O’ZBERISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
barcha yo’nalishlar bo’yicha ta’lim olayotgan
talabalar uchun
«Hayot faoliyati xavfsizligi»
«Shoshilinch vaziyatlarda tibbiy yordam ko’rsatish»
kursi bo’yicha uslubiy qo’llanma
Toshkent
Mualliflar: S.M. Abdullayeva, F.M. Qodirov, A.A. Tursunova «Hayot faoliyati xavfsizligi», Shoshilinch vaziyatlarda tibbiy yordam ko’rsatish kursi bo’yicha o’quv qo’llanma. /TATU. 102 s. Toshkent, 2013
Ushbu uslubiy qo’llanmada turli jarohatlarning klinik alomatlari va ularning oqibatlariga tegishli bo’lgan asosiy ma’lumotlar tartibga solingan, shuningdek birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va bemorni kerakli vositalar yordamida evakuatsiya qilish to’g’risida ma’lumot berilgan. Bemorlarni va jabrlanganlarni kasalxonaga jo’natguncha umumiy parvarishlash usullari va qoidalari keltirilgan.
Kirish
Har qanday favqulodda holat yuz berishi yoki uni avj olishi natijasida zararlangan yoki xalok bo’lgan odam uchraydi. Favqulodda holatning tabiati, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun oldindan resurslar (tibbiy hodimlar, dori-darmonlar, davolash muassasalari, maxsus transport) tayyorlab qo’yish imkonini bermaydi Ayni vaqtda yangi mashina, energiya va texnologiya turlarini tadbiq etilgani sababli turmushda va ishlab chiqarishda jarohatlanish soni ko’payib ketdi, shuning uchun to vrach kelguncha birinchi shoshilinch yordam ko’rsatish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Birinchi yordam tabiati, favqulodda holatdan zarar ko’rgan insonning ahvolini (avariya, halokat, ekologik yoki tabiiy ofat, dushman tomonidan tor-mor qiluvchi vositadan foydalanish) halokat sodir bo’lgan yoki unga yaqin bo’lgan joyda aniqlab, qo’l ostidagi narsalar bilan yordam ko’rsatishni talab qiladi.
Zudlik bilan va to’g’ri birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, inson hayotini saqlab qoladi va yomon oqibatlar rivojini oldini oladi. Shoshilinch (vrach kelguncha) tibbiy yordamdan foydalanmaslik uchun, albatta ishxonada, dam olishda, inson sog’ligi uchun zarar keltiradigan, xavfli joylarda xavfsizlik choralariga juda katta e’tibor berish kerak. Inson hayotini saqlab qolish uchun uni zudlik bilan transportda, eng yaqin bo’lgan malakali yordam ko’rsatadigan, tez yordam punktiga yoki tibbiy muassasasiga olib borish kerak bo’lgan vaziyatlar ham uchraydi. Asosan bunday holat, yo’l-transport harakati qoidasi buzilganda, yurak xurujida va organizm zaifligi sababli inson hayotini saqlab qolish uchun malakali vositalar hamda tibbiy dori darmonlar zarur bo’lgan vaziyatlarda bo’ladi. Shu sababli tibbiy yordam ko’rsatishning dolzarb va muhimlik masalasi asosiy o’rin tutadi.
1- BOB. JABRLANGANLARGA VRACH KELGUNCHA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH. UMUMIY TALABLAR.
Birinchi tibbiy yordam (BTYO)– Bu jabrlanuvchining hayoti va sog’lig’ini saqlash yoki tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar to’plamidir. Bu yordamni, jabrlanuvchining yonidagi odam (o’zaroyordam) yoki jabrlanuvchining o’zi (o’ziga-o’zi yordam) tibbiyot hodimi kelguncha ko’rsatishi zarur.
1.1 VKBSHYO (vrach kelguncha birinchi shoshilinch yordam)ning asosiy vazifalari quyidagicha:
a) jabrlanuvchi hayoti uchun xavf solayotgan xavf-xatarni yo’qotish uchun kerakli choralar ko’rish;
b) yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlarni oldini olish;
v) Jabrlanuvchini transportda yuborish uchun eng qulay sharoit yaratish. Jabrlanuvchiga birinchi yordam zudlik bilan va bir kishi rahbarligi ostida ko’rsatilishi kerak, chunki tashqaridan bir biriga to’g’ri kelmaydigan maslahatlar, hovliqish, tortishuv va sarosimalik qimmatli vaqtni yo’qotishga olib keladi. Albatta vrachni chaqirish va jabrlanuvchini tibbiyot punktiga (kasalxonaga) olib borish tezlik bilan kechikmasdan amalga oshirilishi kerak.
Jabrlanuvchining hayoti va sog’lig’ini saqlab qolish qoidalari majmui quyidagicha bo’lishi kerak:
a) qutqaruvchining shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi (vaziyatga qarab, kerak bo’lganda);
b) xavf-xatar omillari ta’siri sabablarini yo’qotish (jabrlanuvchini gazlangan zonadan olib chiqish, jabrlanuvchini elektr toki ta’siridan ozod etish, cho’kayotgan insonni suvdan olib chiqish va x.k.);
v) jabrlanuvchi holatini tezda baholash (tashqi ko’rik, hol aholini so’rash, hayot alomatlari bor yoki yo’qligini aniqlash);
g) atrofdagilarni yordamga chaqirish va “tez yordam” mashinasini chaqirishni iltimos qilish;
d) jabrlanuvchini har bir aniq holat uchun xavfsiz bo’lgan vaziyatda joylashtirish;
e) hayot uchun xavfli bo’lgan vaziyatlarni yo’qotish choralarini qo’llash (reanimatsiya choralarini o’tkazish, qonni to’xtatish);
j) jabrlanuvchini tibbiyot xodimi kelguncha e’tiborsiz qoldirmaslik, uni ahvolini doimo nazoratda ushlash, uni organizmidagi hayotiy funksiyalarini qo’llab quvvatlashni davom ettirish.
1.2 Birinchi tibbiy yordam ko’rsata bila olish.
• jabrlanuvchining holatini baholash, ko’rinishini aniqlash, shikastlanish hususiyati (jarohat), eng muhim bo’lgan birinchi tibbiy yordam ko’rsatish turini belgilash, kerakli choralar tartibiga rioya qilish;
• shoshilinch jonlantirish (reanimatsiya) yordamining jami majmuini to’g’ri amalga oshirish, samarasini nazorat qilish va kerak bo’lganda, jabrlanuvchining ahvoliga qarab reanimatsiya choralariga tuzatish kiritish;
• og’ir tan jarohati olganda, skelet suyaklari singanda transport shinasi, ro’mol, mato yordamida taxtakach qo’yish,yarani bog’lash; jgut (chilvir), siqib turadigan bog’ich va boshqalar yordamida qonni to’xtatish;
• elektr toki urganda, jumladan ekstremal sharoitda (LEP tayanchlari va h.k.), cho’kish, issiq va quyosh (oftob) urganda, o’tkir zaharlanish kabilarda yordam ko’rsatish;
• VKBSHYO (vrach kelguncha birinchi shoshilinch yordam) ko’rsatishda, ko’chirishda, joylashtirishda yoki transportga chiqarishda qo’l ostidagi vositalardan foydalanish;
• tez tibbiy yordam, tibbiyot xodimini chaqirish kerak nokerakligini aniqlash, zarar ko’rgan insonni yo’lovchi (moslashtirilmagan) transport vositasi orqali evakuatsiya qilish, tez yordam aptechkasidan foydalanish.
2-BOB. VRACH KELGUNCHA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH TURLARI.
Klinik reanimatologiya (lotincha re — yangi, anima — hayot) –fiziologiya, patologik anatomiya, jarrohlik, terapiya va tibbiy yo’nalishdagi mutahassislik bilan chambarchas bog’liq. Uni vazifasi - inson organizmida, joni uzilayotgandagi terminal holati rivojlangan vaqtdagi jarayonlar mexanizmini o’rganishdir.
Nafas olish va yurak faoliyati to’xtagandan so’ng, inson organizmi bir qancha vaqt yashashda davom etishi aniqlangan, ammo bunda xujayralarga, tirik organizmning yashashi uchun juda zarur bo’lgan kislorodni yetib borishi to’xtaydi. Turli to’qimalarga qon va kislorod yetib borish vaqti turlicha ta’sir yetadi va ularni nobud bo’lishi bir vaqtda sodir bo’lmaydi. Shuning uchun, qon aylanishi va nafas olishni reanimatsiya deb nomlangan chora tadbirlar kompleksi yordamida o’z vaqtida tiklanishi, kasalni terminal holatidan chiqarib olishga yordam beradi.
Terminal holat turli sabablar oqibatida yuzaga kelishi mumkin: shok (ruhiy zarba), miokard infarkti, ko’p qon yo’qotish, nafas olish yo’li yopilib qolganda, asfiksiya, elektr jarohati olganda, cho’kkanda, tuproq tagida qolganda va h.k. Terminal holat uch faza yoki bosqichga bo’linadi: 1) jon talvasasi (holati razm) boshlanishi (oldi); 2)jon talvasasi (holati razm); 3) klinik o’lim.
Jon talvasasi boshlanishi (oldi) holatida bemorning es hushi saqlangan, ya’ni joyida bo’ladiyu lekin chalkash-chulkash bo’ladi. Arterial bosim nolgacha tushib ketadi, puls urishi keskin tezlashadi va ipsimonga aylanadi, nafas olishi yuzaki bo’lib, qiyinlashadi va teri qatlami oqish rangga aylanadi.
Jon talvasasi vaqtida arterial bosim va puls bilinmaydi, ko’z refleksi (muguz parda: yorug’likka bo’lgan qorachiq reaktsiyasi) yo’qoladi, nafas olganda havo yutoqishi tabiati namoyon bo’ladi.
Klinik o’lim —Oralig’i 3-6 minut bo’lgan hayot va o’lim o’rtasidagi qisqa muddatli o’tish bosqichi. Yurak faoliyati va nafas olish to’xtaydi, ko’z qorachig’i kengayadi, teri qatlami soviydi, reflekslar yo’qoladi. Bu qisqa vaqt ichida reanimatsiya yordamida, hayotiy funksiyalarni tiklash mumkin. Yordam berish kechiksa, bu muddat ichida to’qimalarda qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlar yuzaga kelib, klinik o’lim biologik, ya’ni haqiqiy o’limga aylanadi. Klinik o’lim biologik o’limdan, jasad dog’lari va tanani sovib qolishi bilan farqlanadi.
Terminal holatda – uning sababidan qat’iy nazar- organizmda turli umumiy o’zgarishlar yuzaga keladi, uni tushunmasdan reanimatsiya usuli ma’nosini va tub mohiyatini anglash mumkin emas. Bu o’zgarishlar barcha organ va organizm sistemasiga (miya, yurak, modda almashuvi va x.k.) ta’sir qiladi va bir organlarda oldin, boshqasida keyin paydo bo’ladi. Yurak urishi va nafas olish to’xtagandan so’ng organlar bir qancha muddat yashash faoliyatini saqlab qolishini hisobga olsak, o’z vaqtida jonlantirish (reanimatsiya) yordami ko’rsatilsa, inson hayotini saqlab qolish ya’ni bemorni hayotga qaytarish mumkin.
Gipoksiyaga (qon va to’qimalarda kislorod kam miqdorda bo’lishi ya’ni yetishmasligi) bosh miya qobig’i juda ta’sirchandir, shuning uchun terminal holatda eng avval markaziy asab sistemasining yuqori qismi - bosh miya qobig’i funksiyasi ishdan chiqadi va inson hushidan ketadi. Agar kislorod yetishmasligi 3-4 daqiqadan ortsa, unda bu markaziy asab sistemasining yuqori qism faoliyatini tiklashning iloji qolmaydi. Qobig’ faoliyati to’xtagandan so’ng, miyaning qobig’ osti qismida o’zgarishlar paydo bo’ladi. Eng oxirgi navbatda nafas va qon aylanishning avtomatik markazlari joylashgan cho’zinchoq miya nobud bo’ladi. Miyaning abadiy o’limi yuzaga keladi.
Terminal holatdagi kuchayib boruvchi gipoksiya va miya funktsiyasini buzilishi, yurak-qon tomir faoliyatini buzilishiga olib keladi. Jon talvasasi oldi davrida yuraknining so’rish (nasos) funksiyasi keskin pasayadi va u chiqarayotgan qon miqdori, ya’ni yurak chiqindisi kamayadi. Organlarda va ayniqsa miyada qon ta’minoti pasayishi qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlarni rivojlanishini tezlashtiradi. Yurakda shahsiy avtomatizm sistemasi borligi sababli, uni qisqarishi ancha uzoq vaqt davom etishi mumkin. Ammo bu qisqarishlar kam samara beradi: puls to’liqligi pasayadi, u ipsimonga aylanadi, arterial bosim keskin pasayadi, so’ngra bilinmay qoladi. Keyinroq yurak urish ritmi ma’lum darajada buziladi va yurak faoliyati to’xtaydi.
Terminal holatning boshlang’ich fazasida –jon talvasasi boshlanishida – nafas olish tezlashadi va chuqurlashadi. Jon talvasasi vaqtida arterial bosim pasayishi bilan bir qatorda nafas olish bir me’yorda bo’lmay, yuzaki bo’ladi va natijada umuman to’xtaydi- terminal pauza (tanaffus) boshlanadi.
Terminal holatda organizmda modda almashinuvida keskin siljish kuzatiladi. Ular, eng avval oksidlash jarayonini pasayishida ko’rinadi. Bunda organizmda organik kislotalar (sut kislotasi va sirka) va uglekislotalar (karbonat kislota) to’planib qoladi. Natijada organizmda ishqoriy - kislota balansi buziladi. Qon reaksiyasi me’yorda va organizm to’qimalari neytraldir. Terminal holatda oksidlash jarayonlarini o’cha boshlashi, reaksiyani nordon tomonga burib yuboradi va natijada atsidoz paydo bo’ladi.
Organizm klinik o’limdan chiqqandan so’ng, avval yurak faoliyati tiklanadi, undan so’ng mustaqil nafas olish va keyinchalik esa, modda almashinuvidagi va ishqoriy - kislota holatidagi keskin o’zgarishlar natijasida miya qobig’i funksiyasi ham tiklanishi mumkin. Miya qobig’i funksiyasi tiklanish davri eng uzoq davom etadigan jarayondir. Hatto qisqa muddatli gipoksiya va klinik o’limdan so’ng (bir daqiqadan kam vaqt) ham eslash qobiliyati uzoq vaqt tiklanmasligi mumkin. Bemorni klinik o’lim holatidagi jonlantirishda ( reanimatsiyasida) eng asosiy vazifa - gipoksiya (qon va to’qimalarda kislorod kam miqdorda bo’lishi ya’ni yetishmasligi) bilan kurashish va organizmning so’nayotgan funksiyasini stimulyatsiya ya’ni qo’zg’atishdir. Jonlantirish (reanimatsiya) choralarini shoshilinchlik darajasi bo’yicha ikki guruhga bo’lish mumkin: sun’iy nafas olish va sun’iy qon aylanishini qo’llab quvvatlab turish, hamda mustaqil qon aylanish va nafas olishni, markaziy asab sistemasini, jigar, buyrak, modda almashinuvi funksiyalarini me’yorga keltirishni ta’minlashga yo’naltirilgan intensiv ( jadal) terapiyani o’tkazish.
2.2. Yurak-o’pkani reanimatsiyasi)
Yurak-o’pkani reanimatsiyasi (yuo’j) —organizmni hayotga qaytarish uchun asosiy va mahsus (dori darmonli va h.k.) choralar to’plami (kompleksi).
1. Eng oldin qon aylanishni to’xtaganini aniqlash.
2. Asosiy choralarni zudlik bilan boshlash.
3. Mahsus reanimatsiya choralarni amalga oshirish uchun reanimatsiya brigadasini chaqirish.
YuO’J asosiy choralarini amalga oshirish tartibi:
1. Yordam beruvchi uchun xavfsizlik nuqta’i nazaridan, hodisa sodir bo’lgan joyni baholash.
2. Tashqi ta’sir etadigan narsalarga reaksiyani (ta’sir) yo’qligini (hushidan ketish) tasdiqlash.
3. Uyqu arteriyasida tashqi nafas olish va puls yo’qligini aniqlab olish.
4. Jonlantirilayotgan jabrlanuvchini qattiq va tekis yuzaga, yordam beruvchining, ya’ni jonlantirayotgan kishining belidan past joyga yotqizish.
5. Yuqori nafas olish yo’lini o’tkazuvchanligini ta’minlash
6. Prekardial zarba berish (to’satdan yurak urishi to’xtaganda, elektr jarohat olganda, cho’kkanda va h.k.)
7. Mustaqil nafas olish va puls bor yo’qligini aniqlash.
8. Yordamchi va jonlantirish (reanimatsiya) brigadasini chaqirish.
9. Agar jabrlanuvchi mustaqil nafas ololmayotgan bo’lsa, sun’iy nafas berishni, ya’ni o’pkani sun’iy ventilyatsiyasini (O’SV) boshlash- ikkita to’liq nafas yuborib, “og’izdan og’izga” sun’iy nafas oldirish. (1-rasm)
10. Uyqu arteriyasida puls bor yo’qligini aniqlab olish (ikkita barmoq bilan uyqu arteriyasiga bosish).
11.. O’SV bilan birgalikda, yurakni tashqi massajini (uqalash) boshlash va uni to jonlantirish (reanimatsiya) brigadasi etib kelgunicha davom ettirish.
Qachon jonlantirish (reanimatsiya) choralari to’xtatiladi? To jonlantirish (reanimatsiya) brigadasi etib kelgunicha yoki biologik o’lim alomatlari paydo bo’lguncha davom etiriladi.
YuO’J davom ettirish istesno (mumkin bo’lmagan) bo’lgan vaziyatlar:
• bolani jonlantirish (reanimatsiya) ;
• gipotermiya (faol isitish o’tkazmaguncha o’limni qayd qilish mumkin bo’lmaganda);
• cho’kish (asosan sovuq suvda);
•Yurak faoliyati tiklangandan so’ngra, qaytatdan yurak urishi to’xtaganda.
Yurak-o’pka jonlantirishdagi (reanimatsiya) uchta eng muhim usulning mustahkam ahamiyatining mantiqiy tartibi “AVS” ko’rinishida ifodalangan:
A – Nafas olish yo’lini o’tkazuvchanligini ta’minlash.
V – Sun’iy nafas oldirish.
S – Qon aylanishini tiklash.
Bemorlarni va jabrlanganlarni jonlantirishning zamonaviy uslubining, oldin qo’llanilgan ko’krak qafasi xajmini o’zgarishiga asoslangan boshqa uslublardan uchta ustunligi bor, ya’ni:
a) “Donor”ning chiqarayotgan nafasi tarkibida 17% foizgacha kislorod bor, bu jabrlanuvchining o’pkasi o’zlashtirishi uchun etarlidir.
b) Chiqarilayotgan nafasi tarkibida uglekislota gazi to 4% foizga etadi. Bu gaz jabrlanuvchining o’pkasiga etib borib, uning markaziy asab sitemasidagi nafas markazini uyg’otadi va spontan (mustaqil) nafas olishni tiklaydi.
v) Boshqa usullarga qaraganda, jabrlanuvchining o’pkasiga ko’proq xajmda havo tushishini ta’minlaydi.
Sun’iy nafas oldirishdagi “donor” usulining (o’pka ventilyatsiyasi) birdan bir kamchiligi psixologik to’siqdadir, chunki birovni, begona va notanish kishini og’ziga yoki burniga nafas yuborish uchun o’zini majburlash juda qiyindir, agar u yana qayd qilgan bo’lsa. Bu to’siqni har qanday vaziyatda ham yengib o’tish zarur, chunki uni oldida o’lim bilan kurashayotgan inson hayotini qutqarish turadi.
1-rasm. «Og’izdan og’izga» sun’iy o’pka ventilyatsiyasi usuli:
a — jabrlanuvchining boshi holati; b — og’iz orqali nafas puflash.
1. Bemorni qulay vaziyatda joylashtirish: kiyimlardan bolish yasab orqa kurak ostiga qo’yib, qattiq yuza sirtiga yotqizish. Boshini iloji boricha orqaga tashlash (engashtirish)
2. Og’zini ochib, og’iz bo’shlig’ini qarab chiqish. Agar chaynash muskullari tortishib qolgan bo’lsa, pichoq, otvertka, qoshiq yoki boshqalar yordamida uni ochish. Ko’rsatkich barmoqqa dastromolcha yoki shunga o’xshash narsa o’rab, oziz bo’shlig’ini qayd qoldiqlari va shilimshiq moddalardan tozalash. Agar tilini yutgan bo’lsa, shu barmoq bilan tortib olish. (2-rasm).
2-rasm. Og’iz bo’shlig’i va xalqumni yot jins, shilimshiq modda va qayd qoldiqlaridan tozalab olish:
a — qo’l bilan; b — rezina nok yordamida so’rib olish.
3. O’ng tomonda turish. Chap qo’l bilan jabrlanuvchining orqaga tashlangan boshini tutib turish bilan birga uni burun teshiklarini berkitish. O’ng qo’l bilan pastki jag’ni oldinga surib, tepaga ko’tarish. bunda quyidagi manipulyatsiyani bajarish juda muhimdir:
a) katta va o’rta barmoq bilan yonoq yoyi va jag’ni tutib turish;
b) ko’rsatkich barmoq bilan og’iz bo’shlig’ini ochish;
v) Nomsiz barmoq uchi va jimjiloq bilan (4-5 barmoq) uyqu arteriyasidagi puls urushini nazorat qilish.
4. Lablar bilan jabrlanuvchini og’zini tutib chuqur nafas olish va nafasni puflab chiqarish.Og’iz oldindan gigiena talablariga rioya qilgan holda biror bir toza mato bilan yopiladi.
Puflayotgan vaqtda, ko’z qiri bilan ko’krak qafasi ko’tarilishini nazorat qilish, nafas berish chastotasi tsikli 2 daqiqada 12-15 marta, ya’ni 5 soniyada bitta nafas puflash.
Albatta, “og’izdan og’izga” nafas berish, ma’lum darajada gigienik noqulaylikni tug’diradi. Bemorni og’ziga bevosita tegmasdan, nafas puflashni dokali salfetka, ro’molcha yoki har qanday siyrakroq to’qilgan mato orqali bajarish mumkin. Pastdagi usul yordamida, o’pka ventilyatsiyasida havo yuborgichdan foydalanish mumkin (3-rasm).
3-rasm. havoyuborgich orqali o’pkaga sun’iy nafas yuborish.
“Og’izdan burunga” nafas berish usulidan foydalanayotganda, nafas puflash burun orqali amalga oshiriladi. Bunda jabrlanuvchining og’zi, tilni yutib yubormaslik uchun, jag’ni yuqoriga ko’targan holda, qo’l bilan yopilgan bo’lishi kerak. (4-rasm).
4-rasm. «Og’izdan burunga» sun’iy o’pka ventilyatsiyasi usuli:
a — jabrlanuvchining boshi holati; b — burun orqali nafas puflash.
Jabrlanuvchida mustaqil nafas olish belgilari paydo bo’lgan zahoti o’pkani sun’iy ventilyatsiyasini to 1 daqiqada 12 marta nafas olmaguncha to’xtatmay davom etiriladi. Bunda nafas yuborish ritmi., jabrlanuvchining tiklanayotgan nafas olishiga moslashtiriladi.
