlab chiqarish qobiliyati bilan aniqlanib pul holatida ifodalanadi.

            Ishlab chiqarish fondlarining aylanish davri (vaqti) va elementlari yuqoridagi tarx (4-rasm) bilan ifodalanishi mumkin.

            Xususiy aylanish vaqtlari t1, t2, tç, t4, tn har qanday korxonada mavjud bo'lgan jarayonlar uzluksiz, maromli bo'lib, vaqtlarning o'zlari esa minimum bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Shundagina umumiy ayla­nish vaqti (davri) T minimum bo'lishi mumkin. Aylanish vaqti T-ning kamayishi aylanuvchanlikni va daromadni oshiradi. Bunga esa ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, ulgurji savdoni rivojlantirish, ishlab chiqarish fondlarini tez-tez va samarali yuqori bo'lganlariga almashtirish, sotiladigan mollarning sifatini oshirish tufayli oldindan pul to'lash usullarini, korxonada esa avtomatlashtirilgan ishchi o'rinlarini yaratish, kompyuterli tizimlar joriy qilish kabi tadbirlarni amalga oshirish orqali erishish mumkin.

 

2-§.  BOSHQARISH TAMOYILLARI

 

            Boshqarish tamoyillari deganda ma'lum bir ijtimoiy -iqtisodiy sharoitlarda, boshqaruv amaliyotida ishlatiladigan asosiy qoidalar, yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi tartib intizomlar, ahloqiy me'yorlarni tushunamiz. Boshqarish tamoyillari bir nechta bo'lib, ba'zi birlarini keltirishni o'zimizga o'rinli deb bildik.

            Ishni reja asosida olib borish tamoyili. Bu tamoyil korxonadan tortib davlat darajasigacha hamma ishlar reja asosida olib borilishini nazarda tutadi.

            Har qanday korxona, tarmoq va vaholanki, eng rivojlangan davlatning ham imkoniyatlari cheklangan bo'ladi. Bu holat rejalash jara-yonida inobatga olinishi shart. Rejalangan mablag'larning rejalanmagan ishlarga yo'naltirilishi ajratilgan mablag'larning samaradorligini pasa-yishiga, chala ishlar, qurilishlarning ko'payishiga, ajratilgan kuch va imkoniyatlarni to'zishiga olib keladi. Ishni reja asosida olib borish tamoyiliga qat'iy rioya qilish amaliyotda katta ahamiyatga ega.

            Xo'jalikni samarali va maqbul olib borish tamoyili. Bu tamoyil kerakli ashyoviy boyliklarni yuqori sifatda ishlab chiqarish, ko'rsatilgan yuqori sifatli har qanday xizmatlar uchun qilingan sarf-xarajatlar mi-nimum bo'lishi to'g'risida fikr yurgizadi. Ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan har bir ishchi (xodim) daromadining maksimal bo'lishi tarafdoridir.

            Bu esa ishlab chiqarish jarayonida bo'layotgan sarf-xarajatlarni, chunonchi ishlab chiqarishda mavjud bo'lgan chiqindilarni, yonilg'i, xom ashyo, issiqlik, elektroenergiya, suv va hokazolarni iqtisod qilishga da'vat qiladi.

            Ishlab chiqarishda bo'lgan sarf-xarajatlarni kamaytirish ishchi (xodim) laming oladigan ish xaqini, olinadigan mukofotlarni, ijtimoiy rivojlanish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, fan va texnika yutuqlarmi qo'llash uchun kerak bo'lgan mablagiarni oshirishga olib keladi, ya'ni korxonaning samaradorligini oshiradi.

            Xo'jalikni maqbul olib borish deganda, ishlab chiqarishda va bosh-qarishda zamonaviy fan va texnika yutuqlarini qo'llash ko'zda tutiladi. Masalan, ishlab chiqarishda, boshqarishda yangi texnologiyalar, iqti-sodiy-matematik modellashni, hisoblash texnika vositalarini, avtomat-lashtirilgan ishchi joylarini tatbiq qilish ko'zda tutiladi.

            Zamonaviy boshliq o'zining ish jarayonida xo'jalikni samarali va maqbul olib borish tamoyiliga amal qilishi kerak.

            Yechilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo'ginni aniqlay olish tamoyili. Zamonaviy boshliq ishlash jarayonida ko'p va har xil masalalarga (muammolarga) duch keladi. Agar hamma masalalarni boshliqning o'zi hal qilmoqchi bo'lsa, uning kuchi ham, vaqti ham, imkoniyati ham yetishmaydi. Shuning uchun boshliq korxona oldida turgan masalalar ichidan eng asosiylari, ya'ni birinchi navbatda yechilishi zarur bo'lganlarini ko'ra bilish va ajratish qobiliyatiga ega bo'lishi shart, ya'ni yechiladigan masalalar zanjirida asosiy bo'g'inni aniqlay bilishi kerak.

            Buning uchun boshliq adabiyot va axborot vositalarida e'lon qilingan, korxona yo'nalishiga oid bo'lgan materiallarni tahlil qilishi va o'zida to'g'ri xulosa chiqarishi, fan va texnika yutuqlarini o'rganib, ularni o'z korxonasida qo'llash yoilarini qidirishi, korxonaning sohasi bo'yicha faoliyat ko'rsatayotgan ilg'or (raqobatdosh) korxonalarning ishlash usullarini o'rganishi va iloji boricha korxonasida o'rgangan usul va vositalarni qo'llash va nihoyatda o'z korxonasining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilib, boshqa raqobatdosh korxonalarning faoliyati bilan solishtirib chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak.

            Bu tadbirlar korxonaning texnik - iqtisodiy ko'rsatkichlarini ilg'or (raqobatdosh) korxonalar darajasigacha ko'tarish imkoniyatini beradi.

            Shuning uchun ham bu tamoyilga amal qilish boshqarish ama-liyotida birinchi navbatda yechiladigan masalalarni aniqlash orqali iqtisodiyotni (korxonani) samarali boshqarish imkoniyatini beradi.

            Qabul qilinadigan qarorlarning obyektivligi va ilmiyligi tamoyili. Ish

faoliyatida rahbar odamda ko'p masalalar bo'yicha har xil qarorlar qabul qilishga to'g'ri keladi. Boshqarish sohasida qabul qilingan qarorlardan kelgan foydadan kimlar manfaatdor bo'lishiga qarab, ular obyektiv va subyektiv bo'lishlari mumkin. Qabul qilingan qarorlar jamoa, ishlab chiqarish va davlatni ko'zda tutsa obyektiv, subyektiv, ya'ni qaror qabul qiluvchi shaxsning manfaatlarini ko'zda tutsa subyektiv qarorlar bo'ladi. Ko'pincha qabul qilingan qarorlarda subyektivlik ancha foizni tashkil qiladi. Bunday holatlar ko'pincha rahbar yoki qaror qabul qiluvchi shaxs jamoaning bir nechta xodimlari bilan qarama - qarshi (konflikt) holatda boisa sodir bo'ladi.

            Ikkala tomon ham o'ch olish niyatida masalani salbiy hal qilishga harakat qiladi. Bunday sharoit esa ishlab chiqarishga, jamoaga va pirovardida davlatga katta ziyon keltirishi mumkin. Yoki yana bir holat: korxonadagi ikki yoki undan ko'proq shaxslar (tanish-bilishlar, qarindoshlar) o'zaro kelishib, qonuniy echimi bo'lmagan masalani ijobiy hal qilishlari mumkin. Shuning uchun rahbarlar yoki rahbarlar bilan unga bo'ysinuvchi xodimlar orasidagi xususiy munosabatlar qanday bo'lishidan qat'i nazar, muammolar ishlab chiqarish, jamoa va davlat manfaatlarini ko'zda tutgan holda echilishi, ya'ni obyektiv echilishi lozim. Xususiy munosabatlar yoki xafagarchiliklar ishlab chiqarish manfaatlariga hech qanday salbiy ta'sir o'tkazmasligi kerak.

            Qabul qilinadigan qarorlarning ilmiyligiga kelganimizda, bu masala rahbarning bilimdonligiga chambarchas bog'liqdir. Agar rahbarlarning bilimdonligi qancha yuqori bo'lsa u o'zining bilimlarini fan, texnika, ilg'or amaliyotning yutuqlari bilan boyitsa va ular rahbarning qabul qilayotgan qarorlarida o'z aksini topsa, bunday qarorlar to'g'ri va haqiqiy bo'ladi. Ilm asosida qabul qilingan qarorlar ijobiy natijaga, ilm-fan, texnika va ilg'or amaliyot yutuqlariga tayanmagan qarorlar esa ko'pincha salbiy natijaga olib keladi. Ilmiy boshqarish subyektivizmning kushandasidir. Ilmiy boshqarish jamiyatning obyektiv rivojlanish qonunlari, boshqarishning qonuniyatlari va bashoratlashni tahlil qilish natijalari asosida amalga oshiriladi. Ayniqsa, hozirgi paytda ishlab chiqarish va boshqarishda faoliyat ko'rsatayotgan hamma bo'g'inlarning rahbarlari texnika, texnologiya, iqtisodiyot, ishlab chiqarishni zamon talablari aso-sida uyushtirish, boshqarish qonuniyatlari, tamoyillari, vositalari va usullarini hamma vaqtdagidan farqli o'laroq, yaxshi bilishlari shart. Bu qonuniyatlarning amaliyotdagi o'rni rahbar zamonaviy ilmlar majmuasiga tayanib jamoa va ishlab chiqarishni boshqarishidadir.

            Xodimlarni tanlash, jamiyat va boshqarishning hamma bo'g'inlarida siyosiy jihatdan etuk, har tomonlama ish biladigan, qobiliyatli rahbarlar boshliq bo'lishini nazarda tutadi. Hozirgi kungacha «hamma narsani ka-drlar hal qiladi» degan ibora o'z kuchini yo'qotgani yo'q.

            Kadrlarning ish samarasini oshirish, ularga shaxsiy yondashish aso-sida bo'lib, kadrlardan butun kuch va energiyasini berib ishlashni taqozo etadi.

            Xodimlarning ish faoliyatini ularning haqiqiy (mavjud) natijalar bilan baholash asosiy mezon bo'lmog'i zarur va shunday hamdir. Kadrlarni to'g'ri joylashtirish, ularning tajriba, ilm va xususiy sifatlaridan to'liq foydalana bilish rahbarning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Kadrlarga bo'lgan mehribonlik va talabchanlik, ish foydasi, qo'yilgan masalalarni aniq va tezkorlik bilan hal qilish doirasida bo'lishi va ularga bo'ysunishi kerak. Kishilarga bo'lgan talabchanlik, tanbeh berish qo'pollikka, odobsizlikka, mayda-chuyda tiqilinchlarga aylanmasdan mehribonlik va odoblik bilan ularning kamchiliklarini va kuchlik to-monlarini ko'rsatishdan iboratdir. Rahbarlarga rezerv (zaxira) tayyorlash kelajak uchun zamin tayyorlashdir. Shuning uchun ham ularning ishbilarmonlik, siyosiy, ma'naviy sifatlariga e'tibor bergan holda, ularni konkret ishlab chiqarish, jamoaviy topshiriqlarda tekshirish, kerakli lavozimlarda stajirovkalar uyushtirish zarurdir.

            Shular bilan bir qatorda rezerv kadrlarda nazariy bilimlarini oshirish, ishbilarmonlik xususiyatlarini, siyosiy va ma'naviy etukligini, yergashtira olish, qiladigan takliflarini shakllantirish kadrlar tayyor-lashdagi asosiy maqsadlardan biri bo'lishi kerak. Jamiyatimizning tezkorlik bilan rivoj-lanishida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish, ularni tarbiyalash katta ahamiyatga egadir.

            Mehnatni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish tamoyili. Ish unumdorligini oshirishda, sarf-xarajatlarni kamaytirishda, chiqarayotgan mahsulot va xizmat sifatini oshirishda mehnatni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish muhim rol o'ynaydi. Tamoyilning asosiy masalasi moddiy va ma'naviy rag'batlantirish orqali xodimlarni jamoaning umumiy ko'rsatkichlarini yuqori pog'onalarga olib chiqarishdir. Moddiy rag'­batlantirish deganda, ish haqiga qo'shimchalar, mukofotlar va boshqa moddiy yordamlarni tushunsak, ma'naviy rag'batlantirish deganda, jamoa oldida tashakkurnomalar e'lon qilish, nomlarini faxriy kitoblarga kiritish, faxriy yorliqlar berish, hurmat taxtasidan joy ajratish, davlatimizning medal, ordenlariga, faxriy unvonlariga taqdim yetishni tushunamiz. Boshqarish amaliyotida rag'batlantirish munosib bo'lmagan odamlarni rag'batlantirish hollarini butunlay yo'qotish madsadga muvofiq bo'ladi, chunki bunday hollarda jamoa ichida noroziliklar, guruhvozliklar, tarafma - tarafliklar keltirib chiqarish ish samaradorligiga katta ziyon yetkazadi.

            Boshqaruv qarorlarining bajarilishini nazorat qilish tamoyili. Bu tamoyil boshqarish tizimida bajaruvchilik intizomini yuqori darajada amalga oshiruvchi omildir. Boshqarish tizimida amalga oshiriladigan nazorat ish jarayonida aniqlik, ishchanlik, tezkorlik muhitini yaratib byu-rokratizmga qarshi mavjud bo'lgan kamchiliklarni nazorat qilish va tekshirish, eng awalo, ish unumdorligini oshirish uchun yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Qapop bajarilishini tekshirganda, masalalarning tub mohiyatini tushuntirish va aniqlash ishlarini esa baqiriq - chaqiriqsiz, osoyishtalik bilan amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Nazoratni uyushtirish shakllari har xil bo'lib, kalendarga, ish daftarchasiga, nazorat kartochkasi (varaqchalari) ga yozma holda belgilashdan tortib EHM gacha bo'lishi mumkin. EHM-nazorat qilinuvchi hujjatlarning soni bir yilda 19 ming donadan oshgandagina o'zini oqlashi mumkin. Har bir rahbar qarorlarning va tekshiriladigan hujjatlarning soniga qarab, o'ziga qulay bo'lgan tekshirish shaklini tanlab oladi. Boshqarishga kiber-netikadan kirib kelgan ba'zi bir tamoyillarni eslatibgina o'tamiz:

            Tizimchanlik tamoyili. Bu tamoyil boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalarni ko'rsatgichlari bir-biri bilan bog'liq bo'lgan murakkab tizim holatida qarashni taqozo qiladi.

Shajaraviylik tamoyili boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalarga ko'p pog'onali shajara tarzida yondashishimizni tavsiya qiladi.

            Mos kelishlik tamoyili boshqaruvchi tizimchaning murakkabligi boshqariluvchi tizimchanikidan past bo'lmasligini ko'zda tutadi yoki oddiy ibora bilan aytganda, murakkab ishlab chiqarishga sodda boshqarish tizimini loyihalab bo'lmasligidan dalolat beradi.

            Qayta aloqa tamoyili boshqarish ta'siri natijasida obyektda bo'la-yotgan o'zgarishlar haqidagi axborot boshqaruv tizimiga vaqtida yetkazilishini ta'minlaydi.

            Qayta aloqa ijobiy va salbiy boiib qaysi birini tanlashni boshqarav tizimini loyihalagan kishilar oldiga qo'yilgan maqsadlar hal qiladi. Xulosa qilib aytganda — boshqarishning hamma tamoyillari muhim bo'lib, turmush ularni amaliyotda qo'llashni taqozo etadi.

            O'z ishini boshqarish tamoyillari asosida olib borishlik rahbar uchun ahloq me'yori ekanligi amaliyot taqozosidir.

 

3-§.  MAQSAD VA UNI TANLASH YO'LLARI

 

            Insoniyat paydo bo'lishidan oldin o'z xatti-harakati, xulqi, u yoki bu narsaga bo'lgan munosabati bilan aqlan qarorlar qabul qilish bilan shug'ullanadi. Harbiy rahbarlar o'z qismlarini boshqarishda, vazirlar davlat ahamiyatiga ega bo'lgan muammolar sohasida, haydovchi yo'ldagi tasodiflar arafasida, ilmiy xodimlar muhim nazariy yo'nalisbJar tahlilini o'tkazishda va umuman har bir inson har kuni turli xil sharoitda turli xil qarorlar qabul qiladi. O'z-o'zidan ma'lumki, biz har kungi hayotimizda oldindan belgilangan ilmiy xulosalar asosida to'satdan qarorlar asosida asrlar osha kishi qoniga o'tib, irsiyatdan-irsiyatga davom etib kelayotgan ta'lim, tarbiya,odatlanishlar yotadi.

            Agar   sharoit   murrakkab   voqelikni   talab   etib   qolsa,   bunday odatlanishlar yetishmay qolishi mumkin. Bunday holda insonni noto'g'ri qaror qabul qilishdan saqlab qolish uchun maxsus bilimlar sistemasi talab etiladi. Misol qilib harbiy xizmatga qo'llaniladigan va turli xil jamoa guruhlarida foydalaniladigan nizom qo'llamalarini keltirish mumkin.

            Birinchi bo'lib harbiylarimiz o'z nizom va qo'llanmalarini hayotga joriy yetish maqsadida boshqaruv fanining asosi bo'lgan maxsus qaror qabul yetish fanini yaratishga kirishishgan. Biroq bu birinchi qadam bo'­lib, sekin- asta keyinchalik mustaqil fan tamog'i ya'ni, qaror qabul yetish nazariyasi yaratildi. Ushbu fanning birinchi tamoyili maqsadni aniq qilib olish-ko'pchilik o'ylagandek, unchalik oddiy emas. Masalan, biror-bir mashinasozlik korxonasi ishini olib ko'raylik. Bir tomondan mahsulotni ko'p chiqarish kerak, ikkinchi tomondan mahsulot sifatli bo'lishi kerak. Mahsulot ishlab chiqarishga ajratilgan mablag' bilan bir vaqtning o'zida ham unumdorlik, ham sifatni oshirib bo'lmaydi, albatta. Bu maqsadlar bir-birini inkor etuvchi ko'rsatkichlardir. Ya'ni unumdorlik sifatni kamaytiradi. Ikkala maqsadga erishish uchun qo'shimcha mablag' talab etiladi. Bir kun ishlab, uch kun dam oladigan ishchi  xodim  faoliyatini  qisqa  ko'rib  chiqaylik.   Ushbu  ishchi  bo'sh vaqtida o'z tomorqasi bilan shug'ullanib qo'shimcha daromad olar. Tomorqaga nima ekib, qanday parvarish qilib, qancha vaqt sarflab, qancha hosil olishni aniq rejasini tuzib yashar edi. Imkon tug'ilib qishloq kengashi ruxsati bilan bo'sh yotgan yana ikki tomorqani vaqtincha o'z ixtiyoriga olib, bu tomor-qalardan ham qo'shimcha daromad olishga ahd qilgan. Maqsad qo'-shimcha daromad olish, xolos. Lekin ishni boshlab yuborganidan so'ng bo'zchini mokisidek yugira boshlagan. Bir oyog'i bir tomorqada bo'lsa, ikkinchisi ikkinchi tomorqada bo'lgan. Umumiy tinchligi buzilgan, xayoli parishon bo'lib, eb-ichishida tayin qolmagan, asabi taranglasha boshlagan, dam olishni unitib qo'yigan, faqat harakati emas, harajati ham ko'paygan. Jo'jani kuzda sanaydilar deganidek, kuzda xosilni yig'ishga kelganda ham sifat nuqtayiy nazaridan, ham daromad nuqtayiy nazardan ko'ngildagi maqsadga erisha olmay oqibat natajadagi daromad ilgari bir tomorqadan olinadigan daromadga to'g'ri kelib qolgan. Demak, maqsadni aniq qilib olishdan ko'r-ko'ronalik, sayozlikka yo'l qo'yilgan, natijada qo'yilgan maqsad amalga oshmay qolgan. Bunday holat juda ko'p uchrab turadi. Har bir korxona, tashkilot, idora va shaxs oldida har doim bir necha bir-biriga zid bo'lgan maqsadlar qo'yiladi. Ana shu maqsadlar hayotdagi qarama-qarshiliqlarni keltirib chiqaradi.

            Yana bir misol, «Oktyabr inqilobi» ni olib ko'raylik. Inqilobning asosiy maqsadlari tinchlik, dehqonlarga yer bo'lib berish, hokimiyatni sho'rolarga berish, fabrika, zavodlarni ishchilar qo'liga o'tkazish edi. Qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun turli hil dekretlar qabul qilingan. Biroq juda ko'p obyektiv va subyektiv sabablarga binoan qo'­yilgan maqsadlar hayotdagi qarama-qarshiliklar tufayli amalga oshmay qolgan. Shuning uchun ham hayotning o'zi ushbu tuzimni yo'qqa chiqardi.

            Har qanday odam har qanday sharoitda maqsadni tanlash muam-mosi yotadi. Odatda ana shu maqsadlardan birini amalga oshirish uchun ma'lum bir ko'rsatkichlardan ko'z yumishga to'g'ri keladi. Kishi oldiga qo'yilgan hamma maqsadlarni amalga oshirish uchun yorqin bir yo'llanma yo'q, maqsadni tanlash va amalga oshirishda, iqtidorlik, kuchli tajriba egasi bo'lish, xis-tuyg'u asosiy ko'rsatkichlardan biri bo'lib qolmoqda.

            Juda ko'p ilhomnomalarda eng kam xaratajat bilan eng ko'p mahsulot ishlab chiqarish kerak deb uqtiriladi. Eng kam harajat bilan eng ko'p mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas, albatta. Demak, bundaysharoitda qaror qabul qiluvchi korxona rahbari xarajat bilan ishlab chiqariluvchi mahsulot hajmini bir-biriga taqqoslay bilishi kerak. Ushbu masala hayotimizning hamma jabhasida namoyon bo'lib, obyektiv va sub-yektiv asablar mushoxidasi bilan aralashib ketadi.

