O’ZBERISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI FANIDAN
Favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko’rsatish
bo'yicha
(O`quv uslubiy qo`llanma)
Toshkent -2015
Hayot faoliyati havfsizligi fanidan «Favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam
ko’rsatish» bo'yichao`quv uslubiy qo`llanma Tuzuvchilar: S.M. Abdullaeva , Í.YU.Amurova, E.A.Borisova, M.Agzamova - Toshkent: ÒÀÒÓ, 2015.
Ushbu uslubiy qo‘llanmada asosiy e’tiborni birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish masalalariga, sun'iy nafas berish, yurak massaji, boglamlarning turlari, qon ketishini to‘g‘ri to‘htatish usullariga, qo‘l ostidagi vositalar yordamida favqulodda holatlarda birinchi yordam ko‘rsatishhamda shikastlanganlarni transportda tashishqoidalariga qaratilgan va keng yoritilgan.Ma’lumki, bahtsiz hodisalar, falokat, tabiiy ofat va boshqalar vaqtida voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘p sonli jarohatlanganlar bo‘ladi. Shu boisdanusbu qollanma bilan tanishib chiqib, birinchi yordamni qanday qilib berish mumkinligi haqida bilim va konikmalar hosil qilish mumkin.
KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimizda inson salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalariga katta e’tibor berilmoqda. Bunga O‘zbekistonRespublikasining 1993 yilda qabul qilingan «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashto‘g‘risida»gi qonuni yaqqol dalil bo‘la oladi.. Ushbu qonunning 30-bandidabahtsiz hodisalar yuz bergan joyda kechiktirib bo‘lmaydigan birinchi tibbiyyordamni barcha kasb vakillari ham ko‘rsatishlari ularning vazifalari sifatida qonunlashtirilgan. Ushbu uslubiy qo‘llanmada asosiy e’tiborni birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish masalalariga, qon ketishini to‘g‘ri to‘htatish usullariga, qo‘l ostidagi vositalar yordamida suyak sinihlarini immobilizatsiya qilishga, favqulodda holatlarda birinchi yordam ko‘rsatishhamdashikastlanganlarni transportda tashishqoidalariga qaratilgan va keng yoritilgan.
Ma’lumki, bahtsiz hodisalar, falokat, tabiiy ofat va boshqalar vaqtida voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘p sonli jarohatlanganlar bo‘ladi. Shu boisdanusbu qollanma bilan tanishib chiqib, birinchi yordamni qanday qilib berish mumkinligi haqida bilim va konikmalar hosil qilish mumkin.Birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifalari shikastlanganlar hayotini eng zarur chora-tadbirlar bilan saqlab qolish, ularning azoblanishini kamaytirish, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish hamda kasallik va jarohat kechuvini yengillashtirishdan iborat. Sog‘liqni saqlash masalalarini to‘g‘ri tashkil qilish nazariya va amaliyotning uzviy bog‘liqligidan kelib chiqadi, ya’ni hozirgi zamon tibbiyot fani erishgan yutuqlarni amaliyotga tatbiq qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘z vaqtida ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam ko‘pincha bahtsiz hodisalar va to‘satdan kasallanish hollarida shikastlanganlar va bemorlar hayotini saqlab qolishda hal qiluvchi omilga aylanadi. Hech bo‘lmaganda kasallikning davomiyligiga, vaqtincha ishga layoqatsizlik va nogironlikka sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda, tibbiyot rivojining hozirgi darajasida birinchi va malakali tibbiy yordamning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi o‘ziga hos ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.
Kechiktirmay ko‘rsatilgan har qanday birinchi tibbiy yordam inson hayotini saqlab qolishi mumkinligini unutmaslik lozim.
BIRINCHI TIBBIY YORDAM VA UNING
ASOSIY TAMOYILLARI
Tez tibbiy yordam ko‘rsatishda birinchi yordam vositalari qo‘llaniladi. Ular tabel va qo‘l ostidagi vositalarga bo‘linadi. Birinchi yordam tabel vositalariga bog‘lov materiallari, bintlar, tibbiy bog‘lov paketi, steril bog‘lov materiallari, salfetkalar, pahta va boshqalar kiradi. Qon ketishini to‘htatishda qon to‘htatuvchi jgutlar, immobilizatsiya uchun fanerli, narvonsimon, to‘rsimon shinalar kabi tabel vositalari qo‘llaniladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda ba’zi dori-darmonlar ham qo‘llaniladi: yodning 5 % spirtli eritmasi, brilliant ko‘ki (zelyonka)ning 1–2 % spirtli eritmasi, validol tabletkasi, valeriana tindirmasi, navshadil spirti, natriy gidrokarbonat tabletkasi yoki poroshogi, vazelin va boshqalar.
1-rasm.yodning 5 % spirtli eritmasi, brilliant ko‘ki (zelyonka)ning 1–2 % spirtli eritmasi, validol tabletkasi, valeriana tindirmasi, navshadil spirti, natriy gidrokarbonat tabletkasi yoki poroshogi, vazelin
Odatda birinchi tibbiy yordam tabel vositalari jamoat transporti yoki shahsiy transport haydovchilari aptechkasi tarkibiga kiradi hamda ommaviy dam olish joylarida ham bo‘ladi.
2-rasm.Birinchi yordam ko‘rsatishaptechkasi
Birinchi yordam ko‘rsatish vaqtida tabel vositalari bo‘lmasa, qo‘l ostidagi vositalardan foydalaniladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda bunday vositalar sifatida toza choyshab, ko‘ylak, mato (oq mato), karton, faner, tahta, yog‘och va boshqalarni qo‘llash mumkin. Jarohatlangan va kasallarni transportda tashishda asosan yo‘l transporti (avtomobil, temir-yo‘l transporti), havo (samolyot, vertolyotlar), suv (daryo va dengiz transporti), shuningdek sanitar va moslashtirilgan transport vositalari qo‘llaniladi. Jarohatlangan shahs yoki kasallarni tashish zambilda, ho‘lda, orqada, yelkada hamda qo‘l ostidagi vositalardan foydalanib amalga oshiriladi.Jarohatlanganlar bir kishi yoki bir-necha kishi yordamida tashiladi.
3-rasm.Jarohatlangan shahs yoki kasallarni zambilda tashish.
Eng maqbul, og‘riq chaqirmaydigan va avaylab tashish usuli zambil yordamida tashishdir. Bemor yoki jarohatlanganlarni tashishda iloji boricha ehtiyot qiladigan sharoit yaratish kerak. Ularni qulay va to‘g‘ri holda yotqizish lozim.Tashish va transport data shish jarayonida noto‘g‘ri harakat qilish jarohatlangan yoki bemor ahvolining yomonlashuviga, qo‘shimcha jarohatlarning kelibchiqishiga, qonketishining kuchayishiga, suyakbo‘laklarining joyidan siljishiga va boshqalarga olib kelishi mumkin. Oyoqlar va bosh suyagining shikastlanishida jarohatlanganlarni chalqancha, umurthapog‘onasi suyaklari singanda esa, aksincha, qorin gayothizish lozim. Agar umurthapog‘onasi suyaklari jarohatlangan kishizambilga chalqancha yotqizilsa, unda, albatta, zambilga yog‘ochshit yoki keng tahta qo‘yilishikerak.Qorin va tossuyaklari shikastlanganda jarohatlanganlar chalqancha yotqizilib, oyoqlar bir oztashqariga kenga ytiriladi, tizza va son bo‘g‘imlari bukiladi. Bunda tizza bo‘g‘imlaritagiga kiyimdan yostiq chaqo‘yiladi. Shikastlanganlarni zambilda va transportda tashishda ularning umumiy holatini, bog‘lam yoki immobilizatsiya shinasining to‘g‘ri qo‘yilgan liginiko‘zdankechirishlozim. Agarjarohatlanganlarnitashishuzoqdavometsa, ularningholatinio‘zgartirish, boshlaritagidagiyostihchalarnito‘g‘rilabturishkerak.Gorizontal tekis yerda tashishda jarohatlanganlarning oyoq sohasi oldinda bo‘ladi. Agar jarohatlangan hushini yo‘qotgan bo‘lsa, bosh tomoni oldinda bo‘ladi. Chunki bunda uni kuzatib borish imkoni bo‘ladi. Yuqoriga olib chiqilayotganda yoki pastga tushirishda esa uni gorizontal holda ushlash kerak. Yuqoridan pastga tushirilayotganda shikastlanganning oyoq sohasi oldinda, ko‘tarilayotganda esa, aksincha, bosh sohasi oldinda bo‘ladi.Jarohatlangan yoki bemorlarni transport vositasiga joylashtirishda avval zambil yuqori qatorlarga qo‘yiladi, keyin esa pastki qatorlarga joylanadi, tushirilayotganda esa, aksincha, avval pastki qatorlardan, so‘ngra esa yuqorigi qatorlardan zambil olinadi.Bosh suyagi, umurtqa pog‘onasi, qorin sohasi jarohatlanganlar hamda og‘ir yaralanganlar pastki qatorlarga joylashtiriladi, chunki yuhoriga nisbatan pastki qatorlarda kamroq chayqalish kuzatiladi.Ko‘p sonli jarohatlanish va kasallanishlarda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Ma’lumki, bahtsiz hodisalar, falokat, tabiiy ofat va boshqalar vaqtida voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘p sonli jarohatlanganlar bo‘ladi. Bunday holatlarda tez yordam qanday tashkil qilinadi,qanday yordam va u qanday ketma-ketlikda ko‘rsatiladi. Bunday hollarda voqea sodir bo‘lgan joyda tibbiyot hodimi yoki birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shahs voqea oqibatlarini bartaraf qilish uchun qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha javobgar bo‘ladi. U hamma jarohatlanganlarga yordam berilmaguncha yoki tez yordam brigadasi yetib kelmaguncha o‘sha joyda holishi kerak.Bu holatda hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar quyi-dagilardan iborat: shikastlanish turi bo‘yicha jarohatlanganlar guruhlarini tashkil qilish, hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha tez tibbiy yordam ko‘rsatish, jarohatlanganlarni tezkorlik bilan, ularning holati va jarohati darajasiga qarab, navbat bilan davolash muassasasiga evakuatsiya qilish.Jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatishni tashkil qilish bo‘yicha umumiy boshqaruv mahalliy sog‘liqni saqlash organlariga yuklatiladi.Amaliy boshqaruvni operativ bo‘lim orqali, o‘choqdagi (tabiiy yoki bahtsiz hodisa yuz bergan joydagi) mas’ul tibbiy hodim va tez tibbiy yordam stansiyasining mas’ul navbatchi vrachi amalga oshiradi. O‘choqda barcha ishlarga mas’ul feldsher tez tibbiy yordam stansiyasining mas’ul vrachiga bo‘ysunadi. U voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelishi bilan sharoitni baholab, barcha tibbiy hodimlarni birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirishi, so‘ngra o‘z o‘rnini belgilashi kerak.U jarohatlanganlar sonini aniqlaydi va shunga mos ravishda radio yoki telefon orhali qo‘shimcha tez yordam mashinalarini chaqirish masalasini hal qiladi. Fyeldsher muassasa rahbariyati, militsiya va avariya qutqaruv hizmati bilan aloqa bog‘laydi va jarohatlanganlar evakuatsiyasi yo‘nalishini aniqlaydi. Jarohat turiga qarab, tibbiy saralashva birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun feldsher va hamshiralar ajratiladi.Yangi kelgan brigadalarni o‘z boshqaruviga olib, bosh vrach bilan birgalikda jarohatlanganlarni gospitalizatsiya qilishva ko‘rsatmalar bo‘yicha profilli kasalhonalarga evakuatsiya qilish tartibini aniqlaydi.O‘choqda ishlar tugaganidan so‘ng voqea sodir bo‘lgan o‘choqni shahsan tekshiradi va obyekt rahbariga hamda tez tibbiy yordam stansiyasi mas’ul navbatchi vrachiga ahborot beradi, ularning ruhsati bilan voqea sodir bo‘lgan joydan eng keyin jo‘nab ketadi. Qo'l, oyoqqattiq shikast yetganda birinchi tibbiy yordam: Qo'l yoki oyohqattiq jarohat tufayli uning sinish ehtimoli mavjud.Quyidagi holatda vrach kelgunicha birinchi tibbiy tez yordam beriladi.Qo'l yoki oyoq singan bo'lsa darhol singan joyiga shina (qattiq, tekkis bo'lgan jism) qo'yiladi va ustidan toza bint yoki mato bilan o'rab bog'lab qo'yiladi. Singan joyidan katta jarohat bo'lib to'htovsiz qon kelayotgan bo'lsa shu jarohat tepasidan tahminan bir qarich tepasidan qo'lni yoki oyoqni mato bilan qattiq bog'lab qo'yiladi, bog'lab qo'yish natijasida qo'lga yoki oyoqga qon borishini to'htatib turamiz, faqat bog'lab qo'ygan joyizga qachon bog'lab qo'yilgan vaqtingizni yozishni unutmang.
Har bir inson umrini uzaytirish, sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash muammolarini hal etish sog‘liqni saqlash sohasining muhim vazifasidir.Mamlakatimizda bu masalalar davolash-profilaktika yordamining, shujumladan aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatishning tashkiliy shakllarinidoimiy takomillashtirish orqali amalga oshiriladi.Sog‘liqni saqlash masalalarini to‘g‘ri tashkil qilish nazariya va amaliyotning uzviybog‘liqligidan kelib chiqadi, ya’ni hozirgi zamon tibbiyot fani erishganyutuqlarni amaliyotga tatbiqqilish bilan chambarchas bog‘lihdir.O‘z vaqtida ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam ko‘pincha bahtsiz hodisalar va to‘satdan kasallanishhollarida shikastlanganlar va bemorlar hayotini saqlab qolishda hal qiluvchi omilga aylanadi. Hechbo‘lmagandakasallikning davomiyligiga, vaqtincha ishga layoqatsizlik va nogironlikkasezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda, tibbiyot rivojininghozirgi darajasida birinchi va malakali tibbiy yordamning o‘z vaqtidako‘rsatilishi o‘ziga hos ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda bahtsiz hodisa va to‘satdan kasal bo‘lib qolishda teztibbiy yordam ko‘rsatish yuqori darajaga yetdi. Ammo juda yahshi tashkilqilingan shifokorlik muolajasi ham, agar shikastlangan kishiga o‘z vaqtidazarur birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, samarasiz va kechikkanbo‘lishi mumkin. Chunki hamma bahtsiz hodisalarda shikastlanish to‘satdan vahayot uchun havfli bo‘lishi hosdir. Shikastlanish natijasi,ayniqsa og‘ir va havfli bo‘lgan shikastlanishlarda, ilk daqiqalardayoqhal
bo‘ladi. Shuning uchun ham bahtsiz hodisa sodir bo‘lgan joydagikishining tez va samarali birinchi yordam ko‘rsatishqobiliyati juda kattava hayotiy ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan bir qatorda, birinchi yordam ko‘rsatishda juda ehtiyotbo‘lish kerak. Chunki siz yordam bermoqchi bo‘lgan kishiga qo‘shimchashikast yetkazishingiz mumkin. Shuni esda tutish kerakki, siz berayotganyordam faqat davolashning boshlanishidir. U qanchalik zarur bo‘lmasin, hechqachon mutahassis vrachning malakali yondashuvi o‘rnini bosaolmaydi. Sizning vazifangiz shikastlanganni davolash emas, faqat birinchi
yordam ko‘rsatish. Birinchi tibbiy yordamni tez va sifatli ko‘rsatish uchunesa mahsus bilimga ega bo‘lishingiz lozim.
BIRINCHI TIBBIY YORDAMNING AHAMIYATI VA QOIDALARI
Tinchlik sharoitida eng ko‘p uchraydigan bahtsiz hodisalarga:mehanik jarohat, kuyish, issiq va oftob urish, sovuq urish va umumiymuzlash, cho‘kish va yer bosib qolishi tufayli bo‘g‘ilish, is gazidanzaharlanish, elektrdan jarohatlanish va chaqmoqdan shikastlanish kiradi.Bu holatlarda birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifalari shikastlanganlar hayotini eng zarur chora-tadbirlar bilan saqlab qolish, ularningazoblanishini kamaytirish, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarningoldini olishhamda kasallik va jarohat kechuvini yengillashtirishdan iborat.Birinchi tibbiy yordamni voqea sodir bo‘lgan joyda shikastlanganningo‘zi (o‘z-o‘ziga yordam) yoki boshqa kishi (o‘zaro yordam) hamdamahsus o‘rgatilgan shahslar ko‘rsatadi.Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda tezlik bilan shikastlovchi manba(faktor)ni aniqlash, uni yo‘qotish, har bir jarohatda tavsiya qilinadigantibbiy yordam choralarini qo‘llash, vrachni chaqirish yoki jarohatlanganniyaqin tibbiyot muassasasiga olib borish kerak. Ba’zi hollar (kuchli qon
ketib, og‘ir suyak sinishlari, hushini yo‘qotish, nafas olish va yurakfaoliyatining to‘htashi va boshqalar)da shikastlanganlarga shu joyningo‘zida tezlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatmay turib, ularnitashish (transportirovka qilish) mutlaqo mumkin emas.Bunday hollarda reanimatsiya chora-tadbirlari kerak bo‘ladi.Reanimatsiya jonlantirish) o‘layotgan kishini hayotga qaytarishga, uningorgan va to‘qimalarida qaytmas o‘zgarishlarning oldini olishga qaratilgan,zudlik bilan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir. Bunda,birinchi navbatda, shikastlanganlarning nafas olishi vaqon aylanishinitiklashga va ushlab turishga erishiladi. Reanimatsiyaning murakkab
bo‘lmagan choralari (sun’iy nafas oldirish, bilvosita yurak massaji) har birkishiga ma’lum. Shu bilan bir qatorda, ko‘pginahollarda shikastlanganlar qon to‘htatish, og‘riq azobidan qutulish, suyagi singan qo‘l-oyoqni harakatsizlantirish, yara, kuygan va sovuq urgan yuzalarni infeksiyadan himoyalash kabi har bir kishi amalga oshirishi mumkin bo‘lganyordamlarga muhtoj bo‘ladilar.Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish voqea sodir bo‘lgandan so‘ng, ilojiboricha erta muddatlarda amalga oshirilishi kerak. Kuchli qon ketishi,elektrdan shikastlanish, cho‘kish, bo‘g‘ilish, yurak faoliyatining to‘htashiva boshqa qator holatlarda birinchi tibbiy yordam zudlik bilan,kechiktirmay ko‘rsatilishi lozim. Agar bir paytda bir necha kishi jarohatolsa, ko‘rsatiladigan yordam muddati va ketma-ketligi aniqlanadi.Bolalarga va shoshilinch yordamga muhtoj kishilarga kerakli yordambirinchi navbatda ko‘rsatiladi. Ko‘p sonli va qo‘shimcha jarohat olgankishilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning
ketma-ketligi aniqlanishi kerak.Avval shikastlangan odam hayotini saqlab qolishga imkon beradiganyoki birinchi tibbiy yordamning keyingi chora-tadbirlarini qo‘llash uchunshart bo‘lgan usul-amallar bajariladi. Chunonchi, son suyagi ochiq sinib,arteriyadan qon ketib turganda, birinchi navbatda, hayot uchun havflibo‘lgan qon ketishini to‘htatish, so‘ngra jarohatga steril bog‘lam qo‘yish va undan keyingina oyoqni qimirlatmaydigan qilib bog‘lashga kirishish kerak. Singan joyni hechqimirlamaydigan qilib qo‘yish uchun esa mahsusshina bog‘lash yoki qo‘l ostidagi vositalardan foydalanish lozim.Birinchi tibbiy yordamning hamma usul-amallarini ehtiyot bo‘lib va
avaylab bajarish lozim. Qo‘pol harakatlar qilinadigan bo‘lsa, bushikastlangan kishiga zarar qilishi va uning ahvolini yomonlashtirishimumkin. Birinchi tibbiy yordamni bir emas, balki ikki yoki bir necha kishiko‘rsatadigan bo‘lsa, u holda kelishib ish ko‘rish kerak. Bunda yordamko‘rsatayotganlarning biri boshliq bo‘lib, birinchi tibbiy yordamningbarcha usul-amallari bajarilishiga rahbarlik qilib turishi lozim.Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitida tashhis masalasi kattaahamiyat kasb etadi. Chunki o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘yilgan tashhiskasallik yoki shikastlanish turini aniqlashga va shu asosda zarur yordamko‘rsatish tadbirlarining ketma-ketligi rejasini tuzishga imkon yaratadi.Tashhis kasallik yoki jarohatning subyektiv va obyektiv belgilarinianiqlash asosida qo‘yiladi. Subyektiv belgilarga bemor yokijarohatlanganning shikoyatlari (agar uning hushi joyida bo‘lsa) kiradi.Obyektiv belgilarga esa kasallik va jarohatning tashhi belgilari yokimuayyan usuldagi yondashuv orqali anihlanadigan, masalan, pulsni (tomir
urishini) o‘lchash, nafas olish va chiharishning miqdori, reflekslar vaboshha belgilar kiradi.Kasallik yoki shikastlanishning obyektiv va subyektiv belgilariumumiy va shu holat uchun hos bo‘lishi mumkin. Shu tufayli bu belgilarnianiqlashva tahmin qilish yo‘li bilan dastlabki tashhisni qo‘yish mumkin.Tashhis asosida esa zarur yordam turi ham aniqlanadi.
FAVQULODDA HOLATLAR (YER QIMIRLASHI, SUV
TOSHQINI, O‘PIRILISH VA BOSIB QOLISH)DA BIRINCHI
TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH HUSUSIYATLARI
Ko‘p insonlarning o‘limida asosiy sabablardan biri tabiiy ofatlar hisoblanadi. Hozirgi kunlarda u yoki bu tabiiy ofatlarning qachon bo‘lishini bashorat qilish mumkin emas, ammo havfi yuqori bo‘lgan mintaqalarni bilish mumkin. Zilzila va yog‘ingarchilik havfi yuqori bo‘lgan mintaqalar mavjud. Yer qimirlashi natijasida katta issiqlik uzatuvchi tarmoqlar, kollektorlar, elektrostansiyalar va boshqalarning ishdan chiqishi hamda havfli yong‘inlarning sodir bo‘lishi og‘ir kuyish va zaharlanishlarga ham olib keladi.
Yer qimirlashi qishloq aholisiga nisbatan shahar aholisiga va turar joylarga katta talafot yetkazishi mumkin. Tabiiy ofat bo‘lgan mintaqalarda industrial obyektlar qancha ko‘p bo‘lsa, havf shuncha yuqori va vujudga kelgan holat murakkab bo‘ladi. Zilzila vaqtida yuzaga keladigan jarohat shikastlantiruvchi agentning ta’sir qilish tezligi, kuchi, davomiyligi, ta’sir qilish joyi va jarohatlanganning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Shikastlanishning jarohatlanish mehanizmiga qarab quyidagi turlari kuzatiladi: zarbali, kompression va aralash.
Zarbali shikastlanish ta’sirida uning ta’sir kuchiga bog‘liq bo‘lgan har hil og‘irlikdagi – miya chayqalishidan tortib, bosh miyaning og‘ir jarohatlanishigacha bo‘lishi mumkin. Jarohat olgandan so‘ng hush va hotirani yo‘qotish holatlari kuzatilgan. Zarba tekkan joyda yumshoq to‘qimalarning shikastlanishi, har hil sinishlar ham aniqlanishi mumkin.
Kompression (bosib holish) mehanizmi ta’sirida (bino va qurilish bo‘laklari va boshqa jihozlar bilan ko‘p kuzatilgan) jarohatlovchi kuch katta bo‘lmaydi. Bunda kam hollarda suyaklarning sinishi va deformatsiyaga uchrashi aniqlanishi mumkin.
Aralash mehanizmli shikastlanishda esa tayanch-harakat organlari, bosh suyagi, miya to‘qimasining jarohatlanishi bilan birga, tana sohalarining yuk ta’sirida ezilishi ham kuzatiladi.
Bosh suyagi va miyaning shikastlanishi. Bosh suyagining jarohati kommotsion-kontuzion sindrom ko‘rinishidagi organizmning o‘ziga hos belgisi bilan tavsiflanadi. Bosh suyagining jarohati yumshoq to‘qimalarda gematomalarning paydo bo‘lishi, ular butunligining buzilishi (yorilishlar), bosh suyagining sinishi hamda miya shikastlanishlari bilan kechadi. Bosh suyagining shikastlanishi ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Bosh sohasining yopiq shikastlanishida yumshoq to‘qimalarning anatomik butunligi buzilmaydi. Teri osti tomirlarining shikastlanishi tufayli gematoma hosil bo‘ladi va bosh sohasida turli o‘lchamli shish (g‘urra) paydo bo‘ladi. Shikastlangan soha og‘riq, qizarish, keyinchalik esa ko‘karish kuzatilishi mumkin. Ochiq shikastlanish holatlarida esa to‘qimalar anatomik butunligi buzilishi tufayli jarohatlar paydo bo‘ladi va jarohatlarga hos belgilar kuzatiladi. Bosh suyagi shikastlanishida 8–15 % holatlarda bosh miya funksiyasining buzilishlari qayd etiladi. Yopiq shikastlanishlar ochiq shikastlanishlarga qaraganda 3 marta ko‘proq uchraydi. Jarohatlanganni tekshirayotganda bosh suyagi jarohatining bor yoki yo‘qligi, yaraning chuqurligi, miyaning shikastlanishini aniqlash katta ahamiyatga ega.Teri butunligi, yaralar, gematomalar yoki bosh suyagi ezilishini aniqlashga e’tibor berish kerak. Bosh suyagi aponevrozi yaralari, odatda, teri va teriosti havati yaralariga qaraganda ko‘proq ochiq bo‘ladi. Jarohat chuqurligini aniqlashda undan chiqayotgan ajralmalar hususiyatiga
ham e’tibor beriladi. Jarohatdan oqayotgan hon hajmi bosh suyaklarining shikastlangan yoki shikastlanmaganligidan dalolat berishi mumkin. Chunki bosh suyaklari shikastlanganda diploye tomirlari va miya qavatlaridan hon ko‘p ketadi. Jarohat ajralmasida orqa miya suyuhligi yoki miya to‘qimasi bo‘laklarining bo‘lishi jarohat miya to‘himalariga o‘tganligidan dalolat beradi. Ko‘z hovog‘ining «ko‘zoynak» ko‘rinishidagi qontalashuvi bosh suyagi asosi oldingi sohasining sinishi belgisidir, quloqlardan qon ketishi esa bosh suyagi asosi o‘rta qismining singanligini ko‘rsatadi.
Bosh miya jarohatida miya shikastlanishining asosiy uch turi farhlanadi: miya chayqalishi, lat yeyishi va ezilishi.
Miyaning chayqalishi.Miyaning chayqalishi mehanik kuchning tez va kuchli ta’siridan kelib chiqadi. Klinik kechuviga qarab miya chayhalishining yengil, o‘rtacha va og‘ir darajalari tafovut qilinadi.
Yengil darajali miya chayhalishida qisha muddatli hushni yo‘qotish, ba’zan bosh aylanishi, quloqlar shang‘illashi, ko‘z oldi qorong‘ilashishi, bosh og‘rishi, teri oqarishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish ro‘y beradi. Shikastlanganda retrograd amneziya (jarohat olishdan oldingi vohelikni esdan chiqarish) holati kuzatiladi. Yuqorida qayd qilingan belgilar miya chayqalishining bu og‘irlik darajasida 5–7 kundan so‘ng asta-sekin yo‘qholadi.
O‘rta darajali miya chayqalishida bir necha soat davomida hushni yo‘qotish, adinamiya, ruhiy qo‘zg‘alish, qusish, reflekslarning pasayishi, nistagm, ko‘z qorachig‘ining torayishi, pulsning sustlashuvi, nafas olishning tezlashishi kuzatiladi.
Og‘ir darajali miya chayqalishida hushni uzoq muddatga (bir necha soatdan kungacha) yo‘qotish bilan tavsiflanadi. Bunda nafas olishning yuzakilanishi, pulsning sustligi vakuchsizligi, teri qoplamlarining oqarishi, reflekslarning yo‘qolishi, ko‘z qorachig‘ining yorug‘likka bo‘lgan reaksiyasining yo‘qolishi, siydik va najasning ihtiyorsiz ajralishi
yuz beradi. Buning hammasi koma va o‘lim bilan tugashi mumkin. Miyasi chayqalgan bemorlar faqat yotishlari shart. Yengil chayqalishda uch haftagacha, og‘irroq chayqalishlarda bir oydan ikki oygacha.
Miyaning lat yeyishi.Miya lat yeyishi deb, miya moddasining shikastlanishi tushuniladi.Og‘ir jarohatlarda bu shikastlanish fizik kuch ta’sirining qarama-qarshi tomonida joylashgan bo‘ladi. Miya lat yeganida miya funksiyasining buzilishi ham tavsiflidir, hamda bu holat jarohatdan so‘ng birdan rivojlanadi. Oyoq yoki qo‘lning
(monoplegiya) yoki gavda yarmi mushaklarining (gemiplegiya) falajlanishi kuzatiladi, ovoz yo‘qoladi (afaziya), yuz nervlarining shikastlanishi tufayli yuz qiyshayishi (assimetriya) va ko‘rishning yomonlashuvi yuz beradi. Tana harorati 40 0C gacha keskin ko‘tarilishi mumkin. Siydikning sutkalik miqdori oshadi, undagi qand miqdori
ko‘payadi. 4–5 hafta davomida kompleks davolash tadbirlari qo‘llaniladi. Bunda asosiy e’tibor nafas olish va qon tomir tizimlarining faoliyatini yahshilash, keyinchalik esa nevrologik o‘zgarishlarni yo‘qotishga qaratiladi.
Miyaning ezilishi.Miya ezilishi bosh suyagi ichidagi tomirlardan qon ketishi yoki suyaklar sinishi natijasida ro‘y beradi. Qon to‘planishi (gematoma) miya qattiq po‘stlog‘i ustida (epidural gematoma) hamda miya to‘qimasi ichida (miya ichi gematomasi) hosil bo‘ladi. Miya ezilishining ilk belgilari: es-hushning yo‘qolmasdan
tormozlanishi, bosh og‘rishi hisoblanadi. Ko‘z horachig‘ining qon quyilgan tomonda kengayishi kuzatiladi. Keyinchalik esa bemorning tashqi muhitga reaksiyasi yo‘qoladi, hushidan ketadi, puls sekinlashadi, minutiga 40–50 gacha kamayadi. Nafas olish yomonlashadi, shovqinli va notekis bo‘lib qoladi. Bosh miyaga qon ketishi natijasida ezilish belgilari birdaniga ro‘y bermasdan bir necha vaqtdan so‘ng namoyon bo‘ladi, shuning uchun ham shikastlanganlar vrachlarning qat’iy nazoratida bo‘lmog‘i lozim.
Bosh suyagi va miya jarohatlarida vrachgacha bo‘lgan yordam shikastlanganlarga osoyishtalikni ta’minlash, bosh sohasini immobilizatsiya qilish, nafas olishni yahshilash, ya’ni hayot uchun havfli bo‘lgan holatlarning oldini olishdan iborat bo‘ladi. Bosh miyaning yopiq jarohatlarini davolash bemorga mutlah osoyishtalik yaratishdan
boshlanishi kerak. Ularni transportirovka qilish boshi bir oz ko‘tarilgan, yotgan holda bajarilishi lozim. Bemor hushsiz bo‘lganligi tufayli, qusuhning nafas yo‘liga tiqilishi, tilning tushib qolishiga qarshi choralar ko‘riladi. Boshni yon tomonga egib, og‘iz bo‘shlig‘iga havo o‘tkazuvchi naycha qo‘yish lozim. Ba’zan transportirovka qilishda kislorod bilan nafas oldirish va yurak-tomir vositalaridan berish lozim bo‘ladi. Og‘ir bemorni transportirovka qilishda mahsus tahta, zambil yoki g‘ildirakli zambil ishlatiladi. Bemor solingan zambil ikki yoki to‘rt kishi yordamida chayqatmasdan ko‘tariladi. Shikastlanganlarni yuqori qavatlarga ko‘tarishda boshini oldingi tomonga va oyoq tomonini gorizontal holatgacha ko‘targan holda chiqarish lozim. Bemorni zambildan to‘shakka o‘tkazishda zambilni karavot sathida ushlash va 3kishi zambil bilan karavot orasida bemorga qaragan holda turishi lozim. Bunda bir kishi bemor boshi va ko‘kragini, ikkinchi kishi beli va sonini, uchinchisi esa boldirini ushlashi kerak. Favqulodda holatlarda bosh suyagi va miya shikastlanishlari bilan bir qatorda, bel suyaklarining, jumladan, umurtqa pog‘onasi, yuz suyaklari (yuqori va pastki jag‘ suyaklari, burun suyaklarining) sinishilari ham kuzatilishi mumkin. Bu shikastlanishlar bosh va yuz sohasining hamda tana boshqa sohalari yumshoq to‘qimalarining ham jarohatlanishi va turli kattalikdagi yaralarning paydo bo‘lishi bilan ro‘y beradi.
Uzoq ezilish sindromi.Uzoq ezilish sindromi (Krash sindromi) ko‘plab yumshoq to‘himalarning uzoh vaht yuk ta’sirida ezilishi natijasida kelib chiqadi. Uning umumiy va mahalliy belgilari bor. Umumiy belgilar shok, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va mioglobinuriyadan (siydik orqali mioglobulin moddasining chiqishi) iborat bo‘lib, asosiy belgilar hisoblanadi va kasallik oqibatini aniqlaydi. Uzoq ezilish sindromi jangovar holatlarda, zilzila va binolar qulashi paytida, shahta va konlar bosib qolishi va boshqa holatlarda uchraydi. Masalan, Ashhoboddagi yer qimirlashi paytida shikastlanganlarning 3,5 % da bu sindrom kuzatilgan. Hirosimadagi atom bombasi portlashi oqibatida esa 20 % kishilarda bu holat aniqlangan. Uzoq ezilish sindromi uch davrda kechadi: erta, o‘rta va kech davrlar.
Erta davrda(2–3 kun davom etadi) bosib turgan og‘irlikdan halos etilganlarda umumiy va mahalliy belgilar erta (bir necha o‘n minut yoki bir necha soat o‘tgach) ko‘zga tashlanadi. Mahalliy belgilar ezilgan joyning tez shishishi, terining ko‘karishi va sovishi bilan namoyon bo‘ladi. Keyinchalik esa terida pufakchalar hosil bo‘lib, pufak ichida qontalashgan suyuqlik ko‘rinadi. Ana shu davrda rivojlana boshlaydigan gemodinamik
o‘zgarishlar (qon bosimining pasayishi, yurak urishining tezlashuvi va b.) boshlang‘ich davr uchun hos bo‘lgan umumiy belgilardir. Uzoq vaqt davomida ezilib yotgan odam (1–2 sutka), ko‘pincha qutharib olinganidan so‘ng bir necha soat ichida hayotdan ko‘z yumadi. Ba’zan bitta oyoq yoki qo‘l bosilib qolishi mumkin. Qutqarib olingandan so‘ng qo‘l yoki oyoq oqargan, sog‘iga nisbatan sovuqroq, barmoq uchlari ko‘kargan bo‘ladi. Suyaklar ko‘pincha zararlanmaydi. Sezish hissi yo‘qoladi.Tomir urishi aniqlanmaydi. Bir necha kun ichida ezilgan ho‘l va oyohlar shishib, ikki-uch barobar kattalashib ketadi.
Ikkinchi o‘rta davr(3 kundan 10–12 kungacha). Bunda ko‘z ohining sarg‘ayishi, tomir urishining tezlashuvi, qon bosimining tobora pasayishi, plazma yo‘qotilishi, qonning quyulishi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari kuzatiladi. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi dastlabki soat va kunlardan kuzatilib, bu vaqt mioglobulinuriya tufayli siydik qo‘ng‘ir rangga kiradi. Keyinchalik buyrakning siydik chiqarish faoliyati buzilib, qonda azot miqdori oshib ketadi. Bu davrda ham bemor darmoni quriydi, qusadi, og‘ir hollarda 3–7 kunga kelib hushdan ketadi. Og‘ir zaharlanish oqibatida kelib chiqadigan yurak yetishmovchiligidan o‘lim sodir bo‘ladi.
Uchinchi kechki davr.Kasallik unchalik og‘ir kechmaganida ikkinchi hafta ohiridan to 3 oygacha davom etadi. Bunda buyrak faoliyati astasekinlik bilan tiklanib, siydikda silindr, oqsil, eritrotsitlar yo‘qolib boradi. Yumshoq to‘qimalarning ezilish hajmi va davomiyligiga qarab bu sindromning yengil, o‘rtacha og‘irlikdagi, og‘ir va o‘ta og‘ir darajalari yoki kechish turlari farqlanadi.
Yengil darajasiyoki turida yumshoq to‘qimalar kam muddat (4 soatgacha) og‘irlik ostida eziladi: bunda buyrak faoliyati sal buzilib, bir necha kun ichida bemor sog‘ayib ketadi.
O‘rtacha og‘irlik darajasiyoki turida yumshoq to‘qimalar og‘irlik ostida 6 soatgacha qolib ketganda kuzatilib, bir necha kun mobaynida siydik mioglobin hisobiga rangi o‘zgaradi. Bemor kamharakat bo‘lib qoladi, ko‘ngli ayniydi, zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi, qon zardobida mochevina va kreatinin miqdori oshadi.
Og‘ir darajasi yoki turida (yuk ostida 6–8 soat holib ketganda) shok bilan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, hushdan ketish kuzatiladi. siydikda oqsillar, hilma-hil silindrlar miqdori oshib ketadi. Qonda esa azot miqdori ko‘tariladi. Buyrak mutlaqo siydik ajratmay qo‘yadi.
O‘ta og‘ir darajasiyoki turi 6–8 soatdan ziyodroq yuk ostida qolib ketganda kuzatilib, kuchli shok, qonda azot miqdorining ko‘tarilishi, buyrak siydik ajratmay qo‘yishi bilan tavsiflanadi. Jabrlanganlar bir-ikki kun ichida o‘ladilar. Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatiladi. Ezilgan soha bosib turuvchi yukdan halos etmasdan turib yoki halos etilgandan so‘ng tezda shikastlangan sohadan yuqoriroqqa jgut qo‘yiladi. Ezilgan soha bog‘lov materiallari bilan qattiq bog‘lanadi va bu sohaning immobilizatsiyasi amalga oshiriladi. Shikastlangan soha iloji
boricha sovitiladi. Jabrlanganlar transportirovkasi shoshilinch ravishda amalga oshiriladi. Zilziladan so‘ng talafot ko‘rganlarning 1/3 qismida ezilish sindromining og‘ir turlarini uchratish mumkin. Bunda shikastlanganlarning 1/3 qismida bu sindromning namoyon bo‘lishi minimal bo‘ladi. Armanistondagi zilzila paytida kuzatilgan uzoq ezilish holatlari odatdagi ana shunday hollardan farq qilmadi. Birinchi kunlardayoq jabr
ko‘rganlarda ezilgan to‘himalar va autoliz mahsulotlari honga so‘rilishi natijasida organizmning jarohatdan keyingi zaharlanish belgilari yuzaga keldi.
Portlashto‘lqinita’siridaichkia’zolardakelibchiqadigano‘zgarishlar.
