O’ZBEKISTON AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
O’zbek va rus tillari kafedrasi
MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL QILISH VA O’TKAZISH TEXNOLOGIYASI
O`zbek tili fanidan mustaqil ishlar bo’yicha yo’riqnoma
(birinchi bosqich talabalariga yordam tariqasida)
TOSHKENT - 2016
TATU ilmiy - uslubiy kengash muhokamasida tasdiqlangan va nashr qilishga tavsiya qilingan ( 23 dekabr 2016 yil 4(95) -son bayonnoma)
Òuzuvchilar: K.A.Gayubova
N.D.Yulanova
Ushbu yo’riqnoma rus tilida tahsil oluvchi guruhlar uchun tuzilgan bo’lib, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 21 fevral 34-sonli buyrug’iga asosan tuzilgan. Yo’riqnoma semestr davomida rejaga muvofiq belgilangan muddatda topshirilishi kerak bo’lgan mustaqil ish mavzularini o’z ichiga qamrab olgan. Yo’riqnomada qanday manbalardan foydalanish ko’rsatib berilgan.
Yo’riqnomada berilgan mavzular bo’yicha topshiriqlar mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Yo’riqnomadan o’rin olgan matnlarning barchasi, bizningcha, har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o’qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o’ziga tegishli xulosalar chiqarib, mustaqil fikrlay boshlaydi. Ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim.
MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
Mustaqil ish turi. «O'zbek tili » fani bo'yicha talabalar mustaqil ishi (TMI) ni tashkil etishda talabaning akademik o'zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi turlardan foydalanish mumkin:
fanning ayrim mavzularini o'quv adabiyotlari yordamida mustaqil o'zlashtirish, o'quv manbalari bilan ishlash;
amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko'rib kelish;
ma'lum mavzu bo’yicha xabar tayyorlash;
berilgan mavzular bo'yicha manbalardan materiallar topib, to'plab, ular asosida taqdimot tayyorlash;
ko'rgazmali qurollar yasashda ishtirok etish;
ma’lum mavzu bo’yicha test, savollar va topshiriqlar tayyorlash;
mavzu bo’yicha rolli o’yinlar, turli tadbirlar tashkillashtirish;
uy vazifalarini bajarish va boshqalar;
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda, talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra o'qituvchilari tomonidan belgilanadi.
O'zbek tili fani bo’yicha 1 kursda talabaning auditoriyadan tashqari amalga oshiradigan mustaqil ishlari (TMI)
¹ |
TMI mavzusi va mazmuni |
Hisobot shakli |
Bajarilish muddati |
Soatlar miqdori |
||||||
Kurs ishi (loyihasi) fanning namunaviy dasturida ko'zda tutilmagan |
||||||||||
Hisob-grafik ishi fanning namunaviy dasturida ko'zda tutilmagan |
||||||||||
TMI shakllari |
||||||||||
1 |
Fanning ayrim mavzularini o'quv adabiyotlari yordamida mustaqil o'zlashtirish, o'quv manbalari bilan ishlash |
Og'zakiyozma, matn |
Yil davomida |
14 |
||||||
2 |
Amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko'rish.Uy vazifalarini bajarish |
Og'zakiyozma, matn |
Yil davomida |
10 |
||||||
3 |
Ma'lum mavzu bo'yicha xabar tayyorlash |
Xabar |
Yil davomida |
14 |
||||||
Jami : 38 soat |
||||||||||
TMI ning boshqa shakllari (Fanni yaxshi o'zlashtirgan talabalar uchun tanlov TMI shakllari ) |
||||||||||
1 |
Berilgan mavzu bo'yicha taqdimot tayyorlash
|
Taqdimot namunasi
|
Semestr ning oxirgi uch xaftasi |
|
||||||
2 |
Mavzu bo’yicha rolli o’yinlar, turli tadbirlar tashkillashtirishda ishtirok etish |
Tadbir ssenariysi |
Tadbir tashkillashtirilgan xafta |
|||||||
3 |
Ma'lum mavzu bo'yicha test, savollar va topshiriqlar tayyorlash
|
Yozma |
Semestrning oxirgi uch xaftasi |
|||||||
4 |
Maket va ko'rgazmali qurollar yasashda ishtirok etish |
Ko'rgaz mali qurol |
Semestrning oxirgi uch xaftasi |
|||||||
5 |
Ilmiy maqola, tezislar va ma'ruza tayyorlash |
Bajarilgan ish matni |
Yil davomida |
|||||||
Savol va topshiriqlar
a) Fanning ishchi o'quv dasturiga kiritilgan ba'zi mavzulari talabalarga mustaqil ravishda o'zlashtirish uchun topshirilgan.
b) Har bir talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo'lgan uchta mavzu bo’yicha mustaqil ish tayyorlash topshiriladi.
Mustaqil ish mavzulari
1-kurs
1. Til- ijtimoiy hodisa. Til va yozuv.
2. O'zbekiston - buyuk allomalar yurti.
3. Toza ekologik muhit.
4. Talaba va OAV.
v) « O'zbek tili » fanidan mustaqil ish uchun ajratilgan umumiy soatlar - 38 soatni tashkil etadi.