            Qaror qabul qilishning ikkinchi prinsipi bu konkret shart-sharoit va boshqariluvchi obyektni bilishdir. Bu yerda uydagi gap ko'chaga to'g'ri kelmaydi degan maqolni ishlatib, ushbu prinsipni tahlil qilish mumkin. Ya'ni har doimgidek, biror bir masalani hal yetishdan oldin, albatta, turli hil mulohazalar yuritiladi va mo'ljallangan maqsadni amalga oshirish yo'1-yo'riqlari tuziladi. Biroq qo'yilgan maqsadni amalga oshirish jarayo-nida hech kutilmagan tasodiflar yuz beradi, hamda har hil faktorlar ta'sir etadi. Shuning uchun ham xalqda «hech ham mo'ljallangan ishingni amalga oshira olmaysan, albatta, bir tasodif yuz berib turadi» yoki «o'lsin, nuqul mo'ljallangan ish o'lda-jo'lda bo'lib qoladi» degan iboralar bordir. Korxona tashkilot ishlarida ham shunday voqelik yuz berib turadi. Hatto muhandislik ishlarida ham oldindan tayyorlab qo'yilgan hisob-kitoblarga binoan amaliy ish tutish murakkabdir. Chunki ma'lum bir mashina yoki uning qismini tayyorlashda mo'ljal qilingan materiallar va texnologik jarayonlar u yoki bu sabab bilan talabga javob bermay qolishi mumkin. Bunday voqelik hatto bola tarbiyasida ham ko'zga tashlanadi. Nazariy nuqtayiy nazardan odob va tarbiyaning hamma xislatlari hisobga olingan taqdirda ham ko'ngildagidek tarbiyaga erisholmay qoliniladi. Bunga sabab: birinchisi irsiyat bo'lsa, ikkinchisi yana oldindan taxmin etilishi qiyin bo'lgan sabab va oqibatlardir.

            Katta-katta korxonalar, tashkilotlar, idoralarini va nihoyat xalq xo'jaligini boshqarishda tabiat injiqliklarindan tortib, aqlimiz bovar qila-olmaydigan kamchiliklargacha hammasi bo'lib qabul etiladigan qarorga xuddi «tanaga chiqqan chipqondek» xalaqit berishi mumkin. Shuning uchun bu sohalarda qabul qilinadigan qarorlar taxminiy va xom ko'rinishga ega bo'ladi.

            Ko'pchillikka ma'lumki, avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarini ishlab chiqarish va uni xalq xo'jaligining hamma tarmoqlarida joriy yetish juda ko'p shov-shuv, gap-so'z, ham ijobiy, ham salbiy taqrizlarga sabab bo'ldi. Buning asosiy negizi loyiha etilayotgan avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarining ishga layoqatli yoki layoqatsiz ekanligida emas, balki ushbu ishlanmalarni tayyorlashda va uni hayotga tatbiq yetishdagi moddiy-ta'minot, psixologiya darajasi, fatbiq etuvchilarning dunyo qa-rashi va bilimining sayozligidandir.

            Saksoninchi yillarda Navoiy tog'-metallurgiya kombinatidagi karyyer ishlaridagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasini ishlab chiqilib, joriy yetildi. Ushbu sistemaning asosiy vazi-falaridan biri karyyerga kirib kelayotgan avtosamosval va karyyerdan yuk bilan chiqib ketayotgan avtosamosvalni hisob-kitob qilish hamda, yuk og'irligini ham nazorat qilish edi. Ana shu nazorat asosida ish jarayonidagi qo'shib yozishlar yaqqol suv betiga chiqib qoldi. Buni sezgan rahbar xodimlar ham, ishchi-haydovchilar ham sistema dat-chiklarini ishdan chiqarib, nazoratdan xoli bo'lishiga «erishdilar». Demak, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi joriy qilinishi kerak bo'lgan obyekt va undan foydalanilgan shaxslar psixologik va aqlan ushbu ishni qabul qilishga tayyor emas ekanlar.

            Ikkinchi bir misolni olib ko'raylik, ma'lum bir ixtirochi bir yangilikni ishlab chiqib, jumladan, mashinasozlikda u yoki bu mashina, stanokda qo'llay boshlasa, oldindan belgilangan normativ asosida ishchi maoshini qisqartirib qo'yilar edi. Masalan, ishchi tokar, frezyerlovchi, silliqlovchi va h.k. ixtiro yangiligini qo'llaganidan so'ng ko'proq detal ishlab chiqarish imkoniga ega bo'ladi. Lekin maosh o'z xolicha qolaberadi. Olinadigan ortiqcha daromad esa davlat hisobiga va ixtirochi ixtiyoriga topshiriladi. Agar ishchi oldindan shu narsaga psixologik tayyorlanmasa va uni ham rag'batlantirish yo'1-yo'riqlari ishlab chi-qilmasa u holda ishchi yangilikning do'sti emas balki dushmani bo'lib chiqadi. Ya'ni yangilikni hamma kuch bilan joriy yetish, uni rivojlantirish o'rniga ishdan chiqarish «eski hammom, eski tos» usulida mehnat qilish xohishiga tushib qoladi. Oxir oqibat rahbar va ixtirochilarning majlis-bozlik, muhokamabozlik natijasida konkret ish joyi va ishchidan ajralgan holda qabul etilgan qarorlar puchga chiqib qoladi.

            Qurilishda esa ushbu jarayon yanada yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Ma'lum bir obyektdagi qurilish ishlari oldindan ishlab chiqilgan loyiha asosida mo'ljallanib boshlanadi. Biroq qurilish boshlanishi bilan yuqori idora rahbarlaridan tortib, to qurilish tashkiloti rahbarlarigacha juda ko'p holda boshi berk ko'chaga kirib qoladilar. Sabab loyixa qog'ozda amalga oshiriladi. Qurilish esa konkret u yoki bu shart-sharoit, turli hil moddiy-texnik ta'minot, quruvchilar malakasi, ob-havo sharoiti va shu kabilarga bog'liq  holda  qoqilishlari  bilan  olib  boriladixonada qabul  qilinganqarorlar bajarilmay qolaberadi. Shuning uchun u yoki bu oxiriga yetkazilmagan qurilish obyektlarini ko'rganimizda «tuya go'shti yeganmi» degan fikr keladi.

            Qishloq xo'jaligidagi ishlarni olib ko'raylik. Paxtakorlar uchun ob-havo sharoiti yaxshi kelgan yil umuman bo'lmagan bo'lsa kerak. Uning ustiga yerning sifati, to kerakli, to keraksiz minyeral o'g'itlar, pestitsidlarning to'g'ri yoki noto'g'ri, o'z vaqtida yoki vaqtni o'tkazib ishlatilishi har qanday oldindan qabul qilingan qaroriy rejani chilparchin qilib tashlashi va o'z navbatida aybsiz aybdorlarni qidirish ishi bilan shug'ullanishga olib keladi. Bog'dorchiliqda ham shu ahvol. Tashkil etilayotgan bog'ning tuprog'i,quyoshning qay daraja yordam berishi, suvning sifati va miqdori.ekilayotgan daraxt navi,parvarishlovchi bog'-bonning malakasi va rag'batlantirish darajasi va shu kabi qator faktorlar qabul qilingan qarorlarni bajarilmay qolishiga olib kelishi va asossiz tarzda ishni ilgari surdirish o'rniga sekinlashtirishga,foydali vaqtni bekorga sarf qilishga olib keluvchi qo'shimcha majlisbozlik, diq-qatbozliklarga sabab bo'lishi mumkin.

            Ana shunday naoniqliklar, mujmalliklar oldini olish uchun juda ko'p usullar ishlab chiqilgan. Bir narsani aniq aytib qo'yish kerakki, bu muammoni hal qilish uchun tashkiliy,tarkibiy o'zgarishlar asosida xohlagan idorani,tashkilotni boshqaradigan sistemani bunyod yetish va bu sistemada ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash kerak. Bunday sistemani bunyod etib uni boshqarish uchun esa aniq axborot manba'lari va bu manba'dan odilona foydalanib undan tegishli xulosa chiqaraoladigan jamoa hamda texnikaviy vositalar bo'lishi kerak. Ana shundagina qabul etilgan qarorlar hayotiy kuchga ega bo'lishi va ma'lum bir maqsadga silliq yo'l bilan ma'muriyatchiliksiz erishish mumkin, xolos. Axborotlashtirishning asosiy kuchi ham shundadir.

 

II BOBGA OID OLINGAN BILIMLARNI  CHUQURLASHTIRISH UCHUN SAVOLLAR

 

1.   Xalq xo'jaligi murakkab dinamik tizim ekanligini tushuntirib be-ring.

2.   Boshqarish qonuniyati nima?

3.   Boshqarish tamoyillari nima?

4.   Ishni reja asosida olib borish tamoyili.

5.   Xo'jalikni samarali va maqbul olib borish tamoyili.

6.   Echilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo'g'inni aniqlay olish tamoyili.

7.   Qabul qilinadigan qarorlarning obyektivligi va ilmiyliligi tamoyili.

8.   Mehnatni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish tamoyili.

9.   Boshqaruv qarorlarining bajarilishini nazorat qilish tamoyili.

10. Tizimchanlik tamoyili.

11. Shajaraviylik tamoyili.

12. Maqsad va uni tanlash yo'llari.

 

ΙΙΙ  bobBOSHQARISH USULLARI TIZIMI

 

l-§.  BOSHQARISH USULLARI HAQIDA TUSHUNCHA

 

            Usul—tabiatdagi hodisalarni, haqiqatni ilmiy asosda o'rganish va shu asosda ta'sir ko'rsatish yo'li.

            Uslubchilik (metodika)—biror maqsadga muvofiq ishni amalga oshirish uchun kerak bo'lgan usullar to'plami.

            Uslubiyot (metodologiya)—ilmiy tadqiqotlar olib borish usullari to'g'risidagi ta'limot bo'lib, ular asosida boshqariluvchi obyektga, oldindan belgilangan maqsad bo'yicha ta'sir ko'rsatadi.

 

 

            Boshqarish usullarining tasnifl. Hamma boshqarish usullari quyidagi uch guruhlarga bo'linadi:

 

1.   Boshqarishning iqtisodiy usullari.

2.   Boshqarishning tashkiliy - farmonli (ma'muriy) usullari.

3.   Boshqarishning ijtimoiy- ruhiy (psixologik) usullari.

            Amaliyotda uchchala uslubiyot ham birga ishlatilib, ishlash muhitiga qarab afzallik uchchalasidan bittasiga beriladi.

            Xodimlarni ishga qabul qilamiz, operativ majlislar o'tkazamiz, ilmiy, ilmiy texnik kengashlar o'tkazamiz, xodimlarni ishdan bo'shatamiz (tashkiliy - farmonli yoki ma'muriy usullarni amalga oshiramiz), har oyda ish haqiga qo'shimcha haq, chorak oxirida esa mukofot beramiz (iqtisodiy boshqarish usullarini amalga oshiramiz), yil davomida hukumat tomonidan beriladigan orden va medallarga, mukofotlarga taqdim etamiz, kimlar bilandir muloqot, suhbatlar o'tkazamiz, yaxshi ishlashga da'vat etamiz, uy-joy va'da qilamiz, ish xonalarini aytganlaridek qilib ta'mirlab beramiz, xonalarga musiqa va televideniya uskunalarini o'rnatamiz, guruhlarga ruhan mos keladigan xodimlarni ishga olamiz (ijtimoiy-rahiy boshqarish usullarini amalga oshiramiz) va hokazolar. Hamma usullar ham oldindan belgilangan maqsadga hizmat qilib, boshqarish obyektiga boshqarish tasiri tariqasida shakllanadi.

 

2-§.  BOSHQARISH USULLARINING MAZMUNI

 

            Boshqarishning iqtisodiy usullari—mavjud Goriy) ijtimoiy tizimning obyektiv iqtisodiy manfaatini ko'zlagan holda xo'jalik yuritish usullaridir. Bu usullar tarkibiga rejalashtirish, narx-navoni shakllantirish va boshqa iqtisodiy ko'rsatgichlar kiradi. Amaliyotda xo'jalik yuritish jarayonida sharoitlar o'zgaradi. Sharoitlarning o'zgarishiga qarab, qo'yilgan maq-sadni inobatga olgan holda, xo'jalikni olib borish mexanizmini, jamiyatdagi mavjud qonunlarni buzmagan holda, o'zgartirish kerak.

            Iqtisodiy munosabatlar quyidagi manfaatlarni qondirishi kerak:

            1. Jamoatchilik manfaati, (qurilishlar, transport va hokazolar).

            2.    Tashkilot   manfaati   (ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   rejasi   va hokazolar).

            3.  Shaxsiy manfaat, (malaka oshirish, ish haqi va boshqa daromad-lar).

            Jamiyatdagi ishlatiladigan richaglar uchchala manfaatlar bo'yicha ijobiy natijalarga olib kelishi kerak. Lekin, bu narsa doimo kuza-tilavermaydi, ya'ni ba'zida umumiy ko'rsatgichlar bajariladiyu, shaxsiy ko'rsatkichlar to'la inobatga olinmaydi. To'la xo'jalik hisobida ishlay-digan korxonalarda bu uchchala ko'rsatkich, daromadga bo'lingan holda inobatga olinishi kerak. Shaxsiy manfaat juda nozik narsa. Shuning uchun ham har bir ijrochiga rejaviy ko'rsatkichlar, molning narxi, daromad, ashyo sarfi va boshqa qiziqtirilgan ko'rsatkichlar bo'yicha ma'lumotlar etkazilishi kerak. Shunday bo'lganda, har bir xodimning faolligi, mas'uliyatligi keskin oshadi. Bu esa ishlab chiqarish hajmining, mol sifatining, daromadning, ish unumdorligining oshishiga olib keladi. Har bir xodim ishning pirovard natijasini oshirishga da'vat qiluvchi kishiga aylanadi.

 

3-§.  BOSHQARISHNING TASHKILIY - MA'MURIY USULLARI

 

            Boshqarishning bu usuli ikki qismdan iborat bo'lib, tashkiliy ta'sir va farmonli (ma'muriy) ta'sirlarni shakllantiradi. Tashkilotchilik faoliyati eng nozik masalalardan bo'lib, ishlab chiqarishdagi hamma kamchiliklar (yo'qotishlar) u bilan bog'liqdir. Tashkilotchilik bu ishlab chiqarishdagi tozalik, intizom va natijada yaxshi texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlardir. Yaxshi tashkilotchilik bubir maromda ishlaydigan kishilarning guruh-laridir. Tashkilotchilik ishlab chiqarishning hamma sohalarida o'mak bo'lishi kerak. Tashkilotchilik ma'murchilik faoliyatiga ham bog'liqdir. Masalan, buyruq. Buyruqning ham o'z andozasi bor. Buyraqda asosiy narsalar (ashyo, kimga tegishligi, bajarish muhlati, mablag'lar) o'z aksini topishi kerak. Buyraqda uni tayyorlagan kishining, yuristning (buyraqda nomlari qayd etilgan kishilarning) vizalari (imzolari) bo'lishi kerak. Buyraq shoshma-shosharsizliksiz, atroflicha, savodli tayyorlanishi kerak. Buyraqda rahbar hammadan keyin qo'l qo'yadi.

            Buyraq — bu rahbarning yozma holdagi istagidir. Buyruqqa faqatgina birinchi rahbar qo'l qo'yadi. Buyruqdan tashqari korxonalarda farmon ham mavjud bo'lib, ko'pincha u korxona doirasida kuchga ega bo'ladi.

            Tashkiliy tartiblashtirishning shakllaridan ko'p tarqalgani bu yo'riqnomalar (ko'rsatmalar)dir. Tashkiliy me'yorlashning asosi me'-yoriylik bo'lib, uning o'z o'lchov birliklari (vaqt, og'irlik, uzunlik, dona va hokazolar) dir.

            Me'yoriylik dogma bo'lmay moslashuvchan bo'lmog'i kerak. Nizom - tashkiliy hujjatlarning bir turi bo'lib, tuzilmaviy bo'linmaning vositasi, huquq va majburiyatlarini aniqlaydi. Mansab (lavozim) yo'riqnomalari mansabdorning huquq va majburiyatlarini aniqlaydigan tashkiliy huj-jatdir. Uslubiy ko'rsatmalar ham tashkiliy hujjatlar qatoriga kirib ish (hisob) tartibini, ish (hisob) uchun kerakli elementlarni aniqlaydi va omilkor   (kompitent) tashkilotlar, mutaxassislar tomonidan tasdiqlanadi.

            Ijtimoiy - ruhiy boshqarish usullari ko'proq ijodiy faoliyat bilan shug'ullanadigan korxona va jamoalarga taalluqli bo'lib rahiy moslik, rahiy sharoitning ish unumdorligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Olib borilgan izlanishlar shuni ko'rsatadiki, boshqarishning bu gurahida ishtirok etuvchi kishilarga ishlayotgan sharoiti (dizayni, xatto ish kiyimining qaysi matodan tikilganligi va rangi) ish unum­dorligiga katta ta'sir ko'rsatar ekan. Bunday xodimlarning ish o'rinlari ilmiy tarzda tashkil qilinishi kerak bo'ladi.

 

4-§.  BOSHQARUV FUNKSIYALARI (VAZIFALARI)

 

            Boshqarish funksiyasi haqida tushuncha. Warning obyektiv rivoj-lanish omillari.

Boshqaravchi (rahbar) ikki holat oralig'ida ish olib borishi mumkin  (5- rasm).

            Boshqaruvchining malakasiga, bilimdonligiga, omilkorligiga, unda boshqarish san'atining mavjudligiga qarab, boshqarish sifati 5-rasmda ko'rsatilgan ikki holat orasida bo'ladi. Reaktiv boshqaravda reaksiya (aks ta'sir) tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Ishga kelganda reja ham, maqsad ham aniq (oldindan belgilangan) bo'lmay to'g'rilash (tuzatish) bilan shug'ullanamiz. O't o'chiruvchilarga o'xshab hamma ishlar baqiriq -chaqiriq, telefon qilishlar bilan bajariladi. Buning asosiy sababi xom ashyo, uskuna, qurilmalarning vaqtida yetkazib berilmaganidadir. Reaktiv boshqaruv sof holda kam uchraydi.

            Ikkinchi holat-maqsadli (rejaviy) boshqaruv bo'lib, kam harajatlar bilan oldindan belgilangan maqsadga tezkorlik bilan yetishni ko'zda tutadi. Bunday boshqaruv ham sof holda kam uchraydigan holat. Maqsadli boshqaruvning asosiy elementlari boshqaravning umumiy va konkret funksiyalaridir.

            Har bir rahbarning boshqaravchi tariqasida ish faoliyati ikki holatda bo'lishi mumkin (6-rasm). Bu ikki holat boshqaruvchilik va ijrochilik holatlari bo'lib, boshliq boshqaruvchilik faoliyati bilan ko'proq shug'ullanishi kerak.

            Rahbar boshqaruvchi tariqasida (qo'lda qog'oz va ruchka bilan) boshqarishni uyushtirish kerak. Lekin ko'pincha rahbar ijrochilik faoliyati bilan mashg'ul bo'ladi. Nimaga? degan qonuniy savol tug'iladi. Bunga javob quyidagicha: ko'pincha korxonalarda ishlaydigan mutaxassislarni omilkorlik darajasi past bo'ladi. Bunday holatlar uchrab turadi. Korxonadagi salbiy holat va natijalarga, birinchi navbatda, rahbar javob beradi, shuning uchun ham rahbar o'z qo'lini korxona pulsida ushlab turishi kerak. Hamma korxonalarda obro' ixtisoslik orqasidan keladi. Mutaxassisning omilkorlik darajasi qancha past bo'lsa, rahbarga shuncha og'ir bo'ladi va rahbar ijrochilik faoliyati bilan ko'proq shug'ullanadi. Masalan: korxona yangi mahsulot chiqara boshladi. Buyurtmachi chi-qarilayotgan yangi mahsulot yuzasidan rahbar yoniga kelib, maslahatga kelganini aytadi. Bu yerda ikki vaziyat bo'lishi mumkin: 1) rahbarning o'zi maslahat beradi; 2) maslahatga korxona mutaxassisini chaqiradi.

            Birinchi vaziyatda rahbar ijrochilik, ikkinchi vaziyatda esa boshqa-ruvchilik faoliyatini bajaradi. Boshqarav funksiyasi deganda, boshqaruv sohasidagi vazifalar tushuniladi.

            Boshqaruv funksiyalari deganda, boshqaruvchilik xizmatini ixtisos-lashtirish jarayonida ajralib chiqqan boshqaruvchilik faoliyatining o'ziga xos turini tushinamiz.

            Hozirgi kunda, ishlab chiqarish jarayonlarining murakkablashishi natijasida boshqaruvning yangi funksiyalari paydo bo'layapti.

            Tasniflash asosida boshqarav funksiyalarini asosiy va konkretlarga ajratish mumkin.

Asosiy boshqarav funksiyalari belgilangan obyektlardagi bo'ladigan hamma boshqarav jarayonlarini tavsiflaydilar, konkret boshqarav funksiyalari esa faqatgina shu obyektga xos bo'lgan jarayonlarni tavsiflaydilar. Boshqaruvning asosiy funksiyalari:

1.   Rejalashtirish.

2.   Rejani bajarishni uyushtirish.

3.   Muvofiqlashtirish.

4.   Rag'batlantirish.

5.   Nazorat.

            Shu funksiyalarni amalga oshirish orqali biz boshqaruvni amalga oshiramiz.

1.  Rejalashtirish funksiyasining tarkibiga quyidagilar kiradi:

a)  bashoratlash;

b)  dasturlash;

s) bajariladigan ishlar grafigi (jadvali)ni ishlab chiqish;

d) budjetni tuzish (ishlab chiqish).

            Hozirgi kunda eng oqsoqlangan qismlardan bin bashoratlashdir. Bashoratlash qanchalik obyektiv, aniq va ommaviy bo'lsa, ishlab chiqarishning kelgusi shunchalik bir maromda bo'ladi.

            2.  Rejani bajarishni uyushtirish funksiyasi deganda, ishlab chiqarish uchun  kerak bo'lgan  hamma  ishlarni  tushunamiz.   Bu  ishlar  ichiga kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo'yish, ishlab chiqarish uchun kerak bo'lgan ta'minot ishlari va hokazo tashkiliy ishlar kiradi.