Portlashta’siridakishiorganizmidao‘zigahosbuzilishlarkuzatiladi.Bu buzilishlar «kontuziya» yoki «karahtlik» iborasi bilan yuritiladi. Portlash natijasida havo siqilib, atmosfera bosimi oshib ketishi va portlash yuz bergan soha tashqarisida esa bosimning aksincha kamayib ketishi sodir bo‘ladi. Havo bosimining bunday o‘zgarishi inson organizmiga jarohatlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Birinchi navbatda, portlash quloqqa ta’sir etib, quloq pardasini yorishi, o‘rta va ichki quloqni shikastlantirishi mumkin. Portlash vaqtida chiquvchi kuchli tovush impulslari ko‘p hollarda miyaning akustik sohalariga ta’sir etib, kar bo‘lib qolishga, havodagi bosimning keskin o‘zgarishi – ichki a’zolarni zararlantirishga, portlash to‘lqini esa odamni uloqtirib yuborib, turli mehanik jarohatlar olishga sabab bo‘ladi. Portlash to‘lqini ta’sirida nerv tizimiga oid shikastlanishlar eng ko‘p uchraydi.Ko‘plab jabrlanganlar hushdan ketadilar: ba’zilari darrov o‘ziga kelsa, boshqalari anchagacha behush bo‘lib yotadilar. Kontuziyaga uchraganlarning ko‘pchiligi hushiga kelganidan so‘ng ham eshitish, gapirish, hidlash, ta’m bilish va ko‘rish a’zolari faoliyati tiklanmasligi mumkin. Bu holat uzoq davom etadi va yahshilab davolanishdan so‘ng ko‘pchilik hollarda bemor sog‘ayib ketadi. Agar jarohat og‘ir bo‘lsa, kontuziyaga uchragan odam hushiga kelganidan keyin ham gaplashmaydi, vaqtni farqlamaydi, atrofdagilarga befarq bo‘ladi. Kuchli shikastlanganlarda umurtqa va miya asosiy arteriyasida qon aylanishining buzilishi bilan bog‘liq holat kuzatilib, yutishning qiyinlashuvi, nutqning buzilishi, yurak faoliyatining izdan chiqishi belgilari va aritmiyada o‘z ifodasini topadi. Portlash to‘lqini ta’sirida bosh zararlanib, qo‘l va oyoqlar shol bo‘lib qolishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, u yoki bu darajada vasomotor buzilishlar: kaft va oyoq tagi ko‘karishi, yuzning oqarishi va qizarishi, qo‘l-oyoqlarning sovishi, terlashning kuchayishi kuzatiladi. Portlash to‘lqini ta’sirida o‘pkada ham qator o‘zgarishlar kelib chiqishi aniqlangan.Bunda bemorning hansirashi, yo‘talishi, o‘pkaga qon quyilishi natijasida qon aralash tupurish kuzatiladi. Yurak-tomir tizimida pulsning sekinlashuvi va o‘ta o‘zgaruvchanligi kuzatiladi. Ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatining buzilishi jarohatlanishdan keyingi dastlabki soatlarda ko‘ngil aynishi, ba’zan qusish, ich ketishi va yel ushlay olmaslik kabi belgilarda seziladi. Portlash to‘lqinining me’daichak a’zolariga yana bir ta’siri me’da yarasi bilan og‘riganlarda me’da va o‘n ikki barmoqli ichakning yangi yaralari paydo bo‘ladi. Kontuziya bo‘lganlarda, ba’zan uzoq vaqt (hafta, oylab) karahtlik, parishonhotirlik, tushkunlik davom etadi. Harakat asta-sekin tiklansa-da, nutq va eshitishning izdan chiqishi anchagacha saqlanadi. Uyqu buzilishi holati bunda o‘ziga hos tarzda namoyon bo‘ladi. Bedorlik va uyhu orasidagi chegara yo‘qolib, har ikkalasidan bemor qonihmaydi. Portlash to‘lqini ta’sirida qon bosimi oshganlar keyinchalik (7–8 oy) shu dardga (gipertoniya) mubtalo bo‘ladilar. Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, uyhusizlik kabi serebral holatlar ko‘pchilikda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Kontuziyaga uchraganlar kasalhonalarda uzoq vaqt davolanadilar.
Ko‘p favqulodda holatlar vaqtida (zilzila, suv bosishi) shikastlanganlarda tipik, o‘ziga hos shikastlanishlarning birga kelishi, bir
qancha sindromlarning rivojlanishiga olib keladi va insonlarning ko‘p o‘limiga sabab bo‘ladi. Jahonning turli mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan yuzlab zilzilalarning tibbiy oqibatlari tahlili o‘lganlarning og‘ir jarohat olganlarga nisbati 1:3 ekanligini ko‘rsatadi. Agar o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bu nisbat o‘lganlar hisobiga yana ham oshishi mumkin. Favqulodda holatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish yakka shikastlanganlarga yordam ko‘rsatishdan ancha farh hiladi. Ularning pirovard maqsadi umumiy bo‘lgani bilan, tibbiy yordam ko‘rsatish hususiyati turlichadir. Bunda tibbiy yordam, birinchi navbatda, tirik qolish ehtimolligi yuqori bo‘lgan shikastlangan shahslarga ko‘rsatilishi hamda iloji boricha shikastlanganlarning ko‘p miqdorini qamrab olishi kerak. Shifohonagacha bo‘lgan (tabiiy ofat joyida va transportirovka vaqtida)
va shifohona (shikastlanganlar olib borilgan shifo maskani) bosqichlarida nafaqat jarohatni davolash, balki organizm asosiy faoliyatini omillab beruvchi organlar funksiyasini tiklab, jabrlanganlarning hayotdan ko‘z yummasligini ta’minlash katta ahamiyatga egadir. Shikastlanganlarni bosib qolgan joylardan yoki yong‘in o‘chog‘idan
olib chiqish yordam ko‘rsatishning birinchi vositasi hisoblanadi. Bunday yordam ko‘rsatishda shoshilish kerak emas, chunki shikastlanganga qo‘shimcha jarohat yetkazilishi mumkin. Odamlarni bosib qolgan binolardan chiqarib olishda, bu harakatlar bino bo‘laklari ostida qolgan shahslarda ezilishning kuchayishiga yoki o‘tish yo‘llarini to‘sib qo‘ymasligiga ishonch hosil qilish kerak. Bosib qolish holatlarida ko‘pincha tana sohalarining turli jismlar (sim, truba, armatura va boshqa jismlar) bilan jarohatlanishi kuzatiladi. Bunday holatlarda yot jismlarni tanadan chiqarib olish kerak emas, chunki kuchli qon ketishi mumkin.Shuning uchun shikastlanganlarni yot jismlar bilan transportirovka hilish yoki bu jismlarni arralab yoki avtogen bilan kesib tashlash kerak.
Bosib qolgan joylardan chiqarib olishdan oldin narkotik darmonlardan foydalanib og‘riq qoldirish, shikastlangan oyoq-qo‘llarni immobilizatsiya qilish kerak bo‘ladi. Huddi shunday yordam kuyish holatlarida ham qo‘llaniladi. Ayrim hollarda bosib qolgan joylardan oyoq-qo‘llarni ajratib olish imkoniyati bo‘lmasa, kesish (amputatsiya) masalalarini hal qilishga to‘g‘ri keladi. Yuk ostida qolgan oyoq-qo‘llarni chiqarib olishdan avval ezilgan sohadan yuqoriroqqa jgut qo‘yish kerak.Ko‘pgina shikastlanganlarga, ya’ni boshini ostida oyoq-qo‘llari bosilib turgan, ammo qorin bo‘shlig‘i shikastlanish belgilari sezilmagan shahslarga og‘iz orqali suyuqlik yoki glukoza, limon kislotasining kaliyli eritmalarini yuborish mumkin. Ko‘p hollarda birinchi tibbiy yordam favqulodda holatlarda qutulib qolganlar tomonidan o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam ko‘rinishida amalga oshiriladi, chunki har doim ham tibbiyot hodimlari yetarli bo‘lmaydi. Bunga esa fahat aholi va yangidan tashkil qilinayotgan qutqaruv guruhlarini joylarda, avvaldan inson hayotini saqlab qolish bo‘yicha birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlariga doimiy o‘qitish bilangina erishish mumkin. Bu dastur 6 ta asosiy elementdan iborat:
1) yuqori nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash, jarohatlanganning boshini orqa tomonga maksimal egish, pastki jag‘ni oldinga tortib barmoq bilan og‘iz bo‘shlig‘i va tomog‘ini yot jismlardan tozalash;
2) ekspirator sun’iy (og‘izdan-og‘izga yoki og‘izdan-burunga) nafas berishni amalga oshirish;
3) tashqi qon ketishini bosuvchi bog‘lam yoki jgut yordamida to‘htatish;
4) koma holatiga tushgan bemorlarga zarur bo‘lgan holatni berish;
5) shok holati kuzatilgan bemorlarga zarur bo‘lgan holatni berish;
6) bosib qolgan joylardan bemorlarni qo‘shimcha shikast yetkazmasdan chiqarib olish.
Keyingi bosqich shikastlanganni havfsiz joyga olib chiqish, saralashni o‘tkazish, evakuatsiyaga tayyorlash va davolash maskaniga transportirovka qilishdan iborat. Armanistonda bo‘lib o‘tgan yer qimirlashi oqibatlari bo‘yicha halqaro tadq iqot natijà- lari shuni ko‘rsatadiki, agar og‘ir jarohatlanganlarning transportirovkasi tayyorgarliksiz, ya’ni immobilizatsiyasiz va og‘rihsizlantirmasdan amalga oshirilsa hamda transportirovka uchun moslanmagan (shahsiy avtomobillarda) vositalarda olib bo-
rilsa, shikastlanganlarning aksariyati yo‘lning o‘zida juda og‘ir va terminal holatga tushadilar yoki dunyodan ko‘z yumadilar.
Shuning uchun ham shikastlanganlarning vaqtincha to‘planish joyida jarohat og‘irlik darajasini asbob-anjom tashhisi talab qilmaydigan elementar belgilar (bemor hushidami yoki yo‘qmi, nafas olish hususiyati, asosiy va periferik tomirlardagi puls) orqali baholash, jarohatning tanada joylashuvi hamda hususiyatini aniqlash va eng yaqin shifo maskaniga evakuatsiya qilish uchun tayyorgarlik ko‘rish katta ahamiyatga ega. Shikastlanganlar holati va jarohatning og‘irlik darajasiga qarab to‘rt guruhga ajratiladi.
Birinchi guruhga kechiktirib bo‘lmaydigan jarrohlik muolajasiga muhtoj bo‘lgan, og‘ir holatdagi bemorlar kiradi. Bu guruh umumiy shikastlanganlarning 20 % ni tashkil qiladi. Ikkinchi guruhga holati o‘rtacha og‘irlikdagi bemorlar kirib, yordamni 6–8 soatga kechiktirish mumkin. Bu guruh umumiy shikastlanganlarning 20 % ni tashkil qiladi. Uchinchi guruhdagilar holati yengil bemorlar bo‘lib, ambulatoriya yordami bilan chegaralanish mumkin. Ular umumiy shikastlanganlarning 40 % ni tashkil hiladi.
To‘rtinchi guruh – holati juda og‘ir, aziyat chekishini yengillashtirishga muhtoj bemorlar. Ular umumiy shikastlanganlarning 20 % ni tashkil qiladi. Shikastlanganlar ko‘p miqdorda to‘plangan joylardan birinchi navbatda hayoti havf ostida qolgan (masalan, davomli ichki hon ketishi), lekin tirik qolish imkoniyati bor bo‘lganlarni transportirovka qilish talab qilinadi. Terminal holatdagi bemorlarni shu joyda simptomatik yo‘l bilan davolab, transportirovka qilinmaydi.Shikastlanganlarni transportirovka qilish faqat sanitar transportida amalga oshirilishi kerak. Yordamchi transport vositasi sifatida yuk avtomobillaridan, avtobuslardan foydalanish mumkin, bunda bemorlarni matrasli shitlarga yotqizib olib borish maqsadga muvofiqdir. Olib
boriladigan shifohona 20 km va undan uzoq bo‘lsa, vertolyotdan foydalanish ma’quldir.
Tabiiy ofatlar sonini kamaytirishda binolarning chidamli qurilishi, to‘siqlar o‘rnatilishi va boshha mahsus himoya choralari bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Hona ichida zilziladan ko‘riladigan talafotlarga qarshi himoya choralari sifatida quyidagilar bajarilishi lozim: isitish va boshqa moslamalarning bino devoriga qattiq mahkamlanishi, tom va tom yopg‘ichlarining yengil, qattiq jihozlarning pol va devorlarga mahkamlanishi, shkaf va muzlatgichlarning zarbalardan himoyalangan bo‘lishi, televizorlar yong‘in va portlash havfi bo‘lganligi uchun devorga mahkamlangan bo‘lishi kerak. Aholini zilzila havfidan va undan ko‘riladigan talafotni kamaytirish maqsadida muntazam o‘qitib borish kerak.
HAVF TUG’DIRUVCHI HOLATLAR
(CHO‘KISH, BO‘G’ILISH VA ZAHARLANISH)DA
YORDAM KO‘RSATISH
Cho‘kish– o‘tkir patologik holat bo‘lib, insonning tasodifan yokiko‘zlangan holda suyuqlikka (asosan suvga) botishi natijasida rivojlanadiva bu atrof muhit bilan gaz almashinuvini hamda nafas organlariga havotushishini qiyinlashtiradi yoki butunlay to‘htatadi. Nafas olish organlarining anatomik butunligi saqlangan hollarda, nafas olish saqlanganda, nafas olish yo‘llariga suv yoki boshqa suyuhlik aspiratsiyasi(tiqilishi); laringospazm natijasida o‘pka gaz almashinuvining to‘htashi;psihik yoki reflektor ta’sirlar (sovuqdan shok, suvga urilish) natijasidayurakning to‘htashiga sabab bo‘lishi mumkin. Cho‘kishning terminal holatga o‘tishi suvda sovqotishning ohirgi bosqichida rivojlanadi, bundagaz almashinuvining va yurak faoliyatining hamda muskul harakatlariningbuzilishi organizmni stupor holatga va hushning yo‘qotilishiga olib keladi. Asfiksik vahaqiqiy cho‘kish tafovut qilinadi. Asfiksik cho‘kishdato‘satdan kuchli sovqotish natijasida yurak faoliyati va nafas olishningreflektor to‘htashi kuzatiladi. Bunga bog‘liqcho‘kish juda tez sodirbo‘ladi. O‘pkalar suv bilan to‘lmagan, teriqoplamlari esa oqish rangdabo‘ladi. Jabrlanuvchini suvdan olib chiqqandan keyin yuqori nafasyo‘llaridan ko‘piksimon moddalar ajraladi. Haqiqiy cho‘kishda esa jabrlanuvchi asta-sekin cho‘kadi, suv sekinlikbilan o‘pkaga tushadi, bemor ko‘karadi, ko‘pincha og‘iz va burnidanpushti rangdagi ko‘piksimon moddalarning ajralishi kuzatiladi. Yurakningyopiq massajini o‘tkazganda va ko‘krak qafasiga bosilganda ko‘pikmiqdori nisbatan ko‘payadi. Dengiz suvida cho‘kishdan chuchuk suv havzasiga cho‘kish bir-biridan katta farqqiladi. Chuchuk suv havzasidanatriy ionlari qon plazmasidagiga qaraganda kamroq, nafas yo‘llarigatushgan suv tezda qonga so‘riladi, bu qonning suyulishiga olib keladi, qoneritrotsitlari o‘zgaradi. Dengiz suvi natriy ionlariga boy va uning osmotic bosimi qonnikidan balandroq. Dengiz suvi o‘pka alveolasiga tushganda qonning suyuqqismi alveolaga yo‘naladi, bu o‘tkir o‘pka shishini
chaqiradi.Voqea sodir bo‘lgan joyda va qutqarish stansiyasiga transportirovka qilish vaqtida tez yordam berishning jonlantirish usullarini yahshi biluvchishahslar bilan o‘tkazishqutqarish imkoniyatini yanada oshiradi.Cho‘kishning boshlang‘ich davrida yordam berish tinchlantirishga, qon va qon aylanishini yahshilashga (shokka qarshi, isitish, artish, analeptiklar) qaratilgan bo‘ladi. Agoniya va klinik o‘lim davrlarida mustaqil nafas olish va yurak qisqarishlarini tiklash uchun kompleks jonlantirish choratadbirlario‘tkaziladi.
Cho‘kishda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam.Suv toshqinlari, sel olib ketishi hollari ham favqulodda holatlar qatoriga kiradi.Bunda cho‘kish hollari ko‘p uchraydi.Shuning uchun cho‘kayotganlarni qutqarish va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish katta ahamiyat kasb etadi.Inson suv ostiga tushib qolganda kuchli harakatlanish holatiga keladi. U suv yuzasiga chiqishga va turishga intiladi, tez-tez moslashmagan harakatlar qiladi. Cho‘kish vaqtida cho‘kuvchi nafas ushlab, suv yuzasiga chiqadi va havo olib, yana suvga botadi. Maromsiz nafas olish va nafasni tutib turish qonda karbonat angidridining to‘planib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, beihtiyor nafas olishga olib keladi. Bu vaqtda suv ko‘p miqdorda traheya, bronh va alveolalarga tushadi. Suv ostida muntazam nafas olish bir necha sekundgacha davom etadi. So‘ngra bir minutgacha ikkilamchi nafas to‘htashi, keyin esa agonal nafas bo‘ladi. Yurak faoliyatining to‘htashi cho‘kishda qorinchalar fibrilyatsiyasi natijasida kelib chiqadi. Chuchuk suvga cho‘kish vaqtida o‘pka orqali honga ko‘p miqdorda suyuqlik tushib, qonning suyuqlashshiga, eritrotsitlar gemoliziga va ionlar tengligi buzilishiga olib keladi. Bu omillar gipoksiya sharoitida qorinchalar fibrilyatsiyasini keltirib chiqaradi.Yurak faoliyati nafas olishdan avvalroq to‘htab qoladi. Dengiz suvida cho‘kish vaqtida suv o‘zining gipertonikligi natijasida o‘pkadan qonga o‘tmaydi, lekin tarkibidagi tuz moddalari qonga o‘tadi, qondan o‘pkaga esa plazma oqsillari o‘tishi kuzatiladi. Yurak faoliyati nafas olishdan ancha keyin to‘htaydi. Suv ostida 3 minutdan 30 minutga qadar bo‘lgan odamni qaytadan tiriltirish mumkin. Bu vaht o‘limning turiga, suv haroratiga, cho‘kish vaqtidagi markaziy nerv tizimining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Cho‘kkanlarga birinchi tibbiy yordam berishga kirisha turib, cho‘kuvchining hushidan ketgan-ketmaganligi, yurak faoliyati va nafas olishini aniqlash kerak. Yordam ko‘rsatish hodisa yuz bergan joydan boshlanib, yo‘lda davom ettiriladi. Kasalni faqat terminal holatdan chiqarilgandan keyingina transportirovka qilish mumkin.
4-rasm.Cho‘kkanlarga birinchi tibbiy yordam berish
Agar cho‘kuvchi hushidan ketmagan bo‘lsa, tinchlantirib, ho‘l kiyimlar yechiladi va isitilib, choy, kofe, spirt yoki valeriana tindirmasi beriladi. Bunday shahsni kasalhonaga yotqizish maqsadga muvofiqdir. Cho‘kuvchi suvdan hushsiz, lekin yurak faoliyati va nafasi saqlangan holda olib chiqilsa, unga navshadil spirti hidlatilib, badani isitiladi. Agar zarurat bo‘lsa, yurak va nafas faoliyatini yahshilovchi dori-darmonlar qilinadi va eng yaqin davolash muassasasiga jo‘natiladi. O‘lim holatidagi cho‘kkanlarning, avvalo, nafas yo‘llari yot jismlar, suv va shilimshiq moddalardan tozalanib, sun’iy nafas oldiriladi va yurak massaji o‘tkaziladi. Agar yot jismlar cho‘kuvchining og‘iz bo‘shlig‘ida bo‘lsa, ular ho‘l bilan olib tashlanadi. Ko‘rsatkich barmoqtomoqqa kiritilib, nafas yo‘lining ochiq yoki yopiqligi tekshirib ko‘riladi. Jag‘lar bir-biriga qattiq qisilib qolgan bo‘lsa, nafas oldirish og‘izdan-burunga qilinadi. Havo burun orqali o‘tmasa, og‘iz tezda ochilishi kerak.Og‘iz ochuvchi asbob bo‘lmasa, og‘izni har qanday yupqa metallda ochish va uni ochiq holda biron-bir buyum bilan ushlab turish mumkin. Nafas yo‘llari, oshqozondan suyuqlik va ko‘piklarni chiqarib yuborish uchun cho‘kuvchi qorniga yotqizilib, sonidan ko‘tariladi va qorni bilan qutharuvchining tizzasiga yotqiziladi. Chap qo‘l bilan cho‘kuvchining orqasiga bosiladi. Nafas yo‘llari va oshqozonning bu yo‘l bilan butunlay tozalanishi qiyindir. Laringoskop yordamida traheyani intubatsiya qilish nafas yo‘lini tozalashning ishonchli usullaridan biridir. Traheyaga kirgizilgan intubatsion naycha orhali yuqori nafas yo‘llaridan suv va ko‘piklarni tortib olish mumkin. Qon aylanishini tiklash yurakni yopiq massaj qilish bilan boshlanadi. Bu muolaja cho‘kuvchi suvdan chiqarib olinishi va sun’iy nafas oldirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Shunday qilib, cho‘kish vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligi o‘z vaqtida tez va to‘g‘ri o‘tkazilgan, shuningdek markaziy nerv tizimi funksiyasi, nafas hamda yurak faoliyatini tiklashga qaratilgan muolajalar majmuasiga bog‘liqdir.
Vrach kelgungacha bo‘lgan tez yordam chora-tadbirlari:
1) og‘iz bo‘shlig‘i va halqumni barmoqqa o‘ralgan bintli bo‘lakchayoki tortib oluvchi nasos yordamida har hil yot narsalardan va suvdantozalash;
2) tezda sun’iy nafas (og‘izdan-og‘izga yoki og‘izdan-burunga) vayopiq yurak massajini o‘tkazishni boshlash;
3) oksigenoterapiya;
4) jabrlanuvchini issih choyshab bilan yopish;
5) hayot funksiyalari tiklangandan so‘ng reanimatsion chora-tadbirlarnito‘htatmagan holda davolash muasasalariga shoshilinch yuborishniamalga oshirish.Cho‘kkanlar zambillarda gorizontal holatda, bosh tomonini pastga qaratilgan holatda tashiladi. O‘pka shishganda esa tananing yuqori qismiga ko‘tarilgan holat beriladi.
«Ikkilamchi cho‘kish» haqida tushuncha
Qutqarish vaqtida davolash muassasi chora-tadbirlariga muhtojbo‘lmagan cho‘kkanlarni ham shifohonaga yuborish kerak. Cho‘kish vaqtidagi yoki undan keyingi, hatto qisqa muddatli, hushdan ketishhamcho‘kishning og‘ir asoratlari sifatida jiddiy ogohlantirish deb qaralishikerak. Transportirovka vaqtida nafas olishning o‘tkir buzilishi yana qaytalanishi yoki birinchi marta boshlanishi mumkin.«Ikkilamchi cho‘kish» sindromi ko‘krakda og‘riqlar paydo bo‘lishiyoki ularning kuchayishi, havo yetishmasligini sezish, teri va shilliq qavatlarning ko‘karishi, tahikardiyaning kuchayishi kabi belgilar bilanboshlanadi. Qon aralashbalg‘am ko‘chishi kuzatiladi. «Ikkilamchicho‘kish» sindromi ba’zan abortiv holda, ba’zan kuchayib boruvchi o‘pka
qalinlashuvi, ba’zan esa kuchayuvchi alveolyar shish rivojlanishi bilankechadi. «Ikkilamchi cho‘kish»ning boshlang‘ich belgilarida bemordao‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi o‘tkaziladi, natriy oksibutirat va albumin,saluretiklar eritmalarining konsentrlangan aralashmalaridan yuboriladi.
Bo‘g‘ilish – o‘pkaga havo o‘tishi uchun to‘siqlar bo‘lganda kelibchiqadi. U yuqori nafas yo‘llariga yot jismlarning tushishi, shikastlanishiyoki ovoz boylamlarining tirishuvchi spazmlari bilan asoslanishi mumkin.U ko‘krakqafasining tashqaridan uy bo‘laklari bilan, yer ko‘chmalaribilan bosilishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Nafas sihishidabirinchi yordam berilganda, avvalo, toza havoning o‘tishi uchun qulay
sharoit yaratishga harakat qilish, keyin jabrlanuvchini jonlantirish chora-tadbirlarini
boshlash kerak.O‘zini o‘zi o‘ldirish maqsadida ham bo‘g‘ilishhodisalari kuzatiladi.
Bu kabi o‘z joniga qasd qilishda sirtmohdan foydalanadilar. Ahvolningog‘irlik darajasi bo‘g‘ilish davomiyligiga va sirtmoqni qo‘yish usuligabog‘liq. Osilish yoki sirtmoq bilan bo‘g‘ishning doimiy belgilaridan birioqish yoki qo‘ng‘ir rangdagi strangulyatsion egat hosil bo‘lishi, yuzningko‘karishi, burun-halqum giperemiyasi, shish va ovoz bog‘lamlari orasiga qon quyilishidir. To‘liq osishda hushdan ketish bilan birga, koma
rivojlanadi, ko‘z qorachihlarining yoruhlikka javob reaksiyasiningyo‘qolishi, muskullarning bo‘shashishi, nafasning to‘htashi, ba’zi hollardaihtiyorsiz defekatsiya va siydik ajratishham kuzatiladi. O‘lim 4–5minutdan so‘ng boshlanadi. Birinchi yordam osilgan shahsni tezdako‘tarish va fiksatsiya qilish, arqonni tugunidan yuqoriroqdan qirqish vatugunni bo‘shatishdan iborat. So‘ngra kichik reanimatsion yordamko‘rsatiladi:
– traheyaga intubitsion trubka qo‘yib havo beriladi;
– yurakning bilvosita massaji o‘tkaziladi;
– oksegenoterapiya;
– yurak va nafas analeptiklar (strofantin, kardiamin);
– asosiyhayot funksiyalari tiklangandan so‘ng eng yaqin shifohonagatransportirovka zambilda amalga oshiriladi.
5-rasm.Yurakning bilvosita massaji
Zaharlanish – o‘tkir kasallik kabi boshlanib, organizmga kimyoviymoddaning toksik ta’siri natijasida yuzaga keladi.Zaharlanishning huyidagi turlari bir-biridan farqqiladi:
a) maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan);
b) ishlab chiqarishdagi;
v) bolalardagi;
g) tibbiy;
d) biologik;
e) ovqatdan.
Organizmga zaharning tushish yo‘llari to‘rthil bo‘ladi:
1) ingalyatsion (tutun holida);
2) teri orqali;
3) ichak orqali;
4) parenteral (ko‘pincha tibbiy).
Oziq-ovqat moddalari bilan zaharlanganda oshqozonni zond orqali18–20 0C haroratdagi 12–15 l suv bilan (har bir porsiyasi 300–500 ml
bo‘lishi kerak) yuvish lozim.
Ilon chaqqanda, teri ostiga yoki muskul orasiga toksik moddatushganda 6–8 soatga o‘sha joyga sovuqqo‘yiladi, 0,3 mg 0,1 % liadrenalin eritmasi, ilon chaqqan joyning yuqorisiga esa novokainblokadasi qilinadi.
Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olibchiqib, nafas olish yo‘lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim.Teriga toksik modda tushganda terini ohar suvda yuvib tashlash kerak.Toksik modda to‘g‘ri ichakka, qinga, siydik pufagiga yuborilgandaularni klizma, sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim.Toksik moddani qon aylanish sistemasidan chiqarish uchun siydik haydovchi vositalar qo‘llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi.O‘tkir zaharlanishdagi asosiy patologik sindromlar. Nevrologiko‘zgarishlar turli-tumanligi bilan farqqiladi, bu markaziy va periferik asabtizimi strukturasiga bevosita toksik ta’sir natijasida hamdazaharlanganning boshqa a’zolari (jigar va buyrak) funksiyalariningbuzilishi hisobiga bo‘ladigan intoksikatsiyalar natijasida kelib chiqadi.Eng og‘ir psihonevrologik o‘zgarishlarga intoksikatsion psihoz, toksikkoma, tirishish sindromi kiradi.Yurak-tomir faoliyatining buzilishi bu toksik shok bo‘lib, u arterialbosimining birdaniga pasayishi, teri oqarishi, tahikardiya, hansirash, qontarkibining o‘zgarishi bilan kechadi.
Yurakka birlamchi ta’sir qiluvchi zaharli moddalar bilanzaharlanganda, yurak ritmi, uning o‘tkazuvchanligi buzilishi kuzatiladi vakollaps rivojlanadi.Nafas olishning buzilishi huyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
1) aspiratsion-obturatsion shakli. Bu tilning orqaga ketishi vaqusih massalari tufayli tiqilib qolishi bilan kechadi;
2) nafas o‘zgarishlarining markaziy shakli ihtiyoriy nafas olish harakatlarining yo‘qligi yoki yetishmasligi bilan kechadi;
3) o‘pka shokining rivojlanishi bilan bog‘liq – o‘pka shishi,pnevmoniya, bronhospazm bilan kechadigan o‘tkir traheobronhit.
Oshqozon-ichak tizimining shikastlanishi o‘tkir gastro-enterit, qusish ,ich ketishi, qorinning har hil joyida va turli intensivlikdagi og‘riqlarko‘rinishida kechadi.Jigarning shikastlanishi jigarning kattalashishi va og‘riq bo‘lishi, ko‘zsklerasi va terining sarg‘ayishi bilan kechadi. Odatda qisqa vaqt ichidaasabiy o‘zgarishlar ham qo‘shiladi – bezovtalik, qon ketishi, teri va shilliq qavatlarga qon quyilishi.Buyraklar shikastlanganda, ko‘pincha tezda o‘tkir buyrak yetishmovchiligirivojlanadi.Oshqozon-ichak traktida toksik moddalar yig‘ilishi mumkin, shuninguchun oshqozon va ichak yuvilishi kerak.
ISHLAB CHIQARISH JOYLARIDA ZAHARLANGANDA BIRINCHI YORDAM
Ishlab chiqarish sharoitida zaharlanish organizmga zaharli gazlar suyuqliklar yoki changlarni kirishidàn sodir bo`ladi. Uglerod oksidi (is gazi) bilan zaharlanish isitish uskunalaridan noto`g`ri foydalanganda yuz beradi. Ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gaz tarkibida ham ugrerod oksidi ko`p mihdorda bo`ladi.ZAHARLANISH-zaharli modda organizmga me'da ichak,nafas yo'llari orhali kirganda,teridan so'rilganda, teri ostiga,muskul orasiga, venaga yuborilganda ro'y beradigan kasallik holati. Zaharlanishga sabab bo'ladigan modda mihdori(dozasi)hanchalik kam bo'lsa,uning toksikligi yani zaharliligi shunchalik kuchli nomoyon bo'ladi Kundalik hayot tajribasidan malumki,davo dozalarida ichiladigan ko'pgina kimyoviy preparatlar organizmning biror kasallik tufayli buzilgan qator funksiyalarining tiklanishiga yordam beradi,yani davo qiladi O'sha bitta kimyoviy preparatning o'zi bir qator hollarda organizmga ta'sir etishiga qarab, ham zahar ham dori bo'lishi mumkin.Uglerod oksidi bilan zaharlanganda bosh og`richi, bosh aylanishi, kungi l aynishi, hansirash, og`ir holatlarda esa yo`ldan chalqish va hushni yo`qotish mumkin. Zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishini toza havoga olib chihish, boshiga sovuq kompress bosishva nashatir spirtni hidlatish kerak. Shikastlangan kishi qaytqilmohchi bo`lsa uni yoni bilan yotqizish lozim. Agar hushini yo`qotsa zudlik bilan vrachni chaqirish va u kelgungaqadar sun`iy nafas berish kerak. Zaharli himikatlar bilan zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishiga zudlik bilan birinchi yordam berish kerak.Har qanday zaharlanishda avvalo organizmga zaharlarni kirishini to`htatish tadbirlarini ko`rish kerak. Agar zaharlanishhonada yuz bersa shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, zaharli himikatlar bilan ifloslangan kiyimlarini echish zarur.Agar zahar organizmga tomoq yo`llari orqali kirgan bo`lsa, shikastlangan kishiga bir necha stakan iliq suv yoki margantsovkaning kuchsiz eritmasidan ichirish, so`ng qayt qildirish kerak. Qayt qilgandan keyin, zaharni yo`qotish uchun jarohatlangan kishiga 2-3 oshqoshiq faollashtirilgan ko`mir qo`shilgan yarim stakan suv ichirish zarur.qaydhilingan tadbirlar, zahar turidan qat`iy nazar qo`llaniladi. Agar zahar turi anihbo`lsa uning tarkibiga bog`liq ravishda, qo`shimcha tadbirlar qo`llaniladi. Buning natijasida oshqozonga kiritilgan modda zahar ta`sirini neytrallashtiradi.Zaharli himikatlar teriga tekkanda suv oqimi bilan yahshilab sovunlab yuvish yoki zaharni teriga ishqalamasdan, artmasdan doka latta yordamida tushirish so`ng esa sovuq suv yoki kuchsiz ishqorli eritma bilan yuvish talab etiladi.
TERI SHIKASTLANGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM
Terining timdalanishi, qirilishi, tilinishi.Bunda jarohat toza sovuq suv bilan, keyin kaliy permanganatning och pushti rangli (1:1000) eritmasi bilan yuviladi; so'ngra atrofiga yod eritmasi yoki yashildori (zelyonka) surtib, sterillangan bint bilan bog'lab qo'yiladi.Agar jarohat kattaroq bo'lsa, yuqoridagi birinchi yordam berilgandan so'ng jarroh yoki travmatolog shifokorga murojat qilinishi kerak.Jarohatga tuproq, ozonkuya kabilarni sepish mutIaqo mumkin emas, chunki ularda har hil mikroblar bo'lib, jarohat yiringlashi mumkin.
YURAKSOHASIDAGIOG'RIQLARVAYURAKSOHASIDAGIOG'RIQLARDABIRINCHIYORDAM.
Yuraksohasidagiog'riqyuraktomirininguzoqsiqilishiyokiqisqarishioqibatidayurakmuskuliningqonbilantaminlanishietarlidarajadabo'lmaganliginatijasidanomoyonbo'lishimumkin.Bundayholatstenokardiyahurujidaro'yberadi.Bundayholdaog'riqto'shorhasigayokiuningchaptomonigatarqalib,chapqo'lyokikurakdabilinadi,og'riqsihuvchiezuvchibo'lib,o'limqo'rquvi,quvvatsizlik,tananingtitrashi, qattihterlashbilandavometadi. Og'riqhurujibirnechaminutdanbirnechasoatgachadavometishimumkin.Yuraksohasidaog'riqhurujibo'lganbemorshoshilinchyordam,sinchkovnazoratvaparvarishgamuhtojbo'ladi.
Birinchi yordam ko'rsatish:
1. Bemorga qulay holat yarating,tozahavo kirishini taminlang,siqib turuvchi kiyimlarini eching,pulsni aniqlang,arterial bosimini o'lchang.
2. Bemorni tili tagiga validol tabletkasini bering.
YURAK ASTMASIDA BIRINCHI YORDAM.
Yurak astmasi-to'satdan qattiq nafas qisishi,bunda bemor o'zini bo'g'ilib holaymtgandek his qiladi,gipertoniya kasalligi,yurakning ishemik kasalligi,yurak poroklari,nefrit kasalliklar bilan og'rib yurgan bemorlarda yurak ishi etishmovchiligi tufayli kelib chiqadi.BRONHIAL ASTMA-mayda bronhlarning torayishi,shilliq pardasining ko'pchishi va ichiga shilimshih tiqilishi natijasida vaqt-bevaqt nafas qisishi,bo'g'ilishhurujlari bilan o'tadigan allergik kasallik.Huruj to'satdan turli hil vaqtda paydo bo'ladi,nafas olishqiyinlashadi,hususan nafas chiqarish,hushtaksimon hirillashpaydo bo'ladi va u masofada eshitiladi. Nafas olish tezlashgach yopishqoq shishasimon, qiyin ko'chuvchi balg'am ajraladi.Bo'g'ilishhuruji bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Juda og'ir hollarda astmatik holat rivojlanadi,bunda huruj bir necha kun davom etadi,yoki huruj ketma -ket, qisha oraliqlar bilan kechadi.
YURAK O'YNASHIDABIRINCHI YORDAM.
Yurak qisqarishlari tezligining oshishi(tahikardiya)bemor tomonidan"yurak urushi"deb qabul qilinadi va ko'pincha rivojlanayotgan yurak patologiyasining birinchi belgisidir. Ba’zi vaqtlarda yurak o'ynashi asab regulyatsiyasi turg'un bo'lmagan sog'lom odamlarda paydo bo'ladi;bunday hollarda valeriana ildizi,ratsional fizkultura samara beradi.Yurak o'ynashi bemorga qulaysizlik keltirsa unga 1-yordam ko'rsatish zarur. 1. Bemorni tinchlantiring. 2. Bemorni qulay holatda o'tqazib qo'ying. 3. Toza havo olishini taminlang 4. Bemorning qisib turadigan kiyimlarini echib tashlang. 5. Pulsning astotasi va harakteristikasini anihlang. 6. Yurak o'ynashi avval ham ro'y bergan o'lsa,bemordan o'ziga qanday yordam berilganini, qanday dorivor preparatlarini qanday dozada qabul qilganini,yurak o'ynashi o'zi o'tib ketganmi,shularni aniqlang. 7. Yurak o'ynashi takrorlangan hollarda shifokorning maslahati zarur.
INSULTDA BIRINCHI YORDAM.
Insult-miyada qon aylanishining to'satdan buzilishi,miyaga qon quyilishi yoki miya tomirlariga tromb tiqilib qolishi(tromboz)natijasida ro'y beradi.Miyaga qon quyilganda bemor to'satdan yiqilib,hushdan ketadi. Tomirlar trombozida esa qon aylanishi bir muncha sekinlik bilan buziladi va bunda kishi bazan hushdan ketmaydi. Insultda kasallikning 5-7-kuniga borib,ko'pincha bemor tanasining o'ng yoki chap yarmi falajlanadi. O'ng tomon falajlanganda aksari nutqham buziladi.
ELEKTR TOKIDAN JAROHATLANGAN KISHIGA BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH
Inson elektr tokidan jarohatlanganda uni avvalo elektr tokining ta`siridan qutqarish kerak.Bunga jarohatlangan kishini tok o`zatuvchi qismlardan ajratish yoki kuchlanishni o`chirish bilan erishiladi.Kuchlanish 1000 Vgachabo`lgansetlarnitoko`zatuvchiqismlardanodamniajratish, quruqtayoq, yog`och, kiyimyokiboshqabirorbirtoko`tkazmaydigannarsalaryordamidaamalgaoshiriladi.
7-rasm.Elektr tokidan jarohatlankishini tok o`zatuvchi qismlardan ajratish
Agarodamnitokuzatuvchiqismlardanajratishqiyinbo`lsa, tokuzatuvchisimniquruqdastaliboltayokiboshqàizolyatsiyalangandastaliqurol' bilanchopishkerak.Kuchlanish 1000 V dan yuqori bo`lgan setlarda jarohatlangan kishini ajratish izolyatsiyalangan shtangà yoki qisqich, dielektrik qo`lqop va botinkalar yordamida bajariladi. Shubilanbirgaunutmaslikkerakki, tokta`siriostidaodamgaelektrhavfsizligitadbirchoralariko`rmasdantegishqutqaruvchikishiningo`ziuchunhavflidir. Jarohatlangankishigayordamberishdamuvaffahiyatningasosiyshartiyordamberishningtezligihisoblanadi, chunkiinsonyuragisholbo`lgandanbeshminutdanso`nguniasrabqolishmumkinemas.Agarjarohatlangankishibalandlikdabo`lsakuchlanishnio`chirishdanoldinuniyiqilishihavfsizliknitaminlashkerak. Elektr tokidan shikastlanishning barcha holatlarda jarohatlangan kishini holati qanday bo`lishidan qat`iy nazar vrachga murojat qilish lozim. Elektr toki ta`siridan inson qutharilgandan so`ng uning holatini aniqlash zarur bo`ladi. Agar jarohatlangan kishi odam hushida bo`lsa uni qulay joyga yotqizish va vrach etib kelguncha uni tinch ko`yish va doimiy ravishda nafas olishini va yurak urishini kuzatish talab etiladi.Agar shikastlangan kishi hushini yo`qotgan holatda bo`lib, lekin nafas olayotgan va yuragi urayotgan bo`lsa uni qulay holatda yotqizilib, yoqa tugmalarini va belidagi qayishini echish kerak hamda burniga nashatir spirtga namlangan pahta tutish yuziga suv purkashhamda uni tinch ko`yish lozim.Nafas olishva yurak faoliyatini to`htashi elektr toki ta`sirini eng og`ir oqibati hisoblanadi.Agar jarohatlangan kishi nafas olmayotgan lekin yuragi urayotgan bo`lsa unga sun`iy nafas berishga kirishish kerak. Agar yurak urishi ham to`htagan bo`lsa unga sun`iy nafas berishbilan birgalikda yuragini ham tashqi massaj qilishni bajarish talab etiladi.Sun`iy nafas berishning eng samarali yo`li jarohatlangan kishining og`zidan yoki burnidan og`iz bilan havo puflashhisoblanadi. Bunda jarohatlangan kishi orqasi bilan erga yotqizilib kiyimlari yoki boshqa narsa o`rab qopqoqlari va bo`yni ostiga qo`yilib bo`yni ko`proq orqaga egiltiriladi va og`iz bo`shlg`i suvdan tozalanadi va tili chiqariladi.Jarohatlangan kishini burni qisiladi og`iz va burunga quruq rumolcha yoki doka salfetka qo`yilib yo`rdaì berayotgan kishi ikki-uch chuqur nafas olib jarohatlangan kishi og`ziga havo puflaydi. Sun`iy nafas berish chastotasi minutiga 12…14 martadan oshmasligi lozim, chunki bu tabiiy nafas olish ritmiga mos keladi.