¹ |
Mustaqil ish mavzusi |
Bajarish shakli |
Soati |
1 |
Til -ijtimoiy hodisa. Til va yozuv. |
Xabar tayyorlash |
2 |
2 |
Mustaqillik davrida O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi va unda axborot texnologiyalarining ahamiyati |
To’plangan materiallarni insert texnikasi yordamida o’qib izohlash |
2 |
3 |
Institutim bilan faxrlanaman. |
Matn tayyorlash |
2 |
4 |
O’z kasbining ustasi .Institutimizning taniqli bituruvchilari haqida |
Maqola yozish |
2 |
5 |
Mutaxassisligim kelajagi. |
Insho |
2 |
6 |
Konstitutsiya - hayotimiz (fuqarolarning burch va erkinliklari) |
Suhbat |
2 |
7
|
Axborot texnologiyalari sohasiga oid so'zlar lug'atini tuzish.
|
Lug'at tuzishva matn tayyorlash |
2
|
9
|
O'zbekiston - buyuk allomalar yurti |
Xabar tayyorlash |
2 |
10 |
Men sevgan asar (o'zbek adabiyoti bo'yicha) |
Insho |
2 |
12 |
Milliy qadriyatlar |
T sxema, klaster orqali mavzuni yoritish |
2 |
13 |
Toza ekologik muhit |
Xabar tayyorlash |
2 |
14 |
El e'zozlagan kishilar |
Material to’plash |
2 |
15 |
Maqollar va hikmatli so'zlardan yod olish |
Yod olish |
2 |
16 |
Talaba va OAV |
Xabar tayyorlash |
2 |
17 |
Navoiy va mumtoz adabiyot vakillarining g'azallaridan yod olish. |
Yod olish |
2 |
18 |
Hozirgi o'zbek adabiyoti namoyondalari she'rlaridan yod olish |
Yod olish |
2 |
19 |
Mustaqil o'qiladigan asar. |
Mazmunini so’zlab berish |
2 |
|
JAMI |
|
38 |
Talabalarga mustaqil ishning quyidagi shakl va hajmlardagi topshiriqlar belgilanadi:
1) Amaliy mashg'ulotlarda olingan bilimlarni mustahkamlash, fanning o'quv dasturidagi ayrim mavzularini o'quv adabiyotlari va Internet materiallari yordamida mustaqil o'zlashtirish, o'quv manbalari bilan ishlash: 1 kurs talabalari uchun semestrlar davomida 14 soat.
2) Ma'lum mavzu bo'yicha xabar tayyorlash: 1 kurs talabalari uchun semestrlar davomida 14 soat.
3) Amaliy mashg’ulotlarga va mustaqil ish turlariga tayyorgarlik ko'rish va uy vazifalarini bajarish, hisobotlarni tayyorlash: 1 kurs talabalari uchun semestrlar davomida 10 soat.
Fan bo'yicha auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari bo'yicha topshiriqlarning mavzusi va mazmuni, hisobot shakli, bajarilish muddati hamda soatlar miqdori ishchi o'quv reja va kalendar-tematik rejaning jadvallarida keltirilgan.
Metodik tavsiyalar. Talaba mustaqil ishlari bo'yicha topshiriqlarning sifatli bajarish va o'z vaqtida himoyalash uchun quyidagi uslubiy tavsiyalar beriladi:
Mavzuni mustaqil o'zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o'quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o'zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e'tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko'rsatish lozim. Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o'quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzular bo’yicha materiallarni to'playdilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda o'qituvchidan maslaxatlar oladilar.
Xabar tayyorlash. Talabaga uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo'lgan biror mavzu bo’yicha xabar tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo'shimcha adabiyotlardan foydalanib, materiallar to'playdi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo’yicha imkon darajasida to'liq, keng ma'lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o'qituvchidan maslahat va ko'rsatmalar oladi.
Ko'rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va puxta o'zlashtirish uchun yordam beradigan ko'rgazmali materiallar (kartochkalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, ko'rgazmali qurollar va x.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o'qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma'lum ko'rsatmalar, yo'l-yo'riqlar beriladi. Ko'rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzu bo’yicha testlar va topshiriqlar, munozaraga asos bo'ladigan savollar tuzish topshiriladi. Bunda o'qituvchi tomonidan talabaga testga qo'yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko'zda tutilayotganligi bo'yicha yo'l-yo'riq beriladi. Konsultatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo'yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki to'ldirish taklif etilishi mumkin).
Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada himoya qilinadi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma'ruzalar tayyorlash. Talabaga biron bir mavzu bo’yicha (mavzuni talabaning o'zi tanlashi ham mumkin) ilmiy xarakterda maqola, tezis yoki ma'ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o'quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to'playdi, tahlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo'shimchalar, izohlar kiritadi, o'z nuqtai nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o'qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirishi mumkin.
Talaba xohishiga ko'ra, ma'lum mavzularda taqdimot tayyorlash. Ma'lum mavzu bo’yicha manbalardan va internetdan olingan ma’lumotlar asosida, tanlangan mavzuga ijodiy yondashish orqali o'qituvchi bilan hamkorlikda taqdimot yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bo'lishi kerak.
Talabalarning qiziqish va qobiliyatlariga qarab, ularga turli xarakterdagi topshiriqlar berish, misol uchun, o'zbek tilida rolli o’yinlar, o'zbek xalqi milliy bayramlari va boshqa mavzularda turli tadbirlar o'qituvchi bilan hamkorlikda tayyorlash mumkin.
Mustaqil ishni baholash. TMI natijalari amaldagi "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g’risidagi Nizom"ga asosan baholab boriladi.
O'QUV MANBALARI
O'quv adabiyotlar ro'yxati. Mustaqil ishni bajarishda talabaga tavsiya etilgan asosiy va qo'shimcha o'quv adabiyotlar ro'yxati jadvalda berilgan.
Konsultatsiyalar tashkili. Mustaqil ishlarni bajarishda talabalar uchun maslahatlar tashkil etiladi. Odatda maslahatlar tasdiqlangan jadval asosida fan o'qituvchilari tomonidan olib boriladi (har bir haftada uch kun, kunning birinchi va ikkinchi yarmida).
