OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
«ENERGIYA TA`MINLASH TIZIMLARI» KAFEDRASI
ALOQA QURILMALARI QAYTA TIKLANUVCHI ELEKTR TAʻMINOTI MANBALARI
fanidan
uslubiy qo‘llanma
TOSHKENT – 2016
UDK 621/3 (075) KBK65.441 va 722 31.2ya722 S-52
|
Tuzuvchi: Siddikov I.X.- «Energiya taʻminlash tizimlari» kafedrasi muduri, t.f.d., dotsent «Aloqa qurilmalari qayta tiklaniuvchi elektr taʻminoti manbalari» fanidan uslubiy qoʻllanma – Toshkent, TATU, 2016 – 92 b.
|
Taqrizchilar:
|
Ushbu uslubiy qollanma 5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim yoʻnalishi talabalari va tegishli yo‘nalish mutaxassislari uchun «Aloqa qurilmalari qayta tiklaniuvchan elektr taʻminoti manbalari» fani o’quv dasturi asosida tuzilgan. Uslubiy qo’llanmada aloqa qurilmalari elektr energiya iste’molini nazorat qilishning maqsadi va ushbu jarayonda ishtirok etuvchi energosotish nazoratchilarining vazifalari, faoliyat chegaralari hamda elektr energiyasidan foydalanish qoidalari bilan bir qatorda keng xajmda elektr energiya iste’motlini nazoratini avtomatlashtirilgan tizimlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Toshlent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy-uslubiy kengashi qaroriga muvofiq chop etildi.
A.D.Taslimov - TDTU “Elektr ta’minoti” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent.
X.A.Sattarov - TATU «Energiya taʻminlash tizimlari» kafedrasi dotsenti, t.f.n.
© Toshlent axborot texnologiyalari universiteti, 2016.
|
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport potensialini ko‘paytirish chora-tadbirlari dasturi to‘grisida" 2008 yil 28 noyabrdagi PF-4058-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, shaharlar va qishloqlar iste’molchilari tomonidan elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilgan [1-6]. Unda:
- elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini bo‘yicha boshlang‘ich loyihalar amalga oshirilishi;
- elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish investitsiya loyihasi ishlab chiqilganligi ko‘rsatib o‘tilgan.
- elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy elektron asboblarini o‘rnatish belgilangan;
- elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida maishiy iste’molchilarga elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy elektron asboblarini o‘rnatish belgilangan va bungan mos reja tasdiqlangan. Belgilab qo’yilgan:
- maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan elektr energiyasini hisobga olishning mavjud asboblarini almashtirish va zamonaviy elektron asboblarini o‘rnatish "O‘zbekenergo" DAK korxonalarining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga elektr energiyasini hisobga olishning mavjud asboblarini almashtirish va zamonaviy elektron asboblarini va apparat komplekslarini o‘rnatish ularning o‘z mablaglari hisobiga amalga oshiriladi;
Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish oldindan to‘langan haq doirasida elektr ta’minoti bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Vazirliklar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 2009-yil 1- iyuldan boshlab:
2009-2010- yillarda yangidan barpo etilayotgan ob’ektlarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan elektr energiyasini hisobga olishning elektron asboblari bilan jihozlanishini hamda 750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan ishlayotgan elektr ta’minoti ob’ektlarida ko‘p funksiyali elektron hisoblash asboblari joriy etilgan;
2009 – 2011- yillarda yangidan barpo etilayotgan ob’ektlarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan elektr energiyasini hisobga olish asboblari bilan jihozlanishini va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlayotgan elektr ta’minoti ob’ektlarida elektr energiyasini hisobga olishning elektron asboblari joriy etilgan;
Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ko‘rsatkichlarning noto‘gri hisoblanishidan va axborotlardan ruxsatsiz foydalanishdan kompleks himoya qilishni ta’minlasinlar, bunda inson omili ta’siri mumkin qadar kamaytirilishini nazarda tutilgan.
2009- yil 1- iyulgacha bo‘lgan muddatda "O‘zbekenergo" DAKda elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish" investitsiya loyihasini aniq texnik-iqtisodiy parametrlar hamda elektr energiyasini hisobga olishning elektron asboblariga va apparat komplekslariga nisbatan zarur talablar bilan birga ishlab chiqish tugallanishini ta’minlangan;
joriy etilayotgan elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi doirasida ma’lumotlarni uzatish, yig‘ish, qayta ishlash va saqlash tartibotlari birxillashtirilishini ta’minlangan;
mamlakatimizdagi va xorijiy yetakchi ekspertlarni elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ko‘rsatkichlarning noto‘gri hisoblanishidan va ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish bo‘yicha kompleks yechimlarni ishlab chiqish uchun jalb etdi;
"Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish" investitsiya dasturini bir bosqichda, ularni turli toifadagi ob’ektlarda qo‘llanish uchun namunaviy yechimlarni ishlab chiqqan xolda amalga oshirilmoqda;
2012- yil 1- yanvardan boshlab, belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan elektr energiyasini hisobga olishning elektron asboblari va apparat komplekslarini o‘rnatmagan iste’molchilarga - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga elektr energiyasi yetkazib berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida energetik yoqilg‘ilarning tejash istiqbolini aniqlovchi hujjatlarda, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosiy yo‘nalish sifatida aniqlangan. Bu barcha sohalarda kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish demakdir. Barcha raqamli kommunikatsion texnologiyalarning asosi bu mikroprosessorlardir.
O‘tgan asrning 70 chi yillarida “Mikroelektronika” fanining tez rivojlanishi natijasida mikrosxemalar vujudga keldi. Mikrosxemalar juda kichik, kam hajmli tuzilma bo‘lib, uning asosiy vazifasi elektrik va noelektrik kattaliklar turtki (impuls) ko‘rinishli elektr signalga aylantirishdir.
Mikrosxemalar asosida har xil tuzilmalar yaratilib butun dunyoda, jamiyatning barcha sohalari: ishlab chiqarish, o‘lchash va nazorat qilish, uy-ro‘zg‘orda qo‘llanila boshlandi.
Axborot-kommunikatsion texnologiyalar iqtisodiyotni modernizatsiyalash negizi bo‘lib, albatta hayotning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, turmushda bu ta’sir internet va uyali aloqa misolida yaqqol ko‘rinadi.
Xuddi shunga o‘xshash, ahamiyatli o‘zgarishlar barcha sohalarda yuz berishi iqtisodiyotning barcha sohalarida qo‘llanadigan energiya nazorati va hisoblashni avtomatlashtirish tizimlari (ENHAT) paydo bo‘lishiga olib keladi.
ENHAT suyuqlik, gaz va elektr energiya va hokazo, o‘lchov kattaliklarning uzluksiz, raqamli signal ko‘rinishida istalgan masofaga uzatish asosida uzluksiz nazoratni amalga oshiradi.
Ushbu tizim tegishli EHM dasturi bilan ta’minlanganda, tijorat iste’mol va barcha istalgan kattaliklarni uzluksiz nazorat, shunigdek boshqarishni amalga oshiradi. Texnologik isrof (yo‘qotishlarni) va "odam omili" ta’siridagi isroflarni tamoman yo‘qotish imkonini beradi.
Informatsion-kommunikatsion texnologiyalar yoqilg‘i, gaz, elektr energiyasining iste’molini kamaytiradi va isroflarni me’yorlashtiradi demak, energo tejash muammosini yechadi.
Avtomatik nazorat va qaydlov tizimi bozor iqtisodiyotining eng kerakli asbobi bo‘lib xizmat qiladi, tomonlarning o‘zaro muammolarni oydinlashtiradi.
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, aynan axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. Hayotning barcha sohalarida, masalan, turmushda uyali telefon, kompyuter, internet misolida yaqqol ko‘rinadi va bular insonning ongiga kuchli ta’sir etuvchi omilga aylangan.
Shunga o‘xshash, ahamiyatli o‘zgarishlar hamma sohalarda yuz berishi iqtisodiyotning barcha modernizatsiyalangan sohalarida axborot-kommunikatsion texnologiyalari qo‘llanilyapti.
TERMINLAR
Elektr energiyani tijorat hisobini avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) – maxsus metrologik attestatsiyadan o‘tgan texnik va dasturiy vositalar kompleksi bo‘lib, u ulgurji bozorda elektr energiyani ishlab chiqish – iste’mol qiymatlarini saldo kattaliklarini o‘lchash imkonini beradi.
Ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish qurilmasi (USPD) – ulgurji bozor sub’ektini ASKUE tarkibiga kiruvchi, ko‘p funksiyali avtomatik rejimda ishlovchi qurilma bo‘lib, elektr energiya hisoblagichdan axborotni qabul qilib, uni qayta ishlab, saqlab, ko‘rsatish va u ma’lumotlarni (turli aloqa kanallari orqali) yuqori darajadagi qurilmalarga uzatish imkonini beradi.
Energiya yetkazib berish nuqtasi – tarmoq elementidagi fizik nuqta bo‘lib, elektr energiyani va quvvatni bozor sub’ekti va ulgurji bozorda amaldagi shartnomalar asosida qabul qiluvchilarga yetkazib berish nuqtasi. Yetkazib berish nuqtasi odatda balans (ishlatish) bo‘linish nuqtasi bilan mos keladi va tomonlar kelishilgan xolda o‘zgartirishi mumkin.
Energiya yetkazib berish zonasi –yetkazib berish kesimidagi ko‘plab yetkazib berish nuqtalari. Xuddi yetkazib berish nuqtasi kabi bozor sub’ektining tegishlilik balansidagi chegarasi bilan mos keladi.
Hisob nuqtasi - bu tarmoq elementidagi fizik nuqta bo‘lib ushbu elementdan oqayotgan elektr energiya o‘lchanadi. Hisob nuqtasi mos ulanishlardagi tok transformatorlarini va hisoblagichlarni ulanish nuqtasi bilan mos keladi.
Hisob zonasi – hisob yuzasidagi ko‘plab hisob nuqtalari bo‘lib, ulgurji bozor sub’ekti tomonidan yetkazib berilayotgan (sotilayotgan) barcha xajm elektr energiyani o‘lchash amalga oshiriladi.
Subabonent – asosiy abonent bilan balans (ishlatish) chegarali elektr tarmog’iga ega yuridik yoki fizik shaxs, yuridik shaxs ma’lumoti bo‘lmagan xususiy tadbirkor bo‘lib alohida shartnoma bo‘yicha elektr energiyasi oladi.
Energiya ta’minoti bo‘yicha shikastlanish (avariya) broni — iste’molchilar faoliyatini qisman yoki to‘liq to‘xtatishda uskunalarni saqlash, insonlar xayotining xavfsizligini ta’minlash, avariya va qo’riqlash yoritgichlari, shamollatish, suv xaydash, suv ta’minoti, isitish, yong’in xavfsizligi vositalari uchun zarur bo‘lgan elektr quvvatining eng kam miqdordagi darajasi yoki elektr energiyasi xajmi;
blok-stansiyalar — iste’molchilarning yagona elektr energetikasi tizimiga bevosita yoki iste’molchilar tarmog’i orqali ulangan hamda operativ-dispetcherlik boshqaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyalari;
Maishiy iste’molchi (aholi) — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi (bosh ishonchnoma asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi nomidan shartnoma tuzuvchi elektr ta’minoti korxonasi) bilan elektr ta’minoti shartnomasi tuzgan va elektr energiyasidan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan jismoniy shaxs;
Elektr tarmog’ining balans bo‘yicha mansublik chegarasi — elektr tarmog’ining balans bo‘yicha mansubligi bilan aniqlanadigan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi elektr tarmog‘ining bo‘linish nuqtasi;
Elektr ta’minoti shartnomasi — yozma bitim, unga muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchida kerakli uskunalar va elektr energiyasi iste’molini hisobga olish asboblari mavjud bo‘lgan taqdirda unga ulangan elektr tarmog‘i orqali elektr energiyasi yetkazib berish majburiyatini oladi, iste’molchi esa uning haqini to‘lash, shuningdek elektr energiyasi iste’mol qilishning shartnomada nazarda tutilgan rejimiga rioya qilish, o‘z ta’sarrufida bo‘lgan elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish xavfsizligini hamda elektr energiyasi iste’moli bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zi foydalanadigan uskunalar va asboblarning soz xolatda bo‘lishini ta’minlashni o‘z ichiga oluvchi chora-tadbirlarni bajarish majburiyatini oladi;
Elektr energiyasi (quvvati) iste’molining shartnomadagi miqdori — tegishli hisob-kitob davrida iste’molchi tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasi (quvvati)ning hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi shartnomada belgilangan miqdori;
yagona elektr energetika tizimi — elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, magistral elektr tarmoqlari, hududiy elektr tarmoqlari va ularni tezkor—dispetcherlik boshqarish korxonalari yigindisi;
avvaldan buyurtma berilgan quvvat — iste’molchining energiya tizimini eng katta yuklamasida qatnashuvchi eng katta quvvati (yuklamasi). Iste’molchining eng katta yuklamasi tegishli hisobga olish asboblari yoki yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi;
elektr energiyasi sifati — elektr energiyasi parametrlarining davlat standartlari bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiqligi;
elektr energiyasini hisobga olishni nazorat qilish asbobi — nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish asbobi, uning ko‘rsatkichlari asosida alohida sexlar, texnologik liniyalar, ko‘p energiya sarflaydigan uskunalar va shu kabilardagi elektr energiyasi (quvvati) sarfi aniqlanadi;
yetarli miqdorda yetkazib berilmagan elektr energiyasi (kam yetkazib berish) — energiya ta’minotidagi tanaffus, shu jumladan uzib qo’yish va cheklash vaqtida iste’molchi to’liq olmagan elektr energiyasi miqdori;
elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlari — elektr energiyasi uzatish va yetkazib berishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan elektr energiyasi uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari, taqsimlash punktlari;
cheklash — shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish oqibatida muayyan vaqt oralig‘i davomida, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlarida fors-major xolatlar tufayli paydo bo‘lgan avariya rejimlari vaqtida iste’molchiga shartnomada belgilangan elektr energiyasi va (yoki) quvvati yetkazib berish miqdorining kamayishi;
elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi tanaffus (uzib qo’yish) — iste’molchiga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish, avtomatik qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki elektr energiyasi iste’mol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning o‘zida bir nechta liniyalar bo‘yicha elektr energiyasi oluvchi iste’molchilar uchun bitta yoki bir nechta elektr energiyasi yetkazib berish liniyalarining uzib qo‘yilishi tufayli sodir bo‘ladigan tanaffuslar bundan mustasno;
rejali uzib qo’yish — hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr qurilmalarini rejali — ehtiyotan ta’mirlash jadvali bo‘yicha ta’mirlash yoki profilaktika qilish davrida iste’molchilarni oldindan (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan xolda iste’molchiga elektr energiyasi berishni to’liq yoki qisman to‘xtatish, agar elektr ta’minoti shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa;
to‘lov hujjati — to‘lov talabnomasi yoki to‘lov topshiriqnomasi, uning asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasining hisob-kitob raqamiga pul mablag‘lari o‘tkaziladi, shuningdek bildirishnoma (schot), uning bo‘yicha to‘lov naqd pul bilan amalga oshiriladi;
elektr energiyasi iste’molchisi (iste’molchi) — elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq ishlab chiqarish va maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi — viloyat, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr ta’minoti shartnomasi asosida iste’molchilarga elektr energiyasini sotish va taqsimlash huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
elektr energiyasini qabul qilgich (elektr qabul qilgich) — elektr energiyasini qabul qilish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki asbob;
iste’molchining ulangan quvvati — iste’molchining elektr energiyasini ishchi kuchlanishga aylantiruvchi transformatorlarining va 1000 Voltdan yuqori kuchlanishli elektr motorlarining elektr tarmoqlariga ulangan jami quvvati. Iste’molchilarning elektr qurilmalari tarmoq transformatorlardan yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasining past kuchlanishli tarmoqlaridan ta’minlanganda, iste’molchining ulangan quvvati uchun foydalanishga ruxsat etilgan quvvat qabul qilinadi, uning miqdori hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan belgilanadi hamda elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatiladi;
hisob-kitob davri — elektr energiyasi (quvvati) iste’molining sarfi (xajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi kerak bo‘lgan vaqt davri (oy);
elektr energiyasi va quvvatini hisobga olish asbobi — elektr energiyasi (quvvati) sarfini hisobga olish asbobi, shu jumladan jamlovchi qurilmalar hamda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatik tizimlari, iste’mol qilingan elektr energiyasi va quvvatining haq to‘lanishi lozim bo‘lgan xajmi ularning ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi;
tizim operatori — yagona elektr energetikasi tizimi faoliyatining texnologik rejimini, magistral elektr tarmoqlarini tezkor—dispetcherlik boshqaruvini, shuningdek uning boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi mutasaddi tuzilma;
subiste’molchi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi roziligi bilan iste’molchining elektr tarmoqlariga bevosita ulangan va iste’molchi bilan elektr ta’minoti yuzasidan shartnoma tuzgan iste’molchi. Elektr energiyasi subiste’molchiga berilganda, iste’molchi Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oldida javobgar bo‘ladi;
elektr ta’minotining texnologik broni — texnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasi yoki quvvati xajmi;
hisobga olish nuqtasi — elektr ta’minoti sxemasidagi nuqta, unda o‘lchash asbobi (yoki hisobga olish tizimi) yordamida elektr energiyasi (quvvati) sarfining xajmi aniqlanadi;
elektr ta’minoti korxonasi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasini taqsimlash va sotishni amalga oshiruvchi bo‘linmasi;
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar yigindisi.
I BOB. ALOQA QURILMALARI ELEKTR TA’MINOTI TIZIMI HAQIDA MA’LUMOTLAR.
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH QOIDALARI
1.1 Aloqa qurilmalari elektr ta’minoti tizimi va qurilmalari
Yevropa va Osiyoda elektr energiyasini ishlab chiqish, uzatish va taqsimlash 50 Gs chastotali uch fazali o‘zgaruvchan tok bilan bajariladi. Buni o‘zgaruvchan tokni oson boshqa turdagi energiyaga aylantirilishi va juda ishonchli bo‘lgan asinxron elektr mashinalarini ishlatish mumkinligi bilan tushuntirish mumkin [4].
Elektr qurilmalarining tayyorlash sonini kamaytirish maqsadida Davlat standarti tomonidan generatorlar, transformatorlar, tarmoqlar va iste’molchilar uchun quyidagi nominal kuchlanishlarning muayyan qiymatlari belgilangan [5-10]:
0,22, 0,38, 0,66, (3), (6), 10, 27,5, 35, 110, (150), 220, 500
Ilova: qavsda ko‘rsatilgan kuchlanishlar yangi loyihalashtirilayotgan tarmoqlarga tavsiya etilmaydi.
Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va uy-ro‘zgor ehtiyojlari elektr texnologik qurilmalar bilan tobora boyib bormoqda va bunday to‘yinish faqatgina mazkur qurilmalarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilangina asoslanib qolmasdan, balki uglevodorodli yoqilg‘i tannarxining ma’lum darajada oshishi, tashqi muhitni muhofaza qilish bo‘yicha aniq choralar belgilash zaruriyati, chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilar bilan ham bog‘liqdir. Elektr energiyasini iste’mol qilib, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirish orqali va shu vaqtning o‘zida texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar elektr texnologik qurilmalar deyiladi. Bunday qurilmalar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ularning tarkibiga ishchi organ, ya’ni plazmotron, plazmali reaktor, elektron zambarak, yoy va ion agregatlarining elektrodlar tizimi va belgilangan ish rejimini avtomatik ta’minlovchi yoki mikroprosessorli texnika yordamida boshqariladigan maxsus energiya manbalari kiradi. Suv, gaz va elektr bilan ta’minlash, vakuum hosil qilish hamda uni saqlash tizimlari esa elektr texnologik qurilmalar tarkibiga yordamchi jihoz sifatida kiradi.
Aloqa qurilmalari elektr qurilmalarni tanlash va ko‘rikdan o‘tkazish elektr qurilmaning normal rejimdagi ko‘rsatgichlari bo‘yicha bajariladi. Qabul qilingan apparatni ulanish nuqtasidagi maksimal qisqa tutashuv toki ta’siri bo‘yicha tekshirib ko‘rilinishi zarur. Albatta, katalog bo‘yicha ko‘rikdan o‘tgan apparatlarning parametrlari (nominal kuchlanishi va toki) elektr qurilmaning ekspluatatsiya sharoitidagi kuchlanish va tok miqdorlariga teng yoki katta bo‘lishi kerak.
Ko‘p xollarda aloqa qurilmalari elektr apparatlari komplekt panellar, shkaflar yoki komplekt taqsimlash punktlari sifatida qabul qilinadi. Apparatlar, qurilmalarni ko‘rikdan o‘tkazishda ularni korxona bo‘yicha birxillashtirishga (unifikatsiyalashga) katta e’tibor beriladi. Bu esa elektr ta’minoti tizimini kam sarf harajatlar bilan ratsional ekspluatatsiya qilish imkonini yaratib, ishonchligini oshiradi.
Aloqa qurilmalari apparatlarni ma’lum ish rejim sharoitlari uchun qabul qilinganda ko‘rikdan o‘tkazishda ko‘plab omillarni hisobga olishga to‘gri keladi. Biz bulardan faqat apparatlarni qisqa tutashuv toki ta’siriga chidamligiga e’tibor beramiz, ya’ni apparatlarning turg‘unligini hisobga olamiz.
1. Kabellar. Kabellar, shinalar nominal tok va kuchlanishlar bo‘yicha qabul qilinib, qisqa tutashuv tokining termik ta’siriga tekshirib kuriladi. 10 kV gacha bo‘lgan mis yoki alyumin simli va qogoz izolyatsiyali kabellarda q.t. rejimida haroratning qisqa muddatli oshishi 2500C dan oshmasligi kerak.
2. Yuqori kuchlanishli uzgichlar. Yuqori kuchlanishli elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonida elektr zanjirlarini ulash va uzishga to‘g‘ri keladi. Bu operatsiyalar maxsus uzgichlar (viklyuchateli) vositasida bajariladi. uzgichlar yordamida elektr toklarni faqat nominal rejimlarda emas, balki har xil avariya va qisqa tutashuv xolatlarda ham uzish yoki ulash operatsiyalarini bajarish mumkin. Ma’lumki, qisqa tutashuv rejimidagi tokning miqdori juda katta bo‘ladi. Shuning uchun uzgichlar taqsimlash qurilmalarining eng ma’sul elementlaridan biri hisoblanadi. Tokli zanjirni uzish jarayonida uzgich kontaktlari oralig‘ida kuchli elektr yoyi hosil bo‘ladi. Ushbu yoyni o‘chirish uchun kontaktlarni o‘zaro ajrilishi ma’lum muhitda sodir etiladi. Elektr yoyini uchiruvchi muhitiga qarab, uzgichlar yogli yoki siqilgan havoli bo‘lishi mumkin. Birinchi xolda yoy o‘chiruvchi muhit vazifasini maxsus transformator yog‘i bajaradi; ikkinchi xolda esa yuqori bosimli siqilgan havo ta’siridan elektr yoyi o‘chiriladi.
Yuqori kuchlanishli uzgichlarni nominal kuchlanishi va toki, o‘chiriluvchi tokning qiymati va quvvati bo‘yicha qabul qilinadi. Odatda, uzgichning katalogdagi ko‘rsatgichlari va hisobiy miqdorlar o‘zaro solishtirishtiriladi.
3. Ayirgichlar. Ayirgichlar (raz’ediniteli) kuchlanish ta’siridagi toksiz elektr zanjirlarini uzish yoki ulash uchun ishlatiladi. Ayirgichlar elektr zanjirlarida ko‘rinib turuvchi uzuk oraliqni hosil qiladi. Ayirgichlarda elektr yoyni o‘chiradigan moslamalar bo‘lmaganligi uchun ular uzgichlardan keyin yoki oldin o‘rnatiladi. Ayirgichlar ta’mirlash ishlarida yoki apparatlarni reviziya qilinayotganda xavfsizlikni ta’minlashda qo‘llaniladi.
Ayirgichlar yordamida transformatorlarning salt ish rejimidagi tokni; transformatorlarning neytral tokini, katta bo‘lmagan zaminlash toklarni, zaryad toklarini uzish mumkin. Ayirgichlar 6 kV va undan yuqori kuchlanishlarga mo‘ljallangan bo‘lib, nominal toklari 200A dan katta bo‘ladi.
Ayirgichlarni tanlash va tekshirish uzgichlar uchun ko‘rsatilgan tartibda bajarilib, uzish toki va quvvati bo‘yicha tekshirilmaydi.
4. Yuqori kuchlanishli saqlagichlarni - nominal kuchlanish va tok orqali qabul qilinadi va ko‘rikdan o‘tkazishda maksimal uzuvchi tok va quvvat bo‘yicha tekshirib ko‘riladi.
5. Tok transformatorlari. Tok transformatorlari nominal tok, nominal kuchlanish, ikkilamchi chulg‘amning yuklamasiga bog‘liq bo‘lgan aniqlik darajasiga qarab qabul qilinadi va elektrodinamik va termik turg‘unliklar (Kdin va Kt) bo‘yicha tekshirilib ko‘riladi.
Ikkilamchi chulg‘amdagi simlarning ko‘ndalang kesim alyuminli o‘tkazgichlar uchun 2,5 mm2, misli o‘tkazgichlarda esa 1,5 mm2 dan kam bo‘lmasligi kerak.
6. Kuchlanish transformatorlari. Elektr o‘lchov asboblarini ulash uchun qo‘llaniladigan kuchlanish trasforma-torlari nominal kuchlanish, yuklamaning miqdori asosida qabul qilinadi. Zaminlash toki kam bo‘lgan tarmoqlarda izolyatsiya xolatini nazorat qilib turish uchun besh sterjenli kuchlanish transformatori ishlatiladi.
Elektr energiyani tejash ma’lumotnomalari
Kommunal turar-joy xo‘jaligida va honadonlarda:
-yoritish tarmog‘ida kuchlanishning nominal qiymatini saqlash hisobiga tejamkorlikka erishish,
-tabiiy yoritishdan eng yuqori darajada foydalanish,
-yangi lampalarni qo‘llash,
-qizish lampalari o‘rniga lyumenessentli lampalardan foydalanish yoki bir nechta past quvvatli lampa o‘rniga bitta katta lampadan foydalanish,
-yoritgichni o‘z vaqtida o‘chirish,
-elektr ovqat tayyorlagichlardan kamroq ish vaqt davomida foydalanish,
-tagi elektr plitaning konforkasi o‘lchamiga to‘g‘ri keladigan ovqat tayyorlash idishlarini tanlash,
-sovutgichlar uchun; ularni plitalar va radiatorlardan uzoqda joylashtirish,
-ularni muntazam ravishda eritib turish hamda sovutishning to‘g‘ri rejimini o‘rnatish kerak.
Kommunal turar joy va jamoat tarmog‘ida, xonadonlarda energiya tejamkorigiga erishishda energiyani tejash tadbirlarining barcha turlarini targ‘ib-tashviq etish muhim rol o‘ynaydi.
Elektr energiya isrofini kamaytirish yo‘llari.
Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida, sanoatda, qurilishda, aloqa, transport va kommunal turar-joy tarmog‘ida, xonadonlarda energiyani tejash va energiya tejamkorligining texnik va texnologik masalalari o‘zida quyidagi tadbirlar to‘plamini aks ettiradi:
- aloqa qurilmalari korxonaning elektr kuchlanishli xujaligida taqsimlash tarmoqlari va elektr qabul qilgichlarda kuchlanishning maqbul darajasini saqlab turish,
- aloqa qurilmalari elektr tarmoqlarini taqsimlagichlarni ko‘p darajada yuqori bo‘lgan kuchlanishlarga o‘tkazish,
- aloqa qurilmalari elektr ta’minot manbalarini yuklanishga yaqinlashtirish,
- aloqa qurilmalarida transformator kichik stansiyalarni yiriklashtirish va ularni sex yuklanishlariga yaqinlashtirish,
- aloqa qurilmalari elektr tejamkorligi sxemalarini takomillashtirish va suruvchi fiderlarning uzunligini qisqartirish,
-simlar, shinalar, kabellar tarmog‘ini yuklanishga muvofiq tortish,
-yuklanish uchun zahiradagi EUY larni qo‘shish,
-aloqa qurilmalari bo‘yicha yuklanishning yuqori darajasini juda ham kamaytirish hisobiga tarmoqdagi yo‘qotishni pasaytirish yoki ish vaqtining boshlanish vaqtini va tanaffuslarning o‘rnini almashtirish hisobiga kamaytirishga erishish,
- transformatorning ishlashi uchun tejamli rejimni o‘rnatish,
-reaktiv quvvatga yordam beruvchi boshqaruv vositalarini qo‘llash, reaktivga yordam beruvchi boshqaruv vositalarini qo‘llash hisobiga elektr uskunalarining quvvat koeffitsientlarini oshirish.
Past F.I.K. li eski qurilmalarni zamonaviylari bilan almashtirish,
-yangi texnika va texnologiyani joriy etish,
-ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish,
-sifatli yigish va o‘z vaqtida ta’mirlash hisobiga mexanizmlarning ishqalanishidagi yo‘qotishlarni kamaytirish,
-elektr yuritgichlar va elektr uskunalarning yuklanishsiz yuritishni kichik darajaga qadar kamaytirish,
-kam yuklangan elektr yuritgichlarni kichik quvvatli yuritgichlar bilan almashtirish,
-elektr energiyasining sarflanishini hisobga olish va nazorat takomillashtirish,
- o‘lchash asbob uskunalarining aniqligini oshirish.
Aloqa qurilmalari bir foiz elektr energiyani tejash mamlakat bo‘yicha juda katta miqdordagi soat elektr energiyani ishlab chiqarish va 100 ming tonna shartli yoqilgini tejash imkonini beradi:
- Taqsimlovchi tarmoq va elektr iste’molchilarning kuchlanishni optimal darajada ushlash.
- 6 kV taqsimlovchi tarmoqlarni 10 va 35 kVga o‘zgartirish, manbani iste’molchiga yaqinlashtirish.
- Chuqur kirgan k-malar, zavod trasformator podstansiyalarini maydalash va ularni sex yuklamalariga yaqinlashtirish.
- Elektr, ta’minot sxemasini yaxshilash va iste’molchi fiderlarni kamaytirish.
- O‘tkazgichni yuzasi, shina va kabellarning yuzalarini yuklamaga moslash.
- Zahira liniyalarni ishga tushirish.
- Qurilmalarni remontga chiqarish, vaqtlarini remontga chiqarish, vaqtlarini aralashtirish hisobiga, korxonaning yuklamasi kamaytirish yo‘li bilan tarmoqdagi isrofni kamaytirish.
- Elektr qurilmalarning quvvat koeffitsientlarini oshirish, reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi tadbirlarni qo‘llab, uning optimallash.
- FIK kam qurilmalarni yangilariga almashtirish.
- Yangi texnika va texnologiyani kiritish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.
- Sifatli yig‘ish hisobiga, mexanizmlardan isrofni kamaytirish, o‘z vaqtida remont va tekshiruvlarni qilish.
- Elektr matorlarni salt ishlashishi kamaytirish, shu jumladan salt yurishni avtomatik chegaralovchi qurilmalar hisobiga.
- Elektr matorlarni almashtirish, qaysini 45% gacha yuklanganlarini ishchini quvvatli matorlarga almashtirish.
- Elektr energiya sarfi hisobi va nazoratini kuchaytirish, ASKUE tipdagi avtomatlashgan nazorat va hisob tizimini katta korxonalarda qo‘llash.
1.2. Elektr energiyasini sotish nazoratchisini lavozim yo‘riqnomasi taxlili va izohi
Energosotish nazoratchining vazifasi, burchi, huquqi va majburiyatlari 01.07.2002 yilda tasdiqlangan RD 111-023-2002 yo‘riqnoma hujjat asosida belgilangan. Yo‘riqnoma quyidagi tarkibdan iborat [3]:
1. Umumiy bo‘lim
Ushbu yo‘riqnoma energosotish nazoratchisi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning vazifasiga foydalanilgan elektr energiyasi uchun o‘z vaqtida va to‘la hisob – kitobni amalga oshirilishini ta’minlash va abonentlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009- yil 22- avgustdagi 245 - sonli «Elektr va issiklik energiyasidan foydalanish qoidalari» qarorini bajarilishini nazorat qilish kiradi.
Energosotish nazoratchisi lavozimiga 18 yoshdan katta bo‘lgan, o‘rta maxsus ma’lumotdan kam bo‘lmagan ma’lumotli, maxsus o’quv kursi va nazoratidan o‘tgan hamda texnika xavfsizligi bo‘yicha 2 -guruh xajmi bilimiga ega bo‘lgan shaxslar 3 oygacha bo‘lgan sinov muddat bilan ishga qabul qilinadilar.
Energosotish nazoratchisi lavozimiga ishga qabul qilish va bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga amal qilingan xolda hamda tegishli bo‘lim boshlig‘i tavsiyasiga ko‘ra korxona rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Energosotish nazoratchisi to‘gridan to‘gri brigada texnigiga bo‘ysinadi.
Energosotish nazoratchisiga vazifa abonentlarni kuzatish (obxod) grafigiga asosan, kvartal va oylik reja, tegishli axborotni qayta ishlash bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra nazorat va buyruq yoki qarzdorlik aktlari asosida belgilanadi.
Energosotish nazoratchisining uzq vaqt mobaynida ishda bo‘lmasligi (tatil, kasallik, v.b.) davrida energosotish bo‘limi farmoyishiga ko‘ra nazoratchining majburiyatlari o‘zaro almashish bo‘yicha boshqa nazoratchiga yuklatiladi.
Energosotish nazoratchisi o‘z faoliyatida «Elektr va issiklik energiyasidan foydalanish qoidalari» qarori amaldagi tariflarni belgilovchi direktiv bo‘lib, ushbu yo‘riqnomalarga bo‘ysunadi.
Energosotish nazoratchisi quyidagilarni bilishi shart:
«Elektr va issiklik energiyasidan foydalanish qoidalari» bo‘yicha: 1.8.10 – 1.8.14; 1.9.2; 5.1.1; 5.1.7 – 5.1.9; 5.5.2; 5.5.3; 5.5.5; 5.5.8; 5.5.11 – 5.5.13.
«Elektr qurilmalarini tuzilish qoidalari» (EQTQ) (PUE) bo‘yicha: 1.5.2; 1.5.27; 1.5.29; 1.5.31; 1.5.36; 1.5.38; 7.1.27; 7.1.42.
«Texnik ishlatish va texnika xavfsizligi qoidalari» (PTE va PTB) bo‘yicha: E: 1.1.-1.3; b 2.1. –b 3.9, ilova B4 va B10.
Yong‘in xavfsizligi texnikasi (PPB).
«Energetik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish paytida noxush xollarda birlamchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma».
RD 111 – 393 - 98 «mehnat ishtiroki koeffitsientini aniqlash bo‘yicha Nizom»
RD 111 – 352 -96 «Ichki mehnat tartibi qoidalari».
O‘zR Mehnat kodeksi, Mehnat xavfsizligi.
Elektr va issiklik energiyalariga amaldagi tariflar.
Energosotish nazoratchisi texnika xavfsizligi va texnik ishlatish qoidalari (PTE va PTB) bo‘yicha har yili sinovdan va har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tadi.
Energosotish nazoratchisiga har kvartalda bir marotaba tashrif buyurish sharti bilan xizmat ko‘rsatish rayonidagi ma’lum miqdordagi abonentlar biriktiriladi.
2. Energosotish nazoratchisining funksiyasi va majburiyatlari:
2.1 Energosotish nazoratchisining asosiy funksiyalari:
2.1.1.Hisoblagichlarni xolatini, qobig‘ni butunligini tamg‘ani borligini, hisoblagichni ulanish sxemasini va ishini tekshirish, elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzilishi xollarini aniqlash.
2.1.2.Hisoblagich ko‘rsatkichini shaxsiy kartochkaga yozish va tekshirish vaqtini belgilash.
2.1.3.Abonent tomonidan to‘langan kvitansiya – cheklarni tekshiradi, oxirgi to‘lov amalga oshirilgan hisoblagich ko‘rsatkichini va vaqtini yozib oladi, abonent daftarida xatlar aniqlanganda qayta to‘lovni amalga oshirishni taminlaydi, kerakli xollarda qo‘shimcha to‘lovlar uchun schetlar yozadi yoki nazorat sonlarini belgilaydi, ushbu ma’lumotlarni shaxsiy hisobga (schetga) yozadi, yuqoridagi xolatlar bo‘yicha texnikga bildirishnoma yozadi va EH Mga o‘zgartirishlar kiritishni ta’minlaydi.
2.1.4.Elektr energiyasidan foydalanishda qoida buzarlik aniqlanganda: belgilanmagan tok qabul qilgichlari aniqlaganda, elektr energiyasi o‘g‘irlanayotganda, hisoblagich tamg‘asi buzilganda, noratsional foydalanishda – tegishli akt tuzadi va elektr energiyasi bilan ta’minlashni to‘xtatadi.
2.1.5.Foydalanilgan elektr energiyasiga to‘lov amalga oshirilmagan xolatda abonentni to‘lov hisobini amalga oshirmasa elektr energiyasi ta’minotini to‘xtalishi to‘grisida ogohlantiradi.
2.1.6. 2.1.1 – 2.1.5 banddagi xolatlar bajarilganligini abonentning imzosi bilan birga tasdiqlaydi.
2.2. Energosotish nazoratchisi majbur:
2.2.1.Abonentga tashrif buyurganda o‘zining xizmat guvohnomasini ko‘rsatishga va abonent bilan tegishli munosabatda bo‘lishga.
2.2.2. Korxonaning ichki mehnat tartibiga amal qilishga.
2.2.3. Yuqori lavozimli shaxslar farmoyishini bajarishga.
2.2.4.Elektr uskunalarni tekshirishda xavfsizlik texnikasiga amal qilishga.
3. Energosotish nazoratchisining huquqlari:
3.1. Abonentning elektr uskunalari va hisoblagichlarini ishini hech qanday to‘siqsiz tekshira olish.
3.2. Abonentlarga 8.00 dan 22 .00 gacha haftaning xohlgan kunida tashrif buyura olish.
3.3. «Elektr va issiklik energiyasidan foydalanish qoidalari» buzilganda yoki foydalanilgan elektr energiyasiga to‘lov amalga oshirilmaganda to‘lov amalga oshirilmaguncha elektr ta’minotini to‘xtatish.
3.4. Ishlab chiqarish faoliyatini texnika xavfsizligini, mehnat sharoitini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish.
4. Energosotish nazoratchisining o‘zaro munosabatlari:
4.1. Axborotni qayta ishlash bo‘limi bilan:
4.1.1. Elektr energiyasi bilan ta’minlash (realizatsiya) kunlik qaydnomasini oladi.
4.1.2. (Shaxsiy hisoblar (litsevie scheti) kitobi) forma bo‘yicha tekshiruv (obxod) natijalarini topshiradi.
4.1.3. Chiqish formalarini oladi:
Tekshiruvchi (obxod) vazifa - talab bo‘yicha.
4.1.4. Vaqtinchalik yashamaydigan, o‘chirilgan abonentlar, o‘girlagan hisoblagichlar (tegishli farmoyish bo‘lganda) to‘g‘risida ma’lumotlar oladi,
4.2. Brigada texnigi bilan:
4.2.1. Vazifa oladi va uning bajarilishi bo‘yicha hisobot beradi.
4.2.2.Qoida buzarliklar aktlari blankasini oladi va akt bilan blankalarni topshiradi.
5. Javobgarlik.
5.1. Energosotish nazoratchisi quyidagilarga javob beradi:
5.1.1. Elektr energiyasini realizatsiyasi - sotilish rejasini bajarilishiga.
5.1.2. O‘z vazifalarini sifatsiz bajarilmasligiga.
5.1.3. Abonentlar qarzdorligi bo‘lganda.
5.1.4. Aktlarni sifatsiz to‘latganda.
5.1.5. Mehnat va ishlab chiqarish intizomini buzganda.
5.1.6. Ushbu yo‘riqnoma talablarini bajarmaganda.
5.1.7. Abonentni yashamasligi to‘grisidagi fakt tasdiqlanmaganda.
5.1.8. Abonentning shaxsiy hisobiga ma’lumotlarni tabulyagrammadan ko‘chirilganda.
5.2. Energosotish nazoratchisi mehnat va ishlab chiqarish intizomini buzganda, hamda u elektr energiyasi sotish rejasini 3 oy mobaynida bajarmaganda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi to‘xtatiladi.
5.3. Energosotish nazoratchisi elektr energiyasi hisoblagichini tekshirayotganda, iste’molchi elektr uskunalarini o‘chirishda hamda yo‘l harakati qoidalari buzilishi sodir bo‘lmasligi uchun texnika xavfsizligiga amal qilishi uchun javob beradi.
Energosotish nazoratchisi sinovlar va attestatsiyadan o‘tishda quyidagi savollarga javob berishi lozim:
1. Elektrotexnika asoslari.
2. Energosotish nazoratchisining mansab yo‘riqnomasi.
3. Elektr energiyasi iste’molchilari tarif guruhlari bo‘yicha Nizom.
4. Aholi uchun elektr energiyasi tarif guruhlari.
5. Hisoblagichlarni o‘rnatish va ishlatish. Hisoblagichlar turlari. Hisoblagich bo‘yicha elektr energiyasini miqdorini aniqlash.
6. O‘lchov tok va kuchlanish transformatorlarini texnik tasniflari, o‘lchov tok va kuchlanish transformatorlarini transformatsiya koeffitsientlarini aniqlash, tanlash, o‘lchov tok va kuchlanish transformatorlari qo‘llanilganda iste’mol qilingan elektr energiya miqdorini aniqlash.
7. Hujjatlar to‘latish. Shaxsiy hisoblar kitobi bilan ishlash, o‘chirishlar blankasini to‘ldirish, elektr energiyasi uchun hisob kitob qilinmaganda yoki o‘g‘rilik sodir etilganda abonentlarni o‘chirish va ulash tartibi.
8. Elektr energiyasi hisoblarida tabulyagrammadan to‘gri foydalanish tartibi.
9. «Elektr va issiklik energiyasidan foydalanish qoidalari» asosida elektr energiya ta’minotini to‘xtatish shartlari.
10. O‘zR Vazirlar Mahkamasini elektr energetika tizimini yaxshilash hamda elektr energiyani sotish bo‘yicha Farmonlari va Nizomlari.
11. Texnika xavfsizligi.
12. Elektr energiyasidan shikastlanishda birinchi yordam ko‘rsatish.
1.3. Elektr energiyasi iste’molchilarini tarif guruhlari to‘grisidagi qoidalar
Elektr qurilmalari deganda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, transformatsiyalovchi, uzatuvchi, tarqatuvchi, boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi, tok turini, chastotasini va fazalar sonini o‘zgartiruvchi mashinalar, apparatlar, liniyalar va qo‘shimcha jihozlar tushuniladi.
Elektr qurilmalari tokning turi (o‘zgaruvchan va o‘zgarmas), kuchlanishi (1kV gacha va 1 kV dan yuqori) va ishlatilishi bo‘yicha har xil guruhlarga bo‘linadi.
Ishlatilishi bo‘yicha elektr qurilmalari quyidagilarga bo‘linadi: elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar - elektr generatorlari; o‘zgartiruvchi va taqsimlovchilar - transformator podstansiyalari, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokga yoki boshqa chastota tokga aylantiruvchi uskunalar; elektr tarmoqlari; iste’molchilar - elektr qabul qiluvchilar. Elektr iste’molchilari deganda elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi agregatlar, mexanizmlar, qurilmalar tushuniladi.
Elektr qurilmalari neytral nuqtalari xolatiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Kuchlanishi 1kV gacha bo‘lib neytrali to‘gridan - to‘gri zaminlangan qurilmalar.
2) Kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lib neytrali izolyatsiyalangan qurilmalar;
3) Kuchlanishi 1 kV dan yuqori, biror liniya yerga ulanganda zaminga o‘tadigan toki kichik (I3 500A) bo‘lgan, neytrali izolyatsiyalashgan qurilmalar;
4) Kuchlanishi 1 kV dan yuqori, bir fazali yerga ulanish sodir bo‘lganda zaminga o‘tadigan toki katta (I3> 500A) bo‘lgan, neytrali to‘gridan-to‘gri zaminlangan elektr qurilmalar;
5) Kuchlanishi kichik (42 Voltgacha) elektr qurilmalari.
Elektr ta’minotining ishonchliliga qo’yiladigan talablarga qarab elektr iste’molchilar quyidagi uchta toifalarga bo‘linadi.
I- toifa elektr iste’molchilari - bunday elektr iste’molchilarda elektr ta’minotidagi uzilish kishilarning hayotini xavf ostiga ko‘yadi, Xalq xo‘jaligi uchun katta zarar keltiradi, qimmatli qurilmalarni buzilishi va ko‘plab xom ashyoni chiqitga chiqishiga, murakkab texnologik jarayonni uzoq vaqtga izdan chiqishiga, kommunal xo‘jalikning eng muhim jabxalarida ishning buzilishga olib keladi. I toifali elektr qabul qiluvchilar elektr energiyani kamida ikkita mustaqil ta’minlash manbalaridan olishlari kerak va ularning elektr ta’minotidagi uzilishi vaqti zahiridagi manbani avtomatik ravishda ulashga ketadigan vaqt bilan belgilanadi.
Mustaqil manba sifatida ikki elektr stansiyasi yoki podstansiyalarning taqsimlash qurilmalari ishlatilishi mumkin.
Ko‘p korxonalarda I toifali elektr iste’molchilarining solishtirma miqdori katta bo‘lmaydi. Neft kimyosi, sintetik kauchik va metallurgiya korxonalarida I toifali elektr qabul qiluvchilarining miqdori (70 - 80) % ni tashkil etadi.
I toifali iste’molchilaridan ayrimlari alohida guruh iste’molchilari turkumiga kiradi. Ularni to‘xtovsiz ishlashi ta’minlansa kishilar hayoti xavf ostida qolmaydi, portlashlar, yong‘inlar sodir bo‘lmaydi va qimmat baholi qurilmalar ishdan chiqmaydi. Bularga, masalan kompressorlar, ventilatorlar, nasoslar, yer osti konlaridan yuqoriga ko‘taruvchi uskunalarining yuritmalari va shikastlanish xolatlarda ishlaydigan yoritish qurilmalari kiradi. Bunday alohida guruh iste’molchilari uchun uchinchi qo‘shimcha mustaqil ta’minlash manbasi bo‘lishi kerak.
II - toifali elektr iste’molchilari - bunday elektr iste’molchilarining elektr ta’minotidagi uzilish ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarilmasligiga, ishchilarning ommaviy bo‘sh qolishiga, mexanizmlar va korxona transportini ishlamasligiga, shahar va qishloq aholisining ko‘p qismining normal faoliyatini buzilishiga olib keladi. Bu toifadagi iste’molchilar korxonalarda eng ko‘p qismni tashkil qiladi. Ularning elektr ta’minotini ikkita mustaqil elektr manbalar orqali bajarilishi tavsiya etiladi. II toifali iste’molchilarda elektr ta’minotidagi uzilish vaqti zahiridagi manbani navbatchi shaxs ulashga ketadigan vaqti bilan belgilanadi.
III - toifali elektr iste’molchilariga yuqorida tanishilgan I va II toifali iste’molchilar turkumiga kirmaydigan barcha elektr energiya qabul qiluvchilar kiradi. Ularning elektr ta’minoti bitta manba orqali bajarilishi mumkin. III toifali elektr iste’molchilari elektr ta’minotidagi uzilish 24 soatdan oshmasligi kerak.
Tokning chastotasiga qarab iste’molchilar 50 Gs chastotali, yuqori (10 kGs gacha), o‘ta yuqori (10 kGs dan katta) va past chastotali manbalardan ishlaydigan iste’molchilarga bo‘linadilar. Korxonalarda asosan 50 Gs chastotani iste’molchilar ishlatiladi. Yuqori va o‘ta yuqori-chastotali qurilmalar metallarni eritishda, toblashda, qoliplashda keng ishlatiladi.
Elektr energiyasiga tarifning taxlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘rilayotgan davlatning ijtimoiy tuzilmasini tavsiflovchi ishlab chiqarish usuli tarif siyosati shakllanishida aks etadi.
Tariflarga quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Tariflar ishlab chiqarish, energiyani o‘tkazish va bo‘lish, shuning bilan birga rejalashtirilgan olib tashlash va qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha chiqimlarni aks ettirish kerak.
2. Tariflar iloji boricha kunlik, shu bilan birga mavsumiy o‘lchamda ham differensiallashgan bo‘lishi kerak.
3. Tariflar maqsadi bo‘lishi, hamda maqsadi va energiya o‘lchami oddiyligini ta’minlashi kerak.
4. Tariflar qo‘shimcha energiyani, ayniqsa kechki paytda elektr energiya ishlatishni bir maromda ushlab turishi kerak.
Tariflarning quyidagi turlari mavjud:
1. Bir bosqichli.
2. Ikki bosqichli.
3. Differensiallashgan.
Bir bosqichli tariflar maksimal quvvati 750 kVAdan kichik bo‘lgan, budjet korxona va tashkilot, uy-joy, savdo va umumiy ovqatlanish korxonasi, reklama va boshqalarga ega bo‘lgan kichik korxonalari, firmalar, hamda kichik va o‘rta biznes korxonalarida ko‘llaniladi.
Ikki bosqichli tariflar qabul qilingan maksimal quvvati 750 kVA dan katta bo‘lgan sanoat va unga tenglashtirilgan korxonalarda ishlatiladi. Bu tariflar energotizimning maksimal xajmida va foydalanuvchiga 1 kVts ga qo‘yib yuborilgan faol elektr energiyasi to‘lovida qatnashuvchi, foydalanuvchilar uchun maksimal quvvati 1 kVA qabul qilingan yillik to‘lovdan iborat.
ELEKTR ENERGIYASI UCHUN TARIFLAR
Elektr energiyasi uchun tariflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2011- yil 30- martdagi Reestri bilan belgilanadi. Unga ko‘ra elektr energiyasi uchun tariflar iste’molchilari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
I. Sanoat va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar, ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori. Ikki stavkali tarif:
- bir yilga 1 kVt eng yuqori yuklama uchun to‘lov.
-1 kVt soat iste’mol qilingan energiya uchun to‘lov.
II. Sanoat va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar, ulangan quvvat 750 kVA gacha. Bir stavkali tarif.
III. Ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligi iste’molchilari, shu jumladan budjetdan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari .
IV.Elektrlashtirilgan temir yo‘l va shahar transporti (elektrtortish).
V. Nosanoat iste’molchilar, budjet tashkilotlari, shahar ko‘chalarini yoritish.
VI. Savdo tashkilotlari, kafe, restoranlar va xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari.
VII. Aholi, aholi punktlari.
Elektr plitalar bilan jihozlangan turar joyi aholisi.
VIII. Isitish, issiq suv bilan ta’minlash va sovutish (konditsiyalash) ehtiyojlariga ishlatiladigan elektr energiyasi.
IX. Reklama va illyuminatsiya.
X. Energetika tizimining xo‘jalik ehtiyojlariga.
1. Tariflar QQS (qo‘shimcha qiymat solig‘i) bilan o‘rnatilgan.
2. Reestr kuchga kirishi bilan oldin amal qilgan Reestri o‘z kuchini yo‘qotadi.
1.4. Elektr energiyasini sotish tartibi
Elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan hisob-kitob qilish uchun iste’molchilar majburiy tartibda elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish asboblari bilan, 750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan iste’molchilar esa - elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan ko‘p funksiyali elektron hisobga olish asboblari bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak.
Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari ko‘rsatkichlarning buzilishidan, inson omilining ta’sirini mumkin qadar kamaytirgan xolda axborotlardan ruxsatsiz foydalanilishidan kompleks himoya bilan taminlangan bo‘lishi lozim.
Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish asboblari bo‘lmaganda hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga mayda iste’molchilar va subiste’molchilarning elektr tarmoqlariga ulanish taqiqlanadi.
Turli tarif guruhlaridagi bir nechta iste’molchilar elektr ta’minotining bitta manbaidan ta’minlanganda tegishli hisobga olish asboblari har bir tarif guruhi uchun alohida o‘rnatilishi lozim.
Hisobga olish asboblari (shu jumladan aktiv va reaktiv quvvat va energiyani o‘lchash vositalari, shuningdek jamlovchi qurilmalar hamda iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari) mazkur qoidalarga muvofiq o‘rnatiladi va elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Hisobga olish asboblari, o‘lchov transformatorlari, ikkilamchi zanjirlar, shu jumladan aloqa liniyalari, iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarining saqlanishi va ularning texnik xolati uchun hisobga olish asboblari o‘z balansida bo‘lgan korxona javob beradi.
Elektr energiyasini texnik hisobga olish (elektr energiyasi sarfining belgilangan me’yorlari bajarilishini nazorat qilish) uchun hisobga olish asboblari alohida sexlarda, ko‘p energiya sarflaydigan agregatlarda, texnologiya liniyalarida, binolarda, alohida ob’ektlarda o‘rnatiladi. Sutkaning istalgan vaqtida, asbobning ko‘rsatkichlarini yozib olish va ko‘rikdan o‘tkazish uchun iste’molchilarning (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasini hisobga olish asboblari va sxemalarini to‘sqinliksiz borib ko‘rish huquqiga ega.
Hisobga olish asboblari bilan birgalikda foydalaniladigan o‘lchov transformatorlarini boshqa joyga o‘rnatish va almashtirish faqat hududiy elektr tarmoqlari korxonasining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasini hisobga olish sxemasini o‘zgartirish yoki uning buzilishi bilan bog‘liq, bo‘lgan har qanday ishlarni bajarish uchun iste’molchi, ishlarni boshlashdan oldin, bu haqda hududiy elektr tarmoqlari korxonasini yozma ravishda xabardor qilishi shart. Ishlarni bajarish davrida elektr energiyasi hisobi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan kelishilgan vaqtinchalik sxemalar yoki hisob-kitoblar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif iste’molchilari bilan hisob-kitoblar qilish.