8-rasm. "Og`izdanog`izga" sun`iynafasberish.
Sun`iy nafas berishni jarohatlangan kishida ritmik nafas olish tiklanguncha davom ettirishlozim.Sanoatda sun`iy nafas berishning apparatlari chiqarilgan. Bu moslama komplektida niqobvahar hil o`lchamdagi (katta yoshdagilar va o`smirlar, bolalar uchun) havo puflagichlar kiradi.Agar shikastlangan kishida yurak urishi kuzatilmasa yuragi tashqi massaj qilinadi. Buning uchun jarohatlangan kishi orqasi bilan biror bir qattiq tekis yuzaga yotqizilib, old tugmalari echilib ko`kragi ochiladi. Yordam beruvchi odam bunda bir qo`lini ko`krak qafasining kerakli joyiga kafti bilan, ikkinchiqo`lini esa ko`krakka qo`yilgan qo`l ustiga kafti bilan qo`yilgan holda ko`krakni umurtqa tomonga bosadi.Bundako`krakqafasifaqattikholatda 3…4 smgachachuqurlikkaminutiga 60 martachastotabilanbosiladi. Ko`krakdan bunday bosishda yurakdan siqib chiqarilgan qon, qon tomirlarga kiradi.Yurakni massaj qilishda qovurg`aga zarar bermaslik uchun ehtiyot bo`lish kerak. Massajning samaradorligi katta arteriya qon tomirlarda pul'sning paydo bo`lishi bilan baholanadi.Ko`p hollarda jarohatlangan kishilarni yuragini massaj qilish ularga sun`iy nafas berish bilan birga olib boriladi. Bunda sun`iy nafas berishni ko`krak qafasini bosish vaqti oralig`ida bajarish kerak. Yahshisi buni ikki kishi bajargani maqul, bir kishi ko`krak qafasini 4…5 marta bosadi, so`ngra ikkinchi kishi jarohatlangan kishi o`pkasiga havo puflaydi. Bu jarayon shu holatda takrorlanadi.Meditsina hodimi yurak faoliyatini tiklovchi samarali usul tajribalariga ega bo`ladi. bu maqsad uchun defibrillyator degan mahsus apparatlar qo`llaniladi va ular yordamida yurak orqali yuqori kuchlanishli qisqa elektr zaryadi hosil qilinadi va bu yurak muskullarini umumiy qisqarishiga sabab bo`ladi.
9-rasm.Chapdanvayurakni (tikbo`lmaganholda)tashqimassajqilish (o`ngdan).
KUYGANDA VA SOVUQ URGANDA BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH
Kuyishlar teriga yuqori haroratni ta`sirida (termik) va kislota va ishqorlarni ta`sirida (kimyoviy) sodir bo`ladi.
10-rasm.kuyishda terining kuygan joyi sovuq suv oqimi bilan yuviladi.
Og`irligi bo`yicha kuyishlar to`rt darajaga bo`linadi.Birinchi darajali kuyishda terining qizarishi, unda shish paydo bo`lishi, ikkinchida - suyuqlikka tulgan pufaklarni paydo bo`lishi, uchinchida - terini o`lishi, to`rtinchida - terining ko`mirga aylanishi kuzatiladi.Birinchi darajali kuyishda terining kuygan joyi toza suv oqimi, sovuq sut mahsulotlari (qatih, smetana va boshqa), odekalon, aroq yoki margantsovkaning kuchsiz eritmasi, 700 li spirt bilan namlanadi.Ikkinchi va uchinchi darajali kuyishda terining jarohatlangan joyiga mikroblarni o`ldiradigan material qo`yib bog`lanadi. Suyuqlikka to`la pufaklarni yorishva kiyimlarni yopishgan joylarini ajratish mumkin emas.Tananing kuygan joylarini kiyimlardan ajratishda o`ta ehtiyot bo`lish talab etiladi. Bunday hollarda kiyimni echishda, tananing kuygan joyi shilinmasligi va ifloslanmasligi kerak.Ýlektr yoyi ta`sirida ko`zlar kuyganda uni 2 % li bor kislotasi eritmasi bilan chayish kerak.Kislota va ishhorlar ta`sirida tananing kuygan joyi 12…20 minut davomida sovuq suv oqimi bilan yuviladi. So`ng, kislotadan kuygan holatda soda eritmasi bilan, ishqorda kuyganda esa sirka yoki bor kislotasining kuchsiz eritmasi bilan chayiladi.To`rtinchi darajali kuyish terini og`ir jarohatlanishiga olib keladi, bundan tashqari u jarohatlangan odamni esankirashiga ham sabab bo`lishi mumkin. Bunday holatda esankirashhushni yo`qotishga olib keladi. Buning natijasida tomir urishini qiyinchilik bilan aniqlaniladi, ko`z aylanadi, nafas olish tez va yuzaki bo`ladi, ba`zan sezgirlik yo`qolib, inson birdan oqarib ketadi. Bunday kuyishda vrachgacha birinchi yordam quyidagilardan iborat bo`ladi: jarohatlangan kishini kuygan joyiga yopishgan qolgan kiyimlari ehtiyotlik bilan echiladi. Kiyim bo`laklari tortib olinmaydi, balki, kuygan joy chegarasidan qaychi bilan kesib olinadi. Teriga margantsovkani kuchsiz eritmasi bilan ishlov berilib sterillangan bog`lam qo`yiladi. Vrachgacha birinchi yordam ko`rsatilgandan so`ng jarohatlangan kishi tezlik bilan tibbiyot muassasasiga olib boriladi.Sovuq urishholatlari asosan yilning sovuq davrida ochiqhavoda ishlaganda kuzatiladi.Sovuq urishi to`rt darajaga bo`linadi. Birinchi darajali sovuq urishda terida oqarishva shish kuzatiladi, uning sezgirligi kamayadi. Ikkinchi darajali sovuh urishning harakterli belgilari terida yorhin rangli suyuqlik pufaklari paydo bo`ladi. Uchinchi darajali sovuq urishda terini o`lishi, qonli suyuhliklarga to`lgan pufaklar va to`rtinchi darajali sovuq urishda barcha yumshoq to`himalarning o`lishi kuzatiladi.Birinchi darajali sovuh urishda tanani shikastlangan yuzasi toza yumshoq mato bilan qizarguncha yoki issiqlik sezgunicha ishqalanadi.So`ng terining sovuq urgan joyi odekalon yoki aroq bilan artiladi va qizdirilgan mikrobni o`ldiradigan material qo`yib bog`lanadi. Sovuq urgan terini qor bilan ishqalash tavsiya etilmaydi, bunda teri shikastlanishi va infektsiyalanishi mumkin.Terining katta qismini sovuq urib, butun organizm sezilarli yahlaganda, jarohatlangan kishiga issiq vanna (370S dan yuqori bo`lmagan) qabul qilish tavsiya etiladi. Bunda bir vaqtda uni massaj va butun tanasini ishqalash kerak. Bu vaqtda jarohatlangan kishiga issiq choy yoki kofe ichirish mumkin. Tananing sovuq urgan yuzasini hona haroratidagi suvga to`ldirilgan tog`ora yoki satilga tushirishva suvni haroratini asta-sekin 370S ga etkazish kerak. Ikkinchi, to`rtinchi darajali sovuq urganda shikastlangan teri mikroblarni o`ldiradigan material bilan bog`lab, jarohatlangan kishini davolash muasasasasiga olib borish mumkin lozim. Og`ir hollatlarda, agar shikastlangan kishida hayot alomati ko`zga ko`rinmasa, sun`iy nafas berish tavsiya etiladi.
ICHKI QÎN KÅTISHIDÀ VRÀCH KÅLGUNICHÀ YORDÀM KO`RSÀTISH
Ichki qîn kåtishidàqîn îqishini vàqtinchà o`htàtishning sàmàràli usullàri yo`q. Àmmî bir qàtîr chîràlàr ko`rish uning kuchini kàmàytirishi và jàrîhàtlàngàn kishini hirurgiya bo`limigà tåz yordàm ko`rsàtish uchun îlib bîrishgàchà kåtgàn vàqtni yutishgà imkîn båràdi. bu chîrà-tàdbirlàrgàquyidàgilàr kiràdi: 1) qînàyotgàn gàvdàqismini bàlàndrîko`tàrib, zàmbilning bîshqismini tushirgunchàhåch bir qimirlàtmàslik; 2) sîvutish usulini qo`llàsh; 3) qîn ivishini kuchàytiràdigàn dîrilàrni qo`llàshlozim.
QON KETISHINING TURLARI
Qon ketishining bir nechta amaliy ahamiyatga molik turlarifarqlanadi.
1. Anatomik, ya’ni a’zo turlariga qarab arterial, venoz, kapillar vaaralashqon ketishlarga bo‘linadi. Arterial qon ketishda qon ochqizilrangda bo‘lib, katta bosim ostida, favvora ko‘rinishida otilib chihadi.Arterial tomirlar jarohatlanganda, ularning o‘lchamiga bog‘liq bo‘lmaganholda, qisqa vaqt ichida organizmda kamqonlik yuz berib, o‘limga sababbo‘lishi mumkin. Vena tomirlaridan ketayotgan qon to‘qqizil rangdabo‘lib, bir maromda va sekin, «buloq» ko‘rinishida ohishhususiyatiga ega.Katta venalar jarohati tufayli qon ketishi yuz bersa, inson hayotiuchun katta havf tug‘ilishi mumkin. Kapillarlardan qon ketganda,jarohatning butun yuzasi bo‘ylab kam miqdorda, bir maromda, tomchiko‘rinishida hon sizib chiqadi. Ko‘pincha kapillarlardan ketayotgan qono‘z-o‘zidan to‘htaydi. Parenhimatoz (g‘ovak) a’zolar (jigar, taloh, o‘pka)jarohatlanganda qon ketishi juda havfli kechadi, ulardagi tomirlarning o‘zholicha yopilmasligi sababli, qon ketishi to‘htamaydi va tez kamqonlikholatlari kelib chiqadi.
2. Qon ketishining tashhi, ichki va yashirin klinik turlari farqlanadi.Qon ketishining tashqi turida qon tomir devorining jarohati tufayliketayotgan qon tashqariga oqadi.Bunday hollarda jarohatlanganshahsning o‘zi yoki yordam beruvchilar hechqanday qiyinchiliksiz unianiqlashlari mumkin. Ichki qon ketish jarayoni nisbatan murakkab kechib,ketayotgan hon biror bir a’zo hobihlarida to‘plangan tarzda yoki qorin vako‘krak hafasi bo‘shlihlariga ketishi mumkin. Ichki qon ketayotganligini,faqat o‘tkir kamhonlik ko‘rsatkichlari va ikkilamchi asoratlar boshlangandaginaaniqlash mumkin. Ichi bo‘sh a’zolardan qon ketishida mahalliyva umumiy o‘zgarishlar, ya’ni qon ma’lum vaqt mobaynida tashqarigachiqishi va rangi o‘zgarib ketishi kuzatiladi. Masalan, oshqozonidan qonketayotgan bemorlarda qayt qilish kuzatiladi, chiqayotgan qon esa qahva qoldiqlari rangida bo‘ladi.Ichki qon ketish surunkali ravishda kechib, asosan a’zolarda o‘tkirkamhonlikni keltirib chiqaradi va mahsus qon tahlillari ko‘rsatkichisiz
tashhisqo‘yish juda qiyin bo‘ladi.
3. O‘tkir yoki surunkali qon ketishi haqidagi tushunchalar faqat qonketishining tezligi va yo‘qotilgan hajmiga nisbatan aytiladi. Insonhayotidagi eng havfli qon ketishi o‘tkir qon ketishidir.Qisqa vaqt ichidayo‘qotilgan katta miqdordagi qon yetishmovchiligiga inson organizmi tezmoslasha olmaydi, natijada o‘lim hollari nisbatan ko‘p uchraydi.Surunkali qon ketishda esa kamqonlik sekinlik bilan rivojlanadi, natijada insonorganizmi bu yangi holatga asta-sekin moslashib oladi.Sekinlik bilan kechadigan katta hajmdagi qon ketishidan qisha fursatoralig‘ida kechadigan o‘tkir, kam miqdordagi qon ketishhavflirohdir.O‘tkir qon ketishda gemoglobin mihdorining 30 % gacha kamayishi kattahavf uyg‘otadi. Shunga qaramasdan, surunkali ravishda gemoglobinmiqdorining 75–80 % ni yo‘qotgan bemorlarning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli bo‘lishi mumkin.
QON KETISHINING KLINIK KO‘RINISHLARI
Qon ketishida mahalliy va umumiy simptomatik o‘zgarishlar yuzberadi. Qon ketishining umumiy belgilari qon ketishi turlaridan qat’inazar, bir hil kechadi.Qon ketishining hususiy (subyektiv) alomatlarisovuq ter, kamhuvvatlik, bosh aylanishi, nafas yetishmovchiligi, og‘izqurishi ko‘rinishida kechadi. Yana quloqlarda shang‘illash, ko‘z olditinishi va badanda «chumolilar o‘rmalashi» kabi alomatlar kuzatilishimumkin. Yuqoridagi alomatlar va bemor shikoyatlarining ko‘payib borishi
qon ketishining qanday tezlik va hajmda o‘sib borishiga bevosita bog‘liqdir.Katta miqdorda qon ketishi, o‘tkir kamqonlik, ya’ni gemmoragik shokklinikasining har hil og‘irliklarida kechishi mumkin. Masalan, butun qonaylanish doirasida aylanayotgan qon hajmining 20–25 % (1000–1200 ml)miqdorida qon yo‘qotilganda, bemorlarda sovuq ter, keskin kamhuvvatlik,og‘iz qurishi va tomir urishining bir minutda 100 tadan oshib ketishikuzatiladi. Bunday hollarda arterial qon bosimi me’yorida yoki bir oz
pastroq bo‘lishi ham mumkin.Umumiy qon aylanish doirasidagi qonning 30–35 % (1500–750 ml)ga yahini yo‘qtilganda, bemorlarda o‘ziga bo‘ysunmaganholdagi harakatlar, notinchlik, teri va shillih pardalarining oqarib ketishi,lablarning ko‘karishi, tananing uvishishi va tomir urishining 120 tadanoshib, arterial bosimning 70–90 mm simob ustunigacha tushib ketishihamda siydik ajratishning kamayishi (oliguriya) kuzatiladi.Umumiy qon aylanish doirasidagi qon hajmining 35–40 % (1750–2000 ml)ni yo‘qotgan bemor ahvoli ancha og‘ir, yuz ifodalari mungli,tanasi sovuq ter bilan qoplangan, terisi oqimtir-ko‘kish rangda, tanasiningochih joylarida haroratning tushib ketganligi va tomirning ipsimon va tez-tezurishi aniqlanadi.Umumiy qon aylanish doirasidagi qon hajmining 50 % (2500 ml) niyo‘qotgan bemorning ahvoli keskin og‘irlashadi, arterial bosim anihlanmaydi,tomir urishi minutiga 160 tadan ortib ketadi, yurak asistoliyasi(yurakning to‘htab qolishi) sababli qisqa vaqt ichida o‘lim holatiga olibkelishi mumkin.Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘tkir qon ketishining dastlabki vaqtlaridayoq inson organizmining qon aylanish doirasining markazlashishiarteriya bosimini nisbatan bir me’yorda ushlab turadi. Shuning uchun hambu yerda boshlanayotgan tahikardiya (yurak urishining tezlashishi)gaahamiyat berib, uni katta qon yo‘qotishning asosiy va birinchi belgisisifatida qarashimiz kerak.Qon ketishining mahalliy belgilari (simptomlari) uning qayerdanketayotganligiga bevosita bog‘liqdir.Tashqi qon ketishida qon tashqimuhitga chiqadi. Bunday hollarda bemor ko‘zdan kechirilganda, qonchihayotgan jarohat holatiga, yo‘nalishiga va katta-kichikligiga ahamiyatberish lozim.Shu bilan birgalikda, jarohatdan ketayotgan qon qanday tomirdan,arteriyadanmi, venadanmi yoki aralashko‘rinishdaligigaham e’tiborberish kerak. Jarohatning pastki qismidan barmoqlar bilan paypaslabarteriya tomirining urishini aniqlash arteriya qon tomirining butunligihaqida dalolat beradi. Tomir urishining sezilmasligi uning batamomuzilganligidan dalolat berib, jarohatning pastki qismidagi a’zolar muzlashiva rangining oqarib ketishi kuzatiladi. Bunday hollarda a’zolar(to‘himalarga kislorod va oziq moddalar yetishmasligi tufayli) gangrenasi(to‘qimalar o‘limi) kelib chiqadi.Jarohatdagi arteriyaning bir devori shikastlangan bo‘lsa, bundayhollarda jarohat atrofida tomir urishi ko‘rinishidagi gematomalar (qonto‘plangan bo‘shliq) hosil bo‘ladi. Yumshoq to‘qimalar va muskullar
oralig‘igaqon yig‘ilsa, og‘riq, shish va a’zolar harakatining chegaralanishikuzatiladi. Hosil bo‘lgan gematoma yuzasi barmoq bilan bosibko‘rilganda, yuzaga yumshoq kirib, barmoqni qaytarib olgan zahoti uningtiklanish simptomi kuzatiladi. Qon bo‘g‘im bo‘shlig‘iga to‘plansa,gemartroz, ya’ni bo‘g‘im yuzasi tekislanib, shishishi kuzatiladi. Og‘riq vaharakatning chegaralanganligiga qaramasdan, uni harakatga keltirishmumkin.
Tizza bo‘g‘imigaqon yig‘ilganda, tizza yuzasi oshig‘ining erkinharakati kuzatiladi. Bunday hollarda tizza bo‘g‘imi rentgenografiyaqilinganda, ikki suyak oralig‘idagi masofaning uzaygani kuzatiladi.Gematoma va gemartroz tashhislari mazkur bo‘g‘imlar punksiyasi, ya’niqon yig‘ilgan bo‘g‘imlardan igna orqali qonni so‘rib ko‘rish usullari
asosidaqo‘yiladi. Gemartroz tashhisi aniqlangandan so‘ng bo‘g‘imlardagiharakatlarni chegaralab, oldin punksiya, keyin immobilizatsiya qilinadi.Ko‘krak qafasining plevra bo‘shlig‘iga yig‘ilgan qon (gemotoraks)ko‘p hollarda qovurg‘alar orasidagi yoki ko‘krak hafasi arteriyalariningjarohatlanishi tufayli kelib chiqadi. Plevra bo‘shlig‘ida yig‘ilgan qon oqib,burchak sinuslariga yig‘iladi. Bunday hollarda bemorni kasallik belgilaribezovta qilmasligi ham mumkin. Plevra bo‘shlig‘ida yig‘ilgan o‘rta miqdordagi qon bemorda og‘irlik va ko‘krak hafasida og‘riq, nafasyetishmasligi belgilarini keltirib chiharishi mumkin. Plevra bo‘shlig‘ini qon butunlay, ya’ni total egallagan holatlarda o‘pkalar butunlay sihilgani,yurak va oraliq a’zolari harama-harshi tomonlarga surilgani, qon harakativa nafas olishda katta o‘zgarishlar kuzatiladi. Klinik belgilardan nafasyetishmasligi, ko‘karish, tomir urishining tez va yuza bo‘lishi, arteriya
bosimining pasayishi kuzatiladi.Ko‘krakhafasi barmoqlar bilan urib ko‘rilganda, o‘tmas tovush,auskultativ (fonendoskop orqali eshitib ko‘rilganda) ko‘krak qafasi orqa
tomonlarida juda sustlashgan nafas eshitiladi. Ko‘krakqafasirentgenoskopik tekshirilganda, butunlay bir hil ko‘rinishda torayishi,yurak va oraliq a’zolarining u yoki bu yonga hiyshayganligi kuzatiladi.Ko‘phollarda tashhis plevra bo‘shlig‘i funksiyasi yo‘li bilan tasdiqlanadi.Kam miqdorda qon yig‘ilgan hollarda plevra bo‘shlig‘iqayta punksiyayoki tarokotsentez yo‘li bilan drenajlash, agar ko‘p miqdorda qonyig‘ilgan bo‘lsa, shoshilinch reviziya qilib, qon tomiri butunligini tiklashmaqsadida torakotomiya operatsiyasi bajariladi. Plevra bo‘shlig‘iga kattamiqdorda qon ketishi o‘tkir kamqonlik belgilari bilan kechadi. Qorinbo‘shlig‘i paypaslanganda uning devoridagi mushaklar taranglashgan,barmoqlar bilan bosib qo‘yib yuborilganda kuchli og‘riq kuzatiladi(Shetkin–Blyumberg belgisi). Qorin bo‘shlig‘i perkussiya (barmoq uchibilan urib ko‘rilganda uning pastki qismlarida o‘tmas, yuqori qismlaridaesa jarangdor (timpanit) – havo to‘ldirilgan shar tovushini beradi.
Qon ketishi klinikasida qayt qilishva ko‘ngil aynishlar hamkuzatiladi. Yuqoridagi belgilar bilan birgalikda bemor organizmida o‘tkirkamqonlik belgilari ham rivojlanib boradi.Qorin bo‘shlig‘i g‘ovaka’zolari jarohatlaridan ketayotgan qon hechqachon o‘z-o‘zidanto‘htamaydi, shu tufayli bunday hollarda shoshilinch operatsiya qilish
tavsiyaqilinadi.
QON KETISHINING ASORATLARI VA OQIBATLARI
Qon ketishi to‘htatilmasa, bemorni gipoksiya (to‘qimalarda kislorodtaqchilligi), qon aylanish doirasida qon hajmining yetishmasligi vagemmoragik shok yuz berishi sababli o‘limga olib kelishi mumkin.O‘ta nozik a’zolarga, masalan, bosh miyaga kam miqdorda qon quyilganda, ular faoliyatining to‘htashi va o‘lim yuz berishi mumkin.
Bosh miyaning asosiy sohasida to‘rtinchi qorincha joylashgan, unda insonhayot faoliyatini boshqaruvchi markazlar joylashgan. Shuning uchun busohaga qon quyilganda hayot uchun havfli bo‘lganholatlar yuz beradi.Yurak pardasi (perikard) ichiga diastola vaqtida yig‘ilayotgan qonyurak parda ichida katta manfiy bosim paydo qilib, yurak bo‘lmachalarikengayishiga yo‘l ho‘ymaydi va yurak tamponadasi tufayli o‘lim holatiro‘y beradi.Ba’zi katta qon tomirlar jarohatida (bo‘yin katta venalari) havo
emboliyasiholati yuzaga keladi.
QON KETISHI DAVRIDA ORGANIZMNING TASHQI VA
ICHKI O‘ZGARISHLARGA MOSLASHISHI
Qon ketishi vaqtida inson organizmi sodir bo‘layotganhavflio‘zgarishlarni bartaraf etish mahsadida bor ichki imkoniyatlarini ishgasoladi. Bunday hollarda hon ketishiga o‘ta sezgir a’zo va to‘qimalarnisaqlab qolish maqsadida boshqa a’zolar hisobiga ham ish tutishga majburbo‘ladi.Asosan bunday moslashishharakatlari surunkali qon ketishhollaridayengil kechadi, ammo o‘ta havfli o‘tkir qon ketishi vaqtida esa bundaymoslashishga ulgurmasligi ham mumkin. Natijada a’zo va to‘himalardasodir bo‘ladigan o‘zgarishlar sababli o‘lim holatlari yuz berishi mumkin.Qon ketish davrida organizmning moslashish o‘rnini qoplash(kompensator) mehanizmlari asosan quyidagilardan iborat:
1) qon ketayotgan tomirning ichki qavatida tromblar hosil bo‘lishi;
2) yurak va nafas olish faoliyatining to‘qimalarda kislorodyetishmovchiligini bartaraf qilish maqsadida tezlashishi;
3) butun tanada harakatlanayotgan qon hajmining, depo a’zolardagiqon va to‘qimalar oralig‘idagi suyuqliklarning qon tomiriga jalb etilishievaziga ortishi;
4) yurak va bosh miya faoliyatlarini ushlab turish maqsadida tananingpastki va qorin bo‘shlig‘i a’zolari tomirlarining qisqarishi evazigatananing qon bilan ta’minlanishining markazlashishi;
5) turli neyro-endokrin va gumoral omillarning arterial qon bosiminibir maromda tutib turish maqsadida qo‘zg‘alishi, bosh miya faoliyatiningkislorodsiz (anaerob) sharoitlarga chidamliligini oshirish maqsadidasimpatiko-adrenal va glyukokortikoid tizimlarning yordamga chaqirilishi;
6) qonhujayralari ishlab chiqarilishi (gemopoez) va qon ivishiningtezlashishi.
QON KETISHINI TO‘HTATISH CHORALARI
Qadim zamonlarda ham insonlar tan jarohatlari olganlarida qonketishining oldini olish maqsadida jarohat yuzasini bosib yoki qattiqbog‘lab qo‘yganliklari haqida ma’lumotlar bor.QadimgiMisrhakimlariningqonketayotganjarohatyuzasigaqizdirilgantemirbosishganliklarihaqidama’lumotberganqo‘lyozmalarhozirgivaqtlargachasaqlanibqolgan. So‘nggi o‘n yilliklarda tomirdan ketayotgan qonni to‘htatishning yangi usullari sifatida quruq sovuq va lazer nurlariqo‘llanilayapti.Qon ketishini to‘htatish usullarini vaqtincha va butkul to‘htatishgaajratish mumkin.Qon ketishini vaqtinchalik to‘htatish usullarini ko‘phollarda tibbiyotga dahldor bo‘lmagan insonlar bajaradi. Shu tufaylibunday usullarni barcha bilishi shart. Qon ketishini vaqtincha to‘htatishusullari kutilmaganda sodir bo‘ladiganholatlarda qo‘l keladi. Ayrimhollarda qonni to‘htatishga urinish, qon tomirida tromb hosil bo‘lishisababli, qon ketishining butkul to‘htashiga olib kelishi mumkin. Qonketishini to‘htatish usullari bir nechta, ammo bu usullarni qo‘llashjarohatlangan tomirning qay ahvoldaligi va jarohat o‘rniga ham bog‘liqdir.Ayrim hollarda qon ketishini to‘htatish usullarining bir nechtasini qo‘llashmumkin.Yuza vena va kichik arteriyalardan qon ketishini bosib turuvchibog‘lamlar yordamida to‘htatish mumkin. Jarohat yuzasiga sterillanganyumaloq shar ko‘rinishidagi pahta qo‘yilib, bir necha qavat doka bilanyahshilab bog‘lanadi. Bunday hollarda bosib bog‘langan tomirlarningo‘tkazuvchanligi yo‘qolib, tromb hosil hiladi. Bundan tashhari, bu usulboshha, ya’ni oyoqvaqo‘llarni ko‘tarib qo‘yish usullari bilan birgalikdaham bajarilishi mumkin.Agar qon ketayotgan jarohat oyoq lar uchida joylashgan bo‘lsa,bunday hollarda oyoqni bo‘g‘imidan maksimal bukib qo‘yish usulidanfoydalanish mumkin. Bukilayotgan bo‘g‘im oralig‘iga yostiqcha qo‘yilib,bo‘g‘im bukib bog‘lanadi. Agar qon ketishi barmoqlar, panja sohalarida,bilak bo‘g‘imida, oyoqdagi barmoqlar va panjalarda bo‘lsa, tizzabo‘g‘imidan, son sohasida bo‘lsa, tizza va tos-son bo‘g‘imlari birgalikdabukib bog‘lanadi.Agar qon ketishi arterial qon tomiridan kuzatilganda, jarohatdanyuqori sohadan bosib to‘htatiladi va keyingi muolajalar sharoitga qarabbajariladi.Chakka yumshoq to‘qimalari jarohati tufayli qon ketishida, qonketishini to‘htatish arteriyani suyakka bosishharakatlari bilan amalgaoshiriladi.Bunday hollarda arteriyani topish uncha qiyin ish emas.Quloqning tashqi kirish sohasi yuqorisidan bitta barmoq bilan bosishorqali ham maqsadga erishish mumkin. Yuz sohasida esa arteriyaningpastki jag‘ning gorizontal chiziq bilan kesib
o‘tgan joyidan bosib, qonoqishini to‘htatish mumkin.
11-rasm.qon ketishi vaqtida, arteriya VI bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang o‘simtalariga bosiladi.
Umumiyuyquarteriyasidanqonketishivaqtida, arteriyaVIbo‘yinumurtqasiningko‘ndalango‘simtalarigabosiladi. Bundaymuolajalarasosanboshbarmoqnibo‘yinningorqaqismiga, qolganbarmoqlarniesaoldingiqismigaqo‘yibamalgaoshiriladiyokibuningaksihambo‘lishimumkin. O‘mrovosti arteriyasini birinchi hovurg‘aga bosish bilan ham qon ketishi to‘htatiladi.Bunday muolajalar III–IV barmoqlarbilan to‘sh-o‘mrov so‘rg‘ichsimon muskulningorha-tashqi qirg‘og‘ini I qovurg‘agabosish yo‘li bilan bajariladi.Qo‘ltiqosti arteriyasini yelka suyagiboshcha qismiga bosish bilan qon ketishiningoldi olinadi.
12-rasm.bilak va tirsak arteriyalarini esa suyaklarga bosish yo‘li bilan qon ketishining oldi olinadi.
Bemorqo‘litashqarigaochilganholdayotqizilib, boshbarmoqqo‘ltiqostiyuqoriqismigabosilib, qolganbarmoqlaresayelkaningtashqitomonidano‘rabturadi.Yelkaarteriyasiniyelkasuyagiga, ya’niikkiboshlimushakningboshqismibirikkanjoyga, bilakvatirsakarteriyalariniesasuyaklargabosishyo‘libilanqonketishiningoldiolinadi. Son arteriyasidan qonketganda qonni to‘htatishuchun chov boylami uchidanichkarigi qismi boshbarmoqlar bilan bosiladi.Bunday hollarda,boshqa nuqtalardanbunday urinishlar, sonarteriyasining chuhur vaqalin mushaklar ostidayotganligi sababli, samarabermaydi.Tizzaosti arteriyasidan qon ketishini to‘htatish son suyagi pastki qismiorqasidan oldinga bosish bilan amalga oshiriladi, bunda tizza bo‘g‘iminingbir oz bukilgan holda bo‘lishi muolaja samaradorligini oshiradi. Zarurbo‘lganda, tashqi yonbosh arteriya va qorin aortasini ham bosish mumkin.Bunday hollarda bemorni orqasiga yotqizib, son-chanoqbo‘g‘imidan biroz bukib, qorin mushaklarini erkin holga keltirish zarur. Shundan keyinginakaft musht holiga keltirilib, qorin aortasi umurtqaga, tashqi yonbosharteriyasi esa suyaklarga bosiladi.Venalardan qon ketgan vaqtda, arteriyalardan qon ketishidan farqli,qon to‘htatish jarohatning pastki (distal) hismining yumshoq to‘qimalarigabosish orqali ham amalga oshiriladi.Qon ketishida har hil bog‘lovchi (jgut) matolar yordamida qonto‘htatish eng qulay usullardan biri bo‘lib, o‘ziga hos kamchiliklarga hamega. Bog‘lovchi matolar yordamida qon to‘htatish usullari asosan arteriyaqon ketishlarida, jarohatdan yuqori sohalarga qo‘yish orqali amalgaoshiriladi. Ularni asosan qon to‘htatishning boshqa choralari bo‘lmaganhollarda, 1–1,5 soatgacha qo‘yish mumkin. Aks holda, to‘qimalarda qonaylanishining keskin buzilishi sababli, to‘qimalar nekrozi (o‘limi) vagangrenasiga, bu esa a’zolarning ma’lum qismini amputatsiya qilishgaolib keladi. Ba’zida qattiq sihib bog‘langan sohalarning yumshoqto‘qimalari oralig‘ida gematoma, nekroz va nerv tolalarining jarohatlanishhollari kuzatiladi. Nerv to‘qimalarining jarohatlanishi parezlar, gohida esaa’zolar falajiga sabab bo‘ladi.Keng tarhalgan bog‘lovchi matolar rezinalardan tayyorlanadi. Rezinanaydan iborat Esmarh bog‘lamining bir qismida ilgak, ikkinchi qismidaesa halqa bo‘lib, bu mahsus moslama bog‘lovchi matoni biriktirishni qulayva oson qiladi. Boshqa bog‘lovchi vosita sifatida kengligi 2 smkamarsimon rezina ishlatish mumkin. Uning bir qismida tugma, ikkinchi qismida esa teshiklar shaklidagi moslama bo‘lib, mahkamlash uchun judaqulaydir. Jarohatlangan a’zoning pastki qismini qon to‘htatuvchi bog‘lamqo‘yishdan oldin yuqoriga ko‘tarib, vena qoni chiqarib yuboriladi.Bog‘lovchi matolar vaziyat talabiga qarab har hil bo‘lishi mumkin.Masalan, bog‘lovchi qayishqoqbo‘lmagan mato (belbog‘, kamar)oddiy ip yoki ro‘molchalardan iborat bo‘lsa, qon to‘htatuvchi bog‘lamqo‘yilayotganda uncha qattiq tortmasdan, uning tagiga biror bir matoo‘rab, so‘ngra 10–15 sm uzunlikdagi sterjen (cho‘p, ruchka, qalam va h.k.) yordamida burash kerak. Bunday hollarda sterjenni burash bilanbog‘lamni keragicha tortish mumkin.Bog‘lam qo‘yilgandan so‘ng qo‘yilgan vahti yorliqqa yozib ko‘rsatiladi.Bog‘lam qo‘yish muddati yozda 1,5 soat, qishda esa bir soatdanoshmasligi kerak. Agar jarohatlangan odamni shu muddat ichidashifohonaga yetkazib borishning iloji bo‘lmasa, bog‘lam yechilib, 10–15minut davomida qon ketayotgan tomir barmoq bilan bosib turiladi, keyinbog‘lam yuqorida ko‘rsatilgantalab bo‘yicha qaytadan boshqajoyga qo‘yiladi. Faqatdavomiyligi birinchi martaqo‘yilgandagi vaqtning tengyarmiga qisqaradi.
JGUTNING TO‘G‘RI QO‘YILGANLIGINITEKSHIRISH
Ko‘pincha jgut yelka va sonsohasiga qo‘yiladi. Agar haqiqiytibbiy jgut bo‘lmasa, u holdaqo‘lga ilingan istalgan matoni«burama – jgut» shaklida qo‘llashmumkin. Ammo arqon vasim ishlatish man qilinadi, chunkiular to‘qimalarni shikastlaydi.Tibbiy jgut – egiluvchan rezinatasma bo‘lib, ohirgi uchida qo‘lva oyoqqa mahkamlanadiganmoslamasi bor.
Jgut qo‘yish tehnikasi.
Jgutni ikki qo‘llab ushlab, yengiltarang hilib, har bir aylanmani oldingisi bilan yonma-yon qo‘yib, so‘ngjgut mahkamlanadi. Burama jgut qo‘yish uchun mato (ro‘molcha, bint)niarqonsimon holatda o‘rab, qo‘l yoki oyoqqa tugun shaklida bog‘lanadi,so‘ng kichik tayoqcha yordamida qon oqishi to‘htaguncha buraladi.Tayoqcha buralib bo‘shab ketmasligi uchun uni alohida bog‘lab qo‘yiladi.Qon ketishi to‘htagach, jarohatga bog‘lam qo‘yiladi.
Jgut qo‘yishda quyidagi qoidalarni esda tutishkerak :
1) jgut asosan songa yoki yelkaga qo‘yilishi lozim, chunki u yerdabitta suyak bor;
2) jgut tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmaydi, albatta, uning ostigabiror nima qo‘yish kerak;
3) jgutni yozda 1,5 soatdan, qishda bir soatdan oshmagan muddatgaqo‘yish mumkin;
4) jgutho‘yilgan vahtni anihhilib yozib, yopishtirib ho‘yish kerak.Jgut ho‘yilgandan so‘ng uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘yilganliginianiqlash katta ahamiyatga ega. Buning uchun qo‘l va oyoqlardagi pulsaniqlanadi. Agar puls yo‘qbo‘lsa, jgut to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi. Bironsababga ko‘ra, 1–1,5 soat davomida bemorni kasalhonaga olib borishning
iloji bo‘lmasa, u holda 10–15 minutga jgut bo‘shatiladi va bir vaqtningo‘zida barmoq bilan jarohatdan yuqorisi bosib turiladi. Qish vaqtida oyoqvaqo‘lni o‘rab, issiq saqlash tavsiya qilinadi.Kichik o‘lchamli arteriyayoki vena shikastlanganda siqib turuvchi bog‘lam qo‘yish kifoya.Qon ketishini vaqtinchalik to‘htatishdajarohatga steril dokayoki bint hamda pahta qo‘yibbog‘lanadi. Uncha katta vachuqur bo‘lmagan jarohatlargayuqoridagi usulni qo‘llashqonketishining batamom to‘htatishchorasi hisoblanadi.Qolgan hollarda batamomqon to‘htatish uchun jarrohlikklinikalarida tikish, bog‘lash
yoki shikastlangan tomirlarnikuydirish kabi usullar ishlatiladi.
JAROHATLAR
Teri va shilliqqavatlarining mehanik shikastlanishi natijasidajarohatlar paydo bo‘ladi. Ba’zi hollarda jarohatlar organizmning chuqurjoylashgan to‘qimalarida va ichki organlarda ham kuzatiladi.Jarohat klinikasi undan qon silqib, ochilib qolishi, qon oqishi vaog‘riq bo‘lishi bilan tavsiflanadi.To‘qimalarni shikastlovchi asbob qanchalik keskir bo‘lsa, jarohatdanqon oqishi shunchalik kuchli bo‘ladi. Hamma jarohatlanishlarda ham qonoqishi tashqariga bo‘lavermaydi, ba’zan qon tomirlardan to‘qimalarga vabo‘shliqlarga quyilib, tarqoq gematomalar hosil bo‘lishiga olib keladi.Shuningdek, parenhimatoz (g‘ovak) organlarning jarohatlanishi hamko‘plabhon ohishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Jarohatlanishlardagi og‘riq, uning intensivligi:
1) jarohatlangan nerv retseptorlari va o‘zaklarining soniga;
2) shikastlangan kishi organizmining reaktivligiga;
3) jarohat olish tezligigabog‘liq.
Og‘rihningqanday darajada ekanligi jarohatlangan joyning innervatsiyasiga bog‘liqbo‘ladi. Ma’lumki, yuz, barmoqlar juda boyinnervatsiyalanganligi uchun, ulardagi og‘riqlar kuchli bo‘ladi.Jarohatlardagi og‘riq odatda qattiq (jizillatadigan) bo‘lib, uning shiddati,tomir urishining chastotasiga bog‘liqholda ortib va kamayib turadi.Jarohatlangan sohaning ko‘taribroqqo‘yilishi va qulay joylashtirilishinatijasida og‘riq kamayadi va 2 soat davomida og‘riq to‘liq to‘htashimumkin.Jarohatning ochilib qolishi uning kattaligiga, chuqurligiga va teriningelastik tolalari buzilishiga bog‘liq. Shuningdek, jarohatning ochilib qolishdarajasi to‘qimaning shikastlanishhususiyatiga ham bog‘liq.
