ΑZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

ΑRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

 

Beruniy nomli Toshkent davlat

texnika universiteti

 

 

 

FAVQULODDA VAZIYATLAR

VA  FUQARO  MUHOFAZASI

kursidan ma`ruzalar to` plami

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent - 2010

 

 

ΑZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

ΑRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

 

Beruniy nomli Toshkent davlat

texnika uiversiteti

 

 

I.Nigmatov

 

 

FAVQULODDA VAZIYATLAR

VA  FUQARO  MUHOFAZASI

kursidan ma ruzalar to plami

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent – 2010

 

 

 

 

FAVQULODDA VAZIYATLAR  VA FUQARO  MUHOFAZASI : Ma`ruzalar to`plami / Nigmatov I. Toshkent : TDTU, 2010,   250 b. /

                           *******

Mazkur ma`ruzalar to`plami Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi maxsus kursi uñhun mo`ljallangan bo`lib, barcha bakalavriat ta`lim yonalishi talabalari ushbu soha huquqiy-me`yoriy xujjatlar talablari doirasida bilishi zarur bo`lgan mavzularni o`z ichiga oladi. To`plamda tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini, moddiy boyliklarni, atrof-muxitni himoya qilish, talafot ro`y bergan xududlarda qutqaruv va tiklov ishlarini o`tkazish, favqulodda vaziyatlarda fuqarolar muhofazasini (shu jumladan, birlamchi tibbiy yordam ko`rsatishni) tashkil etishga oid dolzarb mavzular keltirilgan.

Ma`ruzalar to`plami talabalarni oliy ta`lim muassasalari barcha bakalavriyat ta`lim yo`nalishlarida o`qitiladigan “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining fuqaro muhofazasiga oid mavzularini o`zlashtirishiga  mo`ljallangan.

 

 

TDTU ilmiy-uslubiy Kengashi qarori bilan chop etishga ruhsat  etilgan.

 

 

 Taqrizchilar :    t.f.d., prof.Sulaymonov  S. S.  (TIMI)

                             t.f.n., dots. Rasuleva M. O.   (TDTU)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent davlat texnika universiteti, 2010

Ma’ruza ¹ 1.  Fuqaro muhofazasining maqsadi, vazifalari va hozirgi  davrdagi àhamiyati

 

Reja:

1.           Hozirgi vaziyatda “Fuqaro muhofazasi”ning maqsadi va ahamiyati.

2.            Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari, ularning kuch va vositalari.

3.           Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari.

 

Hozirgi davrda Sayyoramizda ro‘y berayotgan tabiiy, texnogen, ekologik, ijtimoiy, harbiy-siyosiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, talàfîtlar ko‘lamini toraytirish, insonlar hayoti va ular tomonidan yaratilgan moddiy boyliklarga yetadigan zararlarning oldini olish yoki ularni kamaytirishni ta’minlash o‘ta muhim va dolzarb muammolar sirasiga kiradi.

O‘zbekistonda mazkur muammolarni hal etishda ishtirok etadigan barcha xizmatlarning o‘zaro munosabatlarini belgilovchi va tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilingan. Jumladan,  “Aholini va hudutlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish to’g’risidagi”, “Fuqaro muhofazasi to’g’risidagi”, “Radiatsiyaviy havfsizlik to’g’risidagi”,  “Terrorizimga qarhsi kurash to’g’risidagi” va boshqa O’zbekiston Respuplikasi qonunlari va shu sohaga taaluqli bo’lgan Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va hayotga joriy etilgan.

Oliy malakali kasbiy ta’limga ega kadrlar, iqtisodiyotning qaysi sohasida faoliyat yurgizmasin, yuqorida keltirilgan muammolar yechimi bilan bogliq qator vazifalarni hal etishda faol qatnashishga majbur, boshqacha aytganda, barchamiz favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi mumkin bo‘lgan zamin va makonda yashaymiz.

 Shuni alohida ta`kidlash lozimki, XXI asrning boshlaridanoq xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarish jarayonining misli kî‘rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta’minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqtisodning barqaror rivojlanishga tahdid solib turibdi. BMTning “Xalqaro fuqaro muhofazasi tashkiloti” xujjatlarida “dunyoda taraqqiyot shiddat bilan rivojlanib borishi bilan yonma-yon, xavf-xatar xam ortib boradi, shu bois “barqaror  rivojlanish kafolati bu fuqarolar muhofazasi”dir deb yozib qo’yilgan. Shuning uchun fuqarolarni fuqaro muhofazasiga tayyorlashga alohida e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin yildan-yilga soni ortib borayotgan favqulodda vaziyatlar, ularni bartaraf etishga sarflanayotgan iqtisodiy xarajatlar bunday hatti-harakatning samaradorligi pastligini ko’satmoqda va alohida yo’l tutish kerakligini taqozo etmoqda; ya’ni sodir bo’lishi mumkin bo’gan favqulodda vaziyatlarni oldindan bashorat qilish, aholini xavf  haqida ogoh etish, uni oldini olish va undan himoyalanish tadbirlariga ko’proq e’tiborni qaratish zaruriyati vujudga kelmoqda.

 Butun jahon “Qizil Xoj” hamjamiyati tashkilotining ma’lumotlariga ko`ra oxirgi  30 yil mobaynida butun dunyoda tabiiy ofatlardan qariyb 1 mlrd. insonlar jabrlangan (yiliga 40 mln. kishi) va ko`rilgan moddiy zarar miqyosi yiliga 100 mlrd.  dollarni tashkil etgan.  Shu sababdan ham Αzbekistonda î‘z mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardanoq, eng muhim vazifalar qatoridan mamlakat aholisi va hududini turli xil favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari î‘rin oldi. 

Bunday dolzarb muammolar xususida Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov tomonidan ta’kidlanganidek: «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan»*. Vatanimizning yaxlitligi, aholi xavfsizligi tahdidi tî‘g‘risida Prezidentimiz   «Î‘zbekiston XXI asrga intilmoda» asarida ham batafsil tî‘xtab î‘tganlar. 

Darhaqiqat, o’tgan XX asr sobiq ittifoq davrida Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar, shu jumladan, halqimizning boshidan o’tkazilgan totalitar, mamuriy-buyruqbozlik tizimi atrof-muhitga bepisand munosabatda bo’lish, tabiiy resurslardan vahshiyona foydalanish bilan tavsiflanardi. Ushbu davr orqali o’simlik va hayvonot dunyosining genofondiga salbiy tasiri, biologik xilma-xillikning qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa tur zaharli chiqindilarning tashqariga chiqarilishi, erlarning cho`llanishi, år va suv resurslarining degradatsiyasi, Orol dengizining halokati kabi mintaqaviy hamda global miqyosda echilishi lozim bo`lgan ekologik muammolar meros bo`lib qoldi. Shu kabi muammolar tufayli inson manfaatlari muhofazasi ayniqsa, O`zbekistonda davlat siyosatining birlamchi darajasiga ko`tarildi. Shu munosabat bilan hozir O`zbekistonda ekologik harakatning tuzilishi bugungi davrning dolzarb talabi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan muammolarni hal qilishda O`zbekiston ekologik harakati tomonidan "Sog’lom muhit - inson salomatligi" g’oyasini amaliy bajarilishini ta`minlash maqsadida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarni amalga oshirish jarayonida mavjud muammolarga yo`naltirilgan yondashuv, na faqat O`zbekiston balki mintaqani barqaror rivojlanishida eng muhim omil bo`lib, atrof-muhit xavfsizligi va inson salomatligi haqidagi g’oyalarni qo`llab quvvatlash istagida bo`lgan mamlakatimizning etuk, barkamol avlodlarini birlashtirishga yo`naltirilgan global ahamiyatga ega harakat ekanligi e`tiborga molik .

Ekoharakat - O`zbekiston fuqorolarining hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashashi, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda ularga so`zsiz rioya etilishini ta`minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanadà chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishiga shubha yo`q.

Avvalgi ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga faol qarshiligi vaqtlarida butun aholi qatlami faqat ommaviy qirg‘in qurollari va hujumkor vositalaridan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bî‘lsa, hozirgi davrdagi fuqarolar muhofazasi - yangi ijtimoiy, iqtisodiy zarurat asosida tashkil topgan, ya’ni mustaqil Αzbekistonni va fuqarolarini turli kî‘rinishdagi falokat va halokatlardan saqlash ruhida tarbiyalashga yî‘naltirilgan.     

 Shu nuqtayi nazardan xalqimizni dushman tomonidan bî‘ladigan ham ichki, ham tashqi ta’sirlardan saqlash, hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblansa, ikkinchi tomondan bizning î‘lkamiz tabiiy ofatlar (yer silkinishi, yer surilishi, sel, suv toshqini, kuchli shamol va boshqalar), bî‘lishiga moyil î‘lka  bî‘lganligidan hamda texnogen avariyalar, halokatlar va ekologik muvozanatni buzilishi natijasida uning oqibatlaridan fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini, moddiy resurslarni, texnikalarni va tabiatni asrash, zarar kî‘rgan hududlarda qutqarish va kechiktirib bî‘lmaydigan tiklash ishlarini olib borish ham juda muhim dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Albatta, yuqoridagi muammolarni hal qilishda Αzbekiston mintaqasi uchun harakterli bî‘lgan tabiiy ofatlarni, ishlab chiqarish avariyalarni va yuzaga keladigan ekologik vaziyatlarni chuqur tahlil qilish natijasidagina (har bir vaziyatni kelib chiqish sababini, kuchini, ta’sir doirasini odamlarga, atrof-muhitga kî‘rsatadigan oqibatlarini î‘rganish) ularga qarshi eng qulay chora-tadbirlar belgilanadiki, natijada har qanday favqulodda vaziyatlardagi ham moddiy, ham ma’naviy yî‘qotishlar miqyosini shunchalik qisqartirishga erishish mumkin.

Fuqarolar muhofazasi haqida umumiy tushuncha. Ma’lumki, har bir mustaqil davlat î‘zining mudofaa qudratiga ega. Mudofaa siyosatini qay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari î‘sha davlatning qudratini belgilaydi. Chunki har bir davlat moddiy boyliklarini, texnikalarini, harbiy ahamiyatga molik bî‘lgan inshootlarini, xalqini himoya qilishda, saqlashda yangi turdagi omillarni yaratadi va ishlab chiqaradi. Ma’lumki, davlatlar ichida yangi-yangi qurollar yaratiladiki, bular nafaqat insoniyatga, balki butun jonli tabiatga, atrof-muhitga juda katta ziyon yetkazadi. Yuqoridagi qurollar yer yuzida mavjud ekan, albatta, har bir davlat bunday qurollardan saqlanish vositalarini  izlaydi, omillarini ishlab chiqadi. Shuning uchun har bir davlatning mudofaa qudrati asosini fuqarolar muhofazasi tashkil etadi.

Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri bî‘lib, u har qanday  favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta’minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik davrida favqulodda holatlarda fuqarolar muhofazasi tomonidan yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi. Jumladan, mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va hududlarni tabiiy ofatlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning mî‘tadil hayot faoliyatini ta’minlash borasidagi vazifalarni hal etish uchun Αzbekiston hukumati tomonidan 1991 yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirildi. Yangidan tashkil etilgan ushbu tizim Αzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sifatida tinchlik davrlardagi tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish falokatlari va halokatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish vazifalarini bajaradi. Mamlakat fuqarolar muhofazasini rivojlantirishning asosiy konsepsiyasi Αzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 9 aprelda Toshkent shahrida bî‘lib î‘tgan Respublika faollarining Kengashida sî‘zlagan nutqida bayon etilgan. Αzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi farmoniga binoan aholini va iqtisodiyot tarmoqlari inshootlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, Respublikada tabiiy va texnogen xususiyatli  favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Αzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida Αzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tashkil qilindi.

 FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yî‘nalishi asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollarda harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hokazolarga qaratilgan.

FVVning muvaffaqiyatli ish olib borishida mamlakatimizda yaratilgan kuchli huquqiy bazaning ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda vaziyatlar masalasida Αzbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tî‘g‘risida»gi(1999y.), «Gidrotexnik inshootlarining xavfsizligi tî‘g‘risida»gi (1999 y.), «Fuqaro muhofazasi tî‘g‘risida»gi (2000 y.), «Radiatsiyaviy xavfsizlik tî‘g‘risida»gi (2000 y.), «Terrorizmga qarshi kurash tî‘g‘risida»gi (2000 y.) Qonunlari, Respublika Prezidentining ikkita Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 30 dan ortiq qaror va farmoyishlarini aytish mumkin. Qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Italiya va boshqa yetakchi davlatlarning fuqaro muhofazasi tizimini shakllantirish borasidagi tajribalari inobatga olingan.

Αzbekiston fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza etishning qonun bilan belgilangan asosiy tamoyillari: insonparvarlik, inson hayoti va sog‘lig‘ining ustivorligi, axborotning î‘z vaqtida berilishi va ishonchliligi, favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilish choralarining kî‘rilishidir.

Respublika FVDT Αzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi Farmoniga asosan Bosh vazir tomonidan boshqariladi. Hozirgi kunda FVDTning Respublika, mahalliy va ob`yekt bosqichidan iborat 14 ta hududiy va 40 dan ortiq funksional  quyi tizimdan iborat bî‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi î‘z faoliyatini kî‘rsatmoqda. Bu tizimning yagona konsepsiyani belgilash, bashoratlash, tahliliy ishlar, turli dasturlar yaratish va ularni amalga oshirish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining doimiy tayyorgarligini ta’minlash, falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlarni bartaraf qilish hamda xalqaro hamkorlik borasida olib borilayotgan ishlar î‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Bu tizimni yanada rivojlantirish va mustahkamlashda hukumatimiz tomonidan fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlashni tashkil etish, FV larni tasniflash, avariya-qutqaruv tizimlarini kengaytirish, vazifalarini takomillashtirish va ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, suv osti xizmatini yaratish kabi tadbirlar borasida katta yordam kî‘rsatmoqda.

Hozirgi kunga kelib FVDT tarkibida «Najotkor» Respublika qidiruv-qutqaruv markazi,  «Xaloskor» maxsus harbiylashtirilgan qidiruv-qutqaruv qismi, «Qutqaruvchi», «Qamchiq», «Olmazor» qismlari tashkil etilib, ular tomonidan 10 mingdan ortiq marotaba turli favqulodda vaziyatlarda aholiga yordam berildi. Jumladan, Tojikiston Respublikasining Qayroqqum bekatida sodir bî‘lgan temir yî‘l halokati, 1998 yilda Shohimardonda sodir bî‘lgan sel ofati, 1999 yilda Turkiyada r‘îy bergan Izmir zilzilasi, 1999 yilda Qamchiq dovonida yuzaga kelgan qor kî‘chishi, 2001 yilda yuz bergan Toshkent viloyati Qodiriya bekatidagi temir yî‘l halokati, 2003 yilda Qirg‘isistondagi yer surilishi va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin. Bu yî‘nalishdagi ishlar saviyasini yanada oshirish maqsadida Respublikaning kî‘pgina shaharlarida, jumladan: Toshkent, Samarqand, Andijon, Jizzax, Chirchiq, Angren va boshqa joylarda maxsus «Qutqaruv xizmati» tizimlari tuzilgan va ularning zimmasiga har qanday ekstremal vaziyatlarda aholining hayotiga, salomatligiga xavf soluvchi holatlarda yordam berish vazifasi yuklatilgan. Qutqaruv xizmati tizimlarining î‘z telefon raqamlari mavjud (masalan, Toshkent shahrida 050; Samarqand shahrida 911 va hokazo), ular tunu-kun î‘z vazifalarini bajaradilar.

Shunday qilib, fuqarolar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni, moddiy resurslarni muhofaza qilish, fuqarolarni qanday xatti-harakat qilishi, ularga qanday chora-tadbirlar bilan yordam berishi, shikastlangan hududlarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish, ishlab chiqarish tarmoqlarini muttasil ishlashini ta’minlash vazifalarini bajaradi. Zero, yer yuzida umumiy qirg‘in qurollari, hujumkor qurollarning zamonaviy turlari mavjud ekan, shu bilan birga tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bî‘lishligi muqarrar bî‘lganligidan har bir davlatda va uning har bir hududida va bî‘g‘inida fuqarolar muhofazasi davlat tizimi tashkil etiladi va uning  vazifalari aniq belgilanadi.

Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari, ularning kuch va vositalari. Fuqarolar muhofazasi davlat tizimlari  – harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham yuzaga keladigan xavflardan aholini, hududlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilishda muhim vazifalarni bajaradi. Bunday keng qamrovli vazifalar tî‘g‘risida Αzbekiston Respublikasining 1999 yilda «Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tî‘g‘risida»gi hamda 2000 yilda «Fuqaro muhofazasi tî‘g‘risida»gi qabul qilingan qonunlarida î‘z aksini topgan.

Ushbu huquqiy hujjatlarda fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini hamda fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini ham belgilab bergan.

Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagi yî‘nalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat:

1.      Aholini, hududlarni va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyatlar oqibatidan (dushmaning harbiy harakatlaridan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan) muhofaza qilish;

2.      Har qanday favqulodda vaziyatlarda xalq xî‘jaligi tarmoqlarining, obyektlarning barqarorligini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini î‘tkazish;

3.      Fuqaro muhofazasi kuch va vositalari shayligini ta’minlash;

4.      Qutqaruv va boshqa kechiktirib bî‘lmaydigan ishlarni î‘tkazish;

5.      Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi rahbarlarini, mutaxassislarini va fuqaro muhofazasi kuchlarini fuqaro muhofazasiga tayyorlash hamda oddiy aholini himoyalanish qoidalariga î‘rgatish.

Bunday yî‘nalishdagi vazifalarning har birini bajarish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirish orqaligina maqsadga erishiladi. Jumladan, fuqaro muhofazasining harbiy davrdagi vazifalari quyidagilardan iborat:

1)   Aholi va obyektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;

2)   Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;

3)   Iqtisodiyot obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini î‘tkazish;

4)   Aholining moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;

5)   Fuqaro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta’minlash;

6)   Aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini î‘tkazish;

7)   Aholining harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash;

8)   Radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;   

9)   Qutqaruv va boshqa kechiktirib bî‘lmaydigan ishlarni î‘tkazish;

10)  Harbiy davrlarda ham zarar kî‘rgan hududlarda jamoat tartibini yî‘lga qî‘yish ;

11)  Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

Shulardan kelib chiqib, bunday tadbirlarni muvaffaqiyatli olib bormay turib zararlangan hududlarda aholining hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlab bî‘lmaydi.

Fuqarplarni fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari. Ma’lumki, fuqarolar muhofazasi umumxalq mudofaa ishlaridan biri hisoblanadi. Barcha fuqarolar fuqaro muhofazasi masalalarini hal qilishda faol ishtirok etishlarini taqazo etadi. Shuning uchun ham fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari va burchlari Αzbekiston Respublikasining «Fuqaro muhofazasi tî‘g‘risida»gi (2000 y.) Qonunining 13- va 14-moddalarida, hamda «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tî‘g‘risida»gi (1999 y.) Qonunining 15- va 16- moddalarida aniq kî‘rsatilgan.

 Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari quyidagilardan iborat (harbiy davr uchun):

a) Αz hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini harbiy harakatlardan muhofazalanishi;

b)Umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish;

v) Harbiy harakatlar kechayotgan joylarda î‘zlari yî‘liqishlari mumkin bî‘lgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari tî‘g‘risida axborot olish;

g)Harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam kî‘rsatiladi.

Tinchlik davri uchun:

1.   Favqulodda vaziyat rî‘y berganda hayotlari, sog‘liqlari va shaxsiy mol-mulklari muhofazalanishi;

2.   Umumiy va yakka himoyalanish vositalaridan hamda boshqa muhofazalanish uchun mî‘ljallangan mol-mulkdan foydalanish;

3.   Mamlakat hududlarida duch kelishi mumkin bî‘lgan xavf-xatar darajasi tî‘g‘risida  hamda zarur xavfsizlik choralari haqida xabardor bî‘lish;

4.   Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish masalalari yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish;

5.   Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishlari;

6.   Favqulodda vaziyatlar rî‘y bergan hududlarda ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar olish;

7.   Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish chog‘ida boquvchisi halok bî‘lganda yoki mehnatdan mayib bî‘lishi tufayli halok bî‘lgan shaxsning oila  a’zolari uchun belgilangan tartibda nafaqa olish;

8.   Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tartibi va shartlari, kompensatsiyalar va imtiyoz turlari va miqdorlari qonun hujjatlari asosida tî‘lanadi.

Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari quyidagilardan iborat :

            Harbiy davr uchun :

·       Fuqaro muhofazasi sohasidagi barcha qonun hujjatlariga rioya qilishlari;

·       Fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan î‘tishlari;

·       Fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari;

·       Jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam kî‘rsatishni bilishlari;

·       Davlat organlariga, shuningdek tashkilotlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda kî‘maklashishlari;

·      Fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulkini asray bilishlari shart.

Tinchlik davr uchun:

·      Xavfsizlik choralariga rioya etishlari, ishlab chiqarish va texnologiya intizomi, ekologik xavfsizlik favqulodda vaziyatlar rî‘y berishiga yî‘l qî‘ymasliklari;

·      Muhofazalanishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam kî‘rsatish yî‘llarini î‘rganishlari hamda î‘z bilim va amaliy kî‘nikmalarini takomillashtirishlari;

·      Favqulodda vaziyatlar rî‘y berishiga olib kelishi mumkin bî‘lgan avariyalar, ofatlar va halokatlar tahdididan darak beruvchi alomatlar borligi tî‘g‘risida tegishli organlarga xabar berishlari;

·      Favqulodda vaziyatlar tahdid solgan va boshlagan sharoitlarda ogohlantirish belgilari, yurish-turish qoidalari va harakat qilish tarkibini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish usullarini bilishlari;

·      Zarurat bî‘lganda avariya-qutqaruv ishlari va tiklov ishlarini î‘tkazishda yordamlashishlari.

Yuqoridagi majburiyatlarni to‘liq bajarilishi fuqarolar muhofazasi tizimini mustahkamlanishini, jumladan, davlatning mudofaa qudratini oshirishni ta’minlaydi.

        

       Mustahkamlash   uchun  savollar:

1.                  Fuqarolar  muhofazasi fanini î‘qitilishidan maqsad  nima?

2.                  Favqulodda  vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari  qanday?

3.                  Fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalari nimalardan  iborat?

4.                  Fuqarolar muhofazasi organlarining tashkiliy  tuzilishi qanday?

 

                                                

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ma’ruza  ¹ 2 : Fuqaro muhofazasining iqtisodiyt  

                        tarmoqlaridagi tashkiliy strukturasi

           Reja:

1.      Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro muhofazasi organlarini tashkil etilishi.

2.      Fuqaro muhofazasining kuch va vositalari, ularga qo’yiladigan talablar, faoliyat ko’rsatadigan tuzilmalar,  ularning huquqlari va bajaradigan vazifalari.

 

Fuqaro muhofazasining maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek obyekt miqyosidagi fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi.

Fuqaro muhofazasi xizmatlarining turlari Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qî‘shinlari, tizimlaridan tarkib topadi.Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining tarkibi, ularning tarkibiy tuzilishi, shuningdek muhofaza turlari faoliyatining boshqa jihatlari Αzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan belgilab qî‘yiladi.

Fuqaro muhofazasi vazifalarini xal etishda FVV kuchlaridan tashqari Αzbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining qutqaruv tizimlari, qismlari ham jalb etilishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasining qî‘shinlari Αzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.

Fuqaro muhofazasi qîshinlarining harbiy davrdagi

asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a) zararlanish î‘choqlarida va zaharlanish hududlarida muhandislik, radiatsiyaviy, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;

b) qutqaruv va boshqa kechiktirib bî‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish;

v) aholini va iqtisodiyot obyektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;

g) aholi hayot faoliyatini ta’minlash,  obyektlarni tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarishdan iborat.

 Fuqarolar muhofazasi tizimlari qutqaruv va boshqa kechiktirib bî‘lmaydigan tiklov ishlarini (QBTI) amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish tamoyillariga kî‘ra tashkil etiladi.

Fuqaro muhofazasi tizimlari bî‘ysunishiga kî‘ra - hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlar miqyosida) hamda obyekt (iqtisodiyot obyektlaridagi) tizimlariga bî‘linadi. Obyekt fuqarolar muhofazasining boshligi etib îsha korxonaning yoki tashkilotning boshligi tayinlanadi.

Fuqarolar muhofazasi yana belgilangan vazifasiga kîra - umummaqsadli hamda xizmatli tizimlarga bîlinadi. Umummaqsadli tizimlar zararlangan îchoqlarda qutqaruv ishlarini olib boradilar. Xizmatli tizimlar esa maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar - qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam kîrsatish, yonginlarning tarqalishiga yîl qîymaslik va ularni îchirish, jamoat tartibini  saqlash, insonlar salomatligini tiklash, razvedka îtkazish, avariya va texnikalarni tiklash, himoya inshootlarida xizmat kîrsatish va boshqa maxsus vazifalarni bajaruvchi tizimlariga bîlinadi.

Fuqarolar muhofazasi tizimlariga Îzbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bîlgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bîlgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik kîrsatmasiga ega bîlgan harbiy xizmatga mansublar, 1, 2, 3-guruh nogironlari, homilador ayollar, 8 yoshga tîlmagan bolalari bor ayollar, ayni paytda 3 yoshga tîlmagan bolalari bor îrta yoki oliy tibbiy malumotli ayollar bundan mustasno.

Yuqorida takidlab îtilgan  favqulodda  vaziyatlarning  oldini olish va bunday hollarda harakatlarni boshqarishning davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini taminlash maqsadida «Îzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi tîgrisida»gi Îzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 558-son (1998 y.) Qarori qabul qilingan. Ushbu qaror Îzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) ning asosiy vazifalarini, uning tashkil etilishini, tarkibini va faoliyat kîrsatish tartibini belgilab beradi.

FVDT ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy me’yoriy hujjatlari yagona konsepsiyasini belgilash, ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

- Respublika hududidagi mumkin bî‘lgan texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarni ifodalash, bashoratlash, ularning oqibatlarini baholash;

-Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar xavfsizligini ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va boshqa ishlab chiqarishlarning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mî‘ljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;

- Aholini, boshqaruv organlari boshliqlarini, FVDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;

- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;

- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, zarar kî‘rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish;

- Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish sohasida, shu jumladan ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;

- Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida halqaro hamkorlik qilish;

FVDT hududiy va funksional quyi tizimlardan iborat bî‘lib, u respublika, mahalliy va obyektlar miqyosi darajasida bî‘ladi.

FVDTning hududiy quyi tizimlari î‘z ma’muriy hududlari doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi hamda tegishli ravishda tumanlar, shaharlar, qishloqlar va ovullar miqyosida tashkil topadi.

FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch va vositalari tarkibi, faoliyat kî‘rsatish tartibi mahalliy geofizik va tabiiy, iqlim sharoitlarini, kuchli xavfli obyektlarning mavjudligini hisobga olib belgilanadi hamda FVV bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.

FVDT ning funksional quyi tizimlari vazirliklar, davlat qî‘mitalari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalarda atrof-muhitni, kuchli xavfli obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish, shuningdek ularga qarashli obyektlarda î‘zlarining ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bartaraf etish  uchun tashkil etiladi. Jumladan, Respublika darajasida Αzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi, xavfli obyektlar holatini kuzatishni nazorat qilish uchun vazirliklar, idoralar, mahalliy miqyosida hududiy hokimliklar, obyektlar miqyosida korxonalarning ma’muriyati mutasaddi hisoblanadi.

Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:

·      Tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha pasaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, FV sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat kî‘rsatishlarini ta’minlash;

·      Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida Respublika maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;

·      Respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini yaratish va uni doimiy    tayyor holda saqlash;

·      Atrof-muhit hamda kuchli xavfli obyektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, FVlarni bashoratlash;

·      Boshqaruv organlari, FVDT kuchlari va vositalarining FV larda harakat qilishga tayyorgarligini ta’minlash;

·      Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bî‘lmaydigan ishlarni, shu jumladan, evakuatsiya ishlarini î‘tkazishga oid tadbirlarning bajarilishini ta’minlash, zarar kî‘rgan aholi uchun hayot sharoitini yaratish;

·      Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Respublika moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini yaratish;

·      FVlardan zarar kî‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amlga oshirishda qatnashish;

·      Favqulodda vaziyatlarda idoraga qarashli obyektlarning rahbarlari tarkibi, kuch va vositalarini, shuningdek xodimlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va boshqa omillarni bajarish.

  FVDT boshqaruv organlarining obyektlar darajasidagi vazifalari quyidagilardan iborat:

·      Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, obyektlar ishining FV chog‘ida ishonchliligi va barqarorligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

·      Boshqaruv organlarining, obyektlar kuch va vositalarining FV chog‘idagi harakatlarga tayyorligini ta’minlash;

·      Avariya-qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bî‘lmaydigan ishlarga shu jumladan, obyektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlik qilish;

·      Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;

Har bir îbyektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini FVlardagi harakatlarga tayyorlashni tashkil etish muhim ahamiytga ega. Har bir korxonaning FM boshlig‘i, FM ni tashkil etilishini, uning holatini, kuchlarini, texnikasini doimiy tayyor holatda bî‘lishligini nazorat etadi, hamda qutqaruv va qayta tiklash ishlariga  boshchilik  qiladi. Korxona FM ning boshlig‘i shu korxona joylashgan hudud FM ga va shu korxonaning yuqori tashkiloti FM siga bî‘ysunadi.

Har bir korxonaning FM boshlig‘iga î‘rinbosar tayinlanadi. Katta korxonalarda bir necha î‘rinbosarlar  tayinlanadi, jumladan:

       a) Ishchi  xizmatchilarni  joylashtirish (yoki evakuatsiya);

       b) Muhandis-texnik ishlari bî‘yicha; 

       v) Moddiy texnika  ta’minoti bî‘yicha.

FMning ishchi xizmatchilarni joylashtirish bî‘yicha î‘rinbosari joylashtirish rejalarini tashkil etadi, ularni oilalarini evakuatsiya qilish, jamoat tartibini saqlash ishlariga boshchilik qilish hamda ishchi  xizmatchilarni  bir  joydan ikkinchi  joyga  tashish ishlarini  tashkillashtirish vazifalarini bajaradi.

FM ning  muhandis-texnik  bî‘limi  î‘rinbosari  korxonaning bosh  muhandisi hisoblanadi. Uning  vazifasi  ishlab chiqarishni  alohida  rejim  asosida  ishlash  rejasini  tuzish, tinchlik davrida  ishlab  chiqarishni  muttasil  ishlashini  ta’minlash, ekstremal  holatlarda  avariya-texnika  va yong‘inga  qarshi  xizmatlarni, qutqarish  ishlarini olib boradi, bundan  tashqari,  tabiiy ofatlar, avariya, halokat bî‘lganda  qutqarish va avariyani tî‘sish, hamda qayta tiklash ishlariga  boshchilik qiladi.

FMning moddiy texnika  ta’minoti bî‘yicha î‘rinbosari  qilib korxonaning ta’minot bî‘yicha boshliq î‘rinbosari tayinlanadi. Bu mansabdor shaxs, maxsus jihozlarni, texnika, transport va muhofazaga taalluqli jihozlar bilan ta’minlaydi va saqlaydi. Shuningdek, u boshpanalarni qurish va î‘z qî‘l ostidagi ishchi xizmatchilarni evakuatsiya qilishni ta’minlaydi hamda inshootlarni ta’mirlash ishlarini bajaradi.

Korxonada FM ning shtabi tuziladi. Bu shtabda har hil buyruqlar, bajariladigan chora-tadbirlar va FMning yuqori tashkilot talabnomalari, ish rejalari ishlab chiqiladi, uni  bajarilish hisobotlari tuziladi. Korxona shtab boshlig‘i etib, shu korxonaning FM boshlig‘ining birinchi î‘rinbosari  tayinlanadi. FMning shtabi ishchi xizmatchilarni va korxona xodimlari  oilalarini qirg‘in qurollar ta’siridan, dushmanning bevaqt hujumidan î‘z vaqtida ogoh  qilish  ishlarini tashkil etadi.

FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar  tashkil  etiladi:        

  a) Aloqa  va  tashviqot;

  b) Meditsina;

  v) Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta’siriga qarshi;

  g) Jamoat  tartibini  saqlash;

  d) Elektr  ta’minoti;

  e) Avariya-texnikani  ta’mirlash;

  j) Pana joylarda va qochoqlar maskanida  xizmat    kî‘rsatish;

  z) Transportda xizmat kî‘rsatish;

  i) Moddiy  ta’minot  va  boshqa vazifalar.

Yuqorida ta’kidlangan fuqarolar muhofazasining xizmatli tizimlaridan tashqari texnika va transport vositalariga maxsus qayta ishlov berishda FMning bir qator xizmatli qismlari keng ishlarni tashkil etadi. Jumladan, FM laboratoriyalari  radioaktiv va zaxarli moddalarni aniqlash uchun radiometrik va kimyoviy tahlil ishlarini olib boradi. Ular asosan korxona yoki tashkilotlarning laboratoriyalari tarkibida tashkil etilib, unga mutaxassislar jalb qilinadi va kerakli asbob uskunalar bilan jihozlanadi.

Radiîaktiv moddalar va biologik vositalar bilan zaharlangan odamlarni tî‘liq sanitar qayta ishlovdan î‘tkazish uchun yuvinish maskanlari tashkil etiladi. Bu maskanlar asosan hammom va dushxonalar asosida tashkil etilib, ular oldindan tayyorlab qî‘yiladi. Bu maskanlarda kiyim-kechaklar, poyafzal va shaxsiy saqlovchi vositalarni dezaktivatsiya qiluvchi maydonchalar tayyorlanib jihozlanadi. Bir yuvinish maskani bir soatda 80 odamni qayta ishlovdan î‘tkazishi lozim. Kiyim-kechak, poyafzal shaxsiy saqlovchi vositalarni degazatsiya, dezaktivatsiya va dezinfeksiya qilish uchun kiyim-kechaklarni zararsizlantiruvchi maskanlar tashkil etiladi. Bular asosan hammom va kiyim-kechaklarni yuvuvchi maskanlar tarkibida tashkil etiladi. Bunday maskanlar 1 soat ichida 50-100 kg kiyim-kechaklarni qayta ishlash quvvatiga ega bo’lishi lozim.

Transport vositalarni degazatsiya, dezinfeksiya va dezaktivatsiya qilish uchun esa zararsizlantirish shoxobchalari tashkil etiladi. Bu zararsizlatirish shoxobchalari asosan transportlarni yuvuvchi qismlari tarkibida tashkil etilib, ular 1 soat mobayinida 4-5 ta yuk avtomashinalarini zararsizlantirish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.

Demak, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda asosiy vazifasi favqulodda vaziyatlar davlat tizimi (FVDT) ning kuch va vositalari î‘ynaydi.

Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yildagi 558-sonli qarorining 14 bandida FVDTning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etuvchi kuch va vositalari belgilab berilgan. 

FVDT kuchlariga quyidagilar kiradi:

1. Fuqarolar muhofazasi qî‘shinlari;

2. Hududiy va obyektlarning harbiylashmagan umumiy va maxsus maqsadli tizimlari;

3. Mahalliy hokimiyat organlarining (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar) FVVning qutqaruvchi komandalarining tizimlari;

4. FVVga tî‘g‘ridan-tî‘g‘ri hamda tezkor bî‘ysunuvchi Respublika ixtisoslashtirilgan tizimlari;

5. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda professional-ixtisoslashtirilgan avariya-qutqaruv va avariya-tiklash bî‘linmalari;

6. Obyektlarning ixtisoslashtirilgan tizimlari;

7. «Qizil yarim oy» jamiyatining kî‘ngilli otryadlari;

8. «Vatanparvar» mudofaaga kî‘maklashuvchi tashkiloti.

Fuqaro muhofazasi kuchlari – Fuqaro muhofazasi qî‘shinlari, tuzilmalaridan tarkib topadi. Bunda, fuqaro mudofazasi qî‘shinlari Αzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi va ular Favqulodda Vaziyatlar vazirligiga bî‘ysinadi, hamda î‘z tezkor yî‘nalishlariga muvofiq harbiy davrda Respublikaning muhim mudofaa va sanoat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga oid ishlarni olib boradilar. Fuqaro muhofazasi qî‘shinlarining harbiy davrdagi asosiy vazifalari zararlangan î‘choqlari va zaharlanish hududlarida muhandislik, radiatsiyaviy, kimyoviy va boshqa qidiruv ishlarini olib borish; qutqaruv va tiklov ishlarini amalga oshirish; aholini va iqtisodiyot obyektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish; aholi hayot faoliyatini ta’minlash va boshqa vazifalarni bajarishdan iborat.

Fuqaro muhofazasi qî‘shinlarining tinchlik davridagi vazifasi: katta miqyosidagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlar chog‘ida avariya-qutqaruv hamda shikastlangan hududlar xususiyatlariga kî‘ra tiklov ishlarini amalga oshirishdan iborat.

Favqulodda Vaziyatlar vazirligiga tî‘g‘ridan-tî‘g‘ri bî‘ysinuvchi Respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalarining vazifalari, favqulodda vaziyatda tezkor faoliyat kî‘rsatish, favqulodda vaziyatlarni cheklash va tugatishda samarali harakatlarga tayyor turish, razvedka î‘tkazish, vaziyatni baholash va FVVga tezkor ma’lumot berish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish, shikastlanganlarning moddiy va ma’naviy boyliklarini qidirish va qutqarishdan iborat. Bu tizimda Respublika qidiruv-qutqaruv markazi (RQQM), maxsus harbiylashtirilgan qidiruv-qutqaruv qismi (MHQQQ),  68305-harbiy qism (alohida-aloqa batalion) va davlat suvdan qutqarish xizmati (DSQX) kiradi. Respublika bî‘yicha jami 7 ta avariya-qutqaruv bî‘limlari mavjud.

Vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirib topishda itlarning xizmati kattaligini e’tiborga olib, 1998 yil 5 sentabrda «Kinologiya» xizmati tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda bu xizmat RQQM tarkibiga kiritilgan.

Αzbekiston Respublikasi Davlat suvdan qutqaruv xizmati (DSQX) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tarkibiga kiruvchi bî‘linma hisoblanadi. DSQX faoliyatiga FVV rahbarlik qiladi. DSQXning asosiy vazifalari Respublikaning shaharlari, aholi yashash manzilgohlari, korxona, muassasa va tashkilotlarda suvda sodir bî‘ladigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish ishlarni tashkil etish; favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlarni amalga oshirish va odamlarga zarur yordamni kî‘rsatish; Respublikada avariya, halokat va tabiiy ofatlar oqibatida suvda sodir bî‘ladigan baxtsiz hodisalar miqyosini kamaytirishni ta’minlovchi yagona siyosatni amalga oshirish; bu tizim faoliyatini amalga oshirishda maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar ishlab chiqish; suvda favqulodda vaziyat sodir bî‘lganda aholi xavfsizligini ta’minlash bî‘yicha DSQX yagona tizimini ishlab chiqish; DSQX kuch va vositalardan kompleks foydalanish; favqulodda vaziyatlarda qutqaruvchilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish; qutqaruvchilarni tayyorlashda, ularni î‘qitish ishlarida qatnashishdan iborat.

Shulardan kelib chiqib, 2000 yilda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi huzurida Respublika g‘avvoslar maktabi ochildi va hozirda yosh mutaxassislar î‘qitilmoqda.

DSQX kuchlari hozirgi kunda Respublikaning 36 suv havzasini nazoratga olgan.

Qamchiq dovonidagi qor kî‘chish ofatining (1999 yil 21 noyabr) keltirgan talofatlari hamda mazkur yî‘lning xalqaro miqyosidagi î‘rnini hisobga olgan holda va xavfsiz harakatni ta’minlash maqsadida hukumatimiz qarori bilan «Qamchiq» qidiruv-qutqaruv otryadi tashkil etildi. Bu otryadning asosiy vazifasi Qamchiq dovonida uzluksiz kuzatuv ishlarini olib borish, favqulodda vaziyat rî‘y berishini oldini olish, sodir bî‘lganda tezkor harakat qilib xavfsizlikni ta’minlashdan iborat.

Favqulodda Vaziyatlar yazirligiga tezkor bî‘ysinuvchi Respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari, 42219-harbiy qismining mexanizatsiyalashtirilgan batalyoni, Ichki Ishlar vazirligining Respublika yong‘inga qarshi harbiylashgan maxsus otryadi, Sog‘liqni Saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, “Αzbekiston havo yî‘llari” milliy aviakompaniyasining avia otryadi, «Toshshaharyî‘lovchitrans» uyushmasining avto sanitariya otryadlari, Vazirlik va idoralarning favqulodda vaziyatlarni tugatish bî‘yicha tuzilgan boshqa tuzilmalarini î‘z ichiga oladi. Bu tuzilmalarning vazifalari tayyorgarlik muddatlari, ularni jalb etish tartibi FVV bilan kelishilgan harakat rejalari asosida olib boriladi.

Vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa ixtisoslashtirilgan bî‘linmalari idoraga qarashli obyektlarda ishlab chiqarish avariyalari va halokatlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek epidemiya, epizootiya va epifitotiyalar yuzaga kelganda maxsus  vazifalarni xal etish uschun mî‘ljallangan.

Hududiy quyi tizimlarda - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda fuqaro muhofazasi boshliqlari qarorlari bilan geofizik, tabiiy-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda hududiy avariya-qutqaruv, avariya-tiklash tuzilmalari, tezkor tibbiy yordam markazlari va qutqaruv komandalari tashkil etiladi.

Xuddi shu yî‘nalishda Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi qaroriga muvofiq tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan Toshkent shahri aholisi xavfsizligini ta’minlash va î‘z vaqtida ogohlantirish maqsadida hamda Ichki ishlar Boshqarmasi, tez tibiiy yordam xizmati va shahar avariya xizmatlari (aloqa, suv, issiqlik, gaz, elektr ta’minoti) kuchlarini muvofiqlashtirish maqsadida Toshkent shahar hokimligining favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tarkibida «Qutqaruv xizmati» tuzilgan. Qutqaruv xizmatining xizmat kî‘rsatish nomeri «050» bî‘lib, unga quydagi vazifalar yuklatilgan:

- Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarda aholini ogohlantirish va qutqarish ishlarini olib borish;

- Favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganda aholiga zudlik bilan kerakli yordam kî‘rsatish, kerak paytda qî‘shimcha kuchlarni jalb qilish, birinchi tibbiy yordam kî‘rsatish va avariya-qutqarish ishlarini yî‘lga qî‘yish;

- Qutqaruv xizmatining doimiy tayyorgarligini ta’minlash, kuchlarni doimiy tayyorgarlikda tutish;

-  Favqulodda vaziyatlarning oldini olish ishlarini yî‘lga qî‘yish va bajarish;

- Favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaradigan xavf ma’nbalarini hisobga olish, shahar hududiga zarar yetkazishi mumkin bî‘lgan ofatlarning oldini olish;

- Qutqaruv xizmatining malakali mutaxassislarini tayyorlashdan iborat.

Bu tizim zimmasiga Toshkent shahri hududida joylashgan 47 ta î‘ta muhim, toifalashgan obyektlarning 35 ta portlovchi va yonuvchi hamda 23 ta xavfli obyektlar xavfsizligini nazorat qilish yuklatilgan.

        

              Mustahkamlash   uchun  savollar:

1. Fuqarolar  muhofazasi fanini î‘qitilishidan maqsad  nima?

2. Favqulodda  vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari  qanday?

3. Fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalari nimalardan  iborat?

4. Fuqarolar muhofazasi organlarining tashkiliy  tuzilishi qanday?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ma’ruza ¹ 3 : Favqulodda vaziyatlar, ularning

                                   ta’rifi,  turlari va hususiyatlari

 

      Reja:

1.      Markaziy Osiyoda kuzatiladigan favqulodda vaziyatlarning tasnifi va tavsifi.

2.      Favqulodda vaziyatlar hususiyatlarini huquqiy-me’yoriy hujjatlarda asoslanishi.    

 

Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktabrdagi 455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi tî‘g‘risida»gi Qarorida mamlakatimiz hududida sodir bî‘lishi mumkin bî‘lgan barcha turdagi favqulodda vaziyatlar tasniflab berilgan.

Favqulodda vaziyat (FV) - ma’lum hududda yuz bergan falokat, halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning î‘limiga, salomatligiga, tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar yetkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir. 

Favqulodda vaziyatlar xavfining tarqalish tezligiga kî‘ra, ular quyidagi guruhlarga bî‘linadi:

a) tasodifiy FV - yer silkinishi, portlash, transport vositalardagi avariyalar va boshqalar;

b) shiddatli FV - yong‘inlar, zaharli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;

v) mî‘tadil (î‘rtacha) FV - suv toshqinlari, vulqonlarni otilib chiqishi, radiaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;

g) ravon FV - sekin-asta tarqaluvchi xavflar: qurg‘oqchilik, epidemiyalarning tarqalishi, tuproqning ifloslanishi, suvning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.

Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish miqyosiga (shikastlanganlar soniga hamda moddiy yî‘qotishlar miqdoriga qarab) kî‘ra 4 guruhga bî‘linadi:

1. Lokal (obyekt miqyosidagi) FV;

2. Mahalliy FV;

3. Respublika (milliy) FV;

4. Transchegaraviy (global) FV ;

Lokal favqulodda vaziyat - biror obyektga taalluqli bo lib, uning miqyosi î‘sha obyekt hududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 nafardan ortiq bî‘lmagan odam jabrlangan yoki 100 nafardan ortiq bî‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bî‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bî‘lmagan miqdorni  tashkil etgan  hisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu obyekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.

Mahalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat - aholi yashaydigan hudud (aholi punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 nafardan ortiq, biroq 500 nafardan kam bî‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bî‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 mln. baravaridan kam bî‘lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi.

Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda  - favqulodda vaziyat natijasida  500 nafardan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 mln. baravaridan ortig‘ini tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika  miqyosida tarqalishi mumkin bî‘lgan FV tushuniladi.

Transchegaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yoxud FV chet elda yuz bergan va Αzbekiston hududiga daxldor holat tushuniladi.

 Bunday falokat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag‘i bilan hamda halqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag‘lari hisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafaqat Αzbekiston davlati uchun falokat keltiruvchi, balki unga chegaradosh bî‘lgan Turkmaniston, Qozog‘iston va boshqa davlatlar uchun ham falokatli vaziyatdir. Shuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini hal qilishga Αzbekiston davlatini kuch va mablag‘idan tashqari butun jahon hamjamiyati tashkilotlari (Ekosan, YUNEP va boshq.) mablag‘lari, kuchlaridan foydalanilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar tasnifiga kî‘ra (sababi va kelib chiqish manbayiga kî‘ra):

1. Tabiiy tusdagi FV;

2. Texnogen tusdagi FV;

3. Ekologik tusdagi FV larga bî‘linadi.

Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi:

1) geologik xavfli vaziyatlar: zilzilalar, yer ko‘chishlari, tog‘ î‘pirilishlar va boshqa xavfli geologik hodisalar;

2) gidrometeorologik xavfli vaziyatlar: suv toshqinlari, sellar, qor kî‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometerologik hodisalar;

3) Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar: alohida xavfli infeksiyalar (î‘lat, vabo, sarg‘ayma, isitma), yuqumli kasalliklar, rikketsiyalarepidemik toshmali terlama, Bril kasalligi, zoonoz infeksiyalar - Sibir yarasi, quturish, virusli infeksiyalar - SPID;

 Epidemiya - odamlarning guruh bo`lib yuqumli kasallanishi, ularning zaharlanishi (zaharli modda bilan hamda oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish); epizootiya hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bî‘lishi; Epifitotiya esa -î‘simliklarning ommaviy nobud bî‘lishidir.

Texnogen tusdagidagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil

 turdagi vaziyatlar kiradi:

    1) Transportlardagi avariyalar va halokatlar - ekipaj a’zolari va yî‘lovchilarning î‘limiga, havo kemalarining tî‘liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan avia halokatlar;

Yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibining buzilishiga sabab bî‘lgan va temir yî‘l xodimlarining halokat hududidagi temir yî‘l platformalarida, vokzal binolarida va shahar imoratlarida bî‘lgan odamlar î‘limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir kî‘rsatuvchi zaharli modda (KTZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temir yî‘l transportidagi halokat va falokatlar;              

Portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTZM larning zararli xossalari namoyon bî‘lishiga va odamlar î‘limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bî‘ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yî‘l-transport hodisalari;

Odamlarning î‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poyezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yong‘inlar;

Gaz, neft mahsulotlarining otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bî‘ladigan magistral quvurlardagi avariyalar.

2) Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar. Tevarak-atrof tabiiy muhitga ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) odamlar, hayvonlar va î‘simliklarning kî‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bî‘lgan kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar.

3) Yong‘in-portlash xavfi mavjud bî‘lgan obyektlardagi avariyalar. Texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong‘in uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan obyektlardagi odamlarning mexanik va termik shikastlanishlariga, zaharlanishlariga va î‘limiga, asosiy ishlab chiqarish zaxiralarining nobud bî‘lishiga, favqulodda vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish maromining va odamlar xayot faolitining buzilishiga olib keladigan yong‘inlar va portlashlar;

Odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va î‘limiga olib keladigan hamda qidiruv-qutqarish ishlarini î‘tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning maxsus anjomlarini va vositalarini qî‘llanishni talab qiluvchi kî‘mir shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘liq avariyalar, yong‘inlar va jinslar qî‘porilishi .

4) Energetika va kommunal tizimlardagi  avariyalar. Sanoat va qishloq xî‘jaligi mas’ul iste’molchilarining avariya tufayli energiya ta’minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining  buzilishiga olib keladigan GES, IES lardagi, tuman issiqlik markazlaridagi elektr tarmoqlaridagi bug‘qozon qurilmalaridagi, kompressor, gaz taqsimlash shaxobchalaridagi va boshqa energiya ta’minoti obyektlaridagi avariyalar, yong‘inlar, aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatliliga xavf tug‘ilishiga olib keladigan gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va boshqa kommunal obyektlardagi avariyalar;

Atmosfera, tuproq, yer osti va yer usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf tug‘diruvchi darajada konsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab bî‘ladigan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar.

5) Bino va inshootlarning birdan qulab tushishi bilan bog‘liq avariyalar. Odamlar î‘limi bilan bog‘liq bî‘lgan va zudlik bilan avariya qutqaruv ishlari î‘tkazilishini hamda zarar kî‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam kî‘rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar,  kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yî‘nalishdagi obyektlar, shuningdek, uy-joy sektori binolari konstruksiyalarining tî‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz  portlashi va boshqa hodisalar.

6) Radiîaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq avariyalar. Sanitariya-himoya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydo bî‘lgan yuqori darajadagi radiaktivlik odamlarning yî‘l qî‘yiladigan kî‘p miqdorda nurlanishini keltirib chiqargan texnologik jarayonda radiaktiv moddalardan foydaladigan obyektlardagi avariyalar; radiîaktiv materiallarni tashish vaqtidagi avariyalar; Radioizotop buyumlarning yî‘qotilishi; biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarda biologik vositalarning atrof-muhitga chiqib ketishi yoki yî‘qotilishi bilan bog‘liq vaziyatlar.

7) Gidrotexnik inshootlardagi halokatlar va avariyalar.

Suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog‘lardagi kî‘llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar î‘limiga, sanoat va qishloq xî‘jaligi obyektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan va shoshilinch kî‘chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari.

Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar. Ekologik tusdagi FVlar asosan 3 xil bî‘ladi:         

 1. Quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati î‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar: halokatli kî‘chkilar-foydali qazilmalarni qazish chog‘ida yer ostiga ishlov berilishi va insoning boshqa faoliyati natijasida yer yuzasining î‘pirilishi, siljishi; 

Tuproq va yer ostining sanoati tufayli kelib chiqadigan toksikantlar bilan ifloslanishi, og‘ir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek, qishloq xî‘jaligi ishlab chiqarishida odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda qî‘llaniladigan pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi.                

2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari î‘zgarishi bilan bog‘liq bî‘lgan vaziyatlar:

Havo muhitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal  yuqori  ifloslanishi:

- oltingugurtli oksid, azotli oksid, uglerodli oksid, dioksid, qurum, chang va odamlar sog‘lig‘iga xavf soluvchi konsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar;

- keng kî‘lamda kislotali hududlar hosil bî‘lishi va kî‘p miqdorda kislota chiqindilari yog‘ilishi;

- radiatsiyaning yuqori darajasi.

3. Gidrosfera holatining î‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar;

4. Yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va qishloq xî‘jaligi ishlab chiqarishi oqavalari;

Neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bî‘lgan tarkibida og‘ir metallar, har xil zaharli ximikatlar mavjud chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan ekstremal yuqori darajada ifloslanishi;

Binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning yemirilishiga olib kelishi mumkin bî‘lgan yoki olib kelgan sizot suvlar miqdorining ortishi; 

Suv manbaalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvining keskin yetishmasligi.

Hozirgi vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti - BMT bî‘yicha favqulodda vaziyatlarni tavsifiga yana qî‘shimcha qilib: a) ijtimoiy - siyosiy tavsifdagi FV;  b) harbiy tavsifdagi FVni  kiritish mumkin.

Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga kî‘ra bizning mintaqada 7 xil FV turlari tasdiqlangan:

1. Zilzilalar, yer surilishi;

2. Sel, suv toshqinlari va boshqalar;

3. Kimyoviy xavfli obyektlarda avariya va halokatlar (î‘tkir zaharli moddalarning  ajralib chiqishi);

4. Portlash va yong‘in xavfi mavjud obyektlardagi avariya va halokatlar;

5. Temir yî‘l va boshqa transport vositalarida tashish paytidagi avariya va halokatlar;

6. Xavfli epidemiyalarning tarqalishi;

7. Radiîaktiv manbalardagi avariyalar.

Favqulodda vaziyatning tavsifi .

            Har qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta kî‘rsatkich bî‘yicha aniqlanadi:

1. Favqulodda vaziyatning nomlanishi (FV ni ta’rifi);

2. FV ning mohiyati (mazmuni);

3. FV ning sabablari;

4. FV ning shikastlovchi omillari;

5. FV da qaltislikni oshiruvchi omillar;

6. FV ni oldindan bilish mumkinligi (monitoring, bashorat, ogohlantirish, yumshatish);

7. FV ni bartaraf qilish (falokatdan qutqarish va boshqa kechiktirib bî‘lmaydigan ishlarni bajarish);

8. Moddiy zararni aniqlash (bevosita va bilvosita).

Har qanday turdagi xavf-xatarli holatlar muayyan sharoitlarda, muhitda favqulodda vaziyatlarga olib keladi.

FV oqibatlari turli tuman bî‘ladi. Ular FV turiga, tusiga va tarqalish miqyosi (masshtabi)ga bog‘liqdir. FV oqibatining asosiy turlari: î‘lim, odamlarni kasallanishi, inshootlarning buzilishi, radiaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlar. Yana shuni alohida qayd qilish kerakki, FVning kî‘pgina holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruhiy jarohatlovchi holatlar ham mavjud bî‘ladi. Bu paytda î‘ta kuchli tasodifiy ta’sirilar odamning ruhiy holatini buzulishiga olib keladi. Bu ta’sirning xavfli yeri shundaki, bu ruhiy holat faqatgina shu ta’sir hududidagina emas, undan chiqqandan keyin ham davom etishi mumkin. FV xavfini oldindan ma’lum aniqlikda aniqlash mumkin bî‘lsa-da, ammo, uning ruhiy ta’sirini aniq aytish mushkul hisoblanadi.

FVning zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, inshootlar, moddiy resurslarni barchasi - «Shikastlanish î‘chog‘i» deyiladi. Oddiy (bir turli) shikastlanish î‘chog‘i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’sirida hosil bî‘ladigan î‘choq tushuniladi. Masalan: portlash, yong‘in natijasida buzilish, kimyoviy zaharlanish kuzatiladi. Murakkab (kî‘p turli) shikastlanish î‘chog‘i deganda bir necha shikastlovchi omillar ta’sirida yuzaga kelishi tushuniladi. Masalan, kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishiga, yong‘in, kimyoviy zaharlanish kabi oqibatlarga, yer silkinishi, kuchli bî‘ron, inshootlarning buzilishidan tashqari, suv toshqini, yong‘inlar, elektr tarmoqlarining ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqib ketishi natijasida zaharlanish va boshqa talofotlarga olib kelishi mumkin.

FV lardan himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baholay olish, keltirib chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib, uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin, o‘z vaqtida va aniq olingan ma’lumot samarali himoya uchun î‘ta muhimdir.

FV lar quyidagilar natijasida paydo bî‘ladi:

1. Og‘irlik kuchlari, yer aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo bî‘ladigan, tez kechadigan jarayonlar;

2. Konstruksiyalar yoki inshootlar materiallarining zanglashiga yoki chirishiga, fizik-mexanik kî‘rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;

3. Inshootlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, qurilish materiallari, konstruksiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va hokazo);

4. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning inshoot materiallariga ta’siri (me’yoridan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, titrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug‘ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri);

5. Sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish qoidalarining buzilishi (bug‘ qozonlarining, kimyoviy moddalarning, kî‘mir konlarida metan gazining portlashi va hokazo);

6. Turli kî‘rinishlardagi harbiy faoliyatlar.                  

Mustahkamlash   uchun  savollar:

1.  Fuqarolar  muhofazasi fanini î‘qitilishidan maqsad  nima?

    2.  Favqulodda  vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari  qanday?

    3.  Fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalari nimalardan  iborat?

    4.  Fuqarolar muhofazasi organlarining tashkiliy  tuzilishi qanday?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ma’ruza ¹ 4. Ommaviy qirg’in qurollar, ularning ta’sir

xususiyatlari va talafotlari

                     

                        Reja:

1.                 Qirg‘in qurollar haqida tushuncha

2.                 Ommaviy qirg’in qurollarning klassifikatsiyasi,

                        ta’sir xususiyatlari va keltiràdigan talafotlari.

 

Qirg‘in qurollar haqida tushuncha. Qirg‘in qurollar  deganda juda katta   miqyosda vayronagarchilik va yî‘q qilish uchun mî‘ljallangan qurollar tushuniladi.Bunday qurollar qatoriga yadroviy, kimyoviy, biologik, nurli va boshqa qurollar kiradi.

Qirg‘in qurollar nafaqat insoniyatni, balki atrof-muhitni, inshootlarni, kiyim-kechaklarni, moddiy boyliklarni shikastlantiradi. Bunda albatta, zararlanish darajasi, qirg‘in qurollarning turiga, xususiyatlariga bog‘liq. Jumladan, yadroviy qurollar tirik mavjudotlarni ham, jamiki inshootlar, texnikalarni qattiq shikastlantiradi.

Kimyoviy  qurollar  ta’sir  etgan  jamiki mavjudotlar moddiy resurslarni zaharlab, oldingi holatiga qaytarib bî‘lmaydigan darajaga tushirib qî‘yadi, ya’ni zaharlaydi.

Biologik qurollar asosan tirik mavjudotlarda, kuchli kasallik tarqatish orqali qî‘yilgan maqsadga erishiladi.

Keyingi paytda NATO armiyasida, Rossiya qurolli kuchlar tarkibida nurli qurollar yaratildiki, bular ham qî‘llanilganda insoniyatga, atrof-muhitga, inshootlarga, harbiy texnikalarga katta zarar yetkaziladi. Nurli qurollarning ta’sir etish xususiyati termomexanik ta’sirga asoslangan, ya’ni nurlar dastasi nishonga urilganda, u suyuladi yoki parlanadi (bunda nishonning suyulish haroratiga qarab î‘zgaradi). Nurli qurolning shunday xususiyatidan foydalanib, dushmanning harbiy texnikalarini, qurollarini yaroqsiz holatga keltiriladi. Nurli qurollarning tipik vakili bu yuqori chastotali oq nurlar dastasi - lazer nuri hisoblanadi.

Nurli qurollarning termomexanik ta’sir xususiyatini quyidagicha tasvirlash mumkin:

                                                                                T0C

 

 

Nurlar dastasi

 

Nishon

 
 

 

 

 

 


   

Qurolni odamlarga, atrof-muhitga ta’siri  ham termomexanik tarzda ta’sir etadi. Bunday qurollar ayrim davlatlarda sinab kî‘rilgan. Jumladan, Xitoy - sobiq SSSR chegarasi Xasan kî‘li mojarasida bunday quroldan foydalanilgani ma’lum.

Yadroviy qurollar va ularning xususiyatlari. Yadroviy aslahalar keng miqyosda odamlarni, sanoat va turar joy markazlarini yî‘q qilish, inshootlarni, texnikalarni ishdan chiqarish uchun mî‘ljallangan.

Yadroviy qurollar: yadro zaryadidan, qurolni nishonga yî‘naltiruvchi qismdan va qurolni boshqaradigan qismidan tashkil topgan. Yadroviy aslahalar turli xil kî‘rinishlarda: bomba, mina, snaryad, raketa va torpedolarning jangovar qismida va boshqa kî‘rinishlarda tayyorlanadi.

Yadroviy qurollarning ishlashi zanjirli reaksiya natijasida (termoyadro reaksiyasi asosida parchalanadigan og‘ir yadrolar va yengil yadrolar, vodorod va boshqa element izotoplarining hosil bî‘lishi) hosil bî‘ladigan ichki yadroviy energiyalarning hisobiga amalga oshadi. Yadroviy qurollarning kuchi trotil ekvivalenti bilan î‘lchanadi. Bu degan sî‘z oddiy portlovchi modda trotil  (trinitrotoluol)  portlaganda ajraladigan energiya miqdori î‘sha portlovchi moddaning portlash kuchiga ekvivalentdir. Trotil ekvivalenti tonna (t.), kilotonna (kt.) va mega tonna (Mt.) bilan î‘lchanadi.

Yadro qurolidagi portlovchi moddaning quvvatiga qarab juda kichik (quvvati 1 kt-gacha), kichik (1-10 kt), î‘rtacha (10-100 kt), katta (100 kt- 1 Mt) va juda katta (1 Mt dan yuqori) turlariga bî‘linadi.

Yadroviy qurollarning vayronagarchilik darajasi qurolning turiga, quvvatiga, joylashgan î‘rniga, portlash sharoitiga, inshootlarning himoyalanish darajasiga qarab va boshqa sabablar bilan aniqlanadi.

Yadro portlatish turlari .  Qî‘yilgan maqsadga kî‘ra, yadro portlatish yer yuzida, yer  ostida, suv ostida va har xil balandlikdagi atmosferada amalga oshiriladi.

Yer ustida portlatilganda qurolning yarqirashi hududi yarim oy shaklida yer ustida kî‘rinadi. Bunday holatda portlash balandligi (yerdan balandligi) quyidagi formula bilan ifodalanadi.

q-qurolning quvvati

Yadro quroli yer ostida portlatilganda portlash balandligi () bî‘lsa, u holda yerda o`ra hosil bî‘ladi va uning diametri va chuqurligi portlatish quvvatiga, tuproq tuzilmasiga bog‘liq. Yer ustida portlatish, asosan juda  mustahkam inshootlarni buzish, hamda atrof-muhitni, juda katta miqyosda radiîaktiv zararlash maqsadida amalga oshiriladi. Suv tagida portlatishdan juda mustahkam suv ostidagi juda mustahkam nishonlarni, gidrotexnik va port inshootlarni buzish maqsadlarida foydalaniladi. Bu xildagi portlatishning î‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, bunda gravitatsiya tî‘lqini hosil bî‘lib, bu har qanday nishonga katta zarar yetkazadi.

