O’ZBERISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO’MITASI

 

TOSHKENT ALOQA VA AXBOROT  TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

 

 

 

 

 

 

barcha yo’nalishlar bo’yicha ta’lim olayotgan

talabalar uchun

 «Hayot faoliyati xavfsizligi»

«Yongin xavfsizligi»

kursi bo’yicha o‘quv qo‘llanma

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent 2014

 

YONG‘IN XAVFSIZLIGI

 

Yonish turlari, yonish jarayonining mexanizmi

 

Yong‘in sanoat korxonalari, xalq xo‘jaligining barcha tarmokdarida yuz berib, etkazadigan zarari jixatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin bo‘lgan xodisa hisoblanadi. Ular katta moddiy zarar keltirishi bilan birga og‘ir baxtsiz xodisalarga zaxarlanish, kuyish hamda kishilar xalokatiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yong‘inga qarshi kurash ishlari davlat miqiyosida amalga oshiriladi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash, uning rivojlanib, tarqalib ketmasligi chora-tadbirlarini oldindan ko‘rish, unga qarshi samarali kurash olib borish yong‘inni o‘chirishda qo‘llaniladigan birlamchi vositalardan tug‘ri foydalanishga qaratilgan.

Murakkab oksidlanish jarayonida yonuvchi moddalardagi bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi oqibatida katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan xolatga yonish deb tushuniladi. Yong‘inga asosan uch omil: yonuvchi modda, yondiruvchi muxit, qizdirish jarayoni sabab bo‘ladi.

Yonish jarayoni, asosan, ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchidan, qattiq jismlar yonish jarayonida xavo muxitidan ajralgan xolda buladi. Bunday yonish xavo harorati natijasida yonish zonasini kislorod bilan ta’minlaganligi uchun diffuziyali yonish deyiladi, uni yog‘och, ko‘mir va boshqa moddalar yonganda kuzatish mumkin. Yonishning ikkinchi xili yonuvchi gazlar va suyuqliklarning parlari, yonuvchi moddalarning changlari xavo bilan aralashgan xolatdagi yonishi bo‘lib, u kinetik yonish deb yuritiladi. Bunday yonish xajmli yonish jarayonida o‘tadi.

Yonish tezligi modda tuyinganligiga, xarakatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bunday yonish yopiq xajmlarda yoki idishlarda bo‘lsa, portlash xodisasi ruy beradi.

Yonish quyidagi turlarga bo‘linadi:

-       yonuvchi aralashmaning bir laxzada yonib, o‘chishi;

-       qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi;

-       uchqunlanish natijasida alangaga aylanish;

-       organik moddalar ichida ruy beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, yonuvchi aralashmaning tashqaridan qizishsiz o‘z-o‘zidan yonib ketishi;

-       o‘z-o‘zidan alangalanish, o‘z-o‘zidan yonishning alanga bilan davom etishi;

-       portlash-kimyoviy jarayonning bosim va quvvat xosil qilish bilan o‘tishi.

Yonuvchi modda ma’lum xaroratda uzidan yonuvchi bug ajratishi natijasida alangalanishni ta’minlasa, bu xarorat alangalanish harorati deb yuritiladi. Ba’zi bir organik moddalar (torf, qipiq, paxta, ko‘mir maxsulotlari) o‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga ega. Chunki bular g‘ovak asosga ega bo‘lganligi va oksidlanishi mumkin bo‘lgan yuza juda kattaligi tufayli, ochiq joylarda ma’lum miqdorda yio‘ilib, ob-havo o‘zgarishi, kislorod ta’sirida qizib, yonib ketadi. Buning asosiy sababi, organik moddalar namlanganda uning ichki qismida mikroorganizmlar rivojlanadi va natijada issiqlik ajralib chiqadi. Bu xodisa organik moddalarning o‘z-o‘zidan qizish jarayoni deb ataladi.

Yonish jarayoni yonuvchi modda molekulalarining kislorod molekulalari bilan birikish xodisasi hisoblanadi. Uni akade­mik N.N.Semyonovning zanjirli reaksiya nazariyasi asosida tushuniladi. Oksidlanish reaksiyasi natijasida odatda is­siqlik ajralishi ma’lum sharoitda tezlashib ketishi mumkin. Mana shu tezlanish davri yonishga o‘tgan davrga to‘g‘ri kelib, bu­ni o‘z-o‘zidan alangalanish xodisasi deb yuritiladi.

O‘z-o‘zidan alangalanish issiqlik ta’sirida yoki zanjirli reaksiya asosida yuz berishi mumkin. Issiqlik ta’sirida yonishda reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik tashqi muxitga tarqalayotgan issiqlikdan katta bo‘lgan taqdirdagina vujudga keladi. Buni qo‘yidagi misolda ko‘rib chiqamiz.

Faraz qilaylik, idishda V xajmida yonuvchi gaz yoki bug‘lanib yonuvchi gaz xolatiga kelgan suyuqlik xavo bilan birga to‘ldirilgan bo‘lsin. Shu xonadagi harorat va atmosfera bosimi bilan idishdagi aralashma o‘rtasida xech qanday reaksiya bulmaydi. Ma’lumki, reaksiya jarayoni faqatgina harorat ko‘tarilishi bilan ruyobga chiqadi. Agar biz idish haroratini asta-sekin ko‘tara borsak, ya’ni idishni qizdirsak, undagi aralashma haporati xam ko‘tarilib, reaksiya tezligi xam ortib boradi va o‘z navbatida ajralib chiqayottan issiqlik xam ko‘tariladi. Berilayotgan issiklikka nisbatan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori qo‘yidagi formula asosida bo‘ladi:

q = QYKCYe-E/(RT)

 

bu erda:

q-issiqlik ajralish tezligi;

Q-gaz yonganda ajraladigan issiqlik;

Y-yonuvchi aralashmaning xajmi;

K-reaksiya tezligi konstantasi;

S-reaksiyaga kirishuvchi moddalar miqdori;

E-aktivlashuv quvvati;

R-gazning universal o‘zgarmas miqdori;

T-aralashma harorati.

 

Grafik tarzida bunday yonish 1-rasmda keltirilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


1-rasm. YOnish jarayonida bosim bilan harorat o‘rtasidagi bog‘lanish

1-issiqlikni qochirish, 2,3,4-isiiqlikni yaqinlashtirish.

 

Kimyoviy reaksiya tezligi sifatida ma’lum vaqt birligida ma’lum xajmdagi moddaning birikish miqdori qabul qilingan. Aktivlashuv quvvati molekulalar o‘rtasidagi bog‘lanshni o‘zgartirishga sarflanishi zarur bo‘lgan quvvat miqdoridir.

Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik yonuvchi aralashmaning qizishiga olib keladi. Aralashmaning xarorati idish devorlari xaroratidan oshib ketsa, undan ajralayotgan issiqlik atrof muxitga tarqala boshlaydi. Ma’lum vaqt birli­gida idish devorlari orqali tarqalayotgan issiqlik mikdori, idish devori va aralashma xarorati orasidagi ayirmaga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, ya’ni

 

V = A*S(T-Th)

bu erda:

V-idish devori orqali tarqalayotgan issiqlik tezligi;

A-issiqlik tarqatish koeffitsienti;

S-idish devorlari yuzasi;

T-aralashma harorati;

Th-idish devori harorati.

 

Moddalar uchun o‘z-o‘zidan alangalanish harorati har xil bo‘ladi. Masalan, A-80 benzinining o‘z-o‘zidan alangalanish harorati - 255°C ga, yog‘ochniki - 400°C, linoleumniki - 400°C ga teng.

Tabiatda shunday aralashmalar uchraydiki, ularning xaroratini tashqaridan oshirmagan xolda kimyoviy jarayonlar ruy berishi va bu jarayonlar o‘z-o‘zidan alangalanish xodisasini vujudga keltirishi mumkin. Bunday xodisalarni zanjirli kimyo­viy jarayonlar deb yuritiladi. Bu xodisaning bo‘lishiga asosiy sabab aralashma xolidagi yonuvchi moddalarda, ma’lum sharoit taqozosi bilan, xarorat o‘zgarmagan xolda, bir necha markazda moddaning aktiv atomlari hosil bo‘ladi hamda ular modda tarkibidagi molekulalar bilan aktiv reaksiyaga kirishadi, natijasida yonuvchi modda molekulalari parchalanadi va yangi aktiv markazlar xosil qiladi.                                               .       

Agar zanjirsimon reaksiyaning markazi bitta bo‘lsa, unda zanjirli reaksiya sust kechadi va bu tarmoqlanmagan zanjir reaksiyasi deb ataladi. Agar markaz bir nechta bo‘lsa, reaksiya keskin ko‘chayadi va o‘z-o‘zidan alangalanish jarayoniga olib keluvchi reaksiya-tarmoqlangan zanjir reaksiyasi sodir bo‘ladi.

Buni xlor bilan vodorod molekulalarining uzaro birikishi misolida ko‘rish mumkin.

Atom xolidagi xlor vodorod bilan engil birikadi-H2+2CL=2HCL+H. Atom xolidagi vodorod CL2 yana parchalanadi, H+CL2=HCL+CL. Bularni o‘zaro qo‘shsak CL+H2+CL2=CL+2HCL. Ko‘rinib turibdiki, zanjirsimon reaksiya markazlari tugamaydi va davom etaveradi. Zanjirsimon reaksiyaning o‘z-o‘zidan alangalanishiga olib keluvchi xususiyati xarorat ko‘tarilganda tezlashadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


2-rasm. Yonish jarayoni

 

a) alanga tarkibida yonuvchi gaz miqdorini taqsimlanishi: 1-yonuvchi gaz, 2-yonuvchi maxsulot, 3-alanga sirti;

b) alanganing ko‘ndalang kesimi: 4,5, 6-diffuziyali yonishning chegaralari.

 

Yonish jarayonining umumiy sxematik ko‘rinishi 2-rasmda ifodalangan. Bu rasmda alanga tarkibida yonuvchi gazlar hududi keltirilgan:

1-hududda hali yonmaydigan bug‘ va gaz aralashmalari mavjud bo‘lib, harorati 4000C dan oshmaydi.

2-hududda bug‘ va gaz aralashmasi yona boshlaydi va qisman karbon gaziga aylanadi.

3-hududda moddalarni to‘la yonishi sodir bo‘ladi, chunki bunda harorat eng yuqori, ya’ni 11000C gacha ko‘tariladi.

Yonuvchi muxitdagi alangani balandligi, yonayotgan gaz oqimining ko‘tarilish tezligiga to‘g‘ri, zichligiga esa teskari proporsional ravishda bog‘liq bo‘ladi.

 

Yong‘indan himoyalash tashkilotlari tizimi

 

O‘zbekiston davlatchiligi tizimida yong‘inga qarshi kurashishda asosiy ma’suliyat Ichki Ishlar Vazirligi qarashli bo‘lgan Yong‘indan saqlash bosh boshqarmasiga yuklatilgan. U shahar va qishloqlardagi xalq xo‘jaligining bino va inshootlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashda markaziy boshqaruv organi vazifasini o‘taydi.

        

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-rasm. Respublika yong‘indan saqlash xizmatining strukturaviy tarkibi

 

Bino va inshootlarni yong‘in va portlash xavfi bo‘yicha guruhlanishi

 

Bino va inshootlarni yonish va portlashda moyillik darajasini aniqlashdan maqsad ularda sodir bo‘ladigan yong‘in va portlashlar oqibatida yuzaga keluvchi buzilishlarni va odamlarga xavfli va dahshatli ta’sirini oldini olishdan iborat. Bino va inshootlarni yonish va portlashga moyilligi, ularning qanday ashyolardan qurilganligiga va ularda mavjud ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan yoki saqlanadigan xomashyolarning yonuvchanlik xususiyatlari bilan belgilanadi.

Texnologik  loyihalash me’yori va qurilish qoidalari va me’yorlariga binoan sanoat korxonalari va omborlari yonish va portlash xavfi bo‘yicha 5-ta toifalarga bo‘linadi, jumladan A, V, V, G va D. Bularning A va V toifalari yonish va portlashga moyil. V va G toifalari bo‘lsa faqat yonishga xavfli deb hisoblanadi. D toifa esa portlash va yonish xavfi mavjud emas.

Bino va inshootlarni bunday guruhlanishi, ularda ishlatiladigan yoki saqlanadigan engil yonuvchi gazsimon va suyuq moddalarning bug‘lari havo bilan aralashganda, portlovchi gazli muxitni hosil qiluvchi agregat holati va ularning alangalanish harorati (Ta)ga binoan amalga oshirilgan.

A-toifaga yonish va portlash xavfi mavjud bo‘lgan, chaqnab yonish harorati 280C dan past bo‘lgan, yonuvchi gaz va engil alangalanuvchi suyuqlik bug‘lari havodagi kislorod bilan yoki suv bilan birikish natijasida portlashga moyil xavfli bosimi 5 kPa dan oshiq bo‘lgan, gazsimon aralashmalar hosil bo‘ladigan, korxonalar kiradi. Bu guruhga kiruvchi kimyo sanoatinig atseton, oltingugurt, karbon, efir, superfosfat va boshqa moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.     V-toifaga ham yonish va portlash xavfi bo‘lgan, chaqnab yonish harorati 280C dang yuqori bo‘lgan, engil alangalanuvchisuyuqlik bug‘lari, yonuvchi chang va gazlar havodagi kislorod bilan, suv bilan qorishganda xavfli, portlovchi aralashma hosil qiluvchi miqdorda bo‘lib, ular yonayotganda xonadagi xavfli bosim 5 kPa dan yuqori bo‘ladi. Bunga ammiyak ishlab chiqarish sanoatini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.

V-toifaga faqat yonuvchi, ya’ni A va V toifalarga kirmaydigan sanoat korxonalari, jumladan chaqnab yonish harorati 1200S dan yuqori bo‘lgan, yonuvchi qattiq jismlarni ishlab chiqarish va qayta ishlov berish hamda har xil yoqilg‘i moddalarni ishlatadigan sanoat korxonalari kiradi. Bunga misol qilib, yog‘ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati, qog‘oz, karton, to‘l qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko‘rsatish mumkin.

G-toifaga yonmaydigan modda va ashyolarning qaynoq, cho‘g‘langan yoni eritilgan holatda ishlatadigan korxonalar kiradi. Bunga metallurgiya sanoati korxonalari, issiqlik ishlab chiqarish markazlari va bug‘xonalar misol bo‘la oladi.

D-toifaga yonmaydigan modda va ashyolarning sovuq holatda ishlatadigan va saqlaydagn sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari kiradi. Masalan, toshni maydalash, keramika va sement zavodlari shular jumlasidandir.

Bino va inshootlarni yong‘in va portlash xavfi bo‘yicha guruhlanishi, ulardagi barcha xonalarning yonish va portlash moillik toifasi aniqlangandan so‘ng belgilanadi. Agar binoda A toifaga taaluqli bo‘lsa, uning maydoni binodagi barcha xonalarning umumiy maydonidan 5%dan kam bo‘lmasa yoki sathi 200m2 dan ko‘p bo‘lsa, vu holda bino A toifaga kiradi. Binoda har xil toifaga taaluqli xonalar mavjud bo‘lsa, A va V toifadagi xonalarning yig‘indi maydoni, qolgan barcha xonalar umumiy maydonining 5%dan kam bo‘lmasa yoki sathi 200 m2 dane ziyod bo‘lsa, bu bino V toifaga mansub bo‘ladi.

 

Ishlab chiqarish jarayonidagi yong‘in xavfini tahlil qilish

 

Ishlab chiqarishda yong‘inni kelib chiqishiga,  ko‘pincha yong‘in yoki elektr xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishi, elektr tarmoqlarini yaxshi himoyalanmaganligi, yonuvchi moddalarning saqlash qoidalarini buzilishi hamda olovga nisbatan ehtiyotsizlik qilish kabilar sabab bo‘ladi. Ba’zan yong‘inni yoki portlashni kelib chiqishiga, inshootni loyihalash vaqtida bo‘lajak sanoat korxonasini yonish va portlash xavfi bo‘yicha noto‘g‘ri toifalanishi, ya’ni unda ishlatiladigan xomashyoning yonish va portlash xususiyatlari aniq xisobga olinmaganligi ham sabab bo‘ladi.

Ishlab chiqarish jarayonida yong‘in xavfsizligini to‘la ta’minlashda korxonalarni yong‘in xavfi bo‘yicha toifalanishi kifoya qilmaydi. Buning uchun ishlab chiqarishda yong‘in va portlashni keltirib chiqaruvchi xavfli omillarni mukammal o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi. Demak ishlab chiqarish tartiboti jarayonida yonish va portlash xavfi mavjudligini quyidagi tartibda aniqlash mumkin: 

1. Korxonada ishlatiladigan yonuvchi va portlovchi moddalarning turlari va ularning miqdori aniqlanadi;

2. Ishlab chiqarish tartiboti va unda ishlatiladigan yonuvchi moddalarning ishlatilish tartibi aniqlanadi; 

3. Korxonadagi texnologik uskunalardan yonuvchi moddalarning oqib chiqishini mavjud sabablari va hajmi aniqlanadi;

4. Yondiruvchi va portlovchi manbalarni kelib chiqish sabablari aniqlanadi;

5. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in sabablarini va uning ehtimoliy yo‘nalishini, binoning loyihalanish uslubiga va yonishga moyil bo‘lgan pardozlov ashyolarining joylanishiga qarab aniqlanadi va hokazolar.  

Texnologik jarayonlarni yonish va portlash xavfini tahlil qilishda, odatda texnologik jarayonda qo‘llaniladigan tartibot uslubi va ishlab chiqarishni me’yoriy rejalari, hamda ishlatiladigan yonuvchi moddalarning kimyoviy xossalari haqidagi ma’lumotlar atroflicha keng o‘rgaaniladi.        

Texnologik tartibot uslubi  va undagi me’yoriy qoidalarga binoan qaysi idish yoki uskunalarda qanday va qancha yonuvchi gaz, suyuqlik yoki boshqa moddalar borligi hamda ular qanday bosim ostida va haroratda ishlashi mumkinligi haqida  aniq ko‘rsatmalar ifodali tarzda jarayonni boshqaruv pultida bayon etilgan bo‘lishi shart.

 Texnologik jarayonda ishlatiladigan gazlar havo bilan yoki kislorod bilan birikmagan holda ishlatiladi. Gazlar uskunadagi jumraklardan yoki texnik nosozliklar orqali chiqayotganda havo bilan birikishi mumkin. Bunday holatlarda yonuvchi gazning havo bilan aralashmasi tarkibidagi miqdori uning quyi yonish chegara miqdoridan kam, yoki yuqori yonish chegarasidan baland bo‘lishi shart. Ya’ni bu ikki chegara orasida bo‘lishi o‘ta xavfli hisoblanadi.

Yonuvchi suyuq modda solinadigan idishlar xavfsizlik qoidasiga binoan oxirigacha to‘ldirilmaydi, ya’ni idishlarni shifti bilan suyuqlik satxi orasida keyinchalik gaz bug‘lari bilan to‘yinadigan havo bo‘shlig‘i  mavjud bo‘ladi. Idishning tepa qismida hosil bo‘ladigan portlovchi muhitning yuzaga kelishi, suyuqlik bug‘lari bilan to‘yingan havo aralashmasidagi yonuvchi bug‘ning miqdoriga va idishdagi suyuqlikning haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi, ya’ni suyuqlikni harorati uning quyi va yuqori yonish harorati chegaralari oralig‘ida bo‘lsa, xavfli muxit portlashga moyil  bo‘ladi.

Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan bunday sharoitlarda alangalanib yoki portlab yonishga quyidagi manbalar sabab bo‘lishi mumkin: yonib turgan olov, cho‘g‘lanib qizib turgan yonuvchi buyum, mexanik harakat yoki elektr tarmog‘ining qizishi natijasida hosil bo‘ladigan uchqunlar yoki moddalarning o‘zaro kimyoviy birikishi va boshqalar. 

 

Yong‘inga qarshi umumiy talab va qoidalar

 

Qurilish maydonlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashda iqtisodiy samarador va texnik jihatdan asoslangan ilg‘or ishlab chiqarish usullarini hamda yong‘inni oldini olish va o‘chirishning zamonaviy vositalarini qo‘llash eng zarur omillar jumlasiga kiradi.

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar qurilishni tashkillashtirish va ishni bajarish  loyihalarida ishlab chiqiladi va ular yong‘inni oldini olish va o‘chirishni ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Bu tadbirlar «Qurilishni tashkil qilish», «Yong’in xavfsizligi», «Sanoat korxonalarini bosh tarxi», «Yong’in xavfsizligi», hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV YOMBB tomonidan tasdiqlangan umumiy qurilish ishlarida «Yong‘in xavfsizligi qoidalari» asosida ishlab chiqiladi.