Jarohatlarning tasnifi
Jarohatlar kelib chiqishi vahususiyatlariga qarab turli-tuman bo‘ladi.Jarohatlovchi vositaning to‘qimalarnishikastlantiruvchi hususiyatiga qarab jarohatlarning quyidagi turlarifarqlanadi:
1) tig‘ jarohati (tig‘ sanchishdan hosil bo‘lgan jarohat);
2) tilingan jarohatlar;
3) titilgan jarohatlar;
4) lat yegan jarohatlar;
5) majahlangan jarohatlar;
6) yulingan jarohatlar;
7) tirnalgan jarohatlar;
8) shilingan jarohatlar;
9) tishlangan – chaqilgan jarohatlar;
10) zaharlangan jarohatlar;
11) aralash jarohatlar.
Har handay jarohatning o‘ziga hos jihati bo‘lib, yordam ko‘rsatishvaqtida buni hisobga olish kerak. Masalan, tig‘ sanchishdan jarohatdan qon kam ohadi. Ularning chuqurligi vayo‘nalishini ko‘z bilan aniqlashqiyin, ularda ko‘pincha ichki organlarningham shikastlanishlari bo‘ladi. O‘tmas predmetlar bilan yetkazilgan tig‘jarohatlari, masalan, yog‘och kaltak yoki yomg‘ir soyabonining uchi bilanberilgan zarbadan hosil bo‘lgan jarohatlar o‘ziga hos shakllarga ega.Kesilgan jarohatlarda ko‘proq yuzalarning defektlanishi vaqonning tashqariga kuchli oqishi hosdir. Lat yeyishdan, majaqlanishvayulinish jarohatlaridan qon oqishi kamroq bo‘lib, ular kuchli og‘rqchaqiradi va ko‘pincha infeksiyalanadi, ularda qon aylanishining buzilishinisbatan ko‘proq uchraydi va mahalliy nekrozlar keltirib chiqaradi.Shilingan jarohatlarning og‘rig‘i kuchli bo‘ladi, lekin jarohatlar ichidaeng tez bitadigani hisoblanadi. Tishlangan jarohatlar og‘riqli bo‘lib,ko‘pincha yiringlab ketadi. Tishlangan jarohatlarning eng og‘irasoratlaridan biri quturish kasalligidir. Quturish kasalligining virusi kasalhayvonning so‘lagi bilan ajralib, u orqali tishlash vaqtida jarohatgatushadi. Kalamush, sichqon va mushuklar tishlab olsa, «kalamushkasalligi» rivojlanishi mumkin.Ilon va chayonlar chaqishi natijasida, shuningdek jarohatga kimyoviy birikmalar tushganda, zaharlangan jarohatlar kelibchiqadi. Avvallari aralash jarohatlar deyilganda, tananing ma’lumqismidagi turli ko‘rinishdagi jarohatlar tushunilar edi.
TERMIK SHIKASTLANISHLAR, KUYISHLARDABIRINCHI YORDAM
Yuqori harorat ta’sirida to‘himalarning shikastlanishi kuyish debataladi.Termik kuyishlar issiq suyuqliklar, bug‘, olov, qizdirilgan metallarta’sirida kelib chiqishi mumkin. To‘qimalar shikastlanishining og‘irligiharorat darajasiga, ta’sirning davomiyligiga va shikastlanish maydoniningkatta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi.Termik shikastlanishlar shartli ravishda yengil va og‘ir kuyishlargabo‘linadi. Tana yuzasining 10 % dan kam bo‘lmaganqisminiegallagan kuyishlar og‘ir kuyishlarga kiradi. Yosh bolalar vaqariyalarningkuyishi, ayniqsa havfli bo‘ladi.To‘qimalarning qaysi qavati shikastlanishiga qarab, kuyishlar 1, 2, 3«a» va 3 «b», 4-darajalarga bo‘linadi.1-darajali kuyishda faqat terining tashqi-epiteliy qavati zararlanib, unianiqlashqiyinchilik tug‘dirmaydi. Bemorda qizarish, shish, kuygan joydaesa qavarishva mahalliy qizarishkuzatiladi.2-darajali kuyish terining ancha intensiv qizarishi va epiteliyninguncha katta bo‘lmagan ichida och-sariq rangli suyuqlik to‘lganpufakchalar hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi.3«a» darajadagi kuyishda terining eng chuhur – o‘suvchi havatidantashhari, hamma havatlari nekrozga chalinib o‘ladi, tarang pufakchalarhosil bo‘lib, ular to‘h-sarih rangli shilimshih bilan to‘ladi. Ko‘plabpufakchalar yorilgan bo‘lib, ular asosida spirt va nina ta’sirigasezuvchanlik pasaygan bo‘ladi.3«b» darajadagi kuyishda chuqur nekroz yuzaga kelib, bunda terininghamma havatlari shikastlanadi. Pufakchalar qon aralash suyuqlik bilanto‘lgan, yorilgan pufakchalarning asoslari hira, quruqko‘pincha marmarrangida bo‘lib, spirt va nina ta’sirida og‘riqni sezmaydi.4-darajadagi kuyishda nafaqat teri, balki uning ostidagi to‘qimalar –pay va mushaklarning ham shikastlanishi kuzatiladi. Kuygan yuzadajigarrang qattiqqobiq (qasmoqli, qoraqo‘tirli) hosil bo‘lib, har hilta’sirlovchilarni sezmaydi. Shikastlanishning chuqurligini faqat bir nechakundan keyingina, bemor davolash muassasasida bo‘lgan vaqtdaaniqlanishi mumkin.Kuygan yuzaning katta-kichikligi kuyishning birinchi soatlaridaasosiy ahamiyat kasb etib, u bemorning umumiy holatini aniqlab beradi.Shuning uchun ham, tahminan bo‘lsa-da, birinchi yordam ko‘rsatishvaqtida uni aniqlash kerak. Odam tanasining umumiy maydoni, bo‘yininguzunligi bo‘yicha hisoblanadi. Qaddi-qomati va oriq-semizligi hisobgaolinmaydi.Kuyish maydonini hisoblash uchun, avvalo, shikastlanuvchining tanamaydoni aniqlanadi, ya’ni bo‘yining uzunligiga (sm da) ikkita nol qo‘shiladi. Masalan: 170 sm bo‘yga ega bo‘lgan kishining tana yuzasi17000 kv sm, 182 sm bo‘yga ega kishining tana yuzasi 18200 kv sm teng.Kuygan yuzaning protsentlardagi miqdorini tezroq aniqlash uchun«kaft» qoidasidan foydalanish mumkin. Kuygan yuza proyeksiyasiganechta kaft joylashishiga qarab, bemorning shuncha foiz teri yuzasikuygan hisoblanadi. Bunda bir «kaft» yuzasi tananing 1,2 % ni tashkil
qilishidan kelib chiqiladi. Hisobning tez va oson bo‘lishi uchun foizningo‘ndan bir qismlarini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Masalan: kuygan joyo‘nta kaft yuzasiga to‘g‘ri kelsa, demak tananing kuygan yuzasi 10–12 %ni tashkil etadi.Agar tananing ma’lum qismlarida to‘liq kuyish kuzatilsa, «To‘qqizlik qoidasi» yoki Tenison-Ruslak usulini qo‘llash mumkin. Bunda bosh vabo‘yin, har ikkala qo‘l alohida tana yuzasining 9 % ni tashkil etadi,tananing oldingi, orqa yuzalari, har bir oyoq alohida – 18 %, chot orasi vauning organlari – 1 % ni tashkil etishi ko‘rsatilgan. Masalan: agar bir qo‘l
va tananing oldingi qismi to‘liq kuygan bo‘lsa, unda kuyish9 %+18 %=27 % bo‘ladi. Agar kuyishning umumiy yuzasi 10 % dan ko‘pbo‘lsa, bemorda kuyish kasalligi rivojlanishi mumkin.Kuyish kasalligi klinik sindrom bo‘lib, og‘ir kuyish natijasida yuzagakeladi.
Kuyish kasalligining quyidagi davrlari farqlanadi:
1) kuyish shoki keng va chuqur kuyish natijasida (agar 2-darajalikuyish bo‘lsa, 20 % va undan ko‘p yuza, 3-darajali kuyishda 10 % vaundan ko‘p yuza egallangan bo‘ladi) yuzaga keladi. Kuyish shokishikastlangan to‘qimalardan organizmning juda kuchli ta’sirlovchiga javobreaksiyasi sifatida yuzaga keladi.Ko‘phollarda u birinchi ikki sutkadavomida kuzatiladi va davrlar bilan kechadi. Kuyishdagi shokning erektilva torpid davrlari kuzatiladi. Travmatik shok simptomlaridan tashqari, quyidagilarham ahamiyatlidir: plazma yo‘qotish, gipoproteinemiya, qonning quyuqlashuvi, qon aylanishidagi umumiy qon miqdorining kamayishi,ba’zan anuriya holatigacha olib boruvchi oliguriya;
2) kuyishning o‘tkir toksemiyasi. Kuyish kasalligining uchinchikunidan boshlab uning klinikasida intoksikatsiya sindromlari ustunlik qilaboshlaydi, bu kuyish toksemiyasi bo‘lib, u kuygan to‘qimalardagi toksikmahsulotlarning qonga so‘rilishi natijasida yuzaga keladi. Uning o‘zigahos belgilari – tana haroratining keskin ravishda 38–41 darajagachako‘tarilishi, tahikardiya – yurak urishi 1 daqiqada 110–130 tagacha,polidipsiya, ishtahaning pasayishi, asabiylashish (talvasagacha tushish,bezovtalanish, uyquning buzilishi), ko‘ngil aynishi va qusish kuzatiladi.Kuyish kasalligining og‘irholatlarida 12–15 kundan boshlab uning 3davri rivojlana boshlaydi;
3) septikotoksemiya. Kuygan jarohatlarda yiringlash rivojlana borishinatijasida bemorda bakteremiya va septitsemiya simtomlari paydo bo‘laboshlaydi. Yuqori harorat, og‘ir umumiy holat, har hil asoratlar ko‘pinchazotiljam (pnevmoniya) rivojlanadi;
4) kuyishdanholsizlanish. Uzoq muddatli intoksikatsiya, bakteremiyava septitsemiya natijasida kuyishdan holsizlanish davri boshlanadi.Klinikasi: granulyatsiyalar rangsizlanib holadi, keyinchalik ularda nekrozkelib chiqadi, jarohatlar chuqurlashib boradi, bitgan jarohatlar esa yanaochilib ketadi. Nekrozlangan to‘qimalar chirib parchalana boshlaydi.Bemorning umumiy holati keskin yomonlashadi. Agar intensiv terapiyavositalari qo‘llanilmasa bemor, o‘lib qolishi ham mumkin.Rekonvalessensiya davri – sog‘ayish davri. Belgilari: kuyishjarohatlari nekrotik to‘qimalardan to‘liq tozalanadi, chandiqlanadi, bemoro‘zini ancha yahshi seza boshlaydi. Kasallikning bu davri 3 oydan 5oygacha davom etishi mumkin.Kuyishdako‘rsatiladiganyordamjudatezamalgaoshirilishikerak. Engavvaltezlikbilanolovnio‘chirish, shikastlangankishiningyonayotgankiyimlariniyirtibolibtashlash, uningustiganimanidiryopish, choyshab, junro‘mol, plashyordamidahavokirmaydiganqilibolovnio‘chirish, keyintutayotgannarsalarniolibtashlashkerak. Shikastlanganodam zambilg‘altakka yoki shitga yothiziladi. Agar teriga kuygan kiyim qoldiqlari yopishib qolgan bo‘lsa, ularni teridan ko‘chirib olish aslo mumkin emas. Jarohatlarni steril bint bilan bog‘lash (individual bog‘lashpaketchasi), agar u ho‘l ostida bo‘lmasa, qalinroq matoni dazmollabishlatish mumkin. Tananing ko‘pqismi kuyganda shikastlangan kishinisteril choyshabga o‘rab qo‘yishqulayroq.Agar yong‘in binoda sodir bo‘lsa, tezlik bilan hamma zarar ko‘rgankishilarni toza havoga olib chiqish kerak. Og‘iz va burun bo‘shliqlari kulva qurum bilan zararlangan bo‘lsa, ularni tezlikda barmoqqa ho‘l latta
o‘rab tozalash lozim. Agar bemor hushini yo‘qotgan bo‘lsa, tili bilantiqilib qolmasligi chora-tadbirlari qo‘llanilishi kerak. Buning uchun uningpastki jag‘ini oldinga tortib,barmoqlar bilan tilini tortib chiqarish va uniilgak tugma bilan iyak terisiga mahkamlab qo‘yish lozim. Bumanipulatsiyadan qo‘rqish kerak emas, chunki teri va tildagi jarohatlartezda bitib ketadi, agar bemor o‘z tili bilan tiqilib holsa, uning asoratlarijuda og‘ir bo‘lishi, hatto asfiksiya natijasida o‘limga olib kelishi mumkin.Agar kuygan kishida qorin bo‘shlig‘i organlarining jarohatlaribo‘lmasa, u hushini yuqotmagan bo‘lsa, ko‘p suyuqlik ichish tavsiya qilinadi. Agar sharoit mavjud bo‘lib, kuyish unchalik katta bo‘lmasa, kuyganjoyni suv o‘tkazgichning sovuq suvida bosimli ohim ostida 15 minutdavomida yuvib turish kerak. Bu og‘riqniqoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi vaayni vaqtda shokning oldini oladi. Keyin kuygan jarohatlar sterillangansalfetkalar yordamida quritilgach, kuygan yuzaga quruq aseptik bog‘lamqo‘yiladi. Birinchi yordam ko‘rsatishda malham dorilar bilan bog‘lashqo‘llanilmaydi.Shundan keyin bemorni tezlikda kuyganlar bo‘limiga yoki tezjarrohlik yordami bo‘limiga olib borish kerak.
Kimyoviy kuyishlar ko‘pincha kislota va ishhorlarning to‘yingan eritmalari ta’sirida kelib chiqadi. Kimyoviy kuyishlarda ham hudditermik kuyishlardagi kabi, kuyishning og‘irligi uning chuhurligiga va qancha yuzani egallashiga qarab, shuningdek ta’sir etuvchi kislota yokiishqorning konsentratsiyasiga qarab baholanadi. Ba’zi kislotalarning terigata’sir etishida, teri yuzasida o‘ziga hos rangdagi jarohat yoki qasmoq (qoraqo‘tir) hosil bo‘ladi: sulfat kislotasidan hosil bo‘lgan kimyoviy kuyishda
ular to‘q jigarrangda, hlorid kislotasi ta’sirida kulrang-oqish, nitratkislotasi ta’sirida esa och jigarrangda bo‘ladi. Kislotalarning to‘yinganeritmalari koagulyatsion nekroz (qattiq, quruhqqasmoq) chaqiradi,to‘yingan ishhor eritmalari esa kollikvatsion nekroz (yumshoq,namlangan, chuqur qasmoq) chaqiradi.Ba’zan jarohatlardan kimyoviybirikmaning hidi anhib turadi.Bunday kuyishlarda kechiktirib bo‘lmaydigan yordam kuyishnichaqirgan agentni neytrallashdan iborat. Buning uchun kislotalar bilankuyganda kuchsiz ishqor eritmalari (natriyli bikarbonatning 2 % eritmasi,sut), ishqorlar bilan kuyganda esa kuchsiz kislota eritmalari (1 % sirkayoki 2 % li bor kislotasi)dan foydalaniladi.
Nurlanish kasalligidagi kuyish jarayonining kechishi amalda oddiytermik kuyishlardan farqqilmaydi. Lekin nurdan kuyishda asoratlar(yiringlash, sepsis, saramasli yallig‘lanishlar) ko‘proq kuzatilib,shikastlanish joyi keyinchalik rangsiz, po‘st tashlaydigan, atroflari kuchlibo‘yalgan (pigmentlangan) bo‘ladi, kandiloma paydo bo‘lishi,giperkeratoz, havfli o‘smalar kelib chiqishi mumkin.Birinchi yordam ko‘rsatishq ketma-ketlikda amalga oshirilishikerak:
1) yonayotgan kiyimlarni o‘chirish;
2) qon oqishini vaqtincha to‘htatish;
3) kuygan joyga birlamchi steril bog‘lam qo‘yish;
4) shpris-tyubik yordamida mahsus antidot vositalarini yuborish;
5) sinishlar bo‘lsa, singan ho‘l yoki oyoq immobilizatsiyalanadi;
6) shikastlangan kishiga protivogaz kiydiriladi;
7) agarqorin a’zolari jarohatlanmagan bo‘lsa, 50 ml suv ichiriladi;
8) shikastlangan kishi davolash muassasasiga olib boriladi.
SOVUQ OLISHI VA MUZLASHDA
KO‘RSATILADIGAN KECHIKTIRIB
BO‘LMAYDIGAN YORDAMLAR
Umumiy sovqotish (muzlash) kam uchraydi.Bu narsa uzoq muddatsovuh suvda qolib ketish, qish vaqtida jarohat olib, harakat qobiliyatiniyo‘qotish, mast holda qorda uhlab qolish natijasida uchraydi. Umumiysovqotish natijasida madorsizlanish, titrash, uyqu bosishi, boshog‘rishi,so‘lak oqishi, terlash kuzatiladi. Tana haroratining 24 darajadan pasayishio‘limga olib keladi.Tananing umumiy sovqotishida uchta bosqich bir-biridan farq qiladi.
1. Adinamik: tana harorati 33–32 0C gacha pasaygan, puls vahushisaqlangan, uyqu bosishi kuzatiladi, bemor madori yo‘qligi va boshiaylanishidan shikoyat hiladi, fikrlashi sekinlashgan va sust bo‘ladi.
2. Stupor holati: tana harorati 30–27 0C gacha pasaygan, puls vanafaslar soni kamayadi, hushi susayadi, nutq buziladi, asosiy hayotfunksiyalari tobora pasayib boradi.
3. Akashaklik: tana harorati 27–25 0C gacha pasayadi, teriqoplamasirangsizlanadi, soviydi, ozroh ko‘karadi, muskullar hisharadi, oyoq-qo‘llarbukiladi, tanaga yopishgan va kuchli tortilgan bo‘ladi, puls kamaygan,nafas olish yuzaki, kuchsizlanadi, qorachiq torayadi, yorug‘likkasezuvchanligi yomonlashadi.
Sovuh urishi o‘tkir va surunkali, umumiy va mahalliy bo‘lishimumkin. Namli muhitda oyoq-qo‘llarning o‘tkir sovuq urishida (suvda) harorat 0 dan +15 0C gacha bo‘lsa, teri rangsizlanib, biroz shishadi,suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalar paydo bo‘ladi, teri qoplamlaritarangligini yo‘qotadi, titroq kuzatiladi. Surunkali sovuq urishida,kuzatilayotgan bemorning qo‘l va oyoqlari tez-tez va uzoq muddatdavomida nam va sovuq muhitda bo‘lsa, panja va tovonlarning sovuqnisezuvchanligining ortishi, ularning shishishi, terlashi, ularda og‘riq paydobo‘lishi, uvishish, barmoqlarning qizib ketgandek tuyulishi va ularningto‘lishishi, terining quruqlashashi, qattiqlashishi, bo‘g‘imlarningyo‘g‘onlashishi kuzatiladi.
Jabrlangan kishini tezlikda issiq, yopiq binoga olib kirish (masalan,avtomobil saloniga), uning muzlab qolgan kiyimlarini yechish, issiq odeyal bilan yopish lozim. Iloji boricha, tezroq bemorni jarrohlik statsionariga evakuatsiyaqilish kerak.Organizmning kuchli sovqotishidan ba’zan qon aylanishining tiklanmaydiganbuzilishlari (uzoq muddatli spazm va qon tomirlarining berkilib qolishi), modda almashinishlarining buzilishlari (to‘qimalaroziqlanishining buzilishlari va natijada ularning jonsizlanishi) yuzagakeladi. To‘qimalar jonsizlanishining chuqurligi va ko‘lami sovuq ta’sirining davomiyligiga, darajasiga va boshqa noqulay omillarga bog‘liq (shamol, namlik, yupun yurish, ochqolish, alkogolli zaharlanish va boshqalar)bo‘ladi. Qaytmas jarayonlarning asosiy sababi keng tarqalgan va toborazo‘rayib boradigan qon tomirlar trombozi (tiqilib qolishi) hisoblanadi.Omillarning sovuh oldirish ta’siriga to‘himalar reaksiyasining ikki: 1)yashirin va 2) reaktiv yoki ifodalangan jarayonlar davri kiradi.Birinchi soatlarda to‘qimalar shikastlanishining qanday darajadachuqur va qancha maydonga tarqalganligining haqiqiy holatini aniqlashimkoniyati yo‘q. Ular faqat reaktiv davrda aniqlanadi. Shuning uchun ham
sovuq urishining qanday darajada ekanligiga to‘g‘ri tashhis qo‘yishqiyin.
Sovuq urishining 4 ta darajasi farqlanadi:
1-darajadagi sovuhq urishi sovuqning qisqa muddatli ta’siri natijasidayuzaga keladi. Bemorning umumiy holati qoniqarli. Teri och-hizil rangdayoki ko‘kargan, yuzasi to‘rlanmagan, qo‘l-oyoqlar muzdek, periferik qontomirlardagi puls ancha susaygan, shikastlangan, to‘qimalar shishganbo‘ladi.
2-daraja bilan shikastlangan teri yuzasida har hil kattalikdagi tiniq yoki qon aralash suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalar hosil bo‘lib, busohalarda puls aniqlanmaydi, shikastlangan kishi kuchli og‘riq sezadi.
3-darajada terining hamma qavatlari jonsizlanib, pufakchalar to‘q suyuqlik bilan to‘lgan, periferik qon tomirlarda puls yo‘q, kuchliog‘riq, bemorning umumiy holati og‘ir bo‘ladi.
4-darajada teri, teri osti va suyak to‘himalari jonsizlangan, puls yo‘q,bemorning umumiy holati juda og‘ir kechadi.
Issiqhonada tananing sovuq urgan qismlarini isitishga qaratilgantezkor chora-tadbirlar o‘tkazish – toza ho‘l bilan tashqaridan markazga qarab uqalash, spirt, odekolon, vazelin yoki har qanday antiseptik moylar bilan ishlov berish,keyin aseptik bog‘lam qo‘yish lozim. 3 va 4-darajali sovuq urishlarida shikastlangan qo‘l va oyoqlar harakatsiz holatga keltirilishi kerak.Uqalashda qor yoki muzdan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bemorgaissiq choy, kofe, sut, 20 tomchi karvolol ichiriladi. Imkoniyatboricha tezroq jarrohlik statsionariga olib boriladi.
ELEKTR TOKIDAN SHIKASTLANISH
Bunday shikastlanishlar tehnik yoki atmosfera elektr quvvati ta’siridayuzaga keladi. Elektr asboblaridan tehnikada va uy ho‘jaligida uquvsizlikbilan foydalanish, shuningdek bu asboblarning nosozligi elektrdanjarohatlanish (elektrotravma)ga olib keladi.Elektr quvvatidan shikastlanishlar: termik; elektrolitik; organizmgamehanik ta’sirlarga bo‘linadi.Elektr quvvatining ta’siri uning kuchi 3–5 mA ga teng bo‘lganda
sezila boshlanadi, 20–25 mA kuchga ega elektr huvvati mushaklarningbeihtiyor qisqarishiga sababchi bo‘ladi. Elektrotravmalarning sababi vaba’zan bu faktni aniqlash juda qiyin kechadi. Bundan tashqari,elektrotravmani boshqa shikastlanishlar (kontaktli termik kuyish,elektrotravmadan keyin balandlikdan yiqilib shikastlanishlar) bilan oson
adashtirish mumkin.Elektrotravmalar terining namligi yuqori bo‘ladigan bahor, yoz va kuzoylarida ko‘proq kuzatiladi. Havfli, o‘limga olib keladiganelektrotravmalar 127–220 V li elektr toki ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.Huvvati 10000 V dan yuqori bo‘lgan elektr toki bilan shikastlanishlardao‘lim keng ko‘lamdagi kuyish natijasida yuzaga keladi.Past kuchlanishli toklarni ham organizm uchun umuman zararsiz deb
bo‘lmaydi. Shu narsa aniqlanganki, bir hil kuchlanishdagi o‘zgaruvchantok o‘zgarmas tokka nisbatan havfliroq. Yuqori kuchlanishli toklar bilanshikastlanganda ko‘plab elektr ta’siridagi kuyishlar kuzatiladi. Tok kuchiuning kuchlanishiga to‘g‘ri va teri hamda predmetlar qarshiligiga teskariproporsional bo‘lib, ko‘p jihatdan shikastlanuvchini yerdan ajratib turganpredmet qarshiligiga bog‘lih. Organizmning elektrga qarshiligi terininghqarshiligiga bog‘liq. Teri qancha yumshoq va namligi yuqori bo‘lsa, uning qarshiligi shuncha kam bo‘ladi.Elektr tokining tanaga kiradigan va chiqadigan yo‘li «tok halqasi» debataladi.Pastki, yuqorigi va to‘liqhalqalar tafovutlanadi.Pastki halqa – oyoqdan-oyoqqa havfi kam. Yuqori halqa – qo‘ldanqo‘
lga havfi yuqoriroq va to‘liqhalqa – bunda tok nafaqat oyoq-qo‘llardan, balki yurakdan ham o‘tadi.Tokning kirish va chiqish joylarida elektr kuyishlar hosil bo‘ladi,ularga hos o‘zgarishlar «tok belgisi» deb ataladi. Ular terining yumaloq,ellipssimon yoki chiziqchali quruq jonsizlanishi shaklida bo‘lib, kulrang,och sariq yoki sut rangida, uning markazi to‘qroq, chetlari ko‘tarilganochroq rangda bo‘ladi. «Tok belgisi» atrofidagi sochlar kuymagan,shtoporsimon buralgan bo‘ladi. Ko‘pincha, «tok belgisi» uning kirishjoyida ko‘proq shakllanadi, chiqish joyida u metall bilan kontaktdabo‘lganda hosil bo‘ladi. «Tok belgilari» elektr tokining yo‘lida teriningburishgan va bukiladigan joylarida ham hosil bo‘ladi.
Elektrotravmaning 4 ta darajasi mavjud:
1-daraja – shikastlangan kishida muskullarning beihtiyor titrabqaqshashikuzatilib, hushi o‘zida bo‘ladi.
2-daraja – muskullarning beihtiyor titrab qaqshashi bilan birga, bemorhushini yo‘qotadi.
3-daraja – hush yo‘qotish bilan birga, yurak va nafas olishfunksiyalarining buzilishi ham kuzatiladi.
4-daraja – bemor klinik o‘lim holatida bo‘ladi.
Elektr toki bilan shikastlanganda, uning klinik ko‘rinishi umumiy vamahalliy belgilardan tashkil topadi:
Umumiy simptomatika subyektiv belgilari – sekin turtki, achitibog‘rish, mushaklarning beihtiyor qisqarishlari, qaltiroq tutishi; o‘yektivbelgilari: teri qoplamalarining oqarishi, ba’zan ko‘karish, so‘lakajralishining ko‘payishi, qusish, yurak sohasidagi og‘rihdan iborat. Elektrtokining bilvosita ta’siri yo‘qotilgandan keyin shikastlangan kishi o‘zinihuddi qattiq kaltaklangandek, charchoq, butun gavdasida og‘irlik sezadi.Ba’zan juda loqayd, parishonhotir, ba’zan esa juda hayajonlangan holatdabo‘ladi. Ularda puls tezlashib, beihtiyor siydik ajralishi kuzatilishimumkin. Elektrotravma yuqoridan yiqilishi bilan davom etsa,suyaklarning turlicha sinishlari va bo‘g‘imlarning chiqishlari kuzatilishimumkin.
Mahalliy shikastlanish ko‘zga ko‘rinib turadigan kuyish bilanifodalanadi. Odatda bu kuyishlar ikkinchi darajali bo‘lib, ular termikkuyishlardan pufakchalar va qizarishning yo‘qligi, aksincha, sariqjigarrangdog‘lar hosil bo‘lishi va bu joyning og‘riqni sezmasligi bilanfarqqiladi; ba’zan kuygan joydan qon oqib turishi mumkin.Kuyish maydoni katta bo‘lgan elektrotravmalarda ichki organlarningshikastlanishlari ancha kamroq bo‘ladi. Chunki kuyib ko‘mirga aylanganto‘qimalar tokning ichki organlarga tarqalishiga to‘siq bo‘ladi. Kuyishmaydoni kichik elektrtravmalar, tok ta’siridan keyin juda tez vaqt ichidaaniq chegara hosil qilib, o‘lgan kulrang to‘qima atrofida tiniq aylana hosilqiladi. Kuygan joy atrofidagi to‘qimalarda shish juda tez rivojlanadi.
ELEKTR TOKIDAN JAROHATLANGAN KISHIGA BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH
Inson elektr tokidan jarohatlanganda uni avvalo elektr tokining ta`siridan qutqarish kerak.Bunga jarohatlangan kishini tok uzatuvchi qismlardan ajratish yoki kuchlanishni o`chirish bilan erishiladi.Bu ishni juda ehtiyotkorlik bilan, tehnika havfsizligiga amal qilgan holda bajarish zarur. Agar imkoniyati bo‘lsa, tokni tezda mahsus o‘chirish pultidan yoki tok o‘chirgichdan uzish kerak. Agar ular nosoz bo‘lsa,mahsus o‘tkir jag‘li ombirlar bilan (izolatsiyalovchi rezina naylar kiydirilgan)elektr simini qirqib tashlash, bunda, albatta, har bir sim alohida qirqilishi, ya’ni qisqa tutashuv kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
13-rasm.Shikastlangan kishini juda tezlik bilan elektr toki manbaidan ajratish.
Shikastlangankishinitokta’siridanozodqilmayturib, tanasiningochiqqismlariniushlashmumkinemas.Agarbemordakliniko‘limyuzbersa, tezlikbilanvauzluksiz, shuningdek, transportirovkavaqtidaham, sun’iynafasberishni (og‘izdan- og‘izgayokiog‘izdan-burunga) vayuraknibilvositamassajqilishniamalgaoshirishkerak. Voqea sodirbo‘lgan joyda kuygan terini odekolon bilan artish, steril bog‘lam qo‘yish,transport shinalarini qo‘llash kerak. Elektrtravma olgan kishilar, ularning holati qanday bo‘lishidanqat’i nazar, kasalhonaga yotqizilishi shart.
Kuchlanish 1000 Vgachabo`lgansetlarnitoko`zatuvchiqismlardanodamniajratish, quruqtayoq, yog`och, kiyimyokiboshqabirorbirtoko`tkazmaydigannarsalaryordamidaamalgaoshiriladi.Agarodamnitokuzatuvchiqismlardanajratishqiyinbo`lsa, tokuzatuvchisimniquruqdastaliboltayokiboshqàizolyatsiyalangandastaliqurol' bilanchopishkerak. Kuchlanish 1000 V dan yuqori bo`lgan setlarda jarohatlangan kishini ajratish izolyatsiyalangan shtangà yoki qisqich, dielektrik qo`lqop va botinkalar yordamida bajariladi. Shubilanbirgaunutmaslikkerakki, tokta`siriostidaodamgaelektrhavfsizligitadbirchoralariko`rmasdantegishqutqaruvchikishiningo`ziuchunhavflidir. Jarohatlangankishigayordamberishdamuvaffahiyatningasosiyshartiyordamberishningtezligihisoblanadi, chunkiinsonyuragisholbo`lgandanbeshminutdanso`nguniasrabqolishmumkinemas. Agarjarohatlangankishibalandlikdabo`lsakuchlanishnio`chirishdanoldinuniyiqilishihavfsizliknitaminlashkerak. Elektr tokidan shikastlanishning barcha holatlarda jarohatlangan kishini holati qanday bo`lishidan qat`iy nazar vrachga murojat qilish lozim. Elektr toki ta`siridan inson qutharilgandan so`ng uning holatini aniqlash zarur bo`ladi. Agar jarohatlangan kishi odam hushida bo`lsa uni qulay joyga yotqizish va vrach etib kelguncha uni tinch ko`yish va doimiy ravishda nafas olishini va yurak urishini kuzatish talab etiladi.Agar shikastlangan kishi hushini yo`qotgan holatda bo`lib, lekin nafas olayotgan va yuragi urayotgan bo`lsa uni qulay holatda yotqizilib, yoqa tugmalarini va belidagi qayishini echish kerak hamda burniga nashatir spirtga namlangan pahta tutish yuziga suv purkashhamda uni tinch ko`yish lozim. Nafas olishva yurak faoliyatini to`htashi elektr toki ta`sirini eng og`ir oqibati hisoblanadi.Agar jarohatlangan kishi nafas olmayotgan lekin yuragi urayotgan bo`lsa unga sun`iy nafas berishga kirishish kerak. Agar yurak urishi ham to`htagan bo`lsa unga sun`iy nafas berish bilan birgalikda yuragini ham tashqi massaj qilishni bajarish talab etiladi.Sun`iy nafas berishning eng samarali yo`li jarohatlangan kishining og`zidan yoki burnidan og`iz bilan havo puflashhisoblanadi. Bunda jarohatlangan kishi orqasi bilan erga yotqizilib kiyimlari yoki boshqa narsa o`rab qopqoqlari va bo`yni ostiga qo`yilib bo`yni ko`proq orqaga egiltiriladi va og`iz bo`shlg`i suvdan tozalanadi va tili chiqariladi.Jarohatlangan kishini burni qisiladi og`iz va burunga quruq rumolcha yoki doka salfetka qo`yilib yo`rdaì berayotgan kishi ikki-uch chuqur nafas olib jarohatlangan kishi og`ziga havo puflaydi. Sun`iy nafas berish chastotasi minutiga 12…14 martadan oshmasligi lozim, chunki bu tabiiy nafas olish ritmiga mos keladi.
14-rasm. "Og`izdanog`izga" sun`iynafasberish.
Sun`iy nafas berishni jarohatlangan kishida ritmik nafas olish tiklanguncha davom ettirishlozim.Sanoatda sun`iy nafas berishning apparatlari chiqarilgan. Bu moslama komplektida niqobvahar hil o`lchamdagi (katta yoshdagilar va o`smirlar, bolalar uchun) havo puflagichlar kiradi.Agar shikastlangan kishida yurak urishi kuzatilmasa yuragi tashqi massaj qilinadi. Buning uchun jarohatlangan kishi orqasi bilan biror bir qattiq tekis yuzaga yotqizilib, old tugmalari echilib ko`kragi ochiladi. Yordam beruvchi odam bunda bir qo`lini ko`krak qafasining kerakli joyiga kafti bilan, ikkinchiqo`lini esa ko`krakka qo`yilgan qo`l ustiga kafti bilan qo`yilgan holda ko`krakni umurtqa tomonga bosadi. Bundako`krakqafasifaqattikholatda 3…4 smgachachuqurlikkaminutiga 60 martachastotabilanbosiladi. Ko`krakdan bunday bosishda yurakdan siqib chiqarilgan qon, qon tomirlarga kiradi.Yurakni massaj qilishda qovurg`aga zarar bermaslik uchun ehtiyot bo`lish kerak. Massajning samaradorligi katta arteriya qon tomirlarda pul'sning paydo bo`lishi bilan baholanadi.Ko`p hollarda jarohatlangan kishilarni yuragini massaj qilish ularga sun`iy nafas berish bilan birga olib boriladi. Bunda sun`iy nafas berishni ko`krak qafasini bosish vaqti oralig`ida bajarish kerak. Yahshisi buni ikki kishi bajargani maqul, bir kishi ko`krak qafasini 4…5 marta bosadi, so`ngra ikkinchi kishi jarohatlangan kishi o`pkasiga havo puflaydi. Bu jarayon shu holatda takrorlanadi.Meditsina hodimi yurak faoliyatini tiklovchi samarali usul tajribalariga ega bo`ladi. bu maqsad uchun defibrillyator degan mahsus apparatlar qo`llaniladi va ular yordamida yurak orqali yuqori kuchlanishli qisqa elektr zaryadi hosil qilinadi va bu yurak muskullarini umumiy qisqarishiga sabab bo`ladi.
15-rasm.Chapdanvayurakni (tikbo`lmaganholda)tashqimassajqilish (o`ngdan).
ATMOSFERA TOKIDAN SHIKASTLANISH
Ko‘pincha chaqmoq chaqishlari va momoqaldiroqlar vaqtida elektrzaradlarining atmosferada to‘planishidan shikastlanishlar yuzaga keladi.Bunday hollarda chaqmohning yerga yo‘li ochiq joyda turgan, masalan,ochiq daladagi yolg‘iz daraht, o‘rmondagi eng baland daraht yoki engyuqori metall konstruksiya orqali o‘tishi mumkin. Shuning uchun hamchaqmoh chaqishi vaqtida bunday joylarda (daraht ostida, metal konstruksiyali simyog‘ochlar va shu kabilar yonida) bo‘lishhavfsiz emas.Binolar ichida chahmohning shikastlovchi ta’siridan saqlanish uchunderazalarni yopish, hamma elektr asboblarini, shu jumladan radio va televizorlarnio‘chirib, antennalarini uzish kerak. Chaqmoq bilan shikastlanganda,kishining tanasida darahtsimon ko‘kish rangdagi rasm paydobo‘ladi. Bunday vaqtlarda «chaqmoq o‘z shaklini qoldirdi» deyish odatbo‘lgan. Aslida esa bu narsa teri ostidagi qon tomirlarining falajlanishinatijasida kelib chihadi.
Birinchi yordam: bunday hollarda tezlik bilan va uzluksiz tiriltirishchora-tadbirlarini boshlash kerak (sun’iy nafas oldirish, yurakni bilvositamassaj qilish). Bu chora-tadbirlar shikastlangan kishini saqlab qolishningbirdan-bir yo‘lidir.
TAYANCH-HARAKAT A’ZOLARINING
SHIKASTLANISHLARI
Bosh suyagi qoplamalarining yopih va ochih shikastlanishlari.Boshsuyagining yopiq shikastlanishlarida yumshoq to‘himalarning anatomic butunligi buzilmaydi. Bunday yopih shikastlanishlar bevosita tashqi ta’sirkuchining tez va qisqa muddatli ta’sir etishi natijasida yuzaga keladi.Lat yeyishdagi shikastlanish darajasi shikastlovchi agentningo‘lchamlari va massasiga, urilish kuchiga, ta’sirining davomiyligiga,shuningdek ko‘pincha jabrlanuvchining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Bundako‘p hollarda, mayda qon tomirlari shikastlanadi.Yumshoq to‘qimalar, shu jumladan bosh suyagi qoplamalari latyeganda, ularning klinik ko‘rinishlarida jarohatlovchi agent ta’sir etganjoyda og‘riq, qontalash bo‘lishi yoki qon to‘planishi (gematoma)kuzatiladi.Bosh suyagi qoplamalarining ochiq shikastlanishlarida teriningbutunligi buziladi va jarohatlar paydo bo‘ladi.
BOSH SUYAGINING SHIKASTLANISHLARI
Bosh suyagi gumbazi va asosining sinishi.Bosh suyagi kallaningasosiy skeleti bo‘lib, uning miya va yuz qismlari farqlanadi. Bir-biri bilanchoklar orqali birlashgan bir nechta alohida suyakdan tashkil topgan boshsuyagi bo‘shlig‘ida bosh miya joylashgan. Bosh suyagi bo‘shlig‘inichegaralab turuvchi suyaklar – ensa, 2 ta tepa, peshona, asos, 2 ta chakka,g‘alvirsimon suyaklar.