Havoda portlatish ikki xil sharoitda amalga oshiriladi:

a) yerdan kichik balandlikda, ya’ni yerdan 10 km gacha bî‘lgan havoda portlatish bî‘lib, u quyidagi formulaga bî‘ysunadi:

Bunda qurolning yarqirash hududi yerga tegmagan holda dumaloq kî‘rinishda bî‘ladi.

b) Yerdan katta balandlik(yuqori)dagi portlatish quyidagi formula bilan aniqlanadi:      

                                    

Havoda portlatish uncha mustahkam bî‘lmagan inshootlarni buzish, odamlarga, texnikalarga keng miqyosda shikast berish maqsadida qî‘llaniladi. Masalan, 1958 yilda AQSH î‘tkazgan sinovlar paytida, 1Mt quvvatli yadro quroli 77 km balandlikda portlatilganda  800-1000 km.gacha bo’lgan masofalardagi qisqa to’lqinli radioaloqalar portlatishdan keyingi 10 soatlar mobaynida ishdan chiqqanligi qayd etilgan.

Yadro qurolining hamma turdagi portlatishlarida quyidagi ta’sir etadigan omillar hosil bî‘ladi. Bular tî‘lqin zarbasi, yorug‘lik nurlanishi o’tuvchi(singuvchi) radiatsiya tî‘lqini, radioaktiv  zarrachalar va elektromagnit impulslar hisoblanadi. Bunda portlash energiyasining 50 foizi tî‘lqin zarbasiga, 30-40 foizi yorug’lik nurlanishga, 5 foizi radiatsiya nurlariga va 15 foizi radiîaktiv changlarni hosil bî‘lishiga sarflanadi.

Neytronli bomba portlaganda esa ajraladigan energiyaning 8-10 foizi tî‘lqin zarbasiga, 5-8 foizi yorug‘lik nurlanishga va 85 foizi esa o’tuvchi radiatsiya nurilari va neytronlar oqimiga sarflanadi.

Yadro aslahalarini nishonga eltuvchi moslamalariga havoda, suv tagida va suv ustida harakatlanuvchan raketalar maxsus moslamali samolyotlar, artilleriya va boshqalar kiradi. Masalan, AQSHning qurolli kuchlari tarkibida qit’alararo ballistik raketalar: «Titan», «Minitmen-2», «Minitmen-3», «Pershing-2» va boshqalarni misol qilib kî‘rsatish mumkin.

Hozirgi davrda Pentagonda yangi turdagi, yadro zaryadiga ega bî‘lgan raketalarni bunyod etish, nishonga adashmay uradigan turlarini yaratish ishlari keng miqyosda olib borilmoqda.

Raketalarni olib yuruvchi suv osti atom kemalari «Polaris A-3», «Poseydon S-3», «Traydent-1» kabi strategik ballistik raketalar bilan qurollangan. «Polaris A-3», «Lafeyet» tizimidagi suv osti kemalarining suv sig’imi 8250 t, uzunligi 129,5 m bî‘lib, u «Poseydon C-3» raketalari o’rniga 16 ta  ishga tushirish qurilmasiga ega bo’lgan «Traydent-1» raketalari bilan qayta qurollantirilgan. Yangi suv osti atom kemalari tizim «Traydent»-«Ogayo»ning uzunligi 170,7 m, suv sig’imi 18700 t bo’lib, o’zining jangovar imkoniyatlariga ko’ra «Polaris» va «Poseydon» raketalari bilan jihozlangan suv osti kemalaridan sezilarli darajada ustun bo’lgan 24 ta «Traydent-1»(C-4) raketalari bilan qurollangan. Keyingi paytda AQSH armiyasida yana ham quvvatli, nishonga urush aniqligi yuqori bî‘lgan suv usti kemalari yaratilib, ular «Tomaxok» rusumli qanotli raketalar bilan qurollantirilgan. Bu xildagi raketalarning nishonga urish masofasi 600 km gacha bî‘lib, kelajakda  bu  kî‘rsatkichni  3700 km ga yetkazish rejalashtirilgan.

Qurolni nishonga eltuvchi vositalardan yana biri o’rtacha va og’ir bombardimonchi strategik aviatsiyadir. Ular og‘ir va î‘rtacha og‘irlikdagi portlovchi raketalar bilan   qurollantirilgan.   Bu  turdagi  samolyotlarga: «Stratofortress V-52» hamda «V-1», «FV-SH» (AQSH), «Vulkan-V­­2»(Buyuk Britaniya), «Miraj IV» (Fransiya) kiradi. Ushbu portlotuvchan samolyotlar yordamida nishonni aviatsiya bombasi, raketa snaryadlari va yadro zaryadi, kimyoviy va biologik qurollar bilan qurollangan raketalar orqali  yî‘q qilish  mumkin. Masalan, «Xaund-Dog» snaryadi bilan 1100 km gacha, «SREM» va «Blyu-Stil» bilan 320 km, qanotli raketa «ALSM-V» orqali esa 2600 km dagi nishonga zarar yetkazish va jarohatlash mumkin.

Dushman tomonidan qî‘llanilgan qirg‘in qurol oqibatlarini (aholiga, atrof-muhitga, inshootga) tugatish va unga qarshi olib boriladigan chora-tadbirlar, î‘sha qurolning ta’sir etish omillarini î‘rganishdan boshlanadi.

Yuqorida aytilganidek, yadro aslahasi portlatilganda hosil bî‘ladigan ichki energiya quyidagi ta’sir omillariga sarflanadi: jumladan, tî‘lqin zarbasi, yorug‘lik nurlanish, radiatsiya nuri, radiaktiv zarrachalar va elektromagnit impuls hamda zararlash hududlari hosil bî‘lishiga olib keladi.

Zarbali tî‘lqin. Yadro aslahasining asosiy shikastlantiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Tî‘lqin zarbasi deganda yuqori haroratli, tovush tezligidan yuqori tezlikka ega bî‘lgan siqilgan muhit tushuniladi. Qurol portlatilgan muhitiga qarab, u havodagi, suvdagi va yerdagi tî‘lqin zarbalariga bî‘linadi. Havodagi tî‘lqin zarbasining kuchi portlatish î‘chog‘idan uzoqlashishi bilan kuchsizlanib boradi. Masalan, 1000 m ga 1,4 soniyada, 2000 m. ga 4 soniyada, 3000 m ga 7 soniyada, 5000 m ga 12 soniyada yetib keladi.

Demak, bulardan kî‘rinadiki, yadro qurolini portlash belgisini kî‘rgan har bir fuqaro tî‘lqin zarbasi omili kelguncha bekinuvchi  inshootlarga etib borib, saqlanishlari mumkin. Tî‘lqin zarbasining shikastlantiruvchi ta’sirining asosiy kî‘rsatkichi uning ta’sir yî‘lida ortiqcha bosimni hosil bî‘lishidir. Ortiqcha bosim  DPt - tî‘lqin zarbasining ta’sir etish yî‘lidagi maksimal bosimi bilan me’yoriy atmosfera bosimi ayirmasiga teng bî‘lgan kî‘rsatkichi bî‘lib, u Paskal (Pa)da î‘lchanadi. 100 kPa=1kÃ/sm­­­­­2 (1 sm² yuzaga 1 kg kuch bilan ta’siri tushuniladi). Yuqori bosim va katta energiyaga ega bî‘lgan tî‘lqin zarbasi odamga urilganda, uning bosimi keskin ortib ketib, siqadi va tasodifan berilgan kuchni eslatadi. Ya’ni bamaylixotir  turgan odamga juda qisqa vaqt mobaynida 100 kg li bolg‘a bilan tî‘satdan urgandagi holatga î‘xshatish mumkin. Mana bunday ta’sir etishidan tî‘lqin zarbasi odamlarni, inshootlarni, harbiy texnikalarni va obyektlarni shikastlantiradi. Tî‘lqin zarbasi omilida odamlar bevosita shu omilning ta’siridan hamda bilvosita ta’sirlardan jarohat oladilar. Bilvosita ta’sirlar natijasida inshootlarning buzilgan qismlari, toshlar, singan oynalarni, daraxtlarni va boshqa materiallarni odamlarga kelib tushishidan zararlanadilar. Tî‘lqin zarbasining bevosita ta’siridan odamlar turli darajadagi jarohatlar, kontuziyalanish va î‘lim bilan tugaydigan jarohat olish mumkin.

Shuning uchun tî‘lqin zarbasi ta’siridan yengil, î‘rtacha, og‘ir va juda og‘ir jarohatlanish xillari kuzatiladi.

Yengil jarohat DPt =20-40 kPa (0,2-0,4 kG /sm2) bosimda kuzatilib, bunda odam yengil kontuziyaga uchraydi, vaqtincha gapira olmaslik, et uzilish alomatlari kuzatiladi.

Αrtacha jarohat DPt =40-60 kPa (0,4-0,6 kG/sm2) kuzatilib,  bunda og‘iz-burundan qon ketishi, yuqori miya kontuziyasi, gapira olmaslik va suyaklarning bir-biridan chiqishi kuzatiladi.

Og‘ir jarohat DPt = 60-100 kPa (0,6-1,0 kG/sm2) bosimda bî‘lib, og‘iz-burundan qon ketishi, odam uzoq vaqt behush yotishi, suyaklarlarning bir-biridan chiqishi va ichki organlarga qon ketishi kuzatiladi.

Juda og‘ir jarohat ortiqcha bosim DPt > 100kPa (>1,0kG/sm2)da kuzatilib, bunda ichki organlarni uzilishi, ichki organlarga qon quyilishi, suyaklarning bir-biridan chiqib ketishi va boshqa dardlar kuzatiladi.

Agar tî‘lqin zarbasi DPt < 10 kPa bî‘lsa, u xavfsiz hisoblanib, odam me’yoriy faoliyat kî‘rsatish imkoniyatlariga ega hisoblanadi.

Xuddi shularga î‘xshab tî‘lqin zarbasi ta’siridan inshootlar ham turli darajada shikastlanishi mumkin. Albatta, bunda yer ustiga qurilgan inshootlar yer tagiga qaraganda kî‘proq shikastlanadi. Bunda agar DPt > 40-60 kPa da  bî‘lsa tî‘liq, DPt > 20-40kPa kuchli, DP > 10-20 kPa î‘rtacha va DPt >8-10kPa da kuchsiz jarohatlanishi rî‘y beradi.

Havodagi tî‘lqin zarbasi omili ta’sirida î‘rmon hududlari ham shikastlanadi. Agar ortiqcha bosim 50 kPa dan ortiq bî‘lganda î‘rmondagi bitta ham daraxt qolmay ag‘anaydi, ya’ni batamom vayron bî‘ladi, agar 30-50-kPa bî‘lganda daraxtning 60 foizi shikastlanadi.

 DPt >30-10 kPa bî‘lgan holda esa hududda 30 foiz daraxtlar yî‘q  bî‘lib ketadi.

Shuning uchun tî‘lqin zarbasi omilidan saqlanishning ishonchli omili himoya inshooti (boshpana) hisoblanadi. Mabodo bunday inshootlar bî‘lmasa, u holda radiatsiyadan saqlovchi boshpanalardan va tabiiy chuqurliklardan foydalanish mumkin.

Yorug‘lik  nurlanish  deganda elektromagnit  nurlar tushunilib, unga ultrabinafsha, infraqizil va kî‘rinadigan nurlar kiradi. Bunda nurlanishning manbaasi yadro portlaganda hosil bî‘ladigan yarqirashdan, ya’ni yuqori haroratli yadro zaryadi, havo,  tuproq va toshdan iborat. Yorug‘lik nurlanishining ta’sir etish vaqti yadro qurolining quvvatiga bog‘liq. Quvvat oshgan sari bu omilning ta’siri ham ortib boradi. Yarqirash vaqtining, yadro portlatish quvvatiga bog‘liqligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:                                      

bunda,  t-yarqirash vaqti;  q-aslahaning quvvati.

Masalan: 1 kT quvvatli aslaha portlaganda yarqirash - 1 s., 10 kT-2,2 s, 100 kT-4,6 s va 1 Mt -10 s davom etadi.

Yorug‘lik nurlanish omili  ta’sirida odamlarning ochiq qolgan joylari kuyadi, kî‘zi xiralashadi, hayvonlarning junlari kuyadi va yengil yonuvchan materiallar yonib ketadi.

Yorug‘lik nurlanishning ta’sir kî‘rsatkichi, bu nurli impuls hisoblanadi. (V nur) joulda î‘lchanadi. Ya’ni  SI  tizimi bî‘yicha 1 kal/sm2=4,2*104 j/m2

Yorug‘lik impuls portlash turiga va atmosfera sharoitiga bog‘liq.

Yorug‘lik impuls ta’sirida kuyishning turli darajalari 1-jadvalda kî‘rsatilgan.

Kuyish darajasiga qarab turli tan jarohatlari kuzatiladi.

I darajali kuyishda terini usti qizarib jarohatlangani kuzatiladi;

II-darajali kuyishda esa terini ustida suvga tî‘lgan pufakchalar paydo bî‘ladi;

III -darajali kuyishda terining chuqur qismlaridagi kuyish;

IV-darajali kuyishda teri qorayib ketib, teri osti tî‘qimalar juda qattiq jarohatlanadi.

Odamlar II va III darajali kuyganida ishga yaroqsiz hisoblanadilar.

                                                                          1-jadval

Turli darajadagi teri kuyishiga yorig‘lik impulsi miqdorining ta’siri, kkal/sm

Kuyish darajasi

Aslahaning quvvati (ming tonna hisobida)

Kiyim ostidagi teriga ta’siri

I

10

100

1000

yozgi

qishki

Birinchi

2,4

3,2

4

4,8

6

35

Ikkinchi

4

6

7

9

10

40

Uchinchi

6

9

11

12

15

50

Tî‘rtinchi

>8

>9

>1

>2

>15

>50

 

           

Yorug‘lik nurlanish, tî‘lqin zarbasi omillari bilan birgalikda ta’sir  etganda  yong‘in,  portlash,  yashash joylardagi kommunikatsiyalarni izdan chiqaradi.

Yorug‘lik nurlanish omillaridan saqlanish uchun: î‘z vaqtida ogohlantirish, himoya inshootlarida, tabiiy chuqurliklarda saqlanish, shaxsiy himoya vositalaridan va yong‘inga qarshi omillardan foydalanish darkor.

Αtuvchi radiatsiya. Αtuvchi radiatsiya - gamma nurlar va neytronlar oqimidan tashkil topgan. Radiatsiya nurining manbayi bo’lib yadro aslahasi portlaganda kechadigan yadroviy reaksiya hamda yadrolarni radiaktiv parchalanishidan hosil bî‘ladi. Radiatsiya omilining ta’sir vaqti 15-25sekundni tashkil etadi. Bu omilni asosiy shikastlantiruvchi ta’siri-nurlantirish dozasi (D) hisoblanadi.

Nurlanish dozasi - bir birlik nurlanayotgan muhitni yutgan ionlantiruvchi nurlar energiyasi miqdoriga teng, va kl/kg, rentgen va greylarda î‘lchanadi.

Radiatsiya omilining ta’siri ionlantirish xususiyatiga ega bî‘lganligidan nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi.

I-darajali nurlanish kasalligi 100-200 rad nur olganda kuzatilib, bunda holsizlanish, og‘ir bî‘lib ketish, bosh aylanish, harorat kî‘tarilish alomatlari kuzatiladi.

II-darajali nurlanish kasalligi 200-400 rad nur olganda paydo bî‘lib, bunda bosh og‘rib, aylanadi, asab sistemalari buziladi, tez-tez qusish, ich ketish kuzatiladi va qondagi leykotsitlar miqdori 2 marta kamayib ketadi.

III-darajali nurlanish kasali 400-600 rad nur olganda kuzatilib, bunda kuchli bosh og‘rig‘i, qusish, hushidan ketish, qon siyish, terilar qizarib, qondagi leykotsit, eritrotsitlar miqdori kamayishi kuzatiladi.

Bu holda î‘z vaqtida tuzatish omillari bajarilganda inson 3-6 oydan keyingina tuzalishi mumkin.

IV -darajali nurlanish >600 rad. olganda, bunda kasallik juda og‘ir ahvolda bî‘lib, î‘lim bilan yakunlanadi.

Nurlanish kasalligiga uchragan odamlarda infeksiyaga qarshilik kî‘rsatish (immunitet) keskin kamayib, tî‘qimalarni kislorodga  tî‘yinmaganligi   hamda   qonni   ivimaslik xususiyatilari paydo bî‘ladi.

Radiatsiya nurlaridan ishonchli saqlaydigan vosita - bu himoya inshootlari hisoblanadi. Himoya inshootlari - gamma nurlarini turli darajada susaytiradi, chunki ular turli xil materiallardan qurilgan bî‘ladi. Eng ishonchli himoya inshooti - bu  qî‘rg‘oshindan, temirdan, temir-betondan va  hokazo materiallardan qurilgan boshpanadir.

Radiîaktiv zararlanish. Yadro aslahaning bu ta’sir omili boshqa shikastlovchi omillari ichida alohida î‘rin tutib, uning ta’sir doirasi nafaqat aslaha portlatilgan hudud, balki î‘nlab, yuzlab uzoqlikdagi joylarni î‘z ichiga oladi. Bu omil uzoq vaqt davomida katta hududni zararlab, insonlarga, hayvonot dunyosiga qattiq shikast yetkazadi. Radiîaktiv zararlanishning manbaasi yadroviy portlovchi moddaning parchalangan qismlari, parchalanmagan yadroviy zaryadlar, aktivlangan tosh, tuproqlardan tashkil topgan bulut hisoblanadi. Bularning hammasi atmosferaga kî‘tarilib, eng yuqori balandlikka yetgandan so‘ng turg‘unlashadi va metereologik sharoitlarga qarab har xil uzoqlikka tarqalib yerga tushadi va î‘sha yerdagi jamiki narsalarni zararlaydi.

Portlash bulutida 35 ta kimyoviy elementning 80 ga yaqin izotopi hosil bî‘lib, yerga tushadi va ular ham î‘z navbatida parchalanib boradi. Radiîaktiv bulut shamol tezligi va yî‘nalishiga qarab ellips kî‘rinishida tarqalib yerga tushadi. Radiîaktiv zarrachalarni yerga tushgan miqdoriga qarab nisbiy 4 ta zararlangan hududga ajratish mumkin: kuchsiz (A hudud), kuchli (B hudud), xavfli (V hudud) va juda xavfli (G hudud). Radiaktiv shikastlangan hududlar bir-biridan nurlanish dozalari qiymati bilan farqlanadi (1-rasm).

 

 


Bulut

yarqirashi

 
                                             

 

 

 

 

     

Portlash joyi

 

shamol yo‘nalishi

 
 

 

 

 

 


1-rasm. Yadroviy portlashda radiîaktiv shikastlanish hududlarini hosil bî‘lishi.

 

Yadro zaryadining tî‘liq parchalangan vaqtdagi nurlanish dozasi bilan zararlangan vaqtdagi radiatsiya darajasi (Ptzar) î‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagicha ifodalanadi:

D= 5×Ptzar×tzar

Bunda: D¥ - yadro zaryadining tî‘liq parchalangandagi nur dozasitzar - zararlanish vaqti ; Ptzar - zararlangan vaqtdagi radiatsiya darajasi

A hududini tashqarisida D=40 rad, P=8 rad-soat bî‘lib, hudud ichida radiaktiv moddalar miqdori 60 foizni tashkil etadi. Bunday holatda A hudud ichida joylashgan tarmoqlar ma’lum vaqt oraliqlarida ishlash imkoniyatlariga ega.

B hudud tashqarisida esa D=400 rad, va P1=80 rad-soat bî‘lib, hudud ichida bî‘lgan odamlar 1 sutka davomida himoya inshootlarida saqlanishlari hamda ish faoliyatlarini tî‘xtatishlari kerak bî‘ladi.

V hudud tashqarisida D¥=1200 rad va P1=240 rad-soat tashkil etib, hudud ichida bî‘lgan odamlar ishlarini 1-4 sutkagacha tî‘xtatib, fuqarolar himoya inshootlarida saqlanishlari kerak bî‘ladi.

G hudud tashqarisida esa D¥=4000 rad va P1=800 rad-soat ichida esa -10000 rad bî‘lib bunda fuqarolar 4 sutkagacha ishni batamom tî‘xtatib, î‘zlari himoya inshootlarida saqlanishlari kerak.

Vaqt î‘tishi bilan radioaktiv moddalar tabiiy parchalanishi oqibatida shikastlangan hududlarda radiatsiya darajasi kamayib boradi.

Radiatsiya darajasining kamayishi quyidagi bog‘lanishga bî‘ysunadi:  

                                             P1=P0*t-1,2

Bunda P0 - portlatilgandan keyingi vaqtdagi radiatsiya darajasi, rad/soat

P1 - portlagandan keyingi bir soat ichidagi radiatsiya darajasi, rad/soat

 t - portlatilgandan keyingi î‘tgan vaqt, soat.

Radiatsiya darajasi aslahaning portlatish turiga, quvvatiga, joy relyefiga, metereologik va  geologik sharoitlarga bog‘liq. Agar radiatsiya darajasi yerdan 0,7-1 metr balandlikda î‘lchanganda 0,5 rad/soat bî‘lsa, î‘sha joy zararlangan hudud deyiladi. U yerda himoya vositalaridan foydalaniladi.

Yadroviy portlashda nafaqat joylar, balki uning hududida bî‘lgan jamiki uskunalar, kiyim-kechaklar, suv, havo, oziq-ovqat mahsulotlari va yerning ma’lum qalinlikdagi qatlami ham zararlanadi.

Inshootlarni, atrof-muhitni, moddiy resurslarni qanday darajada zararlanishi u yerdagi radiaktiv moddalarning miqdori bilan yoki zararlanish zichligi bilan aniqlanadi va Kyuri /sm bilan î‘lchanadi.

Kyuri-deganda 1 soniyada 37 mlrd. atomi parchalanidigan radiaktiv moddaning faolligi tushuniladi, ya’ni 1kyuri=3,7×1010 parch/s=3,7×1010×60=2,2×1012 parch/daqiqa. Radiîaktiv izotopning massa miqdori hamda yarim yemirilish davri qanchalik katta bî‘lsa, radiîaktiv moddasining og‘irlik miqdori shuncha katta bî‘ladi. Masalan: 1 kyuri radiy 226 ni yarim yemirilishi davri T=90 yil bî‘lib, u 1grammni tashkil etadi, yoki 1 kyuri kobalt-60 ni yarim yemirilish davri T=5 yil bî‘lsa, uning og‘irligi 1 mg yoki 10-3 g ga teng bî‘ladi.

1 kyurining aktivligi 570 kg uran 235 ga, yarim yemirilish davri T=880 mln. yilga teng va 16 g plutoniy - 239 ga, yarim yemirilish davri T=24.103 yilga teng bî‘ladi.

Odatda radiîaktivlikni milli kyuri (10-3 kyuri) va mikrokyuri (mk kyuri) -10-6 kyuri SI tizimida esa bekkerel bilan î‘lchanib, uning birligi, radiaktiv moddalarni 1 soniyada 1 ta parchalanishi (1 parch/s) qabul qilingan.

Demak, 1 kyuri = 3,7×1010 BK ga teng.

Zararlangan uchastkalarda turli xil obyektlardagi radîiaktiv moddalar miqdorini dozimetrik asboblar bilan aniqlanadi.

Radiîaktiv zararlanish birlamchi va ikkilamchi ta’sirlardan bî‘lishi mumkin: ya’ni radiîaktiv bulutdagi radiîaktiv zarrachalarni tushishi oqibatida, hamda zararlangan uchastkalardan texnikalarni changitib yurishi natijasida kuzatiladi.

Inson organizmiga ham radiîaktiv zarrachalar 2 xil yî‘nalish bî‘yicha: birinchisi zarrachalarni nafas yî‘li orqali va ikkinchisi radiîaktiv zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari orqali kirib zararlaydi. Buning oqibatida radiîaktiv moddalarning miqdoriga qarab: yengil, î‘rtacha og‘ir va juda og‘ir darajadagi shikastlanish yuz beradi. Radiîaktiv zararlanishdan saqlanishning ishonchli uslubi – himoya inshootlarida (boshpanalarda, RSB, usti yopiq yertî‘lalarda, ishlab chiqarish inshootlarining yertî‘lalarida) va shaxsiy himoya vositalari (gazniqob, resperator, changdan saqlovchi maska, paxta dokali taqqich va boshqalar) yordamida saqlanish mumkin.

Elektromagnit impuls. Yadroviy portlashda atmosferada juda katta elektromagnit maydoni vujudga kelib, bunda tî‘lqin uzunligi 1 dan 1000 m va undan ham uzun bî‘ladi. Mana shu paydo bî‘lgan elektromagnit maydonning kuchi elektromagnit impulsi deyiladi.

Elektromagnit impulsining ta’sir etuvchi kuchi havodagi va yer osti kabellaridagi elektr tokining qarshiligini, signalizatsiya, elektr î‘tkazuvchi va radio uzatkich antennalarining  qarshiligini  keskin  oshirib  yuborib, turli darajadagi falokatlarga olib keladi. Elektromagnit impulsining ta’sir darajasi, aslaha quvvatiga va portlash balandligiga, portlash markazidan uzoqligi hamda atrof-muhit xususiyatlariga bog‘liq.

Yadroviy portlashning ikkilamchi ta’sir omillari. Yadroviy aslahalar shaharlarda yoki iqtisodiyot tarmoqlari joylashgan yerlarga yaqin joylarda portlatilganda ikkilamchi ta’sir omillari hosil bî‘ladiki, bunda portlash (modda saqlanadigan  idishlarni, tabiiy gaz kommunikatsiyasi va jihozlarning buzilishi), yong‘in (isitish asboblari, yengil yonuvchan suyuqliklar saqlanadigan jihoz hamda quvurlarning buzilishi), joylarni suv bosishi (gidroelektrostansiya platinalarini buzulishi, yashash joylari, suv saqlagichlarning zararlanishi (AES, KTZM-kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar saqlanadigan jihozlarni hamda texnologik jarayonlarni buzilishi), inshoot konstruksiyalarini tî‘lqin zarbasi yoki yerdagi seysmo-portlash tî‘lqinlarining ta’sirida izdan chiqishi va hokazolar kuzatilishi mumkin.

Ikkilamchi ta’sir omillarining eng xavfli manbasi katta yong‘in va yuqori portlovchi moddalar qî‘llaniladigan korxonalar  hisoblanadi. Masalan,  gaz va  neft  qayta ishlaydigan tarmoqlari bor joylar. Bu tarmoqlarda texnologik jihozlar, idishlar, quvurlar, ularga molik inshootlar buzilsa, gaz holdagi yoki siqilgan uglevodorodlar chiqib havoda portlashi yoki yonishi mumkin.

Ikkilamchi omillardan yong‘in - kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoatlarda î‘ziga xos ravishda kechadi. Shuning uchun bunday tarmoqlarda yong‘in oqibatini kamaytirish uchun, yoqilg‘i saqlovchi idish atrofini 0,7-0,8 m balandlikda tuproq bilan î‘raladi.

Gidrotexnik inshootlarni buzilishi oqibatida katta hududni suv boshishi mumkin. Natijada nafaqat odamlar, balki qishloq xî‘jaligi hayvonlari, î‘simliklar ham  shikastlanadi.

KTZM bilan ishlaydigan yoki uni î‘zini oladigan kimyo sanoati tarmoqlarida idishlarni yoki jihozlarni buzilishi oqibatida nafaqat odamlar, balki atrof-muhitdagi deyarli barcha narsalar zaharlanadi. Shuning uchun KTZM qî‘llaniladigan tarmoqlarda ular germetik pî‘lat idishlarda yuqori bosimda (6-12 atm) saqlanadi hamda yopiq texnologik jihozlarga berk uzatgichlar orqali uzatiladi. Agar bunday tarmoqlarda avariya sodir etilgudek bî‘lsa, albatta, izolirlovchi (himoyalash) protivogazlardan (gazlarga qarshi niqoblardan) foydalaniladi, sababi havoda yuqori konsentratsiyali zaharli modda hosil bî‘lishidir. Demak, yadroviy talofot î‘chog‘i bir tomondan buzuvchi va shikastlovchi manba sifatida, ikkinchi tomondan ikilamchi ta’sir î‘chog‘ini hosil qiluvchi manba sifatida  ishtirok etadi.

Kimyoviy qurollarning turlari va xususiyatlari.  Kimyoviy qurollar - zaharli kimyoviy birikmalar bî‘lib, ular asosan zaharli moddalar hisoblanadi. Kimyoviy qurollarning kuchi, ularning zaharli xususiyatiga qarab belgilanadi.

Kimyoviy qurollar himoyalanmagan odamlarni, hayvonlarni, î‘simlik, yer, suv, havo, inshoot, texnika va jamiiki kî‘rinadigan narsalarni zaharlaydi. Bunday qurollar asosan nafas yî‘li, teri, oshqozon-ichak va yaralangan joylarda qon yî‘li bilan ta’sir qilishi mumkin. Zaharlovchi moddalarning kuchi uning zaharliligi, tez ta’sir etuvchanligi va chidamliligi bilan î‘lchanadi. Bulardan tashqari, bunday qurollarning ta’sir etish kî‘lami juda katta hisoblanadi.

Kimyoviy qurollar - nishonga tez va î‘ylangan maqsadga tî‘la  erishish darajasi bî‘yicha ta’sir etishiga qarab eng xavfli va qudratli qirg‘in qurol hisoblanadi. Chunki uning juda kichik dozasi ham juda qisqa vaqtda ta’sir etib, hamma narsani zaharlaydi. Yana uning zaharlilik kuchi ma’lum vaqt mobaynida havoda, suvda, yerda hamda î‘simlik dunyosida saqlanib turadi.

Dastlab kimyoviy qurollar unitar tarzda ishlatilgan, ya’ni bitta zaharli modda kimyoviy qurol sifatida qî‘llanilgan. Keyinchalik binar, kimyoviy qurol yaratildiki, buni oldini olish va qurol asoratidan qutilish juda ham muammo hisoblanadi. Binar - ikki va undan ortiq zaharli moddasi bî‘lgan qurol  demakdir. Kimyoviy qurollarni ta’sir darajasini oshirish uchun ular ishlatilganda par, aerozol yoki tomchi holatiga î‘tkaziladi.

Kimyoviy qurollar shikastlash xususiyatiga kî‘ra: asabni falajlovchi, (zoman, zarin, VI-iks), terini zaharlovchi (iprit, azotli iprit), umumiy zaharlovchi (sinil kislotasi, xlorsian) bî‘g‘uvchi (fozgen, difozgen), qaltiratuvchi (xloratsetofenon, adamsit), ruhiyatga ta’sir etuvchi (LSD-dietilamidlizirin kislotasi va Bi-Zet).

Zaharlovchi moddalar zaharlash xususiyatiga hamda taktik qî‘llanishiga kî‘ra quyidagi guruhlarga bî‘linadi:

·         Αldiruvchi - VI-iks, zarin, zoman, iprit, azotli iprit, sinil kislotasi, xlorsian, fozgen;

·         Vaqtinchalik faoliyatni yî‘qotish - maqsadida Bi-Zet;

·         Qaltiratuvchi - Xloratsetefon, adamsit, Si-Es, Si-Er.

Αldiruvchi zaharli moddalar ta’sir doirasining uzunligiga qarab turg‘un va noturg‘un hillarga bî‘linadi. Ba’zi turg‘un zaharli moddalarning ta’sir vaqti bir necha kundan, haftalargacha chî‘zilishi mumkin. Mana shundaylar qatoriga VI-iks, zoman, iprit

Turg‘un bî‘lmagan zaharli moddalar tezda parchalanib ketadi va ularni ta’sir etish vaqti ham qisqa bî‘ladi. Masalan, sinil kislotasi, xlorsian, fozgen.

Yana kimyoviy qurollar organizmga ta’sir etish vaqtiga qarab tez hamda sust ta’sir etuvchi xillariga bî‘linadi. Tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarga - zarin, zoman, sinil kislotasi, xlorsian Si-Er kirib, ularning ta’siri bir necha daqiqada kuzatiladi. Sekin ta’sir etuvchi zaharli moddalarga VI-iks, iprit, fozgen, Bi-Zet kirib, ular bir qancha vaqtdan keyin ta’siri kuzatiladi.

Asabni falajlovchi zaharli moddalar. Bu guruhga fosfor-organik zaharli moddalar kiradi: zarin, zoman, VI-iks. Ular hammasi rangsiz, hidsiz suyuqliklar bî‘lib, bir-biridan uchuvchanligi, turg‘unligi va zaharliligi bilan farqlanadi. Bu xususiyatlar ularning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari turlicha bî‘lishligidadir. Lekin bu guruhga kiruvchi qurollarning hammasi bir umumiy ta’sir xususiyatiga ega. Ya’ni ular organizmga kirganda fermentlarni î‘ldirib, hamma asab impulslarini ingibirlaydi, ya’ni sekinlatib tî‘xtatadi va natijada zaharlanish yuz berib, organizm falajlanadi.

Zarin - uchuvchan zaharli modda hisoblanib, zichligi 1,1 qaynash harorati 158oC, muzlash harorati esa -56oC. U suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Zarin kuchli zaharlovchi modda bî‘lib, uning î‘rtacha î‘ldirish dozasi 0.10 mg/l (1 daqiqa ichida). Uning par holdagisi kuchli ta’sir etadi, ayniqsa, kî‘z qorachig‘ini tez kichraytirib yuboradi.

Zarindan zaharlanishning belgilari:  mioz, nafas olishning og‘irlashuvi, kî‘krak qafasini og‘rishi.

VI-iks - yomon uchuvchan, suvda yomon, ammo organik erituvchilarda yaxshi eriydigan, zaharli modda hisoblanadi. Uning zichligi 1,1 qaynash harorati esa 3000C, muzlash harorati 500C. VI-iks tarqalgan joylarda turg‘unligi: yozda  - bir haftagacha, qishda esa bir oy va undan kî‘p. Uning kuchli ta’siri aerozol holda kuzatiladi.

VI-iks nafas yî‘llari, teri, kiyim-kechaklar orqali ham ta’sir etib, odamlarni kuchli zaharlaydi. VI-iksning î‘ldirish dozasi 1 minutda 0,01 mg/l, teri orqali ta’sir etganda 7 mg/l ni tashkil etadi.

Zoman - xossalari jihatidan zarin bilan VI-iksni oralig‘idagi î‘rinni egalab, suvda yomon eriydigan zaharli modda. Zaharliligi zarindan 5 marta kuchli, lekin VI-iks dan kuchsiz hisoblanadi.

Terini zaharlovchi xususiyatli qurollar guruhiga kiruvchi moddalar par va aerozol holda ishlatilib, ular asosan teri va nafas yî‘llari orqali ta’sir etadi. Bu guruhning tipik vakili iprit-rangsiz, moysimon suyuqlik bî‘lib, organik erituvchilarda yaxshi, ammo suvda yomon eriydi. Iprit har xil g‘ovak materiallarga, lak, moy qoplamalariga rezina mahsulotlariga yaxshi yutilib, ulardan chiqib ketishi juda qiyin. Ipritning zichligi 1,3, qaynash harorati 217oC ga teng. Iprit bilan zaharlangan uchastkalardan uning uchishi sekinlik bilan boradi. Shu sababdan u turg‘un zaharli modda hisoblanadi: ya’ni yozda 7-14 kungacha, qishda bir oy va undan yuqori muddatlarda saqlanib turadi. Uning kuchli ta’siri tomchi holda kuzatiladi. Iprit-teri, kî‘z, nafas organlari hamda oshqozon-ichak yî‘llarini zaharlaydi. Uning î‘rtacha î‘ldirish dozasi nafas yî‘li orqali ta’sir etganda -1,3 mg/l, teri orqali ta’sir etganda - 5 mg/l. ga teng.

Iprit ta’sirining belgilari: ikki-olti soat ichida terilar qizaradi, 24 soatdan keyin  pufakchalar hosil bî‘ladi, 2-3 sutkadan keyin esa ular yoriladi. Ipritning antidoti yî‘q.

Umumiy zaharlovchi zaharli moddalar. Bu guruh moddalari nafas organlarini ishdan chiqaradi. Odam organizmidagi tî‘qimalarni oksidlanish jarayonlarini tî‘xtatib qî‘yadi. Bu guruhning tipik vakili - sinil kislotasi-rangsiz suyuqlik bî‘lib, achchiq bodom hidiga ega. Uning zichligi 0,7, qaynash harorati 260 C, muzlash harorati esa -140 C. Sinil kislotani zaharli darajasi asabni falajlovchi moddalardan kuchsiz hisoblanadi. Uning î‘rtacha î‘ldirish dozasi 1 daqiqada 2 mg/l. Zaharlash belgilari: og‘izda metall mazasini hosil bî‘lishi, tinka qurishi, bosh og‘rig‘i, organizm a’zolarining harakatini yî‘qolishi. Sinil kislotasini antidoti amilnitrit va propil nitrit hisoblanadi.

Xlorsian - î‘ziga xos hidli rangsiz suyuqlik bî‘lib qaynash harorati 12,60C, muzlash harorati -6,50C, zichligi 1,22. Uning kuchli ta’siri par holdagisi.

Bî‘g‘uvchi zaharli moddalar. Bu birikmalar nafas organlarini izdan chiqarib, î‘pkani zararlaydi.

Fozgen - havodan 3,5 marta og‘ir bî‘lgan gazsimon modda. U asosan î‘pka tî‘qimalarini ishdan chiqaradi. Uning î‘rtacha î‘ldirish dozasi 1 daqiqada 3,2 mg/l. Zaharlash belgilari: kî‘zdan yosh oqizadi, bosh aylanadi, holsizlanish kuzatiladi. Fozgenni antidoti yî‘q.

Ruhiyatga ta’sir etuvchi zaharli moddalar. Bu guruh  moddalari asab sistemasiga muayyan ta’sir etib, insonni vaqtinchalik faoliyatini izdan chiqaradi.

Bi-zet - oq kristal kukun bî‘lib, uning zichligi 1.8, qaynash harorati 412oC, suyulish harorati 190oC. Uning kuchli ta’siri aerozol kî‘rinishida bî‘lib, nafas yî‘llari va oshqozon-ichak orqali ta’sir etadi.

Zaharlash belgilari: qusish, gapira olmaslik, sî‘ngra gallutsinatsiya va hayajonlanish.

Qaltiratuvi zaharli moddalar. Bunday xususiyatli moddalar - kî‘zning harakatchan qismini hamda nafas yî‘llarining yuqori qismini izdan chiqaradi. Bu guruhga kiruvchi moddalardan Si-Es va Si-Er muhim ahamiyatga ega.

Si-Es - oq kristal kukun bî‘lib, suvda yomon, atseton, benzollarda yaxshi eriydi. Uning qaynash harorati 3150C, suyulish harorati 950C, solishtirma og‘irligi 1,0 ga teng. Uning kuchli ta’siri aerozol kî‘rinishida. Si-Esning havoda aerozol kî‘rinishidagi miqdori 5×10-3 mg/lda hamma odamlarni birdan izdan chiqaradi, yuqori konsentratsiyada esa terining ochiq joylarida kuyish sodir bî‘lib, nafas organlari falajlanadi. Zararlanish belgilari: kî‘zning, kî‘krak qafasining qizishi, og‘rishi, kî‘zdan yosh oqishi, yî‘tal va boshqalar.

Si-Er qattiq kristall  modda bî‘lib, zaharliligi Bi-zetdan yuqori. Si-Er ham inson terisini qattiq shikastlantiradi. Buning ham kuchli ta’siri aerozol kî‘rinishida bî‘ladi.

Toksinlar. Bakterial toksinlar, hozirgi davrda yuqori zaharli moddalar hisoblanadi. Bunday moddalarga botunil toksini va staffillokok enterotoksin kiradi.

 Botunil toksini - î‘ldiruvchi zaharli moddalar ichida eng zaharlisi hisoblanadi. Toza botunil toksini kristall modda. Zararlanish belgilari: bosh og‘rigi, holsizlanish, kî‘z xiralashish, qusish, falajlanish. Yuqori miya falajlanib, natijada odam î‘ladi.

Biologik qurollarning turlari va xususiyatlari .

Biologik qurollar asosan keng miqyosda odamlarni, qishloq xî‘jalik hayvonlarini, ekinlarini, î‘simliklar va ba’zi bir harbiy materiallarni zararlash uchun mî‘ljallangan. Biologik qurollar asosini biologik vositalar tashkil etib, unga kasallik tarqatuvchi viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va rikketsinlar kiradi. Biologik aslahalar aviatsiya bombasi, kassetalar, konteynerlar, changlantiruvchi jihozlar, raketalarning jangovor qismi, chayqatuvchi jihozlar va boshqalar kiradi.

Biologik vositalar qî‘llanishi oqibatida favqulodda epidemologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar yuzaga keladi. Bular quyidagi kî‘rinishlarda kuzatiladi:

1. Alohida xavfli yuqumli kasalliklar tarqalganda;

2. Epidemiya;

3. Guruh kasallanishi oqibatida;

4. Kasallanishning va î‘limning î‘sishi natijasida;

5. Odamlarni zaharlanishida;

6. Epizootik vaziyat, ya’ni hayvonot dunyosida î‘tkir kasalliklarni tarqalishi;

7. Epifitotik vaziyat, ya’ni î‘simliklarni kasallanishi.

Biologik (bakteriologik) qurollarni, odamlarga va hayvonlarga ta’siri  î‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ya’ni ular tirik organizmga juda kichik dozada tushsa ham yuqumli kasalliklar epidemiyasini boshlaydi. Ularning tarqalish tezligi juda yuqori, ta’sir vaqti ham uzoq, ular germetik bî‘lmagan saqlagichlarga oson kiriadi, ularning mikrobini, toksinini aniqlash juda qiyin. Quyidagi jadvalda ba`si yuqumli kasalliklarning xususiyatlari keltirilgan:

 

Kasallik turi

 

Kasallikning tarqalishi

Yashirin kasallik vaqti, kun

Ish  faoliyatini yî‘qotish muddati, kun

Αlat

Kasallangan bemorlardan havo orqali, qurt-qumursqalardan yuqishi orqali

3

7-14

Sibir yarasi

Kasallangan hayvon juni, terisi ushlanganda,  zararlangan gî‘shtdan

2-3

7-14

Sapa

Yuqoridagiga î‘xshash

3

20-30

Tularemiya

Zararlangan suvdan foydalanganda, kasallangan kemiruvchilar bilan munosabatdan

3-6

40-60

Vabo

Zararlangan suv, ovqatdan

3

5-30

Sariq bezgagi

Chivin chaqqanda, kasallangan odam, hayvondan

4-6

10-14

Suvchechak

Zararlangan narsa-buyumdan, kasallangan odam bilan muloqatda

12

12-24

Botulizm

Zaharlangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilganda

0,5-1,5

40-60

 

Biologik qurollar quyidagi turlarga bî‘linadi:

a) Bakteriyalar asosida tarqaladigan kasalliklarga: î‘lat, sibir yarasi (kuydirgi), vabo, tulyaremiya, sapa va boshqalar.

b) Viruslar  orqali  kasallik  tarqalishi:  suvchechak, ensifalitning turli kî‘rinishlari, Deni bezgagi va boshqalar.

v) Rikketsinlar orqali kasallik tarqalishi: chî‘chqa tifi

g)Zamburug‘lar orqali kasallik tarqalishi: blastomikoza, koksidomikoza, gistoplazmoza va boshqalar.

Yuqumli kasalliklarning õusisiytlari 2-jadvalda keltirilgan.

Shulardan eng xavflisi va bizni î‘lkamizda kî‘proq tarqalishi mumkin bî‘lgan kasalliklardan î‘lat - odam va qishloq xî‘jaligi hayvonlarining eng xavfli yuqumli kasalligi hisoblanib, uning tarqatuvchisi odam organizmidan tashqarida yashash davri qisqa hisoblanadi. Lekin odam sî‘lagi bilan chiqqan mikrob 10 kungacha yashashi mumkin. Αlat bilan kasallangan bemorning quvvati ketib, boshi og‘riydi, harorati kî‘tariladi va hî‘l yî‘talish paydo bî‘ladi.

Vabo - bu ham juda xavfli  hisoblanib,  uning tarqatuvchisi vabo vibroini mikrobidir. Vabo bilan kasallangan bemorni ichi ketib, qusadi, qaltiraydi va juda ozib-tî‘zib ketadi. Agar kasallik davolanmasa, tezda î‘ladi.

Sibir yarasi - buni tarqatuvchisi Sibir yarasi mikrobi hisoblanadi. U teri, nafas yî‘li, oshqozon ichak yî‘li bilan kirib, î‘zini ta’sirini kî‘rsatadi. Agar u teriga tushsa, avval dog‘ hosil bî‘ladi, sî‘ngra u shishib ichiga qon tî‘ladi va yorilib, yara hosil qiladi. Sibir yarasi bî‘lgan tananing sezuvchanligi ancha pasayib ketadi.

Botulizm - bu kasallikni botulizm toksini tarqatadi. Bu toksin juda zaharli hisoblanadi. Masalan, uning 0,00000012 g kristal holdagi toksini odamni zaharlashi mumkin. Botulizm kasalligi oshqozon-ichak yî‘li bilan tarqatilib, asosan asosiy asab tizimining, yurak asablarini izdan chiqaradi. Botulizm bilan kasallangan bemor holsizlanadi, boshi og‘rib, kî‘rish qobiliyati pasayadi. Til muskullari falajlanadi. Kasalning harorati normal odam haroratidan ancha past bî‘ladi va bu kasallik î‘z vaqtida davolanmasa î‘lim bilan tugaydi.

Bakteriologik qurollar ishlatilganda suyuq yoki kukun holda yerga, î‘simliklarga va suvga tarqatiladi. Bularni esa qurt-qumursqalar tezlikda atrofga tarqatib, biologik qurolning zararlash miqyosi kengayishiga sabab bî‘ladi. Biologik qurollardan saqlanish va uni tarqatmaslik choralaridan biri bu zararlangan mintaqani karantin yoki observatsiya (kuzatish) qilish hisoblanadi. Karantin deganda epidemiyaga qarshi rejimli chora-tadbirlarni î‘tkazish (ya’ni, yuqumli kasalliklarni tarqatmaslik) tushuniladi. Karantin rejimi vaziyat jiddiyroq bî‘lganda, ya’ni yuqush xususiyati juda yuqori bî‘lgan î‘ta xavfli kasalliklar î‘lat, vabo, tabiiy chechak paydo bî‘lganda belgilanadi. Karantin rejimida kasallik tarqalgan hudud qurolli soqchilar yordamida qurshab olinadi hamda u yerdan  odamlar, hayvonlar va yuklar toki kasallik shikastlangan hududdan tashqariga yuqmaydigan holatga kelguncha zararlangan mintaqadan tashqariga chiqarilmaydi. Karantin rejimini amal qilinishi eng sî‘nggi kasal zararlangan hududdan tuzalib, î‘z oyog‘i bilan yurib chiqib ketguncha davom etadi. Agar kasallik tarqatuvchi xavfli bî‘lmasa, zararlangan hudud miqyosi kichik bî‘lsa, observatsiya omili qî‘llaniladi.

Observatsiya omilida ham izolatsiya hamda profilaktik-tuzatish ishlari olib borilib, bunda epidemiolog vrachning ruxsati bilan hududdan odamlarni chiqishi va u yerdan mol-mulkni chiqarish amalga oshiriladi. Karantinda ham observatsiyada ham yuqumlik kasalliklarni bartaraf etish va epidemiyani avj olib ketishini tugatish tadbirlaridan: dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya omillari bajariladi.

Dezinfeksiya omili – obyektlardagi va tashqi muhitning turli qatlamlaridagi yuqumli kasallik qî‘zg‘atuvchilarni yî‘q qilish maqsadida amalga oshiriladi. Dezinfeksiya  omillari turli xil kî‘rinishlarda amalga oshirilib, ulardan tozalash, maqsadli, doimiy va tugallanadigan xillari qî‘llaniladi.

Tozalash dezinfeksiya  usuli kasallik tarqalmasidan oldin qilinadigan dizenfeksiya hisoblanadi. Bunda bakteriyalarni î‘ldiruvchi vositalar qî‘llaniladi. Doimiy dezinfeksiyadan epidemiyaga qarshi omillar î‘tkaziladi (sanitar-gigiyenik va zararsizlantirish ishlari). Tugallanadigan dezinfeksiya – oxirgi kasal kasalxonaga yotkazilgandan keyin î‘tkaziladi. Buni sanitariya epideminologiya stansiyasi (SES) xodimlari amalga oshiradi. Yana dezinfeksiyaning kimyoviy mexanik va fizik usullari mavjud.

Kimyoviy usul kasal tarqatuvchi mikroblarni turli kimyoviy moddalar ta’sirida qirib tashlash xususiyatiga asoslangan. Bunda xlorli vositalar – xlorli oxak, xloramin, kalsiy gipoxlorid tuzi, shuningdek lizol ham ishlatiladi. Fizik usulda – kiyim-kechaklar, idish-tovoqlar va boshqa vositalarni, materiallarni qaynatish yî‘li bilan dezinfeksiya qilish tushuniladi. Bu usul asosan oshqazon ichak infeksiyasi tarqalganda qî‘llaniladi. Mexanik usulda – kirlarni, inson terilarini yuvish, changlarni artish orqali kasallik  qî‘zg‘atuvchilari yî‘q qilinadi. Bu usul bilan zararlangan hududlar, inshootlar, boshpanalar, RSB, transportlar, yî‘llar, asbob-uskunalar zararsizlantiriladi.

Dezinfeksiya omillarini qay darajada toza bajarilganligi bakteriologik usullar orqali tekshiriladi.

Dezinseksiya omili – yuqumli kasalli tarqatuvchi hashorat va  qurt-qumirsqalarni yî‘qotilishi tushiniladi. Bunda hashorotlarga qarshi joylarga va inshootlarga DDT (dust), geksoxloram, xlorafos, dixlorafos emulsiyalari sepiladi.

Deratizatsiya omillari yuqumli kasallik tarqatuvchi (tulameriya, ensefalit, î‘lat) kemiruvchilani yî‘qotish tushuniladi. Bu omilga kemiruvchilarga qarshi mishyakning birikmalari qî‘llaniladi.

Hozirgi vaqtda yuqumli kasalliklarga qarshi qî‘llaniladigan tadbirlarning asosisini emlash (vaksinatsiya) tashkil etadi.

Vaksinatsiya (emlash omili) – vaksina, zardob va antiktoksinlarni inson organizmiga yuborib, odamlarda yuqimli kasalliklarga qarshi qarshilik kî‘rsatish (imunitet) darajasini oshirish tushiniladi. Vaksinatsiya rejaga muvofiq hamda kasallik tarqalgan vaqtda yoki kasallik avj olgan paytda mana shu tadbir tufayli boshqa davlatlar kabi bizning mamlakatda ham yosh bolalarga rejali vaksinatsiyani qî‘llanilishi tufayli tabiiy chechak, poliomilit va boshqa kasalliklar tugatib yuborildi.

Qishloq xî‘jalik hayvonlarini zararlash uchun katta shoxli hayvonlar î‘lati, sibir yarasi (kuydurgisi), sapa, oqsil va boshqa kasalliklarni tarqatuvchilar qî‘llanilib, nafaqat hayvonot dunyosiga balki insoniyat hayotiga ham katta xavf soladi. Masalan: 2001 yilning dastlabki oylarida Buyuk Britaniyada qoramollarning oqsil kasalligi bilan kasallanishi keng miqiyosida tarqalib, bu xavf boshqa Yevropa davlatlariga (Belgiya, Fransiya, Germaniya, Gollandiya, Rossiya va boshqa davlatlarga), hatto Markaziy Osiyo davlatlariga (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy, Koreya davlatlariga) va Avstraliya qit’asigacha tarqalganligi ma’lum bî‘ldi. Bu kasallikni tarqatuvchisi filtrlanuvchi virus hisoblanadi va ular kasallangan mollar sî‘lagi, peshobi, axlati bilan tashqi muhitga chiqarib atrofdagi barcha narsalarni: hayvonlarni, buyumlarni, joylarni, fuqarolarni va ularning kiyim-kechaklarini bu kasallik viruslari bilan zararlaydi. Tashqariga chiqarilgan viruslar darhol nobud bî‘lmay, balki uzoq vaqt tirik qoladi, uzoq masofalarga tarqaladi va î‘sha yerlardagi hayvonlarning kasallanishiga olib keladi. Kasallik tarqalishining asosiy manbayi: oqsil bilan kasallangan hayvonlar hamda zararlangan joylardan î‘tgan hayvonlar va transport vositalari hisoblanadi.

Oqsil kasalligining boshlanish davrida hayvonlarning ishtahasi yî‘qola boshlaydi, ularning harorati kî‘tariladi - 40-420C darajagacha chiqib ketadi, sigirlar beradigan sutini keskin kamaytiradi, mollarning og‘zidan ipsimon sî‘lak oqadi, sî‘ngra ularning og‘zida, tilida va lablarida shishlar (aftalar) paydo bî‘ladi, ular bir-ikki kundan keyin yorila boshlaydi va yarachalarga aylanadi. Shu vaqtda hayvonlardan juda kî‘p kî‘piksimon sî‘lak oqa boshlaydi. Oqsil kasalligiga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun bu kasallik bî‘yicha karantinga rioya qilish hamda kasallikka qarshi kurashish bî‘yicha veterenariya-sanitariya qoidalarini bajarish kerak. Kasallangan mollarning: gî‘shti, suti, terisi, yungini va boshqa xom-ashyolaridan foydalanish man etiladi. Shuning uchun ham oqsil bilan kasallangan mollar, yoqish yoki kî‘mish orqali yî‘q qilib yuboriladi. Zararlangan yem-xashaklar, atrof-muhit va joylarni Dezinfeksiya omillarini qî‘llash orqali epizootik vaziyatni tugatish imkoniyati yaratiladi.

Qishloq xî‘jalik î‘smliklarini zararlashda esa kartoshka chirishi, zamburug‘li kasallik tarqatuvchilari hamda qurt-qumursqalar (Kolorado qî‘ng‘izi, chigirtka va boshqalar) va boshqa  vositalar orqali amalga oshirilib, epifitotik vaziyat vujudga keladi. Agar bu vaziyat tezda tugatilmasa, katta iqtisodiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.  

Demak, yuqorida aytilganlardan xulosa qiladigan bî‘lsak, qirg‘in qurollarning hamma turlari nafaqat tirik mavjudotlarni  jiddiy shikaslantiradi, balki tabiat, î‘simlik dunyosi, jamiyki moddiy resurslarni zararlaydi. Shuning uchun biz doimo unday qurollarni ishlatishdan ogoh bî‘lib, uning ta’sirlariga qarshi barcha chora-tadbirlarni kî‘rib qî‘ygan bî‘lishimiz kerak.

                  

    Mustahkamlash uchun savollar:

1. Ommaviy qirg‘in qurollarning turlari va ta’sir xususiyatlari qanday?

2. Yadroviy aslahalarning birlamchi va ikkilamchi ta’sir xususiyatlarini ayting?

3. Kimyoviy qurollarning ta’sir xususiyatlari qanday?

4. Biologik shikastlanish î‘chog‘ida olib boriladigan chora-tadbirlar nimalardan iborat?

5. Yadroviy hamda kimyoviy shikastlanish î‘choqlari qanday aniqlanadi va baholanadi?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ma’ruza ¹ 5: Markaziy Osiyoda kuzatiladigan tabiiy  

            talofatlar va ularning oqibatlari  

        

          Reja:

1.      Tabiiy ofatlarning turlari, kelib chiqish sabablari va hususiyatlari.

2.      Tabiiy ofatlarning belgilari, shikastlanish darajalari va har bir halokat o’choqlarida olib boriladigan tadbirlar.              

            

Sodir bo`ladigan xar qanaqa tusdagi tabiiy ofatlar mamlakatning iqtisodiyotini izdan chiqishiga, ko`plab insonlarning o`limiga yoki xayot faoliyatining buzilishiga, tabiatning zararlanishiga va boshqa salbiy oqibatjarga olib keladi. Butun jahon “Qizil Xoj”  hamjamiyati tashkilotining ma`lumotlariga qaraganda tabiiy ofatlardan ko`rilayotgan moddiy va ma`naviy zarar miqyosi butun dunyoda yuqori tezlikda ortib bormoqda. Ayniqsa, o`tgan XX asrda tabiiy ofatlardan 11 mln. dan ortiq insonlarning o`limi va juda katta miqyosda moddiy zararlar ko`rilgan.

Shunga o`xshash xolat XXI asrning o`tgan 8 yili davomida xam kuzatildi. Jumladan, 2004 yil Xind okeanidagi  “ Sunami ” dan - 300 ming; 2005 yil AQSHdagi “ Katrina ” to`fonidan - 200 ming; 2005yil Kashmirdagi (Pokiston) yer silkinishidan - 78 ming; 2008 yil “Myanma” to`fonidan 130 ming; 2008 yil Xitoydagi “Sechuan” yer silkinishidan 62 mingdan ortiq odamlarning  o`limi yuz berdi.

Tabiiy ofat - bu tabiatda yuz beradigan favquloddagi î‘zgarish bî‘lib, u birdan, tezlikda insonlarning mo‘tadil yashash, ishlash sharoitlarini buzilishi, odamlarning î‘limi hamda qishloq xî‘jalik hayvonlarining, moddiy boyliklarning buzilishi va yî‘q bî‘lib ketishi bilan tugaydigan hodisalardir.

Tabiiy ofatlarning turlari xilma-xil: yer silkinishi, suv toshqini, kuchli shamol, yong‘in, qurg‘oqchilik, yer surilishi va boshqalar. Bu xildagi tabiiy ofatlar bir-biriga bog‘liq holda hamda bog‘liq bî‘lmagan holda, alohida yuzaga kelishi mumkin. Ya’ni bir tabiiy ofat boshqa ofat oqibatida yuzaga kelishidir. Masalan, î‘rmonda yong‘inlarning kelib chiqishi, tog‘li joylardagi ishlab chiqarish portlashlari, karyerlarni ishga solishda, platinalar qurishda yerning surilishiga, qorlarning kî‘chishi va boshqa ofatlarning kelib chiqishiga sabab bî‘ladi.

Hech narsaga bog‘liq bî‘lmagan tabiiy ofatlar juda katta miqyosda va turli vaqtlargacha bir necha soniya, daqiqadan (yer surilishi, yer sil­kinishi, qor kî‘chishi) bir necha soatlargacha (kuchli qor va yomg‘ir yog‘ishi), hatto kun va oygacha (suv toshqini va yong‘in bî‘lishi) chî‘zilishi mumkin. Lekin bu xildagi tabiiy ofatlar hamma joylarda ham yuzaga kelavermaydi. Jumladan, yer silkinishi, yer surilishi ofatlari kî‘proq tog‘li hududlarda kuzatiladiki, buni oqibatida nafaqat insonlar, balki iqtisodiyot tarmoqlari, hatto atrof-muhit qattiq shikastlanadi.

Yana kuchli yog‘ingarchilik, qor yog‘ishi natijasida suv toshqini kuzati­ladiki, oqibatda, fuqarolarning yashash joylari, sanoat korxonalari, temir va magistral yî‘llar, gidrotexnik inshootlar izdan chiqadi. Xuddi shunga î‘xshash ta’sirlar yer surilishi, qor kî‘chishi, qurg‘oqchi­lik, kuchli shamollar ta’sirida ham kuzatilib, oxir oqibatda insonlar katta, ham ma’naviy, ham moddiy zarar kî‘radilar. Ammo, barcha tabiiy ofatning turlari hamma joyda ham kuzatilavermaydi. Tabiiy ofatning har qaysi shakllari î‘zlarining fizik ma’nosiga, kelib chiqish sabablariga, tavsifiga, kuchiga va tashqi atrofga ta’sir kî‘rsatish xususiyatlariga ega. Bu tabiiy ofatlar bir-biridan farq qilishidan qat’iy nazar, ular bir umumiy xususiyatga ega. Ya’ni ularning ta’siri juda keng miqyosda bî‘lib, î‘zini î‘rab turgan atrof-muhitga juda katta ta’sir kuchini kî‘rsatadi hamda insonlar ruhiyatiga  jiddiy zarba beradi.

Shuning uchun, bu tabiiy ofatlarni î‘z vaqtida bilib, uning tavsiflari va sabablari aniq î‘rganilsa, ularni oldini olish yoki zarar keltirish xususiyatlari bir muncha kamaytirilgan bî‘ladi. Shu tariqa tabiiy ofatlardan keyingi qilinadigan xatti-harakatlarni va ofat oqibatlarini tezroq hal qilish imkoniyatlariga ega bî‘linadi. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash choralaridan biri bu xalqni î‘z vaqtida voqif etish hisoblanadi. Bu esa tabiiy ofatdan keladigan zararlarni bir muncha kamaytirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Yana tabiiy ofatlar yuz berganda xalqqa ma’naviy yordam berish chora-tadbirlari va qilinadigan birlamchi ishlarni tî‘g‘ri tashkil etish shakllari eng asosiy vazifalardan hisobla­nadi. Bu ishlarning bosh-qoshida fuqarolar muhofazasi organlari turib, ular ofat yuz bergan joyda (urush davrimi, tinchlik davrimi baribir), xalqni bu ofatlardan muhofaza etish va falokat yuz bergan joydan hammani bexatar joyga kî‘chirish omillarini amalga oshiradi. Qaysi yerda yuqori intizom, aniq belgilangan chora-tadbirlar bî‘lsa, î‘sha yerda har qanday ekstremal sharoitlarda harakat qilish ishlari va ularning natijalari yuqori bî‘ladi (ma’naviy talofot va moddiy yî‘qotish).

Yer silkinishi va uning oqibatlari. Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va dahshatlisi bu - yer silkinishidir (zilzila). Yer silkinishi - yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebranishi bî‘lib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli yuzaga keladi. Yer ostki zarbasining paydo bî‘lish î‘chog‘i, yerning ostki qatlamidagi uzoq vaqt yig‘ilib qolgan energiyaning ozod bî‘lish jarayoni tufayli yuzaga keladi. Αchoqning ichki qismi markazi giposentr deyiladi, yerni ustki qismidagi markaz epitsentr deyiladi.

Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga kî‘ra quyidagi guruhlarga bî‘linadi:

·         Tektonik zilzilalar;

·         Vulqon zilzilalari;

·         Ag‘darilish, î‘pirilish zilzilalari;

·         Texnogen (insonning muhandislik faoliyati bilan bog‘liq) zilzilalar.

Yuqorida qayd etilgan yer silkinish turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng kî‘p talafot keltiradigani tektonik yer silkinishidir.

Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera î‘ramlarida bî‘ladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi.

Qiya sathlarida tog‘ jinslarining katta bî‘laklarini ag‘darilishi yoki tog‘larning î‘pirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar ag‘darilish zilzilalari deyiladi. Bu yer silkinishining tarqalish maydoni kichik, kî‘p hollarda talofotsiz bî‘ladi.

Vulqon jarayoni, ya’ni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bog‘liq bî‘lgan yer silkinishiga vulqoniy yer silkinishi deb ataladi. Bunday yer silkinish vulqonning faollashishi bilan bog‘liq bî‘lganligi sababli aksariyat kî‘p hollarda ular aniq bashorat qilinadi. Shuning uchun uning keltiradigan talofoti deyarli kuchli bî‘lmaydi.