Qo’l respiratori yordamida o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasi(nafas oldirish). Oldin aytib o’tilganidek avval nafas olish yo’lini o’tkazuvchanligini ta’minlanadi va havo yuborgich og’izga kirgiziladi. Kasalni burni va og’ziga qalin niqob tortiladi. Qopchani siqib, havo yuboriladi. (5-rasm). Nafas chiqarish qopcha klapani orqali amalga oshiriladi, bunda uning davomiyligi nafas olish vaqtidan 2 baravar uzoq bo’ladi.
5-rasm. Qo’l respiratori-qopcha yordamida o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasi (nafas oldirish).
O’pkaning sun’iy ventilyatsiyasining (nafas oldirish) har qanday usulida ko’krak qafasidan o’tishdagi samaradorligiga e’tibor berib, baholash kerak. Aslo, har qanday vaziyatda ham, nafas olish yo’lini yot jism va oziq ovqat qoldiqlaridan tozalamay turib (og’iz va xalqumni) o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasini (nafas oldirish) boshlash mumkin emas!
Yuqorida sanab o’tilgan usullar yordamida o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasini (nafas oldirish) uzoq davom ettirish mumkin emas, bu faqat birinchi yordam ko’rsatish uchun va bemorni ko’chirish vaqtida xizmat qiladi. Shuning uchun, jonlantirishni (reanimatsiyani) –yurak massaji (uqalash) va sun’iy nafas oldirishni - to’xtatmay, malakali yordam ko’rsatish uchun tez yordamni chaqirish yoki bemorni yaqin bo’lgan tibbiy muassasaga olib borish kerak bo’ladi.
2.3. Yurakni tashqi (to’g’ridan to’g’ri emas) massaji (uqalash).
Yurakning ish faoliyati, ya’ni yurak urushi turli sabablarga ko’ra to’xtab qolishi mumkin (cho’kkanda, bo’g’ilganda, gazlar bilan zaharlanganda, chaqmoq yoki elektr toki urganda, miyaga qon quyilishida, miokard infarkti va boshqa yurak xurujlarida, issiq urganda, qon yo’qotishda, yurakka to’g’ridan to’g’ri urilganda, kuyishda, muzlaganda va h.k.) va turli sharoitda –kasalxonada, tish doktori qabulida, uyda, ko’chada, ishxonada. Ushbu sabablarning biriga ko’ra jabrlangan bemorga yordam berib, jonlantiradigan (reanimatsiya) insonning tashhis qo’yish va miya faoliyatini tiklashi uchun faqat 3-4 daqiqa vaqti bo’ladi. Yurak urishini to’xtashi ikki turga ajratiladi: asistoliya (yurak urish faoliyatinini xaqiqiy to’xtashi) va yurak qorinchasining fibrillyatsiyasi (titroq, bunda yurak muskullarining ma’lum tolalari tartibsiz, nokoordinar qisqaradi. Birinchi turda ham, ikkinchi turda ham yurak qon chiqarishni to’xtatadi va tomirlarda qon oqimi to’xtaydi.
Yurak urishi to’xtashida zudlik bilan tashhis qo’yish imkonini beradigan asosiy simptomlar:
• hushdan ketish;
• uyqu va son arteriyasida pulsning yo’qligi;
• yurak urush tovushlarini yo’qligi;
• nafas olishni to’xtashi;
• teri va shilliq qatlamlarni rangi o’chib, ko’karishi;
• ko’z qorachig’ini kengayishi;
• hushdan ketgan vaqtda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan va atrofdagilarga birinchi bo’lib yurak faoliyati to’xtaganini bildiradigan simptom- tirishish (akashak) .
Bu simptomlar, qon aylanishi to’xtagani haqida ishonarli ravishda guvohlik beradi va qo’shimcha tekshiruv (arterial bosimni o’lchash, puls chastotasini aniqlash kabi), vrach qidirish uchun bir daqiqa ham vaqt yo’qotmasdan, zudlik bilan reanimatsiya ishlariga – yurak massaji (uqalash) xamda sun’iy nafas oldirishga kirishish kerakligini bildiradi. Shuni esda tutish kerakki, har doim ham yurak massaji (uqalash) va sun’iy nafas oldirishni birgalikda. bir vaqtda amalga oshirish zarur, buni natijasida aylanayotgan qon kislorod bilan to’yinadi. Aks holda jonlantirish ishlari behudadir.
yurakni tashqi massaji (uqalash) texnikasi. Tashqi massajdagi asosiy ma’no shundan iboratki, bunda ko’krak suyagi va umurtqa o’rtasida yurakni bir maromda siqishdadir. Bunda qon yurakning chap qorinchasidan aortaga xaydaladi va asosan aorta orqali bosh miyaga boradi, o’ng qorinchadan esa, o’pkaga borib kislorod bilan to’yinadi. Ko’krak suyagiga bosim to’xtaganda, yurak bo’shlig’i yana qon bilan to’ladi (6-rasm).
6-rasm. Yurakni tashqi massaji mexanizmi:
a — sun’iy sistola (yurak qisqarishi);
b — diastola (yurak bo’shashishi va qorinchalarni qon bilan to’lishi)
Yurakni massaj (uqalash) qilish, yurakni har qanday holatdagi barcha to’xtab qolishida amalga oshiriladi. Yurak urishi turli sabablarga ko’ra to’xtab qolishi mumkin: qon tomirlarini siqilishi, yurak faoliyatidagi o’tkir yetishmovchilik, miokard infarkti, og’ir jarohat, chaqmoq yoki tok urganda va boshqalar. Yurakni to’satdan to’xtab qolish alomatlari: keskin ravishda rangni o’chishi, hushdan ketish, uyqu arteriyasida pulsni yo’qolishi, nafas olmaslik, nafasni juda sekin va titrab olish, ko’z qorachig’ini kengayishi. Yurak massajining (uqalash) ikki asosiy turi mavjud: tashqi yoki to’g’ridan to’g’ri emas (yopiq) va ichki (ochiq)
Yurakni tashqi massaji, ko’krak suyagi va umurtqa o’rtasida joylashgan yurak oldidan ko’krakni orqaga bosilishga, bu bosish to yurak bo’shlig’idagi qon, qon tomirga o’tguncha bosilishiga asoslangan. Bosish tugallangandan so’ng, yurak to’g’irlanadi va uni bo’shlig’iga vena qoni tushadi.
Tashqi massaj (uqalash) qilishni har bir kishi bilishi kerak. Yurak urishi to’xtaganda massajni (uqalashni) juda ham zudlik bilan amalga oshirish kerak. Yurak massajining eng samaraligi, yurak to’xtagan zahoti boshlanganidir.
Yurak massaji yordamida yaratilgan qon aylanishning samaradorligi uchta alomat orqali aniqlanadi: uyqu arteriyasida massaj taktiga muvofiq pulsni paydo bo’lishi, qorachiqni torayishi va mustaqil nafas olishni paydo bo’lishi. Yurakni tashqi massajida, qo’l kuchi jabrlanuvchining ko’krak qafasidagi joyni to’g’ri tanlab, (ko’krak suyagi osti xuddi qilichsimon o’simta ustiga) bosgandagina samaradorligi ta’minlanadi. Massaj qilayotgan insonning qo’li to’g’ri joylashgan bo’lishi kerak. (7-rasm. Bitta qo’l kaftining proksimal qismini ko’krak suyagining pastki yarmisi ustiga qo’yiladi, ikkinchi kaftni esa birinchi qo’l o’qiga perpendikulyar ravishda, uni ustiga qo’yiladi, va jabrlanuvchining ko’krak qafasiga qattiq bosim bermaslik uchun, birinchi panjaning barmoqlari salgina ko’tariladi.)
7-rasm. Yurakni tashqi massajida qo’l va ko’krak suyagini bir biriga
tegish joyi.
Qo’llarning tirsak bo’g’imi to’g’ri bo’lishi kerak. Massaj qilayotgan kishi yetarli darajada yuqoriroq turishi kerak (agar bemor teparoq krovatda yoki jarrohlik stolida yotgan bo’lsa, ba’zida stul, taburetka, taglik ustiga chiqishi mumkin) chunki u o’z gavdasi bilan bemorni ustiga engashib, nafaqat qo’l balki gavdasining og’irligi yordamida ham ko’krak suyagiga bosish kerak bo’ladi. Ko’krak suyagini umurtqaga qarab 4-6 sm. ichkariga surish uchun bosish kuchi yetarli bo’lishi kerak (8-rasm).
8-rasm. Yurakni tashqi massajida yordam berish va bemorning
joylashish holati.
Massajning tempi (tezligi) bir daqiqada yurakni 60 martata siqishdan kam bo’lmasligi lozim.
Bolalarda yurak massaji faqat bir qo’lda, emizikli yoshdagi bolalarda ikki barmoq uchi bilan, daqiqasiga 100-120 chastota bosish amalga oshiriladi. 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda barmoq bosish nuqtasi, ko’krak suyagining pastki oxiridadir.
Jonlantirishni (reanimatsiyani) ikki kishi amalga oshirayotgan bo’lsa, massaj qilayotgan kishi ko’krak qafasini tahminan 1 soniyada 1 martadan 5ta bosishni bajaradi, ikkinchi kishi esa, 1 marta keskin va tezlik bilan og’izga yoki burunga nafas puflaydi. (9-rasm.) 1 daqiqada 12 marta ana shu sikl bajariladi. Agar jonlantirishni (reanimatsiyani) bir kishi amalga oshirayotgan bo’lsa, jonlantirishni yuqoridagi tartibda bajarib bo’lmaydi; jonlantiruvchi (reanimator) tashqi yurak massajini tezroq ritmda amalga oshirishi ya’ni, tahminan 12 soniyada 15 bosish undan so’ng, 3 soniyada 2 marta keskin o’pkaga havo puflashi kerak bo’ladi; Bir daqiqada 4 marta ushbu sikl bajariladi, jami bo’lib 60 marta yurak bosiladi va 8 marta o’pkaga chuqur nafas puflanadi. Ko’p havo o’pkaga emas, balki oshqozonga tushib qolgan taqdirda, bemorni qutqarib qolish qiyin bo’ladi. Shuning uchun bunday vaziyatni oldini olish maqsadida, vaqti vaqti bilan uni oshqozonidan, ko’krak osti chuqurchasi (epigastral) atrofiga bosish orqali havodan tozalab turish maqsadga muvofiqdir. Yurakni tashqi massaji, sun’iy nafas oldirish bilan birga olib borgandagina ijobiy natija beradi. Yurak-o’pka jonlashtirish (reanimatsiya) vaqti 30-40 minutdan kam bo’lmasligi yoki tibbiy yordam etib kelguncha davom etishi kerak.
9-rasm. Sun’iy nafas oldirish va yurak tashqi massajini amalga oshirish:
a - yurak tashqi massajida qo’lni to’g’ri joylashtirish va uyqu arteriyasida pulsni aniqlash(punktir); b - sun’iy nafas oldirish va tashqi yurak massajini bir kishi amalga oshirishidagi holat; v -sun’iy nafas oldirish va yurak tashqi massajini ikki kishi amalga oshirishidagi holat
Yurak massajining samaradorligi quyidagi alomatlar bilan baholanadi:
1) uyqu, sondagi va bilak arteriyalarda pulsni paydo bo’lishi ;
2) 60-80 mm rt. st. gacha arterial bosimni ko’tarilishi;
3) ko’z qorachig’i torayib, yorug’likka ta’sirni paydo bo’lishi;
4) ko’kimtir rang va “o’limtik” rangparlikni yo’qolishi;
5) sekin asta mustaqil nafas olishni boshlanishi.
Shuni esda tutish kerakki, agar tashqi yurak massaji qo’pollik bilan amalga oshirilsa, og’ir oqibatlarga, ya’ni o’pka va yurakni lat eyishi bilan birga qovurg’a suyagi sinishi mumkin. Ko’krak suyagini qilichsimon o’simtasiga qattiq bosish oqibatida oshqozon va jigar yorilib ketishi mumkin. Ayniqsa, keksa yoshdagi kishilar va bolalarda tashqi yurak massajini bajarayotganda juda ehtiyot bo’lish kerak.
Agar yurak massaji, sun’iy nafas oldirish va dori darmon terapiyasi boshlangandan keyin 30-40 daqiqadan so’ng, yurak faoliyatida o’zgarish bo’lmasa, qorachiq kengaygancha yorig’lik ta’siri bo’lmasa, unda organizmda qaytarib bo’lmaydigan o’zgarish sodir bo’lgani va miya faoliyati to’xtagani ma’lum bo’ladi va jonlantirish (reanimatsiya) ishlarini to’xtatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Agar, jon uzilishining aniq alomatlari oldinroq ma’lum bo’lsa, jonlantirish ishlari oldinroq to’xtatilishi mumkin.
Ba’zi bir og’ir kasalliklarga va shikastlanish jarohatlariga duchor bo’lgan (metastazali xatarli shish (saraton), bosh suyagidagi og’ir jarohatlarda bosh miya maydalanib ketganda) bemorlarda jonlantirishni (reanimatsiya) boshlash befoydadir va uni boshlamaslik kerak. Boshqa holatlarda, to’satdan bemor o’layotgan bo’lsa, uni jonlantirish uchun umid bo’ladi va buning uchun barcha kerak bo’lgan choralarni imkoni boricha tezroq boshlash zarur.
Nafas olmayotgan va yurak urishi to’xtagan insonlarni biror tibbiy muassasaga jo’natish faqat, yurak faoliyati va nafas olishi tiklangandan so’ng yoki jonlantirish choralarini davom ettirish imkoni bo’lgan mahsus “tez yordam” mashinasida amalga oshirish mumkin.
Ranimatsiyani nafas olish va yurak urishi to’xtagan zahoti boshlashni doimo esda tutish zarur. Agar jonlantirish choralarini qo’llash kechiktirilsa (5 daqiqadan ortiq), nafas olishni va yurak urishini tiklash mumkin, lekin bosh miyaning me’yordagi faoliyati tiklanmaydi.
2.4. Bolalardagi asosiy jonlantirish (reanimatsiya) choralari.
Yangi tug’ilgan va emizikli bolalarda qon aylanishni to’xtab qolishining eng ko’p uchraydigan sababi – yangi tug’ilgan bolalarni to’satdan o’lish sindromi ya’ni alomatlari bu, o’pka kasalliklari (pnevmoniya, zotiljam, o’tkir bronxospazm), nafas yo’llarini qasddan bo’zilishi, cho’kish, sepsis, asab kasalliklaridir.
Yosh bolalarda birinchi yillarida (1 yoshdan yuqori) qon aylanishning to’xtab qolishning asosiy sabablari – jarohatlar, ko’pincha avtomobil xalokatlari natijasida (ko’pincha xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik oqibatida), yo’lda piyoda xarakati (bola serqatnov yo’lga chopib chiqqanda), velosiped jarohatlari (asosan bosh jarohati), cho’kish, kuyish va o’q otish qurolidan yaralanish kabilardir.
Yosh bolalarda reanimatsiya choralari kattalardagi singari amalga oshiriladi, lekin ulardae ba’zi bir farqlari ham bor:
• Agar reanimator bir o’zi yordam ko’rsatayotgan bo’lsa, u to jonlantirish brigadasi etib kelmaguncha, asosiy jonlantirish choralarini amalga oshiraveradi.
• To 6 yoshgacha bo’lgan bolalarda sun’iy o’pka ventilyatsiyasini (SO’V) o’tkazishda, jonlantiruvchi (reanimator) bir vaqtning o’zida og’zi bilan bolaning og’zi va burnini qamrab oladi. Bola 6 yoshdan katta bo’lsa, nafas berishni “og’izdan og’izga” usuli yordamida amalga oshiriladi, bolani burni esa katta va ko’rsatkich barmoq bilan siqib turiladi.
• Nafas yo’lida o’tkazuvchanlikni ta’minlash maqsadida, bolani dahani ko’tariladi yoki pastki jag’ oldinga suriladi. Havo sekin asta puflanadi (1-1,5 s.), jonlantiruvchi (reanimator) tanaffusda. puflanayotgan nafas tarkibida kislorod miqdorini oshirish va uglekislota (karbonat kislotasi) gazi miqdorini kamaytirish maqsadida chuqur nafas oladi.
• Yosh bolani birlamchi yilgi hayotida mustaqil nafas olish qobilyati yo’qolsa, eng yaxshi chora jonlantirishdir (reanimatsiya) – bu sun’iy o’pka ventilyatsiyasi (SO’V). Har bir bosish va nafas puflash miqdorida juda ehtiyot bo’lish kerak (bu ko’rsatkichlar bolaning yoshi, nafas olish yo’lining qarshiligiga qarab, ma’lum darajada o’zgarib turadi). Agar ko’krak qafasining tinch ko’tarilishiga havo yuborish sabab bo’lsa, unda har bir puflangan havo xajmi mos hisoblanadi. Birinchi yoshdagi bolalar uchun SO’V (sun’iy o’pka ventilyatsiyasi) tezligi – 1 daqiqada 20 marta havo yuborishdir.
Nafas yo’llarini qasddan buzilishini (obstruktsiya) aniqlash. Agar SO’Vda ko’krak qafasi ko’tarilmasa, bu ko’p miqdordagi nafas xajmi (yoki ko’proq bosim) kerakligini yoxud nafas yo’lini qasddan buzilishini (obstruktsiya) ko’rsatadi. Modomiki, nafas yo’lini qasddan buzilishining (obstruktsiya) tez-tez uchraydigan sababi, bu nafas yo’lini butunlay ochilmasligidir. Bu holatda jonlantirilayotgan bolaning boshini (agar uning umurtqa pog’onasining bo’yin qismi jarohatlanmagan bo’lsa) asta sekin to’g’irlab olib, undan so’ng yana SO’V (sun’iy o’pka ventilyatsiyasi)ni o’tkazish darkor.
Qon aylanishini baholash. Bir yoshgacha bo’lgan bolani pulsini elka arteriyasida, bir yoshdan katta bo’lganlarni esa, uyqu arteriyasida tekshirish tavsiya etiladi.
yurak tashqi massaji (uqalash). Emizikli bolalarda o’rta va nomsiz barmoq bilan ko’krak suyagini pastki uchdan bir (tahminan ko’krak uchidan bir barmoq qalinligida pastda) qismiga bosiladi; jonlantiruvchi (reanimatoar) ikkinchi qo’lidan, nafas olish yo’lini o’tkazuvchanligini ta’minlash maqsadida bolaning boshini qulay vaziyatda ushlab turish uchun foydalanadi. Bolaning ko’krak suyagini 1,5 dan to 2,5 sm. gacha ichkariga bosiladi, bosish chastotasi bir daqiqada 100 marta.
1-8 yoshgacha bo’lgan bolalarning ko’krak suyagini pastki uchdan bir (tahminan qilichsimon o’simtadan bir barmoq qalinligida yuqorida) qismiga, kaftning proksimal qismi bilan bosiladi. Ko’krak suyagi 2,5 dan to 4 sm. gacha ichkariga bosiladi, bosish chastotasi bir daqiqada 100 marta kam emas.
Bolaning birinchi yillardagi hayotida SO’V (sun’iy o’pka ventilyatsiyasi) tempiga nisbatan, nechta jonlantiruvchi (reanimator) bo’lishidan qat’iy nazar bosish chastotasi 5:1 darajani tashkil etadi. Bolani ahvoli jonlantirish boshlangandan keyin har bir daqiqada baholanadi, undan keyin esa har bir 2-3 daqiqada.
Puls —Bu, yurak qisqarishi natijasida tomirlarga tushadigan qon harakati yuzaga keltiradigan, arteriya devorlaridagi davriy zarbaga oid tebranishdir. Chastota, ritm, tomirlarning to’liq urishi, kuchlanish bilan tavsiflanadi va paypaslab (palpatsiya) aniqlanadi.
Fiziologik sharoitda puls chastotasi ko’pgina omillarga bog’liqdir: yoshga nisbatan (yangi tug’ilgan bolalarda 130-140 qisqarish, 3,5 yoshda 95-100 ta qisqarish, 7-10 yoshda 85-90 ta qisqarish va yoshi kattalarda 60-80 ta qisqarish; jinsiga qarab ( ayollarda erkaklarga nisbatan 6-10 qisqarish ko’proq bo’ladi);
sutkaning vaqtiga qarab (uxlaganda puls sekinroq uradi); muskullar bilan ishlaganda, gavda holatiga qarab, ruhiy-asabiy sharoitga (qo’rquv, og’riq vaqtida puls urushi tezlashadi) va h.k.
puls urishning tezlashishi (daqiqada 80 ta dan ortiq urish) taxikardiya, sekinlashishi esa (60tadan kamroq) — bradikardiya deyiladi.
Puls ritmik va aritmikka bo’linadi. Ritmik pulsda, puls to’lqinlari ketma-ket bir hil vaqt oralig’ida va bir hil kuchda qaytariladi. Aritmikda esa, muvozanat buziladi, puls to’lqinlari oralig’i v kuchi turlicha bo’ladi. Aritmiyaning eng ko’p uchraydigan turi-ekstrasistoliya va tebranma aritmiyadir.
Ekstrasistoliya - pulsni paypaslaganda (palpatsiya), xuddi navbatsiz barvaqt kam kuchli puls to’lqini sifatida aniqlanadi
Tebranma aritmiya- puls ritmida hech qanday tartib yo’qligi bilan tavsiflanadi: puls to’lqinlari turli kattalikda va bir biridan keyin turli interval bilan qaytariladi. Bunda ba’zi bir sistolalar shunchalik kuchsiz, puls to’lqini esa shunchalik kichik bo’lib, periferiyagacha (chetigacha) etib bormaydi va paypaslaganda umuman bilinmaydi. Yurak urishini eshitayotganda sistolalar soni va puls to’lqinlari soni orasida tafovut, ya’ni puls defitsiti (etishmasligi) paydo bo’ladi. Tebranma aritmiya esa, yurak illatida (porokida) sodir bo’ladi.
Tomirning to’liq yaxshi urishidagi puls, qonning sistolik xajmiga, (60-80 ml) shuningdek yurak qisqarishi kuchi, tomirlarning tonusi, qonning sistemadagi umumiy miqdori va uning taqsimlanishiga bog’liq bo’ladi. Tomirning to’liq yaxshi urishidagi pulsi orqali yurak qisqarishi kuchi haqida fikr yuritiladi. Qon yo’qotilishi bilan tomirning to’liq yaxshi urishidagi pulsi kamayadi.
Puls kuchlanishi, tekshiruvchi qo’lidagi barmoqlar kuchi bilan paypaslanayotgan arteriyada to’liq qon oqib o’tishi to’xtaguncha va uni siqqanda arteriya devorlari qarshiligi bilan aniqlanadi. Puls kuchlanishi arterial bosimning yuqori yoki pastligiga bog’liq: u qancha yuqori bo’lsa, puls kuchlanishi ham shuncha yuqori bo’ladi. Puls kuchlanishi qon tomirlari sklerozida oshadi. Yurak faolliyatini ma’lum darajada pasayishi va aylanayotgan qon xajmi kamayishi bilan puls juda sekin, bilinar bilinmas va paypaslaganda ham zo’rg’a topiladigan bo’ladi (ipsimon puls).