Qurilish maydonining mutasadi rahbarlari (uchastka boshlig‘i, prorab, usta) yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul hisoblanishadi va quyidagi talablarni bajarishlari shartdir:

-qurilishni tashkillashtirish va ishni bajarish loyihalarida aks ettirilgan yong‘inga qarshi tadbirlarni va ularga xos yong‘in xavfsizligi qoidalari talablarini bilishlari hamda barcha ishchi va xizmatchilar tomonidan ularni to‘liq va so‘zsiz bajarilishini ta’minlashlari va nazorat qilishlari;

-me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan o‘t o‘chirish vositalari bilan ta’minlash va ularni hamma vaqt ishlatishga tayyor holda saqlanishini ta’minlashlari;

 -qurilayotgan bino va yordamchi ijtimoiy va omborxonalarni yong‘in xavfsizligi holatini doimiy nazorat qilib turishlari;

-elektr va issiqlik tarmoqlarini qarovsiz qolmasligini ta’minlash;

-qurilish maydonida o‘t o‘chirish uchun zarur bo‘lgan suv ta’minoti manbalarini aniqlamasdan va o‘t o‘chiruvchi mashinlarni to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlay oladigan yo‘llarni hamda telefon-aloqa tarmoqlarini qurmasdan turib qurilish ishlarini boshlamaslikni ta’minlash;

-yong‘in sodir bo‘lganda zudlik bilan yong‘inga qarshi hududiy xizmat bo‘limiga xabar berish va birlamchi o‘t o‘chirish vositalari yordamida yong‘inni bartaraf etishni ta’minlash.

Muxandis va texnik xodimlarni yong‘indan muhofaza qilish tadbirlarini bajarishga va shu yo‘l bilan xalq mulkini asrab qolishga jalb qilish maqsadida, mahalliy Davlat yong‘in nazorati tashkilotlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turadigan, xavfsizlik tadbirlarini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilishda asosiy omil hisoblanadigan Yong‘in texnik komisiyaasini (YOTK) tuzish zarur bo‘ladi. Qurilish maydonida ishlayotgan har bir ishchi va xizmatchi ish boshlashdan oldin Yong‘in texnik minimumi (YOTM) bo‘yicha xavfsizlik qoidalariga asosan maxsus o‘qitilishi va tushuntirishlar olib borilishi shart. Bunday o‘quv kursini o‘tagan ishchi va xizmatchilar o‘qish yakunida imtihon topshirishlari lozim.

Tushintirish jarayonida ishchi va xizmatchilarni yong‘in xavfsizligi me’yorlari hamda qurilish maydoniga xos yong‘inga qarshi tartib va qoidalar bilan batafsil tanishtirilishi shart.

Qurilish muddati bir yildan ortiq davom etadigan katta qurilish maydonlarida yonish va portlash xavfi mavjud bo‘lgan omborxonalar va yordamchi ijtimoiy binolar yong‘indan muhofazalangan bo‘lishlari, ya’ni yong‘in darakchilari tizimi bilan jihozlangan bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Qisqa muddatli qurilish maydonlarida esa bunday toifadagi bino va xonalar oldida birlamchi o‘t o‘chirish qalqonlarini o‘rnatish va etarli suv ta’minoti manbalari kifoya bo‘ladi.

Qurilish maydonlarining hajmi va yong‘in kelib chiqish ehtimoliga qarab bir yoki bir nechta ixtiyoriy yong‘inga qarshi yordamchilar guruhi tuziladi. Har bir smenada 4-6 kishidan iborat ishchi yordamchi guruh bo‘lishi kerak.

 

Elektr va gaz payvandlash ishlarida yong‘in xavfsizligi

 

Qurilish jarayonida bino va inshootlarni mustahkamligini oshirish maqsadida metal va temirbeton qurilmalarni o‘zaro bog‘lab, ularni yaxlit bir hajmiy tizimga keltiriladi. Buning uchun elektr yoki gaz payvandlash uskunalaridan foydalaniladi. 

Elektr va gaz payvandlash uskunalarini ishlatish jarayonida payvand qilinayotgan nuqtada ochiq alangani hosil bo‘lishi va undagi harorat 1100oC gacha ko‘tarilishi mumkin. SHuning uchun payvandlash ishlarini bajarish davomida ma’lum tartib va qoidalarga rioya qilish zarur bo‘ladi. 

Bunday ishlarni ochiq havoda yoki yopiq xonalarda doimiy o‘tkaziladigan joylari tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida belgilanadi. Yopiq sexlarda payvandlash ishlarining vaqtinchalik o‘tkaziladigan joylari, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodimning yozma tariqasida bergan ruxsatnomasi bilan aniqlanadi. 

Olov bilan bog‘liq bo‘lgan payvandlash ishlari bajariladigan joylarda albatta dastlabki o‘t o‘chirish vositalari ishga tayyor holda bo‘lishi va barcha payvandlash ishlari  yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda bajarilishi shart.

Vaqtinchalik elektr yoki gaz payvandlash ishlari bajariladigan joylarda 5m radius kengligida aylanma hudud yonuvchi ashyolardan tozalangan bo‘lishi lozim. Agar elektr payvanchi balandda ishlayotgan bo‘lsa, pastda payvandlash paytida uchib chiqayotgan uchqunlarni tarqalishini kuzatib turgan yordamchi bo‘lishi va payvandchining yonida yongan elektrodlar qoldig‘ini solish uchun maxsus metal quticha bo‘lishi  lozim.

Elektr payvandlash va gazda qirqish ishlarini bajarishda quyidagilar taqiqlanadi:

-yong‘in xavfsizligini ta’minlamasdan turib payvandlash uskunalarini ishlatish, hamda nosoz bo‘lgan uskunalarda ishlash;

-maxsus belgilangan ximoya kiyimlarini kiymasdan turib ishni boshlash;

-kislorod balonlari va yonuvchi gaz balonlarini, karbit va bo‘yoq mahsulotlari solingan idishlar  bilan bir xonada saqlash;

-karbit solingan idishlarni zax tortishi mumkin bo‘lgan erto‘lalarda saqlash;

-asetilen generatori va uning qismlari muzlab qolganda olov yoki qizdirilgan buyumlar yordamida muzini eritish;

-yonuvchi gaz va kislorod balonlari, atsetilen generatori bor bo‘lgan joylarda chekish va ochiq holdagi olovlardan foydalanish;

-karbit solingan idish qopqog‘ini ochishda misdan qilingan asboblardan foydalanish.

 

Havodagi gaz va chang moddalarining yonish jarayoni

 

         Yonuvchi bug‘ va gazsimon moddalarning yonish va portlash xavfi ularning alangalanish chegaralari, chaqnab yoki alangalanib yonish harorati va alanganing tarqalish tezligi bilan belgilanadi.

          Yonuvchi gazning havodagi kislorod bilan aralashmasi yonish uchun etarli darajada yig‘ilib qolgan muhitda haroratning ko‘tarilishi, uning o‘z-o‘zidan alangalanib ketishiga sabab bo‘ladi. Aralashmaning yonishiga sabab bo‘lgan dastlabki haroratni, uning alangalanish harorati deb ataladi.

         Gazning havo bilan aralashib yonishi har qanday aralashma holatida ham amalga oshavermaydi, balki ma’lum chegaraviy miqdordagi aralashma hosil bo‘lganidagina yonishi mumkin. Shuning uchun ham aralashmalarning alangalanadigan miqdorlari quyi va yuqori chegaralar sifatida belgilanadi. Bunda gazlarning quyi chegara miqdori deb, ularning alanga hosil qilgan holatidagi minimal miqdori tushuniladi va ana shu quyi chegara, sanoat korxonalarining yong‘in va portlash xavfiga moyillik toifalarini aniqlashda asosiy me’zon bo‘lib xizmat qiladi.

Qurilishda ishlatiladigan ba’zi yonuvchi modda va ashyolarning  yonish va portlash xavfi o‘zaro bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Ammo ahamiyatli farqi shundaki, portlash jarayonida alanganing atrofga tarqalish tezligi yong‘indagiga nisbatan juda yuqori bo‘ladi. Yonuvchi gaz va bug‘larning havo bilan gomogen aralashmasi ma’lum sharoitda portlab yonish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. 

Bino va inshootlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan. portlovchi bosim kuchini aniqlash va engil otiluvchi himoya qurilmalarini loyihalash uchun yong‘in paytida alangani tarqalish tezligini bilish juda zarur hisoblanadi.

Modda va ashyolarning yonuvchanlik va portlash xususiyatlari ularning yonish jarayonidagi agregat holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar yonuvchi moddalarning agregat holatiga qarab turlicha bo‘ladi. Jumladan, yonuvchi modda gazsimon bo‘lganda bu ko‘rsatkichlar quydagilardan iborat bo‘ladi:

-          alanganish chegara miqdori (ACHM);

-          alangani tarqalish tezligi (ATT);

-          kislorodni portlashdagi quyi miqdori (KPQM);

-          o‘z-o‘zidan alangalanish va chaqnab yonish harorati (Ta);

-          portlash jarayonidagi xavfli bosim (Rmax);

-          bosimni ko‘tarilish tezligi va boshqalar.

 

Yonuvchi gazsimon  moddalarning atmosferada alangalanish chegaralari, ularni malum atmosfera bosimi  ostida, tashqi harorat manbai tasiridan (butun hajmi bo‘yicha) alangalana olish imkoniyatiga ega bo‘lgan, havodagi nisbiy miqdori bilan aniqlanadi. Bunday holatdagi gazlarning yonish va portlash chegaralari ikkita, ya’ni quyi va yuqori chegara miqdorlar hajmida bo‘ladi. Aralashma tarkibidagi yonuvchi gazsimon moddaning aralashmada portlash yoki yong‘inni keltirib chiqara oladigan eng ko‘p miqdori, uning yuqori chegaraviy miqdori (YUCHM), va yonish sodir bo‘lmaydigan eng kam miqdori esa quyi chegaraviy miqdor (QCHM) deyiladi. Bu alangalanish chegaralari gazsimon yonuvchi moddalarning portlash (yonish) xavfini aniqlash bo‘yicha asosiy baholash o‘lchami hisoblanadi va ular quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi:

 

QCHM=M/(N-1) 4,76 Vt , mg/l,  yoki QCHM=100/ 1+(N-1) 4,76 , %

 

YUCHM=4M/(4+4,76N)Vt, mg/l, yoki YUCHM=4*100/4+4,76 N ,%

 

bunda

M-aralashmadagi yonuvchi moddaning massasi, g/mol,

N-1 g/mol. gaz massasini yoqishda qatnashuvchi kislorodni atomlar soni,

Vt- aralashmaning boshlang‘ich haroratida 1 mol. yonuvchi gazning hajmi, ml.

Havoning tarkibida yonuvchi gaz va chang moddalarining yig‘ilib qolishi, yong‘inni keltirib chiqaradigan asosiy sabablardan hisoblanadi. Xalq xo‘jaligi uchun xizmat qiladigan isitgich bug‘xonalarida bunday holatning sodir bo‘lishiga, ulardagi asbob va uskunalarni ishlatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, elektr yoritgichlar va dastgohlardagi nosozliklar, qozon o‘txonasida va gaz uzatgich quvurlarda portlash xavfini chaqiruvchi aralashmalarni hosil bo‘lishi, yonuvchi moddalar bug‘i va changini hamda neft mahsulotlariga bulangan lattalarning o‘z-o‘zidan alangalanishi, gaz uzatgich quvurlarning ulangan joylaridan gazning oqib chiqishi, gaz aralashmasi xavfli miqdorga etishi mumkin bo‘lgan xonalarda elektr tarmog‘idan uchqun chaqnashi, chekish uchun gugurt chaqilishi, elektr payvandlash ishlarini olib borilishi va boshqalar asosiy omillardan bo‘ladi.

Odatda yonuvchi moddaning yonish jarayonida tezlatgich (katalizator) sifatida, havodagi kislorod ishtirok etadi va uning atmosferadagi  azotga nisbati 1/3,76 ni tashkil etadi. SHu boisdan yonish reyaksiyalarini hisoblashda azotning ishtiroki inobatga olinishi shart. Aytilganlarni isboti uchun quyida asosiy yonuvchi gazlardan bir nechtasini yonishida azotning ishtirok etish tenglamasini keltiramiz:

 

CN4 + 2O+ 7,52N2 = CO2 + 2N2O + 7,52N2;

C3N8 + 5O2 + 18,8N2 = 3CO2 + 4N2O + 18,8N2;

2C4N10 + 13O2 + 48,88N2 = 8CO2 + 10N2O + 48,88N2;

2N2 + O2 + 3,76N2 = 2N2O + 3,76N2;

2CO + O2 + 3,76N2 = 2CO+ 3,76N2.

 

Bu tenglamalardan ko‘rinib turibdiki, yonish jarayoni tugagandan keyin ham, yonishda ishtirok etgan gazlarni hajmi  o‘zgarmas bo‘lib qolishi mumkin.

Yonuvchi gazlarning havo bilan har qanday nisbatdagi oddiy aralashmasi o‘z-o‘zidan alangalanavermaydi, balki uning harorati ma’lum miqdordan, ya’ni alangalanish haroratiga teng yoki undan yuqori bo‘lgandagina yonishi mumkin.

Quyidagi 2-jadvalda kundalik hayot faoliyatimizda ishlatiladigan tabiiy va sun’iy hosil bo‘ladigan asosiy yonuvchi gazlarni alangalanish harorati va chegaralaridan namunalar berilgan.

 

 

 

 

 

Yonuvchi gazlarni havo bilan aralashganda, alangalanish harorati

va portlash chegaralari

2-Jadval

 

Gaz              turlari

 

Alangalanish harorati,

oC

Maksimal yonish harorati,

oC

Normal sharoitda

(T=20oC, P=760 mm.sm.us.)

yonuvchi gazlarni alangalanish chegaralari (foiz hajmida)

Quyi chegara

Yuqori chegara

Butan

Butilen

Vodorod

Metan

Karbon oksidi

Propan

Propilen

Etan

Etilen

Koksli

Slanetsli

490

445

510

645

610

510

455

530

510

640

700

2120

2043

2230

2043

2110

2110

2224

2100

2020

2090

1900

1,9

1,7

4

5

12,5

2,1

2

3,1

3

5-6

6-8

8,5

9

75

15

75

9,5

9,7

12,5

28,6

30-32

30-40

 

Agar aralashma tarkibida bir nechta yonuvchi gazlar ishtirok etadigan bo‘lsa, aralashmaning taqribiy alangalanish chegarasi (PSM), Le-Shatelening quyidagi formulasi orqali aniqlanishi mumkin:

                 

 

bunda  a, b, c va d – aralashma tarkibidagi yonuvchi gazlarning miqdori, %;

A, B, C va D – aralashma tarkibidagi yonuvchi gazlarning yuqori (yoki  quyi) alangalanish chegaralari, %  2-jadvaldan olinadi.

 

 Tarkibida yonmaydigan gazlarning miqdori ko‘proq bo‘’lgan aralashmalarni alangalanish chegarasini aniqlashda bu formula kerakli aniqlikni ta’minlab berolmaydi, shu sababdan bu xildagi aralashmalarni alangalanish chegaralarini aniqlashda, yuqori aniqlikdagi murakkab formulalardan foydalaniladi yoki alangalanish chegaralari tajriba usuli bilan aniqlanadi.

Yonish jarayoni odatda havodagi gazlarni haroratini va bosimini tez ko‘tarilishiga olib keladi. Bu hol xona ichida sodir bo‘lsa, undagi yonuvchi gaz aralashmasi portlashi mumkin.

 Yonuvchi gaz va havo aralashmasi portlaganda  bosim 7-8 kg/sm2 gacha ko‘tarilishi mumkin.

 Portlash jarayonida bosimni ko‘tarilishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:                         

 

  

          

bunda Rport -portlash vaqtidagi havoning mutlaq bosimi, at;

           Rdast -aralashmaning dastlabki mutlaq bosimi, at;

           tport -portlash paytidagi maksimal harorat, oC, jad. 2;

           tdast -aralashmaning dastlabki harorati, oC;

           m-aralashmaning yonish reayaksiyasi tenglamasidagi molekulalar soni;

           n-aralashmaning portlash oldidagi molekulalar soni

 

Chang zarrachalarining yonish va portlash xususiyatlari, ularning qanday moddadan tashkil topganligi, o‘z-o‘zidan alangalanish harorati va quyi chegaraviy miqdorlari bilan aniqlanadi.

 Yonuvchi chang zarrachalari havo bilan aralashganda, malum harorat va bosim tasirida yonishi yoki portlashi mumkin. Ularning bunday sharoitda yonishi (yoki portlashi) uchun etarli bo‘lgan eng kam miqdoriga, qo‘yi alangalanuvchi chegara miqdori deb yuritiladi.

 Qurilish meyorlari va qoidalariga binoan changlar ikki turga ajratilgan, ya’ni yonuvchanlik quyi chegara miqdori 65 g/m3 dan yuqori bo‘lganda yonishga  xavfli  va portlashining quyi chegara miqdori 65 g/m3 dan  past bo‘lganda portlashga xavfli xisoblanadi.

Bundan tashqari chang yonuvchanligi va portlashga moyilligi bo‘yicha 4-ta sinfga bo‘linadi, ya’ni portlash xavfi bo‘yicha ikkita sinfga:

1-sinf: qo‘yi portlash chegara miqdori 15 g/m3 gacha bo‘lgan portlovchi changlar;

2-sinf: qo‘yi portlash chegara miqdori 15 g/m3 dan yuqori bo‘lgan portlovchi changlar.

Hamda alangalanib yonish bo‘yicha ikkita sinfga bo‘linadi:

3-sinf:  alangalanish harorati 2500C gacha bo‘lgan yonuvchi changlar;

4-sinf: alangalanish harorati 2500C dan yuqori bo‘lgan yonuvchi changlar.

Ba’zi yonuvchi changlarning yonish va portlash quyi chegara miqdori  quyidagicha. Masalan, un changi- 30 g/m3 , kraxmal changi- 40 g/m3 , paxta changi 65 g/m3dan yuqori, yog‘och changi- 67 g/m3, tamaki changi- 68 g/m3,  tosh ko’mir changi-114 g/m3 yonuvchilarga, kanifol changi- 5 g/m3, oltingugurt changi- 2,3 g/m3, shakar changi - 8,9 g/m3 va boshqalar portlovchilarga misol bo‘ladi.

Changlarni yuqori miqdroiy alangalanish chegaralari odatda etarli darajada baland bo‘lganligi sababli, ishlab chiqarish sharoitida ularga etishib bo‘lmaydi.

Yonuvchi suyuqliklarning yonish xavfi, odatda ularning harorat ko‘rsatkichlari, kimyoviy tarkibi hamda bug‘lanish xususiyatlari bilan belgilanadi. Ba’zi engil alangalanuvchi suyuqliklarni chaqnab portlashiga tashqi muhit haroratining ko‘tarilishi sabab bo‘lishi mumkin. YOnuvchi suyuq moddalarni o‘rab turgan muhit haroratining ko‘tarilishi tufayli, ularning  sirtida yonuvchi bug‘lar yig‘ilib qolishi va tashqi issiqlik manbai ta’sirida, alangalanmasdan portlashga moyil bo‘lgan holat yuzaga kelishi mumkin. Ana shu holatni yuzaga keltiruvchi eng kichik harorat, chaqnash harorati deb qabul qilingan.

Suyuqliklarning yonuvchanlik darajasi ularning chaqnash haroratiga qarab belgilanadi va ikki toifaga bo‘linadi. Ya’ni,  chaqnash harorati 61oC dan past bo‘lgan suyuqliklar engil alangalanuvchi va yuqori bo‘lganlari esa engil yonuvchi suyuqliklar turkumiga kiritilgan. Ishlab chiqarishda, harorati chaqnash haroratidan yuqori bo‘lgan muhitlarda, bu turdagi suyuqliklarni qo‘llanilishi xavfli hisoblanadi. Davlat xavfsizlik me’zonida ba’zi engil yonuvchi suyuqliklarning chaqnash harorati quyidagicha berilgan: Atseton-1,80C, benzol-150C, benzin- 500C, solyarka –380C, kerosin –280C, skipidar –340C, toluol-60C, ksilol –230C, motor yonilg‘isi-700C va boshqalar.

Ormandi va Grevenlar tajribalarga tayangan holda, har qanday yonuvchan suyuqliklarning xavfli chaqnash harorati ularni qaynash harorati bilan bog‘liqligini quyidagicha ifoda etishni taklif etganlar.

 

Tchaq =0,736 Tqay

               

Masalan, benzolni qaynash harorati tq=+80,1oC bo’lsa, uning absolyut qaynash harorati Tqay =273+80=353oK ga teng bo‘ladi. CHaqnash haroratining mutloq qiymati bolsa  Tchaq=353·0,736=260oK yoki tchaq=260−273=−13oC bo’ladi.            

