O’ZBEKISTON AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
GAYUBOVA KOMILA ANVAROVNA
O’ZBEK TILI
(Rus tilida tahsil oluvchi televizion texnologiyalar fakulteti maxsus sirtqi bo’limi 5350200 – Televizion texnologiyalar yo’nalishi talabalari uchun)
TOSHKENT - 2016
TATU Televizion texnologiyalari fakulteti ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan ( 2016 yil ___-son bayonnoma)
Òuzuvchi: K.A.Gayubova
Òàqrizchilar: f.f.n. G.A. Narimova
f.f.n,dots.M.X.Axmedova
Maskur qo’llanma rus tilida ta’lim oluvchi maxsus sirtqi bo’lim talabalari uchun tuzilgan bo’lib, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo’llanma semestr davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o’z ichiga qamrab olgan. Qo’llanmada turli manbalardan foydalanilganligini, matnning mazmundor , o’ziga xos qaytarilmasligi ko’zga tashlanadi. Shuningdek, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari, aloqa sohasi bilan bevosita bog’liq matnlar ham o’rin olgan.
Qo’llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo’llanmadan o’rin olgan matnlarning barchasi, bizningcha, har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan.
1-MAVZU. TIL - MA’NAVIYAT KO’ZGUSI.
O‘ZBEKISTON - YAGONA VATAN.
NUTQ TOVUSHLARI. SODDA, QO’SHMA, JUFT SO’ZLAR
ANTONIM, SINONIM, OMONIM SO’ZLAR
TIL-MA’NAVIYAT KO’ZGUSI
Har bir xalqning o‘z tili, urf-odatlari, an’analari bo‘lgani kabi, O‘zbekiston Respublikasida davlat tili hisoblanadigan — o‘zbek tili jahondagi 6912 ta tillardan biridir. E’tiborli tomoni shundaki, ushbu 6912 tildan 347 tasining har birida kamida bir million kishi gaplashadi. Bu — dunyo tillarining 5 foizini, sayyoramiz aholisining esa 94 foizini tashkil etadi.
Aksincha, tillarning qolgan 95 foizida jami aholining 6 foizi so‘zlashadi, xolos. Etnologlarning ma’lumotiga ko‘ra, Osiyoda — 2200, Afrikada — 2060, Okeaniyada — 1300, Amerikada — 1000, Yevropada esa atigi 230 ta til mavjud ekan. Qiziqarli jihati shuki, jahonda mavjud tillarning yarmida dunyodagi 8 ta mamlakat aholisi so‘zlashadi, xolos: Papua-Yangi Gvineyada — 832 ta, Indoneziyada — 731 ta, Nigeriyada — 515 ta, Hindistonda — 400 ta, Meksikada — 295 ta, Kamerunda — 286 ta, Avstraliyada — 268 ta, Braziliyada 234 ta til mavjud.
Shuni e’tiborga olish lozimki, tillarning aniq sonini hech qachon hisoblab bo‘lmaydi. Chunki bu davr shiddat bilan o‘zgaruvchan zamondir. Uning shiddati ayrim tillarning umuman yo‘qolib ketishiga olib kelmoqda. Buni shundan ham bilsa bo‘ladiki, keyingi bir necha o‘n yilliklarda 6800 dan ortiq tilning deyarli yarmi yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Bunga turli xil urushlar, urbanizatsiya, g‘arblashtirish, diskriminatsiya, kasallik, ochlik, aholining ko‘chishlari kabi ko‘plab omillar sabab bo‘lmoqda. Jumladan, Alyaskalik 83 yoshli Meri Smis (Mary Smith) “Eyak” tilida gapiradigan oxirgi inson ekanligi lingvistlar tomonidan e’tirof etilgan.
Bunda jahondagi mavjud tillarning faqat 1/3 qismigina yozuvga ega ekanini hisobga olsak, yo‘qolib borayotgan tillardan kelajakda nom-nishon ham qolmasligiga amin bo‘lamiz. Xususan, ayni paytda Afrikadagi tillarning 80 foizi o‘z orfografiyasiga ega emas.
Bugungi kunda jahonda eng ko‘p gapiriladigan tillar sifatida xitoy (13,69 foiz), ispan (5,05 foiz), ingliz (4,84 foiz), hindu (2,82 foiz), portugal (2,77 foiz), bengal (2,68 foiz), rus (2,27 foiz), yapon (1,99 foiz), nemis (1,49 foiz), tillarini sanab o‘tish mumkin.
Hozirda ommaviylashib, kundalik hayotimizga kirib borayotgan internet ham tillar rang-barangligidan iborat. Ushbu tillarning 68 foizini Yevropa tillari tashkil etsa, 32 foizi Osiyo va orta Sharq tillari hisoblanadi. Jumladan, ikki eng ko‘p qo‘llaniladigan til ham ingliz (35,2 foiz) va xitoy (13,7 foiz) tillaridir.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar jahondagi mavjud tillar xususida edi. Bevosita o‘zbek tili haqida gapiradigan bo‘lsak, bu — o‘z o‘rniga ega bo‘lgan tillardan biri sanaladi. O‘zbekiston bilan qardosh respublikalarning barchasida o‘zbek tilida gaplashuvchilar topiladi. Hozirgi kunda dunyoda o‘zbek tilida gapiruvchilarning soni 25 milliondan ortadi.
Xususan, Afg‘oniston Konstitutsiyasida pushtiy, dariy va o‘zbek tilining qonuniyligi belgilab qo‘yilgan, bu yerda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 2,5-4 mln. kishi atrofida. Tojikistonda 1,2 mln., Qirg‘iziston va Saudiya Arabistoni mamlakatlarining har birida 550-600 mingdan, Turkmaniston va Qozog‘iston davlatlarining har birida 320-330 mingdan, O‘zbekistonda esa 18 mln.dan ortiqni tashkil etadi.
O‘zbek tilining tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, uning qadimiy tillardan biri ekanini bilishimiz mumkin. O‘zbek xalqining ajdodlari qadimda xorazm, baqtriya, so‘g‘d tillarida gaplashishgan. VI asrdan esa turk hoqonligi tomonidan zabt etilgan Turkistonda mahalliy aholi oddiy va osonligi uchun turk tiliga o‘ta boshladi. Bu davrdan turli buyumlarda yozilib, bizgacha yetib kelgan O‘rxun-Enasoy yozuvlari — To‘nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon bitiklarini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, dastlabki turkiy asarlar — “Devonu lug‘otit turk”, “Qutadg‘u bilig” ham XI asrda yaratilgan.
Bu til, ayniqsa, Temuriylar davrida rivoj topdi. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur bu tilda betakror asarlar yaratdilar. Jumladan, Navoiy bu tilning fors tilidan ham boyligini o‘z asarlari orqali, shuningdek, “Muhokamatul lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) asarida isbotlab berdi. Mahmud Zamaxshariy esa XII asrdayoq “Muqaddimatul adab” asarida 6000 dan ortiq o‘zbek-turk so‘zlari bilan bog‘liq so‘zlarni sanab o‘tgan. Bu tilning rivojiga Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Turdi, Munis, Mashrab, Ogahiy ham alohida hissa qo‘shganlar.
Zamonaviy o‘zbek tilini tizimlashtirish — XX asrning avvalida boshlandi. Bu yo‘lda 1921- yilda o‘zbek tili va orfografiyasiga bag‘ishlangan o‘lka s’yezdida jadidlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi. O‘zbek tili maktablarda alohida fan sifatida o‘qitila boshlandi. Bu esa o‘zbek tili darsligining yaratilishiga asos bo‘ldi. 1919 -yilda Elbekning “Bitig yo‘llari” darsligi, so‘ngra 1921- yilda “Yozuv yo‘llari” bosilib chiqdi. 1924- yilda avvalgilarga nisbatan birmuncha mukammal bo‘lgan “O‘zbek tili darslari” kitobi Shorasul Zunnun, Munavvar qori, Qayum Ramazon tomonidan chiqarildi.
1925- yilda Abdurauf Fitrat o‘zbek tili grammatikasiga oid “Morfologiya” asarida avvalgi olimlar tomonidan qilingan ayrim xatolardan chetlashib, fonetika, morfologiya, sintaksis bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirdi.
1929- yilda o‘zbek tilining alifbosi arab yozuvidan lotin yozuviga o‘tdi. 1940 yilda esa lotin yozuvidan kirill alfavitiga o‘tildi. Shu tariqa o‘zbek tilining lug‘ati o‘z ekvivalenti bo‘lgan rus so‘zlari hisobiga “boyidi”: masalan, muallif — avtor, ziyoli — intelligent g‘oya — ideya, mafkura — ideologiya. “Eskicha” so‘zlarni qo‘llagan olimlarga nisbatan panturklar yorlig‘i yopishtirildi. Aksincha, ruscha so‘zlarni ishlatish taraqqiyot va rivojlanish omili sifatida olqishlandi. Shu bilan birga rus tiliga ajratilgan soatlar o‘zbek tiliga ajratilgan soatlarni qisqartirish hisobiga ko‘paydi.
Vaziyat faqat milliy ozodlik harakatlari davrida o‘zgarib, O‘zbekiston mustaqilligi tomon ilk bor olg‘a qadam qo‘yildi. 1989- yil 21 -oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Unutilgan o‘zbek so‘zlari tiklana boshlandi.
1993- yilda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. 1995- yil 6- mayda ushbu qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
1992- yilda qabul qilingan Konstitutsiyaning 4-moddasiga muvofiq: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadi”.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzib, o’zaro suhbatlashing.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TILI HAQIDAGI QONUNI O‘n birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1989 –yil 21- oktabrda qabul qilingan.
|
ÇÀÊÎÍ Î ÃÎÑÓÄÀÐÑÒÂÅÍÍÎÌ ßÇÛÊÅ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ Ïðèíÿò îäèííàäöàòîé ñåññèåé Îëèé Êåíãàøà Óçáåêèñòàíà îäèííàäöàòîãî ñîçûâà 21 îêòÿáðÿ 1989 ãîäà.
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n uchinchi sessiyasida 1993- yil 2 -sentabrda qabul qilingan.
|
ÇÀÊÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ Î ââåäåíèè óçáåêñêîãî àëôàâèòà îñíîâàííîãî íà ëàòèíñêîé ãðàôèêå Ïðèíÿò 2 ñåíòÿáðÿ 1993 ãîäà íà òðèíàäöàòîé ñåññèè Îëèé Êåíãàøa Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàíà äâåíàäöàòîãî ñîçûâà.
|
Topshiriq. Rus tiliga tarjima qiling.
O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1996- yil 24- avgust 12 -chaqirig‘ida 339-son qarori bilan tasdiqlangan.
DUNYODAGI TILLAR
1. Dunyodagi xalqlar 2976 tilda gaplashadilar; 200 tilning har birida 1 mln.dan ortiq, 70 tilning har birida 5 mln.dan ziyod, 13 tilning har birida 50 mln.dan ortiq kishi gaplashadi.
2. Kavkaz tog`larida joylashgan Dog`istonda 1 mln.dan ortiq xalq bo`lib, ular qirqqa yaqin tilda so`zlashadi.
3. Jahon tillari ichida nomi birgina tovushdan iborat “I” tili ham bor (Xitoyning Sichuan, Yunnan, Guyjou viloyatlarida tarqalgan).
4. Chukotka viloyatidagi eskimos (yuit) tili jahondagi barcha tillardan so`zi uzunligi bilan ajralib turadi.
5. Dunyodagi tillar tirik va o`lik tillarga bo`linadi:
a) tirik tillar – xalqlar hozir gaplashadigan tillar; o`zbek, ingliz, afg`on, qirg`iz, rus, nemis tili kabi;
b) o`lik tillar –hozir muomalada ishlatilmay qolgan tillar; lotin, polab, prut, seld, so`g`d, prus, qadimgi hind (sanskrit), qadimgi slavyan, qadimgi xorazm tillari, toxar, anatoliy tillar turkumi.
6. XI asrgacha muomalada bo`lgan qadimgi xorazm tili hind-yevropa oilasining eron tillar turkumiga mansub edi.
7. Dunyodagi tillar kelib chiqishi, lug`aviy va grammatik jihatidan yaqinligiga qarab til oilalariga bo`linadi: hind-yevropa
tillari, semit tillari, hamit tillari, ug`or-fin tillari, olmon tillari kabi.
8. Til oilalari guruhlar (turkumlar)ga bo`linadi.
9. Eng katta oila hisoblangan Hind-Yevropa oilasida 12 ta turkum bo`lib, Hind turkumida 90 tirik til va 3 o`lik til, Eron turkumida 11 tirik til va 10 o`lik til, Slavyan turkumida 11 tirik til va 4 o`lik til mavjud va hokazo.
10. Grek, alban, arman, tillari shu oilaga mansub bo`lsa-da, biror til turkumiga kiritilmaydi.
11. Ma’lum tillarning vujudga kelishi uchun manba bo`lib, o`zi aloqa vositasi sifatida ishlatilmaydigan til asos til (bobo til) deyiladi; roman tillari uchun lotin tili bobo til hisoblangan.
O`ZBEK TILI
1. Tilimizni “o`zbek tili” deb atash XIX asrning boshlarida odat bo`lgan.
2. Ungacha “turkiy”, “turkcha”, “turk tili” nomlari bilan, “sart tili”, “chig`atoy tili” atamalari bilan yuritilgan:
Bu turkcha qo`shiqlar tuzdim senga,
O`qurda unutma, duo qil menga.
(Y.X.Hojib)
Turk zuxuridur ochunda bukun,
Boshla uluq yir bila turkona un!
(H.Xorazmiy)
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
(A.Navoiy)
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
(A.Navoiy)
3. Ovro`po ilmida X-XII asrlar o`zbek tili chig`atoy tili deb yuritilgani ma’lum.
Aslida ham:
1. O`zbeklar qadimgi turkiylarning avlodlaridir.
“Turk” so`zi ilk marta Gerodot (mil.avv. 490/480-430/424) ning 9 muzalik “Tarix” kitobida turg`itoy yoki Iskit vodiysidagi yurkey (turkiy)lar nomi bilan uchraydi.
2. “Tavrot”da to`lxarma nomi bilan zikr etilgan.
3. Qadimgi Xitoy manbalarida “turk” so`zi o`rnida tik, di, tukyu qabilalarining nomi qayd qilingan.
4. Islom manbalarida Nuhning nabirasi, Yofas o`g`illaridan birining nomi Turk bo`lgan, turkiy qavmlar Turk urug`laridan ekani qayd etilgan.
5. Eron rivoyatlarida Faridunning o`g`li, Turaj yoki Tur nomi bilan bog`lanadi. “Turon” so`zi ham aslida forscha.
6. O`rxun-Enasoy obidalarida “turk” va “turuk” atamalari uchraydi.
7. “Turk” so`zi “qalpoq”, “dubulg`a”, “bo`ri”, “kuch-quvvat”, “tark etilgan”, “yetuklik chog`i”, “dengiz qirg`og`ida o`tirgan odam”, “jazb etmoq”, “tarqalmoq”, “yoyilmoq” ma’nolarini ifodalagan.
8. Turkiya atamasi jug`rofiy nom sifatida dastlab Vizantiya manbalarida uchragan.
9. VI asrda Turkiya nomi Kichik Osiyoni anglatgan.
10. IX-X asrlarda Volga bo`yidan O`rta Yevropagacha bo`lgan hududlar shu nom bilan atalgan.
11. XII asrdan Onado`li (Anatoliya) Turkiya nomini olgan.
12. O`zbek tili oltoy til oilasining (bu oilaga turkiy, mo`g`ul, tungus-manjur tillar guruhi kiradi) turkiy tillar turkumiga kiruvchi qozoq, qoraqalpoq, qirg`iz, uyg`ur, turk, ozarbayjon, turkman, tatar, chuvash, oyrot, bolqor, qorachoy, xakas, yoqut, qumuq, shor, no`g`ay, gagauz kabi 24 tildan biri hisoblanadi.
13. 1277 yilda elxoniylar turkiy tilni muhofaza qiluvchi dastlabki farmonini e’lon qilgan.
14. 1485 yilda Husayn Boyqaro turkiy tilni himoya etib maxsus farmon qabul qilgan.
15. 1989 yil 21 oktabrda “Davlat tili haqida Qonun” qabul qilindi. (1995 yil dekabrda ushbu qonunga ayrim o`zgartirishlar kiritilgan).
16. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida “O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir” deb yozib qo`yilgan.
O`zbek adabiy tili
1. O`zbek tili XI asrdan mustaqil til sifatida shakllana boshlagan; bungacha ajdodlarimiz qadimgi turkiy tilda gaplashganlar.
2. XIV asrda umumxalq o`zbek adabiy tili vujudga kelgan.
3. Umumxalq o`zbek tili adabiy til va noadabiy qatlam (sheva, oddiy nutq, vulgarizm, jargonlar va boshqalar) dan iborat.
4. Adabiy til umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan va ma’lum me’yorga solingan shaklidir.
5. Adabiy tilda nutq tovushlarini talaffuz qilish, so`z ishlatish, grammatik shakllardan foydalanish ma’lum qoidalar va me’yorlar asosida bo`ladi, ya’ni adabiy til umumxalq tildan fonetik (jo`l – yo`l), leksik (g`ashir – sabzi) va morfologik (boropti – boryapti) jihatdan farq qiladi.
6. Adabiy tilning shakllanishida qarluq lahjasi asos, Toshkent, Farg`ona shevasi tayanch bo`lgan (Toshkent shevasi leksik va fonetik, Farg`ona shevasi morfologik belgilari bilan).
7. Adabiy tilning asosiy talaffuz bazasi Farg`ona shevasidir.
8. Adabiy tilning og`zaki (TV, radio va og`zaki ijod asarlari tili) va yozma (kitoblar, gazeta va jurnallar tili) shakllari mavjud.
9. Adabiy tilning taraqqiyot bosqichlari:
a) Eng qadimgi turkiy adabiy til (Lo`mbitena, O`rxun-Enasoy yodgorliklari tili);
b) Qadimgi turkiy til (Y.X.Hojib, A.Yugnakiy asarlari, M.Qoshg`ariyning “Devonu lug`atit turk” asaridagi adabiy matnlar tili);
v) Eski turkiy til (Xorazmiy, Atoiy, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy asarlari tili);
d) Hozirgi o`zbek adabiy tili.
10. O`zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiydir.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyo iqtisodiy hududining markaziy qismida, Amudaryo bilan Sirdaryo singari ulkan daryolar oralig‘ida joylashgan. Respublika hududining uzunligi g‘arbdan sharqqa qadar 1425 kilometr, shimoldan janubga qadar 930 kilometrdir. O’zbekiston o’z hududining kattaligi jihatidan Yevropadagi Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shvetsariya, Avstriya davlatlarini birgalikda olganda ulardan kattalik qiladi.
Respublika shimoliy-sharqda Qozog’iston, sharqda va janubiy-sharqda Qirg’iziston hamda Tojikiston, garbda Turkmaniston va janubda Afg‘oniston bilan chegaradosh.
O‘zbekiston Respublikasida tekislik va tog‘li relyef o‘ziga xos ravishda qo‘shilib ketgan. Tekisliklar (asosan Qizilqum sahrosi) janubiy-g‘arbiy va shimoliy–g‘arbiy qismida joylashgan.Tog‘lar va tog‘ yonbag‘rlari respublika hududining taxminan uchdan bir qismini egallagan bo‘lib, sharq va janubiy-sharqda joylashgan.O‘zbekistonning tog‘li qismi G‘arbiy Tyan-Shan va Hisor-Oloy tog‘ tizimlariga kiradi.O‘zbekiston tog‘larining eng baland cho‘qqisi-4643 metrdir.
O‘zbekiston – quyoshli respublika. Bu yerda bir yilda quyoshli kunlar hududning shimoliy qismida 2700-2980 soat, janubiy qismida 2800-3130 soatga yetadi.Qiyoslash uchun G‘arbiy Yevropa davlatlarida O‘rta Osiyodagi darajaning 70-80 foizini tashkil etishini eslatib o‘tish kifoya. Shu jihatdan olib qaraganda AQSH g‘arbiy tumanlarining janubiy qismida joylashgan Kaliforniya shtatigina O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston bilan raqobat qila olishi mumkin.
Topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini gapirib bering.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG’I
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan 7 -sessiyasida 1991- yil 18 -noyabr kuni tasdiqlangan.
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy – madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan osmon va obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
2. Bayroqdagi oq rang muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritgichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg‘uborlik, soflik, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsolidir.
3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
4. Qizil chiziqlar vujudimizdagi jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlari, ya’ni qon tomirlaridir.
5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.
6. Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan izohlanadi. Davlat bayrog‘imizdagi o‘n ikki yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog’ida saodatga intilishining ramzi sifatida tushunish lozim.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT GERBI
O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992 yil 2 iyul kuni tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda o‘ng tomonida bug‘doy boshoqlari, chap tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iborat. Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug’ ramzidir. Gerb markazida himmat, oliyjanoblik va fidoiylik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo’lidagi orzu umidlarini ifodalaydi. Gerbning pastki qismidagi Respublika Davlat bayrog‘ini ifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga “O‘zbekiston” so‘zi bitilgan.
“Gerb” so‘zining tarixi haqida qisqacha ma’lumot:
“Gerb” so‘zi nemischa “erbo” so‘zidan olingan bo‘lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan – naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho‘zilgan ulkan sarhadda hukm surgan qadimgi Turk xoni O‘g‘uzxon davrida ham turkcha “tamg‘a” so’zi aynan shu ma’noni bildirar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashididdin Hamadoniy “Tanlangan tarixlar” nomli kitobida shahodat berishicha, O‘g‘uzxon o‘z mol-mulkini o‘g’illariga ulus sifatida kichik davlatlarga, in’om etgan. Ushbu davlatlar hukmdorlari ham o’zlarining xonlik tamg‘alariga ega edi. Ko‘rinib turibdiki, “tamg‘a” so‘zining ma’nosi nemischa “erbo” so‘zining ma’nosiga to‘la mos keladi.
O`ZBEGIM
À.Îripov
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.
So‘ylasin Afrosiyobu
So‘ylasin O’rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim.
Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zluk,
Balki Tarxon, o‘zbegim.
Ma’rifatning shu’lasiga
Talpinib zulmataro,
Ko‘zlaringda oqdi tunlar
Kavkabiston, o‘zbegim.
Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon tokiga ilk -
Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.
Mir Alisher na’rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shohu sulton, o‘zbegim.
Ilmu she’rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O’z eli deb chekdi g‘urbat,
Zoru nolon, o‘zbegim.
Mirzo Bobur - sen, fig‘oning
Soldi olam uzra o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.
She’riyatning gulshanida
So‘ldi mahzun Nodira,
Siymu tanni yuvdi ko‘zyosh,
Ko‘mdi armon, o‘zbegim.
Yig‘ladi furqatda Furqat
Ham muqimliqda Muqimiy,
Nolishingdan Hindu Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim.
Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki birbor chekkan ohing
Mingta doston, o‘zbegim.
O’zbegim
deb keng jahonga
Ne uchun
madh etmayin!
O’zligim
bilmoqqa davrim
Berdi
imkon, o‘zbegim.
Men
buyuk yurt î‘g‘lidurman,
Men bashar
farzandiman,
Lek avval
senga bo‘lsam
Sodiq
o‘g‘lon, o‘zbegim.
Menga
Pushkin bir jahonu
Menga
Bayron bir jahon,
Lek
Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi
osmon, o‘zbegim.
Qayga
bormay boshda do‘ppim,
G’oz
yurarman, gerdayib,
Olam uzra
nomi ketgan
O’zbekiston,
o‘zbegim.
Bu
qasidam senga, xalqim,
Oq sut u
tuz hurmati,
Erkin
o‘g‘lingman, qabul et,
O’zbegim,
jon o‘zbegim.
Topshiriq. She’rni o’qing, asosiy g’oyasini aytib bering. She’rni ifodali oqing va yod oling.
FONETIKA
Nutq a’zolari va nutq tovushlari
1. Faqat insonga xos bo`lgan tovushlar nutq tovushlari hisoblanib, ularni hosil qilishda nutq a’zolari – til, lablar, tovush paychalari, pastki jag`, kichik til (faol) va o`pka, kekirdak, tishlar, og`iz bo`shlig`i, yuqori jag` (nofaol) ishtirok etadi.
2. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra nutq tovushlari unlilar (o`pkadan chiqayotgan havo og`iz bo`shlig`ida hech qanday to`siqqa uchramaganligi uchun faqat un (ovoz)dan iborat bo`ladi) va undoshlar (o`pkadan chiqayotgan havo og`iz bo`shlig`ida to`siqqa uchrab shovqin hosil qilgani uchun faqat shovqin yoki shovqin va ovozdan iborat bo`ladi)ga bo`linadi.
Unli tovushlar
1. O`zbek tilida 6 ta unli tovush bor: a, i, u, o`, e, o.
2. Ular:
a) til oldi, lablanmagan: a (quyi keng), e (o`rta keng), i (yuqori tor);
b) til orqa, lablangan: o (quyi keng), o` (o`rta keng), u (yuqori tor).
3. a, i, u unlilari qisqa, o, e, o` unlilari cho`ziq unlilar hisoblanadi.
Undosh tovushlar
1. O`zbek tilida 25 ta undosh tovush bo`lib, 23 harf bilan ifodalanadi.
2. Paydo bo`lish o`rniga ko`ra lab (lab-lab: b, p, m va lab-tish: v, f), til (til oldi: d, t, z, s, j, l, n, r, ch, sh; til o`rta: y; yaqin til orqa: k, g, ng; chuqur til orqa: q, g`, x)
va bo`g`iz (h) undoshlariga bo`linadi.
3. Paydo bo`lish usuliga ko`ra portlovchilar (b, p, d, t, g, k, q, m, n, ng), sirg`aluvchilar (z, s, j, sh, v, f, r, l, y, x, h) va qorishiq (ch) undoshlarga ajraladi.
4. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra jarangli (tovush paychalari tarang tortilsa) va jarangsiz (tovush paychalari tarang tortilmasa) undoshlarga ajraladi:
jarangli undoshlar: b, v, z, d, g, j, g`, r, l, m, n, ng;
jarangsiz undoshlar: p, f, s, t, k, ch, sh, q, x, h.
5. Izoh: 8 ta jarangli-jarangsiz juftlik mavjud; r, l, m, n, ng undoshlari yolg`iz jarangli hisoblanib, sonorlar deyiladi; x, h yolg`iz jarangsizlardir; 14 ta jarangli 12 ta harf bilan, 11 ta jarangsiz 11 ta harf bilan ifodalanadi; f, j undoshlari faqat o`zlashma so`zlarda uchraydi.
