O’ZBEKISTON AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
O’zbek va rus tillari kafedrasi
O’ZBEK TILI FANIDAN USLUBIY QO’LLANMA
( Dasturiy injiniring talabalari uchun)
TOSHKENT - 2017
TATU ilmiy – uslubiy kengash muhokamasida tasdiqlangan ( _21.02_ 2017 yil _26_-son bayonnoma)
Òuzuvchilar: K.A.Gayubova
N.D.Yulanova
Òàqrizchilar: f.f.n. G.A. Narimova
f.f.n,dots.M.X.Axmedova
Maskur qo’llanma rus tilida so’zlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan bo’lib, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo’llanma o’quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o’z ichiga qamrab olgan. Qo’llanmada turli manbalardan foydalanilganligini, matnning mazmundor, o’ziga xos qaytarilmasligi ko’zga tashlanadi. Shuningdek, dasturiy injiniring, iqtisod, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari, aloqa sohasi bilan bevosita bog’liq matnlar ham o’rin olgan.
Qo’llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo’llanmadan o’rin olgan matnlarning barchasi, bizningcha, har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o’qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o’ziga tegishli xulosalar chiqarib, mustaqil fikrlay boshlaydi. Ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim.
L.M. Til- ma’naviyat ko’zgusi.
G.M. Nutq tovushlari. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifbo.
Fonetika
Fonetika (grekcha “phone”- tovush so’zidan olingan) tilshunoslikning nutq tovushlarini o’rganuvchi bo’limidir.
Har bir tilning fonetikasi o’sha tildagi tovushlarning hosil bo’lishi, talaffuzi, klassifikatsiyasi, fonetik qonuniyatlari, nutqdagi fonetik protseslar, talaffuz va yozuvning o’zaro munosabati, shuningdek, urg’uning xususiyatlari kabi hodisalarni o’rganadi.
Inson tili tovush tilidir. Tildagi so’zlar, so’z birikmalari, gaplar nutq tovushlari yordamida hosil bo’ladi.
Tovush va fonema, nutq tovushlari va fonemalar o’zaro farq qiladi. Tovush nutqning fonetik jihatdan bo’linmaydigan eng kichik birligidir. Tovushning so’z ma’nolarini farqlashda xizmat qiladigan turi fonemadir.
Tovushni harfdan farq qilmoq kerak. Tovushlarni aytamiz va eshitamiz. Harflarni esa yozamiz, ko’ramiz va o’qiymiz. Demak, harf nutq tovushlarining yozuvdagi shartli belgisi, simvolidir.
Ovoz va shovqinning ishtirok etish darajasiga ko’ra o’zbek tilidagi fonemalar ikkiga bo’linadi: unli fonemalar va undosh fonemalar.
Unlilar un paychalarining tebranishidan, o’pkadan chiqayotgan havoning og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchramay o’tishadi paydo bo’ladi. Bunda tovush paychalarining tebranishidan yuzaga kelgan ovozning o’zigina qatnashadi.
Undoshlar esa, asosan, havo oqimining og’iz bo’shligida to’siqqa uchrashidan yuzaga kelgan shovqindan, ba’zan shovqin bilan ovozning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Demak, undosh tovushlar tarkibida shovqin albatta ishtirok etadi. Ovoz esa ishtirok etishi ham, ishtirok etmasligi ham mumkin. Unli tovushlarda esa, aksincha, shovqin mutlaqo qatnashmaydi.
Unli fonemalar klassifikatsiyasi jadvali
Tilning vertikal harakatiga ko’ra |
Tilning gorizontal harakatiga va lablarning ishtirokiga ko’ra |
|
Old qator, lablanmagan |
Orqa qator, lablangan |
|
Yuqori (tor) unlilar |
I |
u |
O’rta (o’rta keng) unlilar |
E |
o’ |
Quyi (keng) unlilar
|
A |
o |
Undosh fonemalar klassifikatsiyasi jadvali
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra |
Hosil bo’lish usuliga ko’ra |
Hosil bo’lish o’rniga ko’ra |
|
||||||||||||||
Lab undoshlari |
Til undoshlari |
Bo’g’iz undoshi |
|
||||||||||||||
Lab-lab |
Lab-tish |
Til oldi
|
Til o’rta |
Til orqa |
Chuqur til orqa |
|
|||||||||||
Shovqinlar |
jarangli |
Portlovchilar |
Sof portlovchilar |
b |
|
d |
|
g |
|
|
|||||||
Jarangsiz |
p |
|
t |
|
k |
q |
|
||||||||||
jarangli |
Qorishiqlar (affrikatlar) |
|
|
j |
|
|
|
|
|||||||||
jarangsiz |
|
|
ts, ch |
|
|
|
|
||||||||||
jarangli |
Sirg’aluvchilar |
|
v |
v` |
j, z |
|
|
g’ |
|
||||||||
jarangsiz |
|
F |
|
|
|
h |
x |
||||||||||
Sonorlar |
|
Portl.-sirg’aluvchilar (sonor) |
Burun tovushlari |
m |
|
n |
|
N(ng) |
|
|
|||||||
Yon tovush |
|
|
l |
|
|
|
|
||||||||||
Titroq tovush |
|
|
r |
|
|
|
|
||||||||||
1-mashq. Qavs ichidagi harflardan mosini qo’yib so’zlarni ko’chiring. Ularning talaffuzdagi farqini tushuntiring.
Mu(x-h)okama, (x-h)osil, bera(x-h)m, ja(x-h)on, (x-h)osiyat, (x-h)otira, (x-h)ronologiya, (x-h)ulosa, (x-h)usn, (x-h)ursand, (X-H)akim, (x-h)alokat, (x-h)ozir, (x-h)ikoya, Ba(x-h)odir, ba(x-h)ona.
2-mashq. Quyidagi so’zlarga qavs ichidagi affiksni qo’shing va ularning yozilishini ko’rsating.
O’rik(-ga), xirurg(-ga), metallurg(-ga), tug(-gan), kelajak(-ga), chelak(-ga), eg(-gan), eg(-gani), to’k(-guncha), dramaturg(-ga), tayoq(-ga), oyoq(-ga), oq(-gan), tutaq(-gan), oshiq(-gan), o’tloq(-ga), yog’(-ga), yog’(-gan), yog’(-guncha), yoq(-gan), yoq(-guncha), yoq(-gani), sog’(-gani).
3-mashq. Quyidagi so’zlarga egalik affikslari qo’shing. O’zakda qanday o’zgarish yuz berganini tushuntiring.
Qovak, g’ovak, bezgak, kekirdak, o’rdak, g’ijjak, lak, tilak, zirak, yurak, chek, oq, tank, ravnaq, blok, tashviq ,nok, tok, chok, park, varaq, taroq, xaq, zavq, oyoq, rizq, qobiq, chiviq, qoldiq, ko’ngil, o’g’il.
4-mashq. Quyidagi ismlarga familiya yasovchi qo’shimchalar qushihg.
Namuna. O’rinboy-O’rinboyev.
Abbos, Abror, Avaz, Adash, Azim, A’lo, Baxtiyor, Boyqobil, Boyqo’uzi, Boqi, Vafo, Dadaboy, Dehqonboy, Jumaboy, Ilash, Ma’ruf, Mirza, Rasul, Fayzi, Xolbek, Xushkeldi, Shamsi, Shodmon, Elchi, Erali, Yarash, O’roz, Qaxramon, Qodir, Qutli, Qutboy, Hamdam, Hamid, Hotam.
5-mashq. –li, -lik, -boz, -bon affikslari vositasida bir necha so’z yasang, ularning ma’no hususiyatlarini, yozilishi bilan talaffuzi o’rtasidagi farqlarni tushuntiring.
TIL-MA’NAVIYAT KO’ZGUSI
Har bir xalqning o‘z tili, urf-odatlari, an’analari bo‘lgani kabi, O‘zbekiston Respublikasida davlat tili hisoblanadigan — o‘zbek tili jahondagi 6912 ta tillardan biridir. E’tiborli tomoni shundaki, ushbu 6912 tildan 347 tasining har birida kamida bir million kishi gaplashadi. Bu — dunyo tillarining 5 foizini, sayyoramiz aholisining esa 94 foizini tashkil etadi.
Aksincha, tillarning qolgan 95 foizida jami aholining 6 foizi so‘zlashadi, xolos. Etnologlarning ma’lumotiga ko‘ra, Osiyoda — 2200, Afrikada — 2060, Okeaniyada — 1300, Amerikada — 1000, Yevropada esa atigi 230 ta til mavjud ekan. Qiziqarli jihati shuki, jahonda mavjud tillarning yarmida dunyodagi 8 ta mamlakat aholisi so‘zlashadi, xolos: Papua-Yangi Gvineyada — 832 ta, Indoneziyada — 731 ta, Nigeriyada — 515 ta, Hindistonda — 400 ta, Meksikada — 295 ta, Kamerunda — 286 ta, Avstraliyada — 268 ta, Braziliyada 234 ta til mavjud.
Shuni e’tiborga olish lozimki, tillarning aniq sonini hech qachon hisoblab bo‘lmaydi. Chunki bu davr shiddat bilan o‘zgaruvchan zamondir. Uning shiddati ayrim tillarning umuman yo‘qolib ketishiga olib kelmoqda. Buni shundan ham bilsa bo‘ladiki, keyingi bir necha o‘n yilliklarda 6800 dan ortiq tilning deyarli yarmi yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Bunga turli xil urushlar, urbanizatsiya, g‘arblashtirish, diskriminatsiya, kasallik, ochlik, aholining ko‘chishlari kabi ko‘plab omillar sabab bo‘lmoqda. Jumladan, alyaskalik 83 yoshli Meri Smis (Mary Smith) “Eyak” tilida gapiradigan oxirgi inson ekanligi lingvistlar tomonidan e’tirof etilgan.
Bunda jahondagi mavjud tillarning faqat 1/3 qismigina yozuvga ega ekanini hisobga olsak, yo‘qolib borayotgan tillardan kelajakda nom-nishon ham qolmasligiga amin bo‘lamiz. Xususan, ayni paytda Afrikadagi tillarning 80 foizi o‘z orfografiyasiga ega emas.
Bugungi kunda jahonda eng ko‘p gapiriladigan tillar sifatida xitoy (13,69 foiz), ispan (5,05 foiz), ingliz (4,84 foiz), hindu (2,82 foiz), portugal (2,77 foiz), bengal (2,68 foiz), rus (2,27 foiz), yapon (1,99 foiz), nemis (1,49 foiz), tillarini sanab o‘tish mumkin.
Hozirda ommaviylashib, kundalik hayotimizga kirib borayotgan internet ham tillar rang-barangligidan iborat. Ushbu tillarning 68 foizini Yevropa tillari tashkil etsa, 32 foizi Osiyo va orta Sharq tillari hisoblanadi. Jumladan, ikki eng ko‘p qo‘llaniladigan til ham ingliz (35,2 foiz) va xitoy (13,7 foiz) tillaridir.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar jahondagi mavjud tillar xususida edi. Bevosita o‘zbek tili haqida gapiradigan bo‘lsak, bu — o‘z o‘rniga ega bo‘lgan tillardan biri sanaladi. O‘zbekiston bilan qardosh respublikalarning barchasida o‘zbek tilida gaplashuvchilar topiladi. Hozirgi kunda dunyoda o‘zbek tilida gapiruvchilarning soni 25 milliondan ortadi.
Xususan, Afg‘oniston Konstitutsiyasida pushtiy, dariy va o‘zbek tilining qonuniyligi belgilab qo‘yilgan, bu yerda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 2,5-4 mln. kishi atrofida. Tojikistonda 1,2 mln., Qirg‘iziston va Saudiya Arabistoni mamlakatlarining har birida 550-600 mingdan, Turkmaniston va Qozog‘iston davlatlarining har birida 320-330 mingdan, O‘zbekistonda esa 18 mln.dan ortiqni tashkil etadi.
O‘zbek tilining tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, uning qadimiy tillardan biri ekanini bilishimiz mumkin. O‘zbek xalqining ajdodlari qadimda xorazm, baqtriya, so‘g‘d tillarida gaplashishgan. VI asrdan esa turk hoqonligi tomonidan zabt etilgan Turkistonda mahalliy aholi oddiy va osonligi uchun turk tiliga o‘ta boshladi. Bu davrdan turli buyumlarda yozilib, bizgacha yetib kelgan O‘rxun-Enasoy yozuvlari — To‘nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon bitiklarini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, dastlabki turkiy asarlar — “Devonu lug‘otit turk”, “Qutadg‘u bilig” ham XI asrda yaratilgan.
Bu til, ayniqsa, Temuriylar davrida rivoj topdi. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur bu tilda betakror asarlar yaratdilar. Jumladan, Navoiy bu tilning fors tilidan ham boyligini o‘z asarlari orqali, shuningdek, “Muhokamatul lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) asarida isbotlab berdi. Mahmud Zamaxshariy esa XII asrdayoq “Muqaddimatul adab” asarida 6000 dan ortiq o‘zbek-turk so‘zlari bilan bog‘liq so‘zlarni sanab o‘tgan. Bu tilning rivojiga Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Turdi, Munis, Mashrab, Ogahiy ham alohida hissa qo‘shganlar.
Zamonaviy o‘zbek tilini tizimlashtirish — XX asrning avvalida boshlandi. Bu yo‘lda 1921- yilda o‘zbek tili va orfografiyasiga bag‘ishlangan o‘lka s’yezdida jadidlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi. O‘zbek tili maktablarda alohida fan sifatida o‘qitila boshlandi. Bu esa o‘zbek tili darsligining yaratilishiga asos bo‘ldi. 1919 -yilda Elbekning “Bitig yo‘llari” darsligi, so‘ngra 1921- yilda “Yozuv yo‘llari” bosilib chiqdi. 1924- yilda avvalgilarga nisbatan birmuncha mukammal bo‘lgan “O‘zbek tili darslari” kitobi Shorasul Zunnun, Munavvar qori, Qayum Ramazon tomonidan chiqarildi.
1925- yilda Abdurauf Fitrat o‘zbek tili grammatikasiga oid “Morfologiya” asarida avvalgi olimlar tomonidan qilingan ayrim xatolardan chetlashib, fonetika, morfologiya, sintaksis bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirdi.
1929- yilda o‘zbek tilining alifbosi arab yozuvidan lotin yozuviga o‘tdi. 1940 yilda esa lotin yozuvidan kirill alfavitiga o‘tildi. Shu tariqa o‘zbek tilining lug‘ati o‘z ekvivalenti bo‘lgan rus so‘zlari hisobiga “boyidi”: masalan, muallif — avtor, ziyoli — intelligent g‘oya — ideya, mafkura — ideologiya. “Eskicha” so‘zlarni qo‘llagan olimlarga nisbatan panturklar yorlig‘i yopishtirildi. Aksincha, ruscha so‘zlarni ishlatish taraqqiyot va rivojlanish omili sifatida olqishlandi. Shu bilan birga rus tiliga ajratilgan soatlar o‘zbek tiliga ajratilgan soatlarni qisqartirish hisobiga ko‘paydi.
Vaziyat faqat milliy ozodlik harakatlari davrida o‘zgarib, O‘zbekiston mustaqilligi tomon ilk bor olg‘a qadam qo‘yildi. 1989- yil 21 -oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Unutilgan o‘zbek so‘zlari tiklana boshlandi.
1993- yilda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. 1995- yil 6- mayda ushbu qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
1992- yilda qabul qilingan Konstitutsiyaning 4-moddasiga muvofiq: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadi”.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzib, o’zaro suhbatlashing.
L.M. O’zbekiston-yagona Vatan. .
G.M. Sodda, qo’shma, juft so’zlar.
Qo’shma so’z imlosi.
Qo’shma so’z imlosi. Quyidagi kabi qo’shma otlarning komponentlari qo’shib yoziladi:
1) bir tushunchani bildirgan va bir bosh urg’u bilan aytiladigan qo’shma otlar: qo’lqop, belbog’, oshqozon, sholipoya, qorako’l, kabi;
2) ikkinchi komponenti –ar affiksli sifatdosh bo’lgan qo’shma otlar: beshotar, izquvar, yo’lto’sar kabi;
3) keyingi komponenti turdosh otlardan bo’lgan geografik nomlar: Qoradaryo, O’rtasaroy, Qorasaroy, Ko’kbulo’q, Beshariq kabi;
4) tarkibida aro, umum, butun, so’zlaridan bo’lgan qo’shma so’zlar: xalqaro, umumhalq, Butunittifoq kabi;
Quyidagi kabi juft so’zlarning komponentlari defis (-) bilan yoziladi:
1) Ko’p-ko’p, katta-katta, kelib-kelib, qand-qurs, meva-cheva, huquqdan-hunuk, aytar-aytmas, qishin-yozin, oq-qora, yosh-qari, besh-o’n, o’n-o’n besh, qo’y-echki, yozasan-qo’yasan, bilasan- olasan kabi.
1-mashq. Quyidagi gaplardan qo’shma so’z va so’z birikmalarini toping, ularning yozilishini tushuntiring.
1. Mohidil qora ko’zoynagini qo’liga olib, qulab ketishdan o’zini zo’rga tutganicha tomosha qila boshladi. 2. Uning oyog’i yo’l bo’yidagi takasoqolga tegib ketdi. Tiniq havo rang -barglar orasiga to’planib qolgan oppoq yomg’ir suvi oftobda yaltirab, to’kildi. 3. “Oyko’l“ ilgari alohida qishloq edi-yu, kattagina idorasi bor edi. 4. Qahraton qishda yalang oyoq muz bosib, saratonda qizg’in qum kechib, issiqda, sovuqda obdon pishgan bizning yigitni ham, katta masofani piyoda bosgani uchunmi, kun hiyla betoqat qilgan edi. 5. Bu uydagilar sof dil, ko’ngli ochiq bo’lgani uchun ham uni doim o’z oila a’zolaridan qabul qilaveradilar. 6.Nuri yolg’iz qolarkan, yozning issiq chog’ida ishkomda kechirgan bir necha minut va ko’zning oydin kechasidagi qo’rquvli, lekin uning uchun eng totli damlar yodidan o’tdi. 7. Allaqayoqqa borib, hozir keldingiz-ku.Nega yashirasiz?- dedi kulib Gilnor. 8. Otni qoraqo’l telpak va kleyonka plash kiygan, o’ttiz yoshlardan oshgan qoramag’iz yigit minib kelmoqda edi. 9. Jamoaga yaqinda direktor bo’lib kelgan Muttalib Mansurov boshdan-oyoq bir xil kiyingan edi: kul rang trikodan kurtka, shu matodan tikilgan kepka va shim. 10. Avaz odamlarning oldida akasi uchun o’ng’aysizlanib bir qizardi, so’ng hech kimga qaramay ishida davom etdi. 11. Yuqori Chirchiq rayonidagi “Parkent” jamoa xo’jaligi sohibkorlari uzum hosilini qisqa muddatda yig’ishtirib olish uchun o’zaro musobaqani qizitib, shu kecha- kunduzda marraga yaqinlashib qoldilar.
2-mashq. Tekstdan qo’shma, murakkab va juft so’zlarni topib, ularning yozilishini tushuntiring.
Sahro tabiyati har laxzada tusini o’zgartirib, shiddatli qiyozfaga kirib turdi. Hozirgina qumlar ustini asta siypalab yurgan shamol birdan kuchayib, borliqni elak-elak qila boshlaydi. Yoz ham juda tez keladi. Jaziramida jizg’inagi chiqqan giyohlarning beli bukilib, shoxidan shart-shurt sina boshlaydi. Kundan-kun majoli ketib, omonat bo’lib qoladi. Shamol kuchaygan sari uning tanasi zir-zir titrar, xuddi tomiridan qo’porilib ketguday bo’lar, tikanli shohlarini har yon urib, fig’on qo’tarardi. Biroq nolayu figo’nini hech kim eshitmaydi. Shamol hamma narsani o’z hukmiga oladi. Hamma narsani o’z domiga tortadi. Yo’lbars sirtiday barxanlarni to’zitadi. Qumlar shamol oqimi bilan birga daryoday to’lg’anib qoladi. Shamol asta bo’ronga aylanadi-yu, osmonu falakkacha ko’tarilib, qahqaha uradi, huddi olamni ostin-ustin qilib yuborguday dahshat solaveradi.
Ana shunday kunlarning birida bizning tuyaqorin ham o’z tanasidan judo bo’lib, bo’ron to’zg’itib borayotgan qum-to’zonga aralashib ketadi. U qayoqqa borayotganini o’zi ham payqamaydi, huddi koptok singari beqaror… Buni sahroyilar “qorag’ujanak” deb atashardi.
Ijtimoiy hayot, fan-texnikaning to’xtovsiz taraqqiyoti bilan bo’g’liq ravishda o’zbek tili leksikasi yangi so’zlar bilan boyib boradi. Til taraqqiyotining eng asosiy yo’llaridan biri so’z yasashdir. So’z yasash-yangi so’z hosil qilishdir.
So’z yasalishi tilshunoslik faninning leksikologiya, grammatika kabi alohida bir bo’limi hisoblanadi. U turli so’z turkumlaridagi so’zlarning yasalish usullari, qonuniyatlari, so’larning tuzilish xususiyatlarini tekshiradi.
Hozirgi zamon o’zbek tilida so’z yasashning ko’p qo’llanadigan turi –affiksatsiya usuli (morfologik usul) va kompozitsiya usuli (sintaktik usul)dir. Bu ikki xil usul natijasida sodda, yasama va qo’shma so’zlar hosil qilinadi. Bu usullardan tashqari konversiya usuli ham mavjud: o’qigan o’zar gapida o’qigan sifatdoshi ot o’rnida (o’gigan odam ma’nosida) qo’llangan. So’z yasalishining boshqa usullari ham mavjud.
Affiksatsiya (morfologik) usuli biror so’zga asovchi affikslar qo’shib yangi ma’nodagi so’z hosil qilishdir. Bu hildagi so’z yasashda ikki holatni ko’rish mumkin: 1) yasovchi affikslar yordamida bir so’z turkumi ichida (bir turidan ikkinchi turini hosil qilish) so’z yasash. Masalan,kitobxon, betonchi, gulzor kabi so’zlarda otlar (kitob, beton, gul) ga so’z yasovchi affikslar (-hon, -chi, -zor) qo’shish natijasida yasama otlar yasalgan. Shuning uchun bunday so’z yasalishini ichki yasalish deyish mumkin. 2) so’z yasovchi affikslar qo’shish natijasida bir so’z turkumidagi so’zdan boshqa so’z turkumidagi yangi so’z hosil qilinadi. Masalan, ter, chiztosh, chop kabi fe’llarga –im, -ik, -qin, -qi so’z yasovchi affikslar qo’shim natijasida terim, chiziq, toshqin, chopqi kabi otlar yasalgan. Shuning uchun ham bunday so’z yasalishini tashqi yasalish deyish mumkin. Bir o’zakka bir yoki bir nechta so’z yasovchi affikslar ketma-ket qo’shilishi mumkin. Qiyoslang: aqlli, so’zla, ishchi, kursdosh, suvoqchi (suv(a)+q+chi), yotoqxona (yot+oq+xona), terimchilik (ter+im+chi+lik).
3-mashq. “Xabar” gazetasining so’nggi nomeridagi bosh maqoladan yasama so’zlarni ko’chirib, affikslarni tagiga chizib ko’rsating.
Kompozitsiya (sintaktik) usuli birdan ortiq so’zlarni qo’shib yangi so’z hosil qilishdir. Bunday usulda yasalgan so’zlar qo’shma so’z deyiladi. Masalan: belbog’, qo’lqop, boychechak, Gulsara, Oysuluv, kinoteatr kabi.
Qo’shma so’zlar tarkibi ko’pincha ikki ba’zan uch yoki undan ortiq so’zlardan tashkil topadi: Gultojixo’roz, aytib berish, qo’ya qolmoq kabi.
Qo’shma so’zlar tarkibiga ko’ra turlicha bo’ladi: ot bilan otning, ot bilan fe’lning, son bilan otning, olmosh bilan fe’lning, ravish bilan fe’lning qo’shilishidan, shuningdek, boshqa so’zlarning qo’shilishidan tuziladi:
Temir yo’l- ot+ot
O’rinbosar- ot+fe’l
Uchburchak- son+ot
O’ziqaynar- olmosh+fe’l
Ertapishar- ravish+fe’l
Juft so’zlar ham kompozitsiya usuli bilan so’z yasashning bir ko’rinishidir. Masalan: ota-ona, katta-kichik, kundan-kunga, o’g’il-qiz kabi.
4-mashq. O’qing, yasama otlarni topib, ularning o’zaga va affikslarini aniqlab ayting.
1. Tolzor chumchuqlarga to’la, ular tinimsiz chirqillab quloqni qomatga keltiradi. 2. Otabek diqqat va e’tibor bilan dutorni kuzatib javob berdi. 3. Hali ko’p yashaysiz, ko’p narsa ko’rasiz, hozir ham chinakam yoshlarcha ishlayapsiz, otaxon. 4. Uchiraman oq kaptar – intiladi ilgari. Yarqiraydi qanotlar, oq samolyot singari. 5. Eskigina ko’ylak, chetiga gul tikilgan ro’molcha, ikki dona tayyorlanmagan xom do’ppi. 6. Avaz bilan Hulkar yuqoridan shildirab tushayotgan tiniq suv bo’yida, archa bilan ayqashib o’sgan zirk tagida o’tirib ovqatlanishadi. 7. O’ktam jiydazordan o’tishi bilanoq, paxta maydonlari butun ulkanligi, kengligi, salobat va go’zalligi bilan qarshisida ochildi. 8. Kimning o’qishga, o’rganishga ishtiyoqi zo’r bo’lsa, uning kelajagi porloq bo’ladi.
5-mashq. Quyida keltirilgan qo’shma va juft so’zlar ishtirokida gaplar tuzib yozing. Qo’shma so’zlarning yozilish qoidasini tushuntirib bering.
Asalari, Yuqori Chirchiq, yuz sentnerchi, el-yurt, choynak-piyola, beshiktervatar, guldasta, gultojiho’roz, manmanlik, o’zboshimchalik, sadarayhon, aka-uka, tun-kun, opa-singil, kinofilm, oybolta, umumxalq, mehnatsevarlik, muzyorar, uchburchak.
6-mashq. Mustaqil ravishda o’zingiz bitta so’zga har xil so’z yasovchi affikslar qo’shib, yangi so’zlar yasang. Shuningdek, bir nechta o’zakka bir nechta so’z yasovchi affiksni qo’shib, yangi so’zlar hosil qiling.
Namuna:
(chi) kurs
(zor) sinf
1)gul (xan) 2) kasb (dosh)
(shan) maslaq
(dor) sir
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyo iqtisodiy hududnining markaziy qismida, Amudaryo bilan Sirdaryo singari ulkan daryolar oralig‘ida joylashgan.Respublika hududining uzunligi g‘arbdan sharqqa qadar 1425 kilometr,shimoldan janubga qadar 930 kilometrdir.O’zbekiston o’z hududining kattaligi jihatidan Yevropadagi Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shvetsariya, Avstriya davlatlarini birgalikda olganda ulardan kattalik qiladi.
Respublika shimoliy-sharqda Qozog’iston, sharqda va janubiy-sharqda Qirg’iziston hamda Tojikiston, garbda Turkmaniston va janubda Afg‘oniston bilan chegaradosh.
O‘zbekiston Respublikasida tekislik va tog‘li relyef o‘ziga xos ravishda qo‘shilib ketgan. Tekisliklar (asosan Qizilqum sahrosi) janubiy-g‘arbiy va shimoliy –g‘arbiy qismida joylashgan.Tog‘lar va tog‘ yonbag‘rlari respublika hududining taxminan uchdan bir qismini egallagan bo‘lib, sharq va janubiy-sharqda joylashgan.O‘zbekistonning tog‘li qismi G‘arbiy Tyan-Shan va Hisor-Oloy tog‘ tizimlariga kiradi.O‘zbekiston tog‘larining eng baland cho‘qqisi-4643 metrdir.
O‘zbekiston – quyoshli respublika. Bu yerda bir yilda quyoshli kunlar hududning shimoliy qismida 2700-2980 soat, janubiy qismida 2800-3130 soatga yetadi.Qiyoslash uchun G‘arbiy Yevropa davlatlarida O‘rta Osiyodagi darajaning 70-80 foizini tashkil etishini eslatib o‘tish kifoya. Shu jihatdan olib qaraganda AQSH g‘arbiy tumanlarining janubiy qismida joylashgan Kaliforniya shtatigina O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston bilan raqobat qila olishi mumkin.
Topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini gapirib bering.
L.M. Universitetim bilan faxrlanaman.
G.M. Leksik qatlamlar. Sinonim, antonim, omonim.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING ASOSIY TAVSIFI
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT) – boshqaruv vazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalaniladigan rivojlangan dasturiy ta`minotni qo`llash bazasida bajariladi. Axborot texnologiyasini amalga oshirishdagi texnik vositalarning asosiy qismini kompyuter texnikasi tashkil etgani uchun axborot texnologiyasi, ayniqsa zamonaviy axborot texnologiyasi deganda kompyuter axborot texnologiyasi tushuniladi.
Zamonaviy axborot texnologiyasi (ZAT) (kompyuter axborot texnologiyasi) – shaxsiy kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi uchun qulay “interfeys”li axborot texnologiyasidir. Ma`lum bir turdagi kompyuter uchun mo`ljallangan bir yoki bir necha o`zaro bog`liq dasturiy mahsulotlar zamonaviy axborot texnologiyalarining vositasi sanaladi.
Topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini gapirib bering.
SO’ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO’RA TURLARI
Leksikologiyada. so’zlar, ularning kelib chiqishi (etimologiyasi), ma’nosi va ma’no taraqqiyoti (so’zlarning o’z va ko’chma ma’nolari, shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari), turg’un birikmalar (frazeologik birikmalar) va bo’shqa shu kabi masalalar o’rganiladi.
SO’ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO’RA TURLARI
So’zlar shakl va ma’no munosabatiga ko’ra uch turli bo’ladi: omonim, sinonim va antonim.
Omonimlar — yozilishi va talaffuzi bir xil, ma’nosi esa har xil bo’lgan so’zlar. Masalan:
1)yoz — yil fasllaridan birining nomi;
2)yoz — harakat ma’nosidagi so’z;
3)yoz— gunoh, ayb qilib qo’yish ma’nosidagi so’z ( Men senga nima yozdim kabi).
Bu misollardagi yoz aslida bir necha so’z bo’lib, ular talaffuzi va yozilishi bir xil bo’lganligi sababli bir so’zdek tasavvur qilinadi. Shunga ko’ra omonimlarni ko’p ma’noli (polisemantik) lardan farqlash kerak. Ko’p ma’koli (polisemantik) so’z deganda bir necha ma’nosi bo’lgan bir so’z nazarda tutiladi, omonimlar esa shaklan teng yoki o’xshash bo’lgan boshqa-boshqa so’zlardir. Ular orasida ma’no yaqinligi (ma’no munosabati) bo’lmaydi. Buni bosh va ot so’zlari misolida yaqqol ko’rsa bo’ladi:
Ko’p ma’nolilik Omonimiya
Odamnang boshi Ot kishnaydi
Yo’lnang boshi Nishonga to’g’rilab ot
Ishning boshi Oting nima?
1-mashq. Tekstdagi gaplarni ko’chirib, omonim va polisemantik so’zlarni toping, ularnnng ma’nolarini tushuntiring.
1. Paxtani begona o’t bosmasligi kerak. 2. Abdulxay, o’zing ham to’rga o’t, bolam. (U. Nosir.) 3. Qalbimga o’t yoqma. 4. Shamol daraxt boshlarini sekin tebratdi. 5. U boshini sekin tebratdi. 6. Uyida chaksa uni yo’q, tom boshida qo’sh tandir. (Gulxaniy.) 7. Buloq boshida dam oldik. 8. Yuz nomarddan yuz qaytar, bir mardni hamma maqtar. (Maqol.) 9. To’dadan ajralgan to’rga tushar. (Maqol.) 10. Mehmonlarni to’rga o’tkazishdi. 11. Gapga bir yosh yigitcha aralashdi. 12. Ko’ziga yosh oldi. 13. Yoshim o’ttizga yetdi. 14. Laylak keldi, yoz bo’ldi, qanoti qog’oz bo’ldi. (Qo’shiq.) 15. Ukangga tez-tez xat yoz. 16. Tovuqlarga don soch. 17. Sochi oppoq bo’lib qolgan. 18. Bugun yaxshi tush ko’rdim. 19. Otdan tush. 20. Chaqmoq chaqdi. 21. Yong’oqni tish bilan chaqmoq sog’liq uchun zarar keltiradi.
2-mashq. Quyidagi so’zlar ishtirokida gap tuzing. Bu so’zlar boshqa gapdagi shunday so’zlarga omonim bo’lib kelsin.
Yer, jon, yorug’, soz, tush, soch, qirq, yosh, kul, oy, ot, son, sog’, shim, toy, et, yara, bez, bug’doy, oq, oshiq, osh.
Sinonimlari — birlashtiruvchi ma’nosi bir, qo’shimcha ma’no bo’yoqlari va yozilishi har xil bo’lgan so’zlar. Masalan: yuz, bet, aft, bashara va h. k. Bu so’zlar aslida bir tushunchani ifoda etib, shu tushuncha doirasidagi qo’shimcha ( emotsional) ma’no bo’yog’I bilangina o’zaro farq qiladi. Sinonimlar odatda bir so’z turkumiga mansub bo’ladi. Masalan: do’st, o’rtoq, jo’ra,birodar (ot
turkumi); yo’ldosh, hamroh (ot turkumi); yaxshi, durust, tuzuk (sifat turkumi) kabi.
Bir ma’no atrofida uyushayotgan sinonim so’zlar sinonimik qator, shu qatorda nisbatan betaraf ma’no ifoda etgan sinonim esa dominanta deb ataladi.Chunonchi, chiroyli, go’zal, zebo, ko’hlik, suluv kabi so’zlar bir sinonimik qatorni tashkil qiladi, shu qatordagi chiroyli so’zi esa nisbatan betaraf bo’lganligidan dominanta deb qaraladi.
So’zlarning sinonimik qatorlarini bilish qanchalik zarur bo’lsa, ularnning biri o’rnida ikkinchisini to’g’ri qo’llash ham shunchalik ahamiyatlidir. Kishi o’z nutqida sinonimlardan qanchalik ko’p va o’rinli foydalansa, uning nutqi ixcham, nafis va mazmundor chiqadi, tinglovchining, hamsuhbatining diqqatini o’ziga jalb qila oladi, demak, nutqning ta’sirchanligi ham oshadi.
Shuning uchun ham so’z san'atkorlari o’z asarlarida sinonimlardan unumli foydalanadilar.
3-mashq. Tekstdagi gaplardan sinonimlarni topib, ularning ma’nolarini tushuntiring.
1.Gulsumbibi uyda qitday o’tin, qitday ko’mir yo’qligini so’zladi. (O.) 2. Hoji xola dutor torini picha bo’shatdi: uzilib ketishi mumkin edi. (M. Ism.) 3. O’qishdan chiqib, barg kesishga boramiz. Jinday qurtimiz bor. (A. Q.) 4. Inson bolasi ota-onasidan bemahal ajralar ekan, unga bundan og’ir kulfat yo’q. (P.T.) 5. Uning ovozida sevgi, sevgidan ham ko’proq mung, alam ohanglari yangradi. (M. Ism.) 6. Ziyofat turli aziz taomlar, xushxo’r mevalar, sharbatlarga boy. (O.) 7. Kennayingiz qo’y yog’iga osh qilgan ekan, biram shirin bo’libdiki, endi naryog’i yo’q. (S. Anorboyev). 8. Mayli, hech xavotir olmay bemalol maslahatlasha beringlar, chiroqlarim. (P. T) 9. Bahuzur o’tirib gaplashaveringlar. Dalada yoz pallasida yoyilib o’tirish — rohat. (O.) 10. El betinch, odamlarning yuzlari g’amgin, suhbatlari sertashvish edi. (P. T.) 11. Maqsud qishloqda tabiblik qilib yurgan vaqtlarida bunday betoblarni ko’p ko’rgan. (I.Rahim.)
4-mashq. Quyidagi so’zlarni o’qib, bir-birlariga sinonim bo’lganlarini alohida-alohida guruhlab ko’chiring, ular ishtirokida gap tuzing.
Do’st, yuz, ko’k, kuy, katta, qoshida, kechikmoq, chopmoq, urmoq,
osmon, o’rtoq, aft, bashara, ovqat, mo’l, buyuk, yonida, hayallamoq,
yugurmoq, ulug’, og’a-ini, o’lka, do’pposlamoq, chexra, dam, sovuq,
issiq, ayamoq, ayoz, iliq, tin, to’xtamoq, charchamoq, mayda, tasalli,
ildam, teng, taxmin, jadal, taskin, tez, baravar, shitob, chama, faraz, barobar, tusmol, shaxt, sodiq, sotqin, vafodor, xoin, sirpanchiq, sekinlashmoq, toyg’oq, susaymoq.
5-mashq. Sinonimlarni toping. Ularni almashtirib qo’llab ko’ring. Qanday ma’no o’zgarishi yuz berishini tushuntiring.
1.Mehmonlar lazzatli taomlarni xo’p yeyishdi. (P.T.) 2. O’ktam sovuq xushta’m choyni qult-qult yutib, qo’li bilan lablarini artdi. (0.) 3. Shavla juda totli tuyuldi, oshpazni maqtadilar. (0.) 4. Olaxo’ja muddaosiga yetolmaydi. Abdurasul yana qaytib uning qo’liga tushmaydi. (P. T.) 5. Men sizning niyatingizni bilaman. 6. Maqsadim — o’qimoq. 7. U Teshaboyning asablarini dutor toriday taranglash, iloji bo’lsa, uzilish darajasiga keltirish qasdida edi. (M. Ism.) 8. Siz bo’lsangiz bolangizning dodini, ohini eshitib turolmasdingiz. (M. Ism.) 9. Har yoq yong’in, loladek qon, mazlumlarning ohi oshdi... (G’ayratiy.) 10. Kuylab borar bir mungli nola. (T. T.) 11. Fig’oni falakka yetdi. 12. Men uni ovozidan tanidim. 13. Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi. (A. Qod.) 14. Bola avval un chiqarmay chidashga harakat qildi. (M. Ism.) 15. Hech kimdan sado chiqmadi. 16. Dodlama, dodlama, dod sasi galdi... Qarshining cho’lidan yor sasi galdi. (S.A). 17. Odam ancha qalinlashdi. E’tibordan chetda yurgan bir inson — Xudoyqul og’izlarda qizg’in gap bo’ldi. (P. T.)
6-mashq. Sinonimlarni toping. Sinonimik qatordagi sinonimlarning birlashtiruvchi ma’nosini tushuntiring.
