O’ZBEKISTON AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Î’zbek va rus tillari kafedrasi
O’ZBEK TILI
(Rus tilida tahsil oladigan telekommunikatsiya yo’nalishidagi talabalar uchun)
TOSHKENT - 2016
TATU AKTSKT fakulteti ilmiy - uslubiy kengash muhokamasida tasdiqlangan ( 5 aprel 2016 yil 9-son bayonnoma)
TATU ilmiy – uslubiy kengash muhokamasida tasdiqlangan ( 22 aprel 2016 yil 8(89)-sonli bayonnoma)
Òuzuvchilar: K.A.Gayubova
N.D.Yulanova
Òàqrizchilar: f.f.d.prof. S.X.Muhamedova
f.f.n,dots.M.X.Axmedova
Maskur qo’llanma rus tilida so’zlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan bo’lib, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo’llanma o’quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o’z ichiga qamrab olgan. Qo’llanmada turli manbalardan foydalanilganligini, matnning mazmundor , o’ziga xos qaytarilmasligi ko’zga tashlanadi. Shuningdek, iqtisod, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari, aloqa sohasi bilan bevosita bog’liq matnlar ham o’rin olgan.
Qo’llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo’llanmadan o’rin olgan matnlarning barchasi, bizningcha, har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o’qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o’ziga tegishli xulosalar chiqarib, mustaqil fikrlay boshlaydi. Ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim.
1-MAVZU. O‘ZBEKISTON - YAGONA VATAN. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TUSHUNCHASI
NUTQ TOVUSHLARI.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyo iqtisodiy hududining markaziy qismida, Amudaryo bilan Sirdaryo singari ulkan daryolar oralig‘ida joylashgan. Respublika hududining uzunligi g‘arbdan sharqqa qadar 1425 kilometr, shimoldan janubga qadar 930 kilometrdir. O’zbekiston o’z hududining kattaligi jihatidan Yevropadagi Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shvetsariya, Avstriya davlatlarini birgalikda olganda ulardan kattalik qiladi.
Respublika shimoliy-sharqda Qozog’iston, sharqda va janubiy-sharqda Qirg’iziston hamda Tojikiston, garbda Turkmaniston va janubda Afg‘oniston bilan chegaradosh.
O‘zbekiston Respublikasida tekislik va tog‘li relyef o‘ziga xos ravishda qo‘shilib ketgan. Tekisliklar (asosan Qizilqum sahrosi) janubiy-g‘arbiy va shimoliy–g‘arbiy qismida joylashgan.Tog‘lar va tog‘ yonbag‘rlari respublika hududining taxminan uchdan bir qismini egallagan bo‘lib, sharq va janubiy-sharqda joylashgan.O‘zbekistonning tog‘li qismi G‘arbiy Tyan-Shan va Hisor-Oloy tog‘ tizimlariga kiradi.O‘zbekiston tog‘larining eng baland cho‘qqisi-4643 metrdir.
O‘zbekiston – quyoshli respublika. Bu yerda bir yilda quyoshli kunlar hududning shimoliy qismida 2700-2980 soat, janubiy qismida 2800-3130 soatga yetadi.Qiyoslash uchun G‘arbiy Yevropa davlatlarida O‘rta Osiyodagi darajaning 70-80 foizini tashkil etishini eslatib o‘tish kifoya. Shu jihatdan olib qaraganda AQSH g‘arbiy tumanlarining janubiy qismida joylashgan Kaliforniya shtatigina O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston bilan raqobat qila olishi mumkin.
Topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini gapirib bering.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG’I
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan 7 -sessiyasida 1991- yil 18 -noyabr kuni tasdiqlangan.
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy – madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan osmon va obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
2. Bayroqdagi oq rang muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritgichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg‘uborlik, soflik, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsolidir.
3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
4. Qizil chiziqlar vujudimizdagi jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlari, ya’ni qon tomirlaridir.
5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.
6. Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan izohlanadi. Davlat bayrog‘imizdagi o‘n ikki yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog’ida saodatga intilishining ramzi sifatida tushunish lozim.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT GERBI
O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992 yil 2 iyul kuni tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda o‘ng tomonida bug‘doy boshoqlari, chap tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iborat. Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug’ ramzidir. Gerb markazida himmat, oliyjanoblik va fidoiylik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo’lidagi orzu umidlarini ifodalaydi. Gerbning pastki qismidagi Respublika Davlat bayrog‘ini ifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga “O‘zbekiston” so‘zi bitilgan.
“Gerb” so‘zining tarixi haqida qisqacha ma’lumot:
“Gerb” so‘zi nemischa “erbo” so‘zidan olingan bo‘lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan – naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho‘zilgan ulkan sarhadda hukm surgan qadimgi Turk xoni O‘g‘uzxon davrida ham turkcha “tamg‘a” so’zi aynan shu ma’noni bildirar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashididdin Hamadoniy “Tanlangan tarixlar” nomli kitobida shahodat berishicha, O‘g‘uzxon o‘z mol-mulkini o‘g’illariga ulus sifatida kichik davlatlarga, in’om etgan. Ushbu davlatlar hukmdorlari ham o’zlarining xonlik tamg‘alariga ega edi. Ko‘rinib turibdiki, “tamg‘a” so‘zining ma’nosi nemischa “erbo” so‘zining ma’nosiga to‘la mos keladi.
O`ZBEGIM
À.Îripov
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.
So‘ylasin Afrosiyobu
So‘ylasin O’rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim.
Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zluk,
Balki Tarxon, o‘zbegim.
Ma’rifatning shu’lasiga
Talpinib zulmataro,
Ko‘zlaringda oqdi tunlar
Kavkabiston, o‘zbegim.
Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon tokiga ilk -
Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.
Mir
Alisher na’rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shohu sulton, o‘zbegim.
Ilmu she’rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O’z eli deb chekdi g‘urbat,
Zoru nolon, o‘zbegim.
Mirzo
Bobur - sen, fig‘oning
Soldi olam uzra o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.
She’riyatning gulshanida
So‘ldi mahzun Nodira,
Siymu tanni yuvdi ko‘zyosh,
Ko‘mdi armon, o‘zbegim.
Yig‘ladi
furqatda Furqat
Ham muqimliqda Muqimiy,
Nolishingdan Hindu Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim.
Tarixing
bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki birbor chekkan ohing
Mingta doston, o‘zbegim.
O’zbegim deb keng jahonga
Ne uchun
madh etmayin!
O’zligim
bilmoqqa davrim
Berdi
imkon, o‘zbegim.
Men buyuk
yurt î‘g‘lidurman,
Men bashar
farzandiman,
Lek avval
senga bo‘lsam
Sodiq
o‘g‘lon, o‘zbegim.
Menga
Pushkin bir jahonu
Menga
Bayron bir jahon,
Lek
Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi
osmon, o‘zbegim.
Qayga
bormay boshda do‘ppim,
G’oz
yurarman, gerdayib,
Olam uzra
nomi ketgan
O’zbekiston,
o‘zbegim.
Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sut u
tuz hurmati,
Erkin
o‘g‘lingman, qabul et,
O’zbegim,
jon o‘zbegim.
Topshiriq. She’rni o’qing, asosiy g’oyasini aytib bering. She’rni ifodali oqing va yod oling.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING ASOSIY TAVSIFI
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT) – boshqaruv vazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalaniladigan rivojlangan dasturiy ta`minotni qo`llash bazasida bajariladi. Axborot texnologiyasini amalga oshirishdagi texnik vositalarning asosiy qismini kompyuter texnikasi tashkil etgani uchun axborot texnologiyasi, ayniqsa zamonaviy axborot texnologiyasi deganda kompyuter axborot texnologiyasi tushuniladi.
Zamonaviy axborot texnologiyasi (ZAT) (kompyuter axborot texnologiyasi) – shaxsiy kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi uchun qulay “interfeys”li axborot texnologiyasidir. Ma`lum bir turdagi kompyuter uchun mo`ljallangan bir yoki bir necha o`zaro bog`liq dasturiy mahsulotlar zamonaviy axborot texnologiyalarining vositasi sanaladi.
Axborot texnologiyasining asosiy elementlari
ZAT ning asosiy elementlari quyidagicha:
- ma`lum bir vaqt davomida axborotni kiritish va qayta o`zgartirish;
- tasvirni kiritish va unga ishlov berish;
- signal axboroti paydo bo`lgan yerda uni qayta ishlash;
- og`zaki axborotni qayta ishlash;
- foydalanuvchining SHK bilan faol muloqoti;
- turli axborot tizimlarida mashinali modellashtirish;
- axborot almashuvining tarmoq texnologiyasi (dialog yuritish, video va telekommunikatsiya, elektron pocha, vidioteka va h.k.);
- taqsimlangan tarmoq tizimlarida ma`lumotlarni multiprotsessor asosida qayta ishlash;
- mahalliy, mintaqaviy va xalqaro tarmoqlar bo`yicha axborotni tezkor tarqatish.
Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyaslari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
à) texnik ta`minot texnologiyasi;
á) telekommunikatsiya texnologiyasi;
â) dasturiy ta`minot texnologiyasi.
Bu texnologiyalar hisoblash tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining aniq variantlari doirasida birgalikda harakat qiladi va birlashadi. Ularni ayrimlari axborot texnologiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o`ynaydi.
FONETIKA
Nutq a’zolari va nutq tovushlari
1. Faqat insonga xos bo`lgan tovushlar nutq tovushlari hisoblanib, ularni hosil qilishda nutq a’zolari – til, lablar, tovush paychalari, pastki jag`, kichik til (faol) va o`pka, kekirdak, tishlar, og`iz bo`shlig`i, yuqori jag` (nofaol) ishtirok etadi.
2. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra nutq tovushlari unlilar (o`pkadan chiqayotgan havo og`iz bo`shlig`ida hech qanday to`siqqa uchramaganligi uchun faqat un (ovoz)dan iborat bo`ladi) va undoshlar (o`pkadan chiqayotgan havo og`iz bo`shlig`ida to`siqqa uchrab shovqin hosil qilgani uchun faqat shovqin yoki shovqin va ovozdan iborat bo`ladi)ga bo`linadi.
Unli tovushlar
1. O`zbek tilida 6 ta unli tovush bor: a, i, u, o`, e, o.
2. Ular:
a) til oldi, lablanmagan: a (quyi keng), e (o`rta keng), i (yuqori tor);
b) til orqa, lablangan: o (quyi keng), o` (o`rta keng), u (yuqori tor).
3. a, i, u unlilari qisqa, o, e, o` unlilari cho`ziq unlilar hisoblanadi.
Undosh tovushlar
1. O`zbek tilida 25 ta undosh tovush bo`lib, 23 harf bilan ifodalanadi.
2. Paydo bo`lish o`rniga ko`ra lab (lab-lab: b, p, m va lab-tish: v, f), til (til oldi: d, t, z, s, j, l, n, r, ch, sh; til o`rta: y; yaqin til orqa: k, g, ng; chuqur til orqa: q, g`, x)
va bo`g`iz (h) undoshlariga bo`linadi.
3. Paydo bo`lish usuliga ko`ra portlovchilar (b, p, d, t, g, k, q, m, n, ng), sirg`aluvchilar (z, s, j, sh, v, f, r, l, y, x, h) va qorishiq (ch) undoshlarga ajraladi.
4. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra jarangli (tovush paychalari tarang tortilsa) va jarangsiz (tovush paychalari tarang tortilmasa) undoshlarga ajraladi:
jarangli undoshlar: b, v, z, d, g, j, g`, r, l, m, n, ng;
jarangsiz undoshlar: p, f, s, t, k, ch, sh, q, x, h.
5. Izoh: 8 ta jarangli-jarangsiz juftlik mavjud; r, l, m, n, ng undoshlari yolg`iz jarangli hisoblanib, sonorlar deyiladi; x, h yolg`iz jarangsizlardir; 14 ta jarangli 12 ta harf bilan, 11 ta jarangsiz 11 ta harf bilan ifodalanadi; f, j undoshlari faqat o`zlashma so`zlarda uchraydi.
Unli va undoshlarning qo`shaloq qo`llanishi
1. a, i, u, o unlilari so`z o`rtasida qo`shaloq qo`llanishi mumkin: taajjub, badiiy, shuur, istehzoomuz.
2. a, o unlilari so`z oxirida qo`shaloq qo`llanishi mumkin: mutolaa, Vaterloo.
3. Deyarli barcha undoshlar so`z o`rtasida qo`shaloq qo`llanadi: shox-shabba, avval, so`nggi, modda, mijja, izza, yakka, million, hamma, minnat, yoppa, arra, muassasa, bitta, G`affor, achchiq, boqqa.
4. Ayrim undoshlar so`z oxirida qo`shaloq kela oladi: kongress, gramm, metall.
5. Unli va undoshlar so`z boshida qo`shaloq qo`llanmaydi.
Izoh: g, z, l, v, ng undosh tovushlari sof o`zbekcha so`zlarda so`z boshida deyarli uchramaydi; g undoshi sof o`zbekcha so`zlarda so`z oxirida uchramaydi.
Unli va undoshlarning so`z yasovchi vazifasida kelishi
1. a, i unli tovushlari ot, fe’l, sifat, ravish yasovchi qo`shimchalar vazifasida kela oladi: sharshara, guldira, to`la, o`ta, qishloqi, boyi, tinchi, changi.
2. y, k, l, m, r, s, t, ch, q undosh tovushlari ot, sifat, fe’l yasovchi qo`shimchalar vazifasida keladi: qoray, istak, tugal, bog`lam, qaram, guldiros, to`lat, sevinch, jirkanch, quvnoq, taroq.
Unli va undoshlarning so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar vazifasida kelishi
1. i unlisi egalik qo`shimchasining III shaxs birlik va ko`plik shakli uchun umumiy qo`shimcha bo`lib kelishi mumkin: uning kitobi, ularning uylari.
2. a unlisi jo`nalish kelishigining o`g`iz lahjasi va poetik nutqdagi qisqargan shakli bo`lib kelishi mumkin: bolama o`xshaydi.
3. i unlisi tushum kelishigining poetik nutqdagi qisqargan shakli bo`lib kelishi mumkin: Tutmangiz holimni hargiz baxti qaro deb axtaring (Muqimiy).
4. n undoshi qaratqich va tushum kelishiklarining poetik nutqdagi qisqargan shakli bo`lib kelishi mumkin: Yer kurrasin boshin tang`idek (R.Parfi).
5. k undoshi shaxs-son qo`shimchasining I shaxs ko`plik shakli bo`lib kelishi mumkin: bordik, borsak.
6. m undoshi egalik va shaxs-son qo`shimchasi vazifasida kelishi mumkin: onam, keldim, yursam.
Unli va undoshlarning shakl yasovchi qo`shimchalar vazifasida kelishi
1. a unli tovushi ravishdoshlarning holat shaklini hosil qilib, qo`shma fe’l va ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi qismlarini bog`lashga (ola keling, yiqila yozdim), takroriy va juft ravishdosh hosil qilishga (yura-yura, ura-sura), hozirgi-kelasi zamon fe’lini shakllantirishga (yozaman) xizmat qiladi.
2. y, b undoshi ham ravishdoshning holat shaklini hosil qilib, takroriy ravishdosh yasashga (o`qiy-o`qiy, o`qib-o`qib), qo`shma fe’l qismlarini (so`rab kel) va ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasida ko`makchi fe’lni yetakchi fe’lga bog`lashga (o`qiy boshladi, so`rab bormoq), hozirgi-kelasi zamon (o`qiydi) va o`tgan zamon fe’llarini (o`qibdi, achib edi) shakllantirishga, ergash gapni bosh gapga bog`lashga (Chiroqlar charaqlab, atrof yorishdi; Hech vaqt o`tmay, Gulnora ko`rindi) xizmat qiladi.
3. v, sh undoshlari, avvalo, harakat nomini yasaydi (to`lov, saylov, o`qish, yashash), sh undoshi fe’lning birgalik nisbatini (ishlashdi) va shaxsi noma’lum gapning kesimini shakllantirishga (Marg`ilonda yosh bolalarni ham sizlashadi) xizmat qiladi.
4. l, n, t undoshlaridan fe’lning o`zlik (tarqaldi, tashlandi), majhul (so`raldi, tozalangan) va orttirma (o`qit, so`rat) nisbati shakllari yasaladi.
5. r titroq undoshi fe’lning sifatdosh (o`ynar gap), kelasi zamon gumon fe’li (ko`zlar) va o`tgan zamon davom fe’li (so`rar edi)ni hosil qiladi.
Unli tovushlarning so`z turkumida kelishi
1. a, i, u, o`, e, o unlilari undov so`z vazifasida kela oladi: Men ham boraman, a? I-i, yiqilib ketaman. O, umr o`tdi ketdi, oqar suvday… E, qo`ying-e! O`, juda ajoyib-ku!
2. u unlisi juft so`z orasida, biriktiruv va zidlov bog`lovchili bog`langan qo`shma gaplar orasida bog`lovchi vazifasida keladi: gulu lola; Boshqalarni bilmadim-u, Kulala ikkovimizga qiyin bo`ldi.
3. a, u unlilari yuklama o`rnida kela oladi: Voy, biram chiroyli gul ekan-a! Uchrashay dedim-u vaqtim bo`lmadi.
So`zlarning tovush tarkibi
1. So`zlar jarangli va jarangsiz undoshlar hamda unlilardan tarkib topishi mumkin: idrokim, to`plamlarga, gulchilik, mehnatsevar, irim-sirim.
2. Tub so`zlar faqat jarangli undoshlar va unli tovushlardan tarkib topishi mumkin: bolalar, gul, ozod.
3. Yasama so`zlar jarangli undoshlar va unlilardan tarkib topishi mumkin: jimjimador, yig`indi, aylana, gilamdo`z, gulzor.
4. Tub so`zlar faqat jarangsiz undoshlar va unlilardan tuzilishi mumkin: paxta, qoshiq, o`qish, ishtaha.
5. Yasama so`zlar faqat jarangsiz undoshlar va unlilardan tarkib topishi mumkin: qochoq, teshik, issiq, achchiq, tepki, to`siq, ochiq-sochiq.
6. Yopiq bo`g`inlardan biri jarangli undoshlar va unlilardan iborat bo`lishi mumkin: sunbul, gulchilik, gullamoq, bosvoldi.
7. Yopiq bo`g`inlardan biri lab undoshlaridan va unlidan iborat bo`lishi mumkin: mavsum, mafkura, bo`mba.
Izoh: Yopiq bo`g`inlar faqat til oldi, faqat til orqa undoshlardan ham tarkib topishi mumkin: asal, chetdagi, qo`rqoq.
Bo`g`in
1. Bir zarb bilan aytiladigan tovush va tovushlar birikmasi bo`g`in hisoblanib, ular ochiq bo`g`in (unli bilan tugasa) va yopiq bo`g`in (undosh bilan tugasa) ko`rinishiga ega: arava, biriktir.
2. So`zda nechta unli bo`lsa, shuncha bo`g`in bo`ladi: qop, uyum, arava.
3. Bo`g`in uch xil amaliy ahamiyatga ega:
a) so`zlar birinchi sinfda bo`g`in asosida o`rgatiladi;
b) satrdan satrga ko`chirish bo`g`in asosida amalga oshiriladi;
- ng undosh tovushining ikkala tomonida ham unli tovush bo`lsa, ng undoshi ikkinchi unli bilan bo`g`in hosil qiladi: si-ngil, de-ngiz, ya-nga; ng undoshidan keyin undosh bo`lsa, mazkur undosh birinchi unli bilan bo`g`in hosil qiladi: sing-lim, mang-lay, tang-dil;
- bir unlidan iborat bo`g`in oldingi satrda qolmaydi yoki keyingi satrga ko`chirilmaydi: a-rava, mudofa-a shaklida ko`chirish xato;
- ‘ belgilari o`zidan oldingi bo`g`in tarkibida qoladi: san’-at;
v) barmoq va aruz vaznida bo`g`in (hijo) hisobga olinadi.
So`z urg`usi va gap urg`usi
1. So`zdagi biror bo`g`inning boshqalariga qaraganda kuchliroq aytilishi so`z (bo`g`in) urg`usi sanaladi: hamro`h, matema`tikami:, ishla`ysanmi?
2. O`zbek tilida urg`u, odatda, oxirgi bo`g`inga tushadi: kitob, kitobxon, kitobxonlar, kitobxonlarga (urg`u oladigan qo`shimcha qo`shilishi bilan urg`u ham ko`chib boraveradi).
3. Ayrim bir so`zlarda urg`u oxirgi bo`g`inga tushmasligi mumkin: do`im, alba`tta, afsu`ski, ba`lki, te`xnika, achchi`qqina, za`vqi.
4. Urg`u olmaydigan ushbu qo`shimchalarni olgan so`zlarda ham urg`u oxirgi bo`g`inda bo`lmaydi:
a) bo`lishsizlik qo`shimchalari: - ma, - may, - mas, - maslik;
b) shaxs-son qo`shimchalari: - man, - san, - miz, - siz, - di;
v) buyruq yasovchi qo`shimchalar: - cha, - day, - dek;
g) gumon yuklamasi va kesimlik ko`rsatkichi: - dir;
d) dona va chama son qo`shimchalari: - ta, - tacha;
e) ravish yasovchi qo`shimchalar: - cha, - day, - dek;
j) barcha qo`shimcha yuklamalar: -a, -ya, -mi, -chi, -ku, -da, -gina, -kina, -qina, -u, -yu, -oq, -yoq.
5. Urg`uning turli o`rinda bo`lishi ushbu omonim so`zlarda ma’noni farqlashga ko`mak beradi: yangi` (sif.) – ya`ngi (rav.), toza` (sif.) – to`za (rav.), bosti`rma (fe’l) – bostirma` (ot), qayna`tma (fe’l) – qaynatma` (sif.), o`shiq (ot) –oshi`q (sif.), qizgina` (ot) – qi`zgina (yuklamali ot), o`quvchimi`z (eg.q.) – o`quvchi`miz (shaxs-son q.), yigitcha` (ot) – yigi`tcha (rav.).
6. Gap urg`usi (mantiqiy urg`u) biror bo`lakning boshqalariga qaraganda kuchliroq aytilishi hisoblanib, odatda kesim oldida joylashadi: Bitiruv imtihonlari yozda boshlanadi.
Tovush o`zgarishlari
1. So`zlar talaffuz qilinganda va yozilganda tovush o`zgarmasligi yoki o`zgarishi mumkin: mevalar, avlod, meni, achchiq.
2. Tovush o`zgarishlarining tovush almashinishi, tovush tushishi va tovush orttirilishi kabi turlari mavjud: sanog`im, shahring, issiq, unga.
3. Tovush o`zgarishlari so`zning o`zagida (yozsin, sana), qo`shimchada (ketdi, yutum), bir vaqtda har ikkalasida (kitobday, boqqa, toqqa) yoki o`zak va qo`shimcha o`rtasida (unga, shuncha, bunday) yuz berishi mumkin.
4. Bu o`zgarishlar morfologik va fonetik yozuvlar asosida yoziladi.
Morfologik yozuvda yoziladigan tovush o`zgarishlari
1. Og`zaki nutqda yuz beradigan deyarli barcha tovush o`zgarishlari morfologik yozuvda yoziladi.
2. Morfologik yozuv bir xillikni ta’minlovchi prinsip bo`lib, bunda muayyan so`z talaffuz qilinganicha emas, aslicha yoziladi:
a) oldingi tovush keyingi tovushni o`ziga moslashtiradi (progressiv assimilyatsiya): ket+di – ketti, ot+dan – ottan (qo`shimchada o`zgarish);
b) keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qilib, uni o`ziga moslashtiradi (regressiv assimilyatsiya): yigit+cha – yigichcha, yoz+sin – yossin (o`zakda o`zgarish);
v) ikki o`xshash tovush bir joyda yoki bir so`zda kelganda ulardan biri noo`xshash tovushga aylanishi mumkin: zarar – zaral, birorta – bironta (progressiv dissimilyatsiya); malol – marol, ittifoq – intifoq (regressiv dissimilyatsiya);
g) yonma-yon kelgan undosh tovushlarning o`rin almashishi (metateza): yomgir – yog`mir, tuproq – turpoq, aylanmoq – aynalmoq, yamlamoq – yalmamoq;
d) so`z boshida bir unlining ortishi (proteza): ro`mol – o`ro`mol, rais – o`rais;
e) so`z o`rtasida i, u unlisining ortishi (epenteza): fikr – fikir, hukm – hokum;
j) so`z o`rtasida urg`usiz bo`g`inda keng unlining tor unli kabi talaffuz qilinishi (sinkopa): direktor – direktr, generator – generatr;
z) so`z oxirida tovush tushishi (anakona): do`st – do`s, g`isht – g`ish, gazeta – gazet;
i) so`z o`rtasida bir unlining kuchsizlanib tushib qolishi va ikkinchisining cho`zib aytilishi (sinerezis): soat – so:t, saodat – so:dat;
k) tor unlining kuchsizlanib talaffuz qilinishi (reduksiya): til, bilak, pishiq;
Izoh: unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so`zning qo`shilishi natijasida unli tovushlardan biri tushib qolishi mumkin va bular fonetik yozuv asosida yoziladi:
a) birinchi unlining tushishi: yoza oladi – yozoladi, bora oladi – boroladi;
b) ikkinchi unlining tushishi: borar ekan – borarkan, qaytar emish – qaytarmish;
v) Abdujalil – Abjal, olib kel – opke kabilar murakkablashgan eliziya bo`lib, morfologik qoidaga binoan yoziladi.
Fonetik yozuvda yoziladigan tovush o`zgarishlari
1. Fonetik yozuv qoidasi yozma nutqda yuz beradigan tovush o`zgarishlarining shu o`zgarish bo`yicha yozilishini nazarda tutadi.
2. Ushbu hollarda o`zakda tovush almashadi:
a) k, q undoshlari bilan tugagan so`zlarga egalik qo`shimchalari qo`shilsa g, g` bilan almashadi: bilagim, teragi, keragi, tovog`imiz, to`pig`ingiz, yog`imda.
Izoh: ammo idrok, ishtirok, xalq, xulq, ufq, suq, o`q, haq, ittifoq so`zlarida o`zakda tovush almashmaydi;
b) son, ot, yosh, ong kabi so`zlardan –a, -la qo`shimchalari orqali fe’l yasalganda o tovushi a bilan almashadi: sana, ata, yasha, angla;
v) yormoq fe’li o`zagidan ot yasalganda o tovushi a bilan almashadi: yara;
g) quvnamoq, chanqamoq, tarqamoq, porlamoq kabi fe’llar o`zagidan sifat yasalganda a unlisi o bilan almashadi: quvnoq, chanqoq, tarqoq, porloq;
d) so`ramoq, sanamoq, bo`yamoq, taramoq kabi fe’l o`zagidan ot yasalganda a unlisi o bilan almashadi: so`roq, sanoq, bo`yoq, taroq;
e) sovimoq fe’li o`zagidan ot yasalganda i unlisi u bilan almashadi: sovuq;
j) harakat nomi – v shakli orqali hosil qilinganda a unlisi o bilan almashadi: saylov, qatnov, to`lov;
z) harakat nomi – v shakli bilan hosil qilinganda i unlisi u bilan almashadi: o`quv, to`quv;
i) bir so`zidan dona son yasalganda r undoshi t bilan almashadi: bitta.
3. Ushbu hollarda o`zakda tovush tushadi:
a) a, i, u qisqa unlilari ikkinchi bo`g`inida bo`lgan so`zlarga egalik qo`shimchalari qo`shilganda shu unlilar tushadi: shahrim, bo`g`zing, o`rning, qo`yni, qorni, og`zingiz, singlim, ko`ngli, bag`rimiz, zahri, yarmimiz, egni;
b men, sen kishilik olmoshlariga qaratqich va tushum kelishigi qo`shimchalari qo`shilsa, o`zakdagi bir undoshi tushiriladi: mening, sening, meni,seni;
v) men, sen kishilik olmoshlariga otdagi xoslik qo`shimchasi qo`shilganda ham bir n tushirib yoziladi: meniki, seniki;
g) o`yin, qiyin so`zlaridan –a qo`shimchasi bilan fe’l yasalganda i unlisi tushadi: o`yna, qiyna;
d) past, sust sifatlaridan –ay qo`shimchasi bilan fe’l yasalganda t undoshi tushib qoladi: pasay, susay;
e) ayir, qayir fe’llaridan –il qo`shimchasi bilan o`zlik nisbati hosil qilinganda i unlisi tushib qoladi: ayril, qayril;
j) ikki, olti, yetti sonlaridan jamlovchi son hosil qilinganda i unlisi tushadi: ikkovlon, oltovi, yettala.
4. Ushbu hollarda o`zakda tovush ortadi: isimoq, sasimoq, achimoq fe’llaridan –iq qo`shimchasi bilan sifat yasalganda o`zakda tovush ikkilanadi (ortadi): issiq, sassiq, achchiq.
5. Ushbu hollarda o`zak bilan qo`shimcha orasida tovush ortadi:
a) u, bu, shu, o`sha, mana shu, ana bu, ana o`sha olmoshlariga jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishigi qo`shimchalari qo`shilganda bir n undoshi orttiriladi: unga, bunda, shundan, o`shanga, mana shunda, ana bunga, ana o`shanda;
b) -cha, -day qo`shimchalari bilan shu, bu, o`sha, u olmoshlaridan ravish yasalganda bir n tovushi orttiriladi: shuncha, bunday, o`shancha, uncha.
Izoh: bir so`zda ikki xil tovush o`zgarishi ham uchrashi mumkin: sarg`ish, sarg`imtir, buyrug`I (tovush tushgan va almashgan).
Tovush o`zgarishiga uchrab, fonetik yozuvda yoziladigan qo`shimchalar
1. Aksariyat qo`shimchalar morfologik yozuvda yoziladi.
2. Ot va fe’ldagi ayrim qo`shimchalar esa tovush o`zgarishiga uchragani bois fonetik yozuvda yoziladi:
a) jo`nalish kelishigi qo`shimchasi: -ga>-ka, -qa: bilakka, kurakka, butoqqa, quloqqa;
b) sifatdoshning ayrim qo`shimchalari: -gan>-kan, -qan: tukkan, boqqan;
v) ravishdoshning ayrim qo`shimchalari: -gach>-kach, -qach: cho`kkach, chiqqach; -guncha>-kuncha, quncha: tukkuncha, boqquncha; -gani>-kani, -qani: to`kkani, boqqani;
g) orttirma nisbatning ba’zi qo`shimchalari: -dir>-tir: keltir, choptir; -giz>-kiz, -qiz: o`tkiz, yotqiz; -gaz>-kaz, -qaz: o`tkaz, tutqaz;
d) –im, -ik, -iq qo`shimchalari so`z yasovchi vazifasida kelganda: uyum, tuzuk, yuluq;
e) predmetning o`rin yoki vaqtga ko`ra belgisini bildiradigan sifat yasovchi qo`shimchalar: -gi>-ki, -qi: ichki, tashqi;
j) hozirgi zamon shaklidagi –di qo`shimchasi: boryapti, kulyapti;
z) ot yasovchi –indi>-undi: yuvundi, kuyundi;
i) buyruq maylining II shaxs birlik shakli: -gin>-kin, -qin.
1-mashq. Quyidagi so’zlarni o’zbek tiliga tarjima qiling va ular ishtirokida gap tuzing.
Ïîãîäà, îõîòà, ãîëîñ, çâóê, åäà, ñòîëîâàÿ, ïèùà.
2-mashq. Nuqtalar o’rniga x, h undoshlaridan mosini qo’yib, maqollarni ko’chiring.
1. ...alq ishi-...aq ish. 2. Odamning ...usni me...natda. 3. Ish ishta...a ochar. 4. ...alol ish-lazzatli yemish. 5. ...azina g’oyibdan emas, me...natdan. 6. Suvsiz ...ayot, me...natsiz ro...at bo’lmas. 7. Me...nat ba...t keltirar.
3-mashq. Quyidagi so’zlarni rus tiliga tarjima qiling va ular ishtirokida so’z birikmalari tuzing.
Ot, tom, moy, son, don, bosh, osh, joy, kon, lola, mol, mohir, nok, non.
4-mashq. 1-ustundagi nuqtalar o’rniga a, 2-ustundagi nuqtalar o’rniga o harflari qo’yib, so’zlarni qiyoslab o’qing, a, o tovushlarining talaffuziga e’tibor bering.
1-ustun 2-ustun
b...s b...s
q...ra q....ra
ch...l ch...l
n...m n...m
s...f s...f
5-mashq. Nuqtalar o’rniga kerakli bo’g’inlarni qo’ying, so’ngra yozing.
Namuna: olmazor.
Ol...zor, me...zor, pax...kor, yax...lak, Chi...zor,o’…chi, o’qi…chi, ta…ba, te…fon, me…ni…tor.
6-mashq. Nuqtalar o’rniga zarur harflarni qo’yib, so’z birikmalarini ko’chirib yozing.
Shara...li burch, rangli meta..., mamlakat bo’yla... sa..ar, ulkan za...ar, aniq re...a, samimiy tasha...ur, beqaror sh...mol, z...vqli ...ayot, be...oyda ur...nish, shonli sa...ifa, istiro...at bog’i, qimmatb...ho mu…fot, aloqa texnik...mi.
7-mashq. So’zlarni o’zbek tiliga tarjima qiling va ular ishtirokida to’rtta gap tuzing.
Èãðàòü, ïðîõîäèòü, ÷åòûðå, äåñÿòü, ëåñ, ðàñòåíèå, ïðàâûé, ñïðîñèòü, òîâàðèù.
8-mashq. Quyidagi so’zlarni ko’chirib yozing va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Mudir, muhim, mumkin, ko’mir, temir, pushti, umid, muxbir, kulgi, tulki, to’siq, to’lqin, o’g’il.
2-MAVZU. TIL-MA’NAVIYAT KO’ZGUSI.
KOMPYUTER LINGVISTIKASI
SODDA, QO’SHMA, JUFT SO’ZLAR
TIL-MA’NAVIYAT KO’ZGUSI
Har bir xalqning o‘z tili, urf-odatlari, an’analari bo‘lgani kabi, O‘zbekiston Respublikasida davlat tili hisoblanadigan — o‘zbek tili jahondagi 6912 ta tillardan biridir. E’tiborli tomoni shundaki, ushbu 6912 tildan 347 tasining har birida kamida bir million kishi gaplashadi. Bu — dunyo tillarining 5 foizini, sayyoramiz aholisining esa 94 foizini tashkil etadi.
Aksincha, tillarning qolgan 95 foizida jami aholining 6 foizi so‘zlashadi, xolos. Etnologlarning ma’lumotiga ko‘ra, Osiyoda — 2200, Afrikada — 2060, Okeaniyada — 1300, Amerikada — 1000, Yevropada esa atigi 230 ta til mavjud ekan. Qiziqarli jihati shuki, jahonda mavjud tillarning yarmida dunyodagi 8 ta mamlakat aholisi so‘zlashadi, xolos: Papua-Yangi Gvineyada — 832 ta, Indoneziyada — 731 ta, Nigeriyada — 515 ta, Hindistonda — 400 ta, Meksikada — 295 ta, Kamerunda — 286 ta, Avstraliyada — 268 ta, Braziliyada 234 ta til mavjud.
Shuni e’tiborga olish lozimki, tillarning aniq sonini hech qachon hisoblab bo‘lmaydi. Chunki bu davr shiddat bilan o‘zgaruvchan zamondir. Uning shiddati ayrim tillarning umuman yo‘qolib ketishiga olib kelmoqda. Buni shundan ham bilsa bo‘ladiki, keyingi bir necha o‘n yilliklarda 6800 dan ortiq tilning deyarli yarmi yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Bunga turli xil urushlar, urbanizatsiya, g‘arblashtirish, diskriminatsiya, kasallik, ochlik, aholining ko‘chishlari kabi ko‘plab omillar sabab bo‘lmoqda. Jumladan, Alyaskalik 83 yoshli Meri Smis (Mary Smith) “Eyak” tilida gapiradigan oxirgi inson ekanligi lingvistlar tomonidan e’tirof etilgan.
Bunda jahondagi mavjud tillarning faqat 1/3 qismigina yozuvga ega ekanini hisobga olsak, yo‘qolib borayotgan tillardan kelajakda nom-nishon ham qolmasligiga amin bo‘lamiz. Xususan, ayni paytda Afrikadagi tillarning 80 foizi o‘z orfografiyasiga ega emas.
Bugungi kunda jahonda eng ko‘p gapiriladigan tillar sifatida xitoy (13,69 foiz), ispan (5,05 foiz), ingliz (4,84 foiz), hindu (2,82 foiz), portugal (2,77 foiz), bengal (2,68 foiz), rus (2,27 foiz), yapon (1,99 foiz), nemis (1,49 foiz), tillarini sanab o‘tish mumkin.
Hozirda ommaviylashib, kundalik hayotimizga kirib borayotgan internet ham tillar rang-barangligidan iborat. Ushbu tillarning 68 foizini Yevropa tillari tashkil etsa, 32 foizi Osiyo va orta Sharq tillari hisoblanadi. Jumladan, ikki eng ko‘p qo‘llaniladigan til ham ingliz (35,2 foiz) va xitoy (13,7 foiz) tillaridir.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar jahondagi mavjud tillar xususida edi. Bevosita o‘zbek tili haqida gapiradigan bo‘lsak, bu — o‘z o‘rniga ega bo‘lgan tillardan biri sanaladi. O‘zbekiston bilan qardosh respublikalarning barchasida o‘zbek tilida gaplashuvchilar topiladi. Hozirgi kunda dunyoda o‘zbek tilida gapiruvchilarning soni 25 milliondan ortadi.
Xususan, Afg‘oniston Konstitutsiyasida pushtiy, dariy va o‘zbek tilining qonuniyligi belgilab qo‘yilgan, bu yerda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 2,5-4 mln. kishi atrofida. Tojikistonda 1,2 mln., Qirg‘iziston va Saudiya Arabistoni mamlakatlarining har birida 550-600 mingdan, Turkmaniston va Qozog‘iston davlatlarining har birida 320-330 mingdan, O‘zbekistonda esa 18 mln.dan ortiqni tashkil etadi.
O‘zbek tilining tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, uning qadimiy tillardan biri ekanini bilishimiz mumkin. O‘zbek xalqining ajdodlari qadimda xorazm, baqtriya, so‘g‘d tillarida gaplashishgan. VI asrdan esa turk hoqonligi tomonidan zabt etilgan Turkistonda mahalliy aholi oddiy va osonligi uchun turk tiliga o‘ta boshladi. Bu davrdan turli buyumlarda yozilib, bizgacha yetib kelgan O‘rxun-Enasoy yozuvlari — To‘nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon bitiklarini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, dastlabki turkiy asarlar — “Devonu lug‘otit turk”, “Qutadg‘u bilig” ham XI asrda yaratilgan.
Bu til, ayniqsa, Temuriylar davrida rivoj topdi. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur bu tilda betakror asarlar yaratdilar. Jumladan, Navoiy bu tilning fors tilidan ham boyligini o‘z asarlari orqali, shuningdek, “Muhokamatul lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) asarida isbotlab berdi. Mahmud Zamaxshariy esa XII asrdayoq “Muqaddimatul adab” asarida 6000 dan ortiq o‘zbek-turk so‘zlari bilan bog‘liq so‘zlarni sanab o‘tgan. Bu tilning rivojiga Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Turdi, Munis, Mashrab, Ogahiy ham alohida hissa qo‘shganlar.
Zamonaviy o‘zbek tilini tizimlashtirish — XX asrning avvalida boshlandi. Bu yo‘lda 1921- yilda o‘zbek tili va orfografiyasiga bag‘ishlangan o‘lka s’yezdida jadidlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi. O‘zbek tili maktablarda alohida fan sifatida o‘qitila boshlandi. Bu esa o‘zbek tili darsligining yaratilishiga asos bo‘ldi. 1919 -yilda Elbekning “Bitig yo‘llari” darsligi, so‘ngra 1921- yilda “Yozuv yo‘llari” bosilib chiqdi. 1924- yilda avvalgilarga nisbatan birmuncha mukammal bo‘lgan “O‘zbek tili darslari” kitobi Shorasul Zunnun, Munavvar qori, Qayum Ramazon tomonidan chiqarildi.
1925- yilda Abdurauf Fitrat o‘zbek tili grammatikasiga oid “Morfologiya” asarida avvalgi olimlar tomonidan qilingan ayrim xatolardan chetlashib, fonetika, morfologiya, sintaksis bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirdi.
1929- yilda o‘zbek tilining alifbosi arab yozuvidan lotin yozuviga o‘tdi. 1940 yilda esa lotin yozuvidan kirill alfavitiga o‘tildi. Shu tariqa o‘zbek tilining lug‘ati o‘z ekvivalenti bo‘lgan rus so‘zlari hisobiga “boyidi”: masalan, muallif — avtor, ziyoli — intelligent g‘oya — ideya, mafkura — ideologiya. “Eskicha” so‘zlarni qo‘llagan olimlarga nisbatan panturklar yorlig‘i yopishtirildi. Aksincha, ruscha so‘zlarni ishlatish taraqqiyot va rivojlanish omili sifatida olqishlandi. Shu bilan birga rus tiliga ajratilgan soatlar o‘zbek tiliga ajratilgan soatlarni qisqartirish hisobiga ko‘paydi.
Vaziyat faqat milliy ozodlik harakatlari davrida o‘zgarib, O‘zbekiston mustaqilligi tomon ilk bor olg‘a qadam qo‘yildi. 1989- yil 21 -oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Unutilgan o‘zbek so‘zlari tiklana boshlandi.
1993- yilda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. 1995- yil 6- mayda ushbu qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
1992- yilda qabul qilingan Konstitutsiyaning 4-moddasiga muvofiq: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadi”.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzib, o’zaro suhbatlashing.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TILI HAQIDAGI QONUNI O‘n birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1989 –yil 21- oktabrda qabul qilingan.
|
ÇÀÊÎÍ Î ÃÎÑÓÄÀÐÑÒÂÅÍÍÎÌ ßÇÛÊÅ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ïðèíÿò îäèííàäöàòîé ñåññèåé Îëèé Êåíãàøà Óçáåêèñòàíà îäèííàäöàòîãî ñîçûâà 21 îêòÿáðÿ 1989 ãîäà.
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n uchinchi sessiyasida 1993- yil 2 -sentabrda qabul qilingan.
|
ÇÀÊÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ Î ââåäåíèè óçáåêñêîãî àëôàâèòà îñíîâàííîãî íà ëàòèíñêîé ãðàôèêå Ïðèíÿò 2 ñåíòÿáðÿ 1993 ãîäà íà òðèíàäöàòîé ñåññèè Îëèé Êåíãàøa Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàíà äâåíàäöàòîãî ñîçûâà.
|
Topshiriq. Rus tiliga tarjima qiling.
O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1996- yil 24- avgust 12 -chaqirig‘ida 339-son qarori bilan tasdiqlangan.
DUNYODAGI TILLAR
1. Dunyodagi xalqlar 2976 tilda gaplashadilar; 200 tilning har birida 1 mln.dan ortiq, 70 tilning har birida 5 mln.dan ziyod, 13 tilning har birida 50 mln.dan ortiq kishi gaplashadi.
2. Kavkaz tog`larida joylashgan Dog`istonda 1 mln.dan ortiq xalq bo`lib, ular qirqqa yaqin tilda so`zlashadi.
3. Jahon tillari ichida nomi birgina tovushdan iborat “I” tili ham bor (Xitoyning Sichuan, Yunnan, Guyjou viloyatlarida tarqalgan).
4. Chukotka viloyatidagi eskimos (yuit) tili jahondagi barcha tillardan so`zi uzunligi bilan ajralib turadi.
5. Dunyodagi tillar tirik va o`lik tillarga bo`linadi:
a) tirik tillar – xalqlar hozir gaplashadigan tillar; o`zbek, ingliz, afg`on, qirg`iz, rus, nemis tili kabi;
b) o`lik tillar –hozir muomalada ishlatilmay qolgan tillar; lotin, polab, prut, seld, so`g`d, prus, qadimgi hind (sanskrit), qadimgi slavyan, qadimgi xorazm tillari, toxar, anatoliy tillar turkumi.
6. XI asrgacha muomalada bo`lgan qadimgi xorazm tili hind-yevropa oilasining eron tillar turkumiga mansub edi.
7. Dunyodagi tillar kelib chiqishi, lug`aviy va grammatik jihatidan yaqinligiga qarab til oilalariga bo`linadi: hind-yevropa
tillari, semit tillari, hamit tillari, ug`or-fin tillari, olmon tillari kabi.
8. Til oilalari guruhlar (turkumlar)ga bo`linadi.
9. Eng katta oila hisoblangan Hind-Yevropa oilasida 12 ta turkum bo`lib, Hind turkumida 90 tirik til va 3 o`lik til, Eron turkumida 11 tirik til va 10 o`lik til, Slavyan turkumida 11 tirik til va 4 o`lik til mavjud va hokazo.
10. Grek, alban, arman, tillari shu oilaga mansub bo`lsa-da, biror til turkumiga kiritilmaydi.
11. Ma’lum tillarning vujudga kelishi uchun manba bo`lib, o`zi aloqa vositasi sifatida ishlatilmaydigan til asos til (bobo til) deyiladi; roman tillari uchun lotin tili bobo til hisoblangan.
O`ZBEK TILI
1. Tilimizni “o`zbek tili” deb atash XIX asrning boshlarida odat bo`lgan.
2. Ungacha “turkiy”, “turkcha”, “turk tili” nomlari bilan, “sart tili”, “chig`atoy tili” atamalari bilan yuritilgan:
Bu turkcha qo`shiqlar tuzdim senga,
O`qurda unutma, duo qil menga.
(Y.X.Hojib)
Turk zuxuridur ochunda bukun,
Boshla uluq yir bila turkona un!
(H.Xorazmiy)
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
(A.Navoiy)
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
(A.Navoiy)
3. Ovro`po ilmida X-XII asrlar o`zbek tili chig`atoy tili deb yuritilgani ma’lum.
Aslida ham:
1. O`zbeklar qadimgi turkiylarning avlodlaridir.
“Turk” so`zi ilk marta Gerodot (mil.avv. 490/480-430/424) ning 9 muzalik “Tarix” kitobida turg`itoy yoki Iskit vodiysidagi yurkey (turkiy)lar nomi bilan uchraydi.
2. “Tavrot”da to`lxarma nomi bilan zikr etilgan.
3. Qadimgi Xitoy manbalarida “turk” so`zi o`rnida tik, di, tukyu qabilalarining nomi qayd qilingan.
4. Islom manbalarida Nuhning nabirasi, Yofas o`g`illaridan birining nomi Turk bo`lgan, turkiy qavmlar Turk urug`laridan ekani qayd etilgan.
5. Eron rivoyatlarida Faridunning o`g`li, Turaj yoki Tur nomi bilan bog`lanadi. “Turon” so`zi ham aslida forscha.
6. O`rxun-Enasoy obidalarida “turk” va “turuk” atamalari uchraydi.
7. “Turk” so`zi “qalpoq”, “dubulg`a”, “bo`ri”, “kuch-quvvat”, “tark etilgan”, “yetuklik chog`i”, “dengiz qirg`og`ida o`tirgan odam”, “jazb etmoq”, “tarqalmoq”, “yoyilmoq” ma’nolarini ifodalagan.
8. Turkiya atamasi jug`rofiy nom sifatida dastlab Vizantiya manbalarida uchragan.
9. VI asrda Turkiya nomi Kichik Osiyoni anglatgan.
10. IX-X asrlarda Volga bo`yidan O`rta Yevropagacha bo`lgan hududlar shu nom bilan atalgan.
11. XII asrdan Onado`li (Anatoliya) Turkiya nomini olgan.
12. O`zbek tili oltoy til oilasining (bu oilaga turkiy, mo`g`ul, tungus-manjur tillar guruhi kiradi) turkiy tillar turkumiga kiruvchi qozoq, qoraqalpoq, qirg`iz, uyg`ur, turk, ozarbayjon, turkman, tatar, chuvash, oyrot, bolqor, qorachoy, xakas, yoqut, qumuq, shor, no`g`ay, gagauz kabi 24 tildan biri hisoblanadi.
13. 1277 yilda elxoniylar turkiy tilni muhofaza qiluvchi dastlabki farmonini e’lon qilgan.
14. 1485 yilda Husayn Boyqaro turkiy tilni himoya etib maxsus farmon qabul qilgan.
15. 1989 yil 21 oktabrda “Davlat tili haqida Qonun” qabul qilindi. (1995 yil dekabrda ushbu qonunga ayrim o`zgartirishlar kiritilgan).
16. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida “O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir” deb yozib qo`yilgan.
O`zbek adabiy tili
1. O`zbek tili XI asrdan mustaqil til sifatida shakllana boshlagan; bungacha ajdodlarimiz qadimgi turkiy tilda gaplashganlar.
2. XIV asrda umumxalq o`zbek adabiy tili vujudga kelgan.
3. Umumxalq o`zbek tili adabiy til va noadabiy qatlam (sheva, oddiy nutq, vulgarizm, jargonlar va boshqalar) dan iborat.
4. Adabiy til umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan va ma’lum me’yorga solingan shaklidir.
5. Adabiy tilda nutq tovushlarini talaffuz qilish, so`z ishlatish, grammatik shakllardan foydalanish ma’lum qoidalar va me’yorlar asosida bo`ladi, ya’ni adabiy til umumxalq tildan fonetik (jo`l – yo`l), leksik (g`ashir – sabzi) va morfologik (boropti – boryapti) jihatdan farq qiladi.
6. Adabiy tilning shakllanishida qarluq lahjasi asos, Toshkent, Farg`ona shevasi tayanch bo`lgan (Toshkent shevasi leksik va fonetik, Farg`ona shevasi morfologik belgilari bilan).
7. Adabiy tilning asosiy talaffuz bazasi Farg`ona shevasidir.
8. Adabiy tilning og`zaki (TV, radio va og`zaki ijod asarlari tili) va yozma (kitoblar, gazeta va jurnallar tili) shakllari mavjud.
9. Adabiy tilning taraqqiyot bosqichlari:
a) Eng qadimgi turkiy adabiy til (Lo`mbitena, O`rxun-Enasoy yodgorliklari tili);
b) Qadimgi turkiy til (Y.X.Hojib, A.Yugnakiy asarlari, M.Qoshg`ariyning “Devonu lug`atit turk” asaridagi adabiy matnlar tili);
v) Eski turkiy til (Xorazmiy, Atoiy, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy asarlari tili);
d) Hozirgi o`zbek adabiy tili.
10. O`zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiydir.
Til fanining bo`limlari va atamalari
1. Fonetikada nutq tovushlari o`rganiladi: fonema, tovush: unli, undosh, jarangli, jarangsiz; bo`g`in, urg`u va h.k.
2. Morfemikada o`zak va qo`shimcha-
lar o`rganiladi: morfema, o`zak, negiz, affiks (qo`shimcha) va h.k.
3. So`z yasalishida so`z yasash usullari o`rganiladi: tub so`z, yasama so`z, sodda so`z, qo`shma so`z, juft so`z, takroriy so`z va h.k.
4. Leksikologiyada so`z va uning ma’nosi o`rganiladi: o`z ma’no, ko`chma ma’no, metonimiya, sinekdoxa, sinonim, arxaizm va h.k.
