UDK 656.3.82

Tuzuvchilar:

F.M.Qodirov,

M.R.Mirzaeva,

R.R.Raxmanberdiev

 

O‘kuv-metodik qo‘llanma. TATU. 2014 143 b.

Metodik qo‘llanma «Hayot faoliyati xavfsizligi» kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining barcha yo‘nalishdagi bakalavrlar hamda kasb-xunar kollejlari o‘kuvchilarini tayyorlash uchun ishlab chikildi.

«Hayot faoliyati xavfsizligi» kursining namunaviy dasturlar asosida tuzildi.

Kompyuterlarda ishlash xususiyatlari hayot faoliyati xavfsizligi nuqtai nazaridan taxlil qilinadi, zararli va potensial xavfli ishlab chiqarish faktorlari ko‘rib chiqiladi, organizmga ta’sirining me’yoriy talablari keltiriladi, XK operatorining ish faoliyatini va sog‘liqni saqlashga qaratilgan sanitar-gigienik va tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlar tavsiya etiladi.

 

 

 

 

 


 

O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar davlat qumitasi

 

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

                                                                            

 

 

 

 

Qodirov F.M.

Ìirzaeva M.B

                                   

               Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan

VIDEOTERMINALLARDAGI XAVFSIZLIK

MUAMMOLARI

O’quv qo’llanma

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent 2014

                                    Kirish

Yigirmanchi asr inson faoliyatining ulkan yutuqlari bilan nishonlandi, atomning bo‘linishi va atom energiyasidan foydalanish, insonning kosmosga chiqishiyu, turli sayyoralarni chuqur o‘rganish, yurak va miyada noyob operatsiyalar qilish. Lekin XX asrning ikkinchi yarmini xaqli ravishda kompyuter asri deb atash joizdir, chunki bexisob imkoniyatga ega kompyuter texnikasisiz ulkan yututqlarni qo‘lga kiritishni, umuman kompyuter ishtirokisiz xech qanday soxani tasavvur qilib bo‘lmaydi. Lekin ular ba’zi bir insonlar uchun xatto yashash joyigina bo‘lib qolmay, balki kompyuter ekrani oldida o‘z o‘limini topayotgan alohida virtual dunyoga aylandi.

Kompyuter avvalboshdan xuddi shu maqsad uchun, ya’ni insonlarni va texnikani yo‘qotish uchun yaratildi. Birinchi elektron hisoblash mashinasi (EHM) Pensilvaniya universitetida ikkinchi jaxon urushi tugashi bilanoq AQSH harbiy maxkamasi mablag‘iga yaratilib, artilleriya snaryadlarining uchish traektoriyasini hisoblashga mo‘ljallangan edi. Bu baxaybat mashinaning og‘irligi 50 tonnaga yaqin bo‘lib, bir paytni o‘zida 20 ta sonni eslab qolar edi. O‘sha davr uchun bu mashina, yaratilishiga bir yarim yil va 480 ming dollar sarf bo‘lganiga qaramay, texnika mo‘jizasi edi. Bu mashina 12 soat talab qiladigan masalalarni 30 sekundda «chaqib» tashlar edi.

Lekin hisoblash texnikasini takomillashtirish ildam qadamlar bilan borardi va 1975 yil birinchi xususiy kompyuter paydo bo‘ldi. Hozirgi paytda o‘zining ixchamligi, ulkan imkoniyatlari va xotirasi, fenominal hisoblash tezligi bilan inson faoliyatining turli soxalarida ishonchli yordamchiga aylandi. Xatto yaqin orada o‘zining yaratuvchisi bo‘lgan insondan 16 milliard neyronlarning o‘zaro alokasiga asoslangan miyasining fikrlashi borasida o‘zib ketishi mumkin.

SHuni qayd qilish lozimki, ishlab chiqarishda ilk bora EHM afzalliklarini turli yo‘nalishda ishlovchi operatorlar (energotizim, aerodispetcherlar, marten pechlari operatorlari, uchuvchilar)   xis etdilar. Ular

 

videoterminallar (VDT) - axborotlarni aks ettiruvchi monitor ekranlari yordamida ko‘zatilayotgan ob’ekt holati yoki texnologiya va boshqa jarayonlarning o‘tishi xaqida, nazoratdagi va boshqaruvdagi parametrlarning dinamikasini ko‘rish kabi to‘laqonli tasavvurga ega bo‘ldilar. Ijod bilan mashg‘ul shaxslar uchun turli ilmiy, texnikaviy, evristik masalalarini qo‘yish va hal qilish, turli intellektual va kompyuter o‘yinlarini yaratish imkonini berdi, bu o‘yinlar nafaqat bolalarni, xatto kattalarni ham jalb qilib, o‘zining ishlab chiqarish funksiyalariga ham zarar keltira boshladi, taxminan 30 % mashina vaqti muassasalarda turli xil kompyuter o‘yinlariga sarf bo‘la boshladi. SHuning uchun AQSH 1994 yil davlat ishlarida jalb bo‘lgan xodimlarga ish paytida o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishni taqiqlovchi qapop qabul qildi.

Kompyuterlar operator, iqtisodchi, redaktor, boshqarma xodimi, deputat va xatto prezidentlarning ishlarida sodiq yordamchiga aylandi (67-yoshli Djordj Bush 1991 yili "O‘qish xech qachon kech emas" deb, o‘zi uchun yangi ish bo‘lgan Oq uyning Oval xonasiga o‘rnatilgan xususiy kompyuter klaviaturasiga o‘tirdi).

Kompyuterlar kundalik hayotga shahdam kirib keldi, millionlab insonlarning ishida, uyidagi turmush tarzini butkul o‘zgartirib yubordi, bu o‘z yo‘lida kompyuterlarni inson hayotiga turlicha ta’siri bir qator betobliklarning sababchisi bo‘lib, hozir ham tibbiyot xodimlarni, sotsiolog va boshqa mutaxassislarning e’tiborini jalb qilib kelayapti, ya’ni keng ma’noda ijtimoiy muammoga aylanib, hisoblash texnikasi foydalanuvchisining sog‘ligiga ta’sir etmoqda. Bu ta’sir ancha oldin kundalik hayotda mustaxkam o‘rin olgan davlatlarda paydo bo‘ldi. CHet el ko‘rsatkichlarga ko‘ra 1998 yili AKSH da 100 kishiga 57 ta (1995Y.- 48) kompyuter to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, SHveysariyada - 48 (43), SHvetsiyada - 43 (34), Finlyandiyada - 31 (24), Fransiyada - 24 (18), Italiyada - 14 (11), Ispaniyada - 12 (11) bo‘lgan. SHunga qaramay, kompyuterlar bizning turmush tarzimizga ham ildam kirib keldi.

Kompyuter davrining «suvosti toshlari» xaqida dasturchi-muxandis E.Golomolzin “Sankt-Peterburgskie vedomosti” jurnalida qiziqarli fikrlarni bayon etdi. Uning fikricha, umumiy kompyuterlashtirish o‘z ichiga bir necha kamchiliklarni oladi, ulardan birinchisi, qanchalik xayratli bo‘lmasin, axborotni kirishning qiyinlashuvidir. Agar ilgari biror axborotni olish uchun kitobni olib, kerakli betini o‘qish kifoya bo‘lsa, hozir kerakli axborotni magnit yozuvidan tushuna oluvchi tovushga, matnga, shaklga keltira oladigan tarjimon-kompyuter darkor bo‘lib, tarjimon yo‘qligi axborotga ega bo‘lishdan mahrum etadi. YAna bir xavf - bu texnikaning tashqi ta’sirlarga (elektr toki, kuchlanishning o‘zgarishiga) beriluvchanligi bo‘lib, kuchli tabiiy yoki sun’iy elektromagnit maydoni ta’sirida axborotlarni butkul o‘chib ketishidir. Ta’sirchan, asabi bo‘sh insonlarda kompyuter bilan muloqot xuddi narkotik singari bog‘lab qo‘yadi. Ko‘pgina o‘rta yosh ayollar, kundalik hayot qiyinchiliklaridan chalg‘ish maqsadida navbatdagi lotin amerika seriallarini berishini kutishi, televideniya dasturlariga bog‘langanliklari bilan, ular passiv ko‘zatuvchi bo‘lib, aktivligini oshirish televideniyani boshqa dasturiga yoki kanaliga o‘tishi bilan kifoyalanadi. Kompyuter bilan muloqot esa butkul o‘zgacha bo‘lib, foydalanuvchi ekrandagi hayotga bevosita kira oladi, uni boshqaradi, jarayonni o‘zgartiradi, qapop qabul qilishga aralashadi, ya’ni shu reallikda yashaydi. Virtual hayot imkoniyatlari realdagidan ancha keng bo‘lganligi (kosmik sayoxatlar qilishi, katta tezlikda avtomobilda yurishi, shu bilan birga hech qanday jaroxat olmaslik kafolati) o‘z domiga maksimal darajada tortadi, unga qayta-qayta murojaat etishga undaydi.

Aralashib ketolmaydigan insonlar uchun kompyuter tarmog‘i muloqot extiyojini qondiruvchi deyarli yagona imkoniyatga aylandi. Elektron narkotik”ka  bog‘lanib    qolishdan boshqa yana bir noxushlik mavjuddir. Ko‘pgia izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, kompyuter o‘yinlarini an’anaviy o‘yinlardan ustun qo‘ygan bolalar tasavvur qilish, fikrlash, qiziquvchanlik kabi sifatlarning rivojida orqada qolib, o‘rniga faqat tez ta’sirchanliknigina olayapti.

Kompyuter texnikasining o‘ziga xosligiga yana bir muloxaza. Agar avvalgi texnika yangiliklari: telefon, av­tomobil, samolyot insonga faqat mexanik qo‘shimcha bo‘lgan bo‘lsa, kompyuter esa insonni mashinadan ustun qo‘yuvchi ongiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Kompyuterlarni hayotimizga kirishining ijtimoiy va boshqa aspektlarida yana to‘xtamasdan, «qora qutidan» bilmay foydalanish, afsuski ko‘plab xavf-xatarlarni o‘z ichiga qamrab olganligini qayd etish joizdir.

Har qanday hodisa: tabiiy yoki texnogen, ijtimoiy yoki sun’iy - o‘zida avval boshdan ijobiy va salbiy asosga ega bo‘ladi. Inson faoliyatining turli sohalariga kirib kelgan kompyuterlashtirish haqiqiy ilmiy-texnik revolyusiya bo‘lib, ijobiy taraflari bilan bir qatorda har qanday ilmiy-texnik progress kabi inson sog‘lig‘iga va yashash muhitiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Videoterminallar bilan ishlaganda bu ta’sir ko‘rishni yomonlashuvida, tayanch-harakat tizimini kasallanishida, xomiladorlik jarayonining yomon kechuvida, teri kasalliklarida, allergik reaksiyalarda, asab kasalliklarida namoyon bo‘ladi.

Hisoblash texnikasidan ishlab chiqarishda va boshqa faoliyat sohalaridagi foydalanish afzalliklarini bir chekkaga surib, bu kitobda kompyuterdan keng foydalangandagi negativ oqibatlar: alohida foydalanuvchi va personalning ishlash qobiliyatiga va salomatligiga ta’siri, hamda ularni profilaktikasi va himoyasi uchun zarur chora-tadbirlar taklif etiladi.

SHu maqsadda videoterminallar bilan ishlaganda nafaqat kompyuterning, balki ishlab chiqarish muhitining o‘ziga xos zararli va xavfli faktorlarining o‘zgacha xususiyatlari taxlil qilinadi. Bu faktorlarning ta’sirini chegaralovchi me’yoriy talablarga, ish joyini tashkil etishga, mehnat va dam olish tartibini yaxshilashga, asbob-uskunalar parametrlarining ergonomik talablariga, o‘lchov usullariga, atrof-muhit va monitorlarning parametrlarini baholashga va h.k.ga asosiy e’tiborni qaratamiz.

Bu va boshqa savollar bayonini chet el nashrlarining ma’lumotlarini umumlashtirib, xususiy kompyuterda (XK) ishlash xususiyatlarini ko‘rib chiqishdan boshlaymiz.

1. Kompyuterda ishlash xususiyatlari

 

Kompyuterlar bilan muloqot tashqaridan qaraganda oddiy ko‘rinishi bir tarafdan foydalanuvchilarning sub’ektiv sezgilari bilan, ikkinchi tarafdan u yoki bu ishlab chiqarish faktorlarining     turli xil reaksiyalarini izlash bilan tasdshushnayapti.

Kompyuterlarda ishlash birinchi navbatda ekrandagi tasvirni qo‘lyozma yoki bosma materiallar matnini ajratish, mashina yozuvi, grafika ishlari va boshqa operatsiyalarni birgalikda o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘zni toliqishiga olib kelishi yaltirash, lipillash va boshqa shu kabi ekran ko‘rish parametrlarining, hamda xona muhitining o‘zgarishlari bilan kuchayadi.

Bu ish diqqatni yuqori konsentratsiyasi, ko‘rish noqulayliklari, berilgan vazifaning sifatiga javobgarlik kabi            zo‘riqishning psixoemotsional darajasini yuqoriligi bilan harakterlanadi. Katta hajmdagi axborotni qayta ishlash, murakkab masalalarni echish ko‘pincha vaqt tig‘izligi bilan bog‘liq bo‘lib, aqliy va asabiy zqriqishning kuchayishini talab qiladi. Bundan tashqari qimirlamay bir xil o‘tirish turli gurux muskullarni zo‘riqishiga, klaviaturadagi bir xil harakatlar esa qo‘lning bo‘g‘in va muskullarida shamollash jarayonini rivojlanishiga olib keladi. Keltirilgan faktorlar shuni ko‘rsatadiki, xususiy komiterda doimiy ishlash toliqishga olib keladi, u rivojlanish darajasi bo‘yicha boshqa faoliyatlar ichida ikkinchi o‘rinni egallaydi (birinchisi-avtobus xaydash). Bolalarni va o‘smirlarni gigienasi sohasidagi yaqindagi tekshiruvlar ko‘pgina o‘quvchilarning informatika darsidan so‘ng ishlash qobiliyati ikki marta, uchdan bir qismida esa ko‘zning o‘tkirligi pasaygan.

VDT bilan bir haftada kamida bir kun ishlovchi 1025 kishini so‘rovidan shu ma’lum bo‘ldiki, 74 % - ko‘zini charchaganini, 31 % - ko‘zini o‘tkirligi pasayganini, 39 % -asabi taranglashganini, 16 % - umuman sog‘ligi yomonlashganini qayd etdilar.

Videoterminallar bilan ishlash hususiyatlari: ko‘rish organlarilariga yuqori talabchanlik, asabiy zo‘riqishlar, ish harakterining bir zayildaligi, badanning ish holatini majburiyligi, hamda zararli ishlab chiqarish faktorlari, birinchi navbatda displeyni elektromagnit nurlanishi turli xil kasalliklarni shakllanishiga yordam berdi.

Misol tariqasida Kentukki universitetining (AQSH) tibbiyot profilaktikasi va atrof-muhitni sog‘lomlashtirish kafedrasi tomonidan 1000 operatorni anketalashtirish natijalarini keltirish mumkin: VDT operatorlari VDTdan foydalanmaydigan operatorlarga nisbatan ko‘pincha ko‘rishni zaiflashishidan, bosh og‘rishidan, ko‘rak muskullarining og‘rishidan qiynaladilar. Ularda ish jarayonida toliqish va asabiy zo‘riqish sezilib, tungi uyqudan so‘ng ham etarlicha charchog‘i bosilmaydi.

Gigiena va mehnat muhofazasi ilmiy-tekshirish (Osaka sh, YAponiya) mutaxassislari 3148 dan 1700 tasi VDT bilan kuniga 4 soat ishlaydigan operatorlarni tekshiruvdan o‘tkazdi. Deyarli barchasi ko‘zini toliqishidan shikoyat qilgan.

SHveysariya kredit banki tomonidan 800 operatorlarni anketalashtirishi ko‘rishni bo‘zilganligini, bosh og‘rig‘i, elka muskullaridagi og‘rigi, bir xildagi ish harakteridan toliqish yuzaga kelishini ko‘rsatdi.

Operatorlarning ko‘rsatgan shikoyatlarini jamlaganda, VDT ekrani oldida ish paytining yarmidan ortig‘ida bo‘luvchilarda etakchi o‘rinni, 62 dan 94 %, ko‘rishni zaiflashuvi egallaydi. Bu birinchi navbatda ko‘zning charchashi (45%), ko‘zda qum borligi (31%), qichishi, ko‘zning ifloslashuvidir (24%). Buning ustiga og‘rizqlar ish vaqtining tugashiga yaqin seziladi(46%). Butun ish mobaynida VDT bilan band xodimlarda VDT da 4-5 ishlaydiganlardan ko‘rishni buzulishi 1,7 marta ortik; ekan. E’tiborni VDT bilan ishlash mobayniga bo‘ladigan shikoyatlarga qaratamiz. Ko‘rishni buzulishiga birinchi shikoyatlar 1,5- 2 soat o‘zluksiz ishlagandan so‘ng paydo bo‘ladi 2-2,5 soatdan so‘ng uning o‘sishi ko‘zatiladi. SHu davr mobaynida bosh, ko‘rak og‘rishiga shikoyatlar orta boradi, lekin ko‘rishni buzulishidan shikoyatlar ustunligicha qolaveradi.

1-jadval

 

Foydalanuvchilarga SHKning ta’siri xaqidagi izlanish natijalari (simptomlar to‘g‘risida xabar bergan operatorlar foizi)

 

Kompyuter ta’siri simptomlari

To‘liqsiz smena. Displey bilan 12 oygacha

To‘liq smena. Displeylar bilan 12 oygacha

Displeylarbilan 12 oydan ishlash

Displeylar bilan 2 yildan ortiq ishlash

Bosh og‘rig‘i va ko‘zdagi og‘riqlar

8%

35%

51%

7%

Toliqish,bosh aylanishi

5%

32%

41%

69%

Tungi uyquni bo‘zilishi

-

8%

15%

50%

Kun mobaynida uyqusirash

11%

22%

48%

76%

Kayfiyatni o‘zgarishi

8%

24%

27%

50%

Ortiqcha asabiylashuv

3%

I %

22%

51 %

Depressiya

3%

16%

22%

50%

Intellektual qobiliyatni pasayishi, xotirani yomonlashuvi

 

3%

12%

40%

Peshona va bosh

terisini taranglashuvi

3%

5%

13%

19%

Soch to‘kilishi

-

-

3%

5%

Muskullardagi og‘riq

11 %

14%

21 %

32%

YUrak atrofida og‘riqlar, yurak urishining bir xil emasligi, nafas siqilishi

 

5%

7%

32%

Kayfiyatni o‘zgarishi

8%

24%

27%

50%

Ortiqcha asabiylashuv

3%

I %

22%

51%

 

1-jadvalda G.G.Demirchoglyanning "Kompyuter va salomatlik" kitobida berilgan foydalanuvchilarga SHKning ta’siri haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Kompyuterda ishlash ayniqsa yosh bolalarga va o‘smirlarga usuvchi organizmning anatomik-fiziologik xususiyatlariga va tashqi ta’sir etuvchilarga moyilligi tufayli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Umumiy va ko‘rish toliqishi asablanish chastotasini oshishi fonida, misol uchun, havotirlanish, achchiqlanish, xech kimga qo‘shilmaslik yoki uyquni bo‘zilishi shaklida namoyon bo‘ladi. Ko‘pgina faktorlarni xususan maktab yoshidagi va talabalarga ta’siri deyarli o‘rganilmagan, ularni hisoblash texnikasiga aralashuvi bizning davlatimizda, boshqa sobiqSovetlar mamlakati respublikalari singari, kompyuterlarning uncha yaxshi bo‘lmagan namunalaridan boshlanganligi sababli, nafaqat yosh bolalarga, balki kattalarga ham xavf-xatar soladi. Texnik ko‘rsatkichlar (vizual va emission parametrlar)ga ko‘ra "Agat", "BK", "YAmaxa", "Elektronika" turdagi kompyuterlar, xususan televizorga o‘rnatiladigan "Dendi" o‘yini qat’yan to‘g‘ri kelmaydi.

SHuni qayd etish lozimki, kompyuter texnikasini ma’naviy eskirish davri 2-2,5 yildan oshmaydi. Kompyuterda ishlashni to‘g‘ri tashkil etish, foydalanuvchining sog‘ligiga salbiy ta’sirini iloji boricha kamaytirish uchun, surunkali kompyuterda ishlash inson organizmiga ta’siri va keyingi oqibatlari SHKning sifatsiz emission va vizual harakteristikalari sababli, ish joyini, ish tartibini noto‘g‘ri tashkil etilganidan, u yoki bu shikoyatlarning mukammal sabablarini ko‘rib chiqamiz.

2. Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan

zararli va xavfli faktorlar

2.1. Kuchaygan ko‘rish zo‘riqishi

Ortiqcha ekranga qarash o‘zoqni ko‘ra olmaslik kasalligiga yo‘liqishiga, ko‘zni charchashiga, bosh og‘rishiga, havotirlanishni kuchayishiga, asabni buzulishiga, stress yuzaga kelishiga olib keladi. VDT foydalanuvchisi ekranning doimo lipillab, shakllarni noaniq ko‘rinishidan, hamda displey yoritilganligi bilan xonaning yoritilganligi orasidagi tafovutga tez-tez moslashishidan toliqadi. Ma’lumotlarni kiritish paytida boshlang‘ich xujjatning sifatini yomonligi, farqlovchi ob’ektlarni turli xil masofada joylashganligi ko‘rishga yomon ta’sir qiladi. Ko‘ruv toliqishini yana ish yuzasi va uning atrofi bir tekisda yoritilmagani, klaviatura va ekranda yorug‘lik oqimining aks etishi hisobiga yorih dog‘lar paydo bo‘lishini zo‘raytiradi.

SHunday kilib, shuni qayd etish mumkinki, displeyni texnik harakteristikalari: ishlash qobiliyati, ravshanligi, kontrastligi, ekranni tez-tez lipillashi, va tabiiyki, agar qurilmani o‘rnatayotganda yoki tanlayotganda bularga e’tibor qilinmasa - ko‘rish ishlariga juda yomon ta’sir qiladi.

Kuchaygan ko‘rish noqulayligi va keyingi ko‘rishni buzulishi harflarning grafikasi yomon, shakllarning ravshanligi past, ranglari noaniq, ko‘zga sezilarli limillash va qaltirash va x.k bo‘lgan eski videoterminallardan foydalanganda paydo bo‘ladi.

Hisoblash texnikasi operatorining ko‘rishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sabablar majmuasidan, birinchi navbatda, ekrandagi shakllarning vaqt va fazoviy bir maromda emasligi bilan bog‘liq kontrasti etarlicha bo‘lmasligi, monitorni keragidan ortiq ravshanligi, hamda displey yuzasidan qaytgan nurni aks etishini ajratish joizdir. Bundan tashqari, ko‘rish juda yorug displey ekranidan kamroq yoritilgan klaviaturaga, xujjatlarga nigohni tez-tez o‘tib turishi natijasida qattiq aziyat chekadi va boshqa sabablar bilan birgalikda ko‘zning toliqishi - astenopiyasiga olib keladi. SHunday fikr mavjudki, "displey astenopiyasi" paydo bo‘lishining etakchi faktori- ekrandagi shakllarning o‘ziga xosligi, xususan qog‘ozdagi matnni shakllaridan farqanishi tufayli yuzaga keladi. Elektron-nurli trubkali ekrandagi shakl qog‘ozdagi matnlar shaklidan bir qator alomatlar bilan farqlanadi: shakl yarqirab turadi, lekin uzluksiz emas, chunki u diskret nuqtalar- piksellardan iborat, u lipillaydi, chunki bu nuqtalar ma’lum chastotalarda yonadi va o‘chadi.

Ko‘rish tolqishining muhim faktorlaridan biri-kompyuter joylashgan xona va ish joyining yoritilganligidir. VDT bilan ishlaganda yorug‘lik mug‘iti harakteristikalari ko‘pincha umumiy kamchiliklarga egadir: ko‘rish chegarasida ko‘plab to‘g‘ri va qaytar yorqinliklar (ekrandan va klaviaturadan, deraza va yoritgichlardan) bo‘lishi, ravshanlikning bir tekisda tedsimlanmaganligi, yoritilganlik darajasining pastligi va x.k. Ular asosan uskunalarni xonadagi yorug‘lik manbaiga nisbatan savodsizlarcha joylashtirilganligi va ko‘rish organlarining operator ish joylaridagi tolqtiruvchi faktorlarga nisbatan elementar himoyasi yo‘kligiga bog‘liqdir. "Astenopiya" terminiga mutaxassislar ko‘rish simptomlarini (ko‘z oldini hiralashuvi, predmetlarni shakl ko‘rinishini noaniqligi, ular rangini o‘zgarishi va boshqalar) va ko‘z simptomlarini (ko‘z charchaganini xis etish, ulardagi haroratining oshganligi, noqulayligi, ko‘zda og‘riqlar paydo bo‘lishi va boshqalar) aks etishini kiritadilar. Bu tushunchani orqasida ko‘rish analizatorining barcha bo‘g‘inlaridagi funksiyalarning, ya’ni ko‘zning muskul apparata (akkomodatsiyaga va konvergensiyaga javob beruvchi)         zo‘riqishi bilan birgalikda ko‘z to‘r pardasi elementlarida ko‘rish organining optimal ishlashini ta’minlovchi (yorug‘likni sezuvchanlik, rangni ajratish kabi) biokimyoviy reaksiyalarning buzulish alomatlari turadi.

Ob’ektiv izlanishlar ko‘rishning asosiy funksiyalari (rangni ajrata bilishni o‘zgarishi 19-25 %, ko‘ra olish ko‘rsatkichini o‘zgarishi 12-33 % va boshqalar) yomonlashgani, hamda sezilarli darajada ishlash qobiliyati va diqqatining pasayishini tasdiqlaydi. Maxsus apparatura yordamida o‘tkazilgan izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, operatorlarda aniq ko‘rish turg‘unligi, ko‘rish analizatorining elektr sezuvchanligi va labilligi (harakatchanligi), ko‘rish o‘tkirligi va moslashuvi pasayadi, shuningdek ko‘z muskullarining muvozanati bo‘ziladi. Bu esa VDT bilan ishlaydiganlarning 80 % yaqinni ko‘rishni yomonlashuvidan aziyat chekib, ko‘zoynakdan foydalanishiga olib keladi.

Mamlakatimizning ba’zi bir regionlarida o‘rta maktabni tugatayotganlar ichida o‘zoqni ko‘ra olmaydiganlari 30 % (ba’zi sinflarda 40-50 %) ga yaqinlashib qoldi. Agar o‘z vaqtida kerakli chora-tadbirlar ko‘rilmasa, yomonligi profilaktikani tufayli kompyuter texnikasini samarali joriy qilish mavjud epidemiologik sharoitida o‘zoqni ko‘ra olmaslikni yanada kuchaytiradi.

1993-1994 yillarda YAponiyada olib borilgan tibbiy izlanishlar 10-14 yoshdagi bolalarning 20 % yaqini ko‘zoynak taqsa, 15-19 yoshga borib ularni soni 40 % etar ekan. Hisoblash texnikasi bilan ishlovchilarda kon’yuktivit va blefarit bilan og‘riganlar soni, bular bilan ishlamaydiganlardan ikki barobar ortiq uchraydi. YAna shu vaziyat ogoxlantiradiki, kompyuterlarning elektromagnit nurlanishi kataraktaga olib kelishi mumkin. Xususan ko‘z gavharini ichi xiralashuvchi oddiy kataraktadan farqli o‘laroq, kompyuter nurlanishidan paydo bo‘ladiganida ko‘z gavharini qobig‘i xiralashadi. Ba’zida bu kasallik displeyda xatto bir yil ishlagandan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin.

Xususiy kompyuterda ko‘rish ishlarining yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, displeydan tarqalayotgan nurlar spektri ko‘zning nurini yutish spektriga mos tushmasligidir. Olimlarning ko‘pgina izlanishlari nafaqat ultrabinafsha nurlanish, balki havorang-binafsha yorug‘likning ortiqcha kattaligi ham ko‘zning optik muxitini xiralashuviga olib kelishini ta’kidladi. Bu vaqt-soatida ko‘z to‘rpardasining turli shakllarni aniqligini yomonlashtiradi.

Ko‘rish jarayonida nafaqat ko‘zlar, balki miya ham ishtirok etishini nazardan qochirmaslik kerak. Ko‘rishning tashqi juft organi (ko‘zlar) - uncha mukammal optik asbob bo‘lmay, ko‘z turpardasiga predmetlar shaklini bo‘zib ko‘rsatilgan, noaniq, ustiga-ustak ag‘darib «o‘zatadi». SHundan so‘ng ko‘z to‘rpardasidan tushirilgan shakl bizning miyamizda qiyin "matematik" qayta ishlanadi. SHakl 180 gradusga ag‘dariladi, undagi geometrik noaniqliklar tekislanadi. Albatta, ko‘z to‘rpardasida boshlangich shakl qanchalik aniq bo‘lsa, uni qayta ishlash miyaga shunchalik oson bo‘ladi. Miyaga ortiqcha yuklanganlik 0,3 mm dan ortiq doni (pikseli) bo‘lgan sifatsiz monitorlar bilan ishlaganda ko‘zatiladi.

SHunday qilib, ko‘rish yomonlashuvini oldini olishning eng samarali chorasidan biri havorang-binafsha  yorug‘likning ortiqchaligidan, ko‘z to‘rpardasida shakllarning aniqligini oshirish bilan birgalikda himoyalashdir.

Bioenergetiklarning fikricha, XKda ishlaganda agar ko‘rish organlariga ortiqcha og‘irlik tushsa, og‘irlikdan himoyalanish, bu organning korreksiyasi va davolanishi boshqa organlarning energiya hisobiga amalga oshadi, u esa yurakda, buyrakda, bosh miyada, asab tizimida, ichak-me’da traktida og‘irlikning oshishiga olib keladi. Inson organizmidagi bioenergetik jarayonlarni bunday bog‘lanishi kompyuterda qanchalik uzoq, vaqt ishlansa, ortiqcha asabning taranglashuvini va bosh og‘riqlari sabablaridan birini tushuntirishga imkon beradi.

2.2. Asabiy zo‘riqish

Ko‘rish, badanning turli qismlaridagi og‘riqlar to‘g‘risidagi shikoyatlar bilan birga, 57,7 % tekshirilgan operatorlarda umumasabiy shikoyatlar qayd qilingan: kuchaygan umumiy toliqish, bosh og‘rig‘i, boshning og‘irlashuva, yomon uyqu, tetiklikni, ish qobiliyatin susayishi va h.k. XK da ishlovchi operatorlarning ko‘pchiligida (40,3 %) kuchaygan asabiylashuv, betoqatlikni sezish va ruhiy azoblanish kabi turg‘un asabiy- psixologik buzulishlar qayd etilgan. Hisoblash texnikasi bilan band insonlarda boqa sohalarda ishlovchi guruxlarga nisbatan lipillashlarni qo‘shilishining kritik chastotasi (AK.KCH) ko‘rsatkichi bo‘yicha sezilarli ifodalangan asabiy-sensor toliqishi, ya’ni ko‘z orqali bir sekundda minimal portlagan yorug‘lik qiymatini - o‘zluksiz va sezilmas darajada qabul qila olishi bo‘lib, uni o‘zgarish harakteri asab tizimlarini ortiqcha ta’sirchanligi va turg‘unligi bo‘zilganligidan dalolat beradi

80- yillarda professor V.I. Barabash tomonidan olib borilgan izlanishlar VDT bilan ishlovchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish operatorlarining optimistik - ko‘ringan ish sharoitlarini o‘rganib - 85% ish jarayonida xayajonlanishini, 60% bir xil ish turidan toliqishini, 63% -smena ohirida ish qobiliyatini pasayishi aniklangan. Ish tugaganidan so‘ng 70% operatorlarda asabiylashish, 68%- toliqish, 35% uyquning yomonligi, 30%-tinchlantiruvchi dorilar qabul qilgani aniqlangan.

Operatorlarning ish harakteristikalari haqida keltirilgan sub’ektiv ma’lumotlar ob’ektiv izlanish ma’lumotlari bilan tasdshqlanadi. "Arifmetik amallar» testini bajarish natijasida tekshirilganlarning 33 % da aqliy toliqish qayd etilgan.

YAxshi ish sharoitida (optimal mikroiqlim, optimal sun’iy yoritilganlik, ekrandagi shakllar aniq va ravshan ko‘ringanlik, ish joyi ratsional tashkil qilingan) ikki soat bir xil ishni bajargan ma’lumotlarni kirituvchi operatorlarning psixofiziologik ahvolini tekshirish qiziq natijalarni berdi. Tekshirilganlarning (jami 12 kishi) 80%da (elektroensefalogramma ko‘rsatkichlari bo‘yicha). 45-60 minut o‘zluksiz ishlaganidan so‘ng ish qobiliyati va miya faolligi pasayib, so‘ng ko‘tarilib, ish tugashiga yaqin o‘z holatiga yaqinlashadi. Miya faolligining ko‘tarilishi natijasida ish qobiliyatini oshishi o‘z-o‘zni xayajonga keltirish effekti, ya’ni o‘zluksiz bir xil aqliy operatsiyalarni bajarganidan yuzaga keladigan zararni koplash effektlidir.