Insonning muhandislik faoliyati bilan bog‘liq bî‘lgan yer silkinishlar asosan oxirgi yillarda kuzatilmoqda. Bunday yer silkinish yirik suv omborlari vujudga kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulotlarining yer ostidan sî‘rib olinishi jarayoni amalga oshgan maydonlarda yuz bermoqda. Inson î‘zining muhandislik faoliyati bilan yer osti komponentlariga muayyan ta’sir etishi, u yoki bu darajada î‘zgartirishi yer silkinishining vujudga kelishiga sabab bî‘lmoqda. Daryo vodiylariga tî‘g‘onlarning qurilishi natijasida maydoni bir necha ming km2, hajmi bir necha yuz km3 dan katta bî‘lgan (masalan, Chorvoq  suv omborining umumiy hajmi 2,1 mld. m3, suv sathi maydoni 3640 ga teng) suv omborlari vujudga kelmoqda. Yer qa’ridan 4000-5000 m chuqurlikda yotgan gaz, neft yer sathiga sî‘rib chiqarilmoqda, yer ostida uzoq geologik davrlar mobaynida yotgan kî‘mir ana shu yer qa’rida yondirilib gazga aylantirib olinmoqda. Vaqtincha saqlash maqsadida ba’zan yer osti g‘orlariga, chuqurlarga va tog‘ jinslari g‘ovaklariga gaz, neft mahsulotlari yuqori bosim ostida kiritilmoqda, juda katta miqdordagi mineral suvlar yer ostidan chiqarib olinmoqda. Yer qa’rining odamlar ta’sir etish joylarida yig‘ilayotgan energiya miqdorining u yoki bu darajada oshishi yoki kamayishi oqibatida sodir bî‘lgan yer silkinishlar Hindiston, AQSH va Αzbekistonda kuzatilganligi fandan ma’lum. Jumladan, Chorvoq suv ombori qurilib bî‘lingandan keyin bu hududda bir necha marta yer silkinishlar bî‘lib î‘tgan. Tekshirishlarning kî‘rsatishicha, bu yer silkinishlar î‘zlarining tayyorlanish, sodir bî‘lish mexanizmlari bilan Chorvoq suv omboriga yig‘ilgan suvning miqdori va yig‘ilgan suvni suv omboridan chiqarilish tezligi bilan bog‘liq holda yuz berishi kuzatilgan. Bunga birinchidan, suv omborining 2,1 mld. m3 dan ortiq suv bilan tî‘latilishi jarayonida, ombor tubida yotuvchi tog‘ jinslarining siqilishi va taranglashishi oqibatida yuz beradigan mikrosiniqlar, darz ketishlar va ularning nisbiy harakati sabab bî‘lsa, ikkinchidan, suvni suv omboridan bir me’yorida chiqarilmasligi va tog‘ jinslariga ta’sir qiluvchi kuchlarning nomutanosib holatda bî‘shatilishi, î‘zgarishi sabab bî‘lgan.

Respublikamizning g‘arbiy hududida 1976, 1984 yillarda yuz bergan 8-10 balli Gazlidagi yer silkinishlarini ba’zi olimlar ana shu hududdagi mavjud gaz konlari va ulardan gazni sî‘rib olish jarayoni bilan bog‘lashadi. 1976 yildagi Gazli yer silkinishining giposentri (zilzila î‘chog‘i, litosferaning ma’lum chuqurlikdagi tog‘ jinslari qatlamlarining uzilishi, surilish joyi) yer qobig‘ining 5-25 km chuqur oralig‘ida, 1984 yilgi yer silkinishida esa 50-200 km oralig‘ida joylashgan. Yer silkinish hodisasini vujudga keltiruvchi energiyaning yig‘ilishi, sarflanish darajasi, silkinish hududlaridan sî‘rib olingan gazning miqdori, yer qa’ri tog‘ jinsi qatlamlariga tushayotgan tabiiy bosimning mutanosibligini ma’lum darajada buzilganligini oqibati zilzilaning sodir bî‘lish vaqtini tezlashtiradi.

Zilzila turlaridan eng xavflisi (talofotlisi) tektonik zilzila hisoblanadi. Ma’lumki, har yili sayyoramizda 100000 dan ortiq yer silkinishlarni seysmik asboblar (seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojiali bî‘lib, imorat va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo bî‘lishiga, ming-minglab insonlar yostig‘ining qurishiga olib keladi.

Yer silkinish î‘chog‘i - giposentrning joylashgan chuqurligi bî‘yicha: yerning yuza qismida - 70 km gacha, î‘rta qismida - 70-300 km va chuqur qismida - 300 km dan pastda «mantiya» qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning î‘chog‘i asosan 70 km gacha chuqurliklarda joylashganligi qayd etilgan.                                      

Mantiyadagi katta bosim yoki portlashlar tufayli zilzila î‘chog‘i vujudga keladi, natijada katta kuchlanishlar paydo bî‘ladi, bular î‘z navbatida yer­ning ustki qatlamining tebranishiga olib keladi. Giposentrdan hamma tarafga, qaytar seysmik tî‘lqinlar tarqaladi, ular asosan uzunasiga va kî‘ndalang turlariga bî‘linadi (sxema). Yer ostidan uzunasiga tarqalayotgan (verti­kal tarzda) tî‘lqinlar î‘z yî‘nalishi bî‘yicha navbatma-navbat yer pî‘stlog‘ini siqib, er yuzasiga chiqqanda tovush chiqaradi. Bu esa yer silkinish oldidan chiqadigan tovushning î‘zginasidir. Kî‘ndalang tî‘lqinlar (gorizontal) yer yuzasiga chiqib zilzila tî‘lqinlarini vujudga keltiradi va epitsentrdan barcha taraflarga tarqaladi:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Kuchli yer silkinishi oqibatida yerning yaxlitligi, butunligi î‘zgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik qismlar ishdan chiqishi, insonlar î‘limi yuz beradi. Yer silkinishi kî‘pchilik hollarda ma’lum intensivlikda chiqadigan tovush bilan yuz beradi va uning past-balandligi yer qimirlashining kuchiga bog‘liq. Yer qimirlashining asosiy kî‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: yer silkinish î‘chog‘ining chuqurligi, silkinish amplitudasi va yer silkinishining intensiv energiyasi.

Zilzilaning kuchini baholash. Insoniyat î‘zining butun tarixiy taraqqiyoti mobayinida kî‘p yer silkinishlarni boshidan kechirgan, uning ayanchli oqibatlarining guvohi bî‘lgan. Αtgan XX asrda eng kuchli yer silkinishlar ê¢ïðîқ Xitoyda, Yaponiyada, Ashxabadda , Marokashda , Eronda, Peruda, Armanistonda,  Tayvanda,Turkiyada kuzatilgan.

Kuchli yer silkinishlari Αzbekiston hududlarida ham kuzatilgan. Jumladan, 1902 yilda 8-9 ball bilan Andijonda, 1946 yilda Namanganda (Chotqol zilzilasi), 1868 va 1966 yilda 7-8 ball bilan Toshkentda, Gazlida 8-10 ball bilan va boshqa joylarda.

Bizning asrimizda esa: 2001 yilda Hindistonda 7,9 ball kuch bilan yer silkinishi oqibatida 30 mingdan ortiq odam nobud bî‘lgan va yuz mingdan ortiq insonlar, boshpanasiz qolganlar, 2003 yil Eronning Kerman viloyatining Bann shahrida 6,5 Magnituda kuch bilan yer silkinib, 50 mingdan ortiq odamlar î‘lgan, 50 mingdan ortiq odamlar jarohatlangan va shahardagi uylarning 90 foizdan ortig‘i butkul vayron bî‘lgan. Ma’lumotlarga kî‘ra, Eronda 1990 yildan to shu kungacha 950 martadan ortiq zilzilalar sodir bî‘lib, uning oqibatida 117 mingdan ortiq insonlar halok bî‘lib, 140 mingdan ortiq insonlar turli darajali jarohat olganlar.

Zilzila kuchi ikki xil î‘lchov birligida î‘lchanadi. 1.Ballarda;  2. Magnitudada. Dunyoning juda kî‘p davlatlarida yer silkinish kuchi 12 balli Xalqaro î‘lchov birligida î‘lchanadi.

Ball - yer yuzasining tebranma harakat darajasini kî‘rsatadi. Silkinish kuchini ballarda î‘lchashda «seysmograf»lardan foydalanib, tog‘ jinsi zarrachalarining tebranma harakat tezligi topiladi.

Epitsentrda tog‘ jinsi zarrachalarining seysmik tezlanishini, u yerda sodir bî‘lgan î‘zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bî‘lish va h.k.) taqqoslangan holda Rossiya Fanlar Akademiyasi olimlari tomonidan yer silkinishining kuchini «ballarda» baholash shkalasi ishlab chiqilib, hozirda bu uslub hamma MDH ga kiruvchi davlatlarda jumladan, Αzbekistonda MSK (Medvedyev, Shponxoyer va Karnik) nomi bilan qî‘llaniladi. Tuproq zarralarining tebranma harakat intensivligi - silkinish î‘chog‘i chuqurligiga, magnitudaga, epitsentrdan uzoq yaqinligiga, tuproqning geologik tuzilishiga va boshqa omillarga bog‘liq.

Ikkinchi î‘lchov birligi bu Rixter shkalasi bî‘yicha Magnituda (M) hisoblanadi. Magnituda shkalasi 1935 yilda Amerika seysmologi Ch. Rixter tomonidan taklif qilingan.

Magnituda yer silkinishining umumiy energiyasini kî‘rsatib, u erning maksimal surilish amplitudasining logarifmini belgilaydi va mikronlarda aniqlanadi. Magnituda-giposentrdan ajralib chiqqan energiyaga proporsional kattalik hisoblanib, uning maksimal qiymati 9 M gacha bî‘ladi.

Bu energiyaning (E) miqdori ba’zan shunchalik katta bî‘ladiki, hatto, yuz mingta vodorod bombasini portlatish oqibatida ajraladigan energiya quvvatiga teng kelishi mumkin.

Yer silkinishida magnitudaning har birlikka ortishi, 10 barobar yer tebranish amplitudasining ortishiga (tuproqning surilishi), hamda 30 barobar yer silkinish energiyasining ortishiga olib keladi. Masalan, M=5 dan M=7 gacha î‘zgarganda, tuproqning surilishi 100 barobarga, yer silkinish energiyasi esa 900 barobarga ortadi .                                                                                            

Yer silkinish kuchining xususiyatlari :

MSK shkalasi bo`yicha yer silkinish kuchiga qarab quyidagi holatlar kuzatiladi:

1 ball - sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi;

2 ball - juda kuchsiz, uy ichida î‘tirgan ba’zi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi);

3 ball - kuchsiz, kî‘pchilik odamlar sezmaydi, ochiq joyda tinch î‘tirgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta sekin tebranadi;

4 ball - î‘rtacha sezilarli. Ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Rî‘zg‘or anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi;

5 ball  - ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg‘onadi, ba’zi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishlardagi suyuqlik chayqalib tî‘kiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi;

6 ball - kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg‘onadi, kî‘pchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat bî‘ladi. Ba’zi hollarda kitob javonidagi kitoblar, rî‘zg‘or buyumlar javonlaridagi idishlar ag‘darilib tushadi;

7 ball - juda kuchli. Kî‘pchilik odamlarni qî‘rquv bosadi, kî‘chaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida katta -katta yoriqlar paydo bî‘ladi, hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqalanadi.

8 ball - yemiruvchi. Xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar butunlay vayron bî‘ladi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo bî‘ladi, uy tepasidagi mî‘rilar yiqiladi, ba’zi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi, tog‘li joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi.

9 ball - vayron qiluvchi. Yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshootlar ham qattiq shikastlanadi. Oddiy imoratlar butunlay vayron bî‘ladi, yer yuzasida yoriqlar paydo bî‘ladi, yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin.

10 ball - yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson bî‘ladi. Temir yî‘l izlari tî‘lqinsimon shaklga kelib bir tomonga qarab egilib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, chî‘kish hodisalari yuz beradi. Suv havzalari tî‘lqinlanib qirg‘oqqa uriladi, qoyali yon bag‘rlarda katta-katta surilish hodisalari sodir bî‘ladi.

11 ball - fojiali. Hamma imoratlar deyarlik vayron bî‘ladi, tî‘g‘onlar yorilib ketadi, temir yî‘llar butunlay ishdan chiqadi, yerning ustki qismida katta-katta yoriqlar paydo bî‘ladi, yer ostidan balchiqlar kî‘tarilib chiqadi, surilish, qulash hodisalari nihoyasiga yetadi.

12 ball - kuchli fojiali. Yerning ustki qismida katta î‘zgarishlar yuz beradi. Hamma imoratlar butunlay vayron bî‘ladi, daryolarning î‘zani î‘zgarib, sharsharalar paydo bî‘ladi, tabiiy tî‘g‘onlar vujudga keladi.   

MDH hududining 20 foyizga yaqin yeri seysmoaktiv mintaqa hisoblanib, bunday hududlarga asosan tog‘lik î‘lkalar, Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, Karpat bî‘yi, Janubiy Qrim, Moldaviya, Primorye î‘lkasi, Saxalin, Kamchatka, Kuril orollari, Turkmaniston va Αrta Osiyoning tog‘li î‘lkalari kiradi.

Yuqorida aytilganidek, yer silkinishida katta moddiy yuqotish hamda minglab odamlar î‘limi yuz beradi. Masalan, 1990 yilda Erondagi 8 balli yer qimirlashi oqibatida 50 ming odam î‘lib, 1 mln ga yaqin odamlar esa qon yî‘qotib, jarohat olganlar. Xuddi shunday holat 1988 yil 7 dekabrda Armanistondagi yer qimirlashida ham kuzatildi. U yerda juda katta kuch bilan (10,5 ball) yer silkingan va oqibatda 25 ming odam î‘lgan.

Xuddi shunga î‘xshash holat 1966 yildagi Toshkent zilzilasida ham kuzatilgan. Unda 8 balli silkinish sodir bî‘lib, imoratlarga, katta qurilishlarga ziyon yetgan. Silkinishlar bir necha kungacha vaqti-vaqti bilan takrorlanib turgan. Buning oqibatida 35 mingdan ortiq uylar vayron bî‘lib, 78 ming oila boshpanasiz qolgan, 2 mln. kvadrat metr yerdagi turar joylar, 7600 î‘rinli maktablar, 2400 î‘rinli maktabgacha tarbiya muassalari ishdan chiqqan, 690 savdo va 84 turli korxona idoralari ziyon kî‘rgan.             

Yer silkinishi keltiradigan talàfot inshootning turiga, konstruksiyasiga bog‘liq bî‘lishi bilan bir qatorda, qurilish maydonlarining muhandis-geologik sharoitiga, ya’ni tog‘ jinslari turlarining mustahkamligi darajasiga, xossa va xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, 1966 yili Toshkent shahrida bî‘lgan silkinish natijasida shaharning yer osti suvlari sathi yer yuzasiga yaqin bî‘lgan  pastqam joylarga joylashgan imoratlar kuchli talofot kî‘rdi. Shundan keyin 1966 yili shahar hududida qayta muhandis-geologik xaritalash ishlari î‘tkazilib, shahar markazi tuproq sharoiti nuqtayi nazaridan 9 ballik mintaqaga î‘tkazildi. Bu degan sî‘z, 9 ballik mintaqada quriladigan inshootlar konstruksiyasiga va usuliga ma’lum talablar qî‘yish va ularni bajarishni talab qiladi.

Seysmoaktiv hududlarda qurilish ishlarini olib borishda davlat tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalarga, talablarga rioya qilinmog‘i zarur. Ya’ni shahar qurilishida imoratlarning balandligiga va shakliga katta talablar qî‘yiladi, ular quyidagilardan iborat:

·         shahar hududida katta-katta ochiq maydonlarning bî‘lishi, ya’ni silkinish sodir bî‘lgan taqdirda va undan keyin odamlarning yashashi uchun yengil qurilmalar qurish uchun xavfsiz joy zarur;

·         suv havzalarining bî‘lishi, ya’ni zilzila vaqtida chiqishi mumkin bî‘lgan yong‘inlarni î‘chirish maqsadida foydalanish uchun suv zaxirasiga ega bî‘lish;

·         inshootlar orasidagi masofa, inshoot balandligidan 1,5 martda katta bî‘lishi, chunki imorat talafot kî‘rganda bir-biriga ta’sir qilmasligi kerak.

Afsuski, hozirgacha yer silkinishini aniq vaqtini va joyini ayta oladigan uslub yî‘q. Lekin yerning tavsifli xususiyatlari, tirik mavjudodlarning xatti-harakatlari î‘zgarishiga qarab olimlar yer silkinishi haqida muhim ma’lumotlarni beradilar.

Yer silkinishini belgilaydigan ayrim kî‘rsatkichlar quyidagilardan iborat: kuchsiz tebranish chastotasining keskin î‘sishi, yerning deformatsiyalanishi, tog‘ jinslarining elektr qarshiligi î‘zgarishi, yer osti suvlar sathining kî‘tarilishi, yer osti suvlarida ra­don miqdorining ortishi va boshqa î‘zgarishlar.  Bulardan tashqari, yer silkinishi oldidan uy hayvonlarining xatti-harakatlari ham î‘zgaradi. Masalan, mushuklar tashqariga chiqib ketadilar, qushlar î‘z uyalaridan uchib chiqadilar, chorva mollar juda bezovta bî‘lib qoladilar va boshqalar.

Fan va texnikaning rivojlanishi sî‘zsiz yer silkinishini oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Jumladan, yuqorida ta’kidlanganidek, yer osti suvlarida yer silkinishidan oldin radon gazi miqdorini oshish qonunini birinchi bî‘lib î‘zbek olimlari tomonidan aniqlangan va bu qonuniyat Toshkent zilzilasi oqibatlarini î‘rganishda î‘z tasdig‘ini topdi.

Hozirgi kunda bu usul bilan Respublikamizda va Markaziy Osiyo davlatlarida rî‘y bergan bir necha zilzilalar bashorat qilindi va ular tasdiqlandi.

Αzbekiston olimlarining bunday kashfiyoti bilan qiziqib Amerika olimi O. Jeyms shunday degan edi: «Yaqin kunlarda î‘zbek mutaxassislari zilzila haqidagi bashoratni xuddi iqlim sharoitini bashorat qilgandek radio orqali e’lon qilish darajasiga etib boradilar». Lekin bu yerda shuni aytib î‘tish kerakki, yer silkinishni oldindan bashorat qilish muammosi hali butunlay hal etilmagan. Bunga birdan-bir sabab bu masalaning murakkabligi, ya’ni zaminida yer silkinish jarayonini vujudga keltiradigan giposentr-î‘choqning nihoyatda yashirinligi hamda shu «î‘choqda» yig‘ilgan va yer silkinishiga olib keladigan energiyaning hamda uning sodir bî‘lish qonuniyatlarini hali yetarlicha bilmasligimizdadir.       

Yer silkinish ofatidan muhofaza qilishning bir usuli bu oldindan seysmoaktiv mintaqalarni belgilash hisoblanadi. Bunda insonlar uchun, iqtisodiyot tarmoqlari uchun xavfli bî‘lgan 7-8 balli yuqori yer silkinishi mumkin bî‘lgan joylarni belgilab xarita tuziladi. Mana shunday seysmoaktiv mintaqalarda oldindan turli muhofaza omillari kî‘rilib, inshootlarni qurish, ta’minlash va ba’zi xavfli ishlab chiqarish tarmoqlarini (kimyo zavodlari, AES lar va shunga î‘xshash korxonalarni) hatto tî‘xtatish ishlari amalga oshiriladi.

Shunday ishlar, ya’ni Αzbekistonning seysmoaktiv hududlari xaritasi 1977 yilgacha amal qilib keldi, hozirda O`zbekistondagi ko`plab seysmolog, geolog, muhandis olimlarning uzoq yillar mobaynida o`tkazgan tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida 1996 yilda Αzbekiston Fanlar Akademiyasining seysmologiya instituti tomonidan Αzbekistonning yangi seysmoaktiv xaritasi tuzilib, bunda har bir hududning seysmologik xususiyatlari hisobga olingan (2-  rasm). 

9 ball

 

8 ball

 

7 ball

 

6 ball

 

 

5 ball

 

2-rasm.O’zbekiston Respublikasining seysmik rayonlashtirish xaritasi 7-rasm

 

 

 

 

 

 

 

Yangi xaritada kî‘rsatilishicha seysmik rayonlashtirish MSK-64 skalasi bo`yicha quyidagi  3 toifadagi mintaqalarni (zonalarni) belgilashga qaratilgan:

                  Zona  1> 9 è Ììàõ > 7,5 (45%);

                  Zona  1> 8 è Ììàõ > 6,5-7,0 (49%);

                  Zona  1< 8 è Ììàõ < 7 (6%).

Jumladan: Qoraqalpogiston Respublikasi - 6 ballgacha; Xorazm va Samarqand viloyatlarida - 7 ballgacha; Toshkent, Qarshi, Buxoro, Termez, Namangan, Fargona shaharlarida - 8 ballgacha; Andijon viloyatida - 9 ballgacha yer silkinish ehtimoli mavjud.

Suv toshqini va uning talàfotlari .                                                                                                                                                        

Keyingi vaqtlarda respublikamiz hududining kî‘pchilik qismida gidrometerologik holatning keskin î‘zgarishi tufayli, aholining hayot faoliyatini, tabiatini, moddiy resurslar sifatini izdan chiqaruvchi favqulodda vaziyatlar (sellar, suv toshqinlari, qor kî‘chkilari, kuchli shamollar, qurg‘oqchilik va h.k.) kuzatilmoqda.

Bunday holatlarning yuzaga kelishiga biologik va meterologik î‘zgarishlarni hisobga olmaslik, yangi yerlarni î‘zlashtirishda qî‘yilgan xatoliklar, sug‘orish tizmida zamonaviy texnologik usullarni joriy etilmaganligi sabab bî‘lmoqda.

1998 yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga kî‘ra respublikamiz hududida 600 ga yaqin kî‘chki, sel va suv toshqinlari bî‘lgan bî‘lsa, ularning zararli oqibatlari natijasida 16 ming aholi jabrlanib, kî‘rilgan moddiy zarar esa 100 mln. sî‘mdan ortiqni tashkil etgan. Mutaxassislar xulosasiga kî‘ra respublikamiz hududida 238 ta xavfli kî‘llar, 46 ming kv. km hududlar suv va sel toshqinlari rî‘y beradigan xavfli joylar, 1000 ga yaqin xavf sodir bî‘lishiga olib keluvchi daryo va soylar mavjudligi aniqlangan. 

Suv toshqini ham tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi hisoblanadi. Suv toshqini deb daryo, kî‘l, hovuzlardagi suv sathining keskin kî‘tarilishi natijasida ma’lum maydonlardagi yerlarni suv tagida qolishiga aytiladi.

Suv toshqiniga turli omillar sababchi bî‘ladi:

·         Kuchli yomg‘ir yog‘ish oqibatida (jala, sel                         quyishi);

·         Qorlarni surunkali erishi natijasida;

·         Kuchli shamol esishi natijasida;

·         Oqar daryolardagi muzliklarni yig‘ilib, sun’iy tî‘g‘on hosil qilishi;

·         Tog‘ jinslarining nurashi, surilishi yoki boshqa sabablar bilan suv saqlash omborlarining buzilishi  oqibatida.

Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suvlarning sathi keskin kî‘tarilib, daryo, kî‘llarga sig‘maydi va natijada ekin maydonlarni, turar-joylarni, yî‘llarni suv bosadi va ularni izdan chiqaradi. Bulardan tashqari, elektr energiya, aloqa uzatgichlar, meliorativ tizimlar ishdan chiqadi, chorva mollari, qishloq xî‘jalik ekinlari yî‘q bî‘lib ketadi, xom ashyolar, yoqilg‘i, oziq-ovqatlar, mineral î‘g‘itlar va boshqalar yaroqsiz holga keladi yoki yî‘q bî‘lib ketadi. Shular natijasida juda katta moddiy zarar kî‘rilib, insonlar î‘limi bî‘lishi mumkin.

Suv toshqini ofati turli joylarida, jumladan, Αzbekistonda ham tez-tez bî‘lib turadi. Masalan, 1991-95 yillarda kî‘pgina viloyatlarida Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va boshqa joylarda juda katta ekin maydonlari suv ostida qolib, oqibatda katta miqdorda moddiy zarar kî‘rildi. Jumladan, 750 ming ga. paxta, 28 ming ga. poliz, 20 ming  gektar mevazorlar, shuningdek  21 ming turar joy binolari, 100 dan ortiq  bolalar bog`chalari va maktablar, 250 km avtomobil yo`llari, 113 ta  ko`priklar va 200 km dan  ortiq sug`orish inshoatlari yaroqsiz xolatga keldi.

2009 yil oktyabr oyida Fillipinda yomg`irning surunkali yog`ishi kuchli suv toshqinlarini yuzaga keltirib xududlarni, yashash va ish joylarini, ko`priklarni va yo`llarni vayronaga aylantirdi. Bu xam yetmaganday namgarchilikning xaddan tashqari yuqori bo`lishi oqibatida tog` oldi joylarida  ko`chkilar yuz berdi. Bu ofatdan 2,5 mln odamlar zarar ko`rib, xavfli xududlardan 30 ming axoli xavfsiz xududlarga  evakuatsiya qilindi va ko`rilgan moddiy zarar miqyosi bir necha 10 mln AQSH dollirini tashkil qildi. Shuningdek 2009 yilda Turkiyaning 15 mln aholisi bo`lgan Istambul shaxrida tinimsiz yoqqan yomg`ir, 2m balandlikdagi suv toshqinini yuzaga keltirib, minglab uylarni, yo`llarni vayronaga aylantirdi.

Daryolardagi suvning oqimiga teskari yî‘nalishda esadigan kuchli shamol ham uni sathini kî‘tarib yuboradi va natijada suv toshqini yuz beradi. Bu xildagi toshqin Sankt-Peterburgdagi Neva daryosida kuzatilgan. 1997 yil noyabrda Vyetnamda ham juda kuchli shamol oqibatida suv toshqini bî‘lib, katta miqyosdagi uy joylar, moddiy resurslar suv tagida qolib, kî‘plab odamlar halok bî‘lishgan.

Oqar daryolarda suvlarning sathida muzliklar hosil bî‘lishi va bu muzliklar yig‘ilib suvning oqimiga qarshi tî‘siqlar (tî‘g‘on) hosil qilishi natijasida ham suv toshqini rî‘y beradi. Bu xildagi toshqin 1992 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida Amudaryo oqib î‘tadigan uchta hududda kuzatilgan. Bu ofatning oldini olish uchun hamma choralar bajarila bordi va oxir-oqibatda harbiy samolyotlar yordamida tî‘siq bî‘lib turgan muz tî‘g‘onlari portlatish yî‘li bilan yî‘q qilindi. Bu ofat natijasida Bî‘zatov tumanining kî‘pgina yerlari vayronaga aylanib, elektr tokini î‘tkazuvchi manbalar, texnikalar ishdan chiqdi. Aspantoy, Porlitov, Qiziljar va Aliovul punktlariga olib boruvchi yî‘llarni suv bosishi oqibatida aloqadan uzilib qoldi. Ofat oqibatlarini bartaraf qilishda 3200 dan ortiq aholi, 3026 bosh qora mollar xavfsiz joylarga kî‘chirildi va Porlitov, Qiziljar va Aliovullarga boradigan 26 km yî‘llar ta’minlandi. Bu ofatdan kî‘rilgan moddiy zarar yuz million sî‘mni tashkil qilgan.  Bunday holatlardagi suv toshqinlari dunyo miqyosida juda tez-tez bî‘lib turadi.

Suv toshqini kanallar va suv saqlaydigan omborlarning turli sabablarga kî‘ra ishdan chiqishi oqibatida ham kuzatilishi mumkin. Umuman kanallar, suv omborxonalari - suv energiyasi, suv yî‘llari hamda suvning î‘zidan foydalanish maqsadida quriladi. Hozirgi kunda MDH davlatlarida suv sig‘imi 1 mln. m3 dan ortiq bî‘lgan suv omborlari 1 mingga yaqin bî‘lib, ularning suv sathi 116000 km2 ga teng. Xuddi shunga î‘xshash Αzbekistonda ham 54 ta suv saqlaydigan omborxonalar qurilgan, ulardan 10 tasi qî‘shni Respublikalari chegarasida joylashgan. Jumladan, Qayroqqum, Rogun, (Tojikiston), Tuyamî‘yin (Turkmaniston), Taxtagul (Qirg‘iziston), Chordarya (Qozoqiston) va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.

Respublikamizga tegishli bî‘lgan suv omborxonalarida 55,5 mlrd. m3 dan ortiq suv saqlanib, ular orqali asosan qishloq xî‘jaligini suv bilan ta’minlab, katta iqtisodiy samara olinadi. Lekin shu bilan birga bunday gidrotexnik inshootlar biror sabablarga kî‘ra buzilsa, saqlanayotgan suvning ta’siri insonlarga, uy hayvonlariga, atrof-muhitga juda katta jiddiy zarar keltiradi.

Shunga î‘xshash katta hajmdagi suv Tuyamî‘yin suv omborida 5 km3dan ortiq, Qayroqqum suv omborida esa 4 km3dan ortiq suv saqlanib, mabodo biror sababga kî‘ra ombor qismlari talofot kî‘rsa, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlarini suv bosadi. Agar Taxtagul suv ombori talofot kî‘rsa (unda 19 km3 suv saqlanadi) butun Farg‘ona vodiysi viloyatlarini suv bosishi ehtimoli bor. Boshqa suv saqlash omborxonalari uchun ham shunga î‘xshash fikrlarni aytish mumkin. Shuning uchun suv saqlaydigan omborxonalarni har xil falokatlardan asrash uchun hamma turdagi omillar, ehtiyot choralari kî‘rib qî‘yilgan bî‘lishi zarur. Jumladan, birlamchi va ikkilamchi saqlovchi platina qurish, har bir platinalar temir betonli qorishmalardan tayyorlanishi va boshqa saqlovchi omillar belgilanishi zarur.

Afsuski, bunday chora-tadbirlar to`liq, mukammal tarzda belgilanishiga har doim ham jiddiy e`tibor berilmaydi. Hozirda, Tojikiston xududida bahaybat Rog’un GES qurilishini davom ettirish to`g’risidagi 2009 yilda qabul qilingan hukumat qarori Markaziy Osiyo davlatlarini tashvishga solmoqda. Ma`lumki, ushbu GES qurilishi XX asrning 80-yillarida boshlanib, keyinchalik muayyan sabablarga ko`ra to`xtàb qolgan edi. Chunki o`sha davrda ushbu gidroinshoot loyihasi to`laqonli ekspertizadan o`tkazilmagan bo`lgan, oradan shuncha vaqt o`tgandan so`ng, zamonaviy loyiha va konstruktorlik andozalari talablariga mos bo`lmagan eski loyiha asosida ish boshlangani, albatta tashvishli holat. Zero, ushbu GES qurilishi uchun tanlangan xudud 9-10 ballik seysmik aktivlikka egaligi va tektonik yoriq chiziqda joylashganligi  nazarda tutilsa, baladligi 350 m dan iborat to`g’onda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan texnogen buzilish qanday halokatli oqibatlarga olib kelishini tasavvur qilish qiyin emas. Undan tashqari, ushbu gidroinshoot qurilishi natijasida butun Markaziy Osiyo mintaqasi xududlarida katta ekologik o`zgarishlar ro`y berishi hamda suv taqsimotidagi buzilishlar ko`lami ortishi, tabiiy.

2010 yil BMT Sammiti mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag`ishlangan yalpi majlisida Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek: Ko`plab xalqaro ekologiya tashkilotlari va nufuzli ekspertlar tavsiya qilayotganidek, ushbu daryolardan shu miqdordagi energetika quvvatlarini olish uchun nisbatan xavfsiz, ammo ancha tejamkor GES lar qurilishiga o`tish oqilona yo`l bo`lur edi”.

Suv toshqini xavfida quyidagi vazifalar bajarilishi talab etiladi: suv toshqini xavfi haqida aholini ogoh etish; razvedka va kuzatuv ishlarini olib borish; FVDT kuch va vositalarini jalb etish; qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish; kerak bî‘lganda aholini va moddiy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish; suv toshqini bî‘lgan xudulardagi korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonini qisman yoki butunlay tî‘xtatish; suv bosgan hududlarda qutqaruv tizimlari va boshqa tizimlar kerakli texnika va suzuvchi vositalar yordamida odamlarni qutqarish va evakuatsiya qilish ishlarini olib boradi. Qutqaruv ishlarida ishtirok etuvchilar odamlarni suvdan qutqarish bî‘yicha tajribaga, hamda qutqarilganlarga birinchi tibbiy yordam kî‘rsatish tajribalariga ega bo’lishi lozim.

Yer surilishisabablari va talàfotlari. Tog‘ jinslari qatlamlarini qiya sath bî‘ylab î‘z og‘irligi, gidrodinamik, gidrostatik, seysmik kuchlar ta’sirida surilishiga yer surilishi (ko`chki) deyiladi.

Yer surilishining vujudga kelish qonuniyatlarini, ularning dinamikasini î‘rganish katta ahamiyatga ega. Bu – qurilish ishlarini olib borish sharoitini aniqlashda, iqtisodiyot tarmoqlarini va inson hayotini saqlashda muhim omil hisoblanadi. Yer surilishi oqibatida iqtisodiyot katta zarar kî‘radi, ba’zi yirik inshootlar, yî‘llar bir necha yuz metrga surilib tashlanadi, katta-katta ekin maydonlari foydalanishga butunlay yaroqsiz bî‘lib qoladi, butun-butun qishloqlar, shaharlar vayron bî‘ladi, minglab kishilar boshpanasiz qoladi, halokatga uchraydi.

Yer surilishi - tog‘ jinsining surilish tezligi hamda suriluvchi tog‘ jinsini miqyos darajasiga kî‘ra turli xilda bî‘lishi mumkin. Jumladan, tog‘ jinsining surilish tezligi sekin, î‘rtacha  va kuchli xillari bî‘lib, birinchisida surilish bir necha santimetrga, î‘rtacha surilishda bir necha metrga, kuchli bî‘lganda esa tog‘ jinslari soatiga bir necha kilometrga suriladi. Ayni kuchli yer surilishi halokatli bî‘lib, kî‘plab odamlarning î‘limi kuzatiladi. Yer surilishida suriluvchi tog‘ jinsi massasi bir necha million, ba’zan milliard kub metrga yetadi.

Amerika mutaxassisi F. Jensning ma’lumotiga kî‘ra, AQSHda tog‘ jinslari surilishlari va chî‘kish hodisasi natijasida 1925-1971 yillar mobayinida 75 mld. dollar zarar kî‘rilgan, bu esa yiliga 1,63 mld. dollar mablag‘ni yî‘qotish demakdir.

Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida ham hozirgi kungacha kî‘p yer surilishlari kuzatilgan. Masalan, 1964 yil aprel oyida  Tojikistonning Ayniy qishlog`ida  bo`lgan yer surilishida Zarafshon daryosi butunlay to`silib qolgan. Faqat axolining o`z vaqtida olib borgan  sayi - xarakatlari  natijasida falokatli oqibatlarning oldi olingan.

Eng xavfli yer ko`chkisi 1920 yilda Xitoyning Kansu viloyatida bo`lgan. Bunda kuchli yer silkinishi oqibatida shaxar va qishloqlarni tog’ jinslari bosib, 200 ming insonlarning o`limiga sabab bo`lgan. Xuddi shunday falokat 2009 yilda  Indoneziyaning  Summatra orolida yuz bergan. Bu falokatning yuz berishiga kuchli yer silkinishi oqibatida bhalandligi 80 m, uzunligi 400m bo`lgan tuproq jinsi xarakatga kelib, minglab odamlarning tuproq ostida qolishiga olib kelgan. Shuningdek, 1911 yil 18 fevral kuni Pomirning Muzkî‘l tog‘ tizmasida 9 balli yer silkinishi natijasida Usoy yer surilishi sodir bî‘lgan. Bu yer silkinish ta’sirida 2,5 km3 g‘ovak tog‘ jinsi Murg‘ab daryosiga surilib tushgan. Bunda surilish 2,5 km masofani bosib î‘tib, daryo î‘zanini tî‘sib qî‘ygan. Yer surilishi bî‘lgan joyga qalinligi 450-500 m, uzunligi 2 km, kengligi 1 km qumtosh, ohaktosh, gips va boshqa tog‘ jinslaridan iborat massa surilgan. Talofot natijasida Usoy qishlog‘i yer surilmasi oqibatida qolib, 54 kishi nobud bî‘lgan. Yer surilishi natijasida daryo î‘zanini tî‘sib, balandligi 703-788 m, eni 4,3-5,3 km bî‘lgan tabiiy tî‘g‘on vujudga kelgan. Hozirgi paytda bu yerda dunyoga mashhur Sorez kî‘li mavjud va yig‘ilgan suv miqdori taxminan Norak suv ombori suvi hajmiga tî‘g‘ri keladi.

1984 yil 20 dekabrda Tojikistonning Sharora qishlog‘ida rî‘y bergan yer surilishi natijasida, taxminan, kengligi 400 m, uzunligi 4,5 km, qalinligi 4,8 m.ga yaqin bî‘lgan tog‘ jinsi harakatga kelib, 540 dan ortiq insonning yostig‘ini quritgan. Bu surilishning yuzagi kelishiga asosiy sabab yer qa’rida tarqalgan g‘ovak tog‘ jinslarining suv bilan tî‘yinishi, yer sathi suvlarining kî‘tarilishi hamda 7 balli yer silkinishidir.

Yer surilish ofati O`zbekiston hududini xam chetlab o`tmadi. O`zbekiston xududida shu kungacha 12 mingdan ortiq yer ko`chkilari, xar yili 150-200, namgarchilik yuqori bo`lgan joylarda esa mingga yaqin ko`chkilar yuz bergan. Masalan keyingi 20 yil ichida Oxangaron tumaninig konchilik sanoati rivojlangan Olmaliq, Oltintopgan, Bo`stonliq tumanining Xumson, Bog`iston, Xo`jakent, Chibortog` qishloqlarida, Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining tog` oldi va tog`li xududlarida, shuningdek Namangan, Farg`ona viloyatlarining ayrim xudidlarida yer surilish xodisalari ro`y bermoqda. Xalokatli yer surilishlari 1907 y. Qoratog`, 1930, 1943 y. Fayzabod, 1940 y. Xait, 1989 y. G`uzorda yuz berganligi adabiyotlarda keltirilgan.

1973 yili Respublikamizning, Ohangaron vodiysida kuzatilgan tog‘ jinslarining surilishi XX asrning eng kuchli yer surilishi hisoblanib, uni adabiyotlarda «ATCHI» surilishi deb nomlanadi. Bu surilishda tuproqning hajmi 700 mln m3 ni tashkil etadi. Bu fojianing rî‘y berishiga asosiy sabab, Ohangaron daryosining chap qirg‘og‘idagi 100-130 m chuqurlikdagi kî‘mir qatlamlarini yer qa’rida yondirilishidir. Yondirilgan kî‘mir qatlamlarining qalinligi 5-15 metr bî‘lib, umumiy hajmi 3,700000 m3. ni tashkil etgan. 1991 yil Ohangaron vodiysida yana kuchli «Jigariston» yer surilishi rî‘y berdi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu yer surilishida hajmi 30 mln. m3 g‘ovak tuproq 7 sek davomida surilib, 50 dan ortiq inson hayotini olib ketdi. Bu yer surilishining asosiy sababi katta qalinlikdagi serg‘ovak jinslarning mavjudligi va bu tog‘ jinslarini uzoq yillar davomida olib borilgan portlatish ishlari natijasida silkitib turishi hamda yog‘ingarchilikning kî‘p bî‘lganligidadir. 1994 yil 16 aprelda Ohangaron tumanining Qoraxittoy hududida ham kuzatilib, bu  falokatda ham insonlar aziyat chekdilar.

Yer surilishlar xalq xî‘jaligiga ham katta moddiy zarar keltiradi. Shuningdek, imorat, inshoot, yî‘l, yerosti komunikatsiyalari, tî‘g‘on, tunel va kî‘priklar mustahkamligini susayishiga yoki butunlay buzilishiga sabab bî‘ladi.

Yuqorida keltirilgan yer surilishlari yuzaga kelishining asosiy sababi tabiiy omillar bî‘lib, bunday hodisalar insonning muhandislik faoliyati natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.

Yer surilishini yuzaga kelishiga quyidagi omillar sabab bî‘ladi:

·         Tog‘ yon bag‘ri etaklarining tabiiy holatini oqar suvlar, suv omborlari ta’sirida buzilishi hamda rejasiz olib borilgan qurilish ishlari;

·         Qiya sathlarda tarqalgan tog‘ jismlarining xossa va xususiyatlari, mustahkamlik darajasining î‘zgarishi, sug‘orish ishlari, qor-yomg‘ir suvlari ta’sirida namlikning oshishi;

·         Tog‘ jismlariga yer osti suvlari (gidrodinamik) va yer ustki suvlari (gidrostatik) bosimining ta’siri;

·         Tog‘ jinsining zichligini va mustahkamligining, burg‘ulash hamda tog‘-kovlash ishlari natijasida buzilishi;

·         Tektonik va seysmik kuchlar ta’siri. Surilishlarni yuzaga kelishida hududning iqlim hamda gidrogeologik sharoitlari va boshqalar.

Tog‘ jinslarining qiya sath bî‘ylab surilishida iqlim sharoiti eng muhim omillaridan biri bî‘lib u sekin, davomli yog‘ingarchiliklar kuzatiladigan yerlarda keng tarqalgan bî‘ladi. Bunga sabab yomg‘ir suvlari tog‘ jinslari qa’riga singib (shimilib) ularning zarrachalari orasidagi bog‘lanishni, ishqalanishga qarshiligini kamaytiradi, og‘irligini oshiradi. Qiya sathlardagi tog‘ jinsining og‘irligi, mustahkamligi î‘zgarishi bilan ularning muvozanat holati buziladi va past tomonga surilish yuzaga keladi. Shuning uchun surilishlar asosan qorlar erib, yog‘ingarchilik kî‘paygan mart oylarida boshlanib, may, iyunda tî‘xtaydi.

Yog‘ingarchilik, qorlar va muzliklarning erishi natijasida daryo va suv havzalarida suv sathining kî‘tarilishi qirg‘oqlarning yuvilishiga, ya’ni qiya sathlardagi muvozanat holatlarining buzilishiga sabab bî‘ladi. Misol sifatida Amudaryo, Zarafshon daryosi qirg‘oqlarida, Chorvoq suv ombori atrofida kuzatilgan surilmalarni sanab î‘tish mumkin.

Respublikamizda surilish hodisalari asosan dengiz sathidan 800-1800 m balandlikda, lyoss jinslari tarqalgan, qiyaligi 15 -350 bî‘lgan tog‘ yon bag‘rilarida kuzatiladi. Ma’lum shart-sharoitlar mavjud bî‘lgan hollarda (ketma-ket yer silkinishi, gilli va bî‘shoq lyoss tog‘ jinslari suv bilan tî‘yinishi) bundan ham baland sathlarda kuzatilishi mumkin.

Yer surilishida 3 ta bosqich kuzatiladi:

1-bosqich. Surilishning tayyorlanish bosqichi. Bu bosqichda qiya sathlardagi tog‘ jinsi turg‘unligi susayadi, yer sathida turli kenglikdagi yoriqlar paydo bî‘ladi.

2-bosqich. Tog‘ jinslarining katta tezlik bilan yoki sekin-asta surilishi kuzatiladi. Surilish tezligi yuqorida qayd etilgan omillarning ta’sir darajasiga bog‘liq bî‘ladi.

3-bosqich. Surilishning sî‘nish bosqichi. Bunda tog‘ jinslari surilishdan tî‘xtaydi.

Yer surilishlarni chuqur î‘rganish - ularni oldidan bashorat qilish imkonini beradi. Buning uchun kompleks muhandis-geologik qidiruv ishlari î‘tkaziladi. Surilishi kuzatiladigan maydonlarning tabiiy sharoiti va geologik muhiti fizik andozalarida î‘rganiladi, hisoblash ishlari bajariladi.

Yer surilishi ofati oldidan kuzatiladigan belgilar quyidagilardan iborat:

Yer yuzasida yoriqlarni paydo bî‘lishi, yî‘llarda uzilishlarning yuzaga kelishi, daraxtlarning tî‘g‘ri î‘smasligi (qiyshayib î‘sishi), uylarning devorlari yorilishi, binolar, inshootlar tuzilishida muvozanatining buzilishi va boshqa belgilar paydo bî‘ladi.

Mabodo, hududlarda yer surilishi xavfi bî‘lsa yoki harakatdagi surilish kuzatilsa, ularni bartaraf qilish, oldini olish ishlari bajariladi, chora-tadbirlar belgilanadi.

Yer surilishini vujudga kelishi va harakatdagi surilishlarga qarshi olib boriladigan ishlar mazmuniga qarab ikki guruhga bî‘linadi:

·         Surilishlarning oldini olish usullari;

·         Yer surilishni harakati va ta’sirini bartaraf etish usullari.

Kuchli shamol, qurg‘oqchilik va uning oqibatlari.

Kuchli shamol, qurg‘oqchilik ofatlari ham gidrometerologik favqulodda vaziyatlar turiga kirib, ularning tabiat va jamiyatga salbiy ta’sirlari ortib bormoqda. Jumladan,  1970  yil 13 noyabrda Pokistonning sharqiy hududlarida bî‘lgan kuchli shamol oqibatida 10 ml. aholi talofot kî‘rdi. Shundan 500 ming kishi halok bî‘ldi va bedarak yî‘qoldi. Shunga î‘xshash salbi oqibatlar 2002 yilda Rossiyada, 2003, 2004 yilda AQSHning bir qancha hududlarida kuzatilgan kuchli dovullar oqibatida ham ro’y bergan.

Kuchli shamol va insonlar hayotiga va iqtisodiyot tarmog’iga jiddiy zarar yetkazadigan ofatdir. Bu ofat uzoq davom etuvchi va buzish kuchiga ega. Bu ofatning tezligi 30-90 m/s ga yetadi. Αrta Osiyo mintaqalarida shamolning kuchi 40-60 m/s ga, Αzbekistonning Xovos, Bekobod tumanlarida esa 50-60 m/s tashkil etadi. Kuchli shamolni paydo bî‘lishi, ya’ni atmosferada muvozanatning buzilishi natijasida havo oqimi juda katta tezlikda harakatlanib, ba’zi joylar­da, u aylanma (voronka) harakatga kelib qoladi. Bunday ofat oqibatida odamlarning halok bî‘lishi, inshootlarning buzilishi, ekinzorlarning payhon etilishi, elektr, aloqa tarmoqlarining izdan chiqishi va boshqa oqibatlarga olib keladi. Shuningdek, kuchli shamol esganda odamlar, uy hayvonlari yuradigan yî‘llardan adashadilar, simyog‘ochlar, daraxtlar ag‘anaydi, uylarning tomlari buzilishi natijasida odamlar turli darajada jarohat oladilar. Masalan, 1997 yilda 2maydan 3mayga o`tar kechasi Qashqadaryo viloyatida kuchli shamol ta’sirida 156838 ga qisloq xo`jalik ekinzorlari, 12 km elektr tarmoqlarining shikastlanishiga, 250 turar joy uylarini, 79.5 km avtomobil yo`llarini suv bosishiga, 393 bosh yirik shoxli qoramolar, 7254 bosh qo`y, echkilar, 26 bosh ot va 13 ming 280 ta xonaki parrandalarning o`limiga olib kelganligi ma’lum.

Bu ofatdan saqlanishning yana bir omili - ofat haqida odamlarni î‘z vaqtida ogoh qilishdir. Albatta, hozirgi paytda ob-havoni bir necha kun oldindan ayta oladigan zamonaviy uslublar yaratilganki, bularning bergan ma’lumotlari asosida nafaqat odamlarni, balki uy hayvonlarini, moddiy boyliklarni falokatdan asrash, buzilishini yoki yaroqsiz holga kelishini oldini olish mumkin.

Xulosa  qilib aytadigan bî‘lsak, kuchli shamol ofati yuz berganda fuqaro muhofazasi tizimlari davlat organlari xodimlari boshchiligida qutqaruv va buzilgan joylarda tiklash ishlarini bajaradi, jabr kî‘rganlarga birlamchi tibbiy yordam kî‘rsatadi.

Qurg‘okchilik ofati ham Αzbekistonga xos bî‘lib, ilgari bunga deyarli e’tibor berilmagan. Lekin keyingi yillarda ekologiyaning haddan tashqari buzilishi, suv resurslaridan notî‘g‘ri foydalanish va boshqa sabablar oqibatida bizning mintaqada ham bunday ofat aynan hozirgi paytda kuzatilmoqda.

Qurg‘oqchilikda odamlarni î‘limi, daraxtlarning, ekinzorlarning qurishi, kuchli yong‘inlarning chiqishi va turli xil kasalliklarning tarqalishiga imkoniyat yaratiladi. Takidlash joizki, Αzbekistonda qurg‘oqchilik muammosi Orol dengizi bilan bog‘liqdir.

Respublikamiz Prizidenti Islom Karimov «Î‘zbekiston XX asr bî‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida ta’kidlaganidek: «Yaqin-yaqinlargacha chî‘lu-sahrolardan tortib olingan va sug‘orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilan sî‘zlanardi. Ayni chog‘da ana shu suv Orolda tortib olinganligi, «jonsizlantirib qî‘yilganligi» xayolga kelmasdi, endilikda Orolbî‘yi ekologik kulfat hududiga aylandi». Ma’lumki, Orol dengizi suvi yildan yilga kamayib, qurib bormoqda. Buning oqibatida dengizga yaqin bî‘lgan joylarda dov-daraxtlar, ekinzorlar qurib, turli xil kasalliklar kî‘payib bormoqda. Ma’lumotlarga kî‘ra, Amudaryo suvining bor-yî‘g‘i 10 foiz miqdori Orol dengiziga quyilmoqda. Ammo hozirgi vaziyatda dengizga quyilayotgan suv hajmidan kî‘ra atmosferaga bug‘lanayotgan suv miqdori bir necha barobar kî‘pdir. Shu sababdan, Orol dengizi suvining balandligi ancha pastga tushib ketgan. Endi Orolni ilgarigi holatiga qaytarish uchun unga taxminan 50 km3 suv quyish kerak, bu degan sî‘z butun boshli Sirdaryo suvini tî‘liq quyish bilan barobardir.

Qor kî‘chkisining sabablari va oqibatlari.

Tog‘larning tik yon-bag‘irlaridan qor massasining pastlik tomon ag‘darilib yoki sirpanib tushishiga tog‘ kî‘chkisi deyiladi. Baland tog‘larning ustiga kî‘p qor yog‘ib, uning qalinligi ortadi va î‘z og‘irlik kuchi ta’sirida zichlashib, qayta kristallanib, yonbag‘irlikka pastlikka qarab osilib turadi va natijada uning qalinligi oshgan sari turg‘unligi susayib boradi. Kuchli shamol ta’sirida mana shunday qor massasi harakatga kelib pastlik tomon siljiy boshlaydi yoki ag‘darilib tushadi. Qor kî‘chkisida suriluvchi massaning hajmi bir necha ming m3 dan million m3 gacha tashkil yetadi. Qor kî‘chkilari quruq yoki hî‘l bî‘lishi mumkin. Agar qorning ustki qismi biroz muzlagan bî‘lib, uning ustiga qalin qor yog‘ib pastga qarab siljisa, quruq kî‘chki hosil bî‘ladi. Agar qor erigan suvga shimilib, uning tagi hî‘llanishi natijasida pastga ag‘darilishi hî‘l kî‘chki hosil bî‘ladi. Hî‘l kî‘chkilar 20-50 km/soat tezlikda, quruq kî‘chkilar esa 100 km/soat, ba’zan 300-400 km/soat tezlikda siljiydi. Qor kî‘chkilari pastga qarab harakat qilganda, yon-atrofdagi qor massalarini hamda tog‘ jinslarini î‘zi bilan surib ketadi. Mana shuning natijasida qor massasi kattalashib, hajmi bir necha mln. m3 ga, tezligi esa soatiga 250-350 km ga yetib, î‘z yî‘lidagi î‘rmonlarni sindirib ketadi, imorat va inshootlarni vayron qiladi, oqibatda juda katta moddiy zararni keltirib, insonlar î‘limiga sabab bî‘lishi mumkin.

Katta hajmli qor kî‘chkilari asosan 25-600 li qiyalikda kuzatiladi. Sirti tekis, î‘t bilan qoplangan qiyaliklar qor kî‘chkisi xavfli bî‘ladigan joylar hisoblanib, butali, toshli joylar qor kî‘chkisiga tî‘sqinlik qiladi. Shuning uchun î‘rmonzorlarda qor kî‘chkisi juda kam kuzatiladi. Masalan, 1990 yilning 13 iyulida Pomir tog‘ining eng yuqori chî‘qqisida yer silkinishi oqibatida katta hajmdagi qor massasi kî‘chib, pastlikka 5300 m balandlikda joylashgan alpinistlar lageriga qulab tushgan va oqibatda 40 nafar odam qor ostida qolgan. 1999 yil 21 noyabrda kî‘p miqdorda qor yog‘ishi natijasida «Qamchiq» dovonining 157-167 km larida sodir bî‘lgan. Bu ofat oqibatida 29 odam halok bî‘ldi, 19 kishi turli jarohatlar olgan va 73 kishi sovuqda uzoq muddat qolib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘iga kî‘ra tezkor guruhlar hodisa yuz bergan joyga yetib kelib, tegishli chora-tadbirlar kî‘rilgan. Kî‘rilgan tadbirlar oqibatida 34 ta turli rusumdagi avtomobillar qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta mashinani qor chuqurlik tomon surib tushirganligi aniqlanib zudlik bilan ular qutqarilgan. Ofat yuz bergan joyga Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari avariya qutqaruv bî‘limlari, «Najotkor» respublika qidiruv-qutqaruv markazi, Chirchiq shahri «Haloskor» maxsus harbiylashtirilgan qidiruv qutqaruv qismi î‘z texnik vositalari bilan jalb qilinganlar. Ular yî‘llarni qor uyumlaridan tozalab, odamlarni xavfsiz joylarga olib chiqilib, jabr kî‘rganlarga birinchi tibbiy yordam va boshqa kî‘maklarni kî‘rsatganlar. Umuman, bu ofat oqibatida 400 ta transpor vositasi va 1200 ziyod yî‘lovchi qutqarib qolingan.

Hozirgi vaqtda tog‘li hududlarda maqsadli qurilishlar (suv omborlari, geslar, dam olish uylari, davolanish maskanlari) qurilishi munosabati bilan qor kî‘chkilari bî‘lishi mumkin bî‘lgan hududlar aniqlanib, î‘rganilib tegishli tadbirlar qilingan. Qor kî‘chkilarini oldini olish uchun muhandislik choralarini kî‘rish (tog‘ yon-bag‘irlari tekislanib, supalar tashkil etish, daraxtzorlar barpo etish, harakatga keluvchi qor uyumlarini yî‘qotish, tî‘siqlar î‘rnatish va boshqa himoyalanuvchi vositalar qurish) talab etiladi.

Sel, uning xususiyatlari va talafotlari.

Tog‘ hududlarida kuchli yomg‘irlarning yog‘ishi, muzlik va qorlarning tez erishi natijasida hosil bî‘lgan daryo toshqinlarini, tog‘ yon-bag‘rilarida nuragan tog‘ jinsi bî‘laklarini suv oqimi bilan tekislikka tomon oqizib tushirilishi sel hodisasi deb yuritiladi. Sel oqimi massasining taxminan 50-60 foizi turli kattalikdagi tog‘ jinsi bî‘laklaridan, î‘simlik va daraxt bî‘laklaridan iborat bî‘ladi. Sel oqimining davomiyligi ko’pincha, 0,5-2 soatdan 12 soatgacha, tezligi 5-8 m/s dan 12 m/s gacha etishi mumkin, sel massasining zichligi esa 1,2-1,9 t/m3 ni tashkil etadi.

Sel oqimlarining tezligini 3 guruxga bo`lish mumkin: juda tez (100ming.m3 dan ko`p sel massasining xarakati, 6-10 yilda bir marta ), o`rtacha (10dan 100ming * m3, 2-3 yilda bir marta) va kuchsiz (10 ming *m3 dan kam ).

Bunday fizik kî‘rsatkichlarga ega oqim juda katta kuch bî‘lib, xalq xî‘jaligiga sezirarli zarar keltiradi, oqim yî‘lida uchragan suv inshootlarini, yî‘llarni, qishloq va shaharlarni, bog‘larni, kî‘priklarni vayron qilib ketadi, ulkan maydonlarni loy, qum, tosh qatlamlari bilan kî‘mib tashlaydi.

Sel - arabcha sî‘z bî‘lib, tog‘lik hududlardagi suv toshqini ma’nosini anglatadi.

Sel oqimlari î‘zi bilan olib keladigan qattiq zarrachalarning î‘lchamiga qarab uch guruhga bî‘linadi:

·         suv-toshli sellar;

·         loyqa sellar;

·         aralash sellar.

Yer yuzasida yuz bergan ofatli sellarga misol qilib, 1934 yilining yangi yil kechasi AQSHning Los-Anjeles shahri atrofida kuzatilgan sel oqimini kî‘rsatish mumkin. Shu kuni shaharga yaqin Kordelyera tog‘ida kuchli yomg‘ir yog‘ib, uning miqdori 538 mm.ni tashkil etgan. Yomg‘ir tinishidan sal oldinroq tog‘dan katta tezlikda suv toshqini pastga harakat qilgan. Bu suv toshqini 100 m masofagacha yoyilib unga yaqin bî‘lgan ikki shahar - Lya Kreket va Montero shaharlariga katta talafot yetkazgan. Suv oqimi tî‘lqinining balandligi 6 m.gacha yetgach, î‘z yî‘lida 500 ta kî‘prikni, bir qancha imoratlar va inshootlarni vayron qilgan, qanchadan-qancha odamlarni boshpanasiz qoldirgan.

Markaziy Osiyoda eng kuchli sel oqimlari Qozog‘iston Respublikasining Olma-Ota shahridan î‘tuvchi, shahar nomi bilan ataluvchi daryo vodiysida kuzatilgan. Masalan, 1921 yil 8 iyun kuni kechqurun yuz bergan sel oqimi natijasida shaharga olib kelingan tog‘ jinslari 100 mingta vagonga jo bî‘lgan. Bu ofat natijasida 400 dan ortiq kishi halok bî‘ldi. Sel oqimining vujudga kelishiga tog‘lik hududlardagi qorlar va muzliklarning erishi, kuchli yomg‘ir yog‘ganligi sabab bî‘lgan.

Olma-Ota shahri va uning atrofida juda kî‘p talofotli sel oqimlari kuzatilgan. Ulardan yana biri Medeo sel tî‘g‘oni qurilgandan keyin, 1973 yil 15 iyul kuni rî‘y bergan. Shu kuni kuchli yomg‘ir ta’sirida baland tog‘likdagi tabiiy kî‘l tî‘g‘onlarining buzilishi natijasida kuchli sel oqimi hosil bî‘lgan. Bu oqim taxminan 2 soat davom etib, uning sarfi 2000-3000 m3/s.ga etgan va Medeo tî‘g‘oniga 400000000 m3 sel massasi olib kelib tashlangan. Ertasi kuni sel qayta takrorlanganda Medeo seli tî‘g‘ondan oshib ketishiga atigi 6 m masofa qolgandi. Agar sel tî‘g‘ondan oshib harakatlansa, Olma-Ota shahriga juda katta xavf tug‘dirishi mumkin edi. Shuning uchun buni oldini olish maqsadida  tî‘g‘ondagi suv asta sekin chiqarib yuborilib, tî‘g‘onning balandligi 150 m gacha kî‘tarilgan. 1988 yil 29 yanvarda Kos- Uzen qishlog`ida (Qozog`iston ) 80 m balandlikdan xajmmi 200 mln m3 bo`lgan qum,tosh va loy aralash sel oqimlari xarakatga kelib, 115 m uzunlikdagi temir beton  ko`prikni, ko`plab insonlarning yashash uylarini buzib insonlarning o`limiga sabab bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasining Toshkent, Qashqadaryo, Surxandaryo va Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog`lik  xududlari sel ofati  bo`ladigan zonalar hisoblanadi.

Oxirgi 100 yil ichida Αzbekiston Respublikasi hududida 2500 dan ortiq sel oqimlari kuzatilgan. Bulardan 1400 dan ortig‘i loyqa, 350 dan ortig‘i suv-toshlik, 650 dan ortig‘i aralash sellardir. Respublikamizning Farg‘ona vodiysida, Toshkent oldi hududlarida sel oqimlari tez-tez kuzatilib turiladi. Sel oqimlari Respublikamiz hududida bahor mavsumida va yozning birinchi oyida yuz beradi. Bunga sabab hududimiz joylashgan mintaqaning tabiiy sharoiti bî‘lib, bahor oylaridagi kuchli jala, yomg‘irlar, haroratning issiq kelishi, tog‘larda muzlik va qorlarning tez erishi, daryo î‘zani qiyaligining 3-50 dan kattaligi, suv yig‘ish maydonida zarrachalari bog‘lanmagan bî‘shoq tog‘ jinslarining mavjudligi asosiy omillardan bî‘lib hisoblanadi.

Shu î‘rinda Farg‘ona viloyatining Shohimardon qishlog‘ida 1998 yil yozda bî‘lgan sel falokati tî‘g‘risidagi ma’lumotni keltirsak. Havoning birdan issib ketishi natijasida Qirg‘iziston Respublikasining Αsh viloyati tog‘laridagi qorlarni erishi tezlashib, buning oqibatida 1998 yilning 7 iyulidan 8 iyulga î‘tar kechasi katta suv oqimi paydo bî‘lgan. Bu oqim Shohimardon soyga qî‘shilib, uning suv sig‘imini 200 m3/s ga kî‘paytirib yuborgan va kuchli oqim natijasida 52 ta xî‘jalik, 36 ta dam olish maskanlari zarar kî‘rgan. 8-9 iyul kunlari odamlarni Shoximardon qishlog‘idan kî‘chish ishlari boshlangan. Bu ofat oqibatida 104 ta odam jasadlari, 68 ta har-xil hayvonlarning tanalari topilgan. Kuchli sel oqimi natijasida 15 km gaz î‘tkazish, 14 km avto yî‘l, 4 ta yirik avtomobil kî‘prigi, 3 km suv î‘tkazish tizimlari, 3 km elektr uzatish tarmoqlari yaroqsiz holatga kelgan, 200 dan ortiq savdo shaxobchalari butunlay vayron bî‘lgan. Bu tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga 2000 ga yaqin fuqarolar, 438 ta texnikalar jalb qilingan.

2002 yilning iyul oyida xuddi shu yerda Vodil qishlog‘ida sel ofati rî‘y berdi. Ofat î‘chog‘i Qirg‘izistoning Qadamjoy tumanidan boshlangan kuchli jala yomg‘iri oqibatida Shohimardonsoy daryosidagi suv sathi keskin kî‘tarilib, Vodil qishlog‘iga katta sel oqimi yopirilib keldi. Bu ofat Vodio qishlog‘i hududlaridagi uylarga, yî‘llarga, ekinzorlarga, kommunikatsiya tizimlariga katta zarar yetkazgan. 

Sel oqimlarining oldini olish, ularga qarshi kurashish, sel bî‘lishi mumkin bî‘lgan maydonlarni aniqlash, ularni vujudga kelish sabablarini chuqur î‘rganish, atrof-muhitni muhofaza qilishning asosini tashkil etib katta xalq xî‘jalik ahamiyatiga ega. Shuning uchun sel hodisasini bartaraf qilish maqsadida olib boriladigan ishlar ilmiy, amaliy xulosalarga, chora-tadbirlarga asoslangan bî‘lishi maqsadga muvofiq.

Bular quyidagilardan iborat:

1. Sel bî‘lishi mumkin bî‘lgan daryolarning suv yig‘ish maydonlarida doimiy kuzatish ishlarini olib borish. Bunda suv yig‘ish maydonida bî‘shoq tog‘ jinslari yig‘ilishining oldini olish, oqar suvlar oqimiga tî‘sqinlik qiluvchi tabiiy va sun’iy tî‘siqlardan tozalash ishlari;

2. Sel oqimi yuzaga kelishi mumkin bî‘lgan daryolarning suv yig‘ish maydonlarini muhofaza qilish, ya’ni bu maydonlarda î‘simlik dunyosini saqlash, daraxtlar va butalarni kesish, maydonlarda shudgorlash va sug‘orish ishlarini olib borishni chegaralash;

3. Αrmon xî‘jaliklarini rivojlantirish, ya’ni tog‘ yon-bag‘rilarida butalar va daraxtlarning ekilishini yî‘lga qî‘yish talab etiladi, chunki bu î‘simliklar tog‘ jinslari qatlamlarini mustahkam ushlab turadi, qor erishini sekinlashtiradi, yer yuzasini yuvilishdan saqlaydi;

4. Tog‘li hududlardagi daryolarning î‘zanida suv oqimini  boshqaruvchi inshootlar qurish, tabiiy, sun’iy tî‘g‘onlarni tartibga solish, temir yî‘l, avtomobil yî‘llari ostiga sel î‘tkazuvchi katta diametrli quvurlar yotqizish ishlarini tashkil etish.