Mavzuni mustaqil o'zlashtirish, xabar tayyorlash, ko'rgazmali vositalar tayyorlash, ilmiy maqola, tezislar va ma'ruzalar tayyorlashda zarur xollarda (o'zlashtirish qiyin bo'lsa, savollar paydo bo'lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h,.k.) o'qituvchidan maslaxatlar olish barobarida talabalar o'qituvchi bilan xamkorlikda ishlaydilar.
Tayanch iboralar. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga ahborot manbai va internet tarmog’idagi tegishli ma'lumotlarni tezkor olish uchun quyidagi tayanch so'z va iboralar hizmat qiladi:
Ahborot manbalari. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga ahborot manbai sifatida darslik va o'quv qo'llanmalar, jumladan ularning elektron variantlari, uslubiy qo'llanma va ko'rsatmalar, ma'lumotlar to'plami va banki, jumladan ularning elektron variantlari, ilmiy va ommaviy davriy ishlar, internet tarmog’idagi tegishli ma'lumotlar, berilgan mavzu bo'yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar hizmat qiladi. Talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy ahborot manba va vositalari belgilanadi, talabalarga turli kutubhonalar, muzeylar, mustaqil ish uchun zaruriy ma'lumotlar to'plash yuzasidan so'rovnoma hatlari rasmiylashtirib beriladi. Bundan tashqari talabalarga mustaqil ishlarni o'z vaqtida bajarish uchun kompyuter tehnikasi va Internet tarmog’idan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Fan bo'yicha quyidagi ahborot manbalari (Internet saytlar, davriy nashrlar) dan foydalanish mumkin:
¹ |
Muallif, nomi, turi, yili, xajmi, saqlanish joyi, elektron adresi |
1 |
www. Ziyonet. Uz |
2 |
www. bib. Uz |
3 |
www.mirknig. com |
«O'zbek tili» fanidan talabalarning
MUSTAQIL ISHLARINI BAHOLASH MÅZONLARI
Fan dasturi bo'yicha talabalar bajargan mustaqil ishlari uchun 1 semestrga 10 ball taqsimlangan. Shundan:
a) Fanning ayrim mavzularini o'quv adabiyotlari yordamida mustaqil o'zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlashga 5 ball ajratilgan.
b) Amaliy mashg’ ulotlarga tayyorgarlik ko'rib kelish, uy vazifalarini bajarishga 5 ball ajratilgan.
Ilmiy adabiyotlarni o`qish
Ushbu bo`limda siz ilmiy adabiyotlarni qay tardzda o`qish va u bilan qanday ishlash tartibi bilan tanishasiz, ya’ni o`zingizning ilmiy qiziqishlaringi z va tadqiqot mavzularingiz bo`yicha zarur materiallarni tanlab olish va o`rganish, o`z bilimingiz doirasini kengaytirish, shaxsiy ilmiy dunyoqarashingizni kengaytirish maqsadida kitoblar, jurnallar, ilmiy maqolalar to`plami bilan ishlash tartibi bilan tanishasiz.
O`qish – nutq faoliyatining murakkab turi bo`lib, u 2 jihatga ega;
Texnik jihati – o`qish va tez o`qish ko`nikmalarini egallash;
Ijodiy jihat – matndan zarur ma’lumotni tanlab olish.
O`qish turlari va qoidalari
O`qish turlari - mazmunni o`zlashtirish darajasi bo`yicha quyidagi o`qish turlari ajratiladi:
Ko`rib chiqiladigan o`qish – umumiy taassurotga ega bo`lish uchun;
Tanishuv o`qish – umumiy mazmunni tushinish uchun;
Ajratib o`qish – ma’nosini chuqur tanishib olish uchun.
Ko`rib chiqadigan o`qish odatda tanishuv va o`rganib o`qishdan oldin amalga oshiriladi. Kitob mazmuni, uning boblari va paragraflari, asar muallifi bilan tanishish zarurati bo`lganda foydalaniladi. Ko`rib chiqiladigan o`qish jarayonida odatda titul varag`i, mundarija, ayrim xat boshi va gaplar o`qib chiqiladi.Ushbu ma’lumotlarning o`zi shu manba qay darajada kerakligini hal etishga yordam beradi.
Tanishuv (tanlov) o`qish bir necha manbalardan ma’lum savollarni ajratib olish, shuningdek olingan ma’lumotlarni taqqoslash va solishtirish, ushbu masala bo`yicha o`z qarashini ishlab chiqish uchun ishlatiladi.
O`rganuv o`qish – o`qishning faol turi. Siz e’tibor berib, ma’lumot ustida to`xtab va o`ylab o`qiganingizda foydalaniladi. Matndagi bosh fikrni, uning maqsadini, isbotlar mantiqini tushunib olish, sizning oldingizga qo`yilgan savollarga javob qidirishga mo`ljallangan. Ushbu o`qish turi materialni o`rganishda ketma-ketlikni talab qiladi (paragraflar, boblar, qismlar bo`yicha), matn haqida shaxsiy fikrni tuzishga yo`llaydi, ma’lumotni tanqidli qabul qilish ko`nikmasini shakllantiradi.
Ilmiy adabiyotlarni o`qish tartibi
1. O`qish jiddiy va zarur fikrli bo`lmog`i lozim.
2. Quyidagilar zarur:
-o`qib chiqilgan materiallarni tahlil qilish,
-tushunarsiz atamalar va tushunchalar mohiyatini aniqlash,
-siz uchun muhim bo`lgan savollarga javob axtarish.