1.G’ayratni qitday susaytirmang. (O.) 2. O’rtoq Ro’ziyev, jichchagina iltimosimiz bor edi. (S. Axm.) 3. Oyqiz salgina iljaydi. (Sh. R.) 4. Ozgina pul harajatlasak, bir haftagacha dekchamiz birqirlaydi. (O.) 5. Ammo ota zalvarli tayog’ini qorga niqtab bosib, bardam qadam tashlardi. (S. Anorboev.) 8. Ochilning bu gapidan keyin yuk birdan zilday og’irlashib ketdi. (P. Q.) 9.Ha, tushundim, yuking ko’p vazmin. (Yo. M.) 10. Domla... ikkita og’ir chamadonini mashinaga o’zi olib chiqdi. (A. Q.) 11. Kiyimi qo’pol, lekin yangi va puxta edi. (O.) 12. Boltaboy... to’g’on qanchalik pishiq bo’lishi va hokazolar to’g’risida gapirdi. (A. Q.) 13. Martabador shaxslarni fuqaroga tez-tez siyosat qilib, avom jilovini mahkam ushlab turishga undardi. (Mirmuhsin.) 14. Kattalikni bilmas bir yaxshi odam, Saxiylikda yo’lda qolibdi Hotam. (F. P.) 15. Mirzo ko’p saxiy tabiat ko’rinadi. (A. Qod.) 16. Bu yerdagilar esa o’zlarini tanti, balki Hotamtoy deb hisoblar edilar. (O.) 17. U ancha himmatli kishi. 18. Sovg’ani juda katta qilib yuboribsizmi? Bojangiz qo’y sovg’a qilib kelgan ekanmi? (A.Q.) 19. «Ajoyib tashabbus, ulug’ bayramga loyiq sovg’a. Nishonlashga arzigudek tuhfa»,— dedi bosh injener. (N. S.) 20. Bayramni munosib mehnat tortiqlari bilan nishonlashdi. (S. Axm.) 21. U juda tez gapiradi. 22. Samolyot nam havoni kesib shaxt uchib bormoqda. (S. Axm.) 23. U allaqachon turgan, stolda shitob bilan bir nima yozmoqda edi. (A.Q.)
7- mashq. Quyidagi sinonimik qatorlardagi har bir so’z ishtirokida og’zaki gap tuzing va ma’no farqlarini tushuntiring.
1.Yaxshi, durust, tuzuk. 2. Do’st, o’rtoq, oshna, birodar, yo’ldosh, hamroh, og’a-ini. 3. Yuz, bet, chexra, aft, bashara, nusxa. 4. Tez, ildam, chaqqon. 5. Katta, ulkan, ulug’, buyuk. 6. Ekmoq, o’tqazmoq, tikmoq. 7. Yomon, yaramas, rasvo, nobop. 8. Usta, chevar, chechan. 9. Ortiq, oshiq, ziyod. 10. Qurmoq, solmoq. 11. Qaltiramoq, dirillamoq, titramoq, dildiramoq. 12. Shirin, mazali, totli. 13. Go’zal, chiroyli, suluv, zebo, ko’hlik, 14.Mo’min, yuvosh, qobil. 15. Qari, keksa. 16. Qiyshiq, qing’ir. 17. Qahramon, botir, mard. 18. Yumshoq, muloyim. 19. Qiyin, murakkab. 20. Sabr, toqat, chidam.
A n t o n i m l a r — bir-biriga zid ma’no bildiruvchi so’zlar. Masalan: yaxshi— yomon; issiq—sovuq; katta—kichik; og’ir—engil; botir —qo’rqoq; sekin — tez, oq—qora va h. k.
Ko’p ma’noli so’zlar bir ma’nosiga ko’ra bir so’zga, ikkinchi ma’nosiga ko’ra boshqa bir so’zga antonim bo’lishi mumkin. Masalan: og’ir so’zi bir ma’nosida yengil so’ziga, boshqa ma’nosida esa tez so’ziga antonim bo’ladi: og’ir odam,yengil odam, tez odam (jahli tez) kabi.
Antonimlar ayrim vaqtlarda juft holda ham qo’llanadi. Bunday vaqtda ma’no kuchaytiriladi, ba’zan esa yangi ma’no ifodalanadi. Masalan: tunu kun (hamma vaqt), og’a-ini (o’rtoq, do’st ma’nosida), achchiq-chuchuk (salat ma’nosida).
Antonimlar ko’proq belgi, xususiyat, harakat ifodalaydigan so’zlarda uchraydi.
Antonimlar badiiy adabiy otlarda predmet, hodisalarning belgisini, harakatini aniq yoki obrazli qilib ifodalashda, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ochishda muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun so’z ustalari unga stilistik vosita sifatida tez-tez murojaat etadilar. Bu hodisa, ayniqsa, xalq maqollarida ko’p uchraydi: Kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda bo’l. yaxshi topib gapirar, yomon — qopib. Mard bir o’lar, nomard — ming.
Antonimlarni quyidagi ko’rinishlarda uchraydigan har xil grammatik vosita orqali yasalgan so’z formalaridan ajratish lozim. Masalan: ol—olma, bor—borma, o’qigan—o’qigan emas (o’qimagan) kabi.
8- mashq. Antonimlarni topib, juft-juft qilib ko’chiring.
1. Nazira Mirzakamoliddin o’rnidan qo’zg’alguncha, ildam yurib kelib, unga qo’l uzatdi. (S. Axm.) 2. Matqovul aka sekin kelib chekkadagi odamlar yonida to’xtadi. (M. Ism.) 3. Bundan chiqdiki, bizning odamlarimiz berahm kishilar emas ekan, balki rahmdil shogirdlar ekan! («Q. Uzb.») 4. Yo’q, O’rmonjon aka, zerikkanimiz yo’q, O’rtoq Ibrohimov juda yaxshi agronom ekanlar, chaqchaqlashib o’tirdik. (A. Q.) 5. Uning soch-soqollarida bironta qora qolmagan, dard ezgan, mahzun yuzi sarg’aygan. (H. Ahmad ) 6. Hurmatli rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunali bajarib kelayotganimizga bir yil to’lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga! (A. Q.) 7. Felyeton bosilib chiqqan kun Elmurod uchun katta tantana bo’ldi.Lekin u quvonchini ichida saqladi. (P. T.) 8. Mana endi dil to’la sevinch, Peshvoz chiqdim... seni kutgali. (Uyg’un.) 9. Fazliddin, albatta, badbashara emas..., lekin muddatidan ilgari tug’ilib o’sgan kabi, uning gavdasida nimadir yetishmaydi. (O.) 10. Chiroyli saman otning jilovini tutib, egasini qo’ltiqlab yerga tushirdi. (O.) 11. Yormat menga aytdi seni, jiyan.Yaxshi, otlarga qara! (O.) 12. Muhimi shuki, ish qilinyapti, noppa-nozanday qilinyapti. (As. M.) 13. Yaxshi tomonlarini ham aytgandirman, yomon tomonlarini ham... topib aytdim! ... (A. Q.) 14. Qo’ychivon ko’p bo’lsa, qo’y harom o’lar. (Maqol.) 15. Bor mening ko’zlarga ko’rinmas yo’rg’am, Kiftida goh shodman, gohida po’rg’am, Bilolmam manzilim yaqinmi yiroq, Yo’rtadi uyqimu uyg’og’imda ham. (3. Obidov.)
9-mashq. Quyidagi so’zlarning antonimlarini topib yozing. Shular ishtirokida gap tuzing
Katta, og’ir, yaxshi, quyuq, sovuq, shirin, go’zal, tez, chopmoq, so’roq, rost, rohat, oz, ozod, yig’lamoq, kam, sog’, ko’p, oq, keyin, berk, jasur, guvoh.
10-mashq. Tekstdagi gaplarni ko’chiring. Sinonim va antonimlarni topib, I ma’nolarini, tuzilishiga ko’ra turlarini izohlang.
1. Qo’rqoqsiz, domla, chumchuqchalik ham yuragingiz yo’q. ( H.G’.) 2. U bo’ynini cho’zib, qaynoq, asabiy, g’azabli ommani, zulm o’chog’ini portlatishga tayyor botir xalqni ko’zdan kechirdi. 3. Ey qahramon, dov yurak, jasur, ulug’ xalq. Qudratingdan yo’q bo’ldi xo’rlik, asorat. (G’ayratiy.) 4. Endi mening bunda turmog’im gumon, qalmoq elga men ketarman bul zamon. ( F.Y ). 5. Bir zumdan keyin hamqishloqlarining g’avg’osi aniq eshitildi. (O.) 6. Oydinda ularning paranjili ikkita xotin ekanligi ravshan ko’rinib turar edi (M. Ism.) . 7. Ovqatdan keyin polk keng maydonga tizildi. General qisqa nutq so’zlab, jangchilarni harbiy texnikani to’la-to’kis o’rganishga chaqirdi. (Shuhrat.) 8. Katta karvon qaysi yo’ldan yursa, kichik karvon ham shu yo’ldan yuradi. (Maqol.) 9. Andronov Madrayimga nisbatan barvasta, faqat kul rang ko’zlarigina mitti edi. (M. Muh.) 10. O’n minut qadar yo’l yurilgach, bir tomoni chuqur jarlik ko’chada Yormat birdan otni to’xtatdi. (O.) 11. Olomonnnng ichidan kir qalpoqli, yalang oyoq, baquvvat chol chiqdi. (O.) 12. Yurishga madorsiz, nimjon qariyalar nabiralarini yonlariga o’tqazib aravalarda kelgan edilar. (P. T.) 13. G’ulom aka yel kelsa yiqiladigan bequvvat kishi edi. (A. Q.) 14. Mutal kuchli edi, ammo Otabek undan ham kuchli edi. (A. Qod.) 15. Fe’lim senga ayon.Chakana ishni yomon ko’raman. (O.)
MENING O‘QUV YURTIM
Toshkent elektrotexnika aloqa instituti 1955 -yilda sobiq ittifoq aloqa vazirligiga qarashli 7 institutning biri sifatida tashkil etilib, tarmoq oliy o‘quv yurti hisoblangan. Institut O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston uchun elektrotexnika va radioaloqa injenerlarini tayyorlay boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan Toshkent elektrotexnika aloqa instituti O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tasarrufidagi tarmoq oliy o‘quv yurtiga aylantirildi.
1997 yil O‘zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga, 2002 yildan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi. 2012 yildan boshlab
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2002 yil 30 maydagi Farmoniga asosan Toshkent aloqa elektrotexnika institutiga universitet maqomi berildi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti deb nomlandi. Universitetga axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash vazifasi yuklatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan universitetning mamlakatimiz fani rivoji, milliy ta’lim tizimi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, yoshlar tarbiyasidagi katta hissasini e’tiborga olib, 2004 yil 22 dekabrda “2005 yilda universitetning 50 yilligini nishonlash to’g’risida”gi 598- sonli qarorini qabul qildi. Uni o‘tkazish bo’yicha tayyorgarlik rejasiga asosan tashkiliy qo’mita tarkibi tasdiqlandi.
Topshiriq. Matnni o‘qing. Uning mazmunini so‘zlab bering.
L.M. Inson va jamiyat. Konstitutsiya.
G.M. Frazeologizmlar.
So’zlarning grammatik munosabati asosida so’z birikmalari va gap hosil bo’ladi. So’z birikmasi kam deganda ikki mustaqil so’zning bir-biri bilan sintaktik vositalar yordamida aloqaga kiruvidan tashkil topadi. Masalan: Bu galgi o’q Botiralining o’ng qulog’ini yaralab ketdi. (H.G’.) gapida: 1) o’q yaralab ketdi; 2) bu galgi o’q; 3) Botiralining qulog’ini; 4) qulog’ini yaralab ketdi
kabi birikmalar mavjud.
Bunday birikmalar nutq protsessida vujudga keltiriladi, nutqdan tashqarida esa ayrim so’zlarga bo’linib ketadi . Bular erkin birikma hisoblanadi.,
Shunday birikmalar (hatto gaplar ham) borki, ular nutqda tayyor holda qo’llanadi, nutqdan tashqarida ham gap bo’laklariga bo’linmaydi, kishining xotirasida butunligicha saqlanadi . Shuning uchun ham ular turg’un birikmalar deyiladi . Masalan: ensasi qotdi, ta’bi xiralashdi, tepa sochi tikka bo’ldi, temirni qizig’ida bosmoq, taqdirga tan bermoq, misi chiqdi, yuragi ezildi, og’zi qulog’iga etdi, ko’ngliga qaramoq, haddidan oshib ketmoq. Bolaning ko’ngliga qarayversangiz, haddidan oshib ketadi (Oydin.) Aybni yashirmoq nodonlar ishi,— dedi rais qizishib, -qupincha temirni qizig’ida bosolmay qoldim.(O.)
Frazeologik birikmalar — turg’un birikmalar erkin so’z birikmalaridan farq qilib, asosan butunligicha ko’chma ma’noda (ba’zan o’z ma’nosida ham) qo’llanadi.Frazeologik birikmalar gap bo’laklariga ajratilmay, butun holda bir gap bo’lagi vazifasida keladi.Masalan: Xo’jabekov tilga kirgan emish. (S.Anorboev.) —kesim; Ba’zan Anorxonning jig’iga tegish uchun yigitni ular o’zaro “Sobir pochcha” deyishar edi. (O.)— maqsad holi va shu kabilar.
1-mashq. Gaplarni ko’chiring. Frazeologik birikmalarni ajrating. Ularning erkin so’z birikmalaridan farqini tushuntiring.
1. Safarali stoldan bosh ko’tardi, haligi rus qiziga bir nima deb kuldi. (Oydin.) 2. Omon ham uni zimdan kuzatar, ko’zi ko’ziga tushganda birdan tund bo’lib qolardi. (S. Axm.) 3. Bu — ota kasb, — javob berdi u.— Eshligimda ko’zim pishib qolgandi. (O.) 4. Oyqiz bilan oralaringni buzish niyatida kekirdak cho’zgan kim edi. (Sh. R.) 5. Xolmurod voqeaning tagiga yetolmay, anchagacha uy o’rtasida turib qoldi. (P. T.) 6. Yodgorning ham tili chiqib qoldi; «Dada-dada»ni og’zidan qo’ymaydi. (G’. G’.) 7. Otishmalar tamom bo’layotgandek bir nafas pasayar va yana avj olar edi. (P. T.) 8. Uchinchi kurslilar Temir Akbarovichning avzoyi buzilganini ko’rib, jim bo’lib qolishdi. (P. Q.) 9. ... Dalaga chiqing, bahri-dilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz. (O.) Ona-bola tuni bilan hasratlashib, maslahatni bir yerga qo’yadilar. (P. T.) 11. Qizning xatti-harakatlaridan taajjubda qolgan Turg’un esa unga so’z qotishga jur'at qilolmas edi. (O. Yo.) 12. Roziq qaroqchini endi yelkamning chuquri ko’rsin.Boshla o’sha komandiringga. (S. Anorboev.)
2- mashq. Frazeologik birikmalarni topib, tagiga chizing. Ma’nosini, erkin birikmalardan farqini tushuntiring.
1. Qaynatam ishning ko’zini biladigan odamlardan. (O.E.) 2. Siz yaramas odamsiz! Sizda vijdon degan narsa yo’q! Ko’zimning yog’ini eb, boshimga ish tushganda qochdingiz. (S. Axm.) 3. Elg’iz urvog’im o’zing, ko’zim ochig’ida qutlug’ joyga qo’ndirsam. (As. M.) 4. Rais axborot berar ekan, pastdan luqma tashlab, uning gapini gapiga qovushtirmadi. (S. Axm.) 5. ...Yer sotgan er bo’lmaydi, er yer sotmaydi. Mana bu gapning mag’zini chaq. (O.) 6. Bu o’ylardan Sayyoraning boshi g’ovlab ketdi. (O. E.) 7. Bu achchiq kinoya ... mirshabning damini ichiga tushirib yubordi. (M.Ism.) 8. Do’konning darchasidan og’zi qulog’iga yetib iljayib turgan qop-qora bir bashara ko’rindi. (As. M.) 9. Sultonov sanamasdan «sakkiz» deydigan odammas-ku?! (Sh. R.)
3- mashq. Quyidagi frazeologik birikmalar ishtirokida gap tuzing.
Aravani quruq olib qochmoq; es-hushini tanimoq; barmog’ini tishlamoq; boshdan oshib ketmoq; gapni bir joyga qo’ymoq; do’ppisini osmonga otmoq; yo’lga qo’ymoq; kalavaning uchini topmoq; ko’zini moshdek ochmoq; ko’zi to’rt bo’ldi; qo’yniga qo’l solmoq; ko’nglini ko’tarmoq; oyog’iga yiqilmoq; oralarini buzmoq; fig’oni falakka chiqmoq; xamirdan qil sug’urmoq; xamir uchidan patir; yuragi qindan chiqayozmoq; qattiq qo’l bo’lmoq.
4-mashq. Mustaqil ravishda frazeologik birikmalar topib, shular ishtirokida bir necha gap tuzing. Ularning ma’nolarini tushuntiring.
Konstitutsiya har bir davlatning ramzlaridan biri. Konstitutsiya so’zi “tuzilish, qurilish” degan ma’nolarni bildiradi.
O’zbekiston ham o’z davlat mustaqilligiga erishgach asosiy qonun - Konstitutsiyasini qabul qildi. Bu tarixiy voqea 1992 - yilning 8 dekabrida sodir bo’ldi.
Yangi O’zbekistonning Konstutsiyasi jahonning ilg’or davlatlari tajribasini o’rganish asosida yaratildi. U muqaddima, 6 bob, 28 bo’lim, 128 moddadan iborat.
Asosiy qonunimizda fuqarolar huquq va erkinliklari, majburiyatlari belgilab berilgan.
Unda O’zbekiston xalqini millati, e’tiqodi, dini, jinsidan qat’i nazar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etishi mustahkamlab qo’yilgan. Shuningdek, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekani aytilgan.
O’zbekiston Konstitutsiyasi ozod va obod Vatan, farovon hayot qurishimizning huquqiy asosi va kafolati bo’lib xizmat qiladi.
2-topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzing.
Kompyuter lingvistikasi
“Kompyuter lingvistikasi” fani tabiiy tillarning matematik modellarini qurish, lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyuter dasturlarini ishlab chiqishga yo’naltirilgan. “Kompyuter lingvistikasi” fani oldida turgan asosiy masalalar esa umumiy tilshunoslikning formal va aksiomatik modellarni qurish hamda konkret tillarning matematik modellarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Bu modellar asosida matnlarni tahrirlash, kompyuter tarjimasi, kompyuter lug`atlari, ona tili va chet tillarga o`rgatish hamda bilimlarni baholash bo’yicha kompyuter dasturlarini yaratish mumkin bo’ladi.
Til qoidalarining matematik modeli matematik mantiqning formal va aksiomatik nazariyalari asosida quriladi. Shuning uchun bu fan matematik mantiq asoslarini bayon qilish bilan boshlanadi. Bu yerda mulohazalarni hisob-kitob qilishning usullari hamda ularning formal va aksiomatik nazariyalari bayon qilinadi. Keyin o`zbek tilining formal va aksiomarik modellari beriladi hamda lingvistik masalalarning matematik algoritmlari va kompyuter dasturlari keltiriladi.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzing.
L.M. Milliy qadriyatlar e’zozi.
G.M. Sifat va ravish.
umumiy xususiyatiga ko‘ra turi |
Turi |
So‘rog‘i |
Ma’nosi |
Sintaktik xoslanishi |
|
Mustaqil so‘zlar |
Ot |
Kim? Nima? Qayer? |
Narsa-buyum (konkret va abstrakt) ni bildiradi |
Ega, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi, o‘rin holi, ot kesim |
|
Sifat |
Qanday? Qanaqa? Qaysi? |
Narsa-buyum belgisini bildiradi |
Sifatlovchi aniqlovchi |
||
Son |
Qancha? Necha? Nechanchi? |
Narsa-buyum belgisini (miqdori, sanog‘i, tartibi) ni bildiradi |
Aniqlovchi, kesim, ega, to‘ldiruvchi |
||
Olmosh |
Kim? Nima? Qayer? Qanday? Qanaqa? Qaysi? Qancha? Necha? |
Umumlashgan narsa-buyum, umumlashgan belgi, umumlashgan miqdor ma’nolarini ifodalaydi |
Ot, sifat, son, ravish bajargan sintaktik vazifalar uchun xoslangan |
||
Fe’l |
Nima qilmoq? Nima bo‘lmoq? |
Harakat, holat ma’nolarini bildiradi |
Kesim |
||
Ravish |
Qanday? Qanday qilib? Qay tarzda? Qay holda qachon? Qayerga? Qayerdan? Qayerda? |
Harakat, holat belgisini bildiradi |
Hol |
||
Yordamchi so’zlar |
Ko‘makchi |
- |
Qo‘shma gap qismlarini va sodda gap bo‘laklarining sintaktik munosabatlarini (vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon kabi sintaktik munosabatlar) ifodalaydi |
||
Bog‘lovchi |
- |
Qo‘shma gap qismlari va sodda gap bo‘laklarining sintaktik munosabatini (payt, sabab-natija, ayrim, zidlik va boshq.) ifodalaydi |
|||
Yuklama |
- |
Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no (so‘roq, taajjub qistash, buyruq, inkor va boshq.) |
Qo‘shma gap qismlari va sodda gap bo‘laklarining sintaktik munosabatlarini ifodalaydi |
||
Alohida xususiyatga ega soz’lar. |
Modal so‘zlar |
- |
So‘zlovchining anglatayotgan fikriga munosabatini bildiradi |
Kirish so‘z |
|
Undov so‘zlar |
- |
His-tuyg‘u, buyruq, xitob, chaqirish kabi ma’nolarni bildiradi |
Otlashganda otning sintaktik vazifasini bajaradi. So‘z gap |
||
|
Taqlid |
Qanday? Qanaqa? |
Tovush, ko‘rinish va holatga taqlidni bildiradi |
Hol, sifatlovchi-aniqlovchi |
|
Morfologiya
Grammatika tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, u tilning grammatik qurilishiga xos qonun-qoidalarni tekshiradi, so’zning forma o’zgarishini, so’z birikmalari va gaplarning strukturasi va mazmuniga ko’ra turlarini o’rganadi.
Grammatika ikki qismdan — morfologiya va sintaksisdan iborat.
Morfologiya (grekcha morphe — shakl va logos so’z, ta’limot) so’z haqidagi grammatik ta’limot bo’lib, so’zning morfologik strukturasi — morfemalar, morfologik kategoriyalar, so’zning formalar sistemasi, so’z formalarini hosil qilish yo’llari, vositalari, so’z turkumlarini o’rganadi.
SO’Z TURKUMLARI
So’zlar bir-biridan ma’no va grammatik xususiyatlari jihatidan farq qiladi. Ba’zi so’zlar mustaqil ma’no ifodalay olsa, ayrimlari boshqa so’zlar bilan birgalikdagina ma’lum grammatik ma’noni ifodalashi mumkin.Bunday so’zlar o’zicha leksik ma’no bildirmaydi, shu sababli mustaqil qo’llana olmaydi.Masalan: Shayxulislom xat bilan tanishgach, qog’ozni yo’pib, xonga
ta’zim qildi va qolganlarga yuzlandi. (S.Abd.) Bu gapdagi bilan, va so’zlari leksik ma’no ifodalamay, faqat shu gapdagi o’zaro aloqador bo’lgan so’zlarning grammatik munosabatini reallashtirmoqda. Boshqa so’zlar esa ham leksik, ham grammatik ma’noni ifodalamoqda.
So’zlar o’zlarining morfologik belgilari va gapdagi sintaktik vazifalariga ko’ra ham o’zaro ajralib turadi. Predmet tushunchasini ifodalagan so’zlar-otlar kelishik, egalik, son kategoriyalariga ega bo’lsa, harakat yoki holat ifodalagan so’zlar o’timli-o’timsizlik, mayl, zamon, shaxs kabi kategoriyalarga ega bo’ladi. Boshqa so’zlarda esa bunday xususiyat yo’q. Belgi ma’nosini ifodalagan so’zlar — sifatlar sintaktik jihatdan gapda asosan aniqlovchi vazifasida, fe’llar, esa ko’pincha kesim vazifasida qo’llanadi. Masalan: Sevimli o’qituvchimizni kuzatdik. Sevimli — sifat, aniqlovchi; o’qituvchimizni — ot, to’ldiruvchi; kuzatdik —- fe’l, kesim.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, so’zlarni to’rt katta guruhlarga-turkumlarga ajratish mumkin.
1. Mustaqil so’zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish. Ular ma’lum ma’noga ega bo’ladi va gapda biror bo’lak vazifasida keladi, gapning qurilishi uchun asos bo’ladi.
2. Yordamchi so’zlar: ko’makchi, bog’lovchi, yuklamalar. Ular yolg’iz xolda ma’no ifodalamaydi va gan bo’lagi bo’la olmaydi. Yordamchi so’zlar so’z va gaplarning munosabatini ko’rsatadi yoki mustaqil so’zlar va gapning mazmuniga qo’shimcha ma’no orttirish uchun xizmat qiladi.
3. Undov va taqlidiy so’zlar (mimemalar) undovlar turli hishayajon bildirsa, mimemalar (taqlidiy so’zlar) turli xil ovoz yoki obrazga taqlidni bildiradi.
4. Modal so’zlar. Modal so’zlar o’z ma’nosini ma’lum darajada yo’qotib, so’zlovchining o’z fikriga turli munosabatini ifodalaydigan so’zlardir.
SIFAT. SIFAT DARAJALARI
|
Sifat darajalari |
Ma’nosi |
Sifat darajalarini ifodalovchi vositalar |
Misollar |
1 |
Oddiy daraja |
Belgining ortiq-kamlikka munosabati ifodalanmaydi |
- |
Yaxshi, shirin, baland |
2 |
Orttirma daraja |
Belgining mo‘ljaldan ortiqligini, kuchliligini ifodalaydi |
Fonetik vosita: bosh bo‘g‘inni sifat oldidan takrorlash |
Sap-sariq, to‘ppa-to‘g‘ri, qip-qizil |
urg‘u |
Bala:nd, no:rdon, a:chchiq |
|||
Leksik vosita: juda, g‘oyatda, nihoyatda, behad |
g‘oyatda katta, juda kichik, nihoyatda go‘zal, behad xursand
|
|||
3 |
Ozaytirma daraja |
Belgining mo‘ljaldan kamligi, kuchsizligini ifodalaydi |
Leksik vosita: sal, bir oz, xiyol |
Sal achchiq, bir oz achchiq, xiyol achchiq |
Morfologik vosita: -roq, -mtir(-imtir), -ish |
Kattaroq, kichikroq, sarg‘imtir, ko‘kimtir, sarg‘ish, ko‘kish |
Predmetning rangi, hajmi, shakli, maza-ta’mini, xarakterini, o’rin-vaqtga munosabatini bildiruvchi mustaqil so’z turkumi sifat deyiladi: yaxshi, chiroyli, katta, qiziq, shirin, yengil, yozgi, qishdagi kabi. Sifatlar q a n d a y?, q a n a q a? kabi so’roqlardan biriga javob bo’ladi.Sifatlar predmet belgisini darajalab, ba’zan kuchaytirib yoki kamaytirib ko’rsatish kabi o’ziga xos morfologik xususitlarga ega. Masalan: qora-qoraroq eng qora (daraja); qip-qizil, qizg’ish (belgini kuchaytirish, kamaytirish) kabilar.
1-mashq. Gaplarni ko’chirib yozing. Sifat yasovchi affikslarning tagiga chizing. Sifatlarni qanday ma’no bildirishiga qarab guruhlang.
1. Bir kishi tarixni yaratmasa ham,
Kishining tarixda yuksak o’rni haq. (G’. G’.)
2.O’kirar Tekstilning mag’rur vazmin gudogi. (G’G’.) 3. Uning a’zoyi badani sovuq shamoldan titrardi. 4. Davlatimiz ko’p bolali onalarga doimo g’amxo’rlik qiladi. 5. Yaxshi qiz — yoqadagi qunduz, yaxshi o’g’il — ko’kdagi yulduz. (Maqol.) Ilmsiz — ming yashar. (Maqol.) Kuzgi olmalar pishdi.
2-mashq. Teskstni ko’chirib, sifat yasovchi affikslarni guruhlang.
1. Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor. (Maqol.) 2. Jismoniy tarbiya kishini sog’lom, epchil, baquvvat qiladi. 3. Kursimiz studentlari qishki va yozgi sessiyalarni muvaffaqiyatli yakunladilar.
4. Maqtanchoq bo’lmang, hijolat chekmaysiz. (Ertakdan) 5. Biz urushni keskin qoralaymiz. 6. Qo’riq va botqoq yerlarni o’zlashtirish kerak. 7. Turg’un iboralar leksikologiyada o’rganiladi. 8. Tegirmonga tushsa, butun chiqadi. (Maqol) 9. Hukumatimiz ishchi-hizmatchilarning ish haqini oshirmoqda.
3- mashq. O’zingiz mustaqil ravishda sifat yasovchi affikslar yordamida ot va fe’ldan sifat yasab, ular ishtirokida gap tuzing. Affikslarning qaysilari unumli, qaysilari unumsizligini ayting.
Sodda, qo’shma, murakkab va juft sifatlar. Sifatlar tuzilishga ko’ra sodda. qo’shma, murakkab va juft bo’ladi.
1. Sodda sifatlar leksik ma’noli qismlarga ajralmaydi. Masalan: go’zal, chiroyli, baxtiyor, savlatli, sermazmun kabi.
Sodda sifatlar tub va yasama sifatlarga bo’linadi.
Sifat yasovchi affiksi bo’lmagan sifatlar tub sifat deyiladi:
oq, qizil, qora,ko’k, pushti, sariq, kichik kabi.
Sifat yasovchi affikslar bilan yasalgan sifatlar yasama sifat deyiladi: sersavlat, basavlat, aqlli, baxtli, farg’onalik, urushqoq, epchil, ishchan kabi.
2. Qo’shma sifatlar ikki yoki undan ortiq so’zdan tarkib topib, bir belgini ifodalaydi va bir bosh urg’u bilan aytiladi. Masalan: o’zbilarmon, ochko’z, sohibjamol, tinchliksevar ishyoqmas, ertapishar, kechpishar kabi.
3. Murakkab sifatlarning komponentlari alohida-alohida olinganda ham leksik va grammatik ma’no ifodalaydi. Ayni paytda bir murakkab belgi tushunchasini ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunda, qo’shma sifatdan farqli ravishda, har bir qism alohida urg’u bilan talaffuz qilinadi. Masalan: bodom qovoq, lang oyoq, jigar rang, to’q ko’k, cho’qqi soqol, sof dil kabi.
4. Juft sifatlar predmetning bir umumiy belgisini bildirib, ikki sodda sifatning teng bog’lanishidan tashkil topadi: katta-kichik, past-baland, och-yalang’och kabi.
4-mashq. Tekstni ko’chiring. Sodda, qo’shma va murakkab sifatlarni aniqlang. Qaysi so’zga bog’langanini tushuntiring.
Toshkent atrofida ham shifobaxsh joylar ko’p. 2. O’zbek xalqi— juda mehmondo’st xalq. 3. To’g’ri bo’lsang, o’sib borib, gul bo’lasan; egri bo’lsang, o’sib borib, kul bo’lasan (Maqol.) 4. Xush ovoz yigit o’rtaga chiqdi. 5. Qadr bilmas qarindoshdan, qadring bilgan yot yaxshi.(Maqol.) 6. Uning qo’lida avvalgiday oq pat bilan kul rang pat turganmish. (T. G’oyibov ) 7. Abdulla Nabiyevning yorqin va jangovar obrazi kommunistik jamiyat qurayotgan yoshlarimiz uchun ibrat bo’larlidir. (A. Rahmat.)
5-mashq. Gapdagi qo’shma, murakkab va juft sifatlarni aniqlang. Ma’nosini tushuntiring, qaysi so’z bilan bog’langanini ko’rsating.
1. ...Buning ko’ngli yosh bolaning ko’ngliday beg’ubor, yuragi sezgir, o’zi mehribon hamda rahmdil. (T. G’oyibov.) 2. Qo’lidan ish kelali. Katta-katta mashinalarni, paroxodlarni osongina yurgiza oladi. (T. G’oyibov.) 3. Bola akulaning qanday ochko’z, yirtqich ekanini... o’qituvchisidan eshitgan ekan. (T. G’oyibov.) 4. Uzoq-yaqin qarindoshlar kelib-ketib turibdi. Katta-kichik Garmselga qarshi otlanibdi. (T. G’oyibov.) 5. Yosh-qari cho’lni obod qilishga astoydil kirishgan ekan. (T. G’oyibov.) 6. Xon turli-tuman taomlar bilan Umarjonning ko’nglini olmoqchi bo’libdi. (T. G’oyibov.)7. Och-yalangoch yashayotganlarni juda ko’p ko’rdim, xazinadagi barcha oltin kumushlar va don-dunlar o’shalarga tashib berilsin. (T. G’oyibov.)
Sifat darajalari. Bir necha predmetdagi bir xil belgini miqdor jihatdan farqlash hodisasi sifat darajasi deyiladi.
Ikki predmetdagi bir xil belgining o’zaro qiyoslanmagan formasi oddiy daraja hisoblanadi. Masalan: katta, yaxshi, sovuq, issiq va h. k.
Bir xil belgining qiyos qilinishidan ikki xil daraja yasaladi:
1. Qiyosiy daraja.
2. Orttirma daraja.
1. Predmetdagi ma’lum belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday belgidan ortiq yoki kamligini ko’rsatuvchi daraja qiyosiy daraja deyiladi. Qiyosiy daraja oddiy darajaga -roq affiksini qo’shish bilan yasaladi. Masalan: yaxshi —yaxshiroq, katta—kattaroq. Bizning uyimiz sizning uyingiz kattaroq. Uning bo’yi mening bo’yimdan pastroq.
2. Predmetdagi belgining boshqa o’xshash predmetdagi shunday belgidan miqdor jihatdan ancha ko’p ekanligini ko’rsatuvchi daraja orttirma daraja deyiladi. Orttirma daraja belgi ifodalovchi so’zdan oldin eng, hammadan kabi so’zlardan birini keltirish bilan ifodalanadi. Yozuvchining eng yaxshi asarlari ko’rgazmaga qo’yildi. Bu hammadan engil ish. Bu hammadan og’ir ish kabi.
6-mashq. Gaplarni ko’chirib sifatlarni aniqlang. Qiyosiy va orttirma darajadagi sifatlarning yasalishini, farqini tushuntiring.
1. Hammamiz muborakbodga keldik, — dedi o’rta yoshroq bir ayol. (H.F.) 2. Kasal mikrobini tarqatuvchini yo’qotish minglab bemorni sog’aytirishdan ko’ra afzalroq! (T. G’oyibov.) 3.Mirzakarimboy ilonning yog’ini yalagan odam: hamma boylar kabi ayyor, mug’ombir, puxta-pishiq. (O.) 4. Tojiboy ota yakkayu yagona o’g’lini jo’natib, hovlida yolg’iz qolibdi. (T. G’oyibov.) 5. Osmon g’oyat musaffo, yulduzlar charaqlaydi. 6. Bizning armiyamiz dunyoda eng kuchli, eng intizomli armiya. 7. G’oyati nozuklukindin suv bilan yutsa bo’lur. (Atoiy ) 8. Bol shirin, boldan ham bola shirin. (Maqol.) 9. Gapirgandan gapirmagan yaxshiroq, gapirgan edim boshimga tegdi tayoq. (Maqol.) 10. Oqibatli do’stlikdan mustahkamroq, qimmatroq narsa bormi dunyoda. 11. Insondan bebaho, undan ulug’roq boylik dunyoda yo’q. 12. Toshkent oqshomi manzarasi menga nihoyatda go’zal, yanada yaqinroq tuyuldi. 13. Uzi ham juda qiziq ishlar bo’ldi-da, bolam, — dedi Anzirat xola Sidiqjonga. (A.Q)
7-mashq. Maqollarni o’qing. Otlashgan sifatlarni aniqlab, gapdagi vazifasini tushuntiring.
1.Yaxshi qand edirar, yomon pand edirar. 2. Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, yomonning yomonligi tegar tor yerda. 3. Mard bir o’lar, nomard — yuz. 4. Yaxshidan ot qolar, yomondan dod qolar. 5. Aqlli odam qish g’amini yozda yeydi. 6. Vafosizda hayo yo’q, hayosizda vafo yo’q. 7. Kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda bo’l. 8. Yaxshi o’g’il ot mindirar, yomon o’g’il otdan indirar. 9. Yaxshini maqtasang yarashur, yomonni maqtagan adashur.
Sifatlarning sintaktik vazifalari. Sifatlar gapda I ko’pincha sifatlovchi-aniqlovchi, kesim, hol vazifasida keladi. Masalan: Yaxshi niyat—yarim mol. (Maqol.) Osmon tiniq, musaffo. U yaxshi oqiydi.
Biroq sifatlar gapda otlashib kelishi, binobarin, ot bajargan vazifani o’tashi ham mumkin. Chunonchi:
a) ega: Yaxshi oshini yeydi, yomon boshini yeydi.
b) qaratqichli aniqlovchi: Yaxshining so’zi qaymoq, yomonning so’zi to’qmoq. (Maqol.)
v) to’ldiruvchi: Yomonni tanqid qiladi, yaxshiga taqlid qiladi. (Maqol )
8-mashq. Mustaqil ravishda «O’zbek xalq maqollari» to’plamining 15- betidagi maqollarni o’qib, sifatlar ishtirok etgan maqollarni daftaringizga ko’chiring. Sifatlarning gapdagi vazifasini aniqlang. Qaysi vazifada ko’proq qo’llanganini og’zaki tushuntiring.
9-mashq. Gaplarni ko’chiring. Sifatlarning gapdagi vazifasini aniqlab, qaysi vazifada ko’proq qo’llanganini tushuntiring. Forma yasovchi affikslarni topib, ma’nosini izohlang.
1. Ba’zilar negadir bu qorachadan kelgan yigitning ko’zlarida sirli bir o’ychanlik bor deyishadi. 2. Bu kishining uzun, qora va quyuq soqoli yuzini butunlay qoplab, ko’kragigacha tushgan. (S.A.) 3. Kunda-kunda o’lgandan bir kunda o’lgan yaxshiroq. (A.Q.) 4. Undoq bo’lsa, albatta, Samandarovning surishtirganlari o’rinli. (A.Q.) 5. O’g’ling yaxshi bo’lsa, yongan chiroqdir; oting yaxshi bo’lsa, uzoq beriroqdir. 6. Yaxshi xotin uy ziynati, yomon xotin to’y ziynati. 7. Yomonning yaxshisi bo’lguncha, yaxshining yomoni bo’l. (Maqollar.) 8. Biz uchun fermerlik ham yangilik. (A.Q.) 9. Bu yil choyxona umuman gavjum bo’ldi. (A.Q.) 10. Qizning qora, uzun sochi mayda o’rilgan, taqimidan pastga tushib turardi. (S. A.) 11. Uning uzun sochida sochbog’, boshida oq ro’moli bor. A.) 12. O’rmonjon soqolini butkul qirdirib tashlagani va buning ustiga kattakon oq qalpoq kiyib olgani uchun yuzi kichkina va qopqora ko’rinar edi. (A. Q.)
RAVISH
Ish-harakatning qayholda bajarilishi va shunga bog’liq bo’lgan o’rin, payt, maqsadga munosabatni bildiradigan mustaqil so’z turkumi ravish deyiladi. Ravishlar harakat holatni ifodalashi, o’ziga xos yasovchi affikslarni olishi, gapda ko’pincha hol vazifasida kelishi bilan boshqa so’z turkumlaridan ajralib turadi. Masalan: Bugun qishloqqa boray. Men ataylab qoldim.
Ravishlar tuzilishiga ko’ra sodda, qo’shma, murakkab va juft bo’ladi.
Sodda ravishlar birgina o’zakdan tashkil topib, tub yoki yasama bo’ladi. Yasovchi affikslarsiz qo’llanadigan ravishlar tub ravishlar deyiladi: tez, sekin; keyin, oz, ko’p, picha, kecha.
Maxsus affikslar bilan yasalgan ravishlar yasama ravishlar deyiladi: to’xtovsiz, oyday, mardlarcha, g’olibona, qahramonlarcha kabi.
10-mashq. Gaplarni o’qing, ravishlarni aniqlang. Tub va yasama ravishlarni topib, qaysi so’z turkumidan yasalganini tushuntiring.