Bug‘larda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosimni Tornton formulasi orqali aniqlab chaqnash haroratini topish mumkin

 

Pch= Pu /[1+ (N-1) 4,76]

 

bunda Pch- bug‘ning chaqnash haroratiga xos bosimi, mm.sm.ust;

           Pu- bug‘ va havo aralashmasining umumiy bosimi, mm.sm.ust;

           N-1 g/mol. yonuvchi suyuqlikni yonishi uchun zarur bo‘lgan kislorodning atomlar soni.

   Masalan, ma’lumki havoning bosimi 750mm.sm.ust. teng bo‘lganda, benzol – C6N6 ni havoda yonishini quyidagicha kechadi:

 

C6N6  +7,5O2 + 79/21·7,5N2 + 6CO2 + 3N2O + 79/21·7,5N2 ,

 

bundan ko‘rinib turibtiki  N=15. Demak,

                                                                                                        

Pch = Pu /[1+ (N-1)4,76]= 750/(1+(15-1)4,76)=11 mm.sm.ust.ga teng bo‘ladi.

  

Benzol bug‘larini bunday bosimni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan chaqnash harorati tch =−120C ga teng.  

Chaqnash haroratiga mos keladigan bosim quyidagi formuladan ham oson aniqlanadi

Rch = Ru/8M                                  

 

bunda Rch- chaqnash haroratiga mos bosim, mm.sm.ust.

           Ru- aralashmaning havo bilan umumiy bosimi, mm.sm.ust;

           M-1 mol yonuvchi aralashmani yonishida ishtirok etuvchi kislorodning molekulalar soni.

 

Yong‘in paytida odamlarni evakuasiya qilish

 

Bino va inshootlarda odamlarni xarakatlanishi zaruriy funksional jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni kechish sharoitiga qarab odamlarni harakati me’yoriy yoki majburiy holatda bo‘lishi mumkin. Birinchisida odamlarni bino va inshootlarda kundalik ehtiyoj yuuzasidan normal harakatlanishi bilan ifodalansa, ikkinchisiga bino yoki xonalardan yong‘in yoki zilzila sharoitida odamlarni xavfli muhitdan xavfsiz joyga majburiy ko‘chish uchun mo‘ljallangan harakati tushiniladi.

Majburiy evakuasiya jarayoni to‘rtta pog‘onada o‘tkaziladi. Birinchi pog‘ona bu binoning oxirgi qavatida eng chetda joylashgan xonadagi chiqish eshigidan maksimal uzoqlashgan ish joyidan odamlarni koridorga chiqishidir. Bularga barcha bino va inshootlarning yuqori qavatidagi xonalari kiradi.

Ikkinchi pog‘onaga odamlarni xonaning chiqish eshigidan to zinaxona eshigigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishi uchun mo‘ljallangan harakati kiradi. Bunda harakatlanuvchi oqim koridor bo‘ylab o‘tadi. Agar bino bir qavatli bo‘lsa, evakuasiya ikkinchi pog‘onadan so‘ng  tugashi mumkin.

Uchinchi pog‘onaga odamlarni yuqorigi qavatning zinaxonaga kirish eshigidan to birinchi qavatda zinaxonadan chiqish eshigigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish uchun qilingan harakati kiradi.

To‘rtinchi pog‘onaga odamlarni zinaxonadan chiqqandan keyin vestibyul yoki foye va tambur orqali tashqariga chiqish eshigigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishiga qaratilgan harakati kiradi.

Sanoat korxonalari bino va inshootlarida odamlarni harakatlanib yurishi yordamchi vazifalarga kiradi va uni amalga oshirish uchun maxsus maydonlar (yulaklar, zinapoyalar, kirish va chiqish joylari) ajratiladi.              

Fuqaro va jamoa binolaridagi aloqa xonalari qismida (koridor, dahliz, rovon-foye, zinaxona) esa odamlarni harakatlanishi asosiy funksional jarayonga kiradi. Aloqa tarmoqlari bunday xonalarning satxi ko‘pchilik hollarda, binoning umumiy foydali maydonining 30% dan ziyodroq qismini tashkil etadi. Bunday xonalar bino va inshootlarda qanchalik to‘g‘ri joylashtirilgan bo‘lsa, ularni loyihaviy echimlari shunchalik foydalanish uchun qo‘lay bo‘ladi.

Bino va inshootlarga yuklanadigan barcha funksional vazifalarga nisbatan, odamlarni ulardagi harakatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan  vazifasi, foydalanish davriga qarab keskin o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ya’ni, bu vazifa hatto asosiy bo‘lmagan xonalarda ham, yuklatilish va evakuasiya davrida odamlarni xavfsiz harakatlanishi asosiy vazifalar darajasiga ko‘tariladi. Chunki bunday holatlarda binoda bir vaqtni o‘zida odamlar guruh-guruh bo‘lib, u yoki bu tomonga qarab majburiy harakatlanishiga to‘g‘ri keladi.

 Odamlarni binodagi harakatlanish jarayoni ayniqsa yong‘in yoki biror tabiiy talofat paytida keskin masu’liyatli tus oladi. Bunday hollarda harakatlanishni to‘g‘ri ta’minlash odamlarni hayotini saqlab qolishga garov bo‘la oladi. Har qanday xonada ham yong‘in sodir bo‘lish ehtimoli mavjud ekanligini inobatga olsak, barcha xonalardan va umuman binodan odamlarni xavfsiz joyga ko‘chirish uchun evakuasiya  yo‘llarini rejalashtirish majburiy tadbirlardan xisoblanadi.

Evakuasiya yo‘llari deb, bino va inshootlarda xavfli holat yuzaga kelganda, odamlarni bino ichida joylashgan doimiy ish joyidan, qisqa vaqt ichida tashqariga olib chiqadigan elementlar tizimiga aytiladi. Bunday elementlarga odamlarni doimiy ish joyidan eng qisqa yo‘l bilan tashqariga olib chiqadigan yo‘nalish bo‘ylab joylashgan yo‘laklar, koridorlar, dahliz,  zinaxonadagi zinapoyalar va maydonchalar, darvozaxonalar-vestibyul, tambur (kirish darvozalari orasidagi maxsus xona), chiqish eshiklari va boshqalar kiradi.

Evakuasiya vaqtida binodan chiqish eshiklari ikkitadan kam bo‘lmagan holda loyihalashtiriladi. Xonalardan chiqish eshiklari va binodan chiqish darvozalari bir-biridan ma’lum masofada uzoqlashtirilgan bo‘ladi. Agar xonaning maydoni katta bo‘lib, undan chiqish eshiklari ikkitadan ortiq bo‘lsa, ular orasidagi eng qisqa masofa quyidagi formula orqali aniqlanadi

 

L ≥ 1,5

                   

P - xona maydonining tomonlar yig‘indisi, m.

 

Evakuasiya vaqtini aniqlashda lift va eskalator uskunalaridan foydalanish xisobga olinmaydi.

 Binolarni er osti qavatlaridan evakuasiya qilishda odamlarni harakat yo‘nalishi bo‘ylab yonuvchi ashyolar saqlanadigan omborxonalar mavjud bo‘lmasa, xonalardan chiqish yo‘lini umumiy zinaxona orqali o‘tkazishga ruxsat etiladi. Agar erto‘lada bunday omborlar mavjud bo‘lsa va bu omborlar uchun alohida chiqish yo‘li asosiy evakuasiya yo‘lidan o‘tda yonmaydigan devor bilan to‘silgan bo‘lsagina, ulardan evakuasiya qilishda umumiy zinaxonadan foydalanishga  ruxsat beriladi.

Agar er to‘lada joylashgan xonaning sathi 300m2 gacha bo‘lib, undagi odamlar soni 15 kishidan oshmagan bo‘lsa, xonadan chiqish oson bo‘lishi uchun maxsus moslamalar mavjud bo‘lgan taqdirda, tik o‘rnatilgan narvon bilan erto‘la tomidagi 0,9x0,9m2 o‘lchamli tuynuk orqali yoki tashqi devorda o‘rnatilgan o‘lchami 0,75x1,5m2  teng bo‘lgan deraza orqali evakuasiya qilish mumkin bo‘ladi.

Er to‘lada ishlovchilar soni 5 kishidan oshmasa, undan chiqish uchun bitta tuynuk yoki deraza qo‘yish kifoya qiladi.

Binoning qaysi  qavatida bo‘lishidan qat’iy nazar, agar xonadan chiqish eshigi, shu qavatdagi ikkita evakuasiya chiqish darvozasiga olib boradigan bo‘lsa, bu xonadan chiqish uchun bitta evakuasiya eshigi qo‘yilishi mumkin. Faqat xonadagi eng uzoq joylashgan ish joyidan to bu eshikkacha bo‘lgan masofa 25m dan uzoq bo‘lmasligi va bir smenada ishchilar soni, A va B toifadagi xonalarda – 5 kishidan,  V toifadagi xonada -25 kishidan, G va D toifadagi xonalarda 50 kishidan oshmasligi shart.

Evakuasiya yo‘nalishi bo‘ylab jolashgan yo‘l qismlari (oraliq yo‘laklar, koridor, zinapoyalar va h.k.) har xil texnik qurilmalar bilan toraymasligi, balki aksincha yo‘l-yo‘lakay qo‘shilib boruvchi odamlar oqimini hisobga olgan holda kengayib borishi inobatga olinishi lozim bo‘’ladi. Barcha evakuasiya yo‘llari tabiiy yoki sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlangan bo‘lishi va sun’iy yoritilganlik tizimi albatta ham umumiy va ham avariya elektr tarmog‘idan ishlashga moslashtirilgan bo‘lishi kerak.

Evakuasiya paytida xonalardan ko‘chayotgan odamlarni soniga, binoning o‘tga chidamlilik darajasiga, xonalarni toifasiga va hajmiga  qarab, chiqish eshiklarini kengligi va eng uzoqdagi ish joyidan evakuasiya eshigigacha bo‘lgan masofani ham aniqlash zarur.

Asosiy koridorlarni kengligi hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi, lekin 1,20m dan kam bo‘lmasligi kerak.

Evakuasiya uchun mo‘ljallangan barcha yo‘lak va koridorlarda zina yoki bo‘sag‘alarni rejalashtirilish ruxsat etilmaydi. Agar ularda balandligi har xil bo‘lgan pollar mavjud bo‘lsa, ularni biridan ikkinchisiga o‘tish joyida 1:8 nisbatda nishab bo‘lgan qiyaliklar o‘rnatilib, maxsus farq qilib turuvchi bo‘yoqlarda bo‘yalgan bo‘lishi kerak.

Maydoni 100 m2 dan katta bo‘lmagan va koridor bo‘ylab eng uzoq joylashgan xona eshigidan to tashqariga chiqish yoki zinaxonaga kirish eshigigacha bo‘lgan masofa quyidagi jadvalda berilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.

Zina elementlarini o‘lchamlari hisob yo‘li bilan aniqlanadi, ammo zina marshining eni 105sm dan va qavatlar orasidagi maydonchaning eni, 122sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Marshning maksimal kengligi 240sm gacha ruxsat etiladi.

Lift oldidagi zina maydonchasining kengligi 160sm dan kam bo‘lmasligi shart. Agar zinalar uch va undan ortiq marshli qilib loyihalashtirilsa, har bir marshdagi zinalar soni 3-tadan kam va 18-tadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

                                                                                                                                

Xonadan chiqish eshigini

joylanishi

Xonaning toifalari

 

Binoning o‘tga chidamlilik darajasi

Odamlar oqimining zichligiga qarab (od/m2),

koridor bo‘ylab chiqish

eshigigacha bo‘lgan masofa, m

1-2

2-3

3-4

4-5

Ikkita tashqariga chiqish darvozalari yoki zinaxonalar oraligida

 

Oxiri berk koridorda

A va B

V

 

 

G va D

 

Barcha toifalar uchun

I, II, IIIa

I, II, III, IIIa

IIIb IV

V

I, II, III, IIIa

III b IV

I, II, III, IIIa

IIIb  IV

V

60

120

85

60

180

125

30

20

15

50

95

65

50

140

100

25

15

10

40

80

55

40

120

85

20

15

10

35

65

45

35

100

70

15

10

8

 

Yong‘in paytida odamlarni evakuasiya qilish uchun mo‘ljallangan tashqi zinalar, xonalar bilan maxsus balkonlar yoki maydonchalar orqali bog‘langan bo‘lishi kerak. Bu zinalar marsh davomida 0,8m balandlikdagi panjara to‘siqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi shart.

Ishlab chiqarish korxonalari uchun chiqish eshiklarining o‘lchami evakuasiya paytida uning 1m kengligidan o‘tishi mumkin bo‘lgan  odamlarning soniga qarab quyidagi jadvaldan ham aniqlanishi mumkin.

                                                                                        

 

Xonaning toifalari

 

Binoning o‘tga chidamlilik darajasi

1m kenglikdagi evakuasiya eshigidan chiqishi lozim bo‘lgan odamlar soni

A va B

V

 

 

G va D

 

I, II, IIIa

I, II, III, IIIa

IIIb, IV

V

I, II, III, IIIa

IIIb, IV

V

85

175

120

85

260

180

130

 

Bino va inshootlarda portlash sabablari va oqibatlari

 

Bino va inshootlarda portlash hodisalari ko‘proq quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi:

- yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlari talablarini qo‘pol ravishda buzilishi;

-issiqlik uzatish, shamollatish tizimlarini va elektr dastgohlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;

-buzuq holdagi texnologik va elektr uskunalarini ishlatish;

-yonuvchi va portlovchi moddalarni omborlarda saqlash qoidalarini buzilishi;

  -elektrostatik va atmosfera elektr zaryadlaridan himoyalanish qoida-larini buzilishi;

  -yong‘in darakchilari va avtomatik o‘t o‘chirish tizimining yo‘qligi yoki buzuqligi;

- portlashi mumkin bo‘lgan manbalar (bug‘ qozonlari, ekonomayzerlar,  nasos agregatlari, kompressorlar, elevatorlar, gaz balonlarini sinovdan o‘tkazish va to‘ldirish xonalari) ustidan nazorat qoidalariga to‘liq rioya qilmaslik;

-yong‘in xavfsizligi bo‘yicha malakali nazoratni yo‘qligi va hokazolar.

Havo bilan aralashmagan yonuvchi gaz va bug‘larni maxsus kran orqali uncha katta bo‘lmagan teshikdan oqizib, so‘ng gugurt chaqib yoqilsa, mash’ala bo‘lib osuda yonaboshlaydi. Bunday yonishlarni shisha idishlarni tayyorlash zavodlarida, g‘isht, keramika va chinni pishirish zavodlarining pechlarida  sun’iy va tabiiy gazlarni yonishi misolida ko‘rish mumkin. Sement zavodlarining aylanma pechlarida ham ko‘mir kukunini yoqilishi shu taqlitda amalga oshiriladi. Ammo bu gazlar ba’zi nosozlik sabablariga ko‘ra, havo bilan aralashib ketish hollari mavjud bo‘lib, aralashma xavfli nisbat darajasiga etgan bo‘lsa, katta kuch bilan portlash sodir bo‘lishi mumkin.

Neftni qayta ishlash, mashinasozlik va kimyo sanoatlarini tez sur’atlar bilan rivojlanishi, yonuvchi gazlar va changlarni hamda engil alangalanuvchi suyuqliklarni ishlab chiqaruvchi va ularni qayta ishlovchi korxonalarni  ko‘payib ketishiga olib keladi. Yonuvchi moddalarni bug‘ va changlari xonadagi havo bilan aralashib ketsa, portlash xavfini chaqiruvchi gazli havo aralashmasini hosil qiladi. Bunday aralashmalarning portlashi oqibatida bino va inshootlar vayronaga aylanishi va odamlarni qurbon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

         Agar yonish oqibatida portlash jarayoni biror yopiq hajmda sodir bo‘lsa, yonuvchi moddaning harorat ta’sirida kengayishi evaziga, uning devorlariga bosim kuchi tez ortib boradi va butun hajm bo‘yicha teng quvvatli quporuvchi, ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.

Binolarda portlashga qarshi himoya vositalarini loyihalash

 

Portlashga moyil xonalari mavjud bo‘lgan sanoat korxonalarini loyihalashda, ularni portlashdan va butunlay buzilib ketishdan asrab qolish uchun xizmat qiladigan  chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi. Bunday tadbirlarni asosiy vazifasi sanoat korxonasining portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘lib, portlashga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi. Bu kabi xavfsizlik muammolari ishlab chiqarish tartibini yaratish yoki tanlash jarayonida mukammal echilishi kerak. Ya’ni ishlab chiqarishda shunday texnologik tizimni tanlash lozim bo‘ladiki, uni ishlatish jarayonida dastgoh va uskunalardan portlovchi gaz va havo aralashmasini hosil bo‘lishiga etarli bo‘lgan yonuvchi gaz  va suyuqliklarni oqib chiqishiga va chiqqan taqdirda ham portlaydigan miqdorgacha yig‘ilib qolmasligini ta’minlay oladigan bo‘lishi kerak. Agar barcha tadbirlarni bajarganda ham, portlash xavfi to‘liq bartaraf etilmaydigan bo‘lsa, bu holda bino va inshootlarni loyihalashda maxsus konstruktiv echimlar vositasi bilan ularni portlash oqibatidagi buzilish darajasini kamaytirish choralari qo‘llaniladi.

«Portlash xavfsizligi» davlat me’zoni talablari bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlari shunday takomillashgan bo‘lishi lozimki, yil davomida ularda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlash ehtimoli 1/10dan oshmasligi kerak. Ammo har qancha texnologik ogohlantirishlar va texnik-tashkiliy tadbirlarni qo‘llanishiga qaramay, ba’zan talofatli portlashlar sodir bo‘lib turadi.                 

Bino va inshootlarni yonish va portlash xavfi bo‘yicha A va B toifasiga kiruvchi sanoat korxonalarida, avariya holatida yonuvchi gaz yoki changlarni havo bilan xavfli aralashmasi hosil bo‘lishi sababli yong‘in yoki portlash sodir bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda bino va inshootlarni butunlay buzilib ketishdan saqlash maqsadida «Ishlab chiqarish binolari» loyihalash me’yori talablariga binoan, ularda portlash paytida hosil bo‘ladigan bosimni ta’sir kuchini kamaytiruvchi, maxsus «engil otilib ketuvchi» binoning yuk ko‘taruvchi asosiy qismlarini saqlab qolish uchun xizmat qiladigan qurilmalar rejalashtiriladi.

Engil otilib ketuvchi qurilmalarga qo‘yiladigan asosiy talab, xonadagi xavfli gaz va havo aralashmasi bosimini portlash vaqtida, binoning asosiy yuk ko‘taruvchi qismlarini buzilib ketmasligini ta’minlay oladigan darajada chegaralashdan iborat.

Engil otilib ketuvchi qurilmalari tashqi devorlarda yoki tomda o‘rnatiladi. Devorda o‘rnatiladigan qurilmalar tomdagisiga nisbatan 30-50%ga samaraliroq va tiklash jarayonida kam xarajatli hisoblanadi.

Engil otilib ketuvchi qurilmalarni  xisoblash va loyihalashda ularni massasini va mustahkamligini shunday tanlash kerakki, portlash vaqtida devorlarga tushadigan bosim (Rp), ruxsat etilgan bosim  (Rrux) dan ortiq bo‘lmasin, ya’ni 

Rp  < Rrux.

 

Bunday qurilmalar, bino va inshootlarni tom yopiladigan qismida yoki tashqi devorida o‘rnatiladi. Ularning umumiy maydoni, A toifadagi korxonalar uchun portlash xavfi mavjud bo‘lgan xonalarning har 1m3 hajmiga 0,05m2 dan  va B toifadagi korxonalar uchun esa har 1m3  hajmiga 0,03m2 dan kam bo‘lmagan miqdorda loyihalashtiriladi. 

Engil otilib ketuvchi qurilmalarga deraza, eshik, darvoza, asbestsement fanerdan, alyumin va po‘lat tunukalar bilan qoplanib, ichiga engil isitgich polimerlar bilan to‘ldirilgan panellar va shunga o‘xshash engil qurilmalar misol bo‘la oladi. Bunday qurilmalarning engil otilib ketishi uchun ruxsat etilgan og‘irligi 120kg/m2 dan oshmasligi kerak.

Derazalarning engil otilib ketuvchi qurilmalarga aylanishi uchun ulardagi oynalarning qalinligi 3, 4 va 5mm bo‘lganda, sirti mutanosib holda  0,8; 1,0 va 1,5m2 dan kam bo‘lmasligi lozim.

Tomyopgich sirtida o‘rnatilgan engil otilib ketuvchi qurilmasining umumiy maydoni aniqlangandan keyin, uni har biri 180m2 dan oshmagan, alohida to‘rtburchaklarga bo‘lingan holda joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu qurilmalarning og‘irligidan hosil bo‘ladigan bosim 0,7kPa (70kgs/m2)dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

A va B toifadagi bir qavatli binolarni tomida o‘rnatilgan  Engil otilib ketuvchi qurilmalari, ishlab chiqarish tartibi talablarini buzmagan va atrof-muhitni hisobga olgan holda tashqi devorga yaqin joylashtirilishi va ko‘p qavatli binolarda oxirgi qavatda yoki tashqi devorda o‘rnatilishi lozim. Bunday xonalarni  erto‘la va er osti qavatlarida joylashtirilishi ruxsat etilmaydi.