Sel oqimiga qarshi kurashish uslubini tanlash maqsadida maxsus muhandis-geologik qidiruv ishlari olib boriladi. Olingan natijalardan (har tomonlama tahlil qilish asosida) î‘rganilayotgan hudud uchun xarita tuziladi.

Bu xaritada:

·         sel kuzatiladigan;

·         sel kuzatilishi mumkin bî‘lgan;

·         sel kuzatilmaydigan maydonlar ajratiladi.

Sel kuzatiladigan va kuzatilishi mumkin bî‘lgan joylarning iqlim sharoitiga, geologik î‘zgarishlarga, vujudga kelishi mumkin bî‘lgan sel oqimi kuchiga qarab kurashish usullari tanlanadi, tadbir choralari belgilanadi.

Tog‘lik hududlarda shaxsiy imoratlarni qurish ishlari sel xavfi xaritasi bilan tanishgan holda, maxsus tashkilotlar ruxsati asosida olib borilishi kerak.  

Xulosa qilib ta’kidlash mumkinki, yuqorida aytilgan hamma ofat turlari Αzbekistonga xos xarakterlidir. Shuning uchun shu î‘lkada yashovchi har bir fuqaro yuqoridagi aytilgan tabiiy ofatlardan qî‘rqmasdan, esankiramasdan, yuqori tashkilotlar, fuqarolar muhofazasi organlari tomonidan beriladigan har bir kî‘rsatma, yî‘riqnomalarga qat’iyan rioya etib, harakat qilish zarur. Bunda hech qanday î‘zboshimchalik, odamlarni bezovtalantirish, xavfsirash, faqat î‘z manfaatini kî‘zlaydigan harakatlarni qilish ta’qiqlanadi. Qayerda yuqori intizom, chuqur ishlangan omillar bî‘lsagina, î‘sha yerda ofat oqibatlari tugatilib, hayot tezda î‘z  iziga tushib ketadi.

 

Mustahkamlash uchun savollar

1. Tabiiy ofatlarning bir-biridan farqi va umumiy xususiyatlarini tushuntiring.

2. Yer silkinishining turlari va kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?

3. Yer silkinish î‘chog‘ida qilinadigan eng asosiy vazifalar nimalardan iborat?

4. Suv toshqiniga sababchi omillarni tushuntiring.

5. Yer surilishi, uni bildiruvchi birlamchi belgilar nimalardan iborat?

6. Kuchli shamol va uni keltiradigan  talàfotlari qanday?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ma’ruza ¹ 6 : Òåõnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar,

           ularning keltiradigan talafotlari

                  

Reja:

1.      Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni kelib chiqishiga sababchi omillar.

2.      Gidrotexnik inshootlardagi yong’in chiqish va portlash xavfi bo’lgan obyektlardagi va insonlarga kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) ta’siridagi avariyalarda olib boriladigan chora-tadbirlar.             

 

Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil kî‘rinishidagi falokatlar kirib, ular Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktabrdagi 455-sonli qarorida “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar tasnifi”da kî‘rsatib î‘tilgan.

Gidrotexnik inshootlardagi avariyalar :

Ma’lumki, Αzbekiston Respublikasida hozirgi paytda 53 ta suv ombori, daryo suvlarini iste’molchilarga taqsimlab beruvchi 150 dan ortiq suv tî‘g‘onlari, 28122 km uzunlikdagi magistral kanallar va boshqa suv inshootlari mavjud. Bunday inshootlar har qanday favqulodda vaziyatlar yuz berganda (harbiy holatda ham, tinchlik davrida ham) katta xavf tug‘diradi. Gidrotexnika inshootlarning ayrimlari katta shaharlar va yirik aholi yashash joylari yaqinida joylashga bî‘lib, yuqori darajadagi xavfli obyektlar hisoblanadi.

Gidrotexnik inshootlari, kî‘rsatkichlariga kî‘ra har xil bî‘ladi:

1) joylashgan î‘rniga kî‘ra:

a) yer usti inshootlari (daryo, kî‘l, kanal va h.k);

b) yer osti inshootlari (î‘tkazuvchi quvurlar, tunellar va

     h.k).

2) foydalanish maqsadiga kî‘ra:

a) suv-energetika inshootlari;

b) suv ta’minoti inshootlari;

v) sug‘orish inshootlari;

g) chiqindi suvlarni chiqarish inshootlari;

d) baliqchilik xî‘jalik inshootlari;

e) suv-sport inshootlari va h.k.

3) vazifasiga qarab:

a) GES lar va boshqa suv inshootlari (tî‘g‘onlar va boshqalar);

b) suv î‘tkazish inshootlari (kanallar, tunellar, quvur î‘tkazgichlar);

v) tarnovlar, osma quvurlar va h.k.;

g) tashlandiq suv inshootlari (ortiqcha suvni chiqarish uchun);

d) suv oqimini tartiblash inshootlari (suv oqimini tî‘g‘irlovchi, daryo va qirg‘oq î‘zanlarini yaxshilovchi va boshqalar);

e) baliq xî‘jaligi inshootlari (baliq boqish uchun).

Gidrotexnik inshootlarning buzilishi juda kata hududlarni, jumladan: shaharlar va aholi yashash joylarni, sanoat tarmoqlarini va moddiy resurslarni suv ostida qolishiga olib kelishi mumkin, oqibatda juda katta ham ma’naviy, ham moddiy zararlarni olib kelishiga sabab bî‘ladi. Jumladan, suv urib ketgan inshootlar, avtomobil va temir yî‘llar, elektr va aloqa uzatish simlarining zararlanishi, chorva mollari, qishloq xî‘jalik ekinlari hosili, ekinzorlar va boshqalarning nobud bî‘lishi, xom-ashyo, yoqilg‘i, oziq-oqat mahsulotlari, î‘g‘itlar va boshqa resurslarni yaroqsiz holga kelishi; aholini xavfsiz joylarga vaqtincha evakuatsiya qilish xarajatlari; yerlarning hosildor qatlamining yuvilib ketishi; suv bosgan hududlarda oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqa kerakli mahsulotlarni olib kelish xarajatlari va boshqa salbiy talofotlarga olib keladi.

Gidrotexnik inshootlari quyidagi ta’sirlar natijasida buziladi:

1) tabiiy ofatlar oqibatida (zilzila, kî‘chki, jala yomg‘irlar yuvib ketish va boshqalar);

2) uskunalarning tabiiy yemirilishi va eskirishi;

3) inshootni loyihalash va qurishdagi xatoliklar;

4) suvlarni ishlatish qoidalarini buzilishi;

5) portlatishlar oqibatida (harbiy harakatlar, terrorchilik va boshqalar).

Gidrotexnik inshootlarining buzilishi natijasida muayyan oqibatlarga olib keladi, jumladan: Gidrotexnik inshooti î‘z vazifasini bajarmay qî‘yishi; suv tî‘lqinini insonlarga zarar yetkazishi va turli inshootlarni buzilishi; hududlarni suv bosib, mol-mulkka, yerlarga, moddiy resurslarga va boshqa obyektlarga jiddiy moddiy zarar keltiradi. Shuning uchun bunday inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlar zimmasiga ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Fuqaro muhofazasi tî‘g‘risida”gi qonunining 8,9-moddalarida kî‘rsatib î‘tilgan majburiyatlar yuklangan. Unga kî‘ra bunday xavfli obyektlarni loyihalash, qurish va ishlatish davomida xavfsizligini pasayish sabablarini tahlil etish, sodir bî‘lishi mumkin bî‘lgan avariyani oldini olish bî‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bajarish, shuningdek bunday masalalar bî‘yicha favqulodda vaziyatlar tizimlari bilan hamkorlik qilish ta’kidlab î‘tilgan.

Shu o`rinda 2009 yil 17 avgustda Rossiyaning “Sayan- Shushensk” GESida  bo`lgan  avariya to`g`risidagi ma`lumotni ta’kidlab o’tish joiz. Ushbu gidroinshoot  juda baxaybat  qurilgan  bo`lib uning uzunligi 1 km dan  uzun, balandligi 250 m, gidrostatik vazni 22  mln tonnani tashkil etadi. GES ning avariyaga uchrashishining sababi, 1985 yilda gidroinshoatning eng baland ustuni darz ketib, Yenesey daryosining bu qirg`og`idan u qirg`og`igacha bo`lgan butun to`g`on tanasida yoriq p`aydo bo`lgan. Yoriqdan xar soniyada 550 litr suv oqib o`ta boshlagan va natijada to`g`on betoninig yemirilishi boshlangan. Yemirilish jarayoni 8 yil  mobaynida davom etgan va 1996 yildagina  Fransuz mutaxassislari  tomonidan  yoriq polimer materiallari bilan yaxlitligi tiklangan. Shu davr mobaynida (8 yil) inshoatning ba`zi bir seksiyalari 97 mm dan - 107 mm gacha joyidan siljigan. Ammo, “Gidrotexnik inshoatlar xavfsizligi” to`g`risidagi qonunga binoan, 108 mm ga siljish xavfsizlik nuqtai nazaridan “taxlikali” xolat xisoblanadi. Shunday ayanchli xolatga qaramasdan, gidroinshoatdan foydalanib kelishligi oqibatida to`g`onning ikkinchi agregat qisimlari sochilib qulab tushgan va yong`in paydo bo`lgan. Bu avariyaning talàfîti natijasida 100 dan ziyod fuqarolarning qurbon bo`lganligi va katta moddiy zarar ko’ringanligi ma’lum.

Gidrotexnik inshootlarda avariya bî‘lmasligi uchun muhofaza qilinish chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur, jumladan:

1) Gidrotexnik inshootlarini loyihalash va qurilishda xatoliklarga yî‘l qî‘ymaslik;

2) Gidrotexnik inshootlaridan tî‘g‘ri foydalanish;

3) Gidrotexnik inshootlaridagi belgilangan tadbirlarni va ta’mirlash ishlarini î‘z vaqtida bajarish;

4) qirg‘oq va inshoot tubini mustahkamlash ishlarini î‘tkazish;

5) Suv chiqarishda va g‘amlashda qonun qoidalarga rioya etish (vaqtga mos ravishda taqsimlanishi);

6) Qî‘shimcha suv omborlari yordamida toshqin suvlar oqimini tartibga solib turish:

7) Gidrotexnik inshootlaridagi vaziyatni doimo kuzatib turish;

8) Gidrotexnik inshootlari hududini chet elli kishilar kirishidan ishonchli qî‘riqlash;

9) Falokatlarga olib keladigan noqulay omillar bî‘lish ehtimolini oldindan aytish taxminlarini tuzish uchun gidrotexnik sharoitni muntazam kuzatib borish.

Gidrotexnik inshootlaridagi avariyalarda fuqarolarning xatti-harakatlari :

Gidrotexnik inshootlaridagi avariyada fuqarolar quyidagi qoidalarni bajarishlari lozim:

1) Suv ostida qoladigan hududdagi fuqarolarni, suv bosishi mumkin bî‘lgan hududlarni va suv bosish vaqtini shuningdek shikastlovchi omillarini (suv urib ketadigan tî‘lqin balandligi va tezligini va boshqalarni) yaxshi bilishlari kerak;

2) Aholining hammasi suv bosish xavfi tug‘ilgandagi va suv bosgandagi xatti-harakatlarga tayyorlangan bî‘lishlari kerak;

3) Aholining hammasi suv bosish ehtimoli borligi, suv bosish vaqti, uning chegaralari haqidagi va evakuatsiya tartibi haqidagi tavsiyalarni vaqtida olishi kerak;

4) Xavf haqidagi xabar (ogohlantirish) olinganda quyidagi ishlar qilinishi kerak:

-  darhol hujjatlarni, qimmatbaho va kerakli buyumlarni, 2-3 kunlik oziq-ovqat va ichimlik suvini î‘zi bilan olish;

- uylarni ehtiyot holatda (gaz, suv, elektr ta’minotini î‘chirishi) qoldirishi kerak;

- chorva mollarini xavfsiz joylarga î‘tkazib qî‘yish;

5) Agar tî‘satdan halokatli suv bossa:

- suvning tî‘lqin zarbidan saqlanish uchun mustahkam qurilgan inshootlarning yuqori qismlariga chiqiladi;

- oldindan tayyorlangan qutqaruv vositasini (4-6 ta bir litrli plastmassa idishlari osilgan  najot kamarini) taqib olishadi;

- agar odam imorat ichida (yuqori qismlarida ) qolgan bî‘lsa, qayerdaligini belgilab, qutqaruvchilar yordamga kelishi uchun oq bayroq belgilari osib qî‘yiladi.

Yong‘in xavfi bî‘lgan obyektlardagi avariyalar :

Yong‘in - bu nazorat qilib bî‘lmaydigan hodisa bî‘lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yî‘q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi ofat, ayniqsa u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favquloddagi vaziyatdir.

Yong‘inning kelib chiqishi uch omilning bir vaqtda, bir joyda duch kelishining oqibatidir, ya’ni:

- yonuvchan moddani (neft, qog‘oz, yog‘och va boshqalar);

- havo harorati (issiqlik);

- uchqun-alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).

Xalq xî‘jaligida yong‘in chiqishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

a) chekish paytida yong‘ingarchilikka ehtiyotsizlik bilan munosabatda bî‘lish, yonuvchan moddalarni yoqish, gugurt bilan yoritish va boshqalar. Bunday yong‘in umumiy yong‘inning 26 foizini tashkil qiladi;

b) bolalarning î‘t bilan î‘ynashi - 14 %;

v) elektr jihozlarini boshqarish qoidalarini buzish natijasida - 13,5 %;

g) pechka va tutun quvurlarining notî‘g‘ri î‘rnatilishi oqibatida -  8,5 %;

d) isitkich jihozlaridan notî‘g‘ri foydalanishda - 8,3 %;

e) elektr moslamalarini montaj qilish qoidalarining buzilishi - 5 %;

y) payvandlash ishlarini bajarishda yong‘in xavfsizlik qoidalarining buzilishi-2,3 %;

j) texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarining buzilishi - 1,2 % ni tashkil etadi.

Demak, yong‘inning birlamchi sabablari kichik yong‘in manbalari turtkilari bî‘lishi mumkin - bular sigaret qoldiqlari, uchqunlar va î‘chirilmagan gugurt qoldiqlari; yuqori haroratli issiqlik manbalari - alanga, pechka va tutun chiqadigan quvurlarning qizigan konstruksiyalari va boshqalar bî‘lishi mumkin.Yong‘in natijasida quyidagi xavfli omillar paydo bî‘ladi: ochiq alanga va uchqunlar; havo va predmetlardagi yuqori harorat; yong‘indan paydo bî‘lgan î‘tkir zararli mahsulotlar; tutun; kislorod miqdorining pasayishi, bino va inshootlarning yemirilishi va buzilishi; portlashlar sodir bî‘lishi; yong‘in bî‘lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi, yong‘inni suv bilan î‘chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida portlashlar yuz berishi va boshqalar.

Ma’lumotlarga kî‘ra, yong‘indan nobud bî‘lganlarning 60 - 80 %i nafas olish yî‘llarining zaharlanishi yoki toza havoning yetishmasligi oqibatida halok bî‘lar ekan.

Yonishda yonuvchi mahsulotlar bilan oksidlovchilar orasida î‘zaro ta’sir natijasida bî‘ladigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayondir, bunda issiqlik, zaxarli gazlar va yorug‘lik nurlarining ajralishi kuzatiladi.

Demak, yonish jarayonining paydo bî‘lishi uchun yonuvchi material, yondiruvchi manba  va oksidlovchilar bî‘lishi zarurdir.

Havoning tarkibidagi kislorod miqdori 14-16 % bî‘lganda yonish tî‘xtaydi va tutash boshlanadi. Agarda kislorod miqdori 8-10 % ga kamayganda tutash ham tî‘xtaydi.

Yong‘in sodir bî‘lganda yondiruvchi manbalar ochiq (uchqun, yorug‘lik kuchlari, alanga va chî‘g‘langan predmetlar) va berk holatda (ishqalanish, katta kuch bilan urish, kimyoviy reaksiyaning issiqligi, mikrobiologik jarayonlar va hokazo) bî‘lishi mumkin.

Yonuvchi materiallarga - qattiq, suyuq va gazsimon bî‘lishi mumkin, masalan, taxta, kinoplyonka, nitrotselluloza, kimyoviy erituvchi suyuqliklar, vodorod, metan, propan, kî‘mir va hokazolar.

Oksidlovchilarga - kislorod, brom, xlor, natriy peroksidi, nitrat kislotasi, bertole tuzi kiradi.

Yonish paytida hosil bî‘ladigan “max” harorat miqdori yonuvchi material turiga bog‘liq bî‘ladi. Masalan, qog‘ozda - 5100C, suyuq yoqilg‘i - 110 -13000C, taxtada - 10000C, gazli yoqilg‘i - 1200-13000C hosil bî‘ladi.

Predmetlar yonishini quyidagi turlari mavjud: o’t olish, alangalanishi, yonishi, î‘z-î‘zidan alangalanishi va î‘z-î‘zidan yonishi.

1) î‘t olish - bu suyuq yoki qattiq materiallarning bug‘ fazasidagi yonishidir. î‘t olish tez yonuvchan (450C gacha) va yonuvchan suyuqliklarga (450C dan yuqori) bî‘linadi. Tez yonuvchilarga: atseton, skipidar, spirt, benzin, kerosin va solyar moyi, sekin yonuvchilarga esa - mineral surkov moylari, tormoz suyuqliklari kiradi.

2) Alangalanish - bunda material qaynash haroratigacha qizib, yonganda va tutashda davom etadi. Bu jarayonda ham bug‘, uchuvchan uglevodorodlar va boshqa yonuvchan aralashmalar hosil qiladi. Alangalanish harorati î‘t olish haroratidan ancha baland bî‘ladi.

3) î‘z-î‘zidan alangalanish - bu yonishga î‘tayotgan jarayonda haroratiga qarab 2 guruhga bî‘linadi: a) alangalanuvchining harorati atrof-muhit haroratidan baland bî‘lishi yoki  b) past bî‘lishi mumkin.

Birinchisida materiallarni qizishi natijasida yonadi, ikkinchisida - qizimasdan yonadi. î‘z-î‘zidan  alangalanuvchilarga - yog‘, kî‘mir, torf, somon, yog‘och qipig‘i, sariq fosfor va hokazolar kiradi.

Yonish jarayonini vaqti quyidagi formula bilan aniqlanadi:  soat.

Bunda :  N  -  yonuvchi moddaning miqdori, kg/m3;

              V  -  moddaning yonish tezligi, kg/m3.

4) î‘z-î‘zidan yonish - bu oksidlovchilarning issiqlik jarayonlari va mikroorganizmlarning faoliyati natijasida materiallarning yonish jarayonidir. Bularga: î‘simlik va hayvon yog‘lari, don, torf va boshqalar kiradi.

Yong‘in sodir bî‘ladigan joylar ikki turga: korxona va tashkilotlar hamda fuqarolarning yashash joylariga bo’linib, yong‘in miqyosi: kichik hajmda, î‘rta hajmda va katta hajmda bî‘ladi.

Yong‘inning tez va keng tarqab ketishining asosiy sabablariga:

- inshootlar loyihasini ishlab chiqishda yî‘l qî‘yilgan xato va kamchiliklar;

- inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat standartiga rioya qilmaslik;

- yong‘in nazorati, gazdan foydalanishning nazorat qilish xodimlari tomonidan kî‘rsatilgan yong‘inni oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi;

- bolalarning yong‘in chiqishiga olib keluvchi î‘yinlariga beparvolik;

- yong‘inga qarshi kurashda qî‘llaniladigan qutqaruv vositalarining kamligi kabi omillar kiradi.

Demak, bulardan kî‘rinadiki, yong‘inlarni asosiy sababchilari fuqarolar hisoblanadi. Shuning uchun ham fuqarolarga aytadigan tavsiyamiz: “yong‘inni oldini olish uni î‘chirishdan afzalroqdir”.

Yong‘inni oldini olish chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:

- tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar î‘tkazish, yong‘in chiqishi va portlashlarga sabab bî‘luvchi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish;

- qurilish me’yorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus buyruqlarni sî‘zsiz bajarish;

- muntazam tarzda davlat maxsus tekshiruv idoralari tomonidan kî‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yî‘l qî‘ymaslik;

- yong‘inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, qolaversa yong‘inni î‘chirish uchun birinchi daqiqada bir piyola, ikkinchi daqiqada bir chelak suv yetarli bî‘lishini, uchinchi daqiqada esa bir sisterna suv ham yetmay qolishi mumkinligini yodda saqlash;

- muntazam ravishda aholini yong‘inning oldini olish chora-tadbirlarini bajarishga va boshqalardan ham, talab qilishga î‘rgatish.

 Yong‘inga qarshi kurashuvchi tizimlarning  tadbirlari :

Mamlakatimizda yong‘in ofatiga qarshi Respublika ichki ishlar Vazirligi (IIV) qoshida yong‘in muhofazasi boshqarmasi rahbarlik qiladi va î‘z navbatida uni quyi bî‘g‘in (viloyat, tuman) tarmoqlari ham faoliyat kî‘rsatadilar. Yong‘inga qarshi muhofaza boshqarmasi bî‘limlari oldiga, yong‘inga qarshi himoyalash bilan bog‘liq bî‘lgan kompleks omillarni boshqarish yuklatilgan.

Maxsus katta korxonalarda harbiylashgan va kasbiy yong‘inni î‘chirish bî‘limlari tuzilgan hamda korxona, muassasa va tashkilotlarda yong‘in muhofazasi tizimi mavjuddir.

Yong‘in bî‘lgan vaziyatlarda î‘t î‘chirishga kelgan kî‘pchilik î‘t î‘chirish zvenosi a’zolari va aholi quyidagi guruhlarga bî‘linadi: yong‘inni î‘chirish, suv bilan ta’minlash, himoya va qoravullash guruhlari. Har bir guruhga kî‘pchillik î‘t î‘chirish zvenosi boshlig‘i tomonidan boshliq tayinlanadi.

1) Yong‘inni î‘chirish guruhi - yong‘inli hududdan odamlarni, moddiy resurslarni olib chiqish va yong‘inni î‘chirish yuklatilgan.

2) Suv bilan ta’minlash guruhi - suv nasoslariga tî‘xtovsiz suvni kelib turishini ta’minlash, agarda ular suv havzalariga î‘rnatilmagan bî‘lsa, qî‘l bilan ishlovchi nasoslar yordamida suv ta’minotini tashkil qilish yuklatilgan. Agar nasoslar bî‘lmaganda chelak va boshqa idishlardan foydalaniladi.

3) Himoya qiluvchi guruhi - yong‘in bî‘layotgan joy atrofida joylashgan obyektlarni himoya qilish ishlarini bajarishadi. Bu guruh tomonidan zarur hollarda qî‘shni bino va qurilmalarning yonuvchi konstruksiyalarini yechib olinadi va bu bilan yonayotgan obyekt î‘rtasida uzilish (ochiq masofa) hosil qilinadi, natijada yong‘ining tarqalib ketishi tî‘xtatiladi.

4) Qoravullash guruhi - bular î‘t î‘chirish guruhiga odamlarni, moddiy resurslarni xavfsiz joyga kî‘chirishda yordamlashadi va ularning muhofazasini ta’minlaydilar. Bu guruh a’zolari shikastlanganlarga birlamchi tibbiy yordam kî‘rsata bilishlari zarur.

Tez yonuvchi yoqilg‘ilar va moylar saqlanadigan idishlar va omborxonalardagi yong‘inni î‘chirish uchun î‘tga qarshi kî‘pik hujumini tashkil qilish va neft mahsulotlarini yonayotgan rezervlardan zaxira qismlariga qayta haydash kerak. Sisterna og‘zilarini va idish teshiklaridan chiqayotgan olovni qopqoq yoki hî‘l brezent bilan yopib î‘chirish kerak.

Tî‘kilgan suyuq yoqilg‘ilardan paydo bî‘lgan mayda yong‘inlar kî‘pikli î‘t î‘chirish jihozlari bilan bartaraf qilinadi hamda qum, tuproq, kigiz va xî‘l brezentlar yordamida î‘chirish mumkin.

Yong‘in î‘chog‘iga yaqin turgan yonilg‘i idishlari tezda suv bilan sovutilishi kerak, yoqilg‘ilar esa xavfli hududdan uzoqlashtirilishi kerak.

Αrmon, bug‘doyzor va tolali narsalar g‘aramlarini î‘chirishning afzallik tomoni, olovni yakkalashdir. O‘rmonlar va bug‘doyzorlardagi yong‘inlarni yakkalashda ularni atrofini 4 metr kenglikdagi yonayotgan joylar pluglar bilan haydab amalga oshiriladi va ustiga suv yoki yong‘inga qarshi eritmalar sepiladi.

Yong‘inga qarshi vositalar va ularning xususiyatlari

Αtni sî‘ndiruvchi vositalar - yonayotgan hududlarga yaqinlashtirilganda, u î‘tning yonish tezligini kamaytiradi yoki tî‘la î‘chiradi.

Αt î‘chiruvchi vositalarning quyidagi turlari mavjud:

1) Vositalarning agregat holatiga kî‘ra: gazsimon (azot, uglerod (IV) oksidi inert gazlari, yonmaydigan bug‘lar va suv bug‘i); suyuq holatda - suv, uglerod (IV) xlorid, etilbromid; qattiq holatda - soda, ormosler, quruq kul, tuproq va aralash holatda - suyuqlik bilan gazsimon kî‘piklar, qattiq bilan gazsimon  karbonat angidrid aralashmasi va boshqalar.

2) Ta’sir qilish tamoyillariga kî‘ra: sovituvchi (suv, uglerod (IV) xlorid) yonish hududiga kislorod kirishini izolatsiya qiluvchi (kukunli vositalar, kî‘piklar); yonish hududida kislorod miqdorini kamaytiruvchi vositalar (suv bug‘i, suv, karbonat angidrid); yonish jarayonini sekinlashtiruvchi kimyoviy vositalar (metilen bromid, metil bromid).

Suv - alohida holatda yoki har xil kimyoviy vositalar bilan aralashtirilgan holda ishlatiladi. U boshqa î‘chirish vositalariga nisbatan quyidagi xususiyatlari jihatidan ustun hisoblanadi:

a) keng miqyosda kiruvchanligi; b) katta issiqlik sig‘imiga ega bî‘lishi;

v) kimyoviy jihatdan neytralligi; g)tashishga qulayligi;  

d) arzonligi.

Ammo, suvning salbiy tomonlari ham bor, jumladan:

1) 00 C da muzlashi oqibatida nasos va shlangalarning yorilishiga olib kelishi;   

2) elektr î‘tkazuvchan bî‘lganligidan, elektr uskunalaridagi yong‘inlarni î‘chirishning xavfliligi;

3) erituvchi, hî‘llash xususiyatiga ega bî‘lganligidan, bezatilgan, jilolangan binolarga va arxiv boyliklariga zarar keltirishi, solishtirma og‘irligi suvnikidan kichik bî‘lgan suyuq yoqilg‘i yongandagi yong‘inlarni î‘chirib bî‘lmasligi va boshqa xususiyatlari.

Uglerod (IV) oksid - (karbonat angidrid) - havodan ikki marta og‘ir bî‘lganligidan, u yonish hududiga kislorod kiritilishini izolatsiya qilib qî‘yadi. U tez yonuvchan suyuq yoqilg‘ilar hosil qiladigan yong‘inlarni î‘chirishda hamda suvni ishlatish mumkin bî‘lmagan (muzeylardagi, arxivlardagi, elektr jihozlardagi) yong‘inlarni î‘chirishda qî‘l keladi.

Hî‘llovchilar - bular asosan quruq yonayotgan predmetlarda masalan, rezina, kî‘mir, ganch, torf, tolali materiallar hî‘llanuvchanlik xususiyatini oshirib, yong‘inni î‘chirishga yordam beradigan vositalardir. Hî‘llovchi vositalarga sovun, sintetik eritmalar, amilsulfat, alkil sulfinat va boshqalar kiradi.

Kî‘pik – mayda zarracha bî‘lib, uni hosil qilish uchun gaz zarrachalari suv qobig‘i bilan î‘raladi, ya’ni havo zarrachalarini suvga singdiriladi. Kî‘pik odatda suvning kî‘pik hosil qiluvchi modda va havo aralashmasini mexanik aralashtirish asosida hosil qilinadi. Kî‘pik mexanik va kimyoviy usullarda tayyorlanadi. Kimyoviy usulda tayyorlangan kî‘pik- 80% karbonat angidrid gazi, 19% suv va 0,3% kî‘pik hosil qiluvchi moddadan; mexanik usulda olingan kî‘piklar esa 90% havo, 9,6% suv va 0,4% kî‘pik hosil qiluvchi moddadan iborat bî‘ladi.

Qattiq moddalar va yengil alangalanuvchi suyuqliklar yonganda kî‘pik bilan î‘chirish yaxshi natija beradi. Chunki, yengil alangalanuvchi suyuqliklarning solishtirma og‘irligi suvnikidan yengil bî‘lganligidan, ular suv bilan aralashmaydi va erimaydi. Shuning uchun ham ularni suv bilan î‘chirib bî‘lmaydi.   

Kî‘pik bir qator kî‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi, ya’ni chidamliligi, kichik zichlikka ega bî‘lishi, yopishqoqligi va dispersliligi. Uning bu xususiyatlari yonayotgan hududga yonuvchan bug‘ va gazlarni kirishini tî‘sib, natijada yong‘inni tî‘xtatadi. Kî‘pikning muhim xususiyatlaridan uning sovutuvchanlik ta’siridir. Kî‘pik yengil alangalanuvchi suyuqlik yuzasini yoki qattiq yonuvchan material yuzasini yupqa qavat bilan qoplashi natijasida yonayotgan modda bilan havodagi kislorod î‘rtasida tî‘siq hosil qiladi. Bu tî‘siqning mustahkamligi kî‘pikning turg‘unlik xossasiga bog‘liq. Agar kî‘pikning turg‘unligi past bî‘lsa, unda suyuqlik yuzasida uzulish hosil bî‘lishi mumkin, ya’ni tarang tortilib turgan parda ochilib ketishi va buning oqibatida alangalanishning qaytadan boshlanishiga sharoit yaratadi.

Êimyoviy ko’piklar asosan qo’lda ishlatiladigan o’t o’chirgichlarda (OXP-10) qo’llanilib kelingan. OXP-10 o`t o`chirgichni ishlatish uchun uning yuqori qismidagi dastagini 180 gradusga qadar burib, qurilmaning yuqori qismini pastga qaratib, purgagich yongin bo`layotgan tomonga yo`naltiriladi. Bu qurilma 50-60 sekundga qadar ishlaydi. Ishlatib bo`lingan qurilma ichiga (OXP-10) yana kimyoviy ko`pik to`ldirib, qaytadan ishlatish mumkin. Hozirda yong’inni o`chirishda ko`proq natriy karbonat, fosfat kislotasi, kaliy va ammoniy birikmalari ishlatiladi. Suv va ko`pik bilan o`chmaydigan yong’inni kukun moddalari yordamida o`chirish amaliyoti joriy etilgan. Masalan, PS-1, OP, PSB turidagi kukun vositalaridan hatto past haroratda ham foydalanish mumkin. Afzalligi yana shundaki, ular korroziyaga olib kelmaydi va tokni o`tkazmaydi. Shuning uchun ham elektr uskunalar yong’inini o`chirishda keng qo`llaniladi. Bu turdagi o`t o`chirish vositalari alangani o`rab oladi, ya`ni ingibitor o`rnida yonish jarayonini to`xtatishga olib keladi, shu jihatidan ularni yong’inni o`chirish samarasi yuqori hisoblanadi, bu xususiyat ajralib chiqadigan karbonat angidridi miqdoriga bog’liq. Kukunsimon moddalar tarkibi, turi o`t o`chirgichlarda (PS, SI va b.) alohida holatga ega va ular yirik hajmdagi yong’inni o`chirish maqsadida statsionar moslamalarda qo`llaniladi.

Inert gazlar (argon, geliy, ksenon, kripton) ham kimyoviy aktivligi va yonuvchanligi juda past bo`lganligidan yong’inlarni o`chirishga yordam beradi.   Yong’inning dastlabki bosqichida mexanik vositalarni ham qo`llash mumkin. Bularga: brezent, kigiz, qum, tuprog’lar kiradi.

Portlash xavfi bî‘lgan obyektlardagi avariyalar :

Ma’lumki yong‘in va portlashlar î‘zaro uzviy bog‘liqligi sababli kî‘pchilik avariyalarda yong‘inlar natijasida portlashlar bî‘lishi yoki aksincha portlash natijasida yong‘inlar sodir bî‘lishi mumkin.

Portlash - bu qisqa vaqtda chegaralangan hajmdagi, katta miqdordagi quvvatning ajralib chiqishi tushuniladi yoki portlash suyuqliklarining, portlovchi moddalarning kuch yoki issiqlik ta’sirida î‘zi joylashgan hajmiga sig‘may qolishi tufayli otilib chiqadigan hodisadir.

Odatda portlash gazlarning qattiq qizishi oqibatida, yuqori bosim hosil qilib kuzatiladi.

Portlashlar asosan yong‘in va portlash xavfi bor obyektlarda sodir bî‘lib, uning oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi mumkin. Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar, ular bilan bog‘liq bî‘lgan obyektlar portlash xavfi bor obyektlar hisoblanadi. Bularga  neft va neft mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi-saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog‘oz, non mahsulotlari, engil sanoat korxonalari, ular ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni saqlovchi omborxonalar kiradi.

 Portlatuvchi omillarga: kimyoviy (portlovchi moddalar), yadroviy (yadroviy qurollar), mexanik (yuqori bosimli suyuqliklar saqlaydigan idishlarni yorilishi), elektromagnit (uchqun razryadi va lazer uchquni) va boshqalar kiradi.

Har qanday portlashlarda birlamchi va ikiilamchi zarar beruvchi omillar hosil bî‘ladi. Birlamchi omillarga: zarb tî‘lqinlari va siniq parchalarning sochilishi kiradi.

Zarb tî‘lqinlari - yuqori bosimdagi portlashdan hosil bî‘lgan kuchli havo tî‘lqinlarining kuchli ovoz chiqarib tarqaladigan havo tî‘lqini tarzidagi va unga qarshi kelgan qattiq jismlarning parchalanishi va sochilishiga olib keladi.

Siniq parchalarning sochilishi - portlash maydonlarida parchalangan buyumlarning siniq parchalarini tarqalishi tushuniladi (buyum-anjomlarning, binolarning buzilishi, parchalanishiga olib keladi).

Ikkilamchi zarar beruvchi omillarga: yong‘inlar, kimyoviy va radiatsiyaviy shikastlanishlar, keng tusda tî‘g‘onlarning buzilishi va suv toshqinlarining sodir bî‘lishi, binolarning qulashi va boshqa falokatlar kiradi. Demak, birlamchi va ikkilamchi zarar beruvchi omillar insonlarning normal yashash va ishlash sharoitlarini buzilishiga, atrof-muhitni izdan chiqishiga hamda insonlarning halok bî‘lishiga va moddiy resurslarning yî‘q bî‘lib ketishiga olib keladi.

Ma’lumotlarga qaraganda Respublikamizda har yili 50 dan ziyod aholi yashash joylarida gazlardan notî‘g‘ri foydalanish oqibatida portlash bî‘lib, oqibatda fuqarolar nobud bî‘ladilar va kî‘plab odamlar turli darajadagi tan jarohati oladilar.

1998 yilda Matlik-Xiva, Muborak-Zarbuloq yuqori bosimdagi gaz quvurlarida gazning portlashi natijasida, Novosibirsk-Adler, Adler-Novosibirsk yî‘lalishida ketayotgan poyezdlar tî‘qnashishi oqibatida 37 vagonlarda yong‘in sodir bî‘lgan 1284 yî‘lovchidan 780 nafari halok bî‘lgan. Bunday misollardan ko’rinadiki, yong‘in va portlashlar tî‘satdan sodir bî‘ladi va kî‘plab odamlarni î‘limiga va og‘ir tan jarohati olishlariga olib keladi. Shuning uchun ham Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 23 dekabrdagi 558-son qarori bilan e’lon qilingan Favqulodda Vaziyatlar Davlat Tizimining hamda “Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tî‘g‘risida” gi va 2000 yildaggi «Fuqaro muhofazasi tî‘g‘risida»gi Αzbekiston Respublikasi Qonunining asosiy maqsadi: fuqarolarni himoya qilish hamda portlash va yong‘in tufayli va boshqa sabablar orqali zarar kî‘rgan obyektlarning avvalgi ish faoliyatini iziga solib yuborish chora-tadbirlarini kî‘rish hisoblanadi.

Ishlab chiqarishdagi avariyalar:

Avariya deganda bajariladigan ishni birdan tî‘xtab qolishi yoki sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning izdan chiqishi, transportlarda va boshqa obyektlarda moddiy boyliklarning buzilishi, yî‘q bî‘lishi tushuniladi.

Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bî‘lishi mumkin:

·         tabiiy ofat tufayli;

·         inshootlarni loyihalashda yoki uni qurishda qî‘yiladigan xatoliklar tufayli;

·         ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi natijasida;

·         transport, mexanizm, jihozlardan notî‘g‘ri foydalanganda;

·         agressiv moddalarni (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli moddalarni) notî‘g‘ri saqlanishi va uni ishlatilish qoidalarining buzilishi oqibatida;

·         texnika xavfsizlik qoidalarining buzilishi va boshqalar.

Mana shunday xatoliklar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar sodir bî‘ladiki, oqibatda kî‘pdan-kî‘p insonlar jabrlanadi va moddiy boyliklar yî‘q bî‘lib ketadi. Kî‘pincha kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoat, qog‘oz ishlab chiqarish sanoati, gî‘sht-sut, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik va boshqa sanoat korxonalarida avariyalar tez-tez uchraydi. Ayniqsa, KTZM ta’sirida bî‘ladigan avariyalar: kimyo, neftni qayta ishlovchi, qog‘oz-sellyuloza gî‘sht-sut, oziq-ovqat sanoati, suv tozalash inshootlarida hamda temir yî‘llarda KTZMni tashishda kî‘p uchraydi.

KTZM kî‘rsatilgan konsentratsiyadan ortiq bî‘lganda odamlarga, qishloq xî‘jalik hayvonlariga, î‘simliklarga, tashqi muhitga ta’sir etib, turli darajada shikastlantiradi. KTZM qatoriga texnologik jarayonlarda qî‘llaniladigan ammiak, xlor, sulfat kislotasi, vodorod ftorid, azot va oltingugurt oksidlari va boshqalar kiritish mumkin.

Ba’zi bir KTZMlarni fizik-kimyoviy va zaharli xususiyatlari jadvalda keltirilgan. Shulardan sanoatda kî‘p ishlatiladigani ammiak.

Ammiak – nashatir hidli rangsiz gaz. Uni sanoatda sovutgich vositasi sifatida, azotli î‘g‘itlar olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Agar ammiak havo bilan 4:3 nisbatda aralashsa portlaydi. Ammiak suvda yaxshi eriydi.

Uning yuqori konsentratsiyasi insonning markaziy asab tuzumini izdan chiqarib, asablarni falaj bî‘lishiga olib keladi. Agar ammiak ta’sirida inson

zaharlansa, bir necha soatdan sî‘ng uni î‘limga olib keladi. Teriga tegsa turli darajadagi jarohatlanish rî‘y beradi.

Ammiak ta’sirida zaharlanishda birinchi yordam: Ochiq havo, 10 foizli mentolni xloroformdagi iliq eritmasini hidlash, issiq sodali sut ichish, agar kî‘zga tushgan bî‘lsa 0,5-1 foizli qî‘sh tuzlarning eritmasi bilan yuvish, sî‘ngra suv bilan yuvish; teri shikastlanganda – toza suv bilan yuvish, 5 foizli sirka, limon yoki xlorid kislota shimdirilgan lattani qî‘yish va boshqa omillar bajariladi.                                                                                                                                            

Ammiakdan saqlanishda: «K» yoki «M» markali filtrlovchi sanoat gazniqobi, agar ammiak vodorod sulfid bilan aralashgan bî‘lsa «KD» markali gazniqobi ishlatilib, juda yuqori konsentratsiyada izolatsiyalovchi gazniqoblar va himoya kiyimlari ishlatiladi.

Xlor - î‘tkir hidli, sariq rangli gaz. U havodan 2,5 barobar og‘ir bî‘lib, 340C haroratda suyuq holatga î‘tadi. U suvda, organik erituvchilarda yaxshi eridi. Xlor qog‘oz-selluloza, tî‘qimachilik sanoatida, xlorli ohak ishlab chiqarishda, suvni zararsizlantirishda va boshqa sohalarda ishlatiladi.

Xlor bî‘g‘ish xususiyatiga ega. Uning havodagi miqdori 0,01 mg/l bî‘lganda inson organizimiga salbiy ta’sir etadi, miqdori 0,1 mg/l dan yuqori bî‘lganda î‘limga olib keladi.

Birinchi yordam. Shikastlangan hududlarda gazniqoblarni kiyish kerak. Nafas organlari izdan chiqqanlar nashatir spirtini, ichimlik sodasini hidlashi, 2 foizli sodali eritma bilan kî‘zni, burunni va tomoqlarni yuvishi, issiq borjomli yoki sodali sutdan, kofedan ichish kerak.

Himoyalanish. «V» va «M» markali filtrlovchi sanoat gazniqoblari, GP-5 fuqarolar gazniqobi, bolalar gazniqobi va himoya komplektidan foydalaniladi. Agar uning konsentratsiyasi yuqori bî‘lsa (8,6 mg/l.dan yuqori) izolatsiyalovchi gazniqoblar qî‘llaniladi.

Oltingugurt oksidi - î‘tkir hidli, rangsiz gaz bî‘lib, yonmaydi. Bu modda oltingugurtli rudalarni yondirganda hosil bî‘lib, u sulfat kislota ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo hisoblanadi. Undan tashqari bu gaz tî‘qimachilik sanoatida oqartiruvchi sifatida, oziq-ovqat sanoatida konservatsiya qiluvchi modda sifatida ishlatiladi. U suvda, spirtda, sirka va sulfat kislotalarda, xloroformda va efirda yaxshi eriydi.

Oltingugurt angidridi nafas yî‘llarini ishdan chiqarib, kî‘zni xiralashtiradi. Kichik konsentratsiyada inson kuchsiz yî‘talish, tomoqda va kî‘krakda og‘riq, kî‘zdan yosh oqish, katta dozada esa qusish, hushdan ketish alomatlari kuzatiladi.

Birinchi yordam: toza havo, kislorod ingalatsiyasini ta’minlash, kî‘zni, burunni yuvish, tomoqni 2 foizli sodali eritma bilan chayish, bî‘yinni issiq  qilish, issiq sodali, yog‘li, asalli yoki borjomli sut ichish tavsiya etiladi.

Himoyalanish: «V» va «M» markali filtrlovchi sanoat gazniqoblari, izolirlovchi fuqarolar va bolalar gazniqoblaridan  foydalaniladi.

Bulardan tashqari, sanoatda ishlatiladigan moddalardan: fosfor (III) xlorid, sinil kislotasi va boshqalarning xususiyatlari 1-jadvalda keltirilgan. Yuqorida aytilgan tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar ishlatadigan korxonalarda avariya sodir bî‘lganda shu yerdagi va korxona atrofida yashovchi xalq zaharlanishi mumkin. Albatta, zaharlanish darajasi: uning dozasiga, odamlarning zaharli moddadan uzoq yaqinligiga, bug‘lanish darajasiga, shamol tezligiga va boshqa omillarga bog‘liq.

Agar shunday avariya favqulodda sodir bî‘lsa, albatta birinchi navbatda î‘z vaqtida va sifatli ofat î‘chog‘ini belgilash lozim. Bu vazifani fuqaro muhofazasi xizmat tizimlarining - razvedka qismlari bajaradilar. Ular avariya joyini, zaharli modda turini, zaharli modda dozasini va shikastlangan hududdan qanday qilib odamlarni zaharlamasdan olib chiqib ketish yî‘llarini belgilab beradilar.

Shikastlanish î‘chog‘i aniq î‘rganilgandan keyingina avariya sodir bî‘lgan joydagi va unga yaqin atrofda yashovchi xalq ogoh etiladi. Buni eshitgan fuqarolar nafas organlarini saqlovchi (gazniqoblar) va terini himoya qiluvchi kiyimlarni (plash, yopqich) kiyib darhol zaharlangan hududdan xavfsiz hududga chiqib ketadilar.

Zaharlangan hududdan uzoqroqdagi fuqarolar esa  î‘z uylarida, yashash uylarining eshik, romlarini mahkam berkitib, ularning germetikligini oshirib, isitgich jihozlarini, gaz, chiroq va boshqalarni î‘chirib î‘z uylarida saqlanishlari mumkin. Albatta, bu bilan ularni kimyoviy zaharlanishdan tî‘liq qutqarib bî‘lmaydi. Agar zaharli moddaning miqdori juda kî‘p tashqariga chiqib ketgan bî‘lsa, zararlangan î‘choq atrofidagi hamma yashovchi odamlarni tartib va osoyshtalik bilan tezda xavfsiz joylarga kî‘chirish zarur.

Avariya sodir bî‘lgan joylarda xizmat qiluvchi fuqarolarning hammasini evakuatsiya qilib bî‘lmaydi. Ularni ma’lum qismi shu yerda qolib, zaharli moddadan saqlovchi vositalarni kiyib, tashqariga KTZMni chiqishini tî‘xtatish choralarini kî‘radilar (bunda jî‘mrakni burash, KTZMni bir joydan ikkinchi joyga haydash, texnologik jarayonni tî‘xtatish, KTZM solingan idishni tuzatish, texnologik jarayonni va boshqa sababchi omillarni tî‘xtatish ishlari bajariladi).

 Avariya tî‘xtatilgandan keyin, ma’lum bir vaqt mobaynida  (zaharlovchi moddaning tabiatiga qarab) avariya î‘chog‘ida xizmat qilgan va zaharlangan hududda qolgan odamlar tibbiy kî‘rikdan î‘tkaziladi. Agar KTZM nafas yî‘liga ketgan bî‘lsa, ularga dori-darmon beriladi, teriga tekkan bî‘lsa suv bilan kî‘p marta yuviladi, sî‘ngra zaharlangan joylar, uning atroflari va ishlab chiqarishda ishlatiladigan jihozlar, uskunalar, inshootni î‘zi degazatsiya qilinadi. Degazatsiya sifatida zaharlovchi moddani neytrallaydigan (ya’ni ta’sir kuchini kamaytiruvchi) moddalar ishlatiladi.

Mana shunday avariyalarga quydagi misollarni keltirishi mumkin:

1988 yil Yaroslavl viloyatida Volga daryosi bî‘yida temir yî‘l poyezdining 7 ta vagoni izdan chiqib ketib, katta avariya yuz bergan. Bunda 3 ta idishda zaharli kimyoyaviy modda bî‘lib, uning ma’lum qismi atmosferaga chiqib ketgandi. 1988 yilda «Êðàñíàÿ Ðîçà» ishlab chiqarish birlashmasida, avariya sodir bî‘lib, havoga zaharli gazning chiqishi (SO2) aniqlanganligini, 1966 yil Gorkiy shahridagi kimyo zavodida 27 t Cl2 gazi havoga tarqalganligi natijasida 6000 kishi evakuatsiya qilinib, 1500 kishi har xil dozada zaharlanganligini eslatib î‘tish mumkin.

1984 yili Hindistonda Amerikaning «Yunion Korbayt» kompaniyasiga qarashli Bxopal kimyo zavodida gaz quvridan 40 tonna î‘tkir zaharlovchi moddaning atrof-muhitga tarqalishi oqibatda katta talofot rî‘y bergan. Bu halokat 2000 kishining hayotiga zomin bî‘lgan, bunda 80000 nafar fuqaro zaharlanib, salomatligiga jiddiy zarar yetkazgan.

2003 yilda Xitoyning Chxuandonbey gaz konida katta portlash yuz bergan. Portlash oqibatida 190 kishi qurbon bî‘lgan hamda havoga kî‘p miqdordagi tabiiy gaz birikmalari va vodorodsulfit gazi tarqalishi natijasida kî‘plab odamlarning zaharlanishiga va î‘limiga sabab bî‘lgan.

1990 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Yoshlik» stansiyasidan î‘tib borayotgan kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (95 tonna) yuklangan sisterna nazorat qilinmasligi oqibatida yî‘l-yî‘lakay tomchilab borgan. Bu holatni î‘z vaqtida sezgan yoshlik stansiyasi xodimlari darxol tegishli choralarni kî‘rib, baxtsizlikni oldi olingan. Agarda sisternadagi suyuqlik shu yerga tî‘liq oqib ketganda nafaqat stansiyadagi va uning atrofidagi aholini, balki 13 km olisda yashovsi aholini ham zaharlagan bî‘lardi. Shunga î‘xshash kî‘plab misollarni keltirish mumkin.

Inson uchun xavfli bî‘lgan zaharli moddalar bilan ishlaydigan korxonalarning ham soni Αzbekistonda yildan-yilga kî‘payib bormoqda. Bular «Î‘zbekkimyosanoat» uyushmasiga qarashli korxonalar bî‘lib, ular Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy, Angren va boshqa shaharlarda (SO2, NH3, Cl2, HNO3, H2SO4, CH3COOH va boshqa zaharli moddalar) joylashgan. Bu korxonadan tashqari kimyoviy, zaharli moddalar bilan ishlaydigan boshqa korxonalar ham mavjud. Jumladan: «Î‘zgî‘shtsut», «Î‘zbeksavdo», «Î‘zqishloqxî‘jalikmash» mahsulotlari uyushma, va aksiyadorlik kompaniyalari, Bekobod metalurgiya korxonasi, Mikond zavodi, Toshkent lak bî‘yoq zavodi, Tî‘qimachilik korxonalari, Suv tozalash inshootlari va boshqalar. Hozirgi kunda Respublikadagi kopgina ishlab chiqarish korxonalarida inson uchun zaharli moddalar ishlatiladi (jadval). Mabodo muayyan  sabablarga ko`ra, bunday korxonalarda avariya sodir bo`lib, kimyoviy moddalar tashqariga chiqib ketsa, xududning zaxarlanish chuqurligi 45-50 km ni (450 km2 dan  ortiq maydonni ) tashkil etishi mumkin.

Shuning uchun Respublikamiz aholisi, ishlab chiqarish korxonalarining ishchi-xizmatchilari favqulodda yuz beradigan vaziyatlarda tî‘g‘ri ish tutishlari, fuqarolar muhofazasi tomonidan beriladigan har bir yî‘riqnoma, vazifalarni tî‘g‘ri bajarishlari va saqlanish qoidalariga  rioya etishlari zarur. Buning uchun har bir korxonada, ayniqsa, ishlab chiqarish korxonalaridagi fuqarolar muhofazasi xodimlari avariya va halokatlarni, uning oqibatlarini yî‘qotish chora-tadbirlarini hamda ofat rî‘y bergan joyda jabrlanganlarga yordam kî‘rsatish qoidalarini tushuntirishlari lozim.

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan ishlaydigan sanoat tarmoqlarida nafaqat avariya oqibatidagina fuqarolarga xavf-xatar keltirilishi mumkin, balki shu tarmoqlardan chiqadigan chiqindi mahsulotlar ham (atmosferaga yoki suv xavzalariga chiqarib yuborilishi) atrof-muhitni va tabiatni ifloslantirishi oqibatida insonlar hayotiga jiddiy xavf soladi.            

Bu borada ayniqsa metallurgiya, kimyo, biotexnologiya, rezina-texnika, neftni qayta ishlovchi va boshqa sanoat tarmoqlarining salbiy ta’siri juda kattadir. Respublikamizdagi sanoati rivojlangan ayrim shaharlarda, jumladan, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Qî‘qon, Angren, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaharlarda havoning ifloslanish darajasi me’yoridan 1,5-2, hatto ayrim joylarda 3-6 marta ortiq.

Markaziy Osiyoda havoni eng kî‘p ifloslantiruvchi Tojikistonning Tursunzoda shahridagi aluminiy  zavodi 1987 yilda havoga belgilangan miqdordan deyarli ikki barobar ortiq zaharli modda chiqarib kelgan. Shamolning yî‘nalishiga kî‘ra, ftor birikmasining 80 foizi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Oltinsoy  tumanlariga tushadi. Yana u yerlardagi havoning ifloslanishiga Shargundagi briket fabrikasi va g‘isht zavodining ta’siri ham kattadir. Bulardan chiqadigan zaharli moddalar insonlarning salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda, hatto uy hayvonlari ham bundan katta talofot kî‘rmoqda.

Kimyo sanoati korxonalari kî‘p joylashgan Chirchiqdagi «Elektrokimyo», Farg‘onadagi «Azot», «Farg‘onaneftesintez», Navoiydagi «Elektrokimyomash», «Azot» va boshqa sanoat birlashmalaridan juda ham xavfli zaharli moddalar (KTZM) tashqariga chiqarib yuborilmoqda. 

Dunyo miqyosida yiliga havoga uglerod (II) oksidi - 250 mln. t., yoqilg‘i kukuni-100 mln. t., uglevodorod - 88 mln. t., azot (II) oksidi-53 mln. t., ammiak - 4 mln. t., oltingugurt vodorodi - 3 mln. t., qî‘rg‘oshin birikmalari - 1mln t., ftor- 0,4 mln. t. chiqariladi.

Bunday sanoat korxonalarining chiqindi mahsulotlari insonlar hayotiga katta xavf solib, turli xil kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, umrni qisqartirmoqda hamda atrof-muhitni, yerlarni, havoni va suv havzalarini jiddiy zararlantirmoqda.

 Tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan zararlanganda fuqarolarning xatti-harakatlari. Yuqorida aytilganidek, Respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlarining kî‘p qismida zaharli moddalar (KTZM) ishlatiladi, saqlanadi va tashiladi. Shunday korxonalarga birorta ta’sir kî‘rsatilsa, masalan, dushman tomonidan bî‘ladigan ta’sirlarda, tabiiy ofat oqibatida, ishlab chiqarish tarmoqlarida bî‘ladigan, temir yî‘l transportlaridagi avariyalar tufayli KTZM tî‘kilishi yoki tashqariga chiqib ketib, atrof-muhitni, havoni zaharlaydi.

Albatta, bunday favqulodda vaziyatlarda avariya î‘chog‘idagi va unga yaqin bî‘lgan atrofdagi fuqarolar jabrlanadi va KTZM xususiyatlariga qarab  kimyoviy zaharlanish har xil darajada bî‘ladi.

KTZMning qaynash harorati 200C gacha bî‘lsa, u tezda bug‘lanib, zaharlash vaqti qisqa, lekin ta’sir darajasi katta bî‘ladi. Agar KTZMning qaynash harorati 200 C dan yuqori bî‘lsa, bug‘lanish sekinroq ketib, uning zaharlanish vaqti uzoq davom etadi, ammo tarqalish hududi kichik bî‘ladi.

KTZMlar nafas organlari  va teri orqali ta’sir etadi. Shu nuqtai nazardan KTZMlar umumiy zaharlovchi va holsizlantiruvchi xillarga bî‘linadi. KTZM bilan zaharlanganda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kî‘z tinishi, holsizlanish, kî‘ngil aynishi, qusish, î‘qiy olmaslik kabi alomatlar kuzatiladi, kuchli zaharlanishda esa î‘lim bilan yakunlanadi. Shuning uchun KTZM bilan zaharlangan hududlarda xalqning xatti-harakatlari xuddi kimyoviy qurollar bilan zaharlangan joylarda kî‘riladigan chora-tadbirlarni î‘zginasidir, ya’ni himoya inshootlarida saqlanish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va boshqa omillar qî‘llaniladi.

Lekin bitta asosiy farqi borki, u ham bî‘lsa ba’zi bir KTZMlar (masalan NH3, CO)ni yutiluvchanlik xususiyati past bî‘lganligidan, ulardan saqlanishda, maxsus sanoat va izolatsiyalovchi gazniqoblardan foydalanish kerak bî‘ladi. Agar avariya holatda bir qancha gazlar aralashmasi bî‘lsa, faqat izolatsiyalovchi gazniqoblardan foydalanib, avariya joyini tiklash, zararlangan î‘choqdan odamlarni evakuatsiya qilish tadbirlari kî‘riladi. KTZM chiqib ketgan joylarda avariyalarni tiklash ancha mushkul jarayonlardan hisoblanadi. Bunda asosiy ishlar birlamchi tiklash ishlarini tashkil etish hamda KTZM tarqalgan hududni î‘rash (lokalizatsiya) qilish hisoblanadi.

Avariyani tiklash ishlarini î‘sha korxonaning shtatli qismlaridagi zaxarli gazlardan saqlovchi xodimlar olib boradilar. Kerak bî‘lsa, fuqoro muhofazasining qutqaruv, tibbiyot, yong‘inga qarshi, jamoat tartibini saqlash tizimlari ham yordamga chaqiriladi. Bulardan tashqari avariyani tiklash ishlariga korxona ishchi xizmatchilarini va î‘sha atrofdagi fuqarolarni ham jalb qilish mumkin.

Avariyani tiklash ishlarida qatnashayotgan fuqarolar î‘zini va boshqalarni saqlash qoidalarini bilishi zarur. Ulardan har doim zaharlangan fuqarolarni shikastlangan hududdan olib chiqish, gazniqoblarini kiydira bilish, sun’iy nafas berish, yurakni massaj qilish, zaharlangan kî‘z, terilarni neytrallash ishlarini bilishlari talab etiladi.

Sanoat gazniqoblari. Bunday gazniqoblar zaharli moddalarning (bug‘dan, tuman, gaz holdagi) ta’siridan nafas organlarini, yuzni, kî‘zni saqlashda ishlatiladi. Bular bir necha turlarga bî‘linadi. Sanoat gazniqoblari ham, fuqarolar gazniqoblari kabi niqobdan va zaharli moddalardan saqlovchi maxsus filtrlovchi qutilardan tashkil topgan. Filtrlovchi qutilar bir-biridan rangiga hamda turiga qarab farqlanadi.

 Fojiali hodisa (katastrofa) lar va ularning oqibatlari. 

Fojiali hodisa - ma’lum bir vaqt oralig‘ida sodir bî‘ladigan halokat demakdir. Fojia – turli xildagi inshootlarni buzilishi, moddiy boyliklarning yî‘q bî‘lib ketishi hamda odamlarning î‘limi bilan sodir bî‘ladi. Bundan tashqari, katta avariyalar oqibatida ham fojialar sodir bî‘ladi. Masalan, atom elektrostansiyalarida va radiîaktiv moddalar ishlatiladigan korxonalarda avariya sodir bî‘lishi natijasida juda katta hudud zaharlanishi va oxir oqibatda fojia bilan yakunlanishi mumkin. Mana shunday avariyalar  oqibati natijasida sodir bî‘layotgan fojiali hodisalar atom elektrostansiyalarida tez-tez uchrab turadi. Masalan, 1986 yil 26 aprel Chernobil AESidagi avariya shunga misol bî‘ladi. Bu AESdagi bitta energoblok buzilib, undan tashqariga juda kî‘p miqdorda chiqqan bug‘ holdagi vodorod atmosferadagi havo bilan aralashishi natijasida portlab, radiaktiv chiqindilar atrof-muhitga tarqalgan. Natijada yong‘in sodir bî‘lib, yaqin atrofdagi odamlar î‘lgan va î‘nlab odamlar turli darajadagi radiatsiya nurini olgan, juda katta hudud radiaktiv moddalar bilan zaharlangan, 100 mingdan ortiq odamlar evakuatsiya qilingan va fojiadan kî‘rilgan moddiy zarar esa 8 mlrd. rublni tashkil etgan.

Shuning uchun mabodo AESlarda avariya sodir bî‘lganligini eshitgan har bir fuqaro darhol saqlanish (boshpana) joylariga berkinishi yoki xavfsiz yerga evakuatsiya qilinishi lozim. Ikkala holatda ham shaxsiy saqlash vositalarini kiyib, kerakli narsalarni: oziq-ovqat, suv, zarur hujjat, pul va boshqa buyumlarni olib,  aytilgan joyga tezlikda yetib borishi kerak. Agar sharoit juda tig‘iz va og‘ir bî‘lsa, u holda î‘zi yashab turgan uyda yoki ishxonada, xonalarga kirib hamma teshiklarni germetik holatda berkitishi zarur. Mana shundagina u ortiqcha miqdordagi nurlanishni olmaydi.

Ma’lumki, g‘ishtli uylar nurlanish darajasini 10 barobargacha, temir beton inshootlar esa batamom kamaytiradi. Shuning uchun radiatsiyadan saqlaydigan boshpanalar kî‘pincha temir-betondan quriladi.

Zararlangan hududlarda yurish, mehnat qilish juda qattiq tartib ostida, alohida rejim asosida olib boriladi. Boshpanadan tashqariga chiqqanda shaxsiy saqlagichlarni kiygan holda, juda qisqa vaqt mobaynida yurish kerak. Saqlovchi xonalarda yashayotganda ham radiatsiyaga qarshi ishlatiladigan va yodli preparatlardan ichib turish zarur. Zararlangan hududlarda ishlayotgan odamlar saqlovchi vositalarni kiygan holatda, ma’lum vaqt oralig‘ida ishlab, hududda î‘tirishi, biror narsani ushlashi, chekishi, ovqat yeyishi, suv ichishi ta’qiqlanadi. Ishdan keyin butun kiyim boshi va î‘zi tî‘liq dozimetrik tekshiruvdan  î‘tkaziladi.

Katta avariyalar va fojiali hodisalar bî‘lishiga, yong‘in va portlashlar sabab bî‘lishi mumkin. Ayniqsa kimyo, neft va gaz sanoatida yuz beradigan portlashlar katta fojialar bilan tugaydi. Masalan, 1989 yil Boshqiristonda siqilgan gaz saqlaydigan omborda portlash yuz berib, katta talafot kî‘rilgan. Xuddi shunga î‘xshash avariyalar kî‘mir konlarida yî‘ldosh gazlarning portlashi oqibatida sodir bî‘lib, natijada butun kon î‘pirilib, insonlar qurbon bî‘lishi bilan yakunlangan hollar ma’lum. Masalan, 1988-95 yillar mobaynida Rossiyaning bir qancha kî‘mir qazib oladigan konlarida shunday fojiali hodisalar sodir bî‘lib, kî‘plab odamlar nobud bî‘lgan. Shunga î‘xshash halokat Toshkentdagi lak-bî‘yoq zavodida ham yuz bergan. Bu falokatga zavodda ishlatiladigan tez alangalanuvchan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish qoidalari buzilishi natijasida katta yong‘in chiqib, avariya sodir bî‘lishiga sabab bî‘lgan va odamlar î‘limi bilan yakunlangan. Bunday misollarni kî‘plab keltirish mumkin.

Avariya va falokatlar fojiali holatlardan tashqari turli darajadagi jarohatlar: qî‘l, oyoq chiqishi, et uzilishi, tî‘qimalarning uzilishi, kesilishi, kuyishi, zaharlanishi, tok urishi va boshqa talofotlarga ham sabab bî‘ladi. Shuning uchun avariya va fojia  bî‘lganda turli xil jarohatlarga î‘z vaqtida, tezlikda yordam kî‘rsata bilish kerak.

 Avariya va fojiali hodisalarni keltirib chiqaruvchi omillar   Avariya va falokatlar turli xil sharoitlarda, masalan, temir yî‘l, avtomobil, suv yî‘li, aviatsiya transportlarida sodir bî‘lishi mumkin.

a) Temir yî‘l transportida avariya va fojia bî‘lishining asosiy sababi, yî‘llarning tî‘g‘ri bî‘lmasligi, harakatlanuvchi tarkibning kamchilikka ega bî‘lishi, ya’ni boshqarishda texnik nosozliklarning mavjudligi (signal bî‘lmasligi va b.) yurish qoidalarini buzilishi va boshqa sabablardir.