Unli va undoshlarning qo`shaloq qo`llanishi
1. a, i, u, o unlilari so`z o`rtasida qo`shaloq qo`llanishi mumkin: taajjub, badiiy, shuur, istehzoomuz.
2. a, o unlilari so`z oxirida qo`shaloq qo`llanishi mumkin: mutolaa, Vaterloo.
3. Deyarli barcha undoshlar so`z o`rtasida qo`shaloq qo`llanadi: shox-shabba, avval, so`nggi, modda, mijja, izza, yakka, million, hamma, minnat, yoppa, arra, muassasa, bitta, G`affor, achchiq, boqqa.
4. Ayrim undoshlar so`z oxirida qo`shaloq kela oladi: kongress, gramm, metall.
5. Unli va undoshlar so`z boshida qo`shaloq qo`llanmaydi.
Izoh: g, z, l, v, ng undosh tovushlari sof o`zbekcha so`zlarda so`z boshida deyarli uchramaydi; g undoshi sof o`zbekcha so`zlarda so`z oxirida uchramaydi.
Unli va undoshlarning so`z yasovchi vazifasida kelishi
1. a, i unli tovushlari ot, fe’l, sifat, ravish yasovchi qo`shimchalar vazifasida kela oladi: sharshara, guldira, to`la, o`ta, qishloqi, boyi, tinchi, changi.
2. y, k, l, m, r, s, t, ch, q undosh tovushlari ot, sifat, fe’l yasovchi qo`shimchalar vazifasida keladi: qoray, istak, tugal, bog`lam, qaram, guldiros, to`lat, sevinch, jirkanch, quvnoq, taroq.
Unli va undoshlarning so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar vazifasida kelishi
1. i unlisi egalik qo`shimchasining III shaxs birlik va ko`plik shakli uchun umumiy qo`shimcha bo`lib kelishi mumkin: uning kitobi, ularning uylari.
2. a unlisi jo`nalish kelishigining o`g`iz lahjasi va poetik nutqdagi qisqargan shakli bo`lib kelishi mumkin: bolama o`xshaydi.
3. i unlisi tushum kelishigining poetik nutqdagi qisqargan shakli bo`lib kelishi mumkin: Tutmangiz holimni hargiz baxti qaro deb axtaring (Muqimiy).
4. n undoshi qaratqich va tushum kelishiklarining poetik nutqdagi qisqargan shakli bo`lib kelishi mumkin: Yer kurrasin boshin tang`idek (R.Parfi).
5. k undoshi shaxs-son qo`shimchasining I shaxs ko`plik shakli bo`lib kelishi mumkin: bordik, borsak.
6. m undoshi egalik va shaxs-son qo`shimchasi vazifasida kelishi mumkin: onam, keldim, yursam.
Unli va undoshlarning shakl yasovchi qo`shimchalar vazifasida kelishi
1. a unli tovushi ravishdoshlarning holat shaklini hosil qilib, qo`shma fe’l va ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi qismlarini bog`lashga (ola keling, yiqila yozdim), takroriy va juft ravishdosh hosil qilishga (yura-yura, ura-sura), hozirgi-kelasi zamon fe’lini shakllantirishga (yozaman) xizmat qiladi.
2. y, b undoshi ham ravishdoshning holat shaklini hosil qilib, takroriy ravishdosh yasashga (o`qiy-o`qiy, o`qib-o`qib), qo`shma fe’l qismlarini (so`rab kel) va ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasida ko`makchi fe’lni yetakchi fe’lga bog`lashga (o`qiy boshladi, so`rab bormoq), hozirgi-kelasi zamon (o`qiydi) va o`tgan zamon fe’llarini (o`qibdi, achib edi) shakllantirishga, ergash gapni bosh gapga bog`lashga (Chiroqlar charaqlab, atrof yorishdi; Hech vaqt o`tmay, Gulnora ko`rindi) xizmat qiladi.
3. v, sh undoshlari, avvalo, harakat nomini yasaydi (to`lov, saylov, o`qish, yashash), sh undoshi fe’lning birgalik nisbatini (ishlashdi) va shaxsi noma’lum gapning kesimini shakllantirishga (Marg`ilonda yosh bolalarni ham sizlashadi) xizmat qiladi.
4. l, n, t undoshlaridan fe’lning o`zlik (tarqaldi, tashlandi), majhul (so`raldi, tozalangan) va orttirma (o`qit, so`rat) nisbati shakllari yasaladi.
5. r titroq undoshi fe’lning sifatdosh (o`ynar gap), kelasi zamon gumon fe’li (ko`zlar) va o`tgan zamon davom fe’li (so`rar edi)ni hosil qiladi.
Unli tovushlarning so`z turkumida kelishi
1. a, i, u, o`, e, o unlilari undov so`z vazifasida kela oladi: Men ham boraman, a? I-i, yiqilib ketaman. O, umr o`tdi ketdi, oqar suvday… E, qo`ying-e! O`, juda ajoyib-ku!
2. u unlisi juft so`z orasida, biriktiruv va zidlov bog`lovchili bog`langan qo`shma gaplar orasida bog`lovchi vazifasida keladi: gulu lola; Boshqalarni bilmadim-u, Kulala ikkovimizga qiyin bo`ldi.
3. a, u unlilari yuklama o`rnida kela oladi: Voy, biram chiroyli gul ekan-a! Uchrashay dedim-u vaqtim bo`lmadi.
So`zlarning tovush tarkibi
1. So`zlar jarangli va jarangsiz undoshlar hamda unlilardan tarkib topishi mumkin: idrokim, to`plamlarga, gulchilik, mehnatsevar, irim-sirim.
2. Tub so`zlar faqat jarangli undoshlar va unli tovushlardan tarkib topishi mumkin: bolalar, gul, ozod.
3. Yasama so`zlar jarangli undoshlar va unlilardan tarkib topishi mumkin: jimjimador, yig`indi, aylana, gilamdo`z, gulzor.
4. Tub so`zlar faqat jarangsiz undoshlar va unlilardan tuzilishi mumkin: paxta, qoshiq, o`qish, ishtaha.
5. Yasama so`zlar faqat jarangsiz undoshlar va unlilardan tarkib topishi mumkin: qochoq, teshik, issiq, achchiq, tepki, to`siq, ochiq-sochiq.
6. Yopiq bo`g`inlardan biri jarangli undoshlar va unlilardan iborat bo`lishi mumkin: sunbul, gulchilik, gullamoq, bosvoldi.
7. Yopiq bo`g`inlardan biri lab undoshlaridan va unlidan iborat bo`lishi mumkin: mavsum, mafkura, bo`mba.
Izoh: Yopiq bo`g`inlar faqat til oldi, faqat til orqa undoshlardan ham tarkib topishi mumkin: asal, chetdagi, qo`rqoq.
Tovush o`zgarishlari
1. So`zlar talaffuz qilinganda va yozilganda tovush o`zgarmasligi yoki o`zgarishi mumkin: mevalar, avlod, meni, achchiq.
2. Tovush o`zgarishlarining tovush almashinishi, tovush tushishi va tovush orttirilishi kabi turlari mavjud: sanog`im, shahring, issiq, unga.
3. Tovush o`zgarishlari so`zning o`zagida (yozsin, sana), qo`shimchada (ketdi, yutum), bir vaqtda har ikkalasida (kitobday, boqqa, toqqa) yoki o`zak va qo`shimcha o`rtasida (unga, shuncha, bunday) yuz berishi mumkin.
4. Bu o`zgarishlar morfologik va fonetik yozuvlar asosida yoziladi.
Morfologik yozuvda yoziladigan tovush o`zgarishlari
1. Og`zaki nutqda yuz beradigan deyarli barcha tovush o`zgarishlari morfologik yozuvda yoziladi.
2. Morfologik yozuv bir xillikni ta’minlovchi prinsip bo`lib, bunda muayyan so`z talaffuz qilinganicha emas, aslicha yoziladi:
a) oldingi tovush keyingi tovushni o`ziga moslashtiradi (progressiv assimilyatsiya): ket+di – ketti, ot+dan – ottan (qo`shimchada o`zgarish);
b) keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qilib, uni o`ziga moslashtiradi (regressiv assimilyatsiya): yigit+cha – yigichcha, yoz+sin – yossin (o`zakda o`zgarish);
v) ikki o`xshash tovush bir joyda yoki bir so`zda kelganda ulardan biri noo`xshash tovushga aylanishi mumkin: zarar – zaral, birorta – bironta (progressiv dissimilyatsiya); malol – marol, ittifoq – intifoq (regressiv dissimilyatsiya);
g) yonma-yon kelgan undosh tovushlarning o`rin almashishi (metateza): yomgir – yog`mir, tuproq – turpoq, aylanmoq – aynalmoq, yamlamoq – yalmamoq;
d) so`z boshida bir unlining ortishi (proteza): ro`mol – o`ro`mol, rais – o`rais;
e) so`z o`rtasida i, u unlisining ortishi (epenteza): fikr – fikir, hukm – hokum;
j) so`z o`rtasida urg`usiz bo`g`inda keng unlining tor unli kabi talaffuz qilinishi (sinkopa): direktor – direktr, generator – generatr;
z) so`z oxirida tovush tushishi (anakona): do`st – do`s, g`isht – g`ish, gazeta – gazet;
i) so`z o`rtasida bir unlining kuchsizlanib tushib qolishi va ikkinchisining cho`zib aytilishi (sinerezis): soat – so:t, saodat – so:dat;
k) tor unlining kuchsizlanib talaffuz qilinishi (reduksiya): til, bilak, pishiq;
Izoh: unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so`zning qo`shilishi natijasida unli tovushlardan biri tushib qolishi mumkin va bular fonetik yozuv asosida yoziladi:
a) birinchi unlining tushishi: yoza oladi – yozoladi, bora oladi – boroladi;
b) ikkinchi unlining tushishi: borar ekan – borarkan, qaytar emish – qaytarmish;
v) Abdujalil – Abjal, olib kel – opke kabilar murakkablashgan eliziya bo`lib, morfologik qoidaga binoan yoziladi.
Fonetik yozuvda yoziladigan tovush o`zgarishlari
1. Fonetik yozuv qoidasi yozma nutqda yuz beradigan tovush o`zgarishlarining shu o`zgarish bo`yicha yozilishini nazarda tutadi.
2. Ushbu hollarda o`zakda tovush almashadi:
a) k, q undoshlari bilan tugagan so`zlarga egalik qo`shimchalari qo`shilsa g, g` bilan almashadi: bilagim, teragi, keragi, tovog`imiz, to`pig`ingiz, yog`imda.
Izoh: ammo idrok, ishtirok, xalq, xulq, ufq, suq, o`q, haq, ittifoq so`zlarida o`zakda tovush almashmaydi;
b) son, ot, yosh, ong kabi so`zlardan –a, -la qo`shimchalari orqali fe’l yasalganda o tovushi a bilan almashadi: sana, ata, yasha, angla;
v) yormoq fe’li o`zagidan ot yasalganda o tovushi a bilan almashadi: yara;
g) quvnamoq, chanqamoq, tarqamoq, porlamoq kabi fe’llar o`zagidan sifat yasalganda a unlisi o bilan almashadi: quvnoq, chanqoq, tarqoq, porloq;
d) so`ramoq, sanamoq, bo`yamoq, taramoq kabi fe’l o`zagidan ot yasalganda a unlisi o bilan almashadi: so`roq, sanoq, bo`yoq, taroq;
e) sovimoq fe’li o`zagidan ot yasalganda i unlisi u bilan almashadi: sovuq;
j) harakat nomi – v shakli orqali hosil qilinganda a unlisi o bilan almashadi: saylov, qatnov, to`lov;
z) harakat nomi – v shakli bilan hosil qilinganda i unlisi u bilan almashadi: o`quv, to`quv;
i) bir so`zidan dona son yasalganda r undoshi t bilan almashadi: bitta.
3. Ushbu hollarda o`zakda tovush tushadi:
a) a, i, u qisqa unlilari ikkinchi bo`g`inida bo`lgan so`zlarga egalik qo`shimchalari qo`shilganda shu unlilar tushadi: shahrim, bo`g`zing, o`rning, qo`yni, qorni, og`zingiz, singlim, ko`ngli, bag`rimiz, zahri, yarmimiz, egni;
b men, sen kishilik olmoshlariga qaratqich va tushum kelishigi qo`shimchalari qo`shilsa, o`zakdagi bir undoshi tushiriladi: mening, sening, meni,seni;
v) men, sen kishilik olmoshlariga otdagi xoslik qo`shimchasi qo`shilganda ham bir n tushirib yoziladi: meniki, seniki;
g) o`yin, qiyin so`zlaridan –a qo`shimchasi bilan fe’l yasalganda i unlisi tushadi: o`yna, qiyna;
d) past, sust sifatlaridan –ay qo`shimchasi bilan fe’l yasalganda t undoshi tushib qoladi: pasay, susay;
e) ayir, qayir fe’llaridan –il qo`shimchasi bilan o`zlik nisbati hosil qilinganda i unlisi tushib qoladi: ayril, qayril;
j) ikki, olti, yetti sonlaridan jamlovchi son hosil qilinganda i unlisi tushadi: ikkovlon, oltovi, yettala.
4. Ushbu hollarda o`zakda tovush ortadi: isimoq, sasimoq, achimoq fe’llaridan –iq qo`shimchasi bilan sifat yasalganda o`zakda tovush ikkilanadi (ortadi): issiq, sassiq, achchiq.
5. Ushbu hollarda o`zak bilan qo`shimcha orasida tovush ortadi:
a) u, bu, shu, o`sha, mana shu, ana bu, ana o`sha olmoshlariga jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishigi qo`shimchalari qo`shilganda bir n undoshi orttiriladi: unga, bunda, shundan, o`shanga, mana shunda, ana bunga, ana o`shanda;
b) -cha, -day qo`shimchalari bilan shu, bu, o`sha, u olmoshlaridan ravish yasalganda bir n tovushi orttiriladi: shuncha, bunday, o`shancha, uncha.
Izoh: bir so`zda ikki xil tovush o`zgarishi ham uchrashi mumkin: sarg`ish, sarg`imtir, buyrug`I (tovush tushgan va almashgan).
Tovush o`zgarishiga uchrab, fonetik yozuvda yoziladigan qo`shimchalar
1. Aksariyat qo`shimchalar morfologik yozuvda yoziladi.
2. Ot va fe’ldagi ayrim qo`shimchalar esa tovush o`zgarishiga uchragani bois fonetik yozuvda yoziladi:
a) jo`nalish kelishigi qo`shimchasi: -ga>-ka, -qa: bilakka, kurakka, butoqqa, quloqqa;
b) sifatdoshning ayrim qo`shimchalari: -gan>-kan, -qan: tukkan, boqqan;
v) ravishdoshning ayrim qo`shimchalari: -gach>-kach, -qach: cho`kkach, chiqqach; -guncha>-kuncha, quncha: tukkuncha, boqquncha; -gani>-kani, -qani: to`kkani, boqqani;
g) orttirma nisbatning ba’zi qo`shimchalari: -dir>-tir: keltir, choptir; -giz>-kiz, -qiz: o`tkiz, yotqiz; -gaz>-kaz, -qaz: o`tkaz, tutqaz;
d) –im, -ik, -iq qo`shimchalari so`z yasovchi vazifasida kelganda: uyum, tuzuk, yuluq;
e) predmetning o`rin yoki vaqtga ko`ra belgisini bildiradigan sifat yasovchi qo`shimchalar: -gi>-ki, -qi: ichki, tashqi;
j) hozirgi zamon shaklidagi –di qo`shimchasi: boryapti, kulyapti;
z) ot yasovchi –indi>-undi: yuvundi, kuyundi;
i) buyruq maylining II shaxs birlik shakli: -gin>-kin, -qin.
1-mashq. Quyidagi so’zlarni o’zbek tiliga tarjima qiling va ular ishtirokida gap tuzing.
Ïîãîäà, îõîòà, ãîëîñ, çâóê, åäà, ñòîëîâàÿ, ïèùà.
2-mashq. Nuqtalar o’rniga x, h undoshlaridan mosini qo’yib, maqollarni ko’chiring.
1. ...alq ishi-...aq ish. 2. Odamning ...usni me...natda. 3. Ish ishta...a ochar. 4. ...alol ish-lazzatli yemish. 5. ...azina g’oyibdan emas, me...natdan. 6. Suvsiz ...ayot, me...natsiz ro...at bo’lmas. 7. Me...nat ba...t keltirar.
3-mashq. Quyidagi so’zlarni rus tiliga tarjima qiling va ular ishtirokida so’z birikmalari tuzing.
Ot, tom, moy, son, don, bosh, osh, joy, kon, lola, mol, mohir, nok, non.
4-mashq. Nuqtalar o’rniga kerakli bo’g’inlarni qo’ying, so’ngra yozing.
Namuna: olmazor.
Ol...zor, me...zor, pax...kor, yax...lak, Chi...zor,o’…chi, o’qi…chi, ta…ba, te…fon, me…ni…tor.
5-mashq. Nuqtalar o’rniga zarur harflarni qo’yib, so’z birikmalarini ko’chirib yozing.
Shara...li burch, rangli meta..., mamlakat bo’yla... sa..ar, ulkan za...ar, aniq re...a, samimiy tasha...ur, beqaror sh...mol, z...vqli ...ayot, be...oyda ur...nish, shonli sa...ifa, istiro...at bog’i, qimmatb...ho mu…fot, aloqa texnik...mi.
6-mashq. So’zlarni o’zbek tiliga tarjima qiling va ular ishtirokida to’rtta gap tuzing.
Èãðàòü, ïðîõîäèòü, ÷åòûðå, äåñÿòü, ëåñ, ðàñòåíèå, ïðàâûé, ñïðîñèòü, òîâàðèù.
Til fanining bo`limlari va atamalari
1. Fonetikada nutq tovushlari o`rganiladi: fonema, tovush: unli, undosh, jarangli, jarangsiz; bo`g`in, urg`u va h.k.
2. Morfemikada o`zak va qo`shimcha-
lar o`rganiladi: morfema, o`zak, negiz, affiks (qo`shimcha) va h.k.
3. So`z yasalishida so`z yasash usullari o`rganiladi: tub so`z, yasama so`z, sodda so`z, qo`shma so`z, juft so`z, takroriy so`z va h.k.
4. Leksikologiyada so`z va uning ma’nosi o`rganiladi: o`z ma’no, ko`chma ma’no, metonimiya, sinekdoxa, sinonim, arxaizm va h.k.
5. Frazeologiyada iboralar o`rganiladi: turg`un birikma.
6. Leksikografiyada lug`at va uning turlari, tuzilishi o`rganiladi.
7. Grafikada yozuv o`rganiladi: harf, alifbo.
8. Orfografiyada imlo, to`gri yozish qoidalari o`rganiladi.
9. Orfoepiyada og`zaki talaffuz qoidalari o`rganiladi.
10. Etimologiyada so`zlarning kelib chiqishi o`rganiladi.
11. Uslubiyatda nutq uslubi, tilda so`zlarning ishlatilishi o`rganiladi: so`zlashuv, publitsistik, rasmiy, ilmiy, badiiy uslub.
12. Punktuatsiyada tinish belgilari o`rganiladi.
13. Grammatika:
a) Morfologiyada so`z turkumlari o`rganiladi: otlanish, turlanish, tuslanish, zamon, mayl, holat ravishi, yuklama va h.k.
b) Sintaksisda so`z birikmasi va gap qurilishi o`rganiladi: ergash so`z, bosh so`z, olti birikma, atov gap, sodda gap, qo`shma gap va h.k.
So`z tarkibi
1. So`zlar tuzilishiga ko`ra quyidagi shakllarga ega:
a) sodda – bir o`zakli tub (ko`kimtir) va yasa-
ma (uya+li) so`zlar;
b) qo`shma – kamida ikki o`zakli (bir) so`z: otquloq, hech qachon, olib kel, bir oz, biryo`la;
v) juft – ikki har xil so`zning juftlashishidan hosil bo`lgan (bir) so`z: el-yurt, ola-bula, alang-jalang;
g) takroriy – bir o`zakning takroridan hosil bo`lgan (bir) so`z: bir-bir, es-es, oh-oh, taraq-taraq, non-pon, don-dun, irim-sirim kabi takroriy so`zlar ham mavjud;
d) qisqartma – otga xos qisqartmalar: AQSH, O`zMU, O`ztelekom.
2. Ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi – shaklan qo`shma fe’lga o`xshash, biroq ikkinchi qismi mustaqil ma’no bildirilmaydigan (bir) so`z; yetakchi fe’l sodda va qo`shma bo`lishi mumkin; sanab boq, aytib tur, olib kelib ber, o`qib berib tura qol.
So`z yasalishi
1. So`z yasash qanday usul bilan bo`lsa-da, yangi so`z hosil qilish demakdir: yumsho+q, hozir+javob, ko`z-ko`z+la, gul+be+or, sog`+salomat, olib+kel, tasdiq+qilmoq.
2. So`z yasash turlari (usullari):
a) morfologik usul – o`zak-negizga so`z yasovchi qo`shimcha qo`shib, yangi so`z hosil qilish; 4 ta so`z turkumi (ot, fe’l, sifat, ravish) shu usul bilan yasaladi: ot (ish+la), olmosh (sen+sira), sifat (yaxshi+lik), fe’l (sez+gi), ravish (ko`p+ay), son (bir+lash), undov (dod+la), taqlid so`z (g`ijj+ak), modal so`z (bor+liq) so`z yasalishiga asos bo`ladi;
Izoh: olmosh, son va yordamchi so`zlar bu usulda yasalmaydi.
b) sintaktik usul – qo`shma va juft so`zlarni yasash usuli:
- qo`shma so`z barcha mustaqil so`z turkumlarida mavjud:
- qo`shma ot: aniqlovchi+aniqlanmish (bilakuzuk, so`zboshi, oqqush, uchburchak), ega+kesim (Bektemir), hol+kesim (bosvoldi, olibsotar, beshsotar), to`ldiruvchi+kesim (otboqar, muz yorar), kesim(gap)+undalma(urto`qmoq, yoriltosh).
- qo`shma sifat: ot+ot (mehmondo`st, shifobaxsh, bug`doy rang), sifat+ot (sofdil, qo`shtig`), ot+sifat (yoqavayron), ot+ar qo`shimchali fe’l (mehnatsevar), ot+aro (xalqaro).
Shuning dek: ega+kesim (bosh yalang), aniqlovchi +aniqlanmish (mayda gap), to’diruvchi+kesim (tinchlik sevar), xol+kesim (ertabitar).
-murakkab son: bir yuz o`n besh, bir yarim, bir kam qirq.
-qo`shma olmoshlar: ana shu (ko’rsatish), har kim (belgilash), hech kim(bo’lishsizlik).
-qo`shma fe’llar: fe’l bo`lmagan so`zning fe’l bilan birikishidan (qaror qil, qayd et, yod ol, oh ur, milt-milt qil) va ikki fe’lning birikishi (olib chiq, borib kel, tortib ol, ola kel, tortib chiq) dan hosil bo`ladi.
-qo`shma ravish: bir, oz so`zi bilan (bir muncha, oz muncha, bir varakay, bir yo`la, bir oz, bir zum); alla so’zi bilan (allavaqt, allanechuk, allaqachon); har, hech so`zi bilan (har vaqt, hech zamon, hech qasir), aniqlovchi-aniqlanmish (hamma vaqt, o`tgan kun(i), o`sha zahoti, bu yoqdan).
-Juft so`zlar mustaqil so`zlardan tashqari,undov va taqlid so`zlarda ham bo`lsa-da, faqat mustaqil so`zlardagina yasama hisoblanadi:
-juft ot: sinonim otlar (hamdu sano, sog`-salomat, huzur-halovat), sinonim bo’lmagan otlar (soya-salqin, gap-so`z ), antonim otlar (yeru kok, er-xotin), ikkinchi qismi mustaqil qo’llanilmaydigan otlar (kiyim-kechak, qand-qurs), ikkala qismi mustaqil ma’noga ega bo’lmagan otlar (g`ala g`ovur);
-juft sifatlar: sinonim sifatlar (ola-chinor, qing`ir-qiyshiq), ma’nosi yaqin sifatlar (och-yalong`och, ochiq-sochiq),antonim sifatlar (past-baland, oq-qora), ikkinchi qismi mustaqil qo’llanmaydigan sifatlar(ola-bula, qo`pol-so`pol), ikkala qismi mustaqil qo’llanmaydigan sifatlar (poyintar-soyintar);
-juft sonlar: bir-ikki, uch-to’rt, o`n-o`nbesh, yigirma-o`ttiz kabilar chama son hosil qiladi;
-juft olmoshlar: teng bo’langan ikki olmosh: u-bu, sen-men, siz-biz;
-juft fe’l: yetakchi fe’l bilan ko’makchi fe’l bir xil shakilda juft fe’lni hosil qiladi; aytdi-qo`ydi, o`tdi-ketdi, ura-sura (yasama emas);
-juft ravish: sinonimlardan (asta-sekin, ochiq-oydin, uzil-kesil), antonimlardan (qishin-yozin, ostin-ustin, ochin-to`lin, erta-kech).
Izoh: ot (kundan-kunga), sifat (chaqqon-chaqqon), olmosh (o’z-o’zidan), ravish (tez-tez), sen (birdan-bir)va fe’l (to’xtab-to’xtab )ni takrorlash orqali ham ravish yasash mumkin.
v) semantik usul- so’zi boshqa ma’noda qo’llash yoki so’zning bir turkumdan ikkinchisiga ko’chishi:
-ba’zi sifatlar sifat o’rnida kela oladi: boy, asir, kasal, keksa, dangasa, oshna, usta;
-ba’zi otlar leksik ma’noda ishlatiladi: oylik (o`ttiz kunlik), oylik (maosh);
-sifatdosh sifatga ko`chadi : kelishgan (yigit), kelajak (zamon);
-fe’llar juftlashib ot hosil qiladi: bordi-keldi, qo’ydi-chiqdi, oldi-berdi, ur-yiqit;
-fe’llar juftlashib sifat hosil qiladi: kuydi-pishdi;
-fe’llar juftlashib ravish hosil qiladi: uzul-kesil;
-sifatdosh takrorlanib ravish yasaydi: bilinar-bilinmas;
-modal so`z juftlashib ot hosil qiladi: bor-yo`g`im;
-ravishlar juftashib ot hosil qiladi: kam-ko’st;
-sifatlar juftlashib ot hosil qiladi: oq-qora;
-fe’llar takrorlanganda ot yasaladi: dedi-dedi.
g) sintaktik-leksik usul-so`z birikmasi, gap ixcham gap+undalmani bir so’zga aylanashi:
-bitishuv: kaltafahm , sofdil, bosvoldi, beshotar;
-moslashuv: bilakuzuk, tog`olcha;
-boshqaruv: ot boqar, muzyorar, tinchliksevar;
-ega-kesim: bosh yalang, Soykeldi;
-ixcham gap-undalma : urto’qmoq, yoriltosh
d) fonetik usul-tovush tushirib yoki orttirib so’z yasash: she’r-sher, sa’va-sava, siyla-sila, zirak-ziyrak;
e) abbreviatsiya usuli; so`zlarni qisqartirib so`z yasash: BMT, ToshMI, Uztelekom.