Bevosita hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlaridan hamda iste’molchilar yoki subiste’molchilar elektr tarmoqlari orqali uzatilayotgan elektr energiyasi bilan ta’minlash iste’molchilar bilan hisob-kitoblar elektr energiyasining belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli tariflari bo‘yicha elektr ta’minoti shartnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida iste’molchilarni tarif guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi elektr va issiklik energiyasi iste’molchilarining tarif guruhlari to‘grisidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
Agar to‘lov hujjatini tekshirish yoki hisobga olish asbobi ko‘rikdan o‘tkazishdan keyin (shu jumladan iste’molchi murojaat qilmasa ham) qayta hisob-kitob qilish zarurligi seziladi, bunday qayta hisob-kitob hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi uchun navbatdagi to‘lov hujjatini yozishda amalga oshiriladi.
Hisobga olish asbobi iste’molchining aybi bilan buzilgan (plombasi buzilgan, oynasi singan va shu kabilar), hisobga olish asbobini ishga tushirish sxemasi o‘zgargan, hisobga olish asbobidan tashqari elektr qabul qilgichlar ulangan yoki elektr energiyasi boshqacha usulda o‘g‘irlangan xollarda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchini elektr tarmog‘idan uzib qo’yishga haqlidir va hisobga olish asboblari oxirgi marta o‘zgartirilgan yoki ularni ulash sxemasi tekshirilgan kundan boshlab butun o‘tgan, ammo da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan davr uchun elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati va iste’molchining elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan ishlash soatlari bo‘yicha energiya sarfini qayta hisoblab chiqishi shart. Bunda hisobga olish asbobi ko‘rsatkichini yozib olish ulash sxemasini tekshirish deb hisoblanmaydi.
Elektr energiyasi sarfini qayta hisob-kitob qilish iste’molchini elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Elektr energiyasini hisobga olish iste’molchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori bo‘yicha, hisobga olish buzilishiga qadar bo‘lgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi.
Elektr energiyaning o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha hisob-kitob qilish davri bir oydan oshmasligi kerak, shu vaqt ichida hisob tiklanishi zarur.
Agar hisobga olish asbobini, ob’ektiv sabablarga ko‘ra, ko‘rsatilgan muddatda (tok transformatorining, hisobga olish asbobining yo‘qligi, o‘tib bo‘lmaydigan yo‘llar va shu kabilar tufayli) tiklash imkoniyati bo‘lmasa, iste’molchiga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi va hisobga olishni tiklash muddati iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ikki tomonlama bitimi bilan belgilanishi kerak.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasida hisob-kitob qilish uchun aktiv va reaktiv energiyani, shuningdek quvvatni hisobga olish hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi tarmoqlarining balans bo‘yicha mansublik chegarasida amalga oshiriladi.
Hisob-kitob davrida iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori va xuddi shu davrda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi miqdori o‘rtasidagi tafovut, «O‘zdavenergonazorat» DI tasdiqlagan me’yorlar miqyosida ushbu elektr tarmoqlarida uzatish vaqtida ularning isrof bo‘lishiga ketgan elektr energiyasi texnologik sarf miqdorini chegirgan tomonlardan hech biri o‘z majburiyatlarini to‘la yoki qisman bajarmaganligi uchun javob bermaydi.
Agar ko‘rsatilgan fors-major xolatlari majburiyatlarning shartnomada belgilangan muddatlarda bajarilishiga ta’sir qilsa, u xolda ushbu muddatlar fors-major xolatlarining amal qilish, ammo elektr ta’minoti shartnomasining amal qilish muddatidan ko‘p bo‘lmagan vaqtga uzaytiriladi.
Elektr qurilmalari iste’molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulangan taqdirda, elektr qurilmalari elektr tarmog‘idan darxol uzib qo‘yiladi, iste’molchidan esa ruxsatsiz iste’mol qilingan elektr energiyasining qiymati iste’molchi rasmiy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘tgan vaqt mobaynida yoki davo muddati uchun ulangan elektr uskunalarining belgilangan quvvat bo‘yicha sutkasiga 24 soat davomida ishlashi hisobidan undiriladi.
Bunda ruxsatsiz iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymatining undirilishi elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasi uchun to‘lovni yig‘ish funksiyalarini belgilangan tartibda xususiy operatorga o‘tkazishi mumkin.
Elektr energiyasi uchun to‘lovni yig‘ish funksiyalarini bajaruvchi xususiy operatorlar o‘z faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
750 kVAgacha quvvatga ulangan sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilardan tashqari barcha iste’molchilar bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qilishadi.
Elektr energiyasidan reklama, chiroqlar bilan bezatish, bino va inshootlarni yoritish uchun foydalanuvchi iste’molchilar, iste’mol quvvatidan qatiy nazar, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsatini olishga va tegishli tarif guruhi bo‘yicha hisob-kitob qilishga majburdirlar.
Elektr energiyasidan xonalarni isitish va issiq suv ta’minoti maqsadida foydalanilganda «O‘zdavenergonazorat» DIga boshqa turdagi energiya o‘rniga elektr energiyasidan foydalanishni kelishish uchun texnik-iqtisodiy asoslar taqdim etilishi zarur, shahar qurilishi me’yorlari va qoidalarida ko‘zda tutilgan ovqat tayyorlash va xonalarni isitish uchun elektr energiyasidan foydalanish xolatlari bundan mustasno.
Isitish va issiq suv ta’minoti maqsadida elektr energiyasidan foydalanishni kelishish tartibi «O‘zdavenergonazorat» DI tomonidan belgilanadi.
Elektr energiyasi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, turar joylar va aholi punktlarining kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari mayda turar joy va noturar joy fondi binolarining egalari bilan hisob-kitoblar.
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-ekspluatatsion tashkilotlar umumiy uy-joy ehtiyojlariga foydalaniladigan elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasiga asosan elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansublik chegarasini hisobga olish nuqtasida o‘rnatilgan hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha, belgilangan tarifga muvofiq, hisob-kitob qiladilar. Taqsimlash nazorat hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Nazorat hisobga olish asboblarini o‘rnatish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsati talab qilinmaydi.
Nazorat hisobga olish asboblarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish, ularning ko‘rsatkichlarini yozib olish va elektr energiyasi uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish majburiyatlari yashovchilarning zimmasiga yuklanadi.
Umumiy foydalaniladigan joylarda iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori alohida oilalar o‘rtasida amalda yashovchilarning soni bo‘yicha taqsimlanadi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasidan umumiy hisobga olish asbobi orqali foydalanuvchi fuqorolar o‘rtasida hech qanday hisob-kitoblarni amalga oshirmaydi.
Elektr energiyasi uchun to‘lov hujjatlari bo‘yicha o‘z vaqtida haq to‘lash, turar joy va noturar joy fondi binosidagi hisobga olish asbobining saqlanishi va butligini ta’minlash borasida mazkur qoidalarga rioya qilinishi uchun javobgarlik turar joy va noturar joy fondi binosining egasi zimmasiga yuklanadi.
Hisobga olish asboblari zinapoya maydonchalarida o‘rnatilgan taqdirda ularning saqlanishi va butligi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati hamda uy-joy tasarrufida bo‘lgan idora, tashkilot javob beradi. Zinapoya maydonchalarida o‘rnatilgan hisobga olish asboblari shikastlangan yoki o‘girlangan taqdirda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va idora, tashkilot ularni o‘z hisobidan tiklashi shart.
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, uy-joy mulkdorlari va turar joylardagi hamda boshqa binolardagi xonalarni ijarachilarga (yuridik shaxslarga) ijaraga beruvchi boshqa tashkilotlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsatisiz ijarachilarga tegishli bo‘lgan elektr qurilmalarini (elektr energiyasidan foydalanish maqsadlaridan qat’iy nazar uyning ichki elektr tarmoqlariga ulash huquqiga ega emas.
Ijarachilar (yuridik shaxslar) turar joy va noturar joy fondi binosining egasi bilan shartnoma tuzilgandan keyin uch kun muddatda ijaraga olingan binoda elektr energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni xal etish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilishi shart.
Ijarachi binodan ko‘chib ketadigan bo‘lsa turar joy va noturar joy fondi binosining egasi ijarachidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining u ko‘chib ketish kunigacha elektr energiyasi uchun hisob-kitobni amalga oshirganligi haqidagi ma’lumotnomani talab qilishi shart. Ko‘chib ketgan ijarachilarning elektr energiyasi uchun qarzlari bo‘yicha javobgarlik ijaraga beruvchi zimmasida bo‘ladi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan bo‘linish chegarasidan iste’molchilargacha bo‘lgan umumiy uy-joy elektr tarmoqlarining uzluksiz elektr ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan texnik xolatini ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzgan xususiy uy-joyni ijaraga beruvchi zimmasida bo‘ladi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi har bir maishiy iste’molchi bilan elektr ta’minoti shartnomasini tuzadi va unga belgilangan namunadagi hisob-kitob daftarchasini beradi, u bo‘yicha elektr energiyasi uchun haq to‘lanadi. Hisob-kitob daftarchasining har bir varag‘i kvitansiya va bildirishnomadan iborat bo‘lib, ularda maishiy iste’molchining shaxsiy hisob raqami muxr bilan tushirilgan bo‘lishi kerak.
To‘lov hujjatining har ikkala qismi (bildirishnoma va kvitansiya) bir xilda, aniq, o‘chirib yozishlarsiz to‘ldirilishi kerak. To‘lov hujjatlarida familiya, manzil, to‘lovning joriy va oldingi sanasi hamda hisobga olish asbobining ularga muvofiq, bo‘lgan ko‘rsatkichlari, ko‘rsatkichlar tafovuti va to‘lov summasi ko‘rsatilishi kerak.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi iste’molining shartnomadagi miqdori bo‘yicha yoki oldingi davr uchun amaldagi elektr energiyasi iste’molining xajmi to‘grisidagi ma’lumotlarga asosan to‘lov schotini yozish huquqiga egadir, maishiy iste’molchining hisob raqamida bu haqda tegishli ravishda qayd qilinadi. Bunda hisobga olish asboblaridan ko‘rsatkichlar yozib olingandan keyin amadda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilinadi.
Ovqat tayyorlash uchun markazlashtirilgan tartibda elektr plitalari bilan jihozlangan uylarda yashovchi maishiy iste’molchilar elektr energiyasi uchun tegishli tarif bo‘yicha haq to‘laydilar.
Maishiy iste’molchi tomonidan hisob-kitob davrida amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori iste’molchilardagi hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi.
Hisobga olish asboblaridan ko‘rsatkichlarni yozib olish va to‘lov hujjatlarini amaldagi tarif bo‘yicha yozib berish hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili yoki iste’molchining o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar to‘lov hujjati (bildirishnoma) hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili tomonidan to‘ldirilsa, u maishiy iste’molchiga topshiriladi, u bo‘lmagan taqdirda esa - u bilan birga bir xonadonda (xususiy uyda) yashovchi voyaga yetgan istalgan shaxsga topshiriladi yoki bildirishnoma bilan birga buyurtma xat orqali jo‘natiladi.
Agar navbatdagi aylanib chiqishda hisobga olish asbobi o‘rnatilgan xona yopiq bo‘lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili to‘lov hujjatini oldingi davr uchun amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi xajmi to‘grisidagi ma’lumotlar asosida yozadi, bu haqda maishiy iste’molchining shaxsiy hisob raqamida tegishli belgi qayd etiladi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili, u tegishli amal qilish muddati ko‘rsatilgan, ismi-sharifi yozilgan guvoxnomaga ega bo‘lgan taqdirda, xonadondagi hisobga olish asboblarini soat 8.00 dan boshlab soat 22.00 gacha to‘sqinliksiz tekshirib ko‘rish huquqiga egadir.
Elektr energiyasi uchun haq to‘lash maishiy iste’molchi tomonidan aholidan to‘lovlarni qabul qiluvchi punktlar va tashkilotlar orqali har oyning 10-kunigacha amalga oshiriladi,
Maishiy iste’molchi, o‘z xohishiga ko‘ra, 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to‘lab qo’yishi mumkin, bu xolda tarif o‘zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Maishiy iste’molchida amaldagi elektr energiyasi iste’moli ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida hisobga olish asbobini ulash sxemasi o‘zgartirilgani, uning (iste’molchi aybi) bilan buzilgani yoki yo‘qligi, plombalar ko‘chirilgani, elektr qabul qilgichlar hisobga olish asbobidan tashqari ulangani va boshqa qoida buzilishlari aniqlangan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oxirgi tekshirish kunidan boshlab o‘tgan (lekin da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan) davr uchun maishiy iste’molchi tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi haqini qayta hisob kitob qilishi shart.
Bunda qayta hisob-kitob qilinishi iste’molchini elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Qayta hisob - kitoblar: yorituvchi tok qabul qilgichlarning quvvati va ularni ishlatish soatlari soni bo‘yicha; iste’molchida shtepsel rozetkalari bo‘lganda (tok qabul qilgichlar va rozetkalar sonidan qat’iy nazar) - har sutkada 24 soat davomida soatiga 600 Vt.quvvat foydalanilishi hisobidan; quvvati 600 Vt dan ortiq; bo‘lgan isitish asboblari yoki boshqa elektr uskunalaridan foydalanish xollarida - iste’molchi foydalanayotgan uskunalarning amaldagi quvvati bo‘yicha, ularning har sutkada 24 soat ishlatilishi hisobidan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasidan foydalanishda iste’molchi tomonidan yo‘l qo’yilgan qoidabuzishlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari va maishiy iste’molchi tomonidan imzolangan ikki nusxadagi qo‘shma dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi maishiy iste’molchiga beriladi va ayni bir vaqtda ushbu qoidalarni buzgan iste’molchining elektr qurilmalari tarmoqdan uzib qo’yiladi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdorini dalolatnoma asosida aniqlaydi va to‘lash uchun maishiy iste’molchiga qo’shimcha to‘lov hujjati yozib beradi.
Qoida buzilishi yuzasidan to‘lov hujjatini yozishda, da’vo muddatini hisobga olgan xolda, amaldagi tarif qo‘llanadi.
Maishiy iste’molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori yuzasidan norozilik arizasi berish huquqiga ega, birok bu iste’molchini qoida buzish dalolatnomasi bo‘yicha yozilgan qo’shimcha to‘lov hujjatidagi summani belgilangan muddatda to‘lashdan ozod qilmaydi.
Qo’shimcha to‘lov hujjati bo‘yicha haq 10 kun muddatda to‘lanmaganda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi maishiy iste’molchidan ko‘rsatilgan summani majburiy tartibda undirish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi beradi.
Maishiy iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida paydo bo‘ladigan nizoli masalalar qonun hujjatlariga muvofiq xal etiladi.
Ob’ektlaridan magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalaniladigan iste’molchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan elektr energiyasi uzatish xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar tuzish huquqiga ega emas.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari quyidagilarga majbur:
- elektr energiyasiyai elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansublik chegarasiga elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan xajmda uzluksiz yetkazib berish;
- o‘zining elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarida elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlarini davlat standartlarida belgilangan darajada saklab turish;
- elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarinint rejali ta’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi mumkin bo‘lgan uzilishlar to‘grisida kamida 3 sutka oldin ogohlantirish;
- iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishning to‘xtatib turilishi va buning sabablari to‘grisida ma’lum qilish;
- joriy etiladigan cheklashlar haqida, cheklashning xajmi va vaqtini ko‘rsatgan xolda, o‘z vaqtida xabar qilish;
- iste’molchiga energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash;
- iste’molchilarning elektr energiyasining to’liq yetkazib berilmaganligi yoki elektr ta’minotidagi boshqa qoida buzilishlari to‘grisidagi arizalarini, iste’molchidan ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay ko‘rib chiqish, ularni qoida buzilishlarini bartaraf etish va iste’molchilarga ushbu qoidalarga muvofiq batafsil javob yuborish;
- o‘zining elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarida elektr energiyasining texnologik isroflarini qisqartirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- elektr energiyasining elektr tarmoqlari bo‘linish chegarasida hisobga olinmagan iste’molini aniqlash;
- iste’molchilar tomonidan buyurtma berilgan elektr energiyasi xajmini yetkazib berishning texnik imkoniyatlarini va ulardagi tijorat hisobini olish tizimlarining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini baholash bo‘yicha xulosa berish;
- iste’molchilarning elektr tarmoqlari va qurilmalarini o‘z hududiy elektr tarmoqlariga ulanishi yuzasidan texnik shartlar berish;
- iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasini belgilangan tartibda hisobga olib borish;
- iste’molchining belgilangan tartibda kiritilgan takliflariga muvofiq besh kun muddatda elektr energiyasining oylik shartnomaviy xajmiga o‘zgartirishlar kiritish, elektr energiyasining oylik shartnomavii miqdorini ko‘paytirish (kamaytirish) mumkin bo‘lmagan taqdirda - bu haqda, rad etish sababini ko‘rsatgan xolda, iste’molchiga xabar qilish;
- energiyasini yetkazib berishdagi tanaffuslar uchun iste’molchi oldida moddiy javobgar bo‘lmaydi.
Reaktiv energiya va quvvat kompensatsiyasi uchun elektr energiyasi bo‘yicha tarifdan chegirmalar va tarifga ustamalar:
reaktiv energiya va quvvat o‘rnini to‘ldirish uchun chegirmalar (ustamalar) bitta hisobga olish nuqtasi bo‘yicha o‘rtacha oylik elektr energiyasi iste’moli 15 ming kVt.soatdan ortiq bo‘lgan sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar, elektrlashtirilgan (elektr energiyasi bilan yuradigan) temir yo‘l va shahar transporti, qishloq xo‘jaligi iste’molchilariga nisbatan amalga oshiriladi.
reaktiv energiya va quvvat o‘rnini to‘ldirish uchun chegirmalar (ustamalar) reaktiv energiya va quvvatni hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi hamda eng katta reaktiv yuklamaning 1 kVAR uchun to‘lov va (yoki) iste’mol qilingan reaktiv energiyaning 3 kVAR.soati uchun to‘lov tarzida undiriladi.
Ustamalar iste’molchi ta’minlanadigan elektr tarmog‘ining katta yuklamali soatlarida iste’molchi tomonidan shartnomaviy miqdordan ortiqcha reaktiv energiya va quvvat iste’mol qilinganda va yagona elektr energetika tizimining kichik yuklamali soatlarida reaktiv energiya hosil qilinganda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ko‘llanadi.
Iste’molchi tomonidan elektr tarmog‘ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimi tarmog‘ida reaktiv energiya hosil qilinganda va elektr tarmog‘ining kichik yuklamali soatlarida energiya tizimi tarmog‘idan reaktiv energiya iste’mol qilinganda, agar iste’molchi bunday ish rejimida ishlashi zarurati shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, energiya tizimi tomonidan tarifdan chegirmalar taqdim etiladi.
Elektr tarmog‘ining katta va kichik yuklamali soatlari – bu sutkaning iste’molchi tomonidan reaktiv quvvatning iste’mol qilinishi (hosil qilinishi) tufayli yagona elektr energetika tizimining elektr tarmoqlarida elektr energiyasining qo‘shimcha ravishda yo‘qotilishiga olib keladigan davrlaridir.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr tarmog‘ining katta va kichik yuklamali soatlarini, iste’molchining va u foydalanadigan tarmoqning reaktiv yuklamasi jadvallarini taxlil qilgan xolda, har qaysi iste’molchi uchun yakka tartibda belgilashi mumkin.
Har sutkadagi katta va kichik yuklamali soatlar yig‘indisi 24 soatga teng, shu jumladan:
katta yuklamali soatlar-07 soat 00 daqiqadan 23 soat 00 daqiqagacha;
kichik yuklamali soatlar-23 soat 00 daqiqadan 07 soat 00 daqiqagacha.
Reaktiv energiya va quvvatning iste’mol qilinishi hamda hosil qilinishi hisobga olishni avtomatik tizimlari hamda to‘xtatgichli yoki xotirali hisobga olish asboblari yordamida qayd etiladi (yoki) uning kichik yuklamali soatlarida majburiy iste’mol qilingan reaktiv quvvat va (yoki) energiyaning chegaraviy qiymatlari hisobga olinadi.
Elektr tarmog‘ining katta yuklamali soatlarida reaktiv energiya va quvvatning iqtisodiy qiymati, aynan shu soatlarda reaktiv quvvat va (yoki) reaktiv energiya iste’molining bir oydagi texnikaviy chegaralari, ular hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan yagona elektr energetika tizimining har qaysi bog‘lamasi bo‘yicha elektr tarmoqlarining ishlash rejimlari hisob kitoblari asosida belgilanadi.
Yuqorida qayd etilgan hisob-kitob mavjud bo‘lmaganda to‘lov faqat amalda iste’mol qilingan reaktiv energiya uchun aktiv energiya bo‘yicha amaldagi tarifning 5 foiziga teng narx bo‘yicha, qo‘shilgan qiymat soliqsiz undiriladi.
Elektrlashtirilgan temir yo‘l transportining harakatlantiruvchi podstansiyalari va metropoliten podstansiyalari tomonidan elektr energiyasidan foydalanilishi yuzasidan elektr ta’minoti shartnomasida bir oyda reaktiv energiya iste’mol qilishning iqtisodiy qiymati va texnik chegarasi ko‘rsatiladi.
Temir yo‘l transportining o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokli harakatlantiruvchi podstansiyalari tomonidan reaktiv energiya iste’mol va hosil qilinishining iqtisodiy qiymati va texnik chegarasi kontakt tarmog‘i bilan ulangan harkatlantiruvchi podstansiyalar bo‘yicha yig‘indi tarzida ko‘rsatiladi, ularning energiya iste’moli uchun hisob-kitoblari bitta hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bir oydagi reaktiv energiya iste’mol va hosil qilishning hamda elektr tarmog‘ining katta yuklamali soatlarida reaktiv quvvatning iqtisodiy qiymati va texnik chegaralari elektr ta’minoti shartnomasida qayd etiladi.
Elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif iste’molchilari bilan hisob-kitoblar qilish.
Ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori bo‘lgan sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma ob’ektlarini: sexlar, zavod boshqarmalari, omborlar, garajlar va shu kabilar, shuningdek xususiy temir yo‘l kirish joylari va korxona xududini yoritish va boshqa ehtiyojlarga, sanoat (zavodning ichki, shaxta, kon va shu kabi) elektr transporti uchun sarflangan elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif bo‘yicha haq to‘lanadi.
Binolar va xonalarni yoritish uchun hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan uy-joy va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasi uchun sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar bilan hisob-kitoblar iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tariflarga binoan, elektr energiyasini hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Iste’molchining sexlari yoki ob’ektlari tarqoq joylashgan bo‘lsa va umumiy taqsimlash elektr tarmog‘iga ega bo‘lmasa, bu sexlar yoki boshqa alohida ob’ektlar bilan hisob-kitoblar, iste’molchining o‘zi bir ta’minlash manbai bo‘yicha alohida, avvaldan buyurtma berilgan quvvat bo‘yicha amalga oshiriladi.
Elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchi elektr energiyasining bir qismini bir stavkali tarif bo‘yicha subiste’molchiga yetkazib bersa, u hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga ushbu subiste’molchilarni yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamasida qatnashuvchi yuklamasi qiymatiga kamaytirilgan quvvat miqdori uchun haq tulaydi. Quvvatning kamaytirilishi hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadi.
Subiste’molchining katta yuklamasini qayd qiluvchi hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmagan taqdirda ularning amaldagi yuklamasi yilning tegishli yil davrlari uchun subiste’molchi kuchlanishining sutkalik jadvallari asosida aniqlanishi va elektr ta’minoti shartnomasida qaydetilishi kerak.
Elektr energiyasining sifati uchun elektr energiyasi tarifidan chegirmalar va unga ustamalar:
Elektr energiyasi sifati uchun tarifdan chegirmalar (ustamalar) amaldagi tariflar bo‘yicha belgilanadi. Elektr energiyasi sifati uchun tariflarga ustamalar jarima sanksiyasi hisoblanmaydi va elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq undiriladi (maishiy iste’molchilardan tashqari).
Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarda qo‘llanadigan elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari (ESK) ro‘yxati davlat standartlari asosida elektr ta’minoti shartnomasida belgilanadi.
Agar iste’molchining elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi amaldagi ulushi elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan oshsa, u xolla sanksiyaning muayyan miqdori tarifga ustama, aks xolda - tarifdan chegirma hisoblanadi.
Har qaysi ESK bo‘yicha chegirmalar (ustamalar) miqdori ko‘rib chiqilayotgan ESKning hisob-kitob davridagi nisbiy jami chiqish davomiyligi ko‘rsatkichlariga (T1 va T2) qarab yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tegishli ravishda normal va eng katta qiymatlari uchun hisoblanadi. T1 va T2 qiymatlari o‘lchash vaqti davomida aniqlanadi.Yuqorida elektr sgansiyalari va elektr tarmoqlari uskunalarining yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan sharoitlarda ishlashining oldini olish, yagona elektr znergetikasi tizimining barqaror parallel ishlashini ta’minlash, shikstlanishlar yuzaga kelishining oldini olish hamda iste’molchilarning tartibsiz uzib qo‘yilishiii bartaraf etish uchun tuziladi.
Elektr energiyasini cheklash va uzib qo’yish jadvallari joriy yilning 1 -oktabridan keyingi yilning 1- oktabrigacha bo‘lgan davr uchun, iste’molchining texnologik va shikastlanish (avariya) bronini aniqlash dalolatnomasiga asosan tuziladi va jadvallarga kiritilgan barcha iste’molchilar uchun ularni bajarish majburiy hisoblanadi.
Jadvallarning quyidagi turlari tuziladi:
- yagona elektr energetika tizimida yoqilg‘i yoki gidroresurslar yetishmaganda elektr energiyasini (kVt.soatda) cheklash jadvali.
Jadvalda elektr energiya iste’molini iste’molchilarning texnologik bronigacha, keyinchalik esa avariya bronigacha (cheklashga mansub bo‘lmagan ob’ektlardan tashqari), iste’molni 5 ta teng navbatga bo‘lgan xolda qisqartirilishi ko‘zda tutilishi lozim;
- yagona elektr energetika tizimida quvvat yetishmaganda quvvatni (kVt.da) cheklash jadvali.
Jadvalda yagona elektr energetika tizimining ertalabki va kechki eng katta yuklamalari o‘tishi soatlarida iste’mol qilinadigan quvvatni, uni 5 ta teng navbatga bo‘lgan xolda, iste’molchilarning shikstlanish (avariya) bronigacha kamaytirilishi ko‘zda tutilishi lozim;
- iste’molni va quvvatni cheklash jadvallarini kiritish uchun vaqt bo‘lmagan xollarda, yuzaga kelgan quvvat yetishmasligi oqibatida avariya paydo bo‘lishi xavfida qo‘llaniladigan quvvatni uzib joriy etish jadvali.
Jadvalda yagona elektr energetika tizimi iste’molchilari iste’mol qiladigan quvvatni, 5 ta teng navbatga bo‘lgan xolda to’liq uzib qo’yish ko‘zda tutilishi lozim, uzib qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlar undan mustasno.
Ayrim xollarda iste’molchilarni uzib qo’yishning maxsus jadvali ishlab chiqiladi.
Elektr energiyasini uzib qo’yish jadvaliga va maxsus jadvalga avtomatik qurilmalarga, teleboshqarishga yoki doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va ishonchli telefon aloqasiga ega bo‘lgan podstansiyalar ustuvorlik bilan kiritilishi lozim. Iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilishi elektr ta’minotining avariya bronigacha cheklab qo‘yilishi mumkin.