SHu bilan bir qatorda, ikki soat bir xil ishni bajargan operatorlarda tekshirilganlar diqqatni mustaxkamlik konsentratsiyasi testini bajarganda e’tibor berish vaqti o‘zaygani, xatolar soni oshgani va yurak qisqarish chastotasi pasaygani, 72 % esa

ko‘zlarning muskul muvozanati buzulgani aniqlangan. XK operatorlarida ish jarayonida diqqatni faol bo‘lishi, ish natijalariga, xususan murakkab texnik tizimlarida, muxim ilmiy yoki iqtisodiy masalalarni echishda katta javobgarlik, stress deb ataluvchi asabiy toliqishni yuzaga keltiradi. Asabiy toliqish - bu organizmni fiziologik reaksiyasi bo‘lib, qo‘yilgan vazifani bajarish uchun uni barcha resurslarini jalb qilishdir. Asabiy toliqish holatida operatorda kuchaygan ish holati, umumiy jamlanganlik, harakatlarni yanada aniqlashuvi, harakat reaksiyasining tezlashuvi ko‘zatiladi. Lekin xis-tuyg‘uning jo‘shishi rag‘batlantirish mexanizmining fiziologik chegarasi bo‘lib, undan so‘ng manfiy effekt yuzaga keladi. Toliqishning bunday chegaradan chiqish formalari buzulishlarga, insonni xaddan ziyod toliqishiga olib keladi.

VDT foydalanuvchilari stressga boshqa kasbdagilardan, xatto aviadispetcherlardan ham yuqori darajada duchor bo‘ladilar. Stresslar bosh aylanishlarning, ko‘ngil aynashi, depressiyalar, stenokardiya, ish qobiliyatini pasayishi, tez xayajonlanish, diqqatni bir joyga jamlash uchun o‘zoq vaqt talab qilinishi, surunkali bosh og‘rishlar, uyqusizlik, ishtaxa yo‘qligining sababchisidir. Amerikalik psixologlar bir qator o‘quv yurtlarida (maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida) olib borgan izlanishlardan yangi, yaqinda paydo bo‘lgan kompyuterofobiya deb atalmish, ya’ni o‘zi hohlamagan tarzda XKda ishlashni istamaslik kasalligini qayd etdilar. Agar bunday o‘quvchini yoki talabani baribir kompyuterga o‘tqazsalar, ularning kaftlari terlay boshlar, yurak urushi tezlashar, bosh og‘rigi boshlanar ekan. Ma’lumotlarga qaraganda, kompyuterofobiya - mashina bilan muloqot, uning organizmga salbiy ta’siridan yuzaga keladigan qo‘rqish kasalligidan EHM da ishlaydigan operatorlarning katta qismi, (30-40 %) aziyat chekar ekan.

Professor V.I. Barabash qiziq fikrni, XT bilan ishlash avval insonga xos bo‘lmagan bir qator xususiyatlar bilan harakterlanishni qayd etadi. Bunda u avstriyalik shoir Rilkening asr boshidayoq ramziy-model dunyo kirib kelayotganini oldindan bilib, «Bizga qiymatlar va belgilar dunyosida unchalik rohatli emas» degan fikrini keltiradi. .

Displeylar foydalanuvchining asab potensial ta’sir o‘tkazishining bir qator yangi, umuman kutilmagan turlari paydo bo‘ldi. Ulardan biri shu bilan bog‘liqki, inson ko‘zi bir sekundda 24 kadrni qabul qila oladi. Ushbu xodisada, aytgancha, kino asoslangan- sekudda kinoproektor 24 rasmni aylantiradi, uning natijasida harakatlanish effekti xosil bo‘ladi. 60-70-yillarda avval psixologlar, so‘ng reklamachilar tomonidan 25-kadrdan foydalanish boshlandi. Inson ko‘zi uni ilg‘ay olmaydi, lekin unda yozilgan axborot baribir ham miyaga etib boradi va ma’lum ta’sirini o‘tkazadi, xususan, qandaydir molni sotib olishga yoki qandaydir fikrni amalga oshirishga moyillik uyg‘otadi. G‘arbda bu insonning mustaqil hohishiga suiqasd tariqasida tan olindi va kino yordamida reklama manqrutligi taktikasi sifatida qoralandi. Lekin bu texnologiya endilikda kompyuterni qo‘llab, ma’lum elektron adresatga kompaniyaning sirli fayllarini operator orqali o‘zatish maqsadida rivojlanishda davom etdi. SHu bilan birga, zamonaviy monitorlar rasmlarni sekundiga 24 marta emas, balki undan ortigini almashtira oladi. Demak, lipillayotgan mashfut kadrni ilgash yanada og‘ir. Lekin kompyuterga kerakli buyruq dastur orqali unga kiritilgan virus bilan tushishi mumkin.

Ma’lum dasturlarni ta’sirini 1998 yili YAponiyadagi bolalar multfilmini ko‘rsatgandagi janjal yaxshi tasvirlab beradi. Ekrandagi ketma-ket yorqin qizil yarqirashlarning paydo bo‘lish effekti bolalar ishtaxasini yuqolishiga, jizzaki bo‘lishiga, ba’zilarining esa xatto «asabiy toliqish» tashxizi bilan kasalxonaga tushishiga olib keldi. Bu multfilm kompyuterda bajarilgan edi.

Kompyuterda dastlabki birinchi «sehrlovchi» dasturlar 80-yillarda birinchi rangli monitorlarning tarqalishi bilan paydo bo‘ldi. Dazzle dasturi chiroyli lavxa yaratib, unga asosan ekranda rangli tasmalar yugurib, xech qachon takrorlanmaydigan naqshlar shaklida joylashadi. Keyinchalik psixofiziologik ta’sir mutaxassislari, rasmlar almashishini tartibga solib, mahsus ranglar majmuasini va musiqasini tanlab, bu dasturni takomillashtirdilar. Va dastur tamoshabinni gipnoz qilib, asablarini ko‘zg‘ab ketishiga olib keldi. Bunday harakat natijalarida miyada video va audioeffektlar jamlanib alfa-chastota rezonansini yuzaga keltiradi deb tushuntirish mumkin. Ushbu tasmalar psixonik deb nomlana boshlandi. Hozircha, vaqtinchalik sog‘ligini yomonlashuvidan boshqa faktlar aniqlangan emas. Hayotiy jarayonlarni «muvozanati buzulganlik»ning boshqa izog‘i ham bo‘lib, unda almashuvchan naqshlarni anglomasdan qabul qilish yurak faoliyatini o‘zgarishiga, kichik qon aylanish doirasida arterial bosimning bir keskin ortishiga, bir keskin tushib ketishiga, demak miyaning qon tomirlariga ortiqcha yuk bo‘ladi, Ohir oqibatda ular bu yukni ko‘tara olmasligi mumkin.

Bunday effektlar, tabiiyki, insonlarning

psixikasiga va sog‘ligiga yovo‘z niyatli ta’siri natijasidir. Lekin bularni e’tibordan qochirmaslik kerak, chunki texnikaning rivoji yaqin orada mahsus dasturlar yordamida begonalarga nafaqat kompyuter «ichidagi bor narsalarni», balki operatorlarning o‘zlarini ham nazorat qilishning cheksiz imkoniyatlarini beradi. Bu havotirlanish uchinchi ming yillikda ma’lumotlarni kayta ishlash tezligi va idroki bilan insondan qolishmaydigan XK lar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq SHundan so‘ng mashina qobiliyatining zo‘rayishi geometrik progressiyada o‘sadi. Quturgan nafsoniyatli doxiyona savdoi paydo bo‘lib, televideniyadagi yoki kompyuterdagi reklama rolikiga kirib olishga muvoffak bo‘lishi mumkin. Ana unda bunday rolikni qo‘yish oqibatlari qo‘rqinchli bo‘lishi mumkin. SHuning uchun operatorlar hokimiyatdan «viruslarni tayyorlashni noqonuniy qurol yaratishga tenglashtirish haqida eng keskin chora  tadbirlar ko‘rishni» talab qildilar.

2.3. Suyak-muskul zo‘riqishi

Ko‘pgina operatsiyalarni bajargan operatorda (dasturchi va ta’mirchilar kam darajada) elka, bo‘yin, qo‘l, oyoq muskullarini o‘zgarmas holatda o‘zoq vaqt turishi, ularni tolqishiga va o‘ziga xos shikoyatlarni yuzaga kelishga sababchi bo‘ladi. 52,9 % tekshirilgan operatorlarda bo‘yin va ko‘rak muskullarining og‘ringani, qotib qolgani va uyushgani qayd qilingan bo‘lsa, 42,9 % - ish tutashiga yaqin umurtqa pog‘onasida og‘rik, paydo bo‘lgan, 15,2 %- qo‘l va oyoq muskullarining qotib qolgani va uyushgani qayd qilingan. Turli guruh muskullarda og‘riqni xis etish shu bilan bog‘liqki, ular doimo qisqargan holatda turib, bo‘shashmaydilar, uning natijasida qon aylanishi yomonlashadi. Qon orqali muskullarga ozuqa moddalar etarli darajada tez kelmaydi, ikkinchi tarafdan muskullarda emiruvchi moddalar to‘planib qolishi sababli og‘riqlar vujudga keladi. Foydalanuvchining qo‘l barmoqari va panjalari kasallanishining sababi klaviaturada bir xil harakatni yuqori tezlikda o‘zoq vaqt davom ettirish. Klavishani har bir bosish muskullarni qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lib, paylar suyak bo‘ylab tinimsiz sirpanib, teriga tegadi va natijada shamollash jarayoni rivojlanadi. SHunga o‘hshash kasalliklar «sichqoncha» bilan o‘zoq ishlaganda elka va barmoq muskullarida rivojlanadi.

AQSHdagi bir necha ming aloqa ishchilari tekshirilganda, ularning 20% qo‘lning surunkali kasb kasalliklaridan jafo chekayotgani aniqlandi. Takrorlanuvchan yuklama tufayli bu kasalliklar XK operatorlarining ilg‘or kasb kasalliklaridan biriga aylanmoqda. O‘zgarmas turg‘un holatda bo‘lish va klaviaturadan foydalanish bilan bog‘liq kasalliklar to‘plamini ko‘pincha o‘zoq turg‘un yuklamali sindrom (UTYUS) deb ataydilar. AQSHda bu kasalliklarning foyizi 1992 yili 52% tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar 1981 va 1984 yillar 18 va 28 % bo‘lgan. Qiziqarligi shuki, bu kasalliklarning rivojlanish temni muassasalarini kampyuterlashtirish tempi bilan hamoxangdir.

XK operatorlarining kasalliklaridan biznesidagi iqtisodiy yo‘qotishlar nihoyat yuqori darajada: bir og‘ir hodisa 100 ming dollarga tushishi mumkin. Bunga davolanishga ketadigan sarf-harajatlar, kompensatsiya to‘lovlari, kasallangan ishchining ish unumi pasayishi bilan bog‘lik yuqotishlar kiradi. AQSHning ko‘pgina kompaniyalari jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishga ketayotgan mablag‘lardan bir necha o‘n millionlab zarar ko‘rmoqdalar. Bu kasalliklarning aksari bilak va barmoq paylarining shishishi va hech narsani sezmasligi bilan bog‘liq tendova- ginit ( shamollashi va shishishi) kasalligi bo‘lib, u nafaqat vaqtinchalik og‘riqlar bo‘lib, balki ish qobiliyatini butunlay yo‘qotishga ham olib kelishi mumkin. SHuning uchun ham ko‘pgina davlatlarda kompyuterda ishlash xavfli va zararli   kasblar ro‘yhatiga            kiritilgan.

Mashinistkalarning ishi ma’lumotlarni kiritish borasida operator ishiga o‘hshash  bo‘lsada, boshqa qator harakatlanuvchan ishlar qilgani uchun, ya’ni qog‘ozni karetkaga joylashtirib, uni harakatlantirishi, evaziga unchalik xatarli emas. VDT bilan ishlovchining o‘zoq muqim holatda o‘tarishidan kelib chiqadigan kasalliklarining sababini ko‘pgina izlanuvchilar insonning antropometrik harakteristikalariga mebelning mos kelmasligidan deb biladilar. Bunda stul va stolning ish yuzasi balandligi, noratsional joylashgani, bilak va elka suyang‘ichlari yo‘qligi, boshni noqulay burchakda egilishi, qo‘l va elka muskullarini noqulay burchakda bukilishi, xujjatlarni, displey va klaviaturani, ekranni qoniqarsiz joylashgani, oyoq  tagiga hech narsa qo‘yilmasligi va h.k. sababchidir.

Ko‘rsatilgan ergonomik noqulayliklar majburiy ish holatida bo‘lishga zarurat tug‘diradi hamda suyak-muskul va peridtirik chekki asab tizimini buzulishiga olib kelishi mumkin. Etarlicha fizik faollik va harakatchanlik bo‘lmagan sharoitda o‘zoq vaqt noqulay o‘tirish umumiy toliqishning rivojlanishiga, bo‘yin, kurak, belda og‘riqlar paydo bo‘lishiga, surunkali ishlash esa nevrit, radikulit, osteopatiya kabi tayanch-harakat va asab kasalliklariga olib keladi.

80-yillarda amerikalik izlanuvchilar o‘z davlatlarida yiliga XK operatorlarining 400 mingtasining suyak-muskul tizimi kasallanganini qayd qilganlar. Kasallik tufayli vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganlarga kompensatsiya tariqasida to‘lanadigan mablag‘lar 10 yilda uch baravar oshdi.

Qimirlamay o‘tirishdan zo‘riqish tufayli paydo bo‘ladigan ko‘pgina kasalliklarning sababchisi klaviatura to‘zilishining maqbul emasligidan deb hisoblanadi. Ishlayotgan paytda qo‘llarning klaviaturaga parallel bo‘lib turishi uchun paylarga va muskullarga zo‘     yorikish keladi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, UTYUSning ko‘pgina turini klaviaturani to‘zilishini o‘zgartirish bilan bartaraf etish mumkin.

2.4. Elektromagnit maydonlari va ularning ta’sir oqibatlari

Kompyuterning ishlash jarayonini taxlil qilishda videoterminallardan foydalanish paytida yuzaga keladigan elektromagnit maydonlarining (EMM) bevosita ta’siriga alohida ahamiyat berilishi darkor, chunki ular terida toshmalar paydo bo‘lishiga, ko‘z qorachigini xiralashishiga, homiladorlikning yomon kechishiga va soglivda jiddiy zarar keltiradigan boshqa o‘zgarishlarga sababchi bo‘lishi mumkin.

Videoterminallar rentgen, ultrabinafsha (UB), ko‘rinadigan spektrdagi, infraqizil         

radiochastotadagi, juda past, sanoatdagi bilan, chastotadagi elektromagnit nurlanishning manbaidir. Bundan tagshqari ular aeron oqimlarni va elektrostatik maydonni yuzaga keltiradi. EMM manbai bo‘lib kuchli transformatorlar (50 Gs), displeydlash 15-53 kGs chastotada ishlovchi elektron-nurli trubkaning (ENT) gorizontal og‘uvchi nurlar tizimi, ENTning modulyasiya bloki - 50-81 Gs, monitor ekrani va UB nurlanish), yuqori voltli kenotronlar va kineskoplar (rentgen nurlanishi) hisoblanadi. YUqori voltli qurilmalar (10- 15 kV ortiq) kineskopning ichki yuzasida elektron nurni tormozlanishi tufayli paydo bo‘ladigan va odatda ekrandan tashqariga chiqadigan engil rentgen nurlanishini yuzaga keltirsada, ekrandan va displeyning boshqa yuzasidan 5 sm masofada tarqalayotgan nurlar quvvatining ekspozitsion miqdori o‘rnatilgan miqdordan, ya’ni 100 mkR/s dan, bir necha marta kichikdir, SHuni ham qayd etish darkorki, kompyuterlarning xavfsizligi bo‘yicha butun dunyoda mavqega ega Stokgolmdagi radiatson himoya Milliy instituti monitorning rentgen nurlanishi darajasining etarlicha keskin standartini belgiladi.Uning aytishicha, ushbu rentgen nurlanishi darajasi shunchalik kichik bo‘lishi kerakki, o‘lchashlar bilan ularni qayd qilishni iloji bo‘lmasin. Ekrandan 20-30 sm masofada uskunalar xaqiqatda ham hech nimani qayd qilishmaydi.

Ekranning havo rang lyumenofori ENT tezlashgan elektronlari bilan birgalikda ultrabinafsha nurlanish manbai bo‘lib hisoblanadi. Uning ta’siri kompyuterda o‘zoq ishlaganda yoki ko‘z to‘rpardasining kasallanganida namoyon bo‘ladi. Real sharoitda UB nurlanish o‘rnatilgan darajadan bir necha barobar kamdir, chunki oddiy displey ekranining trubkasi uchun ishlatiladigan shisha ultrabinafsha nurlar uchun etarlicha himoya vositasi bo‘lib, deyarli nurlanishni o‘tkazmaydi.

Buyuk Britaniyadagi 200 dan ortq videoterminallari bor 60 ta firmadagi tekshiruvlar ultrabinafsha nurlanish intensivligi 10-100 mVt/m2, infraqizil nurlanish to‘lqinining uzunligi esa 700-1050 nm - 50 mVT/m2ni tashkil etishini ko‘rsatdi. Bu darajalar ruxsat etilgan ko‘rsatkichdan ancha kamir.

EMMning eng kuchli ta’siri ekrandan 30 sm masofagacha bo‘ladi, lekin nurlanishning nafaqat ekrandan, balki VDT yuzasining yon va orqa tomoni (manbai chizqli transformator)da intensivligi kam emas. Bu holatga displey sinflarni va boshqa kompyuterlar soni ko‘p ish joylarini tashkil etishda e’tibor berish zarurdir. EMM ta’siri katarakta va glaukomani rivojlanishiga, homiladorlik paytida noxush hollarni vujudga kelishiga, amalgama asosida og‘iz bo‘shligida simob paydo bo‘lib, tish plombalarini emirishiga sababchi bo‘lishi ta’kidlanadi.

Hozirgi paytda ko‘pgina izlanuvchilar shu davrgacha zararsiz deb hisoblangan past chastotali EMMning biologik ta’siriga e’tiborni tortayapti. Past chastotali EMMning chastotalar diapazoni ionlashgan nurlanishdan, xususan rengen nurlanishidan deyarli 20 darajaga past. Ionlashmagan nurlanishni organizmga ta’siri, agar issiqlik effektini yuzaga kelgirmasa, zararsiz deb hisoblangan edi, lekin rentgen nurlaridan farqli elektromagnit to‘lqinlari g‘aroyib xususiyatga, ya’ni nurlanish intensivligi kamayishi bilan ularning ta’siri kamayishi shart emasligi aniqandi. Ma’lum EMM chamasi organizm kataklariga faqat nurlanish kichik intensivligida yoki konkret chastotalardagina, ya’ni «shaffof oynachalar»da ta’sir etadi.

Kompyuter terminallarining nur tarqatish muammosi ilk bor 1977 yil AQSHning mehnatni muhofaza qilish va kasalliklarni oldini olish Milliy instituta xodimlari EMM, xususan ishchi chastotadagisi tirik organizmga manfiy ta’sir etishini aniqaganliklaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Faqat shu maydonlargina kataklardagi biologik siljishni (xattoki DNK sintezini bo‘zishgacha ) yuzaga keltkrishga qodirdir.

Ma’lumotlarning guvoxlik berishicha, kuchsiz EMM allergiya va boshqa buzulishlarni, shu jumladan, ko‘ngil aynashni, charchashni, bosh og‘rigini yuzaga keltiradi. Har qanday elektromagnit maydoni organizm kataklaridagi natriy va kalsiyni harakatlanishiga ta’sir etuvchi rezonans effektini yuzaga keltirishga qodirdir.

Qat’iy xavf birinchi navbatda past chastotali magnit maydonlardan, avvalambor sanoat chastotadagisidan kelib chiqadi. Bir qator izlanishlar tasdiqlashicha, kompyuter yaqin-atrofidagi 30- 50 sm radiusda 50 Gs chastotali magnit maydoni xatto 0,2- 0,3 A/m intensivlikda ham yomon sifatli xususan qon va miya, kasalliklarni paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin. XK operatorida miya shishi boshqa kasbdagilardan ko‘proq kuzatiladi.

         Ta’kidlanadiki, kichik intensivlikdagi EMM Tlimfotsitlarining shish mavjud katakchalarni o‘ldirish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, buning natijasida organizmning umumiy immun statusi kamayadi. Bunday maydonlar immun tizimni yo‘qotib, shishlarni, shu jumladan yomon sifatlilarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini bildiradi. Juda kichik chastotadagi pulslanuvchi nurlanishlar oq qon katakchalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri negativ ta’sir ko‘rsatadi.   

Butundunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) 1989 yildayoq kichik chastotadagi maydonlarning nafaqat rak kasalligining, balki yana qo‘yidagi kasalliklarni paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lishini ham ta’kidladi:

-ba’zi bir teri kasalliklari displeyda ishlaganda zurayadi (turli toshmalar, sebboroid ekzema, pushti temiratki va boshqa)

-katakchalardagi qonning metabolizmiga va biokimyoviy reaksiyasiga ta’siri natijasida operatorda stress simptomlari paydo bo‘ladi,

-xomiladorlikni kechishga buzuladi, xomilador ayollarda bolani chala tug‘ish xollari ikki barobar ortadi,

-reproduktiv funksiyani bo‘zilish ehtimoli bo‘ladi.

BSST espertlarining ta’kidlashicha, elektrostatik maydon foydalanuvchilarga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi, xususan ko‘z gavharining xiralashishiga, glaukoma bilan kasallanish chastotasini ortishiga, past voltli razryadlar esa katakchalarni bo‘lib tashlashga va o‘zgartirishga qodirdir.

Haqiqatdan, o‘zidan elektron «zambarak»ni namoyish qiluvchi displeyning elektron-nurli trubkasi ekranning tashqi tarafida musbat zaryadlangan zarrachalarni to‘planishiga yordam beradi. Agar havodagi manfiy ionlar musbatlisidan bir necha barobar ortiq bo‘lsa, inson o‘zini yaxshi xis etadi, lekin monitor ekrani yaqinida musbat ionlarning ortiqchalari yig‘iladi. Havoda mavjud mikrozarrachalar (chang, tamaki tutuni va boshqa) ushbu ionlar yordamida haydaladi va monitor oldida ugirgan foydalanuvchining yuziga, ko‘ziga o‘tiradi. Bunday «bombardimon» natijasida operatorda bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, ko‘z charchashi, yuzlarda toshmalar xosil bo‘lish ehtimoli oshadi, allergik va asmatik ko‘rinishlar paydo bo‘ladi.

Buyuk Britaniyada, Kanadada, AQSHda, Norvegiyada, YAponiyada displeyda ishlovchilarda yuzi, gardonida, ko‘kragining yuqori qismidagi teri qoplamalari buzulgani, terining qizarishi va qurishi qayd qilingan. Inson bir necha kun displeyga yaqinlashmaganidayoq allergik reaksiya yo‘qolgan. Bundan tashqari, manfiy ionlarsiz atmosferada o‘zoq vaqt qolib ketish operatorning asab tizimiga, ruxiy azoblanish holatiga ta’sir qiladi, metabolizmga ta’sir qilishi natijasida katakchalardagi qon darajasining biokimyoviy reaksiyasini o‘zgarishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida boshqalardan ko‘ra bunday sharoitda ishlaydiganlarda uchrash ehtimoli ko‘proq leykemiya kasalligining vujudga kelishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Avval ta’kidlanganidek, EMM xomiladorlik paytida ayol organizmiga ta’siri alohida xavf tug‘diradi. Bir haftada 20 soat ish vaqtini displey ekrani oldida o‘tkazadiganlarda xomilani chala tug‘ish ehtimoli shuncha vaqtda displeysiz ish bajaradiganlarnikidan 60 % ga baland ekan. AQSHda, SHvetsiyada, YAponiyada olib borilgan izlanishlar kompyuterda ishlaydigan xomiladorlarning 30 %da xomiladorlikning qiyin kechishi, 20 % ga yaqinida esa bolani chala tug‘ish holatini qayd etgan. AQSH havo yo‘llari birlashgan markazining ma’lumotlariga ko‘ra, kompyuterda ishlaydigan 48 xomilador operatorning 15(!) tasiga yaqinida xomilasi chala tug‘ilgan, 2 tasi vaqtidan oldin tug‘gan, ikkitasida esa bola tug‘ma mayib-majrux bo‘lgan.

Kanadalik izlanuvchilar bir haftada to‘rt soatdan ortq ishlaydigan ayollarda xomiladorlikni yahshi kechishi kamayishini, 15 soatdan ortiq ishlaydiganlarda esa xomilani chala tug‘ish holati 10% ni tashkil etishini ko‘rsatdilar. SHvetsiyalik olimlar XK operatorlarida tug‘ma kasalliklar bilan tug‘ish holati boshqa ayollarga nisbatan 2,5 marta ortiqligini qayd etdilar

Bu ma’lumotlarni hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar ham tasdiqlaydi.    SHvetsiyalik radiobiologiya mutaxassislari sichqon embrionlariga displey monitorlaridagidek impulsli kuchsiz maydonlar ta’siri natijasida tug‘ma kasalliklar, nurlanmaganlarnikidan kuproq uchrashini aniqladilar. Izlanishlar yana shuni ko‘rsatdiki, nurlangan hayvonlarda embrionni chala tug‘ish va o‘lish holatlarining chastotasi nurlanmaganlarnikidan keskin ko‘tarilgan. Bularning barchasi nurlanish displey monitorlari yuzaga keltiradigani kabi, organizm rivojiga salbiy ta’sir etishini ko‘rsatadi.

2.5. SHovqin, zararli moddalarning ta’siri, issiqlik ajralishi, elektr tokidan jaroxatlanish xavfi, yong‘in

                 chiqishi xavfi.

YUqorida sanab o‘tilgan kompyuterda ishlash xususiyatlari hamda ko‘rish, emission parametrlar bilan bog‘liq zararli faktorlardan tashqari, XK dan foydalanganda uning o‘zidan va o‘rnatilgan uskunalardan shovqin, issiqlik va zaharli moddalarni ishchi zonasida tarqalishi ham foydalanuvchiga yomon ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bundan tashqari, texnika xavfsizligiga so‘zsiz rioya qilmaslik natijasida elektr energiyasidan ta’minlanayotgan asbob-uskunalardan doimo elektr toki bilan jaroxatlanishning potensial xavfi mavjuddir. Elektr toki bilan ta’minlash manbaiga bir necha elektr asboblarini bir yo‘la ulash hamda noto‘g‘ri foydalanish natijasida ortiqcha yuklanish sababli yong‘in chiqish xavfi mavjuddir.

Kompyuter bilan ishlash jarayonida ushbu zararli va xavfli ishlab chiqarish faktorlarini ko‘rib chiqamiz.

Xususiy kompyuter joylashgan xonadagi akustik shovqin printerlarni, ko‘paytirish texnikasini, hamda kompyuter ventilyatorini o‘zining sovitish tizimini va transformatorini ishlashidan yuzaga keladi. Bundan tashqari XKni yuqori chastotali transformatori ultratovush tebranishlarni ham generatsiya qilishi mumkin. Bunday xonalardagi shovqin darajasi 80 dB ga etishi mumkin, bu esa me’yoriy ko‘rsatkichlardan ancha yuqoridir.. Ma’lumki, shovqin asab tizimiga, yurak-tomir a’zolariga, hamda hazm qilish organlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hisoblash texnikasidan foydalanilganda kompyuter korpusi va uning qismlari tayyorlangan plastik massa chiqaradigan zararli maxsulotlardan ish zonasi ifloslanishi mumkin. Xususan, hisoblash texnikasi ishlatilayotgan xonada o‘lchangan miqodorlari xayriyatki kichik bo‘lgan. Polixlorlangan bifinillar (PXB) mavjudligi qayd etilgan. Hozirgi paytda ish joylari tekshirilganda fenol, formaldegid va stirol mavjudligini albatta taxlil kilinadi. Videoterminallar issiqlik ajratuvchi manba bo‘lgani uchun ish joylarda haroratni oshishiga va havoning namligini kamayishiga, buning oqibatida esa diskomfort yuzaga kelishi, ish samaradorligini pasayishi, toliqishni zurayishi, terini qichishi va yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish uchun ish joylarida ishlatadigan xususiy kompyuterlar, boshqa uskunalar odatda 220 V va 50 Gs manbadan foydalaniladi. Ishlatish jarayonida tok o‘tkazuvchi qismlarning muhofaza qobqlari, simlari shikastlanishi mumkin, bu esa o‘z navbatida foydalanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlarga yoki kuchlanish ostida bo‘lgan metalli bo‘laklarga tegib ketish xavfini yuzaga keltiradi.

2.6. EHM foydalanuvchisning kompyuterda ishlaganda xavfli faktorlardan sog‘ligining o‘zgarishi ehtimollari.

VDT bilan ishlaganda yuqorida keltirilgan ishlab chiqarishning zararli faktorlarini darajasi odatda quyida ko‘riladigan sanitar me’yorlardan pastdir. Bu VDT ishlab chiqarilgan korxonada topshiruv jarayonida xavfsizlik sertifikati uchun o‘tkaziladigan sinovlar bilan me’yoriy darajalariga muvofiqligi tasdiqlanadi. Lekin ohirgi paytdagi izlanishlar hisoblash texnikasi foydalanuvchilarda bir qator kasbiy kasalliklarni rivojlanayogganini ko‘rsatayapti. 2-jadvalda kompyuterda ishlagandagi asosiy potensial zararlar sog‘liqni yomonlashuviga qay darajada aloqadorligi keltirilgan (BDSST ma’lumotlariga asosan).

 

Kompyuterda ishlaganda tavakkallik faktorlarini mumkin bo‘lgan sogliqni yomonlashuviga ta’siri.

2-jadval

 

Tavvakallik

faktorlari

Sog‘liqni yomonlashuvi

Ko‘rish yomonlashuvi

Teri kassallik

lari

Stress

Xomiladorlik patalogiyasi

Ultrabinafsha nurlanish

+

?

?

?

SHaklni

+

-

+

?

Ko‘rinadigan

+

-

+

-

YAltillagan va qaytgan nur

+

-

+

-

Statik elektr

+

+

?

?

Elektromagnit

?

-

?

+

Rentgen nuri

?

-

-

+

 

XK operatorining ish joyidagi tavakkallik faktorlarining keng spektri, ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xosligi ish joylarini, ishlash sharoitini sanitar-gigienik param etrlariga va xavfsizligini ta’minlashga alohida talablar qo‘yadi.

3.Kompyuterda ishlagandagi xavfsiz sanitar-gigienik, tashkiliy-texnikaviy, ergonomik va profilaktik chora-tadbirlar.

Xususiy kompyuterda ishlash jarayonida yuqorida aytilganidek, bir qator zararli va xavfli faktorlar operatorning ish qobiliyatiga va sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu faktorlarga birinchi navbatda ko‘zga tushadigan o‘ziga xos og‘irlik, kam harakatchanlik bir xildagi va ish zo‘riqishi, elektromagnit maydoni, hamda shovqin va issiqlik ajralishidir. Ularning manbai bo‘lib nafaqat ko‘ruvchi va emission parametrli kompyuter qurilmasining o‘zi, balki sanitar-gigienik va ergonomik parametrlari bilan harakterlanadigan ish joyi, ish va dam olish tartibi hisoblanadi. Turli xildagi, kelib chiqishiga, intensivligiga ko‘ra foydalanuvchiga ta’sir qiluvchi faktorlarga qarshi sanitar-gigienik va tashkiliy-texnikaviy tadbirlar kompleksi faqatgina muxitning me’yoriy ko‘rsatkichlariga rioya qilganda, hamda kompyuterning gigienik sertifikatga muvofiq bo‘lib, ish to‘g‘ri tashkil etilganidagina qo‘l keladi.

XK da ishlash jarayonida insonga zararli va xavfli ta’sirlarni kamaytirish maqsadida butundunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti quyidagi tavsiyanomalarni ishlab chiqdi:

-tibbiyot ko‘rsatkichlari bo‘yicha chegirishlar;       -displeyning texnik harakteristikalariga

      talablar;

-operatorning ish joyiga talablar; -faoliyatni tashkil etish bo‘yicha tavsiyanomalar;

Xususiy              kompyuterlar bilan ishlashni

reglamentatsiyalash bo‘yicha standartlarni yaratishda SHvetsiya oldingi o‘rinda turadi. U erda 80-yillarning birinchi yarmida VDT inson sog‘ligiga ta’siridan havotirlanish natijasida displeylar bilan ishlagandagi ish sharoitini faqat o‘rganish bo‘yicha izlanishlar olib borildi. Ish sharoitini bir xildaligi va jildiyligina emas, balki ko‘rish ergonomikasi va magnit maydonning nurlanish muammolari ham tekshirildi. SHvetsiya xukumati tomonidan tashkil etilgan muta’bar gurux o‘z ichiga turli yo‘nalishdagi ekspertlar bilan birgalikda turli xil jamoat tashkilotlarining namoyandalari displey harakteristikalarining ko‘rish, emission va mexanik sinovlar o‘tkazish uslubini ishlab chiqdi. Birinchi uslubiy qo‘llanmaning redaksiyasi 1987 yil joriy qilindi. Uch yillik sinovlardan so‘ng bu qo‘llanmalar 1990 yil 20dan ortiq shvetsiyalik tashkilotlarning mutaxassislari hamda IBM va Hewlett Packard vakillari tomonidan ko‘rib chiqildi. Ulardan biri bo‘lgan -MRK 1990:8 ( MRK-SHvetsiya o‘lchovlar va sinovlar Milliy komitetini bildiradi) - displey sinovlarini olib boruvchi shaxslar uchun yo‘riqnoma hisoblanadi. Keyingi bosmadan chiqqan MRK 1990:10- foydalanuvchilar uchun bo‘lib, displeylarning umumiy ruxsat berilgan parametrlarini jadvallari keltirilgan.MRK uslubiyati displeylarning ikki xil, ya’ni ergonomik ko‘rish va emission harakteristikalarini tekshirishni o‘z ichiga oladi.

Displeylarning sifatiga yanada qattiqroq talablarni SHvetsiya kasaba uyushmalari konfederatsiyasining TSO 92 va TSO 95 standartlari qo‘yadi.TSO 95 standarti nafaqat displeylarning harakteristikalarini, balki ularni ishlab chiqarish jarayonini (tashqi muxitga kimiyoviy zararli va zaharli moddalarni chiqishini) chegaralaydi balki ish sharoitini ham tekshiradi. Hozirgi paytda yanada qattiq talablarini o‘zida jo qilgan yangi TSO 99 standarti paydo bo‘ldi.