 

Yong‘inni nazorat qilish, o‘chirish usullari va vositalari

 

O‘tni o‘chirish deganda, yonish uchun zarur bo‘lgan uchta omilning birini bartaraf etish yo‘lida qilinadigan harakat tushuniladi. Ya’ni yonishni to‘xtatish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo‘ladi:

-yong‘in hududiga kislorodni kirish yo‘lini to‘sish yoki yonuvchi moddani miqdorini kamaytirish, ya’ni to‘siq qo‘yish;

-yonuvchi manba hududini yoki yonayotgan moddaning haroratini issiqlikni yutadigan, ammo o‘zi yonmaydigan sovutgich moddalar yordamida keskin pasaytirish, sovutish;

-yonuvchi suyuq moddalarni  o‘tda yonmaydigan moddalar (gaz yoki suv) bilan suyultirish.

Amaliyotda yong‘inni o‘chirishda bu usullarning dastlabki ikkitasi, ya’ni o‘tni o‘chiruvchi moddalar yordamida to‘sib qo‘yish va sovutish usullari ko‘proq qo‘llaniladi.

O‘tni o‘chirish uchun ishlatiladigan, olovda yonmaydigan turli xildagi moddalar, jumladan suv, inert gazlardan karbon ikki oksidi, azot, argon, suv bug‘lari, kimyoviy ko‘piklar, geterogen kukunlar, galogen karbovodorod sovutgichlari va ularni uzatib beruvchi uskunalar va boshqalar o‘t o‘chirish vositalari bo‘lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda o‘t o‘chirish vositasi sifatida yong‘inni o‘chirishda eng ko‘p ishlatiladigani suv hisoblanadi. Suvdagi o‘tni o‘chirish xususiyatlari, uni yuqori darajadagi issiqlikni yutuvchanligi (issiqlikni yutish qobiliyati 2260kDj/kg), yuqori haroratga chidamliligi va bug‘langanda hajmini 1700 marotaba ko‘payib ketishi bilan belgilanadi. Suv o‘t o‘chirishda eng qo‘lay  vositalardan hisoblanadi, chunki unda bir vaqtni o‘zida 3 ta xislat, ya’ni sovutish, suyultirish va to‘sish xususiyatlari mavjud.

Suv oqimini katta bosim ostida kuchaytirib bera oladigan 28-50mm diametrli brandsboy lafet uskunalari yoki diametri 13-25mm bo‘lgan dastakli o‘t o‘chirish vositalari yordamida yaxlit yoki maxsus purkagich uskunalar yordamida suv bug‘lari oqimi shaklida purkab uzatilishi mumkin. Suvni bu boradagi kamchiligiga, uning yonuvchi sirtga yopishmasligi va oquvchanlik xususiyaatlarini ko‘rsatish mumkin. Buning oqibatida suv ko‘p miqdorda sarflanadi va atrofdagi buyum va jihozlar yaroqsiz holga kelib qoladi.

Suvni o‘ziga shimib olish xususiyati past bo‘lgan moddalarni o‘chirishda suvga 1%li, ko‘pik hosil qiluvchi, sulfanol, natriykarboksimetilsellyuloza moddalari qo‘shilsa, paxta yoki undan tayyorlangan matolarni o‘chirishda suvning sarfini 2-2,5 barobarga kamayishini ta’minlash mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari shuni ham nazarda tutish lozimki, hamma yong‘inlarda ham o‘t o‘chirish vositasi sifatida suvni ishlatish mumkin bo‘lavermaydi. CHunonchi, metal va uning gidridlari, metaloidlar va karbidlarni hamda elektr dastgohlari yonganda ularni suv bilan o‘chirish ma’n etiladi. Chunki bunday yong‘inni o‘chirish jarayonida noxush oqibatlar yuzaga kelishi, ya’ni yong‘inni kuchayib ketishi yoki elektr ta’siridan fojia yuuz berishi mumkin.

Yong‘inni o‘chirishda suv va ko‘pik moddalarini ishlatish mumkin bo‘lmagan holatlarda o‘t o‘chirish  vositasi sifatida yonmaydigan gazlardan keng foydalaniladi. Bunday gazlarga azot, karbon ikki oksidi, argon, brometil, xlorbrommetan va boshqalar misol bo‘ladi.

Bu gazlar havodagi kislorodni yonishga yordam bera olmaydigan darajagacha suyultirish yoki uni yonuvchi muhitdan (yopiq hajmda) siqib chiqarish maqsadida ishlatiladi. Masalan, shu maqsadda eng ko‘p ishlatiladigan karbonat angidridi (CO2) havodan 1,5 barobar og‘ir bo‘lganligi sababli, pol sathidagi yonuvchi hajmni sovutish bilan birga unga keladigan kislorod yo‘lini to‘sish evaziga, yong‘inni tez o‘chirish imkonini beradi. 1litr suyuq karbonat angidridi, balondan ochiq havoga chiqarilganda  uning hajmi 506 litrga ko‘payadi. Bu degani yopiq hajmdagi yonuvchi manbaga tashqaridan kislorodni kirib kelishiga mutlaqo imkon qolmaydi. Odatda, CO2 suyuq yoki gaz holatida 2 litrdan 80 litrgacha hajmdagi har xil po‘lat balonlarda 3430kPa bosimda saqlanadi. Gazni o‘t o‘chirish uchun qo‘llashda  balonlarda o‘rnatilgan, maxsus og‘zi kengaytirilgan karnaycha orqali uzatiladi. Undan chiqayotgan gaz oppoq parcha-parcha qorsimon ko‘rinishda bo‘lib, karnaychadan otilib chiqish paytida harorati -80oC ga yaqin bo‘ladi. Shu boisdan ularni ishlatishda xavfsizlik nuqtai nazaridan qo‘lqop kiyilishi zarur hisoblanadi.

Karbonat angidridi to‘ldirilgan gaz balonlarini xavfsizlik holati ular saqlanayotgan muhitning haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Muhitning harorati ko‘tarilgan sari, balondagi suyuq karbonat angidridi gaz holatiga aylana boshlaydi, natijada balondagi bosim ko‘tarilib portlash xavfi yuzaga keladi. Bunday xavfni oldini olish uchun barcha o‘t o‘chirish balonlari suyuq gaz bilan faqat 75% hajmida to‘ldiriladi va ularning hammasi himoya pardalari (membranalar) bilan ta’minlangan bo‘ladi.

Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari ichida eng ko‘p ishlatiladigan vosita, bu qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlardir. Yong‘inni dastlabki davrida bunday o‘t o‘chirgich vositalarni ahamiyati juda katta. Qo‘lda ishlatiladigan birlamchi o‘t o‘chirish vositalari kimyoviy ko‘pikli, gazli va kukunli turlarga bo‘linadi va ularni og‘irligi 20kg dan oshmasligi kerak. O‘t o‘chiruvchi vosita sifatida karbon ikki oksidi (suyuq holatda), tarkibida brom aralashgan aerozollar va poroshoklar ishlatiladi.

 Kukunli o‘t o‘chirgich OPS-10 vositasining ish uslubi maxsus balondagi  siqilgan havo yordamida o‘t o‘chirgich korpusida joylashgan kukunni purkab chiqarishga asoslangandir. Bunday o‘t o‘chirgich vositalari ishqorli metallar ishtirokida sodir bo‘lgan yong‘inlarni, shuningdek avtomobil motori va elektr tarmog‘iga ulangan holda yonayotgan dastgohlarni o‘chirishda  qo‘llaniladi va bitta OPS-10 yordamida 0,25m2 yuzadagi yong‘inni o‘chirish mumkin. Uning ishlash muddati 45-80 soniyaga etadi. Bu toifadagi o‘t o‘chirgichlarda ishlatiladigan kukun namunalari natriy gidrokarbonat, alyuminiy va magniy moddalari aralashmasidan tarkib topgan bo‘lib, olovni o‘chirish uchun kukunni yonayotgan yuzaga purkash kifoya qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-rasm. CO2 gazi to‘ldirilgan, qo‘lda ishlatiladigan-OU-2, OU-2A, OU-5, OU-5MM, OU-8 rusumli o‘t o‘chirgichlarni tashqi ko‘rinishlari

 

 

 

 

 

 

 

 

                         a)                                                                    b)                                                     

5-rasm. Kukunli  o‘t o‘chirgichlar

a-ko‘chma aravachali OP-50(3) rusumdagi kukunli o‘t o‘chirgich; b-qo‘lda ishlatiladigan OP-5, OP-2 va OP-3 rusumdagi kukunli o‘t o‘chirgichlar.

Kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar, yong‘in kuchayadigan va portlash xavfi mavjud bo‘lgan joylardagi yong‘inlar hamda qimmat baho buyumlar, avtomashinalar, kutubxonalar, arxivlar va elektr dastgohlari joylashgan muhitdagi yong‘inlardan tashqari,  yonuvchi qattiq va suyuq mahsulotlarning barcha turlarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Chunki ko‘pikni tarkibida emiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan kislota va ishqor moddalari bor, ular qimmatli buyumlarni yaroqsiz holga keltirib qo‘yadi.

Bugungi kunda xalq xo‘jaligida keng qo‘llaniladigan  birlamchi o‘t o‘chirgichlardan kimyoviy ko‘pikli OXP-10 va havoli ko‘pikda ishlaydigan OVP-10 rusumli vositalar hisoblanadi.

Quyidagi chizma 6 da OXP-10, OVP-10 va OVP-5(3) o‘t o‘chirgichlari tasvirlangan.

 

 

 

 

 

 

 


             

 

 

 

                                                                  

               a)                            b)                                         v)

    

6-rasm. OXP-10,  OVP-10  va OVP-5(3)  o‘t o‘chirgichlari:

a) OXP-10 rusumli kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgich: b) OVP-10 rusumli havo bilan ko‘pik aralashmasida ishlaydigan o‘t o‘chirgich: v) OVP-5(3) rusumli havo ko‘pik aralashmasiga moslashtirilgan zamonaviy o‘t o‘chirgich:   1-o‘t o‘chirgich korpusi; 2-javhar solinadigan shisha idish; 3-korpusni yon dastagi; 4-qopqog‘ni ochuvchi shtok; 5-sifon naychasi; 6-karbon javhari solingan yuqori bosimli balon; 7-dastak; 8-purkagich; 9-ko‘pikni yoyib uzatuvchi sim turli karnaycha (rastrub).

 

OXP-10 o‘t o‘chirgichni ko‘pik hosil qiluvchi mahsulot (400g natriy bikarbonat va 50g solodok ekstrakti aralashmasi) bilan to‘ldirishda, ishqor moddasi 30oC gacha isitilgan 7,5litr hajmdagi suvda eritilib, sovugandan keyin o‘t o‘chirgichni temir korpusiga qo‘yiladi. Javhar qismiga esa, oltingugurt javhari va temir oksidi aralashmasini, harorati 80-100oC gacha qaynatilgan 450ml hajmdagi suvda eritiladi. Eritmani 18oc gacha sovutilgandan so‘ng maxsus polietilen yoki shisha stakanga quyilib, o‘t o‘chirgich korpusining qopqog‘iga burab o‘rnatiladi.

Bunday o‘t o‘chirgichlarni ishlatish tartibi va muddati quyidagicha: ishga tushirish dastagi (2)ni 180 gradusga aylantiriladi, bu holda purjina (4) qisiladi va shtok (3) yordamida  klapan (5) yuqoriga ko‘tariladi, shundan keyin purkagich qopqog‘ini burab olinadi va chap qo‘l bilan ko‘tarish dastasi (1)dan ushlab uni erdan uzib ko‘tariladi va ikkinchi qo‘l bilan ostki qismidan ushlagan holda, bir-ikki marta chayqatilgandan so‘ng, boshini pastga engashtirgancha purkagichdan uzluksiz chiqayotgan kimyoviy ko‘pik oqimini yong‘in o‘chog‘iga yunaltiriladi. Uning ishlatilish vaqti 60-65 soniyadan oshmaydi, ko‘pikni uzatish masofasi 8m.

Bu kabi o‘t o‘chirgichlarni korpusi 20kgs/sm2dan kam bo‘lmagan gidravlik bosim ostida sinovdan o‘tkaziladi.

Ko‘pikli o‘t o‘chirgichlarni suv bilan o‘chirilishi mumkin bo‘lgan barcha qattiq jismlar va ba’zi suyuqliklar, jumladan benzin, kerosin (spirt, atseton, serouglerodlardan tashqari) kabi engil yonuvchi moddalar yonganda o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Shunday rusumdagi bitta o‘t o‘chirgich bilan 0,75-1,0m2 maydondagi yong‘inni o‘chirish mumkin. Bu bilan bir qatorda OVP-10 rusumli havo-ko‘pikli o‘t o‘chirgich ham, OXP-10 o‘t o‘chirgichlari qo‘llaniladigan yong‘inlarni o‘chirishda qo‘llanilishi mumkin.

OVP-10 va OVP-5(3) rusumli  havo bilan mexanik ko‘pik aralashmasida ishlaydigan  o‘t o‘chirgichlarda 6 % li  ko‘pik hosil qiluvchi PO-1 eritmasi zaryad sifatida to‘ldiriladi. Bu zaryadni haydab chiqarish uchun ballon (6)da yuqori bosim ostida joylangan karbon javhari xizmat qiladi. o‘t o‘chirgich havoli mexanik ko‘pikni hosil qilish uchun maxsus qopqali sifon naycha (9) bilan jihozlangan.

Bunday o‘t o‘chirgichlarni ishlatish uchun dastlab dastak (3)ni 180 gradusga aylantiriladi. Bu holda shtok (4) stakan (2) dan ajraladi va o‘t o‘chirgich korpusini 140 graddusga ag‘darib, kupik sachratuvchi teshikni yonuvchi manbaga yunaltiriladi. SHunda stakandan oqib chiqqan karbon javhari ko‘pik hosil qiluvchi eritma bilan qo‘shilib ishchi kamerada bosim hosil qiladi. Bu bosim ta’sirida eritma sifon naychasi (5) orqali purkagich (8) ga tushadi va u erda eritmani havo bilan aralashuvi natijasida havoli  mexanik ko‘pik hosil bo‘ladi.

Gazli o‘t o‘chirgichlar karbon javharli, aerozolli va karbon dioksidbrometilli turlarga bo‘linadi. Karbon ikki oksidi va galoidlangan uglevodorod asosida ishlaydigan o‘t o‘chirgichlar, elektr quvvati bilan ishlaydigan dastgohlar, elektr motorlar va avtomobillar hamda qimmat baho ashyolar hujjatlar (ko‘rgazma zallari,  arxiv va kutubxonalardagi buyumlar) yonganda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

O‘t o‘chirish tajribasida qo‘llaniladigan yana ikkita, OUB-7 va OPS-10 o‘t o‘chirgich vositalari  da keltirilgan bo‘lib, ularda o‘t o‘chiruvchi modda sifatida galoidlangan uglevodorod va o‘tni o‘chiruvchi kukunlar ishlatiladi.

Bunday kukunli o‘t o‘chirgichlarni ishlash tartibi, ularning ichidagi balonchadan chiqayotgan siqilgan havo ta’sirida o‘tni o‘chiruvchi kukun so‘rilib, diffuzorga uzatib berishga asoslangan, diffuzor esa o‘z navbatida kukunni purkab  yuborishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


7-rasm. Maxsus gazli o‘t o‘chirgichlar

 

a) OA-3 aerozolli o‘t o‘chirgich; b) OU-2 gazli o‘t o‘chirgich; v) OUB-7 gazli brometillik o‘t o‘chirgich; g) OPS-10 kukunli o‘t o‘chirgich:

 1-o‘t o‘chirgich korpusi; 2-balon; 3-dastak; 4-sifon trubkachasi; 5-po‘lat balon; 6-saqlagich muruvati; 7-qulflagich muruvat; 8-ko‘pikni yoyib beruvchi karnaycha; 9-taglik; 10-qulflagich muruvat; 11-yonmaydigan gaz balonchasi; 12- o‘t o‘chirgichni to‘ldirish uchun teshik; 13,14-rezina uchaklar; 15-kukunni yoyib beruvchi karnaycha.

 

Bunday o‘t o‘chirgichlar suyuq holatdagi karbon ikki oksidi bilan 7·106Pa bosim ostida to‘ldiriladi. Bunday o‘t o‘chirgichlarni ishlatish jarayonida suyuq holatdagi karbon ikki oksidi diffuzor orqali chiqayotib, gaz holatiga aylanadi va uning  hajmi suyuq holatdagiga nisbatan 500 barobargacha ortib ketadi. Karbon ikki oksidining tez bug‘lanishi oqibatida harorati -79oC ga teng bg‘lgan oppoq qorsimon moddaga aylanishi sababli yonuvchi manba haroratini faol pasayishiga olib keladi. Otilib chiqayotgan qorsimon oqimning uzatilish masofasi 2-3,5m ga etadi va uzatilish muddati 30-40 soniyani tashkil etadi.

Bulardan tashqari o‘t o‘chirish vositalarining yana bir necha turlari mavjud. Masalan, OAX-0,5-aerozolli sovutgichli, OX-3, OX-7-oddiy sovutgichli, OJ-5, OJ-10-suyuq holatdagi o‘t o‘chirgichlar, UAP-A5, UAP-A8- avtomatik o‘t o‘chirgichlar va boshqalar.

Avtomobillarga tirkama aravachada o‘rnatiladigan OU-25, OU-40, OU-80 va OU-400 rusumli gazli o‘t o‘chirgichlar rasm    da ifodalangan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8-rasm. CO2 gazida ishlaydigan, maxsus aravachalarda o‘rnatilgan     OU-25, OU-40, OU-80 rusumlardagi gazli o‘t o‘chirgichlar.

 

Gazli o‘t o‘chirgichlar hamma turdagi yonuvchi mahsulotlarni, hamda 1000V gacha bo‘lgan elektr toki ta’siridagi elektr dastgohlarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Bunday tirkama aravachalarda o‘rnatilgan o‘t o‘chirgichlar, ulardagi karbonat angidridli balonlar soni va aravachalarni hajmi bilan bir-biridan farq qiladi.

O‘tni o‘chirish uskunalari

 

O‘tni o‘chirish uskunalari: qo‘lda ishlatiladigan birlamchi vositalar, bir joyda muqim o‘rnatiladigan va mexanik yoki avtomatik harakatga keltiriladigan uskunalar, har xil masofadagi hududlarda harakatlana oladigan ko‘chma uskunalar va boshqalarga bo‘linadi.

Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga, tashkilot ishchi va xizmatchilari yoki ixtiyoriy yong‘in navbatchi a’zolari tomonidan ishlatishga mo‘ljallangan, yong‘inga qarshi «qalqonlar»da izohlangan oddiy asboblar va uskunalar kiradi.

Ma’muriy binolar va sanoat korxonalarida, yonuvchi ashyolar va portlovchi moddalar saqlanadigan omborxonalar hududida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan asboblar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. «Yong‘inga qarshi  qalqon»  9-rasmda aks ettirilgan.

Unda yong‘in xavfsizligi me’zonlariga ko‘ra quyidagi o‘t o‘chirish vositalari va asboblari zarur bo‘lganda oson olinadigan qilib osib qo‘yilgan bo‘lishi shart: ikki dona qo‘lda ishlatildigan ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t o‘chirgich, ikki dona bolta, ikki dona suv sepish elastik shlankalari va suv spish stvoli, suv bochkasi, qum solingan quti, iki dona konussimon chelak, ikki dona belkurak, ilgakli changaklar va mis uchli lom va h.k.

Bunday qalqonlar ma’muriy binolarning hovli tomonidan, binoga kirish eshigiga yaqin joyda o‘rnatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan sexlar va omborxonalarga kirish eshiklariga yaqin joylarda o‘rnatiladi. Himoyalanayotgan hududning har 5000 kvadrat metriga 1 ta «qalqon»  loyihalashtiriladi.

Undagi suv bochkasining hajmi 200l  dan kam bo‘lmasligi kerak, qum solinadigan qutining hajmi esa 2-3m3 atrofida bo‘ladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


9-rasm. Yong‘inga qarshi «qalqon» va undagi asboblarni o‘rnatilishi

 

1-qum solingan quti, 2-ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t uchirgich (ognetushitel), 3-yong‘in o‘chiruvchi navbatchilarining ish jadvali, 4-boltalar, 5-o‘t o‘chirish shlankalari, 6-konussimon chelak, 7-suv sepish stvoli, 8-yong‘in xavfsizligi qoidalari, 9-suv bochkasi, 10-ilgakli changaklar, 11-mis uchli lom va ilgak, 12- belkuraklar.