3. Sizning ilmiy ishingizdagi siz uchun kerak bo`lgan barcha narsalarni: qiziqarli fikrlar, faktlar, raqamlar, har xil qarashlarni ko`chirib olmoq zarur bo`ladi.
4. O`qish jarayonida siz tomoningizdan olingan ma’lumotlarni baholash zarur, unga tanqidiy nuqtai nazardan qaramoq, shuningdek sizning tadqiqotingiz uchun muhimligi nuqtai nazaridan baholanmoq zarur bo`ladi.
O`qishda u yoki bu materiallarga har xil yo`llar bilan belgi qo`yish tavsiya etiladi.
Kitobda ma’lumotlarga belgi qo’yish usullari
Kerakli ma’lumotlarni Belgilar qo’yish bilan
qanday topish yoki Qalam bilan belgi qo’yish orqali
ajratish mumkin Alohida belgi tizimini qo’llash
Alohida belgi tizimi
?-shubha savol V-men bilishimni tasdiqlaydi
!!!- muhim e’tibor berish kerak + - yangi axborot
NB!-ajratmoq yaxshi (-) – men bilishimga qarama-qarshi
Ï-ko`chirib olmoq va boshqalar ? – meni o`ylantirib qo`ydi. Unga oid
qo`shimcha axborot kerak bo`ladi
? Kitobda ma’lumotlarga qanday belgi qo`yish usullaridan siz foydalanasiz? Sizda alohida belgi qo`yish tizimi mavjudmi?
Siz o`zingiz uchun alohida belgi tizimini yaratishga ulgurmagan bo`lsangiz, bu haqda o`ylab ko`ring va o`zingiz lozim topadigan bir qancha qulay usullarni taklif eting.
MATNNI YOZISH
Ushbu bo`lim yozma shaklda ma’lumotni uzatish xususiyatlari va qoidalariga bag`ishlanadi.
Xat –og`zaki faoliyatning sermahsul turi bo`lib, muloqot holatiga mos keladigan axborotni uzatish yozma shaklini o`ziga maqsad qilib qo`yadi, gaplashish mexanizmiga ega bo`ladi.
ILMIY MATN TURLARI
Reja,
tezis, konspekt
Funksiyalari
Referat,
annotatsiya, taqriz, maqola, ilmiy tadqiqot (dissertatsiya), kurs ishi,
birituv ishi, essey
Turlari
Reja
Reja – eng qisqa yozma matn:
- Fikrlar ketma-ketligini o’zida mujassam etadi va umumlashtiradi;
- Matn mazmunni ochib beradi;
- Manba mazmunini xotirada tiklaydi;
- Konspekt va tezislar o’rnini bosadi;
- Har xil turdagi yozishmalar, ma’ruza, xabarnoma , hisobot tuzishga yordam beradi;
- Amaldagi yozmani yaxshilaydi;
- O’z-o’zini nazorat qilishni tezlashtiradi;
- E’tiborning bir nuqtada bo’lishligiga va mashg’ulotlarni rag’bartlantirishga imkon beradi;
- Yaxshi tanish matnning xotirada paydo bo’lishida foydalaniladi.
LEKIN: haqiqatdagi mazmunni uzatmaydi, faqat unga yo’nalish beradi va uzatish sxemasini ko’rsatadi.
Kitob,ilmiy jurnal, maqolalar to’plami, tezislar to’plami bilan ishlash jarayonining tarkib.
Bosqich- tezlikda ko’zdan kechirish, mundarijani o’qish,
Maqsad-tezlikda kerakli va qiziqarli materialni aniqlash
Agarda siz jurnal, to’plam tarkibiy tuzilmasini, sizga tanish olim va tadqiqtochilar familyasini bilsangiz, u holda ma’lum bir mavzudagi materialni izlash ancha yengillashadi. Jurnal yoki to’plamga birinchi marotaba murojaat da o’qish zarur bo’ladigan maqolalar nomlari hoshiyalariga belgi qo’yish foydadan holi bo’lmaydi |
Bosqich- belgilab qo’yiladigan maqollarni chuqur qarab chiqish. Maqsad-zaruriy ma’lumotni olish |
Ushbu bosqichda alohida belgilash, ajratish,
matnni alohida ma’noli bo’limlarga bo’lish, qirqimlar qilish ko’nikmalariga
ega bo’lishlikka o’rganib borishingiz zarur bo’ladi.
Kitobning tarkibiy apparati
Kitob bilan ishlash mahorati ko’p jihatdan uning tarkibiy elementlari haqida bilimga ega bo’lish va rolini tushunish, uni o’qishgacha kitob haqida zaruriy ma’lumotni chiqarib olish mahoratiga bog’liq bo’ladi.
Kitobning tarkibiy apparati (elementlari) |
* sarlavha
* annotatsiya
* mundarija
* so’z boshi
* so’z oxiri
* ma’lumot
apparati
Sarlavha: Ilmiy adabiyotlarda mavzuga urg’u beriladi
Annotasiya: Titul varag’i orqasida joylashgan; qay yo’nalishga qaratilganligi ko’rsatilgan mazmunning qisqartirilgan tavsifi
Mundarija: Mavzu rejasi, kitob bo’yicha yo’l ko’rsatuvchi
So’z boshi:Muallif tomonidan qo’yilgan vazifalar bayoni; nashr yoki qayta nashr etish zarurligi
Xotima:Qisqacha xulosalar
Malumotlar:Tushuntirib talab etiladigan tushuncha, atama, faktlarga izoh
KONSPEKT
-reja, ko’chirib olingan matn va tezislarni birlashtirish tushuniladi;
-ifodaning ichki mantiqini ko’rsatadi;
-asosiy xulosa, faktlar, isbotlar, uslublarni o’zida mujassam etadi;
-materialga bo’lgan uning tuzuvchisi munosabatini aks ettiradi;
-faqatgina tuzuvchi emas, balki boshqa kitobxon tomonidan ham foydalanish mumkin.