1. Dastlabki kunlar u meni pisand qilmagandek sir boy bermay yurdi. (S.Abd.) 2. Xayolida hamon o’sha gap. 3. Ko’ngliga yoqish juda qiyin, unga atab qancha-qancha she’rlar yozdim. (S.Nazar.) 4. Oz bo’lsin, soz bo’lsin. (Maqol.) 5, Voy, oling, ataylab, siz uchun qildim. (S.Zunnunova ) 6. Muhayyo hazillashib uning bilagidan ushladi. (A.Q.)7. Mehmonlar bezor bo’lib, birdan turib ketdilar. (S.Abd.) 8. Hech kim bu mushkulni yecholmadi. Ammo bu safar jadalroq kirishmoqdalar, shekilli. (S.Nazar.) 9. Ular asta-sekin yurib karnaydan uzoqlashdilar. (S.Nazar.) 10. Ulug’ Vatan urushida qahramonlarcha kurashgan jangchilarga shon-sharaflar bo’lsin! 11. Uning yuzi birdan oqarib ketdi. 12. Hamma sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi.13. Shu yo’lda qoladigan bo’lsang, hali ko’p gaplashamiz. (H.G’.) 14. Gapni qisqa qil. Uning jahli tez. Bugun tabelchi tasodifiy ravishda uni qo’liga olgan edi. (S.Nazar.) 15. Past-baland, yam-yashil yaylov. Oftobda qizigan yerdan jimir-jimir hovur ko’tariladi. 16. Menda tajriba, bilim kamlik qilib qoldi. Buni men keyinroq payqadim. (S.Anorboyev.) 17. Aytishlariga qaraganda, musichaday keladigan bu qush daraxt shoxiga oyog’ini chalishtirib osilar ekan-da, tushib ketishdan qo’rqib, tuni bilan ku-kulab chiqar emish. (S.Anorboev.) 18. Ikkovi nariroqdagi kattakon darvoza tepasidagi yorug’ chiroq shu'lasi doirasida nari-beri yurib uzoq gaplashdi. (A.Q.) 19. Ular yarim soatcha jim borishdi. (H. G’.) 20. Paxtachilikka zarar yetmasa deb qo’rqaman. Yaxshisi, yana picha sabr qilsak bo’lardi, Kamolov. (S.Nazar.) 21. Xalqimiz cho’lga g’olibona yurish boshladi.
11-mashq. O’qing. Ravishlarning tuzilishi va ma’nosiga ko’ra turini ayting, so’roqlarini aniqlang.
1. Kechalari shinni uchun uzum teradilar, kunduz ularni aravalab shaharga tashiydilar. (Oydin.) 2. Bir ozdan keyin seskanib-seskanib o’ziga keldi. (Oydin.) 3. Necha kundan beri qo’zlar uyqu ham ko’rmaydi. (Oydin.) 4. Ahmadjon uning iltijo bilan boqib turgan ko’zlariga qarab noiloj ko’ndi. 5. O’tirganlar kulib yuborishdan arang saqlanib, quloq solmoqda edilar. 6. Bu arra tishli tizmalar ustida uzundan-uzoq cho’zilib bulut tutaydi. (S. Anorboev.) 7. Jo’raboy aka qisiq o’tkir ko’zlarini menga qadab, o’ychan gap boshladi. (S.Anorboev.) 9. Maslahat qilishadi-da, kengashli to’n qisqa kelmas, — dedi oppoq soqolli, katta gavdali yetmish yoshlar chamasidagi Nurbobo. Kel, qizim, tez-tez yegin, sovimasin. (S.Nazar.)
12-mashq. Gaplarni o’qing. Ravishlarning fe’l bilan munosabatini, ma’no va grammatik jihatdan qanday bog’lanayotganligini tushuntiring.
1. Dorixonani reviziya bosdi, mana, tilxatingni olib ikki so’mu sakson tiyinni tezroq ber, ko’chada taksi kutib turibdi. (S.Abd.) 2. Mahmudxon aka boshini ozgina qashib turgandan keyin ko’ndi. (S. Abd.) 3. Ko’zlarida onalik mehri yonib turgan qo’ylar bolalaridan bir qadam ham orqada qolmaydi, dam-badam yalaydi, iskaydi. (S.Anorboev.) 4. Xo’p, bunchayam shoshiltirmang, bu aytib darrov tinchlanadigan yangilik emas, so’ngra tushuntirish, izoh berish uchun vaqt talab qiladi. (S.Nazar.) 5. Ertalab yetib bordim. Kechqurun uyga qaytib keldim. Barcha ishlar tezgina hal bo’ldi. 6. Ish qaerdan boshlangan bo’lsa, gapni ham shu erdan boshlay bering. (S.Nazar.) 7. Botir kitobga qaramoqda. Ba’zan hayol boshqa yoqqa olib ketganidan o’qigan joyining ma’nosiga tushunmay, o’sha joyga qayta-qayta ko’z yugurtiradi. (S.Nazar.)
13-mashq. A.Qahhorning «Sinchalak» povestidan 15 — 20 bet o’qib, ravishlarni toping, ularning turlarini aniqlang.
Ravishlarning sintaktik vazifasi. Ravishlar gapda odatda hol vazifasida qo’llanadi. Masalan:Yo’lchi quyosh va dala shamoli bilan bir oz qoraygan. (O.) Shu payt to’satdan ko’cha eshigi taraqlab ochildi-yu, Zunnunho’ja halloslaganicha kirib keldi. (A.Q)
Ravishlar otlashganda gapda ega, to’ldiruvchi, ba’zan kesim vazifasida ham kela oladi. Masalan: Ko’pi ketib, ozi soldi, qishi ketib, yozi qoldi. (Masol.) — ega; Birni birov beradi, ko’pni — mehnat. (Masol.) — to’ldiruvchi; Hosilning cho’g’i mo’l — kesim kabi.
14-mashq. O’zingiz mustaqil ravishda birorta badiiy asarning birinchi o’n sahifasini o’qing. Ravish ishtirok etgan gaplarni ko’chiring va gapdagi vazifasini aniqlang.
15-mashq. Gaplarni ko’chiring. Ravishlarning qanday vazifada kelganini ayting. Fe’llarni topib, ularning yasalishini, tuzilishini va yozilishini tushuntiring.
1. Xadicha xola bundan yaqin olti oy burun kelganida, bir qiyiq behi olib kelgan edi. (A.Q) 2. Xadicha xola xiyla o’ylanib turdi. (A.Q.) 3. Men darvozaning oldida ancha turib qoldim. (0.Yo.) 4. Sidiqjon picha o’tirdi-yu, endi qaytib ketmoqchi bo’lib turganida O’rmonjon kelib qoldi. (A.Q.) 5. Bir zamon eshik «g’iyq» etib ochildi-yu, Hamro bosh suqib mo’raladi. (G’.Rasulov.) 6. Juvon o’lgur Po’lat keyingi paytlarda mollarga tuzuk qaramaydigan bo’lib qoldi. (S. L.) 7. Kechqurun Sidiqjonni ko’rgani bolaligidagi o’rtoqlaridan biri keldi. Bu hafta ularning nazarida bir yildan ham uzun tuyulardi. (S.A.) 9. To’lagan aka indamasdan chiqib ketdi. (A.Q.) 10. U O’rmonjonga, Bo’taboyga, Kanizakka ko’pdan-ko’p salom aytdi. (A.Q.)
16-mashq. Oybekning «Bolalik» povestidan olingan parchani o’qing. So’z turkumlari jihatidan turini va ularning gapdagi vazifasini ayting.
Chorshanba — bozor. Har bozordagi kabi vaqtli turaman...
Bozorning o’ziga xos suroni, g’ovur-g’uvuri bo’ladi. Men jiyaklarni bilagimga tashlab, tiqilinchda tik turaman. Har uchragan xaridorga: «Oling, yaxshi jiyak, nuqul ipak» deb maqtayman. Jiyak bozori hamisha sust. Ko’pincha Sotib bo’lsam ham, maktabdan qutulish niyatida bozorni aylanib yuraman. Butun bozorni kezaman. Gazlama rastalaridan boshlab, to attorchilikka, beshik bozorga, nosvoyfurushlar, shinnifurushlar, hatto ko’mir-o’tin bozoriga qadar hammasini tentib chiqaman.
Qishda ustilarida pocha po’stin, yozda xitoy jujun. Ko’kraklarida soatning oltin zanjiri osig’liq, oyoqlarida g’arch-g’urch amirkon mahsi-kovush, etik. Ba’zan do’konlarda taxt-taxt molni qalashtirib hudiylar o’tiradi. Ular mol sotishga juda usta. Turli ipakli, shol, atlas, tovarlarning xaridorlari nuqul boyonlar. Sinchiklab kuzatib o’taman bu rastalarni, to’xtab savdo-sotiqqa quloq solaman.
Bozor boshdan-oyoq tim. Yozda salqin, qishda yog’ingarchilikka boshpana. Qator-qator timlarni tomosha qilishni, bittasini qoldirmasdan kezib chiqishni yaxshi ko’raman.
17-mashq. Matnni ko’chirib, mustaqil so’z turkumlarini aniqlang, ularning morfologik xususiyatlari va gapdagi vazifasini tushuntiring.
N a m u n a: Kechqurun boshqarma a’zolaridan bir qismi yig’ildi. Kechqurun — ravish, payt ravishi, sodda, payt holi.
Tabiat oq yopinchig’ini tashlar-tashlamas, kurtaklar ko’z uqalay boshladi. Bahor mayin yellari, chaq-chaq urgan gullari bilan kirib keldi. U qishi bilan qandaydir dimiqib, yuragi siqib yotgan-u, mana endi, o’z mayliga qo’yilganidan xursanddek, keng dalalarda yayraydi, bog’-rog’larda quvnaydi, goh qizlarning durralarini tortqichlab o’ynaydi, goh yuzlarni muloyim siypaydi.
To’tiqiz ana shunday bahorlardan o’n yettisini ko’rdi. Bu bahorlar uni ko’klam chechagi kabi ochib, o’n besh kunlik oyday to’ldirib yubordi. So’nggi yillarda har yangi bahor unga yangi bezakda, yangi jozibada ko’rinib, yuragini nimaningdir talpintiruvchi shirin intizorligi bilan yondiradi. Shunday paytlarda u o’zini uy ichiga sig’dirolmaydi — xuddi nafasi siqayotgandek tashqariga otiladi. Bahor butun topgan-tutganini, butun bezak va bisotini yoyib yuborgan nurafshon bog’iga chiqib, qushlar chug’uriga, shabada shiviriga quloq soladi. (M. Ism.)
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING TURLARI
Texnologiya so'zi grekchadan tarjima qilinganda san'at, ustalik, malaka ma'nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma'lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig'indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob'yektining dastlabki, boshlang'ich holatini o'zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog' va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang'ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma'nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so'zini qo'shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiyani quyidagicha ta'riflash mumkin.
Texnologiya - bu sun'iy ob'yektlarni yaratishga yo'naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo'nalishda borishini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o'zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta'riflash mumkin.
Axborot texnologiyasi - bu axborot ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo'lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo'lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo'llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o'quvchi boshlang'ich axborotni qayta ishlash uchun o'zining bilimini qo'llaydi. Masalaning yechimi bo'lgan yangi axborot mahsuloti, o'quvchi tanlay olgan masalani yechish texnologiyasi, usuliga bog'liq.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o'zining "uskunalari", vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o'zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo'llanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo'llanishiga urg'u berish maqsadida ko'pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o'zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog'liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo'lgan ma'lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo'lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud.
Ichki omillar – bu axborotning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzing.
L.M. Tarix va zamonamiz.
G.M. Otga xos grammatik kategoriyalar
OTLARNING EGALIK AFFIKSLARI BILAN TURLANISHI
Shaxs (ëèöî) |
Birlik son (Åä. ÷èñëî) |
Ko‘plik son (Ìí. ÷èñëî) |
||
Unli bilan tugagan otlardan so‘ng (Ïîêàçàòåëü ïîñëå ãëàñíûõ) |
Undosh bilan tugagan otlardan so‘ng (Ïîêàçàòåëü ïîñëå ñîãëàñíûõ) |
Unli bilan tugagan otlardan so‘ng (Ïîêàçàòåëü ïîñëå ãëàñíûõ) |
Undosh bilan tugagan otlardan so‘ng (Ïîêàçàòåëü ïîñëå ñîãëàñíûõ) |
|
1 |
Uka - m |
Fikr – im |
Uka – miz |
Fikr - imiz |
2 |
Uka – ng |
Fikr – ing |
Uka – ngiz |
Fikr – ingiz |
3 |
Uka – si |
Fikr – i |
Uka – lari |
Fikr - lari |
O‘ZBEK TILIDA KELISHIKLAR
(Â óçáåêñêîì ÿçûêå èìååòñÿ øåñòü ïàäåæåé)
¹ |
Kelishiklar (ïàäåæè) |
Kelishik ko‘rsatkichi
|
Kelishik savollari |
Misollar |
1 |
Bosh kelishik |
- |
Kim? nima? qayer? |
Dono, kitob, Toshkent |
2 |
Qaratqich kelishigi |
-ning |
Kimning? nimaning? qayerning? |
Dononing, kitobning, Toshkentning |
3 |
Tushum kelishigi |
-ni |
Kimni? nimani? qayerni? |
Dononi, kitobni, Toshkentni |
4 |
Chiqish kelishigi |
-dan |
Kimdan? nimadan? qayerdan? |
Donodan, kitobdan, Toshkentdan |
5 |
Jo‘nalish kelishigi |
-ga |
Kimga? nimaga? qayerga? |
Donoga, kitobga, Toshkentga |
6 |
O’rin-payt kelishigi |
-da |
Kimda? nimada? qayerda? |
Donoda, kitobda, Toshkentda |
OT
Shaxs-predmet, narsa, voqea-hodisalarning nomini ifodalaydigan mustaqil so’z turkumi ot deyiladi. Ular kim? nima? kimlar? nimalar? kabi so’roqlardan biriga javob beradi. Masalan: kishi, bolalar, gul, bog’, shaharlar, hayol, go’zallik, baxt, sevinch kabi.
Otlarning predmetlik ma’nosi son, egalik va kelishiklar bilan birga ifodalanadi. Masalan:Institutimizning talabalari:-imiz ( egalik),-ning (kelishik), -lar (son),-i ( egalik) kabi.
Otlarda son. Otlar birlik va ko’plik sonda qo’llanadi. Otlar birlikda qo’llanganda, yakka, ajratilmaydigan predmetni bevosita, ya’ni hech qanday grammatik shaklsiz ifodalaydi. Masalan:daraxt, gul, mashina, bola, odam, burgut kabi. Ko’plikda qo’llangan otlar esa maxsus grammatik vosita -- -lar affiksini oladi. Masalan: kitob (birlik) — kitoblar (ko’plik), uy (birlik)—uylar (ko’plik), jurnal (birlik)—jurnallar (ko’plik), mashina (birlik)—mashinalar (ko’plik) kabi.
-lar affiksi ko’plik ma’nosidan tashqari, ma’noni kuchaytirish (Sizlarga qarab zavqlarim toshib kabi), hurmat (Oyimlar keldilar; dadamlar keldilar kabi), kesatiq yoki piching ifodalash (O’zlari xon, ko’lankalari maydon) kabi xususiyatlarga ham ega.
1- mashq. Gaplarni ko’chiring. Birlik shakldagi otlarni bir ustunga, ko’plik shakldagi otlarni ikkinchi ustunga yozing.
1. Qo’llarini qoqdi-da, mashinaga to’kilgan tuproqlarni tozaladi. (I. Rahim.) 2. Oq-sariqdan kelgan yuzida tabassum, zumradga o’xshash aqlli ko’zlari jozibali. (I.Rahim.) 3. Zulxumor oyimlar qayerda bo’lsalar, so’zga o’rgatilgan mayna ham shu yerda.(”O’zb xalq dost”.) 4. Yoz kechalari uzun . ( X.G’.) 5. Agar umumiy majlis qaror chiqarsa, shu pullarning ixtiyorini senga topshiraman. (S.Ahm.) 6. Ko’zlaringda mening ko’zlarim.(Qo’shiqdan.) 7. Sizni yaxshi ko’rishga alohida sabablarim bo’lmasa hamki, bu narsani tushunishga aqlim yetadi. (Voynich.) 8. Sofiyaning ko’zlariga yosh keldi. (As. M.) 9. Rais shunday baqirdiki, xotinining badanlarida titroq paydo bo’ldi. (Sh. R.) 10. Uning vujudini shunday xursandchilik egallab olgan ediki, u hatto azob-uqubatlarni ham yodidan chiqaribdi. 11. Oyimlar keldilar.
2-mashq. -lar affiksi bilan qo’llangan otlarni ajrating, -lar affiksi qanday ma’no ifodalayotganini tushuntiring.
1. Sog’inib erdim: bahor bo’ldi bahona do’stlar. (S. Abd.) 2. Axloq o’rgatuvchilar Xolmurod bilan bahslashishga tushgan bo’lsalarda, lekin asl maqsadlari boshqa edi. (P. T.) 3. Yer kurrasida qadim-qadim zamonlardan yangragan musiqiy «Qur-ey!» bundan keyin ham tinmaydi. (S. Nurov.)
4. Uning quyuq qoshlari ko’tarilib, chiroyli ko’zlari charaqladi. (As. M ) 5. Uning yonoqlari sovuqdan qizarib, guldek ochilgan ko’zlari chaqnar edi. (O.) 6. Tumanli kunlarda muzlar erib, suvlar hamma yoqdan oqa boshladi. Oyqizning ko’zlari chaqnab, yuzlari qizarib ketdi. (Sh. R.) 7. Qanaqa onalar ekanki, kelinini oldiga solib to’y-hashamlarga yuradigan. (S.Ahm.) 8. Ichi qora zotlar yaxshi bilsinlarki, men qayerda bo’lmayin haqiqatni qo’riqlayman. (O.) 9. Sirdaryolar endi xalq boyligi va farovonligi uchun xizmat qilmoqda.
Otlarda egalik. Otlarga qo’shilib, predmet yoki predmetlik tushunchasining uch shaxsdan biriga taalluqliligini, qarashliligini yoki mansubligini ko’rsatuvchi affikslar egalik affikslari deyiladi.
Egalik affikslari predmetning uch shaxsdan biriga taalluqliligi jihatidan uchga, birlik va ko’plik sonlarga ko’ra ikkiga bo’linadi.
Buni quyidagi sxemadan ko’rish mumkin:
Shaxs |
Birlik |
Ko’plik
|
||
Unlidan so’ng |
Undoshdan so’ng |
Unlidan so’ng |
Undoshdan o’ng
|
|
1. shaxs, so’zlovchi 2. shaxs, tinglovchi 3. shaxs, o’zga |
ona-m ona-ng ona-si |
baxt-im baxt-ing baxt-i |
ona-miz ona-ngiz ona-lari |
baxt-imiz baxt-ingiz baxt-lari |
E s l a t m a: 1) egalik affikslari belgisiz qaratqich, belgisiz tushum kelishigi qo’shimchasi kabi tushib qolmaydi.Bizning uy, bizning mahalla kabi konstruksiyalarni mustasno qilganda, deyarli doimo belgili qo’llanadi; 2) egalik affiksi bilan shakllangan so’z odatda o’ziga tobe bo’lgan so’zdan keyin turadi: bizning uyimiz; 3) egalik affiksini shaklan o’xshash bo’lgan so’z yasovchi -im (terim, bilim kabi) affiksidan farqlash lozim.
3-mashq. Egalik affikslarining qo’llanishini izohlab bering va ularni
ajratib ko’rsating.
1. Men shuning uchun ham baxtiyormanki, mustaqil mamlakatda yashamoqdaman va bunday ulug’ ishga o’z hissamni qo’shmoqdaman, (R. B.) 2. Bilaman, bilganim uchun shunaqa deyapman. (As.M.)3. Mabodo, xizmat qilmoqchi bo’lsangiz ish beramiz. (H. G’.) 4. Siz keldingiz deguncha, eshon bir yoqqa jo’naydilar. (P. T.)
4-mashq. Matnni ko’chiring. Birlik va ko’plik sondagi egalik affikslari olgan so’zlarni ajrating.
1. ... Ayasi boshini silaydi «O’kinma, bolam, yo’lingni topib yur!» — deydi. (S.Ahm.) 2. Alisher bandga tushsa, uni xorlikdan deb o’ylama, it saroyda tursa, e’tiborlikdan deb o’ylama.(”1001 hikmat.”) 3. Nahotki, qalbsiz yashay olsam. (S.Ahm.) Korxonada ishlasam, hech qayerga bormasam, hech kim bilan gaplashmasam, o’zimga oro berib uyda o’tirsam. (A. Q ) 4. Butun qishlog’imizda bitta Rajabiyimiz bor, xolos. ( N.Biryukov)
5. Asrlarning so’kib chokini,
Ko’zlarimga surib xokini,
Tarixlarni bir-bir titurman,
Afsonalar topib biturman. (O.)
5-mashq. Nuqtalar o’rniga egalik affikslaridan mosini qo’yib, ko’chiring. Egalik affiksining vazifasini tushuntiring.
1. Bu tepalikka, chiqish orqada qolgan cho’lning azob...dan ortiqroq bo’ldi. (A. Q.) 2.Mening ona... ham shularga o’xshagan bo’lsa kerak, deb o’yladi. (H.'G’.) 3. Har bir...ning uy..., oila... bor. (H. G’.) 4. Tezroq kelish...ni kutyapmiz. (I. Rahim.) 5. Tezroq sog’ayib kelish...ni kutamiz. (I. Rahim.) 6. Nahotki, shuncha yaxshiliklar...ga mening rahmat degan so’z... kifoya qilsa. (P. T.)
Otlarda kelishik. Kelishik kategoriyasi ot yoki otlashgan so’zning fe’lga, otga, ba’zan boshqa bir so’zga tobeligini, munosabatini ifodalaydigan grammatik formalar yig’indisi. Kelishik affikslari so’z negiziga ko’plik va egalik affikslaridan so’ng qo’shilib keladi: qo’l-ni, qo’l-la qo’l-lar-im-ni. Kelishiklar otlarning formasini o’zgartiradi, ma’nosini o’zgartirmaydi, shuning uchun ham ular so’z o’zgartuvchi affikslar hisoblanadi. So’zlarning kelishik affikslarini olib o’zgarishi turlanish deyiladi.
O’zbek tilida oltita kelishik bor. Bular quyidagilar:
1. Bosh kelishik.
2. Qaratqich kelishigi,
3. Tushum kelishigi.
4. Jo’nalish kelishigi.
5. O’rin-payt kelishigi.
6. Chiqish kelishigi.
Kelishik affikslari bir so’zning boshqa so’zga tobeligini ko’rsatuvchi sintaktik vositalar hisoblanadi . (Bosh kelishik bundan mustasno.) Masalan: Chin so’zni yolg’onga chulg’ama va chin ayta olur tilni yolg’onga bulg’ama. (Navoiy.) Bu gapda: 1) so’zni so’zidagi –ni affiksi uning chulg’ama so’ziga bo’lgan tobeligini; 2) yolg’onga so’zidagi -ga affiksi uning chulg’ama so’ziga bo’lgan tobeligini; 3) tilni so’zidagi -ni uning bulg’ama so’ziga; 4) yolg’onga so’zidagi -ga affiksi uning bulg’ama so’ziga bo’lgan tobeligini ko’rsatmoqda.
O’zbek tilida kelishiklarning ma’nosi ularning vazifalariga, qaysi so’zni qaysi so’z bilan munosabatga kiritayotganligiga, ulardan birining ikkinchisiga tobelantirishiga qarab belgilanadi.
Masalan, qaratqich kelishigi odatda ot bilan otning, tushum, jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishiklari ot bilan fe’lning sintaktik aloqasini ko’rsatadi. Bunday vaqtda kelishik affikslari bilan ifodalangan so’z tobe so’z hisoblanadi: gulning bargi; Vatanni sevmoq; institutga bormoq; institutda o’qimoq, institutdan qaytmoq kabi.
O’zbek tilida so’zlar orasidagi sintaktik munosabatni kelishiklar singari ko’makchilar ham bajara oladi .
Bu esa kelishikli konstruksilarning ko’makchili konstruksilarga ma’lum darajada sinonim bo’la olishini ko’rsatadi. Masalan: o’qish uchun keldim — o’qishga keldim, qalam bilan yozdim — qalamda yozdim.
O’zbek tilidagi kelishiklarning affikslari, so’roqlari quyidagicha:
Kelishik nomlari |
Kelishik affikslari |
So’roqlari |
Misollar |
Bosh kelishik Qaratqich kelishigi Tushum kelishigi Jo’nalish kelishigi O’rin-payt kelishigi Chiqish kelishigi |
- -ning
-ni
-ga, (-ka, -qa)
-da
-dan |
kim?, nima? kimning?, nimaning? kimni?, nimani ? kimga ?, nimaga?
kimda?, nimada?
kimdan?, nimadan?
|
bola, uy bola+ning, uy+ning bola+ni. uy+ ni
bola+ga. uy+ga
bola+da, uy+da
bola+dan, uy-dan |
Ba’zi kelishik affikslari so’z negizining qanday tovush bilan tugashiga qarab, har xil fonetik variantga ega bo’ladi. Chunonchi, jo’nalish kelishigi adabiy tilda -ga affiksi bilan ifodalanadi. Biroq, bu affiks so’z negizi k yoki g undoshlari bilan tugasa, -ka shaklida, q yoki g’ undoshi bilan tugasa, -qa shaklida qo’shiladi: bilak+ga—bilakka, tog’+ga—toqqa; tuproq+ga—tuproqqa kabi.
Qaratqich, tushum kelishiklari ba’zi o’rinlarda belgili, ba’zi o’rinlarda esa belgisiz qo’llanadi, Lenin uning ma’nosi kontekstdan anglashilib turadi. Masalan: Kitob o’qidi —Kitobni o’qidi.
Xat yozdi.—Xatni yozdi.Uy egasi.— Uyning egasi.
Otlarning kelishiklar bilan turlanishi. Bunda kelishik qo’shimchalari birlik yoki ko’plik formasidagi otlarga qo’shilib keladi.
B. k. bola, bolalar
Q. k. bolaning, bolalarning
T. k. bolani, bolalarni
J. k. bolaga, bolalarga
O’ -p. k. bolada, bolalarda
Ch. k. boladan, bolalarda
Kelishik qo’shimchalari egalik affiksi bilan shakllangan otlarga qo’shilib kelishi mumkin. Bunda so’z negizida hech qanday o’zgarish yuz bermaydi. Agar otlar egalik, kelishik va ko’plik affikslarini qabul qilgan bo’lsa, ularning joylashish tartibi quyidagicha bo’ladi: o’zak+ko’plik+ egalik+kelishik (quyidagi jadvalga qarang).
Kelishik |
I shaxs, birlik |
I shaxs, ko’plik |
B. k. Q, k. T. k. J. k. O’.p, k. Ch. k. |
gul+lar+im gul+lar+im+ning gul+lar+im+ni gul+lar+im+ga gul+lar+im+da gul+lar+im+dan |
gul+lar+imiz gul+lar+imiz+ning gul+lar+imiz+ni gul+lar+imiz+ga gul+lar+imiz+da gul+lar+imiz+dan |
6-mashq.Kelishiklar bilan kelgan otlarni aniqlang. So’zning qaysi kelishikda ekanligini ustiga yozib, affiksini ko’rsating.
1. Vahobjon boyagi qiz ko’rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. (S. Axm.) 2. Bu yerda ikki yuzdan ortiq bola dam oladi. (S. Axm.) 3. O’g’il bola bo’lsam, albatta, shu yerga kelib ishlardim. (As. M.) 4. Keng ovulda nimanki ko’rinsa, hammasi ham Umrzoq otaning tirikligindan dalolat berar edi. (Sh.R.) 5 ... takror aytamanki, bir Ibrohimnnng gunohini hammamizning gardanimizda yuklama. (S.A.)
7-mashq. Bosh va qaratqich kelishigidagi otlarni ajratib, ularning qaysi so’z bilan aloqada ekanligini aniqlang va o’sha so’z bilan birikma tarzida ko’chirib yozing.
1. Ismatovning chehrasi quyosh nuridan yorishgan dala singari yorishib ketdi. (T. G’oyibov.) 2. Bolalar behad quvonishib, Yo’lchining bo’yniga osilishdi. (O.) 3.Saksovulning bir qismi yonib bo’lib, yaxlit-yaxlit cho’g’larga ajralmoqda, cho’g’lar esa kulga aylanmoqda. Gulxanning yonginasida — men yotgan karavotning pastida yozig’liq shol ustida ham joy to’shalgan. (M. Salom.) 4.Mardning so’zi bir bo’lur. (Maqol.) 5. Olimjonning yuragi Oyqiz yaqinlashgan sari duk-duk urar edi. (Sh. R.) 6. Tong otar-otmas, biz yo’lga chiqdik. 7. Men sizga aytsam, odamning yomoni bo’lmaydi.(A.K.) 8. Ibn Sinoga kasalning joni chiqmagan bo’lsa bas, uni tuzatar ekan.
8- mashq. Qaratqich va tushum kelishigidagi so’zlarni aniqlang.Har bir so’zdagi affikslarning tagiga chizib, ustiga qaysi kelishik qo’shimchasi ekanligini yozing.
1. Go’zal bir yigit eshikni qoqdi. (A. K.) 2. Shu payt Asrorqulning kichik o’g’li Abror kelib otasini so’radi. (A. Q.) 3.Ultarmalik Asrorqul Haydar otaning qadrdon oshnasi bo’ladi. (A. Q.) 4. Haydar otaning yuragi orziqib, tiligacha muzlab ketdi. (A. Q.) 5. Birpasdan keyin xotinining tovushi eshitildi. (A. Q.) 6. Ergashev, majlis raisi, labini burdi va boshini chayqadi. (A.Q.) 7. Bundan tashqari, hozirgi qizlarning izmu ixtiyori o’zida, ko’nglini olish kerak. (A.Q.)
9-mashq. Nuqtalar o’rniga qaratqich yoki tushum kelishigi qo’shimchalaridan mosini qo’yib, gaplarni ko’chiring.
1. U kattakon ketmon nusxa shapkasi... stulga qo’yib, bir quchoq material bilan minbarga chiqdi. (A. Q.) 2. Bola... burunlari yalpoq, peshanalari yog’ surtgandek, ko’z o’rnida ikkita chiziq. (S. Axm.) 3. Eshik... ochsam, darhaqiqat, Mirvali... o’g’li. (S. Axm.) 4. Shular... odam qo’li yaratgan, ularda odam qo’li... izi bor. (S. Axm.) 5. Chol chiroq... piligi... ko’tarib qo’ydi. (S. Axm.) 6.Toza yurgan odam... vijdoni ham toza bo’ladi. (S. Axm.) 7. Qo’zim... ochsam bemor chol... xira ko’zlari ko’rinadi, yumsam yana titroq tovushi eshitiladi. (S. Axm.)
10-mashq. O’zingiz tushum va qaratqich kelishiklaridagi otlar ishtirokida 5 tadan gan tuzing.
11-mashq. Gaplarni ko’chiring. Jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari bilan kelgan otlarni toping. Qavs ichida shu kelishikka ma’no jihatdan yaqin ko’makchini qo’yib, ularni almashtirganda qanday o’zgarish yuz berishini tushuntiring.
1. Olmazorga yo’l olgan xalq oqimiga qo’shildi. (H. 2. Chol kechga qolgan yakka-yolg’iz yo’lovchilarni daryodan shu qayiqda o’tkazib qo’yadi. (H. G’.) 3. Buning badaliga unga birov bitta-yarimta non, yana birov choychaqa berib ketadi. (H. G’.) 4. O’sha kuni qo’zg’olon bostirilib, mardikorlar qizil vagonlarda urush bo’layotgan yurtlarga olib ketildi. (H. G’.) 5. Shiftga osig’liq qirqinchi chiroqning qalpog’i uy devorlarining tepa yog’iga cho’ziq soya solgan. (H. G’.) 6. Dars-xonaga birin-ketin uch erkak kirib keldi. (H. G’.) 7. E’zozxon uning xiyla cho’zilib qolgan bo’yiga, uzun sochpopuklar taqib olgan mayda o’rim qo’ng’ir sochiga, o’ziga yarashib turgan guldor chit ko’ylagiga razm solib qaradi. (H. G’.)
12-mashq.Nuqtalar o’rniga jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari qo’shimchalaridan mosini qo’yib, gaplarni ko’chiring.Otlarning ma’no turlarini aniqlang.
1. E’zozxon birinchi qator... o’tirgan ko’k ko’zli oppoq qiz... so’radi. (H. G’.) 2.Ilmni keng, yorug’ yo’l... o’xshatsa bo’ladi,— dedi E’zozxon o’zining har bir so’zini qulog’i... kuyib olayotgan bolalar... nasihat qilib. (H. G’.)3. Savod darsi... o’ting, muallima xonim! (H. G’.)4. Uyg’ongan shaharning shov-shuvi..., odamlarning oyoq tovushlari..,, oftob tig’i... qochib burkanib yotibman. (S.
Axm.) 5. Esim... bor, ko’zlari... ajoyib bir tabassum bor edi o’sha.,. (S. Axm.) 6. ...Oyqiz Boychibar... minib rayon... qaytdi. (Sh R.)
Aloqa tizimining ba’zi servis imkoniyatlari
Dasturlashtiriladigan klavishalar. Telefon apparatining qo’lli panelida uch xil rangli svetodiod indikatorli bevosita teriladigan 12 yoki 24 ta klavisha bor, ularning har birining bosilishi bilan 25 ta turli xil vazifalardan bittasi bajarilishi mumkin, chunonchi: nomerni tez terish, qoldirilgan axborotlarni åshitib ko’rish va b. Svetodiodli indikatorlar, masalan, yashil rangli klavisha bilan siz ilgari qo’ng’iroq qilgan abonent nomerlarini, sariq rang bilan siz qo’ng’iroq qilgan, lekin so’zlasha olmagan, qizil rang bilan siz hali qo’ng’iroq qilmagan abonent nomerlarini ko’rsatadi.
Intellektual displey. Telefon apparatida mavjud bo’lgan ikki satrli suyuq kristalli displey kirayotgan va chiqayotgan qo’ng’iroqlar to’g’risida (shu jumladan, sizni boshqa abonent bilan so’zlashuv vaqtingizdagi kirish qo’ng’iroqlari va aniq bir vaqtga belgilangan chiqish qo’ng’iroqlari haqida) va qoldirilgan tovushli xabarlar haqida ko’pgina foydali ma’lumotlarni berib turadi.
Nomerni aniqlagich. Kirish nomerini aniqlagich displeyda sizga qo’ng’iroq qilayotgan telefondagi abonentning nomerini va familiyasini ko’rsatadi hamda siz boshqa abonent bilan so’zlashayotgan paytingizda qo’ng’iroq qilayotgan abonentning nomerini va familiyasini displeyda aks åttiradi va maxsus gudok bilan sizga ma’lum qiladi. Bunda 250—500 familiyaga mo’ljallangan apparat ichidagi ålektron telefon kitob ishlatiladi. Qo’ng’iroq qilayotgan abonentning nomerini tizim xotirasiga bitta knopkani bosish bilan yozib qo’yish mumkin, so’zlashuv tugagach va liniya bo’shagandan keyin, yana åslab qolingan nomer bo’yicha yana bitta knopkani bosib, abonentga qaytadan qo’ng’iroq qilish mumkin.
Tovushli terish. Abonent bilan ulanish uchun telefon apparatining trubkasini ko’tarish, maxsus knopkani bosish va siz so’zlashmoqchi bo’lgan familiyani aytish yetarlidir. Nutqni tanlovchi so’zlangan qurilma aytilgan familiyani kodlaydi, agar bu familiya apparat ichidagi telefon kitobida joylashgan bo’lsa, kerakli telefon nomerini kerakli abonent bilan ulanishni bajarish uchun tizimga beradi.
Tez terish. Tez terish kerakli abonent nomeriga dasturlangan bitta klavishani bosish bilan yoki telefon kitobidan foydalanib, uning ichidagi ro’yxatni displeyda ko’rib chiqish yo’li bilan abonent familiyasi bo’yicha kerakli nomerni tanlash (va yana bitta klavishani bosish bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Tovushli pochta qutisi. DCS tizimi tashqi abonentlarga qo’ng’iroq paytida o’z joyida bo’lmagan ofis xodimlari uchun yetarli darajada uzun xabarlarni qoldirish imkonini beruvchi avtojavob beruvchi (tovushli pochta qutisi) ålementiga åga. Qoldirilgan xabar to’g’risidagi ma’lumot tegishli apparatga uzatiladi; axborotni bitta knopkani bosish bilan åshitib ko’rish mumkin.
Konferens-aloqa. Tizim bir vaqtning o’zida 5 ta tashqi abonent yoki qo’shimcha ichki abonentlar bilan ixtiyoriy kombinatsiyada konferens-aloqani tashkil åtish imkoniyatiga åga. Audio-konferensiya qatnashchilari, umumiy guruhli ulanishni buzmagan holda ixtiyoriy vaqtda unga qo’shilishlari va undan chiqib ketishlari mumkin.
Avtokotib. Ålektron avtokotib, siz telefonda so’zlashib turganingizda, istalgan miqdordagi kirish qo’ng’iroqlariga javob berish qobiliyatiga åga. Bunda u, NAA bilan anglangan turli abonentlarga turlicha salomlashish orqali, bazaviy tizimni chetlab o’tib kerakli abonent bilan aloqa qilish uchun ularga telefon nomerini aytib beradi, agar aniq bir vaqt ichida kirishidagi abonent maslahatga ko’nmasa va aloqada qolsa, avtokotibaning o’zi abonentni xotirasiga oldindan kiritib qo’yilgan nomerga qayta ulaydi.
Topshiriq. Matnni o'qing. Rus tiliga tarjima qiling.
L.M. Adabiyot -ma’naviyat o’chogi.
G.M. Aniq va taxminiy miqdorning ifodalanishi.
Son
Sonning semantik guruhlari |
Semantik guruhlar |
Vositalar |
Misollar |
Miqdor sonlar |
Sanoq son |
-ta, -tadan |
Ikki, ikkita, ikkitadan |
Chama son |
1. morfoligik vositalar: -lab, -larcha; 2. kompozitsion vosita –reduplikatsiya 3. leksik vositalar: chamasi, kamida, yaqin, ortiq, chog‘li; 4. kompozitsion vosita |
Yuzlab, yuzlarcha, yuztacha; beshlarda; Bir-ikki kun, o‘n-o‘n besh minut; o‘ndan ortiq kishi, kamida o‘n kishi; ellik-oltmishtacha |
|
Jamlovchi son |
-ov, -ala, -ovlashib, -ovlon |
Ikkovimiz, ikkalamiz, ikkovlashib, ikkovlon |
|
Kasr son |
Son+dan+son Yarim, chorak, nimchorak |
Uchdan bir, uchdan ikki; Yarim kecha, chorak asr, nimchorak final |
|
Tartib son |
|
-nchi, -inchi |
Birinchi, ikkinchi |
Bir xildagi predmetlarning son-sanog’ini, tartibini bildirib, necha? nechanchi?, nechta?, qancha? kabi so’roqlardan biriga javob bo’ladigan mustaqil so’zlar son deyiladi. Masalan: o’nta kitob, besh baho, birinchi kurs, oltinchi brigada kabi. Son odatda otga bog’layganda, uning miqdorini, bog’lanmaganda esa uch, to’qqiz kabi mavhum tushunchalarni ifodalaydi. Sonlarning sanoq va tartibson kabi turlarga bo’linishi uni boshka so’z turkumlaridan ajratib turuvchi morfologik belgisidir.