Cheklash va uzib qo’yish jadvallarini amalga kiritish tartibi:
-elektr energiyasi va quvvatini cheklash va uzib qo’yish jadvallari «O‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining farmoyishi bilan amalga kiritiladi. Elektr energiyasini cheklashni joriy etish yuzasidan farmoyishlar dispetcherlik boshqaruvining barcha darajalarida, operativ daftarga cheklashning miqdori, boshlanish va tamom bo‘lish vaqtini yozgan xolda uzatiladi;
-hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchilarga keyingi sutkalarda elektr energiyasini cheklash jadvallarining amalga kiritilishi to‘grisida joriy sutkaning soat 14-00 dan kechiktirmay, energetikasi tizimiga elektr energiyasi yetkazib berishning jadvalini belgilaydi.
-blok-stansiya tomonidan yuklama dispetcherlik jadvalida belgilangan miqdordan kamaytirilsa, «O‘zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi blok-stansiyaga ega bo‘lgan sanoat va idoraviy iste’molchilar bo‘yicha, blok-stansiya tomonidan yuklama kamaytirilgan miqdorda quvvatga cheklashlar kiritish huquqiga ega, blok-stansiya yuklamasining kamayishiga fors-major vaziyatlari sabab bo‘lgan xolatlar bundan mustasno.
Yagona elektr energetika tizimiga yetkazib beriladigan, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan iste’mol qilinadigan aktiv elektr energiyasini hisobga olish blok-stansiya tomonidan balans bo‘yicha mansublik chegarasida o‘rnatilgan, aktiv elektr energiyasini qabul qilish va yetkazib berishni alohida-alohida qayd etadigan hisobga olish asboblari bilan amalga oshiriladi.
Blok-stansiyaga tegishli bo‘lgan elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarida elektr energiyasini yagona elektr energetika tizimiga yetkazib berishdagi hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonalaridan olishdagi texnologik sarflari blok-stansiya hisobiga tegishli bo‘ladi.
Blok-stansiyaga ega bo‘lgan iste’molchi hisob-kitoblarni:
«O‘zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan - yagona elektr energetika tizimiga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun;
hududiy elektr tarmoqlari bilan - hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan olingan elektr energiyasi uchun tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
Yetkazib beriladigan va iste’mol qilinadigan elektr energiyasi uchun blok-stansiyalar bilan hisob-kitoblar belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.Hisob-kitob davrida yagona elektr energetika tizimiga blok-stansiya aybi bilan to’liq, yetkazib berilmagan elektr energiyasi miqdori shartnomada belgilangan elektr energiyasi xajmi bilan yagona elektr energetika tarmog‘iga amalda yetkazib berilgan elektr energiyasi o‘rtasidagi tafovut bo‘yicha aniqlanadi.
1.5. Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari
Mazkur Qoidalar O‘zbekistan Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, «Energiyadan oqilona foydalanish to‘grisida», «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘grisida», «Tabiiy monopoliyalar to‘grisida», «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tugrisida»gi O‘zbekistan Respublikasi qonunlariga muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr energiyasi iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi hamda barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va elektr energiyasi iste’molchilari uchun majburiy hisoblanadi [4-6].
Ushbu qoidalar shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan xolda, iste’molchilardan elektr energiyasi uchun to‘lovni yig’ish funksiyasini bajaruvchi xususiy operatorlar uchun ham majburiy hisoblanadi.
Elektr ta’minoti shartnomasini tuzish, uni o‘zgartirish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish masalalarini xal etishda tomonlar qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur qoidalarga amal qiladilar.
Subiste’molchilar elektr ta’minoti shartnomasini hududiy elektr tarmoqlari korxonalari roziligiga binoan iste’molchilar bilan tuzadilar.
Iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish uchun «O‘zstandart» agentligi yoki uning o‘lchov vositasi turini tasdiqlash to‘grisida O‘zbekiston Respublikasining sertifikatiga ega bo‘lgan hududiy bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish asboblari qo‘llanadi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchi bilan birgalikda iste’molchilar iste’mol qilgan elektr energiyasining amaldagi miqdorini aniqlash uchun ulardagi hisobga olish asboblarining (mantiq iste’molchilardan tashqari) ko‘rsatkichlarini har oyda yozib olishi va zarur bo‘lganda hisobga olish asboblarini ulash sxemasini tekshirib ko‘rishi kerak.
Aholida elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishiga ko‘ra maishiy iste’molchilarning hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini birgalikda yozib olish, zaruriyatga qarab, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari xohishi yoki iste’molchilar buyurtmanomalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Elektr energiyasiga amaldagi tariflar o‘zgargan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi axborotni ommaviy axborot vositalari orqali o‘n kun muddatda iste’molchilarga yetkazadi.
Bunda elektr energiyasiga tariflar o‘zgargan sanadan qat’iy nazar, elektr ta’minoti shartnomasi o‘z kuchida qoladi va iste’molchi olingan elektr energiyasi va quvvati uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab u bo‘yicha haq to‘lashga majburdir.
«O‘zdavenergonazorat» DI tomonidan iste’molchida energiyadan (imzolangan dalolatnomaga muvofiq,) nooqilona foydalanganlik, elektr energiyasini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni bajarmaslik xolatlari aniqlangan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aniqlangan elektr energiyasidan nooqilona foydalanish xolatlaridan kelib chiqqan xolda energiya iste’molining shartnomadagi miqdorini kamaytirishga haqlidir.
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlaridagi avariyalarning oldini olish va bartaraf etish yoki odamlarning xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ko‘rish zarur bo‘lganda, iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, birok uni darxol xabardor qilgan xolda, elektr energiyasini uzatishda tanaffus yoki cheklashlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Ob’ektning elektr ta’minoti loyihasida ko‘zda tutilgan, o‘zaro zahiralanuvchi manbalarni avtomatik ishga tushirish yoki asosiy manbani qayta avtomatik tiklash vaqtida elektr energiyasining uzib qo‘yilishi (sabablaridan qat’iy nazar) elektr ta’minotida tanaffus deb hisoblanmaydi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish sohasidagi me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq «O‘zdavenergonazorat» DI tomonidan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasining isrof qilib sarflanishi va iste’molchi elektr qurilmalarining avariya xavfi tug‘diradigan yoki odamlar hayotiga xavf soladigan qoniqarsiz texnik xolati aniqlanganda «O‘zdavenergonazorat» DI elektr energiyasi yetkazib berishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib qo’yish huquqiga ega.
Maxsus qoidalar bo‘yicha foydalaniladigan elektr qurilmalari ustidan energetika nazorati qonun hujjatlariga muvofiq,vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi,
Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi iste’molchilarni foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, asboblar va uskunalarning zarur texnik xizmati va xavfsizligi ta’minlanishi, elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek elektr energiyasidan foydalanish paytida paydo bo‘ladigan shikastlanishlar, yong‘inlar, elektr energiyasini hisobga olish asboblarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar tug‘risida hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlarini darxol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Elektr tarmoqlari, asboblar va uskunalarning texnik xolatiga va ularni ekspluatatsiya qilishga nisbatan qo’yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi elektr energetikasi sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ushbu Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Ma’muriy kodeksiga, Jinoyat kodeksiga, «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘grisida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga amal qilinadi.
Elektr qurilmalari iste’molchilarning elektr tarmoqlaridan quvvat oladigan subiste’molchilar texnik shartlarni, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsati bilan, iste’molchilardan oladilar va loyiha hujjatlarini iste’molchi bilan kelishadilar.
Agar subiste’molchining yuklamasi ortishi sababli iste’molchining tashqi elektr ta’minoti sxemasini o‘zgartirish yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasida qayd etilgan transformatorlar va yuqori voltli motorlar quvvatini ko‘paytirish talab etilsa, iste’molchi yuklamani ko‘paytirishga texnik shartlarni hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan oladi.
Ob’ektni hududiy elektr tarmoqlariga ulashning texnik shartlarida quyidagilar kursatiladi:
-ulanish nuqtasi (podstansiya, elektr stansiyasi yoki elektr energiyasi uzatish liniyasi), ob’ektni ta’minlovchi havo va kabel liniyalari bajarilishi kerak bulgan kuchlanish, alohida xolatlarda tashqi elektr energiyasi ta’minoti sxemasi variantlarini ishlab chiqish zaruriyati ko‘rsatiladi;
-yangi iste’molchi ulanishi tufayli mavjud tarmoqni kuchaytirish bo‘yicha asoslangan talablar (simlar kesimlarini oshirish, transformatorlar quvvatini almashtirish yoki ko‘paytirish, zahira yacheykalari barpo etish va shu kabilar);
-qisqa tutashish toklarining hisoblangan miqdori, releli himoya, avtomatika, aloqa, izolyatsiya va o‘ta kuchlanishdan himoyaga qo’yiladigan talablar;
-reaktiv quvvat o‘rnini to‘ldirishga qo‘yiladigan talablar;
-elektr eiergiyasini hisobga olishga qo‘yiladigan talablar;
-davlat standartlariga muvofiq tok qabul qilgichlar yonida barqarorlashtiruvchi qurilmalar va elektr energiyasi sifatini nazorat qiluvchi asboblarning o‘rnatilishiga qo’yiladigan talablar;
-iste’molchi yuklamasining sutkalik jadvalini tartibga solish bo‘yicha talablar;
-elektr qurilmalarining namunaviy loyihalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar;
-hududiy elektr tarmoqlarining ta’minlovchi liniyalariga ulanadigan iste’molchilar elektr qurilmalariga qo’yiladigan o‘ziga xos talablar (zahira energiya manbaining, kuchlanish beriladigan joylarni avtomatik himoya qilishning zarurligi, ta’minlovchi liniyalarning parallel ishlashiga yo‘l qo‘yilishi, yagona elektr energetika tizimida quvvat tanqisligi paydo bo‘lganda bunday tok qabul qilgichlarning elektr ta’minotini saqlash maqsadida ayrim zahiralanuvchi ta’minlovchi liniyalarga mas’ul yuklamalarni ajratish va shu kabilar);
-korxona, bino, inshootlar loyihasida (ishchi loyihasida) elektr qurilmalarini ekspluatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha loyiha yechimlarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi talablar;
-topshirish hujjatlarini, hamda ishga tushirish mumkinligini aniqlash uchun elektr qurilmasini ko‘rikdan o‘tkazishga taqdim etishi kerak.
Iste’molchilarning rekonstruksiya qilinayotgan elektr qurilmalari ham ekspluatsiyaga topshirishdan oldin, ko‘rikdan o‘tkazish uchun «O‘zdavenergonazorat» DI inspektoriga ko‘rsatilishi kerak.
Elektr qurilmalari ekspluatatsiyasiga ijozat berish tartibi subiste’molchilarning yangidan montaj va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalariga tatbiq etiladi.
Iste’molchilarning elektr qurilmalarini montaj qilishda kamchiliklar, ulash uchun berilgan texnik shartlardan chekinishlar aniqlanganda, shuningdek texnik hujjatlar va elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish uchun tayyorgarlik ko‘rgan xodimlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ularga ijozat berish taqiqlanadi.
Yangi yoki rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalariga kuchlanish berish, hisobga olish asboblari qiyoslashdan o‘tkazilishi va o‘rnatilishidan keyin ularni ekspluatatsiya qilishga ijozat berish to‘grisida «O‘zdavenergonazorat» DI ning dalolatnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek elektr ta’minoti shartnomasi tuzilganidan keyin amalga oshiriladi.
«O‘zdavenergonazorat» DI elektr qurilmani texnik ko‘rikdan o‘tkazish va ekspluatatsiya qilishga ijozat berish yuzasidan javob beradi.
Iste’molchining ekspluatatsiya qilinayotgan elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish davriyligi o‘rnatilgan tartibda «O‘zdavenergonazorat» DI tomonidan belgilanadi.
Ishlari mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan iste’molchilar har yili, elektr qurilmalarini ishga tushirishdan oldin ularning ko‘rikdan o‘tkazilishi va ekspluatatsiya qilishga ijozat berilishi uchun «O‘zdavenergonazorat» DI yoki uning hududiy bo‘limiga yozma ravishda murojaat qilishlari kerak.
Elektr qurilmalari va elektr tarmoqlarining texnik xolati yuzasidan tomonlarning javobgarligi.
Elektr uskunalarining xolati, foydalanilishi va ularga xizmat ko‘rsatilishi yuzasidan iste’molchilar bilan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasidagi javobgarlik chegarasi elektr uskunalarining balans bo‘yicha mansubligi bilan belgilanadi va bu elektr ta’minoti shartnomasiga ilova qilinadigan elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansubligini va tomonlarning ekspluatatsiya qilish bo‘yicha javobgarligini chegaralash dalolatnomasida qayd etiladi.
Elektr tarmoqlari va uskunalariga xizmat ko‘rsatish chegaralarini va ularning xolati uchun javobgarlikni belgilash yuzasidan dalolatnoma hududiy elektr tarmoqlari korxonasining va iste’molchining vakillari tomonidan imzolanadi.
1000 Volt va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarining xolati va ularga xizmat ko‘rsatish yuzasidan javobgarlik chegaralari: yopiq taqsimlash qurilmalarining tashqi tomonidan elektr uzatish havo liniyasining o‘tish izolyatori ulanmasida va simning ochiq iste’molchi elektr tarmoqlarining texnik xolatini ta’minlash bo‘yicha ekspluatatsiya harajatlar uchun subiste’molchilar, iste’molchi bilan subiste’molchi o‘rtasida tuzilgan alohida shartnoma bo‘yicha elektr energiyasining umumiy xajmidan olinadigan ulushga mutanosib ravishda haq to‘laydilar.
Ekspluatatsion harajatlarni subiste’molchiga beriladigan elektr energiyasi tarifiga qo‘shishga ruxsat etilmaydi.
1.6. Xo‘jalik yuritish. Hisob raqam bilan ishlash. Elektr energiyasidan o‘grincha foydalanish xolatlari va elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilishining xolatini aniqlash
Energetika sohasida ham bozor munosabatlarini qaror toptirish energetika tizimining barqaror faoliyatini ta’minlash barobarida iste’molchilarning elektr, issiklik energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini to’liq kondirishning huquqiy bazasini yaratishga asos bo‘ldi. Jumladan, 1997- yil 25- aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish to‘grisida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001- yil 22 -fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish to‘grisida”gi farmoni bu boradagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi. Ushbu Farmon elektr energiyasi ishlab chiqarish, uni uzatish va sotish bo‘yicha boshqaruv tizimi hamda xo‘jalik aloqalariga bozor tamoyillari va mexanizmini joriy etish imkonini yaratdi. Uning ikkinchi va beshinchi bandlari bilan “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zdavlatenergonazorat” agentligi tashkil etildi hamda ular faoliyatining asosiy vazifalari belgilab berildi [2-6].
Ma’lumki, elektr yoki issiklik energiyasidan oqilona foydalanishda unga ulanish, o‘lchash va hisob-kitob qilish shartnomaviy-huquqiy munosabat sanalib, belgilangan tartib yoki qoidalarga rioya etishni taqozo etadi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5- iyundagi “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to‘grisida”gi, 2009- yil 22 -avgustdagi “Elektr va issiklik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘grisida”gi qarorlari qabul qilingan bo‘lib, ushbu normativ-huquqiy hujjatlar energiya isrofgarchiligining oldini olishga, energiyadan xo‘jasizlarcha foydalanish uchun javobgarlikni belgilashga asos bo‘ladi.
Bu qoidalarning mavjudligiga qaramay, amaliyotda ayrim shaxslar tomonidan elektr yoki issiklik energiyasiga noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan ulanish xolatlari kuzatilmoqda. Mazkur xolat elektr yoki issiklik energiyasidan foydalanuvchi boshqa iste’molchilarning, shuningdek, elektr yoki issiklik energiyasiga oid faoliyatni amalga oshiruvchi va tartibga soluvchi korxonalarning qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda.
Bunday qonun buzarliklarga chek qo’yish maqsadida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksining 101-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan 2009- yil 24- iyunda qabul qilinib, Senatning o‘n to‘kkizinchi yalpi majlisida ma’qullandi hamda 2009-yil 16- sentabrda matbuotda e’lon qilindi va kuchga kirdi.
Qonunni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad energiya turlaridan oqilona foydalanish, xususan, elektr yoki issiklik tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilash yo‘li bilan bunday g‘ayriqonuniy xolatlarni kamaytirish, eng muximi, ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi va jinoyat kodekslaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat. Qolaversa, mamlakatimiz energetika xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan elektr va issiklik tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish kabi ijtimoiy xavfli, qonun bilan ta’kiklangan qilmishlarning oldini olish va ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikning mukarrarligini ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852-moddasida gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiklik energiyasi, tabiiy gaz, sovuk yoxud issik suvni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ancha miqdorda zarar yetkazgan xolda sodir etilgan bo‘lsa jinoiy javobgarlik, Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksining 101-moddasida esa elektr, issiklik energiyasi yoki gazdan foydalanish qoidalarini buzish, elektr, issiklik energiyasi yoxud gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek, bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Lekin Jinoyat kodeksining 1852-moddasida ham, Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksining 101-moddasida ham elektr yoki issiklik tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish uchun javobgarlik belgilanmagan edi. Amaliyotda esa ayrim shaxslar tomonidan elektr yoki issiklik energiyasi tarmoqlariga noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan ulanish xolatlari ko‘plab uchrayotganligi aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudidan olingan ma’lumotlar taxlili shuni ko‘rsatdiki, Jinoyat kodeksining “Elektr, issiklik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish” deb nomlangan 1852-moddasi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksning “Elektr, issiklik energiyasi yoki gazdan foydalanish qoidalarini buzish” deb nomlangan 101-moddasi ishlamoqda. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar taxlili bu borada jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etish xolatlari yil sayin o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda. Masalan, 2009 yilning birinchi yarmida JKning 1852-moddasi bilan jazolangan shaxslar soni 2008 yilga nisbatan 6 foizga ortgan.
Shu o‘rinda alohida qayd etish joizki, Jinoyat kodeksining amaldagi 1852-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasida faqat gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi bois, bugungi kunga qadar amaliyotda elektr va issiqliq tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulangan shaxslarning qilmishi Jinoyat kodeksining 229-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinib kelinayotgan edi. Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda Jinoyat kodeksidagi normani tergov va sud amaliyotida qo‘llashdagi nomutanosiblikni bartaraf etish maqsadida mazkur qonun bilan Jinoyat kodeksining 1852-moddasi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksining 101-moddasiga tegishli o‘zgartishlar kiritilib, elektr yoki issiklik tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilandi.
Shunga o‘xshash aniqlik Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksining 101-moddasiga ham kiritilib, ushbu norma mazmuni va tuzilishi jixatidan Jinoyat kodeksining 1852-moddasiga moslashtirib o‘zgartirildi. Ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning energetika xavfsizligini ta’minlashdagi asosiy tarmoqlardan hisoblangan elektr yoki issiqlik energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlaydi, ayniqsa, elektr yoki issiklik energiyasi tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulangan iste’molchilarni manbalardagi energiyadan oqilona foydalanish barobarida hisobga olish asboblari ko‘rsatgichlari bo‘yicha hisob-kitoblarni shartnomalarda belgilangan muddatlarda to‘lanishiga ko‘nikma hosil qilishiga erishiladi. Bu esa boshqa iste’molchilarning qonuniy manfaatlari buzilishining oldini oladi. Eng muhimi, fuqarolarning energiya manbalaridan oqilona foydalanishi uchun zamin yaratadi.
Elektr energiya bir qator fizikaviy xususiyatlari bilan energiyaning boshqa turlari, masalan issiqlik energiyasidan ajralib turadi. Bu xususiyatlarning birinchisi, elektr energiya ishlab chiqargan zahotiyoq iste’mol qilinishi kerak. Demak, har bir onda ishlab chiqarilgan va iste’mol qilinayotgan elektr energiya teng bo‘lishi kerak. Agar issiqlik elektr stansiya (IES), gidroelektr stansiya (GES) yoki atom elektr stansiya (AES) va boshqa turli elektr energiya manbalarining ishlab chiqaradigan elektr energiyasi iste’mol qilinayotgan elektr energiyadan kam bo‘lsa, ya’ni elektr energiyasi yetishmovchiligi (difitsit) ro‘y bersa, barcha elektroenergetika tizimi ishdan chiqadi.
Elektr energiyaning yana bir alohida xususiyati shundan iboratki, elektr energiyani havo yoki kabel elektr uzatish yo‘li (EUY) bilan qandaydir masofaga uzatilganda energiyaning bir qismi yo‘qoladi va isroflanadi. Bu EUY va transformatorlarda elektr energiya issiqlik energiyasi ko‘rinishida ajralib chiqqan energiya. Bu elektr energiyaga xos fizikaviy xususiyat. Shuning uchun, masalan, quvurlar orqali qandaydir masofaga uzatayotgan gaz yoki suyuqlikning miqdori quvurning boshlanishi va oxirida baravar bo‘lsa, elektr energiya, EUY boshi va oxirida baravar emas, isroflar miqdorida kam. Bu energiya isroflari yoki energiyani yo‘qotish texnologik isroflar deyiladi. Hozirgi vaqtda ana shu isroflarni hisoblash, o‘lchash, nazorat qilish va iloji boricha kamaytirish elektr energetikaning asosiy muammolaridan biridir. Elektr energiya isrofi barcha mamlakatlarda har xil. Rivojlangan mamlakatlarda isroflar ishlab chiqaradigan yalpi elektr energiyaning 4-5 % tashkil etsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 15-17 % ga teng. Isrofni kamaytirish, bu issiqlik elektr stansiyalarda ishlatadigan gaz va boshqa energetik yoqilg‘ilarni, neft mahsulotlari va gidro resurslarni tejash demakdir.
Demak, bu o‘ta dolzarb muammo, chunki har bir mamlakat uchun energoresurs, ya’ni energiyani o‘ziga mujassamlagan gaz, neft, ko‘mir tejash strategik ahamiyatga ega.
Hozir butun dunyoda yoqilg‘ilar kun sayin qimmatlashib borayotgan bir davrda elektr energiya iste’moli va isroflarini yuqori aniqlik bilan o‘lchash va hisoblash o‘ta dolzarb vazifa. Faqat yuqori aniqlik bilan hisoblangan iste’mol va isroflar zaminida energotejash birlamchi kamxarajat chora tadbirlarini ishlab chiqish va bajarilishining uzluksiz nazoratni amalga oshirish mumkin. Demak, avvalo “elektr tarmoqlar” deb ataluvchi elektr energiyaning turli xil elektr stansiyalardan iste’molchilarga uzatib taqsimlash uchun ishlatadigan asbob uskunalar: elektr uzatish yo‘llari, transformator podstansiyalar, o‘lchash majmualari va hokazolarning elektr energiya isrofining yuqori aniqlik hisoblash usullarini qo‘llash lozim. Bu yerda avvalo o‘lchash asboblari va hisoblash usullari hozirgi zamon avtomatik nazorat hisoblash va nazorat o‘lchov tizimlarining keng imkoniyatlariga tayanish lozim.
Ma’lum hududda joylashgan o‘lchash majmualarini qaydlangan jami elektr energiyasiga asoslanib, butun administratir hududda joylashgan iste’molchilarning elektr energiyasi hisoblanadi va texnologik isroflar shuningdek tijorat isroflari avtomatik ravishda EHM dastur asosida hisoblanadi. Mana shu hisoblar asosida energo tejash chora tadbirlari qabul qilinib, uning bajarilishi ta’minlanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, elektr energiya iste’moli va isroflarini hisoblash maqsadi texnologik va tijorat isroflarini aniqlash bo‘lsa uning vazifasi umumiy isroflarni me’yoriy qiymatlargacha pasaytiriladi.
Taqsimlovchi tarmoq va korxonalar elektr ta’minlash tizimining asosiy tuzilmalaridan biri, bu havo yoki kabel elektr uzatish yo‘llari (EUY - (LEP)).
Uch fazali elektr tarmog‘ining EUY-dagi elektr energiya isrofi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
yohud bir sutkali isrof
Bu formulaga kirgan kattaliklarni batafsil sharhlaymiz:
E – shu EUYga ulangan, barcha iste’mol qilingan va qaydlangan elektr energiya. Schetchikdan (hisoblagichlari) olinadi.
U – kuchlanish. Kuchlanish elektr energiyasining asosiy parametrlaridan biri bo‘lib, uning me’yor (nominal) qiymatidan og‘ishi, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan davlat andozalari DAVAN asosida aniqlanadi va “Uzgostandart” qo‘mitasi tomonidan nazorat qilinadi. Kuchlanishning me’yorini elektr ta’minlovchi korxona, ya’ni “Elektr tarmoqlari” H.O.A.J. ta’minlashi kerak. Hamdo‘stlik mamlakatlari qabul qilgan GOST DAVAN-97 ga asosan kuchlanishning og‘ishida shikastlanishdan keyingi rejimlar (vaqt) istisno, ±5% umumsanoat iste’molchilar, ±2,5% yoritish iste’molchilar uchun aniqlangan.
cosφ – quvvat koeffitsienti. Umumiy to‘liq quvvati 750 kVA oshiq iste’molchilar uchun, “Elektr tarmoqlari” H.O.A.J. tomonidan cosφ=0,96÷0,97 ga baravar me’yorlanadi. Quvvat koeffitsienti kattaligini iste’molchi, ya’ni, korxona ta’minlashi kerak. Quvvat koeffitsienti me’yordan past bo‘lgan taqdirda korxonadan qo‘shimcha to‘lov olinadi.
T – elektr energiyasining isrofi hisoblanadigan vaqt, bir oy, bir yil bo‘lishi mumkin.
Ro – EUY bir kilometr solishtirma aktiv qarshiligi. Bu kattalik EUY simlarining kesim yuzasiga teskari proporsional.
ℓ - EUY masofasi.
Elektr energiya isrofini kamaytirish uchun iste’mol qilingan elektr energiya – E, EUY masofasi - ℓ, T – vaqtga ta’sir ko‘rsata olmaymiz, chunki bu kattaliklar bizlarning ixtiyorimizda emas.
EUY kesim yuzasi qancha katta bo‘lsa, solishtirma qarshilik Ro shuncha kamayadi, demak isrof ham kamayadi. Lekin, kesim yuzasi oshsa, EUY simlarining qiymati oshadi. Demak, EUY elektr energiya isrofini kamaytirish faqat kuchlanish – U va quvvat koeffitsienti, cosφ – orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bu kattaliklarni yuqorida sharhlagan edik, bu yerda faqat shuni eslatish joizki, kuchlanishning qiymati kechayu – kunduz davomida elektr energiyaning iste’moliga bog‘liq o‘zgaradi.
Kuchlanishni me’yor kattalikkacha rostlashning asosiy vositasi – bu transformatorlarning qo‘shimcha chulg‘amlaridan foydalanish. Transformatorlarning quvvatidan qat’iy nazar, har bir transformatorda, eng kamida ikkita, har biri kuchlanishning ±2,5%, demak jami ±5% o‘zgartiruvchi qo‘shimcha chulg‘am mavjud.