5. Frazeologiyada iboralar o`rganiladi: turg`un birikma.
6. Leksikografiyada lug`at va uning turlari, tuzilishi o`rganiladi.
7. Grafikada yozuv o`rganiladi: harf, alifbo.
8. Orfografiyada imlo, to`gri yozish qoidalari o`rganiladi.
9. Orfoepiyada og`zaki talaffuz qoidalari o`rganiladi.
10. Etimologiyada so`zlarning kelib chiqishi o`rganiladi.
11. Uslubiyatda nutq uslubi, tilda so`zlarning ishlatilishi o`rganiladi: so`zlashuv, publitsistik, rasmiy, ilmiy, badiiy uslub.
12. Punktuatsiyada tinish belgilari o`rganiladi.
13. Grammatika:
a) Morfologiyada so`z turkumlari o`rganiladi: otlanish, turlanish, tuslanish, zamon, mayl, holat ravishi, yuklama va h.k.
b) Sintaksisda so`z birikmasi va gap qurilishi o`rganiladi: ergash so`z, bosh so`z, olti birikma, atov gap, sodda gap, qo`shma gap va h.k.
Kompyuter lingvistikasi
“Kompyuter lingvistikasi” fani tabiiy tillarning matematik modellarini qurish, lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyuter dasturlarini ishlab chiqishga yo’naltirilgan. “Kompyuter lingvistikasi” fani oldida turgan asosiy masalalar esa umumiy tilshunoslikning formal va aksiomatik modellarni qurish hamda konkret tillarning matematik modellarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Bu modellar asosida matnlarni tahrirlash, kompyuter tarjimasi, kompyuter lug`atlari, ona tili va chet tillarga o`rgatish hamda bilimlarni baholash bo’yicha kompyuter dasturlarini yaratish mumkin bo’ladi.
Til qoidalarining matematik modeli matematik mantiqning formal va aksiomatik nazariyalari asosida quriladi. Shuning uchun bu fan matematik mantiq asoslarini bayon qilish bilan boshlanadi. Bu yerda mulohazalarni hisob-kitob qilishning usullari hamda ularning formal va aksiomatik nazariyalari bayon qilinadi. Keyin o`zbek tilining formal va aksiomarik modellari beriladi hamda lingvistik masalalarning matematik algoritmlari va kompyuter dasturlari keltiriladi.
Mamlakatimizda kompyuter lingvistikasi
Mamlakatimizda kompyuter lingvistikasi 2003-yildan boshlab alohida fan sifatida oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlarida dastlab “Matematik va kompyuter lingvistikasi” nomi bilan, keyinchalik 2007-yildan esa “Kompyuter lingvistikasi” nomi bilan o’qitilmoqda. Bu sohada ayrim ishlar amalga oshirildi, yana kelgusida quyidagi ishlarni yo’lga qo’yish talab qilinadi:
1. O’zbek tili grammatikasining kompyuter modelini yaratish zarur.
2. Tabiiy tillarning optimal modeli va ularning nomukammallilik me’yori dastlabki versiyasi ishlab chiqilishi lozim.
3. O’zbek kompyuter adabiyotshunosligi, matnshunosligi asoslari belgilanishi lozim.
4. O’zbek tilidagi internet sahifalarini yaratish asoslari ishlab chiqilishi lozim.
5. Kompyuter yordamida “Inglizcha-o’zbekcha tarjimon”, “O’zbekcha-inglizcha tarjimon” dasturlari ishlab chiqilishi ko’zda tutilmoqda. Buning uchun birinchi navbatda o’zbekcha-ruscha-inglizcha grammatik atamalarning kompyuter lug’ati tuzilishi va u doimiy ravishda mukammallashtirilib borilishi talab qilinadi.
6. O’zbek tili fani bo’yicha darsliklarning elektron versiyalarini ishlab chiqish va uni amalga tadbiq etish lozim bo’ladi.
7. O’zbek tilidagi WINDOWS operatsion tizimining birinchi bosqichi amalga tadbiq etilish zarur bo’ladi va boshqalar.
TILGA OID XALQ MAQOLLARI
Ko‘p bilgan oz so‘ylar,
Oz bo‘lsa ham soz so‘ylar.
Ko‘p gapirgan – bozor,
Ko‘p yugurgan – ozar.
Ko‘p yurganga ergashma,
Ko‘p bilganga ergash.
Ko‘p o‘yla, oz so‘yla.
Oz so‘zla, ko‘p tingla.
So‘zi so‘zga o‘xshamas,
Og‘zi so‘zdan bo‘shamas.
So‘zlovchi ahmoq bo‘lsa,
Tinglovchi dono bo‘lishi kerak.
MORFEMIKA
1. Bu bo`limda o`zak va qo`shimchalar o`rganiladi: to`p+la+m+lar+imiz+ga, suya+n+ch+iq+im+siz, gul+be+or+lar+ingiz.
2. Morfema – o`zak va qo`shimcha: bular so`zning eng kichik ma’noli so`zlari hisoblanadi.
3. So`zning morfemik tarkibi –so`zning o`zak va qo`shimchaga ajralishi: muvofiq+la+sh+tir+il+gan.
4. O`zak – so`zda mutlaqo (har doim) qatnashadigan morfema: o`y+la, ol+ib kel+ib ber+moq.
5. Qo`shimcha – so`zda har doim ham qatnashavermaydigan morfema: to`p, to`p+la, to`p+la+n+di.
6. Qo`shimchalar vazifasiga ko`ra 3 xil: so`z yasovchi, so`z shakli yasovchi, so`z o`zgartiruvchi.
7. Qo`shimchalar shakl va ma’nosiga ko`ra 4 xil: omonim, sinonim, antonim, ko`p ma’noli qo`shimchalar.
8. Qo`shimchalar tuzilishiga ko`ra 2 xil: sodda va murakkab.
9. Qo`shimchalar so`z yasash miqdoriga ko`ra 3 xil: unumli, kamunum, unumsiz.
10. Affiksoidlar – avval so`z bo`lib, hozirda qo`shimchaga aylangan morfemalar: haq+parast, ish+xona, nos+furush, choy+xo`r, siz+bop, bog`+bon.
So`z yasovchi qo`shimchalar
1. Bir turkumdan boshqa turkumdagi yoki bir turkumdan shu turkumdagi yangi so`zni hosil qiladi: ko`ra (fe’l)+k=kurak (ot), no+to`g`ri (sifat)=noto`g`ri (sifat).
2. So`z yasovchi qo`shimcha:
a) o`zakdan so`ng qo`shiladi: qars+ak=qarsak, uy+im=uyum;
b) o`zakdan oldin qo`shiladi: no+ma’lum, ser+fayz;
v) shakl yasovchi qo`shimchadan so`ng: yoq+il+g`i, o`ch+ir+g`ich;
g) qo`shma so`zga qo`shiladi: sim yog`och+li, sayr qilib yurish+li;
d) juft so`zga qo`shiladi: ota-ona+siz, uy-joy+li;
e) takroriy so`zga qo`shiladi: ko`z-ko`z+la.
3. So`z yasovchi qo`shimcha orqali ushbu turkumlardan yangi so`z yasash mumkin:
a) otdan: ish+chi, aql+li, qism+an, so`z+la;
b) fe’ldan: ek+in, sog`+in, chiz+g`ich, tep+ki, ag`dar+ma;
v) sifatdan: eski+r, oq+ar, no+to`g`ri;
g) sondan: bir+lik, ikki+lan, bir+lash;
d) ravishdan: ko`p+ay, yoz+gi, oz+ay, kech+ki;
e) olmoshdan: siz+la, siz+bop, manman+lik, o`z+lik, sen+sira;
j) undovdan: dod+la, voy+illa, salom+lash, xayr+lash;
z) taqliddan: yalt+ira, viz+illa, varr+ak, g`ijj+ak, bo`rs+ildoq, sharshar+a;
i) modal so`zdan: bor+liq, yo`q+chilik, yo`q+la, kerak+siz.
4. So`z yasovchi qo`shimchalar leksik ko`rsatkich hisoblanadi.
5. Faqat fe’l o`zak yasovchi qo`shimcha orqali fe’l yasab bo`lmaydi.
6. Faqat 4 so`z turkumi: ot, sifat, fe’l, ravish turkumining so`z yasovchi qo`shimchalari bo`lib, ular turli so`z turkumlaridan yangi so`zlar yasaydi.
Ot turkumining so`z yasovchi qo`shimchalari
1. Ot o`zakdan: -chi (qo`shiqchi), -shunos (tilshunos), -kor (sholikor), -kash (aravakash), -xon (kitobxon), -do`z (gilamdo`z), -gar (zargar), -paz (oshpaz), -boz (va’daboz), -xo`r (choyxo`r), -parast (otashparast), -dor (mulkdor), -furush (choyfurush), -dosh (sinfdosh), -vachcha (boyvachcha), -ham (hamkasb), -lik (do`stlik), -chilik (mulkchilik), -garchilik (loygarchilik), -ot (xayolot), -zor (gulzor), -loq (o`tloq), -iston (guliston), -goh (saylgoh), -don (siyohdon), -xona (choyxona), -noma (arznoma), -tik (o`limtik), -moq (ilmoq).
2. Fe’l o`zakdan ot yasovchilar: -k (tilak), -iq (to`siq), -ak (xo`rak), -uq (yutuq), -oq (qochoq), -gi (sevgi), -ki (tepki), -g`i (yoqilg`i), -qi (tutatqi), -m (chidam), -um (tuzum), -ma (birikma), -qin (toshqin), -g`in (qirg`in), -in (yong`in), -un (tugun), -gich (o`chirgich), -g`ich (so`rg`ich), -kich (eritkich), -choq (ovunchoq), -imta (o`simta), -dak (kekirdak), -moch (qirmoch), -qon (bosqon), diq (hordiq).
3.Taqlid so`zdan ot yasovchilar: -ak (g`urrak), -oq (qaldiroq), -a (g`arg`ara), -ildoq (chirildoq), -os (chuvvos).
4. Sifat o`zakdan ot yasovchilar: -lik (yaxshilik), -obod (Yangiobod).
5. Olmoshdan ot yasovchilar: -lik (manmanlik).
6. Ravishdan ot yasovchilar: -lik (tezlik).
Sifat turkumining so`z yasovchi qo`shimchalari
1. Fe’l o`zakdan sifat yasovchilar: -choq (erinchoq), -chiq (qizg`anchiq), -chak (kuyinchak), -qoq (uyushqoq), -gir (sezgir), -kir (keskir), -qir (topqir), -g`ir (olg`ir), -g`ay (kung`ay), -qi (o`ynoqi), -kin (tushkin), -qin (jo`shqin), -g`in (ozg`in), -g`un (turg`un), -k (chirik), -ik (o`lik), -uq (buzuq), -g` (yorug`), -ma (qo`shma), -mas (qo`rqmas), -ch (jirkanch), -qa (qisqa), -ag`on (bilag`on), -mon (o`larmon), -a (to`la), -in (sog`in), -arli (achinarli), -irli (arzirli), -m (qaram).
2. Ot o`zakdan sifat yasovchilar: -li (turli), ser- (sershoh), ba- (basavlat), bo- (boaql), be- (bema’ni), no- (notanish), -mand (davlatmand), -kor (fidokor), xush- (xushnavo), -siz (xabarsiz), -chan (xayolchan), -g`ay (kung`ay), -lik (shaharlik), -don (gapdon), -iy (ilmiy), -viy (oilaviy), -i (qishloqi), -namo (avliyonamo), -simon (sharsimon), -parvar (xalqparvar), bad- (badbo`y), -kash (dilkash).
3. Sifat o`zakdan sifat yasovchilar: no- (noma’lum), -msiq (qarimsiq), -lom (sog`lom).
4. Olmoshdan sifat yasovchilar: -bop (sizbop), -siz (sensiz).
5. Taqliddan sifat yasovchilar: -ildoq (shaqildoq).
6. Modal so`zdan sifat yasovchilar: -li (kerakli), -iy (zaruriy).
Fe’l turkumining so`z yasovchi qo`shimchalari
1. Ot o`zakdan fe’l yasovchilar: -la (so`zla), -lan (faxrlan), -sa (suvsa), -a (sana), -sira (gumonsira).
2. Sifat o`zakdan fe’l yasovchilar: -y (qoray), -r (eskir), -ay (pasay), -ar (ko`kar), -iq (zo`riq), -i (boyi), -t (to`lat), -it (berkit).
3. Taqlid so`zdan fe’l yasovchilar: -lash (salomlash), -illa (chirqilla), -ira (yarqira).
4. Ravish o`zakdan fe’l yasovchilar: -la (sekinla), -ik (kechik).
5. Olmoshdan fe’l yasovchilar: -la (sizla), -sira (sensira).
6. Sondan fe’l yasovchilar: -lan (ikkilan), -lash (birlash).
7. Undov so`zdan fe’l yasovchilar: -la (dodla), -illa (voyilla), -lash (xayrlash).
8. Modal so`zdan fe’l yasovchilar: -la (yo`qla).
Ravish turkumining so`z yasovchi qo`shimchalari
1. Ot o’zakdan ravish yasovchilar: -cha (o`zbekcha), -larcha (bolalarcha), -chasiga (yigitchasiga), -siga (qatorasiga), -ona (do`stona), -lab (oylab), -aki (yodaki).
2. Sifatdan ravish yasovchilar: -an (majburan), be- (beomon), -lay (tiriklay), -ligicha (xomligicha), -cha (yashirincha), -iga (ko`ndalangiga).
3. Fe’ldan ravish yasovchilar: -siz (to`xtovsiz).
4. Olmoshdan ravish yasovchilar: -layin (butunlayin).
5. Sondan ravish yasovchilar: -dan (birdan).
So`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar
1. So`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar – so`z ma’nosiga ta’sir o`tkazmaydigan, aloqa-vosita (gapda so`zlarni bog`lovchi) qo`shimchalardir:
a) egalik qo`shimchalari: -m/-im, -ng/-ing, -si/-i, -miz/-imiz, -ngiz/-ingiz;
b) kelishik qo`shimchalari: -ning, -n, -ni, -ga (-ka, -qa, -g`a, -a), -da, -dan;
v) shaxs-son qo`shimchalari: -m, -ng, -k, -ngiz, -man, -san, -di, -miz, -siz.
2. Kelishik, egalik qo`shimchalari turlovchi hisoblanib, ot, olmosh, otlashgan so`zga qo`shiladi; ba’zan songa qo`shilishi mumkin.
3. Shaxs-son qo`shimchalari tuslovchi hisoblanib, faqat fe’lga qo`shiladi; ravishdoshning –b, -ib, -a, -y, -may shakllari, sifatdosh tuslana oladi.
Izoh: -man, -san, -siz tuslovchi qo`shimchalari ot, olmosh, otlashgan so`zlarga (gap tarkibida ot-kesim bo`lganda) qo`shila oladi: Siz akamsiz.
4. So`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar morfologik ko`rsatkich hisoblanadi.
Shakl yasovchi qo`shimchalar
1. Shakl yasovchi qo`shimchalar o`zakka qo`shilib, ma’noni bir oz o`zgartirib, ularga qo`shimcha ma’no yuklaydi.
2. Shakl yasovchi qo`shimchalar olmoshdan tashqari barcha mustaqil so`z turkumlarida mavjud;
a) otda: ko`plik (ular, onamlar), kichraytirish-erkalash (qizgina, bo`taloq, qushcha, kelinchak, onaxon, otajon, Oybek, Gulbibi, Sariboy), chegara (uygacha), xoslik (uyniki), o`rin (uydagi), o`xshatish (gulday);
b) sifatda: ozaytirma sifat (ko`kish, qoramtir, ko`kimtir), qiyosiy daraja (katta+roq);
v) sonda: dona (besh+ta), chama (o`n-tacha, yuz+larcha, ming+lab o`n+lar edi), jamlovchi (ikk+ov, uch+ala, yett+ovlon), tartib (ikki+nchi, uch+inchi), taqsim (uch+tadan, uch+talab);
g) ravishda: daraja (tez+roq, sekin+gina);
d) fe’lda:
- bo`lishsizlik; -ma, -may (ravishdosh), -mas (sifatdosh), -maslik (harakat nomi);
- o`zlik nisbati; -l, -il, -n, -in (ayr+il+di, kiy+in+di);
- majhul nisbat: -l, -il, -n, -in (hayda+l+di, ishla+n+di);
- birgalik nisbati: -sh, -ish (bor+ish+di, ko`r+ish+di);
- orttirma nisbat: -t, -ar, -ir, -iz, -giz, -kiz, -qiz, -dir, -tir, -gaz, -kaz, -qaz (o`qit, chiqar, yurgiz, yotqiz, o`tkaz, yondir, ayttir, so`rattir);
- shart mayli: -sa (yurgizsa);
- buyruq-istak mayli: -ay (aytay), -ayin (borayin), -gin (borgin), -ng (so`rang), -ngiz (chiqingiz), -sin (to`ksin);
- o`tgan zamon: -di (keldi), -gan edi (borgan edi), -gan (yurganman), -b(ib) edi (borib edim);
- hozirgi zamon: -yap (boryapman), -yotir (yurayotirman), -moqda (bormoqdaman);
- a (boraman), -y (o`ynayman);
- kelasi zamon: -moqchi (yozmoqchisan), -r (ar) (borarman);
- ravishdosh:
a) holat: -a, -y, -b, -ib (ura-sura, borib);
b) payt: -guncha, -kuncha, -quncha, -gach, -kach, -qach, (borguncha, borgach);
v) maqsad: -gani, -kani, -qani (dam olgani);
- sifatdosh: -gan, -kan, -qan (ishlagan bola), -r, -ar, -mas (aytar so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt), -jak, -ajak, -gusi (kelajak);
- harakat nomi: -sh, -ish, -v, -uv, -moq, -maslik (o`qish, o`quv, o`qimoq, o`qimaslik); (ot, olmosh otlashgan so`zlarga qo`shiladi, turlanadi, shaxs va zamonni ko`rsatmaydi).
Qo`shimchalarning shakl va ma’nosiga ko`ra turlari
1. Omonim qo`shimchalar – turli vazifada keluvchi shakldosh (bir xil) qo`shimchalar: -ma (yurma, qotishma, qo`shma), -lar (uylar, dadamlar, o`nlar, ko`ngillar), -la (ishla, quvla, biz-la), -in (ekin, sog`in, kiyin, so`kin).
2. Sinonim qo`shimchalar – bir xil ma’no (grammatik, leksik) hosil qiluvchi qo`shimchalar: e+dir, e+giz, aql+li, bo+aql, pul+li, pul+dor, sabr+siz, be+sabr.
3. Antonim qo`shimchalar – bir-biriga zid ma’no hosil qiluvchi qo`shimchalar: pul+siz-pul+dor, aql+li-be+aql, bo+adab-be+odob.
4. Ko`p ma’noli qo`shimchalar – ma’nolarida bog`lanish bo`lgan qo`shimchalar bo`lib, bir so`z turkumiga xos so`zlardan –ma, -sa, -chi, -chilik kabi qo`shimchalar: uyushma – bog`lama, yozma – qo`shma, dehqonchilik-mo`lchilik.
Izoh: Ilgari morfemaga ajralgan, ammo hozirda morfemaga ajralmay yaxlit uzoqqa aylanib qolgan so`zlar; qishloq, ovloq, yaylov, silliq, suyuk, tirik, g`ovla, emakla, o`dag`ayla, tarashla, maishiy, moddiy, madaniy, siyosiy, ko`chmanchi, quloqchin, bo`g`iz, beldamcha, ayniyat, po`stloq, shodiyona, biror, bugun, bezor, oqliq, qo`shimcha, sholcha, qizg`in, chirkin, patir, pichoq, supur, ichak, yuksak, Toshkent, Namangan – bu so`zlarning morfemaga ajralmasligiga sabab, ularda ma’lum bir qo`shimcha bo`lsa ham, o`zak leksik ma’noga ega bo`lmaydi yoki o`zak ham, qo`shimcha ham shaklan morfemaga ajrala olsa-da, ular asl ma’nolariga to`g`ri kelmaydi: Toshkent “tosh shahar” emas.
So`z tarkibi
1. So`zlar tuzilishiga ko`ra quyidagi shakllarga ega:
a) sodda – bir o`zakli tub (ko`kimtir) va yasa-
ma (uya+li) so`zlar;
b) qo`shma – kamida ikki o`zakli (bir) so`z: otquloq, hech qachon, olib kel, bir oz, biryo`la;
v) juft – ikki har xil so`zning juftlashishidan hosil bo`lgan (bir) so`z: el-yurt, ola-bula, alang-jalang;
g) takroriy – bir o`zakning takroridan hosil bo`lgan (bir) so`z: bir-bir, es-es, oh-oh, taraq-taraq, non-pon, don-dun, irim-sirim kabi takroriy so`zlar ham mavjud;
d) qisqartma – otga xos qisqartmalar: AQSH, O`zMU, O`ztelekom.
2. Ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi – shaklan qo`shma fe’lga o`xshash, biroq ikkinchi qismi mustaqil ma’no bildirilmaydigan (bir) so`z; yetakchi fe’l sodda va qo`shma bo`lishi mumkin; sanab boq, aytib tur, olib kelib ber, o`qib berib tura qol.
So`z yasalishi
1. So`z yasash qanday usul bilan bo`lsa-da, yangi so`z hosil qilish demakdir: yumsho+q, hozir+javob, ko`z-ko`z+la, gul+be+or, sog`+salomat, olib+kel, tasdiq+qilmoq.
2. So`z yasash turlari (usullari):
a) morfologik usul – o`zak-negizga so`z yasovchi qo`shimcha qo`shib, yangi so`z hosil qilish; 4 ta so`z turkumi (ot, fe’l, sifat, ravish) shu usul bilan yasaladi: ot (ish+la), olmosh (sen+sira), sifat (yaxshi+lik), fe’l (sez+gi), ravish (ko`p+ay), son (bir+lash), undov (dod+la), taqlid so`z (g`ijj+ak), modal so`z (bor+liq) so`z yasalishiga asos bo`ladi;
Izoh: olmosh, son va yordamchi so`zlar bu usulda yasalmaydi.
b) sintaktik usul – qo`shma va juft so`zlarni yasash usuli:
- qo`shma so`z barcha mustaqil so`z turkumlarida mavjud:
- qo`shma ot: aniqlovchi+aniqlanmish (bilakuzuk, so`zboshi, oqqush, uchburchak), ega+kesim (Bektemir), hol+kesim (bosvoldi, olibsotar, beshsotar), to`ldiruvchi+kesim (otboqar, muz yorar), kesim(gap)+undalma(urto`qmoq, yoriltosh).
- qo`shma sifat: ot+ot (mehmondo`st, shifobaxsh, bug`doy rang), sifat+ot (sofdil, qo`shtig`), ot+sifat (yoqavayron), ot+ar qo`shimchali fe’l (mehnatsevar), ot+aro (xalqaro).
Shuning dek: ega+kesim (bosh yalang), aniqlovchi +aniqlanmish (mayda gap), to’diruvchi+kesim (tinchlik sevar), xol+kesim (ertabitar).
-murakkab son: bir yuz o`n besh, bir yarim, bir kam qirq.
-qo`shma olmoshlar: ana shu (ko’rsatish), har kim (belgilash), hech kim(bo’lishsizlik).
-qo`shma fe’llar: fe’l bo`lmagan so`zning fe’l bilan birikishidan (qaror qil, qayd et, yod ol, oh ur, milt-milt qil) va ikki fe’lning birikishi (olib chiq, borib kel, tortib ol, ola kel, tortib chiq) dan hosil bo`ladi.
-qo`shma ravish: bir, oz so`zi bilan (bir muncha, oz muncha, bir varakay, bir yo`la, bir oz, bir zum); alla so’zi bilan (allavaqt, allanechuk, allaqachon); har, hech so`zi bilan (har vaqt, hech zamon, hech qasir), aniqlovchi-aniqlanmish (hamma vaqt, o`tgan kun(i), o`sha zahoti, bu yoqdan).
-Juft so`zlar mustaqil so`zlardan tashqari,undov va taqlid so`zlarda ham bo`lsa-da, faqat mustaqil so`zlardagina yasama hisoblanadi:
-juft ot: sinonim otlar (hamdu sano, sog`-salomat, huzur-halovat), sinonim bo’lmagan otlar (soya-salqin, gap-so`z ), antonim otlar (yeru kok, er-xotin), ikkinchi qismi mustaqil qo’llanilmaydigan otlar (kiyim-kechak, qand-qurs), ikkala qismi mustaqil ma’noga ega bo’lmagan otlar (g`ala g`ovur);
-juft sifatlar: sinonim sifatlar (ola-chinor, qing`ir-qiyshiq), ma’nosi yaqin sifatlar (och-yalong`och, ochiq-sochiq),antonim sifatlar (past-baland, oq-qora), ikkinchi qismi mustaqil qo’llanmaydigan sifatlar(ola-bula, qo`pol-so`pol), ikkala qismi mustaqil qo’llanmaydigan sifatlar (poyintar-soyintar);
-juft sonlar: bir-ikki, uch-to’rt, o`n-o`nbesh, yigirma-o`ttiz kabilar chama son hosil qiladi;
-juft olmoshlar: teng bo’langan ikki olmosh: u-bu, sen-men, siz-biz;
-juft fe’l: yetakchi fe’l bilan ko’makchi fe’l bir xil shakilda juft fe’lni hosil qiladi; aytdi-qo`ydi, o`tdi-ketdi, ura-sura (yasama emas);
-juft ravish: sinonimlardan (asta-sekin, ochiq-oydin, uzil-kesil), antonimlardan (qishin-yozin, ostin-ustin, ochin-to`lin, erta-kech).
Izoh: ot (kundan-kunga), sifat (chaqqon-chaqqon), olmosh (o’z-o’zidan), ravish (tez-tez), sen (birdan-bir)va fe’l (to’xtab-to’xtab )ni takrorlash orqali ham ravish yasash mumkin.
v) semantik usul- so’zi boshqa ma’noda qo’llash yoki so’zning bir turkumdan ikkinchisiga ko’chishi:
-ba’zi sifatlar sifat o’rnida kela oladi: boy, asir, kasal, keksa, dangasa, oshna, usta;
-ba’zi otlar leksik ma’noda ishlatiladi: oylik (o`ttiz kunlik), oylik (maosh);
-sifatdosh sifatga ko`chadi : kelishgan (yigit), kelajak (zamon);
-fe’llar juftlashib ot hosil qiladi: bordi-keldi, qo’ydi-chiqdi, oldi-berdi, ur-yiqit;
-fe’llar juftlashib sifat hosil qiladi: kuydi-pishdi;
-fe’llar juftlashib ravish hosil qiladi: uzul-kesil;
-sifatdosh takrorlanib ravish yasaydi: bilinar-bilinmas;
-modal so`z juftlashib ot hosil qiladi: bor-yo`g`im;
-ravishlar juftashib ot hosil qiladi: kam-ko’st;
-sifatlar juftlashib ot hosil qiladi: oq-qora;
-fe’llar takrorlanganda ot yasaladi: dedi-dedi.
g) sintaktik-leksik usul-so`z birikmasi, gap ixcham gap+undalmani bir so’zga aylanashi:
-bitishuv: kaltafahm , sofdil, bosvoldi, beshotar;
-moslashuv: bilakuzuk, tog`olcha;
-boshqaruv: ot boqar, muzyorar, tinchliksevar;
-ega-kesim: bosh yalang, Soykeldi;
-ixcham gap-undalma : urto’qmoq, yoriltosh
d) fonetik usul-tovush tushirib yoki orttirib so’z yasash: she’r-sher, sa’va-sava, siyla-sila, zirak-ziyrak;
e) abbreviatsiya usuli; so`zlarni qisqartirib so`z yasash: BMT, ToshMI, Uztelekom.
Qo’shma so’zlarning yozilishi
1. Mazkur tuzilishdagi qo`shma so’zlar qo`shib yoziladi:
a) bir tushunchani bildirgan va bir bosh urg’u bilan aytiladigan qo’shma so’zlar:belbog’, asalari,sheryurak;
b)Xush, kam, ham, umum, bop, noma, sifat, rang, baxsh, nima kabi so’zlar
yordamida yasalgan qo’shma so’zlar: xushxabar, kamhosil, hamfikr, talabnoma;
v) birpas, biryo’la, birvarakay, qayvaqt kabi ravishlar;
g) keyingi qismi turdosh ot yoki obod so’zi bilan ifodalangan geografik nomlar:
Amudaryo, Kosonsoy, Yangiqo’rg’on, Bekobod.
2. Quyidagi tuzilishdagi qo’shma so’zlar ajratib yoziladi:
a) birinchi qism sifat, ikkinchisi atoqli ot bo’lgan geografik nomlar: Kichik Osiyo, Markaziy Amerika;
b) har, hech, hamma, ayrim, qay, bir so’zli qo’shma ravishlar va olmoshlar: har kun,hamma vaqt, qay kuni, bir oz, har kim, hech kim, har bir.
Chiziqcha bilan yozilgan juft va takror so’zlar
1. Quyidagi so’zlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi:
Juft va takror so’zlar: asta-sekin, qop-qop;
Juft so’zlar –u (-yu) bog’lovchisi bilan qo’llansa kirill yozuvida oldingi so’zga qo’shib yoziladi (ertayu kech); lotin yozuvida birinchi so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: kun-u tun, ona-yu bola;
–ma, ba-, -dan yordamida birikkan so’z qisimlari chiziqcha bilan yoziladi: yuzma-yuz, rang-barang, ko`pdan ko`p.
Bosh harf bilan yoziladigan so'zlar
1.Quyidagi so’zlar bosh harf bilan yoziladi:
a)atoqli otlar (kishi ismlari, taxallus, joy nomlari v.b.) Abror , Fitrat, Mirrix, Oy;
b) davlat, uning oily tashkilotlari, oily mansablar, xalqaro tashkilot nomlari: O’zbekiston Respublikasi, Oliy Majlis Raisi, Jahon Tinchlik Kengashi;
g) oliy mukofot nomlaridagi har bir so’z: O’zbekiston Qahramoni, Oltin Yulduz;
d) boshqa mukofot nishonlaridagi birinchi so’z: <<Shuhrat>> ordeni;
e) muhim tarixiy sana, bayram nomlari: Mustaqillik kuni, Navro’z bayrami, Ramazon hayiti;
y) qisqartma otlar: BMT, AQSH.
Ts undoshining lotin alifbosidagi shakllari
1. So’z boshida va oxirida kelsa, s yoziladi: sirk, soy, abzas;
2. So’z o’rtasida unlidan so’ng kelsa, ts yoziladi; aviatsiya, militsiya, konstitutsiya, deklaratsiya;
3. So’z o’rtasida undoshdan so’ng kelsa s yoziladi: aksiya, unsiya.
Yozilishi qiyin so’zlar
Ayrim so’zlarning imlosi bir muncha qiyin hisoblanadi: avf etmoq, abituriyent,alahsiramoq, alahsimoq, taqsim, taxlit, taqlid, tahqir, ta’m, hayhot, xushhol, hamjihat, ruixat, ta’qib, ta’zir, hoyu-havas, qaytatdan, quvalamoq, singan, singgan, yashshamagur, taraddud, shohsupa, shahsuvor, mushiqi, mushig’i, litenant, hay’at, husayini, xush, hush, xol, xat, uxla, uhla, xato, xayir, bazur, bazo’r, bahuzur, besunaqay, xosiyat, hosiyat, huquq, muhim, muqim, muvaffaqiyat, muassasa, mutaxassis, mavrid, muomala, muhokama, mutolaa, muloqot, epidemiologiya, nomuqobil, noma’qul, mas’uliyat, taqiqlamoq, say’-harakat, xatti-harakat, hol-ahvol, ya’ni, yanimoq, ta’b, tab, taziq, tavajjuh, taalluq, taajjub, batal’on, bargga, rejissor.
1-mashq. Ajratilgan so’zlarning tuzilishiga ko’ra turini ayting.
1.Men maktabdosh do’stlarimning shirin-shirin suhbatlarini ko’p sog’inaman. 2.Haqiqiy inson o’z ota-onasini hurmat qiladi.3. Muzyorar kema juda baland, o’n ikki qavatli uydek keladi. 4. Bizning uyimiz temir yo’l yaqinida joylashgan . 5. Kolesnikov bilan Sohibov o’qishga Yangiyo’l tumanidan kelishdi. 6. Mirzacho’l yildan yilga gullab – yashnamoqda. 7. Qoraqamishda yangi binolar qad rostlamoqda.
2-mashq. So’zlarni ko’chiring va qo’shma so’zlarning tagiga chizing.Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Yangiyo’l, poliz, anor, Navoiy, Angren, Sharof Rashidov, anjir, toshko’mir, Nurota.
3-mashq. Quyidagi sodda so’zlardan juft so’zlar yasang.
Ota past
Katta kichik
Baland yomon
Oq chaqa
Yaxshi qora
bola ona
4-mashq. Quyidagi sodda, qo’shma va juft so’zlar ishtirokida 6 gap tuzing.
Savat – savat, paxtazor, sinfdosh, yeryong’oq, mehmondo’st, to’q qizil, qo’l qo’ymoq, sotib olmoq, bir yuz sakson, bola – chaqa, kundan kunga.
3-MAVZU. UNIVERSITETIM BILAN FAXRLANAMAN.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING TURLARI. LEKSIKA.
ANTONIM, SINONIM, OMONIM SO’ZLAR
MENING O‘QUV YURTIM
Toshkent elektrotexnika aloqa instituti 1955 -yilda sobiq ittifoq aloqa vazirligiga qarashli 7 institutning biri sifatida tashkil etilib, tarmoq oliy o‘quv yurti hisoblangan. Institut O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston uchun elektrotexnika va radioaloqa injenerlarini tayyorlay boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan Toshkent elektrotexnika aloqa instituti O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tasarrufidagi tarmoq oliy o‘quv yurtiga aylantirildi.
1997 yil O‘zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga, 2002 yildan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2002 yil 30 maydagi Farmoniga asosan Toshkent aloqa elektrotexnika institutiga universitet maqomi berildi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti deb nomlandi. Universitetga axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash vazifasi yuklatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan universitetning mamlakatimiz fani rivoji, milliy ta’lim tizimi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, yoshlar tarbiyasidagi katta hissasini e’tiborga olib, 2004 yil 22 dekabrda “2005 yilda universitetning 50 yilligini nishonlash to’g’risida”gi 598- sonli qarorini qabul qildi. Uni o‘tkazish bo’yicha tayyorgarlik rejasiga asosan tashkiliy qo’mita tarkibi tasdiqlandi.
Topshiriq. Matnni o‘qing. Uning mazmunini so‘zlab bering.
- Siz qaysi institutda o‘qiysiz?
- Men Toshkent axborot texnoligiyalari universitetida o‘qiyman.
- Qaysi fakultetda?
- Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida.
- Nechanchi kursda o‘qiysiz?
- Ikkinchi kursda.
- Shu mutaxassislikka maktabdan qiziqib kelasizmi?
- Ha, men yoshlikdan maktabda texnikaga qiziqar edim.
- Fakultetingizda qanday fanlar o‘qitiladi?
- Fakultetimizda fizika, matematika, chizmachilik, o‘zbek tili kabi fanlar o‘qitiladi.
- Universitet qayerda joylashgan?
- Universitet Amir Temur ko‘chasida joylashgan.
- U yerga qaysi transport bilan boriladi?
- U yerga metro, avtobuslar bilan boriladi.
- Siz bu universitetda qanday fakultetlar borligini ayta olmaysizmi?
- Bu universitetda kompyuter injiniring, dasturiy injiniring, AKT sohasida iqtisodiyot va boshqaruv, telekommunikatsiya texnologiyalari, AKT sohasida kasb ta’limi, television texnologiyalar fakultetlari bor.
Topshiriq. Matndan sodda, qo’shma, juft so’zlarni ajratib yozing.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING TURLARI
Texnologiya so'zi grekchadan tarjima qilinganda san'at, ustalik, malaka ma'nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma'lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig'indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob'yektining dastlabki, boshlang'ich holatini o'zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog' va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang'ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma'nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so'zini qo'shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiyani quyidagicha ta'riflash mumkin.
Texnologiya - bu sun'iy ob'yektlarni yaratishga yo'naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo'nalishda borishini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o'zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta'riflash mumkin.
Axborot texnologiyasi - bu axborot ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo'lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo'lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo'llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o'quvchi boshlang'ich axborotni qayta ishlash uchun o'zining bilimini qo'llaydi. Masalaning yechimi bo'lgan yangi axborot mahsuloti, o'quvchi tanlay olgan masalani yechish texnologiyasi, usuliga bog'liq.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o'zining "uskunalari", vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o'zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo'llanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo'llanishiga urg'u berish maqsadida ko'pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o'zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog'liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo'lgan ma'lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo'lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud.
Ichki omillar – bu axborotning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat, (respublika, qit’a)da yashovchi o’rtog’ingiz bilan fakr almashmoqchisiz. Buni turli yo’llar orqali yetkazishingiz mumkin: 1) aloqa bo’limi orqali (yozma);
2) telefon tarmoqlari orqali (og’zaki);
3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
O’zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon va sifati yuqori bo’lgan usulni belgilab olasiz.
LEKSIKA
Ko’p ma’noli so’zlar
1.Tildagi barcha so`zlar shu tilning leksikasini tashkil qiladi.
2. So`zlar bir ma’noli (manosemantik) va ko’p ma’noli (polisemantik) bo`ladi: ravish, chumchuq, ko’z, qalin.
3. Ko`p ma’noli so`z bosh (o’z) va yasama (ko`chma) ma’noli bo`ladi:
a) o’z ma’no – so’zning nutqdan tashqaridagi ma’nosi: ko’z ko’rish a’zosi;
b) ko’chma ma’no – so’zning nutqdagi boshqa so’zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi:derazaning ko`zi, buloqning ko`zi.
4. Ko`p ma’nolilik otda (ko’z, lab, bosh, o’choq, girdob, maktab), fe’lda (kesdi, uzdi, cho’zdi, tindirdi), sifatda (yengil, og’ir, tiniq), ravishda (tong, erta, kech), sonda (bir) uchraydi.
5. Ko`p ma’noli so`z omonim so`zga o`xshash, biroq omonim bir shaklga ega bir necha so’z bo’lsa, ko’p ma’nolilik bir so’zning turli ma’nolari hisoblanadi.
6.Ko’p ma’nolilik turli ma’no ko’chishiga olib keladi:
a) metafora- o`xshashlik asosida ma’no ko’chishi: O`choq og`zi, piyola labi, maktab biqini, dutorning qulog’i, hovli etagi, xazon bo’lmoq, hayot zangi; Xushro’y Zaynabni so’z bilan chaqib oldi.
b) Metonimiya – aloqadorlik asosida ma’no ko’chishini; birining nomi ikkinchisiga ko’chishi : Fuzuliyni o’qimoq, samovarga chiqmoq, o’nga kirmoq; Osmonga tikilar million juft ko’z. Zal oyoqqa turdi; Qo’qonga boraman.
v) sinekdoxa – butunni atab qismni, qismni atab butunni anglash: Tirnoqqa zor. O’n qo’l-o’n hunar.Yong’oq ekdim, oq soqol.Kechgacha tuz totmadi.
g) vazifadoshlik- vazifaning ko’chishi: o’q (naykon), o’q (natron).
So’zlarning shakl va ma’nosiga ko`ra turlanishi(sinonimlik, omonimlik, antonimlik, paronimlik).
1. Sinonimlar – ma’nodosh so’zlar bo’lib, bir qator birliklar sinonimlikka ega: a) leksik sinonimlar-so’zlar sinonimligi: to’liq
(vatan – yurt- o`lka) va ma’noviy (ho’l – nam- shalabbo) sinonimlariga bo`linadi;
b) grammatik sinonimlar – qo’shimchalar (aqlli – boaqil, boriyati – boryotir - bormoqda) hamda ko’makchilar (kabi, singari; shular kabi – shular qatori) sinonimligi;
v) frazeologik sinonimlar – iboralar (og’zi qulog`ida, boshi osmonda ) sinonimligi;
g) sintaktik sinonimlar – so’z birikmalari (kuzgi shamol, kuz shamoli ) hamda gaplar (Xat yozdi. Xat yozildi.)sinonimligi;
d) uslubiy sinonimlar turli uslublardagi sinonimlik: keldi – tashrif buyurdi.
1. Sinonimlarning ketma-ket qo’yilishi sinonimlik qator deyiladi: nomusli, iboli, hayoli, andishali, uyatchan.
2.Sinonim qatorda asosiy so`z birinchi turadi, u adabiy tilga xos bo’ladi, ko`p ishlatiladi, uslubiy bo’yog’i bo’maydi: odamkishi- inson bashar.
3. Sinonimlik qatordagi so`zlar miqdori:
a) ikki so`zdan: keksa, qari;
b) uch so`zdan : chora, iloj, tadbir;
v) to`rt so`zdan: uyalmoq, iymanmoq, tortinmoq, orlanmoq;
g) besh so`zdan: tayyor, muhayyo, shay, taxt, hozir;
d) olti so`zdan: ovoz, tovush, un, sado, sas, bong;
e) yetti so`zdan: qiziq, g`alati, ajoyib, alomat, antiqa, ajab, ajib;
y) sakkiz so`zdan: ozgina, nicha, sal, hiyol, jindak, qitday, abdak, jichcha.
Izoh: so`zlar miqdori bundan ham ko`p bo`lishi mumkin.
4. Turkumlarda sinonimlik: otlarda (sabr, toqat, chidam, to`zim), fe’llarda (xayrlashmoq, xo`shlashmoq, vidolashmoq), sifatlarda (katta, ulug`, buyuk, azim, ulkan, gigant), ravishlarda (hech, aslo, asti, sira, zinhor, mutlaqo, butunlay), sonlarda : (bitta, yakka, yagona), oloshlarda (u, bu, shu, o’sha, mazkur, o’shala), bog`lovchilarda (va, ham, hamda, -u, -yu,; ammo, lekin, biroq, -u, -yu), ko`makchilarda (doir, asosan, muvofiq, binoan), yuklamalarda (-gina, faqat, faqatgina, yolg`iz), modal so`zlarda (kerak, zarur, darkor; bor, mavjud), undovlarda (voy, dod; salom, assalom, assalomu alaykum), taqlidlarda (qars, qurs, qirs; lim-lim, limmolim).
5. Sinonimlik, faqat bir so`z turkumi doirasida bo`ladi: so`ng-keyin (ravish).
6. Bir so`z bir sinonim qatorda ishlatiladi.
7. Ko`p ma’noli so`z bir necha sinonim qatorda qatnashishi mumkin: o`rin-joy, o`rin-lavozim.
8. Sinonimlikning paydo bo`lishi: tub so`z va tub so`z (osh-taom), tub va yasama so`z (savol-so`roq), yasama va yasama so`z (serpul-puldor), olinma va olinma so`z (ko`k osmon), o`zakdosh so`zlar (chopqir-chopag`on).
9. Shartli sinonimlik ham mavjud: ish-hodisa (bu ish –bu hodisa).
II. Omonimlik- bir xil shaklga ega bir necha so`z: tom (ot), tom (fe’l), tom (tom ma’no sifat):
1.Leksik omonimlar – so`zlar shakldoshligi: quymoq (ot), quymoq (fe’l), burun (ot), burun (ravish), erish (harakat nomi), erish (nomunosib), asar (iz), asar (badiiy asar);
2. Frazeologik omonimlar – iboralar shakldoshligi: qo`l ko`tarmoq (tasdiqlamoq), qo`l ko`tarmoq (urmoq), qo`l ko`tarmoq (taslim bo`lmoq);
3. Grammatik omonimlar – qo`shimcha shakldoshligi: -la (ishla), -la (quvla), -la (biz-la).
4. Omonimlikning yuzaga kelishi:
a) so`zlar doirasida: tut, til, qorin, qo`yni, oshiq, hovliqma, qovoq;
b) qo`shimchalar doirasida: -m, -in, -k, -q, -ma, -lar, -im, -ik, -cha, -il, -siz, -ng, -qa, -loq, -gi, -indi, -dan, -larcha, -lab: chayqa, boqqa; ekin, to`kin, keyin; onam, keldim, xo`plam, qaram;
v) iboralar doirasida: boshga ko`tarmoq, ko`z yummoq, qo`l qo`ymoq;
g) tasviriy ifodalar doirasida: ilm o`chog`i, qora oltin, asr vabosi, aql gimnastikasi, fazo lochini;
d) so`z birikmalari doirasida: un chiqarmoq, yaxshi ot;
e) gap doirasida: Ot qoqiladi, Salim gap bermadi.
5. Omonimlikning turkumlararo munosabati:
a) bir turkum doirasida: son, rasm, qovoq, bog`, so`z, to`y (ot va fe’lda);
b) ikki turkum ichida: tut, sol, ol, tur, soch, qur, qo`r, terma;
v) uch turkum doirasida: tom, hur, tik, oshiq.
6. Omonimlik bir so`z turkumi doirasida bo`lsa, grammatik shakllar qo`shilsa ham, omonimlik saqlanadi: tortdim (sudradim), tortdim (o`lchadim), siri (davlat siri), siri (idish siri).
7. Omonimlik bir necha so`z turkumi doirasida bo`lsa grammatik shakllar qo`shilsa, omonimlik yo`qoladi: kuy (ot: kuyni), kuy (fe’l: kuyundi).
8. O`t, ot kabi so`zlarda qo`shimcha qo`shilgach, omonimlik qisman yo`qoladi, ya’ni o`t so`zi mays, olov, tan’azosi ma’nosida saqlanadi, lekin fe’l ma’nosida yo`qotadi.
III. Antonimlik- so`z, ibora, qo`shimcha ma’nosidagi zidlik:
1. Leksik antonimlar – so`z ma’nolaridagi zidlik: oq-qora;
2. Frazeologik antonimlar – iboralar ma’nosidagi zidlik: og`zi qulog`ida – qovog`i soliq;
3. Grammatik antonimlar- qo`shimchalar ma’nosidagi zidlik: aqlli-aqlsiz.
4. Bir so`z sinonim qatoridagi har bir so`z bilan alohida antonim juftlik hosil qila oladi: hafa-shod, hafa-xursand, hafa-hurram.
5. Shartli antonimlik ham bor: tez (jahli tez)- og`ir (bosiq).
Izoh: son, olmosh, yordamchi so`zlarda antonimlik yo`q.
IV. Paronimli – yozilishi va ma’nosi har xil, aytilishi yaqin so`zlar kerakli so`z orniga paronimni yozish uslubi va orfografik xatoga olib keladi: nufuz-nufus, ta’rif-tarif, ravon-rovon, kuyindi-kuyundi, tahlid-taqlid, qayd-qayt, ta’b-tab, otalik-otaliq, xayol-xiyol, qism-qisim, tanbur-tambur, bo`shliq-boshliq, bot-bod, raso-rosa, taxir-taqir, borlik-borliq, yod-yot, halos-xolos, ta’na-tana, quyildi-quyuldi, yetti-yetdi, kompaniya-kampaniya, dara-darra, tursun-tursin, urish-urush, hosiyat-xosiyat, singan-singgan, tahqir-taqir, oriq-ariq, tuzsiz-tussiz, asil-asl, ya’ni-yani, adl-adil, chinni-chini, izn-izm.
Izoh: 3,20,40,70,100 sonlari omonim, 7,10,50,90 sonlari paronimlarga ega.
O’zbek tilining lug`at tarkibi
1. O`z qatlam – tildagi barcha turkiy so`zlar: ko`k, ko`klam,
yog`och, qo`l, oyoq, bir, ikki, bor, kel, yaxshi, to`g`ri, yulduz, bulut, chechak, bug`doy, oltin, kumush, bolta, qancha, o`tir, kel, ber.
2. O`zlashgan qatlam – chetdan kirgan (olinma, o`zlashma) so`zlar:
a) arabcha: kasb, san’at, imorat, asbob, ovqat, g`alla, ayol, xola, rais, jasur, bino, xalq, qism, ijod, jamiyat, daraja, davlat, faoliyat, g`alaba, hodisa, harakat, ehtiyoj, iqlim, maxsus, mas’uliyat, qalam, qaror;
b) tojikcha: g`ijjak, chiroq, gilam, paypoq, charm, reja, zina, bazm, rubob, bahor, gul, chora, janjal, darvoza, devor, farzand, guruh, maydon, poytaxt, savdo, shudgor, taxt;
v) ruscha: parta, ruchka,lampochka, bufet, samovar, yashik, stol, shkaf;
g) lotincha: nota, metall, kanal, radio, refleks;
d) grek (yunon)cha: grammatika, talant, poema, metr, neft;
e) nemischa: raketa, front, shaxta, karta;
y) inglizcha: miting, chempion, avtobus, futbol, tank;
j) fransuzcha: palto, vergul, bank, marsh, kompaniya;
Izoh: o`zlashgan qatlamga oid, so`zlar, shakliy yozuv qoidasi bo`yicha yoziladi.
Nofaol so`zlar
1. Atamalar – fan-texnika va ilm-fanga oid bir ma’noli so`zlar, har bir
sohaning o`z atamalari bo`ladi:
a) tilshunoslikning morfologiya (otlashish, o`rin ravish, turlanishi, ko`plik, birlik, sifatdosh, mayl kabi) sintaksis ( bosh so`z birikmasi, umumlashtiruvchi, so`z kirish so`z, aniqlovchi, gap kabi) va boshqa bo`linmalarining o`z atamalari mavjud.
2. Kasb-hunar so`zlari – kasb-hunar doirasida ishlatiladigan bir ma’noli so’z (atama)lar; andava (suvoqchilik) g`undak (tandirchilik), fonendoskop (vrachlik).
3. Sheva so’zlar: moma, mayka, o`jak, gashir, takya.
4. Arxaizmlar – hozirda sinonimga ega eskirgan so’zlar: alam, (bayroq), dudoq (lab), yovuq (yaqin), ilik (qo`l).
5.Istorizmlar – hozirda sinonimi yo`q tarixiy so`zlar: yorg`uchoq, udaychi, chaqirim (tahm 1 km), tosh (8 chaqirim), gaz (71 sm), chaksa (5 kg), paysa (50 g), paqir (2 tiyn), miri (5tiyn), misqol (4,25 g), botmon (176 g).
6. Yangi so`zlar – marketing, dizayn, hissadorlik, menejir.
7. Jargon va argolar – loy, yakon, (pul), deg`a (begona), tish (guruch), inxoy (choy), uxladi (to`xtadi), bedana (to`pponcha).
Tasviriy ifoda
1. Tasviriy ifoda – bir so`zni o`z nomi bilan atamay, obrazli qilib ifodalash ; shaxmat, matematika – aql gimnastikasi, ko`mir, neft-qora oltin, SPID, giyohvandlik – asr vabosi.
2. Tasviriy ifodalar qaysi davrda paydo bo`lishiga ko`ra farqlanadi: ilm maskani, dehqonchilik qanoti, fazo lochini, asr vabosi.
1-mashq. Berilgan so‘zlarning sinonimlarini toping.
Do‘st, ozod, ko‘rkam, toza, gapirmoq, kulmoq, xursand, shamol.
2-mashq. Antonimlarni topib ko‘chiring.Yana qanday antonimlar ishtirok etgan maqollarni bilasiz.
1.Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’l. 2. U goh kulib, goh yig‘lab bo‘lgan voqeani aytib berdi. 3. Yaõshi topib gapiradi, yomon qopib. 4. Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar.
