O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar davlat qumitasi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Qodirov F.M.
Ìirzaeva M.B
FAVQULOTDA VAZIYATLARDA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
O‘QUV QO‘LLANMA
TOSHKENT-2014
Ushbu ma’ruzalar matnida favqulodda vaziyatlarning klassifikatsiyasi, sodir bo‘lish sabablari, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishning usullari va boshqa dolzarb masalalar bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi, ularning sodir bo‘lish sabablari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo‘lganda talofatlarini bartaraf qilishning zamonaviy usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning kuch va vositalari faoliyatiga bag‘ishlangan ma’lumotlar, fuqaro muhofazasiga oid o‘quv mashqlarini tayyorlash uslubi va o‘tkazish haqida ma’lumotlar yoritilgan.
Ma’ruza matini “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan o‘qiyotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
MUNDARIJA
Kirish ............................................................................................................. |
5-6 |
|
I-BOB.” Fuqaro muhofazasi” favqulodda vaziyatlarda. |
||
Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi vazifalari va ahamiyati.............. |
7-10 |
|
Fuqaro muhofazasi sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari............................................................................... |
10-16 |
|
Fuqaro muhofazasi sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Qarorlari........................................................................................................ |
16-20 |
|
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasiga oid me’yoriy hujjatlari....................................... |
20-22 |
|
O‘zbekistonda fuqaro muhofazasini tashkil etishning umumiy tamoyillari................................................................................................... |
22-26 |
|
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari................................................................. |
26-28 |
|
Favqulodda Vaziyatlar Davlat Tizimining tuzilishi, vazifalari, kuch va vositalari, ish tartibi....................................................................... |
28-34 |
|
II-BOB. “Favqulodda vaziyatlar” tasnifi. |
||
Favqulodda vaziyatlarning turlari va yuz berish sabablari................... |
34-37 |
|
Tabiiy ofatlarning turlari va yuz berish sabablari............................... |
37-39 |
|
Geologik va gidrometeriologik xavfli hodisalar |
39-60 |
|
Gidrotexnika ishootlarida yuz beradigan favqulodda vaziyatlarning |
60-65 |
|
Transport, energetika, kommunal tizimlaridagi avariyalar va halokatlar. YOng‘inlar.............................................................................. |
65-71 |
|
Kimiyoviy va radioaktiv xavfli ob’ektlardagi avariyalar................... |
71-76 |
|
Epizootik va epifitotik favqulodda vaziyatlar va ulardan muhofazalanish.......................... |
76-79 |
|
Aholi va hududlarni texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish........................................................................................ |
79-84 |
|
Odamlar, hayvonlar, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari, oziq-ovqat va suvlarning radionukleidlar bilan zaharlanish tasnifi........................ |
84-86 |
|
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar qo‘lanilladigan tashkilotlarda paydo bo‘luvchi o‘choqlarning tasnifi.................................................. |
86-88 |
|
Favqulodda vaziyatlarda aholi va iqtisodiyot ob’ektlarini xabar qilishni tashkil etish.................................................................................... |
88-93 |
|
III-BOB. Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish. |
||
Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilishning asosiy usullari.Aholini ko‘chirishni tashkil etish av o‘tkazish................... |
93-102 |
|
Fuqaro muhofazasi himoya inshootlarining turlari va ulardan foydalanish. . Boshpanalar, ularning tasnifi, ichki jihozlanishi va tinchlik davrida ulardan foydalanish......................................... |
102-110 |
|
Radiatsiyaga qarshi panajoylar va ularning ichki jihozlanishi. Er osti qurilmalaridan boshpana sifatida foydalanish........................ |
110-114 |
|
Aholi va hududlarni terrorchilik harakatlaridan muhofaza qilishni tashkil etish............................................................................................. |
114-116 |
|
SHaxsiy himoya vositalari, oddiy himoya vositalarini tayyorlash, Terini himoya qilish vositalari, qo‘l ostidagi vositalardan terini himoya qilish vositalarini tayyorlash...................................................... |
116-124 |
|
IV-BOB. Aholini vahududlarni zamonaviy qirg‘in qurollaridan muhofaza qilishni tashkil etish. |
||
Zamonaviy qirg‘in qurollar tasnifi.................................................... |
124-127 |
|
Dezaktivatsiya, degezatsiya, dezinfeksiya. Zararsizlantirish turlari.......... |
127-133 |
|
V-BOB. Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’ektlarida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va olib borish. |
||
Qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarning maqsadi, mazmuni va bu ishlarga jalb etiladigan kuch va vositalar.......................................... |
133-136 |
|
Zararlanish o‘chog‘ida kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va olib borish xususiyatlari (AES va kimyoviy ob’ektlar).................... |
136-140 |
|
Qisman va to‘la sanitariya ishlovi,uni o‘tkazish usullari.................... |
140-144 |
|
SHikastlanishlarda shoshilinch tez tibbiy yordam. Jabirlanishlar tasnifi: qon ketish ..................................................................................... |
144-149 |
|
Suyak sinish. Kuyish...................................................................................... |
149-154 |
|
Sovuq urish, Issiq elitish, SHikastlanishlarda maxsus ishlov o‘tkazish.................................................................................................... |
155-156 |
|
Zaharlanishlar.......................................................................... |
156-164 |
|
VII-BOB. Fuqaro muhofazasi bo‘yicha aholini o‘qitishni tashkil etish. |
||
Ishchi-xizmatchilar va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini o‘qitishdan maqsad, o‘quv mashqlarining vazifalari, o‘tkazish usullari............. |
164-168
|
|
Fuqaro muhofazasi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari va qo‘mondanlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, o‘tkazish.................................. |
168-176 |
|
Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikning mohiyati, shakillari, usullari va vositalari............................................................................................... |
177-181 |
|
“Fuqaro muhofazasi”mashg‘ulotini o‘tkazish uslubi............................ |
181-186 |
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati............................................................. |
187-189 |
|
Kirish
“Siyosatimizning asl mohiyati shuki,
aholini xavfsizligini ta’minlash,
ularni turli xil ofatlardan va
favqulodda vaziyatlardan himoya
qilishdir”
Islom Karimov
Biz yashab turgan sayyoramizni qanchalik bilamiz? Uning sir-sinoatlariyu, ofat – talofatlarining sababini aniqlashga odamzodning aql irodasi etadimi? Bu jumboqlar qaysi asrda o‘z echimiga ega bo‘ladi?
Ilmiy-texnika taraqqiyot, murakkab va mukammal texnologik jarayon nechog‘li jadal sur’atlar bilan rivojlanmasin hamon “Koinot-Er-Inson-Jamiyat” o‘rtasidagi uzviy bog‘liklarning ba’zi tugunlari echilmayapti.
Mana shunday muammolardan biri tabiiy ofatlardir. Keyingi vaqtlarda sayyoramizning turli burchaklarida sodir bo‘layotgan voqealarni umumlashtirib tahlil qilsak, tabiiy ofatlar yildan-yilga ortib borib, keng maydonlarni qamrab olayotganligiga yana bir bor amin bo‘lamiz.
Ko‘pgina davlatlarda olib borilayotgan izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hodisalarni oldindan o‘rganish, bashoratlash, uning negizida ogohlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqarish, nafaqat noxush vaziyatlar keltiradigan iqtisodiy zararni tejab qolishga, balki insonlar o‘rtasidagi shikastlanish ko‘rsatkichlarini pasaytirishga olib keladi.
Biz yangi ming yillik sharoitida yashar ekanmiz, eng avvalo yangicha fikrlash, yangicha yashash sharoitiga o‘tish lozim. Bu sharoitda inson-tabiat-jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash faqat qonunlar ustvorligi va keng ko‘lamda izlanishlar asosida bo‘lishi mumkin.
Barcha fuqarolar tomonidan huquqiy me’yorlarga rioya etish, qonun talablarini bajarish, qonunga itoatkorlik demokratik fuqarolik jamiyati huquqiy madaniyati darajasining ko‘rsatkichidir.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda biz o‘z haq-huquqlarimizni taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Eng muhimi, barcha huquqiy davlatlar qatori qonun asosida yashashni o‘rganishimiz zarur.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri ham favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti, sog‘ligini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilishdan iborat. Bu vazifani samarali tashkil etish uchun muhofazaning qonuniy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, muhandislik-texnik, maxsus asoslariga ega bo‘lishimiz zarur.
Qo‘lingizdagi ushbu o‘quv qo‘llanma Sizni aynan ana shu masalalar bilan tanishtirish maqsadida tayyorlangan. To‘plamni tayyorlashdan ko‘zda tutilgan maqsadlardan biri talabalarni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, bunday favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ularni bartaraf etish, ulardan aholini hamda hududlarimizni muhofaza qilish yo‘llari bilan tanishtirshdan iborat.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada tabiiy ofatlarning kelib chiqish sabablari, jo‘g‘rofiy tarqalishi va oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan birga, eng muhimi, bunday noxush vaziyatlarda odamlarning ortiqcha his-tuyg‘u, hayajonga berilmasdan va sarosimaga tushmasdan qilgan oqilona hatti-harakatlari, amaliy tajribalari qanday bo‘lishi zarurligi ishonchli dalillar bilan keltirilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot yulanishidagi hamma talabalarning savodxonligini oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ba’zi kamchiliklardan holi emasligini e’tiborga olgan holda, Sizdan o‘z fikr va mulohazalaringizni “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasiga bildirishingizni so‘raymiz.
1-BOB. ”Favqulodda vaziyatlarda” fuqaro muhofazasi
Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidag vazifalari va ahamiyati.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qonuniy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirining ko‘rsatma va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlari tashkil etadi.
Bizga ma’lumki, XX asrning 60-yillaridan fuqaro mudofaasi tizimi faoliyat ko‘rsatib kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush sharoitida mamlakat aholisini yalpi qirg‘in qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida iqtisodiyot bo’ektlarining barqarorligini ta’minlash hamda halokat o‘choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o‘z vaqtida samarali amalga oshirishdan iborat edi.
Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg‘in qurollari emas, balki boshqa xavf-xatarlar ham tahdid solib turadiki, ularni aslo nazardan chetda qoldirish mumkin emas. Bular turli tabiiy ofatlar, avariya, halokatlardir. Sodir bo‘lib o‘tgan bir nechta halokatlar (CHernobil atom elektr stansiyasidagi avariya, 25 000 odamning yostig‘ini quritgan Spitak zilzilasi va boshq.) fuqaro mudofaasining o‘rni va vazifalariga boshqacha ko‘z bilan qarash kerak ekanligini ko‘rsatib berdi. Fuqaro mudofaasi qo‘shinlari bunday yirik ko‘lamdagi ofatlarga qarshi kurashishga tayyor emas ekanligi, fuqaro mudofaasi vazifalari faqatgina harbiy davr chegarasida qolishligi mumkin emasligi, ular oldiga qo‘yilgan vazifalar ko‘lamini kengaytirish lozimligi ayon bo‘lib qoldi.
90-yillarga kelib yadro urushi xavfi kamaydi, biologik qurollardan foydalanish cheklab qo‘yildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf etildiki, ular odamlar uchun xavfli bo‘lmay, balki iqtisodiyot ob’ektlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Bularning hammasi fuqaro mudofaasi tizimi o‘rnida yangi tizim tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi.
SHu o‘rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to‘g‘ri keladi. Favqulodda vaziyatning o‘zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko‘zda tutish lozim?
Favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.
Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o‘rindadir. Asosiy Qomusimiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashashga bo‘lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi.
O‘zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiya) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekistoan Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O‘zbekitson Respublikasi Oliy Majlisining tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi.
Oliy majlisning vakolatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng tashkil etilgan Favquolodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti va sog‘ligini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat. Bu vazifani samarali tashkil etish uchun muhofazaning qonuniy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, muhandislik texnik, maxsus asoslariga ega bo‘lishimiz zarur.
Har bir rahbar, har bir favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining xodimi texnogen, tabiiy va ekologik favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtda vaziyatga baho berishni, tezlik bilan tegishli qarorlar qabul qilishni, qidiruv-qutqaruv va shoshilinch ishlarni o‘tkazishda boshqaruvni amalga oshirish yo‘llarini bilishi va bu borada yuqori malakaga ega bo‘lmog‘i kerak.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish –favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa’y harakatlari majmui.
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish – oldindan o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y berganda esa odamlar sog‘ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish – favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda o‘tkazilib, odamlar hayoti va sog‘ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan zonalarni xalqaga olib, xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlar majmui.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo‘yilgan dadil qadamlardan biri – avval Mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so‘ngra esa shu boshqarma negizida O‘zbekistoan Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 sonli Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilishi bo‘ldi.
Farmon bilan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayotini va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrlarda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalaridan biri deb belgilandi.
Aholi va iqtisodiyot ob’ektlarini muhofaza qilishni ta’minlashga rahbarlik qilish O‘zbekitson Respublikasining Bosh vaziriga yuklatilgan.
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish;
-ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga o‘rgatish;
-boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
-iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini o‘tkazish;
-aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
-fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash;
-aholini umumiy va yakka tartibdagi muhozalanish vositalari bilan ta’minlash;
-aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash;
-radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazoratini olib borish;
-qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish;
-harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarur ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish;
-aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda vazirlar, davlat qo‘mitalari va uyushma boshqaruv raislari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda ishlab chiqarish korxonalari direktorlari, rahbarlari aholi va iqtisodiyot ob’ektlari muhofaza etishga rahbar eitib tayinlanadilar.
Mahalliy hokimiyat organlarining Konstitutsiyamiz tomonidan belgilagan vazifalari qatoriga jumladan quyidagilar kiradi:
-qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
-mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalar hosil qilish;
-atrof muhitni muhofaza qilish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlarda favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning tashkil etilishi va boshqarma (bo‘lim) boshliqlarining o‘rinbosarlari joylardagi o‘rinbosarlari hisoblanishi aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining ish faoliyatini yanada mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shuningdek ob’ekt fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi, uning tarkibiy tuzilishi, shuningdek fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyatining boshqa masalalari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan belgilab qo‘yilgan.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining faoliyati, ularni butlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasi sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari
So‘nggi yillarda Oliy Majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotining xuquqiy zaminini belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilindi. “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”, “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”, “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalliganing) oldini olish to‘g‘risida”, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”, “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”, “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”, “Terrorizmga qarish kurash tug‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
YUqorida sanab o‘tilgan qonunlar ichida 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Ushbu qonun aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodaa vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qo‘yadi.
Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruvining barcha darajadagi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan aholini va hududlarni favqulodaa vaziyatlarda muhofaza qilishning asosiy tamoyillari, maqsadlari, vazifalari va usullari aniqlanib, mustahkamlab qo‘yilgan. I bo‘lim “Umumiy qoidalar” deb nomlanib, o‘z ichiga 1-5-moddalarni oladi. Ularda qonunning asosiy maqsadi, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha asosiy tushunchalar, qonun hujjatlari, muhofazaning asosiy tamoyillari va favqulodda vaziyatlarga oid axborotlar qanday bo‘lishi lozimligi ko‘rsatib berilgan.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy tamoyillari insonparvarlik, inson hayoti va sog‘ligining ustuvorligi; oshkoralik; axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchli bo‘lishi; favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan ko‘rilishidan iborat,
II bo‘limda – “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni ta’minlash tizimi” (6—14-moddalar) - muhofaza tizimini tashkil etuvchi organlar, ularning vazifalari haqida so‘z yuritiladi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT), Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning majburiyatlari belgilab berilgan.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari 8-moddada keltirilgan:
-favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda aholi hayoti va sog‘ligini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
-aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
-o‘z vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;
-boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishini tashkil etadi;
-favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi;
-favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
-aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
-ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlar bo‘yicha loyihalar va qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi o‘tkazilishida ishtirok etadi;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
“Fuqarolarning huquq va majburiyatlari” deb nomlanuvchi III bo‘lim qonunning asosiy bo‘limi hisoblanadi. CHunki ushbu qonun umuman ayni insonni, uning hayotini, salomatligini va shaxsiy mulkini muhofaza qilishga qaratilgan. Bu bo‘limda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uzviy birlikda ko‘rib chiqilgan.
20-25-moddalar qonunning IV bo‘limiii tashkil etadi. Bu bo‘lim “Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish”ga bag‘ishlangan bo‘lib, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalar, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalar chegarasi, qo‘shimcha kuch va vositalar qaerdan olinadi kabi savollarga javob beradi.
“YAkunlovchi qoidalar” deb nomlanuvchi V bo‘lim moliyaviy va moddiy resurslarning zahiralarini barpo etish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. Bu erda shuningdek aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunni buzganlik uchun tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar javobgar bo‘lishlari ta’kidlab o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini og‘ishmay amalga oshirish, haqiqiy xavf-xatar manbalarini va ularning tabiatini anglab etish har bir kishiga o‘zini yuz berishi mumkin bo‘lgan avariya, halokat, tabiiy ofatlardan muhofaza qilinganini sezish imkoniyatini berib, qonun V bo‘lim 27 ta moddalardan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 26 mayda qabul qilingan “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi” qonun harbiy harakatlar olib borish davri masalalariga bag‘ishlangan. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.
Qonun V bo‘lim va 23 moddalardan iborat. I bo‘lim – “Umumiy qoidalar” - beshta moddani o‘z ichiga olib, bu moddalarda fuqaro muhofazasining asosiy tushunchalari, vazifalari, qonun hujjatlari, ushbu qonunni buzganlik uchun javobgarlik va xalqaro hamkorlik to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Fuqaro muhofazasi - harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aqolisini, hududlarni, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi.
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish;
-ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
-boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
-iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish;
-aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
-fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligani ta’minlash;
-aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o‘tkazish;
-aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash;
-radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;
-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;
-harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish;
-aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
“Fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari” deb nomlangan II bo‘limning asosiy maqsadi fuqaro muhofazasiga rahbarlikni amalga oshiruvchi fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vazifalari nimalardan iborat degan savollarga javob berishdan iborat.
Fuqaro muhofazasi sohasidagi fuqarolarning huquq va majburiyatlari III bo‘limda keltirilgan. Fuqarolar o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish uchun fuqaro muhofazasi sohasida etarli bilimga ega bo‘lishlari zarur. SHu sababli ham ularni fuqaro muhofazasi sohasida o‘rgatish 1b-modda bilan umumiy va majburiy deb belgilab qo‘yilgan.
IV bo‘lim – “Fuqaro muhofazasi xizmatlari va kuchlari” - fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur xizmatlar va kuchlar, tuzilmalarning tarkibini aniqlab beradi.
Va nihoyat, V bo‘lim “Fuqaro muhofazasini moliyaviy ta’minlash. Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol–mulki” deb nomlangan. Bu bo‘limda fuqaro muhofazasini moliyalash, fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining asosiy fondlari, ob’ektlari va mol-mulki masalasi ko‘rib chiqilgan.
Ma’lumki, respublikamizda mavjud bo‘lgan gidrotexnika inshootlarida avariya, halokat yuz bergudek bo‘lsa, aholi va hududlarimizga ma’lum mikdorda xavf tug‘dirishi mumkin. SHu sababli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida, ya’ni 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan qonunlardan biri “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida” deb nomlandi.
Qonun 15 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunda gidrotexnika inshootlari, foydalanuvchi tashkilot, favqulodda vaziyat, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi, xavfsizlik deklaratsiyasi, xavfsizlik mezonlari, gidrotexnika inshooti avariya xavfining yo‘l qo‘yiladigan darajasi kabi tushunchalarga ta’rif berilgan. Bundan tashqari qonunda Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko‘rsatib berilgan hamda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati haqida so‘z yuritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida muhim suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratiii amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishlari alohida belgilab qo‘yilgan (15-modda).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 31 avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun alohida o‘rin tutadi. Ushbu qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog‘ligi va mol-mulki, shuningdek, atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Favqulodda vaziyatlar ichida o‘zining keltiradigan kulfatlari bilan radiatsiyaviy avariyalar alohida ajralib turadi. Boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning inson sog‘ligiga keltiradigan zarari tezda ko‘zga ko‘rinmaydi. SHuning uchun ushbu qonun aholi hayoti va salomatligini muhofaza qilishda muhim o‘rin tutadi.
Ushbu qonun V bo‘lim va 28 modadan iborat bo‘lib, ularda asosiy tushunchalarga ta’rif berilgan, radiatsiyaviy xavfsizlikni tartibga solish, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashga qo‘yiladigan talablar, radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Qonunning I bo‘limida ushbu qonunning maqsadi, qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy tamoyillari, fuqarolarning radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi huquq va majburiyatlari, fuqarolarning ijtimoiy muhofazasi masalalariga o‘rin berilgan.
Ikkinchi bo‘lim “Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini tartibga solish” deb nomlanadi va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasi davlat tomonidan qanday tartibga solinadi, nazorat qanday olib boriladi, davlat ekspertizasi qanday bo‘ladi kabi savollarga javob beradi. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat nazoratini sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi amalga oshiradi (8-modda).
“Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashga doir talablar” III bo‘limda (12-22-moddalar) keltirilgan. Bo‘limda tabiiy radionuklidlar ta’sir etish chog‘ida, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda ichimlik suvidan foydalanishda, tibiiy rentgenoradiologik muolajalar o‘tkazilganda xavfsizlikni ta’minlash tartiblari yoritib berilgan.
“Radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash”ni IV bo‘limdagi 23-25-moddalar bayon etadi. Bu bo‘limda fuqarolar va atrof muhit radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilinishlari shartligi (23-modda) bildirilgan va ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchining avariya sodir bo‘lgan paytdagi majburiyatlari (24-modda) keltirilgan.
V bo‘lim – “YAkuniy qoidalar” xalqaro shartnomalar, nizolarni hal etish va qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka bag‘ishlangan.
Oxirgi vaqtlarda yuzaga kelgan ayrim vaziyatlar respublikamiz hududida terroristik harakatlar ham sodir bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Respublikamiz hukumati aholi xavfsizligini ta’minlash uchun 2000 yil 15 dekabrda “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida” maxsus qonunni qabul qildi.
Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, asosiy vazifalari etib shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini qimoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
Qonun “Umumiy qoidalar”, “Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari”, “Terrorchilikka qarshi operatsiyaning o‘tkazilishi”, “Terrorchilik harakati oqibatida etkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi” hamda “Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqiy va ijtimoiy qimoyasi” deb nomlanuvchi V bo‘limdan iborat bo‘lib, 31 moddani o‘z ichiga oladi.
Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar ko‘maklashishlari zarurligi 6-moddada belgilab berilgan.
Terrorizmga qarshi kurashishni O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi amalga oshiradi (8-modda). Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish, terrorchilar harakat qilayottan zonada joylashgan alohida muhim, toifalangan va boshqa ob’ektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat Hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda tadbirlar o‘tkazadi hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi (14-modda).
“Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini sanoat xavfsizligi to‘g‘risida” 2006 yil 28 sentyabr qabul qilingan.23 moddadan iborat bo‘lib, maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Respublikamiz hukumati tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kundan e’tiboran aholi xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini belgilovchi bir qancha rahbar va me’yoriy hujjatlar qabul qilindiki, ular o‘z navbatida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni oydinlashtirib berishga qaratilgandir. Bu hujjatlar jumlasiga O‘zbekiston Resdublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va favqulodda vaziyatlar vazirining qabul qiladigan tashkiliy ko‘rsatmalari ham kiradi.
Fuqaro muhofazasi sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Qarorlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 aprelda qabul qilingan 143-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodad vaziyatlar vazirligi to‘g‘risidagi Nizom va uning tuzilmasi to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favquloddd vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi ishlarga rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirib borish ishlarini amalga oishruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik tarkibida Vazir (hay’at raisi), lavozimi bo‘yicha vazir o‘rinbosarlari, vazirlikning hamda unga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek, boshqa vazirliklar va idoralarning rahbar xodimlari bo‘lgan 9 kishidan iborat hay’at tuzilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakolatiga kiritilgan muhim muammolarga oid tavsiyanomalarni ko‘rib chiqish va tayyorlash uchun ilmiy-texnika kengashi tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 23 dekabrda qabul qilingan 558-sonli “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to‘g‘risida”gi qarori. FVDT boshqaruv organlari, respublika va mahalliy hokimiyat organlarini, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan korxonalar va muassasalarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta’minlashga mo‘ljallangan.
Qarorda FVDTning vazifalari, tarkibiy tuzilmasi, FVDT rahbar va kundalik boshqaruv organlari, kuch va vositalari, moliyaviy va moddiy resurslar zahiralari, xabar berish, aloqa, boshqaruv tizimlari, faoliyat rejimlari keng, aniq va ravshan yoritib berilgan. FVDT boshqaruv organlarining respublika, mahalliy va ob’ektlar darajasidagi vazifalari belgilangan. Qarorga FVDT funksional quyi tizimini tashkil etuvchi vazirlik va idoralar ro‘yxati ilova qilingan bo‘lib, ulardan har birining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi funksiyalari keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi 455-sonli “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarniig tasnifi to‘g‘risida”gi qarorida mamlakatimiz hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish xarakteriga va o‘lchamlariga ko‘ra tasniflab berilgan.
Favqulodda vaziyatlar xarakteriga ko‘ra tabiiy, texnogen va ekologik hamda o‘lchamiga ko‘ra lokal, mahalliy, respublika va transchegara favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimida kadrlar tayyorgarligi masalasi muhim o‘rin tutadi.
Aholini va rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash masalalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 20 oktyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi 427-sonli qarorida bayon qilib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda, shuningdek yashash joyida ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlari bo‘yicha o‘tkazilishi lozim. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan fuqarolarimiz muhofazalanishning qoidalarini, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini, jamoa va yakka tartibdagi muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalariny bilishlari zarur.
Aholini favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilishga tayyorlash uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir nechta vazirliklar - Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatishib kelmoqda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlar aholi o‘rtasida keng tashviqot qilinishi, o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar tayyorlanishi talab etiladi.
Tayyorgarlik ishlarini olib borishni samarali tashkil etish maqsadida har bir o‘quv yiliga tashkiliy ko‘rsatmalar qabul qilinadi. Unda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlari, korxona, tashkilot va muasssasalarda, shuningdek aholi manzilgohlarida alohida dastur asosida tayyorgarlik ishlari olib borilishi zarurligi ta’kidlanib, o‘rganilishi lozim bo‘lgan mavzularning taxminiy ro‘yxatlari keltiriladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgunga qadar ham aholi salomatligini ta’minlash, aholi va hududllrni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga katta axamiyat berilgan. Bu borada respublikamiz hukumati tomonidan bir nechta qarorlar qabul qilingan. Ulardan biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994 yil 12 aprelda qabul qilgan “Toshqin, sel oqimlarini oqizib yuborish va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan halokatli oqibatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘rrisida”gi 201-sonli qaroridir.
Ma’lumki, har yili sel, toshqin, o‘pirilish va ko‘chkilar tufayli yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar katta vayronagarchiliklarga sabab bo‘ladi, respublika iqtisodiyotga jiddiy zarar etkaziladi, ba’zan esa odamlarning o‘limiga sabab bo‘ladi. Sel, toshqin oqimlarini talafotsiz oqizib yuborish, ko‘chki hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida joylarda tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, shuningdek, odamlarning to‘liq xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlari, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining zimmasiga yuklanadi.
Bunday xususiyatli favqulodda vaziyatlar har yili takrorlanib turishini hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shu mazmunda bir qator qarorlar qabul qilgan. 2001 yilning 16 martidagi 132-sonli va 2002 yilning 26 martidagi 96-sonli, 2003 yilning 7 martidagi 124-sonli qarorlar shular jumlasidandir.
Joylardagi imkoniyatlardan biri-muqobil xizmatchilar hisobiga ixtiyoriy avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil qilish, ularni zarur kiyim-kechak, asbob-uskunalar bilan ta’minlash va umuman moliyaviy, moddiy-texnik zahiralarni to‘plash ishlarini tashkil qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Hal qilinmagan muammolar qatoriga:
-ko‘chki va toshqin xavfli hududlaridan aholini ko‘chirish;
-sel kelishi holatlarini oldindan bilish;
- xavfli joylarda yangi qurilishga yo‘l qo‘ymaslik;
- rahbar xodimlarni va aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va shu sharoitlarda xavfli joylarda yashayotgan aholimizni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida sug‘urta tizimlaridan to‘la darajada foydalanish muammolari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yilning 18 yanvarida qabul qilgan 32-sonli “O‘zbekiston Respublikasida odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu maqsadlarda samaradorlikni oshirish, shuningdek aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa uy hayvonlarini saqlashni tartibga solish maqsadida qabul qilingan.
Qarovsiz qolgan it, mushuk va boshqa hayvonlarni tutish hamda qirib tashlash va ularni tayyorlov tashkilotlariga foydalanish uchun etkazib berish vazifasi shaharlarda -O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining joylardagi korxonalariga, qishloq joylarda - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga, uning veterinariya xizmati organlariga, o‘zini-o‘zi boshqarishning mahalla, ovul va shaharcha organlari (fuqarolar yig‘ini)ga yuklatiladi.
“Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2003 yil 13 yanvar, 15-sonli. O‘zbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi paytida jamoat xavfsizligini ta’minlash va tartibni muhofaza qilish maqsadida qabul qilingan.
Davlat standartlari. O‘zbekiston Respublikasi aholisini va iqtisodiyot ob’ektlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatli turli halokatlardan muhofaza qilish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar orasida huquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va qayotga tadbiq etish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Mana shunday muhim hujjatlardan biri Davlat standartlari hisoblanadi.
Davlat standartlari tashkilotlar, muassasalar, idoralar va ilmiy dargohlarda ish yuritish, amalda qo‘llash bo‘yicha favqulodda vaziyatlarning yagona tizimiga asos yaratadi. Fuqaro muhofazasi instituti xodimlari tomonidan bir nechta standartlar tayyorlangan:
1. ”Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Asosiy tushunchalarning atamalari va ta’riflari”.
2. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Tabiiy favqulodda vaziyatlar. Atamalar va ta’riflar”.
3. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Texnogen favqulodda vaziyatlar. Atamalar va ta’riflar”.
4. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Favqulodda vaziyatlar monitoringi va bashoratlash. Atamalar va ta’riflar”.
5. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Favqulodda vaziyatlar monitoringi. Asosiy qoidalar”.
6. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Texnogen favqulodda vaziyatlar manbalari. SHikastlovchi omillar va ular ko‘rsatkichlarining tasnifi va nomenklaturasi”.
7. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Tabiiy favqulodda vaziyatlar manbalari. SHikastlovchi omillar. SHikastlovchi ta’sir ko‘rsatkichlarining nomenklaturasi”.
Barcha davlat va nodavlat tashkilotlari joriy hujjatlarini ishlab chiqilgan standart talablari asosida muvofiqlashtirishlari va ularga tayanib ish yuritishlari talab qilinadi.
SHunday qilib, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muqofazasining huquqiy asosini tashkil etuvchi hujjatlar bilan tanishib chiqdik. Bu hujjatlar talablarini chuqur bilmasdan turib favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini samarali amalga oshirib bo‘lmaydi. Har bir rahbar xodim, har bir fuqaro muhofazasi bo‘yicha mutaxassis bu hujjatlarni bilib, o‘rganibgina qolmay, zarur bo‘lgan vaziyatlarda ulardan kelib chiqadigan talablarni amalda qo‘llay bilishi ham lozimdir.
O‘zbekiston Resupblikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasiga oid me’yoriy hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasi aholisini toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘lik tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida 2006 yil 15 fevralida “Aholi va hududlarni sel toshqinlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘lik favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi to‘g‘risida mas’ul xodimlar uchun Yo‘riqnoma” ishlab chiqilgan.
Ushbu yo‘riqnomada viloyatlarga biriktirilgan Hukumat komissiyasi a’zolari viloyatlar hokimlari, tegishli vazirlik va va idoralarning vakillari bilan birgalikda joylardagi eng xatarli hududlarda (mahallalarda) aholini jalb qilgan holda hududiy toshqinlarga qarshi komissiyalarning majlislarini o‘tkazishni, xavfli joylarda yashaydigan aholiga yozma ogohlantirish berishni, lozim topilsa aholidan yozma tilxat olinib, tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilgandan keyin, tuman va viloyatlar miqyosida tadbirlar o‘tkazilib, shundan keyin tegishli qarorlar qabul qilishni ta’minlashni lozimligi va bundan tashqari yog‘in-sochin mavsumini bexatar o‘tkazish borasida yana qanday tadbirlar tashkil qilinishi va o‘tkazilishi mukammal bayon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida yoki sodir bo‘lish ehtimoli tug‘ilganida aholini xavfsiz joylarga vaqtinchalik hamda doimiy evakuatsiya qilishni yanada takomillashtirish maqsadida 2006 yil 8 noyabrida “Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar tug‘ilganda aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha Tavsiyanoma” ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunga kelib butun jahonda, shu jumladan respublikamizda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning keskin ortib borishi, ularning ko‘lamlarini o‘zgarishini nazarga olgan holda ushbu Tavsiyanomada FVDT va Fuqaro muhofazasining barcha tuzilmalari xodimlarining respublika aholisini tabiiy ofat balolaridan va boshqa xavflardan muhofaza qilish borasida mas’uliyati oshib borayotganligi, aholini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish tadbirlarining hozirgi zamon talablariga mos keladigan darajada tashkil etishlari, buning uchun qanday tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish lozimligi bayon qilingan.
“Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini og‘ishmay amalga oshirish, haqiqiy xavf-xatar manbalarini va ularning tabiatini anglab etish har bir kishiga o‘zini yuz berishi mumkin bo‘lgan avariya, halokat, tabiiy ofatlardan muhofaza qilinganini sezish imkoniyatini beradi. SHu qonun talablarini bajarish hamda respublika aholisini favqulodda vaziyatlardan ogoh etish tadbirlarining yanada ijobiy tomonga o‘zgartirish maqsadida 2006 yilda vazirlik tomonidan “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va harakat qilish rejalari mazmuni va tizimi to‘g‘risida Tavsiyanoma” ishlab chiqildi.
Tavsiyanoma FVDT va Fuqaro muhofazasining barcha tuzilmalariga favqulodda vaziyatlarga to‘g‘ri baho berish, ularning oqibatlarini iloji boricha kamaytirish, sodir bo‘lgan ofat yoki favqulodda vaziyatni bashoratlash, talofatlarini oldini olishni usullari borasidagi bilimlarni yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarish korxonari, zavod-fabrikalarda, iqtisodiyot ob’ektlarida va iqtisodiyotimizning boshqa ob’ektlarida favqulodda vaziyatlarni sodir etilishini kamaytirish uchun yana qanday qo‘shimcha tadbirlar o‘tkazilishi, katta avariyalar, halokatlar, tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilish yo‘llari to‘g‘risida tuzilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2002 yilda “Fuqaro muhofazasining himoya inshootlarini saqlash Yo‘riqnomasi” ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgust kuni qabul qilgan “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasida “Korxona, birlashma, ishlab chiqarish ob’ektlari aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish maqsadida muhandislik himoya inshootlarini oldindan qurilishini ta’minlashlari va doimiy shay holatga keltirishni lozim” deb ko‘rsatilgan. Qonunda yozilgan mazkur talablarni lozim darajada bajarilishini ta’minlash hamda himoya inshootlarini zamonaviy jihozlash, ularning yanada himoyaviy mustahkamlik qudratini oshirish va maxsus jihozlar bilan ta’minlashning me’yorlari ushbu yo‘riqnomada mukammal yoritib berilgan.
Sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, yirik avariyalar, falokatlar talofatlarini kamaytirish, iqtisodiyot ob’ektlarini barqaror ishlashini ta’minlash hamda respublika aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan Qonunlar va me’yoriy hujjat talablarini bajarishni ta’minlashni tashkil etish va olib borishni yanada takomillashtirish borasida 2006 yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Aholi va hududlarni himoya qilish boshqarmasi tomonidan “Ishlab chiqarish va iqtisodiyotning suv xo‘jaligi ob’ektlarida xavfsizlik deklaratsiyaning asosiy talablariga Yo‘riqnoma”si ishlab chiqildi.
Yo‘riqnomada xavfsizlik deklaratsiyasining asosiy vazifalaridan:
-aholi va hududlarni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vazyaitlardan himoya qilish;
-ob’ektlarning barqarorligini ta’minlashda xavfsizlik chora-tadbirlariga qattiq rioya qilishni nazorat qilish;
-favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan maxsus zahira bazalarini to‘g‘ri yaratilishiga baho berish;
-favqulodda vaziyat sodir bo‘lish ehtimoli mavjud ob’ekt va hududlarda ishlovchilar va aholini ishonchli aloqa vositalari bilan ta’minlash va xabarlash tizimini takomillashtirish;
- ob’ektni favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan xavfsizligini yanada oshirish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqish va tadbiq qilish va boshqa tadbirlar majmuiga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Fuqaro muhofazasiga oid qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining bu boradagi me’yoriy hujjatlari, ko‘rsatmalari nafaqat aholini turli noxush vaziyatlardan muhofaza qilish, balki Vatanimiz hududlarini muhofazalash, sog‘lomlashtirish, muqaddas zaminni asrab-avaylashdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bashoratlash, talofatlarini kamaytirish va sodir bo‘lgan noxush vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish yo‘llarini huquqiy belgilab beradi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, aholi va hududlarni turli ofatlardan muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash birgina vazirlik yoki bitta sohaning muammosi bo‘lib qolmay, u umumxalq muammosi bo‘lib, ezgu maqsadlarga erishishda aholining barcha qismi yoppasiga harakat qilishi lozim.
O‘zbekistonda fuqaro muhofazasini tashkil etishning
umumiy tamoyillari
Fuqaro muhofazasi - harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi tuzilmalari asosiga quyidagi tamoyillar kiritilgan:
-hududiy tamoyil:
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy bo‘linishiga qarab, viloyatlar, shaharlar, tumanlarda fuqaro muhofazasi bo‘limlarining tashkil etilishi;
-ishlab chiqarish tamoyili:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, trestlar, koorparatsiyalar, kompaniyalar, assosatsiyalar, tashkilotlar va korxonalarda fuqaro muhofazasi bo‘limlarining tashkil etilishi.
Fuqaro muhofazasi bo‘yicha umumiy rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri olib boradi.
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish;
-ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga tayyorlash;
-boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil etish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
-iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish;
-aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
-fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarini shayligini ta’minlash;
-aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash;
-aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash;
-radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatuv va laboratoriya nazorati olib borish;
-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;
-harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish;
-aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshirilgan.
Qoraqalpog‘iston Repsublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarida fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishli lavozimiga ko‘ra fuqaro muhofazasi boshlig‘i bo‘lgan Qraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradi.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga ko‘ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazalarining boshliqlari bo‘lgan rahbarlari amalga oshiradilar.
Fuqaro muhofazasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasiga quyidagi huquqlarga ega:
-fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish;
-aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
-fuqaro muhofazasi bo‘yicha tegishli direktivalar, buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqarish;
-o‘z tasarrufidagi hududlar hamda tashkilotlarning kuchlari va vositalarini fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni o‘tkazishga jalb etish;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Fuqaro muhofazasi boshliqlarining aholi va hududlarni zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanishi oqibatlaridan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishga oid harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli hududlar, tarmoqlar va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
-fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini, ularning moliyaviy va moddiy texnika ta’minoti tartibini tasdiqlaydi;
-tinchlik davrida va urush davrida davlat iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatishi barqarorligini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqilishiga va o‘tkazilishiga rahbarlik qiladi;
-hududlarni ularda yashayotgan aholi soniga va davlat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynovchi yoki aholi xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkilotlar mavjudligiga ko‘ra fuqaro muhofazasi bo‘yicha gurhlarga, shuningdek tashkilotlarni davlat iqtisodiyotidagi roli yoki aholi xavfsizligi ta’siriga ko‘ra fuqaro muhofazasi bo‘yicha toifalarga kiritishi tartibini belgilaydi;
-himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasini boshqa ob’ektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zahiralarini to‘plash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi;
-davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Vazirliklar va idoralarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari.
Vazirliklar va idoralar:
-fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini ishlab chiqaradilar va ularning amalga oshirilishiga rahbarlik qiladilar;
-xodimlarni zamonaviy qirg‘in vositalaridan himoyalanish usullariga va urush davri sharoitidagi harakatlariga tayyorlanishi usullarini o‘rgatilishini tashkil etadilar;
-zamonaviy qirg‘in vositalari tahdid solganda va qo‘llanilganda tarmoq xodimlarini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradilar;
-urush davrida tarmoq va iqtisodiyot ob’ektlarini barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
-tashkilotlarni xavfsiz zonalarga evakuatsiya qilish rejalarini ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadilar;
-fuqaro muhofazasi moddiy – texnika, tibbiy va boshqa vositalar zahiralarini yaratadilar hamda ularning to‘planishi, saqlanishi, yangilab borilishi va qo‘llanishga shay holatda saqlab turilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
-tarmoq fuqaro muhofazasi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladilar;
-ob’ektning fuqaro muhofazasi ahvoli bo‘yicha belgilangan tartibda axborot taqdim etadilar;
-xabar berish tizimini, umumiy va yakka tartibda muhofazalanish vositalarini vujudga keltiradilar hamda ularni doimiy shay holatda saqlaydilar;
-fuqaro muhofazasi holatini nazorat qilib boradilar;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tegishli vakolatlarni amalga oshiradilar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
-fuqaro muhofazasi rejalarini ishlab chiqadilar va ularning tegishli hududda amalga oshirilishiga rahbarlik qiladilar;
-tegishli hududdagi tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini tashkil etadilar va nazorat qilib boradilar;
-fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tayyorlanishini hamda shay holatda saqlab turilishini ta’minlaydilar;
-tashkilotlar rahbarlari va aholining zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanilgan paytdagi himoyalanish usullariga o‘rgatilishini tashkil etadilar;
-zamonaviy qirg‘in qurollari qo‘llanilgan sharoitda aholi hayot faoliyatining ta’minlanishini kafolatlovchi fuqaro muhofazasiga oid mol-mulk, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil zahiralar hajmlarini belgilaydilar hamda ularning to‘planishi, saqlanishi, yangilab borilishi va shay holatda saqlab turilishi uchun javob beradilar;
-urush davrida, idoraviy bo‘ysinishidan qat’iy nazar, tashkilotlarning barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini tashkil etadilar amalga oshiradilar;
-fuqaro muhofazasi sohasida axborot yig‘ish va almashinishi, shuningdek zamonaviy qirg‘in vositalarining qo‘llanilish tahdid yoki qo‘llanilganligi to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida xabardor qilinishini ta’minlaydilar;
-aholini evakuatsiya qilish va bo‘lib-bo‘lib joylashtirishga, uning xavfsiz zonalarga o‘rnashib olinishiga tayyorgarlik ko‘rish hamda shu ishlarni tashkil etish, davolash muassasalari va boshqa tashkilotlar ishini yo‘lga qo‘yish tadbirlarini amalga oshiradilar;
-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etadilar va amalga oshiradilar, o‘z tasarrufidagi hududdda jamoat tartibini saqlanishini ta’minlaydilar;
-qonun hujatlariga muvofiq boshqa tegishli vakolatlarni amalga oshiradilar.
Tashkilotlar fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlar.
Tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida:
-fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtiradilar va amalga oshiradilar;
-urush davrida barqaror ishlashni ta’minlash tadbirlarini amalga oshiradilar;
-o‘z xodimlarini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida vujudga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatishni amalga oshiradilar;
-xabar berish mahalliy tizimlarini yaratadilar va ulardan foydalanishga doimo shay holatda saqlab turadilar;
-xodimlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratib beradilar;
-moddiy – texnika, tibbiyot va boshqa xil vositalarning zahiralarini yaratadilar.
Potensial xavfli ishlab chiqarish ob’ektlariga ega bo‘lgan, shuningdek muhim mudofaa va iqtisodiy ahamiyatga molik tashkilotlar fuqaro muhofazasi tuzilmalarini yaratadilar va ularni doimo shay holatda saqlab turadilar. Bunday tashkilotlarni belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy qilinadi.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi ishtiroki.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
-fuqarolarning zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanilgan paytdagi himoyalanish usullariga o‘rgatilishiga ko‘maklashadilar;
-harbiy harakatlar olib borilishi bilan bog‘lik yoki shu harakatlar oqibatida xavflarning yuzaga kelishi tahdid etgan taqdirda tegishli hududdagi fuqarolar xabardor qilinishini tashkil etadilar;
-aholining hayot faoliyati ta’minlanishi sohasida tadbirlar tayyorlanishi va bajarilishini amalga oshiradilar;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tegishli tadbirlarni amalga oshiradilar.
“Fuqaro muhofazasi» ob’ektining tashkiliy strukturasi.
Iqtisodiyot ob’ektlarining fuqaro muhofazasi boshliqlari oldida ob’ektlardagi fuqaro muhofazasi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishda, tadbirlarni rejalashtirishda ijro etuvchi, nazotratchi va hisobot organlari hamda fuqaro muhofazasi shtablarini tashkil etish vazifasi turadi.
Fuqaro muhofazasi shtabining zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- ob’ektda fuqaro muhofazasi tadbirlarini uzluksiz boshqarishni tashkil etish va ta’minlash;
- ishchilar, xizmatchilar va ob’ekt atrofida yashovchi aholi punklarini favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi yoki yuzaga kelish xavfi to‘g‘risida ogohlantirish;
- ob’ektning fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqish va tashkil etish;
- favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida ishchilar, xizmatchilar va ularning oila-a’zolarini himoya etish ishlarini amalga oshirish;
- ob’ektlardagi aholini, ishchilar, xizmatchilar, tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda himoya usullariga o‘rgatishni tashkil qilish;
- favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, ob’ektlardagi qutqurish va qayta tiklash ishlariga tayyorgarlikni ta’minlash;
- ob’ektdagi fuqaro muhofazasi rejasi talablarini bajarilishini nazorat qilishni tashkil qilish.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etishda FVDT (Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi) organlari quyidagi tizimlari harakat qiladi:
- fuqaro muhofazasi qo‘shini;
-to‘g‘ridan - to‘g‘ri tezkor bo‘ysinish rotasi;
-favqulodda vaziyatlar vazirliginingg shaxsiy va tezkor respublika maxsuslashtirilgan ko‘p tarmoqli tuzilmalari;
-tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markaz (THQRKTM);
- tezkor harakat qilish kuchlari va mablag‘lar;
- yong‘indan saqlash xizmati (bu xizmat xodimlari faqat yong‘in sodir bo‘lgandagina emas, balki er ko‘chishi, suv toshqinlari va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlar natijasida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatadi);
- Sog‘liqni saqlash vazirligida - tezkor vaziyatda tibbiy yordam markazi;
-“O‘zavtoyo‘l” konserni (respublikaning har qanday joyiga 3 soat vaqt mobaynida aholini evakuatsiya qilish va yo‘llarni tozalash ishlarini olib borish uchun avtomobillar bilan ta’minlaydi);
- tegishli vazirliklar va boshqarmalarning avariya - qayta tiklash ishlari bo‘yicha harbiylashgan va maxsuslashtirilgan bo‘linmalari;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligining joylardagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimiyatlari) qoshida tashkil etilgan qutqarish xizmatlari;
- ob’ektlardagi maxsuslashtirilgan tuzilmalar;
- hududiy va ob’ektlardagi harbiylashtirilgan umumiy va maxsus vazifaga ega bo‘lgan tuzilma;
- respublika “Qizil yarim oy” va “Vatanparvar” jamiyatlarining ko‘ngilli guruhlari;
- fuqaro muhofazasi qo‘shinlari (Favqulodda vaziyatlar vazirligiga biriktirilgan bo‘lib, yirik muhim muhofaza va ishlab chiqarish ob’ektlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib boradilar. Bu qo‘shin urush va tinchlik vaqtida maxsus texnika, jihozlar, tayyorlangan kadrlar talab qiluvchi katta miqyosdagi avariya, halokatlar, iqtisodiy holatlarda avariya-qutqarish va boshqa tiklash chora-tadbirlarda faoliyat ko‘rsatadi);
Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika maxsuslashtirilgan tuzilmalari avariya-qutqarish va avariya-qayta tiklash doimo shay holatda turadigan ko‘p tarmoqlarni tuzilmalarni o‘z ichiga olib, yuqori malakali maxsus kasb egalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari maxsus harbiy asbob-uskunalar, zamonaviy texnikalar va texnika vositalari va 72 soatlik shoshilinch qidirish-qutqarish ishlarini bajarishga etadigan alohida elektr-energiya manbalari, maxsus kiyim-bosh, etarli miqdordagi ichimlik suvi, suv zahiralari, oziq-ovqat, hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish uchun mo‘ljallangan bir qator ishlatilishi mumkin bo‘lgan maxsus buyumlar bilan ta’minlangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika maxsuslashtirilgan tezkor tuzilmalari FVDT (Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi) ning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish chora tadbirlar va kuchlarning faoliyatini ta’minlashga mo‘ljallangan Ichki ishlar vazirligining harbiylashgan o‘t o‘chirish respublika maxsus guruhlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining tezkor respublika tibbiy yordam markazi, “O‘zbekiston havo yo‘llari”, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat tashkilotlarining maxsus guruhlari, vazirliklar va boshqarmalarning tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
Vazirliklar, konsernlar, birlashma, qo‘mitalarning harbiylashtirilgan malakali avariya-qutqaruv va boshqa maxsus tuzilmalari, bo‘linmalari favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda o‘z tasarrufi ostidagi ob’ektlarda ishlab chiqarish avariyalari va halokatlarini bartaraf etishga, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida jabrlanganlarga yordam berish bo‘yicha maxsus vazifalarni hal etishga mo‘ljallangan.
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ular sodir bo‘lganda talofatlarini mumkin qadar kamaytirish maqsadida ob’ektlarda Fuqaro muhofazasi boshliqlari kimyoviy, radioaktiv, portlash xavfiga qarshi maxsus tuzilmalar tuzadilar.
Hududiy va ob’ektlardagi tuzilmalar umumiy va maxsus vazifalarni bajaruvchi tuzilmalarga bo‘linadi.
Umumiy vazifali tuzilmalarga quyidagilar kiradi:
- axborot yig‘uvchi guruh;
- qutqaruvchi guruh;
- ishlarni mexanizatsiyalash guruhi.
Maxsus vazifali tuzilmalarga quyidagilar kiradi:
- yong‘inga qarshi xizmat;
- tibbiy xizmat;
- ogohlantirish va aloqa xizmati;
- muhandislik xizmati;
- texnik avariya xizmati;
- radiatsion va kimyoviy moddalarga qarshi kurashuvchi xizmat;
- transport xizmati;
- zararsizlantirish xizmati;
- aholi tinchligini nazorat qilish xizmati;
- oziq-ovqat va savdo xizmati;
- berkinish va qutqurilish xizmati;
- rang himoyasi xizmati.
Bir qator ob’ektlarda harakatdagi radiatsion, kimyoviy, tibbiy laboratoriyalar, statsionar, yuvinish punktlari, dushli korxonalar, gazli zararsizlantirish xonalari, sanitariya qayta ishlash punktlari, transport va texnikani yuvish joylari, zararsizlantirish punktlari tuziladi.
FVDT Favqulodda Vaziyatlar Davlat Tizimining tuzilishi, vazifalari, kuch va vositalari, ish tartibi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 23–dekabrdagi “FVDT (Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi)” to‘g‘risidagi 558 sonli Qarori favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha juda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi FVDT hududiy, funksional va informatsion-boshqaruv kichik tizimlaridan iborat bo‘lib, respublika mahalliy, ob’ekt miqyosida uchta darajada bo‘ladi.
Hududiy kichik tizimlar - 14ta. Ular - Qoraqalpog‘iston Resiublikasida (1), hamma viloyatlarda (12) va Toshkent shahrida (1).
Hududiy kichik tizimlar o‘zlarining ma’muriy hududlari chegarasida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni tugatishga mo‘ljallangan bo‘lib, tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovulga to‘g‘ri keladigan bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi.
Funksional kichik tizimlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalarda tashkil etiladi. Bugungi kunda funksional kichik tizimlarning umumiy soni - 22ta.
Funksional kichik tizimlar atrof tabiiy muhit va potensial xavfli ob’ektlar ahvolini kuzatish va nazorat qilishga, shuningdek qaramog‘idagi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘lik ob’ektlarda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni tugatishga mo‘ljallangan bo‘lib, davlat nazorati organlaridan (nazorat -inspeksiya xizmatidan), kichik tizim kuchlari va vositalaridan iborat bo‘ladi.
Hududiy va funksional kichik tizimlarning vazifalari, tashkil etilishi, kuch va vositalarining tarkibi, ishlash tartibi va boshqa masalalari geofizik, tabiat - iqlim, funksional va boshqa sharoitlarni, shuningdek xuddi shu kichik tizimdagi potensial xavfli ob’ektlar va hodisalarni hisobga olib, tizimlarning o‘zi ishlab chiqadigan, shu kichik tizimlar haqidagi tegishli Nizomlarda belgilab ko‘yiladi.
Bu Nizomlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishib, tegishli kichik tizimlarning rahbarlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirlar va idoralarning rahbarlari) tasdiqlaydi. Informatsion-boshqaruv kichik tizimini O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etadi va u hududiy va funksional kichik tizimlar elementlarini o‘z ichiga oladi.
Kichik tizim quyidagilarga tadbirlar uchun mo‘ljallangan:
1. Potensial xavfli hamma ob’ektlar va hodisalar, shuningdek hamma favqulodda vaziyatlar haqida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, almashish, saqlash va tegishli organlarga uzatish;
2. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgani (sodir bo‘lish ehtimoli) haqida, favqulodda vaziyatning tusi, ko‘lami va rivojlana borishi, ehtimol bo‘lgan oqibatlari to‘g‘risida, favqulodda vaziyatlardagi hatti-harakatlar haqida FVDT ning rahbar organlariga, kundalik boshqarish organlariga, favqulodda vaziyatni tugatish kuchlari va vositalariga hamda aholiga xabar va ma’lumot berish;
3. FVDT kichik tizimlari va bo‘g‘inlari o‘rtasida, boshqaruv punktlari kuch va vositalari o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashish;
4. Boshqaruv punktlaridagi navbatchi-dispetcherlik xizmati harakat qilishiga doimo shay bo‘lib turish.
FVDTning har qaysi darajasida kuyidagilar organlar bo‘ladi:
1. Rahbar organlari.
2. Kundalik boshqarish organlari.
3. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni tugatish kuch va vositalari.
4. Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervi.
5. Xabar berish va ma’lumot ta’minoti (ABT)tizimi.
6. Kimyoviy va boshqa potensial xavfli ob’ektlarda hamda ularga tutash hududlarda xabar berish va ma’lumot cheklangan tizimlari, shuningdek suv omborlari gidrotexnika inshootlaridagi signalizatsiya va xabar berish tizimlari.
7. Atrof tabiiy muhit va potensial xavfli ob’ektlar holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, favqulodda vaziyatni oldindan ta’minlash.
8.FVDT boshqaruv organlari, boshqarish punktlari, kuch va vositalari favqulodda vaziyatdagi ishlarga tayyor turishini ta’minlash.
9. Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar haqida, ularning rivojlana borishi, ehtimol bo‘lgan oqibatlari va ularni tugatish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida xabar berish, ma’lumot yig‘ish va almashlashni ta’minlash va nazorat qilish.
10. Avariya-qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlar tadbirlari, jumladan evakuatsiya tadbirlari bajarilishini ta’minlash, shikastlangan aholi turmush kechirishini ta’minlash.
P. Favqulodda vaziyatni tugatishga jalb qilingan vazirliklar va idoralar, kuch va vositalar hamkorligini ta’minlash hamda ularning ishini moslashtirish.
12. Favqulodda vaziyatlarni tugatish moliyaviy va moddiy resurslar (idoralar) rezervini, shuningdek FVDT maxsus sug‘urta fondini tashkil etishga va ulardan foydalanishga rahbarlik qilish.
13. Favqulodda vaziyatlardan shikast ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish.
14. Favqulodda vaziyatda o‘ziga qarashli ob’ektlar rahbarlar tarkibini, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini tayyorlashni moslashtirib turish,
15. Ishlab chiqarish va texnologiya xavfsizligi, shuningdek xodimlarni favqulodda vaziyatdan muhofaza qilish tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
16. Avariya-qutqarish tuzilmalari va qutqaruvchilarni attestatsiya qilishni tashkil etish.
FVDT mahalliy darajadagi boshqaruv organlarining asosiy vazifalari:
1. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni tugatish tashkiliy va muhandislik-texnikaviy tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
2. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni tugatish maqsadli hududiy (viloyat) dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
3. Viloyat ichki aloqa va xabar berish tizimi, shuningdek boshqarish va ma’lumot ta’minoti avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va doimiy shaylikda tutib turish.
4. Ma’lumotni boshqarish va uzatish uchun viloyatlar va idoralardagi davlat aloqa kanallaridan, radio, televidenie va boshqa texnik vositalardan markazlashgan foydalanishni ta’minlash.
5. Kimyoviy va boshqa potensial xavfli ob’ektlarda hamda ularga tutash hududlarda xabar berish va ma’lumot cheklangan tizimlari, shuningdek suv omborlari gidrotexnika inshootlarida signalizatsiya va xabar berish cheklangan avtomat tizimlarini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yaratish.
6. Atrof tabiiy muhitni potensial xavfli ob’ektlardagi sharoitni muntazam kuzatishni va nazorat qilishni ta’minlash.
7. Boshqarish organlari, boshqarish punktlari, kuch va vositalarning favqulodda vaziyatdagi ishlarga shay turishini ta’minlash.
8. Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, ularning ko‘lami va rivojlana borishi, ehtimol bo‘lgan oqibatlari, ularni tugatish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida xabar berish, ma’lumot yig‘ish va almashishni ta’minlash va nazorat qilish.
9. Hududiy (viloyatlar) kichik tizimlar kuch va vositalari, shuningdek berkitib berilgan tuzilmalarning favqulodda vaziyatdagi avariya-qutqarish va boshqa shoshilinch ishlar o‘tkazish faoliyatiga rahbarlik qilish va uni ta’minlash, mehnatga layoqatli aholini ishlarga jalb qilishni tashkil etish.
10. Aholini evakuatsiya qilishni (vaqtincha ko‘chirib turishni), evakuatsiya qilingan aholini joylashtirishni, uning turmush kechirishini hamda favqulodda vaziyat tugatilgandan keyin doimiy turar joylariga qaytarilishini rejalashtirish va amalga oshirish.
11. Aholi punktlari va xo‘jaliklarda yashovchilarni jiddiy xavf zonalaridan xavfsiz joylardagi doimiy yashash joyiga ko‘chirish va ularning xayot faoliyatini har tomonlama ta’minlash.
12.Favqulodda vaziyatni tugatish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervlarini yaratish.
13. Favqulodda vaziyatdan shikast topgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlari ni amalga oshirish; fuqarolar, ularning turar joylari va mulklarini maksadli sug‘urta qilishni tashkil etish.
FVDT ob’ekt darajasidagi boshqarish organlarining asosiy vazifalari:
1. Favqulodda vaziyatlar oldini olish va ularni tugatish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, ob’ektlarning favqulodda vaziyatda ishlashi ishonchliligi va barqarorligini oshirish.
2. Kimyoviy va boshqa potensial xavfli ob’ektlarda xabar berish va ma’lumot cheklangan tizimlari, shuningdek gidrotexnik inshootlaridagi signalizatsiya va xabar berish cheklangan avtomat tizimlarni yaratish ishlarini tashkil etish.
3. Boshqaruv organlari, ob’ekt kuch va vositalarining favqulodda vaziyatdagi ishlarga shay turishini ta’minlash.
4. Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat haqida xabar berishni, ma’lumot yig‘ishni ta’minlash va nazorat qilish, favqulodda vaziyatning ko‘lami va rivojlana borishi, ehtimol bo‘lgan oqibatlari haqida, uni tugatish uchun ko‘rilayotgan choralar va qanday yordam kerakligi to‘g‘risida yuqori organlarga axborot uzatib turish.
5. Avariya-qutqarish va boshqa shoshilinch ishlarga, shu jumladan ob’ektlar xodimlarini evakuadiya qilishga rahbarlik qilish.
6. Favqulodda vaziyatni tugatish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervlarini yaratish.
7. Ob’ektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini favqulodda vaziyatdagi ishlarga tayyorlashni tashkil etish.
FVDTning favqulodda vaziyatni tugatish kuchlari va vositalari:
1. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari.
2. Bevosita va bilvosita Favqulodda vaziyatlar vazirligi tezkor ixtisoslashgan respublika tuzilmalari.
3. Vazirliklar va idoralarning harbiylashgan va professional ixtisoslashgan avariya-qutqarish va avariya qayta tiklash bo‘linmalari.
4. Mahalliy hokimiyat organlarining (Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklarining) tuzilmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligining kutqaruv komandalari.
5. Ob’ektlarning ixtisoslashgan tuzilmalari.
6. Hududlar va ob’ektlarning harbiylashgan umumiy va maxsus tuzilmalari.
7. Qizil YArim oy jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), «Vatanparvar» MKT (mudofaaga ko‘maklashuv tashkiloti).
FVDTning rahbar organlari - bu aholini va hududlarni favqulodda vaziyatdan muhofaza qilish masalalarini hal qilish vakolati doirasiga kiradigan quyidagi davlat boshqaruv organlari, mahalliy homiyat organlari va ob’ektlari ma’muriyatlari:
a) Respublika darajasida - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, atrof-muhit holatini va potensial xavfli ob’ektlar holatini kuzatish va nazorat qilishga mas’ul vazirliklar va idoralar, shuningdek tarkibida kimyoviy, portlovchi, yongin xavfi bor va boshqa xavfli ob’ektlar;
b) Mahalliy daraja - Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari;
v) Ob’ekt darajasida-korxonalar (muassasalar, tashkilotlar) ma’muriyatlari.
FVDT, uning kichik tizimlari va bo‘g‘inlari ishlashini tashkil qilish uchun, favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishga shay turish uchun mas’uliyat to‘laligicha tegishli rahbar organlarga yuklatiladi.
FVDTning kundalik boshqarish organlari - bu FVDT ning tegishli hududiy va funksional kichik tizimlarini va ularning bo‘g‘inlarini har kuni bevosita boshqarib turadigan boshqaruv organlari bo‘lib, ular quyidagnlarni o‘z ichiga oladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari.
2. SHaharlar va tumanlarning favqulodda vaziyatlar bo‘limlari.
3. Ob’ektlarning favqulodda vaziyatlar bo‘limlari (sho‘‘balari yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslari).
4. Vazirliklar vaidoralarning davlat nazorat organlari (nazorat-inspeksiya xizmatlari).
5. Vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlar bo‘limlari (sho‘‘balari yoki maxsus tayinlangan shaxslari).
6. Favqulodda vaziyatlar vazirligining tanglik vaziyatlarini boshqarish markazi.
7. FVDT rahbar organlarining zahiradagi boshqarish punktlari (ZBP).
8. Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarinnng (bo‘limlarining) tezkor-navbatchi xizmatlari.
9. Vazirliklar, idoralar va ob’ektlarning navbatchi-dispetcherlik xizmatlari. FVDT ning kundalik boshqarish organlari doimiy diskologiya punktlarida, shahardagi va shahar tashqarisidagi ZBP (Zahiradagi boshqarish punktlari) da joylashtirilib, tabeldagi tegishli xabar berish vositalari, birlamchi ma’lumotni qayta ishlash va uzatish vositalari bilan jihozlanadi, hamda ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishga doimiy shaylikda saqlanadi.
FVDT respublika darajasidagi boshqarish organlarining asosiy vazifalari:
1. Tabiiy turdagi favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini maksimal kamaytiradigan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari va potensial xavfli juda muhim ob’ektlar barqaror ishlashini ta’minlash .
2. Potensial xavfli ob’ektlar uchun texnik hujjatlar sug‘urta fondi yaratish ishlarini tashkil etish.
3. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasidagi maqsadli va ilmiy-texnikaviy respublika dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
4.Markazlashgan xabar berish respublika tizimini, shuningdek ma’lumot ta’minlash va boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va doimiy shay turish.
5.Ma’lumotni boshqarish va uzatish uchun davlat idoralar aloqa kanallaridan, radio, televidenie va boshqa texnik vositalardan markazlashgan foydalanishni ta’minlash.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararning miqdorini kamaytirish bo‘yicha oldindan choralar ko‘rish maqsadida harakat qilishning respublika, idora rejalari, hokimliklar va ob’ektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek FVDTning barcha darajadagi o‘zaro birgalikda harakat qilish rejalari ishlab chiqiladi.
FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni Favqulodda vaziyatlar vazirligi amalga oshiradi.
2-BOB. “Favqulodda vaziyatlari” tasnifi.
Favqulodda vaziyatlarning turlari,
yuz berish sabablari.
Favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.
Har bir favqulodd vaziyat ro‘y berish joyi, sababi, ko‘lami, u bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy zarar va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlar, talofatlar, avariyalar, falokatlar va turli-tuman ofatlarning hosil bo‘lishi va rivojlanishini bashoratlash, oldindan davlat organlari va aholini yaqinlashib kelayotgan ofatdan ogoh etishdan iboratdir.
Favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) ko‘ra tasnif qilinadi va ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko‘lamiga (hududlar chegaralariga) qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegarali turlariga bo‘linadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar
1.Xavfli geologik hodisalar:
-odamlar o‘limiga, ma’muriy ishlab chiqarish binolarini, texnologik asbob uskunalarining, energiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari va infrastruktura tizimlarining, ijtimoiy yo‘nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan zilzilalar;
-odamlar o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan va xavfli hududdan odamlarni vaqtincha ko‘chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirishni talab qiluvchi er ko‘chishlari, tog‘ o‘pirishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar.
2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar:
-odamlar o‘limiga, aholi punktlarini, sanoat va qishloq xo‘jalik ob’ektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlari o‘tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv o‘pirishlari va sellar;
-aholi punktlarini, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog‘lomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, turistlarning va sportchilarning jarohatlanishiga va o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar.
3. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:
-o‘lat, vabo, sarg‘ayma, isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida xavfli infeksiyalar;
-odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar-epidemik toshmalar, terlama, Bril kasalligi, Ku-isitma;
-zoonoz kasalliklar-Sibir yarasi, quturish;
-virusli infeksiyalar –OITS;
-epidemiya-alohida xavfli infeksiyalarga tegishli bo‘lmagan, yuqish manbai bitta yoki yuqish omillari bir bo‘lgan odamlarning guruh bo‘lib yuqumli kasallanishi, bir aholi punktida -50 kishi va undan oshiq;
-aniqlanmagan etiologiya bilan guruh bo‘lib kasallanish -20 kishi va undan oshiq;
-tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi- 15 kishi va undan oshiq;
-o‘lim yoki kasallanish darajasi o‘rtacha statistik darajadan 3 baravar va undan oshiq bo‘lgan vaziyat;
-zaharli moddalar bilan zaharlanish- jabrlanganlar soni -10 kishi, vafot etganlar soni – 2 kishi va undan oshiq;
-oziq-ovqatdan ommviy zaharlanish –jabrlanganlar soni – 10 kishi, vafot etganlar soni 2 yoki undan oshiq;
-epizootiya – hayvonlarning umumiy qirilib ketishi yoki kasallanishi;
-epifitotiya- o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi.
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar
1.Quruqlik (tuproq, er osti)ning holati o‘zgarishi bilan bog‘lik vaziyatlar:
-halokatli ko‘chkilar – foydali qazilma konlarni qazib chiqarish chog‘ida er ostiga ishlov berish va insonning boshqa faoliyati natijasida paydo bo‘luvchi er yuzasining o‘pirilishi, siljishi;
-tuproq va er ostining sanoat tufayli kelib chiqqan toksikantlar bilan ifloslanishi, og‘ir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishlab chiqarishda odamlarning sog‘ligi uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda qo‘llanilgan pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi.
2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o‘zgarishi bilan bog‘lik bo‘lgan vaziyatlar:
-havo muhitining quyidagi ingredientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:
-oltingugurt dioksid, dioksid va azotli oksid, uglerodli oksid, qurum, chang va odamlar sog‘ligiga xavf soluvchi konsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zaharli moddalar;
-katta ko‘lamda kislotali zonalar hosil bo‘lishi va ko‘p miqdorda kislota chiqindilari yog‘ilishi;
-radiatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi.
3. Gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘lik vaziyatlar:
-er yuzasi va er osti suvlarining sanoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi oqavalari: neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan tarkibida og‘ir metallar, har xil zaharli ximikatlar bor bo‘lgan chiqindilar va boshqa zaharli moddalar bilan ekstremal yuqori darajada ifloslanishi;
-binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning emirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan sizot suvlar darajasining oshishi;
-suv manbalari va suv olish joylarining zaharli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvining keskin etishmasligi.
Lokal, mahalliy, respublika a transchegarali favqulodda vaziyatlar
1.Lokal favqulodda vaziyatga vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo‘lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoiti buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan kunda eng kam ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmaganni tashkil etadigan hamda favqulodda vaziyat zonasi ishlab chiqarish ob’ekti yoki ijtimoiy maqsadli ob’ekt hududi tashqarisiga chiqmaydigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
2. Mahalliy favqulodda vaziyatga favqulodda vaziyat natijasida 10 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo‘lgan kunda eng kam ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko‘p emas, tashkil etadigan favqulodda vaziyat zonasi aholi punkti, shahar, tuman, viloyat hududidan tashqariga chiqmaydigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
3. Respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatga favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odam jabrlangan, yoxud 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortiqni tashkil etadigan hamda favqulodda vaziyat zonasi viloyat tashqarisiga chiqadigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
4. Transchegarali favqulodda vaziyatga oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yoxud favqulodda vaziyat chet elda yuz bergan va O‘zbekiston hududiga daxl qiladigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida asosan texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan-kimyoviy xavfli ob’ektlarda, energetika tizimlarida, gidrotexnika inshootlarida, sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida, gaz sanoatlarida va transport vositalari bilan bog‘lik avriyalar hamda tabiiy turdagi favqulodda vaziyatlar-geologik xavfli hodisalar (zilzilalar, er ko‘chishi, tog‘ jinslarining ko‘chishi, qor ko‘chishi) va gidrogeologik xavfli hodisalar (suv toshqinlari, suv to‘planishlari, sel)lar ko‘proq uchrab turadi (o‘quv qo‘llanmasining keyingi boblarida yuqorida qayd etilgan turdagi favqulodda vaziyatlarga kengroq to‘xtalib o‘tamiz).
Respublikamiz hududlarida uchraydigan tabiiy ofatlarning hosil bo‘lishida geofizik, geologik, gidrogeologik, atmosfera va boshqa omillar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular oqibatida hayot xavfzligi buziladi, insonlar nobud bo‘ladi, iqtisodiyot ob’ektlariga turli darajada moddiy zarar etkaziladi.
Tabiiy ofatlarning turlari va yuz berish sabablari
Tabiiy ofatlar to‘g‘risida aholi etarli ma’lumotga ega bo‘lishi uchun ularning turlariga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining maxsus qaroriga muvofiq tabiiy xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyatlar quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi:
1. Zilzila, er ko‘chishi va er o‘pirilishi.
2. Gidrometrologik: suv toshishi yoki bosishi, sel, qor ko‘chkisi, kuchli shamollar, dovullar, jala, yomg‘ir.
Jamiyat, texnika, texnologiya va dunyo sivilizatsiyasining taraqqiyotiga qaramasdan dunyo borgan sari tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan zaif bo‘lib bormoqda. Tabiiy ofatlar soni esa yildan yilga ortib bormoqda. Hozirgi kunda biz dunyoning ko‘p hududlarida turli ko‘rinishdagi avariyalar, tabiiy ofatlar va texnogen tusdagi ofatlarning sodir bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri ham favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti va sog‘ligini, moddiy va ma’naviy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat.
Tabiiy ofatlar sodir bo‘lishi oqibatida zararlanish favqulodda vaziyatlarning quyidagi ko‘rinishlarini, ya’ni buzilish, yong‘in chiqishi, suv toshqini, turar joy inshootlarining ko‘chki, er o‘pirilishi, qor ko‘chkisi, sel quyqumlari ostida qolib ketishi va h.k. bilan xarakterlanadi.
Tabiiy ofatlarning eng dahshatlisi zilzila hisoblanadi. Oxirgi 50 yil ichida bo‘lib o‘tgan kuchli zilzilalar ichida vayronagarchilik va qurbonlar miqyosiga ko‘ra CHili, San-Fransisko, Tokio, Ashgabot va Armaniston, Toshkentdagi, Eron va boshqalar ajralib turadi. 1948 yilgi Ashgabot (100 ming odam halok bo‘lgan, zilzilaning kuchi 8-9 ball) zilzilasidan keyingi eng dahshatli fojea Spitak zilzilasi nomini (unda 30 ming odam halok bo‘lgan) oldi. U 1988 yilning 7 dekabr kuni sodir bo‘ldi. Dastlabki kuchli silkinishning o‘zida 20 mingli Spitak shahri va uning atrofidagi bir necha qishloqlar butunlay yakson bo‘ldi. 200 mingli Leninakan shahrining zamonaviy binolarining yarmidan ko‘pi quladi yoki tiklab bo‘lmaydigan ahvolga keldi. 120 mingli aholisi bo‘lgan sanoat markazi bo‘lmish Kirovakan shahri va shahar atrofida joylashgan katta qishloqlari kuchli talofat topdi.