Puls urishini arteriya yuzaki joylashgan, suyakka yaqin va bevosita paypaslash oson bo’lgan joylarda aniqlanadi. Ko’pincha puls bilak arteriyasining eng chekka oxirida aniqlanadi: bilak arteriyasi, bilak suyagi bo’g’imida yuzaki va bilak suyagi ustida joylashgani uchun pulsni aniqlash uchun juda qulaydir.
Tekshiruvchining qo’li, muskullarning tarang tortilishiga yo’l qo’ymaslik uchun yarim egilgan qulay holatda bo’lishi kerak. U 2-chi 3-chi va 4-chi barmoqlarini old elkaning panjadagi bilak suyagining ichki yuzasiga. katta barmoqni esa. panjaning tashqi yuzasi ustiga joylashtirib, pulsni paypaslab aniqlaydi; pulsni topgandan so’ng, uni chastotasi, ritmi, to’laqonligi va kuchlanishini aniqlaydi.
Agar pulsni bilak arteriyasida topish imkoni bo’lmasa (jarohatlanganda, kuyganda), unda uni uyqu, son va chakka arteriyalarida aniqlash mumkin.
Nafas olish xarakatining chastotasi katta yoshdagi erkaklarda daqiqasiga 16 tadan to 20 tagachani tashkil etadi, ayollarda esa ularga nisbatan 2-4 tan ko’proq bo’ladi, yangi tug’ilgan chaqaloqlar esa daqiqasiga 40-60 tagacha nafas oladilar. Jismonan chiniqqan sportchilar daqiqasiga 6-8 tagacha nafas olishlari mumkin.
Nafas olish xarakatini quyidagicha sanash mumkin: tekshiruvchi qo’lini bemorning ko’krak qafasi yoki qorinning yuqori qismiga qo’yib, bir daqiqada qancha nafas olganini sanaydi. Nafas olishni eng oson usuli, bu ko’z bilan bemorni ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i devorini xarakatini kuzatish orqali ham sanashlir. Nafas olishni sanash bemorga bildirmay amalga oshiriladi, buni eng yaxshisi pulsni paypaslaganda bajarish kerak, chunki bemor ixtiyoriy ravishda nafas olishni sekinlashtirishi yoki tezlatishi mumkin. Nafas olish xarakatining yurak qisqarishi chastotasiga nisbatan 1:4 ni tashkil etadi. Nafas olish chastotasi, chuqurligi va sur’atini buzilishi nafas qisish deyiladi. Nafasning qisish nafas olish, chiqarishning buzilishi bilan bog’liq, bunda birinchisi- inspiratsiyaga oid (nafas olish), ikkinchisi – espiratsiyaga oid (nafas chiqarish)dir. Bemorning nafasi qisilganda, unga yordam berish uchun, uni ustidagi siqib turgan kiyimdan ko’krak qafasini bo’shatish, yarim o’tirgan holatga keltirish, toza havo bilan ko’proq ta’minlash va kislorod berish kerak.
Uy sharoitida va boshqa ko’pgina holatlarda badan haroratini o’lchash, pulsni aniqlash va nafas olish xarakati sonini harorat varag’ida raqamli va grafika usulida rasmiylashtirish zaruriyati tug’iladi.Harorat varag’i-juda muhim xujjatdir, u bemorning asosiy holati ko’rsatkichlari va dinamikasini o’z ichiga oladi. Varaqda xronologik ko’rsatkichlar (kasal bo’lgan kunlari, harorat) qayd qilinadi. Har bir kun (varaqda-kvadrat) ertalabki va kechqurungi haroratni belgilash uchun ikki bo’lakka bo’linadi. Varaqning gorizontal bo’yicha chapdagi chetida puls chastotasi,(P) nafas olish (N) va harorat darajasi (H) ko’rsatkichlarini belgilash uchun grafalar bo’ladi.
Olingan ma’lumotlar rangli qalam yoki flomasterlar bilan egri chiziq bilan chizib qo’yiladi.
1-jadvalda hayot davomida ko’rib chiqilgan ko’rsatkichlarning o’rtacha o’zgarish ma’lumotlari keltirilgan.
1-jadval
Turli yoshda puls, bosim va nafas olish ko’rsatkichlari.
Yosh |
Sistologik AD |
Diastologik AD |
Puls |
Nafas olish |
YAngi tug’ilgan |
59-71 |
30-40 |
90-100 |
45-60 |
1 oy - 1 yashar |
85-100 |
35-45 |
120-140 |
35-45 |
3-7 yosh |
86-110 |
55-63 |
120-140 |
20-25 |
8-16 yosh |
93-117 |
59-75 |
78-84 |
18-25 |
17-20 yosh |
100-120 |
70-80 |
60-80 |
16-18 |
21-60 yosh |
to 140 |
to 90 |
60-80 |
14-18 |
60 yoshdan yuqori |
to 150 |
to 90 |
60-80 |
14-18 |
Arteriyadagi qon, uni devoriga ta’sir ko’rsatuvchi bosimi arterial bosim deyiladi. Bosim yurak qisqarishi kuchiga, arteriya sistemasidagi qon oqimiga, yurakdan chiqqan qon kattaligiga, tomirlar devorlarining elastikligiga, qonning yopishqoqligiga va boshqa omillarga bog’liq. Arterial bosim yurakdan uzoqlashgan sari pasaya boradi. Arterial bosim sistologik va diastologik bosimga bo’linadi. Sistologik arteriya bosimi (eng yuqori) – yurak sistolasidagi eng yuqori bosim kattaligidir. Diastologik arteriya bosimi (eng past)- yurak diastolasidagi eng past bosim kattaligi.
Arterial bosimni, yelka arteriyasida sfigmomanometr (Riva-Rochchi apparati) yoki Korotkovning ovoz usulidagi membranali tonometr yordamida o’lchanadi. Oxirgi vaqtlarda arterial bosimni avtomatik o’lchaqichlar bilan o’lchash keng tarqaldi.
Arterial bosimni o’lchashda bemor o’tirgan yoki yotgan holatda bo’lishi kerak. Bunda qo’l ochiq, tirsak bo’g’imidan bukilgan bo’lib, stol ustiga yoki krovat chetiga yurak sathi bilan barobar, kafti tepaga qaratib qo’yilgan bo’lishi kerak. Apparat qo’l bilan bir hil darajada joylashtiriladi va quyidagicha o’lchanadi:
• elkaga bir barmoq kirishi mumkin bo’lgan holatda manjet taqiladi, manjetni pastki cheti tirsakning bukilgan joyidan 2-3 sm yuqoriroq o’rnatiladi, rezina trubka yon tomonga joylashtiriladi;
• tirsak arteriyasida pulsni paypaslab topib, ana shu erga fonendoskopni o’rnatadi;
• sekin asta manjetga havo yuborib, fonendoskop orqali pulsga mos tovush paydo bo’lishi va yo’qolishi eshitiladi, tovushni yo’qolishi manjet arteriyani to’liq siqib qo’yganini ko’rsatadi, shundan so’ng simob ustunini yana 30^40 mm ga ko’tariladi;
• ballon vinti sal ochiladi va simob ustuni juda tez tushib ketmasligi uchun havoni sekin astalik bilan chiqariladi va diqqat bilan puls tovushi eshitilib turiladi; qachon manjetdagi bosim arteriyadagi qon bosimidan past bo’lib, qon arteriyaning siqilgan uchastkasidan o’tayotgan vaqtda yana tovush (ton) paydo bo’ladi.
Sistola vaqtida, qonning arteriya devoriga bosimi natijasida yuzaga kelgan birinchi ton (tovush) paydo bo’lgandagi bosim sistologik (eng yuqori) deyiladi. Manjet orqali arteriyaga berilayotgan bosim to’xtashi bilanoq, tovushlar yo’qoladi. Tovush yo’qolishiga mos kelgan bosim diastologik (eng past) bosim deyiladi. Bosim kattaligi simob ustunini millimetrli shkalasi (mm. sim.us.) bo’yicha belgilanadi va sanoq bo’linmasi ko’rinishida yoziladi - eng yuqori (sistologik), maxrajda –eng past (diastologik) bosim ko’rsatiladi.
Olingan natija juda to’g’ri bo’lishini tekshirish maqsadida, qon bosimini o’lchash 2-3 daqiqa oralatib bir necha marta o’lchanadi.
Tekshirishlar oralig’ida manjet echilmaydi, lekin manjet ichidagi havo to’liq chiqarib yuboriladi.
Sog’lom insonning sistologik qon bosimi shartli ravishda simob bosimi ustunida 100-140, diastologiki esa -70-90 deb qabul qilingan. Kasallik vaqtida ana shu ko’rstkichlardan og’ish paydo bo’ladi.
Arterial bosimni ko’tarilishi-gipertenziya, pasayishi –gipotenziya deb ataladi. Arterial bosimni ko’tarilishi gipertonik kasallikda, nefrit, endokrinologik sistemasi kasalliklarida kuzatiladi, pasayishi esa, qo’rganda (shok), holdan toyish (kollaps) va o’tkir yuqumli infeksion kasalliklarda kuzatiladi.
2.8. Gipertonik tanglik ( kriz)
Asab-qon tomir va gumoral o’zgarishlar natijasida arterial bosim to’satdan birdaniga juda ko’tarilib ketadi (masalan, sim ust. 160/100 mm va undan yuqori). Gipertonik tanglik yuzaga kelishiga ruhiy- asabni zo’riqishi, juda ko’p alkagol ichilishi, ob-havoni keskin o’zgprishi, gipotnziv dori darmonlarni bekor qilinishi va boshqalar sabab bo’ladi.
Alomatlari (belgilari). Gipertonik tanglik, yaxshi kayfiyat holatida ham birdniga yuzaga kelishi mumkin va bunda bosh og’rig’i, bosh aylanishi, ba’zida ko’z oldi qorng’ilashishi, ko’ngil aynash va qayd qilish kabi alomatlar paydo bo’ladi. Gipertonik tanglikning asosiy hususiyatlardan biri, ko’krak qafasida og’irlik hissini paydo bo’lishidir.
Yuqori arterial qon bosimi natijasidagi tanglikda, yurak faoliyatidagi yetishmovchilik (astma yoki o’pka shishi) yoki miya qon aylanishining o’tkir buzilishi (insult) kabi kasalliklar rivojlanishi mumkin.
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish:
1. Arterial bosimni o’lchash.
2. Mahsus «tez yordam» mashinasini chaqirish.
3. Bemorni tinchlantirish.
4. 1-2 ta tabletka dibazol dorisini ichirish yoki imkoni bo’lsa2-4 mt 0,5% dibazol eritmasini muskullar orasiga yuborish (ukol) kerak. Bu dori ni qo’llashda ziddiyatlar yo’q.
Qattiq bosh og’rig’idan qutilish choralari:
• uzoq davom etadigan teleko’rsatuvlar ko’rish va kompyuter bilan uzoq muddat ishlashdan o’zingizni ehtiyot qiling. O’spirinlar televizor ekrani oldida 2 soat, kompyuter ekrani oldida 45 daqiqadan uzoq o’tirishlari mumkin emas;
• kunduzgi kinoseanslarga bormang, ayniqsa quyosh charaqlab turgan kunlarda;
• telefonda uzoq gaplashishidan o’zingizni tiying;
• stress holatida ham, kalta yuzaki nafas olib, nafasni uzoq chiqarib xotirjam, tinch va ravon nafas olishni unutmang;
• ko’proq tabiat qo’yniga ya’ni o’rmon va bog’larga borishga xarakat qiling, u erlarda yog’ingarchilik kunlarida ham o’ziga yarasha joziba bor.;
• jismoniy, ya’ni mayda qadamlar bilan sekin chopish, sheyping yoki aerobika kabi mashqlar bilan shug’ullanish uchun vaqt ajrating- bular yurak xuruji chastotasini kamaytirishga yordam beradi. ;
• o’zingizga tushadigan og’irlikni bir tekis taqsimlang, organizmni qattiq charchatishdan o’zingizni ehtiyot qiling;
• bir vaqtda uxlab, bir vaqtda turishga harakat qiling, tungi uxlash soatini optimal vaqti, 6-10 soatni tashkil etishi kerak;
• tamaki va alkogol mahsulotlarini umuman iste’mol qilmang;
• qandaydir bir ish bilan mashg’ul bo’lishga yoki ijobiy hissiyotlar olishga harakat qiling.
3- BOB. ISSIQ (QUYOSH) URGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH
Issiqlik va quyosh (oftob) urishi —tashqi muhitdagi yuqori darajadagi issiqlikni uzoq muddat ta’sir etishi natijasida, organizmni o’ta qizib ketishi sabali yuzaga kelgan rivojlanuvchi, og’rig’i kuchli holat.
Organizmni bunday qizib ketishiga, yuqori darajadagi harorat, tevarak muhitdagi namgarchilik va havo oqimi harakati yo’q muhitdagi (masalan, issiq, nam sexda, qalin va namni bug’lanib chiqb ketishiga to’sqinlik qiluvchi kiyimda uzoq muddat qolish) hamda jadal sur’atda jismoniy harakat qilish natijasida yuzaga keladigan, yuqori darajadagi tana issiqlik haroratini, tana yuzasi qaytarishi mushkul bo’lgan ahvol sabab bo’ladi.
Jazirama kunlari quyosh nurlarining (spektrning ultra binafsha qismi) qizib ketish alomatisiz, haddan tashqari bevosita to’g’ridan to’g’ri boshga ta’siri bosh miya faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin, ya’ni bizda buni oftob urishi deyiladi. Uning oqibati nurlangandan so’ng darrov emas, balki 4-8 soatdan keyin namoyon bo’ladi.
Issiq va quyosh (oftob) urishi bir biriga o’hshashdir. Boshida jabrlanuvchi charchoq, bosh og’rig’i, madorsizlik, bo’shashganlik, uyquga tortish, bosh aylanishi kabilarni his qiladi. Oyoqlarda, elka atrofida og’riq turadi, quloq shang’illay boshlaydi, ko’z oldi qorong’ulashadi, ba’zida qisqa muddat hushidan ketadi, qayd qilinadi. Keyinroq nafas qisa boshlaydi, puls tezlashadi, yurak urishi jadallashadi. Agar shu vaqtda bu alomatlar oldi olinsa, kasallik rivojlanmaydi.
O’z vaqtida bemorga yordam ko’rsatilmay, shu sharoitda uzoq vaqt qolib ketsa, uning ahvoli juda yomonlashib, markaziy asab sistemasiga shikast etadi. Yuzi oqarib, ko’kimtir rangga kiradi, nafas olish og’irlashib qisiladi, pulsi tezlashib ipsimonga aylanadi va paypaslab topish qiyinlashadi. Bemor hushidan ketadi, muskullar va tomir tortishadi, alahlash va gallyutsinatsiya boshlanadi. Tana harorati 41 °S va undan yuqoriga ko’tariladi. Bemorni ahvoli yomonlashadi, notekis nafas oladi, puls sezilmay qoladi va natijada bemor bir necha soat ichida nafas paralichi va yurak urishi to’xtashi natijasida halok bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki, yosh bolalarda issiqlik va oftob urishi ko’pincha birdaniga sodir bo’ladi. Bu bolalarda markaziy asab sistemasi to’liq rivojlanib bo’lmagani sababli, birinchi navbatda patologik o’zgarishlar rivojlanishi natijasida yuzaga keladi. Bundan tashqari quyosh nurlarini bola organizmiga fiziologik ta’siri juda tezdir, chunki bolalarda teri qatlami yuzasi kattalarga nisbatan juda kichikdir.
Issiqlik va oftob (quyosh) urganda BTYO(birinchi tibbiy yordam) ko’rsatish choralarini bajarish tartibi:
• Jabrlangan insonni soya, salqin joyga ko’chirish.
• Kiyimni echish, jabrlanuvchini sovutish (sovuq suv quyish, boshning gardan qismiga va bo’yinnig orqa yuzasiga, shuningdek bo’yin, qo’ltiq osti, chov tomirlari atrofiga muz yoki sovuq predmetlar qo’yish; jabrlanuvchini sovuq vannaga yotqizish, sovuq dushdan suv quyish, ho’l choyshab bilan o’rab qo’yish).
• Jabrlanuvchining tizzasi ostiga kiyimlardan qilingan bolishni qo’yib, oyog’ini teparoq qilib yotqizish.
• Havo xarakatini to’g’irlash va namni tezlik bilan yo’qotish (ventilyator yordamida yoki biror bir narsa bilan bemorni elpib).
• Agar insonning hushi o’zida bo’lsa, achchiq sovuq choy yoki sal tuz qo’shilgan sovuq suv ichirish.
• Agar jabrlanuvchi hushidan ketgan bo’lsa, nashatir spirt bilan namlangan paxtani burniga xidlatib o’ziga keltirish.
• Qayd qilayotgan vaqtda bemorning boshini yon tarafga burish, chunki qayd massalari nafas yo’lini berkitib qo’yishi mumkin..
• Agar jabrlanuvchi hushidan ketib, nafas olmayotgan, pulsi yo’qolgan, ko’z qorachig’i kengaygan va yorug’likka ta’siri yo’qolgan bo’lsa, tezlik bilan “tez yordam” chaqirib, yurak-o’pka jonlantirish (reanimatsiya) ishlarini boshlash zarur.
Issiqlik va oftob (quyosh) urishni oldini olish choralari:
• Quyosh nurlari ostida uzoq vaqt turishdan qoching.
• Boshni engil och rangdagi bosh kiyim bilan himoya qiling.
• Engil keng kiyim kiyin, uni och rangda bo’lishi va ter chiqishiga qarshilik qilmasligi maqsadga muvofiqdir..
• Jazirama kunlari to’yib ovqatlanmang va ko’p suyuqlik ichmang. Ko’proq sut qatiq va sabzavot mahsulotlarini iste’mol qiling.
Jabrlangan insonni davolash uchun mahsus davolash muassasiga olib borish kerak, lekin organizmni sovutishga qaratilgan choralar tezlik bilan amalga oshirilishi kerak.
Bu termin bilan organizmning aniq holatidan ko’ra, alomatini belgilash mumkin. Ularning ko’pchilik shakli, haqiqatda yuz bermaydigan qandaydir bir harakatni his qilish bilan bog’liq. Qimirlamay turgan inson tebranishni, aylanishni, o’z gavdasini yegilishini va yiqilib tushayotgani kabi hislarni boshidan kechirishi mumin. Bosh aylanishinig eng sodda shakli qisqa muddat turgan joyida nima bo’layotganini bilmay qolish va muvozanatni yo’qotib, xuddi xona aylanayotgandek hissiyotlarni boshdan kechirishdir.
Bosh aylanish ko’pincha boshqa alomatlar bilan ham sodir bo’lishi mumkin, bular: ko’ngil aynash, masofani baholashdagi noaniqliklar va terlashdir.
Har qanday ichki eshitish apparatini izdan chiqishi bosh aylanishga olib keladi, chunki bu nozik organlar muvozanat hislari uchun javobgardir.
Bosh aylanish sababi juda oddiy bo’lishi mumkin – masalan, chayqalish yoki quloq ichida yig’ilib qolgan oltingugurtga oid po’kak. Lekin u miyadagi jiddiy kasallik alomati ham bo’lishi mumkin.
Jarohatlar, ichki eshitish organini ishdan chiqaruvchi infeksiya, chekish asorati, alkogol yoki narkotik iste’mol qilish, pozitsion gepotoniya kabilarni ham istesnodan holi emas.
Yosh. Bosh aylanish ko’pincha keksa yoshdagi insonlarda uchraydi, buning sababi qon tomirdagi o’zgarishlar va qon bosimini pasayishidir.
Bosh aylanishni keltirib chiqadigan kasalliklar: Issiq urish, yurak-qon tomir faoliyatini buzilishi, kimyoviy va dori intoksikatsiyasi, ko’zdagi jiddiy shikastlanish, baland yoki past qon bosimi.
Jarohat, operatsiya. Bosh,(miya chayqalishi), bo’yin, umurtqa pag’onasi jarohatlari sababli qilingan operatsiyadan keyingi davrda ko’p qon yo’qotish ta’sirida, bosh aylanadi.
Allergiya va toksik reaksiyalar. Bosh aylanishi zaharli hashoratlar chaqqanda yoki biror bir kimyoviy modda ta’sirida yuzaga kelishi ham mumkin.
Qo’rquv yoki shok. To’sattan bo’ladigan salbiy ta’surotlarni boshdan kechirish (masalan, qonayotgan a’zoni ko’rish), qisqa muddatga yurak urishi ritmini sekinlatadi va shunga asosan qon bosim ham tushib ketadi va bosh aylanadi.
Ovqatlanish. Vazn og’irligi bilan qiynaladigan insonlarda, bosh aylanishi tarkibida ko’p miqdorda yog’ va xolesterin bo’lgan oziq ovqat mahsulotini iste’mol qilganda yuzaga kelishi mumkin. Marafon distansiyasida yugurayotganlar va boshqa sportchilar bosh aylanishini boshdan kechiradilar, chunki ular jismoniy harakat qilayotganlarida faqat suv ichadilar, buning natijasida organizmda tuz balansi buziladi va bosh aylanadi.
Pozitsion gipotoniya —uzoq vaqt o’tirgan yoki yotgandan keyin birdaniga tezlik bilan keskin turganda, qisqa muddatli qon bosimni pasayishi. Bu quyidagicha sodir bo’ladi. O’tirganda yoki yotganda qon tomirlari sal kengayadi. Gavdaning yangi vaziyatida kerakli qon bosim bilan ta’minlash uchun, tez turganda qon tomirlar keskin ravishda torayishi kerak, asab sitemasi tez va avtomatik ravishda kerakli o’zgarishlarni amalga oshiradi. Pozitsion gepatoniyada bunday reaksiya sekin amalga oshadi. Bosim tushib ketadi va miyani ta’minlovchi qon oqimining kuchi kamayadi.
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchta chora qabul qilishga olib keladi:
1. Tashqi asab buzadigan oqimlarni kamaytirish kerak. Agar imkoni bo’lsa, qorong’uroq xonaga borib, ko’zni yumib yotish yoki o’tirish kerak. Agar siz odamlar ko’p bo’lgan jamoat joyida bo’lsangiz, diqqatingizni biror bir qimirlamaydigan narsaga, masalan o’zingizni musht qilib tugilgan panjangizga qarating.
2. Boshingizni gavdani boshqa qismlaridan pastroq tuting. Agar imkoni bo’lsa, krovatga yotib, gavdangizni pastki qismini yuqori qismiga qaraganda yuqoriroq qilib qo’ying. Bu bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi, bunday usul bosh aylanishdan qutilish imkonini beradi.
3. Boshni qimirlatmay turish kerak. Maqsad- tevarak atrofdagi muhitda yo’nalishni me’yorida aniqlay olish.
3.2. Hushdan ketganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
Hushdan ketish— bu o’tkir qon tomir etishmovchiligini namoyon bo’lishidir, bunda to’satdan miyada qon ta’minoti keskin kuchsizlanishi yuzaga keladi va buning natijasida qisqa muddat inson hushini yo’qotadi.
Hushidan ketish, to’satdan keladigan behuzurlik, ko’z oldi qorong’ulashishi, quloqdagi shovqin, bosh aylanishi, keskin kuchsizlik va behushlik bilan ifodalanadi.