Son boshqa so’z turkumlariga, xususan, ot, sifat, fe’llarga nisbatan o’zbek tili lug’at sostavida ozchilikni tashkil etadi. Aktiv ishlatnladigan tub sonlar 22 ta: bir, ikki, uch, to’rt, besh, olti, yetti, sakkiz, tuqiz, o’n, yigirma, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to’qson, yuz, ming , million, milliard.
Son harf bilan (bir, o’n, yuz kabi) ham, raqam bilan 10, 100 kabi) dam ifodalanadi.
O’zbek tilida ikki xil raqam — arab (5, 30, 47, 90 kabi) va rim raqamlari (V, X, XI, XII, XXX) ishlatiladi.
1-mashq. Gaplarni ko’chiring. Sonlarni topib, qanday so’roqlarga javob bo’lishini tushuntiring, ifodalanishini izohlang.
1. Hozir soat to’qqizdan yigirma daqiqa o’tdi. (A.Q) 2. O’n besh kundan keyin traktorchi nomini oldim. (A. Q.) 3. Yana uch-to’rt kilometr yo’l yurilgach, sakkizinchi jamoa dala shiyponida nonushta qilishdi. (A. Q.) 4. O’rtaroqda aytishib o’tirgan ikki bola to’satdan bir-biri bilan mushtlasha ketdi. (H.G’.) 5. Keyinchalik Haydar ikkovi oshna bo’lib qoldi. (A. Q.) 6. Darsxonaga birin-ketin uch erkak kirib keldi. (H. G’.) 7. Bu sukunatni yetmish yoshlardagi bir chol buzdi. (A. Q.)8.O’sha bola bir chiroyli, bir kelishgan qiz bo’lgan. (S. Axm.) 9. To’rtinchi qavatdagi bitta uyning derazasi yorug’, undan pijama kiygan, sochlari to’zg’ib ketgan bir kishi ko’rinadi. (S. Axm.) 10. ... ikki haftadan keyin bo’shashganicha qaytib keldi. (A. Q.)
2-mashq. Gaplarni ko’chiring, sonlarning qanday vazifada va qanday so’zga bog’lanib kelayotganini aniqlang. Ma’nosini tushuntiring.
1. Birinchi bo’lib svetofordan bundan yarim asr avval Nyu-Yorkning Pyataya Avenyu ko’chasida foydalanilgan.2. Oradan yarim soat o’tar-o’tmas, paranjilik ikki ayol bolalarni ko’tarib, shirkat qo’rasiga kirib kelishdi. (H. G’) 3. Tepalikdagi chinor, ikki tup sadaqayrag’och to’rt-besh kishilik talay supalarga soya solib turardi. (A. Q) 4. Ko’zi Mutalga tushishi bilan, yuzida bir chiroyli tabassum paydo bo’ldi. (S. Axm.) 5. ...birining bo’yni yiltiragan, biri olmos ko’zli uzuk taqqan. (S. Axm.) 6. Bir-niki — mingga, mingniki — tumanga.
Sonlarnnng turlari
Sonlar ma’no va grammatik xususitlariga ko’ra ikki katta guruhga bo’linadi: miqdor sonlar va tartib sonlar. Miqdor sonlar to’rt turli bo’ladi: I) sanoq son, 2) chama son, 3) jamlovchi son, 4) kasr son.
uch, besh, o’nta, uchtadan, o’n beshta kabi sonlar sanoq son; o’ntacha, yuzlab, minglab, besh-oltita kabilar chama son; ikkovimiz, uchchalamiz kabilar jamlovchi son; uchdan bir beshdan uch kabilar esa kasr son hisoblanadi.
Tartib son bir xil predmetlarning, narsa-hodisalarning tartibini bildiradi va -nchi (-inchi) affiksi orqali yasaladi. Masalan: uchinchi kurs, to’rtinchi sinf, birinchi chopik kabi.
3-mashq. Gaplardagi sonlarni tahlil qiling. Sanoq va tartib sonlarni ajratib yozing. Sonlarning gapda qanday vazifada kelganini aniqlang.
1. Xalqaro simpoziumda tibbiyotining bitta-yu bitta vakili! Lekin Umida ma’lum qiladigan kashfiyotlarning zaminida shogirdlar, ustozlar, butun bir jamoaning o’n-o’n besh yillik halol mehnati yotibdi. (As. M.) 2. Sanamay sakkiz dema. (Maqol). 3. Yetti o’lchab, bir kes. (Maqol.) 4. Toshkent shahridagi 24-maktab kollektivining mehnatini Xukumatimiz munosib taqdirladi. 5. Nahotki, bundan 14 yil burun men shunchalik ongsiz, sodda, qoloq ekanman-a? (S. Zunnunova.) 6. U Kamol topshirgan guvohnomani o’qib ko’rdi: «Ushbuni ko’rsatuvchi o’rtoq K. Umarov Markaziy Ijroiya Komitet binosiga kirish uchun 483-chiptaga ega bo’lib, Markaziy Ijroiya Komitet bo’limlaridan birida ishlaydi. Men uni shaxsan taniyman... Uchinchi kun, to’qqizinchi oy, bir ming to’qqiz yuz o’n to’qqizinchi yil».(M. Maksimov.)
4-mashq. Gaplarni kuchnrib yozing.Sanoq sonlarni topib, ularning turlarini aniqlang , yasalishini tushuntiring.
1. Kursimizda o’ttizta student o’qiydi. 2. Birni birov beradi, ko’pni mehnat beradi. (Maqol.) 3. Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar; to’rtovlon tugal bo’lsa, ko’kdagini undirar. (Maqol.)
4. Uquvchilar o’chta-uchtadan bo’lib safga tizildilar. 5. Har yuz sovliqdan bir yuz yigirma beshtadan qo’zi olindi. 6. Besh yillik planni to’rt yilda bajargan korhonalar «Hurmat taxtasiga yozildilar. 7. Har gektar erdan o’ttiz-o’ttiz besh sentnerdan paxta hosili etishtirildi. 8. Navoiy turli shoirlarning turli-tuman asarlaridan o’n minglarcha baytni yod bilar edi. (O.)
5-mashq. Gaplardagi sonlarni topib, qanday affikslar olganligini aniqlang. Arab va rim raqamlarining qo’llanishi va yozilishiga diqqat qiling. Qo’llanishidagi har xillikni tushuntiring.
1.To’rt yuz-besh yuz qo’yning har birini ovozidan taniydi-ya! 2. Akasining ikki-uch mushtidan uning qo’ynidagi oshiqlar erga sochilib ketdi. 3. Birpas bir-birlaringni ko’rmasalaring turolmaysanlar. (P. Q.) 4. XX asr—atom asri. 5. G’allaning o’zi har yili ming’-minglab daromad berar edi. (P. Q.) 6. Yormat «qora kun» uchun o’n yillardan buyon tiyinlab, juda ko’p bo’lsa, bir mirilab yiqqan pulini sanadi: bir yuz qirq uch so’mga yaqin. 7. Birdan kulib yubordi. 8. Bir kuladi, bir yig’laydi. 9.Besh marta besh — yigirma besh. 10. Ikkitasi chopib borib, otasining qo’lidan qo’zilarni olib, ularni sovliqlar bilan qo’raga qamashdi.
Sonlarning tuzilishiga ko’ra turlari
Sonlar tuzilishiga ko’ra sodda, murakkab va juft bo’ladi.
1. Sodda sonlar bitta so’zdan tuzilib, tub va yasama turlarga bo’linadi: besh, o’n, yuz, million (tub); beshta, beshinchi, beshov, to’rtovlan, o’nlab ( yasama).
2. Murakkab sonlar kamida ikkita so’zning birikuvidan tuziladi: o’n bir, o’n bir yarim, bir yuz yigirma, bir ming to’qqiz yuz oltmish to’qqiz kabi.
3. Juft sonlar ikkita har xil sonning ketma-ket kelishidan yoki bir xil sonning takrorlanishidan tuziladi: beshta-o’nta, uch¬turt, besh-o’n, to’rtta-to’rtta kabi.
6-mashq. Sonlarni tahlil qiling sodda, murakkab va juft sonlarni ajratib, tuzilishini tushuntiring.
1. Bir ming to’qqiz yuz o’n yettinchi yil yigirma beshinchi oktyabr (yangi sana bilan yettinchi noyabr) kuni xalq hokimiyatni o’z qo’liga oldi. 2. Zayniddin va Sultonmurod sukut etib; bir-birlariga uzoq tikilishdi. 3. Ikki o’n besh— bir o’ttiz. (Maqol.) 4. Ularning ikkalasi ham chiqib ketishdi. (P. Q.) 5. Sen o’zingni maqtama, seni birov maqtasin. (Maqol.) I
6. Bitta-bitta o’g’li Marg’ilon degan joyda, allakimlarning qiziga uylansin. (A. Qod) 7. Arslonqul o’n besh-yigirma qadam oldinroq kirib ketdi. (O.) 8.Birga vafo — mingga vafo. (Maqol.) 9. Yuzlab olim, yuzlab shoir, san'atkor, shayxlar, sadrlar vidolashar, ho’ngrab-ho’ngrab qichqirardilar. (O.)
7-mashq. Ko’chiring, sonlarning tuzilishiga ko’ra turlarini ajratib, har bir songa qo’shilgan affikslarning ma’nolarini tushuntiring. Yasama so’zlarni topib, ularni morfemalarga ajrating.
U (Navoiy) minglarcha yilgi madaniyatni, asrlarning fikr boyligini qamragan shoir edi. (O.) 2. Ikkala yoshning hayotini baxt bilan to’ldirgan chin sevgi ularga kuch, ishonch va jasorat bag’ishlaydi. ( Sh.R.) 3. 7 Navro’z umumxalq bayramidir. 4. Uchinchi va to’rtinchi kurs talabalari shahar maktablariga amaliyotga chiqishadi.
Sonlarning yozilishi.
Sonlar arab va rim raqamlari bilan, ba’zan so’z bilan ham yoziladi. Shu jihatdan ularning yozilishi va ishlatilishida har xillik ko’zga tashlanadi.
1. Arab raqamlari matematik hisoblash uchun, vaqt (soat, yil) ni ko’rsatishda ishlatiladi. Masalan: soat 12, soat 3; 6 noyabr , 22 dekabr ; 1966 yil, 1969 yil, 1981 yil kabi.
2. Rim raqamlari asr va oyni, maktabda qo’llanadigan choraklar sonini yoki tartibini, konferensiya, studentning qaysi kursda o’qishini ko’rsatishda ishplatiladi. Masalan, V sinf, I kurs (u arab raqamida ham ifodalana beradi), XV asr kabi.
Uzbek tilida murakkab sonlarning qismlari alohida yoziladi. Masalan: o’n besh, o’ttiz besh, bir ming to’qqiz yuz qirq beshinchi kabi.
Sanoq son turlari va tartib son yasovchi affikslar odatda murakkab va juft sonlarning oxirgi qismiga qo’shiladi. Masalan: yigirma besh (-tacha, -lab, -tadan, -inchi).
Juft sonlarning qismlari odatda defis bilan yoziladi. Masalan: beshta-o’nta, besh-o’ntacha, o’nta-o’ntalab kabi.
Sanoq son turlarini sovchi affikslar ba’zan ikkala qismga qo’shilib yozilsa, ba’zan ikkinchi qismgagina qo’shiladi. Masalan: besh-o’nta, beshta-o’nta , o’nta-o’ntalab kabi.
Juft sonlar aksariyat o’rinlarda tartib son affiksi -inchi ni qabul qilmaydi.
Tartib sonlar arab raqami bilan ifodalanganda, tartib son yasovchi affiks -nchi (inchi) qo’llanmasdan, undan keyin defis qo’yiladi (so’z bilan yozilganda, tartib sondan keyin defis qo’yilmaydi). Masalan: 1-kurs, 6- sinf, 24-maktab birinchi kurs, oltinchi sinf kabi.
Tartib son rim raqami bilan ifodalanganda, undan keyin defis qo’yilmaydi. Masalan: V sinf, XX asr, chorak kabi. Tartib son sana, yillarni ko’rsatganda ham undan keyin defis qo’yilmaydi. Masalan: 8 mart, 1 May, 21 yanvar , 1966 yil kabi.
8-mashq. Quyidagi arab raqamlarini so’z bilan yozing. 4, 5, 7, 8, 9, 15, 28, 29, 163, 289, 499, 1975, 10997, 1018013
9-mashq. Gaplarni ko’chiring. Sonlarni ma’nosi, yasalishi, tuzilishi, yozilishi va gapdagi vazifasiga ko’ra tahlil qiling.
1. Tirikchilik uchun o’n uch-o’n to’rt yoshida oila quchog’idan ayrilishga majbur bo’ladi. (O.) 2. Ikkovi ham bir-biriga juda o’xshash. (P.Q.) 3. Ulardan narida uch-to’rtta yirik-yirik qora qushlar
nimanidir mo’ljalga olib shoshilmay aylanishadi. (P. Q.) 4. Dadangizni ham taniyman, bir-ikki suhbatlashgandim, bu kun esimga tushdi. (O.) 5. O’zi qoramag’iz, bo’yi baland, kaltagina soqoliga bitta-yarimta oq oralagan (P. Q.) 6. Biz «Yigirma oltinchisi otilmasin» kinosini ko’rdik. 7. Birov nima demaydi, tushga nima kirmaydi. (Maqol.) 8.O’nta bo’lsa, o’rni boshqa; qirqta bo’lsa, qilig’i boshqa. (Maqol.) 9. U (Navoiy) turli shoirlarning turli-tuman asarlaridan o’n minglarcha baytni yod bilar edi. (O.) 10.Ertadan kechgacha telefon jiring-jiring: biri kirib, biri chiqadi.(S. Anorboev.)
Sonlarning sintaktik vazifalari.Sonlar sifatlar kabi ko’pincha otga bog’lanib, gapda aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan: Men birinchi kursni bitirdim.
Sonlar ba’zan otlashib, gapda ot bajargan vazifada ham kelishi mumkin. Chunonchi:
a) ega: Biri — olim, biri — dongdor quruvchi.
b) to’ldiruvchi: Ikkini ikkiga qo’shsang to’rt bo’ladi.
v) hol: Men sizni birinchi ko’rdim.
g) kesim: Ikki o’n besh — bir o’ttiz.
10-mashq. O’zingiz mustaqil ravishda gazetadan son ishtirok etgan gaplarni toping. Ulardan eng xarakterlilarini ko’chiring. Sonlarning qaysi so’zga bog’langanini, gapdagi vazifasini aniqlang.
11-mashq. Gaplarni ko’chiring. Sonlarning qaysi so’zga bog’lanib kelganini va qanday sintaktik vazifani bajarayotganini aniqlang.
1 Ikkovimiz soylikdan pastga qarab yonma-yon ketdik. (O.Yo.) 2. Ko’rib turibmiz, birimiz ikki bo’layotgani yo’q. (A.Q.)3. Ikkovi hiyla qizishib oldi. (A. Q.) 4. Sidiqjon ikki kundan keyin safar hozirligini ko’rib, tushdan keyin yo’lga tushdi. (A. Q.) 5. Uzoqdan ikki kishining qorasi ko’rindi, ikkovi ham shu tomonga qarab kelardi.(A. Q.) 6. Birniki — mingga, mingniki — tumanga. (Maqol.)
7.Qariyalarni ikki juvon va bir yigit kutib oldi. (A. Q.) 8.Birinchi soat tinch, osoyishta o’tdi. (O. Yo.) 9. Ikki o’rtoq tom chetida zavq bilan osmondagi varraklarga tikilishar, zavqlanishardi. (Mirmuhsin.) 10. Umid o’rtog’i bilan Ohangaronga birga borishga rozi bo’ldi. (Mirmuhsin.)
Kompyuterlar avlodi
Dunyoda juda ko’p kompyuterlar yaratilmoqda. 1980- yilning o’rtalariga kelib jahon parkidagi kompyuterlarning jami soni 10 millionga yetgan bo’lsa, 1990 yilga kelib ular soni 100 mln. ga yetdi. Turli firmalarning har xil nomdagi kompyuterlari hayotga tobora mustahkamroq kirib bormoqda.
Super EHM tezkor, murakkab kompyuter hisoblanadi. U sekundiga 800 mln. amalni bajara oladi. Katta EHM-uchinchi avlod kompyuterlari bo’lib, sekundiga 10 mln. gacha amal bajaradi.
Kichik EHMlar mini va makro EHM, shaxsiy kompyuter va mikrokalkulyatorlarga bo’linadi.
Tekshirishlar natijasi mini mashinalar bir xil qiyinchilikdagi masalalarni o’nlab marta tezroq yechishi mumkinligini ko’rsatadi.
Kompyuterlar inson aqliy mehnatini yengillashtirishga yordam beradigan texnik qurilma. U uchta blok: xotira, protsessor, kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat.
Kompyuterlar haqida
Zamonaviy kompyuterlarni shaxsiy kompyuterlar deb yuritiladi. Chunki undan foydalanuvchilar axborot uzatadilar. Kompyuterlar insonlarga nima qilish kerakligini ko'rsatadi.
Tarixan qisqa vaqt ichida , yani 50 yil mobaynida elektron hisoblash mashinasi [EHM] ning 6 ta avlodi yaratildi. Dastlabki kompyuterlar 1940- yillarda yaratila boshlaqan. Ular katta, elektr quvvatini ko'p olqan. Amallarni bajarish tezligi past edi. 1970-yillarda kompyuterlarning 4-avlodi paydo bo'la boshladi. Ularda 10000 tacha element birlashtirilgan mikrosxema qo'llangan.
1981-yil avgustda elektron yozuv mashinalari ishlab chiqarishga o'tildi. Shaxsiy kompyuterlar yaratildi. U barcha sohalarda qo'llanilmoqda. Chunki, o'nlab qiyin masalalarni yechishda tez hal qilib berishi bilan xarakterlanadi.
Kompyuter insonning mehnatini yengillashtirib beradigan qurilma. Ular 3 ta tarkibiy qism: sistemali blok, monitor, klaviatura [ axborot kiritish ] va tashqi qurilma [ printer, plotter va videoko'zgu] dan iborat.
Topshiriqlar:
l. Matndan savollarga javob toping.
1) Zamonaviy kompyuterlar nima deb yuritiladi ?
2) Kompyuterlardan qanday maqsadda foydalanadilar ?
3) Kompyuterning nechta avlodi yaratilgan ?
4) Qachon dastlabki kompyuter yaratilgan ?
5) Ular qanday ishlagan ?
6) 1970 yillarda kompyuterning nechanchi avlodi yuzaga kelgan ?
7) Elektr yozuv mashinalarini qachon ishlab chiqarishgan?
8) Shaxsiy kompyuterlarning xarakteri nimada?
9) U nimaga yordam beradi ?
10) Kompyuterning tarkibi qanday ?
2.Matn mazmunini gapirib bering.
L.M. a) O’zbek san’ati ustalari.
G.M.Olmosh.
Ma’no turlari |
Izohi |
Olmoshlar |
|
1 |
Kishilik olmoshlari |
Shaxsga nisbatan ishlatiladi |
Sof kishilik olmoshlari: men, sen, biz, siz Kishilik ko’rsatish olmoshalari: u, ular |
2 |
Ko’rsatish olmoshlari |
Shaxs, predmet yoki belgini ko’rsatadi |
U, bu, shu, o‘sha, mana shu, ushbu |
3 |
So’roq olmoshlari |
So‘zlovchiga ma’lum bo‘lmagan narsani so’rash |
Kim, nima, qayer, qaysi, qanday, necha, qancha, qachon, nega, nimaga, qani
|
4 |
O‘zlik olmoshi |
Har uchala shaxs birlik va ko’plikdagi kishilik olmoshlari o’rnida qo’llanib, ko’pincha shaxsni, ba’zan predmetni ko’rsatadi. |
O‘z |
5 |
Belgilash olmoshlari |
Predmet va shaxslarning yig’indisini, to’dasini bildiradi yoki ularni ayirib, ta’kidlab ko‘rsatadi. |
1) belgilash olmoshlari: har+so’roq olmoshi: har bir, har narsa |
6 |
Bo‘lishsizlik olmoshlari |
Barcha predmet yoki belgining inkorini – bo’lishsizligini bildiradi |
Hech+so’roq olmoshi: hech bir, hech narsa |
7 |
Gumon olmoshlari |
Predmet, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurga ishora qiladi. |
1) alla+so’roq olmoshi: allakim, allanarsa va b.; 2) so’roq olmoshi+dir: kimdir, nimadir; 3) so’roq olmoshi+ham:kimni ham esladi; 4) birov: birov chaqiradi; 5) falon: falon ishlar qilinadi. |
Olmoshlar mustaqil ma’noli so’zlar kabi shaxs, predmet belgi yoki miqdorni bildirmay, ular o’rnida almashinib qo’llanadi, ularga ishora qiladi, ularning o’rinbosari sanaladi. Olmoshlarda so’z yasalish hodisasi kuchsizdir, yasovchilari yo’q. Masalan: 1.O’ktamjon doimo a’lo o’qiydi. U o’rtoqlarga ham dars tayyorlashda yordam beradi. 2. Rustamjon kursda o’qiydi. Solijon ham shu kursda o’qiydi. 3. Shaharda keyingi yillarda ko’p-ko’p muhtasham binolar qurildi. Bunday binolar shahrimizning husniga husn qo’shmoqda. Birinchi misolda ot (O’ktamjon) o’rnida u, ikkinchi misolda son (II) o’rnida shu, uchinchi misolda sifat (muhtasham) o’rnida bunday olmosh qo’llanmoqda.
Olmoshlarning kishilik, ko’rsatish, so’roq, belgilash, o’zlik; bo’lishsizlik, gumon olmoshlari kabi turlarga bo’linishi uning o’ziga xos morfologik xususitini ko’rsatadi.
Olmoshlarning kelishiklar bilan turlanishi. Olmoshlar ham otlar kabi 6 kelishik formasida kela oladi.
So’roq, belgilash, o’zlik, bo’lishsizlik, gumon olmoshlari kelishiklar bilan turlanganda, o’zak deyarli fonetik o’zgarishga uchramaydi. Lekin men, sen, u kabi kishilik olmoshlari qaratqich va tushum kelishigi affikslarini qabul qilganda, odatda, bitta n tushib qoladi (men+ni — meni, men+ning — mening kabi), u, bu, shu, o’sha kabi ko’rsatish olmoshlari jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalarini olganda, aksincha, bir n tovushi orttiriladi:
Olmoshlarning turlari va ularning kelishiklar bilan turlanishi
Kelishiklar |
Olmoshlar |
||||||
Kelishik olmoshi |
Ko’rsatish olmoshi |
So’roq olmoshi |
O’zlik olmoshi |
Belgilash-olmoshi |
Bo’lishsizlik olmoshi |
Gumon olmoshi |
|
Bosh k. Qaratqich k. Tushum k. Junalish k. O’rin-payt k. Chiqish k. |
Men Mening Meni Menga Menda Mendan |
Shu Shuning Shuni Shunga Shunda Shundan |
Kim Kimning Kimni Kimga Kimda Kimdan |
O’z, o’zi O’zining O’zini O’ziga O’zida O’zidan |
Har kim Har kimning Har kimni Har kimga Har kimda Har kimdan |
Hech kim Hech kimning Hech kimni Hech kimga Hech kimda Hech kimdan |
Allakim Allakimning Allakimni Allakimga Allakimda Allakimdan |
u+ga — unga, bu+da — bunda, shu+dan — shundan, o’sha+ga—o’shanga kabi.
Olmoshlarning turlari. Olmoshlar ma’no va grammatik xususitlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 1) kishilik olmoshlari (men, sen, u, biz, siz, ular); 2) ko’rsatish olmoshlari (bu, shu, o’sha, mana bu kabi); 3) so’roq olmoshlari (kim,qachon, qaysi); 4) belgilash-jamlash olmoshrlar (har kim, barcha,); 5) o’zlik olmoshi 6) bo’lishsizlik olmoshlari (hech kim, hech nima); 7) gumon olmoshlari (allakim, nimadir.)
Kishilik olmoshlari. Kishilik olmoshlari shaxslarga nisbatan ishlatiladi, uch shaxs (I, II, III), birlik va ko’plikni bildiradi.
Kishilik olmoshlari egalik affikslarisiz qo’llanadi.
Kishilik olmoshlari hurmat va kamtarlik, manmanlik kabi modal ma’no ma’nolarini ham ifodalaydi. Masalan: so’zlovchi mening fikrimcha deyish o’rniga bizning fikrimizcha, bu ishni men bajardim deyish o’rniga biz bajardik deb maqtanishi yoki kamtarlik qilishi mumkin. Kishilik olmoshlari oldin ko’plik, keyin kelishik affiksini qabul qiladi: bizlarning, sizlarning, ularning kabi.
1-mashq. Gaplarni ko’chiring, kishilik olmoshlarini topib, ma’nosini tushuntiring.
1. Sen bor joyda xushnudlik, tinch-totuvlik bor. Sen bor joyda kelajakka intilish, orzu-umid bor. 2. Men uchun azizdir bu baxmal qirg’oq. («To’yona».)3. Sen Pushkinning sevgan malagi. (A. Oripov.) 4. Biroq o’shanda yer yuzida menchalik baxtli kishi bo’lmagandir, sevinchim cheksiz edi.(Ch. Ayt.)5. Siz rizo bo’lmaysiz. (G’. G’.)6. Sen uchun, men uchun jangda mardona. (A.Oripov.) 7. Biz uchun mehnat har qanday yumushdan eng yaqinroqdir. (V. V. Mayakovskiy.) 8. U otashin bayroqday menga qadrdon. (Mayakovskiy.) 9. Ular bugun ekskursiyaga jo’nashadi. 10. U yer-bu yerda aylanib qolma. U keyingi gap Naqdi kerak bizga. (S.Ahm.)
2-mashq. O’zingiz mustaqil ravishda kishilik olmoshlari ishtirokida gap tuzing. Kishilik olmoshlari o’rnida shaxs yoki predmet nomlarini ishlatib, ma’no farqlarini tushuntiring.
Ko’rsatish olmoshlari. Bunday olmoshlar predmet yoki shaxslarni ko’rsatish uchun ishlatiladi. Bularga bu, shu, u, o’sha, ana, mana bu (bul, shul, o’shal) kabi olmoshlar kiradi.
Ko’rsatish olmoshlari ma’nosi, qo’llanish xususiyatiga ko’ra bir-biridan ma’lum darajada farq qiladi. Chunonchi, bu olmoshi so’zlovchiga eng yaqin predmetni ko’rsatsa, o’sha olmoshi so’zlovchiga nisbatan uzoqroq bo’lgan predmetni ko’rsatish yoki biror narsa, voqeani eslatish uchun ishlatiladi. Masalan: bu hurmat, bu muhabbat, bu mehr-oqibat. (S. Axm.) O’sha gul payvand qilingan terakni uch marta kinoga olishdi. (S. Axm.) Ko’rsatish olmoshlariga affikslar quyidagicha qo’shilib keladi: oldin ko’plik, so’ng egalik, keyin kelishik: shularingni, bularingni kabi.
Ko’rsatish olmoshlari mana, ana so’zlari bilan birga qo’shma holda ishlatiladi: mana shu, yana shu.
3-mashq. Gaplarni ko’chiring. Kishilik va ko’rsatish olmoshlarini aniqlang, ma’nolarini tushuntiring. Ularga qo’shilgan affikslarning qo’llanishini, yozilishini tushuntiring.
1. U shu yaxshi niyat bilan ko’ngliga taskin berib, qo’shnisining qo’rg’oni tomon otlarini yeldirib ketdi va to’ppa-to’g’ri uning hovlisiga kirib bordi. (A. S. Pushkin.) U bir nechta qurigan yaproqchalarni oqizib ketayotgan ohista oqimga tikilib o’tirdi, bu oqim unga odatdagi hayot oqimini eslatdi. (A. S. Pushkin.) 3. Xalqimni sevaman, bu sevgi menga jondan aziz desam, xato qilmasdim. (Uyg’un.) 4. O’shandan keyin bir necha kun oramizdan qora mushuk o’tganday bo’lib yurdi. (H. Tojiboev.) 5. Shu bu yil to’qqizinchi sanada mana shu Asrorquldan Haydar otaga xat keldi. (A. Q.) 6. Yetti qavat parda ichida o’tiradigan o’z xotini esa bular qarshisida ko’ziga farishta bo’lib ko’rinadi. (A. Q.)
4-mashq. Qo’rsatish olmoshlarini kelishiklari bilan turlab, ular ishtirokida gap tuzing. Olmoshlar negizida yuz bergan o’zgarishlarni tushuntiring.
So’roq olmoshlari. Bunday olmoshlar predmetning kimga qarashliligini, belgi, miqdor haqidagi so’roqni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, so’roq olmoshlari otlarga, sifat va ravishlarga, shuningdek, miqdor bildiruvchi so’zlar — sonlarga nisbatan so’roqni ifodalaydi. Masalan: kim? nima? so’roqlari otga; qaysi?, qanday? so’roqlari sifat va ravishga, qancha?, nechanchi? kabi so’roq olmoshlari songa nisbatan qo’llanadi.
5-mashq. So’roq olmoshlarini toping, ularning qaysi so’z turkumi o’rnida kelganligini, qaysi so’z bilan bog’langanini tushuntiring.
1. Bu o’lkada kim kuchliroq? (G’. G’.) 2. «... El qatori yeyarga noni, kiyarga kiyimini topib tursa, yana, nimaga kuyinaverasiz!»-deb turgani ustidan chiqdi. (Ch. Ayt.) 3. Kim birovga chuqur qazisa, o’zi yiqiladi.( Maqol) 4. Men nima deyman, qo’bizim nima deydi. (Maqol.) 5. Xukumatimiz qaysi yo’ldan boshlasa, biz doimo shu yo’ldan boramiz.
6. Foyda yo’qdir, go’zal, zolim falakdan,
Qancha dod qilsangu, qancha shikoyat.
Qancha yolvorsangu, qancha to’ksang yosh,
Baribir, alamga bo’lmas nihoyat. (H. O.)
6-mashq. Kishilik, ko’rsatish va so’roq olmoshlarini topib, ostiga chizing. Ularga qo’shilgan affikslarni ajrating, olmoshlarning qandan turlanganini tushuntiring.
1. O’sha zarb, o’sha kuch hamon barqaror! (Mirmuhsin.) Siz nimani ma’qul ko’rsangiz, shuni qilaman. 3. Dushman nima demaydi, tushga nima kirmaydi. (Maqol.) 4. Kimni himoya qilasiz. 5. Yer qancha muhlat bilan olingan bo’lsa, qarzi shu muhlat ichida to’lanadi. (A. Q.) 6. Rais, albatta, qoloq kishi emas, bekorchi ham emas, ammo biz qachon, qaerda va qaysi sharoitda yashayotganimizni unutmasligimiz kerak. (I.Rahim.)
Belgilash-jamlash olmoshlari. Bunday olmoshlar predmetlarni yoki uning belgisini jamlab, yakkalab, ajratib ko’rsatish uchun ishlatiladi: hamma, barcha, bari, ba’zi, har kim, har nima kabi olmoshlar belgilash olmoshlari hisoblanadi.
7-mashq. Gaplarni ko’chirib, olmoshlarni tahlil qiling. Belgilash-jamlash olmoshlarini ajratib, ularning ma’nosiga e’tibor qiling. Gapdagi vazifasini tushuntiring.
1. Hammaning ko’zi uning qo’lidagi lolada. (Ahm.) 2. Salom sizga vatandoshlar, mard hamshaharlar, Qutlug’ bo’lsin hammangizga. ulug’ faxriy nom. (H. O.) 3. Odamlarda har xil havas, ishqibozlik bor. (Uyg’un ) 4. Har bir donishmand — bir bobo dehqon. (“To’yona”.) 5. Hammasi ham mayli-ya, ikki enlik xat kelmagani yomon. (Ch. Ayt.)6. Barcha shaxsiy ishdan ko’ra shaxsiyroq. (A.Oripov.) 7. Unga bari birday hayot va o’lim. (A. Oripov.) 8. Har qanday qolipdan kengroqdir hayot. («To’yona».)
9. Ko’kdan yerga mukka ketgan dushmanga
Qabr bo’lar har bir chuqur, har bir g’or. (H.O.)
10. Inson mamnun bo’lar har bir osuda,
Tabassum va shodlik baxsh etgan kundan,
(Uyg’un.)
11. Har kim eliga, o’rdak ko’liga. (Maqol.)
8-mashq. Hamma, barcha, bari, har kim.har nima, ba’zi kabi belgilash-jamlash olmoshlariga egalik va kelishik affikslarini qo’shib, bir necha gap tuzing.
O’zlik olmoshi. Shaxs yoki predmetni aniqlab, yakkalab ko’rsatish uchun ishlatiladigan o’z so’zi o’zlik olmoshi sanaladi. Masalan: O’z uyim, o’lan to’shagim. O’zini bilmagan, o’zgani bilmas.
(Maqollar.) Bir o’zim. Men o’zim kabi.
O’zlik olmoshi bosh kelishik shaklida egalik bilan turlanib, turli shaxsni ko’rsatishi mumkin: men(ing) o’zim, sen(ing) o’zing. biz(ning) o’zimiz kabi.
9-mashq. O’zlik olmoshini topib, uning turlanishiga diqqat qiling, qanday affikslar bilan qo’llanganini izohlang.
Mehmonlar ham, garchi bu tanbehning qisman o’zlariga ham tegishini sezganlari holda, har nechuk unga ergashib kulishdi. (A. S. Pushkin.) 2. Dunyo go’zal ko’rinar menga, o’zi qancha eski bo’lsa ham. Yoshararkan butun tabiat, o’z egasi qo’yganda qadam. (H. O.) 3. Gar gunoh orttirsang o’zingga og’ir. (A. Oripov.) 4. O’zingda yo’q— olamda yo’q. (Maqol )
5.Qonun kabi kuchlidir o’limning kuchi,
O’zidan yuksakroq odamlar uchun. (A.Oripov.)
6 Men o’zimni baxtli derdim, har qanday damda. (A.Oripov)
7. O’zi yuzsiz, so’zi tuzsiz. (Maqol). 8. O’zlari bir kelibdilar-da? 9. Er o’rik emaski, o’zi gullab, o’zi pishsa. (A. Q.) 10. Sen o’zingni maqtama, seni birov maqtasin. (Maqol.)
Bo’lishsizlik olmoshlari. Bunday olmoshlar mavjud bo’lmagan predmet, belgi miqdorini umumlashtirib ko’rsatadi. Bo’lishsizlik olmoshlariga hech kim, hech nima, hech qanday, hech qancha, hech narsa, hech bir kabi olmoshlar kiradi. Bo’lishsizlik olmoshlariga affikslar quyidagi tartibda qo’shiladi: oldin ko’plik, so’ng egalik, keyin kelishik affiksi keladi: hech nimalaringni, hech narsalaringni kabi.
10-mashq. Quyidagi matndan bo’lishsizlik olmoshlarini topib, ularning ma’nosini, gapdagi vazafasini izohlang. Yasama va qo’shma so’zlarni topib, yozilashini tushuntiring.
1. Huv, aylanay ota, xafa qiladigan hech narsa demadim-ku?— Nuriddin aka otaning yo’lini to’sdi. (S. Anorboev.) 2. Uning so’zini hech kim bo’lmadi. 3. To’laboyning hech bir yo’qdir toqati, Bu turganda hech kim poyga ololmas. 4. Qirq yigitlar yedi sharob-bolimni, Hech kim kelib so’ramadi holimni. 5. Bu ishlarni hech bir odam qilmagan, Gulshanbog’ni hech kim kelib ko’rmagan. (Bekmurod Jo’raboy o’g’li.)
Gumon olmoshlari. Bunday olmoshlar nutq jarayonida mavjud bo’lgan, ammo so’zlovchi uchun noaniq, noma’lum bo’lgan predmet yoki belgini ko’rsatadi. Uning ma’nosi kontekstdan ham anglashilmaydi.
Gumon olmoshlariga -dir, alla-, -ov, -on, -or kabi elementlar qo’shilishi orqali yasalgan olmoshlar kiradi: kimdir, birov, biron, biror, allakim, allanarsa kabi, shuningdek, ba’zi bir, qaysi bir kabi olmoshlar ham gumon olmoshi sanaladi. Gumon olmoshlari asosan sifat va ot xarakterida qo’llanadi.
11-mashq. Matnni ko’chiring. Gumon olmoshlarini topib, ularning yasalishini, ma’nosini tushuntiring. Birinchi gapdagi otlarni topib, ularga to’liq izoh bering.
1. Uning yuzi oriq, rangsiz, burni qirra, chuqur botgan katta ko’zlarining oqi allaqanday moviy edi.(As.M.) Go’yo Layloning boshiga allakim bolg’a bilan taqillatib urayotgandek tuyulardi. 3. Mirvali allaqaysi bazada ekspeditor. (S. Axm.) 4. Murg’ak ko’ngillarni allaqanday bir og’ir vahima qoplab oldi. (H. G’.) 5. Kimdir senga uchqur tulpor egarlar. (A. Oripov.) 7. U mening qulog’imga nimalarnidir shivirladi. 8. Ba’zi birovlarga hayron bo’lasan kishi: oyog’i bilan emas, og’zi bilan yuradi.
12-mashq. Allaqanday, allakim, allanima, allanarsa, kimdir,birov olmoshlari ishtirokida o’zingiz mustaqil ravishda gaplar tuzing.
Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari. Olmoshlar tuzilishiga ko’ra sodda va qo’shma bo’ladi.
Sodda olmoshlar birgina negizdan tashkil topadi. Masalan: men, sen, u, biz, siz ,o’z, ba’zi, kim, nima kabi. Ba’zi sodda olmoshlar yasama bo’ladi: birov, kimdir, biror, biron kabi.
Qo’shma olmoshlar kamida ikki o’zakdan tashkil topadi. Masalan: allakim, allaqachon, allanima, allaqanday, allaqaysi, allaqancha, hech kim, hech narsa. Ba’zan olmoshlar juft holda ham qo’llanadi: shu-shu, o’sha-o’sha.
13-mashq. Gaplarni ko’chiring. Olmoshlarni topib, ma’no turlarini aniqlang.
1. Qaysi birini yozsang ham bizga baribir.(S. Axm.) 2. Mana shu kitob ikkovimizniki bo’ladi. (S. Axm.) 3. Charximning qulog’idan qil o’tadi, Men senga lapar aytsam, yil o’tadi. (Qo’shiqdan.)
4. Vatan mehri, muhabbati menda, senda, unda — hammada. (Sh. Odil.)5. Tor ko’chada hech kim ko’rinmaydi. (O.) 6. Bularning yuragiga hamma narsa sig’adi. (A. Q.) 7. Odamlar o’tdilar, bir vaqt, bir zamon, O’tdilar eng oddiy baxtdan ham yiroq. (A. Oripov.)
8. Tabiat allaqanday hidga to’lgan. (S. Axm.) 9. Bobom nafaqaga chiqqaniga qaramasdan, daladagi u-bu ishlarga yordamlashib yuradi. 10. Allakim ko’cha eshigini taqillatib, kimnidir so’raganday bo’ldi.