YAponiyada 2011 yil 11 martda 9 balli kuchli er qimirlashi ro‘y bergan. Uning epitsentri yirik Senday shaxrining markazida joylashgan bo‘lib, juda katta ko‘lamdagi muhandislik va kommunal inshootlarning vayron bo‘lishiga, uy-joylarni buzilishiga olib keldi. Bu ofat natijasida uylarning buzilgan bo‘laklari ostida 30 ming odam nobud bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan, ming-minglab oilalar uy-joysiz qolgan.
1995 yil 27 mayda Rossiya davlatining Neftegorsk shahrida (8 ball kuchlanishga ega bo‘lgan o‘ta kuchli er silkinishi sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra uning oqibatida shahardagi 95 foiz oshiq inshootlar vayron bo‘lgan va 1841 nafar fuqaro nobud bo‘lgan.
Respublikamiz hududlarida uchraydigan tabiiy ofatlarning hosil bo‘lishida geofizik, geologik, gidrogeologik, atmosfera va boshqa omillar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular oqibatida hayot xavfzligi buziladi, insonlar nobud bo‘ladi, iqtisodiyot ob’ektlariga turli darajada moddiy zarar etkaziladi.
Geofizik omillar - erning fizik xususiyati (magnit, elektr, gamma faollik, issiqlik va boshq.) natijasida yuzaga keladigan turli noxush vaziyatlar majmuasini sodir etadi.
Geologik omillar - erning paydo bo‘lishi bilan bog‘lik bo‘lgan va hozirgi vaqtgacha davom etib kelayotgan ichki va tashqi (endogen va ekzogen) kuchlari ta’sirida paydo bo‘ladigan xavfli jarayonlarni yuzaga keltiradi.
Gidrogeologik omillar - er osti va ustidagi suvlar (gidrosfera) ta’sirida bevosita yuzaga keladigan noxush vaziyatlar tushuniladi.
Atmosfera omillari - erning atmosfera qatlamidagi o‘zgarishlar (iqlim, ob-havo, ifloslanish, azon qatlami va boshq.) natijasida xavfli holatlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Respublikamiz hududlarida har to‘rtala guruhga taalluqli xavfli halokat va jarayonlar uchrab turadi. Ulardan zilzila, ko‘chki, o‘pirilish, suv toshqini va sellar nisbatan ko‘proq uchraydi. Keyingi vaqtlarda olinayotgan ma’lumotlar, olib borilayotgan tadqiqot ishlari va kuzatuv natijalari yildan-yilga tabiiy ofatlar soni ortib borayotganligini tasdiqlamoqda. Ayniqsa, ko‘chki, toshqin va sellar miqdoriy jihatdan yuqori ko‘rsatkichni egallab turibdi. Masalan, 1999 yili respublikamizda 600 ga yaqin ko‘chki, sel va toshqinlar ro‘y bergan bo‘lsa, bu raqam 1997 yilga nisbatan 3,5 va 1996 yilga nisbatan 6 barobar ortganligini ko‘rish mumkin.
Ularning aksariyat qismi Farg‘ona, Surxondaryo, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida, ya’ni tog‘li va tog‘ oldi hududlarida uchramoqda.
Geologik va gidrometeorologik xavfli hodisalar.
Geologik xavfli hodisalar.
Zilzila odamlar o‘limiga, ma’muriy-ishlab chiqarish binolarining, texnologik asbob-uskunalarning, energiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari tizimlarining, uy-joylarning turli darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va insonlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi.
Ko‘chki, o‘pirilish, tuproq emirilishi insonlar o‘limi, xo‘jaliklarga shikast etishiga, odamlarni xavfsiz joyga ko‘chirilishiga sabab bo‘ladi.
Gidrometeorologik xavfli hodisalar.
Qor ko‘chishi, kuchli shamol (dovul), jala kabi ob-havoning keskin o‘zgarishi natijasida turli dam olish maskanlariga, sayyohlar va sportchilarning jarohatlanishiga, aholi punktlariga jiddiy zarar etkazilishiga sabab bo‘luvchi noxush vaziyatlar majmuasi.
Sel, suv toshqini, to‘planishi oqibatida farovon hayotni izdan chiqaruvchi, aholi turar joylariga, sanoat va qishloq xo‘jaligi ob’ektlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida shoshilinch ko‘chirish tadbirlari bilan tugallanadigan xavfli vaziyatlar.
YUqorida qayd qilingan tabiiy ofatlar sodir bo‘lish ko‘lami, ya’ni ular qamrab olgan hududlarning kattaligiga qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegarali turlarga bo‘linadi.
Quyida geologik va gidrometeorologik xavfli hodisalar yuzaga keltiradigan tabiiy ofatlarning tafsilotlari va xususiyatlarini kengroq mushohada qilamiz.
Zilzila
Zilzila - tabiatda sodir bo‘ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra zilzila - yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo‘yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o‘rinni egallaydi.
Haqiqatda zilzila davriyligi bir necha o‘n yillarni qamrab olsada (ayrim vaqtlarda 100 yillarni), u ro‘y bergan qisqa (10-15 soniya) muddat ichida bir necha minglab aholiga ega bo‘lgan shaharlarni vayron qilish qudratiga ega. SHunga qaramasdan kishilar bunday xavf ostida esankirab qolmasdan, uning oqibatlarini bartarf qilishga, shikastlanganlarga yordam berishga oshiqadilar va xarobalar o‘rnida yanada zamonaviyroq maskanlar barpo etadilar.
Avvalo, zilzila to‘g‘risida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lish uchun o‘tmishdagi va hozirda bo‘layotgan zilzilalarning statistik ko‘rsatkichlariga e’tiborni qaratsak.
Zilzilani qayd qilish bundan to‘rt ming yil avval boshlangan bo‘lib XXI asrga qadar 671 ta halokatli zilzilalar qayd qilingan. SHulardan 82 tasi XX asrga to‘g‘ri keladi. Zilzilalarning davriyligiga e’tibor beradigan bo‘lsak, bir yilda 8 balli (Rixter shkalasi bo‘yicha) zilzila bitta; 7-7,9 balli - 18 ta; 6-6,9 balli - 120 ta bo‘lishi kuzatilgan. Nisbatan kuchsiz bo‘lgan zilzilalar ko‘proq uchraydi, ya’ni 3-4 balli zilzila bir yilda 49 mingtagacha bo‘lishi aniqlangan.
Birgina XX asr yakunida yuz bergan Eron (1990) zilzilasida 50 ming, Turkiyadagi (1999) zilzila chog‘ida 45 mingdan ortiq odamning jabrlanishi tabiiy ofatlar ichida eng kam tarqalgan zilzila nechog‘li katta kuchga ega ekanligidan dalolat beradi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng O‘zbekiston qutqaruvchilari birinchi marta xalqaro miqyosda Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda qatnashib kelishdi. Ko‘pgina davlatlar qatori (60 dan ortik) yurtimiz qutqaruvchilari ham bu insonparvarlik tadbirida uyushqoqlik, yuqori malaka va tezkor harakat qilishda dunyoning etakchi davlatlari qutqaruvchilari bilan birga jonbozlik ko‘rsatishdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli tez harakt qiliuvchi respublika ko‘p tarmoqli markazning qutkaruvchilari ilk bor Vatanimiz bayrog‘i ostida eng kuchli va halokatli tabiiy ofatni oqibatlarini bartaraf qilish tadbirlarida mardonavor turib, xalqaro miqyosda O‘zbekiston Respublikasining obro‘siga salmoqli hissa qo‘shdilar. O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida jabrlanganlarni qidirib topish, ularni xavfsiz joylarga olib chiqib to‘plash ishlarida ko‘pgina mamlakatlar qutqaruvchilari tajribasidan qolishmasligini amalda isbotlab berishdi.
Haqiqatda zilzila davriyligi bir necha o‘n yillarni qamrab olsada (ayrim vaqtlarda 100 yillarni), u ro‘y berganda qiska (10-15 soniya) muddat ichida bir necha minglab aholiga ega bo‘lgan shaharlarni vayron qilish qudratiga ega. Bunday vaziyatlarda fuqarolar tabiiy ofat oqibatlaridan esankirab qolmasdan, uning oqibatlarini bartaraf qilishga, shikastlanganlarga yordam berishga, ularga malakali shoshilinch birinchi tibbiy xizmat ko‘rsatish usullarini mukammal egallab olishlari muqsadga muvofiqdir.
Aksariyat hollarda zilzila bo‘lib o‘tgandan so‘ng xavf to‘g‘risidagi tasavvurimiz keyingi zilzilagacha so‘nib boradi. YA’ni, faqat zilzila sodir bo‘lganidagina unga tayyorgarlik ko‘rish, ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida o‘ylab qolamiz. Vaholanki, O‘zbekiston zamini yuqori seysmik faollashgan zonada bo‘lganligini e’tiborga olgan holda zilzila to‘g‘risida aholiga etarli ma’lumot berishning o‘zi shu xavfning oldini olish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan tadbirlarga katga hissa qo‘shishga olib keladi.
Muammoning muhimligiga Prezidentimiz Islom Karimov ham e’tibor berib “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida shunday yozadilar: “O‘zbekiston seysmik jihatdan faol zonada joylashgan bo‘lib, tabiiy falokatlarning achchiq oqibatlarini bir necha bor boshdan kechirgan. SHu sababli olib borilayotgan tadqiqotlarning etakchi yo‘nalishlaridan biri seysmologiya va inshootlarning zilzilaga bardoshligi bo‘yicha nazariy va amaliy ishlar hisoblanadi”.
SHu maqsadda zilzilaning yuzaga kelish sabablari, tarixi va hozirgi vaqtdagi geografik o‘rni to‘g‘risida batafsil ma’lumot beramiz.
Avvalo, zilzilaning yuzaga kelish sabablari turlicha bo‘lib, hozirgi vaqtda mukammal o‘rganilgan. Lekin zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti qachon, qaerda, qanday kuchlanishda er silkinishi bo‘ladi, degan savolga hamon to‘liq javob berolmayapti. Muammoning o‘ziga yarasha ob’ektiv sir-sinoati va hali-hamon mavhum tomonlari mavjud. O‘ylaymizki, bu savollarga XXI asrda albatta javob topiladi.
Erning paydo bo‘lishi va uning rivojlanish bosqichlari bilan, albatta, er silkinishlari uzviy bog‘likdir. Er bo‘laklarining harakati tufayli zilzilalar bo‘lgan va hozirgi vaqtda ham bo‘lib turibdi. Erning litosfera bo‘laklari va muhim seysmik zonalari xaritasiga nazar solsak ularning deyarli ustma-ust tushishini ko‘ramiz.
Buning sababi nimada?
Asosiy sabab, er bloklari bo‘lingan joylarda (okean o‘rta tog‘liklari va quruqlik bloklari tutashgan joylarda) keskin er harakati bo‘lganligi uchun, shu joylarda er tebranishi kuzatiladi. Er bloklari harakatining sabablari murakkab jarayon bo‘lib, ular er ichkarisidagi qovushqok issiq modda (mantiya)ning harakatidan, er aylanma harakati natijasida hamda issiqlik konveksiyasi natijasida, okean va tog‘liklarda er ichki moddalarining yuqoriga oqib chiqishi va boshqa omillar natijasnda sodir bo‘ladi.
Vatanimiz hududlarida esa nisbatan harakatchan tog‘lar joylashgani uchun seysmik holat faol hisoblanadi. YUqorida qayd qilingan bloklardan Hindi-Xitoy plitasi Evrosiyo plitasi bilan to‘knashgan joyda Tyan-SHan va Pomir tog‘lari vujudga kelgan. Hozirgi zamon er harakatlari bu joylarda keskin va faol bo‘lgani uchun shu maydonlarda er qimirlashlari nisbatan ko‘proq uchraydi.
Ilmiy ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak, seysmik faollik kuzatiladigan joylarda zilzilalar ma’lum qonuniyat asosida bo‘lib, o‘z davriyligiga ega ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Halokatli zilzilalar vohada har 100 yilda bir marta bo‘lishi olimlar tomonidan aniqlangan. Toshkent zilzilasining dahshati hali ko‘pchilik aholining yodidan ko‘tarilganicha yo‘q..
Bir necha daqiqada shaharni chang-to‘zon bosib, ko‘pgina iqtisodiyot ob’ektlari, turar-joy maskanlari vayronaga aylandi. O‘sha vaqtdagi aniq asboblar tabiiy ofatning kuchini Rixter shkalasi bo‘yicha 8 ball, magnitudasi 5,3 , zilzila o‘chog‘i er yuzasidan 8000 metr chuqurlikda ekanligini ko‘rsatdi.
“Toshkent” seysmik markazining ma’lumotiga ko‘ra asosiy zarbadan so‘ng 3 oy mobaynida 600 dan ortiq er tebranishlari bo‘lib o‘tgan.Tarixiy manbalarga murojaat etadigan bo‘lsak, Toshkent zaminida bundan yuz yil avval ham shunday halokat bo‘lganligi qayd etilgan. Toshkentlik muarrixning “Tarixi Jadidayi Toshkand” asarida ro‘y bergan zilzila to‘g‘risida quyidagicha bayon etiladi: “O‘ninchi zulhijjadan o‘n birinchiga o‘tar kechasi, sahar paytida Toshkand shahrida kuchli zilzila sodir bo‘ldi: mozorlarning o‘n bir gumbazi, Hazrat Ahror valiy masjidi jome’ning gumbazi kulfayakun bo‘ldi, ko‘p kishilar, g‘aflatda yotgan aholi imoratlar tagida qoldi. Baroqxon madrasasi gumbazi tagida to‘rt tolibi ilm mullavachcha halokatga etdi. Zilzila yarim soat davom etib so‘ng qaytdi. Xususan oxirgi marta silkinishda taxminan to‘rt daqiqa davomida shunday larzaga keddiki, agar yana to‘rt dakiqa shu qabilda davom etsa, er yuzida hech bir tan turgan narsa boqiy qolmas edi. Zilzila tinchlangandan keyin ham kechalari bedor bo‘lgan kishilarga qariyib bir oy davomida er harakati asari ma’lum bo‘lib turdi”.
Matnda zilzila bo‘lgan vaqt xijriy 1282 yil deb ko‘rsatiladi. Ayrim asarlarda milodiy 1866 yoki 1868 yillar deb qayd qilingan.
Vatanimiz va unga tutash bo‘lgan maydonlarning er qimirlash tarixi juda boy va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar Fanlar Akademiyasining SHarqshunoslik va Seysmologiya intitutlari fondlarida saqlanayotgan noyob ko‘lyozmalarda o‘z aksini topgan. O‘lkamizda sodir bo‘lgan er qimirlash haqidagi dastlabki ma’lumotni Abu Said Gardiziyning “Kitobi Zayn al-Axbor”idan Farg‘onadagi zilzila haqida, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”sidan Farg‘ona, Andijon, Toshkent, Zarafshon va Samarqand shaharlaridagi kuchli zilzilalar haqida; Muxammad Toxir ibn Abdul Qosimning “Ajoyibot Tabokat” asaridan Axsikentdagi zilzila to‘g‘risida; Muhammad YOqub ibn Muhammad Danial-biyning “Gulshanim-mulk” asaridan Urgut qo‘rg‘onidagi zilzila haqida; Muhammad Hakimxon to‘raning “Muntahab at-Tavarix” qo‘lyozma asari va boshqa asarlaridan zilzila to‘g‘risida ma’lumotlarni olish mumkin.
XX asr boshida tarixga “Andijon fojiasi” deb muhrlangan Andijon zilzilasi (3 dekabr 1902 y.) 50 ming aholi yashaydigan shaharni bir necha soniyada vayronaga aylantirgan. Toshkent zilzilasigacha va undan so‘ng respublikamizning turli burchaklarida har xil kuchga ega bo‘lgan zilzilalar bo‘lgan va sodir bo‘lmoqda.
Zilzilalarni o‘rganishga, sir-sinoatlarini echishga umrini baxshida qilgan olim, akademik B.Golitsin “Zilzilalar er bag‘rini bir lahza yorituvchi chiroqqa o‘xshaydi”, deb bejiz ta’kidlamagan. SHubhasiz, zilzilalar qanchalik dahshatli bo‘lmasin, ular zaminimizning ayrim jumboqlarini echishga, ilm-fan ravnaqiga katta hissa qo‘shadi. Binobarin, zilzilani xavfsiz hayot kechirishimizda, ulardan keladigan zararni kamaytirish bo‘yicha doimo hushyorlikka chorlovchi tabiiy qo‘ng‘iroqlar deb qarash mumkin. Zilzila to‘g‘risida kengroq ma’lumotlar berar ekanmiz, uning kuchi qanday aniqlanadi, o‘lchash ishlari nimaga asoslangan, degan savollarga javob berishga harakat qilamiz.
XV1-XVP asrlardan boshlab zilzila kuchini o‘lchash uchun turli usullardan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtgacha ko‘pgina mamlakatlarda olimlar tomonidan ellikdan ortiq seysmik shkalalar taklif etilgan. Ulardan eng ko‘p tarqalganlari va ko‘pchilik mutaxassislarga ma’qul bo‘lgani uchta bo‘lib, birinchisi 1917 yilda Xalkaro seysmik assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli-Kankani-Ziberg shkalasi hisoblanadi va undan hozirgacha bir qancha Evropa davlatlarida foydalanib kelinmoqda. Ikkinchisi, 1931 yilda AQSH tadqiqotchilaridan Vud va Nyumanlar Merkalli shkalasiga bir oz o‘gartirishlar kiritib, mukammallashtirgan 12 balli MM shkalasi qisoblanadi. Uchinchisi Rossiyadagi (Sobiq Ittifoq davrida) Er fizikasi institutida proffessor S.V.Medvedev tomonidan ishlab chiqilgan 10 balli GOST-6249-52 shkaladir.
1964 yili mavjud seysmik shkalalar boshqa mamlakatlarning olimlari bilan birga qayta ko‘rib chiqilishi natijasida Xalqaro seysmik shkala ishlab chiqilgan. Xususan, bu ishda S.V.Medvedev (Rossiya), V.SHponxoyer (Yena, Olmoniya) va V.Karnik (Praga, CHexiya)larning xizmatlari katta. YUNESKOning 1964 yili Parijda o‘tkazilgan Xalqaro yig‘ilishida seysmologiya va seysmik bardoshli qurilish bo‘limida mazkur shkala foydalanishga tavsiya ztilgan.
Zilzila kuchinn aniqlash shkalasi (ballarda).
I. Sezilmaydigan zilzilalar. Er tebranishining kuchi insonlar sezadigan darajaga etmaydi. Uni faqat tebranishni qayd qiluvchi maxsus asboblar - seysmograflar yordamida qayd qilish mumkin.
P. Zo‘rg‘a seziluvchi zilzilalar. Zilzila kuchini binoning ichida harakatsiz holatda bo‘lgan, ayniqsa yuqori qavatlarda bo‘lgan ayrim insonlar sezishi mumkin.
III. Erning kuchsiz tebranishi. Zilzilani bino ichida bo‘lgan insonlarning ayrimlari, ochiq joyda bo‘lganlardan faqat tinch holatda turganlari sezadi. Tebranish go‘yo ma’lum masofadan yuk mashinasi o‘tgandek tuyuladi. Sinchkov kuzatuvchi osma holatda bo‘lgan buyumlarning engil tebranishini ilg‘ab oladi, binolarning yuqori qavatlarida tebranish nisbatai kuchliroq bo‘ladi.
IV. Sezilarli tebranish. Bino ichida bo‘lgan insonlarning aksariyat qismi, ochiq joydagilarning ozchiligi sezadi. Ba’zan uyqudagilar ham uyg‘onadi. Uy derazalari, eshiklar, idishlar engil zirillaydi. Osma holatda bo‘lgan anjomlar tebranadi. Idishlardagi suyuqliklarda chayqalish paydo bo‘ladi. To‘xtab turgan avtotransportdagilar ham zilzilani sezishi mumkin.
V. Uyg‘onib ketish. Zilzilani bino ichidagi insonlarning hammasi sezadi. Uyqudagilarning aksariyat qismi ko‘rquv aralash uyg‘onadi. Ayrimlar zudlik bilan ko‘chaga otiladi. Hayvonlar bezovta bo‘ladi. Osma soatlar to‘xtab koladi. Mustahkam asosga ega bo‘lmagan ayrim buyumlar yiqiladi yoki suriladi. YAxshi mahkamlanmagan eshik va derazalar ochilib-yopiladi. Idishlardagi suyuqliklar kuchli chayqaladi, qisman to‘kiladi.
VI. Qurquv bosish. Zilzilani bino ichidagi va ochik joydagi insonlarning hammasi sezadi. Ko‘pchilikni qo‘rquv bosadi va uydan tashqariga qochib chiqishadi. Harakatdagilar muvozanatini yo‘qotadi. Hayvonlarda bezovtalik kuchayadi. Ba’zan shisha buyumlar sinishi mumkin, javondagi kitoblar tushib ketadi. Og‘ir mebellar suriladi.
VII. Binolar shikastlanadi. Ko‘pchilik insonlarda qattiq qo‘rquv paydo bo‘ladi. Avtomobil boshqarayotganlar ham sezadi. Tepalik va tog‘ oldi zonalarida ko‘chki, o‘pirilish bo‘ladi. Suv yuzida to‘lqinlar paydo bo‘lib loyqalanadi. Quduq suvlari sathi, mikdori o‘zgarishi kuzatiladi. Er osti suvlari sizib chiqish hollari bo‘ladi.
VIII. Binolarning kuchli shikastlanishi. Insonlarni qo‘rquv va sarosima bosadi. Daraxt shoxlari sinadi, tuprokda bir necha santimetrli darzliklar paydo bo‘ladi. YAngi suv havzalari paydo bo‘ladi. Quvurlar payvandlangan joylaridan uzilib ketadi. Haykallar va yodgorliklar joyidan siljiydi. Er osti suvi harakati keskin o‘zgaradi. YAngi buloqlar paydo bo‘ladi.
IX. Binolarning batamoi shikastlanishi. Aholining hammasini vahima bosadi. Hayvonlar kuchli ovoz chiqarib, betartib harakat kiladi. Er osti quvurlari uziladi, temir yo‘llar qiyshayadi, suv inshootlari shikastlanadi. Tuproqda 10 sm. gacha darzliklar paydo bo‘ladi. Qoyalar qulaydi, ko‘chkilar yuzaga keladi. Haykallar, ustunlar yiqiladi.
X. Inshootlarning batamom buzilishi. Suv omborlari, to‘g‘onlar, ko‘priklarda buzilish bo‘ladi. Er yuzasi yoriladi, to‘lqinsimon past-balandliklar paydo bo‘ladi. Er osti inshootlari buziladi. Qoyalarda tosh ko‘chishi yuzaga keladi. Kanal, ko‘l va daryolarda suvlar kuchli chayqaladi, yangi suv havzalari paydo bo‘ladi.
XI. Talafot. Puxta qurilgan inshootlar: ko‘priklar, uylar, to‘g‘onlar, temir yo‘llar jiddiy shikastlanadi. Er yuzasida keng yoriqlar, uzilish, siljish kabi deformatsiyalanish kuzatiladi. Tog‘ oldi zonalarida kuchli ko‘chkilar yuzaga keladi.
XP. Er relefinnng o‘zgarishi. Barcha er usti va osti inshootlari to‘liq shikastlanadi. YOriqlar paydo bo‘lib, relef butkul o‘zgaradi. Daryo o‘zanlari o‘zgaradi. Yirik tog‘ ko‘chkilari bo‘ladi. YAngi ko‘llar paydo bo‘ladi.
Qayd qilingan 12 balli shkala mutloq shkala bo‘lmasdan keyingi izlanishlar davomida takomillashtirilib borilmoqda. Har bir tebranishda turmush sharoitida kuzatish mumkin bo‘lgan ayrim xususiyatlargagina to‘xtalib o‘tdik.
SHu o‘rinda kitobxonlarda shubha tug‘dirmaslik uchun yana bitta shkala to‘g‘risida ma’lumot berishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Odatda 5 yoki 6 magntudali kuchlanishda bo‘ldi, degan ma’lumotni eshitib kolamiz.
Xo‘sh, Rixter shkalasi nima?
Bu seysmik energiyaning o‘lchov birligiga asoslangan shkala bo‘lib, zilzila gipotsentrida seysmik to‘lqin sifatida nurlangan energiyani o‘lchaydi. O‘lchov birligi qilib magnituda qabul qilingan. Zilzila: kuchlanishi esa 12 balli bo‘lib, shu energiya tufayli hosil bo‘ladi va er yuzasi bo‘yicha har xil kuchlanishda (ballda) tarqaladi. Har ikkala shkalani o‘zaro solishtirib ko‘radigan bo‘lsak, quyidagi munosabat ko‘rinishidagi jadvalga ega bo‘lamiz:
Rixter jadvali bo‘yicha er qimirlashning qisqacha xarakteristikasi.
Ball |
Zilzila kuchi |
Qiskacha xarakteristikasi |
1 |
Er yuza qobig‘ida silkinish |
Faqat seysmik asboblar bilan aniqlanadi |
2 |
Kuchsiz silkinish |
Seysmik asboblar bilan aniqlanadi. Tinch turgan odamlar sezadi. |
3 |
Kuchsiz zilzila |
Odamlar sezadilar. |
4 |
O‘rtacha kuchli zilzila. |
Deraza romlar titraydi, eshik kesakisi g‘irchilaydi |
5 |
O‘rtachadan kuchliroq |
Hamma odamlar sezadi, binolar titraydi, uy jihozlari siljib qimirlaydi, devor suvoqlari va oynalar darz ketishi mumkin |
6 |
Kuchli zilzila. |
Devordagi jihozlar tushib ketadi, suvoqlar va oynalar sinadi. |
7 |
O‘ta kuchli zilzila |
Suvoq, devorlar yorilib, engil qurilgan uylar qulaydi. |
8 |
Vayron qiluvchi zilzila |
Uylar vayron bo‘lib buzuladi, ko‘chkilar paydo bo‘ladi. |
9 |
O‘ta vayron qiluvchi zilzila |
Katta binolar, ko‘priklar buzilib, ketadi.
Bbbbbuzilib buzilib yullar |
10 |
Yo‘q qilib yuboruvchi |
Katta binolar, temir yullar buziladi, erda yorilish paydo bo‘ladi. |
Magnituda arab raqami bilan, kuchlanish esa rim raqamlari bilan belgilanishi xalqaro mikyosda qabul kilingan.
Respublikamizda sodir bo‘ladigan zilzilalarni aniqpashda MSK-64 shkalasidan foydalaniladi.
YUqorida keltirilgan ma’lumotlar aholining zilzila to‘g‘risida qisman ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlab, zilziladan saqlanish yoki muhofazalanishning chora-tadbirlari to‘g‘risidagi, har bir fuqaro uchun juda muhim va bilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar qatoriga kiradi.
Zilzila to‘g‘risida ilmiy adbiyotlarda batafsil yozilgan bo‘lsada, uning ajralmas qismi bo‘lgan, amaliyotda aholi harakatining tartib qoidalari nazarimizda to‘liq yoritilmagan. Umuman bu jarayonni uchta, ya’ni zilziladan oldin, zilzila vaqtida va undan so‘nggi bosqichlarga bo‘lgan holda ma’lum harakat qoidalarini tavsiya ztish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Har bir bosqichda hayot xavfsizligini ta’minlash uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi to‘g‘risida qiskacha to‘xtalamiz.
Zilzilaga qadar nima qilmoq kerak?
Xalq tilida “O‘t balosi, suv balosi, bemahal falokat-kulfatdan asra” degan chuqur falsafiy ma’noga ega bo‘lgan mulohaza mavjud. Bu, albatta, yaxshi niyat, yaxshi istak. Lekin quruq niyat bilan ish bitmaydi, falokat arimaydi. SHunga yarasha harakat, tayyorgarlik bo‘lishi zarur. Insoniyat paydo bo‘libdiki, uning boshiga birorta kulfat tushmaguncha, aksariyat hollarda bu to‘g‘rida o‘ylamaydi, hatto xayoliga ham keltirmaydi. Boz ustiga, atrof muhitda, ko‘shni xalq davlatda shunday vaziyat sodir bo‘lsa uni bir ma’lumot sifatida qabul kiladi, o‘zi ham shu vaziyatga tushib qolishi mumkinligi, shuning uchun ma’lum chora-tadbirlarni ko‘rishi lozimligi to‘g‘risida ham mulohaza yuritmaydi.
SHunday vaziyatlardan biri - zilzila. Tundami, erta tongdami, ish stoli ortidami er silkinishini sezganimizdayoq qalbimizni qo‘rquv va vahima bosib Buyuk YAratuvchiga sajdalar qilamiz. Vaholanki, biz yashab turgan uy (aksariyat ko‘p qavatli) allaqachon turli kuchga ega bo‘lgan zilziladan kafolatlangandir.
Turar joy maskanlari tabiiy sharoiti, jinslarning fizik-kimyoviy xususiyati, binolarning loyiha chizmalari chuqur o‘rganib chiqilgandan so‘ng qurilishga ruxsat beriladi. Afsuski, umumiy yashash qoidalari binolar aholiga topshirilgandan so‘ng qo‘pol ravishda buziladi. Hech kimga sir emaski, uyga ega bo‘lishimiz bilanoq o‘zimizning shaxsiy ehtiyojimizdan kelib chiqqan holda xonalarni o‘zgartirishga berilib ketamiz, qo‘shimcha ayvonlar solamiz, go‘yo “ortiqcha” tuyulgan devorlar, burchaklar olib tashlanadi, ikkiga xona bittaga aylantiriladi. Budday holatga qatiyan chek qo‘yish lozim. Aks holda bino zaif bo‘lib qolishiga, uning turli ofatlarga, er deformatsiyalanishiga bardoshliligi kamayib ketishiga sababchi bo‘lamiz. Oqibati nimalarga olib kelishi o‘zingizga ayon. Buning uchun uy-joylardan foydalanish qoidalarini, uy taqsimotidan oldin har bir yashovchining yoshini va ijtimoiy saviyasini inobatga olgan xolda tushuntirish ishlariga jalb qilib, o‘zbilarmonchilik bilan ish yuritishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ko‘p kavatli binolarning o‘ziga yarasha xususiyati, seysmik belbog‘lari, xavfsiz burchaklari qaerda joylashganligi to‘g‘risidagi eslatmalarni har bir xonadon sohibiga etkazish zarur.
Tabiiy ofatlar, xususan, zilzila haqidagi tasavvurga maktab o‘quvchisidan tortib rahbar xodimgacha ega bo‘lishi kerak. Buning uchun, birinchidan, tabiiy fanlar bo‘yicha maktab darsliklarida Vatanimizning geografik joylashuvi xaritasi bilan bir qatorda seysmik holatini namoyon qiluvchi chizmalar ilova qilinishiga erishish lozim. O‘quvchi shu chizmalar asosida qaerda necha balli zilzila bo‘lishi mumkinligini anglab oladi. Ikkinchidan, zilzila bo‘lgan taqdirda aholi qanday tartibda harakat qilishi kerakligi to‘g‘risida, uyning qaysi joylari xavfsiz bo‘lishini yoshligidanoq anglab etsa, favqulodda vaziyatlarning birinchi talabi - sarosimaga tushmaslik, vahimaga berilmaslik to‘siqlarini engib o‘tadi.
“Zilzila emas, bino va uning predmetlari kishilar o‘limiga sababchi bo‘ladi”, - deydi muhandis-seysmologlar. Haqiqatda ham sarosima va vahimaga berilgan kishilar, qaltis harakat qilishi oqibatida qo‘shimcha noxushliklarni paydo qiladi.
YUqorida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda qo‘shimcha quyidagilarni bilish zarur.
Uydagi gaz, suv, elektr tarmoqlarini xavfsizlantiradigan joylarni bilishlari, uy tibbiy xaltasi, unda birinchi tibbiy yordam uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar, noxush vaziyat yuzaga kelganda birinchi xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining telefon raqamlari, uy jihozlaridan kitob javonlari, osma asboblarning mahkamligini nazorat qilish, maktab yoshidagi bolalarga zilzila vaqtida harakat qilish tartiblarini uqtirish, ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya kilish va boshqa ko‘rsatmalardan har bir kishi boxabar bo‘lishi shart. Buning uchun imkoniyatlardan to‘liq foydalanish zarur. Ayniqsa, mahalla-guzarlarda, ishxona-maktablarda, radio-televidenieda ommabop shaklda suhbatlar tashkillashtirilsa, qisqa metrajli filmlar, fojialarni aks ettirilgan lavhalar berib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Umuman olganda turli xavfga tayyorgarlik choralarini ko‘rish, uni oldini olish yoki keltiradigan zararni bir necha bor kamaytirishga olib keladi. Zilzila ro‘y berganda biz turgan zamin xuddi “beshik” kabi tebrangandek bo‘ladi. Tebranish bir necha soniyalar, kuchli zilzila bo‘lsa bir necha daqiqalar davom etishi mumkin. Tebranishdan Siz qo‘rqib ketasiz, ammo kutib turishdan boshqa chorangiz yo‘q. Siz osoyishta va aql-zakovat bilan ish ko‘rsangiz, shikastlanmaslik darajangizni ancha yuqori ko‘targan bo‘lasiz. Ayniqsa, bu osoyishtalik orqali atrofingizdagilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatasiz va ular ham Siz kabi sarosimaga berilmasliklariga zamin tayyorlaysiz. Tebranishni sezgan vaqtingizda sekin-asta xavfsiz joyga harakat qilishingiz lozim, asosiy xavf binodagi osma anjomlardandir. Avvalo, tinchlaning, qaltis harakat qilmang, baqirmang va atrofdagilarni koyimang. Binoda bo‘lsangiz xavfsiz joylardan: eshik kesakisi oralig‘i, devor burchaklari, seysmik belbog‘ ostilaridan birortasini egallang, boshqalarni ham shunday qilishga chaqiring. Deraza va chayqaluvchi og‘ir buyumlardan uzoqroqda turing. Hech vaqt yuqori qavatdagi binodan chiqib ketishni o‘ylamang. Aksincha tebranish o‘tib ketguncha bino ichidan panoh qidaring. Kerak bo‘lganda tebranish tugagandan so‘ng binoni tark eting. Ko‘p qavatli uyda tursangiz liftdan foydalanmang. Zinapoyadan foydalanishda qo‘pol harakat qilmang, boshqalarni ham tinchlantiring. Seysmik bardoshi kam bo‘lgan, g‘ishtli va xavfli binolarda bo‘lsangiz, zudlik bilan tashqariga chiqing. Bunda elektr tarmoqlari, buyumlar harakatidan ogoh bo‘ling. Ochiq joyda bo‘lsangiz binolarga, elektr tarmoqlariga yaqin turmang. Transportda bo‘lsangiz ochiq joyda to‘xtating, tebranish o‘tib ketguncha kuting. Tebranish qaytarilgudek bo‘lsa hayron bo‘lmang. Odatda birinchi zarbadan so‘ng qayta zarbalar bo‘lishi muqarrar. Ular hatto bir necha kunlargacha davom etadi. Ayrim holatda qayta tebranishlar ham bino va inshootlarga katta zarar etkazadi. Eng muhimi, asabgarchilikka berilmang, osoyishtalik va xotirjamlik bilan ish tuting. Bu zilzila vaqtida qanday harakat qilishning asosiy qoidalari edi. Endi zilzila bo‘lib o‘tgandan so‘ng nimalarga e’tibor berish lozimligi to‘g‘risida ikki og‘iz eslatma. Tebranish tugagandan so‘ng bino va inshootlarda buzilish, shikastlanish yuzaga kelishi natijasida insonlar ham jiddiy zarar ko‘radi. Eng muhimi avvalo osoyishtalikni saqlagan holda jarohatlanganlarga yordam berish lozim. So‘ngra yong‘in va boshqa noxushlik yuzaga kelgan bo‘lsa tegishli joylarga xabar berish kerak. Birinchi yordam zarur bo‘lsa tashkil eting. Tibbiy yordamga muhtojlarni aniqlang. YOng‘in xavfi bor joylarni bartaraf eting. Suv, gaz, elektr tarmoqparida shikastlanish bor-yo‘qligini aniqlang. Zinhor gugurt va shamdan foydalanmang. Elektr tarmog‘ini asosiy tayanch nuqtadan uzing. Elektr tarmoqlariga yaqin yurmang, ularni ushlab ham tekshirmang. Sizning yordamingiz zarur bo‘lmagan joylarga bormang. Kanalizatsiya tarmoqlarini ko‘zdan kechirmaguningizgacha, undan foydalanmang. Buzilgan binoda ehtiyot choralarini ko‘rgan holda harakat qiling. Bezovta bo‘lgan yosh bolalar va aholini tinchlantiring, ortiqcha asabgarchilikka yo‘l qo‘ymang. Avvalo, oila a’zolaridan, qo‘ni-qo‘shnidan, so‘ngra maktab, bog‘cha va boshqa muassasalardan xabar oling. Qutqaruv ishlarida qatnashayotgan ichki ishlar, tibbiyot va boshqa soha xodimlariga yordam qiling.
YUqorida keltirilgan qoida va talablarga e’tibor berish zilzila xavfini kamaytirishga, navbatdagi halokat vaqtida Siz va atrofdagilarga foydasi tegadi, degan umiddamiz. YUqori balli zonada yashayotganini bilib olishi uchun quyidagi jadvalni keltiramiz. Mazkur jadvaldagi ko‘rsatkichlar mutloq bo‘lmay, har bir joyning tabiiy tuzilishi va zaminining fizik-mexanik xususiyati, er osti suvlari sathiga bog‘liq holda bir ball (+; -) atrofida o‘zgarishi mumkin.
O‘zbekiston shaqarlarining seysmik faolligi (ballarda)
Andijon............ 9 Olmaliq............. 8
Angren.............. 8 Samarkand........... 8
Bekobod............. 7 Sirdaryo............. 7
Buxoro.............. 7 Toshkent............. 9
Gazli............... 8 Termiz.............. 7
Guliston............ 7 Uchko‘rg‘on............. 9
Jizzax.............. 7 Urganch.............. 7
Kattaqo‘rg‘on.......... 7 Farg‘ona............. 8
Kitob............... 7 CHirchiq.............. 8
Marg‘ilon............ 8 YAngiyo‘l............. 7
Namangan............ 8 Qarshi.............. 7
Nukus............... 6 Qo‘ng‘irot............ 5
Xususiy uy-joy qurilishida ham maydonning holatiga katga e’tibor berish lozim. SHuning uchun xam xususiy uy-joy barpo etishda qurilish-arxitektura bo‘limlari mutaxassislari bilan maslahat qilingan holda ish yuritishni maqsadga muvofik, deb o‘ylaymiz. Zero, xavfsiz hayotni ta’minlash avvalo, har birimizning xonadonimizdan boshlanadi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, biz seysmik xavfni kamaytira olmaymiz, lekin uning oqibatida yuzaga keladigan tanglik va qurbonlar sonini anchaga kamaytirishimiz mumkin. Bu borada seysmik bardoshli qurilish sohasi muxdidislarining mas’uliyati juda katta. Ular bir vaqtning o‘zida ham loyihalovchi, ham quruvchi va zilzila bo‘yicha mutaxassis bo‘lishlari kerak. Bu jarayonda oddiy quruvchidan tortib hukumat rahbarigacha o‘z mas’uliyatini his qilishi shart.
Quruvchilar - yuksak sifatga ega bo‘lgan material va ishni ta’minlashlari; me’morlar va rejalashtiruvchilar - qurilayotgan turar joylar xavfli zonalarga, er uzilmalari, tik qoyalar, jarli va botqoq joylarga tushib qolmasligini kuzatishlari; uy egalari xonalarni qayta o‘zgartirishga, o‘zboshimchalik bilan ish yuritishga yo‘l qo‘ymasliklari; Hukumat rahbarlari esa qurilish me’yori, xavfsizlik hujjatlarini tayyorlash va ijro nazoratini qatiy ta’minlashlari kerak. Har bir mahalliy hokimlik qoshida hozirgi zamon talabiga javob beradigan qutqaruv xizmati (tibbiy, yong‘in xavfsizligi, tartibni saqlash va boshq.) xodimlarini tabiiy ofatlardan keladigan zararni kamaytirishga bag‘ishlangan mavzular asosida qayta tayyorlash maqsadga muvofiqdir.
Zilzila yuz berib, odamlar ko‘chki va vayronalar ostida qolganda ularning yashash davrini mutaxassislar quyidagi davrlarga bo‘lib chiqishgan:
t/r |
|
Odamlar nobud bo‘lish darajasi |
|
Tirik qolish |
Nobud bo‘lish |
||
1 |
1-kun |
93% |
7% |
2 |
2-kun |
81% |
19% |
3 |
3-kun |
33% |
67% |
4 |
4-kun |
19% |
81% |
5 |
5-kun |
7% |
93% |
6 |
6-kun |
2% |
98% |
Zilzila talafotlarini kamaytirishda yana nimalarga e’tibor berish lozim?
Zilzilagacha:
1. Seysmik bardoshli inshootlarni loyihalashtirish. Binolarni zilzila kuchiga bardoshli qilib loyihalashtirish shart.
2. Mavjud inshootlarni mustahkamlash. Eski va zaif inshootlarda buzilish xavfining oldini olish uchun mustahkamlash ishlari olib borilishi shart.
3. Qurilish qoidalari va me’yorlarn. Insonlar xavfsizligini ta’minlovchi puxta o‘ylangan me’yorlar ishlab chiqilishi va amal qilinshpi shart.
4. Hududlarni seysmik rayonlashtirish va erdan foydalanishni rejalashtirish. Seysmik xavfning manbai bo‘lgan, er uzilmalari, ko‘chki tarqalgan maydonlarda qurilish ishlari bo‘lmasligi qat’iy ma’n etilishi lozim.
5. Tabiiy ofatga tayyorgarlik. Qutqaruv xizmati tayyorgarligi kuchaytirilishi va xavf yuzaga kelgan paytda harakat qilish rejalari ishlab chiqilishi lozim.
6. Aholiga ta’lim berish va mashq qildirish. Insonlar zilzila haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari va doimo tayyorgarlik choralarini ko‘rib qo‘yishlari shart.
7. Sug‘urta qilish. Sug‘urta tizimi zilziladan talafot ko‘rgan ob’ektlarni moddiy ta’minlanish kafolatini berishi lozim.
8. Oldindan aytish va ogohlantirish. Aloqa vositalaridan umumiy holatda berilgan ma’lumot asosida aholi dastlabki tayyorgarlikni zudlik bilan amalga oshirishi kerak.
Zilziladan so‘ng:
1. Qutkaruv xizmati. Malakali mutaxassisga ega bo‘lgan xizmat ko‘rsatish bo‘limlari shikastlanganlarga tez yordam ko‘rsatashi, yong‘inni nazorat qilishi, jamoat tartibini saqlashi va me’yoriy turmush tarzini tiklashlari shart.
2. Odamlarning mustaqil harakati. Har bir kishi nafaqat o‘zi to‘g‘risida, balki boshqalar to‘g‘risida ham qayg‘urishi va yordam beishi lozim.
3. Qurilish tashkilotlari. Tegishli tashkilotlar elektr manbai, suv tarmog‘i, transport harakatini tiklash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishlari lozim.
4. Moddiy yordam. Zilzila talafotidan aziyat chekkan insonlar, aholi o‘rtasida hukumat yordami bir xilda bo‘lishini ta’minlashga erishish lozim.
5. Ijtimoiy yordam va axloqiy tavsiya. Jamoat tashkilotlari ayrim yoki bir guruh jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, kuchli qo‘rquv va vahima holatiga tushib qolgan odamlarga yaqindan maslahat va tavsiya berishlari shart.
Afsuski, bizda zilzilaga ko‘p to‘xtalishning imkoniyati yo‘k. Ammo, yuqorida ta’kidlangan amaliy tadbirlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib kilib, ularning ma’lum darajada bilimlarini oshirishga erishsak, shuning o‘zi xavfni oldindan bilishlikka olib keladi, bu esa ayrim to‘g‘ri harakat choralarini ta’minlanganligidan dalolat beradi.
SHuni unutmasligimiz kerakki, hukumat tomonidan qanchalik dolzarb qarorlar qabul qilinmasin, “kutqaruv xizmati” malakali mutaxassislar, zamonaviy texnika bilan ta’minlanmasin, fuqaro muhofazasiga e’tibor kuchaytirilmasin, respublika aholisi, ayniqsa vazirlik, idora, tashkilot rahbarlari yoppasiga tayyorgarlikdan o‘tmasa, bu tadbirlardan kutilganidek natijaga erishish va eng muhimi xavfning oldini olish, undan keladigan zararni kamaytirish juda mushkuldir.
Er ko‘chishi-surilam
Respublikamizning tog‘li, tog‘ oldi, daryo bo‘ylari zonalarida yashaydigan aholi va iqtisodiyot ob’ektlariga katta xavf tug‘diradigan tabiiy ofatlardan biri er ko‘chishi-surilmadir. Ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda er ko‘chishi er yuzasida bo‘ladigan alohida jarayonlar toifasiga kiritilsa-da, ular er ichki harakatlari, xususan, zilzilalar bilan uzviy bog‘lik holda rivojlanadi. Yirik ko‘chkilarni tahlil qilib, sababini o‘rganar ekanmiz, ularning aksariyat qismi zilziladan so‘ng yoki zilzila bilan parallel hosil bo‘lishiga amin bo‘lamiz.
Respublikamiz hududida yuzaga kelayotgan er ko‘chkilarining asosiy sababi gidrometeorologik sharoit bilan bog‘liqdir. SHu sababli bu jarayon mavsumiy xususiyatta ega, ya’ni atmosfera yog‘inlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, er ko‘chishi xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Er ko‘chishi - er yuzasi bo‘lagining yonbag‘ir bo‘yicha gravitatsiya kuchi ta’sirida surilishi, siljishiga aytiladi.
Markaziy Osiyodagi er ko‘chishi shakl va ko‘lami bilan ajralib turadi. Ular lyoss qatlamlarida tarqalgan bo‘lib, er ostiga shimilayotgan atmosfera yog‘inlari ma’lum chuqurlikkacha borib, suv o‘tkazmas qatlamga etgach yonbag‘ir bo‘ylab oqadi. Siljish yuzasi ustida turgan er massasiga gravitatsiya (tortishish) kuchi ta’sir qilishi oqibatida yonbag‘irda tik qoya hosil qilib uzilish paydo bo‘ladi va uzilgan bo‘lak pastga siljiy boshlaydi. Harakatdagi jinslarning hajmi bir necha o‘n mln. m3 larda bo‘ladi. Er ko‘chishi yonbag‘irning qiyaligiga, tog‘ jinsi tarkibiga, atmosfera yog‘inlari miqdoriga bog‘lik holda rivojlanadi. YOnbag‘ir qiyaligi qanchalik katta bo‘lsa ko‘chkining tezligi shunchalik katta bo‘ladi. Ko‘p holatlarda ko‘chki ekzogen jarayonlardan sel, jarlanish, cho‘kish hodisalari bilan uyg‘unlashib ketadi.
Ko‘chki-surilma. Tarixiy manbalarga nazar tashlasak hududimizda XX asrning 60-yillarigacha bu jarayon tabiiy omil natijasida rivojlanib borganligini ko‘ramiz. 60-yillarning oxiriga kelib tog‘li va tog‘ oldi vodiylarida er ko‘chishi keskin ortib borgan. Bunga asosiy sabab gidrometeorologik sharoitning murakkablashuvi, atmosfera yog‘inlarining haddan ziyod bo‘lishi oqibatida yonbag‘irlarning zaifligi kuchayib ketganligi, qadimdan bahorikor erlar hisoblangan tog‘ oldi zonalarida xo‘jalik faoliyatining kengaytirilishidir. YA’ni, tog‘ oldi adirliklarida ko‘ndalangiga texnik ishlov berilishi natijasida yonbag‘irning turg‘unligi pasayib ketadi va bu hol avvaliga mahalliy, kichik-kichik, so‘ng yirik ko‘chkilar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ayniqsa bunday joylar aholi yashaydigan qishloqlarga yaqin bo‘lsa juda katta xavf tug‘diradi. Er ko‘chishi aholi turmush tarziga xavf solishi, ayniqsa kishloq xo‘jalik iste’molida bo‘lgan maydonlarga katta zarar etkazishi oqibatida ko‘pgina iqtisodiy talafotlarni yuzaga keltiradi. SHuning uchun ularning paydo bo‘lishi, tarqalish maydonlari maxsus dasturlar asosida o‘rganib chiqilib, kerakli xaritalar tuzilmokda.
Er ko‘chkilari O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslari davlat ko‘mitasi tasarrufidagi «O‘zbekgidrogeologiya» ishlab chiqarish birlashmasi tadqiqotchilari tomonidan o‘rganilib kelinmokda. Tuzilgan xaritalar asosida muhofazalanish choralari ham ishlab chiqilmoqda. Keyingi vaqtlarda mazkur korxona bilan viloyatlardagi favqulodda vaziyatlar boshqarmalari xodimlarining birgalikda olib borayotgan faoliyatlari samarasi o‘laroq ko‘pgina ijobiy natijalarga erishilmokda. Buning uchun respublikaning ko‘chki tarqalgan maydonlarida maxsus kuzatish maskanlari tashkil etilgan.
Markaziy Osiyo hududlarida tarqalgan ko‘chkilarni o‘rganar ekanmiz, ular iqlim sharoiti bilan uzviy bog‘liq bo‘lishini kuzatishimiz mumkin. Masalan, 1954, 1958, 1969, 1978, 1989 va 1998 yillarda atmosfera yog‘inlari me’yordan yuqori bo‘lgani uchun ko‘chki jarayonlari ham ko‘p bo‘lgan. SHunga qaramasdan hozirgi vaqtda ko‘chkilarning davriyliklari aniqlanib, bashorat xaritasi tuzilgan. Faqat shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi ko‘chkilarning aksariyat qismi inson xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga kelmokda. Respublikamizda ko‘chki jarayoni Surxondaryo, Qashkadaryo, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Namangan viloyatlari hududlarida eng ko‘p tarqalgan.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirlignning ma’lumotiga ko‘ra 1999yil shu viloyaglarda 52ta ko‘chki hodisasi kuzatalgan. YA’ni, 1998 yilga nisbatan deyarli ikki marta ko‘p. Bu esa tabiiy ofatlarning yildan yilga ortib borayotganligidan dalolat beradi. Lekin, mahalliy hukumat, boshqarma rahbarlari vaqtida olib borgan chora-tadbirlari natijasida birorta xo‘jalik ko‘chkidan shikastlanmadi. Ko‘pgina tovar-moddiy boyliklar saqlab qolindi, eng quvonarlisi, insonlar salomatligiga ziyon etkazilmadi. Ko‘chkilarning faollashuv xususiyatini keyingi 40 yil ichida tahlil qilish ularning ommaviy tus olishi 1962 yildan 1970 yilgacha (ikki mingdan ortiq) va 1991 yildan 1999 yilgacha (uch mingdan ortiq) bo‘lganligini ko‘rsatmoqda. Bu davrlarda atmosfera yog‘inlari juda ko‘p bo‘lganligi ham qayd etilgan. O‘tgan asrning oxirgi o‘n yilligi ko‘chki jarayonining juda faollashgan yili hisoblanadi.
Hozirgi zamon ko‘chkilarining halokatli oqibati:
- kisqa vaqt mobaynida ommaviy tus olishi;
- ko‘chki ro‘y bergan maydondagi aholi punkti va unumdor erlarning yo‘q qilib tashlanishi;
- yonbag‘irlarda yo‘llar, kanallar va boshqa inshootlar qurilishidagi texnogen ta’sirning ortib borishi bilan namoyon bo‘ladi.
Quyida ayrim ko‘chkilarning halokatli ko‘rsatkichlarini keltiramiz:
CHaulisoy ko‘chkisi -1960 yil 30 aprel, 30 kishi halok bo‘lgan, umumiy massa 200 ming m3., Xojikent ko‘chkisi -1961 yil, 12 kishi halok bo‘lgan, umumiy massa 1000 m3., Jigariston ko‘chkisi -1991 yil 4 may, 56 kishi halok bo‘lgan, umumiy massa 176 ming m3., Oqtosh ko‘chkisi -1993 yil 11 mart, 5 kishi, umumiy massa 80 ming m3., Qoraqishloq ko‘chkisi - 1994 yil 29 mart, 3 kishi, umumiy massa 400 ming m3. 1993-99 yillar mobaynida 92 xo‘jalik jiddiy zarar ko‘rgan, shu jumladan Qashkadaryoda - 47, Samarqandda - 10, Toshkentda - 18 va Surxondaryoda 17. Ko‘chkilarning shunchalik halokatli xususiyatga ega ekanligini inobatga olib 1958 yilda O‘zbekistonda ularni maxsus kuzatadigan muxandis-geologik Davlat kuzatuv xizmati tashkil etilgan.
Hozirgi vaqtda Davlat kuzatuv xizmati vatanimiz hududi bo‘yicha 7 ta hududiy kuzatuv stansiyasiga va 21 postlarga ega. Ularning kuzatuv maydonlarida 8 mingdan ortiq xo‘jalik ob’ekti, 144 sog‘lomlashtirish majmuasi, 170 avtoyo‘l maydoni, 20 dan ortik tog‘-kon sanoati va gidrotexnika inshootlari mavjud. Davlat kuzatuv xizmati Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan tunu-kun xizmat vazifasini ado etmoqda. Ko‘chkilarni o‘rganishdagi birinchi muammo ularning ro‘y berish vaqtining mavhumligidadir. CHunki ko‘chki bexosdan rivojlanadigan xavfli geologik jarayonlar sirasiga kiradi.
Ikkinchi asosiy muammo - xavfsiz joyni topish. Buni qanday tushunsa bo‘ladi? Xavfli maydondagi aholi va xo‘jaliklarni nisbatan xavfsiz joyga ko‘chirish uchun shu joyni kompleks tadqiq qilish lozim. Har tomonlama o‘rganib yagona xulosaga kelish kerak. Hozirgi vaqtda insonni tabiatga nisbatan xo‘jalik faoliyati kengayib borishi natijasida xavfli zonalar ham ko‘payib bormoqsa. Bu muammoni hal qilishda maxsus tanglik va xavfni aks ettiradigan xaritalar tuzish kerak. SHu xaritalar asosida maydonlarning xavfsizlik rejalari tuzib chiqiladi. Bunday tadbirlar Evropa va Amerika Qo‘shma SHtatlarida keng miqiyosda amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi muammo muhofazalanishning muhandis inshootlarini ishlab chiqishdan iborat. Muhofazalanish tadbirlaridan xo‘jaliklarni xavfsiz joyga ko‘chirish hozirgi vaqtda keng tus olgan. Lekin ko‘chkining mavsumiy vaqtda bo‘lishini e’tiborga olsak, aholini ko‘chirish va ma’lum muddatdan so‘ng yana qaytib kelishi juda mashaqqatli tadbir. Ayrim holatlarda yonbag‘irlar maxsus temir-beton sinchlar yordamida yoki sun’iy o‘rmonlashtirish yo‘li bilan mustahkamlanadi. Bu borada AQSH, YAponiya, Hindiston, Kanada va bir qancha mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ko‘chkilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarimiz to‘liq bo‘lishi uchun ayrim viloyatlarning tabiiy sharoitini inobatga olgan holda ko‘chki rivojlanishining ba’zi xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz.
YUqorida keltirilgan ma’lumotlarga asosan er ko‘chishi aynan shu viloyatlarda ko‘proq tarqalgan.
Toshkent viloyati. Respublikamizning sharqiy qismini tashkil etib, CHotqol-Qurama tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy maydonlarini tashkil etadi. Toshkent viloyati maydoni 15,6 ming kv. km. ni tashkil etib, respublika hududining 2,8% ga to‘g‘ri keladi. Axolisi 4,3 mln. dan ortiq. Viloyat maydonlarida mutlaq balandlik 500 m. dan (viloyatning g‘arbiy qismi), 4299 m (Beshtor cho‘qqisi) gacha o‘zgaradi. Ko‘chki jarayoni 1000-1500 m. balandlikda keng tarqalgan. Asosan Oxangaron, CHirchiq Pskom, Ugom vodiylaridagi tog‘ oldi zonalarida ko‘proq uchraydi. Har bir vodiyning yuqori qismida qoyali jinslar ko‘p bo‘lgani va relef murakkab tuzilishga ega bo‘lgani uchun ko‘chki uchramaydi. Toshkent viloyatida uchraydigan ko‘chkilar tabiiy (tog‘ jinsi qalinligi, er yuzasi shakli, er osti suvi sathi, o‘simlik dunyosi) va texnogen (suv inshootlari, yo‘l qurilishlari, elektr tarmoqlari, tog‘-kon sanoati va boshq.) xususiyatga ega.
Topografik xaritada suv ombori atrofida yangi yo‘l qurilishi va tog‘ oldi zonalarini sug‘orma erlarga aylantirish natijasida rivojlanib borayotgan ko‘chkilarni ko‘ramiz. Ayniqsa ular Qaynarsoy, Sijjaksoy, SHarqiramasoy, CHimyonsoy va Orkutsoy, Mozorsoy, Gulkamsoy, Po‘stinliksoylar atrofida ko‘p tarqalgan. Ularni tahlil qilish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, har bir soyning o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha ko‘chkilar aksariyat miqdorni tashkil etadi. Bunda har bir suv tarmog‘i o‘ng qirg‘oqni (Markaziy Osiyoda) doimo emiradi degan aksiomaning tasdig‘ini ko‘ramiz.
Ko‘chkilarning mazkur suv ombori atrofida rivojlanish faoliyati XX asrning 60-yillari oxiridan boshlangan. Bu joydagi eng katta ko‘chki Alvasti, Sijjak va Mozorli soylar atrofida uchraydi. Ularning faoliyata hozirgi vaqtacha to‘xtamagan, ya’ni yuqori qismdagi maydonlarni qamrab olishi har yilgi mavsumiy vaqtga to‘g‘ri keladi. Bunga asosiy sabab shu yonbag‘irga daraxt ekish niyatida gorizontal holatda texnik ishlov berilishidir. Jumladan, CHimyon va Orkutsoylarning yuqori qismidagi ko‘chkilar ham inson xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga kelmoqda. Kuzatish ishlarini viloyatning sharqiy hududlari Parkent, Kumushkon, YAngibozor maydonlari bo‘iicha davom etgirsak, xuddi shunday vaziyatning guvohi bo‘lamiz. Albatta, bu joylarda yonbag‘irdagi tog‘ jinslaridagi namdorlik ortishi va gravitatsiya kuchlari ta’sirida paydo bo‘layotgan tabiiy ko‘chkilarni ham uchratsak-da, lekin ular aholi yashaydigan joylardan uzoqda, tog‘ yonbag‘rining yuqori kismlarida joylashganligini ko‘ramiz. Suv omborlari atrofidagi ko‘chkilar esa havzadagi suv sathining doimiy o‘zgarib turishi natijasida sodir bo‘lmoqda.
Ko‘chkilarni maxsus o‘rganadigan bo‘lim 1958 yilda Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan. Buning asosiy sababi Toshkent viloyatining tog‘ oldi zonalarida ko‘chki jarayoni ommaviy tus olganligidadir.
Toshkent viloyati bo‘yicha eng katga ko‘chki halokati 1991 yil 4 mayda Jigariston qishlog‘i atrofida bo‘lib, 56 kishining hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi vaqtda Davlat kuzatuv xizmati xodimlari Toshkent viloyatida ko‘chki xavfi yuqori bo‘lgan joylarda ularni o‘rganish, qayd qilish va oldindan aytish muammolari bo‘yicha doimiy kuzatuv ishlari olib borishmokda.
Qashqadaryo viloyati. Respublikaning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, sharqda Xisor, shimolda Zarafshon tog‘lari bilan chegaralanib turadi, g‘arbiy qismi esa cho‘l zonalarini tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatining maydoni 28,4 ming kv. km bo‘lib, respublika hududining 6,3% ni tashkil etadi. Aholisi 1,7 mln. dan ortiq. Viloyatning sharqiy qismi tog‘ oldi zonalari bo‘lgani uchun ko‘chki jarayoni keng tarqalgan. Bu joylardagi Tanxiz, Jinni, G‘uzor, Oqsuv daryolari vodiylarida lyoss qatlamlari ko‘proq uchraydi. SHuning uchun ko‘chki xavfi shu joylarda yuqori darajadadir. Ayniqsa SHahrisabz-Kitob botiqligining yonbag‘irlaridagi xo‘jaliklarning ayrimlari ko‘chki xavfi bor zonalarda joylashgan.
Viloyatdagi eng yirik suv omborlaridan CHimqo‘rg‘on atrofida rivojlanib borayotgan o‘pirilish, jarlanish jarayonlarini aholi istiqomat qilayotgan maydonlarga yoyilib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Viloyat hududidagi ko‘chkilarning aksariyat qismi shu joylardagi er uzilmalarining hozirgi vaqtda keskin faollashganligi sabablidir. Viloyatning shimoliy qismidagi Qoratepa tog‘ining janubiy yonbag‘irlarida ko‘chki va o‘pirilish jarayonlari shu joydagi past-balandliklarni tekislab (nivelirlash) ekin maydonlariga aylantirish natijasida yuzaga kelmokda. Bunday joylarni Kichik-o‘ra, Qoradaryo, Jinni daryolar atrofida ham uchratish mumkin. Ularning asosiy xususiyati daryo o‘zaniga perpendikulyar holatda tog‘ yonbag‘ri tomon rivojlanib borishidadir. Natijada lyoss qatlamlari tarqalgan daryo terrasalarining maydoni kichrayib boradi, bu esa qishloq xo‘jaligi, chorvachilik tarmoqlariga katta zarar etkazmoqda.
Viloyatning sharqiy qismidagi Pachkamar suv ombori atrofida hosil bo‘layotgan ko‘chkilar aholi hayot faoliyatiga jiddiy zarar etkazmaydi.
Umuman viloyatda ro‘y berayotgan ko‘chkilarni kuzatsak, 1981-1990 yillari ular ko‘rsatkichi 198 tani, 1991- 1999 yillarda 1136 tani tashkil etganini ko‘ramiz.
Surxondaryo viloyati. Respublikaning eng janubida joylashgan bo‘lib, Amudaryoning o‘ng irmog‘i Surxondaryo havzasini tashkil etadi. Surxondaryo viloyatining maydoni 20,8 ming kv. km bo‘lib, respublika hududining 4,7% ni tashkil etadi. Aholisi 1,3 mln. dan ortiq. Havzaning tabiiy chegarasi shimolda Xisor, sharqda Bobotog‘, g‘arbda Ko‘xitong tog‘lari, janubda esa Amudaryo bilan chegaralanib turadi. Viloyatning relef tuzilishidagi umumiy qiyalik shimoldan janubga tomon pasayib boradi. Boshqa viloyatlar hududi kabi Surxondaryo viloyatida ham ko‘chkilar ikki sababdan yuzaga kelib, qayd qilingan tog‘larning yonbag‘irlarida keng tarqalgan. Viloyatdagi eng yirik Janubiy Surxon suv ombori atrofida ham jarlanish bilan ko‘chkilar uyg‘unlashib ketganligini ko‘ramiz. Suv omborining shimoli-g‘arbiy tomonida bu hodisalarning aksariyat ko‘prok uchrashini kuzatishimiz mumkin. Viloyatlar ichida Surxondaryo Orol havzasidagi yirik daryo (Amudaryo) atrofidagi qirg‘oqni yuvish va o‘pirilish hodisalari nisbatan ko‘proq uchrashi bilan ajralib turadi. Ko‘chkilarning erga texnik ishlov berish natijasida yuzaga keladigan turi SHerobod botiqligining markaziy va shimoliy qismlarida ko‘proq uchraydi. Hozirgi vaqtda vohadagi avtomobil yo‘llarini qurish va mavjud yo‘llarni kengaytirish ishlari natijasida ham ko‘chkilarning biroz ko‘payganini ko‘rish mumkin. O‘pirilish-ko‘chki jarayoni Qayroqsoyning janubi-g‘arbiy tomonlarida keng tarqalgan. Bu joylardagi lyoss qatlamlari daryoning (Surxondaryo) o‘ng qirg‘og‘ida nisbatan ko‘proq bo‘lgani uchun namgarchilik ta’sirida er ko‘chishi tez rivojlanmoqda. Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari olib borayotgan sa’y-harakatlari natijasida ko‘chkidai zarar ko‘rgan xo‘jaliklar deyarli yo‘q. Ammo, keyingi 40 yillikdagi xavfli geologik hodisalardan ko‘rinib turibdiki, ko‘chkilar ko‘payib bormoqda, ya’ni 90-yillardagi ko‘chkilar soni 80-yillarga nisbatan uch baravar ortgan.
Samarqand viloyati. Respublikaning markaziy viloyatlaridan bo‘lib, Zarafshon daryosining o‘rta oqimiga joylashgan. Samarqand viloyatining maydoni 13,9 ming kv. km2, respublika hududining 3% ni tashkil etadi. Aholisi 2,3 mln. dan ortiq. Viloyat janubiy (Zarafshon) va shimoliy (Nurota) qismlarda tog‘liklar bilan chegaralanib turadi. Muhandis-geologik jihatdan shimoliy qismida Nurota tog‘ etaklarida va janubiy qismdagi Qoratepa tog‘ining shimoliy yonbag‘irlarida lyoss qatlamlari ko‘proq bo‘lgani uchun bu joylarda ko‘chki jarayoni nisbatan keng tarqalgan. Viloyatdagi yirik suv omborlaridan Kattaqo‘rg‘on havzasida mavsumiy vaqtlarda suv miqdorining ko‘payib ketishi oqibatida qirg‘oq atrofining o‘pirilishi kuzatiladi, lekin bu joylarda aholi punktlari joylashmagan. Suv ombori atrofi hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi maqsadida o‘zlashtirilishi natijasida ayrim joylarda o‘pirilish va eroziyalanish hodisalari rivojlanib bormokda. Tabiiy sharoitda hosil bo‘layotgan ko‘chkilarni Oqsoy, Saganak, Okdaryo va Qoradaryo havzalari atrofida uchratish mumkin. Boshqa viloyatlardagi ko‘chkilarga taqqoslab ko‘radigan bo‘lsak, Samarqand viloyatidagi ko‘chkilarning ko‘lami, xususiyati o‘zgachadir, ya’ni keng maydonlarni qamrab olmagani sababi bu joylardagi relef yuzasining qiyaligi juda katta emas va surilib borayotgan massa juda kam joylarga tarqaladi. Viloyatda olib borilayotgan qurilish (sanoat, transport, suv inshootlari) ishlari natijasida ham yonbag‘irlarning o‘pirilish holatlari uchramoqda.
Farg‘ona vodiysi. Respublikaning sharqiy qismini tashkil etib, tabiiy tuzilishi, muhandis-geologik sharoiti boshqa viloyatlardan tubdan farq qiladi. Farg‘ona vodiysi maydoni 19,2 ming kv. km bo‘lib, respublika hududining 4,3% ni tashkil etadi. Aholisi 5,6 mingdan ortiq. Farg‘ona vodiysining hamma tomoni tog‘lar bilan o‘ralgan: shimoliy-shimoli-g‘arbda Qurama, sharkda Talass-Farg‘ona, janubda Turkiston tog‘ tizmalari o‘rab turadi. Respublikaning eng harakatchan zonalaridan biri Farg‘ona vodiysi hisoblanadi. Ma’lumki, vodiy uchta: Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan tashkil topib, ko‘chki jarayonlari Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ko‘proq uchraydi. Vodiyning shimoliy qismidagi Namangan viloyatida keyingi vaqtlarda olib borilayotgan yo‘l qurilishi (Qamchik dovoni) natijasida nisbatan texnogen sababga ko‘ra ko‘chkilar biroz ko‘payib bormoqda. Tabiiy holatda uchraydigan ko‘chkilar viloyatdagi Sumsar, G‘ova, Podsho-Ota, Pishkaran soylarining o‘rta qismlarida ko‘proq uchraydi. YAngiqo‘rg‘on, Kosonsoy, CHortoq rayonlari Qurama tog‘ining janubiy yonbag‘irlarida bo‘lganligi uchun ham bu joylarda ko‘chki jarayoni aholi yashaydigan hududlarga sezilarli xavf tug‘diradi. Lyoss qatlamlari orasida ikkilamchi gips minerali hosil bo‘lishi natijasida bu qatlamlar palaxsa-palaxsa bo‘lib ko‘chib ketadi. Salgina namgarchilik natijasida tuzlar erib lyoss qatlamini tezda oqovaga aylantirishi ham ko‘chki jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga bu joylarga xos bo‘lgan hodisa, ya’ni yangi erlar o‘zlashtirilishi natijasida sug‘orma erlarda o‘pqon olish (suffoziya) juda keng tarqalgan. Bu ham nafaqat qishlok xo‘jaligi ekinlariga, balki shu joydagi tuproq qatlami emirilishiga katta zarar etkazmoqda. Respublikamizning boshqa tog‘ oldi hududlariga xos bo‘lgan qishloq xo‘jalik tadbirlari (sug‘orma erlar) o‘tkazish natijasida kichik-kichik ko‘lamga ega bo‘lgan ko‘chkilar ko‘proq uchrash holati vodiyning hamma adirliklarida kuzatilmokda. Mazkur tadbirni o‘tkazishda tog‘ oldi adirliklarining qulay maydonlarini o‘zlashtirish bilan birga shu joylarning tabiiy tuzilishiga, gidrotexnika inshootlari joylashuviga, ayniqsa suvdan foydalanilganda me’yoriy ko‘rsatkichlarga katta e’tabor berish lozimligini alohida ta’kidlash zarur, deb hisoblaymiz. CHunki, hali tuproq sifatida to‘liq shakllanmagan, o‘simligi kam bo‘lgan, adirliklardagi lyoss qatlamlari ortiqcha namgarchilikni ko‘tara olmaydi, bu esa shu joyning yuvilishiga, oxir oqibatda eroziya jarayoni kuchayishiga zamin tayyorlaydi.
Umuman, Vatanimiz hududlarida tarqalgan ko‘chki-surilma jarayonlari to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, ularni ilmiy o‘rganish, baholash, doimiy kuzatish qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, bunday jarayonlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarda istiqomat qiladigan aholi o‘rtasida ma’lum tushuntirish ishlarini olib borish, ayniqsa qishloq xo‘jaligi siyosatini yurgizish mutlaqo yangi g‘oya asosida bo‘lishi shart. Bu g‘oyaning asosini har bir qarich erni e’zozlash, tabiiy fizik-mexanik xususiyatini o‘rganish va qanday ekin turini ekishni bilish tashkil etadi. SHundagina, yil sayin ko‘payib borayottan aholini kerakli qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash muammosining echimi ijobiy bo‘lishiga erishiladi.
Sel
Sel - suvning mexanik faoliyagidan yuzaga keladigan murakkab jarayon bo‘lib, turli omillarning (iqlim, gidrologik, geomorfologik, geologik va boshq.) o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Uning tarqalishida mahalliy sharoit alohida o‘rin egallaydi. Sel vujudga keladigan yoki sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarni sel o‘chog‘i deb yuritaladi. Sel o‘chog‘i paydo bo‘lishining asosiy ko‘rsatkichi gidrometeorologik sharoit hisoblanadi. Uzoq muddatli jala yog‘ishi va muzliklarning qisqa muddatda kuchli erishi okibatida daryo o‘zanlaridagi suv miqdori keskin ko‘payib ketadi. Natijada suv bilan aralashgan (qum, shag‘al, dag‘al bo‘lakli jinspar) oqim paqdo bo‘lib, ko‘pgana qo‘poruvchilik ishlari amalga oshiriladi. SHu sababga ko‘ra sellar ikki guruhga bo‘linadi: gdyasial - muzlik va qorlarning jadal erishi va jatt - ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ishi natijasida paydo bo‘ladi. Ularning paydo bo‘lishida joyning geomorfologik tuzilishi va cho‘kindi jinslar miqdori ham alohida o‘rin egallaydi. Respublikamizning tog‘ oldi hududlari va unga tutash tekisliklarda ko‘p yomg‘ir yog‘ishi natijasida paydo bo‘ladigan sellar keng tarqalgan. Yirik qor va muzlik qatlamlari tarqalgan tog‘li zonada esa glyasial turi ko‘proq uchraydi. Sellarning jalali turi aholi va hududlarga katta xavf solib ko‘p miqdorda iktisodiy zarar etkazadi.
Sel oqimlari harakat xususiyati bo‘yicha turbulent va strukturali turlariga bo‘linadi.
Turbulent sellar o‘zan bo‘ylab, daryo va soylardagi suv miqdori ortib ketishi natijasida oqim harakati qonuniga muvofiq vodiy yo‘nalishi bo‘yicha bo‘ladi.
Strukturali sellar maydon bo‘ylab, turli tosh bo‘laklarining butun yonbag‘ir bo‘yicha yoppasiga bostirib kelishi natijasida bo‘ladi.
Har ikkala xususiyatga ega bo‘lgan sellar daryo o‘zanlari va yonbag‘irlarni buzishi bilan birga keng ekin maydonlariga katta miqdordagi oqova oqimini olib keladi. Vatanimizni o‘rab turgan tog‘lar va tog‘ oldi hududlari selga xavfli hududlarga kiradi. Sel ayniqsa, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ko‘proq uchraydi. Respublikamizning sel xavfi bor joylaridan aholini xavfsiz joylarga o‘tkazish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zgidromet” hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xodimlari joylardagi mahalliy hukumat organlari rahbarlari bilan maxsus dasturlar asosida harakat qilmoqdalar. Xavfli joylarda joylashgan aholining to‘g‘ri harakat qilishida, ayniqsa ko‘chki va sel oqimlari bo‘ladigan hududlarda, xavf yuzaga keladigan omillarni o‘z vaqtida aniqlash, qayd etish va bundan aholini xabardor qilish tadbirlari muhim o‘rinni egallaydi. Sel hodisasini oldindan aytib berish ancha mushkul, odatda sel xavfi bor joylardagi aholi o‘n daqiqa, ko‘pi bilan 1-2 soat avval ogohlantiriladi.