Hushidan ketish asosan qisqa muddatli bo’ladi, u tanani rangi o’chishi va teri qatlamini asosan qo’l oyoqni muzlashi bilan birga sodir bo’ladi. Nafas olish sekinlashib, yuzaki bo’ladi, ba’zida chuqur ham bo’ladi; puls tezlashishi, uni to’laligi va kuchi etmasligi kuzatiladi; sovuq ter chiqadi.
Inson ruhiy jarohat yoki asabiy zarba olganda, juda qattiq charchaganda, uzoq vaqt dim, havosi buzuq xonada bo’lganda, gavdani vertikal holatidan gorizontal holatiga keskin o’zgartirganda va h.k. larda hushidan ketishi mumkin. Lekin hushdan ketish og’ir yurak kasalliklari (masalan, o’tkir yurak yetishmovchiligi, infarkt, miokard) alomati ham bo’lishi mumkin.
Juda ozib ketish, anemiya (kam qonlik), homiladorldik, gipertonik kasalliklar, infeksion va boshqa kasalliklar ham behushlikni yuzaga keltirishi mumkin.
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Eng avval miyada qon aylanishini yaxshilash uchun bemorni boshini pastroq qilib, oyog’ini teparoq qilib gorizontal yo’nalishda yotqizish kerak. Bo’yin va ko’kragini siqib turgan kiyimdan halos qilish va xonaga ko’proq toza havo kirishini ta’minlash kerak. Teridagi asab qismlarni qo’zg’otish uchun yuz va ko’krakka sovuq suv sepiladi, tana artiladi, nashatir spirti hidlatiladi.
Ma’lumki bu choralar bemorni hushini keltirish uchun yetarli bo’ladi. Lekin behushlik yana qaytarilishi mumkin, shuning uchun bemor o’ziga kelganda uni o’ringa yotqizish, achchiq choy yoki kofe ichirish, oyoqlari ostiga grelka qo’yib, ustini yopib qo’yish kerak.
Behushlik uzoq davom etsa, unda vrachni chaqirish kerak.
4-BOB. ZAHARLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH.
4.1. Sanoat gazlari bilan zaharlanganda.
Yengil va o’rta darajada zaharlanganda, vrach kelguncha birinchi yordam ko’rsatish, og’ir darajadagi zaharlanishga qaraganda umuman farq qiladi, shuning uchun uni sun’iy o’pka ventilyatsiyasi va tashqi yurak massaji bilan boshlamaslik kerak. Yuqoridagi vaziyatda, agar jabrlanuvchining nafas olishi, yurak urishi, qorachiqning yorug’likka ta’siri hayot alomatlarini ko’rsatayotgan bo’lib, ongi buzilgan (tormozlangan, ruhi tushgan) bo’lsa, yordam quyidagi tartibda ko’rsatiladi:
a) Avval, qutqaruvchi qo’l ostidagi har qanday shahsiy himoya vositasini kiyib, jabrlanuvchiga ham shahsiy himoya vositasini kiygizib, uni zaharlangan, gaz bilan to’lgan hududdan shamol yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan toza havoli joyga olib chiqadi.
b) Qishda issiq joyga olib kiriladi va siqib turgan kiyimdan ozod qilinadi. Qimmatli vaqtni boy bermay, tezlik bilan jabrlangan insonni hayot alomatlariga qarab ahvoli baholanadi.
v) Sekin bo’lsa ham o’zi nafas olayotganiga ishonch hosil qilib, uyqu arteriyasida pulsni sanab, jabrlanuvchiga nashatir spirt (har bir aptechkada bo’lishi shart) hidlatiladi va chakkasi artiladi. Muolajani qaytarish mumkin, lekin ko’ngil aynashini ham hisobga olish kerak, agar birdaniga qayd qiladigan bo’lsa, uni boshini tezda yon tarafga burish kerak. Bemor qayd qilsa – bu bemorni tuzalishidagi eng birinchi yaxshi alomatdir.
g) Nashatir spirt hidlatish bilan jabrlanuvchida nafas olish tsiklini kuchaytirib, imkoni boricha keyingi bosqichda unga GS-10 kislorod apparati yoki kislorod balonining reduktor va shlangi orqali toza kislorod bilan ingalyatsiya o’tkaziladi. Bu muolajani bir necha soat davomida o’tkazish mumkin, uni sog’liqqa hech qanday zarari yo’q.
Kislorodni qo’llash, organizm to’qimalarida o’tkir kislorod yetishmovchiligi asoratlarini oldini oladi va yo’qotadi, hamda gaz bilan zaharlanish asoratlarini rivojlanishini qisman yo’qotadi
d) Faqat jabrlanuvchining hushi o’ziga kelib, atrofdagilar bilan kontaktga kirib, sodda buyruqlarni bajargandan (“ko’zingni och”, “qo’lingni ko’tar” kabi) so’ng, unga suyuqlik, ya’ni issiq choy, sut, kuchsiz ishqorli suv (bir stakan suvga 1/2 choy qoshiq ichimlik sodasi) ichirish mumkin.
e) Kerak bo’lganda jabrlanuvchining ko’zini 1-2% ichimlik sodasi aralashmasi yoki achchiq choy damlamasi bilan yuvish mumkin.
j) Tibbiy xodimlar kelgunicha jabrlangan insonni yuqoriroq, yarim o’tirgan holatga keltirish kerak, uning bunday holatga keltirish, o’pkani zahardan shishib ketishini oldini oladi.
Og’ir darajada zaharlanganda quyidagi chora tadbirlarni qo’llash zarur:
a) Oldin qutqaruvchi qo’l ostidagi har qanday shahsiy himoya vositasini kiyib, jabrlanuvchiga ham shahsiy himoya vositasini kiygizib, uni zaharlangan, gaz bilan to’lgan hududdan shamol yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan toza havoli joyga olib chiqadi.
b) Qishda issiq joyga olib kiriladi va siqib turgan kiyimdan ozod qilinadi.
4.2. Metanol (botqoq gazi yoki uglerod va vodorod birikmasidan iborat yonuvchi gaz ) bilan zaharlanganda.
a) Buning uchun 8-10 litr suvga 100-200 g. ichimlik sodasi aralashtirilgan suyuqlikdan foydalaniladi.
b) Oshqozon yuvilib bo’lgandan so’ng, 2-3 osh qoshiqda sag’al maydalangan aktivlashtirilgan ko’mir yoki sut, tuxum oqi, kisel, guruch qaynatilgan suv kabi har qanday qoplovchi vositadan foydalaniladi.
v) Oshqozon yuvilgandan so’ng, zaharga qarshi dori sifatida 200 ml. 30-40 % etil alkogoli eritmasini ikkiga bo’lib ichiriladi. Etil spirti, metanolni organizmning ma’lum bir ferment sistemasi vositasi bilan bog’langan metabolizmini buzadi va o’zini ta’siri orqali bemorni o’limdan qutqarib qolishi mumkin.
Metanol bug’lari bilan zaharlanganda, vrach kelguncha birinchi yordam, ingalyatsiya zaharlanishi kabi zaharlanish darajasini og’irligi va jabrlanuvchining ahvoliga qarab ko’rsatiladi. Yordam ko’rsatishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
a) Organizmdagi zaharni metabolizatsiya qilish jarayonini tezlatish maqsadida, jabrlanuvchiga toza kislorod bilan ingalyatsiya o’tkaziladi.
b) Zaharga qarshi dori sifatida 200 ml. 30-40 % etil alkogoli eritmasini ikkiga bo’lib ichiriladi.
v) Jabrlanuvchini kerakli vaziyatda joylashtirish; kiyimlardan bolish yasab, kurak ostiga qo’yib, qattiq yuzaga yotqizish;
g) Sun’iy o’pka ventilyatsiyasini o’tkazish (3.1. band);
d) O’zi mustaqil nafas ola boshlagandan keyin ham, to daqiqasiga 12-15 marta nafas olmaguncha SO’V davom ettirish zarur. Pastda huddi shunday zaharlanishning engil darajasi ko’rib chiqiladi.
4.3. Odorant (etilmerkaptan) bilan zaharlanganda
Odorant bilan zaharlanishdagi dastlabki alomatlar paydo bo’lishi bilan, jabrlanuvchi xavfli hududdan toza havoga yoki shamollatish mumkin bo’lgan xonaga olib chiqiladi va tibbiyot xodimi chaqiriladi. Unga qulay holatga kelishga (yotish) va bemalol nafas olish uchun yordam beriladi.
Ingalatsiyadan engil zaharlanganda – toza havo, tinchlik, issiq, achchiq choy yoki kofe kerak bo’ladi. Hushidan ketsa, uni nashatir spirti (paxtaga shimdirilgan) bilan artib hushiga keltiriladi. Ko’zga zaharli modda kirgan bo’lsa, shikastlangan ko’zni 20 daqiqa davomida iliq suv bilan yuvib turiladi, bunda sog’lom, “toza” ko’zga iflos suv kirib ketishidan juda ehtiyot bo’lish kerak. Og’iz bo’shlig’i, burun va ko’z shilliq pardalari zararlanganda, ularni 2 % ichimlik sodasi bilan juda ko’p yuviladi, ko’zga 0,5 % dikain eritmasi, burunga bir necha tomchi 0.05 % naftizin dorisi tomiziladi. Zaharli modda teriga tushgan bo’lsa, ifloslangan kiyim echib tashlanadi, zararlangan teri hududi astoydil iliq suv va sovun bilan yuviladi, undan so’ng dermatol malham dorisi suriladi. Og’izga kirgan bo’lsa- og’izni ko’p suv bilan chayish lozim. 250-300 ml suv ichiriladi. Qayd qildirish kerak emas, agar o’z o’zidan qayd qilsa, yana 250-300 ml suv ichirish zarur.
Sanoatdagi ishlab chiqarish va iqtisodiyotda foydalaniladigan ko’pgina zaharli moddalardan eng keng tarqalgani xlor va ammiakdir.
Xlor —achchiq hidli sarg’imtir –yashil gaz. U havodan og’irroq, shuning uchun joylardagi pastroq uchastkalarda yig’iladi, binoning pastki qavatlariga va yerto’lalarga singadi. Nafas olish organlari, ko’z va teriga juda yomon ta’sir qiladi. Buzuq (teshik) idishlardan quyilganda juda ham “tutaydi”.
Ip gazlama qayta ishlab chiqariladigan kombinatlarda matolarni oqartirish uchun, qog’oz ishlab chiqarish, rezina tayyorlash, suvni tozalash stantsiyalarida ishlatiladi.
Ehtiyotkorlik chora tadbirlari:
• xatarli xududga 200 m dan yaqin kelmang;
• shamol esmaydigan tarafda turing;
• yuzani pastki qismi va erto’lalardan ehtiyot bo’ling va ularga yaqinlashmang;
• to’kilgan moddaga tegmang;
• yong’in chiqqanda, idishga tegmang;
• zaharli o’choqdan chiqqandan so’ng, tibbiy tekshiruvdan o’ting. Zaharlanish alomatlari: Ko’krakdagi keskin og’riq, quruq yo’tal, qayd, ko’z achishishi, yoshlanish.
Xlor bilan zaharlanganda birinchi yordam ko’rsatish: jabrlanuvchiga oldindan suv yoki 2% ichimlik sodasi aralashmasi bilan ho’llangan paxta-dokali niqob (buklangan dastromolcha, sharf, sochiq va h.k.) yoki protvogaz kiygiziladi. Uni zaharli xududdan olib chiqiladi, badanining ochiq qismini oqar suv bilan (15 daqiqa davomida yuviladi), ko’zni esa- 1% borat kislotasi aralashmasi bilan yuviladi; ko’p miqdorda iliq suyuqlik (choy, sut va h.k.) ichiriladi va jabrlangan insonni tibbiyot muassasaga olib boriladi.
Ammiak —O’tkir “nashatir spirti” hididagi, havodan engil rangsiz gaz. Ammiakdan o’tkir zaharlanishda, nafas yo’llari va ko’zni ishdan chiqaradi.
Muzlatkich uskunalari ishlatiladigan (go’sht kombinatlari, sabzavot bazalari, baliq konserva zavodlari va h.k.) inshootlarda, o’g’it ishlab chiqarishda va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Ehtiyotkorlik chora tadbirlari:
• xatarli xududga 200 m dan yaqin kelmang;
• shamol esmaydigan tarafda turing;
• yong’indan saqlanish chora tadbirlariga rioya qiling;
• chekmang;
• olov va uchqun chiqaradigan manbalarni yo’qoting;
• to’kilgan moddaga tegmang;
• yong’in chiqqanda idishga tegmang;
• zaharli o’choqdan chiqqandan so’ng, tibbiy tekshiruvdan o’ting. Zaharlanish alomatlari: tumov, yo’tal, bo’g’ilish, ko’z yoshlanishi, yurakni tez urishi.
Ammik bilan zaharlanganda birinchi yordam ko’rsatish: jabrlanuvchiga oldindan suv yoki 5% limon kislotasi aralashmasi bilan ho’llangan paxta-dokali niqob (buklangan dastromolcha, sharf, sochiq va h.k.) yoki protvogaz kiygiziladi. Uni zaharli xududdan olib chiqiladi, badanining ochiq qismini oqar suv bilan (15 daqiqa davomida yuviladi), ko’zni esa- 1% borat kislotasi aralashmasi bilan yuviladi; ko’p miqdorda iliq suyuqlik (choy, sut va h.k.) ichiriladi va jabrlangan insonni tibbiyot muassasaga olib boriladi.
Simob —kumush rangli og’ir xarakatchan suyuqlik-suyuq metall. Suvda erimaydi. Suvdan og’ir.engil uchuvchan, har qanday yuzada yaxshi shimiladi. Simo bug’lari havodan og’irdir. Yuzaning pastki qismida, yerto’la va tonnellarda to’planadi.
Sanoatda simobli lampa, nazorat-o’lchov asboblarida, termometr, manometr, barometr kabi asboblarni ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Ehtiyotkorlik chora tadbirlari:
• xatarli xududga (50m-xatarli xudud radiusidan) kirmang;
• shamol esmaydigan tarafda turing;
• yuzani pastki qismi va yerto’lalardan ehtiyot bo’ling va ularga yaqinlashmang;
• to’kilgan moddaga tegmang;
• zaharli o’choqdan chiqqandan so’ng, tibbiy tekshiruvdan o’ting.
Inson uchun xavf-xatari va zaharlanish alomatlari: Simob nafas olishda va teriga tushganda juda xatarlidir. Shikastlanmagan teri orqali xarakat qiladi.
Alomatlari: yo’tal, tomoqda qichishish va og’riq paydo bo’lishi, og’izdagi temir ta’mi, so’lak oqishi, ko’ngil aynash, qayd qilish, bosh aylanishi, darmonsizlik, hushdan ketishlar, qo’l oyoqni titrashi, shatkostqadam tashlashni chalkashishi, ongni chalkashib ketishi, nutqni buzilishi.
Simob bilan zaharlanganda birinchi yordam ko’rsatish: “Tez yordam”ni chaqirish. Ko’zni ko’p suv bilan yahshilab yuvish, terini sovunli suv bilan yaxshilab yuvish kerak. 20-30g maydalangan aktivlashtirilgan ko’mirni 1 stakan suvga qo’shib oshqozon yuviladi va undan so’ng sut, tuxum oqi, kisel, guruch qaynatilgan suv kabi har qanday qoplovchi suyuqlik, balg’am ko’chiruvchi vosita, surgi dori ichiriladi. Undan so’ng –toza havo, tinchlik va toza kiyim.
Sanotdagi ishlab chiqarishda sianid kislotasi (zahar), vodorod sulfid (serovodorod), fosgen va boshqa shu kabi qattiq ta’sir qiluvchi juda zaharli moddalar ishlatiladi.
Sianid kislotasi plastmassa, orgpnik oyna va sun’iy tola ishlab chiqaradigan kimyo korxonalarida va zavodlarida keng qo’llaniladi. Shuningdek undan qishloq xo’jaligida zararli xashoratlarga qarshi kurashda ham foydalaniladi.
Serovodorod (vodorod sulfid) —rangsiz, o’tkir qo’lansa hidli gaz. U xuddi xlor kabi havodan og’ir, shu sababli avariya vaqtida er bag’irlab yoyilib, pastroq joylarda, chuqurliklarda, binoning pastki qavatlari va yerto’lararda singib kirib yig’ilib qoladi. U sanoatda, oltingugurt ishlab chiqariladigan neft-kimyo va gazni qayta ishlash zavodlarida olinadi.
Fosgen —rangsiz, juda zaharli gaz. Uni irigan mevalar, chirigan barglar yoki ho’l qor hidiga o’xshash xidi bilan farqlash mumkin.Havodan og’ir. Turli erituvchi suyuqlik, bo’yoq, dori-darmon va boshqa vositalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
O’z o’ziga va boshqa insonga yordam ko’rsatishda, birinchi navbatda nafas olish organlarni zaharli havodan nafas olishini davom etirmaslik uchun, ifloslangan xududdan chiqish va darrov tibbiy xodimga murojaat qilish kerak.
5-BOB. ELEKTR JAROHATLARI
5.1. Elektr toki urish natijasida kuyish.
Bunday shkastlanish texnik yoki atmosferadagi elektr toki orqali sodir bo’ladi. Texnikada, shuningdek turmushda elektr asboblaridan bilib- bilmay foydalanish hamda bu asboblarni nosozligi elektr jarohatlariga olib keladi. Tok urish- organizmga issiqlikka oid, elektrolizga oid va mexanikaga oid ta’sirlaridan terilgan juda murakkab fizik-texnik jarayondir. 3-5 mA kuchli tokni inson sezadi, agar uni kuchi 20-25 mA bo’lsa, insonni mushaklarini beihtiyor qisqaradi.
Elektr toki urganda o’lim va nogironlik holatlarining soni ko’pligi sababli bu barcha jarohatlar ichida birinchi o’rinni tutadi.
Elektr toki urish fakti va sababini aniqlash ba’zida juda qiyin bo’ladi; bundan tashqari elektr jarohatni boshqa turdagi shikastlanish bilan almashtirib qo’yish juda oson (masalan, badanning uncha katta bo’lmagan qismida issiqlmk kontaktidag kuyish, tok urganda tepadan yiqilganda suyak sinishi va boshqalar).
Elektr jarohatlari ko’picha bahor-kuz faslida sodir bo’ladi, bu vaqtda insonning ter ishlab chiqaruvchi bezlari faol ishlaydi, shuningdek bu faslda tez tez sodir bo’ladigan momaqaldiroq va chaqmoq natijasida atmosferada yig’ilib qolgan ma’lum miqdordagi elektr zaryadlari orqali yashin urish hollari kuzatiladi.( I qism.4.4. bo’lim)
127-220 V. kuchlanishda tok urishi juda xatarlidir, u jarohat o’lim bilan tugashi ham mumkin. 10 000 V va undan yuqori kuchlanishda tok ursa, birinchi navbatta keng miqyosda kuyish natijasida o’lim sodir bo’ladi. Past voltli tokni ham xatarsiz deb o’ylash mumkin emas. Bir hil kuchlanishdagi o’zgaruvchan tok doimiy tokdan xavfliligi aniqlangan. Kattaroq kuchlanishda tok ursa, jabrlanuvchida ko’p miqdorda elektrdan kuyish holati kuzatiladi.
Inson tanasidan tok urganda tokni kirish va chiqish nuqtalari “tok sirtmog’i” deb ataladi. Sirtmoq pastki, yuqori va to’liqqa ajratiladi. Pastki sirtmoq — oyoqdan oyoqqacha, yuqori — qo’ldan qo’lgacha (juda xavflik). To’liq sirtmoqda tok na faqat qo’l-oyoqdan, balki yurakdan ham o’tadi va bu eng xavfli sirtmoqdir, bunda yurak faoliyati ishdan chiqishi mumkin. Tok urganda, tokning kirgan va chiqqan joylarida elektrdan kuyish belgilari paydo bo’ladi, ulardan eng ajralib turadigan – “tok belgisi”- dumaloq yoki ellipsga o’xshash yoki chiziq shaklidagi kulsimon yoki qoramtir kulrang, och sariq yoki sut rangidagi terining quruq, sezmaydigan qismidir. Uning markazida chetlari oqishroq va ko’tarilgan qoramtir botiqlik holsil bo’ladi. “Tok belgisi” atrofidagi tuklar yonmaydi, balki spiralsimon o’ralib qoladi. Asosan “tok belgisi” kirish nuqtasida sezilarli darajada ifodalangan bo’ladi, chiqish joyida esa, metall buyumlar bilan kontaktda bo’lgandagina sezilarli ko’rinadi. ”Tok belgisi” terining tok o’tgan burushiqlari, bukilgan joylarida ham hosil bo’lishi mumkin.
Elektr jarohatlari to’rtta darajaga bo’linadi:
• I -daraja — behush bo’lmasdan, muskullarning g’ayriy-ihtiyoriy ravishda qisqarishi;
• II -daraja—hushdan ketganda, muskullarning g’ayriy-ihtiyoriy ravishda qisqarishi;
• III-daraja —Nafas olishning buzilishi va yurak faoliyatini ishdan chiqishi orqali hushdan ketish;
• IV -daraja— klinik o’lim holati.
Elektr toki urganda, klinik ko’rinish umumiy va mahalliy alomatlardan iborat bo’ladi. jabranuvchining tok urganda uning tanasidan o’tayotgan tokni subektiv his qilishi turlichadir: engil turtki, jiz etgan (kuydiradigan) og’riq, muskullarning g’ayri-ihtiyoriy qisqarishi (tomir tortishi), titroq va boshqalar.
Alomatlari: teri qatlamini rangi oqarib, ko’kimtir tusga kirishi, juda ko’p so’lak ajralib chiqishi, ba’zida qayd qilish, yurak atrofi va muskullarda turli darajada og’riq paydo bo’lishi, bu og’riq doimiy bo’lmasligi ham mumkin.
Tok ta’siri bartaraf qilingandan keyin, bemorda charchoq, holdan toyganlik, butun tanada og’irlikni his qilish, ruhiy tushkinlik yoki buni teskarisi asabiylik hislari yaqqol namoyon bo’ladi. Jabrlanganlarning 80 % da hushdan ketish alomatlari sodir bo’ladi.. Hushidan ketgan bemorlar juda asabiy va jonsarak bo’ladilar. Ularning pulslari tezlashadi va beihtiyor bovul (siydik) qilishlari ham mumkin.
Tomirning g’ayri-ihtiyoriy tortishishi va yuqoridan qulab tushishga sabab bo’lgan tok urishda, turli hildagi bo’g’imlarning chiqishi yoki suyaklar sinishi mumkin. Odatda elektr toki urganda ichki organlarning keng ko’lamda kuyishi juda kam uchraydi. Bu holatni kuyib ko’mirga aylangan to’qimalar, tokni kuygan joydan tashqariga kirishiga qarshilik ko’rsatishi bilan izohlash mumkin. Uncha katta bo’lmagan maydondagi elektr kuyindisi tok ta’siri tugashi bilanoq aniq chegaralanadi, ya’ni qoramtir ranga kirgan o’lik to’qimalar atrofida ochroq rangda gardish hosil bo’ladi. Bir zumda atrofdagi to’qimalar shisha boshlaydi. Elektrdan kuygan joy xududida odatda og’riq sezilmaydi.
5.2.Elektr jarohati olganda yordam ko’rsatish
Elektr toki urishidan qanday qilib ehtiyot bo’lish kerak?