Olmoshlarning yozilishi. Bunda quyidagi imlo qoidalariga amal qilinadi:
1) birinchi qismi mustaqil ma’no bildirmaydigan, alohida qo’llanmaydigan allakim, allaqachon, allanima, allaqanday, allaqaysi kabi qo’shma olmoshlarning qismlari qo’shilib yoziladi;
2) ikkala qismi o’zicha mustaqil ma’no anglatib, mustaqil qo’llanishi mumkin bo’lgan har kim, har nima, har narsa, har qanday, hech kim, hech nima, hech narsa, hech bir, ba’zi birov, ba’zi bir, qaysi bir kabi olmoshlarning qismlari ajratib yoziladi;
3) juft olmoshlar defis (chiziqcha) bilan yoziladi: u-bu, o’sha- o’sha, shu-shu kabi.
14-mashq. Olmoshlarni topib, ularning yozilishiga e’tibor qiling, kelishik qo’shimchalari qo’shilganda, o’zakda yuz bergan fonetik o’zgarishlarni tushuntiring. Qo’shma va murakkab so’zlarni topib, ma’nosini izohlang.
1. Bunda bari go’zal: tim qora oqshom... (A. Oripov.) 2. Shundan so’ng dasturxon yozib, mayda toshlarni to’da-to’da qilib fol ocha boshladi. (H. Tojiboev.) 3. Men har qanday tiriklikka jon-dildan maftun. (V. V. Mayakovskiy .)4. Chorrahaning narigi tomoni keng maydon, unda katta-kichik… to’rqovoqlardagi bedanalarning sayrashi tinmas edi. (A. Q.) 5. Men sakrab turib, unga tomon otildim. (Ch. Ayt.) 6. Mashina bizni ko’l tomon eltardi. (Ch. Ayt.) 7. Lekin o’zi biron maslahat berishdan ojiz edi. (As. M.) 8. O’zlaridan so’rasak. 9. Ikki og’iz gaplashaylik, biznikilarning ahvoli qalay? (O.)
15-mashq. Olmoshlarni tahlil qiling: ularga qo’shilgan affikslarni izohlang, ularning ma’nosiga va tuzilishiga ko’ra turini ayting.
1.Allaqanday bitmas-tuganmas kuch uni tog’larga, yon bag’irlardan pastliklarga, toshli qirg’oq, tik so’qmoqlar bo’ylab baland-past joylarga haydardi. (Ch. Ayt.) 2. Sendan ikki narsani so’ramoqchi bo’ldim. (A. Q.) 3. Har qanday jiddiy narsadan ko’ra satira senzuradan osonroq va tezroq o’tadi. (E.Voynich.) 4. Qo’chada qogan har qanday mushukdan ham ojiz, himoyasiz. (E. Voynich.) 5. U… shuning uchun bu vazifani har qanday shafqat hamshnrasidan yaxshiroq bajaradi. (E.Voynich.) 6. Sizda bor es hech kimda yo’k (A. Q.) 7. Kotib topish qiyin... Olmaslikka hech qanday asos yo’q. (A.Q.) 8. Bundan tashqari, ahvolingiz allanechuk. (A. Q.) 9. Hamma yog’i alvon shior, ko’m-ko’k barg va gullar bilan chirmab tashlangan. (As. M.) 10. O’sha kundan boshlab uning yuragida allaqanday yangi, yoqimli va jo’shqin bir tuyg’u paydo bo’lgan. (Shuhrat.) 11. Biz ularni yo’qlasak, ular bizni eslaydilar. (N. S.)
Olmoshlarning sintaktik vazifasi. Olmoshlar gapda quyidagi vazifalarda qo’llanadi:
a) ega : Seni mehnat yengmasin, sen mehnatni yeng. (Maqol.)
b) to’ldiruvchi: Sizga katta qilsa, qo’lidan keladi. (I. Rahim.)
v) aniqlovchi: Ularning shoxlariga qaysi yili o’sgani haqida tush bilan yozilgan qog’ozlar ilib qo’yilgan (Mirmuhsin.)
g) kesim: Butun gap — shu, ustod. (A. Q.)
d). hol: Nega kelmadingiz?
16-mashq. Matnni ko’chiring. Olmoshlarni topib, gapdagi vazifasini ko’rsating.
1. Agar indamasak, senlarning lapar aytishlaring kechgacha tugamaydiganga o’xshaydi.(S. A.) 2. O’z uyim deb so’zlama, uy ortida kishi bor. 3. Har yerni qilma orzu, har yerda bor toshu tarozi. 4. Baxil topsa bosib yer, saxiy topsa barcha yer. (Maqollar.) 5. U kishidan bir gap chiqadi. (A. Q.) 6. Hamma gapingiz haq, o’rtoq Ahmedov.(A.Q.)7. Unday bo’lsa, eshonu Sulton bilan Fuzayl maxsum nega bunday yarashga unamaganlar? (S. A.) 8. Shu hayol, shu tasavvur bilan yigit Chimkentga qarab jo’nadi. (S. A.) 9. Bunga mening insofim yo’l bermaydi. (S. A.) 10. Shirin so’z, mehribon xola yana uni yelkasiga qoqib omonlashdi. (Mirmuhsin). U ona bo’lishdan behad shod. (I. Rahim.) 12. Uning qoni to’kilgan joydan shifobaxsh buloq chiqqan. (I. Rahim.) 13. Bu gapni hazilga yo’yish uchun Sidiqjon ham kuldi. (A. Q.) 14. Sizdan qarzimni uzib, keyin bolamga qarz bermoqchiman. (A.Q.) 15. Siz meni qandaydir sirli odam deb o’ylayapsiz. (Mirmuhsin.)
Multimådià
Multmådià (multimedia) àtàmàsi, “ko’p qà’vàtli muhit” mà’nîsini bildiràdi, multimådiàli tåõnîlîgiya esà bu dàsturli và tåõnik mîddiy tà’minît àsîsidà kîmpyutårdà bir vàqtning o’zidà màtnli tàsviriy àõbîrîtlàrni tîvushli-îvîzli, ràngli, hàràkàtgà kåltirilgàn hîldà ifîdàlàsh imkîniyati dåmàkdir. Hîzirgi kundà tilshunîslik fànlàrini o’rgànishdà birginà dàrslik, o’quv qo’llànmà và mà’ruzà màtnlàri bilàn chåklànmàsdàn shu fàn sîhàlàrigà îid multimådiàli yoki ànimàtsiyali o’quv ko’rsàtuvlàr và elåktrîn dàrsliklàr yaràtish tilshunîslik sîhàlàrini chuqurrîq o’rgànish uchun àniq imkîniyatlàrni vujudgà kåltiràdi. Bu esà tàlàbàlàrning tilshunîslik fànlàrigà bo’lgàn ilmiy sàlîhiyatini, fàngà bo’lgàn qiziqishini îshirishgà kàttà yordàm båràdi.
Shuning uchun “Tilning kålib chiqishi”, “Tillàrning gånåàlîgik tàsnifi”, “Tillàrning mîrfîlîgik tàsnifi”, “Turkiy õàlqlàr và turkiy tillàr” singàri tilshunîslikkà dîir qàtîr màvzulàrni pishiq-puõtà o’rgànib, ànà shundàn kåyin ànà shu màvzulàrni o’tishgà dîir elåktrîn yoki multimådiàli dàrsliklàr yaràtish lîzim bo’làdi. Tilshunîslik fànlàrini o’tish bo’yichà to’plàngàn ilg’îr tàjribà và kuzàtishlàr shuni ko’rsàtàdiki, tilshunîslik sîhàlàrigà dîir yaràtilàdigàn elåktrîn dàrsliklàr sîddà, tushunàrli và, eng muhimi, ilmiy-îmmàbîp õàràktårgà ega bo’lishi kåràk. Shu o’rindà kîmpyutår tåõnîlîgiyasi yordàmidà izchil và muntàzàm ràvishdà ishlàngàn elåktrîn dàrsliklàr tilshunîslik sîhàlàri bo’yichà tàlàbàlàrning bilim dîiràsini kångàytirishdà yaõshi nàtijà båràdi.
Àyniqsà tàlàbàlàrimiz “Turkiy filîlîgiyagà kirish” fànidàn “Turkiy tillàrning tàsnifi”, “Turkiy tillàrning Rîssiyadà o’rgànilishi”, “Mîskvà, Qîzîn, Påtårburg turkiyshunîslik màktàblàri”, “Turkiy tillàrning Yevrîpàdà o’rgànilishi” kàbi màvzulàrgà îid bilim và ko’nikmàlàrni egàllàshdà kàfådràdà shu fàn bo’yichà yaràtilgàn elåktrîn dàrslik màtåriàllàrigà tåz-tåz murîjààt qilmîqdàlàr.
Tilshunîslik bo’yichà yaràtilàyotgàn elåktrîn và multimådiàli dàrsliklàrdà til birliklàri (nutq tîvushi, o’zàk, mîrfåmà, so’z, so’z birikmàsi và gàp kàbi) ning àsîsiy ko’rinishlàri îbràzli qilib, ekràngà chiqàrilishi, ulàrning mîhiyat và màzmuni muàmmîli bo’lishi lîzim. Tilshunîslikkà îid hàr qàndày elåktrîn dàrslikning àsîsiy màqsàdi tàlàbàlàrdà lingvistik tushunchàlàrni shàkllàntirish và to’ldirishgà yo’nàltirilgàn bo’lishi zàrur.
Shu o’rindà, bizningchà, tilshunîslik bo’yichà mà’ruzà dàrslàrini o’tish bilàn birgàlikdà til bo’yichà àmàliyot dàrslàrini ko’prîq kîmpyutår tåõnîlîgiyalàri yordàmidà o’tish màqsàdgà muvîfiq bo’làrdi. Chunki “Tillàr tàsnifi”, “Tillàr và õàlqlàr” singàri màvzulàr bo’yichà àmàliyot dàrslàrini o’tish vàqtidà Autocad, Fotoshop, Excel và bîshqà dàsturlàr yordàmidà tilshunîslik, tillàrning sîsiîlingvistik tàvsifigà îid îlingàn yangi mà’lumîtlàrni tàhlil qilish và qàytà yaràtish imkîniyatlàridàn kång fîydàlànish mumkin bo’làdi.
Buning nàtijàsidà tàlàbàlàr jàhîndà tillàrning gåîgràfik tàrqàlishi, àyrim tillàrning ikki yoki undàn îrtiq màmlàkàtlàr uchun ràsmiy dàvlàt tili (ingliz tili, nåmis tili, frànsuz tili, ispàn tili kàbilàr) và Kubà, Àvstriya, Àvstràliya, ÀQSH, Kànàdà kàbi màmlàkàtlàrdà bîshqà õàlqlàrning tillàri milliy til sifàtidà õizmàt qilàyotgànligi kàbi muhim mà’lumîtlàrni kîmpyutår îrqàli tîpib àniqlàydilàr, shu àsîsdà jàhîndà slàvyan, erîn, rîmàn, gårmàn, turkiy, îltîy tillàrining tàrqàlishi, bu tillàrdà gàplàshuvchi àhîli sîni to’g’risidàgi mà’lumîtlàrni Excel dàsturi îrqàli diàgràmmà shàklidà yaràtish imkîniyatigà egà bo’làdilàr.
Topshiriq. Matnni o'qing. Rus tiliga tarjima qiling.
L.M. a) Salomatliging o’z qo’lingda.
G.M. Fe’l nisbatlari va fe’l zamonlari.
¹ Fe’lning zamon shakllari |
Qo’shimchalari |
Ma’nosi |
Misollar |
1 O’TGAN ZAMON |
1. - di |
So’zlovchi ko’rgan-bilgan harakatning nutq so’zlanayotgan vaqtgacha bajarilganini aniq, qat’iy tarzda ifodalaydi |
O‘qidim o‘qidik O‘qiding o‘qidingiz (o’qidilaring) O’qidi o’qishdilar o’qishdi |
2. - gan |
Harakatning nutq so’zlanayotgan vaqtgacha bajarilgan-bajarilmaganini ifodalaydi |
O’qiganman o’qiganmiz O’qigansan o’qigansiz O’qigan o’qigan(lar) o’qishgan |
|
3. -ib+miz -ib+man, -san, -siz - di, -di (lar) |
Harakatni bevosita kuzatmaganlik, undan keyin xabardor bo’lganlik ma’nosini ifodalaydi |
O’qibman o’qibmiz O’qibsan o’qibsiz O’qibdi o’qibdi(lar) o’qibdi |
|
4. sifatdosh+edi Ravishdosh+edi -moqda edi ( -gan edi, -ib edi, -ar edim, -guvchi edi, - moqda edi) |
edi to’liqsiz fe’li yordamida yasaluvchi shakllar faqat harakatning o’tgan zamonda bajarilganligi ma’nosini ifodalaydi. Ular bildirgan harakatning bajarilish vaqti hech qachon “hozir” (hozirgi vaqt) doirasida bo’lmaydi. Harakatning bajarilish vaqtiga nisbatan qo’yiladigan so’roqqa ilgari, bir vaqtlar kabi so’zlar javob bo’ladi |
O’qigan edim o’qigan edik O’qib edim o’qib edik O’qir eding o’qir edingiz O’qimoqda edi o’qimoqda(lar) edi (lar) o’qiguvchi o’qituvchi Solishtiring -O’qidi - o’qigan edi -Qachon? - Qachon? -Hozir - Ilgari (bir vaqtlar) |
|
2 HOZIRGI ZAMON |
-yap -yotib -yotir |
Harakatning nutq so’zlanayotgan vaqtidan oldin boshlanganligi va nutq so’zlanayotgan vaqtda ham davom etayotganligi |
O’qiyapman o’qiyapmiz +miz O’qiyotib +san o’qiyotib +siz(lar) +di +di(lar) O’qiyotir +man o’qiyotir +miz +san +siz(lar) |
-moqda |
Yuqoridagi shakllar bilan bir xil ma’noni ifodalaydi. Ammo ulardan kitobiy uslubga xosligi bilan farq qiladi. |
O’qimoqda+man o’qimoqda+miz san siz(lar) |
|
3 KELASI ZAMON |
Kelasi zamon aniq shakli: -a+shaxs qo’shimchasi |
Biror vaqt bilan chegaralanmagan doimiy harakatni bildiradi |
Bor+a+man bor+a+miz san siz di di(lar) |
-y+shaxs qo’shimchasi |
Nutq so’zlanayotgan vaqtdan keyin sodir bo’lish-bo’lmasligi kutilgan harakatni bildiradi |
O’qi+y+man o’qi+y+miz O’qi+y+san o’qi+y+siz(lar) O’qi+y+di o’qi+y+di (lar) |
|
Kelasi zamon gumbo shakli: -(a) p, (-mas) |
Nutqdan keyin sodir bo’ladigan yoki bo’lmaydigàn harakatni gumon tarzda ifodalaydi |
Kel+ar+man kel+ar+miz Kel+ar+san kel+ar+siz(lar) O’qi+r+man o’qi+r+miz O’qi+r+san o’qi+r+siz(lar) O’qi+r o’qi+r+(lar) |
Harakat ma’nosini ifodalovchi mustaqil so’zlar fe’l deyiladi. Fe’l predmet bilan bog’lanib. uning harakatini, faol holatini anglatadi. Masalan: O’ktam keldi. Rustam uxladi. Dilorom yozdi. O’tkir qichqirdi kabi.
Fe’llar nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? kabi so’roqlardan biriga javob bo’ladi.
O’timli-o’timsizlik, bo’lishli-bo’lishsizlik, nisbat, mayl, zamon kategoriyalar; sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi funktsional formalar fe’liing o’ziga xos morfologik xususiyatlari hisoblanadi.
Fe’llarning yasalishi. Fe’llar asosan morfologik va sintaktik usul bilan yasaladi
1-mashq. Matnni o’qing. Fe’llarni topib, o’zak va affikslarga ajrating Fe’l yasovchi affikslarni ayting.
1. Yana yonma-yon keta boshladik. Qisqarib qolgan ko’lankalarimizni quvlaymiz. 2. Suvliqning zarbidan og’zini ochib, sarg’ish g’ishtin tishlarnni ko’rsatadi-da, yer tepinib to’xtab, pirillab aylanadi. Tinchlatish uchun yaltillab turgan kuragiga shapatilab erkalayman. Qayoqdandir... Bo’ribosar paydo bo’ldi-yu, ovozining boricha vovillab, ko’zlarini olaytirib, bizga qarab intildi
2- mashq. Gaplarni ko’chirib, fe’llarni aniqlang, ularning qaysi so’z turkumidan yasalganini tushuntiring.
Narimon akaning bu qilig’idan ajablandim. U Rahmatullayevning bu masalaga qanday qarashini aniqlay olmay garang edi. Bu xabardan yuragim huvillab, bir xil bo’lib ketdim. Shavkat uyqusirab allanarsalar deydi. Kulamiz. Tun yarmida birov eshikni taqillatdi. Qo’zi bechora uch oyoqlab hakkalab, jon-jahdi bilan ma’raydi. (S. Anorboev.)
3-mashq. Gaplarni o’qing. Fe’l yasovchi affikslarning turlarini ayting.
1. —U... ko’k ko’zlarini yiltiratib jilmayadi. 2. Haligi chumchuqdan ibrat olib, nahorga hovuchlab-hovuchlab suv ichdim. 3. Ular tezda mashinani bo’shatishdi... 4. Sizning gaplaringizni eshitib... o’ylab ko’rsam, yanglishgan ekanman. 5.O’zidan kattalarni sensirash odobdan emas. 6. Bu ishkal yomon ishkal bo’ladi. Hamma o’ylanib qoldi. Bolaning sarg’aygan betlari yana battar sarg’aydi. Kasal qiz yuzini devorga o’girib oldi. Maqsud qayiqdagi unga, Safina esa eriga qarab o’tirar edi. Qiz onasiga qaradi. Qo’zlari namli edi. I (M. Ism.)
4-mashq. -la, -sira, -i, -y (-ay) affikslari bilan fe’l yasab, ular ishtirokida gap tuzing. Qaysi so’z turkumidan fe’l yasalganini tushuntiring.
5-mashq. Gaplarni ko’chirib, sodda va murakkab fe’llarni ajrating. Sifatdosh va ravishdoshlarni topib, ma’nosini, murakkab fe’l tarkibidagi rolini tushuntiring.
1. Baxmalsoy baland tog’lar tagidan— toshlar tagidan qaynab chiqadigan buloqlardan paydo bo’lardi, butun qishloqqa, uning dalalari va bog’lariga hayot suvi beradi. Mansurov o’z o’ylari bilan bo’lib, yo’l ustini soyabonday to’sgan daraxtni payqamay qolibdi. (S. Anorboev.) 3. Po’lat onasiga ma’nodor qaradi. Bu qarashi bilan u onasiga minnatdorchilik izhor qilganday bo’ldi. (Sh. R.) 4. Bahor kecha kechqurungidek Po’latdan ko’z uzmay tikilib turardi. (Sh. R.)5. Ustoz bilan shogird allamahalgacha suhbatlashib o’tirishdi. Po’lat yana bir do’st orttirdi. (Sh. R.) 6. Umid yukiga yopishgan edi; A’zam qo’yarda-qo’ymay qo’lidan olib, undan oldin tramvayga chiqdi. (Shuhrat.)
6-mashq. Matndagi murakkab fe’llarni toping. Murakkab fe’llar o’rnida sodda fe’l ishlatib ko’ring, ma’nosidagi farqlarni tushuntiring.
N a m u n a. U maktabga borib keldi.— U maktabga bordi.
1. Qishloqning janub tomonida Bo’zayg’ir cho’qqisi qizarib turibdi. Undan beriroqda qo’shtepa qishloqqa cho’zilib keladi. Xuddi o’sha qo’shtepaning bag’rida bir vaqtlar ikkita qaynarbuloq bo’lgan ekan. Jazirama Qizilqumdan Jizzax tomonga qo’y haydab o’tib ketayotgan cho’pon duch kelgan birinchi buloqdan suv ichib turganida, ikkinchi buloqqa ko’zi tushib qolibdi-yu, u buloqning suvi muzdayroq bo’lsa kerak deb, unisiga qarab chopgan ekan... Ushandan beri bu joy Egizbuloq atalib ketibdi. Hozir o’sha Egizbuloqning faqat bittasi qolgan. ...Nihoyat Egizbuloq qishlog’iga etib keldik... Abdulla Ahmedovich divanga.borib yonboshladi. (S.Anorboev.)
7-mashq. Gaplarni ko’chiring. Murakkab va juft fe’llarni topib, tuzilishi va yasalishini tushuntiring.
Sharpa bora-bora kuchayib, endi qo’y-qo’zilarning ma’rashlari va bulturgi qolgan quruq xashaklarning son-sanoqsiz tuyoqlar ostida yanchilib chirsillashlari aniq eshitila boshladi. U quduq boshiga kelib, sim arqonning uchini tuyaning jazlig’iga bog’lab bo’lguncha, otar ham bahor seliday oqib, yetib kelib qoldi. Tuya haydab borib-kelishlar, qovg’ani ilib olib, novga ag’darishlar takrorlana beradi. Kichik o’tovdan qoqina-surina chopib chiqqan past-baland to’rt-besh bola yaqin kelib, otdan tushgunimizcha, qiziqsinib qarab turdi. (S.Anorboev.)
8-mashq. Quyidagi sodda fe’llar ishtirokida murakkab fe’l yasang. Ular yordamida gap tuzing. Har bir murakkab fe’lning ma’nosini tushuntiring.
O’qi, ayt, yoz, ket, bor, eshit, asra, kul, qol, chiq, quv, qidir, ol, kel.
Fe’l nisbatlari. Ish-harakatniig sub'yekti bilai ob'yekti orasidagi munosabatni bildiradigan fe’l formasi fe’l nisbati deyiladi. Masalan: Gulnora tarandi. Bu gapda Gulnora — harakatning bajaruvchisi (ega, ya’ni sub'yekt). Harakat Gulnoraning o’ziga qaytadi. Demak, Gulnora ayni paytda harakatning ob'yekti hamdir. Ular bahslashishdi. Bu gapda harakat bir necha sub'yekt tomonidan bajarilyapti.
Fe’l nisbatlari besh turga bo’linadi: 1) anih nisbat; 2) o’zlik nisbati; 3) majhullik nisbati; 4) birgalik nisbati; 5) orttirma nisbat.
1.Aniq nisbat. Bu nisbatdagi fe’l harakatning ega tomonidan bajarilishini bildiradi., harakatning ob'yekti esa to’ldiruvchi (yoki o’rin holi) vazifasida keladi. Masalan: U kitobni o’qidi.
U maktabda o’qiydi kabi.
2.Ish — harakatning sub'yekti (bajaruvchisi ega) bilan ob'yekti (to’ldiruvchisi) bir shaxsning o’zi ekanligini ko’rsatuvchi fe’l shakli o’zlik nisbati deyiladi. Masalan, Dilorom tarandi. Harakatni bajaruvchi ham, harakat qabul qilgan shaxs — ob'yekt ham — Dilorom.
O’zlik nisbati fe’l o’zaklariga -n (-in), -l (-il) affikslarini qo’shish bilan yasaladi: tarandi, yuvindi, ko’mildi, surkaldi kabilar.
O’zlik nisbati o’timli fe’lni o’timsiz fe’lga aylantiradi: yuvdi — o’timli fe’l, yuvindi — o’timsiz fe’l, surkardi—o’timli fe’l, surkaldi — o’timsiz fe’l.
3. Majhullik nisbati to’ldiruvchi anglatgan predmet tomonidan bajarilgan harakatni ko’rsatadi. Bunda harakatning egasi, ya’ni uning haqiqiy bajaruvchisi — sub'yekt noma’lum bo’ladi.Masalan: Yer haydaldi.Mix qoqildi.
Majhullik nisbati quyidagi affikslarni qabul qilish orqali yasaladi:
1) -l, -il; borildi, qoqildi, o’qildi, haydaldi, surildi, ochildi, yoyildi;
2) -n, -in: olindi, ushlandi, boshlandi.
Majhullik nisbati o’timli fe’lni o’timsiz fe’lga aylantiradi:
Uyni qurdi-—o’timli fe’l.
Uy qurildi— o’timsiz fe’l.
Yerni hayda — o’timli fe’l.
Yer haydaldi—o’timsiz fe’l.
Majhullik nisbati affiksi -l (-il), -n (-in), o’zlik nisbati yasovchisi -n (-in), -l (-il) o’zaro omonimdir.
4.Orttirma nisbat bir sub'yektning o’z harakatini boshqa sub'yektning ta’siri natijasida bajarishini ifodalaydigan fe’l formasidir.
Orttirma nisbat tubandagicha yasaladi:
1)-t: ko’payt, qulat, uxlat;
2)-tir (-dir): ayttir, kayintir, kuldir, qurdir;
3)-g’iz (-giz), -qaz (-g’az, -kaz), -qiz, kiz, turgiz, ketgiz, o’tqaz, tutqiz, o’tkaz, yurgiz, borg’iz;
4)-sat (-sa+t): ko’rsat;
5)-iz: oqiz, boqiz;
6)-ar, -ir: chiqar, tushir, kechir, toshir.
Orttirma nisbat o’timsiz fe’llarni o’timli fe’lga aylantiradi. Masalan: kel — o’timsiz fe’l, keltir — o’timli fe’l; yur — o’timsiz fe’l, yurgiz — o’timli fe’l.
5.Birgalik nisbati bir necha shaxs (sub'ekt) tomonidan bajarilgan harakat ma’nosini ifodalovchi fe’l shaklidir.
Birgalik nisbati quyidagicha yasaladi:
1)-sh (-ish): yozishdi, so’zlashdi,gapirishdi, qaytishdi;
2) -lash (la+sh): bahslashdi, gaplashdi, suhbatlashdi.
Bunda harakatning bajarilishida sub'yektlar baravar ishtirok etadi yoki bir sub'yekt harakatining bajarilishiga boshqa sub'yekt yordamlashadi, ko’maklashadi: Ular uchish apparati yasashdi. Dilorom opasiga qarashdi.
9- mashq. Quyidagi gaplardan fe’llarni ajratib, ularning qaysi nisbatda shakllanganini aniqlang.
1. Shunday qilib ota-bola suv tortishga kirishib ketishdi. 2. Qo’ylarga ham, qo’zilarga ham rahmim keladi. Axir boshini pastga shalviratmay, to’g’ri ko’tarsa bo’lmas ekanmi, deb o’ylayman. 3. Keyin hammasi birdan chuvillashib salom berdi. Kattaroqlari kelib, otlarimizning jilovidan tutishdi. 4. «Ferma bo’l» deyishdi, unamadim.Menga ishonsanglar, bitta otarni beringlar,dedim. Mana, o’shandan beri qo’yning tuyog’iga tuyoq qo’shib, ko’paytirib yotibman. Davlatga o’tkazgan qorako’l terimning sakson olti foizi birinchi navga qabul qilindi. (S. Anorboev.)
10- mashq. Gaplarni ko’chirib, o’zlik va majhullik nisbatlari affikslarining tagiga chizing. Fe’llarning tuzilish xususiyatini tushuntiring. Fe’l yasovchi affikslarni izohlang.
O’zingiz o’ylab ko’ring, rais, turib qolgan eski sut yangi sutga qo’shilsa uni buzadimi? Buzadi.
Rais qo’lda boqilayotgan yetmishta sigirning ro’yxatini... qarab chiqa boshladi. Hozir qo’lda boqilayotgan sigirlardan uchtasi yetti litrgacha, osit, friz, shvits zotli sigirlardan o’n sakkiz litrgacha sut sog’ib olinayotibdi.
Ichimdan to’lqinlanaman. O’zimni juda yengil his etaman (S. Anorboev.)
11-mashq. Quyidagi fe’llarni majhullik nisbatiga aylantirib, ular ishtirokida bir necha gap tuzing.
O’qi, yoz, bor, kel, hayda.
12-mashq. Gaplarni ko’chiring, orttirma va birgalik nisbatlaridagi fe’llarni aniqlab, ma’nosini tushuntiring.
1. Novcha kelishgan yigit tog’ shamoli, issiq-sovug’i qovjiratgan lablarini avaylab ochib jilmaydi-da, kelib ko’rishdi. 2. Rais Rasulni chaqirtirib, bir so’kkan ekan, yig’lamoqdan beri bo’lib chiqibdi. 3. Tursunboy cho’ponga yaxshilab o’ranib, qo’llarini qovushtirib o’tirib oldi-da, gapga tushib ketdi. 4. Omborning ...bir xonasiga Tojiyevning ko’rsatganidek qilib pechka o’rnatishdi... Ikki chetiga yarim metr balandlikda usti ochiq katakchalar qurishdi. Abdulla Ahmedovichni Qorako’lchilik institutidan olib kelishib,Akademiyaning bitta stoliga o’tqazib qo’yishdi. (S. Anorboev.)
13-mashq. Nuqtalar o’rniga fe’l nisbati affikslaridan mosini qo’yib ko’chiring. Fe’llarning o’timli, o’timsizligini tushuntiring.
1. Qorachadan kelgan yigit eshit... ar-eshit...mas «ha» dedi.2. Malik ajdar egarda menga o’gir... ib, chap mushtini biqiniga tirab, sal bukchayibroq o’tirib oldi. 3. Amerika, Germaniya savdo firmalari alohida ximik sostavlar yordamida arabiy qorako’llarni oqar...ib, xaridorlarning didiga yoqqan rangga bo’yab sot... adi.4. O’tgan yili qurtga barg yetkazolmay bo’g’otma-bo’g’ot yugur...ib yur…ganda, Osmonsoyga bir vakil kelibdi. 5. Bir kunda ol...gan tuxum yuztaga yetib-yetmaydi. 6. Vali ota ularga mehr bilan tik...ib jilmayardi. 7. Shunday qilib, bu yil bahorda atigi 44 ta metis qo’zi ol....di, 8. Qo’shoqqa bog’la...gan qo’zilar onalariga ergashib, bo’g’... guday bo’lib ma’ra...adi, o’zlarini qiynab yulqi...adi. (S. Anorboev)
Fe’l zamonlari
Fe’llardagi zamon ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabati bilan aniqlanadi.
Ish-harakat nutq so’zlanib turgan paytdan oldin, nutq so’zlanayotgan paytda, undan so’ng bajarilishi mumkin. Shunga ko’ra fe’l uch zamonning birida: 1) o’tgan; 2) hozirgi; 3) kelasi zamon formalarida bo’ladi. Masalan: ishladim (o’tgan zamon), ishlayapman (hozirgi zamon), ishlamoqchiman (kelasi zamon).
O’tgan zamon fe’li. O’tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytdan ilgari yuz berganligini ifodalaydi. Masalan: Men kecha qishloqdan keldim. Bu ishni ancha bajargan edim.
O’tgan zamon fe’li quyidagi besh turga bo’linadi: 1)yaqin o’tgan zamon fe’li; 2) uzoq o’tgan zamon fe’li; 3) o’tgan zamon hikoya fe’li; 4)o’tgan zamon davom fe’li; 5) o’tgan zamon maqsad fe’li.
1. Yaqin o’tgan zamon fe’li fe’l o’zagiga -di affiksini qo’shish va tuslash bilan yasaladi.
Birlik Ko’plik
I sh. o’qi-di-m o’qi-di-k
II sh. o’qi-di-ng o’qi-di-ngiz
III sh. o’qi-di o’qi-di (lar)
2. Uzoq o’tgan zamon fe’li o’zakka -gan affiksini qo’shish va tuslash orqali yoki -gan bilan yasalgan sifatdoshdan keyin emoq to’liqsiz fe’lini tuslab keltirish bilan yasaladi. Bunda ish harakatning ancha ilgari yuz berganligi ifodalanadi.
Birlik Ko’plik
I. sh. o’qi-gan-man ( dim) o’qi-gan-miz ( dik)
II. sh. o’qi-gan-san( ding) o’qi-gan-siz ( dik)
III. sh. o’qi-gan M (edi) o’qi-gan-lar ( dik)
3. O’tgan zamon hikoya fe’li o’zakka -b (-ib) affiksini qo’shish va tuslash bilan yoki -b (-ib) affiksi vositasida yasalgan ravishdoshga edi to’liqsiz fe’lini biriktirish yo’li bilan ifodalanadi. Bunda ish-harakatning ancha ilgari yuz berganligi hikoya qilinadi.
B i r l i k Ko’plik
I. sh. o’qi-b-man (edi-m o’qi-b-miz (edi-k)
II. sh- o’qi-b-san(edi-ng) o’qi-b-siz(edi-ngiz)
III. sh. o’qi-b-di (edi) o’qi-b-di(lar) (edi-lar)
4. O’tgan zamon davom fe’li –r (-ar) affiksi bilan yasalgan sifatdoshga edi to’liqsiz fe’lini tuslab biriktirish yo’li bilan yasalib, ish-harakatning davomli turganini ifodalaydi.
B i r l i k Ko’plik
Ish. kel-ar (edim-m) kel-ar edik
II. sh. kel-ar (edi-ng) kel-ar edingiz
III. sh. kel-ar (edi) kel-ar edilar
O’tgan zamon davom fe’li fe’l shakliga -yotgan, -moqda affikslaridan birini qo’shish va edi to’liqsiz fe’lini tuslab qo’shish yo’li bilan ham yasaladi.
Birlik Ko’plik
I. sh. bor-a-yotgan edim bor-a-yotgan edik
II. sh. bor-a-yotgan eding bor-a-yotgan edingiz
III. sh- bor-a-yotgan edi bor-a-yotgan edi (lar)
5. O’tgan zamon maqsad fe’li -moqchi, -digan affikslarini olgan fe’l shakliga edi to’liqsiz fe’lini tuslab biriktirish yo’li bilan yasalib, bajarilishi maqsad qilib qo’yilgan ish-harakat ma’nosini ifodalaydi.
Birlik Ko’plik
I. sh. bor-moqchi dim bor-moqchi edik
II. sh. bor-moqchi bor-moqchi edingiz
III. sh. bor-moqchi di bor-moqchi edi(lar)
Hozirgi zamon fe’li. Hozirgi zamon fe’li ikki xil bo’ladi: 1. Hozirgi-kelasi zamon fe’li. 2. Hozirgi zamon davom fe’li.
1. Hozirgi-kelasi zamon fe’li -a (y) bilan yasalgan ravishdoshning tuslanishi bilan yasaladi va harakatning nutq so’zlanib turgan paytda va undan keyin ham yuz berishini ifodalaydi.
B i r l i k K o’ p l i k
I. sh. bor-a-man bor-a-miz
II. sh. bor-a-san bor-a-siz
III. sh. bor-a-di bor-a-di (lar)
2. Hozirgi zamon davom fe’li ravishdoshga - p, -yotib, -yotir affikslaridan birini yoki fe’l o’zagiga -moqda affiksini tuslab qo’shish yo’li bilan yasaladi va harakatning davom etib turishini ifodalaydi.
Birlik Ko’plik
I. sh. bor-a- yap-man bor-a- yap-miz
II. sh. bor-a- yap-san bor-a- yap-siz
III. sh. bor-a- yap-ti bor-a- yap-ti(lar)
I. sh. kel-a-yotir-man kel-a-yotir-miz
II. sh. kel-a-yotir-san kel-a-yotir-siz
III. sh. kel-a-yotir kel-a-yotir(lar)
I sh. o’qi-moqda-man o’qi-moqda-miz
II. sh. o’qi-moqda-san o’qi-moqda-siz
III. sh. o’qi-moqda o’qi-moqda(lar)
Kelasi zamon fe’li. Kelasi zamon fe’li ikki xil bo’ladi: 1. Kelasi zamon gumon fe’li. 2. Kelasi zamon maqsad fe’li.
1. Kelasi zamon gumon fe’li -r (-ar) affiksi bilan yasalgan sifatdoshning tuslanishi orqali yasalib, harakatning bajarilishini gumon, taxmin yo’li bilan ifodalaydi. Masalan:
Birlik Ko’plik
I. sh. bor-ar-man bor-ar-miz
II. sh. bor-ar-san bor-ar-siz
III. sh. bor-ar bor-ar(lar)
2. Kelasi zamon maqsad fe’li buyruq fe’li negiziga -moqchi affiksini ¸ki ravishdoshga -digan affiksini tuslab qo’shish bilan yasaladi va harakatning kelajakda bajarilishi maqsad qilib qo’yilganligini ifodalaydi. '
Birlik K o’ p l i k
I. bor-moqchi-man bor-moqchi-miz
II. bor-moqchi-san bor-moqchi-siz
III.bor-moqchi bor-moqchi(lar)
I.bor-a-digan-man bor-a-digan-miz
II.bor-a-digan-san bor-a-digan-siz
III. bor-a-digan bor-a-digan(lar)
14-mashq. O’qing. Fe’l zamonlarini aniqlang. O’tgan zamon fe’liga alohida xarakteristika bering: o’tgan zamon fe’llarining turlarini aniqlang, ma’nolarini, yasalishish tushuntiring.
I. Bundan to’rt yil burun bir p’yesani muhokama qilib, egasiga bo’lmaydi, deb qaytargan edik, Tinchib ketuvdi. Yana yaqinda suv betiga qalqib chiqdi. 2. Viloyatga kelgach, mehmonxonaga bordik. U yerda chamadonimni qoldirib, hokimiyatga kirdim. Hokim o’rinbosari A.Ergashev shu yerda ekan. 3. Qishloqning janub tomonida Bo’zayg’ir cho’qqisi qizarib turibdi. Undan beriroqda qo’shtepa qishloqqa cho’zilib keladi. 4. Beixtiyor tepamga qaradim. Quyosh bo’lsa, lovillab turibdi. Yo’q, shu payt Qizilqum yaylovlarini qizdirayotgan quyosh poeziyada kuylangan «bahor oftobi» lirik obraziga aslo-aslo o’xshamas edi. 6. Kun qaytib, kechki salqin tushib qolgan edi. Dunyoning tepasiga chordona qurib, o’tgan kunlarni eslab, gapga tushib ketdik. (S. Anorboev.)
15-mashq. Gaplarni ko’chiring. Hozirgi zamon fe’llarini aniqlab, yasalishi va ma’nolarini tushuntiring.
1. Bultur mehnat va pulni tejab, bir sentner sutsing tannarxini to’qson sakkiz so’mga, qorako’lni plandagi oltmish so’m o’rniga qirq to’rt so’mu o’n bir tiyindanga tushirdik. Bu yil undan ham arzonlashtirishga harakat qilyapmiz. 2. Yo’l yoqalarida ahyon-ahyonda sassiqpopishakning elpig’ichday toji ko’zga chalinib qoladi. 3. Mana endi ular Qosimjon bilan birga inson qadami etmagan, qarovsiz yerga birinchi bo’lib jon kiritmoqdalar. (Ch. Aytmatov.)
16- mashq. O’qing. O’tgan, hozirgi va kelasi zamon fe’llarini aniqlab, yasalishini, ma’nolarini tushuntiring.
1. Bu yerdagi o’tlar hamisha zangor baxmalni eslatardi. Shuning uchun ham qishloq Baxmal nomi bilan atalardi. 2. Razvedkachilarimiz va portlatuvchilarimiz uzoq kechani mizg’imay o’tkazadilar. Ularning asosiy ishi — qorong’i kechalarda bitadi. 3. To’raxonov esa jahl bilan qichqirib javob berardi.
—Bu qanday lo’ttibozlik? Qayoqqa ketmoqchisan?
4. Zebi jimgina turardi.— Nima, bu uyda seni birov ezyaptimi, xo’rlayaptimi? Shunday demoqchimisan? Sening so’zlaringga ishonadigan anoyilar bor, deb o’ylaysanmi? 5. Dahlizda oyoq tovushi eshitilishi bilan ko’z yoshlarini artdi. Eriga peshvoz chiqmoqchi bo’ldi. 6. To’raxonov ota-onasining so’zlarini mamnuniyat bilan tinglardi. 7. Bilasan-ku, shaxsan men senga katta og’ang sifatida nasihat qilyapman. Ko’rib turibmanki, imtihonga astoydil tayyorlanyapsan. Onangga yordamlashyapsanmi? 8. Nima ham deya olardim. Aslida ikkalangiz ham haqlisiz. Biroq urush vaqtida ham kimdir o’qishi kerak. 9. Sen... sen adolatsiz yigitsan, Po’lat. Agar shunday qiladigan bo’lsang, darsni o’zing tayyorlayver! (Sh. R.)