Sel oqimi xavfi tug‘ilishini qanday bilish mumkin?
Avvalo, sel va joylarda ehtimoli yuqori bo‘lgan boshqa xavflar to‘g‘risidagi ma’lumotga aholining hamma tabaqasi ega bo‘lishi shart. Xususan, sel xavfi bo‘lishiga me’yoridan ortiq jala quyishi yoki mavsumga xos bo‘lmagan haroratning birdan ko‘tarilishi sababchi bo‘ladi. Quyidagi daryo va soy suvlari miqdorining oshib ketishi, ularning yuqori qismida barcha shovqinlarni qamrab oluvchi kuchli gumburlash, oqimdagi yirik toshlarni bir-biriga urilishi natijasida vahimali larza paydo bo‘lishi sel oqimidan dalolat beradi. Bunday holatlarda eng muhimi sarosimaga tushmaslik va kerakli ehtiyot choralarini ko‘rish zarurdir. Sel oqimlariga oldindan tayyorlanishning samarali usullaridan biri aholining barcha tabaqalari bilan agrotexnik, gidrotexnik obodonlashtirish majmuasiga kiruvchi bir qancha tashkiliy-xo‘jalik tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Bundan tashqari sel xavfi mavjud joylarda daryo o‘zanlari, suv omborlari, kanallar qirg‘oqlarini mustahkamlash zarur, bunday inshootlar bo‘lmagan joylarda sel tutkichlar, oqimni aholiga zarari tegmaydigan joylarga yo‘naltiruvchi tarmoqlarni qurish lozim. Eng muhimi, kadimiy an’analarga rioya qilgan holda barcha tarbiyaviy va amaliy ishlarni rejalashtnrish lozim. SHundagina xavfning mumkin qadar oldi olinadi yoki undan keladigan iqtisodiy talafot kamroq bo‘ladi. Masalan, millatimizga xos bo‘lgan hikmatlardan “Serdaraxt qishloqni sel olmas” degan dono fikrga amal qilinsa, yog‘ingarchilik qanchalik ko‘p bo‘lmasin, sel oqimi tarkibida cho‘kindi jinslar mutlaqo bo‘lmasligiga erishiladi. Bundan tashqari qurilish inshootlarini rejalashtirishda sel xavfi bor joylardan uzoqroqda bo‘lishga qatiy rioya qilinishi kerak. YAna bir muammo hozirgi vaqtda qir-adirlarni o‘zlashtirib sug‘orma erlarga aylantirish hollari ko‘p uchramoqda (bu haqda oldingi bo‘limda to‘xtaldik). Bu erlarda agrotexnik ishlov berishga, ya’ni adirlarni ko‘ndalangiga haydash yoki sug‘orish inshootlarini shu yo‘nalishda bo‘lishiga chek ko‘yish kerak. CHunki bunday tadbir sel oqovasi paydo bo‘lishiga, undanda rivojlanib ko‘chki, eroziya jarayonlari keskin ortib kegishiga olib keladi.
Buning uchun nimalarga e’tibor berish lozim?
YUqorida qayd qilinganidek, sellar mavsumiy vaqtlarda sodir bo‘ladigan jarayonlardan ekan, shu vaqtlarda sel xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda faoliyat ko‘rsatishning ayrim talablariga rioya qilish zarur. Ko‘p holatlarda aholining ma’lum qismi dam olish vaqtlarini tog‘li o‘lkalarda, daryo bo‘ylarida o‘tkazishga harakat qilishadi. Bu bejiz emas, albatta. Lekin daryo bo‘ylarida vaqginchalik chodir qurishdan oldin joyning tabiiy sharoiti, relefi, atrof muhitning tuzilishi to‘g‘risida fikr yuritilib, so‘ng to‘xtash joyini belgilash kerak. YOg‘ingarchilik miqdori asta-sekin ortib borishi turgan joyni zudlik bilan o‘zgartirish lozimligiga bildirilgan birinchi ishoradir. CHunki suv miqdorining daryo va soylarda ortib ketishi dam oluvchilarga ortiqcha tashvish tug‘diradi. Mabodo shunday vaziyatda sel oqimlari belgisi sezilgudek bo‘linsa, tezlik bilan daryo o‘zanidan iloji boricha uzoqroq balandroq yonbag‘irga chiqib kegish zarur. YOg‘ingarchilik o‘tib ketgandan so‘ng vodiyga tushishga hech vaqt shoshilmaslik kerak, chunki birinchi sel oqimidan so‘ng keyingilari takrorlanishi mumkin.
Odatda sel oqimlarining davriyligi 3-5 soat davom etadi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, sellarning (keyingi bo‘limda berilayotgan toshqinlar kabi) yana bir xususiyati ular qo‘shni davlatlar hududida boshlanib boshqa davlat xududida katta talafotlar keltirishi mumkin. Farg‘ona vodiysining daryolarida, Zarafshon daryosining yuqori qismlarida xuddi shunday manzaraga bir necha bor guvoh bo‘lganmiz. Albatta, bunday holatlarda ham, oldindan sel oqimlari keladigan yo‘nalishlar bo‘yicha sel omborlari, ularni yo‘naltiruvchi, tarqatib yuboruvchi maxsus gidroinshootlar qurilishiga katta e’tibor berilishi lozim. Kezi kelganda shuni aytish mumkinki, sel xavfi bor joylarda yirik nisbatdagi, ayniqsa kichik xo‘jaliklarda 1:5000 va 1:10000 nisbatdagi xaritalar bo‘lishi kerak. SHu xaritalar orqali sel oqimlariga qarshi kurashish, oldini olish, bashoratlash va ular oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va aholining barcha tabaqalari o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish zarur.
SHu o‘rinda bir tarixiy voqeani keltiramiz. 1969 yili, bahor fasli. Toshkent viloyatining Pskom daryosi quyi oqimida joylashgan Sijjak, Bog‘iston, Nanay qishloqlarining aholisi yog‘ingarchilik ko‘p yog‘ishi oqibatida sel va ko‘chkilardan ko‘p zarar ko‘rishgan. Ayniqsa, qishloq xo‘jalik ekinlari etishtiriladigan maydonlarda eroziya rivojlanib sel oqimlari ostida qolib ketgan. Pskom daryosining hayqirib, yirik-yirik xarsang toshlarni «po‘kak» kabi oqizib ketishini ham hayrat, ham qo‘rquv bilan kuzatganmiz.
Muammoning eng muhim tomoni o‘sha paytda maktab o‘quvchilariga tabiiy ofatlar to‘g‘risida kerakli ma’lumot berilmas edi. Go‘yo doim shunday bo‘lgan va bundan so‘ng ham shunday davom etadigandek. Vaholanki, bu jarayonlarga qarashli ma’lum chora-tadbir ko‘rish yo‘llari mavjudligiga hozirgi kunda guvoh bo‘lib turibmiz.
Bunday vokealarni Toshkent viloyatining Oqsok-Ota, Parkent, Ohangaron, Qorabau, Bo‘zsuv; Namangan viloyatining G‘ovasoy, Uyrursoy, Sumsar, Podsho Ota, Qashqadaryoning Oqsuv, Jinnidaryo, Tanxizdaryo, G‘uzor va boshqa havzalari misolida ko‘p keltirish mumkin.
Vatanimizning qaysi hududlarida sel oqimlari paydo bo‘lmasin, ularning tarkibiy qismi, yo‘nalishi va ulardan keladigan zarar deyarli bir xilda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijobiy tadbirlarda barcha fuqarolar faol yashtirok etishlari, ularni tezroq hayotga tadbiq etishlari va xavfsizlik chora-tadbirlarini amalga oshirishda har birimiz mas’ul bo‘lishimizni davriing o‘zi taqozo etib turibdi.
Gidrotexnika inshootlarida yuz beradigan favqulodda vaziyatlar.
Gidrodinamik avariyalar-bu gidrotexnik ishootlar yoki ularning bir qismi izdan chiqishi va katta hududlarning boshqarib bo‘lmaydigan suv massasi ostida qolishi bilan bog‘liq favqulodda hodisadir.
Gidrotexnik inshootlarning buzilishi tabiat kuchlarining harakati (zilzila, dovul, to‘g‘onlarning yuvib ketilishi) yoki inson ta’siri (terrorizm), shuningdek, loyhalashdagi xatolar yoki qurilishdagi nuqsonlar tufayli yuzaga keladi.
Gidrotexnika inshootlarida yuz beradigan favqulodda vaziyatlar katta talafotlar keltiradigan, aholini og‘ir tahlikaga soladigan va qiska vaqt ichida shiddatli bo‘ladigani suv toshqinlaridir. Toshqin - Gidrotexnika inshootlarida yuz beradigan favqulodda vaziyatlar bilan birga, daryolar, soylar, dengizlar, ko‘llarda suv sathining keskin ko‘tarilishi oqibatida yuzaga kelib, er yuzasining katta maydonlarini vaqtincha suv bosishiga aytiladi. Toshqinlar ko‘p holatlarda kuchli jala, harorat ko‘tarilishi bilan qor va muzliklarning keskin erishi natijasida havzalardagi suv miqdorining ko‘payishidan ham paydo bo‘ladi. Bundan tashqari suv havzalari atrofidagi yonbag‘irlarda ko‘chki sodir bo‘lishi qoyalardan tog‘ jinslari o‘pirilishi bilan havzadagi suv toshib chiqishi va to‘g‘onlarning bexosdan buzilib ketishi oqibatida ham sodir bo‘lishi mumkin. Odatda bunday toshqinlar juda xavfli bo‘ladi. Toshqinlarning yana bir turi shamolning katta tezligi bilan bog‘liq bo‘lib, dengiz suvini qirg‘oqlarga ma’lum balandlikda bostirib kelishidan paydo bo‘ladi. Lekin, toshqinning bu turi mamlakatimiz hududlarida uchramaydi.
O‘zbekistondagi suv omborlaridagi suv hajmi kuyidagicha:
1. |
Toshkent |
Suv ombori |
250 mln. m3 |
2. |
Jizzax |
Suv ombori |
85 mln. m3 |
3. |
Kattaqurg‘on |
Suv ombori |
900 mln. m3 |
4. |
CHorvoq |
Suv ombori |
2 mln.-m3 |
5. |
Andijon |
Suv ombori |
1mlr.754 mln. M3 |
6. |
CHimqurgon |
Suv ombori |
300 mln. m3 |
7. |
Uchqizil |
Suv ombori |
165 mln. m3 |
8. |
Karkedon |
Suv ombori |
218 mln. m3 |
9. |
Kosansoy |
Suv ombori |
165 mln. m3 |
10. |
Kuyimozar |
Suv ombori |
300 mln. m3 |
Vatanimizning tabiiy tuzilishi, gidrometeorologik sharoiti, muhandis-gidrogeologik inshootlari boshqa tabiiy ofatlar kabi toshqin bo‘lib turishi va uning xavfi yuqoriligidan dalolat beradi. Ayniqsa bu hodisa suv tarmoqlari atroflarida juda ko‘p tarqalgan. Toshqinlarning hosil bo‘lishi, garchan bir xil sababdan bo‘lsada, ya’ni ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi natijasida me’yoridan ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lishi, aholi yashash joylari va hududlarga turli ta’sir ko‘rsatadi. Bular ichida eig kuchlisi halokatli toshqinlar hisoblanib, ular uzoq muddat yoqqan yomg‘ir natijasida yuzaga keladi. Bizning sharoitda toshqinlar bilan birga sellar doimiy kuzatiladi. Selli toshqinlar odatda qisqa vaqtda paydo bo‘lib, asosiy xususiyatlaridan biri shitob bilan suv kelishi oqibatida suv inshootlari atrofini, qirg‘oqlarni, ba’zan to‘g‘on va ko‘priklarni yuvib ketadi. Natijada suv sathining ko‘tarilishidan katta-katta maydonlarga suv bostirib yuborishi oqibatida shu joydagi ekinlar, muhandislik inshootlari katta zarar ko‘radi. Bunday noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha ilmiy muassasalar muammoning echimiga katta e’tibor berib keng miqyosdagi izlanishlar olib borayotgan bo‘lsa, hukumat, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari esa joylarda mavsum sharoitida tayyorgarlik ko‘rish va tadbirlarni uyushqoqlik bilan qisqa muddatda o‘tkazish yo‘llarini ishlab chiqishmokda. Ayniqsa daryolar, soylar va turli gidroinshootlar atroflarida sohillarni mustahkamlash, obod maskanlarga aylantirish vazifalari hukumat qarorlarida o‘z aksini topgan. SHu bois, turli suv inshootlari atrofidagi maydonlarni go‘zal go‘shaga aylantirib odamlar hordiq chiqaradigan kichik-kichik dam olish shohobchalari tashkil etish mahalla qo‘mitasi faollarining diqkat-e’tiborida bo‘lishi kerak. Lekin. yuqorida ta’kidlaganimizdek, tabiiy ofatlar to‘satdan paydo bo‘lib, hayotimizga katta xavf solishi bilan birga chegara tanlamaydi. Erning zaif va pastkam joylarini butkul buzib yuboradi. Respublikamizda ro‘y beradigan toshqinlarning yana bir xususiyati, ular qo‘shni davlatlar hududlarida paydo bo‘lib, butun talafotni bizning aholi va hududlarga etkazadi. CHunki, Vatanimizning sharqiy, janubi-sharqiy hududlari baland tog‘liklar bilan o‘ralgani uchun suv tarmoklarining boshlanish qismi qo‘shni davlatlarda bo‘lgan, shu tog‘lardagi buloqlardan to‘planadi. SHu bilan birga ko‘pgina daryolarning boshlanish joyida muzliklar, ko‘llar bo‘lgani uchun ob-havo harorati ko‘tarilib ketishi oqibatida ulardagi suv miqdorining oshishi ham ma’lum xavf tug‘diradi. Mazkur muammoning oldini olish va doimiy kuzatish bo‘yicha «O‘zgidromet» tasarrufidagi tarmoq kuzatish xizmati xodimlari mavsumiy vaqtlarda tunu-kun ish olib boradilar. SHu kabi tashkilotlar qo‘shni davlat hududlarida ham mavjud. Hozirgi davrning talabi bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar amaliy jihatdan samarali bo‘lishi uchun Markaziy Osiyo davlatlarining kuzatish xizmatlari orasida ma’lumot ayirboshlash ishlarini yo‘lga qo‘yish, doimo ishonchli ma’lumot bilan hamkorlikda ish olib borishni taqozo etmoqda. Bunga yaqqol misol tariqasida XX asrning oxirida “SHohimardon fojiasi” deb tarixga muhrlangan Farg‘ona vodiysidagi fojiani keltirish mumkin. YUqorida qayd qilinganidek, mazkur fojia qo‘shni Qirg‘iziston mamlakati hududida boshlanib SHohimardonsoy bo‘yiga juda katta talafotlar keltirdi. Fojianing asosiy sababi yoz oylarida harorat keskin ko‘tarilishi bilan Qirg‘izistonning O‘sh viloyati tog‘liklaridagi Oqsuv Daryosining yuqori qismida joylashgan qor va muzlar erishi oqibatida suv miqdori birdaniga oshib ketib, soatiga 200 m/soniya tezlikda harakat qilishi natijasida SHohimardonsoy va uning quyi oqimlarida sel oqovalariga aylandi. Natijada ko‘pgina insonlar nobudgarchiligi bilan (100 dan ortiq), shu joydagi kommunikatsiya inshootlari, yo‘llar, maishiy xizmat maskanlariga katta talafot etkazdi. Jumladan, 52 xo‘jalik, 36 ta dam olish maskani, 4 ta bolalar oromgohlari va boshqa yirik miqyosda olib borilgan tadbirlar natijasida aholi xavfsiz joylarga ko‘chiriddi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf egashga respublikadagi barcha tashkilotlar o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Aholi va hududlarni toshqin, sellardan muhofaza qilishning birinchi talabi daryo, soy o‘zanlari atrofini mustahkamlashdan iborat. SHunday tadbirlar Oqsuv va SHoximardonsoy atroflarida olib borilib, qirg‘oqlar qum-shag‘al, temir-beton mahsulotlari bilan mustahkamlandi.
Albatta, respublikamizda bunday joylar ko‘plab uchrab turadi va hayotimiz xavfli jarayonlardan kafolatlanmagan. SHuning uchun aholi yashaydigan hududlarda ma’lum xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rib qo‘yishimiz, hushyorlikni oshirishimiz zamon talabidir. Bunday holatlarda birinchi galda amalga oshiriladigan ishlardan yana biri aholini o‘z vaqtida ogohlantirishdir. Lekin, ogohlantirishdan avval aholini tabiiy ofatga tayyorlash zarur. Buning uchun tushuntirish ishlari bilan bir qatorda tabiiy ofatlarning sababi, tarqalishi to‘g‘risida ma’lumot berib, ro‘y bergan taqdirda avvalo xotirjamlikni saqlash, ortiqcha vahimaga berilmaslik alomatlarini har birimizning qalbimizga singdirishimiz kerak. SHundagina holatni tez baholay olamiz va harakatni to‘g‘ri olib boramiz.
Xo‘sh, toshqin vaqtida qanday muhofaza qoidalariga rioya qilish kerak?
Avvalo, toshqin xavfi bor joylarda har qanday qurilish inshootlari barpo etishga chek qo‘yish kerak. Toshqinning hosil bo‘lish xususiyatiga ko‘ra ba’zi ehtiyot choralarini amalga oshirish lozim. YA’ni oziq-ovkat, ichimlik suvi, kiyim-kechak va boshqa maishiy-xo‘jalik zahiralariga ega bo‘lish, ularni suv bosmaydigan joylarda saqlash, kerakli hujjatlar, zarur mol-mulk bilan evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish zarur. Toshqin juda katta tezlik bilan avj olayotgan bo‘lsa, zudlik bilan yaqin atrofdagi tepalikka qarab yurish, bino sharoitida bo‘lsangiz yuqori qavatlarga ko‘tarilish, tomlarga chiqib olish tadbirlarini amalga oshirish lozim. Ammo, barcha ehtiyot choralariga qaramasdan mabodo, suv ichida qolsangiz, eng muhimi sarosima va vahimaga berilmasdan xotirjamlik bilan ustki va oyoq kiyimlarni echish, suv oqimi bo‘ylab birorta balandrok yoki mustahkam asosga ega bo‘lgan predmetni tanlash, suv bilan birga harakat qilayotgan buyumlardan o‘zingizni ehtiyot qilish choralarini ko‘rishingiz lozim. Zaruratta ko‘ra uylarni, xonalarni tark etayotganingizda suv, gaz, elektr tarmoqlarini xavfsiz holatga keltirishni unutmaslik kerak. Erto‘lalarda oziq-ovqat zahirasi mavjud bo‘lgan takdirda ularni quruq joylarga, suv bosib zarar etkazmaydigan joylarga olib qo‘ygan ma’qul.
Albatga, ehtiyot choralarini oldindan tashkillashtirib uyushqoqlik bilan olib borilsa, har qanday fojiadan keladigan talafot va zararni kamaytirishga erishiladi. Lekin, aksariyat hollarda aholi tomonidan beparvolikka yo‘l qo‘yiladi. Tabiiy ofat, xususan, toshqin qanchalik qiska vaqtni qamrab olmasin ma’lum talafotlarga sababchi bo‘ladi. SHu jarayon bo‘lib o‘tgandan so‘ng qanday ishlarni birinchi galda amalga oshirish kerak. Quyida shular to‘g‘risida to‘xtalamiz.
Avvalo, har qanday tabiiy ofat yuzaga kelgan maydon va hududda o‘ziga yarasha antisanitariya holati yuzaga keladi. Buning oqibatida odamlar, tirik organizmlar yuqumli kasalliklar bilan zararlanishi mumkin. SHu vaziyatdan chiqish uchun ma’lum muddatgacha faqat qaynatilgan suv iste’mol qilish va quruq oziq-ovqatlar bilan chegaralangan ma’qul. Zarurat tufayli boshqa erga ko‘chgandan so‘ng qaytib kelinganda uyning holatini, atrof yo‘laklarni sinchiklab ko‘zdan kechirish kerak, hech vaqt uyga kirishga shoshilmang. Toshqin tufayli uylarning devorlari zax tortishi, namgarchilik me’yoridan ortib ketishi oqibatida inshootlar bardoshligi zaif bo‘lib qoladi, natijada uncha katta bo‘lmagan tashqi kuch ta’sirida binolar qulab ketishi mumkin. Suv to‘planib qolgan joylardan alohida yo‘laklar hosil qilib yurish joylarini tashkil etish kerak. Xonalarni diqqat bilan ko‘zdan kechirib chiqilgandan so‘ng eshik va derazalarning mustahkamligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ularni ochib qo‘ying. Xona ichida qolgan oziq-ovqatni iste’mol qilishdan o‘zingizni saqlang. Mavjud asbob-uskunalardan, ayniqsa elektr asboblaridan foydalanishda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. CHunki to‘liq qurimagan asboblar boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishiga sababchi bo‘lib, qo‘shimcha noxushliklarga olib keladi. Bundan tashqari har qanday tabiiy ofatni bartaraf qilishda ham o‘ziga yarasha talab va qoidalari mavjud. Xususan, toshqindan so‘ng uni bartaraf qilishda keng miqyosda aholi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilishi lozim?
YUqorida ta’kidlanganidek atrof sinchiklab o‘rganilgandan so‘ng, suv bosgan joylar ortiqcha narsalardan xalos qilinib, quritish ishlari amalga oshiriladi. Inshootlarda yarim o‘pirilgan, qayta tiklab bo‘lmaydigan joylar aniqlansa tezda buzib tashlanishi va u joylar tozalanishi kerak. Binolarning pastki, pastkam joylarida suv to‘planib qolgan bo‘lsa suv chiqarib tashlanadi. Toshqin natijasida shikastlangan maishiy-energetika tarmoqlari, yo‘llar, ko‘priklar va boshqa inshootlarni ta’mirlashga kirishiladi. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish aholidan uyushqoqlikii, jipslik va o‘zaro hurmatni talab etadi. SHundagina favqulodda vaziyat oqibatini tezda bartaraf qilish mumkin.
YUqorida qayd qilinganidek, toshqin va sellarning paydo bo‘lishida respublikamiz hududlaridan tashqarida bo‘lgan tabiiy suv omborlari, gidrotexnika inshootlari ham o‘ziga yarasha xavf tug‘diradi. Bizning nazarimizda bunday ob’ektlarning joylashgan o‘rni, xavflilik darajasi, ko‘lami to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aksariyat hollarda favqulodda vaziyatlar yuz bergan vaqtda aholi o‘rtasida ma’lumot yo‘qligidan sarosimaga tushish holati oqibatida talafot ikki-uch barobar ko‘payib ketishiga olib keladi. Bunday holatlarda aholi harakatining ba’zi qoida va talablari to‘g‘risida keyingi bo‘limlarda batafsil to‘xtalamiz. SHu maqsadda respublikamiz hududidan tashqarida bo‘lgan, lekin aholining farovon turmushiga ma’lum darajada tahdid solib turgan xavf “o‘choqlari” to‘g‘risida ma’lumot beramiz. Albatta, bunday ma’lumotlarni berishdan maqsad, aholi o‘rtasida behalovotlik yoki sarosimaga tushishga ma’lum sharoit yaratish emas, balki zukko o‘quvchilarga xavf to‘g‘risidagi bor ma’lumotni etkazish, real voqelikdan boxabar qilish. Zero, xavfni bilmasdan, to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasdan turib unga tayergarlik choralarini ko‘rish mushkuldir. Qishlok xo‘jaligini rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng miqyosdagi tadbirlarda nafaqat tuproq emirilishi, eroziya, jarlanish jarayonlariiing oldini olishga, balki er yuzida paydo bo‘lgan shunday joylarni qayta rekonstruksiya qilib qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritish katta ahamiyatga ega. Buning uchun, avvalo tashkiliy ishlarni yo‘lga ko‘yish, ya’ni “Er to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonunlar asosida ish yuritish maqsadga muvofiqdir. Tog‘li va tog‘ oldi adirlarida emirilish, eroziyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bilan bir qatorda, tekislik, ko‘p yillik sug‘orma erlarda tuproqni sho‘rlanishdan, biologik xususiyati kamayib ketishining oldini olish tadbirlarini qo‘llash lozim. Buning uchun ilmiy asoslangan usullar bilan tarixiy, ota-bobolarimiz qo‘llab kelayotgan omillarni uyg‘unlashtirish yaxshi samara beradi. Umuman, meliorativ va gidromeliorativ choralar asosida har bir joyning morfologik va morfometrik ko‘rsatgichlarini inobatga olib ish yuritish tuproq muhofazasini ta’minlovchi asosiy omillardir. Tuproqning hayotdagi biologik o‘rni naqadar yuksakligi va uni asrab-avaylash bo‘yicha ko‘pgina maxsus, ilmiy-ommabop risolalar yaratilganligi uchun bu mavzuga ortiqcha to‘xtalmaymiz.
Xususan, tashqi xavf to‘g‘risida: “Moylisuv daryosining (Qirg‘iziston) qirg‘oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha uran rudasini qayta ishlash chiqindilari ko‘milgan. Hozirgi vaqtda koldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu erlarda selni to‘sadigan to‘g‘onlarni mahkamlash hamda ko‘chki xavfi bo‘lgan joylardagi qiyaliklarning mustahkamligini ta’minlash lozim” deb mahalliy hukumat rahbarlari, ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari oldiga muammoning echimini topish yo‘llarini, xavfli hududlarda mas’uliyatni va javobgarlikni oshirish lozimligini uqtirsalar, keng jamoatchilikni shunday xavflardan ogoh bo‘lishga chaqiradilar.
Haqikatda, Vatanimiz hududlari atrofidagi xavfli joylar hammamizning diqqat-e’tiborimizda bo‘lishi, ular to‘g‘risida etarli ma’lumotga ega bo‘lishimiz hozirgi zamon talabidir. Binobarin, birorta xavf to‘g‘risida etarli axborot tizimi va majmuasiga ega bo‘lingan taqdirdagina uning oldini olish yoki bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, to‘g‘ri amal qilishga erishiladi. Respublikamizning tabiiy-geografik o‘rnini kuzatar ekanmiz, har bir mintaqaning turli halokatli maydonlarni qamrab olganligiga guvoh bo‘lamiz. Birgina Farg‘ona vodiysini oladigan bo‘lsak, vodiyga yo‘nalgan barcha suv tarmoqlarining boshlanish qismlari baland tog‘liklardan, ayrim joylari abadiy qor va muzlikdan iborat bo‘lib, ob-havo keskin o‘zgarishi oqibatida bu suv tarmoqlarida toshqin, sel xavflari yuqori ekanligidan dalolat beradi. Bu esa tezkor amaliy tadbirlar o‘tkazishni, shu hududlarda joylashgan aholi o‘rtasida xavfli halokatlardan saqlanish yo‘llarini targ‘ib qilishni taqozo etadi.
SHunday qilib, Vatanimiz hududida ham ichki, ham tashqi muhitdan zarar etkazadigan turli tabiiy ofatlar xavfi mavjud ekan, ularni chuqur mulohaza qilish, avvalo oldini olish, bashoratlash va oqibatlarini bartaraf etishda faol qatnashish har bir fuqaroning sharafli burchi hisoblanadi. Mamlakatimizda, xususan tabiiy ofatlarning oldini olish borasida muhim ishlar amalga oshirilayotganini e’tirof etgan holda, shuni ta’kidlash lozimki, bunday tadbirlar faqat ushbu muammo bilan shug‘ullanadigan ilmiy va ishlab chiqarish tarmoqlari doirasidagina chegaralanib qolayapti. Ularni keng miqyosda aholi o‘rtasida targ‘ib kilish, talab va qoidalarga rioya qilish odobi, madaniyatini shakllantirish juda sustkashlik bilan olib borilmoqda. Tabiiy ofatlarga loqayd bo‘lish qanday oqibatlarga olib kelishi, Davlat xazinasiga qanchalik ta’sir etishi, eng muhimi insonlar nobud bo‘lishiga sababchi bo‘lishi boshqa mamlakatlarning achchiq tajribasidan ko‘rinib turibdi. Albatta, bunday holatga tushmaslikning birinchi tadbiri o‘zimizni va atrofdagilarni to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishdan iboratdir. Zero, milliy mafkura va milliy g‘oyamizning asosi ham, xavfsiz yashash sharoitini ta’minlashga asoslangan.
Transport energetika, kommunal tizimlaridagi avariya va halokatlar.YOng‘inlar.
Temir yul avariya va halokatlari.
Temir yuldagi avariyalar-tabiiy ofatlar natijasida, shuningdek texnika ekspulatatsiyasi, texnologik jarayonlar, sifatsiz mexanik ta’mirlanishi, ayrim shaxslarning intizomsizligi va nazorat yo‘qligi oqibatida vujudga kelishi mumkin. Ular ham o‘z navbatida katta vayronalarga, yong‘in kelib chiqishiga, portlashlarga, KTZM bilan zararlanishlarga, poezdlar va temir yo‘llarning buzilishiga, odamlarning halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘rinishi:
Ushbu transport turida uchraydigan favqulodda vaziyat, yong‘inlar-portlashlarga, yo‘nalishdagi vagonlarning ishdan chiqishiga, aholining, yo‘lovchilarning nobud bo‘lishiga vagonlaridagi davlat boyliklarining nobud bo‘lishiga, qolaversa, sodir etilgan joylardagi aholi va hududlar turli darajada zarar ko‘rishiga, ayniqsa turli zaharli moddalar yuklatilgan vagonlarda sodir etilganda hududdarning va aholining zaharlanishiga olib keluvchi holat.
Asosiy kelib chikish sabablari:
Asosan, temir yo‘llarning nosozligi, harakat tarkibining texnik nosozligi, aloqa vositalarining nosozligi, dispetcher aloqa bog‘lovchi xodimlarning ahamiyatsizligi, sovuqqonliligidir. Ko‘pincha harakat tarkibining izlardan chiqib ketishi tuqnashuvlar, chorrahalardagi to‘qnashuvlar, vagonlarda yong‘in va portlashlarning sodir etilishiga olib keladi. Turli suyuq portlovchi modaalarni tashish hollarda, qolaversa suv toshqinlarida, ko‘chkilarda sodir etilish ehtimollari bor. Eng katta xavf tug‘diruvchi favqulodda vaziyatlar yonuvchan, portlovchi, turli zaharli moddalarni tashuvchi yuk sisternalarda, yuk poezdlarida sodir bo‘ladigan voqealardir. Ushbu favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish juda og‘ir. SHu boisdan ham ularni oldindan ogohlantirish ishlarini, kelib chiqish sabablarini bartaraf etish maqsadga muvofiq.
Ushbu borada hududlarimizda va boshqa davlatlarda sodir etilayotgan favqulodda vaziyatlar juda ko‘p. Eng avvalo bu borada bunday favqulodda vaziyatning oldini olmoq maqsadga muvofiqdir.
Oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar.
Rejaviy-profilaktik ko‘rik va texnik ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishi, xizmat muddati qoidalari talablariga amal qilish, boshqarish va aloqa tizimlarining ish sifatini oshirish, dispetcherlarning bilim saviyasini oshirish, ularning xizmatini yaxshilash va h.k. Jumladan “Fuqaro muhofazasi to‘rrisida”gi qonunning 16-moddasida bayon etilganidek “Fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash malaka oshirish muassasalari, maxsus o‘quv-uslubiyot markazlarida, shuningdek ish joyida amalga oshiriladi”.
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga “Temir yo‘l transporti vositalaridan avariyasiz foydalanish, tashish chog‘ida portlovchi, yong‘in xavfi bo‘lgan yuklar va KTZM xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish” vazifalari yuklatiladi.
Avtotransport avariya va halokatlar (shu jumladan, yo‘l transporti hodisalari).
Ko‘rinishi:
Transportdagi fuqarolarning halok bo‘lishiga, portlash va yong‘inlarni chiqishiga olib keladi. Agarda yuk tashuvchi avtotransportlarda avariya holati sodir etilganida, turli neft, portlovchi modda yoki zaharlovchi moldalarning avariya sodir etilgan joylarda tarqalishiga hamda ushbu hududdagi aholining nobud bo‘lishiga, zaharlanishiga, bino va inshootlarning buzilishiga olib keladi.
Kelib chiqish sabablari:
Fuqarolarimizning eng avvalo transport harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi, tezlikni oshirishi, spirtli ichimliklar iste’mol qilib transport vositalarini boshqarishi, qarama-qarshi yo‘llarga chiqib ketishi, texnik nosoz transportlarni boshqarishi, qolaversa yo‘llarning talab darajasida emasligidir.
Asosan sodir etilgan avariya va halokatlardan 70-80 foizi halokat sodir etilgandan so‘ng 2-3 soat ichida ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasligidan nobud bo‘lishadi. Transportlarda tibbiy yordam qutilarining yo‘qligi, aholining va xodimlarining birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini yaxshi bilmasligi, ushbu transport sodir etilayotgan avariyalarda ko‘plab insonlar nobud bo‘lishiga olib kelmokda. Bu borada DAN boshqarmasi xodimlarining transport texnik ko‘rigini o‘tkazish vaqtida ushbu yo‘nalishdagi masalalarga ahamiyat bermasligi, qolaversa turli davlat transport boshqarma boshliqlarining etiborsizligidir. Ushbu turdagi favqulodda vaziyatlar yil sayin ortib bormokda, achinarlisi ham shundaki, begunoh fuqarolarimiz bevaqt olamdan ko‘z yummoqdalar.
Oldini olish bo‘yicha chora-talbirlar:
Rejaviy-profilaktik ko‘rik va texnik ta’mirlash ishlarnning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, texnik nosoz transport vositasidan foydalanmaslik, barcha turdagi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, DAN xodimlarining, haydovchilarning, qolaversa aholining birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish, yo‘l tarmoqlarini me’yoriy talab darajasida saqlash, shaharlarda ko‘i sathli yo‘llardan, piyodalarning er osti yo‘laklaridan samaraliroq foydalanish va h.k.
Muhofazasi:
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risidagi Vazirlar Maqkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq Davlat avtomobil nazorati organiga “Yo‘l transport xavfsizligini ta’minlash xizmatiga rahbarlik qilish” vazifasi yuklatiladi.
Metropoliten stansiyalarida ehtimoli bo‘lgan favqulodda vaziyatlar.
Ko‘rinishi:
Fuqarolarning nobud bo‘lishiga, turli xil tan jarohatlari olishiga olib keladi, qolaversa portlash va yong‘inlar sodir etilishi mumkin. Metropoliten stansiyalari va vagonlarning buzilishiga olib keladi.
Olib keluvchi sabablar:
Mana ko‘p yillardan beri O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida ikki yo‘nalishda er osti poezdlari uzog‘imizni yaqin qilib kelmoqda. Ushbu turdagi transportlarda, stansiyalarda favqulodda vaziyatlar hozircha sodir bo‘lmagan bo‘lsa ham, bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Misol uchun YAponiya davlataning Tokio shahrida bo‘lgan zaharli modda bilan bog‘liq favqulodda vaziyat yoki Moskva shahri metrosidagi hodisalar. Toshkent metrosining “Paxtakor” stansiyasining birinchi yo‘nalishdan ikkinchi yo‘nalishga o‘tish joylarida ertalabki va kechki gavjum vaqtning o‘zida minglab fuqorolarimiz to‘planadi. Keyingi paytlarda metropoliten yo‘laklaridan o‘tish joylarida o‘zboshimchalik bilan faoliyat ko‘rsatgan turli xil savdo do‘konchalari yulovchilaryaning harakatiga bevosita halaqit berish bilan birgalikda ma’lum bir favqulodda vaziyatlar paytida noxush oqibatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas.
Metropoliten loyihalanayotgan paytda uning o‘tish yo‘llarida hech qanday qo‘shimcha qurilishlar ko‘zda tutilmagan. SHu nuqtai nazardan, ya’ni metropoliten qurilishi me’yoriy hujjatlar talabi bo‘yicha o‘tkazish yo‘llarining funksiyasiga faqat yo‘lovchilarni o‘tkazib yuborish kiradi.
Bu borada ham ehtiyotkorlikni oshirmoq qolaversa sodir etilishi ehtimoli bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadga muvofiq.. YA’ni ushbu soha mutasaddi xodimlari barcha noxush holatlarni oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rishi maqsadga muvofiq .
Oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar:
Rejaviy-profilaktik ko‘rik va texnik ta’mirlash tadbirlarini vaqtida o‘gkazilishi, texnik nosoz transport vositasidan foydalanmaslik, barcha turdagi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, haydovchilarning, tarmoq odimlarining ish yuzasidan bilim malakalarini oshirib borish, yo‘l tarmoqlarini meyoriy talab darajasida saqlash va h.k.
Metro ichidagi telemoslamalarda muhofazalanish to‘g‘risidagi qisqa videolavhalar ko‘rsatib borish. Qonunning tarmoqqa aloqador qismlariga so‘zsiz amal qilish.
Muhofazasi:
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi sanoatda konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasi”ga, “kon, ruda, kimyoviy, neft va gaz qazish hamda qayta ishlash sanoati va “Toshmetroqurilish” ob’ektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligi ustidan davlat nazoratiga rahbarlik qilish” ishlari yuklatiladi. Bundan tashqari “Toshmetroloyiha” instituti, “Toshkent metropoliteni boshqarmasi” ekspluatatsiyasi uchun mas’ul huquqiy shaxslardir.
Korxonalardagi avariyalar davomida ko‘p tonnalik idishlar buzilishi oqibatida KTZM (Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda) korxona hududiga tarqalishi oqibatida korxona ishchilaridan tashqari korxona yaqinida yashayotgan aholining sog‘ligiga ham zarar keltirishi mumkin. Zarar keltirish miqyosi havoga tarqalgan KTZM ning miqdori, uning konsentratsiyasiga, fizikaviy va kimyoviy xossalari, meterologik sharoitlari, hudud relefi, shahar va qishloqlardagi imoratlarning zichligiga bog‘lik. KTZM tarqalganda avvalo korxonaning hududida yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lgan “bulut” paydo bo‘lib, uning tarqalishi davomida ikkilamchi bulut vujudga keladi va korxonadan tashqariga ham tarqaladi. Ikkilamchi bulut konsentratsiyasi birlamchisiga qaraganda ancha past bo‘lgani bilan, insonlar sog‘ligi uchun xavf tug‘diradi.
Demak, zararlangan hududda bo‘lgan odamlar, radiaktiv moddalar bilan zararlangandan so‘ng, mehnatga layoqatsiz deb topilib, so‘ngra og‘ir kasalga chalinishi va halok bo‘lishi mumkin.
Aholini va birinchi galda iqtisodiyot ob’ektlarini ishlab chiqarish xodimlarini muhofaza qilish uchun bir qancha tadbirlar bajalishi kerak.
Ular quyidagilar:
-texnologik jarayonlardagi yong‘in va kimyoviy xavfli hodisalarni xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini barpo etish;
- yirik (yalpi) yong‘inlar chiqishi imkoniyatini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni bajarish;
-iqtisodiyot ob’ektlarini avariyasiz to‘xtatish tadbirlarini bajarish;
- favqulodda vaziyatda ishlab chiqarish xodimlarini shoshilinch muhofaza qilish va evakuatsiya qilish uchun sharoit yaratish;
- texnologik jarayonlardagi yong‘in va kimyoviy xavfi bor moddalarni xavfsizlariga almashtirish tadbirlarini bajarish;
- ishlab chiqarishda yong‘in va kimyoviy xavfli moddalar ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaydigan texnologiyalar ishlab chiqish;
- yonilg‘i, suyuqlik va KTZM solingan idishlar atrofini tuproq tortib, (bordyur bilan) o‘rash;
- kimyoviy xavfli ob’ektlarda xavfsizlik choralarini ko‘rish;
Ishlab chiqarish va xo‘jalik aloqalari ishonchliligini oshirishning asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
-favqulodda rejimga mo‘ljallab, mol etkazib beruvchilar bilan ishlab chiqarish aloqalarini maksimal darajada kamaytirish;
-Markaziy Osiyo ob’ektlarida va o‘z iqtisodiy mintaqasida ishlab chiqarish aloqalarini topishni tashkil etish;
-mol etkazib beruvchilarning rezervi bo‘lishi;
- ob’ektning rezerv har xil manbalarga o‘tkazish imkoniyati bor ta’minot tizimini ishlab chiqish;
-a variyada ta’minlash ko‘chma vositalarini ko‘paytirish;
- boshqa ob’ektlar bilan kooperativ tarzdagi elektro-energiya, gaz, suv, bug‘ va h.k. ta’minotini tashkil etish;
- avariya zahirasini yaratish;
-xom ashyo, materiallar va h.k. zahiralari muhofazada bo‘lib-bo‘lib saqlanishini tashkil etish.
-izdan chiqqan ishlab chiqarishni qayta tiklashga tayyorlash:
- b’ektning ehtimol bo‘lgan shikastlanit variantlarini ishlab chiqish hamda qayta tiklash ishlari xarakteri va taxminiy hajmini aniqlash (iqtisodiyot ob’ektlarini qayta tiklash loyihasini ishlab chiqish);
-qayta tiklash ishlarini bajaruvchi ixtisoslashgan bo‘linmalarni tashkil etish va tayyorlash;
-imorat va inshootlarni qisqa muddatlarda qayta tiklash shartlariga javob beradigan engil, o‘tga chidamli va juda pishiq qurilish materiallaridan ommaviy tarzda buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishga tayyorlash;
-qurish-qayta tiklash ishlari uchun kerakli qurilish, texnologiya va boshqa hujjatlarning ishonchli saqlanishini ta’minlash;
-eng muhim sanoat, transport, aloqa ob’ektlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi ob’ektlarini qurilish-montaj tashkilotlariga biriktirib qo‘yish.
YUqorida qayd etilgan tabiiy ofatlar, CHernobil atom elektr stansiyasidagi avariya va boshqalar fuqaro muhofazasining o‘rni va vazifalariga boshqacha ko‘z bilan qarash kerak ekanligini ko‘rsatib berdi.
Ma’lumki, respublikamiz hududining katta qismi seysmik faol xususiyatga ega bo‘lib, o‘ziga xos geologik, gidrogeologik va iqlim sharoitiga ega.
Bunday omillar qurilish ishlarida loihaning mukamalligini, qurilish texnologiyasining ishonchligi va sifatli ijrosini, aholining xavfsizligini hamda iqtisodiyot ob’ektlarining mustahkamligini ta’minlash maqsadida ishlab turgan bino va inshootlarni texnik holatini me’yoriy darajada saqlashdek muhim vazifalarni qo‘yadi.
YOng‘in.
YOng‘in, bu-kuchli issiqlik natijasida moddiy va madaniy boyliklarni bir necha daqiqada yo‘q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi favqulodda vaziyatdir.
YOng‘in uch omil havo harorati (issiqlik), yonuvchi modda (jism) va uchqun-alanganing bir paytning o‘zida yuz berishi oqibatida paydo bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, tabiiy holatda ya’ni chaqmoq, vulqon otilishi, sekin oksidlanish kabi yuz bergan yong‘inlar e’tiborga olinmagan taqdirda boshqa chiqqan yong‘inlarning asl sabablari quyidagi nisbatni tashkil etar ekan:
t/r |
YOng‘in chiqish sabablari |
Nisbat (%) |
1 |
CHekish, yonuvchi moddalarni yoqish, gugurt bilan yoritishda foydalanish oqibatida |
26 |
2 |
Bolalarning o‘t bilan o‘ynashi oqibatida |
14 |
3 |
Elektr jihozlarini qoidalarini qo‘pol ravishda buzish oqibatida |
13,5 |
4 |
Pechka va tutun quvurlarini noto‘g‘ri o‘rnatish natijasida |
8,5 |
5 |
Payvandlash ishlarida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida |
2,3 |
6 |
Texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarni buzish oqibatida |
1,2 |
YOng‘in bilan kurash muvaffaqiyatli o‘tish har bir kishining yong‘inda harakat qilinishining ketma-ketlikligiga rioya qilishlariga bog‘lik.
Har bir ob’ektning xususiyatiga ko‘ra yong‘inga qarshi o‘ziga xos rejim o‘rnatiladi:
-ob’ektlarga olib chiqadigan yo‘llar tartibliligi;
-materiallarni, tayyor mahsulotni saqlash normalari;
-ochiq olovni ishlatish qoidalari;
-ob’ektga transportni kirish-chiqishi;
-yong‘inga qarshi asbob-uskunalarning etarliligi;
-korxonaning yong‘inga qarshi kurash haqida boshqa me’yoriy hujjatlari va ko‘rsatmalariga rioya qilinishi.
Umumiy qoidalar asosida sex, uchastkalar, omborlar, bo‘limlarda yong‘inga qarshi rejimlar belgilanadi:
-eng dastavval yong‘inga qarshi kurashish qoidalari;
-yong‘in boshlanganda ishchi va xizmatchilarning barch va vazifalari;
-yong‘in chiqqanda korxonadan odamlarni evakuatsiya qilish tartibliligi;
-yonilg‘i moylarni saqlash qonun-qoidalari.
YOng‘in paydo bo‘lganda, dastlabki harakat uning manbaini tugatishga qaratilishi kerak, shu bilan birga elektr manbalarini o‘chirmasdan suvdan foydalanib bo‘lmaydi, aks holda, u inson hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.
Kimiyoviy va radioaktiv xavfili ob’ektlardagi avariyalar.
Kimyoviy xavfli inshoot - iqtisodiyot korxonasi bo‘lib, faoliyat ko‘rsatish davrida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan halokat tufayli odamlarning ommaviy tarzda zaharlanishi, kimyoviy zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishi kuzatilishi mumkin.
Kimyoviy inshootni muhofazalashni harbiy holatda huquqiy ta’minlanishi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasida bayon etilgan. Kimyoviy zaharlanish maydoni - ma’lum o‘lchovdagi zaharli moddalar bilan zaharlangan hududlardir.
Zararlanish manbai - kimyoviy xavfli inshoot joylashgan hududdagi falokat tufayli odamlarning, o‘simliklarning, jonivorlarning zaharlanishi.
Ta’sirchanlik - kimyoviy modda xossasi bo‘lib, zaharlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan modda mikdori bilan belgilanadi (kam zaharlanish, kuchli zaharlanish va boshqalar).
Miqdori - mikdor o‘lchov birligi g/m3 yoki mg/l larda o‘lchanadi.
Kimyoviy xavfli inshootlar fuqaro muhofazasi nuqtai nazaridan ma’lum turlarga ajratiladi - mikdori, ta’sir kuchi, saqlash qonun-qoidasi va boshqalar.
Kimyoviy xavfli korxonalardagi halokatlarning tavsiflanishi.
1- portlash tufayli sodir bo‘lgan halokat, texnologik jarayon ishdan chiqqan, muhandislik qurilmalari buzilgan, natijada batamom yoki qisman mahsulot ishlab chiqarish to‘xtab qolgan. Katta mikdorda moliyaviy yordam tiklashga talab etiladi.
P - halokat natijasida asosiy yoki yordamchi texnologik qurilmalar ishdan chiqqan, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun ma’lum mikdordagi yordam kerak bo‘ladi.
Radioaktiv xavfli ob’ektlaridagi avariyalar.
Ma’lumki, o‘zidan nur tarqatish va odam organizmida “nurlanish” deb nomlanadigan kasallikni vujudga keltirishi mumkin bo‘lgan radiatsiyaviy materiallar iqtisodiyot ob’ektlarining bir qator sohalarida turli maqsadlar uchun ishlatib kelinmokda. Bularni saqlash, tug‘ri ishlata bilish, tashlab yuborish, qayta ishlash jarayonlarida texnika xavfsizligiga rioya etilmasa og‘ir oqibatlarga - atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga, odamlarning, mavjudotlarning nobud bo‘lishi va o‘simliklarning yaroqsiz holatga kelib qolishiga sabab bo‘ladi.
Hammasi bo‘lib respublika hududida 200 dan ortiq kimyoviy xavfli ob’ektlar bor. Ularda ishlab chiqariladigan yoki iqtisodiyotda turli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan, saqlanadigan suyuq qattiq gaz holatdagi inson, hayvon sog‘ligi uchun zararla kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar turi ko‘p. Kuchli ta’sir etuvchi moddalardan ayrimlari to‘g‘risida quyidagi tafsilotni keltirish mumkin:
Xlor - odatdagi sharoitda qo‘lansa hidi bor, sarg‘ish-yashil gazsimon, havodan 2,5 baravar og‘ir. 34°S haroratda suyuq holatga o‘tadi. Suvda yaxshi eriydi (+ 20°S haroratda bir hajm suvda ikki hajm xlor eriydi), organik erituvchilarda ham yaxshi eriydi. Kuchli oksidlovchi moddalar, ma’danlar bilan, ko‘pchilik ma’danmas moddalar va organik moddalar bilan o‘zaro yaxshi ta’sir etadi. Bo‘g‘uvchi ta’siri bor. Havodagi mumkin bo‘lgan mikdori - 0,03 mg/m3, agar moddaning mikdori 10 mg/m3 bo‘lsa inson organizmiga salbiy ta’sir etadi, miqdori 2500 mg/ m3 ni tashkil etsa o‘limga olib kelishi mumkin.
Ammiak - odatdagi sharoitda o‘tkir novshadil spirti hidi bor rangsiz gaz, havodan engil. 33°S haroratda yoki yuqori bosimlarda osongina suyuq holatga o‘tadi. Suvda yaxshi eriydi va kislorod muhitida yonadi. Ammiak bilan havoning quruq aralashmasida portlash xususiyati bo‘ladi (harorat 18°S bo‘lib, aralashma tarkibida 16-28% atrofida ammiak bo‘lsa). Bo‘g‘uvchan va nervotrop ta’sir etadi. Ammiak gazining odamlar yashaydigan havodagi mumkin bo‘lgan mikdori 0,04 mg/m3, eng ko‘pi bilan 0,2 mg/m3 ga teng. Agar gazning miqdori 40-80 mg/m3 bo‘lsa, ko‘z achishib yoshlanadi, nafas olish yo‘llari qattiq achishadi. Gazning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan mikdori 1500-2700 mg/m3 ga teng. Gazning suvdaga 10% eritmasi novshadal spirti deb nomlanadi, 18-20% eritmasi esa ammiakli deb aytiladi. Ammiak gazi sanoat miqyosidagi sovitgichlarda ishlatiladi. Amiak gazini saqlash va ma’lum masofaga tashib oborish siqilgan holda 6-18 kgs/sm3 bosimga ega bo‘lgan metall idishlarda olib boriladi.
Xlor nafas olish yo‘llarini qichishtiradi, o‘pkani shishiradi, yuqori darajada quyuqlashgani esa o‘ldiradi. Zaharlanganlik belgilari: kon’yunktivit (ko‘z oldi shilliq pardasining yallig‘lanishi), tanglay va tomoqning qizarishi, bronxit, nafas qisishi, ovoz bo‘g‘ilishi, ko‘z yoshlanishi, azob beradigan quruq yo‘tal, shilimshiq va qoya aralash balg‘am ajralishi, badan ko‘karishi, hushdan ketish.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining YAdro fizikasi instituti Toshkent viloyatining Qibray tumani Ulug‘bek shaharchasida joylashgan. Unang atrofida 3 ta shartli zona belgilangan:
- zaharlanish ehtimoli bor zona;
- sanitariya-muhofaza zonasi;
- kuzatish zonasi, ya’ni radiatsiyaviy monitoring o‘taaziladigan sanitariya-muhofaza zonasi.
Kimyoviy muhofaza - bu KTZM (kuchli ta’sirchan zaharli moddalar)ning (zaharlovchi moddalarning) aholiga va iqtisodiyot inshootlariga zararli ta’siri oldini olishga yoki uni imkoni bor qadar kamaytirnshga qaratilgan tadbirlar kompleksi.
Radiatsiyaviy xavfsizlik - bu fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik holati.
Kimyoviy va radiatsiyaviy muhofazaning eng asosiy vazifasi kimyoviy xavfli ob’ektlari(KXO)dagi va radiatsiyaviy xavfli ob’ektlaridagi halokatlar bilan bog‘liq favqulodad vaziyatlarning oldini olishdan iborat.
Kimyoviy xavfga binoan hamma ma’muriy-hududiy birliklar 3 ta xavflilik darajasiga bo‘linadi:
Avariya - mahsulot tayyorlashda ishlatiladigan mashinalar, jihozlar, texnologik tizimdagi uskunalar majmuasidagi nosozlik, elektr bilan ta’minlashdagi nosozlik, binolar, qurilmadagi nosozliklar tufayli vujudga keladigan voqeaga aytiladi. Transport turlarining o‘zaro to‘qnashuvi, korxonadagi texnologik nosozliklar, moddalarni saqlashda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tufayli sodir bo‘ladigan halokatlar natijasida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar atrof muhitga tarqalishi mumkin.
Halokat - oldingisidan farqli holda qamrovi kengroq va odamlar halok bo‘lishiga olib kelgan voqeaga aytiladi. Poezdlarning o‘zaro to‘qnashishi, samolyot halokati, korxonalarda sodir bo‘lgan halokatlar tufayli atrof- muhitning yomonlashuvi, insonlar qurboni, talafotlar darajasining ortib borishi hammasi bu turdagi halokat turiga xos xususiyatdir.
Misol tariqasida ayrim favqulodda vaziyatlarni keltirish mumkin: Amerikaning “YUnion Korbayt” kompaniyasiga qarashli kimyo zavodida gaz quvurlaridan 40 tonna o‘tkir zaharlovchi moddaning tashqi muhitga oqishi oqibatida ulkan falokat ro‘y berdi. 2000 kishining hayotiga zomin bo‘lgan mana shu hodisa tufayli 80 ming fuqarolar zaharlanib, salomatligiga jiddiy ziyon etdi.
Matbuotda yozilishicha, CHernobil hodisasi tufayli ana shu kamsuqum, mo‘‘jazgina ukrain shaharchasining nomi dunyoga yoyildi. Halokatning dastlabki daqiqalarida 30000 kishi hayot bilan vidolashdi. Radiatsiya asorati keyinchalik yana ko‘p ming kishining o‘lishiga olib kelgan. Radioaktiv parchalanishlar Ukrainaning 11 viloyatiga tarqalgan. Stansiya direktori halokatdan keyin ham radiatsiyaviy tekshirishni o‘tkazmagan, o‘tkazish uchun kerakli zamonaviy uskuna, moslamalar bo‘lmagan, gazdan saqlash vositasi stansiyada ishlovchi xodimlarda bo‘lmagan, halokat to‘g‘risidagi ma’lumot o‘z vaqtida e’lon qilinmay, 36 soat o‘tgandan so‘ng e’lon qilingan.
Stansiya xodimlari aniq harakat qilishlari lozimligini bilmaganlar. 21 mln m3 uskunalarning ustki yuzasi maxsus tozalashdan o‘tkazilmagan. 500 ming m3 er yuzasini tuprog‘i ko‘chirilib ko‘mib yuborilgan. 600 qishloqlar zaharli radioaktiv modadlardan zararsizlangirilgan.
Nurlanish mikdori |
Zararlanish belgilari |
50R |
Zararlanish belgisi yo‘q |
100 R |
Ko‘p marta nurlansa (10-30 kun) 10% odamlarda qusish, darmonsizlanish belgisi paydo bo‘ladi |
200 R |
Nurlanish kuchaysa 1 turdagi nurlanish kuzatiladi |
300R |
II turdagi nurlanish kuzatiladi |
Hozirgi kunda mutaxassislar tahlil qilib aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra kimyoviy xavfli inshootlarda bo‘ladigan falokatlar tufayli tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishiga bir qator sabablar mavjud. Bular quyidagilar:
-korxonadagi texnologik jihozlardagi nosozliklari;
-uzoq muddat ishlatilgan uskuna-jihozlarning eskirishi;
-moddalar ishlab chiqarishda, tashib oborishda yo‘l quyilgan xatoliklar tufayli;
- portlash, yong‘in sodir bo‘lishi, falokatlar tufayli;
- moddalar bilan ishlashda, ularni saqlashdagi xavfsizligi qoidalarini buzilishi tufayli;
- chetdan olib kelingan texnologik jarayon xavfsizllik talablariga to‘liq javob bermasligi;
- korxonada mehnat intizomi pastligi, mutaxassis va ishchilarniig malakasi etarli emasligi;
Kimyoviy va radiatsiyaviy muhofazannng asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Favqulodda vaziyatning vujudga kelishini taxmin qilish va sharoitga baho berish. Buning uchun kimyoviy va radvatsiyaviy xavfli ob’ekt joylashgan to‘g‘risida aniq ma’lumotga, korxona haqida, moddalarning miqdori, turi, saqlash sharoiti, saqlash joyini yashaydigan joylaridan qanday oraliqda joylashganligi to‘g‘risida anik, matlumotga ega bo‘lishlari kerak.
2. KTZM va radioaktiv moddalarni maxsus saqlash talablarini to‘liq bajarish, moddalarning ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.
3. Fuqarolarni kerakli miqdorda shaxsiy muhofaza vositalari bilan ta’minlashni tashkil etish.
4. Kimyoviy va radiatsiyaviy nazorat va tekshirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish.
5. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va unga barham berish uchui kerakli kuch va vositalarning doimo shay turishini ta’minlash.
6. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavf vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni qanday vazifalarni bajarishlari lozimligiga tayyorlab borish.
Kimyoviy va radiatsiyaviy vaziyatni oldindan taxminlash va baholash.
a) vaziyatni oldindan taxminlashga quyidagilar kiradi:
- favqulodda vaziyatning aniq turini bilish;
- vaziyat tafsiloti va ko‘lamini aniqlashning ishonchli usullarinn, uskuna-jihozlarini topish;
- fuqaro muhofazasi kuchlarini va aholini o‘z vaqtida ogohlantirish;
- talafotlar va modalar zararlarning oldini olish yoki ularning ta’sir kuchini mumkin bo‘lgan darajada kamaytirish yuzasidan kerakli choralarni ko‘rish;
- fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarni yoki ular oqibatlarini yo‘qotshiga tayyorlab qo‘yish.
b) vaziyatni oldindan baholash.
- olingan ma’lumotlarni aniqlashtirish;
- kimyoviy va radiatsiyaviy halokatning tafsilotini qilish (turi, vaqti, tarqalish maydoni, holati va h.k.);
- hudud tafsiloti (aholi yashash joyi, uy-joylarning yaqin-uzoqliga, transport yo‘llarining bor-yo‘kdigi, ob-havo sharoiti (yil fasli, kun, ob-havo holati);
- zaharlangan havo oqimi etib keladigan vaqtni va qancha muddat ta’sir ko‘rsata olishlarini bilish;
- zararlangan hudud maydonida qancha odam qolgan, qanchasi talafot ko‘rishi mumkinligi ehtimolini aniqlash;
- maxsus ishlov berishdan o‘tkazilishi lozim odamlar, texnika, uskunalar, mikdorini aniq bilishlari kerak.
Baholashga ko‘ra to‘plangan ma’lumotlarni tahlil asosida qisqacha xulosalar qilgan holda, qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni belgalab olish kerak. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli inshootlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan halokat tufayli tarqalgan KTZM va radioaktiv moddalardan zararlanishdan ogohlantirish va muhofaza qilish tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish kerak. Turli xildagi favqulodda vaziyatlarni oqibatlarini tugatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, favqulodda vaziyatlar turi haqida o‘z vaqtida kerakli ma’lumotga ega bo‘linsa, bunday holatlarda aholini qanday harakat qilishga o‘rgatilgan bo‘lsa, ko‘riladigan talafotlarni oldini olishga, moddiy zararni qisman bo‘lsa kamaytirishga erishish mumkin. Odamlarni vaziyatga kelgan xavf oldida dovdirab qolmasliklari, kerak vaqtda aniq tez harakat qilish qutqarish ishlarini unumli o‘tkazishga imkon beradi. SHu sababli barcha yoshdagi fuqarolar, o‘z ish faoliyatlaridan qat’iy nazar muhofaza tadbirlarii bilish uchun o‘qitilishi, kerak bo‘lsa muntazam malakasini oshirib borishi lozim.
SHu sababli yuqorida ko‘rib o‘tilgan kimyoviy radiatsiyaviy xavfli ob’ektlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan halokatlarning kelib chiqish sabablarini taxmin qilish va baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Bunday favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish tadbirlari quyidagalardan iborat:
1) bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatni taxmin qilish va baholash;
2) mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
3) kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli moddalarni tashib keltirishda ularning xavfsizligini ta’minlash;
4) korxona va inshootlardagi xodimlarni texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
5) favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish rejalarining unumligini va bajarishga imkon berish;
6) kimyoviy va radioaktiv xavfli inshootlarda sodir bulishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyat oqibatlarini tugatishga kerakli kuch va vositalarning mavjudligi va tayyorligini ta’minlash.
SHuning uchun favqulodda vaziyatlarga baho berish, ularning oqibatlarini iloji boricha kamaytirish uchun sodir bo‘lgan ofat yoki favqulodda vaziyatni bashoratlashni yaxshi bilishimiz, talofatlarini oldini olishni usullarini o‘rganishimiz, ishlab chiqarish korxonari, zavod-fabrikalarda, iqtisodiyot ob’ektlarida va iqtisodiyotimizning boshqa ob’ektlarida texnika xavfsizligi qonun-qoidalariga amal qilinishini yaxshi yo‘lga qo‘yishni ta’minlashni o‘rganishimiz hamda tabiiy, texnogen va ekologik turdagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishimiz lozim.
Epizootik va epifatotak vaziyatlardai muhofaza qiliishi tashkil etish.
Hayvonlar yuqumli kasalliklarning tarqalishi epizootiya, panzootiya,va enzootiya shaklida yuz beradi.
Epizootiya - aniq bir hududda bir yoki ko‘p turdagi qishloq xo‘jalik hayvonlari o‘rtasida kasallikning odatda ushbu hududda qayd kinadigan darajasidan anchagina kattaga bo‘lgan darajada vaqt va fazoda bir vaqtda rivojlanadigan yuqumli kasallikning tarqalishi.
Panzootiya - qishloq xo‘jaligi hayvonlari yuqumli kasalligining katta hududda butun bir mintaqa, bir necha mamlakat va materiklarni qamrab olgan holda bir vaqtda ommaviy tarqalishi.
Enzootiya - tabiiy vy xo‘jalik iqtisodiy sharoitlari kasallikning hamma yoqqa tarqalishiga yo‘l ko‘rmaydigan aniq bir joy, xo‘jalik yoki aholi yashash joylarida qishloq xo‘jalik hayvonlari o‘rtasida bir vaqtda tarkalishi.
Hayvonlarning barcha yuqumli kasalliklari 5 guruhga bo‘linadi:
1-guruh. - alimentar nfeksiyalar. Tupqoq, em, suv orqali o‘tadi. Ovqat xazm qilish tizimi zararlanadi. Bunday infeksiyalarga kuydirgi, oqsim, manqa, brutsellez kiradi.
2-guruh - respirator infeksiyalar. Nafas olish yo‘llari shilliq; pardalari va o‘pkaning zararlanishi. Infeksiya asosan havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Ushbu kasalliklarga paragripp, ekzotik zotiljam, qo‘y va echki chechagi, go‘shtxo‘r hayvonlar vabosi kiradi.
3-gurux - transmissiv infeksiyalar. Qon so‘ruvchi bo‘g‘imroyoqlilar yordamida o‘gadi. Qo‘zg‘atuvchilari doimo yoki alohida davrlarda qonda bo‘ladi, |Bu kasalliklarga ensefalomielit, tulyaremiya, otlarning yuqumli anemiyasi taalluqlidir.
4-guruh - ko‘zg‘atuvchilari teri orqali vositachiyaar ishtirokisiz o‘tadigan infeksiyalar. Qoqshol, quturish, sigir chechagi ushbu kasalliklar sirasiga kiradi.
5-guruh - aniqlanmagan yo‘l bilan zararlaydigan infeksiyalar.
O‘ta xavfli kasallilar epizootiyasining shakllanish manbalari sel oqimlari, suv toshqinlari, davlat veterinariya xizmati bilan kelishmay turib er| ishlarini olib borish, chetdan olib kiriladigan hayvonlar, oziq-avkat mahsulotlari, em va boshqa vositalar, chetdan uchib keluvchi yovvoyi parrandalar t|o‘planadigan joylar, o‘ta xavfli kasalliklar o‘choqlari mavjud joylarda ke miruvchilar va hasharotlar sonining ortishi va biologik terrorizm bo‘lishi mumkin.
Hayvonlarning xavfli yuqumli kasalliklariga misollar:
Oqsim — juft tuyoqli uy va yovvoyi hayvonlarning virusli kasalligi, Kasallik hayvonlar orasida enzootiya, epizootiya va panzootiya holida tarqalib, qisqa muddat ichida bir necha hududlarga tarqalish xususiyatiga ega.
CHo‘chqalarning klassik vabosi - virusli kasallik. U bilan faqat uy va yovvoyi cho‘chqalar kasallanada. Infeksiya manbalari - kasallangan va kasal bo‘lib o‘tgan cho‘chqalar. Vabo yilning ixtiyoriy vaqtada, ko‘proq kuzda uchraydi, Davolash usullari ishlab chiqilmagan. SHu sababli kasallangan hayvon zudlik bilan o‘ldirib, yoqib yuboriladi.
Qushlarniig psevdovabosi - tovuqsimonlar oilasiga mansub qushlarning virusli kasalligi. Nafas olish, ovqat hazm qilish organlari, markaziy nerv tizimining zararlanishii bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik manbai - viruslarni barcha ajratmalari, tuxumi va nafasi bilan ajratuvchi kasal yoki kasal bo‘lib o‘tgan qushlar. Inkubatsiya davri 24 s, Zararlanish ko‘proq em, suv, havo orqali, odatda kuz-yoz davrida yuz beradi. O‘lim ko‘rsatkichi — 60-90% ni tashkil etadi.Odatda kushlarni davolamay, o‘ldiriladi va yoqib yuboriladi.
YUqumli gepatat - it va boshqa go‘shtxo‘r (tulki, bo‘ri)larning virusli kasalligi.Bezgak, shilliq pardalarning shamollashi va jigarning zararlanishi bilan tavsiflanadi.
Qora oqsoq (brutsellez) — uy va ayrim yovvoyi hayvonlarning yuqumli kasalligi. Odam uchun xavfli. It va mushuklar brutsella (melitenzis, abortas, ovis va boshq.)ning ixtayoriy turidan zararlanshni mumkin. Hayvonlar kasal Sigir, qo‘y, cho‘chqalarning go‘shti va sutini ystemol qilganda yuz beradi.
Qoqshol - hayvonlarning ko‘plab turlari va odamda uchraydigan yarali bakteriyali kasallik. Mushaklarning spazmatik qisqarshii bilan namoyon bo‘ladi.
Manqa kasalligi - sap. Ushbu zoonoz kasallikni manqa tayoqchasi qo‘zg‘atadi. Manqaning o‘tkir va surunkali xillari bor. U eshak, tuya, zebra va yirtqich hayvonlarda uchraydi.
Quturish - xayvonlarning ko‘plab turlari, ayniqsa it, tulki va boshqalarning o‘tkir virusli kasalligi. Markaziy nerv tizimiiing og‘ir zararlanishi bilan tavsiflanada va inson uchun o‘ta xavfli hisoblanada. Hayvon tishlab olganda, shuningdek hayvon so‘lagining boshqa hayvonlar va odam organizmiga tushishidan yuqadi. Odamlarda quturish kasalligi itlarning tishlashi natijasida kelib chikzishini birinchi marta Aristftel aniqnagan.
Bundan, tashqari hayvonlar sil, salmonellez, kolibakterioz, kalmaraz (parsha) va boshqa kasalliklar bilan og‘riydi. Hayvonlarda bit, burga kabi parazit hasharotlar ham uchraydi.
O‘simliklar kasalligi - fitopatogen yoki muhitning noxush sharoitlari ta’sirida o‘simliklar hosildorligining pasayshiga yoki nobud bo‘lishiga olib keluvchi hujayralar, o‘simlik organlari va butun o‘simlikdagi meyordagi moddalar almashnnuvining buzilishi.
Zararkuanda - qishloq xo‘jaligi o‘simliklariga va ularning hosiliga zarar etkazadigan jonivorlar va hasharotlar.
Fitopatogen — o‘simlik kasalligi ko‘zg‘atuvchisi. Moddalar almashinuviga halokatli ta’sir kiluvchi biologak faol modda ajratib, ildiz tizimini zararlaydi, to‘yimli moddalar kirishiga halaqit beradi. O‘simliklarning fitopatogenga ta’sirchanligi navlarning barqarorligi, zararlanish vaqti va ob-havoga bog‘liq. O‘simliklar kasalliklari va zararkunandalarning tarqaliishi epifitotiya, enfitotiya va panfitotiya tarzida yuz beradi.
Epifitotiya - qishloq xo‘jaligi ekinlarining ommaviy nobud bo‘lishi va hosildorlikning pasayashi bilan kechuvchi vaqt va fazoda rivojlanuvchi ommaviy kasallik va (yoki) o‘simlik zdrarkunandalari sonining keskin ko‘payishi.
Enfitotiya - tabiiy va xo‘jalik-iqtisodiy sharoitlari ushbu kasallikning har tomonga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydigan, aniq joy, xo‘jalik, aholi yashash joyida qishloq xo‘jaligi o‘simliklari o‘rtasida yuqumli kasallikning bir vaqtda tarqalishi.
Panfitotiya - bir necha mamlakat yoki qita hududida o‘simliklarning ommaviy kasallanishi va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari zararkunadalarining keskin ko‘payishi.
Kartoshka fitoftorozi - zararli kasallik. Tuganaklar hosil bo‘lish davrida ko‘chatlarning bevaqt nobud bo‘lishi va ommaviy chirib ketishi tufayli hosil miqdori kamayib ketadi. Gullash davrida butalarda cho‘q qora-jigarrang yoki qulrangsimon yog‘li dog‘lar paydo bo‘ladi. Zararlangan barglarning orqa tomonida oq rangli karash hosil bo‘ladi. YOmg‘irli havoda kasallik tez tarqaladi va bir necha kun ichida barcha ko‘chatlarni shikastlaydi. Kasallik, odatda, yozning ikkinchi qismida kuzatiladi. Hosildorlik 15-20% va undan ko‘proq yo‘qotilishi mumkin.
Kolorado ko‘ng‘izi - zararkunanda. Uning o‘lchami 9-11 mm. Bahorda tuproq ostidan chiqadn. Urg‘ochisi yaltiroq, zarg‘aldoq cho‘zinchoq-ovalsimon, uzunligi 2-4 mm. li tuxum qo‘yadi. Tuxumlarni kartoshka barganing orqa tomoniga 18-20 tadan birlashtiradi. G‘umbaklari 24 kun rivojlanadi. Bir yil davomida bittadan to‘rttagacha avlod qoldiradi. Natijada hosildorlik keskin kamayib ketadi.
Kartoshka parvonasi - yoygan qanotlari kengligi -28-40 millimetrga etadigan kapalak. Nam maydonlarda tarqaladi. Kapalak o‘simlik poyasida tuxum qo‘yishidan o‘simlik nobud bo‘ladi.
Meva bog‘larida olma qurti, shira, qalqandorlar uchraydi. Olma qurti urug‘ mevali daraxtlarga jiddyy zarar etkazada Unga qarshi kurashish uchun kuzda va bahorda daraxtlarning qurigan po‘stloqlari, shoxlari qirqilib, shakl beriladi. Qator oralarga ishlov berib, begona o‘tlar va o‘simlik qoldiqiaridan tozalanadi.
Bahor oylarida bog‘larda kalmaraz (parsha), un-shudring kabi kasalliklar rivojlanib, zarar keltirish uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Danakli meva bog‘larida esa klyasteriosporioz (teshikli dog‘lanish) va barg buralishi kasalliklari hosilga jidday zarar etkazadi.
Polizchiliqda qovun pashshasi Xorazm va Qoraqalpoqistonda uchraydi. U isosan Afg‘oniston, Pokiston, Eron, Hindiston va Kavkazda ko‘proq uchrab, qovun, tarvuz, bodring va oshqovoqni zararlaydi.
Hayvonlar va o‘szimliklarning ommaviy kasallanishi xollari boshqa favqulodda vaziyatlardan son jihati bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda respublikamizda ushbu favqulodda vaziyatlarniig yuz berish ehtimolliga oshib borayotganligi ulardan muhofazalanish tadbirlariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatadi.
Epizootik favkuloda vaziyatlarning ayrimlari (manqa, qush grippi, kuydirsh) davolash choralarining mavjud emasligi sababli profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish zarur.
Aholi va hududlarni texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish.
