qidiruv
rus

TATU kutubxona


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot - resurs markazi


Uyga
Axborot-resurs markazi xaqida
Hizmat ko`rsatish
Manbalar
Internet manbalariga yo`l ko`rsatish
Qo`shimcha manbalar
Umumiy ma`lumot


Àõborot resurs markazi - ARM ( 2007 yilgacha Universitet kutubxonasi) 1955 yilda tashkil etilgan. ARM fondi Moskva, Leningrad, Odessa elektrotexnika aloqa institutlari tomonidan yuborilgan ijtimoiy, fizika, matematika, va ximiya fanlari bo`yicha bir necha yuzlab kitoblardan iborat bo`lgan. Shu yilning o`zida Toshkentning kitob do`konlaridan adabiyotlarni sotib olish boshlangan. 1956 yilning 1 yanvarida kutubxona fondi 4395 nusxali kitob tashkil etar edi. 15 o`qituvchiga va 153 talabaga hizmat ko`rsatar edi.
Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan 6 mingdan ziyod kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga hizmat ko`rsatmoqda. Kitobxonlar orasida universitet talabalari, professor-o`qituvchilar tarkibi, xodimlari, aspirantlaridan tashqari boshqa oliy o`quv yurtlari talabalari va o`qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilari, telekommunikatsiya sohasidagi korxona xodimlari ham mavjud. ARM abonement tizimi orqali kitoblarni uyda, hamda qiroatxonalarda foydalanishning keng imkoniyatini yaratadi. ARM an`anaviy, ya`ni qog`ozda tashuvchi va elektron ma`lumotlardan iborat.
Kutubxona fondi bugungi kunda 351.081 ming nusxa atrofida bo`lgan kitoblar, broshyuralar, jurnallar, tashkil etadi. Fondning 61% o`quv adabiyotlar 37% - ilmiy, 2% - badiiy, qolganlari - boshqa adabiyotlar tashkil etadi. Yil mobaynida kutubxona 6 ming kitob oladi.
 Kutubxona kitobxonlar bilan turli xil ishlar va metodlar olib boradi:

  • oyda ikki marta Kafedra kunlari uyushtiriladi;
  • mavzuli kitobli-illyustrativli, hamda yangi adabiyotlar ko`rgazmalari o`tkaziladi;
  • har doim yangi kelgan adabiyotlarga byulettenlar ochiladi;
  • 1980 yildan kutubxona kafedra kunlarini o`tkazadi;
  • 1983 yildan bitiruvchilar kunlari, hozir esa bakalavriat bitiruvchilari, adabiyotlarni ochiq ko`rish, ma`lumotli sharhlar olib boriladi;
  • RDHK tizimida 10 abonementga oliy maktab muammolari bo`yicha 21 mavzuda va boshqa ma`lumotlar bilan ta`minlaydi.

Bizning kitobxonlarga: kutubxonaning kitob fondiga an`anaviy kitobxon katalogi (tizimli va alfavitli), aloqa bo`yicha maqolalarning tizimli kartotekalari, Respublikaning hozirgi hayotiga doir aktual savollar bo`yicha mavzuli kartotekalari bo`yicha keng ma`lumot apparati mavjud.
Hozirgi kunda ARM 6800 dan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatadi.
ARM ning umumiy fondi 46028 nomda 351081 nusxadan bo`lib, ulardan:

  • ilmiy adabiyotlar 26660 nom/116709 nusxa;
  • darsliklar 1542 nom/40096 nusxa;
  • o`quv qo`llanmalar 4822 nom/166532 nusxa;
  • badiiy adabiyotlar 11461 nom/17707 nusxani tashkil etadi.

davlat tilida 7032 nom/93430 nusxada
shundan:

  • ilmiy adabiyotlar  22637 nom/19114 nusxa;
  • darsliklar 528 nom/16881 nusxa;
  • o`quv qo`llanmalar 1689 nom/42640 nusxa;
  • badiiy adabiyotlar 1776 nom/5703 nusxa.

Elektron hujjatlar fondi 30088 nomda bo`lib

  • shulardan elektron darsliklar 4064
  • elektron o`quv qo`llanmalr 8003
  • elektron ilmiy adabiyotlat 16684
  • elektron xorijiy adabiyotlar 1337

 



so`ngi yangilangan sana: 11.03.2020