1. Umumiy qoidalar
1.1.ARM Elektron kutubxona zallarida (keyinchalik EK) foydalanuvchilarga Internet resurslariga kirish, elektron katalogdan, ehtiyojli kitoblarning to`liq matnli omboridan, elektron jurnallarning to`liq matnli omboridan va boshqa elektron resurslardan foydalanish imkoniyatini beradi.
1.2. Ushbu “Foydalanish qoidasi” EK zaliga kiruvchilarning ishlarini, ularning xuquq, majburiyat va tartiblarga rioya qilmagan hollardagi javobgarliklarnini belgilaydi.
2. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
2.1. EK zalidan talabalarga, universitetning professor-o`qituvchilariga va xodimlariga foydalanish xuquqi berilgan.
2.2. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
- Internetning elektron resurslaridan, optik kompakt-disklar fondining elektron nashrlaridan , ARMning asosiy fondidagi nashr etilgan hujjatlar ilovasi bo`lgan elektron nashrlardan, kutubxona tomonidan kirish ta`minlangan davriy nashrning elektron nusxalaridan foydalanish;
- Universitet elektron manzillaridan @tuit.uz va @tuit.uzsci.net dan foydalanish;
- Internet tarmog`iga markazlashgan kirish imkoniyatidan foydalanish;
- Ma`lumot qidirishda yordam olish;
- Barcha o`rnatilgan dasturlar ta`minotidan foydalanish;
- Optik kompakt-disklardagi ma`lumotlardan tanlangan holda nusxa olish;
- Kerakli fayllarni qattiq diskga ismi-sharifi va sanasi yozilgan holda “Mening hujjatlarim” ("Ìîèäîêóìåíòû")ga saqlash;
- Kerakli fayllarni navbatchi kutubhonachiga murojaat qilib disketaga yozib olish;
- TATU kutubhonasi va EK zallarining ish tartibi, ishlash shartlari, turli hil kuzatiladigan tadbirlar va x.k.lar haqida ma`lumot olish;
- Kutubxona ma`muriyati vakillariga hizmat ko`rsatishga oid barcha masalalar bo`yicha takliflar, fikr-mulohazalar va shikoyatlar bilan murojaat etish.
2.3. Foydalanuvchi majburiyatlari:
- Ushbu qoidalarga va EK zallarining ish tartibiga rioya qilish;
- O`zi bilan doim kitobhonlik guvohnomasini olib yurish;
- EK zallarida tinchlikni saqlash va boshqa foydalanuvchilarga halaqit bermaslik;
- Shaxsiy kompyuterdan (Windows ÕÐ, Internet Explorer) foydalana bilish;
- Uskunalarga va optic kompakt-disklarga ehtiyotkorlik bilan foydalanish;
- EK zaliga kirish va chiqishda navbatchi kutubhonachi tomonidan hisobga olish jurnalidan ro`yhatdan o`tish;
- Navbatchi ko`rsatgan kompyuterdan foydalanish;
- Disketani virusga qarshi testdan o`tkazishga navbatchi kutubhonachiga taqdim etish;
- O`z fayllarini “Mening hujjatlarim” (“Moi dokumenti”) papkasiga saqlash (seans davomida);
- Kompyuterni faqat o`quv ishlarida foydalanish;
- Ishni tamom qilgandan so`ng dasturlarini yopib, standart amallarni qo`llagan holda o`z fayllarini o`chirib tashlash;
- Kompyuterni o`chirib tashlamaslik.
2.4. Foydalanuvchilarga ta`qiqlanadi:
- O`zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo`lgan pornografik ma`lumotlarni, zo`ravonlikka,
- Elektron manzil orqali Internetga tegishli katta xajmdagi fayllarni (ayniqsa musiqa va video);
- Tekshirilmagan manbalardan aniq saqlanmagan antivirusga dasturida tekshirilgan lokal kompyuterlarda attachmentlar (qo`shimcha fayllar) ochish;
- Katta hajmdagi ma`lumotlarni va IP manzil yoki parol orqali kirish ta`minlangan to`liq matnli ma`limotlar omboridagi elektron jurnallarning ketma-ket har bir sonlarini nusxalash;
- Turli on-line o`yinlarini o`ynash;
3. Foydalanuvchining “Elektron kutubxona zallaridan foydalanish qoidalari”ni buzganligi uchun javobgarligi
3.1. Foydalanuvchi ta`qiqlangan saytlarga kirgan holatlarda uch oy elektron kutubhonadan foydalanish huquqidan mahrum qilinadi. Qayta ushbu holat takrorlansa – muddatsiz mahrum etiladi.
3.2. “Elektron kutubxona zallaridan foydalanish qoidalari”ni buzgan, uskunalarga zarar etkazgan foydalanuvchilar O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida va “Foydalanish qoidalari”da ko`rsatilgan jinoiy, ma`muriy va moddiy javobgarlikka tortiladilar.
3.3. ARM va EK zallariga tiklab bo`lmas darajada zarar etkazgan foydalanuvchilar qaytadan yozilish huquqiga ega bol`maydigan qilib foydalanuvchilar tarkibidan chiqariladi, ko`rib chiqish uchun ular haqidagi ma`lumotni sud va prokuratura idoralariga yuboriladi.
4. EK zallarida hizmat ko`rsatish bo`yicha kutubhonaning majburiyatlari
4.1 EK zal kutubxonachilari:
- foydalanuvchilarga ushbu qoidalarda ko`rsatilgan huquqlaridan foydalanish;
- foydalanuvchilarga sifatli va madaniy hizmat ko`rsatish bilan ta`minlashlari shart .