· Nima haqida gap ketishi
· Nima tasdiqlanishi Konspektda
· Qanday isbotlanishi muhim
Ko’p so’zlardan, ortiqcha iqtibos keltirishdan, mantiqqa zarar keltiruvchi matn stilistik xususiyatlarini saqlashga harakat qilishdan ehtiyot bo’ling.
O’qilgandan so’ng matnni konspektlash usullari
Tayanch so’zlar Mohiyat,
asosiy fikr Asosiy fikrni ochish Xulosa,
savollar,
shaxsiy munosabat
1-variant
· Tanlangan mavzu bo’yicha har xil adabiy manbalar (monografiya, davriy nashrlardagi ilmiy maqolalar va shu kabilar) o’rganish qobiliyatini takomillashtirish va ular natijalari asosida tanqidiy yondashgan tarzda mustaqil hamda bilimdon holda materialni ifoda etish, ishonchli xulosa va takliflar qilish .
· Yozma ko’rinishdagi ishlarni to’g’ri rasmiylashtirish ko’nikmalarini rivojlantirish .
Referat oddiy tarzda materiallarni ko’chirish, bir yoki bir nechta manbalar materiallari o’girib ko’chirish bilan hech qachon murosaga kirmaydi. Unda muallif tomonidan adabiyotni o’rganish orqali o’z fikrlari, qarashlari, xulosa va takliflari aniq tarzda ifoda etilishi lozim.
Referat ustida ishlash tartibi
1. Mavzuni tanlash
Kafedra tomonidan taklif etiladigan referat mavzulari misol tariqasida bo’ladi. O’zingiz shaxsiy qiziqishingiz va maylingizga javob beradigan mavzu tanlashga harakat qilish maqsadga muvofiqdir. O’zimgiz qiziqishingiz doirasida, tanlangan muammo va uni asoslashga tayanib kafedra taklif etgan mavzuga kirmagan referat mavzusini taqdim etishingiz mumkin. Ushbu holatda taklif etayotgan mavzuingizni qat’iy ravishda ilmiy rahbaringiz bilan kelishib olishingiz zarur bo’ladi.
2.Tayyorlov bosqichi: asosiy manbalarni o’rganish
Referat mavzusini tanlaganingizdan so’ng (1) tanlangan mavzuga oid savollar doirasi bilan tanishing:
· Ma’ruza materiallarini qarab chiqing;
· Fan bo’yicha o’quv dasturida ushbu mavzuni o’rganish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar bilan qaytadan tanishib, ularni tahlil qiling.
I I Usbular mavzu mohiyti, uning o’rganil ayotgan kursdagi o’rni va ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
(2) TATU axborot- kutubxona markazi, shuningdek Toshkent shahri kutubxonalarida mavjud bo’lgan kataloglardan foydalangan holda referat mavzusi bo’yicha manbalar doirasini kengaytiring.
I I. Referat ifoda etilayotgan savolga referatning sub’yektiv qarashlarini hamda matnga baho berishni o’zida mujassam etmasligi lozim.
Referat
tarkibi
Referat asosiy e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va dastlabki matnga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqligini aniqlab beradi!
O’quv fani bo’ycha referat tayyorlash quyidagi vazifalarni hal etishini nazarda tutadi: O’quv predmeti dolzarb nazariy masalalari bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish, talaba tomonidan mavzuga ushbu olingan nazariy bilimlarni ijodiy qo’llash ko’nikmasini hosil qilish.
Tanlash kasbiy sohada horij tajribalarni, mavjud sharoitlarda ularni amaliy jihatdan qo’llash imkoniyatlari va muammolarini o’zlashtirish.
Rejaga binoan, referatning asosiy qismi yig’ilgan materialni taqsimlashga ko’ra mos ravishda savollar va savolchalarga (qismlarga) ajratilishi talab etiladi.
Har ajratilgan savol, savolcha (qism), referatni tarkibiy qismlarga ajratish butunligicha quyidagi formula asosida bulishi lozim: vazifa-ishlanma-xulosa.
Ifoda shakli – referent tanlovi: konspekt shaklida, fragmentli, tahliliy.
Adabiyotlarni annotatsiya yo’liga sakrashga yo’l qo’yilmaydi. Har bir manba tadqiqot qilinayotgan mavzu doirasidagina tahlil qilinmog’I lozim bo’ladi.
I I Referat matnidagi ibora va so’z birikmalari namunalari
“Kirish qismida ko’rsatiladiki, ya’ni..”
“Muallif shuni nazarda tutadiki, ya’ni…”
“1-bobda quyidagi savollar yoritiladi..”
“…2-bobda tadqiq etiladi”
“…ishda ….tizim qarab chiqiladi”
“…haqda gapirib, muallif ta’kidlaydiki,…”
“Shunday qilib, muallif ….. degan xulosaga keladi”
“3-bobda… tadqiq etiladi,… qarab chiqiladi”
“…zarurati aniqlanadiki…”
“Xulosada muallif shunday yozadi:…”
Materialni ifoda etish tavsifiy xarakterga ega bo’lmasligi kerak. Mos ravishda xulosalari bo’lgan tahlil, shuningdek matn bilan uzviy bog’langan statistik materiallar tahlili bo’lmog’i lozim.