17-mashq. Oybekning «Bolalik» povestining 20 betini o’qing. Hozirgi va kelasi zamon fe’llarini ajratib ko’chiring. Yasalishi va ma’nosini izohlang.
18- mashq. Matnni ko’chiring. Fe’llarni ajratib, ularning qaysi zamon shaklida ekanligini tahlil qiling. Ma’nolarini tushuntiring.
1. Paysalga solib nima qilamiz. Hozir ketaveramiz. Oying bilan gaplashdik. Rozilik berdi. Shahar bo’lsa yaqin. Oying ham borib turadi. Sen ham kelib turasan. 2. U hamisha ishga oshiqardi. 3. Po’lat ishdan charchab chiqqan edi. 4. Xo’sh, senga nima haqda gapirgan edim. 5. Rustam og’ir nafas oldi. 6. Po’lat... oyisini mahkam quchoqlab, ter bosgan yuzlaridan, chakkalaridan o’par va tinmay g’uldirar edi. Bir zum Bahorni ham unutdi. 7. O’zining ham o’larday qorni och ekan. Xaltani bo’ynimdan olishga ham sabr-toqati chidamay, xanjar bilan kesib yubordi. 8. Bu tatar qizcha juda yosh ko’rinadi.— Bu, Amina, kichik singilchamiz. Endi o’n yettiga to’lyapti! O’zing ham ana shu oltin-qoidaga amal qilyapsan. Po’lat ularning ishlariga qarab turdi-da, qishlog’iga qaytib ketmoqchi bo’lganidan o’zi ham xijolat tortdi. 9. Nega meni qurilishdan quvadi? Men ham mehnat qilishni istayman! Faqat sizning brigadangizda bo’lsa ishlayman... O’zingiz ham ko’rarsiz! Dushmanni tor-mor qilishga, oz bo’lsa-da, hissa qo’shmoqchiman. 10. Siroj aka, chunki o’zingizni o’zingiz baliq ovi rohatidan mahrum qilgansiz! 11. Sen-chi, Po’lat, armiyadan bo’shab kelgach, nima qilmoqchisan?( Sh.R)
Fe’lning sintaktik vazifasi. Fe’llar gapda asosan kesim vazifasida keladi. Masalan: Men hokimiyat bilan kelishib yigirma to’rt xo’jalikni ro’yxatdan o’chirdim. (S. Axm.) Alohida yaylovda boqiladigan qo’y-echkilar keyinroq keladi. (P. Q.)
Fe’lning sifatdosh, harakat nomi kabi funksional shakllari otlashib, gapda ega (Yurgan—daryo,o’tirgan- bo’yra. O’qish—ulg’ayish),to’ldiruvchi (Bilmagandan bilgan yaxshi, to’g’ri ishni qilgan yaxshi). (Maqol) qaratqich aniqlovchi (O’qiganning oshig’i olchi bo’ladi.) vazifalarida keladi
EDISON TOMAS ALVA
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo va fizikaga oid kitoblarni sevardi.
Ilmiy jurnallardan birining muharriri xonasiga baland bo‘yli kishi kirib, yozuv stoli ustiga mo‘jazgina apparatni qo‘ydi:
— Janob, yangi ixtiro bilan tanishishni istaysizmi?
Ixtirochi shunday deb apparatning dastasini aylantira boshlagan edi, apparatdan yoqimli bolalar qo‘shig‘i eshitila boshladi. Muharrir hayratdan orqaga tisarildi. Bu ixtirochi – Tomas Edison edi. Ertasi kuni gazetalar «Menloparklik sehrgar»ning yangi g‘alati ixtirosi haqida xabar qildi. Ixtirochining Nyu-York (AQSH) yaqinidagi — Menloparkdagi laboratoriyasiga odamlar to‘da-to‘da bo‘lib kela boshladi. Tovushni yozib olish va uni qayta eshittirish uchunEdison ixtiro etgan apparat yaratilgan davrda insonning ovozini yozib olib, qayta eshittirish hali hech kimning xayoliga ham kelmagan edi. Bu apparat barcha grammofonlar, patefonlarning ajdodi, magnitofon va ovozli kinoning «bobosi» edi. Tovushni yozib olish hayotga ana shu yo‘sinda kirib keldi. Bu voqea 1877-yilda sodir bo‘lgan edi.
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo va fizikaga oid kitoblarni sevardi. U kitoblarni shunchaki o‘qib qo‘ya qolmas, balki kitobdan olgan bilimlarini tajribada tekshirib ko‘rishga harakat qilardi. Tajriba o‘tkazish uchun mablag‘ kerak edi, shu boisdan yosh Edison poyezdlarda gazeta sotuvchi bo‘lib ishladi. Poyezdning bagaj vagonida laboratoriya jihozlab, u yerda tajribalar o‘tkazdi.
Keyinchalik Edison telegraf ishini o‘rganib, telegrafchi bo‘lib oldi. Yigitcha bo‘sh vaqtini va pulini, asosan kitob, asbob-uskunalar, kimyo preparatlari uchun sarfladi. Tez orada Edison AQSH Kongressidagi ovozlarning avtomatik hisoblagichini ixtiro etdi. Bu aqlli va murakkab mashina hech kimni qiziqtirmadi. Ikkinchi ixtiro muvaffaqiyatliroq bo‘lib chiqdi. Bu birjadagi aksiyalar kursini uzoqqa uzatishga mo‘ljallangan telegraf apparati edi.Edisonbu apparat uchun katta pul oldi. Tez orada u Menloparkdan yer sotib olib, u yerda laboratoriya tashkil etdi va o‘zini butunlay ixtirochilikka bag‘ishladi.
Edison rus ixtirochisi A. N. Lodiginning cho‘g‘lanma lampasini takomillashtirdi, unga patron o‘ylab topdi, yoqib-o‘chirgichni, elektr energiya hisoblagichni, o‘tkazgichlar tizimini yaratdi. Ajoyib ixtirochi elektr stansiyalar uchun o‘sha davrning eng kuchli generatorlarini yasadi.
Edison telegrafni ham takomillashtirdi. U bir juft sim orqali bir yo‘la ikkita yoki hatto to‘rtta telegramma yuborish usulini ixtiro qildi.Edisontelefonni ham takomillashtirib, gaplashish chog‘ida ovozning baland, aniq va tiniq bo‘lishiga erishdi. Edison qamrovi keng ixtirochi edi. U dunyoda birinchi elektr temir yo‘lni qurdi, ishqorli akkumulyatorni ixtiro qildi, temir rudalarini boyitish usulini ishlab chiqdi.
Edison1882-yili dunyoda birinchi marta ko‘pchilik foydalanadigan elektr stansiyasini ishga tushirdi. Shu davrda Tomas Edison temir yo‘llarni elektrlashtirish tajribalarini oxiriga yetkazdi.
Edison AQSH va Yevropada o‘zi tomonidan qurilgan elektr stansiyalarini ishlatish, turli elektr asboblari, apparatlar va mashinalarni ishlab chiqarish va sotish, cho‘g‘lanma lampa tayyorlash va sotish bo‘yicha ulkan savdo operatsiyalarini amalga oshirdi. 1887-yildan umrining oxirigacha Edison Uest-Oranj shahrida yashadi. Bu paytda u yirik korxonalar egasi edi.Edison temir yo‘l tormozi hamda kinetoskopni ixtiro etdi (1887), fonografni (1889) hamda kinoga olish kamerasini takomillashtirdi, quyma beton uylarni qurish, sement ishlab chiqarish usullarini ishlab chiqdi.
Tomas Edison jahonga Amerikaning buyuk elektrotexnigi, ixtirochisi, shuningdek bir qancha yirik elektrotexnika korxonalari va kompaniyalari asoschisi sifatida tanildi. Endi uning asarlari butun insoniyat mulkiga aylangan.
Topshiriq. Matnni o'qing. Rus tiliga tarjima qiling.
L.M. Kelajak yoshlar qo’lida.
G.M.Yordamchi so’zlar.
YORDAMCHI SO’ZLAR
Mustaqil leksik ma’no ifodalamay, mustaqil so’zlar orasidagi grammatik munosabatni, ba’zan modal ma’nolarni ifodalaydigan so’z va so’z formalari yordamchi so’zlar deyiladi. Masalan: Qalam bilan yozdim. Daftar va qalam. Yaxshi kuylar ekan-a? kabi.
Yordamchi so’zlar quuyidagi turlarga bo’linadi
1.Ko’makchilar
2.Bog’lovchilar
3.Yuklamalar
Ko’makchilar
Ot yoki otlashgan so’zning boshqa bir so’zga (ko’proq fe’lga) tobelanishini ko’rsatuvchi yordamchi so’zlar ko’makchi deyiladi. ,
Ko’makchi ot yoki otlashgan so’zdan keyin keladi. Masalan: Ukam uchun oldim. Qalam bilan yozdim. Sizlar tomonga boraman. Senga qaraganda o’qimishli kabi.
Ko’makchilar qaysi mustaqil so’zdan o’sib chiqqanligiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Asl ko’makchilar.
2.Ot ko’makchilar.
3.Fe’l ko’makchilar.
Asl ko’makchilar — asl leksik ma’nosini butunlay yo’qotib, ko’makchiga aylanib qolgan so’zlar: bilan, uchun, kabi, singari, sari.
Ot ko’makchilar — ot yoki ravishdan o’sib chiqqan ko’makchilar: tomon, tashqari, (otdan) burun, keyin, ilgari (ravishdan) kabi. Ot ko’makchilar ma’lum formalarida predmetlik ma’nosini yo’qotgan, kelishiklar bilan turlanish jihatidan chegaralangan va ko’makchiga siljigan bo’ladi; old, orqa, yon, ich, ost, tag, ust, yuza.
Fe’l ko’makchilar — fe’lning asosan ravishdosh, sifatdosh formalaridan o’sib chiqqan ko’makchilar: qarab, ko’ra, yarasha, qaraganda kabi. Bulardan bo’ylab,qarab, ko’ra, yarasha, tortib kabilar ravishdoshdan; qaraganda esa sifatdoshdan ko’makchiga aylangan so’zlardir.
1-mashq. Gaplarni ko’chirib, ko’makchilarni toping, ularning turlari va ma’nosini tushuntiring.
1. Tolzor o’rtasidagi katta hovuz bo’yida o’tirar edi. (H. G’.) 2. O’tov atrofi chinniday toza. (N. Fozilov.) 3. Haqiqatan ham Sharifjon aytganday, sizlar bilan ozmi-ko’pmi tanishib oldik. (A. Isomiddinov.) 4. Bir zum sinfdoshlariga ag’darib turdi, keyin mushti bilan burnini pastdan yuqoriga artib, bo’g’iq ovoz bilan baqirdi.(A. Isdmiddinov.)5. Shu jimjit kecha qo’ynida Sayyoraning xayoli yoshligini izlab ketdi. (S. Axm.) 6. Bu kishi o’n ikki yildan beri Ortiq oqsoqol deganning juvozini haydar, bola uning ukasi... (A. Q.) 7. Shu nur bilan charog’ondir oilam, xonadonim. (D. Fayziy.) 8. Bemorning ahvoli tang bo’lgani uchun, yarim kechasi maxsus chaqirilgan vrach bir kechayu bir kunduz uning tepasidan ketmadi. (A. Q.) 9. Uch kundan keyin aptekachi G’afur G’ulom uyiga hovliqib kirib topolmay, Yozuvchilar Uyushmasidan topdi. (S. Abd.) 10. Ertadan beri uning oyog’i yerga tegmaydi. (Oydin.) 11. Do’ndiq onasi bilan birga chiqib, Ahmadni ko’chaga qadar kuzatib qo’ydi. (Oydin.) 12. Oradan ikki hafta o’tgandan keyin, Xo’jaoboddan maktub oldim. (S. Abd.)
2-mashq. Gaplarni ko’chiring. Ko’makchilarni aniqlab, turini ayting va ularning grammatik xususiyatlarini tushuntiring.
1. Besaranjom qora bulutlar orasida oftob mo’raladi. (A.Q.)2. Oftob oyimning bir qancha yaxshi tilaklar bilan qilgan duosiga ham ishonchsiz qo’l ko’tardi. (A. Qod.) 3. Shundan keyin O’tkir me’morlar va diqqatkor muhandislarning maslahati bilan ilgarigisidan mustahkamroq qilib qurishga buyurdi. (Xondamir) 4. U keng qilib tikilgan zar yoqa kimxob to’n ichida yo’g’on gavdasi bilan odamlar oldida savlat to’kib turibdi. (M. Ism.) 5. Undan ko’ra o’lganim yaxshi emasmi? (M. Ism.) 6. Buxoro madrasasida tahsil ko’rgan eshonlar orasida mashhuri, obro’lisi, buzrugi. (0.) 7. Qiz ham yerga qattiq urilmaslik uchun noilojdan yigitning bo’yniga osilib qoldi. (As. M.)
3-mashq. O’zingiz mustaqil ravishda «Xabar » gazetasining bir betini o’qib, ko’makchilarni toping. Grammatnk xususiyatlarini to’liq izohlang.
Bog’lovchilar
Gap bo’laklarini, qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq, yoki, yohud, na-na, chunki, shuning uchun, toki kabi so’zlar bog’lovchilar deyiladi. Masalan: Bolalar yuklarini aravaga ortdilar va o’zlari piyoda yo’lga chiqdilar. (P. T.) Studentlar to’garak va ilmiy konferensiyalarda aktiv ishtirok etdilar.
Bog’lovchilar grammatik xususiyatiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1. Teng bog’lovchilar (va, ham, biroq, lekin, yoki, dam-dam, ba’zan, na-na kabi); 2. Ergashtiruvchi bog’lovchilar (chunki, shuning uchun, toki, negaki kabi).
Bog’lovchilar yakka holda ham, takrorlangan holda ham qo’llanadi: Kitob va daftar. U yozdi, biroq o’qimadi.
1. Na ko’kning fonari o’chmasdan,
Na yulduz sayr etib ko’chmasdan,
Na ufq o’ramay oltin zar …
2. U dam kulardi, dam yig’lardi.
3. Yo siz keling, yo men boray.
va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, vaholanki, agar, basharti, chunki, go’yo kabi bog’lovchilar odatda yakka holda ishlatiladi. na, bir, ba’zan, yo, yoki, goh, goho, xoh kabi bog’lovchilar ko’pincha takrorlanib qo’llanadi.
4-mashq. Tekstni ko’chiring. Ko’makchi va bog’lovchilarni topib, ularning grammatik xususiyatlarini, o’zaro farqlarini tushuntiring.
1.So’rining ostidami, tepasidami kimdir ingichka, lekin juda o’tkir tovush chiqarib ashula aytmoqda edi. (A. Q) 2. Kumushbibi endi o’n yettini qo’yib, o’n sakkizga qadam bosganidan, bo’yi ham onasiga yetayozgan, ammo jussasi onasiga ko’ra to’laroq edi. (A. Qod.) 3. Bir narsa to’g’risida o’ylarmidi yoki bosh og’rig’i kuchlimidi, har holda namozshomgul kabi yopiq edi. (A. Qod.) 4. Ahvol bilish uchun bo’lsa kerak, Homid ham otiga qiyshiq minib o’tib ketdi. (A. Qod.) 5. Bu quyoshdan ham ravshanroq bo’lgani uchun tafsil berishning foydasi yo’q. (Xondamir.) 6. Bularning ichida soqchilar ham ko’rinar edi. (A. Qod.) 7. Akam ketdi-yu, uyimiz huvillab qoldi. Mana endi... na xat bor, na xabar. (O.) 8. Cho’qqi soqolida qora ko’rinmaydi-yu, ammo kumush rang tovlanadi. (S. Karomatov.) 9. Ammo fursat bizdan yulqinib, Chopa berdi oldinga ildam. ( E. Vohidov.) 10. Dodho bu xayollarni yengish uchun go’riston vahimalaridan o’zi so’z ochdi va ikki og’iz gapining birida o’zining dovyurakligini xotinlariga, ulardan ham ko’ra o’ziga pisanda qila ketdi. (A. Q.)
11. Ertani bugunga keltirmoq uchun
Bugundan go’zalroq damga shoshadi. (Zulfiya.)
5-mashq. O’zingiz mustaqil ravishda «Xabar» gazetasining ikki betini o’qib, bog’lovchilarni aniqlang. Grammatik xususiyatlarini izohlang.
6-mashq. Tekstni o’qing. Bog’lovchilarni aniqlab, ularning turini tushuntiring.
1. Hali yoshman, ammo o’y bilan yuzda ajin, sochlarimda oq. (Uyg’un.) 2. Rang-ro’yi ham kechagidan tuzuk. (N. Fozilov.) 3. Zumrad to’kilib turgan pastakkina eski uyning ensizgina ayvonchasida o’rtog’i Gulasal bilan ish tikib, goh kulishib, goh jiddiy so’zlashib o’tirardi. (O.) 4. Onam sho’rlik ko’rsatmagan na do’xtir, na tabib qoldi. (O.) 5. Men bo’lsam tamom gumrohman. Na o’qishni bilaman, na yozishni. (O.) 6. Mehmonlar ham, mezbonlar ham go’yo ko’pdan tanish, qadrdon odamlarday, bir-birlariga yaqin his qilishardi o’zlarini. (O.) 7. Solih Mahdumning jo’mardligi ko’pincha yigirma paysa etdan nariga oshmas, shunda ham bolalardan mo’mayroq «ozodlik» kelib qolsaki, payshanbalik kutgandan ortiqroq tushsa! (A. Qod) V. 8. Qor va shamol kuchaya bordi. (O.) Ismoil zootexnik
edi, singlisi bo’lsa, bolalar bog’chasida murabbiy edi. (O.) 10. Xotin bu gapni shikoyat tarzida’ aytdi, ammo Turobjon buni ta’na deb tushundi. (A. Q.)
11. Lekin Sobir hammadan go’zal,
Kecha qildik hamma gapni hal.(H. O.)
Yuklamalar
Ba’zan yordamchi, ba’zan mustaqil so’zlarga affiks holida qo’shilib, modal munosabat ifodalaydigan yoki qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o’zaro grammatik munosabatini ko’rsatadigan vositalar yuklama deyiladi. Yuklamalar morfologik tarkibiga ko’ra ikki xil bo’ladi.
1. So’z yuklamalar: faqat, holbuki, nahotki, axir, hatto, xuddi. Ular odatda gapda kirish so’z vazifasida keladi. Shu bilan birga, gap mazmuniga kuchaytiruv, ayiruv, aniqlov kabi modal ma’nolar qo’shadi.
2.Affiks yuklamalar: -gina (-kina, -qina), -mi, -chi, -da, -oq
(-yoq), -ku, -dir, -a (-ya ), -u (-yu ) kabilar. Bunday yuklamalar so’z yoki gapga so’roq, taajjub, kuchaytiruv, ta’kid, ayiruv, gumon kabi ma’no ottenkalarini qo’shadi. Shu bilan birga, qo’shma gap qismlarini, sodda gaplarda esa uyushiq bo’laklarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladi. Masalan: ...U sharfining uchi sovuq ter qalqqan peshanasini artdi-da, indamay qoldi. (As. M.) U keksaygan bo’lsa-da, ko’zlarining o’ti so’nmagan.
Affiks yuklamalarning -mi, -oq (-yoq), -gina, (-kina, -qina) kabi turlari so’zlarga qo’shilib yoziladi, kechayoq (o’qidingmi, bugunoq, kechayoq, kechagina, oppoqqina kabi). Qolgan turlari esa defis bilan yoziladi (sen-chi ? aytsin-chi? keldi-da, ukam-ku men-a! kabi).
7-mashq. Gaplarni ko’chiring. Yordamchi so’zlarni aniqlang. Yuklamalarning grammatik xususiyatlarini: ma’nosi va vazifasini tushuntiring.
1. Asar uni tobora o’ziga tortmoqda edi. O’qirkan, uning yuzi goh jiddiy, goh tabassumga moyilroq bo’lib ko’rinardi... (S. Nazar). 2, Nahotki, shu osmoni keng joyda yangi bog’ qilish uchun yer topilmasa? (S. Nazar.) 3. Holbuki, bizda bu tarmoqni rivojlantirish uchun allaqachon ish boshlash zarur edi. Ammo osonroq suv chiqadigan yer yo’q, ana shunisi ishning beliga tepadi. (S. Nazar.) 4. Adashlikka adashku-ya , lekin bizning raisimiz kichkina emas, katta. (A. Isomiddinov.)5. Hammadan uning qomatini ayting: afsuski, ming afsuski, qo’li ikkita-da, yo’qsa eng chiroyli nasha chilimga o’xshar edi. (A. Q.) 6. Axiri, bobom o’rtog’iga deydi:— Nima qilamiz? Bola. Bolaning ko’ngli poshsho... (O.) 7. Biri oshkora-yu, biri pinhona, biri qalbiga mos, biri begona. (Sh. Shomuhamedov.) 8. U keksaygan bo’lsa-da, ko’zlarining o’ti so’nmagan, sochida bir tola oq yo’q, hanuz xushro’y, unga hech kimsa qirq-qirq ikkidan ortiq yosh bermas edi. (O.) 9. Hatto ota-onasidan ham sir saqlagan bir yigitning o’z o’g’lim bo’lib chiqqani menga qiziq ko’rinadir. (A. Qod.)
8-mashq. A. Qahhorning «Sinchalak» povestndan 50 bet o’qib, yuklamalarni aniqlang, ularning grammatik xususiyatlarini tushuntiring.
Topshiriq.
1.Yordamchi so’zlarning mustaqil so’zlardan farqlovchi xususiyatlarini misollar asosida tushuntirib bering.
2.Ko’makchilarning ma’no turlarini ayting.
3.Bog’lovchilarning ma’no turlarini ayting.
4.Ikkita gap tuzing. Birinchisida bilan yordamchi so’zi ko’makchi. ikkinchisida bog’lovchi vazifasida kelsin.
5. Yuklamalarning o’ziga xos grammatik xususiyatlarini va vazifasini misollar yordamida izohlab bering.
6.Yordamchi so’zlar nima uchun biror gap bo’ladi vazifasida kela olmaydi?
MODAL SO’ZLAR
Gapda kirish so’z, ba’zan gap bo’lagi yoki butun bir gap vazifasida qo’llanib, biror modal ma’no ifodalaydigan so’zlar modal so’zlar deyiladi.
Modal so’zlarning albatta, shubhasiz, haqiqatan, tabiiy, darhaqiqat kabi turlari fikrga aniqlik ma’nosini; ehtimol, aftidan, chamasi, shekilli kabi turlari gumon ma’nosiga; zarur, darkor kabi turlari maqsad, talab, shart ma’nolarini ; bor, may- li, xo’p kabi turlari mavjudlik yoki tasdiq ma’nolarini; inkor, mavjud emaslik ma’nosini; durust, bo’pti, demak, xullas, modomiki — ma’qullash, ta’kidlash, yakunlash ma’nolarini; darvoqe, aytganday, aytmoqchi, afsus, essiz, attang kabilar esa eslatish, achinish ma’nolarini qo’shadi. Misollar:
O’zi yo’qning—ko’zi yo’q, (Maqol.)
— Sizda bu kitoblardan bormi ?
--- Yo’q.
Yo’qni kerak topdirar.(Maqol.)
9-mashq. Gaplarni ko’chiring. Yuklama va modal so’zlarni toping. Ularning ma’no va grammatik xususiyatlarini tushuntiring, farqlarini ko’rsating.
1. Otabekning kirib o’tirganiga bir necha daqiqa fursat o’tgan bo’lsa ham, hamon Kumush uydan chiqmadi-da, arazini qattiq ushlagancha o’tirib oldi. (A. Qod.) 2. Rostdan-a?—so’radi — Pastuxov avvalgidan ham jiddiyroq. (K. Fedin.) 3. Ko’z degan ham shunchalik jozibali, sehrli bo’ladimi? (A. Isomiddinov.) 4. Albatta... bu yerda kim yaxshi, kim yomon, hammasi menga ma’lum... (Usmon Umarzoda.) 5. «E olloh, iltifotingda yana qanday zarbalaring bor?»— deb o’yladi-yu, sekin xontaxta yoniga o’tirdi. (M. Ism.) 6. Jannat, jannat deyishadi-yu , jannat deganlari Qorabulog’imiz-dan yaxshimikan?—dedi u o’zida yo’q quvonib. (M. Ism.) 7. Hayot unga g’oyatda mudhish ko’rinardi. 8. Nihoyatda qalin, buning ustiga ariq chuqur, chalov og’ir, uni ko’tarib qirg’oqqa olib o’tib tashlash juda mushkul. (N. Fozilov.) 9. Kerakli toshning og’irligi yo’q. (Maqol.)
UNDOVLAR VA TAQLIDIY SO’ZLAR
Undovlar
His-hayajon, ta’kid va javob kabi ma’nolarni ifodalaydigan so’zlar undovlar deyiladi. Ular, asosan, gap bo’lagi vazifasida qo’llanmaydi, ammo ba’zan otlashib, otga xos sintaktik vazifalarda kelishi mumkin. Undovlar yuklama va modal so’zlarga o’xshab gapga qo’shimcha ma’no qo’shadi, ba’zan mustaqil gap vazifasida ham kela oladi. Masalan:
Eh, qancha,
Eh,qancha
O’tgan nasllar
Ko’rmaganlar bunday.
Yuksak nuqtani. (U. Nosir.)
Obbo!Rasvo bo’ldi. Kran zanjiri uzilib ketsa-ya (S. Axm.)—
Eh, bahor ham o’tib bormoqda— Ilmdan ham xabarim yo’q deng!
Yashang- e! (O.)
Undovlar yakka holda (oh, voh, e ) yoki takrorlanib (oh-oh, beh- beh, bay-bay, voy-bo’y kabi) qo’llanishi mumkin.
Undovlar ma’no xususiyatlariga ko’ra, ikkiga — emotsional undovlar va buyruq-xitob undovlariga bo’linadi.
1. Emotsional undovlar: h, oh, uh, ho, he, e, ey, uf, tuf, voy, ura, i-i, huv, marsh, allo, salom, xayr, ofarin, ana, mana kabi.
2. Buyruq-xitob undovlari kuch-kuch, bah-bah, quray-quray, hay-chu, tu-tu-tu, kisht, tak-tak kabilar.
Taqlidiy so’zlar
Sharpa-tovushlarni yoki shu'la-harakatni ifodalagan so’zlar taqlidiy so’zlar deyiladi. Masalan: gumbur-gumbur, yalt- yult, milt-milt, hasir-qusur, tars-turs, shiq-shiq. Ular gapda ko’pincha takrorlanib qo’llanadi.
Taqlidiy so’zlar ikki guruhga bo’linadi: tovushga taqlid bildiruvchi so’zlar va shu’la-harakatga taqlid bildiruvchi so’zlar.
1.Tovushga taqlid bildiruvchi taqlidiy so’zlar: tars-turs, taq-tuq, shaq-shuq, shiq-shiq, vish-vish, gumbur-gumbur, do’p-do’p, duk-duk, viz-viz, g’uv-g’uv, piq-piq, g’arch-g’urch kabilar.
2.Shu’la-harakatga taqlid bildiruvchi so’zlar: lip (lip-lip), lim-lim, yalt (yalt-yalt), apil-tapil, gir-gir, hang-mang kabilar.
Taqlidiy so’zlar mustaqil so’zlar kabi gap bo’laklari vazifasini bajara olishi bilan undov so’zlardan farq qiladi, Ular gapda quyidagi vazifalarda kelishi mumkin.
a) ega vazifasida: Tog’-toshni tasir-tusur, xo’r-xo’r bosib ketdi. (S. Anorboev);
b) to’ldiruvchi vazifasida: G’orning birpasda kichkina guruhning g’olibona g’ovur-g’uvuriga, qurollarning shaqir-shuquriga to’ldi. (S. Anorboev);
v) aniqlovchi vazifasida: Qirdan g’ir-g’ir shabada esadi.
g) hol vazifasida: Yuragi ham to’xtovsiz dukur-dukur uradi. (S. Asorboev). Muhsin ham alvir-shalvir tashrif etadi. (A. Qod.);
d) kesim vazifasida: Paxta... g’uj-g’uj, yo pirimay, hosil bunday bo’lar ekan-a,tavba. (O.)
10-mashq. Gaplarni ko’chiring. Undov va taqlidiy so’zlarni topib, farqlarini tushuntiring. Har birining ma’no va grammatik xususiyatlarini to’liq izohlab bering.
I. Siyrak o’tkinchilar albatta qo’l qovushtirib «Assalom» deb o’tadilar. (O.) 2. Qani,. o’g’lim, kechagi cho’pchakni ayt. Juda yaxshi cho’pchak-da,— qistaydi meni bobom. (O.) 3. Oynisa tancha ustidagi choynakni boshiga ko’tarib, qult-qult sovuq choydan yutdi.. (O.) 4. Zavodning mashina bo’limidan gurs-gurs zarb uzluksiz eshitilib turadi. (O.) 5. Bir kuni ertalab uyg’onib ko’zimni ochsam, hovlida kimdir shitir-shitir qilib yuribdi. (O.) 6. Polizda shudring tushgan palaklarning g’adir-budur yaproqlari muzday. (O.) 7. Bir-pasda xotinlar chug’ur-chug’ur bo’lib qolishdi. (Oydin.) 8. Bas, bas, o’zi nima gap? Po’skallasini gapir!—deydi bobom. 9. Ey, tegma, it yomon,— deydi bobom meni chaqirib. (O.) 10. Bobom uzoq o’tirgandar so’ng: “Uh!” deb xo’rsinadi, xassasini do’qillatib, asta qadam bilan ko’chaga jo’naydi. (O.) 11. O’tdi-ketdi umr, ey-voh, bevafo dunyo!—-dedi chol va yo’talib xayol og’ushida yana uzoq sukut etdi. (O.) 12 - Ha, barakalla, bu olijanbligingiz uchun biz bir madhiya qarzdormiz-dedi To’tiqiz, ko’zlarida fusun o’ti chaqnatib. (M. Ism.) 13. Ham eridan, ham hovli-joyidan ayrilgan kampir ko’zidan milt-milt yosh oqizib, qimirlamay turardi. (S. Axm.) 14. Ko’cha tomondan gurs-gurs oyoq tovushi keldi. (S. Ahm ) 15. O, do’stlar, bu mehr naqadar ulkan!!! (Shuhrat.) 16. Ey, yuksak samoda porloq cho’lponim. (Sh. Shomuhamedov.)
11-mashq. Oybekning. «Navoiy» romanidan. 15—20 betini o’qib, undov va taqlidiy so’zlarni toping. Ma’nolarini tushuntiring. Taqlidiy so’zlarning gapdagi vazifasini izohlang.
12-mashq. Gaplarni ko’chiring. Taqlidiy so’zlarni toping, ularning ma’no va grammatik xususiyatlarini tushuntiring.
1. Ikkovlari gangir-gungur gaplashib o’tirishdi. (O.) 2. Uzoqlardan qizlarning qah-qah ovozi eshitildi: (O.) 3. Qalbi gurs-gurs urar, ko’ksini to’latgan shirin tuyg’ulardan mast edi. (O.) 4. U «rayonga boraman, arz qilaman» deb gur-gur yondi, kuydi (S. Nazar.)5. U havasim kelganini biladi, shekilli, qo’lini orqasiga oladi-da, boshini likillatib maqtanadi:—dadamlar olib keldilar, yana bor. Ah, shirin... (O.) 6. Zarofat piq-piq yig’laganicha uning yonidan o’tib eshikka kalit soldi. (S. Axm.)7. Qatiqning o’zi! Puf... isini qarang, achigan qatiq! (A.Q.)8. Chiroyli, popukday bir qiz o’ynadiki, ah-ah, iqlimda misli yo’q, beqiyos. (O.) 9. Ha, barakalla, mana shunday bo’lish kerak,— dedi u menga mamnuniyat bilan,— yaxshi janjaldan yomon tinchlik yaxshi. Malomatdan ko’ra, salomat ma’qul. (A. S. Pushkin.) 10. Shahardagi shov-shuv gaplar unga tinchlik bermasdi. (O.) 11. Karim polvon «hayt» deb uning qo’lini tutdi. Nusrat qahqaha urib keldi. (S. Nazar.) 12. Yuragi duk-duk urib, o’sha tomonga qayrilib qaradi. (S. Nazar.)
13. Buyuklykni sevgan, ey aziz inson,
Jajji qadringni ham unutma bir zum. (D. Fayziy.)
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI.
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonlarning atrof-muhitga ta’siri o’sib boradi. Inson tabiat bilan, ya’ni o’simlik va hayvonot dunyosi hamda yer osti va yer usti boyliklari bilan o’zaro muloqotda bo’ladi.
Ekologik muammolar kengayib, ularni hal etish dolzarb vazifa bo’lib qolgan hozirgi davrda muammolarni hal qilishda insoniyat uchun asosan ekologik ong va ekologik madaniyatning o’rni beqisyosdir.
Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi, ularga rioya etmaslik ertami kechmi albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu muammo insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo’lgan fojiali oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Albatta ilmiy texnik rivojlanish natijasida, turli soha ilm va texnologiyalarning taraqqiyoti, yangi energiya manbalari va kimyoviy moddalarning paydo bo’lishi, tabiiy resurslardan yovuzlarcha foydalanish natijasida havo, suv ifloslanishi, insoniyatni boquvchi yer yaroqsiz holga kelib, oqibatda uni yashash muhitidan mahrum etadi.
Hozirgi davrda insoniyat u qanday havf qarshisiga kelib qolganligini tushunib yetdi, atrof-muhitga inson faoliyati tufayli yetkazilayotgan zarra qanday natijalarga olib kelayotganini yaqqol his etdi.
Inson faoliyatining natijasida atrof muhitga ancha sezilarli o’zgarishlar yuz bermoqda. Bular asosan hozirgi kunda mavjud bo’lgan ekologik xavfsizlik klassifikatsiyasida bo’lgan: umumsayyoraviy, mintaqaviy, milliy, lokal ekologik xavfsizliklar mamlakatimiz hududini ham chetlab o’tmadi.
Topshiriq. Matnni o'qing. Rus tiliga tarjima qiling.
L.M.Yetuk mutaxassis bo’laman.
G.M. Sintaktik aloqa va uning turlari. Gapda so’z tartibi.
S i n t a k s i s
S i n t a k s i s (grekcha syntaxis — «tuzish» demakdir) grammatikaning bir qismi bo’lib, unda so’zlarning o’zaro bog’lanish yo’llari, bir-biri bilan aloqasi, munosabati, so’z birikmasi; gap, gap bo’laklari, gaplarning tuzilishiga, intonasiya va mazmuniga ko’ra turlari, ko’chirma va o’zlashtirma gaplar o’rganiladi.
1-mashq. Ko’chiring. So’z birikmalarini aniqlang.
O’y ko’kda mag’rur suzadi. Uning husn-jamoliga qanchadan-qancha sevishgan qalblar shaydo ko’zlari bilan termilarkin. Oy shu’lasi nafis va shaffof. U joziba kuchi bilan kishi qalbini isitadi, yurakda hali yo’q hissiyotlarni uyg’otadi, keyin uni asta-sekin alangalatadi. Ayniqsa, navbahor kezlarida bunday kechalar g’oyat sehrli va mo’jizakordir.
2-mashq.Gaplarni so’z birikmalariga ajratib ko’chiring. Birikmalarning turlarini aniqlang. Gap bo’laklarini va ularning qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganini tushuntiring.
1.Po’lat Rustamning so’zlarini esladi. (Sh. R.) 2. Qo’shig’ini eshitdim, uni qo’llaridan ushladim. Laylo deb nomini aytdi. (M. Qoriev.) 3. Mashinada bir oz yurib, tepalikka ko’tarildik. Pastda qo’ylar yoyilib yuribdi. (S. Anorboev.) 4. Sobir bitta qip-qizil pomidorni kaftida salmoqlab ko’rdi. (O.) 5. Poliz yam-yashil bo’lib yashnab yotibdi. (O. E.) 6. Ashrafjonning ovozi to’satdan o’zgarib, shiddatli yangradi. (O. E.) 7. Dumaloq, lo’ppi yuzli bu yigit Botirning eski tanishi edi. (S. Nazar.) 8. Qishloq faollari dehqonlarning aksariyati bilan gapni pishirib qo’yishdi. (I. Sulaymon.) 9. Qiz buvisining ko’zini shamg’alat qilib, yana burilib qaradi. (I. Sulaymon.) 10. Qo’limdagi adresga ko’ra harbiy akademiyani qidirib topdim. (F. F.) 11. Bundan tashqari, hozirgi qizlarning izmu ixtiyori o’zida, kunglini olish kerak. (A. Q.) 12. Bolalarning quvnoq shovqini, shod qiyqiriqlari uni xursand qilish o’rniga, aksincha, asabini qo’zgatdi. (S. F.) 13. O’zbek ishchilarining o’zaro shivir-shivir gaplariga quloq osaman. (O.) 14 Uning
baquvvat keng ko’kragi tekis nafas ola boshladi. (O.) 15. To’plarning na’ralari quloqlarga g’ira-shira eshitila boshladi. (O.) 16. Bulutlardan yirik-yirik yomg’ir tomchilari savalab turardi. (O.) 17. Ajinlar ko’paydi, chakkasidagi oq tolalar esa manglayiga o’rmalab qoldi.
3-mashq. Tubandagi so’zlar yordamida so’z birikmasi tuzing.
Go’zal, chiroyli, ikki, mehribon, astoydil, fidokorona, har bir, u, o’qi, yoz, eshit.
So’zlarning o’zaro sintaktik munosabatini ifodalovchi vositalar.
Gapdagi o’zlar o’zaro sintaktik aloqaga kirishgan- o’zaro bog’langan bo’ladi. Bu sintaktik munosabat turli-tuman vositalar orqali shakllanadi.
1.So’z o’zgartuvchi affikslar — kelishik, egalik, shaxs-son affikslari so’zlarning o’zaro bog’lanishida, sintaktik munosabatning reallashuvida eng faol vosita hisoblanadi. Masalan:BizVatanimizni jon-dildan sevamiz gapida-imiz (-egalik), -ni (kelishik),-dan (kelishik), -miz (shaxs-son) affikslari so’zlarning gapdagi munosabatini, o’zaro bog’lanishini ifodalab kelmoqda.
2.Yordamchi so’z (ko’makchi, bog’lovchi, bog’lama) lar ham so’zlarni bir-biri bilan bog’laydi va bu bilan sintaktik aloqaning ifodalanishida muhim rol’ o’ynaydi: Qalam bilanyozdim. Ukam uchun oldim. Gazeta va jurnallarga obuna bo’ldim. Imtihon va zachyotlarni topshirdim kabi.
So’z tartibi — so’zlarning o’zaro sintaktik munosabatga kirishuvini ta’minlovchi vositalardan biri. Masalan: oydin kecha, yaxshi bola, temir yo’l kabi. Birikma tarkibidagi so’zlarning o’rni almashtirilsa (tartibi o’zgartirilsa); ma’no butunlay o’zgarib ketadi: oydin kecha — sifatlovchili birikma; Kecha—oydin — ega va kesim (predikativ birikma).
4. Intonatsiya ham sintaktik aloqaning bir turi bo’lib, birikma tarkibidagi so’zlarni bog’lovchi vositalardandir. Intonatsiya sintaktik aloqaning turini, so’z birikmasining xarakterini ko’rsatadi: bu kitob... Solishtiring: Bu — kitob. Ko’p qavatli/bino. Solishtiring: Ko’p qavatli bino kabi.