            3.      Muvofiqlashtirish    funksiyasi     deganda,     tashqi     va     ichki muvofiqlashtirishni tushunamiz, chunki ishlab chiqarishga ta'sir etuvchi kuchlar tashqi va ichki boiadilar. Bu ta'sirlardan tashqari, ishlab chiqa­rishning maromligini ta'minlash uchun ham muvofiqlashtirish, albatta, kerakdir.

            4.   Rag'batlantirish funksiyasi deganda, ishlab chiqarishning asosiy richagini tushunamiz. Rag'batlantirishning turlari haqida, boshqarishning qonuniyatlarini o'rganilayotganda to'xtalgan edik.

5. Nazorat-bu murakkab funksiyalardan bo’lib, ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydi. Lekin bu funksiya zarur, oz vaqtida va minimal sarf-xarajatlar bilan amalgam oshirishi kerak

            Amerikalik ishlab chiqarish tashkilotchilaridan Iyuis Allen nazoratning ikki tamoyilini ilgari surgan: 1) sabablarning minimumligi tamoyili; 2) nazoratni qo'yilish tamoyili.

            Bu tamoyillarning mazmuni nimadan iborat? Sabablarni tahlil qilish natijasida nazorat qilinadigan obyektlarnigina hisobga olishimiz kerak. Bularning soni esa, doimo minimum bo'ladi. Chunonchi: buzilgan dastgoxlarning, brak mahsulot chiqarayotgan kishilarning, mehnat intizomini buzayotgan hodimlarning soni minimumni tashkil etadi. Agar nazoratni hamma dastgohlarga, hamma xodimlarga qo'llaydigan bo'lsak, bu holda nazoratga ketadigan sarf-xarajatlar minimum bo'lmaydi. Shu-ning uchun ham bu tamoyilning amaliyotdagi o'rni kattadir.

            Ko'pchilik holatlarda tartib buzarlik haqidagi axborotni birov orqali olamiz, Bunday uslub noto'g'ridir, chunki tartib buzarlik to'g'risidagi axborot nazoratchiga buzilgan holda etib keladi. Shuning uchun, axborotni faqatgina tartib buzarning o'zidangina olishimiz kerak.

            Asosiy funksiyalarning rejalashtirish qismi dastlabki boshqaruvni, rejani bajarishni uyushtirish bilan birga muvoflqlashtirish va rag'batlantirish funksiyalari operativ boshqaruvni va nihoyat nazorat funksiyasi pirovard boshqaruvni tashkil qilishadi. Boshqaruvning funksiyalari bilan alohida elementlar (xodimlar) shug'ullangani uchun umumrahbarlik (bosh direktor) funksiyasini kiritishimiz kerak bo'ladi.

            Rejalashtirish, asosan, boshqarish shajarasining yuqori sathiga mansub bo'lib, lekin korxonada ham bu funksiya mavjuddir. Rejani baja­rishni uyushtirish korxonalarning vazifalaridir.

            Muvoflqlashtirish funksiyasi ko'proq boshqarishning yuqori bos-qichlariga taalluqlidir.

Rag'batlantirish funksiyasi ko'proq boshqarishning quyi bosqichlarida amalga oshiriladi.

            Nazorat boshqaruvning hamma bosqichlarida mayjud bo'lishi kerak. Yuqoridan esa, ko'proq moliyaviy faoliyat tekshiriladi va nazorat qilinadi.

            Boshqaruvning konkret funksiyalari—konkret obyektlarning xusu-siyatlarini aks ettiradi. Ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyati bilan shug'ul-lanadigan korxonalar uchun ularni uch bosqichga bo'linadigan sakkizta funksiyalar bilan ifodalash mumkin:

            I. Tayyorlash bosqichi.

-  ishlab chiqarishni ilmiy-texnikaviy tayyorlash;

- ishlab chiqarishni moliyaviy tayyorlash;

-  ishlab chiqarishni ijtimoiy tayyorlash;

            II.  Ishlab chiqarish bosqichi -asosiy ishlab chiqarish;

- xizmat ko'rsatuvchi ishlab chiqarish;

- yordam beruvchi ishlab chiqarish.

            III.  Pirovard (so'nggi) bosqich

-  mahsulot sotish;

-  moliyaviy faoliyat.

 

Ill BOBGA OID OLINGAN

BILIMLARNI  CHUQURLASHTTRISH UCHUN SAVOLLAR

 

1.   Boshqarish usullarining tasnifi.

2.   Boshqarish usullarining mazmuni.

3.   Boshqarishning tashkiliy-ma'muriy usullari.

4.   Boshqaruv funksiyalari.

5.   Rejalashtirish funksiyalari.

6.   Muvofiqlashtiruv funksiyasi.

7.   Nazorat funksiyasi.

5.  Nazorat - bu murakkab funksiyalardan bo 'lib, ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydi. Lekin bu funksiya zarur, o'z vaqtida va minimal sarf-xarajatlar bilan amalga oshirilishi kerak.

 

IV bob. MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH TIZIMLARI

 

l-§.  AVTOMATLASHTIRILGAN INFORMATSION SISTEMA

(TIZIM)LAR

 

            Inson o'zining butun umri davomida shaxsiy jismoniy ishlarini me-xanik qurilmalarga yuklashga intilib kelgan. Ushbu intilishlar oqibatda richag, g'ildirak, shamol tegirmoni kabi mexanizmlarning bunyod etilishiga olib keldi va bug', elektr va boshqa ko'rinishdagi energiyalardan foydalanish imkonini yaratdi. Sanoat inqilobi energiyalarni ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanishga yo'naltirilgan. Keyinchalik o'zaro almashuv tamoyilidan foydalanilgan holda faoliyat ko'rsatadigan ommaviy ishlab chiqarish paydo bo'ldi. To'xtovsiz intilish oqibati natijada mexa-nizatsiyalashning murakkab ko'rinishlarini bunyod etib, inson jismoniy mehnatini yengillashtirish mumkin bo'lgan sharoitda to'liq almashtirishga olib kelish uchun sharoit yaratdi. Buning asosiy natijasi mehnat unumdorligining oshishi bo'lib hisoblanadi. Ommaviy ishlab chiqarishda xom ashyo va detallar oqimi (potok) ni boshqarish uchun sistemali munosabat (yondashish) keng tarzda qo'llanila boshlandi. Bunday sharoitda rahbariyat tomonidan qaror qabul qilish qo'yilgan muammoga sistemali munosabatda bo'lishni taqozo etadi. Texnikaviy taraqqiyot uzoq zanjirining navbatdagi qadami avtomatlashtirish bo'ldi. Oldin ta'kidlab o'tilganidek, «avtomatlashtirish» ni turli tarzda tasawur etish mumkin. Xohlagan mulohazada ham avtomatlashtirish deganda mexanikaviy ishni odam ishtirokisiz bajarishda energiyadan foydalanishni tasawur etiladi.

            Avtomatlashtirish atamasi (termini) ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun kerak bo'ladigan informatsiya oqimiga ham tegishlidir. Shunday qilib, avtomatlashtirish bevosita ishlab chiqarishning o'zida informatsiyani qayta ishlash sohasida ham amalga oshirilishi mumkin.

 

MA'LUMOTLARNI  QAYTA ISHLASH

Ma'iumot bu tahlil yetish uchun kerak bo'lgan dalil (fakt) lardir

 

            Ma'lumotlarni qayta ishlash ma'lum bir maqsadni amalga oshirish uchun kerak bo'ladigan ketma-ket bajariladigan operatsiyalardan tashkil topgan bo'ladi. Shunday qilib, faktlar ma'lumotlarni qayta ishlash uchun xom ashyo bo'lib hisoblanadi.

            Hozirgi zamon korxonalarida boshqaruvning turli xil bosqichlarida qaror qabul qilish uchun kerak bo'lgan boshlang'ich ma'lumotlar juda keng miqyosdadir. Faktlar shunchalik ko'pki, qayta ishlov uchun eng keraklilarigina uzatiladi. Ma'lumotlarni qayta ishlashning muhim masa-lalaridan biri kerakli informatsiyalarni yig'ish, ularni navlarga ajratish, klassifikatsiyalash, turli xil faktlarning o'zaro bog'liqligini topish bo'lib hisoblanadi.

            Faktlar va informatsiyalar. Korxonaning ichkari va tashqarisida juda ko'p voqeliklar sodir bo'lib turadi, biroq rahbariyat uchun ushbu voqeliklarning ayrimlarigina qiziqish uyg'otadi. Informatsion hal etuvchi sistema shunday loyihalanishi kerakki, u kerakli ma'lumotlarni yig'abilishi va nohush, kerakli bo'lmaganlarini chetlatib qo'yish kerak. Tanlab olingan ma'lumotlar rahbariyat tomonidan qaror qabul qilish uchun informatsiya rolini o'ynashi kerak.

            Biroq informatsiya rahbariyat tomonidan qaror qabul qilishga foydali bo'lishi uchun ma'lumotlarni qayta ishlay bilish kerak. Boshlang'ich ma'lumotlarni tahlil etib chiqish uchun korrelyatsion tahlil usulidan foydalanish mumkin.

            17-rasmda boshlang'ich ma'lumotlarni informatsiyaga aylantirish uchun ularni qayta ishlash sistemasi tarxi (sxemasi) keltirilgan.

            Ushbu sistema asosiy uchta blokdan tashkil topgan: kirish, qayta ishlash, chiqish. Kirishga dastlabki ma'lumotlar (faktlar) kelib tushadi.

            Ma'lumotlarni saqlash qurilmasini boshqarish, arifmetik yoki mantiqiy operatsiyalarni bajarish o'z navbatida qayta ishlash jarayonini namoyon etadi. Chiqishdagi informatsiya turli xil ko'rinishlarda, jumladan, rahbariyat uchun hisobot ko'rinishida ham bo'lishi mumkin. Ma'lumotlarni qayta ishlash sistemasining ushbu ko'rinishda tasawur etishda boshqaruvning turli xil bosqichlarida foydalaniluvchi murakkab texnikaviy uskunalarga oid belgilar keltirilmagan bo'lsada, ma'naviy to'liq tasawur mavjud deyish mumkin.

            Ishga oid ma'lumotlarni qayta ishlash. Boshqaruv uchun rahbariyatga informatsiya kerak. Faktlarni informatsiyaga aylantirish— ma'lumotlarni qayta ishlash funksiyasi bo'lib hisoblanadi. Ma'lu­motlarni qayta ishlash jarayonining katta qismini kartoteka (fayl) tuzish ishi bilan solishtirish mumkin. Masalan, firma pul to'lash vedomosti (ro'yxat) o'zgarishni davriy aks ettirib turuvchi xodimlar kartotekasini bunyod etadi. Yangi-yangi faktlar to'xtovsiz tarzda yig'ilib, ma'lumotlarni qayta ishlash sistemasiga kiritish uchun qulay bo'lgan shaklga (o'zgartirilib) keltirib turiladi. Ma'lumotlarni qayta ishlash doimiy ma'lumotlar va joriy faktlar kartotekasini birlashtirib borishdan iborat bo'ladi. Qayta ishlov jarayonida sodir bo'lib turadigan u yoki bu og'ishlar ajratib belgilanib, rahbariyat e'tiboriga havola etib boriladi.

            Zaxiralarni boshqarishga oid ma'lumotlarni qayta ishlashni ham kartotekani tuzish operatsiyasi deb qarash mumkin. Bu holatda xodimlar ro'yxati o'rnini omborda saqlanayotgan detallar, mollar (buyumlar) shifrlari kartotekasi egallaydi.

            Ishga oid ma'lumotlarni qayta ishlashning xohlagan jarayoni juda ko'p bosqichlardan tashkil topgan bo'lib ularning hammasini to'rt guruhga bo'lish mumkin: yig'ish, qayta ishlash, solishtirish, qaror qabul qilish.

            Ma'lumotlarni yig'ish shu ma'lumotlar manbaiga qarab nisbatan juda oddiy, yoki murakkab bo'lishi mumkin. Bunda og'zaki xabarlar, qo'lyozma materiallari, to'g'ridan-to'g'ri mashina qabul qilaoladigan shakldagi hujjatlardan foydalanilish mumkin. Ma'lumotni qayta ishlash sistemasi va uning texnikaviy vositalari murakkabligiga qarab EHM ga kirgizish uchun kerakli shaklga keltirish talabi kelib chiqishi mumkin. Ma'lumotlarni qayta ishlash bosqichlari ma'lumotlarni saralash ularni birlashtirish, hisoblash va yakunlashdan iborat bo'ladi. Ushbu masalalar turli xil usullar orqali hal etilishi mumkin. Ma'lumotlarni qayta ishlashning oxirgi natijasi qaror qabul qilish uchun kerak bo'lgan informatsiya bo'lib hisoblanadi. Ushbu informatsiya, odatda, kutila-yotgan qiymatlar yoki oldingi natijalar bilan solishtiriladi. Bunda rahbariyat uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan tasawurni aks ettirish uchun kerak bo'lgan raqobat va boshqa mezonlar ham hisobga olinadi. Solishtirish jarayoni qaror qabul qilish uchun asos bo'lib hisoblanadi.

            Ma'lumotlarni elektron qayta ishlash sohasining joriy etilgan eng birinchi sohalaridan biri maoshni hisoblash bo'lgan. Chunki, birinchidan, bu ancha mehnat talab etiladigan ish, ikkinchidan, to'lov vedomostlarini tuzish o'ta og'ir jarayon. Birinchi qarashda oson bo'lib ko'ringan ish elektron sistemaga o'tkazish uncha yengil bo'lmagan.

 

 

 

2-§.  KOMPYUTERNING YARATILISH TARIXI

Dastlabki urinishlar

 

            Tarixdan ma'lumki, har bir asrda katta-katta voqealar, yangiliklar, ixtirolar bo'lgan va bu asrlar yodga olinganda mazkur sifatlar bilan aytiladi.

            Mazmunan XX asrni atom, molekulyar kimyo yoki halq xo'jaligiga shiddat bilan kirib kelgan kibernetika va kompyuterlar asri deb nomlash mumkin.

            Aslida "kompyuter" so'zi "hisoblovchi qurilma" ma'nosini anglatadi. Hozirgi vaqtgacha elektron hisoblash mashinasi (EHM), shaxsiy elektron hisoblash mashinasi (SHEHM), personal kompyuter tushunchalari keng ommaga, hayotimizga kirib kelgan. Biroq so'nggi paytda ko'proq komp­yuter so'zi ishlatiladi. Uni EHM, SHEHM lardan qanday farqi bor degan savolga quyidagini aytsa bo'ladi. SHEHM va personal kompyuter tushunchalari bitta narsani ifodalaydi. EHM va SHEHM o'rtasidagi farqni esa keyinroq tushuntirib o'tamiz.

            Keyingi matnlarda ularni alohida ta'kidlamasdan kompyuter ter-minidan foydalanamiz. Umuman dunyoda ham shunday terminlash qa­bul qilingan.

            Kompyuterlar paydo bo'lish tarixiga ahamiyat bersak, XIX asrning boshlaridayoq ingliz matematigi Ch. Bebbidj analitik mashina deb atal-gan   mexanik   kompyuter   yaratmoqchi   bo'lgan.   Boshqaruvchini   esaperfokartada (qattiq karton qog'oz) beriladigan programma orqali amalga oshirish rejasini tuzgan, afsuski bu rejani ro'yobga chiqara olmagan.

            1940-yillarda mexanik relelar asosida, Ch. Bebbidj tajribasini birinchi bor nemis olimi K.Suge qaytarib kichik kompyuter yaratgan, biroq urush tufayli e'lon qila olmagan.

            1943-yilda esa AQSH da G.Eyken tomonidan arifmometrdan 100 ba-robar tez ishlaydigan ancha quwatli «Mark-1» kompyuteri rele bazasida yig'ilgan. U harbiy hisob-kitoblarda ishlatilgan.

            Biroq elektromexanik rele juda sekin va keraklicha ishonchli ishlamasdi. Shundan keyin 1943-yilda AQSH da elektron lampalarga asoslangan ENIAC-kompyuteri yaratildi. Uning tezligi "Mark-1" dan ko'ra 10 ming marta tez bo'lsada, amallar boshqaruvi to'liq o'ylanil-maganligi, eng qizig'i boshqaruv programmasi simlarni mexanik uyalarga (xuddi awalgi vaqtda kommutatorlar telefon simlarini ulab aloqa tik-lashganidek) kiritib bog'lash bilan amalga oshirilgan. Bunday bog'la-nishlarga soatlar, gohida kunlar kerak bo'ladi. Juda qadim zamonlar-dayoq kishilarga hisoblash ishlari bilan shug'ullanishga to'g'ri kelgan. Aniqrog'ini aytganda, hisoblash ishlarining tarixi odamzod paydo bo'li-shidan boshlanadi. Biroq yer yuzidagi eng birinchi hisoblash asbobi nima ekanligini bilasizmi? Bunday asbob ibtidoiy odamlarning barmoqlari edi. Ha, qo'l va oyoq barmoqlari «hisoblash asbobi» vazifasini o'tagan. Bino-barin, o'sha olis zamonlardayoq hisoblashning eng birinchi va oddiy usu-li- barmoq hisobi paydo bo'lgan.

            Biroq vaqti kelib barmoq hisobi ehtiyojni qondira olmay qoldi. Kishilar mayda toshlar va suyaklar yordamida hisoblashni o'rgandilar.

            Hisoblash ishlari murakkablasha borgan sari takomillashgan sun'iy hisoblash asboblariga ehtiyoj tug'ila boshladi. Dastlabki va eng sun'iy hi-sob asboblaridan biri cho'pxatdir. Cho'pxat 10 yoki 12 ta tayoqchadan iborat bo'lib, tayoqchalarga turli-tuman shakllar o'yib tushirilgan. Ki­shilar cho'pxat yordamida podadagi mollar sonini, yig'ib olingan hosil miqdorini, qarz va hokazolarni hisoblashgan.

            Hisoblash ishlarining murakkablashuvi yana yangi xil hisoblash asboblari va usullarini topishni taqozo etardi. Ana shunday extiyoj tufayli paydo bo'lgan va ko'rinishida hozirgi cho'tni eslatuvchi abak asbobi hisoblash ishlarini birmuncha osonlashtirdi. O'nlik sanoq sistemasi yu-zaga kelishi tufayli abak bir qadar o'zgarishlarga uchradi va bora-bora hozirgi cho'tga aylandi. Dastlabki hisob asboblaridan yana biri raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalardan iborat bo'lib, shotlandiyalik matematik Jon Neper nomi bilan ataldi. Neper tayoqchalari yordamida qo'shish, ayirish va ko'paytirish amallari bajarilgan. Keyinroq bu asbob ancha takomillashtirilgan va nihoyat logarifmik chizg'ich yaratilishiga asos bo'lgan.

            Hisoblash texnikasidagi mexanik qurilmalar davrini boshlab bergan mashinalardan biri nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan 1623-yili ixtiro qilindi. Biroq bu hisoblash mashinasi juda tor doiradagi kishilargagina ma'lum bo'lganligi sababli uzoq vaqtlargacha bu boradagi birinchi ixtirochi 1645-yili arifmometr yasagan fransuz matematigi Blez Paskal deb hisoblab kelingan. Lekin 1958-yili Shtutgart shahri kutubxo-nasida I.Keplerning qo'lyozmasi va hujjatlari orasidan topilgan hisob­lash mashinasi bu boradagi birinchi ixtirochi Shikkard ekanligini uzul-kesil tasdiqladi.

            Lekin qarangki, Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan: 1967-yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchi XV-XVI asrlardagi hisoblash mashinalarining noma'lum ixtirochilaridan biri, deb hisoblab kelinmoqda. Mexanik hisoblash mashinalarining tarixi esa yu-qorida aytib o'tilgandek, Paskal mashinasidan boshlanadi.

            Blez Paskalning otasi Eten Paskal moliya ishlariga bog'liq turli vazifalarda xizmat qilar va tabiiyki, hisob-kitob uning ko'p vaqtini olardi. Yosh Blez otasining mehnatini yengillashtirishga urinadi va hisoblash mashinasini yaratishga muvaffaq bo'ldi. Sirasini aytganda, Paskal soat mexanizmini hisoblash mashinasiga aylantiradi. O'rtadagi tafovut shunda ediki, qo'zgalmas siferblat qo'zg'aluvchi, harakatlanuvchi soat mili esa, aksincha qo'zg'almaydigan bo'ladi. Siferblat dastlab hisob diskiga, ke­yinroq esa hisob g'ildiragiga aylanadi. Paskalning mashinasi uzunligi 30-40 sm, eni 15 sm, balandligi esa 10 santimetrgacha bo'lgan va latundan yasalgan qutichadan iborat edi.

            Kompyuterning yuzaga kelishi. 1945-yilda mashhur matematik Djon fon Neyman kompyuter yaratish uchun hamkorlikka chaqiriladi va shundan keyin u kompyuter tuzilishning umumiy prinsiplarini qanday bo'lishini e'lon qiladi.

            Mazkur prinsip asosida kompyuter quyidagi qurilmalardan iborat bo'lishi lozim:

            a)  arifmetik-logik qurilma—arifmetik-logik amallarni bajarish uchun;

            b) boshqaruv qurilmasi-programma bajarish jarayonini boshqaradi; v)  xotirlovchi  qurilma  yoki  xotira-programma va  ma'lumotlarni

saqlaydi;

            g) tashqi qurilma-ma'lumotlarni kiritadi va chiqaradi.

            Mazkur qurilmalar orasidagi aloqalarda yakka chiziq - boshqaruvni, juft chiziqlar—ma'lumotli bog'lanishlarni bildiradi.

            Shuni ta'kidlash kerakki, o'sha vaqtdan hozirgi kungacha yara-tilayotgan kompyuterlarning aksari fon Neyman prinsipi asosida yarati-layapti.

            Shunday qilib, 1949-yilda fon Neyman prinsipiga asoslangan birin-chi kompyuterni ingliz olimi Moris Uilki yaratdi va kompyuterlar erasi boshlandi.

            Kompyuterlarning rivojlanishida uning element bazasi o'zgarishi lozim edi. Chunki 1940—50 yillarda yaratilgan kompyuterlar tarkibini elektron lampalar tashkil etardi. Shu sababdan bu kompyuterlar katta hajmda bo'lib, joylashtirish uchun katta zallar kerak bo'lardi. Misol uchun, 1953-yilda yaratilgan BESM-1 kompyuterida 4000 dona lampa ishlatilgan, 3x5 metr hajmdagi maydonda joylashgan, tezligi sekundiga 7000-8000 amal bo'lib, xotirasi 4096 bayt ma'lumotni joylay olardi (Pen­tium turidagi hozirgi zamon kompyuterida operativ xotira 1.000.000.000. bayt yoki 1 Megabaytni tashkil qiladi).