Qo’shma so’zlarning yozilishi
1. Mazkur tuzilishdagi qo`shma so’zlar qo`shib yoziladi:
a) bir tushunchani bildirgan va bir bosh urg’u bilan aytiladigan qo’shma so’zlar:belbog’, asalari,sheryurak;
b)Xush, kam, ham, umum, bop, noma, sifat, rang, baxsh, nima kabi so’zlar
yordamida yasalgan qo’shma so’zlar: xushxabar, kamhosil, hamfikr, talabnoma;
v) birpas, biryo’la, birvarakay, qayvaqt kabi ravishlar;
g) keyingi qismi turdosh ot yoki obod so’zi bilan ifodalangan geografik nomlar:
Amudaryo, Kosonsoy, Yangiqo’rg’on, Bekobod.
2. Quyidagi tuzilishdagi qo’shma so’zlar ajratib yoziladi:
a) birinchi qism sifat, ikkinchisi atoqli ot bo’lgan geografik nomlar: Kichik Osiyo, Markaziy Amerika;
b) har, hech, hamma, ayrim, qay, bir so’zli qo’shma ravishlar va olmoshlar: har kun,hamma vaqt, qay kuni, bir oz, har kim, hech kim, har bir.
Chiziqcha bilan yozilgan juft va takror so’zlar
1. Quyidagi so’zlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi:
Juft va takror so’zlar: asta-sekin, qop-qop;
Juft so’zlar –u (-yu) bog’lovchisi bilan qo’llansa kirill yozuvida oldingi so’zga qo’shib yoziladi (ertayu kech); lotin yozuvida birinchi so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: kun-u tun, ona-yu bola;
–ma, ba-, -dan yordamida birikkan so’z qisimlari chiziqcha bilan yoziladi: yuzma-yuz, rang-barang, ko`pdan ko`p.
Bosh harf bilan yoziladigan so'zlar
1.Quyidagi so’zlar bosh harf bilan yoziladi:
a)atoqli otlar (kishi ismlari, taxallus, joy nomlari v.b.) Abror , Fitrat, Mirrix, Oy;
b) davlat, uning oily tashkilotlari, oily mansablar, xalqaro tashkilot nomlari: O’zbekiston Respublikasi, Oliy Majlis Raisi, Jahon Tinchlik Kengashi;
g) oliy mukofot nomlaridagi har bir so’z: O’zbekiston Qahramoni, Oltin Yulduz;
d) boshqa mukofot nishonlaridagi birinchi so’z: <<Shuhrat>> ordeni;
e) muhim tarixiy sana, bayram nomlari: Mustaqillik kuni, Navro’z bayrami, Ramazon hayiti;
y) qisqartma otlar: BMT, AQSH.
Ts undoshining lotin alifbosidagi shakllari
1. So’z boshida va oxirida kelsa, s yoziladi: sirk, soy, abzas;
2. So’z o’rtasida unlidan so’ng kelsa, ts yoziladi; aviatsiya, militsiya, konstitutsiya, deklaratsiya;
3. So’z o’rtasida undoshdan so’ng kelsa s yoziladi: aksiya, unsiya. 1-mashq. Ajratilgan so’zlarning tuzilishiga ko’ra turini ayting.
1.Men maktabdosh do’stlarimning shirin-shirin suhbatlarini ko’p sog’inaman. 2.Haqiqiy inson o’z ota-onasini hurmat qiladi.3. Muzyorar kema juda baland, o’n ikki qavatli uydek keladi. 4. Bizning uyimiz temir yo’l yaqinida joylashgan . 5. Kolesnikov bilan Sohibov o’qishga Yangiyo’l tumanidan kelishdi. 6. Mirzacho’l yildan yilga gullab – yashnamoqda. 7. Qoraqamishda yangi binolar qad rostlamoqda.
2-mashq. So’zlarni ko’chiring va qo’shma so’zlarning tagiga chizing.Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Yangiyo’l, poliz, anor, Navoiy, Angren, Sharof Rashidov, anjir, toshko’mir, Nurota.
3-mashq. Quyidagi sodda so’zlardan juft so’zlar yasang.
Ota past
Katta kichik
Baland yomon
Oq chaqa
Yaxshi qora
bola ona
4-mashq. Quyidagi sodda, qo’shma va juft so’zlar ishtirokida 6 gap tuzing.
Savat – savat, paxtazor, sinfdosh, yeryong’oq, mehmondo’st, to’q qizil, qo’l qo’ymoq, sotib olmoq, bir yuz sakson, bola – chaqa, kundan kunga.
LEKSIKA
Ko’p ma’noli so’zlar
1.Tildagi barcha so`zlar shu tilning leksikasini tashkil qiladi.
2. So`zlar bir ma’noli (manosemantik) va ko’p ma’noli (polisemantik) bo`ladi: ravish, chumchuq, ko’z, qalin.
3. Ko`p ma’noli so`z bosh (o’z) va yasama (ko`chma) ma’noli bo`ladi:
a) o’z ma’no – so’zning nutqdan tashqaridagi ma’nosi: ko’z ko’rish a’zosi;
b) ko’chma ma’no – so’zning nutqdagi boshqa so’zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi:derazaning ko`zi, buloqning ko`zi.
4. Ko`p ma’nolilik otda (ko’z, lab, bosh, o’choq, girdob, maktab), fe’lda (kesdi, uzdi, cho’zdi, tindirdi), sifatda (yengil, og’ir, tiniq), ravishda (tong, erta, kech), sonda (bir) uchraydi.
5. Ko`p ma’noli so`z omonim so`zga o`xshash, biroq omonim bir shaklga ega bir necha so’z bo’lsa, ko’p ma’nolilik bir so’zning turli ma’nolari hisoblanadi.
6.Ko’p ma’nolilik turli ma’no ko’chishiga olib keladi:
a) metafora- o`xshashlik asosida ma’no ko’chishi: O`choq og`zi, piyola labi, maktab biqini, dutorning qulog’i, hovli etagi, xazon bo’lmoq, hayot zangi; Xushro’y Zaynabni so’z bilan chaqib oldi.
b) Metonimiya – aloqadorlik asosida ma’no ko’chishini; birining nomi ikkinchisiga ko’chishi : Fuzuliyni o’qimoq, samovarga chiqmoq, o’nga kirmoq; Osmonga tikilar million juft ko’z. Zal oyoqqa turdi; Qo’qonga boraman.
v) sinekdoxa – butunni atab qismni, qismni atab butunni anglash: Tirnoqqa zor. O’n qo’l-o’n hunar.Yong’oq ekdim, oq soqol.Kechgacha tuz totmadi.
g) vazifadoshlik- vazifaning ko’chishi: o’q (naykon), o’q (natron).
So’zlarning shakl va ma’nosiga ko`ra turlanishi(sinonimlik, omonimlik, antonimlik, paronimlik).
1. Sinonimlar – ma’nodosh so’zlar bo’lib, bir qator birliklar sinonimlikka ega: a) leksik sinonimlar-so’zlar sinonimligi: to’liq
(vatan – yurt- o`lka) va ma’noviy (ho’l – nam- shalabbo) sinonimlariga bo`linadi;
b) grammatik sinonimlar – qo’shimchalar (aqlli – boaqil, boriyati – boryotir - bormoqda) hamda ko’makchilar (kabi, singari; shular kabi – shular qatori) sinonimligi;
v) frazeologik sinonimlar – iboralar (og’zi qulog`ida, boshi osmonda ) sinonimligi;
g) sintaktik sinonimlar – so’z birikmalari (kuzgi shamol, kuz shamoli ) hamda gaplar (Xat yozdi. Xat yozildi.)sinonimligi;
d) uslubiy sinonimlar turli uslublardagi sinonimlik: keldi – tashrif buyurdi.
1. Sinonimlarning ketma-ket qo’yilishi sinonimlik qator deyiladi: nomusli, iboli, hayoli, andishali, uyatchan.
2.Sinonim qatorda asosiy so`z birinchi turadi, u adabiy tilga xos bo’ladi, ko`p ishlatiladi, uslubiy bo’yog’i bo’maydi: odamkishi- inson bashar.
3. Sinonimlik qatordagi so`zlar miqdori:
a) ikki so`zdan: keksa, qari;
b) uch so`zdan : chora, iloj, tadbir;
v) to`rt so`zdan: uyalmoq, iymanmoq, tortinmoq, orlanmoq;
g) besh so`zdan: tayyor, muhayyo, shay, taxt, hozir;
d) olti so`zdan: ovoz, tovush, un, sado, sas, bong;
e) yetti so`zdan: qiziq, g`alati, ajoyib, alomat, antiqa, ajab, ajib;
y) sakkiz so`zdan: ozgina, nicha, sal, hiyol, jindak, qitday, abdak, jichcha.
Izoh: so`zlar miqdori bundan ham ko`p bo`lishi mumkin.
4. Turkumlarda sinonimlik: otlarda (sabr, toqat, chidam, to`zim), fe’llarda (xayrlashmoq, xo`shlashmoq, vidolashmoq), sifatlarda (katta, ulug`, buyuk, azim, ulkan, gigant), ravishlarda (hech, aslo, asti, sira, zinhor, mutlaqo, butunlay), sonlarda : (bitta, yakka, yagona), oloshlarda (u, bu, shu, o’sha, mazkur, o’shala), bog`lovchilarda (va, ham, hamda, -u, -yu,; ammo, lekin, biroq, -u, -yu), ko`makchilarda (doir, asosan, muvofiq, binoan), yuklamalarda (-gina, faqat, faqatgina, yolg`iz), modal so`zlarda (kerak, zarur, darkor; bor, mavjud), undovlarda (voy, dod; salom, assalom, assalomu alaykum), taqlidlarda (qars, qurs, qirs; lim-lim, limmolim).
5. Sinonimlik, faqat bir so`z turkumi doirasida bo`ladi: so`ng-keyin (ravish).
6. Bir so`z bir sinonim qatorda ishlatiladi.
7. Ko`p ma’noli so`z bir necha sinonim qatorda qatnashishi mumkin: o`rin-joy, o`rin-lavozim.
8. Sinonimlikning paydo bo`lishi: tub so`z va tub so`z (osh-taom), tub va yasama so`z (savol-so`roq), yasama va yasama so`z (serpul-puldor), olinma va olinma so`z (ko`k osmon), o`zakdosh so`zlar (chopqir-chopag`on).
9. Shartli sinonimlik ham mavjud: ish-hodisa (bu ish –bu hodisa).
II. Omonimlik- bir xil shaklga ega bir necha so`z: tom (ot), tom (fe’l), tom (tom ma’no sifat):
1.Leksik omonimlar – so`zlar shakldoshligi: quymoq (ot), quymoq (fe’l), burun (ot), burun (ravish), erish (harakat nomi), erish (nomunosib), asar (iz), asar (badiiy asar);
2. Frazeologik omonimlar – iboralar shakldoshligi: qo`l ko`tarmoq (tasdiqlamoq), qo`l ko`tarmoq (urmoq), qo`l ko`tarmoq (taslim bo`lmoq);
3. Grammatik omonimlar – qo`shimcha shakldoshligi: -la (ishla), -la (quvla), -la (biz-la).
4. Omonimlikning yuzaga kelishi:
a) so`zlar doirasida: tut, til, qorin, qo`yni, oshiq, hovliqma, qovoq;
b) qo`shimchalar doirasida: -m, -in, -k, -q, -ma, -lar, -im, -ik, -cha, -il, -siz, -ng, -qa, -loq, -gi, -indi, -dan, -larcha, -lab: chayqa, boqqa; ekin, to`kin, keyin; onam, keldim, xo`plam, qaram;
v) iboralar doirasida: boshga ko`tarmoq, ko`z yummoq, qo`l qo`ymoq;
g) tasviriy ifodalar doirasida: ilm o`chog`i, qora oltin, asr vabosi, aql gimnastikasi, fazo lochini;
d) so`z birikmalari doirasida: un chiqarmoq, yaxshi ot;
e) gap doirasida: Ot qoqiladi, Salim gap bermadi.
5. Omonimlikning turkumlararo munosabati:
a) bir turkum doirasida: son, rasm, qovoq, bog`, so`z, to`y (ot va fe’lda);
b) ikki turkum ichida: tut, sol, ol, tur, soch, qur, qo`r, terma;
v) uch turkum doirasida: tom, hur, tik, oshiq.
6. Omonimlik bir so`z turkumi doirasida bo`lsa, grammatik shakllar qo`shilsa ham, omonimlik saqlanadi: tortdim (sudradim), tortdim (o`lchadim), siri (davlat siri), siri (idish siri).
7. Omonimlik bir necha so`z turkumi doirasida bo`lsa grammatik shakllar qo`shilsa, omonimlik yo`qoladi: kuy (ot: kuyni), kuy (fe’l: kuyundi).
8. O`t, ot kabi so`zlarda qo`shimcha qo`shilgach, omonimlik qisman yo`qoladi, ya’ni o`t so`zi mays, olov, tan’azosi ma’nosida saqlanadi, lekin fe’l ma’nosida yo`qotadi.
III. Antonimlik- so`z, ibora, qo`shimcha ma’nosidagi zidlik:
1. Leksik antonimlar – so`z ma’nolaridagi zidlik: oq-qora;
2. Frazeologik antonimlar – iboralar ma’nosidagi zidlik: og`zi qulog`ida – qovog`i soliq;
3. Grammatik antonimlar- qo`shimchalar ma’nosidagi zidlik: aqlli-aqlsiz.
4. Bir so`z sinonim qatoridagi har bir so`z bilan alohida antonim juftlik hosil qila oladi: hafa-shod, hafa-xursand, hafa-hurram.
5. Shartli antonimlik ham bor: tez (jahli tez)- og`ir (bosiq).
Izoh: son, olmosh, yordamchi so`zlarda antonimlik yo`q.
IV. Paronimli – yozilishi va ma’nosi har xil, aytilishi yaqin so`zlar kerakli so`z orniga paronimni yozish uslubi va orfografik xatoga olib keladi: nufuz-nufus, ta’rif-tarif, ravon-rovon, kuyindi-kuyundi, tahlid-taqlid, qayd-qayt, ta’b-tab, otalik-otaliq, xayol-xiyol, qism-qisim, tanbur-tambur, bo`shliq-boshliq, bot-bod, raso-rosa, taxir-taqir, borlik-borliq, yod-yot, halos-xolos, ta’na-tana, quyildi-quyuldi, yetti-yetdi, kompaniya-kampaniya, dara-darra, tursun-tursin, urish-urush, hosiyat-xosiyat, singan-singgan, tahqir-taqir, oriq-ariq, tuzsiz-tussiz, asil-asl, ya’ni-yani, adl-adil, chinni-chini, izn-izm.
Izoh: 3,20,40,70,100 sonlari omonim, 7,10,50,90 sonlari paronimlarga ega.
O’zbek tilining lug`at tarkibi
1. O`z qatlam – tildagi barcha turkiy so`zlar: ko`k, ko`klam,
yog`och, qo`l, oyoq, bir, ikki, bor, kel, yaxshi, to`g`ri, yulduz, bulut, chechak, bug`doy, oltin, kumush, bolta, qancha, o`tir, kel, ber.
2. O`zlashgan qatlam – chetdan kirgan (olinma, o`zlashma) so`zlar:
a) arabcha: kasb, san’at, imorat, asbob, ovqat, g`alla, ayol, xola, rais, jasur, bino, xalq, qism, ijod, jamiyat, daraja, davlat, faoliyat, g`alaba, hodisa, harakat, ehtiyoj, iqlim, maxsus, mas’uliyat, qalam, qaror;
b) tojikcha: g`ijjak, chiroq, gilam, paypoq, charm, reja, zina, bazm, rubob, bahor, gul, chora, janjal, darvoza, devor, farzand, guruh, maydon, poytaxt, savdo, shudgor, taxt;
v) ruscha: parta, ruchka,lampochka, bufet, samovar, yashik, stol, shkaf;
g) lotincha: nota, metall, kanal, radio, refleks;
d) grek (yunon)cha: grammatika, talant, poema, metr, neft;
e) nemischa: raketa, front, shaxta, karta;
y) inglizcha: miting, chempion, avtobus, futbol, tank;
j) fransuzcha: palto, vergul, bank, marsh, kompaniya;
Izoh: o`zlashgan qatlamga oid, so`zlar, shakliy yozuv qoidasi bo`yicha yoziladi.
1-mashq. Berilgan so‘zlarning sinonimlarini toping.
Do‘st, ozod, ko‘rkam, toza, gapirmoq, kulmoq, xursand, shamol.
2-mashq. Antonimlarni topib ko‘chiring.Yana qanday antonimlar ishtirok etgan maqollarni bilasiz.
1.Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’l. 2. U goh kulib, goh yig‘lab bo‘lgan voqeani aytib berdi. 3. Yaõshi topib gapiradi, yomon qopib. 4. Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar.
3-mashq. Berilgan omonim so’zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Bosh, yuz, qo‘l, qo’y, soch, kul.
4-mashq. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning sinonimlarini yozing.
Nega shuncha go’zal ko’rinar olam?
Nega qarab to’ymas ko’zlarim?
Nega jo’sh uradi, ko’piradi qon?
Nega misday qizir yuzlarim?
Nega hayajonda tuyg’ular, hislar?
Nega lablarimda kezar tabassum?
Hayot go’zal, hayot maroqli,
Shuning uchun erka ko’nglim shod.
5-mashq. O’qing sinonimik qatordagi bosh so’zni topib, bu so’zlarning ma’nosidagi farqlarni aytib bering.
Uzoq, olis, yiroq; shabada, shamol, yel, sabo; faxrlanmoq, g’ururlanmoq, mag’rurlanmoq; yurak, qalb, dil, ko’ngil; jo’ra, og’ayni, birodar, oshna, do’st.
2-MAVZU. MILLIY QADRIYATLAR E’ZOZI.
SO’Z TURKUMLARI. YORDAMCHI SO’ZLAR
O’ZBEK UDUMLARI
Har bir xalqning o’ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo’ladi. Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak, bir-biriga o’xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko’ramiz.
Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayot faoliyatidagi muhim o’zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqealar bilan bog’liq bo’lib, ular ibrat orqali tarbiyalash vazifasini bajaradi.
Marosimlarda milliy ruhdagi bo’lgani kabi diniy urf-odatlar va rasm-rusumlar ham o‘z ifodasini topadi.
Bularga:
· To’y marosimlari – beshik to’y, sunnat to’yi, muchal to’yi, nikoh to’yi va hovli to’yi;
· Sayillar – lola sayli, qovun sayli va mehrjon (xosil) bayrami;
· Yig’inlar (tomosha, tug’ilgan kunni nishonlash) yigit bazmi, qiz bazmi (majlisi), kelin salom. Uloq, poyga, kurash, turli bellashuv – musobaqalar;
· Ziyoratga borish, safarga chiqish;
· Hayitlar – Ramazon hayiti va Qurbon hayiti (umra va Xajga borish, kutib olish tantanalari);
· Hashar, obodonlashtirish tadbirlari;
· Aza, ma’raka marosimlari kiradi.
Bunday davralar va yig’inlarning tarbiyaviy ahamiyati juda yuksak bo’lgani sababli asrlar osha o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Etnografiya (etno-ethno-elat va grafiya- yozaman) xalqlar, etnik birliklarning turlari hisoblanadi.
Ularning kelib chiqishi (etnogenez) turmushi, tarixiy – madaniy munosabatlarni o’rganadigan ijtimoiy fandir.
Xalq urf-odatlari haqida gap ketganda rusiyzabon insonlar, ayniqsa, talaba yoshlarning tasavvurida “kelin salom” namoyon bo’ladi. Chunki uzoq yillar davomida yaqin qo’shnichilik munosabatlarida yashagan xalqlarimiz to’y va to’ydan keyingi rasm-rusumlarning bevosita ishtirokchisiga aylanganlar.
O’zbek to’ylari tahlil qilinganda, beshik, sunnat va nikoh to’yi bilan bog’lanib ketgan marosimlar shunchalik ko’pki, sanab tugatib bo’lmaydi.
Shu sababli ham biz ularning ba’zilariga to’xtalamiz:
· Eshik (hovli) tozaladi qarindosh- urug’lar to’y bo’lib o’tadigan hovli - joyni tozalab, to’y o’tadigan joy- sahn tayyorlaydilar.
· Qozon qurdi- to’ydan bir kun oldin osh pishiriladigan qozon- o’choq tayyorlab qo’yiladi.
· Tandir qurdi-bu ibora to’y boshlanishidan darak berib, ko’pchilik ishtirokida to’yga somsa va non pishirish uchun tandir quriladi.
· Sabzi to’g’rar-to’yda katta dosh qozonlarda pishiriladigan palov oshning asosiy masalliqlaridan biri bo’lgan sabzini asosan erkaklar to’grab qo’yadilar. To’yga atab so’yilgan qo’yning kalla- pochasi pishirilib, o’tganlarning ruhiga duoi- fotiha qilinadi.
· Uy ko’rdi-fotiha qilingandan so’ng, kelinning oilasidagilar kelib kuyovning uy- joyi va yashash sharoiti bilan tanishib ketadilar.
· Mol yoyar- kelinning yangalari kelib kelin- kuyovga atalgan uy (yoki xesha) ni parda, mebel va boshqa jihozlar bilan yasatib ketadilar.
· Sochqi sochish-yangi tug’ilgan go’dak, askarlikdan qaytgan o’gil hamda kelin- kuyovlar ustidan hayoti shirin bo’lishi uchun shirinlik, to’kin bo’lishi uchun tanga sochiladi, uni niyat qilib terib olinadi.
· Poyondoz to’shash-kelin- kuyovlar hamda Xaj ziyoratidan qaytganlar oyoqlari ostiga gazmol solinadi.
Topshiriqlar.
1. Urf-odatlar haqidagi tushunchangizni so’zlab bering.
2. Qaysi urf-odatlarning bevosita guvohi bo’lgansiz?
3. “Navro’z” qanday bayram?
4. O’zingiz guvoh bo’lgan milliy bayramlar haqida so’zlab bering.
5. Umumxalq sayillaridan qaysilarini bilasiz?
6. O’zingizga yoqqan milliy qadriyatlardan biriga mustaqil matn tuzing.
SALOM VA ALIK
Odobning boshi salomdan boshlanadi. Siz erta turib, bobo-yu buvingizga albatta salom berasiz. Ota-onangizni salom bilan qarshilaysiz. Amma-yu xolangiz, tog‘a-yu amakingizni ham. Kichik uka-singillaringiz o’z navbatida sizga salom berishadi. Bog‘chada, maktabda, ko‘cha-kuyda, jamoat harakatida kattalarga u tanish-begona demay, salom berasiz. Tog’ri qilasiz, “salom-Xudoning qarzi”, deydi keksalar. Salom insoniylikning ham boshi. Hatto siz yaxshi bilgan ertakda ham yalmog‘iz kampirday fe’li buzuq salom bergan qizchaga, “gar saloming bo‘lmaganda ikki yamlab, bir yutardim”, deydi. “Salom” kalomi uchun uni kechiradi.
Salomlashish – qadimiy odat. Dunyodagi barcha madaniy xalqlar o’zaro insoniy munosabat, muomala va muloqotni salomdan boshlashadi.
Biz, o’zbeklar, barcha islom dunyosi xalqlari singari bir-birimizni ko‘rganimizda “assalomu alaykum” deya qo‘l olishib ko‘rishamiz. “Assalomu alaykum” iborasi arabcha “sizga tinchlik tilayman” degan ma’noni bildiradi. “Vaalaykum assalom” esa “sizga ham tinchlik tilayman” javob salom sanaladi.
Salomlashish odati yosh va marosim bilan ham bog‘liqdir. Masalan, keksa odamlar bir-birlari bilan ikki qo‘llab ko‘rishishadi. Uzoq vaqt bir-birlarini ko‘rmagan qadrdonlar quchoqlashib, so‘ng qo‘l olishib, hol-ahvol so‘rashadilar. Keksalar quchoqlashganda bir-birlari kiftlarini, kurak va yelkalarini silab-siypab, uqalaydilar ham. Bu ayni paytda uzoq yo‘l yurib toliqqan yo‘lovchi mehmonlarga o‘ziga hos tibbiy jismoniy tarbiya hamdir. Akademik shoirimiz G‘ofur G‘ulomning sharhlaricha, qadimda odamlar qabila-qabila bo’lib yashashgan, aksariyat hollarda bir-birlariga raqobatda bo’lgan guruhlarning vakillari, “mana qo‘limda qurolim (bolta, pichoq, tosh) yo‘q, qo‘lim ham, ko‘ksim ham ochiq” mazmunida qo‘l olib ko‘rishishgan. Shu bilan o’zaro tinchlik, omonlik tilashgan.
Topshiriq
1. Matnlarni o‘qing va milliy madaniyat haqida o‘z fikringizni bayon qiling.
2. Matnlarga so‘roq mazmunida reja tuzing va reja asosida so’zlab bering.
3. Matnlardan so’z turkumiga oid so‘zlarni aniqlang.
Topshiriq. Matnni o'qing. Matnga savollar tuzing.
NAVRO’Z
Navro'z Yaqin va O'rta sharq xalqlarining yangi yil bayrami sanalib, 21- mart kuni nishonlanadi.
Bu bayram O'rta Osiyoda islom dini o'rnatilmasidan oldin nishonlangan. Navro'z haqida ko'plab afsona va rivoyatlar, shuningdek, ilmiy asarlar ham mavjud.
Jumladan, Umar Hayyomning (1048-1132) "Navro'znoma" asarida quyidagilarni o'qiymiz: "Navro'zning joriy qilinishi sababini aytsak, u shundan iboratki, oftobning ikki aylanishi mavjud, ulardan biri quyidagicha: Oftob har yuz oltmish besh kun-u kecha-kunduzning to'rtdan birida Hamal burjining blrinchi daqiqasiga chiqib ketgan paytining o'zida yana qaytib keladi va har yili bu davr kamaya boradi.
Jamshid bu kunni tushunganidan keyin Navro'z deb atadi va bayram qilishni odatga aylantirdi...
...Aytishlaricha, birinchi Ajam podshosi Kayumars podshoh bo'lgandan keyin yilining kunlari va oylariga nom berishga, hamda odamlar bilsin deb yilnoma joriy qilishga qaror qilgan. U tongda oftob Hamal burjining avvalgi daqiqasida kirgan kunni aniqlab, Ajam mubadlarini yig'di va yil hisobini shu paytdan boshlashni buyurdi.