SHvetsiya standartlaridan me’yoriy xujjatlar uchun asos sifatida deyarli barcha Evropa davlatlari hamda AKSH monitor ishlab chiqaruvchi firmalari foydalaniladilar. Amerikalik mutaxassislarnnng o‘zlari ham kompyuter ergonomikasi va gigienasi borasida atroflicha o‘rganish- eng avvalo elektromagnit nurlanishni ta’siri bo‘yicha- keng ko‘lamdagi izlanishlar olib borishmoqda. SHu bilan birga amerikalik milliy standartlar yaratishga javobgar tashkilotlar (IEEE, KEMA), 1992 yili SHvetsiya standartlari asosidagi Evropa hamdustligi davlatlarining meyoriy xujjatlariga moslashgan o‘zlarining standartlarini keltirdilar. Angliyada «Ish joyidagi solomatlik va xavfsizlik» deb nomlangan milliy dastur bo‘yicha professional ergonomist ish joyidagi kompyuter qurilmalarini tekshirib, displey ekranlariga va ish muxitiga ergonomik baxo berishni, kompyuterda ishlaganda xavfsizlikni va sog‘liqni muhofazalash bo‘yicha chshdan qonunlar to‘g‘risida instruktaj beradi. Hamda ish beruvchi va ishni tashkil qiluvchilarga o‘qish turini va sog‘liqni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni beradi.

To‘g‘ri tanlangan, ya’ni eng kamida MRK II talablariga javob beradigan va kerakli sertifikata bo‘lgan kompyuterda ishlaganda foydalanuvchini sog‘ligini saqlash maqsadida quyidagi qiyin bo‘lmagan qoidalarga rioya qilish kerak:

-         ish joyi qulay bo‘lishi va tayanch-harakat apparatini hamda qon almashishini normal ishlashini ta’minlashi kerak;

-kun davomida videoterminalda umumiy ishlash davomliligi 4 soatdan oshmasligi, videoterminalda o‘zluksiz ishlash 1.5-2 soatdan ko‘p bo‘lmasligi, har bir soat ishdan so‘ng kamida 10-15 minut tanaffus qilish, shu paytda o‘rnidan turib, ko‘z, bel, qo‘l va oyoq uchun maxsus mashq qilish kerak;

-         normal ko‘rish qobiliyatida ko‘z ekrandan qo‘l cho‘zilganchalik (60-70 sm dan yaqin bo‘lmagan) masofada bo‘lishi va yiliga kamida bir marotaba ko‘z vrachiga tekshirtirib turish kerak;

-bir soat mobaynida 10 mingdan ko‘p klavishani bosish kerak emas;

-monitor ekranida yaltillashlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak;

-         xomilador ayollarning kompyuterda ishlashiga ruxsat berilmasligi va bolalarga kompyuter o‘yinlarini o‘ynash vaqtini keskin qisqartirish (bir kunda 15-20 minutdan oshmasligi) kerak.

3.1. Video displey terminallariga va xususiy kompyuterlarga qo‘yiladigan asosiy talablar.

Kompyuterda ish sharoitini me’yoriy bo‘lishi uchun kompyuter 2.2.2.542-96 Sanitar qoidalarida ko‘rsatilgan talablarga to‘g‘ri kelishi darkor.

Eng avval VDT o‘zida nurlanish va ko‘rishning ergonomik parametrlariga baho berishni qamrab olgan gigienik sertifikatga ega bo‘lishi kerak. Ushbu parametrlarning ko‘rsatkichlariga mos tushmaslik foydalanuvchining kasallanishiga olib kelishi mumkin.

3.1.1. Asosiy ko‘rish ergonomik parametrlariga qo‘yiladigan talablar.

Ma’lumotlarni displeydan ishonchli ravishda o‘qish va uni qulay idrok etishni asosiy ko‘rish ergonomik parametrlari optimal yoki qisqa vaqt ishlaganda esa yo‘l qo‘yilgan diapazonlarda olib borish kerak. Asosiy ko‘rish ergonomik parametrlariga quyidagilar: shaklning yorug‘ligi, ekranning tashqi yoritilganligi, belgining burchak o‘lchami, ekranni kuzatish burchagi kiradi. Ko‘rsatilgan parametrlar va ularning birikmalari qiymatlarining                                           optimal va yul qo‘yiladigan diapazonlari maxsus laboratoriyalardagi tajribalardan so‘ng O‘zbekistonga import qilingan VDT texnik xujjatlariga o‘rnatilgan tartibda kiritiladi. VDT asosiy ko‘rish ergonomik parametrlariga Sanitar qoidalarga rioya qilgan xolda qo‘yiladigan talablar va ularning chegaralari 3- jadvalda keltirilgan.

VDT asosiy ko‘rish ergonomik parametrlariga qo‘yiladigan talablar

Parametr nomi

Parametrlarning chegara qiymatlari

minimum

maksimum

Belgining qorong‘ida o‘lchangan yorug‘ligi, kd/m2

35

120

Ekranning tashqi yoritilganligi, lk

100

250

Belgining burchak o‘lchami bur.min

16

60

SHu bilan birga, nazorat qilish burchagi ham me’yorlashtiriladi va u displey ekranining har qanday nuqtasiga normaldan plyus 40° dan oshmasligi kerak.

Belgining burchak o‘lchami- bu ko‘zatuvchining ko‘zi bilan belgining chekka nuqta balandligini bog‘lovchi chiziqlarning kesishidan hosil bo‘lgan burchak bo‘lib, u

a = arctg (h / 21) formulasi bilan ifodalanadi, bu erda

h - belgi balandligi, / - belgidan ko‘zatuvchining ko‘zigacha bo‘lgan masofadir.

Ko‘rishning asosiy ergonomik parametrlariga optimal va yo‘l qo‘yiladigan diapazonlarning ta’rifini keltiramiz.        Optimal diapazon deb, inson operator tomonidan berilgan turdagi VDTdan ma’lumotni xatosiz o‘qish uchun reaksiyasining chegara vaqti minimaldagisidan 1.2 marta ko‘p bo‘lmaganni ta’minlaydigan vaqtga aytiladi. Yo‘l qo‘yiladigan diapazon esa 1.5 martadan ko‘p bo‘lmaydigan vaqtdir. VDT lar bilan ishlaganda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun ko‘rishning asosiy ergonomik parametrlarining eng yaxshi qiymatlari optimal diapazonlar chegarasida bo‘lishini ta’minlash kerak. Talabalar va professional foydalanuvchlarga ko‘rishning asosiy ergonomik parametrlari optimal diapazonlar chegarasida, professional foydalanuvchlarga esa qisqa vaqt ishlaganda ko‘rishning asosiy ergonomik parametrlari yo‘l qo‘yiladigan diapazonlarda bo‘lishiga ruxsat beriladi. VDTning texnikaviy xujjatlarida ko‘rishning asosiy ergonomik parametrlarining optimal va yo‘l qo‘yiladigan diapazonlari haqida ma’lumot yo‘q bo‘lsa, bunday VDTdan foydalanishga ruxsat berilmaydi.

 

3.1.2. VDT nurlanish parametrlariga qo‘yiladigan talablar

Videoterminallarning emission parametrlari ko‘p jihatdan foydalanuvchining kompyuterda ishlayotgandagi xavfsizligi darajasini belgilaydi. Hozirgi paytda ishlab chiqaruvchilar VDTning emission parametrlari asosan SHvetsiya standartlari MRK- II 1990:10 ga monand me’yorlarda bo‘lishini ta’minlamoqdalar, bu esa o‘z yo‘lida Sanitar qoidalardagi talablarni bajarib, foydalanuvchining sog‘ligini saqlash ehtimolini yanada oshiradi.

Ionlashgan nurlanishning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari (ionlashgan rentgen nurlanishidan farqli) quyidagichadir:

-displey ekranining elektrostatik kuchlanishi 500 V dan oshmasligi kerak;

     -o‘zgaruvchan elektromagnit maydonning

kuchlanganligini tashkil etuvchilari (ya’ni elektr maydoni kuchlanganligi E) VDTdan 50 sm atrofida.

25 V/m - 5 Gs-2 kGs chastota diapazonlaridan;

2,5 V/m - 2-400 kGs- chastota diapazonlaridan oshmasligi kerak;

-      magnit oqimining zichligi (ya’ni - magnit induksiya V) displeydan 50 sm masofada

250nTl- 5 Gs-2 kGs chastota diapazonlaridan;

25 nTl -2-400 kGs chastota diapazonlaridan oshmasligi kerak..

-     rentgen nurlanishining quvvati VDT ekranidan 5 sm masofada va har qanday yuzasining moslashtiruvchi qurilmalari nuqtasida 100 mkR/s oshmasligi kerak.

3.1.3. Displeylarning rangli parametrlariga qo‘yiladigan talablar.

Bu talablar majburiy emas, faqat taklif etilayotganlar bo‘lib, ularga rioya qilish esa ma’lumotni idrok etish sifatini oshishiga imkon beradi va ko‘rish zo‘riqishini kamaytiradi. Displey ekranida idrok etadigan (qo‘zg‘almas ekran rangi bilan birga) ranglar

soni monoxrom displeylar uchun 2 turli rangli grafik displeylarda - 16ta.

Oq rang va boshqa asosiy ranglar (qizil, yashil, ko‘k) uchun ranglanish koordinatalarining qiymatlari rangli displeyning me’yoriy xujjatlarida belgilanadi.

Monoxrom displeylar uchun ekran yarqirashiga taklif etiladigan ranglar - sariq yashil, qizg‘ish, axromatik (ya’ni oq, ko‘l rang).

Rangli displeylar uchun belgilar va fon uchun ranglanish koordinatalari yanada o‘zoqashganlarini tanlash taklif etiladi.

Matnli, nozik grafikali, yuksak aniqlikni talab qiladigan axborotlarni ajratish uchun spektrning ko‘k rang qismini ishlatish taklif etilmaydi.

Spektrning qizil rang bo‘lagining ranglaridan foydalanuvchi e’tiborini jalb qilish maqsadida ishlatish taklif etiladi.

3.1.4. VDT konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar.

VDT konstruksiyasi ekranni har taraflama kuzatish uchun korpusni gorizontal tekislikda vertikal o‘q bo‘ylab ±30 ° chegarada va vertikal tekislikda gorizontal o‘q bo‘ylab ±30 0 chegarada berilgan holatni qayd qilish yo‘li bilan burganda, ta’minlashi kerak. Displey dizayni korpus buyog‘ini yumshoq tinch ranglarda bo‘lishini ta’minlashi darkor. VDT korpusi, klaviatura va boshqa qurilmalari oqish rangli aks etish koeffitsienti 0,4-0,6 bo‘lishi hamda yaptillashni yuzaga keltiruvchi yaltiroq detallari bo‘lmasligi kerak.

VDT korpusining ko‘rinadigan tomonida boshqaruv organlarini, markirovkasini, qanday bo‘lmasin yozuvlarni va belgilarni qo‘ymaslik kerak. Displey konstruksiyasi yorug‘lik va tiniqlikni bu parametrlarni eng pasidan eng yuqori qiymatgacha tartibga soluvchi organi joylashishini ta’minlashi kerak.

VDT konstruksiyasi elektrostatik va elektromagnit maydonini maksimal darajada, shu jumladan, ekran oldiga filtrlar qo‘yish, maxsus ekranlar va boshqa muhofaza vositalari yordamida, pasayishini taminlashi kerak.

3.2. Elektromagnit parametrlar asosida xavfsiz ish sharoitini yaratish.

Gigienik sertifikat bilan ta’minlangan, to‘g‘ri tanlangan kompyuter elektromagnit maydonining mumkin bo‘lgan ta’sirini aytarli ravishda pasaytirish imkonini beradi.

SHu bilan birga, ish joyini tashkil etish chog‘ida ma’lum qoidalarga rioya qilish, kerak bo‘lsa, muhofaza choralarini ko‘rish va buning natijasida elektromagnit maydon ta’sirini minimumga keltirish kerak.

3.2.1. Monitorlarni elektromagnit nurlanishiga kura qiyosiy taxlili

Hozirgi paytda sotuvda taklif qilinayotgan zamonaviy kompyuterlarning xavfsizlik darajasi xaqida fikr yuritilganda, monitorlarining ko‘pchiligi Low Radiation, ya’ni past nurlanish qobiliyatiga ega, degan yozuv bilan kelmokda. Ular ichida eng xavfsizi bo‘lib, ichki ko‘shimcha metall korpusga qotirilgan kurilmasi muhofaza ekran bo‘lgan displeylar hisoblanadi. Bu korpusdan 5-7 sm naridanoq elektr va elektrostatik maydon ta’siri me’yorigacha kamayishini, magnit maydonining kompensatsiya tizimi bilan birgalikda esa bunday konstruksiya foydalanuvchi uchun maksimal xavfsizlikni ta’minlaydi.

Elektromagnit nurlanish darajasi MPR P standartlari talablarini qoniqtiradigan chet el firmalari ishlab chiqarayotgan monitorlarining ruyxatini keltiramiz:

 

Acer                    ETC            MAG            Radius

ADI                   GVC              MaxTech     Sampo

AOS                  Huindai      Mitsubishi    Samsung

Apple             IBM            Nanao          Samtron

Compaq         liyama         NEC             Sigma

Comestone     Ikegami      Nokia           Smile

CTX               KDS           Optiquest      Sony

Daewoo         Kenitec       Packard Bell  Sceptie

Darius            KPC           Panasonic     TVM

Digital           LG Electr.   Philips          View Sonic

Delta Socos   Liberty        Princeton      ZDS

 

Quyidagi monitor modellari TCO 92 standartining sertifikatsiyasini o‘tdilar, bu standart talablari MPR II ga nisbatan yanada qattiqroqdir, ya’ni E<10 V/m 5 Gs - 2 kGs diapazonlarda va E< 1 V/m 2 - 400 kGs diapazon- larda, hamda ekran markazidan 0,3 m va 0,5 m monitor atrofida bo‘lib, MPR II standartida bu ko‘rsatkichlar 25 va 2,5 V/m 0,5 m monitor atrofidadir:

 

ADI Systems                             

Microskan 5V

Apple Computer

Apple Vision 1710

Compaq Computer

V70

CTX International

PR700

EISO Nanao Technologies

FlexScan TX-C75, T2-17TS

LG Electronics

kategoriyali modellar "T"

MAG Technology

MXP17F

Nokia Display Products

Multigraph 447Xav, 447X1

Panasonic Computer

PanaSync S17, 17MM TX- T1563, TX-T1562F, TX-D1734, TX-D1734F

Peripherial

 

T1563,TX-T1562F, TX-D1734,TX-D1734F

Philips

 

Brilliance 17A, Samsung

Electronics, Sceptre Technologies

 

CL- 617GL4-

 

Sony Electronics

 

Multiscan 17se, 2,-15, 17, 20sf2, 100SF

 

ViewSonic

 

15GS, 17PS, PT770, PT610, PT813 Professional Series

 

 

    

Test natijalari, ularni o‘tkazilgan sanasi va joyi (laboratoriya nomi) sertifikatda keltiriladi, uning nusxasi sotuvchida bo‘lishi shart. Hozirgi paytda bizning mamlakatimizdagi ko‘pgina korxona, tashkilot va uylarda olingan monitorlarning aksari xalqaro standartlarning talablarini qoniqtirmaydi, chunki ular texnologiya xatoliklari bilan yoki xavfsizlikka e’tibor kerakli darajada bo‘lmagan davrda sotib olingan bo‘lib, EMM me’yoriy ko‘rsatkichlariga mos kelmaydi. Bunday monitorlar esa butun dunyo bo‘yicha juda ko‘pdir. Jumladan, SHvetsiya radiatsiya himoyasi Milliy institutining ma’lumotlariga ko‘ra, 1995 yil holati bo‘yicha butun dunyodagi tarqalgan kompyuter modellarining faqatgina 18% TSO 92 standarti talablariga javob bergan. 50 monitorlarni ekspertizasi shundan dalolat berdiki, faqatgina 15 % shvetsiyalik standartlarni qoniqtirgan va ish joyini to‘g‘ri tashkil etilganda xech qanday muhofaza vositalarini talab qilmaydi. MPR II 1990:10 yoki TSO 92 standartini faqat 31 % qisman qoniqtiradi, shunda ham muhofaza vositalarini, ish joyini va ish vaqtini to‘g‘ri tashkil etishni talab qiladi. Qolgan 54 % monitorlar esa elektromagnit xavfsizlikning umumiy qabul qilingan xalqaro me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydi va foydalanuvchi bilan atrofdagilarni so‘zsiz muhofaza qilishni talab qiladi. Nurlanish barcha yo‘nalishlarda tarqalib, shvetsiya standartlarini qoniqtirmaydigan zona radiusi 2,5 m dan ortiqdir.

3.2.2. Ish joyida elektromagnit nurlanishni kamayishining asosiy sabablari.

Zamonaviy kompyuterlarning nurlanish parametrlari asosan yo‘l qo‘yilgan darajadaligini tasdiqlovchi sertifikati bo‘lishiga qaramay, EMM mavjudligi fakta yangi kompyuterni ishlatishdan oldin ish joyida uning elektromagnit harakteristikalarini tekshirishni taqozo etadi, darajaning ortiqligi aniqlangan taqdirda, muhofazalovchi filtr yoki ekran o‘rnatish zarurati tug‘iladi.

Ekranlashtirish effekti shu bilan bog‘liqki, o‘zgaruvchan EMM ekran qalinligida o‘tkazgich materiallar yordamida to‘lqinlanuvchi toklarni yuzaga keltiradi, uning magnit maydoni ta’sir qiluvchi maydonga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lib, oqibatda natijaviy maydon arzimagan ichkariga kirib, ekrandan tez yo‘qola boradi. Tajribada ekran qalinligi tanlangankda odatda maydonni ichkarisiga kirishni harakterlaydigan kattalikni 100 marta kichiklashtirilgan ifodasidan foydalaniladi:

δ = √2/ωμγ = 1/πfμγ

bu erda ω - burchak chastota, ω= 2πf, f- aylanma chastota, Gs;

μ- ekran materialining magnit singdiruvchanligi, Gn/m; γ- ekran materialining elektr singdiruvchanligi, sm/m.

YUqori chastotali EMM ichkariga singdiruvchanligi juda kichik, misol uchun misda u millimetrning o‘ndan birini tashkil etadi. Bu formula yaxlit ekran uchun xaqqoniydir. Lekin yaxlit ekrandan foydalanilganda EMM kamayishi bilan, yorug‘lik oqimini yo‘li to‘sib qo‘yiladi. SHuning uchun monitor ekranidan nurlanish darajasini pasaytirish maqsadida to‘rsimon ekranlardan foydalaniladi, ular yaxlit ekrandan farqli o‘laroq, yomon ekranlashtiruvchi xossaga ega bo‘lib, oqim zichligi quvvatini 20-30 dB (100-1000 marta) kamayishiga olib keladi. Zamonaviy monitorlarda shunday ekranlashtiruvchi filtrlar kompyuterning konstuksion elementi sifatida foydalaniladi.

Har qanday sharoitda ish joyida monitor sifatidan qat’iy nazar, maydon intensivligi minimal bo‘lgan masofada joylashtirilishi kerak. Buning uchun ekranni cho‘zilgan qo‘lchalik masofada, ya’ni 70-80 sm da joylashtirish kifoya. Bu shu bilan tushuntiriladiki, foydalanuvchi EMM manbai bo‘lmish kompyuterning yaqin zonasida, yoki R≤λ/2π ifoda bilan aniqlanadigan induksiya zonasida joylashgan, bu erda R - manbadan bo‘lgan masofa, λ- to‘lqin uzunligi, bu zonada maydonning magnit tashkil etuvchisi manbadan bo‘lgan masofaning kvadratiga teskari proporsional ravishda (N=R2), kamayib boradi, (elektr tashkil etuvchisi esa yanada tezroq kamayadi, ya’ni manbadan bo‘lgan masofaning kubiga teskari proporsional ravishda E=R3) .

Elektr maydon kuchlanganligini va magnit induksiyani 1995 va undan keyingi yillardagi ekrandan 50 sm. masofadagi o‘lchamlari odatda me’yordadir, yon va orqa yuzalardagi magnit maydon intensivligi ko‘pincha yo‘l qo‘yilgan qiymatlardan 5-2000 Gs chastota diapazonlarida ortib ketadi. Bu maydon manbai bo‘lib kompyuterning orqa yoki yon tomoniga joylashgan yuqori voltli chiziqli transformator hisoblanadi, korpus devorlari (eng yangi modifikatsiyada ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumin) nurlanishni ekranlashtirmaydi. SHuning uchun bir necha kompyuter joylashgan xonada bir kompyuter videomonitorining orqa yuzasi bilan ikkinchinig ekrani orasidagi masofa 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak, yon yuzalari orasidagi masofa esa – 1.2 m dan kam bo‘lishi kerak emas. Bunday masofa kompyuterlarning bir-biriga ta’sirini ham cheklaydi. Xavfsizlik nuqtai-nazaridan, kompyuterlarni xona perimetrida bir-birini orqasidan emas, devor bo‘ylab joylashtirish tavsiya etiladi.

3.2.3. Muhofaza filtrlari

YUqorida aytilganidek, nurlanish intensivligini kamaytirishning eng keng tarqalgan vositasi bo‘lib monitor ekraniga muhofaza filtrini o‘rnatish hisoblanadi. SHu bilan birga, shuni e’tibordan qochirish kerak emaski, ularni o‘rnatish, faqat videoterminal ekrani oldidagi nurlanish darajasinigina kamaytiradi. Korpusning yon va orqa tomonidagi EMM nurlanish darajasi o‘zgarishsiz qoladi. Bundan tashqari, har qaysi filtr o‘zining himoya xossalariga va yorug‘ texnikaviy harakteristikalariga ega, shuning uchun ularni tanlash kutilgan muhofaza effektini olish bilan bog‘liq. Muhofaza filtrlari optik shaffof paneldan iborat bo‘lib, displey ekrani ustidan kompyuterning korpusiga kronshteyn yordamida maXKamlanadi. Panelga yuqa o‘tkazuvchan qatlam yuritilgan bo‘lib, uni erga ulash o‘q bo‘ylab displey ekranidan tarqalayotgan EMM nurlanishini bosadi. Bundan tashqari, maxsus qo‘shimcha material va o‘tkazuvchan qatlamni tanlash aytarli darajada (ko‘pincha butunlay bosishi) spektrning ultrabinafsha va infraqizil qismining optik nurlanish darajasini kamaytiradi.

Umuman olganda, muhofaza filtrlari elektrostatik ta’sirdan himoya qilibgina qolmay, balki uzoq tushib turishidan operator ko‘ziga shikast etkazishi mumkin bo‘lgan yoritish asboblaridan, quyosh nuridan videomonitorning shisha elementlariga tushadigan yaltirashlarni bosadi, hamda displeyni umumiy yorqinligini kamaytiradi ( bunda kam yorqinli detallar juda yaxshi ko‘rinadi, chunki umumiy kontrastlik oshadi, shaklning ranglari muhofaza filtri fonning ko‘l rangini yutganligi sababli, tiniqlashadi). Barcha muhofaza filtrlar ham hamma muhofaza choralarini kompleksini ta’minlamaydi. Xususan, elektromagnit ta’sirdan muhofazani faqat elektr o‘tkazgich yuzali filtrlargina ta’minlaydi. Bundan tashqari, turli xildagi va turli firma-ishlab chiqaruvchilarning muhofaza ekranlari turli darajadagi effekt va ishonch bilan muhofazalaydi. Tajribada foydalaniladigan filtrlarni konstruktiv xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz.

To‘zilishiga qarab muhofaza filtrlar quyidagi guruxlarga bo‘linadi:

plenkali, turli, shishali, aralash turli plenkali filtrlar shisha yoki sintetik material (masalan, akril)dan tayyorlangan yuqa shaffof qo‘shimcha material asosida tayyorlanadi. Plenkali filtrlardan eng ko‘p tarqalgani Polaroid firmasining SR-50 markali filtrlari bo‘lib, ular yaxshi optik xossalarga (shaklni kontrastligini va aniqligini oshiradi, ekranning yaltirashini va lipillashini bosadi), lekin ultrabinafsha nurlanishni butkul bosadi va rentgen nurlanishni darajasini pasaytirsa ham, elektromagnit elektrostatik maydondan himoya qilmaydi. Bundan tashqari, polyarlashgan filtrlarning qoplamalari poliefir qatronidan tayyorlangan bo‘lib, ular etarli darajada pishiq va chidamli emasligi tufayli ularni fizik eskirishiga va buzulishiga olib keladi.

SHisha filtrlar (Defender, Megastar, Sepoms kabi Osiyo davlatlari maxsulotlari) EMMdan muhofazalar funksiyalariga ega emasdirlar. Ekranlashtirish sifatini yaxshilash maqsadida shisha material ustidan yupqa metall plenka yuritiladi. Bunday filtrni erga ulaganda to‘liq elektrostatik ekranlashtirish, xususan yuqori chastota diapazonlarda elektromagnit nurlanish keskin darajada pasayishi ta’minlanadi. Bundan tashqari, metall plenkali shisha filtrlar yumshoq rentgen nurlanishini o‘tkazmaydi, spektrning ultrabinafsha va infraqizil chegaralaridagi nurlanishni aytarli darajada pasaytiradi. Filtrlarning sifati qoplamaning qanday materialdan tayyorlanganligiga, uni qanday texnologiyada, necha qavat koplanganligiga karab, turli ishlab chiqaruvchi firmalarning filtrlarini harakteristikalarida o‘z aksini topadi.

Keng tarqalgan muhofaza filtrlar guruhiga to‘rsimon filtrlar kiradi, ular ko‘pincha mis sim asosli xira rangli qoplamada tayyorlanadi. Bu filtrlarning samarasi to‘rning chastotasiga bog‘likdir. Juda ham zich tayyorlangan to‘r, EMM muhofazani yaxshilasada, shaklni aniqligi va kontrastligi pasayib, ko‘rish xususiyatini yomonlashtiradi. SHuning uchun, yorug‘lik oqimini kamayishini o‘rnini qoplash uchun, displeyning shakl yorug‘ligini oshirishga tug‘ri keladi, bu esa elektron-nurli trubkani ish muddatini qisqarishiga olib keladi. Deyarli barcha modellari muar effektini, ya’ni shaklni ekran bo‘ylab guyoki suzib yurishini, yuzaga keltiradi. EMM ta’siridan va qulay optik harakteristikalarni birgalikda muhofazalashning eng optimali aralash turli filtrlar hisoblanadi. Ular shishaning metallarning og‘ir atomlari bilan legirovka qilingan maxsus sortidan tayyorlangan bo‘ladi. Murakkab ko‘pqavat tarkibli bu filtrlar monitorning deyarli barcha zararli ta’sirlaridan himoya qiladi va Total Shield ("To‘la himoya") sinfiga kiradi. Ular eng past aks etish koeffitsientiga ( 1 % dan kam) harakterlanadi, shuning uchun deyarli yaltirashlar bo‘lmaydi, tasvirning kontrastligi 1.5-2 marta ortadi, elektrostatik (99,5 %) va elektromagnit (95-99 %) maydonlarning         eng      yuqori ekranlashtirish

koeffitsientlariga ega bo‘ladi, shu jumladan, past chastota maydonida (1000 Gs gacha), hamda ultrabinafsha (98-99 %) va yumshoq rentgen nurlanishini (95 %) samarali yutadi. Xususan, avstriyalik Ergostar firmasining yuqori effektli filtrlari ikki taraflama aks beruvchi emirilishga qarshi qoplamali to‘rt qavat kristalli shishadan tayyorlangan. Ular monitor ekranining tarqaluvchan aks etishini, yaltillashini, lipillashini qaytaradi, 99 %gacha monitor nurlanishini yutadi. SHu bilan birga quyidagi filtrlar ham ishlatiladi: Polaroid CD - Workstation (SSHA), Xenium (Italiya), Unus (Tayvan) va boshqalar. Lekin ularning narxlari juda baland bo‘lganligi sababli kam foydalaniladi.

Ko‘pgina Total Shield sinfiga mansub filtrlarni solishtirish shuni ko‘rsatadiki, ularning hammasi statik maydonning ham nurlanishidan ishonchli himoya bo‘lib, katta darajadagi shaffoflikka ega bo‘lganlarini (yorug‘likni va nurlanish intensivligini oshirmaslik uchun ) va yaltillashni maksimal yo‘qotadiganini tanlash kerak.

Ekranda induksiya qilingan axborotni «begona ko‘zlardan berkitishga» mo‘ljallangan yangi modeldagi muhofaza filtrlar qiziqish uyg‘otmoqda. Amerikaning ZM firmasining kichik korxonasi hisoblanmish angliyalik ZM UKPIc firmasi axborotni faqatgina agar ekran qarshisida o‘tirgan tazdiringizdagina o‘qish imkoniyatiga ega muhofaza filtr modellarni ishlab chiqdi. Bu filtrlar - PF 50 turdagisi (massasi 450 g)kichik qo‘l kompyuterlari uchun, va PF 450 turdagisi stolga qo‘yiladigan uchundir. Ular 99 % gacha monitor nurlanishini yutishga qodir bo‘lib, yaltillashni kamaytirishi mumkin.

Alohida changlatirilgan Ergostar TOP Secret maxsus modeli monitor ekranidagi axbortni faqat operator ko‘ra oladigan qiladi. Bunday filtrlar odatda banklarning operatsion tizimlarida, turli muassasalarning sir tutuvchi bo‘linmalarida va boshqa shunga o‘xshash strukturalarida foydalaniladi.

3.2.4. Suyuq kristall monitorlar

Elektromagnit nurlanishni  ko‘pmiqdorda

kamaytirishning alternativ yo‘nalishi bo‘lib, elektron- nurli trubkali monitor o‘rnida suyuq kristall displeylar ishlatish hisoblanadi. Hozirgi paytda suyuq kristall displeylar kichik kompyuterlarning tashkiliy qismi hisoblanadi. Elektron-nurli analoglariga nisbatan ular juda kam energiya sarf qilib, shunga ko‘ra asosiy kuch ko‘rinadigan nurlarga kelib, nurlanish quvvati ham kamayadi. Bundan tashqari suyuq kristall monitorlar yana quyidagi ustunliklarga egadirlar:

- displeyning yassi yuzasi chizqlarni qiyshayishiga yo‘l qo‘ymaydi;

-  elektron-nurli trubkali monitorlarga nisbatan lipillashi juda kam bo‘lganligi sababli ko‘zga tushadigan og‘irlik shuncha kam bo‘ladi;

- suyuq kristall monitorlarni havosi yuqori changlangan, yoki aksincha, tozalikka katta talablar qo‘yiladigan xonalarda ishlatish qulaydir, chunki ular elektromagnit maydon yordamida elektron- nurli trubkali monitorlar singari o‘z atrofiga zo‘r berib chang to‘plamaydilar.

Toshiba, Sharp, Hitachi, Matsushita kabi firmalarning eng so‘nggi suyuq kristall monitorlari o‘z funksional parametrlari bilan elektron-nurli trubkali monitorlardan qolishmaydilar (ekran diagonali - 21 dyuym, ko‘rish burchagi gorizontal bo‘yicha - 140 vertikal bo‘yicha - 110 S, yo‘l qo‘yilgan qobiliyati 1280x1024 gacha. Ranglar soni 18,7 milliongachadir). Lekin bunday modellar hozircha oddiy monitorlardan 10 barobar qimmat turadi, shuning uchun ular eng avvalo yuqori talabli soxalarda: aeronavtikada, tibbiy tizimlarda, moliyada ishlatiladi.

Bundan tashqari suyuq kristall monitorli kompyuterlardan ishlash uchun moslashmagan sharoitda, yo‘lda, konferensiyalarda, yig‘ilishlarda mutaxassislar, jurnalistlar, biznesmenlar foydalanishadi.

Ko‘tarib yuradigan kompyuterda ishlash vaqtinchalik bo‘lganligi sababli, EMM professional ta’siri haqida juda ham xaqli bo‘lmasada, suyuq kristall monitorlarni elektr manbai qurilmasi bilan birga test qilinganda, past hamda 50 Gs sanoat chastotalarda MPR II me’yoridan 10%, TSO 95 dan esa ikki barobar ortiqligi qayd qilingan. Bu chastotalarda magnit maydoni kanserogen ko‘rsatkichlari bilan eng zararli hisoblanadi, buning ustiga Notebook ish paytida foydalanuvchining tizzasida, ta’sir qiluvchi organlariga juda yaqin masofada bo‘ladi. SHuning uchun ish jarayonida elektr manbai qurilmasi foydalanuvchidan 1m masofada bo‘lishi ma’quldir, foydalanuvchi uchun esa albatta akkumulyator ishlatish eng xavfsiz hisoblanadi. Bundan tashqari ko‘pgina foydalanishdagi Notebook turdagi kompyuterlar tajriba markazlarida tekshirilganida, ko‘rish parametrlari talablariga javob bermasligi aniqlandi. Xususan, eski modeldagi Notebook displeylarining ko‘rish burchagi gorizontal yo‘nalishda ham, vertikal yo‘nalishda ham kichik bo‘lganligi sababli, ishlash paytida noqulayliklar yuzaga keladi. Ko‘pincha ish jarayonida ekrandagi shakllar qoniqarli sifatga ega holatni topishga ko‘p vaqt sarflanadi. Buning ustiga ekrandagi shaklning sifati yorug‘lik manbaining quvvatiga va qanday joylashganiga juda ham bog‘liqdir. Notebook bilan ishlaganda ko‘rish toliqishini pasaytirish yoki yo‘qotish maxalliy yoki umumiy yorug‘lik manbaini, ish materiallarini, ekrandagi shaklni aks etish tartibini to‘g‘ri tanlash bilan erishish mumkin. . Notebook kompyuterlarining suyuq kristall ekranini tanlaganda yorug‘lik turi muhim ahamiyatga egadir, ya’ni lyuminessent yoritilganlikda passiv ekranlar maqsadga muvofiq bo‘lsa, nakal lampalardan foydalanilganda aktiv matritsali ekranlar ishlatilgani ma’qul.