            Insoniyatdagi rivojlanishga bo'lgan intilish oqibatida 1948-yilda tran-zistorlar paydo bo'ldi. Tranzistorlarni elektron lampalar o'rniga ishlatish mumkinligi aniqlangach, kompyuter qurilmalarida ham foydalanila boshlandi. Natijada, Amerikada 1965-yilda PDP-8 nomli tranzistorlar negizida birinchi mini kompyuter (so'ngra mashhur PDP-11) yaratilgan edi. Bunday mashinalarning (analogik) o'xshashlarini SM-3, SM-4, SM-1420 nomda respublikamizning ko'pgina hisoblash markazlarida uchratish mumkin.

            1959-yilda Intel firmasining ta'sischisi Robert Noys kremnryning kichkina plastinasida tranzistorlar bog'lash usulini ixtiro qilib, integral sxemalar yoki chiplar asrini boshlab berdi. Shunday chiplarga asoslanib, keyin yaratilgan kompyuterlar, shartli ravishda uchinchi bosqich kom-pyuterlari deb atala boshlandi.

            Integral sxemalarga asoslangan birinchi kompyuter 1968-yilda Burroughs firmasi tomonidan yana AQSH da yaratiladi. Respublika­mizning ko'pgina statistik organlaridagi ES-1055,1060 turidagi kompyu­terlar uchinchi bosqich kompyuterlariga misol bo'ladi.

            O'z navbatida mikroprotsessorlar yaratilishi, taraqqiyoti, rivojlanish tarixini êî'rib chiqishga fursat etdi.

            1970-yilda INTEL firmasida integral sxema asosida birinchi mikro-protsessor yaratildiki, u o'zining 3 sm. li hajmi bilan ENIAC gigant mashinasidan ishchan va tezkor edi. Awaliga INTEL-4004 (44 razryadli) mikropropessori, so'ng 1974-yildagi INTEL-8080 mikroprotsessori yara-tildi, u hozirgi kunda ham personal kompyuter industriyasining standard hisoblanadi.

            Mikroprotsessorlar awaliga kalkulyatorlar va maxsus qurilmalarda ishlatila boshlandi. So'ngra esa kompyuterlar tarkibiga kiritildi va 1975 yilda keng ommaga mo'ljallangan birinchi «Altair-8800» personal kompyuteri yaratildi.

            Microsoft firmasini tashkil etgan Pol Allen va Bill geyts «Altair» uchun Basic tili interpretatorini yaratdilar. Bu programmada yozish, muloqot qilish osonligini ko'rgan iste'molchilarda personal kompyu-terlarga qiziqish ortdi.

Shu o'rinda, respublikamiz maktablaridagi mavjud «Praves» turidagi sodda kompyuterlar 8 baytli personal kompyuterlar safiga kirishini eslatib o'tish mumkin.

            Faqat ulkan EHMlar chiqarish bilan mashg'ul bo'lgan IBM (In­ternational Business Machines Corporation) firmasi, personal kompyuterlar bozoriga keyinroq e'tibor berdi. 1981-yildan boshlab, IBM firmasi INTEL-8088 nomli 16 razryadli mikroprotsessor bazasida IBM PC ( Ay-Bi-EM Pi-Si, deb o'qiladi) personal kompyuterini yaratdi. Bu kompyuterning programma ta'minotini yaratish Microsoft firmasiga topshirildi, natijada bir-ikki yilda IBM PC boshqa firma personal kompyuterlarini siqib chiqardi.

            Ochiq arxitektura prinsipi. 1980-yillardan IBM firmasi kompyu-terlari   paydo   bo'lishi   bilan   firma  personal   kompyuter   loyihalarini, sozlash, yig'ish usullarini hech kimdan yashirmay barcha so'raganlarga tarqatdi. Bu ochiq arxitektura prinsipi IBM firmasiga faqat foyda keltirdi.

            Chimki dunyodagi yuzlab, minglab firmalar IBM PC turidagi kompyuter qurilmalarini yaratish uchun raqobat qila boshladilar va bu musobaqa natijasida kompyuter qism va qurilmalari qiymati arzonlashdi. Boshqa firmalar yangi kompyuterlar yaratish loyihasi uchun ilmiy izlanishlarga mablag' ajratmay, IBM RSga mos turdagi kompyuterlar, qo'shimcha qurilmalar ishlab chiqib ba'zi texnik yangiliklarni tezroq kiritdilar. Natijada kompyuter texnik holati yaxshilandi, kompyuter qismlari arzonlashdi, o'zi esa dunyoda shuhrat qozondi, ommaboplikka erishdi.

            Ko'pgina mutaxassislar: «Agar IBM PC ochiq arxitektura prinsipini qo'llamay, kompyuterning qismlarini sozlash, yig'ishni boshqalardan maxfiy tutganda ko'pchilik firmalarning kuni boshiga kelardi va IBM PC ikki-uch yilda, boshqa raqobatdosh kompyuter oldida, rivojlanish natijasida chetga chiqib qolarmidi»,—degan fikrni aytishmoqda.

            Kompyuter bozorining hozirgi holath Dunyoda yiliga o'n milliondan ortiq IBM PC turdagi kompyuter ishlab chiqariladi, ular umumiy kompyuter bozorining 90% dan ko'prog'ini tashkil etadi.

            IBM PC kompyuterlari va uning qurilmalarini ishlab chiqarish bilan minglab firmalar-yuzlab gigant korporatsiyalar: INTEL, Toshiba, Fujisu, Siemens, Hitachi, Hewlett-Philips, Samsung va boshqalar mashg'ul.

            Ular o'rtasidagi raqobat kuchayib, mahsulot sifati yaxshilanayapti, tannarxi esa arzonlashayapti. Misol uchun operativ xotira mikrosxemalari qiymati faqat 1995-yildan boshlab 5 marta arzonlashdi.

            Mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchi INTEL firmasining salmog'i yuqori bo'lsada, uning ham raqobatdoshlari (AMD, VIA, IBM va boshqalar) yo'q emas. Biroq oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, INTEL firmasi dunyo bozorining 85% mikroprotsessorlarini ishlab chiqarar ekan.

            To'g'ri, IBM PC kompyuterlarining qurilma va qismlarini ishlab chiqaruvchi firmalarning aksariyati: Tayvan, Malayziya, Singapur, Janu-biy Quriya va Irlandiyada joylashgan. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda Rossiyada ham yiliga 700 mingdan ortiq kompyuterlar yig'ilayotgani ay-tilmoqda, chunki bu davlatlarda ishchi kuchi arzon. Biroq kompyuter yig'ishda yuqori aniq texnologiyalar AQSH, Yaponiya va Yevropa dav-latlarida bor, xolos.

            Shu sababdan, kompyuter ishlab chiqaruvchilar quyidagi kategori-yalarga bo'linadi:  dunyoga mashhur, o'ta sifatli kompyuterlar (brahdname turi) ishlab chiqaruvchi firmalar: Compag, IBM, Hewlett-Pac­kard, Micron, Dell; kompyuterlari brahdname nomini olishga intilgan transnatsional kompaniyalar;

            Yevropa, Rossiya va Janubiy-Sharqiy Osiyoning mayda firmalari (middle-name); Joylarda kompyuter yig'ilayotgan, nomlari hali uncha tanishmas firmalar (no-name).

            Boshqa turdagi asosiy kompyuterlar. EHM va SHEXM (personal kompyuter) o'rtasidagi farqni aniqlash uchun kompyuterlarni quyida-gicha sinflarga boiamiz:

            1.  Katta EHM lar yoki maynfreymlar-bu katta miqdor hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash uchun yaratilgan.  Favqulodda ishonchli, yuqori tezligi, kiritish-chiqarish kanallarini katta miqdorda ma'lumot o'tkazishi, ularga minglab terminlar (displey klaviatura bilan) yoki per­sonal kompyuterlar ulanishi bilan personal kompyuterdan farqlanadi. Ko'pgina ulkan korporatsiya, banklar, davlat tashkilotlari o'z ma'lu-motlarini aynan katta EHM larda qayta ishlaydilaf. Katta EHM lar qiy­mati millionlab dollar tursada ularda ma'lumot saqlash-uzatish nisbatan arzon, boshqa holda minglab SHEHMga asoslangan tarmoq orqali xiz-mat ko'rsatish qimmatga tushib ketadi.

            2.  Super-EHM lar-juda ulkan miqdordagi axborotlar uchun zarur. Super-EHM   lardan   dunyoda-harbiylar,   meteorologlar,   geologlar   va boshqa mutaxassislar foydalanadilar. U yadro portlashlarni modellash-tirish, ob-havoni oldindan aytish va boshqa masalalarda qoi keladi va o'z pulini oqlaydi. Bu EHM larni-Gray, Research, Hitachi firmalari ish­lab chiqaradi.

Misol uchun IBM korporatsiyasi sekundiga 3,9 triln. operatsiya ba-jara oladigan, dunyodagi eng tezkor kompyuterni ishlab chiqardi. AQSH ma'muriyati vakillarini aytishicha bu mashinalardan harbiy maq-sadlarda foydalanish mumkin.

            Bu yangi kompyuter "Pacific Blue" degan nom oldi. U oddiy per­sonal kompyuterdan 15 ming marotaba tez ishlaydi va 80 ming marta katta operativ xotira bilan jihozlangan.

Hattoki eng unumdor zamonaviy kompyuterdan foydalanganda bajarish uchun bir necha oy talab qilinadigan murakkab hisoblashlarni yangi EHM lar bir necha sekundda (soatda emas) bajarsa bo'ladi.

            3.  Mini-EHM personal kompyuter va katta EHM o'rtasidagi salo-batga ega. Xorijda uncha katta bo'lmagan tashkilotlar, universitet, dav­lat   idoralarida,   ma'lumotlarni   qayta   ishlash   markazlarida   personalkompyuterlarni quwati etmaydigan joylarda foydalaniladi. Mini-EHM , ga (kichik EHM deb ham) ataladi, ham o'nlab, yuzlab terminal yoki personal kompyuter ulash mumkin.

            Bu EHM larni DEC, SUN, Hewlett-Packard, IBM, Silcon Gra-pics va boshqa firmalar ishlab chiqaradi. Silcon Grapics o'z komp-yuterlariga maxsus qo'shimcha qurilma kiritib, uch o'lchovli fazo ho-latini monitorda tasvirlash mumkin. Natijada, chet el kinofilmlaridagi maxsus effekt holatlari (animatsiya usuli) mazkur kompyuterlarda tay-yorlanadi.

            4. Ishchi stansiyalar-termin ostiga, personal kompyuter quwatiga teng yoki undan ham yuqori kuchga va imkoniyatga ega kichik EHM laming eng kenjasi kiradi.

            5; Personal kompyuter bozorida IBM PC- yo'nalishidan boshqa faqatgina bitta Macintosh - Apple firmasi dasturlar bo'yicha raqobat olib boriladi. Biroq uning chiqarayotgan mahsuloti, umumiy personal komp-yuterlar hisobidan 7-8 %dan oshmaydi.

Ammo dunyoda bosma, nashr ishlariga xizmat ko'rsatadigan eng qulay mashina va dastur mazkur firma mahsuloti hisoblanishini aytib o'tish kerak.

 

3-§  KOMPYUTERNING ASOSIY QISMLARI

 

            Har birimiz kompyuter qanday bo'laklardan tashkil topganini bilishga qiziqamiz. Bu bo'laklarni (yaxshisi qurilmalar deb aytsak texnik adabiyotga to'g'ri keladi) shartli ravishda ichki va tashqi qurilmalarga ajratish mumkin.

            Kompyuterning umumiy tuzilishi quyidagilardan iborat:

            -  protsessor (sistemalar bloki);

            -  monitor (yoki displey)- matnli va rasmli ma'lumotlarni ekranda tasvirlash qurilmasi;

            -  klaviatura - simvollarni kompyuterga kiritish qurilmasi. Personal kompyuter ikki xil ko'rinishda ishlab chiqariladi: stol va portativ variantida. Portativ variantdagi kompyuterni-noutbuk (Note Book) deb atash qabul qilingan. Noutbuk tuzilishi - diplomat papkani eslatadi.     Papkaning past tarafida ustma-ust mikroprotsessor va klaviatura joylashgan, papkaning yuqori tarafida esa monitor joylashadi. Kerak bo'lsa siz papkani yopib, uni diplomat ko'targandek, ko'tarib ketaverasiz.

            Noutbuk orqali qo'shimcha qurilmalarga ulanish (printer,  modem va boshqalarga) qiyin emas.

            Endi esa personal kompyuterning stol variantidagi qurilmalarni ko'-rib chiqaylik.

            1.  Protsessor. Protsessorda o'z navbatida kompyuterning eng asosiy qismlari joylashgan boiadi va ular kompyuterning  ichki  qurilmalari hisoblanadi. Bular:

            -    kompyuter   faoliyatini   boshqaruvchi   elektron   sxemalar,   ya'ni mikroprotsessor, operativ xotira, kontrollyer, shinalar va boshqalar;

            -    elektr energiya bloki: tarmoq elektr energiyasini kompyuter va lozim bo'lgan past quwatli doimiy tokka aylantirib beradi;

            2.  Egiluvchi disklar (yoki disketalar) qurilmasi.

            3.  Vinchester yoki qattiq magnit disk qurilmasi.

            Monitor va klaviatura  kompyuterning  tashqi qurilmasi hisoblanadi. Kompyuterning qo'shimcha tashqi qurilmalari:

            -    printer-ma'lumotlarni bosmaga chiqarish qurilmasi;

            -    sichqon-kompyuterga ma'lumot kiritishni yengillashtiruvchi qu­rilma;

            -    djoystik-tugmachali sharnir ruchkaga o'rnatilgan manipulyator, asosan kompyuter o'yinlarida foydalanishga qulay vosita va boshqalar tashkil etadi.

            Kompyuterning qo'shimcha ichki qurilmalari quyidagilardan iborat:

            -   modem va faks-modem-telefon tarmog'i orqali boshqa komp-yuterlar bilan ma'lumotlar o'zaro almashish qurilmasi;

            -  kompakt "disklar qurilmasi-kompyuter kompakt disklardan (ular magnitofon kompakt kassetalaridan farqli) ma'lumotni o'qish va audio-kompakt-disklardan musiqa eshittirish vazifasini bajaradi;

            -  strimer-magnit lentalarida ma'lumotlarni saqlash uchun mo'ljal-langan;

            -  musiqa kartasi-musiqa, ovoz va tovushlarni yozish va eshittirishga xizmat qiladi.

            Amaliyotda modem, faks-modem, strimer, kompakt disklar quril­masi tashqi qurilma shaklida ham uchraydi. Biroq bu holda kompyu­terning tannarxi qimmatroq bo'ladi.

            Sanab o'tilgan kompyuter qurilmalarining har birining vazifasi, ish-lash tartibi, imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz:

            Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning eng muhim vo-sitasi yoki boshqacha aytganda «miyasi» hisoblanadi. Uning hajmi aslida bir necha santimetrni tashkil etadigan elektron sxemadan iborat bo'lib, barcha hisoblarni amalga oshirish va ma'lumotni qayta ishlab berishga xizmat qiladi.

            Mikroprotsessor turiga qarab bir sekundda o'nlab, hattoki yuzlab million operatsiyani (amalni) bajaradi.

            Bu operatsiyalar yuzlab turdagi arifmetik, logik va boshqa amallar bo'lishi mumkin.

IBM PC kompyuterlarida yuqorida aytilganidek, Intel flrmasining mikroprotsessorlari Intel-8088, 80286, 80386, (SX va DX modifikatsi-yalari), 80486 (SX, SX2, DX2 va DX4 modifikatsiyalari) Pentium, Pen­tium Pro nomi bilan kompyuter tarkibiga kiradi. Mazkur mikroprotses­sorlarning unumdorligi va bahosi keltirilgan ketma-ketlikda oshib bo-riladi. Misol uchun, Pentium Rgoning unumdorligi Intel-8088ra nisbatan minglab marta katta.

            Mikroprotsessorlar tezligini takt chastotasi belgilaydi. Bir turdagi mikroprotsessorlar turli takt chastotasi bilan ishlab chiqarilishi ham mumkin. Shu sababdan, takt chastotasiga qarab mikroprotsessorlarning bahosi va unumdorligi har xil bo'ladi. Takt chastotasi megagerslarda (Mgs) o'lchanadi.

            Misol uchun, Pentium mikroprotsessori 75 Mgs dan 200 Mgs takt chastotasi o'rtasidagi farq taxminan 2.5 marta katta.

            Mikroprotsessorning nomi, odatda, takt chastotasi bilan yuritiladi. Misol uchun, Pentium F 75 Mgs.

            Mikroprotsessorning ichki elementar operatsiyalarining bajarish tez­ligini takt chastotasi bildiradi.

            Boshqa - boshqa mikroprotsessor modellari bir xil komandalarni (misol uchun, qo'shish va ko'paytirish) turli sondagi taktlar bilan baja-riladi.

            Mikroprotsessorning yuqori modellarida bu komandalar kamroq taktlar bilan amalga oshiriladi.

            Shu yerda, ba'zi bir firmalar (AMD, Cyrix) markirovkalari chal-kashtiruvchi sonlardan foydalanishiga e'tibor berish kerak.

            Misol uchun, AMD 5x86G'133 Mgs mikroprotsessori faqat Intel-80486 (DX4) mikroprotsessori bilan o'xshash, lekin uning unumdorligi eng sodda Pentium G'75 Mgs kabidir.

            Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning ko'p qismi Pen­tium, yuqoriroq quwatli kompyuterlar esa Pentium Pro mikroprotses-sorlariga asoslangandir.

Faqat kompyuterning eng arzon modellarigina 486 Dx4 yoki AM-D5x86 mikroprotsessorlari asosida yig'iladi, lekin ular Pentiumlapga bar-dosh bera olmaganligi sababli, ishlab chiqarilishdan olinmoqda.

            Ahamiyat bersak, awal programma ta'minotlari yaxshi rivojlanma-gan, WINDOWS turidagi programmalar yaratilmagan vaqtda Intel-80-386, hattoki  80286 mikroprotsessori ham yetarli edi.

            Keyinchalik WINDOWS 3.1, WINDOWS for Work groups pro­gramma sistemalari yaratilib, Intel -80386 mikroprotsessorlari negizidagi kompyuterlarda qo'llanilganda ulardagi tezlik yetishmasligi sababli, Intel-80386, Dx2 yoki Dx4 mikroprotsessorlariga almashtirildi. Imkoniyatlari juda oshib ketgan, yangi WINDOWS 95, WINDOWS NT, OSF2 Warp sistemalar bilan endi Intel-80486 DX2 yoki DX4 lap ham nisbatan sekin ishlaydi, bu sistemalarda Pentium klassidagi kompyuterlarda ishlash mumkin.

            Shuni ham aytib o'tish kerakki, mikroprotsessorlarning Intel- 8088, 80286, 80386, 80486SX turlarining har biriga Intel-8087, 80387, 804-87 SX nomyerdagi soprotsessorlar qo'shib ishlab chiqarilyapti.

            Bu soprotsessorlarning o'zlari to'g'ridan-to'g'ri ko'pgina matematik hisoblarni (injiner hisoblari, uch o'lchovli tasvirlar va boshqalarni), ay-niqsa, haqiqiy sonlar bilan bajariladigan amallarni hisoblashga yordam beradi va natijada mikroprotsessorlarning tezligi oshadi.

            Hozirgi vaqtda mikroprotsessorlarning yangi turlarida (Intel DX, Pentium va Pentium Pro) haqiqiy sonlar bilan ishlash sistemalari kiri-tilgan, shu sababdan, ular uchun soprotsessorlar ishlab chiqarilmaydi.

            Xotira. Barcha kompyuterlar tuzilishi fon Neyman prinsiplariga asoslangan to'rt qismdan iborat va ularning bir qismi xotira deb aytgan edik. Xotira ma'lumot va programmalar saqlash uchun xizmat qiladi va ular bir necha turga bo'linadi: Operativ xotira, keshxotira, V108(doimiy xotira), CMOS (yarim doimiy xotira) va videoxotiradir.

            Operativ xotira. Kompyuterning eng kerakli elementi bo'lib hi-soblanadi. Protsessor, asosan shu qismdan programma va ma'lumotlarni oladi, qayta ishlagach natijalarni unga yozib qo'yadi. Bu xotirani operativ deb atalishiga sabab, protsessorni bu qism bilan o'tkazadigan o'qish, yozish amallari juda ham tez bajariladi.

            Kompyuterda o'rnatilgan xotira hajmiga qarab u yoki bu program­malar asosida ishlash mumkin. Mabodo xotira hajmi etmasa ko'pgina programmalar umuman ishlamaydi yoki juda ham sekin ishlaydi. Kom-pyuter imkoniyatlarini xotira hajmiga solishtirib quyidagicha tasniflash (klassifikatsiyalash) mumkin:

            -  1 Mbaytgacha yoki kamroq-kompyuter faqat DOS muhitida fao-liyat ko'rsatadi. Bunday kompyuterlarda faqat ma'lumot kiritish va tahrir qilish mumkin;

            -   4  Mbayt-kompyuter  DOSda  maqbul,   WINDOWS   3.1da  esa faqatgina kichik va murakkab bo'lmagan hujjatlarni qayta ishlaydi.

            -  8 Mbayt- DOS, WINDOWS 3.1da yaxshi ishlaydi, WINDOWS 95, OSF2 Warp yoki ofis programmalarida qiynaladi;

            -  16 Mbayt-eng zamonaviy WINDOWS 95, OSF2 Warrlarda yaxshi ishlashingiz ta'minlanadi;

            -   32 Mbayt-lokal tarmoqlarining serverlari,  sur'at tasvirlari yoki videofilmlarni qayta ishlashga xizmat qiladi. WINDOWS NT muhitida ishlovchi kompyuterlar uchun eng qulay.