Mana shunday qadimiy bayram sobiq sho'rolar tuzumi davrida deyarli unutildi. Uni ta'qiqlab ham qo'yishdi.
Shukurki, istiqlol bu ajoyib bayramni xalqimizga qaytarib berdi. Endilikda u O'zbekistonda bahor, mehr-muruvvat, do'stik bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.
Topshiriq. Matnni o'qing. Mazmunini hikoya qilib bering.
KURASH
Juda qadimiy o’yin-odatlarimizdan biri- kurashdir. Bu o’yin-odat haqida siz yaxshi tasavvurga egasiz. Chunki kurash odatimiz, xayriyatki, yo’qolib, izsiz ketgan udumlarimiz qatoriga kirmay qolgan. Obrazli qilib aytganda, har bir zamon, ayniqsa, bizning zamonamizda kundalik turmush, hayot kechirishning o’zi kurashdan iborat bo’lib qolganligi tufayli shunday bo’lgandir…
Kurash – qadimiy va erkin kurash turlariga bo’linadi. Bu odatning tarixi bir qadar uzundir. Kurash bizning xalqimz orasida paydo bo’lib, taraqqiyot yo’liga kirgandan buyon tarkib topib, rivojlanib, takomillashib bordi. Milliy kurashni biz hozirgi kunda sport sifatida qayd etamiz. Aslida esa bu odat xalq hayotining juda muhim tarmog’i bo’lib, uning taqdiri-a’molini belgilagan.
Qadimda yalpi qirg’in, o’lim qurollari bo’lmagan paytlarda, pahlavonlar, qo’shin, katta lashkar g’alabasini, bu bilan esa shu podsholikning taqdirini hal qilganlar. Polvonlik bitta-ikkita shaxs misolida emas, umumxalq siymosida ommalashgan. Yaxshi chavandozlik, kamondan bexato o’q otish, chapdastlik bilan qilich chopish, epchillik, jasurlik, tantilik va mardlik, halollik kurashchilarning bosh fazilatlari sanalgan.
SO‘Z TURKUMLARI
(×àñòè ðå÷è)
Ìîðôîëîãèÿ èçó÷àåò ÷àñòè ðå÷è è èõ ãðàììàòè÷åñêèå êàòåãîðèè.
 óçáåêñêîì ÿçûêå øåñòü ñàìîñòîÿòåëüíûõ ÷àñòåé ðå÷è: ot (ñóùåñòâèòåëüíîå), sifat (ïðèëàãàòåëüíîå), son (÷èñëèòåëüíîå), olmosh (ìåñòîèìåíèå), fe’l (ãëàãîë), ravish (íàðå÷èå); òðè ñëóæåáíûõ ÷àñòåé ðå÷è: ko‘makchi (ïîñëåëîã), bog‘lovchi (ñîþç), yuklama (÷àñòèöà).
Êðîìå òîãî â óçáåêñêîì ÿçûêå òðè îñîáûõ ãðóïï ñëîâ: undovlar (ìåæäîìåòèÿ), modal so‘zlar (ìîäàëüíûå ñëîâà), taqlidiy so‘zlar (ïîäðàæàòåëüíûå ñëîâà).
So‘zlarning eng umumiy xususiyatiga ko‘ra turi |
Turi |
So‘rog‘i |
Grammatik belgisi |
Ma’nosi |
Sintaktik xoslanishi |
Mustaqil so‘zlar (umumiy kategorial ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar) |
Ot |
Kim? Nima? Qayer? |
Egalik, kelishik, ko‘pchilik shakllari bilan o‘zgaradi |
Narsa-buyum (konkret va abstrakt) ni bildiradi |
Ega, to‘ldiruvchi, qaratqich, aniqlovchi, o‘rin holi, ot kesim |
Sifat |
Qanday? Qanaqa? Qaysi? |
Daraja va kuchaytirish shakllariga ega |
Narsa-buyum belgisini bildiradi |
Sifatlovchi aniqlovchi |
|
Son |
Qancha? Necha? Nechanchi? |
O‘ziga xos Grammatik kategoriya (tartib, to‘da, taxmin, taqsim) larni ifodalovchi Grammatik shakllarga ega |
Narsa-buyum belgisini (miqdori, sanog‘i, tartibi) ni bildiradi |
Aniqlovchi, kesim, ega, to‘ldiruvchi |
|
Olmosh |
Kim? Nima? Qayer? Qanday? Qanaqa? Qaysi? Qancha? Necha? |
Ot xarakteridagi olmoshlar otning, sifat xarakteridagi olmoshlar sifatning, ravish xarakteridagi olmoshlar ravishning, son xarakteridagi olmoshlar sonning grammatik belgilariga ega |
Umumlashgan narsa-buyum, umumlashgan belgi, umumlashgan miqdor ma’nolarini ifodalaydi |
Ot, sifat, son, ravish bajargan sintaktik vazifalar uchun xoslangan |
|
Fe’l |
Nima qilmoq? Nima bo‘lmoq? |
Shaxs-son, zamon, mayl, nisbat, bo‘lishli, bo‘lishsizlik shakllariga ega |
Harakat, holat ma’nolarini bildiradi |
Kesim |
|
Ravish |
Qanday? Qanday qilib? Qay tarzda? Qay holda qachon? Qayerga? Qayerdan? Qayerda? |
O‘zgarmaslik xususiyatiga ega. Daraja shakli mavjud (holat ravishlarida) |
Harakat, holat belgisini bildiradi |
Hol |
|
Yordamchi so’zlar (umumiy kategorial ma’noga ega bo’lmagan so’zlar) |
Ko‘makchi |
- |
O‘zgarmaydi, ayrim kelishik (bosh, chiqish, jo‘nalish) lardagi so‘zlarga xos qo‘llanadi |
Qo‘shma gap qismlarini va sodda gap bo‘laklarining sintaktik munosabatlarini (vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon kabi sintaktik munosabatlar) ifodalaydi |
|
Bog‘lovchi |
- |
O‘zgarmaydi |
Qo‘shma gap qismlari va sodda gap bo‘laklarining sinyakyik munosabatini (payt, sabab-natija, ayrim, zidlik va boshq.) ifodalaydi |
||
Yuklama |
- |
O‘zgarmaydi |
Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no (so‘roq, taajjub qistash, buyruq, inkor va boshq.) |
Qo‘shma gap qismlari va sodda gap bo‘laklarining sintaktik munosabatlarini ifodalaydi |
|
Alohida xususiyatga ega soz’lar. |
Modal so‘zlar |
- |
O‘zgarmaydi |
So‘zlovchining anglatayotgan fikriga munosabatini bildiradi |
Kirish so‘z |
Undov so‘zlar |
- |
Yasalishiga asos bo‘lishi mumkin, otlashib, otning Grammatik belgisini oladi |
His-tuyg‘u, buyruq, xitob, chaqirish kabi ma’nolarni bildiradi |
Otlashganda otning sintaktik vazifasini bajaradi. So‘z gap |
|
|
Taqlid |
Qanday? Qanaqa? |
O‘zgarmaydi |
Tovush, ko‘rinish va holatga taqlidni bildiradi |
Hol, sifatlovchi-aniqlovchi |
SIFAT
Morfologik belgilari
1. Predmet (ba’zan, ish-harakat) ning belgisini ifodalaydi: yaxshi bola.
2. So’roqlari: qanday? qanaqa? qaysi?
3. Predmetning rangi, hajmi, shakli, mazasi, xarakteri, o’rin yoki vaqtga xos belgisini ifodalaydi.
4. Belgini darajalab, kuchaytirib yoki kamaytirib ifodalaydi: qisqa, qisqaroq, juda qisqa, oppoq.
5. Yasalish xususiyatiga ega.
Sintaktik belgilari
1. Sifatlovchi aniqlovchi bo’ladi: Shodon qiyofada kirib keldi.
2. Hol: Yaxshi bola yaxshi o’qiydi.
3. Kesim: Eshik ochiq.
4. Otlashganda ega (Yaxshilar ko’paysin), to’ldiruvchi (Eskisini kiyib ol), qaratqich-aniqlovchi (Baxilning bog’i ko’karmas).
5. Bitishuvda tobe so’z: yaxshi ish.
Sifatlarning ma’no turlari
1.Holat bildiruvchi sifatlar: badavlat, ma’yus, keksa, durkun, sovuq, iliq, ochiq, jimjit, tinch, sog’in, to’kin, so’lg’in, sust
2. Xususiyat bildiruvchi sifatlar: sodda, kamtarin, quvnoq, mehribon, yaxshi, sho’x, ziqna, yo’rg’a, chopag’on, yuvosh.
3. Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar: gavdali, novcha, pakana, uzunchoq, yassi, baland, pas.
4. Rang-tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, zangor, sandaliy, gulnor, qizil, sariq, nimpushti, ola, chinor.
5. Hajm-o’lchov bildiruvchi sifatlar: keng, tor, uzun, qisqa, yaqin, katta, og’ir, zim-zambil.
6. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar: shirin, bemaza, nordon, achchiq, sho’r, nimtatir.
7. Hid bildiruvchi sifatlar: xushbo’y, badbo’y, qo’lansa.
8. Predmetning o’rni yoki vaqtiga ko’ra belgisini bildiruvchi sifatlar: yozgi, sirtqi, kuzgi, qishki, dastlabki, tungi, so’nggi, ertalabki.
Sifat darajalari
1. Oddiy qiyosiy orttirma: yaxshi, yaxshiroq , juda yaxshi.
2. Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar:
a) ozaytirma daraja leksik (sal durust, bir oz yaxshi, xiyol ochiq) va morfo-logik (kattaroq, ko’kish, ko’kimtir, qoramtir) usulda hosil bo’ladi;
b) kuchaytirma sifatlar fonetik (qop-qora, bab-baravar, sap-sariq, ko’m-ko’k, oppoq) va leksik (g’oyat baland, barchasidan kichik, bexad go’zal) usulda hosil bo’ladi;
v) belgining ortiq darajasini unlini kuchli va cho’ziq talaffuz qilish (uzoq yo’l), undoshni qavatlab talaffuz qilib (balland uy) hosil qilish mumkun.
Sifatning yasalishi
1. Morfologik usul: kuch+li, no+to’g’ri, ili+q, progress+iv, tuga+l.
2. Sintaktik usul: qo’shma (ish+yoq+mas), juft (yaxshi-yomon, kuydi-pishdi).
1-mashq. Berilgan sifatlarning qiyosiy va orttirma daraja shakllarini yozing. Shu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Sariq, qizil, kamtar, sahiy, toza,chiroyli.
2-mashq. Sifatlarni aniqlang va tagiga chizing.
1. Unumli mehnat keltirar davlat. 2. Rejali ish buzilmas. 3. Odobli bola elga manzur. 4. Òo’g’ri odam egri so’zdan or qilar. 5. Òikansiz gul, mashaqqatsiz hunar bo’lmas. 6. Intizomli lashkar yengilmas. 7. Ozod Vatanimiz-tinchlik tayanchi. 8. Yoshligimiz shunchalar erkin, quvnoq va beg’ubor.
3-mashq. Savollarga javob bering. Javobingizda qavs ichida berilgan sifatlardan foydalaning.
1. Bizning armiyamiz qanday armiya? (buyuk, kuchli, qudratli, qahramon) 2.Bizning hayotimiz qanday? (quvnoq, go’zal, ajoyib) 3. Qanday shamol esyapti? (mayin, yoqimli, yengil) 4. Qanday gullar ochildi? (chiroyli hushbo’y) 5. Nozima qanday o’quvchi? (quvnoq, chaqqon, tirishqoq, qobiliyatli).
4-mashq. Berilgan sifatlarni qiyosiy va orttirma daraja shaklida yozib chiqing. Ulardan so’z birikmalari hosil qiling.
Chiroyli, kuchli, ulug’, buyuk, eski, pishiq, rahmdil, katta.
Namuna: chiroyli-chiroyliroq-eng chiroyli. Chiroyli qiz, chiroyli ko’ylak.
5-mashq. Berilgan so’z birikmalari yordamida gaplar tuzing.
Yangi mavzu, baland imorat, intizomli talaba, keksa odam, shirin uyqu, zangori ekran, sovuq shamol, zamonaviy qishloq.
6-mashq. Berilgan matndan sifatlarni aniqlab, darajasini ayting.
Òog’da tong
Òog’da tong otishini kuzatish juda ajoyib bo’ladi. Dastlab tog’ning eng baland cho’qqilari pushti rangda tovlanadi. Bu cho’qqilar quyoshni birinchi bo’lib kutib oladilar. Keyin quyosh balandroq ko’tariladi, oqish osmon och ko’kimtir tusga kiradi. Cho’qqilardagi qorlar jimir-jimir qilib yaltiray boshlaydi. Oddiy daraja:
Qiyosiy daraja:
Orttirma daraja:
7-mashq.Do’stingizning xususiyatlarini taqqoslang va jadvalni to’ldiring.
Ijobiy hislatlar |
Salbiy hislatlar |
|
|
8- mashq. Rus tiliga tarjima qiling.
1. O‘lkamizda sahiy kuz davom etmoqda. 2. Oq oltindan baland-baland xirmonlar uyulmoqda. 3. Tonggi sukunatni qushlarning chug‘ur-chug‘urigina buzardi. 4. Bayramga bag‘ishlangan devoriy gazetalar tanlovida biz g'olib bo’ldik.
9- mashq. O‘zbek tiliga tarjima qiling.
Ñåãîäíÿøíèé, â÷åðàøíèé, ïðîøëîãîäíèé, çàâòðàøíèé, âå÷åðíèé, óòðåííèé, îñåííèé, õìóðûé, ãðóñòíûé, âåñåëûé, áåñïå÷íûé.
SIFAT DARAJALARI
|
Sifat darajalari |
Ma’nosi |
Sifat darajalarini ifodalovchi vositalar |
Misollar |
1 |
Oddiy daraja |
Belgining ortiq-kamlikka munosabati ifodalanmaydi |
- |
Yaxshi, shirin, baland |
2 |
Orttirma daraja |
Belgining mo‘ljaldan ortiqligini, kuchliligini ifodalaydi |
Fonetik vosita: bosh bo‘g‘inni sifat oldidan takrorlash |
Sap-sariq, to‘ppa-to‘g‘ri, qip-qizil |
urg‘u |
Bala:nd, no:rdon, a:chchiq |
|||
Leksik vosita: juda, g‘oyatda, nihoyatda, behad |
g‘oyatda katta, juda kichik, nihoyatda go‘zal, behad xursand |
|||
3 |
Ozaytirma daraja |
Belgining mo‘ljaldan kamligi, kuchsizligini ifodalaydi |
Leksik vosita: sal, bir oz, xiyol |
Sal achchiq, bir oz achchiq, xiyol achchiq |
Morfologik vosita: -roq, -mtir(-imtir), -ish |
Kattaroq, kichikroq, sarg‘imtir, ko‘kimtir, sarg‘ish, ko‘kish |
Ravish
Morfologik belgilari
1. Harakatning belgisi, payti, o`rni, darajasi, miqdori, sababini bildiradi.
2. So`roqlari: qanday? qay tarzda? qachon? nega? qancha?
3. Darajaga ega: tez, tezroq, juda tez, sekingina.
4. Turlanmaydi va tuslanmaydi.
5. Morfologik jihatdan o`zgarmaydi.
6. Maxsus yasovchi qoshimchalarga ega.
7. Sodda, qo`shma, juft, takror shakllarga ega.
Sintaktik belgilari
1. Gapda asosan hol bo’ladi.
2. Kesim, otlashganda boshqa bo’lak bo’la oladi: Bundaylarning ko’pini ko’rdim.
3. Bitishuvda tobe so’z bo’ladi.
4. Ravishli birikma hosil qiladi: xammasidan ko’p.
5. Ba’zan aniqlovchi bo’la oladi: Oz so’z-soz so’z.
Ravishlarning ma’no turlari
1. Holat ravishi: /qanday? qaytarzda? qanday qilib?/; asta, sekin, jim, yayov, piyoda, ochiq-sochiq, ochip-to’qib, eson-omon, darxol, darrov, yaqqol, birdan, birga, majburan, qo’qqisdan, birma-bir, bittalab, ko’pincha, yangicha, qatorasiga.
2. Miqdor va daraja ravishi: /qancha? qay darajada?/ ko’p, oz kam, bir oz, sal, niche, qattiq, hayol, qisman, juda, g’oyat, nihoyatda, xar qancha, obdon, oz muncha, aslo, sira, hech.
3. Payt ravishi: /qachon?/; tunov kun, erta, endi, ertalab, so’ng, ilgari, keyin, xanuz, xali, hamisha, kecha, avval, allaqachon, bultur, qadim, dastlab, Har kuni, qishin-yozin, halitdan, xozir, qayvaqt, unda-bunda.
5. Sabab ravishi: nega? nima sababdan?; noiloj, noilojlikdan, chorasizlikdan.
6. Maqsad ravishi: nega?; atay, atayin, ataylab, jo’rttaga qasddan, azza-bazza.
Ravishlarning yasalishi
1. Ravishlar affiksatsiya usuli (qisman, ruscha, yoppasiga, yaxshilab, yashirin, mardona, toshday) va sintaktik usulda (xat vaqt, bir oz, bir nafas, hech qachon, shu kuni, bir yerga, kuni kecha, asta-sekin, ochiq-oydin, erta-kech) yasaladi.
2. Ot, olmoshni –ma, ba- elementi bilan takrorlab xam ravishi yasaladi: yuzma-yuz, ko’chama-ko’cha, rang-barang
3. Chiqish kelishigidagi so’zni takrorlab: kundan-kunga, shundan-shunga.
4. Sifat, ravish, son, fe’l, olmoshni takrorlab: chaqqon-chaqqon, birma-bir, o’z-o’zidan, to’lib-to’lib.
5. Ot, sifat, son, fe’l ravish bo’lib qolgan: olg’a, kunda, kuniga, yangidan, birdan, birga, o’ta; Bu so’zlardagi qo’shimchalar ravishga singib ketadi.
Izoh: Ravishlarga kelishik qo’shimchalari qo’shilishi mumkin: har yerning, har yerni, har qayerga, har qayerdan, hech qayerga, hech qayerdan.
1-mashq. Gaplarni rus tiliga tarjima qiling. Ravishlarning ma’no turini ayting.
1. Don daryosi jimgina oqardi. 2. Anvar ohista yiqildi. 3. Akam ozgina kech qoldilar. 4. Gapni oz so’zla ishni ko’p ko’zla. 5. U birpas jim qoldi. 6. Ilgari men o’zbek tilini bilmas edim. 7. Tonggi shabada dilga juda yoqadi.
2- mashq. Gaplarni o’zbek tiliga tarjima qiling
1. Àéáåê ñïîêîéíî âîñïðèíÿë ýòó íîâîñòü. 2. Îçîäà î÷åíü õîòåëà ïîñòóïèòü â óíèâåðñèòåò. 3. Áåñåäà ïðîäîëæèëàñü äî ñàìîãî óòðà. 4. Ïîñëåçàâòðà ìû âñå åäåì â ãîðû. 5. Èíîãäà ìû ñîáèðàåìñÿ ñî ñâîèìè áûâøèìè îäíîêëàññíèêàìè.
3-mashq. Nuqtalar o’rniga yordam uchun so’zlardan mosini qo’yib, gaplarni ko’chiring.
1. .... men o’zbek tilini bilmas edim. 2. .... o’zbek tilini o’rgana boshladim. 3. .... sen yangi matnning mazmunini yaxshi tushundingmi? 4. .... qiyin matnlarning mazmunini aytib bera olmayman. 5. .... universitetimizda o’zbek tili to’garagi ochildi. 6. .... to’garak mashg’uloti yaxshilanmoqda.
Yordam uchun so’zlar: hozir, kundan-kunga, ilgari, bugun, hozircha, yaqinda, o’tgan yili.
4-mashq. Lug’atdan foydalanib, quyidagi ravishlar ishtirokida gaplar tuzing.
Yangicha, astoydil,sekin, birdan, darrov, yaxshi, ko’p, tez, piyoda, to’satdan.
5-mashq. So’zlarni o’zbek tiliga tarjima qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Îòêóäà?, êóäà?, òàì, òóäà, ãäå-òî, âïåðåä, êàæäûé äåíü, âåñü äåíü.
6-mashq. So’zlar yordamida birinchi ustunda payt ravishlarini, ikkinchi ustunda o’rin ravishlarini yozing.
Erta, oldinga, ertaga, ichkari, past, ichkarida, tashqari, hozir, hozirdan, hali, yuqoriga, avval, ilgari, o’rtada, chapda, chapdan, ertalab.
7-mashq. Matndan ravishlarni ajratib olib, turini aniqlang.
O’zbek maqollari
Maqol xalq og’zaki ijodiga oid janrlardan biri sanaladi. Maqollar shaklan qisqa bo’lgani bilan ularda juda keng ma’no mujassam bo’lgan.
Òilimizning bu bebaho boyligini o’rganish bilan ajdodlarimiz qadimdan shug’ullanib kelganlar.
Mashhur qomusshunos Mahmud Qoshg’ariy XI-asrdayoq turkiy xalqlarning 400 ga yaqin hikmatli iborasining o’zining uch jildlik lug’atiga kiritgan. Ularning 250 dan ortiqrog’i shakl va mazmuniga ko’ra hozirgi o’zbek tilidagidan farq qilmaydi.
Mashhur masalchi Gulhaniy (XIX asr) 200 ga yaqin hikmatli iborani to’plab, ularni bir tizimga jamlab, “Zarbulmasal” asarini yaratgan.
Adabiyotshunos olimlarimiz “O’zbek xalq maqollari” kitobida 1800 ta maqolni 31 mavzuga ajratib tavsiflagan.
Olimlarning aniqlashicha, har bir kishi taxminan 800 ga yaqin maqol va matallar haqida tushunchaga ega bo’lar ekan. Siz-chi? Siz qancha maqolni bilasiz?
OT
Morfologik belgilari
1. Predmetlik ma’nosini ifodalaydi
2. So’roqlari: kim? nima? kimlar? nimalar?
3. Son, egalik, keleshik belgilari mavjud.
4. Mahsus ot yasovchi qo’shimchalarga ega.
5. Har doim biror son va kelishikda turadi.
6. Otlarning atoqli (ayrim ko’rsatilgan, atab qo’yilgan ot: Toshkent, Aziz, Turdi) va turdosh (umumlashtiruvchi nom: kitob, ong, dala), aniq (kaft) va mav-hum (jaxl), yakka (odam) va jamlovchi (xalq), sanaladigan (stol) va sanalmaydigan (suv), kishi (qiz) va narsa (daftar)ni bildiruvchi ma’no turlari mavjud.
Sintaktik belgilari
1.Qoshimcha ega, to’ldiruvchi qaratqich aniqlovchi bo’lib keladi.
2. Barcha bo’laklar bilan bog’lana oladi.
3. Ba’zan kesim va hol vazifasida keladi.
4. Moslashuv va bitishuvda bosh so’z bo’ladi:
5. Boshqaruvda tobe so’z bo’ladi.
Sof ko’plik
1.Ko’plik sonning maxsus ko’rsatkichi-lar: uylar, bolalar.
2. –lar qo’shimchasi bilan sof (morfologik) ko’plik hosil bo’ladi: dadalar.
3. Jamlovchi otlar leksik-semantik ko’plik xosil qiladi: poda, jamoa.
4. Sintaktik ko’plik otlarni juftlash, miqdor bildirgan so’zni keltirish bilan xosil bo’ladi: qop-qop un, ko’p kishi, bir necha do’kon, uchta uy.
Narsaning 3 shaxsdan biriga tegishliligini ko’rsatuvchi shakl (egalik shakli)
1. Maxsus ko’rsatkichlarga ega: I shaxs –m, -im/-miz, -imiz; II shaxs –ng, -ing/-ngiz, -ingiz; III shaxs -si, -i/-(-lar) i;
2. III shaxs qo‘shimchasi birlik va ko‘plik uchun umumiy;
3. II shaxs ko’plik shakli variantlikka ega: kitobingiz, kitobinglar, kitoblaring;
4. Moslashuvda bosh so’zda, ba’zan ergash va bosh so’zda keladi: uy tomi, otasining qizi;
5. I va II shaxs ko’plik shakli ba’zan belgisiz (yashirin) keladi: bizning uy, sizning ayvon;
6. Kishilik olmoshlariga qo’shilmaydi.
Kelishiklar
1.Kelishik – ot, olmosh, otlashgan so’zning fe’lga, otga, sifatga, songa, olmoshga, ravishga tobeligini ifodalaydigan grammatik shakllarning jami.
2. 6ta kelishik bo’lib, ular maxsus so’roq va ko’rsatkichlarga ega:
a) bosh kelishik: kim? nima? /ko’rsatgichi yo’q/ gapda ega, kesim, sifatlovchi, aniqlovchi bo’ladi;
b) qaratgich kelishigi: kimning? nimaning? /qo’shimchalari: -ning, -n; belgisiz qo’llanadi/ gapda faqat qaratgich aniqlovchi;
v) tushum kelishigi: kimni?nimani?/|qo’shimchalari: -ni, -n, -i; belgisiz qo’llanadi/ faqat vositasiz to’ldiruvchi;
g) jo’nalish kelishigi: kimga? nimaga? qayerga? /qo’shimchalari: -ga, -qa, -qa, -g’a, -na, -a; belgisiz qo’llanad/| gapda vositali to’ldiruvchi, o’rin va payt holi;
d) o’rin-payt kelishigi: kimda? nimada? qayerda? /qo’shimchasi: -da; belgisiz qo’llanadi/ gapda vositali to’ldiruvchi, o’rin va payt holi;
e) chiqish kelishigi: kimdan? nimadan? qayerdan? /qoshimchalari: -dan,
-din/ gapda vositali to’ldiruvchi, o’rin va payt holi.
Izoh: demak kelishiklar so’zning sintaktik vazifasini ko’rsatib turadi.
3. So’zning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi turlanish deyiladi: yomondan, yaxshidan, o’shanisini ko’rdim, o’ziga aytdim.
4. Ravishlar (jo’rttaga, qasddan, tezda)tarkibidagi –ga, -da; -dan kelishik qo’shimchasi emas, shuninig uchun bu so’zlarni turlangan deb bo’lmaydi: uzunasiga to’shamoq, yoppasiga ommalashmoq.