1. Transport avariyalari va halokatlari:
-ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarning o‘limiga, havo kemalarining to‘liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan avia halokatlar;
-yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibining buzilishiga sabab bo‘lgan va temir yo‘l xodimlarining, halokat hududidagi temir yo‘l platformalarida, vokzallar binolarida va shahar imoratlarida sodir bo‘lgan, buning natijasida odamlar o‘limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir etuvchi zaharli (KTZM) moddalar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temir yo‘l transportidagi halokatlar va avariyalar;
Portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTZMlarning zararli xossalari namayon bo‘lishiga va odamlar o‘limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo‘ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan yo‘l transporti hodisalari;
Odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunnellardagi halokatlar, avariyalar, yong‘inlar;
2. Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar:
Atrof tabiiy muhitga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) otilib chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning ko‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan darajada, yo‘l qo‘yilgan chegaraviy konsentratsiyalarida ancha ortiq miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqib ketishiga olib kelgan kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar, yong‘inlar va portlashlar;
3. YOng‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar:
-texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong‘in uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatadigan yoki saqlanadigan ob’ektlardagi, odamlarning mexanik va termik shikastlanishiga, shikastlanishiga va o‘limiga, ishlab chiqarish fondlarining nobud bo‘lishiga, favqulodda vaziyatlar hududida ishlab chiqarish siklining va odamlar hayoti faoliyatining buzilishiga olib keladigan avariyalar, yong‘inlar va portlashlar;
Odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o‘limiga olib keladigan hamda qidirish-qutqarish ishlarini o‘tkazishni, nafas olish organlarining muhofaza qilishning maxsus anjomlarini va vositalarini qo‘llashni talab qiluvchi ko‘mir shaxtalaridagi va kon- ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘lik avariyalar, yong‘inlar va jinslarning qo‘porilishi.
4. Energetika va kommunal tizimidagi avariyalar:
-sanoat va qishloq xo‘jaligi mas’ul istemolchilarining avariya tufayli energiya ta’minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES, GRES, TESlardagi, tuman issiqlik markazlaridagi va boshqa energiya ta’minoti ob’ektlaridagi avariyalar va yong‘inlar;
-aholi hayot faoliyatini buzilishiga va salomatligiga xavf tug‘ilishiga olib kelgan gaz quvirilaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvirlaridagi, kanalizatsiya va kommunal inshootlaridagi avariyalar;
-atmosfera, tuproq, er osti va usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf tug‘diruvcha darajada konsentratsiyadagi zaharli moddalar bilan ifloslanishiga olib keladigan gaz tozalash quvirlaridagi, biologik va boshqa kommunal tizimlaridagi avariyalar.
5. Odamlar o‘limi bilan bog‘lik bo‘lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv ishlari o‘tkazilishini hamda zarar ko‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab qiladigan maktab, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy ob’ektlar, shuningdek uy-joy sektori binolari konstruksiyalarning to‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.
6. Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘lik avariyalar;
-radioaktiv materiallarni tashish vaqtidagi avariyalar;
-biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassalarda biologik vositalarning atrof muhitga chiqib ketishi bilan bog‘lik vaziyatlar.
7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar:
-suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog‘lardagi ko‘llardagi suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar o‘limiga, sanoat va iqtisodiyot ob’ektlari ishining, aholi hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan avariyalar.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarning bajarilishi texnogen xususiyatdagi FV natijasida sodir bo‘lgan avariya va halokatlarning ko‘lamiga, turiga, fuqaro muhofazasi kuchlarining hajmiga hamda ularning tayyorgarlik darajasiga, sodir bo‘lgan vaqtiga (yil davomida, kuni) ob-havoga va boshqa ko‘pgina omillarga bog‘likdir. Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar vaqtida bajariladigan ishlarga tayyorarlikni tashkil etish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hatti-harakatlari oldindan rejalalashtirilgan asosida belgilanadi. Bu rejalar tuman, shahar va viloyat miqyosida oldindan tuzib chiqiladi. Rejani tayyorlashda sodir bo‘lishi mumkin deb bashorat etilgan tabiiy ofatlar va ishlab chiqarishdaga avariya va halokatlar asos bo‘lib xizmat qiladi.
Favqulodda vaziyatlar vaqtida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hatti-harakatlari o‘z vaqtida tashkil etilgan va olib borilgan razvedka ma’lumotlariga hamda ma’lumotlarda aks ettirilgan aniq shart-sharoitga bog‘likdir. Razvedka ishlari fuqaro muhofazasi kuchlarining vazifalariga mos va bajarilishi zarur bo‘lgan keyingi hatti-harakatlarga bog‘langan holda olib boriladi.
Razvedka guruhi tarkibiga tabiiy ofat sodir bo‘lgan hududni, shu hududda joylashgan korxonalarning ishlab chiqarish xususiyatini hamda iqtisodiyot ob’ektlarini yaxshi biladigan mutaxassis kiritilishi kerak. Bordiyu, avariya yoki halokat kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar ishlatadigan yoki ishlab chiqaradigan korxonada sodir bo‘lsa, razvedka guruhi tarkibiga albatta kimyogar mutaxassis kiritilishi va u kerakli ish qurollari, anjomlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Ushbu razvedka guruhida yana tibbiyot xodimi ham bo‘lishi kerak.
Texnogen xususiyatli FVlar natijasida sodir bo‘ladigan avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etishga shu hududda joylashgan FVDT tuzilmalari jalb etiladi. Zarurat bo‘lsa, fuqaro muhofazasi boshlig‘ining ko‘rsatmasiga bilan boshqa chegaradosh hududlar, shaharlar, viloyatlar va vazirliklarga qarashli tuzilmalar ham jalb etiladi. Qutqaruv otryadlarning yig‘ilish joyi ish bajariladigan yo‘nalishida joylashgan aholiga yaqin joylarida tashkil etiladi, tuzilmalarning bir hududda yig‘ilishiga ketadigan ishlari uchun ajratilgan vaqt hisobiga favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun tuzilmalar yig‘ilgan joydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tezkorlik bilan favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududga yuboriladi. Belgilangan marshrut davomida vayrona uyumlari va yong‘inlar, buzilgan ko‘priklar bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda tuzilmalarining harakati to‘xtab qolmasligini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilishi kerak.
Texnogen xususiyatli fvqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududga etib kelgan tuzilmalar ish bajarilishi kerak bo‘lgan ob’ektga tez etib borishlarini ta’minlaydigan va ularga ajratilgan joyga yig‘iladilar. Ana shu erda ular aniq o‘z vazifalarini oladilar.
Tuzilma sardori tuzilma oldiga qo‘yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarilishiga mas’uliyatli shaxs hisoblanadi. U vazifani olgach, uni qo‘l ostidagilarga tushuntirib beradi, sharoitga baho beradi, qaror qabul qiladi, og‘zaki buyruq beradi va ishni tashkil etadi.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish jarayonida tuzilmalarning doimiy o‘zaro aloqasi muhim ahamiyatga egadir. Tuzilmalarning bir joyda, bir vaqtda va bir maqsad uchun o‘zaro kelishgan holda ish olib borishlari natijasida ular o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajaradilar.
Tuzilmalar topshirilgan vazifani bajarib bo‘lganlaridan keyin, ish bajargan ob’ektdan tashqariga olib chiqarilib, hisoblangan vaqtda, yangi vazifani bajarish uchun tayyorgarlik ko‘radilar. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududlarda komendantlik xizmati tashkil etiladi. Bu xizmat favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududga yoki ob’ektga aholini yaqinlashtirmaydi, aholini va moddiy boyliklarni evakuatsiya qiladi, jamoat tartibini saklaydi, tuzilmalar tomonidan o‘rnatilgan tartibga hamda harakat qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi, alohida ahamiyatta ega bo‘lgan inshootlarni qo‘riqlaydi. Komendantlik xizmatiga xo‘jalik ob’ektlarining jamoat tartibini tuzilmalari hamda ichki ishlar xizmati xodimlari jalb etiladilar.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni muvaffaqiyatli bartaraf etishga quyidagicha erishish mumkin:
1.Razvedka ishlarini o‘z vaqtida va doimiy tashkil etish;
2.Boshqaruvni doimiy va qat’iyat bilan tashkil etish;
3.FVDT kuch va vositalaridan guruhlarni tezkorlik bilan tashkil etish, ularni favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlarga olib kelish;
4.Boshqaruv organlari va tuzilmalarning ma’naviy-ruhiy tayyorlash;
5.Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda kuch va vositalarning ishlashini uzviy bog‘langan holda olib borish;
6.Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan ob’ektda yoki hududlarda komendantlik xizmatini tashkil etish;
7.Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirishda FVDT kuchlarini moddiy hamda transport vositalari bilan ta’minlash;
8.Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishda texnika xavfsizli qoidlarini bilish va ularga amal qilish.
Kommunal-energetika tarmoqlaridagi avariyalarni cheklash yoki bartaraf etish.
Kommunal-energetika tarmoqlaridagi avariya oqibatlarini bartaraf etishda ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik ko‘rgan va qurollangan maxsus tuzilma mutaxassislari ishtirok etadilar. Ularga yordam berish uchun umumiy tuzilma a’zolari jalb etilishi mumkin.
Elektr tarmoqlaridagi avariyalar elektr energiya o‘chirilganidan keyingina bartaraf etiladi. Umumiy elektr energiya tarmoqlari o‘chirilgandan keyin elektr energiyani vaqtinchalik tiklash tadbirlari ko‘riladi. Zilzila sodir bo‘lganda, vayron bo‘lgan yoki yong‘in sodir bo‘lgan bino va inshootlarda odamlarni qutqarish ishlari olib borayottanlarni elektr energiya bilan ta’minlash birinchi darajadagi vazifalardan hisoblanadi.
Elektr energiyasi bilan ta’minlash yoki avariya sodir bo‘lgan elektr energiyasi tarmoqlarini tiklash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ko‘chma elektrostansiyalar yoki energopoezdlardan foydalanish zarur.
Bino yoki inshootlar konstruksiyasi bo‘lmagan qismlarda buzilish sodir bo‘lganda, devorlar, qavatlar o‘rtasidagi bino va inshootlarda yoriqlar bo‘lishi natijasida ular qiyshayib yoki osilib qolishi mumkin. Bunday holatlar aholi uchun ham, qutqaruv ishlarini olib borayotgan tuzilmalar uchun ham xavf soladi. SHuning uchun bunday bino va inshootlar batamom buzib tashlanishi yoki mustahkamlanishi lozim. Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyda shikastlanganlarni jamlash, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish shoxobchalari tuziladi. SHikastlanganlarni jamlash va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun qulay, saqlanib qolgan binolarni tanlash mumkin. Ularga eng qulay va xavfsiz kirish yo‘llari tanlanadi. Zarurati bo‘lsa vaqtinchalik kommunal-energetika tarmoqlar tiklanib, suv, gaz, elekgroenergiya bilan taminlanadi.
Suv bilan ta’minlash shoxobchalarini jihozlash. Suv bilan ta’minlash shoxobchalari aholi va tuzilmalarni suv bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lib, ular saqlanib qolgan suv manbalari, artezian qudukdar, ochiq suv havzalarini tashkil etadi. Birinchi navbatda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar bajarilayotgan hamda shikastlanganlarni jamlash va tibbiy punktlar joylashgan hududlar suv bilan ta’minlanadi.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borishda xavfsizlik tadbirlari.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan vayrona uyumlari orasida yurish, buzilgan bino va inshootlarga kirish, qulab tushishi ehtimoli bor bo‘lgan binolar yaqinida turish xavflidir. Zararlangan bino va inshootlar oldiga faqatgana ularning xavfsiz tomonidan kelish mumkin. Bino va inshootlarning ichki qismini ko‘zdan kechirganda ochiq yoritgichlardan va kerosinli fonarlardan foydalanish xavfli, chunki ular ikkilamchi favqulodda vaziyat sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
YOnayotgan, tutun bosgan va vayrona uyumlari bilan to‘silib qolgan joylarga kirayotganda arqonga boylanib, arqonning uchini kirish joyida turadigan sherigingizga bering, bu holat xavfsizligingizni ta’minlaydi. Xonalarga kirayotganda kirish eshiklarini ehtiyotkorlik bilan ochish va alanganing to‘sa oladigan yoki qizigan gaz alanga olganda muhofaza qila oladigan matodan foydalanish ham xavfsizligingizni ta’minlaydi.
YOnayotgan xona ichida emaklab yoki engashib harakat zarurati bo‘lganda xonadan tez chiqib ketish uchun yaqin joylarda harakatlanish xavfli vaziyat bo‘lishining oldini oladi.
Uzoq vaqt davom etgan yong‘indan so‘ng erto‘lalarga gazniqob kiyib yoki yaxshilab shamollatilgandan so‘ng ish jarayonini boshlash xavfli vaziyat sodir bo‘lishining oldini oladi.
Vayrona uyumlari orasida hovuzlar tayyorlashda ularning chetlarini mustahkamlash kerak bo‘ladi. Mustahkamlash uchun metall va yog‘och konstruksiyalarning bo‘laklarini ishlatish mumkin. Mustahkamlanmagan vayrona uyumlaridan tushish va chiqish joylaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Baland joylarda ishlash kerak bo‘lgan hollarda albatga ehtiyot vositalaridan foydalanish kerak (qutqaruv arqonlari va belbog‘lar). Gazlashgan ob’ektlarda ish olib borish jarayonida yakka muhofaza vositalaridan foydalanish xavfsizlikni ta’minlaydi.
Zarar ko‘rgan yoki buzilgan binolarda ish olib borayotganda himoyasiz qo‘l bilan elektr simlarini va elektr simlariga tegib turgan metall buyumlarni ushlash xavfli hisoblanadi. SHuning uchun ishni boshlashdan oldin elektr tarmog‘ini o‘chirib qo‘yiladi.
Vayrona uyumlari, shaxtalarda, kirish joylari shikastlangan bino va inshootlarda ogohlantiruvchi qizil chiroq o‘rnatib qo‘yiladi.
Er ko‘chishi natijasida odamlar vayrona uyumlari ostida qolishi, qulayotgan narsalar ta’sirida jarohatlanishi mumkin. SHuning uchun jabrlanganlarga iloji boricha tez yordam berish kerak.
Odamlar, hayvonlar, qishloq xo‘jalik o‘simliklari, oziq-ovqat, suvlarning radionukleidlar bilan zaharlanishi xarakteristikasi.
Atom elektr stansiyalaridagi avariyalarda, sanoat va korxonalarda kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) hamda boshka radioaktiv manbalar bilan bo‘ladigan ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyalar natijasida, shuningdek yadro qurolini qo‘llash natijasida hududda, undagi havo bo‘shlig‘ida radionukleidlar bilan zararlarnish ruy beradi.
Radionukleidlar bilan zararlangan joyda istiqomat qiluvchi odamlar radiatsiya dozasi bilan ham zaharlanadilar.
Radiaktiv zararlanishning manbai bo‘lib tepadan tushadigan radiaktiv izotoplar hisoblanadi. SHunday izotoplardan ko‘p yashaydiganlari inson salomatligiga juda xavfli hisoblanadi. Bu radioaktiv moddalarga quyidagilar misol bo‘ladi: stronsiy 90, seziy - 137, seriy -144, sirkoniy - 85, niobiy - 95 va boshqalar.
Avariyalar va portlashlar natijasida atrof muhitga tarqalgan parchalanish davri uzoq bo‘lgan izotoplardan hosil bo‘lgan neytronlarning erda va havoda ushlanishi natijasida yunaltirilgan radiatsiya xili bo‘ladi. Bu izotoplarning asosiylari: uglerod - 14, natriy - 24, kremniy - 31, kamniy - 45, marganets - 52, temir - 59, fosfor - 32, yod - 134.
Radionukleidlar bilan zararlangan hududda odamlar va hayvonlar ionlashgan nurlanishga yo‘liqishadi. Bu holatda 3 xil nurlanish yuz beradi:
-tashqi gamma nurlanshp;
-kichik dozadaga sirtqi (yuza - poverxnost) beta va gamma nurlanish;
-ichki nurlanish.
Nurlanish dozasiga bog‘lik holda odamlar va hayvonlar radiatsiya bilan zaharlanishi mumkin. Ularga - o‘tkir va surankali nurlanish kasalliklari, terining radiatsion kuyishlari, miketlar.
Zararlangan hayvonlar mahsulotlari - go‘sht, sut, iste’molga yaroqsiz bo‘lib qoladi. O‘simliklar shikastlanadilar (zararlanadi), shuningdek zararlangan oziq - ovqat mahsulotlari, o‘simliklar, suv ham iste’molga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Zararlangan mol-mulk texnika asbob - uskuna va boshqa predmetlardan foydalanish mutlaqo man etiladi.
Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan zonadan tarqaluvchi gamma-nurlar va neytronlar oqimidan iborat. Ular ming-minglab metrlarga tarqalishi, atomlar va molekulalar ionlanishini keltirib chiqargan holda turli muhitlarga kirishi mumkin. Gamma nurlar va neytronlar organizm to‘qimalariga kirib, bilogik jarayonlar hamda organlar va to‘qimalar faoliyatini buzadi, natijada nur kasalligi rivojlanadi.
Aholi, hayvonlar, qishloq xo‘jalik o‘simliklari, oziq-ovqat va suvlarning radionukleidlar bilan zararlanishi juda katta talofatlarga olib kelishi mumkin. Favqulodda vaziyat tufayli tashqi nurlanish va bunda rivojlanadigan o‘tkir nur kasalligi katta xavf tug‘diradi. O‘tkir nur kasalligi bir martalik nurlanishda yuzaga kelib, 1 Grey (Gi miqdoridagi) dozadan boshlanadi, bu esa 100 rentgen (R) ga tengdir. Nurlanish paytida kishi hech qanday ta’sirni bilmaydi.
Bir martalik doza deb, to‘rt kecha-kunduzdan oshmaydigan davrda bir lahzada yoki bo‘lingan qismlarda olingan doza tushiniladi. Bir martalik nurlanish dozasi ko‘payishi bilan o‘tkir nur kasalligining og‘irligi kuchayadi. Inson butun tanasining bir martalik tashqi teng nurlanishi dozasining kattaligiga qarab o‘tkir nur kasalligi to‘rt og‘irlik darajaga bo‘linadi: 1-2 Gi nurlanish dozasida yuzaga keladigan engil (I) daraja; 2-4 Gi nurlanish dozasiga teng bo‘lgan o‘rta og‘irlikdagi daraja (II); 4-6 Gi nurlanish dozasidagi og‘ir (III) daraja; 6 Gi dan oshgan dozada nurlanishdan keyin rivojlanadigan o‘ta og‘ir (IV) daraja.
Radiatsion jarohat olish xavfi borligi sababli radiatsiya darajasi yuqori bo‘lgan joyda aholiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish mumkin emas. Bu sharoitda zarur bo‘lgan muolajalarni aholining o‘zi-o‘ziga va o‘zaro yordam ko‘rsatishi, zararlangan hududda yurish-turish qoidalariga qattiq rioya qilishi katta ahamiyatga ega.
Radioaktiv moddalar bilan zararlangan hududda ovqatlanish, zararlangan manbalardan suv ichish, erga yotish mumkin emas. Ovqat tayyorlash tartibi va aholini ovqatlantirish favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari tomonidan joyning radioaktiv zararlanish darajasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Radioaktiv zararlangan xududida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda gamma- nurlanishini bartaraf etish yoki kamaytirish zarur, buning uchun boshpana, chuqurroq joylashgan xonalar, g‘isht, beton va boshqa binolar kabi himoya vositalaridan foydalanish mumkin. Radioaktiv moddalarning teri va shilliq pardalarga keyinchalik ta’sir ko‘rsatishining oldini olish uchun kiyim-kechak va poyafzalga qisman sanitar ishlov berilishi va qisman dezaktivatsiyalanish o‘tkaziladi. Qisman sanitar ishlov berish terining ochiq joylarini toza suv bilan yuvish yoki ho‘l tampon bilan artish yo‘li bilan bajariladi. Jarohatlangan ko‘z yuviladi, og‘iz chayqab tashlanadi. Keyin jarohatlanganlarga respirator, paxta-doka bog‘ichini kiygizib yoki uning og‘zi va burnini sochiq, ro‘molcha, sharf yoki boshqa yumshoq narsalar bilan yopib, uning ustki kiyimi qisman dezaktivitsiyadan o‘tadi. Bunda kiyimdan qoqiladigan chang boshqalarga tushmasligi uchun shamol yo‘nalishi hisobga olinadi.
Radioaktiv moddalar organizm ichiga tushganda oshqozon tozalanadi, adsorblovchi moddalar (aktivlashtirilgan ko‘mir) beriladi. Ko‘ngil ayniganida shaxsiy dori qutichasidan qayt qilishga qarshi dori ichiladi. Nurlangan shaxslar yuqumli kasalliklarga moyil bo‘lishi sababli, ushbu kasalliklarning oldini olish maqsadida ¹ 2-bakteriyaga qarshi vositani ichish tavsiya etiladi. Radioaktiv moddalar bilan jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam berilgandan so‘ng, ularni favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududdan uzoq bo‘lmagan shifoxonalarga evakuatsiya qilinadi.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar qo‘llaniladigan tashkilotlarda paydo bo‘luvchi o‘choqlarning tasnifi.
Xavfli kimyo ob’ektlarda avariya sodir bo‘lganda bir necha faktorlar vujudga kelishi mumkin. (yong‘inlar, portlashlar, kimyoviy moddalar bilan zaxarlanishlar). SHuning uchun qutkarish ishlarni boshlashdan oldin hamma faktorlarni nazarda tutish kerak. CHunki, yuqorida sanab o‘tilgan faktorlar yana boshqa kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni (ikkilamchi favqulodda vaziyat) keltirib chiqarishiga mumkin va bu holat qutkaruvchilarga ma’lum miqdorda xavf tug‘dirishi mumkin.
Odamlarni qutqarish va himoyalash ishlari juda tez va qiska vaqtda bajarish lozim. Avariya oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-ob’ekt ishchi-xizmatchilariga, shaxsiy tarkibli fuqaro muhofazasi komandalariga, aholiga xavfli kimyoviy avariya va kuchli ta’sir etuvchi moddalar (KTZM) bilan zaharlangai bulutlar tarqalishi hakida elon qilish;
-ob’ektdagi mavjud bo‘lgan himoya inshootlari va pana joylarga ishchi-xizmatchilarni olib chiqish;
- zaharlanish mumkin bo‘lgan hududlardan aholini vaqtincha evakuatsiya qilish;
-ob’ektni karantinga ish rejimiga o‘tkazish.
Ob’ekt fukaro muhofazasi boshlig‘i komandalarni va yordamga kelayotgan komandalarni ishlash rejimlari belgilaydi. Komandalarga ishlarni o‘tkazish haqida buyruq beradi. Boshqarish shtabi yordamida kuchlarni avariya natijalarini bartaraf qilish ishlarini boshqaradi. Ob’ekni ishchi-xizmatchilarni va shaxsiy tarkib komandalarini shaxsiy ximoya vositalar bilan ta’minlashni tashkil etadi.
Fuqaro muhofazasi komandalari qutkarish ishlarni quyidagi tartibda olib boradi:
-avariya joyiga yullarni o‘tkazish;
-yong‘inlarni va mumkin bo‘lgan portlashlarni bartaraf qilish;
-jarohatlangan joylarni va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni oqimlarni to‘xtatib tamirlash rezerv bochkalarga, sissernalarga kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni o‘tkazish;
-kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni neytrallashtirishni tashkil etish;
-jarohatlanganlarni topish, ularni evakuatsiya punktlarga olib borish.
Jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish avariya hududlaridan tashqarida ko‘rsatiladi. Birinchi tibbiy yordam esa sanitariya komandalari bilan sanitariya postlarda tashkil qilinadi. Bu ishlar ko‘p hollarda zaharlanish darajasini pasaytiradi.
Radiatsion xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat tomonidan tartibga solish quyidagilardan iborat:
-radiatsion xavfsizlikka doir talablarga rioya etilishini davlat tomonidan nazorat qilish va tekshirish;
-ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash;
-qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini, ichimlik va texnik suvlarni, qurilish materiallarini va ulardan tayyorlangan buyumlarni radiatsiyaviy ifloslanish jihatidan sertifikatlash;
-barcha turdagi qurilish uchun er uchastkalari ajratilishi kelishib olinayotganda radiatsiyaviy ifloslanishni aniqlash.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
-normalashtirish tamoyili - ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan fuqarolarning nurlanish olishi individual dozasini yo‘l qo‘yiladigan ular sog‘ligiga xavfsiz bo‘lgan darajadan oshmasligi;
-asoslash tamoyili - inson va jamiyat uchun keltiradigan foydasi agar (tabiiy radiatsiyaviy fonga qo‘shimcha ravishda) etkazishi ehtimol tutilayotgan xavfdan ortiq bo‘lmasa, ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanishga oid faoliyatning barcha turlarini aniqlash;
-minimallashtirish tamoyili - ionlashtiruvchi nurlanishning har qanday manbaidan foydalanilganda nurlanish olishning individual dozalarini fuqarolar sog‘ligiga xavfsiz bo‘lgan chegarada va nurlanish olayotgan shaxslar sonini mumkin qadar oz darajada bo‘lishini saqlab turish.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan bog‘lik ob’ektlarda avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish mazmuni bilan tanishib chiqamiz. Bunday ob’ektlarda o‘z vaqtida va sifatli razvedka ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega.dir. Razvedkani radiatsiya va kimyoviy razvedka tuzilmalaridan tashkil etilgan guruh zvenolari olib boradi. Ular avariya sodir bo‘lgan joyni va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddaning turini, hudud va ob’ektning eng xavfsiz yo‘nalishlarini aniqlaydi. Zaruriyati bor deb topilganda tuproq, suv va boshqa tashqi muhit ob’ektlaridan namunalar oladilar va tahlil qilish uchun laboratoriyaga yuboradilar, kiyoviy zaharlangan hudud o‘chog‘ida odamlarning holatlarini baholaydilar.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning hududga yoki atmosferaga tarqalayotganligini aniqlash bilanoq ob’ekt ishchi va xizmatchilari hamda yaqin-atrofda yashovchi aholiga xavf haqida xabar beriladi. Avariya haqidagi xabarni eshitgan aholi darhol nafas olish yo‘llarini muhofaza qilish niqoblarini hamda terini muhofaza qiluvchi eng oddiy kiyimlar (plash, yoping‘ich)larni kiyib olishlari kerak. Uyda bo‘lgan aholi deraza va darchalarni mahkamlab yopishi, yashash joyiga tashqaridan havo kirmaydigan qilib berkitishi, elektr isitgich asboblari, gaz o‘choqlari va boshqa yonayotgan asbob-uskunalarni o‘chirishlari kerak.
Avariya sodir bo‘lgan ob’ektda birinchi navbatda kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning to‘kilishini yoki tarqalishini to‘xtatish tadbirlari amalga oshiriladi. Buning uchun hududga KTZM uzatib berish tizimi yopiladi, jumraklar va boshqa yopish moslamalari yopiladi. KTZM shikastlangan idishlardan boshqa nuqsonsiz idishlarga o‘tkaziladi. Ba’zi hollarda KTZM tarqalishining oldini olish maqsadida hovuzlar yoki chuqurliklar qaziladi.
Avariya hududlarida aholiga sanitariya ishlovini tashkil qilinadi va o‘tkaziladi. Qisman sanitar ishlovi zaharlangan zonada yoki zonadan chiqish joylarda o‘tkaziladi. To‘la sanitar ishlovlari esa sanitar punktlarida o‘tkaziladi.
Favqulodda vaziyatlarda aholi va iqtisodiyot ob’ektlarini xabardor qilishni tashkil etish
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda yoki sodir bo‘lish ehtimoli tug‘ilganida aloqa va xabar berishni tizimini tashkil etishga fuqaro muhofazasi boshlig‘i mas’uldir. Aloqa va xabar berish tizimining doimiy tayyorgarligini bevosita fuqaro muhofazasi xabar berish va aloqa xizmati ta’minlaydi. Fuqaro muhofazasi aloqa tizimi muqim, boshqaruv punktlarining aloqa tarmoqlari bazasiga davlat aloqa tarmog‘iga tayangan holda tinchlik davrida oldindan tashkil etib qo‘yiladi. Respublika, viloyat, poytaxt shahar aloqa tizimi asosini shahar va shahardan tashqari xududlardagi boshqaruv punktlarining aloqa tarmoqlari tashkil etgan bo‘lib, ular aloqa vazirligining shahar va shahardan tashqaridagi aloqa tarmoqlariga aloqa yo‘llari yordamida bog‘langan bo‘ladi hamda ular orqali davlat aloqa tizimiga chiqishni ta’minlab beradi.
Boshqaruv punktlarining aloqa tarmog‘i - boshqarishni ta’minlash uchun ishlatilgan aloqa kuchlari va vositalarning tashkiliy-texnik birlashmasidir.
Aloqa tarmoqlari muqim (muhofaza qilingan va muhofaza qilinmagan) hamda ko‘chma bo‘ladi.
Muqim aloqa tarmoqlari respublika, viloyat, shahar, tuman, vazirlik va idoralarning shaharlardagi va shahardan tashqari hududlaridagi boshqaruv punktlaridagi muhofaza inshootlarida jihozlanadi. Ko‘chma aloqa tarmoqlari avtomobillarda, vertolyotlarda va temir yo‘l vagonlarida jihozlanib, muqim aloqa tarmog‘ida uzellar ishdan chiqqan holda va avariya-qutqarish ishlari o‘gkazishda va boshqa tusatdan paydo bo‘lgan vazifalarni bajarishda aloqalarni ta’minlab turishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
FVDT (Favqulodda vaziyatlarda oldini olish va bartaraf etish davlat tizimi)da radio, simli va signal beruvchi aloqa vositalari ishlatiladi. Radio muhim va ishonchli vositasi bo‘lib, birinchi galda FVDT kuchlari vaziyatlar joyiga olib borilayotganda va avariya-qutqaruv ishlari o‘tkazilayotganda ularni boshqarish uchun ishlatiladi. Bunday aloqa radio tarmoqlari va radio yo‘nalishlari shaklida tashkil etiladi. Simli aloqa vositalari fuqaro muhofazasi kuchlari o‘z asosiy joyida turganda, avariya-qutqaruv ishlari o‘tkazayotganda, ularni boshqarish uchun ichki aloqasini ta’minlashda ishlatiladi. Ko‘chma aloqa vositalari sifatida avtomobillar, mototsikllar, vertalyotlar va yugurdaklardan foydalaniladi.
Signal beruvchi vositalar - axborot berish, xabarlash, boshqarish va o‘zaro hamkorlik tadbirlarini o‘tkazish signallarini berish uchun ishlatiladigan eshitish radiotexnika vositalaridir.
Xabar berish tizimi markazlashgan va cheklangan quyi tizimlarga bo‘linadi.
Aloqa va xabar berish markazlashgan tizimi.
Markazlashgan xabar berish tizimi deganda tinchlik va harbiy harakatlar davrida fuqaro muhofazasiga mas’ul xodimlarga hamda respublika aholisiga signal va kerakli axborotlarni tezlikda etkazib berishga mo‘ljallangan texnik vositalar, aloqa kanali, radio va televidenie majmuasi tushuniladi.
O‘z vazifalariga qarab markazlashgan bildirish tizimi respublika, viloyat, tuman, shahar, inshoot miqyosida tuziladi. Aholiga markazlashgan holda xabar berish tizimining maxsus jihozlangan texnik vositalari Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari tasarrufida bo‘ladi. Bu texnik vositalar qoida bo‘yicha O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi korxonalarida joylashtiriladi. Xabar berish apparatlari favqulodda vaziyatlar shahar (tuman) bo‘limlarida o‘rnatiladi, agarda bunday bo‘limlar mavjud bo‘lmasa kechayu-kunduz tezkor navbatchilik tashkil qilingan joylarga o‘rnatiladi. Markazlashgan xabar berish tizimi ancha qulayliklarga ega. Birinchidan, sirenaning ovozi shahar, tuman, viloyatning aholisi etiborini jalb qilish imkoniyatini beradi. Ikkinchidan, uni ham tinchlik davrida - tabiiy ofat, avariyalar sodir bo‘lganda, ham harbiy davrda qo‘llash mumkin. Qishloqlarda, tumanlarda va iqtisodiyot ob’ektlarida ovozli signallarni va og‘zaki xabarlarni etkazuvchi xabar beruvchi vositalarni yagona markazlashgan xabar berish tizimiga birlashtiruvchi maxsus apparatlar mavjud. Ular yordamida elektro sirenalarni boshqarish, xodimlarga uy va xizmat telefonlari orqali xabar xabar berish vositalarini ulash mumkin. Xabar berish markazlashgan tizimi:
-shaharlarda, tumanlarda, ob’ektlarda va qishloqlarda yirik aholi punktlarida markazlashgan va markazlashmagan tarzda “Diqqat barchaga!” signalini berishni;
-simli eshittirish tarmoqlari va mahalliy radio eshittirish stansiyalarida og‘zaki axborot berish yo‘li bilan aholini xabarlashni;
-signallarni va axborotni respublika, viloyat, shahar, tuman, vazirlik va idoralarning shaharlardagi va shahardan tashqari hududlaridagi boshqaruv punktlariga, ichki ishlar shahar, tuman bo‘limlariga etkazishni;
-xonadon va xizmat telefonlarida mansabdor shaxslarga doimiy (sirkulyar) bildirishni;
-fuqaro muhofazasini bildirish signallarini iqtisodiyot ob’ektlari ishchilari xizmatchilariga, FVDT tuzilmalariga va O‘zbekiston Respublikasining barcha aholisiga berishni ta’minlashi kerak.
Xabar berishning lokal tizimlari.
Halokatli suv bosish ehtimoli bor hududlarda, atom energetikasi ob’ektlari va kimyoviy xavfli ob’ektlar turgan joylarda aholiga tezroq xabar berish uchun (ayniqsa CHernobil voqeasidan keyin) lokal tizimlari yaratish masalasiga alohida e’tibor beriladigan bo‘ldi. Bunday tizimlar yordamida avariya sodir bo‘lgan ob’ektdagi ishchi va xizmatchilargagina emas, balki zaharlanish, vayron bo‘lish yoki halokatli suv bosish ehtimoli bor hududga tushib qoladigan aholiga ham vaqtida xabar berish mumkin bo‘ladi.
Tezkorlik - lokal tizimlarning asosiy afzalligi bo‘lib,tezlik bilan bildirishdan iborat. Masalan: dispetcher eng tang vaziyatlarda bir qarorga kelib signal berishi mumkin. Lokal tizimlar odatda, signal beruvchi qurilmalar (datchiklar)dan boshlanadi. Ular kimyo inshootlariga yoki to‘g‘onlar korpusiga o‘rnatib qo‘yiladi. Signal datchiklari dispetcherga tushadi, u inshootda ro‘y bergan favqulodda vaziyat xaqida P-164 boshqarish pulti elektron uskunalar, inshootdagi sirkulyar chaqirish qurilmalari va P-164 uzatgich (peredatchik) orqali telefonlar va radiokarnaylar orqali e’lon qiladi. P-164 uzatgich zararlanish (suv bosish) ehtimoli bor hududda yashab turgan aholiga xabar berishning lokal tizimi P-160 apparatini ulab, radiotranslyasiya kanallarini, elektr sirenalarini va ko‘chadagi radiokarnaylarni ishga tushiradi.
Respublika, viloyatlar shahar va shahardan tashqari hududlardagi boshqaruv punktlaridagi aloqa FVDT boshqarmalar, bo‘limlar va xizmatlar hamda hamkorlik qiluvchi boshqarmalar (qo‘shnilar), harbiy gornizonlar va harbiy komissarliklar, hamda razvedka guruhlari, ko‘chma va yordamchi boshqaruv punktlari, vazirliklar, idoralar, birlashmalar, uyushmalar boshqaruv punktlari bilan birgalikda tashkil etiladi. SHahar (qishloq) tumanlari boshqaruv punkglari aloqanining barcha mavjud kuch va vositalarini qo‘llab, favqulodda vaziyatlar boshqarma (bo‘lim)lari, evakuatsiya organlari, transport tashkilotlari, inshootlar boshqaruv punktlari, shahardan tashqari hududlar, o‘zaro hamkorlik qiluvchi (qo‘shni) tumanlar, mahalliy tuzilmalar, fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun ajratilgan harbiy qismlar va bo‘linmalar bilan aloqani tashkil etadi. Aloqa va bildirishning markazlashtirilgan va lokal tizimlarini tuzish va doimiy shay holda saqlab turish aholiga favqulodda vaziyatlar xavfi yoki yuzaga kelishi haqidagi axborotlarni o‘z vaqtida etkazish imkoniyatini beradi. Xabar berish aholiga tushunarli, avvaldan belgilangan shartli signallardan boshlanadi. Maqsad aholining e’tiborini insonlarning salomatligiga tahdid soluvchi xavfli vaziyat sodir bo‘lishi mumkinligiga qaratish va bunday vaziyatdatn harakat tartibini tushuntirishdan iborat.
Aloqa vositalari va xabar berish usullari avvaldan rejalashtirilgan va tashkil qilingan bo‘lishi kerak. Fuqaro muhofazasi tadbirlarini o‘gkazishning barcha rejimlarida aloqa va xabar berish vositalari asosiy o‘rinni egallaydi.
Har qanday xavf-xatar holatida elektr sirenalari ishga tushiriladi. Ularning hayqirig‘iga korxonalarning uzuq-uzuq gudoklari jo‘r bo‘ladi. Fuqaro muhofazasining “Diqqat barchaga!” degan ovozi eshitilgan zahoti televizor, radiopriemnik, radiokarnaylarni ishlatib qo‘yib, mahalliy hokimiyat organlarining yoki favqulodda vaziyatlar boshqarma, bo‘limlarining xabarlarini tinglash kerak.
Bu tabiiy ofat yoki avariya oqibatlarini tugatguncha davom etishi lozim. Aholi punktlarining va iqtisodiyot ob’ektlarining radiotranslyasiya tarmokdari kechayu-kunduz ishlashga o‘tkazilishi kerak.
Radioeshittirish va televidenie (jo‘r ovoz bo‘ladigan radiouzatgichlarni ham qo‘shib) respublika aholisiga xabar berish va axborotni etkazishning asosiy vositalari hisoblanadi. Xabar berish signallari va tegishli axborot butun hududga ham, shuningdek hududlarni tanlab olib (viloyat tumani) ham berilishi mumkin.
Ovozli xabarlarni Aloqa vazirligining yoki Davlat teleradiosining eshittirish studiyalaridagi suhandonlar (diktorlar) yoki viloyat, shahar, qishloq tumanlari ma’muriy markazlardagi studiyalarning va iqtisodiyot inshootlari dispetcherlik punktlarining suhandonlari eshittiradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari asoslangan ovozli xabarlar matnini davlat va rus tillarida aytib chiqishlari, ularni magnit tasmasiga (videokassetaga) yozib qo‘yishlari kerak.
Kechiktirib bo‘lmaydigan favqulodda hollarda ovozli qisqa xabarlarni favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisining bevosita ish o‘rnidan turib magnit tasmasidan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri eshitgirish tarzida (magnit tasmasiga oldin yozib olgan tarzda) eshittirishga tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlarining ijozati bilangina yo‘l qo‘yiladi. Radiotranslyasiya tarmog‘ini tanlab olish uchun P-164 apparatidan foydalaniladi. Bildirish signallari televidenieda ham, efirga ham bevosita uzatib yoki videomagnit tasmaga yozib olib etkaziladi. Bu maqsadda respublika eshittirish dasturlari ishga solinadi. Viloyatlarda respublika dasturiga istalgan vaqtda kirib, viloyat teleradio markazlaridan axborot berib xabardor qilish imkoniyati bor.
Favqulolda vaziyat sodir etilganda aholiga bildirish tartibi kuyidagicha bo‘lishi mumkin. Kimyoviy xavfli ob’ektda avariya bo‘lganda bunday axborot beriladi: “Diqqat barchaga! SHahar favqulodda vaziyatlar bo‘limidan gapiramiz... Fuqarolar! Kimyo kombinatida kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda - xlor chiqib ketib, avariya sodir bo‘ldi. Zaharlangan havo buluti ... yo‘nalishida tarqala bormokda. Quyidagi shahar, tumanlar va viloyat aholi punktlari kimyoviy zaharlanish hududida qoladilar... Zaharlanish hududiga tushib qolgan kishilar uylaridan, muassasa, korxona, o‘quv yurtlaridan darhol chiqsinlar, shamol yo‘nalishiga perpendikulyar, eng qisqa yo‘l bilan xavfsiz joylarga o‘tsinlar. Tashqariga oldin ho‘llangan yoki 2% li ichimlik soda eritmasi, paxtali doka bog‘ich taqib olinglar. Zaharlangan havo buluti etib kelguncha xonadondan chiqib ulgurishga ulgirmasangiz, xonangizni eshik va derazalarini zichlab yopib, tashqaridan havo kirmaydigan qilib oling. Erto‘lalar va uylarning pastki qavatlariga xlor havodan og‘ir bo‘lgani uchun, pastqam joylarga, ertulalarga oqib kiradi. Keyin esa favqulodda bo‘limining ko‘rsatmasiga binoan yo‘l tuting. Hozir favqulodda vaziyatni talofatlarini bartaraf etish borasida ishlar olib borilyapdi. Axborotlarni kuzatib boring”.
Mana shu tartibdagi axborot bir necha marotaba beriladi.
Favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganida xavf darajasini ko‘rsatadigan ikkita bildirish belgilangan:
1.YUqori tayyorgarlik rejimi.
2.Favqulodda rejim.
Ikkala rejimda ham fuqaro muhofazasi tomonidan quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
-favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun shahar ob’ektlarini va sanoat zonalarini joylashishini hisobga olgan holda oqilona reja tuzish;
-ikkilamchi shikast o‘choqlari paydo bo‘lishi xavfini kamaytirishni ta’minlaydigan texnologik jarayon, konstruksiyalar joriy qilish, nodir uskunalarni qidirish;
-oson yonuvchan, portlash xavfi bor va kuchli zaharli moddalar hajmini iloji bor darajada kamaytirish, suyuqlik idishlarini muhofaza qilish, ulardan suyuqlik oqishini yo‘q qiladigan yoki cheklaydigan choralarni ko‘rish;
-fuqaro muhofazasi signali berilganda va elektr energiyasi to‘satdan o‘chib qolganda ishlab chiqarishni avariyasiz to‘xtatish choralarini ko‘rish;
-favqulodda vaziyat sharoitida tashish ishlariga transportni tayyorlash;
-mavjud xo‘jalik aloqalari buzilgan taqdirda foydalanish uchun moddiy-texnika ta’minoti rezervi va dublyaj qiluvchi bazalarini tayyorlash;
-tarmoq taraqqiyoti mobaynida ob’ektlarni, bo‘lib-bo‘lib tarqatib yuborish;
-ishlab chiqarishni yoki muhimroq mahsulotni har xil ob’ektlarda dublyaj qilib chiqarish;
-inshootlarni chuqurlashtirish, pastroq inshootlar qurish, vertikal konstruksiyalarni gorizontallariga almashtirish;
-inshootlardagi alohida elementlar orasida qo‘shimcha bog‘lanishlar o‘rnatish hisobiga konstruksiyalar pishiqligini oshirish;
-uskunalarni yonmaydigan engilgina to‘siq konstruksiyalari bor imoratlarga o‘rnatish;
-energota’minot tizimlari ishining barqarorligini ta’minlash (avtonom manbalar, dizel elektr stansiyalar-artezian quduklar hisobiga);
-ob’ekt ta’mirlanayotganda jo‘n va oson alanga oladigan konstruksiyalarni barqarorlik shartlariga javob beradigan konstruksiyalarga almashtirish.
3- BOB . “Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish”
Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilishning asosiy usullari.
Tinchlik va urush vaqtlarida favqulotdagi vaziyatlarda aholini muhofaza qilish fuqaro muhofazasining asosiy vazifalaridan biridir.
Tinchlik vaqtida favqulotdagi vaziyatlarda aholini muhofaza qilishning asosiy yunalishlari quyidagicha:
1. Aholini favqulotdagi vaziyat boshlanishi yoki boshlanganligi haqida xabardor qilish.
2. Aholini favqulotda vaziyat sodir bo‘lgan joylardan boshqa xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
3. Aholini fuqaro muhofazasini muhofaza qilish joylariga ko‘chirish (berkitish).
Urush vaqtida aholini favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy yunalishlari quyidagicha:
1. Aholini fuqaro muhofazasining muhofaza qilish joylariga berkitish.
2. Aholini evakuatsiya qilish, ishchi va xizmatchilarni va ularning oilalarini birinchi kategoriya obektlaridan, shahardan tashqarida joylashgan, xavfsiz zonalarga va shahar tashqarisidagi hududlarga ko‘chirish.
3. Aholi tomonidan shaxsiy individual himoya vositalarini nafas olish va terini himoya qilish uchun ishlatladigan anjomlardan, medik vositalardan foydalanish.
Radioaktiv zararlanish va kimyoviy zaharlanish paytidagi chora tadbirlar.
1. SHaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.
2.Fuqaro muhofazasining muhofaza qurilmalarida berkinish va eng oddiy joylarda berkinish.
3. Zaharlangan joylarda bo‘lganda belgilangan rejimlarga rioya qilish.
4. Zaharlangan joylardan zaharlanmagan joylarga evakuatsiya qilish.
5. Tibbiyot vositalarni ishlatishni qo‘llash.
6. To‘la va qisman sanitar tadbirlarini olib borish.
Suv bosgan joylarda aholini muhofaza qilish.
1. Aholini asosan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish;
2. Suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarda yashovchi aholini oldindan ogohlantirish, sodir bo‘lgan taqdirda qanday choralarni ko‘rishni oldindan tushintirish;
3. Tezkor evakuatsiya zarur bo‘lmagan vaqtda balandroq joylarga chiqib olish, keyinchalik esa xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
Aholini muhofaza qilishda fuqaro muhofazasi muhandislik xizmati, ishchilar, korxona ishchilari quyidaga ishlarni o‘tkazishlari kerak:
1. Fuqaro muhofazasi muhofaza qilish joylarini qurish, shuningdeq er osti qurilmalarini ta’mirlash (er to‘lalarni, er osti o‘tish joylarini).
2. Qutqarish ishlarida ishtirok etish va boshqa ishlarni bajarish, imoratlarni tiklash, fuqaro muhofazasi qurilmalarini va muhandislik qurilmalarini tiklash.
YOng‘inlar bilan kurashish.
YOng‘in, bu- kuchli issiqlik natijasida moddiy va ma’naviy boyliklarni bir necha daqiqada yo‘q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi favqulodda vaziyatdir. YOng‘in uy sharoitida nazorat qilinishi mumkin bo‘lgan dastlabki daqiqadan uch daqiqagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada kuchayadi.
YOnginlarga qarshi kurash asosan yong‘inga qarshi kurashadigan xizmatchilarga zimmasiga yuklatilgan, ular zamonaviy texnika bilan ta’minlangandirlar. YOng‘inlarga qarshi kurashishni takomillashtirish uchun yong‘inga qarshi muhofazani rejalashtirib borish va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazib turish zarur. Fuqaro muhofazasida butun aholini yong‘inga qarshi kurashishgi o‘rgatish kerak, kerakli moslamalarni saqlash lozim. Elektr asbob-uskunalar, apparatlar, isitgichlar va isitish anjomlarini yong‘inga qarshi moslanganligi maqsadga muvofiqdir.
Aholini ko‘chirishni tashkil etish va o‘tkazish.
Aholini ko‘chirish - bu tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar zonalarida va ular yuzaga kelish ehtimoli bor zonalardan aholini transportda (piyoda) tashkiliy olib chiqish hamda uni oldindan (FV manbalarining shikastlovchi omillarining ta’sir zonalaridan tashqarida) tayyorlab quyilgan xavfsiz joylarga qisqa muddatli joylashtirish tadbirlari majmuidir.
Ko‘chirish tadbirlarini o‘tkazish xususiyatlari quyidagilarga qarab belgilanadi:
- Favqulodda vaziyatlar manbaining tavsifi (tusi);
- Favqulodda vaziyatlar manbai ta’sir ko‘rsatishining makon-vaqt (tavsiflari);
- Transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholining soni va qamrab olinishi;
- Aholini ko‘chirish tadbirlarining o‘tkazilish vaqti va qanchaliq shoshilinchligi.
Qachonki ko‘chirilishi kerak bo‘lgan aholining hammasi favqulodda vaziyatlar manbaining shikastlovchi omillari ta’sir zonasi chegarasidan tashqariga transportda (piyoda) olib chiqib bo‘linsa, shundagina aholini ko‘chirish tugallangan hisoblanadi. O‘tkazilish vaqti va muddatiga qarab, aholini ko‘chirishning 2 turi (varianti) mavjud:
1. Oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirishlar.
2. SHoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) ko‘chirishlar.
Oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirishlar favqulodda vaziyatlar (potensial xavfli ob’ekglardagi falokatlar yoki tabiiy ofatlar) yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada ekanligi haqida ishonchli ma’lumot olinganda o‘tkaziladi. Bunga bir necha o‘n daqiqadan bir necha sutkagacha davr ichida favqulodda vaziyat sodir bo‘lishi mumkinligi haqidagi qisqa muddatli ishonchli oldindan taxminlash asos hisoblanadi. Bu taxminga shu muddat mobaynida aniqlik kiritilishi mumkin.
SHoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) ko‘chirishlar odamlarning hayoti va salomatligiga xavf tug‘iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat yuzaga kelgan, aholining risoladdagidek kun kechirishi buzilgan taqdirda o‘tkaziladi.
Favqulodda vaziyat rivojlana borishi va favqulodda vaziyat zonasidan olib chiqiladigan aholi soniga qarab, ko‘chirishning 3 xil (variant) bo‘ladi:
1. CHeklangan ko‘chirishlar.
2. Mahalliy ko‘chirishlar.
3. Mintaqaviy ko‘chirishlar.
CHeklangan ko‘chirishlar. Favqulodda vaziyat manbai shikast omillarining ehtimol bo‘lgan ta’sir zonasi shahar, kichik tuman yoki qishloq aholi punkti chegarasi ichidan chiqmay, ko‘chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda o‘tkaziladi. Bunday holda ko‘chirilgan aholi, odatda, favqulodda vaziyat zonasiga tutash aholi punktlariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga (FV manbaining shikastlovchi omillari ta’sir zonasidan tashqarida) joylashtiriladi.
Mahalliy ko‘chirishlar o‘rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan hollarda o‘tkaziladi. Bunda ko‘chiriladigan aholining soni bir necha mingdan o‘nlab ming kishigacha etishi mumkin bo‘lib, ular, odatda, favqulodda vaziyatlar zonasi bilan yondosh xavfsiz joylarga joylashtiriladi.
Mintaqaviy ko‘chirishlar shikastlovchi omillar anchagina keng moydonga yoyilib, yirik shaharlarni ham o‘z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy evakuatsiyada favqulodda vaziyat zonasidan transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholi domiy yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa ko‘chirilishi mumkin.
Favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan aholining qanchasi ko‘chirish tadbirlari bilan qamrab olinganiga qarab, ko‘chirishning ikki turi (varianti) bo‘lishi mumkin:
1. YAlpi ko‘chirish.
2. Qisman ko‘chirish,
YAlpi ko‘chirish favqulodda vaziyat zonasidan hamma toifa aholi olib chiqilishini nazarda tutadi.
Qisman ko‘chirish favqulodda vaziyat zonasidan mehnatga layoqati bo‘lmagan aholi, maktabgacha yoshdaga bolalar, maktab, hunar-texniqa bilim yurtlari o‘qituvchilari olib chiqilishi zarur bo‘lganda o‘tkaziladi.
Aholini ko‘chirishning ko‘rsatilgan variantlari xavfning yoyilish ko‘lami va tavsifiga, uning amalga oshishining oldindan taxmini qanchalik ishonchliligiga, shuningdek favqulodda vaziyatlar manbai shikastlovchi omillarining ta’sir zonasidagi ishlab chiqarish ob’ektlaridan xo‘jaliqda foydalanish istiqboliga qarab tanlanadi. Odamlar hayoti va salomatligiga xavf borligi aholini ko‘chirish haqida qarorga kelish uchun asos hisoblanadi.
Aholini ko‘chirish haqida qarorga kelish huquqi O‘zbekiston Respublikasi sub’ektlarining hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan yoki favqulodda vaziyatlar xavfi oldindan taxmin qilinayotgan ijroiya hokimiyat idoralarining mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlarining rahbarlarida (fuqaro muhofazasi boshliqlarida) bo‘ladi. Favqulodda vaziyatlarlarning tarqalish chegarasiga, ko‘lamiga va ko‘chirishning qanchalik shoshilinchligi talablariga qarab mahalliy yoki mintaqaviy xarakterga ega bo‘ladi. SHoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) yoki oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirish tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlarining ko‘rsatmalari (farmoyishlari)ga binoan amalga oshiriladi.
Kechiktirmay qarorga kelish talab qilinadigan hollarda cheklangan xarakterdagi shoshilinch ko‘chirish potensial xavfli ob’ektning navbatchi yuriqchilik xizmati boshlig‘ining ko‘rsatmasi (farmoyishi)ga binoan o‘tkazilishi mumkin. Boshqaruvning hududiy, idoraviy, ob’ekt idoralari fuqaro muhofazasi boshliqlari (favqulodda vaziyatlar hay’atlari) ko‘chirishga umumiy rahbarliq qiladi.
Aholini ko‘chirish tadbirlarini bevosita tashkil etish va o‘tkazishga esa viloyat, shahar, tumanlar ma’muriyati va iqgisodiyot ob’ekti boshqaruv organlari tashkil etadigan aholini ko‘chirish tashkilotlari rahbarlik qiladi.
Aholini ko‘chirish tadbirlarini yaxshilab o‘ylab rejalashtirishni hamda transportni, yo‘llarni, ko‘chirish tashkilotlarining ko‘chiriladigan aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan tayerlab qo‘yishini, shuningdek aholining fuqaro muhofazasi sohasida har tomonlama tayergarlik ko‘rishini talab qiladi. Bunday tayyorgarlikni ijroiya hokimiyati idoralarining va iqtisodiyot ob’ektlari boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig‘i bo‘lgan rahbarlari tashkil etadi va o‘tkazadi.
Aholini evakuatsiya qilish ishlab chiqarish-hududiy va hududiy tamoyillari asosida rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish-hududiy tamoyili favqulodda vaziyatlar zonalaridan ishchilar, xizmatchilar, studentlar, o‘quvchilarni, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, o‘quv yurtlari bo‘yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish soxasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish organlari orqali turar joylari bo‘yicha transportda (piyoda) olib chiqishni nazarda tutadi.
Muayyan hollarda evakuatsiya hududiy tamoyilda, ya’ni aholini ko‘chirish e’lon qilingan paytda bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshirilishi mumkin.
Aholini ko‘chirish usullariga qarab, 3 taga bo‘linadi:
1.Transportda;
2. Piyoda tartibda;
Z.Aralash usul.
Aralash usul eng samarali va eng maqbul usul hisoblanadi. U mavjud transport yordamida iloji boricha eng ko‘p ishlovchilar bilan bir vaqtda aholini qolgan qismini birga qo‘shib olib chiqishga asoslanadi. Bunda, asosan piyoda tartibda yura olmaydigan aholini transportda olib chiqish rejalashtiriladi.
Aralash usul favqulodda vaziyat zonolaridan aholini ko‘chirish tadbirlarini eng qisqa muddatda o‘tkazish talablariga juda mos keladi.
Ko‘chirilgan aholi xavfsiz joylarda maxsus buyruq bo‘lguncha joylashtirib turiladi. Aholini ko‘chirish tadbirlarining hajmi kunligi, tashkil etish va o‘tkazishdagi murakkabliklari ko‘chirish tashkilotlarini tuzishga hamda ularning aholini ko‘chirishga sifatli tayyorgarlik ko‘rishlariga oshirilgan talablar qo‘yadi.
Aholini ko‘chirishni tashkil qilishni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazish bevosta shahar, tuman va viloyatlarning ko‘chirish tashkilotlariga, hokimiyat idoralariga, favqulodda vaziyatlar favqulodda vaziyat boshqarmalari va bo‘limlariga yuklatiladi. Quyidagilar ko‘chirish tashkilotlari tarkibiga kiradi:
- aholini ko‘chirish hay’atlari (AKH);
- ko‘chirilganlarni qabul qilish hay’atlari (KQQH);
- ko‘chiriladiganlarning intilish punktlari (KIP);
- ko‘chirilganlarni qabul qilish punktlari (KQQP);
- ko‘chirishning oraliq punktlari (KOP);
- piyoda ko‘chirilganlarning yo‘llaridagi boshqarish guruhlari;
-ko‘chiriladigan aholini transportda (piyoda) olib chiqish tezkor guruhlari - aholini ko‘chirish hay’atlari (AKH)
FVDTning ishchilar, xizmatchilar va aholini ko‘chirish rejalashtirilayotgan hamma hududlarda ko‘chirish hay’at (KH) tashkil etiladi.
Hududiy - ko‘chirish hay’atlari tarkibiga tegishli ma’muriyat rahbarlari qarori bilan o‘sha ma’muriy-hududiy bo‘linmalarning mas’ul xodimlari tayinlanadi. Ko‘chirish hay’atining raisi etib, odatda, ma’muriy - hududiy bo‘linma rahbarining o‘rinbosari tayinlanadi. Ko‘chirish hayati tarkibiga a’zo etib, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot idoralarining, transport tashkilotlarining, ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) rahbarlari (ularning o‘rinbosarlari), garnizon yoki harbiy komissarlik boshliqlarining vakillari tayinlanadi. Ko‘chirish hay’atlarida ish yuritish va texnik ishlarni bajarish uchun hududiy boshqaruv idoralarining ma’muriyat xodimlaridan ishchi apparat tayinlanadi. Ko‘chiruv hay’atlarining ishchi apparati ish yunalishlari bo‘yicha bo‘linadi hamda mahalliy sharoitni hisobga olib, bir necha tashkiliy guruhlardan iborat bo‘lishi mumkin. Bular, masalan, transportda va piyoda olib chiqiladigan aholini hisobga olish guruhi, ko‘chirish transporti guruhi, ko‘chirilgan aholini hisobga olish, qabul qilish va xavfsiz joylarga joylashtirish guruhi, ko‘chirish tadbirlarini ta’minlash guruhi va h.k.
Ob’ekt aholini ko‘chirish haytatiga, odatda, korxona, yaqinida bittadan hisobida sutkasiga 5-6 ta poezd jo‘natishni yoki soatiga ikiga (har biri 500 kishidan) piyodalar kolonnasini butlash va tayyorlashni ta’minlaydigan qilib tashkil etiladi.
KAIP bir vaqtda baravariga kamida bitta poezdga (kemaga) odamlar chiqishini yoki baravariga bir kolonna odam yig‘ilishini ta’minlaydigan bo‘lishi kerak. Har qaysi KAIP ga tartib nomeri beriladi. Unga iqtisodiyot ob’ektlari, turar joydan foydalanish tashkilotlari, shuningdek aholini transportda olib chiqish va piyoda ko‘chiriladiganlarning yo‘llari, tashkil etiladigan transportga chiqish punktlari birkitib qo‘yiladi. KAIPning shahar, tuman, ob’ekt ko‘chirish hay’atlari bilan transportga chiqish punktlari va transport tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi ta’minlangan bo‘lishi kerak. KAIP ishini ta’minlash uchun negizida KAIP yo‘lga qo‘yiladigan hududiy ijroya idoralari, tashkilotlari va muassasalari xodimlari hisobidan ishchi apparat tayinlanadi.
Ko‘chirilgan aholini qabul qilish punktlari (KAQQP).
Qo‘chirilganlarni qabul qilish punktlari ko‘chirilgan aholini transportdan tushadigan punktlarda yo‘lga qo‘yiladi hamda shu aholini kutib olish va keyingi joylashtiriladigan joylarga jo‘natishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Odamlarni har qanday ob-havoda vaqtincha joylashtirishni, qish vaqtlarida esa isitish imkoniyatini ta’minlaydigan maktablar, klublar va boshqa jamoat va ma’muriy binolarda KAQQP yo‘lga qo‘yilishi mumkin. KAQQP ga qancha va qachon odam kelishiga qarab, ovqat va ichimlik suv bilan ta’minlash nazarda tutiladi. Buning uchun umumiy ovqatlanish punktlaridan-oshxona, kafe va h.k. lardan, ular bo‘lmaganda esa ovqatlanish ko‘chma punktlaridan foydalanish mumkin.
KIP xodimlarining soni ko‘chirilib keltiriladigan aholi sonini hamda uni ta’minlash tadbirlarining hajmini hisobga olib belgilanadi.
Aholini favqulodda vaziyat zonalaridan shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) ko‘chirish, odatda, KIPni yo‘lga qo‘ymasdan o‘tkaziladi. Ularning vazifalari bunday hollarda tegishli ma’muriy-hududiy birliklar birkitib tezkor guruhlarga yuklatiladi.
Tezkor guruhlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:
-odamlar yashab turgan joyida (yashash joyida yoki ish joyida) aholini xabardor qilish, yig‘ish, hisobga olish va uning transportga chiqishini tashkil etish;
-aholini transport vositalariga taqsimlash, ko‘chirish kolonnalarni tuzish va ularga ko‘chish yo‘llari bo‘ylab hamrohlik qilish;
-aholini ko‘chirish va ko‘chirish yuqori idoralariga xabar berish qanday o‘tayotganini nazorat qilish;
-mas’uliyatidagi zonada jamoat tartibini tashkil qilish va saqlash.
Ko‘chish oraliq punktlari (KOP).
Favqulodda vaziyatlar zonasining tashqi chegarasida ko‘chish oraliq punktlari tashkil etiladi. KOP quyidagilarni ta’minlashi kerak:
-aholini hisobga olish, qayta ruyxatdan o‘tkazish, dozimetrik va kimyoviy nazorat qilish, sanitariya ishlovidan o‘tkazish va borib turiladigan xavfsiz joylarga jo‘natish. Zarurat bo‘lsa, ifloslangan (zaharlangan) kiyim-bosh va poyafzalni KOP da almashtiriladi va maxsus ishlovdan o‘tkaziladi. KOP da aholini favqulodda vaziyat zonasida ishlagan transportdagi ifloslanmagan (zaharlanmagan) hududda ishlaydigan "toza" transport vositalariga o‘tkaziladi. KOP temir va shosse yo‘llar, suv yo‘llari yaqinida bo‘ladi. Aholini favqulodda vaziyat yuz bergan zonadan ko‘chirish har bir alohida holda shu vaziyatning yuzaga kelish sharoitiga, favqulodda vaziyat manbai, ta’sir omillarining ta’sir etish xarakteri va makon va vaqt parametrlariga qarab belgilanadi. Favqulodda vaziyat yuzaga kelishi haqidagi ishonchli taxmin haqida malumot olinganda odamlarni favqulodda vaziyat yuz bergan zonadan transportda va piyoda uyushqoqliq bilan olib chiqish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat bo‘lgan tayyorgarlik tadbirlari o‘tkaziladi. Ba’zi hollarda aholini ko‘chirish cheklangan yoki mahalliy xarakterda bo‘ladi.
Xabar berish oldindan (taxminga binoan) yoki selning boshi signal darvozasidan o‘tganda (shoshilinch ko‘chirishlarda) amalga oshiriladi.
Sel xavfi bor joylardan aholini ko‘chirish:
Bunday ko‘chirish sel oqimi yuzaga kelish xavfi tutilganda, sel oqimi yuzaga kelayotgan davrda, alohida hollarda esa sel oqimining ta’siri tugaganda ham o‘tkazilishi mumkin. Aholini ko‘chirish oldindan o‘tkazilgani ma’qul. Sel oqimi yuzaga kelayotganda esa shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) aholini ko‘chirish tadbirlari o‘tkaziladi.
Ko‘chirishning shoshilinchligi sel to‘lqinining muhofaza ob’ektiga kelishi taxmin qilinayotgan vaqt, odatda 4 soatgacha etadigan vaqt bilan belgilanadn. SHundan keyin esa real xavf tug‘ilishiga qarab belgilanadi. Aholini ko‘chirish cheklangan yoki mahalliy xarakterda bo‘ladi va ular 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich KIP ni yulga qo‘ymasdan, sel oqimi joyining o‘zida.
2-bosqichda esa KIP orqali rejadagi joylarga etkazib qo‘yguncha (tashlab ketilgan uylar va aholi punktlarini sel buzib ketganda) davom etadi.
Ko‘chki xavfi bor joylardan aholini ko‘chirish:
Bunday ko‘chirishlar qor ko‘chish xavfi tug‘ilganda, shuningdek qor ko‘chkisi tushib bo‘lgandan keyin (turmush kechirishni ta’minlash ob’eklari buzilganda) o‘tkaziladi. Ko‘chki hududiy tamoyilda bir bosqichda o‘kazilib, cheklangan xarakterda bo‘ladi hamda oldindan o‘tkaziladigan, buning iloji bo‘lmaganda esa shoshilinch o‘tkaziladi.
Halokatli suv bosish va toshqin vaqtida:
Ko‘chirish gidrotexnika inshoatlari buzilish xavfi tug‘ilgan yoki buzilgan hollarda yoxud suv havzalaridagi suv sathi ko‘tarilib ketganda (toshqinda), shuningdek ob’ekglarni va turmush kechirishni ta’minlash tizimlarini suv buzib ketganda o‘tkaziladi. Ko‘chirishlar cheklangan yoki mahalliy xarakterda bo‘ladi. Oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirishlarda KIP yo‘lga qo‘yiladi (ishlab chiqarish xududiy tamoyilida). Oldindan o‘tkazish davri qisqa bo‘lganda aholini ko‘chirish hududiy tamoyilda 1 yoki 2 bosqichda o‘tkaziladi.
Ko‘chirish ishlari bo‘yicha farmoyish olingandan so‘ng tadbirlar to‘rt soat ichida bajarilishi kerak. Farmoyish berilgandan so‘ng FMB, qarorgohi, ko‘chirish komissiyasi, ko‘chirish boshlanganligi haqida ko‘chirish punktlarini, qabul qilish punktlarini, oraliq punktlarini ogohlantiradi. Aholi transport turlarida kolonna bo‘lib kuzatuv asosida, yo‘l harakatiga rioya qilgan holda ko‘chiriladi.
- ko‘chiriladigan aholi, jumladan piyoda tartibda va transportda ko‘chirilganlar sonini aniqlash, transport vositalarini transportga chiqish bekatlari (punktlari) bo‘yicha taqsimlash, marshrut kolonnalari hisoblanganiga aniqlik kiritish na ularni piyoda yunalishlarga biriktirib qo‘yish;
- ko‘chirish yo‘llarini tayyorlash, yo‘l belgilari va ko‘rsatgichlar qo‘yish, qo‘nib o‘tish joylarini jihozlash;
- KIPni, transportga chiqish-tutish punktlarini yo‘lga qo‘yishga tayyorlash;
- xabarlash va aloqa tizimlari shayligini tekshirish;
- mavjud muhofaza inshoatlarini shay holatga keltirish.
Aholini ko‘chirishda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- ko‘chirish boshlangani va tartibi haqida ko‘chirish tashkilotlari, korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga, shuningdeq aholiga xabar berish;
- ko‘chirish tashkilotlarini yo‘lga qo‘yish va shay holatga keltirish;
-ko‘chiriladigan aholini yig‘ish va xavfsiz joylarga jo‘natishga tayyorlash;
- piyoda kolonnalarni tuzish va yo‘nalishlardagi boshlang‘ich punktlarga olib chiqish;
- transport vositalarini aholining transportga chiqish va undan tushish punktlariga keltirish hamda aholini transportga chiqarish.
- ko‘chirilgan aholini oldindan tayyorlab qo‘yilgan, turmush kechirish mumkin bo‘lgan sharoitlar ta’minlangan xavfsiz joylarga qabul qilish va joylashtirish.
Har bir alohida favqulodda vaziyatlarda aholini ko‘chirishining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi.
Er qimirlaganda (zilzilada):
Aholini ko‘chirish mahalliy, yoxud mintaqaviy tusda bo‘lishi mumkin. Ko‘chirishni o‘tkazish odatda yul-transport imkoniyatlariga qarab belgalanadi. Ko‘chirish shikastlangan joylarda KIP yo‘lga qo‘yilib, bir bosqichda ishlab chiqarish va hududiy tamoyillarda amalga oshiriladi.
Radioaktiv zaharlanishda:
Ko‘chirish mahalliy, yoxud mintaqaviy tusda bo‘lib, alohida (bolalar uyi, tibbiyot muassasalari, internatlar va x.q. dan tashqari) ob’ektlarda hududiy tamoyilda amalga oshiriladi. Aholini ko‘chirish 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-transportga chiqarish joyidan KOP gacha.
2 - KOPdan rejadagi joylashtirish joylargacha.
Kimyoviy zaharlanishda:
Hozirgi kunda mutaxassislar tahlil qilib aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, kimyoviy xavfli inshootlarda bo‘ladigan halokatlar tufayli tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishiga bir qator sabablar mavjud.
Asosiy sabablar quyidagicha:
-korxonadagi texnologik jihozlarning nosozligi;
-uzoq muddat ishlatilgan uskuna-jihozlarning eskirishi;
-moddalarning ishlab chiqarishda, saqlashda, tashib oborishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tufayli;
-portlash, yong‘in sodir bo‘lishi, halokatlar tufayli;
-moddalar bilan ishlashda, ularning saqlashdagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik;
-chetdan olib kelingan texnologik jarayon xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermasligi;
-korxonada mehnat intizomi past, mutaxassis va ishchilarning malakasi etarli emasligi;
-mahsulot ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayoni qo‘llanishi.
Kimyoviy va radiatsiyaviy muhofazaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
1.Favqulodda vaziyatning vujudga kelishini oldindan taxmin qilish va sharoitga baho berish. Buning uchun shu kimyoviy radiatsiyaviy xavfli ob’ekt joylashgan hudud to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga, moddalarning miqdori, turi, saqlash sharoiti, saqlash joyi aholi yashaydigan joydan qanday oraliqda joylashganligi to‘g‘risidan aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak.
2. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM) va radioaktiv moddalarni maxsus saqlash joylariga chiqarib tashlash, moddalarning ta’sirini oldini olishga, ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.
3. Fuqarolarni kerakli miqdorda shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashni tashkil etish.
4. Kimyoviy va radiatsiyaviy nazorat va tekshirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish.
5. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va unga barham berish uchun kerakli kuch va vositalarni doimo shay turishini ta’minlash.
6. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavf vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni qanday vazifalarni bajarishlari lozimligiga tayyorlab borish.
Kimyoviy va radiatsiyaviy vaziyatni oldindan taxminlash va baholab borish.
Vaziyatni oldindan taxminlashga quyidagilar kiradi:
-favqulodda vaziyatning aniq turini bilish;
-vaziyat tafsiloti va ko‘lamini aniqlashning ishonchli usullarini, uskuna –jihozlarini topish;
-fuqaro muhofazasi kuchlarini va aholini o‘z vaqtida ogohlantirish;
-talofatlar va moddiy zararlarning oldini olish yoki ularning ta’sir kuchini mumkin bo‘lgan darajada kamaytirish yuzasidan kerakli choralarni ko‘rish.
Aholini evakuatsiyasi fuqaro muhofazasi organlarining ko‘rsatmasi bilanamalga oshiriladi. Ko‘rsatmalarin olgach odamlar eng kerakli narsalarni yig‘ishlari lozim, SIZ 2-3 kunga etadigan oziq-ovqat, ichimlik suvini, aptechkani, pullarni, hujjatlarni va bog‘chaga boradigan bolalarni evakuatsiyaga tayyorlash va aytilgan vaqtda KIPda bo‘lishi kerak.KIPda aholi registraturasidan o‘tadilar. KIP ishchilari boshchiligida vagonlarga taqsimlanadilar, avtomobillarga, yayov kolonnalarga va avtomobillarga taqsimlanadilaro va belgilangan vaqtda jo‘naydilar va jo‘nash punktlariga olib chiqadilar.
YAyov evakuatsiya qilinadigan aholini kalonnalarga 500-1000 odam bo‘lib bo‘linadi, kolonnalar esa 50-100 kishilik gruppalarga bo‘linadi. Ob’ekt boshliqlari kolonna boliqlarini tayyorlashadi harakat tezligi 3-4 km.soat mo‘ljallangan.
Kolonnalar o‘rtasida masofa 500 metr deb belgilanadi. Har bir 4-1,5 soat yurgandan keyin 15 minut dam olinadi, sutkanint ikkinchi yarimida 1-2 soat dam olinadi. Evakuatsiya qilinganlarni joylashtirish ishlarini mahalliy oblast, rayon boshliqlari amalga oshiriladilar.
Fuqora muhofazasi himoya inshootlarining turlari va
ulardan foydalanish.
Boshpanalar, ularning tasnifi, ichki jihozlanishi va tinchlik davrida ulardan foydalanish
Aholini radiatsiyadan muhofaza qilish maqsadida turli xildagi inshootlar mavjud. Muhofaza inshootlari aholini muhafazalovchi ishonchli vositadir. Bu inshootlar aholini turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan hamda ommaviy qirg‘in qurollarning ta’sir etish omillaridan saqlaydigan boshpana hisoblanadi. Muhafazalovchi inshootlar muhofazalash xususiyatiga ko‘ra, pana va radiatsiyaga qarshi pana joylarga bo‘linadi. Bunday inshootlar quyidagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda:
-yo‘nalishga ko‘ra: fuqarolarni saqlashga, boshqaruv tizimlarini joylashtirishga mo‘ljallangan;
-joylashgan o‘rniga ko‘ra: alohida joylashgan (metropolitenlar va tog‘-kon qurilishlari, shaxtalari);
Qurilish muddatiga ko‘ra: boshpana RSB (radiatsiyadan saqlovchi boshpana) va oddiy boshpanalar quriladi.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda aholini fuqaro muhofazasi himoya inshoatlarida yashirish kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘plab yo‘qotishlarni olidini oluvchi eng samarali usulidir. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida fuqaro muhofazasining “Havo trevogasi”, “Radiatsiyaviy xavf” va “Kimyoviy trevoga” komandalari beriladi.