            Operativ xotira narxi 1995-96 yillar davomida kamida to'rt marta arzonlashgani, katta hajmdagi programma yaratuvchilar uchun komp-yuter xotirasini oshirib borish imkoniyatini berayapti. Hisoblash texni-kasiga oid kitob, jurnal va adabiyotlarda operativ xotira awallari ko'proq. OZU (rus tilida operativnoe zapominayushee ustroystvo) deyilsa, hozir RAM (random access memory, xotiraga ixtiyoriy bog'lanish) degan termin bilan ataladi.

            Operativ xotira ish hajmiga qarab ko'pincha yetmaydi, ba'zida yetarli bo'ladi va hech qachon ortiqcha bo'lmaydi.

            Undagi hajmni cheklash uning moliyaviy holati bilan uzviy bog'-liqdir. Siz cho'ntakdagi pulingizga qarab kichik yoki katta xotiraga ega kompyuterni tanlaysiz. Biroq, yuqorida ta'kidlaganimizdek, zamonaviy programmalar (dasturlar) hech bo'lmaganda 16 Mbayt hajmli xotiraga ehtiyoj sezadi, zero 32 Mbayt xotira maqbul hisoblanadi. 64 Mbayt xo-tirali kompyuterda istalgan programmalar bilan ishlash mumkin.

            Awallari 1 Mbayt xotirani ona plataga joylashtirganda, o'nlab mik-rosxemalar qator terilib yig'ilardi va ko'p joy egallardi. Natijada 16-32 Mbayt xotirani ona platada terishga katta o'lcham kerak bo'ladi.

            Hozirgi vaqtda xotiralarni ishlab chiqarish boshqa texnologiyaga o't-di, xotira vertikaliga o'sa boshladi. Yangi texnologiyaga, asosan xotiralar SIMM modullariga payvand qilinadi, hamda ular vertikal ravishda asosiy platadagi ulagichga o'rnatiladi.

            SIMM-modullari 4 Mbaytgacha hajmda bo'ladi. Natijada 4 ta SI-MM-modulini ona plataga ulab 16 M bayt, 8 tasini ulab xotira miqdorini 32 Mbaytga etkazish mumkin.

            Ilk SIMM-modullari 8 razryadli, 30 kontaktli bo'lardi.

            Hozirda ular o'raini 32 razryadli 72 kontaktli SIMM-modullari olishdi. 486 kompyuterlariga bunday modulning bir donasi yetarli (30 kontaktli bulganda 4 tasi lozim bo'lardi) Pentium (Pentium) uchun esa ularning 64 razryadli shinasidan kamida 2 ta moduli kerakdir.

            Maslahat. Umuman kompyuter tanlab olishda zaruriy xotira hajmi iloji boricha kamroq modullardan yig'ilgani maqsadga muvofiq. Bu awalo, kompyuterni stabil ishlashini ta'minlasa, ikkinchi tomondan sizning ixtiyoringizda xotirani keyinchalik kengaytirish uchun bo'sh uyachalar qoladi.

            Xotira mikrosxemalari ishlab chiqarish texnologiyasi—mikroelektroni-kaning eng tez rivojlanayotgan jabhalaridan biridir. Ilgari xotira protses-sorlari ancha sekin ishlardi va unga murojaat qilish uchun kutish sikllari va maxsus buferlar sxemalaridan (kesh-xotiradan) foydalanilar edi. Bu-gungi kunda protsessor bilan sinxron ishlaydigan eng zamonaviy xotira modullari-DIMM ishlab chiqarilmoqda. Oxirgi besh yilda xotira tezligi yuzlab, ularning xajmi minglab martaga oshdi, bunda ularning o'rtacha narxi uzluksiz arzonlashmoqda. Kesh-xotira, ba'zi adabiyotda ichki xotira terminlarida ham beriladi.

            Ba'zi kompyuterlar uchun quyidagi kesh-xotiraga ega bo'lish maqsadga muvofiqdir. Intel-80386, DX yoki Intel-80386, SX lar uchun 64 Kbayt kesh-xotira qoniqarli, 128 Kbayt esa juda ham yetarlidir. Intel-80386DX, Dx2, Dx4 va Pentium kompyuterlari 256 Kbayt kesh-xotira bilan ta'minlangan, 32 Mbayt operativ xotirali Pentium kompyuterlari uchun esa 512 Kbaytli kesh-xotira yetarlidir.

            Eng zamonaviy Pentium Pro mikroprotsessorlarida Kesh-xotiraning bir qismi protsessor bilan bir korpusda joylashtirilgan bo'ladi.

            BIOS (doimiy xotira) - IBM PC turdagi kompyuterlarda mayjud bo'lib, ulardagi ma'lumotlar mikrosxema tayyorlanayotganda kiritib qo'-yiladi. Bu ma'lumotlardan keyinchalik kompyuter ishlayotganda faqat o'qish uchun foydalaniladi.

            Mazkur tur xotirani ko'pincha ROM (read only memory, ya'ni faqat o'qiladigan xotira) yoki PZU (postoyannoe zapominayushee ustroystvo) deb yuritiladi. Doimiy xotira kompyuter vositalarini tekshirish, operatsion sistema (OS, misol uchun, MS DOS) yuklanishini amalga oshirish va kompyuter qurilmalariga xizmat ko'rsatuvchi ichki (baza) funksiyalarini bajaradi. Bu funksiyalarning asosiy qismini kiritish—chiqarish xizmatidagi programmalar tashkil etgani uchun mazkur programmalar BIOS (Basic Input Output System yoki kiritish-chiqarish baza sxemasi) deyiladi.

            BlOSda, shuningdek, kompyuter konfiguratsiyasini sozlovchi SETUP programmasi ham joylashgan bo'ladi. Bu programma quril-malarining ba'zi bir xarakteristikalarini o'matishga (videokon-trollyer-qattiq disk va disket diskovodi undan tashqari parollar o'matish va boshqalarga) xizmat qiladi. Bu programma ishlashi, kompyuterni har gal yuklashda va va yuklashlarda ko'rish mumkin.

            CMOS (yarim doimiy xotira) Kompyuterda kichik joyni egallovchi, konfiguratsiya parametrlarini saqlovchi yarim doimiy xotira qismi ham bor. Bu xotira SMOS (complementary metal-oxide semiconictor) texnologiyasi asosida tayyorlangan, maxsus akkumulyator yordamida kichik quwatda ishlaydi, shuning uchun undagi ma'lumot hech qachon o'chib ketmaydi. SETUP programmasi har gal kompyuter konfiguratsiyasini sozlaganda, lozim bo'lsa CMOS xarakteristikalariga o'zgartirish kiritadi.

            Videoxotira. Kompyuterlarda videoxotira deb yuritiluvchi yana bir tur xotira mavjud, u monitor ekraniga chiqariladigan tasvirni saqlashga xizmat qiladi. Bu xotira tasvirni ekranga uzatishni boshqaruvchi elektron sxema (videokontrollyer) tarkibiga kiradi. Videokontrollyer alohida plata shaklida tayyorlanadi, gohida esa asosiy ona plata tarkibida ishlab chi-qariladi.

 

4-§.  KOMPYUTERNING PROGRAMMA (DASTURIY) TA'MINOTI

 

            MSDOS OPERATSION SISTEMASI. Har qanday kompyuter o'zidan-o'zi harakatga kelmaydi. Uni harakatga keltirish va qurilmalarini boshqarish uchun maxsus programma ta'minoti yoki operatsion sistema lozim.

            Operatsion sistema—Operatsion sistema (qisqacha OS) kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi bu programma foydalanuvchiga kompyuter bilan muloqot qilish quroli bo'lib xizmat qiladi, uning barcha qurilmalarini boshqarish imkonini beradi.

Operatsion sistema quyidagi vazifalarm bajaradi:

            •Vinchestr yoki disketlardan tanlangan programmani operativ xo-tiraga joylaydi va bajarilishiga izm beradi. Programma bajarilib bo'lgach, operativ xotirani bo'shatadi. Keyingi tanlangan programma bilan ham shu ishlarni qaytaradi.

            • Bunday ma'lumotlarni diskdan diskka yoki vinchesterdan disketga ko'chirish va boshqa ko'plab servis xizmatlarini ko'rsatadi.

            Operatsion sistemaga ehtiyoj borligining asosiy sababi, undagi pro-grammalarsiz har bir kompyuterdan foydalanuvchiga juda ham qiyin bo'lardi. Chunki bu kabi ishlarni bajarish uchun quyi bosqichdagi yuzlab yoki undan ham ko'proq elementar amallarni bajarishga to'g'ri kelardi.

Misol uchun, vinchesterdan disketga yozish jarayoni vinchesterni yoqish, vinchesterdan fayllarni qidirib topish, adresini, o'lchamini aniq-lash, so'ngra disketani ishga tushirib, bo'sh joyni belgilab, yozish amalini ketma-ket, bayt-baytlab yozadi. Yozuv tugagach, joy band bo'lgani bel-gisini kiritib qo'yadi va h.k.

            Umuman, operatsion sistema quyidagi vazifalarni bajarishdan foy-dalanuvchini ozod qiladi:

            — diskdagi (disketadagi) har bir fayl ma'lum miqdordagi joyni egal-laydi, ammo ular diskning qay yerini band qilganini foydalanuvchi bil-maydi, bilishi ham shart emas, chunki fayllarni joylashish jadvalini tash­kil etish, axborotni izlash, fayllarga joy ajratish kabi ishlarning barchasini operatsion sistema amalga oshirishi lozim.

            Undan tashqari, operatsion sistemaning asosiy vazifasi foydalanuv-chini bajarishi va umuman bilishi ham kerak bo'lmagan zerikarli hamda noqulay ishlardan xolis etish, agar biron bir sabab bilan, misol uchun, fayllar ko'chirilayotganda disk yo'llari chizilgan, yoki axborot yo'qolgan bo'lsa, diskda joy etarli bo'lmasa vaqtida foydalanuvchiga ma'lumot berish ham kiradi.

            Umumiy ma'lumotlar. Operatsion sistema avtonom holatida xizmat qiluvchi yuzlab komandalardan iboratdir. Bu komandalar alohida-alo-hida programma shaklida fayl hisoblanib, disklar, vinchester, displey, multimedia va boshqa vositalar bilan bevosita muloqot qilishga yo'l beradi.

            Odatda, IBM PC kompyuterlari uchun Microsoft corporation firmasi yaratgan MSDOS operatsion sistemasi standart hisoblanadi. Ham sodda, ham oddiy bo'lgan birinchi MSDOS faqat disket, displey va klaviatura bilan ishlanadi. MSDOSning eng birinchi varianti 1984-yilda tuzilgan edi. To'g'ri, hozirgi vaqtgacha bu MSDOS ning bir necha varianti yaratildi, ya'ni takomillashdi va hozir MSDOS 6.22, 7.0 versiyalari amalda qo'llaniladi. 1994-yilda yaratilgan MSDOS 6.22 eng keng tarqalgani, 7.0 versiyasi esa WINDOWS 95 bilan birga yaratilgan bo'lib, uning tarkibiy bir qismi deb ko'riladi.

            Kundalik hayotda boshqa firmalar yaratgan MS DOS bilan bir xil OSlar ham mavjuddir. Agar sizda PC DOS (IBM firmasi), NOVELL DOS (NOVELL firmasi), RTSDOS (fiztexsoft-Rossiya firmasi) mahsulotlari   uchrasa, bilingki bular MS DOSning xuddi o'zginasidir.

MSDOS deganda esa-MicroSoft Disk Operatings System, ya'ni Mikrosoftning diskli operatsion sistemasi deb tushinish kerak.

            Ta'kidlash lozimki, har bir yaratilayotgan MSDOSni yangi versiya­lari eski versiyalarida bajariladigan funksiyalar, vazifalarni o'zida saqlab, qo'shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

            Umuman eng birinchi operatsion sistemalarga nisbatan so'nggi OSlarda quyidagi imkoniyatlar qo'shilgan:

            -    vinchester, disketning yangi turlari (3.5 dyuymli) kengaytirilgan xotira va h.k.lar,  shuningdek, o'zga ixtiyoriy qurilmalarni  drayverlar orqali qo'llab-quwatlash;

            -    fayllarni ierarxiya (daraxtsimon) tuzilishini disk va disketlarda ta'minlash;

            -    milliy alfavit va klaviaturalarni qo'llab-quwatlash ta'minlanadi;

            -    foydalanuvchi uchun yangi imkoniyatlar yaratish.

            DOSning qo'shimcha komandalari: foydali utilitalar, xotira unum-dorligi, disk ma'lumotlarini ixchamlash va h.k.lar.

            Endi MSDOS operatsion sistemasi tarkibini ko'rib chiqaylik.

            MS DOS quyidagi qismlardan iborat:

            IO. SYS va MSDOS SYS sistemali fayllar. Bu fayllar kompyuter operativ xotirasida doimo saqlanib, o'zak katalogda joylashgan bo'ladi. Mazkur fayllarning vazifasi murakkab kiritish-chiqarish amallarini baja-rib, BlOS-kiritish-chiqarish baza sistemasining funksiyalarini bajarish davomchisi hisoblanadi.

            DOS komanda protsessori MS DOSda monitordan kiritilayotgan komandalarni qabul qilib, tahlil etib, ularga buyruqni uzatish, komanda protsessori-COMMAND SOM yordamida amalga oshiriladi.

            MSDOS ichki va tashqi komandalardan iborat. Type, dir, copy kabi komandalar ichki hisoblanib, ular COMMAND COM-protsessori tar-kibida bo'lib, ularni fayllar ierarxiyasidan qidirish befoyda.

            MSDOSning boshqa barcha komandalari tashqi bo'lib, ular fayllar ierarxiyasida uchraydi. Siz klaviaturada terib, monitordan biror tashqi komandani chaqirsangiz, SOMMAND, SOM-awalo, uning to'g'ri yoki noto'g'ri chaqirganingizni aniqlaydi, so'ngra to'g'ri chaqirilgan bo'lsa, shu kommandaga mos programmani fayllar ierarxiyasidan qidirib topadi, programmani xotiraga yuklab, boshqaruvni unga uzatadi. Programma tugagach, xotirani tozalab, ekranga keyingi komanda kiritishga taklif chiqaradi (>belgisi).

            Tashqi komandalar.. DOSning tashqi komandalari operatsion sistema bilan yetkaziladigan alohida fayl ko'rinishida bo'ladi. Tashqi komandalar programmaga servis xizmati ko'rsatishga mo'ljallangan bo'lib, alohida bir katalogda (ko'pincha sistemali katalogda) joylashadi.

            Drayver va rezident programmalar. Qurilma drayverlari—maxsus programmalar bo'lib, MSDOSning qo'shimcha vositasi hisoblanadi. Drayverlar yangi qurilmalar yoki nostandart qurilmalarga xizmat ko'rsatadi va ularni chaqirish CONFIG SYS maxsus fayliga yuklatilgan bo'ladi.

            Bu fayl operatsion sistema yuklatilayotgan paytida ishga tushiriladi va drayver yuklanishini amalga oshiradi.

            Mazkur holat quyidagi hollarda juda qo'l keladi, mabodo yangi nostandart biror qurilmani kompyuterga qo'yish lozim bo'lsa, pro­fessional programmachilar yordamida drayver yoziladi va uni chaqirish GONFIG. SYS-ga kiritib qo'yilsa bas. Bunda qaytadan operatsion sistema yozish shart bo'lmaydi. Ya'ni DOSning sistema fayllarini o'zgartirmay, ochiq-arxitektura prinsipidan kelib chiqib, operatsion sistema imkoniyatlarini oshirib boriladi.

            Drayver programmalarining asosiy vazifasi klavishlar bosilganda turli mamlakatlarning mos alfavitlarini ekranda (monitorda) tasvirlashdir.

            BlOS-kiritish-chiqarish baza sistemasi, xotiraning doimiy qismida (RAM) joylashgan bo'lib, operatsion sistema yuklanishini amalga oslii-rish, plastik bosqichda monitor, printer, klaviatura va disklarga kiritish-chiqarish amallarini bajarishga xizmat qiladi,

            DOSni yuklovchisi. DOSni tarkibidagi yuklovchi vazifasini baja-ruvchi IPL programmasi mavjud, u doim disketning hamda logik qurilma   (ko'pincha   s:-disk,   vinche-'Ster)   1-sektorida  joylashganbo'lib, asosiy vazifasi 10. SYS sistemali fayl (programma)ni operativ xotiraga yuklab, boshqaruvni unga uzatadi.

            Operatsion sistemani qanday yuklash kerak? Kompyuterga quyidagi holatlarda MS DOS operatsion sistemasi yuklanadi:

            -    kompyuter elektr tarmog'iga ulanganda;

            -    kompyuter korpusidagi Reset klavishi bosilganda;

            -    DOS ishlab turganda [Ctrl] [Alt] [Del] klavishlari birgalikda bosilsa MS DOS   operatsion sistemasi yuklanadi.

            Awalgi BIOS kompyuter xotirasi va qurilmalarining ishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini maxsus testlar yordamida tekshirib chiqadi. Qurilmalarda biror buzuqlik mavjud bo'lib, ana shu buzuqlikni chetlab o'tish mumkin bo'lsagina, DOSni yuklash davom etiladi.

So'ngra BIOS, A: qurilmasi (egiluvchan disk) yoki S:-vinchesterdan MSDOSni yuklashni boshlab, boshqaruvni IPL (yuklovchiga) beradi. O'z navbatida yuklovchi IO.SYS program-masini qidirib topib, uni operativ xotiraga joylab, boshqaruvni unga uzatadi.

            IO.SYSning vazifasi to'g'risida yuqorida aytgan edik, undan tashqari u MSDOS.SYS programmasini operativ xotiraga joylaydi. Shu bilan ikkala IO.SYS va MSDOS.SYS programma fayllari yuklangan hisoblanadi, hamda boshqaruv COMMAND. SOMga beriladi.

            DOS yuklanish arafasida ketma-ket CONFIG.SYS va AUTO-, EXEC.BAT fayllari COMMAND.   SOM ishga tushiradi.

            Bu ikki fayllar funksiyalari quyidagicha:

            -    drayverlarni chaqirish,

            -    logik qurilmalarni nomlash,

            -    qayta nomlash,

            -    chiqarish vositasini nomlash,

            -    tanlash (misol uchun chaqirish vositasi deb yo monitor yoki printer tanlanadi) va belgilash.

            MS DOS komandalarini o'rganish uchun ularni quyidagi guruhlarga ajratib ko'rish ma'qul hisoblanadi:

            1.   MS DOS bilan foydalanuvchining  muloqoti (dialogi).

            2.   MS DOS da fayllar bilan ishlash.

            3.   MS DOS da ekran va printer bilan aloqa.

            4.   MS DOS da disklar va disketalar bilan ishlash.

            5.   Umumiy sistemadagi programma va komandalar.

 

5-§.  INTERNET

 

            Internet, xuddi kompyuter singari, kundalik hayotimizda obyektiv reallik bo'lib qoldi. Vaqti kelib xizmat joyidan tashqari, har bir uy, xonadonga bu mo'jiza kirib kelishi hayot taqozosidir.

            Chunki dunyo bo'ylab 60 million odamlar Internet bilan ishla-moqdalar. Internet, provayder, e-mail, URL allaqachon ko'pchilikning og'zidan tushmay qoldi.

Internet olami ko'p qirrali, unga foydali-muammosiz kirish va ishlash uchun uning terminlarini bilish va tushunish zarur bo'ladi. Ular juda ko'p. Biroq awaliga ulardan ayrimlarini o'rganish baribir kerak, qolganlarini ish jarayonida o'rganib olasiz.

Quyidagi terminlar mazmuniga ahamiyat bering.

            Browser (brouzyer)-ko'rish vositasi. Tarmoqdagi ma'lumotlarni interaktiv qidirish. Topish, ko'rish va ishlov berish uchun grafik interfeysning programma ta'minoti.

            URL-manzil shakli (Uniform Resourse Lokator). Server nomi ko'rsatiladigan fayl, fayl katalogi yo'li va fayl saqlanadigan joy-manzil shakli.

            WWW (Worldwide Wed)-bu tarixda boshqa istalgan bunday vositalar ichida juda tez ommaviylashayotgan yangi global ommaviy axborot vositadir.

            E-mail- elektron pochta o'tkazilishi.

            WWW servers - elektron server.

            WWW pager - elektron sahifa.

            File server - fayl serveri. Uzoqroq masofada joylashgan foyda-lanuvchilar (mijozlar) uchun fayllardan foydalana olishni ta'minlovchi kompyuter.

            Site - sayt. Internetdan serverning joylashgan manzili.

            Bugungi kunda Internet turli mamlakatlar va turli qit'alarda joy­lashgan kompyuterlar global tarmog'idan iborat.

            Hozirgacha mavjud telefon tarmoqlarining tuzilishida har bir shahar ham tumanda ATSlar (Avtomat telefon stansiyalar) bor bo'lib, barcha ATSlar magistral kanallar (optikvolokon kabellar, mis kabellari, mis simian, sun'iy yo'ldosh kanallari) bilan bog'langan. Íàã bir shahar va tuman shaharlararo aloqalar, xalqaro aloqalar kanaliga ulangan.

            Kompyuter tarmoqlari, ya'ni Internetda ATSlar o'rniga kompyuter-serverlar xizmat qiladi. Kompyuterlar o'rtasidagi ma'lumotlarni o'tkazish uchun xuddi telefon tarmoqlaridagidek magistral kanallardan foydalaniladi.

            Tarmoq ishini boshqarib turuvchi yagona markaziy kompyuter yo'q, uning resurslari minglab alohida kompyuterlar orasida taqsimlangan. Tarmoqning beqiyos kuchi va zaifligi ham shundadir.

            Internet serverlari ko'plab foydalanuvchilar uchun ularda saqla-nayotgan maiumotlarga bir yo'la foydalanish imkonini beradi. Biroq hamma serverlar ham teng imkoniyatlarga ega emas. Misol, ayrimlarga ko'rish vositalarisiz ma'lumot olish uchun ko'p vaqt kerak deyiladi. Agar, serverga kirish chog'ida buning iloji bo'lmasa yoki server band degan xabar berilsa, buni telefon liniyasida «band» degandek tushuning va operatsiyani keyinroq qaytaring.