 

O‘t o‘chiruvchi ko‘piklar. Kimyoviy yoki havoli mexanik ko‘piklar, ko‘pik hosil qiluvchi kukunlarni suyuq muhitda eritish yo‘li bilan hosil  qilinadi. Buning uchun tarkibida javhar o‘rnini bosuvchi alyuminosulfat AL2(CO4)3 bilan ishqor o‘rniga natriy bikarbonat  NaHcO3 moddalarining quruq holatdagi qorishmalaridan tayyorlangan kukun, maxsus moslamalarda bosim ostida suvga aralashtirib, elastik quvurlarda oqiziladi. Bu holda kukun zarrachalarining suvda bo‘kishi oqibatida, javhar bilan ishqor moddalarining o‘zaro birikishi natijasida gaz ajralib chiqa boshlaydi va ko‘pik hosil bo‘ladi. Qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgich vositalarida ham shu yo‘sinda ko‘pik hosil qilinadi. Faqat unda ko‘pik hosil qiluvchi javhar qismida,  sulfat javhari N2SO4 yoki sulfat tuzi bilan oksidlangan temir Fe2(SO4)3 moddalarining aralashmasi ishlatiladi.

 Bu ikkala jarayonda sodir bo‘ladigan kimyoviy birikish tenglamalarini quyidagi ifodalarda ko‘rish mumkin:

 

2NaHCO3  + H2O + AL2(CO4)3   = 3Na2 CO4 + 2AL(OH)3 + 2cO2

2NaHCO3  + H2CO4 = Na2 CO+  H2O + 2CO2

 

Bunday tartibda tayyorlangan ko‘pik etarli darajada harakatchanlik va vaqtga nisbatan ustuvorlik xususiyatlariga ega bo‘lib, suv bilan qo‘shilmaydi, alanga va uning haroratiga yaxshi qarshilik ko‘rsata oladi. 

Maxsus ko‘pik tayyorlaydigan uskunalarda xavo, suv, javhar  va ishqorlarni majburiy aralashishi natijasida havoli sun’iy ko‘pik hosil bo‘ladi. Chunki uning tarkibiy hajmi 90% gazdan va 10% gina ko‘pik hosil qiluvchi eritmadan iboratdir.

1902 yili rus muxandis olimi A.G.Loran olovni ko‘pik bilan o‘chirish taklifi bilan chiqib, ko‘pik hosil qiluvchi modda sifatida natriy bikarbonat aralashgan ekstraktdan foydalandi. Uning ixtiro qilgan qorishmalari yong‘inni o‘chirishda ishlatiladigan ko‘pik hosil qiluvchi kukunlarni asosini tashkil etadi. 1925 yilda ko‘pik generatori yaratilgandan keyin, kimyoviy ko‘piklarni tayyorlashda quruq holdagi kukunlardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

 40-chi yillarni boshida PGP-1, PGP-2 va PGP-3 rusumli ko‘pik hosil qiluvchi kukunlar ishlab chiqarila boshlandi. Uning tarkibini alyuminosulfat javhari 45-60%, natriy bikarbonat 22-46% va ekstrakt 1-8% tashkil etadi.

1985 yilgacha PO-1 rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq holdagi aralashmadan o‘t o‘chirishda keng foydalanib kelindi. U to‘q jigarrang tusda bo‘lib, tarkibida 84% kerosin, 4-5% suyak elimi, 10-12% etil spirti mavjud bo‘ladi.

Bugungi kunda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan havoli mexanik ko‘piklarni hosil qilish uchun PO-1 rusumli quruq kukundan tashqari, PO-2A, PO-1D, PO-1S, PO-3A, PO-6K, PO-3AI, «IVA», «Morozka», «TEAS», «Polyus», «Sampo» va «Morpen» rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq moddalar, amaliyotda keng qo‘llanib kelinmoqda. Masalan bulardan, PO-2A rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq modda (sanoatda nomi «Progress»), tarkibida 30±1% li faol moddalar bo‘lgan suv qorishmasi va natriyli sulfat va 8-18 atomli karbon birikmalaridan iborat. O‘t o‘chirishda bir qism PO-2A ga  ikki qism suv qo‘shilgan holda ishlatiladi.

PO-3A rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq modda («Pinal») 26±1% li faol moddaning suvdagi eritmasidan iborat bo‘lib, tarkibida ikkilangan natriy alkilsulfati 8-10 va 13-18 atomli karbon alkil moddalari mavjud. PO-3A moddasi amaliyotda suv bilan 1:1 nisbatda   qorishma holiga keltirib ishlatiladi.

 

Havoli mexanik ko‘pik tayyorlagich uskunalar

 

Ko‘pik hosil qiluvchi moddani suvdagi qorishmasidan o‘rtacha ko‘piruvchanlikka (80-100 gacha) ega bo‘lgan havoli mexanik ko‘pikni tayyorlash uchun chizma 30 da keltirilgan KDG-600 yoki KDG-2000 rusumli ko‘pik tayyorlagich generatorlardan foydalanish mumkin.

Sanoatda 3 xil rusumdagi ko‘pik tayyorlagich generatorlar ishlab chiqariladi. Ular ko‘pik ishlab chiqarish quvvati bilan bir-biridan farq qiladi, ya’ni KDG-200, KDG-600 va KDG-2000.

Bunday ko‘pik generatorlarining ishlatish tartibi quyidagichadir: 6%li ko‘pik hosil qiluvchi suyuq qorishma elastik shlanglar orqali generator purkagichiga uzatiladi. Purkagich esa o‘z navbatida, qorishmani sim to‘rlar qatlami tomon yo‘naltiradi. Natijada qorishma havo bilan aralashgan holda sim to‘rlarga urilib mayda zarrachalarga parchalanadi va uning oqibatida qorishmadan ajralib chiqayotgan SO2 gazi hisobidan diffuzorda hosil bo‘lgan bosim tufayli ko‘plab pufakchalar paydo bo‘la boshlaydi va ular bora-bora ko‘payib havoli mexanik ko‘pikni hosil qiladi.

Ko‘pik tayyorlaydigan ko‘chma uskunalar. Bugungi kunda o‘t o‘chirish amaliyotida  keng qo‘llaniladigan PS-1, PS-2, PS-3, PS-4 va PS-5  rusumli ko‘chma  ko‘pik tayyorlash moslamalar mavjud. Ularning tuzilishi va ish uslubi bir xil, ammo bir-biridan ko‘pik ishlab chiqarish quvvati bilan farq qiladi.

 

O‘t o‘chirish texnik vositalari va ularning vazifalari

 

Zamonaviy o‘t o‘chirish mexanizmlarining aksariyati motorlashgan bo‘lib, tez yordam ko‘rsata oladigan, harakatchan texnik vositalar darajasida mukammallashgandir. Bular jumlasiga avtomobillar, vertalyotlar va motorli pompalar kiradi.

Respublikamiz hududida eng ko‘p qo‘llaniladigan texnik vositalardan biri o‘t o‘chiruvchi avtomobillar hisoblanadi. Bu texnik vositalar, o‘zlarining vazifalari, jihozlanish uskunalari va ish uslublariga qarab, uch toifaga, ya’ni asosiy, maxsus va yordamchi toifalarga bo‘linadi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10-rasm. Avtokran AKP-50

      

                                  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

11-rasm. Avtosisterna AS-40

 

Asosiy o‘t o‘chirish mashinlari o‘z navbatida umumiy va maqsadli qo‘llanishga mo‘jallangan turlarga bo‘linadi:

-umumiy qo‘llaniladigan-vositalarga avtokran, avtosisterna, avtonasos va motopompalar kiradi;

-maqsadli vositalarga-avtonarvon, havoli ko‘pik, inert gaz, suv va kukunli o‘t o‘chirgich moddalar bilan jihozlangan avtomobillar va boshqalar misol bo‘la oladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

12-rasm. Avtonarvon AL-50

¨íғèí àâòîöèñòåðíàñè. ÀÖ – 40/2,5 (53211).   

                              Ìîäåëü 240.

 

¨íғèí àâòîöèñòåðíàñè. ÀÖ – 40/4(43118).   

                              Ìîäåëü 248.

 
 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


  Øòàá õèçìàòè ìàøèíàñè. ÀØ – 6. (32213).   

                              Ìîäåëü 275.

 

Êóêóíëè ¢ò ¢÷èðèø ìàøèíàñè ÀÏ – 4 (43101).   

                              Ìîäåëü 222.

 
Yordamchi texnik vositalar turkumiga yoqilo‘i bilan ta’minlovchi va texnik uskunalarni to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladigan ta’mirlash ustaxonalari joylashtirilgan avtomobillarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

 

Yong‘in darakchilari va aloqa tizimi

 

Yong‘inni oldini olish va uning dahshatli asoratini kamaytirishda bosh omil sifatida darakchi uskunalar va tezkor aloqa vositalari xizmat qiladi.

Yong‘inni oldini olish maqsadida, uning kelib chiqish jarayonlarini nazorat qilishni passiv va aktiv usullarga bo‘lish mumkin.

Passiv nazorat usuli, inson tafakkuri va uning intizomiga bog‘liq bo‘lib, yong‘in o‘choqlarini aniqlash va o‘t o‘chiruvchilarni 01 raqamli telefon orqali (shahar sharoitida) va uzluksiz zang urish yo‘li bilan (dala, qishloq sharoitida) yordamga chaqirishdan iborat bo‘ladi. Afsuski bu usul yong‘inni dastlabki 0-5 daqiqa ichida emas, balki o‘chirishni boshlanish vaqti ancha kechikib qolishiga, ba’zan ochiq havodagi ab’ektlarni butunlay yonib, katta moddiy zarar keltirish bilan tugashiga sabab bo‘lishi mumkin.

Aktiv nazorat usuli esa yuqori aniqlik bilan ishlaydigan texnik vositalarni qo‘llashga asoslangandir. Bunda yong‘in o‘chog‘ini aniqlash va o‘t o‘chiruvchi xizmat yordamini chaqirish, odam omiliga bog‘liq bo‘lmasdan, avtomatik tezkor tarzda bajariladi. Shu maqsadda, xalq xo‘jaligining muhim ob’ektlarida qo‘llaniladigan, avtomatik va yarim avtomatik tartibda ishlaydigan o‘t o‘chirish tizimlarida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda yong‘inni dastlabki belgilarini aniqlab markaziy boshqaruv pultiga belgilangan xabarni etkazib beradigan darakchilar o‘rnatiladi. Darakchilar qo‘riqlanayotgan xonalarda o‘rnatilgan bo‘lishi va qorovulxonada o‘rnatilgan qabul punkti bilan aloqa tarmog‘i orqali bog‘langan bo‘lishi kerak. Bunday tizimlarni ishlash qobiliyati doimiy nazorat ostida bo‘lib, yong‘inni «kutish» tartibida kechadi va shu sababdan bu tizimlar o‘rnatilgan ob’ektlarda yong‘inni kelib chiqish sabab va oqibatlari tezda bartaraf etilib, bino va inshootlar saqlab qolinadi.

Yong‘in darakchilari yong‘in o‘chog‘ini boshlanish jarayonida aniqlash, uning sodir bo‘lgan vaqti va joyini xabar qilish uchun hamda zarur bo‘lganda tutun so‘rg‘ich yoki o‘tni o‘chiruvchi uskunalarni ishlashini avtomatik tarzda boshqarish uchun xizmat qiladi. Yong‘in darakchilari tizimi asosan yong‘inni dastlabki belgilari bo‘lmish tutun, yorug‘lik yoki u erdagi haroratni elektr xabarlariga aylantira oladigan  xabarchi moslamalardan iborat bo‘ladi. Bu xabarchi moslamalar aloqa tarmog‘iga ulangan bo‘lib, qabul punktiga o‘ziga xos tovush yoki yorug‘lik signallari orqali darak beradi hamda avtomatik o‘t o‘chirish va tutun haydash uskunalarini zudlik bilan ishga tushirishni ta’minlaydi.

Yong‘in darakchilari o‘zlarining ishlash uslubiga binoan shartli ravishda 4-ta guruhga, ya’ni issiqlik, yorug‘lik, gaz va tutundan ishlaydigan turlarga bo‘linadi.

O‘zbekistonda ilk bor 1960 yilda haroratni ta’siridan engil erib ketuvchi «Vuda» qorishmasi asosida ishlaydigan, DTL rusumli yong‘in daraklagichlari ishlab chiqarila boshlangan edi (14-rasm).

 

 

 

 

 

 

 

 

14-rasm. DTL rusumli yong‘in darakchisi

 

DTL bir marta qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lib, xonaning harorati 72oS dan oshgandan keyin, uning markazida joylashgan, spiralsimon o‘tkazgichni aloqa zanjiriga bog‘lab turuvchi, haroratga o‘ta sezgir bo‘lgan maxsus qorishma erib ketishi oqibatida,  zanjir uziladi va nazorat pultiga yong‘in xavfi paydo bo‘lganligi haqida xabar beradi. Bitta DTL daraklagichi 15m2 gacha yuzani qo‘riqlashga qodir.

DTL darakchilari atroflicha o‘rganilib, kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida 1984 yildan boshlab mukammallashtirilgan issiqlik ta’sirida ishlaydigan IP-101, IP-102, IP-103, IP-104 va IP-105 rusumli  yong‘in darakchilari ishlab chiqarila boshlandi. Bularning barchasi qo‘riqlanayotgan muhitning harorati 70-72oC dan ko‘tarilgan zahoti yong‘in xavfi paydo bo‘lganligi haqida markaziy pultga avtomatik tarzda xabar berish uchun mo‘ljallangan.

Shulardan biri IP-104 rusumli yong‘in darakchisining texnik tavsiflari qo‘yidagi jadvalda keltirilgan.

Elektr zanjirini uzuvchi ishchi harorati, oC

72±2

Ishchi haroratdan keyin ishga tushish vaqti, soniya

125

Zanjir  qarshiligi, Om

0,1

Zanjir kuchlanishi, V  gacha

110

Ruxsatli tok kuchi, A gacha

0,1

O‘lchamlari

 Diametri, mm

 Balandligi, mm

 Og‘irligi,  kg:

 Xizmat muddati, yil

60

40

0,02

10

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Radioizotopli RID-1 (15-rasm) va BLA-1M (16-rasm) rusumli avtomatik yong‘in daraklagichlari qo‘riqlanayotgan muhitda yong‘in tufayli hosil bo‘ladigan tutunni  aniqlash va  markaziy boshqaruv pultiga xabar berish uchun mo‘ljallangan.

 

16-ðàñì. BLA-1M rusumli fotoelektrik avtomatik yong‘in darakchisi

 

15-ðàñì. Radioizotopli RID-1 yong‘in darakchisi.

 

 

Drencher qurilmali yarim avtomatlashgan o‘t o‘chirish tizimi

 

Drencher qurilmaalari ishlash tartibiga ko‘ra yarim avtomatlashgan bo‘lib yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan sanoat binolari, teatr va omborxonalarda yong‘inni o‘chirish, yong‘in yuzaga kelganda suv pardalari hosil qilish uchun ishlatiladi. Bunday jihozlarni ishga tushirish va boshqarish navbatchi tomonidan amalga oshirilganligi sababli uni yarim avtomatlashgan o‘t o‘chirish jihozi deb ataladi. Drecherli o‘t o‘chirish tizimi suv ta’minoti tarmog‘idagi bosim hisobiga yoki maxsus nasos hisobiga ishlashi mumkin.

Talbalarga ko‘ra seksiyalarga ajratilgan drencherli yarim avtomatik tizimlar alohida suv tarqatish tarmog‘iga ega bo‘lishi kerak. Bu esa tizimning ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


17-rasm. Drencher qurilmali yarim avtomatlashgan o‘t o‘chirish tizimi

17-rasm.  Guruhli drencher tizim qismi.

1-diafragmali gayka, 2-bog‘lovchi quvur, 3-ikki tarelkali differensial klapan, 4-klapan usti kamerasi, 5-klapanosti kamerasi, 6-ishga tushirish tarmog‘i, 7-qo‘lda boshqariladigan kran, 8-sprinkler,9-drencher tarmog‘i, 10-drencher, 11-elektr signal, 12-avtolmatik ishga tushirish va o‘chirish jihozi, 13-suv iarmog‘iga ulanadigan quvur.

 

Drencher (suv sepgich) – bu yarim avtomatik ravishda ishga tushadigan yong‘inga qarshi ishlaydigan qurilma. Bu qurilmaaning asosini quyidagilar tashqil etadi: SHtutserli korpus, tayanch raqamli halqa, teshikli diafragma, kulf (kulf uchta qismdan iborat: shisha kampal, tayanch shayba va eruvchan qism). Tizimda ishlaydigan har bir qurilma orasidagi masofa V=2,0m, qurilmalar guruhi, ya’ni qatorlar orasidagi masofa A=4,0m. Bino devorlaridan qurilmaagacha bo‘lgan masofa v= 1,0m bo‘lishi kerak.

Drencherli o‘t o‘chirish tizimining gidravlik hisobi quyidagi tartibda amalga oshirilgan.

Yong‘inni avtomatik tartibda o‘chiradigan qurilmaaning suv sarfi q  quyidagi formula orqali aniqlanadi.

,  l/s

 

bu erda

K-qurilmaaning samaradorlik koeffitsienti;

H-o‘t o‘chirish qurilmasi joylashgan joydagi ishchi bosim, H =5 deb qabul qilingan.

Suv sepish jadalligiga bog‘liq bo‘lgan suv sarfi va yo‘qolgan bosim quyidagi formuladan aniqlanadi.

 

Q = Q2 · B,

 

bu erda Q-suv sarfi, B-quvurning ishlash tafsiloti ya’ni, quvirdagi  

       

Gidravlik bosim yo‘qolishi koeffitsienti

 

B = K1/e,

 

bu erda K1-quvurdagi gidravlik yo‘qolishi koeffitsienti, e-hisobli qism uzunligi, m

 

Boshqarish tugunlaridagi bosim yo‘qolishii quyidagi formuladan aniqlanadi:

 

N2 = ξ · Q2, (59)

 

bu erda  ξ - bosim yo‘qolishi koeffitsienti, Q2 - boshqarish tuguni orqali okib o‘tadigan suv sarfi, l/s.

Drencher tizimining gidravlik hisobini bajarishda suv manbasidan eng uzoq va eng balandda joylashgan nuqta talab nuqtasi deb qabul qilinadi va barcha hisoblar shu nuqtaga nisbatan bajariladi. Bunday hisobning mohiyati shundan iboratki, agar eng noqulay bo‘lgan talab nuqtasi kerakli hajmdagi va talab qilingan bosim ostidagi suv bilan ta’minlansa, barcha nuqtalarning suv bilan ta’minlanishi to‘liq kafolatlanadi. Yong‘inga qarshi avtomatik ravishda ishlaydigan sprinklerli o‘t o‘chirish tizimida bu juda muhim ahamiyatga ega.

 

Sprinklerli avtomatlashgan yong‘in o‘chirish qurilmalari va ularning hisobi

        

Sprinklerli o‘t o‘chirish qurilmalari yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan binolarda o‘t o‘chirish va yong‘inni lokalizatsiya qilish maqsadida o‘rnatiladi. Avtomatlashgan sprinklerli o‘t o‘chirish tizimi yong‘in xavfi o‘ta yuqori bo‘lgan paxtaga ishlov berish, ip yig‘irish, fabrikalari, yonish va portlash xavfi bo‘lgan kimyoviy maxsulotlar zavodlari, yog‘ochga ishlov berish, rezina maxsulotlari tayyorlash unga ishlov berish, selluloid maxsulotlari sexlarida, shuningdek, tez yonuvchan materiallar omborlari binolari, garajlar, teatrlar, klublar va shunga o‘xshash yong‘inni tez tarqalish xavfi bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi. Avtomatlashgan sprinklerli o‘t o‘chirish tizimi yong‘in bo‘lga hollarda avtomatik ravishda ishga tushadi va bu haqida tovushli va yorug‘lik (lampali) xabar beradi. “Sprinkler”–so‘zi “sachratuvchi”, “purkovchi” degan ma’noni anglatadi, demak o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu o‘t o‘chirishda ma’lum balandlikdan suvni sachratib  yong‘inni o‘chirish va uni tarqab ketishini oldini oladigan maxsus moslamadir. Sprinkler qurilmasi bilan avtomatik ishlaydigan yong‘in o‘chirish tizimi va sprinkler kallagining ichki tuzilishi    -rasmlarda ko‘rsatilgan.

 

 

 

 

 

 

18-rasm .Yopiq suv sachratgich kallagi (sprikler)

1-rezetka, 2-ramali xalqa. 3-qulf, 4-yarim sferali shisha klapan, 5- diafragma, 6-korpus.