3-mashq. Berilgan omonim so’zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Bosh, yuz, qo‘l, qo’y, soch, kul.
4-mashq. Gaplardan sinonimlarni topib, ularning ma'nolarini tushuntiring va bu so’zlarga sinonimlarni toping.
1. Gulsumbibi uyda qitday o‘tin, qitday ko‘mir yo‘qligini so’zladi (O.).
Hoji xola dutor torini picha bo‘shatdi, uzilib ketishi mumkin edi. (M.Ism).
2. Matqovul aka sekin kelib, chekkadagi odamlar yonida to‘xtadi (M.Ism).
Shohista ohista qadam tashlab uyga kirar ekan, eshikni sekingina yopdi (M.Aliyev.). 3. Yo’lchi bu kishining yuzini ko‘rmasdanoq ovozidan tanidi (O.).
Otabek tovush egasini tanidi (A.Qod.).
5-mashq. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning sinonimlarini yozing.
Nega shuncha go’zal ko’rinar olam?
Nega qarab to’ymas ko’zlarim?
Nega jo’sh uradi, ko’piradi qon?
Nega misday qizir yuzlarim?
Nega hayajonda tuyg’ular, hislar?
Nega lablarimda kezar tabassum?
Hayot go’zal, hayot maroqli,
Shuning uchun erka ko’nglim shod.
6-mashq. O’qing sinonimik qatordagi bosh so’zni topib, bu so’zlarning ma’nosidagi farqlarni aytib bering.
Uzoq, olis, yiroq; shabada, shamol, yel, sabo; faxrlanmoq, g’ururlanmoq, mag’rurlanmoq; yurak, qalb, dil, ko’ngil; jo’ra, og’ayni, birodar, oshna, do’st.
7-mashq. Quyida berilgan sinonimlar qatorini davom ettiring.
Ayyor, mug’ombir, ....
Aniq, yaqqol, ...
Balli, barakalla, ...
Bitirmoq, tugatmoq, ...
Darrov, darxol, ...
Juda, g’oyat, ...
Kabi, singari, ...
Katta, ulug’, ...
Mazali, lazzatli, ...
Ozgina, oz-moz, ...
Puxta, pishiq, ...
Òo’satdan, qo’qqisdan...
Sinonimlar ishtirokida his-hayajon mazmunidagi gaplar tuzing. Unda tinish belgilarning qo’llanishiga ahamiyat bering.
4-MAVZU. INSON VA JAMIYAT. KONSTITUTSIYA.
FRAZEOLOGIZMLAR
SOG`LOM OILA – SOG`LOM JAMIYAT TAYANCHI
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari, sog`lom avlod masalasi, nikoh va oila munosabatlari borasida jiddiy o`zgarishlar sezilmoqda. Jumladan, istiqlol shuuri oila masalasida ham yangi, ijobiy qirralarni kashf etmoqda. Axir oila – yurt tayanchi, jamiyat rivojiga hissa qo`shuvchi muqaddas dargoh. Shuning uchun ham Qomusimizda “Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir, u jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega”, deb ta`kidlangan.
Ma`lumki, oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir. Jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil topadi. Lekin u shunchaki zarra emas, tirik vujudlar ittifoqidir.
Har bir tirik vujudning o`zi alohida bir olam, er va xotin – ikki tirik vujudning, ikki olamning o`zaro ittifoqidan paydo bo`lgan uchinchi bir olam – bu oiladir. Ittifoq iborasida ahillik, totuvlik, degan ma`nolar ham bor, albatta. Agar oila haqiqatdan tinch-totuv, ahil bo`lsa, olam guliston. Aks holda turmush do`zaxga aylanadi, buning jabrini er va xotindan ko`ra bolalari, yaqin qarindoshlari tortadilar. Jamiyatga moddiy va ma`naviy ziyon yetadi.
Oila to`g`risidagi g`amxo`rlikni amalga oshirish davlat ahamiyatiga ega bo`lgan g`oyat muhim vazifa hisoblanadi. Buning dalili sifatida 1998-yilning “Oila yili” deb e`lon qilinishi va Respublika xotin-qizlar qo`mitasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy markazining tashkil etilganligini qayd etish joizdir.
Oliy Majlisning 9-sessiyasida qabul qilingan va 1998-yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan “Fuqarolik protsessual kodeksi” va Oliy Majlisning 10-sessiyasida “Oila kodeksi” qabul qilinishi muhim voqea bo`lib, oila masalalariga yanada oydinlik kiritdi.
Odatda oilaning vujudga kelishiga nikoh asos bo`ladi.
Hayotni nikoh va oilasiz tasavvur qilish qiyin, chunki u turmushning juda muhim qismidir. Ota-onalar va bolalar har taraflama jipslashgan oila birligini tashkil qiladi. Ular oilaning negizi hisoblanadi.
Oila jamiyatning asosi ekan, ezgulik yo`lini tanlagan ana shu jamiyatimizda oilalar faqat yaxshilik urug`idan vujudga kelsin. Zero, jamiyat mustahkam, ma`naviy va ahloqiy jihatdan sog`lom oiladan g`oyatda manfaatdordir.
Topshiriqlar:
1. Matndagi quyidagi so`zlarni eslab qoling:
mustaqillik, erkinlik, muhofaza, bo`g`in, nasl, oila, ahillik, yaxshilik, olam, negiz, huquq, burch.
2. Matnni rus tiliga tarjima qiling.
3. Yuqorida berilgan tayanch so`z va birikmalardan foydalanib matnning mazmunini so`zlab bering.
4. Kuzatishlaringiz asosida namunali oilalar haqida so`zlab bering.
5. Oila mehr-muhhabbat, sadoqatlilik, insoniy munosabatlar ramzi xususida bahs-munozara o`tkazing.
1-topshiriq. Matnni o’qing va rus tiliga tarjima qiling.
Konstitutsiya har bir davlatning ramzlaridan biri. Konstitutsiya so’zi “tuzilish, qurilish” degan ma’nolarni bildiradi.
O’zbekiston ham o’z davlat mustaqilligiga erishgach asosiy qonun - Konstitutsiyasini qabul qildi. Bu tarixiy voqea 1992 - yilning 8 dekabrida sodir bo’ldi.
Yangi O’zbekistonning Konstutsiyasi jahonning ilg’or davlatlari tajribasini o’rganish asosida yaratildi. U muqaddima, 6 bob, 26 bo’lim, 128 moddadan iborat.
Asosiy qonunimizda fuqarolar huquq va erkinliklari, majburiyatlari belgilab berilgan.
Unda O’zbekiston xalqini millati, e’tiqodi, dini, jinsidan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etishi mustahkamlab qo’yilgan. Shuningdek, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekani aytilgan.
O’zbekiston Konstitutsiyasi ozod va obod Vatan, farovon hayot qurishimizning huquqiy asosi va kafolati bo’lib xizmat qiladi.
2-topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzing.
3-topshiriq. Konstitutsiyamiz haqida nimalarni bilasiz? Shu haqida yozing.
Lugat ishi
qomus ýíöèêëîïåäèÿ
ramz ñèìâîë
bob ãëàâà
bo’lim ðàçäåë
modda ñòàòüÿ
belgilab bermoq îïðåäåëèòü
mustahkamlamoq çàêðåïèòü
erkinlik ñâîáîäà
hudud ïðàâî
majburiyat îáúÿçàòåëüñòâî
manbaa èñòî÷íèê
kafolat ãàðàíòèÿ
Suhbat
Axborot texnologiyalarining takomillashtirilishi jamiyatni axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Ma’lumki, axborot texnologiyalari informatika qonun – qoidalari asosida takomillashtiriladi. Ba’zi bir savollarga javob olishimiz kerak.
Savol: Axborot nima?
Javob: Axborot lotincha “information” so’zidan olingan bo’lib,tushuntirish, biror narsani bayon etish yoki hodisa haqida ma’lumot ma’nosini anglatadi. Axborot aniq va amalda ishlatiladigan xabar.
Savol: Qanday sezgi organlarimiz mavjud?
Javob: ko’rish, eshitish,hid bilish, ta’m bilish, sezish.
Savol: Axborot tizimi nima?
Javob: Axborot tizimi belgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarni shakl va mazmuniga ko’ra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash prinsiplari, qayta ishlashda qo’llaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalarning o’zaro bog’langan majmui.
Savol: Axborot tizimlarining qanday ta’minoti mavjud?
Javob: Texnik, matematik, dasturiy, axborot, tashkiliy, huquqiy.
Savol: Informatika faning
asosiy vazifasi nimadan iborat?
Javob: Informatikaning asosiy vazifasi – axborotni qayta ishlashning yangi
usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iborat.
Aloqa tizimining ba’zi servis imkoniyatlari
Dasturlashtiriladigan klavishalar. Telefon apparatining qo’lli panelida uch xil rangli svetodiod indikatorli bevosita teriladigan 12 yoki 24 ta klavisha bor, ularning har birining bosilishi bilan 25 ta turli xil vazifalardan bittasi bajarilishi mumkin, chunonchi: nomerni tez terish, qoldirilgan axborotlarni åshitib ko’rish va b. Svetodiodli indikatorlar, masalan, yashil rangli klavisha bilan siz ilgari qo’ng’iroq qilgan abonent nomerlarini, sariq rang bilan siz qo’ng’iroq qilgan, lekin so’zlasha olmagan, qizil rang bilan siz hali qo’ng’iroq qilmagan abonent nomerlarini ko’rsatadi.
Intellektual displey. Telefon apparatida mavjud bo’lgan ikki satrli suyuq kristalli displey kirayotgan va chiqayotgan qo’ng’iroqlar to’g’risida (shu jumladan, sizni boshqa abonent bilan so’zlashuv vaqtingizdagi kirish qo’ng’iroqlari va aniq bir vaqtga belgilangan chiqish qo’ng’iroqlari haqida) va qoldirilgan tovushli xabarlar haqida ko’pgina foydali ma’lumotlarni berib turadi.
Nomerni aniqlagich. Kirish nomerini aniqlagich displeyda sizga qo’ng’iroq qilayotgan telefondagi abonentning nomerini va familiyasini ko’rsatadi hamda siz boshqa abonent bilan so’zlashayotgan paytingizda qo’ng’iroq qilayotgan abonentning nomerini va familiyasini displeyda aks åttiradi va maxsus gudok bilan sizga ma’lum qiladi. Bunda 250—500 familiyaga mo’ljallangan apparat ichidagi ålektron telefon kitob ishlatiladi. Qo’ng’iroq qilayotgan abonentning nomerini tizim xotirasiga bitta knopkani bosish bilan yozib qo’yish mumkin, so’zlashuv tugagach va liniya bo’shagandan keyin, yana åslab qolingan nomer bo’yicha yana bitta knopkani bosib, abonentga qaytadan qo’ng’iroq qilish mumkin.
Tovushli terish. Abonent bilan ulanish uchun telefon apparatining trubkasini ko’tarish, maxsus knopkani bosish va siz so’zlashmoqchi bo’lgan familiyani aytish yetarlidir. Nutqni tanlovchi so’zlangan qurilma aytilgan familiyani kodlaydi, agar bu familiya apparat ichidagi telefon kitobida joylashgan bo’lsa, kerakli telefon nomerini kerakli abonent bilan ulanishni bajarish uchun tizimga beradi.
Tez terish. Tez terish kerakli abonent nomeriga dasturlangan bitta klavishani bosish bilan yoki telefon kitobidan foydalanib, uning ichidagi ro’yxatni displeyda ko’rib chiqish yo’li bilan abonent familiyasi bo’yicha kerakli nomerni tanlash (va yana bitta klavishani bosish bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Tovushli pochta qutisi. DCS tizimi tashqi abonentlarga qo’ng’iroq paytida o’z joyida bo’lmagan ofis xodimlari uchun yetarli darajada uzun xabarlarni qoldirish imkonini beruvchi avtojavob beruvchi (tovushli pochta qutisi) ålementiga åga. Qoldirilgan xabar to’g’risidagi ma’lumot tegishli apparatga uzatiladi; axborotni bitta knopkani bosish bilan åshitib ko’rish mumkin.
Konferens-aloqa. Tizim bir vaqtning o’zida 5 ta tashqi abonent yoki qo’shimcha ichki abonentlar bilan ixtiyoriy kombinatsiyada konferens-aloqani tashkil åtish imkoniyatiga åga. Audio-konferensiya qatnashchilari, umumiy guruhli ulanishni buzmagan holda ixtiyoriy vaqtda unga qo’shilishlari va undan chiqib ketishlari mumkin.
Avtokotib. Ålektron avtokotib, siz telefonda so’zlashib turganingizda, istalgan miqdordagi kirish qo’ng’iroqlariga javob berish qobiliyatiga åga. Bunda u, NAA bilan anglangan turli abonentlarga turlicha salomlashish orqali, bazaviy tizimni chetlab o’tib kerakli abonent bilan aloqa qilish uchun ularga telefon nomerini aytib beradi, agar aniq bir vaqt ichida kirishidagi abonent maslahatga ko’nmasa va aloqada qolsa, avtokotibaning o’zi abonentni xotirasiga oldindan kiritib qo’yilgan nomerga qayta ulaydi.
Uy telefoni. Tizim uy telefoni va kirish åshigining qulfini ochuvchi mexanizm bilan jixozlangan, bular, qulfni mehmon shaxsini yana telefon bo’yicha aniqlagandan keyin, to’g’ridan-to’g’ri telefon apparatining klaviaturasidan ochish maqsadi uchun kerak.
Statistikani yig’ish. Tizim aniq bir vaqt oralig’i uchun ofisdagi har bir xodimning so’zlashuvlari to’g’risida to’liq statistik hisobotni shakllantirishi mumkin: qo’ng’iroqlarning umumiy soni; liniya band bo’lgan paytidagi qo’ng’iroqlar soni; qo’ng’iroqlarni o’rtacha davomiyligi; trubkani ko’tarmasdan oldin gudoklarning o’rtacha soni; kutishning o’rtacha va maksimal davomiyligi; so’zlashuvlarning umumiy bahosi.DCS tizimi quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin: budilnik; o’zgarib turadigan ichki abonentlarni qayd qilish (uni,
masalan, mehmonxonada ishlatilganda); ichki abonentlarning shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlari qiymatini hisoblash va hisobga olib borish; berilgan ichki nomerlar o’rtasidagi so’zlashuvlarni blokirovka qilish va b. Mohiyatiga ko’ra bu tizim ofis ATS lar uchun xos bo’lgan ko’pchilik vazifalarni bajaradi.
FRAZEOLOGIYA ( IBORALAR)
1. Kamida ikki so`zning o`zaro birikishidan tarkib topadi: oyog`i yengil.
2.So`zlar o`z ma’no mustaqilligini yo`qotadi: ammamning buzog`i.
3. Har doim bir so`zga teng keladi: kapalagi uchib ketdi (qo`rqdi).
4. Ko`chma ma’noga asoslanadi: oq ko`ngil, aravani quruq olib chiqmoq.
5. Hissiy-ta’siriy bo`yoq mavjud bo`ladi: ilonning yog`ini yalagan, qo`l ko`tarmoq.
6. Har doim bitta gap bo`lagi bo`lgan: Aravani quruq olib qochding, do`stim (1 ta bo`lak).
7. Turg`un (misi chiqdi, oyog`i og`ir) va erkin (qo`li yengil, ammamning buzog`i) birikma shaklida bo`ladi.
8. Iborada omonimlik, sinonimlik, antonimlik mavjud.
Iboraga o`xshash birliklar
1. Qo`shma so`z: G`arbiy Yevropa, olib kelmoq, hamma yer.
2. Ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi: o`qib ber, aytib berib tura qol.
3. So`z birikmasi: kumush qish, oltin beshik, to`liq rivojlanmoq.
4. Yig`iq sodda gap: Havo toza. Bahor keldi.
5. Ko`makchili so`z: shunga qaramay, maktab tomon.
6. Leksik darajadagi so`z: jiqqa ho`l, juda keng; bag`oyat ulug`, g`oyat tez.
LEKSIKOGRAFIYA
1. Lug`at va uning turlarini o`rganadi.
2. A. Zamahshariyning <<Asos ul balog`a>>, A. Navoiyning <<Sab’atu abhur>> asarlari lug`atshunoslikka oiddir; <<Abushqa>> lug`ati XVI asrda usmonli turk tilida bitilgan; Shayx Sulaymon Buxoriyning <<Lug`ati chig`atoyi va turkiy usmoniy>> lug`ati ham mavjud.
3. <<Imlo lug`atida>> har qanday so`zning to`g`ri yozilishi qayt etiladi.
4. O`zbek tilining eng katta imlo lug`atida 65000 so`zning to`g`ri yozilishi berilgan.
5. Izohli lug`atlarda muayyan so`zlarning izohi beriladi .
6. Ko`p ma’noli so`zlarning barcha ma’nolari izohli lug`atda beriladi.
7. O`zbek tilining II jildlik izohli lug`atida (1981 y) 60000 so`z mavjud.
8. A.Navoiy asarlari tilining izohli lug`ati (IV jilt)da 60000 so`z berilgan.
9. Lug`atlarda fe’lga oid so`zlar harakat nomi (-moq) shaklida beriladi.
10. Ikki tilli (lingvistik) lug`atlar ko`p.
11. Etimologik lug`at ham yaratildi (I.Rahmatullayev. O`zbek tilining etimologik lug`ati-T.,2000).
12. Qo`shma so`zlar hamda etnografik lug`at hali yaratilmagan.
1-mashq. Lug‘atdan foydalanib, berilgan iboralarga sinonim so‘zlarni va agar bo‘lsa antonimlarini toping.
1. Yuragiga (qil) sig‘maydi. 2. Labi labiga tegmaydi. 3. Aytgani (yoki aytishga) og‘zi (yoki tili) bormaydi. 4. Aytgani aytgan, degani degan. 5. Ko‘zim uchib turuvdi. 6. Baxtga qarshi. 7. Baxtini sinab ko‘rmoq.
2-mashq. Iboralarning ruscha muqobilini toping. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
1. Ipsiz bog‘lamoq. 2. Ishi yurishib ketdi. 3. Ishongan bog‘im, suyangan tog‘im. 4. Ko‘z olaytirmoq.
3-mashq. Lug’atdan foydalanib, berilgan iboralarga sinonim va agar bo’lsa antonimlarni toping.
Qo’y og’zidan cho’p olmagan, chumoliga ozor bermaydigan, ilonning yog’ini yalagan, kapalagi uchgan, boshi qotgan.
4-mashq. Iboralarning ruscha muqobilini toping. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Sanamay sakkiz deydigan; chumchuq pir etsa, yuragi shir etadigan; yulduzni benarvon uradigan; yerga ursa ko’kka sakramoq.
5-mashq. Antonimlarni topib, ko’chiring. Yod oling.
1. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’l. 2. U goh kulib, goh yig’lab bo’lgan voqeani aytib berdi. 3. Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib. 4. Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar.
5-MAVZU. VIDEOALOQA.VIDEOKONFERENSIYALAR.
SIFAT VA RAVISH
VIDEOALOQA
Butun jahon ko’rgazmasidagi 60-yillarning reklama roligi. Orasta kiyingan uy bekasi o’zining superavtomatlashtirilgan oshxonasidan chiqmasdan, videotelefon bo’yicha mebel tanlaydi, tushlikka yangi uzilgan mevalarni sotib oladi yoki dugonasining yangi taroshlangan sochini tanqid qiladi. Afsus, hali hatto bugunda bunday imkoniyatlarni amalga oshirish juda qiyindir. Lekin yaqin kelajakdachi?
Hamkor bilan videotelefonda so’zlashuv olib borish, ya’ni o’zi hamsuhbatini ko’rib turib gaplashish, bugungi kunda haqiqatdir, qayerdadir åsa har kungi odatdir. Bir nechta foydalanuvchilarning guruh tarkibida hujjatlar va ilovalar bilan yoki uydagi ofislardan uzoqlashgan muloqotni ishlatganda birgalikdagi masofadan turib ishlashni tashkil qilish ham haqiqatdir (bu usul mutaxassislarni uydagi mehnatidan keng foydalanayotgan firmalarda samarali ishlatilmoqda). Videoaloqa bo’yicha konsiliumlar, o’zaro maslahatlar, seminarlarni o’tkazish, kerakli grafikli va videomateriallarni namoyish qilib, masofadan turib o’qitish haqiqatdir va h.k.
Videoaloqa tizimlarida juda ko’p narsalar mumkin va haqiqatdir. Lekin qiyinchiliklar ham bor, ayniqsa videokonferensiyalar o’tkazishda muammolar tug’iladi, lekin aynan shu videokonferensiyalar hozir videoaloqaning ång rivojlanadigan va iqtisodiy maqsadga muvofiq varianti sifatida ko’rib chiqilmoqda.
Videokonferensiyalarni tarmoqli hal qilish variantlari
Videokonferensiyalarni bir vaqtning o’zida har bir kompyuter bilan olib boriladigan aloqalar soni bo’yicha tasniflash qabul qilingan:
• stolli (nuqta-nuqta bilan) videokonferensiyalar ikkita kompyuter orasidagi aloqani tashkil åtish uchun mo’ljallangan;
• studiyali (nuqta-ko’p bilan) videokonferensiyalar videoma’lumotlarni bir nuqtadan ko’p joylarga uzatish uchun mo’ljallangan (auditoriya oldida chiqish);
• guruhli (ko’p-ko’p bilan) videokonferensiya bir guruh foydalanuvchilarning boshqa guruh bilan muloqatini ko’zda tutadi.
Stolli Videokonferensiyalarni o’tkazish, agarda monitor videooynasi kichik o’lchamlarini (ko’pgina videokonferensiya tizimlari videoni faqat chorak åkran shaklida QCIF (Quarter Common Intermedia Format) amalga oshiradi) va bu bilan bog’langan kartinani (manzarani) kuchsiz ajratish qobiliyatini hisobga olinmasa, amalda qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Lekin uchta ishtirokchidan iborat yetarlicha harakatchan videokonferensiyani tashkil åtishda hozircha aloqa kanalining o’tkazish qobiliyatiga bog’liq qiyin hol qilinadigan muammolar paydo bo’lmoqda. Masalan, agar aloqa oddiy telefon liniyasi bo’yicha amalga oshirilayotgan bo’lsa, katta tayyorgarlik ishlari talab åtiladi, agar uzatish muhiti LXT (lokal hisoblash tarmog’i) bo’lsa, bunday videokonferensiyani o’tkazish tarmoqdagi qolgan hamma ishlarni tugatib qo’yishi mumkin. Muammolar aynan shu jarayonning dinamikasi bilan bog’liq, negaki bitta 256 rangli to’liq åkranli tasvirni yuborish uchun 1,5 Mbaytdan ortiqroq ma’lumotlarni uzatish kerak, bu åsa 10 gacha va undan ortiq sekund vaqtni talab åtadi.
Videoaloqa tizimi
Tipik videoaloqa tizimi multimediali kompyuterdan tashkil topgan bo’lib, bu kompyuter videokamera, mikrofon, tasvirni va tovushni raqamlash qurilmalari (video- va audiokartalar, ular bir qator holatlarda axborotlarni siqishni ham bajaradi), bitta yoki bir nechta videoaloqani tashkil åtadigan amaliy dasturlar va ång asosiysi, abonentlarning o’zaro samarali aloqa tizimi bilan ta’minlangan. Aloqa kanali yetarli darajada keng polosali (yuqori uzatish tezligini ta’minlaydigan), uzulishlarsiz va signallarni unchalik tutib qolmaydigan bo’lishi kerak, aks holda tasvir pirpirab turadi, tovush ham buziladi.
Stolli videokonferensiya tizimini amalga oshirish uchun tarmoqli yechimning 4 ta varianti bor (Digital Video Conference — DVC):
Lokal hisoblash tarmog’i. Ethernet platalarini ishlatganda yetarli tezlik ta’minlanadi (10 Mbit/s gacha), lekin shuni åsda tutish kerakki, videoaloqada audio- va videoma’lumotlarni ikki tomonlama oqini ålektron pochta axborotlari bilan; fayllarni yuborish, yuklash va bo’shatish va tarmoqda aylanib yuruvchi boshqa ma’lumotlar bilan raqobatlashadi. Shuning uchun video-kadrlar buzulishi, noto’g’ri ketma-ketlikda kelishi, tovush yo’qolib qolishi mumkin va sh.o’.
Internet global tarmog’i. Bu holatda kutilmagan yangiliklar yanada ko’proq bo’lishi mumkin, bunda kadrlar chastotasi o’zgarib ketishi mumkin (multichastotali monitor kerak bo’ladi) va tovush yo’qolishi va bilib bo’lmaydigan darajada o’zgarishi mumkin (hamsuxbatlardan tez-tez qaytadan so’rashga to’g’ri keladi). Oddiy telefon tarmog’i. Bunday tarmoqda ko’pi bilan 56 Kbit/s tezlik ta’minlanadi, lekin videoaloqalarga bu holatda boshqa begona jarayonlar, boshqa uzatiladigan ma’lumotlar xalaqit bermaydi, shuning uchun videoaloqa sifati birinchi ikki holatdagidan xattoki yaxshiroq bo’ladi.
Integrallashgan xizmatli raqamli tarmoq, (ISDN). Bunday tarmoq DVC uchun ideal yaroqda bo’lgan hech qanaka buzulishlarsiz va qotib qolishlarsiz 128 Kbit/s gacha uzatish tezligini ta’minlaydi. Lekin ISDN kanallariga hali kam foydalanuvchilar ulangan, ulanishning o’zi qimmat turadi va hamma joyda ham imkoni yo’q, yana liniyani sozlash qiyin va ko’p mehnat talab qiladi.
SIFAT
Morfologik belgilari
1. Predmet (ba’zan, ish-harakat) ning belgisini ifodalaydi: yaxshi bola.
2. So’roqlari: qanday? qanaqa? qaysi?
3. Predmetning rangi, hajmi, shakli, mazasi, xarakteri, o’rin yoki vaqtga xos belgisini ifodalaydi.
4. Belgini darajalab, kuchaytirib yoki kamaytirib ifodalaydi: qisqa, qisqaroq, juda qisqa, oppoq.
5. Yasalish xususiyatiga ega.
Sintaktik belgilari
1. Sifatlovchi aniqlovchi bo’ladi: Shodon qiyofada kirib keldi.
2. Hol: Yaxshi bola yaxshi o’qiydi.
3. Kesim: Eshik ochiq.
4. Otlashganda ega (Yaxshilar ko’paysin), to’ldiruvchi (Eskisini kiyib ol), qaratqich-aniqlovchi (Baxilning bog’i ko’karmas).
5. Bitishuvda tobe so’z: yaxshi ish.
Sifatlarning ma’no turlari
1.Holat bildiruvchi sifatlar: badavlat, ma’yus, keksa, durkun, sovuq, iliq, ochiq, jimjit, tinch, sog’in, to’kin, so’lg’in, sust
2. Xususiyat bildiruvchi sifatlar: sodda, kamtarin, quvnoq, mehribon, yaxshi, sho’x, ziqna, yo’rg’a, chopag’on, yuvosh.
3. Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar: gavdali, novcha, pakana, uzunchoq, yassi, baland, pas.
4. Rang-tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, zangor, sandaliy, gulnor, qizil, sariq, nimpushti, ola, chinor.
5. Hajm-o’lchov bildiruvchi sifatlar: keng, tor, uzun, qisqa, yaqin, katta, og’ir, zim-zambil.
6. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar: shirin, bemaza, nordon, achchiq, sho’r, nimtatir.
7. Hid bildiruvchi sifatlar: xushbo’y, badbo’y, qo’lansa.
8. Predmetning o’rni yoki vaqtiga ko’ra belgisini bildiruvchi sifatlar: yozgi, sirtqi, kuzgi, qishki, dastlabki, tungi, so’nggi, ertalabki.
Sifat darajalari
1. Oddiy qiyosiy orttirma: yaxshi, yaxshiroq , juda yaxshi.
2. Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar:
a) ozaytirma daraja leksik (sal durust, bir oz yaxshi, xiyol ochiq) va morfo-logik (kattaroq, ko’kish, ko’kimtir, qoramtir) usulda hosil bo’ladi;
b) kuchaytirma sifatlar fonetik (qop-qora, bab-baravar, sap-sariq, ko’m-ko’k, oppoq) va leksik (g’oyat baland, barchasidan kichik, bexad go’zal) usulda hosil bo’ladi;
v) belgining ortiq darajasini unlini kuchli va cho’ziq talaffuz qilish (uzoq yo’l), undoshni qavatlab talaffuz qilib (balland uy) hosil qilish mumkun.
Sifatning yasalishi
1. Morfologik usul: kuch+li, no+to’g’ri, ili+q, progress+iv, tuga+l.
2. Sintaktik usul: qo’shma (ish+yoq+mas), juft (yaxshi-yomon, kuydi-pishdi).
1-mashq. Berilgan sifatlarning qiyosiy va orttirma daraja shakllarini yozing. Shu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Sariq, qizil, kamtar, sahiy, toza,chiroyli.
2-mashq. Sifatlarni aniqlang va tagiga chizing.
1. Unumli mehnat keltirar davlat. 2. Rejali ish buzilmas. 3. Odobli bola elga manzur. 4. Òo’g’ri odam egri so’zdan or qilar. 5. Òikansiz gul, mashaqqatsiz hunar bo’lmas. 6. Intizomli lashkar yengilmas. 7. Ozod Vatanimiz-tinchlik tayanchi. 8. Yoshligimiz shunchalar erkin, quvnoq va beg’ubor.
3-mashq. Savollarga javob bering. Javobingizda qavs ichida berilgan sifatlardan foydalaning.
1. Bizning armiyamiz qanday armiya? (buyuk, kuchli, qudratli, qahramon) 2.Bizning hayotimiz qanday? (quvnoq, go’zal, ajoyib) 3. Qanday shamol esyapti? (mayin, yoqimli, yengil) 4. Qanday gullar ochildi? (chiroyli hushbo’y) 5. Nozima qanday o’quvchi? (quvnoq, chaqqon, tirishqoq, qobiliyatli).
4-mashq. Berilgan sifatlarni qiyosiy va orttirma daraja shaklida yozib chiqing. Ulardan so’z birikmalari hosil qiling.
Chiroyli, kuchli, ulug’, buyuk, eski, pishiq, rahmdil, katta.
Namuna: chiroyli-chiroyliroq-eng chiroyli. Chiroyli qiz, chiroyli ko’ylak.
5-mashq. Berilgan so’z birikmalari yordamida gaplar tuzing.
Yangi mavzu, baland imorat, intizomli talaba, keksa odam, shirin uyqu, zangori ekran, sovuq shamol, zamonaviy qishloq.
6-mashq. Berilgan matndan sifatlarni aniqlab, darajasini ayting.
Òog’da tong
Òog’da tong otishini kuzatish juda ajoyib bo’ladi. Dastlab tog’ning eng baland cho’qqilari pushti rangda tovlanadi. Bu cho’qqilar quyoshni birinchi bo’lib kutib oladilar. Keyin quyosh balandroq ko’tariladi, oqish osmon och ko’kimtir tusga kiradi. Cho’qqilardagi qorlar jimir-jimir qilib yaltiray boshlaydi.
Oddiy daraja:
Qiyosiy daraja:
Orttirma daraja:
7-mashq.Do’stingizning xususiyatlarini taqqoslang va jadvalni to’ldiring.
Ijobiy hislatlar |
Salbiy hislatlar |
|
|
8- mashq. Rus tiliga tarjima qiling.
1. O‘lkamizda sahiy kuz davom etmoqda. 2. Oq oltindan baland-baland xirmonlar uyulmoqda. 3. Tonggi sukunatni qushlarning chug‘ur-chug‘urigina buzardi. 4. Bayramga bag‘ishlangan devoriy gazetalar tanlovida biz g'olib bo’ldik.
9- mashq. O‘zbek tiliga tarjima qiling.
Ñåãîäíÿøíèé, â÷åðàøíèé, ïðîøëîãîäíèé, çàâòðàøíèé, âå÷åðíèé, óòðåííèé, îñåííèé, õìóðûé, ãðóñòíûé, âåñåëûé, áåñïå÷íûé.
SIFAT DARAJALARI
|
Sifat darajalari |
Ma’nosi |
Sifat darajalarini ifodalovchi vositalar |
Misollar |
1 |
Oddiy daraja |
Belgining ortiq-kamlikka munosabati ifodalanmaydi |
- |
Yaxshi, shirin, baland |
2 |
Orttirma daraja |
Belgining mo‘ljaldan ortiqligini, kuchliligini ifodalaydi |
Fonetik vosita: bosh bo‘g‘inni sifat oldidan takrorlash |
Sap-sariq, to‘ppa-to‘g‘ri, qip-qizil |
urg‘u |
Bala:nd, no:rdon, a:chchiq |
|||
Leksik vosita: juda, g‘oyatda, nihoyatda, behad |
g‘oyatda katta, juda kichik, nihoyatda go‘zal, behad xursand |
|||
3 |
Ozaytirma daraja |
Belgining mo‘ljaldan kamligi, kuchsizligini ifodalaydi |
Leksik vosita: sal, bir oz, xiyol |
Sal achchiq, bir oz achchiq, xiyol achchiq |
Morfologik vosita: -roq, -mtir(-imtir), -ish |
Kattaroq, kichikroq, sarg‘imtir, ko‘kimtir, sarg‘ish, ko‘kish |
Ravish
Morfologik belgilari
1. Harakatning belgisi, payti, o`rni, darajasi, miqdori, sababini bildiradi.
2. So`roqlari: qanday? qay tarzda? qachon? nega? qancha?
3. Darajaga ega: tez, tezroq, juda tez, sekingina.
4. Turlanmaydi va tuslanmaydi.
5. Morfologik jihatdan o`zgarmaydi.
6. Maxsus yasovchi qoshimchalarga ega.
7. Sodda, qo`shma, juft, takror shakllarga ega.
Sintaktik belgilari
1. Gapda asosan hol bo’ladi.
2. Kesim, otlashganda boshqa bo’lak bo’la oladi: Bundaylarning ko’pini ko’rdim.
3. Bitishuvda tobe so’z bo’ladi.
4. Ravishli birikma hosil qiladi: xammasidan ko’p.
5. Ba’zan aniqlovchi bo’la oladi: Oz so’z-soz so’z.
Ravishlarning ma’no turlari
1. Holat ravishi: /qanday? qaytarzda? qanday qilib?/; asta, sekin, jim, yayov, piyoda, ochiq-sochiq, ochip-to’qib, eson-omon, darxol, darrov, yaqqol, birdan, birga, majburan, qo’qqisdan, birma-bir, bittalab, ko’pincha, yangicha, qatorasiga.
2. Miqdor va daraja ravishi: /qancha? qay darajada?/ ko’p, oz kam, bir oz, sal, niche, qattiq, hayol, qisman, juda, g’oyat, nihoyatda, xar qancha, obdon, oz muncha, aslo, sira, hech.
3. Payt ravishi: /qachon?/; tunov kun, erta, endi, ertalab, so’ng, ilgari, keyin, xanuz, xali, hamisha, kecha, avval, allaqachon, bultur, qadim, dastlab, Har kuni, qishin-yozin, halitdan, xozir, qayvaqt, unda-bunda.
5. Sabab ravishi: nega? nima sababdan?; noiloj, noilojlikdan, chorasizlikdan.
6. Maqsad ravishi: nega?; atay, atayin, ataylab, jo’rttaga qasddan, azza-bazza.
Ravishlarning yasalishi
1. Ravishlar affiksatsiya usuli (qisman, ruscha, yoppasiga, yaxshilab, yashirin, mardona, toshday) va sintaktik usulda (xat vaqt, bir oz, bir nafas, hech qachon, shu kuni, bir yerga, kuni kecha, asta-sekin, ochiq-oydin, erta-kech) yasaladi.
2. Ot, olmoshni –ma, ba- elementi bilan takrorlab xam ravishi yasaladi: yuzma-yuz, ko’chama-ko’cha, rang-barang
3. Chiqish kelishigidagi so’zni takrorlab: kundan-kunga, shundan-shunga.
4. Sifat, ravish, son, fe’l, olmoshni takrorlab: chaqqon-chaqqon, birma-bir, o’z-o’zidan, to’lib-to’lib.
5. Ot, sifat, son, fe’l ravish bo’lib qolgan: olg’a, kunda, kuniga, yangidan, birdan, birga, o’ta; Bu so’zlardagi qo’shimchalar ravishga singib ketadi.
Izoh: Ravishlarga kelishik qo’shimchalari qo’shilishi mumkin: har yerning, har yerni, har qayerga, har qayerdan, hech qayerga, hech qayerdan.
1-mashq. Gaplarni rus tiliga tarjima qiling. Ravishlarning ma’no turini ayting.
1. Don daryosi jimgina oqardi. 2. Anvar ohista yiqildi. 3. Akam ozgina kech qoldilar. 4. Gapni oz so’zla ishni ko’p ko’zla. 5. U birpas jim qoldi. 6. Ilgari men o’zbek tilini bilmas edim. 7. Tonggi shabada dilga juda yoqadi.
2- mashq. Gaplarni o’zbek tiliga tarjima qiling
1. Àéáåê ñïîêîéíî âîñïðèíÿë ýòó íîâîñòü. 2. Îçîäà î÷åíü õîòåëà ïîñòóïèòü â óíèâåðñèòåò. 3. Áåñåäà ïðîäîëæèëàñü äî ñàìîãî óòðà. 4. Ïîñëåçàâòðà ìû âñå åäåì â ãîðû. 5. Èíîãäà ìû ñîáèðàåìñÿ ñî ñâîèìè áûâøèìè îäíîêëàññíèêàìè.
3-mashq. Nuqtalar o’rniga yordam uchun so’zlardan mosini qo’yib, gaplarni ko’chiring.
1. .... men o’zbek tilini bilmas edim. 2. .... o’zbek tilini o’rgana boshladim. 3. .... sen yangi matnning mazmunini yaxshi tushundingmi? 4. .... qiyin matnlarning mazmunini aytib bera olmayman. 5. .... universitetimizda o’zbek tili to’garagi ochildi. 6. .... to’garak mashg’uloti yaxshilanmoqda.
Yordam uchun so’zlar: hozir, kundan-kunga, ilgari, bugun, hozircha, yaqinda, o’tgan yili.
4-mashq. Lug’atdan foydalanib, quyidagi ravishlar ishtirokida gaplar tuzing.
Yangicha, astoydil,sekin, birdan, darrov, yaxshi, ko’p, tez, piyoda, to’satdan.
5-mashq. So’zlarni o’zbek tiliga tarjima qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Îòêóäà?, êóäà?, òàì, òóäà, ãäå-òî, âïåðåä, êàæäûé äåíü, âåñü äåíü.
6-mashq. So’zlar yordamida birinchi ustunda payt ravishlarini, ikkinchi ustunda o’rin ravishlarini yozing.
Erta, oldinga, ertaga, ichkari, past, ichkarida, tashqari, hozir, hozirdan, hali, yuqoriga, avval, ilgari, o’rtada, chapda, chapdan, ertalab.
7-mashq. Matndan ravishlarni ajratib olib, turini aniqlang.
O’zbek maqollari
Maqol xalq og’zaki ijodiga oid janrlardan biri sanaladi. Maqollar shaklan qisqa bo’lgani bilan ularda juda keng ma’no mujassam bo’lgan.
Òilimizning bu bebaho boyligini o’rganish bilan ajdodlarimiz qadimdan shug’ullanib kelganlar.
Mashhur qomusshunos Mahmud Qoshg’ariy XI-asrdayoq turkiy xalqlarning 400 ga yaqin hikmatli iborasining o’zining uch jildlik lug’atiga kiritgan. Ularning 250 dan ortiqrog’i shakl va mazmuniga ko’ra hozirgi o’zbek tilidagidan farq qilmaydi.
Mashhur masalchi Gulhaniy (XIX asr) 200 ga yaqin hikmatli iborani to’plab, ularni bir tizimga jamlab, “Zarbulmasal” asarini yaratgan.
Adabiyotshunos olimlarimiz “O’zbek xalq maqollari” kitobida 1800 ta maqolni 31 mavzuga ajratib tavsiflagan.
Olimlarning aniqlashicha, har bir kishi taxminan 800 ga yaqin maqol va matallar haqida tushunchaga ega bo’lar ekan. Siz-chi? Siz qancha maqolni bilasiz?
ÎTGA XOS GRAMMATIK KATEGORIYALAR
Topshiriq. Matnni oqing.
BUXORO
Buxoro Markaziy Osiyoning ko'hna shaharlaridan biridir. Bu shahar bundan 2300 yil muqaddam Zarafshon vodiysining quyi qismida qad ko'targan. Dastavval daryoning Zarirud nomli quyi tarmog'ining ikki sohili paydo bo'lgan. Qishloqning tevarak-atrofi qadimda nihoyatda xushmanzara edi. Butun vodiy bo'ylab atrofni qoplab yotgan qalin daraxtzor va to'qayzorlarda turli-tuman yovvoyi hayvonlar, hamda ajoyib qushlar bo'lgan. Shuning uchun bu o'lkani «Bug'-oro», ya'ni «Tangri jamoli» deb aytiladi.
Buxoro tarixiy obidalarga boy. Ismoil Samoniy madrasasi (IX -X- asrlar), Chashmai Ayub maqbarasi (XII- asr), Namozgoh masjidi (XIV -, XVI - asrlar), Ulug’bek madrasasi (1417 - yil), Masjidi Kalon (1514 - yil), Mir Arab madrasasi (1530 - yil), Ko'kaldosh madrasasi (1578 - yil), Sitorai Mohi Xosa saroyi va boshqalar Buxoroning dovrug'ini jahonga taratgan.
Buxoro O'zbekistonning madaniy va obod shaharlaridan biri bo'lib qoldi.
1- topshiriq. Buxoro haqida bilganlaringizni aytib bering.
2- topshiriq. Matnni rus tiliga tarjima qiling.
ICHANQAL'A
Ichanqal'a Xiva shahrining ramzidir. Ichanqal'a «ichki qal'a» demakdir. Bu nom shaharning tashqi devori qurilgach qabul qilingan.
Ichanqal'a maydoni o’rta asrlardagi Xiva shahri maydoniga to'g'ri keladi. U mustahkam devor bilan o'ralgan. Devorning balandligi 7-8 metrga teng, qalinligi 3-6 metr. Shimoliy darvoza-Bog'cha darvoza deb ataladi va Urganch yo'liga olib chiqadi. Sharqiy darvoza «Polvon darvoza» deb atalib, Amudaryo va Xazoraspga olib chiqadi. Janubiy va G'arbiy «Ota darvozalar» 1920-yillarda nurab ketgani sababli buzib tashlangan.1975- yilda esa qayta o'z holiga keltirilgan.
Ichanqal'a ichkarisida noyob me'morchilik obidalari va hovli - joylar saqlanib qolgan.
Ichanqal'a devorlari asosan paxsadan qurilgan. Ba'zi orinlarda xom g'ishtlar ishlatilgan. Arxeologiya tekshiruvlari davomida qal'a devorlari yonida qadimiy Xorazm me'morchiligining qoldiqlari topilgan.
Bu noyob san'at durdonasi davlat himoyasiga olingan bo'lib, uni ta'mirlash ishlari olib borilyapti.
3- topshiriq. Matnni o'qing, mazmunini aytib bering.
REGISTON
Samarqand-ko'hna tarixiy obidalarga boy shaharlardan biri. Shunday obidalardan biri- Registon uchta salobatli binodan tashkil topgan. Bular: Ulug'bek, Sherdor, Tillaqori madrasalaridir.
Ulug'bek madrasasi 1471 - yilda barpo etilgan. Bu bino Ulug'bek qurdirgan madrasalarning eng kattasi va eng hashamatlisi edi. Uning monumental peshtoqlari yon gumbazlari va minoralari hozir ham kishini hayratga soladi. Bu madrasa o'z davrida ilm-fanning yirik markazi bo'lgan. Madrasada yirik olimlar, jumladan, Ulug'bekning o'zi ham dars bergan.
Sherdor madrasasi 1619 - 1636 - yillarda Samarqand hukmdori Yalanto'sh Bahodirning topshirig'i bilan qurilgan, Bahaybat peshtoq tepasida sher va ohular rasmi solingani uchun Sherdor madrasasi deb atalgan.
Tillaqori madrasasi 1647-1660 - yillarda qurilgan. U zarhal naqshlar bilan ishlangani uchun shunday nom olgan. Mazkur bino qurilishi bilan Registon maydonidagi ajoyib ansambl mukammal shakl olgan.
Hozirda bu yerga minglab sayyohlar tashrif buyurishadi. Istiqlol davrida madrasalar qayta ta'mirlandi. Endilikda u yerda ko'plab tadbirlar o'tkazilmoqda. "Sharq taronasi" xalqaro musiqa tanlovi fikrimizning dalilidir.
Kompyuterlar avlodi
Dunyoda juda ko’p kompyuterlar yaratilmoqda. 1980- yilning o’rtalariga kelib jahon parkidagi kompyuterlarning jami soni 10 millionga yetgan bo’lsa, 1990 yilga kelib ular soni 100 mln. ga yetdi. Turli firmalarning har xil nomdagi kompyuterlari hayotga tobora mustahkamroq kirib bormoqda.
Super EHM tezkor, murakkab kompyuter hisoblanadi. U sekundiga 800 mln. amalni bajara oladi. Katta EHM-uchinchi avlod kompyuterlari bo’lib, sekundiga 10 mln. gacha amal bajaradi.
Kichik EHMlar mini va makro EHM, shaxsiy kompyuter va mikrokalkulyatorlarga bo’linadi.
Tekshirishlar natijasi mini mashinalar bir xil qiyinchilikdagi masalalarni o’nlab marta tezroq yechishi mumkinligini ko’rsatadi.
Kompyuterlar inson aqliy mehnatini yengillashtirishga yordam beradigan texnik qurilma. U uchta blok: xotira, protsessor, kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat.
Kompyuterlar haqida
Zamonaviy kompyuterlarni shaxsiy kompyuterlar deb yuritiladi. Chunki undan foydalanuvchilar axborot uzatadilar. Kompyuterlar insonlarga nima qilish kerakligini ko'rsatadi.
Tarixan qisqa vaqt ichida , yani 50 yil mobaynida elektron hisoblash mashinasi [EHM] ning 6 ta avlodi yaratildi. Dastlabki kompyuterlar 1940- yillarda yaratila boshlaqan. Ular katta, elektr quvvatini ko'p olqan. Amallarni bajarish tezligi past edi. 1970-yillarda kompyuterlarning 4-avlodi paydo bo'la boshladi. Ularda 10000 tacha element birlashtirilgan mikrosxema qo'llangan.
1981-yil avgustda elektron yozuv mashinalari ishlab chiqarishga o'tildi. Shaxsiy kompyuterlar yaratildi. U barcha sohalarda qo'llanilmoqda. Chunki, o'nlab qiyin masalalarni yechishda tez hal qilib berishi bilan xarakterlanadi.
Kompyuter insonning mehnatini yengillashtirib beradigan qurilma. Ular 3 ta tarkibiy qism: sistemali blok, monitor, klaviatura [ axborot kiritish ] va tashqi qurilma [ printer, plotter va videoko'zgu] dan iborat.
Topshiriqlar:
l. Matndan savollarga javob toping.
1) Zamonaviy kompyuterlar nima deb yuritiladi ?
2) Kompyuterlardan qanday maqsadda foydalanadilar ?
3) Kompyuterning nechta avlodi yaratilgan ?
4) Qachon dastlabki kompyuter yaratilgan ?
5) Ular qanday ishlagan ?
6) 1970 yillarda kompyuterning nechanchi avlodi yuzaga kelgan ?
7) Elektr yozuv mashinalarini qachon ishlab chiqarishgan?
8) Shaxsiy kompyuterlarning xarakteri nimada?
9) U nimaga yordam beradi ?
10) Kompyuterning tarkibi qanday ?
2.Matn mazmunini gapirib bering.
3.Berilgan sonlarga savol bering.
1) 50 yil mobaynida...
2) 1970 yillarda kompyuterning...
Pochta tarixi
Aloqa ishlarida maxsus xizmatkorlar-choparlar podshoh va mahalliy hokimlarning farmoyish va xat-xabarlarini tashiganlar.Ular hukumatdan maosh olib turganlar. Choparlarning bir guruhi oliy hukmdorlarning kechiktirib bo'lmaydigan farmoyishlari va boshqa xabarlarini belgilangan yurtlar va odamlarga yetkazib turganlar. Xabarchilarning bu guruhi shuturpari (qanotli tuyalar) deb atalgan. Xabarchi choparlar tepasida muboshir(arabcha xushxabar tarqatuvchi) deb ataluvchi va saroyda hurmat -e'tiborga ega bo'lgan amir turgan.
O'tmishda xonlar va mahalliy hukmdorlar savdo karvonlaridan ham xabar /xabarchi/vositasida foydalanganlar. Savdogarlardan axborot manbai sifatida olimlar ham keng foydalanishgan.
Choparlar va savdo karvonlariga hukumat katta imtiyoz va qulayliklar yaratgan. Masalan: yo'l ustida(bir kunlik yo'l ustida (yomxonalar)forscha: xabarchi otlar saqlanadigan joy/va rabotlar/arabcha: karvonsaroy/qurdirilib, ularning tepasiga maxsus nazoratchilar/yomchilar, rabotbonlar/qo'yilgan. Ularning zimmasiga choparlar, savdogarlar va elchilarga qo'noq va oziq-ovqat berish, jo'nab ketishlarida horigan /charchagan/ va o'sallab qolgan ot-ulovini almashtirib berish va yo'lovchilarning xavfsizligini ta'minlash vazifasi yuklatilgan. Yemxona va rabotlardan tashqari, yo'l ustidagi qishloqlarning aholisi ham elchi va choparlarga qo'noq va oziq-ovqat berishga majbur etilganlar.
Telefon tarixi haqida
Dunyodagi eng birinchi telefon stansiyasi 1878-yili Amerika Qo'shma Shtatlarining Nyu-Xeben shahrida ishga tushirilgan. Rossiyada esa, dastlabki telefon stansiyalari 1882-yildan boshlab Peterburg, Moskva, Riga va Odessa kabi shaharlarda paydo bo'la boshlagan; Toshkentda birinchi telefon aloqasi Turkiston o'lkasi pochta-telegraf idorasi va shu idora boshlig'ining uyi o'rtasida o'rnatilgan. Korxonalar va aholi foydalanishiga mo'ljallangan, mijozlarni bir-birlari bilan ulash ishlari qo'lda bajariladigan birinchi telefon stansiyasi 1904-yilning 7-sentabrida foydalanishga topshirilgan.
Birinchi avtomat telefon stansiyasi Shvetsiyaning "Erikson" firmasi ishlab chiqargan mashina tizimidagi ATS bo'lib hozirgi 32/33 ATS binosida joylashgan va 1932-yilning 8-mart kuni ishga tushirilgan.
Dekadali-odimlab ishlovchi birinchi ATS 1958-yili (hozirgi 44- ATS), birinchi koordinat ATS esa, 1972-yili (hozirgi 56-ATS) ishga tushirilgan.
O'tmishdagi ko'pgina mamlakatlarda pochtachilarga katta hurmat bilan qarashgan. Misrda xat tashuvchilarga hatto haykal qo'yilgani ma'lum. Yunonistonda ular eng hurmatli insonlardan sanalardi.