 

INTERNET HAQIDA

 

            Yetmishinchi yillarda Amerika universiteti olimlari cheklangan doira uchun muomala vositasi sifatida kompyuter tarmog'ini taklif etgan edilar.

            Keyinchalik, personal kompyuterlar paydo bo'lishi bilan bu tar-moqlarga qo'shilib ishlaydiganlar, foydalanuvchilar ko'paydi. Undan tashqari, tarmoq yangi texnologiyalar, takliflar, texnik yechimlar bilan to'latib borildi. Internetda bemalol ishlash uchun imkoniyat va yo'na-lishlarni tanlashda yordam beruvchi brouzyerlar tarmoqning rivojlanishida katta sakrash bo'ldi.

Internetning yana bir qulayligi bo'lmish, ICQ (pochta vazifasini o'tovchi) ixtironi kashf qilinishi katta zarariyatga aylandi.

            Bir qarashda texnikaning tez rivojlanishiga ko'nikib qolgan zamo-naviy jamiyatning o'ta hayratlanishiga sabab yo'qday. Biroq Internetdan foydalanilgan har bir kimsa hayotimizga bir yangilik kirib kelganini yaxshi tushunadi. Internetni radio va televidenie singari axborotning yangi manbasi, deb atash mumkin edi.

            Biroq bu manba televidenie, radiodan ko'ra kuchliroq, ya'ni unda tanlash erkinligi bordir.

            Internet nimani o'qish bo'yicha tanlashning keng erkinligini beradi, bunda aniqlash uchun kutubxonaga borish kerak emas, sayyoraning boshqa tomonidagi saytga (Site) o'tish uchun bir necha daqiqa kutasiz va nihoyat sizga kerakli maqola muhayyo bo'ladi.

            Yaxshi tayyorlangan saytlar u yoki bu voqeaning butun tarixini yoritish uchun qiziqtirayotgan masalalar bo'yicha materiallar saylan-masini taqdim etadi.

            Internetning imkoniyatlari shunchalik ko'pki, misol uchun shoping qilish (tovarlarni tomosha va xarid qilish), dam olish va hordiq chiqarish turlari, turizm. Bularning har biri bilan ham uyda o'tirgan holda xabar topasiz.

            Hozirgi virtual tanishish-muloqot qilishning yangi turi yo'lga qo'-yilgan. Odatda, muomala qo'shnilar, qarindoshlar, hamkasblar (kurs-doshlar), do'stlar bilan cheklanib qoladi.

            Internet oddiy hayotdan farqli o'laroq, ko'rinishning, egningdagi libos, jamiyat qaysi qatlamiga mansubliging va hatto qaysi mamlakat fuqarosi bo'lishingdan qat'i nazar, tarmoqda birinchi duch kelgan kimsa bilan suhbatga kirish mumkin.

 

Internetning kundalik hayotdagi o'rni

 

            Internetning ba'zi amaliy tomonini ko'rib chiqaylik.

            Internetda WWW (Worldwide Wed)—bu ommaviy axborot vositasi sifatida, juda tez tarqalayotgan va ommaviylashayotgan global tarmoqdir.

            Eng qizig'i, agar 50 mln foydalanuvchini yig'ish uchun radio-38, kompyuter-16, televizor-13 yil vaqt sarflagan bo'lsa, Internet uchun bu muddat 4-yilni (ahamiyat bering, faqat 4-yil) tashkil etadi.

            Raqamlarga e'tibor berilsa AQSHda 23%, Buyuk Britaniyada 15%, Gyermaniyada 8%, Fransiyada 7%, Yaponiyada 14% aholi Internetga ulangan.

            Internetda katta tajribali foydalanuvchilar ko'p vaqt o'tkazishadi, ular programmalar ishlatish va hordiq chiqarish bilan band bo'ladilar. Buyuk Britaniyada 1,2 mlndan ortiq foydalanuvchilar Internetni ish qidirish, salkam 2 mln esa sayohatlar to'g'risidagi axborotni ko'rishga ishlatishadi. 1998-yilning ikkinchi yarmida 4,8 mln xarid (470 mln funt sterlingga)             Internet orqali bajarilgan. Nop Reseach ma'lumotlariga qaraganda, 1,9 mln foydalanuvchi gazetalarning elektron versiyalarini o'qishga va 1,3 mini esa moliyaviy axborotlar izlagani ma'lum.

            Internetning nemis foydalanuvchilari orasida siyosiy axborotlarni (9 mln foydalanuvchi), regional axborotlarni (8 mln), ish izlashni (7 mln), xaridlar qilish (7 mln)ning ana shunday raqamlari aniqlandi.

            Internetda AQSH bolalarini ishlashi (foydalanishi) to'g'risida AQL kompaniyasi hisobotiga ko'ra, 2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar haftasiga uch soat, 6 dan 11 yoshgacha bolalar haftasiga to'rt, 12 dan 17 yoshgacha esa 7 soatga yaqin vaqtini tarmoqda o'tkazar ekan. Inter-netdan 12 yoshdan foydalanuvchi bolalar 5 mlnni tashkil qiladi.

            Ma'lumotlarga qaraganda, ko'pgina yuqori rivojlangan davlatlarda, hattoki fermerlar ham Internetdan keng foydalanayaptilar. Chunki ko'plab fermerlar uchun tarmoq axborot almashinuvi va uni yig'ishning asosiy manbai va hattoki ximikatlar va o'g'itlardan tortib, to traktorlar hamda kombaynlargacha bo'lgan tovarlar sotib olish joyi ham bo'lib qoldi.

            O'zbekistonda ham Internetdan foydalanuvchilarning soni oshib bormoqda.

            Internetga chiqish, undan foydalanish uchun provayderlar xizmatini tartibga solish maqsadida pochta va telekommunikatsiya agentligi qoshida «Uz ÐÀÊ» axborot uzatish milliy tarmog'i tashkil topgan. Barcha provayderlar xalqaro tarmoqlarga chiqish, muloqot qilish uchun litsenziyaga ega bo'lishlari lozim bo'ladi. Litsenziya «Uz ÐÀÊ» orqali beriladi.

            Eng kam haq olib eng zo'r servis xizmatini ko'rsatadigan provay-dyerni topish dolzarb masaladir.

            Hozirgi kunda O'zbekistonda 10 dan ortiq kompaniya Internet-provayder xizmatini ko'rsatishi mumkinligini e'lon qildi.

            Provayder xizmati o'z kompyuterlarida elektron sahifalar (WWW-pages) yoki elektron serverlarni (WWW-servers) joylashtiradi, foyda-lanuvchini Internetga ulab beradi, natijada pochta o'tkazilishi (E-mail) ta'minlanadi.

            Internetga ulanish uchun foydalanuvchidan kompyuter va modem mavjudligi so'raladi.

Internet bo'yicha mahsus kursni o'rganish uchun alohida bosmadan chiqqan adabiyotni o'qish maslahat beriladi. Undan tashqari, kompyuter to'g'risida bosilayotgan jurnallarni ham ko'zdan kechirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

 

6-§ KOMPYUTER VA TASHQI  MUHIT.

 KOMPYUTER VIRUSLARI

 

            Hozirgi zamon kompyuterlarining eng katta kamchiligi viroslardan o'zini himoya qila olmasligidir. Shuning uchun kompyuterlarni viruslar-

dan asrash kerak.

            Virus. Virus bu assembler tilida yozilgan kichik programma bo'lib u "bezori", "sho'x" programma yaratuvchilar mahsuli hisoblanadi. Bu programmalar yaqqol yoki pinhoniy ko'rinishda namoyon bo'ladi.

            Virus, awalo, kasallangan amaliy yoki sistema programmasida ish boshlaydi. Ularning tarqalish yo'llari turlicha: oddiy xabar va rasmlar orqali yoki butun programma orqali tarqaladi. U oddiy faylni ekranga chiqarishdan to kompyuter qismlarini ishdan chiqarishgacha borib yetadi. Masalan, qattiq diskdagi bor ma'lumotni o'chirib tashlash mumkin.

Kompyuterni viruslardan saqlash uchun profilaktik vositalardan foydalaniladi. Buning uchun kompyuter diskovodga chetdan kelgan har qanday diskni tekshirish uchun antivirus programmalardan foydalaniladi. Masalan: Aids Test, Dr Web va boshqalar.

            Boshqa kompyuterlardan tarmoq orqali qabul qilinadigan fayllarni ham, albatta, tekshiruvdan o'tkaziladi.

            Windowsda Word bilan ishlaganda NORMAL.DOT global shab-loniga Auto Exec makrokomandasini quyidagicha tuzish kerak:

            Sub MAIN

            Disable Auto Macros

            Enb Sub

            Bu tadbir Word hujjatlarini har turli spetsifik viruslardan saqlaydi.

            Antivirus programmalari eng so'nggi versiyalarni har yarim yoki bir yil davomida foydalanishga kiritish lozim. Chunki yangi viruslar paydo bo'lishi mumkin.

            Viruslarni aniqlash (diagnostika) va davolash uchun Rossiyada yaratilgan (V. Lozisskiy)           Aids Test programmasidan foydalanish tavsiya etiladi.

            Programma formati: ,      Aids Test, exe [Path] Options []

            Izoh:

            Path - disk, fayl yoki fayllar guruhini belgilaydi;

            Options quyidagi komandalardan iborat: G'fvirus mavjud programmalarni davolaydi yoki davolash mumkin bo'lmasa butkul o'chirib tashlaydi.

            G'g - barcha fayllarni birma-bir tekshiradi:

            G's - fayllarni viruslarga sinchiklab tekshiradi;

            G'p — (fayl nomi) - teksliirish natijalarini ko'rsatilgan faylga yoki printerga (LP1.) chiqarishi mumkin:

            G'x - virus tushgan barcha fayllarni o'chiradi;

            G'q - tiklash mumkin bo'lmagan fayllarni o'chirishga ruxsat so'-raydi.

            Shuningdek, Dr Web programmasidan foydalanish zarur. U xotira va arxiv fayllarini ham virusga tekshirib beradi.

            Komanda formati:

            Web [Disk:][yo'l]G' [optsiya]

            Izoh.

            Disk:- diskning a:, b:, c: yoki bo'lak biror bir nomi teriladi. Agar [*] ko'rsatilsa, barcha disklarni tekshiradi.

            Yo'l - tekshiriladigan fayllarning yo'li aniq beriladi.

            Optsiyam -quyidagi komandalardan iborat:

            G'f - fayl va sistema joylashgan qismni davolaydi;

            G'd - tiklash mumkin bo'lmagan fayllarni o'chiradi;

            G'a - barcha fayllarni tekshiradi;

            G'u - arxiv fayllarni virusga tekshiradi;

            G'v - fayllarni virusdan kasallanganligini tekshiradi;

            G'p - tekshirish natijasini ko'rsatilgan faylga yoki ko'rsatilmagan report, web fayliga yozadi;

            G'h - virusni xotiraning yuqori adreslarida qidiriladi.

            Ko'p adabiyotlarda ADinf revizor programmasidan ham foydalanish to'g'risida maslahat beriladi.

            Adinf programmasi ham Rossiyada (D.Mostovoy) yaratilgan bo'lib, fayllar besabab o'zgarib qolsa, tezda bu to'g'ridagi ma'lumot ekranga chiqariladi. Biroq davolamaydi va boshqa hech qanday tadbir o'tkaz-maydi.

 

7-§. FOYDALANUVCHIGA MASLAHATLAR

 

            Kompyuterdan uzoqroq, manfaatliroq foydalanish uchun quyida-gilarni bilish kerak:

            1.   Kompyuter - bu mashina, hech qachon va hech narsani o'zi hal qilmaydi.

            2.   Kompyuterga oid texnik adabiyot hujjatlaridan doimo foydalanib

turing.

            3.   Kompyuterni   ishlatishda   operatsiyalar   (amallar)   ko'pligi   va klavishlar kombinatsiyalari turliligidan hech ham cho'chimang. To'g'ri, Windows qobig'ida operatsiyalar soni birgalikda ishlatiladigan kombi-natsiyalar yetarlicha ko'p va turli amallar bajarish mumkin. Faqat komp-yuterda doimo ishlaganingizda tajribangiz oshib boradi.

            4.   Eksperiment qilib turing. Har bir amalni bajarish uchun kichik eksperiment zarur. Ya'ni adabiyot yoki hujjatni o'qib komandani to'g'ri yoki  noto'g'ri  tushundimi  deb  shubhalanib  o'tirguncha,   klaviaturani bosib, komandani bajarib ko'rish kerak.

            5.   Absolyut haqiqatni izlamang. Kompyuterda ishlaganingizda bir amalni shunga o'xshash programmaga o'tishni, eng yaqin tanishingiz maslahat qilsa ham o'ylab ko'ring.  Chunki dilingizga o'tirib qolgan programmada ishlagan ma'qul. Biroq tarozuning ikki pallasidek, doimo programmalardan programmalarga o'tib yursangiz, mahsuldor ishlashdan ayrilib qolasiz. Quruq konsyervativ bo'lib, bir programmaga yopishib ol-masangiz durust sanalmaydi, dunyoqarashingiz torayib, taraqqiyotdan or-qada qolish ham hech gap emas.

            6.   Klaviaturani taqillatib bosish yaramaydi. Tezda ishdan chiqishi mumkin.

            7.  Siz kompyuterga o'rganib qolasiz, kompyuter Sizga. Uni ehtiyot qilishni unutmang.

 

KOMPYUTER TANLASH

 

            Kompyuter Amerika, Yevropa yoki Yaponiyaning har bir xonadoniga kirib kelgani ko'pchillikka ma'lum. Yurtimizda ham ko'pgina fozil, zamonaviy fikrlovchi insonlarning ham kompyuterga qiziqishi ortgani sir emas.

            Uyga qanday kompyuter olsa bo'ladi .degan savol, shu yuzasidan ko'pchilikni qiynaydi.

            Eng awalo u universal bo'lgani ma'qul.

            Bunday kompyuter konfiguratsiyasini quyidagilar tashkil etgan bo'-lardi:

      - 233 Mgs chastotali «Pentium II» protsessor;

            -    operativ xotira - 32 Mb;

            -    2.5-4.5.Gb hajmidagi qattiq disk;

            -    2-4 Mb xotirali videokarta;

            15-17 dyuym o'lchamdagi monitor;

            -    AWE 32 (AWE 64) yoki shunga o'xshash ovoz platasi;

            -    CD ROM diskovod (tezligi 24x-32x)

            Komplektga yana klaviatura, sichqoncha, mikrofon, SB ovoz kolonkalari ham kirishi mumkin. Undan tashqari, o'yinlar uchun joystik (manipulator), monitor uchun himoya filtri (agar monitor sifati past bo'lsa), elektr tarmoq filtri ham sotib olinadi.

            Mazkur komplektni universal hisoblashga yetarli asos bor, chunki o'yinlardan tortib to zamonaviy dastur talablariga bemalol javob beradi.

            Ammo bu hammasi emas.

            Bosib chiqarish uchun uch turdagi printerlardan kichik hajmdagi ishlarni bosishda purkagichli printer ma'qul. U nisbatan arzon, sifati ham durust hisoblanadi.

            Agar bosish sifatiga yuqori talablar qo'yilmasa va bosib chiqar-moqchi bo'lgan fayllarning hammasi kundalik foydalanishga asqotsa, unda oddiygina matritsali printer bilan ham bemalol ish bitirish mumkin.

            Hujjatni sifatli bosib chiqarish uchun esa nisbatan qimmat lazer printeridan foydalanish lozim bo'ladi.

            Agar siz musiqaga qiziqsangiz, u holda mashg'ulotlar uchun "jad-valli sintezator" kartasi "jonli" musiqa asboblarining ilgari yozib olingan ovozlarini eshitish uchun yaxshi ovoz kartasi kerak bo'ladi. U bevosita ish vaqtida ovozlarga ishlov berishi mumkin.

            Video tasvirga tushirish bilan qiziquvchilarga kompyuterni video kirish platasi bilan to'ldirishni maslahat beriladi. Videodan tasvirlarni yoki qattiq diskka kiritib, unga ishlov beriladi, montaj qilinadi, kadrlarga yozuv yozsa bo'ladi va h.k.

            Agar siz lazer disklarida yozilgan kinofilmlarni kompyuter yor-damida ko'rmoqchi boisangiz, sizga MPEG-dekodyer nomli qo'shimcha plata kerak bo'ladi. Bugun bunday filmlar ko'p emas, biroq mu-taxassislarning fikricha, yaqin orada tasvirning yuqori sifatliligi, arzon narxi va lentalarning eskirmasligi hisobiga videomagnitafonlarni siqib chiqaradi.

 

 

8-§. MA'LUMOTLARNI ELEKTRON QAYTA ISHLASH

 

Ma'lumotlarni elektron qayta ishlash (MEQI) sistemasi 9-rasmda keltirilgan.

            Ushbu sxema ma'lumotlarni qayta ishlash umumiy sxemasi bilan juda o'xshashdir. Asosan beshta elementdan, ya'ni kirish, chiqish, operatsiyani bajarish, xotira va boshqaravdan iborat. Bunda umum-ma'lum texnikaviy vositalar to'liq ishlatiladi.

            Ma'lumotlarni elektron qayta ishlash sistemasidagi operatsiyani bajarish qurilmasi arifmetik operatsiyalar va mantiqiy o'zgarishlarni amalga oshiradi.

            Xotira sifatida magnit o'zaklardan tashkil topgan eslab qolish qurilmalari foydalanilgan.

            Boshqaruv qurilmasi operatsiyani bajarish uchun kerak bo'lgan har bir qadamni aniqlab beradigan programmaga egadir. Ma'lumotlarni elektron qayta ishlash sistemasining har bir qurilmasi sistemaning xoh-lagan qurilmasi bilan bevosita bog'langandir. Xuddi mana shu xislat sis-temani bir butun yaxlit holatda ishlash imkonini yaratadi.

            Ma'lumotlarni elektron qayta ishlash sohasining joriy etilgan eng birinchi sohalaridan bin maoshni hisoblash bo'lgan. Chunki birinchidan, bu ancha mehnat talab etiladigan ish, ikkinchidan to'lov vedomostlari (ro'yxati) ni tuzish o'ta og'ir jarayon. Birinchi qarashda oson bo'lib ko'ringan by ishni elektron sistemaga o'tkazish uncha yengil bo'lmagan.

Ma'lumki maosh (ish haqi) ni hisoblashda juda ko'p turli xil o'zgarishlarni hisobga olish talab qilinadi. Bizni qiziqtiradigan asosiy narsa, hozirgi kelajakdagi jarayonlar nuqtayi nazaridan ma'lumotlarni dastlabki bosqichda qayd qilish va uzatishga oid qurilmalar yordamida elektron qayta ishlashni yaxshilash yo'llarini topish bo'lib hisoblanadi. Mashinaga kerakli ma'lumotlarni talab etilgan shaklda tayyorlash uchun kerak talablar qanday bo'lishi kerak va shu kabi savollarga javob topish kerak. Shulardan kelib chiqib, quyidagi masalalarni aniqlash kerak bo'-ladi:

            1.   Rahbarni shunday informatsiya bilan ta'minlash kerakki, qaror qabul qilish uchun kerak bo'lgan holatni muddatdan oldin namoyon etish.

            2.   O'z vaqtida informatsiya tayyorlash, uzatish yo'li bilan xodimlar bilan bo'ladigan muloqotlarga sarflanuvchi foydali vaqt va shu tariqa korxonadagi xarajatlarni qisqartirish.

            3.   Xodimlarning ish vaqtlarini samarali boshqarish uchun vositalar yaratish.

            4.   Informatsiyani mashina sistemasidan o'tish uchun sarflanadigan vaqtni kamaytirish maqsadida kerak bo'ladigan vositalarni yaratish.

            5.   Ishga oid hamma operatsiyalarni EHM da foydalanishga yaroqli bo'lish uchun zudlik bilan tayyorlay bilish.

            6.   Mashinaga   kiritiladigan   informatsiyalarni   tayyorlashga   sarfla­nuvchi vaqtni qisqartirish.

            Ma'lumotlarni elektron qayta ishlash sistemasining kelajakdagi rivojlanishi ikki sohadagi taraqqiyotga bog'liqdir:

            1) Hisoblash texnikasini ishlab chiqarish texnologiyasiga va 2) infor-matsion hal etish sistemasining mukamallashishiga. Hozirgi zamon hi­soblash mashinalarining ishlash tezligi hayolot darajasida bo'lsa ham, bu sohadagi tadqiqotchilar fikricha, yana juda katta taraqqiyot ko'zda tutilmoqda. Agar ma'lumotlarni kirgizishda xatolikka yo'l qo'yilmasa va programmalar to'g'ri tuzilgan bo'lsa, hisoblash texnikasi juda ko'p masa­lalarni yuqori aniqlikda hal etishni ta'minlab beradi. Shubhasiz, eslab qolish qurilmalarning hajmi ko'paytiriladi va bu o'z navbatida katta miq-dordagi axborotlar massivini saqlash imkonini beradi, ma'lumotlarni markazlashtirilgan holatda qayta ishlashga imkon yaratadi.

 

IV BOBGA OID OLINGAN BILIMLARNI  CHUQURLASHTIRISH UCHUN SAVOLLAR

 

1.   Avtomatlashtirilgan tizim tushunchasi.

2.   Ma'lumotlarni qayta ishlash masalasi mazmuni.

3.   Avtomatlashtirilgan informatsion tizim.

4.   Ishga oid ma'lumotlarni qayta ishlash jarayoni.

5.   Komputerlarning yaratilish tarixi.

6.   Komputer bozorining hozirgi holati.

7.   Komputerlar qancha sinflarga bo'linadi?

8.   Komputer qanday bo'laklardan tashkil topgan?

9.   Komputerning dasturiy ta'minoti.

10. Internet haqida tushuncha.

 

Vbob.  REJALASHTIRISH VA TIZIMLI YONDASHISH (MUNOSABAT)

 

l-§.  REJALASHTIRISHNING AHAMIYATI

 

            Rahbarning hamma vazifalari bir-biri bilan bog'langan bo'lsa ham rahbarlarga har bir vazifani ma'lum bir vaqtda bajarishga to'g'ri keladi, tashkiliy faoliyatning har bir bosqichi rejalashtirishdan boshlanishi kerak.