• Notanish elektr asbobidan foydalanishdan oldin, uni qo’llanmasi bilan diqqat bilan tanishib chiqish lozim. Bu na faqat sizni balki atrofdagilarni ham jiddiy muammodan halos qiladi.
• Har qanday elektr asbobni orqa qismini ochayotganda, uni tarmoqqa ulanadigan vilkasi tarmoq rozetkasida emas, balki Sizning qo’lingizda ekanligiga ishonch hosil qiling.
• Hattoki rozetkani ta’mirlash uchun ham usta chaqiring; hayot bilan o’ynashgandan ko’ra pul bilan hisoblashish yahshiroq.
• Vannaxonada, hammomda, baseynda va saunalarda elektr asboblardan foydalanmang.
• Elektr asboblar ustiga stakanda suv qo’ymang,ho’l sosiq yopmang.
• Elektr simlarini issiqdan, zahdan va o’tkir burchaklardan saqlang..
• Agar elektr asbob tutasa, uchqun chiqarsa, qizib ketsa darhol elektr tarmog’idan uzib qo’ying.
• Elektr asboblarning erga ulagichini tekshirib turing..
• Bitta rozetkada ikki va undan ortiq elektr asboblarini yoqmang.
• Rozetka va shtepsellarni doimo tekshirib turing: ular bir biriga jipslashib, mos kelishi kerak.
• Yaxshisi uzaytirgichlardan foydalanmang: ular zanjirda tutashuvni yuzaga keltirishi mumkin.
• Uzatkich simini qoqilib ketish mumkin joyda qoldirmang..
6-BOB. SUVDA SODIR BO’LADIGAN
BAXTSIZ HODISALAR.
Ba’zi bir ehtiyotkorlik choralari cho’kib ketganlar sonini bir qanchaga kamaytirishi mumkin. Bulardan eng asosiylari quyidagilar bo’lishi mumkin:
• suzishni o’rganing (yaxshisi bolalikdan yaxshi suzishga o’rganing);
• suzishni yaxshi bilmasangiz – damlama (puflangan) matras va doiralarga ishonmang; Esda tuting: damlama (puflangan oqqush – faqatgina damlama puflangan oqqush)
• esda tuting, sarosimga tushish –bu suvdagi eng asosiy fojeadir: hech qachon sarosimaga tushmang; orqa bilan yotib, oyoq va qo’lni sekinlik bilan qimirlatib, bitta chuqur nafas olishgina yetarlidir.
• qayiqda suzgan yoki suvda suzgan vaqtda umuman alkogol iste’mol qilmang;
• suvda bo’lgan vaqtingizda, dastlabki charchoqni his qilgan vaqtingizga diqqatingizni jalb qiling..
Sun’iy nafas oldirishni, yurakni uqalash va cho’kaytgan odamga bexatar yordam ko’rsatishni o’rganing:
Cho’kayotgan inson yoniga (orqa tarafidan) suzib borayotib, u bilan doim gaplashib, muloqatda bo’lib turing.
Uni ko’krak qafasidan o’zingizni etakchi qo’lingiz bilan quchoqlab olin, cho’kayotgan insonni qo’llari sizni qo’lingiz ustida bo’lishi kerak. Sizning qo’llaringiz va boshingiz suv yuzasida bo’lishi kerak.
Cho’kayotgan insonni qirg’oqqa chiqarib oling.
10- rasm. Cho’kayotgan insonga jonlantirish (reanimatsiya) choralarini ko’rsatish.
Jabrlangan insonning o’pkasini suv va loyqadan halos qiling: uni o’zingizni bukilgan tizzangiz ustiga qo’ying. Bunda sizning tizzangiz jabrlanuvchining tomirlari tutashgan joyga taqalib turishi kerak. Shu asnosda siz uni qayd qildirasiz. Undan so’ng uni tepaga qaratib yotqizing, og’iz va burun bo’shliqlarini qayd qoldiqlaridan tozalang va zarur bo’lsa, jonlantirish (reanimatsiya) choralarini boshlab yuboring (10-rasm)
Amalga oshirilgan chora tadbirlardan keyin bemorni issiq qilb o’rab tibbiyot muassasiga etkazing.
7-BOB. LAT EYISH, ET UZILISHI VA SUYAK SINGANDA KO’RSATILADIGAN BIRINCHI YORDAM
7.1. Lat eyish.
Lat eyish- organ va to’qimalar tuzilishini unchalik jiddiy buzmaydigan yopiq jarohatlanishdir. Lat eyish asosan to’mtoq narsaga urilganda yoki yiqilganda sodir bo’ladi. Ko’pincha yuqori qismda joylashgan to’qimalar (teri, teri osti xujayralari, tomir va suyak pardalari) jarohatlanadi. Odatda qattiq urilib, jarohat olgan vaqtda suyakka botadigan yumshoq to’qimalar juda jabrlanadi. Lat eyish natijasida, boldir atrofidagi ichki teri old yuzasi va teri xujayralarining suyakka tutashgan joyida terini jonsizlanishi va keyinchalik u ko’chib tushishi mumkin. Urilganda kam himoyalangan yumshoq to’qimali suyaklarga na faqat boldir qatlami ko’chishidagi juda qattiq og’riq, balki u erda suyaklar ham zararlangan (darz, singan) bo’lishi mumkin.
Birinchi yordam. Lat egan jabrlanuvchiga birinchi yordam ko’rsatish xajmi, agar og’ir jarohat olganiga ozgina bo’lsa ham gumon qilinsa (singan, chiqqan, ichki organlar jarohatlanishi va x.k.), tahmin qilingan jarohatga muvofiq bo’lishi kerak. Teri qatlami shikastlangan bo’lsa, sterillangan bog’ich bog’lanadi. Teri ajralib ketishi, ko’p joylar lat eyishi, tomirlar va ichki organlarning lat eyishi kabi holatlarda jabrlanuvchi transport yordamida safarbar qilinib, eng yaqin tibbiy muassasaga olib boriladi. Nafas olish funktsiyasi va yurak faoliyati buzilganda, voqea sodir bo’lgan joyning o’zida shoshilinch sun’iy nafas berish va yurak massajini boshlash zarur. Shu vaqtning o’zidayoq tez tibbiy yordamni chaqirish kerak.
Yumshoq to’qimalar engil lat eganda, og’riqni oldini olish uchun mahalliy sovuq tadbiq etiladi: Jarohatlangan joyga sovuq suv oqimi yo’naltirilishi, yoki muz solingan narsa yo grelka, shuningdek muzdek suvga botirilgan mato qo’yish mumkin. Jarohatdan so’ng darhol lat egan joyni, tinchlantirish maqsadida bosib turadigan bog’ich boylab qo’yish tavsiya qilinadi, masalan qo’l lat eganda uni tinchlantirish uchun ro’molcha bilan bog’lab elkaga osib qo’yish mumkin. Oyoq lat egan bo’lsa, uni tepaga baland ko’tarib, bir necha kun mobaynida ehtiyotlab yuk beriladi., so’ngra shish va og’riq kamaygan sari yuk sekin asta ko’paytiriladi. Qontalashib momataloq bo’lgan joylar tezroq so’rilishi uchun issiqlik muolajalari (iliq suvli grelka, iliq vanna va x.k.), isituvchi kompreslar, jarohat olgandan so’ng bir necha kun o’tibgina tegish mumkin bo’lgan joylarning yaqin atrofidagi bo’g’imlarda sekin kuchayib boruvchi amplitudada faol xarakatlar amalga oshiriladi.
7.2. Mushak, pay, bog’lamalarini cho’zlishii va et uzilishi
Mushak, pay, bog’lamalarni cho’zilishi va et uzilishlari tez uchrab turadigan xarakat tayanch apparatlari shikastlanishlari qatoriga kiradi. Et uzilishi yoki pay cho’zilishi, pay yoki muskul bilan mustahkamlangan bo’g’inlarning xarakat funktsiyasining buzilishga tegishli alomatlardir, muskul yoki pay shikastlansa xarakt tayanch apparatida o’zgarish sodir bo’ladi.. Pay shkastlanganda unga yaqin turgan qon ta’minlovchi tomirlar zarar ko’radi. Buni natijasida tana to’qimalarida katta yoki kichik qon talashgan joylar paydo bo’ladi. Birinchi yordam. Et uzilganda yoki paylar cho’zilganda birinchi navbatda jarohat joyi tinchlantiriladi, buning uchun tarang qilib bo’g’im boylanadi va og’riqni kamaytirish uchun shikastlangan joyga 12-14 soatgacha sovuq kompress qo’yiladi, undan so’ng issiq isituvchi kompreslar qilish mumkin bo’ladi. (11-rasm.)
11-rasm. Boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo’g’in paylari cho’zilganda qo’yilgan muz solingan polietilen paket.
7.3. Suyak chiqishi.
Suyak chiqishi –bo’g’inlar funktsiyasini buzuvchi, qo’l-oyoq va boshqa suyak bo’g’inlarini qattiq siljishidir.
Ko’pgina holatlarda suyaklarning chiqishi qattiq jarohat qatoriga kiritiladi, ba’zida u bemorning hayotini xavf ostiga qo’yadi. Umurtqaning bo’yin qismidagi suyak chiqishi natijasida, orqa miyaning qisilib qolishi sababli gavda, qo’l, oyoq tpaylari shol (paralich) bo’lib qolishi va yurak hamda nafas olish faoliyati ishdan chiqishi mumkin.
Jarohatli suyak chiqishining asosiy alomatlari: qattiq og’riq, bo’g’in shaklini o’zgarishi, ulvrdv xarakatlana olmaslik yoki xaraktni chegaralanishi.
Birinchi yordam. Voqea sodir bo’lgan joyda, jarohat olgan kishini chiqqan suyaklarini joyiga solishga xarakat qilmaslik kerak, chunki bunday xarakat ko’pincha qo’shimcha jarohatlarga olib kelishi mumkin. Jarohatlangan joyni tinchlantirish uchun xarakatlantirmaslik kerak. U erga sovuq narsa bosish kerak. (muz yoki sovuq suv solingan biror bir narsa) Jarohat ochiq bo’lsa, unga sterillangan bog’ich boylanadi. Issiq kompresslar qo’llash mumkin emas. CHiqqan suyaklarni voqea sodir bo’lgandan keyingi birinchi soatlar ichida faqat vrach solishi shart.
7.4. Suyak sinishi
Suyak sinishi –suyaklar butunligini buzuvchi, suyak jarohatlaridir. Suyak sinishi bilan birga uni o’rab turgan to’qimalar butunligiga ziyon etadi, unga yaqin bo’lgan muskul, tomir , asab tolalari va boshqalarga ham ziyon etishi mumkin. Suyak singanda. Teri qatlami zararlanib, et ochilib qolsa ochiq sinish , agar teriga zarar etmasa yopiq sinish deb ataladi.
Suyak sinish turlari bo’yicha ular juda keng tasniflanadi (klassifikatsiya). Suyak sinishi, suyaklar rivojlanish jarayoniga to’sqinlik qiluvchi tug’ma va ortirilganga bo’linadi. ortirilgan suyak sinishi jarohatli va patologikka ajratiladi. Jarohatli suyak sinishi biror bir kuchli ta’sir ostda yuzaga keladi, patologik esa biror bir suyak kassaligi (suyak shishi, suyak chirishi-osteomielit va boshqalar) sababli yuzaga keladi.
Siniqlar to’la (suyakni butunlay ko’ndalang sinishi) va chalaga (darz) ajratiladi.
To’la siniqda, suyakning singan bo’laklari siljishii yoki siljimasligi mumkin. Bo’laklar siljishi suyakka birikkan muskullarning tortish kuchi natijasida sodir bo’ladi. Mushaklarni suyakka birikkan o’sha bir hil joylariga asosan, sinish darajasiga qarab, siljish doimo o’ziga hos bo’ladi. Suyak bo’laklari siljishi- uzunasiga, eniga, burchak ostida, o’qi bo’ylab va ko’proq bo’laklarni aralash siljishga ajratiladi.
Suyak sinishi shuningdek ochiq va yopiqqa bo’linadi. Ochiq siniqda, jarohat kchi yoki suyak bo’lagi teri qatlamini yorib yuboradi, yopiq siniqda teri qatlamiga (teri, shilliq parda) zarar etmaydi.
Suyak sinishi sinish yo’nalishiga qarab, qiya, ko’ndalang, T-shaklli, spiralsimon, parchalanganga (bir necha bo’laklarga bo’lingan) ajratiladi. Agar bir bo’lak ikkinchi bo’lak ichiga kirib ketsa, qoqilgan siniqlar haqida gap yuritiladi.
Bolalarning suyaklari. egiluvchan, qayishqoq, suyak usti qatlami qalinligi va bolalarning vazni engil bo’lganligi uchun, ularda suyaklar kamroq sinadi. Bolalarda quyidagi sinishlar uchraydi: sinish (ko’k shohchanig sinishi kabi), suyak usti bo’ylab uzilish, epifizeoliz (suyakning tog’ay qismi –metafizaning g’ovak qismi - epifizning uzilishi) Kattaroq kuchdagi jarohat omilining ta’siri ostida boshqa jarohatlar ham sodir bo’lishi mumkin.
Alomatlari. Bu alomatdar bor bo’lgan taqdirda, bexato tashhis qo’yib, muolajani voqea sodir bo’lgan joyda darhol boshlash imkonini beradi. Bu alomatlarni bo’lmasligi suyak singanini inkor etmaydi, chunki suyak sinish alomatlari ba’zi bir jarohatlarda sezilarli bo’lmasligi ham mumkin (2-jadval)
Suyak ochiq singanda, albatta ochiq jarohat (yara) bo’ladi, undan qon chiqishi, suyak ko’rinib turishi, ba’zida esa suyak jarohat ustiga chiqib qolishi ham mumkin. Suyak sinishi juda og’ir jarohatlar qatoriga kiradi, jarohatdan jiddiy asoratlar qolishi mumkin: og’riq zarbasi (shok), ko’p qon yo’qotish, hayot uchun juda muhim organlarning shikastlanishi (yurak, o’pka, buyrak, jigar, bosh miya), shuningdek yirik qon tomirlari va asab tolalari. Ba’zida suyak sinishi yog’li emboliya bilan murakkablashadi ( suyak iligidagi yog’ parchasi vena va arteriya tomirlariga tushib qoladi, ular yo’lini yog’li embol bilan to’sib qo’yadi)
2-jadval
Qo’l-oyoq va bo’g’inlarda suyak sinish alomatlari
Aniq
|
nisbatan
|
Tahmin qilingan siniq atrofidagi normal xarakat Jarohat olgan vaqtda suyakdagi qarsillash yoki chertish tovushi. Krepitatsiya (paypasllaganda qisirlaganga mos tovush chiqishi) Suyak o’qi uzunligi bo’yicha yuk (bosim) berilganda jarohat joyida kuchli og’riq turishi. Qo’l-oyoq va bo’g’inlarning notabiiy ko’rinishi (masalan, tovon,panja yoki boshqa joylar qayrilib qolgan) Jarohat ochiq bo’lsa, yarada suyak bo’laklari borligi. |
Qo’l-oyoq va bo’g’inlar deformatsiyasi Paypaslaganda siniq atrofidagi og’riq Qo’l-oyoq va bo’g’inlar funktsiyasini izdan chiqishi (buzilishi) |
Jaroxat olgandan ancha vaqtdan keyin ham uni bir qancha asoratlari yuzaga chiqishi mumkin: suyaklarni noto’g’ri (yomon) bitishi, singan joydagi sohta mushakni o’smasligi va shakllanmasligi, parchalarni siljishi bartaraf etilmagani sababli noto’g’ri bitishi, osteomielit (suyak shishi, suyak, ilik chirishi-osteomielit va boshqalar), bular asosan ochiq jarohatlarda yara orqali suyakka yiring infektsiyasini uyg’otuvchi mikroblar tushishi sababli rivojlanishi mumkin..
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bir necha ketma-ket choralarni tadbiq etish bilan amalga oshiriladi.. Ular:
og’riqsizlantirish —analgetiklarni tomirga yoki teri ostiga yuborish; agar qo’l ostida bu dorilar yo’q bo’lsa, unda analgin, atsetisalitsil kislotasi (aspirin) va boshqalardan foydalaniladi;
Jabrlanuvchini kasalxonaga yuborish — jabrlanuvchini kasalxonaga yuborayotganda, suyak singan joy atrofida tinchlantirish sharoitini yaratish;
qon oqishini to’xtatish va jarohat ochiq siniq bo’lsa, uni ustiga sterillangan bog’ich boylash;
qishda bemorni isitib sovuqdan, yozda esa qizib ketishdan saqlash kerak.
Transport immobilizatsiyasi —suyak singanda birinchi tibbiy yordam ko’rsatishdagi eng muhim tadbirlardan biridir, u parchalarni yanada surilib ketishini oldini oladi, jarohatlangan tana qismiga orom beradi va og’riq shokini oldini oladi. Safarbar qilishda standart taxtakachlalardan foydalaniladi: metall narvonsimon yoki to’rsimon shina, faner taxtakach, Diterixs yog’och shinalari, yoki Tomas - Vinogradov metall shinalari, (puflangan pnevmatik shinalar) (12-rasm).
12-rasm. Pnevmatik shina
Agar yuqorida sanab o’tilgan shinalar bo’lmasa, qo’l ostidagi vositalardan foydalaniladi: taxta, lija, lija yog’ochi, qattiq karton, kitoblar, qalinroq daraxt shoxi va x.k. (13-rasm.)
13-rasm. Qo’l ostidagi vositalar yordamida boldir suyagini immobilizatsiyasi (qimirlatmaslik).
Shuningdek autoimmobilizatsiya ham tadbiq qilinadi —singan bo’g’inlarni tanani sog’lom qismiga biriktirib taxtakachlash (qo’l gavdaga qimirlamaydigan qilib bog’lanadi, singan oyoq-sog’ oyoqqa) (14-rasm.)
14- rasm. Oyoq-oyoqqa usulidagi autoimmobilizatsiya.
Transpor immobolizatsiyasini bajarayotganda quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak.
1.Og’riqsizlantirish.
2. Bemorning mushaklarni bukish va yozish kuchini tenglashtirish maqsadida, jarohatlangan bo’g’inlarini o’rtafiziologik holatga keltirish: qo’lni o’rta fiziologik holatga keltirish uchun, elka bo’g’imini ozgina kengaytirib, tirsak bo’g’imini 90-100° darajaga egib, elka oldi suyagining supinatsiya va pronatsiyasi (bilak suyagi tirsak suyagiga tayanib turishi kerak) oralig’ida o’rtacha joylashtirish, bilakni panja bilan tutashgan bo’g’imini sal tashqariga burish va barmoqlarni bukish kerak; oyoqni o’rta fiziologik holatga keltirish uchun, uni tizza bo’g’imining bukiladigan qismini 5-10° burchak ostida egib va boldir suyagini tovon suyagi bilan biriktiruvchi bo’g’inni 90-100° burchak ostida tashqi tomonga bukib to’g’irlash ta’minlanadi; Bo’g’inlarda suyak sinishidagi manipulyatsiya (nozik va murakkab xarakat) vaqtida, panja yoki tovonni uzunligi bo’yicha sekin-asta tortish kerak, qaltis xarakat qilinsa, og’riq kuchayib, suyak bo’laklari yanada siljib ketishi mumkin.
3. Transport shinasini tanlash va modellashtirish: taxtakachni shunday tanlash kerakki, uni uzunligi singan joyning bir bo’g’im yuqori va pastki qismini qamrab olishi kerak, undan keyin taxtakachga immbilizatsiya (qimirlatmaydigan) qilinayotgan bo’g’inlarga moslanadi; taxtakachni moslash bemorni sog’lom bo’g’inlari bo’yicha yoki yordam berayotgan kishi o’ziga qarab egib amalga oshiriladi; taxtakachni paxta yoki marlya kabi yumshoq mato bilan o’raladi va bemorning kiyimi ustidan taxtakachlanadi; suyak chiqib turgan joylarga paxta prokladkalar o’rnatiladi; taxtakach bo’g’inlarga bint, ro’mol yoki qo’l ostidagi vositalar (sochiq, choyshab, kent tasma va boshqalar) bilan mahkamlanadi.
4. Taxtakachlanayotgan vaqtda, shina oyoq va qo’l barmoqlaridan uzunroq bo’lishi kerak, bunday holatda barmoqlar dam oladi, lekin ular bint bilan o’ralmasligi lozim, chunki mahkamlangan to’qimalar holatini ham kuzatib turish kerak.
Suyak singan joyga transport shinasini qo’yishga muvofiq umumiy qoidalardan tashqari, uning o’ziga hos hususiyalari ham bor.
Elka suyagi singanda, shina sog’ elka bo’g’inidan boshlab, orqadan, shikastlangan elka bo’g’imi tomoniga o’tib, qo’lni butunlay qamrab olishi kerak. SHinani shunday bukiladiki, u yuqori bo’g’inlarning o’rtacha fiziologik holatini takrorlash kerak..Qo’l taxtakachlanib bo’lgandan keyin uning ikki uchi, surilib ketmasligi maqsadida bog’lab qo’yiladi. Taxtakach botmasligi uchun qo’ltiq osti, tirsak tagi o’simtasi ostiga, panjaga paxtadan yumshoqyostiqchalar qo’yiladi, undan so’ng taxtachdagi qo’l qo’shimcha ro’molcha bilan mahkamlanadi. Uchburchak ro’molning bir uzun uchi sog’lom elka ustidan, ikkinchi uzun uchi qo’l ustidan tashlanib, kasal elka ustiga yo’naltirilib, bo’yinni orqa yuzasidan o’tkazilib, birinchi uchi bilan to’g’ri burchak ostida boylanadi; ro’molchaning qisqa uchi tirsak bo’g’inini orqadan oldinga qarab qamrab, to’g’nog’ich bilan mahkamlanadi. (15-16 rasmlar.)
15-rasm. Qo’lning tepa bo’g’ini jarohatlangandagi (chiqqanda)
uchburchak ro’mol yordamda mahkamlash (immobilizatsiya ):
a, b — mahkamlash (immobilizatsiya) bosqichlari.
16-rasm. Elka suyagi singanda narvonsimon shina bilan mahkamlash (transport immobilizatsiyasi)
Elka oldi suyagi(bilak) singanda ham xuddi shu usulda mahkamlanadi, ammo shina uzunligi ancha kalta bo’ladi: barmoq uchidan to elkaning o’rtacha uchdan bir qismigacha.. Mayda suyaklar singanda shina uzunligi barmoq uchidan to bilakning o’rtacha uchdan bir qismigacha bo’lishi kerak; panja va barmoqlar holati to’g’irlangan yoki barmoqlar yarim egilgan, panjaning barmoqlar bilan tutshgan joyi sal tashqariga qarab bukilgan bo’lishi kerak. Qo’l taxtakachlanib bo’lgandan so’ng, qo’l gavdaga uchburchak ro’mol bilan, bilakning kift tarafini tanaga tegizib mahkamlanadi. (17-rasm.)
17.-rasm. Bilak suyagi singanda narvonsimon shina bilan mahkamlash (transport immobilizatsiyasi)
Son suyagi va tizza bo’g’imi atrofidagi suyaklar singanda ko’pincha Diterixs yog’och taxtakachi yoki narvonsimon shina bilan immobilizatsiya qilinadi. Diterixs yog’och taxtakachi qo’l-oyoq bo’g’inlarini mahkamlash va uzunasiga cho’zish imkonini beradi, shuning uchun u distraktsionli shina deb ataladi. (18-rasm.)