Bosh va miya shikastlanishlarining quyidagi asosiy turlaritafovutlanadi:
1) bosh suyagi va bosh miyaning yopiq shikastlanishlari – bundaterining butunligi saqlanib (terida jarohatlar ham bo‘lishi mumkin)suyaklarning shikastlanishi kuzatilmaydi;
2) ochiq shikastlanishlar ikki hil – miyaning qattiq pardasigao‘tmagan va miyaning qattiq pardasiga o‘tib, uning butunligi buzilganko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Bosh suyagining sinishi unga bevosita urish yoki pastdan yuqoriga qattiq turtki bo‘lganda, boshning qattiq jismlarning qirralariga urilishi, qattiq yuzalarga yiqilish oqibatida, turli transport halokatlarida kuzatilishimumkin. Bosh suyagi qubbasi, asosi va chakka qismining sinishlarifarqlanadi. Bosh suyagi yuz qismining suyaklarida darz ketish va ezilish natijasidagisinishlar kuzatiladi. Ezilish natijasidagi sinishlarda tashqiplastinka u yoki bu ko‘lamda sinadi va ichkari tomonga qarab botiqhosilhiladi. Bosh suyagining darz ketishi bitta yoki bir nechta joyda bo‘lishimumkin.Bosh suyagi gumbazi sinishi uning asosi sinishiga nisbatan ikkibarobar ko‘p kuzatiladi. Bosh suyagi asosining sinishi uning gumbazisinishining davomi bo‘lishi yoki bilvosita jarohatlanish ta’sirida(ko‘pincha balandliklardan yihilishda) suyakning eng yupqa va nozikjoylarida (teshik va yoriqlar atrofida) yuzaga keladi. Bundayshikastlanishlar og‘ir kechadi, chunki bunda doimo miya moddasizararlanib qattiq miya pardasida defektlar yuzaga keladi, bosh miyanervlari jarohatlanadi.Bosh miya qattiq pardasi butunligining buzilishi bilan kechadiganshikastlanishlarda qobiqosti muhiti va doimo patogen mikroflora bo‘lganboshqa bo‘shlihlarda bog‘lanish yuzaga kelib, kasallikning kechishiyanada og‘irlashadi. Masalan, bosh suyagining old chuqurchasi singandag‘alvirsimon suyak teshikchalari orqali burun bo‘shlig‘i bilan bog‘lanishyuzaga keladi; o‘rta chuqurchada sinish bo‘lganda darz ketishquloq pardasi bo‘shlig‘iga yoki ponasimon suyak bo‘shlig‘iga kirib borishimumkin. Miyaning qattiq pardasi ostidagi sohaning burun bo‘shliqlaribilan bog‘lanib qolishi u yerga mikroblar kirib borishiga va bosh miyaichida infeksiyaning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.Bosh miya asosi sinishlarida quloqdan, burun va og‘izdan qon kelishi,orqa miya suyuqligi oqishini ko‘rish mumkin. Qonning yumshoq to‘qimalar ostiga quyilishi natijasida ko‘z atrofida («ko‘zoynaksimptomi»), chakka osti chuqurligida, quloq orqalarida qontalashlaryuzaga kelishi, bosh miya nervlari falaji va yarim falajlari kuzatilishimumkin.
Bosh miyaning chayqalishi, lat yeyishi va ezilishi.Bosh miyaning chayhalishi diffuz shikastlanish simptomlari bilantavsiflanadi. Bosh miya chayhalishini shartli ravishda 3 ta darajagabo‘lamiz: yengil, o‘rtacha va og‘ir. Bosh miya chayqalishining klinikasidahushdan ketish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, shilliq havatlar va terining rangsizlanishi, reflekslarning susayishi yoki umumanbo‘lmasligi kuzatiladi. Ko‘pincha hotira buzilib, jabrlanuvchi qandayholatda jarohat olganligini eslay olmaydi.Miya chayqalishining yengil darajasida hushdan ketish bir nechasekunddan bir necha minutgacha davom etib, kuchsiz mushak gipotoniyasinianiqlash mumkin. Puls sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin.Tez kunlar ichida bemorning holati normallashib, birinchi haftaningohirida shikoyatlar asta-sekin yo‘qoladi.Miya chayqalishining o‘rtacha darajasi klinikasi ancha aniq ifodalanadi. Hushdan ketish sanoqli sekundlardan bir necha minutgachadavom etsa-da, bir necha kungacha bemorning hushi noaniqholatdabo‘ladi. U o‘zi bilan nima hodisa yuz berganini, jarohatdan oldingihodisalarni ham, jarohat olgan holatini ham eslay olmaydi (retrogradamneziya). Ko‘rik vaqtida anizokoriya, nistagm, anizorefleksiya, yengilmeningeal belgilar, terining rangsizlanishini aniqlash mumkin. Asta-sekinbemorning holati normallasha borib, 3–4 haftadan so‘ng yahshilanadi.Nistagm jarohatdan keyin ham bir necha oylargacha qolib ketadi.Bosh miyaning og‘ir darajada chayqalishi uzoq muddatli hushdanketish bilan tavsiflanib, u bir necha soatdan bir necha kungacha davometishi mumkin. Hayotiy zarur organlarning, jumladan yurak-tomir va nafastizimi funksiyalari buziladi. Uzoq muddat – bir yil va undan ko‘p vaqtmobaynida tahlil qilish va hotira sustligi, vaqtni bilish doirasining yetarlibo‘lmasligi kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan psihomotor hayajonlanish, vazomatorbuzilishlar, ko‘p terlash kuzatiladi.Bosh miyaning lat yeyishi – miya chayqalishiga nisbatan anchaog‘irroq darajadagi travmatik jarohatlanishi bo‘lib, u ko‘pincha o‘tmasog‘ir predmetlarning bosh miyaga kuchli zarbasidan kelib chiqadi va miyato‘qimasida qon quyilishining mikroskopik aniq ifodalanganshikastlanishlarning klinik belgilari bilan kechadi.Nevrologik ahvoli asosida o‘choqning joylashishini hisobga olib,miya lat yeyishining uchta darajasi farqlanadi: yengil, o‘rtacha va og‘ir.Lat yeyish o‘chog‘i shikastlovchi kuch tushgan joyda, va aksincha, undanyiroqroq joylarda bo‘lishi mumkin. Miya o‘zagi va qorinchalariga yaqinjoylashgan kontuzion va gemorragik o‘choqlar boshqalariga nisbatanancha havfli.Miya lat yeyishining klinik ko‘rinishlari birdaniga kelib chiqadiganturli simptomlar bilan tavsiflanadi. Bunday o‘choqli simptomlar falajlik,yarim falajlik, ko‘rish kengligining o‘zgarishlari, patologik reflekslarko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Miya lat yeyishining avvalida qisqamuddatli hushdan ketish kuzatiladi.Miya lat yeyishining yengil darajasida hushdan ketish bo‘lmasligiyoki u 10–15 minut davom etishi mumkin. Bemor tezda hushiga haytadi,lekin yengil parez, assimetriya kabi o‘choqli belgilar qoladi.Miya lat yeyishining o‘rtacha darajasida uzoq muddatli hushniyo‘qotish (7 dan 16 sutkagacha) – koma rivojlanishi, nafas olishningbuzilishi, yurak-tomir faoliyatida buzilishlar va boshqa simptomlarrivojlanishi kuzatiladi. Bemorning hushiga kelishi sekin (soatlar, sutkalar)kechib, uzoq vaqtgacha hotirasi hiraligicha qoladi. Hushi o‘ziga kelgachesa bemor uzoq vaqtgacha lanj, uyhuchan bo‘lib, ularda atrofdagilarga qiziqish susaygan bo‘ladi. Retrograd amneziya ko‘rinishidagi hotiradagibuzilishlar ham miyaning lat yeyishiga hos.Miya lat yeyishining og‘ir darajasi ko‘pincha antegrad amneziya bilantavsiflanib, jarohatdan keyingi hodisalarni ham hotirasida saqlay olmaydi,nafas organlari va yurak-tomir tizimida funksiyalarning buzilishi aniq ifodalangan bo‘ladi. Miya shikastlanishi qanchalik ifodalangan bo‘lsa, bufunksiyalar buzilishi ham shunga mos bo‘ladi. Nafas olish soni keskin qisqarib,nafas olishharakatlari ko‘krak qafasida va diafragmada arang
seziladi, gipoksiya va sianoz rivojlangan bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida qusish saqlanib turadi. Tana harorati ko‘tariladi. O‘choqli simptomlarperiferik belgilar ko‘rinishida miyaning zararlanish o‘chog‘i joylashishiga qarab ifodalanadi.Bosh miyaning ezilishi ko‘pincha bosh suyagi ichida qon quyilishinatijasida, miya shishishi yoki miyada juda tez o‘suvchi o‘smalar paydobo‘lishidan yuzaga keladi.Bosh suyagi ichiga qon to‘planishi ko‘pincha tezda o‘zini namoyon qilmaydi, bunga sabab ba’zi bir kompensator mehanizmlarningmavjudligidir. Masalan, orqa miya suyuqligining bosh suyagi bo‘shlig‘idan subarahnoidal bo‘shliqqa o‘tishi natijasida bemorning umumiy
holati bir qadar yahshilanadi va «porloq oraliq» deb nomlangan holatyuzaga keladi. Miya ezilishining tobora ortib borishiga hos belgilardan biri– bosh og‘rig‘ining kuchayishi, qayta qusishlar, hayajonlanish, ba’zanmushaklarning g‘ayriihtiyoriy qisqarishlari, hushni yo‘hotishga o‘tib ketadiganuyquga moyillik kuzatiladi.
BOSH MIYA SHIKASTLANGANDA KASALHONAGA YOTQIZILGUNGA QADARKO‘RSATILADIGAN YORDAM
Bosh miyasi shikastlangan bemorning taqdiri ko‘p jihatdankasalhonaga yotqizilgunga qadar ko‘rsatiladigan yordamning sifatiga vamahsus davolash kasalhonalariga tezda yetkazib borilishiga, yuqorimalakali tibbiy yordamning o‘z vaqtida ko‘rsatilishiga bog‘liq. Bundayshikastlanishlardagi davolashning achinarli natijalari, ayniqsauyg‘unlashgan shikastlanishlarda ko‘pincha jarohatning darajasi vaog‘irligiga emas, balki kasalhonaga kelgunga qadar birinchi tibbiyyordamning ko‘rsatilganligi yoki uning yetarli darajada amalga oshirmaganliknatijasida bosh miyadagi qaytmas o‘zgarishlar yoki uning og‘irasoratlari yuz berishiga sabab bo‘ladi.Yuqoridagi fikrning isboti sifatida kasalhonaga yotqizishdagi tezlik vabungacha ko‘rsatilgan yordamning bemorlar o‘limiga ta’sirini keltirishmumkin. Tahlil uchun shaharlararo yo‘l-transport hodisalari va yirikshaharlar ichidagi shunday hodisalardagi o‘lim statistikasi tanlab olinadi.Shaharlararo yo‘l-transport hodisalarida bosh miyasi shikastlanganlarorasidagi o‘lim ko‘rsatkichi 17 % bo‘lgani holda, bu ko‘rsatkich yirikshaharda 8 % ga teng. Shaharlararo yo‘l transport hodisalarida halokbo‘lgan jabrlanuvchilarning 80 % falokat joyida yoki kasalhonagaketayotganda yo‘lda o‘lgan. Yirik shahar ichidagi bu ko‘rsatkich 28 % gateng bo‘lgan. Bu narsa shahar ichidagi falokatga uchragan kishilarningkasalhonaga tezroq yetkazilishi bilan izohlanadi. Shahar ichidagi yo‘lgaqo‘yilgan telefon aloqasi, tez yordamning shahar bo‘yicha bo‘limlarimavjudligi, radioaloqa va shu kabilar tez yordamning nisbatan tezroq kelishiga va bemorga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishiga,shuningdek uning zudlik bilan kasalhonaga yetkazilishiga omil bo‘ladi.Aksincha, shahar tashqarisida yo‘llarning tor va uzunligi, tez yordambo‘limlarining faqat yirik shaharlarda bo‘lishi, tabiiyki, kasalnikasalhonaga yetkazishga ketadigan vaqtning uzayishiga sababchi bo‘ladi.Kasalhonaga yotqizilgunga qadar bo‘ladigan o‘lim ko‘rsatkichlarichastotasi yana bir muhim omil – falokat sodir bo‘lgan joyda malakalibirinchi yordamning ko‘rsatilishiga bog‘liq. Sud tibbiyot ekspertizasihay’atining ma’lumotlariga ko‘ra, kasalhonaga yotqizilgunga qadaro‘lganlarning 17 % da o‘limga sabab qon ketishi, shok yoki asfiksiyabo‘lib, bu narsalar voqea sodir bo‘lgan joyda tezlikda bartaraf etilishikerak. O‘z vaqtida va malakali ko‘rsatilgan birinchi yordam kasalninghayotini saqlab qolishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu muhim omiljarohat olingandan keyin o‘tgan vaqt bo‘lib, bu vaqt davomida
organizmdagi o‘zgarishlarni o‘z o‘rniga qaytarish imkoniyati mavjuddir.Shuning uchun ham voqea sodir bo‘lgan joyda o‘z vaqtida o‘tkazilganchora-tadbirlar jabrlanuvchining hayot-mamotini hal qiladi, keyinchaliko‘tkaziladigan davolash ishlarining muvaffahiyatini ta’minlaydi,nogironlikning darajasi va muddatiga, ayniqsa, kasalning tuzalib ketishmuddatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.Bosh miya jarohatlarida bir qator og‘ir asoratlarning yuzaga kelishigasabab bo‘ladigan asosiy patologik omil miya gipoksiyasidir. Miyaning qonbilan yetarli ta’minlanishi o‘zini o‘zi boshqaruvchi murakkabmehanizmlar yordamida ushlab turiladi. Lekin kompensatsiyamehanizmlarining imkoniyatlari yuqori bo‘lsa ham, u chegaralangan.Arterial bosimning 60 va 70 mm simob ustunigacha pasayishi kritikchegara bo‘lib hisoblanadi. Arteriya bosimining ko‘rsatilgan darajadanpasayishi avval funksional o‘zgarishlarga, so‘ngra bosh miyada qaytmasmorfologik o‘zgarishlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shundan miyaishemiyasi (miyaning qonsizlanishi)ning oldini olishga qaratilgan, ayniqsakasalhonaga yotqizishgacha bo‘lgan davrda, chora-tadbirlarning qanchalik
katta ahamiyatga ega ekanligi ko‘rinib turibdi. Demak, birinchi yordamko‘rsatayotgan kishilarga qo‘yiladigan talablar: voqea sodir bo‘lgan joydao‘z vaqtida, to‘g‘ri va kerakli hajmda birinchi yordam ko‘rsatish, bemornimahsus davolash muassasalariga iloji boricha tezroq yetkazish.Shikastlanishlardagi birinchi yordam – nafas yo‘llaridan shilimshihni, qusiq massalarini aspiratsiya yo‘li bilan tozalash, bemorni yonboshiga
yoki chalqancha yotqizib, boshini yon tomonga o‘girib qo‘yishdan iborat.Agar og‘iz bo‘shlig‘ida shilimshih moddalar va qusiq massalari sezilarlito‘plangan bo‘lsa, ularni tampon, iloji bo‘lsa, suruvchi moslama bilan tozalashkerak. Sun’iy nafas oldirish uchun ko‘krak qafasini qo‘l bilanbosish usuli yahshi natija bermaydi, aksincha, bosh miyaning qo‘shmajarohatlarida bunday chorani qo‘llashhatto havfli hamdir.
UMURTQALARNING SHIKASTLANISHIDA
BIRINCHI YORDAM
Umurtqalarning quyidagi shikastlanishlari tafovutlanadi: bog‘lamlarningcho‘zilishi va uzilishlari, umurtqalararo diskning shikastlanishi,chiqishi, umurtqa tanasi va o‘simtalarining hamda umurtha yoyiningsinishi.Umurtqalarning sinishida orqa miyaning shikastlanmaydigan, shikastlanadigan,orqa miyani ezadigan, qisman va to‘liq uzib yuboradiganturlari farqlanadi.
16-rasm.Shikastlanganlar mahsus qattiq zambilda yoki oddiy zambilga tahta
qo‘yib, unga yotqizilgan holatda tashiladi.
Orqa miyaning oq moddasi o‘zgarishiga olib keladiganqisman shikastlanishlar natijasida uning o‘tkazuvchanligi buziladi. Orqaildizlar shikastlanganda sezuvchanlikning hamma turlari va reflekslaryo‘qoladi.Singan umurtqalar asoratlarining kechish og‘irligi uning darajasi,hususiyati va orqa miyaning shikastlanish darajasiga bog‘liq. Orqamiyaning to‘liq uzilishi natijasida uzoq muddatli falajlik va orqa miyaorqali innervatsiyalangan joylarning anesteziyasi (sezuvchanlikningyo‘qolishi) yuz beradi. Orqa miya bo‘yin umurthalari bo‘limi shikastlansa,oyoq va qo‘llarning falajlanishi – tetraplegiya kuzatiladi. Bundan tashqari,
ba’zi hollarda diafragma va qovurg‘a oralig‘idagi mushaklar funksiyasiizdan chiqadi. Orqa miyaning ko‘krak yoki bel qismlari uzilishioyoqlarning falajlanishiga – pastki paraplegiyaga olib keladi. Orqamiyaning buzilishida qaysi bo‘limda bo‘lishidan qat’i nazar, tos organlarifunksiyalari buziladi (siydik ajralishi, defekatsiya) va oziqlanishning
buzilishi natijasida juda tez orada yotoq jarohatlari yuzaga keladi.Umurtqalar sinishida birinchi yordamning to‘g‘ri amalga oshirilishijuda ahamiyatga ega.Jarohatlangan kishini ehtiyotsizlik bilan bir joydan ikkinchi joyga olibyotqizishda suyak siniqlarining siljishi va qo‘shimcha shikastlanishlarga,shu jumladan orqa miyaning uzilishiga olib kelishi mumkin. Jarohatlangankishini ko‘tarib boshqa joyga yotqizishda juda ehtiyotkor bo‘lish va faqatbir necha kishi bir vaqtda bahamjihatlik bilan ko‘tarishi va yotqizishilozim. Shikastlanganlar mahsus qattiq zambilda yoki oddiy zambilga tahta
qo‘yib, unga yotqizilgan holatda tashiladi.Agartahtatopilmasa, bemornitibbiyzambilgaqornibilanyotqizibtashiladi, bundayholatdaumurtqasuyaklarisiljishiningoldiolinadi.
TOS SUYAGINING SINISHIDA
BIRINCHI YORDAM
Birinchi yordam ko‘rsatishda, eng avvalo, bemorni to‘g‘ritransportirovka qilish lozim, ya’ni uni hattih asosli joyga yokiezilmaydigan zambilg‘altakka (tahta, faner va boshqalar) orqasi bilantizzalari va tos-son bo‘g‘imlari bukilgan holatda yotqiziladi. Tizzasi ostiga qattiq yostiqqo‘yiladi, bunda bemorni zambilg‘altakka qorin va boldirtovonbo‘g‘imi sohalaridan bog‘lab qo‘yish maqsadga muvofiq.
Qo‘l-oyoqlarning shikastlanishlari
Oyoq-qo‘llarning jarohatlari barcha shikastlanishlarning asosi qismini tashkil etadi.Oyoq -qo‘llarning yopiq shikastlanishlariga lat yeyish, et uzilishi –paylarning shikastlanishlari, gemartroz (bo‘g‘imlarga qon quyilishi),chiqishlar, yopiq sinishlar va boshqalar kirib, bunda teri qoplamining vashilliq pardalarining butunligi buzilmaydi.
Ochiq shikastlanishlarga har hil jarohatlar (kesilgan, o‘q tekkan vaboshqalar) kirib, bunda teri va shilliqqavatlarining butunligi buzilganbo‘ladi.
Lat yeyishlar
Qo‘l-oyoqlarning lat yeyishlari nisbatan katta bo‘lmagan kuch ta’sirinatijasida paydo bo‘lib, ular qon to‘planishi (gematoma) – shish, og‘riq vapaypaslaganda og‘rikning kuchayishi bilan kechadi. Birinchi yordamgabosib turuvchi bog‘lam va mahalliy sovuqqo‘llash kiradi.Paylarning cho‘zilishi va uzilishlari bo‘g‘imlarda kutilmaganda vakeskin harakat natijasida yuzaga keladi. Bunday shikastlanishlargayumshoq to‘qimalarga qon quyilishi hos bo‘lib, buning oqibatida shish,bo‘g‘imda og‘riq paydo bo‘ladi, harakatning chegaralanishi yokiog‘riqning kuchli bo‘lishi sababli harakatlana olmaslik yuzaga keladi.Birinchi yordam ko‘rsatishda tarang qilib bintlanadi, immobilizatsiyalanadiva sovitish vositalari (muz, qor) qo‘llaniladi. Muskul vapaylarning uzilishlariga tahmin qilingan taqdirda bemorni travmatologiyabo‘limlariga yotqiziladi.
Qo‘l-oyoqlarning chiqishlari
Yiqilish yoki qattiq zarba natijasida bo‘g‘im yuzalarining siljishigachiqish deyiladi. Sharsimon bo‘g‘imlarning chiqib ketishi oson kechadi,shuning uchun ham yelka bo‘g‘imining chiqishi ko‘pro uchrab turadi.Chiqishda periferiyada joylashgan suyakning nomi qo‘llaniladi.
Bundan chiqishlarning nomi kelib chiqadi. Masalan, yelka bo‘g‘imidagi
chiqish – yelkaning chiqishi, tos-son bo‘g‘imidagi chiqish – sonningchiqishi va boshqalar.To‘liq chiqishlar (suyaklarning bo‘g‘im yuzalari bir-biriga tegmay qolganda) va chala chiqishlar (bo‘g‘im yuzalari qisman bir-biriga tegibturganda) farqlanadi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, chiqishlardanafaqat bo‘g‘im yuzalarining siljishi, balki bo‘g‘im kapsulasining, paylar,ba’zan esa qon tomirlari va hatto nervlarning shikastlanishlari hamkuzatiladi.Chiqishning simptomlari – qo‘l yoki oyoqning majburiy holatdagifiksatsiyasi, deformatsiya, faol va passiv harakatlarda og‘riqning
kuchayishi, oyoq yoki qo‘l uzunligining o‘zgarishi, prujinali fiksatsiya(harakatlantirishga intilganda jarohatlangan bo‘g‘imda holatnio‘zgartirishga qarshilik seziladi va og‘rih paydo bo‘ladi). Qo‘llardagi chiqish oyoq chiqishiga nisbatan 2 barobar ko‘p uchraydiva u hamma chiqishlarning 60 % ni tashkil etadi. Oyoqlardagi chiqishlar,mos ravishda, 30 % ni tashkil etadi.Bunda yelka chihishi 41 %, tirsak chiqishi 16 %, kaft va barmoqlarchiqishi 4 % atrofida kuzatiladi. Oyoq bo‘g‘imlaridagi chiqishlardan sonsuyagining chiqishi ko‘prok uchraydi (27 %). Tizza chiqishi 2 % ni vatovon chiqishi bir foizdan ko‘proqni tashkil etadi.Birinchi yordam oyoqni shina bilan va qo‘lni qattiq ro‘mol bilanimmobilizatsiyalash, analgetik dorilar berish va travmatologiyabo‘limlariga yoki statsionarga olib borishdan iborat.Har hil joylardagi chiqishlarda asosiy birinchi yordam, shikastlanganoyoq yoki qo‘lni harakatsizlantirish va tezda bemorni travmatologiyabo‘limiga jo‘natishni o‘z ichiga oladi.
TAYANCH-HARAKAT A’ZOLARI
SUYAKLARINING SINISHLARDAGI BIRINCHI YORDAM
Suyak butunligining biron qismi buzilishiga sinish deyiladi. Ko‘phollarda suyaklarning sinishi unga tashqi kuchning bevosita yoki bilvositata’siri natijasidayuzaga keladi.Teri qoplamasi butunligining buzilishi yoki aksinchaligiga qarab,sinishlarni ochiq va yopiq turlarga bo‘lamiz.
Suyak sinishining qaysi tekislikda joylashishiga qarab, ular quyidagicha tafovutlanadi:
– ko‘ndalang;
– qiyshiq;
– spiralsimon;
– uzunasiga singan;
– parchalanib sinish;
– kompression.
Suyakning sinish darajasi undagi buzilishlarga qarab, to‘liq sinish(butunligining to‘liq buzilishi) va suyaklar pardasi ostidagi sinish (suyaksingan, lekin suyak usti pardasi butun)larga bo‘linadi. Suyak singan vaqtdauning bo‘lakchalari sindiruvchi kuchning yo‘nalishiga va muskullar qisqarishiga bog‘liqholda u yoki bu tomonga siljishi mumkin. Suyakbo‘lakchalarining siljishi uning o‘qi bo‘ylab burchak ostida, periferiyagava uzunligi bo‘yicha amalga oshadi. Suyak bo‘lakchalarining siljishiodatda ikki va undan ko‘p yo‘nalishlarda kuzatiladi. Suyak parchalari orasigamuskullar, paylar, nerv tolalari va qon tomirlari kirib qolibzararlanishi mumkin. Bu narsa, bir tomondan, falajlikka, qonaylanishining buzilishlariga olib kelsa, ikkinchi tomondan, suyakningbitishiga to‘sqinlik qiladi. Birinchi yordam ko‘rsatishda shu narsani yoddatutish kerakki, bunday bemor juda tezlik bilan mahsus tibbiy yordam
ko‘rsatish uchun (ko‘pincha bunday bemorlar jarrohlik yordamiga muhtojbo‘ladi) transportirovka qilinishi kerak.Sinishning simptomlari: singan joyda keskin og‘riq, funksiyaningbuzilishi (bemor singan oyoq yoki qo‘ldan foydalana olmaydi) vadeformatsiya kuzatiladi. Bemor ko‘zdan kechirilganda, oyoqyoki qo‘l(singan a’zo) uzunligining qisqarganligi, uning notabiiy holati, ba’zanpaypaslaganda singan joyda g‘irchillash (krepitatsiya)ni kuzatish mumkin.Ochiq turdagi sinishlarda jarohat kuzatilib, ba’zan undan suyak parchalariko‘rinib turadi.
Yopiq turdagi sinishlarda shikastlangan a’zoni immobilizasiya qilishmaqsadida transport shinalaridan foydalaniladi, keyin shifohonaga olibboriladi. Mahsus transport shinalari bo‘lmagan taqdirda, qo‘l ostidamavjud bo‘lgan vositalardan: faner, karton, tahtacha va shu kabilardanfoydalaniladi. Agar ho‘l ostida yuqoridagilar bo‘lmasa, qo‘l singanda unigavdaga, oyoq singanda – uni sog‘lom oyoqqa bint bilan mahkam qilib
bog‘lanadi. Singan a’zo bilan ehtiyotsiz munosabatda bo‘lganda, bemornibir joydan ikkinchi joyga o‘tkazish yoki yotqizishda, suyak parchalariterini ichki tomonidan jarohatlab, yopiq sinishni ochiq sinishga aylantiribqo‘yishi mumkin. Bu esa bemorning ahvolini nafaqat og‘irlashtiradi, balkiyaraga infeksiya tushishhavfini tug‘diradi, keyin bu narsa yiringli shamollashjarayoniga va osteomiyelit (suyakning yiringli jarayoni)ga olib kelishimumkin.Ochiq sinishda birinchi navbatda qon oqishini to‘htatish, jarohat
atrofidagi terini yodning spirtli eritmasi bilan artish va aseptik vositalarbilan bog‘lab qo‘yish kerak. Keyin singan a’zoga transport shinalariqo‘yilib immobilizatsiyalanadi. Shundan keyin, ya’ni birinchi yordamko‘rsatilgach, keyingi bosqichga o‘tiladi: zambilga joylashtirilib, transportvositasida shifohonaga olib boriladi.
Qo‘l va o‘mrov suyaklarining sinishi
O‘mrov suyagining sinishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushgan zarba yoki bilvositashikastlanish natijasida, masalan, qo‘l ustiga yiqilganda kelibchiqishi mumkin. O‘mrov suyagi o‘rtasidagi uchdan bir qismida sinishlarko‘proq kuzatiladi, chunki ayni shu joy tashqariga ko‘proq bo‘rtib chiqqanva kamroqhimoyalangan. Muskullarning tortish kuchi ta’siridaichkaridagi suyak sinihlari yuqoriga va orqaga, tashqaridagi sinihlar
pastga va oldinga siljiydi. Suyak pardasi ostidagi sinishlar va darzketishlarda sinihlar siljishi bo‘lmaydi.O‘mrov suyagi sinishidagi belgilar – og‘riq, yelkaning asimmetriyasi,ko‘pchilik hollarda singan o‘mrov suyagi siljigan joyda shish ko‘zga
tashlanadi, ba’zan krepitatsiya aniqlanadi.
Birinchi yordam ko‘rsatishda sakkizsimon yoki halqasimon qilibpahta-dokali bog‘lam qo‘yiladi. Sakkizsimon bog‘lam qo‘yilayotganvaqtda bemor o‘tirgan holatda, yordam ko‘rsatuvchi esa uning orqasidajoylashadi. Bog‘lam qo‘yishdan oldin bemorning qo‘ltiqlari ostigapahtadan yoki porolondan yostiqchalar joylashtiriladi. Bint (kengligi 10–15 sm)ni yelka bo‘g‘imi oldidan qo‘ltiq ostiga o‘tkaziladi va orqadakuraklar o‘rtasida kesishadi. Tola-dokali halqa tayyorlash va halqasimonbog‘lamni qo‘yish tehnikasi juda sodda. Halqani tayyorlash uchun ayollarpaypoqlari (kapronli, trikotajli), ko‘ylak yenglaridan foydalanish mumkin:ular tola bilan to‘ldirilib, keyin halqa shakliga keltiriladi. Bu halqachalarbemorning qo‘llariga bittadan kiydirilib, yelkaning yuqori uchdan birqismigacha ko‘tariladi, ularni orqasidan tortib kuraklar bir-birigamaksimal yaqinlashtiriladi, keyin bint bilan tortib bog‘lanadi, lekinbunday tortishqon aylanishiga halal bermasligi shart (qo‘ltih osti va yelkaarteriyalarini siqib qo‘ymaslik kerak).
17rasm. Qo‘l va oyoq suyaklarining sinishida qoyiladigan bog‘lam.
Yelkasuyaginingsinishlari
Yelkasuyaginingqaysijoyinenishidanqat’inazar (yuqori, o‘rtayokipastkiqismi), birinchiyordamKramertransportshinalariniqo‘yishbilanchegaralanadi. Avvalo, shikastlanganqo‘lnitanagayaqinlashtirib, uningtirsakbo‘g‘imi 900 liburchakostidabukiladi, keyintanagabintbilanmahkambog‘lanadi.
Agar ochiq sinish bo‘lsa, avvalo, qon oqishito‘htatilib, aseptik bog‘lam ho‘yiladi. Agar bog‘lash materiallari yo‘q bo‘lsa, ko‘ylak va boshqa shu kabilardan foydalaniladi. Bu kiyimlarningpastki qismi yuqoriga ko‘tarilib, ilgak tugma, qistirgichlar yordamidamahkamlab qo‘yiladi.Bilak va kaft suyaklarining sinishlarida,uni harakatsizlantirish uchunkalta simli shinalar yoki ho‘l ostidagivositalar ishlatiladi. Buning uchun bilaksuyagini tirsak bo‘g‘imidan to‘g‘riburchak ostida bukib, bemorningkaftigaozroq bog‘lov materiali solinadi va unibemor barmoqlari bilan qisadi.Simli shinani (g‘ilofli) to‘g‘ri burchak ostidabuklab, qo‘l shakliga moslanadi va u qo‘lning orqa yuzasidan, yelkaning yuqori qismidan boshlab, barmoqlargacha olibboriladi. Keyin shinani qo‘l bilan birgalikda qo‘shib bint bilan o‘rab chiqiladi. Qo‘l bint yoki ro‘molcha bilan bo‘yingaosib qo‘yiladi. Qo‘l harakatsizlantirilgach, uni tanaga bint bilanmahkamlab o‘rab qo‘yish mumkin.
Qovurg‘alar va to‘sh suyagining sinishlari
Ko‘krak qafasining shikastlanishlarida uning tinchholatini yaratishuchun spiral bog‘lam qo‘yish tavsiya etiladi. Bu bog‘lam uchun kengbintlar qulay bo‘lib, sochiq va choyshablardan ham foydalanish mumkin.Sochiq yoki choyshab uchqavat qilib buklanadi va o‘rama holigakeltiriladi. Bog‘lam tushib ketmasligi uchun yelka usti kiyimiga tikib qo‘yish mumkin. Ko‘krak qafasining shikastlangan tomoninifiksatsiyalash uchun keng leykoplastirdan ham foydalanish mumkin, ucherepitsa shaklida to‘shdan umurtqalar tomonga yopishtirib chiqiladi. Bemoro‘tirgan, yarim o‘tirgan yoki gavdaning yuhori hismi bir oz ko‘tarilganholatda shifohonaga olib boriladi.
Oyoq suyaklarining sinishi
Son suyagi skeletning eng katta va eng mustahkam suyagi bo‘lib, uvertikal holatda 1500 kg dan ko‘proq og‘irlikni ko‘taradi. Bundan yuqoribo‘lgan kuch yoki og‘irlik ta’sirida son suyagi sinishi mumkin.Son suyagining sinishi og‘ir jarohatlar qatoriga kirib, bunda yumshoq to‘qimalar, qon tomirlari qattiq shikastlanadi, ko‘p qon yo‘qotiladi,ko‘pincha travmatik shok holati kuzatiladi.Son suyagining yuqori, o‘rta va pastki qismlari sinishi tafovutlanadi.Son suyagining yuqori qismi sinishi (bo‘yin va boshchasi) sinishningtahminan yarmini tashkil etadi va u tos-son bo‘g‘imi bilan yiqilishdanyuzaga keladi. Bunday sinishlar ko‘pincha qariyalarda (70 yoshdanoshgan) kuzatiladi. Simptomlari: qov va tos-son bo‘g‘imi sohalaridaog‘riq, shish va bemor oyog‘ini ko‘tara olmaydi.Son suyagining o‘rta va pastki qismi sinishi bevosita og‘ir predmetlarva harakatdagi transport vositalarining urilishidan, yuqori balandlikdan
yiqilganda, shuningdek yiqilish vaqtidagi bilvosita kuchli ta’sirdan (buta’sir suyakning buralishiga va haddan tashqari egilishiga olib keladi)yuzaga kelishi mumkin. Sinishlar ochihq va yopiq turda bo‘lishi mumkin.
Simptomlari: singan joydagi og‘riq, oyoq bilan harakat qilishningilojsizligi. Oyoq tashhariga o‘girilgan, kaltalashgan, paypaslab ko‘rilgandasuyak siniqlarining bo‘rtib turishi, ba’zan krepitasiya sezilishi mumkin.Tizza bo‘g‘imining sinishlari bevosita kaltak ta’sirida, tizza bilanyiqilganda yoki balandlikdan yiqilib oyoq bilan tushganda yuzaga keladi.Ko‘pincha tizzaning qopqoq suyagi sinishi kuzatiladi. Sinishning belgilari:og‘riq, konturlarning tekislanishi va bo‘g‘im aylanasining kattalashishi.Paypaslab ko‘rilganda bo‘g‘im ichida suyuqlik borligi seziladi. Tizza
qopqog‘ini surish ancha qiyin – «prujinasimon harakat belgisi», harakatkeskin qisqargan. Sinih bo‘lakchalari orasida tirhish aniqlanishi mumkin.
Birinchi yordam– shikastlangan kishiga qo‘l ostida bo‘lgan har qanday og‘riqsizlantiruvchi dori-darmonlarni, yurak preparatlarini berish;ochih sinishlarda tezlikbilan qon oqishini to‘htatish,jarohatga sterilbog‘lam, singan suyakkashina qo‘yish –uzunligi yetarli bo‘lgan qar qanday qo‘l ostidagivositalardan foydalanish mumkin.Bunda uchta bo‘g‘imharakatsizlantirilishi kerak (tos-son bo‘g‘imi, tizza, va boldir-tovonbo‘g‘imlari). Agar qo‘lostida yaroqli vositabo‘lmasa, shikastlanganoyoqni sog‘lom oyoqqabint yordamida mahkambog‘lab, undan keyinbemor yotqizilgan holatdashifohonaga olibboriladi.
DESMURGIYA
(immobilizatsiyaning asoslari va prinsiplari)
Desmurgiya (yunoncha desmos – bog‘lam, bog‘lanish, ergon – ish,faoliyat) – jarohatlarni bog‘lashda qo‘llaniladigan qoidalar to‘g‘risidagita’limot.Gippokrat yashagan miloddan avvalgi IV–V asrlarda ham har hiltuzlar, vinolar va malhamlar bilan yaralarni bog‘lash usullari qo‘llanilgan.IV– VI asrlardagi arab manbalarida hamgipslash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarbor. Ularda yozilishicha, oyoq-qo‘llar singanda gips bo‘tqasiga botiribgipslangan. Antiseptika tatbiq etilgungacha bo‘lgan davrda yaraga lattadantitib olingan iplardan bog‘lam qo‘yilib, u ip-gazlama material yordamidabog‘lab qo‘yilgan. Dokali bintlarning paydo bo‘lishi bilan desmurgiyasohasida katta olg‘a siljish (progress) bo‘lgan.Jarohatga yoki tananing qaysidir qismiga uni davolash maqsadidaqo‘yiladigan narsalarning barchasi «bog‘ich» termini hisoblanadi.Bog‘ichni jarohatda ushlab turish va uni mahkamlash bog‘lash deyiladi.Boshqacha aytganda, bog‘lash bog‘ichni mahkamlashdir.Bog‘lov materiallarining quyidagi turlari ishlab chiqariladi:
Tibbiy doka (tela medicinalis) – oqartirilgan, yog‘sizlantirilganpahtadan qilingan gazmol. Dokadan bintlar, individual paketlar,sharchalar, tamponlar, salfetkalar va boshqalar tayyorlanadi. Bintlarninguzunligi 5 m dan 7 m gacha, kengligi 3 sm dan 16 sm gacha bo‘ladi.
Aseptik bog‘lovlarning yaralarga va kuygan yuzalarga ishlatiladiganturlari farqlanadi. Sanoatda bog‘lovlarning quyidagi turlari ishlabchiqariladi:
1) katta aseptik bog‘lov. U 65h43 sm li o‘lchamga ega bo‘lib, momiqdokaliyostiqcha. Unga mahkamlovchi tasmalar taqilgan bo‘ladi;
2) kichik aseptik bog‘lov. 56h29 sm li o‘lchamga ega bo‘lgan momiqdokaliyostiqcha va 0,14h7 sm li doka bintdan iborat bo‘ladi;
3) momiq dokali yostiqchalar. Ikki hilda ishlab chiqariladi: kattasi32h29 sm li paketchasida 5 donadan, kichigi 17,5h16 sm paketchasida 10donadan bo‘ladi. Bu yostiqchalarda bir qavat momiq ikki qavat dokaorasiga solingan bo‘ladi. Bu yosticqalar jarohatlarni va kuygan yuzalarniyopish uchun ishlatilishi mumkin;
4) steril dokali salfetkalar. Bevosita jarohat yuzasiga qo‘yish uchunishlatiladi. Ikki hil o‘lchamda ishlab chiqariladi. Kattasi 70h68 sm lipaketda 10 tadan, kichkinasi 16h14 sm li paketda 20 tadan bo‘ladi. Dokalisalfetkalardan tashqari, travmatik kuygan yuzalarni bog‘lashgamo‘ljallangan viskoza to‘qimali salfetkalar ham ishlab chiqariladi;
5) ro‘molli bog‘lov, to‘g‘ri burchakli teng yonli uchburchak, o‘lchami140h150 sm.
BOG’LAMLARNING TURLARI
Bog‘lamlarni mahkamlashning juda ko‘p usullari mavjud.
1. Qimirlamaydiganbog‘lam – shikastlangan sohaning harakatsizligiva tinchligini ta’minlab berishi kerak.
2. Cho‘zuvchibog‘lam – shikastlangan sohaning cho‘zilishini ta’minlabberishi lozim.
3. Bosuvchibog‘lam – tananing nosog‘ qismini bir tekisda bosibturadigan bog‘lam.
4. Antiseptikbog‘lam – o‘zidagi moddalari bilan bakteriyalarga qarshita’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
5.Himoya qiluvchibog‘lam – jarohatning granulyatsiyalanish davridaqo‘llanilib, nozik granulyatsiya to‘qimasini qurib qolishdan vajarohatlanishdan saqlash maqsadida qo‘llaniladi.
6.Okkulyuzionbog‘lam – jarohatga havo kirishiga to‘sqinlikqiladigan bog‘lam. U ochiq pnevmotoraksda qo‘llaniladi.