Bundan tashqari temir yî‘llarda avariyalar: poyezdlarning izdan chiqib ketishi, bir-biri bilan tî‘qnashishi, yong‘in chiqishi va vagonlarda olib ketilayotgan portlovchi moddalarning portlashi bilan ham sodir bî‘ladi. Yana temir yî‘l transportlarida avariya va fojialar tabiiy ofatlar natijasida ham bî‘lishi mumkin. Masalan, 1988 yil 4-iyunda Arzamas-1 stansiyasida Gorkiydan Qozog‘istonga olib ketilayotgan yuk poyezdining 3 ta vagonida portlash yuz berib, natijada 2 ta lokomotiv, 11ta vagon, 250 m temir yî‘li va unga yaqin bî‘lgan inshootlar talafot kî‘rgan. Bu voqeadan keyin  tezlikda qutqarish ishlari olib borilib, vagonlar ag‘darilib bosib qolingan joylardan odamlar olib chiqilgan va ularga darhol tibbiy yordam kî‘rsatilgan. Sî‘ngra avariya-texnik, yong‘inga qarshi kurash bî‘linmalari î‘z vazifalarini bajarishga kirishganlar va avariya oqibatlari tezlik bilan tugatilgan.

Temiryî‘l transportida bî‘ladigan avariyalar oqibatini tugatish tartibi, talofot kî‘rganlar soniga, ularni holatiga, talafot kî‘rgan transport hajmiga, olib ketayotgan yuk tavsifiga, joyning relyefiga, ob-havo sharoitiga, kunning vaqtiga va boshqa omillarga qarab olib boriladi. Shuning uchun favqulodda vaziyat tavsifiga qarab fuqarolar muhofazasi tizimlari î‘z yî‘nalishlarini amalga oshirishda huquqiy hujjatlarga asoslangan holda olib boradilar.

Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq «Î‘zbekiston temir yî‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasiga, temiryî‘l transporti vositalaridan avariyasiz foydalanish, tashish chog‘ida portlovchi, yong‘in xavfi bî‘lgan va KTZM xavfsizligini ta’minlash vazifalarini amalga oshirish yuklatilgan.

b) Avtomobil transportida bî‘ladigan avariyalar ham katta fojiali hodisalarni keltirib chiqaradi. Bunday ofatlar yuz berishining bir qancha sabablari bor:

·         Yî‘l qoidalarining buzilishi;

·         Avtomobilni texnik nosozligi;

·         Tezlikning haddan tashqari yuqori bî‘lishi;

·         Avtomobil haydovchining etarli malakaga ega bî‘lmasligi.

Eng yomon sabablardan biri - bu avtomobilni mast holda boshqarilishi. Bulardan tashqari avtomobilda xavfli yuklarni tashish va ularni tashish qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida ham avariya va fojialar rî‘y beradi.

Avtomobil transportida bî‘ladigan ofatlarda jabrlanganlarga birinchi navbatda tibbiy yordami kî‘satiladi va og‘irlari kasalxonaga yoki tibbiy yordam kî‘rsatish shahobchalariga yuboriladi. Avariyaga uchragan avtomobillar tezlikda davlat avtomobil nazoratining maxsus  joyga eltib qî‘yiladi.

v) Aviatsiyada avariya - aviatexnikani biror elementlarning ishlamay qolishi, bevaqt ob-havoni î‘zgarishi, uchish-qî‘nish qoidalarini notî‘g‘ri bajarilishi oqibatida sodir etiladi.

Ba’zan katta avariyalar ikkita aviatexnikaning bir-biri bilan tî‘qnashishi yoki yerga, qushlarga urilishi oqibatida ham sodir bî‘ladi. Aviatsiyada avariyalar kî‘pchilik hollarda fojialar bilan yakunlanadi.

Aviatsiyadagi avariyalarda qutqarish va tuzatish ishlarini 2 guruhga bî‘lish mumkin:

1) boshqarayotgan ekipaj xodimlari tomonidan kamchilikni tugatish ishlari;

2) yerdagi xizmatchilarning olib boradigan ishlari.

Aviatsiyadagi avariya juda tezlik bilan hal qilinishi lozim. Imkoni boricha aviatexnikadagi kamchilikni tî‘g‘rilash, iloji bî‘lmasa darhol yerga qî‘ndirish maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta ekipaj komandiri va aerodrom boshlig‘i butun mas’uliyatni î‘z zimmalariga oladilar.

Aviatexnikani qî‘ndirish chog‘ida qidiruv, avariya-qutqaruv, birinchi tibbiy yordami kî‘rsatish, evakuatsiya hamda fuqarolar muhofazasining boshqa qismlari qatnashadilar. Umuman, havo transportlarida bî‘ladigan favqulodda vaziyatlarda Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq «Î‘zbekiston havo yî‘llari» milliy aviakompaniyasi va unga qarashli «Avariya-qutqaruv» va «Qidiruv xizmatlari»ga parvozlar xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.

Bu xildagi avariyalar yer yuzida tez-tez uchrab turadi. Jumladan, Αzbekiston aviatsiyasida ham bunday hodisa rî‘y bergan va mudhish halokat bilan yakunlangan holatlar mavjud. Masalan, 1979 yil avgust oyida «Paxtakor» futbol jamoasi a’zolari tushgan samolyot Minskka ketayotganda osmonda boshqa samolyot bilan tî‘qnashib,  fojia bilan yakunlangan edi. Buni albatta, Respublikada yashovchi har bir fuqaro yaxshi biladi.

1999 yilda Toshkent-Tî‘rtkî‘l yî‘nalishidagi YAK-40 samalyotining Tî‘rtkî‘l aerodromiga qî‘nish paytida samolyot shassisining ishlamay qolishi oqibatida favqulodda vaziyat yuzaga kelib, 2 kishi qurbon bî‘lgan va 8 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan.

 Mustahkamlash uchun savollar

1. Avariyalar va unga sababchi bî‘lgan omillar nimalardan iborat?

2. KTZM ta’siridagi avariyalarda fuqarolar muhofazasining xatti-harakatlarini tushuntiring.

3. Fojealar sodir bî‘ladigan tarmoqlar va ularning oqibatlari qanday bî‘ladi?

4. Fojea oqibatlarini tugatishda fuqarolarning xatti-harakatlari qanday bî‘ladi?

          Ìàâçó ¹ 7. Terrorizm va aholi muhofazasi

 

                 Reja:

1.      Terrorizm tushunchasi, uning salbiy illatlari va amalga oshirish usullari.

2.      Halqaro terrorizm va unga qarshi olib boriladigan harakatlar.

3.      Terroristik harakatlarga qarshi O’zbekiston Respublikasida yaratilgan huquqiy baza asoslari va jahon miqyosidagi ishtiroki.

 

Insoniyat yangi yuz yillikka – XXI asrga qadam bosdi, lekin shuni ta’kidlash lozimki, o`tgan asrda bashariyat juda ko`p quvonchli hamda tahlikali, daxshatli voqealarni boshidan kechirdi. Qonli to`qnashuvlarni, ikkita jahon urushini, sovuq urush vahimasi va qatag`onlarni boshidan kechirgan insoniyat kelajak sari talpinib, har qanday qiyinchiliklarni yengib taraqqiyotga erishib bordi.

Afsuski, insoniyatning hayot kechirishi uchun undagi imkoniyatlarning borgan sari cheklanib borayotganligi ayon bo`lmoqda. Aholini toza ichimlik suvi, toza havo, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bir vaqtda havfsiz hayot masalalari tobora qiyinlashib bormoqda. Biroq taraqqiyparvar kuchlar tomonidan bashariyatning gullab-yashnashi, uning sayyoramizda emin-erkin yashashi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugungi kunda yer yuzida, insoniyat taqdiriga va kelajak istiqboliga jiddiy xavf solayotgan, xuruj qilayotgan xalqaro terrorizm o`zining manfuq maqsadlarini jahon ommasiga tobora yaqqol ko`rsatmoqda. Xalqaro terrorizm huruji oqibatida yuz minglab kishilarning yostug`I qurib, moddiy boyliklar vayron qilinmoqda. Hozirda uning hurujidan hech bir davlat, xatto hech kim mutlaqo muhofazada emas. Har daqiqada insoniyat bunday ijtimoiy ofatning qurboniga aylanishi mumkun. Shu sababdan BMTning favqulodda vaziyatlar tasnifiga qo`shimcha qilib, aynan ijtimoiy-siyosiy tavsifdagi favqulodda vaziyatlarning kiritilishi bejiz emas. Chunki bunday tusdagi xavf hatarning darajasi yildan yilga ortib bormoqda. Shuning uchun har bir inson o`z yurti, millati, muqaddas zamini va oilasi tinchlihi, hotirjamligi uchun kurashmog`i lozim.  

Terrorizm haqida tushuncha. Terrorizm  lotincha "terror" so`zidan olingan bo`lib, siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog`lig`iga havf tug`diruvchi, mol - mulk va boshqa moddiy boyliklarni yo`q qilinishi havfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shahsni biron - bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etilishidan tiyilishiga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suvernetitetini, hududiy yahlitligini buzishga, havfsizligiga putur etkazishga, qurolli muojorolar chiqarishni ko`zlab ig`vogarliklar qilishga, aholini qo`rqitishga, ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan.Terrorizimning ikki turi mavjud: A) yakka tartibdagi; B) uyushgan guruhli terrorizm.

Terrorizm o`rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab, o`z faoliyatlarini amalga oshirgan. Lekin o`tgan asrning ohirlaridan uning yangi ko`rinishlari vujudga keldi: jumladan, chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini o`ldirish yoki o`g`irlash, elchihonalar, halqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlash sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olishi va boshqa shunga o`xshash nomaqbul harakatlarni amalga oshirish. Bulardan ko`rinadiki, terrorizmga aniq va yakdil ta’rif berish ancha murakkabdir. Shu fazifani imkoni boricha hal qilishda O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabr "Terrorizmga qarshi kurash to`g`risida"gi qonunda keltirilgan tushunchalarning mohiyatini bilish orqaligina aniqlik kiritsh mumkin. Ushba qonunning 2-moddasida terrorizmga oid tushunchalar va ularning mohiyati bayon etilgan. Jumladan, garovda ushlab turilgan shaxs – qo`lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, xalqaro tashkilotlarni, shuningdek, ayrim shahslarni biron - bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishiga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo`lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs.

Terrorchi - terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs.

Terrorchilik guruhi - oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko`rgan, yoki uni sodir etishga suyuqasd qilgan shaxslar guruhi.

Terrorchilik tashkiloti - ikki yoki undan ortiq shahsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi.

            Terrorchilikka qarshi operatsiya - terrorchilik harakatiga chek qo`yish va uni oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek, jismoniy shaxslarni havfsizligini ta’minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan kelishilgan va o`zaro bog`liq maxsus tadbirlar majmui.   

Terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazilgan zona - joyning yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo`shlig`i, transport vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, xonalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazilgan doirada ularga tutash hududlar.

Terrorchilik faoliyati - terrochilik harakatini uyuushtirish, rejalashtirsh, tayyorlash va amalga oshirishdan, tuzishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy - texnika jihatdan ta’minlashdan iborat bo`lgan faoliyat.   

Terrorchilik harakati - garovga ushlab turish uchun shaxslarni qo`lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamiyat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy va boshqa guruhlari chet el davlatlari va halqaro tashkilotlar vakillarini hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob’ektlarni bosib olish, shikastlantirsh, yo`q qilish, portlatish, o`t qo`yish, portlatsh qurilmalarini, reaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy va boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish yo`li bilan qo`rqitish, er usti, suv va havo transporti vositalarini qo`lga olish, olib qo÷ish, shikastlantirish, yo`q qilish aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o`tkazilayotganda vahima ko`tarish va tartibsizlik keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog`lig`iga, jismnoiy yoki yuridik shahslar mol - mulkiga, avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yo`li bilan zarar etkazish yoki havf tug`dirish, tahdidiy har qanday vositalar, usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro huquqning umum – e’tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish.

Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terroristik harakatlar majmuasi.

Terrorizmni iqtisodiyot va aholi uchun xavfli oqibatlari. XX asrning ohiri va XXI asr boshlarida terrorizm insoniyat hayotiga katta xavf sola boshladi. O`zining niyatini oshkora eta boshladi. Jumladan, Nyu-York (AQSH) shahridagi butunjahon savdo markazining ikki binosi sanoqli daqiqalar ichida er bilan yakson bo`ldi. Shuningdek, Irlandiya va Angliyadagi "UPA", Ispaniyadagi "ETA", Osiyoda jinoyatkorona faoliyat olib borayotgan "AL- Qoida", "Khamas" kabi er yuzasining turli burchaklaridagi 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari turli ko`rinishdagi qabih ishlarni amalga oshirdilar va hozirda ham olib bormoqdalar. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 1975 yildan to bugungi kungacha dunyoning turli mamlakatlarida 10 mingga yaqin terroristik harakatlar sodir etilgan.

Ohirgi yillarda terrorchilik uslublari ancha kengayganligi ma’lum. 1970 yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko`proq qo`llanilgan bo`lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus, poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko`plab, tasodifiy kishilarning qurbon bo`lishiga olib keladigan qo`poruvchilikni amalga oshirishga qaratilgan.

Avvallari terrorizm, odamlarni garovga olishdan maqsad pul undirish bo`lgan bo`lsa, hozirda terrorchilar asosan, xalqaro munosabatlar sohasida va mamlakatlarda beqarorlikni keltirib chiqarish borasida mo`ljallangan siyosiy maqsadlarga erishishni ko`zlaydilar.

            Bugungi kunda terroristik harakatlarning yanada faollashish jarayoni yuz bermoqda. U hozirgi kunda XXI asrning "global" muammosiga aylanib qoldi.

Terrorchilik tashkilotlar o`zlarida mavjud bo`lgan barcha imkoniyatlarni ishga solib, o`z maqsadiga erishish uchun qonli yurishlarni ham qilmoqdalar. Ular turli hildagi kimyovimy va biologik qurollardan foydalanishga urinmoqdalar. Ma’lumotlarga qaraganda 200 martadan ortiq shunday qurol va vositalardan foydalanilgan. Jumladan, 1994 yil Yaponiyaning "AVM Cinrico" diniy terroristik tashkiloti tomonidan "zarin" kimyoviy vositasini ishlatish oqibatida 7 kishi vafot etgan, 114 nafar kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan. 1995 yilda mazkur terroristik tashkilot tomonidan Tokio metrosi 16- bekatining zararlanishi oqibatida 12 yo`lovchi halok bo`lgan, 400 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bunday zararli moddalar Quvaytda, Iroqning Kurdiston hududlarida va boshqa davlatlarda qo`llanilib, ko`plab insonlarning o`limiga sabab bo`lgan.

Terroristik guruhlar yovuz harakatlarini amalga oshirishda kishi e’tiborini o`ziga tortmaydigan, kichik hajmli, tashqi tomoni har kuni foydalaniladigan buyumlar ko`rinishidagi narsalardan foydalanmoqdalar (masalan, jomadan, sumka, sellofon paket va boshqalar).

            Terroristlar tomonidan qo`llaniladigan qurollarning foydalanish ob’ektlari - odamlar ko`p to`planadigan joylar: metro bekatlari, aeroportlar, temiryo`l va avtomobil bekatlari, katta binolar, yopiq turdagi konsert va sport zallari, kinoteatrlar, yirik shaharlardagi suv haydash tizimlari, suv omborlari va boshqa ob’ektlar.

            Ular ko`proq portlovchi modda va qurilmalardan: fugas, mina, granatalardan foydalanadilar. Terrorchilarni bunday qurollardan foydalanib o`z harakatlarini amalga oshrishlari kuchli ta’sirga kiradi. Chunki, bunday portlovchi qurilmalar har kimning e’tiborini o`ziga tortmaydi va o`zi bilan birga uni olib yurish imkoniyati yuqori bo`ladi. Masalan "o`yinchoq mina", "o`yinchoq qopqonlar" va boshqalar.

            Terrorchilarning qo`llayotgan turli ko`rinishdagi portlovchi moddalarning xavfli maydoni quyidagicha:

-     granata parchasining tarqalishi 50-100 m;

-     mina parchasining uchishi 100-300 m;

-     keysning xavfli maydoni 250-300 m ;

-     jomadon, sumkaga solingan portlovchi moddaning xavfli maydoni 350-400 m;

-     avtomobilga qo`yilgan portlovchi moddaning xavfli maydoni 50-300 m;

-     "o`lim belbog`i" ning  xavfli maydoni 50-300 m.

Terrorchilar tomonidan keng qo’llanilayotgan qurollardan biri tuproq ostida portlatiladigan mina va fugaslar hisoblanadi. Fugas yoki mina tipidagi portlovchi moddalarni mina izlovchi jihozlar yordamida topish mumkin emas. Chunki bunday tipdagi portlovchi qurilma plastik materiallardan yasalgan bo`lib, uni faqat saperlarning mahsus tayoqchasi yordamida aniqlash mumkin. Buni aniqlash jarayoni o`ta xavfli bo`lib, kichik bir hato ham inson hayotiga xavf solishi ehtimoli juda yuqori.

            Terroristik harakatlarning hususiyatlari quyidagilardan iborat:

            a) terroristik harakatlar qonun ustivor bo`lmagan, o`zaro jipslashmagan, rivojlanish darajasi ancha past bo`lgan hududlarda shakllanadi;

            b) birinchi bo`lib o`zi shakllangan, birlashgan hududni o`z tasarrufiga olishga harakat qiladi;

            c) ozga rivojlangan mamlakatlarda homiy izlashga harakat qiladi va har qanday homiy yordamini rad etmaydi;

            d) tarqibotni har qanday usullardan: reklamalardan, matbuot, materiallaridan, og`zaki tashviqotlardan, turli mish - mishlardan va yolg`on gaplar tarqatishdan o`z maqsadlari uchun samarali foydalanishga urinadilar.;

            e) ular o`zini portlatib yuboradigan (kamekadze) lar guruhini tayyorlaydi va o`z harakatlarini bilvosita amalga oshiradi;

            f) ular hozirgi kunda fan, tehnika va tehnologiyalar yutuqlaridan foydalanib, terrorizmni "global" muammolarga aylantirishga urinadilar;

            g) ular o`zlari panoh topgan mamlakatlar boshqaruvini garovga olish yoki nazoratda ushlab turgan holatda keng jamoatchilikni qo`rqitish, vahimaga solish, bo`ysudirish maqsadida ko`proq kuchli rivojlangan mamlakatlarda terroristik harakatlarni amalga oshiradilar va bu bilan o`zlarini namoyish etishga urinadilar. Áóíäàé òàøêèëîò âà òåððîð÷èëèê ҳàðàêàòè ãóðóҳëàðèãà æóìëàäàí, Saudiya Arabistonning "Al - Qoida", Iordaniyaning  "Xamas", Ispaniyaning "Eta", Palestin islom jihoti “Shakaki”, “Abu Nidala” kabilarni ko`rsatish mumkin).

            Ayni paytda, terrorizmning ham muhim jihatlari mavjud. Bu hususiyatlar hususida AQSH davlat departamentining 1999 yildagi global terrorizm to`g`risidagi ma’ruzasida ko`rsatib o`tilgan. Bular quyidagilardan iborat:

1.      Yahshi tashkil qilingan terroristik guruhlardan tuzilgan halqaro jinoiy uyushmaga aylanishi. Bularni mahalliy homiy davlatlar qo`llab - quvvatlab turadilar;  

2. Siyosiy terrordan diniy yoki g`oyaviy asoslari ustun bo`lgan terrorizmga aylanishi;

3. Terrorizm markazining Yaqin Sharqdan Janubiy Osiyoga, hususan, Afg`onistonga ko`chishi, terroristik tashkilotlar tomonidan ular jazosiz harakat qilishi mumkin bo`lgan mintaqalardan joy qidirishi;

4. Moliyalashtirishning hususiy homiylar, narkobiznes, uyushgan jinoyachilik va noqonuniy savdo-sotiq kabi manbaalaridan foydalanishi.

  Bularning ichida halqaro terrorizmning eng asosiy va havfli hususiyatlaridan biri, "zo`rlik - davlatni qulatvuchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi, parokandalikka olib keladi" - degan g`oyaga asoslanib harakat qilishdir. Bunda siyosiy masalalarni zo`rlik yo`li bilan hal qilishga harakat qilinadi.

Bu haqda, amerikalik mutahassis B. Jenkins "Terrorizm eng avvalo, qurbonlardan ko`ra, guvohlarga qaratilgan va vahima uyg`otishga yo`naltirilgan zo`rlik" deb baholaydi.

            Boshqa bir amerikalik siyasatshunos J. Lonsning ta’rifiga ko`ra, terrorizm bevosita qurbonlardan ko`ra ko`proq odamlar fikriga ta’sir o`tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki kuch ishlatishdir.

            Demak, har bir terrorchilik hurujining maqsadi - davlat to`ntarishini amalga oshirish, fuqarolar urushini keltirib chiqarishga asoslanadi.

Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari. Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizmdir. Bu odamlarning behuda halok bo`lishiga olib keluvchi, davlatlar va ularni rasmiy vakillarining osoyishta diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o`rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va qilmishlar yig`indisidir. Halqaro terrorizm XX asrning 60-70 yillariga kelib o`zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o`z davlatiga nisbatan ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko`rsata boshladi. Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro miqyosda obro`ga ega bo`lgan siyasatchilarga chetdan turib suyuqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy havfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan samolyotlarni olib qochish bilan shug`ullana boshladilar. 80 yillarga kelib halqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi.

Xalqaro terrorizm o`zining yovuz niyatlarini turli terroristik harakatlari bilan amalga oshiradi. Jumladan:

                     ·       mustaqil davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish;

                     ·       diniy ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish;

                     ·      ekstremistik guruhlar tarkibida qo`poruvchilik harakatlari bo`yicha horijlik yollangan kishilarning qatnashishi;

                     ·       ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan mahsus lagerlarda tayyorgarlik ko`rish;

                     ·      qo`poruvchilik sodir etishda, horijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamida xalqaro tus olgan noqonuniy qurol - yaroq savdosi va narkobisnesdan keladigan manbalardan foydalanish.

Bulardan ko`rinadiki, xalqaro terrorchilar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo`liga yadroviy, kimyoviy, biologik va zamonaviy hujumkor qurollarning tushib qolish xavfi kuchaydi, bunday holat jahon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo`ydi.

1977 yilda katta "ettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida xalqaro terrorizmga qarshi kurash to`g`risida bayonot qabul qilindi. Halqaro terrorizmning oshib borayotgan xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzusi bo`lib keldi. Chunki xalqaro terrorizm bir tizimga birlashib harakat qila boshladi.

            Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi shahslar, narkobiznes va qurol - yaroq savdosidan foyda ko`ruvchi jinoiy to`dalar, yollanib hizmat qiluvchilar paybo bo`ldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremistik markazida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan mahsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, hususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qo`yishga hamda hokimiyatga qarshi muqolifatni shakllantirishga harakat qildi.

            O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har qanday ko`rinishiga qarshi qat’iyat bilan kurashib kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizm ko`rinishlariga qaratilgan ko`plab xalqaro bitimlarning: "Havo kemalarini qonunga hilof ravishda egallab olishga qarshi kurashish to`g`risida"gi 1970 yilda Gaaga konvetsiyasining; "Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi kurash to`g`risida"gi 1971 yildagi Monreal Konventsiyaning; "Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shahslar, masalan diplomatik agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va jazolash to`g`risida"gi 1973 yildagi konventsiyaning; "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to`g`risida"gi va boshqa konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. 2004 yildan Toshkentda Shanhay hamkorlik Tashkiloti (ShHT) ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo`mitasi faoliyat ko`rsata boshladi.

Xalqaro terrorizmga qarshi kurash. Xalqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki xavfsizlikka ham dahldor masaladir. Chunki terrorchilik tashkilotlari jangari usullari bilan hokimiyat uchun kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag`batlantirish va qo`llab quvvatlashga intiladi.

Markaziy Osiyo davlatlari uchun halqaro terrorizmning xavfi 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990 - 1996 yillarda tojikistondagi fuqarolik urushi va mojarolar davomida, 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida, 1999-2001 yillarda Qirg`izistonning Botken, O`zbekistonning Surxandaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004 yilning mart - aprel oylarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatlarida, 2004 yilning 11- 13 may kuni Andijon viloyatida amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari misolida o`zini namoyon etdi.

            Mustaqillikka erishgan O`zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizmning umumbashariy miqyosdagi xavfi ekanligidan jahon hamjamiyati bilan birgalikda unga qarshi kurashish lozimligini jahonning nufuzli minbarlarida e’lon qildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi  Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 28 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambelyasining 48 sessiyasida qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyatining Afg`oniston muammosini izchil o`rganish va yechishga chaqirdi. Keyinchalik 1998 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil topgan "6+2" guruhini BMT rahbarligi ostida 1998-1999 yillarda olib borilgan faoliyat Afg`oniston terrorchilikka qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu guruh Afg`oniston bilan chegaradosh 6 davlat: Xitoy, O`zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va mintaqa tashqarisidan ta’sir ko`rsatib turgan ikki davlat AQSH va Rossiya vakillaridan tashkil topgan edi.

            Yurtboshimizning 1999 yilda Evropa Xavfsizlik va hamkorlik Tashkilotining (EHHT) Istanbul da bo`lib o`tgan sammitda 2000 yilning 7-8 sentÿbr kunlari Nyu-Yo`rkda bo`lib o`tgan BMT bosh assambleyasining "Mingyillik Sammiti"da, BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish taklifiga hamohang tarzda 2001 yilning 28 sentybrda BMT doirasida terrorizmga qarshi kurash qo`mitasi tuzildi.

            Shunday kelishuvlik asosida O`zbekiston- AQSH hamkorligida tashkil etilgan xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida AQSH xarbiy havo kuchlarining trasport va vertalyotlariga Afg`onistonda qidiruv-qutqaruv va insonparvarlik yordamini amalga oshirish uchun havo hududi (Xonabod tumani) ochib berilib, terrorizmga qarshi vaqtinchalik foydalanish imkoniyati yaratildi.

O`zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining maqsadi mintaqada global miqyosda tinchlik, barqarorlikni saqlash, mamlakat mustaqilligi va ravnaqi, xalqning erkin farovon hayotini ta’minlashdir. Respublikamiz hukumati tamonidan terrorizmga qarshi qaratilgan koplab xalqaro shartnomalardan hozirga÷a BMTning 12 ta, Yevropa Kengashi doirasida esa 7 ta xalqaro shartnomalari imzolandi.

            Bulardan tashqari, O`zbekiston halqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham namoyon bolmoqda. Jumladan, O`zbekiston Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeHHT), Markaziy Osiyo hamkorligi Tashkiloti (MOHT) va boshqalar. O`zbekistonning bunday tashkilotlardagi ishtiroki, tashabbusi, global havfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda davlatimizning tutgan o`rni muhim ekanligini tasdiqlaydi.

            Terrorizmga qarshi kurashda 2000 yilda "Terrorizmga qarshi kurash to`g`risida"gi qonunning 4-moddasida terrorizmga qarshi kurashning asosiy tamoyillari aniq korsatib berilgan. Ular quyidagilardan iborat:

                     ·       qonuniylik;

                     ·       shaxs qonunlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

                     ·       terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;

                     ·       jazoning muqarrarligi;

                     ·       terrorizmga qarshi kurashning oshkora va nooshkora  usullarining 

 ustiuvorligi;

                     ·       jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi otkaziladigan operatsiyasiga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.

Terrorizmni oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bilan birgalikda profilaktik chora-tadbirlar o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu harakatlarda quyidagilar ta’qiqlanadi:

                     ·       terrorizmni ta’qib qilish;

                     ·       terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularni faoliyat ko`rsatishi;

                     ·       terrorchilik faoliyatiga dahldor bo`lgan yuridik shahslarni, ularning bo`linmalari va vakolathonalarini akkreditatsiya qilish, ro`yhatdan o`tkazish va ularning faoliyat ko`rsatishi;

          ●  terrorchilik faoliyatiga dahldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bolmagan shahslarning O`zbekiston Respublikasiga kirishi;

          ● tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma’lumotlar va fikrlarni yashirish.

Ushbu qonunga binoan O`zbekiston Respublikasida quyidagi davlat organlari terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi: jumladan, O`zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Hizmati, O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat Bojhona qo`mitasi, Mudofaa va Favqulotda Faviyatlar Fazirliklari kiradi.

Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatini olidini olish, uni aniqlash, unga chek qo`yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkorlikda harakat qilishlarini ta’minlash O`zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ishtirok etadigan har bir davlat organlarining vakillari ham ko`rsatib o`tilgan.

Terrorchilik harakatlarini bartaraf etishda birinchi navbatda aholi hayoti xavf ostida qolsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarni saqlab qolish maqsadida kuch ishlatmaslik uchun muzokaralar olib borish mumkin. Bunda ruhsat e`tilgan shaxslargina muzokarani olib boradilar.

Muzokaralar terrorchilar harakatining ishtirokchilari tomonidan ijobiy hal bo`lmasa, ya’ni ular o`z harakatlarini to`htatishga rozi bo`lmasalar, shuningdek fuqarolar hayotiga xavf mavjud bo`lsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarning yo`q bo`lishi aniq saqlanib turgan paytda, ularni qurolsizlantirish va yo`q qilish uchun zarur choralar ko`riladi.

Har qanday terrorchilik harakati muayyan hududda yuz beradi. Terrochilikka qarshi operatsiya o`tkaziladigan hududning chegaralari terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazish rahbarlari tomonidan belgilnadai. Bunda hududning chegaralarini belgilashda uning sharoiti, geografik tuzilishi, inshootlar o`ta muhim ob’ektlarning mavjud va mavjud emasligi, terrorchilik harakatlarining ko`lami va xavfsizlik darajalari e’tiborga olinadi.

Terrorchilik harakatiga qarshi kurash olib borilayotgan paytda kurashayotgan shahslarga qonunga binoan quyidagi huquqlar beriladi:

                     ·       zaruriyat tug`ilganda ko`chada harakatlanuvchi transport vositalarini hamda yo`lovchilarni cheklash va ta’qiqlash;

                     ·       transport vositalarini ayrim hududlarga va ob’ektlarga kiritmaslik, hatto chet el diplomatik vakolatlarining konsultik transportlari ham;

                     ·       aholini havfli deb topilgan hududlardan, korhona, uy, bino va boshqa ob’ektlardan chiqarib yuborish;

                     ·       jismoniy shahslarning shahsini aniqlash uchun ushlab turish;

                     ·       terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazayotgan shahslarning qonuniy talabini bajarmagan, terrorchilik harakati sodir bo`layotgan hududga suqilib kirishga uringan yoki shunday harakatlar sodir etayotgan shahslarni ushlash va tegishli organlarga olib borish;

                     ·       Operatsiyani kechiktirish kishilar hayotiga havf solayotgan bo`lsa, terrorchilik harakati ishtirokchilarini ta’qib qilib istamagan paytda bino, korhona, ish joyi, uy va boshqa joylarga mone’liksiz kirish;

                     ·       terrorchilar harakatiga qarshi kurash olib borayotgan hududdan chiqayotgan yoki kirayotgan transport vositalarini, jismoniy shahslarni tekshirish;

                     ·       zaruriyat tug`ilganda, jismoniy shahslarning aloqa va transport vositalaridan foydalanish (bunga chet el diplomatik vakolathonalari hodimlarining aloqa va transport vositalari kirmaydi).

            Terrorchilikka qarshi kurashda mavjud bo`lgan qurol va tehnikalardan foydalanish mumkin. Terrorizmga qarshi kurash jarayonida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikka ish olib boriladi. Shu bilan birga quyidagi ma’lumotlarning tarqalishiga yo`l qo`yilmaydi. Jumladan:

1.      Terrorchilik harakatini bartaraf etish va yo`q qilish uchun mahsus texnika usullari va taktik yondashish jarayoni to’g’risidagi;

2.      O`tkazilayotgan operatsiyani qiyinlashtirib qo`yadigan, jismoniy shahslar hayoti va sog`lig`iga havf tug`diradigan;

3.      Terrorchilik harakatlariga hayrihohlik bildiradigan;

4.      Terrorchilik harakatini bartaraf etish faoliyat ko`rsatayotgan va ularga yordamlashayotgan shahslar haqidagi ma’lumotlardir.

Mamlakat barqarorligini, aholining tinch va farovon hayotini buzilishiga qarshi ko`rsatuvchi shahslar ququqiy va ijtimoiy himoya qilinadi. Bu haqda "Terrorizmga qarshi kurash haqidagi" qonunning 25, 26, 28 bandlarida ko`rsatib o`tilgan.

Demak, terroristik harakatlar va ular olib kelishi mumkin bo`lgan oqibatlarning olidini olish uchun sergak bo`lish, atrof-muhitga e’tibor bilan qarash muhim ahamiyat kasb etadi. Mobodo shubhali buyumlar aniqlansa ularga tegmaslik, joyidan qo`zg`atmaslik, ko`tarmaslik, ichini ochmaslik lozim. Zudlik bilan tegishli organlarga habar berish kerak.

 

Mustaxkamlash uchun savollar

     1. Terrorizm va terrorchilik xarakatlari qanday

tushunchalar?

2.Terrorizmning qanday turlari mavjud?

3. Terrorizmning  salbiy illatlari nimalardan iborat?

 4.  Xalqaro terrorizmning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

   5. O`zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to`g`risidagi” qonunning moxiyatini tushintirib bering?

    6. O`zbekiston Respublikasining  xalqaro terrorizimga qarshi  olib borayotgan siyosatlari nimalardan iborat?     

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ma’ruza ¹ 8: Fuqarolarni muhofaza qilishning 

 uslublari va hususiyatlari

 

            Reja:

1.      Favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari, ularning hususiyatlari va har bir omilga qo’yiladigan talablar.

2.      Ogohlantirish, umumiy himoya inshootlarida saqlash, radiatsiyaga qarshi va kimyoviy tasirlarga qarshi (RQ va QTQ) omillar.

 

Harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz berganda fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari muayyan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

1) Davlat organlari, Vazirlik rahbariyati va iqtisodiyot tarmoqlarining rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda amalga oshirish va boshqarish;

2) Mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, iqtisodiyot  tarmoqlarida, fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish;

3) Har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofaa qudratini hisobga olgan holda fuqarolar muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish;

4) Fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, viloyat, shahar, hudud iqtisodiyot tarmoqlari) iqtisodiy va sotsial rivojlanish rejalari bilan birga amalga oshirish.

Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat:

1) Fuqarolarni xavfli vaziyat xususida î‘z vaqtida ogohlantirish

2) Radiatsiyaga va kimyoviy ta’sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillari;

3) Himoya inshootlarida saqlash;

4) Evakuatsiya omillarini î‘tkazish (fuqarolarni xavfli hududdan, vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki tî‘liq uzoqlashtirish);

5) Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish.       

 

 Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida ogohlantirish . Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishning omillarida alohida î‘rin tutadigan uslub - bu fuqarolarni î‘z vaqtida ogohlantirish hisoblanadi.

Ogohlantirish radio, televideniya vositalari orqali amalga oshiriladi. Bunda fuqarolarni ogohlantirishdan oldin sirena, ishlab chiqarish gudogi, transport vositalarining signallari va boshqa belgilar orqali ogoh etiladi. Ya’ni bu belgilar «DIQQAT HAMMAGA» degan ma’noni anglatadi. Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlarni qî‘yishlari zarur. Har bir ofat yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda iqtisodiyotgakî‘rsatadigan ta’sir xususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish matnlari tuziladi.

Masalan: a) Atom elektr stansiyasida yuz bergan avariya haqida fuqarolar muhofazasi quyidagi tartibda xalqni ogoh qiladi: «DIQQAT», Fuqaro Muhofazasi shtabidan gapiramiz, Fuqarolar! Atom elektr stansiyasida avariya sodir bî‘ldi. Shu AES atrofida joylashgan «UzBAT» korxonasi, Hamza aloqa uzatish tarmog‘i, Toshkent mineral suv quyish zavodi va  uy-joylar, mahallalarga radioaktiv changlarning tushishi kutilmoqda. Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar î‘zlarining, yashovchi uylari germetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlarni radiaktiv chang tushishidan saqlashlari, î‘zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari kerak. Keyingi xatti- harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yî‘riqnomalari asosida boradi».

b) Xavfli kimyo zavodidagi avariyada:

«Diqqat! Fuqarolar muhofazasi shtabidan gapiramiz, Fuqarolar! Chirchiq kimyo kombinatida odamga kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM) - ammiakning tî‘kilishi oqibatida avariya sodir bî‘ldi. Zaharlangan havo Toshkent shahri tomon tarqalmoqda. Kimyoviy zaharlanish hududiga î‘sha atrofdagi korxonalar va aholi yashash joylari (korxona, mahalla yashash joylari nomlari kî‘rsatiladi) kiradi. Kimyo korxonasiga yaqin bî‘lgan ishlab chikarish tarmoqlaridagi ishchi xizmatchilar, mahallalardagi yashovchilar î‘z uylarini, ish joylarini xavfsiz holatda qoldirlgan holda (gaz, suv, elektrni î‘chirishlari) va Toshkentga evakuatsiyaga tayyorlansinlar. Kimyo korxonasidan uzoqdagi korxonalar, mahallalardagi (nomlari kî‘rsatiladi) yashovchilar î‘z ish joylarida, uylarida qî‘shimcha germetikligini ta’minlab saqlanishlari lozim. Eshitganlaringizni qî‘ni-qî‘shnilarga yetkazing!».

v) Yer silkinishi ehtimolida:

«Diqqat! Fuqarolar muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Yer silkinishi ehtimoli bor! Gaz, suv, elektroenergiya, yonayotgan moddalarni î‘chirib, uylarni xavfsiz holatda qoldirib, eshitgan ma’lumotlarni qî‘ni-qî‘shnilarga yetkazing. Kerakli narsalarni:  kiyim-kechak, hujjat, oziq-ovqat, suv olib baland qurilgan imoratlardan uzoqroq joylarda saqlaning!»

Yer silkinganda inshootlarda bî‘lsangiz, darhol eshik, oyna ustunlari tagiga turib oling. Tartib va osoyishtalik saqlansin. Fuqaro muhofazasi shtabi yî‘riqnomalariga e’tiborni qarating!

 Radiatsiya va kimyoviy ta’sirlarga qarshi omillar. Radiatsiyaga qarshi (RQ) va kimyoviy tasirlarga qarshi (KTQ) omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar (g), zaharli kimyoviy moddalar va odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar (KTZM) ta’sirini kamaytirishga mî‘ljallangan kompleks omillar tushuniladi. RQ va KTQ  omillarida quyidagi vazifalar kî‘zda tutiladi:

a) Radiatsiyaviy - kimyoviy holatni aniqlash va baholash;

b) Dozimetrik va kimyoviy nazoratni tashkil etish va î‘tkazish;

v) Radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqish;

g) Radiîaktiv va kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni himoyalash uslublari hamda KTQ omillari bilan ta’minlash (bunda gazniqoblar, maxsus kiyim-kechaklar va boshqa vositalarni yig‘ish, saqlash, taqsimlash);

d) Radioaktiv va kimyoviy shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari (maxsus sanitar qayta ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlarni zararsizlantirish va boshqa omillar).

Radiatsiyaviy - kimyoviy holatni baholash - RQ va KTQ omillarining asosini tashkil etib, uni î‘tkazishdan maqsad:

·      fuqaro muhofazasi tizimlariga kiruvchi fuqarolarning ishlash qobiliyatlarini baholash;

·      ishchi xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish chegaralari;

·      evakuatsiya davrida tibbiy yordam kî‘rsatish hajmi;

·      fuqarolarni sanitar - qayta ishlovdan î‘tkazish hajmi;

·      jihozlarni, transport vositalarini, shaxsiy saqlovchi vositalarni, kiyim-kechaklarni, ish joylarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilish;

·      radiatsiyaviy-kimyoviy zararlangan hududlarda qolgan suv, yem, oziq-ovqat va boshqalarni qayta ishlab foydalanish.

Dozimetrik va kimyoviy holatni baholash - obyektning fuqarolar muhofazasi   shtabi, uning tizimlari, jumladan razvedka bî‘limlari amalga oshiradi (ya’ni radiatsiyaviy, kimyoviy va umumiy razvedka bî‘limlari).

Oziq-ovqatlar, suv va yemlarning zararlanish darajasi radiometrik va kimyoviy laboratoriyalarda aniqlanadi. Dozimetrik baholashda odamlarni va yer usti jinslarini radiatsiya nurlari bilan nurlanganligi hamda zararlangan joylarda odamlarning olgan nur dozalari aniqlanadi. Nurlanganlik darajasi guruh holda hamda yakka tartibda tekshiriladi. Guruhni tekshirishda, tizimlar, sexlar bî‘yicha odamlarning olgan nur dozalarini hamda ularning ishlash qobiliyatlari aniqlanadi.

Dozani aniqlovchi ID-1 va DKP-50A (5-rasm) dozimetrlar odatda, 10-12 odami bî‘lgan guruhlarga taqsimlanadi. Yakka tartibda esa ID-11 markali shaxsiy nur dozasi î‘lchovchi jihoz ishlatiladi. Mana shu ikki usul bilan (guruh va yakka tartibda) sexlardagi, guruhlardagi, tizimlardagi odamlarning olgan nur dozalari î‘lchanib, jurnalga yozib boriladi. Fuqarolarning umuman olgan nur dozalari qiymatiga qarab tizim boshlig‘i, î‘sha fuqarolarning ishlash qobiliyatlari, zararlangan hududlarda bî‘lish vaqtlarini aniqlab beradilar.

Odamlar, texnika, jihozlar va boshqa kiyim-kechaklarning radiaktiv changlardan zararlanishi DP-5 jihozi bilan aniqlanadi va mR/soat bilan î‘lchanadi. Oziq-ovqat, suv va emlarni radiaktiv changlardan zararlanish darajasi radiometrik usulda aniqlanadi va Ki/kg yoki Ki/l da î‘lchanadi. Shaxsiy saqlovchi vositalar, texnika, oziq-ovqat, suv, yashash joylari va obyektlarning zaharli moddalar, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan zaharlanishni kimyoviy jihatdan baholanadi.

Kimyoviy baholash natijalariga qarab odamlarni shaxsiy saqlovchi vositalarisiz yurish-turishi, texnikalarni, inshootlarning degazatsiyalash darajasi, oziq-ovqatlarni,   suvlarni va boshqa vositalarni zararsizlantirish aniqlanadi. Kimyoviy nazoratda kimyoviy razvedka jihozlari: VPXR, PXR-MV  yordamida î‘tkaziladi (6-7 rasmlar).

Demak, dozimetrik va kimyoviy nazoratni î‘z vaqtida, tî‘g‘ri î‘tkazilsa, odamlarning ish qobiliyatlarini va turmush darajalarini bir muncha saqlash imkoniyatlariga ega bî‘lamiz.

Radioaktiv va kimyoviy zararlangan joylarda fuqarolarni saqlash. Radioaktiv va kimyoviy zararlangan hududlarda fuqarolar muayyan tartib va qoidalar asosida himoyalanadilar. Bunda radioaktiv va kimyoviy zararlangan hududlardagi fuqarolarga alohida-alohida talablar qo`yiladi: 

Radioaktiv zararlangan hududda fuqarolarni saqlash. Radiîaktiv zararlangan hududlarda xalqni saqlashning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

-   Radioaktiv zararlanish xususida ogohlantirish;

   - Himoya inshootlarida saqlash (boshpana, radiatsiyadan saqlovchi boshpana - RSB);

            - Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish;

- Radiatsiyadan saqlovchi preparatlardan (ShD-2) foydalanish;

-   Zararlangan suv va emishlardan saqlanish;

- Zararlingan joylarda fuqarolarni saqlash rejimlariga rioya qilish;

- Zararlangan joylardan fuqarolarni  evakuatsiya qilish;

- Zararlangan hududlarga odamlarni kiritmaslik;

- Fuqarolarni sanitar qayta ishlovdan î‘tkazish, kiyim-kechak, texnika, inshootlarni dezaktivatsiya qilish.

Radiîaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda odamlarni hatti-harakatlari, radiatsiyaviy holatdan kelib chiqib aniqlanadi, bunda:

a) muayyan zararlangan joylarda, odamlar, RSBda bir necha soatdangacha saqlanishlari va sî‘ngra oddiy inshootlarda bî‘lishlari tavsiya etiladi. Ammo korxonalar va yashash maskanlar ishlarini oddiy rejim asosida amalga oshiradilar.

b) kuchli zararlangan joylardagi fuqarolar himoya inshootlarda uch kungacha saqlanishlari va keyingi tî‘rtinchi kunda oddiy inshootlarda bî‘lishlari mumkin. Bunday holatlarda korxona va maskanlar alohida rejimda ishlashlari, ochiq joyda ishlovchilar esa bir necha soatdan, bir necha kungacha ishni tî‘xtatishlari zarur.

v) xavfli va juda xavfli shikastlanishda fuqarolar himoya inshootlarida uch kundan kam bî‘lmasliklari hamda oddiy inshootlarda ham tashqariga chiqmasdan saqlashlari kerak. Bunday korxonalarda hamma oziq-ovqat mahsulotlari germetik idishlarda saqlanishi (shkaflarda, shishali yoki emalli idishlarda, polietilen qopchalarda) hamda ovqat tayyorlashda faqat zararlanmagan suvlardan foydalanish lozim.

 Kimyoviy zararlanishda fuqarolarni saqlash. Xavfli kimyoviy korxonalarda fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari quyidagilardan iborat:

- kimyoviy shikastlanish xavfi haqida ogohlantirish;

- himoya inshootlarida (boshpanada) saqlanish;

- shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;

- antidod va SHXP-8 ni qî‘llash;

- shikastlangan joylarda yurish-turish rejimlariga rioya qilish;

- zararlangan hududlardagi odamlarni evakuatsiya qilish;

- fuqarolarni sanitar-qayta ishlash, kiyim-kechak, inshootlarni, transport va texnikalarni degazatsiya qilish.

Kimyoviy zararlanishda birinchi navbatda razvedka î‘tkaziladi: bunda avariyaning aniq joyini, KTZM turi, hududning shikastlanish darajasi, odamlarning zararlangan î‘choqdan yaqin-uzoqligi, shamolning kuchi va yî‘nalishini va boshqa kî‘rsatkichlar aniqlanadi.

Zaharlangan fuqarolarga birinchi yordam berilib, tibbiy yordam kî‘rsatish shaxobchalariga yotqiziladi. Zararlangan oziq-ovqatlar, suv tekshirilib, degazatsiya qilinadi yoki yî‘q qilib yuboriladi. Zararlangan hududda chekish, ichish, himoya vositalarisiz yurish ta’qiqlanadi. Zararlangan hududdan chiqqanda, ochiq qolgan terilar, shaxsiy himoya vositalari, kiyim kechaklar SHXP-8 bilan zararsizlantiriladi, sî‘ngra î‘zlari tî‘liq sanitar ishlovdan î‘tkazilib, kiyim-kechaklar almashtiriladi.

Fuqarolarni va fuqaro muhofazasi tizimlarini RQ va KTQ omillari bilan ta’minlash. Har bir obyektning fuqaro muhofazasi shtabi va uning xizmatli bî‘limlari shaxsiy saqlovchi (terini hamda nafas organlarini saqlovchi) va tibbiy vositalar bilan ta’minlashni, saqlashni  hamda ularni doimiy texnik tayyor holda bî‘lishligini tashkil etadi.

Shaxsiy saqlovchi vositalarning saqlanishi ish joylariga yaqin bî‘lgan yerlarda (sex, bî‘lim va boshqalarda) tashkillashtiriladi, agar sharoit bî‘lmasa, u holda ish joylarining zaxiradagi binolarida, xonalarida saqlanadi. Tinchlik davrlarida ushbu vositalar vaqti-vaqti bilan laboratoriya kî‘rigidan î‘tkazilib turiladi.

Shaxsiy saqlovchi va tibbiy vositalar birinchi navbatda favqulodda vaziyatlarda ish bilan mashg‘ul bî‘ladigan fuqarolarga beriladi. Bulardan tashqari FM tizimlariga kiruvchi fuqarolar resperatorlar bilan ham ta’minlanadilar. Ishlamaydigan fuqarolar, nafas organlarini saqlovchi oddiy vositalar - paxta dokali taqqichlar va changdan saqlovchi matoli niqoblar bilan ta’minlanadilar. Terini saqlovchi vo­sitalar bilan faqat zararlangan î‘choqlarda (radiaktiv moddalar, zaharli birikmalar, biologik ta’sirlar va odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar, KTZM bilan shikastlangan hududlar) xizmat kî‘rsatuvchi fuqarolar muhofazasi tizimlari ta’minlanadi.

Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarida xizmat qiladigan fuqarolar shaxsiy saqlovchi vositalarini î‘z ish joylaridan, ish bilan mashg‘ul bî‘lmaganlar ro’yhatdagi turar-joylaridan  oladilar.

Fuqarolarni himoya inshootlarida saqlash. Respublikamizda qabul qilingan «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tî‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasida «Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlar»da muhofaza inshootlarini zaruratga qarab oldindan barpo etilishini ta’minlashlari  hamda ularni doimo shay holatda saqlab turishlari lozim, deb ta’kidlangan.

Himoya inshootlari fuqarolarni tabiiy ofatlar, avariya va halokat oqibatlaridan hamda qirg‘in qurollar ta’sir omillaridan va ularning ikkilamchi ta’sir omillaridan saqlaydigan boshpanalar hisoblanadi.

Himoya inshootlari quyidagilarga bî‘linadi:

a) Yî‘nalishiga kî‘ra: fuqarolarni saqlashga, boshqaruv tizimlarini joylashtirishiga mî‘ljallangan;

b) Joylashgan î‘rniga kî‘ra; alohida  joylashgan (metropolitenlar va tog‘-kon qurilishlari);

v) Qurilish muddatiga kî‘ra: - oldindan qurilgan va tez quriladigan;

g) Himoyalash darajasiga kî‘ra: - boshpana, RSB va oddiy boshpana (ochiq yoki yopiq yertî‘lalar).

  Boshpana - odamlarni hamma ta’sir omillaridan (yuqori harorat, radiaktiv, portlovchi va kuchli zaharli moddalar), inshootlar buzilganda ularni qismlaridan hamda qirg‘in qurollar va oddiy hujumkor qurollar ta’siridan saqlaydi.

Boshpanalar odamlarni qabul qilish soniga kî‘ra 5 sinfga bî‘linadi:  kichik (150-300 kishi), î‘rtacha (300-600 kishi), katta (600 dan kî‘p) va boshqalar.

Boshpanani qurishda quyidagi talablar qî‘yiladi:

1) 3 sutkadan kam bî‘lmagan muddatda saqlash;

2) Suv bosmaydigan joylarda qurish;

3) Oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalaridan hamda qurilish kommunikatsiyalaridan uzoqroq joylarda qurish;

4) Chiqish va kirish eshiklarining bî‘lishi.

Boshpana ma’lum jihozlar bilan jihozlanishi shart, jumladan: shamollatgich, sanitar-texnik jihozlar, havodagi zaharli moddalarni, radiaktiv birikmalarni va biologik vositalarni  tozalovchi uskunalardan iborat bî‘lishi kerak. U asosiy va qî‘shimcha xonalardan tashkil topadi: Asosiy xonalarga - odamlar, boshqaruv tizimlari, tibbiy xizmat tizimlari joylashtiriladi, qî‘shimcha xonalarda jihozlar, asbob-uskunalar, oziq-ovqatlar, suv va boshqa kerakli vositalar joylashtiriladi. Bu boshpananalar juda mustahkam qurilganligi, germetikligi yuqoriligi va sanitar-gigiyena sharoiti bî‘lganligidan xalqni bir necha kun davomida betalofot saqlashi mumkin. Boshpanalar odamlar yotadigan va turib saqlanadigan holda bî‘ladi. Turib saqlanadigan boshpanalar sifatida ishlab  chiqarish, ma’muriy  va  xalq  yashaydigan baland uylarning yertî‘lalaridan foydalaniladi. Bunda butun qirg‘in qurollari omillaridan saqlovchi qismlar va boshqa zarur jihozlar o’rnatilib,   boshpanaga qî‘yilgan talablar bajariladi.

Boshpana bir necha bî‘limlardan tashkil topib, har biriga 50-75 odam sig‘ishi kerak. Ular yarusli qilib jihozlanadi va har bir odamga 0,5 m2 joy tî‘g‘ri kelishi kî‘zda tutiladi. U juda yaxshi germetik ravishda qurilishi, ya’ni devorlari, xona bî‘limlari juda zich qilib ishlanishi zarur. Aks holda tashqaridan radioaktiv, kimyoviy va biologik zaharlovchilar havo bilan birga kirishi mumkin.

Boshpanada kamida ikkita qarama-qarshi tomondan kiradigan eshik va ehtiyot eshigi bî‘lishi kerak. Eshiklar tambur tipida ikki qavatli qilib germetik ravishda yopiladigan bî‘lishi lozim. Eshikning tashqi tomoni juda mustahkam materialdan yasaladi, sababi, u yadro portlaganda chiqadigan tî‘lqin zarbidan saqlaydi.

Boshpanalar filtrlaydigan, havo almashtiradigan asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. Ularda elektr, aloqa, suv hamda kanalizatsiya va isitish tarmoqlari ham bî‘lishi kerak. Boshpanada dozimetr, kimyoviy razvedka  jihozlari, himoyalovchi vositalar, î‘t  î‘chirish qurollari, oziq-ovqatlar, suv zaxirasi va dori-darmonlar bî‘lishi shart.

Agar favqulodda vaziyatda alohida qurilgan boshpanalar bî‘lmaganda tez jihozlanib foydalanadigan boshpanalar quriladi. Bunday boshpanalarni metropolitenlar, yerosti yî‘llari, inshootlarning yertî‘lalarini kerakli jihozlar bilan jihozlab tayorlanadi.

Radiatsiyadan saqlovchi boshpana (RSB). Radiatsiyadan saqlovchi boshpana (RSB) - germetik bî‘lmagan himoya inshootlari bî‘lib, favqulodda  vaziyatlarda fuqarolar î‘sha yerda saqlanadilar. RSB larga alohida qurilgan, tez jihozlab quriladigan xillaridan tashqari, xî‘jalik maqsadlarida foydalaniladigan chuqurliklar, sabzavot saqlanadigan qurilmalar va oddiy yashovchi qurilmalar kiradi.

RSBlarning saqlash xususiyati - radiatsiya nurini (g) susaytirish koeffitsienti (Kg)  bilan  aniqlanadi va u qanday  materialdan qurilganligiga va uning qalinligiga bog‘liq (19-jadval).

Masalan, yog‘ochdan tayyorlangan uylarning yertî‘lalari radiatsiya nurini 7-12 marta, g‘ishtli uylar esa 200-300 marta kamaytiradi. 50 nafar odamdan kî‘p bî‘lgan RSB lada kamida ikkita qarama-qarshi tomonda eshiklar bî‘lishi kerak, RSBlarda havo ta’minoti jihozlari bî‘lmasligidan î‘sha joylarda fuqarolar uzoq vaqt saqlana olmaydilar va uzog‘i bilan 4-6 soat bî‘lishlari mumkin. RSBlarga odamlar kirishdan avval, eshik, romlar yaxshilab î‘rnatiladi. Oziq-ovqatlar, suvlar iloji boricha germetik idishlarda saqlanadi. RSBda ham ikkita vazifali xonalar bî‘ladi. Asosiy xonada odamlar saqlanadi, qî‘shimcha xonada esa sanitar-gigiyenik jihozlari va havo almashtirgich joylashgan bî‘ladi. RSBning saqlash xonasida ham bir odamga 0,4-0,5 m2 hajmda joy tî‘g‘ri kelishi kerak.

   Shaharlar tashqarisidagi RSBlar, uylarning yertî‘lalari, sabzavot saqlanadigan omborlar, yertî‘lalar, g‘ishtli, betonli, tuproqli, yog‘ochli uylar va boshqa chuqurliklar moslashtiriladi. RSBlarning saqlash xususiyatni oshirish uchun ularning devorlarini qalin qilish, eshik, oynalar germetikligini oshirish va ularning yon berini tuproq bilan tî‘ldirish orqali erishiladi.

Radioaktiv shikastlangan hududlardan kelgan odamlar RSB larga kirishlardan oldin tamburda kiyim-kechaklardagi, oyoq-kiyimlardagi radioaktiv changlarni yî‘q qilib (silkitish orqali, tozalovchi vositalar orqali), sî‘ngra ehtiyotlik bilan kiyim-kechaklarni (himoya kiyimlari, oyoq kiyimi) yechib, keyin boshpana ichiga kirishlari kerak.

Radioaktiv zararlanishning boshlang‘ich 3-5 soatlarida, boshpananing chiqish eshiklarini va havo almashtirish teshiklari yaxshilab berkitiladi. Bu vaqt oralig‘ida radiatsiya darajasi tezda kamayib, radioaktiv changlar esa asosan yerga tushib bî‘ladi. 4-6 soatlardan keyin boshpana (RSB) shamollatiladi. Himoyalanuvchi odamlar tashqariga chiqqanda, albatta, himoya vositalarini kiyib 15-20 minut RSB dan tashqarida bî‘lishlari mumkin. Agar tashqarida radiatsiya darajasi juda yuqori bî‘lsa, u holda boshpana shamollatilayotganda odamlar nafas organlariga himoyalovchi vositalarni kiyib î‘tirishlari zarur.

Oddiy saqlovchi boshpana - bu yertî‘ladir. Fuqarolarni muhofaza qilishda oddiy saqlovchi boshpanalar, (yertî‘lalar) alohida î‘rin tutadi. Yertî‘lalar qurilish konstruksiyasiga kî‘ra oddiy himoya inshootlari qatoriga kiradi, chunki uni qurish juda qiska vaqtda amalga oshiriladi. Ular ochiq va yopiq kî‘rinishda bî‘ladi. Ochiq yertî‘lalarda odamlar radiaktiv shikastlanishdan ikki-uch marta kam zararlanadi (agar yertî‘la dezaktivatsiya qilinmasa) va 20 barobarigacha (agar yertî‘la dezaktivatsiya qilinsa) kam nurlanish dozasini oladi. Yopiq yertî‘lalar esa radiîaktiv zararlanishni 40-50 marta kamaytiradi. Yertî‘lalar chuqurligi 200 sm, kengligi 120 sm, pastki qismi esa 80 sm, uzunligi esa odamlar soniga qarab tayyorlanadi.                                               

Ochiq yertî‘lada fuqarolar himoya vositalaridan foydalangan holda saqlanadilar. Tuproq, poxol yoki qamish bilan yopilgan yopiq yerto’lalar radioaktiv changlarni, biologik tumanlarni, kimyoviy qurollarni kiyim-kechaklarga, terilarga tushishidan saqlovchi boshpana hisoblanadi.

Fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish.

Qirg‘in qurollari ta’siridan saqlash usullaridan yana biri - bu fuqarolarni falokat yuz bergan joydan vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki butkul evakuatsiya qilish hisoblanadi. Ish bilan mashg‘ul bî‘lgan odamlarni harbiy vaqtda vaqtinchalik shahardan tashqari hududga yoki boshqa qishloqqa kî‘chirishni biz uzoqlashtirish deb bilamiz. Lekin bunda ishchi xizmatchilar vaqtincha zararlangan hududdan chiqib turadilar. Qaytadan yana ishga kelganlarida hamma ehtiyot choralarini kî‘rib, î‘z faoliyatlarini boshlaydilar. Demak, vaqtinchalik kî‘chirishda ishlovchi odamlar ma’lum bir vaqt dam olib keladilar.

 

Mustahkamlash uchun savollar

1. Fuqarolarni muhofaza qilishning ogohlantirish uslubini mohiyati qanday?

2. Nafas organlarni saqlovchi vositalar va ularning xususiyatlarini tushuntiring?

3. Shaxsiy tibbiyot vositalari va ularning vazifalari nimalardan iborat?

4. Terini saqlovchi vositalar, turlari va xususiyatlarini tushuntiring.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ma’ruza ¹ 9. Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni  

                     havfsiz hududlarga evakuatsiya qilish 

                    Reja:

1.      Evakuatsiya tushunchasi, uning turlari va tashkil etish tadbirlari.

2.      Aholini va moddiy boyliklarini evakuatsiya qilsh qoidalari.

 

Zamonaviy qirg’in qurollari ta’siridan, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda aholini, moddiy va ma’naviy boyliklarni muhofaza qilishning ishonchli uslubini evakuatsiya (ko’chirish) tashkil etadi.

Evakuatsiya deganda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni oldindan tartibli ravishda xavfli xududlardan xavfsiz xududga ko’chirishning kompleks tadbirlari tushuniladi (asosan, ishlamaydigan fuqarolar, nafaqaxî‘rlar, bolalar va kasallar evakuatsiya qilinadi). Evakuatsiya qilinadigan xududlar aholining xavfsiz yashashi uchun bir muncha uzoqda joylashishi, hamda yashashi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud bo’lishi talab etiladi.

Evakuatsiya omilini 2 turi mavjud:

1 Xavfsiz xududga vaqtinchalik uzoqlashtirish.

2. Xavfsiz xududga butkul ko’chirish.

 Xavfsiz xududga vaqtinchalik uzoqlashtirish omili asosan ish bilan mashg’ul bo’lgan ishchi-xizmatchilarga qo’llaniladi. Ko’chirishning bu uslubida ishchi xizmatchilar (shu jumladan, maishiy xizmat ko’rsatish xodimlari ham) xavfli xududdagi asosiy ishlarini bajarganlaridan so’ng, xavfsiz xududga olib boriladi va keyingi ish vaqitlariga qadar shu yerda saqlanadilar. Keyingi kunlardagi asosiy ishlarini bajarishlari uchun hamma extiyot choralarini ko’rgan holda yana ish joylariga qaytadilar. Ishchi xizmatchilarning bunday ish jarayoni xavfli xududdagi sharoit xavfsiz holatga kelgunga qadar davom ettiriladi. Bunda  xavfsiz xudud  xavfli xududdan taxminan 2 soatli masofada joylashishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, ishchi xizmatchilarni tashishga  xavfsiz xudud  transport vositalariga qulay bo’lgan yo’l yoqasida joylashishi maqbul xisoblanadi, qolgan toifadagi fuqarolar (nafaqaxo’rlar, kasalmandlar, qariyalar, yosh bolali onalar, o’quvchi yoshlar) ma’lum vaqtga  qadar xavfsiz xududga butkul evakuatsiya qilinadilar. Butkul evakuatsiyada   xavfsiz xudud ancha uzoq masofada joylashishi mumkin (sxemaga qarang).

Ishchi xizmatchilarni va  ularning oilalarini uzoqlashtirish uslubi ishlab chiqarish prinsipi bo’yicha, korxona yoki tashkilotning fuqaro muhofazasi boshlig’i hamda evakuatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Evakuatsiyani tashkil etish, uni amalga oshirish va xavfsiz xududlarga joylashtirish fuqaro muhofazasi bo’shliqlariga yuklatilgan. Jumladan :

·         O’zbekiston Respublikasi hududlarida mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari:

·         Iqtisodiyåt ob’yektlari va tarmoqlarida - ularning rahbarlari.

Evakuatsiyada quyidagi tuzilmalar faoliyat olib boradi:

            - Respublika, viloyat, shahar, tuman, aholi punktlari va ob’yekt miqyosidagi evakuatsiya komissiyalari;

             - Shahar va ob’yekt miqyosidagi yig’ma evakuatsiya punktlari;

             - Mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining evakuatsiya komissiyalari;

             - Oraliq evakuatsiya punktlari;

             - Ko’chirilgan aholini qabul qiluvchi evakuatsiya punktlari;

             - Aholini transportlarga chiqarish va tushirish boshqaruv punktlari;

 - Evakuatsiya yo’llarini nazorat qilish va boshqarish guruhi va boshqalar.