5. Kelishiklar o’zaro sinonimlikni hosil qiladi:
a) chiqish va bosh: kitoblar danbor- kitoblar bor;
b) chiqish va qaratqich: bolalardan biri-bolalarning biri;
v) chiqish va tushum: oshdan oling- oshni oling;
g) chiqish va jo’nalish: eshikdan sig’adi- eshikka sig’adi;
d) chiqish va o’rin payt: so’qmoqdan yur-so’qmoqda yur;
e) tushum va jo’nalish: gapingizni tushundim- gapingizga tushundim;
yo) o’rin-payt va jo’nalish: ikkida keling-ikkiga – keling.
6. Kelishiklar ko’makchi bilan sinonim bo’la oladi: ukamga-ukam uchun, ruchkada-ruchkabilan, ukamni-ukamhaqida, do’stimdam- do’stimhaqida, tomdan-tom orqali, yetishmovchilikdan- yetishmovchilik vajidan.
7. Belgisiz qo’llangan qaratqich, tushum, jo’nalish kelishigi qo’shimchasi bilan bog’langan so’z orasiga boshqa so’zni kiritib bo’lmaydi: maktab bog’i, osh yedim.
8. Ayrim ravishlar kelishik qo’shimchalarini olishi mumkin: har yerga, har qayerda.
Otlarning yasalishi
1.Morfologik usulda (affiksatsiya):
a) shaxs otlari (ovchi, sinfdosh);
b) narsa-qurol otlari (bodroq, qirg’ich, qirindi);
v) o’rin-joy otlari (lolazor, qumloq);
g) mavhum otlar (quvonch, shaxsiyat);
d) kasb- hunar otlari (kabobpaz, aravakash) yasaladi
2. Sintaktik usulda qo’shma (belbog’, so’zboshi) va juft (el-yurt) otlar yasaladi.
3. Abbreviatsiya usulida qisqartma otlar (FA, ToshMI) yasaladi.
Izoh: chegara (uygacha), o’xshatish (gulday), kichraytirish-erkalash (qizgina, qushcha, onajon), xoslik (uyniki), o’rin (tomdagi) shakllari otning vazifadosh shakllari sanaladi.
1-mashq. Atoqli va turdosh otlarni ajrating.
1. Aziza hozir kelib to‘xtagan tramvayga chiqish uchun yugurib borardi.
2. Majlis raisi navbatdagi notiqqa so‘z berdi. 3. Metro kombinatga 10 minutda olib boradi. 4. Hamma sayyoralardan Yerga eng yaqini Marsdir. 5. Alisher Navoiy o‘zbek xalqining buyuk mutafakkiridir. 6. Xayrixon, yigirma besh yoshlardagi juvon, bizning korxonada bo’lim boshlig’i bo’lib ishlaydi.
2-mashq. Avval atoqli otlarni, so‘ngra turdosh otlarni ko‘chirib yozing.
1. Toshtemirning dadasi – fermer xo‘jaligimizning eng ilg‘or mexanizatorlaridan. 2. Sirdaryo bilan Amudaryo Orol dengiziga quyiladi.
3. Jug‘rofiya o‘qituvchisi Volga, Don, Dnepr kabi katta daryolar haqida qiziq hikoyalar aytib berdi. 4. Gerasim Mumuga uzoq vaqt qarab turdi. 5. Bahorning dastlabki kunlari kamdan – kam bunday issiq bo’ladi. 6. Husayn qo‘shinlari tunda Hirotni tashlab chiqa boshladi. 7. Ovchilarning chaqirig‘iga hech kim ovoz bermadi. 8. Buyuk olimimiz Beruniyning merosi boy, keng va rang- barangdir.
3-mashq. Quyidagi so‘zlarga egalik affikslarini qo’yib gaplar tuzing.
Universitet,oila, bog’,Vatan,hovli,sevgi,auditoriya,ko’cha,reklama,
soat,bino.
4-mashq. Quyidagi parchani o’qing va undagi egalik qo‘shimchalarini aniqlang.
U dori mening tarjimai holimga singib ketgan, axir! Tushunyapsizmi? Mening butun quvonchlarim, zavqlarim, hayotimning ma’nosi. Vatan oldidagi burch, ilk muhabbatim ham … o‘sha bilan bog‘liq. Usiz o‘tmishim yo’q… Shunaqa bo‘larkan-da hayot!.. Iltimos, to‘xtating… Anavinga qarang! Yo’l yoqasiga! Ajriqzorgayam sepishibdi-ku? Sap-sariq bo’lib yotibdi!
5-mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo’yib gaplarni o’qing va ko‘chirib yozing.
Men u… kutubxonada ko‘rdim. 2. Nodiradan olgan “O‘zbek tili” kitobi … menga berib tur. 3. Akam do‘stlari … o’zining tug‘ilgan kuniga taklif qildi. 4.Ikkovi …. men o’quv zalida ko‘rdim. 5. O‘zbek tili … biz qunt bilan o‘rganmoqdamiz . 6. Bu yil yozgi ta’til … qishlog‘imda o‘tkazmoqchiman. 7. Institutga kelgan mehmonlar…. yaxshi kutib oldik. 8. Chimyonga chiqish… dam olish kuniga qoldirdik.
SON
Morfologik belgilari
1. Predmet miqdori va tartibini bildiradi.
2. So’roqlari:nechta? nechanchi? necha?
3. 23 ta tub (bir o’zakli) son mavjud.
4. Son turlari masxus qo’shimchalar bilan hosil qilinadi.
5. Sonlarda morfologik usul bilan yasalish xususiyati mavjud emas.
6. Yasalish uchun asos bo’ladi: birlik, ikkidan.
7. Sonlar otlashadi: ularning ikkitasi.
8. Sonnig sifatlovchi-aniqlovchi bo’lmaydi.
Sintaktik belgilari
1. Asosan aniqlovchi: ikkita ko’chat ekdim.
2. Ba’zan kesim: O’rtoqlarim ikkita.
3. Ba’zan hol: Buni ikkinchi gapirmang.
4. So’z birikmasida bosh (moslashuv va boshqaruvda) va tobe (biritisuvda): ularning beshtasi, bolalardan ikkitasi, besinchi sinf.
5. Ot yoki felga tobe bo’lmasa, ega, kesim, to’ldiruvchi, qaratqich-aniqlovchi bo’la oladi: O’ndan to’rtni ayirsak, olti bo’ladi.
Sonning ma’no turlari.
1. Miqdor soni: bir, o’n yeti, bir yuz o’n uch.
2. Dona soni: -ta; bitta, o’nta, bir yuz o’n uchta.
3. Chama son: -larcha, -tacha -lab, -lar, (ikki sonni juftlab): o’ntacha, yuzlar-cha, minglab, o’nlab (edi), uch-to’rt, besh-o’nta.
4. Jamlovchi son: -ov, -ovlon, -ala; (2, 3, 4, 5, 6, 7, 10 sonlarigagina qo’shi-ladi): yettov, oltala, uchala, ikkiovlon.
5. Taqsim son: -tadan, -dan (takror): uchtadan, beshta-beshtadan.
6. Tartib son: -nichi, -inchi; birinchi, o’n ikkinchi.
7. Kasr son: (birdan kichik sonlar); (ikki shakli bor): 0, 5; 1/2; nim, chorak, yorti, yarim, nimchorak shakli ham bor.
8. Butun son 1 va undan yuqori sonlar: 1, 2, 33, 24, 177 kabi.
9. Aralash son: Butun va kasr son aralashmasi: 1, 25; uch butun ikkidan bir, to’qqiz yarim.
10. Sakson, to’qson sonlari tarixan ikki o’zakdan tashkil topgan.
11. Bir so’zi gumon (bir kishi chaqiryapti), ma’noni kushaytirish (Yomg’ir bir quydi, bir quydi), mo’ljal (Yozda bir dam olaman) ma’nolarini beradi; bog’lov-chi o’rnida keladi: Bir sen, bir men gapirdik.
12. Son va ot orasida xisob so’zlar (pumerativ) keladi va ular otga tegishli bo’ladi: o’n kilo guruch, bir qarich yer.
13. Yetti, uch, qirq, yigirma kabi marosim ifodalovchi so’zlar, “parol” so’z-lar (“To’rtinchi”ga ayting) otlangan xisoblanmaydi.
14. Sonda antonimlik yo’q, biroq sinonimlik (ikki-juft-qo’sh), omonimlik (3, 20, 40) va paronimlilik (7, 50, 90) mavjud.
15. Tartib sonlar juftlashmaydi.
1-mashq. Uch, besh, yetti, o’n sonlarini avval miqdor son, keyin tarib son shaklida qo’llab, ular ishtirokida gaplar tuzing.
2-mashq. Gaplarni ko’chiring. Sonlarni gapdagi vazifasini aniqlab, tagiga chizing.
1. Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi. (Òopishmoq) 2. Mening kitoblarim hammasi bo’lib yettita. 3. Opam bizga uzgan olmalaridan to’rttadan berdi. 4. Bir daraxtda o’n ikki shox, har shoxda o’ttiz yaproq, yaprog’ining bir yog’i qora, bir yog’i oq. (Òopishmoq)
3-mashq. “Bizning guruhimiz” mavzusida matn tuzing. Unda miqdor va tarib sonlar ishtirok etsin.
4-mashq. Òartib sonlarni toping, ularni raqamlar bilan yozing.
1. Birinchi iyun – Õalqaro bolalarni himoya qilish kuni. 2. Alisher Navoiy bir ming to’rt yuz qirq birinchi yil to’qqizinchi fevralda Hirot shahrida tug’ildi. 3. Chol bilan kampir uch nafar qizlari bilan yashar ekanlar. (Ertakdan)
6-mashq. Sonlarga qavs ichidagi qo’shimchalarni qo’shib ko’chiring. Òartib sonlarni raqamlar bilan yozing.
1. Zulfiqorovning xotini bir (ta) qiyiqchada uch-to’rt (ta) anor olib keldi. (Abdulla Qahhor) 2. Pahlavonning ikki (nchi) madori qolmadi. (Navoiy) 3.Hilola qirq (inchi) uy, yigirma (nchi) xonadonda yashaydi. 4. Ota-onasining ikki (ala)si, yoxud bir (ta) si keksayib qolganda ularni rozi qilmagan kishi ikki dunyoda xor bo’ladi. (Hadis)
OLMOSH
Morfologik belgilari
1. Ot o’rnida keladi: kim, men, hamma.
2. Sifat o’rnida keladi: qanday ish.
3. Son o’rnida keladi: necha, nechanchi.
4. Ravish o’rnida keladi: nega? qancha?
5. Yasalish xususiyatiga ega emas.
6. Yasalish uchun asos bo’ladi: manmanlik, sizbon, sensira.
Sintaktik belgilari
1. O’ziga xos sintaktik vazifasi mavjud emas.
2. Qaysi so’z turkumi o’rnida kelsa, shu turkum bajargan vazifani bajaradi.
3. Moslashuv, boshqaruv, bitishuvda tobe so’z, moslashuvda hokim so’z bo’la oladi: uning kitobi, sen bilan do’st, shu ayol, Nargizaning o’zi.
Olmoshning ma’no turlari
1. Kishilik: men, sen, u, biz, siz, ular (ul).
2. O’zlik: o’z.
3. Ko’rsatish: u, bu, o’sha, shu, mana shu, ushbu, o’shal, mazkur, bunaqa, shunaqa, anavi, shundoq, unaqa-bunaqa, ul.
4. So’roq: kim, nima, qaysi, qanday, nega, qancha, qachon, nega, qancha, qachon, nega, nimaga, qani, ne, na.
5. Bo’lishsizlik: hech kim, hech nima, hech qaysi, hech bir, hech narsa.
6. Belgilash, jamlash: har kim, har nima, har narsa, har qaysi, har biri, hamma, jami, yalpi, bari, barcha, ba’zi, har.
7. Gumon: allakim, allaqaysi, allanarsa, allaqanday, kimdir, nimadir, qaysidir, birov, ba’zi bir, qaysi bir.
8. Olmoshlar kelishiklar bilan turlanadi: hammaga, meni.
9. O’zlik va so’roq olmoshlari ba’zan belgisiz kela oladi: o’z uyim, nima olding.
10. O’zlik olmoshi kelishik qo’shimchasini olishi uchun avval biror egalik qo’shimchasini olishi shart: o’z+i+dan so’rang.
11. O’zlik olmoshi egalik qo’shimchasini olganda I, II, III shaxs kishilik olmoshlariga sinonim: o’zim=men, o’zing=sen, o’zingiz=siz.
12. Kishilik olmoshining I shaxsi so’zlovchi, II shaxsi tinglovchi, II shaxsi tinglovchi, III shaxsi esa narsalarga nisbatan ishlatiladi.
13. Kishilik olmoshlarining I va II shaxsi badiiy adabiyotda narsa va hayvonlarga nisbatan ham ishlatiladi (jonlantiriladi).
14. u ko’rsatish va kishilik olmoshi ma’nosi va so’rog’iga ko’ra farqlanadi; kishilik bo’lganda – kim? nima? ko’rsatish bo’lganda – qaysi?
15. Bo’lishsizlik olmoshi ega bo’lganda, kesim bo’lishsiz shaklda yoki inkor so’zlar bo’ladi: Hech kim kelmadi. Hech kim yo’q.
1-mashq. O’zlik olmoshini kerakli shaklda qo‘llab, gaplarni ko‘chiring.
1. … er bilsang, o‘zgani sher bil(maqol). 2. …. uying – o‘lan to‘shaging (maqol). 3. … chiqqan baloga, qayga boray da’voga (maqol). 4. Salimaning … ham shu institutda o‘qiydi. 5. … qadrini bilmagan, o‘zganing ham qadrini bilmaydi.
2- mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli kishilik olmoshlarini qo‘yib, gaplarni ko’chiring.
1. … sport bilan shug‘ullanasanmi? 2. … qayerda o‘qiydi? 3. … kecha Moskvadan keldi. 4. … - faol yoshlarmiz. 5. Samarqandda qachon bo’lgansiz? 6. … bizning do‘stlarimiz.
3- mashq. O‘zbek tiliga tarjima qiling.
1. Â÷åðà â òåàòðå ÿ âèäåëà ýòîãî ìîëîäîãî ÷åëîâåêà. 2. ß õîòåë ïîçíàêîìèòüñÿ ñ ýòèì èçâåñòíûì ó÷¸íûì. 3. Ó ýòîãî îïûòíîãî àðõåîëîãà òðóäíàÿ, íî ïî÷åòíàÿ ðàáîòà. 4. Ýòà êàðòèíà íàðèñîâàíà ìîëîäûì õóäîæíèêîì. 5. Çà òåì ïîëåì – ñàä íàøåãî õîçÿéñòâà. 6. Ìíå íóæíî ñõîäèòü â òîò ñàä. 7.  ýòîì ñàäó ìíîãî ÿáëîíü.
4-mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo‘yib o’qing.
1. Har kim … ixtiyori o‘zida. 2. Har biri … faol faoliyat talab qilinadi.
3. Har biri … oyda bir kundan hashar qilishdik. 4. Har biri … 3 tadan savol tushdi.
5. Hamma … bir yoqadan bosh chiqarib ishladik. 6. Mehnat qilish barcha … barobar. 7. Bayramga hamma … keldik.
5-mashq. Gaplarni avval ot, keyin sifat, so’ng son o’rnida qo’llangan olmoshlarni aniqlang.
1. U o’ymakor eshikni qiya ochib ichkari kirdi. (Õ.Sultonov) 2. O’rtog’ing yugurishda birinchi ekan, sen-chi, nechanchi o’rindasan? 3. Cholning chapdast, chaqqon o’g’li bor ekan, mening ham shunday farzandim bo’lsa edi. (Ertakdan) 4. Men ham shunday o’ydaman, fikr-u yodim undadir, gar o’zim har joydaman. (Y.Sulaymon) 5. Bu ish uchun senga qancha vaqt kerak?
6-mashq. Nuqtalar o’rniga oldingi gap mazmunidan kelib chiqib, mos keladigan olmoshlarni qo’ying. Bu olmoshlar qaysi so’z turkumi o’rnida qo’llanganini aniqlang.
Na’muna: Uning beshta kitobi bor. Yana... bo’lsa o’nta bo’ladi.
Uning beshta kitobi bor. Yana shuncha bo’lsa o’nta bo’ladi.
1. Men, Bahodir, Elbek, Hilola boqqa bordik. ... u yerdan kech qaytdik. 2. Uning ko’ylagi yashil ekan. ... rang menga ham yoqdi. 3. Ziyoda bilan Durdona yaqin dugona. ... – beshinchi sinf o’quvchilari.
7-mashq. Berilgan so’roq olmoshlarini boshqa so’zlarga almashtiring va ular ishtirokida gaplar tuzing. So’z turkumini aniqlang.
Na’muna: Kim? – Òikuvchi. Opam atelóeda tikuvchi bo’lib ishlaydi.
Kim?, qanday?, nechanchi?, nima?, nechta?, qancha?, qaysi?
8-mashq. Gaplarni ko’chiring. Olmoshlarni topib, ularning yozilishini tushuntiring.
1. Meniki va seniki shu aziz tuproq, ko’z qorachig’iday asraylik o’rtoq! 2. Mening ikki onam bor, ikkisi ham mehribon. (Uyg’un) 3. Shundaylar bo’lmasa agar dunyoda, bunchalar muhtaram bo’lmasdi ayol. (A.Oripov) 4. Otang seni ko’rmadi, chog’i. 5. Sen qancha kitob olgan bo’lsang, men ham o’shancha miqdorda olib keldim.
Fe’l
Morfologik belgilari
1. Ish-harakatni bildirgan so’zlar.
2. So’roqlari: nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmoqchi?
3. O’timli (ol), o’timsiz (kel) fe’l.
4. Bo’lishli, bo’lishsiz shaklga ega.
5. Nisbat, mayl, zamon shakliga ega.
6. Ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi kabi maxsus vazifadosh shakllari bor.
7. Yasalish xususiyatiga ega.
8. Tuslanish tizimi mavjud.
9. Sifatdosh shakligina otlashadi.
10. Harakat nomi turlanadi, zamon va shaxsni ko’rsatmaydi.
Sintaktik belgilari
1. Gapda asosan kesim bo’ladi.
2. Ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakli hol bo’la oladi.
3. Harakat nomi gapning barcha bo’laklari bo’la oladi.
4. Sifatdosh sifatlovchi aniqlovchi bo’ladi, otlashganda ega, to’ldiruvchi, qaratqich-aniqlovchi bo’ladi.
5. Boshqaruv va bitishuvda bosh so’z bo’lib keladi.
Sodda (mustaqil) va murakkab fe’l
1. Sodda fe’l bir o’zakli fe’llardir: o’tiribdi, oldi;
2. Murakkab fe’l qo’shma fe’l va ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasidir;
3. Qo’shma fe’l kamida ikki mustaqil lug’aviy ma’no bildiradigan qismlardan tashkil topadi: e’tirof qildi, olib keldi;
4. Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasida faqat bir komponent lug’aviy ma’no anglatadi: Salim ishlab o’tiribdi; aytib ber, sotib olib qo’y;
5. Yetakchi fe’l ko’makchi fe’l bilan ravishdoshning –b, ib,-a,-y qo’shim-chlari yordamida birikadi: bor, boshla, yot, yur, ko’r, tush, qara –b, -ib,
-a, -y bilan biriksa, yoz faqat –a, -y, boq ko’makchi fe’li faqat –b, -ib or-qali bog’lanadi;
6. So’z o’zgartiruvchi va shakl yasovchi qo’shimchalar yetakchi va ko’mak-chi fe’lga qo’shilishi mumkun; aytdim-qo’ydim, chiqding-ketding shaklli ko’mak-chi fe’lga so’z qo’shilmasi ham bor.
7. Ko’makchi fe’llar faqat fe’lga qo’shiladi.
8. Tizimda faqat yetakchi yoki faqat ko’makchi bo’lib keladigan fe’l mav-jud emas: olib kel, kelib tur.
9. Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi lug’aviy birlik va yasama so’z xisobla-nadi.
Nisbat (daraja)lar
1. Aniq nisbat / maxsus ko’rsatkichi yo’q/: ish-harakat ega tomonidan aniq baja-riladi; bordi, olib kelyapti, o’tirgan ekan.
2. O’zlik nisbati /-l, -il, -i, -ip/: harakat bajaruvchining o’zida qoladi; o’rap, cho’mil, qimtinib tur, yasan, surkal, qiynaldi.
3. Majhul nisbati /-l, -il, -i, -p/: harakatning bajaruvchisi nomalum bo’ladi; borildi, olindi, ulandi, olib chiqildi, kesildi.
4. Birgalik nisbati /-sh, -ish/: xarakat birgalikda bajariladi; baxslashdi, aytishdi, sotib olishdi, aytib turishdi.
5. Orttirma nisbati /-t, -ir, -iz, -z, -ar, -giz, -kiz, -qiz, -dir, -tir, -gaz, -kaz, -qaz/: xarakat vosita orqali bajariladi; ko’rsatdi, ko’paytirdi, uyaltirdi, tushirdi, chiqardi, oqizdi, yondiryapti.
6. Fe’lda bir necha nisbat qo’shimchasi bo’lsa, shu fe’lning qaysi nisbatligini oxirgi nisbat qo’shimchasi belgilaydi: kiy+in+tir+ish+di (birg. nisbat).
7. Ortirma nisbat qo’shimchasi bir fe’lga ketma-ket qo’shila oladi: tom-iz-dir, ayt-tir-giz-dir.
8. Ortirma nisbat qo’shimchlari biror vosita yordamida bajarilgan ish-harakatini ifodalaydi.
9. Harakat nomiga zamon qo’shimchasi qo’shilsa, birgalik nisbatga aylanadi.
Fe’llarning tuslanishi.
1. Fe’llarning shaxs-son qo’shimchalari bilan o’zgarishi tuslanishi deyiladi.
2. I guruh tuslovchilar (-di, -sa qo’shimchalari bilan tugagan fe’llarga qo’shiladi):
a) I -m, -k;
b) II -ng, -ingiz;
v) III -, -,
3. II guruh tuslovchilar (boshqa fe’llar, ot-kesimlarga qo’shiladi):
a) I -man, -miz;
b) II -san, -siz;
v) III -di, -di (lar).
4. Ravishdoshning -b (ib), -a (-y) shakli tuslanadi, -gach, -guncha, -gani shakli esa tuslanmaydi, sifatdosh tuslanadi.
5. Bu qo’shimchalar ko’makchi fe’lli so’z qoshilmasida asosan ko’makchi fe’lga (yozib turdi+m, yozib turib+san), ba’zan har ikkalasiga qo’shilishi mumkin (yozdi+m, oldi+m).
Fe’l zamonlari
1. Fe’l zamonlari nutq so’zlanib turgan paytdan oldin, o’sha payt yoki keyin bajarilgan yohud bajarilmagan ish-harakatni ko’rsatadi.
2. O’tgan zamon:
a) Yaqin o’tgan zamon: |-di|;ol+di++m, yoz+ma+di+ng;
b) Uzoq o’tgan zamon: |-gan|; ol+gan+siz, yoz+ma+gan+mi+siz;
v) O’tgan zamon hikoya fe’li: |-ib|; ol+ib+man;
g) O’tgan zamon davom fe’li: |-ar edi, -yotgan edi|; olar edi+m;
3. Hozirgi zamon:
a) Hozirgi-kelasi zamon fe’li: |-a, -y|; ol+a+man, o’qi+y+man,
b) Hozirgi zamon davom fe’li: |-yan,-yotir, -moqda, -yotib|;
ol+yap+man, yoz+moqda+san, to’qi+yotib+man;
4. Kelasi zamon:Y
a) Kelasi zamon gumon fe’li: |-p (-ap)|; ol+ar+man, o’y-na+r+sang;
b) Kelasi zamon maqsad fe’li: |-moqchi, -digan|; ol+a+digan+siz, bor+moqchi+man;
5. Yot, yur, tur, o’tir ko’makchi fe’llari yordamidahozirgi zamon davom fe’li hosil qilinadi: yugurib turibdi, aytib yuribdi.
1-mashq. O’zbek tiliga tarjima qiling.
1. À òû, òû-òî î ÷åì äóìàë? 2. Òóò æå ïðèåõàëà ìàøèíà ñêîðîé ïîìîùè. 3. Âåäü ìû ñ òîáîé íå âñòðå÷àëèñü öåëûé ãîä! 4. Äàæå ëåòîì îí íå ñíèìàë ñ ãîëîâû ñâîþ øàïêó. 5. Íàêîíåö-òî ÿ óâèäåë òåáÿ!
2- mashq. Gaplarni rus tiliga tarjima qiling.
1. Shu ham ish bo’ldi-yu! 2. O’tgan kuni huddi shu yerda katta majlis qilindi. 3. Tog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi. 4. Sizni ranjitib qo’ymadimmi? 5. Seni bir dam tutmoqqa endi, na haqqim bor, na huquqim bor. 6. Men-ku bundan bexabar edim, senchi? 7. Ertagayoq Marg’ilonga jo’naymiz.
3-mashq. Lug’atdan foydalanib fe’llarni tarjima qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
So’ramoq, kelmoq, olib kelmoq, kutmoq, topmoq.
4-mashq. O’zbek tiliga tarjima qiling.
1. Âûïîëíèòü çàäàíèå. 2. Âûó÷èòü ïðàâèëî. 3. Çàïîìíèòü íîâûå ñëîâà. 4. Ïåðåâåñòè ñòàòüþ. 5.Çíàòü óïîòðåáëåíèå ñëîâ. 6. Îòâåòèòü íà âîïðîñû.
5-mashq. Nuqtalar o’rniga mos fe’llarni qo’yib gaplarni ko’chiring.
1. O’qimoq - ... 2. Bilim ... – har bir insonning burchi. 3. Vatanni ... – iymondandir. 4. Malakali mutaxassis bo’lib ... – orzumiz. 5. Vatanga ... har bir fuqaroning burchi.
Fe’llar: munosib bo’lish, olish, yuksalmoq, sevmoq, yetishish.
6- mashq. Rus tiliga tarjima qiling.
1. Shoshilib ketayotsam, pochtalyon xat olib keldi. 2. Qarasam, u o’rtog‘i bilan kelyapti. 3. Sening bo’sh vaqting bo’lsa, boqqa borar edik. 4. Siz hozir pul olmasangiz, soat ikkida olasiz. 5. Bugun ko’pchilik bo’lib kinoga boraylik. 6. Bolaga sen qarab turgin, men do’konga chiqib kelay. 7. Tezroq ketaylik, bugun yomg’ir yog’adi.
7-mashq. Fe’llarni tegishli shaklda qo’llab gaplarni ko’chiring.
1. Abror bolaligida juda to’polonchi (bo’lmoq). 2. Òoshkent shahridagi ko’plab uylar zilziladan keyin (qurilmoq). 3. Òog’amni ko’rgani kasalxonaga (bormoq). 4. Men Navoiy nomli 1-maktabni (bitirmoq). 5. Sayohatga (otlanmoq) do’stlarimizni vokzalgacha (kuzatib bormoq). 6. Shahrimiz keyingi yillarda ancha (ko’rkamlashmoq).