“Kimyoviy trevoga” komandasi berilganida panajoylarga yashiruvchilarga ob’ektning fuqaro muhofazasi xodimlari, fuqaro muhofazasi shtabi xodimlari tomonidan shaxsiy himoya vositalarini tarqatishni tashkil etishlari kerak. Panajoylarga kirish to‘g‘risida buyruqni ob’ekt rahbari-fuqaro muhofazasi boshlig‘i berishi kerak. Agarda favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan vaqtda aholining panajoylarga o‘z vaqtida etib kela olmagan qismi panajoylarga kirishdan oldin ularga panajoyning maxsus joyida qisman dezinfeksiya qilinadi. Panajoylarda aholi joylashishi uchun strelkalar o‘rnatilgan bo‘ladi.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududlardan jabrlanganlarni yoki jabrlanish ehtimoli tug‘ilganda aholini panajoylarga joylashtirish tadbirlarini qoniqarli va samarali olib borish maqsadida ob’ekt fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi shtabi xodimlaridan iborat bo‘lgan zvenolar tuziladi. Panajoylarga aholini tartib bilan, kolonnalarga ajratgan holda olib kiriladi. Kolonna boshlig‘ida hududning va panajoylarning chizmasi (sxema) bo‘lishi kerak. Ko‘chirilayotganlar tarkibida agarda bemorlar bo‘lsa, ularga birinchi tibbiy yordami ko‘rsatilib, ularga sog‘lom kishilar birkitib qo‘yiladi.
Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududda komandasiz shaxsiy himoya vositalarini echish, yakka holda yurish, osmonda osilib turgan xavfli uskunalar ostida turish, erda yotgan elektr simlariga yaqinlashish yoki tegish, tutun chiqqan joylarga komandasiz bormaslik lozim.
Panajoylarga yashiringan aholining majburiyatlari:
-tez va chaqqonlik bilan ko‘rsatilgan joylarni tartibni saqlagan holada egallashlari;
-ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya etishlari;
-vahimaga tushmaslik, o‘zlarini erkin his qilishlari;
-qariyalarga, ayollarga va yosh bolalarga yordam ko‘rsatishlari;
-shaxsiy himoya vositalarini tayyor holatda saqlashlari;
-panajoylarda bo‘lgan vaqtlarida texnika xavfsizligi qoidalariga (elektr tarmoqlaridan o‘zboshimcha foydalanish, kislorod solingan balonlarga va boshqa asbob-uskunalarga yaqinlashmaslik) qat’iyan rioya qilishlari;
-xavf tugaganidan keyin faqat fuqaro muhofazasi yoki fuqaro muhofazasi shtabi xodimlarining komandasi bilan tashqariga tartibni saqlagan holda chiqishlari.
Panajoylardan aholini majburiy chiqishlarini taqozo etadigan sabablar:
-panajoylardagi asbob uskunalar yashiringanlarning hayotiga xavf tug‘diradigan darajada buzilishi;
-panajoylarni suv bosganda;
-panajoylarda yong‘in chiqqanda;
-panajoylardagi havo miqdorida xavfli gazlarning tarqalishida, kislorod miqdorining keskin kamayib ketishida.
YUqorida ko‘rsatilgan salbiy holatlar sodir bo‘lganida, yashiringan aholi panajoydan uzoq bo‘lmagan boshqa himoya inshootlariga o‘tkaziladi. Bu tadbirlarni amalga oshirish paytida yashiringanlar albatta shaxsiy himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lishlari zarur.
Fuqaro muhofazasi himoya inshoatlarida radiaktiv zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar hamda oddiy qurollar ta’siridan himoya qilishga, ommaviy zarar etkazuvchi qurollar ta’siridan to‘liq saqlaydi.
Himoya inshootlari uch xil turga bo‘linadi:
1.Boshpanalar. Ular germetik holda qurilgan bo‘lib, ommaviy zarar etkazuvchi qurol-yadro zaryadi portlashidan hosil bo‘lgan shikastlovchi omillardan hamda zaharlovchi moddalar va bakterial vosita aerozollaridan to‘liq himoya qiladi.
2.Radatsiyaga qarshi pana joylar radiaktiv zararlanish paydo bo‘lgan joylarda aholini radatsion zararlanishdan himoya qiladi.
Z. Eng oddiy pana joylar - urush vaqtida jang maydonlarida ushbu inshoatlar hamisha yo‘l ostidagi vositalar yordamida quriladi. Fuqaro muhofazasi boshpanalari, yashirin joylar ishlash yoki yashash joylari yaqinida joylashadi.
Boshpanalar, ularning tasnifi, ichki jihozlanishi va tinchlik davrida ulardan foydalanish:
Aholini yadro portlashining hamma omillaridan, shuningdek kiyoviy va bakterial qurollaridan saqlash uchun mo‘ljallangan germetik turdagi himoyalangan binolar boshpanalar deyiladi. Boshpanalar betondan yoki temir betondan er ostiga quriladi. Boshpanalarning himoya qilish xususiyati 100% gacha bo‘ladi.
Zarba to‘lqini ta’siridan himoya qilish xususiyatiga qarab boshpanalar quyidagi sinflarga bo‘linadi:
1-sinf -5kg/kv sm gacha.
2-sinf - Z kg/kv sm gacha.
3-sinf - 2kg/kv sm gacha.
4-sinf - 1kg/kv sm gacha.
Boshpanalar sig‘imiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
a) kichik boshpana-150 nafar kishilarga mo‘ljallangan;
b) o‘rtacha boshpana-150-450 nafar kishilarga mo‘ljallangan;
v) katta boshpana-450 va undan ortiq miqdordagi kishilarga mo‘ljallangan..
Boshpanalar joylashishiga qarab 2 xil ko‘rinishda bo‘ladi:
a) qurilmalar tarkibida (er to‘lada);
b) ayrim qurilmalar (mustaqil qurilgan).
Boshpanalar qurilish muddatiga ko‘ra 2 turga bo‘ladi:
a) tinchlik davrida qurilgan boshpanalar;
b) dushman hujumi xavfi tug‘ilganda qurilgan boshpanalar.
Jihozlanishi jihatidan boshpanalar:
-filtr-ventilyasion qurilmasi bor boshpanalar;
-filtr-ventilyasion qurilmasiz boshpanalarga bo‘linadi.
Boshpana binolarining tagida yoki er ostiga alohida quriladi. Boshpanalarning tepasi juda pishiq va mustaxkam, devorlari zarb to‘lqiniga va singuvchi radiatsiyaga chidamli bo‘lishi kerak. Tashqaridan zaharlangan havo kirmasligi uchun germetik ravishda ishlangan bo‘lishi zarur. Boshpanaga kirish uchun Z ta eshik quriladi. Birinchi eshik metaldan pishiq ishlanadi, qolgan 2 tasi gaz o‘tkazmaydigan materiallardan ishlangan bo‘lishi kerak. Eshiklar zich yopilishi uchun chetiga rezina yopishtiriladi. Bu eshiklar orasida 2 ta dahliz hosil qilinadi. Kirish eshiklaridan tashqari, kirish joylari imoratlar qulashi natijasida bekilib qolgan hollarda foydalanish uchun er tagidan g‘isht, temir-beton teshik quvurlar qurilishi kerak. Boshpanada havo etarli bo‘lishi uchun filtr-ventilyasiya qurilma o‘rnatiladi (FVA-49, FVK-1, FVK-2). Bu qurilmalar ikki rejimda ishlashi mumkin: sof va filtr-ventilyasiya.
1-rejimda havo changga qarshi to‘rsimon filtr bilan tozalanadi. To‘rlar maxsus moy bilan moylanadi. Havo filtrdan o‘tayotgan chang va radiaktiv moddalar to‘rining moy qatlamiga yopishib qoladi. Moy filtrning bitta yacheykasining unumdorligi soatiga 1000-1300 m.kub.
2-rejimda havo zaharli moddalar va bakterologik zaharli moddalar o‘tkazmaydigan niqoblar (protivogaz) bo‘yicha ishlaydigan filtr bilan tozalanadi. Havo miqdori sof ventilyasiya rejimi bo‘yicha boshqaruv punktida ishlayotgan bir odam uchun 5m Fsoat bo‘lishi kerak. Kuchli yong‘in ehtimoli bo‘lgan hududda joylashgan panajoy atmosferasida kislorodning miqdori pastligi, SO2 miqdori yuqoriligi yoki kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM) ning miqdorining oshganligi pana joylarning to‘la izolyasiyasi va ulardan havoni rengeneratsiya rejimidan foydalanishni ko‘zda tutiladi. (RP-100 rengenerativ moslamalardan foydalanish) RP-100 rengenerativ patronning ishlash tamoyili havo patronidan o‘tayotgan tarkibida kalsiy oksidi bor kimyoviy yutgich bilan reaksiyaga kiruvchi SO2 gazidan tozalanadi. Reaksiya suv va issiqlik ajralishi bilan kechadi. Rengenerativ patronlardan foydalanishda kislorod etishmasligini oldini olish uchun pana joyga reduktor orqali uzatiladigan kislorod balonlardan to‘ldiriladi.
Boshpana xonalari bir nechtaga bo‘ladi. Asosiy xona - odamlarni joylashtirish xonasi, yordamchi xona - filtr-ventilyasion kamera xonasi. Bundan tashqari oziq-ovqat, suv zahirasi xonasi, kislorodli balonlar uchun mo‘ljallangan xona, bufet, dizel elekro-stansiyalar uchun mo‘ljallangan xonalar kiradi.
Boshpanalarda ichimlik suvi quvurlari, kanalizatsiya, telefon, radio, elektr toki, ayrim asboblar va yong‘inga qarshi asboblar bo‘lishi shart. Bundan tashqari DP-5 turidagi dozimetr asbobi va kimyoviy razvetka asboblari ham bo‘lishi kerak. Boshpanaga yashirinuvchilar uchun 0,5-1,8 m. o‘lchamdagi 2 yoki 3 qavatli so‘rilar va o‘tirish uchun 45-55 sm o‘lchamdagi o‘rindiqlar o‘rnatilishi lozim. Bir nafar yashirinuvchi uchun joy me’yori 0,5m.kv. ni tashkil qiladi.
Aholi boshpanaga fuqaro muhofazasi signallari berilganidan so‘ng kirishlari lozim. Boshpanada chekish, shovqin ko‘tarish, hamda lampa yoqish, uy hayvonlarini, qo‘pol buyumlarni olib kirish ma’n etiladi. SHaxsiy himoya vositalarini tayyor holda tutish kerak. Panajoylardan tashqariga radiatsiya darajasi pasayib, hudud to‘la zararsizlantirilgandan keyin signal bo‘yicha chiqishga ruxsat etiladi. Panajoylarda jabrlanganlarga tibbiyot xonasida tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Boshpananing sanitar holatini ana shu post uchun mas’ul shaxslar nazorat qiladi. Boshpanada quyidagi sanitariya gigiena talablari qo‘yiladi:
-panajoylar toza va yaxshi sanitariya holatida bo‘lishi shart.
-panajoylarni har kuni 1% xloramin eritmasi bilan tozalash, vaqti-vaqtida to‘la dezinfeksiya qilish zarur.
Boshpanalarda havo tarkibidagi korbonat angdirid miqdori 1% (35 gacha) -havo harorati – 23 gradus (maksimum 31), nisbiy namlik-70% (maksimum 80%) bo‘lishi kerak. Suv me’yori: 1 kishi uchun 1 sutkaga 10 l., shundan ichish uchun 6 l., sanuzel uchun 4l. Panajoylarda xizmat ko‘rsatish himoya qurilmalarining mas’ul xodimlari zimmasiga tushadi. Har bir pana joyga etti kishidan iborat xizmat ko‘rsatish zonasi ajratiladi. Zveno boshlig‘i pana joy komendanti hisoblanadi.
Favqulodda vaziyatning oqibatlari barham topgandan so‘ng, aholi panajoylarni tark etishadi. Panajoy xonalari shamollatilib, u erda yig‘ishtirish ishlari olib boriladi.
Tinchlik davrida panajoylarni madaniy-maishiy inshoatlar (kichik ustaxonalar, ishchilar aholi bilan shug‘illanadigan sinflar, fuqaro muhofazasi o‘quv punktlari, har xil to‘garaklar ishlashi uchun joy, engil avtomashinalar uchun garaj, savdo va ovqatlanish punktlari omborlari) sifatida foydalanish mumkin. Tinchlik davrida panajoylardan ishlab chiqarish va xo‘jalik extiyojlari uchun foydalanish, ularni himoya xususiyatlari va yashirinuvchilarni qabul qilishga tayyorgarligini buzmaslik kerak.
Er osti qurilmalaridan boshpana sifatida foydalanish.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda panajoy sifatida metropolitenlardan foydalanish mumkin. Bu alohida uchastkalarda joylashgan chuqurlashtirilgan temir-beton germetik qurilmalardir. Metropoliten ham er osti muhofaza inshootlariga kirishi mumkin. Bulardan tashqari er to‘lalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan omborlar va boshqa qurilmalarni er osti muhofaza qurilmalari sifatida ishlatish mumkin.
Oddiy turdagi boshpana yoki pana joylarga erto‘lalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash uchun qurilgan omborlar va boshqa qurilmalar moslashtiriladi. Ular qurilish konstruksiyasiga ko‘ra, oddiy himoya inshootlariga kiradi. CHunki, uni qurish uchun qisqa vaqt sarf etiladi.
Oddiy pana joylar ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘ladi. Tirqishlar (teshiklar)ni aholi qo‘lda bor vositalar bilan mahalliy materiallardan tayyorlaydi. Ochiq tirqish to‘lqin zarbasini 1,5-2 marotaba, yorug‘lik nurlari va oqib kiruvchi radiatsiyani 1,5-2 marta, radioaktiv zaharlanish hududida nurlanish darajasini 2-3 marta kamaytiradi.
YOpiq tirqish yorug‘lik nurlaridan to‘la, to‘lqin zarbasidan 2,5-3 marta, oqib kiruvchi radiatsiya va radioaktiv nurlanishdan 200-300 marta muhofazalaydi. U teri va kiyimga radioaktiv, zaharlovchi modda va bakteriyali vositalar tushishidan saqlaydi. U ochiq joyda ustiga hech narsa qulamaydigan, yomg‘ir suvi, suv bosmaydigan joyga quriladi. Oldin ochiq holda tayyorlanadi. U ilon izi kabi to‘g‘ri chiziqli 15 metrdan ortiq bo‘lmagan bir nechta qismlardan (bo‘lak) iborat. CHuqirligi 1,8-2 metr, yuqori qismining kengligi 1,1-1,2 metr, tubi 0,8 metr. Tirqish uzunligi har birodamga 0,5-0,6 metr hisobida aniqlanadi.
Tirqishlarining sig‘im miqdori 10-15 odamdan ko‘pi bilan 50 odamgacha. Tirqishlar ochiq erto‘laday qaziladi, taxta, yog‘och bilan mahkamlanadi, ostidan uzunasiga kichik ariqcha qaziladi. O‘tirishga so‘ri tayyorlanadi. Ustini yog‘och bo‘laklari, taxta yoki boshqa materiallar bilan yopib, qalinligi 20 sm. Qilib suvab, ustidan yana chetlarining qalinligi 20 sm., o‘rtasi 40 sm. qilib tuproq tortib mahkamlanadi. CHetlariga ikki tarafdan ariqchalar qaziladi. YOmg‘ir suvi oqib ketishi uchun tomining umumiy qalinligi 50-60 sm. bo‘ladi.
Kichik-kichik eshiklar zich yopilgan dahlizdan ichkariga kiriladigan eshikka qalin matodan parda yopiladi.
Panajoy tarkibiga kiruvchi joylarni (germetizatsiya), ya’ni havo o‘tmaydigai qilish uchun sinchkovlik bilan hamma teshiklarini, tirqishlar, yoriqlar, tepadagi ochiq oynalarni, deraza teshiklarini, isitadigan va suv o‘tkazadigan quvurlarda hosil bo‘lgan teshik joylar yopib chiqiladi. Eshiklarni ruberoid, linoleum va boshqa qalin materiallar bilan, ularning chetlarini esa rezina bilan o‘rab (yopishtirib) chiqiladi. Maxsus joylarning himoya xususiyatini oshirish uchun devorlar, eshiklarning qalinligini oshirish, panajoylarning himoya qilish xususiyatini oshirish uchun yog‘och yoki temir tirgaklar, balonlar o‘rnatishni kuchaytirish kerak. Erning ustki qatlamidan yuqorida joylashgan devorlarning tashqi tomonidan chiqish uchun deraza va qo‘shimcha eshiklar quriladi. Zaruriyatga qarab, uni pana qilish kuchaytiriladi, so‘ngra uning ustiga 60-70 sm qalinlikda tuproq sepiladi, havo tortib oluvchi moslama qo‘yiladi, eshikdan gamma nurlarining kirishidan himoyalanish uchun kirish qarshisida 1,5 metr masofada 40-50 sm qalinlikda g‘ishtdan devor quriladi. Panajoy ostidagi binolarning birinchi qavatlarini maxsuslashtirishda himoya xususiyatini oshirish, hamma joylarni berkitish ishlari olib boriladi, ochiq joylarni g‘isht, qum solingan, qop bilan berkitib chegaralanadi va h.k.
Sabzavot saqlanadigan ichki kurilmalarning devorlaridagi barcha teshik va yoriq joylar sinchkovlik bilan berkitilib chiqilishi kerak. Panajoyning tuproq katlami 60-70 sm gacha oshirib boriladi va devorni er ustidan baland qilish uchun tuproq sepiladi. Sabzavot saqlanadigan panajoy ichiga faqat bitta kiradigan eshik qoldiriladi, qolganlari esa ko‘rinmaydiga qilib tuproq bilan yopib tashlanadi.
Tog‘-kon sanoati va ko‘mir sanoati bor rayonlardagi aholi panajoy sifatida shaxtalardan ham foydalanishlari mumkin, qora va rangli metallurgiya zavodi ishchilari, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan zavoddagilar va boshqalar er osti yullaridai foydalanishi mumkin. Kirish joylarning qurilishi va avariya holatlarida chiqib ketish joylari, avariya holatlarda odamlarni tepaga ko‘tarilishi uchun vertikal zinapoyalar tayer holatda turishi, panajoylarni toza havo bilan ta’minlash, ichimlik suvi etkazib beradigan quvurlar tayyor holda turishi va boshqalar kiradi.
Jihozlanishning asosiy shartlari:
-kimyoviy va germetik to‘siqlarni o‘rnatish;
-kirish yo‘llarini odamlarni tez o‘tkazish uchun ta’minlash;
-odam ko‘tarish uchun mexanizmlarni tayyorgarlik holatiga keltirish;.
-yashirinuvchilarni hayot faoliyati uchun kerakli hamma narsalar bilan ta’minlash;
-yashirinuvchilarni
shaxta suvlaridan foydalangan holda suv
manbaalarini tashkil qilish;
-boshqaruv va sanitar punktlarini, oziq-ovqat omborlarini, aloqa uzatishni va qabul qilishni ta’minlash;
-iloji boricha ikki qavatli so‘rilar va o‘rindiqlarni o‘rnatish;
-yong‘inga qarshi vositalar bilan kerakli miqdorda ta’millash kerak.
Er osti qurilmalarida havo oqib keladigan kanalning ichiga changni ushlab qoladigan ramka ko‘rinishidagi filtr, ustiga doka tortilgan teshikli material o‘rnatiladi.
Turli xil ratsiatsiya va boshqa shu kabi ofatlardan aholini himoya qilish uchun er osti qurilmalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-uch sutkadan kam bo‘lmagan muddatda saqlash;
-suv bosmaydigan joylarga qurish;
-oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalardan hamda qurilish kommunikatsiyalardan uzoqroq joylarda qurish;
-chiqish va kirish eshiklari bo‘lishi.
Er osti qurilmalari asosiy va yordamchi binolardan iborat bo‘ladi. Asosiy binoda yashirinuvchilarni joylashtirish joyi ikki yoki uch qavatli so‘ri mavjud bo‘lishi mumkin. Ikkinchi yordamchi binoda sanitariya tarmog‘i, havoni tozalab almashtirib beruvchi kamera va sig‘imi katta inshootlarda tibbiyot xonasi, oziq-ovqat saqlanadigan ombor, artezan quduq va dizelli elektorostansiya uchun joy mavjud bo‘ladi. Saqlanish joyida qoidaga muvofiq kamida ikkita kirib-chiqish eshiklari bo‘ladi.
Radioatsiya changi va xavfli aerozollardan uylarni himoya qilish.
Urush va tinchlik paytidagi favqulodda vaziyatlar havo bo‘shlig‘ining radioaktiv chang va zaharlovchi modda, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar va xavfli aerozollar bilan zaharlanishi mumkin.
Radiatsiyaviy avariya- uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning hatti-harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan ko‘proq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi.
Uy sharoitida radiatsiyadan, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalardan va boshqa zaharli moddalardan muhofazalanish yo‘l-yo‘riqlarini yaxshi bilish zarur. Buning uchun radiatsiyaviy va boshqa zaharlovchi moddalarlarning xususiyatlari, ular ishtirokida avariya sodir etilgan vaqtda ularning ta’sir doirasi, zaharlash darajasi (va h.k.)ni hamda taxminiy oqibatlari haqida tushinchaga ega bo‘lish lozim. Radiatsiya tarqalishi bilan bog‘lik favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan vaqtda ob’ekt fuqaro muhofazasi boshlig‘i favqulodda vaziyatni oldini olish, ishchi-xizmatchilarning va aholining me’yordar ortiq zaharlanishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli tadbirlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va FVDTning tizimlari xodimlari bilan hamkorlikda olib boradi.
Aholi uchun ruxsat etilgan nurlanish darajasi:
T.r |
Maskanlar |
Darajaning quvvati, Mr/soat |
1 |
Inson tanasi |
50 |
2 |
Ichki kiyim |
50 |
3 |
Gazdan himoyalanish niqobining yuzi |
50 |
4 |
Kiyim-bosh, oyoq kiyimi, shaxsiy himoya vositalari |
50 |
5 |
Hayvonlar tanasi |
50 |
6 |
Texnika vositalari |
200 |
Radioaktiv chang eshik, fortochka, tirqishlar orqali yashash va ishlab chiqarish binolariga, omborxonalariga kirishi mumkin. Asosan, binoga turli zararli gazlar, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar aerozollarining kirishidan saqlanish va uni himoya qilishga tayyorlanish uchun binolarni germetiklashtirish kerak hamda barcha tirqishlar berkitishi lozim bo‘ladi.
Bundan tashqari uyning nurlanish ta’siridan saqlash uchun hiomya vositalarini kuchaytirish kerak. Buning uchun deraza bo‘shlig‘ini tuproq to‘ldirilgan qoplar bilan yopiladi, bir qavatli bino devorlarining qalinligini oshirish uchun 1,0 dan 1,8 metr balandlikda tuproq bilan to‘ldiriladi. Sepilgan tuproqni qattiq qilish uchun taxtadan foydalanish mumkin. Qishloq joylarda uylarni germetizatsiya qilishda tashqaridagi shaxta quduqlarining atrofini 1-1,5 metrga sement, loy va shu kabilar bilan yopish va germetizatsiya qilish zarur. Uylarni germetizatsiya qilish tadbirlarini o‘tkazish ma’lum miqdorda nurlanish, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar aerozollarining kirishini va odamlarning zaharlanishini kamaytiradi.
Radioaktiv moddalar yoki boshqa zaharli moddalar bilan bog‘lik favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda aholining har bir harakati fuqaro muhofazasi xodimlarining nazoratlari ostida bo‘lishi lozim.
YAshash joylarda, ob’ektlar hududidagi suvlarning radioaktiv moddalar va boshqa turdagi zaharli moddalar bilan zaharlanish darajasini aniqlash uchun suvdan 1,5 yoki 10 (bir chelak) hajmda na’muna olinadi. Asbob suv betiga parallel vaziyatda 0,5-1,0 sm. balandlikda qilib tutiladi va mikroampermetrning ko‘rsatishlari yordamida aniqlanadi. SHuning uchun radiatsiyaviy moddalar bilan zaharlangan hududda fuqaro muhofazasi organlari xodimlari ruxsatisiz ichimlik suvlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Radiatsiyaga qarshi panajoylar, ularning ichki
jihozlanishi.
Radiatsiyaga qarshi panajoylar radioaktiv (ifloslanish) zaharlanishiga odamlarni ion hosil qiluvchi nurlanishdan muhofaza qiladi. Bundan tashqari to‘lqin zarbasi, yoriqlik nurlari, oqib kiruvchi radiatsiya, neytron oqimi, teri va kiyimga radioaktiv moddalar tushishi, zaharli modda, bakterial vositalardan muhofaza qiladi. Ko‘p qavatli binolarning erto‘lalarida radiatsiyadan saqlanish uchun maxsus joy tayyorlash mumkin. Muhofazalovchi pana joylarni tayyorlashda yig‘ma temir-beton vositalaridan, g‘isht, yog‘och materiallar hamda toshdan foydalansa bo‘ladi.
Radiatsiyadan saqlashda devorlari muhofazalash xususiyatiga ega bo‘lgan erto‘lalar, poliz mahsulotlari saqlanadigan omborlar va er ustidagi binolardan foydalanish mumkin. Barcha eshik, derazalar va boshqa radiatsiya kirishi mumkin bo‘lgan teshik (mo‘ri)lar kigiz yoki yumshoq gazlama bilan zichlab yopiladi. Rana joy (30 nafar odamga mo‘ljallangan bo‘lsa) tabiiy havo oqimi bilan shamollatish va so‘ruvchi quti qo‘yiladi. So‘ruvchi quti shamollatgichdan 1,5-2 m. yuqorida qo‘yiladi. Sirtqi havo chiqaruvchi qutichaga qopqoq ishlanadi. Kirish joyiga yaxshilab qopqoqcha qilinadi.
Pana joyda suv va kanalizatsiya bo‘lmasa, bir kecha-kunduzga har bir odam uchun 3-4 litr suv, hojatxona, axlat to‘kiladigan o‘ra, oziq-ovqat uchun javon imkoniyatlari yaratiladi.
YOg‘ochdan tiklangan uylar radiatsiya koeffitsentini taxminan 100, toshdan ishlangan uylar 800, jihozlanmagan erto‘la 7-12 marta, jihozlangan erto‘lalar 350-400 marta kamaytiradi.
Nurlannshga qarshi panajoylar, ularning ichki jixozlanishi.
Kollektiv himoya vositalariga radioaktiv zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan himoyalovchi maxsus jihozlangan muhandislik inshootlari va ob’ektlari kiradi. Ushbu inshootlar odamlarni yadro quroli, zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar hamda oddiy qurollar ta’siridan himoya qilishga mo‘ljallangan.
Kollektiv himoya qilish vositalari fuqarolarni ommaviy zarar etkazuvchi qurollar ta’siridan to‘liq saqlaydi va ularning ikkinchi xiliga radiatsiyaga qarshi panajoylar kiradi. Ushbu inshootlar radioaktiv zararlanish paydo bo‘lgan joylarda odamlarni radiatsion zararlanishdan va yorug‘lik nurlanishdan himoya qiladi.
Bundan tashqari panajoylar o‘tuvchi radiatsiyadan (shu jumladan neytron oqimlaridan), qisman yadro portlashining zarb to‘lqinidan, zaharlovchi moddalarning suyuq tomchisidan va bakterial vositalar aerozollarning bevosita odamlar terisiga va kiyim-kechaklariga tushishidan saqlaydi.
Radiatsiyaga qarshi panajoylarning radioaktiv nurlanishlaridan himoya qilish xususiyatlari, uning himoya koeffitsienti bilan baholanadi. Himoya koeffitsienti radiatsiyaga qarshi panajoyning radiatsiya ta’sirini necha marta kamaytirishini, fuqarolarning nurlanish dozasini qancha kam olishini ko‘rsatadi. Radiatsiyaga qarshi panajoylarning himoya koeffitsienti juda yuqori bo‘ladigan qilib quriladi. Masalan, yog‘och uylaridagi erto‘lalar radiatsiya nurlanishini 7-12 marta kamaytiradi, g‘ishtli binolar esa 200-300 marta kamaytiradi.
Nurlanishga qarshi panajoylar mahalliy uskunalardan quriladi. Panajoylar qurilishi uchun avvalambor o‘ra (kotlovan) qaziladi va unga ustunlar o‘rnatiladi. Ustunlarni o‘rnatish uchun turli konstruksiyadagi: yalpi rom, rom-blok, sinch devor, temir beton va boshqa materiallardan foydalaniladi. O‘ralar va ustunlar orasidagi barcha teshik va yoriqlar tuproq bilan to‘ldiriladi. Panajoylarning qarama-qarshi tomonlariga qalin eshik quyiladi va bu erdan tambur uchun joy ajratiladi. Kirish joylarning o‘lchami 80-180 sm. bo‘lishi kerak. Panajoy ichining balandligi 2 metrdan kam bo‘lmasligi kerak, polning yuzi bir odamga 0,5 metr, sig‘imi 5 tadan 50 ta odamgacha va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Panajoy ichiga suv yig‘iladigan kanal qaziladi, chiqish tomoniga qiyalab to‘g‘rilab qo‘yiladi.
Panajoy atrofida ham kanal qaziladi. Odamlar dam olishi uchun ikki qavatli so‘ri va kursilar o‘rnatiladi. Panajoyda havo beradigan qurilma bo‘ishi zarur. Havo haydaydigan yo‘llar erdan 3 metr balandlikka joylashgan bo‘lishi kerak, shuning bilan birga panajoyni to‘satdan yuz beradigan portlashdan himoya qilishga moslab qurish kerak. Havo berish me’yori panajoyda o‘tirgan bir kishiga soatiga 2-3 kub metr bo‘lishi kerak. Panajoyda ishlayotgan bir kishiga uchun havo berish me’yori esa soatiga 5 kub metrni tashkil etish kerak. Panajoyga umumiy isitish tizimi tarmog‘i o‘tkaziladi. Suv bilan ta’minlash vodoprovod orqali amalga oshiriladi va albatta suv zahirasi tayyorlanib qo‘yiladi. Har bir kishi uchun suv zahirasi bir kunga 6 litrni tashkil qilishi kerak. CHiroq elektr tarmog‘idan olinadi, avariya holatlarida esa akkumulyatordan va kichkina elektrofonarlardan foydalanish mumkin.
Texnogen turdagi favqulodda vaziyatlar (kuchli ta’sir etuvchi moddalarning oqishi, tarqalishi) sodir bo‘lganda panajoylarda ishchi va xizmatchilar hamda aholini hayot faoliyatini ta’minlashni tashkil etish va o‘z vaqtida bu borada kerakli tadbirlarni olib borish usullari qonunda ko‘rsatilganidan ob’ekt rahbari- fuqaro muhofazasi boshlig‘ining zimmasiga yuklatiladi.
Er osti qurilmalaridan boshpana sifatida foydalanish.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda panajoy sifatida metropolitenlardan foydalanish mumkin. Bu alohida uchastkalarda joylashgan chuqurlashtirilgan temir-beton germetik qurilmalardir. Metropoliten ham er osti muhofaza inshootlariga kirishi mumkin. Bulardan tashqari er to‘lalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan omborlar va boshqa qurilmalarni er osti muhofaza qurilmalari sifatida ishlatish mumkin.
Oddiy turdagi boshpana yoki pana joylarga erto‘lalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash uchun qurilgan omborlar va boshqa qurilmalar moslashtiriladi. Ular qurilish konstruksiyasiga ko‘ra, oddiy himoya inshootlariga kiradi. CHunki, uni qurish uchun qisqa vaqt sarf etiladi.
Oddiy pana joylar ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘ladi. Tirqishlar (teshiklar)ni aholi qo‘lda bor vositalar bilan mahalliy materiallardan tayyorlaydi. Ochiq tirqish to‘lqin zarbasini 1,5-2 marotaba, yorug‘lik nurlari va oqib kiruvchi radiatsiyani 1,5-2 marta, radioaktiv zaharlanish hududida nurlanish darajasini 2-3 marta kamaytiradi.
YOpiq tirqish yorug‘lik nurlaridan to‘la, to‘lqin zarbasidan 2,5-3 marta, oqib kiruvchi radiatsiya va radioaktiv nurlanishdan 200-300 marta muhofazalaydi. U teri va kiyimga radioaktiv, zaharlovchi modda va bakteriyali vositalar tushishidan saqlaydi. U ochiq joyda ustiga hech narsa qulamaydigan, yomg‘ir suvi, suv bosmaydigan joyga quriladi. Oldin ochiq holda tayyorlanadi. U ilon izi kabi to‘g‘ri chiziqli 15 metrdan ortiq bo‘lmagan bir nechta qismlardan (bo‘lak) iborat. CHuqirligi 1,8-2 metr, yuqori qismining kengligi 1,1-1,2 metr, tubi 0,8 metr. Tirqish uzunligi har birodamga 0,5-0,6 metr hisobida aniqlanadi.
Tirqishlarining sig‘im miqdori 10-15 odamdan ko‘pi bilan 50 odamgacha. Tirqishlar ochiq erto‘laday qaziladi, taxta, yog‘och bilan mahkamlanadi, ostidan uzunasiga kichik ariqcha qaziladi. O‘tirishga so‘ri tayyorlanadi. Ustini yog‘och bo‘laklari, taxta yoki boshqa materiallar bilan yopib, qalinligi 20 sm. Qilib suvab, ustidan yana chetlarining qalinligi 20 sm., o‘rtasi 40 sm. qilib tuproq tortib mahkamlanadi. CHetlariga ikki tarafdan ariqchalar qaziladi. YOmg‘ir suvi oqib ketishi uchun tomining umumiy qalinligi 50-60 sm. bo‘ladi.
Kichik-kichik eshiklar zich yopilgan dahlizdan ichkariga kiriladigan eshikka qalin matodan parda yopiladi.
Panajoy tarkibiga kiruvchi joylarni (germetizatsiya), ya’ni havo o‘tmaydigai qilish uchun sinchkovlik bilan hamma teshiklarini, tirqishlar, yoriqlar, tepadagi ochiq oynalarni, deraza teshiklarini, isitadigan va suv o‘tkazadigan quvurlarda hosil bo‘lgan teshik joylar yopib chiqiladi. Eshiklarni ruberoid, linoleum va boshqa qalin materiallar bilan, ularning chetlarini esa rezina bilan o‘rab (yopishtirib) chiqiladi. Maxsus joylarning himoya xususiyatini oshirish uchun devorlar, eshiklarning qalinligini oshirish, panajoylarning himoya qilish xususiyatini oshirish uchun yog‘och yoki temir tirgaklar, balonlar o‘rnatishni kuchaytirish kerak. Erning ustki qatlamidan yuqorida joylashgan devorlarning tashqi tomonidan chiqish uchun deraza va qo‘shimcha eshiklar quriladi. Zaruriyatga qarab, uni pana qilish kuchaytiriladi, so‘ngra uning ustiga 60-70 sm qalinlikda tuproq sepiladi, havo tortib oluvchi moslama qo‘yiladi, eshikdan gamma nurlarining kirishidan himoyalanish uchun kirish qarshisida 1,5 metr masofada 40-50 sm qalinlikda g‘ishtdan devor quriladi. Panajoy ostidagi binolarning birinchi qavatlarini maxsuslashtirishda himoya xususiyatini oshirish, hamma joylarni berkitish ishlari olib boriladi, ochiq joylarni g‘isht, qum solingan, qop bilan berkitib chegaralanadi va h.k.
Sabzavot saqlanadigan ichki kurilmalarning devorlaridagi barcha teshik va yoriq joylar sinchkovlik bilan berkitilib chiqilishi kerak. Panajoyning tuproq katlami 60-70 sm gacha oshirib boriladi va devorni er ustidan baland qilish uchun tuproq sepiladi. Sabzavot saqlanadigan panajoy ichiga faqat bitta kiradigan eshik qoldiriladi, qolganlari esa ko‘rinmaydiga qilib tuproq bilan yopib tashlanadi.
Tog‘-kon sanoati va ko‘mir sanoati bor rayonlardagi aholi panajoy sifatida shaxtalardan ham foydalanishlari mumkin, qora va rangli metallurgiya zavodi ishchilari, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan zavoddagilar va boshqalar er osti yullaridai foydalanishi mumkin. Kirish joylarning qurilishi va avariya holatlarida chiqib ketish joylari, avariya holatlarda odamlarni tepaga ko‘tarilishi uchun vertikal zinapoyalar tayer holatda turishi, panajoylarni toza havo bilan ta’minlash, ichimlik suvi etkazib beradigan quvurlar tayyor holda turishi va boshqalar kiradi.
Jihozlanishning asosiy shartlari:
-kimyoviy va germetik to‘siqlarni o‘rnatish;
-kirish yo‘llarini odamlarni tez o‘tkazish uchun ta’minlash;
-odam ko‘tarish uchun mexanizmlarni tayyorgarlik holatiga keltirish;.
-yashirinuvchilarni hayot faoliyati uchun kerakli hamma narsalar bilan ta’minlash;
-yashirinuvchilarni
shaxta suvlaridan foydalangan holda suv
manbaalarini tashkil qilish;
-boshqaruv va sanitar punktlarini, oziq-ovqat omborlarini, aloqa uzatishni va qabul qilishni ta’minlash;
-iloji boricha ikki qavatli so‘rilar va o‘rindiqlarni o‘rnatish;
-yong‘inga qarshi vositalar bilan kerakli miqdorda ta’millash kerak.
Er osti qurilmalarida havo oqib keladigan kanalning ichiga changni ushlab qoladigan ramka ko‘rinishidagi filtr, ustiga doka tortilgan teshikli material o‘rnatiladi.
Turli xil ratsiatsiya va boshqa shu kabi ofatlardan aholini himoya qilish uchun er osti qurilmalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-uch sutkadan kam bo‘lmagan muddatda saqlash;
-suv bosmaydigan joylarga qurish;
-oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalardan hamda qurilish kommunikatsiyalardan uzoqroq joylarda qurish;
-chiqish va kirish eshiklari bo‘lishi.
Er osti qurilmalari asosiy va yordamchi binolardan iborat bo‘ladi. Asosiy binoda yashirinuvchilarni joylashtirish joyi ikki yoki uch qavatli so‘ri mavjud bo‘lishi mumkin. Ikkinchi yordamchi binoda sanitariya tarmog‘i, havoni tozalab almashtirib beruvchi kamera va sig‘imi katta inshootlarda tibbiyot xonasi, oziq-ovqat saqlanadigan ombor, artezan quduq va dizelli elektorostansiya uchun joy mavjud bo‘ladi. Saqlanish joyida qoidaga muvofiq kamida ikkita kirib-chiqish eshiklari bo‘ladi.
Terrorchilik xdrakatlarini amalga oshirish usullari va vositalari.
Terrorizmga qarshi kurash.
Terrorizm - zo‘rlik, zo‘rovonlik degan ma’noni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan «'Gerrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunida terrorizm tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Terrorizm - mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etshidan tiylishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablantirishga, davlatiing suverenitetini, xududiy yaxlitlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarlik qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatash bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qishmishdir. Terrorizm turlari:
1. Milliy.
2. Diniy.
3. Siyosiy.
4. An’anviy (bombali).
5. Telefon.
6. YAdroviy.
7. Kimyoviy.
8. Biologik.
9. Kiberterrorizm.
Terrorchilik harakatlarini amalga oshirish uchun foydalaniladngan vositalar.
- sovuq qurollar;
- o‘q otar qurollar;
- portlovchi moddalar
- zaharlovchi moddalar;
- biologik agentlar;
- radioaktiv modalar;
- yadro zaryadlari;
- elektromagnit impulsi tarqatuvchilar.
Terrorizmning maqsadlari:
- davlat siyosati va davlat qurilishi zo‘rlik yo‘li bilan o‘zgartirish;
- davlatning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi urinishlari beqarorlashtirish va buzish;
- ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal etish, dunyo hamjamiyatiga integratsiya qilinish qudratiga ega bo‘lgan demokratik siyosiy tuzumni yaratish va mustahkamlash bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlarni beqarorlashtirish va buzish;
- shaxsga, jamiyatga, davlatga siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy zarar keltirish.
Terrorizmniig ko‘lamlari:
- shaxsga qaratilgan jinoyatlar;
- guruhiy qotilliklar;
- odamlarning ommaviy qirilishi;
- butun mamlakat bo‘ylab terrorchilik harakatlarini amalga oshirish;
- dunyo hamjamiyatiga qarshi qaratilgan yirik ko‘lamli harakatlar
Terrorizmga qarshi kurash:
O‘zbekiston Respublchkasining «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq respublikamizda terrorizmga qarshi kurash qonuniylik, shaxs xuquqlari zrkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, terrorizmning oldini olish choralari uotuvorligi, jazoning muqarrarligi, terrorizmga qarshi kurash oshkora va noooshkora choralari uyg‘unliga, jalb qilinadagan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o‘tkaziladagan rahbarlik qilishda yakkaboshchilik tamoyillari asosida olib boriladi. Terrorizmga qarshi kurashda O‘zbekiston Resdublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari ishtirok etadi.
Terrorchilik harajtlari bilan bog‘liq vaziyatga tushib qolganda qanday harkat qilish kerak?
Garovga tushib qolganda:
- aslo vahimaga berilmang;
- «hamma qatori» bo‘lishga harakat qiling. Ko‘zga tashlanadigan kiyimlardan xalos bo‘ling, bo‘yingiz baland bo‘lsa engashing, keskin harakatlar qilmang, terrorchining ko‘ziga tik qaramang;
- atrofdagilarni tinchlantirishga harakat qiling, bunda har qanday usuldan, hatgoki musht tushirishdan ham foydalanshiingiz mumkin;
- imkon darajasida binoda xavfsizroq joyni aniqlang (oyna, derazalarda uzoq vah.k.);
- iloji boricha yong‘in vaqtida hayot uchun xavfli bo‘lgan sun’iy toladan tayyorlangan kiyimlardan xalos bo‘ling;
- ozod bo‘lishingizga bo‘lgan umidni yo‘qotmang.
Telefon orqali tahdid qilinganda:
- ilsji boricha «suhbat”ni yozib olishga harakat qiling;
- yozib olish yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, suhbatani eslab qolish lozim;
- qo‘ng‘iroq qiluvchi bilan uzokroq muloqotda bo‘lishga harakat qiling, uning' yoshiga, millati, jinsini taxminan aniqlashga harakat qiling, ovozi, gapishrish ohangi, nutqiga e’tibor qarating;
- qo‘ng‘iroq to‘g‘risida tegishli organlar (MXX, ichki ishlar bo‘limi)ga xabar bering, zarur bo‘lsa odamlarni evakuatsiya qilishni tashkil eting.
Portlovchi kurilma ishga tushganda:
- sodar bo‘lgan voqea to‘g‘risida tegishli joylar (ichki ishlar bo‘limi, qutqaruv xizmati, hokimiyatining tezkor navbatchisi)ga xabar bering;
- imkon qadar yuzaga kelgan vaziyatga baho berishga harakat qiling: portlash joyi, jaroxatlanganlar soni, yong‘in chiqqan-chiqmaganligi va h.k.;
- voqea joyiga begonalar va qizikuvchilar yaqinlashishining oldini oling;
- jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil eting.
SHubhali buyum topib olinganda:
- zudlik bilan topilgan shubhali buyum to‘g‘risida xabar bering; odamlarni xavfsiz joyga olib chiqing;
- odamlarning shubhali buyumga yaqinlashishlariga, radioaloqa vositalari, uyali telefon va radiopbrtlatgichning ishlab ketishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan vositalardan foydalanishga yo‘l qo‘ymang;
- huquqni muhofaza qilish organlari vakillari etib kelshini kuting.
SHaxsiy himoya vositalari, oddiy himoya vositalarini tayyorlash. Terini himoya qilish vositalari, qo‘l ostida vositalaridan terini himoya qilish vositalarini tayyorlash.
SHaxsiy himoya vositalari ikki guruhga bo‘linadi:
1. Nafas a’zolarini himoya qiluvchi vositalar.
2. Terini himoya viluvchi vositalar.
Bular nafas a’zolarini, ko‘z va teri qavatlarini radioaktiv moddalar(RM), zaharli moddalar (ZM), bakteriologik vositalar (BV), va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) ta’siridan saqlaydi.
Ularning o‘zining himoya xususiyatiga ko‘ra filtrlovchi va ajratuvchilarga bo‘linadi. Filtrlovchi vositalarning himoyalash xususiyati havoni himoyalovchi materiallar orqali o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, unda havo RM, ZM, BV va KTZMdan tozalanadi. Ajratuvchi vositalarning himoyalash xususiyati odam organizmini tashqi muhitdan to‘liq ajratishga qaratilgan bo‘ladi. Foydalanilishiga ko‘ra hamma himoyalovchi vositalar quyidagilarga: umumharbiy, maxsus, fuqarolar uchun mo‘ljallangan va sanoatda qo‘llaniladigan vositalarga bo‘linadi.
Umumharbiy himoya vositalari bilan harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari ta’minlanadi.
Maxsus himoya vositalari bilan tankli, aviatsion, kimiyoviy qismlar, turli xil qo‘shinlarning bo‘linmalari, hamda tibbiy xizmat bo‘limlari yaradorlarga yordam ko‘rsatishda ishlatilash uchun ta’minlanadilar.
Fuqarolar uchun ishlab chiqilgan himoya vositalari fuqaro muhofazasi qismlarining harbiy xizmatchilari va butun aholini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Sanoatda ishlatiladigan himoya vositalari maxsus korxonalarda, qishloq-xo‘jaligida va boshqa sohalarda kimyovyi moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi.
Nafas a’zolarining himoyalovchi vositalari filtrlovchi va ayruvchi vositalardan iborat.
Filtrlovchi vositalarga quydagilar kiradi: protivogazlar G11-5, GP-5M, GP-7, GP-7V, DP-6, DP-6M, PDF-7, PDF-D, PDF-SH; respiratorlar R-2, R - 2D, RU-60M; kameralar— KZD -4, KZD-7.
Ayiruvchi vositalarga IP- 4, IP - 6, IP-46, KIP-5, KIP- 7, KIP -8 kiradi. Sanoatda tayyorlangan vositalardan tashqari nafas a’zolarini himoyalash uchun oddiy vositalardan foydalanish mumkin. Ularga paxta -doka bog‘lami va changga qarshi matoli maska PTM -I kiradi. Protivogazlar nafas a’zolarini, yuz va ko‘zni RM, ZM, BV va KTZMdan saqlashga mo‘ljalangan.
GP-5 protivogaz yuz kismi, protivogaz qutichasi va sumkadan iborat. Sumkada maxsus sovun "Q&\am" bor. YUz qismi shlem maska oynasi bilan, I nafas olish, 2ta nafas chiqarish klapanli qutichadan iborat.
Protivogaz komplektiga oynaning ichki tomoniga qo‘yiladigan, (terlatmaydigan plyonkali metall quticha kiradi. Protivogaz qutichasi metaldan ishlangan bo‘lib ichida ikkita tur shaklida kilindi bo‘ladi. Silindirning tashki tomonida tutunga karshi filtr urnatilgan. Silindrlar orasida maxsus kimyoviy moddalar bilan ishlov berilgan aktivlashtirilgan ko‘mir qatlami bor va kichik silindr ichki yuzasida changga karshi filtr o‘rnatilgan.
Tutunga qarshi filtr havoni aerozollardan tozalash uchun xizmat qiladi, aktivlashtirilgan ko‘mir adsorbsiya va kimyoviy neytrallash usuli bilan ZMning bulutlarini yutish uchun mo‘ljallangan. Tutunga qarshi filtr aktivlashtirilgan ko‘mir changining bir qismini tutib qolish uchun xizmat qiladi.
GP-5ning shlem-maskasn bot razmerda chiqariladi. Kerakli razmeri aniqlash uchun santimetr lentasi bilan bosh o‘lchanadi: aylanasiga engak orqali o‘tib, boshning tepa qismida yana engakka qaytiladi. SHu o‘lchov natijasida shlem - maskaning razmeri aniqlanadi:
o‘lchash natijasi (sm)
|
SHlem-maskaning kerakli razmeri
|
bZgacha 63,5-65,6 66-68 68,5-70,5 71 dan yukori |
0 1 2 3 4 |
Protivogaz sumkada olib yuriladi, lekin sharoitga ko‘ra 3 holatda olib yurilishi mumkin "safar", "tayyorgarlik", "jangovor".
Ayiruvchi protivgazlar. Suv bosgan boshlana va binolarda, toza havo etishmasligi aniqlangan joylarda qutqarish ishlari olib borilganda foydalaniladi. IP-46 (yoki IP-46M) ajratuvchi protivogazlar quyidagi asosiy qismlardan iborat:
-qat -qat buklanuvchi naychalari yuz qism;
-natriy peroksid to‘ldirilgan regenerativ patron;
-regenerativ patronnish u neonga o‘rnatilgan briket va kislotali ampuladan iborat ishga soluvchi moslama;
-nafas olish uchun rezina xalta;
-dyuralyuminiydan ishlangan korkas (g‘ilof);
-sumka.
Natriy peroksidi kimyoviy bog‘langan kislorodni ajratib, ajralib chiqarayotgan havodagi karbonat angidridni va suv bug‘larnni yutadi. Regenerativ patronning harakat vaqti undagi kislorod zahirasiga qarab belgalanadi: oshrish bajrilganda bir soatga, o‘rtacha -2 soatga, tinch holatda 4 - 5 soatga etadi: suv ostida 30 minutdan ortiq qolishga ruxsat etilmaydi. Atmosferada bug‘uvchi gazlar (masalan, is gazi) bo‘lsa, gopkalipt patronidan foydalanish kerak. Unda is gazi karbonat angidridga aylanadi.
Respiratorlar. Respiratorlar nafas a’zolarini radioaktiv va tuproq changlaridan va bakterial aerozollardan himoya qiladi, hozirgi vaqtda respiratorlardan R-2 va 1PB-1 "lepestok" keng qo‘llanilmoqda.
R -2 respiratori nafas olish, nafas chiqarish klapanlari, burun qisqichi va tasmalari bo‘lgan yarim maska yuzga keladi, engak va burun uning ichida qolishi kerak, tasmalar boshga tortiladi.
SHB-1 resshfatori "Lepestok"-sintetik filtrlovchi materialdan tayyorlangan bo‘lib, bir marta foydalanish uchun mo‘ljalangan, kiyish uchun respirator paketdan olinib, rezina shnurishgacha uch taxminan kerak bo‘lgan uzunlikda cho‘zib borlanadi, engakdan boshlab yuzga kiyiladi, alyuminiy plastinka qisiladi va tasmalar ensaga bog‘lanadi.
Nafas a’zolarini himoya qilishini oddiy vositalari.
Paxta doka bog‘lami. Buning uchun 100x60 sm li doka olinib, ertasiga eni va bo‘yi 20x30 sm va qalinligi 1 - 2sm kilib paxta solinadi, so‘ng u doka bilan o‘raladi. Dokaning uchlarini 35 sm dan kesib bog‘ich ulinadi, bog‘lam engak, og‘iz va burun berkiladigan qilib tug‘iladi. Borich uchlari boshning tepa suyagi va ensa ustidan bog‘lanadi. CHangga qarshi matoli maska PTM-1 oynali korpusdan va bog‘ichdan iborat. Maskaning korpusi matodan 4 -5 kanat qilib tikiladi, kiradigan teshiklarga o‘lchovi 5,5x4,5 sm li oyna qo‘yiladi, bogich 35x70 sm qilib polotnodan tikiladi. Maska boshga yopishib turishi uchun yuqoridagi chokka rezina qo‘yilib tikiladi, ko‘ndalangiga ham rezina qo‘yiladi.
Pastda bog‘ach bo‘ladi. PTM-1ni tayyorlashda 7ta o‘lchov ko‘zda tutiladi. Maskaning cheti peshanaga, chakkaga, yonokka va engakka zich yonishib turishi kerak.
Nafas a’zolarini himoyalash uchun biror bir vosita topilmaganda dastro‘mol, sharf, sochiq va shunga o‘xshashlar bilan og‘iz va burunni berkitish kerak.
Terini ximoya kilish vositalari, qo‘l osti vositalaridan terini himoya qilish vositalariii tayyorlash.
Terini himoyalovchi shaxsiy vositalar himoyalash xususiyatiga qarab filtrlovchi va ajratuvchilarga bo‘linadi. Terini ajratuvchi himoya vositalari havo o‘tkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi. Ular zich yopiladigan (germetik) va zich yopilmaydngan (nogermetik) bo‘lishi mumkin. Zich yopiladigan vositalar kishi tanasini berkitadi va zaharlovchi moddalarning bug‘i va tomchilaridan to‘liq himoya kiladi. Zich yopilmaydigan vositalar esa faqat tomchi holidagi zaharlovchi moddalardan himoya qiladi. Bundan tashqari, bu vositalar kishi terisini bevosita radioaktiv na bakterial vositalar ta’siridan ham himoya qiladi.
Terini himoya qiladigan filtrlovchi vositalar ip - gazlamadan tayyorlangan bo‘lib, unga maxsus kimyoviy modda shimdiriladi. Bunda matoning havo o‘tkazuvchanligi saqlanib koladi, zaxarlovchi moddalar iplar orasidan o‘tayotgan vaqtda yutiladi va neytrallanadi. Terini himoya qiladigan ajratuvchi individual vositalarga umumxarbiy himoya to‘plami (OZK), plyonkali himoya kostyumi (KZP) va terini himoyalovchi maxsus vositaga L—1 engil himoya kostyumi kiradi. OZK, KZP va L —I kostyumi himoya ta’siri qoidasiga ko‘ra teri qavatlarini, formali kiyim kechaklarni va oyoq kiyimlarini zaharlovchi moddalar,radioaktiv moddalar va bakterial vositalar ta’siridan ajratishga
asoslangan bo‘ladi.
Umumxarbiy himoya to‘plami himoya plashchi, himoya paypog‘iga hamda himoya qo‘lqoplaridan iborat bo‘ladi.
OP- 1M plashchi rezina qo‘shib to‘kilgan bo‘lib, engi va qalpoqchasi bo‘ladi. Ishlashga qulay bo‘lishn hamda qo‘lga zich yopishib turshi uchun engining uchiga rezina tasma tikilgan bo‘ladi. Qalpoqchani katta kichik qilish uchun cho‘ziladigan tasma o‘rnatiladi. Plashchlar quyidagi o‘lchovlarda bo‘ladi, bo‘yi 166 sm gacha bo‘lgan kishilar uchun-birinchi bo‘y, 166 sm dan 172 sm gacha- ikkinchi, 172 sm dan 178 sm gacha- uchinchi, 178 sm dan 184 sm gacha na undan yuqorisi to‘rtinchi bo‘y bo‘ladi.
Himoya paypoqlari ham rezina qo‘shilgan matodan tayyorlanadi, asosi qalin rezinadan iborat. Ular orqali oyoq kiyim ustidan kiyiladi va oyoqqa maxsus tasma hamda takiladi yordamida mahkamlanadi. Belga taqiladigan kamarga esa tasmalar yordamida birlashtiriladi. Himoya paypoqlari quyidagi o‘lchovlarda ishlab chiqiladi: 40-poyabzal uchun birinchi bo‘y, 41-42 poyabzal uchun ikkinchi buy, 43 va undan katta poyabzalga uchinchi bo‘i to‘g‘ri keladi.
Himoya qo‘lkoplari ikki xilda tayyorlaigan bo‘lib, kishda kiyish uchun ikki panjali va yozda besh panjali bo‘ladi. Qishki qo‘lqoplar ichiga issiq saqlash uchun astar kiygiziladi va tugma qadaladi.
L-1 engil himoya kostyumi teri qavatlaripi va formali kiyimlarni sharlovchi moddalar, radioktiv moddalar hamda bakterial vositalardan zararlanishdan himoya qilishga mo‘ljallangan.
U rezina matodan tayyorlangan bo‘lib, kapyushonli ko‘ylak, paypoqli shim, podshlemnik va ikki barmoqli himoya qo‘lkoplaridan iborat.
Paypoqli shimning yuqori qismiga ikkita elka tasmasi va paypoqni oyoqqa zich qilib bog‘lash uchun bog‘ichlar tikilgan. Kapyushonli ko‘ylakning orqa qismiga chok orqasidan o‘tadngan belband tikilgan bo‘lib, ko‘ylakning oldi tanasidagi tugmaga o‘tkaziladi. L-1 engil himoya kostyumi 3 o‘lchovda, bo‘yi 165 sm gacha bo‘lgan har xil xizmatchilarga birinchi, 165 sm dan 172 gacha bulganlarga ikkinchi, 172 sm dan yukorp bulganlarga uchinchi o‘lchovda tayyorlangan bo‘ladi.
L-1 engil himoya kostyumi zararlangan joylarda ishlash uchun, zararlanmagan joyda esa formali kiyim-kechaklar ustidan kiyiladi. Ish qobiliyatini yaxshiroq saqlash uchun 10°S day yuqori haroratda himoya kiyimi ishchi kiyim ustidan, 0°S dan Q10°S gacha haroratda yozgi kiyim ustidan, 0°S dan past haroratda esa qishki kiyim ustidan kiyiladi.
Plyonkali himoya kostyumi (KZP) - harbiy xizmatchilarning teri qavatlarini zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar, bakterial takomillashtirish ustida doimiy ishlar olib borilmoqda. SHuning uchun, dushman tomonidan ommaviy zarar etkazuvchi qurollar ishlatilishi ehtimoli borligi sababli, harbiy qismlar shaxsiy tarkibini jangovarlik xususiyatlarini saqlash niyatida jang maydonida umumharbiy va tibbiyot rioya vositalarini o‘z vaqtida qullash katta ahamiyatga egadir. Harbiy qismlardagi shaxsiy tarkib ommaviy zarar etkazuvchi qurollarning shikastlovchi omillarini va jarohatlangan, zararlangan kishilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini bilishi kerak.
Tibbiy vositalarni o‘z vaqtida qo‘llash kishilarni ommaviy zarar etkazuvchi qurollar ta’siridan butunlay muohfaza qilishga imkon yaratadi.
Tibbiy muhofaza vositalariga AI -2 shaxsiy aptechkalar, ximiyaga qarshi shaxsiy paketlar, shaxsiy bog‘lov paketlari.
DI - 2 shaxsiy aptechkasi atom, kimyoviy va bakterial hamda boshqa guruhdagi qurollarning shikastlovchi ta’sirini kamaytirish yoki ularning ta’sirini oldini olish maqsadida o‘ziga va o‘zaro yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
Aptechka plasmassadan tayyorlangan bo‘lib, dorilar uning ichidagi maxsus uyachalarga joylashtiriladi.
Plastmassa quti qopqog‘i ichkarisiga dori vositalarining qo‘llanish sxemasi joylangan. Aptechka shunday konstruksiyaga egaki, undagi har bir dori vositasi osonlik bilan olinadi va tezlik bilan qo‘llanadi. Aptechka harbiy xizmatchilar kiteli yoki gimnast yorqasining tashqi cho‘ntagida olib yuriladi. Saqlanadigan dori vositalari boshqa (komandir) ko‘rsatmasi asosida qo‘llaniladi. AI - 2 aptechkasiga kuyidagi dorilar joylanadi:
- fosfororganik moddalardan zararlangan paytda qo‘llaniladigan afin yoki budaksim aptechkaning 1-uyasiga joylashtirilgan. Afin yoki budaksim preparatlari dala sharoitida tezlik bilan qo‘llash uchun steril holatda shprits -tyubikda chiqariladi, qopqohg‘i qizil bo‘ladi. Ushbu ziddi-zahar zararlanishning birinchi alomatlari yuzaga chiqishi zahoti (ko‘z qorachig‘i qisqarishi, ko‘rish xiralashishi, ko‘z sohasida kuchli og‘riq paydo bo‘lishi, ko‘p so‘lak oqishi, kukrakda og‘riq turishida, muskullar orasiga yuboriladi. Ziddi - zaxarni zararlangan kishi o‘ziga yuborishi yoki bir-biriga yordam ko‘rsatishda muskullar orasiga yuborishi mumkin. SHuni esda tutish kerakki, preparat qancha tez yuborilsa, zararlanishning oqibatlari oldi shuncha tez olinadi. Zarur bo‘lganda preparat qaytadai muskullar orasiga yuborilishi mumkin. SHprits -tyubikdan foydalanish usuli 2 - bobda ko‘rsatilgan. Ishlatilgan shprits -tyubik zararlangan kishining cho‘ntagiga solib qo‘yiladi.
- aptechkaning 2-uyasi bo‘sh qoldirilgan, keyingi vaqtlarda ushbu uyaga fosfororganik zaharlovchi moddalardan zararlanishning oldini dimetpramid na 0,002 g sidnokarb bor. Bu preparat xam bitga tabletkadan qo‘llaniladi, zarur bo‘lgan hollarda 4-5 soat oralatib sutkasiga 3-4 martadan ko‘p bo‘lmagan holda ichiladi. Ushbu preparatlar boshliq (komandir) buyrug‘i asosida qo‘llanadi.
Ximiyaga qarshi shaxsiy paketlar (IPP-8, IPP-9, IMI 10). Terining ochiq joylariga tushgan zaharlonchi moddalarni degazatsiya qilish va terining ochiq joyiga tegib turadigav (bo‘yni, yuz, qo‘llar) formali kiyim-kechak engini, yoqasini hamda protivogazning yuz qismini degazatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ushbu pakstlardan jangovor holatlarda zarur bo‘lib qolgan vaqtda shaxsiy qurol va harbiy texnikaning ayrim qismlari, kishilar tegadigan joylarni degazatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Ximiyaga qarshi IPP-8 shaxsiy paket kavsharlangan polietilen xaltadan iborat bo‘lib, uning ichiga degazatsiya qiluvchi suyuqli solingan shisha flakon va turtta paxta- dokali tampon solingan.
Ximiyaga qarshi shaxsiy paketlar IPP-9 IPP-10, IPP-12 metall ballondan iborat bo‘lib, ichiga degazatsiya qiluvchi suyuklik solingan.
Zaharlovchi moddalar teriga tushgan vaqtda
tezlik bilan shaxsiy
paketlar chap qo‘lga olinadi; IPP-8 paketining shisha idishi qopqog‘i
ochiladi; IPP-9, IPP-10 metall ballonlarining yuqori qismi maxsus
teshuvchi moslama yordamida teshiladi; teridagi suyuq-tomchi holidagi
zazarlovchi moddalar asta-sekinlik bilan quruq paxta-dokali
tampoiga shimdirib olinadi; paxta-dokali tomponning ikkinchisi
olingan va degazatsiya qiluvchi suyuklikka xo‘llanib zaharlovchi modda
tushgan joylar va protivogazning yuz qismi sinchiklab artib chiqiladi
(odamning yuz qismi artilayotgan vaqtda ko‘zga suyuqlik tushmasligiga harakat qilish
kerak) ishlov o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng shisha flakon qopqog‘i yoki metall ballonlar
qopqog‘i mahkam qilib yopiladi va protivogaz sumkasiga solinadi.
SHaxsiy bog‘lov paketa (PPI). Ommaviy shikastlanishlarda dala sharoitida birlamchi bog‘lam sifatida shaxsiy bog‘lov paketi keng qo‘llaniladp. Paket ik-kita 17-32 sm li steril paxta-dokali yostiqchalardan iborat bo‘lib, eni 10 sm, uzunligi 7 metr bo‘lgan bintga bog‘langan. YOstiqchalarning biri qattiq mahkamlangan, ikkinchisi esa ko‘zg‘aluvchan bo‘lib, uni kerak bo‘lgan joyga mumkin. YOstiqchaning bir tarafi rangli ip bilan tikilgan, bog‘lov qo‘yadigan vaqtda shu tarafidan ushlansa bo‘ladi. Bog‘lov materiali oq qog‘ozga o‘rab qo‘yilgan va u ustidan rezinali materialdan tayyorlangan qobiq bilan germetik qilib berkitilgan. Oq qog‘oz ichiga bint oxirini mahkamlash uchun tutnog‘ich solib qo‘yilgan. Maket steril holatda ishlab chiqariladi.
SHaxsiy bog‘lov paketidan foydalanish qoidalari: rezinalangan qobiq yirtib ochiladi.
Vositalardan himoyalash va formali kiyim- kechaklar, aslaha-anjomlar, qurolning zararlanishini kamaytirish uchun mo‘ljallangan.
Plyonkali himoya kostyumi vaqti-vaqti balan qo‘llaniladigan vosita hisoblanadi. Zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan zararlanganda maxsus sanitariya ishlovchi o‘tkazmasdan yo‘qotiladi, radioaktiv moddalardan zararlanganda dezakgivatsiya o‘tkaziladi va qayta ishlatiladi.
Plyonkali himoya kostyumi himoya plashchi va himoya paypoqdan iborat bo‘lib, polimer plyonkali materialdan tayyorlangan.
Himoya kombinezoni rezina qo‘shilgan materialdan tayyorlangan bo‘ladi. Kombinezon yaxlit qilib tikilgan kurtka, shim va kapishondan iborat. Kombinezon rezina etik, himoya qo‘l qopi bilan birga komplekt holida qo‘llaniladi.
Himoya fartugi rezina qo‘shilgan materialdan tayyorlanadi, undan himoyalovchi paypoq, himoya qo‘lqopi bilan birgaliqda foydalaniladi. Transport, qurol-yaroqlarni dezaktivakiya, degazatsiya va dezinfeksiya qilishda undan foydalaniladi. Fartukning og‘irligi 400 g.
FM tizimida filtrlovchi vosita sifatida ZFO -58 kostyum qo‘llaniladi. Ushbu kostyum ip gazlamadan tayyorlangan kombinezon, ichki kiyim, podshlemnik va ikki juft paytavadan iborat. ZFO - 58 kostyumini shimdirish uchun sintetik yuvish vositalari asosida tayyorlangan OP-7 yoki OP- 10, sovun -yog‘ emulsiyasi ishlatiladi. Bir komplekt kostyumni shimdirish uchun ikki xil suyuqlik tayyorlash kerak bo‘ladi: birinchi suyuqlik 2,5 l miqdorida tayyorlanadi, buning uchun 40- 50°S gacha istilgan 2 litr suvda OP - 7 yoki OP -10 moddalari eritiladi. So‘ngra ikkinchi shoklik tayyorlanadi. Buning uchun 60-70°S gacha isitilgan 2 litr issiq, suvda 200-300 g maydalangan kir sovun eritiladi va unga 0,5 g o‘simlik yog‘i yoki mineral yog‘ qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan suyuqliklarga kostyum navbati bilan shimdiriladi va quritiladi.
Terini himoya qilishda zaharli har qanday vositalardan keng foydalanishi mumkin. Bunda suv o‘tmaydigan gazmoldan tikilgan nakidka, plash, paxtali kurtka va shim, sport kostyumlari, ish kambinzonlari, charmdan tikilgan kurtka va plashlar, qattiq gazmoldan tikilgan kapyushonkalardan foydalanish mumkin.
Oyoqda rezina charm etik, kalish kiyish kerak. Qo‘lga charm yoki rezina SHkol kiyiladi. Bo‘in va boshni himoya qilish uchun qalin gazmoldan kapyushon tikib olinadi. Sport kastyumiga, kombinizonga yoki boshqa kostyumlarga sovun yog‘ emulsiyasini yoki yuvuvchi moddalar eritmasini shimdirish mumkin.
Tibbiy muhofaza vositalari. Etakchi NATO davlatlari tomonidan ko‘pdan ko‘p ommaviy zarar etkazuvchi qurollar yaratilganligiga qaramasdan yaratilgan qurollariing samaradorligini oshirish va ularni olish uchun qo‘llaniladigan II-6 preparati sariq penalga solingan holda quyilmokda. Ushbu ziddi-zahar boshliq buyrug‘i asosida, fosfororganik zaharlovchi moddalar bilan zararlangan joyga kirishdan 30 daqiqa oldin 2 tadan ichiladi yoki dushman tomonidan fosfororganik zaharlovchi moddani qo‘llash ehtimoli paydo bo‘lganda shu preparatdan foydalapiladi.
Kerak bo‘lganda ushbu preparat qayta 5-6 soat o‘tgandan so‘ng ichilishi mumkin.
-aptechkaning 3-uyasiga shprits-tyubik holatida chiqarilgav og‘riqni qoldiradigan vosita promedol yoki morfin preparata joylanadi.
SHikastlangan kishiga kuchli og‘rikning oldini olish yoki shunday og‘riq boshlangan vaqtda uni to‘xtatish maqsadida qo‘llanadn. SHprits tyubik oq qopqoq bilan berkitilgan.
Radiatsiyadan himoyalanish vositasi aptechkaning 4-uyasiga solib quyiladi. Ushbu himoya vositasi kistamin (RS-1) ning 0,2 g li 12 ta tabletkasi ikkita pushti rang penalga solingan. Ayrim hollarda bu preparat o‘rinda dietilstilbestrol (DES) 25 mg dan tabletka holida chiqarilishi mumkin.
Sistamin preparati zararlangan joylarda harakat qilish kerak bo‘lgan vaqtda yoki himoya vositalaridan (yashirinish joylari, jangovor texnika va boshqalar) foydalanilganda ularni himoya qilish xususiyati o‘tib kiruvchi nurlanishdan himoya qila olmasligiga shubha qilinganda shu joyga kirishdan oldin (20-30 da sikl oldin) 6 ta tabletkasi birdaniga ichiladi. Sistamin preparati o‘z ta’sirini organizmda 4-5 soat mobaynida saqlaydi. Kerak bo‘lganda preparat 6 soat o‘tgach yana qabul qilinishi mumkin.
Dietnlstnlbestrol (DES) preparati pgu zararlanish joyiga kirishdan oldin (1-2 sutka oldin) I tabletkadap (25mg) ichiladi, preparat o‘z ta’sirini organizmda 10 kun mobaynida saqlashi mumkin. Agar shu vaqt ichida kistamin preparati qo‘shimcha qilib ichilsa, unda DES preparatining ta’siri yanada kuchayadi:
- aptechkaning 5- uyasiga dushman tomonidan qo‘llanilgan bakterial usitalarga qarshi ikkita oq penalga solingan xlorteratsiklining 100000 TB li 10 ta tabletkasi joylanadi. YArador bo‘lgan vaqtda, kuyish vaqtida yoki ipfeksiyanipg oldini olish uchun preparat 5 tabletkadan ichiladi, kerak bo‘lsa preparatning kolgann 6-8 soat o‘tgandan so‘ng qabulq kilinadi.
- aptechkaning 6- uyasi zahira holda qoldirilgan.
Kuyishga qarshi vosita hisoblangan etaperazip aptechkaning 7- uyasiga havo rang penalga solib quyilgan. Penalda etaperaziping 0,006 g li tabletkasi 5 tadan joylangan. Nurlanishning dastlabki reaksiyasi paydo bo‘lgan paytida, shuningdek boshni qattiq olgan hollarda, ko‘ngil ainiy boshlangan paytda bir tabletkadan ichiladi. Keynngi vaqtlarda bu preparat o‘rniga dimetkarb preparati ishlatilmokda.
SHaxsiy universal bog‘lov paketi (PPU)-shaxsiy tarkibga PPI tomoniga berilishi mumkin. PPI bog‘lovidan farqli ularoq yostiqchaning bir tomoniga metallangan material qo‘yilgan, bu material yarada chiqayotgan suyuqliklarni o‘ziga shimib olish xususiyatiga ega va yaraga yopishib qolmaydi. Paketdan foydalanish qoidalarn xuddi PPI gao‘xshaydi.
Tibbiy yoping‘ich (NM)-kishilarni sovuq vaqtlarda sovqotishdan, issiq vaqtlarda esa qizib ketishdan himoya qilishga mo‘ljallangan. YOping‘ichdan foydalanish koidasi:
- sovuq vaqtlarda tibbiy yoping‘ichning metallangan qavati ichkariga qilib solinadi va unga jarohatlangan kishi qo‘yiladi;
- yoping‘ichning chekka qismlari qaytarilib oyoqlari va tanasi o‘rab chiqiladi;
- havo buzuq vaqtlarda (namgarchilik, yog‘ingarchilik) kishining boshi ham yopib qo‘yilishi mumkin;
- yopqich ochilib ketmasligi uchun bir mecha joyidan bint yordamida mahkamlanadi.
Issiq vaqtlarda o‘ta qizib ketmaslik uchun yopqichning metallangan qavati yuqoriga qaratilib, jarohatlangan kishi uning tagiga yotqiziladi, bunda kishi yopig‘ichga o‘ralmaydi.
Bolalarni himoyalashni tashkil etish.
Favqulodda vaziyatlarda bolalarni himoya qilish katta sonli aholining burchidir. Birinchi navbatda ota-onalar, maktabgacha bo‘lgan muassasalar va maktab xodimlari zimmasiga tushadi. FVlarning boshlanganlngi yoki boshlanishi haqida signal olishganda bolalar kattalarning uzluksiz nazoratida bo‘lishlari kerak.
Bolalar himoyasini ishonchli ravishda tashkil etish uchun katta yoshddagi aholi quyidagi tadbirlarni bajarishini bilishlari kerak:
-nafas olish a’zolarinpng himoya qilish vositalar tuzilishini qo‘llash qoidasini, PTM- I va paxta- doka bog‘lashini tayyorlash qoidalarini bilish;
-nafas olish a’zolari va terini himoya qilish vositalarini bolalarga kiydira bilish;
-KZD- 4 ga bolalarni etkazilishini bilish;
-bolalarni boshpanalar va tana joylarda joylashtirish qoidalarni bilish va ularning xulqni nazorat qilish;
-bolalar dam olishini, ovqatlanishini, tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkil etish;
-yosh bolalari bo‘lgan ayollarni joylashtirish uchun alohida joylar ajratish;
-ko‘chirish hakidagi buyruq olingandan keyin bolalar hujjatlar, kiyim, oziq- ovqatlar bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak;
-bolalar cho‘ntagiga ismi sharifi, turar joyi, tug‘ilgan yili va ko‘chirishning yakunlovchi punkti yozilgan qog‘oz solib qo‘yish kerak;
Bolalarning transport vositalariga o‘tkazlishi birinchi navbatda tashkil etilishi shart. Bolalar himoyasi katta yoshli aholi oldida turgan eng dolzarb masaladir. Bu ma’suliyatni bajarish uchun butun katta yoshli aholi FV larda o‘tkaziladigan chora tadbirlarni yaxshi bilishlari kerak.