O'tmishda pochtachilar o'ta rostgo'y va tezkor bo'lish bilan birga, og'zaki xatni yetkazishda ham ehtiyotkor edilar. Qadimgi elatlarning pochta stansiyalari bir-biridan besh kilometr uzoqlikda joylashgan.
Ular kecha-kunduz navbatchilik qilishardi. Stansiyadagi navbatchi pochtachilar bir-birlarini gulxan yoqib xabardor qilishgan. "Xat"ni yetkazishda choparlar bir daqiqa ham to'xtashmagan.
OT
Morfologik belgilari
1. Predmetlik ma’nosini ifodalaydi
2. So’roqlari: kim? nima? kimlar? nimalar?
3. Son, egalik, keleshik belgilari mavjud.
4. Mahsus ot yasovchi qo’shimchalarga ega.
5. Har doim biror son va kelishikda turadi.
6. Otlarning atoqli (ayrim ko’rsatilgan, atab qo’yilgan ot: Toshkent, Aziz, Turdi) va turdosh (umumlashtiruvchi nom: kitob, ong, dala), aniq (kaft) va mav-hum (jaxl), yakka (odam) va jamlovchi (xalq), sanaladigan (stol) va sanalmaydigan (suv), kishi (qiz) va narsa (daftar)ni bildiruvchi ma’no turlari mavjud.
Sintaktik belgilari
1.Qoshimcha ega, to’ldiruvchi qaratqich aniqlovchi bo’lib keladi.
2. Barcha bo’laklar bilan bog’lana oladi.
3. Ba’zan kesim va hol vazifasida keladi.
4. Moslashuv va bitishuvda bosh so’z bo’ladi:
5. Boshqaruvda tobe so’z bo’ladi.
Sof ko’plik
1.Ko’plik sonning maxsus ko’rsatkichi-lar: uylar, bolalar.
2. –lar qo’shimchasi bilan sof (morfologik) ko’plik hosil bo’ladi: dadalar.
3. Jamlovchi otlar leksik-semantik ko’plik xosil qiladi: poda, jamoa.
4. Sintaktik ko’plik otlarni juftlash, miqdor bildirgan so’zni keltirish bilan xosil bo’ladi: qop-qop un, ko’p kishi, bir necha do’kon, uchta uy.
-lar qo’simchisini uslubiy vazifalari
1. Tur, xil va navni bildiradi: suvlar, gullar, yog’lar;
2. Hurmatni ifodalaydi (egalik qo’shimchasidan keyin): dada+m+lar keldi+lar;
3. Atoqli otni umumlashtirish, jamlash ma’nosini: asadbeklar dunyosi;
4. Ta’kidlash, ma’noni kuchaytirish vazifasini bajaradi: Ko’rgani kelibtilar-da!
5. Taxmin, chamani ifodalaydi: Urush yillari edi, chog’i.
Narsaning 3 shaxsdan biriga tegishliligini ko’rsatuvchi shakl (egalik shakli)
1. Maxsus ko’rsatkichlarga ega: I shaxs –m, -im/-miz, -imiz; II shaxs –ng, -ing/-ngiz, -ingiz; III shaxs -si, -i/-(-lar) i;
2. III shaxs qo‘shimchasi birlik va ko‘plik uchun umumiy;
3. II shaxs ko’plik shakli variantlikka ega: kitobingiz, kitobinglar, kitoblaring;
4. Moslashuvda bosh so’zda, ba’zan ergash va bosh so’zda keladi: uy tomi, otasining qizi;
5. I va II shaxs ko’plik shakli ba’zan belgisiz (yashirin) keladi: bizning uy, sizning ayvon;
6. Kishilik olmoshlariga qo’shilmaydi.
Kelishiklar
1.Kelishik – ot, olmosh, otlashgan so’zning fe’lga, otga, sifatga, songa, olmoshga, ravishga tobeligini ifodalaydigan grammatik shakllarning jami.
2. 6ta kelishik bo’lib, ular maxsus so’roq va ko’rsatkichlarga ega:
a) bosh kelishik: kim? nima? /ko’rsatgichi yo’q/ gapda ega, kesim, sifatlovchi, aniqlovchi bo’ladi;
b) qaratgich kelishigi: kimning? nimaning? /qo’shimchalari: -ning, -n; belgisiz qo’llanadi/ gapda faqat qaratgich aniqlovchi;
v) tushum kelishigi: kimni?nimani?/|qo’shimchalari: -ni, -n, -i; belgisiz qo’llanadi/ faqat vositasiz to’ldiruvchi;
g) jo’nalish kelishigi: kimga? nimaga? qayerga? /qo’shimchalari: -ga, -qa, -qa, -g’a, -na, -a; belgisiz qo’llanad/| gapda vositali to’ldiruvchi, o’rin va payt holi;
d) o’rin-payt kelishigi: kimda? nimada? qayerda? /qo’shimchasi: -da; belgisiz qo’llanadi/ gapda vositali to’ldiruvchi, o’rin va payt holi;
e) chiqish kelishigi: kimdan? nimadan? qayerdan? /qoshimchalari: -dan,
-din/ gapda vositali to’ldiruvchi, o’rin va payt holi.
Izoh: demak kelishiklar so’zning sintaktik vazifasini ko’rsatib turadi.
3. So’zning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi turlanish deyiladi: yomondan, yaxshidan, o’shanisini ko’rdim, o’ziga aytdim.
4. Ravishlar (jo’rttaga, qasddan, tezda)tarkibidagi –ga, -da; -dan kelishik qo’shimchasi emas, shuninig uchun bu so’zlarni turlangan deb bo’lmaydi: uzunasiga to’shamoq, yoppasiga ommalashmoq.
5. Kelishiklar o’zaro sinonimlikni hosil qiladi:
a) chiqish va bosh: kitoblar danbor- kitoblar bor;
b) chiqish va qaratqich: bolalardan biri-bolalarning biri;
v) chiqish va tushum: oshdan oling- oshni oling;
g) chiqish va jo’nalish: eshikdan sig’adi- eshikka sig’adi;
d) chiqish va o’rin payt: so’qmoqdan yur-so’qmoqda yur;
e) tushum va jo’nalish: gapingizni tushundim- gapingizga tushundim;
yo) o’rin-payt va jo’nalish: ikkida keling-ikkiga – keling.
6. Kelishiklar ko’makchi bilan sinonim bo’la oladi: ukamga-ukam uchun, ruchkada-ruchkabilan, ukamni-ukamhaqida, do’stimdam- do’stimhaqida, tomdan-tom orqali, yetishmovchilikdan- yetishmovchilik vajidan.
7. Belgisiz qo’llangan qaratqich, tushum, jo’nalish kelishigi qo’shimchasi bilan bog’langan so’z orasiga boshqa so’zni kiritib bo’lmaydi: maktab bog’i, osh yedim.
8. Ayrim ravishlar kelishik qo’shimchalarini olishi mumkin: har yerga, har qayerda.
Otlarning yasalishi
1.Morfologik usulda (affiksatsiya):
a) shaxs otlari (ovchi, sinfdosh);
b) narsa-qurol otlari (bodroq, qirg’ich, qirindi);
v) o’rin-joy otlari (lolazor, qumloq);
g) mavhum otlar (quvonch, shaxsiyat);
d) kasb- hunar otlari (kabobpaz, aravakash) yasaladi
2. Sintaktik usulda qo’shma (belbog’, so’zboshi) va juft (el-yurt) otlar yasaladi.
3. Abbreviatsiya usulida qisqartma otlar (FA, ToshMI) yasaladi.
Izoh: chegara (uygacha), o’xshatish (gulday), kichraytirish-erkalash (qizgina, qushcha, onajon), xoslik (uyniki), o’rin (tomdagi) shakllari otning vazifadosh shakllari sanaladi.
1-mashq. Atoqli va turdosh otlarni ajrating.
1. Aziza hozir kelib to‘xtagan tramvayga chiqish uchun yugurib borardi.
2. Majlis raisi navbatdagi notiqqa so‘z berdi. 3. Metro kombinatga 10 minutda olib boradi. 4. Hamma sayyoralardan Yerga eng yaqini Marsdir. 5. Alisher Navoiy o‘zbek xalqining buyuk mutafakkiridir. 6. Xayrixon, yigirma besh yoshlardagi juvon, bizning korxonada bo’lim boshlig’i bo’lib ishlaydi.
2-mashq. Avval atoqli otlarni, so‘ngra turdosh otlarni ko‘chirib yozing.
1. Toshtemirning dadasi – fermer xo‘jaligimizning eng ilg‘or mexanizatorlaridan. 2. Sirdaryo bilan Amudaryo Orol dengiziga quyiladi.
3. Jug‘rofiya o‘qituvchisi Volga, Don, Dnepr kabi katta daryolar haqida qiziq hikoyalar aytib berdi. 4. Gerasim Mumuga uzoq vaqt qarab turdi. 5. Bahorning dastlabki kunlari kamdan – kam bunday issiq bo’ladi. 6. Husayn qo‘shinlari tunda Hirotni tashlab chiqa boshladi. 7. Ovchilarning chaqirig‘iga hech kim ovoz bermadi. 8. Buyuk olimimiz Beruniyning merosi boy, keng va rang- barangdir.
3-mashq. Quyidagi so‘zlarga egalik affikslarini qo’yib gaplar tuzing.
Universitet,oila, bog’,Vatan,hovli,sevgi,auditoriya,ko’cha,reklama,
soat,bino.
4-mashq. Quyidagi parchani o’qing va undagi egalik qo‘shimchalarini aniqlang.
U dori mening tarjimai holimga singib ketgan, axir! Tushunyapsizmi? Mening butun quvonchlarim, zavqlarim, hayotimning ma’nosi. Vatan oldidagi burch, ilk muhabbatim ham … o‘sha bilan bog‘liq. Usiz o‘tmishim yo’q… Shunaqa bo‘larkan-da hayot!.. Iltimos, to‘xtating… Anavinga qarang! Yo’l yoqasiga! Ajriqzorgayam sepishibdi-ku? Sap-sariq bo’lib yotibdi!
5-mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo’yib gaplarni o’qing va ko‘chirib yozing.
Men u… kutubxonada ko‘rdim. 2. Nodiradan olgan “O‘zbek tili” kitobi … menga berib tur. 3. Akam do‘stlari … o’zining tug‘ilgan kuniga taklif qildi. 4.Ikkovi …. men o’quv zalida ko‘rdim. 5. O‘zbek tili … biz qunt bilan o‘rganmoqdamiz . 6. Bu yil yozgi ta’til … qishlog‘imda o‘tkazmoqchiman. 7. Institutga kelgan mehmonlar…. yaxshi kutib oldik. 8. Chimyonga chiqish… dam olish kuniga qoldirdik.
7-MAVZU .ADABIYOT-MA’NAVIYAT O’CHOG’I.
ANIQ VA TAXMINIY MIQDORNING IFODALANISHI
O’zbek xalqining buyuk shoirasi Mohlaroyim Nodira 1790 yilda Andijon hokimi Rahmonboy oilasida tug’ildi.
Nodira yoshligidanoq o‘zining oqilaligi va shoirona iste’dodi bilan Farg’ona vodiysida shuhrat qozongan edi. 1804– yilda 14 yoshida Qo’qon xoni Umarxonga turmushga chiqadi.
Shoira klassik adabiyotning buyuk vakillari: Firdavsiy, Atoiy, Lutfiy, Navoiy, Boburlarning she’riyat sirlarini o’rgandi, fors- tojik tilida ham she’rlar yozib, katta ijodiy meros qoldirdi. Nodiraning o‘zbek tilidagi mukammal devoni ham fanga ma’lum.
Zamonasining ilg’or, mutafakkir shoirasi Nodira ilmni ulug’laydi, madrasa, maktab, kutubxona qurdirdi. Olimlar, hunarmandlarga homiylik qilib, ilm va madaniyat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.
Nodira inson va muhabbat, vafo va sadoqatni ulug’laydi.
Shoiraning g’azallarini xalqimiz yuz yildan ortiqroq davrdan buyon sevib o’qib, kuylab kelmoqda.
Jahon otin Uvaysiy lirik she’rlaridan iborat devon va bir necha dostonlar sohibasi bo’lgan o‘zbek shoiralaridandir.
XIX asrdagi tazkira va tarixiy asarlarida shoiraning asli marg’ilonlik bo’lib, Qo’qonga keyinchalik kelib qolgani hamda shoh saroyida Nodira bilan yaqin tutinib, bir necha muddat shu yerda yashaganligi aytiladi.
Jahon otin 60 yildan ko’proq umr ko’rgan. Uning qo’lyozma devonlari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondlarida va Andijon Davlat pedagogika instituti fondlarida saqlanadi.
Shoiraning Navoiy, Fuzuliy g’azallariga bog’langan muhammaslari, naziralari, Bedil she’rlariga tatabbu’lari Uvaysiy iste’dodi balog’atidan dalolat beradi. Uning ijodida insonni e’zozlash, tabiat noz-ne’matlaridan bahramand bo’lishga undash, do’stlik, vafo, sadoqatni ulug’lash kabi motivlar kuylanadi.
Manbalardan ma’lum bo’lishicha, Uvaysiy uzoq vaqt muallimalik qilgan. Shoira talabalari uchun tez fikrlash, chiroyli so’zlash va boshqa tarbiya vositalari bilan bog’liq bo’lgan chiston-topishmoqlar yaratgan. Uning anor haqidagi chistoni Uvaysiy ijodining yorqin bir sahifasi sifatida ko’zga tashlanadi.
Ul na gumbazdir eshigi, tuynigidin yo’q nishon?
Necha gulgun po’sh qizlar anda aylabdir makon?
Sindirib gumbazni, qizlar holidan olsam xabar.
Yuzlarida parda tortig’liq turarlar - bag‘ri qon.
Uvaysiy merosi o‘zining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan yillar, asrlar davomida yashab kelmoqda. Shoira she’rlari bugungi o’quvchilarimizga ham katta zavq bag’ishlaydi. Ular xalq orasida keng yoyilgan, Shashmaqom ohanglarida haligacha kuylanib keladi.
Topshiriq.
1. Nodiraning hayot va ijod yo‘li haqida gapiring.
2. Uvaysiy hayoti va ijodi haqida gapiring.
3. Matnlarni o’qib, rus tiliga tarjima qiling.
4. Matnlardan fe’llarni topib, ularga so’roq bering.
5. Notanish so’zlarni aniqlab lug’at tuzing.
Topshiriq. “Erkin Vohidov” matnini o’qing va so’zlab bering.
ERKIN VOHIDOV
O‘zbekiston xalq shoiri va O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 1936 – yili Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan.
Taniqli shoir va jamoat arbobi ToshDuning filologiya fakultetini 1960 – yilda tugatgan.
U “Yosh gvardiya”, G’ofur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotlarida bosh muharrir, direktor lavozimlarida ishlagan.
Shoirning “Tong nafasi” (1961), “Yurak va aql” (1963), “Mening yulduzim” (1964), “Lirika” (1965), “Yoshlik zavoli” (1968) kabi o‘nlab kitoblari nashr qilingan. “Oltin devor” komediyasi hozirgacha teatr sahnasidan tushmay kelmoqda.
Hozirda sevimli shoirimiz O‘zbekiston Oliy Majlisida qo’mita raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
MUHAMMAD YUSUF
Shoir Muhammad Yusuf 1951 – yilda Andijon shahrida tug’ildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirda O’zbekiston Milliy universiteti)ni tamomlagan.
Muhammad Yusuf XX asr oxiri o’zbek she’riyatida o’z so’zini ayta olgan shoirlardan biri edi. Ayniqsa, uning qatag’on qurbonlari Cho’lpon, Qodiriy, Fayzulla Xo’jayevlarni yod olib yozgan she’rlari o’sha yillari xalq qalbidan chuqur joy egalladi.
Muhammad Yusufning odamiylik, sevgi va vafoni ulug’lovchi ko’plab she’rlari kuyga solinib, xalqimiz sevgan qo’shiqlarga aylandi.
Shoir she’rlari sodda va ravon til bilan yozilgan. Uning ijodida xalq qo’shiqlaridagi kabi ohangdorlik bor.
Istiqlol yillari Muhammad Yusuf Vatanni madh etuvchi bir qator she’rlar yozdiki, ularga kuy bastalanib, katta - katta bayramlarda ijro etib kelindi.
Shoir qalamiga mansub “O’zbekiston”qo’shig’i mamlakatimiz yoshlarining madhiyasiga aylandi:
Oq yo‘rgakka o’ragansan o’zing bizni,
Oq yuvib, oq taragansan o‘zing bizni,
Beshigimiz uzra bedor ona bo’lib,
Kunimizga yaragansan o’zing bizni.
Adoying bo’lgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston,
Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston.
Tuzing totib, unutganlar xor bo‘ladi,
Ko‘zlariga ikki dunyo tor bo‘ladi,
Tinch kuningni ko’rolmagan yurtfurushlar,
Bir kun, bir kaft tuprog‘ingga zor bo‘ladi.
Boldan shirin taxir qora bug‘doying ham,
O‘zingdan bo’lsa gar shohi gadoying ham,
Bir jonu tan bir-biringdan rozi yursang,
Hudoying ham sendan rozi hudoying ham.
Shoir Muhammad Yusuf 2001- yili vafot etdi. Uning qo’shiqlari, she’rlari esa xalq xotirasida hali uzoq yashaydi.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzing.
OYBEK
Oybek 1905 - yilda Toshkentning eski shahar qismida tug’ildi. Asli ismi Muso Toshmuhammad og’li bo‘lib, Oybek uning taxallusidir.
Oybek “Fanga yurish”, “So’zim”, “Na’matak” kabi ajoyib she’rlar muallifi. Shuningdek, u bir qator dostonlar, jumladan “Navoiy” romanini yaratdi.
Oybek nafaqat shoir, balki, buyuk adib hamdir. Navoiy hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish natjasida 1944 - yilda “Navoiy” romanini bitiradi. Bu asar ulug‘ mutafakkirga qo’yilgan o‘ziga xos yodgorlikdir. Mazkur asar 1946 - yildayoq rus tiliga tarjima qilindi. Yozuvchi romanda shoir, davlat arbobi Alisher Navoiyning xalq uchun baxshida hayotini chiroyli tasvirlab berdi.
Oybek nafaqat shoir, yozuvchi, balki mohir tarjimon ham. U Pushkin, Lermontov, Tolstoy kabi rus klassiklari asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.
Oybekning asarlari esa rus, ukrain, qozoq, tojik, fransuz, nemis, chex, xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan.
Atoqli shoir, adib, davlat va jamoat arbobi, akademik Muso Toshmuhammad og’li Oybek 1968 - yilda vafot etdi.
Oybek hayoti va ijodiga bag‘ishlangan asarlar ham yaratilgan. Ular orasida L.Batning biografik asarini ta’kidlash mumkin.
Topshiriq. Matn bo’yicha savol - javob qiling. Uning mazmunini aytib bering.Matnni o’qing va rus tiliga tarjima qiling.
ABDULLA QODIRIY
Abdulla Qodiriy 1894 - yilda Toshkent shahrida dehqon oilasida tug’ildi. U avval madrasada, keyin rus-tuzem maktabida o’qidi. U o’z ijodini 15 yoshlaridan boshladi.
Qodiriy “Mushtum” jurnalining asoschilaridan sanaladi, u mazkur jurnal nashriyotida ancha yil mehnat qildi.
1925 - yilda bosilib chiqqan Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani o’zbek adabiyotidagi dastlabki yirik nasriy asarlaridan biridir. Asarda XIX asrning 1-yarmidagi xalqimiz hayoti aks etadi.
1928 - yilda Qodiriyning yangi bir romani “Mehrobdan chayon” nashr etildi. Muallif unda Turkistonning eng so’nggi xonlaridan biri Xudoyorxon davri voqealarini aks ettirdi.
Qodiriyning mazkur asarlari xalqimiz tomonidan hamon sevib o’qib kelinadi. Ular asosida badiiy filmlar suratga olingan. Yoshlarimiz Qodiriyning Anvar, Ra’no, Otabek va Kumush kabi qahramonlariga o’xshashni orzu qilishadi.
Sevimli yozuvchimiz qatag’onga uchrab, 1939 - yilda vafot etgan.
Istiqlol yillarida adib xotirasi yanada e’zoz topdi. Endilikda Toshkent Davlat san’at instituti, metro bekati va boshqa ko’plab muassasalar Qodiriy nomi bilan atalgan.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzib, o’zaro suhbatlashing.
SON
Morfologik belgilari
1. Predmet miqdori va tartibini bildiradi.
2. So’roqlari:nechta? nechanchi? necha?
3. 23 ta tub (bir o’zakli) son mavjud.
4. Son turlari masxus qo’shimchalar bilan hosil qilinadi.
5. Sonlarda morfologik usul bilan yasalish xususiyati mavjud emas.
6. Yasalish uchun asos bo’ladi: birlik, ikkidan.
7. Sonlar otlashadi: ularning ikkitasi.
8. Sonnig sifatlovchi-aniqlovchi bo’lmaydi.
Sintaktik belgilari
1. Asosan aniqlovchi: ikkita ko’chat ekdim.
2. Ba’zan kesim: O’rtoqlarim ikkita.
3. Ba’zan hol: Buni ikkinchi gapirmang.
4. So’z birikmasida bosh (moslashuv va boshqaruvda) va tobe (biritisuvda): ularning beshtasi, bolalardan ikkitasi, besinchi sinf.
5. Ot yoki felga tobe bo’lmasa, ega, kesim, to’ldiruvchi, qaratqich-aniqlovchi bo’la oladi: O’ndan to’rtni ayirsak, olti bo’ladi.
Sonning ma’no turlari.
1. Miqdor soni: bir, o’n yeti, bir yuz o’n uch.
2. Dona soni: -ta; bitta, o’nta, bir yuz o’n uchta.
3. Chama son: -larcha, -tacha -lab, -lar, (ikki sonni juftlab): o’ntacha, yuzlar-cha, minglab, o’nlab (edi), uch-to’rt, besh-o’nta.
4. Jamlovchi son: -ov, -ovlon, -ala; (2, 3, 4, 5, 6, 7, 10 sonlarigagina qo’shi-ladi): yettov, oltala, uchala, ikkiovlon.
5. Taqsim son: -tadan, -dan (takror): uchtadan, beshta-beshtadan.
6. Tartib son: -nichi, -inchi; birinchi, o’n ikkinchi.
7. Kasr son: (birdan kichik sonlar); (ikki shakli bor): 0, 5; 1/2; nim, chorak, yorti, yarim, nimchorak shakli ham bor.
8. Butun son 1 va undan yuqori sonlar: 1, 2, 33, 24, 177 kabi.
9. Aralash son: Butun va kasr son aralashmasi: 1, 25; uch butun ikkidan bir, to’qqiz yarim.
10. Sakson, to’qson sonlari tarixan ikki o’zakdan tashkil topgan.
11. Bir so’zi gumon (bir kishi chaqiryapti), ma’noni kushaytirish (Yomg’ir bir quydi, bir quydi), mo’ljal (Yozda bir dam olaman) ma’nolarini beradi; bog’lov-chi o’rnida keladi: Bir sen, bir men gapirdik.
12. Son va ot orasida xisob so’zlar (pumerativ) keladi va ular otga tegishli bo’ladi: o’n kilo guruch, bir qarich yer.
13. Yetti, uch, qirq, yigirma kabi marosim ifodalovchi so’zlar, “parol” so’z-lar (“To’rtinchi”ga ayting) otlangan xisoblanmaydi.
14. Sonda antonimlik yo’q, biroq sinonimlik (ikki-juft-qo’sh), omonimlik (3, 20, 40) va paronimlilik (7, 50, 90) mavjud.
15. Tartib sonlar juftlashmaydi.
1-mashq. Uch, besh, yetti, o’n sonlarini avval miqdor son, keyin tarib son shaklida qo’llab, ular ishtirokida gaplar tuzing.
2-mashq. Gaplarni ko’chiring. Sonlarni gapdagi vazifasini aniqlab, tagiga chizing.
1. Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi. (Òopishmoq) 2. Mening kitoblarim hammasi bo’lib yettita. 3. Opam bizga uzgan olmalaridan to’rttadan berdi. 4. Bir daraxtda o’n ikki shox, har shoxda o’ttiz yaproq, yaprog’ining bir yog’i qora, bir yog’i oq. (Òopishmoq)
3-mashq. “Bizning guruhimiz” mavzusida matn tuzing. Unda miqdor va tarib sonlar ishtirok etsin.
4-mashq. Òartib sonlarni toping, ularni raqamlar bilan yozing.
1. Birinchi iyun – Õalqaro bolalarni himoya qilish kuni. 2. Alisher Navoiy bir ming to’rt yuz qirq birinchi yil to’qqizinchi fevralda Hirot shahrida tug’ildi. 3. Chol bilan kampir uch nafar qizlari bilan yashar ekanlar. (Ertakdan)
6-mashq. Sonlarga qavs ichidagi qo’shimchalarni qo’shib ko’chiring. Òartib sonlarni raqamlar bilan yozing.
1. Zulfiqorovning xotini bir (ta) qiyiqchada uch-to’rt (ta) anor olib keldi. (Abdulla Qahhor) 2. Pahlavonning ikki (nchi) madori qolmadi. (Navoiy) 3.Hilola qirq (inchi) uy, yigirma (nchi) xonadonda yashaydi. 4. Ota-onasining ikki (ala)si, yoxud bir (ta) si keksayib qolganda ularni rozi qilmagan kishi ikki dunyoda xor bo’ladi. (Hadis)
8-MAVZU . TELEGRAF ALOQA
OLMOSH
TELEGRAF ALOQA
Telegraf aloqa ålektr simli aloqa kanallari bo’yicha qisqa matnli hujjatlashtirilgan xabarlarni avtomatlashtirilgan qabul qilish-uzatish uchun mo’ljallangan. Telegraf ång qadimgi aloqa turlaridan biri hisoblanadi. Birinchi ålektr telegraf apparati 1832 yilda rus olini P.L. SHilling tomonidan kashf qilingan, 1837 yilda amerikalik S. Morze o’zining telegrafli apparatini yaratdi. Bu telegraf apparatlarida ma’lumot qog’oz lentada nuqta va chiziqcha (tire) belgilari («Morze alifbosi») to’plami ko’rinishida qayd qilingan. Keyinroq, XIX asr oxirida harflarni chop qiladigan telegraf apparatlari — teletayplar paydo bo’ladi. Hozirgi vaqtda telegrafli aloqadan foydalanuvchi firmalar va korxonalarda faqat teletayplar qo’llanilmoqda. Teletaypga ma’lumotni kiritish qo’lda klaviaturadan va perfolentadan avtomatik bajarilishi mumkin. Lentani perforasiyalash teletayp apparatining o’zida avtonom rejimda bajarilishi mumkin. Ma’lumotni klaviaturadan qo’lda kiritish yuqori uzatish tezligini ta’minlamaganligi uchun avtomatlashtirilgan kiritish afzalroqdir. Teletaypga uzatilayotgan axborot boshqa manbalardan ham, xususan, modem bilan jixozlangan SHÅHM dan kiritilishi mumkin. Uzatishda hamma axborot qog’ozli tashuvchida chop qilinadi, kerak bo’lganda åsa perfolentada qayd qilinadi.
Qabul qilayotgan apparatda ham ma’lumot bosma hujjatda va perfolentada qayd qilinishi mumkin. Ma’lumot aloqa kanali bo’yicha bevosita SHÅHM ga kiritilishi ham mumkin. Hamma teletayp apparatlari qaytariluvchan hisoblanadi, ya’ni ma’lumotlarni ham uzatgich, ham qabul qilgich sifatida ishlatish mumkin. Ko’pchilik teletayp apparatlar quyidagilarga åga: alfavit-raqamli klaviatura, chop åtuvchi qurilma, reperforatorli qo’shimcha (lenta perforatori) va transnitterli qo’shimcha (perfolentadan o’kiydigan) qurilma.
Chop åtuvchi qurilma tipi bo’yicha teletayplar lentali va rulonli bo’ladi. Lentali teletayplarda axborotni kengligi 10 mm bo’lgan ånsiz qog’oz lentaga, rulonli teletayplarda åsa kengligi 210 mm li rulonli qog’ozga chop åtiladi.
Telegraf aloqa kanali bo’yicha uzatishda ko’pincha axborotning har bir belgisi Ikkinchi Xalkrro Telegraf kodiga (XTK-2) mos ravishda beshta turli qutbli to’g’ri to’rtburchakli ålektr impulslar bilan kodlanadi (impulslarning to’g’ri to’rtburchakligi telegraf kanallarning keng o’tkazish polosasining kerakligini bildiradi).
Axborotni uzatish tezligi ko’pchilik teletayplarda 50, 75 yoki 100 bit/s ga tent (minutiga 400—800 ta belgi).
Teletaypli qabul qiluvchi-uzatuvchi apparatura uchun aloqa kanali sifatida ham telegraf, ham telefon kanallar xizmat qilishi mumkin, keyingi holatda moslashtirish apparaturasi (modem) ko’zda tutilgan bo’lishi kerak.
Deytefon aloqa
Hujjatlashtirilgan matnli axborotni telefon kanallar bo’yicha uzatishni ko’pincha deytefon aloqa deb ataladi.
Deytefon aloqada axborotni uzatish uchun telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi, qabul qiluvchi-uzatuvchi apparatura sifatida oddiy teletayp apparaturasi modem bilan ham, maxsus apparatura ham ishlatilishi mumkin. Deytefon aloqa abonenti apparaturasining taxminiy tarkibi quyidagicha:
• telefon apparati — abonentni dastlabki chiqarish uchun xizmat qiladi;
• foto o’qiydigan qurilma — uzatishda axborotni perfolentadan avtomatik o’qish uchun mo’ljallangan;
• lenta perforatori — qabul qilingan ma’lumotni perfolentada qayd qilish uchun mo’ljallangan;
• modulyator-demodulyator (modem) — qabul qiluvchi-uzatuvchi apparatura telefon aloqa kanali bilan moslashtirish uchun mo’ljallangan;
• xatoliklardan himoya qilish qurilmasi (XHQQ) — uning vazifasi ma’lumotlarni ishonchli uzatishni ta’minlash;
• alfavit-raqamli chop åtish qurilmasi (printer, teletayp).
Deytefon aloqa tizimining telegraf kanalidan foydalanuvchi
teletayp aloqadan afzalliklari:
• ma’lumotlarni uzatishning yuqoriroq tezligi: 600—9600 bit/s, kompyuterli variantda åsa 56000 bit/s gacha;
• ma’lumotlarni uzatishning yuqoriroq ishonchliligi;
• mavjud keng tarmoqlangan telefon aloqa kanallari tarmog’idan foydalanish mumkinligi;
• bir qator holatlarda kanallarni chastotali ajratish xisobiga bir juft simdan bir vaqtning o’zida bir nechta abonentlardan (chastotali zichlashtirish), shu jumladan deytefon, faksimil va telefon aloqa abonentlaridan ma’lumotlarni uzatish imkoniyati.
Shunday qilib, telegraf aloqa bir necha ko’rinishlarga åga: ma’lumotlarni kodlash uchun Morze taklif qilgan kodlarni ishlatuvchi telegrafli aloqa, teletayp va deytefon aloqa. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, telegraf aloqaning hamma turlari åndilikda faksimil aloqa tomonidan siqib chiqarilmoqda.
Telegraf aloqa tizimlari va apparaturasi
Teletayplar bir-biri bilan ham bevosita, ham kommutator orqali ulanishlari mumkin. Teletayp apparatlarining bevosita ulanishi mahkam kåyd qilingan abonentlar o’rtasida (firma ichidagi aloqa) katta bo’lmagan masofalarga ma’lumotlarni uzatishda maqsadga muvofiqdir. Axborotni katta masofalarga uzatishda telegraf aloqani apparaturalarni umumdavlat abonentlik telegraflash tizimiga ulash bilan tashkil åtish mumkin. Rossiya territoriyasida AT-50, «Teleks», CKS abonentlik telegraf tarmoqlari ishlatiladi.
AT-50 tarmog’a (ba’zida uni oddiygina qilib «telegraf» deyiladi) 100 ningdan ortiq abonentga åga, lekin faqat MDH, mamlakatlarida amal qiladi va xalqaro aloqaga chiqish imkoni yo’q-Bu tarmoqdan asosan vazirliklar, sanoat, transport, moliya muassasalari va harbiy qismlar foydalanadi.
Axborotlarni boshqa mamlakatlarga uzatish uchun xalqaro telegraf — «Teleks» ishlatiladi. Bu tarmoqdan ko’proq tijorat muassasalari, banklar, birjalar, sug’urta kompaniyalari, axborot agentliklari, xususiy va davlat firmalari foydalanadilar. Bu tarmoq orqali berilgan hujjatlar xuquqiy kuchga åga bo’ladi: barcha mamlakatlarda munisipal, davlat va bank idoralari tomonidan tan olinadi.
AT-50 va «Teleks» tarmoqlari o’zining mijozlariga ko’p sonli servisli axborot xizmatlarini ko’rsatadi.
Ålektromexanik teletayplar o’tmishga aylanmoqda. Butunda telegraf tarmoqlari o’z abonentlariga telegrammalar va telekslar qabul qilish va uzatishning kompyuter texnologiyasiga asoslangan zamonaviy vositalarini taklif qilmoqda. Xususan, AT-50, «Teleks», CKS tarmoqlarida ishlash uchun telegraf apparat dasturli «TELGKOM» va «TARSM» komplekslarini tavsiya åtish
mumkin.
Ular quyidagilarni ta’minlaydi:
• telegrammalarni qabul qilish-uzatishni avtonom rejimda ham (SHK uzilgan), kompyuter bilan birgalikda ham to’liq avtomatlashtirish;
• 100 000 ta belgiga åga bo’lgan ichki tezkor xotira;
• ålektr manba uzilganda ma’lumotni xotirada saqlash;
•bir nechta telegraf kanallar bo’yicha bir vaqtda ishlash;
• ixtiyoriy tipdagi stansiyaga (qism stansiyaga) sozlash;
• hozir ång keng tarqalgan Novell Net Ware lokal tarmoqda ishlash;
• kriptogrammalarni qabul qilish va uzatish;
• «pochta qutilari» orqali uzoqdagi abonentlar bilan ishlash;
• qabul qilingan telegrammalarni printerda fonli rejimda chop åtish;
• telegraf kanalining nosozligi to’g’risida operatorni ogohlantirish.
«Teleks» tizimi «Telex Net» kompyuterli variantga åga, u standart teleks tarmog’ini imkoniyalarini kengaytiradi:
• kompyuter disketasida saqlanayotgan ma’lumotlarni avtomatik uzatish;
• axborotni almashish chog’ida muloqat qilish;
• lokal xisoblash tarmog’da ishlash;
• axborotni fonli rejimda doimiy (sirkulyar ravishda) yuborish;
• abonentlar nomerlarining ålektron ma’lumotnomasi mavjudligi va b.
Tashqi telegrafli adapter bilan to’ldirilgan shaxsiy kompyuter bunday telegraf tarmog’ining ohirgi jixozi hisoblanadi va foydalanuvchiga qulay aloqa qurilmasini taklif åtadi.
«Rash», «TELEX-NET» va «TAG-43» adapterlari bu klassdagi apparaturaning ång yuqori talablariga javob beradi.
«Flash» adapteri universaldir, ham 2 ta, ham 4 ta simli AT-50 va Teleks aloqa liniyalarida ishlashi mumkin.
«TELEX-NET» adapteri o’zida servis vazifalarining noyob majmuini va xizmat ko’rsatishning soddaligini mujassamlashtirgan. «TELEX-NET» kompleksi — shaxsiy kompyuter bo’lib, standart teletayp apparatining hamma vazifalarini bajaradi va ko’pgina qo’shimcha servis imkoniyatlarini taqdim åtadi, masalan, quyidagicha:
• lokal va korporativ hisoblash tarmoqlarida ishlash;
• abonentlar muloqati rejimini va diskda saqlanayotgan ma’lumotlarni avtomatik uzatish;
• telegramma va telekslarni berilgan kun va vaqtda uzatish;
• telegramma va telekslarni fonli rejimda uzatib, kompyuterni bu uzatish paytida boshqa ishlar uchun ishlatishga imkon yaratish;
• sirkulyar (aylanma) uzatish — teleksni birdaniga bir necha abonentlarga uzatish;
• ko’p sonli ålektron ma’lumotnomalarni shu jumladan, abonentlar adresslari ma’lumotnomasini taqdim åtish.
Åkspertlarning baholashiga qaraganda «TELEX-NET»-SHK kompleksini ishlatish an’anaviy apparatlarga nisbatan operatorning mehnat unumdorligini 7—10 marta oshiradi, uni åskirgan ishlardan holos åtadi, aloqa liniyasining o’tkazish kobiliyatini 1,5—2 marta oshiradi, abonent bilan ulanish vaqtini qisqartiradi.
«TAG-43» adapteri telegraf tizimlarida faqat kompyuter adapteri sifatidagina åmas, balki avtonom ishlash qobiliyatiga ham ågadir. "TAO-43"-SHK kompleksi tarkibida ham servis vazifalarining keng majmui ta’minlanadi, lekin avtonom ishlatishda bu jiddiy qisqaradi.
Telegraf aloqaning muhim kamchiligi ma’lumotlarni uzatish ishonchliligining pastligidir. Kommutasiyalanadigan aloqa kanallari bo’yicha uzatishda belgining buzulish åhtimolligi 0,001 kattalikkacha boradi, ba’zida åsa undan ham katga bo’ladi. Shuning uchun telegraf aloqa kanallari bo’yicha ma’lumotlarni uzatishda ishonchlilikni oshirish choralarini ko’rish kerak, bu choralar, xususan, bunday bo’lishi mumkin:
• ma’lumotli teskari aloqani ishlatish;
• hal qiluvchi teskari aloqani ishlatish;
• nazorat yig’andilarini va sonlarini uzatish;
• xatoliklarni avtomatik payqaydigan va to’g’rilaydigan korrektlovchi kodlarni ishlatish.
Kompyuter texnologiyasiga asoslangan barcha telegraf tizimlari uzatilayotgan axborotning ishonchliligini ta’minlash vositalariga åga. Ålektromexanik teletayp tizimlariga gal kelganda, sanoat bir qator apparaturalar kompleksini ishlab chiqargan bo’lib, ular xatoliklardan himoya qiluvchi qurilmalar (XXJCK) bilan jixozlangan, telegraf va telefon aloqa kanallari bo’yicha ma’lumotlarni uzatish uchun mo’ljallangandir.
OLMOSH
Morfologik belgilari
1. Ot o’rnida keladi: kim, men, hamma.
2. Sifat o’rnida keladi: qanday ish.
3. Son o’rnida keladi: necha, nechanchi.
4. Ravish o’rnida keladi: nega? qancha?
5. Yasalish xususiyatiga ega emas.
6. Yasalish uchun asos bo’ladi: manmanlik, sizbon, sensira.
Sintaktik belgilari
1. O’ziga xos sintaktik vazifasi mavjud emas.
2. Qaysi so’z turkumi o’rnida kelsa, shu turkum bajargan vazifani bajaradi.
3. Moslashuv, boshqaruv, bitishuvda tobe so’z, moslashuvda hokim so’z bo’la oladi: uning kitobi, sen bilan do’st, shu ayol, Nargizaning o’zi.
Olmoshning ma’no turlari
1. Kishilik: men, sen, u, biz, siz, ular (ul).
2. O’zlik: o’z.
3. Ko’rsatish: u, bu, o’sha, shu, mana shu, ushbu, o’shal, mazkur, bunaqa, shunaqa, anavi, shundoq, unaqa-bunaqa, ul.
4. So’roq: kim, nima, qaysi, qanday, nega, qancha, qachon, nega, qancha, qachon, nega, nimaga, qani, ne, na.
5. Bo’lishsizlik: hech kim, hech nima, hech qaysi, hech bir, hech narsa.
6. Belgilash, jamlash: har kim, har nima, har narsa, har qaysi, har biri, hamma, jami, yalpi, bari, barcha, ba’zi, har.
7. Gumon: allakim, allaqaysi, allanarsa, allaqanday, kimdir, nimadir, qaysidir, birov, ba’zi bir, qaysi bir.
8. Olmoshlar kelishiklar bilan turlanadi: hammaga, meni.
9. O’zlik va so’roq olmoshlari ba’zan belgisiz kela oladi: o’z uyim, nima olding.
10. O’zlik olmoshi kelishik qo’shimchasini olishi uchun avval biror egalik qo’shimchasini olishi shart: o’z+i+dan so’rang.
11. O’zlik olmoshi egalik qo’shimchasini olganda I, II, III shaxs kishilik olmoshlariga sinonim: o’zim=men, o’zing=sen, o’zingiz=siz.
12. Kishilik olmoshining I shaxsi so’zlovchi, II shaxsi tinglovchi, II shaxsi tinglovchi, III shaxsi esa narsalarga nisbatan ishlatiladi.
13. Kishilik olmoshlarining I va II shaxsi badiiy adabiyotda narsa va hayvonlarga nisbatan ham ishlatiladi (jonlantiriladi).
14. u ko’rsatish va kishilik olmoshi ma’nosi va so’rog’iga ko’ra farqlanadi; kishilik bo’lganda – kim? nima? ko’rsatish bo’lganda – qaysi?
15. Bo’lishsizlik olmoshi ega bo’lganda, kesim bo’lishsiz shaklda yoki inkor so’zlar bo’ladi: Hech kim kelmadi. Hech kim yo’q.
1-mashq. O’zlik olmoshini kerakli shaklda qo‘llab, gaplarni ko‘chiring.
1. … er bilsang, o‘zgani sher bil(maqol). 2. …. uying – o‘lan to‘shaging (maqol). 3. … chiqqan baloga, qayga boray da’voga (maqol). 4. Salimaning … ham shu institutda o‘qiydi. 5. … qadrini bilmagan, o‘zganing ham qadrini bilmaydi.
2- mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli kishilik olmoshlarini qo‘yib, gaplarni ko’chiring.
1. … sport bilan shug‘ullanasanmi? 2. … qayerda o‘qiydi? 3. … kecha Moskvadan keldi. 4. … - faol yoshlarmiz. 5. Samarqandda qachon bo’lgansiz? 6. … bizning do‘stlarimiz.
3- mashq. O‘zbek tiliga tarjima qiling.
1. Â÷åðà â òåàòðå ÿ âèäåëà ýòîãî ìîëîäîãî ÷åëîâåêà. 2. ß õîòåë ïîçíàêîìèòüñÿ ñ ýòèì èçâåñòíûì ó÷¸íûì. 3. Ó ýòîãî îïûòíîãî àðõåîëîãà òðóäíàÿ, íî ïî÷åòíàÿ ðàáîòà. 4. Ýòà êàðòèíà íàðèñîâàíà ìîëîäûì õóäîæíèêîì. 5. Çà òåì ïîëåì – ñàä íàøåãî õîçÿéñòâà. 6. Ìíå íóæíî ñõîäèòü â òîò ñàä. 7.  ýòîì ñàäó ìíîãî ÿáëîíü.
4-mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo‘yib o’qing.
1. Har kim … ixtiyori o‘zida. 2. Har biri … faol faoliyat talab qilinadi.
3. Har biri … oyda bir kundan hashar qilishdik. 4. Har biri … 3 tadan savol tushdi.
5. Hamma … bir yoqadan bosh chiqarib ishladik. 6. Mehnat qilish barcha … barobar. 7. Bayramga hamma … keldik.
5-mashq. Gaplarni avval ot, keyin sifat, so’ng son o’rnida qo’llangan olmoshlarni aniqlang.
1. U o’ymakor eshikni qiya ochib ichkari kirdi. (Õ.Sultonov) 2. O’rtog’ing yugurishda birinchi ekan, sen-chi, nechanchi o’rindasan? 3. Cholning chapdast, chaqqon o’g’li bor ekan, mening ham shunday farzandim bo’lsa edi. (Ertakdan) 4. Men ham shunday o’ydaman, fikr-u yodim undadir, gar o’zim har joydaman. (Y.Sulaymon) 5. Bu ish uchun senga qancha vaqt kerak?
6-mashq. Nuqtalar o’rniga oldingi gap mazmunidan kelib chiqib, mos keladigan olmoshlarni qo’ying. Bu olmoshlar qaysi so’z turkumi o’rnida qo’llanganini aniqlang.
Na’muna: Uning beshta kitobi bor. Yana... bo’lsa o’nta bo’ladi.
Uning beshta kitobi bor. Yana shuncha bo’lsa o’nta bo’ladi.
1. Men, Bahodir, Elbek, Hilola boqqa bordik. ... u yerdan kech qaytdik. 2. Uning ko’ylagi yashil ekan. ... rang menga ham yoqdi. 3. Ziyoda bilan Durdona yaqin dugona. ... – beshinchi sinf o’quvchilari.
7-mashq. Berilgan so’roq olmoshlarini boshqa so’zlarga almashtiring va ular ishtirokida gaplar tuzing. So’z turkumini aniqlang.
Na’muna: Kim? – Òikuvchi. Opam atelóeda tikuvchi bo’lib ishlaydi.
Kim?, qanday?, nechanchi?, nima?, nechta?, qancha?, qaysi?
8-mashq. Gaplarni ko’chiring. Olmoshlarni topib, ularning yozilishini tushuntiring.
1. Meniki va seniki shu aziz tuproq, ko’z qorachig’iday asraylik o’rtoq! 2. Mening ikki onam bor, ikkisi ham mehribon. (Uyg’un) 3. Shundaylar bo’lmasa agar dunyoda, bunchalar muhtaram bo’lmasdi ayol. (A.Oripov) 4. Otang seni ko’rmadi, chog’i. 5. Sen qancha kitob olgan bo’lsang, men ham o’shancha miqdorda olib keldim.
9-MAVZU. SALOMATLIGING O’Z QO’LINGDA.
UYALI RADIOTELEFON ALOQA TIZIMLARI.
FE’L NISBATLARI VA FE’L ZAMONLARI
Sog'lom va uzoq umr ko'rishning sirlari bu kundalik maqsadli jismoniy tarbiya(badantarbiya), foydali ovqat va toza suv, toza havo va to'g'ri nafas olish, ruhiy xotirjamlik va yaxshi kayfiyat. Shunigdek jamiyatda odamlar orasida yaxshi yashashning ham o'ziga xos sirlari va qoidalari bor.Ularga amal qilish baxtli va saodatli yashashning garovidir.
Bahrom Avazov
1970-yilning
3-yanvarida Qashqadaryo viloyatida tug’ilgan. Milliy kurash bo’yicha Amir Temur
va Paxlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlangan xalqaro musobaqalarning mutlaq
g’olibi, jahon chempioni. “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan
taqdirlangan.
Bahrom bolaligidan katta bellashuvlarni ko’rib ulg’aydi, o’zi ham tengqurlari bilan kurash tushdi. U to’ylardagi kurashda g’olib chiqib, birinchi sovrinni olganida 10 yoshda edi.
1991-yili Miroqida kurashning yangi qoidalari asosida katta musobaqa o’tkazildi. Bahrom ushbu musobaqada o’zidan ikki baravar og’ir Davron polvonning kuragini yerga tekkizib, el-yurt nazariga tushdi. U 1995-yili At‑Termiziy xotirasiga bag’ishlangan xalqaro musobaqada vazni 145 kilogramm bo’lgan O’rol polvonni yengib, muxlislar olqishini oldi.
1996-yili Shahrisabzda Amir Temur xotirasiga bag’ishlangan xalqaro musobaqada Bahrom vazni 90 kilogramm bo’lishiga qaramay, mutlaq birinchilikda og’irligi 110, 120, 130 kilogramm bo’lgan polvonlardan ustun keldi va O’zbekiston Prezidentining sovg’asi – “Neksiya” avtomobili bilan taqdirlandi.
1998-yili u Paxlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlangan xalqaro musobaqaning mutlaq g’olibi bo’lib, xalqaro miqyosdagi sport ustasi talabini bajardi.
1999-yilning 1 – 2 may kunlari milliy kurash bo’yicha Toshkentda o’tkazilgan birinchi jahon chempionatida Bahrom Avazov bronza medalni qo’lga kiritdi. 2000 yili Antaliyada bo’lib o’tgan ikkinchi jahon chempionatida esa barcha raqiblarini “halol” yengib, champion bo’ldi.
Bahrom polvon Avazovning katta g’alabalari hali oldinda, chunki milliy kurashimiz jahon uzra qanot yozmoqda.
UYALI RADIOTELEFON ALOQA TIZIMLARI
1991-yilda uyali radiotelefon aloqa tarmog’i xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha birinchi reklama å’lonlari paydo bo’ldi. 2000 dollarga og’irligi besh kilogramm, unchalik katta bo’lmagan chemadoncha (abonent radiotelefoni) sotib olish va yana shuncha pul tarmoqqa ulash uchun to’lash taklif åtildi. Hozir ana shu taklifga talablar topilganiga ishonish qiyin, negaki zamonaviy abonent radiotelefonlari cho’ntakka årkin joylashadi, og’irligi 200 g keladi, ularni narxi bir necha yuz dollar atrofida, tarmoqqa ulash taxminan 100 dollar bo’ladi, ba’zida åsa umuman tekin. Radiotelefon aloqaning uyali tizimi unchalik katta bo’lmagan ko’p zonalarga — uyalarga (sot—cell—mumkatak) bo’lingan hududga xizmat ko’rsatadi, ularning har biriga o’zining radiojixozlar komplekti xizmat ko’rsatadi. Bu zonalar shahar rejasida asalari uyasi yacheykalariga o’xshash strukturani shakllantiradi, ana shu narsadan bu turdagi radiotelefon aloqaning nomi kelib chiqqan.
Uyaning chegarasi radioaloqaning turg’unlik zonasi bilan aniqlanadi va qabul qiluvchi-uzatuvchi radioqurilmaning quvvati, joy topologiyasi va tizim ishining chastotali diapazoniga bog’liq bo’ladi. Tizim ishining chastota polosasi qanchalik yuqori bo’lsa, uyaning radiusi shunchalik kichik, lekin signalning devorlar orqali va boshqa to’siqlardan o’tish qobiliyati shunchalik yaxshi bo’ladi va yana muhimi radioapparatura juda ixcham va katta miqdordagi abonentlik radiokanallarini tashkil åtish imkoniyati yaratiladi. Zamonaviy uyali tizimlar 450, 800, 900 va 1800 MGc chastotalarda ishlaydi.
Uyali radiojixozlar komplekti o’z ichiga retranslyator (qabul qiluvchi-uzatuvchi radioqurilma), bazaviy stansiya, radioantenna va shu uya bilan xizmat ko’rsatiladigan abonentlarning ixcham radiotelefonlarini oladi. Abonent radiotelefonlari soni uyada doimiy bo’lmaydi, negaki abonentlar harakatda bo’lib ko’chib yurishlarida bir uyadan boshqa uyaga o’tadi. Bunda uyalar orasidagi chegarani kesib o’tganda radiotelefon apparat boshqa uyaga avtomatik ravishda o’tadi (yaqin oradagi retranslyatorga ulanadi). Uyali aloqa abonenti o’zini qiziqtirgan hamsuxbat bilan so’zlashish uchun o’zining radiotelefoni klaviaturasida mos telefon nomerini teradi va bazaviy stansiya vositasida hamsuxbat bilan bog’lanadi.