Quvvat koeffitsientini «Elektr tarmoq» H.O.A.J. ko‘rsatgan kattalikkacha oshirmoq, iste’molchining reaktiv quvvat iste’molini elektr tarmoqdan tashqari reaktiv quvvat manbalari hisobidan kamaytirishdir. Bu ko‘rinishli manbalardan asosiysi – kondensatorli qoplash uskunalari (kondensatornoe kompensiruyushee ustroystvo – KKU). Bu holda elektr tarmoqning EUY orqali uzatadigan reaktiv quvvat, demak quvvat isrofi kamayadi. Lekin, elektr energiyani tejashning bu usuli qo‘shimcha mablag‘ sarflashni talab qiladi. Demak, iste’molchi o‘zining reaktiv quvvat iste’molini kamaytirishi lozim. Buning ikki chorasi mavjud.
Birinchisi. Taqsimlovchi elektr tarmoq va sex podstansiyalaridagi transformatorlarning salt yurish rejimini kamaytirish va yuklantirish koeffitsientini iloji boricha β=0,8÷0,9 gacha ko‘tarish.
Ikkinchisi. Sanoat korxonalarning (80-90)% elektr iste’molchilarini asinxron motorlar tashkil etadi. Salt yurish rejimi qancha katta va yuklantirish koeffitsienti qancha past bo‘lsa, shuncha reaktiv quvvatni ko‘p talab qiladi, demak asinxron motorlarni salt yurish rejimi va yuklantirish koeffitsientini ko‘tarish kerak.
EUY simlarning iqtisodiy kesim yuzasini tanlash. Elektr tarmoqlarning umumiy ishlatish xarajatlari quyidagicha yoziladi:
Bu uchta tashkil qiluvchidan eng katta isrof qiymati, ya’ni Δ I dir. Bu kattalikning formulasini EUY uchun yozamiz.
Bu formulada:
=l/F simning solishtirma qarshiligi.
-EUY uzunligi [km]
β0-elektr energiyaning narxi
F-simning kesim yuzasi [mm2]
Formuladan ko‘rinib turibdiki, isrof qiymati simning kesim yuzasiga teskari proporsional, lekin yuza oshgan sari simning yuzasiga to‘g‘ri proporsional. Demak, EUY ning xarajati K oshadi. Demak, isrofning kesim yuzasi hisobidan kamaytirmoqchi bo‘lsak, xarajat kamayadi va teskarisi.
Taqsimlovchi elektr tarmoq va sanoat korxonalarida ishlatiladigan energetik tuzilmalarining asosiylaridan biri transformatorlardir. Transformatorlarning vazifasi elektr energiyaning asosiy parametrlaridan biri - kuchlanishni o‘zgartirish, ya’ni kuchaytirish yoki pasaytirishdir.
Parametr – mazkur tuzilma, asbob, uskuna va hokazoni tavsiflovchi (xarakterlovchi) ko‘rsatkich. Ushbu parametrni o‘zgartirish ma’lum elektromagnit jarayon natijasida hosil bo‘ladi va shu jarayonda energiyaning bir qismi isroflanadi. Transformatorlarning elektr energiya isrofi formulasini sharhlaymiz:
Bu formulada:
ΔPq=ΔPqt – transformatorning qisqa tutash isrofi ma’lumotnomalardan olinadi.
n – podstansiyasidagi transformatorlar soni, ko‘pincha n=2
β-Transformatorning yuklantirish koeffitsienti
- 0,75÷0,9 ga baravar olinishi kerak.
Sist – iste’molchining to‘la quvvati [kVA]
Sn.t – transformatorning to‘la me’yoriy (nominal) quvvati. Har bir transformatorning ustida albatta ko‘rsatiladi.
- Bir sutka yoki oy umumlashtirilgan iste’mol grafigining pog‘onalar bo‘yicha vaqt yig‘indisi. Agar hisoblar bir yil uchun bajariladigan bo‘lsa, Δt= Tnb – bir yillik maksimal isroflar vaqti deyiladi va ma’lumotnomalardan olinadi, Tnb va cosφ – ga bog‘liq.
K – umumlashtirilgan iste’mol grafigining ma’lum vaqt ichidagi pog‘onalar soni. 1.1. rasm.
1.1.-rasm
ΔPx=ΔPs.yu. – salt yurish isrofi. Ma’lumotnomalardan olinadi. Ko‘pincha transformatorning ustida ko‘rsatiladi.
T – transformatorning tarmoqga ulangan vaqti, shu jumladan, umuman iste’mol bo‘lmagan, ya’ni salt yurish (xolostoy xod) vaqti. Misol uchun, dam olish kuni yoki nasos ishlamagan vaqti.
Transformatorning energiya isrofini kamaytirish, keltirilgan energiya isrofi formulaning ikkinchi tashkil qiluvchisi, ya’ni salt yurish vaqtini kamaytirishdir. Bu jihat ayniqsa taqsimlovchi tarmoqlar uchun katta ahamiyatga ega.
Asinxron motorlarning quvvat isrofi. Sanoat korxonalarining asosiy iste’molchilari, bu uch fazali o‘zgaruvchan tok asinxron motorlardir.
Oxirgi yillarda, joylarda (viloyatlarda) ta’mirlangan asinxron motorlar (AM) ko‘p qo‘llaniladi. Ta’mir texnologiyasiga rioya qilinmaganligi tufayli AM-ni ishlab chiqaruvchi zavod ko‘rsatgan texnik kattaliklari pasayadi. Har bir asbob, uskuna va tuzilmaning ta’mirdan keyin zarur bo‘lgan ishonch sinovlari o‘tkazilmaydi. Natijada AM-ning energiya isrofi ko‘payadi.
AM-ning quvvat isrofi quyidagicha aniqlanadi:
Bu formulada:
P – asinxron motorning iste’mol quvvati;
Un – nominal (me’yoriy) kuchlanish;
Rm – asinxron motorning qarshiligi;
cosφ – asinxron motorning quvvat koeffitsienti. Bu kattalik motorlarning ustida ishlab chiqargan zavod tomonidan yoziladi. Aksariyat asinxron motorlarning quvvat koeffitsienti cosφ1=0,85.
Iste’mol quvvat va kuchlanish o‘zgarmagan holda asinxron motorning ta’mirdan keyingi quvvat koeffitsienti, faraz qilamiz cosφ2=0,7 bo‘lsa, quvvat isrofi quyidagicha o‘zgaradi:
Demak, asinxron motorning quvvat koeffitsienti cosφ2=0,7gacha pasayganda, energiya isrofi 46% gacha ko‘payadi.
Hozirgi vaqtda asinxron motorlar sanoat korxonalari qoshidagi sexlar va kichik shaxsiy firmalarda ta’mirlanayapti. Ta’mir texnologiyasiga rioya qilish, ta’mirdan keyingi ishonch sinovlarini o‘tkazish sharoiti yo‘q, bularga e’tibor berilmaydi. Buxoro viloyati sanoat korxonalarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korxonalarining 25% gacha motorlarini ta’mirlangan asinxron motorlar tashkil etadi va bu foiz ko‘tarilishga moyil (intiladi).
Demak, elektroenergiya isrofi AM-ni quvvat koeffitsienti pasayishi sababli yanada ko‘payadi.
Quvvat koeffitsienti, faqat asinxron motorlarning isrofini emas, balki elektr uzatish yo‘llari, transformatorlarning isrofini, yuqorida ko‘rsatilgan nisbat bilan ko‘paytiradi. Ya’ni, elektroenergetikada qo‘llaniladigan barcha uskuna va apparatlarning energiya isrofi quvvat koeffitsienti pasayishi tufayli me’yordan oshadi.
Elektr uzatish yo‘llari energiya isrofining tahlili
EUY simlarining iqtisodiy kesim yuzasini tanlash. Yuqorida ko‘rsatgan edikki, elektr tarmoqlarning umumiy ishlatish xarajatlari quyidagicha yoziladi:
Bu uchta tashkil etuvchidan eng katta isrof qiymati, ya’ni I dir. Bu kattalikning formulasini EUY uchun yozamiz.
Bu formulada: simning solishtirma qarshiligi.
– EUY uzunligi (km)
- elektr energiyasining narxi
– simning kesim yuzasi (mm2)
Formuladan ko‘rinib turibdiki, isrof qiymati kesim yuzasiga teskari proporsional, lekin kapital mablag‘ yuzaga to‘g‘ri proporsional. Ya’ni, asosiy ikkita iqtisodiy ko‘rsatgich, kapital mablag‘ K va umumiy ishlatish xarajatlarining bittasini ko‘paytiradi, shuning bilan birga bittasini kamaytiradi.
,
1.2.-Rasm.Tok va ko’ndalang kesim yuza orasidagi bog’liqlik
Bu egri chiziqlardan ko‘rinib turubdiki, har ikkala kattalik teng bo‘lgan nuqta optimal bo‘lib, EUY ning kesim yuzasini aynan mana shu nuqtaga moslab olishimiz kerak. Shuni ham hisobga olish kerakki, hozirgi vaqtda rangli metall aluminiy va mis kun sari qimmatlashib bormoqda. Shuning uchun EUY ning kesim yuzasini davlat aniqlagan va elektr tarmoqlarini ishlatish qoidalari (PEU) ko‘rsatilgan tok zichligining iqtisodiy kattaliklari orqali aniqlaymiz. Bu kattalik «» orqali belgilanadi va ma’lumotnomalarda ko‘rsatiladi.
Shunday qilib kesim yuzasini aniqlash algoritmi:
1. EUY ning ma’lum qismidan oqayotgan to‘liq quvvat berilgan yoki aniqlangandan keyin, shu qismdagi tok aniqlandi:
2. Ma’lumotnomalardan EUY joylashgan mintaqaga ko‘ra iqtisodiy tok zichligi topiladi. O‘zbekiston Respublikasi mintaqasi uchun j=1,4 A/mm2 olinadi.
3. Kerakli kesim yuzasi aniqlanadi.
4. Ma’lumotlardan topilgan kesimda yuza andoza, ya’ni ishlab chiqaradigan kattaliklargacha oshiriladi va tanlanadi.
Masalan, =69 mm2. Bunaqa kesim yuza andoza yo‘q. Oshirish tomondagi eng yaqin kesim yuzasi AS-70 mm2. Mana shu kesim yuza tanlanadi.
5. Tarmoqning shikastlanish holatida (avariynoe sostoyanie) shu kesim yuzasining shikastlanish tokiga bardosh berish-bermasligi tekshiriladi. Buning uchun ma’lumotnomadan tanlangan kesim yuzaning uzoq muddatli toki, shikastlanish tokidan oshmasligi lozim.
– tanlangan kesim yuzaning uzoq muddatli toki
2.4. Aloqa qurilmalari elktr energiya texnologik isroflarini hisoblash.
Elektr energiyani masalan, 35/10kV tarmoq podstansiya shinasidan, barcha iste’molchilargacha, shu jumladan xonadonlargacha yetkazib berish jarayonida, energiyaning bir qismi albatta, EUY simlarining isishiga, transformatorlarning elektromagnit jarayonida sarf bo‘ladi. Bu sarf texnologik sarf bo‘lib energiya isrofi deyiladi, chunki energiyani barcha iste’molchilarga, har xil kuchlanish ostida yetkazib berish, texnologik jarayonda sarflangan, bevosita foydali ish bajarmaydigan energiyadir.
Bu energiya isrofi uchun elektr tarmoqlar elektr stansiyalarga haq to‘laydi va energiyani uzatish va taqsimlashning tan narxini tashkil qiladi. Demak, bu energiya isrofini, iloji boricha aniqlik bilan hisoblash lozim.
Amal hujjatiga asosan energiya isrofining uch ko‘rinishini hisoblashni tavsiya etadi.
1. O‘tgan vaqt hisoblar;
2. Joriy vaqt hisoblar;
3. Istiqbolli hisoblar
Bu hisoblarni bajarish usullari yuqorida ko‘rib chiqilgan formulalar asosida “O‘zbekenergo” DAK tomonidan ishlab chiqilgan va dasturlangan.
Aynan shu usullar asosida energiya hisoblanib, haq to‘lanadi va hisobotlarga kiritiladi.
Bizlarning maqsadimiz boshqacharoq, chunonchi aloqa qurilmalari energiyani tejash usuli chora tadbirlarini ishlab chiqish va ularni samaradorligini nazorat qilish.
Demak, bu vazifa ko‘pincha yaqin kelajak hisoblariga kiradi. Bu hisoblash usulining vazifasi, amalga oshirilgan energiyani tejash chora tadbirlarining samaradorligini sutkalar davomida yaqin bir oy yoki chorakda aniqlaydi.
Yuqorida keltirilgan EUY va transformatorning elektr energiya va quvvat isroflarining formulalariga kiritilgan kattaliklardan faqat iste’molchining quvvati, ya’ni iste’mollanadigan elektr energiyasi va bu kattalikning aniqlovchi iste’mollanadigan elektr toki vaqt davomida o‘zgaradi. Demak, elektr energiya isrofini hisoblarini aniqligi, mana shu kattalikning o‘sha vaqt davomida o‘zgarishini formulada aks ettirishga bog‘liq. Bu asosiy muammo mana shu maqsadda, barcha iste’molchilar guruhlarga bo‘linadi. Masalan, uy ro‘zg‘or iste’molchilari, metall kesuvchi iste’molchilar, paxta tozalash sanoati iste’molchilari va hokazo. Har bir guruh uchun bir yillik maksimal iste’mol vaqti Tnb, statistik kattaliklar asosida aniqlanadi. Maksimal iste’mol vaqt asosida, maxsus jadval yoki egriliklar asosida maksimal isroflar vaqti aniqlanadi. EUY bir yilllik isroflari quyidagicha aniqlanadi:
Transformatorning bir yillik isrofi:
Bu formulalarda:
- iste’molchining maksimal iste’mol quvvati (kVt)
- transformatorning qabul qilingan yuklantirish koeffitsienti.
– transformatorning qisqa tutash quvvati,
- transformatorning salt yurish quvvati,
- transformatorning bir yillik elektr tarmoqqa ulangan vaqti.
Isroflarning bu usulda aniqlanishi faqat taxminiy hisoblarda qo‘llaniladi, chunki “Tnb va ” taxminiy ma’lumotnomalardan olinadigan kattaliklar bo‘lgani uchun usulning xatoligi katta.
Aloqa qurilmalaridagi iIsroflarni hisoblashning yana bir usuli, har bir iste’molchi uchun sutkali (bir kecha-kunduz) iste’mol grafiklarini tuzishga asoslangan (1.1.- rasm). Sutkali iste’mol grafigiga asoslangan isroflar quyidagi formulalar asosida aniqlanadi.
Elektr uzatish yo‘lining elektr energiya isrofi:
Bu formulada:
n – sutkali grafikning pog‘onalar soni.
P – hozirgi pog‘ona quvvati va vaqt davomi.
Bu usulning aniqligi sutkali grafikning aniqligidan bog‘liq, sutkali grafik iste’mol quvvatni qancha aniq aks ettirsa, hisoblarning aniqligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu usul asosida kelajak hisoblarni bajarish mumkin.
Aloqa qurilmalari elektr energiyasini o‘lchash majmuasi to‘rt asosiy elementlardan tashkil topgan.
1. Iste’molchining me’yorlab beruvchi tok transformatori (TT)
2. Tarmoq kuchlanishini me’yorlab beruvchi tuzilma-kuchlanish transformatori (KT-TN)
3. Induksion yoki elektron hisoblagich
4. KT dan hisoblagichgacha tortilgan kabel
Bu tuzilmalarning har birining fizikaviy xossalariga ko‘ra o‘lchash xatoligi bor. Bu xatoliklarning o‘lchash aniqligi orqali belgilanadi va butun majmuaning o‘lchash xatoligi orqali uning elektr energiya isrofi hisoblanadi.
Elektr energetikada yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, bu avvolo induksion schetchiklarni elektron schetchiklar bilan almashtirish, chunki elektron schetchiklarni sezgirligi yuqori, shu hisobdan uning aniqlik sinfi GOST bo‘yicha G=0.5, induksion schetchiklarni aniqlik sinfi G=0,25 Hisoblagichning aniqlik sinfi qancha katta bo‘lsa, uning xatoligi shuncha ko‘p bo‘ladi, demak shu xatolik tufayli paydo bo‘ladigan elektr energiya isrofi yuqori bo‘ladi:
O‘lchash majmuasining nisbiy xatoligi:
Bu formulada δtt, δtn, δsch-mos
ravishda tok transformatorlari, kuchlanish transformatori va hisoblagichning (schetchikning)
va kuchlanish transformatoridan hisoblagichgacha tortilgan kabelning nisbiy xatoliklari
O‘lchash majmuasining elektr energiya isrofi:
Bu yerda Eo‘lch shu o‘lchash majmuasi orqali qaydlangan (o‘lchangan) elektr energiya
Nisbiy xatolik o‘lchash majmuasining elementlari, TT, KT va hisoblagichning Davan-GOST ga mos aniqlik sinfi orqali aniqlanadi.
∆ -tok transformatorining nisbiy xatoligi aniqlik sinfi GTT =1.0
∆ -kuchlanish transformatorining nisbiy xatoligi aniqlik sinfi GKT =0.5
∆ -elektron hisoblagichning nisbiy xatoligi, aniqli sinfi Ghis =0.5
∆ 6, 10 kV li shinadan KT –gacha tortilgan kabelning kuchlanish pasayuvi, nisbiy xatoligi G0 =1.0
Elektron hisoblagich uchun o‘lchash majmuasining nisbiy xatoligini hisoblaymiz.
Induksion hisoblagichning nisbiy xatologi:
Induksion hisoblagich uchun nisbiy xatolik:
mVtsoat
Elektron hisoblagich uchun nisbiy xatolik:
mVtsoat
Nisbiy xatoliklar farqi
Agar induksion hisoblagichli o‘lchash majmuasining nisbiy xatoligiga asoslansak, aniqligi G =2.0 bo‘lgan induksion hisoblagichlarni aniqligi G=0.5 bo‘lgan elektron hisoblagichlar bilan almashtirish 30% yuqori elektr energiyasini tejaydi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ya’ni ishlab chiqarishni barcha sohalarida bozor iqtisodiyoti asosida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, avvalo o‘lchamlarni aniqligini oshirishni talab etsa, ikkinchi tomondan uzluksiz nazorat asosida mahsulotni sotuvchi va iste’mol qiluvchi tomonlarni o‘zaro munosabatlarini oydinlashni ta’minlaydi. Gaz, suyuq yoqilg‘i, elektr energiyani iste’mol va isrofini uzluksiz nazorati, albatta energetik yoqilg‘ini tejash imkoniyatlarini energotejash tadbirlarini aniqlaydi, iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Iste’mol va isrofni tejash imkoniyatlarni aniqlab beradi.
Uzluksiz nazoratni ta’minlash, bu demak, katta hududda joylashgan gaz va neft konlari va iste’molchilari, elektr energiya ishlab chiqarish va iste’mollash obektlaridan axborot uzluksiz ravishda bir joyda to‘planishi va bu axborot asosida tijorat to‘lovlari amalga oshirilishi tahlil qilinishi va tahlil natijalari asosida energotejash tadbirlari ishlab chiqilib tezkor amalga oshirilishi kerak. Demak, ikki tomonlama aloqa ta’minlanishi kerak, bir tomonlama axborot, ya’ni qazib chiqarilgan gaz, neft, ishlab chiqarilgan elektr energiya miqdori to‘g‘risida axborot to‘plab, hisoblab, tahlil etib, kerakli ko‘rsatmalar, ya’ni energotejash chora-tadbirlari aniqlanib, ikkinchi tomondan bu ko‘rsatmalar katta hududda joylashgan gaz va neft konlari, elektr stansiyalar va iste’molchilarga yetkazilishi kerak va ko‘rsatmalarning bajarilishining nazorati ta’minlanishi darkor. Shu bilan birga bu faoliyat avtomatik ravishda tezkor bajarilishi kerak. Bu talablarga faqat raqamli tuzilmalar asosida yaratilgan tizim javob beradi. O‘tgan asrning oxirgi yillarida avtomatik nazorat-o‘lchov tizimi yaratildi va bu tizim barcha mamlakatlarda shu jumladan O‘zbekistonda ham elektr energetikada, gaz sanoati va boshqa barcha sohalarda qo‘llanilayapti. Bu tizim (ASKU- avtomaticheskaya sistema kontrolya i ucheta) energiya nazorati va hisoblash avtomatik tizimi - ENHAT Hozirgi vaqtda avtomatik nazorat va hisoblash avtomatik tizimlarining ikki turi qo‘llaniladi. Birinchi turli tizim faqat gaz, suyuqliklarning qazib chiqaruvchi yoki elektr energiyaning ishlab chiqaruvchi, qisqa qilib aytganda sotuvchi va iste’molchi orasidagi tovar pul munosabatlari uchun qo‘llaniladi.
Bu tizim gaz sanoatida ASKUGaz-GazENHAT, Elektr energetikada ENHAT, issiqlik nazorat o‘lchashda ASKU Teplovoy energii-ENHAT Issiqlik energiyasi deb aytiladi.
O‘zbekistonda “Alfa” va “Alfa-Plyus” savdo tamg‘asi bilan ishlab chiqarilgan nazorat-o‘lchov avtomatik tizimi, gaz va elektr taqsimlash tarmoqlarida, sanoat korxonalarida va hokazolarda qo‘llanilayapti.
ENHAT-axborot kommunikatsion texnologiyalarning asosiy qismi bo‘lib, barcha sohalarda qo‘llanilayapti. Ularning elementlari raqamli tuzilmalar-mikrosxemalardan iborat. Hozirgi vaqtda ENHAT ning ishlab chiqarishi barcha mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham yo‘lga qo‘yilgan va ishlab chiqarish hajmi kundan kunga oshib bormoqda.
Ikkinchi tizimning asosiy vazifasi gaz, suyuqlik va elektr energiyaning uzatish va taqsimlash texnologik jarayonini uzluksiz nazorati asosida energotejash tadbirlarini ishlab chiqish va isroflarni me’yordan oshmasligini ta’minlash.
Avtomatik nazorat o‘lchov tizimlar uch asosiy qismdan iborat. Har bir qism majmua bo‘lib, bir necha alohida tuzilmalardan tashkil topgan. Har bir tuzilma alohida vazifani bajaradi. Energetikada nazorat va hisoblashning avtomatik tizimning qismlari katta hududda joylashgan va o‘zaro aloqa kanallari orqali bog‘langan yagona tizimning tashkil etadi.
Mikrosxemalar - kompyuterlar, uyali telefon, avtomatik nazorat-o‘lchash tizimlari, xullas barcha axborot kommunikatsion tizimlarning asosidir. Raqamli tuzilmalar to‘g‘risida umumiy, birlamchi ma’lumotni bayon qilishdan oldin, bir qator quyida keltirilgan tushunchalar bilan tanishish lozim.
Elektr signal - elektromagnit maydonning (to‘lqinning) o‘zgarishida mujassamlangan axborot (axborot) signal deyiladi. Elektr signalning ikki turi mavjud. Birinchisi, mantiqiy (anolog, o‘xshash) elektr signal. Bu turli signalning mantiqiy signal deyiladi. Axborotni mantiqiy signali bevosita fizikaviy kattaliklarni aks ettiradi.
Elektr signalning ikkinchi turi – raqamli signal. Bu mantiqiy fizikaviy kattalik, kod orqali, ma’lum raqamlarga, (turtkilarga) mos ravishda o‘tkaziladi.
Kod – mantiqiy (kattalik) signalning ma’lum qoidaga asoslangan holda, raqamlar (turtkilar) impulslar orqali ifodalanish kodlash deyiladi.
Turtki (impuls)-qisqa vaqt ichida tok, kuchlanish qiymatini noldan “0”, qandaydir kattalikgacha-“1” o‘zgarib turuvchi elektr kattalikga aytiladi. Bu turli elekton tuzilmalar “trigger” deb aytiladi. Turtkilarni o‘zgarish tezligi chastota bilan o‘lchanadi.
Raqamli tuzilma – integral mikrosxema yoki katta integral mikrosxema (KIMS)deyiladi. “Chip” so‘zi bilan ham aytiladi.
Mikrosxema ma’lum vazifani bajaruvchi elektron tuzilma bo‘lib, bir necha elektron priborlar, rezistor, diodlar, triodlar, induktivliklar va sig‘imlar kichik hajmda, simsiz, kristalning sirtida va hajmida joylashiladi va bevosita zavodning o‘zida mahsulot birligi sifatida ishlab chiqariladi. Katta integral mikrosxemalarni ishlab chiqarish, murakkab texnologiya alohida ishlab chiqarish, ilmu-fan sohasi bo‘lib, hozirgi vaqtda tez rivojlanayapti.
Yuqorida qayd qilganimizdek, har bir mikrosxema ma’lum bir vazifani (funksiyani) bajaradi. Masalan, elektr signalning kuchaytirgich, turtkich, mantiqiy tuzilmalar, o‘zgaruvchan elektr tokini o‘zgarmas elektr tokiga aylantirish va hokazolar. Mana shunaqa mikrosxemalarning eng ko‘p ishlatiladiganlari quyidagilar.
1. Protsessor – jarayon bajaruvchi, EHM dasturi asosida algebrik – arifmetik amallarni bajaruvchi yoki jarayonning boshqaruvchi, mikrosxemalar majmuasi.
Mikroprotsessor – bajarish yo boshqarish amallari cheklangan protsessor.
2. Mantiqiy elektr signalining raqamli elektr signalga o‘zgartirgich MRO‘-(ASP analogovo-sifrovoy preobrazovatel) “Shifrator” so‘zi ham ishlatiladi.
3. Raqamli elektr signalni- mantiqiy elektr signalga o‘zgartirgich (sifro-analogoviy preobrazovatel SAP) “Deshifrator” so‘zi bilan ham aytiladi.
4. Jamlagich – summator, arifmetik amallarni bajaradi.
5. Hisoblagich – schetchik, turtkilarni hisobga oluvchi va saqlab qoluvchi tuzilma.
Shularga o‘xshash mikrosxemalar, shifrator, deshifratorlar, registorlar va hokazolar ko‘p.
Xulosa qilib aytamizki, mikrosxemalar, raqamli signallarga, ya’ni axborotni o‘zining o‘zgarishiga mujassamlangan mantiqiy yoki raqamli signallarga ishlov berish, boshqarish, saqlash va hokazo vazifalarni bajaruvchi alohida tuzilma.
Hozirgi vaqtda mikrosxemalarni yangi turlari ixtiro qilinmoqda va hajmi borgan sari kamaytirilmoqda. Kelgusida nanotexnologiyalar asosida bajariladigan mikrosxemalarning hajmi o‘nlab marta kamaytiriladi va vazifasining bajarish vaqti tezlashtiriladi.
1. O‘lchash majmuasi. Quyidagi tashkil qiluvchilardan iborat:
Tok transformatorlari (TT). Elektr energiya iste’molchisini tokini o‘lchash asbobiga me’yorlab kiritiladigan apparat.
Tok transformatorining asosiy tavsiflovchi kattaliklari:
- tokning transformatorlash koeffitsienti:
Bu formulada:
I1-birlamchi tok, elektr energiya iste’molchisining toki [A]
I2-ikkilamchi tok, o‘lchash asbobiga kiritiladigan tok [A], ko‘pincha I2=5A
KTT - tok transformatorning aniqlik koeffitsienti:
ANHAT larda qo‘llaniladigan TT-larning albatta ikkilamchi alohida chulg‘ami bo‘lishi shart. Tijorat ANHAT larda TT ning aniqlik sinfi KTT=0,25dan 0,5 gacha bo‘lishi shart.
