|
|||||||||||
|
Bibliografik hizmat ko`rsatish |
||||||||||
Ma`lumotdan foydalanuvchining yagona talabiga asoslangan holda bibliografik hizmat ko`rsatish amalga oshiriladi (talab-javob tartibida). Bibliograflar ish jarayonida manzilli-bibliografik, mavzuli, faktografik ma`lumotlar yozish va bibliografik tavsiflarni aniqlashtirish uchun ma`lumotlar kabi ishlarni bajaradi. Yozma mavzuli ma`lumotlarni bajaradi, mavzuli ko`rsatgichlarni va oq`uvchining talabiga asoslanib adabiyotlar ro`yhatini yaratadi. Oyda ikki marta ikki haftada oralig`ida kutubxona olgan yangi adabiyotlar ko`rgazmasi Ma`lumotlar kuni otkaziladi. Ma`lumotlar kuni o`tkazilgandan so`ng ma`lumot qog`ozi yoziladi va barcha kafedralarga tarqatiladi. RDHK (Raxbariyatga differentsial hizmat ko`rsatish) tizimida hizmat ko`rsatish olib boriladi. Har doim "Yangi kitoblar" byuletenni tuziladi va barcha nusxalari universitetning hamma raxbariyat tarkibiga tarqatiladi. Kartotekadan ma`lumot qidirish uchun barcha gazeta va jurnallar ko`rib chiqiladi: Qonunlar; Qarorlar; Buyruqlar; Oliy maktab; O`zbekiston tarixi va madaniyati; TATU o`qituvchilari ishlari; avtoreferatlar kartotekasi; Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi; Kontutitsiya; Terrorizm xaqida; Salomatlik yili. Yuqoridagi mavzular bo`yicha kartotekalardan tashqari gazetalardan qirqimlar papkasi olib boriladi. Bayram kunlariga ko`rgazmalar, hamda o`quv jarayoniga yordam sifatida ma`lumotlar xarakteriga ega bo`lgan ko`rgazmalar uyushtiriladi. Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro`yhati tuziladi. Kitobxonlarga hizmat ko`rsatadi. Jurnallarni texnik qayta ishlash va ularni tartib bo`yicha joylash, gazetalarni tikish ishlari olib boriladi. Bo`limda: 1. Ensiklopediyalar, lug`atlar, ma`lumotnomalar, I. A. Karimovning ishlari, O`zbekiston Respublikasining qonunlari to`plami, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, gazetalar to`plami, inson xuquqlari bo`yicha adabiyotlar va O`zbekiston tarixi bo`yicha adabiyotlar, jurnallar. 2. Kartotekalar: O`zbekiston Respublikasu qonunlari, Qarorlari, Buyruqlari, I. A. Karimovning ishlari, Oliy maktab xaqida, O`zbekiston xaqida, TATU o`qituvchilari ishlari, TATU tarixi. 3. Gazetalar qirqimi papkasi: Qonunlar, Qarorlari, Buyruqlari, "O`rta Osiyo faylassuflari", "Yaxshilik va mexribonlik yili", "O`zbekistonda aloqani kengaytirish", terrorizm xaqida, ma`naviyat va ma`rifat xaqida. 4. Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro`yhati: O`zbekiston Respublikasi qonunlari, masofadan o`qitish, Psixologiya, "Yangi kitoblar" byuletteni. 5. Oyda 2 marta (30-31, 15-16) "Ma`lumotlar kuni" o`tkaziladi (2 hafta oxirida kelgan yangi kitoblar va jurnallar ko`rgazmasi).
|
|||||||||||
so`ngi yangilangan sana: 23.11.2017 |