Yumshoq va qattiq bog‘lamlar
Yumshoq bog‘lamlarga yelimli, ro‘molli, sopqonsimon, bintlibog‘lamlar kiradi. Qattiq bog‘lamlarga shinali va gipsli bog‘lamlar kiradi.
Yelimli bog‘lamlar.Bog‘lamlarni teriga yopishtirish uchun kleol,kolloidli, yopishqoq plastirdan foydalaniladi. Ustun tomonlarigaquyidagilar kiradi: bog‘lam qo‘yishning oddiyligi, terini qitiqlamasligisababli uni qayta-qayta ishlatish mumkin. Kamchilliklari: terining tuklijoylarida ishlatib bo‘lmaydi, qo‘llansa,teridan ko‘chib ketadi.
Ro‘molli bog‘lamlar -qo‘llanilishi jihatidaneng oddiy bog‘lam turidir. Bu bog‘lamturi qo‘lning turli shikastlanishlarida (panja,bilak va yelka jarohatlarida) uni harakatsizlantirishmaqsadida qo‘llaniladi.
18-rasm.Ro‘molli bog‘lamlar.
Ro‘molpahtali matodan qilingan uch burchakmaterial bo‘lib, uning uzunroq tomoni –asosi, qarshisidagi burchagi – cho‘qqi, 2 taburchagi – ohiri hisoblanadi. Ro‘molchayordamida barmoqlarga, qo‘l va yelkalarga,sut beziga, yelka, tos-son bo‘g‘imiga, boshva tovonlarga turli hil bog‘lamlarni qo‘yishmumkin.Agar qo‘lga ro‘molli bog‘lam qo‘yilsa, tirsak bo‘g‘imi 900 gabukiladi. Ro‘molni jarohatlangan qo‘lning orqasiga shunday joylashtirishkerakki, uning asosi gavdaning o‘rta chizig‘iga to‘g‘ri kelsin, cho‘qqisiesa jarohatlangan qo‘lning tirsagi tomon yo‘naltirilgan bo‘lsin. Bundaro‘molning bir uchi jarohatlangan qo‘lning bilagida yotsa, ikkinchi uchitana bo‘ylab pastga osilib turadi. Pastga osilib turgan ro‘molning uchiniko‘tarib sog‘lom yelka orqali bo‘yining orqa tomoniga o‘tkaziladi vaboshqa uchi bilan tugib bog‘lab qo‘yiladi. Ro‘molning cho‘qqisi uningoldingi qismiga ilgak tugma bilan mahkamlanadi.Ro‘molli bog‘lamning boshha varianti ham bor: ro‘mol shikastlanganqo‘lning orqasidan emas, oldidan o‘tkaziladi. Ro‘molning bir uchijarohatlangan qo‘lning oldidan o‘tib bilakni o‘raydi va bo‘yingako‘tariladi, ikkinchi uchi sog‘lom qo‘lning qo‘ltih ostidan o‘tib, orqadagibirinchi uchi bilan tutashadi. Ikkala uchi shikastlangan qo‘lning yelkaustida tugib mahkamlanadi. Cho‘qqisi ilgak tugma bilan mahkamlanadi.Bunday bog‘lam qo‘llanganda ro‘mol qo‘lni tanaga mahkam va zichfiksatsiyalaydi, qo‘lning tinchholatiga yahshiroq erishiladi.Kichik jarohat bog‘lamlarida ro‘molni galstuk ko‘rinishida buklashkerak. Qo‘lni osiltirib, ro‘molning ikki uchi katta bog‘lam kabi tugibqo‘yiladi.Tovondagi ro‘molli bog‘lam panja bog‘lamiga monand qo‘yiladi.Ro‘molning o‘rtasi oyoq ostiga qo‘yilib, cho‘qqisi barmoqlar orqasigao‘tkaziladi, uchlari to‘piq yuqorisidan bog‘lanadi, cho‘qqisi bog‘langanuchlarning ostiga olib kelib qistiriladi. Boshga qo‘yishda ro‘molning asosiensa tomonga yo‘naltirilib, cho‘qqisi peshonaga tushiriladi (yuzga ham),har uchala uchi peshonada bog‘lanib, cho‘qqisi qayirib bog‘langan uchlartagiga qistirib mahkamlanadi.
Sopqonsimon bog‘lam – bunday bog‘lamlar asosan burun, dahan, ensava peshona sohasiga ho‘yiladi. Sophonsimon bog‘lam deyilganda – o‘rtasitutashgan va ikki tomoni uzunasiga kesilgan bint yoki boshha matodantayyorlangan bog‘lam tushuniladi. Ushbu bog‘lam ho‘yilganda, albatta,uning so‘ngi hismlari bir-biri bilan bog‘lanadi.
Bintli bog‘lamlar - Bintlar ingichka (3–5–7 sm), keng (15–16 sm) va o‘rtacha (10–12 sm)bo‘ladi. Ingichka bintlar qo‘l va oyoq barmoqlarini; o‘rtacha bintlarboshni, panjalarni, bilakni, oyoq panjasini, boldirni; keng bintlar ko‘krakqafasini, ko‘krak bezlarini va sonni bog‘lashda ishlatiladi.To‘g‘ri qo‘yilgan bintli bog‘lam desmurgiyaning quyidagi asosiytalablarini qondirishi kerak:
– tananing kasal qismini to‘liq yopishi;
– qon va limfa aylanishini buzmasligi;
– bemor uchun qulay bo‘lishi;
– imkoniyat boricha estetik jihatdan chiroyli bo‘lishi lozim.
Bintli bog‘lamlarni qo‘llashning asosiy qoidalari:
1. Kasalni shunday o‘thazish yoki yotqizish kerakki, bintlanayotgantana qismi harakatsiz va bintlashga qulay bo‘lsin.
2. Bintlayotgan odam bemorning yuziga qarab turishi kerak va ubintlash vaqtida kasalni vizual kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lsin.
3. Bintlash doimo periferiyadan markazga (quyidan yuqoriga)qarab amalga oshiriladi.
4. Bintlash o‘ng tomondan chap tomonga qarab soat strelkasiga qarama-qarshi amalga oshiriladi.
5. Bintlash birinchi mustahkam aylana qo‘yishdan boshlanadi.
6. Keyingi har bir aylanish avvalgi aylanishning yarmini yoki uchdanbirini berkitishi kerak.
7. Bint o‘ramini bintlanayotgan yuzada g‘ildiratib, undan ko‘tarmayaylantirish kerak.
8. Bintlash ikki qo‘llab amalga oshiriladi: bir qo‘l bilan bint o‘raminig‘ildiratish, ikkinchi qo‘l bilan o‘ralgan bintni tekislab turish kerak.
9. Bintni bir hilda tortish kerak, chunki uning yo‘llari chalkashib harhil burmalar hosil qilmasligi kerak.
10. Bintlash vaqtida tananing bintlanayotgan qismi shunday holatdajoylashtirilishi kerakki, shu holat bintlab bo‘lgandan keyin ham saqlansin.
11. Tananing konus shakliga ega bo‘lgan qismlariga (son, boldir)bog‘lam qo‘yilayotgan vaqtda bintning tanaga jipsroq joylashishi uchunhar 1–2 aylanishdan eyin bir marta o‘qi atrofida burash kerak.12. Bog‘lamning ohirida bint mahkamlab qo‘yiladi (tugib qo‘yiladi).
Bintli bog‘lamlarning turlari
Sirkular yoki aylanma bog‘lam -shunday bog‘lamki, bunda bintninghamma aylanalari bir-birining ustiga tushadi va avvalgi aylanani to‘liqberkitadi. Bunday bog‘lamlar oyoq-qo‘llarga, peshona, bo‘yin va qoringaqo‘yiladi.
19-rasm.Sirkular yoki aylanma bog‘lam
Spiralsimon bog‘lam -sirkular bog‘lamning bir ko‘rinishidir.Spiralsimon bog‘lamning 2 turi tafovutlanadi: yuqoriga ko‘tariluvchi,bunda bintlash pastdan yuqoriga va pastga tushadi; avvalgi aylanishningyarmini qoplab, yana yuqoridan pastga tushiriladi.
O‘rmalovchi bog‘lamham spiralsimon bog‘lamning bir turi bo‘lib,unda bint aylanalari bir-biriga tegmaydi. Bunday bog‘lamlar jarohatgaqo‘yilgan materialni ushlab turish maqsadida bintlashning boshlang‘ichdavrida qo‘llaniladi, keyin spiralsimon bog‘lamga o‘tiladi.
Sakkizsimon (butsimon) bog‘lam-degan nom uning shakli va bintyo‘llaridan olingan. U bo‘yinning orqa yuzasiga, ko‘krak qafasigabog‘lam qo‘yilganda qo‘llaniladi.
Boshoqsimon bog‘lam – sakkizsimon bog‘lam ko‘rinishlaridan biri.Bintlar yo‘li boshoqni eslatgani uchun shunday ataladi. Bundaybog‘lamlarni yelka bo‘g‘imiga va o‘mrov usti sohalariga qo‘llash judaqulay. Yelka bo‘g‘imiga boshoqsimon bog‘lamni qo‘yishda, umum e’tirofetgan qoidalarga teskari, bintlash shikastlangan tomonga yo‘naltirilganholda amalga oshiriladi, ya’ni quyidagiqoidani yodda saqlash kerak: o‘ng yelkanisoat mili yo‘nalishida, chap yelkaniesa unga teskari yo‘nalishda bintlash kerak.
Toshbaqasimon bog‘lam
20-rasm.Toshbaqasimon bog‘lam
2 hil bo‘ladi: qo‘shiluvchi va tarqaluvchi.Bu bog‘lamlar tirsak, tizza vaboshqa bo‘g‘imlarni bog‘lash uchuntavsiya etiladi.Tarqaluvchi bog‘lamlarquyidagi tarzda qo‘llaniladi.Birinchi aylanishi sirkular tarzda bo‘g‘imning o‘rtasidan o‘tadi.Ikkinchi aylana birinchi aylananing pastki yarmi yoki uchdan biriniberkitadi. Uchinchi aylana birinchi aylananing yuqorigi yarmini yoki
uchdan ikki qismini berkitadi. To‘rtinchi aylana ikkinchini, beshinchiaylana uchinchini takrorlaydi va h. k. Shunday qilib, toq sonli aylanalartoq aylanalarni, juft sonli aylanalar juft aylanalarni takrorlaydi, lekintoqlari undan pastda, juftlari avvalgisidan tobora yuqoriroqda joylashadi.Qo‘shiluvchi bog‘lam ham huddi shu tartibda qo‘yiladi, lekin hammanarsa teskari tarzda bajariladi.
Orqaga qaytadigan bog‘lamlar -qo‘l yoki oyoq cho‘ltoqlari(amputatsiyadan keyingi qolgan joy)ga, boshga va boshqa joylargaqo‘yiladi.
Bunday bog‘lamlarni qo‘yish tehnikasi quyidagicha:
a) bir necha sirkular yo‘llar bilan bint mahkamlanadi;
b) barmoq bilan ushlab turib, bint bukiladi va uni ko‘ndalang holdaboshning (cho‘ltoqning) qarama-qarshi tomoniga olib boriladi, keyinsirkular aylanalar bilan bintning ko‘ndalang tasmasi mahkamlanadi;
v) yana bint buklanib, u ko‘ndalang yo‘naltiriladi, bunda avvalgiaylananing yarmini yoki uchdan ikki hismini yopib o‘tishi kerak. Bu yo‘lham sirkular aylana bilan mahkamlanadi.
Tananing alohida joylariga qo‘yiladigan
bog‘lamlar
Boshning uncha katta bo‘lmagan jarohatlarida leykoplastrli,kollodiyli, kleolli bog‘lamlar qo‘yish mumkin, bunda bog‘lam qo‘yiladiganjoydagi sochlar yahshilab qirib tashlanishi lozim. Shuni qaydqilish kerakki, tananing tukli qismlarida yelimli bog‘lamlar yahshiushlamaydi. Shuning uchun ham bunday joylarda sopqonsimon va
ro‘molli bog‘lamlarni ishlatish ma’qulroq.
Boshga qo‘yiladigan bog‘lamlar.Boshgaquyidagibintlibog‘lamlarqo‘yiladi: qaytarbog‘lam, «Gippokratqalpog‘i», qalpoqchalibog‘lam, biryokiikkalako‘zgaqo‘yiladiganbog‘lam, «yugan»simonvaboshqalar.
«Gippokrat qalpog‘i»quyidagicha ho‘yiladi: bir qo‘lga birinchi‘ram, ikkinchi qo‘lga ikkinchi o‘ram bint olinadi. Har ikkala bintningbo‘sh uchlari ensa do‘ngligining pastrog‘iga joylashtiriladi. Har ikkalabint bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda peshona do‘ngi o‘rtasiga olibboriladi. O‘ng qo‘ldagi bint o‘rami sirkular aylanishlar hosil qiladi, bundahar bir qaytib keladigan aylanish undan avvalgi aylanishning 1/2 yoki 2/3qismini qoplab olishi kerak. Ayni bir paytda sirkular aylanishhosilqilayotgan bint qaytar aylanishqilayotgan chap qo‘ldagi bintni har doimmahkamlab boradi. Bu narsa boshning gumbazi to‘liqqoplangunga qadardavom ettiriladi.
Boshning qalpoqchali bog‘lami.
21-rasm.Boshning qalpoqchali bog‘lami.
Bu bog‘lam eng qulay va ishonchlihisoblanadi, chunki bunday bog‘lam qo‘llanilgandauning bo‘shashib, o‘rnidan qo‘zg‘alishigahechqanday imkon bo‘lmaydi. Bundantashqari, bu bog‘lamni qo‘yish tehnikasisodda bo‘lib, u quyidagicha amalga oshiriladi:uzunligi 80–90 sm bo‘lgan bint olinadi (bintbog‘ich). U tepa suyagining o‘rta qismigashunday qo‘yiladaki, bunda uning uchlari quloqlarning old qismidan pastga vertical tushib turadi. Bintning har ikkala bo‘sh uchinitarang holda ushlab turish kerak (bintni kasalyoki yordamchi tortib ushlab turadi). O‘ng qo‘l bilan bint o‘ramini olib bosh atrofidanbirinchi sirkular yo‘l bilan aylantiriladi (bumahkamlovchi yo‘l bo‘lib hisoblanadi). Uni2–3 marta aylantirib ishonchliligini oshirishham mumkin.Mahkamlovchi sirkular yo‘ldan keyin, bog‘ichga borgach, bint uningatrofidan va pastidan aylantirilib, peshona yoki ensa tomonga o‘tiladi,keyin bint qarama-qarshi tomonga boshqa bog‘ichga yo‘naltiriladi, undanaylantirilib yana qarama-qarshi tomonga yo‘naltiriladi, bunda har birngaldagi aylana avvalgi aylanishning bir qismini berkitib boradi, u bosh gumbazi berkilgunga qadar davom ettiriladi. Shundan keyin bir yoki ikkita sirkulyar yo‘l bilan bint mahkamlanadi, bog‘ichlarning biridan o‘tkaziladiva bog‘ichning ikkinchi uchi bilan iyak ostidan bog‘lab qo‘yiladi.
Ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lamlar.Bir ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lammonokulyar bog‘lam deyiladi.
22-rasm.Bir ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam
Shuni yodda tutish kerakki, bintlash kasalko‘zdan boshlanadi. Bintni bosh atrofidan sirkular yo‘l bilan o‘tkazib(bunda peshona va ensa do‘nglari qamrab olinadi) mahkamlovchi aylanahosil qilinadi. Keyin bintni orqa tomondan ensaga qarab yo‘naltirib, unishikastlangan ko‘z tomondagi quloqning ostidan olib o‘tib, chakka orqaliyuqoriga ko‘tariladi va u shikastlangan ko‘zni berkitadi. Mana shuikkinchi yo‘l orqali sirkular mahkamlovchi yo‘lga o‘tadi, keyin yana ikkinchi yo‘lga qaytiladi. Shu yo‘sinda yo‘llarni galma-gal almashtiribkasal ko‘z berkitiladi.Har ikkala ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam – binokulyar bog‘lam debataladi. Bu bog‘lam ham bir ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam kabi boshlanadi.Sirkular-mahkamlovchi yo‘l qilingach, ikkinchi yo‘l quloq ostidan o‘tadi,ko‘zni berkitib yana mahkamlovchi sirkular yo‘l hosil qilib, keyin peshonaorqali pastga tushib, ikkinchi ko‘zni yopadi,uni quloq ostidan o‘tkazib yanamahkamlovchi sirkular yo‘lga qaytiladi.Shunday qilib, bu bog‘lamda uchta yo‘l
navbatma-navbat takrorlanadi: sirkular –mahkamlovchi yo‘l, ikkinchisi quloq ostidan
bir ko‘zga, uchinchisi peshonadan ko‘zgatushib uni berkitgach, quloq ostigayo‘naladi.
«Yugan» bog‘lami.Bu bog‘-lam yuz, iyak sohasi va ba’zan tananingtukli qismlarini bog‘lashda tavsiya etiladi.«Yugan» bog‘lami 4 ta navbatlashuvchiyo‘llardan tashkil topadi. Birinchi vaikkinchi yo‘llar – sirkular mahkamlovchi(ensa va peshona do‘nglaridan o‘tadi) yo‘llardir.Uchinchi yo‘lda bint ensa orqaliiyakka o‘tadi. Keyin bint vertikal holatda 4,5 va 6-yo‘llar bilan iyak ostidan o‘tadi.Keyin bint gorizontal holatga (aylana yo‘l) o‘tib, 7 va 8-yo‘llarni hosilqiladi. Keyin bog‘lam hotiriladi. Mana shu yo‘llarni navbati bilanalmashtirib, butun boshni yoki ikkala chakkani bog‘lam bilan yopishmumkin.
Barmoqlar bog‘lami.Bitta barmoqni bintlashda birinchi (mahkamlovchi)sirkular yo‘l bilan bo‘g‘imning yuhorirog‘idan bir necha martaaylantirib qo‘yiladi. Keyin bint panjalarning orqa tomonidan qiyshiqyo‘naltirilgan holda shikastlangan barmoqning tirnoq jimjilog‘iga olibboriladi. Uni berkitib orqaga qaytiladi, keyin spiral yo‘llar bilan tirnoqjimjilog‘idan barmoq asosigacha bintlanadi, panjaning orqa yuzasida bintkesishib o‘tgach, sirkular yo‘llar bilan birlamchi mahkamlovchi yo‘llargakeltirib yana mahkamlanadi.
Barmoqlarning «qo‘lqop» bog‘lami huddi shu tarzda amalgaoshiriladi, bu yerda bitta barmoq emas, hamma barmoqlar bintlanadi. O‘ngqo‘lni bog‘lashda bosh barmoqdan, chap qo‘lni bog‘lashda 5-barmoq(jimjiloq)dan boshlash kerak. Bosh barmoqqa bog‘lam boshoqsimonko‘rinishda, qolgan barmoqlarga esa bog‘lam qaytariladigan ko‘rinishdaqo‘yilishi mumkin.
Panjalar bog‘lami.Panjalarga bog‘lam haytariladigan ko‘rinishdabog‘lanadi. Avval to‘rtta barmoh birgalikda, keyin bosh barmohha bog‘lovalohida bajariladi.
23-rasmPanjalar bog‘lami.
Bilaklar bog‘lami.Spiralsimon ko‘rinishda bukishlar hosil hilibbog‘lam qo‘yiladi.
-
24-rasmBilaklar bog‘lami.
Tirsak bo‘g‘imiga bog‘lam qo‘yish zarurati bo‘lganda tirsakni 900 liburchak ostida bukib, bog‘lam toshbahasimon – tarhaluvchi yokiho‘shiluvchi ko‘rinishda ho‘yiladi.
Yelkaning boshoqsimon bog‘lami.Bintlash shikastlangan tomongayo‘naltirilgan holatda amalga oshiriladi. Bintning birinchi yo‘llari(sirkular) mahkamlovchi bo‘lib hisoblanadi. Qo‘ltih osti chuqurchasigauning yiringli yallig‘lanish jarayonlarida (gidradenit) bog‘lov qo‘yiladi.Desmurgiyaning ko‘plab qo‘llanmalarida berilgan bog‘lovlar o‘rnidanoson qo‘zg‘alib tushib ketadi. Bu kamchilliklardan holi qulay va bo‘lganusul sopqonsimon usuldir. Uni qo‘yish uchun keng bint (kengligi – 16–20sm, uzunligi – 1 m) olinib, ikki uchi to‘rtga ajratib kesiladi. Bintningkesilgan qismi qo‘ltih osti chuqurchasiga shunday qo‘yiladiki, to‘rttatasmasi ko‘krak qafasiga, to‘rtta tasmasi yelkaga chiqib turadi. Ko‘krakkaketadigan ikki uchi ko‘krak atrofida, holgan ikkitasi yelka usti va bo‘yino‘rtasida mahkamlanadi. Qarama-qarshi tomondagi ikkita tasma yelkaatrofida va yelka usti sohasida mahkamlanadi. Mahkamlanishning yahshichiqishi uchun terining bog‘lam turadigan joylariga kleol surkab qo‘yishmaqsadga muvofiqdir.Ko‘krak qafasini bintlashda butsimon, sakkiz ko‘rinishdagibog‘lamlar qo‘llaniladi.
Dezo bog‘lami. Dezo bog‘lamini qo‘yishdan oldin qo‘ltihosti chuhurchasiga yumshoq yostiqcha qo‘yiladi. Bilakni tirsak bo‘g‘imida to‘g‘ri burchakostida bukib, qo‘l ko‘krakka olib kelinadi. Dezo bog‘lami 4 ta yo‘ldantashkil topadi. Birinchi sirkular yo‘l bilan yelka ko‘krak qafasigabintlanadi. Ikkinchi yo‘l sog‘lom qo‘ltiqostichuqurchasidan shikastlangan tomondagiyelka ustiga yo‘naltiriladi, undan orqatomonga o‘tkazilib pastga tushiriladi.Uchinchi yo‘l tirsak bo‘g‘imini aylanibo‘tib, bilakni ko‘tarib turadi, qiyshiqholdayuqoriga sog‘lom tomondagi qo‘ltiqostichuqurchasiga ko‘tariladi, keyin ko‘krak qafasining orha tekisligiga o‘tadi. To‘rtinchiyo‘l shikastlangan yelka ustiga yo‘naltirilib,undan tirsak bo‘g‘imiga, uni bilakningyuhori uchdan bir qismida aylanib o‘tib,ko‘krak qafasining orqa yuzasiga va sog‘lom tomondagi qo‘ltiqostichuqurchasiga yo‘naltiriladi. Hamma 4 ta yo‘l to‘liq fiksatsiyanita’minlangunga qadar bir necha bor takrorlanadi.
Torakobrahial bog‘lam.
Bog‘lamning bu turi asosan yelka suyagining sinishlarida tavsiyaetiladi. Bajarilish tehnikasi bo‘yicha bu juda oddiy bog‘lam. Torakobrahialbog‘lamning 2 hil varianti bor.Birinchi variantda bintning ikki hil yo‘li bor. Birinchi yo‘l – yelkaniko‘krak qafasiga nisbatan ishonchli fiksatsiyalash uchun odatdagi birnecha aylanishli spiralsimon bog‘lash.
25-rasmTorakobrahial bog‘lam.
Ikkinchi yo‘l birinchisining davomibo‘lib, u kasal tomondagi qo‘ltiqosti chuqurchasidan orhaga o‘tib pastgatushadi, tirsakka uning orqasidan o‘tib, oldinga yo‘naltiriladi va bilakdanbilak bo‘g‘imiga yaqin joydan o‘tib, sog‘lom tomondagi qo‘ltiqosti chuqurchasiorqali orqa tomonga o‘tadi. Birinchi va ikkinchi yo‘llar yelka vabilakning to‘liq immobilizatsiyasi ta’minlangunga qadar bir necha bortakrorlanadi.Ikkinchi variantdagi birinchi yo‘l yuqoridagidek, ikkinchi yo‘l bilakniko‘tarib turib, tepaga qarab qiyshiq tarzda sog‘lom yelka ustiga yo‘naladi.Bu bog‘lamlar o‘mrov, yelka, bilak suyaklarining sinishlarida, yelkava tirsak bo‘g‘imlarining shikastlanishlarida immobilizasiya shinalaribo‘lmagan tahdirda qo‘llaniladi.
Oyoqlarga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Son va tizzaga qo‘yiladigan bog‘lamlar joyidan qo‘zg‘alib ketmasligiuchun bint spiralsimon o‘rash yo‘li bilan qo‘yiladi.Tizza bo‘g‘imi sohasiga toshbahasimon ho‘shiluvchi yoki tarhaluvchibog‘lamlar qo‘yiladi.
Boldir-tovon bo‘g‘imiga sakkizsimon bog‘lam qo‘yiladi. U boldirningpastki uchdan bir hismida sirkular yo‘l bilan boshlanib, keyin qiyshiq holda tovonning orqa tomoniga tushadi, uning atrofida aylantirilib tepagako‘tariladi, avvalgi yo‘l bilan kesishadi va boldirda mahkamlanadi.
Qattiq bog‘lamlar. Mahsus shinalar. Qattiq bog‘lamlar fiksatsiyalovchi va ekstensiyali turlariga bo‘linadi.
Fiksatsiyalovchi: Ekstensiyali:
1) simli (narvonsimon); Diterihs shinasi
2) to‘rsimon;
3) fanerli;
4) kartonli.
Narvonsimon shina (Kramer shinasi) – ruh bilan hoplangan vatoblangan po‘lat simlardan tayyorlangan bo‘lib, narvon shakliga ega,12h100 va 10h60 sm o‘lchamli turlari bor. Uni istalgan shaklga keltirishmumkin, qo‘yish tehnikasi ham juda sodda, shuning uchun ham uni qo‘lva oyoq jarohatlarida qo‘llash mumkin.
To‘rsimon shina(Filbri shinasi) –yumshoq va ingichka simdan tayyorlangan bo‘lib, o‘lchami 12 h 100 sm,juda oson bukiladi va egiladi, istalgan shaklga keltirish mumkin, lekin uyetarli darajada qattiq emas va juda egiluvchan. Fanerli shinalar singanyoki chiqqan qo‘l va oyoqlarni immobilizatsiya qilishda yengillik bilanmoslashadigan vositalar hisoblanadi.
Diterihs shinasi.qo‘l va oyoqlarni harakatsizlantirish bilan bir vaqtdaularni cho‘zish (ekstenziya) imkonini beradi. Ushbu shina son suyagi, tossonva tizza bo‘g‘imlari singanda qo‘llaniladi, to‘piq, boldir – oyoq panjasi bo‘g‘imi va panja jarohatlanganda qo‘llash man etiladi. Shina 4hismdan iborat: 1) panjaosti qismi; 2) tashqi (katta o‘lcham); 3) ichki va 4)chilvirli tayoqcha buragich. Shinaning asosiy kamchiligi son va bolder sohasining orqa tomonidan mahkamlaydigan detali yo‘q, shuning uchunham singan suyak bo‘lakchalarining orqaga siljishi kuzatilishi mumkin.
JAROHATLANGANLAR
IMMOBILIZATSIYASI VA ULARNI
SHIFOHONAGACHA TASHISH (TRANSPORTIROVKA
QILISH)NI TASHKIL ETISH
Jarohatlangan va kasallarni transportda tashishda asosan yo‘ltransporti (avtomobil, temir-yo‘l transporti), havo (samolyot, vertolyotlar),suv (daryo va dengiz transporti), shuningdek sanitar va moslashtirilgantransport vositalari qo‘llaniladi. Jarohatlangan shahs yoki kasallarnitashish zambilda, qo‘lda, orqada, yelkada hamda qo‘l ostidagi vositalardanfoydalanib amalga oshiriladi.Jarohatlanganlar bir kishi yoki bir-nechakishi yordamida tashiladi. Eng maqbul, og‘riq chaqirmaydigan va avaylabtashish usuli zambil yordamida tashishdir. Bemor yoki jarohatlanganlarnitashishda iloji boricha ehtiyot qiladigan sharoit yaratish kerak. Ularni qulay va to‘g‘ri holda yotqizish lozim.Tashishva transportda tashish jarayonida noto‘g‘ri harakat qilish jarohatlangan yoki bemor ahvolining yomonlashuviga, qo‘shimchajarohatlarning kelib chiqishiga, qon ketishining kuchayishiga, suyakbo‘laklarining joyidan siljishiga va boshqalarga olib kelishi mumkin.Oyoqlar va bosh suyagining shikastlanishida jarohatlanganlarnichalqancha, umurtha pog‘onasi suyaklari singanda esa, aksincha, qoringayotqizish lozim. Agar umurtha pog‘onasi suyaklari jarohatlangan kishizambilga chalqancha yotqizilsa, unda, albatta, zambilga yog‘och shit yokikeng tahta ho‘yilishi kerak. Qorin va tos suyaklari shikastlanganda jarohatlanganlar chalqanchayotqizilib, oyoqlar bir oz tashqariga kengaytiriladi, tizza va sonbo‘g‘imlari bukiladi. Bunda tizza bo‘g‘imlari tagiga kiyimdan yostiqcha qo‘yiladi.Shikastlanganlarni zambilda va transportda tashishda ularningumumiy holatini, bog‘lam yoki immobilizatsiya shinasining to‘g‘ri
qo‘yilganligini ko‘zdan kechirish lozim. Agar jarohatlanganlarni tashish uzoq davom etsa, ularning holatini o‘zgartirish, boshlari tagidagiyostiqchalarni to‘g‘rilab turish kerak.Gorizontal tekis yerda tashishda jarohatlanganlarning oyoq sohasioldinda bo‘ladi. Agar jarohatlangan hushini yo‘qotgan bo‘lsa, bosh tomonioldinda bo‘ladi. Chunki bunda uni kuzatib borish imkoni bo‘ladi. Yuqorigaolib chiqilayotganda yoki pastga tushirishda esa uni gorizontal holdaushlash kerak. Yuqoridan pastga tushirilayotganda shikastlanganning oyoq sohasi oldinda, ko‘tarilayotganda esa, aksincha, bosh sohasi oldindabo‘ladi.Jarohatlangan yoki bemorlarni transport vositasiga joylashtirishdaavval zambil yuqori qatorlarga qo‘yiladi, keyin esa pastki qatorlargajoylanadi, tushirilayotganda esa, aksincha, avval pastki qatorlardan,so‘ngra esa yuqorigi qatorlardan zambil olinadi.Bosh suyagi, umurtha pog‘onasi, qorin sohasi jarohatlanganlar hamdaog‘ir yaralanganlar pastki qatorlarga joylashtiriladi, chunki yuqoriganisbatan pastki qatorlarda kamroq chayqalish kuzatiladi.
26-rasm.Jarohatlanganlarni transportda tashish
TRANSPORT IMMOBILIZATSIYASI.Transport immobilizatsiyasi deganda, jarohatlangan sohani transportirovkaqilish vaqtida to‘liqharakatsizlanishni ta’minlab beradigan vositalartushuniladi.Har qanday transport immobilizatsiyasi bog‘lamlari quyidagi uchqismdan tashkil topadi:
1) shinalar;
2) shina ostiga qo‘yiladigan qistirmalar;
3) mahkamlovchi bog‘lam.
Transport immobilizatsiyasini qo‘llash zaruriyati suyak va bo‘g‘imlar,magistral qon tomirlari va nervlar jarohatlarida, yumshoq to‘qimalarningkeng ko‘lamdagi shikastlanishlarida (mehanik, kimyoviy, termik),shuningdek yallig‘lanish kasalliklarida tug‘iladi.Travmatik shok, ikkilamchi qon ketishi va jarohat infeksiyasiningprofilaktikasida transport immobilizasiyasining ahamiyati beqiyosdir.Inson tanasining jarohatlangan qismini fiksasiyalash og‘rih sezgisiniyo‘qotadi yoki uni sezilarli darajada kamaytiradi. Bu shikastlangan joydahosil bo‘ladigan og‘riq impulslarining markaziy asab tizimiga uzatilishinikamaytiradi.Demak, transport immobilizatsiyasini talablarga javob beradigandarajada bilimdonlik bilan qo‘llash og‘rihni qoldiradi yoki uni sezilarli
pasaytiradi, ayni paytda jarohatdan kelib chiqadigan shok havfinikamaytiradi.Suyaklar singanda qo‘yiladigan transport shinalari suyak sinihlariningharakatini to‘htatadi va bu bilan qon tomirlarining suyakning o‘tkirqirralari bilan jarohatlanishini va ikkilamchi qon oqishining oldini oladi.Tananing jarohatlangan hismiga transport immobilizatsiyasi qo‘yilishimuskullar qisqarishiga yo‘l qo‘ymaydi, limfa oqimini keskin kamaytiradi
va bu bilan yaradagi mikrofloraning atrofdagi to‘qimalarga tarhalishigato‘sqinlik qiladi, jarohat infeksiyasi rivojlanishining oldini oladi.Ho‘l ostidagi materiallar yordamida transport shinalari va mahkamlovchibog‘lamlarni qo‘llashda quyidagi prinsiplarga qat’iy amalqilish kerak:
1) transport immobilizatsiyasi iloji boricha vaqtida amalga oshirilishikerak;
2) shinalar kiyim va poyafzal ustidan qo‘yiladi;
3) oyoq-qo‘llarga o‘rta fiziologik holat beriladi, masalan, qo‘lga –yelka bo‘g‘imida 300 ga bukilgan va tanadan uzoqlashtirilgan, tarsakbo‘g‘imida 900, barmoqlarning hamma bo‘g‘imlari 450 li burchak ostidabuklangan bo‘lishi kerak;
4) oyoq-qo‘llarning har qanday joyi shikastlanganda 2 ta qo‘shnibo‘g‘imni, oyoq va son shikastlanishlarida yelka va tos-son bo‘g‘imlarinishinalash kerak. Transport shinasini qo‘yishdan oldin ularning shaklioyoq-qo‘lning asosiy segmentlari funksional holatiga mos ravishdamodullashtiriladi. Ularning ostiga tola dokali qistirgichlar qo‘yiladi.Transport shinalari bo‘lmagan taqdirda qo‘l ostidagi vositalardan:belbog‘, ko‘ylak etaklari, kostumlar yordamida qo‘l o‘rta fiziologikholatda tanaga bint bilan bog‘lab qo‘yiladi. Oyoq shikastlanganda, usog‘lom oyoqqa bint bilan bog‘lab mahkamlanadi, bint bo‘lmagantaqdirda ro‘molchalar bilan ham bog‘lash mumkin.
Transportirovkaning turi va usullari shikastlanishning hususiyati vakasalning holatiga qarab tanlanadi.Agar bemorning mustaqil harakat qilishiga qarshi holatlar bo‘lmasa,
shikastlangan kishi kuzatuvchi shahslar yordamida harakatlanishimumkin. Kuzatuvchi bir qo‘li bilan bemorning shikastlangan tomonidanpanjalarini, ikkinchi qo‘li bilan shu tomondan qo‘ltih ostidan olibharakatlanishiga yordam beradi yoki shikastlangan kishining qo‘lini o‘zbo‘ynidan o‘tkazib, uning panjalariniqo‘li bilan ushlab oladi, ikkinchi ho‘libilan shikastlangan kishining belidanushlab oladi. Agar ikki kishi bo‘lsa,
shikastlangan kishini ikki tomonidanushlab yordam berishi mumkin.Agar shikastlangan kishi mustaqilharakat qilolmasa, u holda uni qo‘ldako‘tarib yoki zambilda, yoki tahtalarda,yohud qo‘lda tayyorlangan (improvizion)– chang‘i, kursi, narvon, palto (yenglarigatayohlar kiydirilib) va boshqavositalardan foydalanish kerak.
Shikastlangan kishini zambilga joylashtirishqoidalari
Shikastlangan kishi zambilga huyidagicha joylashtiriladi:
1) choyshab yozilgan zambil shikastlangan kishining jarohatlangantomonidan yoniga qo‘yiladi. Ikki kishi yordam beradi – birinchisi tizzalabturib bitta qo‘lini bemorning boshi tagiga olib borib, ikkinchi qo‘li bilanbo‘yin va ko‘krak qismidan, ikkinchi kishi dumg‘aza va boldir ostidanushlaydi;
2) shikastlangan kishi bir vaqtda, siltamasdan yerdan ko‘tariladi;
3) uchinchi, yordamlashuvchi kishi zambilni bemorning tagiga suradi,bemor unga ehtiyotlik bilan tushiriladi va choyshab bilan o‘raladi.
Shikastlangan kishini zambilda tashish
Shikastlangan kishini zambilda tashishda quyidagilarga e’tibor qilishkerak:
1) zambilni dastalaridan ushlab, birvaqtda yerdan ko‘tariladi va bosh tomonioldinga qilib harakatlanadi. Yurishda mayda qadamlar bilan, tizzani salgina bukib,bir vaqtda tashlanmagan qadamlar bilanharakat qilinadi;
2) zinapoyadan ko‘tarilishda yokitepalikka chiqishda shikastlangan kishiningboshi oldingi tomonda bo‘lishi kerak.Agar oyoq suyaklari singan bo‘lsa, bundanmustasno, bu holda zambilni gorizontalholatda saqlash kerak.
3) zinapoyadan pastga tushishda(tepalikdan tushishda) shikastlangan kishining
oyoqlari oldinda (oyoqlar shikastlanganbo‘lsa bundan mustasno) bo‘lishi kerak.
Shikastlangan kishini zambilga joylashtirishdaolingan jarohat turiga moskelishini ta’minlash lozim, ya’ni turli hiljarohatlarda zambilga turlicha joylashtiriladi.Shuning uchun ham kuzatuvchishikastlanganning zambildagi holatini doimodiqqat bilan kuzatib borishi kerak:
a) umurtqa singan deb tahmin qilinsava bemorning hushi o‘zida bo‘lsa, qattiq tahta ustiga yotqizilib, gorizontalholatda tashiladi;
b) bosh va miya shikastlanganda (hushi o‘zida, shok belgilari
yo‘h) zambillarda oyoq tomonini 10–150 pasaytirib ko‘tarib boriladi. Bosh
tagiga uni va bo‘yinni mahkamlash uchun yostiqcha qo‘yish mumkin;
v) qon yo‘qotish va shokbo‘lsa yoki ularning havfi bo‘lsa, boshtomon pastroq, oyoqlar 10–150 gako‘taribroqqo‘yiladi yoki oyoqlar qalamtaroshko‘rinishida bukilgan bo‘lishi
kerak;
g) ko‘krak qafasi va uning organlarishikastlanib, o‘tkir nafas yetishmovchiligikuzatilsa, tana va bosh tomonko‘taribroq tashiladi;
d) qorin bo‘shlig‘i organlari va tosning shikastlanishlarida gorizontalholatda yotqizilib, bosh va tizza ostiga yostiqchalar qo‘yiladi;
e) yuz va jag‘ sohalarining shikastlanishlarida gorizontal vaziyatdayuzi bilan pastga qaratib yotqiziladi;
z) hushi o‘zida bo‘lmagan holatlarda(asfiksiyaning oldini olish maqsadida)bemor yonboshi bilan turg‘unholatda yotqizilishi kerak.
Agar sharoit zambilni bemorgayaqin olib kelishga imkoniyat bermasa,unda bemorni qo‘lda quyidagi usullarni qo‘llab:
1) agar tashuvchi bir kishi bo‘lsa, u quyidagi usullarni qo‘llashi mumkin:
a) yaradorning orqasidan ushlab yordam berishi;
b) qo‘lda ko‘tarib olib borishi;
v) yelkasida yoki orqalab olibborishi;
g) choyshab, plash, palto, palatka,daraht shohlari ustiga bemornijoylashtirib chanaga o‘hshab tortib boorish mumkin;
2) agar shikastlangan kishiga yordamberuvchilar ikki kishi bo‘lsa, ularbemorning ikki tomonidan bir tizzasidayerga turib, bir qo‘lini belidan, boshqa qo‘lini chanoq ostidan o‘tkazib ushlabko‘tarishadi va bir vaqtda tashlanmagan qadamlar bilan kasalni ko‘tarib
kerakli joyga olib borishadi.