18- rasm. Son singanda Diterixs shinasi bilan mahkamlash (transport immobilizatsiyasi)
Sonni taxtakachlab, mahkamlash uchun uchta shina kerak bo’ladi. Orqa shina kurak sathidan, tos son bo’g’imidan, oyoqning orqa yuzasi orqali tovon va barmoqlar uchigacha borishi kerak. SHina tizza bo’g’imida sal bukiladi va boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo’g’inda uni darajasiga mos qilib 90-100° burchak ostida egiladi. Ichki shina oyoqning ichki yuzasi bo’ylab chovdan to oyoq osti (kafti) oxirigacha o’tib, tovon tagiga to’g’ri burchak ostida qayriladi. Tashqi shina qo’ltiqosti chuqurchasidan tana va oyoqning yon tomonidan to tovonigacha, joylashtiriladi, u erda shina ichki shina bilan birlashib, tasma bilan mahkalanadi..Tos-son, tizza va boldir hamda tovon osti bo’g’inlarining birlashtiruvchi yon yuza xududga paxta-marlya yostiqchalari qo’yiladi. SHina bo’g’inlarga bint, ro’mol yoki qo’l ostidagi vositalar (sochiq, choyshab, kent tasma va boshqalar) bilan mahkamlanadi.
Boldir bo’g’imi suyaklari sinishi ham shu usulda mahkamlanadi. Eng avval orqa shina o’rnatiladi, undan keyin P –ko’rinishidagi shina shunday o’rnatiladiki, P xarfining tepasi (turniki) tovon ostida bo’lib, ikkita uzun tomoni oyoqning ichki va tashqi tomoniga yo’naltiriladi. SHina barmoq uchlaridan to boldirning o’rtacha uchdan bir qismigacha o’rnatiladi.. (19-rasm)
19-rasm. Boldir suyagini narvonsimon shina bilan mahkamlash (transport immobilizatsiyasi)
.
Oyoq kafti suyagi va to’piq suyagini biri singanda faqat orqa shina, barmoq uchlaridan to boldirning o’rtacha uchdan bir qismigacha mahkamlanadi.
Umurtqa suyagi bir qancha joydan, ya’ni bo’yin , ko’krak qafasi, bel qismidan sinishi mumkin.Umurtqa suyagining bo’yin bo’g’imidagi bir qism shikastlansa, jabrlangan kishi bo’yniga paxtadan yoki yumshoq kartondan bo’yinni o’rab turadigan yoqa yasab, bint bilan spiral yo’nalishida o’rab mahkamlanadi (SHants yoqasi) (20-rasm)
Ris. 20. Umurtqaning bo’yin qismi jarohatlanganda paxta-marlyadan
SHants yoqasini mahkamlash( immobilizatsiya)
Bemorni yotgan holatda mashinaga olib chiqib, jo’natiladi. Agar umurtqa suyagining ko’krakdan past qva bel qismi singan bo’lsa, jarohat olgan kishini, singan joy atrofiga 6-8 sm balandlikda bolish (valik) qo’yib, orqa bilan yotqizib, taxta – nosilkaga yotqiziladi yoki oddiy nosilkaga ko’krak ostiga katta bolish (valik) qo’yib, qorin bilan yotqiziliyu evakuatsiya qilinadi.
Tos suyagi singanda bemorni tizza bo’g’imi ostiga katta bolish (valik) qo’yib, taxta-nosilkaga orqasi bilan yotqiziladi.oyoqlar son-tos va tizza bo’g’inlarda bukilgan bo’lib, gavdani son tos suyagini kengaytirib, “baqa” ko’rinishiga keltiriladi.
Mahsus taxta nosilka bo’lmasa uni qo’l ostidagi vositalardan (taxta, eshik, stolning usti, faner va boshqalar) yasaladi.
Jag’ ostki-ustki suyagi jarohatlanganda pastei jag’ni ushla turadigan bint bog’ich bilan mahkamanadi. Oldin tishlar orasiga tekis taxtacha, chizg’ich qo’yish mumkin.
O’mrov suyagi sinig’ini immobilizatsiyasi (qimirlatmaslik) ko’pincha paxta-marlyali xalqa, uchta uchburchak ro’mol orqali amalga oshiriladi. Paxta –marlyali yoki xalqa ko’rinishida buklangan ro’mollarni elka bo’g’ini xududiga kiygiziladi, bunda bemor elka tepasini ko’tarib, kuragini kerib turishi kerak va gavdani bunday joylashishida xalqalar ro’molcha yordamida bir biri bilan orqada bog’lanadi:
Jarohatlangan tomonning yuqori qismini gavdaga taqab, uni Dezo bog’ichi bilan mahkamlab, transport immobilixvtsiyasini amalga oshirish mumkin (21-rasm.)
Ris. 21. Ko’krak qafasini boylash:
a — spiralsion bog’ich; b —Dezo bog’ichi; raqamlar bilan bintni bog’lash turlari tartibi ko’rsatilgan
Kerakli anjomlar: analgetiklar(og’riq bosuvchi dorilar), oddiy transport shinasi yoki qo’lda tayyorlangan taxtakachlar, Diterixs shinasi, bintlar, ro’mollar, shahsiy bog’lash paketi, paxta, paxta-marlyali yostiqchalar, sanitar nosilkalari.
Yara –bu tana qoplamasi butunligini (teri va shilliq parda) buzgan har qanday jarohatdir.
Yaralar alomati:.og’riq, yara atrofini chuqurlashuvi, qon ketishi va jarohatlangan tana qismi funktsiyasini buzilishi. Bu alomatlarni ifodalanish darajasi yaraning og’ir-engilliga qarab belgilanadi.U qanchalik og’ir bo’lsa, og’riq ham shunchalik kuchli, yaradan qon ketishi ham kuchli bo’ladi va tananing yara bo’lgan qismi funktsiyasi ham shunchalik qiynaladi. Har bir yaraning ochiq joyi (teri qatlami yoki shilliq parda butunligi buzilgan joy) va yara kanali (jarohatlagan predmetni yo’nalishi bo’yicha to’qimalarni jarohatlanishi) bo’ladi. Agar yaralagan predmet inson tanasi orqali kirib va undan chiqsa, chiqqan joyida chiqish teshigi paydo bo’ladi.
Yaralaydigan predmetga qarab barcha yara jarohatlari ikkita katta guruhga bo’linali: o’qotar yara (o’q otar quroldan yaralanish) va noo’qsiz yara..
Noo’q yara sovuq qurol (xanjar, shamshir, nayza, pichoq, bolta), ikkilamchi uchib tushgan predmetlar (g’isht, taxta, oyna parchasi va x.k.), shuningdek nina, mix, inson va xayvon tishlari orqali etkazilgan bo’lishi mumkin
Bu guruh jarohatlarida yaralar quyidagilarga bo’linadi :
• kesilgan;
• urilgan;
• yirtiq;
• singan;
• bosh terisini shilinishi;
• chopilgan;
• tishlangan;
• zaharlangan;
• yuqtirilgan.
O’q otar jarohatlar o’q, snaryad parchasi, sochma o’q orqli etkaziladi. Ular uchun bir qator umumiy qonuniylik bordir :
1. To’qimalarni keng darajada jarohatlanishi (teri, muskul, suyak, ichki organlar). Jarohatlanishning uchta zonasi paydo bo’ladi: zona ranevogo kanala yara kanali zonasi, bunda to’qimalar yashay olmaydi, majaqlanib ketadi; jarohatga oid nekroz zonasi (to’qimalarni og’ir mexanik jarohatlanishi) va chayqalish(zirillash) zonasi, bunda qo’pol shikastlanish bo’lmaydi, lekin to’qimalarni yashash qobiliyati pasayadi va infektsiyaga qarshi kurash qobiliyati ham yomonlashadi.
2. Yara tuproq, kiyim parchasi, teri orqali ifloslanb, yara kanali zonasiga tushib qolishi mumkin va buni natijasida yara yiringlab ketishi ehtimoldan holi emas. .
3. YAralayotgan predmet xarakatiga yaralanayotgandagi suyak parchalari, organizm suyuqligini gidravlik bosimi qo’shimcha ta’sir ko’rsatadi. YUqoridagi omillarning birgalikdagi xarakati natijasida o’q teshib o’tib yaralaganda, odatda o’q chiqqan joyining teshigi kirgan joyga nisbatan katta bo’ladi.
To’qimalar jarohatini chuqurligiga qarab ular yuzaki va chuqurga bo’linadi. To’qimaga kirish tabiatiga qarab yaralar quyidagiga ajratiladi:
urinma — yaralaydigan predmet faqat teri to’qimasiga tekkan;
ko’r — yaralagan predmen inson tanasidan chiqmagan;
chiqadigan, yoki teshib chiqadigan , bunday jarohatda ikkita teshik bo’ladi : kirish va chiqish.
Infektsiyaga nisbatan yaralar toza, kasal yuqtirilgan va yiringlaganga ajratiladi .
Toza yara asosan operatsiya yaralari bo’ladi, chunki ularga kasal yuqishi mumkin emas. K ranam infitsirovannûm otnosyat sluchaynûe ranûKasal yuqtirilgan yara qatoriga tasodifiy yaralar kiradi; v pervûe 6—8 ch mikrobû naxodyatsya po krayam ranû — adaptiruyutsya Birinchi 6-8 soat ichida yara atrofidagi mikroblar adaptatsiyalanadi, yangi sharoitga moslashadi, keyinroq esa, to’qimalarning ichrog’iga kirib, tezda ko’payadi va buning natijasida yara yiringlay boshlaydi. Yiringli yaralarga, yallig’lanish jarayoni rivojlangan jarohatlar kiradi. Bunday yara, shishib, juda qattiq og’riq beradi; yara chetlari yalig’lanib, undan yiring oqa boshlaydi. Odatda kasal yuqtirilgan yaralar, agar ular o’z vaqtida tubdan davolanmagan bo’lsa fasod bog’laydi.
Inson tanasi bo’shlig’iga nisbatan yaralar bo’shliqqa singgan va singmaganga ajratiladi.
Razlichayut tri osnovnûx polosti v organizme: polost cherepa, grudnoy kletki i jivota. Inson organizmida uchta asosiy bo’shliq ajratilgan: bosh suyagi bo’shlig’i, ko’krak qafasi bo’shlig’i va qorin bo’shlig’i. Bu bo’shliqning har biri yumshoq va suyak to’qimalari bilan qoplangan, faqat qorin bo’shlig’i devorlari asosan yumshoqto’qimalidir. Bosh suyak bo’shlig’ining eng ichkari po’sti, qattiq miya po’stlog’idir, ko’krak qafasi uchun devor oldi o’pka pardasidir, qorin bo’shlig’i uchun – devor oldi qorin pardasidir.
Agar har bir bo’shliq devori yaralanganda, bo’shliqning eng ichki po’stlog’i yaralanmasa bu jarohat singmagan deb hisoblanadi.
Bo’shliqning barcha qalinlikdagi devori jarohatlanib, shunda uning eng ichki po’stlog’i ham yaralansa, u jarohat singgan bo’ladi. U engilroq- ushbu bo’shliq organlarini shikaslamay va organlarni shikastlagan- og’ir bo’lishi mumkin.
Organlar shkastlanmagan engil jarohat olganda ham, infektsiya uchun kirish eshiklari ochiladi va organlarning yalig’lanishi jarayonini (miya, o’pka, qorin a’zolari yalig’lanishi) chaqirishi mumkin.
Jarohat urilgan anotomik xududda yara tarqalish chuqurligi yara og’irligini belgilaydi. Jarohat olganda quyidagi asosiy asoratlarning rivojlanish ehtimoli bor:
Og’riq shoki —yaradan kelayotgan og’riq impulslari oqimi chaqirgan umumiy ohir axvol, chunki jarohat olganda ko’p miqdorda sezgir neyroretseptorlar shikastlanadi;
Qon yo’qotish. YAra xududi qanchalik qon tomirlari bilan ta’minlanganiga (vaskulyarizatsiya) qarab, qon yo’qotish uncha ko’p emas yoki juda ko’p, xattoki juda ham salmoqli qon yo’qotishga olib kelishi mumkin;
Kasal yuqtirgan yara — unga mikroblar tushishi —yaralangan vaqtda yoki undan keyin, hattoki unga yordam ko’rsatilayotgan vaqtda ham tushishi mumkin..
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, jarohatlanishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan turli asoratlar oldini olish va ular bilan kurashishga qaratilgan bo’lishi kerak. Dlya preduprejdeniya krovopoteri neobxodimo kak mojno bûstree ostanovit krovotechenie. Qon yo’qotishni oldini olish uchun tezlik bilan qonni to’xtatish lozim. Bunda xarakat tabiati qon oqishning ko’rinishi va darajasiga qarab belgilanadi: arteriyadan qon oqishda — bo’g’inlarni aylanasiga siqishning har qanday turidan, venadan (ko’k tomi) esa —bosib turadigan bog’ich bog’lashdan foydvlvniladi. Qonni vaqtincha to’xtatish uchun har qanday usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Og’ir jarohatlarda og’riqni qoldirish uchun jabrlanuvchiga shprits bilan biror bir analgetikdan ukol qilinadi.. V godû Velikoy Otechestvennoy voynû vzroslûm davali vnutr alkogol Ulug’ Vatan urishi yillarida og’riqni qoldirish uchun kattalarga alkogol ichirilgan. Bolalarga narkotiksiz analgetiklar, yoshiga qarab yuboriladi.
Agar jarohat yirik bo’lsa, tanani jarohatlangan qismini qimirlatmaslik uchun, transport shinalari yoki qo’l ostidagi vositalardan foydalanib immobilizatsiya qilish maqsadga muvofiqdir. YOzda yaradorni qizdirib yubormaslik, qishda esa sovuqqa qotirib qo’ymaslik kerak, shuning uchun uni pana joyga joylashtirish lozim.
O’qotar qurol yoki sovuq qurol bilan yaralanishda, odatda kasal yuqtiriladi, chunki to’qimaga infektsiya yaralanish vaqtida tushadi. Birlamchi kasal yuqtirish xavfi unchalik ham katta bo’lmasligi mumkin. Ikkilamchi kasallik yuqtirish esa, juda xavflidir, chunki mikrob florasi to’qimaga yarador bo’lgandan so’ng tushadi, u yara atrofidagi teridan, iflos havodan, tevarak muhitdagi pridmetlardan tushishi mumkin.
Jarohat o’chog’ida ikkilamchi infektsiya tushishini oldini olish uchun, yaraga shahsiy boylash paketi yordamida sterillangan bog’ich bog’lanadi. Tanani jarohatlangan qismi kiyimdan halos qilinadi (qayirtiriladi, so’kiladi, iloji bo’lsa umuman olib tashlanadi), chra atrofidagi sog’lom teriga 5% spirt aralashmali yod yaxshilab surtiladi.
Shahsiy rezinali bog’lovchi qopchadagi paketni, paketdagi ko’rsatkichlarga qarab ochib, uning ichidan mumlangan qog’ozdagi sterillangan bint va yostiqchalar chiqarib olinadi. YOstiqchalarni qo’l bilan rangli ip bilan tikilgan joyidan ushlanadi, yostiqchani ich tarafi sterillangancha qoladi va ana shu tomoni bilan yara ustiga qo’yib bog’lanadi.YOstiqchalardan biri xarakatlanadi, uni siljitish mumkin.
Agar yara katta yoki kuygani katta bo’lsa, yostiqchalarni ochish mumkin, lekin bunda ham ularning ich tomoniga tegmaslik kerak. Ba’zida katta shahsiy bog’lash paketidan yoki mahsus kontur bog’ichlaridan foydalanishga to’g’ri keladi. Bint uchini paketdagi to’g’nog’ich bilan to’naladi yoki yirtib bog’lanadi, lekin shunday boylash kerakki, bog’lam yara ustida yoki tanani tayanch qismi ustida bo’lmasligi kerak.
Yara atrofidagi juda ifloslangan terini sovun va suv (qaynatilgan bo’lsa undanam yaxshi), furatsilin aralashmasi, perikis vodorodi bilan yaxshilab yuviladi, undan keyin u quruq qilib artilib, 5% spirt aralashmali yod surtiladi. Undan keyin sterillangan bog’ich bog’lanadi. Agar shahsiy bog’lash paketi yo’q bo’lsa, unda toza paxta tolali matodan (choyshab, sochiq, salfetka, ro’molcha va x.k.) foydalaniladi.
Bosh jarohatlanganda, ho’llangan sochiq yoki salfetka bilan yara atrofidagi soch bilan o’ralgan qismi qon yuqi qolmasligi uchun yaxshilab artiladi, yara atrofidagi 5 sm radiusida soch olib tashlanadi, so’ngra 5% spirt aralashmali yod bilan yara atrofi dezinfiktsiya qilinadi, undan keyingina sterilliangan bog’ich boylanishi kerak.
Og’ir yaralanganda yordam ko’rsatish chora tadbirlarini quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofivdir :
1) qon oqishni vaqtinchalik to’xtatish;
2) og’riq qoldiruvchi vositalarni berish (kiritish);
3) sterillangan bog’ich boylash;
4) immobilizatsiyani amalga oshirish;
5) davolash muassasasiga jo’natish.
Jarohatlardan asoratlar qolishi mumkin:
1. Shok (qon yo’qotish asosida shkastlanishga yoki qon yo’qotishga oid).
2. Anemiya (qon yo’qotish asosida kamqonlik, qon tarkibida gemoglobinni tushib ketishi).
3. Yaraga zararli moddalarni tushishi yoki yallig’lanishni rivojlanishi sababli to’qimalar parchalanib so’rilishi natijasida organizmning zaharlanishi. Zaxarlanishning eng birinchi alomati bu qattiq isitmali jonsaraklikdir(bezgak yoki tana xaroratini oshib ketishi, istma).
8-BOB. YUQUMLI KASALLIKLARNI O’ZIGA HOS XUSUSIYATI (QOQSHOL-STOLBNYAK VA BOSHQALAR.)
Qoqshol — bu kasal qo’zg’atuvchini yuqtiruvchi kontakt mexanizmli o’tkir yuqumli kasallikdir. Skelet mushaklarining tonusli kuchi bilan markaziy asab sistemasini shikastlash va bosh tomirlarni davriy tortishtirish tabiatiga egadir. Qo’zg’atuvchi — Bacillacaea oilasidagi Clostridium urug’idan Clostridium tetani tayoqchasidir. Anaerob bakteriyasi (kislorodsiz muhitta yashay oladigan bakteriya) xarorat 12-14 °S darajadan past bo’lmagan va kislorod bemolol bo’lgan muhitda sporalar (urchish organlari) hosil qiladi. Asab sistemasini ishdan chiqaradigan va qonning qizil xujayralarini (eritrotsit) emiruvchi ekzotoksin ishlab chiqaradi.. Ko’payotgan mikroblar 80 °S xaroratda 30 daqiqadan so’ng xalok bo’ladi, oddiy antiseptik va dezinfektsiyalaydigan vositalar (dorilar) qo’zg’atuvchi mikroblarni 3-6 soat ichida yo’q qiladi. Sporalar tuproqda 10 yildan ortiq saqlanishi mumkin. Qaynatilganda 1 soatdan so’ng, yod aralashmasi, vodorod-perekisida to 6 soatdan so’ng xalok bo’ladi. 115 °S darajadagi quruq issiq ta’sirida 30 daqiqada yo’q bo’ladi.
Qo’zg’atuvchi rezervuari va manbasi — o’txo’r xayvonlar, kemiruvchilar, shuningdek inson: qo’zg’atuvchi ichakda yashaydi va go’ng yordamida tashqi muhitga keng yoyiladi, tuproqda juda uzoq saqlanadi. .
Qo’zhatuvchini yuqtirish mexanizmi — kontakt orqali. YUqtirish yo’li — jarohatlanganda teri qoplami va shilliq qavatini shikastlanishi (yara, kuyish, sovuq urish) natijasida qo’zg’atuvchi bilan zararlangan tuproq, go’ng yoki najas zarrasi tushib qolishi mumkin bo’lgan yaralar. Qo’zg’atuvchi bilan ifloslangan tibbiy asbob anjomlar, kesatigan va sanchiladigan buyumlarham yuqtiruvchi omil bo’lishi mumkin..
Insonlarni tabiiy ta’sirchanligi kattadir, shuning uchun to’qimalar katta zonada jarohatlanganda, shikastlangan to’qimalarga kislorod (anoerob sharoit) etishmasligi sababli, kasal bo’lish ehtimoli oshadi. O’tochar qurollardan olingan jarohat va yirtiq, urilgan yaralarda qoqshol tayoqchalari yashash uchun juda qulay sharoitga tushib qoladilar.
Inkubatsiya davri bir necha soatdan to 1 oygacha, ko’pincha 6-14 kun davom etadi. Inkubatsiya davri qanchalik qisqa bo’lsa, jabrlangan inson hayoti uchun shuncha havflidir. .
Asosiy klinik valomatlari. Boshlanishi o’tkirga yaqin yoki o’tkir bo’ladi. Sekin asta chaynash muskullarining siqilishi, mimika muskullari, gardan, ko’krak, diafragma, orqa, elka va son muskullarining tonus tangligi boshlanadi. 1-5 kun o’tgandan so’ng, tomirlar tortishishi avj oladi, muskullarda og’riq uyg’onadi, terlash, taxikardiya, yutishdagi og’irlik, nafas olishni qiyinlashuvi, bovul tutomaslik, ich surish kabilar sodir bo’ladi. Harorat baland, lekin es-hush joyida bo’ladi. Sog’ayish muddati 2 xaftadan to 2 oygacha. Hayotdan ko’z yumish asosan nafas yo’llari muskularining paralichidan kelib chiqadi; bu kasallikning15% dan to 35% o’lim bilan tugaydi.
Qoqsholni oldini olish rejali tartibda amalga oshiriladi. YAshash joyidagi davolash muassasalarida reja asosida va tezkor vaziyatda (yaralangan va kuyganda) tezkor tibbiy yordam ko’rsatish punktlarida qoqshol anatosinidan ukol qilinadi.
. Keng qamrovda emlash ishlari olib borish natijasida kasallik kamaydi lekin, umuman yo’qolmadi. Rossiyada yiliga bir necha o’n kishida qoqshol bilan kasallanish holatlari qayd qilinadi, bunda asosan emlanmagan yoki chala emlangan insonlar zarar ko’radi. Kasallik ko’proq ayollar orasida uchraydi, chunki ko’pchilik erkaklar xarbiy xizmat vaqtida emlanadilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda qoqshol kasalligi asosan onalik antijismlari (antitela) bo’lmagan yangi tug’ilgan bolalar orasida keng tarqalgan, sababi yo ona emlanmagan yoki bola sun’iy oziqlantiriladi. Butun dunyo sog’liqni saqlash (BST) tashkiloti ma’lumotiga asosan, xar yili butun dunyoda qoqshol kasalligidan 140 ming yangi tug’ilgan chaqaloqlar hayotdan ko’z yumishi qayd qilingan.
Bu kasallikni oldini olishni birdan bir vositasi emlashdir, emlash 95-100% natija beradi.