 

3.3. Ko‘rish ishlarini bajarishda xavfsiz sharoitlarni ta’minlash.

Foydalanuvchining kompyuterda ishlash chog‘idagi ko‘rish uchun ma’qo‘l bo‘lgan sharoit yaratish- eng bosh muammolardan biridir. Kompyuterdan foydalanilganida ishning ma’qo‘l bo‘lmagan sharoitidan shikoyatlarda etakchi o‘rinni ko‘rishning u yoki bu muammolari, birinchi navbatda 1.5-2 soat uluksiz ishlash natijasida paydo bo‘ladigan ko‘z charchashi egallaydi. XK bilan sistematik tarzda ishlash natijasida ko‘pincha bir- bir yarim yildan so‘ng ko‘rishning yomonlashuvi kuzatiladi. SHuning uchun ilmiy maqolalarda, me’yoriy adabiyotlarda, ommaviy nashrlarda ko‘z toliqishini oldini olish va yo‘qotish muammolariga katta e’tibor berilmoqda. Ko‘rish toliqishi profilaktikasi masalalari kompleks bo‘lib, birinchi navbatda operatorni ko‘rishining qay darajadaligiga, monitor sifatiga, ish joyini tashkil etishga va kompyuterni joylashuviga, ish joyidagi va xonadagi yoritilganlik parametrlariga, mehnat qilish va dam olish tartibiga bog‘liqdir. Sog‘lom ko‘rish sharoitini yaratish va ko‘z kasalliklarini oldini olishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishni insonning ko‘rish apparatini xususiyatlari va va displeyda shakl tasvirini qanday qabul qilishi bilan tanishishdan boshlaymiz.

3.3.1. Displey ekranidan tasvir aksini qabul qilish xususiyatlari.

Insonning ko‘rish tizimi, displey ekranidagi rasmlarni ko‘rishga yomon moslashgan ekan. Million yillar mobaynida ular aks etgan yorug‘likdagi predmetlarni ko‘rishga moslashib kelgan. Va bu evolyusiya natijasida primat-maymunlar va insonlar mukammal rangli ko‘rish xususiyatiga ega bo‘lganlar, sariq bananni va zarg‘aldoq apelsinni yashil rangli daraxtlar fonida bemalol ajrata oldilar, lekin na banan, na apelsin va yashil barglar yaltillamaydi, ular quyosh nurining aksida ko‘rinadilar xolos. SHuni ham eslatib o‘tish kerakki, elektromagnit to‘lkinlarning 380-760 nm diapazondagi, ya’ni ko‘rinadigan spektridagi monoxromatik nurlanishni turli uzunlikdagi to‘lqinlariga insonning ko‘zi turli xildagi yorug‘lik sezgilariga egadir. Infraqizil (> 760 nm) va ultrabinafsha

(< 380 nm) nurlarni inson ko‘zi ko‘rmaydi. Ko‘zning eng yuqori sezgirligi kunduzi quyosh nurlanish harakteristikasining maksimal spektri (550 nm -bu yashil rang)ga to‘g‘ri kelib, uzoq vaqt odamzot ko‘zining tarqok quyosh nuriga moslashuvi natijasidir.

Elektron-nurli trubkaning paydo bo‘lishi insoniyat uchun ulkan muammolar ham keltirib chiqardi, chunki tasvir ekranning yoritilganligi oqibatidir, ya’ni yorug‘lik manbai bo‘lmish displeyga qarash kerak. Insonning ko‘zi yorug‘likning intensivligiga ko‘z qorachig‘ining diametri, hamda to‘rpardaning sezgirligi o‘zgarib moslashsada, bu juda ham ko‘rish uchun og‘irdir. Boshqa tarafdan, foydalanuvchi ish jarayonida ekrandan qog‘ozga va aksincha nigohini olib o‘tishi kerak, kun davomida ko‘zlar yuz, ming marta bir turdagi o‘qishdan ikkinchisiga moslashadi, bu o‘z yo‘lida ortiqcha og‘irlikni yuzaga keltiradi. SHuni qayd etish lozimki, qadim zamonlarda paydo bo‘lgan yozuvlar insonning kitob o‘qishiga va rasmlarni tomosha qilishiga mo‘ljallanmagan ko‘rish tizimiga zid bo‘lgan bo‘lsada, fiziologik nuqtai nazardan bananni anglashdan farq qilmaydi. Lekin ekrandan matnni, jadvalni, chizmalarni o‘qish, shu narsalarni qog‘ozdan o‘qishdan nafaqat yorug‘lik manbaidan aks etilgan yorug‘likka moslashish, balki ko‘rish analizatoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa tomonlari bilan ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, displeydan foydalanganda, operator butunlay displeyning qanday joylashganiga bog‘liqdir. Varaqdan axborotni qabul qilishda esa o‘quvchi o‘ziga mos holatni oson topa oladi, yana qog‘ozdagi matn o‘zgarmas bo‘lsa, ekrandagisi elektron nurni ekran yuzasida aks etish jarayonida yangilanib turadi.

YAngilanishning aytarli kichik chastotasi tasvirni lipillashini yuzaga keltiradi. Nihoyat, monitor operator diqqatini o‘ziga uzoq bog‘lab qo‘yadi, bu esa ko‘zning va ko‘z ichi muskullarining uzoq vaqt qo‘zg‘almas holatda bo‘lishiga olib keladi, ular esa doimo dinamik tartibda, harakatda bo‘lishga mushtoq. Bu esa ularni susayishiga olib keladi.

Kompyuterda uzoq vaqt ishlash kuchaygan diqkatni talab qiladi, bu foydalanuvchining ko‘rish tizimiga ortiqcha yukdir. Ko‘rish toliqishi (ko‘rishastenopiyasi) rivojlanadi, yaqindan ko‘rish, bosh og‘rigi, jizzakilik, asabning toliqishi va stress kasalligining yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi.

YUqorida keltirilgan displey ekranining xususiyatlari hamda operator ishlashining o‘ziga xosligi ko‘rish apparatini charchashiga aytarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. SHuni ta’kidlash darkorki, ko‘rish noqulayliklari nafaqat elektron-nurli trubkali, suyuk kristalli va gazrazryadli displeylarda, balki boshqa fizikaviy omillar asosida tayyorlangan displeylarda ham uchrashi mumkin. Bu avvalambor ko‘rish parametrlari va ish joyining yorug‘lik sharoiti noto‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liqdir. Izlanishlarning ko‘rsatishicha, displeyning alohida tanlangan texnik parametrlari na ularda ishlash sulayligini na samaradorligini oshiradi. Ularning yangi davlat standartlariga kirgan optimal va yo‘l qo‘yilgan qiymatlarigina ahamiyatga egadir, ya’ni ko‘rish parametrlari va ularda ishlash sharoitlariga qo‘yiladagan talablar: yorug‘likka, yorug‘likning tarqalishiga, kontrastligiga, tasvirning lipillashi va titrashiga, geometrik va noto‘g‘ri chiziqli buzulishlarga, tashqi yoritilganlikka va x.k. Ko‘rish sharoitini yaxshilash muammolarini ta’minlash ko‘p jixatdan ko‘rsatilgan talablarni bajarishga bog‘liqdir. SHuning uchun 4-jadvalda ko‘rish parametrlarining me’yoriy qiymatlari berilgan bo‘lib, ularga rioya qilish xalqaro me’yorlarga mos keladi.

51

 

4 –jadval

         Ko‘rishni ergonomik parametrlari

Parametr nomi

Parametr qiymati

1. Tasvir va fon detallarining kontrastligi bir pikselga teng o‘lchamli hamda bir piksel interval bilan ajratilgan detal tasviri uchun

 3:1 kam emas 1,5:1 kam emas

2. Belgi konturini

elementlarining bir tekis bo‘lmagan yorug‘ligi

1,5:1 ko‘p emas

* Videoadapterlrni dasturlashda parametrlar ushbu standartga mos tushmaganida bir pikselga teng o‘lchamli hamda bir piksel interval bilan ajratilgan detallar yo‘q deb qaralishi kerak. Tartibdan foydalanish ehtimoli konkret displey uchun berilgan me’yoriy xujjatlarda ko‘rsatiladi.

4-jadvalning davomi

Parametr nomi

Parametr kiymati

3. Diskret belgilarning yorug‘ligini bir tekisdamasligi ,

±20 ko‘p emas

4. ekranning ish yuzasi yorug‘ligini bir tekisdamasligi , %

±20 ko‘p emas

5. YOrug‘likni kodlashtirish darajasining kontrastligi

1,5:1 kam emas

6. Belgi konturi chizigining nisbiy kengligi

Bosma harf balandligining 1/6 dan 1/12gacha

7.Ranglarning qoldiq kelmasligi, mm, markaziy doirada ishchi maydonnning vertikal o‘zunligidan ko‘p

emas – boshqa joylarida

0,3 0,5

8. Tasvirning vaqtinchalik noturg‘unligi (lipillashi)

Qayd qilinishi kerak emas

 

9. Kuzatish zonasida (ekran, panelni old qismi, displey korpusi, xujjatlar)yorug‘liklarning nisbati

10:1 ko‘p emas

10. Tasvirning fazoviy noturqunligi (qaltirash). Qalgirash chastotasi 0,5-30 Gs da tasvirni siljish amplitudasi

2x10-4/ (bu erda kuzatishning loyihaviy uzunligi, mm) ko‘p emas

11. Belgi matritsasining formati : - katta harf va raqamlar uchun - bir belgi o‘rindagi kasrlar uchun

7x9 kam emas 5x7 kam emas 4x5 kam emas

12. Katta harflar uchun belgi enini balandligiga nisbati

0,7 dan 0,9 gacha (0,5 dan 1,0 gacha yo‘l quyiladi)

13. Harfli shriftlar uchun belgilari orasidagi masofa

Belgi konturini enidan kam emas yoki bir piksel

14. So‘zlar orasidagi masofa

Belgi matritsasining enidan kam emas

15. Matn satrlari orasidagi masofa

Bir pikseldan kam emas

16. Kuzatish chizig‘ining og‘ish burchagi

Gorizontal 30° pastdan kam emas

 

17. Ishchi zonada tasvirni buzulishi : ustunda belgilarni gorizontal maksimal buzulishi belgining enidan, % maksimal vertikal buzulishi belgining bo‘yidan, % bir xil belgilarni ish maydonidagi o‘lchamlarini o‘zgarishi, belgi balandligidan, %

-       ish maydonidagi matn satrlarinig o‘zunligining maksimal farqi, satr uzunligidan, %

-          ish maydonidagi ustunlarning

5 ko‘p emas

5 ko‘p emas

±5 2 ko‘p emas 2

18. Ish maydoning shaklini to‘g‘ri burchakdan og‘ishi::

gorizontal bo‘ylab

-        vertikal bo‘ylab AV =----------- ,

V\+V2

q a-a

-        diagonal bo‘ylab AD —------------ ,

a+a

(bu erda N; va N2 - ish maydonidagi chekka ung va chap ustunlarini o‘zunligi, mm; V( va V2 - ish maydonidagi yuqori va pastki satr o‘zunligining qiymati, mm; D1 D2 - ish maydoni diagonali qiymati, mm)

0,02 ko‘p emas

0,02 ko‘p emas

0,04H1-H2 ko‘p Vx+V2

emas

3.3.2. Displeylarning ko‘rish

xarakteristikalari optimizatsiyasi

Ko‘rish toliqishiga ta’sir qiluvchi monitorning asosiy (eng muxim) parametrlaridan biri - monitor konstruksiyasiga kiritilgan muxim faktorlarning yig‘indisi bo‘lgan displey ekranidagi tasvir sifatidir.

Sifatli monitor quyidagi asosiy xossalarga ega bo‘lishi kerak:

- tasvirning aniq va ravshan ko‘rinishi;

- tasvirning lipillamasligi;

- monitorni optimal york;inligi;

- displey ekranida yaltillishlarning yo‘qligi.

2-ilovada MPR II talablariga muvofiq monitorlarning ko‘rish parametrlarini tekshirish ruyxati berilgan bo‘lib, shu parametrlarni xossalari va talablari professor G.Demirchoglyanning «Kompyuter va salomatlik» M.Lukomore, 1997 y 256 betidagi ma’lumotlardan olingan.

Ekrandagi tasvirning aniqligi va ravshanligi birinchi navbatda monitorning ruxsat berilgan qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib, u gorizontal va vertikal bo‘ylab tasvirning diskret elementlarni monitor qabul qila oladigan soni bilan ifodalanadi. Monitorning ruxsat berilgan qobiliyatini ifodalovchi quyidagi standart qiymatlar mavjud (qavs ichida shaxsiy kompyuter standartining nomi keltirilgan)

640x480 (VGA);

800x600 (SVGA);

1024x768 (XGA);

1280x1024 (EVGA);

1600x1200 (belgiga ega emas).

Monitorning ruxsat berilgan qobiliyati qanchalik yuqori bo‘lsa, ekrandagi tasvir shunchalik aniq va ravshan bo‘lib, uni qabul qilish oson bo‘ladi, ko‘rish tizimini oz toliqtiradi. Tasvirning aniqligi lyuminoforni qadamiga, ya’ni ekranning ichki yuzasidagi lyuminoforni bitta rangining diskret nuqtalari orasidagi masofaga ham bog‘liqdir. Turli modeldagi monitorlarning lyuminofor qadami 0,25 dan 0,41 mm gacha diapazonda bo‘ladi. Kichik nuqtalar ekranda yanada aniq va ravshan tasvirlanganligi sababli, VDT sotib olinayotgan paytda nuqtalari 0,31 mm katta o‘lchamli monitorlarni harid qilish tavsiya etilmaydi. Ko‘pgina xizmat va uy ishlarini bajarish uchun ruxsat berilgan qobiliyati 1024x768 ga teng yoki kam bo‘lsa, lyuminofor qadami 0,27 yoki 0,28 mm bo‘lsa

kifoyadir. Intensiv grafik ishlar uchun esa monitorning ruxsat berilgan qobiliyati 1024x768 dan yuqori bo‘lsa, qadam 0,25 yoki 0,26 mm bo‘lishi maqsadga muvofivdir. Tasvirning aniqligi oshishida elektron nurlarni fokusirovkasini sifati ham ahamiyatga egadir.

Tasvirni lipillashini minimizatsiyalash kadrlarni almashtirish chastotasini ko‘paytirish bilan amalga oshiriladi, bu yana vertikal taqsimot chastotasi deb ham ataladi. Agar bu chastota kerakli darajada yuqori bo‘lsa, tasvirning har bir nuqtasidagi xaqiqiy yorqinlik o‘zgaruvchan kattalik bo‘lishiga qaramay, tasvir o‘zgarmasdek bo‘lib ko‘rinadi. Turg‘un tasvir effekti ikki faktorlarning, ya’ni inson ko‘rishining va monitorning inersionligini bir-biriga munosabatining oqibati natijasida xosil bo‘ladi. 95 % operatorda monitorning o‘rtacha yorqinligidagi tasvirning turg‘un tarzda ko‘rinishini keskin chastotasi pozitiv holat (yorug‘ fonda qopa belgilar) uchun 76 Gs, negativ holat (qopa fonda yorug belgilar) uchun 67 Gs . Bu qiymatlarMPR uslubiyatidan olindi. Eksperimental baxolash, kadrlar almashinuvini eng chekka chastotasi sifatida 75 Gs chastotani tasdiqladi. Ko‘rish gigienasi mutaxassislari negativ tasvirni tiklash chastotasini 75 Gs, pozitivda esa - 90 Gs deb qabul qilishni taklif etdilar. Monitor sifatini oshirishning asosiy usullaridan biri deb vertikal taqsimot chastotasining oshishi qayd qilingan. Kadrlar chastotasi oshgani sari tasvir shunchalik turg‘un holatga ega bo‘ladi. Zamonaviy monitorlarda ruxsat berilgan qobiliyati 800x600 bo‘lganda, chastotasi 110-120 Gs boradi, lekin ruxsat berilgan qobiliyati va kadrlar almashishini chastotasi bir-biriga bog‘liq parametrlardir. Ruxsat berilgan qobiliyatini oshishi kadrlarning taqsimot chastotasini kamayishiga olib keladi, chunki zamonaviy ENT har sekundda ekranda chegaralangan mshqdordagi piksellar sonini ko‘rsatishi mumkin. Ruxsat berilgan qobiliyatni oshirish uchun qanchalik ko‘p piksellar ishlatilsa, xoxlagan tezlikda tasvirlarni almashtirish imkoniyati shunchalik kamayadi. Tasvirning turg‘unligi tiklash turiga ham bog‘liqdir. O‘zgarmas tasvirlar, ya’ni taxrir qilinayotgan matn, jadval, grafika uchun, satrlararo yoki progressiv tiklaydigan monitorlar ma’quldir, bunda kadrning barcha satrlari tiklashning bir davrida chiqariladi. Bunday monitorlarda ko‘zni toliqtiruvchi chaqiruvchi tasvirning lipillashi va noaniqligi aytarli darajada pasayadi. Ikkinchi tasvirni tiklash usuli bo‘lgan satrlararo tiklashda bir davr mobaynida tasvirning juft satrlari chiqarilsa, keyingisida toqlari chiqariladi, bunday tiklash turida kadrlar chastotasi ikki barobar pasayadi. Bu monitorni ruxsat berilgan qobiliyatini tasvirni turg‘unliginig yomonlashuvi hisobiga oshiradi. Ushbu usul televizorlarda qo‘llanilib, 1-2 m masofadan dinamik tasvrlarni qabul qilishda maqsadga muvofiqdir. Inson ko‘zi 25 Gs chastotadan yuqori bo‘lgan tasvir almashishini uzluksiz harakat sifatida qabul qilishini eslatib o‘tamiz. Ekrandagi tasvir sifati monitorni o‘zining yoritilganligiga ham bog‘liq bo‘lib, u tashqi yoritilganlik sharoitida optimal bo‘lishi kerak. YOritilganlikning qiymati (berilgan yo‘nalishda berilgan yuza birligidagi yorug‘lik miqdori bilan aniqlanadi) qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik tasvir kontrastligi yaxshilanadi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, monitor orqali shakllangan yanada yorqinroq tasvir qopa rang qismni och kul rangli qismga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi, ya’ni tasvirning aniqligi va kontrastligi yomonlashadi.

Boshqa tomondan, shuni nazarda tutish kerakki, elektron tutami intensivligiga bog‘liq va ekranni sozlash organlari tomonidan tartibga solinadigan ekranning yorug‘ligi ko‘paysa, ko‘zni toliqtiradi, EMM darajasi kuchayadi. Mutaxassislar tomomnidan tavsiya etiladigan ekran yorug‘ligi - 70 kd/m.

Monitor ekranidagi har qanday yorug‘lik tutamidan paydo bo‘lib, qaytib ko‘z qobig‘iga tushgan yaltillash axborotni qabul qilishga ko‘pincha xalaqit beradi. Monitor ro‘parasidagi yorug yuzalar, parda tutilmagan derazalar, yorug‘lik chiroqlari, xatto operatorning yorqin rangli kiyimi ham yaltillashlarning manbai bo‘lishi mumkin. YAltillashning mavjudligi o‘zi xoxlamagan tarzda bosh va gavdani holatini o‘zgartirishga, ekrandagi kerakli axborotni o‘qish uchun diqqatni kuchaytirishga majbur qiladi. Bunda ko‘zga, bo‘yinga, elkaga, kurakka, qo‘lga oriqcha yuk tushadi, natijada butun organizmni toliqishiga olib keladi. Ekranning nur qaytarish koeffitsienti qanchalik katta bo‘lsa, yaltillash shunchalik sezilarli bo‘lib, tasvirning kontrastligi shunchalik kuchli pasayib ketadi. Negativ tasvir rejimida pozitiv tasviridan ham kuchli nur qaytishi yuzaga keladi, shuning uchun pozitiv tasvir varianta yaltillashni minimizatsiyalanishini xisobga olinsa, maqsadga muvofivdir. Ekranning nur qaytarish koeffitsienti qanchalik katta bo‘lsa, yaltillashlar shunchalik sezilarli bo‘lib, tasvir kontrastligi juda pasayib ketadi. Negativ tasvir rejimida pozitiv tasvirdagidan kuchli nur qaytishi yuzaga kelishi sababli, yaltillashni minimallashtirgani uchun pozitiv tasvir variantini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ekranning nur qaytarish koeffitsienti qanchalik yuqori bo‘lsa, yaltillashlar shunchalik sezilarli va tasvir kontrastligi shunchalik past bo‘ladi. Negativ tasvir rejimida pozitiv tasvirdagiga nisbatan kuchli aks etish yuzaga kelishi sababli, yaltillashlarni minimallashtirish xisobiga pozitiv tasvir varianti maqsadga muvofiqdir.

Ekranni nur qaytarish qobiliyatining yul qo‘yilgan qiymati standartga muvofiq 1 % dan oshmasligi kerak. Zamonaviy monitorlarda nur qaytarishni kamaytirish uchun maxsus kimyoviy qayta ishlangan qopa va qoramtir qilingan shishadan foydalaniladi, takomillashgan konstruksiyali elektron-nurli trubkaning yassi va «o‘ta yassi» ekranli Trinitron va Diamondtron turi qo‘llaniladi, hamda boshqa ko‘rish va emission parametrli yaltillashga qarshi muhofaza filtrlari o‘rnatiladi. (3.2.3 bo‘limga qaralsin).

YAltillash muammosini xal qilishni yana buriladigan kronshteynli qurilmaga monitorni joylashtirib, ekranni balandligini, pastga-yuqoriga burilishini, vertikal o‘q bo‘ylab aylanishi xisobiga optimal joylashishini ta’minlab, amalga oshirish mumkin.

 

3.3.3. Xona va ish joylarini ratsional

yoritish, ish joylarini tashkil etish.

Kompyuterlarni xonada to‘g‘ri joylashtirish va to‘g‘ri loyixalanib, o‘rnatilgan yoritgichlar foydalanuvchini ko‘rishini saqlaydi, asab tizimiga qo‘shimcha og‘irlik bermaydi, operatorni normal faoliyatini ta’minlaydi, ish faoliyatidagi xatolarni keskin kamaytiradi.

Kompyuterlarni alohida xonalarga 5-6 displeydan ortiq bo‘lmagan xolda joylashtirish tavsiya etiladi, bu eng avvalo mikroiqlimni yo‘l qo‘yilgan qiymatlari parametrlarini ta’minlashga imkon beradi. (sanitar normalarga muvofik, bitta foydalanuvchi uchun 6 m2 maydon, hajmi- 20 m3 dan, maktab va maktabgacha muassasalar uchun - 24 m3 dan kam bo‘lmasligi kerak). Gigiena nuqtai- nazaridan kompyuterni shunday joylashtirish kerakki, ekrandan ko‘zni ko‘targanda, xonadagi eng o‘zoqda joylashgan narsa ham ko‘rinsin. Operatorning ish joyini kirish eshigiga yuzi qaragan xolda joylashtirish eng samarali hisoblanadi. Eng o‘zoq masofaga nigoxni o‘tkazish imkoni kompyuterda ishlagandagi ko‘rish tizimining og‘irligini kamaytirishni eng samarali usuli hisoblanadi. Ish joyini xonaning burchaklariga yoki devorga qaratib, (kompyuterdan devorgacha bo‘lgan masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak), derazadan tushgan yorug‘lik ko‘z uchun ortiqcha yuk bo‘lganligi uchun derazaga qarab joylashtirmaslikka intilish darkor.

SHuni eslatib o‘tamizki, agar bir xonada bir necha kompyuterlar            joylashgan bo‘lsa, elektrmagnit nurlarning ta’sirini kamaytirish uchun bir monitor ekranidan ikkinchining orqa devorigacha masofa 2 m dan kam bo‘lmasligi, yon devorlari orasi esa 1.2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.

Sanitar qoidalarga muvofiq shaxsiy kompyuterlar joylashgan xonada aralash yoritilganlik, ya’ni tabiiy (quyosh nuri xisobiga) va sun’iy bo‘lishi kerak. SHuning uchun ish joylarini binoning erto‘la qismida, barcha o‘quv yurtlarida hamda maktabgacha muassasalarda esa sokol qavatlarida ham tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tabiiy yoritilganlik iloji boricha shimolga va shimoli-sharqqa yo‘naltirilgan bo‘lib, tabiiy yoritilganlik koeffitsienta (TYOK) turg‘un qor bilan qoplangin zonalarda -1,2 % dan, boshqa territoriyalarda esa 1,5 % kam bo‘lmasligi kerak. SHimolga yo‘naltirish imkoni bo‘lmasa, intensiv quyosh nuri janubiy va g‘arbiy derazalardan yaltillashlar yuzaga keltirmasligi va ishlashga xalaqit qilmasligiga qarata chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak. Buning uchun derazalarni pardalar, jalyuzi, tashqi to‘sqichlar bilar ta’minlash kerak, undan tashqari ish joyi derazaga nisbatan yonlamasiga joylashgan bo‘lib,tabiiy yorug‘lik chap tarafdan tushishi maqsadga muvofiqdir. Kompyuterlar shunday joylashishi kerakki, yoniq ekran boshqa operatorninng ko‘rish maydoniga tushmasligi, ekranlarda tabiiy va sun’iy yoritilganlikning aksidan yaltillashlar bo‘lmasligi kerak.

Agar ushbu tavsiyalar yordamida xonadagi monitor ekranining yaltillashini yo‘qotmasa, ko‘rish sharoitini yaxshilash maqsadida quyidagi talablarni bajarishni masalaxat beradilar:

- ekranning egilganligini shunday o‘zgartirish kerakki, lyuminessent lampalaridan tarqalayotgan nurlarga perpendikulyar bo‘lsin;

- iloji bo‘lsa, xonadagi ekranda aks berayotgan predmetlarni surish kerak;

- pardalar kerakli effektni bermasa, yorug‘lik lampalarini o‘chirish kerak.

Sanitar qoidalar sun’iy yoritilganlik umumiy bir tekisdagi tizim orqali amalga oshishini belgilaydi. Ishlab chiqarishda, boshqaruv-jamoat binolarida, aksari xujjatlar bilan ishlanadigan xonalarda, kombinatsiya qilingan yoritilganlikdan (umumiy yoritilganlikka qo‘shimcha ish joyini yorituvchi maxalliy yoritgichlar) foydalanish mumkin.

Suniy yorug‘lik manbai sifatida LB turidagi lyuminessent lampalar qo‘llaniladi, maxalliy yoritgichlar sifatida nakal lampalaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Stol yuzasida ish zonasidagi yoritilganlik sanitar me’yorlarga asosan 300-500 lk bo‘lishi kerak. Bu me’yor ko‘rish ishlarining harakteriga asosan aniqlanib, o‘z navbatida quyidagi uchta parametrlarga bog‘liq:

- farqlanish ob’ektiga, ya’ni ko‘rilayotgan predmetning eng kichik o‘lchamiga (bu erda belgi chizig‘ining qalinligi, zamonaviy monitorlarda 0,25-0,3 mm);

- fonga, ya’ni farqanish ob’ekti ko‘riladigan, bevosita yondashgan yuzaga, fon nur qaytarish koeffitsienta bilan harakterlanib, yuzaning rangi va fakturasiga bog‘liq bo‘ladi, uning qiymati 0,02- 0,95 chegarada bo‘ladi, nur qaytarish koeffitsienti 0,4 dan katta bo‘lsa, fon yorug, 0,2-0,4 -o‘rtacha, 0,2 - qopa hisoblanadi

- ob’ektning fon bilan kontrastligi K, kurilayotgan ob’ektning (belgi, nuqta, chiziqar, bonùa elementlar) yorqinligining fonga nisbati bilan harakterlanadi:

K=│L0-Lf│/ Lf

bu erda L va Lf, ob’ekt va fonning yorqinligi

Ob’ekt va fonning kontrasti K> 0,5 qiymatda katta hisoblanadi (ob’ekt va fon yorug‘ligi bilan keskin farklanadi, misol uchun, oq qog‘ozdagi bosma belgilar), K=0,2-0,5 qiymatlarda o‘rtacha hisoblanadi (ob’ekt va fon yorqinlikda sezilarli farqlanadi) va

K<0,2 qiymatlarda kichik hisoblanadi (ob’ekt va fon yorqinlikda deyarli farqanmaydi).

Ko‘rish ishlarida sharoitni baxolash uchun yaltillanganlik tushunchasi kiritiladi. YAltillanganlik - ko‘rish funksiyalarini buzulishiga (ko‘r bo‘lishiga) olib keluvchi yaltillagan yuzalarning kuchaygan yorug‘ligi bo‘lib, ob’ektni ko‘rishni yomonlashtiradi, yaltillanganlikning birligi - kd/m2. SHuni eslatib o‘tamizki, 30 ming. kd/m2ga teng yorug‘lik ko‘zni ko‘r qiladi (vaqt bo‘yicha 60 Vt lampa bilan yoritilgan oq varaq qog‘ozning yoritilganligi 40 kd/m2). YAltillanganlik xaddan tashqari asabiylashuvni yuzaga keltiradi, ko‘zning sezgirligini va ish qobiliyatini pasaytiradi. SHuning uchun Sanitar qoidalar yorug‘lik manbaidan to‘g‘ridan- to‘g‘ri paydo bo‘ladigan yaltillanganlikni chegaralaydi, deraza, yoritgichlar kabi yuzalardan tushgan yorug‘lik ko‘rish maydonida 200 kd/m2dan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Ish yuzasida (ekran, stol, klaviatura) nur qaytishidan xosil bo‘ladigan yaltillanganlikni ham chegaralash kerak, bu yoritgichlarni to‘g‘ri tanlab, ish o‘rinlarini tabiiy va sun’iy yoritgichlarga nisbatan to‘g‘ri joylashtirish xisobiga amalga oshadi, bunda yaltillashlarning yorug‘ligi displey ekranida 40 kd/m , shipda esa 200 kd/m2 oshmasligi kerak.

Ish sharoitini yaxshilash uchun ish yuzasidagi va atrofdagi yorug‘lik bir tekisda tarqalgan bo‘lishi kerak, agar ko‘rish chegarasida yorug‘lik bir tekisda tarqalmasa, yaxshi yoritilgan yuzadan kuchsiz yoritilgan yuzaga nigoxni o‘tkazilganda, ko‘z moslashishga majbur bo‘ladi, natijada ko‘zning toliqishiga olib keladi. YOrug‘likni bir tekisda tarqalishi umumiy yoritilganlikning yorug‘ligi, hamda devor, ship va qurilmalarning qanday rangga bo‘yalgani xisobiga erishiladi.

Mutaxassislar devorlar, mebellar och sut rangda, shipdan nur qaytarish koeffitsienta 0,7- 0,8, devordan va poldan 0,6 va 0,3 bo‘lishini tavsiya etadilar. Bunga shipni oq  rangga, devorlarni och sariq va qizg‘ish rangga bo‘yash natijasida erishish mumkin.

Sanitar qoidalar yorug‘likni ko‘rish maydonida bir tekisda tarqalmasligini quyidagicha chegaralaydi: yorug‘likning ishchi yuzalar orasidagi nisbati 3:1-5:1 dan oshmasligi, ishchi yuza bilan devor va qurilmalar orasidagi nisbat 10:1 dan oshmasligi kerak. Umumiy yoritish uchun lyuminessent lampalar ishlatilishi natijasida, ulardagi yorug‘lik oqimi kuchlanishning o‘zgarishiga qattiq bog‘liq bo‘lganligi sababli yoritilganlikni tebranishi yuzaga keladi, bu o‘z yo‘lida ko‘zni har safar adaptatsiya qilishiga, toliqishiga olib keladi. SHuning uchun maxalliy va umumiy yoritgichlar sifatida yuqori chastotali, yonishini nazorat qila oluvchi uskunali gazorazryadli lampalar ishlatilishi kerak. Vaqt bo‘yicha yoritilganlikni o‘zgarmasligi kriteriysi bo‘lib, pulsatsiya koeffitsienti Al (%) hisoblanadi, sanitar me’yorlarga qaraganda u 5 % dan oshmasligi kerak..

Pulsatsiya koeffitsienti quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Kp = 100 (E maks - E min ) /2 E o‘r

Bu erda Emak, Emin, Eo‘r- yorug‘likning tebranish davridagi maksimal, minimal va o‘rtacha qiymatlaridir.

Baqt bo‘yicha yoritilganlikning doimiyligi foydalaniladigan kuchlanishning barqarorligi, gazorazryad lampalarlarnin yoqishning maxsus sxemalarini qo‘llash bilan erishiladi. Sanitar qoidalarga muvofiq, yuqori chastotali, yonishini nazorat qila oluvchi uskunali gazorazryadli lampalar yuqori chastotali, yonishini nazorat qila oluvchi uskunali gazorazryadli lampalar ishlatish imkoni bo‘lmasa, ko‘p lampali umumiy foydalanish yoritgichlarini uch fazali tok tarmog‘ining turli fazalariga ulash kerak. Bunday ulanganda pulsatsiya koeffitsienti talab qilingan 5 % qiymatga ega bo‘ladi, ko‘rish toliqishining pasayishiga, ish qobiliyatini oshishiga olib keladi.

Hyp tarqatuvchisiz va ekranlovchi panjarasiz yoritgichlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Umumiy va maxalliy yoritgichlardagi yoritilganlikning muhofaza burchagi 40 gradusdan kam bo‘lmasligi kerak, bunda maxalliy yoritgichlarda nur o‘tkazmaydigan qaytargichlar bo‘lishi kerak..