Evakuatsiya tadbirlari favqulodda vaziyatlar komissiyasi boshlig’i yoki hududiy-boshqaruv fuqaro muhofazasi boshlig’i tomonidan e’lon qilinadi. Ogohlantirishda turli aloqa vositalari: radio, televideniya, telefon, choparlar va boshqa belgilar orqali aholi evakuatsiya xususida ogoh etiladi .

Evakuatsiya to’g’risida ogoxlantirishni eshitgan xar bir fuqaro o’zi yashaydigan uyllarini ehtiyot xolatda qoldirishi (gaz, suv, elektr manbailarini o’chirishlari , eshik, oynalarni maxkam bekitishlari) va o’zlari bilan xujjatlari (pasport, xarbiy guvoxnoma va boshqalar), pullari va 2-3 kunga yetadigan yegulik ovqat, ichimlik suvi xamda bir sidra kiyim kechaklarni olib evakuatsiya punktlariga (EP) tezda yetib kelishlari zarur.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Fuqarolarni xavfsiz hududgacha Evakuatsiya qilish na’munaviy sxemasi

Ïîäïèñü: AY,Ïîäïèñü: Uzoqlashtirish hududi hududi,Ïîäïèñü: “To’yepa” 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Evakuatsiya punktlari (EP) oldindan tashkil etilib, ular jamoat yig’iladigan joylar: maktablar, bog’chalar, ta’lim maskanlari, klublar, sport maydonchalari va boshqa inshootlar

bo’lishi mumkin .

Evakuatsiya punktiga kelgan fuqarolar, darhol ro’yhatdan o’tib (ismi, sharifi, turar joyi, kasbi va qaysi xuydudga ko’chirilishi) ular imkon boricha transport vositalarida belgilangan joyga harakatlanishiga ruxsat etiladi. Transport vosiytalariga: temir yo’l , jamoat trasnportlari va shaxsiy transport vositalari kiradi. Transport vositalari orqali asosan kasalmandlar, qariyalar, nogironlar, yosh bolali ayollar, hamda ishchi hizmatchilar va yosh bolalar ko’chiriladi. Qolgan toifadagi aholi piyoda yurish orqali ko’chiriladi. Piyoda yuradiganlar oldindan belgilangan harakatlanish yo’llari orqali, kalonnada (500-1000 kishi) harakat qiladi. Bunda albatta evakuatsiya punktiga kelgan odamlarni ko’p yig’maslik maqasadida 50-100 kishi yig’ilishi bilan bitta boshliq tayinlanib havsiz hudud tomon yurishga ruxsat etiladi. Kolonnada harakatlanishda har bir guruh boshliqlari o’z guruhlaridagi odamlarning sonini, begona odamlarning bo’lmasligini va orqada qolayotganlarni doimo nazorat qilib boradi. Kolonnaning harakatlanish tezligi tahminan 4-5 km/soat bo’lishi va kolonnalar orasidagi masofa 500 metrni tashkil etishi kerak. Kolonna birinchi 1-1,5 soat harakatlanishidan keyin 10-15 minut dam olishga ruxsat etiladi. Bunda odamlarga tibbiy yordam olish imkoniyati beriladi. Ikkinchi va undan keyingi yurishlardan keyin evakuatsiya qilinuvchilarga ko’proq dam olish vaqti (1-2 soat) beriladi. Bu vaqtda odamlar issiq ovqat bilan ta’minlanadilar va dam oladilar. Mana shunday tartibda aholi ko’rsatilgan havfsiz hududga yetib boradi. Evakuatsiya davomida aholining qo’rquvga tushishi yoki bezovtalanishi eng havfli ko’rsatkichlardan hisoblanib, ular quyidagi omillar ta’sirida bo’lishi mumkin:

·         Evakuatsiya yo’llarinig kamligi;

·         Evakuatsiya davrida yuzaga keladigan havflarni yo’qotib bo’lmasligi;

·         Evakuatsiya yo’llarining yaroqsiz holga kelib qolganligi;

·         Katta miqyosida evakuatsiya qilinayotgan aholining berk yo’lga kirib qolishi va boshqalar.

      Evakuatsiya davomida aholining bezovtalanishini yo’qotish uchun quyidagi omillarni bajarish zarur hisoblanadi:

·         Evakuatsiya yo’llaridagi to’siqlarni yo’qotish ;

·         Evakuatsiya yo’llarininh yo’ritilganiligini oshirish ;

·         Evakuatsiya qilinayotganlar bilan aloqani doimiy ushlab turish ;

·         Evakuatsiya davrida ogohlantiruvchi tizimlar ishini shay holatda ushlab turish;

·         Tibbiy yordam ko’rsatish tizimining shayligini ta’minlash.

            Evakuatsiya qilinganlarni havfsiz hududning qabul qiluvchi evakuatsiya kommissiyasi kutib oladi. Bu komissiyaga havfsiz hududning hokimiyat, korxona, tashkilot rahbarlari hamda umumiy ovqatlanish va tibbiy hizmat ko’rsatish rahbarlari kiradi. Ular odamlarni qabul qilib, hisobotni oladi va har bir fuqaroni tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. Tibbiy ko’rikdan o’tkazilgan fuqarolar oldindan tayyorlab qo’yilgan maktablarga, bo’g’chalar, klublarga, kinoteatrlarga, va shunga o’xshash obektlarga taqsimlanadilar. Evakuatsiya qilinganlar tastlabki ikki kun davomida o’zlari bilan olib kelgan oziq-ovqatlar bilan ovqatlanadilar va keyingi kunlardan boshlab havfsiz hududda tayyorlangan issiq ovqat bilan ta’minlanadilar. Evakuatsiya qilingan aholi havfsiz hududdagi qishloq xo’jalik tarmoqlarida, jumladan fermer xo’jaligida ishlashga jalb qilinadi.

Evakuatsiya uslubini qo’llanilishiga misol qilib ikkinchi jahon urushu davrida yosh bolalarni O’rta Osiyo respublikalari hududlariga evakuatsiya qilinganligigni eslash joizdir. Jumladan, Toshkentlik temirchi usta Shoahmad ota Shomahmudov turli millatga mansub 14 nafar yetim bolalarni asragani ma’lum.

Shunindek, 1986-yilda Chernobel (Ukraina) atom elektrostansiyasida ro’y bergan avariya natijasida 11 ta viloyat yerlari radioaktiv zarrachalar bilan zararlanganligi oqibatida 130 mingdan ortiq aholi havfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Yana bir misol: 1992-yil yanvar oyida Qoraqalpog’siton Respublikasining Buzatov tumanida suv toshqini kuzatilib, havfli hududlardan 3200 nafar aholi va 3026 bosh qoramollar havfsiz hududlarga ko’chirilgan.

Yuqoridagi misollardan ko’rinadiki, aholini va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda himoyalanishning boshqa uslublari yaxshi natija bermagandagina evakuatsiya omili qo’llaniladi.

Mustahkamlash uchun savollar

1. Himoya inshootlarining bir-biridan farqi va ularni himoyalash darajalari qanday?

2. Evakuatsiya omilini mohiyati va uni tashkil etish tadbirlari qanday bî‘ladi?

3. Evakuatsiya davomida aholining bezovtalanmasligi uchun qanday omillar zarur bî‘ladi?

4. Qanday  joylar evakuatsiya punktlari (EP) bo lishi mumkin? 

5. Evakuatsiyada qanday tuzilmalar faoliyat olib boradi?

6. Fuqarolarni xavfsiz hududgacha evakuatsiya qilish qanday tartibda amalga oshiriladi ? 

 

 

 

Ma’ruza ¹ 10: Shaxsiy saqlovchi vositalar yordamida

         fuqarolarni muhofaza qilish

 

             Reja:

1.      Fuqarolarni turli hil tasirlaridan saqlash shahsiy saqlovchi vositalari, ularning turlari, vazifalari va ishlatish qoidalari.

2.      Nafas organlari, teri, tana azolarini saqlovchi shahsiy tibbiy vositalar.

 

Yakka tartibda saqlovchi vositalar inson tanasiga, ichki organlariga, terisiga va kiyim-kechaklariga radiaktiv moddalarni, zaharli birikmalarni va biologik tumanlarni tushishidan saqlaydi. Yakka tartibda saqlovchi vositalar qî‘llanilishiga kî‘ra: terini saqlovchi, nafas organlarini, yuz-kî‘zni saqlovchi turlarga bî‘linadi. Bundan tashqari, filtrlovchi hamda izolirlovchi xillarga bî‘linadi. Bunday vositalarga tibbiy saqlovchi vositalar ham kira­di.

Nafas organlarini saqlovchi vositalarga gazniqoblar, resperatorlar, matoli niqoblar, paxta, dokali taqqichlar kiradi.

Gazniqoblar - nafas yî‘llarini, yuzni, kî‘zni har xil zaharli ta’sirlardan saqlaydi, gazniqoblar filtrlovchi va izolirovchi hillarga bî‘linadi. Fuqaro muhofazasi bî‘yicha quyidagi filtrlovchi gazniqob­lar: GP-5, GP-5M, GP-7, GP-7V; bolalar uchun - PDFSH, PDF-D, PDF-2SH, PDF-2D va BXK dan foydalaniladi. Filtrlovchi gazniqoblar asosan, 2 qismdan: niqobdan va filtrlovchi qutidan tashkil topgan. Filtrlovchi quti asosan tashqi muhitdagi turli xil zaharli birikmalarni yutuvchi filtr va shixtadan tashkil topgan.

Niqob - tabiiy yoki sun’iy kauchuk asosida olingan rezina materiallaridan tayyorlannb, unga kî‘rish uchun oynak hamda nafas olish va chiqarish uchun mî‘ljallangan jihoz joylashtirilgan.Boshqa rusumdagi gazniqoblar ham xuddi GP-5 rusumli gazniqobiga î‘xshash tuzilishiga ega (3-rasm).

PDF-D esa 1,5-7 yoshgacha bolalar uchun PDF-SH rusumli gazniqob 7-17 yoshlardagi bolalar uchun mî‘ljallangan; Bolalar gazniqobi ham filtrlovchi quti va niqobdan tashkil topib, niqob elastik rezinadan tayyorlangan. Filtrlovchi quti niqob bilan birlashtiruvchi trubkasidan yig‘iladi.

Bolalar himoya kamerasi (BXK) 1,5 yoshgacha bî‘lgan bolalarni zaharli birikmalar, radiaktiv moddalar va biologik ta’sirlardan saqlaydi.

 BXK tarkibiga: himoya kamerasi, atmosfera yog‘inlaridan saqlovchi yopinchiq, kartonli quti va kamerani saqlovchi g‘ilof kiradi.

Gazniqoblarning saqlash darajasini oshirish uchun har bir fuqaro î‘z î‘lchamini kiyish orqali erishiladi Chunki tî‘g‘ri tanlangan shlem-niqob yuzga zich yopishib turadi va tashqaridan xech qanday zararli ta’sirlar kirmaydi.

Gazniqoblarni î‘lchami 2 xil usulda aniqlanadi:

a) yuzning î‘lchamini aniqlash orqali;

b) dahan bilan qosh suyagi orasidagi masofa î‘lchash orqali.

Birinchi uslub bilan 63 sm.gacha 0-î‘lcham, 1-î‘lcham 63,5-65,5sm gacha, 2-î‘lcham 66-68 sm.gacha, 3-î‘lcham 68,5-70,5 sm va 4-î‘lcham 71 sm va undan katta.

 

3-rasm. Filtrlovchi fuqarolar gazniqobi GP-5:

1-filtrlovchi - yutuvchi korobka; 2-shlem-niqob; 3-xaltacha;  4-terlamaydigan plyonkalar solingan quticha; 5-manjetlar.

 

Ikkinchi uslub bilan 3 xil î‘lchamda gazniqoblar ishlab chiqariladi.

1-î‘lcham 99-109 mm gacha; 2-î‘lcham 109-119 mm; 3-î‘lcham 119 mm dan katta.

Bolalar gazniqobi î‘lchamini topishda ularning yuz balandligini î‘lchab gazniqob î‘lchovi aniqlanadi. Gazniqobni ishlatishdan oldin har bir fuqaro uni saqlash xususiyati buzilmaganligini tekshirib kî‘rishi, uning germetikligi qayta tekshirish kerak. Tekshirilgan ish holatidagi  gazniqoblar yaxshilab taxlanib qaytadan sumkaga solinadi va saqlash uchun joyiga qî‘yiladi.

Gazniqobdan foydalanish umumiy tartibda berilgan «Gazlar» degan komandada, yoki atmosferada radiaktiv birikmalar, zaharli moddalar, biologik ta’sir tarqalganda, mustaqil ravishda kiyib olinadi. Filtrlovchi sanoat gazniqoblari ham bir necha rusumda bî‘lib, ular asosan turli sanoat va qishloq, xî‘jaligi tarmoqlarida kuzatiladigan favqulodda vaziyatlarda ishlatiladi. Ularning turlari va xususiyatlari tî‘g‘risida oldingi mavzularda ma’lumot berilgan.                                                                                                                              

 Izolatsiyalovchi gazniqoblar asosan turli xil zaharli birikmalar aralashmasi bî‘lganda, ularning konsentratsiyasi yuqori bî‘lganda hamda atmosferada kislorod miqdori juda kichik hollarda ishlatiladi. Bundan tashqari, izolirlovchi gazniqoblar suv ostida va yer ostida bajariladigan ishlarda ham foydalaniladi. Izolatsiyalovchi protivogazlar saqlash xususiyatiga kî‘ra 2 guruhga: ki­slorod bilan kimyoviy bog‘langan gazniqob (IP-4, IP-5) va siqilgan kislorod yoki havo bilan foydalaniladigan gazniqob (KIP-7, KIP-8)larga bî‘linadi. Izolatsiyalovchi gazniqoblar bilan asosan, fuqaro muhofazasining qutqaruv va avariyani tiklovchi tizimlar ta’minlanadi (suvga chî‘kkan odamlarni, yong‘inda qolgan fuqarolarni qutqaruvchilar, radioaktiv chang tarqalgan va yuqori konsentratsiyali zaharli moddalar bî‘lgan joylardagi avariyani tiklovchi va boshqa tizimlar).

Resperatorlar asosan radiaktiv va mexanik changlardan nafas organlarini saqlovchi vosita hisoblanadi. Fuqarolar muhofazasida asosan R-2 va ShB-1 rusumli resperatorlar ishlatiladi. Resperator R-2 filtrlovchi yarim niqob va mahkamlovchi tasmadan iborat. Niqobda 3ta klapan: 2tasi nafas olish uchun va bittasi nafas chiqarish uchun xizmat qiladi. Resperatorni tashqi tomoni poliuretanli materialdan, ichki tomoni esa yupqa havo î‘tkazmaydigan polietilenli plyonkadan tarkib topib, ularni î‘rtasiga filtrlovchi polimer tolalari joylashtirilgan (4-rasm).

 

4-rasm. Resperator R-2:

1-yarim niqob; 2-nafas oluvchi klapan; 3-nafas chiqaruvchi klapan;

4-burun qisqichi; 5-tasmalar.

 

Chiqarilgan havo esa tashqariga haydaydigan klapan orqali chiqarib yuboriladi.

Resperator R-2 uch xil î‘lchamda chiqarilib, uning î‘lchami yuz balandligini î‘lchash orqali aniqlanadi.

 1-î‘lcham 99-109 mm, 2-î‘lcham 109-119 mm va 3-î‘lcham 119dan katta. Bolalar uchun resperator nol î‘lchamda chiqariladi. Resperatorlar polietilenli qopchada germetik ravishda saqlanadi.

SHB-1 rusumli resperator 1 martali ishlatiladigan î‘lchamsiz saqlovchi vosita hisoblanib, bunda filtrlovchi element sifatida Petryanov matosi ishlatiladi. SHB-1 resperatori Chernobl avariyasida qî‘llanilib, yaxshi natijalar berganigi ma’lum.

Matoli niqoblar - nafas organlarini saqlovchi vositalarning asosiy uslubi sanalib, u radiaktiv moddalardan, biologik tumanlardan saqlovchi vosita hisoblanadi. Lekin bu vosita zaharli moddalardan saqlay olmaydi. Bunday vositalar zich tî‘qilgan matolardan har bir fuqaro î‘zi tayyorlashi mumkin va uning rusumi MM-1 deb ataladi. Yana nafas organlarini saqlovchi oddiy vositalar qatoriga paxta, dokali taqqichlar ham kiradi.

Terini saqlovchi vositalar. Terini saqlovchi vositalar ham saqlash darajasiga kî‘ra: filtrlovchi va izolirlovchi xillarga bî‘linadi. Izolirlovchi terini saqlovchi vositalar havo î‘tkazmaydigan rezinali elastik materiallardan ( masalan, PVX) tayyorlanadi. Ular germetik va nogermetik holda bî‘ladi. Germetik vositalar butun teri a’zolarini berkitib, zaharli moddalarning bug‘i va tomchilaridan butunlay saqlaydi. Germetik bî‘lmagan vositalar esa faqat zaharli moddalarning tomchilaridan saqlaydi. Izolirlovchi terini saqlovchi vositalarga: kombinezon va kamzul, yengil himoya kostumi L-1 va umumqî‘shin himoya jamlamasi kiradi. Himoya kombinezoni, bitta qilib tikilgan kurtka, shim va bosh kiyimdan tashkil topgan. Kombinezon va kostum tarkibiga shlemosti (podshlemnik), rezinali oyoq kiyimi va rezinali qî‘lqop kiradi. Himoya kombinezoni va kostumi odamlarning tuzilishiga kî‘ra 3 î‘lchamda ishlab chiqariladi: 1-î‘lcham 166 sm gacha, 2-î‘lcham 165-172, 3-î‘lcham 172 sm dan yuqori.

Yengil himoya kostumi L-1. U qalpoqchadan, shim bilan birga tikilgan paypoq hamda ikki qavatli qî‘lqop va podshlemnikdan tashkil topgan.

L-1ning ham î‘lchamlari huddi himoya kombinezoniga î‘xshash bî‘ladi. L-1 kiyimlari asosan fuqarolar muhofazasining razvedka qismlarida kiyiladi.

Umumiy himoya jamlamasi (OZK) vositasi himoya plashidan (OP-1) va himoya paypoq,  qî‘lqopdan tashkil topgan.

Umumqî‘shin himoya jamlamasii qî‘yilgan maqsadga kî‘ra:

a) radioaktiv birikmalardan, zaharlovchi moddalar va biologik vositalar ta’sirlaridan saqlashda, radiaktiv moddalar va biologik shikastlangan joylarda hatti-harakatlar hamda texnika, transportlarni zararsizlantirish ishlarini bajarishda yopqich kî‘rinishda; b) shikastlangan î‘choqlardagi xatti-harakatlarda va qutqaruv-evakuatsiya ishlarini bajarishda kombinezon kî‘rinishda foydalaniladi.

Filtrlovchi terini himoyalovchi vositalar paxtali materiallardan tayyorlangan kiyimlarga maxsus kimyoviy moddalar shimdirilgan bî‘ladi. Bunda zaharli moddalar kiyimdan î‘tayotganda yutilib qoladi va terini shikastlashdan saqlaydi.ZFO

Filtrlovchi himoya kiyimlari (ZFO-58). Bu vosita kombinezondan, paytava, shlemostilidan tashkil topgan. ZFO-58  gazniqob, rezinali etik va qî‘lqopdan iborat jamlama holida ham foydalaniladi (5-rasm).

.

5-rasm. Filtrlovchi himoya kiyimi ZFO-58:

1-kombinezon; 2-kapushonkani mahkamlovchi qism; 3-bosh klapani;

4-mahkamlovchi klapan; 5-qî‘lqopni ushlovchi; b-podshlemnik-qalpoqni

Ichidan  kiyadigan bosh kiyim.

 

Kombinezon 3 xil î‘lchamdada chiqariladi: 1 - 160 sm gacha, 2 - 161-170 sm gacha va 3 - 171 sm dan yuqori bî‘yli odamlar uchun.

Oddiy terini himoya qiluvchi vositalarga oddiy hech narsa shimdirilmagan yopqich, plashlar, qalin zich tî‘qilgan paltolar, paxtali, charm-terili kurtkalar va boshqa kiyim kechaklar kiradi.Trikotaj, sherst va paxtali matolardan tayyorlangan kiyimlar, qî‘lqoplar faqat radioaktiv changlardan va biologik ta’sirlardan saqlaydi.

Yakka tartibdagi tibbiyot vositalaridan foydalanish. Ionlantiruvchi nurlardan, zaharlovchi moddalardan, bakterial vositalardan hamda kuyishdan saqlashda shaxsiy (SHD-2) doriqutilardan foydalaniladi. Bu vosita 130 gr. bî‘lib, saqlanish muddati - 3 yil. Doriqutiga dori  moddalar va qirg‘in qurollari ta’siriga qarshi kurashadigan protektorlar joylashtirilgan:

a) shaxsiy tibbiyot doriqutisiga og‘riq qoldiradigan shpris-tyubik ninasi bilan joylashtirilgan;

b) fosfor organik zaharli moddalar bilan zaharlanganda ishlatiladigan taren-6 tabletka dorisi bor. Bu dori kimyoviy ogohlantirishda bir tabletkadan ichiladi;

v) baktereologik vositalarga qarshi ishlatiladigan dori. «¹1» (oq shishada - tetrasiklin gidroxlorid) joylashgan. Bu dorini baktereologik qurol ishlatilganda, jarohatlar olgan va kuyganlar uchun foydalaniladi. Bunda bir yî‘la 5 ta tabletka ichiladi va yana 6 soatdan keyin yana 5 tasi ichiladi (vabo, î‘lat, sibir yarasi).

g) biologik ta’sirlarga qarshi ishlatiluvchi (sulfodometoksin-15 tabletka dorisi) qî‘yilgan. Bu dorini oshqozon-ichak kasali boshlanganda bir yî‘la 7 ta tabletkasi va keyingi kunlarda 4 tadan ichiladi;

d) Radiosaqlovchi vosita ¹1 (sistamin) joylashgan bî‘lib, u g nurlanish yuz berganda bir yî‘la 6 ta tabletka ichiladi;

e) Radiosaqlovchi vosita ¹2 (kaliy yodit) bî‘lib, har kuni bitta tabletkadan ichiladi (10 kun maboynida). Bu dori radiaktiv changlar tushganda ichiladi;

j) Qusishga qarshi ishlatiladigan vosita - etaperazin (havorangli shishada) joylashtirilgan. Bu dori odam nur qabul qilganda, et uzilganda ichish tavsiya etiladi.

Yuqorida qayd etilgan dorilarni kichik bolalarga ham ichish tavsiya etiladi, 8 yoshgacha bî‘lganlar: 1/4 tabletka, 8-15 yoshgacha 1/2 tabletka.

Kimyoviy zaharlovchilarga qarshi yakka tartibdagi paket (SHKP-8) qo’llaniladi. Bu vosita har bir odamda bî‘lishi shart. Bu paket kimyoviy zaharlovchilarni teriga, kiyimlarga, shaxsiy saqlovchi vositalarga tushganda, zararsizlantirishda foydalaniladi. Bu paketda degazatsiya qiluvchi idish eritmasi va tî‘rtta paxta dokali  tampon bî‘lib, bular polietilen qopchada germetik joylashtirilgan bî‘ladi. Agar biror zaharlovchi moddalar teriga yoki kiyim boshga tushib qolsa, darhol, tampon, degazatsiya qiluvchi eritmaga shimdirilib, keyin î‘sha joy artiladi.

Degazatsiya qiluvchi eritmalar 3% H2O2+3%  NaOH yoki 3%  H2O2+(150 g natriy silikatning suvdagi aralashmasi).

 

Mustahkamlash uchun savollar

1. Fuqarolarni muhofaza qilishning ogohlantirish uslubini mohiyati qanday?

2. Nafas organlarni saqlovchi vositalar va ularning xususiyatlarini tushuntiring?

3. Shaxsiy tibbiyot vositalari va ularning vazifalari nimalardan iborat?

4. Terini saqlovchi vosita turlari va xususiyatlarini tushuntiring.


Ma’ruza ¹ 11: Fuqaro muhofazasi tadbirlarini

rejalashtirish 

                 Reja:

1.      Fuqaro muhofazasi omillarini (harbiy hamda tinchlik davrda ) rejalashtiriah.

2.      Rejalashtirishga qo’yiladigan talablar, rejalashtirish uchun kerakli meyoriy- huquqiy hujjatlar.

 

Ma’lumki, Αzbekiston Respublikasining “Fuqaro muhofazasi tî‘g‘risida”gi  va  “Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tî‘g‘risida”gi qonunlarini amalda qî‘llanilishi va fuqaro muhofazasining asosiy vazifalarini bajarilishini ta’minlash, fuqaro muhofazasi rejasi bilan uzviy bog‘liqdir.

Fuqaro muhofazasi rejasi deyilganda - qî‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradigan muhofaza tadbirlarining majmuasi tushuniladi. Bunday tadbirlarga: favqulodda vaziyatlarni oldini olish, aholini va hududlarni muhofaza qilish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini oshirish, qutqaruv va tiklov ishlarini î‘tkazishga kuch va vositalarni tayyorlash hamda kî‘riladigan zarar va talofotlarning miqyosini kamaytirish yuzasidan bajariladigan vazifalari kiradi.

Fuqaro muhofazasi rejasi umumdavlat miqyosda ishlab chiqiladi. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari oldindan tuzilib, ular respublika miqyosidan tortib, to obyekt darajasigacha alohida tuziladi. Rejalashtirish har qanday  FV lar uchun (tinchlik yoki harbiy davr) alohida ishlab chiqiladi.

FVda fuqaro muhofazasi rejalari respublika miqyosida Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tomonidan, hududlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqarish hamda ijtimoiy obyektlarni muhofaza qilish rejalari esa korxona, tashkilot va muassasalarning boshliqlari tomonidan tuziladi.

Αzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Ayni chog‘da Αzbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat FM boshlig‘i hisoblanadi. Αzbekiston Respublikasi bî‘yicha favqulodda vaziyatda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyatini rejalashtirish hamda FMni boshqarish Favqulodda Vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan.

Αzbekiston Respublikasi “Fuqarolar muhofazasi tî‘g‘risida” gi qonunning 7-moddasida Respublika Vazirlar Mahkamasining FM sohasidagi quyidagi vakolatlari belgilab qî‘yilgan:

·         fuqaro muhofazasi sohasidagi yagona davlat siyosati î‘tkazilishini ta’minlaydi;

·         Αzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi;

·         fuqaro muhofazasini rejalashtirish va takomillashtirishning asosiy yî‘nalishlarini tasdiqlaydi;

·         fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga î‘tkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi;

·         favqulodda vaziyatlar tasnifini tasdiqlaydi hamda ularni bartaraf etishda ijro hokimiyati organlari ishtiroki darajasini belgilaydi;

·         fuqaro muhofazasi respublika ma’muriy hududiy tuzilishiga muvofiq hududiy - ishlab chiqarish prinsipida tashkil etilib, milliy iqtisodiyotni hamma tarmoqlarini qamrab oladi;

·         himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa obyektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy texnika oziq ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini tî‘plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi;

·         davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Fuqaro muhofazasi rejasiga qî‘yiladigan talablar. Fuqaro muhofazasining tadbirlari hududlarning iqtisodiy, tabiiy xususiyatlarini, geografik joylashgan î‘rni hamda FV xavfi qanchalik aniqligini hisobga olgan holda, oldindan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.

            FM ning rejalariga quyidagi talablar qî‘yiladi:

1) Tî‘liq, mukammal ishlangan bî‘lishi;

2) Mazmuni qisqa va lî‘nda bî‘lishi;

3) Vaqt har tomonlama qat’iy hisobga olinishi;

4) Aniq va real bajariladigan bî‘lishi;

5) Iqtisodiy tomondan maqbul bî‘lishi kerak.

            Rejaning mukammal tî‘liq ishlanganligi  -  aholi va moddiy boyliklarni muhofaza qilinishini ta’minlaydigan tadbirlar majmuasini ishlab chiqilishini va uning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydi. Shuning uchun rejada bajariladigan aniq tadbirlar, ularning mazmuni, shakli, muddatlari va boshqaruvchilari kî‘rsatiladi.

Reja mazmuni qisqa bî‘lishligi - rejadagi tadbirlardan foydalanish oson bî‘lishi uchun qilinadi. Buning uchun hamma bajariladigan tadbirlar grafik-sxemalar tarzda amalga oshiriladi. Bunda sxema-xaritada obyektlar, bajariladigan vazifalar va ularning hajmi shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Tushuntirishlar, jadvallar, sxemalar, grafiklar, sur’atli belgilar tushuntirish xatlari orqali beriladi.

Vaqtni har tomonlama qat’iy hisobga olinishi -  rejalashtirilgan har bir tadbirni tî‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlaydi.

Reja aniq va real bî‘lishi - rejaning bajarilish darajasini xarakterlaydi. Buning uchun falokat va halokat ma’lumotlari tî‘liq î‘rganiladi. Jumladan: vayronaliklar, talofot darajasi, moddiy zararlar imqyosi oldindan bashoratlanadi, uning oqibatlarini yî‘qotish uchun kerakli FMning kuch va vositalari hisoblab chiqiladi.

Iqtisodiy maqbullik - har qanday FVda (tinchlik davrda ham, harbiy davrda ham) muhofazalanish inshootlaridan foydalanishni hisobga olishdir.

FM rejasi 4 ta bosqichli ishlardan tashkil topadi:

1) birinchi bosqichda rejani tuzishda ishtirok etuvchilarning tarkibi, ularning malakasi aniqlanadi, ular tî‘g‘risidagi ma’lumotlar, hujjatlar î‘rganiladi, tî‘plangan ma’lumotlar umumlashtiriladi va kalendar reja ishlab chiqiladi;

2) ikkinchi bosqichda reja amalda ishlab chiqiladi va uning hujjatlari tuziladi;

3) uchinchi bosqichda bajariladigan hamma tadbirlar bir-biriga moslashtiriladi, zarurat bî‘lsa tuzatiladi va tasdiqlanadi;

4) tî‘rtinchi bosqichda hamma rejalashtirilgan tadbirlar, tasdiqlangandan keyin (tasdiqlangan reja) tegishli ijrochilarga yetkaziladi.

FM rejasini ishlab chiqish bevosita FM boshlig‘iga yuklatiladi, reja tadbirlarini ishlab chiqishda FM bî‘yicha shtatli xodimlar ishlari bilan shug‘unlanuvchi hay’at, FM tizimlari, evakuatsiya komissiyasi va iqtisodiyot tarmoqlarini yetakchi mutaxassislari ishtirok etadilar.

Fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqishda kerakli ma’lumotlar. FM rejasini va uning ilovalarini ishlab chiqish uchun FM ning yuqori tashkilotlari va bî‘limlaridan quyidagi ma’lumotlar olinishi kerak:

1) Αzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasiga oid qaror va kî‘rsatmalari;

2) Αzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining nizomlari, kî‘rsatmalari va tavsiyalari;

3) Iqtisoditot tarmog’i yuqori organlarining kî‘rsatmalari va tavsiyalari;

4) Fuqaro muhofazasi tizimlarini, undagi odamlar soni, hamda aholini va moddiy boyliklarni muhofaza qilish imkoniyatlari xususidagi ma’lumotlar;

5) Boshpanalarning soni, ularning odamlarni qabul qilish imkoniyatlari, hamda boshqa boshpanalar qurish imkoniyatlari;

6) Obyektning xususiyati, uning muhofaza va iqtisodiy imkoniyati;

7) Toifalangan shaharlarga FV da yordam berish imkoniyatlari;

8) Toifalangan shahar iqtisodiyot tarmog’larining rî‘yxatlari: a) FV da î‘z ishini davom ettiradigan obyektlar;

       b) evakuatsiya qilinadigan obyektlar.

9) Yuqori xavfli hamda tasarrufida kimyoviy, portlash-yong‘in xavfi bor obyektlar, KTZM va zaharli moddalar tashiladigan temir yî‘l magistrallari, aeroportlar va boshqa obyektlar rî‘yxati.

10) Xavfli hududlardagi aholi punktlari haqidagi ma’lumotlar.

11) FM vazifalarini bajarilishiga ta’sir etadigan mahalliy, xususiyatli ma’lumotlar (hududning geografik î‘rni va tabiiy iqlim sharoiti);

12) Favqulodda vaziyatlardan chiqariladigan xulosalar.

FM rejasini tuzishda Respublikada faoliyat kî‘rsatayotgan barcha tarmoq va korxonalar î‘z ma’lumotlari bilan bir-birlarini ta’minlashlari kerak. Bu xususda Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi 143-son qarorida ta’kidlab î‘tilgan. Ya’ni Αzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xî‘jaligi vazirligi, Energetika va elektorlashtirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qî‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qî‘mitasi, «Uzsanoatkontexnazorat» davlat qî‘mitasi, Fanlar Akademiyasi, «Î‘zbekneftgaz» milliy xoldind kompaniyasi, «Î‘zkimyosanoat» uyishmasi va «Boshgidromet» boshqarmasi Favqulodda Vaziyatlar vazirligining hududlar, obyektlardagi tabiiy iqlim, ekologik, epidemiologik, epizootik, epifitotik, geologik va texnogen vaziyatlar hamda ularning istiqboldagi î‘zgarish ehtimollari tî‘g‘risidagi ma’lumotlarni î‘z vaqtida, muntazam ravishda ta’minlashlari lozim deb takidlangan.

FM rejalarini ishlab chiqishda va bajarishda FM kuchlariga katta e’tibor beriladi. Masalan, avariya-qutqarish ishlarini rejalashtirishda quyidagi tartibdagi vazifalar belgilanadi:

a) shikastlangan î‘choqlarni va ofat joylarini razvedka qilish, qidiruv-qutqaruv ishlari kompleksini î‘tkazish;

b) aholini, hayvonot va î‘simlik dunyosini va iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari;

v) zararlangan aholini hayot faoliyatini tashkil qilish, halok bî‘lganlarni hisobga olish va kî‘mish, yaradorlarni kasalxonaga yotqizish;

g) karantin-observatsiya, sanitar-gigiyenik, epidemiyaga qarshi tadbirlar;

d) mahalliy organlar bilan hamkorlik qilish.

Yana bir misol. Aholini, moddiy-madaniy boyliklarni evakuatsiya qilish tadbirlarni rejalashtirishda:

§  Shikastlangan hududlardan transport yoki piyoda olib chiqiladigan aholining sonini;

§  Zarur bî‘ladigan transport sonini;

§  Odamlarning transportda olib chiqish tartibi;

§  Qimmatbaho uskunalar, moddiy boyliklar, oziq-ovqatlarni olib chiqish tartibi;

§  Xom-ashyolar, î‘g‘itlar va boshqa kerakli moddiy resurslarni xavfli hududlardan olib chiqish tartiblari;

§  Qishloq xî‘jalik hayvonlarini xavfli hududdan xavfsiz hududga uzoqlashtirish tartib qoidalari va boshqa vazifalar belgilanadi. 

Fuqaro muhofazasini boshqa tadbirlarini rejalashtirishda ham muayyan tartibdagi vazifalar belgilanadi. Albatta, bularda har bir qilinadigan amal tadbirning mohiyatidan, xususiyatidan va imkoniyatlardan kelib chiqib, reja tadbirlari belgilanadi. Har bir holat uchun tuzilgan FM rejalari FVV ga taqdim etilishi zarur. Mabodo tuzilgan rejalarga î‘zgartirishlar kiritish kerak bî‘lsa, yilning birinchi choragi davomida kiritiladi. Reja ikki nusxada tuzilib, uning bir nusxasi obyektning boshqarish punktida, ikkinchisi yuqori tashkilotlarda saqlanadi.

Tinchlik davridagi favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi rejasini tuzish. Tinchlik davrida kuzatiladigan FVni bartaraf etish rejasi - FV yuz berganda fuqarolarni muhofaza qilish, atrof-muhitga yetkazilgan moddiy zararlar miqdorini kamaytirish, shikastlangan hududlarni halqaga olish va bu hududlarda xavfli omillar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan QBTI ishlar majmuasidan tarkib topadi.

Bu ishlarni bajarishda FVDTning FVni tugatuvchi kuch va vositalaridan foydalaniladi. Bu kuch va vositalar FVV bevosita bî‘ysunuvchi tezkor FM qî‘shinlaridan, Respublika ixtisoslashgan tizimlaridan, vazirlik va idoralarning harbiylashgan va professional ixtisoslashgan avariyani tiklash tizimlaridan, mahalliy hokimiyat  organlarining tizimlaridan, obyektlarning ixtisoslashgan va harbiylashmagan umumiy va maxsus tizimlaridan tashkil topadi.

Reja ikki bî‘limdan va ilovadan iborat bî‘ladi:        Birinchi bî‘limda - ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofat rî‘y berganda muayyan hududda yuzaga keladigan FV ga baho beriladi.

Bunda quyidagilar yoritiladi:

1) Radiatsiyaviy, kimyoviy va yong‘in xavfi bor shaharlar va aholi punktlarini, KTZM, portlash xavfi bor bî‘lgan va biologik vositalari bî‘lgan obyektlarni, odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar tashiydigan transport vositalarining temiryî‘l uzellarini, neft-gaz konlari, neft quvurlari, gidrouzellar va boshqa obyektlarning rî‘yxati aniq keltiriladi. Talofot hududidagi, shuningdek qî‘shni hududlardagi epidemiologik, epizootik, elifitotik va seysmik aktiv hududlar, tabiiy ofatlar bî‘ladigan joylar, sanoat va qishloq xî‘jaligiga yetishi mumkin bî‘lgan zararlar hamda shu hududlardagi aholi soni va kî‘riladigan taxminiy  talofotlar miqdori kî‘rsatiladi.

2) Yirik ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish yuzasidan aholini, qishloq xî‘jaligi hayvonlarini va î‘simliklarini, moddiy boyliklarni muhofaza qilish yuzasidan qilinadigan tadbirlar kî‘rsatiladi.

3) Yuqoridagi falokat va halokatlar rî‘y berganda shikastlangan hududlarda (xususiyatiga kî‘ra)  qutqaruv va birlamchi tiklov tadbirlari kî‘rsatiladi.

Rî‘y bergan favqulodda vaziyat holatidan kelib chiqib, quyidagi tadbirlar rejalashtiriladi:

·         boshqaruv, xabarlash va aloqani tashkil etish;

·         razvedkani, kuzatishni va nazoratni tashkil etish;

·         FM kuchlarini tashkil etish;

·         moddiy va moliyaviy ta’minotni tashkil etish. FVni tugatishni tashkil etish.

Rejaning ikkinchi bî‘limi ikki qismdan tashkil topib, bu bî‘limda ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlar sodir bî‘lishi xavfida va sodir bî‘lganda quyidagi tadbirlar rejalashtiriladi:

1) FV sodir bî‘lish xavfida boshqaruv organlarini, ishchilar va xizmatchilarni va aholini ogohlantirish tartibi.

2) FVni oldini olish yoki ularni ta’sirini kamaytirish tadbirlari, amalga oshirish muddatlari va tartibi, jalb etiladigan kuch va vositalar.

3) FM kuchlarini, muhofaza inshootlarini shay holatiga keltirish.

4) Shaxsiy muhofaza vositalarini ishchi va xizmatchilarga berish.

5) Odamlarni evakuatsiya qilish va kî‘chirish uchun avtotransportlarni va xavfsiz hududni tayyor holga keltirish.

6) Aholini tibbiy va epidemiyaga qarshi muhofaza qilish tadbirlarini î‘tkazish.

7) Yong‘indan saqlash tadbirlarini î‘tqazish va ishlab chiqarishni avariyasiz ishlashga tayyorlash.

Tuzilgan rejaga quyidagilar ilova qilinadi:

1) FM boshlig‘ining FV ni tugatish bî‘yicha qarori.

2) Favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi tizimlarni falokat va halokatda, xamda tabiiy ofatlar xavfi bî‘lganda yoki sodir bî‘lganda bajariladigan tadbirlarning kalendar rejasi.

3) Favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi tizimlarning falokat va halokatda hamda tabiiy ofatlar xavfi tug‘ilganda yoki sodir bî‘lganda tadbirlarni boshqaruvchi kuch va vositalarni hisobi (har bir tadbir xususida umumiy ma’lumotlar keltiriladi).

4) Fojea, halokatlar va tabiiy ofatlar xavfi tug‘ilganda boshqaruvni, xabar berishni, va aloqani tashkil qilinishi (sxema tarzida).

Fuqaro muhofazasi rejalari hududlar uchun ham iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham bir xil tuzilishda ishlab chiqiladi. Tuzilgan fuqaro muhofazasi rejalarini tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlari tasdiqlaydi va bir nusxasi yuqori tashkilotga jî‘natiladi.

 

Mustahkamlash uchun savollar:

1.      Fuqaro muhofazasi rejasi nima maqsadda tuziladi?

2.      Fuqoro muhofazasi rejalarini qaysi tashkilotlar tasdiqlaydi?

3.       Fuqaro muhofazasi rejalariga qanday talablar qî‘yiladi?

4.      Rejani tuzish bosqichlari qanday?

5.      Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi  143-son qarorida nimalar ta’kidlangan?

6.      Nima uchun rejaga tuzatishlar kiritiladi?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ma’ruza ¹ 12: Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyt

tarmoqlarida qutqaruv va birlamchi tiklov

ishlarini tashkil etish

          

              Reja:

1.      Qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarining mohiyati.

2.       Har qanday ekstremal vaziyatlarda qutqaruv va birlamchi tiklov omillarini ishlab chiqich va amalga oshirish.

 

Ma’lumki, dushman tomonidan qî‘llaniladigan umumiy qirg‘in qurollarining oqibatlari turli xil darajada bî‘ladi. Albatta, talofot darajasi ishlatilgan qurol turiga, uning qî‘llanilish miqyosiga bog‘liq. Mana shunda yadroviy, kimyoviy, biologik va kombinatsiyalashgan shikastlangan î‘choqlarida qutqaruv va tiklash ishlarini (QBTI) amalga oshirish juda murakkab ahvolda rî‘y beradi, sababi bunday paytda hamma inshootlar deyarli shikastlangan, yongan, yiqilgan, suv bosgan, atmosfera hamda barcha yerlar zaharlangan va shunga î‘xshash boshqa noxush holatlar kuzatilgan bî‘ladi.

Xuddi shunga î‘xshash holatlar  tinchlik davrida ham (tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalar, fojialar oqibatida) kuzatilishi mumkin. Shu sababdan fuqarolar muhofazasining eng asosiy vazifalaridan biri, harbiy holatlarda va tinchlik davrlaridagi favqulodda vaziyatlarda umumiy shikastlangan î‘choqlardagi QBTI ni amalga oshirish hisoblanadi.

Shikastlangan î‘choqlarda QBTIni olib borishdan maqsad, fuqarolarni qutqarish va zararlangan odamlarga birlamchi tibbiy yordam kî‘rsatish, qutqaruv ishlarini amalga oshirishda halaqit beradigan avariyalarni tî‘sish, shikastlangan  joylarni tiklash ishlarini amalga oshirishda sharoitni yaratish va boshqa vazifalarini bajarish kî‘zda tutiladi.

Umumiy qirg‘in qurollari qî‘llanilganda quyidagi qutqaruv ishlari bajariladi:

·         Obyektlar tomon tizimlarning harakatlanish yî‘llarini razvedka qilish;

·         Shikastlangan obyektlarga harakat qilishda, yong‘inlarni î‘chirish va tî‘sish;

·         Zaharlangan, yong‘inli, gazga tî‘lgan, suv bosgan joylarda va yer ostida qolgan odamlarni topish va qutqarish;

·         Shikastlangan, buzilgan va zaharlangan himoya inshootlaridagi fuqarolarni qutqarish;

·         Havo almashtirgichi buzilgan, shikastlangan himoya inshootlariga havoni yetkazib berish;

·         Shikastlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam kî‘rsatish va ularni tibbiy shoxobchalariga eltib qî‘yish;

·         Xavfli hududdagi fuqarolarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish;

·         Odamlarni sanitar qayta ishlovdan î‘tkazish, uy hayvonlarga veterinar qayta ishlov berish, texnika, kiyim-kechak, oziq-ovqat, xom–ashyo, suv va yem-xashaklarni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish;

Boshqa birlamchi tiklov ishlariga quyidagilar kiradi:

·         shikastlangan hududlardagi (zaharlangan, yiqilgan, buzilgan inshootlar) yî‘llarni tozalash;

·         qutqaruv ishlarini  olib borishda gazli, elektrli, suvli, kanalizatsiya va texnologik tizimlardagi avariyalarni tî‘sish ishlari;

·         shikastlangan inshootlarni buzish yoki uni mustahkamlash;

·         aloqa va kommunal-energetik tarmoqlardagi falokatlarni tuzatish va tiklash ishlari;

·         turli xildagi portlovchi qismlarni, portlovchi aslahalarni topish, zararsizlantirish va yî‘qotish ishlari;

QBTI ishlari kunu tun, doimiy ravishda, har qanday tabiiy sharoitda olib boriladi.

Umumiy qirg‘in qurollarining shikastlanish î‘chog‘ida QBTIni olib borish uchun, tinchlik davridayoq tuman fuqarolar muhofazasining boshlig‘i qarori bilan fuqaro muhofazasi kuchlarining harakat qilish yî‘llari tuziladi.

Harakatlanuvchan kuchlar tarkibiga shahar, tuman fuqarolar muhofazasining hududiy, ishlab chiqarish tamoyilga kî‘ra tuzilgan tizimlari hamda harbiylashgan fuqaro muhofazasi qismlari kiradi. Bu kuchlar asosan birinchi va ikkinchi eshelondan va qî‘shimcha qismlardan tashkil topadi. Eshelonlar tarkibiga kiruvchi tuzilmalar uzluksiz faoliyat kî‘rsatish uchun ular smenalarga bî‘linib ishlab chiqarish tamoyiliga asoslangan bî‘ladi.

Birinchi eshelonda asosan fuqarolar muhofazasi harbiy qismlari, korxonaning obyektli tuzilmalari va ma’lum qismdagi hududiy tuzilmalari harakatlanadi. Bunda fuqarolar muhofazasining harbiy qismlari va hududiy tizimlari  asosan shahar, tuman fuqarolar muhofazasi rejasiga asosan xalq xî‘jaligi tarmoqlarining eng muhim obyektlarida QBTI ishlarini bajaradilar.

Ikkinchi eshelon tizimlari asosan birinchi eshelon tizimlari kuchini oshirish hamda faoliyat kî‘rsata olmaydigan tizimlar î‘rnini egallash maqsadida harakatlanadi. Obyektning fuqarolar muhofazasini harakatlanuvchan kuchlari asosan umumiy otryadi, qutqaruv otryadi hamda ishlarni bajaruvchi tizimlardan tashkil topgan.

Fuqarolar muhofazasining texnika vositalari hamda kuchlari shikastlangan hududga juda qisqa vaqtda kirishi, QBTI ishlarini muvaffaqiyatli bajarishi, zamonaviy texnikadan unumli foydalanishi, ish jarayonida qî‘l ostidagi kuchlarni, tizimlarni almashtirib turishi va boshqa ishlarni bajarishi lozim. Albatta, turli xildagi texnikalardan foydalanmay shikastlangan hududda katta, unumli ishlarni bajarib bî‘lmaydi. Faqatgina mexanizmlar yordamigina, jumladan, qurilish va yî‘l mashina va mexanizmlari, kommunal-texnika jihozlari yordamida,  yer ostida, buzilgan, yonayotgan, gazga tî‘lgan inshootlar ichida qolgan, buzilgan himoya inshootlari ostida qolgan fuqarolarni qutqarish va boshqa ishlarni bajarish mumkin.

Bajariladigan ishlarni tavsifiga qarab mexanizmlarni quyidagi guruhlarga bî‘lish mumkin:

·         bosib qolgan himoya inshootlarini ochish, tî‘silib qolgan, bosib qolgan joylarni ochish va tozalash, yî‘llarni tozalashda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar (ekskavatorlar, traktorlar, buldozerlar, kranlar, yuk tashuvchi mashinalar va boshqalar).

·         bosib qolgan chiqish joylari tî‘silib qolgan inshootlarda teshik ochish uchun ishlatiladigan pnevmatik jihozlar (parmalaydigan va urib sindiradigan bolg‘alar).

·         metallarni kesuvchi jihozlar.

·         suv haydaydigan mexanizmlar (nasoslar, suv sepadigan mashinalar, yong‘inni î‘chiruvchi va boshqalar)

·         suv yî‘llari oqali tashuvchi mexanizmlar (paromlar, trayler-tyagachlar, yuk tashuvchi pritseplar)

·         ta’mirlovchi va xizmat qiluvchi jihozlar (ta’mirlovchi qismlar, benzin, suv quyish, yorituvchi maskanlarda va xizmat kî‘rsatuvchi maskanlarda qî‘llaniladigan jihoz va mexanizmlar).

QBTI ishlarini muvaffaqiyatli bajarishda mexanizm va mashinalardan oqilona foydalanishdan tashqari, razvedka ishlarini î‘z vaqtida tashkil etib î‘tkazishi, kî‘rsatilgan muddatda ishonchli ma’lumotlarga ega bî‘lishi, shikastlangan î‘choqda bajarilishi lozim bî‘lgan ishlarga tuzilmalarni jalb etilishi, ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi, tuzilma boshliqlarining shikastlangan î‘choqdagi ishlarning tavsifini oldindan î‘rganishi, kommunal-energetik va texnologik jarayonlarga e’tibor berishi, hududda saqlanadigan KTZM î‘rni, himoya inshootlarining joyi,  tavsifnomasi va boshqa vazifalarga katta e’tibor beriladi.

QBTI ishlari î‘sha obyektning fuqaro muhofazasi shtabi tomonidan oldindan rejalashtiriladi va favqulodda holatda qî‘l ostidagi kuchlar, mablag‘lar, texnikalar, bajaradigan ish hajmi aniqlashtiriladi.

Qutqaruv va birlamchi tiklash ishlarini shikastlangan î‘choqda olib borish usullari. Ma’lumki, QBTIni bajarish usullari va qoidalari, î‘sha shikastlangan î‘choqda harakatlanuvchan tuzilmalarga halaqit beruvchi omillar darajasiga qarab tanlanadi. Jumladan, shikastlangan inshootlarni tavsifiga, kommunal, energetik va texnologik tarmoqlardagi avariya darajasiga, î‘sha joydagi radiaktiv va kimyoviy zararlanish darajasi hamda yong‘in miqyosiga qarab usullar tanlanadi. Chunki radiaktiv, kimyoviy va biologik shikastlangan î‘choqlarda shikastlanish har xil darajada va miqyosda bî‘lganligidan QBTI usullari ham har xil tartibda qî‘llaniladi. Masalan, yadroviy shikastlangan î‘choqda qolgan odamlarni qutqarish  va boshqa qutqaruv ishlarini bajarish uchun birinchi navbatda, shikastlangan inshootlar, himoya inshootlariga boradigan yî‘l, yî‘laklarni ochish va tozalash ishlari amalga oshiriladi.

Buning uchun bir tomonlama harakatlanuvchan yî‘llar 3-3,5 m kenglikda, ikki tomonlama harakatlanuvchan yî‘llar uchun esa 6-6,5 m kenglikda tozalanadi va ochiladi. Bunday yî‘llarda har 150-200 m.ga 15-20 m uzunlikdagi razyezdlar qî‘yiladi. Yî‘l va yî‘laklarni tozalashda barcha mexanizmlar (buldozer, kranlar va boshqalar) bilan ish kî‘rilib, yong‘inga qarshi tuzilmalar ham birgalikda harakatlanib, yonayotgan inshootlarni î‘chiradi.Keyin buzilgan binolar, yer ostida qolgan odamlar va yong‘inli uyda qolib ketgan fuqarolarni qutqarish harbiylashgan fuqaro muhofazasi qismlari va tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi, bunda ishga yaroqli fuqarolar ham ishtirok etadilar. Buning uchun darhol razvedka ma’lumotlariga qarab inshootlarda qolgan odamlar bilan turli xil uslublar orqali  aloqa bog‘lanadi. Masalan, havo kiradigan teshiklar, devor, eshik, suv va issiqlik ta’minoti quvurlarini tiqqilatish orqali. Yer ostidagi, himoya inshootlaridagi odamlarni qutqarishdan oldin unga havo beriladi. Buning uchun havo beruvchi teshiklar tozalanadi yoki devorlardan teshik hosil qilinadi.

Boshpanalarini ochish usullari, uning tuzulishiga va shikastlanish darajasiga qarab tanlanadi. Ya’ni inshootning chidamliligi, yon tomondanmi, qî‘shimcha eshik tomoni ochiladimi, devorlari teshilib, yî‘lakcha hosil qilinadimi yoki boshqa yî‘llari tayyorlanadimi, bular î‘sha inshootning ahvolidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Keyin shu inshootlardagi odamlar qutqarilib, ularga tibbiy yordam kî‘rsatiladi.

Xuddi shunga î‘xshash ishlar tinchlik davrida ham, tabiiy ofatlar, kuchli yer silkinishi natijasida ham olib boriladi. Masalan, Afg‘oniston, Meksika, Armaniston, Hindiston va boshqa   yer silkinishlari ni yodga olish mumkin. Bu yerlarda yer ostida qolgan odamlarni qutqarishda juda katta (16 t) yuk kî‘targichlari, projektorlar tunu kun ishladilar. Buzilgan joylarda qolgan odamlarni 2-3 hafta davomida qutqarilgan va yashayotgan fuqarolar borligi aniqlangan. Masalan, 1985 yil Meksikada bî‘lgan yer silkinishi oqibatida 13 sutkagacha harobalar ostida qolib ketgan 4,5 ming odam qutqarilgan. Armanistondagi yer silkinishida esa 5 kundan keyin qutqarilganlar soni 5398 kishini tashkil etgan. Bu falokatda Fransiya, Angliya, AQSH, Shveytsariya va boshqa davlatlarning qutqaruv qismlari ishtirok etdilar va î‘zlarining eng zamonaviy uskunalari hamda boshqa vositalardan foydalanishi, bir qancha odamlarni tirik saqlab qolganlari ma’lum.

Yuqorida aytib î‘tilgan shikastlangan î‘choqlarda faqatgina qutqaruv ishlarini bajarmasdan, birlamchi avariyani tiklov ishlari ham bajariladiki, bunda qutqaruv ishlariga halaqit beruvchi avariyalar hamda yangi falokatlarni keltirib chiqaruvchi avariya va talofotlanishlarning oldi olinadi. Chunki bular oqibatida fuqarolar qî‘shimcha talofot olishlari mumkin. Buning uchun suv tarmog‘i kanalizatsiyasi, gaz, elektrtarmoqlaridagi avariyani tuzatuvchi tuzilmalar ham jalb qilinadi. Albatta, bu ishlarga umummaqsadli tuzliamlar ham jalb etiladi. Yuqoridagi avariyalarning oldini olishni asosiy yî‘li bu shikastlangan uchastkalarga suv, gaz, elektr va boshqa sabab bo’lishi mumkin bo’lgan  omillarni kelishini tî‘sish hisoblanadi. Bunda turli xildagi tî‘sish omillaridan  foydalaniladi. Masalan, inshootlarning devorlari turli xildagi tirgovuchlar orqali mustahkamlanadi, buziladiganlar esa tamoman buzib tashlanadi. Chunki bu ishlarni qilmasdan turib, odamlarni qutqarish xavfli hisoblanadi.

Kimyoviy shikastlangan î‘choqda qutqaruv ishlarini bajarish birmuncha oldingisidan farqlanadi. Bu holatda birinchi navbatda ogohlantirish belgisi «Kimyoviy trevoga» berilib, darhol î‘sha joyga radiatsiya, kimyoviy va tibbiy razvedka bî‘limlari yuboriladi. Ular shikastlangan joyni, vaqtni, qî‘llanilgan qurol turini (yoki zaharli moddalar - KTZM), zaharlangan hudud î‘lchamini va uni tarqalish yî‘lini aniqlab beradilar. Mana shularga asoslanib bu obyekt fuqarolar muhofazasi boshlig‘i qaror qabul qilib, î‘zi qutqaruv omillarini hamda kimyoviy zararlanishni tî‘sish omillarini tashkil etadi. Bunday holatlarda qutqaruv ishlariga birinchi navbatda sanitar drujinachilari, umumiy otryad, zararsizlantirish guruhlari va mexanizatsiya tuzilmalari jalb etiladi.

Bunda har bir tizimlar aniq vazifa va texnikalar, jihozlar bilan ta’minlanadi. Chunonchi:

·         Sanitar va qutqaruv tuzilmalariga ish joylarini, transport vositalarini, zararlangan odamlarni î‘choqdan olib chiqish, birlamchi tibbiy yordam kî‘rsatish va evakuatsiyani tashkil etish vazifalari;

·         Radiatsiyaga qarshi (RQ) va kimyoviy himoya (KTQ) hamda umumiy tuzilmalarga qutqaruv ishlarining joyi, KTZM saqlanadigan joylardagi avariyani tî‘sish va zaharlangan inshootlarni, atrof-muhitni degazatsiya qilish ishlari;

·         Zararsizlantirish guruhlariga degazatsiya bajariladigan ish joylari, obyektlari, degazatsiya qiluvchi eritmalarni tayyorlash va mashinalarni tî‘ldirish, degazatsiya ishlarini olib borish yuklatiladi;

Kimyoviy î‘choqda qutqaruv ishlarini bajarishi lozim bî‘lgan vazifalar olingandan keyin har bir tuzilma boshliqlari î‘z qî‘l ostidagi fuqarolarni yakka tartibdagi himoya vositalari, antidotlar, SHKP-8 bilan ta’minlaydilar. Shundan keyin ular razvedka, sanitar drujina, RQ va KTQ tuzilmalaridan keyin ish joylariga borib, vazifalarini bajarishga kirishadilar.Bunda birinchi bî‘lib zararlangan odamlarga yordam kî‘rsatiladi, ya’ni gazniqob kiydiriladi, antidot berilib, tibbiy yordam kî‘rsatiladi va ular har xil zararlanish toifalariga bî‘linib, sî‘ngra tibbiyot shoxobchalariga evakuatsiya qilinadi. Zararsizlantiruvchi tuzilmalar, hamma yî‘llar, inshootlar, texnikalar degazatsiya qilinadi. Shu tariqa kimyoviy shikastlangan î‘choqda qutqaruv ishlari bajariladi.

Biologik shikastlangan î‘choqda esa biologik razvedka va bakterial moddalar xili, karantin yoki observatsiya rejimini qî‘llanilishi; sanitar-ekspertiza, oziq-ovqat mahsulotlari, suv, yemlarning zaharlanganligini aniqlash va ularni zararsizlantirish; epidemiyaga qarshi, sanitar-gigiyenik, veterinariya ishlari va boshqa omillar amalga oshiriladi.

Bu ishlarni olib borishda biologik shikastlangan î‘choqda sanitar-epidemeologik maskan, veterinariya maskani, epidemiyaga qarshi harakatlanuvchan otryad, shifoxonalar, poliklinika, veterinariya tarmoqlari va boshqa meditsina tarmoqlari jalb etiladi. Ular birinchi navbatda og‘ir kasallik tarqatuvchilardan saqlash uchun profilaktik omillar olib borishadi. Bunda turli xildagi ta’sir etuvchi antibiotiklardan hamda SHD-2 dan, gazniqoblardan foydalaniladi.

Hududda kasallik tarqatuvchining aniq turi topilgandan keyin, unga qarshi maxsus dorilardan foydalaniladi. Shundan keyin shikastlanganlarning kasallanish holatiga qarab har xil darajada tuzatish muolajalari olib boriladi. Ular darhol kasalxonaga yotqiziladi va juda og‘irlari ma’lum joyga, maxsus guruhlar yordamida evakuatsiya qilinib î‘sha yerda davolanadilar.

Biologik î‘choqning tugatilishi u yerdagi oxirgi odamni tuzalib ketish vaqti bilan aniqlanadi. Biologik î‘choqda harakatlanuvchan qismlar, u yerdagi yuquvchan kasallik bilan kasallanmasliklari uchun hamma omillarni olib borish kerak, ya’ni kasallar bilan muloqatda bî‘lmaslik, inshootlar, xonalar, atrof-muhit zararsizlantirib turilishi, kiyim-kechaklarni dezinfeksiya qilib turish va î‘zini sanitar - qayta ishlovdan î‘tkazib turish talab etiladi. Mana shularga rioya qilib, harakatlanuvchi tuzilmalar hech qanday yî‘qotishsiz, î‘z vazifalarini bajarib boradilar. Murakkablashgan shikastlanish î‘chog‘ida QBTI ni olib borish, alohida-alohida î‘choqlarda olib borilgan ishlarga nisbatan bir necha î‘n barobar og‘ir hisoblanadi. Chunki bu holatda vaziyat juda murakkab bî‘lib, î‘choqdagi shikastlantiruvchi omillar turini aniqlash juda og‘ir hisoblanadi. Bulardan tashqari, bunday î‘choqda biror omilga qarshi olib boriladigan tadbirlar ikkinchi omilga tamoman teskari bî‘lishi mumkin. Masalan, xavfli epidemiya bilan kasallangan odamlarni davolashda foydalaniladigan karantin omili kuchli binar-xususiyatli kimyoviy qurollar ishlatilganda qî‘llaniladigan evakuatsiya va boshqa vositalar. Murakkablashgan î‘choqda biror uslubiy kî‘rsatma asosida emas, QBTIni sharoitini aniq î‘rganish orqali, î‘sha yerdagi vaziyatdan kelib chiqqan holatda olib boriladi.

Ishlab chiqarish tarmoqlaridagi avariyalarda qutqaruv va tiklash ishlari. Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar tasadifan sodir bî‘lib, uning kî‘lami tez kengayadi hamda insonlarning hayot faoliyatiga katta xavf soladi. Ishlab chiqarishdagi avariyalarning sodir bî‘lishi, kî‘proq ishlab chiqarish jarayonining xususiyatiga bog‘liq bî‘lib, kî‘pchilik hollarda bunday falokatlar ikkilamchi salbiy ta’sirlarni yuzaga keltirib, atrof-muhitga katta zarar keltiradi. Masalan, bunday holatlar neftni qayta ishlash, kimyo, yoqilg‘ilarni qayta ishlash, konchilik sanoat tarmoqlari, biotexnologik jarayonlar kechadigan hamda KTZM larni tashish jarayonidagi xatoliklar natijasida kî‘proq yuzaga keladi. Bunday falokatlar yuz bergan obyektdagi fuqarolarni va obyekt atrofida yashaydigan aholini î‘z vaqtida xabardor qilish hamda ularni muhofazasini tashkil etish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifalarga jarohat olgan aholiga tez tibbiy yordam kî‘rsatish va ularni davolash shoxobchalariga joylashtirish ishlari ham kiradi.

Obyektning avariyaga uchragan joylari razvedka qilinib, yong‘in chiqqan hududlarda yong‘inni î‘chirish va ularning kî‘lamini cheklash hamda sodir bî‘lishi mumkin bî‘lgan boshqa noxush vaziyatlarni oldini olish ishlari olib boriladi. Avariyaga uchragan obyektlardagi shikastlangan bino, konstruksiyalardan, gazga, tutunga tî‘lgan inshootlardan extiyot bî‘lish kerak. Chunki, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik inson uchun salbiy holatlarga olib keladi. Shuning uchun har qanday muhofaza vazifalarini bajarishdan oldin qulab tushish ehtimoli bor bî‘lgan bino qismlarini mustahkamlab yoki buzub tashlab, undan keyin harakat qilish kerak. Ba’zi bir falokatlar sodir bî‘lganda yoqilg‘i yoki xavfli suyuqliklar sig‘imidan oqib ketishi va tarqalishi oqibatida kuchli yong‘inlar, portlash hodisalarining kelib chiqishiga va î‘z navbatida atrof-muhitni zaharlanishiga olib keladi. Shu sababdan avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib borishda bunday salbiy holatlarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Shuning uchun avariyaga uchragan obyektlarda ish olib borilayotganda obyekt atrofi tî‘siqlar bilan î‘raladi, hamda qî‘riqchilar yoki kuzatuvchilar bilan ta’minlanadi.