8-mashq. Rus tiliga tarjima qiling.
1. Men bu yili Òoshkent Axborot texnologiyalari universitetiga o’qishga kirdim. 2. Dadam kecha bir qancha kitoblar olib keldilar. 3. Hozir Òoshkentda ko’plab yangi binolar qurildi. 4. Katta opam tibbiyot institutini tamomladi. 5. Bolaligimda balandlikdan qo’rqar edim. 6. Uning o’zi ham ilgari sport bilan shug’ullanardi.
9-mashq. Gaplarni o’zbek tiliga tarjima qiling.
1.  ýòîì ãîäó â íàø óíèâåðñèòåò ïîñòóïèëî îêîëî 10.000 çàÿâëåíèé. 2. Mû âñå áûëè ðàäû òâîåìó ïîñòóïëåíèþ â èíñòèòóò. 3. ýòîì ãîäó ÿ áûë â êîìàíäèðîâêå â ãîðîäå Êàðøè. 4. ß íèêîãäà íå áûë â ýòèõ ìåñòàõ. 5. K íàì â óíèâåðñèòåò ïðèåõàëè çíàìåíèòûå ïðåïîäàâàòåëè. 6. Ñåãîäíÿ ìû áûëè â ìóçåå èñòîðèè Òèìóðèäîâ.
10-mashq. Berilgan fe’llarni o’tgan zamon davom fe’li shaklida qo’llab, gaplar tuzing.
Na’muna: tanishmoq – tanir edim, qo’rqmoq – qo’rqar edim.
Qatnashmoq, bajarmoq, o’zlashtirmoq, ulgurmoq, o’rganmoq.
11-mashq. Nuqtalar o’rniga gaplarning mazmuniga mos hozirgi zamon fe’llarini qo’yib ko’chiring.
1. O’zbek xalqi tinchlik uchun ... . 2. Osmonda to’lin oy ... . 3. Ariq suvi bir xilda, jimgina, sharpasiz va shabadasiz ... . 4. Mamlakatimizda minglab zavodlar ... va ... . 5. Yomg’ir tindi, ammo osmonni bulut ... .
12-mashq. Qavs ichida berilgan fe’llarni mos zamonda qo’llab, gaplarni ko’chiring.
1. Kutubxonada hayot (qaynamoq). 2. O’qish zalidagi katta stol atrofida bir necha kishi ro’znoma va oynoma (o’qimoq). 3. Bu yerga O’zbekistonning hamma tarafidan talabalar (kelmoq). Ular o’z o’quv yurtlari haqida (suxbatlashmoq). 4. Qirdan g’ir-g’ir shabada (esmoq). 5. Daryo suvini bahor (toshirmoq), odam qadrini mehnat (oshirmoq).
13-mashq. Quyidagi fe’llardan hozirgi-kelasi zamon fe’li shaklini yasang. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
O’zlashtirmoq, o’rganmoq, boshlamoq, so’zlamoq, bormoq, ishlamoq, javob bermoq.
14-mashq. Qavs ichidagi so’zlardan kelasi zamon gumon fe’llarini yasang va ko’chirib yozing.
1. Majlisda biz soat 17 gacha (bo’lmoq). 2. Bu kitobingni ertaga (qaytarib bermoq). 3. Ro’znoma va oynomalarga u ertaga (yozilmoq). 4. Dala hovliga sen ham dam olish kuni (chiqmoq). 5. Siz institutni bitirgandan keyin o’z viloyatingizga (ketmoq). 6. Ertaga Aziza bilan siznikiga (bormoq).
15-mashq. Quyidagi fe’llarni kelasi zamon gumon fe’li shaklida qo’llab gaplar tuzing.
Na’muna: Odina, men ertaga darsdan keyin siznikiga borarman.
Bormoq, kirmoq, tozalamoq, saylamoq, yozib olmoq, mukofotlamoq, o’rganmoq.
161-mashq. Quyidagi so’zlarni kelasi zamon maqsad fe’li shaklida qo’llab, shu fe’llar ishtirokida 7 ta gap tuzing.
Bajarmoq, to’qimoq, qaytmoq, o’rganmoq, mukofotlamoq, ko’rmoq, yubormoq.
17-mashq. Qavs ichidagi so’zlardan kelasi zamon maqsad fe’li yasang, gaplarni ko’chirib yozing.
1.Ular o’zbek yozuvchilarining yangi asarlaridan parchalar (o’qimoq). 2.Bog’imizda o’zimiz har-xil mevali daraxtlar (yetishtirmoq). 3.Opam universitetning matematika fakultetiga (kirmoq). 4. Ukam shaxmat to’garagiga (yozilmoq). 5. Bugun yig’ilish (bo’lmoq).
18-mashq. Kelmoq fe’lini barcha zamon ikkinchi shaxs birlik shaklida qo’llab gaplar tuzing.
Ko’makchilar
1. Gapda otdan keyin kelib, ularning boshqaruv yo’li bilan tobelanishini ta’minlaydi; lug’aviy ma’noga ega emas.
2. Ko’makchili so’z fe’l tomonidan boshqariladi.
3. Ko’makchi o’zi bog’langan ot bilan birga gap bo’lagi bo’ladi:
a) Ovqatni do’stim bilan yedim - to’ldiruvchi;
b) Ovqatni ishtaxa bilan yedim – xol.
4. Turlari:
a) asl ko’makchilar: bilan, uchun, singari, kabi, sayin, sari, uzra;
b) ko’makchi vazifasidagi so’zlar: tomon, tashqari, haqida, misoli, keyin, so’ng, avval, ko’ra, yarasha, qarab, tortib, qaraganda.
5. Ko’makchilaring modal ma’no ifodalashi;
a) vosita: qalam bilan, xassa bilan;
b) maqsad: o’qish uchun, mehmon uchun;
v) sabab: ingichka bo’lgani uchun;
g) atash: Salima uchun;
d)davomiylik: kun bo’yi, yil sayin.
e) o’xshatish (qiyos): uyalgan kabi, nokka qaraganda;
y)yo’nalish: uy tomon, uyga qarab;
j) taxmin: bir soat chamasi.
6. Ko’makchilar bir-biri bilan (ukam kabi-ukam singari) va kelishiklar bilan (ukamga-ukam uchun) sinonimlik xosil qiladi: bilan, uchun ko’makchilari badiiy nutqda qisqarib keladi: biz-da, siz-uchun.
Bog’lovchilar
1. Uyushgan bo’laklar va qo’shma gaplarni bog’laydi.
2. Morfologik jixatdan o’zgarmaydi.
3. Bog’lanish jarayonida turli munosabat ifodalanadi.
4. Qo’llanishiga ko’ra 2 xil:
a) yakka bog’lovchilar: va, xamda, yo, yoki, ammo, lekin, biroq;
b) takror bog’lovchilar: goh… goh, dam… dam, ba’zan… ba’zan, yo… yo.
5. Vazifasiga ko’ra 2 xil:
a) teng bog’lovchilar: va, ammo, goh… goh;
b) ergashtiruvchi bog’lovchilar: chunki, -ki, shuning uchun.
6. Teng bog’lovchilar ma’nosiga ko’ra 3 xil:
a) biriktiruv: va, hamda, (-u, -yu, -da, bilan);
b) zidlov: ammo, lekin, biroq, balki, (-u, -yu, yuklamalari);
v) ayiruv: yo…yo, yoki, goh… goh, dam… dam, ba’zan… ba’zan, ham… ham, bir… bir hoh… hoh.
7. Ergashtiruvchi bog’lovchilar ma’nosiga ko’ra 4 xil:
a) aniqlov: ya’ni, -ki, -kim;
b) sabab: chunki, shuning uchun, negaki;
v) shart: agar, agarda, basharti, mabodo;
g) solishtiruv: go’yo, go’yoki.
8. Teng bog’lovchilar uyushiq bo’laklar va bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lashga xizmat qiladi.
9. Ergashtiruvchi bog’lovchilar faqat tobe-hokim munosabatli (ergashgan) qo’shma gap qismlarini bog’laydi.
Yuklamalar
1. So’z yoki gapga qo’shimcha ma’no beradi.
2. Yuklamalar so’z (xatto, faqat, axir, xuddi, ham)va affiks (-gina, -kina, -qina, -oq, -yoq, -mi, -chi, -a, -ya,-ki, -dir, -da, -ku) shaklida bo’ladi;
3. –gina, -kina, -qina, -oq, -yoq, -mi,-dir so’zga qo’shilib yoziladi;
4. –a, -ya, -da, -ku, -chi chiziqcha bilan ajratib yoziladi;
5. –y, (-yu) juft so’z orasida so’zga qo’shilib, qo’shma gapda chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
6. Turlari:
a) so’roq va taajjub yuklamasi:-mi, -chi, -a, -ya: Sizni-ya? Sizni so’rashdimi?
b) kuchaytiruv va ta’qid yuklamasi: -ku, -u, -yu, -da, -e, -oq, -yoq, -ki, -axir, hatto, nahot, nahotki, hattoki, ham; Senmisan-e? Hatto kelmadilar;
v) ayiruv-chegaralov yuklamasi: -gina, -kina, -qina, faqat, faqatgina, yolg’iz(ham sifat); Faqatgina u xolos. Yolg’iz u keldi;
g) aniqlov yuklamasi: xuddi, naq; Naq balolarga qolaman-a;
d) gumon yuklamasi: -dir; Kimdir eshikni taqillatdi;
e) inkor yuklamasi: na… na; Na u, na men bir so’z deyolmadik.
Modal so’zlar
Morfologik belgisi
1. Morfologik jihatdan o’zgarmaydi.
2. Qisman so’z o’zgartiruvchi qo’shimchani oladi: borini.
3. Morfemga ajralmaydi.
4. Yasalish uchun asos bo’ladi: keragicha, yo’qchilik, yolg’iz, yo’qla, zaruriy, borlik.
5.Bor-yo’q so’zlari juftlashib ot, yuklama (faqat) xosil qilgan.
Sintaktik belgisi
1. Bor, yo’q so’zlari ega, kesim va boshqa bo’lak kela oladi: Bor-boricha, yo’q-xolicha.
2. Aksariyat kirish so’z bo’ladi.
3. Kerak, zarur, lozim, darkor so’zlari kesim tarkibiga kiradi yoki kesim bo’ladi: Bizga o’yin kerak.
4. So’z-gap bo’lib keladi: -Borasizmi, -Yo’q, -Mayli, ishingizni qiling.
Modal so’zlarning ma’nolari:
1. Sof modal so’zlar: bor, yo’q, kerak, lozim, darkor, zarur.
2. Boshqa turkumdan o’sib chiqqan modal so’zlar: aftidan, xaqiqatdan, extimol, darxaqiqat, chamasi, mazmuni, to’g’ri, yaxshi,tabiiy, shubxasiz, so’zsiz, bor, yo’q, essiz, albatta, ajabo, chiqar, bo’pti, demak, o’z-o’zidan, balki.
3. Modal so’zlar quyidagi ma’nolarni anglatadi:
a) fikrning aniqligi: albatta, shubxasiz, xaqiqatdan, o’z-o’zidan, tabiiy, darxaqiqat;
b) gumon, noaniqlikni: extimol, chiqar, balki, hoynahoy, chog’I, aftidan, mazmuni, chamasi, har qalay;
v) maqsad, talab, shart: kerak, lozim, zarur, darkor;
g) mavjudlikva tasdiq: bor, mayli, ho’p, to’g’ri, tuzuk, yaxshi;
d) mavjud emaslik, inkor, e’tirozni: yo’q;
e) ma’qullashni va ta’kidni: durust, bo’pti, mayli;
y) yakunlashni: demak, xullas, modomiki;
j) eslatishni: darvoqe, aytganday, aytmoqchi;
z) achinish, taassufni: afsus, attang, essiz.
4. Xar bir guruhdagi modal so’zlar o’zaro sinonim bo’ladi: chog’i, chamasi, mazmuni, aftidan, ehtimol.
Undovlar
1. Undov so’zlar so’zlovchining his-hayajoni, buyruq-istagi, ta’kid va javobini ifodalaydigan so’zlardir.
2. Gap bo’laklari bilan grammatik bog’lanmaydi, ya’ni gap bo’lagi bo’la olmaydi.
3. O’zicha ayrim gap (Salom!) bo’lib keladi.
4. Undovlar yasalmaydi, yasalish uchun asos bo’la oladi: uxla, salomlash, dodla.
5. Undovlar demoq fe’li bilan kelganda, qo’shtirnoqqa olinadi: U <<oh>> deb yubordi.
6. Undovlar otlashadi va har xil gap bo’lagi bo’la oladi: Kim ohimga quloq tutadi?
7. Undov undalma bo’lib keladi: Hoy, sizga nima bo’ladi?
8. Turlari:
a) His-hayajon undovlari: eh, oh, ux, hm, be, ho, he, e, uf, tuf, dod, voy, hah, obbo, ura, o’xo’, e-ha, e-he, i-i, ie, ofarin, salom, balli, allo, ana, mana;
b) Haydash-chaqirish undovlari: mah, hoy, mah-mah, mosh-mosh, chuh, chuh-chuh, beh-beh-beh, dirr, ho’sh, ho’o’k, quray-quray.
Izoh: Barcha etiket so’zlar undov bo’ladi: salom, xayr, assalomu alaykum,rahmat, va alaykum assalom, balli, xormang, barakalla, qani, bas, ofarin.
Taqlid so’zlar
1. Turli tovush, sharpa, harakatning obrazi bo’lgan so’zlar.
2. Taqlid so’zlar morfologik jihatdan o’zgarmaydi.
3. Taqlid so’zlar yasalmaydi, yasalish uchun asos bo’ladi: asosan fe’l (yaltira) va ot (qarsak), ba’zan sifat ( po’rsildoq) yasaladi.
4. Taqlid so’zlar gapda aniqlovchi va hol bo’ladi: Boltaning tak-tak ovozi eshitiladi. Shaftoli duv-duv to’kiladi.
5. Otlashganda ega va to’ldiruvchi bo’ladi. Qamishzorning shitir-shitiri sukunatni buzadi. Taq-tuqingni yig’ishtir!
6. Turlari:
a) Tovushga taqlid: taq,taq-tuq, qars, qars-qurs, duk-duk, shaqir-shuqur, vish-vish, gumbur, darang, tars-turs, jiz, jingpiq-piq, g’iyq, g’arch, tars, miyov, vov, maa, g’aq;
b) Holatga taqlid: dikir-dikir, lip, lip-lip, yalt, yalt-yult, g’in, lim-lim, bij-bij, lik-lik, yarq, g’ir-g’ir, hinna, lapang-lapang, apil-tapil, ding, pirr, ship.
1-mashq. Gaplarni o’zbek tiliga tarjima qiling.
1.Êàðèì è Íàçèð ó÷àòñÿ â îäíîé ãðóïïå. 2. Õîäèòü áûëî òðóäíî, òàê êàê øåë äîæäü. 3. Íå ñåòóéòå íà æèçíü, èáî îíà ïîëíà òðåâîã è çàáîò. 4. Òî øåë ñíåã, òî ïåðåõîäèë â äîæäü. 5. Ñåãîäíÿ äåæóðÿò Èêáîë è Ñàèäà.
2-mashq.Gaplar ichida kelayotgan bog’lovchilarni izohlang.
Quvnoq va sho’x kuylarga boydir go’zal vatanim.Keyin Salima va oyisi mezbonlar bilan xayrlashib uylariga qaytishdi.O’zi uddaburon, qo’rqmas,biroq o’qishda mazasi yo’qroq.Tanalaridek ozgina namlik bilan ularga hayot baxsh eta boshlashdi,ammo kunlar o’tgan sari bargchalar kattalashib,ko’proq suv, ko’proq oziq-ovqat so’ray boshlashdi.
3-mashq.
Suhbat
-Shahrimizdagi qaysi muzeylarni bilasiz?
-Men Temuriylar tarixi muzeyi, Olimpiya shuhrati muzeyi, O’zbekiston xalqlari muzeyi, San’at muzeyi, Shahidlar xotirasi maydonidagi muzeylarni bilaman.
-Uy-muzeylardan-chi?
-O’rol Tansiqboyev, Muxtor Ashrafiy, Oybek uy-muzeylarida bo’lganman.
-Ular sizda qanday taassurot qoldirgan?
-Har gal muzeyga borganimda xalqimizning boy tarixi va madaniyatidan iftixor tuyg’usini xis etaman.Qolaversa, uning me’moriy yechimini, ayniqsa istiqlol yillarida qurilgan muzeylarning ko’rkamligidan lol qolaman.
4-mashq. Ikki guruhga bo’lining.Birinchi guruh va, ammo, lekin, biroq bog’lovchilari yordamida gap tuzsin.Ikkinchi guruh esa gap ichida chunki, shuning uchun, shu sababli bog’lovchilarini qo’llasin.
5-mashq. Ko’makchilar ishtirokida gaplar tuzing.
Kabi, qaramay, burun, keyin, so’ng, ichida, oldida, yonida.
6-mashq.Ko’makchilar o’rniga kelishik qo’shimchalardan mosini qo’ying.Gap ma’nosida qanday o’zgarish sodir bo’layotganini ayting.
1.Onam (uchun,-ga) salom berdim. 2.Mustaqillik (haqida, -dan) gaplashdik. 3.Maktab (tomon,-ga) qarab jo’nadim. 4.Oynai jahon (orqali,-dan) eshitdik.
7-mashq.Tushurib qoldirilgan ko’makchilarni o’rniga qo’yib,gaplarni ko’chiring.
Mustaqillik … xalqimizning turmushi o’zgaradi.Hamma Vatan, yurt … o’zining kerakligini anglab yeta boshladi.Istiqlol … gap ketsa,o’z fikrini bemalol ayta oladigan bo’ldi.
8-mashq.O’zbek tiliga tarjima qiling.
1.Òàõèð óøåë âìåñòå ñ Áàáóðîì. 2.Íå ñìîòðÿ íà äîæäü ñòàäèîí áûë ïîëîí áîëåëüùèêàìè. 3.Ìíå òðóäíî ïèñàòü ÷åðíèëàìè, ëó÷øå íàïèøó àâòîðó÷êîé. 4.Êàê òîëüêî ÿ ïðèøåë äîìîé, ìàòü ïðèãîòîâèëà óæèí. 5.Òàê êàê áûëî ïàñìóðíî, ìû îòëîæèëè ïîåçäêó â ãîðû.
9-mashq. Matnni o’qib, yuklamalarni va boshqa yordamchi so’zlarni toping. Ularning gapga qanday ma’no berayotganligini aniqlang.
Bobom g’alatilar-da. Ko’p gapiradigan kishini hech yoqtirmaydilar. O’zlariyam juda qarib qolganlar. Bug’doyrang, cho’tir yuzlarini ajin bosgan, soqollari oppoq, lekin sira tinchimaydilar, qachon qarama biron ish qilib turadilar.
10-mashq. –mi, -chi, -a, -da, hatto, faqat, -gina, -u yuklamalari ishtirokida gaplar tuzing. Ularni daftaringizga ko’chirib yozing.
11-mashq. Nuqtalar o’rniga tegishli yuklamalarni qo’yib, gaplarni ko’chiring.
1. Agar qarshi bo’lmasalaring, menda bir taklif bor, - dedi Jovli. – Ertaga qishloqni bir boshidan titkilab chiqsak...? – Ol...! (N.Norqobulov) 2. Bunisini ko’ring... ! – dedi jajji, chamandagul do’ppini dadamga uzatib. (O’.Õoshimov) 3. Ikkisi ham birdan: - Besh...? – deb so’radi. – Shunaqaga o’xshaydi...? – dedim men. Oyim peshonamdan o’pdi. (O.Yoqubov).
12-mashq. O’zbek tiliga tarjima qiling.
1. À òû, òû – òî î ÷åì äóìàë? 2. Òóò æå ïðèåõàëà ìàøèíà ñêîðîé ïîìîùè. 3. Âåä ìû ñ òîáîé íå âñòðå÷àëèñü öåëûé ãîä! 4. Äàæå ëåòîì îí íå ñíèìàë ñ ãîëîâû ñâîþ øàïêó. 5. Íàêîíåö-òî ÿ óâèäåë òåáÿ!
13-mashq. Gaplarni rus tiliga tarjima qiling.
1. Shu ham ish bo’ldi-yu. 2. O’tgan kuni xuddi shu yerda majlis qilindi. 3. Òog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi. 4. Sizni ranjitib qo’ymadimmi? 5. Seni bir dam tutmoqqa endi, na haqqim bor, na huquqim bor. 6. Men-ku bundan bexabar edim, sen-chi? 7. Ertagayoq Marg’ilonga jo’naymiz.
3-MAVZU. KELAJAK YOSHLAR QO’LIDA.
YETUK MUTAXASSIS BO’LAMAN. SINTAKSIS.GAPDA SO’Z TARTIBI
Yoshlar – kelajak poydevori
Yoshlarning har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyat egasi bo‘lib kamol topishida, ularning iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining ham hissasi katta bo‘lmoqda.
Orol bo‘yi yoshlarini Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishdek buyuk maqsadlar yo‘lida jipslashtirish, ularni el-yurtiga fidoiylik ruhida tarbiyalash, yoshlar qalbi va ongida o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar taxsinga sazovor– Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirdi. Faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, ularda Vatanga muhabbat, jasorat va fidoiylik fazilatlarini qaror toptirishga qaratilgan.
Ana shu maqsadda Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari mazmun-mohiyatini, unda bayon etilgan fikr-mulohazalarni chuqur o‘rganish, yoshlarni turli zararli oqimlar ta’siridan asrash, yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalashga harakat qilmoqdamiz. Xususan, yoshlarimizning huquqiy bilimini oshirish, Konstitutsiya va qonunchiligimizga oid tushunchalarini boyitish, ularning fuqarolik huquqi va burchini to‘la anglab yetishi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ko‘maklashish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilayotir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya, Ichki ishlar va Xalq ta’limi vazirliklari, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda tegishli reja va dasturlar ishlab chiqilib, ular asosida joylarda “Konstitutsiya – baxtimiz tayanchi”, “Mening fikrim”, “Huquq va burch” mavzularida davra suhbatlari, uchrashuvlar, viktorina va bilimdonlik bellashuvlari tashkil etilmoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani kuchaytirish, ijobiy an’ana va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ajdodlarimizning bebaho ma’naviy va madaniy merosini o‘rganish, asrab-avaylashga da’vat etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Orol bo‘yida har yili Navro‘z ayyomi arafasida “Milliy o‘yinlar festivali” o‘tkaziladi. Bunda yoshlar “Qasharmanto‘p”, “Langi”, “Besh tosh”, “Chullik”, “Doiraga tort”, “Ko‘zbog‘lash”, “O‘rtagatushish”, “Jambil”, “Asiq”, “Xo‘roz urishtirish”singari milliy o‘yinlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadilar.
Mahallalarda yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yoshlar ongida vatanparvarlik hissini kuchaytirish, el-yurt sha’nini ulug‘lash kabi oliyjanob fazilatlarni shakllantirish maqsadida yoshlar o‘rtasida “Qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Mahallam tarixini o‘rganaman” ko‘rik-tanlovi ham samarali natija bermoqda.
Yoshlarning manfaatlarini himoyalash, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini, bolalikdan nogiron o‘smirlarni otaliqqa olish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, hunar o‘rgatish va ish bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ehtiyojmand oilalarning farzandlari va jismoniy imkoniyati cheklangan bir yarim ming nafardan ziyod yoshlarga kasb o‘rgatildi.
Yoshlarning fan, texnika, axborot texnologiyalari, madaniyat, san’at, sport sohalarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritishiga puxta zamin yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish yo‘lida barcha imkoniyat va kuch-g‘ayratimizni safarbar etaveramiz.
Topshiriq: Matnni o’qing.Matnda ishtirok etgan yordamchi so’zlarni aniqlang.
Kelajak – yoshlar qo‘lida
Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, huquqiy bilim va madaniyatini yanada yuksaltirish, ongu shuurini turli zararli ta’sirlardan asrab-avaylash davlatimiz yuritayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridandir. Toshkent shahar hokimligi, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida poytaxtimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida o‘tkazilgan voyaga yetmagan yoshlar uchun ikki kunlik seminar-treninglarda bu jihatlar yana bir karra o‘z ifodasini topdi. Mazkur tadbirlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2010-yil 29-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati yoshlarga interfaol usullarda tushuntirildi.
Tadbirda mazkur qonun voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabablarni aniqlash va bartaraf etishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi. Turli vazirlik va idoralar, tashkilotlar hamkorligidagi ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa zarur profilaktik chora-tadbirlar bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirayotir. O‘smirlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va mazmunli tashkil etish yuzasidan qator ijtimoiy loyihalar, seminar-treninglar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Seminar-treninglar doirasida o‘quvchilar ijodiyot markazlari to‘garaklari faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazmalar, sport musobaqalari, konsertlar, muzeylar, teatrlar, ma’naviyat va ma’rifat maskanlari hamda Yoshlar ijod saroyiga sayohatlar tashkil etildi.
Sintaksis
1. Sintaksis <<tuzish>> degani: sintaksis punktuatsiya bilan chambarchas bog’liq: Abay oq, yolli otga mindi- Abay oq yolli otga mindi.
2. Tnish belgi o’z o’rnida ishlatilmasa, gapning mazmuni ham, sintaktik tuzilishi ham o’zgaradi. Uni go’sht, konserva bilan mehmon qildi - Uni go’sht konserva bilan mehmon qildi.
So’z qo’shilmasi
1. Mustaqil so’zlar mazmun va grammatik jihatdan birikib, so’z qo’shilmasini xosil qiladi: go’zallik va yaxshilik, oyning o’rtog’i, kuzgi shamol, zavq bilan kuylamoq.
2. Teng bog’lanishda uyushiq bo’lak xosil bo’ladi: inson va zamon; kuldi-yu indamadi.
3. Tobe bog’lanish so’z birikmasini xosil qiladi: ukamning kitobi, ishtaxa bilan yemoq, zangori gilam.
So’z birikmalari
1. Ikki va undan ortiq mustaqil so’zning ma’no va grammatik jihatdan tobelanishdan so’z birikmasi xosil bo’ladi.
2. So’z birikmasida bosh va ergash so’z bo’ladi.
a) Bosh so’z – ma’nosi izohlanayotgan so’z;
b) Ergash so’z – ma’noni izohlayotgan so’z.
5. Agar inversiya bo’lmasa; so’z birikmasida bosh so’z ergash so’zdan so’ng joylashadi: shudring tomchilari, murakkab test, xonani tozalamoq.