            Rejalashtirish shunday jarayonki, bu jarayon yordamida sistema o'zi-ning resurslarini tashqi va ichki sharoit o'zgarishlariga moslaydi. Bu eng dinamik funksiya bo'lib boshqaruv faoliyatining hamma ko'rinishlari uchun poydevorlik vazifasini o'tab samarali tarzda bajarilishi kerak. Re­jalashtirish funksiyasining maqsadi korxonadagi hamma faoliyat asosi bo'lgan qaror qabul qilishning integratsiyalashgan sistemasini bunyod etishdir. Rejalashtirishga sistemali yondoshishda korxonaga qaror qabul qiluvchi bir-biri bilan bog'langan juda ko'p sistemalar majmuasi deb qaraladi.

            Rahbarlikning muhim funksiyalaridan bin bo'lgan perspektiv reja-lashtirishning ahamiyati yildan-yilga oshib bormoqda. Ishlab chiqarish-dagi holatni murakkablashib borishi va kelajakdagi noaniqlik bilan ku-rashishning vositasi sifatida rejalashtirishga bo'lgan e'tibor kuchayib bor­moqda.

            Hozirgi zamon, ya'ni bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko'r-satayotgan korxonalarda doimiy o'zgarishlar sodir bo'lib turadi. Bir narsa aniqki, yangi sharoitga moslasha bilish va yangiliklar bilan hamohang bo'lib boorish, doimiy muvaffaqiyatga erishib borish shartidir.

Texnikaning rivojlanish darajasi ham rejalashtirish ahamiyatini oshi-rib bormoqda. Hozirgi zamon texnika taraqqiyotidan orqada qolayotgan korxona, kompaniya juda tez og'ir ahvolga tushib qoladi. Bundan tash-qari ilmiy-texnika taraqqiyotining 5—10 yildagi ahvolini tasawur qila ol-maydigan korxona eng yomon holatning guvohiga aylanadi.

            Biroq korxona, kompaniyaning o'zgaruvchan tashqi muhitiga eng maqbul tarzda moslashib borishiga yordam beruvchi rejalashtirishga obyektiv shart-sharoitlar to'siq bo'lib qoladi. Hatto katta o'zgarishlarga olib keluvchi texnikaning rivojlanishi ham ma'lum bir darajada kon-syervatizmga olib kelishi mumkin. Masalan, avtomatlashtirishning joriy etilishi korxonada jiddiy qayta-qurilishlarni talab qiladi. Shu bilan birga avtomatlashtirish bo'lajak o'zgarishlarga bo'lgan qarshilikni oshib bo­rishiga olib keladi. Ko'p nomenklaturali mahsulotga ega bo'lgan kor-xonalar uchun ishlab chiqarish opreatsiyalarini avtomatik tarzda bajarili­shi mahsulot hajmi, nomenklaturasi va sifatining o'zgarishiga qarshilik qiladi. Avtomatlashtirishning umumiy sistemaga kiritadigan ta'siri uning korxona uchun muhim ahamiyat kashf etishi bilan birga samarali rejalashtirishning shart ekanligini belgilab qo'yadi. Rahbarlik amaliyo-tining o'zi rejalashtirishning amalga oshiradigan chegara va qiyinchilik-laridan xoli emas. EHM ni qo'llashning hozirgi zamon tajribasi shu narsadan dalolat berayaptiki, u boshqaruv apparati xodimlari shaxsiy qiziqishiga taalluqli bo'lsa, ular orasida qarshilik keltirib chiqarishi mum-kin. Korxona o'lchami va murakkabligi oshib borishi bilan yangiliklarni joriy etish qiyinchiliklari ko'payib boradi. Shu tariqa rahbariyat tomo-nidan korxonada yangiliklarni joriy etishning to'g'riligi va samaraliligi haqida qabul qilingan qarorlar ehtimolligi ko'payib boradi. Korxona ri­vojlanishi yo'lidagi pillapoyalarga sarflanuvchi rahbar mehnatidan reja­lashtirish qismi to'xtovsiz oshib boradi. Shuning uchun rahbar xodim istiqbolli rejalashtirish nima uchun kerakligini yaxshi bilib olishi kerak. Sistemali munosabat nuqtayiy nazaridan har bir rahbar tashkilot, korxona, kompaniyaning kelajakdagi tutgan o'rnini aniq tasawur qila olishi shart.

            Albatta, rahbar perspektiv rejalashtirishning tegishli informatsiyaga ega bo'lgan (ma'lum qaror qabul qilish uchun talab etilgan) xodimlar bi­lan birga olib borishi talab etiladi. Rejalashtirishni olib borishda sistemali munosabatni qo'llash ayrim gurah rahbarlarining imtiyozli huquqlari, ya'ni monopoliyasi bo'lishligini qat'iyan rad qiladi. Buning ustiga reja­lashtirish jarayonida keng xodimlar guruhining bevosita qatnashishi ushbu rejalar bajarilish kafolatini kuchaytiradi. Hozirgi vaqtda korxona xodimlarining malakasi to'xtovsiz oshib bormoqda, zamonaviy yangiliklar ishlab chiqarish jarayoniga jadal kirib bormoqda. Shu sharoitda rahbariyatning muhim vazifalaridan bin xodimlar bilim va tajribalarini rejalashtirish vazifalarini amalga oshirish bo'lib hisoblanadi. Rejalash­tirishga sistemali munosabat ushbu jarayon modelini olish imkonini yaratadi.

            Rahbariyat turli xil manbalardan kerakli informatsiyani olib bo'l-ganidan so'ng tashkilot, korxona, kompaniya, firma faoliyatining istiq-bolli, strategik rejasini tuzishdek javobgarli masalani hal etishga kirishishi kerak. Xuddi shu tarzda tashkilot faoliyati ko'rinishi maqsad va vazifalari aniqlanib qaror qabul qilish asoslari yaratiladi. Shunday qilib, rejalashtirishga sistemali munosabat korxonani kompleks tarzda qaror qabul qiladigan sistema deb tushinishni taqozo etadi. Yuqori bosqichdagi rejalashtirishning asosiy vazifasi quyidagilarni o'z ichiga oluvchi sis-temani loyihalashtirish bo'lib hisoblanadi:

            1.  Qaror qabul qilish va rejalashtirish  jarayonini tashkilotning turli xil bosqichlariga yo'naltirish uchun maqsad, vazifa, usul va tashkiliy o'zaro aloqalarni tanlab olish kerak.

            2.   Rejalashtirish markaziga kelib tushuvchi va undan chiquvchi informatsiya oqimini bunyod etish kerak.

            Rejalashtirishning asosi reja degan so'zdan boshlanadi. Reja maz-munan uchta momentni (davr)ni o'z ichiga oladi:

            1) kelajakka mo'ljal qilish; 2)harakat; 3) ma'lum shaxs yoki tashkilotni ko'rsatuvchi element.

            Rejalashtirish va qaror qabul qilish jarayonlari bir biridan ajral-masdir. Qaroru yoki bu ko'rinishdagi (mazmundagi) yo'lni tanlash bo'lib, reja o'rnini bosaolmaydi. Qaror (yechim) rejalashtirish jarayo-nining xohlagan bosqichida kerakdir, shuning uchun ular uzluksiz bog'-liqdir.

 

 

 

2-§. REJALASHTIRISH TIZIMINI O'ZGARTIRISH VOSITASI

 

            Rejalashtirishbu dinamik jamiyatning bir sistemasi bo'lib hisob-lanishi, korxonaning o'zgaruvchan sharoitga moslashishini ta'minlovchi asosiy vositadir. Sistemali munosabat mazmuniga muvofiq rejalashtirish jarayonini sistema o'zgartirish vositasi deb qarash mumkin. Rejalash-tirishsiz sistema vaqt bo'yicha o'zgarmas bo'lib qolib, tashqi muhit o'z-garishlariga mpslasha olmay qolgan bo'lur edi.

            Yangilikni his etish va ijodiy qobiliyatgina samarali rejalashtirish kaliti bo'lib hisoblanib, uning ahamiyati yildan-yilga oshib bormoqda. Ayrim shaxs va butkul korxonaga tegishli ijodiy faoliyatni tadqiq etishga bo'lgan qiziqish doimo o'sib bormoqda. Ijodiy qobiliyat asosan quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo'ladi: topish, ishlab chiqish, taklif etish va muammoni samarali hal yetishning yangi-yangi vositalarini joriy etish.Xuddi shu tarzdagina sistemani tashqi muhit ta'siriga moslashish belgilari ko'zga tashlanadi. Tashkilot ijodiy imkoniyatlari qator faktor (omil) larga bog'liq: tashkilot ayrim xodimlarining ishga ijodiy yondasha bilish qobiliyati, tashkilotda ijodkorlik uchun bunyod etilgan sharoit, ijodiyot shaxslari bilan tashkiliy sistemalararo o'zaro munosabat va sh.k. lar. Ijodkor shaxs ko'pincha qotib qolgan bo'lmaydi, u dunyadagi voqeliklarga nisbiylik ko'zi bilan qaraydi, moslashuvchanligi kamroq bo'lib boshqarilish sifatlariga ega bo'ladi.

            Rejalashtirishga sistemali munosabatda bo'lishda nafaqat shaxsning, korxonadagi tashkiliy bo'g'inlarning o'zaro kelishuvi ham juda mu-himdir. Ma'lumki, bikir tuzilma va byurokratik xislatlar rejalashtirishga ijodiy yondashuvga olib kelmaydi.

 

3-§.   REJALASHTIRISH-QAROR QABUL QILISH INTEGRALLASHGAN TIZIM ASOSIDIR

 

            Rejalashtirishning asosiy xizmat vazifasi tashkilot hamma bo'g'in-larida to'g'ri qaror qabul qilish uchun asos yaratishdir. Rejalashtirish informatsiyani olish, qayta ishlash, tahlil etish va uzatish bilan bog'liq bo'lishi kerak. Bu esa kelajakni belgilab beradigan operativ yechimlarning sifatini oshirishga yordam beradi.

            Rejalashtirish aslo istiqbollash emas. Istiqbollash muammosi alohida bayon etiladi.

            Rejalashtirish sistemani eng samarali darajada ushlashga yo'nal-tirilgan integrallashgan faoliyatdir. Murakkab tashkilotlarda rejalashti­rishga oid ishning ko'p qismini markaziy apparatga bo'ysingan maxsus bo'linmalar bajaradi. Korxonaning hamma boiinmalari korxona kela-jagini va buning uchun qanday xatti-harakat amalga oshirilayotganini aniq tasawur etishlari kerak. Bunday talabni amalga oshirish uchun sis­temali munosabat asosida rejalashtirish vazifalarini sinchiklab ko'rib chi­qish kerak. Rejalashtirishda bir-biriga mantiqan bog'liq bo'lgan bos-qichlar kiritilishi kerak:

            1)  kelajakdagi iqtisodiy holat va raqobatni baholash;

            2)  mavjud tashqi muhit sharoitida korxonaning maqbul tutgan o'r­nini belgilab olish;

      3)  iste'molchilar talabini tushunib etish;

            4)   korxonaning kelajagi bilan qiziquvchi guruhlar (aksiya egalari, korxona xodimlari, xom ashyo beruvchilar va sh.k. lar) talabi asosida amalga oshirish mumkin bo'lgan o'zgartishlar mazmunini aniqlash;

            5)  tashkilot xodimlari rejalashtirish jarayonida faol ishtirok etishiga yordam beruvchi axborotlar oqimini shakllantirish va aloqalar sistemasini bunyod qilish;

            6)  tashkilot faoliyatini to'g'ri yo'ldan olib borishga yordam bera-digan bosh maqsad, vazifalarni aniqlash;

            7)   umumiy   rejalarni   ayrim-ayrim   vazifalarga   aylantirib   chiqish (tadqiq etish, loyihalash va ishlab chiqish, tarqatish va sh.k.lar);

            8)  har bir ayrim yo'llanma bo'yicha resurslarning boshqarilish sis­temasini bunyod etish, uni umumiy rejaga muvofiqlashtirish ana shunday tartibda   ishni   tashkil   etish   o'z   navbatida   qaror   qabul   qilishning integrallashgan sistemasini ta'min yeta oladi.

V BOBGA OID OLINGAN BILIMLARNI  CHUQURLASHTIRISH UCHUN SAVOLLAR

 

1.   Rejalashtirish jarayonini tushuntirib bering.

2.   Rejalashtirishning asosiy vazifalarini belgilab bering.

3.   Rejaning mazmunan uchta bosqichini aytib bering.

4.   Rejalashtirishga tizimli munosabatda bo'lishning ahamiyati.

5.   Rejalashtirish bilan istiqbollashning farqi.

 

VI bob. AXBOROT VA JAMIYAT

 

l-§.  AXBOROT NIMA?

 

            Fan va texnikada ma'lum bir ilk qadam tashlash uchun tadqiq etilayotgan sohaning holati, shu sohadagi erishilgan ilmiy va texnikaviy yangiliklar, ularning qay darajadaligi haqida to'liq axborot kerak. Bu-gungi kundagi olib borilayotgan tadqiqotlar miqdori shunchalik ko'pki, tadqiqotchi bor nusxalarni o'rganib, tahlil qilib chiqishi uchun hamma ish kuni, barcha umri sarf bo'lishi mumkin. Bunday tadqiqotchida ma'lum bir ishlanmani tayyorlash uchun kuchi ham, vaqti ham qolmaydi. Shuning uchun tadqiqotchilar orasida hozirgi vaqtda biror-bir sohaning mayda-chuydasini tahlil qilib chiqishdan ko'ra shu sohada yangilik yaratish osonroq degan ibora ham bor.

            Axborotni eski usullarda qayta ishlash, qabul etish o'z samarasini yo'qota boshladi. Ishlab chiqarish muammosi bundan ham og'ir sha-roitda qola berdi. Boshqarishning xohlangan yo'li harakatning ma'lum bir variantini qabul etish, ya'ni resurslarni bo'lish, maqsadlarni belgilash (uchastka, sex, korxona bo'yicha) bilan tugallanadi. Boshqaruvchi faqat bor resurslarni bo'lish bilangina emas, balki undan foydalanishning eng maqbul variantlarini ishlab chiqishi kerak. Demak, har qanday bosh-qarish jarayoni u yoki bu harakatni bir-biriga solishtirish va tanlash bilan tugallanadi. Buning uchun boshqaruvchi (yoki uning apparati) qabul qi-linish kerak bo'lgan qarorga yoki uning sifatiga javob bera oladigan aql-zakovatga ega bo'lishi kerak. Mana shu oldindan ko'rish his-tuyg'usi yildan-yilga murakkablashib borayapti. Bunday ahvolga olib kelayotgan sabablardan biri, eng awalo, sodir bo'layotgan jarayon o'sish holatini aniq tasawur eta bilish kerak. Boshqarish obyektlari, ularning faoliyatlari shu darajada tez o'zgarib turadiki, kechagi kun qabul etilgan qaror, ertasiga to'g'ri kelmay qoladi. Hozirgi zamon taraqqiyoti, yangi ma'lu-motlar va bilimlarni paydo bo'lishi sharoitini baholash yo'lida yangi-yangi usullarni izlab topishga undaydi. Va nihoyat katta hajmda o'sib borayotgan axborot, noaniqlik darajasini oshirib borayapti.

            Sekin-asta ilmiy-texnika taraqqiyoti o'sib borishi bilan axborot jamiyat hayotida muhim rol o'ynab, mahsulot ko'rinishini ola boshladi. Ishlab chiqarilayotgan texnikaning murakkablashib borishi, mehnat unumdorligining o'sib borishi bilan axborotni bunyod etish va uni qayta ishlashga sarflanuvchi mehnat hajmi ham katta tezlikda o'sib bordi. Axborotni yangi mahsulot ishlab chiqarishda foydalanadigan darajada qayta ishlash va undan aql-zakovat bilan foydalanish darajasiga ko'tarish faoliyatida juda ko'p shaxs band bo'lib qola berdi. Bunday shaxslarga olimlar, nashriyot, qishloq xo'jaligi xodimlari kiradi. Ushbu xodimlar soni ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda juda tez o'sa boshladi. Ishlab chiqarilayotgan buyumlar, mahsulotlar murakkabligi oshib borishi bilan axborotni bunyod etuvchi, uni qayta ishlovchi xodimlar mehnati ham oshib bordi. Demak, bunday xodimlar mehnat unumdorligini oshirish jamiyat mas'uliyatiga aylana bordi.

            Agar jamiyat taraqqiyoti shu tarzda o'sib boradigan bo'lsa, aholining to'la mehnat qobiliyatiga ega bo'lgan qismi faqat axborotni qabul etish va uni qayta ishlash bilan band bo'lib qolishi tabiiy voqelikka aylana boradi. Mushkulni oson qiluvchi yagona yo'l axborot bilan ishlovchi hamma xodimlar ishidagi mehnat unumdorligini sifat jihatidan keskin ko'tarishdir. Axborotni qabul qilish, qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi xodimlar ish unumdorligi yangi buyum, mehnat unumdorligidan bir ne-cha marta yuqori bo'lishi kerak. Shunday qilib, jamiyatni ma'lum bir texnikaviy qurollanish darajasi, bosqichida uning taraqqiyoti boshqa-ruvchilar, olimlar, aloqachilar qisqasi axborotni bunyod etib uni qayta ishlovchilarning mehnat unumdorligi belgilaydigan bo'lib qoldi. Ushbu voqelik boshqarav apparatining to'xtovsiz o'sib borishida yaqqol na-moyon bo'layapti. Bunday voqelik kapitalistik tizimda ham, boshqa ti-zimda ham kuzatilib kelinmoqda. Demak, axborot bilan shug'ullanuvchi xodimlarni o'z-o'zidan ko'payib borishi jamiyat farovonligiga ijobiy ta'sir bilan tugamaydi.

            Bunday mulohaza rivojlangan mamlakatlar mudofaa qismiga ham bevosita taalluqlidir. Chunki mudofaa qudrati faqatgina ishlab chiqa­rilayotgan po'lat yoki neft, raketa va yadro qurollari hajmi bilangina emas, balki boshqaruv aniqligi, konstruksiyalar ishonchligi, buyumlar texnikaviy mukammalligi, boshqacha so'z bilan aytganda, axborot bilan band bo'lgan, shug'ullanadigan xodimlar bilan belgilanadi. Oqibat na-tijada mamlakat mudofaasini axborot bilan ta'minlovchilar malakasi ular egallagan texnika mukammalligini aniqiab beradi.

            Agar tarixga nazar tashlasak, insoniyat o'z faoliyatida boshi berk ko'chaga kirib qolganda hamma vaqt ilmiy-texnikaviy yangilikka intilgan va erishilgan muvaffaqqiyat evaziga o'z ko'chasini ochiq qilib olgan: olov paydo bo'lishidan, bug' mashinasi, yadro, atom energiyasi paydo bo'lishiga qadar biz uning guvohimiz. Axborotni qayta ishlash, boshqaruv jarayonining boshi berk ko'chaga kirib qolishi o'z navbatida tezkor elektron-hisoblash mashinalari bunyod etilishiga olib keldi.

            Jamiyatni axborotlashtirish ishlab chiqarishning yuqori darajasidagi jarayon bo'lib, axborotdan jamoat resursi sifatida foydalaniladi.

            Axborotlashtirish, bu umumdunyo jarayoni bo'lib, taraqqiy etgan mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o'sishi va milliy xavfsizligini ta'min etadi.

            Axborotlashtirish butun bir alohida jarayon va iqtisodiy taraqqi-yotning yangi, muhim omili bo'lib, yangilikni joriy etish, ishlab chi-qarishni rekonstruksiya va modernizatsiyaalashni ta'min etadigan, iqti-sodning hayotchanligini oshirib beradigan omildir. Axborotlashtirish texnologiyasisiz zamon talabiga javob beradigan, ilm-fan yutug'iga asos-langan ishlab chiqarishga o'tish, sanoat tarkibini, ilmiy tadqiqotning, loyiha va tajriba konstruktorlik ishlarning yangi ko'rinishlarini amalga oshirib bo'lmaydi.

Bugungi kunda savodli kishining faqat mashina haydash, mashin-kada chop yetish emas, kompyuterda ishlashni ham bilishi taqozo etil-moqda.

            Shaxsiy kompyuterlar imkoni cheksiz bo'lmasada, anchaginadir. Shaxsiy kompyuter telefon orqali hisoblash markazlari bilan bog'lanishi va o'z navbatida, uy bekasi yoki egasi turli xil moliyaviy, xo'jalik va ilmiy axborot olish imkoniga ega bo'ladi. Uyda o'tirib samolyot, poezdga bilet buyurishi, omonat kassaga murojaat yetishi, do'konlar bilan muloqotda bo'lishi mumkin. Agar xonadon mezboni olim, muhandis, arxitektor, shifokor, pedagog bo'lsa o'z sohalari bo'yicha kerakli axborotlarni olishlari mumkin. Shaxsiy kutubxonasi bo'lmaganlar shaxsiy kompyuter ekranida xohlagan kitob, ilmiy qo'llanma, risola, maqolani o'qishlari mumkin. Hatto uyida o'tirib davlat xizmatini amalga oshirish mumkin, bunda mehnati samarali bo'lib, ortiqcha vaqt sarf etmay, ishdan keyin uyiga transportlarda ezilib, asabi buzilib kelmasdan, sog'liq, salomatlik uchun shart-sharoit tug'iladi. Bu, ayniqsa, salomatligi uncha yaxshi bo'l-magan va ko'p bolali onalar uchun juda ham qulaydir. Bunday elektron xonadonlar kundan-kunga ko'payib bormoqda.   Shaxsiy kompyuterlarboshqaruv, u yoki bu qarorni qabul qilish jarayonida muvaffaqqiyat bilan qo'llanilmoqda. Boshqaruvning qog'ozsiz texnologiyasi ana shu tarzda yuzaga kelmoqda.

            Eslatib o'tganimizdek, boshqaravning asosini axborot tashkil etadi. Agar bir suhbatdoshimiz xulq-atvorini, xarakterini chuqur o'rganib chiqmas, tahlil etmas ekanmiz, u bilan bo'ladigan muloqotimiz muvofiq bo'lmay chiqishi mumkin.