Uyali aloqaning standartlari va operatorlari
Uyali radiotelefon aloqaning ko’pgina standartlari mavjud: NMT, GSM, AMPS, NAMPS, CDMA, ST-2, RTMS, DCS, NACS, CNET va boshqalar. Har bir standartga o’zining kompaniyasi orqali xizmat ko’rsatiladi, odatda ular uyali aloqa operatorlari deb ataladi.
Rossiyada uyali radiotelefon aloqaning uchta standarti juda keng tarqalgan: NMT—Nordic Mobile Telephone (shimoliy mobil telefon), Skandinaviya mamlakatlarida o’zini yaxshi tavsiya åtgan va Rossiyada federal aloqa sifatida qabul qilingan.
GSM—Global System for Mobil communication (mobil aloqa uchun global tizim) Evropada ång keng tarqalgan; GSM standarti — bu raqamli telefoniya bo’lib, yaxshi sifatli aloqani va keng xalqaro roumingni ta’minlaydi.
AMPS — Advanced Mobil Phone System (mobil telefonning rivojlangan tizimi), AQSHda taklif åtilgan va boshida regional uyali tizimlarni tashkil åtish uchun tavsiya åtilgan, lekin hozirgi vaqtda regionlararo tizimlarda keng ishlatilmoqda, xususan, Rossiyaning ko’pgina shaharlarida mavjud bo’lib ular orasida keng rouming (rouming — daydib yurishi, abonent bazaviy stansiyaning bir zonasidan boshqasiga o’tganda uni qayta ro’yxatdan o’tkazish tushuniladi) va routing (routing — boshqa zonaga o’tgan abonentga tushgan chaqiriqni avtomatik qayta adreslash)ga åga. Rouming abonent uchun o’zining radiotelefoni bilan bir operatorning tarmog’idan boshqa operatorning tarmog’iga harakatlanib o’tish imkoniyatini bildiradi, bunda u o’zining shaxsiy «uy» xizmat ko’rsatish zonasida joylashgandek hamma so’zlashuvlarni qulay olib borish imkoniyatiga åga bo’ladi.
Fe’l
Morfologik belgilari
1. Ish-harakatni bildirgan so’zlar.
2. So’roqlari: nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmoqchi?
3. O’timli (ol), o’timsiz (kel) fe’l.
4. Bo’lishli, bo’lishsiz shaklga ega.
5. Nisbat, mayl, zamon shakliga ega.
6. Ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi kabi maxsus vazifadosh shakllari bor.
7. Yasalish xususiyatiga ega.
8. Tuslanish tizimi mavjud.
9. Sifatdosh shakligina otlashadi.
10. Harakat nomi turlanadi, zamon va shaxsni ko’rsatmaydi.
Sintaktik belgilari
1. Gapda asosan kesim bo’ladi.
2. Ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakli hol bo’la oladi.
3. Harakat nomi gapning barcha bo’laklari bo’la oladi.
4. Sifatdosh sifatlovchi aniqlovchi bo’ladi, otlashganda ega, to’ldiruvchi, qaratqich-aniqlovchi bo’ladi.
5. Boshqaruv va bitishuvda bosh so’z bo’lib keladi.
Sodda (mustaqil) va murakkab fe’l
1. Sodda fe’l bir o’zakli fe’llardir: o’tiribdi, oldi;
2. Murakkab fe’l qo’shma fe’l va ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasidir;
3. Qo’shma fe’l kamida ikki mustaqil lug’aviy ma’no bildiradigan qismlardan tashkil topadi: e’tirof qildi, olib keldi;
4. Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasida faqat bir komponent lug’aviy ma’no anglatadi: Salim ishlab o’tiribdi; aytib ber, sotib olib qo’y;
5. Yetakchi fe’l ko’makchi fe’l bilan ravishdoshning –b, ib,-a,-y qo’shim-chlari yordamida birikadi: bor, boshla, yot, yur, ko’r, tush, qara –b, -ib,
-a, -y bilan biriksa, yoz faqat –a, -y, boq ko’makchi fe’li faqat –b, -ib or-qali bog’lanadi;
6. So’z o’zgartiruvchi va shakl yasovchi qo’shimchalar yetakchi va ko’mak-chi fe’lga qo’shilishi mumkun; aytdim-qo’ydim, chiqding-ketding shaklli ko’mak-chi fe’lga so’z qo’shilmasi ham bor.
7. Ko’makchi fe’llar faqat fe’lga qo’shiladi.
8. Tizimda faqat yetakchi yoki faqat ko’makchi bo’lib keladigan fe’l mav-jud emas: olib kel, kelib tur.
9. Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi lug’aviy birlik va yasama so’z xisobla-nadi.
Nisbat (darja)lar
1. Aniq nisbat / maxsus ko’rsatkichi yo’q/: ish-harakat ega tomonidan aniq baja-riladi; bordi, olib kelyapti, o’tirgan ekan.
2. O’zlik nisbati /-l, -il, -i, -ip/: harakat bajaruvchining o’zida qoladi; o’rap, cho’mil, qimtinib tur, yasan, surkal, qiynaldi.
3. Majxul nisbati /-l, -il, -i, -p/: harakatning bajaruvchisi nomalum bo’ladi; borildi, olindi, ulandi, olib chiqildi, kesildi.
4. Birgalik nisbati /-sh, -ish/: xarakat birgalikda bajariladi; baxslashdi, aytishdi, sotib olishdi, aytib turishdi.
5. Ortirma nisbati /-t, -ir, -iz, -z, -ar, -giz, -kiz, -qiz, -dir, -tir, -gaz, -kaz, -qaz/: xarakat vosita orqali bajariladi; ko’rsatdi, ko’paytirdi, uyaltirdi, tushirdi, chiqardi, oqizdi, yondiryapti.
6. Fe’lda bir necha nisbat qo’shimchasi bo’lsa, shu fe’lning qaysi nisbatligini oxirgi nisbat qo’shimchasi belgilaydi: kiy+in+tir+ish+di (birg. nisbat).
7. Ortirma nisbat qo’shimchasi bir fe’lga ketma-ket qo’shila oladi: tom-iz-dir, ayt-tir-giz-dir.
8. Ortirma nisbat qo’shimchlari biror vosita yordamida bajarilgan ish-harakatini ifodalaydi.
9. Harakat nomiga zamon qo’shimchasi qo’shilsa, birgalik nisabatga aylanadi.
Fe’llarning tuslanishi.
1. Fe’llarning shaxs-son qo’shimchalari bilan o’zgarishi tuslanishi deyiladi.
2. I gruh tuslovchilar (-di, -sa qo’shimchalari bilan tugagan fe’llarga qo’shiladi):
a) I -m, -k;
b) II -ng, -ingiz;
v) III -, -,
3. II guruh tuslovchilar (boshqa fe’llar, ot-kesimlarga qo’shiladi):
a) I -man, -miz;
b) II -san, -siz;
v) III -di, -di (lar).
4. Ravishdoshning -b (ib), -a (-y) shakli tuslanadi, -gach, -guncha, -gani shakli esa tuslanmaydi, sifatdosh tuslanadi.
5. Bu qo’shimchalar ko’makchi fe’lli so’z qoshilmasida asosan ko’makchi fe’lga (yozib turdi+m, yozib turib+san), ba’zan har ikkalasiga qo’shilishi mumkin (yozdi+m, oldi+m).
Fe’l zamonlari
1. Fe’l zamonlari nutq so’zlanib turgan paytdan oldin, o’sha payt yoki keyin bajarilgan yohud bajarilmagan ish-harakatni ko’rsatadi.
2. O’tgan zamon:
a) Yaqin o’tgan zamon: |-di|;ol+di++m, yoz+ma+di+ng;
b) Uzoq o’tgan zamon: |-gan|; ol+gan+siz, yoz+ma+gan+mi+siz;
v) O’tgan zamon hikoya fe’li: |-ib|; ol+ib+man;
g) O’tgan zamon davom fe’li: |-ar edi, -yotgan edi|; olar edi+m;
3. Hozirgi zamon:
a) Hozirgi-kelasi zamon fe’li: |-a, -y|; ol+a+man, o’qi+y+man,
b) Hozirgi zamon davom fe’li: |-yan,-yotir, -moqda, -yotib|;
ol+yap+man, yoz+moqda+san, to’qi+yotib+man;
4. Kelasi zamon:Y
a) Kelasi zamon gumon fe’li: |-p (-ap)|; ol+ar+man, o’y-na+r+sang;
b) Kelasi zamon maqsad fe’li: |-moqchi, -digan|; ol+a+digan+siz, bor+moqchi+man;
5. Yot, yur, tur, o’tir ko’makchi fe’llari yordamidahozirgi zamon davom fe’li hosil qilinadi: yugurib turibdi, aytib yuribdi.
1-mashq. O’zbek tiliga tarjima qiling.
1. À òû, òû-òî î ÷åì äóìàë? 2. Òóò æå ïðèåõàëà ìàøèíà ñêîðîé ïîìîùè. 3. Âåäü ìû ñ òîáîé íå âñòðå÷àëèñü öåëûé ãîä! 4. Äàæå ëåòîì îí íå ñíèìàë ñ ãîëîâû ñâîþ øàïêó. 5. Íàêîíåö-òî ÿ óâèäåë òåáÿ!
2- mashq. Gaplarni rus tiliga tarjima qiling.
1. Shu ham ish bo’ldi-yu! 2. O’tgan kuni huddi shu yerda katta majlis qilindi. 3. Tog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi. 4. Sizni ranjitib qo’ymadimmi? 5. Seni bir dam tutmoqqa endi, na haqqim bor, na huquqim bor. 6. Men-ku bundan bexabar edim, senchi? 7. Ertagayoq Marg’ilonga jo’naymiz.
3-mashq. Lug’atdan foydalanib fe’llarni tarjima qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
So’ramoq, kelmoq, olib kelmoq, kutmoq, topmoq.
4-mashq. O’zbek tiliga tarjima qiling.
1. Âûïîëíèòü çàäàíèå. 2. Âûó÷èòü ïðàâèëî. 3. Çàïîìíèòü íîâûå ñëîâà. 4. Ïåðåâåñòè ñòàòüþ. 5.Çíàòü óïîòðåáëåíèå ñëîâ. 6. Îòâåòèòü íà âîïðîñû.
5-mashq. Nuqtalar o’rniga mos fe’llarni qo’yib gaplarni ko’chiring.
1. O’qimoq - ... 2. Bilim ... – har bir insonning burchi. 3. Vatanni ... – iymondandir. 4. Malakali mutaxassis bo’lib ... – orzumiz. 5. Vatanga ... har bir fuqaroning burchi.
Fe’llar: munosib bo’lish, olish, yuksalmoq, sevmoq, yetishish.
6- mashq. Rus tiliga tarjima qiling.
1. Shoshilib ketayotsam, pochtalyon xat olib keldi. 2. Qarasam, u o’rtog‘i bilan kelyapti. 3. Sening bo’sh vaqting bo’lsa, boqqa borar edik. 4. Siz hozir pul olmasangiz, soat ikkida olasiz. 5. Bugun ko’pchilik bo’lib kinoga boraylik. 6. Bolaga sen qarab turgin, men do’konga chiqib kelay. 7. Tezroq ketaylik, bugun yomg’ir yog’adi.
7-mashq. Fe’llarni tegishli shaklda qo’llab gaplarni ko’chiring.
1. Abror bolaligida juda to’polonchi (bo’lmoq). 2. Òoshkent shahridagi ko’plab uylar zilziladan keyin (qurilmoq). 3. Òog’amni ko’rgani kasalxonaga (bormoq). 4. Men Navoiy nomli 1-maktabni (bitirmoq). 5. Sayohatga (otlanmoq) do’stlarimizni vokzalgacha (kuzatib bormoq). 6. Shahrimiz keyingi yillarda ancha (ko’rkamlashmoq).
8-mashq. Rus tiliga tarjima qiling.
1. Men bu yili Òoshkent Axborot texnologiyalari universitetiga o’qishga kirdim. 2. Dadam kecha bir qancha kitoblar olib keldilar. 3. Hozir Òoshkentda ko’plab yangi binolar qurildi. 4. Katta opam tibbiyot institutini tamomladi. 5. Bolaligimda balandlikdan qo’rqar edim. 6. Uning o’zi ham ilgari sport bilan shug’ullanardi.
9-mashq. Gaplarni o’zbek tiliga tarjima qiling.
1.  ýòîì ãîäó â íàø óíèâåðñèòåò ïîñòóïèëî îêîëî 10.000 çàÿâëåíèé. 2. Mû âñå áûëè ðàäû òâîåìó ïîñòóïëåíèþ â èíñòèòóò. 3. ýòîì ãîäó ÿ áûë â êîìàíäèðîâêå â ãîðîäå Êàðøè. 4. ß íèêîãäà íå áûë â ýòèõ ìåñòàõ. 5. K íàì â óíèâåðñèòåò ïðèåõàëè çíàìåíèòûå ïðåïîäàâàòåëè. 6. Ñåãîäíÿ ìû áûëè â ìóçåå èñòîðèè Òèìóðèäîâ.
10-mashq. Berilgan fe’llarni o’tgan zamon davom fe’li shaklida qo’llab, gaplar tuzing.
Na’muna: tanishmoq – tanir edim, qo’rqmoq – qo’rqar edim.
Qatnashmoq, bajarmoq, o’zlashtirmoq, ulgurmoq, o’rganmoq.
11-mashq. Nuqtalar o’rniga gaplarning mazmuniga mos hozirgi zamon fe’llarini qo’yib ko’chiring.
1. O’zbek xalqi tinchlik uchun ... . 2. Osmonda to’lin oy ... . 3. Ariq suvi bir xilda, jimgina, sharpasiz va shabadasiz ... . 4. Mamlakatimizda minglab zavodlar ... va ... . 5. Yomg’ir tindi, ammo osmonni bulut ... .
12-mashq. Qavs ichida berilgan fe’llarni mos zamonda qo’llab, gaplarni ko’chiring.
1. Kutubxonada hayot (qaynamoq). 2. O’qish zalidagi katta stol atrofida bir necha kishi ro’znoma va oynoma (o’qimoq). 3. Bu yerga O’zbekistonning hamma tarafidan talabalar (kelmoq). Ular o’z o’quv yurtlari haqida (suxbatlashmoq). 4. Qirdan g’ir-g’ir shabada (esmoq). 5. Daryo suvini bahor (toshirmoq), odam qadrini mehnat (oshirmoq).
13-mashq. Quyidagi fe’llardan hozirgi-kelasi zamon fe’li shaklini yasang. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
O’zlashtirmoq, o’rganmoq, boshlamoq, so’zlamoq, bormoq, ishlamoq, javob bermoq.
14-mashq. Qavs ichidagi so’zlardan kelasi zamon gumon fe’llarini yasang va ko’chirib yozing.
1. Majlisda biz soat 17 gacha (bo’lmoq). 2. Bu kitobingni ertaga (qaytarib bermoq). 3. Ro’znoma va oynomalarga u ertaga (yozilmoq). 4. Dala hovliga sen ham dam olish kuni (chiqmoq). 5. Siz institutni bitirgandan keyin o’z viloyatingizga (ketmoq). 6. Ertaga Aziza bilan siznikiga (bormoq).
15-mashq. Quyidagi fe’llarni kelasi zamon gumon fe’li shaklida qo’llab gaplar tuzing.
Na’muna: Odina, men ertaga darsdan keyin siznikiga borarman.
Bormoq, kirmoq, tozalamoq, saylamoq, yozib olmoq, mukofotlamoq, o’rganmoq.
161-mashq. Quyidagi so’zlarni kelasi zamon maqsad fe’li shaklida qo’llab, shu fe’llar ishtirokida 7 ta gap tuzing.
Bajarmoq, to’qimoq, qaytmoq, o’rganmoq, mukofotlamoq, ko’rmoq, yubormoq.
17-mashq. Qavs ichidagi so’zlardan kelasi zamon maqsad fe’li yasang, gaplarni ko’chirib yozing.
1.Ular o’zbek yozuvchilarining yangi asarlaridan parchalar (o’qimoq). 2.Bog’imizda o’zimiz har-xil mevali daraxtlar (yetishtirmoq). 3.Opam universitetning matematika fakultetiga (kirmoq). 4. Ukam shaxmat to’garagiga (yozilmoq). 5. Bugun yig’ilish (bo’lmoq).
18-mashq. Kelmoq fe’lini barcha zamon ikkinchi shaxs birlik shaklida qo’llab gaplar tuzing.
10-MAVZU. KELAJAK YOSHLAR QO’LIDA. MULTIMEDIA.YORDAMCHI SO’ZLAR
Yoshlar – kelajak poydevori
Yoshlarning har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyat egasi bo‘lib kamol topishida, ularning iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining ham hissasi katta bo‘lmoqda.
Orol bo‘yi yoshlarini Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishdek buyuk maqsadlar yo‘lida jipslashtirish, ularni el-yurtiga fidoiylik ruhida tarbiyalash, yoshlar qalbi va ongida o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar taxsinga sazovor– Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirdi. Faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, ularda Vatanga muhabbat, jasorat va fidoiylik fazilatlarini qaror toptirishga qaratilgan.
Ana shu maqsadda Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari mazmun-mohiyatini, unda bayon etilgan fikr-mulohazalarni chuqur o‘rganish, yoshlarni turli zararli oqimlar ta’siridan asrash, yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalashga harakat qilmoqdamiz. Xususan, yoshlarimizning huquqiy bilimini oshirish, Konstitutsiya va qonunchiligimizga oid tushunchalarini boyitish, ularning fuqarolik huquqi va burchini to‘la anglab yetishi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ko‘maklashish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilayotir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya, Ichki ishlar va Xalq ta’limi vazirliklari, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda tegishli reja va dasturlar ishlab chiqilib, ular asosida joylarda “Konstitutsiya – baxtimiz tayanchi”, “Mening fikrim”, “Huquq va burch” mavzularida davra suhbatlari, uchrashuvlar, viktorina va bilimdonlik bellashuvlari tashkil etilmoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani kuchaytirish, ijobiy an’ana va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ajdodlarimizning bebaho ma’naviy va madaniy merosini o‘rganish, asrab-avaylashga da’vat etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Orol bo‘yida har yili Navro‘z ayyomi arafasida “Milliy o‘yinlar festivali” o‘tkaziladi. Bunda yoshlar “Qasharmanto‘p”, “Langi”, “Besh tosh”, “Chullik”, “Doiraga tort”, “Ko‘zbog‘lash”, “O‘rtagatushish”, “Jambil”, “Asiq”, “Xo‘roz urishtirish”singari milliy o‘yinlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadilar.
Mahallalarda yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yoshlar ongida vatanparvarlik hissini kuchaytirish, el-yurt sha’nini ulug‘lash kabi oliyjanob fazilatlarni shakllantirish maqsadida yoshlar o‘rtasida “Qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Mahallam tarixini o‘rganaman” ko‘rik-tanlovi ham samarali natija bermoqda.
Yoshlarning manfaatlarini himoyalash, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini, bolalikdan nogiron o‘smirlarni otaliqqa olish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, hunar o‘rgatish va ish bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ehtiyojmand oilalarning farzandlari va jismoniy imkoniyati cheklangan bir yarim ming nafardan ziyod yoshlarga kasb o‘rgatildi.
Yoshlarning fan, texnika, axborot texnologiyalari, madaniyat, san’at, sport sohalarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritishiga puxta zamin yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish yo‘lida barcha imkoniyat va kuch-g‘ayratimizni safarbar etaveramiz.
Topshiriq: Matnni o’qing.Matnda ishtirok etgan yordamchi so’zlarni aniqlang.
Kelajak – yoshlar qo‘lida
Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, huquqiy bilim va madaniyatini yanada yuksaltirish, ongu shuurini turli zararli ta’sirlardan asrab-avaylash davlatimiz yuritayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridandir. Toshkent shahar hokimligi, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida poytaxtimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida o‘tkazilgan voyaga yetmagan yoshlar uchun ikki kunlik seminar-treninglarda bu jihatlar yana bir karra o‘z ifodasini topdi. Mazkur tadbirlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2010-yil 29-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati yoshlarga interfaol usullarda tushuntirildi.
Tadbirda mazkur qonun voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabablarni aniqlash va bartaraf etishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi. Turli vazirlik va idoralar, tashkilotlar hamkorligidagi ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa zarur profilaktik chora-tadbirlar bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirayotir. O‘smirlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va mazmunli tashkil etish yuzasidan qator ijtimoiy loyihalar, seminar-treninglar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Seminar-treninglar doirasida o‘quvchilar ijodiyot markazlari to‘garaklari faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazmalar, sport musobaqalari, konsertlar, muzeylar, teatrlar, ma’naviyat va ma’rifat maskanlari hamda Yoshlar ijod saroyiga sayohatlar tashkil etildi.
Multimådià
Multmådià (multimedia) àtàmàsi, “ko’p qà’vàtli muhit” mà’nîsini bildiràdi, multimådiàli tåõnîlîgiya esà bu dàsturli và tåõnik mîddiy tà’minît àsîsidà kîmpyutårdà bir vàqtning o’zidà màtnli tàsviriy àõbîrîtlàrni tîvushli-îvîzli, ràngli, hàràkàtgà kåltirilgàn hîldà ifîdàlàsh imkîniyati dåmàkdir. Hîzirgi kundà tilshunîslik fànlàrini o’rgànishdà birginà dàrslik, o’quv qo’llànmà và mà’ruzà màtnlàri bilàn chåklànmàsdàn shu fàn sîhàlàrigà îid multimådiàli yoki ànimàtsiyali o’quv ko’rsàtuvlàr và elåktrîn dàrsliklàr yaràtish tilshunîslik sîhàlàrini chuqurrîq o’rgànish uchun àniq imkîniyatlàrni vujudgà kåltiràdi. Bu esà tàlàbàlàrning tilshunîslik fànlàrigà bo’lgàn ilmiy sàlîhiyatini, fàngà bo’lgàn qiziqishini îshirishgà kàttà yordàm båràdi.
Shuning uchun “Tilning kålib chiqishi”, “Tillàrning gånåàlîgik tàsnifi”, “Tillàrning mîrfîlîgik tàsnifi”, “Turkiy õàlqlàr và turkiy tillàr” singàri tilshunîslikkà dîir qàtîr màvzulàrni pishiq-puõtà o’rgànib, ànà shundàn kåyin ànà shu màvzulàrni o’tishgà dîir elåktrîn yoki multimådiàli dàrsliklàr yaràtish lîzim bo’làdi. Tilshunîslik fànlàrini o’tish bo’yichà to’plàngàn ilg’îr tàjribà và kuzàtishlàr shuni ko’rsàtàdiki, tilshunîslik sîhàlàrigà dîir yaràtilàdigàn elåktrîn dàrsliklàr sîddà, tushunàrli và, eng muhimi, ilmiy-îmmàbîp õàràktårgà ega bo’lishi kåràk. Shu o’rindà kîmpyutår tåõnîlîgiyasi yordàmidà izchil và muntàzàm ràvishdà ishlàngàn elåktrîn dàrsliklàr tilshunîslik sîhàlàri bo’yichà tàlàbàlàrning bilim dîiràsini kångàytirishdà yaõshi nàtijà båràdi.
Àyniqsà tàlàbàlàrimiz “Turkiy filîlîgiyagà kirish” fànidàn “Turkiy tillàrning tàsnifi”, “Turkiy tillàrning Rîssiyadà o’rgànilishi”, “Mîskvà, Qîzîn, Påtårburg turkiyshunîslik màktàblàri”, “Turkiy tillàrning Yevrîpàdà o’rgànilishi” kàbi màvzulàrgà îid bilim và ko’nikmàlàrni egàllàshdà kàfådràdà shu fàn bo’yichà yaràtilgàn elåktrîn dàrslik màtåriàllàrigà tåz-tåz murîjààt qilmîqdàlàr.
Tilshunîslik bo’yichà yaràtilàyotgàn elåktrîn và multimådiàli dàrsliklàrdà til birliklàri (nutq tîvushi, o’zàk, mîrfåmà, so’z, so’z birikmàsi và gàp kàbi) ning àsîsiy ko’rinishlàri îbràzli qilib, ekràngà chiqàrilishi, ulàrning mîhiyat và màzmuni muàmmîli bo’lishi lîzim. Tilshunîslikkà îid hàr qàndày elåktrîn dàrslikning àsîsiy màqsàdi tàlàbàlàrdà lingvistik tushunchàlàrni shàkllàntirish và to’ldirishgà yo’nàltirilgàn bo’lishi zàrur.
Shu o’rindà, bizningchà, tilshunîslik bo’yichà mà’ruzà dàrslàrini o’tish bilàn birgàlikdà til bo’yichà àmàliyot dàrslàrini ko’prîq kîmpyutår tåõnîlîgiyalàri yordàmidà o’tish màqsàdgà muvîfiq bo’làrdi. Chunki “Tillàr tàsnifi”, “Tillàr và õàlqlàr” singàri màvzulàr bo’yichà àmàliyot dàrslàrini o’tish vàqtidà Autocad, Fotoshop, Excel và bîshqà dàsturlàr yordàmidà tilshunîslik, tillàrning sîsiîlingvistik tàvsifigà îid îlingàn yangi mà’lumîtlàrni tàhlil qilish và qàytà yaràtish imkîniyatlàridàn kång fîydàlànish mumkin bo’làdi.
Buning nàtijàsidà tàlàbàlàr jàhîndà tillàrning gåîgràfik tàrqàlishi, àyrim tillàrning ikki yoki undàn îrtiq màmlàkàtlàr uchun ràsmiy dàvlàt tili (ingliz tili, nåmis tili, frànsuz tili, ispàn tili kàbilàr) và Kubà, Àvstriya, Àvstràliya, ÀQSH, Kànàdà kàbi màmlàkàtlàrdà bîshqà õàlqlàrning tillàri milliy til sifàtidà õizmàt qilàyotgànligi kàbi muhim mà’lumîtlàrni kîmpyutår îrqàli tîpib àniqlàydilàr, shu àsîsdà jàhîndà slàvyan, erîn, rîmàn, gårmàn, turkiy, îltîy tillàrining tàrqàlishi, bu tillàrdà gàplàshuvchi àhîli sîni to’g’risidàgi mà’lumîtlàrni Excel dàsturi îrqàli diàgràmmà shàklidà yaràtish imkîniyatigà egà bo’làdilàr.
Ko’makchilar
1. Gapda otdan keyin kelib, ularning boshqaruv yo’li bilan tobelanishini ta’minlaydi; lug’aviy ma’noga ega emas.
2. Ko’makchili so’z fe’l tomonidan boshqariladi.
3. Ko’makchi o’zi bog’langan ot bilan birga gap bo’lagi bo’ladi:
a) Ovqatni do’stim bilan yedim - to’ldiruvchi;
b) Ovqatni ishtaxa bilan yedim – xol.
4. Turlari:
a) asl ko’makchilar: bilan, uchun, singari, kabi, sayin, sari, uzra;
b) ko’makchi vazifasidagi so’zlar: tomon, tashqari, haqida, misoli, keyin, so’ng, avval, ko’ra, yarasha, qarab, tortib, qaraganda.
5. Ko’makchilaring modal ma’no ifodalashi;
a) vosita: qalam bilan, xassa bilan;
b) maqsad: o’qish uchun, mehmon uchun;
v) sabab: ingichka bo’lgani uchun;
g) atash: Salima uchun;
d)davomiylik: kun bo’yi, yil sayin.
e) o’xshatish (qiyos): uyalgan kabi, nokka qaraganda;
y)yo’nalish: uy tomon, uyga qarab;
j) taxmin: bir soat chamasi.
6. Ko’makchilar bir-biri bilan (ukam kabi-ukam singari) va kelishiklar bilan (ukamga-ukam uchun) sinonimlik xosil qiladi: bilan, uchun ko’makchilari badiiy nutqda qisqarib keladi: biz-da, siz-uchun.
Bog’lovchilar
1. Uyushgan bo’laklar va qo’shma gaplarni bog’laydi.
2. Morfologik jixatdan o’zgarmaydi.
3. Bog’lanish jarayonida turli munosabat ifodalanadi.
4. Qo’llanishiga ko’ra 2 xil:
a) yakka bog’lovchilar: va, xamda, yo, yoki, ammo, lekin, biroq;
b) takror bog’lovchilar: goh… goh, dam… dam, ba’zan… ba’zan, yo… yo.
5. Vazifasiga ko’ra 2 xil:
a) teng bog’lovchilar: va, ammo, goh… goh;
b) ergashtiruvchi bog’lovchilar: chunki, -ki, shuning uchun.
6. Teng bog’lovchilar ma’nosiga ko’ra 3 xil:
a) biriktiruv: va, hamda, (-u, -yu, -da, bilan);
b) zidlov: ammo, lekin, biroq, balki, (-u, -yu, yuklamalari);
v) ayiruv: yo…yo, yoki, goh… goh, dam… dam, ba’zan… ba’zan, ham… ham, bir… bir hoh… hoh.
7. Ergashtiruvchi bog’lovchilar ma’nosiga ko’ra 4 xil:
a) aniqlov: ya’ni, -ki, -kim;
b) sabab: chunki, shuning uchun, negaki;
v) shart: agar, agarda, basharti, mabodo;
g) solishtiruv: go’yo, go’yoki.
8. Teng bog’lovchilar uyushiq bo’laklar va bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lashga xizmat qiladi.
9. Ergashtiruvchi bog’lovchilar faqat tobe-hokim munosabatli (ergashgan) qo’shma gap qismlarini bog’laydi.
Yuklamalar
1. So’z yoki gapga qo’shimcha ma’no beradi.
2. Yuklamalar so’z (xatto, faqat, axir, xuddi, ham)va affiks (-gina, -kina, -qina, -oq, -yoq, -mi, -chi, -a, -ya,-ki, -dir, -da, -ku) shaklida bo’ladi;
3. –gina, -kina, -qina, -oq, -yoq, -mi,-dir so’zga qo’shilib yoziladi;
4. –a, -ya, -da, -ku, -chi chiziqcha bilan ajratib yoziladi;
5. –y, (-yu) juft so’z orasida so’zga qo’shilib, qo’shma gapda chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
6. Turlari:
a) so’roq va taajjub yuklamasi:-mi, -chi, -a, -ya: Sizni-ya? Sizni so’rashdimi?
b) kuchaytiruv va ta’qid yuklamasi: -ku, -u, -yu, -da, -e, -oq, -yoq, -ki, -axir,xatto, naxot, naxotki, xattoki, xam; Senmisan-e? Xatto kelmadilar;
v) ayiruv-chegaralov yuklamasi: -gina, -kina, -qina, faqat, faqatgina, yolg’iz(ham sifat); Faqatgina u xolos. Yolg’iz u keldi;
g) aniqlov yuklamasi: xuddi, naq; Naq balolarga qolaman-a;
d) gumon yuklamasi: -dir; Kimdir eshikni taqillatdi;
e) inkor yuklamasi: na… na; Na u, na men bir so’z deyolmadik.
Modal so’zlar
Morfologik belgisi
1. Morfologik jixatdan o’zgarmaydi.
2. Qisman so’z o’zgartiruvchi qo’shimchani oladi: borini.
3. Morfemga ajralmaydi.
4. Yasalish uchun asos bo’ladi: keragicha, yo’qchilik, yolg’iz, yo’qla, zaruriy, borlik.
5.Bor-yo’q so’zlari juftlashib ot, yuklama (faqat) xosil qilgan.
Sintaktik belgisi
1. Bor, yo’q so’zlari ega, kesim va boshqa bo’lak kela oladi: Bor-boricha, yo’q-xolicha.
2. Aksariyat kirish so’z bo’ladi.
3. Kerak, zarur, lozim, darkor so’zlari kesim tarkibiga kiradi yoki kesim bo’ladi: Bizga o’yin kerak.
4. So’z-gap bo’lib keladi: -Borasizmi, -Yo’q, -Mayli, ishingizni qiling.
Modal so’zlarning ma’nolari:
1. Sof modal so’zlar: bor, yo’q, kerak, lozim, darkor, zarur.
2. Boshqa turkumdan o’sib chiqqan modal so’zlar: aftidan, xaqiqatdan, extimol, darxaqiqat, chamasi, mazmuni, to’g’ri, yaxshi,tabiiy, shubxasiz, so’zsiz, bor, yo’q, essiz, albatta, ajabo, chiqar, bo’pti, demak, o’z-o’zidan, balki.
3. Modal so’zlar quyidagi ma’nolarni anglatadi:
a) fikrning aniqligi: albatta, shubxasiz, xaqiqatdan, o’z-o’zidan, tabiiy, darxaqiqat;
b) gumon, noaniqlikni: extimol, chiqar, balki, hoynahoy, chog’I, aftidan, mazmuni, chamasi, har qalay;
v) maqsad, talab, shart: kerak, lozim, zarur, darkor;
g) mavjudlikva tasdiq: bor, mayli, ho’p, to’g’ri, tuzuk, yaxshi;
d) mavjud emaslik, inkor, e’tirozni: yo’q;
e) ma’qullashni va ta’kidni: durust, bo’pti, mayli;
y) yakunlashni: demak, xullas, modomiki;
j) eslatishni: darvoqe, aytganday, aytmoqchi;
z) achinish, taassufni: afsus, attang, essiz.
4. Xar bir guruhdagi modal so’zlar o’zaro sinonim bo’ladi: chog’i, chamasi, mazmuni, aftidan, ehtimol.
Undovlar
1. Undov so’zlar so’zlovchining his-hayajoni, buyruq-istagi, ta’kid va javobini ifodalaydigan so’zlardir.
2. Gap bo’laklari bilan grammatik bog’lanmaydi, ya’ni gap bo’lagi bo’la olmaydi.
3. O’zicha ayrim gap (Salom!) bo’lib keladi.
4. Undovlar yasalmaydi, yasalish uchun asos bo’la oladi: uxla, salomlash, dodla.
5. Undovlar demoq fe’li bilan kelganda, qo’shtirnoqqa olinadi: U <<oh>> deb yubordi.
6. Undovlar otlashadi va har xil gap bo’lagi bo’la oladi: Kim ohimga quloq tutadi?
7. Undov undalma bo’lib keladi: Hoy, sizga nima bo’ladi?
8. Turlari:
a) His-hayajon undovlari: eh, oh, ux, hm, be, ho, he, e, uf, tuf, dod, voy, hah, obbo, ura, o’xo’, e-ha, e-he, i-i, ie, ofarin, salom, balli, allo, ana, mana;
b) Haydash-chaqirish undovlari: mah, hoy, mah-mah, mosh-mosh, chuh, chuh-chuh, beh-beh-beh, dirr, ho’sh, ho’o’k, quray-quray.
Izoh: Barcha etiket so’zlar undov bo’ladi: salom, xayr, assalomu alaykum,rahmat, va alaykum assalom, balli, xormang, barakalla, qani, bas, ofarin.
Taqlid so’zlar
1. Turli tovush, sharpa, harakatning obrazi bo’lgan so’zlar.
2. Taqlid so’zlar morfologik jihatdan o’zgarmaydi.
3. Taqlid so’zlar yasalmaydi, yasalish uchun asos bo’ladi: asosan fe’l (yaltira) va ot (qarsak), ba’zan sifat ( po’rsildoq) yasaladi.
4. Taqlid so’zlar gapda aniqlovchi va hol bo’ladi: Boltaning tak-tak ovozi eshitiladi. Shaftoli duv-duv to’kiladi.
5. Otlashganda ega va to’ldiruvchi bo’ladi. Qamishzorning shitir-shitiri sukunatni buzadi. Taq-tuqingni yig’ishtir!
6. Turlari:
a) Tovushga taqlid: taq,taq-tuq, qars, qars-qurs, duk-duk, shaqir-shuqur, vish-vish, gumbur, darang, tars-turs, jiz, jingpiq-piq, g’iyq, g’arch, tars, miyov, vov, maa, g’aq;
b) Holatga taqlid: dikir-dikir, lip, lip-lip, yalt, yalt-yult, g’in, lim-lim, bij-bij, lik-lik, yarq, g’ir-g’ir, hinna, lapang-lapang, apil-tapil, ding, pirr, ship.
1-mashq. Gaplarni o’zbek tiliga tarjima qiling.
1.Êàðèì è Íàçèð ó÷àòñÿ â îäíîé ãðóïïå. 2. Õîäèòü áûëî òðóäíî, òàê êàê øåë äîæäü. 3. Íå ñåòóéòå íà æèçíü, èáî îíà ïîëíà òðåâîã è çàáîò. 4. Òî øåë ñíåã, òî ïåðåõîäèë â äîæäü. 5. Ñåãîäíÿ äåæóðÿò Èêáîë è Ñàèäà.
2-mashq.Gaplar ichida kelayotgan bog’lovchilarni izohlang.
Quvnoq va sho’x kuylarga boydir go’zal vatanim.Keyin Salima va oyisi mezbonlar bilan xayrlashib uylariga qaytishdi.O’zi uddaburon, qo’rqmas,biroq o’qishda mazasi yo’qroq.Tanalaridek ozgina namlik bilan ularga hayot baxsh eta boshlashdi,ammo kunlar o’tgan sari bargchalar kattalashib,ko’proq suv, ko’proq oziq-ovqat so’ray boshlashdi.
3-mashq.
Suhbat
-Shahrimizdagi qaysi muzeylarni bilasiz?
-Men Temuriylar tarixi muzeyi, Olimpiya shuhrati muzeyi, O’zbekiston xalqlari muzeyi, San’at muzeyi, Shahidlar xotirasi maydonidagi muzeylarni bilaman.
-Uy-muzeylardan-chi?
-O’rol Tansiqboyev, Muxtor Ashrafiy, Oybek uy-muzeylarida bo’lganman.
-Ular sizda qanday taassurot qoldirgan?
-Har gal muzeyga borganimda xalqimizning boy tarixi va madaniyatidan iftixor tuyg’usini xis etaman.Qolaversa, uning me’moriy yechimini, ayniqsa istiqlol yillarida qurilgan muzeylarning ko’rkamligidan lol qolaman.
4-mashq. Ikki guruhga bo’lining.Birinchi guruh va, ammo, lekin, biroq bog’lovchilari yordamida gap tuzsin.Ikkinchi guruh esa gap ichida chunki, shuning uchun, shu sababli bog’lovchilarini qo’llasin.
5-mashq. Ko’makchilar ishtirokida gaplar tuzing.
Kabi, qaramay, burun, keyin, so’ng, ichida, oldida, yonida.
6-mashq.Ko’makchilar o’rniga kelishik qo’shimchalardan mosini qo’ying.Gap ma’nosida qanday o’zgarish sodir bo’layotganini ayting.
1.Onam (uchun,-ga) salom berdim. 2.Mustaqillik (haqida, -dan) gaplashdik. 3.Maktab (tomon,-ga) qarab jo’nadim. 4.Oynai jahon (orqali,-dan) eshitdik.
7-mashq.Tushurib qoldirilgan ko’makchilarni o’rniga qo’yib,gaplarni ko’chiring.
Mustaqillik … xalqimizning turmushi o’zgaradi.Hamma Vatan, yurt … o’zining kerakligini anglab yeta boshladi.Istiqlol … gap ketsa,o’z fikrini bemalol ayta oladigan bo’ldi.
8-mashq.O’zbek tiliga tarjima qiling.
1.Òàõèð óøåë âìåñòå ñ Áàáóðîì. 2.Íå ñìîòðÿ íà äîæäü ñòàäèîí áûë ïîëîí áîëåëüùèêàìè. 3.Ìíå òðóäíî ïèñàòü ÷åðíèëàìè, ëó÷øå íàïèøó àâòîðó÷êîé. 4.Êàê òîëüêî ÿ ïðèøåë äîìîé, ìàòü ïðèãîòîâèëà óæèí. 5.Òàê êàê áûëî ïàñìóðíî, ìû îòëîæèëè ïîåçäêó â ãîðû.
9-mashq. Matnni o’qib, yuklamalarni va boshqa yordamchi so’zlarni toping. Ularning gapga qanday ma’no berayotganligini aniqlang.
Bobom g’alatilar-da. Ko’p gapiradigan kishini hech yoqtirmaydilar. O’zlariyam juda qarib qolganlar. Bug’doyrang, cho’tir yuzlarini ajin bosgan, soqollari oppoq, lekin sira tinchimaydilar, qachon qarama biron ish qilib turadilar.
10-mashq. –mi, -chi, -a, -da, hatto, faqat, -gina, -u yuklamalari ishtirokida gaplar tuzing. Ularni daftaringizga ko’chirib yozing.
11-mashq. Nuqtalar o’rniga tegishli yuklamalarni qo’yib, gaplarni ko’chiring.
1. Agar qarshi bo’lmasalaring, menda bir taklif bor, - dedi Jovli. – Ertaga qishloqni bir boshidan titkilab chiqsak...? – Ol...! (N.Norqobulov) 2. Bunisini ko’ring... ! – dedi jajji, chamandagul do’ppini dadamga uzatib. (O’.Õoshimov) 3. Ikkisi ham birdan: - Besh...? – deb so’radi. – Shunaqaga o’xshaydi...? – dedim men. Oyim peshonamdan o’pdi. (O.Yoqubov).
12-mashq. O’zbek tiliga tarjima qiling.
1. À òû, òû – òî î ÷åì äóìàë? 2. Òóò æå ïðèåõàëà ìàøèíà ñêîðîé ïîìîùè. 3. Âåä ìû ñ òîáîé íå âñòðå÷àëèñü öåëûé ãîä! 4. Äàæå ëåòîì îí íå ñíèìàë ñ ãîëîâû ñâîþ øàïêó. 5. Íàêîíåö-òî ÿ óâèäåë òåáÿ!
13-mashq. Gaplarni rus tiliga tarjima qiling.
1. Shu ham ish bo’ldi-yu. 2. O’tgan kuni xuddi shu yerda majlis qilindi. 3. Òog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi. 4. Sizni ranjitib qo’ymadimmi? 5. Seni bir dam tutmoqqa endi, na haqqim bor, na huquqim bor. 6. Men-ku bundan bexabar edim, sen-chi? 7. Ertagayoq Marg’ilonga jo’naymiz.
11-MAVZU. YETUK MUTAXASSIS BO’LAMAN
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TARAQQIY ETISH BOSQICHLARI
SINTAKSIS.GAPDA SO’Z TARTIBI
Axborot texnologiyalari taraqqiy etishining asosiy bosqichlari va rivojlanish tendensiyasi
XIX asrning ikkinchi yarmigacha “qo`l” axborot texnologiyasi rivojlangan bo`lib, uning asosini pero, siyohdon va buxgalteriya daftari tashkil etgan. Kommunikatsiya (aloqa) paket (rasmiy xujjatlar solingan konvert) yuborish orqali amalga oshirilar edi.
“Qo`l” axborot texnologiyasi o`rniga XIX asr oxirida “mexanik” texnologiya kirib keldi. Yozuv mashinasi, telefon, diktafonning kashf etilishi, jamoa pochtasi tizimining takomillashuvi – bular bari avvaliga axborotni qayta ishlash texnologiyasida, so`ng ish mahsuldorligida sezilarli o`zgarishlar yuz berishiga zamin bo`ldi.
XX asrning 40 - 60–yillarida “elektr” texnologiyasi paydo bo`lib, u yechib almashtiriladigan elementlarga ega elektr yozuv mashinkalari, oddiy qog`ozdan foydalanuvchi nusxa ko`chirish mashinasi, portativ diktafonlardan iborat edi.
60-yillarning ikkinchi yarmidan esa “elektron (yoki kompyuter)” texnologiyasi yuzaga kela boshladi va axborotni shaklini emas, mazmunini o`zgartirishga urg`u berila boshlandi.
Axborot texnologiyasining keyingi taraqqiyoti asosan kommunikatsiya vositalari bilan bog`liq.
Xorijiy mutaxassislar axborot texnologiyalari rivojlanishiing beshta asosiy tendensiyasini ajratib ko`rsatadi:
1. Axborot mahsulotlarining murakkablashuvi. Axborot vositasi ko`rinishidagi axborot mahsuloti, ekspert ta`minoti xizmatining ma`lumotlar bazasi strategik ahamiyat kasb eta boradi. Turli shakldagi (nutq, ma`lumot, tasvir) axborot mahsulotlari eshitish, ko`rish va anglash uchun foydalanuvchining talabiga ko`ra ishlab chiqiladi hamda unga qulay vaqtda va shaklda mahsulotni yetkazib berish vositasi mavjud bo`ladi.
2. Birgalikda harakat qilish qobiliyati. Axborot mahsulotining ahamiyati oshib borishi bilan mazkur mahsulotlarni kompyuter va inson yoki axborot tizimlari o`rtasida ideal tarzda almashuvini o`tkazish imkoniyati ilg`or texnologik muammo kasb etadi.
3. Oraliq bo`g`inlarni tugatish. Birgalikda harakatlanish qobiliyatining rivojlanishi axborot mahsulotlari almashish jarayonining takomillashuviga, so`ngra, axborot manbai yo`lidan iste`molchiga qarab oraliq bo`g`inlar tugatiladi.
4. Globallashtirish. Tashkilot yo`ldosh aloqa va Internet tarmog`ida foydalanib axborot texnologiyalari yordamida hohlagan joyda va xohlagan paytda ish olib borish mumkin.
5. Konvergensiya (uyg`unlashish). Konvergensiya AATning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirigi bosqichi sifatida ko`rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o`rtisidagi farq yo`qoladi.
EDISON TOMAS ALVA
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo va fizikaga oid kitoblarni sevardi.
Ilmiy jurnallardan birining muharriri xonasiga baland bo‘yli kishi kirib, yozuv stoli ustiga mo‘jazgina apparatni qo‘ydi:
— Janob, yangi ixtiro bilan tanishishni istaysizmi?
Ixtirochi shunday deb apparatning dastasini aylantira boshlagan edi, apparatdan yoqimli bolalar qo‘shig‘i eshitila boshladi. Muharrir hayratdan orqaga tisarildi. Bu ixtirochi – Tomas Edison edi. Ertasi kuni gazetalar «Menloparklik sehrgar»ning yangi g‘alati ixtirosi haqida xabar qildi. Ixtirochining Nyu-York (AQSH) yaqinidagi — Menloparkdagi laboratoriyasiga odamlar to‘da-to‘da bo‘lib kela boshladi. Tovushni yozib olish va uni qayta eshittirish uchunEdison ixtiro etgan apparat yaratilgan davrda insonning ovozini yozib olib, qayta eshittirish hali hech kimning xayoliga ham kelmagan edi. Bu apparat barcha grammofonlar, patefonlarning ajdodi, magnitofon va ovozli kinoning «bobosi» edi. Tovushni yozib olish hayotga ana shu yo‘sinda kirib keldi. Bu voqea 1877-yilda sodir bo‘lgan edi.
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo va fizikaga oid kitoblarni sevardi. U kitoblarni shunchaki o‘qib qo‘ya qolmas, balki kitobdan olgan bilimlarini tajribada tekshirib ko‘rishga harakat qilardi. Tajriba o‘tkazish uchun mablag‘ kerak edi, shu boisdan yosh Edison poyezdlarda gazeta sotuvchi bo‘lib ishladi. Poyezdning bagaj vagonida laboratoriya jihozlab, u yerda tajribalar o‘tkazdi.
Keyinchalik Edison telegraf ishini o‘rganib, telegrafchi bo‘lib oldi. Yigitcha bo‘sh vaqtini va pulini, asosan kitob, asbob-uskunalar, kimyo preparatlari uchun sarfladi. Tez orada Edison AQSH Kongressidagi ovozlarning avtomatik hisoblagichini ixtiro etdi. Bu aqlli va murakkab mashina hech kimni qiziqtirmadi. Ikkinchi ixtiro muvaffaqiyatliroq bo‘lib chiqdi. Bu birjadagi aksiyalar kursini uzoqqa uzatishga mo‘ljallangan telegraf apparati edi.Edisonbu apparat uchun katta pul oldi. Tez orada u Menloparkdan yer sotib olib, u yerda laboratoriya tashkil etdi va o‘zini butunlay ixtirochilikka bag‘ishladi.
Edison rus ixtirochisi A. N. Lodiginning cho‘g‘lanma lampasini takomillashtirdi, unga patron o‘ylab topdi, yoqib-o‘chirgichni, elektr energiya hisoblagichni, o‘tkazgichlar tizimini yaratdi. Ajoyib ixtirochi elektr stansiyalar uchun o‘sha davrning eng kuchli generatorlarini yasadi.
Edison telegrafni ham takomillashtirdi. U bir juft sim orqali bir yo‘la ikkita yoki hatto to‘rtta telegramma yuborish usulini ixtiro qildi.Edisontelefonni ham takomillashtirib, gaplashish chog‘ida ovozning baland, aniq va tiniq bo‘lishiga erishdi. Edison qamrovi keng ixtirochi edi. U dunyoda birinchi elektr temir yo‘lni qurdi, ishqorli akkumulyatorni ixtiro qildi, temir rudalarini boyitish usulini ishlab chiqdi.
Edison1882-yili dunyoda birinchi marta ko‘pchilik foydalanadigan elektr stansiyasini ishga tushirdi. Shu davrda Tomas Edison temir yo‘llarni elektrlashtirish tajribalarini oxiriga yetkazdi.
Edison AQSH va Yevropada o‘zi tomonidan qurilgan elektr stansiyalarini ishlatish, turli elektr asboblari, apparatlar va mashinalarni ishlab chiqarish va sotish, cho‘g‘lanma lampa tayyorlash va sotish bo‘yicha ulkan savdo operatsiyalarini amalga oshirdi. 1887-yildan umrining oxirigacha Edison Uest-Oranj shahrida yashadi. Bu paytda u yirik korxonalar egasi edi.Edison temir yo‘l tormozi hamda kinetoskopni ixtiro etdi (1887), fonografni (1889) hamda kinoga olish kamerasini takomillashtirdi, quyma beton uylarni qurish, sement ishlab chiqarish usullarini ishlab chiqdi.
Tomas Edison jahonga Amerikaning buyuk elektrotexnigi, ixtirochisi, shuningdek bir qancha yirik elektrotexnika korxonalari va kompaniyalari asoschisi sifatida tanildi. Endi uning asarlari butun insoniyat mulkiga aylangan.
Popov Aleksandr Stepanovich
(1859 – 1906)
Popov o‘z do‘sti va yordamchisi Pyotr Nikolayevich Ribkin bilan birga laboratoriyada uzoq ishlardi. Ular yuzlab har xil rezonatorlar tayyorlashdi. Nihoyat, elektr qo‘ng‘iroqli asbob yasaldi. Yaqin joyda elektr uchquni chaqnagudek bo‘lsa, har gal qattiq va aniq qo‘ng‘iroq chalinardi. Chaqmoqni esa 30 kilometr masofadan sezardi. Shu boisdan Popov o‘zi yasagan bu asbobni momaqaldiroqni qayd etuvchi deb atadi.
Har kuni ertalab turib, radio qulog‘ini buraysiz, nonushta qilib o‘tirib, «Kelajak tongi» eshittirishini tinglab, keyin maktabga yo‘l olasiz. Radioning kashfiyotchisi rus olimi Aleksandr Stepanovich Popov bo‘lgan. U bolaligidan texnikaga qiziqdi, qo‘lbola nasos, suv tegirmonlari yasadi. Hamisha o‘ziga xos yangi narsa o‘ylab topishga urinar edi. Bir kuni toshli oddiy soatni elektr budilnikka aylantirdi. Bu elektr asbob kerak mahalda yaxshi jiringlab, ba’zan «itoatdan bosh tortar edi»: agar yaqin orada chaqmoq uchqunlari chaqnasa, qo‘ng‘iroq chalinar edi. Bu hodisaning sababini o‘sha paytda faqat gimnazist Sasha Popovgina emas, balki fizik olimlar ham aytib bera olmas edilar.