Ochiq jarohatlarda zarur bo’ladigan anjomlar: shprits-tyubikdagi analgetiklar (og’riq qoldirish vositasi, oddiy jgut, shahsiy bohlash paketi, bint, paxta, ro’molcha, transport shinasi (taxtakach), 5% spirtli yod aralashmasi, sanitar nosilkasi.
9-BOB.SOVUQ URGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH
Sovuq urish – past harorat ta’sirida to’qimalarni shikastlanishi. Sovuq urish sabablari turlidir va ma’lum sharoitda (sovuqni, shamolni, yuqori namlikni, tor yoki ho’l oyoq kiyimni, qimirlamaslikni, alkogoldan mast bo’lishni, qon yo’qotishni va x.k. uzoq vaqt ta’siri) plyus 3-7 xaroratda ham sovuq urishi mumkin. Quloq va burunni sovuq urishi ko’p uchraydigan holatdir. Sovuq urganda boshida sovuqqa qotish seziladi, u keyin uvishishga aylanadi, bunda avval og’riq va undan keyin har qanday sezgilar yo’qoladi. Og’riqni sezish qobiliyatini yo’qolishi (anesteziya), past harorat ta’siri davom etayotganini sezdirmaydi va bu ko’pincha to’qimalarda qaytarib bo’lmaydigan og’ir asoratlar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Og’irligi va chuqurligi bilan sovuq urishni to’rt darajaga ajratiladi. Buni faqat bemorni isitgandan so’ng, ba’zan bir necha kundan keyin aniqlash mumkin. I – darajadagi sovuq urishda, teri xuddi qonaylanish buzilishida tiklanadigan shikastlanishga o’xshab qoladi. Jabrlangan insonni teri qatlami och rangda, bir qancha shishgan bo’lib, sezish qobiliyati keskin pasayadi yoki umuman yo’qoladi. Isitilgandan so’ng, teri ko’kimtir-qizg’ish tusga kiradi, shish kuchayadi va ko’pincha simillagan og’riq paydo bo’ladi. YAlig’lanish (shish, qizarish, og’riq) bir necha kungacha davom etadi, keyin sekin-asta o’tib ketadi. Keyinchalik teri qatlamida qichish va teri ko’chish alomatlari paydo bo’lishi kuzatiladi. Sovuq urgan organ ko’pincha sovuqqa juda sezgir bo’lib qoladi.
II – darajadagi sovuq urishda teri qatlamini yuqori qismida jonsizlanish ko’rina boshlaydi. Bemor isitilganda, uni och tusdagi teri qatlami ko’kimtir-qizg’ish rangga kiradi, to’qimalarni shishi tez rivojlanadi va sovuq urgan joydan tashqariga tarqala boshlaydi. Sovuq urgan joyda ichi tiniq va oq rangdagi suyuqlik bilan to’la puffakchalar paydo bo’ladi. Jarohatlangan joy atrofida qon aylanishi juda sekin tiklanadi. Uzoq vaqtgacha terini sezish qobiliyati tiklanmasligi mumkin, lekin ma’lum darajada og’riq seziladi. Ushbu darajadagi sovuq urush uchun quyidagilar hosdir: tana xaroratini ko’tarilishi, titroq, ishtaha va uyquni yo’qligi. Agar sovuq urgan joyga ikkilamchi infektsiya tushmasa, jarohatlangan qismda granulyatsiyasiz va tirtiqsiz, sekin asta jonsizlangan teri qatlamini tushishi boshlanadi. Bu joydagi teri uzoq vaqtgacha ko’kimtir va sezish qobiliyati pastroq bo’lib qoladi.
III-darajadagi sovuq urishda qon ta’minotining buzilishi (tomirlar trombozi), terining barcha qatlami va yumshoq to’qimalarni turli chuqurlikda jonsizlanishiga olib keladi. Jarohat chuqurligi sekin asta ko’rina boshlaydi. Birinchi kunlarda terini jonsizlanishi aniqlanadi: to’q qizil rangda va to’q qo’ng’ir rangdagi suyuqlik bilan to’la puffaklar paydo bo’ladi. \ Jonsiz qism atrofida yallig’lanish g’ovi hosil bo’ladi (demarkatsiya chizig’i). CHuqur joylashgan to’qimalarni shikastlangani 3-5 kundan keyin, rivojlanayotgan ho’l gangrena ko’rinishida bilinadi. Tuqimalar umuman sezish qobiliyatini yo’qotadi, lekin bemor qattiq og’riqdan azob chekadilar.
Ushbu darajadagi sovuq urishning umumiy ko’rinishi kuchliroq ifodalanadi. Zaharlanish qattiq titroq va ko’p miqdorda terlash, ahvolini juda yomonlashuvi, tevarak atrofga befarqlik kabilar bilan ifodalanadi.
IV –darajadagi sovuq urishga to’qimani barcha qatlamlari va suyakni jonsizlanishi hosdir. Jarohatlanishini bunday chuqur bo’lishi sababli, tanani sovuq urgan qismini isitib bo’lmaydi, u sovuq va umuman sezgi qobiliyatini yo’qotgan bo’ladi. Teri tezda ichi qora suyuqlik bilan to’la pufaklar bilan qoplanadi. \ Jarohatlanish chegaralari sekin paydo bo’ladi. Aniq chegara (demarkatsiya chizig’i) 10-17kun o’tgandan so’ng bilinadi.. Jarohatlangan qism tez qoraya va quriy (mo’miyolanish) boshlaydi. Ko’chish jarayoni juda uzoq bo’ladi (1,5-2 oy) va yarani bitishi juda sekin va bo’shashib davom etadi.
I – darajadagi sovuq urishda tanani chegaralangan qismini (quloq, burun) birinchi yordam ko’rsatayotgan inson o’z qo’lining issig’i yoki grelka bilan isitishi mumkin. II, III va IV –darajadagi sovuq urishda, sovuq urgan joyni intensiv (tez) artish va uqalashdan o’zini tiya bilish kerak, chunki bu darajalarda noqulay xarakatlar tomirlarni jarohatlanishiga sabab bo’lishi mumkin, bu esa tromboz hosil qilish xavfini oshiradi va shu bilan birga to’qimalar jarohatini yanada chuqurlashtiradi.
Birinchi yordam. Birinchi yordam ko’rsatishda jarohatlangan insonni umumiy isitish choralarin i tadbiq etish (issiq kofe, choy, sut ichirish) katta ahamiyat kasb etadi. Jabrlanuvchini tezlik bilan kasalxonaga etkazish ham birinchi yordam chorasiga kiradi. Bemorni jo’natayotganda albatta ikkinchi marta sovuq urishdan saqlash choralarini ko’rish kerak. Agar birinchi yordam sanitar mashinasi kelguncha ko’rsatilmagan bo’lsa, uni kasalxonaga borguncha mashinada amalga oshirish kerak.. Eng asosiysi, tanani sovuq urgan uchastkalarni tashqaridan isishiga yo’l qo’ymaslik kerak, chunki ularga issiq havo, iliq suv, issiq predmetlar hatto issiq qo’lni tegishi ham xalokatli ta’sir etadi.
Bemorni isitilgan binoga olib kirganda, tanani sovuq urgan qismini issiq ta’siridan, jarohatlangan joyga issiqdan himoyalovchi bog’ichlar (paxta-marlyali, jun va boshqa) qo’yib, saqlash kerak. Bog’ich faqat atrofidagi sog’ teriga tegmasdan, zararlanib oqargan teri ustida bo’lishi kerak, aks holda tanani qon aylanishi buzilmagan qismidagi issiqlik bog’ich tagidan sovuq urgan joyga tarqaladi, bunga umuman yo’l qo’ymaslik kerak!
Bog’ichni to issiqlikni his qilib, qo’l oyoq barmoqlariga jon kirmaguncha olib tashlamaslik kerak. Ana shundagina to’qimalarni isishi, oqib o’tayotgan qon olib kelayotgan issiqlik hisobiga sodir bo’ladi va u erdagi to’qimalar qon oqimi tiklanishi bilan birga hayotga qaytadi.
Qo’l va oyoq panjalarini sovuq oldirganda ularni qimirlatmaslikka harakat qilish kerak, bu juda muhim, chunki u erdagi tomirlar juda nozikdir va qon oqimi tiklanganda qon quyilishi holati yuzaga kelishi mumkin. Ularni xarakatlantirmaslik uchun yasalgan yoki standart shinalardan foydalanib, transport immobilizatsiyasining har qanday turidan foydalanishgina kifoya qiladi.
Hamma erini sovuq oldirib (umumiy), hushini yo’qotganda ham asosiy qoida har doimdagidek, ya’ni issiq joyga olib kirganda darhol qo’l va oyoqni issiqdan saqlovchi bog’ich bilan yopish bo’lib qoladi. Avval uning hayotiy alomatlarini aniqlash kerak, ya’ni unda hushi o’zida yoki yo’qligi, nafas olishi, yurak urishi, ko’zni yorug’likka ta’siri kabi hayotiy funktsiyalar bor yo’qligini tekshirib olinadi, undan so’ng “donor” usuli yordamida ehtiyotlik bilan SO’V (sun’iy o’pka ventilyatsiyasi) va yurakni tashqi massajini amalga oshirishga kirishiladi. Tana paxtali yoki jun ko’rpa bilan o’raladi. Muzlab qolgan oyoq kiyim echilmaydi, va oyoq poyafzal bilan birga qo’l ostidagi matoga o’rab qo’yiladi. birinchi yordam ko’rsatilgandan so’ng bemorning sog’lig’i, to tibbiy muassasaga jo’natilmaguncha doimiy nazoratda bo’ladi va u tibbiy muassasaga yuborildi. Birinchi yordamning bu usulidan foydalanib, ko’pincha sovuq urganlar qutqarib qolinadi va qo’l-oyoqni suvuq urushining og’ir oqibatlaridan asrab qolinadi.
10-BOB. YOT JISMLAR
Yumshoq to’qimalardagi yot jimsmlar ishlab chiqarishda va asosan maishiy turmushdagi shikastlanishlarda juda ko’p uchraydi (zirapcha, igna, mix, shisha siniqlari va x.k. Bu shikastlanishlarni eng xavfli tarafi shundaki, yot jimsmlar bilan organizmga mikroblar tushishidir va bu mikroblar yot jism atrofida yalig’lanish jarayoni boshlanishiga sabab bo’ladi.
Alomatlari. Inorodnoe telo mojet xotya bû chastichno vûstupat nad poverxnostyu koji. Yot jismning qandaydir juda kichkina qismi teri orsidan chiqib turishi mumkin. Agar bemor sanchilgan (igna, mix) yoki sanchilgan yirtiq (shisha) jarohat olgan bo’lsa, unda bu jarohatlovchi yot jism yoki uni bo’lagi to’qimalar lorasida chuquroq kirib qolishi mumkin. Bunday yot jism bemorni uncha bezovta qilmaydi yoki faqat jism sanchilgan joyni bosgandagina og’riq beradi. Tez orada shish, kerikish va yalig’lanishning boshqa alomatlari paydo bo’ladi,
Birinchi yordam. Hech qachon igna, mix, shisha va ayniqsa zirapchani sug’urib olishga xarakat qilmang, agar yot jismning bir qismi teri ustida ko’rinib turgan bo’lsa ham. Jarohlik yordami yot jismni tana to’qimalari ichida sinib qolishini oldini oladi, yot jismni to’qimalar orasida sinib qolishi ayoniqsa zirapcha va cho’p (ingichka payraxa) kabi jismlarda sodir bo’ladi. Bunday yot jismlarni muvaffaqiyatsiz va noto’liq chiqarib olish, keyingi tibbiy yordam ko’rsatishni qiyinlashtiradi xolos.
10.1. Halqum va qizilo’ngachdagi yot jismlar.
Juda ko’p vaziyatlarda halqumda baliq ignalari va go’sht suyaklari, bolalarda esa, tanga. Tugmacha, yong’oq va boshqa mayda jismlar tiqilib qoladi.
SHikoyatlar. Ko’krak atrofidagi, bo’yindagi va ayniqsa yutingandagi qattiq og’riqlar.
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Halqumdan tiqilib qolgan jismni oshqozonga non sirti yoki bo’tqani edirish bilan tushurish ko’pincha yaxshi samara bermaydi, shuning uchun agar tiqilib qolgan jism kattaroq yoki yutungandagi qattiq og’riqda eng yaxshisi jabrlanuvchini zudlik bilan kasalxonaga yoki tibbiy muassasaga olib borish kerak.
10.2. Eshitish organidagi (quloq) yot jismlar.
Kattalarda va ko’pincha bolalarda eshitish organining tashqi teshigida uncha katta bo’lmagan yot jismlar tiqilib qoladi (paxta tutamlari, no’xat va boshqalar). Quloq teshigi ichida oltingugurt po’kaklari paydo bo’lishi va ayniqsa, suv tushganda ular shishib juda qattiq og’riq berishi mumkin.
Alomatlari. Eshitish organining tashqi teshigida tiqilib qolgan yot jismlar boshida sag’al eshitishni og’irlatishdan boshqa bir kasallanish alomatini bermaydi.
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. YOt jismni biror bir narsa, masalan, shpilka, gugurt cho’pi va shunga o’xshash narsalar bilan sug’urib olishga xarakat qilish kerak emas. Bunday urunishlar quloq ichidagi jismni ichkariroq kirib ketishiga sabab bo’lishi va yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Albatta zudlik bilan ambulatoriya, kasalxona yoki poliklinika kabi tibbiy muassasaga olib borish zarur.
10.3. Ko’zga tushgan yot jism.
Ko’zga ko’pincha metall yoki toshning mayda zarralari tushadi va ular ko’zni shikastlaydi. Ko’pincha ko’zning shilliq pardasiga (kon’yuktival qopchasiga) mayda zarra, xas, qum, xashorat tushib qoladi.
Alomatlari. Ko’z juda ko’p yoshlanadi (ko’z sekreti). Qovoq tez tez uchadi va beihtiyor yumilib ketadi.
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Umuman uy sharoitida ko’zga tushgan yot jismni turli usulda chiqarib olishga ruhsat berilmaydi. Bunday jarohatlar albatta mahsus tibbiy muassasalarda chiqarib olinishi kerak.
10.4. Nafas olish yo’llaridagi yot jismlar.
Biror bir ishni bajarayotganda og’izga solib olib ishlash natijasida nafas yo’llariga ko’pincha to’g’nag’ich, knopka, mayda mix va shunga o’xshash narsalar tiqilib qoladi. Undanam ko’proq bolalarning nafas yo’llariga ular bilan o’ynayotganda mayda narsalar tiqilib qoladi (kungabog’ar urug’i, yong’oq po’chog’i, tanga va shunga o’xshash narsalar).
Alomatlari. Agar kattalarning o’zlari nima tiqilib qolganini ayta olsalar, bolalar esa ko’pincha tushuntirib berishga qiynaladilar. Kattalarda nafas olishni qiyinlashishi va yo’tal xuruji nafas olish yo’liga yot jism tiqilib qolganini bildiradi. Qarovsiz qolgan bola birdaniga bo’g’ilib, nafas olishi qiyinlashsa va qattiq yo’tal xuruji boshlansa, atrofdagilar har doim uni nafas yo’liga biror yot jism tiqilib qoldi deb o’ylashlari kerak. YOrdam berish, nafas yo’llari obstruktsiyasi belgilariga, es- hushi darajasiga va gazalmashinuvi mosligi sabablariga bog’liq bo’ladi.
Agar ostruktsiyaga (tiqilib qolish) gumon qilinsa va kasalning es hushi joyida bo’lsa, undan o’zini qanday his qilayotganini va nafasi siqyaptimi yoki yo’q shular haqida so’rash kerak Nafas yo’lini qisman obstruktsiyasida teri rangi normal bo’lib, yo’talishga kuchi etayotgan bo’lsa, yo’tallar xuruji orasida xirillash eshitilsa ham, tezlik bilan aralashish mumkin emas.
Nafas yo’lini qisman obstruktsiyasida, nafas olishni qiyinlashishida (kuchsizlik, samarasiz yo’tal, nafas olganda xushtakli xrillash, nafas olishni qattiqroq qiynlashishi va ko’pincha –tsianoz) faollik bilan aralashish talab qilinadi.
Nafas yo’lini to’liq obstruktsiyasida (kasal gapira olmaydi, nafas ololmaydi, yo’tala olmaydi va tez tez tomog’iga yopishadi) zudlik bilan yordam ko’rsatish zarur.
Kattalarda nafas yo’llari obstruktsiyasida Geymlix usuli qo’llaniladi. Bu usulning maqsadi- o’pkadan keskin ravishda etarli miqdorda havoni xaydab chiqarib, etarli tezlikda sun’iy yo’talni chaqirishdir, qattiq yo’tal yot jismni itarib chiqaradi. Bu jarayonni quyidagi aspektlarini yaxshilab esda tutish zarur:
1. To’g’ri texnika: o’tirgan yoki turgan bemorni orqa tarafida turib, uni qo’llar bilan belidan quchib, qorniga bosib turib, yuqoriga qarab keskin zarba berish. Ichki shikastlanishlar ehtimolini minimumga keltirish uchun, zarba berish kerakli anotomik nuqtada bajarilayotganligiga (qorinning o’rta qismida, kindik bilan qilichsimon o’simta o’rtasida) ishonch hosil qilish kerak.
2. Har bir zarba xuddi mustaqil usul, ya’ni obstruktsiyani bir zarba bilan yo’qotishga mustahkam ishonch bilan bajarilishi lozim.
Agar katta yoshdagi inson behush bo’lsa, tahmin qilinayotgan obstruktsiyada. Nafas yo’lidagi yot jismni barmoqlar bilan olib tashlashga urinish mumkin. Jonlanturuvchi (reanimator) bir qo’lining barmog’i bilan kasalni og’zini ochadi va boshqa qo’lining ko’rsatkich barmog’ini lunjining ichki yuzasidan halqumning chuqurroq ichiga, tilning ildizigacha olib boradi. Ko’rsatkich barmoqning distal suyagidan bukib, jonlantiruvchi shu barmoq-ilgak bilan nafasni siqayotgan yot jismni olib tashlashga xarakat qiladi. Bu ishni juda ehtiyotkorlik bilan bajarish kerak, aks holda yot jism nafas yo’lining ichkarisiga surilib ketishi mumkin.
Jonlantirish choralarining tartibi:
• agar nafas yo’li obstruktsiyasi yot jism tiqilib qolganligidan deb tahmin qilishga jiddiy sabab bo’lsa, unda barmoq bilan chiqarib olish birinchi navbatta amalga oshiriladi;
• agar nafas yo’li obstruktsiyasi bo’lmasa, unda jonlantirish sun’iy o’pka ventilyatsiyasi (SO’V) bilan boshlanadi .
Qachon SO’V o’tkazish samara bermasa, bosh joyini o’zgartiganda ham ta’sir qilmasa, , to nafas olish me’yorga kelmaguncha yot jism obstruktsiyasini davom ettirish kerak. Bunday holtlarda quyidagilar tavsiya qilinadi:
• Geymlix usulini bajarish (kerak bo’lsa bu usulni to 5 martagacha qaytarish kerak);
• Jonlantirilayotgan insonni og’zini ochish va barmoq bilan yot jismni chiqarib olish;
• yana sun’iy nafas oldirishga xarakat qilish;
• yuqorida qayd qilingan choralar tsiklini bir necha marta qaytarish, ya’ni yot jism chiqib ketgunicha urinish.
Es hushi joyida bo’lgan katta yoshdagi insonlar, birdaniga bo’g’ilib nafas ololmay qolishida obstruktsiya vaziyati hech qanday shubhaga o’rin qoldirmaydi. Lekin noma’lum vaziyatda birdaniga qon aylanishi to’xtab, insonni ahvoli og’irlashib qolgan vaziyatda, biror bir tashhis qo’yish juda qiyin bo’ladi..
Hushidan ketgan insonda nafas olish obstruktsiyasining eng ko’p uchraydigan holati – jonlantirilayotgan insonni tilini yutishi (til orqaga ketib qolib, nafas yo’lini berkitib qo’yadi) va boshni noto’g’ri joylashuvidir. Faqatgina muvaffaqiyatsiz SO’V o’tkazgandan, boshni to’g’irlagandan so’ngina unda nafas yo’li obstruktsiyasi ro’y berganinini anglash mumkin.
Katta yoshdagi inson yoki yosh bolada nafas olishi to’satdan qiyinlashganda, hushidan ketganda, tsianoz boshlangandagi aniq alomatlarida eng birinchi navbatda nafas yo’li obstruktsiyasini nazarda tutish kerak..
10.5. Yosh bolalarda nafas yo’li obstruktsiyasi.
To 5 yoshgacha bo’lgan bolalarda yot jism tiqilib qolishi natijasida, nafas yo’li obstruktsiyasidan hayotdan ko’z yumish holati juda ko’p uchraydi, bulardan 65% -1 yoshgacha bo’lgan bolalardir.
Yot jismlar tiqilib qolishi natijasidagi nafas yo’li obstruktsiyasining boshlanishi kattalarda va yosh bolalarda bir hil bo’ladi:
• agar bola hushidan ketib, nafas olmayotgan bo’lsa, bolaning nafas yo’lini ochishga xarakat qilish kerak;
• agar bola hushidan ketmagan bo’lsa, uni tinchlantirib, yo’talni tutib turmaslikka ko’ndirish kerak; faqat qachon yo’tal susayib, xirillash ko’payib yoki bola hushidan ketsagina faol aralashuv talab qilinadi;
• iloji boricha jonlantirish (reanimatsiya) brigadasini chaqirish.
Chaqaloq bolalarga yordam ko’rsatish:
• bolani orqasiga 5 marta zarba berish (bolani qornini pastga qaratib ushlab turish);
• bolani ehtiyotlik bilan o’girib orqasiga yotqizish, (bolani boshi gavdadan pastda bo’lishi kerak) ko’krak qafasiga yana 5 ta zarba berish (ko’krak qafasini pastki uchdan bir qismiga –ko’krak uchidan bir barmoq pastga); Geymlix usulidan foydalanilmaydi, chunki bu usulda bolani jigari yorilib ketishi mumkin;
• agar yot jism ko’rinib turgn bo’lsa, u chiqarib olinadi; chaqaloq bolalarda yot jismni ko’r- ko’rona barmoq bilan chiqarib olish, obstruktsiyani chuqurlashib ketishiga olib kelishi mukinligi nazarda tutilib, bajarish qat’iyan man qilinadi.;
• yana bolani nafas olish yo’lini ochishga xarakat qilish (bolani engagini tepaga ko’tarib, boshini orqaga tashlash) va SO’V ni o’tkazish. Agar o’pka vertilyatsiyaga hech qanday javob bermayotgan bo’lsa, uni yana yana qaytarish. Barcha ko’rilgan choralar natija bermasa, ular tsiklini yana bir boshidan qaytarish.