Umumiy yoritilganlikning yoritish qurilmalarini loyihalaganda zaxira koeffitsienti 1,4. ga teng qilib olish kerak. XK va VDT joylashgan xonalarning me’yoriy yoritilganligini ta’minlash uchun deraza oynalarni yiliga ikki marta tozalash, kuygan lampalarni o‘z vaqtida almashtirish kerak.

3.3.4. Mehnat qilish va dam olish tartibi

Ko‘rish ishlarini bajarish uchun yaxshi sharoit yaratiishda mehnat qilish va dam olish tartibini ratsional tashkil etish katta ahamiyatga egadir. Mehnat sharoitini ishlab chiqarish muxitidagi zararli va xavfli faktorlarini gigienik kriteriylar asosida baxolashda mehnat zo‘riqishlarining yangi ko‘rsatkichi videoterminal ekranlarini kuzatish paydo bo‘ldi. Bir smenada 2 soatgacha kuzatish optimal deb, 3 soatgacha esa - yo‘l qo‘yilgan deb qabul qilingan. 3 soatdan ortig‘i - birinchi darajali zo‘riqish (zararlanish), 4 soatdan ortig‘i esa - ikkinchi darajali zo‘riqishdir. Bundan ortig‘i ko‘zga og‘irlik qiladi, vaxolanki amaliyotda bunga deyarli rioya qilinmaydi. Sanitar qoidalarda foydalanuvchilarning mehnat qilish va dam olish tartibi bajarilayotgan ishning og‘irligi va harakteriga qarab me’yorlanadi, bunda nafaqat ko‘rish ishlari, balki emotsional- asabiy zo‘riqish, muskullarning charchashi, elektromagnit maydon ta’siri va boshqa ma’qul bo‘lmagan faktorlar ham xisobga olinadi. Qayta ishlanayotgan axborotning hajmiga ko‘ra ish og‘irligini kategoriyalarga bo‘lishda ham birinchi navbatda ko‘rish tolqishi inobatga olinishi   harakterlidir.    Elektron-hisoblash mashinalardagi barcha mehnat faoliyati uch guruxga bo‘linadi:

A guruhi - ekrandan axborotlarni o‘qish ishlari;

B guruhi - axborotlarni kiritish ishlari;

V guruhi - kompyuter bilan muloqot rejimidagi ijodiy ishlar.

Ish jarayonida turli xildagi ishlar bajarilsa, asos qilib ish smenasi davomida 50% vaqt sarflangan turi qabul qilinadi.

Elektron-hisoblash                    mashinalardagi mehnat faoliyatining turlari uchun og‘irligi va toliqishi bo‘yicha uchta kategoriya o‘rnatilgan bo‘lib, bular asosida reglamentlangan tanaffuslar me’yorlanadi. Kategoriyalar quyidagicha aniqlanadi:

A guruxi uchun - ish smenasida o‘qiladigan belgilar yig‘indisining soni bilan, lekin bir smenadagi ushbu yig‘indi 60000 dan oshmasligi kerak. Bunday axborotning hajmi 3- kategoriyaga, bir smenada 40000dan belgi - 2- kategoriyaga va 20000 gacha - 1- kategoriya kiradi.

B guruxi uchun -ish smenasidagi o‘qiladigan va kiritiladigan belgilar yig‘indisining soni bilan, lekin bir smenadagi ushbu yig‘indi 40 000 oshmasligi kerak. Bunday axborotning hajmi 3- kategoriyaga, bir smenada 30000 gacha belgi - 2- kategoriyaga va 15000 gacha - 1- kategoriya kiradi.

V guruxi uchun -ish smenasida VDT va XT da bevosita ishlagan vaqtlarini yig‘indisi bilan, lekin bir smenadagi ushbu yig‘indi 6 soatdan oshmasligi kerak. Bu 3-kategoriya uchun, bir smenada 4 soat  2- kategoriya uchun 2 soat 1- kategoriya uchun belgilanadi.

Ish smenasi davomida profilaktika va toliqishni bartaraf qilish uchun reglamentlangan tanaffuslar belgilanib, 8 soatlik ish smenasida 1-kategoriya ishlari uchun 30 minut, 2-si uchun - 50 minut va 3-kategoriya uchun - 70 minut.

Sanitar qoidalarga muvofiq VDT da uzluksiz ishlash davomiyligi 2 soatdan oshmasligi kerak. Tungi smenada ishlaganda ish to‘ridan va kategoriyasidan qatiy nazar, pimffuslarning umumiy vaqti 60 minutga oshishi kerak. Sanitar qoidalarda smena davomidagi reglamentlangan tanaffuslarni ishlatish bo‘yicha takliflar mavjuddir.

Xususan, 8 soatlik ish smenasida tanaffuslarni quyidagicha o‘rnatish lozim:

1- kategoriya uchun - har biri 15 minutdan iborat smena boshlanganidan 2 soatdan so‘ng va tushlikdan 2 soatdan so‘ng;

-      2- kategoriya uchun - har biri 15 minutdan iborat smena boshlanganidan 2 soatdan so‘ng va tushlikdan 1,5-2 soatdan so‘ng yoki har bir soat ishlagandan so‘ng 10 minut;

-     3- kategoriya uchun - har biri 20 minutdan iborat smena boshlanganidan 1,5-2 soatdan so‘ng va tushlikdan 1,5-2 soatdan so‘ng yoki har bir soat ishlagandan so‘ng 10 minut;

Har biri 15 minutdan iborat smena boshlanganidan 2 soatdan so‘ng va tushlikdan 1,5-2 soatdan so‘ng yoki har bir soat ishlagandan so‘ng 15 minut.

Reglamentlangan tanaffuslar vaqtida asabiy-emotsional, ko‘z analizatorining toliqishini pasaytirish hamda umurtqada gipodinamiya va gipokineziyasining rivojlanishiga to‘sqinlik qilish maqsadida maxsus jismoniy tarbiya mashqlarining majmuasini bajarish maqsadga muvofiqdir.

Sanitar-gigienik me’yorlarni va ergonomik talablarni bajargan taqdirda ham foydalanuvchi o‘zini noxush sezsa, unda individual yondoshish darkor, ya’ni:

-hisoblash mashinasidagi ish vaqtini chegaralash, dam olish vaqtini uzaytirish yoki ish faoliyatini o‘zgartirish kerak.

Uyda, ish ritmi va rejalashtirish bilan bog‘lanmagan ish sharoitida foydalanuvchi o‘ziga qulay ish tartibini belgilay olganda, har ish soatidan so‘ng 10-15 minutdan, har 2 soat ishlagandan so‘ng 20-30 minutdan tanaffus qilishni, shu paytlar davomida monitorni o‘chirishni, ish joyidan, xatto xonadan nari ketishni va xonani shamollatishni taklif qilish mumkin.

Sanitar qoidalar maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari, oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari, talabalari, tarbiyalanuvchilari uchun videoterminallarda ishlash va dam olish tartibi uchun ma’lum talablarni qo‘yadi. Bu qoidalarga asosan maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari, oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari displey sinflarda va informatika xonalarida bir kunda 4 soatdan ko‘p ishlamasliklari kerak. O‘quv jarayonini ta’minlovchi muxandislarning displey sinflarda va informatika xonalar (auditoriya) dagi bir kunlik ish vaqti 6 soatdan oshmasligi kerak.

Oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining talabalari uchun o‘quv darslarida VDT va XT da ishlash vaqti berilgan topshiriqning murakkabligiga va harakteriga qarab, hamda XT ish qobiliyatiga ko‘ra belgilanadi.

1- kurs talabalari uchun VDT va XT bilan o‘quv darslarini o‘tkazishning optimal vaqti 1 soatni, yuqori kurs talabalari uchun orasida 15-20 minutlik tanaffusga rioya qilgan xolda ikki akademik soatni tashkil qiladi.

Bundan tashqari 1- kurs talabalari uchun VDT va XT bilan ishlash vaqtini kompyuterda bevosita ishlash butun dars davomida 50% dan oshmaslik profilaktik chora- tadbirlarga rioya qilgan, ya’ni jismoniy tarbiya daqiqasi va jismoniy tarbiya pauzalari, ko‘rishga doir mashqlarni bajarish sharti bilan 2 soatgacha, yuqori kurs talabalari uchun 3 akademik soatgacha uzaytirishga ruxsat beriladi.

Talabalarda toliqishni rivojlanishining oldini olish            maqsadida majburiy chora-tadbirlar quyidagilardir:

-         har bir akademik dars soatidan so‘ng, o‘quv jarayonidan qatiy nazar, 5 minutdan kam bo‘lmagan taffuslar tashkil qilish;

-     EHMda ishlash vaqtini me’yorlash maqsadida, EHMga taymerni ulash yoki videomonitor ekranidagi axborotni yoritilganligini markazlashgan o‘chirishni ta’minlash;

- tanaffuslar paytida monitorni o‘chirishni, o‘quvchilarni xonadan chiqarib, xonani shamollatish;

- EHMda ishlash vaqtida har 20-25 minutdan so‘ng ko‘z uchun mashqlarni majburiy o‘tkazishni tashkil etish;

- umumiy toliqishni bartaraf etish uchun tanaffus paytida 3-4 minutlik jismoniy tarbiya pauzasi va lokal toliqishga qarshi 1-2 minutlik individual jismoniy tarbiya daqiqasini tashkil etish.

Qoidalarda barcha turdagi mashqlar, shu jumladan ko‘z toliqishini bartaraf etish uchun bir necha xil komplekslar berilgan bo‘lib, ularni har 2-3 haftada almashtirish tavsiya etiladi. YAna shu bilan birga o‘kuv mashg‘ulotlarini o‘tkazishning talablari berilgan, unga asosan talabalarda mashg‘ulotlarni soat 17 dan keyin o‘tkazish tavsiya etilmaydi va x.k. talabalarning harakatlanishi va kompyuterda ishlash tartibi ixtiyoriy o‘rnatilgan.

Qoidalarda o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘quvchilarining EHM da ishlash tartibini o‘rnatishga qat’iy talablar qo‘yiladi, xususan, EHM da ishlash o‘quv darsi davomida:

1 - kurs o‘quvchilari uchun kuniga 30 minutdan oshmasligi;

2- va 3- kurs o‘kuvchilari 2 soatlik darsda birinchi va ikkinchi soatlarida 30 minutdan, 20 minutlik interval bilan, tanaffus, o‘quv materialini tushuntirish va savol-javoblar bilan birgalikda o‘tkazilishi;

3- kurs o‘quvchilari uchun VDT va XT bilan ishlash vaqtini kompyuterda bevosita ishlash butun dars davomida 50% dan oshmaslik profilaktik chora- tadbirlarga rioya qilgan, ya’ni jismoniy tarbiya daqiqasi va jismoniy tarbiya pauzalari, ko‘rishga doir mashqlarni bajarish sharti bilan 3 akademik soatgacha uzaytirishga ruxsat beriladi.

Ko‘rish toliqishining profilaktikasi uchun VDT va XT bilan ishlash vaqtda har 20-25 minutda ko‘z uchun mashqlar o‘tkazish, ko‘z charchashini tez rivojlanishi, sanchishi, ko‘z oldini lipillashi shaklida ifodalangan ko‘rish diskomforti paydo bo‘lganida individual, ko‘rsatilgan vaqtdan oldin ko‘z mashqlarini bajarish lozimdir.

Umumiy toliqishni bartaraf etish, asab, yurak-tomir, nafas olish tizimlarining funksional holatini yaxshilash, hamda elka, qo‘l, kurak, bo‘yin va oyoq muskullari uchun jismoniy tarbiya daqikalar o‘tkazish lozim. VDT va shaxsiy kompyuterlardan foydalanib o‘tkaziladigan fakultativ va to‘garak mashg‘ulotlari haftasiga 2 soatdan oshmasligi, bunda bevosita VDT va shaxsiy kompyuterlarda ishlash vaqti o‘kuv mashg‘ulotlari kabi barcha ish tartiblariga rioya qilgan xolda 1 soatdan oshmasligi kerak. Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida o‘quv va darsdan tashqari VDT va shaxsiy kompyuterlardagi o‘yinli mashg‘ulotlar tartibini     tashkil etishga yanada kuchaytirilgan talablar qo‘yiladi.

10-11 sinf o‘quvchilari uchun informatika va hisoblash texnikasi asoslaridan darslar haftasiga 2 tadan oshmasligi, boshqa sinflarda VDT va shaxsiy kompyuterlardan foydalaniladigan dars 1 tadan oshmasligi kerak. Bunda bevosita  VDT va shaxsiy kompyuterlarda ishlash vaqti

-    1-sinf o‘quvchilari uchun (6 yosh) - 10 minutdan;

-    2-5-sinf o‘kuvchilari uchun - 15 minutdan;

-   6-7 -sinf o‘quvchilari uchun - 20 minutdan;

-    8-91-sinf o‘quvchilari uchun - 25 minutdan;

-                         10-11-sinf o‘quvchilari uchun birinchi o‘kuv soatida 30 minutdan, ikkinchisida - 20 minutdan oshmasligi kerak.

VDT va shaxsiy kompyuterlardan foydalanib o‘kaziladigan to‘garak mashg‘ulotlari haftasiga 2 martadan ortiq bo‘lmay, 2-5 sinf o‘quvchilari uchun (7-10 yosh) - 60 minutdan; 6- va undan yuqori sinf o‘quvchilari uchun 40 minutgacha davom etishi mumkin. Bunda barcha vaqtni serharakat o‘yinlarni o‘ynashga ajratish kerak emas. Ularni o‘ynashga 2-5 sinf o‘quvchilari uchun dars oxirida 10 minutgacha, yuqori sinf o‘quvchilari uchun 15 minut vaqt ajratilishi kerak. Maktabgacha tarbiya muassasalarida ongni rivojlantiruvchi dasturli kompyuter o‘yinlari ishtirokidagi mashg‘ulotlar 5 yoshli bolalar uchun 7 minutdan, 6 yoshli bolalar uchun - 10 minutdan oshmasligi kerak.

Maktabgacha tarbiya muassasalarida kompyuterli o‘yin mashg‘ulotlarini uslubchi ishtirokida haftasiga ikki martadan oshmay, bolalarning ish qobiliyati kuchaygan seshanba, chorshanba va payshanba kunlari o‘tkazish kerak.

Mashg‘ulotdan so‘ng ko‘zlar uchun gimnastika o‘tkazish darkor. Bitta VDT yoki shaxsiy kompyuterdan yoshidan qat’iy nazar ikki va undan ortiq bolani foydalanishi taqiqlanadi.

Mehnat va dam olish tartibiga to‘g‘ri rioya qilish ko‘rish analizatorining zo‘riqishini pasaytirish imkonini beradi va maktab, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining ko‘rish apparatining alohida jaroxatlanishga moyilligi sababli dolzarb bo‘lgan ko‘rishini yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaydi.

3.4. Kopyuterda ishlayotganda operatorning suyak-muskul tizimiga ta’sirni kamaytirish chora-tadbirlari

Uzoq statik og‘irligi sindromining (USOS) profilaktikasi uchun va uning oqibatlarini keskin kamaytirish, hamda operatorni turg‘un ish qobiliyatini ta’minlash maqsadida birinchi navbatda uning antropometrik va asabiy-fiziologik imkoniyatlariga mos keladigan ish joyini to‘g‘ri tashkil etish kerak. AQSHdagi Mayami universitetini ergonomik izlanishlar Markazining ma’lumotlariga qaraganda, yaxshi tashkil etilgan ish joyi birinchidan, operatorning yuqori ish qobiliyatini caqlash xisobiga mehnat unumdorligini 25 % oshiradi, ikkinchidan, insonning qo‘lida va boshqa tayanch-harakat qismlarini og‘rishi to‘g‘risidagi shikoyatlarini keskin kamaytiradi. USOSga ketadigan kam bo‘lmagan harajatlarni qisqartirish maqsadida amerikalik yirik kompaniyalar ish joyi uchun ergonomikaning va biomexanikaning zamonaviy talablarini e’tiborga olgan maxsus qimmatbaxo jixozlar sotib olishga majbur bo‘lmoqdalar. Keyinchalik bu harajatlar, albatta, qoplanadi. Ish joyining fazoviy parametrlari operatorning antropometrik harakteristikalaridan kelib chiqqan xolda aniqlanadi. O‘tirib bajariladigan ishda asosiy og‘irlik bosh va umurtqani ushlab turuvchi muskullarga tushadi. Bunda badanning asosii og‘irligi belga beriladi, tananing past qismida qon aylanishini qiyinlashadi. SHuning uchun operator uzoq o‘tirib ishlaganida holatini o‘zgartirib turishi kerak. Mutaxassislarning fikricha, ko‘pchilik odamlar uchun eng qulay ish joyi bo‘lib, uni eng kamida ikki holatga moslashga imkon beradigan ish joyi bo‘lishi mumkin. Bunda kreslo, klaviatura va monitorning holati har safar insonning odatlariga va bajarayotgan ishiga mos kelishi kerak.

O‘tirganda kurak-belning tabiiy oldinga egiluvchanligi orqa egiluvchanligiga o‘zgaradi, bu esa tez-tez belda og‘riq paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi, shuning uchun kresloni konstruksiyalashda asosiy e’tiborni bel qismiga tayanchni qilishga qaratiladi. Bunday tayanch klaviatura bilan ishlaganda harakatlar soni katta hajmga etadigan kukrak qismining harakatini osonlashtirish imkonini beradi. SHunday qilib, erganomik nuqtai-nazaridan, operator tanasining barcha tayanch-harakat funksiyalarini bajaruvchi qismlarining optimal holatini ta’minlash kerak. Bu badanni to‘g‘ri tutish, umurtqa pog‘onasining tabiiy egilishini va tos suyagini egilish burchagini saqlash, qattiq bukilishlar, boshni keskin burishlar, muskullarni chekka holatda bo‘lish zaruratini bartaraf etish orqali erishiladi.

GOST 12.2.032-78 «SSBT.» O‘tirib ishlaydigan ish joylarini tashkil etish. Umumiy ergonomik talablarga rioya qilgan xolda ishlab chiqilgan sanitar qoidalarda ish paytida foydalanuvchining yanada ratsional va fiziologik holatini belgilovchi ish joyi  elemetlarining gabaritlari, ularni xona yuzasida o‘zaro joylashishi, operatorni kompyuterning asosiy ish elementlarigacha masofasi (ko‘rish organi-displey ekrani, qo‘llar-klaviatura, va x.k.) va boshqa parametrlar reglamentatsiya qilinadi.

Quyida ergonomik prinsiplar asosida ishlab chiqilgan operatorni ish joyining asosiy elementlarini sanitar qoidalardagi konstruktiv parametrlariga talablar keltiriladi.

Ish stoli. Ish stolining konstruksiyasi ish yuzasida foydalaniladigan jixozlarni ularning konstruktiv va sonini xususiyatlari (VDT va XTning, klaviatura, kompyuterning o‘lchamlari) ni e’tiborga olgan xolda, hamda bajarilayotgan ish harakteriga qarab optimal joylashishni ta’minlash kerak. Stolning ish yuzasini balandligi katta yoshdagi foydalanuvchilar uchun 680-800 mm chegarada sozlanishi kerak, agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, u 725 mm bo‘lishi kerak VDT va XT uchun stolning ish yuzasini konstruktiv o‘lchamlarini hisoblash uchun asos bo‘ladigan modul o‘lchamlari bo‘lib, eni- 800, 1000, 1200 va 1400 mm hisoblanadi. Stol yuzasining bu parametrlari motor maydoni etishi mumkin bo‘lgan chegarada ish faoliyatini bajarish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Ish stolida oyoqni qo‘yish uchun bo‘shliq bo‘lib, uning balandligi 600 mm dan, eni - 500 mm. dan, tizza bukilish joyidagi chuqurlik - 450mm dan, oyoq uzaytirilganidagi mezoni- 650 mm. kam bo‘lmasligi kerak. Oliy va o‘rta ta’lim o‘quv muassasalari o‘quvchilari uchun VDT va XT ishlash uchun bir o‘rinli stollar ko‘zda tutiladi, ularning konstruksiyalari:

-ikkita alohida yuzadan iborat bo‘lishi kerak, biri gorizontal yuza bo‘lib, balandlik bo‘yicha 0 dan 15 gradusgacha burchak ostida ravon boshqariladigan, optimal ish holatida (12-15 gradusda) mustaxkam o‘rnatiladigan, o‘quvchi va talabalarning ish holatini to‘g‘ri ta’minlash, boshni oldinga keskin egmaslik imkonini beradigan;

- VDT va XT, klaviatura uchun yuzaning eni 750 mm dan, chuqurligi 550 mm dan kam bo‘lmasligi kerak, (ikkala yuzaning eni bir xil bo‘lishi kerak), ish yuzasiga printerni ham joylashtirish kerak bo‘lganida eni 1200 mm gacha uzaytiriladi.

Talabalar va o‘quvchilar uchun stol parametrlari bo‘ylariga qarab tabaqalanadi.

 

 

 

 

5-jadval

Stolning ergonomik parametrlari

Talabalar va o‘quvchilarning oyoq kiyimibilin bo‘yi,sm

YUzadan balandlig,mm

Stol yuzasi

Oyoq uchun yuza

116-130

520

400

131-145

580

520

146-160

640

580

161-175

700

640

175 dan baland

760

700

 

Ish stuli (kreslo). Ish stuli (kreslo)ni

konstruksiyasi - VDT va XTda ishlaganda ratsional ish holatini ta’minlashi kerak, tana holatini bo‘yin-kurak muskullarga zo‘riqish bermay, o‘zgartirish imkoniyatini berishi kerak. Professor G.G. Demirchoglyan ish stuliga quyidagi harakteristikani beradi: «o‘tirish vositasi bo‘lib, vertikal to‘g‘ri pozitsiyani egallashga imkon beradigan, bukchayganlikni oldini oladigan, bel va elkaning past qismiga tayanch bo‘ladigan, tananing barcha qismlaridigi og‘irlik kuchini tayanch yuzasiga tarqatadigan (bunda katta muskul guruxlarining statik kuchayganligini oldi olinadi) kreslo hisoblanadi». Stulni o‘tiradigan joyi beldan pastda bo‘lishi kerak, bunda stulni cheti tizza ostidagi tomirlarni ezmaydi. Kreslo o‘tirish holatini jo‘shqinligini e’tiborga olishi kerak, ya’ni qo‘l-oyokq harakati engil bo‘lishini, operator tanasining yuqori qismi mantiqiy harakatlar qilishini ta’minlashi kerak. Kresloning suyanchig‘i o‘tiruvchining orqa kuragini shaklini takrorlashi darkor. Bundan tashqari, kreslo shunday balandlikda o‘rnatilishi lozimki, operator tos suyagiga (agar kreslo juda past joylashsa) yoki beliga (agar kreslo juda baland o‘rnatilsa) bosim bo‘layotganini sezmasin.

Avvallari ergonomistlar o‘tirganda bel bilan umurtqa pohg‘nasi orasidagi burchak 90 gradusni tashkil etadi deb hisoblashar edi, lekin keyingi izlanishlar, ko‘pchilik odamlar orqaga tashlab o‘tirishni afzal ko‘rishligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, ish kreslosining konstruksiyasi o‘tirganda sirpanmaslikni ta’minlashi kerak.

Ish stuli (kreslo) balandlik va suyanchig‘i bo‘yicha boshqariladigan, buriladigan, shu bilan birga har biri mustaqil o‘zgaradigan, mustaxkam to‘xtaydigan bo‘lishi kerak. Kreslo o‘tirgichining eni va chuqurligi 400 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Old tarafi aylana sifat bo‘lishi kerak. Kresloni konstruksiyasi o‘tirgich yuzasini 400- 550 mm chegarada, oldinga egilishini 15 gradusgacha, orqaga 5 gradusgacha bukilishini boshqarishi kerak. suyanchiqning tayanch yuzasining balandligi 300±20 mm, eni 380 mm kam bo‘lmasligi, gorizontal yuzaning egilish radiusi 400 mm. bo‘lishi kerak. suyanchiqning vertikal tekislikda 0±30 gradus chegarada boshqarilishi kerak. Kresloning old tomonidan suyanchiqgacha masofa 260-400 mm. atrofida bo‘lishi kerak. Qo‘l muskullarining statik zuriqishini pasaytirish uchun turg‘un yoki echilib-kiygiziladigan uzunligi 250 mm dan kam bo‘lmagan, eni 50-70 mm, o‘tirgichdan 230±30 mm balandlikda botsùariladigan, orasidagi masofa 350-500 mm bo‘lgan .tirsak kuygichlar bo‘lishi kerak. Kreslo o‘tirgichi, suyanchig‘i va boshqa elementlari yarim yumshoq, elektrlanmaydigan, havo o‘tkazuvchi qoplamali, oson tozalanadigan bo‘lishi kerak.

Ish joyi eni 300 mm dan, botiqligi 400 mm dan, balandligi 150 mm kam bo‘lmagan, egilish burchagi 20 gradusli oyoq qo‘yuvchi moslama bilan ta’minlanishi kerak, bu moslama g‘adir-budir yuzali bo‘lishi kerak.

Sanitar qoidalarda o‘kuvchining bo‘yiga moslashadigan stulning o‘lchamlari ham berilgan. Baland stol yoki stuldan foydalanishga to‘g‘ri kelganda, albatta boshqariladigan oyoq qo‘yuvchi moslamadan foydalanish kerak.

Originalushlagich. Foydalanuvchining ishchi o‘rni xujjatlarni (original, daftar, varaq) ushlab turuvchi engil moslama bilan jixozlanishi kerak. Originalushlagich gorizontal tekislikka nisbatan 30-70 gradus burchak ostida egiluvchan boshqarilishi kerak.

Pyupitr displey ekrani balandligidan  ±100 mm.da joylashadi. Agar ish davomida originalga ekranga nisbatan ko‘proq qaraladigan bo‘lsa, kreslo yoki ekranni shunday

75burish kerakki, operator qarshisida kompyuter ekrani emas, balki original joylashsin.

Klaviatura. Qo‘l va bilak muskullariga ta’sirni kamaytirish va nisbatan ish sharoitini yaxshilash uchun klaviaturaning konstruksiyasigi va uni joylashishining ma’lum talablarga rioya qilish kerak. Klaviatura alohida va oson joylashuvchi qurilma sifatida tayyorlanishi kerak. Ish joyiga jixozlar o‘rnatilayotganda ergonomik talablarga muvofiq, monitor klaviatura joylashgan yuzadan yuqorida o‘rnatilishi kerak. Klaviaturani stolning old qismidan 100-300 mm, qo‘lning bilaklari stolga tiraladigan masofada, yoki alohida boshqariladigan ishchi yuzaga joylashtirish kerak. Klaviatura deyarli yassi bo‘lib, 5 dan 15 gradusgacha egiluvchan burchakli tayanadigan moslamasi bo‘lishi kerak. SanKvaM 2.2.2.542-96 muvofiq, klaviatura konstruksiyasi quyidagilarni ham ko‘zda tutishi kerak:

-      klavishalarning o‘rta qatorining balandligi 30 mm dan ko‘p bo‘lmasligi;

-      ko‘p va tez-tez ishlatiladigan harflarni markazda, pastda va ung tarafda, kam ishlatadiganlarini - tepada va ungda joylashtirish;

-         funksional guruxdagi klavishalarni rang, o‘lcham, shakl va joylashtirish o‘rni bilan ajratish;

-          klavishani minimal o‘lchami - 13 mm, optimali - 15mm;

-       klavishalarning markazi cho‘nqirroq va qadami 19 mm±1 mm;

-    klavishalar orasidagi masofa 3 mm dan kam emas;

-          barcha klavishalar harakat bir xil bo‘lishiga minimal qarshilik bilan bosilganida bosim 0,25 N, maksimali- 1,5 N.

Kreslo va klaviatura shunday joylashishi kerakki, cho‘zilishga to‘g‘ri kelmasin. Tana holati o‘zgarganida, klaviaturani joylashishini ham o‘zgartirish kerak.

Keyingi paytlarda angliyalik neyrofiziologlar klaviatura bilan ishlash jarayonida bilaklarni surunkali kasallanish sindromini tushuntirishga harakat qilmoqdalar. Ularning fikricha, bunday ish pianino chalishga o‘xshashdir va qo‘l barmoqlari va bilaklari qo‘shimcha zuriqish talab qiladi. SHuning uchun, klaviaturada uzoq, bir tarzdagi ish davomida qo‘lning barmoqdagi asab tomirlarining sezgirligi pasayib ketadi. Buning ustiga, insonga tanasi va boshini holatining o‘zgarishiga yomon ta’sir ko‘rsatadi, muvozanatini caqlab turishga qiynaladi, qulog‘ida shovqin paydo bo‘ladi. Asta-sekin bunday reaksiyalar yaqqol seziladigan va tez-tez takrorlanadigan bo‘la boshlaydi. So‘ng sustkashlik boshlanib, qo‘l bilaklarida tomir tortishlar bo‘ladi, barmoqlarning anik, kordinatsiyasi yuqoladi. SHunday qilib, muskullarning faoliyatini buzulishi sabab emas, nafaqat asab boshqaruvining, balki extimol chuqur neyrodegenerativ jarayonning buzilish oqibatidir. SHu sababli olimlar shaxsiy kompyuter klaviaturasining konstruksiyasi bilan mutaxassislarni jidliy shug‘ullanishini tavsiya etadilar. Bunday tavsiyalardan biri bo‘lib, klavishalarni o‘rnatish moslamasini o‘zgartirishdir, chunki ularni bosgandagi tebranish asab tomirlarinng tugalanayotgan qismida kuchli xayajonlanish rezonatori bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Avvallardan ma’lumki, barmoqlarni stolga urish yoki ularni massaj qilish diqqatni va xotirani yaxshilaydi, fikrni bir joyga jamlashga imkon beradi. Xaddan tashqari klaviaturani «taqillatish» vaqt o‘tgan sari tegishli asab markazlarini batamom tormozlanishiga, sezish ostonasini pasayishiga va asab tomirlarinig markaziy asab tizimi bilan aloqasini buzulishiga olib keladi.

Mutaxassislarning fikricha, USOSning ko‘pgina turlarini ishlayotgan paytda kaftlar bir-biriga qaraydigan «ikki bo‘lakli» klaviaturani qo‘llab, oldini olish mumkin. Germaniyada o‘tkazilgan qator tekshirishlar, bunday klaviaturadan foydalanilganda, badanning yuqori qismiga og‘irlik sezilarli darajada kamayishini ko‘rsatdi.

YAngi konstruksiyali klaviatura gorizontalga nisbatan egilgan ikki bo‘lakka bo‘linadi. Birinchi marta qaralganida, o‘ng va chap qo‘l uchun ikkita alohida bo‘lakli klaviatura noqulay ko‘rinadi. Aslida esa, qo‘llarga yanada qulay vaziyatni ta’minlaydi, ya’ni elkalar bo‘shashadi, bilaklar to‘g‘rilanadi, harakatlar erkin va tabiiy bo‘ladi. YAngi bosqich modellariga Natural Keyboard va Selekt-Ease klaviaturalari kiradi, ularda o‘ng va chap gurux klavishalar bir-biriga burchak ostida joylashadi. Ikkala maxsulotda klaviaturani egilishi boshqariladi, bilaklar qo‘yish uchun turg‘un va echiladigan moslama mavjud Ergonomic Keyboard klaviaturalarida son va harf klavishalari ikki guruxga bo‘lingan, vertikal bo‘ylab to‘g‘rilangan. <Backspace>, <Enter>, <Delete>, <Ctrl>, <Alt> va <Space > klavishalari klaviaturaning o‘rtasiga olingan va shunday joylashtirilganki, ularni bosh barmoqlar bilan oson bosishga mo‘ljallangan, <Shift> klavishasi esa pedal bilan harakatga keladi. Asosiy va funksional klavishalar orasidagi      masofa qisqartirilgan. Bu barcha o‘zgartirishlar klaviatura bilan uzoq vaqt toliqmay ishlash imkonini beradi. DataHand modelli klaviatura qo‘llar uchun ikkita plastmassa moslamasidan iborat bo‘lib, old tomonida har bir barmoq uchun guruxlangan klavishalar joylashgandir. Harf, raqam yoki birorta belgini kiritish uchun kerakli klavishaga barmoqlarni engilgina tegishi kifoyadir. YAngi konstruksiyadagi klaviaturalarni samarasini aniqlash uchun vaqt kerak, shuning uchun kasalliklarni oldini olish va ish faoliyatini saqlab qolish uchun xozircha ergonomik qarorlardan tashqari faqat oddiy maslaxatlar o‘z kuchida qolmoqda: bir faoliyat turidan ikkinchisiga o‘tish, asab-emotsional engilliklar, profilaktika mashqlari va nixoyat, to‘laqonli dam olish va o‘z sog‘ligini nazorat qilish.

"Sichqoncha" manipulyatori. Klaviaturadan tashqari axborotlarni kiritishda turli xildagi "sichqoncha" manipulyatoridan foydalaniladi. Ikkita tugmachali Microsoft Mouse, uchta tugmachali Mouse Man Sensa, to‘rtta tugmachali Thinking Mouse turidagi sichqonchalar, qulayligi, o‘ng qo‘lga ham, chap qo‘lga ham moslashishi bilan e’tiborni qozongan. SHu bilan birga, ular dasturlarda berilgan imkoniyatlardan to‘la-to‘kis, sichqoncha bilan harakatlarni minimumgacha kamaytirib, foydalanish imkonini beradi. Misol uchun yuqoridagi turlarning har biri tugmachani bir marta bosib, ikkita turtki tartibiga o‘tkazish mumkin, Thinking Mouse esa menyuni tugmani bosib turmay turib, bir marta turtki bilan ochish imkonini beradi. Agar sichqonchani orqasini o‘girib quyilsa, trekbol deb atalmish turg‘un sichqonchaga aylanadi. Konstruksiyasi bo‘yicha trekbol- sichqonchani aksi, ya’ni sharchani harakatlantirib, kursorni yurgiziladi. U qurilmani yuqori qismidagi inchada joylashgan. Bunda bilaklarga tushadigan og‘irlik kamayadi, chunki manipulyator o‘z joyida turaveradi. "Sichqoncha" manipulyatoridan samarali foydalanish uchun maxsus planshet gilamcha kerak. U asosiy kriteriyalarga javob berishi kerak: birinchidan, stol yuzasida yaxshi joylashishi ikkinchidan, planshetning ustki qismini materiali sharchani yaxshi tirkashi, lekin sichqoncha harakatini qiyinlashtirmasligi kerak.