1888-yilda A. S. Popov nemis olimi Genrix Gersning «Elektr kuchi nurlari to‘g‘risida»gi maqolasini o‘qidi. Gers elektr uchqunidan ko‘zga ko‘rinmaydigan nurlar (endilikda biz ularni radioto‘lqinlar deb ataymiz) tarqaladi, deb yozgan edi. Rezonator deb ataluvchi alohida asbob ana shu nurlarni bir necha metr masofadan qabul qilardi. Elektr uchquni ajralib chiqishi bilanoq rezonatorda uchqun yalt etib ketardi. Popov Gersning tajribalarini takrorladi. Ammo rezonatordagi uchqun nihoyatda kichik, zaif edi. Uni xonadagi chiroqni o‘chirib, kattalashtirib beruvchi oyna orqali ko‘rishga to‘g‘ri kelardi.
Popov Gers rezonatorini takomillashtirishga ahd qildi. U bu ishga bir necha yil umrini bag‘ishladi. Qariyb har kuni kechqurun dengiz ofitserlari bilan mashg‘ulotini tugatgach (ularni elektrotexnikaga o‘rgatar edi), Popov o‘z do‘sti va yordamchisi Pyotr Nikolayevich Ribkin bilan birga laboratoriyada uzoq ishlardi. Ular yuzlab har xil rezonatorlar tayyorlashdi.
Nihoyat, elektr qo‘ng‘iroqli asbob yasaldi. Yaqin joyda elektr uchquni chaqnagudek bo‘lsa, har gal qattiq va aniq qo‘ng‘iroq chalinardi. Chaqmoqni esa 30 kilometr masofadan sezardi. Shu boisdan Popov o‘zi yasagan bu asbobni momaqaldiroqni qayd etuvchi deb atadi. Axir, u vaqtda «radio-priyomnik» degan so‘z hali yo‘q edi-da.
1895-yil 7-mayda Popov Rus fizika-kimyo jamiyatining majlisida o‘zi yasagan asbobni namoyish qildi. Lol qolgan tomoshabinlar ko‘zi oldida dunyoda birinchi radiopriyomnik dastlabki simsiz telegrammani qabul qildi. U ma’lumotni qo‘ng‘iroq yordamida qabul qildi, bunda qo‘ng‘iroq jiringlab, telegraf alifbesining tire va nuqtalarini xabar qildi.
Oradan bir yil o‘tgach, Popov uzatkichni takomillashtirdi va telegrammani simsiz 600 metr masofaga, ikki yildan keyin esa 11 kilometrga, keyin 45 kilometr masofaga uzatdi, 1901-yilda kema sharoitida radioaloqa masofasini 148 – 150 kilometrga uzaytirdi.
Umrining so‘nggi yillarida A. S. Popov Peterburg elektrotexnika institutida fizika bo‘yicha professor va institut direktori bo‘lib ishladi. Uchqunli radio uzatkich va qabul qilish qurilmasini ishlab chiqib, darhol dengiz flotida simsiz telegrafni qo‘llay boshladi va 1900 yilning yanvarida Boltiq dengizida katta muz parchasida 27 baliqchi oqib ketganda radio orqali buyruq olgan «Yermak» muzyorari ularga yordamga chiqdi. Odamlarni qutqarish ishlarida A.S. Popovning radioaloqa asboblaridan foydalanildi. Bu Popov va uning shogirdlari yaratgan yangi aloqa turining birinchi katta g‘alabasi bo‘ldi.
Sintaksis
1. Sintaksis <<tuzish>> degani: sintaksis punktuatsiya bilan chambarchas bog’liq: Abay oq, yolli otga mindi- Abay oq yolli otga mindi.
2. Tnish belgi o’z o’rnida ishlatilmasa, gapning mazmuni ham, sintaktik tuzilishi ham o’zgaradi. Uni go’sht, konserva bilan mehmon qildi - Uni go’sht konserva bilan mehmon qildi.
So’z qo’shilmasi
1. Mustaqil so’zlar mazmun va grammatik jihatdan birikib, so’z qo’shilmasini xosil qiladi: go’zallik va yaxshilik, oyning o’rtog’i, kuzgi shamol, zavq bilan kuylamoq.
2. Teng bog’lanishda uyushiq bo’lak xosil bo’ladi: inson va zamon; kuldi-yu indamadi.
3. Tobe bog’lanish so’z birikmasini xosil qiladi: ukamning kitobi, ishtaxa bilan yemoq, zangori gilam.
So’z birikmalari
1. Ikki va undan ortiq mustaqil so’zning ma’no va grammatik jihatdan tobelanishdan so’z birikmasi xosil bo’ladi.
2. So’z birikmasida bosh va ergash so’z bo’ladi.
a) Bosh so’z – ma’nosi izohlanayotgan so’z;
b) Ergash so’z – ma’noni izohlayotgan so’z.
5. Agar inversiya bo’lmasa; so’z birikmasida bosh so’z ergash so’zdan so’ng joylashadi: shudring tomchilari, murakkab test, xonani tozalamoq.
So’z birikmasi va gap
1. So’z birikmasi (odatda) tobe+hokim so’z bo’lib:
a) notugal fikr bo’ladi;
b) notugal ohangga ega bo’ladi: go’zal hayot.
2. Gap (odatda) hokim+tobe so’z bo’lib:
a) tugal fikr bildiradi;
b) tugal ohang bilan aytiladi: Hayot go’zal.
Gapda so’zlarning o’zaro sintaktik munosabati
1. Qo’shimchalar, yordamchi so’zlar, so’z tartibi, pauza, logik urg’u sintaktik munosabat xosil qiladi.
2. Osmonda yuduzlar chamani porlaydi gapida so’zlar –da, -i, -di, qo’shimchalar orqali sintaktik munosabat xosil qiling
Gap
1. Gapning 4 belgisi:
a) muomalaning eng kichik birligi;
b) nisbiy tugal fikrni ifodalaydi;
v) grammatik shakllangan bo’ladi;
g) tugallangan ohang bilan aytiladi;
2. Gap tuzilishga ko’ra sodda va qo’shma bo’ladi:
a) Sodda gap – bir fikrni ifodalaydi, boshqa gaplarga bo’linmaydi: Quyosh charaqlab chiqdi;
b) Qo’shma gap – kamida ikki fikr qo’shilib, bir butunlikni hosil qiladi (yoki kamida ikkita sodda gapning qo’shiluvchi) Quyosh charaqlab chiqdi va cho’lda hayot qaynadi.
Gap bo’laklari
1. Bosh bo’laklar: ega, kesim.
2. Ikkinchi darajali bo’laklar: to’ldiruvchi, aniqlovchi, xol.
Gap bo’laklariga beriladigan so’roqlar
1. Egaga: kim? nima? kimlar? nimalar? qayer?
2. Kesimga:
a) fe’l-kesim: nima qildi? nima qilyapti? nima qilmoqchi? So’roqning shakllari.
b) ot-kesim: kim(u)? nima(u)? qandaydir? qachondir? nechtadir? qayerdir? (u) nechta?
3. Aniqlovchiga:
a) sifatlovchi – aniqlovchi: qanday? qanaqa? qaysi? necha? nechanchi? qayerdagi?
b) qaratqich aniqlovchi: kimning? nimaning? qayerning?
4. To’ldiruvchiga:
a) vositasiz to’ldiruvchi: kimni? nimani?
b) vositali to’ldiruvchi : kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? kim bilan? nima bilan? kim uchun? nima uchun? kim kabi? nima kabi? kim sari? nima sari? kim orqali? nima orqali? va b.
5. Holga:
a) vaziyat (tarz, ravish) holi: qanday? qay tarzda? qay vaziyatda? qay ravishda?
b) o’rin holi: qayerda? qayerdan? qayerga?
v) payt holi: qachon? qachondan? qachongacha? qachondan beri? qay vaqttan buyon? qay vaqt?
g) miqdor holi: qancha? qanchalab? nechalab? necha martta?
d) sabab holi: nima sababdan? nima sababli? nima uchun? nimaga? nega?
e) maqsad holi: nima maqsadda? nima uchun? nima qilgani? nega?
y) shart holi: qanday shart bilan?
j) to’siqsiz hol: nima bo’lsa ham?
Ega
1. Gapda mutloq hokim vaziyatini egallagan so’z yoki birikma.
2. Har doim bosh kelishikda bo’ladi.
3. So’roqlari kim? nima? kimlar? nimalar? qayer?
Eganing ifodalanishi (qanday birliklar ega bo’ladi)
1. Ot: O’yin-kulgi yarim kechagacha davom etdi.
2. Olmosh: Hech kim o’rnidan jilmadi.
3. Son: Besh-o’nning yarmi.
4. Otlashgan sifat: Mard maydonda bilinadi.
5. Harakat nomi: Xato qilmoq bordir, tuzatmaslik ordir.
6. Otlashgan son: Ikkitasi chapga burildi.
7. Otlashgan undov: Oxlarim tutgay sani.
8. Otlashgan ravish: Ko’pi ketib, ozi qoldi.
9. Otlashgan sifatdosh: Tirishgan tog’dan oshar.
10. Otlashgan taqlid so’z: Qamishzorning shitir-shitiri sukunatni buzadi.
11. Ibora bilan: Xa, uning qo’ltig’iga suv purkayotgan ham Bek.
12. Birikma bilan: Ishlamay yegan – og’rimay o’lar.
Kesim
1. Faqat egaga tobe bo’lak bo’lib, ega haqida xabarni tasdiq yoki inkorni, so’roqni bildiradi.
2. Kesim odatda gap oxirida joylashadi.
3. Kesim tuzulishiga ko’ra: sodda va qo’shma.
4. Ifodalanishiga ko’ra: fe’l-kesim va ot-kesim
5. Turlari:
a) Sodda fe’l – kesim:
- tuslangan fe’l: O’quvchilar yig’ildi;
- ravishdosh: Ishning boshi boshlanguncha;
- sifatdosh: U bu xonadonda yayrab o’sgan.
b) Murakkab fe’l-kesim:
- ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi bilan: Odamlar tarqala boshladi;
- sifatdosh + bo’lmoq: To’y ertaga o’tadigan bo’ldi;
- sifatdosh + to’liqsiz fe’l: U testni yodlagan edi;
- maqsad maylidagi fe’l+bo’lmoq + to’liqisiz fe’l: U o’rnidan turmoqchi bo’lgan edi.
6. Sodda ot-kesim - bir so’zdan iborat kesim:
a) ot: Vatanim – O’zbekiston. 8 dekabr Konstitutsiya kunidir;
b) sifat: Sening borganing yaxhi;
v) son: Uning ukasi to’rtta;
g) olmosh: Bizning maqsadimiz – ana shu;
d) ravish: Dangasaning vaji ko’p;
e) harakat nomi: O’qish – yuksalish:
y) modal so’z: Idorada hech kim yo’q. Bizga kitob kerak;
j) ibora: Sen aravani quruq olib qochma.
Bog’lama
1.Bog’lama – ot-kesim tarkibida kesimlikni ko’rsatuvchi shakl.
2. Bog’lama vazifasida keluvchi birliklar:
a) bo’lmoq fe’li: Bugun yomg’ir bo’lmaydi;
b) edi, erdi, ekan, erkan, ermish, to’liqsiz fe’llari: U maxalla oqsoqoli edi;
v) kelmoqfe’li: Etik oyog’imga to’g’ri keladi;
g) sanaladi, xisoblanadi, ataladi fe’llari: 8 dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni xisoblanadi;
d) –dir, turur ko’rsatkichlari: Talaba bo’lish katta quvonchdir; Alisherbek shoir turur;
e) –man, -san, -miz, -siz, kabi shaxs-son ko’rsatkichlari: Men abiturientman.
Ega va kesim orasida tirening ishlatilishi
1. Kesim fe’l-kesim bo’lmay, ot, olmosh, son bilan ifodalanib, kesimlik qo’shimchasi (-dir) ni olmaganda: 8 dekabr – Konstitusiya kuni. Aytadigan gapim – shu.
2. Ega yo kesim, yo har ikkalasi harakat nomi bo’lsa: O’qish – yuksalish.
3. Ega ko’rsatish olmoshi bo’lsa: Hayot, bu – kurash.
Ega va kesimning mosligi
1. Odatda ega va kesim shaxs va sonda mos bo’ladi: Biz o’qidik (ega va kesim I shaxs, ko’plikda).
2. Ega narsalarni bildirsa, kesim bilan sonda moslashmaydi: Osmonda oq bulutlar suzib yuribdi.
3. Ba’zan shaxsda mos bo’lmasligi mumkin: Bunga hayronsan kishi.
To’ldiruvchi
1. Gapning biror bo’lagiga kelishikli yoki ko’makchili boshqaruv yo’li bilan bog’langan bo’lak.
2. To’ldiruvchi asosan kesimga, ba’zan ega, to’ldiruvchi, aniqlovchiga bog’landi.
3. Ushbu so’zlar to’ldiruvchi bo’ladi:
- ot: O’sha kuni o’qituvchi uchratdi. Uni hunari uchun yoqtiradi;
- olmosh: Salim o’zini ayamadi. Soadat ona bu – hodisani undan so’radi;
- harakat nomi: Unga xizmat qilmoqqa hamma orzumand;
- son:O’nni beshga qo’sh;
- otlashgan sifatdosh:Bo’linganni bo’ri yer;
- otlashgan sifat bilan:Yaxshi bilan yetdim murodga;
- otlashgan ravishi: Otam ko’pni ko’rgan, oziga chidaydi;
- otlashgan undov: Kasalning oh-vohini eshitdi;
- otlashgan taqlid: Qushlarning chug’ur-chug’uriga maxliyo bo’ldi;
- modal so’z: Boriga sabr qiling;
- birikma: U kunning qanday o’tayotgani bilan ishi yo’q.
Aniqlovchi
1. Gapning biror bo’lagiga bitishuv yoki moslashuv yo’li bilan bog’lanadi.
2. Biror bo’lakning belgisini, bir bo’lakning ikkinchisiga qarashligini bildiradi.
3. Ifodalanish:
a) sifat: Bahorning issiq kunlari boshlandi;
b) son: Ikkala bola birga jo’nadi;
v) ot: Gullarning guli ra’nodir;
g) olmosh: O’z uyingni saqla;
d) otlashgan so’zlar: Botirning mushti ham yarog’;
e) sifatdosh: Chiniqqan bolaga dard yuqmas;
y) olmosh: Butun xalq to’plandi;
j) ot: Tuproq yo’ldan yurdik;
z) ravish: U aybdorlarcha tabassum bilan tikildi;
i) taqlid: Maxallada duv-duv gap tarqaldi.
Izohlovchi
1. Aniqlovchining bir turi: ot bilan ifodalanadi.
2. Shaxs yoki narsaga boshqacha ma’no beriladi.
3. Unvon (professor G’ulomov), mashg’ulot, kasb (oshpaz kampir), amal (o’rinbosar Kamolov), jins (o’g’il bola), qarindoshlik (Sarvi xola), laqab (Soli sovuq), taxallus (Zokirjon-Furqat), o’xshashlik (ona-Vatan) ma’nolarini ifodalaydi;
4. Izoxlovchi o’zi izoxlangan bo’lak (izoxlanmish) bilan birga gap bo’lagi bo’ladi.
Hol
1. Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini sabab yoki maqsadini, o’rin yoki paytini ifoda qiluvchi bo’lak.
2. Gap bo’lagiga (odatda kesimga) bitishuv va boshqaruv yo’li bilan bog’lanadi.
3. Ifodalanishi:
a) ravish: Ishni peshma-pesh bajardik;
b) ot jo’nalish, chiqish, o’rin-payt kelishganda yoki ko’makchi bilan kelib: Ular katta yo’ldan janub tomon borar, zavq bilan qo’shiq aytardi;
v) ravishdosh: Soy shovullab oqmoqda;
g) sifatdosh: Xazillashganda odobni saqlang;
d) son: Birpasda tepalik ikki martta qo’ldan-qo’lga o’tdi;
e) birikma: O’rmonjon erta bilan sakkiz yarimda keldi.
4. Turlari:
a) Vaziyat (ravish) xoli: (qay tarzda? qanday?) Osmon sekin-asta qizara boshladi.Ilk qor o’ynab-o’ynab yog’ardi.Shaftoli duv-duv to’kildi. Ovqatni ishtaxa bilan yedim;
b) O’rin xoli: (qayerga? qayerda? qayerdan?) Unda-bunda chiroqlar ko’rinadi.Ko’ktog’ tomon yo’l boshladi.Qirdan shabada esadi;
v) Payt xoli: (qachon? qachondan beri?) Unda-bunda kelib turadi;
g) Miqdor-daraja xol: (nechta? qancha?) Ko’p bilgan oz so’zlar.Uch kuntekshirdi;
d) Sabab xoli: (nega? nima uchun?) O’ktam noiloj qaytdi. U xursandligidan qichqirib yubordi. Sen nimaga kechikding?
e) Maqsad xoli: (nimaga? nima maqsadda? Boshliq azza-bazza o’z xonasidan chiqib kelarmidi? Men ko’rishish niyatida qo’l cho’zdim;
y) Shart xoli: (qanday shart bilan?) Sarvar ulgursa keladi;
j) To’siqsizlik xoli(nima bo’lsa ham?) Men alsam ham, indamadim.
Gap bo’laklari bilan grammatik bog’lanmagan birliklar
1. Gap tarkibida keladigan bir qator birliklar boshqa bo’laklar bilan mazmun jixatidan bog’lansa-da, grammatik jixatidan bog’lanmaydi, ya’ni gap bo’lagi bo’la olmaydi.
2. Gap bo’lagi bo’la olmaydigan sintatik birliklar:
a) otlashmagan undovlar: Oh, bu qanday bedodlik;
b) undalmalar: Lekin seni yo’qotdim, birinchi muxabbatim.
v) kirish so’zlar: To’g’ri, men yanglishibman.
g) kirish birikmalaridagi birliklar: Mening bilishimcha, bu yil yoz issiq keladi.
d) kirish gaplardagi birliklar: Men sizga aytsam, ilmda gap ko’p.
Uyshiq bo’laklarning bog’lanishi va umumlashtiruvchi bo’lak
1. Teng bog’lovchilar va, xamda, ammo, lekin, biroq, goh…goh, dam…dam, ba’zan…ba’zan, yo…yo, yoki…yoki, bir…bir bog’lovchilari vositasida: Vasila va Zaynab bir kursda o’qishadi.
2. bilan ko’makchi vositasida: Sen bilan men yangi avlod vakillarimiz.
3. –u, -yu, -da, ham yuklamalari bilan: Qiz so’riga o’tirdi-da, gap boshladi.
4. Sanash ohangi bilan: Ariqdagi suv o’ynoqlab, ko’piklanib oqmoqda.
5. Qaysi bo’laklar uyushsa, umumlashtiruvchi bo’lak ham shunday bo’lak bo’ladi: Ukam, singlim, jiyanim – hammasi bilan inoqman (to’ldiruvchi).
6. Ot, olmosh, otlashgan so’z umumlashtiruvchi bo’lak bo’la oladi: Akbar, Salim, Gulnoza, men – hammamiz musobaqaga tayyorlandik.
Gapda so’zlar tartibi
1. Odatdagi tartib:
a) Ega kesimdan oldin keladi: Ezgu ishlarni boshlang:
b) Vositasiz to’ldiruvchi kesim oldida keladi: Sening yutuqlaring onangniquvontirdi;
g) Xol kesimdan avval keladi: Ular dam olgani o’tirdi.
2. O’zgargan tartib (inversiya):
a) Kesim – ega: Ochildi tog’ning lolasi;
b) Kesim – xol: Qarshimda o’rtog’im so’zlar kuyinib;
v) Kesim – to’ldiruvchi: So’rab chiqdim hammadan;
g) Kesim – xol: Bir doktor kelganmish Toshkentdan;
d) Qaralmish – qaratqich: O’zbekiston – vatanim manim.
1-mashq. Quyidagi gaplarni o’qing, gap bo’laklarining tartibiga e’tibor bering va gaplarni rus tiliga tarjima qiling.
1. Biz oilaviy sayohatga borish haqida maslahatlashib oldik. 2. Korxonamiz a’lo sifatli mahsulot yetkazib bermoqda.. 3. Ertaga ko’rgazma ochiladi. 4. Ertaga o’n beshinchi auditoriyada o’zbek tili to’garagining navbatdagi mashg’uloti bo’ladi. 5. Biz institutimizga kelgan mehmonlarni yaxshi kutib oldik. 6. Uzoqdan onaning muloyim ovozi eshitildi..
2- mashq. Quyidagi so’zlar ishtirokida gaplar tuzing. Ularni rus tiliga tarjima qiling.
O’qish, kitob, oshiradi, so’z, kishining, boyligini.
N a m u n a . Kitob o’qish kishining so’z boyligini oshiradi.— ×òåíèå êíèã îáîãàùàåò ñëîâàðíûé çàïàñ ÷åëîâåêà.
1. Yo’qotish, hasharotlarni, kerak, zararli. 2. Brigadamizda, bor, bog’bon. 3.Uchratdik, biz, sexida, Karim Aminovichni, zavodning. 4. Radio, biz, tinglar edik, kechqurunlari. 5. Yozilgan, bolalarga, o’qidim, hikoyani. 6. O’quvchilar, tayyorlanyaptilar, kutib olishga, bayramni.
3- mashq. Quyidagi gaplarni o’zbek tiliga tarjima qiling va gap bo’laklari o’rniga e’tibor bering.
1. ×òîáû ñòàòü ó÷èòåëåì, îí ïîñòóïèë â ïåäàãîãè÷åñêèé èíñòèòóò. 2.Íàø ñòàðîñòà âûñòóïàåò íà ñîáðàíèÿõ ìàëî. 3. Êàðèìà äîëãî ãîòîâèëàñü ê äîêëàäó. 4.  ýòîì ãîäó íàø çàâîä âûïîëíèë ïëàí äîñðî÷íî. 5. Â÷åðà â íàøåì èíñòèòóòå áûëà âñòðå÷à ñ ïîýòàìè 6. ß âñòðåòèëñÿ ñî ñâîèì òîâàðèùåì â Ñàìàðêàíäå.
4-topshiriq. Berilgan so’zlar ishtirokida gaplar tuzing.
1) Î’quvchilar, bordilar, sayohatga, o’qituvchi, kecha, bilan
2) Sonya, o’qiydi, a’lo, matematika, bahoga, fanidan.
3) Qushlar, issiq, kuz, yurtlarga, kelgach, uchib ketadi.
4) Biz, darsida, matnni, qildik, sohamizga oid, o’zbek tili, tarjima.
5-topshiriq. Quyidagi so’zlar ishtirokida gaplar tuzing. Ularni rus tiliga tarjima qiling.
Yozilgan, bayram, hikoya, bog’bon, uzoq, mashg’ulot
6-topshiriq. Gaplarni o’zbek tiliga tarjima qiling.
1.  íàøåé ãðóïïå íåò îòñòàþùèõñÿ ñòóäåíòîâ, òàê êàê âñå ñòàðàþòñÿ õîðîøî ó÷èòüñÿ.
2. Ìû îáåäàëè â òîé ñòîëîâîé, êîòîðàÿ íàõîäèëàñü â ãëóáèíå ïàðêà.
3. Èç-çà òîãî ÷òî ëåòî áûëî æàðêîå è ñóõîå, ïîíàäîáèëoñü ïîëèâàòü êàæäîå äåðåâî.
4. Òàê êàê âñå òîâàðèùè ïðèøëè áåç îïîçäàíèÿ, ñîáðàíèå íà÷àëîñü âîâðåìÿ.
5. Ìèð ïîáåäèò âîéíó, ïîòîìó ÷òî âñå ïðîãðåññèâíîå ÷åëîâå÷åñòâî áîðåòñÿ çà ìèð.
7-topshiriq. Quyidagi birikmalar ishtirokida gaplar tuzing va ularni rus tiliga tarjima qiling.
Sekin eshitildi, bu yerda bo’lyapti, universitetda o’tkazildi,shoshilib keldi, talabalar ishlayotgan tomonga ketdi, to’gri javob berdi.
8-topshiriq. Maqollarni o’qing, mazmunini tushuntiring. Rus tilidagi maqollardan o’xshashini topib yozing.
1. Yaxshilik qilolmasang, yomonlik ham qilma.
2. Bilmaganni so’rab o’rgangan – olim,
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
3. Oz-oz o’rganib dono bo’lur,
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.
4. Tiling bilan ko’nglingni bir tut.
5. Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.
12-MAVZU. TABIAT VA INSON. DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonlarning atrof-muhitga ta’siri o’sib boradi. Inson tabiat bilan, ya’ni o’simlik va hayvonot dunyosi hamda yer osti va yer usti boyliklari bilan o’zaro muloqotda bo’ladi.
Ekologik muammolar kengayib, ularni hal etish dolzarb vazifa bo’lib qolgan hozirgi davrda muammolarni hal qilishda insoniyat uchun asosan ekologik ong va ekologik madaniyatning o’rni beqisyosdir.
Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi, ularga rioya etmaslik ertami kechmi albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu muammo insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo’lgan fojiali oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Albatta ilmiy texnik rivojlanish natijasida, turli soha ilm va texnologiyalarning taraqqiyoti, yangi energiya manbalari va kimyoviy moddalarning paydo bo’lishi, tabiiy resurslardan yovuzlarcha foydalanish natijasida havo, suv ifloslanishi, insoniyatni boquvchi yer yaroqsiz holga kelib, oqibatda uni yashash muhitidan mahrum etadi.
Hozirgi davrda insoniyat u qanday havf qarshisiga kelib qolganligini tushunib yetdi, atrof-muhitga inson faoliyati tufayli yetkazilayotgan zarra qanday natijalarga olib kelayotganini yaqqol his etdi.
Inson faoliyatining natijasida atrof muhitga ancha sezilarli o’zgarishlar yuz bermoqda. Bular asosan hozirgi kunda mavjud bo’lgan ekologik xavfsizlik klassifikatsiyasida bo’lgan: umumsayyoraviy, mintaqaviy, milliy, lokal ekologik xavfsizliklar mamlakatimiz hududini ham chetlab o’tmadi.
Topshiriq. Matnni o'qing. Rus tiliga tarjima qiling.
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI
Dasturlash texnologiyasi – dastur yaratishning usuli,metodlari va ko’nikmalari.
‘’Texnologiya” so’zining odatdagi ma’nosini inobatga olsak, u holda
‘’Dasturlash texnologiyasi” deganda talab qilihgan dasturiy ta’minot
(DT) yaratishga olib keladigan yaranish jarayonlari, hamda ushbu
jarayonlarni tavsiflarini tushunamiz. Dasturlarni loyxalashtirishning
zamonaviy industrial texnologiyasi tizimli taxlil, ishlab chiqish, otladka,
xujjatlashtirish va mutaxassislar ishini boshqarish uchun mo’ljallangan
avtomatlashtirilgan vositalar, xujjatlar va boshqa tadbirlar
kompleksidan iborat. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning narxini
kamaytirish va dasturchilar ishining unumdorligini oshirish uchun
dasturlash tili, soxa, EXM va yechiladigan masalaga bog’liq bo’lmagan holda
yuqori professional saviyada dastur yaratishdan iborat metodlar mavjud.
Bunday metodlar dasturlash texnologiyasi deb ataladi.
“Komponentali yo’nalish va Case texnologiyalar”
Komponentali yo’nalish asosida dasturiy ta’minotni alohida
Komponentalaridan yaratish usullari nazarda tutiladi. Komponent bu
butunlay alohida mavjud bo’lgan dasturiy ta’minotni qismidir. Bu
qismlar standart ikkilik interfeys yordamida bir biri bilan aloqa
qilishadi. 2000-yildan boshlab rivojlangan. Case (Computer-Aided
Software/System Engineering-dasturiy ta’minot/tizimlarini kompyuter
yordamida ishlab chiqish). Dasturiy ta’minotning ishochliligi.
Dasturiy ta’minot foydalanuvchi uchun zarur bo’lgan barcha axborotni bera
olmas ekan. Bu ta;minotni ishonchli deb bo’lmaydi. Yoki bu holda dasturiy
ta’minotda xatolik mavjud deyiladi.
Dasturiy ta’minotning ishonchliligi sifatida ma’lum bir vaqt
jarayonida dasturiy ta’minotning to’g’ri ishlab ehtimolligiga aytiladi.
Dasturning ishonchliligi uning ichki xususiyati hisoblanadi. Bu
dasturning qaydarajada ishlatilishiga tegishli. Dasturiy ta’minotda
mahsulotni qancha ko’p sozlansa, yoki testlansa, u shuncha yaxshiroq ishlaydi
degan tushunchani inkor qiladi. Bu holatlarda ma’lum bir ichki xatoliklar
aniqlanadi. Umuman, sozlash jarayonida xatoliklarni tuzatish narxi vaqtga
to’g’ri proporsional ekanini esda tutish lozim.
ERGASH GAPLI QO’SHMA GAP
Ergash so’zning bosh so’zga bog’lanish usullari
1.Moslashuv – ergash so’zning bosh so’z bilan shaxs va sonda mosligi: ergash so’z (-ning, -n (qisqargan), (belgisiz)) + bosh so’z (-m (-im), -ng, (-ing), -miz (-imiz), -ngiz (-ingiz), -si); Ahmadning kitobi; zamonning zayli; kuz shamoli.
Izoh:
a) egalik qo’shimchasi ba’zan ergash va bosh so’zda kela oladi: do’stimning kitobi;
b) egalik qo’shimchasi 1 shaxs ko’plikda belgisiz kela oladi: bizning uy, sizning uy;
v) qaratqich o’rnida ba’zan chiqish kelishigi kela oladi: bolalardan biri;
g) ba’zan ergash va bosh so’z o’rin almashinishi mumkin: vatanim mening;
2. Boshqaruv – bosh so’z talabi bilan ergash so’zning muayyan grammatik vositani olishi: ergash so’z (-ni (-n, -I, belgisiz), -ga (-a, -na, -ka, -qa, -g’a), -dan, -din, -da, ko’makchilar; fikrini quvvatlamoq, do’stlar bilan suxbat, uyni ko’zdan kechir, uyga kir, uydan chiq, uyda bor, uy tomon yur.
Izoh:
a) kelishikli boshqaruv: osmonni ko’r,yo’lin poyla, uydan chiqmoq;
b) ko’makchili boshqaruv: osmon kabi beg’ubor, uyga qarab yurmoq;
v) ba’zan ergash va bosh so’z o’rin almashishi mumkin: keldi uzoqdan;
3. Bitishuv – so’zning bosh so’zga grammatik vositalarsiz bog’lanishi: ergash so’z (mazmun, oxang) + bosh so’z: tiniq suv, tez yurmoq, qarsillab sinmoq, yura-yura, charchamoq, to’rtinchi savol, barcha odam.
Izoh:
a) boshso’z bo’lib asosan ot va fe’l, ergash so’z bo’lib sifat, ravish, ravishdosh keladi;
b) ergash va bosh so’z o’rin almashsa, gapga aylanadi: toza havo
- Havo toza.
Demak: kelishiklar, ko’makchilar, egalik qo’shimchasi, ohang ergash so’z bilan bosh so’zni bog’lovchi grammatik vositalar xisoblanadi.
Ergash gaplarni bosh gapga bog’lovchi vositalar
1. – ki bog’lovchisi bilan bog’lanishda bosh gap ergash gapdan avval keladi: Shuni unutmangki, yaxshi javob – sukut.
2. Qolgan xollarda, odatda, bosh gap ergash gapdan so’ng joylashadi: Kimki yomon bo’lsa, jazosini topar.
3. –ki bog’lovchisi bilan bosh gapga bog’lanish:
a) ega ergash gap: Bundan chiqdiki, biz zolim boy ekanmiz-da.
b) kesim ergash gap: Umidimiz shumidiki, bizga jafo qilasiz.
v) to’ldiruvchi ergash gap: Shuni unutmangki, hayot jumboqlarga to’la.
g) aniqlovchi ergash gap: Bir o’lkaki, tuprog’ida oltin gullaydi.
d) payt ergash gap: Dunyo yaralmishki, oftob bor.
e) sabab ergash gap: Bir narsasi bordiki, do’q qiladi.
y) natija ergash gap: Yomg’ir shunday quydiki, yer darrov ho’l bo’ldi.
4. –sa fe’l shakli bilan bosh gapga bog’lanish:
a) ega ergash gapni: Kim birovga chuqur qazisa, unga o’zi yiqiladi.
b) to’ldiruvchi ergash gapni: Qonun nimani taqazo qilsa, shuni qiling.
v) aniqlovchi ergash gapni: Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning yo’li to’g’ri bo’ladi.
g) o’rin ergash gapni: Qayerda intizom bo’lsa, shu yerda yutuq bor.
d) o’lchov-daraja ergash gapni: Mexnat qancha qiyin bo’lsa, samarasi shuncha shirin bo’ladi.
e) shart ergash gapni: Yer yaxshi haydalsa, hosil mo’l bo’ladi.
5. –mi yuklamasi bilan.
a) to’ldiruvchi ergash gap: Bilasizmi, bu qiyin masala.
b) sabab ergash gap: Omadimiz kelgan ekanmi, hosil bir bo’lib berdi!
v) shart ergash gap: Choy damaladingmi, hidi gurkirab tursin.
g) payt ergash gap: Otasi keldimi, chopib yoniga boradi.
6. –b (-ib) ravishdoshi bilan:
a) ravish ergash gap: Nigoraning ko’zlari javdirab, yuragi duk-duk urdi.
b) payt ergash gap: Eshik ochilib, Nodir ko’rindi.
v) sabab ergash gap: Boshimizga g’am tushib, shodlikni unutganmiz.
g) to’siqsiz ergash gap: Chiroq o’chib, biz qorong’ida qolmasmiz.
Izoh: Yana chunki, shuning uchun, negaki, nimagaki, sababli, tufayli, orqasidan, sababki, shekilli (sabab ergash gapni), bo’lmasa, yo’qsa, agar,mabodo, basharti, (shart ergash gapini), go’yo, go’yoki,huddi (o’xshatish ergash gapni), -sin deb (maqsad ergash gapni), desa (shart, payt, to’siqsiz, to’ldiruvchi ergash gapni), zamon, vaqt, chog’, payt, davr, +-da/-ga (payt ergash gapni), -sa ham; -sa-da, -ga qaramay (to’siqsiz ergash gapni), -g’uncha, -ganda, -gan, sari (payt ergash gapni) vositalari ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar sanaladi:
22. Ergashgan qo’shma gap – birda ortiq sodda gaplaning mazmun jihatidan birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo’shma gap; tobe (ergash gap)-hokim (bosh gap) munosabatli:
a) bosh gap- asosiy ma’noni ifodalaydi;
b) ergash gap – asosiy ma’noni izohlab, to’ldiradi: Kim halol mehnat qilsa, u taqdirlanadi.
23. Turlari:
a) Ega ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan ega izohlangan gap: Qozonga nima tushsa, cho’michga o’sha chiqadi. Kim mehnat qilsa, taqdirlanadi. Kim insonlikni o’zida sinab ko’rmagan bo’lsa, hech qachon odamni chuqur bilmaydi.; Shunisi yaxshiki, ko’p urushmaymiz. Ma’lumki, osmon uzilib yerga tushmaydi;
b) Kesim ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesim izohlanadi: Istagim shuki, baxtli bo’lasiz. Hamma gap shundaki, chuqur bilim bo’lishi kerak;
v) To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan (yoki ifodalanmagan) to’ldiruvchi izohlanadi:
Shuni unutmangki, yaxshilik sedan chiqmaydi. Bilamanki, g’isht qolipdan ko’chgan. Munavvar, Yo’ldosh biror narsa dermikan deb, kutdi;
g) Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap – bosh gapda aniqlovchi bo’lib kelgan olmosh yoki sifatlar izoxlanadi: Shunday inson ko’rdimki, u bag’oyat bilimli; Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, yo’li to’g’ri bo’ladi. Kimning yuksak fazilati ko’p bo’lsa, uning do’sti ko’p bo’ladi;
d) Payt ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-harakatning payti izoxlanadi: Mehmonlar yetib borguncha, qorong’u tushdi. Tong kulmasdan, erta turadi. Otasi keldimi, chopib yoniga boradi. Otasi o’lib, yolg’iz qoldi bechora. Kema uzoqlashgach, kutilmaganda shamol ko’tarildi;
e) Ravish ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-xarakatning bajarilishi izoxlanadi: Nazokatning ovozi titrab, yuragi gurs-gurs urdi. Baliq chiqdi ilinib, tumshuqlari tilinib. Ufq qizarib, tong yorishardi;
yo) O’xshatish ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-harakatning bajarilishi o’xshatish yo’li bilan izoxlanadi: Shunday jimlik cho’kkanki, go’yo xayot butunlay so’nganday. Quyosh tongni istaganidek, do’stlik qalbni isitadi;
j) Maqsad ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdan anglashilgan ish-xarakat nima maqsad bilan yuzaga kelgani izohlanadi: Odamlar yaxshi yashasin deb, tinchlik xaqidagi shartnomaga imzo chekdik. Mehmonlar kirishi uchun, eshikni ochdim;
z) Sabab ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning yuzaga kelish sababi izohlanadi: Ish o’ngidan kelmasdan, idoradan so’zsiz chiqib ketadi. Bu uy avval bedaxona bo’lganidan, darchasi yo’q edi. Yerda tuz ko’payib, daraxtlar qurib qoladi. Daraxt yashnab turgani uchun, soyasidan odam arimaydi; Bu xonadon sokin, chunki uyda yaxshi bir inson yashaydi;
i) Shart ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-xarakat qanday shart bilan yuzaga kelishi izohlanadi: Yer yaxshi haydalsa, hosil mo’l bo’ladi. Istasangiz, yuguramiz. Men bor ekanman, hotirjam bo’ling;
y) To’siqsiz ergash gapli qo’shma gap – bosh gapning mazmuniga zid voqea-hodisaning yuzaga kelishiga to’siq bo’lolmagan harakat izohlanadi: Mart oyi bo’lsa ham, qor yog’moqda edi.
Oftob charaqlab turgani xolda, xavo salqin edi. Ketishiga ruxsat bo’la turib ketmadim;
k) Natija ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-xarakatning natijasi izohlanadi: Do’l shunday yog’diki, yer oppoq bo’ldi. U qachon na’ra tortdiki, deraza zirillab ketdi;
l) O’rin ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-xaraktning yuzaga kelishi o’rni izohlanadi: Qayerda tinchlik bo’lsa, shu yerda baraka bo’ladi. Qayerda bekorchilik bo’lsa, o’sha yerda bema’nilik avj oladi;
m) O’lchov-daraja ergash gapli qo’shma gap – bosh gapdagi ish-xarakatning o’lchov-darajasi izohlanadi. Janjal qancha ko’paysa, xizmat xaqi ham shuncha ko’payadi.
24. Bir necha ergash gapli qo’shma gap – birdan ortiq ergash gap bosh gapga tobelanib kelgan gap: Xavo issiq bo’lsa ham, ishni oxiriga yetkazish uchun, hasharchilar tinimsiz ishladilar:
a) To’g’ridan - to’g’ri (birgalik) ergashish – ergash gaplar bosh gapga to’g’ridan - to’g’ri bog’lansa, ma’no chiqadi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, naxtga ko’payadi;
b) Ketma-ket ergashish – avval ergash gapning biri ikkinchisiga bog’lanadi, so’ng ikkala ergash gap bosh gapga bog’lanadi (yoki birinchi gap bilan bosh gap bog’lansa, ma’no chiqmaydi): Bahor noqulay kelib, g’o’za parvarishi kechikkan bo’lsa ham, hosil mo’l bo’ladi. Bayram kuni kelgach, hech kim bormasa, unga nima deymiz?
25. Bog’lovchisiz qo’shma gap – sodda gaplar hech qanday bo’glovchisiz, faqat ohang va mazmun bilan birikadi:
- bog’langan qo’shma gapning bog’lovchilarsiz birikishi: Havo bulut bo’ldi, yomg’ir yog’madi;
- ergashgan qo’shma gapning bog’lovchilarsiz birikishi. Sen javob berding, biz jim turdik.
26. Bog’lovchisiz qo’shma gapda ushbu tinish belgilar ishlatiladi:
- vergul: bir-biriga yaqin, bir paytta yoki ketma-ket yuzaga kelgan voqealar ifodalansa: Chaqmoq yaltirar, momaqaldiroq guldirar, sharros yomg’ir quyardi;
- nuqtali vergul: sodda gaplar mazmuni uzoq bo’lsa: Pag’a-pag’a qor yog’adi; shamol tinimsiz uvillaydi;
- ikki nuqta: keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikrning sababi, natijasini bildirsa, izoxlasa,to’ldirsa: Bugun havo ochiq: derazani lang ochib qo’ysa bo’ladi. Ota biladi: o’g’lida gunoh yo’q:
- tire: sodda gaplarning mazmuni zid bo’lsa, o’xshatilsa, payt yoki shartni bildirsa: Ko’z qo’rqoq – qo’l botir. Vaqting ketdi – baxting ketdi. Davlat tinch – xalq tinch.
27. Aralash qo’shma gap – tarkibi bog’langan, bog’lovchisiz, ergashgan qo’shma gaplarning o’zaro aralishuvidan tuzilgan murakkab qo’shma gaplar. O’qituvchi kelgach, qo’ng’iroq chalindi va dars boshlandi. Havo ochiq, quyosh qizdirar, shuning uchun bolalar o’zini soyaga oldi.
1-mashq. Rus tiliga tarjima qiling.
1. Istagim shu, hech so'nmasin yongan chirog'ing. 2. Biz istaymiz, barcha ellar, elatlar bir - birlari bilan bo'lsin yana yaqinroq. 3, Shuni unutmangki, biz ozod zamonda yashayapmiz... . 4. Kimki halol bo'lsa, u hurmatga loyiq. 5. Hech shubha yo'qki, biz g'olib bo'lamiz. 6. Yurak tandir emaski, o't yoqib qizdirsang.
2- mashq. O’qing. Ergashgan qo’shma gaplarni topib, bosh va ergash gaplarni ayting.
1. Yormat shahardan piyoda qaytib horigani uchun, hamma otlarga Yo’lchi qaradi. (O.) 2. Yo’lchi so’zini bitirgach, Abdushukur iljaydi. (O.) 3. Quyosh qizil baxmal singari tovlanib, o’zini azim chinorlar panasiga olganda, bu oqshomlar ko’hna tabiat ko’rki – tongdan ham musaffo bo’lib ketadi. (O’. Umarbekov.) 4.Eshik g’irch etib ochildi-da, ruxsat so’rab Alisherning ukasi Darveshali kirdi. (O.) 5. Agar bir doirada ikki markaziy burchak teng bo’lsa, unga mos yoylar ham tengdir. 6. Kim odobli bo’lsa, u hurmatga sazovor bo’ladi.
3- mashq. O’qing. Bosh va ergash gaplarni toping.
1. Sayramov to’g’on boshiga kelganda, bu yerda ish qaynamoqda edi. (O.) 2. Ular bu yerda so’roq berayotganda, Ojiza ovqat pishirib kutardi. (Sh.R.) 3. Qutidor do’koniga jo’naganidan keyin, Oftoboyim To’ybekani mehmonxonaga buyurdi. (A.Qod.) 4. Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning yo’li ham to’g’ri bo’ladi. 5. Mehmonlar yana shunga tan berdilarki, bu yil ko’rgazmada qatnashayotganlarning hammasi kelgusi yilda ham qatnashadi. (H.G’) 6. Gap eshitilmasa ham, ishchilar bir-birlarini anglar edi. (As.M)
4- mashq. Tushirilgan tinish belgilarini qo’yib ko’chiring, ergash gaplarning tagiga chizing.
1. Hali gul ochilmagan bo’lsa ham, stol ustiga katta guldasta qo’yilgan edi. 2. Otishma tugagach Bektemir ungurdan chiqdi. (O.) 3. Hammamiz dalaga yo’l olgan chog’da katta to’y tusini oladi qishloq. (H.G’) 4. Naqqosh ketgandan so’ng shoir eshikka chiqdi. (O.) 5. Hosil mo’l bo’lsin deb, tokning egatlarini yaxshilab chopdik.
5- mashq. Berilgan sodda gaplardan shuning uchun, chunki ergashtiruvchi bog’lovchilari yordami bilan ergashgan qo’shma gaplar tuzib yozing, zarur tinish belgilarini qo’ying. Ergash gaplarning tagiga chizing.
1. Biz o’z Vatanimizni sevamiz. Uning tarixini yaxshi bilmog’imiz lozim.2. Karim chet tilidan “5” baho oldi. U darsga puxta tayyorlangan edi. 3. Biz o’tqazgan ko’chatlar juda tez o’sdi. Ularni yaxshi parvarish qilib turdik.
6- mashq. Nuqtalar o’rniga bosh gap mazmuniga mos ergash gapni qo’shib yozing. Ergash gapning turini belgilang.
1. Shunisi ajablanarliki,… . 2. Kim rostgo’y, mehnatsevar bo’lsa,… . 3. Har kimki vafo qilsa, … . 4. Kimdakim qanoatli va sabr-toqatli bo’lsa, … .
7- mashq. Nuqtalar o’rniga gaplarning mazmuniga mos ergash gap qo’shib yozing, zarur tinish belgilarini qo’ying, ergash gaplarning turini aniqlang.
1. Shuni unutmaslik kerakki… . 2. Maktab bog’iga o’tqazilgan ko’chatlarning bir tekis ko’karib turishidan sezdikki….
8- mashq. Unutmaylik, ayta olamiz, bilib qo’ying fe’llari bosh gapning kesimi bo’lib kelgan uchta to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap yozing.
13-MAVZU. HAYOT MENING TASAVVURIMDA
LINGVISTIK TA’MINOT
KO’CHIRMA VA O’ZLASHTIRMA GAPLAR
Har qanday jamiyat rivojlanishida yoshlar hal qiluvchi kuch va tayanch sanaladi. Oilani mustahkamlashga, kelajagimiz hisoblangan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy sog’lom voyaga yetishga katta e’tibor qaratilmoqda. So’nggi yillarda nizom, farmon va qarorlar qabul etish yo’li bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oilaga, xotin-qizlarga, ko’p bolali va yolg’iz onalarga, maktab o’quvchilariga va talabalariga davlat tomonidan ko’rsatilayotgan yordamlar sog’lom avlodni tarbiyalashda keng imkoniyatlar yaratmoqda. Mamlakatimizda 2010 -yil “Barkamol avlod yili” deb nom berilishi, yoshlarimiz jismonan va ma’nan barkamol avlodni tarbiyalash davlatning o’z oldiga qo’ygan ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Barkamol avlod-jamiyat taraqqiyotining asosidir.
Oila kodeksi nikoh shartnomasi, qarindoshlik va otalikni belgilash bolalarning oiladagi huquqlari va ota-onalarning majburiyatlari, ota-onalaridan ayrilgan bolalarning huquq va manfaatlarni himoya qilish, nikohdan oldin tibbiy ko’rikdan o’tish qoidalari kiritilgan.
Mustahkam oila – jamiyat tayanchi
Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Bunga “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishiga 8 trillion so’m mablag’ yo’naltirilishi ko’zda tutilganligini misol tariqasida keltirib o’tish mumkin.
Oila davlat muhofasida ekanligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo’yilgan. Yoshlarda sog’lom, ahil oila qurish ishtiyoqini shakllantirish, bir qator davlat va jamoat tashkilotlari qatori fuqarolik holatlari dalolatnomalari yozish bo’limlarining ham vazifasi kiradi. Shu bois ana shu talabdan kelib chiqqan holda ish yuritib kelyapmiz.
Ma’lumki, oila qurayotgan yoki qurish yoshida bo’lganlar navqiron avlod hisoblanadi. Shu sababli yoshlarni oilaga tayyorlash, oila mas’uliyatini chuqur anglashlariga erishish mustahkam va sog’lom oilani yuzaga keltirishning asosidir. Bo’limimizda ishlab chiqilgan “Barkamol avlod yili” tadbirlar rejasida yoshlar ko’pchilikni tashkil etadigan mehnat jamoalari, mahallalar, maktab va kasb-hunar kollejlarida “Nikoh va axloq”, “Milliy turmush tarzimizda oilaning roli”, “To’ylar milliy qadriyat”, “Tibbiy ko’rik-mustahkam oila asosi”, “Nikoh shartnomasi-hayotiy zaruriyat”, “Sog’lom ona – sog’lom bola” , “Barkamol avlod – yurt kelajagi” kabi mavzularda uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminar yig’ilishlari o’tkazilib borilishi belgilab olingan edi.
Yoshlarni oilaga tayyorlash yo’nalishida 3 joyda tashkil qilingan “Yosh oila maktabi” mashg’ulotlari imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqda. Oilaviy munosabatlarning turli qirralariga oid mashg’ulotlarni o’tishga tajribali tibbiyot xodimlari, huquqshunoslar, xotin-qizlar qo’mitasi vakillari, o’qituvchilar bilan bir qatorda boy hayotiy tajribaga ega, obro’-e’tiborli otaxonu onaxonlar ham jalb qilinayotgani o’zining ijobiy samarasini bermoqda.
Yoshlar hayotida unutilmas voqea bo’ladigan nikoh to’ylarini fayzli o’tkazish masalasiga ham alohida e’tibor qaratib kelinadi. Ahamiyatlisi, bu yoshlarning barchasi nikohgacha to’liq tibbiy ko’rikdan o’tib, bo’limlarga ma’lumotnoma taqdim qilishadi.
Keyingi paytlarda nikoh to’ylarini kamchiqim tarzda, ko’ngilli holda o’tkazish masalasida fuqorolar yig’inlari, mahalla faollari bilan hamkorlikda ish yuritilyapti.
Xalqimiz bolajon xalq. Oilada farzand tug’ilsa quvonchiga quvonch qo’shiladi. Farzandning benuqson tug’ulib, barkamol inson bo’lib ulg’ayishini ta’minlash masalasi hukumatimizning doimiy e’tiboridagi masalalardan biridir. Mustahkam oila jamiyat tayanchi ekan oila mustahkamligi, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol avlodning kamolga yetishi yo’lida ish olib boraveramiz
Topshiriq. Matnni o'qing. Rus tiliga tarjima qiling.