Katta hajmli statistik ma’lumotlarni jadval holiga keltirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Statistik ma’lumotlar asosida diagrammalar, grafiklar, gistogrammalar qurish u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tushunarliroq ifoda etishga yordam beradi.
Barcha referatda keltiriladigan jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar, rasmlar nomlanish va tartib raqami qo’yilishi kerakdir. Ular tagiga ushbu statistic ma’lumotlar olingan manbalar betlari ham ko’rsatilgan holda qo’yilishi qat’iy talab etiladi.
Matnda keltiriladigan barcha raqamlarda tegishli manbalarga havolalarni keltirishi talab etiladi.
Matnda iqtibos keltirilsa yoki mualliflar ilmiy-tadqiqot ishlaridagi xulosalar, qaydlar, mulohaza va fikrlardan foydalanilgan holatda muqarrar ravishda havolalar bo’lishi lozim.
Asosiy savollar |
Savollarni ochib berish |
|
|
Bu kabi konspektlash nima beradi? O’zingiz uchun qanday shakldagi konspektlashni tanladingiz?
Har xil ko’rinishdagi konspektlarga o’zingizning talab doirangizni aniqlang: rejali,
matnli, erkin, mavzuli (sharxli hamda xronologik). U yoki bu turdagi konspektga
zaruriyat nima bilan tushuntiriladi?
Referat
Referat-mavjud matn yoki bir qancha matnlarni izohlovchi shakllaridan
biri sanaladi. Shu boisdan, konspektdan farqli o’laroq, referat yangi,
muallif matn sanaladi. Ushbu holatda yangilik yangicha taqdim etish,
materiallarni tartiblashtirish, har xil nuqtai nazarlarni o’zaro solishtirishda
alohida mualliflik yondashuvi tushuniladi.
Shunday qilib, referatlashtirish o’zida bir yoki bir qancha manbalarni
turlashtirish, umumlashtirish, tahlil va sintez qilishga asoslanib ma’lum
bir savolni ifoda etishni mujassam etadi.
Referat- har xil nuqtai nazarlarni o’zaro solishtirish va tahlil qilish
ko’nikmasiga ega bo’lishni talab etadigan bir yoki bir qancha manbalarni
o’zida mujassam etadigan g’oyalarni qisqacha yozma ko’rinishdagi
taqdimotidir.
Referatning xususiyati:
-mufassal isbotlar, solishtirmalar, mulohazalar, baholarni o’z ichiga
olmaydi
-matnda yangi, muhim savollarga javob beradi.
Referat turlari
Ifodalanish: Informativ (referatlar-konspektlar)
Indikativ to’liqligiga ko’ra
Referat sifatini oshirishda mavzuga taalluqli O’zbekiston
Respublikasining qonuniy hujjatlari hamda hukumat qarorlaridan
foydalanish ham muhim o’rin tutadi.
Ishning dastlabki bosqichi yakuni bo’lib , bibliografiyaga xizmat qiladi.
3.Zaruriy materiallarni konspektlash
4.Tadqiqot muammosi mantiqini yaratish,
Referat rejasini tuzish
Referat rejasi quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
-kirish;
-asosiy qism;
-xulosa;
-foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
-ilova (zarurat bo’lganda).
Referat rejasi tanlangan mavzuga taalluqli va uning asosiy
mazmunini qamrab oladigan savollar doirasini aniqlaydi. U
referatga mavzu materiallarni yig’ishda umumiy yo’nalishni
olishga imkon beradi, uning to’g’ri tanlanishi va ifoda
etilishini ta’minlaydi.
Puxta o’ylab chiqilgan, har bir qismi tanlab olingan material
bilan ta’minlangan reja- referatni muvaffaqiyatli yozishning muhim asosidir.
Referatning asosiy qismini lo’nda va aniq…………..savol va kichik
savolchalar(qismchalar) ga bo’lib chiqish zarur.
5.Yig’ilgan materialni tartiblashtirish va yozish
Kirish qismida nazariy va amaliy jihatdan mavzuning dolzarbligi asoslanadi, maqsadlar shaklllantiriladi va vazifalar belgilanadi.
Agarda referat monograf (bitta manba va muallif referatlashtirilsa) ko`rinishda bo`lsa, kirish qismida:
· Muallif haqida qisqacha ma`lumot (ilmiy darajasi, unvoni, uning mutaxassisligi , boshqa ishlari);
· Mavzu manbasining qisqacha bayoni;
· Ish maqsadi;
· Rubrikasi ;
· Muallifning tutgan o`rni va boshqalar keltiriladi. Referat asosiy qismida barcha muhim fikrlar aks ettirilishi zarur.
Referat qadr-qimmati muammoli savollar bo`yicha har xil qarashlarni tahlil qilish, qabul qilinadigan yoki o`zining tutgan mavqeini asoslash sanaladi.
Xulosa tanlangan mavzuni o`rganish natijasida talaba qilgan xulosalarni o`z ichiga oladi, shuningdek, hal etilmagan va kelgusida hal etilishi talab etiladigan savollarga bag`ishlanadi.
6.Adabiyotlar ro`yhatini rasmiylashtirishni tekshirish
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati ma’lum bir tartib asosida tuziladi:
1.O`zbekiston Respublikasi Qonunlari;
2.O`zbekiston Respublikasi Farmonlari;
3.O`zbekiston Respublikasi hukimati qarorlari;
4.M’eyoriy aktlar, ko`rsatmalar;
5.Davriy nashrlarda chop etilgan kitoblar, maqolalar.
Manbalar bibliografik qaydida quyidagilar ko`rsatiladi: muallif ismi va sharifi, kitob nomi, chop etilgan manzilgohi, nashriyot nomi va chop etilgan yili. Agarda maqola jurnali (gazeta) da chop etilgan bo`lsa, jurnal (gazeta) nomi, tartib raqami va yili, beti keltiriladi.