Ish joyini tashkil etishdagi ko‘pgina ergonomik shartlarni bajarish ish sharoitini yaxshilashga, foydalanuvchining suyak-muskul tizimiga ta’sirni kamaytirishga imkon beradi.

 

3.5. Ish joyida va xonada akustika komfortni ta’minlash

3.5.1. SHovqinga sanitar-gigienik talablar

SHaxsiy kompyuterlar joylashgan xonaning akustik shovqin manbai bo‘lib, hisoblash mashinalarining o‘zi hisoblanadi, xususan, sovitish tizimining ichki ventilyatorlari, ultratovush tebranishlarni generatsiya qiluvchi transformatorlari, printerlar, nusxa ko‘chirish texnikasi, havoni mo‘‘tadil qiluvchi va markaziy ventilyasiya tizimi va x.k. VDT va SHXM lar ishlash yordamchi bo‘lgan sanoat korxonalarida ish joylardagi shovqin darajasi, sanitar qoidalardagi ushbu tur ishlar uchun belgilangan me’yorlardan oshib ketmasligi kerak.

VDT va SHXM larda asosiy ish turini bajaradigan (dispetcherlik, operatorlik xonalari, hisoblash kabinalari, boshqaruv postlari, hisoblash texnikasi zallari), hamda barcha maktab, maktabgacha muassasalarning VDT va SHXM lar joylashgan xonalarida, sanitar qoidalarga muvofiq, shovqin darajasi 50 dBA dan oshmasligi kerak.

Laboratoriya, tashxiziy va o‘lchov ishlarini olib boruvchi injener-texnik xodimlarining xonalarida shovqin darajasi 60 dBA dan oshmasligi kerak.

Displeysiz EHM operatorlari xonasida shovqin darajasi 65 dBA dan oshmasligi kerak.

Hisoblash mashinalarining shovqin beruvchi alfavit rakamli bosma qurilmasi, printerlar kabi agregatlari joylashgan xonalarning shovqin darajasi Sanqva M 2.2.2.542-96ga muvofiq 75 dBA dan oshmasligi kerak.

Me’yorlardan ortiqcha shovqin beruvchi (alfavit-raqamli bosma kurilmasi printerlar kabi) agregatlar VDT va SHXM lar joylashgan xonalardan boshqa xonalarga o‘rnatilishi kerak. VDT va SHXM lar joylashgan xonalardagi shovqin tovushni yutuvchi va tovush izolyasiyasi yordamida me’yorlanib turadi.

3.5.2. Xonadagi tovushni yutish chora-tadbirlari

Tovush yutish jarayoni tovush energiyasini materiallar orasidagi yopishqoqlik xisobiga issiqlik energiyasiga aylanishi xisobiga amalga oshadi. SHuning uchun g‘ovaksimon materiallar (mineral kigiz, shisha paxta, porolon va x.k) eng yaxshi tovush yutuvchilik xossalariga egadirlar.  Materialning tovush to‘lqinini yutish qobiliyati tovush yutish koeffitsienti bilan baxolanadi:

α=Iyutish/Itushish ,

bu erda Iyutish - material bilan yutilgan tovush intensivligi,

Itushish -tushayotgan to‘lqin intensivligi.

Kichik chastotalarda tovush yutishni kuchaytirish maqsadida asos bilan g‘ovaksimon qatlam orasiga havoli qatlam qilinadi. G‘ovakli tovush yutgichlarni organik va mineral tolalar (yog‘och massa, koks, jun), shisha tola, hamda ochik, g‘ovakli penoplastdan tayyorlanadi. Materiallarni mexanik ziyonlardan va to‘kilib ketishdan himoyalash uchun matolardan, turlardan, plenkalardan, hamda perforatsiyali ekranlardan foydalaniladi. Perforatsiyali ekranlar himoyalovchi qurilma orqali tovush yutish harakterini sezilarli o‘zgartiradi. Teshiklarning qalinligi, o‘lchamlarini, hamda perforatsiya varag‘ining (perforatsiya diametri, teshiklar orasidagi masofa, butun varaq maydonini teshiklar maydoniga nisbati bilan aniqanadigan perforatsiyalash koeffitsientini) o‘zgartirib,tovush   yutish chastotasining harakteristikasini sezilarli chegarada o‘zgartirish mumkin. YAna tovush yutishini xonaga, masalan, tayyorlangan donali kub shaklidagi tovush yutgichlar shipga osib qo‘yiladi. YAxshi tovush yutgichlarga oktava yulaklarining o‘rta geometrik 250, 500, 1000, 2000 Gs chastotalarda 0,2; 0,3; 0,4; 0,5 a koeffitsientiga teng yoki undan katta qiymatli materiallar kiradi.

Mashina              zallarini bo‘yashda o‘zini gigienik harakteristikalari bilan O‘zbekistan Respublikasi davlat sanitariya epidemiologiya nazorati tomonidan ruxsat berilgan maksimal tovush yutish koeffitsientlari chastota chegarasi 63-8000 Gs bo‘lgan tovush yutgich materiallardan foydalanish kerak. Sanitar qoidalarga binoan, xususan, barcha maktabgacha tarbiya muassasalarida, o‘quv yurtlarida VDT va SHEHM o‘rnatilgan xonalarda ichki intererlarni bo‘yash uchun havoga zaharli moddalarni chiqaruvchi polimer materiallar (yog‘och-shishli plitalar, ko‘p qavatli qog‘oz plastik, suniy poyondozlar)dan foydalanish taqiqanadi.

Tovushni sezilarli darajada yutuvchi qo‘shimcha qurilma sifatida osma shiplar hisoblanadi. Agar xonadagi kuchli shovqin beruvchi vositalarni xonadan tashqariga chiarish imkoni bo‘lmasa, ularni egiluvchan qistirmalarga, masalan, kigizli qatlamga o‘rnatish kerak. Devorning rangiga moslab ilingan bir xil rangli, qalin darpardalar tovushni qisman yutishni ta’minlaydi. Ular derazadan 15- 20 sm masofada taxlangan sifat ilinib, oyna enidan ikki barobar keng bo‘lishi kerak.

Real sharoitda tovushni pasayishiga ko‘riladigan chora - tadbirlar shovqinni 6-8 dBdan kup bo‘lmagan miqdorgagina kamaytiradi.

3.5.3. Ish joyida tovush izolyasiyasi

Bir qator holatlarda, xususan, ijodiy ish bilan mashgul bo‘lganda, VDT va SHEHM bo‘lgan ish joylarida 1,5- 2 m. balandlikda tovush izolyasiyasi to‘sqichlarini qo‘llash kerak.

Tovush izolyasiyasining fizik moxiyati shundan iboratki, tovush to‘lqini tovush izolyasiyasi to‘sqichlariga tushganida, tovush energiyasining eng katta qismi unda akslanib, qisman ichiga issiqlik sifatida kiradi, faqat ozgina qismigina to‘sqichning orqa tarafiga nurlanadi.

To‘sqichning tovushni izolyasiya qilish qobiliyati tovush izolyasiyasi koeffitsienti τ bilan baxolanadi va to‘sqichga tushuvchi to‘lqin intensivligini Itush to‘sqichdan o‘tgan to‘lqin intensivligiga Iizl nisbati bilan o‘lchanadi:

τ=Itush/Iizl. Tovushni izolyasiya qilish qobiliyatini yana tovush izolyasiyasi deb atalmish R=101gτ parametri bilan ham ifodalash mumkin. Tovushni izolyasiya qilish maqsadida qattiq zich materiallardan foydalaniladi: yogoch, plastmassa va boshqalar.   Tovushyutgichlardan tovush izolyasiyasining farqi shundaki, ular g‘ovaksimon emas, balki tekis yuzaga ega bo‘ladi.

Tovush izolyasiyasi to‘sqichlari bir qavatgina emas, bir necha qavat bo‘lishi mumkin. Bir xil massali bir necha qavatli to‘sqichlardagi tovush izolyasiyasi odatda, bir qavatligidan ancha yuqori bo‘ladi.

Tovush yutuvchi materialdan, masalan, mineral paxtali plitka to‘ldirilgan, havo qatlami bo‘lgan ikki qavatli to‘sqichlar keng ko‘lamda foydalaniladi. To‘sqich qanchalik og‘ir bo‘lsa, tovush izolyasiyasi shunchalik yuqori bo‘ladi, massasini ikki barobar oshirilsa, tovush izolyasiyasi 6 dB ga ortadi.

Tovush izolyasiyasi to‘sqichlari uchun material tanlanganda, ularni tovushni yakkalash xususiyati e’tiborga olinadi.

6-jadvalda bir qator material va konstruksiyalarning ushbu xususiyati xaqida ma’lumotlar keltiriladi.

 

6-jadval

Ayrim materiallardan foydalanilganda tovush bosimini pasayishi

Material va konstruksiya

Tovushni izolyasiyalash qobiliyati, dB,oktava yo‘laklariningo‘rta geometrik chastotalarga nisbati

 

125

250

500

1000

2000

4000

8000

YArim g‘isht qalinligidagi devor

38

38

38

47

60

60

-

20 mm qalinlikdagi organik shisha

21

28

33

33

33

22

42

4 va 7 mm oynalar bilan ikki qavat qoplash

27

36

41

47

49

55

 

20 mm qalinlikdagi yog‘och-qipiq plitalar

23

26

26

26

26

26

33

2 mm qalinlikdagi po‘lat varaq

15

19

23

26

31

35

 

5 mm qalinlikdagi po‘lat varaq

25

32

35

35

32

34

 

2 va 3 mm qalinlikdagi dyuralyumini varag‘i ular orasiga 160 mm qalinlikdagi qo‘yilgan plita

28

41

51

55

56

52

55

95 mm gipsobeton plita

23

37

37

42

48

53

 

 

Jadvaldan ko‘rinib turganidek, tovush izolyasiyasi shovqin darajasini turli chastotalarda o‘rtacha 20-50 dB ga pasaytirish qobiliyatiga egadir. SHuni e’tiborga olish kerakki, ishlayotgan qurilmalardan chiqayotgan shovqin faqatgina to‘sqichlardan emas, balki shovqin manbai atrofidagi turli tirqish, konstruksiya elementlaridan ham o‘tadi, shuning uchun xaqiqiy izolyasiya shovqin tarqalish muxitidagi barcha yullarga bog‘liqdir. Akustik komfort uchun mehnat qilishga xalaqit bermaydigan engil musiqa ham foydalidir. U individual reja orqali berilishi va yoshiga, didiga, vaqtga xos bo‘lishi kerak. Kuylarni ularga o‘rganib qolgandan keyin almashtirish maqsadga muvofiqdir. Musiqani atrofdagilarning asabiga tegishini ham e’tiborga olib, ulardan extiyotkorlik bilan, shu bilan birga, jismoniy tarbiya daqiqasi, dam olish va vaqtinchalik chetlanishlarda foydalanish kerak.

3.6. Ish zonasi havosi

Ish zonasining havosi atrof-muxitning mikroiqlim parametrlariga, ya’ni havo harorati, namligi va harakat tezligi, hamda inson faoliyatiga, sog‘ligiga, hisoblash texnikasining ishonchli ishlashiga sezilarli ta’sir qiluvchi barometrik bosimi va o‘zgarish tezligi, issiqlik nurlanishlari, zararli moddalarning mavjudligi, aeroionlar, changlarga asosan harakterlanadi. Ishlab chiqarish sharoitida ko‘rsatilgan parametrlarning yig‘indisini ta’siri harakterlidir. Alohida faktorlarning yomon ta’sirida ishlovchining tomir urishi va nafas olishi, bosimi, asab tizimi yomonlashadi.

3.6.1. Ishlab chiqarish muxitining mikroiqlimi

Mikroiqlim bo‘yicha asosiy me’yoriy xujjatlar GOST 12.1.005-88 « Ish zonasidagi havoga sanitar-gigienik talablar», hamda SanqvaM 2.2.3.538-96 - ishlab chiqarish xonasidagi mikroiqlimga gigienik talablar» hisoblanadi. Ularda yil fasliga, bajariladigan ish kategoriyasiga, ishlab chiqarish xonasining issiqlik chiqarishiga qarab harorat, havo harakati, nisbiy namlikning yul qo‘yilgan va optimal darajalari me’yorlangan.

VDT va XT joylashgan xonalardagi issiklik manbai bo‘lib, hisoblash texnikasining qurilmalari, yoritish uskunalari, ishlovchilar, hamda quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Asosiy issikdik manbai hisoblash texnikasining qurilmalari bo‘lib, jami issiqlikning o‘rtacha 80 %, yoritish uskunalari o‘rtacha 12 %, , ishlovchilar- 1 %, hamda quyosh radiatsiyasi, - b % beradi. Xira to‘suvchi konstruksiyalardan issiqlik kelishi 1 % tashkil etadi.

Mashina zallarida inson organizmiga va hisoblash texnikasiga havoning nisbiy namligi sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 40% namlikda magnit lentasining asosi sinuvchan bo‘lib qoladi, magnit qalpoqchalarining edirilishi oshadi, axborot tashuvchi vositalarda statik elektr yuzaga keladi, monitor ekrani va xonaning ion tarkibi yomonlashadi.

Ishlovchi personalga normal ish sharoitlari yaratish maqsadida ishlab chiqarish mikroiiqlimining me’yorlari belgilangan. VDT va XT yordamchi xisoblangan ishlab chiqarish xonalaridagi ish joylarining harorat, havo harakati, nisbiy namligini yo‘l qo‘yilgan va optimal darajalari ishlab chiqarish xonalarining sanitar meyorlariga mos kelishi kerak. VDT va XT asosiy hisoblangan (dispetcherlik, operatorlik, hisoblash kabinalari va boshqaruv postlari, hisoblash texnikasi zallari) ishlab chiqarish xonalarida SanK va M 2.2.2.542- 96 ga asosan, mikroiqlimning optimal parametrlari ta’minlanishi kerak. Mikroiqlimning optimal sharoitlari uzoq vaqt va sistematik insonga ta’sir qiluvchi, organizmining funksional, issiqlik holatini caqlash imkonini beruvchi va ishlash qobiliyatini oshiruvchi mikroiqlim parametrlarining birikmasidan iboratdir.

 

 

 

 

 

 

 

 

7-jadvvl.

VDT va XT asosiy xisoblangan xonalarning

Yil fasllari

Ish kategoriyasi

Havo harorati, °S

Nisbiy namlik, %

Havo harorati tezligi, m/s

Sovuq

engil – 1a

22-24

40-60

0.1

engil – 16

21-23

40-60

0.1

Issiq

engil – 1a

23-25

40-60

0.1

engil - 16

22-24

40-60

0.1

 

Yilning sovuq fasli tashqaridagi havo harorati 4-10 °S dan past, iliq fasli  +10 °S dan baland davr hisoblanadi.

1a kategoriya ishlariga fizikaviy zo‘rqishsiz, o‘tirib ishlaydigan, 120 kkal/s gacha energiya sarflanadigan ishlar; 16 kategoriyaga esa o‘tirib, turib, fizikaviy zo‘riqishlar olib boriladigan ishlar kirib, energiya sarfi 120 dan 150 kkal/s tashkil etadi.

Barcha o‘quv yurtlarida 55-62 %. Nisbiy namlikda optimal harorat 19-21 °S qabul qilingan. VDT va XT xonasining namligini oshirish maqsadida har kuni suv bilan to‘ldirib turiladigan havo namlagichlar qo‘llash tavsiya etiladi. Bu chora havoning aeron tarkibini ham yaxshilash imkonini beradi. Havo tarkibining, shu jumladan, uning aeroion tartibini yaxshilanishi, barcha o‘quv yurtlaridagi VDT va XT xonalarini har bir akademik soatdan keyingi majburan shamollatishga imkon beradi. SHamollatish paytida xonaning harorati bir gradusga pasayishi, havoni to‘liq almashgan deb qabul qilinadi.

3.6.2. Havoning aeroion tarkibi

Havoning aeroion tarkibi foydalanuvchining ahvoliga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, lekin nafas oluvchi havo tarkibidagi ionlar konsentratsiyasini yo‘l ko‘yilgan darajalaridan chetlanishi ishlovchining salomatligiga zarar etkazish xavfini ham tug‘diradi. Oshib ketgan va pasaygan ionlashuv zararli fizikaviy faktorlarga kiradi, shuning uchun sanitar-gigienik myo’yorlar bilan reglamentlanadi. Qutblanish ko‘rsatkichi bilan harakterlanadigan musbat va manfiy ionlarning nisbati muhim ahamiyatga egadir. Qutblanish ko‘rsatkichi P quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:

P = n.. n_ / n+ + n _ ,

Bu erda n+ va p_ - musbat va manfiy ionlarning qutblari.

«Ishlab chiqarish va jamoat joylaridagi havoni ion tarkibining sanitar-gigienik me’yorlarini yul qo‘yilgan darajalari (SM 2152-80)» ikkala qutbdagi engil ionlarni va qutblanish ko‘rsatkichini reglamentlaydi ( 8 jadval)

8-jadval.

Qutblanish va havoning ionlashish ko‘rsatkichlari

Havoning ionlashuv darajasi

1 sm3 havodagi ionlar soni

P

Minimal zaruriy

n+

n-

Optimal

400

600

-0.2

Maksimal yo‘l qo‘yilganlik

1500-3000

3000-5000

-0.5 dan 0 gacha

Maksimal yo‘l qo‘yilgani

50000

50000

-0.05 dan +0.05 gacha

 

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, manfiy ionlar soni musbat ionlar sonidan ortiq bo‘lishi kerak. Havo muxitining ion tartibini normallashtirish uchun havoni kirituvchi-tortuvchi ventilyasiya, individual va gurux ionizatorlari, ion tartibini muvofiqlashtiruvchi avtomatik qurilmadan foydalaniladi. Oxirgi paytlarda ieroion tarkibini optimallashtirish uchun gurux ionizatorlari sifatida "CHijevskiy qandili" dan foydalanilmoqda.

3.6.3. Havo muxitidagi zararli moddalar me’yori

Havoni kirituvchi-tortuvchi ventilyasiya EHMda, ko‘paytirish texnikasida, boshqa uskunalarda ishlash jarayonida, hamda intererni polivinilxloridli va boshqa zararli kimyoviy birikmalar bilan bo‘yaganda havo muxitida paydo bo‘ladigan zararli kimyoviy birikmalarni xaydab chiqarishga yordam beradi.

SanqvaM 2.2.2.542-96 ga muvofiq, VDT va EHM yordamchi vosita xisoblangan xonalardagi havo muxitida zararli kimyoviy birikmalar tarkibi «Ish zonasi havosidagi zararli birikmalarning yul qo‘yilgan oxirgi darajalari (YQOD)» SM-4617-88, ya’ni sanitar me’yorlarda ko‘rsatilgan miqdordan oshmasligi kerak.

VDT va XT asosiy xisoblangan (dispetcherlik, operatorlik, hisoblash kabinalari va boshqaruv postlari, hisoblash texnikasi zallari) ishlab chiqarish xonalarida zararli kimyoviy birikmalar tarkibi «YAshash joylarining atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yilgan oxirgi darajalari (IQOD)» SM 3086-84da ko‘rsatilgan miqdordan oshmasligi kerak.

Maktabgacha tarbiya muassasalarida, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida VDT va XT joylashgan xonalaridagi havoda zararli kimyoviy moddalar atmosfera havosi uchun o‘rtacha kunlik konsentratsiyasidan oshmasligi kerak.

Ish zonasi havo muxitidagi va yashash punktlarini atmosfera havosidagi keng tarqalgan zararli moddalarning yul qo‘yilgan oxirgi darajalari (YQOD) quyidagichadir: fenol uchun - 0,3 va 0,01 mg/m3, formaldegid uchun - 0,5 va 0,035 mg/m3, stirol uchun - 10 va 0,04 mg/m3.

Foydalanuvchining ish joyidagi ushbu kimyoviy moddalarning xaqiqiy konsentratsiyasi yashash punktlari atmosfera havosidagi yo‘l qo‘yilgan oxirgi darajalari (YQOD)dan 2,5-3 marta kamdir.

3.6.4. Mikroiqlim parametrlarini ta’minlashning texnik chora-tadbirlari

VDT va XT joylashgan xonalarning mikroiqlimini me’yoriy parametrlarini caqlash maqsadida havoni isitish, ventilyasiyalash, konditsionerlashtiriladi.

Isitish tizimidan yilning sovuq faslida xonalardagi kerakli harorat darajasini ta’minlash uchun foydalaniladi. Havoni isitish etarlicha doimiy (bir kecha-kunduzda o‘zgarishlar 2-3 °Sdan), bir tekisda (gorizontal yo‘nalishda harorat o‘zgarishi har bir metr uzunlikda 2 °Sdan, vertikalida xonaning har bir metr balandligida 1 °Sdan oshmasligi) bo‘lishi kerak.

Isitish tizimi xonaning qurilish konstruksiyalari orqali issiqlikning yuqolishi, ichkariga kirayotgan sovuq havoni isitishi, hamda agar tashqaridan material va asbob-uskunalar kiritish texnologiyalarda

ko‘rsatilganligiga qarab hisoblanadi.

Mashina zallarini va boshqa xonalarning belgilangan tozaligini va mikroiqlim parametrlarining me’yorini saqlab turishni ta’minlash uchun ventilyasiyani qo‘llashadi. Ventilyasiya tizimini loyixalash mashina zallarining ventilyasiyasi uchun sarflanadigan havo miqdorini, havo kirituvchi moslamalarning aerodinamikasini, havo tozalash va havo tarqatish moslamalarini tanlashni aniqlashdan iboratdir.

Havoni kirituvchi-tortuvchi ventilyasiya xonadagi zararli moddalarni chiqarib tashlash, havoning aeron tarkibini yaxshilash bilan bir qatorda, yig‘ilgan changlarni ham tortadi. Xususan, VDT va XT zallarida zarracha o‘lchami 3 mkm gacha bo‘lgan changlarning miqdori 0,75 mg/m3 dan oshmasligi kerak. Xonaga kirayotgan havo avvalboshdan ifloslanishlardan, shu jumladan, chang va mikroorganizmlardan turli xildagi filtrlar yordamida tozalanishi kerak. Kirib keladigan havo miqdori texnika-iqtisodiy hisoblashlar va havo almashish tizimini tanlash bilan aniqlanadi.

Havo almashinuvi xisob-kitoblari xonada ishlovchi insonlardan, mashinalardan, quyosh radiatsiyasidan, tashqi yoritilganlikdan chiqayotgan ortiqcha issiqlik asosida hisoblanadi. Mashina zallaridagi minimal havo xisobi soatiga ikki bor almashgan havo miqdori bir ishchiga 60 m3 bo‘lishini e’tiborga olgan xolda olib boriladi. Ish jarayonida ko‘paytirish texnikasidan ozon ajralib chiqish xisobiga, ko‘paytirish va xujjatlarni rasmiylashtirish xonalaridagi havo soatiga besh marta almashishini ta’minlash kerak. Boshqa xonalarda minimal havo almashinuvi soatiga 1.5-2 marta bo‘lishi kerak.

Mashina zallaridagi va boshqa xonalardagi mo‘‘tadil havo haroratini, namligini caqlab turish va havoni ifloslanganlikdan tozalash uchun havoni konditsionerlash tizimi qo‘llaniladi. Havo muxitini mo‘‘tadilligi EHM ni ishonchli ishlashini, axborot tashuvchi vositalarni uzoq saqlashni, xizmatchilarga yaxshi ish sharoiti yaratishni ta’minlaydi.

Bo‘lingan turdagi tizim texnik vositalarni sovugan havo bilan va mashina zallarini toza konditsionerlangan havo bilan ta’minlovchi konditsionerlangan havoni ikki tartibga soluvchi zonali qurilmadan tashkil topgan. Bunday tizimlarda sovutilgan havo hisoblash texnikasi uchun texnologik pol ostidan mashina zaliga berilayotgan havodan mustaqil tarzda ichki bo‘shliqqa beriladi. Bunday tizimlardan ko‘p sonli hisoblash texnikasi joylashgan xonalarda foydalaniladi.

Aralash turdagi tizimda havo hisoblash texnikasi va mashina zalini sovutish uchun bir vaqtda beriladi.

Havoni konditsionerlash birinchi navbatda mashina zallari, hamda servis va tashqi qurilmalar xonasi va axborot tashuvchi vositalar saqanadigan xonalar uchun zarurdir. Uy sharoitida, asosan yoz paytida xona mikroiqlimini ta’minlash uchun kerakli quvvatga ega maishiy konditsionerlardan foydalanish yaxshi samara beradi.

3.7. Xususiy kompyuterda ishlagandagi elektr xavfsizligi

Qurilmalar agar 36 V, bundan tashqari 220 V kuchlanish ishlatadigan elektr tarmog‘i bilan kontaktda bo‘lganida shikastlanish xavfi doimo mavjuddir. Bu beparvolik natijasida ochiq tok o‘tkazuvchilarga tegib ketish xollarida, aksariyat paytlarda turli xildagi sabablar (tok zo‘riqishi, sifatsiz izolyasiya, mexanik buzulishlar) tufayli yuz berishi mumkin. Foydalanish jarayonida tok o‘tuvchi qismlarning, shu jumladan, kuchlanish ostidagi tok simlarining izolyasiyasiga zarar etishi, natijada ularga bilmay tegib ketish oqibatida jaroxatlanish, og‘ir xollarda xatto insonni o‘limiga olib kelishi mumkin.

Kuchaygan elektr xavfsizligi zonasi bo‘lib, elektr qurilmalarni va elektr jixozlarni tokka ulash joylari hisoblanadi. Ko‘pincha rozetkalarni                                                               polga joylashtiriladi, bunday qilishga esa yul qo‘yish kerak emas, bundan tashqari ularni quvvatidan ortiqcha yuklantirish natijasida izolyasiyasi zax bo‘ladi va qisqa to‘qnashuvga olib keladi.

Bunday holatni yo‘qotish, aniqrog‘i, elektrdan jaroxatlanishni minimumga keltirish uchun «Iste’molchilarni elektr qurilmalardan foydalanish qoidalari» va «Iste’molchilarni elektr qurilmalardan foydalanishidagi texnika xavfsizligi qoidalari», hamda «Elektr jixozlarning qurilmalari qoidalari» talablariga rioya qilish zarurdir.

Kompyuter bilan ishlaganda elektr tokidan jaroxatlanishni oldini olish uchun tok yuruvchi qismlarga yaqinlashmaslikni ta’minlash uchun qo‘shimcha to‘sish qurilmalari o‘rnatilishi kerak, asosiy kuchlanish manbaidan jaroxatlanishni pasaytirish uchun bo‘luvchi transformatordan foydalanish mumkin, har kaysi holatda ham elektr qurilmalarida albatta muhofazalovchi erga ulash yoki nolga ulash ( muhofazalovchi o‘chirish) bo‘lishi kerak. Kompyuterlarni sifatli ishlashini ta’minlash uchun alohida erga ulash konturi yaratiladi.

SHaxsiy hisoblash vositalarini ishlatish jarayonida ta’mirlash, montaj qilish va profilaktika ishlarini bajarish zarurati yuzaga keladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida va o‘quv yurtlarida VDT va XT ni SanQvaM 2.2.2.542-96 ga asosan bevosita o‘quv xonalarda ta’mirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.

Elektr kurilmalarini ishlatish vaqtida yuqorida zikr etilgan qoidalarga so‘zsiz amal silishdan tashqari, barcha kuchlanishni o‘chirish bilan bog‘liq texnikaviy choralarni, ya’ni ish bajarish uchun ajratilgan uchastkada gi qurilmalar o‘chirish va o‘z-o‘zidan yoki bexosdan ulanishga Karshi choralarni ko‘rish, ish joylarida zarur bo‘lsa, tusiqlar kuyish, plakatlar va ogoxlantiruvchi belgilar osish, tok uchirilganligini tekshirish, erga ulashni amalga oshirish kabilarni bajarish kerak.

Hisoblash texnikasi bilan bog‘lik barcha elektr montaj va ta’mirlash ishlarini bir yula ikki bajarishi kerak, elektrdan jaroxatlanish yuz bersa, tokni uchiruvchi va birinchi vrach kelgunga qadar yordam beradigan odam bulsin. sozlovchi albagga rezina gilamchada bo‘lishi va elektr sxemasini korpusga va tok utuvchi simlarga tegmay tekshirishi kerak

Hisoblash texnikasini ta’mirlash paytida quyidagilar takiklanadi:

- blok va uskunalarni ulash uchun izolyasiyasi zaxa bo‘lgan simlarni ishlatish;

- tokka ulangan qurilmani payvandlash va detallarni o‘rnatish;

- tok va kuchlanishni izolyasiya qilinmagan simlar va Kisqichlar bilan tekshirish;

- kuchlanish ostida bo‘lgan kurilmalarga blok va uskunalarni ulash;

- tokka ulangan qurilmaning predoxranitelini almashtirish;

-muhofazalovchi vositalarsiz yuqori kuchlanishli qurilmalarda ishlash.

Kuchlanish tarmog‘idagi boshqa elektr kurilmalarida nosimmetrik kuchlanish tufayli avariya sodir bo‘lish ehtimolini olish, tarmovdan kompyuter qurilmalarini ishonchli o‘chirish va texnika hamda ishlovchilarni elektr xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir qator montaj talablariga rioya qilish kerak:

Birinchidan, barcha SHEHM va tashqi qurilmalarni elektr tarmog‘ini uchirib ulash kerak.

Ikkinchidan, bitta shaxsiy kompyuterning barcha qurilmalarini va unga ulanadigan tashqi moslamalar elektr tarmog‘ining bitta fazasiga ulanishi kerak.

Uchinchidan, tizim blokining korpusini va tashqi qurilmalarinining erga ulanishini alohida tashqi kontur orqali bajarilishi kerak.

To‘rtinchidan, kompyuter qurilmalarini o‘chirish uchun bitta muhofazalovchi avtomatli schit va rubilnikdan foydalanish kerak.

Kompyuterning kuchlanish blokini tarmoqqa tarmoq filtri orqali ulanishini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Filtrning xizmati - kondensatorlarni nolga va fazaga ulash yordamida tarmog‘dagi tokning yuqori chastotali tashkil etuvchilari to‘siqlarini erga uzatishdan iborat. Buning uchun uchta yo‘lkali vilka va rozetkadan foydalaniladi. «Erga ulash» simini konturga ulanadi, kuchlanish tarmog‘ining nolga ham ulashga ruxsat beriladi. Amalda bu ikkisi ham bir xildir, farqi faqat og‘ir foydalanish sharoitidagina seziladi.

Agar kompyuterning (yoki boshqa qurilmalarning) «erga ulash» simi hech qaepga ulanmasa, qurilma korpusida 110 V o‘zgaruvchan kuchlanish paydo bo‘ladi, negaki, filtr kondensatori kuchlanish sig‘imini bo‘luvchi kabi ishlaydi, sig‘imlari teng bo‘lgani uchun u 220V kuchlanishni ikkiga bo‘ladi.

Bir paytni o‘zida kompyuterning bo‘yalmagan metall qismlariga va erga ulangan qandaydir

metallkonstruksiyalarga, masalan , isitish batareyalarga tegib ketishi natijasida inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan tok zanjiriga tushib qoladi. Xuddi shu kuchlanish interfeys sxemalari jafo chekadigan qurilmalar orasidagi potensiallar ayirmasining manbai hisoblanadi

Agar bog‘lovchi qurilmalar umumiy konturga alohida simlar bilan mustaxkam nollangan yoki erga ulangan bo‘lsa, potensiallar ayirmasi muammosi yuz bermaydi

Agar ikkita ulanuvchi qurilmalar erga ulanmagan bo‘lsa, tarmoqning bir fazasidan kuchlanish berilsa, turli filtrlarga yoyilgan kondensator sig‘imlaridan uncha katta bo‘lmagan potensiallar ayirmasi yuzaga keladi, lekin har qanday sharoitda inson uchun xavf saqlanib qoladi. Agar erga ulanmagan qurilmalar turli fazalarga ulansa, potensiallar ayirmasi ko‘payib, 190 V gacha etadi, uning inson uchun juda yomon oqibatlarga olib keladi. Eng og‘ir holatlardan biri katta kuchlanishli bloki bo‘lgan erga ulanmagan qurilmalarni erga ulangan qurilmalarga ulashdir.

Kuchlanish blokining simlari ikki qutbli vilka va tarmoq filtri bilan ta’minlangan qurilmalarda ma’lum muammolar paydo bo‘ladi. Bunday filtr kondensatorlari kichik sig‘imlidir, shuning uchun qisqa to‘qnashuv toki nisbatan katta emas - bir necha milliamperdir.

Ulanish paytidagi xavfsizlik muammolari erga yoki nolga ulangan uch qutbli rozetkasi bo‘lgan Pilot turidagi yoki shunga o‘hshash filtrlardan foydalanish bilan xal bo‘ladi.

Agar barcha interfeyslar bilan ulanadagan qurilmalarni shunday uch qutbli vilka va rozetkali filtr yoki ularning zanjiri bilan ulansa, bunda yana potensiallar ayirmasining muammosi ham xal bo‘ladi.