4-BOB. “Aholi va hududlarni zamonaviy qirg‘in qurollaridan muhofaza qilishni tashkil etish”
Zamonaviy qirg‘in kurollari (ZQK)ning tasnifi.
Zamonaviy qirg‘in qurollari, qurollanish majmuasi, uning tarkibda
qismlari:
- Etkazib berish vositasi (tashuvchi).
- Qurol-aslaha.
- Boshqaruv vositasi (tizimi).
- ZQQ ning aholi va hududlarga keltiradigan zarariga ko‘ra tasnifi:
- Oddiy qirg‘in vositalari (OQV).
- Ommaviy qirg‘in qurollari (OKQ).
- YAqin kelajak qurollari (qirg‘in vositalari) (YAKQ).
Etkazib berish vositasi:
- raketalar;
- aviatsiya;
- artilleriya;
- o‘q otar qurol;
- inson.
Quo&l-aslaha;
- oddiy (fugasli, parchalanuvchi, parchalanuvchi-fugasli, yondiruvchi maxsus);
- yadroviy, kimyoviy, biologik;
- o‘limga olib kelmaydigan.
Barcha qurol-aslaha 2 guruhga bo‘linadi:
1-guruh. Boshqariladigan (turlari - aniq nishonga uruvchi kurol - aniq nishon buyicha, nshon - uy).
2-guruh. Boshqariladigan.
Ommaviy qirg‘in qurollari:
- YAdroviy
- Biologik (bakteriolbgik).
- Kimyoviy.
Oddiy qirg‘in vositalari.
1. Portlovchi moddalarning energiyasidan foydalanishga asoslangan (fugasli; oskolkali; oskolka-fugasli).
Issiqlik energayasidan foydalanishga asoslangan (yondiruvchi aralashma napalm, metallashtarilgan yondiruvchi aralashma - termit, elektron; oq fosfor).
O‘limga olib kelmaydigan (agitatsion, grafitli, kesuvchi, psixotrop plastik o‘qlar).
Ayrim qurol-aslahalarning xususiyatlari:
Hajmiy portlash (vakuum) qurol-aslahalari: gaz, suyuqlik (etilen oksidi va boshq,); yorilganda - germetik bo‘lmagan fazo (hajm) bo‘ylab gazning bir zumda tarqalishi va sekinlashib (0,1 soniyagacha) portlashi; ichki fazoda - o‘ta past bosim (vakuum), tashqi fazoda - haddan ortiq bosim; kuvvati oddiy o‘q-doriga nisbatan 4-6 marta katta.
SHarchali, ninachali, qurol-aslahalar: o‘q-dori ichida sharchalar yoki ninachalar (bir necha milligrammdan bir necha grammgacha) joylashgan.
Kimyoviy qurol - ayrim kimyoviy moddalarning zaharli xususiyatlariga asoslangan.
Tasnifi: nerv-falajli - UX, zarin; teri-yarali - iprit; bo‘g‘uvchi -fosgen; umumiy zaharli - sinil kislotasi; achishtiruvchi va psixokimyoviy -o‘limga olib kelmaydigan.
Biologik qurol - bakterial vositalarga asoslangan (bakteriyalar, viruslar, rakkemsinlar, zamburug‘ va ular faoliyatining zaharli mahsulotlari), Kasallik tarqatuvchilar (hasharotlar, kemiruvchilar) orqali yoki o‘q-doridagi suspenziya va kukunlar orqali ishlatiladi. Ularning xususiyatlari: bakteriologik vositaning juda kichik miqdori bilan ommaviy kasalliklarning kelib chiqishi; kasallikning yashirin davri; kasallik ta’sirining uzoq muddatligi; germetik berkitilmagan joylarga kira olish qobiliyati.
SHikastlovchi omillari:
- Zarb to‘lqini (haddan ortiq katta bosim, yuqori harorat).
- O‘q parchalari va o‘qlarning shikastlovchi ta’siri.
YOndiruvchi kurol-aslahalarshshg shikastlovchi tasiri:
- YOnish (harorat-800-3000 S).
- Zaharli gazlarning ajralib chiqishi.
- Havoning yuqori harorati.
- Kislorod tanqisligi.
YAdroviy qurol-aslahalarniig shikastlovchi tasiri:
1. Zarb to‘lqini,
2. YOrug‘lik nurlanipsh.
3. O‘guvchi radiatsiya.
4. Radioaktiv zararlanish.
5. Elektromagnit impulsi.
«Elektron»qkurol-aslahaning xususiyatlari: oddiy yadroviy, ammo asosiy shikastlovchi omili - o‘tuvchi radiatsiya - neytronlar (portlash energiyasiniyag 70% gacha). Tirik kuch (odam)larni yo‘q qilish uchun foydalaniladi, ammo moddiy boyliklar saqlab qolinadi.
Zamonaviy qirg‘in vositalaridan muhofazalanshi tadbirlari majmui:
1. Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishga tayyorlash ( zamonaviy qirg‘in vositalarini bilish; ulardan muhofazalana olish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsata olish).
2. FVDT rahbarlari tomonidan aholi muhofazasiga doimiy raxbarlikni amalga oshirish.
3. O‘z vaqtida va haqqoniy xabar berish va axborot uzatish.
4. Evakuatsiya (oldindan o‘tkaziladigan, qisman va to‘la).
5. Muhofaza vositalari (jamoa va shaxsiy, ro‘yxatdagi va qo‘l ostidagi)dan mohirona foydalanish,
6. Maxsus tadbirlar (ma’muriy, tibbiy-ma’muriy, epidemiyaga qarshi profilaktik, sanitar-gigienik, davolash-evakuatsiya)ni o‘tkazish.
1. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish.
Zamonaviy qirg‘in vositalaridan muhofazani tashkil qilishda raqib tomonidan u yoki bu qurolni qo‘llash ehtmolligini aniq bilish zarur. Har bir shikastlovchi omildan esa maqsadga muvofiq keladagan usullarni, vositalar va muhofazalanish bo‘yicha harakatlarni kidirib topish kerak. Muhofaza uchun ham ro‘yhatdagi, ham qo‘l ostidagi muhofaza vositalaridan foydalanish lozim. Aholini muhofaza qilishda birinchi tibbiy yordamnnng o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rsatilishi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Zarasizlantirish turlari. Dezaktivatsiya, degazatsiya,dezinfeksiya.
Zarasizlantirish turlari.
Dushman tomonidan ommaviy zarar etkazuvchi qurollar-yadro
zaryadi, zaharlovchi moddalar yoki bakteriologik vositalar
qo‘llanilganda ko‘pdan-ko‘p shaxsiy tarkibi formali kiyim-kechak,
himoya vositalari, qurol-yarog‘lar va harbiy texnika, inshootlar,
joylar hamda suv manbalari, oziq-ovqatlar, em-xashaklar
zararlanadi. Zaharlovchi moddalar suyuq tomchi, aerozol va bur
xolatida qo‘llanilganida suv manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ning zararlanishi
kuzatiladi. Kichikroq kullar, hovuzlar, ochiq quduqlar zaharlovchi moddalardan ko‘proq
zararlanadi. Kanal suv havzalari va daryo suvlarining zararlanishi odatda kuzatilmaydi.
Artezian quduqlar germetik holat bo‘lganligi uchun moddalardan zararlanmaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining zaharlovchi moddalardan zararlanishi dala sharoiti ularning qanday holatda saqlanishi, joylarga tashish usuli va oziq- ovqatning tashishga bog‘liq bo‘ladi. Dala sharoitida oziq- ovqatlarni germetik holda saqlash qiyin bo‘lganligi sababli aerozol va bu holatidagi zaharlovchi moddalar osonlik bilan shu joyga tushadi. Oziq-ovqat mahsulotlariga tushgan zaharlovchi modda tomchilari osonlik bilan shimiladi va ancha ichkariga utadi.
CHidamli zaharlovchi moddalardan fosfoeorganik iprit turidagilar lipidlarda juda yaxshi eriydi. SHu sababli ular oziq- ovqatga tushganda (go‘sht, baliq, moy va boshqalarga) unda bir nech haftadan bir oygacha saqlanib qoladi. Betakror zaharlovchi moddalar oziq-ovqat mahsulotlarini kam zararlaydi. SHuni aytish kerakki, radioaktiv moddalar oziq-ovqatlarning faqat yuza kismini zararlaydi, zaharlovchi moddalar esa 2-5 sm chuqurlikka kirish xususiyatiga ega. Erlar 10 sm gacha, o‘simlik erlari esa butunlay zararlanadi. SHularni hisobga olgan holda oziq-ovqatlarni germetik idishlarda (konservalash, banka, termos, xolodilnik va boshqalarda) saqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday hollarda faqat idishlar zararlanadi. YAshiklar ham zaharlovchi moddalardan ancha himoya qiladi. Qogozdan tayyorlangan konlar radiaktiv moddalardan saqlaydi, ammo zaharlovchi moddalar tomchisidan esa vaqtincha himoya qiladi. Oziq-ovqat saqlanadigan omborlarning xamma teshiklari zaharlovchi moddalar va radioaktiv moddalardan zararlanishdan saqlash uchun mahkam qilib berkitilishi kerak. Zararlangan oziq-ovqat, suv manbalari zararlangan, deb shubha qilinadi, shuning uchun ularni maxsus tekshiruvdan o‘tkazmay turib foydalanishga ruxsat etilmaydi.
RM, ZM yoki bakteriologik vositalar bilan zararlangan territoriya, barcha narsalar, oziq-ovqat, em-xashak va boshqalar zararsizlantirilmaguncha odamlar va hayvonlar uchun xavflidir.
Zararlanish turiga qarab, zaharsizlantirish har xil bo‘ladi: dezaktivizatsiya; degazatsiya; dezinfeksiya.
Zararlangan ob’ektlardan radiaktiv moddalarni yo‘qotish dezaktivatsiya deyiladi.
Zararlangan ob’ektlarni zararsizlantirish yoki ximiyaviy neytrallash va ulardagi zaharlovchi moddalarni yo‘qotish degazatsiya deyiladi.
Zararlangan ob’ektlardan kasallik ko‘zg‘atuvchi mikroblarni va ularning toksinlarini yo‘qotish dezinfeksiya deyiladi. Ba’zan dezinseksiya qilib, zararli hasharotlarni, yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi pashsha, chivin, kana, iskabtopar bit va boshqalar yo‘qotiladi.
Deratizatsiya yo‘li bilan qator yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘ladigan kemiruvchi hayvonlar (kalamush, sichqon, yumronkoziq, qo‘shoyoq va boshqalar) yo‘qotiladi.
Zararsizlantirish chora-chadbirlari (dezaktivatsiya, degazatsiya,, dezinfeksiya) faqat odamlar borishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarda amalga oshiriladi. Qolgan territoriyalar o‘zo‘zidan zararsizlanadi: radioaktiv moddalar o‘z-o‘zidan parchalanadi va radiatsiya darajasi pasayadi; zaharlovchi moddalar bo‘linadi; quyosh nuri ta’sirida mikroblar nobud bo‘ladi va x.k.
Radioaktiv moddalar, zaharlovchi moddalar, bakteriologik vositalar bilan zaharlanganda qo‘llaniladigan zararsizlantirish usullari va ishlatiladigan vositalar.
Dezaktivatsiya ikki xil: mexanik va fizik- kimyoviy usulda amalga oshiriladi. Ob’ektlarning ustki qismidagi radiaktiv changni surish, qoqish, suv oqimi bilan yuvish, ho‘llangan latta bilan artish dezaktivatsiya qilishning mexanik usuli hisoblanadi. Fizik- kimyoviy usul kuchli yuvish xususiyatiga ega bo‘lgan dezaktivatsiya qiluvchi eritmalardan foydalanishga asoslangan. SHunday moddalar sifatida quyidagilardan foydalaniladi: juda maydalangan oq yoki to‘q sariq rangdagi (sulfanal tipidagi) SF-2 yoki CHF-2U poroshogi, u suvda yaxshi eriydi. 0,15 va 0,3 li eritmasi ishlatiladi. Quyuq yopishqoq suyuqlik yoki och jigar rang pasta xolidagi OP-7 yoki OP-10 yuvuvchi moddalar (emulgatorlar). Ular suvda yaxshi eriydi, 0,3% li eritmasi ishlatiladi. Har xil yuvuvchi vositalardan "Don", "Era", "Lotos", "Ekstra", "Novost", "Progress" va boshqalar sovun-soda eritmalaridan foydalanish mumkin. Zararlangan predmetlar uchiga cho‘tka o‘rnatilgan bradsboyt purkagichlar yordamida, gidropult, avtomaks, kul purkagichi, maxsus mashinalar, cho‘tka bilan yuviladi yoki shu eritmalar shimdirilgan latta bilan artib tozalanadi. Kiyim va boshqa engil narsalar qoqib, cho‘tka yoki chang surgich (pilesos) bilan tozalab dezaktivatsiya qilinadi. Metall, yogoch, shisha, rezina predmetlar suv bilan yoki dezaktivatsiya qiluvchi eritmalar yordamida yuvish yo‘li bilan dezaktivatsiya qilinadi. Asfaltlangan ko‘chalar, xovlilar mashinada va qo‘lda supurish so‘ngra suv sepuvchi mashinada va shlang bilan yuvib dezaktivatsiyalanadi. Tuproqli erlarni dezaktivatsiya qilish erning ustki qatlamini 5 -7 sm chuqurlikda buldozer, greyder yoki belkurak bilan yurish, chopiq qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qishda kor (6-10 sm) qo‘lda yoki qor tozalovchi mashinada olib tashlanadi. Binoning tashqi qismi shlangda suv bilan yuviladi yoki supuriladi, Avtomobillar suv bilang dezaktivatsiyalovchi eritma bilan yuviladi, yog‘li joylar benzin bilan artiladi. RM bilan zararlangan oziq-ovqat va suv, agar ulardan foydalanish ko‘zda tutilsa, juda yaxshilab dezaktivatsiya qilinadi, Agar oziq- ovqat germetik idishda saqlangan bo‘lsa, idish suv bilan yoki dezaktivatsiyalovchi eritma bilan dezaktivatsiya qilinadi. Ustki qismini (zararlangan qismini) olib tashlash yoki suv bilan yuvib tashlash orqali dezaktivatsiya qilinadi. Suvni dezaktivatsiya qilish, tindirish yoki maxsus filtrlovchi yordamida filtrlash orqali amalga oshiriladi. Dezaktivatsiya qilingandan so‘ng radiaktiv moddalar yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan darajagacha yo‘qotilganiga ishonch hosil qilish uchun, albatta dozimetrik nazorat o‘tkaziladi.
Degazatsiya.
Turg‘un ZM (V-gazlar, zamon- zarin, iprit va boshqalar) bilan zararlangan har xil ob’ektlar kimyoviy, fizik-kimyoviy va mexanik usullarda degazatsiya qilinadi. Kimyoviy usulda degazatsiya qilinganda zararlangan ob’ekt degazatsiyalovchi modlalar eritmasi bilan tozalanadi, bunda u zaharlovchi modda bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ZM ximiyaviy neytrallanadi. Degazatsiyaning fizik-kimyoviy usuli erituvchilar (benzin, kerosin va boshqalar) bilan yuvish, bug‘lantirish, faollashtirish ko‘mir bilan adsorbsiya qilish (masalan, suvni filtrlash), zararlangan yumshoq narsalarni 2% li kir soda eritmasida qaynatishdan iborat.
YOzgi issiq kunlarda degazatsiya qilinishi kerak bo‘lgan har xil predmetlardagi ZM shamolda ko‘tarilib ketishi va bug‘lanishi uchun ularni arqonlarga osish kerak. Degazatsiyaning mexanik usuli tuproq, oziq-ovqat va em -xashakning zararlangan qismini olib tashlashdan iborat bo‘ladi.
Degazatsiyalovchi moddalar va eritmalar. Degazatsiyalovchi eritma ¹1-u geksaxlormelamning 5% li eritmasi yoki dixloraminning dixloretandagi 10% li eritmasi. Iprit va V-gazlar bilan zararlangan predmetlarni degazatsiya qilish uchun ishlatiladi: Bu eritma odam uchun zaharli; odamning ichiga tushganida o‘lim bilan tugaydigan zaharlanishiga olib keladi, teriga tushganida va uzoq muddat nafas olinganida odamni zararlantiradi. SHuningdek, u metallarni zanglatadi.
Degazatsiyalovchi eritma ¹2 natriy
ishqori (2%),
monoetanolamin (5%) va suvdagi ammiak (20%) eritmalarining
aralashmasi. Zamon-zarinni degazatsiya qilish maqsadida va metall
asboblar zanglashining oldini olish maqsadida ¹1 eritmadan keyin
ishlatiladi. SHuningdek, ¹2 (ammiak-ishkorsiz) eritma xam
ishlatiladi.
DTS- GK (kalsiy gipoxlorit tuzi) xlor xidiga ega bo‘lgan oq kukun. V- gazlar va iprit bilan zararlangan joylarni, predmetlarni degazatsiya qilish uchun suvdagi 1 -1,5% li eritmasi yoki suspenziyasi ishlatiladi.
Xlorli oxak -yirik yog‘och va metall predmetlarni degazatsiya qilish uchun suspenziya shaklida 1:10 (bir qism xlorli oxakka 10 kism suv) nisbatidagi eritma holida ishlatiladi.
Xloramin-iprit va V-gazlar bilan zararlangan har xil ob’ektlarni degazatsiya qilish uchun 1% li suv - spirt eritmasi shaklida ishlatiladi.
Zararlangan ob’ektlarni degazatsiya qilish uchun gidropult, avtomakslar, cho‘tka, latta va suv sepib yuvuvchi mashinalardan foydalaniladi.
Suvni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish kamdan- kam qo‘llanadi, chunki yangi suv manbai (quduq, skvajina va boshqalar) kurish engilroqdir. quyida suvni dezaktivatsiya kilish usullarining ba’zilari bilan tanishamiz.
Ionlanish smolalari (kationit va anionit) orqali suvni filtrlash. Bular suvni hatto erigan holatdagi moddalardan ham tozalaydi. Qatlami qalin va har qaysi ionit qatlamining qalinligi 40-50 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Filtrlash qo‘l nasoslari yordamida yoki mexanizatsiyalashtirish avto iltratsion stansiyalarda amalga oshiriladi.
Suvdagi sho‘rni maxsus tozalaydigan apparatlardan (avtomashinalarda joylashgan ko‘chma yoki statsionar) foydalanib suvni haydash.Suvni tindirish va keyin tuzima ko‘mir filtrlar, bir qatlam qum va boshqa materiallar orqali filtrlash- bu usul unchalik foydali emas.
FZM va ipritdan suvni degazatsiya kilish uchun ion almashinish smolalari yoki faollashtirilgan ko‘mir (karboferrogel) orqali filtrlab, keyin qaynatish zarur.
Suvni dezaktivatsiya va degazatsiya qilgandan keyin albatta undan namuna olib, sanepidstansiya laboratoriyalariga ekspertiza uchun jo‘natiladi. quduqlarni RM va 3 m dan zararsizlantirish uchun avvalo uning atrofidagi territoriya tozalanadi. Keyin undan 5- 10 m uzoqlikda suv yig‘adigan chuqurga quduq suvi oqiziladi va quduq tagida zaharlangan tuproq olib tashlanadi. quduqda yangidan yig‘ilgan suv va dezaktivatsiya yoki degazatsiyalovchi eritmalar bilan quduq devorlari yaxshilab yuviladi, suv yangidan oqiziladi, shundan keyin quduq suvini tekshirib ko‘rib, iste’mol qilishga ruxsat berish mumkin.
Oziq-ovqatni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish, ular saqlanadigan idishlarning turiga bog‘lik. Agar oziq-ovqatning ozgina miqdori RM va ZM bilan zaxarlangan bo‘lsa, ularni chuqurga ko‘mib, ustidan xlorli ohak sepiladi. Ko‘p miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxarlangan bo‘lsa, dezaktivatsiya qilingan maxsus maydoncha tashkil etiladi, eng oldin u zararsizlantiriladi, keyin toza va iflos qismlarga bo‘linadi. SHundan keyin oziq-ovqat uchga bo‘linadi: sinchiklab tozalash yoki yo‘qotish kerak bo‘lgan yoki RM ning o‘z-o‘zidan tarqalishi yoki ZM ning aynishi va bug‘lanishigacha konservatsiya qilish kerak bo‘lgan aniq va kuchli zaxarlangan oziq-ovqat mahsulotlari (koplarning tashki katlami, yashiklar, sabzavotlar).
Sinchiklab tozalash kerak bo‘lgan, zaxarlanishga shubha tug‘diradigan yoki kuchsiz zaxarlangan oziq-ovqat mahsulotlari (qoplarning ikkinchi qatori, yashik va boshqalar).
Tekshirilgandan keyin iste’mol qilish mumkin bo‘lgan zaxarlanmagan, pastki qatlamlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari.
Agar oziq-ovqat mahsulotlari germetik idishlarda (konserva bankalari, refrijitorlarda) saqlangan bo‘lsa, idishlarni o‘ziga xos eritma bilan dezaktivatsiya va degazatsiya qilish kifoya.
Oziq-ovqat mahsulotlari dezaktivatsiya qilingandan keyin ham sanepidstansiya laboratoriyalarida ekspertizadan o‘tkaziladi. Zaxarlangan oziq-ovqat mahsulotlarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilishning ba’zi bir usullari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
Qattiq yog‘lar va saryog‘ |
Zaharlangan qatlamni 1 — 2 sm chuqurlikda kesib Tashlash |
Zaharlangan qatlamini 10—15 sm chuqurlikda kesib tashlash va termik ishlov berish |
Suyuq o‘simlik yog‘lari |
Butunlay yo‘qotish yoki observatsiyalash |
Termik ishlov berish, kuchli zaxarlanganda texnikada ishlatish |
Non |
Zaxarlangan qatlamini kesib tashlash |
Zaxarlangan qatlamini kesib tashlash, quritish |
Tirik mollar |
Mollarni suv yoki SF —2 eritmasi bilan dezaktiva kilish. Ichki organlarini yo‘qotib go‘shti zaxarlanmaganli gini tekshirish |
Terini degazatsiyalov chi eritmalar bilan ishlov berish. Mol so‘yilgandan keyin ichki orgonlarini yo‘qotib tashlash |
Dezinfeksiya mikroblarni zararsizlantirish, epidemik jarayonlarning ikkinchi zvenosiga ta’sir etishga qaratilagi. Bu tadbir tufayli mikrobning tashqi muhitda tashqari yo‘llariga chek qo‘yiladi. YUqumli kasalliklar tarqalishida rol uynaydigan bug‘imoyoklilar (pashsha, chivin, burga, kana va boshqalar)ni kirish tadbirlari dezinfeksiya deyiladi. Ayrim yuqumli kasalliklarda kemiruvchilar sichqon, kalamush, yumronqoziq va boshqalar) infeksiya manbai hisoblanadi. Ularni qirish deratizatsiya deyiladi.
Dezinfeksiyaning fizik va kimyoviy usullari bor: fizik usullar dezinfeksiyaning oddiy va keng qo‘llaniladigai usullaridan hisoblanadi. Tabiiy sharoitda quyosh nuri, ayniqsa, uning ultrabinafsha nurlari bilan dezinfeksiyalanadi. Axlat, chiqindi va boshqalarni yoqib yuborish ham dezinfeksiyaning fizik usullaridan hisoblanadi. SHuningdek, ich kiyim- kechagi, ko‘rpa-to‘shagini va laboratoriya asboblarini dezinfeksiyalashda issiq havo kameralaridan ham foydalaniladi.
Qaynatish ham dezinfeksiyaning ishonchli va oddiy usullaridan biri hisoblanadi. Ko‘pgina mikroblar 100 °S da nobud bo‘ladi. Spora hosil qiladigan mikroblar ana shu tempraturada 10—15 minutda nobud bo‘ladi. qaynagan suvga ishqoriy tuzlar va sovun qo‘shilsa, uning dezinfeksiyalovchi ta’siri kuchayadi.
Suv bug‘i. To‘yingan suv bug‘i juda kuchli dezinfeksiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Uning ta’siri 2 elementdan: namlik va yuqori tempraturada iborat. Avtoklav deb ataladigan apparatlar ana shu tamoyilga asoslanagan. Ularda 1,5 atm bosim hosil qilib, bug‘ tempraturasini 120° S gacha ko‘tarish mumkin. Xirurgik asboblar va bog‘lanish materiallari, odatda, avtoklavda sterillanadi.
Dezinfeksiyaning kimyoviy usullari amalda keng qo‘llaniladi. Bunda, ayniqsa, xlorli ohak, floromin, fenol, lizol, formalin ko‘p ishlatiladi. Xlor tutuvchi preparatlarning qo‘llanishi ular tarkibidagi faol xlor ta’siriga bog‘lik. Ular 2,3 %li eritma holida ichak infeksiyalarida bemor chiqindilarining, pol va idish- tovoqlarni dezinfeksiyalashda ishaltiladi.
Dezinfeksiya o‘tkazilish: vaqtiga qarab uch turga: profilaktik; joriy va yakunlovchi dezinfeksiyaga bo‘linadi.
Profilaktik dezinfeksiya jamoat joylarida (hammom, xojatxona va boshqalar) kasallik yuqishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladi. Vodoprod suvini xlorlash, xirurgik asboblarini sterillash xam profilaktik dezinfeksiyaning bir turidir.
Bemordan ajralgan chiqindilarni o‘z vaqtida zararsizlantirib turish joriy dezenfeksiya hisoblanadi. U uyda (bemor kasalxonaga jo‘natilguncha) va kasalxonada har kuni amalga oshiriladi. Bemor foydalangan idish asbob, shuningdek, binobarin xam muntazam dizenfeksiyalab turiladi.
YAkunlovchi dizenfeksiya bemor uyda (uni kasalxonaga jo‘natgandan so‘ng) va kasalxonada bemor tuzalib chiqib ketgandan keyin o‘tkaziladi va o‘rin ko‘rpasi kameralarda dezinfeksiyalanadi.
Dizenseksiya. Dezinseksiya maqsadlarida fizik vositalardan tashqari, qator kimyoviy vositalar: DDT; geksaxloran; xlorofos; dixlorofos va boshqalar ham ishlatiladi.
DDT sof xolla hidsiz, suvda erimaydigan oq kristall kukun. Kerosin va skipidarda eriydi. Bit, burga, chivin, pashsha kabi hashoratlarni qirish uchun ishlatiladi.
Geksaxoran o‘tkir qo‘lansa hidli, kul rang kristall modda. DDT kabi orgonik suyuqliklarda eriydi va u qo‘llaniladigan hollarda ishlatiladi.
Xlorofos kristall modda bo‘lib, suvdagi eritmalari va aerozli pashsha va boshqa hashoratlarga qarshi samarali qo‘llaniladi.
Deratizatsiya. Kemiruvchilarni qirish uchun deratizatsiyanishg mexanik, kimyoviy va biologik vositalardan foydalaniladi. Mexanik vositalar sifatida tuzoq, qopqon va tur qo‘llaniladi. Kimyoviy vositalardan kristall, rux fosfid va zookumarin k.o‘p ishlatiladi. Ular kukun holida chiqariladi. Deratizatsiyaning biologik usuli kemiruvchilarda sun’iy ravishda salmonellyoz kasalligini yuqtirib, ularni qirib yuborishdan iborat.
Zararsizlantirish ishlarini olib borishda qo‘laniladigan xavfsizlik choralari.
Zararsizlantirish ishlaridan foydalanilganda kishilar RMlar, ZMlar, shuningdek, BVlarda ham qo‘llanilayotgan zararsizlantiruvchi moddalar va eritmalardan himoyalanish choralarini ko‘rishlari zarur.
Zararsizlantirish ishlari bilan bog‘lik bo‘lgan barcha yumushlarni shaxsiy himoya vositalaridan foydalanilgan holda bajarish kerak. Ularni kuyish va echishni shu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan xonalarda bajarish lozim.
Agar ishlar yoz vaqtida izolyasiyalovchi himoya kiyimida bajarilayotgan bo‘lsa, terining qizib ketishining oldini olish uchun belgilangan vaqtgacha ishlanadi. Qishda esa himoyalovchi kiyimini ichidan issiq kurtka, shim, boshga esa podshlemniklar kiyish lozim. Himoya vositalarning yaroqligi tez-tez tekshirib turiladi. Agar biror kamchilik topilsa, uni almashtirish choralarini ko‘rish kerak.
Ish vaqtida zararsizlantiruvchi vosita va materiallarni ehtiyotlik bilan ishlatish zarur. Faol eritmalar va bo‘tqalarni maxsus jihozlangan maydonchalarda tayyorlash tavsiya qilinadi. Qul bilan ishlatiladigan predmetlar oldindan zararsizlantiriladi, ishlatib bo‘lingan tayoqcha latta va boshqa materiallar chuqurga ko‘mib tashlanadi. Zararsizlantirish ishlarini bajarayotganda shaxsiy himoya vositalarini echish, bog‘lash, zararlangan buyumlar ustiga yotish o‘tirish yoki ularga tegib ketish, ovqat eyish, suv ichish, chekish va ish joyida dam olish man etiladi. Bu ishlarning hammasini maxsus ajratilgan joylarda qilinadi.
Zararsizlantirish ishlarini bajarish vaqtida texnikadan ehtiyotkorlik bilan foydalanish har xil avariyalarning oldini olish garovidir.
Zararlangan chorva mollari, oziq- ovqatlar, em-xashak, sut bilan ishlashda beligilangan xavfsizlik choralariga e’tibor berish, shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanish, shaxsiy gigena va sanitariya qoidalariga rioya qilish shart. Veterinariya ishlov maydonchalarini shunday jihozlar kerakki, bunda ishlov maydonchalarini berilayotgan mollar va oziq-ovqatlar bir- birlarini zararlantirmasin. Bunda shamol harakatini e’tiborga olish kerak.
SHamol radioktiv chang uchirib ketmasligi, ZMlar burlarini texnik vositalarga, odamlarga, oziq-ovqat mahsulotlariga tushirmasliga lozim.
Zararsizlantirish ishlarini bajarishda foydalanilgai texnikalar maxsus ajratilgan joylarga olib boradi va hamda ishlovdan o‘tkaziladi. Texnikalarga ishlov berilgandan so‘ng va zararlanish miqdori nazorat qilingandan keyin navbatdagi ishlarni bajarish uchun jo‘natiladi.
Barcha ishlarni bajarib bo‘lgandan keyin shaxsiy tarkib turli sanitariya ishlovidan o‘tkaziladi, shaxsiy himoya vositalark, kiyimlar va poyafzallar zararsizlantiriladi.
5-BOB. “Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’ektlarida qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va olib borish”
Qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarning maqsadi, mazmuni va bu ishlarga jalb etiladigan kuch va vositalar.
Insoniyat XXIasrga kelib ona sayyorada tabiiy jarayonlar nihoyatda keskinlashishiga guvoh bo‘lmoqda. Bu holni nafaqat ahyon-ahyonda sodir bo‘layotgan zilzilar, balki sel, ko‘chki va boshqa turdagi tabiiy ofatlarning ko‘payib borayotgani bilan izohlash mumkin. Tabiiy jarayonlarning keskinlashiuvi natijasida ba’zi odamlar kutilmagan xavf-xatarlarga duch kelmoqdalar. Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining yaratilish mohiyati respublikamiz hududlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lish ehtimoli yuqori ekanligidadir. Har qancha oldini olinishiga qaramasdan favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lib turar ekan, ularni bartaraf etish uchun ma’lum kuch va vositalar zarur bo‘ladi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatning turi, xususiyatiga muvofiq maxsus kuchlar jalb qilinadi. Bunday vaziyatlarda favqulodda vaziyatning vaqti, qamrab olgan hududi, aholi punkti va boshqa xususiyatlariga alohida e’tibor berilib, zudlik bilan ishga kirishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi oldiga tabiiy ofatlar va boshqa falokatlardan respublika aholisini va hududlarini muhofaza qilish borasida talay vazifalar qo‘yilgan. Vazirlik tizimidagi barcha kuch va vositalar ana shu vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni olib borish ishlariga yo‘naltirilgan.
Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli (THQRKTM) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysinuvchi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
THQRKTM 1989 yilda tashkil qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Favqulodda vaziyatlar komissiyasiga qarashli bo‘lgan. 1996 yil mart oyidan Favqulodda vaziyatlar vazirligining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanib kelmoqda.
1996 yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgandan so‘ng, THQRKTM tarixida yangi bosqich, yangi sahifalar ochildi. O‘sha kezlarda o‘z tarkibigi atigi 40 nafar qutqaruvchini olgan markaz, hozirgi kunga kelib 100 dan ortiq malakali, ko‘p toifali qutqaruvchilarni, o‘nlab zamonaviy, yuqori texnika saviyasiga ega bo‘lgan maxsus avtotexnikalarni va zamonaviy o‘quv moddiy bazasini jipslashtirgan.
THQRKTMning asosiy vazifalari respublikamizning hududlarida yuzaga kelgan avariyalar, talofat, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarnini bartaraf etishda kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularda avriya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv ishlarini samarali va tezkorlik bilan olib borish, kuch va vositalarni doimiy jangovor holatini ta’minlash, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda yoki bunday xavf mavjud bo‘lganda vazirlik, idora, maxsus xizmatlar, yong‘in xavfsizligi, tez tibbiy yordam xizmatlari bilan hamkorlikda xizmat qilishdan iborat. Bundan tashqari, markazning faoliyati respublika hududidagi terroristik-quporuvchilik xurujlari natijasida o‘ta muhim va toifalangan, kimyoviy, yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlarda hamda jamoat maskanlarida, tog‘li sharoit hududlarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat.
THQRKTMning yana bir asosiy bo‘g‘inlaridan biri-suvda qutqaruv guruhi bo‘lib, guruh 18 nafar toifali g‘avvoslarni o‘z ichiga olgan.
Vazirlikning kinologiya xizmati ham mavjud bo‘lib, unda tabiiy turdagi favqulodda vaziyatlar (asosan zilzila) oqibatida uyumlar ostida qolib ketganlarni qidirib topish ishlarini yanada jonlantirish maqsadida maxsus xizmat itlari tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, ilg‘or xalqaro tajribani hayotga joriy qila borib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjeti hisobidan “Qutqaruv xizmati” tashkil etildi. Bunday xizmatlar Toshkent viloyatining CHirchiq va Angren shaharlarida ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi qutqaruvchilar chet mamlakatlarda sodir bo‘layotgan olamshumul tabiiy ofatlarda ham jabrlanganlarga o‘zlarining malakali yordamini ko‘rsatib kelmoqda. Masalan, 1999 yilning 17 avgustida Turkiyada Izmir va Adapazari viloyatlarida hamda 2001 yil Hindistonning Gujarat shtatida ro‘y bergan kuchli er silkinishlarida, 2001 yilda Ukrainaning Kapatorti tumanlarida kuchli jala va yomg‘ir, keskin qor erishi natijasida yuz bergan toshqinda, shuningdek Tojikiston Respublikasining Qayroqqum bekatida temir yo‘l falokati tufayli sodir bo‘lgan kuchli avariyada jabrlanganlarni qutqarishda ishtirok etishib, o‘zlarining mahoratlarini namoyish qildilar.
2004 yil 22 mart kunidan boshlab Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi Toshkent shahri boshqarmasida qutqaruv xizmati tashkil topib, tabiiy ofatlarda, avariyalarda va turli xil ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga malakali yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Dastlabki yillarda aholi uchun Qutqaruv xizmati yangilik bo‘lganligi sababli yil mobaynida kam murojaat tushgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan aholining Qutqaruv xizmatining beminnat xizmatiga murojaatlari soni o‘sishi va natijada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan halokatli hodisalarning oldi olinayotganligi quvonarli holdir. O‘tgan 2006 yil mobaynida Qutqaruv xizmati (050) telefoni orqali murojaatlari tahliliga o‘tsak, maslahat so‘rab shahar aholisi, mehmonlari hamda tashkilotlar va muassasalardan 201900 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Qayd etilgan murojaatlardan 2334 tasida insonlar hayoti uchun xavfli bo‘lgan va yirik miqyosdagi favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan chaqiruvlarga binoan Qutqaruv xizmati qutqaruvchilari, mutaxassislari va boshqarma ofitserlari zudlik bilan voqea joylariga chiqib, ekstremal vaziyatga tushib qolgan insonlarga kerakli texnik va tibbiy yordam ko‘rsatishgan.
Tinchlik va urush davrida favqulotda vaziyatlar o‘choqlarida qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish fuqaro muhofazasi tuzilmalarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Qutqarish va boshka kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi.
1. Odamlarni qutqarish va shikastlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish.
2. YOng‘inlar, falokatlarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va kommunal energetika hamda texnologiya tarmoqlaridagi buzilgan joylarni bartaraf etish.
3. Iqtisodiyot
ob’ektlarda bundan keyingi bo‘ladigan
tiklash ishlarini o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish.
Qutkarish ishlarining mazmuni:
-tuzilmalarning harakat yo‘nalishlari va ish uchastkalarini qidirish;
-tadbirlarni amalga oshirish uchastkalarida va ularga o‘tish yo‘llarida yong‘inning kengayishini oldini olish va uni o‘chirish;
-buyumlar, qulagan va yonayotgan binolarda, gaz va tutun bosgan xonalardan shikastlanganlarni qidirish va olib chiqish;
-buzilgan, shikastlangan, ustini uyumlar bosib qolgan inshootlarni ochish va ulardagi odamlarni qutkarish;
-shakastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni davolash muassasalariga olib borish;
- odamlarni kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM) bilan zararlangan xavfli joylardan, suv bosadigan zonalardan xavfsiz joylarga olib chiqish.
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bekamiko‘st bartarf etish maqsadida hamda qutqarish tadbirlarini mexanizatsiyalash uchun maxsus texnika, ob’ektlarda mavjud bo‘lgan texnika, shuningdek yong‘inga qarshi maxsus texnikalardan keng ko‘lamda foydalaniladi.
Zararlanish o‘chogida kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni i tashkil etish va olib borish xususiyatlari (AES va kimyoviy ob’ektlarda).
KTZM (Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda), radiatsiyaviy va boshqa zaharli moddalar bilan bog‘lik favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud tashkilot, muassasa va korxonalarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
-radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilganda fuqarolar olgan nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimini yaratish;
-KTZM va radiatsiyaviy ta’sir tufayli fuqarolar sog‘ligiga zarar etkazilishi xavfi yuqori bo‘lgani uchun to‘lanadigan tovon turlarini va miqdorini belgilab chiqish;
-ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bog‘lik faoliyat turlarini belgilash;
-tibbiy profilaktika tadbirlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish;
-radiatsiyaviy vaziyat va boshqa xavfli vaziyatlar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish;
-fuqarolarga radiatsiyaviy xavfsizlik chora-tadbirlarini o‘rgatish;
-radiatsiyaviy ifloslanish zonalarida fuqarolarni yashashiga doir alohida rejimlar joriy qilish;
-radiatsiyaviy avariyalar natijasida nurlanishga duchor bo‘lgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish;
-radiatsiyaviy avariya yuzaga kelish xavfi bo‘lganda tezkor chora-tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.
KTZM va radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash, xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish, mazkur tadbirlar samaradorligini tahlil etish chog‘ida mahalliy davlat hokimiyat organlari, radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan olib borilishi zarur.
Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
-atrof muhit radioaktiv ifloslanishining tavsifi;
-radiatsiyaviy xavfsizlik tadbirlarining hamda radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalari hamda gigiena normativining bajarilishi tahlili;
-radiatsiyaviy avariyalar ehtimoli va ularning ko‘lami;
-radiatsiyaviy avariyalarni va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik darajasi;
-nurlanish dozalarining belgilab qo‘yilgan asosiy chegaradan yuqori bo‘lgan nurlanishga duchor bo‘lgan shaxslar soni.
Oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi hamda ularni tayyorlash, saqlash, tashish jarayonida ularga yondosh bo‘ladigan materiallar va buyumlar radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak.
Xavfli ob’ekt joylashgan shahar
|
YUqridagi rasmda odamlarni zararlangan hududdan olib chiqib ketish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli inshootlar atrofida yashovchi aholi korxona faoliyati haqida, undagi kuchli ta’sir etuvchi zaharli va radioaktiv moddalar haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Iqtisodiyot ob’ektlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, muassasalarda va boshqa barcha ob’ektlarda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda odamlarni xavfli hududdan olib chiqish sxemasini oldindan ishlab chiqish va ob’ekt binolariga osib qo‘yish kerak.
Ayrim zaharli moddalar tasnifi
KTZM |
Zichligi g/sm.kub |
Qaynash harorati |
Zaharning xususiyatlari |
|||
Zahar konsentra- siyasi, mg/l |
Ta’sir vaqti |
O‘ldirish konsentra siyasi |
Ta’sir vaqti |
|||
Xlor |
1.56 |
-34,6 |
0,01 |
1 sek |
0,1-0,2 |
1 sek
|
Fosgen |
1,42 |
8,2 |
0,05 |
10 min |
0,4-0,5 |
10 min |
Oltingugurt (IV) |
1,46 |
-10 |
0,4-0,5 |
50 min |
1,4-1,7 |
50 min |
Fosfor Xlorid |
1,53 |
74,8 |
0,08-0,015 |
30 min |
0,5-1,0 |
30 min |
Is gazi |
- |
-190 |
0,22 |
2,5 sek |
3,4-5,7 |
30 min |
Uglerod (IV) |
1,26 |
146 |
2,5-1,6 |
1,5 |
10 |
1,5 |
Vodorod Xlorid |
0,98 |
19,4 |
0,4 |
10 min |
1,5 |
5 min |
Sinil Kislota |
0,7 |
25,6 |
0,02-0,04 |
30 min |
0,1-0,2 |
15 min |
Ammiak |
0,68
|
-33,4 |
0,2 |
6 sek |
7 |
30 min |
Favqulodda vaziyat haqida xabar berilgan zahoti:
- tezda kerakli hujjatlar, narsalar, buyumlarni olish;
- 2-3 kunga etadigan ozik,-ovqat va ichimlik suv olish;
- gaz, elektr va boshqa o‘chirilishi lozim bo‘lgan vositalar o‘chirib, derazalar va eshiklar zich yopilish;
- qishloq xo‘jaligi jonivorlarini xavfsiz joyga ko‘chirish;
- xavfli vaziyat bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududdan odamlarni tezlik bilan xavfsiz joyga ko‘chirish kerak.
Xavf tug‘ilishi bilan qilinadigan ishlar:
1. Fuqarolarni xavf to‘g‘risida turli vositalar yordamida ogohlantirish;
2. Qisqa va aniq holda nima qilish kerakligini tushuntirish;
3. Qaysi tomonga, qachon harakat qilish lozimligini aytish va zaharli bulutlar haqida tushintirish (bulut yo‘nalishi);
4. Maxsus vosita bo‘lmagan vaqtda paxta-doka bog‘lami tayyorlab, uni 2% sodaning suvdagi eritmasida shimdirib (agar zahdrli modda - xlor bo‘lsa) yoki 5% limon kislotaning suvdagi eritmasiga shimdirib (agar zaharli modda ammiak bo‘lsa) u bilan nafas olish yo‘lini to‘sib, ko‘rsatilgan yunalishga harakat qilish kerak.
KTZM va radioaktiv avariyalar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud tashkilotlar quyidagilarga ega bo‘lishlari shart:
-potensial radiatsiyaviy avariya vaziyatlarini (ular oqibatlari taxmin hamda radiatsiyaviy holatini taxmini ko‘rsatilgan) ro‘yxatga olish;
-radiatsiyaviy avariyalar yuzaga kelganda qarorlar qabul qilish mezonlariga amal qilish;
-fuqarolar va atrof muhitni radiatsiyaviy avariya va uning oqibatlaridan muhofaza qilish tadbirlarining mahalliy davlat hokimiyat organlari, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan kelishilgan rejasini ishlab chiqish;
-radiatsiyaviy avariyadan xabardor qilish va radiatsiyaviy avariya oqibatlarining tugatilishini ta’minlash;
-radiatsiyaviy zararlanishning oldini olish tibbiy vositalari va radiatsiyaviy avariyada jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vositalarini shay holatda saqlash;
-xodimlar (personal) jumlasidan tuziladigan avariya-qutqaruv bo‘limlariga ega bo‘lish.
Ob’ektlarda favqulodda vaziyat vujudga kelish xavfi borligi haqida signal olishi bilan ob’ektlar fuqaro muhofazasi boshliqlari tuzilmalarni yig‘ish, ularni tayyorlik holatiga keltirishni amalga oshiradi va ularni shahardan tashqariga, oldindan tanlangan joylashish eriga olib chiqib ketish haqida buyruq beradilar. Bu erda tuzilmalarning komandirlari shaxsiy tarkibining ob’ektda yoki boshqa ob’ektlarda o‘zaro hamkorlik qilish sifatida qutkarish ishini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish yuzasidan vazifalarni bajarishga tayyorligini ta’minlaydigan bir qancha tadbirlarni amalga oshirdilar.
Favqulodda vaziyat sodir bo‘lganligi hakidagi signalini olinishi bilan ob’ekt fuqaro muhofazasi boshlig‘i buyrug‘iga asosan tuzilmalar joylashgan erdan tuman fuqaro muhofazasi kuchlari umumiy kalonnasi tarkibida yoki mustaqil tarzda zararlangan o‘choq yaqinidagi yig‘ilish joyiga boradilar. Bu tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda shaxsan tuzilmalarning komandirlari rahbarlik qiladilar.
Ob’ekt fuqaro muhofazasi shtabi va xizmatlari razvetkadan olingan va kelib tushayotgan holat haqidagi ma’lumotlarni tahlil etadilar, ehtimol tutilgan qutqarish ishlari va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar hajmini hisob-kitob qiladilar. Ularni bajarish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi kuchlar va vositalarni belgilaydilar. Tuzilmalarni ish uchastkalariga olib borishga bevosita rahbarlik qiladilar. Radio va signal vositalari yordamida doim aloqa bog‘lab turadilar va tuzilma hamda berilgan vositalarni boshqarishni amalga oshiradilar. Belgilangan tartib va xavfsizlik choralarini saqlaydilar.
Tuzilmalar komandirlariga vazifalarini topshirgandan keyin ob’ekt boshlig‘i shtabning asosiy tarkibi va fuqaro muhofazasi xizmatlari boshliqlari bilan birgalikda ob’ektlar razvedkasi ortidan zararlanish o‘chog‘iga boradi va bevosita ob’ektda boshqaruv punktni ishini yo‘lga qo‘yadi, shu erdan turib tuzilmalar, tuman boshqaruv punktlari bilan aloqa bog‘lab turadi.
Ob’ektga etib kelgandan so‘ng fuqaro muhofazasi boshlig‘i razvedka ma’lumotlari va shaxsiy kuzatishlari buyicha ishlarni bajarishning izchilligini va eng maqsadga muvofiq usullarni, uyumlarda mashinalar o‘tishi uchun joylarni ochishni, mexanizatsiya, yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish tartibini belgilaydi, tuzilmalarning vazifalariga aniqlik kiritadi, ishlarni olib borilishini kuzatadi. Boshqarish ketma-ketligi va usullari vayronaliklarning, kommunal-energetika va texnologiya tarmoqlaridagi, falokatlarning tusiga, yong‘in holatiga, radiatsiya darajasiga, joyning gazlar bilan ifloslanganiga yoki KTZM bilan zaharlanganiga, himoya vositalari va ulardagi odamlarning ahvoliga, zarur mexanizatsiya vostilarining mavjudligiga, o‘tish joylarining holati va ishlarini olib borishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlayda va ularga barham beradi.
Qutqarish ishlari va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar bir vaqtda o‘tkazilishi juda muhimdir. Bu ishlarni tez va uyushqoqlik bilan o‘tkazish zararlanish o‘chog‘ida bo‘lgan odamlarning hayotini saqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Fuqaro muhofazasi tuzilmalaridan zarbaga uchragan o‘choqlarda ularning ixtisosini hisobga olgan holda foydalaniladi. Tuzilmalardan ana shunday maqsadga muvofiq yuqori unumdorligi va ishlarni tez tugallanishini ta’minlashi mumkin. Zarbaga uchragan o‘choqlarda ishlar asosiy qutkaruv ishlarini birinchi sutka oxirigacha tugallashini hisobga olgan holda uzluksiz ravishda kecha va kunduz olib borish kerak. Qutqarish ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borishning uzluksizligini ularning ikkinchi smenada olib borish bilan ta’minlanadi.
Smenalardagi
ishlarning davomiyligi vaziyatdagi radiatsiya darajasi hududning KTZM bilan zaharlanishini,
shuningdek tuzilmalar shaxsiy tarkibi jismoniy holatini xisobga olgan holda belgilanadi.
Qutqarish ishlari va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlari avj oldiriladi va ular
tugallanguncha olib boriladi. Jarohatlangan odamlarni izlash va qutkarish, qutqaruvchilarning
ish uchastkasiga olib kelinishi bilan darhol
boshlanadi. Tuzilmalarning shaxsiy tarkibi shakistlangan odamlarni qutqarish bilan
birga ularga birinchi tezkor tibbiy yordamni ko‘rsatishadi. Avariya oqibatida hosil
bo‘lgan uyumlarni mexanizatsiya vositalari yordamida tozalanadi.
Sanoat chiqindilari, kimyoviy korxonalarning ish faoliyati, yadro sinovlari, kosmik parvozlar tabiatning muvozanatiga jiddiy taxdid soladi. Erda hayotning paydo bo‘lishi, hayvonot va tabiat olamining barqarorligi tabiiy mezonlar muvozanatiga bog‘lik. Bizning ana shu muvozanatni buzishga aslo haqqimiz yo‘q, zotan bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan bu dunyoni kelajakka bekamu ko‘st etkazishdek oliy insoniy burchimiz bor.
Qisman va to‘la sanitariya ishlovi, unio‘utkazish tartibi.
SHikastlanishlarda maxsus ishlov o‘tkazish.
Qisman va to‘la sanitariya ishlovi, uni o‘tkazish tartibi.
Qisman maxsus ishlov o‘tkazish o‘q ichiga quyidagilarni oladi: shaxsiy tarkibga qisman sanitariya ishlovi o‘tkazish, qurol-yadrogni texnikani dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya qilish. Qisman maxsus ishlov o‘tkazishni odatda harbiy bo‘linma yoki qism oldiga qo‘yilgan jangovor vazifa to‘xtatilmasdan, boshliqning buyrug‘i asosida yoki har bir harbiy xizmatchi mustaqil ravishda o‘ziga va bir-biriga o‘tkazadi. Bunda quyidagilar o‘tkaziladi:
-zaharlovchi moddalar bilan zararlanganda ochiq qolgan teri qavatlari, formali kiyim -kechak, protivagazning yuz qismi tezlik bilan degazatsiya qilinadi. Bundan tashqari, shaxsiy tarkib jangovor vazifani bajarish vaqtida qurol-yadro va harbiy texnikaning ayrim qismlariga tegadn, shuning uchun shu joylarda ham degazatsiya qilinadi;
- radioaktiv moddalardan zararlanganda kishining teri qavatlari, formali kiyim-kechak, qurol, aslaha-anjomlar, poyafzallar va shaxsiy himoya vositalari dezaktivatsiya qilinadi;
- bakterial vositalardan zararlanganda kishining teri qavatlari (yuzi, bo‘yini, qullari) dezinfeksiya qilinadi.
Qisman sanitariya ishlovini o‘tkazish tartibi.
Zaharlovchi msdda qo‘llanilgan vaqtda shaxsiy tarkib protivogazda va shaxsiy vositalarida bo‘lgan vaqtlarida kishining teri qavatlari va formali kiyim- kechagi shu zaharlangan o‘choqdan chiqqandan so‘ng degazatsiya qilinadi.
Himoya vositalarini kiymagan shaxsiy tarkib ochiq joyda joylashgan vaqida, to‘satdan dushman zaharlovchi moddalarni qo‘llagan vaqtda tezlik bilan protivogaz kiyadi va himoya plashchini yoping‘ich sifatida kiyadi va darhol zararlangan teri qavatlari, formal kiyim - kechakning zararlangan qismlari va protivogazning yuz qismi qimyoga qarshi shaxsiy paket (IPP—8, IPP—9, IPP—10, IPP—12) yordamida degazatsiya qilinadi. Qurol esa shu zararlangan joydan chiqqandan so‘ng degazatsiya qilinadi. Komandirning (boshliqning) buyrug‘iga asosan, himoya plashi, himoya qo‘lqopi, himoya paypog‘i echiladi. Agar ushbu vositalar zaxarlovchi moddalar qo‘llanilayotgan vaqtda kiyilgan bo‘lsa, himoya vositalari echilishidan oldin degazatsiya qilinadi. Qisman sanitariya ishlovi o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng protivogaz echilmaydi.
Radioaktiv moddalardan zararlanganda dezaktivatsiya zararlanish sodir bo‘lgan vaqtdan so‘ng birinchi soatlarda o‘tkaziladi. Degazatsiya zararlanish o‘chog‘ida va shu o‘choqdan chiqqandan so‘ng takroran o‘tkaziladi.
Radioaktiv zararlanish o‘chog‘idan chiqqandan so‘ng qisman sanitariya ishlovi quyidagicha o‘tkaziladi: shaxsiy qurol suvga xo‘llangan tamponlar bilan ikki marta artib dezaktivatsiya qilinadi, agar IDP—1 paketi bo‘lsa, ushbu degazatsiyalovchi paket yordamida ishlov o‘tkaziladi; individual himoya vositalari echib, qoqib tashlanadi yoki xo‘llangan latta bilan artib chiqiladi; formali kiyim - kechak echiladit va silkitib qoqiladi yoki supurib tashlanadi, bunda protivogaz echilmaydi; aslaha - anjomlar va poyafzallar echiladi va xo‘llangan latta bilan artib chiqiladi yoki qo‘l ostidagi vositalar bilan supuriladi. Odamning ochiq joylari qo‘llari, buyini toza suv bilan yuviladi, so‘ngra protivogaz echiladi, yuz suv bilan obdon yuviladi, og‘iz va tomoq chayiladi.
Bakterial vositalardan zararlangan shaxsiy qurol, so‘ngra protivogazni echmasdan formali kiyim-kechak, aslaha-anjom, poyafzal va shaxsiy vositalari silkitib qoqiladi va kimyoga qarshi shaxsiy paketdagi eritma yordamida qo‘llar, bo‘yin kaska va protivogazning yuz qismi artib chiqiladi. To‘liq sanitariya ishlovi o‘tkazilmaguncha protivogaz echilmaydi.
SHaxsiy tarknb bir vaqtning o‘zida zaxarlovchi, radiaktiv moddalar va bakterial vositalardan zararlangan vaqtda kimyoga qarshi vosita yordamida ularga qisman sanitariya ishlovi o‘tkaziladi. Birinchi navbatda zaxarlovchi moddalar degazatsiya va bakterial vositalar dezinfeksiya qilinadi, so‘ngra radiaktiv moddalar dezaktivatsiya qilinadi.
To‘liq maxsus ishlov va uni o‘tkazish tartibi
To‘liq maxsus ishlov o‘tkazish o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- shaxsiy tarkibga t}'lik sanitariya ishlovi o‘tkaziladi;
- qurol-yaroq, texnika, formali kiyim kechaklar, poyafzallar, aslaha- anjomlar va shaxsiy himoya vositalari to‘lik dezaktivatsiya, degazatsiya va dezifeksiya qilinadi. To‘liq maxsus ishlov qo‘shinlar oldiga qo‘yilgan jangovar vazifa bajarilgandan so‘ng hamda jangdan chiqqandan so‘ng qism boshlig‘i (komandiri) buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. To‘liq maxsus ishlov o‘tkazish harbiy qismlarning doimiy turar joylarida (yoki qo‘shinlar to‘plangan joylarda), harakat qilinayotgan kerak. Issiq suvni tejash maqsadida har bir dush setkasi (jo‘mragi) tagida ikki kishi yuvinishi kerak. Bunday holda har bir shaxsiy tarkibning yuvinishi uchun 38-40°S li 30-35 litr suv 30 gr sovun sarf bo‘ladi. Har bir smenaning yuvinishi uchun 30 daqiqa ajratiladi (5 daqiqa echinish uchun, 15 daqiqa dush tagida yuvinish uchun va 10 daqiqa kiyinish uchun). Bunda bir soatda to‘rtta smenani sanitariya ishlovidan o‘tkazishga erishiladi.
YUvinib chiqqan kishilarga o‘tkazilgan sanitariya ishlovi sifatini tekshirib ko‘rish uchun dozimetrik nazorat o‘tkaziladi. Kerak bo‘lsa, ular yana orqasiga qaytariladi va qaytadan yuvinib chiqadi.
Kiyinish bo‘limida shaxsiy tarkib degazatsiya, dezinfeksiya qilingan yoki bo‘lmasa almashtirish fondidan toza formali kiyim-kechakni va ichki kiyimlarni oladilar, bundan tashqari, guvohnomalari va qimmatbaho narsalarini ham oladilar. Kiyinib bo‘lganlaridan so‘ng, ular shaxsiy qurollarini olib to‘planish rayoniga boradilar.
SHaxsiy tarkibga sanitariya ishlovi o‘tkazilayotgan vaqtda botalon feldsherlari va rota saninstruktorlari zarur bo‘lgan o‘olda tibbiy yordam ko‘rsatadilar.
DDA-66 markali dezinfeksion dush qurilmasi shaxsiy tarkibni to‘liq sanitariya ishlovidan o‘tkazish (dush ostida yuvinish) va formali kiyim kechak va shaxsiy himoya vositalarini, aslaa-anjomlarini dezinfeksiya yoki dezinseksiya kilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, dezinfeksiya yoki dezinseksiya bug‘-havo yoki bug‘ -formalin yordamida o‘tkazilady.
DDA-66 markali dezinfeksion dush qurilmasi uskunalari GAZ-66 markali avtomobil shassisiga o‘rnati.ltan. Bu qurilma quyidagilardan iborat: bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaydigan ikkita bir xil dezinfeksiya qiluvchi bug‘ formalin kamerasidan; yuqori bosimda ishlaydigan RI—3 bug‘ qozoni; qozoni ortidagi suv isitgich ostida joylashgan akkumulyator, 6 ta setka mo‘ljallangan asbob uskunasi hamda qo‘l nasosi, bug‘ oqim elevator, truboprovod va boshqa shu kabi yordamchi qismlar bilan jihozlangan.
Dezinfeksiya qiluvchi buyumlar kamera ichiga maxsus kiyim osgichlariga osib qo‘yiladi. Dezinfeksiya qilishda birinchi tomondagi eshik ochilib, narsalar osiladi, dezinfeksiya qilinganidan so‘ng ikkinchi tomondagi eshik ochiladi va narsalar chiqarib olinib toza joyga taxlaniladi. Dezinfeksion kameraning yuqori yon qismida formalin eritmasi purkab kirgizish uchun maxsus forsunka o‘rnatilgan. Kameraning pastki qismiga esa panjarli qo‘yiladi va bu erdagi maxsus teshik orqali ishlab bo‘lingan issiq bug‘ chiqariladi.
DDA-66 qurilmaning ishlash usuli quyidsgicha: kishilarni yuvintirish uchun kerak bo‘lgan suv maxsus idishdan qo‘l nasosi yordamida bug‘ qozoniga beriladi; qozonda hosil bo‘lgan bug‘ sovuq suv bilan aralashadi va rezina naychalar yordamida dush setkalariga etkaziladi, bunda bug‘larning bir qismi kameralarga ham o‘tkazilishi mumkin.
Bir soat ichida DDA—66 (bir vaqtning o‘zida dezinfeksiya qilinganda) 40 kishini yuvintirish va shuncha kiyimni dezinfeksiya qilish, qishda 28 kishini yuvintirish va shuncha kiyimni dezinfeksiya qilish imkoniga ega. Bir soatda 56 kishi yuvinishi mumkin.
DDD — 2 markali dezinfeksion dush qurilmasi dala sharoitida shaxsiy tarkibni to‘liq sanitariya ishlovdan o‘tkazish (dush ostida yuvintirish) va formali kiyim-kechaklarni, poyafzallarni, aslaxa- anjomlar va shaxsiy himoya vositalarni dezinfeksiya qilish uchun mo‘ljallangan. Dezinfeksion dush qurilmasi uskunalari ZIL-130 markali avtomobil shassesiga o‘rnatilgan. Ishlash usuli DDA-66 asbobidan farq qilmaydi. Dezinfeksion kameraning hajmi 2,5 m ni tashkil qiladi. YOzda - 6000 l, qishda - 5000 l issiq suv ishlab chiqaradi. Bir soat vaqt ichida DDA—2 yozda 144 kishini, qishda 69 kishini gigienik yuvintirish imkoniyatiga ega; gigienik yuvintirish va formali kiyim - kechaklarni dezinfeksiya qilish yozda 96, qishda 72 yuvintirish va formali kiyim — kechaklarni dezinseksiya qilish, yozda 144, qishda 80 kishini qabul qiladi.
SHikastlanishda maxsus ishlov o‘tkazish.
Zararlangan joylarda yaralangan va zararlangan shaxsiy tarkibga birinchi yordam ko‘rsatishda dastlab ularga protivogaz kiygaziladi va kerakli bo‘lgan tibbiy yordam ko‘rsatiladi, so‘ngra ularga qisman sanitariya ishlsvi o‘tkaziladi. CHunki, chidamli zaxarlovchi moddalar kishi tanasiga tushganda tezlik bilan teriga suriladi va organizmga tarqalib kishining zaxarlanishini keltirib chiqaradi. SHu sababli sanitariya ishlovini mumkin qadar tezlik bilan o‘tkazish kerak. Odatdagi sharoitda, zaxarlovchi modda teriga tushgandan 5-10 daqiqa o‘tguncha degazatsiya qilinish kerak, bu muddatdan keyin degazatsiya o‘tkazishdan foyda bo‘lmaydi.
Qisman sanitariya ishlovini zararlangan uchoqlarda shaxsiy tarkib o‘ziga va o‘zaro (bir-biriga) yoki rota saninstruktorlari IPP—8 kimyoga qarshi paket (IPP—9, IPP — 10) yordamida o‘tkazadi. Bundan keyin batalon tibbiy punktiga evakuatsiya qilinadi. Bu erda ham qisman sanitarlya ishlovi o‘tkaziladi va brigada tibbiy rotasida evakuatsiya qilinadi. Bu bosqichda shifokor birinchi va malakali tibbiy yordam ko‘rsatadi. Tibbiy yordamni ko‘rsatishda ularning umumiy ahvoliga qarab, qisman yoki to‘liq sanitariya ishlovi o‘tkazish keraq bo‘ladi. SHuning uchun shu bosqichda maxsus ishlov o‘tkazish bo‘limi tashkil qilinadi (OSO).
Maxsus ishlov o‘tkazish bo‘limi (OSO) — radiaktiv moddalarning ruxsat etilgan nurlanish darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar bilin zararlangan yaradorlarga va zaxarlanganlarga hamda yuqumli kasallarga to‘liq sanitariya ishlovi o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Bu erda bundan tashqari formali kiyim kechaklar, aslaxa-anjomlar, poyafzallar, shaxsiy himoya vositalari va boshqa narsalar dezaktivatsiya va dezinfeksiya qilinadi.
Kimyoviy va baktereologik zaralanish uchoqlaridan hamda radiaktiv moddalarning ruxsat etilgan ko‘rsatkichlarining yuqori darajasi bilan zararlangan yaradorlar va zararlangan saralash postidan (SP) maxsus ishlov o‘tkazish bo‘limiga yuboriladi.
Maxsus ishlov o‘tkazish bo‘limi (OSO) saralash postidan va boshqa funksional bo‘linmalardan 50 metr uzoqlikda tashkil qilinadi. Ushbu bo‘limda yarador va zararlanganlarga sanitariya ishlovi dezaktivatsiya o‘tkazish formali kiym-kechaklarni, poyafzallarni, shaxsiy himoya vositalarni, zambil (nasilka) va transportga maxsus ishlov o‘tkazish maydonchalari tashkil qilinadi.
Barcha maydonchalar toza va ifloslangan bo‘limlarga ajratiladi. Maydonchaning iflos bo‘limi zararlangan degan maxsus belgi bilan belgilanishi kerak. Maxsus ishlov o‘tkazish bo‘limi quyidagi vositalar va narsalar bilan ta’minlanadi va jihozlanadi: dezinfeksion dush qurilmasi (DDA—66), (DDP—2); ikkita USB, uchta UST palatkasi; DP—5V dozimetr asbobi; zararlangan kiyim- kechaklarni yig‘ish uchun rezinadan tayyorlanagn qoplar; dush setkalari, tagiga qo‘yish uchun taxta panjara; maxsus teshilgan zambillar; (zambildagi yaradorlar uchun) changyutkichlar, arqonlar, kiyim osgichlar; changni urib chiqaradigan taxta tayoqlar; chotkalar, supurgilar, gidropult, avtomaks, sovun, mochalka; degazatsiya, dezinfeksiya kilish uchun eritmalar; dezaktivatsiya qilish uchun eritmalar; stol, skomeyka va zambillar uchun tagliklar. Bundan tashqari maxsus ishlov o‘tkazish bo‘limida shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun ziddi-zaxarlar, yurak va nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar kislorod va boshqalar bilan va hamda suv o‘tkazmaydigan bog‘lamlar (polietilendan tayyorlangan paypoqlar, qo‘lqoplar, har xil o‘lchamdagi bog‘lamlar), ushbu bog‘lamlar oddiy bog‘lamlar ustidan qo‘yib bog‘lanadi, kiyim -kechaklar, ishchi kiyimlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi zarur.
Maxsus ishlov o‘tkazish bo‘limini sanitar epidemiolog vzvodining shaxsiy tarkibi tashkil etadi va u quyidagi tartibdan iborat: boshliq, dozimetrist, dezinfektorlar va 10-15 sanitar engil yaralanganlar bilan birgalikda., maxsus ishlov utkazish tartibi.
SHikastlanganlarda shoshilinch tez tibbny yordam.Jabirlanishlar tasnifi: qon ketish.
Favqulodda holatlarda shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi tezkor choralar ko‘rish bilan ular-ning hayotini saqlab qolish, azob-uqubatlarini imkoniyat darajasida kamaytirish, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli asoratlarning oldini olish yoki kasallikning kechishini engallashtirishdan iboratdir.
Birinchi tibbiy yordam shikastlanish hodisasi sodir bo‘lgan joyda shi-kastlanganlariing o‘z-o‘zlari va bir-birlariga o‘zaro yordamlari hamda sanitar drujinachilar tomonidan ko‘rsatilishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam tur-kumiga quyidagi chora-tadbirlar kiradi: qon ketishini vaqtincha to‘xtatish; badanning jarohatlangan yoxud kuygan joyiga toza steril bog‘lam qo‘yish; suniy nafas oldirish va yurakni bilvosita massaj qilish; turli zahri qotillarga qarshi emdori, antidot (ziddizahar)lar yuborish, antibiotiklar berish, og‘riq qoldiradigan tinchlantiradigan dorilar yuborish (ayniqsa, shok vaqtida); yonib turgan kiyimni o‘chirish, shikastlangan odamni transport vositasida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish uchun shikastlangan joyini qimirlamaydigan qilib bog‘lash (transport immobilizatsiyasi), odamni issiq va sovuq harorat ta’siridan asrash, uning muzlab qolgan badanini isitish; turli zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganlarga gazniqob kiydirish, ularni xavfsiz joylarga olib chiqish, shuningdek, qisman sanitariya ishlovlarini zudlik bilan o‘tkazish va h.k.
Birinchi tibbiy yordamni mumkin qadar tez va qisqa fursatlarda ko‘rsatish kasallik va shikastlanishlarning keyinchalik qanday o‘tishi, oqibati nima bilan tugashi, ba’zan asa, shikastlanganlarning hayotini asrab qolish uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Ko‘p miqdorda qon ketayotgan, elektr tokidan shikastlangan suvga cho‘kkan paytda yurak faoliyati to‘xtab, nafasi chiqmay qolgan va yana boshqa shundan og‘ir hollarda albatta, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur. Basharti, ko‘plab odamlar bir yo‘la birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga muhtoj bo‘lishsa, bunday yordamning muddatlari hamda navbati belgilanadi. Ayniqsa, bolalarga va shu fursatda kechiktirib bo‘lmas tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa hayotdan ko‘z yumish ehtimoli bor bo‘lgan shikastlanganlarga birinchi navbatda tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Ayni paytda bir yo‘la har xil turdagi shikastlanishlarga duchor bo‘lgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ayrim usullar tartibini ham belgilab olish lozim. Bunda avval shikastlangan odamning hayotini saqlab qolishga imkon beradigan eng zarur amallarga asosiy e’tibor berila-di. CHunonchi, son suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon oqib turgan vaqtda birin-chi navbatda hayot uchun xatarli bo‘lgan qon ketishini to‘xtatish, keyii jarohatga toza, steril bog‘lam qo‘yish va shuidan so‘ng oyoqni qimirlamaydigan qilib bog‘lash (immobilizatsiya qilish)ga kirishiladi. Singan suyakning o‘z joyidan siljimasligi uchun maxsus shina taxtakach yoki o‘sha sharoitda ko‘zga tashlanib, qo‘lga iyaingan yana boshqa barcha imkoniyatlar, tabiiy, qayotiy yordamchi vositalardan foydalanish lozim.
Birinchi tibbiy yordamning barcha usul amallarini imkoni boricha nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tez bajarmoq zarur. SHoshmashosharlik va qo‘pol xatti-harakatlar bilan amalga oshirilgan yordam shikastlangan odamga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, uning-ahvolini og‘irlashgirishi mumkin. Birinchi tibbiy yordamni bir emas, bir necha kishi ko‘rsatadigan bo‘lsa, ular bu vazifani o‘zaro kelishib, hamjihatlik bilan amalga oshirishgani ma’qul. Buning uchun biri rahbarlik mas’uliyatini zimmasiga olishi lozim.
YUqorida aytganimizdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida asosan, mazkur sharoitda ko‘z oldimizda va qo‘l ostimizda bo‘lgan mavjud vositalardan keng va unumli foydalaniladi. Bunday vositalar turkumiga: bog‘lovchi materiallar - bintlar, tibbiy bog‘lov paket - xaltachalari, katta va ularning kichik hajmdagi toza, steril bog‘lamli salfetkalar, paxta va boshqa ashyolar kiradi. Qon ketishini to‘xtatish uchun cho‘ziluvchan tasmasimon va naysimon jgutlar, immobilizatsiya qilish uchun esa, maxsus taxtachalar, fashrli, shotisimon, to‘rsimon va boshqa turdagi shinalar ishlatiladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda ba’zi dori-darmonlardan ham foydalaniladi. CHunonchi, naysimon ampula va shisha vdishlarga solingan spirtdagi 5% li yod eritmasi, spirtdagi 1 - 2%li brilliant yashili eritmasi, validol tabletkalari, valeriana tomchi dorisi, shisha naychalardagi novshadil spirti, shuiingdek, tugmachasimon shakldagi yoxud kukun holidagi natriy gidrokarbonat (ichimlik sodasi), vazelin va boshqalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, ommaviy zararlanish o‘choqlarida radiofaol zaharlovchi moddalar hamda bakterial vositalar ta’siridan saqlanish, ulardan muhofaza qilish maqsadida shaxsiy dorilar majmui jamlangan shaxsiy individual aptechka (AI-2) imkoniyatlaridan ham foydalanish zarur.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun favqulodda hodisa sodir bo‘lgan joyda ko‘zga tashlangan va qo‘l ostida bo‘lgan vosigalar turkumiga bog‘lam qo‘yish uchun toza choyshab, ko‘ylak, gazlama (iloji bo‘lsa oq tusdagi); qon to‘xtatish uchun esa, tasma, bog‘ich, jgut o‘rniga shim kamari yoki belbog‘, gazlama parchasi; suyak singanda: shinalar o‘rnida qattiq qog‘oz yoxud fashr bo‘laklari, taxta, tayoq va boshqalar kiradi.
Tomirlardan qon ketishi (oqishi) ning turlari.
Qon ketnshi (oqishi) jarohatlarning bevosita hayotga xavf soluvchi eng xatarli asoratlaridan biridir. Qon ketishi (oqishi) deganda shikastlangan tomirlardan tashqariga qon chiqib turishi (oqishi) tushuniladi. Bunday holat birlamchi yoki ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Tomirlar shikastlanganidan keyin o‘sha zahotiyoq qon oqa boshlashi birlamchi qon ketishi deyilsa, oradan bir muncha vaqg o‘tgach, qon keta boshlashi ikkilamchi kon ketishi deyiladi. SHikastlangan tomirlarning turiga qarab, arteriya, vena, mayda qon tomirlari kapillyarlardan qon ketishi mumkin. SHuningdek, paranximatoz qon ketishi ham tafovut qilinadi.