3) agar bemorning holati yo‘l qo‘ysa, uni o‘tirgan holatda «murakkab qulf» usulini qo‘llab ko‘tarib borish mumkin. Bunda bemor qo‘llari bilanko‘tarib borayotgan kishilarning bo‘ynidan quchoqlab oladi. Ko‘krak va ko‘krak qafasi suyaklari singan
bemorlarni zambilda yarim o‘tirgan holatda transportirovka qilish mumkin. O‘mrov va ko‘krak suyaklarisinganda o‘tirgan holatda transportirovka qilinadi.Shikastlangan kishini davolash muassasasigatezlikda yetkazish zarur bo‘lgan holatlarda transportirovka qilish birinchi tibbiy yordamning engmuhim bosqichlaridan hisoblanadi.Bunda imkoniyat boricha quyidagi qoidalargaamal qilish kerak:
a) tez va ehtiyotkor tashishni ta’minlash (qo‘pollik og‘riq chaqiradi, suyak sinihlari siljishiga vashokka sababchi bo‘lishi mumkin);
b) ko‘tarib borish va tashishni shikastlanishninghususiyati va og‘irligiga mos ravishda bajarish;
v) transportirovka hilishdan oldin jarohatlarni bog‘lash, shinalar qo‘yish, og‘rihsizlantirish, agar sharoit ko‘tarsa, tomirga dori quyuvchitizimni tayyorlab qo‘yish va shu kabilarni, boshqacha aytganda, bemornibirinchi yordam ko‘rsatishning yakunlovchi bosqichiga tayyorlash kerak.Ko‘pincha shunday holatlar yuz beradiki, yordam beruvchi kishi,jarohatlangan kishi nafas olayaptimi yoki yo‘qmi, yurak faoliyati to‘htab qolmaganmi va shu kabi hayotiy muhim narsalarni e’tiborsiz qoldirib, engavvalo, shilingan jarohatlarni tozalash va bog‘lash bilan shug‘ullanadiyoki shikastlangan kishini e’tiborsiz qoldirib, uni shifohonaga olib boorish uchun transport qidirib yuradi.Shikastlangan kishiga nisbatan qo‘llanilgan tiriltirish choralarinatijasida afas va yurak faoliyati tiklangach, qon bosimi me’yorgakelgach, u transportirovkaga tayyorlangan hisoblanadi. Agar shuvaqtgacha nafas olishi tiklanmasa, sun’iy nafas oldirishni transportirovkavaqtida ham davom ettirish lozim.Agar tiriltirish chora-tadbirlari muvaffahiyatsiz bo‘lib, o‘lim belgilariyuzaga chiqsa, vrach kelishini kutish kerak. Vrach shikastlangan kishiningo‘limini uzil-kesil aniqlab beradi;
g) zambilning transport vositasining harakati vaqtida qo‘zg‘alib vaharakatlanib ketmasligi uchun chora ko‘riladi, ya’ni u mahkamlab qo‘yiladi;
d) qishda kasal ustiga issiq narsalar yopib qo‘yish lozim;
e) kuzatuvchi doimo bemorning yonida bo‘lishi zarur (mashinakabinasiga – haydovchi yoniga o‘tirib olmasligi kerak).Shikastlangan kishilarni mahsus mashinalarda, shuningdek yo‘lovchiyengil mashinalarda, samolyotlarda, traktorlarda (tirkamalari bo‘lgan),aravalarda transportirovka qilish mumkin.Hal qiluvchi narsa transportning turi emas, balki kasalning qanchaliktez mahsus kasalhonaga olib borilishidir. Shikastlangan kishini ilojiboricha tez, maksimal qulayliklarga ega bo‘lgan va barcha talablargajavob beradigan holatda eng yaqin davolash muassasasiga olib boorish kerak.
Shikastlangan kishini zambildan krovatga o‘tkazishda, zambilningoyoq tomoni krovatning bosh tomoniga qaratib qo‘yiladi yoki aksincha.Og‘ir shikastlanishlarda zambil krovat yoniga bir hil balandlikda qo‘yiladi, keyin ehtiyotlik bilan bemor krovatga o‘tqiziladi.
Hotima o‘rnida yana bir muhim narsa – yordam beruvchi kishibemorga va uning yaqinlariga hushmuomala bo‘lishi kerak. Eng avvalo,ularni tinchlantirish va ruhan qo‘llab-quvvatlash, shikastlangan kishiningtuzalib ketishiga umid va ishonch tug‘dirishi lozim (amalda bunday umid qolmagan bo‘lsa ham). Bu narsa bemorda davolashning keying boshichlarida vrach kasalhonada qo‘llaydigan davolash chora-tadbirlarigaishonch tug‘diradi. O‘z navbatida, bu kasalning tezroq oyoqqa turishiga
sabab bo‘ladigan omillardan biridir.
EPILEPTIK VA ISTERIK TUTQANOQLARDA
HAMDA RUHIY KASALLIKLARNING O‘TKIR DAVRIDA
BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH
So‘ngi vaqtlarda turli hil asab kasalliklariga yo‘liqqan shahslar bilanto‘qnashishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ushbu kasalliklarning kelibchiqish sabablarini, klinik belgilarini va bemorlarning o‘zlariga, qolaversaatrofdagilarga shikast yetmasligi uchun birinchi yordam ko‘rsatishni bilishkatta ahamiyatga ega.
Epileptik va isterik tutqanoqlar
Dastlabki vaqtlarda epilepsiya deganda, hush yo‘qolishi va talvasalarbo‘lgan hamma holatlar tushunilaverilgan. Lekin keyinchalik ma’lumbo‘lishicha, epileptik tutqanoqdan tashqari, boshqa asab kasalliklaridaham talvasali tirishishlar bo‘lishi mumkin ekan. Shu sababli epilepsiyadanfarqli o‘laroq, «simptomatik epilepsiya» tushunchasi paydo bo‘ldi. Bukasallik boshqa bir kasallikning ma’lum bir belgisi hisoblanib, kelibchiqish va rivojlanish mehanizmlari turlichadir.Bugunga kelib tibbiyotda qo‘llaniladigan diagnostik usullarningko‘payishi, simptomatik epilepsiyani haqiqiy epilepsiyadan farqlashimkonini berdi. Bunda, asosan bosh miyani tekshirishusullari (pnevmoensefalografiya,hronopsimetriya elektroensefalografiya, kompyutertomografiya, nozik biohimik tekshirishlar va boshqalar) keng qo‘llaniladi.Simtomatik epilepsiya bosh miya jarohatlari, yallig‘lanish kasalliklari,bosh miya o‘smalarida ko‘proq uchraydi.
Epilepsiya (epilepsia – yunoncha tutqanoq yoki «yiqilish kasalligi») –surunkali kasallik, klinik belgilari vaqti-vaqti bilan tortishish (tirishish,akashak bo‘lish) holatlari va hushni u yoki bu darajada yo‘qotish bilantavsiflanib, asosan telbalik yoki ahli pastlik bu bemorlar uchun hosdir.Kasallik bolalik yoki o‘smirlik paytidan boshlanib, aholi o‘rtasida tarqalishdarajasi ayollar va erkaklarda bir hil – 1000 kishiga 3–6 ta to‘g‘ri
keladi.Bu kasallikning sababi hali aniqlanmagan, ko‘pincha nasldan-naslgao‘tishi aniqlangan bo‘lib, asosan bolalik yoki o‘smirlik yoshidanboshlanadi. Bundan tashqari, kasallikning kelib chiqishida miyaning o‘tkiryuqumli kasalliklar, uning turli hil shikastlanishlari, tug‘ilish vaqtidaolingan jarohatlar va homiladorlik davri asoratlari katta o‘rin tutadi.Epileptik tutqanohlar ko‘pincha auradan keyin boshlanadi.Tutqanoqdan oldin hosil bo‘ladigan va bir necha sekund davom etadiganalomatlarga aura deyiladi. U sezish, ko‘rish, eshitish, ta’m va hid bilish,asab va harakat auralariga bo‘linadi.Katta tutqanoq asosan birdan boshlanadi, ayrim hollarda esa turli hiltutqanoq oldi alomatlari yoki auradan so‘ng boshlanadi. Bunda bemorhushini yo‘qotib yiqiladi (jarohat olishi mumkin), birdan tonik tirishishboshlanadi, nafas muskullarining qisqarishi tufayli bemor birdan qattiq ovoz chiqaradi. Shundan so‘ng tananing barcha muskullari tirishadi, nafasto‘htaydi, bemor ko‘karadi, gohida tilini yoki lunjini tishlab olishimumkin, ko‘z qorachig‘i kengayadi va yorug‘likka reaksiya bermaydi.Tonik tirishishlar holati 25–30 sekund davom etadi, so‘ngra kloniktirishishlar boshichi boshlanadi.Klonik boshich tirishish bilan nafas olishdan boshlanadi, bunda yuzterisining rangi o‘zgaradi (ko‘karishqizarish bilan almashadi). Bosh, ko‘zolmasi, til, qo‘l va oyoqlar muskullarining ritmik tirishishi ortib boradi.Oradan 1,5–2 minut o‘tgach, muskullar bo‘shashishi kuzatiladi.Tutqanoq vaqtida, agar bemor yuzi bilan pastga (ko‘lmakka, ahlatgayoki yostiqqa) qarab yiqilgan bo‘lsa, u holda bo‘g‘ilib qolishi mumkin.Tuthanoq fazasining ohirida bemorda chuqur behushlik – komagao‘hshashholat kuzatiladi, chaqirishlarga va og‘riqlarga javob bermaydi.Ko‘pincha tuthanoq vaqtida bemorlar ihtiyorsiz ravishda siydik va ahlatajratishlari mumkin. Tutqanoqdan so‘ng bemorlarda retrograd amneziyakuzatiladi.Agar tutqanoqholati ketma-ket kuzatilsa va tutqanoqlar orasidabemor hushiga kelmasa, bu epileptik holat deyiladi, ya’ni u bemorhayotiga havf tug‘dirishi mumkin.Kichik tutqanoq, ya’ni turli hil harakatlar va asab buzilishlariningpaydo bo‘lishi qisqa muddat ichida yo‘qoladi, bu holatlar esa tutqanoqqaekvivalent hisoblanadi. Bunday tutqanoqlar 2–6 sekund davom etadi.Kichik tutqanoqning eng keng tarqalgan turi talvasasiz hushdan ketib,o‘ziga kelishi – absansdir. Sirtdan qaraganda tutqanoq shu bilan farhlanadiki,bemor boshlagan ishini to‘htatadi (shahmat o‘ynayotgan bo‘lsa, qo‘lida shahmat toshi bilan qotib qoladi, yurganida yo‘l chekinayotgandekhech sababsiz to‘htab qoladi va h. k.)
Epileptik tutqanog‘i bor bemorlarga yordam ko‘rsatish
Yordam ko‘rsatishda tutqanoqning kuchi, hususiyati va bemorningruhiy holatini hisobga olish kerak.Tutqanoq vaqtida bemorlar jarohatlanmasligini ta’minlash, polga
yiqilgan bo‘lsa, boshi ostiga yostiqqo‘yish, qo‘l va oyoqlaridan yengilushlab turish kerak, aks holda, chiqishlar yuz berishi mumkin. Tilinitishlab olmasligi uchun tishlari orasiga metall bo‘lmagan yo‘g‘onroq predmet qo‘yish lozim.Tilini yutib yubormasligi uchun uni sochiq bilan ushlab turish yokiboshini yon tomonga burib qo‘yish lozim bo‘ladi. Nafas olishi yahshibo‘lishi uchun bo‘ynidagi tugmalarini yechib qo‘yish kerak. Agarbemorligi oldindan aniq bo‘lsa, bahtsiz hodisa yuz bermasligi uchun unikuzatib yurish zarur. Bemorni cho‘kishdan, yong‘indan, yuqoridanyiqilishdan, harakatdagi mashinalar tagiga tushib qolishdan ehtiyot qilishlozim.Shuning uchun ham epileptik tutqanog‘i bor bemorlarning ishfaoliyati cheklanadi, ularga katta suv havzalari oldida, avtomatikmehanizmlar, balandlik, elektr manbalarida ishlash taqiqlanadi.Tutqanog‘i bor bemorlar aurasi aniqlanganda tezda chora-tadbirlarko‘rish kerak. Ya’ni bemorni yumshoq o‘ringa yotqizib, agar bemor qabul qiladigan dorilar ma’lum bo‘lsa, ularni shoshilinch ishlatish lozim.Yordam ko‘rsatishda bu bemorlarning agressiv ekanligini, ta’sirchanliginihisobga olib, atrofdagilardan ajratish va ular bilan bahslashmaslik
hamda hushmuomalada bo‘lish maqsadga muvofiqdir.
Isterik reaksiyalar (isterik nevroz). Isterik reaksiyalar ichida harakatning buzilish turlari ko‘p uchraydi.Bu bemorlarda ruhiy travmalardan so‘ng tarqoq va aniqbo‘lmaganharakatlar boshlanadi. Bir tekis silliqharakat qilib boshlarini o‘raboladilar, odatdan tashqari turish shakllarini namoyon qiladilar, gohidayoysimon egiladilar. Bu kabi tirishishlarda bemorlar koma holatidabo‘lmaydilar, shuning uchun kamdan-kam hollarda jarohat oladilar.Gohida bemorlar bu holatda tovush chiqaradilar, tishlarini g‘ijirlatadilar.Begonalar ishtirokida bu holat ancha cho‘zilishi mumkin, ammo 10–12
minutdan oshmaydi.Agar bemorga sovuh suv sepilsa, tirishish to‘htashi mumkin. Huruj
tugaganidan so‘ng bemorlarda darmonsizlik va bo‘shashish kuzatiladi.Motorikaning isterik tipdagi buzilishlarida umumiy yoki mahalliyharakat buzilishlaridan tashqari yana harakatsizlanish yoki tormozlanishturlari kuzatiladi. Tipik misol sifatida psihogen stuporni olishimizmumkin. Huddi isterik talvasa kabi, bunda ham bemorni ovuntirish yo‘libilan asl holatiga haytarish mumkin. Bemorlar bironta nohushhabarnieshitgach yoki og‘ir holatlarda stupor holatiga tushib yerga yihiladi. Lekinyihilgan vaqtda huddi hushidagidek o‘zining jarohatlanishiga yo‘l qo‘ymaydi, savollarga javob bermay, og‘ir va shovhinli nafas olaboshlaydi. Keyinroq nafas yuzaki tusga kirib, puls tezlashadi. Bundaybemorlar shu vaqtda huddi o‘layotgan odam ko‘rinishida bo‘ladi.
Isterik reaksiyalarda birinchi yordam ko‘rsatish
Huruj boshlanganda bemor oldida begonalar bo‘lmasligi, yordamko‘rsatuvchi vasvasaga tushmasligi kerak. Tutqanoq vahtida bemorniushlab turish lozim, aks holda, o‘zini mayib qilib qo‘yishi mumkin.Bemorlarga katta e’tibor bilan yordam ko‘rsatish kerak, yo‘qsa hurujcho‘zilishiga olib kelishi mumkin, buni bemorlarning o‘zlari ham
tasdiqlaydilar.
O‘tkir psihik hollarda kechiktirib bo‘lmaydigan
yordam choralari
Psihik faoliyatning buzilishi nafaqat mustaqil ruhiyat kasallarida,balki somatik kasalliklarda ham uchraydi. Butun o‘zgarishlarni,buzilishlarni barvaqt aniqlash va yordam berish bemorlarning o‘ziga hamatrofdagilarga ham katta naf beradi.Amaliyotda gallyutsinator hayg‘urishlar, vasvasa g‘oyalari, affektivbuzilishlar va ong buzilishiga yo‘liqqan bemorlar ko‘p uchraydi.
UHLATUVCHI MODDALAR BILAN ZAHARLANGANDA KO‘RSATILADIGAN BIRINCHI YORDAM
Jabrlanuvchi koma yoki chuqur uyhuga ketgan holatda bo‘ladi.Nafas vaqt-vaqti bilan, rangi oqarib ketgan yoki sianoz (ko‘karish),harorati ko‘tarilgan, keyinchalik toshma toshishi mumkin. Aktivlanganko‘mir yoki qandaydir boshqa sorbentlardan foydalanish, oshqozonniyuvish va kuchli ichni suruvchi vositalarni yuborish shart.
Alkogol bilan zaharlanganda shuni unutmaslik kerakki, alkogol kattamiqdorda qabul qilinganda yaqqol psihotrop ta’sirga ega. Boshlang‘ichdavrida o‘zini idora qila olmaslik, og‘riq sezishning pasayishi va hushidanketish kuzatiladi. Birinchi yordam shundan iboratki, tezlik bilanoshqozonni yuvish, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash,yurak dorilarini berish va iloji bo‘lsa, kislorodoterapiyani boshlash kerak.
Gazdan zaharlanish. Is gazi avtomashinalardan chiqadigan gazlartarkibida va uylar pechka bilan isitilganda hosil bo‘ladi. O‘tkirzaharlanganda psihonevrologik buzilishlar ustun turadi, bosh og‘rishi,bosh aylanishi, chanqash, qayt qilish, hushdan ketish, nafas olishningbuzilishi kuzatiladi. Birinchi yordam, avvalambor, jabrlanuvchinio‘choqdan zudlik bilan olib chiqishdan boshlanadi. Bronhlaro‘tkazuvganligini ta’minlash, havo-kislorod aralashmasini uzoq vaqtkiritish va yurak-tomir preparatlarini yuborish zarur.
Hozirgi vaqtda sanoat, qishloqho‘jaligi, uy sharoitida fosfororganikbirikmalar bilan zaharlanish ko‘p tarqalgan. Bu modda asab tizimiga ta’sir qiladi, ya’ni holsizlik, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, tohatsizlik, nafasolishning buzilishi (bu holat nafas muskullarining bo‘shashishi bilanbog‘liq), qorinda og‘riq va ich ketishi kuzatiladi.
Davolash:
– iloji boricha tezroq organizmdan zaharni chiqarib tashlash(oshhozonni yuvish, ichni suruvchi vositalarni qo‘llash);
– mahsus antidot moddalar yuborish.
Kuydiruvchi moddalar bilan zaharlanishga - uksus (sirka) essensiyasi
taalluqlidir. Klinik kechishi mahalliy kuydiruvchi ta’sirdan va umumiyrezorbtiv
ta’sirdan kelib chiqadi. Bemorlar tomog‘idagi kuchli og‘riq, qayt qilishi va nafas olishning kechikishidan shikoyat qiladilar. Suyuqlikniyo‘qotish shok holatiga olib keladi. Eritrotsitlarning parchalanish belgisi – qizil yoki jigarrang siydik paydo bo‘ladi. Davolash oshqozonni yuvish,promedol, yurak preparatlarini yuborishga asoslangan. Oshqozon yuvilgansuvda qonning bo‘lishi yuvishni davom ettirishga qarshilik qilmaydiganko‘rsatma hisoblanadi (ishqoriy eritmalarni ishlatish man etiladi).
HUSHDAN KETISH, KOLLAPS VA SHOKDA BIRINCHI
YORDAM KO‘RSATISH
Hushdan ketish - to‘satdan qisqa vaqtga hushdan ketishbo‘lib,miyaning birdaniga qonsizlanishidan sodir bo‘ladi. Obmorok asab tizimichidamsiz, zaif, astenik konstitutsiyaga ega kishilarda, charchash, og‘irjismoniy yoki psihoemotsional zo‘riqishdan so‘ng, kuchli og‘riqarnatijasida, ayrim holda esa qo‘rqish natijasida ham kelib chiqadi.Hushdan ketishning kechishi miyada to‘satdan qon aylanishiyetishmovchiligi va uning ishemiyasi (qonsizlanishi)ga bog‘lih. Bu qorinbo‘shlig‘i qon tomirlarining kengayishi va qonning organizmda qaytatahsimlanishi tufayli yuz beradi. Bu jarayon boshlanishida bemor esnashi,yuz terisining oharishi, peshonasidan sovuq ter ajralishi, nafas olishningtezlashishi kuzatiladi. Shundan so‘ng bemor hushini yo‘qotib yergayiqiladi.
Ba’zan obmorok yuqoridagi belgilarsiz ham ro‘y berishi mumkin.O'zidanketish,behushlik-miyaningbirdanqongayolchimayqolishinatijasidakishiningto'satdanqisqamuddato'zidanketibhushsizlanishim, qattihog'rih, ruhiyshikastlanish, qo'rqish, ko'pqonyo'qotish, o'tacharchash, ochqolish, dimhonadauzoqqolibketish, bemadorbemorningyotganjoyidanbirdanturishivaboshqalarhushdanketishgasababbo'lishimumkin. To'satdan bosh aylanib,darmonqurishi, qo'l va oyoqlarning uvishib,ko'z oldi qorong'ilashuvi, quloq shang'illashi,ko'ngil aynishi,tomirlarning tez tez va sust urishi hushdan ketishning harakterli belgilaridir. Bemorningrangibirdanoqarib, ko'zqorachig'iyuqorigatortilib, keyinyumiladivao'ziyiqilibtushadi. Behushlik bir necha soniyadan 5-10 daqiqagacha cho'zilishi mumkin.Agar bundan uzoqroq cho'zilsa hayot uchun havflidir. Vrach etib kelguncha bemorni boshini tanasidan pastrohqilib yotqizib qo'yish,yoqasi va belbog'larini bo'shatish kerak.Bemorning oyoqlariga grelka qo'yish,uni dag'al gazlama bilan ishqalash,toza havo kelishini taminlab berish kerak. Bemorni o'ziga keltirish uchun yuziga sovuq suv sepish,novshadil spirt,sirka,atir hidlatish va chakkalariga surtish zarur.
Birinchi yordam:hushdan ketish nisbatan kam vaqt davom etishiga qaramasdan, hushdan ketgan kishiga, albatta, tezlik bilan birinchi yordamko‘rsatish zarur. Birdaniga uning oyoqlarini tepaga ko‘tarish kerak, shundamiyada qon almashinuvi tiklanadi, toza havoga olib chiqish, boshiniteparoqqilib orqasi bilan yotqizib qo‘yish lozim. Ko‘krak qismidagitugmalarni bo‘shatish kerak, chunki bo‘yin va ko‘krak qisilib qolmasligikerak. Ko‘pincha to‘g‘ri yordam ko‘rsatish natijasida hushdan ketishholati tezda o‘tib ketadi.Shuningdek, oddiy usullar bilan ham tashqi qo‘zg‘alish ta’sirinio‘tkazish mumkin:
– yuziga shapatlab urish;
– o‘tkir hidli moddalarni (ammiak), masalan, navshadil spirtinipahtaga tomizib hidlatish kerak. Agar behush kishi hirillab nafas olaboshlasa yoki nafas olishi umuman to‘htasa, unda tili og‘iz orqasiga ketib qolmaganligini tekshirish lozim.Nafas olish va tomir urishi to‘htasa, bu holat organik kasalliklaribo‘lganda (yurak porogi, yurak ritmi buzilganda, serebral-qon tomiryetishmovchiligida, miokard infarktida, o‘pka arteriyasi
tromboemboliyasida) tezda jonlantirish tadbirlarini hamda shifohonagajoylashtirish choralarini o‘tkazish lozim.
Kollaps-yurak-tomir yetishmovchiligining nisbatan og‘ir ko‘rinishihisoblanadi. Kollaps holatida tana harorati pasayadi, ter ajraladi, teri qoplamlari oqaradi, puls juda kuchsizlanib ipsimon bo‘ladi (teriningmarmar rangida bo‘lishi, siydik ajralishining kamayishi yoki to‘htashi,miya gipoksiyasi paydo bo‘lishi).
Hushning yo‘holishi – shunday holat bo‘lib, bunday shahs harakatsizyotadi, savollarga javob bermaydi, tashqi ta’sirlarni qabul qilmaydi.Bunday holatda nerv faoliyatining buzilishi, organizmning tashqi ta’sirgareaksiyasi pasayishi va yo‘qolishi hamda o‘z shahsini anglash qobiliyatining o‘zgarishi haqida o‘ylash kerak.Bunday holat ko‘plab sabablar natijasida kelib chiqadi, lekin barchahollarda sezgi markazi – bosh miya jarohatlanadi. Miyaning jarohatlanishibevosita ta’sir natijasida – bosh jarohatlanishlarida qon qo‘yilishi,elektrdan shikastlanish, zaharlanishlar (shu jumladan, alkogolizm)natijasida yuzaga kelishi, shok, yurak kasalliklari, jigar yoki bo‘yrakyallig‘lanishida va sovuq urganda yuz berishi mumkin.
Koma –hushni yo‘qotishning chuqur buzilishi bo‘lib, unda og‘riqqanisbatan reaksiya yo‘qoladi.
Komaning quyidagi turlari farqlanadi:
1) serebral koma– bunda quyidagi simptom kuzatiladi: oyoqqo‘llarda harakat va sezgi yo‘qligi, og‘izning jarohatlanmagan tomonga qiysqayishi (kasal «trubka chekayapti»), ko‘zning jarohatlangan tomonga qiyshayishi (kasal bosh miyadagi jarohatlangan o‘choqqa qarayapti),shikastlangan oyoq yoki qo‘llar ko‘tarib-tushirilganda krovatga og‘irlikbilan tushadi.Apopleksik zarbalar ko‘pincha 45–60 yoshdagilarda kutilmagandasodir bo‘ladi. Bunday bemorlarning yuzlari qizil rangda bo‘lib, bungacha
ular ko‘pincha arterial qon bosimining oshishidan qiynalib yuradilar.
Birinchi yordam:
a) to‘liq tinchlikni ta’minlash;
b) boshga sovuqqo‘yish (muzli grelka);
v) tez yordam mashinasini chaqirish;
g) ihtisoslashgan kasalhonaga gospitalizatsiya qilish.
2) diabetik (giperglikemik) koma-qandli diabet kasalligi bor bemordakuzatiladi. Qandli diabet – organizmda insulinning mutlaq (absolut) yokinisbiy yetishmovchiligi bilan tavsiflanuvchi hamda shunga bog‘liq ravishda qonda qand miqdori oshishi va siydik bilan ajralishi hos bo‘lgankasallik. Qandli diabet kasalligining asosiy belgilari quyidagilar:chanqash, og‘iz qurishi, ozish, teri qoplamlarining qichishi, furunkulyoz.
qonda qand miqdorining qanchalik oshishi va qonda ketontanachalarining (atseton) yig‘ilishi bo‘lgan bemorlar, agar adekvat terapiyaolmasalar, giperglikemik koma ro‘y beradi. Bu koma asta-sekin kelibchiqadi: lanjlik, ishtahannig yo‘qolishi, qorinning yuqori qismidagi og‘riq, qayt qilish kuzatiladi. Teri quruq bo‘lib, chiqayotgan nafas havosidanatseton hidi keladi.
Diabetik komada tez yordam:
1) tezkor gospitalizatsiya;
2) asoratlarini davolash;
3) 4 % soda eritmasi, «S» va «V» guruh vitaminlarni berish lozim. Qandli diabetda, ayniqsa insulin bilan davolanadigan bemorlardainsulin dozasi ortib ketganda teskari holat yuz berib, qonda qand miqdorikamayib ketadi. Bunday holatlarda gipoglikemik koma rivojlanadi.
3) gipoglikemik koma -ko‘pchilik hollarda ro‘y berishi mumkin. U quvvatsizlik, kutilmaganda holsizlik, ochlik, ko‘p ter ajralishi va yurakuvishishi bilan tavsiflanadi. Giperglikemik komadan farqli ravishdabunday bemorlar chanqashga shikoyat qilmaydilar, ko‘z olmasininggipotoniyasi kuzatilmaydi va chiqayotgan nafas havosidan atseton hidikelmaydi.
Komatoz holatning bunday turi ham tez va faol davolash yordaminitalab qiladi:
a) shirin choy ichish yoki hand bo‘lagini og‘izga solib eritish;
b) vena tomiriga 5 %li glukoza eritmasini yuborish;
v) kasalhonaga gospitalizatsiya qilish.
4) jigar komasi jigar funksiyasi buzilishi bilan kechuvchikasalliklarda, jigar yetishmovchiligi holatlarida ro‘y beradi. Bunga qondao‘t kislotalari va modda almashinuvi zaharli moddalarning qondato‘planishi sabab bo‘ladi. Bunday bemorlarda ko‘z sklerasi sarg‘ayadi,ko‘zga tashlanadigan shilliqqavatlarda va terida tirnalishga o‘hshash izlarbo‘ladi, ularda kuchsiz hamda tez-tez burundan va ichakdan qon ketishlar
sodir bo‘lib turadi. Koma bemorning asosiy kasalligi natijasi bo‘lib, uasta-sekin rivojlanadi. Bunday bemorlarni zudlik bilan gospitalizatsiya qilish kerak.
5) uremik koma buyrak kasalliklarida azot chiqindilarining qonda yig‘ilishi tufayli ro‘y beradi, kasallik asta-sekin rivojlanadi. Uningbelgilari: azob beruvchi og‘riqlar, shish, qo‘zg‘alish, qon bosiminingortishi, huddi siydik kislotasi kristallarini surtib olgandek bo‘lib terining qurishi, chiqayotgan nafasdan siydik hidining kelishi.
Tez yordam:
a) agarda qon bosimi yuqori bo‘lsa, qon oqizish;
b) siydik haydovchi preparatlar;
v) tezda gospitalizatsiya qilish.
6) alkogol komasi ko‘p va katta miqdorda alkogol iste’mol qilishnatijasida zaharlanishdan kelib chiqadi. Unga hos belgilar: harakat qo‘zg‘alishlari, terining kulrang-ko‘kish tusda bo‘lishi, yuzning so‘lihishi,keskin ter ajralishi, og‘izdan kuchli alkogol hidining tarqalishi. Alkogolkomasi holatidagi bemorlarni toksikologik markazlarga gospitalizatsiya qilish lozim.Hushini yo‘qotgan bemorlarga hechqachon sovuq ichimlik ichirishgava ovqat yedirishga harakat qilmaslik kerak. Ular yutina olmaydilar, shutufayli suyuhlik yoki ovqat nafas yo‘llarini berkitib qo‘yishi mumkin.
Agar yurak faoliyati va nafas olishi to‘htagan bo‘lsa, bu faoliyatlarnitiklash bilan bir vaqtda shoshilinch davolash muassasasiga olib borishlozim.Transportirovkasi: harakatsiz holatda yon tomoniga yotqizib, albatta,kuzatuvchi shahs bilan birga olib borilishi kerak. Bundan mustasno holdagipoglikemik holatda shirin choy, konfet, qand, shokolad berish zarur.
Shok – ingliz tilidan «zarba» deb tarjima qilinadi. Bundan 200 yilmuqaddam kuchli jarohatlovchi ta’siridan kelib chiquvchi holatga shundaynom berilgan. Shok o‘zida ko‘plab simptomlarni mujassamlashtiradi, bubelgilar bemor yoki shikastlangan shahs holatining og‘irligini ko‘rsatadi.Shokning bir necha turlari farqlanadi. Amaliyotda ko‘proq uchraydiganlari:
– travmatik;
– kardiogen;
– anafilaktik;
– kuyish shoki;
– infeksion – allergik;
– gemorragik;
– elektr shoki.
Travmatik shokturli a’zolar va tana hismlarining shikastlanishi tufaylisodir bo‘ladi. Travmatik shok rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omillar:
a) og‘riq;
b) qon yo‘qotish;
v) shikastlangan to‘qimaning parchalanish mahsulotlari bilanorganizmning zaharlanishi.
Klinikasi:travmatik shokning kechishida 2 davr farqlanadi:
1) erektil (qo‘zg‘alish);
2) torpid (tormozlanish).
Erektil davr travmadan so‘ng birdaniga boshlanib, hushningsaqlanishi, harakat va nutqqo‘zg‘alishlari, o‘ziga va atrofdagilar holatigatanqidiy qarashlarning yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Terisi oqargan, ko‘z qorachihlari yorug‘lik ta’sirida yahshi kengaygan, qon bosimi normadabo‘lib, tomir urishi biroz tezlashgan. Bu davr o‘rtacha 10–20 minut davometadi. Shundan so‘ng torpid davr boshlanadi, bunda qon bosimi birdankeskin pasayadi, sovuq ter bosadi, tana harorati pasayadi, yaqqoltormozlanish rivojlanadi va o‘lim yuz berishi mumkin.
Birinchi yordam:
– nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash;
– qon ketishini to‘htatish;
– chiqishlarda immobilizatsiya qilish;
– og‘riqsizlantirishni o‘tkazish;
– jarohatlangan kishini eng yaqin tibbiyot muassasasiga tezda vaehtiyot qilgan holda olib borish kerak.Kuyish shoki jarohatlangan kishi tanasining 15–20 % qismi kuyganda
kuzatiladi.
Klinikasi ikki boshichda kechadi:
1) qo‘zg‘alish bosqichida kuchli og‘riq, harakat bezovtaligi, terbosishi, qaltirash;
2) 6–12 soatdan keyin kuygan kishi og‘riqni sezmaydi, sovuq terbosishi kuzatiladi, «qahva quyhasi» ko‘rinishida qusishi mumkin, qonbosimi keskin pasayadi, tomir urishi tezlashadi, umumiy tormozlanishkuzatiladi.
Tez yordam:
a) kuyish manbasini o‘chirish;
b) kuyishning aniq vaqtini aniqlash;
v) «kaft» qoidasi bo‘yicha tananing qancha qismi jarohatlanganinianiqlash;
g) og‘riqsizlantirishni o‘tkazish;
d) vena ichiga suyuqliklar yuborish;
e) tezkor va ehtiyotkorlik bilan jarrohlik-kuyish bo‘limiga gospitalizatsiya qilish. Tashishda jarohatlanmagan tomon bilan yotqizishkerak.
Elektr shoki- tok urganidan so‘ng 2–3 soat mobaynida hayot uchunmuhim sanalgan uzunchoq miyadagi nafas markazining falaji evazigasodir bo‘ladi. Shuning uchun ham, elektr shikastlari qay darajadabo‘lishidan qat’i nazar, bunday bemorlar shifohonaga yotqizilishlarishartdir.
EKSTREMAL HOLATLAR (KLINIK O‘LIM)DA YORDAM
KO‘RSATISH
Tanglik (terminal) holat– inson hayotidagi, sog‘lig‘iga havf soluvchi,butun bir a’zolar majmuasidagi, nafas olish, qon aylanish doiralaridagikeskin o‘zgarish va moddalar almashinuvining buzilishidir. Qon aylanishdoirasining, nafas olish va yurak urishining to‘htashi klinik o‘lim nomibilan tavsiflanadi.
Tanglik holatining turlari:
1) agoniya oldi;
2) agoniya;
3) klinik o‘lim.
Agoniya oldi holati -umumiy karahtlik, hushni yo‘qotish, qonbosimining tushib ketishi, tomir urishining uyqu va son arteriyalaridantashqari boshqa tomirlarda aniqlanmasligi, nafas buzilishlari yuzaki nafasbilan cheklanib, teri va shilliq pardalarining ko‘karib oqarishi kabilar bilanifodalanadi.
Agoniya holatidagi -bemorlar hushida bo‘lmay, periferik tomirlardatomir urishi aniqlanmaydi, uyhu va son arteriyalarida puls juda qiyinchilikbilan anihlanadi, ko‘z qorachig‘i yorug‘likka javob bermaydi.Auskultatsiya vaqtida yurak tonlari keskin bo‘g‘iq eshitiladi.
Klinik o‘limbosh miya, qon aylanish doirasi va nafas a’zolarifaoliyatining butkul to‘htashi bilan ifodalanadi. Yurak urishi va nafasolishning to‘htashi bilan umumiy moddalar almashinuvi susayib, ularbutkul o‘z faoliyatini tamomlamaydi. Shu sababli klinik o‘lim tiklanuvchiholat hisoblanib, bosh miyaning tiklanishishiga hali fursat borligidandalolat beradi.
Biologik o‘lim– yuhoridagi najot beruvchi holatning butkulto‘htaganligidan dalolat beradi. Biologik o‘limni tavsiflovchi asosiybelgilaridan bo‘lgan murda dog‘lari va muskullarning tahtasimonzichlashishini kuzatish mumkin.O‘limning ohirgi bosqichida uchlamchi belgilar paydo bo‘ladi. Bularyurak urishining to‘htashi, nafas va hushning butkul yo‘qolishidir. Buholatlarning qay darajada rivojlanishiga qaramasdan, tiklovchireanimatsionmuolajalar davomiyligini to‘htatishqonunga mutlah ziddir.
Yurakning to‘htashholatlarini ikkita sababga bog‘lash mumkin:
– kardiogen (yurakka bog‘lih) sabablar;
– yurakka bog‘lih bo‘lmagan sabablar.
Kardiogen (yurakka bog‘liq) – miokard infarkti, yurak ritminingbuzilishi, yurakning tashqaridan qisilishi, yurak tomirlarining emboliyasi.Ikkinchi guruh sabablariga yurakdan tashqari bo‘lgan a’zolardagi o‘zgarishlar,ya’ni nafas olishning buzilishi, umumiy moddalar almashinuvi va neyro-endokrintizimidagi buzilishlar kiradi.Kutilmaganda sodirbo‘ladigan o‘lim holatlaridahayotga qayta tiklanuvchiholatlarning davomiyligini3–5 dahihaga teng deb bilishadi.Bundan keyinginahayot tiklanmas hisoblanadi.Nafas olishning butkulto‘htaganligi tashhisi visual (ko‘z bilan) kuzatishlarnatijasida qo‘yiladi. Nafasyo‘llarining butkul yopilganligi(obturatsiya) asosidaqisman obturatsiya natijasidamiyada sodir bo‘ladigankislorod yetishmovchiligibilanifodalanadi.Nafasyetishmovchiligini tiklashchora-tadbirlari quyidagilardaniborat: avval bemorgamahsus holat berilib, bosh qismini ensasiga qo‘yib,og‘iz-burun yoki og‘iz-og‘iz usulida sun’iy nafas berish orqali bajariladi,agarda bu tadbirlar yordam bermasa, u holda o‘pkaning sun’iyventilatsiyasi choralari qo‘llaniladi.