Zararlangan ob`ektlarni maxsus ishlovdan o`tkazish. Dushman tomonidan qî‘llanilgan qirg‘in qurollari oqibatida insonlar, atrof-muhit, suv, oziq-ovqatlar, texnika, transport vositalari va inshootlar radiaktiv zarrachalar, zaharli moddalar va bakterial moddalar bilan zararlanishi mumkin. Shu sababdan fuqarolarni mana shu zararlanishdan saqlashda maxsus ishlov berish omillari bajariladi. Maxsus ishlov berish omili - umumiy qirg‘in qurollari talofotlarini yî‘qotish jarayonining asosiy qismini tashkil etib, u qutqaruv va tiklash ishlarini olib borishda kompleks vazifalarni î‘z ichiga oladi.

Maxsus ishlov berish omili - tî‘liq hamda qisman ishlov berish xillariga bî‘linadi. Tî‘liq ishlov berish omili deyilganda qî‘yilgan vazifalarni bajarishda hech qanday himoya vositalarisiz amalga oshirish, ya’ni - xavfsiz sharoit yaratish tushuniladi. Qisman ishlov berish omillarida esa qî‘yilgan vazifalarni faqat terini himoyalovchi vositalarsiz amalga oshirish sharoiti tushuniladi. Maxsus ishlov berish omili - atrof-muhitni zararsizlantirish hamda fuqarolarni sanitar qayta ishlov berishdan tashkil topgan.

Texnika va transport vositalarini zararsizlantirish avtoservis va boshqa ta’mirlovchi korxonalarda amalga oshiriladi. Fuqarolarni sanitar ishlovdan î‘tkazish esa hammom, dushxona va boshqa maxsus yuvinish joylarida amalga oshiriladi. Zararsizlantirish omiliga dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya jarayonlari kiradi.

Dezaktivatsiya deyilganda, zararlangan vositalardan (kiyim-kechak, himoya vositalari, suv, texnika, transport vositalari) hamda inshootlardagi radiaktiv moddalarni aktivligini yî‘qotish tushuniladi. Dezaktivatsiyaning tî‘liq hamda qisman xili mavjud bî‘lib, u asosan mexanik va fizik-kimyoviy usul bilan olib boriladi. Mexanik usulda - radiaktiv moddalar bilan zararlangan sirt yuzalarini artish orqali yî‘qotiladi. Fizik-kimyoviy usulda esa radioaktiv moddalar turli xildagi kimviy modda eritmalari bilan yuvish amalga oshiriladi. Dezaktivatsiyada asosan suv ishlatilib, radioaktiv moddalarning yuviluvchanligini oshirishda, sirt-aktiv hamda kompleks hosil qiluvchi moddalar, kislotalar va ishqorlar  ishlatiladi. Bular: SF-2, OP-7, OP-10, Na3PO4 trilon B, shavel, limon kislotalari va uning tuzlardir.

Degazatsiya omili - zaharlovchi moddalarni parchalab, zararsiz moddalar hosil qilishi hamda ularning miqdorini kamaytirish hisoblanadi. Degazatsiya omili maxsus texnikalar yordamida amalga oshiriladi. Degazatsiya qiluvchi moddalarga kimyoviy moddalar kirib, ular oksidlovchi xlorli birikmalar (gipoxloridlar, xloramin) va ishqoriy birikmalar (NaON, soda, ammiak, ammiakli tuzlar) kiradi. Bu birikmalarning hammasi eritma holida ishlatiladi.

Erituvchi sifatida: suv, dixloretan, trixloretan, benzin ishlatiladi. Degazatsiya qiluvchi eritma ¹1,  5 foizli geksaxlormelamin yoki 10 foizli dixloramin eritmasi iprit va boshqa kimyoviy qurollarni  zararsizlantirishda ishlatiladi. Degazatsiya qiluvchi eritma ¹2, 2 foiz NaOH, 5 foizli monoetanolamin va 20 foiz ammiakli suv eritmasidan tashkil topib, zoman tipidagi zaharlovchilarni zararsizlantiradi. Terini kasallantiruvchi va asabni falajlovchi zaharli moddalarni zararsizlantirishda xlorli ohak eritmasi ishlatiladi.

Kimyoviy qurollar bilan zararlangan atrof–muhit kimyoviy yoki mexanik usulda degazatsiya qilinadi. Kimyoviy usul bî‘yicha yuqorida aytilganidek, degazatsiyalovchi modda eritmalari bilan qayta ishlanadi. Mexanik usulda esa zararlangan joylarning ustki qismlari (7-8 sm qalinlikda) olib tashlanadi yoki î‘sha joyning ustini qalin somon, taxtalar bilan berkitilib, himoya qilinadi. Dezaktivizatsiya va degazatsiya omillarining tozaligi dozimetrik va kimyoviy asboblar bilan tekshiriladi.

Dezinfeksiya omili – biologik shikastlanish î‘chog‘ida olib boriladigan zararsizlantirish tadbirlari hisoblanib, uni olib borish usullari va qoidalari ikkinchi bobda batafsil keltirilgan. Dezinfeksiya omillarining tozaligi bakteriologik usul orqali nazorat qilinadi.

Sanitar qayta ishlash. Bu omil maxsus qayta ishlov berish usulining asosini tashkil etib, u fuqarolarni radiaktiv, zaharlovchi moddalar va bakterial tumanlar bilan zararlanishning oldini olishda qî‘llaniladigan har tomonlamali omillaridan tashkil topgan. Sanitar qayta ishlash, qisman va tî‘liq turlarga bî‘linadi. Qisman sanitar qayta ishlash - barcha kiyim-kechak, yakka tartibdagi himoya vositalari, ochiq qolgan terilarni mexanik usulda tozalash hisoblanadi.

Tî‘liq sanitar qayta ishlash - tana a’zolarni zararsizlantiruvchi usullarni qî‘llash (yuvish, dezinfeksiya qilish) tushuniladi. Bu barcha tana a’zolarini, kiyim-kechak, himoya vositalar va boshqalarni zararsizlantirish maqsadida qî‘llaniladi. Bu usul bî‘yicha shikastlangan hududdan chiqqan fuqarolar, ishchi-xizmatchilar, tuzilmalar jalb qilinadi.

Tî‘liq sanitar qayta ishlash omili maxsus qurilgan yuvinish shoxobchalarida amalga oshiriladi. Bunda fuqarolar bir tomondan kirib, kiyim-kechak, himoya vositalarini yechib, yuvinib, og‘iz, kî‘z ichlarini zarasizlantirib, ikkinchi tomondan dozimetrik, kimyoviy tekshiruvdan î‘tib, sî‘ngra toza kiyim-kechak kiyishadi hamda ikkincha dozimetrik kî‘rikdan î‘tiladi. Zararlangan kiyimlar, himoya vositalari, maxsus usullar yordamida zararsizlantiriladi.

Shikastlangan hududdan chiqishda yuqorida aytilgan muolajalar yuqori saviyada î‘tkazilsa, zararlanish miqyosi shuncha kichik va talofotlarga uchrashning oldi olingan bî‘ladi.

Zararlangan joylarni zararsizlantirish ishlar tamom bî‘lgandan sî‘ng har bir fuqaro tî‘lik sanitar qayta ishlovdan î‘tishi kerak. Bu muolaja hammomlarda, dushxonalarda yoki maxsus yuvinish joylarida amalga oshirish kerak. Bu joylarda zararlangan kiyim-kechaklar, himoya vositalari, bir joyga echilib, keyin yuviniladigan xonaga kiriladi va sovun, mochalka bilan hamma teri ustilari zarasizlantiriladi. Yuvinib bî‘lgandan sî‘ng dozimetrik kî‘rikdan î‘tiladi va yangi zararsizlantirilgan kiyim-kechak kiyiladi hamda ikkinchi dozimetrik kî‘rikdan î‘tiladi. Mana shunday muolajalardan î‘tgan fuqaro, zararli ta’sirlar talofotlariga uchramaydi va uni oldini olgan bî‘ladi.

Tabiiy ofat, avariya va fojealarda talafot kî‘rganlarga tibbiy yordamni tashkil etish.

Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida favqulodda vaziyatlar yuz berganda jabrlanganlarga tibbiy xizmat kî‘rsatish tizimi î‘zining samarasizligini kî‘rsatdi. Buning asosiy sababi, bir tomondan tez tibbiy yordam kî‘rsatish bilan tibbiy ta’minot (sog‘liqni saqlash muasasalarining kuch va vositalari) imkoniyatlari î‘rtasidagi nomutanosiblikning barcha sog‘liqni saqlash tizmlarida yuzaga kelishi bî‘lsa, ikkinchi tomondan esa, tinchlik davrida bî‘ladigan tabiiy ofatlar, yirik avariya va halokatlar oqibatida talofot olganlarga tibbiy yordam kî‘rsatish yetarli tashkil etilmaganligidandir. Mana shu kamchiliklar natijasida sanitariya talofoti ommaviy tusga kirib, katta miqyosidagi ham moddiy, ham ma’naviy zararlarni keltirib chiqargan hamda atrof-muhitni izdan chiqishiga olib kelgan. Bunday kamchiliklarni tugatish maqsadida mamlakatimizda Prezidentimizning 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoniga muvofiq 1999-2005 yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga mî‘ljallangan dastur qabul qilinib, unda «Halokatlar tibbiyoti» xizmatini tashkil etish kî‘zda tutilgan. Dasturda tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Shularga asoslangan holda, Toshkent shahrida Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy Markazi (SHTYODIM) tashkil etildi. Αz navbatida respublikaning barcha viloyatlarida ham SHTYODIMning filialllari tashkil etilib, ular SHTYODIM tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Bu markazda asosan reanimatsiya-jarrohlik va reanimatsiya-intensiv davolash muolajalarini bajaradi. SHTYODIM va uning mintaqavi filiallari tarkibiga tez tibbiy yordam va sanitar aviyatsiyasi xizmatlari kiradi. SHTYODIM huzuridagi tez yordam xizmatida 2 ta bî‘linma: 1 – tez yordam xizmati (doimiy brigadalar) va 2 – maxsus yordam xizmati (reanimatsiya brigadalari) faoliyat kî‘rsatadi.

Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy vazifasi shikastlangan î‘choqlarda avariya-qutqarish ishlarini olib borish hamda tibbiy-sanitariya ta’minoti samaradorligini oshirish hisoblanadi. Ya’ni uning bosh maqsadi - shikastlanganlarni iloji boricha kî‘p qutqarishdir.

Halokatlar tibbiy xizmati, amaldagi tibbiy xizmatning kuch va vositalaridan samarali foydalanadi, u uch tarkibiy qismdan tashkil topadi. Birinchi qismga – boshqaruv tizimi, bu tizim respublika darajasida faoliyat kî‘rsatib, u sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligida turli vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan idoralararo muvofiqlashtiruvchi hay’atdan iborat. Mahalliy darajadagi bunday hay’atlarga, sog‘liqni saqlash boshqarmalari va mahalliy bî‘limlarning rahbarlari boshchilik qiladi. 

Boshqaruv tizimlari favqulodda vaziyat yuz bergan vaqtdan ish boshlab to uning oqibatlari tî‘liq bartaraf etilguncha faoliyat kî‘rsatadilar.

Halokatlar tibbiy xizmatining ikkinchi tarkibiy qismini – amaldagi tez tibbiy yordam tizimi tashkil etadi. Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy bî‘g‘inini kechiktirib bî‘lmaydigan ixtisoslashgan tibbiy yordam xizmati (1-bosqich), hamda SHTYODIM, va uning mintaqaviy filiallari va tuman markaziy kasalxonalari (2-bosqich) tashkil etadi. Bunda SHTYODIM – saralash – evakuatsiya gospitallari tarzida, tuman markaziy kasalxonalari esa – ixtisoslashgan kasalxonalar sifatida faoliyat kî‘rsatadi.

Halokatlar tibbiy xizmatining uchinchi tarkibiy qismini – ixtisoslashgan xizmatlar tashkil etib, u doimo tayyor turadigan maxsus tuzilmalarni î‘z ichiga oladi. Bunday tuzilmalarga: ikkinchi bosqichni kuchaytirishga mî‘ljallangan ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari; 1-bosqichni kuchaytirishga mî‘ljallangan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari kiradi. Bu tuzilmalar asosan î‘rtacha halokatlar sodir bî‘lganda faoliyat kî‘rsatadi. Katta halokatlar yuz berganda zaxirada qolgan, ixtisoslashgan kî‘chma gospitallar ishga solinadi.

Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy yî‘nalishlaridan biri  aholiga birinchi tibbiy yordam kî‘rsatish hamda favqulodda vaziyatlarda xatti-harakat qoidalarini î‘rgatishdan iborat.

«Halokatlar tibbiyoti» xizmatining tashkil etilishi va uning vazifalari. Falokat va halokatlarda tibbiy yordam kî‘rsatishni tashkil etishda halokatning miqyosi va sanitariya talofotining hajmiga qarab belgilanadi. Albatta tabbiy ofat yoki katta ishlab chiqarish avariyalardan sanitariya talofoti katta miqyosida bî‘lganda, buning oqibatlarini tugatishda maxsus  yondoshuvlar talab etiladi. Jumladan, bunday holatlarda jabrlanganlarga iloji boricha talofot î‘chog‘ining î‘zida yoki unga yaqin bî‘lgan joyda tibbiy yordam kî‘rsatilishi lozim bî‘ladi.

Katta miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordamni tashkil etishda quyidagi ishlar bajariladi:

·      Shikastlangan î‘choqlarni tibbiy razvedka qilish;

·      Jabrlanganlarni qidirib topish va ularni qutqarish;

·      Jabrlanganlarni saralash;

·      Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish;

·      Tibbiy yordam berish va davolash.

Shikastlangan î‘choqlarni razvedka qilishda – aholini soni, tibbiy xizmat kuchlari va vositalarining soni, talofot darajasi, yî‘llar va suv manbalarining mavjudligi, hamda ularning ahvoli haqidagi ma’lumotlar olinadi.

Jabrlanganlarni qisqa vaqt mobaynida (bir necha soatdan – bir sutkagacha) qidirib topish va qutqarish talab etiladi, hamda iloji boricha ularning hayotini saqlab qolish omillari bajariladi. Bu omillarning bajarilishida qutqaruv tizimlaridan tashqari, î‘t î‘chiruvchilar, jamoat  tartibini saqlovchi, harbiy qismlarning xodimlari hamda kî‘ngilli fuqarolar bajaradilar.

Jabrlanganlarni saralash tibbiy xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi. Saralash – tibbiy yordamning hajmini, turini, hamda yordam kî‘rsatishning keyingi bosqichlarini hisobga olib, jabrlanganlarni transportlarda tashish imkoniyatlari va navbatini aniqlaydi.

Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish – talofot olganlarning shikastlangan î‘choqlardan olib chiqish, ularga tibbiy yordam kî‘rsatish, hamda davolash uchun tibbiyot muassasalariga olib borish tadbirlaridan iborat. Bunda tibbiy hisobga olish varaqasi tî‘ldiriladi va yaradorlarni transport vositalari (temir yî‘l, avtomobil, suv va havo yî‘li) yordamida evakuatsiya qilinadi.

Davolash muassasalariga keltirilgan saralangan jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordamlar kî‘rsatiladi.

Shunday qilib shikastlangan î‘choqda qolgan jabrlangan aholi tibbiy yordamning hamma turlari bilan: birinchi tibbiy yordam, birinchi shifokor yordami, malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordami birin ketin kî‘rsatiladi.

Birinchi tibbiy yordam.  Shikastlangan î‘choqlarda talàfot olgan fuqarolarga shu joyning î‘zida hayotiy kî‘rsatkichlarga muvofiq kî‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tushuniladi. Αz vaqtida va tî‘g‘ri kî‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam shikastlangan odamning hayotini saqlab qoladi va salbiy oqibatlar rivojini oldi olinadi.19-rasmda ayrim turdagi favqulodda hodisa sodir bo’lganda ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam usullari keltirilgan.

Albatta bu yerda favqulodda vaziyatning shikastlovchi omillarni tî‘xtatish (suvdan olib chiqish, yonayotgan kiyimlarni î‘chirish, yonayotgan, gazga tî‘lgan uylardan olib chiqish va boshqalar) choralarni kî‘rgan holda xatti-harakat qilish kerak.

Talàfot olgan kishini tibbiy kî‘rikdan î‘tkazishda shifokor quyidagi tartibdagi tekshiruvlarni î‘tkazadi:

§  Og‘iz bî‘shlig‘i va yuqori nafas yî‘llarini tekshirish (og‘izni begona narsalardan tozalash);

§  Nafas olish harakatlarini tekshirish (î‘pkaga sun’iy nafas berish va yurakni bevosita uqalash);

§  Qon tomirlari butunligini aniqlash (qon tomirlaridan oqayotgan qonni tî‘xtatish, ayniqsa arterial tomirlardan);

§  Yurak-qon tomir tizimini tekshirish (tomir urishini);

§  Sezgi a’zolarini tekshirish;

§  Shikastlangan kishini nutqini tekshirish.

Birinchi tibbiy yordam berishning eng qisqa vaqtishikastlangan vaqtdan boshlab 30 minggacha, nafas olishi tî‘xtagan bî‘lsa 5-7 minutgacha amalga oshirilishi lozim. Zaharlangan hududlarda 30 minut ichida birinchi tibbiy yordam kî‘rsatilsa, ularning umumiy ahvolining og‘irlashuvi ikki barobarga kamayadi.

Demak, jarohat olganlarga tibbiy yordam kî‘rsatish vaqti nihoyatda muhim hisoblanadi.Malumotlar kî‘rsatishicha, jarahotlanganlarga bir soat mobaynida yordam kî‘rsatilmasa î‘limga sabab bî‘lish 30 foizga, 3 soatgacha yordam kî‘rsatilmasa 60 foiz va 6 soatgacha yordam kî‘rsatilmasa 90 foizgacha ortadi.

Birinchi tibbiy yordamni jarohat olgan kishining î‘zi yoki uning yonida bî‘lganlar (aholi, san drujinachilar yoki fuqaro muhofazasi hodimlari) kî‘rsatadi.

Birinchi shifokor yordamijarohatning jabrlanganlar hayotiga bevosita xavf soluvchi oqibatlarini bartaraf qilish, jarohat infeksiyasini yanada rivoj topishining oldini olish maqsadida shifokorlar bajaradigan davolashmuhofaza omillaridan iborat. Bunday yordamni umum shifokorlik tayyorgarligi bî‘lgan va ixtisoslik jaroh shifokorlari kî‘rsatadi. Birinchi shifokor yordamini kî‘rsatish vaqti jarohat olgan vaqtdan boshlab 3-6 soat hisoblanadi. Tibbiy yordamning bu turini hamma ixtisoslikdagi shifokorlar bilishlari kerak.

Og’iz bo’shlig’ni qoldiq                                           narsalardan tozalash

 
Malakali tibbiy yordam – davolash muassasalarida tegishli ixtisoslikdagi shifokorlar amalga oshiradigan jarohat oqibatlarini, birinchi galda hayot uchun xavfli oqibatlarini bartaraf qilishi, rivojlana boshlagan salbiy oqibatlarga qarshi kurashish, jarohatlanganlarni tî‘liq davolashga qaratilgan jarrohlik va terapevtik tadbirlar majmuasidir.

Ixtisoslashgan tibbiy yordam – ixtisoslashgan davolash muassasalarida odamning ba’zi a’zolari va tizimlaridagi buzilishlarini maksimal darajada tiklash maqsadida maxsus  apparatlar va uskunalardan foydalanib, mutaxassis shifokorlar bajaradigan davolash-muhofaza tadbirlari majmuasidan iborat.

Shunday qilib, «Halokatlar tibbiyoti» xizmati tizimlari ikki bosqichli tizimda faoliyat kî‘rsatadilar. Birinchi bosqichda – bevosita î‘choqning ichida jabrlanganlarni qidirib topish, ularga birinchi tibbiy va birinchi shifokor yordamini kî‘rsatish, ularni tibbiy evakuatsiya qilish, hamda sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiradilar. Ikkinchi bosqichda esa jarohatlanganlarga shifoxonalarda malakali, ixtisoslashgan tibbiy yordamni amalga oshiradi.

 

 

 

Mustahkamlash uchun savollar

1. Qutqaruv ishlari nimalardan iborat?

2. Tiklash ishlariga nimalar kiradi?

3. Yadroviy shikaslangan î‘choqda qutqaruv va tiklov ishlari nimalardan iborat bî‘ladi?

4. Kimyoviy shikastlangan î‘choqda, qutqaruv va tiklov ishlari nimalardaan iborat?

5. Biologik shikastlangan î‘choqda qanday kechiktirib bî‘lmaydigan ishlar bajariladi?

6. Zararsizlantirish omiliga qanday jarayonlar kiradi?

7. Maxsus ishlov berish omilining mohiyati va uning turlarini tushuntirib bering.

9. Talafot kî‘rganlarga tibbiy yordamni tashkil etish qanday bo‘ladi?

10. Tabiiy ofat rî‘y berganda sanitar gigiyena va epidemiyaga qarshi qanday tadbirlar amalga oshiriladi ?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ma’ruza ¹ 13: Tabiiy ofat, avariya, halokatlar

                           o’choqlarida qutqaruv va tiklov

                           ishlarini amalga oshirish 

 

              Reja:

1.      Tabiiy ofat, avariya, halokatlar o’choqlarida qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarini olib borish usullari va tartiblari.

2.      Yer silkinishi,  ko’chishi, sel hodisasi va KTZMlar ta’siridagi ishlab chiqarish avariyalari va boshqa ofatlar misolidagi tadbirlar.

 

Kishilik jamiyati sivilizatsiyasining tarixi tabiiy ofatlar, avariya va fojialar bilan bog`liq. Sodir bo`ladigan xar qanaqa tusdagi tabiiy ofatlar mamlakatning iqtisodiyotini izdan chiqishiga, ko`plab insonlarning o`limiga yoki xayot faoliyatining buzilishiga, tabiatning zararlanishiga va boshqa salbiy oqibatjarga olib keladi.

Tabiiy ofatlarning turlari xilma-xil: yer silkinishi, suv toshqini, kuchli shamol, yong‘in, qurg‘oqchilik, yer surilishi va boshqalar. Bu xildagi tabiiy ofatlar bir-biriga bog‘liq holda hamda bog‘liq bî‘lmagan holda, alohida yuzaga kelishi mumkin. Ya’ni bir tabiiy ofat boshqa ofat oqibatida yuzaga kelishidir. Masalan, î‘rmonda yong‘inlarning kelib chiqishi, tog‘li joylardagi ishlab chiqarish portlashlari, karyerlarni ishga solishda, platinalar qurishda yerning surilishiga, qorlarning kî‘chishi va boshqa ofatlarning kelib chiqishiga sabab bî‘ladi.

Shuning uchun, bu tabiiy ofatlarni î‘z vaqtida bilib, uning tavsiflari va sabablari aniq î‘rganilsa, ularni oldini olish yoki zarar keltirish xususiyatlari bir muncha kamaytirilgan bî‘ladi. Shu tariqa tabiiy ofatlardan keyingi qilinadigan xatti-harakatlarni va ofat oqibatlarini tezroq hal qilish imkoniyatlariga ega bî‘linadi.

Fan va texnikaning rivojlanishi sî‘zsiz yer silkinishini oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Jumladan, yuqorida ta’kidlanganidek, yer osti suvlarida yer silkinishidan oldin radon gazi miqdorini oshish qonunini birinchi bî‘lib î‘zbek olimlari tomonidan aniqlangan va bu qonuniyat Toshkent zilzilasi oqibatlarini î‘rganishda î‘z tasdig‘ini topdi.

Hozirgi kunda bu usul bilan Respublikamizda va Markaziy Osiyo davlatlarida rî‘y bergan bir necha zilzilalar bashorat qilindi va ular tasdiqlandi.    

Yer silkinish ofatidan muhofaza qilishning usullaridan biri oldindan seysmoaktiv mintaqalarni belgilash hisoblanadi. Bunda insonlar uchun, iqtisodiyot tarmoqlari uchun xavfli bî‘lgan 7-8 balli yuqori yer silkinishi mumkin bî‘lgan joylarni belgilab xarita tuziladi. Mana shunday seysmoaktiv mintaqalarda oldindan turli muhofaza omillari kî‘rilib, inshootlarni qurish, ta’minlash va ba’zi xavfli ishlab chiqarish tarmoqlarini (kimyo zavodlari, AES lar va shunga î‘xshash korxonalarni) hatto tî‘xtatish ishlari amalga oshiriladi.

Shunday ishlar, ya’ni Αzbekistonning seysmoaktiv hududlari xaritasi 1977 yilgacha amal qilib keldi, hozirda O`zbekistondagi ko`plab seysmolog, geolog, muhandis olimlarning uzoq yillar mobaynida o`tkazgan tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida 1996 yilda Αzbekiston Fanlar Akademiyasining seysmologiya instituti tomonidan Αzbekistonning yangi seysmoaktiv xaritasi tuzilib, bunda har bir hududning seysmologik xususiyatlari hisobga olingan.

Shuning uchun har bir korxona rahbari yer silkinishi oqibatlarini kamaytirishning asosiy tadbirlarini bilishi zarur. Bular quyidagilardan iborat:

·         Hududning seysmik xaritasi, unda zilzila bî‘lish ehtimoli bor joylar va uning kuchi kî‘rsatiladi ;

·         Zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshootlarini qurish;

·         Zilzila sodir bî‘lib qolgan holda aholi î‘zini qanday tutishi va xatti-harakatlar haqida tushuntirish;

·         Seysmik stansiyalarda uzluksiz navbatchilikni tashkil qilish va olib borish;

·         Zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa sistemasini tashkil qi­lish;

·         Qutqaruv, kuch va vositalarni tayyor holga keltirib qî‘yish;

·         Aholini xavfsiz hududga î‘z vaqtida evakuatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqish;

·         Moddiy-texnik ta’minoti (plakatlar, oziq-ovqat, dori-darmon) zaxiralarini tashkil qilish;

·         Zilzila haqida xabar beruvchi belgilarni aholiga tushuntirish va î‘z vaqtida qî‘llash;

Yer silkinishini tavsiflaydigan belgilar quyidagilardan iborat:

·         yer ostki suvlarining fizik-kimyoviy tarkibini î‘zgarishi (laboratoriyada aniqlanadi);

·         qushlar va uy hayvonlarining bezovtalanishi, gaz hidining kelishi, havoda chaqmoq chaqishi va yorug‘lik paydo bî‘lishi;

·         bir-biriga yaqin, lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun chiqishi, uylarning ichki devorlarida zangori shu’lalar paydo bî‘­lishi va luminitsent lampalarining î‘z-î‘zidan yonishi;

Mana shu belgilarni bilgan har bir fuqaro yoki zilzila haqida xa­bar eshitganda, sarosimasiz va ishonchli harakat qilishi kerak. Zilzila haqida oldindan xabar berilsa, uyni tashlab chiqishdan avval, gaz va boshqa isitgich asboblarini î‘chirish, bolalar va qariyalarga yordam berish, zarur buyumlarni, oziq-ovqat, dori-darmonlarni va hujjatlarni olib kî‘chaga chiqishlari kerak. Agar zilzila kutilmaganda boshlanib qolsa, u holda deraza va eshik oraliqlariga yoki kî‘taruvchi  ustunlar tagiga turib olish kerak. Dastlabki silkinish zarbasi tinishi bilan zudlik bilan tashqariga chiqish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, kî‘p qavatli binolarning eng nozik, ishonchsiz joylari zinapoya va lift shaxtalaridir. Shuning uchun zilzila boshlangan paytda zinapoyalardan yugurish tavsiya etilmaydi va liftlardan foydalanish ta’qiqlanadi.

Korxona va muassasalarda zilzila paytida ish tî‘xtatiladi. Elektr toki suv, gaz va bug‘lar tî‘xtatilib, fuqarolar muhofazasi qismlaridagi ishchi va xizmatchilar oldindan belgilab qî‘yilgan joyga tî‘planadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda bî‘ladilar.

Zilzila vaqtida uyda bî‘lmagan fuqarolar uyga shoshmasligi, balki î‘sha joy rahbarlarining kî‘rsatmalarini diqqat bilan kutib, unga rioya qilgan holda harakat qilishlari kerak. Zilzila vaqtida jamoat transportini tî‘la tî‘xtatilishini kutib, oldin bolalarni, nogiron va qariyalarni tushirish kerak. Yurib ketayotganda sakrab tushib qolish yaramaydi, zil­zila vaqtida jabrlanganlarga asosan yordamni fuqarolar muhofazasi qismlari beradi, lekin zarur bî‘lgan hollarda aholining ham yordam berishi maqsadga muvofiqdir.

Hozirda, Tojikiston xududida bahaybat Rog’un GES qurilishini davom ettirish to`g’risidagi 2009 yilda qabul qilingan hukumat qarori Markaziy Osiyo davlatlarini tashvishga solmoqda. Ma`lumki, ushbu GES qurilishi XX asrning 80-yillarida boshlanib, keyinchalik muayyan sabablarga ko`ra to`xtàb qolgan edi. Chunki o`sha davrda ushbu gidroinshoot loyihasi to`laqonli ekspertizadan o`tkazilmagan bo`lgan, oradan shuncha vaqt o`tgandan so`ng, zamonaviy loyiha va konstruktorlik andozalari talablariga mos bo`lmagan eski loyiha asosida ish boshlangani, albatta tashvishli holat. Zero, ushbu GES qurilishi uchun tanlangan xudud 9-10 ballik seysmik aktivlikka egaligi va tektonik yoriq chiziqda joylashganligi  nazarda tutilsa, baladligi 350 m dan iborat to`g’onda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan texnogen buzilish qanday halokatli oqibatlarga olib kelishini tasavvur qilish qiyin emas. Undan tashqari, ushbu gidroinshoot qurilishi natijasida butun Markaziy Osiyo mintaqasi xududlarida katta ekologik o`zgarishlar ro`y berishi hamda suv taqsimotidagi buzilishlar ko`lami ortishi, tabiiy.

Ana shunday o`ta xatarli holatlar oldini olish maqsadida O`zbekiston hukumati tomonidan Tojikiston Respublikasiga rasmiy bayonati ma`lum qilingan, bu borada jahon hamjamiyati vakillari ham o`z munosabalarini izhor etmoqdalar.

Yer silkinish oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari :

Yer silkinishining oqibatlarini tugatishda ishga yaroqli har bir kishi ishtirok etishi zarur va quyidagi ishlar birlamchi ishlar hisoblanadi:

·         Yer tagida qolgan, buzilgan va yong‘inli uyda qolgan odamlarni qutqarish;

·         Ishlab chiqarish, kommunal-energetik tizimlarda sodir bî‘ladigan avariyalarni tî‘sish va tî‘g‘rilash (chunki bular inson hayotiga xavf soladi);

·         Buzilgan uylarni, inshootlarni tiklash;

·         Talàfot kî‘rganlarga tibbiy yordam kî‘rsatish shahobchalarini tayyorlash;

·         Yer silkinish î‘chog‘ida suv ta’minotini tiklash;

Albatta, mana shu ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan har bir odam ehtiyot choralarini kî‘rgan holda, kerakli joylarda shaxsiy himoya vositalardan foydalanishlari zarur. Har qanday î‘zboshimchalik, belgilanmagan chora-tadbirlar va hatti-harakatlarni amalga oshirish man etiladi.

Yer silkinishi boshqa turdagi tabiiy ofatlarni, falokatlarni: masalan, yer surilishi, suv toshqini, qor kî‘chkisi, yong‘in chiqishi hamda avariyalarni: kommunal-energetik tizimlarni izdan chiqishi, kimyo sanoati korxonalarida avariya natijasida KTZM larning tashqariga tî‘kilishi, AES larda radiaktiv moddalarni atmosferaga chiqishi va boshqa xavfli ofatlarni yuzaga kelishiga sabab bî‘lishi mumkin.

 

Yer surilishida 3 ta bosqich kuzatiladi:

1-bosqich. Surilishning tayyorlanish bosqichi. Bu bosqichda qiya sathlardagi tog‘ jinsi turg‘unligi susayadi, yer sathida turli kenglikdagi yoriqlar paydo bî‘ladi.

2-bosqich. Tog‘ jinslarining katta tezlik bilan yoki sekin-asta surilishi kuzatiladi. Surilish tezligi yuqorida qayd etilgan omillarning ta’sir darajasiga bog‘liq bî‘ladi.

3-bosqich. Surilishning sî‘nish bosqichi. Bunda tog‘ jinslari surilishdan tî‘xtaydi.

Yer surilishlarni chuqur î‘rganish - ularni oldidan bashorat qilish imkonini beradi. Buning uchun kompleks muhandis-geologik qidiruv ishlari î‘tkaziladi. Surilishi kuzatiladigan maydonlarning tabiiy sharoiti va geologik muhiti fizik andozalarida î‘rganiladi, hisoblash ishlari bajariladi.

Yer surilishi ofati oldidan kuzatiladigan belgilar quyidagilardan iborat:

Yer yuzasida yoriqlarni paydo bî‘lishi, yî‘llarda uzilishlarning yuzaga kelishi, daraxtlarning tî‘g‘ri î‘smasligi (qiyshayib î‘sishi), uylarning devorlari yorilishi, binolar, inshootlar tuzilishida muvozanatining buzilishi va boshqa belgilar paydo bî‘ladi.

Mabodo, hududlarda yer surilishi xavfi bî‘lsa yoki harakatdagi surilish kuzatilsa, ularni bartaraf qilish, oldini olish ishlari bajariladi, chora-tadbirlar belgilanadi.

Yer surilishini vujudga kelishi va harakatdagi surilishlarga qarshi olib boriladigan ishlar mazmuniga qarab ikki guruhga bî‘linadi:

·         Surilishlarning oldini olish usullari;

·         Yer surilishni harakati va ta’sirini bartaraf etish usullari.

Yer surilishlarining oldini olish usullari. Yer surilishlarining oldini olish usullariga:

·         Qiya sathlarda qurilish va ular bilan bog‘liq bî‘lgan kavlash ishlarini olib bormaslik;

·         Qiya sathlarda tog‘ jinsi tî‘kilmalarining yig‘ilishiga yî‘l qî‘ymaslik;

·         Temiryî‘l, transport vositalari harakat tezligini belgilangandan oshishini ta’qiqlash;

·         Qiya sathlardagi î‘simlik dunyosini muhofaza qilish;

·         Qiya sathlarda sug‘orish, shudgorlash ishlarini olib bormaslik kabi ishlar kiradi.

Surilish harakati va ta’sirini bartaraf etuvchi usullarni 4 guruhga bî‘lish mumkin:

1.Surilish harakati tezligini sekinlashtirish yoki tî‘xtatishga qaratilgan usullar:

a) suv oqimini tartibga soluvchi va boshqaruvchi qurilmalar qurish;

b) daryo va suv havzalari qirg‘oqlari yuvilishining oldini oluvchi qurilmala qurish;

         v) yer osti suvlari sathg‘ni pasaytirish.

        2.Tog‘ jinsi surilishlarini ushlab turuvchi tirgak devorlarini qurish;

        3. Suriluvchi tog‘ jinsi qatlamini olib tashlash;

        4.Tog‘ jinslari fizik-mexanik xususiyatlarini sun’iy usulda yaxshilash. Ularning namligini oshib ketishiga yî‘l qî‘ymaslik.

Yer surilishi ofatidan saqlanishning ishonchli omili, bu xalqni î‘z vaqtida ogoh etish hisoblanadi. 1996-1999 yillarda Αzbekistonning bir qancha hududlarida, jumladan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va boshqa viloyatlarning tog‘ etaklarida yashovchi fuqarolarni yer surilishi ofati tî‘g‘risida ogoh qilinishi natijasida odamlar boshqa joylarga kî‘chirildilar va hech qanday moddiy va ma’naviy yî‘qotishlar bî‘lmadi. Albatta, bu ishlar î‘z vaqtida, yetarli faollikda î‘tkazilganligi sababli odamlarni falokatdan saqlab qolindi. Ammo hozirgi kunda ham Respublikamizning ba’zi viloyatlarida yer surilishi ehtimoli bî‘lgan hududlar mavjud bî‘lib, hukumatimiz va fuqarolar muhofazasining mutasaddi xodimlari tomonidan doimiy ravishda xavfli hududda yashovchi fuqarolar ogohlantirib borilyapti.

Kuchli shamol, qurg‘oqchilik ofatlari ham gidrometerologik favqulodda vaziyatlar turiga kirib, ularning tabiat va jamiyatga salbiy ta’sirlari ortib bormoqda. Jumladan,  1970  yil 13 noyabrda Pokistonning sharqiy hududlarida bî‘lgan kuchli shamol oqibatida 10 ml. aholi talofot kî‘rdi. Shundan 500 ming kishi halok bî‘ldi va bedarak yî‘qoldi. Shunga î‘xshash salbi oqibatlar 2002 yilda Rossiyada, 2003, 2004 yilda AQSHning bir qancha hududlarida kuzatilgan kuchli dovullar oqibatida ham ro’y bergan.

Kuchli shamol va insonlar hayotiga va iqtisodiyot tarmog’iga jiddiy zarar yetkazadigan ofatdir. Bu ofat uzoq davom etuvchi va buzish kuchiga ega. Bu ofatning tezligi 30-90 m/s ga yetadi. Αrta Osiyo mintaqalarida shamolning kuchi 40-60 m/s ga, Αzbekistonning Xovos, Bekobod tumanlarida esa 50-60 m/s tashkil etadi. Kuchli shamolni paydo bî‘lishi, ya’ni atmosferada muvozanatning buzilishi natijasida havo oqimi juda katta tezlikda harakatlanib, ba’zi joylar­da, u aylanma (voronka) harakatga kelib qoladi. Bunday ofat oqibatida odamlarning halok bî‘lishi, inshootlarning buzilishi, ekinzorlarning payhon etilishi, elektr, aloqa tarmoqlarining izdan chiqishi va boshqa oqibatlarga olib keladi. Shuningdek, kuchli shamol esganda odamlar, uy hayvonlari yuradigan yî‘llardan adashadilar, simyog‘ochlar, daraxtlar ag‘anaydi, uylarning tomlari buzilishi natijasida odamlar turli darajada jarohat oladilar. Masalan, 1997 yilda 2maydan 3mayga o`tar kechasi Qashqadaryo viloyatida kuchli shamol ta’sirida 156838 ga qisloq xo`jalik ekinzorlari, 12 km elektr tarmoqlarining shikastlanishiga, 250 turar joy uylarini, 79.5 km avtomobil yo`llarini suv bosishiga, 393 bosh yirik shoxli qoramolar, 7254 bosh qo`y, echkilar, 26 bosh ot va 13 ming 280 ta xonaki parrandalarning o`limiga olib kelganligi ma’lum.

Kuchli shamol ta’sirining ikkinchi jihati yerlarni eroziyaga (yemirilishiga) uchrashiga hamda sug‘oriladigan yerlarning shî‘rlanishiga olib kelishidir. Shamol ta’siridagi emirilish î‘simlik kam tarqalgan hududlarda, chî‘l va sahrolarda kî‘p uchraydi. Αzbekiston hududining taxmininan 40 foiz yeri shamol ta’sirida yemirilish jarayoniga uchramoqda. Yemirilish teks shamol yî‘nalishi bî‘ylab shudgorlangan maydonlarda ayniqsa kuchli bî‘ladi. Shamol kuchi 15 m/s dan ortganda, ba’zi shudgorlangan yer qavatining 25 santimetirgachasini uchirishi, ayniqsa 3-5 sm qavatlarni uchirib ketishi  kî‘p sodir bî‘ladi. Yer sathining notekisligi, hamda daraxtlarning kî‘p bî‘lishi shamollarning yemiruvchi kuchini kamaytiradi. Shuning uchun shamolning yî‘nalishiga kî‘ndalang qilib daraxtlar ekiladi. Mabodo bunday daraxtlar sababsiz yî‘qotilsa, tuproqning yuqori qavat muvozanatini buzilishiga, tuproq tarkibidagi gil va qum zarachalarining uchirilib ketishligi natijasida yer sathining qum barhanlari bilan qoplanishiga sabab bî‘ladi. Mana shunday holatlar hozirgi kunda Orol bî‘yi hududlarida kuzatilmoqda.                                  

Bunday favqulodda holatda odamlar yengil, baland qurilgan imoratlardan, elektr tarmoqlari osilgan simyog‘ochlardan, kî‘priklardan uzoqroq joylarda saqlanishlari lozim. Bu ofatdan eng ishonchli saqlovchi omil - bu himoya inshootlari (metro, yer osti yî‘lkalari, uylarning yertî‘lalari va boshqalar) hisoblanadi.

Bu ofatdan saqlanishning yana bir omili - ofat haqida odamlarni î‘z vaqtida ogoh qilishdir. Albatta, hozirgi paytda ob-havoni bir necha kun oldindan ayta oladigan zamonaviy uslublar yaratilganki, bularning bergan ma’lumotlari asosida nafaqat odamlarni, balki uy hayvonlarini, moddiy boyliklarni falokatdan asrash, buzilishini yoki yaroqsiz holga kelishini oldini olish mumkin.

Xulosa  qilib aytadigan bî‘lsak, kuchli shamol ofati yuz berganda fuqaro muhofazasi tizimlari davlat organlari xodimlari boshchiligida qutqaruv va buzilgan joylarda tiklash ishlarini bajaradi, jabr kî‘rganlarga birlamchi tibbiy yordam kî‘rsatadi.

Qurg‘okchilik ofati ham Αzbekistonga xos bî‘lib, ilgari bunga deyarli e’tibor berilmagan. Lekin keyingi yillarda ekologiyaning haddan tashqari buzilishi, suv resurslaridan notî‘g‘ri foydalanish va boshqa sabablar oqibatida bizning mintaqada ham bunday ofat aynan hozirgi paytda kuzatilmoqda.

Qurg‘oqchilikda odamlarni î‘limi, daraxtlarning, ekinzorlarning qurishi, kuchli yong‘inlarning chiqishi va turli xil kasalliklarning tarqalishiga imkoniyat yaratiladi. Takidlash joizki, Αzbekistonda qurg‘oqchilik muammosi Orol dengizi bilan bog‘liqdir.

Respublikamiz Prizidenti Islom Karimov «Î‘zbekiston XX asr bî‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida ta’kidlaganidek: «Yaqin-yaqinlargacha chî‘lu-sahrolardan tortib olingan va sug‘orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilan sî‘zlanardi. Ayni chog‘da ana shu suv Orolda tortib olinganligi, «jonsizlantirib qî‘yilganligi» xayolga kelmasdi, endilikda Orolbî‘yi ekologik kulfat hududiga aylandi». Ma’lumki, Orol dengizi suvi yildan yilga kamayib, qurib bormoqda. Buning oqibatida dengizga yaqin bî‘lgan joylarda dov-daraxtlar, ekinzorlar qurib, turli xil kasalliklar kî‘payib bormoqda. Ma’lumotlarga kî‘ra, Amudaryo suvining bor-yî‘g‘i 10 foiz miqdori Orol dengiziga quyilmoqda. Ammo hozirgi vaziyatda dengizga quyilayotgan suv hajmidan kî‘ra atmosferaga bug‘lanayotgan suv miqdori bir necha barobar kî‘pdir. Shu sababdan, Orol dengizi suvining balandligi ancha pastga tushib ketgan. Endi Orolni ilgarigi holatiga qaytarish uchun unga taxminan 50 km3 suv quyish kerak, bu degan sî‘z butun boshli Sirdaryo suvini tî‘liq quyish bilan barobardir.

Tog‘larning tik yon-bag‘irlaridan qor massasining pastlik tomon ag‘darilib yoki sirpanib tushishiga tog‘ kî‘chkisi deyiladi. Baland tog‘larning ustiga kî‘p qor yog‘ib, uning qalinligi ortadi va î‘z og‘irlik kuchi ta’sirida zichlashib, qayta kristallanib, yonbag‘irlikka pastlikka qarab osilib turadi va natijada uning qalinligi oshgan sari turg‘unligi susayib boradi. Kuchli shamol ta’sirida mana shunday qor massasi harakatga kelib pastlik tomon siljiy boshlaydi yoki ag‘darilib tushadi. Qor kî‘chkisida suriluvchi massaning hajmi bir necha ming m3 dan million m3 gacha tashkil yetadi. Qor kî‘chkilari quruq yoki hî‘l bî‘lishi mumkin. Agar qorning ustki qismi biroz muzlagan bî‘lib, uning ustiga qalin qor yog‘ib pastga qarab siljisa, quruq kî‘chki hosil bî‘ladi. Agar qor erigan suvga shimilib, uning tagi hî‘llanishi natijasida pastga ag‘darilishi hî‘l kî‘chki hosil bî‘ladi. Hî‘l kî‘chkilar 20-50 km/soat tezlikda, quruq kî‘chkilar esa 100 km/soat, ba’zan 300-400 km/soat tezlikda siljiydi. Qor kî‘chkilari pastga qarab harakat qilganda, yon-atrofdagi qor massalarini hamda tog‘ jinslarini î‘zi bilan surib ketadi. Mana shuning natijasida qor massasi kattalashib, hajmi bir necha mln. m3 ga, tezligi esa soatiga 250-350 km ga yetib, î‘z yî‘lidagi î‘rmonlarni sindirib ketadi, imorat va inshootlarni vayron qiladi, oqibatda juda katta moddiy zararni keltirib, insonlar î‘limiga sabab bî‘lishi mumkin.

Katta hajmli qor kî‘chkilari asosan 25-600 li qiyalikda kuzatiladi. Sirti tekis, î‘t bilan qoplangan qiyaliklar qor kî‘chkisi xavfli bî‘ladigan joylar hisoblanib, butali, toshli joylar qor kî‘chkisiga tî‘sqinlik qiladi. Shuning uchun î‘rmonzorlarda qor kî‘chkisi juda kam kuzatiladi. Masalan, 1990 yilning 13 iyulida Pomir tog‘ining eng yuqori chî‘qqisida yer silkinishi oqibatida katta hajmdagi qor massasi kî‘chib, pastlikka 5300 m balandlikda joylashgan alpinistlar lageriga qulab tushgan va oqibatda 40 nafar odam qor ostida qolgan. 1999 yil 21 noyabrda kî‘p miqdorda qor yog‘ishi natijasida «Qamchiq» dovonining 157-167 km larida sodir bî‘lgan. Bu ofat oqibatida 29 odam halok bî‘ldi, 19 kishi turli jarohatlar olgan va 73 kishi sovuqda uzoq muddat qolib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘iga kî‘ra tezkor guruhlar hodisa yuz bergan joyga yetib kelib, tegishli chora-tadbirlar kî‘rilgan. Kî‘rilgan tadbirlar oqibatida 34 ta turli rusumdagi avtomobillar qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta mashinani qor chuqurlik tomon surib tushirganligi aniqlanib zudlik bilan ular qutqarilgan. Ofat yuz bergan joyga Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari avariya qutqaruv bî‘limlari, «Najotkor» respublika qidiruv-qutqaruv markazi, Chirchiq shahri «Haloskor» maxsus harbiylashtirilgan qidiruv qutqaruv qismi î‘z texnik vositalari bilan jalb qilinganlar. Ular yî‘llarni qor uyumlaridan tozalab, odamlarni xavfsiz joylarga olib chiqilib, jabr kî‘rganlarga birinchi tibbiy yordam va boshqa kî‘maklarni kî‘rsatganlar. Umuman, bu ofat oqibatida 400 ta transpor vositasi va 1200 ziyod yî‘lovchi qutqarib qolingan.

Hozirgi vaqtda tog‘li hududlarda maqsadli qurilishlar (suv omborlari, geslar, dam olish uylari, davolanish maskanlari) qurilishi munosabati bilan qor kî‘chkilari bî‘lishi mumkin bî‘lgan hududlar aniqlanib, î‘rganilib tegishli tadbirlar qilingan. Qor kî‘chkilarini oldini olish uchun muhandislik choralarini kî‘rish (tog‘ yon-bag‘irlari tekislanib, supalar tashkil etish, daraxtzorlar barpo etish, harakatga keluvchi qor uyumlarini yî‘qotish, tî‘siqlar î‘rnatish va boshqa himoyalanuvchi vositalar qurish) talab etiladi.

O`zbekiston Respublikasining Toshkent, Qashqadaryo, Surxandaryo va Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog`lik  xududlari sel ofati  bo`ladigan zonalar hisoblanadi.

Oxirgi 100 yil ichida Αzbekiston Respublikasi hududida 2500 dan ortiq sel oqimlari kuzatilgan. Bulardan 1400 dan ortig‘i loyqa, 350 dan ortig‘i suv-toshlik, 650 dan ortig‘i aralash sellardir. Respublikamizning Farg‘ona vodiysida, Toshkent oldi hududlarida sel oqimlari tez-tez kuzatilib turiladi. Sel oqimlari Respublikamiz hududida bahor mavsumida va yozning birinchi oyida yuz beradi. Bunga sabab hududimiz joylashgan mintaqaning tabiiy sharoiti bî‘lib, bahor oylaridagi kuchli jala, yomg‘irlar, haroratning issiq kelishi, tog‘larda muzlik va qorlarning tez erishi, daryo  î‘zani qiyaligining 3-50 dan kattaligi, suv yig‘ish maydonida zarrachalari bog‘lanmagan bî‘shoq tog‘ jinslarining mavjudligi asosiy omillardan bî‘lib hisoblanadi.

Shu î‘rinda Farg‘ona viloyatining Shohimardon qishlog‘ida 1998 yil yozda bî‘lgan sel falokati tî‘g‘risidagi ma’lumotni keltirsak. Havoning birdan issib ketishi natijasida Qirg‘iziston Respublikasining Αsh viloyati tog‘laridagi qorlarni erishi tezlashib, buning oqibatida 1998 yilning 7 iyulidan 8 iyulga î‘tar kechasi katta suv oqimi paydo bî‘lgan. Bu oqim Shohimardon soyga qî‘shilib, uning suv sig‘imini 200 m3/s ga kî‘paytirib yuborgan va kuchli oqim natijasida 52 ta xî‘jalik, 36 ta dam olish maskanlari zarar kî‘rgan. 8-9 iyul kunlari odamlarni Shoximardon qishlog‘idan kî‘chish ishlari boshlangan. Bu ofat oqibatida 104 ta odam jasadlari, 68 ta har-xil hayvonlarning tanalari topilgan. Kuchli sel oqimi natijasida 15 km gaz î‘tkazish, 14 km avto yî‘l, 4 ta yirik avtomobil kî‘prigi, 3 km suv î‘tkazish tizimlari, 3 km elektr uzatish tarmoqlari yaroqsiz holatga kelgan, 200 dan ortiq savdo shaxobchalari butunlay vayron bî‘lgan. Bu tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga 2000 ga yaqin fuqarolar, 438 ta texnikalar jalb qilingan.

2002 yilning iyul oyida xuddi shu yerda Vodil qishlog‘ida sel ofati rî‘y berdi. Ofat î‘chog‘i Qirg‘izistoning Qadamjoy tumanidan boshlangan kuchli jala yomg‘iri oqibatida Shohimardonsoy daryosidagi suv sathi keskin kî‘tarilib, Vodil qishlog‘iga katta sel oqimi yopirilib keldi. Bu ofat Vodio qishlog‘i hududlaridagi uylarga, yî‘llarga, ekinzorlarga, kommunikatsiya tizimlariga katta zarar yetkazgan. 

Sel oqimlarining oldini olish, ularga qarshi kurashish, sel bî‘lishi mumkin bî‘lgan maydonlarni aniqlash, ularni vujudga kelish sabablarini chuqur î‘rganish, atrof-muhitni muhofaza qilishning asosini tashkil etib katta xalq xî‘jalik ahamiyatiga ega. Shuning uchun sel hodisasini bartaraf qilish maqsadida olib boriladigan ishlar ilmiy, amaliy xulosalarga, chora-tadbirlarga asoslangan bî‘lishi maqsadga muvofiq.

Bular quyidagilardan iborat:

1.Sel bî‘lishi mumkin bî‘lgan daryolarning suv yig‘ish maydonlarida doimiy kuzatish ishlarini olib borish. Bunda suv yig‘ish maydonida bî‘shoq tog‘ jinslari yig‘ilishining oldini olish, oqar suvlar oqimiga tî‘sqinlik qiluvchi tabiiy va sun’iy tî‘siqlardan tozalash ishlari;

    2.Sel oqimi yuzaga kelishi mumkin bî‘lgan

daryolarning suv yig‘ish maydonlarini muhofaza qilish, ya’ni bu maydonlarda î‘simlik dunyosini saqlash, daraxtlar va butalarni kesish, maydonlarda shudgorlash va sug‘orish ishlarini olib borishni chegaralash;

   3.Αrmon xî‘jaliklarini rivojlantirish, ya’ni tog‘ yon-

bag‘rilarida butalar va daraxtlarning ekilishini yî‘lga qî‘yish talab etiladi, chunki bu î‘simliklar tog‘ jinslari qatlamlarini mustahkam ushlab turadi, qor erishini sekinlashtiradi, yer yuzasini yuvilishdan saqlaydi;

4.Tog‘li hududlardagi daryolarning î‘zanida suv oqimini  boshqaruvchi inshootlar qurish, tabiiy, sun’iy tî‘g‘onlarni tartibga solish, temir yî‘l, avtomobil yî‘llari ostiga sel î‘tkazuvchi katta diametrli quvurlar yotqizish ishlarini tashkil etish.

Sel oqimiga qarshi kurashish uslubini tanlash maqsadida maxsus muhandis-geologik qidiruv ishlari olib boriladi. Olingan natijalardan (har tomonlama tahlil qilish asosida) î‘rganilayotgan hudud uchun xarita tuziladi.

Bu xaritada:

· sel kuzatiladigan;

· sel kuzatilishi mumkin bî‘lgan;

· sel kuzatilmaydigan maydonlar ajratiladi.

Sel kuzatiladigan va kuzatilishi mumkin bî‘lgan joylarning iqlim sharoitiga, geologik î‘zgarishlarga, vujudga kelishi mumkin bî‘lgan sel oqimi kuchiga qarab kurashish usullari tanlanadi, tadbir choralari belgilanadi.

Tog‘lik hududlarda shaxsiy imoratlarni qurish ishlari sel xavfi xaritasi bilan tanishgan holda, maxsus tashkilotlar ruxsati asosida olib borilishi kerak.  

Suv toshqiniga qarshi qî‘llaniladigan omillar quyidagilardan iborat: daryolardagi suvni sarflanish darajasini  oshirish, ya’ni uni taqsimlash (daraxtzorlarga quyib yuborish, suv oqimiga qarshi yerlarni kî‘ndalang qilib chuqur haydash va boshqalar) hamda daryo qirg‘oqlarini kî‘tarish hisoblanadi. Suv toshqini ofatidan xalqni î‘z vaqtida ogoh etish, fuqarolarni, moddiy resurslarni va qishloq xî‘jalik hayvonlarini xavfsiz joyga evakuatsiya qilish ham eng muhim ishlardan hisoblanadi.

Evakuatsiyadan oldin har bir fuqaro î‘zi yashayotgan uylarni xavfsiz holatda qoldirishi (gaz, suv, elektr tarmoqlarini î‘chirish, kerakli ish qurollarni uylarning yuqori qavatlariga qî‘yishlari, deraza va eshiklarni mahkamlab berkitishlari zarur) va î‘zi bilan kerakli hujjatlarni, pullarni hamda yegulik ovqat va ichimlik suvlarni olishlari zarur.

Suv toshqinida qolgan odamlar turli xavfsirashlarga berilmasliklari va suv oqimi bî‘yicha past sathli qirg‘oq tomon suzishlari kerak. Suv toshqini paytida ma’lum qism odamlar (qutqaruvchilar) shu falokat hududida qolib, imkoni boricha qilinadigan ishlarni bajarishlari zarur. Ammo ular suv ostida qolgan ovqatlarni yemasliklari, suv ichmasliklari kerak.

Yashash joylarida elektr jihozlardan foydalanmasliklari lozim, chunki elektr ta’minoti simlari qî‘llanganda kichik qarshilik bî‘lishi natijasida yong‘inlar chiqishiga olib keladi. Suv toshqini î‘tib bî‘lgandan keyin fuqarolar î‘zlarining doimiy yashash joylariga qaytib kelib, toshqin oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini boshlab yuboradilar. Ular quyidagilardan iborat:

·         Suv bosgan joylardagi suvni chiqarib tashlash va quritish;

·         Uylarning yertî‘lalaridagi suvlarni chiqarib tashlash;

·         Toshqin natijasida buzilgan joylarni: maishiy-energetik tarmoqlarni, yî‘llarni, kî‘priklarni va boshqalarni qayta tiklash;

·         Qayta tiklab bî‘lmaydigan inshootlarni, uylarni yiqitish va ularni tozalash;

·         Ekinzorlarni suvdan tozalash.

Yuqoridagi tadbirlar fuqarolar muhofazasi shtabi va uning tizimlari boshchiligida xalq ommasi ishtirokida amalga oshiriladi.

 

Xulosa qilib ta’kidlash mumkinki, yuqorida aytilgan hamma ofat turlari Αzbekistonga xos xarakterlidir. Shuning uchun shu î‘lkada yashovchi har bir fuqaro yuqoridagi aytilgan tabiiy ofatlardan qî‘rqmasdan, esankiramasdan, yuqori tashkilotlar, fuqarolar muhofazasi organlari tomonidan beriladigan har bir kî‘rsatma, yî‘riqnomalarga qat’iyan rioya etib, harakat qilish zarur. Bunda hech qanday î‘zboshimchalik, odamlarni bezovtalantirish, xavfsirash, faqat î‘z manfaatini kî‘zlaydigan harakatlarni qilish ta’qiqlanadi. Qayerda yuqori intizom, chuqur ishlangan omillar bî‘lsagina, î‘sha yerda ofat oqibatlari tugatilib, hayot tezda î‘z  iziga tushib ketadi.

                  

 

 

 

 

Mustahkamlash uchun savollar

1. Tabiiy ofatlarning bir-biridan farqi va umumiy xususiyatlarini tushuntiring.

2. Tabiiy ofatlar î‘chog‘ida qilinadigan eng asosiy vazifalar nimalardan iborat?

3. Yer surilishi, uni bildiruvchi birlamchi belgilar nimalardan iborat?

4. Kuchli shamol va sel hodisasini bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni izohlang?

 5. Tabiiy ofatlarni sekinlashtirish yoki tî‘xtatishga qaratilgan asosiy usullarni tariflang ?

 6.Yer silkinish oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari haqida nimalarni bilasiz ?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ma’ruza ¹ 14: Iqtisodiyt tarmoqlarining

barqarorligini ta’minlash asoslari.

             

              Reja:

1.      Barqarorlik tushunchasi, barqarorlikka ta’sir etuvchi omillar.

2.      Iqtisodiyt tarmoqlarining barqarorligini ta’minlash usullari va qoidalari.

 

Ma’lumki, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, har qanday favqulodda vaziyatlarda (harbiy va tinchlik davrlarida) fuqarolar muhofazasining  asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlari barqarorligi deyilganda, ularning rejalashtirilgan miqdorda sifatli mahsulotlarini ishlab chiqarishi yoki biror avariya natijasida shikastlangan ishlab chiqarish korxonalarida juda qisqa vaqt ichida tiklash ishlari tushuniladi.

Iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashiga shu tarmoqlar joylashgan mintaqaga va uning meteorologik sharoitlariga bog‘liq bî‘ladi. Chunki mintaqada xavfli tabiiy ofatlar (zilzilalar, yer, qor kî‘chkilari, sellar, suv toshqinlari, kuchli shamollar va boshqalar) natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va obyektlarning barqaror ishlash darajasini pasaytirish mumkin. Iqtisodiyot tarmoqlari barqaror ishlashiga yana quydagi omillar: obyektning qurilish xarakteri, uning atrofida joylashgan xavfli korxonalr, ishlovchilar soni,  î‘lchami va xarakteri, imorat va inshootlarning qurilish tavfsifi, ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi, qî‘llaniladigan texnologiyalar, qî‘llaniladigan KTZMning xususiyatlari va boshqalar ta’sir qiladi. Mana shu omillarni î‘rganish asosida obyektning barqarorligi haqida baho berishi mumkin.

Iqtisodiyot tarmoqlarining favqulodda vaziyatlarda barqaror ishlashini ta’minlashda quyidagi tadbirlar bajariladi:

1. Iqtisodiyot tarmoqlariga yaqin joyda yashovchi aholining hayotini muhofaza qilish;

2. Shikastlangan hududlarda qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarini î‘tkazish;

3. Tashkiliy, ilmiy-tadqiqot, texnologik va muhandislik-texnik tadbirlari kompleksini î‘tkazish.

Iqtisodiyot tarmoqlari va obyektlarining barqaror ishlashini pasayishiga quyidagi omillar sabab bî‘lishi mumkin. Jumladan: ishlab chiqarish tarmog‘ida boshqaruv. Mehnat va ishlab chiqarish intizomlarining bî‘shashishi oqibatida; texnika va texnologiyalarning eskirishi oqibatida; xavfli kimyoviy moddalarni tashish, saqlash va ishlatish qoidalarining buzilishi hamda atrof-muhitga zaharli chiqindilarni chiqarilishi oqibatida; davlat nazorat organlari va inspeksiyalar ishini talabchanligining pasayib ketishi; harbiy mojarolar va terrorchilik harakatlari sodir bî‘lish ehtimolida.

Iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror ishlashiga quyidagi omillar ta’sir etadi:

·         Tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari, fojialardan hamda umumiy qirg‘in qurollarining birlamchi va ikkilamchi ta’sir omillaridan ishchi xizmatchilarni muhofaza qilish;

·         Yuqoridagi ta’sir omillariga inshootlarni muhandis-texnik komplekslarining chidamliligi;

·         Ishlab chiqarish korxonalarini kerakli materiallar bilan (xom-ashyo, yoqilg‘i, gaz, suv, elektr quvvati) barqaror ta’minlash;

·         Ishlab chiqarishni va fuqaro muhofazasini barqaror va surunkali boshqarish;

·         Obyektning ishlab chiqarish tarmog‘i buzilgan joyida-QBTIning  tiklash ishlarini boshqarish darajasi.

·          Yuqoridagi ta`sir omillariga inshootlarni muhandis –texnik komplektlarining jadalligi

 Yuqoridagi omillar nafaqat inshootlarning barqarorligini ta’minlaydi, balki ularning darajasini ham oshiradi. Shu sababdan ham hozirgi davrda tinchlik davrdagi favquloddagi vaziyatlarda sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash katta ahamiyat kasb etadi.

Umuman olganda, iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligiga 5 ta omillarni qî‘llash orqali erishish mumkin:

a) Αz vaqtida ogohlantirish;

b) Himoya inshootlaridan foydalanish;

v) Yakka tartibda saqlovchi va tibiiy vositalardan

     foydalanish;

g) Evakuatsiyani qî‘llash;

d) Xom-ashyo, materiallar, elektr quvvati, gaz, suv

    bilan ta’minlash.  

            Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlari barqarorligini ta’minlash tamoyillari. Favqulodda vaziyatlarda (tinchlik va harbiy davrlarda) iqtisodiyot  tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash yî‘llari va usullari turli xilda bî‘lib, har bir korxona bajaradigan ishlarining xususiyatlariga qarab olib boriladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida iqtisodiy jihatdan eng qulay yî‘lni tanlash, har bir korxona  î‘z inshootini, fuqarolarni muhofaza qiluvchi obyekt sifatida, vaziyatni har tomonlama muhokama etib, keyin uning barqaror ishlashini ta’minlash yî‘li va usulini tanlashi kerak.

Inshootlar barqarorligini baholashda maxsus uslubiy kî‘rsatmalarga amal qilinadi. iqtisodiyot tarmoqlarini, inshootlar barqarorligini baholashda, hisoblashda quyidagi kî‘rsatkichlardan foydalaniladi:

a) Shikastlantiruvchi kî‘rsatkichlarning eng yuqori qiymati;

b) Inshootlar va ularning elementlarini tavsifnomasi (qanaqa material, qanday tartibda qurilgan, uning zilzilabardoshligi).