So’z birikmasi va gap
1. So’z birikmasi (odatda) tobe+hokim so’z bo’lib:
a) notugal fikr bo’ladi;
b) notugal ohangga ega bo’ladi: go’zal hayot.
2. Gap (odatda) hokim+tobe so’z bo’lib:
a) tugal fikr bildiradi;
b) tugal ohang bilan aytiladi: Hayot go’zal.
Gapda so’zlarning o’zaro sintaktik munosabati
1. Qo’shimchalar, yordamchi so’zlar, so’z tartibi, pauza, logik urg’u sintaktik munosabat xosil qiladi.
2. Osmonda yuduzlar chamani porlaydi gapida so’zlar –da, -i, -di, qo’shimchalar orqali sintaktik munosabat xosil qiling
Gap
1. Gapning 4 belgisi:
a) muomalaning eng kichik birligi;
b) nisbiy tugal fikrni ifodalaydi;
v) grammatik shakllangan bo’ladi;
g) tugallangan ohang bilan aytiladi;
2. Gap tuzilishga ko’ra sodda va qo’shma bo’ladi:
a) Sodda gap – bir fikrni ifodalaydi, boshqa gaplarga bo’linmaydi: Quyosh charaqlab chiqdi;
b) Qo’shma gap – kamida ikki fikr qo’shilib, bir butunlikni hosil qiladi (yoki kamida ikkita sodda gapning qo’shiluvchi) Quyosh charaqlab chiqdi va cho’lda hayot qaynadi.
Gap bo’laklari
1. Bosh bo’laklar: ega, kesim.
2. Ikkinchi darajali bo’laklar: to’ldiruvchi, aniqlovchi, xol.
Gap bo’laklariga beriladigan so’roqlar
1. Egaga: kim? nima? kimlar? nimalar? qayer?
2. Kesimga:
a) fe’l-kesim: nima qildi? nima qilyapti? nima qilmoqchi? So’roqning shakllari.
b) ot-kesim: kim(u)? nima(u)? qandaydir? qachondir? nechtadir? qayerdir? (u) nechta?
3. Aniqlovchiga:
a) sifatlovchi – aniqlovchi: qanday? qanaqa? qaysi? necha? nechanchi? qayerdagi?
b) qaratqich aniqlovchi: kimning? nimaning? qayerning?
4. To’ldiruvchiga:
a) vositasiz to’ldiruvchi: kimni? nimani?
b) vositali to’ldiruvchi : kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? kim bilan? nima bilan? kim uchun? nima uchun? kim kabi? nima kabi? kim sari? nima sari? kim orqali? nima orqali? va b.
5. Holga:
a) vaziyat (tarz, ravish) holi: qanday? qay tarzda? qay vaziyatda? qay ravishda?
b) o’rin holi: qayerda? qayerdan? qayerga?
v) payt holi: qachon? qachondan? qachongacha? qachondan beri? qay vaqttan buyon? qay vaqt?
g) miqdor holi: qancha? qanchalab? nechalab? necha martta?
d) sabab holi: nima sababdan? nima sababli? nima uchun? nimaga? nega?
e) maqsad holi: nima maqsadda? nima uchun? nima qilgani? nega?
y) shart holi: qanday shart bilan?
j) to’siqsiz hol: nima bo’lsa ham?
Ega
1. Gapda mutloq hokim vaziyatini egallagan so’z yoki birikma.
2. Har doim bosh kelishikda bo’ladi.
3. So’roqlari kim? nima? kimlar? nimalar? qayer?
Eganing ifodalanishi (qanday birliklar ega bo’ladi)
1. Ot: O’yin-kulgi yarim kechagacha davom etdi.
2. Olmosh: Hech kim o’rnidan jilmadi.
3. Son: Besh-o’nning yarmi.
4. Otlashgan sifat: Mard maydonda bilinadi.
5. Harakat nomi: Xato qilmoq bordir, tuzatmaslik ordir.
6. Otlashgan son: Ikkitasi chapga burildi.
7. Otlashgan undov: Oxlarim tutgay sani.
8. Otlashgan ravish: Ko’pi ketib, ozi qoldi.
9. Otlashgan sifatdosh: Tirishgan tog’dan oshar.
10. Otlashgan taqlid so’z: Qamishzorning shitir-shitiri sukunatni buzadi.
11. Ibora bilan: Xa, uning qo’ltig’iga suv purkayotgan ham Bek.
12. Birikma bilan: Ishlamay yegan – og’rimay o’lar.
Kesim
1. Faqat egaga tobe bo’lak bo’lib, ega haqida xabarni tasdiq yoki inkorni, so’roqni bildiradi.
2. Kesim odatda gap oxirida joylashadi.
3. Kesim tuzulishiga ko’ra: sodda va qo’shma.
4. Ifodalanishiga ko’ra: fe’l-kesim va ot-kesim
5. Turlari:
a) Sodda fe’l – kesim:
- tuslangan fe’l: O’quvchilar yig’ildi;
- ravishdosh: Ishning boshi boshlanguncha;
- sifatdosh: U bu xonadonda yayrab o’sgan.
b) Murakkab fe’l-kesim:
- ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi bilan: Odamlar tarqala boshladi;
- sifatdosh + bo’lmoq: To’y ertaga o’tadigan bo’ldi;
- sifatdosh + to’liqsiz fe’l: U testni yodlagan edi;
- maqsad maylidagi fe’l+bo’lmoq + to’liqisiz fe’l: U o’rnidan turmoqchi bo’lgan edi.
6. Sodda ot-kesim - bir so’zdan iborat kesim:
a) ot: Vatanim – O’zbekiston. 8 dekabr Konstitutsiya kunidir;
b) sifat: Sening borganing yaxhi;
v) son: Uning ukasi to’rtta;
g) olmosh: Bizning maqsadimiz – ana shu;
d) ravish: Dangasaning vaji ko’p;
e) harakat nomi: O’qish – yuksalish:
y) modal so’z: Idorada hech kim yo’q. Bizga kitob kerak;
j) ibora: Sen aravani quruq olib qochma.
Bog’lama
1.Bog’lama – ot-kesim tarkibida kesimlikni ko’rsatuvchi shakl.
2. Bog’lama vazifasida keluvchi birliklar:
a) bo’lmoq fe’li: Bugun yomg’ir bo’lmaydi;
b) edi, erdi, ekan, erkan, ermish, to’liqsiz fe’llari: U maxalla oqsoqoli edi;
v) kelmoqfe’li: Etik oyog’imga to’g’ri keladi;
g) sanaladi, xisoblanadi, ataladi fe’llari: 8 dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni xisoblanadi;
d) –dir, turur ko’rsatkichlari: Talaba bo’lish katta quvonchdir; Alisherbek shoir turur;
e) –man, -san, -miz, -siz, kabi shaxs-son ko’rsatkichlari: Men abiturientman.
Ega va kesim orasida tirening ishlatilishi
1. Kesim fe’l-kesim bo’lmay, ot, olmosh, son bilan ifodalanib, kesimlik qo’shimchasi (-dir) ni olmaganda: 8 dekabr – Konstitusiya kuni. Aytadigan gapim – shu.
2. Ega yo kesim, yo har ikkalasi harakat nomi bo’lsa: O’qish – yuksalish.
3. Ega ko’rsatish olmoshi bo’lsa: Hayot, bu – kurash.
Ega va kesimning mosligi
1. Odatda ega va kesim shaxs va sonda mos bo’ladi: Biz o’qidik (ega va kesim I shaxs, ko’plikda).
2. Ega narsalarni bildirsa, kesim bilan sonda moslashmaydi: Osmonda oq bulutlar suzib yuribdi.
3. Ba’zan shaxsda mos bo’lmasligi mumkin: Bunga hayronsan kishi.
To’ldiruvchi
1. Gapning biror bo’lagiga kelishikli yoki ko’makchili boshqaruv yo’li bilan bog’langan bo’lak.
2. To’ldiruvchi asosan kesimga, ba’zan ega, to’ldiruvchi, aniqlovchiga bog’landi.
3. Ushbu so’zlar to’ldiruvchi bo’ladi:
- ot: O’sha kuni o’qituvchi uchratdi. Uni hunari uchun yoqtiradi;
- olmosh: Salim o’zini ayamadi. Soadat ona bu – hodisani undan so’radi;
- harakat nomi: Unga xizmat qilmoqqa hamma orzumand;
- son:O’nni beshga qo’sh;
- otlashgan sifatdosh:Bo’linganni bo’ri yer;
- otlashgan sifat bilan:Yaxshi bilan yetdim murodga;
- otlashgan ravishi: Otam ko’pni ko’rgan, oziga chidaydi;
- otlashgan undov: Kasalning oh-vohini eshitdi;
- otlashgan taqlid: Qushlarning chug’ur-chug’uriga maxliyo bo’ldi;
- modal so’z: Boriga sabr qiling;
- birikma: U kunning qanday o’tayotgani bilan ishi yo’q.
Aniqlovchi
1. Gapning biror bo’lagiga bitishuv yoki moslashuv yo’li bilan bog’lanadi.
2. Biror bo’lakning belgisini, bir bo’lakning ikkinchisiga qarashligini bildiradi.
3. Ifodalanish:
a) sifat: Bahorning issiq kunlari boshlandi;
b) son: Ikkala bola birga jo’nadi;
v) ot: Gullarning guli ra’nodir;
g) olmosh: O’z uyingni saqla;
d) otlashgan so’zlar: Botirning mushti ham yarog’;
e) sifatdosh: Chiniqqan bolaga dard yuqmas;
y) olmosh: Butun xalq to’plandi;
j) ot: Tuproq yo’ldan yurdik;
z) ravish: U aybdorlarcha tabassum bilan tikildi;
i) taqlid: Maxallada duv-duv gap tarqaldi.
Izohlovchi
1. Aniqlovchining bir turi: ot bilan ifodalanadi.
2. Shaxs yoki narsaga boshqacha ma’no beriladi.
3. Unvon (professor G’ulomov), mashg’ulot, kasb (oshpaz kampir), amal (o’rinbosar Kamolov), jins (o’g’il bola), qarindoshlik (Sarvi xola), laqab (Soli sovuq), taxallus (Zokirjon-Furqat), o’xshashlik (ona-Vatan) ma’nolarini ifodalaydi;
4. Izoxlovchi o’zi izoxlangan bo’lak (izoxlanmish) bilan birga gap bo’lagi bo’ladi.
Hol
1. Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini sabab yoki maqsadini, o’rin yoki paytini ifoda qiluvchi bo’lak.
2. Gap bo’lagiga (odatda kesimga) bitishuv va boshqaruv yo’li bilan bog’lanadi.
3. Ifodalanishi:
a) ravish: Ishni peshma-pesh bajardik;
b) ot jo’nalish, chiqish, o’rin-payt kelishganda yoki ko’makchi bilan kelib: Ular katta yo’ldan janub tomon borar, zavq bilan qo’shiq aytardi;
v) ravishdosh: Soy shovullab oqmoqda;
g) sifatdosh: Xazillashganda odobni saqlang;
d) son: Birpasda tepalik ikki martta qo’ldan-qo’lga o’tdi;
e) birikma: O’rmonjon erta bilan sakkiz yarimda keldi.
4. Turlari:
a) Vaziyat (ravish) xoli: (qay tarzda? qanday?) Osmon sekin-asta qizara boshladi.Ilk qor o’ynab-o’ynab yog’ardi.Shaftoli duv-duv to’kildi. Ovqatni ishtaxa bilan yedim;
b) O’rin xoli: (qayerga? qayerda? qayerdan?) Unda-bunda chiroqlar ko’rinadi.Ko’ktog’ tomon yo’l boshladi.Qirdan shabada esadi;
v) Payt xoli: (qachon? qachondan beri?) Unda-bunda kelib turadi;
g) Miqdor-daraja xol: (nechta? qancha?) Ko’p bilgan oz so’zlar.Uch kuntekshirdi;
d) Sabab xoli: (nega? nima uchun?) O’ktam noiloj qaytdi. U xursandligidan qichqirib yubordi. Sen nimaga kechikding?
e) Maqsad xoli: (nimaga? nima maqsadda? Boshliq azza-bazza o’z xonasidan chiqib kelarmidi? Men ko’rishish niyatida qo’l cho’zdim;
y) Shart xoli: (qanday shart bilan?) Sarvar ulgursa keladi;
j) To’siqsizlik xoli(nima bo’lsa ham?) Men alsam ham, indamadim.
Gapda so’zlar tartibi
1. Odatdagi tartib:
a) Ega kesimdan oldin keladi: Ezgu ishlarni boshlang:
b) Vositasiz to’ldiruvchi kesim oldida keladi: Sening yutuqlaring onangniquvontirdi;
g) Xol kesimdan avval keladi: Ular dam olgani o’tirdi.
2. O’zgargan tartib (inversiya):
a) Kesim – ega: Ochildi tog’ning lolasi;
b) Kesim – xol: Qarshimda o’rtog’im so’zlar kuyinib;
v) Kesim – to’ldiruvchi: So’rab chiqdim hammadan;
g) Kesim – xol: Bir doktor kelganmish Toshkentdan;
d) Qaralmish – qaratqich: O’zbekiston – vatanim manim.
1-mashq. Quyidagi gaplarni o’qing, gap bo’laklarining tartibiga e’tibor bering va gaplarni rus tiliga tarjima qiling.
1. Biz oilaviy sayohatga borish haqida maslahatlashib oldik. 2. Korxonamiz a’lo sifatli mahsulot yetkazib bermoqda.. 3. Ertaga ko’rgazma ochiladi. 4. Ertaga o’n beshinchi auditoriyada o’zbek tili to’garagining navbatdagi mashg’uloti bo’ladi. 5. Biz institutimizga kelgan mehmonlarni yaxshi kutib oldik. 6. Uzoqdan onaning muloyim ovozi eshitildi..
2- mashq. Quyidagi so’zlar ishtirokida gaplar tuzing. Ularni rus tiliga tarjima qiling.
O’qish, kitob, oshiradi, so’z, kishining, boyligini.
N a m u n a . Kitob o’qish kishining so’z boyligini oshiradi.— ×òåíèå êíèã îáîãàùàåò ñëîâàðíûé çàïàñ ÷åëîâåêà.
1. Yo’qotish, hasharotlarni, kerak, zararli. 2. Brigadamizda, bor, bog’bon. 3.Uchratdik, biz, sexida, Karim Aminovichni, zavodning. 4. Radio, biz, tinglar edik, kechqurunlari. 5. Yozilgan, bolalarga, o’qidim, hikoyani. 6. O’quvchilar, tayyorlanyaptilar, kutib olishga, bayramni.
3- mashq. Quyidagi gaplarni o’zbek tiliga tarjima qiling va gap bo’laklari o’rniga e’tibor bering.
1. ×òîáû ñòàòü ó÷èòåëåì, îí ïîñòóïèë â ïåäàãîãè÷åñêèé èíñòèòóò. 2.Íàø ñòàðîñòà âûñòóïàåò íà ñîáðàíèÿõ ìàëî. 3. Êàðèìà äîëãî ãîòîâèëàñü ê äîêëàäó. 4.  ýòîì ãîäó íàø çàâîä âûïîëíèë ïëàí äîñðî÷íî. 5. Â÷åðà â íàøåì èíñòèòóòå áûëà âñòðå÷à ñ ïîýòàìè 6. ß âñòðåòèëñÿ ñî ñâîèì òîâàðèùåì â Ñàìàðêàíäå.
4-topshiriq. Berilgan so’zlar ishtirokida gaplar tuzing.
1) Î’quvchilar, bordilar, sayohatga, o’qituvchi, kecha, bilan
2) Sonya, o’qiydi, a’lo, matematika, bahoga, fanidan.
3) Qushlar, issiq, kuz, yurtlarga, kelgach, uchib ketadi.
4) Biz, darsida, matnni, qildik, sohamizga oid, o’zbek tili, tarjima.
5-topshiriq. Quyidagi so’zlar ishtirokida gaplar tuzing. Ularni rus tiliga tarjima qiling.
Yozilgan, bayram, hikoya, bog’bon, uzoq, mashg’ulot
6-topshiriq. Gaplarni o’zbek tiliga tarjima qiling.
1.  íàøåé ãðóïïå íåò îòñòàþùèõñÿ ñòóäåíòîâ, òàê êàê âñå ñòàðàþòñÿ õîðîøî ó÷èòüñÿ.
2. Ìû îáåäàëè â òîé ñòîëîâîé, êîòîðàÿ íàõîäèëàñü â ãëóáèíå ïàðêà.
3. Èç-çà òîãî ÷òî ëåòî áûëî æàðêîå è ñóõîå, ïîíàäîáèëoñü ïîëèâàòü êàæäîå äåðåâî.
4. Òàê êàê âñå òîâàðèùè ïðèøëè áåç îïîçäàíèÿ, ñîáðàíèå íà÷àëîñü âîâðåìÿ.
5. Ìèð ïîáåäèò âîéíó, ïîòîìó ÷òî âñå ïðîãðåññèâíîå ÷åëîâå÷åñòâî áîðåòñÿ çà ìèð.
7-topshiriq. Quyidagi birikmalar ishtirokida gaplar tuzing va ularni rus tiliga tarjima qiling.
Sekin eshitildi, bu yerda bo’lyapti, universitetda o’tkazildi,shoshilib keldi, talabalar ishlayotgan tomonga ketdi, to’gri javob berdi.
8-topshiriq. Maqollarni o’qing, mazmunini tushuntiring. Rus tilidagi maqollardan o’xshashini topib yozing.
1. Yaxshilik qilolmasang, yomonlik ham qilma.
2. Bilmaganni so’rab o’rgangan – olim,
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
3. Oz-oz o’rganib dono bo’lur,
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.
4. Tiling bilan ko’nglingni bir tut.
5. Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.
4-MAVZU. TABIAT VA INSON. HAYOT MENING TASAVVURIMDA. ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonlarning atrof-muhitga ta’siri o’sib boradi. Inson tabiat bilan, ya’ni o’simlik va hayvonot dunyosi hamda yer osti va yer usti boyliklari bilan o’zaro muloqotda bo’ladi.
Ekologik muammolar kengayib, ularni hal etish dolzarb vazifa bo’lib qolgan hozirgi davrda muammolarni hal qilishda insoniyat uchun asosan ekologik ong va ekologik madaniyatning o’rni beqisyosdir.
Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi, ularga rioya etmaslik ertami kechmi albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu muammo insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo’lgan fojiali oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Albatta ilmiy texnik rivojlanish natijasida, turli soha ilm va texnologiyalarning taraqqiyoti, yangi energiya manbalari va kimyoviy moddalarning paydo bo’lishi, tabiiy resurslardan yovuzlarcha foydalanish natijasida havo, suv ifloslanishi, insoniyatni boquvchi yer yaroqsiz holga kelib, oqibatda uni yashash muhitidan mahrum etadi.
Hozirgi davrda insoniyat u qanday havf qarshisiga kelib qolganligini tushunib yetdi, atrof-muhitga inson faoliyati tufayli yetkazilayotgan zarra qanday natijalarga olib kelayotganini yaqqol his etdi.
Inson faoliyatining natijasida atrof muhitga ancha sezilarli o’zgarishlar yuz bermoqda. Bular asosan hozirgi kunda mavjud bo’lgan ekologik xavfsizlik klassifikatsiyasida bo’lgan: umumsayyoraviy, mintaqaviy, milliy, lokal ekologik xavfsizliklar mamlakatimiz hududini ham chetlab o’tmadi.
Topshiriq. Matnni o'qing. Rus tiliga tarjima qiling.
HAYOT MENING TASAVVURIMDA
Har qanday jamiyat rivojlanishida yoshlar hal qiluvchi kuch va tayanch sanaladi. Oilani mustahkamlashga, kelajagimiz hisoblangan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy sog’lom voyaga yetishga katta e’tibor qaratilmoqda. So’nggi yillarda nizom, farmon va qarorlar qabul etish yo’li bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oilaga, xotin-qizlarga, ko’p bolali va yolg’iz onalarga, maktab o’quvchilariga va talabalariga davlat tomonidan ko’rsatilayotgan yordamlar sog’lom avlodni tarbiyalashda keng imkoniyatlar yaratmoqda. Mamlakatimizda 2010 -yil “Barkamol avlod yili” deb nom berilishi, yoshlarimiz jismonan va ma’nan barkamol avlodni tarbiyalash davlatning o’z oldiga qo’ygan ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Barkamol avlod-jamiyat taraqqiyotining asosidir.
Oila kodeksi nikoh shartnomasi, qarindoshlik va otalikni belgilash bolalarning oiladagi huquqlari va ota-onalarning majburiyatlari, ota-onalaridan ayrilgan bolalarning huquq va manfaatlarni himoya qilish, nikohdan oldin tibbiy ko’rikdan o’tish qoidalari kiritilgan.
Mustahkam oila – jamiyat tayanchi
Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Bunga “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishiga 8 trillion so’m mablag’ yo’naltirilishi ko’zda tutilganligini misol tariqasida keltirib o’tish mumkin.
Oila davlat muhofasida ekanligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo’yilgan. Yoshlarda sog’lom, ahil oila qurish ishtiyoqini shakllantirish, bir qator davlat va jamoat tashkilotlari qatori fuqarolik holatlari dalolatnomalari yozish bo’limlarining ham vazifasi kiradi. Shu bois ana shu talabdan kelib chiqqan holda ish yuritib kelyapmiz.
Ma’lumki, oila qurayotgan yoki qurish yoshida bo’lganlar navqiron avlod hisoblanadi. Shu sababli yoshlarni oilaga tayyorlash, oila mas’uliyatini chuqur anglashlariga erishish mustahkam va sog’lom oilani yuzaga keltirishning asosidir. Bo’limimizda ishlab chiqilgan “Barkamol avlod yili” tadbirlar rejasida yoshlar ko’pchilikni tashkil etadigan mehnat jamoalari, mahallalar, maktab va kasb-hunar kollejlarida “Nikoh va axloq”, “Milliy turmush tarzimizda oilaning roli”, “To’ylar milliy qadriyat”, “Tibbiy ko’rik-mustahkam oila asosi”, “Nikoh shartnomasi-hayotiy zaruriyat”, “Sog’lom ona – sog’lom bola” , “Barkamol avlod – yurt kelajagi” kabi mavzularda uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminar yig’ilishlari o’tkazilib borilishi belgilab olingan edi.
Yoshlarni oilaga tayyorlash yo’nalishida 3 joyda tashkil qilingan “Yosh oila maktabi” mashg’ulotlari imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqda. Oilaviy munosabatlarning turli qirralariga oid mashg’ulotlarni o’tishga tajribali tibbiyot xodimlari, huquqshunoslar, xotin-qizlar qo’mitasi vakillari, o’qituvchilar bilan bir qatorda boy hayotiy tajribaga ega, obro’-e’tiborli otaxonu onaxonlar ham jalb qilinayotgani o’zining ijobiy samarasini bermoqda.
Yoshlar hayotida unutilmas voqea bo’ladigan nikoh to’ylarini fayzli o’tkazish masalasiga ham alohida e’tibor qaratib kelinadi. Ahamiyatlisi, bu yoshlarning barchasi nikohgacha to’liq tibbiy ko’rikdan o’tib, bo’limlarga ma’lumotnoma taqdim qilishadi.
Keyingi paytlarda nikoh to’ylarini kamchiqim tarzda, ko’ngilli holda o’tkazish masalasida fuqorolar yig’inlari, mahalla faollari bilan hamkorlikda ish yuritilyapti.
Xalqimiz bolajon xalq. Oilada farzand tug’ilsa quvonchiga quvonch qo’shiladi. Farzandning benuqson tug’ulib, barkamol inson bo’lib ulg’ayishini ta’minlash masalasi hukumatimizning doimiy e’tiboridagi masalalardan biridir. Mustahkam oila jamiyat tayanchi ekan oila mustahkamligi, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol avlodning kamolga yetishi yo’lida ish olib boraveramiz
Topshiriq. Matnni o'qing. Rus tiliga tarjima qiling.
ERGASH GAPLI QO’SHMA GAP
Ergash so’zning bosh so’zga bog’lanish usullari
1.Moslashuv – ergash so’zning bosh so’z bilan shaxs va sonda mosligi: ergash so’z (-ning, -n (qisqargan), (belgisiz)) + bosh so’z (-m (-im), -ng, (-ing), -miz (-imiz), -ngiz (-ingiz), -si); Ahmadning kitobi; zamonning zayli; kuz shamoli.
Izoh:
a) egalik qo’shimchasi ba’zan ergash va bosh so’zda kela oladi: do’stimning kitobi;
b) egalik qo’shimchasi 1 shaxs ko’plikda belgisiz kela oladi: bizning uy, sizning uy;
v) qaratqich o’rnida ba’zan chiqish kelishigi kela oladi: bolalardan biri;
g) ba’zan ergash va bosh so’z o’rin almashinishi mumkin: vatanim mening;
2. Boshqaruv – bosh so’z talabi bilan ergash so’zning muayyan grammatik vositani olishi: ergash so’z (-ni (-n, -I, belgisiz), -ga (-a, -na, -ka, -qa, -g’a), -dan, -din, -da, ko’makchilar; fikrini quvvatlamoq, do’stlar bilan suxbat, uyni ko’zdan kechir, uyga kir, uydan chiq, uyda bor, uy tomon yur.
Izoh:
a) kelishikli boshqaruv: osmonni ko’r,yo’lin poyla, uydan chiqmoq;
b) ko’makchili boshqaruv: osmon kabi beg’ubor, uyga qarab yurmoq;
v) ba’zan ergash va bosh so’z o’rin almashishi mumkin: keldi uzoqdan;
3. Bitishuv – so’zning bosh so’zga grammatik vositalarsiz bog’lanishi: ergash so’z (mazmun, oxang) + bosh so’z: tiniq suv, tez yurmoq, qarsillab sinmoq, yura-yura, charchamoq, to’rtinchi savol, barcha odam.
Izoh:
a) boshso’z bo’lib asosan ot va fe’l, ergash so’z bo’lib sifat, ravish, ravishdosh keladi;
b) ergash va bosh so’z o’rin almashsa, gapga aylanadi: toza havo
- Havo toza.
Demak: kelishiklar, ko’makchilar, egalik qo’shimchasi, ohang ergash so’z bilan bosh so’zni bog’lovchi grammatik vositalar xisoblanadi.
Ergash gaplarni bosh gapga bog’lovchi vositalar
1. – ki bog’lovchisi bilan bog’lanishda bosh gap ergash gapdan avval keladi: Shuni unutmangki, yaxshi javob – sukut.