Kompyuterlarning ish paytidagi nosozliklarini (to‘xtab qolishi, diskdan o‘qish yoki yoza olmasligi) asosiy sababchisi bo‘lgan sifatsiz kuchlanish manbai ( ko‘paygan va kamaygan, keskin tushib, sakrab ketadigan kuchlanish, chastotadan og‘ishlar va x.k.) dan himoyalash uchun hozirgi paytda uzluksiz kuchlanish manbalari (UKM) ishlatiladi. Ularning asosiy vazifasi- asosiy tarmoqda avariya sodir bo‘lganda elektr energiyasi bilan ta’minlashdir. UKM dan foydalanilganda himoya konturi (er) va neytral sim alohida o‘tkazilishi kerak. SHu bilan birga, sifatsiz erga ulash manbadan qurilmaga (monitor) yo‘naltirilgan elektromagnit maydonga to‘sqinlik qilishdan himoyalashni kamaytiradi. Bundan tashqari, UKMga lazer printerlarni ulash tavsiya etilmayli, chunki printer qiziganda nominal qiymatdan ortiq tok talab qiladi, bu esa UKMni ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Elektr xavfsizligi qoida va talablariga rioya qilish foydalanuvchini elektr tokidan jaroxatlanishdan maksimal himoya qiladi. Lekin, agar baxtsiz xodisa yuz bersa, birinchi navbatda har qanday usul bilan zudlikda tok ta’sirini to‘xtatish (rubilnikni o‘chirish, jabrlangandan elektr simini quruq yog‘och yoki shunga o‘xshash narsa bilan olib tashlash, zudlik bilan vrachni chaqirish) kerak. agar jabrlanuvchi xushini yo‘qotmagan va noxushlik sezgan bo‘lsa, vrach kelgunga qadar unga tinchlik, toza havo issqlik bilan ta’minlash kerak.

Jabrlanuvchi og‘ir holatda (xushidan ketgan, pulsi yo‘q, uzuq nafas olayotgan) bo‘lsa, zudlik bilan «og‘izdan- og‘izga» usuli bilan minutiga 12-15 marta sun’iy nafas olishni va yurakni sekundiga bir marta bosish bilan massajni boshlash kerak va kasal o‘ziga kelgunga qadar (ko‘z qorachigining diametri tiklanadi, ya’ni normal holatgacha kichrayadi, puls qaytadi, nafas olishi normallashadi) davom ettiriladi. Inson o‘ziga kelgandan keyin berilayotgan yordamni yana 5-10 minut davom ettiriladi, so‘ng uni iliq xonaga yotqizib, ko‘proq issiq choy berish kerak. Har qanday holatda ham malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash kerak.

3.8. YOng‘in xavfsizligi.

EHMdan foydalanilganda turli xildagi yonishlar xavfi doimo mavjuddir. Zamonaviy komprterlarda elektron sxemalarning elementlarini joylashish zichligi juda yuqoridir, ulash simlari, kommunikatsion kabellar bir-biriga juda yaqin joylashgandir. Ulardan tok oqqanida, katta miqdorda issiqlik ajraladi, ba’zi bo‘limlarda harorat 80-100 0S gacha ko‘tarilishi mumkin. Bu ulangan simlarning izolyasiyasini erishiga, ochilib qolishiga, oqibatda uchqunlanish bilan birgalikda qiska to‘knashuv sodir bo‘lishiga, elektron sxemalarning elementlariga yo‘l qo‘yilmas darajadagi ortiqcha og‘irlik tushishiga olib keladi. Ular qizishi natijasida uchqunlarni sachratib, yona boshlaydilar.

EHMdagi ortiqcha issiqlikni yo‘qotish uchun havoni konditsionerlash va ventilyasiya tizimi xizmat qiladi. Lekin bu tizimlar mashina zallari va boshqa xonalar uchun qo‘shimcha yong‘in xavfini yuzaga keltiradi, chunki bir tarafdan, havo o‘zatuvchi moslamalar barcha xonalarga oksidlovchi hisoblanmish kislorod uzatishni ta’minlasa, ikkinchi tarafdan, yong‘in sodir bo‘lganda, ularni xonalarga tezda tarqalishiga yordam beradi.

Elektr qurilmalariga tok alohida yongg‘in xavfi bo‘lgan kabel simlari orqali uzatiladi, yonuvchi izolyasiya materialining mavjudligi, elektr uchquni va elektr yoyi sifatidagi manbalar ehtimoli borligi, sertarmoqlanganligi va yaqinlashish qiyinligi kabel liniyalaridan yong‘in chiqishi va rivojlanishi ehtimoli yanada kattaligidan dalolat beradi.

SHaxsiy hisoblash vositalarini ishlatish jarayonida ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish va profilaktika ishlarini bajarish zarurati yuzaga keladi. Bunday paytda turli moylovchi moddalar, engil yonuvchi suyuqliklar ishlatiladi, vaqtinchalik elektr simlari o‘tkaziladi, ba’zi bir qism va detallar payvandlanadi. Qo‘shimcha yong‘in chiqish xavfi paydo bo‘ladi, bu esa yong‘in profilaktikasi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarini talab qiladi. YOng‘inni oldini olish uchun barcha turdagi kabellarni gaz to‘ldirilgan metall trubalar orqali o‘tkazish kerak. Mashina zallaridagi kabel yo‘llarini yong‘inga bardoshligi 0.5 soatdan kam bo‘lmagan, yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlangan, olib-qo‘yiluvchi texnologik pol ostidan o‘tkazish kerak.

Hisoblash markazlaridagi xonalarda yong‘in jumraklari yo‘lkalarga, zina maydonchalariga, kirish joylariga o‘rnatiladi. Qo‘l olov o‘chirgichlarni 40-50 m2 ga bittadan hisoblab, xonalarga o‘rnatiladi. YOng‘in chiqqanda xonalardagi avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmasi (AYOO‘Q) ishlab ketadi. Ko‘pincha gazli AYOO‘Q ishlatiladi. Ular shovqin va yorug‘lik signalizatsiyasi bilan ta’minlanadi.

YOng‘in vaqtida alanga binoning bir qismidan ikkinchisiga o‘tmasligi uchun yong‘inga qarshi devorlar, qoplamalar, zonalar, tambur-shlyuzlar, eshiklar, uyma teshiklar, klapanlar shaklida yong‘inga qarshi to‘siqlar qo‘yiladi. Binoda yong‘in chiqayotgan paytida ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqishlari ko‘zda tutiladi, lekin ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqishlari bo‘lgan mashina zalidan boshqa bo‘linmalardagi ishchilarni evakuatsiya qilishda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Boshqa ishlab chiqarish xonalarida agar eng uzoq joydan chiqishgacha masofa 25 metrdan, bir smenadagi ishlovchilar soni 25tadan ko‘p bo‘lmasa, bitta chiqish joyi loyixalanadi. O‘tish joylarini, yo‘lkalarni va ishchi joylarini qog‘ozlar, arxiv materiallari bilan uyib tashlash kerak emas. Evakuatsiya yo‘llariga tabiiy va sun’iy avariyaviy yoritgichlar o‘rnatiladi.

Axborot tashuvchi vositalarni saqlash uchun metall shkaflardan foydalaniladi, saqlash xonasining eshigi ham yonmaydigan bo‘lishi kerak. YOng‘in profilaktikasi bo‘yicha tashkiliy va texnik chora-tadbirlar majmuasi, yong‘inni oldini olish, yong‘in chiqqan paytda odamlarni xavfsizligini ta’minlash, olovning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, hamda yong‘inni muvoffaqiyatli o‘chirishga sharoit yaratish imkonini beradi.

3.9.Ko‘rish toliqishi, asab va suyak-muskul zo‘riqishi profilaktikasi.

MPR va TSO talablariga butunlay javob beradigan komyuterlarda ishlash jarayonida, ish joyining ergonomik parametrlariga rioya qiladigan va mehnat qilish hamda dam olish to‘g‘ri tashkil etilganda ham foydalanuvchi ma’lum bir ko‘rish, muskul toliqishini, fizik va asabiy noqulayliklarni boshdan kechiradi, profilaktika choralarini ko‘rilmasa, ular kuchayishi mumkin. Profilaktika choralariga: ko‘zlar, organizmning turli muskul guruxlari, asab, yurak-tomir, nafas olish tizimi faoliyatini rag‘batlantirish, ishlash qobiliyatini va harakatlanish faolligini oshirish uchun mashqlar majmuasi kiradi.

3.9.1. Ko‘rish toliqishini yo‘qotish va profilaktikasi bo‘yicha tavsiyalar

SHaxsiy kopyuterdan foydalanuvchilarning ko‘zni tez-tez qisishi, qichishi, sanchishi, yoshlanishi va boshqa shu kabi keng tarqalgan ko‘z toliqishlari kerakli choralar ko‘rmay ishlashni davom ettirganda yuzaga keladi,

SHu masala yuzasidan ingliz olimasi M. Korbett qiziq ogohlantirishni keltiradi: «Sivilizatsiya bizlarni xatto oyoqlarimizga qiladigan minimal e’tibor, ya’ni charchaganimizni his qilib, birpas o‘tirib yoki yotib olishdek narsadan ko‘zlarimizni mag‘rum etdi. Ko‘z toliqishini sezamiz ham, ularni o‘qish, kinofilm, televizor ko‘rish, kompyuterda ishlash bilan kuchaytiramiz. Lekin shuni yodda tutish kerakki, bizning kaftlarimiz ko‘zlarimizni muhofazalash uchun ajoyib asbob vazifasini bajaradi».

Bu erda gap quyidagi "palming" deb ataluvchi mashq to‘g‘risida borayapti. Barmoqlarni birlashtirib, peshona markazida bir-birini ustiga qo‘yish kerak, bunda kaftlar ko‘zimizini yopib, nur tushishini butunlay berkitadi, shu bilan birga ko‘z sovdasini ezmay, bemalol qovoqlari harakatlanadi, natijada ko‘z retseptorlarining kimyoviy qayta tiklanishi, intensiv oqimdagi obrazlar tufayli zshriqqan muskul to‘qimalarini bo‘shashi yuz beradi. Ushbu

sun’iy ko‘rishni tutilishi ko‘z muskullarini bo‘shashini va qon aylanishini yahshilash jarayonini tezlashtiruvchi eng yaxshi mashklardan biri hisoblanadi. Ikki minutli palming ko‘z to‘rpardasining funksional xossalarini tiklaydi.

Albatta, displeylar bilan ishlashdan oldin, ko‘zni gigienasi va uni profilaktik nazorati uchun har taraflama okulist ko‘rigidan o‘tish, doimiy ravishda kamida yiliga bir marotaba bu tekshirishlarni qaytarish kerak.

Sifatli yaxshi monitorlarda ishlash jarayonida, ish joyining ergonomik parametrlariga rioya qiladigan va mehnat qilish hamda dam olish to‘g‘ri tashkil etilganda ham foydalanuvchi ma’lum bir ko‘rish, muskul toliqishini, fizik va asabiy noqulayliklarni boshdan kechirishi tufayli, displeyda ishlash vaktini chegaralash darkordir. Bunday sharoitda dam olish vaqtini o‘zaytirish, yoki hisoblash texnikasidan foydalanilmaydigan ish faoliyatiga o‘zgartirish kerak.

Profilaktik choralar sifatida ko‘z toliqishini pasaytirish, ko‘z sovdasidagi qon aylanishini yaxshilash, ko‘z harakatini tiklovchi muskullarni bo‘shashini ta’minlash maksadida Sanitar qoidalarda katta yoshdagi foydalanuvchilar uchun belgilangan tanaffuslarda, talabalarga esa VDT va SHEHMda ishlaganda har 20-25 minutdan so‘ng boshqa jismoniy mashqlar bilan birgalikda ko‘z mashklarini ham bajarish tavsiya etiladi. Ko‘rish noqulayliklari sezilganda bu mashqlarni individual, mustaqil va belgilangan vaqtdan ilgari o‘tkazish lozim. Quyida SanqvaM 2.2.2.542-96 da tavsiya etilgan ko‘z uchun mashklar keltiriladi. Mashqlar o‘tirib, turib, ekrandan yuz o‘girib, bajariladi. Nafasni bir tekisda olish kerak.

1-variant

1.Ko‘z muskullarini qattiq zo‘riqtirib, ko‘zni yumib, 1- 4 gacha sanash, so‘ng ko‘zni ochib, 1-6 gacha o‘zovda tikilib turish kerak, mashq 4-5 marta takrorlanadi.

      2.Burunni uchiga qarab, nigoxni 1-4 gacha sanaguncha ko‘zni charchatmay, ushlab turish, so‘ng 1-6 gacha o‘zovda tikilib turish kerak, mashq 4-5 marta takrorlanadi.

      3.Boshni burmay, ungga 1-4 gacha sanaguncha qarab turish, so‘ng 1-6 gacha uzoqqa tikilib turish kerak. SHu alfozda chap tarafga, pastga, yuqoriga ham bajariladi. 3-4 marta qaytarilishi kerak.

2-variant

     1.Ko‘z muskullarini zo‘rqtirmay, ko‘zni yumib, 1-4 gacha sanash, so‘ng ko‘zni katta ochib,1-6 gacha uzoqqa tikilib turish kerak, mashq 4-5 marta takrorlanadi.

     2.Burunni uchiga qarab, nigoxni 1-4gacha sanaguncha ushlab turish, so‘ng 1-6 gacha uzoqqa tikilib turish kerak, mashq 4-5 marta takrorlanadi.

    3.Boshni burmay (to‘g‘riga qarab turib) sekin-asta ko‘zlar bilan tepaga-o‘ngga-pastga-chapga va teskari tomonga aylanma harakat qilish, uzoqqa 1-6 gacha sanagungacha qarab turish kerak. 4-5 marta takrorlanadi.

3-variant

     1.Boshni to‘g‘ri ushlash kerak, ko‘z muskullarini zo‘riqtirmay, 10-15 gacha ko‘zni ochib-yopish kerak.

     2.Boshni burmay (to‘g‘riga qarab turib) yumuq ko‘zlar bilan 1-4 gacha sanagungacha o‘ngga, so‘ng chapga 1-4 gacha sanagungacha va to‘g‘riga 1-6 gacha sanagungacha qarab turish kerak. 4-5 marta takrorlanadi.

     3.25-30 sm uzoqqagi ko‘rsatkich barmog‘iga 1-4 gacha sanagungacha qarab, so‘ng 1-6 gacha uzoqqa tikilib turish kerak, mashq 4-5 marta takrorlanadi.

3.9.2. Suyak-muskul zo‘riqishini yo‘qotish uchun jismoniy mashqlari majmuasi.

Bir xil holatda ish jarayonida uzoq, o‘girish umurtqa qaddi-bastining toliqishiga olib keladi. Uni bartaraf etish uchun ma’lum jismoniy mashqlarni qo‘llash tavsiya etiladi. Ularning mazmuni shundan iboratki, navbatma- navbat muskullarni qisqartirib- bo‘shatib, muskul kuchanishini qayta taqsimlash xisobiga ortiqcha zo‘riqishni yo‘qotish, qon aylanishini yaxshilash, qo‘l, oyoqni uvishib qolishini yo‘qotishdir.

Quyida kurak, bel, tana, qo‘l, oyoqning toliqishini yo‘qotishga mo‘ljallangan mashq variantlaridan birini keltiramiz.

Qo‘l, oyoqni uzatish.

Boshlang‘ich holat (b.h.): stulda o‘tirib, tizzalari bukilgan oyoqlarni polga, qo‘lni belga qo‘yish kerak.

1.Qo‘llar boshni orqasiga, barmoqlar chatishtirilgan, boshni orqaga engashtirish, barcha tanadagi muskullarni kuchlantirish nafas olish.

2.Asta-sekin oldinga engashish- nafasni chiqarish.O‘rtacha tezlikda 4-5 marta qaytarish kerak.

Bukilgan oyoqni ko‘tarish.

1.Stoldan 50-60 sm surilgan stulga o‘tirib, qo‘llarni elkaga bukish, oyoklarni to‘g‘rilash va oyoq uchlarini polga tekkizish  nafas olish.

2.O‘ng yoki chap oyoqni bukish, qo‘llar bilan tizzani quchoqlab, ko‘krakka tortish, qorin muskullarini kuchlantirish- nafasni chiqarish. O‘rtacha tezlikda 3-4 marta qaytarish kerak.

Tanani burish bilan engashtirish.

B.h: Qo‘llarni elkaga qo‘yish, bukilgan tizzalarni polga qo‘yish.

1.Oldinga bukilib, o‘ng tirsak chap oyoq tizzasiga tekkizish - nafas olish.

2.B.h. - nafas chiqarish. Sekin tempda 4-5 marta takrorlash.

Tanani har yonga burish.

B. x.:stulda utirib, qo‘llarni belga qo‘yish.

1.Tanani chapga burish, boshni chapga burish o‘ng qo‘lni boshni orqasiga qo‘yib-nafas chiqarish.

2.B.h.: nafas olish.

3.Tanani o‘ngga burish, boshni o‘ngga burish, chap qo‘lni boshni orqasiga qo‘yib-nafas chiqarish.

4.B.h.: nafas olish. Sekin tempda 3-4 marta takrorlash.

Barmoqlar uchun mashqlar

B.h.:stulda o‘tirib, qo‘llar tirsakda bukilgan, barmoqlar mushtlangan.

1.Barmoqlarni kuchanmay bushatiladi.

2.Barmoqlarni kuchanmay siqiladi. Bir xil nafas olib o‘rtacha tempda qaytariladi.

Muskullarni bushatish

B.h.:stulda o‘tirib, oyoqlarni cho‘zish va tovoni bilan polga qo‘yib-nafas olish. Asta-sekin qo‘l, oyoq va tana muskullarini bo‘shatish-nafas chiqarish 3 marta takrorlanadi.

Tana og‘irligini qayta guruxlash

B.h.: ish holati.

1.Tana og‘irligini chap qismga qayta guruxlash- nafas chiqarish.

2.B.h.: muskullarni bo‘shatish- nafas olish.

3.Tana og‘irligini o‘ng qismga qayta guruxlash- nafas chiqarish.

3.B.h.: muskullarni bo‘shatish-nafas olish. Sekin tempda 3-4 marta takrorlash, chuqur nafas olish.

Tayanch-harakat apparatining toliqishini oldini olish va yo‘qotishga mo‘ljallangan  mashqlar to‘plami quyidagichadir:

 1.B.h. stulda o‘tirib, qo‘l panjalarini elkaga quyish, 1-3-tirsakni orqaga olib, engashish  nafas olish; 4 deganda - bo‘shagan qo‘llarni tahlab yuborish-nafas chiqarish. Sekin tempda 3-4 marta takrorlash.

2.B.h. qo‘llarni pastga tushirib o‘tirish. 1-4 gacha sanagungacha elkalar bilan orqaga qarab aylanma harakatlar qilish. Xuddi shunday oldinga k;ilish. Nafas olish- xoxishicha. Har tarafga 2-3-martadan takrorlanadi.

3.B.h.: o‘tirib, barmoqlarni bir-biriga chalishtirib, kaftlarni peshonaga qo‘yish. Bosh bilan qo‘llarni 5-6 sekund bosish. Ruullarni bo‘shatib, qo‘yib yuborish. 5-6 marta takrorlanadi.

4.B.h.: stulda elkalarni tirab, qo‘llarni pastga tushirib, o‘tirish. 1-3 gacha sanagungacha boshni o‘ngga ohirigacha burib, shu holatda 5-6 sekund ushlab turish; 4 deganda b.h.ga sekin qaytish. Xuddi shunday chapga. Nafas bir tekisda olinadi. Har tarafga sekin tempda 2-3 marta takrorlanadi.

5.B.h.: boshni pastga tushirib, o‘tirish. Boshni o‘ngga, chapga bo‘yin muskullarini bo‘shatib, egish. So‘ng boshni orqaga olish va xuddi shunday takrorlash 2 marta sekin tempda takrorlash.

6.B.h.: tik turib, qo‘llarni ko‘krakda bukish, 1-Zgacha sanagungacha- kuraklarni bir-biriga yaqinlashganini (keskin emas) sezgan xolda bukilgan qo‘llar bilan uchta marta orqaga sanchish  4 deganda- qo‘llarni to‘g‘rilab, orqaga sanchish 6-8 marta sekin tempda takrorlash.

7.Qo‘llarni belga qo‘yib, turish. 1-Zgacha sanagungacha tirsaklarni orqaga burib, umurtqani to‘g‘rilash, kuchanganlikni 5-6 sekund ushlab turib, shipga karab cho‘zilish; 4 deganda b.h.ga qaytish, bo‘shashish 5-6 marta sekin tempda takrorlash.

8.B.h.: qo‘llarni elkaga, oyoqlarni elka kengligida qo‘yib, o‘tirish. 1 deganda -o‘ngga kayilib, 2-3-degungacha nafasni ushlab turish; 4 da b.h.ga qaytib, nafasni chiqarish. Xuddi shunday chapga. Har tarafga sekin tempda 3-4 marta takrorlanadi.

9.B.h.:Qo‘llar yonda 1 deganda- qo‘llar orqaga, barmoqar chatishtiriladi, 2-3 deganda qo‘llarni elka orqasidan silkitib-silkitib boshni orqaga tashlab ko‘tarish, engashish, 4 deganda- b.h.ga qaytish. 6-8 marta takrorlanadi.

10.Quvvatni oshiruvchi «Qarqara» mashqi. CHarchoq sezilganida, lekin ishlash zarur bo‘lganida bajariladi. B.h. tik turish. Oyoq kaftini boshqasining tizzasi orqasiga o‘tkazish, qo‘llarni birlashtirib, tepaga ko‘tarish, ko‘zlarni yumish. 15-20 sekund turish. Xuddi shunday boshqa oyoq bilan bajarish.

SHuni e’tiborga olish kerakki, 3-5 mashqlar miyadagi qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi, chunki boshni pastga va yonga engashtirish bo‘yindagi qon tomirlariga mexanik ta’sir ko‘rsatadi, ularni egiluvchanligini oshiradi, vestibulyar apparatini qo‘zg‘atadi, miyadagi qon tomirlarini kengaytiradi. Nafas olish maniqlari, xususan burundan olingan nafas, ularni qon aylanishini o‘zgartiradi. Bularni hammasi miyadagi qon aylanishini kuchaytiradi, faoliyatini ko‘taradi va aqliy faoliyatini engillashtiradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

XULOSA

Kompyuterizatsiyalash davrining boshlaridanoq amerikalik "Taym" jurnali xazilsiz quyidagilarni yozgan edi: «YOzuv stolida ishlash xavfsiz deb fikrlanadi. Hech kim birorta yozuvni yozish uchun kaska kiymaydi, qog‘ozlarni u erdan bu erga olish uchun muhofaza ko‘zoynagini taqmaydi. Lekin ishchi kuchi sexlardan korxona boshqaruviga qarab ko‘chib o‘tmoqda, mutaxassislarning fikricha, har erda hoziru-nozir videoterminallar millionlab odamlarning sog‘ligiga yangi xavf tug‘dirayotir» Bu erda gap displey ekrani oldida uzoq ishlash natijasida bosh og‘rig‘i, ko‘z charchashi, elkada va qo‘l bilaklarida og‘riqlar, xomilani tashlash xollari haqida borayapti. Ommabop adabiyotlarda «Displeyda ishlash oson, lekin xavfli?», «Makkor yordamchi», «Kompyuter - do‘stmi yoki dushman?» kabi maqolalar paydo bo‘ldi.

Lekin chet ellardagi kabi, bizning mamlakatimizdagi ko‘p sonli kompyuterlardan foydalanish tajribasidan, hamda ushbu qo‘llanmada berilgan ma’lumotlardan bir qator inson organizmiga negativ faktolar bilan birga, displey ekrani oldida ishlash chog‘ida berilgan ko‘rsatmalar, takliflar, muhofazalash choralariga amal qilinsa, insonning ishlash qobiliyatini ko‘tarilishiga va sog‘ligi saqanishiga yordam beradi degan xulosaga kelish mumkin.

Hozirgi paytda hisoblash texnikasining rivoji juda ham ilgarilab ketdi, har 3-4 yilda yangi, yanada sifatli modellar paydo bo‘lmoqda. Axborotni aks ettirish uchun yangi texnologiyalar- suyuq kristal va plazmali monitorlar, yangi ichiga muhofazalash qurilmasi o‘rnatilgan, ENT yanada takomillashgan, yassi va «o‘ta yassi» ekranli, «to‘la muhofaza» sinfli, modifikatsiyalangan qurilmali muhofaza filtrli, 1600x1200 nuqtalari yuqori ko‘rinish qobiliyatli monitorlar, va nixoyat ishchi joylari uchun ergonomik omillarga asosan ishlab chiqilgan maxsus uskunalar, «sichqoncha» turdagi manipulyatorlar va x.k. paydo bo‘ldi. ekranlar 1999 yili planetamizda 112,7 mln zamonaviy talablarga javob beradigan kompyuterlar ishlab chiqarildi. YAqindagina matbuotda bolalarga, o‘smirlarga hamda intensiv mehnat bilan band bo‘luvchilarga eng yangi WaveTer texnologiyasi tatbiq etilgan, inson uchun eng zararli hisoblangan ko‘ndalang tarqaluvchi elektromagnit to‘lqinlar minimumgacha keltirilgan "BELINEA" monitorlarini tavsiyasi e’lon qilindi.

Butun dunyo o‘rgimchak uyasi sanalmish - Internet tarmog‘i yaratilib, 1999 yil boshida 214 mamlakatda joylashgan 43 mln kompyuterlar ulandi.

Deyarli barcha davlatlarda faydalanuvchilarni sog‘ligini va xavfsizligini kafolatlovchi xujjatlar yaratildi, lekin eng ommaviy bo‘lib, mashxur TSO va MPR II deb sanalmish SHvetsiyada yaratilgan standartlar hisoblanadi. Me’yoriy xujjatlar sifatida dinamik rivojlanayotgan TSO standarta to‘g‘risida qisqacha to‘xtab o‘tamiz.

Monitor ishlab chiqaruvchilari tomonidan foydalanuvchi sog‘ligi uchun yanada xavfsiz bo‘lgan sifatli maxsulotlar ishlab chiqarishda TSO tavsiyanomalaridan foydalaniladi. TSO tavsiyanomalarining mohiyati nafaqat turli xildagi nurlanishlarning yo‘l qo‘yilgan darajalarini aniqlashdan, balki lyuminoforni yoritilganligining intensivligi, yorqinlik zaxirasi, energiya sarfi, shovqinlik kabi monitorning maqbul minimal parametrlarini hisoblashdan iboratdir.

Agar TSO 92 standarta faqat monitorlarga va elektr va magnit maydonini, energiya ta’minoti tartibini, yong‘in va elektr xavfsizligini harakteristikalariga hisoblashga nisbatan qo‘llansa, TSO 95 butun shaxsiy kompyuterga, ya’ni monitoriga, tizim blokiga, klaviaturaga, ularning ergonomik xossalari, nurlanishlar (elektr va magnit maydoni, shovqin va issiqlik), energiya ta’minoti va ekologiyaga  taalluqlidir.

YAngi TSO 99 TSO 95 nisbatan quyidagi sohalarga yanada qattiqroq talablarni qo‘yadi, ya’ni: ergonomika (foydalanishning fizikaviy, ko‘rish va qulayligi), energiya, nurlanish (elektr va magnit maydoni), atrof- muxit va ekologiya, hamda yong‘in va elektr xavfsizligi.

Ekologik talablar o‘z ichiga og‘ir metallar, brominadlar, xlorinadlar, freonlar, metallar tarkibidagi xlorlangan moddalarning mavjudligini kiritadi. Har qanday maxsulot qayta ishlanadigan tarzda tayyorlanib, ishlab chiqaruvchi unday foydalanish siyosatini kompaniya faoliyat ko‘rsatayotgan har bir davlatda qo‘llashi zarur. Hozirgi paytda O‘zbekistonda xali juda ko‘p MPR II, TSO talablariga javob bermaydigan eski hisoblash texnikasi ishlatilmoqda. Ularda ishlagandagi xavfni kamaytirish borasida ushbu qo‘llanmada xavfsizlik choralari va ishlash qulayliklari ko‘rib chiqildi.

Agar kompyuterlar sertifikatlanib, zamonaviy talablarga javob beradigan bo‘lsa, bunday choralarga ehtiyoj bo‘lmaydi. Xulosa kilib, shuni eslatib qo‘yish darkorki, tayyorlanmagan foydalanuvchi qo‘lida xatto ultra zamonaviy kompyuter ham zararsiz o‘yinchok bo‘lmaydi. SHuning uchun ushbu «erkatoy qora qutidan» foydalanganda uncha kiyin bo‘lmagan qoidalarga rioya kilinsa, u bilan muloqotda sog‘ligingizga zarar keltirmay bir jaxon lazzat va foyda olishingiz mumkin. Mazza kilib ishlashingizni tilab qolamiz!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ILOVALAR

1-ilova

Termin

Aniqlik

1. Piksel

Eng kichik adreslanuvchi tasvirlash elementi.Ko‘pgina rangli displeylar uchun eng kichik adreslanuvchi har qanday rangni tasvirlashga qodir element

2. Displey yorqinligi

Nurlanish yorsinligi bilan ekrandan qaytgan yorqinligining yig‘indisi bo‘lgan tasvir yorqinligi

3. Nurlanish yorqinligi

Negativ kontrastliligi belgining yorqinligi yoki pozitiv kontrastlilagidagi fonning yorqinligi

4. Tasvirning

pozitiv

kontrastligi

YOrug‘ fondagi qora belgilarni tasviri

5. Tasvirning

negativ

kontrastligi

YOrug‘ belgilarni qopa fondagi tasviri

6. Tasvirni buzulishi

Belgilarni gorizontal yoki vertikal surilishi va ekranning ishchi maydonining to‘rtburchaklik shaklidan o‘zgarishi

7. YOrqinlik profili

Tasvirni razvertka chizig‘i bo‘ylab yoki kundalang tarqalishi

8. Fazoviy

Tasvir yorqinligini doimiy oldindan o‘ylanmagan o‘zgarishi

9. Vaqtinchalik barqarorsizlik (lipillash)

Tasvir bo‘laklarini yoki belgini ekrandagi joylashuvini vaqti-vaqti bilan doimiy oldindan uylanmagan o‘zgarishi

10. Belgi konturini chizig‘ining eni

Vertikal va gorizontal yo‘nalishlardagi kontur chizig‘iga perpendikulyar ravishda olingan 50 % yorqinlik profil chizig‘ining eni

2-ilova

MPR II bo‘yicha monitorlarning ko‘rish parametrlarini tekshirish ro‘yxati (Parametrlarga talablar va ularning o‘zaro bog‘liqligi)

Fonining yoki belgining rangi

Ko‘rinish diapazonida spektr taqsimotining egri chizig‘i iloji boricha ko‘proq nuqtalarga ega va to‘lqin diapazonning barcha uzunligida bir xilda tarqalgan bo‘lishi kerak.

     Oq rangni xonada ilgash uchun fon xonaning umumiy yoritilganligi bilan muvofiqlashgan, ya’ni yumshoq rangli fon bo‘lishi kerak. Oq rang ko‘kimtir tus mavjud bo‘lgan ekranda yanada sof ko‘rinadi.

Rangli fon past yoritilganlikda spektrning ko‘k yoki ko‘kimtir-yashil qismiga suriladi.

Ekran yoki kursor yorqinligi

Tasvirni qabul qilishda yorqinlik muhim ahamiyatga egadir. Negativ tasvirni qabul qilishga, pozitiv tasvirdagidan kamroq yorqinlik ishlatiladi. Maksimal yorqinlik 100 kd/m2 dan oshmasligi kerak. Past yoritilganlikda rangli fon normal yoki balanddagidan spektrning ko‘k yoki ko‘kimtir-yashil qismiga suriladi. Ko‘pgina monitorlarda yorqinlikning sozlanishi aks etuvchi belgilarning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi.

O‘rtacha yorqinlik

Negativ tasviri mavjud displeylarda o‘rtacha yorqinlik pozitiv tasvir uchun o‘rnatilganining 70 % ini tashkil etishi kerak. O‘lchov natijalari sinov protokoliga kiritilmaydi va faqat lipillashning kritik chastotasini hisoblashga xizmat qiladi.

O‘rtacha yorqinlik o‘rnatilgan tekshiruv yorqinligiga, aks etishning diffuziya koeffitsientiga, belgi o‘lchamiga bog‘liqdir.

YOrqinlikning bir tekisligi

Ekran markazidan uzoqashgandagi yorqinlik markazdagisining 80%, maksimali 120% tashkil etishi kerak. Bu o‘zgarishlar xayajonlanish sezilishining boshlanishidan darak beradi. Pozitiv tasvirda yorqinlikni o‘zgarishi negativ tasvirdagidan sezilarlidir. Belgilar matritsasining xoxlagan qismidagi yorqinlikning maksimalini normaliga nisbati 1,5:1 dan oshmasligi kerak.

Ekrandagi yorqinlikning keskin o‘zgarishi ishchi ekranining turli qismlarida turlicha bo‘lgan belgi o‘lchamlariga, ranglar jilosiga, tashqi, ichki yorqinlik modulyasiyasiga ta’sir olishi mumkin.

Aks ettirish, oynali va aralash aks ettirish

Ekranga tushayotgan yorug‘lik oqimi turli yo‘nalishlar bo‘yicha aks etib, ma’lum bir yo‘nalishda ekranda foydalanuvchining orqasidagi predmetlarni sezilarli yoki aniq aks ettirishi mumkin. Boshqa aks etish turi diffuzion aks etish hisoblanadi. Aks etgan yorug‘lik 1 % dan ortmasligi kerak. Aks etgan tasvir diffuzion aks etish koeffitsienta yuqori bo‘lsa, shunchalik tarqoq bo‘ladi.

Diffuzion aks etish koeffitsienta

Diffuzion aks etish koeffitsienta tashqi yorug‘lik hisobiga ekran yuzasini turli yo‘nalishlarda yorqinlikni oshirish qobiliyatini harakterlaydi. Diffuzion aks etish koeffitsienta 10 %dan oshmasligi kerak, bu xona normal 300 lk yoritilgandagi taxminan 10 kd/m2 qo‘shimcha yorqinlik demakdir.