Arteriyalardan qon ketishi o‘ta xavflidir. CHunki, bunda qisqa vaqt ichida organizmdan ko‘p qon oqib chiqadi. Arteriyalardan qon ketishi, chiqayotgan qonning avval qizil, qirmizi rangda bo‘lishi, uning xuddi favvoraday katta kuch va zarb bilan tashqariga otilishi bilan belgilanadi. Venalardan qon ketganda arteriyadan farqli o‘laroq, rangi birmuncha tuqroq bo‘lib, qon sekinlik bilan uzluksiz oqib turadi. Kapillyarlardan qon ketishi teri, teri osti to‘qimasi va mushaklardagi mayda-mayda tomirlarning zararlanganida uchraydi. Kapillyarlardan asta-sekinlik bilan qon sizib chiqqanida, jarohat yuzasi qip- qizil bo‘lib, tobora kengayib boradi. Parenximatoz qon ketishi ichki a’zolar: jigar, taloq, buyrak, o‘pka zararlanganvda qayd etiladi: Bu holat ham o‘z navbatida inson hayoti uchun nihoyatda xatarli hisoblanadi.
Qon ketishi ichki va tashqi bo‘lishi mumqnn. Tashqi qon ketishida teri krplamalari va ko‘zga ko‘rinib turgan pshlliq pardalardagi jarohat orqali yoki bo‘shliqlardan tashqariga qon chiqib, oqib turadi.
Ichki qon ketishida to‘qimalar, a’zolar yoki bo‘shliqlar ichi qonga to‘la boshlaydi. To‘qimalarga quyilgan qon ularning orasiga singib, uni shishirib, kengaytirib yuboradi, infiltrat yoki qontalash paydo bo‘ladi. Qon to‘qimalar ichiga bir tekis singimay, ularni bir chetga surib qo‘yshi tufayli atrofi qon bilan cheklangan bo‘shliq yuzaga kelsa, buni gematoma deyiladi.
SHikastlangan odamning, ayniqsa, bir yo‘la har xil shikastlarga duchor bo‘lgan odamning birdaniga 1- 2 litr miqdorida qon yo‘dotishi uning o‘limi bilan ham tugashi mumkin.
Qon ketishi (oqishi) ni vaqtincha to‘xtatish usullari
Qon qay xilda ketayotgani (arteriya, vena yoki kapillyarlardan) ga qarab, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida qanday vositalar ishga solinishiga ko‘ra, qon ketishi(oqishi) vaqtincha, yoxud uzil-kesil to‘xtatiladi.
Arteriyadan tashqariga otilib chiqayotgan qonni vaqtincha to‘xtatish uchun rezina jgut yoki burama solish, qo‘l yoki oyoqni imkoni boricha qattiqroq bukilgan holatda bog‘lash, arteriyaning shikastlangan joyidan biroz yuqori qismini barmoqlar bilan bosish maqsadga muvofiqdir.
Uyqu arteriyasi jarohatning quyi qismidan shu atrofdagi unga yaqinroq, qattiq jism, ya’ni suyakka barmoq bilan asta bosiladi. Umuman, arteriyalarni barmoq bilan uning yonidagi yoki ustidagi biror suyakka bosib turish qon oqishini vaqtincha to‘xtatishning eng qulay va osoq tezkor usullaridan biri hisoblanadi.
Boshdagi jarohatdan qon ketayotganida chakka arteriyasya (1) bosh barmoq bilan quloq suprasining old tomonidagi chakka suyagiga bosiladi. YUzdagi ja-rohatlardan qon ketayotganida paetki jag arteriyasi (2) jag‘ burchagiga bosiladi. Umumiy uyqu arteriyasi (3) bo‘yinning oldingi yuzasida hiqildoqning yon tomonidan umurtqa pog‘onasi suyaklariga bosiladi. Avval bu bog‘lam tagidan shikastlangan arteriya ustiga pishiq qilib o‘ralgan bint, salfetka yoxud paxta qo‘yiladi.
Elka bo‘g‘imi, elkaning yuqoridagi uchdan bir qismi yoki qo‘ltiqosti chuqurchasidagi jarohatdan shikastlangan o‘mrov osti arteriyasi (4) o‘mrov us-tidagi chuqurchada 1-qovurg‘aga bosiladi.
Elkaning o‘rtadagi yoki pastdagi uchdan bir qismi jarohatlanganda elka arteriyasi (5) elka suyagining boshchasiga bosiladi, buning uchun elka bo‘g‘imining ustki yuzasiga bosh barmoqni asta qo‘yib, qolgan barmoqlar bilan arteriya bosiladi. Elka arteriyasi (6) ni ikki boshli mushak yon tomonida elkaning ichki tarafidan elka-suyagiga bosiladi. Qo‘l panjasi arteriyalari shkastlanganda esa, bilak arteriya (7) si kaft usti sohasida bosh barmoq yonidan tagidagi suyakka bosiladi. Son arteriyasi (8) (son arteriyasi o‘rta va pastki uchdan bir qismidan shikastlanganida) musht qilib tugilgan qo‘l bilan chov qismida qov suyagiga bosiladi. Boldir yoki oyoq panjasi qismidagi jarohatdan arterial qon oqayotganida taqim arteriyasi (9) taqim chuqurchasi qismida siqilib qoladi, buning uchun qo‘lning bosh barmog‘i tizza bo‘g‘imining oldingi yuzasiga qo‘yiladi, boshqa barmoqlar bilan esa arteriya suyakka bosiladi.
Oyoq panjasi ustki tomonidagi arteriyalarni (10) ularning ostidagi suyaklarga bosish, keyin zsa, oyoq panjasiga ustidan bosib turadigan bog‘lam qo‘yish zarur. Arteriyadan kuchli qon ketayotgan taqdirda boldir qismiga cho‘ziluvchan jgut quyish yozim. Tomirni barmoq bilan bosib, qon oqishi vaqtincha to‘xtatilgandan so‘ng, imkoniyati bor joylarga tezkorlik bilan jgut yoki burama solish va jarohatni steril bog‘lam bilan bog‘lab qo‘yish darkor.
Qo‘l-oyoqlarning yirik arterial tomirlari shikastlangan paytlarda jgut yoki burama solish qonni vaqticha to‘xtatishning eng ma’qul va asosiy usuli ekanligini unutmaslik kerak.
Jgutni son boldir, elka va bilak qismlariga jarohatga yaqinroq qilib, ammo qon oqayotgan joydan biroz yuqoriga solish lozim. Bunday holatda jgut ostidagi terini qisib, og‘ritmaslik maqsadida uni engilroq kiyim ustidan yoki uning tagiga yumshoqroq narsa (sochiq, bint) qo‘yish bilan amalga oshirish zarur. Jgut haddan tashqari katta kuch bilan tarang qilib solinsa, uning ostidagi nozik to‘qimalar, ayniqsa, asab tomirlari ezilib, shikastlanishi mumkin. Agar jgut etarli darajada tarang qilinmay, bo‘sh tortilsa, arteriyadan qon ketishi davom etadi. Bu esa, qo‘l yoki oyoqdagi qonni teskari yo‘nalishda olib ketayotgan vena qon tomirlarining qisilgani alomatidir.
SHikastlangan qon tomir ustiga jgut qo‘yilgan vaqtning kuni, soati, daqiqasi qog‘ozga aniq va ravshan yozilib, odatda uni ko‘zga yaqqol tashlanib tu-radigan joy, jgut ostiga qistirib qo‘yiladi. Lekin, ob-havoning turli sha-roitlarida, qolaversa yo‘lda bu qog‘oz parchasining ivib, yirtilib yoki yo‘qolib qolmasligi uchun bu ma’lumotlar pastali qalam bilan o‘sha qo‘yilgan jgut yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yaradorning terisiga yozilgani ma’qul. SHuni unutmaslik lozimki, qo‘yilgan jgut qo‘l yoki oyoqda uzoq vaqt nazoratsiz qolishi mumkin emas. Aks holda jgut ko‘yilgan joydan pastki qismdagi to‘qimalar nobud bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, jgut yoz paytlarida uzog‘i bilan 1,5- 2 soat, qish paytlarida esa, 1- 1,5 soat muddatga qo‘yilishi shart. Belgilangan muddatdan so‘ng agar yana bu holat davom etishi zarur bo‘lsa, arteriyani barmoq bilan asta bosib turib, tomir urishini tekshirib turgan holda jgutni 5-10 daqiqaga bo‘shatib, avvalgi joydan sal yuqoriroq yoki pastroqqa yana qaytadan solish lozim. Keyin jgutning qaytadan qo‘yilgan vaqgi alohida qayd etiladi. Jgut bo‘lmagan holda arteriyadan qon oqishini burama solish yoki qo‘l-oyoqni mumkin qadar ko‘proq bukib, shu holatda mahkam qilib bog‘lab qo‘yish bilan ham to‘xtatish mumkin.
Burama solib oqayotgan qonni to‘xtatish uchun tizimcha, dumaloq qilib o‘ralgan ro‘molcha, gazlama va boshqa narsalardan foydalanish mumkin. Lekin, elektr yoki telefon simlarini bu maqsadlarda aslo ishlatmasliq zarur. Oddiy belbog‘, kamar yoki bo‘yinbog‘dan jgut o‘rnida foydalansa ham bo‘ladi. Lekin ular qo‘shqavat qilib sirtmoq shaklida qo‘l yoki oyoqqa solinishi lozim.
Vena va kapillyarlardan tashqariga sizib chiqayotgan qon oqishini vaqtincha to‘xtatish uchun jarohatni bosib turadigan steril bog‘lam qo‘yish va badanning shikastlangan qismini tanaga nisbatan biroz yuqoriroq holatga keltirish ham kifoya. Ba’zan, bu holat qon ketishini uzil-kesil to‘xtatish uchun etarli bo‘lishi mumkin. Arteriya va vena qon tomirlaridan ketayotgan qon oqishini uzil-kesil to‘xtatish jarrohlik usullari bilan amalga oshiriladi.
Agar qaysidir ichki a’zolardan qon ketayotgani taxmin yoki shubha qilinsa, darrov o‘sha sohaga muz solingan xaltachalar qo‘yish, shikastlangan odamny iloji boricha tezlik va ehtiyotkorlik bilan zambilga yotqizib yaqinroqdagi tibbiy muassasaga etkazish zarur.
Suyak siniishi. Travmatik shok.
Bosh shikastlanganida kalla suyagi, bosh miya zararlanishi mumkin. Bunday holatda bosh miya lat eyishi, chayqalishi (silkinishi) qayd etiladi. Bosh miya lat egaynda odam es-hushini yo‘qotmay, boshi og‘rib, ko‘ngli aynib, ba’zan, qusib, behuzur bo‘lishi mumkin.
Bosh miya kattiq chayqalgaiida. silkinganida odamning hushdan ketshi, boshi aylanib, qattiq og‘rib, ko‘ngli aynib, ketma-ket qusishi qayd etiladi. Bunday hollarda shikastlangan odamga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam, eng avvalo uni tinch qo‘yish, boshiga sovuq narsa bosishdan iboratdir.
Kattiq zarb natijasida boshda umumiy kontuziya holati ro‘y berishi mumkin. Bunda odam hushini yo‘qotishi, boshi aylanib gapira olmay qolishi, shuningdek, qulog‘i og‘ir bo‘lib, ko‘z oldi xiralashuvi, xotirasi yo‘qolishi yoki susayishi mumkin. Bunday og‘ir holatdagi shikastlanganni imkoni boricha tezroq tekis joyga yotqizish kerak.
Paylarning cho‘zilishi ham odam nojo‘ya sakragani, qadam bosgani, yiqilgani yoxud og‘ir yuklarni ko‘targanida ro‘y berishi mumkin. Bunday xolatlarda payi cho‘zilgan bo‘g‘imda og‘riq paydo bo‘lib, shishadi, harakat cheklanadi. Birinchi tybbiy yordam shikastlangan bo‘g‘imni bint bilan qattiq bog‘lab, ustiga sovuq narsa bosish, shikastlangan jshni tinch qo‘yishdir.
Bazida bo‘g‘im ichki yuzalarining o‘rnidan siljishi, chiqishi, bo‘g‘im xaltasi yirtilishi, paylar cho‘zilishi ham qayd etiladi.
Ko‘l-oyoqqa chiqishlarshing asosiy belgilari quyidagilardan iborat: bo‘g‘imning og‘rishi, bu holatda harakatning cheklanishi, bo‘g‘im shaklining o‘zgarishi, qo‘l yoki oyoqning kalta tortib, qayrilib, qandaydir holatda qimir-lamay qolishi va h.k.
CHiqishlar umurtqalararo bo‘g‘imlarda ham ro‘y berishi natijasida umurtqa pog‘onasi suyaklari o‘rnidan nari-beri surilishi oqibatida orqa miya ezilib, bosilib, qo‘l-oyoq ishlamay qolishi, chanoq qismidagi a’zolarning faoliyati buzilishi ham mumkin.
Kuchli zarb, og‘izni katta ochib homuza tortash, esnash vaqtida ham ba’zan pastki jag‘ chiqishi ko‘p uchraydi. Bunday holatlarda pastki jag‘ni mahkam ushlab turadigan bog‘lam qo‘yiladi.
CHanoq-son tizza, elka bo‘g‘imlari, shuningdek, umurtqalararo bo‘g‘imlardagi suyaklar o‘rnidan chiqqani yoki siljiganida imkoni boricha shikastlangan odamni kengroq taxta yoki eshik ustiga yotqizib, taxtakachlab, og‘riqsizlantiradigan dori yuborib, yaqinroqdagi tibbiy mo‘assasaga eltish zarur.
Odam keskin harakatlar qilgani, zarb egani, balandlikdan. sakrab yiqilganida suyaklari sinishi mumkin. Suyaklarniig sinishi ochiq yoki yopiq bo‘ladi. YOpiq suyak siniqlarida teri qoplamalarining yaxlitligi, butunligi buzilmaydi. Suyakning ochiq siniqlarida esa, aksincha, singan joyda teri shi-kastlanib, jarohat bo‘ladi, suyaklarning ochiq sinishi hayot uchun xavflidir, chunki jarohat orqali turli jonzotlar kirib, organizmni zaharlaydi, ahvolni mushkullashtiradi.
Suyak sinishlarnniig asosiy belgilari: suyak singan joyning og‘rib, shishib ketshi, qontalash bo‘lishi, uning g‘ayritabiiy holatda beso‘naqay harakatlanishi, qo‘l yoki oyoq faoliyatining buzilshpi. Suyak ochiq singan paytlarda jarohatda singan suyak bo‘laklari ko‘rinib turishi ham mumkin. Qo‘l oyoq suyaklari singanida bu a’zolar odatdagidan kalta tortib, singan joyi qiyshayib qoladi. Ko‘krak qafasi shikastlanganda qovurg‘alarning sinishi oqibatida nafas olish qiyinlashadi, paypaslab ko‘rilganda singan- qovurg‘a bo‘laklarining qirsillashi (krepitatsiya) eshitiladi. CHanoq suyaklari va umrtqa pog‘onasi singan paytlarda peshob kelishi qiyinlashadi, oyoq harakatlari buziladi. Bosh suyaklari singan vaqglarda esa, aksariyat quloqdan qon keladi. Suyaklarning sinishi og‘ir bo‘lgan hollarda travmatik shok kuzatiladi. Bu ayniqsa, suyaklar ochiq sinib, qon ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan paytlarda uchraydi.
Suyak singanda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam
Suyak singan paytda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning eng asosiy sharti shikastlangan odamning hayotini saqlab qolishga doir amal-usullarni tezkorlik bilan bajarish; qon tomirlardan qon oqishini to‘xtatish; travmatik shokning oldini olish; jarohatga steril bog‘lam qo‘yish va nihoyat, tabeldagi yoki qo‘l ostida bo‘lgan barcha vositalardan oqilona fsydalanib, singan suyakni taxtakachlash, ya’ni immobilizatsiya qilishdir.
Immobidizaiiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad - singan joydagi suyaklarni o‘rnidan siljitmaslik, qimirlamaydigan kilishdir. Bunday holatda og‘riqlar kamayadi, tavmatik shokning oldi olinadi. Suyak singanda o‘sha joy yaqnndagi ikkita bo‘g‘im (singan joyning yuqori va pastidagi)ni maxsus shinalar yoki qo‘l ostida bo‘lgan vositalar yordamida taxtakachlab qo‘yish shart. SHundan keyingina shikastlangan odamni bexavotir bir joydan ikkinchi joyga siljitish, ko‘chirish mumkin bo‘ladi.
Buni hayotda transplort immobilizatsiyasi deb ataladi.
Transport shinalarining asosiy turlari: shotisimon va to‘rsimon qilib ishlangan metall shinalar; faneradan ishlangan shinalar, Diterexsning yog‘ochdan tayyorlangan maxsus shinasi.
SHotisimon shinalardan foydalanganda ularning kerakli uzunlikdagi bir nechasi tanla olinadi va tananing qaysi qismiga qo‘yilishiga qarab shakli moslanadi(shikastlangan tomondan emas, tananing sog‘lom tomonidan andaza olinadi) va nixoyat, kiyim-bosh ustidan qo‘l yoki oyoqqa bog‘lab qo‘yiladi. Faner shinalar engil har xil katgalikda bo‘lganidan ularga ma’lum bir shakil berib bermaydi. SHunig uchun.ham ularning ostiga paxta qo‘yilib, qo‘l yoki oyoqqa bint, deka bilan bog‘lanadi.
Immobilizatsiya uchun fanera bo‘laklari, tayoqchalar, yupqa taxtalar, qattiq karton qog‘oz, shuningdek, turli uy-ro‘zgor buyumlari, singan joyni qi-mirlatmaslikka yaraydigan boshqa narsalardan ham kemg foydalanish mumkin. SHunday qilish zarurki, biror jarohatga bogam qo‘yib, uni bog‘lash va immo-bilizatsiya qilish jarayonida singan suyak bo‘laklarshing o‘rnidan siljib qolishi xamda yopik xolatdagi sinikning ochik sinikka aylanishiga yo‘l qo‘ymasli kerak.
Qaysi suyak qay tarika singan bulmasin, ularni maxsus shinalar yoki qo‘l ostidagi mavjud vositalar bilan immobilizatsiya kilish oqibatida tananing shikastlangan kismlari transportda tashish vaqtida fiziologik jihatdan kulay holatda bo‘lsin va zarracha ozor chekmasin.
Kalla suyaklari singai paytlarda aksariyat bosh miya xam zararlanadi. odam behush bo‘ladi. Bunday holatlarda dastlab shikastlangan kishining butun a’zoi badani ko‘zdan kechiriladi. SHundan so‘ng uni zambilga qornini pastga qilib yotqizish, boshi ostiga (yuziga) o‘rtasi yumshoqroq to‘shama yoki paxta-dokadan tayyorlangan chambarak qo‘yish lozim .
Jag‘ suyaklarining ustki va pastki sohalari shikastlangan paytlarda esa, sopqonsimon bog‘lam qo‘yish, shikastlangan odamning tili tomog‘iga tiqilib, nafas yo‘lini berkitib qo‘ymasligi uchun boshini yon tomonga burib qo‘yish lozim.
O‘mrov suyagi singanda kiftga paxta-dokadan tayyorlaygan ikkita xalka solinib, ular orqadan tortib bog‘lanadi. Keyin qo‘l durracha bilan osib qo‘yi-ladi.
Qovurg‘alar singanda nafas chiqarilgan holatda ko‘krak qafasi bint bilan qatgiq bog‘lanadi yoki ko‘krak qafasini sochiq bilan tortib, sochiqning uchlari tikib qo‘yiladi.
Qo‘l va oyoq suyaklarining sinishi boshka suyaklarning sinishiga nisbatan ko‘p uchraydi. Barmoq falangalari va panja suyaqlari ochiq singanda jarohatni steril bog‘lam bilan bog‘lash, barmoqlar yarim bukilgan holatda bo‘lishini ta’minlash maqsadida qo‘l kaftiga doka(bint) bilan o‘ralgan qattiqroq paxta bo‘lagi solinadi. Bilak, qo‘l panjasi va barmoqlarga fashra, karton yoki shotisimon shina qo‘yib, qo‘l durracha bilan osib qo‘yiladi.
Bilak suyaklari singanda ko‘lni tirsak bo‘limidan tug‘ri burchak ostida asta bukib, kaftini ko‘krak tomonga burish va shu holida shina yoki qo‘l ostidagi mavjud vositalar yordamida qimirlamaydigan qilib bog‘lash lozim.
SHina barmoqlarning ostidan to elkaning yuqoridagi uchdan bir qismigacha etkazib qo‘yiladi . Keyin qo‘l durracha bilan bo‘yinga osib qo‘yiladi.
Elka bo‘gimi shikastlangani, elka suyagi singanda shotisimon shina yoki qo‘lostidagi mavjud vositalar bilan immobilizatsiya qilinadi.
Bunday holatda avval shinani tirsak bo‘g‘imidan bukilgav, shikastlagan qo‘lga sog‘lom kurakdan shikastlangan qo‘lning kifti orqali elka va bar-moqlarning asosiga qadar etadigan qilib shinaning shakli, andozasi moslab olinadi. Keyin qo‘l durracha bilan bo‘yinga osib qo‘yiladi yoki qo‘lni gavdaga bint bilan mahkam qilib bog‘lab qo‘yish ham mumkin.
Oyok; panjasi suyaklari singanda yoki boldir-panja bo‘g‘imi shikastlanganda shotisimon shina yoki qo‘l ostidagi mavjud vosita, imkoniyatlar ishga solinadi. SHinani avval oyoqning tagi va boldirnyang orqa yuzasidan uning yuqoridagi uchdan bir qismi qadar etkazib qo‘yish uchun moslab bukiladi. Keyin tovon suyagi joylashadigan chuqurchaga paxta solinadi. SHundan so‘ng shinani oyoqqa qo‘yiladigan va bintni boldirning pastdagi uchdan bir qismi bilan oyoq panjasidan sakkizsimon o‘ramlar shaklida yurgizib, boldirning yuqoridagi uchdan bir qismigacha gir aylantirib o‘raladi, shina mustahkamlanadi. Ammo oeq panjasi boldirga nisbatan to‘g‘ri burchak syutida turadigan qilib bog‘lanishi zarur.
Fashra yoki yog‘och bo‘lakchalari bilan immobilizatsiya qilishda bu yordamchi vositalarni boldirning yuqoridagi uchdan bir qismidan oyoq panjasining ostigacha etadigan qilib ikki yon tomondan, ya’ni biri tashqi, ikkinchisi esa, ichki tomondan qo‘yiladi, so‘ngra oyoq panjasi bint bilan mahkam qilib bog‘lanadi. Bunday holatda ham yuqoridagi kabi yog‘och bo‘dakchalari suyakning zararlamasligi uchun uning do‘mbaymalariga paxta yostiqchalar qo‘yiladi.
Boldir suyaklari singanda xuddi boldir panja suyaklari shikastlangani holatidagidek ikki bo‘g‘im, ya’ni boldir-panja va tizza bo‘g‘imlari qi-mirlamaydigan qilib mustahkamlanadi. SHina yoki qo‘l ostidagi mavjud vositalar oyoq panjasidan sonning yuqorydagi uchdai bir qismigacha etadigan bo‘lishi zarur. Maboda, immobilizatsiya qilish uchun shu atrofda biror yaroqlk vosita topilmasa, shikastlangan oyoqni sog‘lom oyoqqa mahkam taqab, bog‘lab qo‘yish ham mumkyn.
Son suyagining sinishi, ayniqsa ochiq sinishi, terining shikastlanib, jarohatlanishi oqibatida ko‘p qon ketishi, shok holatiga tushish bilan kecha-digan og‘ir jarayondir. Bunday vaziyatlarda immobilizatsiya uchun mo‘ljallangan maxsus moslama, Diterexs shinalaridan foydalanish qulaydir.
Son suyagi singanda qo‘llanadigan maxsus transport (Diterexs) shinasi suriladigan uzun-qisqa ikkita ichki va tashqi planka, tovonga taqalib turadigan fashra va burama tayoqchadan iborat.
Tashqi planka ichkisidan uzunroq bo‘lib, uni kerakli uzunlikkacha surib, qo‘ltiq szsti chuqurchasiga taqab qo‘yiladi. Ichki planka shikastlangan odamning bog‘lab qo‘yilgan singan joyi va tanasi ustiga qo‘yib, mustahkamlanadi. Buning uchun plankalar oyokdan 3 sm uzunroq bo‘lishi lozim. Oyoq osti, tovonga qo‘yiladigan fanera bint bilan o‘ralib, oyoq panjasiga bog‘lanadi. Ikkala plankaning uchlari oyoq.tagiga taqalib turadigan faneraning sim tutqichiga kiritiladi va tashqi plankaning pastki uchi ichkisi bilan tutashtiriladigan ko‘ndalang planka teshigiga kiritiladi. SHina plankalari oyoq va tanaga bint bilan bog‘lanadi. So‘ngra burama solib oyoq tortib qo‘yiladi.
Singan son suyagini immobilizatsiya qilish uchun qul ostidagi mavjud vositalardan foydalanilganida ular sonning ichki va tashqi yuzalari bo‘ylab, serbar bint, kamar, sochiq, choyshab bilan ikkinchi sog‘lom oyoq va badanga mahkam qilib bog‘lanadi. Bunday shikastlanishda nafaqat son suyagi, balki son-chanoq bo‘g‘imi, son-tizza bo‘g‘imi, hatto boldir-panja bo‘g‘imi, tovon suyaklarini ham birgalikda immobilizatsiya qilish, mustahkamlash zarur. SHuningdek,'yuqorida nomlari tilga olingan sohalardagi suyaklarning do‘mbaymalari, qo‘ltiq osti chuqurchasi va. chov atrofiga ham paxta bo‘laklari solish lozim.
CHanoq suyaklari singanda umurtqa pog‘onaei shikastlanganda shikastlangan odamning ahvoli nihoyatda mushkul bo‘ladi. CHunki uning nafaqat chanok suyaklari, balki shu sohadagi ichki a’zolari, xususan yo‘g‘on va ingichka ichaklari, siydik puffagi, jinsiy a’zolari va boshqalar ham shikastlanishi, qo‘l va oyoqlari ishlamasligi mumkin. SHikastlangan odam ehtiyotkorlik bilan biror qattiqroq narsa (favgr, taxta, eshshs) ustiga tizza bo‘g‘imlari bukilgan va kerilgan (qurbaqaga o‘xshash) holatda chalqancha yotqizilishi, oyoqlari ikki tomonga tizzalari ostiga biror kiyim-bosh yoki adyod ko‘rpacha dumaloqlab qo‘yilishi shart. Aks holda shikastlangan odamning ahvoli yanada og‘irlashishi mumkin.
Kuyish.
Kuyish deb, to‘qimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, nurlanish hamda elektr toki ta’sirida shikastlanishiga aytiladi. Kuyishning kelib chiqishi sababiga ko‘ra, termik, kimyoviy, nur hamda elektr toki ta’siridagi kuyish turlari qayd etiladi. Badan terisi va shilliq pardalarga radio faol moddalarning tuxshshsh oqibatida radiatsion kuyuk, yaralar ham paydo bo‘ladi.
Qaynoq suv va turli issiq suyuqliklardan kuyishda eng yuhori harorat 100 S dan oshmaydi va qisqa vaqt ta’sir etadi. SHuning uchun ham bunday xollarda yuza kuyishlar ro‘y beradi. Issiq bug‘dan kuyganda esa, jarohat asosan teri yuzasida sodir bo‘ladi. Kuyishlar issiq va elimsimon yopishqoq moddalar (issiq elim, bitum va boshqalar) tasirida ham yuz berishi mumkin. Bunday issiq massalar badanga yopnshib, uzoq vaqt mobaynida jarohatning tubidagi to‘qimalarga ham salbiy tasir ko‘rsatadi.
SHuningdek, yong‘in ta’sirida kelib chiqadigan kuyishlar eng og‘ir shi-kastlanishlar turkumiga kiradi. Bunday holatlarda kuygan kishining nafaqat kiyim-boshi, balki teri, suyak to‘qimalari, hatto ichki a’zolari ham kuyib, jarohat yanada kengayishi va ahvolni jiddiylashtirishi mumkin Erigan me-tallar ta’siridagi kuyishlar ham chuqur jarohatlanishlardan bo‘lib, bunda faqat teri emas, balki teri ostidagi biriktiruvchi to‘qimalar, paylar, mu-shaklar, hatto suyaklar ham qattiq shikastlanadi.
Barcha turdagi quyuq yaralarning nechog‘lik og‘ir yoki engil kechishi to‘qimalarning qanchalik chuqur zararlanganligi hamda kuygan yuzaning katta-kichikligiga bog‘liq.. SHunga ko‘ra, kuyish darajasi to‘rt xil bo‘ladi: engil/1/, o‘rtacha og‘ir 1111, og‘ir /SH/ va juda og‘ir /IV/ .
I darajali kuyishda teri yuzasi qizaradn, shishadi, qattiq og‘riydi.
II darajali kuyishda sariq suyuqlik yig‘ilgan puffakchalar paydo bo‘ladi. Agar puffakchalar yorilgan bo‘lsa, barmoq bilan bosilganda to‘q pushti rangli suyuqlik chiqib, teri yuzasi qattiq og‘riydi.
III darajali kuyish esa, terining butun qatlami nobud bo‘lishi bi-lan ifodalanadi. Bu darajadagi kuyishda ham teri yuzasida puffakchalar bo‘ladi, ammo ulardagi suyuqlik qon rangida, gemorragik tusdadir, xolos. Ba’zan jarohat yuzasida quruq, qalin sariq-qo‘ng‘ir tusdagi qasmoq hosil bo‘ladi, og‘riq sezilmaydi.
IV darajali kuyishda terining barcha qatlami va teri osti to‘qimalari, ba’zan suyak ham kuyadi. Bunday holatda ham jarohat yuzasini qalin qasmoq egallaydi.
Kuyishning 1,11 va SH-darajalarvda jarohat o‘z-o‘zidan teri o‘sishi hiso-biga bitadi, ammo ba’zan III va ayniqsa IUdarajali kuyishlarni faqat jar- rohlik yo‘li bilan davolash mumkin.
Katta yoshdagi kishilarda kuygan joyning sathini aniqlashda ayniqsa jarohatlanganlar ko‘p bo‘lgan vaqtlarda ilmiy jihatdan to‘liq asoslangan "To‘qqizlik qoidasi" va "Kaft qoidasi" usullaridan foydalanish mumkin.
"To‘qqizlik qoidasi" ga binoan, har bir anatomik maydon sathi 9 % hisobidan olinadi. Masalan, bosh va bo‘yin qismi 9%, har bir qo‘l 9%, har bir oyoq 18%dan, tananing old va orqa qismi 18%daq chot va jinsiy a’zolar sohasi 1%. Bu foizlar ja’mlab chiqilganida 100%ni tashkil etadi.
"Kaft qoidasi"ga ko‘ra, katta yoshdagy odamning kaft sathi tana yuzasining 1,1%ga tengdir. Bolalarda kuygan teri sathini aniqlashda maxsus jadvaldan foydalaniladi, chunki bolalarda tananing har bir sohasi ularning yoshiga qarab o‘zgarib turadi.
SHunday qilib, badanning 10 - 15%dan ortiq qismi II SH darajali kuyganda organizmning o‘ziga xos umumiy og‘ir holati, ya’ni kuyish kasalligi paydo bo‘ladi. Bu esa, bemor nafas olish a’zolarining shikastlanishiga, ahvolining og‘irlashishiga, ko‘pincha kuyish shoki boshlanishiga olib keladi. Bu holat kuygan odamning ahvolidagi ruhiy o‘zgarishlar, bezovtalik, ba’zan befarqlik, qon bosimining dam ko‘tarilib, dam pasayishi, qon tomirlar tonusining susayishi, eng mayda qon tomirlar, ya’ni kapillyarlar o‘tkazuvchanlik qobiliyatinyng oshishi, suyuqlikning atrofdagi to‘qimalar, teri yuzasiga chiqishi, qon kamayishi, uning quyilishi, jigar, buyrak, me’da-ichak faoliyatining buzilishi, siydik kelmasligi bilan belgilanadi. Bunday holat 2-3 kecha-kunduzgacha davom etishi mumkin.
Kuygan odamga birinchi navbatda nimtatir qilib biroz osh tuzi qo‘shilgan iliq suv ichirish zarur. Kuygan odamga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda eng avvalo uning ustidagi yonib turgan kiyim-boshini o‘chirish zarur. Buning uchun uning ustiga biror kiyim yoki ko‘rpacha, adyol yopiladi. Iloji boricha, tananing kuygan qismi kiyim-boshdan xoli qilinadi. Kiyimning kuygan joyga yopishgan qismi o‘rnida qoldirilib, jarohatning atrofidagi mato asta qirqib olinadi.
Voqea sodir bo‘lgan joyda kuygan jarohatga bog‘lam qo‘yish mumkin emas. Agar kimyoviy kuyish ro‘y bergan bo‘lsa, zudlik bilan shikastlangan joy katga miqdordagi sovuq oqar suv bilan 10-15 daqiqa mobaynida yuviladi. Kuygan yara ustini quruq salfetka yoki steril mato bilan berkitish joiz. Kuygan jarohat ustiga biror dori-darmon ayniqsa, surtmalar, yog‘simon moddalar qo‘yish mumkin emas.
Tananing katta qismi kuyib, yuzasi ko‘p zararlangan bo‘lsa, kuygan odamni toza choyshabga o‘rab, shokning oldini olish chora-tadbirlari (issiq choy, qahva, og‘riq qoldiradigan dorilar berish) ko‘riladi va tezda tibbiy muassasaga jo‘natiladi.
Kuygan odamni tibbiy muassasaga jo‘natish vaqtida u albatga yotgan holatda bo‘lishi, uning sovuqatib qolmasligi chorasini unutmaslik lozim.
Sovuq urishi,
issiq elitganida, odam suvga cho‘kkanida
birinchi tibbiy yordam kursatish
Badaniing sovuq olishi (sovuq urish) past harorat ta’siri qilishi natijasida to‘qimalarning shikastlanishidir.
Ob-havo haroratining pastligi, sovuq, achchiq izg‘irinda, qor va yomg‘ir ostida qolish natijasida odam tanasi yuzasining ochiq joylari, ayniqsa qo‘l-oyoq, yuz, quloq, burunni sovuq urishi mumkin. Poyabzalning ho‘l va tor bo‘lishi, shuningdek, ochiq havoda uzoq vaqt sovuq ta’sirida qolish ham bunga sabab bo‘ladi.
Tananing sovuq urgan qismi avvaliga sanchib, achishadi, keyin esa, terisi oqarib yoki ko‘karib ketadi, hech narsani sezmay karaxt bo‘lib qoladi. Natijada qo‘l yoki oyoq faol harakat qila olmaydi.
SHikastlanish ko‘damining nechog‘lik chuqur va kengligini sovuq ta’siri to‘xtaganidan keyin, oradan bir necha soat, ba’zan kun o‘tganidan so‘ng aniqlash mumkin. Bunda tananing sovuq olgan joyi shishishi, yallig‘lanishi, ba’zan to‘qimalarning nobud bo‘lishi kuzatiladi.
To‘qimalarning qanchalik chuqur shikastlanganiga qarab, sovuq urishining to‘rt darajasi qayd etiladi: engil/1/, o‘rtacha og‘ir /II/, og‘ir /SH/ va juda og‘ir/1U/.
Badanini sovuq urgan odamga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda eng avvalo uni issiq binoga olib kirish, iloji bo‘lsa, issiq suvli vannaga tushirish, unga issiq choy, qaxva ichirish zarur. Keyin ho‘l kiyimi va poyabzali mumkin qadar tezroq qurug‘iga almashtiriladi. To‘qimalarda ko‘zga tashlanadigan jiddiy o‘zgarishlar, ya’ni terida qavariqlar, eti nobud bo‘lgan joylar bo‘lmasa, sovuq olgan sohani spirt, atir, toza paxta, salfetka, sochiq bilan artib, tozalash zarur. Agar terida o‘zgarishlar bo‘lmasa, shikastlangan spirt, atir bilan artilgach, toza, quruq qo‘l bilan teri qizarguncha ohista ishqalanadi, ustidan steril bog‘lam qo‘yiladi.
Suvga cho‘kish (g‘arq bo‘lish) nafas olish yo‘llarining suyuqlikka, suvga to‘lib qolishidir. Suvga cho‘kkan odamning nafas olish yo‘llari, ayniqsa bronxlari va o‘pkasiga suv kirib havo tanqisligi boshlanadi, natijada nafas olish, yurak faoliyati to‘xtaydi. Bunday holatda odamni iloji boricha suvdan tezroq chiqarib olish, keyin og‘zi bilan burnini balchiq va shilimshiqdan tozalash zarur. SHikastlangan odamni biror issiqroq mato, kiyim-bosh, adyol yoki choyshab bilan o‘rab, yordam berayotgan kishining tizzasiga qorni bilan boshini pastga egib yotqiziladi, ko‘krak qafasiga bosib, o‘pkasi bilan oshqozonidagi suv tashqariga chiqariladi. SHundan keyingina shikastlangan odamni chalqancha yotqizib, sun’iy nafas oldirish va yuragini bilvosita uqalashga kirishiladi.
Bunday xatti-harakatlar shikastlangan odamning nafas olishi tiklanib, asli holatiga keguncha davom etdiriladi. Mabodo amalga oshirilgan chora-tadbirlar nafsiz bo‘lib, o‘limning ob’ektiv belgilari (ko‘z qora-chig‘lari kengayib, yorug‘likni sezmasa, yurak urmay, to‘xtab qolsa, tanada murda dog‘lari) paydo bo‘lsa, organizmni qayta jonlantirish, tiriltiriy tadbirlari to‘xtatiladi.
Nafas olish bilan yurak faoliyati tiklangan taqdirda esa, shikastlangan odamning badanini isitish, unga issiq choy va qahva ichirish, zambilga yotqizib tezroq yaqinroqdagi tibbiy muassasaga olib borish joiz.
Oftob urishi yoki issiq elitishi yuqori harorat ta’siri natijasida ro‘y beradi. Natijada shikastlangan odamning butun a’zoyi badan haddan tashqari qiziydi, boshi og‘riydi, quloqlar shang‘illaydi, darmoni quriydi, ko‘ngli ayniydi, qayt qiladi. Ba’zan bemor alahlaydi, ko‘z qorachiqlari kengayadi, nafas olishi tezlashadi, tomir urishi 140-160 gacha etadi, hushidan ketadi. Bunday holatda bemorni asta joyga olib, kiyimlarini echish, boshini balandroq ko‘tarib o‘tqizish, orqasi bilan suyanchiqqa suyab, yotqizish, boshiga va yurak sohasiga oovuq narsa bosish, novshadil spirti hidlatish, ko‘proq suyuqlik ichish, qahva ichirish kerak. Zaruratga qarab su’niy nafas oldirish va yurakni bilvosita uqalash usullari qo‘llaniladi.
Zaharlanishlar.
Zaharlanish biror zaharli kimyoviy moddaning me’da-ichak, nafas yo‘llari orqali organizmga kirgani, teridan so‘rilgani, teri osti, mushaklar orasi yoxud vena qon tomiriga yuborilganida sodir bo‘ladigan kasallik holatidir.
Zaharlanish ikki guruhga bo‘linadi: tasodifiy va qasddan zaharlanish. Tasodifiy zaharlanishlar hayotda ko‘p va tez uchrab, umumiy zaharlanishlarning deyarli 80% ini tashkil etadi. Turli dorivor vositalarni shifokorlarning maslahatisiz, o‘z holicha me’yoridan ziyod katta miqdorda iste’mol qilish, sifatsiz kimyoviy modda yoki dorini ichimlik o‘rnida ichib qo‘yish tasodifiy zaharlanishlar turkumiga kiradi. Qasddan zaharlanish hayotda kam uchrasada, biror ruhiy kasallikka chalingan yoki beqarorroq odamlarga xosdir. Bunday kimsalar biror kuchli ta’sir etuvchi dorivor moddani katta miqdorda iste’mol qilib, zaharlanadilar, o‘z hayotlariga suiqasd qiladilar.
Ro‘y beradigan joyiga qarab, o‘tkir zaharlanishlar kundalik turmushda va ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘lishi mumkin. Barcha kimyoviy moddalar organizmga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. SHunga ko‘ra, ular yuz-ko‘z, terini achish-tiradigan, kuydiradigan, ko‘zdan yosh oqizadigan, terini zararlab yiringlata-digan nafas yo‘lini bo‘g‘adigan, ruhiyatga ta’sir etib bezovta qiladigan uxla-tadigan, mushaklarni tirishtiradigan va boshqa xususiyatli guruhlarga bo‘linadi. Tanlab ta’sir etishga ko‘ra, qon xujayralari, tanachalariga ta’sir etadigan zaharlar (is gazi, selitra va h.k); markaziy va periferik asab tizimini zaharlaydigan toksik zaharlar (spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar va b); buyrak va jigarlarning ish faoliyatini buzadigan zaharlar (og‘ir metallarning birikmalari, ba’zi zamburug‘larning zaharlari va b); yurak zaharlari (ba’zi alkoloidlarga mansub o‘simliklar zaxari); me’da va ichakni zaharlaydigan (kislota va ishqorlar, ularning kuchli eritmalari) moddalar qayd etiladi.
Turmushda ishlatiladigan kimyoviy ashyolar turkumiga kosmetik, ya’ni pardozandoz vositalari kiradi. Turli loson odekolon soch va tirnoq bo‘yaydigan vositalar tarkibida asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan butil spirti bo‘ladi. Bu moddalar ichga kirganida organizmni zaharlab, nafas olish a’zolari va yurak faoliyatini buzishi mumkin. Turmushda, uy va bog‘ hashoratlari, kalamush va sichqonlar, pashsha, chivin, suvaraklarga qarshi ishlatiladigan insektitsid, zootsidlarga xlorofos va karbofos va boshqalar kiradi. Kundalik hayotimizda kup ishlatiladigan 80% sirka kislotasi (sirka zssensiyasi), xlorid, karbod oksolat kislotalari va boshqa o‘yuvchi ishqorlar ham og‘ir zahrlanishlarga olib kelishi mumkin.
Mahalliy ta’sir ko‘rsatadigan moddalar turkumiga sulfat, xlorid, simob tuzlari va boshqa kislotalar, ularning bug‘lari, ammiak, ishqorli moddalar, ftor, xlor saqlovchi birikmalar kiradi. Kuchli kislota va ishqorlar organizmga kirgan zahotiyoq, og‘iz, halhum, nafas-yo‘llari qattiq og‘riydi, shilliq pardalar kuyganida shishib ketadi, ko‘p miqdorda so‘lak ajrala boshlaydi, bemor yutina olmaydi, so‘lak nafas yo‘liga ketib, nafas olish qiyinlashadi.
SHuningdek, qishloq xo‘jaligida zararkunanda hashoratlar, kanalar, ke-miruvchilar, chuvalchanglar, shilliqurtlarni qirish, o‘simliklarning zamburug‘ kasalliklariga qarshi kurashish, begona o‘tlarni yo‘qotish, o‘simlik barglari, ortiqcha gullar, tugunchalarni to‘kish va suvsizlantirish maqsadida ham bir qator pestitsidlar zaharli moddalar ishlatiladi. Bu moddalar belgilangan me’yorda va qattiq nazorat ostida ishlatilmasa, nafaqat odam, balki hayvonlar uchun ham nihoyatda zararli va zaharlidir.
Yilning issiq paytlari, ayniqsa, bahor, yoz, kuz oylarida ko‘pchilik odamlar dala, bog‘, tog‘larga chiqib, o‘zlari yaxshi bilmagan holda har xil o‘simliklar, qo‘ziqorinlar terib, shifokorlar maslahatisiz turli dori-darmonlar tayyorlashadi, qishda esa, noto‘g‘ri saqlangan don, no‘xot mahsulotlari, kartoshka va boshqalarni iste’mol qilib, zaharlanishadi. Bundan tashqari turli hayvonlar (it, mushuk, tulki, bo‘ri)nnng tishlashi, ari, qoraqurt, chayoq zaharli ilonlar chaqishi yoki daryo, qo‘ldan tutilgan baliqlarning urug‘i-uvildiriqlarini ist’emol qilishlari oqibatida qam zaharlanish mumkin.
Ma’lumki, turmushda, sanoatda, xalq xo‘jaligining ko‘plab ob’ektlari, korxonadari, shuningdek, suv to‘plash va tozalash inshootlari, aeratsiya bekat-larida ko‘plab kuchli ta’sir qiluvchi kimyoviy zaharlovchi moddalar (KTQKZM) xlor, azot, nitrolaktil, ammiak, uglerod oksidi, uch xissa xlorli fosfor, ftorli vodorod, ishqor, sinil kislota va boshqalar keng ishlatiladi.
Demak, bir qator xalq xo‘jaligi sohalarida KTQKZMlar ishlab chiqarish, omborlarda saqlash, ulardan sovutgich (xladagent) sifatida foydalanish, bu moddalar qog‘oz qoplar, yog‘och bochkalar, sisternalarga solib, ba’zan ochiq yuk mashinalari, temir yo‘l transporti vositalarida bir manzildan ikkinchi manzilga tashiladi. SHunday paytlarda tasodifiy ravishda ro‘y bergan favqulodda hodisalar (er silkinishi, yong‘in chiqishi, avtomobil yoki temir yo‘ldagi halokatlar, texnika xavfsizligi qoidalarinig buzilishi) oqibatida avariyalar sodir bo‘lishi, turli zaharlovchi moddalarning yon-atrofga oqib, sochilib ketishi nafaqat havo, atrof-muhitni bulg‘ashi, balki o‘sha joydagi aholini ham zaharlashi mumkin.
Ko‘rinib turibdiki. ko‘z oldimizda kimyoviy shikastlashning ikkilamchi o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Bundan farqli o‘laroq, nopok kimsalar tomonidan qo‘poruvchilik maqsadlarida zaharlovchi moddalar ishlatilgannda birlamchi kimyoviy shikastlash o‘chog‘i vujudga keladi. Har ikkala holatda ham shikastla-nish o‘chog‘i, odatda zaharlovchi moddalar to‘kilib sochilgan zonaga, shuningdek, ularning hidi, bug‘i yon-atrofga tarqalayotgan zonalarga bo‘linadi, Tabiiyki, zaharlovchi moddalarning to‘kilishi, sochilishi mumkin bo‘lgan hududlarshshg kztta-kichikligi, ta’sir etish muddati, davomiyligi, ya’ni shikastlashning barqarorligi zaharlovchi moddalar keltiradigan ofat, oqibatlarning eng muhim xususiyatidir. Demak, shikastlanish miqdori va miqyosi aholining mazkur zaharlovchi moddadan o‘zini nechog‘lik himoya qilishga ruhan, ma’nan, jismonan tayyorgarligi bilan chambarchas bog‘liqdir. SHuning uchun bu zaharlovchi moddalarning ba’zi xossalari haqida tegishli ma’lumotga ega bo‘lishlari zarur deb hisoblaymiz.
Qaynash darajasi 20" S gacha bo‘lgan KTQKZMlar (uglerod oksidi, ammiak, oltingugurt angidridi), odatda tez bug‘lanib ketadi. SHuning uchun ham ular to‘kilgan sochilgan hududlarda zaharlash barqarorligi unchalik katta bo‘lmaydi. Vaqt jihatdan zaharli moddaning bevosita to‘kilib sochilgan paytidan bir oz ortiqroq muddat zaharlash kuchi ta’siri saqlanib qoladi. Bunday moddalarning hidi, bug‘i, shuningdek, ularning xavfli konsentratsiyadagi bug‘lari modda to‘kilgan joydan ancha uzoq (bir necha kilometrgacha) massofada ham sezilishi mumkin.
Qaynash darajasi 20 S dan yuqori bo‘lgan KTQKZMlar (uch xissa xlorli fosfor, oltingugurt uglerodi) aksincha juda sekin bug‘lanadi. SHuning uchun ham zaharlovchi moddalar to‘kilgan sochilgan hududlarda zaharlanish barqarorligi uzoq vaqt (bir necha soatgacha) davom etadi. Bunday moddalarning hidi, bug‘i xavfli konsentratsiyalarda uncha uzoq bo‘lmagan (bir necha yuz metrgacha, kamdan-kam hollarda esa, bir necha kilometrgacha) masofaga tarqaladi, xolos.
KTQKZMlarning odamlarga shikast etkazuvchi ta’siri kishining terisiga sachragan suyuq tomchi tarzida bo‘lsada, uning bug‘lanishi nafas olishga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu moddalar o‘zlarining zaharlash xossalari jihatidan ham, asosan organizmga umumiy, shuningdek, bo‘g‘uvchi sifatida ta’sir ko‘rsatadilar. Bunday holatda: bosh og‘rishi va aylanishi, ko‘z oldi qo- rong‘ilashishi, quloq shangillashi, umumiy ahvolning yomonlashishi, ko‘ngil aynishi, qusish, harsillab nafas olish kuzatiladi. Zaharlanish darajasi kuchli bo‘lganida shikastlangan odamni titroq bosishi, uning o‘zidan ketib qolishi, hatto hayotdan ko‘z yumishi ham mumkin.
YAna shuni alohida ta’kidlash joizki, aholi zich yashaydigan joylarda bu moddalarning zaharlash barqarorligi yon-atrofi keng, ochiq joylardagidan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi.To‘kilgan-sochilgan zaharlovchi moddalarning tez bug‘lanishiga g‘ir-g‘ir esgan shabada, ochiq joy qo‘l kelgani tufayli aholi zich yashaydigan makonlarda bug‘lanish jarayoni asta-sekin kechadi. Bundan tashqari aholi yashaydigan serdaraxt joylar, ishlab chiqarish korxonalaridagi erosti inshootlari, kommunikatsion tunnel, erto‘la, yo‘laklarda ham zaharlovchi mod-dalarning ta’siri uzok vaqt saqlanib qoladi.
YUqorida aytilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, turmushda, sano atda keng qo‘llaniladigan KTQKZMlardan ayrimlari, xususan, xlor va ammiak haqida qisqacha ma’lumotlar berishni lozim topdik. Zero ularning bir-birlariga butunlay qarama-qarshi xususiyatlarini e’tiborga olib, ular bilan shikastlanganda qanday aniq va dadil xatti-harakatlar qilish zarurligi mu-ammosi ham o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladi.
Xlor odatdagi sharoitda o‘tkir ko‘lansa hidli sarg‘ish-yashil gaz bo‘lib, havodan 2,5 baravar og‘ir, 34 S haroratda suyuq holatga o‘tadi. +20 S haroratda (bir hajm suvda ikki hajm xlor) organik erituvchilarda ham yaxshi eriydi. Kuchli oksidlovchi modda: ma’danlar, ko‘pchilik noma’dan va organik moddalar bilan o‘zaro reaksiyaga kirishadi, ularni zanglatadi. Bo‘g‘uvchi ta’siri bor. Havodagi mumkin bo‘lgan miqdori 0,03 mg/m.kub. Agar moddaning miqdori 10 mg/m.kub. bo‘lsa, inson organizmiga salbiy ta’sir etadi, mivdori 2500 mg/m.kub. tashkil etsa o‘limga olib kelishi mumkin.
Xlor nafas olish yo‘llarini qichishtiradi, o‘pkani shishiradi, yuqori darajada quyuqlashgani esa o‘ldiradi. Zaharlanganlik belgilari: konyuktivit (ko‘z jildining, shilliq pardasining yallig‘lanshsh), tanglay va tomoqning qi-zarishi, azob beradigan quruq yo‘tal, shilimshiq va qon aralash balg‘am ajra-lishi, badan ko‘karishi, xushdan ketish. Teriga ta’sir qiladigan: qizarish, ek-zema. SHuningdek, muvozanatning nomutanosibligi (koordshatsiyaning buzilishi) kuzatiladi.
Bunday holatda shikastlangan odamni xavfsiz joyga olib chiqish, suniy nafas oldirish, namlangan kislorod berish, isitish, yuz-ko‘zi, og‘iz-burni, terisini 2% li ichimlik soda, ishqorli eritma bilan yuvish, unga gazniqob kiydirish, respirator, paxta-doka bog‘lamidan foydalanish zarur.
Ammiak odatdagi sharoitda o‘tkir novshadil (nashatir) spirti hidi bor rangsiz gaz, havodan engil. 33 S haroratda yoki yuqori bosimlarda osongina suyuq holatga o‘tadi. Suvda yaxshi eriydi va kislorod muhitida yonadi. Ammiak bilan havoning quruq aralashmasida (agar harorat 18 S, aralashma tarkibida 16-28% atrofida ammiak bo‘lsa) kuchli portlash ro‘y beradi. SHuningdek, ammiak bo‘g‘uvchan bo‘lib, asab tizimiga qattiq ta’sir etadi.
Ammiak gazining odamlar yashaydigan havodagi mumkin bo‘lgan miqdori 0,04 mg/m.kub. eng ko‘gga bilan 0,2 mg/m.kubga teeg. Agar gazning miqsori 40-80 mg/m.kub. bo‘lsa, ko‘z yoshlanadi, nafas olish yo‘llari qattiq achishadi.
Gazning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan miqdori 1500-2700 mg/m.kubga teng bo‘lib, uning suvdagi 10% eritmasi novshadil (nashatir) spirti deb nom-lanadi, 18-20% eritmasi esa, ammiakli suv deb aytiladi.
Suyuq ammiak gazi sanoat miqyosidagi sovutgichlarda sozutuvchi modda sifatida ishlatiladi. Ammiak gazi joylarda saqlash va ma’lum masofaga ta-shish uchun siqilgan holda 6-18 kg/sm.kub. bosimga ega bo‘lgan metall idishlarda olib boriladi. Ammiak bilan shikastlanganda ham ko‘z og‘rishi, yosh oqishi, yo‘tal nafas qisishi, bosh aylanishi, yurakning tez urishi, qusish, hiqichoq tutishi, mushaklargagag tirishib-tortishishi kuzatiladi.
Bunday holatda shikastlangan odamni xavfsiz joyga olib chiqish, sun’iy nafas oldirish, namlangan kislorod berish, yuz-ko‘zi, og‘iz-burni, terisini 2%li borat, limon yoki sirka kislotasi bilan yuvish, unga gazniqob kiydirish, respirator, paxta-doka bog‘lamidan foydalanish zarur.
Umuman so‘nggi yillarda jahon miqyosida terrorchilik harakatlarining tobora avj olayotganligi, ko‘plab begunoh odamlarning nobud bo‘layotganligi bizni doimiy ogohlik va xushyorlikka chorlashi bejiz emas. Sababi, bunday harakatlarda kuchli ta’sir qiluvchi kimyoviy zaharlovchi moddalar KTQKZMlarning qo‘llanilayotganligi nihoyatda xavflidir. Bu esa, o‘z navbatida birinchi belgilari kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan tomchilar, tutun va tumanlarning, o‘ziga xos hid, zaharlashshshing boshlang‘ich ko‘rinishlari paydo bo‘lishi va nihsyat, kimyoviy razvedka va nazorat asboblarining ko‘rsatkich-laridir.
SHunday ekan, kuchli xafvli kimyoviy moddaning qo‘llanilganligi to‘g‘risida axborotni eshitgach (uni albatga, radio va televidnie kanallari, harakatdagi mashinalarga o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar yordamida berishadi), kechiktirmay darhol gazniqoblarni kiyib olish tavsiya etiladi. Ular bo‘lmagan vaqtda respirator, paxta-doka bog‘lami yoki suvda namlangan ro‘mol, sharf, sochiqlardan foydalanish mumkin. So‘ngra deraza va darchalarni zichlab yopish, isitish va maishiy elektr asboblarini o‘chirish hamda vahimaga tushmay uydan chiqish lozim. Ko‘p qavatli uylarda yashovchilar yaxshisi liftdan foydalanmaganlari ma’qud chunki zararlangan hududlarda elektr energiyasi bunday vaqtlarda o‘chirib qo‘yiladi. Faqat mahaliy favqulodda vaziyatlar boshqarma (bo‘lim)lari tomonidan kursatilgan yo‘nalishlarda, agar harakat yo‘nalishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shamol yo‘nalishiga ko‘ndalang ravishda harakat qilish kerak.
Zararlanish hududini tashlab chiqib ketishning iloji bo‘lmasa, tezlikda xonadon ichidan panoh topish lozim. Buning uchun deraza va eshiklarni yopishqoq tasma yoki plastir bilan, shamol kiradigan barcha teshiklarni esa. qog‘oz yordamida havo kirmaydigan qilib yopish zarur. SHuningdek, eshik va derazalarni namlangan choyshab bilan to‘sib qo‘yish darkor.
Zararlangan hududda tez, chaqqonlik bilan harakat qilish lozim. Ammo zinhor chopish va chang ko‘tarish, atrofdagi buyumlarga tegish, uchrashi mumkin bo‘lgan suyuqlik tomchilari yoki notanish kukunsimon moddalarni bosish kerak emas. Mabodo ularga tegib ketgudek bo‘linsa, darhol qog‘oz, latta yoki dastro‘mol yordamida artib tashlash joiz. SHikastlangan odamlarni zararlanish xududidan xavfsiz joyga olib chiqilgandan so‘ng, ularning ustki kiyimlarini echib, xonadan tashqarisida qoldirish (sanitar ishlovidan o‘tkazish), yuz-ko‘z, og‘iz-burunni toza suv bilan yaxshilab sovunlab yuvish, chayish darkor.
Biologik xavfli moddalar (BXM) qo‘llanilganda murakkabroq vaziyat yuzaga keladi. Sababi, bunday moddalar ishlatilganligi darhol sezilmaydi. Tashqi muhit ta’siriga chidamli, o‘zaro muloqotda yoki havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan, davolash ancha qiyin bo‘lgan xavfli yuqumli kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan BXMlarni qo‘llash ehtimoli ko‘proqdir.
Odamlarning BXM bilan zararlanishi bunday moddalarning inson or-ganizmiga nafas olish a’zolari, oshqozon-ichak yo‘li, shilliq pardalar (og‘iz, buruq ko‘z va b.), shikastlangan teri qoplami orqali tushishi yo‘li bilan sodir bo‘lishi mumkin.
BXMning nafas olish yo‘llari orqali organizmga kirishining oldini olish uchun paxta-doka bog‘lami, respiratorlar yoki gazniqoblardan foydalanish zarur. SHuningdek, chekishdan voz kechishga to‘g‘ri keladi. BXMning organizmga oshqozon-ichak yo‘li bilan tushishining oldini olish uchun faqat qaynatilgan suv ichish, eng oddiy shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, ovqatga BXM qo‘llanilishi ehtimoli bo‘lmagan joylarda maxsus issiqlikk ishlovidan o‘tkazilgan mahsulotlarni ishlatish tavsiya etiladi.
Yirik shaharlar aholisi o‘z xonadonlarida armiyadagi kabi "Ogohlik jomadoni" tayyorlab qo‘ysalar foydadan xoli bo‘lmaydi. U faqatgina terror-chilik harakatlari sodir etilgan vaqtda emas, balki yong‘in chiqqanda, texnogen (ayniqsa, kimyoviy) avariyada ham qo‘l keladi. Oilaning barcha a’zolari uchun avvaldan gazniqob yoki respiratorlar g‘amlab qo‘yilgani ma’qul. Afsuski, BXMlarning barcha turlaridan muhofaza qiluvchi universal gazniqoblar mavjud emas. SHuning uchun yaxshisi GP5, GP7 rusumidagi gazniqoblardan foydalanish tavsiya etiladi. Ko‘zoynak taquvchilar uchun PFM1 rusumidagi gazniqob (uning oynasi katta bo‘lganligidan, ko‘zoynakni echishga hojat qolmaydi) to‘g‘ri keladi. SHuni doimo yodda tutish lozimki, ko‘pchilik gaz-niqoblardan yong‘in vaqtida foydalanib bo‘lmaydi. CHunki ular is gazidan muhofaza qilmaydi. "Ogohlik jomadoni"ga englari manjetli zich to‘qilgan material (yaxshisi yupqa brizent)dan tayyorlangan kostyum, bosh kiyimi, qalin qo‘lqop, paypoq va qo‘yuyut uzun botinka yoki etik ham solib qo‘yilgani ma’qul. Inson og‘irligiga dosh bera oladigan iloji boricha yonmaydigan, metall ilmoqli qalin arqon elektr fonari, pichoq, kichik radiopriyomnik bo‘lsa undan ham yaxshi.
Har bir xonadonda oddiy dezinfeksiyalovchi vositalar: monoxloramin vodorod perekisi, spirt, kaliy permanganat (margansovka) bo‘lsa zarar qil-maydi.
Odam zaharlanganida ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam.
Eag avvalo kuchli zaharli moddalar ko‘p ishlatiladigan muassasa va kor-xonalarda zarur dori-darmonlar mavjud bo‘lgan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish dori qutichasi (aptechkasi) bo‘lmog‘i zarur.
Zaharlovchi modda kishining nafas yo‘li orqali ichki a’zolarga kirgan bo‘lsa, bemorni darhol xavfli joydan ochiq havoga olib chiqish, agar zaharli modda teri orqali kirgan bo‘lsa, zararlangan joyni oqar suv bilan sovunlab yuvish, suv yoxud kuchsiz ishqor eritmasiga botirilgan bir parcha mato bilan artish zarur.
Zaharlovchi modda ko‘zga tushganida suv, natriy gidrokarbonat (ichimlik sodasi)ning 2%li eritmasi yoki borat kislotasi bilan yuviladi.
Zaharlovchi modda me’da-ichak yo‘liga kirgan bo‘lsa, bemorga bir necha stakanda suv yoki kaliy permanganatning pushti rangdagi kuchsiz eritmasi ichiriladi yoki barmoq bilan halqumni qitiqlab, o‘qchitiladi, 2-3 marta qus-tiriladi. Keyin yarim piyola iliq suvga 2-3 osh qoshiq faollashtirilgan ko‘mir (20 - 25 mg) yoxud 40-50 dona karbolen tabletkasi solib ichiriladi. SHundan so‘ng esa, yarim stakan suvga 20 mg magniy sulfat yoki natriy sulfat aralashtirib, tuzli surgi ichiriladi.
Zaharlangan kishining nafas olishi qiyinlashganda paxtaga ammiak (novshadil spirti) eritmasi shimdirib, ehtiyotlik bilan hidlatish, nafas to‘xtab qolgudek bo‘lsa, tezlik bilan sun’iy nafas oldirishga kirishmoq zarur. Bemorga suni nafas oldirish uchun uni ochiq havoga olib chiqish, kiymining tugmachalarini echib, og‘iz-burnini shilimshiqlardan tozalash darkor.
Birinchi tibbiy yordam. Tibbiy xodim etib kelguncha is tekkan odamni iloji boricha sof havoga olib chiqish, novshadil spirti yoki archilgan piyoz hidlatish, ko‘kragini uqalash, ko‘rpaga o‘rash, atrofiga isitgich qo‘yish, achchiq, qaynoq choy yoki qahva, qatiq ichirish zarur.
Buning uchun ham har bir fuqaro ishlab chiqarishda bo‘lgan va favqulodda holatlarda keng qo‘llaniladigan shaxsiy, individual aptechka (AI- 2)ning tuzilishi va ishlatilish bilan yaqindan tanish bo‘lmog‘i lozim.
Individual aptechka (AI-2)da radiofaol zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan shikastlanishning shaxsiy muhofazasi uchun mo‘ljallangan zarur tibbiy vositalar mavjuddir. U etti xonali plastmassa qutichadan iborat. SHu xonalarda tibbiy vositalar solingan maxsus penallar bor.
¹1 xona - og‘riqqa-qarshi vosita joylangan tyubik-shprits uchun;
¹2 xona - fosfor organik zaharlovchi moddalarga qarshi qizil rangli 6 ta antidot (ziddizahar) uchun. Muhofaza maqsadida 2 tabletka ichiladi. Za-harlanishning dastlabki belgilari paydo bo‘lganida esa, yana bitta tabletka ichiladi.
¹3 xona - cho‘zinchoq penalda bakteriyalarga qarshi ¹2 vositadan ja’mi 15 ta tabletka bo‘ladi. Bular radiatsion nur ta’sir ettanidan so‘ng me’da-ichak faoliyati buzilgan paytda ichiladi; dastlab 7 ta tabletka, keyin 2 kecha-kunduz mobaynida har kuni 4 tabletkadan ichiladi.
Bakteriyalarga qaraga ¹2 xonadagi vosita yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida ichiladi, chunki nur ta’siriga yo‘liqqan organizmning himoya xususiyati susayib, shunday kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
¹4 xona - oq qopqoq bilan berkitilgan pushti rangli ikkita penalda radiatsiyadan himoya qiluvchi ¹2 vositadan 12 ta tabletka bo‘ladi. Radiatsion shikastlanishdan saqlanish maqsadida "Radiatsion xatar!" degan ogohlantiruvchi signalga muvofiq, nur ta’sir qila boshlashidan 30 - 60 daqiqa oldin yoki fuqaro muhofazasi xodimlari alohida tayinlagan vaqtda bir yo‘la bta tabletka ichiladi.
¹5 xona - bo‘yalmagan ikkita panelda bakteriyalarga qarshi ¹2 vositadan jami 10 ta tabletka bo‘ladi. Bakterial vositalarning yuqish xavfi tug‘ilganida yoki kasallik yuqib, odam jarohatlanib, kuyib qolganida shoshilinch muhofaza chorasi sifatida shu tabletkadan 6 tasini, oradan 6 soat o‘tgach, yana 6 tasini ichishi shart.
¹6 xona - oq rangli panedda radiatsiyadan himoa qiluvchi ¹2 vositadan ja’mi 10 ta tabletka bo‘ladi. Radiofaol moddalardan zaharlangan joylarda o‘tlab yurgan sigirlarning sutidan foydalaniladigan bo‘lsa, 10 kun davomida har kuni bir donadan ichiladi.
¹7 xona - oq rangli panealda jami 5 ta tabletka bo‘lib, ular qusishga qarshi vositadir. Odamning boshi lat egani, silkinganida yoki birlamchi nur reaksiyasi ta’siri natijasida paydo bo‘lgan qusishning oldini olish maqsadida shu tabletkadan bir donadan ichiladi.
Umuman olganda, mazkur shaxsiy dori qutichasidagi tibbiy vositalar 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va har safar katta yoshdagi kishilar dozasining 1 /4 qismi miqdorida, 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa, 1/2 qismi miqdorida beriladi. Radiatsiyadan himoya qiluvchi ¹2 vositalar bu hisobga kirmaydi, bu vositalar bolalarga to‘liq dozada beriladi.
Quticha qopqog‘ining ichki tomonida qaysi xonada qanday tibbiy vositalar borligi ko‘rsatilgan, shuningdek, ularni qanday ishlatish zarurligi haqida eslatma ham bo‘ladi.
Fosforli zaharli moddalar bilan shikastlanganda so‘lak oqishi, ko‘z qorachig‘ining torayishi, ko‘zdan yosh oqishi, nafas olishshgag qiynalishi, mu-shaklarning tirishib tortishishi qayd etilganida, tibbiy xodim etib kelgunicha 3- 4 tabletka besalol ichiriladi yoki darhol tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilinadi. Bunday hollarda kimyoviy zararlanish o‘chog‘iga kirishdan oldin shaxsiy individual aptechka /AI 2/ dan muhofazaviy dozada 1 tabletka (antidot- ziddizahar) olib ichib, kimyoviy muhofaza kiyimi, rezina etik, qo‘lqop va protivogaz (gazniqob) larni kiyib olish zarur.
Fosforli zaharli moddadan shikastlanish ro‘y berganida gazniqob kiyib olingandan keyin darrov og‘ir shikastlangan odamga 2 doza, o‘rtacha shikastlangan odamga esa, 1 doza miqdoridagi ziddizahar tyubik-shprits yordamida mushaklari orasi yoki terisi ostiga yuboriladi. Engil darajada shikastlangan odamga gazniqob kiydirishdan oldin tilining tagiga tashlash uchun shaxsiy aptechkaning ¹2 xonasidagi qizil rangli pshaldan 2 tabletka ziddizahar olib ichiriladi yoki tyubik-shprits yordamida 1 doza ziddizahar yuboriladi. So‘ngra badan terisining ochiq joylari kimyoviy moddaga qarshi shaxsiy, individual paket /IGSH/ dagi maxsus suyuqlik bilan qisman sanitariya ishlovidan o‘tkaziladi. Bunday maqsadlarga IPP-8, IPP-9 va IPP-10 lardan ham keng foydalanish mumkin.
Gazniqob kiyib olingan bo‘lsa, paketni ochib, tamponni suyuqlik bilan ho‘llash va badan terisining ochiq joylari, bo‘yin va qo‘llarni, kiyim yoqasi va eng uchlarining badanga tegib turgan joylari, shuningdek, gazniqobning yuz qismini ham artish zarur.
Gazniqob kiyilmagan bo‘lsa, ko‘zni mahkam yumib, yuz va bo‘yin terisini maxsus suyuqlik bilan ho‘llangan tampon yordamida artish joiz. Ko‘zni ochmay turib, uning atrofydagi terini quruq tampon bilan artgach, gazniqob kiydi-riladi. So‘ngra yana tamponi ho‘llab, qo‘l panjalari, kiyim yoqasi bilan eng-larning badanga tegib turadigan sohalari artiladi. Bu suyuqlik bilan yuz te-risiga ishlov berilayotganida ko‘zni nihoyatda ehtiyot qilish lozim.
Favqulodda vaziyatlar yuz berganda aholining muhofazasi uchun shaxsiy himoya vositalari mavjud. SHaxsiy himoya vositalari inson tanasi ichiga, te-risiga va kiyim-boshlariga turli zaharlovchi, radiofaol moddalar, bakterial vositalar tushmasligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Bular avvalambor GP-5 va eng yangi rusumdagi GP-7 fuqarolar gazniqoblaridir. SH-7 nafas yo‘llarini, ko‘z va yuzni zaharli moddalardan ishonchli muhofaza qiladi.
Bir yarim yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun shaxsiy himoya vositasi sifatida KZD-3 maxsus bolalar himoya kamerasidan foydalanish mumkin. Uning korpu-siga o‘rnatilgan ko‘rish oynasi bolaning nima bilan mashg‘ul ekanligini kuzatish imkoniyatini beradi. Kamera qo‘lda va elkada ko‘tarib yurishga mo‘ljallangan uni chang‘i yoki bolalar aravachasining shassisiga ham o‘rnatish mumkin SHuningdek, respiratorlar ham mavjud bo‘lib, ular nafas yo‘llarini radiofaol, ishlab chiqarishdagi va tabiiy changlardan himoyalanish uchun ishlatiladi. Ulardan bakterial vositalar bilan zaharlangan erlar, aerozol ko‘rinishdagi havoga yoyilgan bakterial vositalarga qarshi himoyalanishda ham foydalanshi mumkin . 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kattalarnikidan o‘lchami bilan farq qiladigan bolalar respiratorlari ham mavjud.
Bundan tashqari yuqorida ta’kidlaganimizdek, shaxsiy bog‘lam paketi (GSHI), kimyoviy moddalardan shaxsiy muhofaza paketi (IPP-8), shaxsiy dori qutichasi (IA-2) ham muhofaza vositalari turkumiga kiradi.
Gaznniqob va respiratorlardan tashqari nafas olish a’zolarini himoyalash maqsadida uy sharoitida oddiy vositalaridan ham foydalanish mumkin. Ularga paxta-doka yoki satin bog‘lamlari, changga qarshi mato niqoblar kiradi.
Terini himoyalashning oddiy vositalariga esa, ishlab chiqarish jarayoniga moslangan (brezeyat yoki uning aralashmasidan tikilgan maxsus kapyushonli plashlar, rezina aralashmasi, xlorvinil bilan qoplangan matolardan tikilgan) kiyimlar kiradi.
Bunday murakkab sharoitlarda faqat zarurat tug‘ilsagina, bunga tegishli shart-sharoitlar bo‘lsagina, shikastlanganlarga sun’iy nafas oldirish usullari qo‘llanadi va ular iloji boricha tezroq davolash muassasasiga jo‘natilishi shart. Zaharli moddalardan shikastlanishga yo‘l qo‘ymaslik yoki uning oqibatlarini susaytirish maqsadida shikastlanganlar sanitariya shilovidan o‘tkazilishlari zarur. Bunda ularning kiyim-kechaklari, himoya vositalari, shuningdek, barcha anjomlari tegishli usullar bilan zararsizlantiriladi, ya’ni degazaniya qilinadi. Bunday sanitariya ishlovi sharoit va zaruratga qarab, qisman yoki to‘llq bo‘lishi mumkin.
6-BOB. “ Fuqaro muhofazasi bo‘yicha aholini o‘qitish”
Ishchi-xizmatchilar va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini o‘qitishdan maqsad, vazifalari va usullari, fuqaro muhofazasi tuzilmalari
bilan mashq qilish.
Texnogen, tabiiy hamda ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, talofatlarni kamaytirishda ijobiy ko‘rsatgichlarga erishish-aholining barcha tabaqalarini favqulodda vaziyatlarga qanchalik tayyorgarligiga, ularning bu sohadagi bilim saviyalariga chambarchas bog‘lik. SHu maqsadda aholini barcha tabaqalarini favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish sohasiga muntazam o‘rgatilib boriladi. Ularning favqulodda vaziyatlarga tayyorligini tekshirish maqsadida komanda-shtab, taktik-maxsus va kompleks o‘quv mashqlari muntazam o‘tkaziladi.
Uch kecha-kunduzgacha davom etadigan komanda-shtab o‘quv mashqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida 5 yilda bir marta, shaharlar va tumanlarda 3 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Taktik-maxsus o‘quv mashqlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda 3 yilda bir marta o‘tkazilib, olti soatgacha davom etadi.
Ikki kecha-kunduzgacha davom etadigan kompleks o‘quv mashqlari xodimlari soni 300 dan ortiq bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda hamda 600 dan ortiq o‘ringa ega bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalarida 3 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Boshqa tashkilotlarda 6 soatgacha davom etadigan mashg‘ulotlar 3 yilda bir marta o‘tkaziladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda boshlang‘ich o‘rta va oliy kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari bilan mashg‘ulotlar har yili o‘tkaziladi.