19-rasm. Avtomatlashgan yong‘in o‘chirish qurilmasining boshqaruv signal berish qismi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


20-rasm. Maxsus azot-suv aralashmasi bilan yong‘in o‘chirish avtomatik tizimining sxemasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bino va xonalarda ichki yong‘inni o‘chirish uchun suv sarfi

Bino va xonalar nomi

Ichki yong‘inni o‘chirish uchun beriladigan okimlar (struyalar) soni va suv sarfi

Okimlar soni

Bir okim suv sarfi, l/s

Balandligi 6 dan 12 qavatgacha va hajmi 25000m.kub gacha bo‘lgan idora binolari

1

2,5

Xuddi shunday, hajmi 2500m3 dan katta

2

2,5

Balandligi 12 – 16 qavat bo‘lgan aholi turar binolari

2

2,5

Xuddi shunday, balandligi 17 – 25 qavat bo‘lganda

3

5

Xuddi shunday, balandligi 25 qavatdan katta

6

5

Balandligi 50m. dan katta va hajmi 50000m3 kub gacha bo‘lgan idora binolari

4

5

Xuddi shunday, bino hajmi 50000m3 dan katta bo‘lganda

8

5

Sanoat asosida ishlaydigan qoramol fermalari va parandachilik korxonalari

1

2,5

 

Sanoat korxonalarida ichki yong‘inni o‘chirish uchun kerak bo‘ladigin suv sarfi me’yorlari

 

Binoning

o‘tga chidamli-lik dara-

jasi

Ishlab chiqarish- ning yong‘inga xavflilik toifasi

Bino hajmi quyidagicha (ming m3) bo‘lganda bir yong‘inni o‘chirish uchun suv sarfi, l/s

50-gacha

50 - 100

100 - 200

200 -300

300-400

400-500

500-600

600-700

700-800

I va II

A, B, V

20

30

40

50

60

70

80

90

100

I va II

G, D

10

15

20

25

30

35

40

45

50

 

 

 

 

 

«YOng‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 martdagi 89-son qaroriga
1-ILOVA

Yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risida

NIZOM

 

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi.

2. Yong‘in-texnik komissiyalari (keyingi o‘rinlarda YOTK deb ataladi) o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik ob’ektlarda, yirik ijtimoiy-madaniy ob’ektlarda, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari jumlasiga kiritilgan, portlash-yong‘inga xavfli muhitni paydo qilishga qodir bo‘lgan moddalar ishlatiladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlov beriladigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan ob’ektlarda (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi.

3. YOTKni tuzishdan maqsad tashkilotning boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarini (keyingi o‘rinlarda MTX deb ataladi) yong‘inlarning oldini olish, Yong‘inga qarshi himoya ishlarida faol ishtirok etishga jalb qilishdan iborat.

4. YOTK tarkibiga tashkilotning faoliyati texnologik jarayonlarni tashkil etish va amalga oshirish, elektr qurilmalaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish, suv ta’minoti tizimi, aloqa, ishlab chiqarish avtomatikasi va yong‘inga qarshi avtomatik himoya bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv xodimlari va MTX vakillari, shuningdek idoraviy yoki ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati rahbarlari hamda mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining yong‘in xavfsizligi mutaxassislari, kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari vakillari kiritiladi.

5. O‘zining texnik xizmatlariga ega bo‘lmagan tashkilotlarda YOTK tarkibiga tashkilotda shartnoma bo‘yicha ishlaYotgan boshqa tashkilotlarning mutaxassislari kiritilishi mumkin.

6. YOTK raisi lavozimiga, qoidaga ko‘ra, tashkilotning bosh muhandisi, kotib lavozimiga esa — tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmatining Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi tayinlanadi.

7. YOTK tashkilot rahbarining buyrug‘iga asosan tuziladi. Ushbu Nizom asosida tashkilotning YOTK to‘g‘risidagi Nizomi ishlab chiqiladi, u tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

8. YOTK kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlari, tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmati, shuningdek Davlat yong‘in nazorati organlari bilan doimiy aloqada bo‘lishi kerak.

9. YOTK o‘z faoliyatida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarga, Davlat yong‘in nazoratining yozma ko‘rsatmalariga, ushbu Nizomga, shuningdek tashkilotning YOTK to‘g‘risidagi Nizomiga amal qiladi.

 

II. YOng‘in-texnik komissiyasining asosiy vazifalari

10. Quyidagilar YOTKning asosiy vazifalari hisoblanadi:

-ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari, agregatlar, qurilmalar, laboratoriyalar, ustaxonalar, omborlar, bazalar va boshqalardagi Yong‘in, portlash yoki avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan qoida buzilishlarini aniqlash, shuningdek ularni bartaraf etishga Yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish;

-yong‘in profilaktikasi ishlarini tashkil etish va amalga oshirishga, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha standartlar, normalar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini, shuningdek Davlat yong‘in nazoratining yozma ko‘rsatmalari va qarorlari bajarilishini nazorat qilishda yong‘indan saqlash xizmatlariga ko‘maklashish;

-yong‘in xavfsizligi va ob’ektning yong‘inga qarshi himoyasini yaxshilash masalalari bo‘yicha ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini tashkil etish;

-ishchilar, xizmatchilar va muhandis-texnik xodimlar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi talablariga va belgilangan yong‘inga qarshi rejimga rioya qilish masalalari bo‘yicha ommaviy-tushuntirish ishlarini olib borish.

 

III. Yong‘in-texnik komissiyasining funksiyalari

11. Quyidagilar YOTKning asosiy funksiyalari hisoblanadi:

-tashkilotning tegishli bo‘linmalari vakillari bilan birgalikda tashkilotning ishlab chiqarish, omborxona, ma’muriy va boshqa xizmat xonalari, binolari, inshootlari, jihozlari, mashina va mexanizmlarini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan (tashkilotning portlash-yong‘inga xavflilik toifasidan kelib chiqqan holda yiliga kamida 2-4 marotaba) yong‘in-texnik tekshiruvidan o‘tkazish;

-tashkilotning rahbariyati, bo‘linmalar va boshqa xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda tashkilotda yong‘inlarning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish, shuningdek rejalashtirilgan tadbirlarni bajarishda tashkiliy yordam ko‘rsatish;

-ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining portlash va yong‘inga xavfliligi, ularda portlash va yong‘inlarni keltirib chiqaruvchi sabablar hamda ularning oldini olish usullari to‘g‘risida ish beruvchi nomidan ishchilarni xabardor qilish;

-yong‘in xavfsizligi choralari to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar (ob’ekt bo‘yicha umumiy, tashkilotning bo‘linmalari uchun, texnologik jarayonlar va alohida ish turlari bo‘yicha), ish joyidagi birlamchi yo‘riqnomalar, yong‘in-texnik minimumi tizimida o‘qitish dasturlari loyihalarini kelishish;

-tashkilot bo‘linmalarini yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qoidalar, normalar, plakatlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan ta’minlashni tashkil etish, shuningdek tegishli axborotlar stendlarini jihozlashda ularga uslubiy yordam berish;

-tashkilotda, uning alohida sexlarida va boshqa uchastkalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar va yig‘ilishlar o‘tkazish;

-tashkilotda yong‘inga qarshi tashviqot va targ‘ibot ishlarini tashkil qilish, tashkilotning sexlari, omborlarining yong‘inga qarshi holatining, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlarining yong‘inlarni o‘chirishga tayyorgarligining jamoatchilik ko‘riklarini o‘tkazishni, shuningdek Davlat yong‘in nazoratining yozma ko‘rsatmalarida tavsiya qilingan yong‘inga qarshi tadbirlarning bajarilishini tekshirishni tashkil etish;

-ish joylarida ishlab chiqarishning portlash va yonish faktorlarini aniqlash, ishlab chiqarish texnologik jarayonining portlash va yonishga xavfliligini baholash va tahlil qilish;

-tashkilotda sodir bo‘lgan yong‘in faktlarini tekshirishda qatnashish. Shunga o‘xshash holatlarning oldini olish uchun ularning sabablarini aniqlash va asosli xulosalar tayyorlash, ushbu Nizomga 1-ilovadagi shakl bo‘yicha dalolatnoma tuzish;

-tashkilotning ishchilarini yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kuchga kiritilayotgan yangi qonun hujjatlari va boshqa normativ- hujjatlardan xabardor qilish;

-hujjatlarning (tashkilot ob’ektlarining yong‘inga qarshi holatini tekshirish dalolatnomalari, yong‘in holatlari bo‘yicha tekshiruvlar dalolatnomalari, komissiyaning ish rejalari va protokollari, ish joylarini yong‘in xavfsizligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish materiallari va shu kabilarning) saqlanishini tashkil etish.

12. Zarurat bo‘lganda, tashkilot rahbari YOTKga yong‘in xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni ham o‘tkazish vazifasini yuklashi mumkin.

13. YOTK quyidagilarni:

-yong‘in xavfsizligi bo‘yicha normative - hujjatlar va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini;

-birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan, yong‘inni o‘chirish va undan xabar berish avtomatik tizimlaridan to‘g‘ri foydalanilishi va ularning saqlanishini;

-yong‘inlar va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek ular to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va o‘zaro almashish tartibiga rioya qilinishini;

-bo‘linmalarda mehnat muhofazasi bo‘yicha ular uchun yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan kasblar va ishlar turlariga muvofiq xodimlar uchun yong‘in xavfsizligi choralari to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarning mavjudligi va ularning o‘z vaqtida qayta ishlab chiqilishini;

-tegishli xizmatlar tomonidan jihozlar, mashinalar va mexanizmlarning o‘z vaqtida sinovdan va texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini;

-yong‘indan xabar berish va uni o‘chirish avtomatik tizimlari, tutunga qarshi himoya, tashqi va ichki yong‘inga qarshi suv quvurlari, yong‘in haqida ogohlantirish tizimlari ishlarining samaradorligini;

-yong‘inga qarshi saqlash moslamalari va himoya qurilmalarining holatini;

-yong‘inga qarshi o‘qitish, bilimlarni tekshirish va barcha turdagi yo‘l-yo‘riqlar berishning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini;

tashkilot bo‘linmalarida yong‘in xavfsizligi tadbirlarini bajarish uchun ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishini nazorat qiladi.

 

IV. Yong‘in-texnik komissiyalari ishlarini tashkil etish tartibi

14. YOTK o‘z ishlarini yil choragi yoki yarim yil uchun ishlab chiqiladigan, tashkilot komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan rejalar asosida amalga oshiradi. Komissiyaning qarorlari protokollar bilan rasmiylashtiriladi va tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan amalda joriy etiladi.

15. Favqulodda vaziyatlarda YOTK a’zolari sutkaning istalgan vaqtida tashkilot rahbarining buyrug‘iga asosan, masalalarni hal etish uchun jalb etiladi.

16. Yirik sanoat ob’ektlarida, umumob’ekt YOTKdan tashqari, sexlarning YOTKlari tuzilishi mumkin.

Bu holda umumob’ekt YOTK sexlar komissiyalarining ishlarini nazorat qiladi va ularga rahbarlik qiladi, umuman ob’ektning yong‘inga qarshi holatini yaxshilash masalalarini hal qiladi va ishlab chiqarishning texnologik jarayonidagi yong‘indan xavfli uchastka va qurilmalarida yong‘inlarning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi.

Xodimlar kam tashkilotlarda YOTK funksiyalari ushbu tashkilotning mehnat muhofazasi xizmatiga yuklanishi mumkin.

17. YOTK Davlat yong‘in nazorati yozma ko‘rsatmalarida ko‘zda tutilgan tadbirlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish huquqiga ega emas.

Komissiya fikriga ko‘ra ushbu tadbirlarni bekor qilish Yoki o‘zgartirish zarur bo‘lgan hollarda komissiya o‘z takliflarini tashkilot rahbariga taqdim qiladi, u ushbu masalani Davlat yong‘in nazorati tegishli organlari bilan kelishadi.

18. YOTK tomonidan bajarilishi belgilangan barcha yong‘inga qarshi tadbirlar ushbu Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan shakldagi dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ular tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan muddatlarda bajariladi.

19. Komissiya tomonidan tavsiya etilgan yong‘inga qarshi tadbirlarning tashkilot bo‘linmalarida bajarilishi ustidan kundalik nazorat bevosita tashkilotning idoraviy yoki ko‘ngilli yong‘in o‘chirish xizmati boshlig‘iga yoxud tashkilotning yong‘in xavfsizligi uchun buyruq bilan belgilangan tartibda tayinlangan javobgar shaxsga yuklanadi.

20. Yuklangan vazifalarni vijdonan bajargan, tashkilotning yong‘inga qarshi holatini yaxshilash borasida bevosita hissa qo‘shgan YOTK a’zolari tashkilotda qo‘llanadigan tartibda, shu jumladan Davlat yong‘in nazorati organi taqdimnomasiga binoan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilishi mumkin.

 

V. Yong‘in-texnik komissiyalarining huquqlari va javobgarligi

21. Yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida YOTKlar quyidagi huquqlarga ega:

- sutkaning istalgan vaqtida tashkilotning ishlab chiqarish, xizmat va maishiy binolarini to‘sqinliksiz ko‘zdan kechirish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha hujjatlar bilan tanishish;

- tashkilotning bo‘linmalarida yong‘inga qarshi rejimni tekshirish hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mansabdor va mas’ul shaxslarga aniqlangan yong‘inga qarshi talablar buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi shart bo‘lgan dalolatnomalar taqdim etish;

- bo‘linmalar rahbarlaridan yong‘inga qarshi yong‘in xavfsizligi choralari to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarning buzilishlari aniqlanganda sexlar, uchastkalar, ish joylaridagi mashinalar, qurilmalardan foydalanishni taqiqlash, ishlarni to‘xtatishni talab qilish, bu haqda bo‘linmalar va tashkilot rahbarlarini xabardor qilish;

- tashkilot va bo‘linmalar rahbarlari bilan kelishgan holda yong‘inga qarshi holatni tekshirish uchun tegishli mutaxassislarni jalb etish;

- bo‘linmalar rahbarlaridan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha materiallarni so‘rash va olish, yong‘inga qarshi rejimning buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslardan yozma tushuntirish xatlarini talab qilish;

- tashkilot rahbariga, bo‘linmalar rahbarlariga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan belgilangan tartibda tanish bo‘lmagan, yong‘in-texnik minimumi tizimi bo‘yicha o‘qitilmagan va bilimlar tekshiruvidan o‘tmagan yoki yong‘in xavfsizligi talablarini qo‘pol ravishda buzayotgan shaxslarni ishdan chetlatish to‘g‘risida takliflar taqdim etish;

- tashkilot rahbariga va bo‘linmalar rahbarlariga yong‘indan xavfsiz ish sharoitlarini yaratishda faollik ko‘rsatgan alohida xodimlarni rag‘batlantirish, shuningdek yong‘in xavfsizligi talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar taqdim etish;

- tashkilot rahbari topshirig‘iga binoan, davlat tashkilotlarida va boshqa tashkilotlarda yong‘in xavfsizligi masalalarini muhokama qilishda tashkilot nomidan vakillik qilish va uning manfaatlarini himoya qilish.

22. YOTK o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.

 

Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYOXX deb ataladi) yoki idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari mavjudligidan qat’i nazar, tashkilotlarda, aholi punktlarida va boshqa hududlarda ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyati, shuningdek ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarni ro‘yxatga olish tartibini belgilaydi.

2. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati yong‘inlarning oldini olish va o‘chirish ishlarida fuqarolarning sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida tashkil etiladi.

3. Quyidagilar ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

-tashkilotlarda, aholi punktlarida va boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

-aholiga, tashkilotlarda xodimlarga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini o‘rgatishda, shuningdek yong‘in sodir bo‘lganda ularning harakat qilishiga tayyorgarlikni amalga oshirishda ishtirok etish;

-yong‘inga qarshi targ‘ibotni amalga oshirish;

-yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish.

4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

- ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati — fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlar, aholi punktlari va boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ta’minlash, yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etishi shakli;

- ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchi — yong‘inlarning oldini olish va (yoki) o‘chirish bo‘yicha yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatida ko‘ngilli ravishda (mehnat shartnomasi tuzmasdan) bevosita ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;

- DYOXX mahalliy organi — tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) Yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari), bevosita yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga bo‘ysunuvchi ob’ektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari), tumanlar (shaharlar) va ob’ektlarni muhofaza qilish bo‘yicha DYOXXning harbiylashtirilgan va professional otryadlari (qismlari);

- ko‘ngilli yong‘indan saqlash drujinasi — o‘z faoliyatini yong‘inni o‘chirish texnikasidan va transport vositalaridan foydalanmagan holda amalga oshiruvchi ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining bo‘linmasi;

- ko‘ngilli yong‘indan saqlash komandasi — o‘z faoliyatini yong‘inni o‘chirish texnikasidan va transport vositalardan foydalangan holda amalga oshiruvchi ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining bo‘linmasi.

5. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli yong‘indan saqlash drujinalari (keyingi o‘rinlarda drujinalar deb ataladi) va (yoki) ko‘ngilli yong‘indan saqlash komandalari (keyingi o‘rinlarda komandalar deb ataladi) tarzida ixtiyoriy asosda tashkil etiladi hamda tegishli ma’muriy-hududiy birlikning yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimiga kiradi.

6. Aholi punktlarida ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ularning zarurligiga hamda DYOXX bo‘linmalaridan uzoq masofada joylashganligiga qarab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qarorlari asosida tashkil etiladi.

7. Tashkilotlar yoki ob’ektlarning (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari (15 nafardan ortiq ishlovchi xodimlari mavjud bo‘lganda) ularning rahbarlari tashabbusiga ko‘ra tashkil etiladi.

8. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining yong‘inlarni o‘chirishga tayyorligi holatini, shuningdek yong‘inlarning oldini olishga doir ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni DYOXX amalga oshiradi.

9. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tashkil etilgan tashkilotlar va aholi punktlarida DYOXX tomonidan o‘tkaziladigan yong‘in-taktik o‘quv mashg‘ulotlariga majburiy tartibda jalb etiladilar. DYOXXning yong‘in-taktik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlariga ko‘ra ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari va ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning tayyorligi holatiga baho beriladi.

 

II. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatini tashkil etish tartibi

10. Aholi punktlarida ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari raisining qaroriga ko‘ra, tashkilotlarda esa – tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

11. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining soni, ularning tuzilmasi, komandalar va drujinalarning son tarkibi (kamida 4 kishi) DYOXX mahalliy organining rahbari bilan kelishilgan holda, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining raisi, tashkilotning rahbari tomonidan belgilanadi.

12. Keyinchalik hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish yoki ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) ko‘ngilli yong‘indan saqlash bo‘linmasi tashkil etilganligi, qayta tashkil etilganligi va tugatilganligi haqida 10 kun mobaynida ushbu aholi punkti (tashkilot)ning chiqish hududida joylashgan DYOXX mahalliy organini xabardor qiladi.

13. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.

14. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasini xodimlar bilan ta’minlash, ushbu Nizomning III bo‘limiga muvofiq amalga oshiriladi.

15. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan DYOXX mahalliy organi yordamida quyidagi hujjatlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi:

- lavozim yo‘riqnomalari;

- ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati a’zolarining navbatchilik jadvali;

- aholi punktida (tashkilotda) joylashgan jamoat va turar joy binolari, shuningdek suv manbalari va yo‘llarning sxemalari va planlari;

- aholi punktlarida (tashkilotlarda) yong‘inga qarshi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek aholini yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlariga o‘qitish jadvallari;

- yong‘in o‘chirish texnikalari va aloqa vositalarining ro‘yxati, shuningdek ulardan foydalanish tartibi (komandalar tuzilganda);

- ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarni kelgusi tayyorgarlikdan o‘tish jadvallari;

- yong‘inlarni o‘chirish, tegishli ma’muriy-hududiy birliklarning yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari va manfaatdor xizmatlarning hamkorligi bo‘yicha harakatlarini dastlabki rejalashtirish hujjatlari;

- har bir komanda uchun jangovar bo‘linma tabeli;

- yong‘in sodir bo‘lganda ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning to‘planish tartibi yoki ularning shayligini tekshirish va ularni yong‘in joyiga etkazish usuli.

Sanab o‘tilgan va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, qonun hujjatlari, shu jumladan DYOXX normativ-huquqiy hujjatlari asosida ishlab chiqiladi.

16. Navbatchilik tashkil etish uchun komanda (drujina)lar tashkilotlarda ishchi smenalar soni bo‘yicha va aholi punktlarida kamida to‘rtta navbatchi smenalarga bo‘linadi.

17. Komanda (drujina)lar navbatchi smenalariga eng yaxshi tayyorlangan ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar safidan tanlangan katta yong‘in o‘chiruvchilar rahbarlik qiladi.