Ekranning sut rang tarqatuvchan yuzasi nurlanuvchi nuqtalarning manbai bo‘lib, belgi bilan fon orasida, belgi aniqligining kontrastligini pasaytiradi. Kichik diffuzion aks etish koeffitsienti katta oynali aks etishni keltirishi mumkin.

Tasvirni lipillashi

0,5-30 Gs titrash diapazonida 1 mm masofada 0,0002 mm siljishga ekvivalent bo‘lgan, ko‘z ilg‘ay oladigan titrashga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘chib-yonishning hisoblanadigan kritik chastotasi

O‘chib-yonishning kritik chastotasi (CFF) o‘zidan kadrlarning eng yuqori chastotasini tashkil qilib, bunda yuzaga kelgan yorqinlikda tasvirning o‘zgarishini sezish xavfi paydo bo‘ladi. Agar kadrlarni xaqiqiy chastotasi hisoblanadigan kritik chastotadan yuqori bo‘lsa, lipillash bo‘lmayapti deb hisoblanadi.

O‘chib-yonishning kritik chastotasi 95 % degani, bunday chastotada 95 % tekshiruvchilar o‘chib-yonishni sezmaydilar.

Monitor tasvirni sinash uchun berilgan yorqinlik va qutblilikda o‘chib-yonishning kritik chastotasi CFF 95 % ta’min etishi kerak. Ushbu chastotani qiymati pozitiv tasvir uchun 76 Gs, negativ tasvir uchun 67 Gs tashkil etadi. YOrqinlikning bundan yuqori qiymatida o‘chib- yonishning kritik chastotasi o‘sadi.

Belgining o‘lchamlari va buzulishlari

1 mm belgi o‘rnining balandligiga 100 mm kuzatuv masofasi to‘g‘ri kelishi kerak. Ekran chekkasidagi belgi o‘rni markazdagisidan 10% dan oshmaydigan darajada farqanishi kerak.

Belgi o‘rni o‘lchamlariga tasvirning yorqinligi va kontrastliligi, hamda ekranning ishchi maydoni o‘lchamlari ta’sir etadi.

Nochiziqlik

Tasvirning yo‘l qo‘yilgan nochiziqligi 1 % dan oshmasligi kerak. Nochiziqlik faqat ekranining ishchi maydoni (diogonal bo‘yicha o‘lchami) 16 dyuymdan ortiq bo‘lgan monitorlardagina tekshiriladi.

Noortogonallik

Ekranning ishchi maydonini burchaklarini tutashtiruvchi diagonallarning ayirmasi 0,04 g dan oshmasligi kerak, bu erda g - ishchi maydonining kalta va uzun tomonlarining nisbatidir.

Rastrning modulyasiya koeffitsienti, rastr chastotasi

Rastr modulyasiyasi va rastr chastotasining kattaligiga qarab, tasvirning ikkita qo‘shni elementlari alohida ikki yaltirok xudud bo‘lib ko‘rinishi yoki bir turdagi yorqin xududga qo‘shilib ketishi aniklanadi. 0,28 mm rastr intervaliga (rastr chastotasining 3,6 mm ga to‘g‘ri keladi) rastr modulyasiyasi koeffitsienti 15 % dan oshmasligi kerak. Bu me’yor inson ko‘zining kontrast sezgirligiga asoslanadi. Rastr modulyasiyasining koeffitsienti 15 % dan oshigi ekranni ishchi maydonining rastr intervali 0,28 mm dan kam bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi. Rastr modulyasiyasining koeffitsienti ekranning ishchi maydoni chegarasida iloji boricha kam o‘zgarishi kerak. Rastr modulyasiyasining koeffitsienti yorqinlikka va yorqinlikning notekis tarqalishiga bog‘liqdir.

Ravshanlik. Modulyasion uzatish funksiyasining tashxizi

Tasvirning ravshanligi yorqinlikni yorug‘dan qorong‘iga va qorong‘idan yorug‘ga o‘zgarish balandligi bilan aniqlanadi. Tasvirning umumiy ravshanligi to‘g‘risida to‘liq tassavvurga ega bo‘lish uchun barcha fazoviy chastotalarni, ya’ni tasvirni shakllantiruvchi turli o‘lchamdagi elementlarni tekshirib chiqish zarurdir. Buni modulyasion o‘zatish funksiyasini (MTF) tashxiz qilish yo‘li bilan bajariladi. Tashxiz natijalari grafik tarzda juda kichik chastota diapazonidan, ya’ni tasvirning juda yirik bo‘laklaridan, yuqori chastotalargacha, ya’ni mayda detallargacha tasvirlanadi. Grafikda MTF egri chizig‘i qanchalik yuqori bo‘lsa, axborot shunchalik ravshan aks etadi. Modulyasion uzatish funksiyasining (MTFA) maydonini qiymati, ya’ni MTF egri chizig‘i bilan ko‘rish imkoniga mos keluvchi egri chiziq orasidagi maydon qanchalik yuqori bo‘lsa, operator shunchalik aks etayotgan axborotni ravshan ko‘radi. MTFA qiymati 0,85 % mm dan oshmasligi, ya’ni 500 mm masofada kuzatish olib borilayotganda gradusning 7,4 davriga mos kelishi kerak. Hozirgi paytda ko‘pgina displeylar gorizontal yo‘nalishda shunchalik yomon ko‘rsatish imkoniyatiga egalarki, insonnning ko‘rish imkoniyatlari chegaralovchi faktor hisoblanmaydi. YUqori      rastr modulyasiyasining koeffitsient tasvirni qabul qilish aniqligiga xalaqit berishi mumkin.

Ekran xoshiyasidan aks etish koeffitsienti

Xoshiyalash ekrandagi axborotni kichraytirmasligi kerak. Ekranni xoshiyalashda yorqin, keskin ranglardan foydalanmaslik kerak. Displey xoshiyasi bilan ekranning ishchi zonasi va ular orasidagi xudud kontrastligi qulay va juda ham baland bo‘lmasligi kerak. Bu xoshiyalash uchun yuqori diffuzion aks etish koeffitsientiga (25 % dan ko‘p) ega bo‘lgan pozitiv tasvir ma’qul deganidir.

 

 

 

 

 

 

3-ilova

Monitor va displeyli ishchi o‘rinlarining sanitar-gigienik parametrlarini nazorat qilish asboblarining ro‘yxati

 

Faktor

Faktorning yo‘l qo‘yilgan yoki optimal

Asbob turi va nomi

Foydalanish xududi, o‘lchamlar diapazoni

YOritilganlikning ko‘tarilgan (pasaygan) darajasi

300-500 lk

Lyuksmetr YU-116

5-100 lk diapazonda yoritilganlikni baxolash  105 lk gacha

qo‘shimchalari

Lyuksmetr YU-117

0,1-10 lk diapazonda 105 lk gacha qo‘shimchalari

YOrqinlikning ko‘tarilgan (pasaygan) darajasi

200 kd/m2 dan ko‘p emas

FPCH fotometri

Bir xil rangli displeylarni 2- YU-2-5-YU4 kd/m2 diapazonda

baholash

 

YARM-3 yarkomeri

Bir xil va ko‘p xil rangli displeylarni

baholash

YASO-1 yarkomeri

Xuddi shu

Elektrostatik

maydonning

ko‘tarilgan

(pasaygan)

Darajasi

Videomonitor

yuzasidagi 500 V ko‘p bo‘lmaganida

Elektrostatik zaryadlarni o‘lchagichi PK2-ZA

0-1,0 kV diapa­zonda monitor ekranini elektro-statik potensialdan zaryadlangan maydonini baholash 50 kV gacha ko‘shimcha

Ultrabifsha

nurlanishning

ko‘tarilgan darajasi

Ekrandan 5 va 30sm masofada 0,315-0,4 mkm (UF-A) diapazonda 10 Vt/m2 ko‘p

bo‘lmaganda

ROI-82 radiometri

0,2-0,71 mkm to‘lqin uzunligi diapazonida ot 5- 10-2 dan 500 Vt/m2 nurlanish intensivligini baholash

DAU-81 dozimetri

0,22-0,4 mkm diapazonda 10-1 dan 500 Vt/m2 gacha xuddi shu

Rentgen

nurlanining

ko‘tarilgan darajasi

Ekrandan 5sm

masofada 100 mkR/ch (0,003

mkR/s) ko‘p bo‘lmaganda

DRGS-01 dozimetri

0-100 mR/ch

diapazonda

ekspozitsion

miqdorini

baxolash

DRGZ-01, DRGZ-02 Dozimetri

0-100 mkR/s diapazonda xuddi shu

SHovqinni ko‘tarilgan darajasi

50 dBA dan kup emas

VÙV-003 shOVqIN ulchagichi

10-20000 Gs chastota

diapazonida 25 dan 140 dB oktava yulaklaridagi tovush bosimi

 

 

SHVK-1 shOVqIN ulchagichi

To je v 2-40 000 Gs chastota diapazonida 30 dan 140 Db gacha

XVAAH TTTV

 

 

FE-2s filtrlari bilan)

Ultratovu

sh

ni

ko‘tarilgan darajasi

12,5; 16; 20; 25 kGs o‘rta geometrik chastotalar da 80; 90; 100; 105 dB dan kup

SHVK-1 shOVqIN ulchagichi

FE-3 filtrlari bilan

2 Gs-40 kGs chasto­ta diapazonida oktava

yulakchalarining uchdan brr qismi- dagi tovush dara- jasini baxolash

 

 

Tebranishn i

ko‘tarilgan darajasi

2-63 Gs o‘rta

geometrik chastotalar uchun 79-72 dB

tebranish tezligidan

shovkin va vibratsiya ulchagichi VSHV-003

2-20 OOO Gs chastota

diapazonida

vibratsiyani

tezligi va

tezlanshini

baxolash

Ishchi zona havo

harorati

Optimal -

-                  24          °S yilning coeyis davri uchun, optimal-

-                  25          "S iliq davri uchun

TA-6 tajriba termometri

0... + 50 "S ishchi ulchash diapazoni

A¹ 1texnikaviy termometr

0... + 50 °S ulchash diapazoni

Ishchi

zonasining

ko‘tarilgan

(pasaygan)

havo

namligi

Optimal - 40-60 %

MV-4M

aspiratsion

psixrometri

10-100 % ishchi ulchash diapazoni

Maishiy

psixrometr PBU- 1M

40-80 % ulchash diapazoni

VPG-103 nisbiy namlik ulchagichi

40-90 % ulchash diapazoni

Ishchi

zonasidagi

ko‘tarilgan

(pasaygan)

havo

harakati

Optimal - 0,1 m/s dan kup emas

Kanotli

anemometr ASO-3

0,3-5 m/s ishchi ulchash diapazoni

Hisoblash texnikasida ishlagandagi mehnat sharoitini baxolash savollari to‘plami.

SHartli belgilar: + (plyus) - yaxshi, - (minus) - yomon

 

Javob varianti:

“Ha”

“Yo‘q”

Ekran

 

Ekranni balandligini boshqaruvi mavjudmi

+

-

Ekranni og‘ishini boshqaruvi mavjudmi

+

-

Belgilar (o‘lchami, formasi, probellar) yaxshi o‘qiladimi

+

-

Ekran chetidagi belgilar yaxshi o‘qiladimi

+

-

Belgilarning yorqinligini doimiy boshqaruvi mavjudmi

+

-

50-70 sm masofadan belgilar aniq farqlanadimi

+

-

Bir-biriga qo‘shni bosh harflar chalkashadimi

-

+

Harflarni eni balandligining

75 % ni tashkil etadimi

+

-

To‘la to‘ldirilgan ekrandan keyingi qatorni topish qiyinmi 

-

+

Ekran lipillaydimi

-

+

Matn ekranda sakraydimi

-

+

Ekran yuzasi g‘adir-budirmi yoki u inqor bilan qaytaishlanganmi

+

-

Ekran oldiga filtr o‘rnatilganmi

+

-

 

 

Javob varianti:

“Ha”

“Yo‘q”

 Klaviatura

Klaviaturani stol bo‘yicha ekrandan alohida joydan-joygako‘chirish mumkinmi

+

-

Klaviaturani stol bo‘yicha ekrandan alohida joydan-joygako‘chirish mumkinmi

+

-

Klavishalar ergonomika talablariga (shakli, rangi, belgilari) mosmi

+

-

Qo‘l bilaklarini tirash moslamasi bormi

+

-

Klavishalar yuzasi sut rangmi

+

-

 

Javob varianti:

“Ha”

“Yo‘q”

Xujjatlar uchun pyupitr

 

Xujjatlar uchun pyupitr mavjudmi

+

-

Pyupitr balandlik bo‘yicha boshqariladimi

+

-

Pyupitr egilishi boshqariladimi

+

-

Pyupitrni joyini o‘zgartirish mumkinmi

+

-

 

Javob varianti:

“Ha”

“Yo‘q”

 Ish stoli

 

Stol talab qilinadigan o‘lchamlarga (160x90 sm) mos keladimi

+

-

Stol (68-82) sm balandlikda boshqariladimi, yoki, boshqarilmasa, u 72 sm minimal balandlikka egami

+

-

Stol ostida oyozuuar uchun joy etarlimi

+

-

Stol yuzasi sut rangdami yoki neytral rangdami

 

+

-

SHaxsiy qog‘ozlarga stol tortmalarida joy etarlimi

+

-

Stol mustaxkammi, tebranmaydimi

+

-

 

Javob varianti:

“Ha”

“Yo‘q”

O‘tirgich

O‘tirgich balandlik bo‘yicha (42-55 sm) boshqariladimi

+

-

Stul beshta g‘ildirakli tayanchga tiraladimi

+

-

Stul shakli to‘g‘rimi, o‘tirgichga qoplama qilinganmi

+

-

Stul suyangichi ergonomika talablariga (balandlik,bukiluvchanlik) javob beradimi

+

-

 

Javob varianti:

“Ha”

“Yo‘q”

 Xonani yoritish

Gorizontal yoritilganlik 200-400 lk mos keladimi

+

-

Neytral oq yoki iliq iliq rangli lampalardan foydalaniladimi

+

-

Lampalar tarmoqning turli fazalariga ulanganmi

+

-

Alohida qatorlarga joylashgan yoritgichlarni o‘chirish mumkinmi

+

-

YOritgichlar yuqori yorqinlikka egami

-

+

YOritgichlar panjara yoki og‘ish burchagi 45° bo‘lgan plastinalar bilan berkitilganmi

+

-

YOritgich qatorlari derazalarga parallel joylashganmi

+

-

Derazalarda jalyuzi o‘rnatilganmi

+

-

Derazalar qarama-qarshi tarafda joylashgan bo‘lsa, bir tarafdagi derazani butunlay berkitish yoki yopish

+

-

 

Javob varianti:

“Ha”

“Yo‘q”

Xona yuzalari

To‘sqichlarning aks etish koeffitsienti talablarga javob beradimi

+

-

Xonani funksional zonalarga ajratuvchi harakatlanuvchi to‘sgichlar bormi

+

-

 

Javob varianti:

“Ha”

“Yo‘q”

Xona va ekran

Ekran operator nigoxi derazaga tushadigan darajada joylashganmi

-

+

Ekran operator nigoxi juda yorug‘ yuzaga tushadigan darajada joylashganmi     

-

+

Ekranda, klaviaturada, stolda derazadan, yoritgichlardan yaltillashlar tushadimi

-

+

Ekran yoritgichdan operator ko‘zini qamashtiradigan darajada joylashganmi

-

+

YOritgichlar ulanganida lipillaydimi

-

+

Qo‘shni ish joylari bilan etarlicha ko‘rish kontakti kafolatlanganmi

+

-

 

Javob varianti:

“Ha”

“Yo‘q”

Ish joylarini operatorning individual xususiyatiga va ish harakteriga qarab moslashtirish

Ekran bilan ko‘z yoki xujjat orasidagi masofa 50-90 sm ni tashkil etadimi

-

+

Ekranning yuqori chekkasi ko‘z bilan bir yoki pastrok, mezonda joylashganmi

-

+

Ekranning, klaviaturaning joylashuvi bajarilayotgan ish harakteriga mosmi

-

+

Stul operator bo‘yiga mosmi

-

+

Stol operator bo‘yiga mosmi  

-

+

 

 

Javob varianti:

“Ha”

“Yo‘q”

Mehnatni tashkil etishning sanitar-gigienik talablari

Displey ish joyida joylashuvini boshqarish doimiy ravishda tekshiriladimi

+

-

Agar zarur bo‘lsa, ko‘zoynak to‘g‘ri tanlanganmi

+

-

Foydalanuvchilarga displey bilan ish joylarini tashkil etish soxasidagi                

yangiliklar o‘z vaqtida etkaziladimi

+

-

Displey qo‘shimcha shovqin yuzaga keltiradimi

+

-

Uskunalardan kuchaygan issiqlik ajralishi mavjudmi

-

+

Uskunalardan nurlanishni kuchaygan darajasi mavjudmi

-

+

Ish zonasidagi havo tarkibida zararli moddalarning kuchaygan miqdori mavjudmi

-

+

 

5-ilova

Operatorlar, shaxsiy kompyuterdan foydalanuvchilar, SHEHM ekspluatatsiyasi va videoterminallar bilan ishlovchilar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha namunaviy qo‘llanma

Umumiy qism

   1.1 Ushbu ommaviy qo‘llanma VDT va SHEHMlarda axborotlarni qabul qilish va kiritish, tayyor dasturlar asosida masalalar echishni nazorat qilish va to‘g‘rilash jarayoni bilan bog‘lik, ishlarni amalga oshiruvchi xizmatchilar, dasturchi-muxandislar, profilaktika va ta’mirlash ishlarini, buzulish sabablarini tekshiruvchi muxandislar, texnik xodimlar hamda ish vaqtini yarmidan ko‘pini VDT va SHEHM bilan ishlovchi operatorlar uchun ishlab chiqilgan.

1.2  Operatorning ishi zararli va xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar toifasiga kiradi. Ish jarayonida SHEHM operatoriga quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlari ta’sir qiladi:

fizikaviy:

-elektromagnit nurlanishning ko‘tarilgan darajasi;

-rentgen nurlanishning ko‘tarilgan darajasi; -ultrabinafsha nurlanishning ko‘tarilgan darajasi;

-infraqizil nurlanishning ko‘tarilgan darajasi;

-statik elektrning ko‘tarilgan darajasi;

-ish zonasi havosining changlanishini kuchaygan darajasi;

-ish zonasi havosidagi manfiy aeroionlar tarkibini pasayishi;

-ish zonasi havosidagi musbat aeroionlar tarkibini oshishi;

-ish zonasi havosining namligini kamayishi yoki ortishi;

-ish zonasi havo harakatini kamayishi yoki ortishi;

-shovqin darajasini kuchayganligi; -yoritilganlik darajasining pasayishi yoki ortishi;

-to‘g‘ridan tushadigan yaltillaganlikning kuchaygan darajasi;

-aks etadigan yaltillaganlikning kuchaygan darajasi;

-ko‘z qamashishining oshgan darajasi;

-ko‘rish chegarasidagi yorqinlikning bir tekisda tarqalmasligi;

-nurli tasvirning kuchaygan yorqinligi;

-yorug‘lik oqimi pulsatsiyasining kuchaygan darajasi;

-inson tanasi orqali tok o‘tishi mumkin bo‘lgan elektr zanjiri kuchlanishining ortgan darajasi;

kimyoviy:                                                                                   ,

-ish zonasi havosining tarkibidagi uglerod ikki oksidi, ozon, ammiak, fenol, folmaldegid va polixlorlangan bifenillarning ko‘payishi;

     psixofiziologiya:

-ko‘rish zo‘riqishi;

-diqqatni zo‘rishi;

-intellektual yuklamalar;

-emotsional yuklamalar;

-uzoq statik yuklamalar;

-mehnatning bir zayildaligi;

-vaqt birligida qayta ishlanadigan axborot -hajmining kattaligi;

-ish vaqtini noratsionalligi;

biologik:

-ish zonasi havosi tarkibidagi mikro organizmlarning ortishi.

1.3 SHEHM va VDT foydalanuvchi yoki operator, dasturchi, muxandis va texnik sifatida ishlashga quyidagilarga ruxsat beriladi:

-mehnatni muhofaza qilishning kirish yo‘riqnomasini o‘tganlar;

-korxona rahbari tasdiqlagan, dastur asosida ishlab chiqilgan mehnat xavfsizligini ta’minlovchi uslublar yordamida bilimlari tekshiruvdan, shu jumladan, elektr xavfsizligi bo‘yicha 1- kvalifikatsion guruh olganlar;

-konkret o‘quv dasturi asosida shaxsiy kompyuterda ishlashni o‘rgatuvchi kurslarni tamomlaganlar;

-ushbu instruksiya bo‘yicha konkret ish joyida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha instruktajdan o‘tganlar

-«Videodispleyli terminallarga, shaxsiy elektron-hisoblash mashinalariga gigienik talablar va ishlarni tashkil etish» deb nomlangan Sanitar qoida va me’yorlar SanQ va M 2.2.2.542-96 da «ayollar xomiladorlik paytida va bolani ko‘krak suti bilan ovqatlantirayotgan davrida VDT va SHEHM bilan bog‘liq ishlarda ishlashga yo‘l ko‘yilmaydi».

-Operatorning shaxsiy muhofaza vositalariga: antistatik modda shimdirilgan qoramtir ip xalat; «to‘la himoya» sinfiga mansub himoya filtri; maxsus spektral ko‘zoynaklar.

2. Ish boshlanishidan oldingi xavfsizlik talablari.

2.1. Ish boshlashdan oldin operator quyidagilarni bajarishga majbur:

-Qo‘lini va yuzini sovun bilan yuvishi va ipli xalat kiyishi;

-ish joyini ko‘zdan kechirishi va tartibga keltirishi;

-ish joyidagi zarur bo‘ladigan yorug‘likni ta’minlashi, ekranda yorqinliklar tushmasligini, qarama-qarshi tomondan yorug‘lik tushmasligini tekshirib chiqish;

-elektr tarmog‘iga uskunalar to‘g‘ri ulanganligini tekshirishi; muhofazalovchi erga ulash mavjudligini tekshirishi va ekranning simlari protsessorga ulanganligini tekshirishi;

-ekran yuzasini va muhofazalovchi filtrni maxsus salfetka bilan ajrtib chiqishi;

-shaxsiy kompyuter protsessorining diskovodida disketalar yo‘qligiga ishonch xosil qilishi;

-stol, stul, oyoq, uchun moslama, pyupitrni, boshqa uskunalarni to‘g‘ri o‘rnatilganligiga amin bo‘lishi, kerak bo‘lsa, ish stolini hamda kompyuter elementlarini ergonomik talablarga muvofiq o‘rnatish kerak.

2.2   Operator kompyuterni kuchlanish tarmog‘iga quyidagi ketma-ketlikda ulashi zarur:

-kuchlanish blokini;

-tashqi qurilmalarni (printer,monitor, skaner va b.);

-sistema bloki (protsessor)ni.

2.3  Operatorga quyidagi holatlarda ish boshlashiga ruxsat berilmaydi:

-VDTda ko‘rish parametrlari kiritilgan gigienik sertifikata bo‘lmasa;

-O‘rnatilgan uskunalarning parametrlari sanitar qoidalarga to‘g‘ri kelmasligi haqida ma’lumot mavjud bo‘lsa yoki ushbu ish joyini attestatsiya natijasi bo‘yiga axborot bo‘lmasa;

-«to‘la muhofaza» turidagi muhofaza filtri bo‘lmasa;

-muhofaza filtridagi erga ulash simi ulanmagan bo‘lsa;

-qurilmalarning nosozligi aniqlansa;         VDT va SHEHM qurilmalarida muhofazalovchi erga ulash bo‘lmasa;

-Karbon kislotali va kukunli o‘chirgichlar, birinchi yordam aptechkasi mavjud bo‘lmasa;

         VDTni o‘rnatayotganda gigienik me’yorlar buzilganida, ya’ni SHEHMlar bir qatorga o‘rnatilayotganida masofa devordan 1m dan, qatorasiga joylashtirlganida bir-birining orasidagi masofa 1.5m, har bir ish joyi 6 m2 dan kam bo‘lganida.

3. Ishlash vaqtidagi xavfsizlik talablari

3.1. Operator ishlash                                   vaqtida quyidagilarni

bajarishi lozim:

-unga yuklatilgan va                yo‘riqnomadan o‘tgan ishnigina

-ish joyini butun ish kunida toza va osoyishta tutishi;

-qurilmalarning barcha shamollatish yo‘llarini ochiq tutishi;

-tashqi «sichqoncha» qurilmasini faqat maxsus gilamchasi bo‘lsagina ishlatishi;

-ma’lum muddatga ishni to‘xtatish kerak bo‘lsa, barcha faol masalalarni berkitishi;

-agar operator ishdagi tanaffusda videomonitordan 2 metrdan ortiq masofaga uzoqlashsa, kuchlanish tarmog‘ini uzib qo‘yishi kerak, aks xolda tokni uchirmasligiga ruxsat beriladi.

-sanitar me’yorlarni bajarishi va ish hamda dam olish tartibiga rioya qilishi;

-hisoblash texnikasidan foydalanish qoidalariga yo‘riq nomaga asosan rioya qilishi;

-matnli axborotdan foydalanilganda oq fonda qopa timsollarni ishlatganda fiziologik jixatdan ma’qul tartibni qo‘llashi;

-o‘rnatilgan ish tartibiga muvofiq ish davomidagi me’yorlangan tanaffuslarga rioya qilishi va fizkulpauza, fizkultminutlarda ko‘z, bo‘yin, qo‘l, tana va oyoqlar uchun tavsiya etilgan mashqlarni bajarishi;

-ekrandan ko‘zgacha masofa 60-80 sm bo‘lishiga rioya qilishi kerak.

3.2. Operatorga ish jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:

Ish jarayonida monitor ekraniga va klaviaturaga bir paytni o‘zida tegish; kuchlanish tarmog‘i ulangan vaqtda tizim bloki (protsessor)ning orqa paneliga tegish; kuchlanish tarmog‘i ulangan vaqtda tashqi qurilmalarning interfeys simlari ulangan joylarini o‘zgartirish; qurilmalarning ustki panelini begona predmetlar va qog‘ozlar bilan uyib qo‘yish; organik chang to‘planmasligi uchun ish joyini qog‘ozlar bilan ifloslantirish; faol masalani echayotganda kuchlanish tarmog‘ini o‘zish; kuchlanish tarmog‘ini tez-tez uzib turish; tizim bloki (protsessor)ga, monitorga, klaviaturaning ishchi yuzasiga, diskovodga, printerga va boshqa qurilmalarga nam tushishi; qish vaqtida kuchadan keltirilgan juda sovuq qurilmalarni ulash; o‘z xoxishicha qurilmalarni ochishi va ta’mirlashi;

4 soat ish davomida qayta ishlanadigan belgilar sonining kattaligi 30 mingdan oshishi.

4. Avariya vaziyatlarida xavfsizlik talablari

4.1. Operator quyidagilarni bajarishi zarur:

-kuchlanish tarmog‘iga ulangan simlarda uzilishlarni, erga ulanishdagi nosozlikni, elektr qurilmalarning boshqa nosozliklarini, kuyindi isini sezgan barcha xollarda darhol kuchlanish manbaini o‘chirishi va ushbu holat haqida rahbarga va navbatchi elektrikka xabar berishi lozim;

-kuchlanish ostiga tushib dolgan odamni payqaganda, zudlik bilan uni elektr toki ta’siridan tarmoqni o‘chirib, ozod etishi va vrach kelgunga qadar, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishi kerak;

-texnik asbob uskunalar yoki dasturiy ta’minotning nosozligini sezgan zaxoti zudlik bilan hisoblash texnikasiga qarovchi muxandis-texnikaviy xizmat vakilini chaqirishi kerak;

-ko‘zda sanchishlar paydo bo‘lganida, ko‘rish yomonlashganda yoki xiralashganda, qo‘lda yoki barmoqlarda og‘riq sezilganda, yurak urishi tezlashganda ish joyini tezda tark etib, ushbu holat xaqida raxbariyatga aytib, vrachga murojaat kilish kerak;

Qurilmalarga o‘t ketgan holatlarda kuchlanish tarmog‘ini o‘chirishi, o‘t o‘chirish vositalari yordamida yong‘inni bartaraf etish choralarini ko‘rishi, o‘t o‘chiruvchilarni chaqirishi va ushbu holat xaqida raxbariyatni ogoxlantirishi kerak.

5. Ish tugagandagi xavfsizlik talablari

5.1. Ish tugagandan keyin operator quyidagi ketma-ketlikda hisoblash texnikasini o‘chirishi kerak:

-barcha faol masalalarni yopishi;

-qattiq diskning o‘qiydigan boshchasini parkovka qilishi (agar boshchaning parkovkasi avtomatik tarzda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa);

-diskovodda disketalar yo‘qligiga amin bo‘lishi;

-tizim bloki (protsessor)ning kuchlanish manbaiini o‘chirishi;

-tashqi qurilmalarning kuchlanish manbaiini o‘chirishi;

-kuchlanish manbai blokini o‘chirishi.

5.2. Ish tugaganidan so‘ng operator ish joyini ko‘zdan kechirishi va tozalab qo‘yishi, xolatini shkafga ilib, yuz-qo‘llarini sovun bilan yuvishi kerak.

 

ADABIYOTLAR RUYXATI

l. Videoterminallar bilan ishlovchi mutaxassislarning mehnatini muhofaza qilish:

Metod, ko‘rsatma / Tuzuvchi: V.I. Barabash / API. D., 1990.

-          G.YO.YOrmatov, YO.U.Isamuhamedov. «qayot faoliyati xavfsizligi» fanidan ma’ro‘zalar matni. Toshkent, 1999 . 157 b.

-         U.Yuldoshev, U.Usmonov, O.Qudratov. Mehnatni muhofaza qilish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent «Mehnat», 2001, 180 b.

4.      Burlak G.N. Kompyuterda ishlagandagi xavfsizlik; axborot xizmati korxonalaridagi ishlarni tashkil etish. M.: Moliya va statistika, 1998. 141 b.

5.2.2.2.542-96 SanKvaM. Videodispley terminallarida, shaxsiy elektron-hisoblash mashinalarida ishni tashkil etishning gigienik talablari

-           GOST 50948-96. SHaxsiy foydalanadigan axborot vositalari. Umumiy ergonomik va xavfsizlik talablari.

-       GOST 50949-96. SHaxsiy foydalanishdagi axborotlarni aks ettirish tizimlari. Ergonomik va xavfsizlik parametrlarini o‘lchash va baxo berish usullari.

-        GOST 50923-96. Displeylar. Operatorning ishchi urni.

-          Gutkin V.I., Masalskiy E.I. SHEHMda ishlovchi mutaxassislarning hayot faoliyati xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma / SZPI. SPb., 1995. 93 b.

-              Demirchoglyan G.G. Kompyuter va salomatlik. M.: Lukomore, Noviy sentr, 1997. 256 b.

-              Nikitina EL., Demchenko P.I., Orobey V.V. Elektron- nurli trubkali displeylar bilan jixozlangan ish joylarini nazorat $ilish bo‘yicha yuriqnomalar /VSNIIOT.M., 1992. 55 b.

-          Luishikova A. Qo‘llarning yangi kasalligi. Kompyuter aybdor // Nauka i jizn. 1999. ¹ 2. 110 b.

-         Kompyuter va sizning salomatligingiz /V.A. Trofimova redaksiyasida/ «Bilim» jamiyati. SPb., 1999. 35 b.

-            Ostrovskiy M., Lsh-vak I. Kompyuter. Ko‘rish va xavfsizlik // Nauka i jizn. 1998. ¹ I. 46-476.

-         Videoterminallarda ishlagandagi mehnat muhofazasi. Obzor axborot /VSNIIOT VSSPS. M., 1986. 52 b.

-           SHumilin V. Kompyuter bilan xazillashma. OUYU va maktab o‘quvchilarini displeylarda ishlashi xasida // Mehnat muqofazasi va ijtimoiy sug‘urta. 1997. ¹ 17. 42-44 b.

-         SHumilin V., Bershayaskiy M. Har tarafga boq. Kuchaygan sensor, intellektual va emotsional yuklamalarda ko‘rish. // Mehnat muhofazasi va ijtimoiy sugo‘rta. 1998. N° 10. 46-506.

 

MUNDARIJA____________________ bet

Kirish

3

1.Kompyuterda ishlash xususiyatlari

7

2. Kompyuter da ishlagandagi zararli va xavfli faktorlar

 

2.1. Kuchaygan ko‘rish zo‘riqishi

 

2.2. Asabiy zo‘riqish

 

2.3. Suyak-muskul zo‘riqish

 

2.4. Elektromagnit maydonlari va ular ta’sirining oqibatlari..

 

2.5. SHovqin, zararli moddalarning ta’siri, issiqlik ajralishi, elektr tokidan jaroxatlanish xavfi, yong‘in chiqishi xavfi

 

2.6. EHM foydalanuvchisining kompyuterda ishlaganda xavfli faktorlardan sog‘lig‘ining o‘zgarishi ehtimollari

 

3. Kompyuterda ishlagandagi xavfsiz sanitar-gigienik, tashkiliy-texnikaviy, ergonomik va profilaktik chora-tadbirlar

 

3.1. Videodispley terminallariga va xususiy kompyuterlarga qo‘yiladigan asosiy talablar

 

3.1.1. Asosiy ko‘rish ergonomik parametrlariga qo‘yiladigan talablar

 

3.1.2. VDT nurlanish parametrlariga qo‘yiladigan talablar

 

3.1.3. Displeylarning rangli parametrlariga qo‘yiladigan talablar

 

3.1.4. VDT konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar.

 

3.2. Elektromagnit parametrlar asosida xavfsiz

ish sharoitini yaratish.

3.2.1. Monitorlarni elektromagnit nurlanishiga kura qiyosiy taxlili

 

-                      Ish joyida elektromagnit nurlanishni kamayishining asosiy sabablari

-                           Muhofaza filtrlari

-                           Cyrois kristall monitorlar

 

131