4-mashq. Gaplarni ko’chiring. So’z o’zgartiruvchi affikslar orqali sintaktik munosabatga kirgan so’zlarni va shu so’zlardan tarkib topgan birikmalarni aniqlang.
1. Komila o’tkir ko’zlarini chaqnatib atrofga nazar soldi.2. Uning yuragini ilitgan his Dilshod yuragida ham g’ivirlar edi. (M. Ism )3. Shofyor, mashinani qaytarib, tekis yo’ldan haydab, vokzalga jo’nadi.(M.Husayn.) 4. Bu qishloqning suvi toza, zamini unumli, havosi yoqimli, dehqonlarning qo’li barakali ekan. (G’.G’.) 5. Uning tashqi kiyofasi dilkash, o’zi abjir, muomalada erkin.(Pushkin)
5-mashq. Gaplarni so’z birikmalariga ajrating, ularni qanday vositalar bilan aloqaga kirganini ayting. Dastlabki uchta gapni to’liq morfologik tahlil qiling.
1. Cho’qqilarning etaklarida va soylarning tubida qolgan qorlar quyosh nurida kumushdek tovlanib, ko’zlarni qamashtiradi. (Sh. R.) 2. Eshikdan xushchaqchaqlik bilan kirib kelgan rais Toyqorievga qo’l uzatdi. (S. Anorboev.) 3. Xatingizni oldim... Qilgan gunohim uchun ming bor uzr so’rayman. Sof, samimiy tuyg’ular hamisha sizga yor bo’lsin. (M. Ko’riev.) 4. Riza bobo chuqur uyga toldi. Bo’ston esa ochiq chexra bilan so’zida davom etdi. (S. Nazar.) 5. Sevikli qizni olib borayotgani uchun quvongan Yo’lchi otni ildam haydar, past, eshitilar-eshitilmas ovoz bilan qo’shiq ham aytib qo’yar edi. (O.) 6. Gulnor ikki haftadan buyon dadasi va onasi bilan birga har kuni bog’da ishlaydi.(Î.)
6-mashq. Berilgan so’zlarni qatnashtirib so’z birikmalari tuzing. So’z birikmasida so’zlar qanday vositalar orqali munosabatga kirishganini tushuntiring.
Vatan, baxt, ota, ona, shamol, sersavlat, qizil, yangi, katta; hamma, hech, narsa, biz, o’zi, yoz, kel, ket, bor, uzoq, ko’p, beqiyos, kun bo’yi,bu yer, kecha, kunduz.
7-mashq. Affikslar vositasida sintaktik munosabatga kirishgan bir nechta gap tuzing.
8-mashq. Gapda so’z tartibi va intonasiya orqali aloqaga kirishgan so’z birikmalarini aniqlang. Ot va sifatlarni topib, to’liq morfologik tahlil qiling.
1. Nozik, epchil, barmoqlar orasida beozorgina ushlangan ingichkagina do’ppi yuzida nafis izlar qoldirib bordi.(M. Ism.) 2. Ochiq derazadan Shodasoyning salqini bilan qayerdandir pishgan behi hidi anqib kirdi. (As. M.) 3. Bahor! U hamma vastdagidek quvnoq, g’uncha lablaridan... charos ko’zlaridan issiq tabassum bilan olamga bosadi. (Sh. R.) 4. Yoshlik yillar, oltin damlar ana shunday o’taverdi. O’qish ham o’z yo’li bilan boraverdi. 5. Ostonada jussasi kichikroq, cho’zinchoqyuzli, siyrak sarg’ish sochli, boshiga eskiribroq qolgan chust do’ppi, egniga kitel kiygan yigit paydo bo’ldi. (S. Anorboev.),6. To’rt balandlik portlatilib, yo’l ochilgach, ish siljib qoldi. (S. Nazar.)
9-mashq. «Mening sevgan kasbim» degan mavzuda yozma ish yozib, so’zlarning qanday vositalar orqali bog’langanini izohlang.
So’z tartibi
Gapda so’zlar o’z vazifalariga ko’ra maxsus o’rinlarga joylashadi. O’zbek tilida so’zlarning odatdagi tartibiga ko’ra ega gapning boshida, kesim esa gapning oxirida keladi. Bunday vaqtda gap ko’proq bir tekis, normal ohangda talaffuz qilinadi: Ish ishtaha ochar,dangasa ishdan qochar(Maqol.) Agar ran yoyiq sodda gap bo’lsa, ya’ni gapda bosh bo’laklardan tashqari, ikkinchi darajali bo’laklar ham bo’lsa, ularning ba’zilari egadan, ba’zilari kesimdan oldin keladi. Shunda ham ega kesimdan oldin joylashadi: Shu payt birdan Sariq bola—Alisher yodiga tushdi. (A. Nurpeisov.)
Egaga nisbatan kesimning o’rni qat'iyroq bo’ladi. Odatda u gapning keyingi qismida joylashadi. Ayrim o’rinlarda ega o’ziga yoki kesimga tobe so’zlardan keyin keladi. Shunda ham u kesimdan oldin (u bilan yonma-yon) keladi: Bolang uchun sen ham abgor bo’lmagin. („Shirin va Shakar".)
Ega va kesimning odatdagi tartibi o’zgarishi ham mumkin. Bu quyidagi hollarda yuz beradi:
1.Ma’lum fikr ifodasi bo’lgan gap so’roq, buyruq, undov intonatsiyasi bilan aytilganda, kesim egadan oldin joylashishi mumkin. Qani, chal Boyvachchalar, eshiting, dutorni qiyvoradi bu yigit! 2.Dialog formasidagi ko’chirma gaplarda, avtor gapida ega, odatda, kesimdan so’ng keladi: Tirik! Tirik!... qichqirishdi bolalar. (O.) Minoradan tusholmay qoldi buvang. Tushirib qo’y! —dedi cho’tir xalfa.
3.Badiiy asarlarda, ayniqsa, poetik asarlarda eganing kimdan keyin kelish hollari ko’p uchraydi.
Ma’lum qonuniyat, sabablar asosida gap bo’laklari odatdagi tartibining o’zgarishi inversiya deyiladi.
4.To’ldiruvchi odatdagi so’z tartibiga ko’ra o’zi boshqarilgan so’zdan oldin keladi: Achchiq o’yin shirin turmushni buzar. (Maqol.)
Agar gapda ham vositali, ham vositasiz to’ldiruvchi bo’lsa, oldin vositasiz to’ldiruvchi, keyin vositali to’ldiruvchi keladi. O’rin-payt kelishigidagi to’ldiruvchi chiqish kelishigidagi to’ldiruvchidan oldin keladi va hokazo: Ahmadjon paxtani hammadan ko’p teradi.jamoa xo’jaligimizda paxtadan mo’l hosil olindi.
5.Sifatlovchi-aniqlovchi odatda sifatlanmishdan oldin keladi. Masalan: go’zal bog’, oydin kecha kabi.
Tartib o’zga’rsa, aniqlovchi kesimga, aniqlanmish egaga aylanadi: Bog’—go’zal.Kecha — oydin kabi.
Qaratqichli aniqlovchining gapdagi tartibi erkin. Uning o’rni gapning mazmuni, janr turi va hokazolar talabiga ko’ra o’zgarishi mumkin. Shunda ham qaratqich bilan qaralmish o’rtasidagi grammatik munosabat o’zgarmaydi: mening uyim—uyim mening, shaxarning ko’rki—ko’rki shaxarning. Zahar solmoq emish kasbiilonning, zulm ajdarlari ozori jonning. (Uyg’un, I. Sultonov.)
6. Hollar kesimdan oldin keladi. Ba’zan payt, sabab, maqsad hollari gapning boshida, o’rtasida ham qo’llana oladi: Ertalab atayin sizni izlab kelgan edim.Quvonganidan qichqirib yubordi.
10-mashq. Bosh bo’laklarni topib, ularning odatdagi tartibi nima sababdan o’zgarayotganligini tushuntiring.
1. Sharsning kechagi cho’rilari bugun hayotning hamma sohasida o’z talantlarini, qobiliyatlarini shunday yorqin ko’rsatmoqdalarki, chindan ham hayratda qoladi kishi. (O.) 2. Aka-uka ikkovi dam novcha, ozg’in, soqol-mo’ylovi sabza urgan: ikkovining ham egnida bo’z xalat-ko’ylak, alak-avra to’n bor edi. 3.— Kelgan kim ekan?—bir oz isigach, shivirlab so’radi Oqbola. (A. Nurpeisov.) 4. Sevinganidan chapak chalib, entikib-entikib nafas oldi Do’ndiq. (O.)5. Agar dushmanga qo’qqisdan duch kelinsa, ahillik bilan jangga kirish kerakligini uqtiradi serjant. (O.) 6. Hamma yerda: bino tomida, ichida, anhor atrofida, zavod sahnida ish bilan qaynashgan odamlar. (M. Ism.) 7. Non... shunday qizarib pishganki, ko’rgandayoq tamshanadi kishi. (O. Yo.)8. Yurgan — daryo, o’tirgan— bo’yra,— deydilar. Quturgan bir daryo edik, mana, ko’rib turibsiz- ki, bo’yra bo’lib qolibmiz,— dedi chol xo’rsinib. (O.) 9.— Ey, tegma, it yomon,— dedi bobom meni chaqirib. (O.)
11-mashq. Birorta prozaik va poetik janrdagi asarni tanlab, ulardagi gap bo’laklarining tartibini solishtiring. Qaysi birida grammatik tartib ko’proq o’zgarishini ayting va izohlab bering.
12-topshiriq.
1.Ega bilan kesimning odatdagi tartibi va uning o’zgarish sabablarini misollar asosida gapirib bering.
2.To’ldiruvchi, aniqlovchi va ularning turlarining odatdagi tartibi hamda shu tartibning o’zgarish hollarini izohlang.
3. Hol va uning turlarining odatdagi tartibi hamda shu tartibning o’zgarish sabablarini ayting.
4. Odatdagi tartibning o’zgarishi tilshunoslikda nima deb yuritiladi?
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI
Dasturlash texnologiyasi – dastur yaratishning usuli,metodlari va ko’nikmalari.
‘’Texnologiya” so’zining odatdagi ma’nosini inobatga olsak, u holda
‘’Dasturlash texnologiyasi” deganda talab qilihgan dasturiy ta’minot
(DT) yaratishga olib keladigan yaranish jarayonlari, hamda ushbu
jarayonlarni tavsiflarini tushunamiz. Dasturlarni loyxalashtirishning
zamonaviy industrial texnologiyasi tizimli taxlil, ishlab chiqish, otladka,
xujjatlashtirish va mutaxassislar ishini boshqarish uchun mo’ljallangan
avtomatlashtirilgan vositalar, xujjatlar va boshqa tadbirlar
kompleksidan iborat. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning narxini
kamaytirish va dasturchilar ishining unumdorligini oshirish uchun
dasturlash tili, soxa, EXM va yechiladigan masalaga bog’liq bo’lmagan holda
yuqori professional saviyada dastur yaratishdan iborat metodlar mavjud.
Bunday metodlar dasturlash texnologiyasi deb ataladi.
Topshiriq. Matnni o'qing. Rus tiliga tarjima qiling.
L.M. Tabiat va inson.
G.M. Ergashgan qo’shma gaplar
ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR
Ergash gapli qo’shma gapning turlari |
So’roqlari |
Birikish usuli |
Misollar |
O’rin ergash gapli qo’shma gap |
q a y e r d a? |
qayerda, shu yerda, -sa… |
Ko’pchilik qayerda bo’lsa, sen shu yerda bo’l. (I.Rahimov) |
Payt ergash gapli qo’shma gap |
q a c h o n? |
-gach |
O’n minut qadar yo’l yurilgach, bir tomoni chuqur jarlik ko’chada Yormat birdan otni to’xtatdi. (Oybek) |
Ravish ergash gapli qo’shma gap |
q a n d a y h o l d a? q a n d a y r a v i s h d a? |
-b, (-ib) |
Shu payt to’satdan ko’cha eshigi taraqlab ochilib, Zunnunxo’ja halloslaganicha kirib keldi. (A.Q.) |
Maqsad ergash gapli qo’shma gap. |
n i m a m a qs a d d a? q a n d a y m a q s a d d a? |
-sin, uchun |
Mahsining choki pishiq bo’lsin uchun mumli yopishqoq ipni har qatimda barmoqlari bilan qirqib tortib qo’yadi. (Oybek) |
Sabab ergash gapli qo’shma gap |
n i m a u c h u n? n i m a s a b a b l i? |
chunki |
Ona juda hursand edi, chunki o’g’lining moviy ko’zlari bu daf’a yumshoq va muloyim porlardi. (M.Gorkiy.)
|
Natija ergash gapli qo’shma gap |
q a n d a y? |
shunday, -ki natijada |
Uch-to’rt yil ichida shunday obod bo’ladiki, natijada tanimay qolasiz. (Oybek.)
|
Shart ergash gapli qo’shma gap |
n i m a bo’lsa? |
-sa |
Elning, yurtning baxti barqaror bo’lsa, saltanat ham bexatar bo’lur. (Oybek.) |
To’siqsiz ergash gapli qo’shma gap |
n i m a b o’ l s a h a m? |
-sa ham |
Qo’rg’onimiz kichik bolsa ham, ichida bir tup o’rigi bor. (Oybek.) |
Ergashgan qo’shma gaplar teng huquqli bo’lmagan komponentlardan— bosh va ergash gaplardan tashkil topadi. Masalan: 1.Toshkentni sevamiz, chunki Toshkent mazlum Sharqu G’arbning xaloskoridir. (F.F.) Bu misollarning har ikkalasida birinchi qism ergash gap, ikkinchi qism esa bosh gapdan tashkil topgan. Bosh gap mazmunan mustaqilday ko’rinsa ham, ergash gap tomonidan to’ldiriladi, izohlanadi, aniqlanadi. Qiyoslang: Zora Ikromjon cho’l bilan baravar yashab ketsa, Nizomjon uning qo’ltig’iga tirgak bo’lardi.(S, Ahm.)
Aniqlanayotgan, izohlanayotgan yoki to’ldirilayotgan gap bosh gap, aniqlaydigan, to’ldiradigan, izohlaydigan gap esa ergash gap sanaladi. U bosh gapga doimo mazmunan tobe bo’ladi.
Ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar orqali birikadi:
1.Ergashtiruvchi bog’lovchilar orqali: -ki, chunki, negaki, nimagaki, shuning uchun, sababki, basharti, go’yo, toki, garchi kabi. Bulardan tashqari, shekilli, bo’lmasa, bordi-yu, mabodo kabi so’zlar ham ergash gapni bosh gapga bog’lash uchun xizmat qiladi. Masalan: Senga nasihatim shuki, odamlardan o’rgan. (H.G’.) Kulgi unga shu qadar yarashar ediki, go’yo yuziga nur yog’ilar edi. (S. Axm.) Oysiz buning sababini surishtimadi, negaki boshqa brigada boshliqlari ham kelishlari kerak edi. Bu to’g’rida u kishidan o’pkalamadim, sababki ozodlik nima ekanini ozodlikdan mahrum bo’lgan odam biladi. (A. Q.) Hayot go’zal, hayot maroqli, shuning uchun erka ko’ngil shod. (Uyg’un.) Xayoli yomon bo’lindi shekilli, asta va qat’iy javob berdi. (P. Q.) Ra’yingizdan qaytsangiz, qaytganingiz, bo’lmasa men ota-onamni deyman. (A. Q.)
2.Ergash gap quyidagi fe’l formalari orqali va fe’l mayllari shaklida bosh gapga bog’lanadi.
1) ergash gapning kesimi fe’lning shart mayli formasi bilan ifodalanadi. Masalan: Hayot qaysi biriga qattiq tegib ketsa, o’shanisi kuchliroq tovush beradi. (P. Q.) Ba’zan ergash gap kesimi tarkibida -da, ham ishlatiladi: Havo bulut bo’lsa ham (-da) yomg’ir yog’madi;
2) ergash gap kesimi fe’lning ravishdosh formasi bilan ifodalanadi. Masalan: Daraxt yaproqlari sarg’ayib, ariqlarda xazon uyumlari oqib keldi. (As.M.)
3) ergash gapning kesimi fe’lning sifatdosh formasi bilan ifodalanadi. Bunda kesim tarkibida -da, sayin, -dan so’ng, -dan beri, -dan buyon, -dan keyin, zamon kabilar ishtirok etishi mumkin. Masalan:Ayol uy oldidan o’tib ketayotganda, Nazokat uning yurish-turishidan Xayri ekanini tanidi. (As. M.) Jahl kelganda, aql qochadi. (Maqol.) Uzoq tortishuvlar bo’lib o’tgandan keyin, oxiri cho’lda ikkovlari uchrashish qaroriga keldilar kabi. (M. Ism.)
4) ergash gapning kesimi sifatdoshning bo’lishsiz formasi+danavval(oldin, ilgari) shaklida tarkib topgan bo’ladi. Masalan:Naqqosh ketmasdan avval shoir eshikka chiqdi.
5) ergash gapning kesimi sifatdosh+day (-dek) formasida bo’ladi. Masalan:To’yning bo’ldi-bo’ldisi qiziq tuyulganday, ulug’ ishning ham boshlanish arafasi qiziq bo’ladi. (Sh. R.)
1-mashq. Quyidagi gaplarni tahlil qiling. Ergashgan qo’shma gaplarni ajratib ko’chiring. Intonasion xususiyatlarini og’zaki tushuntiring.
1. U qo’zg’alishga buyruq bermoqchi bo’lar ekan, jamoa xo’jaligi raisi kelib qoldi. (Shuhrat) 2. Bashorat bilan Tursunoy yugurib-yelib yetib keldilar-u, lekin Hargiza Xamidullayevna hali ham uyda yo’q edi. (As. M.) 3. Yormat supa atrofiga suvni sepgach, ular supaga o’tirishdi. (O.)4. Hovlida shamol kuchayib, qor gupillab yog’a boshladi.(H. G’.) 5. Elga tupurma, betingga qaytadi. (Maqol.) 6. Aravalar bugun yetib borishsa, ular ertaga qaytib kelishlari mumkin.(S. Axm.) 7. Uning shuhrati ham baland, obro’yi ham joyida. (S. Bab.) 8. Kechiksang, tashvish tortaman. (O.) 9. Otishma tugagach, Bektemir o’ngirdan chiqdi. (O.) 10. Shunday kunlar bo’lganki, Alisher mayda xarajatlar uchun ham tangasiz qolgan.
2-mashq. Quyidagi gaplarni ergashgan qo’shma gapga aylantirib ko’chiring. Ergash gapning bosh gapga qanday vosita yordamida bog’lanishini ko’rsating.
N a m u n a, Qor yog’di,don yog’di. Qor yog’di, go’yo don yog’di.
1. Sen tinch — qo’shning tinch. Yaxshi yaxshiga yondashtirar, yomon yo’ldan adashtirar. (Maqollar.) 2. Darvoza sharaqlab ochildi-yu, qushday uchib Raisa kirdi. Uchovlari molxonalarni ko’rib chiqishdi, sut sog’uvchilar bilan gaplashishdi. (P.Q) 3. Nihoyat, darvozaxonada ot kishnadi va yo’lakdan chilp-chilp etib qadam tovushlari eshitila boshladi. (Sh. Xolmirzaev.) 4. Turobjon ikki kosa ichdi, xotin esa hanuz bir kosani yarimlatolmas edi. (A. Q.) 5. Hujrangiz ko’p dilkash ekan-u, bitta tokcha yetishmaydi-da. (A. Q.) 6. Dodho boshidan go’riston xayolini chiqarib tashlash uchun tasbehini qo’yib, undan-bundan gapirgan bo’ldi. lekin hech kim gaplarga gap ulamadi. (A. Q.) 7. Mirsaidni oraga qo’yib Zamiraga uch-to’rt gap tashlab ko’rgan, ammo murodiga yetolmagandi. (P. Q.) Erkin uydan chiqib ketmoqchi edi, biroq onamning ko’z yoshlarini ko’rib, qaytib yana joyiga o’tirdi. (P. Q.)
3-mashq. O’zingiz mustaqil ravishda bir nechta ergashgan qo’shma gap tuzing. Ergashgan qo’shma gap mazmunini tushuntiring.
4-mashq. Ergashgan qo’shma gaplarni bog’langan qo’shma gaplarga aylantiring. Gap strukturasida yuz bergan o’zgarishlarni ayting.
Namuna: Havo bulut bo’lsa ham, yog’ingarchilik bo’lmadi. Havo bulut bo’ldi, ammo yog’ingarchilik bo’lmadi.
1. Usmonjon o’rta miyona o’qisa-da, u muzikani jondan yaxshi ko’rardi. (H. Tojiboev.)2. Buni dushman payqadi shekilli, orqamizdan avtomat tirillatib qoldi. 3. Har qancha uzr aytsam, iltimos qilsam ham, inobatg’a o’tmadi. (S. Axm.) Bola, bir narsa chaqib oldimi, birdan g’ingshib qoldi. (As. M.) b. O’rtaga osh qo’yilganda, Xosiyatxon hech kimga bildirmay jo’nab qoldi. (S. Axm.) 6. Oradan ko’p vaqt o’tmay idoraga chollar kirishdi.(A.Q.) 7. Onaxon gap boshlaganda, shovqin yana tindi. (As. M.) 8. Havo bulut bo’lsa ham, qor yog’madi. 9. Sen berahm bo’lsang ham, ammo Men dushmanlik qilmasman aslo. (H. O.) 10. Oradan ikki oy o’tdi hamki, inspektor chiqmadi. (A.Q.)
5-mashq. Quyidagi ergashgan qo’shma gapning ergash gapi bosh gapga qanday vositalar bilan bog’langanini izohlang.
1. U qo’shiq aytsa, sevimli Bambur uning ko’zlariga shuncha ravshan ko’ringanday sezilardi. (Sh. R.) 2. Kim devorning narigi tomonida bo’lsa, u omon qoldi. (R. Fayziyev) 3. Shunday odamlar borki, o’zlarida hech nima yo’q, boshqaning mulkiga hasad qiladi. (O.) 4. Bugun bir burda tejasang, ertaga noning ikki burda bo’ladi. (S. Axm.) 5. Agar biz Otabekni bu erdan uylantirib qo’ysak, hoji xafa bo’lmasmikin. (A. Qod.) 6. Yondirsa, kul qilsa hamki, Kamaymaydi husning, chiroying. (Uyg’un.) 7. Rais, shunday baqirdiki, xotinining badanlarida titroq paydo bo’ldi. (Sh. R.) 8. Ular bir oz jim o’tirishgach, Akbarxo’ja gap ochdi. (P. T.) 9. Salqin tushishi bilan, jamoa xo’jaligi saroyining katta sahnasidagi chiroqlar yondi. (I.Rahim.) 10. Sen borsanki, xalqimizning po’lat safi buzilmas. (U.)
ERGASH GAPLI QO’SHMA GAP TURLARI
Ergashgan qo’shma gaplar ergash gapning bosh gapga munosabatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Ega ergash gapli qo’shma gap.
2.Kesim ergash gapli qo’shma gap.
3. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap.
4.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap.
5.Ravish ergash gapli qo’shma gap.
6.Sabab ergash gapli qo’shma gap.
7.Maqsad ergash gapli qo’shma gap.
8.Payt ergash gapli qo’shma gap.
9.O’rin ergash gapli qo’shma gap.
10.Shart ergash gapli qo’shma gap.
11.To’siqsiz ergash gapli qo’shma gap.
12.Natija ergash gapli qo’shma gap.
Ergashgan qo’shma gapning har bir turida ergash gap bosh gapga o’ziga xos yo’l bilan bog’lanadi, ma’lum so’roqlarga javob bo’lishi bilan bir-biridan farq qiladi.
Ega ergash gapli qo’shma gap. Ega ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan egani yoki qo’llanmagan egani izohlaydi. Masalan: Shunisi hayajonliki, men uning ko’zlarida zaracha ham yosh ko’rmadim. (P.T.) Kimki GES qurilishiga tarafdor bo’lsa, bugun o’rtaga chiqib so’zlasin. (S. Axm.)
Ergash gap bosh gapga fe’lning shart mayli formasi (-sa) bilan ifodalangan kesim orqali (bunda odatda ergash gap bosh gapdan oldin keladi) yoki -ki bog’lovchisi vositasida (bunda ergash gap bosh gapdan keyin keladi) bog’lanadi: Shunisi ham borki, biz qishloqlarni obod qilish bilan xotirjam bo’lib qolishimiz yaramaydi. (R. Fayziy.) Kim birovga chuqur qazisa, unga o’zi yiqiladi. (Maqol.)
6-mashq. Ega ergash gapli qo’shma gaplarni topib ko’chiring. Ergash gapning bosh gapga qanday vosita bilan bog’langailigini ko’rsating.
1.Ko’z-qosh bo’lmasang, hamma narsa ishkal bo’ladi. (O.) Kim birovga yaxshilik qilsa, o’zi yomonlik ko’rmaydi. 3. Kim maqsad yo’lida tetik borsa, uni hech qiyinchilik yenga olmaydi. 4. Shunisi menga ma’lum ediki, uning vazminligi dilidagini tiliga keltirmasdi. (Z. Do’stmatov.) 5. Kim o’z qadrini bilmasa, boshqalarning ham qadriga yetmaydi. 6. Ma’lumki, daraxtning yaxshi-yomoni mevasidan bilinadi. (M. Ism.)7. Kimki bardosh bersa, kurashsa, u baxtga yetadi. (H. G’.)8. Kimki ko’p kular, kishilar oldida obro’sin to’kar. (Maqol.) 9. Bu yerdagi o’tlar hamisha zadgor baxmalni eslatardi, shuning uchun ham qishloq Baxmal nomi bilan atalardi.(Sh. R.) 10. Ba’zan ular chug’urlashib kelib qolishar, ba’zan otaning o’zi ularni yo’qlab borar edi. (H. G’.)
7-mashq. O’zingiz ega ergash gapli qo’shma ganga gazeta materiallaridan 3ta misol tanlang.
8-mashq. Quyidagi gaplar orasidan ega ergash gapli qo’shma gaplarni ajratib ko’chiring, ega ergash gapning bosh gapga tobeligini ko’rsatuvchi vositalarni aniqlang. Olmoshlarni topib, ma’nosini, gapdagi vazifasini izohlang.
1. Har kimki vafo qilsa, vafo topg’usidir; har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir. (Navoiy.) 2. Har kim haddidan oshsa, tuproqqa qoriladi. 3. Janoblariga oftobday ravshanki, xazinag’a mablag’ el-ulusdan qatra-qatra tomib keladi. (O.) 4.Kutilmaganda shamol turib, yomg’ir kuchaydi. (S. Zunnunova.)
6. Opam biror modani rasm qilsa, pochcham albatta bir «yangilik» chiqaradi. (M.Jo’ra.) 7. Pochcham teatr to’g’risida gap ochsa, opam kino artistlarini maqtab ketadi. (M. Jo’ra.) 8. Kimki halol mehnat qilsa, Vatanimiz tomonidan taqdirlanadi. 9. Kimki ig’vo-yolg’onni qilib olsa kasb, Bo’lajak sharmisor bir umr bo’yi. («Aql aqldan quvvat oladi».)
Kesim ergash gapli qo’shma gaplar. Kesim ergash gap bosh gapdagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan kesimni izohlab keladi. Masalan: Gapning rosti shuki, yig’loqi torlarni chertishga o’zimning ham toqatim yo’q (M.Sh.). Yer o’rik emaski, o’zi gullab,o’zi pishsa.
Kesim ergash gap bosh gapga -ki (-kim) bog’lovchisi bilan bog’lanadi. Kesim ergash gap odatda bosh gapdan keyin keladi: Dehqonlar Boychibor emaski, yuganidan ushlab istagan tomonga buraversang. (Sh.R.)
9-mashq. Kesim ergash gapli qo’shma gaplarni ko’chiring. Ularning ega ergash gaplardan farqini tushuntiring.
1. Sizdan iltimosim shuki, oyijonginam, sovchilikka dadil boravering. (H. G’.) 2. Yana bir aybim shuki, sizning oldingizda gunoh ish qilib qo’ydim. (H. G’.) 3. Qizig’i shuki, men uni tanimay qoldim. (O.) 4. Shunisi ham borki, Marat akani Mirkomil Teshaboy yoniga qo’yib bo’lmaydi. (M. Ism.) 5. Umid qilamanki, bizni hamisha yo’qlab turasiz. (O.) 6. Shikoyatimizning mazmuni shundan iboratki, Afandisi ishdan haydab yuborsang. («Mushtum.») 7. Hovlida shamol kuchayib, qor gupillab. yog’a boshladi. (H. G’.) 8. Karvon boshi Yodgorbek ham birinchi kelishi bo’lgani uchun, ko’zlari olazarak bo’lib, shoshib qoldi. (O. Yo.) 9. Sizdan umidimiz shumidiki, ko’pchilikning fikriga qarshi turasiz. (A.Q.) 10. O’lim har xil bo’ladi, taqsir, o’lim bo’ladiki, u nohaq o’lim oldini oladi. (M. Ism.)
10-mashq. O’zingiz mustaqil ravishda kesim ergash gapli qo’shma gaplarga badiiy asardan 3 ta misol tanlang va bosh, ergash gaplarni belgilang.
11-mashq. Kesim ergash gapli qo’shma gaplarni aniqlang. Kesim erg’ash gap bosh gapning qaysi bo’lagini izohlashini va qanday vositalar bilan bog’lanishini aytib bering.
1. Eng qattiq botgani shuki, chavandoz unga javob berolmay qoldi. (O. Yo.) 2....Muhim tomoni shundaki; do’st do’sti uchun zahar yutishi kerak. (M. Ism.) 3. Masala shundaki, tuman rahbarlari jamoa xo’jaligida odam tanqisligini e’tiborga oldilar. 4. So’zning rosti shuki, ...bu uydan hozir ketganinriz ma’qul. (A. Qod.) 5. Bu xatni yozayotganligimning sababi shuki, siz jangovar o’quvchisiz va kishi qalbidagi ezgu niyatlarni bilasiz. («Olis yulduz shu'lasi».) 6. Kimki qishloqda yashar ekan, u texnikani o’rganishi lozim. 7. Kimki mamlakat osoyishtalngini istasa, gina-adonatchiga siyosat qilur. (Aql aqldan quvvat oladi.) 8. Yaxshisi, bu gaplarni yig’ishtirib qo’yib, Latif akaning oldiga bor. (S. Bab.)
To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar. To’ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan to’ldiruvchilarning yoki qo’llanmagan to’ldiruvchining ma’nosini konkretlashtirib, izohlab keladi. Masalan:
Ona biladiki, endi har nahor,
Butun vatan bo’ylab to’lishar bahor. (H.O.)
Oyqiz, siz shuni yaxshi bilingki, sizning juda ko’p samimiy do’stlaringiz bor. (Sh. R.) Bosh gapdagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan to’ldiruvchi yoki tushirib qoldirilgan to’ldiruvchi tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari shaklida bo’ladi. Ergash gap shulardan birining ma’nosini to’ldirib, konkretlashtirib keladi.
To’ldiruvchi ergash gap bosh gapga -ki, -ku, -mi yordamchilari bilan bog’lanadi, bunda ergash gap bosh gapdan keyin keladi; -sa, -deb bilan bog’langanda, bosh gapdan oldin keladi: Bilib qo’yki, seni vatan kutadi. (G’. G’.) O’zing bilasanku, u yerda gilar ma’lumotli odam bo’lishi kerak. (S. A.) Bilasizmi, xo’jayinning Nuri degan qizlari bor. (O.) Uydagilar nimani buyursa, shuni bajar, gaplariga quloq sol.
12-mashq. Ganlarni tahlil qiling. Ega, kesim va to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplarni alohida-alohida ko’chiring. Bir-biridan farqini tushuntiring.
1.Bilasizmi, yoshligidan yolg’on gapirib o’rgangan kishi katta bo’lganda kim bo’ladi? («Latifalar»dan.)2. Men o’ylaymanki, bu taklifni shu erda o’tirganlarning ko’pchiligi yoqlaydi. (I. Rahim.) 3. Kimki oro kirmas joningga, sherik bo’lmasin u shirin noningga. («Aql aqldan, quvvat oladi».) 4. Buning shumligini qarangki, bizga bildirmay bir zumda g’oyib bo’libdi. («Mushtum».) 5. Kimki podshoga til tegizsa, u darhol ushlanib qamalar edi. (O.) 6. Yo’lchiga shunisi qiziq tuyuldiki, hamma daraxtlar bir chiziq ustida tekis saf tortib turardi. (O.) 7. Men xohlardim, juda-juda xohlardimki, sen ham, Dilshod, dardlaringni shu yo’l bilan bossang. (M. Ism.) 8. Shunga erishaylikki, oramizda bironta g’alamis qolmasin. (M. Ism)
13-mashq. To’ldiruvchi ergash g’apli qo’shma gaplarni topib ko’chiring. Bog’lanishini tushuntiring.
1. Ikki kun bormay qolsam, yotadigan joyimizga qatiq, ovqat ko’tarib kelardi. (Z. Do’stmatov.) 2. Shuni yodingda tutgilki, baxting ulug’. (H. G’.) 3. Sizdan iltimos shuki, uning sog’lig’i haqida xabar bering. (H.G’.) 4. Buni qarangki, ikkinchi operatsiya muvaffaqiyatli chiqdi. (Z. Do’stmatov.) 5. Fuzuliy she’rlarining sehrini quyosh sehri bilan qiyos qilaman, ...har bir misrasidan nur yog’iladi... har bir g’azali ishq osmonida bir yulduz, go’zalim... (O.) 6. Shuni unutmaslik kerakki, ota-onani doim hurmatlash kerak. 7. Tabiat oq yopinchig’ini tashlar-tashlamas, kurtaklar ko’z uqalay boshladi. (M. Ism.) 8. Sizga yana shuni ma’lum qilamanki, Ergashdan hali ham xat yo’q. (H. G’.)9. U qazi-qartali palovni ko’tarib xis etildi. 10. Bilasizmi, men bu issiq mamlakatda yigirma yildan beri yashayman. (O.) 11. Otasining savlati bosib, hayo g’olib kelib, nima derini bilmay turibdi. ( E. J.)
14-mashq. O’zingiz mustaqil ravishda kesim va to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplarga badiiy asardan misol toping. Mazmuni va bog’lanishini tushutiring.
15-mashq. Berilgan misollar orasidan ega, kesim va to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplarni topib izohlang. Ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalarni tushuntiring.
1. Usta Bahrom Ashirmirzodan shuncha yomonlik ko’rsa. ham, taqdirning teskari nag’masi uni shu ahvolga solib qo’yganiga achindi. (M. Ism.) 2. Baxti chopmaganini qarangki,,uning boshiga ish tushgan bir mavridda kelishdi. (O. Yo.) 3. Faqat shunisini aniq biladiki, osmonga sakragan otga birinchi bo’lib Komil yopishdi.(0. Yo.)
4. Armonim shuki, o’zimni qila bilmadim. (H. g.) 5. Buni qarangki, ular borguncha do’konda morojenoe qolmabdi. (0. Yo.) 6. Har kimki yomon bo’lsa, jazo topg’usidir. (Navoiy.) 8. Bu xato shundan iboratki, senday bir mansabparastni bilmay bag’riga tortgan ekan. (0.Yo.)9. Qo’chqor yana shuni biladiki, oyisi yoshligida juda ko’hlik bo’lgan. (O. Yo.) 10. His etamanki, sizga yetadigan qiz yo’q jahonda. (O.) 11. Eshitdimki, maktabga borib, otin oyimga dars beribsiz. (O.)
Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar. Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi ot bIlan ifodalangan gap bo’lagining belgisini izohlab keladi. Masalan: Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning yo’li ham to’g’ri bo’ladi. (Maqol.)
Aniqlovchi ergash gap bosh gapga -ki, -sa, kabi vositalar bilan bog’lanadi. Ergash gap bosh gapga -sa bilan bog’lansa, bosh gapdan oldin, -ki bilan bog’lansa, bosh gapdan keyin keladi: Kimning bilimi kuchli bo’lsa, uning mulohazalari ham chuqur bo’ladi. (Maqol.) Yurak tandir emaski,o’t yoqib qizdirsang.
16-mashq. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplarni topib ko’chiring. Bosh gapdagi qaysi bo’lakni izohlayotganini ayting.
1. Taqdir ba’zan shunday g’alamislik qiladiki, taajjubdan ko’ra g’azabing keladi. (M. Ism.) 2. U shundayki, yaxshi tig’ni dilrabo ma’shuqasidan afzal ko’radi, o’zi barlos bekzodalaridan. (O.) 3. Qiz desa qizki, jamoli oldida oy xijolat. (M. Ism.) 4. Agar muhabbat chin bo’lsa, Laylolar, Shirinlar muhabbati kabi sof bo’lsa, u har vaqt o’z nuqralig’ida qoladi. (M. Ism.) 5. Shunday kishilar borki, ko’rib havasing keladi... 6. Kim jumlani buzib gapirsa, uning fikri ham chalkash bo’ladi. (Aql aqldan quvvat) 7. To’g’on chavandoz deganingiz shunday odamki, u umrini uloq, ziyofat, bazmda o’tkazib keladi. (O.) 8. Biz shunday jamiyat qurmoqdamizki, u kishilikning eng yuksak g’oyalarini ifodalovchi olijanob jamiyat bo’lib qoladi. 9. Shunday jang bo’ldiki, bunday dahshatli jangni hech qachon eshitmagan edim. (O.) 10. Biz shunday ish qilaylikki, xalqimiz bizdan minnatdor bo’lsin. 11. Shuni yaxshi fahmladimki, birodar, ustalar bilan ishchilar safining oldida yurish kerak ekan. (O.)
17-mashq. Quyidagi gaplar orasidan aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplarni topib, ularning bosh gapga qanday bog’lanayotganini, bosh gapdagi qaysi bo’lakni aniqlab, izohlab kelayotganini tushuntiring.
1. Shunday chiroyli xat yozish kerakki, hamisha yuragiga bosib yursin, har kuni o’qisin. (O.)2. ...Bir ko’rishdayoq bag’rini nimasi bilandir ilitgan qizga qo’rs gapirishdan cho’chidi. (H.G’) 3. O’rmon ichi shunday qorong’i ediki, Rashid ko’p vaqtgacha hech nimani ayira olmadi. (O.) 4. Mirzacho’lga qalingina qor yoqqan, sovuq shamol yuz-ko’zni omonsiz yalardi. 5. Kimning bilimi kuchli bo’lsa, uning mulohazalari ham cho’qur bo’ladi. (Maqol.) 6. Ung tomonda uzunligi bir chaqirim keladigan, peshtoqi kun chiqarga qaratib ko’tarilgan bostirma. (M. Ism.) 7. Bir ming yetti yuz degan shunday zo’ravonki, uning panjasidan G’ofirning o’zigina emas, avlod-ajdodi ham qutula olmaydi. (H. H.)8. U so’zni shunday aytdiki, xuddi shu so’z uning uchishiga guvohlik berayotganday edi. (B.Polevoy)
18-mashq. O’zingiz birorta badiiy asardan aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplarga misol topib yozing. Aniqlovchi ergash gap bosh gapga qanday vositalar yordamida bog’langanini tushuntiring.
19-mashq. Quyidagi gaplar ichidan ega, kesim, to’ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplarni alohida-alohida ajratib ko’chiring. Farqlarini tushuntiring.