2. Qolgan xollarda, odatda, bosh gap ergash gapdan so’ng joylashadi: Kimki yomon bo’lsa, jazosini topar.
3. –ki bog’lovchisi bilan bosh gapga bog’lanish:
a) ega ergash gap: Bundan chiqdiki, biz zolim boy ekanmiz-da.
b) kesim ergash gap: Umidimiz shumidiki, bizga jafo qilasiz.
v) to’ldiruvchi ergash gap: Shuni unutmangki, hayot jumboqlarga to’la.
g) aniqlovchi ergash gap: Bir o’lkaki, tuprog’ida oltin gullaydi.
d) payt ergash gap: Dunyo yaralmishki, oftob bor.
e) sabab ergash gap: Bir narsasi bordiki, do’q qiladi.
y) natija ergash gap: Yomg’ir shunday quydiki, yer darrov ho’l bo’ldi.
4. –sa fe’l shakli bilan bosh gapga bog’lanish:
a) ega ergash gapni: Kim birovga chuqur qazisa, unga o’zi yiqiladi.
b) to’ldiruvchi ergash gapni: Qonun nimani taqazo qilsa, shuni qiling.
v) aniqlovchi ergash gapni: Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning yo’li to’g’ri bo’ladi.
g) o’rin ergash gapni: Qayerda intizom bo’lsa, shu yerda yutuq bor.
d) o’lchov-daraja ergash gapni: Mexnat qancha qiyin bo’lsa, samarasi shuncha shirin bo’ladi.
e) shart ergash gapni: Yer yaxshi haydalsa, hosil mo’l bo’ladi.
5. –mi yuklamasi bilan.
a) to’ldiruvchi ergash gap: Bilasizmi, bu qiyin masala.
b) sabab ergash gap: Omadimiz kelgan ekanmi, hosil bir bo’lib berdi!
v) shart ergash gap: Choy damaladingmi, hidi gurkirab tursin.
g) payt ergash gap: Otasi keldimi, chopib yoniga boradi.
6. –b (-ib) ravishdoshi bilan:
a) ravish ergash gap: Nigoraning ko’zlari javdirab, yuragi duk-duk urdi.
b) payt ergash gap: Eshik ochilib, Nodir ko’rindi.
v) sabab ergash gap: Boshimizga g’am tushib, shodlikni unutganmiz.
g) to’siqsiz ergash gap: Chiroq o’chib, biz qorong’ida qolmasmiz.
Izoh: Yana chunki, shuning uchun, negaki, nimagaki, sababli, tufayli, orqasidan, sababki, shekilli (sabab ergash gapni), bo’lmasa, yo’qsa, agar,mabodo, basharti, (shart ergash gapini), go’yo, go’yoki,huddi (o’xshatish ergash gapni), -sin deb (maqsad ergash gapni), desa (shart, payt, to’siqsiz, to’ldiruvchi ergash gapni), zamon, vaqt, chog’, payt, davr, +-da/-ga (payt ergash gapni), -sa ham; -sa-da, -ga qaramay (to’siqsiz ergash gapni), -g’uncha, -ganda, -gan, sari (payt ergash gapni) vositalari ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar sanaladi:
22. Ergashgan qo’shma gap – birda ortiq sodda gaplaning mazmun jihatidan birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo’shma gap; tobe (ergash gap)-hokim (bosh gap) munosabatli:
a) bosh gap- asosiy ma’noni ifodalaydi;
b) ergash gap – asosiy ma’noni izohlab, to’ldiradi: Kim halol mehnat qilsa, u taqdirlanadi.
23. Turlari:
a) Ega ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan ega izohlangan gap: Qozonga nima tushsa, cho’michga o’sha chiqadi. Kim mehnat qilsa, taqdirlanadi. Kim insonlikni o’zida sinab ko’rmagan bo’lsa, hech qachon odamni chuqur bilmaydi.; Shunisi yaxshiki, ko’p urushmaymiz. Ma’lumki, osmon uzilib yerga tushmaydi;
b) Kesim ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesim izohlanadi: Istagim shuki, baxtli bo’lasiz. Hamma gap shundaki, chuqur bilim bo’lishi kerak;
v) To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan (yoki ifodalanmagan) to’ldiruvchi izohlanadi:
Shuni unutmangki, yaxshilik sedan chiqmaydi. Bilamanki, g’isht qolipdan ko’chgan. Munavvar, Yo’ldosh biror narsa dermikan deb, kutdi;
g) Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap – bosh gapda aniqlovchi bo’lib kelgan olmosh yoki sifatlar izoxlanadi: Shunday inson ko’rdimki, u bag’oyat bilimli; Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, yo’li to’g’ri bo’ladi. Kimning yuksak fazilati ko’p bo’lsa, uning do’sti ko’p bo’ladi;
d) Payt ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-harakatning payti izoxlanadi: Mehmonlar yetib borguncha, qorong’u tushdi. Tong kulmasdan, erta turadi. Otasi keldimi, chopib yoniga boradi. Otasi o’lib, yolg’iz qoldi bechora. Kema uzoqlashgach, kutilmaganda shamol ko’tarildi;
e) Ravish ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-xarakatning bajarilishi izoxlanadi: Nazokatning ovozi titrab, yuragi gurs-gurs urdi. Baliq chiqdi ilinib, tumshuqlari tilinib. Ufq qizarib, tong yorishardi;
yo) O’xshatish ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-harakatning bajarilishi o’xshatish yo’li bilan izoxlanadi: Shunday jimlik cho’kkanki, go’yo xayot butunlay so’nganday. Quyosh tongni istaganidek, do’stlik qalbni isitadi;
j) Maqsad ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdan anglashilgan ish-xarakat nima maqsad bilan yuzaga kelgani izohlanadi: Odamlar yaxshi yashasin deb, tinchlik xaqidagi shartnomaga imzo chekdik. Mehmonlar kirishi uchun, eshikni ochdim;
z) Sabab ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning yuzaga kelish sababi izohlanadi: Ish o’ngidan kelmasdan, idoradan so’zsiz chiqib ketadi. Bu uy avval bedaxona bo’lganidan, darchasi yo’q edi. Yerda tuz ko’payib, daraxtlar qurib qoladi. Daraxt yashnab turgani uchun, soyasidan odam arimaydi; Bu xonadon sokin, chunki uyda yaxshi bir inson yashaydi;
i) Shart ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-xarakat qanday shart bilan yuzaga kelishi izohlanadi: Yer yaxshi haydalsa, hosil mo’l bo’ladi. Istasangiz, yuguramiz. Men bor ekanman, hotirjam bo’ling;
y) To’siqsiz ergash gapli qo’shma gap – bosh gapning mazmuniga zid voqea-hodisaning yuzaga kelishiga to’siq bo’lolmagan harakat izohlanadi: Mart oyi bo’lsa ham, qor yog’moqda edi.
Oftob charaqlab turgani xolda, xavo salqin edi. Ketishiga ruxsat bo’la turib ketmadim;
k) Natija ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-xarakatning natijasi izohlanadi: Do’l shunday yog’diki, yer oppoq bo’ldi. U qachon na’ra tortdiki, deraza zirillab ketdi;
l) O’rin ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-xaraktning yuzaga kelishi o’rni izohlanadi: Qayerda tinchlik bo’lsa, shu yerda baraka bo’ladi. Qayerda bekorchilik bo’lsa, o’sha yerda bema’nilik avj oladi;
m) O’lchov-daraja ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-xarakatning o’lchov-darajasi izohlanadi. Janjal qancha ko’paysa, xizmat xaqi ham shuncha ko’payadi.
24. Bir necha ergash gapli qo’shma gap – birdan ortiq ergash gap bosh gapga tobelanib kelgan gap: Xavo issiq bo’lsa ham, ishni oxiriga yetkazish uchun, hasharchilar tinimsiz ishladilar:
a) To’g’ridan - to’g’ri (birgalik) ergashish – ergash gaplar bosh gapga to’g’ridan - to’g’ri bog’lansa, ma’no chiqadi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, naxtga ko’payadi;
b) Ketma-ket ergashish – avval ergash gapning biri ikkinchisiga bog’lanadi, so’ng ikkala ergash gap bosh gapga bog’lanadi (yoki birinchi gap bilan bosh gap bog’lansa, ma’no chiqmaydi): Bahor noqulay kelib, g’o’za parvarishi kechikkan bo’lsa ham, hosil mo’l bo’ladi. Bayram kuni kelgach, hech kim bormasa, unga nima deymiz?
25. Bog’lovchisiz qo’shma gap – sodda gaplar hech qanday bo’glovchisiz, faqat ohang va mazmun bilan birikadi:
- bog’langan qo’shma gapning bog’lovchilarsiz birikishi: Havo bulut bo’ldi, yomg’ir yog’madi;
- ergashgan qo’shma gapning bog’lovchilarsiz birikishi. Sen javob berding, biz jim turdik.
26. Bog’lovchisiz qo’shma gapda ushbu tinish belgilar ishlatiladi:
- vergul: bir-biriga yaqin, bir paytta yoki ketma-ket yuzaga kelgan voqealar ifodalansa: Chaqmoq yaltirar, momaqaldiroq guldirar, sharros yomg’ir quyardi;
- nuqtali vergul: sodda gaplar mazmuni uzoq bo’lsa: Pag’a-pag’a qor yog’adi; shamol tinimsiz uvillaydi;
- ikki nuqta: keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikrning sababi, natijasini bildirsa, izoxlasa,to’ldirsa: Bugun havo ochiq: derazani lang ochib qo’ysa bo’ladi. Ota biladi: o’g’lida gunoh yo’q:
- tire: sodda gaplarning mazmuni zid bo’lsa, o’xshatilsa, payt yoki shartni bildirsa: Ko’z qo’rqoq – qo’l botir. Vaqting ketdi – baxting ketdi. Davlat tinch – xalq tinch.
27. Aralash qo’shma gap – tarkibi bog’langan, bog’lovchisiz, ergashgan qo’shma gaplarning o’zaro aralishuvidan tuzilgan murakkab qo’shma gaplar. O’qituvchi kelgach, qo’ng’iroq chalindi va dars boshlandi. Havo ochiq, quyosh qizdirar, shuning uchun bolalar o’zini soyaga oldi.
1-mashq. Rus tiliga tarjima qiling.
1. Istagim shu, hech so'nmasin yongan chirog'ing. 2. Biz istaymiz, barcha ellar, elatlar bir - birlari bilan bo'lsin yana yaqinroq. 3, Shuni unutmangki, biz ozod zamonda yashayapmiz... . 4. Kimki halol bo'lsa, u hurmatga loyiq. 5. Hech shubha yo'qki, biz g'olib bo'lamiz. 6. Yurak tandir emaski, o't yoqib qizdirsang.
2- mashq. O’qing. Ergashgan qo’shma gaplarni topib, bosh va ergash gaplarni ayting.
1. Yormat shahardan piyoda qaytib horigani uchun, hamma otlarga Yo’lchi qaradi. (O.) 2. Yo’lchi so’zini bitirgach, Abdushukur iljaydi. (O.) 3. Quyosh qizil baxmal singari tovlanib, o’zini azim chinorlar panasiga olganda, bu oqshomlar ko’hna tabiat ko’rki – tongdan ham musaffo bo’lib ketadi. (O’. Umarbekov.) 4.Eshik g’irch etib ochildi-da, ruxsat so’rab Alisherning ukasi Darveshali kirdi. (O.) 5. Agar bir doirada ikki markaziy burchak teng bo’lsa, unga mos yoylar ham tengdir. 6. Kim odobli bo’lsa, u hurmatga sazovor bo’ladi.
3- mashq. O’qing. Bosh va ergash gaplarni toping.
1. Sayramov to’g’on boshiga kelganda, bu yerda ish qaynamoqda edi. (O.) 2. Ular bu yerda so’roq berayotganda, Ojiza ovqat pishirib kutardi. (Sh.R.) 3. Qutidor do’koniga jo’naganidan keyin, Oftoboyim To’ybekani mehmonxonaga buyurdi. (A.Qod.) 4. Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning yo’li ham to’g’ri bo’ladi. 5. Mehmonlar yana shunga tan berdilarki, bu yil ko’rgazmada qatnashayotganlarning hammasi kelgusi yilda ham qatnashadi. (H.G’) 6. Gap eshitilmasa ham, ishchilar bir-birlarini anglar edi. (As.M)
4- mashq. Tushirilgan tinish belgilarini qo’yib ko’chiring, ergash gaplarning tagiga chizing.
1. Hali gul ochilmagan bo’lsa ham, stol ustiga katta guldasta qo’yilgan edi. 2. Otishma tugagach Bektemir ungurdan chiqdi. (O.) 3. Hammamiz dalaga yo’l olgan chog’da katta to’y tusini oladi qishloq. (H.G’) 4. Naqqosh ketgandan so’ng shoir eshikka chiqdi. (O.) 5. Hosil mo’l bo’lsin deb, tokning egatlarini yaxshilab chopdik.
5- mashq. Berilgan sodda gaplardan shuning uchun, chunki ergashtiruvchi bog’lovchilari yordami bilan ergashgan qo’shma gaplar tuzib yozing, zarur tinish belgilarini qo’ying. Ergash gaplarning tagiga chizing.
1. Biz o’z Vatanimizni sevamiz. Uning tarixini yaxshi bilmog’imiz lozim.2. Karim chet tilidan “5” baho oldi. U darsga puxta tayyorlangan edi. 3. Biz o’tqazgan ko’chatlar juda tez o’sdi. Ularni yaxshi parvarish qilib turdik.
6- mashq. Nuqtalar o’rniga bosh gap mazmuniga mos ergash gapni qo’shib yozing. Ergash gapning turini belgilang.
1. Shunisi ajablanarliki,… . 2. Kim rostgo’y, mehnatsevar bo’lsa,… . 3. Har kimki vafo qilsa, … . 4. Kimdakim qanoatli va sabr-toqatli bo’lsa, … .
7- mashq. Nuqtalar o’rniga gaplarning mazmuniga mos ergash gap qo’shib yozing, zarur tinish belgilarini qo’ying, ergash gaplarning turini aniqlang.
1. Shuni unutmaslik kerakki… . 2. Maktab bog’iga o’tqazilgan ko’chatlarning bir tekis ko’karib turishidan sezdikki….
8- mashq. Unutmaylik, ayta olamiz, bilib qo’ying fe’llari bosh gapning kesimi bo’lib kelgan uchta to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap yozing.
KO’CHIRMA VA O’ZLASHTIRMA GAP
O’zgalarning hech o’zgarishsiz aynan berilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Màsalan: "Menga shafqat qiling, aziz birodarlar",- dedi Rahmat.
Ko’chirma gap muallif gapi bilan bog’lovchi vazifasidagi demoq fe’lining deb (deya), degan shakllari orqali va bog’lovchisiz munosabatga kirishadi. Ìàsalan: "Yozgan asaring shumi?",-dedi muharrir.
Ko’chirma gap yozuvda qo’shtirnoqqa olinib, birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi. Quyidagi ko’chirma va muallif gapidagi tinish belgilariga e’tibor bering.
1. "Aziza, sog’liq qalay?" — deb so’radi Turg’un. ("Ko’chirma gap", muallif gapi.)
2. Jamoa xo’jaligi raisi dedi: "Biz bu yil paxtadan mo’l hosil yig’ishtiramiz" (muallif gapi: "Kochirma gap".)
3. "Mehnatni sev, - takrorlaydi onam, - mehnat kishiga baxt keltiradi" muallif gapi: "Ko’chirma gap", - muallif gapining davomi)
1-mashq. Quyidagi ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gapga aylantiring.
1. Alisher Navoiy: "Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz", degan edi. 2. "Inson. — bu mag’rur jaranglaydi", — deb yozgan edi Ì.Gorkiy. 3. "Mardona, gaplashaylik", — dedi Nosir. 4. "Yodgor tog’am hamma vaqt bayroqdor bo’lganlar", — dedi Po’latjon. 5. Qalandarov bosh silkib: "Zulfiqorov yaxshi brigadir", — dedi. 6. "Rus bilan o’zbek qo’lni qo’lga bersa, har mushkul oson", — dedi Sakson ota.
2-mashq . Quyidagi ko’chirma gaplarga muallif gapini qo’shib, ko’chirma gapli konstruksiyalar tuzing. Tinish belgilariga e’tibor bering.
1. "Bilim — oltindan qimmat, qilichdan keskir, zambarakdan kuchli" (gruzin maqoli). 2. "Ilm insoniyat gavharidir", (À. Bedil) 3. "Oila farzanddan boshlanadi" (À.I.Gersen). 4. "Yoshlik shu narsa bilan baxtiyorki, uning kelajagi bor." (V.G.) 5."Kitoblar qarshisida jamiki narsalar nursiz bo’lib qoladi" (À.Ch.)
3- mashq. Ko’chirma gapli qo’shma gaplarni aniqlang. Ko’chirma gap bilan muallif gapining o’zaro aloqasini tushuntiring.
1. Ba’zilari menga o’qrayib:- “Jim o’tir-e”,- deb qo’yishadi. 2. Tushuntir o’zing,- deydi menga jahldan qizarib Turg’un. 3. Shunaqa o’rtoq Nizomiddinov,- dedi Begzod,- bu dushmanning ishi. 4. Shunday o’ylar edi: “Ishning qizig’i endi keladi. Chol to’g’ri aytayaptimi? Yo dovdirayaptimi? . . .” 5. –Ho’p, ho’p, dedi kulib navbatchi,- Anvardan eshitganim bor edi, janobning tavsiflarini eshitganman. 7.Oldiniga ikkilanib turgan Ummatali tavakkal qilib: “Bor!”, dedi.
4- mashq. Ko’chirma gap va muallif gapini topib, ularning o’rnini aniqlang. Tinish belgilarini qo’yilishiga e’tibor bering.
1. “Qiziq ekan. Ra’noga ko’rsataman buni . . .”,- dedi u o’z-o’zicha ruhlanib. 2.”Siz meni mazax qilmay qo’yaqoling!”- dedi zarda bilan xo’jayin. 3. “Dalilim yo’q,- dedi Iskandar qo’rslik bilan,- shunga chaqirganmidingiz?” 4. – Nima ko’rdingiz?- dedi polvon.- Hech narsa,- dedi hakam. 5. “Kam bo’lmang,- dedi pulni uzatib,- yana xizmatingizdaman. 6. Ne’mat o’ziga kelganda, ayvondan turib maxdum baqirdi: “Ra’no, akangning qo’liga suv quy!” 7. “Bozorni ko’rdingmi? Mol bozoriga bordingmi?”- so’raydi dadam, muloyim tabassum bilan.
Ko’chirma gapli qo’shma gapni o’zlashtirma gapga ham aylantirish mumkin. Masalan: “Odobsizlik bo’lsa ham,- dedi Mirzo Sultonali,- muborak xonalariga bostirib keldim”- ko’chirma gap. Mirzo Sultonali odobsizlik bo’lsa ham muborak xonalariga bostirib kelganini aytdi – o’zlashtirma gap
5- mashq. Gaplarni o’qing. Ko’chirma gapli qo’shma gaplarni topib daftaringizga ko’chiring.
Bu belgilar qo’yilmagan bo’lsa, ularni qo’yib chiqing. 6,7-gaplarni o’zlashtirma gapga aylantirib, ularning tinish belgilaridagi farqlarini tushuntiring.
1. Xotin indamay dasturxonni yig’ishtirib oldi, qozonga suv quyayotib eshitilar-eshitilmas dedi: “O’sha asalning puliga anor ham berar edi”. 2. “Maktabga bor!”– deydi onam. 3.”Ofarin! Ofarin!”- deb yubordi G’ulomjon hursand bo’lib. 4. Davlatbekov qo’lini ko’ksiga qo’yib: Xo’p bo’ladi, xo’p! deb turar edi. 5. Men umumxalq boshlagan ishdan chetda qolmayman, dedi Mehrigul hayajon ichida. 6. Bir keksa o’qituvchi: “Ko’nglimizning chirog’i olib chiqib ketilgan uyday qilib ketyapsiz, Sodiqjon”,- degan edi. 7. “Komil akam masalangni majlisga solaman dedilar”,- dedi. 8. “Begunoh go’dakning saharda qilingan duosi qabul qilinadi. Uyg’oting qizingizni!”- dedi. 9. “Gumoningizni ayting bo’lmasa”,- dedi Dilmurod tajang bo’lib.
6- mashq. Quyidagi gaplarni ko’chiring. Rus tiliga tarjima qiling.
1. Komila zavq bilan xo’rsinib deydi: “Pianinoni juda suyaman: Ayniqsa sen, sen chalganingda . . . “ 2. Uning o’zi ba’zan do’stlariga maqtanib qo’yar edi: “Garov boylashib, olis yo’lga otdan ilgari boraman!” 3. Sal o’tmay uyquga ketib, xurrak otdi. Uning xurragi ham allanechuk adabiyroq edi: “Pluk-qum-pirr . . . pluk-qum-pirr . . .” 4. Ular ko’zlarini uqalashib: “Nima shovqin?? . . . Nima gap?” deyishardi. 5. Teshavoy ayvondan turib qichqirdi: “Davron qani?” 6. Karomat opam indamaydi. Ichdan bir uh tortadi-da, xomush holda deydi: “Yemayman, bas, tegajaklik qilma”. 7. “Aytadigan gaping shumi?”- dedi Miraziz.
7- mashq. Ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gapga, o’zlashtirma gaplarni ko’chirma gapga aylantiring. Farqlarini tushuntiring.
I. 1. Ba’zan o’z-o’zicha deydi: “Irodasi po’latday deganicha bor” 2.“Siz korxonada ishlaysizmi?”,- so’radi Maqsudov. 3. “Ahmad mashina haydashga o’qimoqchi”,- dedi Kamol. 4. “O’zlari tinib qolar”,- deydi buvim qo’lini siltab. 5. “Mayli”,- Qunduzxon go’yo sehrlangandek javob berdi. 6. “Xo’sh, qanday yangiliklar bor?”- dedi O’ktam.
II. Arslonov chol bilan suhbatlashishni ko’pdan buyon orzu qilganini, lekin vaqti bo’lmaganini aytdi. 2. U bog’da meva terganligini aytdi. 3. Oyxon bu tadbirlarni Qodirov yoqlaganligini aytdi. 4. Ustozimiz ona tilini yaxshi bilmasdan, boshqa fanlarni chuqur egallash mumkin emasligini ta’kidladi.
SOHAGA OID MATNLAR
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING TURLARI
Texnologiya so'zi grekchadan tarjima qilinganda san'at, ustalik, malaka ma'nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma'lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig'indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob'yektining dastlabki, boshlang'ich holatini o'zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog' va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang'ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma'nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so'zini qo'shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiyani quyidagicha ta'riflash mumkin.
Texnologiya - bu sun'iy ob'yektlarni yaratishga yo'naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo'nalishda borishini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o'zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta'riflash mumkin.
Axborot texnologiyasi - bu axborot ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo'lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo'lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo'llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o'quvchi boshlang'ich axborotni qayta ishlash uchun o'zining bilimini qo'llaydi. Masalaning yechimi bo'lgan yangi axborot mahsuloti, o'quvchi tanlay olgan masalani yechish texnologiyasi, usuliga bog'liq.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o'zining "uskunalari", vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o'zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo'llanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo'llanishiga urg'u berish maqsadida ko'pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o'zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog'liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo'lgan ma'lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo'lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud.
Ichki omillar – bu axborotning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat, (respublika, qit’a)da yashovchi o’rtog’ingiz bilan fakr almashmoqchisiz. Buni turli yo’llar orqali yetkazishingiz mumkin: 1) aloqa bo’limi orqali (yozma);
2) telefon tarmoqlari orqali (og’zaki);
3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
O’zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon va sifati yuqori bo’lgan usulni belgilab olasiz.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING ASOSIY TAVSIFI
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT) – boshqaruv vazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalaniladigan rivojlangan dasturiy ta`minotni qo`llash bazasida bajariladi. Axborot texnologiyasini amalga oshirishdagi texnik vositalarning asosiy qismini kompyuter texnikasi tashkil etgani uchun axborot texnologiyasi, ayniqsa zamonaviy axborot texnologiyasi deganda kompyuter axborot texnologiyasi tushuniladi.
Zamonaviy axborot texnologiyasi (ZAT) (kompyuter axborot texnologiyasi) – shaxsiy kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi uchun qulay “interfeys”li axborot texnologiyasidir. Ma`lum bir turdagi kompyuter uchun mo`ljallangan bir yoki bir necha o`zaro bog`liq dasturiy mahsulotlar zamonaviy axborot texnologiyalarining vositasi sanaladi.
Axborot texnologiyasining asosiy elementlari
ZAT ning asosiy elementlari quyidagicha:
- ma`lum bir vaqt davomida axborotni kiritish va qayta o`zgartirish;
- tasvirni kiritish va unga ishlov berish;
- signal axboroti paydo bo`lgan yerda uni qayta ishlash;
- og`zaki axborotni qayta ishlash;
- foydalanuvchining SHK bilan faol muloqoti;
- turli axborot tizimlarida mashinali modellashtirish;
- axborot almashuvining tarmoq texnologiyasi (dialog yuritish, video va telekommunikatsiya, elektron pocha, vidioteka va h.k.);
- taqsimlangan tarmoq tizimlarida ma`lumotlarni multiprotsessor asosida qayta ishlash;
- mahalliy, mintaqaviy va xalqaro tarmoqlar bo`yicha axborotni tezkor tarqatish.
Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyaslari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
à) texnik ta`minot texnologiyasi;
á) telekommunikatsiya texnologiyasi;
â) dasturiy ta`minot texnologiyasi.
Bu texnologiyalar hisoblash tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining aniq variantlari doirasida birgalikda harakat qiladi va birlashadi. Ularni ayrimlari axborot texnologiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o`ynaydi.
MUNDARIJA
1-mavzu. Til - ma’naviyat ko’zgusi. O‘zbekiston - yagona vatan. Nutq tovushlari. sodda, qo’shma, juft so’zlar antonim, sinonim, omonim so’zlar til -ma’naviyat ko’zgusi.....................................................................................................................3
2-mavzu. Milliy qadriyatlar e’zozi. So’z turkumlari. Yordamchi so’zlar..........38
3-mavzu. Kelajak yoshlar qo’lida. Yetuk mutaxassis bo’laman. Sintaksis.gapda so’z tartibi...............................................................................................................79
4-mavzu. Tabiat va inson. Hayot mening tasavvurimda. ergashgan qo’shma gaplar.......................................................................................................................92
O’zbek tilidan qo’llanma
Televizion texnologiyalari fakulteti
ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan
(_____ -sonli bayonnoma) TATU
ilmiy-uslubiy kengashiga tavsiya
qilingan.
Tuzuvchilar K.A.Gayubova
Muharrir N.D.Yulanova