7.Matnni tahrir qilish. Matnni imlo va stilistika
nuqtai nazaridan tekshirish
Referat ravon tilda aniq yozilgan bo`lishi va jalb etadigan ko`rinishga ega bo`lmog`i lozim. So`zlar qisqartirilishiga, faqat umumiy qabul qilinganlardan tashqari, shuningdek, xatoliklarga , tushunarsizliklarga, stilistik tafovutlarga yo`l qo`yilmaydi.
Referat ilmiy rahbarga taqdim etilishi holatida barcha taraflama maksimal darajada m’eyoriga yetkazilgan bo`lmog`i lozim.
8.Referatni rasmiylashtirish
Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shift, 1.5 interval oralig`ida A4 shaklidagi qog`ozning bir tomonida chapdan – 2,5 sm, o`ngdan 1,5 sm yuqori va pastida – 2 sm dan kam bo`lmagan hoshiya qoldirilgan holda terilishi talab etiladi.
Matn sahifalari tartib raqamlariga ega bo’lishi lozim. Tartib raqamlari bir varaqdan ikkinchi varaqqa o’tadigan va 3-betdan boshlanishi (birinchi va ikkinchi varaq – bu tetul varag’i va ish rejasi bo’lib , nomerlanmaydi) lozim bo’ladi.
Varaq tartib raqami yuqoriga o’rtadan yoki o’ng tomonga qo’yiladi.
Refarat hajmi 16-20 betdan oshmasligi lozim.
Refarat quydagilardan:
1) titul varag’i;
2) Har bir savol, savolcha (qisim) varag’i tartib raqami ko’rsatilgan ish rejimi;
3) kirish, tartib raqami qo’yilmaydi.
86-100 ball- “a’lo”
70-85 ball- “yaxshi”
51-69 ball- “o’rta”
51 balldan past –“qoniqarsiz”
Dasturda ko’zda tutilgan materialdagi bilimni kundalik baholashda ballar hisobga olinadi.
1. O’qituvchi bilan maslahatlashib, referat mavzusini tanlang.
2. Tanlangan mavzu bo’yicha bibliografiya tuzing.
3. Tanlangan ish yuzasidan tadqiqot ishi olib boring. U bo’yicha reja yoki konspekt ko’rinishida yozuvni amalga oshiring – o’zingiz uchun maqbul variantdagi ishchi yozuvni tanlang.
4. Tanlab olingan materiallardan foydalanib, barcha talablarga binoan referat yozing.
Ushbu bo’limda ma’lumotlarni tarkiblashtirish va umumlashtirish usul va vositatalari, o’rganilayotgan tushunchalar (hodisalar, voqealar, mavzular va shu kabilar) o’rtasida aloqa va aloqadorlikni o’rnatish; ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash; muammolarni hal etishni rejalashtirish kabi masalalar ko’rib chiqiladi.
Grafik tashkil etuvchi - fikriy jarayonlarni ko’rgazmali taqdim etish vositasi.
MA’LUMOTLARNI TARKIBLASHTIRISH VA TARKIBIY BO’LIB CHIQISH USUL VA
VOSITALARI, O’RGANILAYOTGAN TUSHUNCHALAR (HODISALAR, VOQEALAR,
MAVZULAR VA SHU KABILAR) O’RTASIDA ALOQA VA ALOQADORLIK O’RNATISH.
V |
+ |
- |
? |
|
|
|
|
|
|
|
|
Insert jadvali
X xx x
x xx x x
xx xxxxx
x xx x
Svot – tahlil jadvali -tashkilot resurslari holatini tahlil qilish va baholash vositasi. Bu kabi tahlilni tashkilot bo’yicha umumiy tarzda yoki alohida muammo yoki loyiha bo’yicha ham amalga oshirish mumkin. Tizimli mushohada qilish, taqqoslash, solishtirish, tahlil va sentezni amalga oshirish ko’nikmalarini rivojlantiradi. |
Svot – tahlil jadvalini tuzish tartibi
bilan tanishiladi.
Mini – guruhlarga
birlashishadi, taqqoslashadi, to’ldirishadi, o’zgartirishadi. Umumiy SVOT – jadvalga jamlashadi
Ish
natijasi taqdimoti.
SWOT -tahlil nomlanishi inglizcha bosh harflardan olingan: Strengths - kuchli tomoni, korxonada ichki resurslar mavjudligi nazarda tutiladi. Weakness – kuchsiz tomoni yoki ichki muammolar mavjudligi:
Opportunities - imkoniyatlar; korxona rivojlanishi uchun tashqaridagi mavjud imkoniyatlar;
Threats - harflar, tashqi muhitdagi mavjud xavf-hatarlar.
SWOT - TAHLIL JADVALI
S |
W |
O |
T |
Juftlarga birlashadi, o’z
diagrammalarini taqqoslaydi va qo’shimchalar
kiritadi.
|
Qanday?
Qanday?
Qanday?
Qanday? Qanday?
Qanday? Qanday?
Qanday? Qanday?
Qanday?
“Qanday?”diagrammasini qurish qoidalari
1. Ko’p hollarda sizga muammolar hal etishda “Nima qilish kerak?” haqida o’ylashga hojat bo’lmaydi. Muammo asosan “Buni qanday qilish kerak?” qabilida bo’ladi.
“Qanday?”- muammoni hal etishda asosiy savol hisoblanadi.
“Qanday?”- ierarxik diagrammasi muammo haqida butunligicha umumiy tasavvurga ega bo’lishga imkon beradigan savollar mantiqiy zanjiri ko’rinishida bo’ladi.