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi komanda-shtab o‘quv mashqlari.
Komanda-shtab o‘quv mashqlari shahar, tuman FVDT xizmatlari, boshqaruv organlari rahbarlari hamda evakuatsiya komissiyalari, avariya-qutqaruv bo‘linmalari va tuzilmalar boshliqlari tarkibini birgalikda o‘qitish va tayyorligini tekshirishning asosiy shakllaridan biridir.
Komanda-shtab o‘quv mashqlarining mohiyati shundan iboratki, barcha mashq qatnashchilari aholi va hududlar muhofazasini tashkil etish, tarmoq barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tarmoqda avariya, halokat, tabiiy ofat yoki zamonaviy qurollar tufayli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda (uning miqyosini va texnologik xususiyatlarini hisobga olgan holda) aniq sharoitdan kelib chiqib tasarruflaridagi mavjud kuch va vositalarni boshqarish bo‘yicha o‘z funksional majburiyatlarini bajaradilar.
O‘quv mashqlari rahbariyat tarkibi qaramog‘idagilarni boshqarishda mustahkam ko‘nikmalar hosil qilishga, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lish tahdidi paydo bo‘lganda, uning rivojlanishini to‘xtatishda hamda uning oqibatlarini bartaraf etishda sharoitni to‘g‘ri baholashga imkon beradi. Fuqaro muhofazasi rejasidagi tadbirlarni mashq qilish davomida qay dadrajada to‘g‘ri rejalashtirilganligini baholash va zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanganda oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qaror qabul qilish, ijrochilarga aniq vazifalar berish va ularning bajarilishini tashkil etish o‘quv mashqlarining maqsadidir.
Tarmoqlardagi komanda-shtab mashqlari mustaqil tadbiri sifatida hamda yuqori organlar (shaharda, u o‘tkaziladigan o‘quv mashqlari) tarkibida o‘tkaziladigan tarmoq mashqi sifatida ham olib borilishi mumkin.
Bunday o‘quv mashqlarini sifatli tayyorlash va o‘tkazilib
borilishi uchun mavzu, o‘quv mashqining maqsadi, mashq savollarini va boshqa kerakli ma’lumotlarni hamda tashkiliy ko‘rsatmalarni tayyorlayotganda fuqaro muhofazasiga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyruq va direktivalari, navbatdagi o‘quv yili uchun tashkiliy ko‘rsatmalar, vazirlik hay’at yig‘ilishining qarorlari talablari asos qilib olinishi zarur bo‘ladi.
Komanda-shtab o‘quv mashqlarini o‘tkazishda rahbarlar tarkibi, tuzilmalar sardorlari hamda o‘quv mashqiga jalb etiladigan boshqa qatnashchilarning fuqaro muhofazasi bo‘yicha tayyorgarlik darajasi yaqqol namoyon bo‘ladi va o‘z natijasini beradi.
O‘quv mashqiga rahbarlik. Komanda-shtab o‘quv mashqi “boshliq o‘z qaramog‘idagilarni o‘qitadi” tamoyiliga asosan tashkil etiladi va olib boriladi. Barcha ishlarning tashkilotchisi tarmoq fuqaro muhofazasi boshlig‘i (rahbari)dir.
Tumanda komanda-shtab o‘quv mashqini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha barcha ishlarning tashkilotchisi viloyat hokimi-fuqaro muhofazasi boshlig‘i bo‘lib, u o‘quv mashqi rahbari hisoblanadi.
O‘quv mashqi rahbarining o‘rinbosarlari va yordamchilari etib viloyat miqyosidagi fuqaro muhofazasi xizmatlari, boshqarma boshliqlari yoki mashqga jalb etilayotgan tarmoqlarning rahbarlari tayinlanadilar.
Mashqning rahbariyat shtabi - mashq rahbarining ko‘rsatmasiga asosan mashqni tayyorlash va o‘tkazishni tashkillashtiradi.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i rahbariyat shtabining boshlig‘i - mashq rahbarining o‘rinbosari hisoblanadi. Tuman miqyosida o‘tkaziladigan o‘quv mashqi asosiy hujjatlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanib, favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari bilan kelishiladi.
Komanda-shtab o‘quv mashqi ko‘p sonli rahbariyat, komandalar tarkibi, fuqaro muhofazasi xizmati, evakoorganlar, ichki tuzilmalar bo‘linmalari, rahbarlari jalb etilgan yirik iqtisodiyot tarmoqlarida o‘tkazilganda, tarmoq rahbari - fuqaro muhofaza boshlig‘i faqat mashq o‘tkazishga rahbarlik qilib, fuqaro muhofazasi boshlig‘i vazifasini bosh muhandisga yoki o‘zining muovinlaridan biriga topshiradi.
Komanda-shtab o‘quv mashqini bevosita tayyorlash va o‘tkazish tadbirlarini bajaradigan bir yoki bir nechta tarqoq hududlarda joylashgan yirik tarmoklarda o‘quv mashqi rahbarining muovini (yordamchisi) tayinlanadi, rahbariyat shtabi tashkil etiladi va fuqaro muhofazasi xizmati va tarmoq ichki tuzilmalar bo‘linmalarining eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan xodimlari hisobidan vositachilar tayinlanadi.
Rahbariyat shtabi o‘quv mashqini yuqori darajada tashkil etish va sifatli o‘tkazishni ta’minlovchi eng kam miqdordagi zarur tarkibda tashkil etiladi. Uncha katta bo‘lmagan tarmoqlarda rahbariyat shtabi o‘rniga ikkita-uchta odamdan tashkil topgan boshqaruv guruhi tashkil etilishi mumkin.
O‘quv mashqining rahbari o‘quv mashqi o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan dastlabki ma’lumotlarni va uning umumiy maqsadini aniqlaydi. Dastlabki ma’lumotlar - mavzu, o‘quv mashqining maqsadi, mashq bosqichlari va ularning o‘quv savollari (har bir o‘qitilayotgan bosqichda), o‘qitilayotgan rahbarlar tarkibi va boshqaruv organlari, fuqaro muhofazasi xizmati, mashq davomida belgilangan tadbirlarni bajarishga (ishlab chiqarish barqarorligini oshirish masalalari, favqulodaa vaziyatlarning oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish) jalb etiluvchi shtatdagi avariya-qutqaruv bo‘linmalari, maxsus tuzilmalar, mashqning o‘tkazish muddati, vaqti va joydagi vositachilar tarkibi aniqlanadi.
O‘kuv mashqi o‘tkaziladigan joylarni tayyorlash borasidagi tadbirlar kerak bo‘lganda sharoitni va o‘quv-moddiy bazasi miqyosini taqlid qilish uchun joy va vositalarni hisobga olgan holda tuziladi.
Komanda-shtab o‘quv mashqi savollarini ishlab chiqish uchun tinchlik davrida sodir bo‘lishi ehtimol favquloda vaziyatlarga va harbiy harakatlar davridagi zararlar miqdoriga juda yaqinlashtirilgan ko‘rgazmali murakkab sharoitlar yaratilishi lozim. U o‘quv mashqining qatnashchilarini faol va tashabbuskorona harakatlarga yondoshmog‘i, ularni izlanishga va maqsadga muvofiqroq qarorlar qabul qilishga, kuch va vositalar yordamida manevrlarni amalga oshirshga majbur etmog‘i, qo‘yilgan vazifalarni, birinchi navbatda odamlarni qutqarish bilan bog‘liq ishlarni o‘z vaqtida bajarish uchun barcha texnika va boshqa vositalaridan to‘la foydalanishga majbur etmog‘i lozim.
Komanda-shtab o‘quv mashqini olib borilayotganda rahbar uning reja bilan mutanosib holda olib borilishiga, o‘quv savollarini ishlab chiqish va amaliy tadbirlarning to‘la hajmda o‘tkazilishiga, rahbariyat tarkibi tomonidan qaramog‘dagilarga vazifalarni to‘g‘ri va aniq qo‘yilishiga alohida e’tibor qaratmog‘i lozim.
Amaliy tadbirlarni bajarish vaqtida ishchi-xizmatchilar va ularning oila a’zolarini muhofaza qilish bo‘yicha hamda ishlab chiqarish barqarorligini oshirish bilan bog‘liq eng muhim epizodlarga ishlab chiqishning rahbari shaxsan o‘zi o‘tkazadi.
O‘quv mashqi tugagandan so‘ng o‘rganuvchilarning harakatini baholaydi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar qo‘yadi.
Rahbariyat shtab (boshqaruv guruhi) rahbarining ko‘rsatmasiga binoan o‘quv mashqlarini tashkil etish, ularni tayyorlashni va o‘tkazilishini ta’minlaydi.
SHtab rahbariyati majburiyatlari jumlasiga rahbarning mulohazalariga asoslangan o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, vositachilarni tayyorlashni tashkil qilish, barcha qatnashchilarni, o‘quv-moddiy bazasini, boshqaruv punktlarini, o‘rganuvchilarning ish joylarini, aloqa va xabar berish vositalarini tayyorlashni nazorat qilish, o‘quv mashqini olib borish jarayonida vositachilar ishini tashkil etadi, qatnashchilarning harakatlarini umumlashtiradi va baholaydi, xabarlar (signal)ning berilishi va uning joylarga tug‘ri va aniq etkazilishini nazorat qiladi, sharoitdan kelib chiqqan holda qaror qabul qilish uchun takliflar tayyorlash, ularni rasmiylashtirilish ishlarini olib boradi.
Mashq rahbarining ma’ruzasida mavzu va o‘quv mashqi masalalari, qatnashchilarning tarkibi, ular harakat qilgan sharoit eslatib o‘tiladi. So‘ngra rahbariyat va sardor-boshliqlar tarkibining ishi, ularning tez va mohirona qrorlar qabul qila olish mahoratlari, qaramog‘dagilarning harakatlariga rahbarlik qilishlariga hamda o‘quv mashqi masalalarini ishlab chiqish va mashq maqsadiga erishishning to‘laligiga baho beriladi.
Muhokamani ish xaritasi, tasviriy chizmalar, grafiklar, jadvallar, qisob-kitoblar va boshqa hujjatlar namoyish qilish orqali olib boriladi.
Umumiy muhokamagacha o‘quv mashqida qatnashgan FVDT xizmatlari va tuzilmalarining qisman muhokamalari o‘tkazilishi mumkin. Ularni rahbarning o‘rinbosarlari va vositachilar o‘tkazadilar.
Fuqaro muhofazai maxsus- taktik o‘quv mashg‘ulotlari va qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, o‘tkazish.
O‘quv mashqlarini tashkil etish asoslari. Taktik-maxsus mashqlari - fuqaro muhofazasining harbiy va maxsus bo‘linmalari hamda avariya-qutqaruv tuzilmalarining amaliy ishlarni bajarishga o‘rgatish, tabiiy va texnogeya xususiyatli vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratish asosiy shaklidir.
Uning asosiy maqsadlari;
- sardor-boshliqlar tarkibining avariya-qutqaruv va shoshilinch ishlarni va aholini muhofaza qilishni tashkil etish, tuzilmalarni boshqarish ishlarida amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish;
- tuzilmalarni hamda avariya-qutqaruv bo‘linmalarini aholini muhofaza etish tadbirlarini mustaqil ravishda bajarish hamda boshqa tuzilmalar, qidiruv-qutqaruv xizmati bo‘linmalari, fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan birgalikda harakat qilishga tayyorlash;
-aholini favqulodda vaziyatlardan va zamonaviy qirg‘in vositalarini qo‘llanganda uning oqibatlaridan muhofaza qilishning eng samarali usullarini qidirib topish hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, fuqaro muhofazasi boshliqlari, vazirliklar, boshqarma va tashkilotlarning qarorlariga binoan tuzilmalar harakatlari bo‘yicha me’yoriy hujjatlardagi ayrim holatlarni tekshirish maqsadida tajriba-tadqiqot taktik-maxsus o‘quv mashqlarini o‘tkazish.
Ularda kuchli vayronagarchiliklar, yong‘inlar, suv bosishlari, radioaktiv va kimyoviy zararlanish sharoitida, sardor-boshliqlar tarkibi, avariya-qutqaruv tuzilmalari va boshqa shoshilinch ishlarni olib borishga mo‘ljallangan tezkor tuzilmalarning mohirona harakatini talab etuvchi murakkab va ibratli sharoit yaratilmog‘i zarur.
O‘quv mashqlari uning miqyosi va o‘rgatilayotganlarning tarkibiga bog‘liq holda belgilangan talablarga muvofiq maxsus kiyim-bosh, texnika va uskunalar bilan jihozlanib, o‘quv mashqlariga to‘la butlangan shaxsiy tarkibda olib chiqiladigan tuzilmalar, komandalar, guruhlar va boshqa bo‘linmalar bilan olib boriladi.
Umumiy vazifalarni bajaruvchi tuzilmalar bilan o‘quv mashqlari odatda, xizmat tuzilmalari bilan birgalikda o‘tkaziladi. Masalan, qutqaruv otryadi (komanda, guruh) bilan birgalikda sanitar drujinalar (postlar), razvedka, jamoat tartibini saqlash, yong‘inga qarshi kurash, panajoylarga xizmat ko‘rsatish guruhlari ishtirok etishlari kerak. Fuqaro muqofazasi xizmatlaridan jalb etiladigan tuzilmalarning soni o‘quv mashqi mavzusiga to‘liq maqsadlariga, xarakteri, avariya-qutqaruv va shoshilinch ishlarning hajmiga bog‘likdir. Agar fuqaro muhofazasi xizmatlarining biror-bir (maxsus) tuzilmasi u yoki bu sababga ko‘ra ob’ekt taktik-maxsus o‘quv mashqiga jalb etilmagan bo‘lsa, navbatdagi kompleks o‘quv mashqigacha u bilan albatta mustaqil taktik-maxsus o‘quv mashqi o‘tkazilishi kerak.
Hududiy tuzilmalar va qutqaruv otryadlari bilan maxsus-taktik mashqlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun rahbariyat shtabi tuziladi. Bo‘linmalar, guruhlar va boshqa tuzilmalar bilan boshqaruv guruhi tashkil etiladi, tuzilmalar va taqlid bo‘yicha rahbarning yordamchilari (vositachilar) tayinlanadi. Ayrim hollarda rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi (RTTM)ning o‘qituvchilari jalb etilishi mumkin.
O‘quv mashqi raqbarining majburiyatlari o‘kuv mashqini tayyorlashda:
-tegishli me’yoriy va huquqiy hujjatlarni (qonunlar, qarorlar, yo‘riqnomalar) o‘rganish, tuzilmalarning tayyorgarlik holatini tahlil etish, dastlabki ma’lumotlarni ya’ni mavzuni, o‘quv mashqining maqsadini, o‘tkazish muddatini, o‘quv bosqichi va savollarini, jalb etilayotgan tuzilmalarning soni va tarkibini, o‘quv mashqi o‘tkaziladigan hududni, taqlid vositalarini, moddiy-texnik ta’minot masalalarini aniqlash;
-mashq o‘tkaziladigan hududlarni tayyorlash tartibini, qanday kuchlar bilan qanday muddatlarda ular tayyor bo‘lishi lozimligini belgilash;
-o‘rinbosarlar, yordamchilar, vositachilar va barcha qatnashchilarni tayyorlashni tashkil etish. Sardorlarni avariya-qutqaruv ishlari olib borilayotganda boshqaruvni mohirona tashkil etishga o‘rgatish.
o‘quv mashqi olib borilayotganda:
-qarorlar va berilgan farmoyishlarni, ularning shaxsiy tarkib tomonidan bajarilish darajasi va sifatini tahlil etish;
-qo‘yilgan o‘quv maqsadlariga erishish uchun sharoitni murakkablashtirishga rahbarlik qilish;
-xavfsizlik choralari va ekologik talablarga rioya qilishni nazorat etishni amalga oshirish;
- o‘quv mashqi tugagagandan so‘ng muhokama o‘tkazish, bo‘limlar va tuzilmalar shaxsiy tarkibi harakatlarini baholash.
Rahbariyat shtabi zimmasiga o‘quv mashqini tayyorlash va o‘tkazish, harakat hududini jihozlash bo‘yicha hujjatlarna ishlab chiqish hamda o‘quv mashqi tugagandan so‘ng tuzilmalarni yig‘ish va ularni doimiy ish joylariga qaytarishni, amaliy ishlar olib borilgan hududni tartibga keltirishni nazorat etishni amalga oshirish yuklanadi.
O‘quv mashqini tayyorlash va o‘tkazishning moddiy-texnik ta’minoti tuzilmalarni zarur texnika, yoqilg‘i-moylovchi materiallar, taqlid vositalari va boshqa materiallar, talabdagi zahirasi bo‘lgan maxsus jihozlar bilan ta’minlash, ovqatlanishni tashkil qilishdan iboratdir.
Haqiqatga yaqinlashtirilgan sharoit yaratish uchun suv bosish, kimyoviy zararlanish va radioaktiv ifloslanish zonalari belgilanadi, vayronalar, yong‘inlar, kommunal-energetika tarmoqlaridagi halokatlar, toshqinlar (otilib chiqish) taqlid qilinadi.
Taqlid boshqariladigan, uni tayyorlash va harakatga keltirishga ko‘p vaqt va katta mablag‘ talab qilinmaydigan bo‘lishi kerak. Buning uchun taqlid bo‘yicha o‘quv mashqi rahbarining yordamchisi ixtiyoriga zarur miqdordagi shaxsiy tarkib, texnika va moddiy boyliklar ajratiladi. U taqlid rejasini tuzadi, o‘quv mashqi olib boriladigan hududni zarur uskunalar bilan jihozlaydi, xavfsizlik choralariga rioya etilishni ko‘zda tutadi va nazorat qiladi.
O‘quv mashqini tayyorlash.
Tayyorgarlik talbirlarining mazmuni va hajmi o‘quv mashqi miqyosi va maqsadiga, o‘quv mashqiga jalb etilayotgan tuzilmalarning taiyorgarlik darajasiga, ularning moddiy-texnik ta’minotiga hamda mashq olib boriladigan hududning holatiga bog‘liq.
O‘quv mashqini tayyorlashda quyidagi hujjatlar ishlab chiqiladi:
-o‘quv mashqini tayyorlash va o‘tkazish qaqida buyruq;
-o‘quv mashqiga tayyorgarlikning taqvimiy rejasi;
-o‘quv mashqini o‘tkazish rejasi;
O‘quv mashqini tayyorlash va o‘tkazish haqidagi maxsus buyruq ishlab chiqiladi. Buyruqda:
-o‘quv mashqini o‘tkazish muddati va o‘rganuvchilar tarkibi;
-sardor-boshliqlar va boshqa qatnashchilar tarkibini tayyorlash tartibi;
-amaliy ish bajariladigan hududlarni tayyorlash hamda ish hajmi va mas’ul ijrochilar;
-moddiy-texnik ta’minot, shu jumladan motoresurslar, yonilg‘i, taqlid vositalari;
-o‘quv mashqini o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha choralar aniq belgilangan bo‘lishi lozim.
Taqvimiy rejada:
-rahbarning yordamchisini, sardor-boshliqlar va tuzilmalarning barcha shaxsiy tarkibini tayyorlash borasidagi tadbirlar;
-hujjatlar ro‘yxati, ularni ishlab chiqish muddati va buning uchun mas’ul shaxslar;
-o‘quv mashqi va taqlid hududini tayyorlash borasidagi gadbirlar;
-aloqa va xabar berish xizmatini tashkil etish masalalari yoritib beriladi.
Taqvimiy reja tarmoq rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
O‘quv mashqini o‘tkazish uslubi.
O‘quv mashqini shaxsiy tarkibga xabar berish va yig‘ish, texnikani olib borish va ularning harakatga tayyorligini tekshirish kerak.
Taktik vazifalar (buyruqlar, ko‘rsatmalar)ni yoki shartli topshiriqni topshirgandan so‘ng sardorlarga olingan vazifani tushunib olishi, sharoitni baholashi, qaror qabul qilishi va qaramog‘idagilarga vazifa berishi uchun zarur bo‘lgan vaqt beriladi.
Tuzilmalar sardorlarining qutqaruv ishlarini tashkil etish borasidagi qarorini o‘quv mashqi rahbari eshitib ko‘radi va tasdikdaydi. Bunda asosiy e’tiborni uning maqsadga muvofiqligi va vujudga kelgan sharoitga to‘g‘ri kelishiga, kuch va vositalardan foydalanishning samaradorligiga, berilgan vazifani bajarish uchun belgilangan muddatlarning realligiga, vazifaning aniq qo‘yilishiga, boshqaruv va muvofiqlashuvni tashkil qilish usullariga qaratish lozim.
Tuzilmalar o‘rtasidagi doimiy va yaqindan o‘zaro hamkorlikni ham esdan chiqarish mumkin emas. Bu narsa, shu lahzalarda falokatga uchragan odamlarni qutqarish va muhofaza qilish bo‘yicha eng muhim vazifalarni hal etayotgan bo‘linmalar manfaatlari yo‘lida amalga oshirilishi va qo‘llab-quvvatlanishi lozim.
O‘quv mashqi avariya-qutqaruv ishlari nihoyasiga etganligini e’lon qilish bilan yakunlanadi.
Mashq yakunida rahbar shaxsiy tarkib va texnikani tekshirish, o‘quv mashqi olib borilgan hududni tartibga keltirish hamda muhokama o‘tkazish joyi va vaqti haqida ko‘rsatma beradi.
O‘quv mashqi muhokamasi.
Bu o‘quv mashqining yakuniy qismidir. Uning maqsadi har taraflama tahlil qilingandan so‘ng yakun yasash, o‘quv maqsadlariga erishish va vazifalarning bajarish darajasini aniqlashdir.
Muhokamani oldindan tayyorlab qo‘yilgan materiallar va vositachilar tomonidan o‘quv mashqi davomida tuzilmalar harakati to‘g‘risida aniq erishilgan natijalarini takdim etilgan ma’lumotlar asosida rahbar o‘tkazadi.
Muhokamaning boshida mavzu, o‘quv mashqining maqsadi, taktik o‘quv mashqi mavzusiga tegishli rahbariyat hujjatlarining asosiy talablari bayon etiladi. So‘ngra tuzilmalar shaxsiy tarkibining o‘quv mashqi aniq harakatlari muhokama etiladi. Bunda asosiy e’tiborni:
-qabul qilinadigan qarorlarning to‘g‘riligi va maqsadga muvofiqligi, avariya-qutqaruv bo‘linmalarining tashkil etilishiga qo‘yilgan vazifalarning aniqligi va o‘z vaqtidaligi;
-razvedkani olib borish va uning natijalari;
-o‘quv mashqiga jalb etilgan barcha tuzilma va bo‘linmalar o‘rtasida uzluksiz hamkorlikni ushlab turish;
-tuzilmalarning belgilangan hududga qarab harakat qilishining o‘z vaqtidaligi va uyushganligi;
Bajarilgan amaliy harakatlar natijalari, mexanizatsiya va texnika vositalaridan foydalanishning samaradorligi, moddiy-texnik ta’minotning o‘z vaqtidaligi va sifati, texnika xavfsizligi talablariga rioya qilishiga qaratiladi.
Muhokama so‘ngida rahbar o‘quv maqsadlariga erishish natijasini aniqlaydi, tuzilmalarning harakatlariga aniq baho beradi va kamchiliklarni aytib, bundan keyin tuzilmalarni tayyorlashda nimalarga e’tibor berish kerakligini ko‘rsatadi.
Kompleks o‘quv mashqlarida:
-ob’ektlarda ishlab chiqarish faoliyati to‘xtatilmagan sharoitda tegishli signalni olishdan tortib, avariya-qutqaruv boshqa shoshilinch ishlarni o‘tkazish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular oqibatlarini bartaraf borasidagi fuqaro muhofazasi tadbirlari kompleks qilib chiqiladi;
-olib borishi zarur bo‘lgan ishlarni amalga oshirish masalalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga, erishilgan darajaga berilgan bahoga qarab o‘rganib chiqiladi. Rejani tadqiqotlar boshchiligida bosh mutaxassislar, tadqiqot rahbarlari o‘rganib chiqadilar.
Birinchi yo‘nalish. Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’ektlari ishchilari va xizmatchilarini va ularning hayotiy faoliyatlarini muhofaza qilishni ta’minlash:
1.Ishlab chiqarish xodimlariga (aholiga) favqulodda vaziyat haqida xabar berish.
2.Ishlab chiqarish xodimlari yashirinishini ta’minlash (muhofaza inshootlari fondini yaratish).
3.Xavfli joylardan aholini evakuatsiya qilish.
4.SHaxsiy muhofaza vositalari va tibbiy yordam vositalari, radiatsiyaviy, kimyoviy, biologik zaharlanish va sharoitni nazorat qilish, uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.
5. Hayotiy faoliyatni ta’minlash - oziq-ovqatni, suvni zararlanishdan muhofaza qilish.
Ikkinchi yo‘nalish. Asosiy ishlab chiqarish fondlari va (muhandislik-texnik majmua) muhofaza qilinishini ta’minlash:
1.Temir-beton konstruksiyalardan karkas tipida juda muhim iqtisodiyot ob’ektlarini qurish.
2.Kam qavatli, sal chuqurlashtirilgan turdagi imoratlar, inshootlar qurish.
3.Muhim ob’ektlarni er ostiga, kon kovlanmalariga joylashtirish.
4.Konstruksiyalar mustahkamligini oshirish.
5.Vertikal konstruksiyalarni gorizontallariga almashtirish.
6. Imoratlarni, inshootlarni o‘rash (tuproq tortish). Energiya, suv, gaz, issiqlik ta’minoti tizimlarini barqaror ishlashini ta’minlash.
Uchinchi yo‘nalish. Iqtisodiyot ob’ektlarini favqulodda vaziyatda barqaror ishlashga oldindan tayyorlash. SHikastlovchi ikkilamchi omillar ta’sirini cheklash:
1.Texnologik jarayonlarni favqulodda rejimlarda ishlarga tayyorlash;
2. Favqulodda vaziyatlar tasirini kamaytirish;
3.Ehtimoli bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish.
O‘rganuvchilarning har bir toifasi uchun tayyorgarlik shakl va usullari bir kompleksda qo‘llaniladi. Masalan, rahbariyat va boshliqlar tarkibi uchun komanda-shtab o‘quv mashqi, tuzilmalar uchun maxsus-taktik, qolgan qatnashchilar uchun mavjud sharoitga to‘g‘ri keladigan ma’lum vazifalarni bajarishda olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar va mashqlar.
O‘z mohiyati bo‘yicha kompleks o‘quv mashqlari- shu ob’ektning fuqaro muhofazasi, favqulolda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish masalalari bo‘yicha tayyorligining namoyishidir.
O‘quv mashqiga tayyorlanish. O‘quv mashqini tayyorlash korxona rahbari- fuqaro muhofazasi boshlig‘i zimmasidadir.
Mashqni tayyorlash va o‘tkazish uchun rahbarning o‘rinbosari va yordamchilari tayinlanadi, rahbariyat shtabi yoki boshqaruv guruhi tuziladi.
Kompleks o‘quv mashqiga tayyorgarlik taqvimiy rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Reja ixtiyoriy ravishda tuziladi, uni rahbariyat shtabi boshlig‘i imzolaydi va o‘quv mashqi rahbari tasdiqlaydi.
O‘quv mashqini o‘tkazish uchun rahbarning ko‘rsatmalari asosida quyidagi hujjatlar tayyorlanadi:
-o‘quv mashqini o‘tkazish rejasi;
-tashkiliy ko‘rsatmalar;
-o‘rinbosar va yordamchilar (vositachilarning shaxsiy rejalari;
- ta’minot rejasi (moddiy-texnik, aloqa, taqlid, komendantlik xizmati va boshqalar);
- xavfsizlik choralari bo‘yicha yo‘riqnoma.
O‘quv mashqini o‘tkazish va uning mavzusiga, o‘quv maqsadlari va miqyosiga bog‘liq bo‘lgan bosqichlar bo‘yicha rejalashtiriladi. Har bir bosqich harakatning ma’lum bir davrini qamrab olgan masalalarni o‘z ichiga olishi kerak. Masalan, o‘quv mashqi rahbariyati tarkibiga tabiiy ofat yoki texnogen xususiyatli favquloddd vaziyatlar sodir bo‘lgani haqidagi xabarni etkazish bilan boshlanishi mumkin.
Bu bosqichda favqulodld vaziyatlar bo‘limiga, xizmatlar va tuzilmalarga xabar berish va shtabda shoshilinch ko‘riladigan masalalar ishlab chiqiladi. Boshqaruv joyi tashkil etiladi, muhofaza inshootlari tayyor holga keltiriladi, agar zaruriyat bo‘lsa, u holda shaxsiy muhofaza vositalari beriladi, ob’ekt barqarorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar hamda “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishda harakat qilish rejasi”da ko‘zda tutilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Keyingi bosqichda (o‘quv mashqi maqsadiga muvofiq) ishlab chiqarishni halokatsiz to‘xtatish, avariya oqibatlarini kamaytirish, ishchi va xizmatchilarni qisman evakuatsiya qilish, korxonada qolayotganlarni muhofaza qilish, tuzilmalarni to‘la tayyor holga keltirish masalalari ishlab chiqilishi mumkin.
Uchinchi bosqichda, avariya-qutqaruv xizmatlari va tuzilmalar tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlarini va jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish masalalari hal etiladi.
O‘quv mashqini o‘tkazish rejasi. O‘quv mashqi masalalarini ishlab chiqish ketma-ketligini aniqlaydigan asosiy hujjat - o‘quv mashqini o‘tkazish rejasidir.
Rahbar o‘quv mashqi rejasini tadbirlarning boshlanishidan kamida ikki hafta avval tasdiqdaydi.
Korxona o‘quv mashqiga tayyorgarlik borasida tashkiliy ko‘rsatma rahbarning buyrug‘i sifatida rasmiylashtiriladi va ijrochilarga avvalroq (odatda o‘quv mashqi boshlanishidan bir oy oldin) etkaziladi.
Sardorlarning ma’ruzalaridan keyin tuzilmalar joylariga qaytgandan so‘ng rahbar o‘quv mashqini yakunlaydi.
O‘quv mashqini baholash mezoni. Vazifalariing tayyorlik darajasini, sifati va bajarilish samaradorligini, boshqaruv organi, xizmatlar va tuzilmalar ishining o‘quv mashqidagi faolligini baholash uchun o‘zini amalda oqlagan asosiy sifat va miqdor ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin.
Bulardan tashqari quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
-umumiy tashkilotchilik;
-qabul qilingan qarorlarning to‘g‘riligi va maqsadga muvofiqligi;
-o‘quv mashqi davomida yaratilgan hujjatlarning to‘laligi va maqsadga muvofiqligi;
-qarorlarning o‘z vaqtida etkazilishi va ularning o‘z vaqtida bajarilishi;
-hamkorlikni tashkil qilish va qo‘llab-quvvatlash;
-xavfsizlik qoidalariga rioya qilish e’tiborga olinishi lozim.
Umumiy baho quyidagicha qo‘yiladi:
-“a’lo” baho, agarda 50 va undan ko‘p foiz ko‘rsatkichlar ”a’lo”ga baholangan, 25% dan kam bo‘lmagani “yaxshi”ga va ”qoniqarsiz” baholar bo‘lmagan takdirda;
-“yaxshi” baho, agarda 50% dan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichlar ”a’lo” va “yaxshi” bahoga, qolganlari “qoniqarli” baholangan bo‘lsa;
-“qoniqarli” baho, agarda 65% dan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichlar “qoniqarli” baholanganda.
Ishlab chiqilgan hujjatlar sifatsiz yoki sifati past bo‘lganda, xizmatlar va tuzilmalar ishida tashkilotchilik bo‘lmaganda umumiy baho bir ballga pasayadi.
O‘quv mashqi muhokamasi. Xotima qism - muqokamani korxona rahbari shaxsan o‘zi o‘tkazadi. Rahbar muhokamaga oldindan tayyorlanishi kerak. Mashq davomida u daliliy ma’lumotlar to‘playdi, o‘rinbosarlari va rahbariyat axborotlarini eshitadi.
Muhokama oxirida rahbar o‘quv maqsadiga erishish darajasini aniqlaydi, har bir toifada o‘rgatilayotganlarning harakatlariga baho beradi va keyingi o‘quv jarayonlarida yoki qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ochilgan kamchiliklarga barham berish borasida vazifalar qo‘yadi.
Umumiy muhokamadan so‘ng o‘rinbosarlar va yordamchilar xizmatlar va tuzilmalar, qidiruv-qutqaruv bo‘linmalari (agarda ular jalb etilgan bo‘lsalar) bilan shaxsiy muhokama o‘tkazadilar.
Ob’ektda o‘quv mashqi natnjalari asosida kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlari rejasi tuziladi, “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etishda harakat qilish rejasi” va “Fuqaro muhofazasi rejasi”ga zarur tuzatishlar kiritiladi, mashq yakuni bo‘yicha fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyrug‘i chiqariladi. O‘quv mashqida xavfsizlik choralarini tashkil qilish va ta’minlash uchun rahbar javobgardir. U xavfli joylarda komendantlik (tartibga solish) xizmatini joriy qilish, yong‘inlar, vayronalar, kommunal-energetika tarmoqlaridagi avariyalarni taqlid qilish, bu uchastkalarni to‘sib (qurshab), belgilab qo‘yishi shart. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘quv mashqida xavfsizlik choralari bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilib, barcha shaxsiy tarkib tomonidan uning o‘rganilishini tashkil etishi shart.
Xavfsizlik choralariga rioya qilish uchun javobgarlik o‘quv mashqida qatnashayotgan tuzilmalar sardorlari zimmasiga yuklanadi. Ular shaxsiy tarkib bilan yo‘riqnomani o‘rganishlari, xavfli hududlyarni (joylarni) belgilash tartibini ko‘rsatishi, texnika va transport vositalarining soz holatda ekanligiga ishonch hosil qilishlari shart.
O‘quv mashqida quyidagilar taqiqlanadi:
-xavfli taqlid vositalari va boshqa buyumlarni transportda odamlar bilan birgalikda tashish;
-nosoz texnikani ishlatish;
-troslarga chiqish, ko‘tarma kranlarning o‘qi (strelasi) ostida, ekskavatorlarning cho‘michlari ostida turish, vayronalarda muhandislik texnikasi ishlayotgan paytda u erda turish;
-“jabrlanganlar” belgisi qo‘yilgan hududga shaxsiy tarkib va texnikani joylashtirish;
-bekatlarda chap tomonga chiqish, mashinalar o‘rtasida turish va ular ostida dam olish, yonilg‘i moddalar solingan idishlar oldida chekish;
-shaxsiy tarkibdan va tez alangalanadigan materiallardan 50 metrgacha masofada tutun beradigan shashkalar yoqish va taqlid granatalarini portlatish;
-tutun bilan to‘la binolarga gazniqobsiz, gazdan muhofazalovchi komplektsiz kirish;
-mashinalarni va ularning atrofini sinchkovlik bilan tekshirmasdan turib mashinalar dvigatelini ishga solish va yurgizish;
-shaxsiy tarkib joylashgan joyda hamda engil alangalanuvchi moddalar yo‘nalishida portlovchi paketlar tashlash, yorituvchi va signal raketalarini o‘chirish;
-tegashli tashkilotlar bilan kelishmasdan turib er qazish ishlarini olib borish;
-tekshirilmagan manbalardan olingan, qaynatilmagan suvni ichish.
Tuzilmalarning sardorlar tarkibi avariya-qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni olib borishda xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagi tadbirlarni o‘tkazishi shart:
-bajariladigan ishlar hududini sinchkovlik bilan tekshirib chiqish;
-mexanizatsiya vositalari, elektr uskunalar, portlovchi moddalar va yong‘indan xavfli vositalar bilan ishlaganda texnika xavfsizliga borasida amaldagi ko‘rsatma (yo‘riqnoma)lar qoidalariga qat’iy rioya etish;
-qulab tushishi xavfi bo‘lgan bino va inshootlar konstruksiyalarini mustahkamlash yoki ag‘darib tashlash;
-ishlar olib borilayotgan joylarga ogohlantiruvchi (signal beruvchi) belgilar o‘rnatishni amalga oshirish;
-o‘quv mashqi boshlangunga qadar muhandislik texnikasi hisoblarida muhofaza vositalarida ishlash mashqlarini o‘tkazish.
Ma’naviy-ruhiy tomonidan tayyorgarlikning mohiyati, shakillari, usullari va vositalari.
Hozirgi kunga kelib Markaziy Osiyo hududida ham tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar soni tobora ortib bormoqda. Bunday sharoitda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimlarining o‘rni kuchayib boradi. Bu tizim tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda odamlar, iqtisodiyot, hududlar xavfsizligini ta’minlab beradi. Ammo bu ta’minotga faqatgina fuqaro muhofazasi faoliyati, jumladan rahbarlar va tuzilmalar shaxsiy tarkibining tayyorgarligi, aholining fuqaro muhofazasi bo‘yicha bilimlarini har tomonlama takomillashib borish bilangina erishish mumkin.
Tayyorgarlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga ma’naviy-ruhiy tayyorlash hisoblanadi. Insonning favqulodda vaziyat sharoitiga tushib qolishi doimo uning ruhiyatiga kuchli ta’sir qiladi. Tibbiyot statistikasi ma’lumotlariga ko‘ra halokatli favqulodda vaziyatlardan so‘ng ko‘pchilik og‘ir ruhiy jarohat oladi va ruhiy muolajaga muhtoj bo‘ladi.
Ruhshunos olimlar ham bunday tayyorgarlikning juda muhimligi haqida gapiradilar. Ular hayratomuz raqamni keltiradilar: harbiy qismlar jangovorlik qobiliyatining 65% askarlarning psixofiziologik holatiga bog‘lik ekan.
Favqulodda vaziyatlar sharoitida ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik mohiyati. Bu ijtimoiy ongning bir shakli bo‘lib, odamlar yurish-turishda, muomalada amal qiladigan tamoyillar, me’yorlarning majmuidir. Bu me’yorlar odamlarning bir-biriga va insoniy birlikning turli shakllari (oila, mehnat jamoasi, millat)ga muayyan ifodasidir.
Odamlarning ruhiy chiniqqanligi vahimali kayfiyat rivojlanib ketishiga to‘sqinlik qiladi, dadillashib, bor irodasini to‘plab, sodir bo‘lgan vaziyatdan chiqib ketishning to‘g‘ri, maqsadbop yo‘lini topish imkoniyatini beradi. Aks holda sarosimaga va vahima ustunlik qilib ketadi.
Hatti-harakatlarga va ularning sabablariga ma’naviy (axloqiy) baho berish ma’naviyatning o‘ziga xos bir jihatini tashkil etadi. Jamiyatda, aholining muayyan bir qatlami orasida yaxshilik va yomonlik haqida, burch, vijdon, vijdonsizlik to‘g‘risida tashkil topgan tasavvur bunday baho berishga asos bo‘lib jamiyatning mana shu tushinchalarda ifoda etadi.
Buning huquq tushinchasidan farqi shundaki, ma’naviyat tamoyil va me’yorlari davlat qonunchiligida qayd etib qo‘yilmay, ularga rioya qilish qonunga emas, balki vijdonga va jamiyatchilik fikriga asoslangan bo‘ladi.
Toshkent zilzilasi 8 ballga yaqin bo‘lib 10 soniya davom etgan birinchi silkinish 1966 yil 26 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 5.23 da qayd etilgan edi. Zilzilada qurbonlar deyarli juda kam bo‘lgan. SHunday bo‘lsa ham dastlabki silkinishning ertasidan Toshkent aholisining 11% da reaksiya holati saqlanib turgan.
YOng‘in, gaz portlashlari juda og‘ir oqibatlarga olib keladi. Hozirgi vaqtda bunga terrorchilik harakatlari ham sabab bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotchi-psixologlar P. Xochkinson va M Styuart “Halokatda omon qolish” nomli kitoblarida yozishlaricha, ko‘pchilik uchun yong‘in vaqtida uning alangasi do‘zax o‘ti bo‘lib tuyuladi. Ehtimolki, yong‘in vaqtida odamlarni qaysidir boshqa xavfli vaziyatdagidan ko‘ra ko‘proq vahima bosadi. Bu xavfli hodisaning xususiyati avval vahima qilib qochishdan iborat. Bu odamning xavfli vaziyatdan qochib qutilishga urinishidan boshqa narsa emas. Odam hamma narsani unitib, hech kim bilan hisoblashmaydi, asosiy maqsad butun vujudini qamrab olgan, ba’zan mutlaqo asossiz qo‘rquvdan qutilish bo‘ladi.
YOng‘indagi vaziyatni odam o‘zining omon qolishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid deb tushinadi, badanni muzdek ter bostirib yuboradigan, qattiq qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi, fojia bir zumlikkina bo‘lib tuyuladi, miyada esa harakat qilish kerak, degan fikr tug‘iladi.
Fuqaro muhofazasida ruhiy tayyorgarlik- bu odamlarda ruhan chidamlilikni shakllantirish yoki qo‘yilgan vazifalarni bajarish, tinchlik va urush vaqtidagi xavfli vaziyatlarda fidokorona harakat qilish qobilitini kuchaytirishdagi xislatlarini hosil qilish demakdir.
Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikning shakli, usullari va vositalari. Favqulodda vaziyatlardagi hatti-harakatlarga tayyorlash sohasidan bir nechta misollar keltiramiz.
“O‘tdan qo‘rqish”ni engish. Odam sakrab o‘ta oladigan kenglikda uzun zavur qaziladi. Unda ishlatib bo‘lingan solyarka yoki boshqa yonadigan suyuqlik to‘ldirib, yoqib yuboriladi. Olov devor hosil qilib yonayotganda, ta’lim olayotganlar muhofaza kiyimlarini kiyib sakrab, shu olv devoridan o‘tadilar. Bunda, har ehtimolga qarshi, olov devorning ikki tomonidan suv shlanglari ushlagan odamlar turishadi.
“Balandlikdan qo‘rqish”ni engish. Xodalardan to‘rt qavatli uy maketi quriladi. Balandlikda xoda ustida mashq qilinadi. Mashq qilayotganlar xavfsizlik kamarini bog‘lab oladilar va ular baland minoraga chiqib, undan qutqarish arqoni yordamida pastga tushadilar.
“Suvdan qo‘rqish”ni engish. Suvli to‘siq ustiga uzunligi 100 metrli tebranma ko‘prik quriladi. Ta’lim oluvchilar shu ko‘prik ustidan yurib, suv to‘siqlaridan o‘tadilar.
Tayyorgarlikning bunday usulda olib borishda odamlarda favqulodda vaziyat yuz berganda esankirab qolmaslik, chidam va mardlik ko‘rsatish hissini shakllantiradi.
Mashg‘ulotlar va o‘quv mashqlarini yuqori saviyada, kechasi va kunduzi, murakkab ob-havo sharoitlarida, zaharlanish zonalaridan o‘tib, vayrona uyumlarini saronjamlab, yong‘inni o‘chirib va h.k. o‘tkazishlari kerak. Faqat shunday yo‘l bilangina qiyinchiliklarni engib o‘tishga o‘rgatish, odamlarda zarur bo‘lgan ma’naviy-ruhiy xislatlarni shakllantirish mumkin.
1984 yil mart oyida Gazli zilzilasi vaqtida Kogondan kelgan sanitar drujinachilari fidokorona harakat qildilar. Biroq, ularning ayrimlari qon oqib turgan yarani va boshqa turdagi jarohatlarni ko‘rib qo‘rqib ketgan edilar. Bu sanitariya drujinalarining sardori to‘g‘ri qarorga keldi, ya’ni tegishli tashkilotlar bilan kelishib, sandrujinachilarni navbatchilik qilishga tez tibbiy yordam punktlariga yubordi. U erda sandrujinachilar kerakli xislatlarni o‘zlarida hosil qilishlari uchun davolash profilaktik tadbirlariga yordam berishdi. Bu esa o‘z navbatida ijobiy natija berdi.
Fuqaro muhofazasining muhim vazifalaridan biri bu - tinchlik va urush paytlarida favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obektlarini va aholini muhofazasini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasining Fuqaro muhofazasi tizimining mustahkamligi aholini normal hayot kechirishini ta’minlashning eng asosiy manbaidir. Fuqaro muhofazasi umumdavlat tadbirlar tizimining ishonchli qismi bo‘lib hisoblanadi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalarida ma’naviy-ruhiy tayyorlovning asosiy vazifasi bu fuqaro muhofazasiga qaratilgan davlat qarorlari talablarini ta’minlashdir.
Fuqaro muhofazasida ma’naviy-psixologik tadbirlarning mazmuni:
- fuqaro muhofazasi tuzilmalarinig shaxsiy tarkibiga va aholiga favqulotda iqtisodiyot ob’ektlarini normal ishlashini ta’minlash va xalqning normal hayot kechirishini ta’minlash haqida davlatning qarorlari va siyosatini tushuntirish;
- fuqaro muhofazasi tuzilmalari-shaxsiy tarkibi va aholini O‘zbekiston Respublikasi xalqining an’analari bo‘yicha tarbiyalash;
- shaxsiy tarkibda yuksak darajadagi ma’naviy-ruhiy xususiyatlarni: mardlik, o‘zini ushlay bilish, jasurlik, botirlik, farosatlilik, tashabbuskorlik kabi xislatlarni shakllantirish va rivojlantirish;
- favqulotda vaziyatlarda iqtisodiyot inshootlarini muhofaza qilish kabi tadbirlarga shaxsiy tarkibni tayyorlash;
- fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibiga favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish usul va vositalarni tushuntirish;
- fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkiblarini o‘z vaqtida qutkaruv ishlarini va boshqa ishlarni olib borish uchun foydalaniladigan texnikani o‘rgatish;
- zararlanganda o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam ko‘rsatish usullarini va vositalarini o‘rgatish;
- radiaktiv moddalar, zaharli moddalar, bakterial vositalar va boshqa kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda, qisman sanitariya ishlovini olib borishini o‘rgatish;
Ma’naviy-ruhiy tayyorlash usullari:
- davra suhbatlari o‘tkazish;
- doimiy ravishda boshqaruv kadrlarni shaxsiy tarkib va xalq bilan muloqotda bo‘lish;
- fukaro muhofazasi tuzilmalari va aholi o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish;
Fukaro muhofazasi vazifalarini muvaffaqiyatli bajarilishini faqatgina, oldindan, puxta uyushtirilgan ma’naviy-ruhiy tayyorlash natijasida erishish mumkin.
Fuqaro muhofazasi tashviqotini o‘rni va vazifalari.
Ishlab chiqarishda band bo‘lmagan aholinining ma’naviy-ruhiy tayyorgarligi muammosi millionlab kishilarga tegishli muammodir. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar fuqaro muhofazasi boshliqlari, favqulodda vaziyatlar boshqarma va bo‘limlari bu mavzuga ko‘proq e’tibor berishlari, ishlamayotgan aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdagi ma’naviy-ruhiy chiniqtishga yordam beruvchi tadbirlarni jonlantirish ishlarini yanada takomillashtirishlari lozim. Bunday targ‘ibotga birinchi galda kimyoviy va xavfli ob’ektlar yaqinida hamda toshqin, suv bosishi xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda istiqomat qiluvchi aholi jalb etilishi lozim.
Targ‘ibot. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni targ‘ib etishda asosiy vazifalar qanday, bunda targ‘ibot naimlardan iborat bo‘lishi kerak?
Birinchi vazifa. Tinchlik davrida va harbiy harakatlarda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi mumkinligini va ular naqadar xavfli ekanligini tushintirish.
Ikkinchi vazifa. Fuqaro muhofazasining roli ortib borayotganligini, favqulodda vazifalardan muhofaza qilish haqidagi davlat hujjatlarining mazmunini, aholining fuqaro muhofazasiga oid huquqlari va vazifalarini tushintirish.
Uchinchi vazifa. Aholiga favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni o‘rgatishga hissa qo‘shish.
To‘rtinchi vazifa. Fuqaro muhofazasi ilg‘or tajribasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish.
Beshinchi vazifa. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi tarixi va an’analarini aholi o‘rtasida tizimli targ‘ib qilish.
Targ‘ibot xushyorlik oshirilishi kerakligini, oldini olish tadbirlari o‘tkazilish muhimligini, odamlarda yuksak ma’naviy-ruhiy fazilatlarni tarbiyalash zarurligini, shuningdek beparvolik ishlab chiqarish, ijtimoiy sohaga og‘ir shikast etkazishi, eng yomoni odamlar qurbon bo‘lishi mumkinligini eslatib turishi kerak.
Texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi murakkablasha borayotganini ishlab chiqarish jarayonlari nazorat qilinishida qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lish ehtimoli mavjudligi to‘g‘risida aholi o‘rtasida tushintirish ishlarini olib borish kerak. Lekin, bunda odamlarni qo‘rqitmaslik, balki bu xavfni unitmaslik, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda muhofazalanishga tayyor turishga da’vat etmoq kerak. SHunda favqulodda vaziyatlar oqibatida etadigan zararlar eng kam darajada bo‘lishi mumkin.
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar mehnat jamoalarida, turar joylarda ana shu to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazish, aholiga va jamoaga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda hatti-harakat qoidalarini tushintirish kerak. Masalan, YAponiyada har yangi o‘quv yili maktablar va oliy o‘quv yurtlarda odamlarning zilzila sodir bo‘lganda hatti-harakatlari haqidagi mashg‘ulotdan boshlanadi.
Fuqaro muhofazasi targ‘ibotini tashkil etish shakllari, usullari va vositalari.
Fuqaro muhofazasi bo‘yicha targ‘ibot qanday ahvoldaligi tabiiyki, birinchi galda barcha darajadagi fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasida bo‘ladi. Fuqaro muhofazasi xodimlari davlat va jamoat tashkilotlarini, ijodiy jamoalarni, turli fondlarni jalb qila olsalargina targ‘ibotni yo‘lga qo‘yish shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasi targ‘ib qilishning quyidagi shakllari mavjud:
1. Og‘zaki targ‘ibot.
2. Ommaviy axborot vositalari (matbuot, televidenie, radio).
3. Kino va vidofilmlar.
4. Ko‘rgazmali vositalar (plakat, stend, fotomontaj, vitrina).
Og‘zaki targ‘ibot eng ta’sirchan shakllardan biri hisoblanadi. Odamlar bilan shaxsiy muloqatda bo‘lishga asoslanib, bunday targ‘ibot muayyan jamoa oldida turgan fuqaro muhofazasi vazifalarini, ularni hal etish usullarini odamlarga tushinarli dalil va misollar asosida tushintirish, kamchiliklar va qiyinchiliklar, ularni engib o‘tish yo‘llari haqida ochiqdan ochiq fikr yuritish imkonini beradi.
Og‘zaki targ‘ibotda ma’ruza, suhbat, savol-javob kechalari, fuqaro muhofazasi faxriylari va mutaxassislari bilan uchrashuvlardan foydalaniladi.
Targ‘ibotchi ishlatayotgan ilmiy va texnik atamalar va tushunchalarni tinglovchilar to‘g‘ri anglashini ta’minlaydigan qilib bayon etishi, fikrning mantiqiyligi, tushintirilayotgan qoidalarning turmush bilan chambarchas bog‘likligiga yorqin misollar keltirishi, statistika ma’lumotlariga tayanishi, nutqining jo‘shqinligi va hokozalar targ‘ibiy chiqishlarning ishonchliligini ta’minlab beradi.
Rahbarlar, mutaxassislarning o‘z jamoalari oldida fuqaro muhofazasi mavzusida so‘zga chiqishlari alohida ahamiyatli ekanligini qayd etmoq kerak. Ular fuqaro muhofazasi tadbirlarini o‘tkazishda shaxsan namuna ko‘rsatishlari lozimligini unitmaslik lozim.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi targ‘ibotida hozirgi vaqtda ommani qamrab olishi va ularga uzluksiz ta’siri jihatidan eng ta’sirchan bo‘lgan ommaviy axborot vositalaridan televidenie va radiodan foydalanishning roli kattadir. Fuqaro muhofazasiga oid ishlar ahvoli, FVDT kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakatlari haqida ommaviy vositalari tezkor va ishonchli axborot bilan ta’minlanib turishlari kerak.
Fuqaro muhofazasi mavzusida kitoblar va risolalar nashr etishning va ulardan tushintirish ishlarida foydalanishning ahamiyati kattadir. Ularni targ‘ib etish uchun kutubxonalarda ktobxonlik anjumanlari, kechalar va boshqa tadbirlar o‘tkazilib turishi lozim.
Endilikda fuqaro muhofazasi targ‘ibotini kino, video materiallardan keng foydalanmay turib tasavvur etish qiyin.
Ko‘rgazmali vositalardan foydalanib, fuqaro muhofazasini targ‘ib qilish fuqaro muhofazasi o‘quv punktlari, kabinetlari, sinflar va burchaklarini jihozlashda, turli stend, fotomontaj tashkil etishda, shuningdek aholini favqulodda vaziyatdagi harakati bo‘yicha plakatlar chiqarishda o‘z ifodasini topmoqda.
Ko‘rgazmali targ‘ibotda respublikamiz fuqaro muhofazasi tizimi haqida, ishlab chiqarish avariyalari va tabiiy ofatlar, jamoa va yakka himoya vositalari, qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar, o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari haqida axborot bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Respublikamiz hududida ehtimoli bo‘lgan boshqa favqulodda vaziyatlarning ehtimoli kam emas. Bundan tashqari xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm jahonning ko‘p mintaqalarida, mamlakatlarida, jumladan markaziy Osiyo mintaqasida va uning tarkibidagi O‘zbekistonda ham xavf solayotibdi. 1999 yil fevral oyida respublikamizning bosh maydonida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lishiga olib kelgan portlashlarni, 2000 yil yozida Surxondaryoda terrorchi jangarilarning beboshliklarini, ekstremistlarning yana boshqa qonli ishlarini unita olmaymiz.
Fuqaro muhofazasi sohasida tayyorgarlikdan o‘tayotganlar fuqaro muhofazasining hozirgi zamondagi rolini qanchalik to‘g‘ri tushinsalar, ularning bu sohadagi bilim, mahorat va ko‘nikmalari shunchalik mustahkamroq va mukammalroq bo‘ladi.
“ Fuqaro muhofazasi” mashg‘ulot o‘tkazish uslublari va xususiyatlari.
Insoniyat hozirgi vaqtda tabiat va inson faoliyati majmuasidan tashkil topgan olamshumul ekologik halokat jarayonida faoliyat ko‘rsatayotganini to‘liq anglab etib bormoqdamiz. SHuning uchun ham umumiy ofatning oldini olish bo‘yicha ko‘pgina chora-tadbirlar ishlab chiqib turmushda ba’zi ijobiy o‘zgarishlarga asos solinmoqda.
YAqin kunlargacha ko‘pgina davlatlarning asosiy mablag‘lari tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlariga sarf qilinar edi. Bugungi kunda talab mutlaqo o‘zgardi, ya’ni tabiiy ofatlarning tarixini, kelib chiqishini o‘rganish, oldini olish usullarini ishlab chiqish, ularni bashoratlash, namayon bo‘lish belgilari-darakchilarini zamonaviy fan yutuqlarini tadbiq qilgan holda keng miqyosda olib borilayotgan ishlarga sarflanishi qayta-qayta uqtirilmoqda.
YAna bir muhim tomoni, olingan ma’lumotlar bilan aholi o‘qitishni yaxshi yo‘lga qo‘yishni jadallashtirish, ma’lum darajada ularni sodir bo‘lishi muqarrar bo‘ladigan fojialarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlashdir. Bu esa har qanday fojiadan keladigan iqtisodiy samarani tejashga, qolaversa insonlar o‘rtasida shikastlanish darajasini, nobudgarchilikni kamaytirishga olib keladi.
Kundalik turmushda insonning xavfli vaziyatlarga tushib qolish ehtimoli oshib bormoqda. Bu turmushdagi jarohatlar, transport yoki sanoat avariyasi, yong‘in, suv toshqini va boshqa tabiiy hodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bunday vaziyatlar insonning mas’uliyatsizligidan yoki uning xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishni bilmasligidan kelib chiqadi. Ayrim hollarda insonning yolg‘iz o‘zigina emas, balki uning atrofdagilar ham jabrlanmoqdalar.
Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishni o‘rganish ko‘p jihatdan insonning o‘ziga ham bog‘lik. Axir, bekorga aytilmagan “Asraganni asrayman”, “Sendan harakat, mendan barakat” deb.
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardanmuhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 427-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi Qarori asosida respublikamiz aholisini favqulodda vaziyatlarga muhofaza qilishga tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Fuqarolarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalarda, muassasalarda (ta’lim muassalarida) va tashkilotlarda, yashash joylarida, ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlariga qarab olib boriladi.
Tayyorgarlikni o‘tuvchi aholi 3 ta guruhga bo‘linadi:
1.Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, respublika, viloyat tasarrufida bo‘lgan shaharlar va tumanlar, davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi mutaxassislari.
2.Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan aholi, umumta’lim maktablari, idoraviy bo‘ysinishi hamda tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar boshlang‘ich, o‘rta, oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari.
3.Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari etib:
1.Aholining barcha guruhlariga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish qoidalarini va asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘llarini, jamoa va yakka tartibda muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalarini o‘rgatish;
2.Boshqaruvning barcha pog‘onalardagi rahbarlarini aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakat qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash;
3.Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislarida avariya- qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish uchun fuqaro muhofazasi kuch va vositalarini tayyorlash, ularda boshqarish ko‘nikmalarini hosil qilish, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishda xodimlarning o‘z vazifalarini amaliy egallashi belgilangan.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislari 40 va 80 soatlik dasturlar asosida tayyorgarlikdan o‘tadilar. Ularni har uch yilda bir marta tayyorgarlikdan o‘tkazib turish ko‘zda tutilgan.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan aholini tayyorlash ish joylarida mashg‘ulotlar o‘tkazish va tavsiya qilingan dasturlarga muvofiq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni mustaqil ravishda o‘rganish, keyinchalik o‘quv mashqlarda va mashg‘ulotlarda olingan bilimlar va malakalarini mustahkamlash yo‘li bilan amalga oshiradi. Bu guruhga kiruvchilarni beshta guruhchalarga ajratish mumkin:
1) maktabgacha tarbiya muassalari tarbiyalanuvchilari;
2) umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari;
3) akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari;
4) oliy o‘quv yurtlar talabalari;
5) korxona, tashkilot, muassasalar ishchi va xizmatchilari.
1.Maktabgacha tarbiya muassasalari. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida bog‘cha yoshdagi bolalarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlash yo‘lga qo‘yilmagan. Bu muassalarda bolalarga xavfsizlikning oddiy elementlarini o‘rgatib borish muhim hisoblanadi.
2.Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq ta’lim muassasalarida fuqaro muhofazasi bo‘yicha darslar olib borilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2000 yil 4 yanvardagi buyrug‘iga asosan o‘rta umumta’lim maktablarining 1-9 sinflarida “Inson xavfsizligi asoslari” kursi joriy etilgan. Kursni o‘qitishda asosiy e’tibor shaxsiy va jamoa xavfsizligi asoslarini o‘rgatish, xavfli vaziyatlarni ko‘ra bilish, uni baholash hamda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda uyda, ko‘chada, jamoat joylarida bajarilishi kerak bo‘lgan hatti-harakatlarni o‘rgatishga qaratilgan.
3. Akademik litsey va kasb – hunar kollejlari. Akademik litseylar, iqtisoslashgan kollejlarning o‘quvchilariga ta’lim berish maqsadida tashkiliy ko‘rsatmalarga asosan “Fuqaro muhofazasi va hayot xavfsizligi asoslari” kursi ishlatilishi lozim. Hozirgi kunda talabalar tayyorgarligi 2001 yilda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan “CHaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash” fani dasturi bilan yo‘lga qo‘yilgan. Dasturda fuqaro muhofazasi darslariga 35 soat vaqt ajratilgan.
4. Oliy o‘quv yurtlari. Universitetlar, institutlar va boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalariga ta’lim berish ishlari “Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar” fani asosida olib borish ko‘zda tutilgan. Ta’lim berish jarayonida favqulodda vaziyatlarda boshqarish, hatti-harakatlar masalalariga hamda aholini va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish usullarini o‘rgatishga katta ahamiyat berilgan.
5. Iqtisodiyot ob’ektlari rahbarlari hamda mutaxassislarini tayyorlash, ularga ta’lim berish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2000 yili tasdiqlangan 40 va 80 soatlik dasturlar asosida Fuqaro muhofazasi institutida olib boriladi.
Rahbar xodimlarga ta’lim berishdan asosiy maqsad aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash, avariya, halokat, tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarini tashkil etishning yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatishdir.
Rahbar xodimlarni, tuzilma rahbarlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalarning avariya-qutqaruv otryadlari tarkibidagi xizmatchilarini, harbiylashtirilgan hamda doimiy tayyor maxsus tuzilmalarning xodimlariga fuqaro muhofazasidan ta’lim berish ishlari favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga qarashli hududiy rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida hamda o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarda olib boriladi. Ta’lim berish jarayonida rahbarlarning fuqaro muhofazasidan o‘z funksional vazifalarini o‘zlashtirib olishlariga, xavfli sharoitda muhitni tahlil qilish va baho berish, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududda xizmat lavozimidan kelib chiqqan holda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini berishga asosiy e’tibor beriladi.
Tashkilotlar, korxonalar va ob’ektlarning rahbarlari joriy tayyorgarligi ish joylarida fuqaro muhofazasi boshliqlari tomonidan o‘quv yili uchun 15 soat hajmida tashkil etiladi. Tayyorgarlikdan o‘tayotgan rahbar xodimlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish, ular sodir bo‘lganda oqibatlarini bartarf etish va unga rahbarlik qilish bilimlarini egallashlariga ahamiyat beriladi.
Tuzilmalar tarkibidagi korxonalar, muassasalar va tashkilot xodimlariga fuqaro muhofazasidan ta’lim berish ishlari ish joyining o‘zida 15 soat hajmida, hamma uchun umumiy bo‘lgan mavzularni (10 soat) o‘rganish sharti bilan olib boriladi. Bu tuzilmalar tarkibiga ta’lim berish jarayonida favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ko‘nikmalarini amaliyotga yaqinlashtirilgan holda olib borish yo‘l-yo‘riqlariga alohida e’tibor beriladi.
Ishchilar, xizmatchilar, iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarini ishlab chiqarishdan ajratmagan holda, rejalashtirilgan mashg‘ulotlarda (15 soat), maxsus tayyorlangan rahbarlar boshchiligida o‘quv guruhlarida hamda mavzularni mustaqil o‘rganish va o‘rgangan mavzularni amaliy mashg‘ulotlar, ob’ekt miqyosidagi mashqlar va kompleks o‘quv mashqlari davomida mustahkamlash orqali amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholiga ta’lim berish ma’ruzalar o‘qish, suhbatlar o‘tkazish, o‘quv filmlarini namoyish qilish, mustaqil ravishda qo‘llanma va eslatmalarni o‘rgatish, radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlar o‘rdamida olib boriladi.
Bu toifadagi aholini tayyorlashda asosiy e’tibor ularni ma’naviy-ruhiy tayyorlashga, favqulodda vaziyatlarning turlari va ko‘lami haqida ma’lumot berishga, yashash sharoitidan kelib chiqqan holda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar haqida ko‘nikmalar berishga, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan sharoitda hatti-harakat yo‘llarini o‘rgatishga, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar, tabiiy ofatlar, falokatlarga oilaviy tayyorgarlik mas’uliyatlarini singdirib boishga qaratilgan.
Fuqaro muhofazasidan ta’lim o‘quv mashqlari o‘tkazish bilan birgalikda olib boriladi. Har bir toifadagi aholiga “Diqqat, barchaga!” signali orqali hududning geografik xususiyatidan kelib chiqqan holda favqulodda vaziyatlarda bajarilishi lozim bo‘lgan hatti-harakatlarga o‘rgatish bilan o‘quv yili tugatiladi.
Tayyorgarlik shakllari, usullari va vositalari.
Ofatlarga tayyorgarlikni ta’minlashning 7 yo‘nalishi ajratiladi:
1. Zaiflikni baholash-favqulodda vaziyatga tayyorgarlik shundan boshlanadi.
2. Rejalashtirish – tayyorgarlikni ta’minlash ishlarining bo‘linmas qismi. Rejaning aniq bir shakli bo‘lmaydi. Rejalashtirish ehtiyojga qarob tuziladi, favqulodda vaziyatgacha bo‘lgan, u ro‘y berganda va undan so‘nggi harakatlarning aniq va o‘z vaqtida bo‘lishi ta’minlanadi.
3. Tashkiliy tizim –kuchlarni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi yo‘nalish. Ulardan tayyorgarlikni ta’minlashda foydalanish mumkin.
4. Axborot tizimi –favqulodda vaziyatgacha, u ro‘y bergandan so‘ng zaiflik darajasini belgilash, ogohlantirish, qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborot manbai, ehtiyoj, vaqti va tartibini aniqlashni ko‘zda tutuvchi yo‘nalish.
5. Asosiy resurslar –bu yo‘nalish moddiy va moliyaviy resurslarni shakllantirish, favqulodda vaziyat ro‘y berganda yordam ko‘rsatilishi haqida shartnomalar tuzilishini ko‘zda tutadi.
6. Ogohlantirish tizimi – muqobil aloqa vositalari ta’minotiga ega mustahkam ishlovchi ogohlantirish, bashorat qilish va xabar berish tizimini yaratish.
7. Javob qaytaruvchi mexanizmlar – ularda tayyorgarlikni ta’minlashdagi barcha kamchiliklar ko‘zga tashlanib qoladi, amaliy harakatlar, malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi.
Aholi tayyorgarligini amalga oshirishda o‘qitish usullaridan bahs-munozara, o‘quv darsliklari bilan mustaqil ishlash, muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, mantiqiy masalalarni mustaqil echish usullaridan foydalanish mumkin.
Bahs-munozara usuli- o‘qituvchi yoki tinglovchilarning fikrlashni talab qiluvchi savollari bo‘yicha tinglovchi o‘z fikrlarini bayon qiladilar va o‘zgalar fikrini eshitadilar.
Muammoli vaziyatni yuzaga keltirish – vaziyat bir oz tor tarzda bayon qilinadi. Bunday vaziyatlarni qo‘llash ko‘proq ma’ruzalar davomida qo‘llanib, o‘quv jarayoniga muammoli o‘qitish elementlarini kiritish imkoniyatini beradi. Tinglovchilardan ko‘proq diqqat-e’tiborini shu vaziyatga jalb qilishlarini va xulosa chiqarishlarini talab qiladi.
Ish o‘yinlari- qandaydir ma’noda inson faoliyatini mashq qilishdan iborat. U deyarli barcha vaziyatlarni “o‘ynash” va odamlar ruhiyatini tushinish, ularning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rish imkonini beradi.
Ish o‘yinlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
-auditoriya va qatnashchilarni tayyorlash;
-vaziyatni, yo‘riqnoma va boshqa materiallarni o‘rganib chiqish;
-o‘yin jarayonini olib borish;
-o‘yin natijalarini tahlil qilib, muhokama etish.
“Miyaga hujum” usuli – muammoni shakllantirish, mashq jarayoni, “miyaga hujum”- qo‘yilgan muammoni engish, eng yaxshi g‘oyalarni tanlab olish va natijalar to‘g‘risida xabar berish jarayonini o‘z ichiga oladi.
Fuqaro muhofazasi boshqaruv organlarini, kuchlarini, FVDT mansabdor shaxslarini tayyorlash muvaffaqiyatli hal etilishi hamda barcha pog‘onadagi fuqaro muhofazasi boshliqlari uyushgan holda reja tuzishlariga, rejaning bajarilishiga uzluksiz rahbarlik qilishlariga, uni nazorat qilishlariga, shuningdek qo‘l ostidagilarga yordam berishlariga, o‘quv-moddiy bazasining mavjudligiga, uning yaratilishiga, yaroqli holda turishiga, hamda muttasil takomillashtirib borilishiga bog‘lik bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
I. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari.
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O‘zbekiston.2003 yil.
2. "Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish to‘g‘risida". 1999 yil 20 avgust.
3. “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”. 1999 yil 20 avgust.
4. “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”. 2000 yil 26 may.
5. “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”. 2000 yil 15 dekabr.
6. “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”.2000 yil 15 dekabr.
7. “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida” 2006 yil 28 sentyabr.
8. “Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chshi va er ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish borasida chora-tadbirlari to‘g‘risida”PQ-585-sonli. 2007 yil 19 fevral.
II. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari.
1. .I.A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent, “O‘zbekiston”, 1997.
2. I.A. Karimov. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. Xalq so‘zi, 2006 y. 11-fevral.
3. I.A. Karimov. Inson, uning huquqi va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 13 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda 2005 yil 7 dekabrda so‘zlagan ma’ruzasi.
4. I.A.Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi. T.: O‘zbekiston, 2010 yil.
5. I.A.Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 yilda mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zR Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. – T.: O‘zbekiston, 2011 yil.
III. Hukumat tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar.
1. O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida (1996 yil 11 aprel, 143-sonli);
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida (1997 yil 23 dekabr, 558-sonli);
3. O‘zbekiston Respublikasi aholisini va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida (1998 yil 7 oktyabr, 427-sonli);
4. Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida (1998 yil 27 oktyabr, 455-sonli);
5. Toshkin, sel oqimlarini oqizib yuborish va ko‘chki hodisalari bilan bog‘lik bo‘lgan halokatli oqibatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida (1994 yil 12 aprel, 201-sonli);
6. O‘zbekiston Respublikasida odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (1996 yil 18 yanvar, 32-sonli);
7. Fuqaro muxofazasiga oid rahbar va me’yoriy hujjatlar, Toshkent,FVV,2003 yil.
8. “Favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish va oldini olish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” (2007 yil 3 aprel, 71-sonli).
IV. Uslubiy qo‘llanmalar.
1. A.Q.Nurxo‘jaev, M.YU.YUnusov, I.X.Xabibullaev “Favqulodda vazyaitlar va muhofazasi tadbirlari” , Toshkent, 2001 yil.
2. I.Raxmon “Favquloddagi vaziyatlarda birinchi shoshilinch yordam”, Toshkent,2004 yil.
3. K. T. Tursunov. “Sovremennoe sostoyanie izucheniya, prognoza seley i snejnûx lavin v Uzbekistane”., Tashkent, IGZ, 2006 god.
4. A. Nurxodjaev. “Tabiiy ofatlar, hosil bo‘lishi, tasnifi, aholi va hududlarni muhofaza qilish qoidalari”, Toshkent, FMI, 2006 yil.
5. «Sovremennoe sostoyanie i perespektivû razvitiya Grajdanskoy zaùitû», Tashkent, IGZ, 2006 god.
6. Favqulodda vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordam tashkil etish yuzasidan uslubiy va normativ materiallar to‘plami. Toshkent, Ibn Sino 2006 yil.
7. “Fuqaro muhofazasigaoid me’yoriy-huquqiy” hujjatlar, 1-tom, Toshkent, fvv, FMI, 2007 yil.
8. “Fuqaro muhofazasini boshqarish”(ma’ruza matni).Toshkent,FMI 2008 yil.
9. M. Muxitdinov, A.Ishmatov “Ekologiyaga oid qisqacha ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘at” Toshkent, FMI 2007 yil.
10. X.T. Ibadullaeva, F.T. Xakimova “Fuqaro muhofazasi” atamalar lug‘ati, TDIU, 2010 yil.
11. Tinglovchilar uchun fuqaro muhofazasi masalalar o‘quv qo‘llanmasi. Toshkent, FMI, 2009 yil.
12. O‘.Hasanov. “ Favqulodda vaziyatlarda tibbiy xizmat” darslik. Toshkent,2006 yil.
13. G‘.YO.YOrmatov, O.R.YUldashev, A.I.Hamraeva. “Hayot faoliyati xavfsizligi”, Toshkent, 2009 yil.
V. Ma’ruza matnlari.
1. “Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari” (ma’ruza matni) Toshkent,FMI, 2000 yil.
2. “Texnogen favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish”(ma’ruza matni). Toshkent,FMI, 2000 yil.
3. “Tabiiy favqulodlarda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish”(ma’ruza matni). Toshkent,FMI, 2000 yil.
4. “ Tinchlik va xarbiy vaqtlarda aholini evakuatsiya (ko‘chirish) qilishni tashkil etish”(ma’ruza matni). Toshkent,FMI, 2000 yil.
5. “ Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish”(ma’ruza matni). Toshkent,FMI, 2000 yil.
6. “ Ta’lim tizimida fuqaro muhofazasi sohasi bo‘yicha fanlarni o‘qitish konsepsiyasi”(ma’ruza matni). Toshkent,FMI, 2001 yil.
7. Ilesova Z.F. “ Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari”(ma’ruza matni). Toshkent,FMI, 2001 yil.
8. Xabibulaev I.X., Trembak V.V. “ Favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganda xabar berish va axborot uzatish mavzusidan”(ma’ruza matni). Toshkent,FMI, 2005 yil.
9. SHaripov J.SH. Qo‘mondon-shtab, taktik-maxsus va kompleks o‘quv mashg‘ulotlari aholini favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish borasidagi tayyorgarlikning asosiy usullari mavzusidan. (ma’ruza matni). Toshkent,FMI, 2006 yil.
10. Nikitin V.S. “ Tabiiy xamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda avariya – qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va o‘tkaztsh”(ma’ruza matni). Toshkent,FMI, 2006 yil.
11. Fuqaro muhofazasi asoslari (ma’ruzalar to‘plami). Toshkent, FMI, 2007 yil.
VI.Gazeta va jurnallar.
1. “Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi” jurnali FMI, Toshkent.
2. “Sihat-salomatlik” jurnali.