            Qog'ozsiz texnologiya, jumladan, telemajlislar o'tkazish imkonini tug'diradi. Bunday majlis qatnashchilari o'z ish joylarida yoki uylarida o'tirib o'z oynai jahon ekranlarida paydo bo'ladigan axborotlardan foydalanib bir-birlariga savol berishlari va shu zahotiyoq qo'llanilayotgan hisoblash vositalari yordamida savollariga tegishli javobni olishlari mumkin. Hozirgi kunda selektorli aloqa yordamida majlis o'tkazish odat bo'lib qolgan. Telemajlislar mohiyati juda kattadir, chunki har bir majlis qatnashchisi har bir taklifni shu zahotiyoq tekshirib ko'rishi mumkin. Qog'ozsiz texnologiyani amalga oshirish uchun xalq xo'jaligida, idoralarda boshqarish jarayoni tubdan o'zgartirilishi kerak. Bunda mavjud boshqaruv tizimining hammasi qayta qurilishi lozim. Shundagina qog'ozsiz texnologiyadan foydalanish aytarli samara beradi. Ushbu jarayonda savodxonlikning yangi pog'onaga ko'tarilishi, ko'p miqdordagi idora xodimlarini qaytadan o'qitishga va eng muhimi, yangi tashkiliy tuzilmalarni tashkil yetishga to'g'ri keladi. Bunday tashkiliy inqilob qachon amalga oshadi, uni xudo biladi, albatta.

            Shaxsiy kompyuterlarning keng tarzda qo'llanilishi jamoatchilik hayotida katta siljish kashf etadi. Yaqin yillarda hamma chop etish, bosma ishlari, birinchi navbatda, ilmiy ma'lumotlar kompyuterga o't-kaziladi va har bir shaxsiy kompyuter egasi xohlagan ilmiy axborot bilan tanishish va undan foydalanish imkoniga ega bo'ladi.

            Xuddi shuningdek, kinofilmlar, teleko'rsatuvlar ham shaxsiy komp­yuter ixtiyoriga o'tkazilib, xohlagan odam xohlagan vaqtda xohlagan ki­no, ko'rsatuvni tamosha qila oladigan bo'ladi. Albatta, bu kabi yan-giliklar hayotda chuqur ijtimoiy o'zgarishlar sababkori bo'lib hisoblanadi.

            Respubilkamizning juda ko'p idora, tashkilot, muassasalarida komp­yuter, axborot texnologiyalarini joriy etish va bu sohada xorijiy mamlakat muassasalari bilan hamkorlik rishtalarini rivojlantirishda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

            Fransiya telekommunikatsiya universiteti bilan talabalar va professsor-o'qituvchilar hamda tajriba almashish, stajirovka o'tish, ilmiy

va amaliy natijalarni o'zaro muhokama qilish haqida shartnoma imzolanib, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) ilmiy xodimlari xizmat safariga borib kelmoqdalar.

            AQSHdagi Merlend universiteti va TATU bilan talabalar va professor-o'qituvchilar hamda tajriba almashish, stajirovka o'tish, ilmiy va amaliy natijalarni o'zaro muhokama qilish haqida shartnoma imzo-langan. Shu bilan birga shartnomada Internet va informatsion, komp­yuter texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish ham o'z o'rnini topgan. 2001-yil iyun oyida ushbu universitetning vitse-prezidenti va informatsion texnologiyasi yo'nalishi rahbari doktor Donald Reyliga TEAIning faxriy professor unvoni topshirildi.

            Bundan tashqari TATU da yana AQSHning dunyoga ma'lum "SISKO SISTEMS" kompaniyasi bilan ulardagi ilg'or informatsion tex-nologiyalar, jumladan Internet sohasidagi erishilgan yutuqlarni respub-likamizdagi mutaxassislarni qayta tayyorlash maqsadida olib kelish va targ'ibot qilish haqida hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

            Hindistondagi dasturiy ta'minot sohasida ilg'or informatsion tex-nologiyalarni o'rganish va bu sohadagi tajribalarni egallab respublikamiz idora,tashkilot va muassasalarida joriy qilish maqsadida Hindistonning O'zbekistondagi elchixonasi bilan kelishilgan shartnomaga muvofiq Hin-distonni moliyaviy ta'minoti asosida har uch oyda o'n nafar bakalavr va magistrlar uzluksiz tarzda xizmat safariga borib kelmoqdalar.

            O'zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar Agentligi doimiy tarz­da TEAIga rahnamolik qilib kelmoqda. Jumladan, Agentlik tashabbusi bilan TEAIda masofaviy o'qitish markazi tashkil etilib bugungi kunda Samarqand va Buxoro Telekomlarida ham masofaviy o'qitish markazlari tashkil etilib TEAI bilan uzviy aloqa o'rnatildi. Yaqin kelajakda res-publikamizning barcha viloyatlari telekomlarida masofaviy o'qitish mar-kazlarini tashkil etish rejasi ishlab chiqilgan. Pochta va telekommu­nikatsiyalar Agentligi elektron kutubxona tashkil etish maqsadida TEAI ga 40 dona zamonaviy kompyuterlarni taqdim etdi.

            Bundan tashqari, Pochta va telekommunikatsiyalar Agentligi TEAI qoshidagi akademik-litseyda o'quvchilarni kompyuter va informatsion texnologiyalar sohasidagi bilimlarini oshirish uchun ellikdan ortiq kompyuterlar olib berib, multimedia kompyuter sinfini tashkil etib "Inten\et"ga chiqish imkonini ham yaratib berdi.

 

 

 

2-§. AXBOROT BIZNESI NIMA?

 

            Bizni 10-15 yil oldinda nimalar kutmoqda? Rivojlangan taraqqiyotimiz shu yo'nalishda davom etadimi, yoki yangi zamonda yangicha uslublar kashf etiladimi? XXI asr boshlarida jamiyatning sanoatlashgan tizimidan axborotlashgan tizimiga o'tish jarayoni yuz beradi. Bunday jamiyatda axborot boylik yaratuvchi ishlab chiqarishning asosiy omili bo'lib qoladi.

            Axborot biznesi o'zining infrastrukturasi va yirik ko'p tarmoqli qurilish majmui bilan tadbirkorlik faoliyatining yangi bir sohasini ifodalaydi. Bir tomondan u banklar, birjalar, yaxlit tizimi infrastruktu-rasiga tegishli bo'lsa, ikkinchi tomondan biznesning mustaqil sohasi sifatida namoyon bo'ladi va butun ijtimoiy hayotimizni qamrab oladi.

            Axborot biznesi g'arb mamlakatlarida XX asrning 60—yillarida paydo bo'ldi va 70—yillarga kelib, atigi o'n yil ichida mustaqil tarmoq sifatida shakllandi. Zero axborotlashtirish sekin rivojlanadigan bosqich emas, u juda tez sur'atda î'sib boradi. G'arb mamlakatlarida hozir bu tarmoq yirik ko'p sohali majmuaga aylangan. Jahon bo'yicha axborotlar bilan ishlash texnologiyasi iste'moli 1986-yilda 1 trln. dollarni tashkil etgan bo'lsa, 1990-yilda bu ko'rsatkich 2 trln. dollarga etdi.

            Yaponiyada bandlik me'yori bo'yicha axborot ishlab chiqarish ancha ilgarilab ketdi. AQSH da barcha ishchilarning 60 foizi axborot-ishlab chiqarish sohasida bandligini yana bir bor ta'kidlab o'tish joyizdir.

            Axborot tarmog'i infrastrukturasi ustida to'xtalar ekanmiz, shuni ta'kidlab o'tish joizki, bu juda keng qamrovli bo'lib, axborot bilan bog'liq qator faoliyat turlarini o'z ichiga oladi.

Amerikalik mutaxassis olim E. Ettingyer yaqinda axborot biznesi rivojlanishining sxemasini yaratdi. Bu sxemaga ko'ra rivojlanish asosida iqtisodiyotning barcha soha tarmoqlarini kompyuterlashtirish masalasi ilgari suriladi.

            I oq L.Dzem tizimi axborot infrastrukturasini qurish va tushun-tirishda ancha qulayligi bilan ajralib turadi. U qator faoliyat turlarini o'z ichiga oluvchi sakkizta segmentdan iborat.

            1.   Mazmuniy axborot: -kinofilmlar, gazeta va jurnallar, kitob, ma'-ruza, yozuvlar, videodisklar, plyonkalar,

            2.   Yordamchi xizmatlar: -banklar, sun'iy intellekt tizimlari, .tizim-larni loyihalashtirish, dasturlash, hujjatlarni elektron uzatish, ma'lumot-

larni kiritish, bozor va biznes shartlari fadqiqotchilari, reklama agentligi, xizmatlar byurosi, birjalar.

            3.   Axborot bilan ishlash texnologiyasi: - kompyuterlar, qurilmalar, idora jihozlari, optik apparatlar, chop qilish uskunalari, hisob varaqalari, kseroks xizmati.

            4.   Integrallovchi texnologiya: - qurilmalar, shaxsiy kommutatorlar, muloqot tizimlari, raqamli ma'lumotlar.

            5.   Aloqa vositalari: - radio, televideniya, telefon, uzatish tizimi, pochta aloqasi vositalari, kommutatorlar.

            6.   Aloqa kanallari: - maxsus yetkazmalar, pochta, telegraf, telefon, xalqaro aloqa vositalari, sun'iy yo'ldoshlar axborotlari, aloqa va aloqa-ning tijorat vositalari, kabelli televidenie.

            7.   Maqsadli xizmatlar: - yangiliklar xizmati, elektron va noelektron ma'lumotlar banki  uchun  dastlabki  axborotlar,   kutubxonalar,  video-tekalar;

            8.   Statistik   indekslar:    -   ma'lumotlar   banki    egalari,    muloqot tizimlari.

            Bu segmentlar ichida axborotlar bilan ishlash texnologiyasi alohida o'rin tutadi. U o'z faoliyatida axborot biznesi rivojlanishining asosiy strategik maqsadlarini aniqlaydi. Amerikalik mutaxassis olim G. Pop-pelning fikricha, ishlab chiqarish texnologiyasi deganda ijtimoiy tur-mushning barcha sohalarida hisoblash texnikasidan foydalanish va aloqa tizimlarini tashkil etish, axborotlarni yig'ish, uzatish, saqlash va qayta ishlash tushuniladi.

            Umuman olganda, axborot mahsuloti axborotning turli xil shakli sifatida inson bilimlarining manbai hisoblanadi. R.U.Emerson axborotga "yig'ilgan faktlar va sanoqsiz aql tajribalari" deb ta'rif berishi bejiz emas. Darhaqiqat, axborot biznesining rivojlanishi jamiyatda taraqqiyot va madaniyat, ijtimoiy ong va bilim yuksalayotganidan darak beradi. Axborot mazmuni, aniqligi va dolzarbligiga qarab ijobiy yoki salbiy baholanadi.

            Axborot bilan ishlash texnologiyasi bilimlardan foydalanishda mu-him vazifani o'taydi. U kishilarning fikrlash doirasini kengaytirish, na-moyish qismi esa hordiq chiqarishni ta'minlaydi.

            Biznes olamida aqliy mehnat vakillari firmalarning ishi ilgarilab ketishini ta'minlaydigan qarorlar qabul qiladi va mahsulotlarni ishlab chiqaradi, mahsulot, xizmatlarni sotadi va sotib oladi. Amerikaliklar taj-ribasi shuni ko'rsatadiki, firmalarning ko'pchiligi axborot mahsulotiga haddan ziyod ko'p mablag' sarflaydilar.

            AQSH da aqliy mehnat xodimlari deb ataluvchi 30 million menejerlar va boshqa mutaxassislar o'z firmalariga yiliga 1 trln. dollar sarflaydilar.

 

3-§.  INSON-MASHINA-SISTEMASI (TIZIMI)

 

            Inson-mashina-muhit kompleksida o'zaro mutanosiblik muhim bo'lib qoldi. Bunday bog'liq muammolarni ishlab chiqish alohida fan darajasiga ko'tarilmoqda. Buni kibernetikaning bir tarmog'i deyish mumkin. Fan­ning ana shu eng yangi tarmog'ini "ergonika" deb atamoqdalar. Yunoncha "egros" - "inson" degan so'zdir. Bu bilan "inson-mashina-muhit" kompleksida inson mavqei birinchi o'rinda ekanligini ta'kidlash ko'zda tutilgan bo'lsa kerak.

            Mashinaga bo'lgan ergonik talablar normallashtirilmoqda, inson vujudiga ziyon yetkazmaydigan yorug'lik darajasi, harorat, namlik, shovqin, bosim, radiatsiya, titrash normalari aniq. Bu talablarni o'rganish faqat insonga zarar yetkazmaslik maqsadinigina emas, balki insonni bir maromdagi zerikarli mexanik ishlardan umuman ozod qilish, unga faqat ijodiy ish va boshqarish vazifalarinigina qoldirish maqsadini qo'yadi.

            Ergonika asosan kelajak fanidir. U endi tug'ilib insonparvarlik g'o-yalarimizga xizmat qila boshladi. Bu fanga hali ko'p mutaxassislar zarur bo'ladi. U o'zining boshqa fanlar bilan munosabatini ular o'rtasidagi o'r-nini aniq belgilab olishi ham kerak.

            Hozir "inson-mashina" muammosini hal etishda yangi davr boshlandi. Turli xil avtomat va temirtanlarning bunyod etilishi o'z vaq-tida inson imkoniyatlari haqida juda tushkun fikrlarning kelib chiqishiga sabab bo'lgan edi. Insonning boshqarish sistemasida qatnashishining o'zi ko'pcnilikni hayratga solgan edi. Yuz foyizli avtomatlashtirish juda ham yaqin va real tasawur etilgan edi. To'liq avtomatlashtirishni birdaniga amalga oshirib bo'lmasligi hammaga ham tushunarli fakt emas edi. To'­liq avtomatlashtirishga intilib insonni unuta yozish hollari ham sodir bo'ldi. Agar ayrim hollarda to'liq avtomatlashtirishga erishilgan bo'lsa ham, biroq boshqarish sistemasidan insonning chiqarib tashlanishi juda ham qimmatga tushib, sistemani bunyod etish va amalda qo'llash ishi-

ning cho'zilib ketishiga sababchi bo'ldi. Shunga o'xshash hodisalarning sodir bo'lib turishi o'z navbatida to'liq avtomatlashtirishda va boshqaruv sistemasida inson ishtirokini chuqurroq o'ylashga olib keldi.

            Hayot shu narsani ko'rsatadiki, inson voqeliklar ehtimolligini biladi va ularning taraqqiyotini oldindan belgilab bera oladi. Insondagi xotira hajmi hisoblash mashinkalarinikidan aytarli darajada ko'p bo'lib, o'z xotirasini yuqori tayyorgarlikda tuta biladi. Biroq hozirgacha insonning eng buyuk afzalliklari hali to'liq tadqiq etib chiqilmagan.

            Axborotni qayta ishlashning ko'p jarayonlari hisoblash va axborot mantiq mashinalar yordamida bajarilishi shubhasizdir. Biroq amalda (insonning u yoki bu voqelikni oldindan ko'ra bilish qobiliyati borligi tufayli bo'lsa kerak) bu hoi chalkash xulosalarga olib kelishi mumkin.

            O'ylab ishlovchi operator katta boshqaruv sistemasida markaziy o'rinni egallaydi. Uning fikricha oqibat natijada hamma sistemaning aniqlovchi zvenosi bo'lib qolayapti. Sistema qanchalik yaxshi loyhalan-gan bo'lmasin, axborotni qayta ishlovchi EHM va boshqa qurilmalar unumdorligi qanchalik yuqori bo'lmasin, voqeliklarni oldindan ko'rish, qaror qabul qilish axborot yetishmay qolgan vaqtda tadbirlarni belgilash, faqat insongagina taalluqlidir. Yaqin vaqt ichida umuman insonning hamma qobiliyatini EHM ga o'tkazish amalda mumkin emas.

 

4-§.  "YUQORIDAN" VA "QUYIDAN" KELADIGAN AXBOROTLAR

 

            Korxona rahbari tomonidan turli xil ko'rinish va mazmundagi axborot bo'lim, bo'linma hamda xodimlarga kelib tushadi. Ushbu ax­borotni uch guruhga bo'lish mumkin: birinchi guruh axborotga xodimlar ishi uchun zarur bo'lgan hamda huquqiy va shartnomalar mazmunidan kelib chiqadigan axborotlar kiradi. Ikkinchi guruh axborotga xodimlar bilishi shart bo'lgan, uchinchi guruh axborotga xodimlar xohishini aks ettiruvchi axborotlar kiradi.

            1. Har bir shaxs olishi kerak bo'lgan hujjatlarga eng awalo, ish vaqtini tashkil etishga, texnika xavfsizligiga va turli xil shartnomalarga oid nizomlar, ko'rsatmalar kiradi. Ushbu guruh axborotlariga tabiiy tarz-da asosiy ishni bajarishga oid ma'lumotlar, direktiv ko'rsatmalar va tushuntirishlar kiradi. Ushbu axborotlar yuqori mehnat unumdorligini ta'minlashga mo'ljallangan. Xodimlarga kerak bo'lgan muhim axborotlar, e'lonlar  taxtasi,   e'lonlar   orqali   ham   yetkaziladi.   Korxona,   tashki-lotlarning ko'pchilik rahbarlari kerakli axborotni doimiy xat va varaqalar orqali ham tarqatishadi. Bo'linma, bo'lim rahbarlariga korxona haqidagi ma'lumotnomalar muqovalanmagan varaqalar ko'rinishida tarqatilib ushbu axborot direktiv ma'lumotlar bilan to'ldirib boriladi. Ayrim hollarda rahbar xodimlar uchun doimiy tarzda axborot xabarlar tarqatib turiladi yoki kichik majlislar o'tkazib turiladi.

            Rahbar xodimlarga mehnatni muhofaza qilish, baxtsiz hodisalardan ogohlantirish, yangi texnologiyalar bilan ishlash uslublari, yangi quri-lishlar, ishlab chiqarishni qayta qurish va kengaytirish, korxona xodim-lariga oid alohida tadbirlar haqida axborot berib turadi.

            2.  Korxona xodimlari bevosita o'z ishlariga bog'liq bo'lmagan, ya'ni korxona faoliyatiga oid ko'rsatkichlar, uning taraqqiyot yo'llari va boshqa iqtisodiy masalalar haqidagi axborot bilan tanishib borishlari kerak. Xo­dimlar o'z korxonasining mahsulotiga, uning hajmi, sifatiga, reklamaga oid axborotlar bilan tanishib borishlari kerak.

            3.   Xodimlarning axborotga oid xohishlarini ham e'tiborga olish kerak. Albatta, ularning xohishini to'lig'ligicha bajarish mushkul ish.

            Shaxsiy hayotga oid bo'lgan axborotlar, ya'ni yubileylar, to'ylar, vafot etishga oid axborotlarga qaraganda muhim tuyuladi. Albatta, xo-dimning shaxsiy xohishlarini korxonaning kengaytirilgan majlisidagi keng munozaralarda to'laroq aniqlash imkoni bor. Yangi ishga joylashayotgan xodimlarga ortiqcha axborot berib yuborilganda ham qiyinchilik tug'-dirish ehtimoli paydo bo'ladi. Chunki beriladigan axborot ichida kishi bilmas, bajarilishi qiyin bo'lgan va'dalar ham bo'lib qoladi. Oqibatda noxush vaziyat paydo bo'lishi mumkin. Yuqoridan keladigan axborotlarni yanada aniqlashtirish uchun xodimlardan so'rov anketalarini to'ldirib turish ham foydalidir.

            Siz o'z xodimlaringizni o'z farmoyish, ko'rsatmalaringiz, ko'rgan chora-tadbirlaringizdan xushnid etganligini bilasizmi? Shunday axbo-rotlarning yetishmasligi, sizni xodimlar bilan munosabat, aloqangizning bo'shligidan dalolat bermaydimi?

            Demak, siz va xodimlar o'rtasidagi axborotni to'liq va to'g'ri ekan-ligiga ishonch hosil qilish kerak. Sabablardan biri vijdoni ðîê, fidoiy bo'lmagan maslahatchilar odobi bo'lishi mumkin. Ular rahbar xodim­larga faqat unga yoqadigan, yoqimli axborotlarni uzatib turishlari mum­kin. Bu odamlar va jamoani boshqarishdagi eng xavfli holat bo'lib, rahbar xodim o'zini xodimlardan chetlashtirib, tashqi dunyodan ajrab qoladi. Bunday vaziyatda nima sodir bo'ladi? Bir tomondan korxona rahbari uning tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qanday bajarilayotganligini bilmaydi, ikkinchi tomondan xodimlarning haqiqiy iltimoslari ko'proq yordam olish mumkin bo'lgan joyga borib tush-maydi. Shu tarzda tashqi tomondan osoyishta bo'lib tuyulgan korxona faoliyatida sekin-asta norozilik o'chog'i paydo bo'la boshlaydi. Va borib-borib arzimagan bahona bilan portlashga olib kelishi mumkin.

            Bunday holatda rahbar quyidagi ikki imkon orasida harakat qilishi kerak:

            -  paydo bo'lgan kamchiliklar yig'ilib bo'lguncha kutib, keyin qaror qabul qilish kerak;

            -  masalani hal etuvchi qaror qabul qila olmasangiz qiyinchiliklar bilan doimo kurashib borishga to'g'ri keladi.

            Biroq hech qachon paydo bo'lgan vaziyatni o'zingizcha qarama -qarshi qilib qo'ymasligingiz kerak, chunki siz g'alabadan kechikkan bo'lishingiz mumkin.

            Shunday vaziyat oldini olish uchun, albatta, ogohlantiruvchi cho-ralar, ya'ni rahbar o'zini noto'g'ri va to'liq bo'lmagan axborotlardan hi- ' moyalashi, har bir xodim bilan ochiq holda gaplasha olish yo'lini qidirishi kerak. Yana, rahbar korxonaning turli xil bo'lim, bo'linma rahbarlari jumladan kadrlar bo'limi rahbari, shifokor, qorovul, kotiba, haydovchi, kasaba uyushmasi raisi bilan yaqindan muloqotda bo'lib turishi kerak. Ayniqsa, ishdan bo'shab ketayotgan xodim bilan suhbat-lashish kerakli axborotni olishga yordam beradi.