Lingvistik ta’minît
Avtîmatik tahrir dasturi uchun eng avvalî lingvistik ta’minît zarur, ya’ni o’zbåk tilidagi barcha so’z turkumlari, o’zak va affiks mîrfåmalari, ularning o’zarî birikuvchanlik xususiyatlarini aniqlab kîmpyutår xîtirasiga kiritish talab qilinadi. Bu juda katta hajmli, ko’lami kång ish bo’lgani uchun avtîmatik tahrir dasturi bilan shug’ullanuvchi tilshunîs tadqiqîtchi o’z ish dîirasini aniq chågaralab îlishi zarur bo’ladi. Masalan, o’zbåk tilidagi barcha îtlarni yoki få’llarni birdaniga mîdållashtirib, avtîmatik tahrir dasturiga kiritish mumkin emas. Buning uchun dastlab ît turkumiga îid so’zlarni shaxs îtlari, kiyim-kåchak îtlari, o’simlik îtlari, hayvîn îtlari, qavm-qarindîshlik îtlari kabi såmantik guruhlarga ajratish, få’llarni esa nutq få’llari, hîlat få’llari, harakat få’llari singari lug’aviy-såmantik guruh (LSG)larga ajratib o’rganish va mîdållashtirish tadqiqîtchiga siståm ravishda ishlash imkînini båradi. Ana shundan kåyin ît va få’llarni avtîmatik tahrirlash tizimlari yaratiladi. Bu jarayon quyidagi bîsqichlarni o’z ichiga îladi: a) tilshunîslikning barcha låksik-såmantik, grammatik va uslubiy qînun-qîidalarini o’zida aks ettirgan lingvistik mîdål yaratish tamîyillari ishlab chiqiladi; b) ana shu mîdål asîsida matndagi ît yoki få’llarni avtîmatik tahrir qilishga mo’ljallangan dastur algîritmi tuziladi; v) bu algîritmdan fîydalanib, kîmpyutårning sun’iy tillari (ALGOL yoki BEYSIK kabilar)dan birida avtîmatik tahrir dasturi tuziladi.
Agar mazkur ishlar muvaffaqiyatli amalga îshirilsa, zamînaviy axbîrît tizimini yaxshi bilgan har bir kishi tågishli buyruq (kîmanda) yordamida kîmpyutårdagi o’zbåkcha matnni, undagi ît yoki få’llarni juda îz fursat ichida tahrir qilish imkîniyatiga ega bo’ladi. Bundan ko’rinadiki, avtîmatik tarjima va avtîmatik tahrir dasturini yaratishda lingvistik mîdållashtirishning o’rni juda katta va ahamiyatlidir. Lingvistik mîdål tuzish esa tilshunîs îlimdan o’zbåk tilining såmantika va grammatikasini, uslubiyatini chuqur o’rganishni, til va nutq hîdisalarining ko’plab nazariy va amaliy masalalarining aniq åchimini tîpishi zarur bo’ladi. Darhaqiqat, KLning avtîmatik tahrirlash yo’nalishi uning bîshqa yo’nalishlari singari nazariy tilshunîslik bilan juda uzviy bîg’liqdir.
Dåmak, o’zbåkcha matnlarni avtîmatik tahrir qiluvchi dasturning lingvistik ta’minîtini ishlab chiqishda ît, få’l kabi barcha so’z turkumlarining LSGlarini aniq bålgilash, ularning asîsiy såmantik va grammatik xususiyatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham KL bilan shug’ullanuvchi har bir mutaxassis o’z tadqiqît dîirasini so’z turkumlarining muayyan bir guruhi bilan aniq chågaralab îlishi yaxshi samara båradi.
KO’CHIRMA VA O’ZLASHTIRMA GAP
O’zgalarning hech o’zgarishsiz aynan berilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Màsalan: "Menga shafqat qiling, aziz birodarlar",- dedi Rahmat.
Ko’chirma gap muallif gapi bilan bog’lovchi vazifasidagi demoq fe’lining deb (deya), degan shakllari orqali va bog’lovchisiz munosabatga kirishadi. Ìàsalan: "Yozgan asaring shumi?",-dedi muharrir.
Ko’chirma gap yozuvda qo’shtirnoqqa olinib, birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi. Quyidagi ko’chirma va muallif gapidagi tinish belgilariga e’tibor bering.
1."Aziza, sog’liq qalay?" — deb so’radi Turg’un. ("Ko’chirma gap", muallif gapi.)
2.Jamoa xo’jaligi raisi dedi: "Biz bu yil paxtadan mo’l hosil yig’ishtiramiz" (muallif gapi: "Kochirma gap".)
3."Mehnatni sev, - takrorlaydi onam, - mehnat kishiga baxt keltiradi" muallif gapi: "Ko’chirma gap", - muallif gapining davomi)
1-mashq. Quyidagi ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gapga aylantiring.
1. Alisher Navoiy: "Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz", degan edi. 2. "Inson. — bu mag’rur jaranglaydi", — deb yozgan edi Ì.Gorkiy. 3. "Mardona, gaplashaylik", — dedi Nosir. 4. "Yodgor tog’am hamma vaqt bayroqdor bo’lganlar", — dedi Po’latjon. 5. Qalandarov bosh silkib: "Zulfiqorov yaxshi brigadir", — dedi. 6. "Rus bilan o’zbek qo’lni qo’lga bersa, har mushkul oson", — dedi Sakson ota.
2-mashq . Quyidagi ko’chirma gaplarga muallif gapini qo’shib, ko’chirma gapli konstruksiyalar tuzing. Tinish belgilariga e’tibor bering.
1. "Bilim — oltindan qimmat, qilichdan keskir, zambarakdan kuchli" (gruzin maqoli). 2. "Ilm insoniyat gavharidir", (À. Bedil) 3. "Oila farzanddan boshlanadi" (À.I.Gersen). 4. "Yoshlik shu narsa bilan baxtiyorki, uning kelajagi bor." (V.G.) 5."Kitoblar qarshisida jamiki narsalar nursiz bo’lib qoladi" (À.Ch.)
3- mashq. Ko’chirma gapli qo’shma gaplarni aniqlang. Ko’chirma gap bilan muallif gapining o’zaro aloqasini tushuntiring.
1. Ba’zilari menga o’qrayib:- “Jim o’tir-e”,- deb qo’yishadi. 2. Tushuntir o’zing,- deydi menga jahldan qizarib Turg’un. 3. Shunaqa o’rtoq Nizomiddinov,- dedi Begzod,- bu dushmanning ishi. 4. Shunday o’ylar edi: “Ishning qizig’i endi keladi. Chol to’g’ri aytayaptimi? Yo dovdirayaptimi? . . .” 5. –Ho’p, ho’p, dedi kulib navbatchi,- Anvardan eshitganim bor edi, janobning tavsiflarini eshitganman. 7.Oldiniga ikkilanib turgan Ummatali tavakkal qilib: “Bor!”, dedi.
4- mashq. Ko’chirma gap va muallif gapini topib, ularning o’rnini aniqlang. Tinish belgilarini qo’yilishiga e’tibor bering.
1. “Qiziq ekan. Ra’noga ko’rsataman buni . . .”,- dedi u o’z-o’zicha ruhlanib. 2.”Siz meni mazax qilmay qo’yaqoling!”- dedi zarda bilan xo’jayin. 3. “Dalilim yo’q,- dedi Iskandar qo’rslik bilan,- shunga chaqirganmidingiz?” 4. – Nima ko’rdingiz?- dedi polvon.- Hech narsa,- dedi hakam. 5. “Kam bo’lmang,- dedi pulni uzatib,- yana xizmatingizdaman. 6. Ne’mat o’ziga kelganda, ayvondan turib maxdum baqirdi: “Ra’no, akangning qo’liga suv quy!” 7. “Bozorni ko’rdingmi? Mol bozoriga bordingmi?”- so’raydi dadam, muloyim tabassum bilan.
Ko’chirma gapli qo’shma gapni o’zlashtirma gapga ham aylantirish mumkin. Masalan: “Odobsizlik bo’lsa ham,- dedi Mirzo Sultonali,- muborak xonalariga bostirib keldim”- ko’chirma gap. Mirzo Sultonali odobsizlik bo’lsa ham muborak xonalariga bostirib kelganini aytdi – o’zlashtirma gap
5- mashq. Gaplarni o’qing. Ko’chirma gapli qo’shma gaplarni topib daftaringizga ko’chiring.
Bu belgilar qo’yilmagan bo’lsa, ularni qo’yib chiqing. 6,7-gaplarni o’zlashtirma gapga aylantirib, ularning tinish belgilaridagi farqlarini tushuntiring.
1. Xotin indamay dasturxonni yig’ishtirib oldi, qozonga suv quyayotib eshitilar-eshitilmas dedi: “O’sha asalning puliga anor ham berar edi”. 2. “Maktabga bor!”– deydi onam. 3.”Ofarin! Ofarin!”- deb yubordi G’ulomjon hursand bo’lib. 4. Davlatbekov qo’lini ko’ksiga qo’yib: Xo’p bo’ladi, xo’p! deb turar edi. 5. Men umumxalq boshlagan ishdan chetda qolmayman, dedi Mehrigul hayajon ichida. 6. Bir keksa o’qituvchi: “Ko’nglimizning chirog’i olib chiqib ketilgan uyday qilib ketyapsiz, Sodiqjon”,- degan edi. 7. “Komil akam masalangni majlisga solaman dedilar”,- dedi. 8. “Begunoh go’dakning saharda qilingan duosi qabul qilinadi. Uyg’oting qizingizni!”- dedi. 9. “Gumoningizni ayting bo’lmasa”,- dedi Dilmurod tajang bo’lib.
6- mashq. Quyidagi gaplarni ko’chiring. Rus tiliga tarjima qiling.
1. Komila zavq bilan xo’rsinib deydi: “Pianinoni juda suyaman: Ayniqsa sen, sen chalganingda . . . “ 2. Uning o’zi ba’zan do’stlariga maqtanib qo’yar edi: “Garov boylashib, olis yo’lga otdan ilgari boraman!” 3. Sal o’tmay uyquga ketib, xurrak otdi. Uning xurragi ham allanechuk adabiyroq edi: “Pluk-qum-pirr . . . pluk-qum-pirr . . .” 4. Ular ko’zlarini uqalashib: “Nima shovqin?? . . . Nima gap?” deyishardi. 5. Teshavoy ayvondan turib qichqirdi: “Davron qani?” 6. Karomat opam indamaydi. Ichdan bir uh tortadi-da, xomush holda deydi: “Yemayman, bas, tegajaklik qilma”. 7. “Aytadigan gaping shumi?”- dedi Miraziz.
7- mashq. Ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gapga, o’zlashtirma gaplarni ko’chirma gapga aylantiring. Farqlarini tushuntiring.
I. 1. Ba’zan o’z-o’zicha deydi: “Irodasi po’latday deganicha bor” 2.“Siz korxonada ishlaysizmi?”,- so’radi Maqsudov. 3. “Ahmad mashina haydashga o’qimoqchi”,- dedi Kamol. 4. “O’zlari tinib qolar”,- deydi buvim qo’lini siltab. 5. “Mayli”,- Qunduzxon go’yo sehrlangandek javob berdi. 6. “Xo’sh, qanday yangiliklar bor?”- dedi O’ktam.
II. Arslonov chol bilan suhbatlashishni ko’pdan buyon orzu qilganini, lekin vaqti bo’lmaganini aytdi. 2. U bog’da meva terganligini aytdi. 3. Oyxon bu tadbirlarni Qodirov yoqlaganligini aytdi. 4. Ustozimiz ona tilini yaxshi bilmasdan, boshqa fanlarni chuqur egallash mumkin emasligini ta’kidladi.
14-MAVZU. TURMUSH URINISHLARI
TELEFON APPARATLARI
FE’L MAYLLARI VA SHAKLLARI
RAVISHDOSH
Vaqt tez
o’tyaptimi? Hech narsaga ulgurmayapsizmi?
Bugungi kunda ko’pchilik ish va o’qish tashvishida yurganlar, vaqt
tig’izligidan shikoyat qilishadi. Vaqtni jilovlash va uni boshqarish uchun
nimalar qilish kerak? Eng muhim ishga e’tibor qaratishni o’rganing.
Ishlaringizni bajarish uchun tez, samarali va tartibli usulni sizga taklif
qilamiz. Bajarishingiz kerak bo’lgan ishlarni ro’yxat qiling.
Har bir vazifaning muhimligini haqqoniy belgilang.
1-darajali muhim: ya’ni bugun yoki ertagacha bajarilishi lozim bo’lgan ishlar;
2-darajali muhim: bir hafta mobaynida tugatilishi kutilayotgan vazifalar;
3-darajali muhim: bir oy ichida…
4-darajali muhim: bir yil ichida…
Kuchingizni to'g’ri
taqsimlang. Har kuni oz-ozdan vazifalarni bajaring.
Oldin qilinishi kerak
bo’lgan kunlik ishlarni bajaring. Qo’lingizdagi ishga bor e’tiborni jalb eting,
so’ngra keyingi ishga o’ting. Kunlik ishlarni muhimlik darajasi bo’yicha
bajaring va shu tartibda keyingi vazifaga o’tib boravering.
Haftalik va oylik, yillik ishlaringiz ham shu usulda davom etadi
Kunning o’zingizga qulay bo’lgan paytini belgilab oling. Ba’zi insonlar kechqurunga nisbatan ertalab unumli ish bajarishadi. Vaqtni boshqarishni yaxshilab boring. O’zingiz bilan o’zingiz o’yin o’ynayotgandek vazifalarni vaqtga nisbatan tezroq bajarishga uruning. 15 daqiqa, yarim soat yoki 1 soat vaqt oralig’ida ishlang. Ishning biror bir qismini yoki to’laligicha tugatish uchun o’zingizga vaqt belgilab oling.
Tanaffus qiling. Fikringizni bo’shating va qaytadan ishga kirishish uchun bir oz tanaffus qiling. 5, 10, 15 daqiqa tanaffus qilishni oldindan belgilang va unga amal qiling. Bu paytda yangi fikrlarni kashf etishga harakat qiling.
Bajargan ishlaringizni hisob-kitobini qiling. Bajarilgan ishlarni ro’yxatdan o’chiring. Kunlik ishlarni bajarilganligini ko’rib o’zingizni ancha yengil va erkin his eta boshlaysiz. Bu sizga yanada shijoat bag’ishlaydi.
Ro’yxatni qaytadan ko’rib chiqing.
Ro’yxatni kerakligicha qaytadan tuzing va muhimlik darajasini belgilang. Yangi bajarilishi kerak bo’lgan ishlarni qo’shing;
Ba’zilarini olib tashlang;
Ba’zi ishlarni boshqalarga bo’lib bering;
Ishingizni tez, samarali va sifatli bajarish uchun texnologiyalardan foydalaning.
Ishni o’z vaqtida bajaring. Ba’zilar bir ishga ajratilgan vaqt hisobiga boshqa yumush bilan band bo’ladi; natijada hech narsaga ulgurmaydi. Masalan, dars tayyorlash kerak bo’lgan paytda film tomosha qilish va hk.
Ishingizni
xotirjamlikda bajaring. Har qancha vaqt tig’iz bo’lsa-da, hech bir ishingizni
shoshib amalga oshirmang. Shoshganda xatolikka yo’l qo’yasiz. Bu ishingiz
sifati buzilishiga va unga qaytatdan vaqt ajratishingizga sabab bo’ladi.
Hordiq chiqarish uchun ham vaqt ajratishni unutmang. Ko’p vaqt bo’lishi shart
emas, muhimi vaqt ajratilsa bo’ldi. Har kuni kechqurun 6-8 soat uxlang. Agar
yetarlicha uxlamagan bo’lsangiz, siz diqqatingizni jamlashda va bir narsaga
kirishishda qiynalasiz hamda bu sizning samarali ishlashingizda halal beradi.
Topshiriq
1. Matndan nasihat,iltimos ma’nosidagi so’zlar (fe’llar) toping .
2. Matnga savollar tuzing.
TELEFON APPARATLARI
Telefon apparatlari ( TA ) o’zining konstruktiv yasalishi bo’yicha ham (devor, stol ust, retro uslubi, telefon trubka ko’rinishidagi ixcham (portativ), buraladigan, nomer teradigan va b.), ular yaratib beradigan servis imkoniyatlari bo’yicha ham juda rang-barangdir . Zamonaviy telefon tizimlarida terilayotgan nomerni kodlashning ikki usuli mavjuddir:
• Pulse — impuls usul, aylanadigan teruvchi diskli åski apparatlarda ishlatiladi;
• Tone - tonal usul, ko’pincha knopkali nomer teriladigan apparatlarda ishlatiladi.
Birinchi usulda raqamni terilganda aloqa liniyasiga soni terilgan raqamga mos keluvchi impulslar beriladi; tonal usulda åsa ikkita chastota to’planidan tuzilgan uzluksiz signal yuboriladi, bu chastotalarning qiymatlari åsa uzatilayotgan nomerni kodlaydi.
Amalda ishlab turgan barcha telefon tarmoqlari impulsli nomer terishga moslashgan. Terishning tonal tizimlari åsa, ular standart bo’lib borishiga qaramasdan, nisbatan yangi ATS lardagina ishlatilishi mumkin. Ko’pgina yangi telefon apparatlarida Rulse/Tone kodlash usulini qayta ulagich bordir.
Telefon apparatlarining muhim servis imkoniyatlari orasida quyidagilarni ta’kidlash lozim:
• ko’p kanallik, ya’ni telefon apparatining turli xil telefon liniyalariga ulash imkoniyati;
• chiqarayotgan abonentni boshqa liniyaga qayta ulash;
• mikrofonni tarmoqdan vaqtinchalik uzish knopkasining borligi;
• birdaniga bir nechta abonentlar bilan so’zlashuvlar;
• imtiyozli abonentlarning nomerlarini uzoq vaqt xotirada saqlashning mavjudligi;
• oxirgi abonentni qaytadan chiqarish uchun, shu jumladan
band abonentni ko’p marta chiqarish (avtoqo’ng’iroq qilish ) uchun
tezkor xotiraning borligi;
• suxbatdoshni, musiqani ulab turib, kutishga ulab qo’yish;
• chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA), nomerni displeyda yoritish va uni tovush bilan åshittirish;
• chiqarilayotgan abonentni NAA dan himoya qilish (NAA ga qarshi);
• chiqarayotgan abonentlarning nomerlarini va har bir chaqiruvning joriy vaqtini åslab qolish;
• so’zlashuv paytida ikkinchi chiqaruvni va chiqarayotgan abonentning nomerini qayd qilish;
• kalendar, soat va so’zlashuv davoniyligi taymerining borligi;
• shaxsiy kodlar — maxfiy so’zlardan foydalanish;
• avtojavob beruvchini va uzatilayotgan xabarlarni yozish uchun sozlangan diktofonning borligi;
• ålektron telefon ma’lumotnomaning va topilgan telefon nomerini avtoteruvchining borligi;
• telefonni masofadan boshqarishning mavjudligi;
• telefonni kompyuterga ulash imkoniyati borligi.
iOS, Android va Windows Phone’ning so‘nggi versiyasida ishlayotgan qurilmalar foizlari
Foydalanishga topshirilganiga deyarli bir yil bo‘lgan Android operatsion tizimining so‘nggi versiyasi KitKat’da Android-qurilmalarning 25 foizi ishlamoqda. Hozirda iOS’ning ikki hafta oldin foydalanishga topshirilgan sakkizinchi versiyasida esa 50 foiz Apple qurilmalari ishlamoqda.Phonearena.com saytining xabar berishicha, Phone operatsion tizimining ikki oy oldin taqdim etilgan WP 8.1 versiyasidan foydalanuvchilar esa 39,1 foizni tashkil etmoqda.Windows Phone operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarning 45,7 foizida WP 8.0 versiyasi o‘rnatilgan bo‘lsa, hayratlanarli yoki xafa qiladigan ko‘rsatkich esa ushbu operatsion tizim qurilmalarining 15,2 foizi hali ham Windows Phone 7 versiyasida ishlayotganidir.Shuningdek, bugungi kunda dunyodagi eng ko‘p foydalanilayotgan Windows Phone qurilmasi bu Nokia Lumia 520 smartfoni bo‘lib, udan barcha Windows Phone foydalanuvchilarining 30,6 foizi foydalanmoqda.
FE’L MAYLLARI
1. Mayl ish harakatning voqelikka munosabatini ifodalaydi.
2. Mayl qo’shimchalari shakl yasovchi hisoblanadi.
3. Mayllar:
a) aniq (habar) mayl: oldim, yozmading, o’qiyapsiz, olib kelsangiz;
b) buyruq-istak mayli: -ay, -y, -gin, -sin, -aylik, -ng, -ingiz; Fe’l o’zagi hech qanday qo’shimcha olmasa, II shaxs birlik buyruq mayli: boray, olgin, ol, yursin, berib yuboring;
v) shart mayli: -sa; borsam, yursam edi, borsam kerak (gumon);
g) maqsad mayli: -moqchi; bormoqchiman, aytib turmoqchiman.
Fe’lning vazifadosh shakllari
1. Ravishdosh:
a) holat ravishdoshi: -a, -y, -b, -ib; ura-sura, yig’lay-yig’lay, borib; hol, kesim bo’la oladi;
b) payt ravishdoshi: -gach, -kach, -guncha, -kuncha, gullab kelgach, olguncha, dam olgach;payt, maqsad shakli tuslanmaydi;
v) maqsad ravishdoshi: -gani, -kani, -qani;maqsad shakli bo’lishsizlikka ega emas;
2. Sifatdosh: -gan, -kan, -qan, -r, -ar, -digan, -yotgan, -mas, -jak, -gay, -gusi; o’qigan, chiqqan, aytar (so’z), gapiradigan, kelajak, kelgusi; aniqlovchi, kesim, hol bo’ladi, turlanmaydi, otlashadi otlashganda turlanadi.
3. Harakat nomi: -moq, -v, -uv, -sh, -ish; o`qimoq, o`qish, o`quv; barcha bo`lak bo`la oladi, turlanadi.
Fe’lning yasalishi
1. Fe’llar morfologik va sintaktik usulda yasaladi:
a) affiksasiya usulida otdan (farxlash), sifatdan (qiyinlash), sondan (ikkilan), ravishdan (kechik), olmoshdan (sizda), undovdan (salomlash), taqlid so’zdan (yaltira), modal so’zdan (yo’qla) fe’l yasaladi;
b) sintaktik usulda fe’l bilan fe’lni qo’shib (olib kelmoq, sotib olmoq), fe’l bilan fe’l bo’lmagan so’zni qo’shib (kasal bo’lmoq, milt-milt qilmoq) yasaladi.
Izoh: fe’ldan so’z yasovchi qo’shimcha orqali fe’la yasab bo’lmaydi.
2. Fe’llar juftlashib, asosan, ot hosil qiladi: bordi-keldi, oldi-sotdi; ba’zan sifat va ravish ham hosil qiladi: kuydi-pishdi, uzil-kesil.
3. Dedi, keldi fe’llari takrorlanganda ot hosil bo’ladi: dedi-dedi, keldi-keldi.
1- mashq. Berilgan fe’llardan shart mayli yasang. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Bermoq-äàâàòü, so‘ramoq-ñïðîñèòü, bo‘lmoq-äåëèòü, termoq-ñîáèðàòü, ishlamoq-ðàáîòàòü, topshirmoq-ïîðó÷àòü, tushunmoq-ïîíèìàòü, kulmoq-ñìåÿòüñÿ, tashlab yubormoq-áðîñàòü.
2- mashq. Fe’lning qaysi maylda berilganini aniqlang.
Iltimosim shuki, yerga ehtiyot bo’linglar. Oltin yerimizni ko’z qorachig’iday saqlanglar. Agrotexnikani mahkam ushlanglar. 2. Bir oz dam oling, charchaganga o’xshaysiz. 3. Xo’jalik bilan, odamlar bilan yaxshi tanishsin, keyin menga uchrasin. 4. Seni ko’rayin, diydoringga to’yayin deb keldim. 5. Bizlar o’tirmaylik, o’tirgandan keyin yana turadiganlardan emasmiz. 6. Podshohni taxtdan qulatsak, baxtli bo’lamiz deb o’ylagan edik. 7. Mana bu kanal bitsa, yangi
3- mashq. Sifatdoshlarni aniqlang, rus tiliga tarjima qiling.
1. Yo’l qurilishida haydalgan va tayyorlangan qatronlar ishlatiladi.
2. Katalizator sifatida tuproq, kislotalar bilan boyitilgan va to’yintirilgan ba’zi bir metallar, masalan: nikel, mis va hokazolarni ishlatish mumkin. 3. Maktab hovlisida bolalar yig’ayotgan metal parchalari uyulib yotibdi. 4. Quruvchilarga har oy beriladigan maosh o’z vaqtida yetkazib beriladi. 5. Fermer hasharchilar tomonidan chopilgan yerlarni ko’zdan chiqdi.
4- mashq. Sifatdoshlarni aniqlang.
1. Kirib kelayotgan oqim. 2. Yo’lning pasaygan qismi. 3. Goh-goh to’xtab o’tiladigan bekat. 4. Kirib kelayotgan yangi yil. 5. Ekskavatorchi ishlayotgan ekskavator. 6. Bo’lajak muhandis. 7. Borar makon. 8. O’tkir jag’li ombur ushlagan ishchi. 9. Yo’lni mo’ljalga oladigan asbob. 10. Elektr nuri bilan ta’minlangan qishloq.
5- mashq. O’zbek tiliga tarjima qiling.
Âçÿâ, âîéäÿ, íà÷àâ, ñêàçàâ, ñïðîñèâ, áðîñèâ, óõîäÿ, çàêîí÷èâ, íàïèñàâ, âñòðåòèâøèñü, ïîñòóïèâ, ñëóøàÿ, ñèäÿ, ñìåÿñü, ñìîòðÿ, ãëÿäÿ, ñïðàøèâàÿ.
6- mashq. Ravishdoshlarni rus tiliga tarjima qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Kulib, ishlab, yurib, gapira-gapira, kula-kula, to’xtab, olib, berib, ochib, yashab, (shaharda) qolib, tashlab, eshitib, (konvertga) solib, (darsni) tayyorlab, (paxtani) terib, (qatnov oqimi) bo’lib, (yo’l mintaqasidan) yurib, (chegaralangan maydonga) yetib, (motorlashganlik darajasini) aniqlab.
7- mashq. -sh(-ish), -v(-uv)-moq qo’shimchalari bilan harakat nomi yasang.
Qurmoq-ñòðîèòü, toblamoq-çàêàëÿòü, quymoq-çàëèâàòü,o‘lchamoq-ìåðèòü, ko‘chib kirmoq-çàñåëÿòü, silliqlamoq-çàòèðàòü,charxlamoq-çàòî÷èòü, bug‘lamoq-èñïàðÿòü,tekshirib-èññëåäîâàòü,tebranmoq-êîëåáàòüñÿ,kovlamoq-êîïàòü.
8- mashq. O’zbek tiliga tarjima qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Ïðîäóêòîâûé ìàãàçèí, ìàãàçèí ïðîìòîâàðíûé,õîçÿéñòâåííûé ìàãàçèí, ìàãàçèí ãîòîâîãî ïëàòüÿ,îáóâíîé ìàãàçèí.
Ñêîëüêî ñòîèò áàíêà ðûáíûõ êîíñåðâîâ? Åñòü ëè ó âàñ…? ß õî÷ó êóïèòü.… Â êàêîì îòäåëå ïðîäàåòñÿ…?
Àáðèêîñû, àéâà, àðáóç, âàðåíüå, âèíîãðàä, ãðóøè, äûíÿ, èçþì, êðóïà, ñëèâî÷íîå ìàñëî, õëîïêîâîå ìàñëî, ìåä, ìèíäàëü.
15-MAVZU. QAHRAMONLAR UNUTILMAYDI.
TELEFON ALOQA
KO’P VAZIFALI TELEFON APPARATLAR
NUTQ USLUBLARI
. SHAHIDLAR XOTIRASI MUQADDAS
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan barhayot siymolarga ehtirom ramzi sifatida poytaxtimizda "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmui bunyod etildi.
Bu yerda xalqimizning asl farzandlari bo'lgan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon kabi yuzlab ulug' zotlarning ruhi poklari yod etiladigan bo'ldi. Qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida, yurtimizda istiqomat qilgan deyarli barcha millat va elat vakillari bor edi.
Yurtboshimiz ta'kidlaganlariday: “Aslida biz qo'Iga kiritgan mustaqilligimiz mohiyati, o'zligimizni anglab, o'z taqdirimizni o'z qo’ limizga olib millatimizning qadr-qimmatini, uning sha'ni va g'ururini tiklab, asriy adolatni qaror toptirish va xalqimizning obro'-e'tiborini yanada yuksaltirish, demakdir.
Biz bugun shu tabarruk ziyoratgohda turib, ozod va erkin Vatan uchun jon bergan shahidlar ruhi oldida bosh egib, ularga o'z hurmat- ehtiromimizni bajo keltiramiz.
Vatanimiz o'g'il-qizlari bu tabarruk insonlar qoldirgan merosni o'rganadilar va ularning nomini qalblarida doimo saqlaydilar”.
USMON NOSIR
Usmon Nosirning ijod davri sakkiz - to'qqiz yilgina davom etdi. Uning bizga ma'lum asarlari mana shu yillar ichida, ya'ni shoirning 16 yoshdan 25 yoshgacha davrida yaratildi. Shu yillar ichida u bir necha she'riy to'plam: "Quyosh bilan suhbat", "Safarbar satrlar", "Yurak", "Mehrim", "Atlas", "Zafar", "So'nggi kun", "Dushman" kabi dramalarini yozdi.
Usmon Nosir badiiy tarjima sohasida ham o'z mahorati va nozik poetik didini namoyish eta oldi. U N.D.Dobrolyubovning "Haqiqiy kun qachon keladi", Pushkinning "Boqchasaroy fontani", M.Yu. Lermontovning "Iblis" kabi asarlari va bir qancha she'rlarini o'zbek tiliga tarjima qildi. Geyne, Gyote, Bayron ijodidan ko'pgina na’munalarni o'zbek kitobxonlari Usmon Nosir tarjimasida o'qidilar. Bu tarjimalar o'zbek adabiyotining tarjima asarlari orasida shohona namunalar bo'lib qoldi.
Shoir Turob To'la: "Usmon she'riyatga shamolday kirib keldi. Balki bo'ronday! U shunday to'polon va to'lqin bilan keldiki, uncha-muncha she'riy uslub va ijodni to's-to's qilib yubordi. Uni o'zimizda o'zbek Lermontovi, Moskva gazetalarida "Sharqda Pushkin paydo bo'ldi", deb yozishdi", -degan edi.
Usmon Nosir ham ko'pchilik zamondoshlari kabi qatag'onga uchradi. U 1944- yil 24- martda Kemerovo oblastida vafot etadi va shu yerda Pervomaysk qishlog'ida dafn etiladi.
Bargdek uzulib ketsam,
Unutmas meni bog'im,
Ishimni hurmat qilar,
Gullardan haykal qo'yar,
She'rlarim yangrab qolar,
Ming yillardan keyin ham.
Unutmas, meni bog'im.
Ha, xalq o'zining sodiq o'g'lonlarini unutmaydi.
1-topshiriq. Matnni o'qing va rus tiliga tarjima qiling.
2-topshiriq. Matnga reja tuzing. Shu reja asosida uning mazmunini aytib bering.
3-topshiriq. Matnni o'qib, o'rganib, so'zlab berishga tayyorlaning.
CHO’LPON
Asl ismi-sharifi Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon 1983- yilda Andijonda tug'ilgan. O'zbek shoiri, tarjimoni va san'atshunos olimi. Cho'lpon - uning adabiy taxallusi. U avval madrasada, keyin rus-tuzem maktabida ta'lim olgan.
Cho'lpon bir qator ro'znomalarda xizmat qilgan. O'zbekiston badiiy studiyasi va boshqa tashkilotlarda yuqori lavozimlarda ishlagan.
Cho'lpon ajoyib shoir, mohir tarjimon va adib edi. 1929-yilda uning «Kecha va kunduz» romani bosilib chiqdi.
1927- yildan Cho'lponga hujum boshlandi. O'zbekiston madaniyat xodimlari 2- qurultoyida uni zaldan haydab chiqarishdi.
1937- yili shoir qatl qilindi. Istiqlol yillarida o'zbek xalqining munosib farzandi oqlanib qadr-qimmat topdi.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzib, o'zaro suhbatlashing,
TELEFON ALOQA
Telefon aloqa ång keng tarqalgan tezkor ma’muriy-boshqaruv aloqa turidir. Telefon aloqa tarmog’ining abonentlari ham jismoniy shaxs, ham xo’jaliklardir. Telefon aloqa firmalarda, ofislarda va sh.o’. muhim rol o’ynaydi. Demak, ko’pchilik firmalar uchun telefon o’ziga xos tashrif qog’ozi hisoblanadi, chunki buyurtmachilar va hamkorlar bilan birinchi muloqat telefon orqali amalga oshiriladi. Ulanish qulayligi va telefonning servis imkoniyatlari (ular åsa ko’pincha ofis ATS bilan aniqlanadi) firmaning salobati to’g’risida birinchi tasavvurlarni shakllantiradi, bu åsa juda muximdir.
Lekin hamma ham telefon tizimlarining imkoniyatlari telefon aloqa tizimining o’z abonentlariga ko’rsatadigan va ko’rsata olishi mumkin bo’lgan servis xizmatlari to’g’risida bilavermaydi. Bu hamma servis xizmatlar hozirgi zamonda 600 nomdan ko’proq bo’lib ularni sanab o’tishning imkoni yo’q, lekin ularning ba’zi birlari bilan qisqacha tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Telefon aloqa bunday bo’lishi mumkin:
• umumiy foydalaniladigan telefon aloqa (shahar, xalqaro va b.);
• muassasa ichidagi telefon aloqa.
Radiotelefon aloqa, videotelefon aloqa telefon aloqaning alohida turlariga mansubdir.
Telefon aloqa tizimi telefon tarmog’idan va abonent terminallaridan tashkil topgan.
Umumiy holda telefon tarmog’i - bu kommutatsiya uzellari majmuidir, ularning rolini avtomatik telefon stansiyalar (ATS) va ularni birlashtiruvchi aloqa kanallari bajaradi.
Abonent terminallari (ularga abonentning telefon apparatlari, ofis ATSi yoki kompyuterlar misol bo’laoladi), odatda, tarmoqqa ikki juft nis sim - abonent liniyasi bilan ulanadi. Abonent liniyasi tarmoqda o’zning yagona nomeriga (abonent nomeriga) åga; uning uzunligi, odatda, 7-8 km dan oshmasligi kerak va u orqali ma’lumotlarni uzatish ko’pincha analog shaklda olib boriladi.
ATSlar bir-biri bilan ulovchi liniya deb ataladigan liniya orqali ulanadi - hozir deyarli barcha umumiy foydalanish tarmoqlarida 4 ta simli raqamli liniyalar qo’llaniladi ( bir juft sim signallarni har bir yo’nalishda - bir ATS dan boshqasiga va teskarisiga — uzatish uchun qo’llaniladi).
Telefon tarmog’i iyerarxik strukturaga åga. Pastki darajada oxirgi ATS lar joylashgan, ularga abonent terminallari ulanadi; bunday ATS, abonent nomerining oldingi raqamlari bilan mos keladigan nomerga åga bo’ladi (masalan, 2670202 nomerga åga bo’lgan abonent 267-ATS ga ulangan; ATS ichida bu abonent 0202 nomerga åga). Agar ATS 10000 tadan ortiq abonentni kommutatsiya qilsa (masalan, 5ESS stanciyasi 350000 tagacha abonentga xizmat ko’rsatadi), u holda u o’zini alohida nomeriga åga bo’lgan bir nechta mantiqiy kichik stanciyalarga bo’linadi.
Biror geografik hududga xizmat ko’rsatadigan ATS lar majmui mamlakat ichida o’zining yagona nomeriga bo’lgan zonani tashkil åtadi (masalan, Sankt-Peterburg - bu 812 zona, Moskva - 095 zona va b.). Zona orasidagi aloqa ierarxiyaning yuqog’iroq darajasidagi ATS yordanida - shaharlararo ATS yordanida amalga oshiriladi. SHaharlararo ATS ikkita nomerga åga bo’ladi: o’zini ichki ATS lari uchun nomer - 8, u Rassiyaning hamma ATS lari uchun bir xiddir; Tashqi shaharlararo ATS uchun nomer - uning yagona nomeri ( 812, 095 va b.).
SHunday tamoyil bo’yicha shaharlararo ATS yuqori darajada turgan ATS ga - xalqaro ATSga ulanadi. Rossiyada xalqaro ATS ga chiqish uchun uning mamlakat uchun yagona bo’lgan nomerini — 10 ni terish kerak, boshqa mamlakatning xalqaro ATS ga kirish uchun åsa shu mamlakatning kodini terish kerak.
Shunday qilib, to’liq, umumjahon yagona abonentlik nomeri mamlakat kodidan, mamlakat ichidagi ATS nomeridan va ATS ichidagi abonent terminali nomeridan tashkil toptan. Agar abonent terminali ofis ATS ko’rinishiga åta bo’lsa, u holda abonentni identifikaciya qilish uchun ofis ATS ichidagi qo’shimcha nomer talab qilinishi mumkin.
Zamonaviy ATS - bu raqamli signallar bilan ishlaydigan, dastur bilan boshqariladigan kommutaciya tizimidir. Bu shuni bildiradiki, abonent liniyasidan kelayotgan analog signal ATS ga kirganda raqamli shaklga aylantiriladi va shu shaklda telefon tarmog’i bo’yicha tarqaladi, keyin boshqa abonentning abonentlik liniyasiga tushganda yana analogli shaklga aylanadi.
Ichki abonent ATS ga murojaat qilganda unga aniq bir tashqi kanal ajratiladi: ATS da tashqi kanallar soni unga ulangan abonentlar sonidan ko’p marta kichikdir. ATS abonentlari sonining uning tashqi kanallari soniga nisbati konsentratsiya koåffisienti deb ataladi. Bu koåfficientning me’yordagi kiymatlari 8:1—10:1 tartibli kattaliklar hisoblanadi (8:1 koåfficient shuni bildiradiki, agar hamma abonentlar birdaniga ATS dan ulanishini so’rashsa, u holda u ularning faqat 12,5 % so’rovini qondirishi mumkin; lekin bir vaqtning o’zida 10000 abonentdan 125O tasining murojaat qilish åhtimolligi, bitga abonentlik kanalining statistik o’rtacha yuklanganligi darajasidan yuqori åmas, shuning uchun yuqorida keltirilgan koncentraciya koåfficientlari to’la qoniqarlidir).Telefon apparatlari va ofis ATS larning turlari va servis imkoniyatlari to’g’risida birmuncha batafsilroq to’xtalib o’tamiz.
Abonentli radiotelefonlar
Yuqorida ko’rib o’tilgan standartlarda abonent radiotelefonlarining turli xillari ishlatiladi; mana ulardan faqat ba’zilari (standart doirasida ular narxlarining ortib borishi bo’yicha ko’rsatilgan):
— NMT standartida: Nokia 440, Nokia 720, Nokia 450, Benefon Delta, Benefon Sigma;
— GSM standartida: Philips 310, Motorola 7500, Nokia 1610,
Panasonic 6500, Siemens S3 Com, Nokia 8110, Sony DX1000;
— AMPS standartida: Mobile Phone, Attache Phone, Teletac 250,
DPC-650, Ultra Lite, Micro Tac Elite, Star Tac.
Ko’pchilik apparatlar juda ixcham, 150—350 g og’irlikda, zamonaviy dizaynga åga. Masalan, bejirim Panasonic 6500 videotelefon trubkasi standart batareya bilan 212 g va yassi batareya bilan 190 g og’irlikka åga, rangli, ikki xil variantda bajarilgan (tilla-sarg’ish va havo rang metall). YAxshi tashqi ko’rinishdan tashqari, u yaxshi xulqqa ham åga — to’g’ri kelmagan holatlarda jiringlamaydi, begonalarning diqqatini o’ziga tortmasdan o’z ågasiga chaqiruv to’g’risida tebranma signal bilan xabar beradi. Unda har birida 12 ta belgi bo’lgan uch satrli displey (qisqa matnli xabarlarni ifodalash uchun) va kelgusida åshitib ko’rish uchun 20 sekundli xabarlarni unga yozib qo’yish imkoniyatiga åga bo’lgan xotira bor. Keyingi vaqtlarda o’zining imkoniyatlari bo’yicha salobatliroq kasbdoshlaridan qolishmaydigan ixcham radiotelefonlar ham paydo bo’ldi.
Og’irligi 135 g va uzunligi 10 sm bo’lgan 6F 788 uyali telefon (GSM standarti) shaxsiy dasturlashtirish imkoniyati mavjud noyob foydalanuvchi menyusi, nomerni tez terish yacheykasi va 99 ta nomerli xotiraga åga; uning imkoniyatlari: oxirgi terilgan nomerni va o’tkazib yuborilgan qo’ng’iroqdarni åslab qolish, ko’shimcha liniyaga xizmat ko’rsatish (bitta telefonda ikkita nomer), nomerni avtomatik aniqlash va xususiy (o’z) nomerini aniqlashni ta’kidlash, qo’ng’iroqni blokirovkalash va qayta adreslash, qisqa matnli xabarlarni 9600 bit/s gacha tezlik bilan uzatish va qabul qilish imkoniyati (SMS xizmati).
Philips Consumer Communication firmasining Gemie o’ta ixcham GSM-telefoni bor-yo’ri 95 g, suriladigan mikrofon va avtojavob beruvchiga åga. CHiqarilayotgan abonent nomerini avtomatik teruvchi 9 klavishaga va abonentni chiqarishni tovush bilan amalga oshirishga imkon beruvchi tovushli terish vazifasiga åga — mikrofonchaga apparatning xotirasida saqlanayotgan abonent nomi aytiladi (ushbu servis avtomobil haydovchilariga juda foydalidir). CHiqaruv to’g’risida sekin va baland xabar berish tizimidan tashqari, radiotelefon silkinuvchi xabarlagichga ham åga. Genie ålektron kotibning ba’zi bir vazifalarini bajarishi ham mumkin: haftanoma va ichki taymer asosida kerak bo’lganda xabar beriladigan ishlar ro’yxatini olib borish.
Ko’p vazifali telefon apparatlari
Kotib kommutatori «direktor kommutatori» deb nomlanishi mumkin deb ataladigan telefon apparat ma’lum qiziqish uyg’otadi. Kotib bu telefon bo’yicha tashqi abonentlarning barcha qo’ng’iroqlarini qabul qiladi va raxbarning ko’rsatmasiga muvofiq ularni ishlab chiqadi. Bu kommutatorning ång muhim vazifalari: ko’p kanallik, boshqa adresga qayta adreslash imkoniyati, telefondagi konferenciyalarni tashkil åtish, abonentni kutib turishga qo’yish, ålektronli telefon ma’lumotnomaning borligidir.
Barcha servis imkoniyatlari raqamli telefon stansiyalari bilan ishlatiluvchi raqamli telefon apparatlarida ång to’liq amalga oshiriladi. Boshqa misol tariqasida Samsung firmasining juda ham qiziq imkoniyatlarni beruvchi ång yangi raqamli ko’p vazifali TA ni — raqamli aloqa tizimi DCS (Digital Communication System)ni ko’rib chiqaniz.
Apparat tizimiga faksimil apparat, ma’lumotlarni uzatish uchun modem, o’zining qo’shimcha nomerlari bilan boshqa tizim ichidagi telefon va peyjingli apparatlar ulanishi mumkin. Tizim ikki xil modifikaciyada ishlab chiqariladi: kichik ofis uchun DCS Compact va o’rta ofislar uchun DCS System. Ikkala model ham modul tamoyili bo’yicha quriladi va keng diapazonli konfiguraciyada modifikaciyalanishi va kengaytirilishi mumkin.
Nomerni avtomatik aniqlagichlar
Juda ko’p hollarda sertifikatlanmagan NAA li telefonlar va qo’lbola usul bilan tayyorlangan NAA lar sotilmoqda. Bunday apparatura odatda etarli ish sifatini ta’minlamaydi va xattoki shahar ATS ishida ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun sertifikatga åga bo’lgan apparatlarnigina harid qilish lozim, sertifikat apparatlarning mavjud telefon tarmoqlarida ishlash imkoniyatini tasdiqlaydi. Telefon apparatini, avtojavob beruvchini va NAA ni ulashga imkon beruvchi maxsus kommutator qurilmasini, masalan, abonentni identifikatsiyalovchi Caller ID qurilmasini harid qilgan yanada yaxshiroqdir. Raqamli shahar ATS ga ulangan bunday qurilmani ishlatishda chiqarayotgan abonentning nomerini, shu jumladan uning nomini aniqlash bo’yicha rivojlangan xizmat ko’rsatish ta’minlanadi.
NUTQ USLUBLARI
1. So’zlashuv uslubi
2. Ilmiy uslub
3. Rasmiy-idoraviy uslub
4. Ommabop (publitsistik) uslub
5. Badiiy uslub
6. Nutq madaniyati haqida
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonåtik, lug’aviy, frazåologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dåyiladi.
O’zbåk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor. So’zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy båtaraf so’zlar hisoblanadi: suv, tog’, bola, xat.
1. So’zlashuv uslubi
Kång qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til må'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dåyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kåtaqo-o-ol!
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.
2. Ilmiy uslub
Fan-tåxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfåra yog’ini. Tomchining diamåtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdåk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
3. Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bålgisi: jumlalarning bir holipda, bir xil shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiistå'mol qilganligi uchun M.Ahmådovga hayfsan e'lon qilinsin.
4. Ommabop (publitsistik) uslub
Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kåsimlar buyruq va xabar maylidagi få'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil åtishtirish uchun fidokorona måhnat qilishyapti.
5. Badiiy uslub
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bårish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida eståtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kålinchagi bo’lmish bahor o’z såpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shåva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.
6. Nutq madaniyati haqida
Nutq to’g’ri, aniq va yoqimli bo’lishi lozim. To’g’ri, aniq va yoqimli gapirish uchun mantiqiy izchillikka va adabiy må'yorlarga rioya qilish kårak.
Nutq madaniyati dåganda mantiqiy izchillikka, adabiy til må'yorlariga rioya qilgan holda to’g’ri, aniq va yoqimli so’zlash tushuniladi.
1-mashq. Barcha nutq uslublariga xos matnlar tanlang. Ularni o'zaro solishtiring.
2- mashq. O’qing. Qanday nutq uslubiga xosligini aniqlang.
Tollarning ko’m-ko’k soch popuklari qizlarning mayda o’rilgan kokillariday selkillab tusha boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning namli yuzlari kuldi.
3-mashq. O’qing, matnda qanday badiiy tasvir vositalaridan foydalanganligini aniqlab, ularni ko’chiring.
Martning oxirgi kunlari. Ko’k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko’yga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanda, bahor kelganidan bexabar, hanuz g’aflatda yotgan o’t-o’lanni, qurt-qumursqani uyg’otgan, avvalgidan ham yorug’roq, avvalgidan ham issiqroq sh’ula sochayotgandek tuyuladi.
Kasalxonaga yaqinda tushgan Madrahimov, jikkakkina kishi, o’ziga juda ham katta ko’k xalatga burkanib, yengchadan boshini chiqarib turgan sichqondek, derazadan ko’chaga qarab o’tirgan edi.
4- mashq. She’rni o’qing, badiiy uslubga xos bo’lgan so’zlarni topib, ularni izohlang.
Muruvvat-u ma’rifatdir buyuklikning nishonasi,
Qadam qo’ying, mana sizga asl yo’lning ostonasi.
Jahon ichra buyuk yurtni ulug’ doston etaylik biz,
Zamon keldi ,Vatan bag’rin go’zal bo’ston etaylik biz.
Ming-ming shukr, kelib davron istiqlolga erishdik biz,
Xarob bo’lgan xonadonni butlamoqqa kirishdik biz.
Iymon nuri oqib turar bir gavhar bor qonimizda,
Ne-ne buyuk bobolarning bardoshi bor jonimizda.
Oldindadir hali hikmat, oldindadir imkonimiz,
Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz.
Jahon ichra buyuk yurtni ulug’ doston etaylik biz,
Zamon keldi ,Vatan bag’rin go’zal bo’ston etaylik biz.
5- mashq. Matnni o’qing. Qanday nutq uslubiga xos ekanligini aniqlang.
Tobe so’zning hokim so’z talabiga ko’ra ma’lum kelishik qo’shimchalari yoki ko’makchi bilan kelishiga boshqaruv deyiladi.
6- mashq.Matnni ko’chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o’ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Atomlar kimyoviy bo’linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir.
7- mashq. Matnni o’qing, mazmunini so’zlab bering. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligini va o’ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo’lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to’lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog’liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33m/sekundga teng bo’lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po’latda esa 6000 m/sekund ekanligi o’lchov asboblari yordamida aniqlangan.
8- topshiriq. Matnni ko’chiring, qaysi uslubga mansubligini aniqlang.
Odamzod organik olamning tarkibiy qismi va uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonining mahsuli sanaladi. Odamda oliy asab sistemasi bilan bog’liq bo’lgan: 1) aql; 2) idrok; 3) qobiliyat; 4) nutq; 5) mehnat qilish kabi xususiyatlar shakllanadi. Bu xususiyatlarning irsiylanishi juda murakkab bo’lib, u genetik va ijtimoiy omillar ta’sirida amalga oshadi.
QO’SHIMCHA O’QISH UCHUN MATNLAR
Uyali aloqaning servis xizmatlari
Barcha kompaniyalar va ko’pchilik uyali radiotelefonlar o’z mijozlariga juda ham ko’p servis xizmatlarini ko’rsatadi, masalan:
• fakslar va ålektron pochtani qabul qilish va jo’natish;
• radiotelefonning kichik displeyiga (ba’zida hatto rangli) qisqa matnli xabarlarni uzatish va qabul qilish (SMS-Short Message Service xizmat);
• yozib oladigan tovushli pochta va xabarlarni pochta qutisida saqlash;
• so’zlashuv va xabarlarning maxfiyligini ta’minlash;
• «qo’ng’iroqli konferenciyalarni» tashkil åtish, ya’ni aloqaga birdaniga bir nechta abonentlar guruhini chiqarish;
• kompyuterlar, xususan ixcham SHK lar bilan bevosita ma’lumotlar almashish imkoniyati;
• WEB serverlarni ko’rish uchun radiotelefonga moslashtirilgan brauzerni ishlatib (masalan, Nokia 8110) Internet ga bevosita simsiz murojaat qilish;
• qo’ng’iroqlarni qayta adreslash va kutish;
• axborotlarni yozib oladigan avtojavob beruvchini ishlatish imkoniyati (odatda 1—2 minutdan ko’p åmas, New Star TAG 8600 radiotelefonida — 4 min.);
• abonent nomi bo’yicha yozuvni qidiradigan shaxsiy telefon ma’lumotnomasini tashkil åtish imkoniyati (Siemens G1250 radiotelefonida 250 ta nomerga);
• chiqarilaetgan abonent nomerini terish uchun bitga knopkani bosish bilan yoki hatto tovush bilan dasturlashtirish imkoniyati;
• radiotelefonda so’zlashuv vaqtini hisobga olish imkoniyati;
• radiotelefonni blokirovkalash kodini o’zgartirish imkoniyati;
• ma’lumotnoma tabiatli xizmatlar.
Keyingi yillarda bloknotli kompyuterlar va kompyuter-ålektron kotiblarning (PDA) paydo bo’lishini alohida ta’kidlash kerak, ular uyali telefon tarmoqlarida, xususan, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun ishlash imkoniyatiga åga. Agar 1996 yilda yirik xalqaro ko’rgazma Se BIT da shunaqa SHK larning faqat ikkita modeli (Nokia 9000 va Apple Message Pad 130) namoyish åtilgan bo’lsa, 1997 yilda ularga bevosita radiotelefondan GSM standartidagi uyali raqamli tarmoqlar bilan o’zaro ishlaydigan undan ortiq modellar qo’shildi
Uyali radiotelefondan foydalanishda paydo bo’ladigan ba’zi bir muammolarga to’xtalib o’tamiz — ular ko’p åmas (telefon muammolarni keltirib chiqarmasdan, balki qulaylikni ta’minlashi lozim), lekin bor.