Qiyofasi shunday ayanch, shunday ozg’in ediki, dunyoning past-balandidan ancha xabardor usta Bahromning ham unga rahmi kelib ketdi. (M. Ism.)2. Oramizdagi farq shuki, men nima uchun ishni qilayotganimni bilaman, ammo sizlar bilmaysizlar. (A. Q.) 3. Tilingiz ozariga ketib qolganidan ma’lumki, siz bu yerga savdo ishlari bilan tez-tez kelib turasiz. (M. Ism.) 4. Kim qildi qatig’likda vafodor senga, ul bo’ldi xabiblar ichra qo’ldosh senga. (Aql aqldan quvvat oladi.) 5. U shunday shoirona til va alam bilan yozdiki, har qanday bag’ri toshniyam eritishga qodir edi. (O. Yo.) 6. Bu bir oddiy voqea emaski, xalqimiz yodidan chiqarib tashlasa. (Hayotim qissasi».) 7. Popukday yigit chiqsa, indamay tegib ketardim. (0.) 8. Istaymanki, sayroq qushlaring Zafar kuyin etsin tarannum. (H. P.) 9. Eshitdimki, qahramon nom olibsan. (F.Y)
“Komponentali yo’nalish va Case texnologiyalar”
Komponentali yo’nalish asosida dasturiy ta’minotni alohida
Komponentalaridan yaratish usullari nazarda tutiladi. Komponent bu
butunlay alohida mavjud bo’lgan dasturiy ta’minotni qismidir. Bu
qismlar standart ikkilik interfeys yordamida bir biri bilan aloqa
qilishadi. 2000-yildan boshlab rivojlangan. Case (Computer-Aided
Software/System Engineering-dasturiy ta’minot/tizimlarini kompyuter
yordamida ishlab chiqish). Dasturiy ta’minotning ishochliligi.
Dasturiy ta’minot foydalanuvchi uchun zarur bo’lgan barcha axborotni bera
olmas ekan. Bu ta;minotni ishonchli deb bo’lmaydi. Yoki bu holda dasturiy
ta’minotda xatolik mavjud deyiladi.
Dasturiy ta’minotning ishonchliligi sifatida ma’lum bir vaqt
jarayonida dasturiy ta’minotning to’g’ri ishlab ehtimolligiga aytiladi.
Dasturning ishonchliligi uning ichki xususiyati hisoblanadi. Bu
dasturning qaydarajada ishlatilishiga tegishli. Dasturiy ta’minotda
mahsulotni qancha ko’p sozlansa, yoki testlansa, u shuncha yaxshiroq ishlaydi
degan tushunchani inkor qiladi. Bu holatlarda ma’lum bir ichki xatoliklar
aniqlanadi. Umuman, sozlash jarayonida xatoliklarni tuzatish narxi vaqtga
to’g’ri proporsional ekanini esda tutish lozim.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzib, o’zaro suhbatlashing.
L.M. Hayot mening tasavvurimda.
G.M. Ko’chirma va o’zlashtirma gaplar.
KO’CHIRMA VA O’ZLASHTIRMA GAP
O’zgalarning hech o’zgarishsiz aynan berilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Masalan: Kelin gerdayib “Yaxshi qildingiz, buvi, nevarangiz yolchib qoladi”— deb maqtandi.(O.)„ Kambag’al bo’lsang ko’chib boq, boyvochcha bo’lsang o’lib boq”,—degan gapda hikmat ko’p ekan. (S. Axm.)
Ko’chirma gap avtor gapi bilan bog’lovchi vazifasidagi demoq fe’ling deb (deya), degan formalari orqali va bog’lovchisiz munosabatga kirishadi,
Masalan: “Sog’ayib ketganingiz muborak bo’lsin, Murotali amaki",—dedi Oyqiz. (Sh. R.) ”yo’llanmani kishiga a’lo Mehnat beradi-ku”,-javob berdi Komila tabassum bilan. (O.)Ko’chirma gap o’zlashtirma gap shaklida ham berilishi mumkin. Bunda avtor boshqalarning gapini ma’lum darajada grammatik va leksik jihatdan o’zgartirib beradi: —Ho’sh, qanday yangiliklar bor?—dedi O’ktam.— ko’chirma gap; O’ktam qanday yangiliklar borligini so’radi.—o’zlashtirma gap.
1-mashq. Ko’chirma gapli qo’shma gaplarni aniqlang. Ko’chirma gap bilan avtor gapining o’zaro aloqasini tushuntiring.
1. Chordaraga sholikorlar kengashiga bordim. «Yuqori hosil yetishtirishning siri nimada?»— deb savol berishdi. (S. Axm.) 2. U meni kuzatib qo’yarkan: «Gulga qarzdormiz»,— dedi yana hazillashib. (S. Axm.) 3. «Yana bu boshliq emish!»— dedi o’zicha.
-Hammani kutsak ham, sizning kelishingizni kutmagan edik,—dedi u kulimsirab.
-Biz, ishchilar, hamisha muhim ishlarda ishlaymiz? — dedi Xolmat va bir narsa esiga tushgandek so’radi.
-Shoshma-shoshma, o’zing bu erda nima qilib yuribsan?
-Xabaringiz yo’qmi, jamoa xo’jaligidan qurilishga ishga kelgan edim-ku!
-Kelganingni-ku bilaman-a, qurilishdan qochib ketdi, —deb eshitdim-ku.
5. Shunda tulki aytdiki: « Ey tovus, ajab-ajab o’yinlaring bor ekan, bir yaxshilab o’ynab bergin». 6. Paxta deydi kulib, tovlanib: «Sevgan kishi meni maqtasin». (Uyg’un.) 7. Ovchilardan biri: «Shaharga eltibber,— dedi.—Hayvonot bog’i sotib oladi». (P. Q.) 8. «Ha, esimda, bo’taloq biram ko’hlik, ko’zlari katta-katta, yoqimli, ziyrak ediki, hammaning havasi kelardi», —deydi kampir kulib. (O.)
2-mashq. O’zingiz mustaqil ravishda ko’chirma gap va avtor gapidan tarkib topgan bir necha gap tuzing.
3-mashq. Ko’chirma gap va avtor gapini toping, ularning o’rnini aniqlang. Ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirib, ulardagi struktura o’zgarishlarini tushuntiring.
1. Dalalar salomga qo’lin cho’zadi: «Marhamat, qardoshlar, aziz mehmonlar». (G’. G’.)
2. Bobom zimdan sinchiklab, razm solib o’tiradi va uzoq sukutdan keyin onamga qarab deydi: «O’g’ling ziyrak, Shahodat, mulla qilamiz o’g’lonni».
3. «Utir, kun sovuq, tanchaga kir»!—deydi bobom. 4. Ota: «Bu takasaltanglar juda haddidan oshib ketishdi-ku!» Ona: «Qo’yavering, yoshligimizda hech narsa ko’rgan emasmiz, bular o’ynab-kulaversin». («Mushtum»dan.)
5.«Minoradan tusholmay qoldi buvang. Tushirib qo’y!»—deydi cho’tir xalfa. (O.)
Men bobomning qo’lidan tortaman.
— Handalak ... .
—Tek tur, huvari. Hali pishgani yo’q, — deydi bobom. (O.)
6«Hozir hosil uchun kurashning avji vaqti, — deydi O’ktam jiddiy tus bilan, — yaxshi parvarish qilsang, g’o’zani ovqatdan, suvdan toliqtirmasang, kun sayin hosilga hosil qo’shasan». (O.)
iOS, Android va Windows Phone’ning so‘nggi versiyasida ishlayotgan qurilmalar foizlari
Foydalanishga topshirilganiga deyarli bir yil bo‘lgan Android operatsion tizimining so‘nggi versiyasi KitKat’da Android-qurilmalarning 25 foizi ishlamoqda. Hozirda iOS’ning ikki hafta oldin foydalanishga topshirilgan sakkizinchi versiyasida esa 50 foiz Apple qurilmalari ishlamoqda.Phonearena.com saytining xabar berishicha, Phone operatsion tizimining ikki oy oldin taqdim etilgan WP 8.1 versiyasidan foydalanuvchilar esa 39,1 foizni tashkil etmoqda.Windows Phone operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarning 45,7 foizida WP 8.0 versiyasi o‘rnatilgan bo‘lsa, hayratlanarli yoki xafa qiladigan ko‘rsatkich esa ushbu operatsion tizim qurilmalarining 15,2 foizi hali ham Windows Phone 7 versiyasida ishlayotganidir.Shuningdek, bugungi kunda dunyodagi eng ko‘p foydalanilayotgan Windows Phone qurilmasi bu Nokia Lumia 520 smartfoni bo‘lib, udan barcha Windows Phone foydalanuvchilarining 30,6 foizi foydalanmoqda.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzib, o’zaro suhbatlashing.
L.M. Turmush urinishlari.
G.M. Fe’l mayllari va shakllari. Ravishdosh.
Sifatdosh
Qo‘shimchasi |
Ma’nosi |
Misollar |
-gan (kan, -qan) |
Ïðîøåäùåå âðåìÿ |
Sozlamoq – sozlagan usta - íàñòðàèâàâøèé ìàñòåð; ìàñòåð, êîòîðûé íàñòðàèâàë Musobaqada qatnashgan student - còóäåíò, ó÷àñòâîâàâøèé â ñîðåâíîâàíèè |
-ayotgan, - yotgan |
Íàñòîÿùåå âðåìÿ |
Kelayotgan avtobus – èäóùèé àâòîáóñ Mudrayotgan o'quvchi – äðåìëÿùèé ó÷åíèê; ó÷åíèê, êîòîðûé äðåìëåò |
-adigan, -ydigan |
Íàñòîÿùåå áóäóùåå âðåìÿ |
Ip yigiradigan dastgoh – ïðÿäèëüíûé ñòàíîê Purkaydigan asbob – îïðûñêèâàþùèé ïðèáîð; ïðèáîð, êîòîðûé îïðûñêèâàåò |
RAVISHDOSH
(Äåeïðè÷àñòèå)
Äååïðè÷àñòèå – ôîðìà ãëàãîëà, óêàçûâàþùàÿ íà ïðèçíàê äåéñòâèÿ èëè ñîñòîÿíèÿ.
Shakli |
Vazifasi |
Misollar |
-b, -ib, -may, -masdan |
1) îáñòîÿòåëüñòâî îáðàçà äåéñòâèÿ
2) îäíîðîäíîå ñêàçóåìîå |
Kulib gapiryapti O‘ylab yozyapti Bilmay gapiryapti Kulmasdan turibdi Bir ishni bilmasdan turib, ikkinchisini boshlama Izg‘irin yuzni yalab, ko‘zni ochirmaydi |
-gani |
Îáñòîÿòåëüñòâî öåëè |
…men seni sog’inib, ko‘rgani keldim |
-gach |
1) îáñòîÿòåëüñòâî âðåìåíè
2) ïðèäàòî÷íîå ïðåäëîæåíèå âðåìåíè |
Chizmani ko‘zdan kechirgach, bir narsani egovlay boshladi
Kecha siz ketgach, samarqandlik muallimlar kelishdi |
HARAKAT NOMI
(Èìÿ äåéñòâèÿ)
Èìÿ äåéñòâèÿ – ôîðìà ãëàãîëà, íàçûâàþùàÿ äåéñòâèÿ èëè ñîñòîÿíèå, íå óêàçûâàÿ íà âðåìÿ, ëèöî, ÷èñëî è äðóãèå ÿâëÿåòñÿ òåðìèíîì äåéñòâèÿ. Ïî ýòîìó èìÿ äåéñòâèÿ ìîæåò èìåòü ãðàììàòè÷åñêèå êàòåãîðèè èìåí ñóùåñòâèòåëüíûõ.
Àffikslar |
Rus tilida ifodalanishi |
Misollar |
-ish, -sh
-maslik (kerak) mumkin |
1) îòãëàãîëüíîå èìÿ ñóùåñòâèòåëüíîå 2) íåîïðåäåëåííàÿ ôîðìà ãëàãîëà |
Kirish - âõîä O'lchash - èçìåðåíèå Bajarmaslik - íåâûïîëíåíèå Yig’ishtirish mumkin - ìîæíî óáèðàòü Oqlash kerak - íóæíî áåëèòü Tuzlamaslik mumkin - ìîæíî íå ñîëèòü |
-uv, -v |
1) èìÿ ñóùåñòâèòåëüíîå 2) èìÿ ïðèëàãàòåëüíîå |
Tanish+uv - çíàêîìñòâî Sayla+v-saylov - âûáîðû O’qi+b-o’qib - ÷òåíèå Yoz+uv(stoli) - ïèñüìåííûé ñòîë Yig‘+uv(sehi) - ñáîðî÷íûé öåõ |
Sifatdosh harakatni asosan predmetlarning belgisi qilib ko’rsatadigan fe’l formasi. Sifatdosh fe’lning sifatga yaqin, sifatga siljigan formasidir. Shuning uchun sifatdosh gapda ham sifat, ham fe’l vazifalarida qo’llana oladi. Masalan:
O’qigan bola. Bola o’qigan.
Sifatdoshlar tubandagi affikslar orqali yasaladi:
1)-gan, (-kan, -han): borgan, kelgan, yurgan, ekkan, chiqqan, yiqqan;
2)-yotgan: borayotgan, kelayotgan, o’qiyotgan;
3)-vchi (-uvchi): ishlovchi,yashovch;
4)-r (-ar): turar (joy), oqar (suv);
5)-jak (-ajak), -gay (-kay, -qay): kelajak, borajak, bo’lajak (bu affiks ko’proq eski o’zbek tilida sifatdosh yasagan).
Sifatdosh ham barcha fe’llar singari bo’lishli va bo’lishsiz (o’qigan — bo’lishli, o’qimagan — bo’lishsiz), o’timli va o’timsiz (kitobni-o’qiganman — o’timli, kitob o’qilgan — o’timsiz) bo’la oladi.
1-mashq. Sifatdoshlarni topib, ularning yasalishini tushuntiring.
1. Yurgan — daryo, o’tirgan — bo’yra. (Maqol.) 5. Bo’lar-bo’lmasga vaqillashni qurbaqaga chiqargan. (Maqol ) 3. O’zi qoramag’iz, bo’yi baland, kaltagina soqolida bitta- yarimta oq oralagan. 4.Yangi olgan ko’ylagimni tikuvchi tor tikibdi. (Qo’shiq.) 5. Men sizga nasihat aylay: Vatanni tark etuvchi bo’lmang. (Maxtumquli.) 6. G’animat har nafas, hurmat bilan umringni xurram qil. O’tib ketgay ota birlan ona, so’ngra topolmasman. 7. Kelajakning tongi bugun chorlamoqda bizlarni. 8. Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt. (Maqol.)
2-mashq. Quyidagi fe’llarga -gan, -yotgan, -(u)vchi affikslarini qo’shib,ular ishtirokida gap tuzing.
Uxla, o’qi, ich, bor, qol, sayra, kuyla, yur, o’tir, kel.
3-mashq. Gaplarni ko’chiring. Sifatdoshlarning sintaktik vazifasini izohlang.
Qolgan ishga qor yog’ar. (Maqol.) 2. Ko’rganni eshitgan yengibdi. (Maqol.) 3. Eshitganlardan ba’zisi jamoa xo’jaliklar tresti ortiqcha xarajatga ko’narmikan, deb qo’ya qolgan edi. (S. Anorboev.) 4. Bilmagandan bilgan yaxshi, to’g’ri ishni qilgan yaxshi. (Maqol.) 5. Yurdik, yurajakmiz, yuramiz hamon... . 6. Bizni kutar shonli ish, bizni baxt kutar. (M. Shayxzoda) 7. So’raganning bir yuzi qora, bermaganning ikki yuzi qora. (Maqol.) 8. Kampir labini burgancha Farhod tog’i tomon tikilib qoldi. 9. Sovuqqa chidamaganidan keyin sekin-sekin eshikni ochib mehmonlar o’tirgan uyga kirdi. (Oydin.) 10. Shu payt tuzukkina kiyingan bir yigit shirakayf holda javrab kirib kelib, o’tirganlarning ensasini qotirdi. (S. Abd.)
Ravishdosh. Ish-harakatning qay holatda bajarilishini ifodalaydigan fe’l formalari ravishdosh deyiladi Ravishdosh fe’lning ravishga siljigan formasidir. Shuning uchun ravishdosh ham fe’lga, ham ravishga xos xususiyatlarga ega. Masalan: U o’ylamay javob qaytardi.
Ravishdoshlar tubandagicha yasaladi:
1)-b, (-ib ): borib, kelib, o’qib, yurib;
2)-a (-y):bora-bora, ishlay-ishlay;
3) -gach (-kach, -qach):borgach, kelgach, chiqqach, ekkach;
4)-gani (-kani, -qani): borgani, o’qigani, ekkani, chiqqani;
5)-guncha (-kuncha, -quncha): borguncha, tushguncha, chiqquncha, ekkuncha:
3, 4, 5- punktlarda ko’rsatilgan affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar shaxs-son affiksini qabul qilmaydi va tuslanmaydi.
Ravishdoshlar gapda asosan ergash gapning kesimi (Qo’ng’iroq chalinib, dars boshlandi) va hol (U kulib gapirdi) vazifasida keladi.
4-mashq. Gaplarni o’qing. Ravishdoshlarni topib, uning qanday affiks bilan yasalganini tushuntiring.
1.Nurakimning chap qirg’og’ida, Baqako’lning ustidagi Sovuqbuloqda to qor yoqquncha o’tirdi. (S. Anorboev.) 2. U direktorga chimyonda ko’rganlarini aytib, iltimos qilib yurib, g’isht, taxta undirdi. (P.Q.) 3 U kula-kula gapirar edi.
5-mashq. Tubandagi fe’llardan ravishdosh yasang va ular ishtirokida bir necha gap tuzing.
Kul, sev, yur, bor, maqta, sila-siypa, tingla.
6-mashq. Gaplarni o’qing, ravishdoshlarni topib, ularning gapdagi vazifasini tushuntiring.
1. Qiyinchiliklardan qochadigan bo’lsang, baxtingni tashlab ketganingni ham bilmay qolasan. 2. Mashinaning orqa g’ildiragi suvdan chiqmay qoldi. Motor bir necha bor kuchanib ko’rdi. Ish chiqmagach, bo’shashdi. (S. Anorboev.) 3. Bolta tushguncha, to’nka dam olar.1 (Maqol.) 4. Yeb to’ymagan, yalab to’ymas. (Maqol.) 5. Bizning o’z yerimizda saksovulimiz bor. Ular sharoitimizni hisobga olmay, yuborishgani-yuborishgan. 6. Yo’lning ikki beti keta-ketguncha shuvoq, yantoq, adrasmon. (S. Anorboev.)7. Jalman Hotamov gapirayotganda, do’mbirani chertib, pastga qaragancha indamay o’tirgan direktor gapira boshladi. (S. Anorboev.) 8. Hayotdagi ikir-chikir tashvishlardan cho’chib sokin joy izlamay, bo’ronlardan halovat topib, katta yo’lga chiqib olmoq kerak.
Harakat nomi- bevosita shaxs, zamon ma’nosini bildirmay, gapda otga xos vazifani bajaruvchi fe’l formasi.
Harakat nomi otga o’xshashligidan ish-harakatning atamasi, nomi deb ham yuritiladi. Masalan:olmoq, ishlamoq, bormoq, ko’rish, tuzish,boruv, keluv kabi.
Harakat nomi tubandagicha yasaladi:
1)-ish (-sh):borish, kelish, chopish, yugurish, ishlash, yashash;
2)-moq: o’qimoq, yodlamoq, eslamoq, kurashmoq;
3)-v (-uv): boruv, o’quv (bu affiks hozir kamdan-kam hollarda harakat nomi yasaydi).
Harakat nomi ot singari kelishik, egalik affikslari bilan turlana oladi va gapda ega (o’qimoq—bilim olmoq), to’ldiruvchi (U o’qishni orzu qilardi), aniqlovchi (Ekinni o’z vaqtida sug’orishning ahamiyati nihoyatda katta), kesim (Maqsadim o’qish), ko’makchilar bilan birga esa hol (U ozodlikka chiqish uchun kurashdi) vazifalarida keladi.
7-mashq. Gaplarni ko’chirib, harakat nomlarini toping. Qanday affikslar bilan yasalganini tushuntiring.
1. Elning ishi sovurmoq, o’tning ishi qovurmoq. (Maqol.)2. Pastroqdagi kechuvdan o’tishga to’g’ri keldi. 3. Hozirdan qishloqning g’amini yeyish kerak. 4. Keyin qidirish ishini o’tkazadi, loyiha tuzadi, smeta tuzadi... (S. Anorboev.) 5. Toyqaraev iljaydi... uning kulgusida nimagadir achinish alomati bor edi. (S. Anorboev.)6. Gapda qanquv yomon, dardda — sanchuv. (Maqol.)
8-mashq. Quyndagi fe’llardan harakat nomi yasab, bir necha gap tuzing: Ularning ma’nosini, gapdagi vazifasini tushuntiring.
Yasa, o’qi, o’s, ulg’ay, o’rgan, bor, yoz, yot, kel, ket.
9-mashq. Gaplarni o’qing. Harakat nomlarini topib, gapdagi vazifasini tushuntiring.
1. Plan bajarish qanday bo’lishini o’shanda ko’rasan. (S. Anorboev.) 2. Kelmoq ixtiyor bilan, ketmoq ijozat bilan. (Maqol.) 3. O’qish — ulg’ayish. (Maqol.) 4. Kuz kelsin, yalinmaganlaringni ko’raman, — deydi yasama kekkayish bilan. (S. Anorboev.) 5. Borish- kelish qilmaysiz, kimdan qoldi ko’nglingiz. (Sh. Sa’dulla.) 6. O’qishni chidaganga chiqargan. Uning qiyinchiliklariga chidamoq darkor. 7. Yerga dehqon qancha ishlov bersa, hosil shunchalik mo’l bo’ladi. 8. Bo’ston vaqt bitganligini, erta bilan g’o’za chopig’iga chiqish zarurligini uqtirib, ishni to’xtatishni so’radi. (S. Nazar.) 9. Berdiqulov o’g’it tashish va bog’bonlar uchun solinayotgan imorat ishining borishi bilan tanishtirdi. (S. Nazar.)
10-mashq. Gaplarni o’qing. Ravishdosh va sifatdoshlarni topib, ularning gapdagi vazifasini aniqlang.
1. U kelgan kuni rosa jala quygan edi. (N. Fozilov.) 2. Uning qulogi ostida hamon Halimaxonning jasurlikka chaqiradigan qo’shig’i yangrab turardi. (Sh. R.)3. Bu to’g’rida o’zing xolis odamlar bilan maslahatlashib ko’r. (S. A.)4. Uning avzoyini kuzatib turgan Sidiqjon boshini quyi soldi. (A. Q.) 5. Xiyol g’o’rlik qilgan, xolos, lekin aybi yo’q. (I. Rahim.) 6. Qosim akaning ko’nglini charog’on qilar, boshini ko’kka yetkazar edi. (G’. G’.) Shunday o’zim, sizni sog’inib, bir ko’rib kelay deb kelgan edim. (G’. G’.) 8. U doim o’zini sho’x tutib, iljayib yuradi. (N. Fozilov.) 9. Anavi, haligi, dandon soplik pichog’ingiz sinib qolib edi, shuning xabarini bergani keldim. (G’. G’.)
11-mashq. Gaplarni o’qing. Sifatdosh, ravishdosh va harakat nomlarini toping. Gapdagi vazifalarini tushuntiring.
Bu ko’ylak yirtilishga yaqinlashgan, qutlashga arzimaydi. (S.A.) 2. Urgandan turtgan yomon deganlaridek, bir kishining jismoniy kamchiligini, ayniqsa, xastaligini hadeb yuziga solaverishdan yomoni yo’q. (Sh. R.) 3. O’z to’g’rimda gapirishni yomon ko’radigan odamman. (Sh. R.) 4. Urishish, shoshish kerakmas, chunki bu yil toshqin xavfi yo’q. (A. Q.) 5. Obidjon... akasining bu ketishi ilgarigi ketishlaridan emasligini sezar edi, shuning uchun xayrlashganda yig’lamadi. (A. Q.) 6. Chindan ham nonning g’amini yeyish kerak. (S. A.) 7. Uyalib qolishni istamasang, gapimga kir. (I. Rahim.) 8. Halol yashamoq — xalqqa xizmat qilmoq. (N. Fozilov.) 9. Ko’rinishi yupun, sovuq bo’lgani bilan, qarashlari iliq, ayanchli. (N. Fozilov.)
Axborot texnologiyasining asosiy elementlari
ZAT ning asosiy elementlari quyidagicha:
- ma`lum bir vaqt davomida axborotni kiritish va qayta o`zgartirish;
- tasvirni kiritish va unga ishlov berish;
- signal axboroti paydo bo`lgan yerda uni qayta ishlash;
- og`zaki axborotni qayta ishlash;
- foydalanuvchining SHK bilan faol muloqoti;
- turli axborot tizimlarida mashinali modellashtirish;
- axborot almashuvining tarmoq texnologiyasi (dialog yuritish, video va telekommunikatsiya, elektron pocha, vidioteka va h.k.);
- taqsimlangan tarmoq tizimlarida ma`lumotlarni multiprotsessor asosida qayta ishlash;
- mahalliy, mintaqaviy va xalqaro tarmoqlar bo`yicha axborotni tezkor tarqatish.
Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyaslari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
à) texnik ta`minot texnologiyasi;
á) telekommunikatsiya texnologiyasi;
â) dasturiy ta`minot texnologiyasi.
Bu texnologiyalar hisoblash tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining aniq variantlari doirasida birgalikda harakat qiladi va birlashadi. Ularni ayrimlari axborot texnologiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o`ynaydi.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzib, o’zaro suhbatlashing.
L.M. Qahramonlar unutilmaydi.
G.M. Fe’l mayllari. Ilmiy uslub.
Fe’l mayllari
Ish-harakatning voqelikka munosabatini ifodalaydigan kategoriya mayl deyiladi. U harakatning real sharoitga bog’langan holda yuz berishini ifodalab, zamon, harakatni bajaruvchi shaxs bilan uzviy aloqada bo’ladi.
Fe’llarda uchta mayl bor: 1. Aniqlik mayli. 2. Buyruq- istak mayli. 3. Shart mayli.
Aniqlik mayli — ish-harakatning uch zamondan birida bajarilishi yoki bajarilmasligini ifodalaydigan fe’l formasi.
Bu mayl uch zamon — o’tgan, hozirgi, kelasi zamon ma’nolarini ifodalaydi. Masalan, ketdi (o’tgan zamon), ketyapti (hozirgi zamon), ketmoqchi (kelasi zamon).
Buyruq-istak mayli — buyurish, iltimos, maslahat, chaqirish kabi ma’nolarni ifodalaydigan fe’l formasi. Masalan:
I.sh. bor-ay, o’qi-y bor-ay-lik, o’qi-y-lik
II. sh. bor (-gin), o’qi (-gin) bor-ingiz, o’qi-ngiz
III.sh. bor-sin, o’qi-sin bor-sin(lar), o’qi-sin(lar)
1-mashq. Gaplarni ko’chiring. Aniqlik va buyruq-istak mayllarini topib, ma’nolarini, yasalishini tushuntiring.
Bir iltimosim bor, dedim. Ha, hay, ayting deyishdi. O’sha dramaturglik da’vo qilayotgan da’vogarni chaqirib, o’zingiz turgan ko’chaning tartib-tozaligi haqida gazetaga kichkina xabar yozing, deb topshiringlar: agar jumlani ulash qo’lidan kelsa, men uning talantiga tan beray, dedim. 2. Forish tumani — chet, yo’li mashaqqatli. U yerda ham qalamkashlarimiz qo’l urmagan go’zalliklar bor. Sizga maslahatim, o’sha yoqqa boring. 3. Aytilgan so’z — otilgan o’q. Uchovimiz ham o’rnimizdan turdik. Taksiga o’tirib to’g’ri rayonga jo’nadik. 4. Qo’y-qo’zi olishning yana bir sirini aytay, quloq soling. 5. Bozorboy... uchinchi gruh nogironi ekan. 6. Buxoroliklar bir smenada sakkiz yuz qorako’l teri quritadigan sushilka, tutzor qilaylik. Ham garmseldan ihota, ham qurtga barg bo’ladi; makkajo’xori, arpa ekaylik, beda ekaylik — kunimizga yaraydi. Qurg’oqchilikda qiynalmaymiz degan edi. 7. Otingni egarla, hamroh bo’lamiz. 8. Hayot mana shu oqar suvday oqa berar ekan, umr ham o’ta berar ekan... (S. Anorboev.)
2-mashq. «Qudratdi to’lqin» romanidan olingan quyidagi gaplarni o’qing. Fe’llarning buyruq-istak maylini aniqlab, ma’nolarini tushuntiring.
1. Sovuq nafas qilma, falokat bosib, o’tolmay qolmay tag’in. 2. To’g’ri, bolaligingizda do’st bo’lgansizlar. Ammo endi sizlar bola emassizlar. El og’ziga elak tutib bo’lmas, degan maqolni unutma: 3. Shuning uchun Ham, Bahorxon, shaxsan mening so’zlarim to’g’risida o’ylab ko’r! 4. Siz ham albatta o’qiysiz!—dedi qiz g’urur bilan Haydarga achingan bo’lib. 5. Senga nima bo’ldi, o’g’lim? Tobing qochdimi?
—Yo’q, oyi, xavotir qilmang, bema’ni tush ko’ribman.
—Tura qol, bolam. Nonushta tayyor.
—Xat stol ustida, oyijon o’qing. 6. Qayoqqa ketyapsan? O’g’limga tannoz-satang o’qituvchi emas, uyiga egalik qiladigan xotin kerak! Ko’pdan buyon senga aytmoqchi edim, mana eshit. Bu so’zlarimni qulog’ingga quyib ol! (Sh. R.)
3-mashq. Xalq dostonlaridan birortasining 20—25 betini o’qing, buyruq-istak mayli formasidagi fe’llarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.
Shart mayli — ish-harakatning yuzaga chiqishi shart qilib qo’yilganligini ifodalaydigan fe’l formasi.
U fe’l o’zagiga -sa affiksini qo’shish bilan yasalib, ikki xil zamonni ko’rsatadi: 1) kelasi zamon shart-istak fe’li; 2) o’tgan-kelasi zamon shart fe’li.
I.Kelasi zamon shart-istak fe’li – sa affiksini tuslab qo’shish bilan yasaladi va harakatning nutq so’zlanib turgan paytdan keyin bajarilishi shart qilib qo’yilishini ifodalaydi.
Birlik Ko’plik
I. sh. bor-sa-m bor-sa-k
II.sh. bor-sa-ng bor-sa-ngiz
III.sh. bor-sa bor-sa-lar
(-lar bunday vaqtda ko’proq kesatiq, piching ma’nolarini ifodalaydi.)
2. O’tgan-kelasi zamon shart fe’li o’zakka -sa affiksini tuslab qo’shish va edi to’liqsiz fe’lini keltirish bilan yasaladi. U harakatning nutq so’zlanib turgan paytdan ilgari bajarilishi shart qilib qo’yilganligini ifodalaydi.
Birlik Ko’plik
I. sh. bor-sa-m edi bor-sa-k edi
II.sh. bor-sa-ng edi bor-sa-ngiz edi
III.sh. bor-sa edi bor-sa-(-lar) edi
4-mashq. Matnni o’qib, buyruq-istak va shart maylidagi fe’llarni aniqlang. Ma’nolarini, farqini, yasalishini tushuntiring.
1. Ey, bulut! Ho’l etagingni siqma, yomg’irda qatqaloq bo’ladigan yerlar ham bor... Nariroq jo’na, nam kutib sarg’aygan maysalar ustiga borib yog’! .. 2. Senga to’n tikyapman. Ko’chada bo’lmasa ham hovli ichida kiyib yurarsan. 3. Nima qilay, qo’limdan kelgani — shu. Bu usulning xususiyatlarini menga kengroq tushuntirib ber, qani? 4. Biz ham shu usulni o’zimizda tajriba qilib ko’rsak. Mayli, uch-to’rt gektar yerda sinab ko’raylik. 5. Qani, ayting eshitaylik. 6. Bunisi boshqacha, yangicha ko’rinishda tikilgan, biram chiroyli, hali kelsa ko’rasiz. 7. To’y ustiga to’y bo’lsin, hamma narsa mo’l bo’lsin... 8.Tavba, nima qilar ekan bu yerda?—Bo’stonda ishi bo’lsa kerak. 9.Picha o’tiring, mana bulardan ham oling, nega hech nima yemaysiz? 10.Agar Botirjon akamning. qanday yigit ekanini bilsangiz edi, bu gapingizga ming pushaymon qilardingiz. 11. Kelmasalar kerak, tobi qochgan ko’rinadi. (S. Nazar.)
5-mashq. Xalq dostonlaridan birontasini olib, 15—20 betini o’qing’. Fe’l mayllarini aniqlang. Har biriga alohida-alohida xarakteristika bering. Qaysi turi ko’p qo’llanganini ayting.
6-mashq. Gaplarni ko’chiring. Fe’lning shart mayli formasini aniqlab, ularning zamon formalariga xarakteristika bering. Ma’nolarini tushuntiring.
1. Juda bo’lmasa achchiq-achchiq choy ichgin, seni deb butun boshli samovar qaynatgan edim. 2. Layloning qaysi institutda o’qishini bilsam ham, lekin otasining nomini bilmasdim. Uy manzilini bilmaymiz, o’zi chamamda, konservatoriyada o’qisa kerak. 3. Agar bilsangiz, Mastura yaxshi pianist bo’lgan, talant, ha, talant bo’lganda ham juda noyob talant. 4. Sirasini aytsam, aziz do’stim, uylanganimga mana bu yil oltinchi yil bo’lyapti. 5. Agar xohlasangizlar, yaqin-yaqinlarimizni chaqirib, yaxshilab to’y qilib beray, idoramdagilar ham muborakbod qilish uchun kelishmoqchi. 6. Demak, singlisi ancha tuzalib qolganligi uchun endi o’qishga ketgan bo’lsa kerak. 7. Men bunga, rostini aytsam, ajablandim. Qodirbek bo’lsa, hamon behush yotibdi. Endi nima qilsam ekan, uni tashlab ketib ham bo’lmaydi. 8. Siz meni kechirsangiz, Laylo ham kechiradi. Tabiat bo’lsa, o’z qonuniyatlari bilan yashayveradi, hayot esa buloqdek qaynayveradi. Inson aqli, tafakkuri, irodasi jo’shqin hayot mavjini, ozgina bo’lsa-da, to’xtatib qololmaydi. (M. Qoriev.)
Peyjingli alovdning servis xizmatlari
Qisqa ma’lumotli axborotlarni bevosita peyjerga uzatish maqsadga muvofiqdir, bir muncha uzunroqlarini uzatish uchun tovushli pochta qutisini (TPQ) ishlatish tavsiya åtiladi. Ma’lumotni uzatish uchun TPQ ni ishlatganda peyjerning telefon nomerini terish va axborotni avtojavob beruvchiga uzatish kabi aytib turish kerak. Bu holatda peyjer åkranida xabarning paydo bo’lishidan tashqari u TPQ ga yoziladi va saqlanadi; uni ixtiyoriy qulay fursatda, telefon nomerini va siz uchun o’rnatilgan murojaat qilish kodini (parol) terib, åshitib ko’rish mumkin.
Ma’lumot peyjerga quyidagicha uzatilishi mumkin:
• bevosita telefonning tonal nomer tergichidan;
• telefonning mikrofoniga aytib turilib, keyinchalik operator yoki dispetcher orqali uzatish;
• Tashqi aloqa kanalidan yoki kompyuterdan (modem orqali) kiritish.
Axborotni åfirga uzatishda u kodlanadi, shuning uchun ularni åshtib ko’rishning imkoniyati yo’q; tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash bevosita modem bilan, masalan, Zoom VFDXV.32bis faks-modeni bilan bajarilishi mumkin.
Har bir terilayotgan raqamga aniq bir tovushli oxang mos keladigan tonalli nomer terish magnit kartalari bilan ishlovchi ko’pgina zamonaviy telefon apparatlarida va ko’chadagi taksofonlarda bor. Impulsli teriladigan TA uchun telefonli qo’shimcha o’zgartirgichni (biper) ishlatish mumkin.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzib, o’zaro suhbatlashing.
MUNDARIJA
|
||
1-MAVZU. |
L.M. Til- ma’naviyat ko’zgusi. G.M. Nutq tovushlari. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifbo……………….. |
3
|
2-MAVZU. |
O‘zbekiston - yagona vatan. Sodda, qo’shma, juft so’zlar……………………………………....................... |
9
|
3-MAVZU. |
L.M. Universitetim bilan faxrlanaman. G.M. Leksik qatlamlar. Sinonim, antonim, omonim…… |
14
|
4-MAVZU. |
L.M. Inson va jamiyat. Konstitutsiya. G.M. Frazeologizmlar…………………………………... |
23
|
5-MAVZU. |
L.M. Milliy qadriyatlar e’zozi. G.M. Sifat va ravish…………………………………... |
27
|
6-MAVZU. |
L.M. Tarix va zamonamiz. G.M. Otga xos grammatik kategoriyalar……………… |
42
|
7-MAVZU. |
L.M. Adabiyot -ma’naviyat o’chogi. G.M. Aniq va taxminiy miqdorning ifodalanishi……… |
53
|
8-MAVZU. |
L.M. a) O’zbek san’ati ustalari. G.M.Olmosh……………………………………………. |
61
|
9-MAVZU. |
L.M. a) Salomatliging o’z qo’lingda. G.M. Fe’l nisbatlari va fe’l zamonlari………………… |
74
|
10-MAVZU. |
L.M. Kelajak yoshlar qo’lida. G.M.Yordamchi so’zlar………………………………... |
89
|
11-MAVZU. |
L.M.Yetuk mutaxassis bo’laman. G.M. Sintaktik aloqa va uning turlari. Gapda so’z tartibi………………………………………………….… |
100
|
12-MAVZU. |
L.M. Tabiat va inson. G.M. Ergashgan qo’shma gaplar………………………. |
\ 106
|
13-MAVZU. |
L.M. Hayot mening tasavvurimda. G.M. Ko’chirma va o’zlashtirma gaplar……………… |
119
|
14-MAVZU. |
L.M. Turmush urinishlari. G.M. Fe’l mayllari va shakllari. Ravishdosh…………… |
121
|
15-MAVZU. |
L.M. Qahramonlar unutilmaydi. G.M. Fe’l mayllari. Ilmiy uslub………………………. |
129 |
O’ZBEK TILI FANIDAN USLUBIY QO’LLANMA
(Dasturiy injuring talabalari uchun)
5330600 – Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan
talabalarga amaliy mashg’ulotlar
uchun uslubiy qo’llanma
“O’zbek va rus tillari” êàfedrasining 2017 yil “__21 ” 02____ ,
(__26__ - sonly bayonnoma) ìàajlisda
Êo’rib chiqildi va chop etishga tavsiya qilindi
AKT sohasida kasb ta’limi fakultetining ilmiy- uslubiy Êångashida
Ko’rib chiqildi va chop etishga tavsiyalandi
2017 yil “__ ” ____ , ____ - sonly bayonnoma
ÒÀÒU ilmiy-uslubiy Êångashida
Ko’rib chiqildi va chop etishga tavsiyalandi
2017 yil “__ ” ____ , ____ - sonly bayonnoma
Òuzuvchilar: K.A.Gayubova
N.D.Yulanova
Òàqrizchilar: G.A.Narimova
S/X/Abdullayeva
Ìàs’ul ìuhàrrir: S.X.Abdullayeva
Musahhih: K.X.Umarova