Odatda favqulodda vaziyatlarda inshootlarga ta’sir etuvchi omil va ularning qiymati fuqaro muhofazasi shtabi tomonidan beriladi, agar unday ma’lumot kelmasa, u holda hisoblash yî‘li bilan shu yerning î‘zida aniqlanadi. Agar bu ma’lumotlarni shu yerning î‘zida ham aniqlash imkoni bî‘lmasa, u holda shu ta’sir etuvchi omillarning taxminiy qiymatlari asosida kuchsiz, î‘rtacha va kuchli shikastlantirish hududlarini aniqlash mumkin. Masalan, yer silkinishidan (ballga qarab), yadro quroli ishlatilganda ta’sir etuvchi tî‘lqinni hosil qiladigan ortiqcha bosim (DR) qiymatiga qarab inshootlar turli xil darajada shikastlanadi (21-jadval). Jumladan, yer silkinishining 5, 6, 7, 8, 9 ballarida yoki yadro qurolini DRj= 10, 20, 30, 40 kPa omillarida kimyo, neftni qayta ishlash, radioelektrotexnika, meditsina va shunga î‘xshash sanoat korxonalarida shikastlanish rî‘y berishi mumkin.

Mashinasozlik, oziq-ovqat, metallurgiya va shunga î‘xshash korxonalarida esa yer silkinishining 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11 ballarida ham 10, 20, 30, 40, 50, 60 KPA ortiqcha bosim hosil qilinganda inshootlar talofotlanishi mumkin. (2-jadval). Albatta, bu ma’lumotlar yuqoridagi sanoat korxonalarini xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilgan inshootlar sifatida qarab xulosa chiqariladi.

     

 

 

 

                                                                      2-jadval

Iqtisodiyot tarmoqlaridagi tarkibiy qisimlarining barqarorlik chegarasiga zarbali tî‘lqin omilining ta’siri

 

Tarkibiy qisimlari va ularning xususiyatlari

DRj,  kPa da buzilish darajalari

 

0

1

2

3

4

5

6

7

Inshoot: bir qavatli, g‘ishtli, tî‘sinsiz, temir-betonli qismlardan

 

 

 

 

 

 

 

 

Texnologik jihozlar: kî‘targichlar va kî‘taruvchi jihozlar, og‘ir jihozlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KES: metal eskadadagi havo î‘tkazuvchilar, elektr ta’minoti, yer ustidagi, yer ostidagi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Odatda seysmik tî‘lqinlar ta’sirida buzilgan inshoot va uning elementlarini qisqa vaqt ichida hamda iqtisodiy jihatidan qulay darajada tiklash, î‘sha inshootni chidamliligini oshirishning eng qulay yî‘li hisoblanadi.

Yuqorida aytilgan uslublar asosida yorug‘lik nurlanish, î‘tuvchi radiatsiya va boshqa ta’sir omillari ta’sirida ham inshoot va uning elementlarining barqarorligini (chidamliligini) ham aniqlash mumkin va barqaror ishlashini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Jumladan, (g) nuri ta’sirida inshootlarning chidamliligi, shu obyektga keladigan maksimal (g) nur dozasi, obyektdagi odamlarning shikastlanish darajasi, asbob-uskuna, jihozlarning buzilishi va boshqa ta’sirlar orqali î‘sha inshootlarning chidamliligi baholanadi.

Agar tî‘lqin zarbasida hosil bî‘ladigan ortiqcha bosim qiymati, î‘sha inshootni chidamlilik (30-50 kPa atrofida) darajasida bî‘lsa, u holda 0,5-1 MT qurol portlatilganda ham î‘tuvchi nur qiymati kichik bî‘ladi (5-20 rad.dan oshmaydi). Bunday holatda î‘sha ishlab chiqarish inshooti va uning faoliyatiga u deyarli ta’sir etmaydi.

Iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini oshirish omillari. Iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini oshirish deganda, bî‘ladigan talofot va vayronliklarning sonini va hajmini kamaytirishga, qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarini î‘tkazish uchun sharoit yaratish va î‘tkazishga hamda respublika iqtisodiyot rejalarida belgilab qî‘yilgan mahsulot miqdori va turlarini ishlab chiqarishga qaratilgan tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va uni amalga oshirishdan iboratligi tushuniladi.

Iqtisodiyot tarmoqlari va obyektlarning barqaror ishlashini oshirish masalalari umumdavlat miqyosida hamda iqtisodiyot tarmog`ining hamma quyi bî‘g‘inlarida hal etilishi kerak. Buning uchun har bir korxonada uning barqarorligini oshiradigan tadbirlar kompleksini (tashkiliy, ilmiy-tadqiqot, texnologik va muhandislik-texnik tadbirlar) amalga oshirilishi lozim.

Tashkiliy tadbirlarga – ishlab chiqarish xodimlarini favqulodda vaziyat sharoitida muhofaza qilish tadbirlar kompleksi: jamoa himoya inshootlari, shaxsiy saqlovchi vositalar, oziq-ovqat, suv manbalari bilan ta’minlash, fuqaro muhofazasi kuchlarini va moddiy boyliklarni saqlash kiradi.

Ilmiy tadqiqot tadbirlariga – barcha ilmiy tadqiqot muassasalarida respublika hududi uchun xarakterli tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarni yuzaga kelishini taxminlash, bunday vaziyatlarni oldini olish, aholini muhofaza qilish va respublika iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini oshirish bî‘yicha ilmiy tadqiqotlar kompleksi kiradi.

Texnologik tadbirlarga har bir korxonaning ishlab chiqarish xususiyati va texnologiyasiga monand olib boriladigan tadbirlar kiradi.

Muhandislik-texnik tadbirlarga katta mablag‘lar talab qiladigan tadbirlar majmuasi (inshootlar qurish, ishlab chiqarishni yangi texnologiyalar bilan jihozlash va boshqa tadbirlar) kiradi. Albatta, bu tadbirlar kompleksining asosiy bî‘g‘inini ilmiy tadqiqot ishlari tashkil etadi. Ilmiy tadqiqot ishlarida quyidagilar î‘rganiladi:

§  favqulodda vaziyatning muhandislik-texnik kompleksiga ta’siri;

§  ishlab chiqaruvchi xodimlarni muhofaza qilish;

§  ishlab chiqarish, texnologik va laboratoriya uskunalarini muhofaza qilish;

§  obyektni elektor energiyasi, suv, gaz va bug‘ bilan ta’minlash darajasi;

§  ishlab chiqarishdagi î‘zaro aloqalarni ta’minlash;

§  xom-ashyo materiallarini, tayyor mahsulotni muhofaza qilish;

§  shikastlovchi ikkilamchi ta’sirlarga qarshi omillarni î‘rganish;

§  izdan chiqqan ishlab chiqarishni qayta tiklash tadbirlarini tadqiq qilish.

Αtkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalariga qarab xalq xî‘jaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini oshirishda muayan tadbirlar kompleksi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bular quyidagilardan iborat:

§  ishchi xizmatchilarni va ularning oilalarini muhofaza qilish, hamda ularning hayotiy faoliyatini ta’minlash;

§  muhandislik-texnik majmualarni muhofaza qilish;

§  shikast etkazuvchi ikkilamchi omillarni ta’sirini kamaytirish;

§  favqulodda vaziyatda ish rejimlarini tashkil etish;

§  vayron bî‘lgan ishlab chiqarishni qayta ishlash va hokazo.

Tinchlik davrida ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan inshootlarning barqarorligini oshirish quyidagi omillardan iborat:

·         tabiiy ofat, ishlab chiqarish avariyalari va fojiyalaridan ishchi-xizmatchilar, muhandis-texnik xodimlarni muhofaza qilish;

·         moddiy texnikaning ta’minotini ishonchli ta’minotini boshqarish;

·         inshootlarni yorug‘likdan berkitish;

·         favqulodda vaziyatda  shikastlangan ishlab chiqarishni tiklash va uni alohida ish rejimiga î‘tkazish.

Shularning ichida ishchi va xizmatchilarni muhofaza qilishning eng ishonchli omili, bu iqtisodiyot tarmoqlaridagi inshootlar chidamliligini oshirish hisoblanadi. Shu maqsadda himoya inshootlari tayyorlanadi. Bunda ishlab chiqarishlarda kî‘p vaqt bî‘ladigan fuqarolar - boshpanalarda, xavfsiz hududda bî‘ladiganlar esa - RSBda himoyalanadilar.

Uzluksiz ishlaydigan ishlab chiqarish joylarida shaxsiy himoyalovchi - boshpanalar qurilib, bunda texnologik jarayonlar shu inshootlardan turib boshqarib turiladi. Bulardan tashqari muhofazaga tayyorlanishning eng muhim elementlaridan biri, bu ishchi va xizmatchilarni muhofazalanish qoida va usullarini qî‘llashi, har qanday favqulodda vaziyatlarda harakat kilish va tizimalar tarkibida qutqaruv va tiklash ishlarida faol ishtirok qilish hisoblanadi.

Muhandis-texnik komplekslarni muhofaza qilish deganda ishlab chiqarishning moddiy asoslarini saqlash, uning inshootlarini, texnologik jihozlarini, asbob-uskunalarini, hamda kommunal-energetik tarmoqlarini saqlash tushuniladi.

Obyektdagi inshootlar, qurilmalar bir-biridan uzoqroq masofada, ya’ni eng baland inshootning bî‘yiga nisbatan ikki baravar masofada qurilishi kerak. Bu esa yong‘inga qarshi masofa hisoblanadi. Mana shunday qurilmalarning eng asosiy ishlab chiqarish inshootlari pastroq balandlikda qurilib, ular metalli yoki temir-beton karkaslardan tayyorlanishi lozim.

Gishtli inshootlarda bî‘lmalar armirlangan beton plitalari orqali berkitilishi lozim. Yengil yonuvchan moddalarni (benzin, kerosin, mazut) saqlovchi zaxira xonalari, ishlab chiqarish korpuslaridan uzoqroqda, yerga yaqinroq qilib (chuqurroq joylarda) qurilishi kerak.

Biror obyektning chidamliligi, u yerdagi inshootlar va qurilmalarning chidamlilik darajasiga bog‘liq. Odatda inshootlarning chidamliligi: karkas, rom, tirgovich, xavon va boshqa yî‘llar orqali oshiriladi 6-rasm).

Baland bî‘lmagan qurilmalarning mustahkamliligini oshirishda, î‘sha imoratning atrofini tuproq bilan tî‘ldirish muhim hisoblanadi 7- rasm).

Juda baland inshootlarning (quvurlar, minoralar va boshqalarni) mustahkamligini oshirishda, ularni har tarafdan tortib qî‘yish usuli qî‘llaniladi (8-rasm).

Yengil yonuvchan, zaharli moddalar saqlanadigan omborlarni (idishlarni) saqlashda, shu idish ichidagi suyuqlik sig‘adigan darajada idish atrofi tuproq bilan tî‘siq hosil qilinadi (23-rasm). Texnologik jihozlar, asbob-uskunalar va boshqalarning barqarorligini, mustahkamligini oshirishda, shu asbob-uskunalar joylashtirilgan qurilmalar, moslamalar qurish orqali muhofaza qilinadi. Bunday moslamalar niqoblar, kameralar, zontlar va boshqalar qî‘llanilib ularning ichiga î‘rnatilganda jihozlar inshoot bî‘laklaridan saqlanadi (9-rasm).

Texnologik jihozlarni mustahkamligini oshirish uchun ularni avval bu moslamalardan tashqari biror mustahkam asosga (fundamentga) mahkamlab qî‘yish zarur, hamda ularni iloji boricha inshootlarning pastki qavatiga yoki yerto‘lalarga joylashtirish qulay hisoblanadi.

 

5-rasm. Yer osti inshootlarining barqarorligini oshirish: 1-yer tî‘la; 2 -ustun; 3-tî‘sin; 4-inshootning birinchi qavati.

6-rasm. Yarim yerosti inshootlarini tuproq bilan tî‘ldirish: 1-devor; 2-bî‘lma; 3-tî‘ldirilgan  tuproq

 

 

b

 

 

7-rasm. Baland inshootlarda tortgichlar bilan

               maxkamlash:a-quvur; b-metalli inshoot.

 

8-rasm. KTZM solingan idishlarni î‘rash: 1-KTZM solingan idish;

2-tuproqli î‘ram.

g

 

v

 

b

 

a

 

 

 

 

9-rasm. Noyob texnikalarni himoyalovchi jihozlar:

a-kamera; b-shatr; v-yig‘iluvchan qoplamalar; g-zontlar.

           

Tarmoqlarni (obyektlarni) elektr ta’minoti bilan ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda xar qanday vaziyatda ham ob`ektni barqaror ishlashini ta`minlsh maqsadida elektr ta’minoti ikki yî‘nalishda tashkillashtiriladiki, har qanday vaziyatda ham obyektni barqaror ishlashini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Albatta, elektrenergiya ta’minoti jihozlari, asboblari yadroviy qurollarning elektromagnit impulslaridan himoyalangan bî‘lishi lozim.

Obyektlarni gaz, suv bilan ta’minlash ham alohida e’tiborda bî‘lishi lozim. Birorta avariya holati yuz beradigan bî‘lsa, tî‘xtatish imkoniyatlari hisobga olingan bî‘lishi zarur.

Suv ta’minotida ikkita manbaa orqali: asosiy va qî‘shimcha ta’minlagichlardan foydalaniladi. Bulardan birida yer osti suvlari ishlatiladi. Xuddi shunga î‘xshash bug‘ va issiqlik ta’minoti ham obyektlarni barqaror ishlashini ta’minlashga ta’sir etadi. Sanoat obyektlari ikki xil manbadan issiqlik oladi: 1-tashqi - IESlar; 2-ichki - î‘z qozonxonalaridan. Yuqorida aytilgan omillardan tashqari obyektlar barqarorligini oshirishda qî‘shimcha omillar ham qî‘llaniladi. Jumladan:

 1) Aynan obyekt hududida portlovchi, yonuvchan va tez ta’sir etuvchi moddalarning miqdorini kamaytirish;

2) Me’yoridan kî‘p bî‘lgan yuqoridagi moddalarni xavfsiz joylarga tarqatish.

Kimyoviy korxonalarda KTZMga qarshi ishlatiladigan degazatsiya moddalari: ishqor, ammiakli suv, natriy sulfid va boshqalar saqlanishi zarur. Yana sexlarga biror favqulodda vaziyatlarda (avariya, portlash, gaz chiqib ketishi va boshqa holatlarda) ishlatiladigan avtomatik signallar î‘rnatilishi zarur. Bulardan tashqari, uzluksiz boshqarishni tashkil etish va uni himoyalash ishlari tashkillashtirilishi lozim. Bunda ATS, radiouzel, dispetcher punkti, akkumulator zaryadlaydigan elektrostansiya va boshqalar kî‘zda tutiladi.

Obyektlarda moddiy texnika holatini ishonchli ta’minlashda quyidagi omillar muhim î‘rin tutadi:

- tayyor mahsulotlarni saqlaydigan omborlarni tayyorlash;

- obyektda xom-ashyo, yoqilg‘i, jihozlar, kerakli materiallarni yetarli ta’minlash;

- ta’minlovchi korxonalar bilan uzviy aloqani bog‘lash;

- korxona filiallarini boshqa joylarda qurish va boshqa omillar;

Iqtisodiyot  tarmoqlarining yorug‘ligini maskirovka qilish omilida quyidagi ishlar amalga oshiriladi. Masalan, obyektning hamma inshootlari, aholi yashaydigan punktlar yorug‘ligini kamaytirish, ishlab chiqarish va transport vositalarining signallarini kamaytirish, maskirovka qiluvchi (yolg‘ondakam vositalarni qî‘llash) usullari qî‘llaniladi.

Shikastlangan obyektlarni tiklash omillarida birinchi navbatda qilinadigan ishlar î‘sha korxonaning î‘z moddiy resurslari orqali, î‘z kuchi bilan amalga oshirish, imkoniyat darajasida ish xonalarini va jihozlarni qaytadan ta’mirlab, ishga tushirish va boshqa vazifalar bajariladi.

Umuman iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash va ularning chidamliligini, mustahkamligini oshirish omillarini tashkiliy ravishda î‘z vaqtida amalga oshirishda oldindan tuzilgan rejaga amal qilinadi. Shundagina har qanday favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlagan bî‘lamiz.

Muhandislik holatini baholash. Muhandislik holati deganda - tabiiy ofatlar, avariya va fojealar oqibatida kuzatiladigan hamda yadroviy aslaqalar va boshqa zamonaviy qurollarning birlamchi va ikkilamchi shikastlovchi omillari natijasida inshootlarni, qurilmalarni, jihozlarni, kommunal-energetik tizimlarni, transport va aloqa vositalarini, kî‘priklarni, suv hovuzlari va tî‘g‘onlarni, aerodromlarni va boshqa obyektlarni buzilishi hamda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashi va aholining turmush tarzini izdan chiqishi tushuniladi.

Muhandislik holatini baqolashda quyidagi kî‘rsatkichlar aniqlanadi.

·         Obyektni shikastlanish darajalari va hajmini aniqlash (bunda inshootlar, qurilmalar va kommunal-energetik tizimlarning buzilish darajalari, jumladan ishchi xizmatchilarni saqlovchi himoya inshootlarini; talofotlangan hududlarning î‘lchamini; muhandislik ishlarining hajmi va murakkabligini; QBTI ishlarini amalga oshirish imkoniyatlari va boshqalarni aniqlash kî‘zda tutiladi).

·      inshootlarning umumiy holatdagi hamda uning alohida tarkibiy qisimlarining barqarorligini aniqlash va ularni insonning hayotiy faoliyatiga ta’siri;

·      inshootlarning umumiy qolatdagi hamda uning alohida tarkibiy qisimlarining barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar tî‘g‘risida xulosalar, barqarorlikni oshirish bî‘yicha tavsiyalar hamda QBTI ni va ishlab chiqarishni qayta tiklash bî‘yicha tavsiyalar.

Muhandislik holatini baqolashda bashorat ma’lumotlari muhandislik razvedka ma’lumotlari bilan birgalikda olib boriladi.

Muhandislik holatini baqolashda boshlang‘ich ma’lumotlar quyidagilardan iborat:

·      kuzatilishi mumkin bî‘lgan tabiiy ofatlar, avariya va fojealar xususidagi ma’lumotlar;

·      dushman haqida va ularning qî‘llashi mumkin bî‘lgan qirg‘in qurollari, hamda boshqa zamonaviy ta’sir vositalari xususida;

·      qurollar va talofot keltiruvchi vositalarning birlamchi va ikkilamchi ta’sir omillari, hamda ishchi xizmatchilarning himoya inshootlarini xarakteristikalari, obyektni muhandislik-texnik komplekslari va boshqalar.

            Mustahkamlash uchun savollar

1.  Iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligi nimalardan iborat?

2.  Iqtisodiyot tarmoqlarining uzuksiz ishlashiga ta’sir etadigan omillarni ayting.

3.  Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash uslublarini tushuntirib bering.

 4. Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini oshirish usullari nimalardan iborat?

                                  

Ma’ruza ¹ 15: Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga  

                         o’qitish va qayta tayyorlash

            

              Reja:

1.      Hozirgi vaziyatda fuqarolarni fuqaro muhofazasiga oqitishning dolzarbligi, muhofazalanish qoidalariga orgatish

2.      Fuqaro muhofazasiga oqitishni tashkil etish va otkazish tadbirlari.                    

 

Malumki, fuqarolar muhofazasining eng muxim vazifalaridan biri, aholini favkulodda vaziyatlardan muhofaza kilishga tayyorlash hisoblanadi. Bu borada Αzbekiston Respublikasining «Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tî‘grisida»gi va «Fuqaro muhofazasi tî‘grisda»gi qonunlari hamda Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 7 noyabrdagi 427-sonli  «Î‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi tî‘grisida»gi qarori asosida respublikamiz aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash ishlari yî‘lga qî‘yilgan. Bu huquqiyme`yoriy hujjatlarning bandlarida va Vazirlar Mahkamasining 427-sonli qarorida ta`kidlanganidek: «Î‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash (shu jumladan, talim muassasalaridagi fuqarolarni ham) majburiydir». Fuqarolarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash, mulkchilik shakllaridan qatiy nazar, korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda, yashash joylarida, ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlarga qarab olib boriladi.

Fuqarolarning FM bî‘yicha î‘qitish - aholini dushmanning ommaviy qirg`in qurollari tasiridan, tabiiy ofatlar, avariya va fojia oqibatlaridan himoyalanishga tayyorlashning asosiy tadbirlaridan biri bî‘lib hisoblanadi. Αqitish FMning boshligi va uning shtablari kî‘rsatmasi, shuningdek, fuqaro muhofazasi masalalari bilan shugullanuvchi hududiy hamda ishlab chiqarish yî‘nalishlari bî‘yicha tuzilgan yuqori tashkiloti FMning masuliyatli boshliqlari qarori, buyrugi asosida tashkil etiladi va olib boriladi. Ishchi va xizmatchilarni FMga î‘qitish har bir xî‘jalik obyektining boshlig‘i   zimmasiga yuklanadi.

            FM shtabi î‘qitish tadbirlarini tashkil etadi, ta’minlaydi va rahbarlik qiladi, î‘z vaqtida î‘qishlarni, amaliy mashg‘ulotlarni olib borilishini nazorat qiladi.

            Obyektda bajariladigan vazifalarga qarab FM yî‘nalishida fuqarolar quyidagi toifalar bî‘yicha î‘qitiladi:

             - FMning rahbar tarkiblari;

- FM tuzilmalariga kiruvchi fuqarolar;                     

- FM tuzilmalariga kirmaydigan fuqarolar;

Ishlab chiqarish va obyekt FM rejasida kî‘rsatilgan tadbirlarni hisobga olgan holda har bir toifa shaxslarini ma’lum dastur asosida î‘qitish maqsadga muvofiqdir.

Fuqaro muhofazasiga î‘qitishning tamoyil va uslublari.Tabiiy ofatlar, avariya va fojia oqibatlarini tugatish bî‘yicha tî‘plangan tajribalar, fuqarolar muhofazasida olingan nazariy bilimlar, yuqorida ta’kidlangan FVlarda, fuqarolarni ongli ravishda tez, qat’iyan harakat qilishga, iqtisodiyot tarmoqlarini tezda qayta tiklab, uni ishga tushirib yuborishga va talofot kî‘rganlarga î‘z vaqtida kerakli yordamlarni kî‘rsata olishga î‘rgatadi. Albatta, bu vazifalar, tabiiy ofatlar, avariya va talofotlarning tabiati, tavsifi, kelib chiqish sabablari va ularni keltiradigan oqibatlarini chuqur î‘rganish natijasidagina amalga oshiriladi. Shu sababdan fuqaro muhofazasi xodimlari oldiga juda katta ma’suliyat (harbiy davrda ham, tinchlik davrida ham) fuqarolarni FVlar ruhida î‘qitish vazifasini qî‘yadi.

Hamma katta yoshdagi odamlar, jumladan, ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar ham fuqarolar muhofazasini î‘rganishi kerak. Albatta, bunda, xalqni FMsiga tayyorlashda, ko`proq tinchlik davrida bî‘ladigan FV oqibatlarini tugatish yî‘l-yî‘riqnomalariga yî‘naltirilishi lozim. Ayniqsa, hozirgi davrda Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohatlar sharoitida xalqni FMga tayyorlash yangicha tartibda î‘qitishni taqazo etadi. Chunki shu bugungi kunga kelib, xalqimizni FMga î‘qitishning vazifalari ham, uslublari ham î‘zgardi.

Yangi tizimda î‘qitishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

1. Αqitishni tashkil etishning differensatsiya uslubi;

2. Korxona tashkilot FM boshlig‘i î‘z qî‘l ostidagi xodimlarini î‘qitishda FM bî‘yicha mustaqil ravishda î‘tiladigan dars mavzularini va dars î‘tish tartiblarini î‘zi belgilashi;

3. Αz korxonasining xususiyatlarini kî‘zlagan holda, ishlab chiqarishga mumkin qadar zarar bermaydigan, qisqa vaqtda dars î‘tishning shakl va uslublarini tanlashi;

4. Αzi yashayotgan joyning tabiiy, iqlim sharoitini hisobga olib, tabiiy ofat, avariya va fojiyalar yî‘nalishida î‘qitishni tashkil etishi;

5. FM vazifalarini ishlab chiqarish shu jumladan, ta`lim jarayoni rejalari bilan birgalikda xal etish va boshqalar.

            Aholini FMga î‘qitish - î‘quv yurtlarida, ish joylarida va yashash maskanlarida tashkil etiladi. Aholini FMga î‘qitish sifati tî‘g‘ri qî‘llangan î‘qitish shakli va uslublariga bog‘liqdir. Αqitish shakllari î‘qish jarayonining tashkiliy tomonini ifodalaydi. Masalan, mashg‘ulotlarining tuzilishini va uni olib borish joyini, vaqtini, muddatini, mashg‘ulot rahbarlari hamda î‘qiyotganlarning ish faoliyatini, uning malakasini, mutaxassisligini nazarga olish kerak. Αqitish shakllari quyidagi asosiy guruhlarga: sinf mashg‘ulotlari, dala mashg‘ulotlari, mashqlar, maxsus-taktik î‘qish, komandir va shtab boshliqlarini î‘qitish hamda har taraflama (kompleks) î‘qishlarga bî‘linadi.

            Αrgatish usulida mashg‘ulot rahbari î‘rganuvchilarning bilim, malaka va mahoratiga suyanib FM vazifalarini bajarish uchun aqliy va jismoniy shakllantiradi. Aholini FM bî‘yicha î‘qitishda har xil î‘quv uslublari qî‘llaniladi. Chunonchi:

·         î‘quv materialini bayon etish (ma’ruza, hikoya, tushuntirish);

·         kî‘rsatish, namoyish etish, î‘rganuvchilarga shaxsan FM bî‘linmalarining harakatlarini diofilm va kinofilmlar orqali kî‘rsatish;

·         mashqlar (aholini qirg‘in qurollar hamda radiaktiv, kimyoviy moddalar ta’sirlaridan himoya qilish normativlarini amaliy î‘qitish) bajarish;

·         amaliy mashg‘ulot (maxsus jihozlangan xonalarda, markazlarda shaharchalarda, texnikada, asboblarda) o‘tkazish.

Shuni nazarda tutish kerakki, î‘qitishning shakli va uslublari bir-biridan ajralmagan holda î‘zaro dialektik uzilmas aloqada bî‘lishi talab etiladi.

Aholini FM bî‘yicha î‘qitishda eng samara beradigan uslublardan biri - bu amaliy mashg‘ulotdir. U aholi tomonidan u yoki bu usullarni bajarishda kî‘nikmalar hosil qilish va malakasini oshirish uchun mî‘ljallangan himoya inshootlari va yakka tartibda saqlovchi vositalardan amaliy foydalanish, radiatsiyaviy va kimyoviy razvedka asboblari bilan ishlash, nurlanish va radiaktiv zararlanishni nazorat qilish hamda tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari, fojiya oqibatlarini tugatish, aholini ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya qilishda ularni amaliy ishlarga î‘rgatadigan me’yorlarni ishlab chiqishdir. Mashg‘ulotlar paytida asosiy diqqat e’tibor ma’naviy-ijtimoiy va psixologik tayyorlashga, aholida FM chora-tadbirlari samarasini va unga ishonch hosil qilish kerakligini, ta’lim-tarbiya, intizom, matonat va î‘z burchini eng murakkab va dahshatli sharoitda ham bajarishga safarbar etishga qaratilgan bî‘lishi kerak.

Respublikamiz aholisini FV lardan muhofaza qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash 3 guruhga bî‘lingan holda amalga oshiriladi:

a) ishlab chiqarish va xizmat kî‘rsatish soxalarida band bî‘lgan aholi, idoraviy bî‘ysinishdan, tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar oliy va î‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi muassasalarining talaba î‘quvchilari;

b) ishlab chiqarish va xizmat kî‘rsatish sohalarida band bî‘lmagan aholi (nogironlar, uy bekalari, nafaqaxî‘rlar);

v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaxarlar va tumanlar davlat hokimiyati  va boshqaruvchi organlari, vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari hamda FVdan muhofaza qilish mutaxassislari.

Ishlab chiqarish va xizmat kî‘rsatish sohalarida band bî‘lgan aholini tayyorlash ish joylarida tavsiya etilgan dasturlar asosida amalga oshiriladi. Umumiy î‘rta ta’lim muassasalarida î‘quvchilarni «Fuqaro muhofazasi»ga tayyorlash «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim tî‘g‘risida»gi (23 avgust 1997 yil) qonuniga muvofiq ta’lim muassasalarida olib boriladi. Αzbekiston Respublikasi xalq  ta’limi vazirining 2000 yil 4 yanvardagi buyrug‘iga asosan î‘rta umumta’lim maktablarining I-IX sinflarida «Inson xavfsizligi asoslari» kursi kiritilgan. Bu fanni î‘qitishda asosiy e’tibor  shaxsiy va jamoa xavfsizligi asoslarini î‘rgatish, xavfli vaziyatlarni kî‘ra bilish, uni baholash hamda favqulodda vaziyatlarda uyda, kî‘chada, jamoat transportida bajarilishi kerak bî‘lgan xatti-harakatlarni î‘rgatishga qaratilgan.

Αzbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining î‘quv rejasiga binoan umumiy î‘rta ta’lim muassasalarida bu mashg‘ulotlarni olib borish uchun I-IV sinflarda 6 soat, V-IX sinflarda 8 soat vaqt ajratilgan.

X-XI sinflarda «Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash» fani tarkibida «Fuqaro muhofazasi» darslari 35 soat hajmida olib borilishi kî‘zda tutilgan. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari î‘quvchilariga ham «Fuqoro muhofazasi» darslariga 35 soat ajratilgan.

Oliy ta`lim muassasalarida “Hayot faoliyati havfsizligi” ta`lim yo`nalishi umumkasbiy fanlari qatorida “Favqulodda vaziyatlar va fuqaralo muhofizasi” fani o`qitiladi. 2009-2010 o`quv yilidan e`tiboran barcha oliy ta`lim muassasalarda “Hayot faoliyati havfsizligi” fanini o`qitish joriy etilgan. Ta’lim berish jarayonida favqulodda vaziyatlarni tavsifi, hamda aholini va hududlarni tabiiy-texnogen va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish usullarini î‘rgatishga ahamiyat beriladi.

Dasturlar Αzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va  î‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi.

Ishlab chiqarish va xizmat kî‘rsatish sohasida band bî‘lmagan aholiga ta’lim berishda kî‘proq suhbatlar î‘tkazish, î‘quv filmlari kî‘rsatish, mustaqil ravishda qî‘llanma va eslatmalarni î‘rganish, radioeshittirish va telekî‘rsatuvlar yordamida olib boriladi. Bu toifadagi aholini tayyorlashda asosiy e’tibor ularni ma’naviy-ruhiy tayyorlashga, favqulodda vaziyatlarni turlari haqida ma’lumot berishga, favqulodda vaziyatlar sodir bî‘lganda qanday xatti-harakatlar qilishga, shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan foydalanishga qaratiladi. Bu toifadagi aholini tayyorlash î‘quv-maslahat punktlarida amalga oshiriladi. Bunday î‘quv punktlari fuqaro muhofazasiga taalluqli kî‘rgazmali qurollar: televizor, vidomagnitofon, kinoproyektor va boshqa jihozlar bilan jihozlanishi lozim. Bulardan tashqari, î‘quv xonalari î‘quv kî‘rgazma vositalari bilan jihozlansa maqsadga muvofiq. Jumladan:

1.   Fuqaro muhofazasiga doir Αzbekiston Respublikasi qonunlari, Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyruqlari va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar;

2.    Favqulodda vaziyatlarning turlari va ulardan muhofazalanish qoidalari;

3.   Favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganda aholini ogohlantirish tartib qoidalari;

4.   Favqulodda vaziyat rî‘y berganda aholini evakuatsiya qilish tartiblari;

5.   Birinchi tibbiy yordam kî‘rsatish usullari va shaxsiy saqlovchi vositalar na’munalari;

Uchinchi toifa fuqarolarini tayyorlash (obyekt rahbarlari va mutaxassislarini) Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Fuqaro muhofazasi» institutida olib boriladi. Rahbarlarga ta’lim berishda aholini va hududlarni Favqulodda vaziyatlarni muhofaza qilishga tayyorlash, avariya, halokat, tabiiy ofatlar sodir bî‘lganda ularning oqibatlarini bartaraf etish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarini tashkil etishning asosiy qoidalarini î‘rgatishga qaratiladi.

Fuqarolarni FVlardan muhofaza qilish sohasi bî‘yicha tayyorlashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Aholining barcha qatlamlarini FVdan muhofaza qilish qoidalarining asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam kî‘rsatish usullarini, hamda himoya inshootlaridan va yakka tartibda shaxsiy saqlovchi vositalaridan foydalanish qoidalarini î‘rganishi;

2. Boshqaruvning barcha pog‘onadagi rahbarlarini, aholini FVlardan muhofaza qilish bî‘yicha harakat qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash;

3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislar qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarini î‘tkazishi. QBTI uchun FM kuch va vositalarini tayyorlash, ularning boshqarish kî‘nikmalarini shakillantirish.

            Ishlab chiqarish va xizmat kî‘rsatish sohalarida band bî‘lgan aholini tayyorlash, ish joylarida mashg‘ulotlar î‘tkazish va tavsiya qilinadigan dasturlarga muvofiq FVda harakat qilishni mustaqil ravishda î‘rganish, keyinchalik mustahkamlash yî‘li bilan amalga oshiriladi.

Umumî‘rta, î‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim î‘quv yurtlarining talaba va î‘quvchilarini tayyorlash. FVlarda muhofaza qilish sohasidagi umumta’lim dasturiga muvofiq î‘qish vaqtida amalga oshiriladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislar Αzbekiston Respublikasi FVV Fuqaro muhofazasi institutida 40 va 80 soatli mashg‘ulotlarni î‘tadilar. Shuningdek, î‘quvlar harbiylashtirilmagan qî‘shilmalarning rahbar boshliqlari tarkibi harbiylashtirilgan avariya-qutqaruv va doimiy tayyor maxsus qî‘shilmalar tarkibidagi korxona, muassasa va tashkilotlar xodimlari FVlar bî‘yicha rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida, shu bilan birga î‘quv mashqlari, mashg‘ulotlar î‘tkaziladigan maskanlarda olib boriladi.

Harbiylashtirilmagan qî‘shilmalar tarkibidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari bevosita ish joylarida tayyorgarlikdan î‘tadilar.

Fuqaro muhofazasining amaliy mashg‘ulotlarini tayyorlash va î‘tkazish.Rahbarlar tarkibini, tizimlar va aholini î‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarga jalb qilish katta ahamiyatga ega. Amaliy mashg‘ulotlar rahbarlar tarkibini, FM kuchlarini va aholini FM vazifalarini bajarishga tayyorlashning yuqori va faol shakli hisoblanadi. Amaliy mashg‘ulotlarda tuzilmalarga kirgan fuqarolarning aniq va tartibli harakatlari, turli xil jihozlar, asbob-uskunalar, texnikalardan foydalanish uslublari î‘rganiladi, aloqa va tuzilmalarni boshqarish masalalari ishlab chiqiladi.

FMning amaliy mashg‘ulotlarini zamon talablariga mos holda î‘tkazish, fuqarolarni dushman tomonidan qî‘llaniladigan ommaviy qirg`in qurol vositalaridan, shuningdek hududimizda kuzatiladigan tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari va fojiyalar oqibatlaridan muhofaza qilish, odamlarda ma’naviy-ijtimoiy va psixologik sifatlarni tarbiyalash, obyektlarni uzluksiz faoliyat kî‘rsatishini ta’minlash, qutqaruv va tiklov ishlarini amalga oshirish bî‘yicha bilimlarini, qobiliyatlarini oshirish imkonini beradi.

FVDTda FMning quyidagi amaliy mashg‘ulotlari tashkil etiladi va î‘tkaziladi:

1. Shaxsiy tarkib uchun maxsus-taktik;

2. Rahbar tarkib uchun shtab-komanda;

3. Αqitilayotgan hamma toifadagilar uchun, kompleks mashg‘ulotlar.

Maxsus-taktik amaliy mashg‘ulotlar tuzilmalarning oldiga qî‘yilgan vazifalarni bajarishga î‘rgatishdan iborat. Ya’ni bunday î‘quv mashqlari fuqaro muhofazasining harbiylashgan va maxsus bî‘limlari, hamda avariya-qutqaruv tuzilmalarining amaliy ishlarni bajarishga î‘rgatish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgandir. Bunday î‘quv mashqning maqsadi: tizim boshliqlar tarkibini avariya-qutqaruv va boshqa tiklov ishlarini va aholini muhofaza qilishni tashkil etish, tizimlarni hamda avariya-qutqaruv bî‘linmalarini aholini muhofaza etish tadbirlarini mustaqil ravishda bajarish, hamda boshqa tizimlar bilan hamkorlikda harakat qilishga tayyolashdan iborat. Tizimlarning favqulodda vaziyatlar î‘chog‘ida harakat qilish tayyorgarligini tekshirish hamda fuqarolarning ruhiy fazilatlarini shakllantirishdan iborat. Maxsus-taktik amaliy mashg‘ulotni î‘tkazishda uni tayyorlash va î‘tkazish haqida buyruq, mashg‘ulotga tayyorgarlikning rejasi hamda î‘quv mashqni î‘tkazish rejalari ishlab chiqiladi. Maxsus-taktik amaliy mashg‘ulotning asosiy î‘quv-uslubiy hujjati amaliy mashg‘ulot rejasi hisoblanadi, unda mashg‘ulotning borishi, î‘quv savollarining izchilligi, mashg‘ulotlar bosqichlarni aks ettiriladi. Tuzilmalar maxsus-taktik mashg‘ulotlarda î‘z obyektlarining moddiy-î‘quv bazalaridan: har xil qurilmalaridan, jamoaviy himoya vositalaridan foydalanadilar. Αquv mashqlari umummaqsadli tuzilmalar bilan xizmatli tuzilmalar birgalikda î‘tkaziladi. Jumladan, qutqaruv guruhlari bilan sanitar drujinalar, razvedka, aloqa, jamoat tartibini saqlash, himoya inshootlarida xizmat kî‘rsatish guruhlari, yong‘inga qarshi kurash guruhlari ishtirok etadilar. Bunda ishtirok etadigan tuzilmalarning soni, î‘quv mashqini mavzusiga maqsadlariga, xarakteriga, avariya-qutqaruv ishlarining kî‘lamiga, favqulodda vaziyat kî‘lamiga va boshqa qutqaruv-tiklov ishlarining hajmiga bog‘liq bî‘ladi.

Maxsus-taktik mashg‘ulotning rejasi matn bî‘yicha ishlab chiqiladi va quyidagilarni: mavzuni, har bir toifa î‘quvchilari uchun î‘quv maqsadlari, mashg‘ulot î‘tkazish vaqti, î‘quv mashg‘ulotiga jalb qilinadigan bî‘linmalarning tarkibi, texnikalar soni va sarf bî‘lish me’yorlari, mashg‘ulotning bosqichlari, ularning davomiyligi va î‘quv savollari, taktik sharoit, kuchlarni guruhlash, boshqarish maskanlarining joylashgan yeri, ommaviy qirg`in qurollar qî‘llanilgandan keyin obyektdagi holat, FM boshliqlarining qarorlari va xodimlarning vazifalarini î‘z ichiga oladi. Maxsus-taktik mashg‘ulotning yaxshi ishlab chiqilgan rejasi va boshqa hujjatlar, uning muvaffaqiyatli î‘tishiga imkon beradi.

Mashg‘ulotni î‘tkazish. Mashg‘ulot tuzilmalar doimiy joylashgan joyda bevosita yoki tî‘satdan «Ogohlantirish» ishorasi bî‘yicha boshlanishi mumkin. Buning uchun shaxsiy tarkibga xabar berish va yig‘ish, texnikalarni olib chiqish va ularni ishga tayyorgarligini tekshirish kerak.

Tuzilmalarning boshliqlariga taktik vazifani tekshirish tavsiya etiladi: bunda vazifani anglab olish, sharoitni baholash, qaror qabul qilish, qî‘l ostidagilarga vazifalar qî‘yish va ularning harakatlarini tashkil etish uchun zaruriy vaqt beriladi. Mashg‘ulot rahbari tuzilmalar boshliqlarining qarorlarini tinglaydi va tasdiqlaydi, kerak bî‘lgan paytda sharoitni chuqurroq mushohada etib, ular yordamida eng maqsadga muvofiq qaror qabul qiladi.

Mashg‘ulot rahbari shaxsan va î‘z yordamchilari orqali obyektdagi radiatsiyaviy, kimyoviy, biologik holatning î‘zgarishini, odamlar jarohati  texnikani ishdan chiqishini kî‘zda tutgan holda mashg‘ulotlarni kuchaytirib boradilar.

Mashg‘ulot rahbari, sharoitga qarab tuzilma boshliqlaridan yangi qarorlar, buyruqlar qabul qilishga, qî‘l ostidagilarga yangi vazifalar qî‘yishga va ulardan î‘ziga xos harakatlar qilishga erishadi. Tuzilmalardagi fuqarolar asbob-uskunada, texnikada va mexanizmlarda î‘z mutaxassisligi bî‘yicha amaliy vazifalarni bajaradilar. Mashg‘ulotlar, tuzilmalarni shikastlanish î‘chog‘idan olib chiqish, fuqarolarni tibbiy, texnikani esa maxsus ishlovdan î‘tkazish bilan tugallanadi. Sî‘ngra maxsus taktik mashg‘ulotlar tahlil qilinadi.

Komanda-shtab mashg‘ulotlari - FVDTning shtab boshliqlarini, FM xizmat boshliqlarini, obyektlarning komanda-boshliqlar tarkibini î‘z funksional  burchlarini bajarishga, birgalikda tayyorlashning asosiy shakllaridan biridir.

Komanda-shtab î‘quv mashg‘ulotlarining ma’zmuni – barcha mashq qatnashchilarining aholi va hududlar muhofazasini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari barqarorligini ta’minlash bî‘yicha tarmoda avariya, halokat, tabiiy ofat yoki ommaviy qirg‘in qurollar qî‘llanilishi tufayli sodir bî‘lishi mumkin bî‘lgan favqulodda vaziyatlarda (uning miqiyosini va texnologik xususiyatlarini hisobga olgan holda) aniq, sharoitdan kelib chiqqan holda tasarruflaridagi kuch va vositalarini boshqarishdan iborat. Αquv mashqlari rahbariyat tarkibi î‘z qî‘l ostidagilarni boshqarishda kî‘nikmalar hosil qilishiga, favqulodda vaziyatlarni oldini olishga va uning oqibatlarini bartaraf etishga, yuzaga keladigan sharoitni tî‘g‘ri baholay bilishga imkon beradi.

Komanda-shtab î‘quv mashqlarini yuqori saviyada olib borilishi uchun, mashq mavzusi, uning maqsadi, mashq savollarini tayyorlashda me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Αzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyruqlari hamda Vazirlik hay’ati yig‘ilishining qarorlari asos qilib olinishi zarur hisoblanadi.  Αquv mashqini olib borish uchun, mashqni î‘tkazish rejasi, mashqga rahbarlik qilish tartibi, bajariladigan tadbirlar rî‘yxati va mazmuni, moddiy texnik ta’minot rejasi va boshqa hujjatlar tayyorlanadi.

Komanda-shtab mashg‘ulotining maqsadlari har xil bî‘lishi mumkin. Bulardan asosiylari: rahbarlarni va komanda boshliqlarining obyekt FM tadbirlarini bajarishda nazariy bilimini va amaliy mahoratini oshirish, xodimlar, tuzilmalar va qî‘shinlar bilan î‘zaro harakat qilishini ta’minlashdan iborat.

Komanda-shtab mashg‘ulotlari aniq taktik sharoitga yaqinlashtirlib olib boriladi. Mashg‘ulot mavzusi va î‘quv savollari odatda oldinda turgan har taraflama mashg‘ulotning mavzusi bilan bog‘langan bî‘ladi.

Komanda-shtab mashg‘ulotlaridan oldin shtab mashqlarini î‘tkazish tavsiya etiladi. Ularning sonini va olib borish vaqtini obyekt FM boshlig‘i komanda-shtab mashg‘ulotlarini oldida turgan maqsadiga hamda rahbar tarkibi va boshqarish organlarining tayyorlanish darajasiga qarab aniqlaydi. Mashg‘ulotlarga razvedka, aloqa bî‘linmalari, jamoat tartibini saqlash, sanitar-drujinalar, shuningdek umumiy vazifalarni bajaruvchi tizimlar ham jalb etilishi mumkin.

Obyekt FM boshlig‘i komanda-shtab mashg‘ulotining rahbari hisoblanadi. Komanda-shtab î‘quv mashqlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyati va boshqaruv organlarida (3 sutka davom etadi) 5 yilda bir marta; shahar va tumanlarda 3 yilda bir marta î‘tkaziladi. Komanda-shtab mashqlari yoki mashg‘ulotlar vazirliklar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda 1 yilda bir marta (1 sutka) î‘tkaziladi.

Kompleks (har taraflama) mashg‘ulot - obyektni tayyorlashning muhim shakllaridan biridir. Uning mohiyati shundan iboratki, uning hamma qatnashchilari bir vaqtda yagona taktik sharoitda, moddiy ishlab chiqarish bazasida harakat qilib, obyekt rejasida kî‘zda tutilgan ishlab chiqarish faoliyatini tî‘xtatmasdan amalga oshiradi.

Bunday mashg‘ulotda odatda: obyekt FM rejasining realligi; FM tadbirlarini amalga oshirishga obyektning tayyorgarlik darajasi va dushman tomonidan qî‘llanilgan ommaviy qirg`in qurollar asoratlarini, shuningdek, tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariya va halokatlarning oqibatlarini tugatish bî‘yicha tadbirlar î‘tkazilishiga e’tibor beriladi; obyektning favquloddagi vaziyatlar paytida uzluksiz ishlash yî‘li va usullari tekshirib kî‘riladi.

Kompleks mashg‘ulotning maqsadlari quyidagicha bî‘lishi mumkin: obyektni har qanday FVlarda xar tamonlama tî‘xtovsiz ishlashga tayyorlash, tuzilmalar tuzish, boshqarish, hamma soha fuqarolarini tayyorlash, raxbar va komanda-boshliq tarkibda FM tadbirlarini î‘tkazishda aniq va mustaqil kî‘nikmalarni ishlab chiqish, fuqarolarni turli xil ta’sirlardan himoya qilish usullariga î‘rgatish, FV lar oqibatlarini tugatish bî‘yicha ishlarni olib borishga tayyorlash, obyekt FM rejasini realligini tekshirish va hozirgi talabga mos holga keltirish, FM masalalarini bajarishga obyektning tayyorgarlik darajasini aniqlash, uning shaxsiy tarkibida ma’naviy-ijtimoiy va psixologik xislatni tarbiyalash talab etiladi.

FMning hamma kompleks mashg‘ulot tadbirlari, xî‘jalik faoliyatlarini hisobga olgan holda î‘tkazish uchun imkoniyat beradi. Mashg‘ulot rahbari odatda, obyekt FMning boshlig‘i hisoblanadi, ayrim hollarda uning yordamchilari ham bî‘lishi mumkin. Mashg‘ulotlarga hamma rahbar va komanda boshliqlari, tuzilmalar, tuzilmalarga kirmaydigan fuqarolar ham jalb etilishi mumkin.

Tuzilmalar ma’lum bosqichlarda î‘z vazifalarini bajaradilar, rahbar xodimlar va komanda-boshliq tarkiblari esa har bir mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar. Har taraflama kompleks mashg‘ulotlarda shunday murakkab dinamik holatni yaratish kerakki, ular zararlanish î‘choqlarini va zaharlangan hududlarni ifoda etib, qatnashchilar epchillik, mohirlik, dadillik va ehtiyotkorlikni namoyon etsin.

Mashg‘ulotlar davomida rahbar, komanda-boshliq tarkiblari, va FM kuchlarini tashkil etishning, tizimlar esa kuchli radiaktiv, kimhviy, biologik zararlanishda va kuchli yong‘inlarda harakat qilishni î‘rganadilar.

Kompleks mashg‘ulotlar 3 yilda bir marta 5-3 kun davomida î‘tkaziladi. Sexlar, bî‘limlar, uchastkalar va boshqa qismlar mashg‘ulotlarda bir vaqtda ishtirok etmaydilar, î‘quv rejasiga muvofiq ular maxsus vazifalarni bajarishga ketma-ket kirishadilar. Kompleks mashg‘ulotlarni tashkil etishda va uni î‘tkazishda shtab rahbarlari, mashg‘ulotga jalb qilingan hamma fuqarolarning tayyorgarliklarini tashkillashtirishi; ularning tayyorgarligini tekshirishi, shu bilan birga xavfsizligini ta’minlashi kerak bî‘ladigan î‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishi lozim. Shuningdek, î‘quv va ishlab chiqarish bazasini tayyorlashi, QBTI î‘tkazish uchun yangi usullarni qidirib topishi, qî‘llashi; har xil shroitlarda texnikalardan foydalanish hamda ularning samarali ishlashini nazorat qilishi hamda shaxsiy va jamoat resurslarini yaroqsiz holatga kelishiga yî‘l qî‘ymaslik va yuqori saviyada bajarilgan mashg‘ulot bî‘yicha hisobot tayyorlashi lozim.

Kompleks mashg‘ulotlar 3 ta asosiy kî‘rsatkichga ega bî‘lishi kerak:

1. FM masalalarini tî‘liq, har tomonlama î‘rganish, ya’ni ogohlantirish belgisidan (ishorasidan) tortib, to amaliy mashg‘ulotni tugatishgacha bî‘lgan masalalar;

2. Kompleks mashg‘ulotda, obyektda faoliyat kî‘rsatuvchi jami fuqarolar tayyorlanadi;

3. Kompleks mashg‘ulotda, muhofazaga tayyorlashning jami shakl va uslublari qî‘llaniladi.

            300 kishidan ortiq fuqarolari bî‘lgan korxona, tashkilotlarda hamda 600 dan ortiq kasallar joyi bî‘lgan tibbiy tashkilotlarda 3 yilda bir marta (2 sutkagacha), boshqa tashkilotlarda 3 yilda bir marta obyekt mashqlari  (6 soatgacha) î‘tkaziladi.

            Umumiy î‘rta, î‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talaba va î‘quvchilari bilan har taraflama kompleks mashg‘ulotlar har yili î‘tkaziladi.

Ishlab chiqarish va xizmat kî‘rsatish soxalarida band bî‘lmagan aholini tayyorlash FVlardan muhofazalash masalalari bî‘yicha suhbatlar, ma’ruzalar î‘tkazish, î‘quv filmlarni kî‘rsatish, yashash joylarida î‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga jalb etish, shuningdek qî‘llanma va eslatmalarni mustaqil î‘rganish, radio eshitirishlarni tinglash, teledasturlarni, kî‘rgazmali qurollarni kî‘rsatish va boshqa omillar qî‘llaniladi.

Mashg‘ulotga tayyorlanish. Kompleks mashg‘ulotni muvaffaqiyat-li î‘tkazish, kî‘p jihatdan unga qanchalik tayyorgarlik kî‘rilganligiga bog‘liq. Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kî‘rish obyekt FM rejasini hisobga olgan holda uni tashkiliy shtatlar tuzilishi, material ishlab chiqarish xususiyati, hududiy joylashganligi, FM holati va boshqa  omillarga amal qilgan holda olib boriladi. Mashg‘ulotni tayyorlash, tashkil etish va uni î‘tkazishga mashg‘ulot rahbari shaxsan javob beradi.

Mashg‘ulotga oldindan va har taraflama tayyorlanish lozim. Mashg‘ulot rahbari mashg‘ulotning mavzusini, î‘quv maqsadini, î‘quv savollari va bosqichlarini, komanda-boshliq tarkiblarining sonlarini, tuzilmalar, jami mashg‘ulotga jalb etilganlarning soni, mashg‘ulot rejasini asosiy holatlarini ishlab chiqish, material, texnik jihozlar bilan ta’minlanganliklarini aniqlashlari lozim. Mashg‘ulotga jalb etilgan shaxsiy tarkiblar FMga î‘qitish davomida tayyorlanadi; rahbarlar, komanda-boshliq tarkiblari, shtablar, tuzilmalarning oldiga qî‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun maxsus-taktik, boshqa qolgan qatnashchilar bilan esa amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.

Kompleks mashg‘ulotlarni î‘tkazish uchun quyidagi xujjatlar: mashg‘ulot î‘tkazish rejasi; mashg‘ulot rahbarlarining î‘rinbosarlari va yordamchilarining xususiy rejalari; mashg‘ulotda xavfsizlik choralari kî‘rish tartiblari ishlab chiqiladi. Mashg‘ulot î‘tkazish rejasi - asosiy xujjatdir. Unda mashg‘ulotning borishi, mashg‘ulotlar bosqichlari bî‘yicha î‘quv savollari tuziladi, xarita, jadval, mundarijalardan foydalanilgan holda matn rejasi ishlab chiqiladi; mavzular, î‘quv maqsadi va mashg‘ulotni î‘tkazish vaqti, mashg‘ulotga jalb etilgan qatnashuvchilarning tarkibi, mashg‘ulotning bosqichlari, davomiyligi, î‘quv savollari va ularni ishlab chiqish vaqti; dastlabki boshlang‘ich holat, kuchlarni guruhlash, boshqarishning joyi, mashg‘ulotning borishi, tamom bî‘lish muddati va tahlil qilish muddati hamda joyi kî‘rsatiladi. Mashg‘ulot rejasi shtab boshliqlari tomonidan ishlab chiqilib, uning boshlanishiga ikki hafta qolguncha mashg‘ulot rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Mashg‘ulot rahbarlari, î‘rinbosarlari va yordamchilarning shaxsiy rejalari matn yoki grafik bî‘yicha tuzilishi mumkin va unda: mashg‘ulotning mavzusi, tuzilmalarga muvofiq î‘quv maqsadi, î‘qiyotganlar toifasi, tuzilmalar tarkibi, boshqa toifadagi î‘qiyotgan fuqarolar soni, umumiy holat, aloqani tashkil etish hamda mashg‘ulotning borishi kî‘rsatilishi kerak.

Imitatsiya rejasi î‘quv mashg‘uloti rahbarining yordamchisi tomonidan matn bî‘yicha chizma asosida ishlab chiqiladi. Unda odatda: imitatsiya joyi, vaqti va turlari kî‘rsatiladi, imitatsiya ishlariga ajratilgan kuchlar va vositalar, ma’sul kishilar, imitatsiyani boshqarish signallari (belgilari) va aloqa vositalari, imitatsiya î‘tkaziladigan joyni qî‘riqlash choralari va uning xavfsizligini ta’minlash kî‘rsatiladi. Chizmada imitatsiya î‘tkazadigan joy shartli belgilar bilan ifodalanadi. Imitatsiya rejasi î‘quv rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi obyektdagi FV oqibatlarni tezroq tugatishdir. U obyektda razvedkani tashkil qilish va olib borishdan boshlanadi. Olingan razvedka ma’lumoti va uning tahliliga asosan obyektdagi holat aniqlanadi, barcha tuzilmalarga FV oqibatlarini tugatish bî‘yicha qî‘shimcha vazifalar yuklatiladi. Hamma kî‘zda tutilgan î‘quv savollari î‘rganuvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar davomida bajarilgandan sî‘ng, mashg‘ulot rahbari kî‘rsatmasiga asosan tî‘xtatiladi.

Barcha turdagi mashqlar tahliliga har tamonlama tayyorlanish kerak, tahlil amaliy mashg‘ulotning yakuniy bosqichidir. Tahlilda î‘qitilganlar har tamonlama muhokama qilinadi, qî‘yilgan maqsadni qay tarzda amalga oshirilganligi, î‘quv savollarini qanday qilib ishlab chiqilganligi, rahbar va komanda-boshliq tarkibining, shtab xodimlari, tizimlar, har xil toifadagi î‘qiganlarning qanday tayyorlanganligi tahlil qilinadi.

Tahlil avval rahbarlar bilan, sî‘ngra mashg‘ulotning hamma qatnashchilari bilan î‘tkaziladi. Tahlil oxirida mashg‘ulot rahbari mashg‘ulotlarda qatnalganlarning î‘quv maqsadlariga qay darajada erishilganligini aniqlaydi, î‘qiganlarning harakatlarini baholaydi va yî‘l qî‘yilgan kamchiliklarni tugatish tadbirlarini belgilaydi.

Har taraflama kompleks î‘tkazilgan mashg‘ulotning natijalari tî‘g‘risida tuman FM shtabiga kerakli ma’lumot taqdim etiladi.

Mustahkamlash uchun savollar

1. Fuqarolarni FM ga î‘qitishning prinsiplari nimalardan iborat?

2. Fuqarolarni FM ga î‘qitishda qanday uslublar qî‘llaniladi?

3. Fuqarolarni FM ga tayyorlash qanday tartibda amalga oshiriladi va ularning xususiyatlari qanday?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foydalanilgan adabiytlar

  1. Yo’dashev O`.R. Usmanov U., Mirabzalov M.   Yng`in xavsizligi asoslari   . O`quv qo`llanma- T., 1995 y.,175 b.
  2. Qodirov E.V., Shermatov M.Sh. Akbarov X.A. va b.   Tabiiy muhitda muhofazalashning ekologogik asoslari  O`quv qo`llanma – T.,   O`zbekiston   1999 y., 196 b.
  3. «Fuqaro muhofazasi asoslari ».Ma`ruzalar to`plami. Ò.;  FMI, 2003 y.
  4. «Áåçîïàñíîñòü çàùèòû íàñèëåíèÿ â ÷ðåçâû÷àéíûõ ñèòóàöèÿõ. Ó÷åá.ïîñîáèå (Ïîä ðåä. Êàðèëîâà Ã.Ì.) Ì.;2001.-198 ñ.
  5.  «Äåéñòâèÿ íàñèëåíèÿ â ÷ðåçâû÷àéûõ ñèòóàöèÿõ». Ïîñîáèå.- Ì.; Ì×Ñ Ðîññèè. 1995.-471 ñ.
  6. Àðóñòàìîâ Å. À «Áåçîïàñíîñòü æèçíåäÿòåëüíîñòè». Ó÷åáíèê. Ì ; 2002-362 ñ.
  7. Òîæèåâ Ì.Ҳ., Íèãìàòîâ È., Èëõîìîâ Ì.Õ. «Ôàâқóëîääà âàçèÿòëàð âà ôóқàðî ìóҳîôçàñè». ¡қóâ қ¢ëëàíìà-Ò., ì.÷.Òàúëèì ìàíáàè. 2002 é.-224 á.
  8. Tojiev M. X,. Ilxomov  M. X. Nigmatov I. «Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» Oquv qollanma.T Iqtisod-moliya., 2005.,195 b.
  9. Þíóñîâ Ì.Ø., Êèðãèçáàåâ Ò.Þ. «Òåõíîãåí ôàâқóëîääà âàçèÿòëàðäàí àҳîëèíè âà õóäóäëàðíè ìóҳîôàçà êèëèø»., Ò., 2001.(ìàúðóçàëàð ìàòíè)
  10. Íèãìàòîâ È., Òîæèåâ Ì.Õ. “Ìóҳîôàçà+” æóðí., Ò., 

ÔÂÂ., ¹5, 2010, 20-21 á.

  1. .«Îñíîâû çàùèòû íàñåëåíèÿ» (Ïîñîáèå äëÿ ðóêîâîäÿùèõ ðàáîòíèêîâ). Ò.;2003.

 

  1.  «¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè ôàâқóëîääà âàçèÿòëàð âàçèðëèãèíè òàøêèë ýòèø ò¢ғðèñèäà»ãè ¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè Ïðåçèäåíòèíèíã ôàðìîíè.(1996 é.)
  2.  «¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè ôàâқóëîääà âàçèÿòëàðäà óëàðíè îëäèíè îëèø âà õàðàêàò қèëèø äàâëàò òèçèìè ò¢ғðèñèäà»ãè ¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè Âàçèðëàð Ìàõêàìàñèíèíã 558-ñîí қàðîðè(1997é.).
  3.  «¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè àҳîëèíè ôàâқóëîääà âàçèÿòëàðäàí ìóҳîôàçà қèëèøãà òàé¸ðëàø òàðòèáè ò¢ғðèñèäà»ãè ¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè Âàçèðëàð Ìàõêàìàñèíèíã 427-ñîí қàðîðè(1998 é.).
  4. «Òåõíîãåí òàáèèé âà ýêîëîãèê òóñäàãè ôàâқóëîääà âàçèÿòëàðíèíã òàñíèôè ò¢ғðèñèäà»ãè ¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè Âàçèðëàð Ìàõêàìàñèíèíã 455-ñîí қàðîðè(1998 é.).
  5. «Àҳîëèíè âà õóäóäëàðíè òàáèèé âà òåõíîãåí õóñóñèÿòëè ôàâêóëîääà âàçèÿòëàðäàí ìóҳîôàçà қèëèø ò¢ғðèñèäà»ãè ¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè қîíóíè(1999é.).
  6. «Ôóқàðî ìóҳîôàçàñè ò¢ғðèñèäà»ãè ¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè қîíóíè  (2000 é.).
  7. «Ðàäèàöèÿâèé õàâôñèçëèê ò¢ғðèñèäà»ãè  ¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè қîíóíè (2000 é.).
  8. «Òåððîðèçìãà қàðøè êóðàø ò¢ғðèñèäà»ãè   ¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè қîíóíè(2000 é.).
  9. Àâàðèéíî-ñïàñàòåëüíûå ðàáîòû. Þëäàøåâ Î Ð, Õàñàíîâà Î.Ò, Äæàëîëîâ Ó.Õ. è äð. Ó÷åá. Ïîñîáèå. 2008é-139 ñ.

 

 

 

 

 

 

Mundarija

Ma’ruza ¹ 1. Fuqaro muhofazasining maqsadi, vazifalari va hozirgi  davrdagi àhamiyati …………………………………4

Ma’ruza ¹ 2. Fuqaro muhofazasining iqtisodiyot tarmoqlari-dagi tashkiliy strukturasi ………………………………..…18                              

Ma’ruza ¹ 3. Favqulodda vaziyatlar, ularning ta’rifi, turlari va hususiyatlari ………………………………………….   32

Ma’ruza ¹ 4. Ommaviy qirg’in qurollar, ularning ta’sir xususiyatlari va talafotlari …………………………………43

Ma’ruza ¹ 5. Markaziy Osiyoda kuzatiladigan tabiiy             talofatlar va ularning oqibatlari ……………………………72

Ma’ruza ¹ 6. Òåõnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning keltiradigan talafotlari………………………..……107

Ma’ruza ¹ 7. Terrorizm va aholi muhofazasi ………….   139

Ma’ruza ¹ 8. Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari va hususiyatlari ………………………………………..........   156

Ma’ruza ¹ 9. Aholini moddiy va madaniy boyliklarni havfsiz hududlarga evakuatsiya qilish ………………..……………170

Ma’ruza ¹ 10. Asosiy saqlovchi vositalar yordamida fuqarolarni muhofaza qilish ……………………………178 Ma’ruza ¹ 11. Fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish  ………………………………………………………………187

Ma’ruza ¹ 12. Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarida qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarini tashkil etish ………………………………………………………………197

Ma’ruza ¹ 13. Tabiiy ofat, avariya, halokatlar o’choqlarida qutqaruv va tiklov ishlarini amalga oshirish ……………...218

Ma’ruza ¹ 14. Iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini ta’minlash asoslari. ………………...………………………236

Ma’ruza ¹ 15. Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o’qitish va qayta tayyorlash ……………………………………………251



* 1 I.Karimov, «Ozbekiston XXI asr bo’sag‘asida: xavfsizlikka  tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», T. O’zbekiston, 1997 y.