- Kuchlanish transformatorlari (KT). Elektr tarmoqlarning yuqori kuchlanishini me’yorlab o‘lchash asbobiga kiritiladigan apparat.
- Asosiy tavsiflovchi kattaligi KT ning transformatsiyalash koeffitsienti:
Bu formulada:
U1-tarmoqning kuchlanishi misol uchun 6, 10, 35, 110 kV va hokazo
U2-KT ning ikkilamchi o‘lchash asbobiga kiritiladigan kuchlanishi, ko‘pincha U2=100V, 220V
- Elektr energiya hisoblagichlar. Elektr energiya hisoblagichlari asosan ikki elementli uch fazali yoki uch elementli uch fazali bajariladi.
Ikki elementli uch fazali hisoblagichlar, bu asosan induksion hisoblagichlar bo‘lib, bir hisoblagichda ikkita o‘lchash asbobi joylashtiriladi.
Ikkita o‘lchash asbobi, har uchala fazalarning elektr energiyasini o‘lchaydi. Har uchala fazadagi iste’molchilarning kattaligi va faza siljishi bir xil bo‘lish sharti bilan. Bu holda o‘lchash asbobiga “A” va “C” faza toki va UAB va UCB liniya kuchlanishlari kiritiladi. 3.1.-rasmga qarang
3.1-rasm.Ikki elementli uch fazali hisoblagichning elektr sxemasi ko‘rsatilgan.
Ikkita o‘lchash asbobi orqali har uch faza elektr quvvatni, demak elektr energiyasini o‘lchash mumkinligini ko‘rsatamiz.
Har uchala faza quvvati:
faza toklari φ siljiganligi tufayli
;
Iste’mol kattaligi va fazalar siljishlari teng, ya’ni simmetrik yuklanma bo‘lishi sharti bilan, ikki o‘lchash asbobi har uchala fazalar elektr energiyasini qaydlaydi.
3.2.-rasmda befarq nuqtasi yakkalangan 6, 10 kV yuqori kuchlanishli elektr tarmoqga ikki elementli hisoblagichning TT va KT orqali yig‘ish sxemasi ko‘rsatilgan.
.
3.2.-rasm 6, 10 kV yuqori kuchlanishli elektr tarmoqga ikki elementli hisoblagichning TT va KT orqali yig‘ish sxemasi
Elektron hisoblagichlar, misol uchun uch fazali asosiy negizli “Alfa” markali hisoblagichlar, uch elementli bajariladi. 3.3.-rasmda uch fazali uch elementli hisoblagichning 6, 10 kV li elektr tarmoqqa yig‘ish sxemasi ko‘rsatilgan.
2.3.-rasm Uch fazali uch elementli hisoblagichning 6, 10 kV li elektr tarmoqqa yig‘ish sxemasi
Hisoblagichning ko‘rsatilgan elektr energiya raqami tok transformatorlash koiffitsienti KTT va kuchlanish transformatorlash koiffitsienti KKT ko‘paytiriladi.
Aloqa yo‘llari. O‘lchash majmualari va past pog‘onasi Axborotni Jamlash va Uzatish Tuzilmasi (AJUT), past va yuqori pog‘onali AJUT lar orasidagi aloqa yo‘llari alohida kabelli axborot uzatish yo‘llari yoki elektr uzatish yo‘llarining yuqori chastotali aloqasi, uyali telefon, internet orqali amalga oshirilishi mumkin. Har bir ENHAT uchun mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, aloqaning u yoki bu turi tanlanadi. Aloqa apparaturasi raqamli signalning uzatuvchi va qabul qiluvchi modem va multiplikatorlar bilan jihozlanadi.
Axborotni jamlash va uzatish tuzilmasi (AJUT) AJUT – personal kompyuter (PK) yoki noutbuk asosida bajariladi va quyidagi amallarni bajaradi:
Ø Masofada joylashgan barcha o‘lchash majmualardan o‘lchangan kattaliklarni maxsus dasturga asosan bir vaqtda so‘rab oladi;
Ø EHM dasturlar asosida kerakli algebrik amallarni bajaradi va tijorat yoki nazorat kattaliklarining hisoblab monitorga chiqaradi. Yuqori pog‘onali ENHAT ga uzatadi. Axborotni arxivlab saqlaydi;
Ø Nazorat kattaliklar asosida birlamchi energotejash tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ø Energotejash tadbirlarining bajarilishini nazorat qiladi;
Ø Olingan axborotga aralashuvlardan himoya qiladi;
Ø Yuqori pog‘onali ENHAT uchun istalgan o‘lchash majmuasidan qo‘shimcha axborot olish imkoniyatini beradi;
Ø Barcha ruxsatsiz aralashuvlarni maxsus jurnalda vaqti o‘lchash majmuasini aniqlab qayd qiladi.
Hozirgi vaqtda ENHAT lar asosan ikki tur vazifani bajaradi.
Birinchisi, bu tijorat qaydlov vazifasi, ya’ni elektr energiyaning oldi-sotdi mahsulot sifatida sotuvchidan iste’molchiga uzatiladigan elektr energiyaning, yuqori aniqlik va ishonchlilik bilan qaydlash, ma’lum vaqt davomida kirim-chiqim (balans) hisoblarini tayyorlab ikki tomon munosabatlarning aniqlash OAJ hududiy elektr tarmoqlari sotuvchi sifatida TES, GES, AES dan elektr energiyani olib barcha iste’molchilarga uzatib, taqsimlovchi korxonadir.
Tijorat o‘lchov-axborot tizimi (TO‘AT) faqat Davan tasdiqlangan aniqlik sinfi G=0,25 va 0,5 li bilan, ya’ni protsessorli elektron hisoblagich bilan jihozlanishi lozim. Bundan boshqa tijorat o‘lchov-axborot tizimiga quyidagi shartlar qo‘yiladi.
TO‘AT ning ruxsat berilmagan aralashuvlardan himoya qilish har bir ruxsatsiz aralashuvning aniq vaqti oy, kunini elektron hisoblagichini maxsus ko‘rinishga keltirilishi
Aktiv, reaktiv elektr energiya, quvvatlar, quvvat koeffitsienti va boshqa o‘lchash kattaliklarining bir vaqtning o‘zida qaydlovini ta’minlovchi EHM dasturi.
Elektr ta’minlovchi va har bir alohida iste’molchilar o‘rtasida o‘lchov axborot tizimini o‘rnatish, sozlash va test sinovlari o‘tkazilgan to‘g‘risida akt tuzilishi lozim. Ma’lum davr mobaynida, misol uchun ∆t=30 minutda iste’molchi iste’mollangan elektr energiya va texnologik isroflarning o‘rta qiymatini hisoblash EHM dasturi bilan ta’minlashi kerak.
Nazorat – o‘lchov tizimida qo‘llaniladigan jarayonlarni elektron hisoblagichlarning aniqlik sinfi 1,0 bo‘lishi mumkin, lekin hisoblar ishonchliligi yuqori bo‘lishi shart, ya’ni iste’molchining ma’lum vaqt davomida o‘rtacha iste’mol qilingan elektr energiyasining qiymatining matematik modeli va algoritmi haqiqiy kattaliklarning aks ettirishi lozim. Matematik model va algoritmlar soha mutaxassislari, EHM dasturlar dasturchilar tomonidan tuziladi.
Elektr energiyaning iste’moli va isroflarini hisoblash usullari sutkali ishlab chiqarish sohalarining iste’mol grafiklarining tavsiflovchi koeffitsientlardan foydalanishga asoslangan. Bu koeffitsientlar taxminiy kattaliklar bo‘lib, ma’lumotnomalardan olinadi, demak hisoblarning aniqligi past. Shuning uchun hozirgi vaqtda hisoblash modellari protsessorli elektron hisoblagichlarni imkoniyatlariga tayangan holda ishlab chiqilgan va aniqligi va ishonchliligi yuqori.
Tijorat ENHAT ni elektr energiya ta’minlovchi korxonaga kerakli axborotni to‘liq va o‘zaro hisob kitoblarni amalga oshirish uchun yetarli miqdorda yetkaza olishi lozim. Tijorat ENHAT ko‘p darajali elektr tarmoqning barcha qismlarini o‘ziga mujassamlangan yagona axborot avtomatik tizimi bo‘lib yagona birlamchi axborot bazasidan foydalanish kerak.
Axborot bazasi hisoblarning bajarishi uchun mos ravishda tarkiblangan va ma’muriy xususiyatlangan bo‘lishi kerak.
Hozirgi vaqtda “Elster Metronika” kompaniyasi va uning Rossiyadagi filiali “Alfa-Plyus”, “Yevro-Alfa” va “Alfa -Smart” AS1440markali protsessorli elektron hisoblagichlarni EHM dasturlar paketi bilan birgalikda o‘rnatib, sozlash ishlarini bajaradi.
Iqtisodiyotning barcha sohalarida modernizatsiyalashning asosiy maqsadlaridan biri, energetik yoqilg‘i, neft, gaz, toshko‘mir va elektr energiyani tejash muammosini yechish. Buning uchun birinchi navbatda energotejash kamxarajat tadbirlarni aniqlash, texnologik uskunalarning ishlash rejimlarining hisoblarini avtomatlashtirish, tezlashtirish va ishlash rejimlarini tanlash kerak. Elektr energiyaning texnologik isroflarini iloji boricha kamaytirish. Asosiy maqsad, O‘zbekistonda ishlab chiqaradigan barcha mahsulotning energetik yoqilg‘i va elektr energiya nisbiy sarfini rivojlangan mamlakatlar ko‘rsatkichlarigacha kamaytirish.
Bu muammo avvalo yuqori aniqlikli o‘lchash asboblar, axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida, ko‘plab o‘lchov nuqtalari natijalarining bir joyda, markazda, to‘plab ishlov berish, ya’ni kerakli hisoblarni EHM dasturlari asosida amalga oshirish va hisoblar natijasi asosida energotejash tadbirlarini qabul qilib, amalga oshirish.
Bu faoliyat tezkor, avtomatik holda bajarilishi kerak, chunki faqat shu taqdirda bu jarayonga “Inson omili” ta’sirini tugatish mumkin.
Elektr energetika sohasining modernizatsiyalash negizi va vositalari:
Elektr energetika sohasida modernizatsiyalashning asosiy maqsadi, energetik yoqilg‘i, ya’ni, neft, gaz, toshko‘mir va elektr energiyani tejash muammosini yechish. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan barcha mahsulotning elektr energiya nisbiy sarfini rivojlangan mamlaktlargacha kamaytirishdir.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda elektr energiyani tejash Avtomatik tijorat qaydlov va nazorat tizimisiz (ATQNT) amalga oshirish barcha imkoniyatlardan foydalanib bo‘lgan.
Energetik yoqilg‘i va elektr energiyani tejash muammosini yechimining asosiy negizi, elektr energiyasining iste’moli va texnologik isroflarni uzluksiz nazorat qilish va ularga tezkor ta’sir etish yotadi.
Hozirgi vaqtda bu muammo raqamli tuzilmalar asosida bajarilgan gaz, elektr energiya Energetikada nazorat va hisoblashning avtomatik tizimi vositasida yechiladi. Bu tizim to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil qilish maqsadida, O‘zbekiston elektr energetikasining viloyat bo‘limlari uchun ishlab chiqilgan ENHAT (ASKUE) ning vazifali va tuzilishi bilan tanishamiz.
O‘zbekistonda elektr energiyani tovar sifatida iste’molchilarga uzatish, taqsimlab sotadigan javobgar korxona OAJ viloyat elektr tarmoqlaridir. Ushbu avtomatik tizim yuqori va past darajadagi alohida qismlar (subektlar) dan iborat.
ENHAT ning yuqori va past darajalarini tutashtiruvchi bu viloyat va tuman orasidagi 110/35/10 yoki 35/10 kV li chegara podstansiyasi. Bu podstansiyadagi o‘lchash majmuasi viloyat elektr tarmoqdan tuman elektr tarmoqlari oladigan elektr energiyaning qaydlaydi va ayni shu elektr energiya miqdori asosida tuman va viloyat o‘rtasida tijorat hisob kitoblari amalga oshiriladi. Tuman elektr tarmoqlari, taqsimlovchi 6,10 kVli tarmoqlar orqali elektr energiyani iste’molchilarga yetkazib beradi, ya’ni sotadi. Bu faoliyatda asosiy ko‘rsatkich texnologik isroflarning umumiy elektr energiyasidan foiz hisobidan kattaligi. Yuqorida takidlab o‘tgan edik, rivojlangan mamlakatlarda texnologik isrof 4-5 % ni tashkil etsa, rivojlanayotgan mamlakatlarga 15% gacha oshadi. Texnologik isroflarning oshish sabablari:
Ø O‘lchov asboblarining aniqligi past;
Ø O‘lchov majmualari bilan to‘liq ta’minlanmaganligi tufayli. Tarmoqdan olingan va iste’mollangan elektr energiya hisoblarining aniqligi past;
Ø “Inson omili” tufayli, ya’ni ruxsatsiz qaydlanmasdan iste’mol qilinadigan elektr energiya iste’mollarni oldini olmaslik.
ENHAT manashu kamchiliklarni bartaraf qiladi. Yuqori aniqlikli elektron hisoblagichlarning qo‘llash va butun viloyat elektr tarmoqlarining iste’mol va isroflarining nazorati tufayli.
ENHAT ning nazorat va hisoblarining asosiy tuguni, bu chegaraviy podstansiya. Aynan chegaraviy podstansiya butun ENHAT ning yuqori va past darajalarini aniqlaydi va quyidagi majmua tizimlardan iborat:
1. O‘lchash majmualari – har bir fiderning bosh qismida va har bir 10/0,4 kV li iste’mol podstansiyalarda o‘rnatilishi shart;
2. Past va yuqori pog‘onalardagi axborot jamlash va uzatish tuzilmasi (AJUT). Har bir tuman o‘zining alohida mahalliy axborot jamlash va uzatish tuzilmasi (AJUT) bo‘lib, o‘lchash majmualaridan (O‘M) olingan axborot, axborot jamlash va uzatish tuzilmasi (AJUT) asosida markaz kompyuteri (server) da hisoblar bajariladi va tahlil asosida energo tejash tadbirlari ishlab chiqish orqali elektr energiya iste’moli nazorat qilinadi. Hisoblar va tahlillar natijasi yuqori pog‘ona axborot jamlash va uzatish tuzilmasi (AJUT) ga yuboriladi. Mahalliy alohida tuman axborot jamlash va uzatish tuzilmasi (AJUT) ga tuman hududida joylashgan sanoat korxonalarining (SK) o‘lchash majmualaridan ham axborot uzatiladi.
Yuqori pog‘ona axborot jamlash va uzatish tuzilmasi (AJUT) barcha tuman alohida axborot jamlash va uzatish tuzilmasi (AJUT) dan axborot olinib, hisoblar o‘tkaziladi va magistral elektr tarmoqlari axboroti bilan taqqoslanib tahlillar asosida, tumanlarda ishlab chiqilgan energo tejash tadbirlari tekshiriladi va bajarilishi uzluksiz nazorat qilinadi. Yuqori pog‘onali vilot axborot jamlash va uzatish tuzilmasi (AJUT) markaz, bevosita istalgan chegaraviy podstansiyadan tumanlar olgan elektr energiyasini tekshirish va axborot olish imkoniga ega.
Olingan axborot asosida past va yuqori pog‘onali axborot jamlash va uzatish tuzilma (AJUT) lari ma’lum vaqt ichida, misol uchun bir sutka davomida elektr energiya kirim-chiqimlarini yoki on-lain rejimida, ya’ni har bir onda amalga oshirilishi mumkin;
3. Aloqa kanallari – ENHAT ning barcha katta hududda joylashgan qismlarining birlashtiruvchi, yagona tizimni shakllantiruvchi vosita. Elektr tarmoqlarning qismlarida ENHAT ning aloqa vositalari har xil, radioaloqa, aloqa kabellari orqali, yuqori chastotali aloqa, uyali telefon bo‘lishi mumkin. Aloqa raqamli signalni efirga uzatish va qabul qiluvchi modem, axborotni bir necha O‘M laridan olib, AJUT ga uzatuvchi multipleksorlar orqali bajaradi.
MAJUT – mahalliy alohida axborot jamlash va uzatish tuzilmasi;
VETAJUT - viloyat elektr tarmoqlari axborot jamlash va uzatish tuzilmasi;
METAJUT - magistral elektr tarmoqlari axborot jamlash va uzatish tuzilmasi;
SKAJUT - tuman hududidagi sanoat korxonasining o‘lchash majmuasi yoki axborot jamlash va uzatish tuzilmasi (AJUT);
3.4.-rasmda ko‘rsatilgan viloyat elektr tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan ENHAT ning vazifali tuzilishi ko‘rsatilgan.
Xududiy elektr tarmoqlari yoki avtomatik nazorat – o‘lchov tizimi
3.4.-rasm Viloyat elektr tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan ENHAT ning vazifali tuzilishi
3.5.-rasm
Bu vazifali sxema quyidagicha ishlaydi:
Elektr tarmoqlarning mahalliy alohida qismning dispetcher xizmati xonasida o‘rnatilgan bosh kompyuterga (serverga) barcha elektr energiya iste’molchilarining O‘M dan axborot uzatiladi va qabul qiladi. Bu server texnik isrof va O‘M ning isroflarni hisoblovchi ta’luqli dastur asosida bosh podstansiya va iste’molchilarning O‘M ning elektr energiyasi isroflari taqqoslanadi va shu asosida pastki darajali mahalliy tuman elektr tarmoqlarda energo tejash tadbirlari qabul qilinadi. Bu axborot yuqori darajadagi viloyat elektr tarmoqlari serveriga uzatiladi. Pastki mahalliy alohida qismda qabul qilingan energo tejash tadbirlarining bajarilishi uzluksiz nazorat qilib boriladi va monitoring qilinadi. ATHNT ning asosiy ustivorligi ham shunda, ya’ni iste’mol va isroflarni shu jumladan elektr energiya hisobga olinmayotgan iste’molchilar uzluksiz ravishda aniqlanishi va tegishli choralar ko‘rilishidir.
Barcha mahalliy alohida qismlardan (tuman) olingan axborot yuqori darajadagi viloyat serveriga yig‘iladi va butun viloyat elektr tarmoqlari bo‘yicha jamlanadi va keyingi yuqori daraja elektr tarmoqlari (magistral tarmoqlar) miqdoriy axborot bilan taqqoslanib, iste’mol va isroflar kattaligi viloyat bo‘yicha aniqlanib, energotejash tadbirlari qabul qilinadi va bajarilishi uzluksiz nazorat qilinadi. Vazifali sxemada mahalliy alohida qismlari va elementlar quyidagi qisqartirilgan shartli belgilar kiritilgan.
Har bir mutaxassis o‘z sohasida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uchun sohada qo‘llaniladigan o‘lchov asboblari va ENHAT lari to‘g‘risida umumiy tushuncha bo‘lishi kerak. Faraz qilaylik, yangi hizirgi zamon talablariga javob beradigan ENHAT bilan, eski o‘lchov asboblarini almashtirish raxbar xodim sizga topshiridi. Xo‘sh nimadan bu ishni boshlash kerak, avvalo bu loyihaga ajratilgan mablag‘ni aniqlab, ENHAT quradigan joyi sharoitlarini: yoz va qish harorati, namlik darajasi bosim o‘lchanadigan kattalikning chegara o‘lchovlari, elektr tarmoqning kuchlanishi, PK yoki boshqa turli EHM bor-yo‘qligi aniqlanadi. Keyin internet orqali elektron axborot resurslarga murojaat qilib, juda keng axborot bazasidan, 4-5 tasini tanlab, o‘lchash asboblar va ENHAT larni ishlab chiqaradigan korxona sayti orqali mahsulot bilan batafsil tanishib, kerakli 2-3 tasi tanlanadi. Iqtisodchi mutaxassisga murojaat qilib, texnik iqtisodiy hisoblar asosida, ajratilgan mablag‘ga mos, yangi nazorat o‘lchov asboblari qurilgani natijasida tejalgan gaz, suyuqlik, elektr energiya hisobidan sarflangan mablag‘ necha yilda qoplanishini aniqlash asosida, birtasi uzil-kesil tanlanib, bajarilib, rahbariyatga taqdim etiladi.
Mana shu jarayonni yengillashtirish maqsadida quyida qisqacha xulosa axborot va internet saytlarini keltiramiz.
Elektron elektr energiya hisoblagichlari bo‘yicha axborot qidiruvlar: Sayt: www.neogl.uz
Sanoatda, elektr tarmoqlarda va boshqa yirik korxona va birlashmalarda qo‘llanadigan “Alfa” ko‘p vazifali elektron hisoblagichdir.
Bu turli hisoblagichlari avvalo Germaniyada ishlab chiqadigan bo‘lib, hozirgi vaqtda uning o‘xshash analoglari “Alfa+”, “Alfa-yevro”, “Alfa-sentr” va hokazolar ko‘p mamlakatlarda, shu jumladan Rossiya va Ukrainada ishlab chiqariladi. O‘zbekistonda-bu turli elektron hisoblagichlarni SP OOO “Elektron hisoblagich” orqali buyurtma berish mumkin. Sayt: www.uzelez.uz.
“Alfa” va uning modernizatsiyalangan ko‘rinishlari bajaradigan vazifalari juda keng bo‘lib, kerakli vazifalari, buyurtmachi ishlab chiqqan loyiha va ajratilgan mablag‘ga asosan tanlanadi va buyurtma beriladi. “Alfa” va uning modernizatsiyalangan ko‘rinishlar bajaradigan asosiy vazifalar:
- Gaz, neft, elektr energiya yuqori aniqlik bilan tijorat ya’ni, oldi-sotti maqsadlari bilan o‘lchash va texnologik isroflarni uzluksiz onlayn rejimda nazorat qilish;
- Energotejash tadbirlarini ishlab chiqish tizimining isroflari yuqori bo‘lgan qismlarini aniqlash, energotejash tadbirlarini bajarilishini nazorat qilish;
- Nazorat-o‘lchov tizimini ruxsat etilmagan aralashuvlaridan himoyalash. Har bir ruxsatsiz aralashuvni maxsus jurnalga, vaqtini ko‘rsatib qayd qilish, dispetcher va bosh serverni ogoh qilish;
- Avtomatik nazoratga olingan gaz, neft, elektr energiya, dinamik va statik sifat ko‘rsatkichlarini uzluksiz nazorat qilish, suyuq kristall indikatorga va interfeysga istalgan vaqtda chiqarish;
- Fizikaviy kattaliklarni o‘lchanadigan birliklarda [kubometr – m3, kilovatt soat – kVt*soat, tonna va hokazo] suyuq kristall indikatorga va masofaga uzatiladigan kattaliklarni raqamli signal ko‘rinishida interfeys-displeyga chiqarish;
- Iste’molchini to‘lovi tugaganda yoki quvvati chek miqdordan oshganda tarmoqda uzish.
ENHAT hisoblari uchun kerakli qo‘shimcha kattaliklarni maxsus EHM dasturi asosida hisoblaydi, interfeysga chiqarib, PK ga kiritilishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, elektr energiya energiyaning boshqa turlari, masalan issiqlik energiyasiga nisbatan alohida xususiyatga ega. Bu xususiyatning biri, elektr energiyaning qandaydir masofaga uzatganda, elektr uzatish yo‘li (EUY) transformator, elektr o‘lchash asboblari va boshqa elektr uskuna hamda tuzulmalarda, ularning fizikaviy xususiyatlariga ko‘ra, uzatilayotgan elektr energiyaning bor qismi yo‘qoladi (isroflanadi). Bu isroflar elektr tarmoqning kuchlanishi, EUY ning qarshiligi, iste’mol rejimi, quvvat koeffitsienti va hokazo bir qator kattaliklarga bog‘liq. Uzatilayotgan elektr energiyaning isrofi 4-15 % ni tashkil etadi. Albatta, bu texnologik yoki texnik deb ataluvchi isroflarni iloji boricha kamaytirish zarur. Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda bu isrof 5-6% ni tashkil etsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 10-15 %ni tashkil etadi. Shuni ham aytib o‘tish joizki, bu isroflar tarkibiga noqonuniy iste’mol qilinadigan elektr energiya, ya’ni “Inson omili” natijasida paydo bo‘ladigan elektr energiya ham kiradi.
Demak, birinchidan bu isroflarni hisoblash kerak.
Hozirgi vaqtda barcha elektr energetika tizimlarida uch turli hisoblar amalga oshiriladi:
1. Perspektiv hisoblar (oldindan hisoblash);
2. Retro spektiv hisoblar (o‘tgan vaqt hisoblari);
3. Operativ hisoblar (hozirgi vaqt hisoblari).
Ikkinchidan, isroflarning haqiqiy miqdorini yuqori ishonchlilik bilan aniqlash lozim.
Demak, hisoblash usuli isroflarning yuqori aniqlik bilan ishonchliligini ta’minlash lozim, chunki bu hisoblar asosida me’yoriy isroflar hisoblanadi va shu asosida territorial (viloyat, tuman) elektr tarmoqlar butun mamlakat elektr tizimidan, ya’ni elektr stansiyalardan olingan elektr energiya (sotiladigan mahsulot) qaysi qismi sotiladi, qaysi qismi isroflanishi aniqlanadi va shu asosida moliyaviy hisoblar amalga oshiriladi. Demak, isroflarni hisoblash ifodasi, haqiqiy texnik isroflarni yuqori aniqlik bilan aks ettirsh shart.
Shuning uchun elektr energetika rahbariyati, me’yoriy (normativ) isroflarni hisoblash ifodalarni ko‘rsatadi va ayni shu ifodalar asosida hisoblangan isroflar nazorat qilinadi va hisobotlar, moliyaviy hujjatlarga aks ettiriladi.
Elektr energiyasi texnik isroflarini hisoblash ifodasini tahlil qilishdan avval, elektr tarmoq tushunchasi bilan tanishamiz.
Elektr energiyasini ishlab chiqaradigan elektr stansiyalardan to iste’molchilarga yetkazib beruvchi barcha uskuna, asboblar majmuasi elektr tarmoq deyiladi. Bu uskuna, asbob, tuzulmalar quyidagilar: Elektr uzatish yo‘l (EUY), kuchlanish o‘zgartiruvchi (kuchaytiruvchi yoki pasaytiruvchi uskunalar-transformatorlar), elektr energiya o‘lchov majmuasi, kuchlanish va toklarni o‘lchov tuzilmalari, o‘chirgichlar va hakazo asbob-uskunalar kiradi. Har bir elektr tarmoq ikki, asosiy elementlar sodda qismdan iborat:
1. Elektr uzatish yo‘li (EUY) elementar qismi;
2. Transformator podstansiya.
4.1.-rasm Elektr uzatish yo‘li (EUY) elementar qismi
Transformatorning elektr energiya isrofi uning texnik tavsiflari, boshqacha aytganda, har bir transformatorda keltirilgan pasport kattaliklari orqali aniqlanadi.
Bu formulada:
n-podstansiyadagi transformatorlar soni
-transformatorning qisqa tutash quvvati [kVt], pasport kattaliklarda keltiriladi.
-transformatorning yuklantirish koeffitsienti
=0,7 dan 0,9 ga teng olinadi iste’molchining ishonchlilik kategoriyasiga bog‘liq.