Ketma-ket ravishda “Qanday?”savolini qo’yish orqali siz faqat muammoni hal etishning barcha imkoniyatlarini tadqiq etibgina qolmay, balki ularni amalga oshirish usullarini ham o’rganasiz.
Diagramma strategik darajadagi savol bilan ish boshlaydi. Muammoni hal etishning pastki (quyi) darajasi birinchi navbatdagi harakatlar ro’yxatiga mos keladi.
2. O’ylamay, baholamay va ularni o’zaro solishtirmay tezlikda barcha g’oyalarni yozish lozim bo’ladi.
3. Diagramma hech qachon tugallanmaydi: unga yangi g’oyalarni kiritish mumkin bo’ladi.
4. Agarda savol sxemada bir qancha “shoxlar”da qaytarilsa, demak u nisbatan muhimdir.
U muammoni hal etishning muhim qadami bo’lishi mumkin.
5. Yangi g’oyalarni grafik ko’rinishda qayd etishni o’zingiz hal eting: daraxt yoki kaskad ko’rinishida, yuqoridan pastga yoki chapdan o’ngga. Eng muhimi esda tuting:
Nisbatan ko’p miqdordagi foydali g’oyalar va muammo yechimlarini topishga imkon beradigan usul eng maqbul usul hisoblanadi.
6. Agarda siz to’g’ri savol bersangiz va optimist bo’lsangiz, u holda diagramma (texnika) har qanday muammo yechimini topib berishni kafolatlaydi.
-“Kaskad” tarkibiy manti- Sxemani tuzish qoidalari bilan tanishiladi.
qiy sxemasi. Yakka (juftlikda) sxema tuziladi.
-ierarxik g’oyalar tarkibini
aniqlash imkonini beradi.
Juftlarga birlashadi, sxemalarini taqqoslaydi va
qo’shimchalar kiritadi.
Tizimli, ijodiy,tashkiliy mu-
shohada qilish ko’nikmala-
rini rivojlantiradi.
Klaster
Huquqiy
Davlat Shaxs Prezident
erkinligi kubogi Kurash
Demokratiya Sport
Konstitutsiya Din
Mustaqillik Madaniyat
Muzeylar
O’ZBEKISTON
Qadimiy Eski shahar
obidalar Toshkent
Shaharlar Poytaxt Sharq
Xiva Samarqand yulduzi
Buxoro
Klasterni tuzish qoidasi
1. Aqlingizga kelgan barchani yozing. G’oya sifatini muhokama qilmang:
Ularni oddiy holda yozing.
2. Orfografiya va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan va faqt tugaguncha yozuvni to’xtatmang. Agarda aqlingizda
g’oyalar kelishi birdan to’xtatsa, u holda qog’ozga rasm chizing, qachonki yangi g’oyalar paydo bo’lmaguncha.
4. Ko’proq aloqa bo’lishligiga harakat qiling. G’oyalar soni ular oqimi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik bilan chegaralanmang.
Mustaqil ishlarni adabiyot bilan ta’minlanganligi
Asosiy adabiyotlar
1.Abdurahmonov X., Rafiyev A., Shodmonqulova D. O'zbek tilining amaliy grammatikasi. (Madaniyat va san'at o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma.) Ikkinchi nashri. Toshkent.: “O'qituvchi” 1992.
2.Alimova M., Dolimov U. Insho va diktantni qanday yozish kerak. Toshkent.: “Nur” 1992.
3.Aliyev A, Nazarov K. O'zbek tili ma'lumotnomasi. Toshkent.: “Fan” 1992.
4.Azizov O. Safayev A. Jamolxonov X. O'zbek va rus tillarining qiyosiy
grammatikasi. Toshkent.: “O'qituvchi” 1986.
5.Krasnix V.I., Gayupov S.I. O'zbekcha-ruscha va ruscha-o'zbekcha so'zlashuv
kitobi. M.: “Russkiy yazûk” 1989.
6.Qahharova H.A. Muhamedova S.X. O'zbek tili. Toshkent.: “Universitet” 2004.
7.Qo'chqortoyeva I., Rafiyev A., Kundalik muloqot so'zlashgichi. Toshkent.: “O'qituvchi” 1994
8.Usmonova M. va boshqalar. O'zbek tili. Toshkent.: “O'qituvchi” 1992.
9.Uzoqov H. Mirzakarimova O'. Saidova R. O'zbek tili amaliyoti (Prakiika
uzbekskogo yazika) Norfilologik oliy o'quv yurtlarining 1.2 kurs rus guruhlari uchun darslik. Toshkent.: “O'qituvchi” 1993.
10.Shodmonov E. Rafiyev A. Goipov S. O'zbek tili texnikumlar uchun darslik. Toshkent.: “O'zbekiston” 1995.
11.Shokirov O'.Sh., Alimjonova M.N. Toshkent.: “O'zbek tili” 2004.
Qo'shimcha adabiyotlar
1.Aliqulov I. Ruscha-o'zbekcha o'quv lug'at. M.: “Russkiy yazik” 1982.
2.Mahmudov N., Madvaliev A., Mahkamov N., Aminov M. O'zbek tilida ish yuritish . Toshkent.: O'zE 1990.
3.Rafiyev A., Tunjay O'., Nuriddinova D., Chet elliklar uchun o'zbek tili. Toshkent 1997
4.Reshetov V.V. Osnovû fonetiki i grammatiki uzbekskogo yazûka.
Tashkent 1966.
5.Ruscha-o'zbekcha lug'at ikki jildli. Toshkent.: O'zE 1988.