Yosh bolalarga birinchi yillarida yordam ko’rsatish. Bir yoshdan katta bo’lgan bolalarda, nafas yo’lida yot jism tiqilib qolishidagi obstruktsiyada yordam ko’rsatish, faqat barmoq bilan yot jismni ko’r ko’rona chiqarib olishdan tashqari, hudda katalarga beriladigan yordam singari bo’ladi:
• o’tirgan yoki turgan bolani orqasida turib Geymlix usulini bajarish (5 martagacha);
•to obstruktsiya o’tib ketmaguncha yoki bola hushidan ketmaguncha 5martadan zarba berishni davom ettirish;
• agar bola hushidan ketsa, uni orqasi bilan yotqizib, nafas yo’lini ochib, yana SO’V o’tkaziladi (bunda ko’krak qafasi ko’tarilyaptimi yoki yo’qligini tekshirib turiladi), undan keyin bosh joydashuvini o’zgartirib (bu nafas yo’li ochilishiga xalaqit bermasligini tekshirib), Geymlix usuli qo’llaniladi (5ta zarba): agar yot jism ko’rinsa olib tashlanadi; aksi bo’lsa bu choralar tsikli yana qaytariladi. Yosh bolaning birinchi yillaridag inafas yo’li obstruktsiyasiga infektsiya (masalan epiglottis yoki yolg’on krup ya’ni laringit, tomoq yalig’lanishi kabi) sabab bo’lishi mumkin. Bunda olib boriladigan ishlar boshqacha bo’ladi.
11-BOB. KUYGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH
Kuyish – povrejdenie tkaney, voznikayuùee pod deystviem vûsokoy temperaturû, elektricheskogo toka, kislot, ùelochey ili ioniziruyuùego izlucheniya.yuqori darajadagi harorat, elektr toki, kislota, ishqor yoki ionlanuvchi nurlanish natijasida to’qimalarni jarohatlanishi. Sootvetstvenno razlichayut termicheskie, elektricheskie, ximicheskie i luchevûe ojogi YUqoridagilarga asosan ular termik, elektrik. Kimyoviy va nurlanishdan kuyishlarga bo’linadi.. Termicheskie ojogi vstrechayutsya naibolee chasto, na nix prixoditsya 90-95% vsex ojogov. Kuyishlarning eng ko’p uchraydigan turi bu termikdir, ular barcha kuyishlarning 90-95% tashkil qiladi.
Kuyishning darajasi zarar ko’rgan to’qimalarni naqadar chuqur kuygani va yuzasi maydoniga qarab belgilanadi. Jarohatlarni chuqurligiga qarab kuyish to’rt darajaga bo’linadi. YUzaki kuyish (I, II-darajali) yaxshi sharoitda mustaqil tuzalib ketadi. Kuyish chuqurroq bo’lsa (III va IV-daraja), u nafaqat teri qatlamini balki, ichkarida chuqur joylashgan to’qimalarga ham zarar etkazadi va bu vaziyatda teri ko’chirib o’tkazish talab qilinadi. Ko’pgina jarohatlanganlarda turli darajadagi kuyish birikmalari mavjud bo’ladi. .
Olovdan, issiq havodan va bug’lardan nafas olish natijasida yuqori nafas yo’llarini kuyishi va halqumni shishi, undan so’ng nafas olishni buzilishi yuzaga keladi. YUtilayotgan tutunda azot yoki tarkibida azot bo’lgan kislotalar bo’lishi mumkin. Plastik yonganidagi tutun tarkibida fosgen va gaz ko’rinishidagi gidrotsian zaharli gazlari bo’lishi mumkin. Bunday tutunlar zaharlidir va u kimyoviy kuyishni hamda o’pka shishini keltirib chiqaradi. YOpiq binodagi yong’inda qolgan jabrlanuvchilarda har doim o’pka zararlanganini ehtimoli borligini esda tutishimiz kerak. YUqori nafas olish yo’li kuyishi va o’pka zararlanganida to’qimalarga kislorod etib borish jarayoni buziladi va gipoksiyaga olib keladi. Kattalarda gipoksiya jonsaraklik, terini rangi qochishi bilan, bolalarda esa qo’rquv, yig’loqilik, ba’zida tomirlar toritishishi va mushaklar qisqarishi bilan ifodalanadi. Binoda yong’in chiqqanda, kuyganlarning hayotdan ko’z yumishiga ko’pincha gipoksiya sabab bo’ladi.
Birinchi yordam ko’rsatishda eng avval yong’in chiqargan omilni birtaraf qilishdir. Agar yong’in chiqqanda jabrlanuvchining kiyimi yonayotgan bo’lsa, zudlik bilan olov o’chiriladi va uni yong’in xududidan olib chiqiladi. Issiq suyuqlik yoki erigan metall bilan kuyganda –tezlik bilan kuygan joydan kiyimlar echilib olinadi..
Harorat omili ta’sirini tugatish maqsadida zarar ko’rgan tana qismini sovuq suvga solish, sovuq suv oqimiga qo’yish yoki xloroetil sepish kabi choralarniqo’llash kerak.
Kimyoviy kuyishda (so’ndiriliagan ohakdan kuyishdan tashqari) juda tezlik bilan krandagi suv bilan kuygan joylarni yuvish kerak. Agar kiyim kimyoviy faol moddalarni shimib olgan bo’lsa, uni zudlik bilan echib tashlash kerak. Kuygan jarohatlarga biror bir ta’sir kshrsatish umuman mumkin emas. Jarohatlangan insonni og’rig’ini kamaytirish uchun analgin (pentalgin, tempalgin, sedalgin) ichiriladi. Kuyish darajasi ko’proq bo’lsa, jabrlanuvchi 2-3 ta tabletka atsetilsalitsil kislotasi (aspirin) va 1 ta tabletka dimedrol ichishi mumkin. Vrach kelguncha bemorga issiq choy yoki kofe, ishqorli mineral suv (500-2000 ml) yoki quyidagi aralashmalar ichiriladi: I-aralashma- 1 litr suvga ½ choy qoshiq gidrokorbanat natriy (ichimlik sodasi) va 1 choy qoshiqda natriy xlorid (osh tuzi); II-aralashma t litr choyga 1 choy qoshiqda osh tuzi va 2/3 choy qoshiqda gidrokobonat yoki natriy tsitrat qo’shiladi. Kuygan yuza 70% etil spirti yoki vroq bilan tozalangandan (yuvilgan, artilgan)so’ng aseptik (zararsizlantirilgan) bog’ich bog’lanadi.
Juda qattiq (keng ko’lamda) kuyganda jabrlanuvchini toza mato yoki choyshabga o’rab zudlik bilan kasalxonaga etkaziladi. Uy sharoitida, kuygandan keyin darhol turli malham (maz) va baliq hamda boshqa yog’larni surtish samara bermaydi, chunki ular yarani juda ifloslantiradi, uni davolashni qiyinlashtiradi va yara qanchalik chuqurligini tekshirishga halaqit beradi.
Mahalliy davolash uchun eng yaxshisi turli komponentlardan iborat aerozollardan (levovinizol, olazol, livian, pantenol) foydalanish kerak, qizilpoycha (everoboy) o’ti damlamasi ham juda foydalidir.
12-BOB. OG’RIQLARDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH
12.1. Ko’krakdagi og’riq.
Ko’pincha bunday og’riq yurak qon tomir sistemasida qon aylanishini (stenokardiya yoki miakard infarkti) buzilishi oqibatida hosil bo’ladi. YUrak atrofidagi og’riq yurak tomirlari bilan bog’liq bo’lmasligi ham mumkin: miokarddagi modda almashinuvi oqibatida, benzin, is va boshqa moddalar bilan zaharlanish natijasida; allergiya va infektsiya paydo bo’lishida; tuberkulyoz (sil), zotiljam (o’pka shamollashi), o’pka saratoni, plevrit, shish kabi kasalliklarda; jarohatlar, nevralgiya, osteoxonroz, miozitlarda; qizilo’ngach shamollashida va boshqa patologik vaziyatlarda.
Miakard infarkti juda tez zo’rayib ketishi tufayli, bu kassallik juda katta xavf tug’diradi. Bu patologiyada og’riq ko’pincha shiddatli-siquvchan, bosuvchan va jiz etib uzib oladigan tabiatga ega bo’ladi; kamroq- noaniq, simillagan og’riq beradi. Asosan tunda uxlayotgan vaqtda, ba’zan jismoniy zo’riqqanda va ruhiy xayajonlanish natijasida ro’y beradi va bu xolat 10 daqiqadan to bir sutkagacha davom etishi mumkin (stenakardiyadan farqi-stenakardiyada og’riq 2-15 daqiqa davom etadi). Og’riq ko’krak qafasi ortida chap qo’l va kurakni nerv sistemasida tormozlanishni (irradiatsiya)yuzaga keltirib, butun ko’krakni og’rishi bilan to’xtaydi; kam xolatlarda qorinning tepa qismida og’riq bo’ladi. Nitroglitserin, kak pravilo, nedostatochno pomogaet (pri stenokardii je dacha nitroglitserina ili analgetikov bûstro snimaet bol). Nitroglitserin ichrish yaxshi foyda bermaydi (stenakardiyada nitroglitserin yoki boshqa og’riq qoldiradian analgetiklar tezda og’riqni qoldiradi). Bu patalogik jarayonning tabiatini aniqlashda EKG (ko’krak qafasini elektrokardiagrammasi) katta o’rin tutadi. Bizga ma’lumki oxirgi yillarda bizni mamlakatimizda miokard infarkti ancha “yoshardi” , u o’quvchi va talaba yoshdagilarda uchray boshladi. Infarktdan letallik (o’lim) yuqori darajadadir.
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish:
• Zudlik bilan mahsus yordamni chaqirish.
• Ko’krak qafasida og’riq bor bemorni tinchlantirib, yotqizib qo’yish. Davolashni til tagiga bitta tabletka nitroglitserin dorisini (0,0005 mt) berishdan boshlash. Agar bu muolaja yordam bermasa, nitroglitserinni 3marta 5-10 daqiqa oralatib berish kerak.
• Vrach kelguncha tinchlantiruvchi vositalar (valeriana), chalg’ituvchi vositalar (og’riqni to’xtatmoqchi bo’lgan xududga xantal qopchasini qo’yish (gorchichnik) hamda nuqtali uqalashlarni amalga oshirish kerak. “Tez yordam” brigadasi miokard infarktini oldini olish va bemorga to’g’ri tashhis qo’yishi uchun iloji boricha tezroq EKGni amalga oshirishi kerak.
Qon ketishi quyidagi turlarga bo’linadi:
· kapillyarda;
· arteriada;
· venada.
Kappilyar tomirlarda qon ketishi, mayda tomirlar jarohatlanganda yuzaga keladi. Qon yarani butun yuzasi bo’ylab xuddi bosma qog’oz singari sirqib chiqadi. Bunda qon juda ko’p ketmaydi. Kappilyardan qon ketishni faqat yara ustiga siqib turadigan bog’ich boylab to’xtatiladi.
Arteriyadan qon ketishida, qon yaradan pulslangan jildirab yoki favvoradan otilgan kabi alvon rangdagi, qip-qizil qon oqib chiqadi. Bu hayot uchun juda xavflidir, chunki, qisqa muddat ichida juda ko’p miqdorda qon yo’qotish mumkin. SHuning uchun qon ketishni tezda bartaraf qilish zarur. Uni to’xtatishni eng oddiy usuli, jarohatni teparog’idagi arteriyani barmoq bilan bosishdir. Arteriyadan qon ketishdagi barmoq bilan arteriyani bosib qon oqimini to’xtatish. bu birinchi choradir. Uni faqat juda kam muddat ichida qo’llash mumkin. Bu muddat qo’l-oyoq yoki tanani boshqa qismini siqib boylash uchun chilvir (jgut), matodan buragich yoki sterillangan bosib turadigan bog’ich tayyorlab olish uchun kerak (22-rasm.).
22-rasm. Qon ketishning turlari:
a – arteriadan; b – venadan
Boldir arteriyasidan qon ketishida boldir osti arteriyasi siqiladi. Siqish ikkala qo’l yordamida bajariladi. Bunda ikkala qo’lning katta barmoqlari tizza bo’g’imining oldingi yuzasiga qo’yiladi, boshqa barmoqlar bilan tizza osti chuqurchasidagi arteriya paypaslab topib, uni suyakka qattiq bosiladi. Sondagi arteriyadan qon ketganda, sonning yuqori qismining ichki yuzasidagi, bevosita chov osti qati tagidagi son arteriyasi siqiladi. Qo’lning yuqori qismidagi jarohatlangan tomir arteriyasidan qon ketganda, qo’lning to’rtta barmog’i bilan elkaning ikkiboshli mushaklari ichki yuzasidagi elka arteriyasini elka suyagiga itarib bosiladi. Bosishning samarasin,i tirsakning bukilgan joyining ichki yuzasidagi bilak arteriyasining puls urishiga qarab tekshiriladi (23-rasm)
23-rasm. arterial qon ketishning vaqtinchalik to’xtatish usullari (barmoq bilan bosish); a) magistral arteriyalar joylashuvi va bosish nuqtalarini sxemasi (strelka bilan ko’rsatilgan).
Bo’yindagi jarohat tufayli yaradan qon ketishida, yara tarafidagi yaradan pastdagi uyqu arteriyasi bosiladi. Qo’l-oyoq jarohatlanganda chilvir (jgut), matodan qilingan buragich bog’lash yordamida qon to’xtatiladi . Qon to’xtatish uchun chilvir (jgut) yoki matoli buragich bog’lash joyi arteriyani bosish kerak bo’lgan joy bilan mos kelishi kerak. Qo’l-oyoq arteriyalaridan qon ketishini to’xtatishning eng ishonchli usuli- qo’l ostiga materiallardan: belbog’, kamar, sochiq va x.k. yasalgan rezinkali chilvir (jgut) yoki buragich bog’lashdir. (24-rasm.)
24-rasm. Bel kamaridan qon to’xtatish uchun chilvir (jgut) sifatida foydalanish: a, b, v, g- chilvir bog’lash bosqichlari; d,e- ikkilangan sirtmoqni tayyorlash.
CHilvir (jgut) yoki buragich bog’lashda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
· chilvir (jgut) yoki buragichni qon oqayotgan yaraga iloji boricha yaqin va tanaga nisbatan yaradan o’rtagacha bog’lash kerak.
· chilvir (jgut) yoki buragichni kiyim ustidan (yoki bir necha qavat o’ralgan bint ustidan) bog’lash kerak; bog’langan chilvir (jgut) yoki buragich yaxshi kshrinib turishi kerak. Uni kiyim yoki bint bilan yopib qo’yish tavsiya qilinmaydi.
· CHilvir (jgut) yoki buragich to qon to’xtaguncha bog’liq turishi kerak; CHilvir (jgut) yoki buragichni juda qattiq tortib bog’lash kerak emas,chunki ular juda siqib boylanganida og’riqni kuchaytiradi va ko’pincha asab ustunlarini ishdan chiqaradi; bo’sh boylangan chilvir (jgut) yoki buragich qon ketishini kuchaytiradi.
· chilvir (jgut) yoki buragichni 1,5-2 soatdan oshiq boylab tutrish mumkin emas, chunki vu vaqtdan keyin qon yaxshi yurishmay to’qimalar o’ladi, qo’l-oyoq ishlamay qoladi.
Arteriyadan qon ketishni to’xtatishni keyingi usuli, qo’l va oyoqlarni eng yuqori darajada (maksimal) bukishdir.
Qo’l panjasi yoki bilakdagi jarohatdan qon ketayotgan vaziyatda, marlya, paxta yoki boshqa eich qilib to’qilgan yumshoq matodan bolish yasab, tirsak bukilgan joyga o’rnatilib, tirsakni iloji boricha bukib, bilak elkaga jipslab bog’lanadi. Elka arteriyasidagi qonni to’xtatish uchun, yasalgan bolishni qo’ltiq osti chuqurchasiga o’rnatib, tirsakdan bukilgan qo’lni ko’krak qafasiga jipslashtirib bog’lanadi.
Agar qo’ltiq osti chuqurchasidagi arteriyadan qon ketsa, tirsakdan bukilgan qo’lni iloji boricha orqaga qaytarilib, tirsak boylanadi, bunda o’mrov arteriyasi, o’mrov bilan birinchi qovurg’aga bosib bog’lanadi. Bu usullardan qo’l-oyoq singanda foydalanib bo’lmaydi. Mayda arteriya va ko’krak, bosh, qorin,bo’yin va tanani boshqa qismlari jarohatlnganda qon ketishni sterillangan bosib turuvchi bog’ich bilan qon to’xtatiladi.bu vaziyatda jarohatga bir necha qavatdan iborat sterillangan doka yoki bintni qo’yib qattiq siqib boylanadi.
Venadan qon ketishni aniqlashda quyidagilarga e’tibor berish kerak: qon to’q qizil rangda bo’ladi, qon jarohatdan sekin hech qanday turtkisiz, uzluksiz oqib chiqadi. Bunday qon ketishi ko’pincha juda mo’l bo’ladi. Uni to’xtatish uchun faqatgina sterillangan bog’ichni mahkam siqib boylash va tanani jarohatlangan qismini yuqoriga ko’tarib yotqizib qo’yish kifoya.
Qo’l-oyoqdagi tsirik vena jarohatlanganida, chilvir (jugut) yoki buragich yordamida qon to’xtatiladi. Bu vaziyatda chilvir (jugut) yoki buragichni yaradan pastroqda va arteriya jarohatini boylagandan ko’ra sal bo’shroq boylanadi.
Inson qattiq zarba eganida ichki organlaridan qon ketishi mumkin.Uning alomatlari: yuz keskin oqarib ketadi, madorsizlik, puls tezlashadi, nafas siqadi, bosh aylanadi, qattiq chanoqov bosadi va hushsizlik holatiga tushadi. Qoringa yoki jarohatlangan joyga muz solingan narsa qyiladi; sovuq tomirlarni toraytiradi va qon oqishni to’xtatadi, bemorga vrach maslahatisiz suyuqlik ichirilmaydi. Bundau bemorlarni evakuatsiya qilayotgan vaqtda juda ehtiyot bo’lish kerak va ularni birinchi navbatda jo’natish zarur.
14-BOB. ISHLAB CHIQARISHDA, ISHXONADA VA DAM OLISHDA EHTIYOT CHORALARINI KO’RISH.
Xavfli sharoitda ishlashda, sayr vaqtida, dam olishda va kundalik hayotda inson hayoti uchun muhim bo’lgan qoidalarga rioya qilinsa, ko’pgna baxtsiz hodisalar oldi olinadi. Har bir tsexda, har bir zavodda va har bir ishxonada hayot xavfsizligi chora tadbirlari mavjud, ularga rioya qilish inson hayoti uchun muhimdir.
Hayot faoliyati xavfsizligi texnikasi- mehnat xavfsizligi va boshqa ishlarni bexatar amalga oshirishga hamda inson hayotini saqlashga qaratilgan qoida va nizomlar to’plamidir.
Maqsad:
· Xavfsizlikni ta’minlash
· Ishlab chiqarish va boshqa jarohatlar sonini keskin pasaytirish
· Sog’liqni saqlash
· Mehnat faoliyati vaqtida insonga ta’sir ko’rsatadigan zararli va xavfli bo’lgan omillar ta’sirini kamaytirish yoki yo’qotishga qaratilgan tashkiliy va texnikaviy choralar sistemasi
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat narhlari inson hayotichalik ahamiyatga ega emasligini nazarda tutib, mehnat sharoiti xavfsizligini ta’minlash quyidagi faktlar bilan belgilanadi:
· SHtatdan tashqari vaziyatlarni keskin kamaytirish.
· Ish samaradorligini oshirish maqsadida, ishchilarni jarohatlanishini oldini olish choralari.
· Ish joyida, malakali mutahassislar yoki ular yo’qligida boshqalar o’rtasida kasbiy jarohatlarni yo’qotish yoki keskin kamaytirish choralari.
Hayot xavfsizligi texnikasi yo’riqnomasi bilan tanishtirish kasbiy yoki mahsus ta’lim olish vaqtida olib boriladi. SHuningdek, xavfsizlik texnikasi qoidalari yo’riqnomalari mavjud bo’lgan u yoki bu kasbga mahsuslashtirilgan o’quv qo’llanmalarda chop etiladi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilmaslik ishlab chiqarish jarohatlari yuzaga kelishiga olib keladi.
XULOSA
Har bir inson favqulotdagi vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning asosiy usullarini bilishi shart. SHu bilan birga insonni madaniyati bu sohadagi bilimdonligiga bevosita bog’liqdir. Favqulotdagi holatlarda yaradorlar soni, birinchi daqiqada hayotdan ko’z yumganlarga nisbatan ko’p, lekin og’ir jarohatlar natijasida joni uzilganlarning ko’pchiligini, vrach kelguncha birinchi tibbiy yordam o’z vaqtida ko’rsatilmaganlar tashkil etadi. Ushbu ishda turli tabiatdagi favqulottagi holatlar, inson organizmining turli jarohatlari va lat eyishlari bilan bog’liq vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning asosiy usullari ko’rib chiqildi. Ko’rib chiqilgan masalalar, bu sohada muammolarni bartaraf qilish juda dolzarbligini, bu muammolarni echishda asosiy omil bahtsiz hodisalar va jarohatlanishlarni oldini olish, himoya usullarini, vrach kelguncha birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning yo’llari va uslublarini takomillashtirish kerakligini ko’rsatadi.
Bosh suyagi, bosh miya, ko’krak va qorin bo’shlig’i organlarining jarohatlanishini keltirib chiqaradigan, ayniqsa ko’p qon yo’qotish bilan bog’liq shikastlanishlar, organizmning hayot uchun muhim bo’lgan funktsiyalarini buzishi mumkin, bu funktsiyalarga birinchi navbatda qon aylanishi va nafas olish kirishini bilish juda muhimdir. Insonda oddiy sharoitda qon aylanishi va nafas olishi 5 daqiqa to’xtab qolsa, bosh miya qobig’i xujayralarida qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlarga olib keladi.
Mana shuning uchun zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko’rsatish juda zarur. Barcha ishlarni yakunlab, quyidagi xulosalarga keldik: Bahtsiz hodisa ro’y berganda, inson hayotini saqlab qolish va hodisani yomon oqibatlarini oldini olish uchun zudlik bilan vrach kelguncha birinchi tibbiy yordam ko’rsatish kerak, har bir inson bu elementar qoidalarni bilishi shart, chunki bunday vaziyat har joyda, har kim bilan bo’lishi mumkin. SHuningdek hamma hayot faoliyati xavfsizligi texnikasini bilishi kerak, uni qoidalariga rioya qilib, baxtsiz hodisalarni oldini olish va xavf-xatarlar darajasini pasaytirishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.
1. Birinchi tibbiy yordam. To’liq ma’lumotnoma. – Moskva, 2004y.
2. G.I. Ujegov. Birinchi tibbiy yordam. – Smolensk, 2001.
3. N.Ilina. O’z-o’ziga yordam. Vrach kelguncha tez yordam ma’lumotnomasi. – M. - SPb., 2000.
4. V. Ejov. Birinchi yordam. Tez yordam kelgunicha. – SPb: ID «Ves», 2003.
5. Birinchi tibbiy yordam. Ma’lumotnoma M., 2001
|
«Hayot faoliyati xavfsizligi » «Shoshilinch vaziyatlarda tibbiy yordam ko’rsatish» kursi bo’yicha uslubiy qo’llanma
Uslubiy qo’llanma RRT fakultetining IUKda muhokama qilindi va bosmadan chiqarish uchun tavsiya etildi ¹- sonli bayonnoma 2013 y. ____kun ____oy.
Tuzuvchilar: Katta o’qituvchi S.M. Abdullaeva F.M. Qodirov
Assistent N.YU. Amurova A.A.Tursunova
Redaktsiya-nashriyot sektori:
Muharrir:
Korrektor: |