Sist-iste’molchining to‘liq quvvati [kVa];
Smt-transformatorning me’yoriy (nominal) to‘liq quvvati [kVa];
- transformatorning salt yurish (xolostoy xod) quvvati [kVa];
t-vaqt
Elektr uzatish yo‘lining elementar qismining elektr energiya isrofi:
Bu formulada:
Sist - Elektr energiya iste’moli to‘liq quvvat oqimi [kVa];
U - EUY kuchlanishi [V];
I – Iste’mol toki [A];
R – EUY bir kilometr solishtirma qarshiligi
– EUY masofasi [km];
t – Vaqt
Bu ifodadan ko‘rinib turibdiki, EUY ning elektr energiya isrofi solishtirma qarshilikka to‘g‘ri proporsional bo‘lib, kuchlanishga teskari proporsional. EUY ning solishtirma qarshiligi EUY ning simlarini kesim yuzasiga bog‘liq, demak berilgan o‘zgarmas kattalik. EUY ning kuchlanishi, maxsus avtomatik tuzilma yordamida davlat andozalari asosida (DAVAN-GOST) o‘zgarishi gacha cheklanadi. Demak, kuchlanish ham o‘zgarmas kattalik deb hisoblasak bo‘ladi.
Demak, bu ifodada vaqt ichida o‘zgaradigan kattalik faqat iste’molni to‘liq quvvat yoki EUY dan oqadigan tok. Ma’lumki, vaqt davomida iste’molchining quvvati har xil sabablarga ko‘ra o‘zgarib turadi. Demak, elektr tarmoqning texnologik isroflarini yuqori aniqlik bilan hisoblash, bu iste’molning vaqt davomida o‘zgarishini yuqorida ko‘rsatilgan ifodada, yuqori aniqlik bilan aks ettirishdir. Muammoni qiyinchiligi shundaki, bu iste’molni o‘zgarishini, uzluksiz ravishda hisobga olib elektr energiya iste’molini o‘zgarishini tok o‘zgarishiga ta’sirini hisobga olish kerak.
Bu muammo iste’molni o‘zgarishini aks ettiruvchi bir qator koeffitsientlar; maksimum koeffitsienti, talab koeffitsienti, ishlatish koeffitsienti va hokazo koeffitsientlardan foydalanadi. Lekin, bu koeffitsientlar bari statistik kattalik yoki ma’lumotnomalardan olinadigan kattaliklar, demak taxminiy kattaliklar. Binobarin, bu kattaliklarga asoslangan hisoblarning aniqligi past. Shuning uchun elektron hisoblagichlarni imkoniyatlarini hisobga olib, elektr uzatish yo‘li va transformatorlarni texnologik isroflarini yuqori aniqlik bilan hisoblash ifodasini ko‘rsatamiz.
Transformatorni yuklantirish koeffitsienti quyidagicha ifodalanadi:
(*)
Sist - transformatorning iste’mol to‘liq quvvati, hisoblash vaqti davomida o‘zgaradi;
Iist – transformatorning iste’mol toki;
Uist – elektr tarmoqning kuchlanishi
Snom, Unom – transformatorning me’yoriy (o‘zgarmas) kattaliklari, texnik tavsiflarda keltirilgan.
DAVAN (GOST) talablari bajarilganda demak, (*) formulani quyidagicha ifodalaymiz.
(**) va
Elektron hisoblagichning mikroprotsessorga kichik EHM dasturi (**) kiritsak, transformatorning yuklantirish koeffitsienti uzluksiz, topshirilgan vaqt davomida hisoblab kompyuterga kiritadi.
Elektr tarmoqning birta kabel yoki havo elektr uzatish yo‘li orqali elektr ta’minlanadigan qismi “Fider” deyiladi. Ana shu bir fiderning elektr sxemasi rasmi 4.1. rasmda ko‘rsatilgan. Bu fiderning EUY har bir qismi “m-n" raqamlar bilan belgilangan. Transformator podstansiyalari belgilari: suratda podstansiyaning nomeri, maxrajda transformatorning to‘liq quvvati ko‘rsatilgan. Kiritilgan ifodalar asosida EUY ning elementar qismining texnologik isroflari quyidagicha aniqlanadi:
[kVtsoat]
R0 – va – mos ravishda EUY ning “m-n" elementar qismining bir kilometr simning qarshiligi, ma’lumotnomalardan kesim yuzaga mos olinadi va EUY masofa [km];
t- vaqt, hisoblarning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi;
Transformatorning texnologik isroflari:
- t ransformatorning pasport kattaligi keltiriladi.
- har ikki formulada transformatorning yuklantirish koeffitsienti, elektron hisoblagichni mikroprotsessori chiqarib beradi.
Butun fider uchun texnologik isroflar quyidagicha aniqlanadi:
Bu ifodada:
S- fiderning EUY elementar qismlar soni;
T- transformatorlar soni.
Energetikada nazorat va hisoblashning avtomatik tizimining (ENHAT-ASKUE) ishlashi uchun uning EHM dasturi va axborot tizimi bilan ta’minlash kerak va hisoblarni qaysi matematik model va qanaqa tartibda (algoritm) bajarish kerak, hisoblar uchun kerakli birlamchi kattaliklar qayerdan olinadi? Matematik modelni keltirib chiqargan edik. Endi axborot tizimini shakllantiramiz. Axborot tizimi avvalo o‘zgarmas, EUY va transformatorni xarakterlovchi hisoblash uchun EHM ga kiritiladigan kattaliklarni, iste’molni vaqt davomida o‘zgarishin xarakterlovchi kattalik β va elektr uzatish yo‘lining elementar qismlari va transformatorlarning elektr energiya texnologik isroflari, oraliq hisoblari kiritiladi.
Asosiy maqsad, fiderning bosh qismidagi elektr energiyani texnologik elektr energiya isroflarining o‘lchash majmuasining elektr energiya isrofi va 35/10 kV li chegaraviy podstansiyadagi boshqa asbob-uskunalarining isroflarini hisobga olgan holda aniqlab, bu raqamning podstansiyadagi elektron hisoblagichni qaydlangan elektr energiya bilan taqqoslash.
Barcha moliyaviy hisoblari, texnologik isroflar aynan ana shu chegaraviy podstansiyadagi elektron hisoblagich asosida aniqlanadi. Bu chegaraviy podstansiya, ya’ni viloyat elektr tarmoqlari va tuman elektr
tarmoqlarini ajratuvchi podstansiya. Bu yerdagi elektron hisoblagich o‘lchangan elektr energiya, viloyat bosh kompyuteriga (serverga) va tuman dispetcheri xizmati xonasidagi bosh kompyuteri (server) ga aloqa kanallari orqali uzatiladi. Tuman hisoblash markazidagi hisoblar natijasida jami hisobiy elektr energiya isrofi aniqlanib, viloyat hisoblash markaziga yuboriladi. Shu tarzda uzluksiz nazorat amalga oshiriladi.
4.2.-rasm fiderning sxemasi, 4.3.-rasmda esa fiderning sxemasining axborot tizimi ko‘rsatilgan.
Ushbu axborot tizimi kompyuterga kiritiladigan o‘zgarmas texnik kattaliklar, elektron hisoblagichdan uzluksiz har bir hisoblash t – vaqt davomida hisoblab serverga uzatiladigan kattalik va informatsion bazaning boshqa kattaliklardagi kattaliklar bevosita, yuqorida keltirilgan matematik modellar asosida hisoblanuvchi kattaliklar qismlari mavjud.
Eslatib o‘tamiz, asosiy maqsad fiderning haqiqiy elektr energiya isrofini uzluksiz berilgan vaqt davomida aniqlash va shu asosida energo tejash tadbirlarini ishlab chiqish va bu tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish keyingi davrda haqiqiy isroflarning kamayishi energotejash tadbirlarini bajarilishidan dalolat beradi.
Aslida har bir elektr tarmoq fideridagi elektr energiya isroflari haqiqiy qiymati, hisoblangan qiymatiga baravar bo‘lishi kerak, kirim-chiqim yakuni (balans) Esch-Ehis nolga baravar bo‘lishi kerak, faqat bir foizga farq qilishi mumkin, elektron hisoblagich xatoligi va hisoblar hatoligi tufayli.
Lekin, bir qator sabablar tufayli, ya’ni noqonuniy elektr energiya iste’moli, asbob-uskunalarning nosozligi va noqulay ravishda ishlashi va boshqa sabablarga ko‘ra kirim-chiqim yakuniy (nobalans) elektr energiya isroflar paydo bo‘ladi va bu isroflar quyidagicha aniqlanadi:
4.2. – rasm Fiderning sxemasi
10 kV li fiderning axborot tizimi. (4.2.rasmda keltirilgan elektr tarmoq uchun)
Kiritiladigan kattaliklar |
Hisoblanadigan kattaliklar |
|||||||||||||||||
¹ |
Fiderning elementer qismlari |
Podstansiyaning tartib raqami |
Elektr uzatish yo‘lining masofasi, [km] |
Simning kesim yuzasi, [mm2 ] |
Iste’molchining sutkali iste’mol grafigining turi |
Fasliy iste’mol foizi, [ %] |
Fasliy iste’mol vaqti |
Yuklantirish koeffitsienti, βsr.kv |
S S.K = S S.d yoki PS.K = PS.d |
Aniq vaqt (sutka) davomida EUY ning isrofi, ΔEeuy [kVt*soat] |
Aniq vaqt (sutka) davomida transformator isrofi, ΔET [kVt*soat] |
Jami isrof, ΔEj [kVt*soat] |
Bir oy yoki bir yillik isrof, ΔE∑y [kVt*soat] |
Fiderning bosh qismida iste’mollangan umumi elektr energiya, ΔE∑ [kVt*soat] |
Bir oy yoki bir yillik isrof, foiz hisobida, % |
|||
Uy -ro‘zg‘or |
Kam quvvatli mator |
Nasoslar va fasliy iste’molchilar |
Chorvachilik va parandachilik |
|||||||||||||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
13 |
14 |
15 |
16 |
17 |
18 |
1 |
0-1 |
1/100 |
L1 |
AC-35 |
- |
+ |
- |
- |
- |
- |
β0-1 |
II |
III |
IV |
V |
VI |
E0-1 |
E∑0-1 % |
2 |
2-1 |
2/63 |
L2 |
AC-35 |
- |
+ |
- |
- |
- |
- |
β2-1 |
II |
III |
IV |
V |
VI |
E2-1 |
E∑2-1% |
3 |
9-1 |
- |
L3 |
AC-35 |
- |
+ |
- |
- |
- |
- |
- |
P9-1 |
E9-1 |
IV |
E9-1 |
VI |
E9-1 |
E∑9-1% |
4 |
4-5 |
4/100 |
L4 |
AC-35 |
+ |
+ |
- |
- |
- |
- |
β4-5 |
II |
III |
IV |
V |
VI |
E4-5 |
E∑4-5% |
5 |
5-6 |
3/100 |
L5 |
AC-35 |
- |
+ |
+ |
- |
- |
- |
β5-6 |
II |
III |
IV |
V |
VI |
E5-6 |
E∑5-6% |
6 |
5-8 |
- |
L6 |
AC-35 |
- |
+ |
- |
- |
- |
- |
- |
P5-8 |
E5-8 |
IV |
E5-8 |
VI |
E5-8 |
E∑5-8% |
7 |
7-8 |
5/63 |
L7 |
AC-35 |
- |
+ |
- |
- |
|
- |
β7-8 |
II |
III |
IV |
V |
VI |
E7-8 |
E7-8% |
8 |
9-8 |
- |
L8 |
AC-35 |
- |
+ |
- |
- |
- |
- |
- |
P9-8 |
E9-8 |
IV |
E9-8 |
VI |
E9-8 |
E∑9-8% |
9 |
10-9 |
- |
L9 |
AC-35 |
- |
+ |
- |
- |
- |
- |
- |
P10-9 |
E10-9 |
IV |
E10-9 |
VI |
E10-9 |
E∑10-9% |
0 |
3-10 |
6/160 |
L10 |
AC-35 |
- |
+ |
- |
- |
|
|
β3-10 |
II |
III |
IV |
V |
VI |
E3-10 |
E∑3-10% |
11 |
10-12 |
- |
L11 |
AC-35 |
- |
+ |
- |
- |
- |
- |
- |
P10-12 |
E10-12 |
IV |
E10-12 |
VI |
E10-12 |
E∑10-12% |
12 |
11-12 |
7/100 |
L12 |
AC-35 |
- |
+ |
- |
- |
- |
- |
11-12 |
II |
III |
IV |
V |
VI |
E11-12 |
E∑11-12% |
13 |
12-Sh |
- |
L13 |
AC-35 |
- |
+ |
- |
- |
- |
- |
- |
P12-Sh |
E12-Sh |
IV |
E12-Sh |
VI |
E12-Sh |
E∑12-Sh% |
4.3.-rasm Fiderning sxemasining axborot tizimi
Elektr energiyani tejash tadbirlari ko‘rinishlari quyidagi pog‘onalarga bo‘linadi:
1. Tashkiliy tadbirlar.
2. Texnik tadbirlar. Avtomatik nazorat tizimlarini qo‘llash shart-sharoitlarini to‘la ta’minlash.
3. Avtomatik nazorat tizimini to‘liq qo‘llash.
Elektr tarmoq va sanoat korxonalarni elektr tizimlarining ko‘p yillik tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, avvalo eng oddiy elektr uskunalarni ishlatish qoidalari (PUE) talab qilgan tadbirlarni amalga oshirmay, keyingi pog‘onalarni amalga oshirish amri mahol. Birinchi pog‘ona tadbirlari korxonaning moliyaviy va texnikaviy imkoniyatlaridan qat’iy nazar amalga oshirilishi kerak. Bu pog‘ona tadbirlarini to‘liq amalga oshirgandan keyin, keyingi pog‘ona tadbirlarini bajarish mumkin.
Birinchi pog‘ona tadbirlari quyida ko‘rsatilgan ketma – ketlik bilan bajarilishi lozim:
1. Transformatorlarning salt yurish vaqtini kamaytirish va podstansiyada ishlayotgan transformatorlar sonini sutka va hafta bo‘yicha (sutkali va hafta iste’mol grafiklari asosida) optimallash.
2. Taqsimlovchi elektr tarmoqning chegaraviy podstansiya va fiderlarini, sanoat korxonalarning bosh pasaytiruv podstansiya, sex va bo‘linmalarini to‘la elektron hisoblagichlar bilan ta’minlash va shu asosda uzluksiz nazoratini (monitoring) tashkil etish. Maxsus qayd qilish jurnallari asosida, har bir sutka davomida energiya iste’moli va isroflarni tahlil qilish va e’lon qilish.
3. Quvvat koeffitsientini elektr tarmoq talab qilgan cosφ=(0,94÷0,95) gacha yetkazish.
4. Ta’mirdan keyingi ishonch sinovlari o‘tkazgani to‘g‘risida hujjati (akt) bo‘lmagan asinxron motorlarni to‘la almashtirish.
5. Iste’mol shinalarida kuchlanish ±5% oshmasligini ta’minlash. Sanoat korxona elektr iste’mol shinalarida «Elektr tarmoqlar» H.O.A.J. kuchlanishning DAVAN talabiga ko‘ra o‘zgarishi ±5% dan oshmasligi nazoratini tashkil etish va ko‘rsatgan me’yordan oshgan holda tegishli muassasalardan talab qilib, kuchlanishni me’yordan pasayishi yoki oshmasligini ta’minlash.
Yana bir bor ta’kidlab o‘tamiz, bu tadbirlarni amalga oshirmay keyingi pog‘onalarga o‘tib bo‘lmaydi.
Ikkinchi pog‘ona tadbirlari tarmoq yoki sanoat korxonasining moliyaviy va texnikaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, texnik – iqtisodiy hisoblar asosida bajariladi. Ikkinchi pog‘ona tadbirlari:
1. Taqsimlovchi tarmoq va sanoat korxonalarning elektr ta’minot tizimlarini kuchlanishni rostlash barcha vositalarini avtomatik rejimda, ishonchli ishlashini ta’minlash. Elektr tarmoq va sanoat korxonasida kuchlanishni rostlash tadbirlarini muvofiqlashtirish (moslashtirish) kerak.
2. Elektr tarmoq va sanoat korxonalarining reaktiv quvvatini qoplash usullarini aniqlash va vositalarini avtomatik rejimda ishonchli ishlashini ta’minlash.
3. Ishchi dastgohlarda asinxron motorlarining quvvat isroflarining uzluksiz nazoratini ta’minlash.
4. Avtomatlashtirilgan nazorat va boshqarish tizimini qo‘llash, shart – sharoitlarini yaratish va loyihalash.
Fiderning avtomatik informatsion tizimi asosida hisoblarning asosiy maqsadining biri - tijorat isroflarini aniqlash.
Ehis_ fiderning hisoblangan elektr energiyasi
Eo‘lch _ fiderning bosh qismida o‘lchangan elektr energiya
Agar ∆Etij yoki ∆Enb nobalans deb ataluvchi isroflari
∆Enb <(0,7 ÷1,5)% ni tashkil etsa, bu isrof hisoblash xatoligi va o‘lchash majmuasining xatoligi hisoblanadi.
Agar, ∆Enb > 1,5% bo‘lsa, isroflarning sababi:
- chegaraviy podstansiyaning o‘lchash majmuasiga ruxsatsiz ta’sir ko‘rsatilgan (hisoblagichning o‘lchangan elektr energiyasini kamaytirish maqsadida)
- iste’mol 10/0,4 podstansiyasida hisobga olinmagan iste’molchi borligidan dalolat beradi yoki iste’molchilarda hovlilar elektr energiya ta’minot faza - nol simlari hisoblagichga kiritilmagan.
- transformatorning salt yurish rejimi haddan oshiq (mavsumiy iste’molchilar ko‘p)
- tarmoqning qandaydir qismi loyihalash - me’yoriy talabga javob bermaydi, ya’ni 10 kV elektr uzatish yo‘li masofasi - l > 15 km yoki bir fazali qisqa tutashuv ro‘y bergan.
Tijorat isroflari bu (nobalans) isroflari hisoblanadi.
Tijorat isroflarining sabablari quyidagilar:
1. O‘lchash asboblari tok transformatori va kuchlanish transformatorning xatoliklari hisobiga.
2. Chegaraviy podstansiyalardagi o‘lchash majmuasiga ruxsatsiz ta’sir tufayli (inson omili)
3. Hisobga olinmagan iste’molchilarning borligi tufayli.
4. Fiderning u yoki bu qismida isroflar me’yordan yuqoriligi tufayli paydo bo‘ladi.
Agar tijorat isroflari 1,5% dan kam bo‘lgan holda bu isrof hisoblash va o‘lchash majmuasining xatoligidan deb hisoblanadi. Agar tijorat isroflari 1,5% dan ko‘p bo‘lgan holda boshqa (yuqorida ko‘rsatilgan sabablar tufayli) deb hisoblanadi.
Hozirgi vaqtdagi moliyaviy va iqtisodiy jihatlarni yaxshilash maqsadida har bir tuman elektr tarmoqlarida mana shunday informatsion baza yaratish kerak deb hisoblayman.
Bu tadbirlar quyidagilar:
1. Fiderning sxemasi va uning iste’molchilari aniqlanadi va nazoratga olinadi.
2. Fiderning me’yordan oshiq isrofli qismlari aniqlanadi va uning sabablari o‘rganiladi.
3. Hisobga olinmagan iste’molchilarga choralar ko‘riladi.
4. Chegaraviy podstansiyaning o‘lchash majmuasi qattiq nazorat ostiga olinadi.
Avtomatik tizimlarning gaz sanoati, elektr energetika va hokazo sohalarda joriy etish, bu zamon talabi, bozor iqtisodiyotining asosiy shartlaridan biri, chunki aynan axborot kommunikatsion texnologiyalar, birinchidan, o‘lchovlarning aniqligini keskin oshirsa, ikkinchidan tijorat munosabatlari oydinlashadi. Lekin ENHAT ning ishlab chiqarishda qo‘llash bu murakkab jarayon va bir necha bosqichda amalga oshirilishi lozim.
Birinchi bosqich: bu quyidagi kamharajat energotejash tadbirlarini amalga oshirish:
- Transformatorlarning salt ishlash holati va yuklantirish koeffitsientini β=0,7 dan past bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- Quvvat koeffitsienti cosφ=0,82 dan past bo‘lishiga maxsus qurilmalar yordamida yo‘l qo‘ymaslik;
- Transformatorlarning qo‘shimcha cho‘lg‘amlarining avtomatik kuchlanish boshqarish moslamasining ishonchli ishlashini ta’minlash;
- Barcha elektr tarmoqlari elektron hisoblagichlar bilan ta’minlanishi kerak. Hisoblagichlar albatta protsessorli bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich bosqichlarda bu turli hisoblagichlarning barcha imkoniyatlaridan foydalanmasa ham, keyingi bosqichlarda bu imkoniyatlardan foydalanadi.
Bu oddiy kamharajat tadbirlarni amalga oshirmasdan keyingi bosqichlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ikkinchi bosqich: 6, 10 kV li taqsimlovchi elektr tarmoqlar uchun informatsion baza yaratish asosida har bir fider uchun sutkali texnik isroflarning yuqori aniqlik va ishonchlilik bilan hisoblash va har bir 6, 10 kV li fider uchun kirim-chiqim nobarobarligi (nobalans) isroflarni aniqlash. Kirim-chiqim nobarobarligi isroflari asosida elektr tarmoqning isroflari me’yordan oshgan elementlarini aniqlash. Bu istiqbolli, hisoblar har bir kecha kunduz uchun uzluksiz bajariladi. Shu asosida energotejash tadbirlari aniqlanadi va sutka davomida bajarilishi nazorat qilinadi.
Informatsion baza yaratish uchun har bir 6, 10 kVli podstansiyaning iste’molchilari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Uy ro‘zg‘or buyumlari
Kichik mator iste’molchilar
Fasliy iste’molchilar
Protsessorli elektron hisoblagichga har bir guruh uchun transformatorning sutkali yuklantirish koeffitsientini alohida hisoblash EHM dasturi kiritiladi. Yuklantirish koeffitsientining sutka davomida o‘rtacha qiymati
Bu formulada:
K=1, 2, ………k- sutkali iste’mol grafigining pog‘onalar soni;
Sk – galdagi pog‘onalar soni;
Snt – transformatorlarning me’yoriy qiymati.
Agar elektr tarmoqda kuchlanishning past baladlik darajasi DAVAN talablariga javob bersa
35/10 kV li chegaraviy podstansiyaning 6, 10 kV li fideri
3.3.-rasmda, uning axborot bazasi 3.4.-rasmda ko‘rsatilgan.
Nobarobarlik isrof
Bu formulada:
Eo‘lch – chegaraviy podstansiya o‘lchash majmuasida qaydlangan elekt energiya;
- elektr uzatish yo‘li va transformatorning bir sutkali texnik isrofi.
Barcha tarmoqlangan murakkab elektr tarmoq elementar sodda elektr uzatish yo‘li qismi va transformatordan iborat (3.2.-rasmga qarang). Mana shu elektr uzatish yo‘lining elementar qismi uchun bir sutkali texnik isrof
Podstansiyaning transformatorlari uchun sutkali texnik isrof:
4.3.-rasmga keltirilgan informatsion tizimga mos
Bu formulada: K-transformatorlarning raqamli belgisi
m-n – EUY elementar qismining raqamli belgisi
Nobarobarlik isrof
Eo‘lch – chegaraviy podstansiya o‘lchash majmuasida qaydlangan elekt energiya;
Bu bosqich butun elektr tarmoqlarning asosiy qismi bo‘lgan 6, 10kV li tarmoqlarning sutkali iste’mol va isroflarni uzluksiz nazoratini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Uchinchi bosqich: Bu bosqichning asosiy maqsadi tijorat va nazorat o‘lchovlarining avtomatlashtirish va avtomatik nazorat va o‘lchov tizimining asosini shakllantirish. Buning uchun avval ENHAT ning pastki qismi ya’ni, 6, 10 kV li tuman elektr tarmoqlarining o‘lchash majmualarining qaydlagan elektr energiya miqdorini bir markazda (serverda) jamlash. Buning uchun tarmoq dispetcher xizmati xonasida EHM asosida yig‘ilgan axborotni jamlash, hisoblash va uzatish tizimi (AJUT) o‘rnatiladi (avtomatlashgan ish o‘rni). Misol uchun Rossiyadagi “Energomer” ishlab-chiqarish va tijorat kompaniyasi “Elster-Metronika” markali “Ustroystvo sbora i peredachi dannix” USPD seria RTU-300 asosida 100-ta O‘M sidan signal oluvchi tuzulmani qo‘llash mumkin. Barcha past qismdagi alohida ENHAT lar shakllanganda keyin yuqori qism viloyat dispetcher xizmatida, AJUT o‘rnatiladi.
6,10 kV li O‘M lari pastki qism va yuqori qismidagi AJUT lar aloqa kanallari bilan bog‘lanadi. Barcha O‘M lar, AJUT lar va aloqa kanallari yagona ENHAT ning shakllantiradi.
Bu yagona tizimda O‘M lari ayniqsa katta ahamiyatga. Tijorat o‘lchovlari uchun elektron hisoblagichlarning aniqligi 0,25 dan 0,5 gacha bo‘lishi kerak, nazoart o‘lchovlari uchun elektron hisoblagichlarning aniqligi 1,0 bo‘lishi kifoya.
Protsessorli elektron hisoblagich yuqorida keltirilgan ifodadagi transformatorni yuklantirish koeffitsenti β-ning (istalgan) topshirilgan vaqt davomida o‘rta qiymatini hisoblab, interfeys –displeyga chiqaradi, masofaga uzatib bevosita EHM ga kiritish imkoniyatini beradi .
Uchinchi bosqichning asosiy maqsadi:
Ø tijorat o‘lchovlarning yuqori aniqligi va ishonchlilik bilan amalga oshirish va tijorat munosabatlarini oydinlashtirish;
Ø nobarobarlik isroflarni uzluksiz yuqori aniqlilik va ishonchlilik bilan avtomatik ravishda hisoblash asosida energotejash tadbirlarini ishlab-chiqish va bajarilishini uzluksiz nazorat qilish;
To‘rtinchi bosqich: Bu bosqichning loyihalash va amalga oshirilishi alohida texnik-iqtisodiy hisoblardan kelib chiqib boshlanadi. To‘rtinchi bosqichning joriy etgandan keyin ENHAT li, elektr tarmoqning elektr energiyanining uzatish va taqsimlash texnalogik jarayonining avtomatik boshqarish tizimining ASITP past qismi bo‘lib xizmat qiladi.
Alfa plyus, yoki Yevro-Alfa elektron hisoblagichi bir qator maxsus ichki dasturlashtirilgan protsessorlar modellar bilan jihozlanadi va bu protsessorlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ø kuchlanishning meyoridan yuqori-past o‘zgarishi;
Ø fazalar ketma-ketligi;
Ø fazalarning quvvat koeffitsienti;
Ø kuchlanishning o‘pirilishi;
Ø tok va kuchlanishni nosinusoidalik koeffitsientlari
Maxsus test asosida elektr tarmoqning yuqoridagi parametrlari uzluksiz nazorat (monitor) qilinadi.
Bundan boshqa protsessorli elektr hisoblagichini bir qator boshqarish vazifalarining ham bajaradi:
Ø iste’mol quvvati cheklangan (limit) miqdordan oshganda JKI-da ko‘rsatadi, ogohlantiradi yoki elektr tarmoqdan uzib tashlaydi.