18. Komandalar quyidagi razryadlarga bo‘linishi mumkin:

- birinchi — maxsus bino (xona)da navbatchi smena (jangovar bo‘linma) tarkibida ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarning kecha-kunduz navbatchiligi;

- ikkinchi — dispetcher va (yoki) yong‘in o‘chirish transport vositasi haydovchisining kecha-kunduz navbatchiligi hamda navbatchi smena (jangovar bo‘linma) tarkibidagi boshqa ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning ishlash (o‘qish) yoki yashash joyida bo‘lishi;

- uchinchi — dispetcherning kecha-kunduz navbatchiligi va navbatchi smena (jangovar bo‘linma) tarkibidagi boshqa barcha ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning ishlash (o‘qish) oki yashash joyida bo‘lishi.

19. Ikkinchi va uchinchi razryad komandalari, dispetcher va navbatchi smena (jangovar bo‘linma) o‘rtasida aniq tashkil etilgan aloqa va xabar berish tizimi (telefon (uyali) aloqasi, ratsiya yoki boshqalar) mavjud bo‘lganda, shuningdek navbatchi smenani yig‘ilish (chaqiruv) joyiga 8 daqiqadan oshmagan vaqt ichida etib kelish imkoni bo‘lgan taqdirda tashkil etilishi mumkin.

20. Drujinalarning ishini tashkil etish tartibi uning rahbari tomonidan DYOXX mahalliy organi boshlig‘i bilan kelishilgan holda, muayyan ob’ekt yoki aholi punkti uchun ishlab chiqilgan yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazarda tutib belgilanadi.

21. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (tashkilotlar) qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritish uchun ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasiga zarur binolarni (xonalarni) bepul taqdim etadi.

22. Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarida ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan navbatchilikni o‘tash, shuningdek yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish haqiqiy vaqtini hisobga olish ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.

 

III. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini xodimlar bilan ta’minlash tartibi

23. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar safiga o‘zining ishchanlik va axloqiy xislatlari, shuningdek sog‘lig‘i bo‘yicha yong‘inlarni o‘chirish va (yoki) ularning oldini olish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ko‘ngilli ravishda yakka tartibda qabul qilinadi.

24. Aholi punktining ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari uchun ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tanlab olish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan, tashkilotning ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari uchun ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olish esa – tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

25. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari aholi punktining ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olishda qatnashish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi nomiga yozma ariza beradilar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ob’ektning ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olishda qatnashish uchun tashkilot rahbari nomiga yozma ariza beradilar. Arizaga pasport, ma’lumoti haqidagi diplom nusxalari, sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma ilova qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini aholi punkti ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olishda ushbu talabgorning ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati tashkil qilinayotgan aholi punktida doimiy yashash va ishlash joyi mavjudligi, shuningdek mazkur Nizomning 23-bandi talablari majburiy shart hisoblanadi.

26. Tanlab olish yakuniga ko‘ra ariza berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar safiga qabul qilish haqida yoki uni ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar safiga qabul qilishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

27. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar safiga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur Nizomning IV bo‘limida nazarda tutilgan tartibda, DYOXX tomonidan belgilanadigan malaka talablariga asosan dastlabki tayyorgarlikdan o‘tadilar.

28. Dastlabki (keyingi) tayyorgarlikdan o‘tish natijalariga ko‘ra DYOXX mahalliy organi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga (tashkilot ma’muriyatiga) 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etiladi.

29. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasining boshlig‘i DYOXX mahalliy organi rahbari bilan kelishgan holda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining raisi, tashkilot rahbari tomonidan, yong‘indan saqlash xizmatida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxslardan tayinlanadi.

30. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar safiga qabul qilingan va dastlabki (keyingi) tayyorgarlikdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Aholi punktining ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatida ishtirok etuvchi ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning reestrida (2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha) yoki Tashkilotning ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatida ishtirok etuvchi ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning reestrida (3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha) ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatga olish tartib raqami reestr bo‘yicha to‘rt xonali sondan va ro‘yxatga olingan yildan iborat bo‘lishi lozim (masalan – 0001-13).

31. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar Reestrini yuritish va saqlash fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan olib boriladi.

32. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan har yili DYOXX mahalliy organiga ro‘yxatga olingan ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar soni haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.

33. Ro‘yxatga olingan ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchi kartochkasi 5 yil muddatga beriladi. Kartochkaning amal qilish muddati tugagandan so‘ng, ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchining keyingi tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa, keyinchalik qayta ro‘yxatdan o‘tkazgan holda kartochka yangisiga almashtirilishi mumkin.

34. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar ro‘yxatidan chiqarishga quyidagilar asos bo‘ladi:

- shaxsiy arizasi;

- ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar uchun belgilangan malaka talablariga noloyiqligi;

- yong‘indan saqlash xizmatida ishlashga imkon bermaydigan salomatlik ahvoli;

- belgilangan talablarni muntazam ravishda bajarmaslik, shuningdek yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasi faoliyatida ishtirok etishdan o‘zini chetga olish;

- ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatida bo‘lishiga zid xatti-harakatlarni sodir etganlik.

 

IV. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarni tayyorlash tartibi

35. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchini dastlabki (keyingi) tayyorgarlikdan o‘tkazish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) arizalariga ko‘ra DYOXX normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchi uchun belgilangan hajmda DYOXX bo‘linmalari bazasida bepul amalga oshiriladi.

36. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning keyingi tayyorgarligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (tashkilotlar rahbarlari) tomonidan DYOXX mahalliy organi rahbari bilan kelishib, DYOXX xodimlarini (xizmatchilarini) jalb qilgan holda tashkil etiladi va amalga oshiriladi.

37. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning keyingi tayyorgarlikdan o‘tish dasturi DYOXX mahalliy organi rahbari bilan kelishilgan holda yong‘indan saqlash xizmati boshlig‘i tomonidan ishlab chiqiladi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan tasdiqlanadi.

38. Dastlabki tayyorgarlikdan o‘tmagan shaxslar mustaqil ishlashga qo‘yilmaydi.

 

V. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarning huquqlari va majburiyatlari

39. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar quyidagi huquqlarga ega:

- tegishli ma’muriy-hududiy birlik (tashkilotning) hududida DYOXX mahalliy organi bilan birgalikda yong‘in xavfsizligini ta’minlash faoliyatida ishtirok etish;

- yong‘inlar tarqalgan (tarqalishi ehtimoli bo‘lgan) va ularni paydo qiladigan joylarga kirib borish;

portlash yoki yong‘inga olib keladigan yong‘indan xavfli va shunga o‘xshash ishlarning tashkilot ma’muriyati yoki DYOXX mahalliy organi tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar olib borilishini taqiqlash.

40. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar quyidagilarga majbur:

- DYOXX tomonidan tasdiqlangan, ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarni dastlabki tayyorgarlikdan o‘tkazish dasturida nazarda tutilgan hajmda zarur yong‘in-texnik bilimlarga ega bo‘lish;

- yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ta’minlashda ishtirok etish;

- yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi, shuningdek portlash yoki yong‘inga olib keladigan yong‘indan xavfli va boshqa ishlarning olib borilishi holatlari aniqlanganda ular to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, tashkilot ma’muriyatiga, shuningdek DYOXX mahalliy organlariga xabar berish;

- ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarga qo‘yiladigan talablarni bajarish;

- yong‘indan saqlash xizmati faoliyatida ishtirok etish;

- tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarida navbatchilikni amalga oshirish;

- ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarida navbatchilik qilishning belgilangan tartibiga, tartib-intizomga va mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etish;

- yong‘indan saqlash xizmati mulkini asrab-avaylash, yong‘in-texnik vositalari va jihozlarini soz holatda saqlash.

41. Sababli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan, yong‘in o‘chirishda qatnashgan ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar etkazilgan zararning o‘rnini qoplashdan ozod qilinadi.

 

VI. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining moliyaviy va moddiy-ta’minoti, ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarni ma’naviy rag‘batlantirish chora-tadbirlari

42. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining (drujinalar, komandalarning) moliyaviy va moddiy-texnikaviy ta’minoti ushbu bo‘linmalar (drujinalar, komandalar) tuzilgan tashkilotlar mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning ehsonlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobiga amalga oshiriladi.

43. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatini moddiy rag‘batlantirish rahbarlar tarkibi va asosiy texnik xodimlarning (dispetcherlar, haydovchilar, mexanik-motorchilarning) mehnatiga to‘liq yoki qisman haq to‘lash tamoyillarida amalga oshirilishi mumkin. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining qolgan a’zolari faoliyati yong‘inlarni o‘chirish bilan bog‘liq ishlarni bajarish yoki yong‘in deposida navbatchilik vaqtidagi mehnatiga vaqtbay haq to‘lash bilan rag‘batlantirilishi mumkin.

44. Yong‘inlarni o‘chirishda bevosita ishtirok etadigan ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar, qoidaga ko‘ra, kiyib yurish muddati DYOXX uchun mo‘ljallangan maxsus kiyim-bosh va aslahalar bilan ta’minlanadilar.

45. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (tashkilotlar) ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar uchun harbiy xizmatchilar va ichki ishlar idoralari xodimlari formasidan farqlanadigan yagona kiyim-kechak formasini belgilashi mumkin.

46. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarga kompensatsiya to‘lash tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan o‘z mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning ehsonlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

47. Ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarni ma’naviy rag‘batlantirish mukofotlar, taqdirlash belgilari va jamoat minnatdorchiligi tarzida, shu jumladan DYOXXning taqdimnomasiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

 

Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga muvofiq yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi.

2. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari - bolalarga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish, ularni kasbga yo‘naltirish, yong‘inga qarshi targ‘ibotni hamda yong‘inlarning oldini olishga va o‘quvchilarda yong‘in chog‘ida to‘g‘ri harakat qila bilish ko‘nikmalari va mahoratini mustahkamlashga yo‘naltirilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan o‘quvchilarning ixtiyoriy birlashmalaridir.

3. Quyidagilar yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

- yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llashda katta yoshdagilarga amaliy Yordam ko‘rsatish;

- yong‘in o‘chirish ishining asoslarini egallash, yong‘inlarning oldini olish amaliy bilim va ko‘nikmalarini hamda yong‘in chog‘ida to‘g‘ri harakat qilish, shuningdek yong‘indan jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mahoratlarini oshirish;

- yong‘in o‘chirish-amaliy sporti bo‘yicha sportchilar zaxirasini tayyorlash.

4. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYOXX deb ataladi) va tegishli jamoat birlashmalari yordamida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilardan tashkil etiladi.

5. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ma’muriyati tegishli jamoat birlashmalari va DYOXX yordamida yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash uchun o‘qituvchilar, shuningdek DYOXX xodimlari (xizmatchilari) tarkibidan jamoatchi tashkilotchini tanlaydi va tasdiqlaydi.

Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash uchun jamoatchi tashkilotchilarni tayyorlash tegishli jamoat birlashmalari, yong‘in-texnika markazlari, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari negizida amalga oshiriladi.

 

II. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlashning asosiy yo‘nalishlari

6. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash quyidagi asosiy Yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

- yong‘in xavfsizligi qoidalarini va yong‘in sodir bo‘lgandagi xatti-harakatlarga o‘rgatish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari va yong‘in o‘chirish texnikasi, yong‘in-texnika uskunalari, avtomatik yong‘in o‘chirish, yong‘in signalizatsiyasi va xabar berish tizimlari bilan tanishtirish;

- ommaviy axborot vositalari, radio tarmoqlaridan foydalanish, maxsus adabiYot va reklama mahsulotlarini chop etish va tarqatish yo‘li bilan, devoriy gazetalar, tematik ko‘rgazmalar, ko‘riklar va konferensiyalar tashkil etish orqali bolalar sho‘xligi oqibatida sodir bo‘ladigan yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha ommaviy-tushuntirish ishlariga jalb etish;

- yong‘in o‘chirish-amaliy sporti mashg‘ulotlari va musobaqalari, yong‘inga qarshi kurash bo‘yicha tanlovlar, viktorinalar, slYotlar, ekskursiyalar, sayohatlarni tashkil etish va o‘tkazish;

- yong‘in xavfsizligi qismlariga, tegishli jamoat birlashmalariga, yong‘in-texnik ta’lim muassasalariga, ko‘rgazmalarga borish, yong‘indan saqlash xizmatining tarixi va fidokorlari to‘g‘risida yangi materiallarni to‘plash, yong‘indan saqlash xizmatining xizmat ko‘rsatgan xodimlari hamda faxriylari, yong‘in o‘chirish-amaliy sporti chempionlari va ustalari bilan uchrashuvlar uyushtirish;

- bolalar texnika ijodiYotini rivojlantirish, yong‘in-texnik modellashtirish to‘garaklarini tashkil etish.

 

III. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari a’zoligiga qabul qilish tartibi

7. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining 12 yoshga to‘lgan va undan katta bo‘lgan, drujinalarning ishida faol qatnashish istagini bildirgan o‘quvchilar yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari a’zolari bo‘lishlari mumkin.

8. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinasi a’zoligiga yozma ariza, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti iltimosnomasi asosida drujinaning umumiy yig‘ilishida qabul qilinadi.

Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinasi a’zoligiga tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan va Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llash bo‘yicha maxsus dasturlarni «yaxshi» yoki «a’lo» darajada o‘zlashtirgan o‘quvchilar qabul qilinadi.

Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinasi a’zoligiga yangi qabul qilinganlarga tantanali ravishda yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinasi a’zosining znachogi topshiriladi.

Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari znachogi namunasi va yoshy‘in o‘chiruvchilar drujinalarining ramzi xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi organlari, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati, tegishli jamoat birlashmalari ishtirokida ishlab chiqiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

 

IV. Yosh yong‘in o‘chiruvchining majburiyatlari va huquqlari

9. Yosh yong‘in o‘chiruvchi quyidagilarga majbur:

- yosh yong‘in o‘chiruvchi obro‘si va nomini qadrlash, drujina ishlarida faol qatnashish, drujina komandiri topshiriqlarini o‘z vaqtida va aniq bajarish;

- yong‘in xavfsizligi choralarini o‘rganish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishda atrofdagilarga o‘rnak bo‘lish;

- tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar o‘rtasida yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish;

- Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari (xizmatchilari) va tegishli jamoat birlashmalari xodimlari rahbarligida maktabgacha ta’lim muassasalarida va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida, shuningdek mahalliy aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borishda ishtirok etish;

- o‘z sport mahoratini oshirish, yong‘in o‘chirish-amaliy sporti va sportning boshqa turlari bilan shug‘ullanish.

10. Yosh yong‘in o‘chiruvchi quyidagi huquqlarga ega:

- drujina faoliyatiga oid barcha masalalarni muhokama qilishda qatnashish va tegishli takliflar kiritish;

- yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va tegishli jamoat birlashmalariga yordam va maslahat so‘rab murojaat qilish;

- drujinadagi faol ishi uchun tegishli jamoat birlashmalari, xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi organlari, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan yorliqlar, ko‘krak nishonlari, qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlanish, yosh yong‘in o‘chiruvchilarning va «Kamalak» bolalar tashkiloti slyotlariga delegat etib saylanish;

- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yong‘in-texnik ta’lim muassasalariga va yong‘in xavfsizligi mutaxassislari tayyorlovchi boshqa ta’lim muassasalariga o‘qishga yuborilish;

- yong‘inni o‘chirish, odam hayoti va fuqarolarning mulkini qutqarib qolishdagi jasoratli hamda qat’iy harakatlari uchun belgilangan tartibda davlat mukofotlari bilan taqdirlanishga tavsiya etilish.

 

V. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari faoliyatiga rahbarlik qilish

11. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari faoliyatiga kundalik rahbarlik umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagoglar kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Pedagoglar kengashi drujinaning komandirini, uning o‘rinbosarlarini saylaydi.

12. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari faoliyatiga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qilish uchun yosh yong‘in o‘chiruvchilarning respublika va hududiy shtablari tashkil etiladi. Shtablar tarkibiga xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi organlari, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati, tegishli jamoat birlashmalari va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati hamda boshqa tashkilotlar vakillari kiritiladi.

13. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining shtab boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, kotibi va shtab a’zolari xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi organlarining, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati, tegishli jamoat birlashmalarining, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati hamda shtablar tarkibiga vakillari kiritilgan boshqa tashkilotlarning protokol qarori bilan tasdiqlanadi.

14. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining hududiy shtabi:

- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari, to‘garaklari, yong‘in o‘chirish-amaliy sporti seksiyalari tashkil etishda va ularning faoliyat ko‘rsatishida yordam beradi, drujinalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ijobiy ish tajribalarni umumlashtiradi va tarqatadi, drujinalarga topshiriqlar beradi hamda ularning ish rejalarini muvofiqlashtiradi, yong‘inlarning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

- drujinalar, jamoatchi tashkilotchilarning yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarini eshitadi, drujinalar a’zolarini rag‘batlantirishga doir materiallarni ko‘rib chiqadi, sport musobaqalari, viktorinalar, tanlovlar va shu kabilarning dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

- sport tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejalariga muvofiq yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining yong‘in o‘chirish-amaliy sporti bo‘yicha tuman (shahar), hududiy musobaqalarini tashkil etadi.

15. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining respublika shtabi hududiy shtablar faoliyatiga rahbarlik qiladi, yong‘inlarning oldini olish ishlarining shakl va uslublarini rivojlantirish hamda takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqadi, ommaviy tadbirlarni tashkil etadi, yosh yong‘in o‘chiruvchilar shtablari va drujinalarining eng yaxshi ish tajribalarini sport tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejalariga muvofiq o‘rganadi va targ‘ib etadi, yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining yong‘in o‘chirish-amaliy sporti bo‘yicha respublika musobaqalarini tashkil etadi.

 

VI. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarining

16. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar bilan olib boriladigan ishlar (sport musobaqalari, ekskursiyalar, slyotlar, viktorinalar va shu kabilar)ga, yong‘in-texnik ko‘rgazmalariga, yong‘in-texnik modellashtirish to‘garaklariga, drujinalar uchun znachoklar, yong‘in o‘chirish-amaliy sporti uchun sport snaryadlari, adabiYotlar, targ‘ibot ishlari uchun mol-mulklar sotib olishga xarajatlar tegishli jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan, negizida yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari tashkil etilgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari ko‘magida amalga oshiriladi.

17. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan amaliy mashg‘ulotlar va yong‘in o‘chirish — amaliy sporti bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun tegishli jamoat birlashmalari, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlar bepul va pulli tartibda sport bazalari, jihozlar taqdim etadilar, mutaxassislar, shuningdek yong‘in o‘chirish texnikasi, asbob-uskunalar hamda anjomlar ajratadilar.

 

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 martdagi 89-son qaroriga
4-ILOVA

Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

 

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasiga muvofiq idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli ma’muriy-hududiy birliklarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorligini amalga oshirish, ularning yong‘inlarni o‘chirishga tayyorligi holatini, shuningdek yong‘inlarning oldini olish ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish uchun idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining soni, joylashtirilishi, jihozlanganligi, komplektlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda boshqa zarur axborotlarni hisobga olish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.

3. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYOXX deb ataladi)ning ushbu Nizom bilan belgilangan tegishli organlari amalga oshiradi.

4. Ushbu Nizomda foydalaniladigan tushunchalar va ta’riflar:

- hisob ro‘yxatidan o‘tkazish — reestrda idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni rasmiy qayd etish;

- idoraviy yong‘indan saqlash xizmati — idoraviy yong‘in nazoratini tashkil etish va amalga oshirish, idoraviy mansub ob’ektlarda yong‘inlarning oldini olish, yong‘inlar sodir bo‘lganda odamlar va mol-mulkni qutqarish, Yong‘inlarni o‘chirishni tashkil etish va amalga oshirish uchun tegishli tashkilotlarning mulkdorlari qarori bo‘yicha tashkil etiladigan boshqaruv organlari va bo‘linmalar majmui;

- ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati — fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlarda, aholi punktlari va boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ta’minlashda, yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etish shakli;

DYOXXning hududiy organi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining, ob’ektning yong‘in xavfsizligi boshqarmalari;

DYOXXning mahalliy organi — tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari), bevosita yong‘in xavfsizligi boshqarmalariga bo‘ysunuvchi ob’ektlarning yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari), tumanlar (shaharlar) va ob’ektlarni qo‘riqlash bo‘yicha DYOXXning harbiylashtirilgan va kasbiy otryadlari (qismlari).

5. Tashkilotlarda va aholi punktlarida tashkil etilgan idoraviy va ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari hisob ro‘yxatidan o‘tishi shart.

6. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan materiallar besh yil mobaynida saqlanadi, saqlash muddati o‘tgach ular idoraviy arxivga topshiriladi.