Tez-tez takrorlanib turadigan muammolardan biri — mobil abonent bilan turg’un aloqani o’rnatish qiyinligi.
Agar radiotelefon ulangan bo’lsa, muammolar chiqarilaetgan abonentning joylashgan joyida qabul qilish sharoitlari bilan bog’langan. Tizim abonentni bazaviy stanciya zonasida topa olmasa, u telefon o’chirilganligi yoki xizmat ko’rsatish zonasidan tashqarida joylashganligi to’krisida xabar beradi. Radiotelefon tizimda «ko’rinishi» uchun, uning qabul qilgichi navbatchi kanal bo’yicha so’rovlarni qabul qilish imkoniyatiga åga bo’lishi kerak, uning uzatgichi åsa bazaviy stanciya qabul qiluvchisida signalning kerakli darajasini ta’minlashi kerak. Buni qanday ta’minlash kerak? Asosan, yaxshi antenna bilan. Signal kuchsiz bo’lgan hollarda antenna faqatgina so’zlashuv chog’idagina åmas, balki doimo chiqarilgan bo’lishi kerak.
Radiotelefondan ofis ichida yoki avtomashinada foydalanilganda samarali antennani tashkil åtish to’g’risida birmuncha to’xtalib o’taniz.
Radiosignal uchun sizning chiroyli, shinam ofisingiz yoki yana ham chiroyliroq, serhasham avtomobilingiz bu signalning tarqilishiga xalaqit beruvchi himoya åkrani, achinarli to’siq bo’ladi.
Signal mashina yoki ofis ichiga unchalik so’nmasdan o’tishini, ayniqsa, agar ofis temirbeton binoning poydevor qavatida joylashgan bo’lsa, qanday ta’minlash kerak?
Ång samarali usul — repiter deb ataluvchi maxsus qurilmani yoki oddiy aytganda takrorlovchini ishlatishdir. Bu qurilma ikki qismdan: ichki va tashqi kuchaytirgichlardan tashkil topgan. Tashqi kuchaytirgich ofis binosi devorining tashqi tomoniga (yoki avtomobilning orqa oynasiga) mahkamlanadi va unga tashqi yo’naltirilgan radioantennani ulanadi; repiterning ichki kuchaytirgichi ofis devorining ichki tomoniga (avtomobilning tashqi qismga qarama-qarshi o’rnatilgan oynasiga) maxkamlanadi va unga ichki antenna ulanadi. Repiter qismlari orasidagi aloqa simli ham, simsiz ham (masalan, avtomobil holatida) bo’lishi mumkin. Repiterni ishlatish radiotelefon bilan ofis ichida harakatlanish årkinligini va avtomobilning «germetikligini» ta’minlaydi.
Ofis yoki avtomobil tomiga o’rnatilgan (magnit bilan mahkamlash yordamida yoki tomda ochilgan teshik orqali) tashqi antennaga radiotelefonni bevosita simsiz ulash imkoniyati bordir.
Ikkinchi muammo akkumulyator zaryadinn tejash muammosidir. Buning uchun ång samarali vosita—displeyni va klaviaturani yoritib turishni, bu mumkin bo’lganda, o’chirib qo’yish (yoritib turishda iste’mol toki 10—20 marta oshadi; kichik tejashni tovushli signalni (qo’ng’iroqni va dinamikning balandligini) pasaytirish bilan ta’minlash mumkin).
Va nihoyat, oxirgi, muhim muammo GSM standartidagi radiotelefonlarga xosdir, ular zavod-tayyorlovchi tomonidan tikib quyilgan himoya kodiga ågadir, bu kod telefonning ba’zi vazifalariga murojaat qilishni cheklash uchun ishlatiladi (so’zlashuvlar vaqtini hisobga oluvchi hisoblagichni o’chirish, blokirovkalash kodini almashtirish va b.). Bu kodni unutmaslik kerak, negaki ba’zi holatlarda radiotelefondan foydalanish imkoniyatini yo’qotish mumkin (bunday radiotelefonlarni sotib olishda uning hujjatlarida shunday kod borligini tekshirish lozim).
Xulosada uyali aloqa tizimi rivojlanishining ba’zi istiqbollarini va foydalanuvchi tomonidan standartni va operatorni tanlash muammosini ko’rib chiqaniz. Uyali radibtelefon tizimlari rivojlanishining birinchi bosqichida butun dunyoda, AMPS, NMT va b. standartlarga asoslangan, analogli texnologiyalar keng tarqaldi, lekin hozirgi vaqtda ularni GSM, SOMA standartlari asosidagi raqamli texnologiyalar faol siqib chiqara boshladi. Birinchi paydo bo’lgan GSM raqamli standarti g’arbiy Evropada mustahkam o’rnashib oldi, Xitoy, Xindiston, Avstraliya va Rossiyada rivojlanmoqda; CDMA amerikacha standart AQSH, Braziliya, Yaponiya va Janubi-Sharqiy Osiyoning bir qator mamlakatlarida faol tatbiq åtilmoqda.
TRANKINGLI RADIOTELEFON TIZIMLARI
Trankingli aloqa — ikki tomonlama mobil aloqaning ång tezkor turi harakatlanadigan abonentlar guruhini koordinatsiyalash uchun ång samarali usuldir.
Aloqaning trankingli tizimlari shaxsiy foydalanuvchilar uchun unchalik qiziq åmas (ular orasidagi aloqa uyali radiotelefon tizimlarining alohida imtiyozi bo’lib qoladi); ular korporativ tashkilotlar uchun, guruhli foydalanuvchilar: tashkiliy belgilari yoki oddiy «manfaatlari» bo’yicha birlashtirilgan foydalanuvchilar guruhlari o’rtasida «bir zumlik» aloqa uchun istiqbolli va samaralidir. Trafik (axborotni uzatish) tez-tez asosan tranking tizimlari ichida bo’ladi va abonentlarning umumiy foydalaniladigan telefon tarmoqlariga chiqishi mumkin, lekin bu alohida holatlarda taxmin qilinadi.
Trankingli aloqa tizimi (trunk — tana, poya) o’z ichiga bazaviy stansiyani (ba’zida bir nechta va retranslyatorlar bilan) va
teleskopik antennali abonent radiostansiyalarini (trankli radiotelefonlar) oladi.
Bazaviy stansiya telefon liniyasi bilan bog’langan va katta radiusda ishlaydigan (50—100 km gacha) retranslyator bilan ulangan. Trankli radiotelefonlar juda ishonchli, ixcham va bir nechta variantlarda tayyorlanadi: olib yuriladigan — ish radiusi — 20—35 km, og’irligi 300 dan 500 grammgacha; tashib yuriladigan — ish radiusi — 35—70 km, og’irligi 1 kg ga yaqin; stacionar — ish radiusi 50—120 km, og’irligi odatda 1 kg dan ko’p. Trankingli aloqaning territoriyani qoplash bo’yicha o’rtalashtirilgan imkoniyatlari 9-rasmda ko’rsatilgan.
Umuman, trankingli tizimlar uchun yuqori texnologiyalardan foydalanib bajarilgan yap-yangi uskunalar (ular abonent uchun ham, tarmoq operatori uchun ham yaxshi servisga åga), harakatlanuvchi ob’yektlar bilan to’laqonli dupleksli yoki yarim dupleksli radiotelefon aloqasini ta’minlaydigan uskunalar, analog va raqamli rejimlarda ishlash xosdir. Tranking yordamida kichik sondagi radiokanallar ko’p sonli foydalanuvchilar o’rtasida dinamik taqsimlanadi. Bitta kanalga 50 tagacha va undan ortiq abonentlar to’g’ri keladi; abonentlar telefonni unchalik zo’r berib ishlatmaganligi, bazaviy stansiya konsentrator rejimida ishlaganligi (ya’ni hamma radiokanallarni faqat unga murojaat qilgan abonentlar o’rtasida taqsimlaydi) tufayli «band» holati åhtimolligi yuqori åmas (bitta kanalga hattoki bir nechta abonentni mahkam biriktirilganga qaraganga nisbatan kamroq)
Radiotelefonlar bazaviy stansiyalarning ish zonasida joylasha turib va ular orqali telefon tarmog’ining ixtiyoriy abonenti (shu jumladan trankingli abonent bilan ham) bilan bog’lanib, tizimda ham, bir-biri bilan bazaviy radiostansiyalarning ham ichkarisida, ham zonasidan tashqarida mustaqil ravishda ham ishlashi mumkin. Birinchi holatda abonentlarning bevosita aloqasida ulanishlar katta tezkorlik bilan ta’minlanadi. Bazaviy stansiyalarning ishtirokisiz abonentlarning bevosita aloqaga kirish imkoniyati trankingli tizimlarning uyali tizimlardan asosiy, global farqidir.
Tranking aloqaning standartlari, operatorlari va apparaturasi
Trankingli aloqaning bir nechta ish standartlari (bayonnomalari) mavjud: Smart Trunk, MPT 1327, LTR (hammasi analogli kanallar uchun) va yangi TETRA standarti (raqamli kanallar uchun), ular tizimning ham lokal, ham taqsimlangan tarmoq rejimlarida ishlashini ta’minlaydi. Rossiyada birinchi marta 1992 yilda taqdim åtilgan va butun jahonda ma’lum bo’lgan Smart Trunk tizimining rivojlanishi bo’lgan Smart Trunk II tizimi juda ommaviydir, u boshlanishda keng foydalanish uchun bitta zonali (lokal) sifatida ishlab chiqilgan. Hozirda Smart Trunk II tizimlari ham lokal, ham tarmoqli rejimlarda ishlatilmoqda. Ishlashning tarmoqli varianti ixcham territoriyani qamrab olish uchun yaqin joylashishi shart bo’lmagan, lekin xizmat ko’rsatilayotgan hududlarning joylashishiga mos ravishda joylashgan nechta bazaviy stansiyalar va retranslyatorlarning bo’lishligini ko’zda tutadi. Mumkin bo’lgan variantlardan biri, masalan, firmaning markaziy ofisi joylashgan va abonentlar zichligi yuqori bo’lgan shahar tumanlarida bitta yoki bir nechta retranslyatorlarni hamda firma filiallari, dam olish zonalari va firma xodimlarining dala xovlilari va sh.o’. joylashgan zonalarda alohida retranslyatorlarni o’rnatishdan iborat. Taqsimlangan tarmoqli trankingli aloqa abonentni bitta bazaviy stanciya zonasidan boshqasiga o’tganda (rouming), avtomatik qayta qayd qilish va abonent boshqa zonaga o’tganda unga kelayotgan chiqaruvlarni avtomatik qayta adreslashni ta’minlaydi.
Aloqani tashkil åtishda abonentlar muhimliligi hisobga olinishi mumkin, aloqa himoyalanganligi ta’minlanadi (abonentlar boshqa so’zlashuvlarga aralasha olmaydi va band bo’lgan kanallarda ishlay olmaydi). Har bir trankli radiotelefon o’zining noyob identifikatsiyalovchi nomeriga åga bo’ladi, shu tufayli tarmoqqa begona abonentlarning ruxsat åtilmagan murojaat qilishlarining oldi olinadi.
«Mobil abonent — mobil abonent» ulanish
Mobil abonentni chiqarish uchun trankli radiotelefon klaviaturasida chiqarilayotgan abonent nomerini terish kerak va "3*" rejim knopkasini bosish kerak. Agar faqat rejim knopkasi bosilgan bo’lsa, u holda gudok åshitiladi va chiqarayotgan abonentga chiqarilayotgan abonent nomerini terishni boshlash uchun 6 sekund vaqt beriladi. Abonentni chiqarish, telefon liniyasini ishlatmasdan, radiokanal bo’yicha amalga oshiriladi.
Nomer to’g’ri terilgandan keyin chiqarayotgan apparat nazoratchisi ishchi chastotalar oralig’ini skanerlashni boshlaydi, bo’sh kanalni topadi, radiouzatkichini ulaydi va shu radiokanal bo’yicha chiqarilayotgan abonentga signal yuboradi. Chiqarilayotgan abonent javob bergandan keyin ulanish kodi shakllantiriladi va ikkala abonent aloqa seansi o’rnatilganligini xabar beruvchi tovushli signalni åshitadi. Aloqa seansining tugashi ixtiyoriy abonentdan uzib qo’yish kodini qabul qilinganda amalga oshiriladi.
Aloqaning guruhli rejimlari. Bir nechta mobil abonentlarini guruhga birlashtirish va ularga yagona guruhli nomerni berish mumkin. Bu nomer bo’yicha shakllantirilgan guruhning barcha abonentlarini birdaniga chiqarish mumkin. Chiqarish tartibi yakka abonentni chiqarish kabidir. Shunday qilib, ko’pchilik abonentlar o’rtasida birdaniga «konferens-aloqa» va bitga abonentning ko’pchilik abonentlar bilan «aylanma aloqasi» amalga oshirilishi mumkin.
Falokatli chaqiruvlar. Bazaviy stansiyadagi tizim operatorini tezda chiqarish "9*" rejimlar knopkasini bosish bilan amalga oshiriladi. Falokat yoki xavfli holat bo’lganda "O*" rejimlar knopkasini bosish bilan oldindan dasturlashtirilgan falokatli telefon nomerini avtomatik uzatish mumkin. Agar falokatli nomerni terishga harakat qilinganda hamma kanallar band bo’lsa, u holda nazoratchi falokatli qo’ng’iroqning o’tib ketishi uchun so’zlashuvlardan bittasini uzadi.
Trankli radiotelefon trankingli tizimning xizmat doirasidan tashqarida ishlashi uchun uni oddiy radiostansiya sifatida ishlash rejimiga o’tkazilishi mumkin. Masalan, trankli radiotelefonlar bilan jixozlangan ikkita avtomobil safarga yuborilgan, trankingli tizimning xizmat doirasidan chiqishda radiotelefonlar trankli rejimdan oddiy rejimga qayta ulanadi va avtomobillar yo’lda bir-biri bilan tezkor aloqani ushlab turishlari mumkin. Smart Trunk II tizimlari odatda korporativ tizimlar sifatida yaratiladi: ular aniq bir foydalanuvchiga mo’ljallangan va aniq bir muammo asosida maxsus firma (masalan, «T-Xelper» XD) tomonidan hisoblab chiqiladi va quriladi. Bunday yondashuv vositalarni maksimal iqtisod qilish (xech qanday ortiqcha narsa sotib olinmaydi) va vaqtni (ishlaydigan tizim tezkor yaratiladi) tejashga imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga joriy moliyaviy imkoniyatlar va aloqa xizmatlariga bo’lgan talablarga bog’liq ravishda qisqa ko’rinishli tizimni ko’rish, keyin åsa uni rivojlantirish mumkin.
SHAXSIY YO’LDOSHLI RADIOALOQA
XX asr oxirida yana bitta g’aroyib texnologiya — bizning ixtiyoriy nuqtasida turgan istalgan abonent bilan shaxsiy radioaloqa tug’ildi. Bu texnologiya kosmik retranslyatorlar va abonentlik radioterminallari kompleksidan foydalanuvchi shaxsiy yo’ldoshli radioaloqa tizimlari ( SHYRS ) orqali amalga oshiriladi.
Birinchi, keng ma’lum bo’lgan mobil abonentlar bor bo’lgan «Inmarsat» (Inmarsat) yo’ldoshli telekommunikatsion tizimi va unga o’xshashlari «abonentni terminalda kuzatish» tamoyili bo’yicha xizmat ko’rsatishni ta’minladi: qabul qiluvchi-uzatuvchi apparaturali va kuchli antennali videoterminal harakatlanuvchi ob’ektda o’rnatiladi (avtomobilda, poezdda, kemada, samolyotda) va abonent bu ob’ektga bog’lab qo’yiladi - uning orqasidan boradi. Videoterminal geostasionar orbitada joylashgan (GEO — Geostationary Earth Orbit) yo’ldosh-retranslyator (YR) orqali boshqa abonentlarning radioterminallari bilan aloqa o’rnatadi.
Keyinroq yaratilgan tizimlar (Inmarsat 3, EMSS, MSAT, «Marafon») «terminal abonent orqasidan boradi» tamoyilini amalga oshirish imkonini berdi, chunki samarali tor yo’nalgan antennalardan foydalanishda lokal xizmat ko’rsatish zonalarida signal quvvati ortadi va abonent radioterminali yanada ixchamroq bo’ldi (katta bo’lmagan chemadoncha, «keys» va sh.o’.).
Radiosignal quvvatini yanada orttirish va abonentlik radioterminallari o’lchamlarini kamaytirish imkoniyati yo’ldoshretranslyatorlarni abonentlarga yaqinlashtirish yo’li bilan, ya’ni ularni geostatsionar orbitadan yanada pastroq LEO (Low Earth Orbit) va MEO (Mean Earth Orbit) orbitalariga o’tkazish bilan ta’minlanadi, bunda o’shancha territoriyani qamrab olish uchun katta miqdordagi YT ishlatishga tug’ri keladi. SHYRS ni uyali telefon tizimlari bilan ma’lum bir o’xshashligi bor — YR ning ko’p nurli antennalari yer sirtining ko’rinish zonasini xizmat ko’rsatish zonasi uyali (makrouyali) strukturasini shakllantiradi.
Past orbitalar yo’ldoshli aloqa tizimini tashkil åtish uchun asos sifatida oldinroq ko’rib chiqilgan ådi, lekin ulardan foydalanish ushbu fikrga ko’ra to’xtab qolgan: yo’ldosh-retranslyator uzoq va uzluksiz ko’rinib turishi, yana ham yaxshisi kuzatuvchi uchun bor-yo’g’i qo’zg’almas bo’lishi kerak (ya’ni geostatsionar orbitada joylashishi kerak).
Va faqat so’nggi yillarda bir qator yo’ldoshli aloqa tizimlari paydo bo’ldiki, ular past orbitalar va yanada ixchamroq abonentlik radioterminallari, xatto dastaki mikroradiotelefon trubkalaridan foydalanadi.
Yo’ldoshli tizimlarda ma’lumotlarni uzatish raqamli ko’rinishda 1200—9600 bit/s tezlik bilan olib boriladi.
SHYRS lar kelgusida uyali radiotelefon aloqasi mumkin bo’lmagan yoki etarlicha samarali bo’lmagan joylarda, chunonchi ma’lumotlarni katta masofaga uzatishda, aholi siyrak hududlarda, dengiz akvatorlarida ularni to’ldirishi va rivojlantirishi lozim va h.k.
RADIOTO’LQINLAR NIMA?
Tåvaragimizni o’rab turgan kånglik yaqin masofadagi tålå, radiostantsiyalarning radio to’lqinlari bilan doimo qamralgan bo’lishini bilasizmi? Mana shu to’lqinlar ta'sirida xonadagi barcha måtall buyumlar hamisha yengil tåbranib turadi. Agar bu buyumlar ovoz to’lqinlarini chiqarmasa, siz bu tåbranishlarni eshitmaysiz, siz radiopriyomnikni buraganingizda aynan shu hodisa ro’y båradi.
dioto’lqinlarni bo’shliqqa tarqalgan muhit osoyishtaligining buzilishidir, dåya ta'riflash mumkin. Ular paydo bo’lganda elåktronlar uyoq — buyoqqa tåz harakatlana boshlaydi. Issiqlik va nur ham bo’shliqqa to’lqinlar tarzida tarqaladi. Farqi shundaki, radioto’lqinlarning uzunligi issiqlik va nur to’lqinlariga nisbatan kattaroqdir.
Radioto’lqinlar bo’shliqda, suvga tashlangan toshdan to’lqinlar qanday tarqalsa, xuddi o’shanday tarzda, ya'ni o’z manbaidan barcha tomonga qarab doirasimon shaklda tarqaladi. Garchi radioto’lqinlar soatiga taxminan 300 000 kilomåtrga tång bir xil tåzlikda harakatlansada, bir nuqtadan kånglikka bir såkunda o’tadigan to’lqinlar miqdori qar xil bo’lishi mumkin. Bu narsa to’lqinlar chastotasi dåb yuriladi.
To’lqinlarning bitta tugagan uzunligi bir davr hisoblanadi. Shunday qilib, chastota — bu, bir såkund ichida o’tib bosiladigan to’lqinlar to’la davrining miqdoridir. Agar to’lqinlar uzunligi qisqa bo’lsa, to’lqinlar bir-biriga yaqin, ularning o’rkachi ham o’zaro yaqin bo’lib, ular biri-birini tåz-tåz almashtirib turadi. Agar to’lqinlar uzunligi katta bo’lsa, to’lqinlar o’rkachi ham o’zaro uzoq masofada joylashgan bo’lib, biri-birini såkinlik bilan almashtiradi. Ma'lum bo’ladiki, to’lqinlar uzunligi quyi chastotalarga ega, chunki ularning o’rkachi biri-birini qisqa to’lqinlar singari tåz-tåz almashtirmaydi.
Yuqori chastotali to’lqinlar kilogårtslar yoki minggårtslar bilan o’lchanadi. Sizning radiopryomnigingizda chapdan o’ngga tomon 540, 550, 560 kabi 1600 KGsgacha bo’lgan raqamlar ko’rsatilgan. Har bir raqam to’lqinlar chastotasiga taalluqlidir. Ma'lum bir radiostantsiya atrofga faqat o’z chastotasidagi to’lqinlarni tarqatadi.
Radioto’lqinlar mavjudligi ular ixtiro qilinishidan oldin ham ma'lum edi. Bunday bashorat 1864 yilda Jåyms Maksvåll tomonidan ilk bora qilingan edi. 1888 yilda esa olmon fizigi Gånrix Gårts bunday to’lqinlarni qiqatan mavjudligini isbot qildi va ular qanday tarqalishini tushuntirib bårdi.
RADIOTELEFONLI ALOQA
Bir necha yil oldin radiotelefonli odam ko’chada yoki avtomobilda ko’p sonli xissiyotlarni uyg’otardi, xattoki «bu odamlar juda ham xaddidan oshib ketdi», «odamlar pulini qayqqa qo’yishni bilmay qoldilar» va shu ko’rinishdagi muloxazalar ham aytildi.
Butun tadbirkor kishilar o’z xayotini radiotelefonsiz tasavvur qila olmaydi: ularning qaysi biriga quyidagi vaziyat tanish åmas: biznes bo’yicha hamkorlar yoki buyurtmachilar bilan muzokaralar o’tkazgandan so’ng o’z raxbarini muzokara natijalari bilan tezda tanishtirish zarurati paydo bo’ladi. Begona ofisdan qo’ng’iroq qilish noqulay, yaqin atrofda yaxshi ishlaydigan taksofon yo’q, ma’lumot bera olmaslik åsa talofat bilan barobar, vaqt o’tmoqda va bu bilan biror ishni qilish imkoniyati ham ketmoqda. O’z vaqtida axborot olinmaganlikdan kelib chiqqan talofat radiotelefon xarid qilishga ketgan xarajatlardan bir necha marta ortib ketishi mumkin va bu faqat shunday ko’p sonli misollardan bitgasi.
Simsiz aloqani ishlatish baobro’ odamni go’yoki tashrif qog’oziga aylandi, mobil telefon åsa obro’-å’tibor ko’rsatkichi, uning imidji ålementidir.
Shuning uchun ko’plab tadbirkor kishilar radiotelefon harid qilishni o’z firmasining harajatlar smetasida oldingi o’rinlardan biriga qo’ymoqda.
Radiotelefon aloqa texnologiyasi mas’ul xodimni, tijoratchini, tadbirkorni, mutaxassisni o’z xodimlari va hamkorlari bilan, u qaerda, boshqa tashkilotda, majlisda yoki simpoziumda, dala hovlida, o’rmonda yoki plyajda bo’lmasin ishonchli va tezkor aloqani ta’minlashi mumkin.
Radiotelefon aloqa simli telefonga nisbatan doimiy ishlatish uchun raqobatbardosh alternativa bo’lishi mumkin, negaki simli telefon jiddiy kapital mablag’larni va ko’p mexnat talab åtadigan joriy xizmat ko’rsatishni talab åtuvchi murakkab xo’jalikdir, buning ustiga bu tizim ba’zida tezkor ulanishni ta’minlay olmaydi.
Simsiz telefon tizimi oddiy simli telefon tizimiga nisbatan quyidagi muhim afzalliklarga åga:
• tabiiy sharoitlarga va telekommunikatsiya infrastrukturasining mavjudligiga bog’liq bo’lmagan holda har qanday sharoitlarda ham yaratish mumkinligi;
• mobil foydalanuvchilar bilan ishonchli va tezkor aloqani ta’minlashligi;
• tizimni tashkil åtish bo’yicha ishlarga mehnat sarfining kamligi va foydalanishga topshirishning yuqori sur’atlari;
• tizimni yaratishga ketgan kapital mablag’larning 2—3 marta kamligi;
• tizimni o’zini qoplash muddatining kichikligi.
• keng servisga ågaligi, xususan, tizimni boshqarish bo’yicha va axborotni himoya qilish bo’yicha servisga ågaligi.
Hozirgi vaqtda radiotelefon aloqa asosan xuquqiy sub’ektlar orasida keng qo’llanilmoqda: korxona va tashkilotlarda, firmalarda va tijorat kompaniyalarvda; favqulodda holatlarda; ishlarni tezkor muvofiqlashtirish va vakolatli funksiyalar uchun, ishlab chiqarishni va texnologik jarayonlarni tezkor tashkiliy boshqarish uchun va ko’pgina boshqa maqsadlar uchun foydalanilmoqda.
Radiotelefon tizimlar o’rtasida ularning quyidagi turlarini ajratish mumkin:
· uyali radiotelefon aloqa tizimlari;
· trankingli radiotelefon aloqa tizimlari;
· radiogo’shakli telefonlar;
· radiotelefon o’zaytirgichlar;
· shaxsiy yo’ldoshli radioaloqa tizimlari.
Hozirgi vaqtda jahonda radiotelefon tizimlarining ish
bayonnomalarini belgilovchi ållikka yaqin turli xil standartlar mavjud.
PEYJINGLI ALOQA TIZIMLARI
Mobil telefonlar, peyjerlar tadbirkor kishilar hayot tarzini o’zgartirib, ularga voqealar rivojidan bir laxza ham ajralmasdan doimo aloqada bo’lish imkonini berdi.
Peyjingli aloqa tizimlari shaxsiy radiochiqarish tizimining ång ommaviy va keng tarqalgan variantidir. Peyjer uyali radiotelefon bilan bir qatorda tadbirkor odam obro’si (imidji) ålementi bo’lib qoldi.
SHAXSIY RADIOCHIQARISH TIZIMLARI
Shaxsiy radiochiqarish tizimlari (radioqidiruvchi aloqa) bu tizimlar abonentlariga axborotni tezkor qidirish va uzatish uchun mo’ljallangan.
Shaxsiy radiochiqarish tizimlari tizim abonentlariga shaxsiy biriktirilgan, miniatyur qabul qiluvchi ålementli radiokanallar bilan bog’langan markaziy qabul qiluvchi-uzatuvchi radioapparaturadan (umumiy holda qabul qiluvchi-uzatuvchi qurilmalardan) tuzilgan. Bunday qabul qilgichga (u cho’ntakka osongina joylashadi) åga bo’lgan abonent uni navbatchi rejimda ushlaydi; markaziy pultdan chiqaruv kelganda qabul qilgich abonent diqqatini jalb åtuvchi vibratsiya yoki tovushli signal chiqaradi. Abonent qabul qilgichini ish rejimiga ulaydi va o’ziga yuborilgan axborotni åshitadi yoki jajji displeyda ko’rib chiqadi.
Lokal tizimlar bir korxona yoki tashkilot hududida qo’llaniladi va odatda past chastotali radiokanallardan foydalanadi (bu holatda antenna ilmoqli tebratkich ko’rinishiga åga bo’lib, faqat korxona hududini qamrab oladi va undan tashqarida radioholakitlar hosil qilmaydi). Past chastotali (10—40 kGc) radioqidiruvchi tizimlarda ma’lumotlarni uzatish faqat bir taraflama: markaziy pultdan abonentlarga tomon boradi.
Bunday tizimlarga misol tariqasida 49 abonentga mo’ljallangan «Poisk», 90 abonentga mo’ljallangan «Svyaz» tizimlarini keltirish mumkin; hududni qamrab olishi — 1 kv km gacha.
Hududiy tizimlar bir necha o’nlab va yuzlab megagersli diapazonda ishlovchi yuqori chastotali kanallardan foydalanadi, va kattaroq hududlarni qamrab oladi. Yuqori chastotali tizimlar ikki taraflamadir (radiotelefon aloqaga o’xshash), lekin ko’pincha bir taraflama bo’ladi.
Shaxsiy radiochiqarish hududiy tizimlarining ommaviy rivojlanishi peyjingli aloqa tizimi ko’rinishida bo’ladi, bu ularning foydalanish doirasini, xususan, lokal korxona va tashkilotlarda sezilarli kengaytiradi.
PE JINGLI ALOQA
Peyjingli aloqa o’zining paydo bo’lgan vaqtidan boshlab (50-yillarning o’rtalari) bir xil ma’noli bo’lmagan holda qabul qilindi. Uning foydaliligi, so’zsiz, aloqaning yuqori tezkorligi va narxi pastligi, chastotali resursni samarali ishlatishligidir. Uning ång asosiy kamchiligi shundaki, u shu paytga ham qator aloqaning bir taraflama turi bo’lib, bu uning ishonchliligini sezilarli pasaytiradi.
Lekin bu kamchiligiga qaramay, peyjingli aloqa hozirgi vaqtda haqiqatda ommaviy tarqaldi. Peyjingli aloqaning abonentlari soni jahonda o’nlab million odamga etadi; rivojlangan mamlakatlarda peyjingli aloqadan 20% gacha aholi foydalanadi.
Peyjing tizimining asosini peyjingli terminal tashkil åtadi, u nazoratchini qabul qilish-uzatish qurilmasidan, retranslyator, boshqarish pulti va antennadan tashkil topgan. Ma’lumotni uzatish uchun telefon, kompyuter, klaviaturadan foydalanish mumkin, qabul qilish uchun åsa — jajji UQT-qabul qilgich — «peyjer» (peyjingli tizimlar 146-174 MGc chastotalar diapazonida) ishlatiladi.
Har bir peyjerga alohida telefon nomeri mos keladi va u bilan bog’lanish uchun nomerni terish va xabarni uzatish kerak.
Yaqin kelajakda ikki taraflama peyjerlarning paydo bo’lishi qutilmoqda, u faqat axborotni qabul qilib qolmasdan, balki ma’lumotlarni qabul qilganligi to’g’risida xabar va qisqa kodlardan javoblar yuborishi mumkin (ko’rgazmalarda shunday peyjerlarning ilk namunalari namoyish qilindi).
Texnologiyaning zamonaviy darajasi ixtiyoriy o’lchamdagi peyjing tizimini — ofis miqyosidan tortib to umumdavlat miqyosigacha — ko’rish imkonini beradi.
Peyjingli tizim turlari
Bu tizimlarning uchta turi ång xarakterlidir: korporativ, lokal va hududiy tizimlar.
Korporativ peyjing tizimlari ofis, bino ichida, alohida korxona va ularga tegishli bo’lgan hududlarda aloqani tashkil åtish uchun mo’ljallangan. Ularni qo’llashning tipik misollari- katta ofislar, mehmonxonalar, kasalxonalar, aåroportlar. Ular peyjerga åga bo’lgan ixtiyoriy xodimga uning joylashgan joyidan qati nazar, tezda ma’lumotni uzatish imkonini beradi.
Tizim asosi — nazoratchi uzatilayotgan ma’lumotni maxsus xabarlarga o’zgartiradi va chiqish quvvati odatda 5 vt gacha bo’lgan kichik quvvatli radiouzatuvchi qurilmani boshqaradi. Axborotlarni kiritish uchun bunday tizimlarda gohida nazoratchiga moslashtirilgan klaviatura ishlatiladi, lekin tonal teriladigan telefonlarning nomer tergichlari va shaxsiy kompyuterlar ishlatilishi ham mumkin. Telefon apparatning nomer tergichidan faqat raqamli axborotni kiritish mumkin. Axborotni kiritish uchun tashkilotning korporativ kompyuter tarmog’iga ulangan shaxsiy kompyuterlardan foydalanish ång samaralidir. Bu so’nggi holda maxsus dasturli ta’minot mavjud bo’lganda, operator yordanidan foydalanmasdan, peyjerga abonent adresiga faks bo’yicha yoki ålektron pochta bo’yicha olingan axborotlarni yuborish mumkin.
Lokal peyjingli tizimlar o’nlab kilometrli harakat radiusiga va ko’p yukli abonentlarga (bir necha minggacha) åga. Bunday tizimlarda uzatkichlarning chiqish quvvati 150—300 vt ga etadi. Ular katga balandlikka o’rnatiladigan samarali antennalar bilan jixozlangan. Xabarlar telefon bo’yicha operator tomonidan qabul qilinadi va pult yordanida kiritiladi. Korporativ tizimlardagi kabi, ma’lumotlarni tonal kiritiladigan telefon nomer tergichlari, shaxsiy kompyuterlardan, operatorlarni chetlab o’tib kiritish imkoniyati mavjud. Mijoz adresiga olingan qisqa faks — axborotlarni va ålektron pochta axborotlarini uzatish uchun adresli ma’lumotlarni avtomatik oxiriga teradigan maxsus kirishlar mavjuddir.
Hududiy peyjing tizimlari yanada kattaroq hududni qamrab oladi va shuning uchun ular bir necha peyjer terminalli ko’p zonali tizimdir. Bunday tizimlar ång rivojlangan funksional va servis imkoniyatlariga åga va odatda, umumiy foydalaniladigan ochiq tizimlar bo’ladi.
Peyjerlar
Peyjerlar oxangli, raqamli va matnli bo’ladi.
Oxangli peyjerlar ång oddiy, arzon va kichik o’lchamlidir (gugurt qutisi o’lchamlari kabi); ular faqat abonentni chiqaruv to’g’risida tebranmali, tovushli yoki yorug’lik xabari bilan ma’lum qiladi, bunda bildirish signali tipi oldindan abonent tanlab olgan xabarlarni shartli kodlashi mumkin: tovushli pochta qutisiga qo’ng’iroq qilish, ofisga qo’ng’iroq qilish, uyga qo’ng’aroq qilish va sh.o’.
Misol. Philips firmasining PRG1012 oxangli peyjeri.
Raqamli peyjerlar ko’proq mukammallashgandir, ular odatda displey (10—20 belgili) va tezkor xotiraga (80—200 simvol yoki 8—20 ta xabarga) åga; displeyga raqamli xabar uzatilishi mumkin (qo’ng’iroq qilinishi kerak bo’lgan telefon nomeri; biror oldindan kelishilgan voqea vaqti; akciya kursi va sh.o’.). Bunday peyjerni tovushli pochta qutisi (TPQ) bilan birgalikda ishlatish qulaydir, bu deyarli har bir peyjing tizimida tashkil åtiladi — bu holda peyjerga TPQ, ga abonent adresiga axborot tushganligi to’g’risida xabar beriladi. Bu axborotni abonent ixtiyoriy yaqinroqda joylashgan pochta qutisiga qo’ng’iroq qilib olishi mumkin (TPQ ga murojaat qilish tabiiyki, maxfiydir — identifikator va yoki parol bo’yicha).
Misol. Philips PRO 1068, NEC PN3PV-4C, Bravo Plus, Bravo Express, Life Style — oxirgi uchtasi Motorola firmasiniqidir.
Matnli peyjerlar ång mukammallashgan. Matnli peyjerlar modellari juda xilma xil: ularning ko’pchiligi xabarni displeyga rus tilida (12-rasm), ba’zi birlari faqat ingliz tilida chiqaradi ular soat, budilnik, xabarning kelgan kuni va vaqtini qayd qilish tizimiga åga. Matnli peyjer yozuv daftari, belgilangan uchrashuv yoki telefon qo’ng’irog’i vaqti to’g’risida ogoxlantiruvchi taymer tizimli xaftalik bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Matnli peyjerlar modellari
Matnli peyjerlarning ång ommaviy va keng tarqalgani Motorola Advisor peyjerlaridir (shu jumladan ularning Motorola Advisor Latin, Cyrillic, Linquist modifikaciyalari), 1996 yilda ularni sotish hajmi bu klassdagi peyjerlarni hamma sotilganlarini yarmidan ko’prog’ini tashkil åtdi. Ko’p tilli (40 tildan oshiqroq) Motorola Advisor Linguist peyjerlari 512, 1260, 2400 bit/s tezlik bilan 138—174 MGc (A03TQB5-962 AA modeli) yoki 408-512 MGc (AO4TQB5962 AA modeli) chastotalar diapazonlarda ishlaydi, 6400 simvolli xotiraga (10 tagacha avtomatik saqlanadigan xabarlar) åga, bitta qabul qilinayotgan xabarning maksimal uzunligi 1984 ta belgi, 4-satrli displeyga (satrda 20 ta belgi) åga; peyjer o’lchamlari 8,58x5,9x1,98 sm, og’irligi 116,6 g.
Yana quyidagi matnli peyjerlar keng ishlatiladi:
— NEC firmasiniki: NEC Mini — har biri 120 belgili 16 ta xabarga oid xotira, ikki tilli (ham rus, ham ingliz tilida); NEC 21A Maxima har biri 2000 belgili 231 ta xabarga oid kengaytirilgan xotiraga åga, shu bilan birga kompyuterga o’xshab ma’lumotlarni fayllar va direktoriylar bo’yicha saqlashni amalga oshiradi; berilgan vaqtda belgilangan qo’ng’iroqlar, uchrashuvlar to’g’risida åslatish vazifasi mavjud bo’lgan ålektron «yozuv daftari» ga åga; NEC SAM;
— Philips firmasiniki: Philips PRG2310, Messenger Lux, PRG2220;
— Motorola firmasiniki: Motorola Sen ptor (LX1 va LX2), Memo va Bravo Express va b.
Peyjingli alovdning servis xizmatlari
Qisqa ma’lumotli axborotlarni bevosita peyjerga uzatish maqsadga muvofiqdir, bir muncha uzunroqlarini uzatish uchun tovushli pochta qutisini (TPQ) ishlatish tavsiya åtiladi. Ma’lumotni uzatish uchun TPQ ni ishlatganda peyjerning telefon nomerini terish va axborotni avtojavob beruvchiga uzatish kabi aytib turish kerak. Bu holatda peyjer åkranida xabarning paydo bo’lishidan tashqari u TPQ ga yoziladi va saqlanadi; uni ixtiyoriy qulay fursatda, telefon nomerini va siz uchun o’rnatilgan murojaat qilish kodini (parol) terib, åshitib ko’rish mumkin.
Ma’lumot peyjerga quyidagicha uzatilishi mumkin:
• bevosita telefonning tonal nomer tergichidan;
• telefonning mikrofoniga aytib turilib, keyinchalik operator yoki dispetcher orqali uzatish;
• Tashqi aloqa kanalidan yoki kompyuterdan (modem orqali) kiritish.
Axborotni åfirga uzatishda u kodlanadi, shuning uchun ularni åshtib ko’rishning imkoniyati yo’q; tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash bevosita modem bilan, masalan, Zoom VFDXV.32bis faks-modeni bilan bajarilishi mumkin.
Har bir terilayotgan raqamga aniq bir tovushli oxang mos keladigan tonalli nomer terish magnit kartalari bilan ishlovchi ko’pgina zamonaviy telefon apparatlarida va ko’chadagi taksofonlarda bor. Impulsli teriladigan TA uchun telefonli qo’shimcha o’zgartirgichni (biper) ishlatish mumkin.
ISH QOG’OZLARI
ARIZA
(Çàÿâëåíèå)
Çàÿâëåíèå – äîêóìåíò, ñîñòàâëåííûé íà èìÿ êîíêðåòíîé îðãàíèçàöèè, äîëæíîñòíîãî ëèöà, ñîäåðæàùèé êàêóþ-ëèáî ïðîñüáó, ïðåäëîæåíèå èëè æàëîáó.
Íåîáõîäèìûìè ýëåìåíòàìè çàÿâëåíèÿ ÿâëÿþòñÿ ñëåäóþùèå:
1. Íàèìåíîâàíèå îðãàíèçàöèè èëè Ô.È.Î. äîëæíîñòíîãî ëèöà, êîìó íàïðàâëåíî çàÿâëåíèå.
2. Ô.È.Î., ìåñòîæèòåëüñòâî, äîëæíîñòü çàÿâèòåëÿ.
3. Íàèìåíîâàíèå äîêóìåíòà (Çàÿâëåíèå)
4. Îñíîâíîé òåêñò (ïðåäëîæåíèå, ïðîñüáà, æàëîáà)
5. Ïðèëàãàåìûå äîêóìåíòû (ïðè íåîáõîäèìîñòè)
6. Ïîäïèñü, ôàìèëèÿ è èíèöèàëû çàÿâèòåëÿ.
7. Äàòà ïîäà÷è çàÿâëåíèÿ.
Íåîáõîäèìûå ÷àñòè çàÿâëåíèÿ íå âñåãäà ïîâòîðÿþòñÿ îäèíàêîâî, ê ïðèìåðó, ñîòðóäíèê, ïèøóùèé çàÿâëåíèå íà èìÿ ðóêîâîäèòåëÿ ïðåäïðèÿòèÿ, ãäå îí ðàáîòàåò, íå óêàçûâàåò ñâîåãî àäðåñà, à ëèøü óêàçûâàåò îòäåë (÷àñòü), ãäå ðàáîòàåò è ñâîþ äîëæíîñòü.
×àñòè çàÿâëåíèÿ ðàñïîëàãàþòñÿ ñëåäóþùèì îáðàçîì.
|
Namunalar
TARJIMAI HOL
(Àâòîáèîãðàôèÿ)
Àâòîáèîãðàôèÿ – èçëîæåíèå òåì èëè èíûì ëèöîì î ñâîåé ëè÷íîé æèçíè è äåÿòåëüíîñòè. Îíà íå èìååò æåñòêîé ôîðìû, ìîæåò áûòü êðàòêîé è ïîëíîé. Õîòÿ è ïèøåòñÿ ïðîèçâîëüíî, àâòîáèîãðàôèÿ èìååò íåêîòîðûå îáÿçàòåëüíûå ýëåìåíòû:
1. Íàèìåíîâàíèå äîêóìåíòà.
2. Òåêñò:
- Ô.È.Î. àâòîðà;
- äàòà è ìåñòî ðîæäåíèÿ;
- êðàòêèå ñâåäåíèÿ î ðîäèòåëÿõ (Ô.È.Î. ìåñòî ðàáîòû);
- îáðàçîâàíèå è ñïåöèàëüíîñòü ïî îáðàçîâàíèþ;
- âèäû òðóäîâîé äåÿòåëüíîñòè;
- ïîñëåäíåå ìåñòî ðàáîòû è äîëæíîñòü;
- ïðåìèè è ïîîùðåíèÿ;
- ó÷àñòèå â îáùåñòâåííîé ðàáîòå;
- ñåìåéíîå ïîëîæåíèå;
- àäðåñ;
3. Äàòà.
4. Ïîäïèñü.
Topshiriq. O’qing, na’munadan foydalanib, tarjimai holingizni yozing.
TARJIMAI HOL
Men, Avazbek Alisherovich Azizov, 1988-yil 22-martda Toshkent shahrida, hizmatchi oilasida tug’ildim.
Otam, Alisher Hosilovich Azizov, 1965-yilda tug’ilgan, 7-oilaviy shifoxonada shifokor bo’lib ishlaydi.
Onam, Latofat Yoqubovna Azizova, 1967-yilda tug’ilgan, 15-maktabda o’qituvchi bo’lib ishlaydi.
1995 yildan 2006 yilgacha Toshkent shahridagi 1-o’rta maktabda o’qidim. 2006 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining axborot texnologiyalari fakultetiga o’qishga kirdim.
Bir necha jamoat ishlarida ham qatnashaman,jumladan, «Kamolot» yoshlar harakati a’zosiman.
Uylanmaganman.
Mening turar joyim: 700210, Toshkent, Usmon Nosir ko’chasi 5-uy, 27-xonadon. Tel : 272-28-61
2008 yil 14.01 (imzo) A.Azizov
MAJLIS BAYONI
(Ïðîòîêîë)
Îôèöèàëüíûé äîêóìåíò, ðåãèñòðèðóþùèé âûñòóïëåíèÿ ó÷àñòíèêîâ ñîáðàíèé, çàñåäàíèé è äðóãèõ, à òàêæå èõ ïîñòàíîâëåíèÿ.
Îíî ìîæåò áûòü êðàòêèì (ïîâåñòêà äíÿ, ôàìèëèè äîêëàä÷èêà è âûñòóïàâøèõ â ïðåíèÿõ, ïîñòàíîâëåíèå) è ïîëíûì (ïðèâîäÿòñÿ âñå âûñêàçûâàíèÿ ó÷àñòíèêîâ).
Íåîáõîäèìûìè ÷àñòÿìè ïðîòîêîëà ÿâëÿþòñÿ:
1. Íàèìåíîâàíèå îðãàíèçàöèè, ó÷ðåæäåíèÿ.
2. Çàãëàâèå (íàèìåíîâàíèå ñîâåùàþùåãîñÿ îðãàíà èëè ñîáðàíèÿ).
3. Íàèìåíîâàíèå äîêóìåíòà (Ïðîòîêîë).
4. Äàòà.
5. Íîìåð.
6. Ìåñòî ñîáðàíèÿ.
7. Ðåãèñòðàöèÿ óòâåðæäåíèÿ (ïðè íåîáõîäèìîñòè).
8. Ôàìèëèè ïðåäñåäàòåëÿ è ñåêðåòàðÿ.
9. Òåêñò:
- ñïèñîê èëè ÷èñëî ó÷àñòíèêîâ;
- ïîâåñòêà äíÿ;
- çàñëóøàëè;
- âûñòóïèëè;
- ïîñòàíîâèëè.
10. Ïðèëîæåíèÿ (åñëè èìåþòñÿ).
11. Ïîäïèñè.
Ïðîòîêîë îôîðìëÿåòñÿ ïî äàííîé ñõåìå:
Tashkilot nomi MAJLIS BAYONI Sana. Joyi. Rais. Kotib. Qatnashdilar: Kun tartibi: 1. 2. ESHITILDI: Ma’ruzachi
ism-familiyasi (ma’ruza ilova qilinadi). SO’ZGA
CHIQDILAR: So’zga
chiquvchilar ism-familiyasi - … . QAROR QILINDI: 2. ESHITILDI: Ma’ruzachi
ism-familiyasi (ma’ruza ilova qilinadi) SO’ZGA
CHIQDILAR: So’zga
chiquvchilar ism-familiyasi - … . QAROR QILINDI: 3. ESHITILDI: Ma’ruzachi
ism-familiyasi (ma’ruza ilova qilinadi) SO’ZGA
CHIQDILAR: So’zga
chiquvchilar ism-familiyasi - … . QAROR QILINDI: Rais Imzo I.Sh.Familiyasi Kotib Imzo I.Sh.Familiyasi
MAJLIS BAYONIDAN KO’CHIRMA
(Âûïèñêà èç ïðîòîêîëà)
Ïðè íåîáõîäèìîñòè îôîðìëÿþòñÿ âûïèñêè èç ïîñòàíîâëåíèé, ïðèíÿòûõ â õîäå çàñåäàíèé. Âûïèñêà èç ïðîòîêîëà çàâåðÿåòñÿ ïîäïèñÿìè.
Âûïèñêà ïðîòîêîëà ñîñòîèò èç ñëåäóþùèõ îñíîâíûõ ÷àñòåé:
1. Íàèìåíîâàíèå îðãàíèçàöèè, ó÷ðåæäåíèÿ.
2. Íàèìåíîâàíèå äîêóìåíòà (Âûïèñêà èç ïðîòîêîëà).
3. Äàòà (äàòà çàñåäàíèÿ).
4. Óñëîâíûé íîìåð.
5. Ìåñòî îôîðìëåíèÿ âûïèñêè èç ïðîòîêîëà.
6. Òåêñò:
- ïîâåñòêà äíÿ;
- çàñëóøàëè;
- ïîñòàíîâèëè;
7. Ïîäïèñè.
8. Ïîìåòêà î çàâåðåíèè âûïèñêè.
Èíîãäà â âûïèñêå èç ïðîòîêîëà ïðèâîäÿòñÿ ôàìèëèè èëè ÷èñëî ó÷àñòíèêîâ çàñåäàíèÿ, à òàêæå âûñòóïàâøèõ â ïðåíèÿõ, ÷òî ÿâëÿåòñÿ íåöåëåñîîáðàçíûì.
 òåêñòå âûïèñêè ïðèâîäèòñÿ ëèøü ÷àñòü, êîòîðàÿ äîëæíà áûòü äîâåäåíà äî ëèöà èëè ó÷ðåæäåíèÿ. Åñëè áûëî ðàññìîòðåíî íåñêîëüêî âîïðîñîâ, òî ïðèâîäèòñÿ ëèøü ïîñòàíîâëåíèå ïî íóæíîìó âîïðîñó.
×àñòè âûïèñêè èç ïðîòîêîëà ðàçìåùàþòñÿ ñëåäóþùèì îáðàçîì:
|
|||
|
MUNDARIJA
1-MAVZU. Til-ma’naviyat ko’zgusi. Nutq tovushlari. Lotin yozuviga asoslangan yangi Alifbo va imlo qoidalari ……………..................……......... 3
2-MAVZU. O‘zbekiston - yagona vatan.Agglyutinatsiya va fleksiya, Sodda, qo’shma, juft so’zlar …………………………………..………......................... 22
3-MAVZU. Universitetim bilan faxrlanaman. Leksik qatlamlar. Antonim, sinonim, omonim …………………………………….……............................... 47
4-MAVZU. Inson va jamiyat. Konstitutsiya. Frazeologizmlar....…................. 58
5-MAVZU. Milliy qadriyatlar e’zozi. Sifat va ravish…..………..…............. 67
6-MAVZU. Tarix va zamonamiz. Îtga xos grammatik kategoriyalar………………………………………………….…….….............. 76
7-MAVZU. Adabiyot-ma’naviyat o’chog’i. Aniq va taxminiy miqdorning ifodalanishi…………………………………………….…................................. 87
8-MAVZU. O‘zbek san’ati ustalari. Olmosh……………….…….…............... 95
9-MAVZU. Salomatliging o’z qo’lingda. Fe’l nisbatlari va fe’l zamonlari……………………………………………………………….............. 106
10-MAVZU. Kelajak yoshlar qo’lida. Yordamchi so’zlar..……...................... 118
11-MAVZU. Yetuk mutaxassis bo’laman. Sintaktik aloqa va uning turlari. Gapda so’z tartibi……………………………………………........................... 131
12-MAVZU. Tabiat va inson. Ergashgan qo’shma gaplar……….…..............149
13-MAVZU. Hayot mening tasavvurimda. Ko’chirma va o’zlashtirma gaplar…………………………………………...……………….……............... 159
14-MAVZU. Turmush urinishlari. Fe’l mayllari va shakllari. Ravishdosh……………………………………………………………...............167
15-MAVZU. Qahramonlar unutilmaydi. Nutq uslublari…………...................175
Qo’shimcha o’qish uchun matnlar…………………………….……...............188
Ish qog’ozlari………………………………………….…………….................201