Ø iste’molning fasliy maksimal o‘zgarishini belgilaydi
Ø kundalik voqealarning iste’molchilarning eletr tarmoqdan uzilishi ruxsatsiz aralashuvlarni va xonadonlarning maxsus jurnalda qayd qilib borish.
Beshinchi bosqich: Umuman axborot–kommukatsion texnologiyalar va avtomatik nazorat o‘lchov tizimlari ham uzluksiz, tez suratlar bilan rivojlantirilyapti. ENHAT ning beshinchi bosqichi protsessorli elektron hisoblagichlarga yana bir modul-elektr tarmoqning asosiy elementlari elektr uzatish yo‘li, transformatorlarning texnologik isroflarning istalgan vaqt davomida, o‘rta kvadratik qiymatini hisoblovchi maxsus ichki EHM-dasturi alohida protsessor kiritishdir. Bu turli protsessorli elektron hisoblagich Alfa-Plyus, va Yevro-Alfa hisoblagichlari asosida ishlab chiqadigan Alfa-Smart AS-1440 protsessorli elektron hisoblagichdir.
Bu bosqichda o‘lchash majmuasining xatoligi tufayli paydo bo‘ladigan elektr energiya isrofini ham o‘lchanadi va barcha o‘lchangan kattaliklar asosida topshirilgan vaqt davomida (bir kecha-kunduz, bir oy, va hokazo) hisobot tayyorlanadi va tijorat kattalikllar bilan taqqoslanadi.
ENHATni asosida hisoblarning avtomatik amalga oshirilishi uchun, EHM dastur protsessorga kiritilishi lozim. EHM dasturining dasturchi, mutaxasis hisoblash algoritmi (ketma-ketligi) asosida shakllantiradi. Hisoblash matematik modellari va algoritmlari soha mutaxassisi, muxandis energetik tomonidan tayyorlanadi.
Algoritm, 6, 10kV li fider sxemasi, axborot bazasi va hisoblarning matematik modellari asosida tuziladi. Ushbu algoritmning dastlabki sharti, fiderning bosh qismi va barcha 10/0,4 kV li podstansiyalarning protsessorli elektron hisoblagichlar bilan jihozlanishi.
Protsessorli elektron hisoblagichlarga kiritilgan mini EHM dasturlar algoritmlari.
Transformatorning yuklantirish koeffitsientining hisobi:
Quvvat koeffitsientining hisobi:
Fiderning nobarobarlik elektr energiya hisoblash algoritmi.
ENHAT ni shakllantirishning birinchi bosqichida o‘lchangan kattaliklar ko‘chma PK orqali olinadi va hisoblash markazida (server) vaqt bo‘yicha moslashtiriladi.
Agar iste’mol 10/0,4 kV li podstansiyalar hisoblagichlar bilan jihozlanmagan holda β – sutkali iste’mol grafiklar asosida aniqlanadi va serverga kiritiladi.
Aynan taqsimlovchi 6, 10kv li elektr tarmoqlarning hisobi asos qilib olganiga quyidagi omillar sabab bo‘ldi:
- 6, 10 kV li elektr tarmoq butun elektr tarmoqning eng uzun tarmoqlangan qismi, butun elekt tarmoqning 40% ni tashkil etadi;
- Elektr tarmoqning bu qismning nazorati tarmoqning pastki pog‘ona 0,4 kV va yuqori pog‘ona 35, 110 kV li tarmoqlarning nazoratining amalga oshirish imkonini beradi;
- Hisoblashning asosi sifatida viloyat va tuman tarmoqlarning chegara 110/35/10 yoki 35/10 kV li podstansiyasi olingan. Bu hisoblarning amalga oshirishda qulaylik yaratadi.
-
ENHAT ning elektr tarmoqlarda va sanoat korxonalarida qo‘llash quyidagi shubhasiz foydali ustunliklarga ega:
O‘lchash majmuasining aniqlik sinfi yuqori bo‘lgani tufayli o‘lchash majmuasining elektr energiya isrofi kamayadi;
1. Elektr tarmoqdan o‘lchanib berilgan va iste’mollangan elektr energiya va uning isroflari hisoblashi va o‘lchanish aniqligi yuqori bo‘lgani tufayli va iste’mol va isroflarni uzluksiz nazoratini amalga oshirishi imkoniyati tufayli umumiy isrof kamayadi;
2. Sanoat korxonalarning ertalabki yoki kechki maksimal, ya’ni e’lon qilingan quvvat kamayadi;
3. Elektr tarmoq va sanoat korxonasining reaktiv quvvatni kuchlanish avtomatik boshqarish tuzulmalarini ishlashi aniqligi oshadi, demak elektr energiya sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.
Elektr tarmoq yoki sanoat korxonasining asosiy iqtisodiy ko‘rsatgichlaridan biri, bu bir yillik ishlatish xarajatlari quyidagicha aniqlanadi:
I=Ia.x.+Ij.m.+∆I Bu formulada:
Ia.x.- amortizatsion (ishlatish) to‘lovlari;
Ij.m.- joriy ta’mir va maosh xarajatlar.
Bu ikki kattalik elektr tarmoq yoki sanoat korxonaning elektr ta’minoti tizimi holatiga bog‘liq emas. Ishlatish xarajatlarning uchunchi tashkil qiluvchisi quvvat va energiya isrofini qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bu formulada:
- elektr tarmoqning ertalabki yoki kechki maksimal iste’mol soatlar uchun (Zayavlennûy –e’lon qilingan quvvat)to‘lov.
– elektr energiyaning uzatish va taqsimlash texnologik jarayonining isroflari. Transformator va EUY ning isrofi.
∆Po‘m – o‘lchash majmuasining noaniqligi tufayli isroflar.
- iste’mollangan elektr energiya to‘lovi.
ENHAT ning quvvat va energiya isrofi qiymatiga ta’sirining ko‘rib chiqamiz.
Elektr energetikada yangi texnika va texnologiyalarning joriy etish, bu avvolo induksion schetchiklarni elektron schetchiklar bilan almashtirish, chunki, elektron schetchiklarni sezgirligi yuqori, shu hisobdan, uning aniqlik sinfi GOST bo‘yicha δ=0.5, induksion schetchiklarni aniqlik sinfi δ=2.0. Hisoblagichning aniqlik sinfi qancha katta bo‘lsa, uning xatoligi shuncha ko‘p bo‘ladi, demak shu xatolik tufayli paydo bo‘ladigan elektr energiya isrofi yuqori bo‘ladi:
O‘lchash majmuasining nisbiy xatoligi:
Bu formulada δTT, δkt, δhis-mos
ravishda tok transformatorlari, kuchlanish transformatorlari va hisoblagichlar
(schetchikning) nisbiy xatoligi:
O‘lchash majmuasining elektr energiya isrofi:
Bu yerda Eo‘l shu o‘lchash majmuasi orqali qaydlangan o‘lchangan elektr energiya.
O‘lchash majmuasining nisbiy xatoligi elektron hisoblagich qo‘llanganda:
Aniqlik sinfi G =2,0 bo‘lgan induksion hisoblagichning nisbiy xatoligi:
Faraz qilamiz o‘lchash majmuasi o‘lchagan elektr energiya
E = 100 . Aniqlik sinfi Ghis =0.5 bo‘lgan elektron hisoblagichning noaniqligi tufayli elektr energi isrofi:
Aniqlik sinfi G =2.0 bo‘lgan induksion hisoblagichning noaniqligi tufayli elektr energi isrofi:
Demak, aniqlik sinfi Ghis =0.5 bo‘lgan elektron hisoblagich qo‘llansa, elektr energiya isrofi 31% ga kamayadi.
ENHAT ni elektr tarmoqdan berilayotgan va iste’mollanadigan elektr energiyaning uzluksiz nazoratini ta’minlash tufayli:
- Isroflarni me’yordan oshgan qismlari aniqlanadi va chora-tadbirlar ko‘riladi;
- O‘lchash majmuasining ishigi ruxsatsiz aralashuvlarga tamomman chek qo‘yiladi;
- Nobarobarlik (nobalans) kattaligi uzluksiz nazorat qilinadi. Energotejash tadbirlarini bajarilishi nazorat qilinadi;
- Iste’mol va isroflarning uzluksiz nazorati natijasida sanoat korxonaning ertalabki yoki kechki maksimum, ya’ni e’lon qilingan quvvatining kamaytirish maqsadida iste’molning kamaytirish tadbirlari, maksimum soatlarda tarmoqdan uziladigan iste’molchilar aniqlanadi;
- Elektr tarmoqning yoki elektr ta’minlash tizimining avtomatik reaktiv quvvatni boshqarish (KKU) tizimining ishlashini aniqligi oshiriladi. Xuddi shu kabi kuchlanishni avtomatik boshqarish (RPP) tizimini ishlashi yaxshilanadi. Natijada elektr energiya sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanadi;
- Bularni hammasi ishlatish xarajatlarini kamayishiga olib keladi va natijada keltirilgan xarajat kamayadi.
Aloqa (kanallari) yo‘llarining texnik vositalari (apparatura kanalov svyazi).
Yuqorida ko‘rsatib o‘tgan edik. O‘lchash majmualari markazdagi serverga yoki AJUT, mahalliy alohida AJUTlarning o‘zaro bog‘lovchi va yagona ENHAT ning shakllantiruvchi qism bu, aloqa yo‘llaridir. Aloqa yo‘llari bir necha ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin. O‘M dan servergacha alohida sim (kabel) tortish, uyali telefondan foydalanish, radioaloqa shakllantirish. Elektr tarmoqda ko‘p yillar ishlab turgan elektr uzatish yo‘llaridan foydalanib yuqori chastotali aloqadan foydalanish.
Aloqa turlarining har bir ko‘rinishining texnik vositalari alohida.
Bevosita kabellar tortilganda, multipleksor, misol uchun MPS-16 qo‘llaniladi. O‘M lari yaqinda joylashgan multipleksor barcha O‘M lari axborotni yig‘adi va birta kabel yoki radio orqali uzoqda joylashgan markaz AJUT ga maxsus tartibda uzatadi.
Radioaloqadan foydalanganda foydali axborot, yuqori chastotali elektromagnit to‘lqinlar bilan uzatiladi (modulatsiya) va efirga yuboriladi. Axborotni qabul qilish nuqtasida modem foydali axborotni, yuqori chastotali elektromagnit to‘lqinlardan ajratadi.
5.1.-rasm.
“Pulsar” ENHAT ning vazifali strukturasi
Modemlar telepryomnikniklardan internet orqali axborot olish uchun ham qo‘llaniladi (tyuner). Ba’zi vaqtda aloqa kanallarining axborot yig‘uvchi tuzulma sifatida mahalliy aloqa AJUT foydalaniladi. Bu holda RTI-300 (ChSDP) dan foydalaniladi.
Yagona ENHAT da ko‘pincha aloqa turlarining ikki uch ko‘rinishidan foydalaniladi. Misol uchun O‘M-laridan multipliksorgacha kabel aloqa bo‘lsa, multipleksordan markaziy AJUT-ga radioaloqa yoki uyali telefon aloqasidan foydalaniladi. Misol uchun RTY-327 markali “Elster metroniks” axborotni jamlash va uzatish tuzulmasi, oraliq axborot markazlarida qo‘llaniladi va asosiy vazifasi birlamchi o‘lchash majmualaridan elektr energiya va boshqa energoresurslarning iste’molini so‘rab qayd qilish va topshirilgan vaqt davomida saqlamoq, yuqori va past pog‘onalar markazlaridan so‘raganda, vaqt bo‘yicha moslab axborotni uzatish. Kerak bo‘lib qolganda raqamli o‘lchangan axborotni fizikaviy kattaliklarga chiqarib beradi. Tijorat qaydlov va nazorat tizimlarida qo‘llanishi mumkin, chunkim Yevropa va barcha hamdo‘stlik mamlakatlarda DAVAN ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Bu AJUT ni sanoat ishlab-chiqarish personal kompyuterlar asosida bajargan bo‘lib, ikkita kiritish-chiqarish interfeysi suyuq kristallik indikatorli jihozlangan yuqori past pog‘onali lokal AJUT lar bilan istalgan vaqtda aloqa bog‘lanish imkoniyatini beradi.
Energiya nazorati va hisoblash tizimining asosiy maqsadi,qo‘shimcha daromad olish. Bu qo‘shimcha daromad o‘lchovlarning kirim-chiqimlar, hisobotlarning aniqligini ko‘tarish. Chunki iste’mollarni kamaytirish, elektr energiyaning sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va yaxshilash. Elektr energiya va boshqa energetik resurslarni tejash hisobidan olinadi.
ENHAT tashkil qiluvchi tuzumlari va elementlari albatta Davlat va soha me’yoriy kattaliklari DAVAN va metrologik xizmati asosida ta’minlanishi kerak.
Energoresurslar nazorati va hisoblari avtomatik tizimlarning loyihalashdan oldin quyidagi loyiha-qidiruv ishlarini bajarish lozim:
Ø Elektr tarmoq yoki sanoat korxonasining axborot ta’minlovining, ya’ni kerakli o‘lchash majmualari va ularning hozirgi zamon yuqori o‘lchov aniqlikli hisoblagichlar bilan ta’minlash kerak;
Ø Elektr tarmoq yoki sanoat korxonalarining alohida avtomatik tuzumlari, kuchlanishni rostlash (RPN), reaktiv quvvatning avtomatik boshqarish (KKU) larning ishonchliligini ta’minlash;
Ø Fiderning ma’muriy xossali axborot bazasining butun elektr tarmoq uchun shakllantirish;
Ø Yuqori chastotali aloqaning bor yo‘qligi holatini aniqlash;
Ø Metrologik xizmatning holati va hozirgi zamon o‘lchov-qaydlov asboblari bilan ta’minlanishi;
Ø ENHAT loyihasining bajaruvchi korxona, firma va hokazo qidirib topish;
Ø Hozirgi vaqtdagi nazorat va hisobot xizmati faoliyatini baholash (Energo sotish bo‘limi);
Ø Birlamchi kamharajat energotejash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish.
Faqat bu ishlar bajarilgandan keyin texnik topshiriq va texnik-iqtisodiy asoslangandan keyin loyiha ishlab chiqiladi. Loyihani ishlab chiqish uchun ko‘pincha ENHAT ning tashkil qiluvchi qismlarning ishlab chiquvchi kompaniya, misol uchun O‘zbekistondagi OAJ “ALGORITM” yoki “Elster metroniks” va uning Rossiyadagi distrabyutori “Tijorat ishlab-chiqarish” kompaniyasi (KPK) ga murojaat qilinadi. Hudud elektr tarmoqlari va loyihalovchi firma xodimlaridan tuzulgan jamoa tizimning alohida tashkil qiluvchi qismlarining qidiradi.
O‘lchash majmuasi protsessorli elektron hisoblagich past pog‘onali alohida mahalliy ENHAT ning o‘lchash majmualari va AJUT orasi, past pog‘ona va yuqori pog‘ona hududiy elektr tarmoqlarning ENHAT si orasidagi aloqa yo‘llarining ko‘rinishi, raqamli axborotni uzatish- qabul qilish moslamasi – modem, axborotni O‘M lardan so‘rab oluvchi tuzulma multipleksor, AJUT va hokazolarning texnik topshiriq va loyihaga mos tanlaydi. Loyihaning texnik va ishchi hujjatlarini tayyorlaydi.
Loyiha uchun kirim-chiqim hisobi (smeta) tayyorlanadi. Loyiha tuzgan korxona, firma ENHAT ning o‘rnatib, sozlab, alohida akt asosida, ishonch sinovlaridan keyin buyurtmagacha hujjatlab topshiradi.
Tabiatda ma’lum bo‘lgan barcha fizik miqdorlar, ya’ni elektrik va noelektrik miqdorlarni, o‘zgarmas va vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan kattaliklarni uzoq masofadan turib o‘lchash imkoniyati elektron hisoblagichlarning asosiy xossasidir. Elektron hisoblagichlar bozor iqtisodiyotining talablariga javob beruvchi bir qator afzalliklarga ega.
1. Aniqlik sinfi yuqori o‘lchash xatoligini nisbatan kichikligi. An’anaviy hisoblagichlarning aniqlik sinfi λ=2,0 dan 2,5 gacha bo‘lsa, elektron hisoblagichning aniqlik sinfi λ=0,2 dan 1,0 gacha. Bu xususiyat, misol uchun induksion elektr energiya hisoblagichlarini, elektron hisoblagichlar bilan almashtirilishini elektr energiyaning 30% gacha tejash imkonini beradi.
1. O‘lchash natijalarini raqamli ko‘rinishida berish va ularni raqamli mantiqiy signal qiymatini suyuq kristallik indikatorga chiqarish, hujjatlash, uzoq masofaga raqamli signal ko‘rinishda uzatish, axborotni EHM ga bevosita kiritish imkoniyati orqali noelektrik kattalikning elektr kattalikka aylantirib beradi.
2. Hisoblagich ishlashiga ruxsat etilmagan aralashuvlarga chek qo‘yish, demak o‘lchash natijalarini “inson omillaridan” himoyalash.
3. Noelektrik kattaliklarni, masalan, gaz, suyuqlik, bosim, harorat va hokazolarning elektr kattaliklarga datchik orqali aylantirish.
4. O‘lchanadigan kattaliklarning sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchab chiqaradi va nazorat qiladi.
5. Barcha o‘lchangan kattaliklarni saqlab qoladi.
Hozirgi vaqtda elektron hisoblagichlar gaz, suyuqlik, elektr energiyaning oldindan to‘lovi, avtomatik boshqaruv, qo‘shimcha kattaliklarni chiqarib berish, ruxsat etilmagan aralashuvlardan himoya vazifalarini bajaradi.
5.2.- rasm Masofaga uzatiladigan kattaliklar raqamli signal ko‘rinishda INTERFEYS-displeyda chiqarilishi
Elektron hisoblagichlar ENHAT ning muhim qismi bo‘lib, hozirgi vaqtda induksion hisoblagichlarni, gaz va suyuqliklarni o‘lchash mexanik tuzilmalarini elektron hisoblagichlar bilan almashtirishni o‘zi 30%gacha elektr energiyani tejaydi, chunki o‘lchash aniqligi yuqori.
Elektron hisoblagichning vazifali ishlashini, hozirgi vaqtda keng tarqalgan Rossiya OOO elster metronika ishlab chiqaradigan uch fazali elektr energiya hisoblagichi Alf-Smart AS 1440 misolida ko‘rib chiqamiz.
Elektr tarmoqning toki tok transformatori (TT) kuchlanishi kuchlanish transformatori (KT) orqali har bir faza alohida hisoblagichni o‘lchash moduliga, rezistorli ulanish bo‘lgichlari orqali kiritiladi. Mantiqiy signalning raqamli elektr signalga o‘zgartirishni MRO‘-ASP o‘zgartirgich bajaradi. Elektr ta’minlovchi qism alohida elektr tarmoqqa ulanadi va tegishli transformator orqali elektr tarmoqning kuchlanishini me’yorlab beradi. Raqamli elektr signalga o‘zgartirilgan mantiqiy signal mikrosxemalar (mikrokontroller) qismga yuboriladi. Bu qismda kerakli algebraik amallar bajariladi va barcha kattaliklar: aktiv va reaktiv elektr energiya, gaz va suyuqlikning hajmi, quvvat koeffitsienti cosφ va hokazo topshirilgan kattaliklar suyuq kristallik indikator (SKI-JKI) ga fizikaviy kattaliklar [kVt*soat, kVar*soat, kVt, kVar, A, V] ko‘rinishda chiqariladi.
5.2.-rasm. Masofaga uzatiladigan kattaliklar raqamli signal ko‘rinishda INTERFEYS-displeyda chiqariladi. INTERFEYS chiqaradigan axborotga operator aralashuvi mumkin.
5.3.-rasm.
1.shitok; 2.optik port; 3.interfeys-displey; 4.suyuq kristal indikator; 5.tugma;
6.qapqoq
5.4.-rasm. Elektron hisoblagichlar
Elektron hisoblagichning ishlashiga barcha ruxsatsiz aralashuvlar qayd qilinib, hisoblagichning o‘zida maxsus jurnalga, vaqt ko‘rsatilib yoziladi va server (dispetcher) ga uzatiladi. Elektron hisoblagichning keyingi qismi – boshqarish va ulab uzishlar bloki. Bu yerda maxsus boshqaruvchi EHM dastur asosida axborot oqimi yo‘nalishi boshqariladi va mos ravishda ulab-uzishlar amalga oshiriladi. Shu blokda raqamli signallarning kirib-chiqish klemmalari bor. O‘lchanadigan va raqamli signal ko‘rinishdagi axborot, operator topshirig‘iga binoan ma’lum vaqt ∆t=1,2,3,4,5,10,30 min davomida o‘rtacha qiymati chiqariladi. 5.3.-rasmda AS 1440 elektron hisoblagichning tashqi ko‘rinishi ko‘rsatilgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Farmoni: "Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport potensialini ko‘paytirish chora-tadbirlari dasturi to‘grisida" 2008- yil 28- noyabrdagi PF-4058-son .
2. Elektr qurilmalarining tuzilish qoidalari (EQTQ) (Pravila polzovaniya elektroenergiey (PUE) Toshkent, DI O‘zdavenergonazorat, 2007.
3. Elektr va issiklik enegiyasidan foydalanish qoidalari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009- yil 22-avgustdagi 245 - son qarori 1-ilova.
4. Energosberegayushaya texnologiya elektrosnabjenie narodnogo xozyaystva. Vip.1,2,3,4,5 (pod. red. V.A.Venikova) N.V.Sh.1989 g.
5. Allaev K.R. Energetika mira i Uzbekistana Tashkent, Moliya. 2009 g.
6. Energiyadan oqilona foydalanish to‘grisida O‘zbekiston Respublikasining 1997 -yil 25- aprel qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, 4—5-son, 118-modda)
7. Morozov A. T. “Elektrotexnika, elektronika i impulsnaya texnika” M. “Vûsshaya shkola”. 1987 g.
8. Karimov A. S., Mirxaydarov M. M. “Elektrotexnika va elektronika asoslari”, Texnika oliy yurti talabalri uchun darslik. T. O‘qituvchi. 2002 y.
9. Sa’dullaev N. N. “Informatsiono – analitechiskaya sistema dlya isslodavanie energoefektivnosti v promiùlennostû”. Buxara. 2011 g.
10. “Sprovichnik po elektro-izmeritelnim priborom” pod redaksiey K. K. Ilyunina. “Energiya”. Sank-Peterburg. 2004.
Internet resurslar
1. www.elster.ru ,
2. www.izmerenie.ru,
4. www.metronica.ru. “Merkuriy”.
6. SP OOO “Elektron hisoblagich” www.uzelex.uz
7. www.algoritm.uz,
9. www.uzelez.uz,
10. www.neogl.uz
MUNDARIJA
3 |
|
Terminlar…………………………………………………………………. |
6 |
I - BOB. ALOQA QURILMALARI ELEKTR TA’MINOTI TIZIMI HAQIDA MA’LUMOTLAR. ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH QOIDALARI………………………...................... |
11 |
1.1. Aloqa qurilmalari elektr ta’minoti tizimi vaqurilmalari……………………………… |
11 |
1.2. Elektr energiyasini sotish nazoratchisini lavozim yo‘riqnomasi taxlili va izohi…………………………………………………………………. |
16 |
1.3.Elektr energiyasi iste’molchilarini tarif guruhlari to‘grisidagi qoidalar……………………………………………………………………. |
20 |
1.4. Elektr energiyasini sotish tartibi…………………………………… |
23 |
1.5. Elektr energiyasidan foydalanish oidalari………………………… |
37 |
1.6.Xo‘jalik yuritish. Hisob raqam bilan ishlash. Elektr energiyasidan o‘grincha foydalanish xolatlari va elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilishining xolatini aniqlash……………………………… |
42 |
II - BOB. ALOQA QURILMALARI ELEKTR ENERGETIKA USKUNALARI VA QURILMALARIDAGI TEXNIK ISROF….......................................... |
45 |
2.1. Aloqa qurilmalarida elektr energiya iste’moli va texnik isroflarini hisoblash maqsadi va vazifalari.............................................................. |
45 |
2.2. Aloqa qurilmalari elektr uzatish yo‘llaridagi energiya isrofi............ |
46 |
2.3. Transformatorlarning energiya va asinxron motorlardagi quvvat isroflari…………………………………………………………………..... |
48 |
2.4. Aloqa qurilmalarida elektr energiya texnologik isroflarini hisoblash. |
53 |
2.5. Aloqa qurilmalari elektr energiyani o‘lchash majmuasidagi isroflarini hisoblash. |
55 |
III -BOB. ALOQA QURILMALARI ENERGIYA NAZORATI VA HISOBLASH AVTOMATIK TIZIMLARI. |
57 |
3.1.Axborot kommunikatsion texnologiyalar iqtisodiyotning modernizatsiyalash negizi……………………………………………… |
57 |
3.2.Axborot kommunikatsion texnologiyalarning elementar tarkibiy asoslari…………………………………………………………………….. |
58 |
3.3. Avtomatik nazorat-o‘lchov tizimlarning asosiy qismlari. |
60 |
3.4. Tijorat va nazorat –o‘lchov ENHAT lar………………………….. |
63 |
3.5. Elektr tarmoqning ko‘p darajali enhat larining vazifali tuzilishi. |
64 |
3.6.ENHAT tuzulmalarini tanlash bo‘yicha qisqacha xulosa…………. |
69 |
70 |
|
4.1. Texnologik isroflarning modellari va algoritmlari. |
70 |
4.2.Fiderning ma’muriy vazifali informatsion bazasin shakllantirish. |
74 |
4.3. Nazoart-o‘lchov tizimlari asosida energotejash tadbirlarini amalga oshirish. |
78 |
4.4.ENHATning joriy etish bosqichlari |
80 |
4.5.kuchlanishi 6,10 kv li elektr tarmoqlar fiderning elementlar bo‘yicha iste’mol va isroflarning hisoblash algoritmlari…………………………… |
84 |
4.6.ENHAT ning qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi…………………... |
87 |
V-BOB. ENHAT NING TEXNIK VOSITALARI……………………... |
90 |
5.1.Aloqa kanallari va qurulmalari……………………………………….. |
90 |
5.2.ENHAT ning joriy etish bosqichlari………………………………….. |
91 |
5.3.Elektron hisoblagichlar……………………………………………… |
92 |
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………… |
96 |
|
S-52 Siddikov I.H. ALOQA QURILMALARI QAYTA TIKLANUVCHI ELEKTR TAʻMINOTI MANBALARI. Uslubiy qollanma
UDK 621/3 (075) KBK 65.441 va 722 31/2ya722
ILHOMJON HAKIMOVICH SIDDIKOV
ALOQA QURILMALARI QAYTA TIKLANUVCHI ELEKTR TAʻMINOTI MANBALARI fanidan uslubiy qo‘llanma
Uslubiy qoʻlanma «TATU xabarlari» taxririyatida taxrirdan o’tkazildi Toshlent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy-uslubiy kengashi qaroriga muvofiq chop etildi.
|
Bosishga ruhsat etildi 14.04.2016 y. Bichimi 60x84 1/16.
Shartli bosma taboq 6,0. Nusxasi 50 dona. Buyurtma N
TATU Bosmaxonasida chop etildi. Toshkent sh. Amur Temur koʻchsi 108