 

II. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish va ularning reestrini yuritish tartibi

7. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, shuningdek boshqa tashkilotlar DYOXXning hududiy organiga ularning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, jumladan quyidagi ma’lumotlar ilova qilingan arizani taqdim etadilar:

DYOXX, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, shuningdek ob’ektlarda ariza beruvchi idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasini tashkil etmoqchi bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasi to‘g‘risidagi Nizomning nusxasi;

- idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy tarkib va yong‘inni o‘chirish texnikasi sonining hisob-kitobi;

- idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasining joylashishi va soni, shuningdek o‘zining va (yoki) ijaraga olinadigan moddiy-texnika bazasi to‘g‘risida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotlar;

- idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasi rahbarlari va mutaxassislarining malakasi to‘g‘risida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotlar.

8. Ariza DYOXXning hududiy organida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin ko‘rib chiqishga qabul qilingan hisoblanadi va u 15 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak.

9. DYOXXning hududiy organi, ushbu Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ariza beruvchiga hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga haqlidir.

10. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror Yozma shaklda, ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ulardan bittasi ariza beruvchiga yuboriladi.

11. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni olgan ariza beruvchi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin, hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga takroran murojaat qilish huquqiga ega.

12. DYOXXning hududiy organi tomonidan hisob ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin tegishli ma’lumotlar 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish reestriga kiritiladi.

13. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

III. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish va ularning reestrini yuritish tartibi

14. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) DYOXXning mahalliy organiga ularning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot ilova qilingan arizani taqdim etadi.

Axborotda:

- ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati boshlig‘i lavozimiga nomzod va uning malakasi;

- ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasining turi (drujina, komanda);

- komandaning razryadi (komandalar tashkil etilgan taqdirda);

- komandalar va (yoki) drujinalarning soni tarkibi;

- ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilarni dastlabki (keyingi) tayyorlanganligi;

- o‘zining va (yoki) ijaraga olinadigan moddiy-texnika bazasi, komandalar tashkil etilganda esa – bino (xona), yong‘inni o‘chirish texnikasi, asbob-uskunalar, anjomlar, aloqa vositalari va jangovar kiyim mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan axborot har yili DYOXXning mahalliy organlariga taqdim etiladi.

15. Ariza DYOXXning tegishli mahalliy organida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin ko‘rib chiqishga qabul qilingan hisoblanadi va u 15 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak.

16. DYOXXning mahalliy organi ushbu Nizomning 14-bandi talablariga muvofiq hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda ariza beruvchiga hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga haqlidir.

17. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror yozma shaklda, ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ulardan bittasi ariza beruvchiga yuboriladi.

18. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni olgan ariza beruvchi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin, hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga takroran murojaat qilish huquqiga ega.

19. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin DYOXXning mahalliy organi tomonidan ma’lumotlar 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish reestriga kiritiladi.

 

IV. Yakunlovchi qism

20. Davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tugatilgan taqdirda, shuningdek ularning soni, joylashtirilishi, jihozlanganligi, komplektlanganligi to‘g‘risidagi hamda ular haqidagi boshqa ma’lumotlar o‘zgarganda o‘n kun muddatda DYOXXning tegishli organlariga o‘zgargan ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

21. DYOXXning tegishli organi taqdim etilgan o‘zgartirishlarni o‘zgartirilgan ma’lumotlar olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida reestrga kiritadi.

22. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlil qilinadi va DYOXXning tegishli hududiy organlarida saqlanadi, ular to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlar DYOXXning yuqori organiga beriladi.

23. Reestrdagi ma’lumotlar ular bilan manfaatdor shaxslarning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va ularning yozma so‘rovi bo‘yicha reestrdan ko‘chirma tarzida bepul beriladi.

24. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining hisob ro‘yxatidan o‘tkazish reestrlari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan, gerbli muhr bosilgan va DYOXXning tegishli organi rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

25. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazishning to‘liqligi va amalga oshirishning to‘g‘riligi, shuningdek ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilganligi va ishonchliligi uchun ushbu Nizomning 7, 12, 14 va 19-bandlarida ko‘rsatilgan tegishli organlar va tashkilotlar javob beradilar.

26. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etgan vakolatli organlar (tashkilotlar) ularning hisob ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

YOng‘in xavfsizligi bo‘yicha test savolari

1.                Yonish turlarini qanday turlarga bo‘lish mumkin.

A) Moddaning boshqa moddaga aylanishi hisobiga oksidlanish jarayoni.

V) Moddaning kimyoviy o‘zgarishi natijasida issiqlik va nur. energiyasiga aylanish jarayoni.

S) Kinetik va tartibsiz yonish jarayoni.

D) Kinetik va diffuziya yonish jarayoni

E) To‘plangan organik moddalarning yonishi.

2. Yonishning necha turlari bo‘ladi.

A) Yonish turlari 4 xil bo‘ladi.

V) Yonish turlari 5 xil bo‘ladi.

S) Yonish turlari 3 xil bo‘ladi.

D) Yonish turlari 6 xil bo‘ladi.

E) Yonish turlari 7 xil bo‘ladi.

3. O‘z-o‘zidan yonish qanday xollarda ro‘y beradi.

A) Bunktlarda saqlanayotgan paxta xar qanday sharoitda o‘z-o‘zidan yonishi mumkin.

V) Organik modda va minerallar moddalar aralashmasi o‘z-o‘zidan yonishga olib keladi.

S) Ma’lum xajmdagi oralio‘ moddalarning ochiq ob-xavo sharoitlari ta’sirida va namlangan organik moddalar xar qanday sharoitda saqlashda o‘z-o‘zidan yonadi.

D) Erga to‘kilib shimilgan yonuvchi suyuqliklar o‘z-o‘zidan yonishi mumkin.

E) Organik modda va minerallar moddalar aralashmasi o‘z-o‘zidan yonadi.

4. Portlash bo‘lishi uchun qanday sharoit bo‘lishi kerak.

A) Yonuvchi gazlarning kislorod bilan aralashganda portlpsh bo‘lishi mumkin.

V) Xar qanday xonada yoki idishda to‘plangan gaz yoki yonuvchi suyuqlikka uchqun berilganda portlashi mumkin.

S) Xona xavosi xajmining xar qanday protsent miqdorida yig‘ilgan yonuvchi gaz va suyuqlik parlari portlashi mumkin

D) Xona xavosi xajmining ma’lum protsent miqdorida yonuvchi suyuqliklari  yoki yonuvchi gaz to‘plangan bo‘lishi  va unga uchqun yoki alanga  bilan turtki berish kerak

E) Berk xajmdagi xar qanday xajmdagi gazlar portlashi mumkin.

5. Portlpshning quyi va yuqori yig‘ilish darajasi deganda nimani tushunasiz?

A) Ma’lum miqdorda yig‘ilgan suyuqlik portlaganda bqori va quyi chegaralarga ega bo‘ladi.

V) Xar qanday suyuqlik va gaz ma’lum bir chegara miqdorida portlpsh xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli shu chegara portlashning yuqori va quyi chegarasi deb ataladi.

S) Portlashning quyi va yuqori chegaralari xamma gazlar uchun bir xil bo‘ladi.

D) Portlashning quyi chegarasi yoniuvchi suyuqlikning chaqnash darajasi va yig‘ilish darajasi uni portlash xususiyatini bildiruvchi chegara daraja tushuniladi.

E) Xonada yig‘ilgan portlovchi gaz yoki suyuqlikning xidi kelgan davrdan portlaguncha bo‘lgan protsent miqdori portlashning quyi chegarasi, portlash nuqtasidan yonish nuqtasiga o‘tish chegarasi protsenti yuqori chegarasi deb yuritiladi.

6. Sanoat korxonalarining yong‘in xavfi bo‘yicha kategoriyalarini belgilash.

A) 1,2,3,4,5.

V) A,B,V,G,D.

S) A,B,V,G,D,E.

D) 1,2,3,3a,4.

E) 1,1a,2,3,4.

7. Qurilish materiallari va konstruksiyalari yonish bo‘yicha quyidagi turkumlarga bo‘linadi.

A) Organik moddalar va birikmalar

V) 1,2,3,4.

S) Yonadigan, yonmaydigan va qalin yonadigan turkumlarga bo‘linadi.

D) Organik, noorganik va kimyoviy birikmalar turkumlariga bo‘linadi.

E) A, B, V, G, D.

8. Yonish deganda nimani tushunasiz?

A) Yonish bu kimyoviy jarayon bo‘lib, ko‘p miqdorda issiqlik va nurlanish bilan kechadigan jarayon xisoblanadi

V) Yonuvchi moddaning oksidlovchi modda bilan birikishi natijasida moddaning kimyoviy o‘zgarishi xisobiga katta issiqlik va nur tarqatish bilan kechadigan murakkab fizik kimyoviy jarayon yonish deb ataladi.

S) Moddalarning kislorod bilan birikishi xisobiga katta miqdorda issiqlik va nur tarqatish jarayoniga yonish deyiladi.

D) Yonuvchi moddani oksidlanuvchi modda bilan birikishi natijasida xosil bo‘ladigan murakkab jarayon yonish deb ataladi.

E) Moddalarni tutash va qizishi yonish deb ataladi.

9. Binolarning yong‘in xavsizlik kategoriyalari nechta?

A) 1

V) 3

S) 2

D) 4

E) 5

10.  Qurilish konstruksiyalarining yonish bo‘yicha guruxlarini ko‘rsating.

A) Yonmaydigan

V) A, E, S.

S) Yonadigan

D) A, V.

E) Qiyin yonadigan

11. Yog‘och konstruksiyalarining o‘tga chidamlilik chegarasi

A) 80 -100 0C

V) 100-120 0C

S) 270-280 0C

D) Miqdori belgilanmagan

E) To‘g‘ri javob yo‘q

12. Yog‘och konstruksiyalarining o‘tga chidamlilik darajasini ko‘rsating.

A) 1,2,3,4,5

V) 1,2

S) 1,2,3

D) 1,2,3,4

E) 1

13.  Yong‘in o‘chog‘i va yonishning ikkilamchi o‘chog‘i necha turga bo‘linadi?

A) 4

V) 3

S) 2

D)1

14. Yong‘in bo‘lgan joyni qo‘zdan kechirishdan maqsad

A) Yong‘inning kelib chiqish sababini o‘rganish uchun

V) Insonlar qurbon bo‘lganligini bilish uchun

S) Jinoyatni ochish uchun imkon beruvchi izlarni aniqlash uchun

D) Qanday xajmda yonganini bilish uchun

15. Yong‘in o‘chiruvchi drencher uskunasidan qay paytda foydalaniladi?

A) Oddiy yong‘in xavfi darajasidagi xonalarda (kasalxona, mexmonxona)

V) Suv pardalarini xosil qilish, shuningdek qurilish anjomlari neft maxsulotlarini saqlovchi rezervuarlarga va texnologik uskunalardan suv sachratish yo‘li bilan

S) Kuchli alangalanib yonayotgan paytda

D) Portlab yonish xavfi bo‘lgan bino, xonada.

16. Inson nafas olish organlarining gaz va tutundan ximoya qilish vositalariga nimalar kiradi?

A) tozalovchi va ximoyalovchi gazniqoblar

V) yong‘in o‘chiruvchi qurilmalar

S) splinklerlar

D) A, V, S.

17. Ximoyalovchi gazniqoblar necha turga bo‘linadi?

A) 3 turga: xavoli, kislorodli, suvli.

V) 2 turga: xavoli, kislorodli.

S) A va V

D) barcha javoblar to‘g‘ri

18. Yuz niqobi “Futur” apparatining profilaktik tekshirishi qancha muddatda va kim tomonidan o‘tkaziladi?

A) 1 oyda va 1 marta smena boshlig‘i tomonidan

V) Javobgar navbatchilikka tushayotganda biriktirilgan shaxs tomonidan

S) bir yilda bir marta TTHH bazasi katta ustasi va instruktori tomonidan

D) xar kuni ish boshlanishi oldidan biriktirilgan shaxs tomonidan.

19. Apparatlarni ishlash jarayonida quyidagi tekshiruvlar o‘tkaziladi:

A) 1 raqamli, 2 – raqamli.

V) jangovar tekshirish

S) profilaktik tekshirish

D) A, V, S.

20. Ochiq alanga qachon ishlatiladi?

A) Yonuvchi pechlar, reaktorlar, chiqindi gazlarni yoqish, payvandlash ishlarida

V) gaz quvurlarida, zavodlarda va korxonalarda

S) Elektr tarmoqlari va mashinalarda

D) Konstruksiya  va apparatlarda

E) A, V, S, D.

21. Absorbsiya bu nima?

A) ximiyaviy elementlar aralashmasidan suyuqliklar tarqalishi

V) Gaz aralashmasidan moddalarni suyuqlik orqali tarqalishi

S) Xech qanday aralashmalarsiz suyuqliklarning so‘rilishi

D) Gazlar aralashmasidan moddalarni suyuqlik orqali so‘rilishi

22. Ishlab chiqarish xonalari portlab yonish xavfi bo‘yicha necha toifaga bo‘linadi?

A) 3 (A, B, V)

V) 4 (A, B, V, G)

S) 5 (A, B, V, G, D)

D) 6 (A, B, V, G, D, E)

23. Yong‘inga qarshi to‘siqlar deganda  -

A) Yong‘inlarni tarqalishini cheklaydigan va barcha konstruktiv va xajmiy rejalashtirish echimlari

V) Yong‘in chiqqan vaqtda shu to‘siqlarni tezlik bilan o‘rnatish

S) Yong‘in chiqqandan tugaguncha kutish va keyin to‘siq qo‘yish

D) A, V, S.

24. Yong‘inlarni cheklash maqsadida binolarga yong‘inga qarshi to‘siqlarni turlari:

A) Birlamchi va ikkilamchi

V) Umumiy va maxalliy

S) Aktiv va noaktiv

D) Chordoqli va chordoqsiz

25. Asosiy yong‘in o‘chiruvchi anjomlari nechta

A) 6

V) 5

S) 4

D) 3

26. Zararli moddalar odam organizmiga ta’sir qilish darajasi necha sinfga bo‘linadi?

A) 6

V) 5

S) 4

D) 3

27. Avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlarini ko‘rsatish

A) Suvli, ko‘pikli, gazli, kukunli, qumli.

V) Suvli, ko‘pikli, gazli, kukunli

S) Suvli, ko‘pikli, gazli, qumli

D) Suvli, qumli, ko‘pikli, gazli

28. Davlat yong‘in nazorati ning tuzilishi

A) O‘.R. IIV, markaziy, xududiy, maxalliy.

V) IIV, xududiy, maxallaiy.

S) IIV, markaziy, xududiy.

D) To‘g‘ri javob yo‘q.

29. DYON ish faoliyatini belgilovchi qonkniy va me’yoriy xujjatlar nechta

A) 15

V) 14

S) 13

D) 12

30. Axoliga yong‘in favsizligi qoidalarini o‘rgatishni tashkillashtirish, gakllari va usullari necha bosqichda olib boriladi?

A) 10

V) 8

S) 6

D) 3

31. Yong‘in oqibatlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Odam xalokati, tana a’zolarining kuyishi, jaroxati, zaxarlanishi

V) xayvonlar va odamlarning o‘lishi

S) Odam xalokati, tana a’zolarining kuyishi, jaroxati, zaxarlanishi, xayvonlar va odamlarning o‘limi, binolar va inshootlar, moddiy boyliklar, uskunalar, xujjatlarning nobud yoki shikastlanishi

D) Bino va inshootlar, moddiy boyliklar, uskunalar, xujjatlar nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi

32. Yong‘inlarni tashkil qilish necha guruxga bo‘linadi?

A) 5

V) 6

S) 7

D) 8

33. Odamlarning xavfsiz evakuatsiyasini asosiy sharti?

A) Joyni tark etish

V) O‘chirish anjomlari

S) O‘z vaqtida zarar etkazmasdan insonlarni olib chiqish

D) A, V, S.

34. Evakuatsiya chiqish joyining balandligi va kengligi

A) 1.9 – 1.2

V) 1.8 – 1.1

S) 2 – 1.5

D) 1.9 – 1.5

35. Ko‘pik xosil qiluvchilarning turlari nechta

A) 4

V) 5

S) 3

D) 6

36. Ko‘pikli yong‘in o‘chirgich necha turga bo‘linadi?

A) kislotali, aerozolli

V) kimyoviy va xavoli-mexanik ko‘pikli

S) ko‘chma va aravachali

D) kimyoviy va uglekislotali

37. Kukunli yong‘ino‘chirgichlar qay xolatlarda ishlatiladi?

A) Oson yonuvchi suyuqliklar, ichki yonish dvigatellar, qattiq maxsulotlar 380 V dan kam bo‘lgan elektr qurilmalari

V) yonuvchi qattiq va suyuq maxsulotlarining xamma turlari

S) Alyuminiy organik qorishmalarining, ishqorli va boshqa xil aralashmalar

D) To‘g‘ri javob yo‘q

38. “A” toifadagi xonani portlab yonish xavfi necha xaroratda srdir bo‘ladi

A) 280C gacha

V) 280C dan yuqori

S) 290C gacha

D) 290C dan yuqori

39. Alangalanish xolati tushunchasi

A) Yonuvchi modda ma’lum xaroratda o‘zidan yonuvchi bug‘ ajratishi natijasida alangalanishni ta’minlasa

V) Yonuvchi modda o‘zidan yonuvchi bug‘ ajratmasa va alangalanish ta’minlansa

S) Yonuvchi modda ma’lum xaroratda bug‘ va gaz ajratsa alangalanmasa

D) A, V, S.

40. Portlash deb nimaga aytiladi?

A) Moddalarning tez yonishi

V) Yonishning tez ketishiga aytiladi

S) Yonib bo‘lgandan keyin portlashi

D) Bug‘ga aylanib keyin portlashi

41. Yonmaydigan konstruksiyalarga nimalar kiradi?

A) Issiqlik xarorati yoki kuchli alanga doimiy ta’sir etadigan konstruksiyalar

V) Alanga yoki yuqori xarorat ta’sir etadigan konstruksiyalar

S) Katta issiqlik xarorati yoki alanga ta’sirida yonib kul yo ko‘mirga aylanmaydigan qurilish konstruksiyalari          

D) A, V.

42. Qiyin yonadigan konstruksiyalarga nimalari kiradi?

A) Issiqlik xarorati yoki kuchli alanga doimo ta’sir etadigan konstruksiyalar

V) Katta issiqlik xarorati yoki alanga ta’sirida yonib kul yo ko‘mirga aylanmaydigan qurilish konstruksiyalari

S) Alanga yoki yuqori xarorat ta’sir etganda alangalanib yonadigan sanoat konstruksiyalari

D) To‘g‘ri javob yo‘q

43. Yonadigan konstruksiyalarga nimalar kiradi?

A) Katta issiqlik xarorati yoki alanga ta’sirida yonib kul yo ko‘mirga aylanmaydigan qurilish konstruksiyalari

V) Alanga yoki yuqori xarorat ta’sir etganda alangalanib yonadigan sanoat konstruksiyalari

S) Issiqlik xarorati yoki kuchli alanga doimiy ta’sir etadigan sanoat konstruksiyalari

D) Sanoat, qurilish konstruksiyalarining xamma turlari

44. Issiqlik ta’sirida ishlaydigan xabarchilar necha minutda xabar beradi?

A) 4-5.

V) 3-4.

S) 2-3.

D) 1-2.

45. Avtomatik o‘t o‘chirish tizimiga qanday qurilmalar kiradi

A) Kimyoviy ko‘pik.

V) Spinklar.

S) OXP – 10.

D) karbonad kislota.

46. Ko‘pik bilan o‘chirish uskunasi OXP – 10 necha sekund ishlaydi?

A) 50-60.

V) 40-50.

S) 30-50.

D) 40-70.

47. Moddalarning yonish xususiyati deb nimaga aytiladi?

A) Qizdirish natijasida ularning parchalanib yonuvchi gazsimon moddalar xosil qilishiga

V) Qizdirish natijasida ularning parchalanib yonuvchi bug‘simon moddalar xosil qilishiga

S) Qizdirish natijasida ularning parchalanmachdan yonuvchi moddalar

D) A, V.

48. Gazlarning yonish tezligi necha m/s ga teng

A) 0.3 – 0.8.

V) 0.5 – 0.8.

S) 0.8 – 1.

D) 1 – 2 .

49. Gaz tutundan ximoya qilish xizmatining bazasi uchun qaysi xonalar ajratiladi?

A) Apparatxona, kislorod to‘ldirish xonasi

V) Gazniqobni ta’minlash ustaxonasi, yuvish – quritish

S) Tiklovchi patronni saqlash va to‘ldirish, kislorod va xavo balonlarini sinash

D) A, V, S.

50. Jangovar kiyim tarkibiga nimalar kiradi?

A) Jangovor kiyim issiq qaytaruvchi kiyim, dubulg‘a, qo‘lqop va kiyim

V) jangavor kiyim, issiq qaytaruvchi kiyim, dubulg‘a qo‘lqop, etik va fonar

S) jangavor kiyim, dubulg‘a qo‘lqop, etik, fona.

D) jangavor kiyim, issiq qaytaruvchi kiyim etik, fonar.