KO’ZQORACHIQLARIREFLEKSLARINAFASOLISHYURAKURISHI
Bu hollarda bemorni chalqancha yotqizish tavsiya etiladi va shu bilantil asosini nafas olish yo‘llaridan chetlatishga erishiladi, chunki bundayhollarda nafas yo‘llarining shilliq moddalar bilan bulg‘anishi kuzatiladi.Nafas yo‘llarini tozalash pastki jag‘ni yuqoriga tortish evaziga erishiladi.Nafas yo‘llarining bu tariqa tozalanishi va ochilishi zaruratningkeskinligidan kelib chiqadi. Bunga esa nafas yo‘lini steril matolar orqali
tozalash evaziga erishiladi. Bu muolajalar havo-vakuumli nasoslar orqaliham bajarilishi mumkin.Ohirgi vaqtlarda qayd etilgan og‘iz-burun va og‘iz-og‘iz nafasoldirish muolajalarini yuqorida qayd etilgan holatlarda qanchalik zarur,foydali ekanligini ta’kidlash lozim. Bu muolajalarning asosida esa vaqtibilan bir me’yorda yuborilayotgan tashqi havo muolajalari ko‘zda tutiladi.Bunday hollarda yordam beruvchi shahs juda ham kam talafot olganbemorni mustahkam qamrab olib havo yuboradi. Bu vaqtda havoningburun orqali tashqariga chiqib ketmasligi uchun bemor burnini qisib,og‘zidan havo yuboriladi. Yuborilayotgan nafas o‘rtasidagi vaqt 5 s nitashkil etadi, ya’ni 1 minutda 12 martani tashkil etadi.Yuqorida qayd etilgan qoidaga rioya qilinishi shart, chunki qilinayotgan muolajalar tabiiy nafas ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Nafas oldirish vaqtidagi yuzaga keladigan oshqozon usti sohasidagishishning paydo bo‘lishi yuborilayotgan havoning oshqozongaketayotganligidan dalolat beradi.Yurak urishining to‘htaganligini ifodalovchi asosiy belgi tomirurishining markaziy uyqu arteriyasida ham aniqlanmasligidadir. Asosantomir urishini aniqlash tadbirlari 3 marta o‘tkazilgan sun’iy nafasdankeyingina bajariladi, ya’ni aniqlanmagantomir urishi to‘g‘ridan-to‘g‘riyurakning yopiq massajiga ko‘rsatmabo‘ladi. Ko‘krak qafasi va umurtqapog‘onasi oralig‘idagi yurakmuskulto‘qimalarining zichlashishiasosida yurakning chap qorinchasidankatta va o‘ng qorinchasidan kichik qonaylanish doirasiga yurak bo‘shliqlarida qolib ketgan qonlarni quvib berishgasabab bo‘ladi. Yuqorida qayd etilgantashqi yurak massaji o‘z-o‘zidan yordambera olmaydi, agarda qilinayotgan muolajalar sun’iy nafasmuolajalari bilan birgalikda olib borilmasa, befoyda hisoblanadi.Yurak massajini bajarishdan oldin,bemorni istalgan tomonidan ko‘krak
to‘sh suyagining 5-hovurg‘a birikadiganjoyidan kaftlarini bir-biriga qo‘yib,bosim orqali massaj bajariladi. Bosimvaqtidagi ko‘krak qafasi egilishi 4–5sm ni tashkil qilishi kerak, ammo bosimta’siri 0,5 s, bosimlar oralig‘idagivaqt esa 0,5–1 s ni tashkil qiladi. Qilinayotgan muolajalarning to‘g‘ribajarilayotganligi uyqu arteriyasida to‘lqinsimonpulsning paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi.Tiriltirishni bir kishi bajarayotgan vaqtda 2 ta nafasdan so‘ng 15marotabagacha bosim muolajalarini qilishi kerak. Agar tiriltirishmuolajalarini ikki kishi bajarayotgan bo‘lsa, o‘pka ventilatsiyasi va massajmuolajalarining bir-biriga nisbati 1:5, traheya intubatsiyasidan keyin esa
2:15 ko‘rinishida bajarilishi kerak.Uyqu arteriyasida aniq tomir urishi tiklangandan so‘ng yurak massajito‘htatilib, nafas olish to‘lih tiklanguncha sun’iy nafas oldirishdavomettirilishi shart.Tiriltirish muolajalarini noto‘g‘ri bajarish natijasida kelib chiqadiganasoratlar: traheya intubatsiya muolajalari uzoq cho‘zilishi natijasida yurak
to‘htashi va nafasning butkul to‘htashiga olib keladi. Bunday asoratlarningeng havflisi ko‘p hollarda o‘pkani apparat orqali nafas oldirishda sodirbo‘ladi, ya’ni kuchli bosim ostida yuborilgan havo o‘pka to‘qimalarini yirtibyuboradi. Bunday hollarda zudlik bilan torokotsentez va plevrabo‘shlig‘ini drenajlash muolajalari bemor hayotini saqlab qolishga yordamberadi.Yuksak saviya bilan qilinmagan yurakning bilvosita massaji natijasida qovurg‘alar sinib ketishi holatlari sodir bo‘ladi. Bunday hatolarvaqtida, agarda bosim nuqtasi chapga siljisa, o‘pkaning teshilishi, agardapastga siljisa, jigar kapsulasining yirtilishi va jigar ezilishi, yuqorigako‘tarilganda esa to‘sh suyagining asosi sinib ketishi mumkin.Tiriltirish muolajalarini muddatidan oldin to‘htatishga olib keladiganomillar: favqulodda o‘lim sodir bo‘lsa, uzoq vaqt moboynida yurak vao‘pka faoliyatlarining tiklanmasligi, qilinayotgan muolajalarningsamarasizligi, a’zolar ish faoliyatining butkul tiklanmasligi va boshqalar.Reanimatsion muolajalarning foydali yakunlanganligi, ko‘zqorachiqlari reflekslarining to‘lih tiklanganligi, nafas olish va yurakurishining tiklanib, teri rangining qizarganligi va qushning paydobo‘lishidek belgilar asosida tasdihlanadi. Aksincha, yuqorida qayd etilganbelgilarning tiklanmasligi qilingan muolajalarning samarasizligidandalolat beradi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar paydo bo‘lmagan bunday holatlarreanimatsion muolajalarning to‘htatilishiga ko‘rsatma bo‘la oladi.
BAHTSIZ HODISALARDA BIRINCHI YORDAM KORSATISH
Ma`lumki, jarohatlanish oqibati o`z vaqtida ko`rsatilgan yordamga ko`p jihatdan bog`liq bo`ladi. Shuning uchun har bir ishlovchi bevosita bahtsiz hodisa sodir bo`lgan joyda vrachga birinchi yordam ko`rsatishni bilishi kerak.
27-rasm.Jarohatlanganga shifokor kelguncha birinchi yordam korsatish.
Ishlab chiqarish korhonalari, tashkilotlarida tsehlarda, bo`limlarda, brigadalarda, dala shiyponlarida, fermalarda, ustahonalar va boshqa ishlab chiqarish uchastkalarida birinchi yordam ko`rsatishga mahsus o`qitilgan 3-4 kishidan iborat sanitar postlar tashkil etiladi. Sanitar postlari zarur meditsina dorilar va bog`lash materiallari mavjud bo`lgan aptechkalar bilan ta`minlanadi.Ishlab chiqarishda jarahotlanish uni keltirib chiqarish sabablariga ko`ra shartli ravishda tashkiliy và tehnik turlarga bo`linadi.
Tashkiliy harakterga ega bo`lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi:
1) bevosita kunlik ishlarni yoki ishlayotgan odamlarni sog`lig`i uchun yuqori darajada havfli bo`lgan ishlarni bajarish oldidan havfsizlik tehnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni o`tilmasligi;
2) havfsizlik tehnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni o`tilishi, lekin ishni bajarish jarayonida unga rioya qilinishini etarlicha nazorat qilmaslik;
3) ishni (har hil ishlab chiqarish topshiriqlarini) bajarish vaqtida zarur himoya (ko`zoynak, niqob, respirator, to`siq va boshqa) vositalardan foydalanmaslik;
4) ishchi zonada ishni bajarish uchun keraksiz bo`lgan buyum va narsalarni mavjudligi;
5) murakkab va mas`uliyatli ishlarda mahorati etarlicha bo`lmagan ishchilar mehnatidan foydalanish;
6) jarohatlash ehtimoli mavjud joylarda o`rab turuvchi shitlar, to`siqlar va kojuhlarni yo`qligi;
7) odam sog`lig`i uchun havf yuqori bo`lgan ish joylarini etarlicha yoritilmasligi;
8) havfhaqida "To`hta! Yuqori kuchlanish", yoki "Ehtiyot bo`ling! Rabotlar avtomatik rejimda ishlamoqda", "Yo`l yo`q, havfli zona" va boshqa kabi ogohlantiruvchi belgilarning yo`qligi;
9) tehnologik rejimdan chalqish, tehnologik jarayonlarni qo`pol buzilishi va boshqalar;
10) u yoki bu sabablarga ko`ra ishchiga ish vaqti davomida tanaffus va dam olish vaqtini berilmasligi;Tehnik harakterga ega bo`lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar misol bo`ladi:
1) ishchining aybisiz tehnologik uskuna yoki stanokning biror bir qismini avariya sabab ishdan chiqishi;
2) murakkab operatsiyalarni bajarayotgan biror bir mehanizmni ogohlantirilmasdan elektr energiyasidan ajratish;
3) yuk ko`tarish mehanizmining yuk ko`tarish vaqtida kutilmaganda po`lat arqonini uzilishi;
4) har hil o`zgaruvchan tebranma yuk ostida elektr uzatish simini uzilishi;
5) qisilgan gaz ballonini quyosh nuridan yoki boshqa issiqlik manbai ta`sirida qizib ketishi natijasida portlashi;
6) gazogeneratorli qurilmalarni himiyaviy reaktsiyalar jarayonida iki kuchli qizishidan portlashi;
7) ishlab chiqarishni ichki sistemalarini ta`minlovchi gaz, issiq suv yoki bug` quvurlarini uzilishi;
8) yuqori bosim ostida ishlovchi idishlarni portlashi;
9) har hil meteorologik omillar (kuchli jala, qalin qor, dovul va boshqa) ta`sirida binolar tomi va konstruktsiyalarini qulashi;
Yuqorida qayd etilganlardan ishlab chiqarishda jarohatlarni oldini olishning eng samaralisi tashkiliy harakterdagi tadbirlar deb hulosa chiqarish mumkin. Bu tadbirlar quyidagi ishlarni o`z ichiga oladi:
1) korhona ma`muriyati, tehnika havfsizligi bo`yicha mutahassis hamda usta va brigadirlarni ishchilar tomonidan tehnika havfsizligi qoidalariga rioya qilinishini, mehnatni to`g`ri tashkil etilishini doimiy nazorat qilish va tekshiruv ishlarini olib borilishi;
2) narkotik modda yoki alkogol ta`siri ostida husyorlikni yo`qotgan, tehnika havfsizligi qoidalarini buzgan ishchilarni zudlik bilan ishdan ozod etish;
3) funktsional rejimi buzilgan yoki nosoz mehanizm va uskunalarda ishlashni to`htatish;
4) murakkab,ko`p diqqat talab etadigan ishlar bilan band bo`lgan ishchilarni doimiy tibbiy ko`rikdan o`tkazish;
5) ishchilarni havfsizlik tehnikasi bo`yicha asosiy ma`lumotlarni o`z ichiga olgan tehnik o`qishga doimiy va davriy jalb etish ishlarini tashkil etish
Tehnik sabablar bo`yicha ishlab chiqarish jarohatlanishi profilaktikasi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
1) har hil uskuna, jihoz, mehanizmlarni doimiy sistematik tekshirish va sinovdan o`tkazish;
2) stanok, mashina, uskunalarni asosiy qismlarini davriy taftishdan o`tkazish;
3) bosim ostida ishlaydigan idish va uzatishquvurlarini davriy sinovdan o`tkazish;
4) murakkab tehnik munosabatdagi qurilmalarda yoki ishlayotgan uskunalar sistemasidagi har hil himoya rele yoki klapanlari ishlashini sistematik tekshirish.
Jarohatlanganda va lat yeganda birinchi yordam ko`rsatish:
28-rasm.Jarohatlanganda birinchi yordam ko`rsatish.
Yordam ko`rsatuvchi kishi qo`lini sovun bilan yahshilab yuvishi lozim, agar buning ilojisi bo`lmasa barmoqlarni yod nastoykasi bilan yog`lashi kerak. Jarohat joyini suv bilan yuvish, uni tozalash va unga hatto yuvilgan qo`l bilan tegish mumkin emas. Agar jarohat joyi kuchli ifloslangan bo`lsa uning atrofi mikroblardan tozalash vatasi yoki doka bilan artiladi, holos.Qon oqmaydigan, shilingan, sanchilgan, kichik jarohatlangan joylarni 5% li yod nastoykasi bilan yog`lash va mikrobga qarshi bog`lash zarur. Uncha katta bo`lmagan jarohatlarga dezinfiktsiyalovchi va ifloslanishdan saqlovchi plastir, 5F - 6 kleyi va boshqalar bilan kleylash kerak. Agar jarohatlangan joydan qon oqsa birinchi yordam ko`rsatish usuli qon oqishining ko`rinishiga bog`liq bo`ladi. Qon oqishi odatda qon tomirlari butunligi buzilganda har hil intensivlikdagi qon oqishi bilan kuzatiladi. Qon oqishi: tashqi (qon tana tashqarisida, ustidan oqqanda) va ichki (qon ichki organlarda, to`qimalarda oqqanda) bo`ladi. Qon tomirlarining jarohatlanishlariga bog`liq ravishda qon oqish ko`rinishlari bir necha hil bo`ladi. Tashqi arterial-puls bilan tez, qon rangi-och-qizil, shu bilan birga u jarohat joyidan favvoralanib oqadi, organizmda umumiy kuchsizlik va tananing shikastlangan joyida kuchli og`riq bilan kechadi.Vena qon tomiri jarohatlanganda qon qora-qizil rangda tizillab oqa boshlaydi. Agar qon alohida tomchi ko`rinishida oqsa va jarohat joyi ham qonasa bu kapillyar qon oqishhisoblanadi. Arteriya qon tomiri jarohatlanganda jarohat joyidan uzik-uzik tizillagan qon oqishi kuzatiladi.
1 2
3 4
5 6
29-rasm.Arteriyaniostkisuyaklargabarmoqlarbilanqisishusullari: 1-chakkagaoid; 2-pastkiæàg`gaoid; 3- bo`yingaoid; 4-bilakkaoid; 5-kaftgavakaftustigaoid; 6-songaoid.
Venavakapillyarqonoqishinijarohatlanganjoynimoddiybilangipsbog`lashorqalito`htatiladi. Buninguchunjarohatlanganjoygamikroblarnio`ldiruvchidokabo`lakchasibuklabqo`yilibuningustigapahta qatlamiqo`yiladidabintbilanmahkambog`lanadi.Arteriyadan qon oqishi eng havfli hisoblanadi. Bunday jarohatlanishda qonni to`htatish uchun jarohat joyidan yuqoriroqdan arteriyani mahkam qisib bog`lash, agar bu bilan qon to`htamasa jgut yoki buramadan foydalanish kerak bo`ladi (3, 4-rasm). Buning uchun rezina quvur, ip,qayish, rumol va boshqalardan foydalaniladi. Jgut bilan arteriyaning jarohatlangan joyini yuqorisidan ma`lum nuqtalardan tanaga mahkam qisib bog`lanadi. Tanadagi jarohatlangan joylardan qonlarni oqishini to`htatishnuqtalari 5-rasmda ko`rsatilgan.Oyoqlar jarohatlanganda, qon oqimini to`htatishning eng muhim usuli oyoqni, belning yuqori qismiga mahkam qisib bog`lashhisoblanadi. Jgutni bog`lashdan oldin oyoqlar ko`tariladi. Shuningdek bilak tirsaklar jarohatlanib arteriyadan qon oqishini kuzatilganda jarohatlanish ko`rinishiga qarab jgut yoki uning o`rnini bosadigan materiallar bilan bog`lanadi. Jgutni qon to`htaguncha qisish kerak. Jgutni qisilgan holatda 1,5…2 soatdan ortiq qoldirish mumkin emas, aks holda to`qimalarda hujayralarni o`lishi boshlanadi. Bu vaqtda shikastlangan odamni yaqin meditsina muassasasiga etkazish zarur bo`ladi.
1 2 3 4
30-rasm. Arteriyadan oqayotgan qoni to`htatishda oyoqlarni maksimal egish; 1-elka oldi; 2-elka; 3-bel; 4-boldir.
Agar jarohat muskul ostida yoki shu kabi noqulay joylarda, murakkab holatlarda bo`lsa jgutdan foydalanish mumkin emas. Bunda qorin bilan son orasiga porol'on yoki boshqa yumshoq matoqo`yiladi. So`ng oyoqlar maksimal egiladi va u belning yuqori qismiga mahkam bog`lanadi.Qo`l va oyoqlarni va boshqa joylarni suyaklari singanda va chiqqanda jarohatlanganlarga birinchi yordamni singan joylarini qimirlamaydigan qilib mahkam bo g`lash va ularni qulay holatda yotqizishdan boshlash kerak. Singan joylarni bo g`lashda qulay va uni o g`riqsizligini taminlashda yupka tahta, tayohchà va karton qo g`ozlardan foydalaniladi va ularni bo g`lash bint, qayish, ip va boshhalar bilan amalga oshiriladi.Jarohatlangan joylarni tahtakachlashda tahta va shunga o`hshashlardan shunday foydalanish kerakki, bunda ular singan joylarni pastki hamda yuqori joylarini ham qamrab olsin. Ochiq sinishholatda uni bog`lashdan oldin qon oqishini to`htatish kerak.
31-rasm. Oyoqlar singanda jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
Umurtqada sinish ro`y berganda jarohatlangan odamni tag hismiga paner yoki tekis yo g`och q o`yish loziì . Bunda jarohatlangan kishini gavdasini egilmasligini taminlash kerak. Jarohatlangan kishining hovurhasi singan (nafas olishda ohrih bo`lsa) nafas chiqarishda ko`krakni bint bilan yoki sochiq bilan qisib o`rash kerak bo`ladi. Organizmda suyaklar chiqqanda ularga faqat tibbiy yordam ko`rsatishga ruhsatberiladi.
32-rasm. Umurtqasi singan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
Jarohatlanganda lat egan shishgan joylar mahkam bog`lanadi va lat egan joy sovutuvchi narsa bosiladi. Qorin atrofida lat eyishi juda havflidir. Bunday holda jarohatlangan kishini tezlik bilan kasalhonaga etkazish kerak.
YO‘L-TRANSPORT HODISALARIDA BIRINCHI TIBBIY
YORDAM KO‘RSATISHHUSUSIYATLARI
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda yo‘l-transport hodisalari tufaylikelib chiqadigan jarohatlanish asosiy jarohatlanish turiga kiradi. Dunyoyo‘llarida har yili 8 millionga yaqin kishi yo‘l-transport hodisalarinatijasida turli hildagi jarohatlar olib, ulardan qariyb 300 mingtasi halokbo‘ladi.Ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmida transport turlarining ko‘payishiva iqtisodiyotimizga keng kirib borishi transport travmatizmining keskino‘sishiga olib keldi. Transport travmatizmi bo‘yicha o‘lim darajasinicheklangan urushlar (Afg‘oniston, Checheniston) natijasida qurbonbo‘lganlar soniga solishtirsa bo‘ladi.Odatda ko‘pgina hollarda yo‘l-transport hodisalari harakatishtirokchilarining havfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi, uni qo‘polravishda buzishlari va mensimasliklari tufayli kelib chiqadi. Yo‘l-transporthodisalarining faqatgina 1/3 qismigina yo‘l holati va transportvositalarining tehnik nosozligi natijasida sodir bo‘ladi. Yo‘l-transporthodisalarining hariyb yarmisi va undan ko‘prog‘i mastlik holatida, ohirgiyillarda esa narkotik moddalarni qabul qilish tufayli sodir etilmoqda. Shutufayli yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda ichkilik vagiyohvandlikka qarshi chora-tadbirlar ham muhim o‘rin tutadi.Yo‘l-transport vositalari tufayli sodir bo‘ladigan jarohatlar mehanikjarohatlar turiga kiradi. Ular boshqa turdagi mehanik jarohatlardanmurakkabligi, ko‘p toifali va ba’zi hollarda, ayniqsa temir yo‘l vaaviatsiya halokatlarida ko‘p sonli bo‘lishi bilan tavsiflanadi.Yo‘l-transport vositalari tufayli sodir bo‘ladigan jarohatlar hususiyatitransport turiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lihdir. Jarohat yetkazgan transportturiga qarab jarohatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) avtomobil;
2) mototsikl;
3) traktor;
4) temir yo‘l transporti;
5) aviatsiya.
Avtomobil jarohatlari. Avtomobil jarohatlari deganda mehanik tanajarohatlari ko‘zda tutilib, ular harakatdagi avtomobilning tashqi va ichki qismlarining zarbi hamda harakatdagi avtomobildan yihilish tufayli yuzberadi.
Avtomobil jarohatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) harakatdagi avtomobilning odam bilan to‘qnashishi tufayli;
b) avtomobil g‘ildiraklari bilan bosib o‘tish tufayli;
v) harakatdagi avtomobildan yiqilish tufayli;
g) avtomobil ichki qismlariga urilish tufayli;
d) avtomobil va boshqa jismlar orasida ezilish tufayli;
e) kombinatsiyalashgan turlari.
Harakatdagi avtomobil bilan odam to‘qnashishitufayli sodirbo‘ladigan jarohatlar eng ko‘p uchraydi. Uning hisobiga umumiyavtomobil jarohatlarining 60 % to‘g‘ri keladi.Jarohat olishning har bir bosqichi jarohatlangan shahs tanasida o‘zigahos shikastlanishlarni yuzaga keltiradi. Bunda sinishlar va chiqishlar, ichkia’zolarning yirtilishi va uzilishi, bosh miya va umurtqa pog‘onasiningshikastlanishi, teri va teriosti to‘qimalarining yirtilishi va shilinishikuzatilishi mumkin. O‘z vaqtida ko‘p sonli bunday jarohatlar qon ketishi,shok holatlariga va o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.Yo‘lovchilarning harakatdagi avtomobil bilan to‘hnashuvining uchvarianti tafovut qilinadi: avtomobilning old, yon va orha hismlari bilanto‘qnashuvi. Aksariyat ko‘p hollarda bunday jarohatlar avtomobil old qismi zarbi hisobiga ro‘y beradi.
Avtomobil g‘ildiragi bilan bosib o‘tish natijasida olinadiganjarohatlar mustaqil avtomobil jarohati sifatida kam uchraydi. Aksariyatko‘p hollarda bunday jarohatlar boshqa turdagi avtomobil jarohatlari bilankombinatsiyalashgan holda uchraydi. Bu turdagi jarohatlarda shikastlanishdarajasi avtomobil markasi, uning og‘irligi va shinalar turiga bog‘liq bo‘lib, og‘ir kechadi.
Harakatdagi avtomobildan yiqilishtufayli sodir bo‘ladigan jarohatlarko‘proqqishloq joylarida uchraydi. Yo‘lovchining kuzovdagi holati vatransport harakat yo‘nalishiga qarab yiqilish turli yo‘nalishda bo‘lishimumkin, ya’ni yon tomonga, mashina yo‘nalishi bo‘yicha, orqa tomonga,bort bo‘ylab va boshqalar. Bunda olinadigan jarohatlar balandlikdan yiqilgandaolinadigan jarohatlarga o‘hshaydi. Ko‘pincha tayanch-harakatorganlari, bosh-chanoq suyaklari va bosh miya shikastlanishlari kuzatiladi.Ayniqsa, bosh sohasi va tos suyaklarining shikastlanishlari boshqasohalarga nisbatan havfli bo‘ladi.
Avtomobil ichki qismlariga urilishtufayli sodir bo‘ladigan jarohatlar,odatda, katta tezlikda ketayotgan ikki mashinaning to‘qnashishi tufayliyuz beradi yoki uning turg‘un predmetga urilishi hamda ag‘darilib ketishitufayli sodir bo‘ladi. Kabina ichidagi jarohatlar mashina harakatiningkeskin oshirilishi yoki to‘satdan tormoz berilishi tufayli ham ro‘y beradi.To‘qnashuv natijasida mashina kuchli deformatsiyaga uchrasa, mashinaichidagi shahs va shahslar tanasi zarb ta’siri bilan birga qo‘shimcharavishda ezilishi mumkin.Asosiy jarohatlar tananing old qismida, kamroq – yon sohasidakuzatiladi. Mashina ichidagi jarohatlar ko‘p hollarda bosh va oyoqqo‘llarning shikastlanishi tarzida namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollardaavtomobil harakat tezligining keskin o‘zgarishi yo‘lovchi va haydovchidaumurtqa pog‘onasining bo‘yin qismida o‘ziga hos sinishlarning yuzberishiga olib keladi.
Avtomobil jarohatlarining avtomobil va jismlar orasida ezilishhamdakombinatsiyalashgan turlariyuqorida hayd etilgan turlarning ma’lumdarajada birgalikda uchrashi tufayli sodir bo‘ladi. Bunda jarohatlarnisbatan ko‘pligi va og‘irlik darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi.
Mototsikl jarohatlari.Bunday jarohatlarning hususiyati va sodirbo‘lish mehanizmi hali yetarli darajada o‘rganilgan emas, chunki transportjarohatlarining bu turi yaqinda avtomobil jarohatlarining ichidan ajralibchiqdi. Mototsikl jarohatlarining kuzatilishida o‘ziga hos davriylik hosdir.Yo‘l-transport jarohatlarining bu turida yo‘lovchi bilan birgalikdamototsikl haydovchisi va passajirning ham shikastlanishi ehtimoli judayuhoridir. Bu esa harakat vositasining o‘ziga hos konstruksiyasi bilan
bog‘lih. Mototsikl jarohatlarida aksariyat hollarda bosh sohasi, jumladanmiyaning shikastlanishi hamda ho‘l-oyoq suyaklarining ochiq va yopiq sinishlari hosdir.
Traktor jarohatlari.Halqho‘jaligida g‘ildirakli va tasma-zanjirharakatli traktorlar keng qo‘llaniladi. Ularning qo‘llanishi ba’zi hollardakishilarning qurbon bo‘lishi bilan kechadigan bahtsiz hodisalar kelibchiqishiga ham sabab bo‘ladi.Traktor jarohatlari tasma-zanjir harakatli traktor jarohatlari vag‘ildirakli traktor jarohatlariga bo‘linadi. Fildirakli traktor jarohatlariko‘pgina hollarda avtomobil jarohatlarini eslatadi, ammo bu turdagijarohatlar shikastlanish og‘irligi, murakkabligi va tana sohalariningbo‘laklanish ehtimoli tufayli o‘lim darajasining yuqoriligi bilan farqqiladi.
Tasma-zanjir harakatli traktor travmalari, aksincha, o‘ziga hos bo‘lib,ko‘p hollarda jarohat hususiyatiga qarab traktor travmasi ekanligini,traktor turini, hatto uning tipi va markasini aniqlash imkonini beradi.Bunday traktor turi bilan yetkazilgan jarohatlar kam hollarda tananing,bo‘laklanishi bilan tavsiflanadi, faqat kam hollardagina, ya’ni traktortanani ko‘ndalang bosib o‘tganda, oyoq-qo‘llar, hatto boshning uzilishikuzatilishi mumkin.
Temir yo‘l jarohatlari. Temir yo‘l jarohatlari qurbonlar miqdoribo‘yicha avtomobil jarohatlaridan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Temiryo‘l jarohatlari ko‘pincha kechasi yoki ertalab sodir bo‘ladi. Bunga asosiysabab mashinistlarning charchashi, ular ish faoliyatining bir hilligi, ba’ziaholi yashamaydigan yo‘llardan katta tezlik bilan harakatlanishidir.
Temir yo‘l hodisalari jihatlari va sharoitlariga qarab, asosan quyidagiturlarga bo‘linadi:
1) harakatdagi temir yo‘l transporti urib ketishi tufayli;
2) temir yo‘l transportining g‘ildiraklari bilan bosib ketishi tufayli;
3) harakatdagi temir yo‘l transportidan yiqilib tushish tufayli;
4) temir yo‘l transporti vagonlari orasida ezilish tufayli;
5) temir yo‘l transporti vagonlari ichida olinadigan jarohatlar.
Harakatdagi temir yo‘l transportining urib ketishi tufayli olinadiganjarohatlar eng ko‘p uchraydi. Hozirgi vaqtda yuhori tezlik va zamonaviyshaklga ega bo‘lgan yangi markali lokomativlarning amaliyotga keng kiribborishi temir yo‘l jarohatlarining bu turi miqdorining oshishiga olib keladi.Bunday jarohatlarda zarb teplovoz, elektrovoz va boshqalarning oldingiyuzasi bilan inson tanasining barcha sohalariga yetkaziladi.Shuning uchun katta, tarqalgan va og‘ir jarohatlanishlar kuzatiladi.Umuman, temir yo‘l transporti tufayli kelib chiqadigan jarohatlanishlaro‘ziga hos bo‘lib, bunda tananing ko‘p qismi bir vaqtning o‘zida og‘irshikastlanadi, ichki organlar, ba’zan miya faoliyatining o‘tkir buzilishhollari uchraydi. Shu sababli ham bu kabi jarohatlar pirovard-natijadashikastlanganning nogiron bo‘lib holishiga yoki o‘limiga olib keladi.
Lekin hamma vaqt ham bemor, ya’ni jarohatlanuvchi shunday ayanchliholda qolmasligi mumkin. Ko‘p hollarda atrofdagilar tomonidan ko‘rsatiladigantibbiy yordam o‘z vaqtida, to‘g‘ri va benuqson bajarilsa,shikastlangan bemor hayotini saqlab, turli asoratlarning oldini olishmumkin bo‘ladi.
Aviatsiya jarohatlari.Jarohat olish mehanizmiga qarab aviatsiyajarohatlarining uch turi tafovut qilinadi:
1) samolyot ichida, uchish vaqtida olinadigan jarohatlar;
2) samolyot ichida, uning qulashi va yerga urilishi tufayli olinadiganjarohatlar;
3) yerda samolyot bo‘laklari tufayli olinadigan jarohatlar.
Samolyot jarohatlarida asosiy jarohat chaqiruvchi omillarga dinamikva zarbaviy zo‘rayishlar, qarama-qarshi havo oqimi, portlashdekompressiyasi, to‘mtoq predmetlar, portlash to‘lqini, yong‘in, zaharliyonish mahsulotlari, samolyot tashqi qismlari kiradi. Ana shu faktorlarta’sirida samolyot falokatiga uchragan shahslarda o‘ta murakkab bo‘lganjarohatlanishlar kuzatiladi.Aviatsiya va temir yo‘l halokatlari, odatda, ko‘p sonlijarohatlanishlarga va ko‘p insonlarning o‘limiga olib keladigan falokatlar qatoriga kiradi. Shu tufayli shikastlanganlarga yordam ko‘rsatishda ularnisaralash, guruhlarga bo‘lish va ma’lum ketma-ketlikda birinchi tibbiyyordam ko‘rsatish katta ahamiyat kasb etadi.
Ko‘krak qafasining shikastlanishi.Ko‘krak qafasining shikastlanishigalat yeyish, qisilish, chayqalish, qovurg‘alar va to‘shsuyagining sinishlari kiradi.Ko‘krak qafasining lat yeyishi yo‘l-transport falokatlari oqibatidato‘g‘ridan-to‘g‘ri urilish, har hil nurashlar, balandlikdan yiqilish natijasidasodir bo‘ladi.Ko‘krak qafasi lat yeganda teriosti qavati va qovurg‘alar orasidagimuskullarga qon quyilishi natijasida og‘riq paydo bo‘lib, bosibko‘rilganda va nafas olganda va chiqarganda u kuchayadi. Og‘riq
tahminan bir hafta ichida sekin-asta kamayib boradi va izsiz yo‘qoladi. Qovurg‘alar singanda uzoqroq davolash zarur bo‘ladi.
Birinchi yordam ko‘rsatilganda qontalash va og‘riqni kamaytirishmaqsadida sovuq (muzli pufak) va lat yegan joyga hloretil qo‘yiladi.Ko‘krak qafasining qisilishi jarohatlanishning og‘ir turlaridanhisoblanib, bir-biriga harshi (shoshilinch ravishda) ikki kuch ta’sirida (ikkiog‘ir narsaning qisishi) kelib chiqadi. Ko‘krak qafasining qisilishidahavoning yetishmasligi, pulsning tezlashishi, yuz va bo‘yin terilaridanuqtasimon qon quyilishi bilan bo‘ladigan ko‘karish ro‘y beradi. Og‘irhollarda qon tuflash kuzatiladi.Birinchi yordam ko‘rsatilayotganda jarohatlanganlarni ta’sir etuvchi
kuchdan ajratib, shoshilinch ravishda og‘riqqoldiruvchi (morfin,promedol) dorilar muskullar orasiga yuboriladi. Lekin nafasyetishmovchiligida morfin yuborish maqsadga muvofiq emas, chunki unafas markazi faoliyatini susaytiradi. Bemorlarga osoyishtalik yaratilib,tezlikda ular davolash muassasasiga jo‘natiladi. Nafas olish qiyinlashganda sun’iy o‘pka ventilatsiyasi yoki sun’iy nafas oldirishningog‘izdan-og‘izga, og‘izdan-burunga usullaridan foydalanish lozim.Ko‘krak qafasi chayqalishi organizmga portlash to‘lqini ta’sir qilinganida kelib chiqadi. Bunda mahalliy o‘zgarishlar bo‘lmasdan,birinchi planga shokka o‘hshash umumiy belgilar chiqadi. Arterial qonbosimining pasayishi, tomir urishiningtezlashuvi, yuzaki nafas olish, havo
yetishmasligi, terining oharishi, qusish, yuzteri sohasining ko‘karishi va qon tuflash
ro‘y beradi. Bemorga birinchi yordamsifatida og‘riqqoldiruvchi dori-darmonlarberiladi va chalqancha yotgan holdashifohonaga jo‘natiladi.Ko‘krak qafasining yopiqshikastlanishlariko‘pincha qovurg‘alar sinishinatijasida kelib chiqadi. Qovurg‘alar sinishioddiy yoki murakkab bo‘lib, ular sinishinatijasida atrofidagi yumshoq to‘qimalar, qon tomirlari va o‘pkazararlanishi tufayli teri osti enfizemasi, gemotoraks, pnevmotoraks kelibchiqishi mumkin. Qovurg‘alar sinishining asosiy belgilaridan biri nafas olishda,yo‘talganda, gavdani qimirlatganda paydo bo‘ladigan mahalliy og‘riq
hisoblanadi. Ko‘krak qafasi bosib ko‘rilganda og‘riq yaqqol seziladi yokikrepitatsiya aniqlanadi. Murakkab sinishlarda esa o‘pkadan chiqadiganhavoning teriosti qavatiga o‘tishi natijasida teriosti enfizemasi paydobo‘ladi, bosib ko‘rilganda qorning g‘ichirlashidek ovoz beradi.
Birinchi tibbiy yordam bemorga qulaylik yaratish, shikastlangansohaga enli bint, sochiq, choyshab yoki shunga o‘hshash narsalar bilan qattiq bosib turuvchi aylanma bog‘lam qo‘yishdan iboratdir.Asoratsiz bo‘lgan sinishlarda mehnat qobiliyati o‘rtacha 3–5 hafta,o‘pka to‘qimasining shikastlanishi bilan bo‘lgan murakkab sinishlarda esa
2–2,5 oydan so‘ng tiklanadi.Shunday qilib, ko‘krak hafasi shikastlangan shahslarga birinchi tibbiyyordam jarohat sohasiga steril germetik bog‘lam qo‘yish, og‘riq shokiningoldini olish chora-tadbirlarini qo‘llash, shikastlanganlarga qulay holatni
ta’minalash va davolash muassasasiga ehtiyotkorlik bilan yetkazishdaniborat bo‘ladi.
Voqea sodir bo‘lgan yerda dastlabki tibbiy yordamning muvaffaqiyatlichiqish shartlaridan biri, hodisa ro‘y bergan vaqtning dastlabkidaqiqalaridan boshlab shikastlangan shahs atrofidagilar o‘zini yo‘qotmaydadil harakat qilishlari lozimdir. Har qanday favqulodda jarohatlanishlardaham tezlik bilan telefon orqali tez yordam mashinasini chaqirishshikastlanganni yaqin atrofdagi shifohonaga yotqizishniiltimos qilish va boshqa shu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakbo‘ladi.Ko‘p hollarda piyodalar yo‘l chorrahalaridan o‘tayotganda yoki ikkiavtomashina to‘qnashuvi natijasida jarohat olishlari mumkin (to‘g‘ri yokiyon tomondan kuchli zarba, yo‘lga yiqilib tushish va h. k.). Shu bilanbirga, avtomobil ichida, masalan, inersion kuch bilan haydovchi boshiningbirdan orqaga ketishi, avtomobil saloni ichki qismlariga urib olishhollariko‘p uchraydi.Jarohatlanuvchining yuz qismi, burni shikastlanishi tufayli qon
ketishi, kuchli og‘riq va shok holati, bosh chanoq suyaklariningshikastlanishi, shu jumladan bosh asos suyaklarining sinishi, quloqdan,burundan qon ketishi, ko‘z atrofi yumshoq to‘qimalariga qon quyilib«ko‘zoynak» belgisining paydo bo‘lishi, bosh miya chayqalishi va latyeyishi hisobiga ko‘ngil aynishi, qusish, hushdan ketish va boshqa belgilarkuzatiladi. Ayniqsa, umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismi shikastlanishiog‘ir oqibatlarga olib keladi. Bunda bemor qo‘l va oyoqlarida sezgi vaharakat buziladi.
Haydovchining rul chambaragiga qattiq urilishi natijasida to‘sh suyagiva qovurg‘alari shikastlanadi. Shu bilan birga, nafas olish faoliyatiyomonlashuvi, yurak sohasi jarohatlanganda esa travmatik infarct (ayniqsa, qari haydovchilarda) kelib chiqishi mumkin. Travmatik infarktdabemor yurak sohasidagi og‘riqdan, unga dorilar ta’sir qilmayotganidanshikoyat qilishi mumkin. Shu bilan birga, bemor sarosimalik va qo‘rqinch,bo‘g‘ilish va holsizlik, teri qatlamlarining och kulrang tusga kirganini va
hushini yo‘qotayozganini sezadi.Odatda, yo‘l-transport hodisalari natijasida jarohatla-nishlarda voqeasodir bo‘lgan yerda o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam choralari qo‘llaniladi.
Dastlabki vrachlik yordamini esa «Tez tibbiy yordam» brigadasi amalgaoshiradi. Katta shaharlarda mahsuslashtirilgan «Tez tibbiy hizmat»brigadasi tashkil etilgan. Demak, shikastlanganlar hayoti birinchi navbatda anashu kishilarning tibbiy tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi.Yo‘l-transport hodisalari tufayli jarohatlanish shahar ichi vatashqarisida bir hil sabablar bilan yuzaga kelmaydi. Shahar ichida ko‘proq piyoda ketayotgan yo‘lovchilarni harakatdagi transport vositasi uribyuborishidan, shahar tashqarisida esa transport vositalarining o‘zaroto‘qnashuvidan jarohatlar yuzaga keladi. Jarohatlar asosan yukavtomobillari tomonidan sodir etiladi. Masalan, shikastlanganlarning harbeshtadan biri shu sababli dunyodan ko‘z yumadilar.To‘qnashuv vaqtida haydovchi va uning yonidagi yo‘lovchi o‘tirganyerlaridan oldinga va yuqoriga uriladilar. Ba’zi hollarda esa ularo‘tirg‘ichlarning mahkamlangan joyidan uzilishi tufayli, mashinadan uchibketadilar. Haydovchi va yo‘lovchi mashinaning oldingi tom qismi vaustuniga boshlari bilan urilishi mumkin. Bunda haydovchi yonidagiyo‘lovchilarga qaraganda ko‘proq jarohatlanadi, chunki u ko‘kragi yoki qorni bilan rul chambaragiga uriladi. Orqada o‘tirgan yo‘lovchilar hamoldinga va yuqoriga urilib, bosh va bo‘yin sohalarida jarohat oladilar. Ularoldingi o‘tirg‘ich ustidan o‘tib oldingi oynaga urilishlari yoki singan oynaorqali tashqariga chiqib ketishlari mumkin. Jarohatlarning og‘irligi oldindava orqada o‘tirgan yo‘lovchilarda bir hil emas. Masalan, haydovchi o‘zyonidagi yo‘lovchiga nisbatan 7 marta, orqada o‘tirganga nisbatan esa 5,5marta ko‘proq o‘limga duchor bo‘ladi.To‘qnashuv vaqtida avtomobilda bo‘lgan kishilarning deyarli barchasijarohatlanadi. Shu jarohat tufayli o‘lganlarning 95 % da qo‘shma vamurakkab shikastlanishlar uchraydi. Eng ko‘p qo‘shma jarohatlar quyidagilardir: bosh-qo‘l-oyoq, bosh-ko‘krak, bosh-qorin, bosh-ko‘krakoyoq-qo‘l, bosh-ko‘krak-qorin-oyoq-qo‘l. Shuni ta’kidlash kerakki,ko‘proq uchraydigan shikastlanish turi miya chanoq suyaklarining
sinishidir. Ikkinchi o‘rinda ko‘krak qafasi shikastlanishlari (qovurg‘a vato‘sh suyaklari jarohati), uchinchi o‘rinda esa oyoq suyaklarining sinishituradi. Ichki organlarning shikastlanishi bo‘yicha ko‘proq bosh miya vaichki a’zolarning jarohatlanishi uchraydi. O‘lim kelib chiqishida boshmiya jarohatlari, shok va qon ketishi asosiy o‘rin tutadi.
Yo‘l-transport hodisalarida shikastlanganlarning hayoti ko‘proq kasalhonagacha bo‘lgan bosqichda hal qilinishi lozim, chunki tibbiyyordam hodimlari aksariyat hollarda kechikadilar. Shuning uchunshikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish fojia yuz berganyerda «asfaltda» tezlik bilan va sifatli amalga oshirilishi kerak.Yo‘l-transport falokati ishtirokchilariga birinchi tibbiy yordamko‘rsatilishida shikastlangan transport vositasi ichida yoki undan chiqaribolishham alohida ahamiyat kasb etadi. Ba’zida avtomobil eshiklariochilmaydigan bo‘lib qolishi, kuzovining qattiq deformatsiyaga uchrashisababli shikastlanganlarni avtomobildan chiqarib bo‘lmay qoladi.Jarohatlanganlarni avtomobil ichidan kuch ishlatib tortish ularga ortihcqashikast yetkazishga olib keladi.Shunday qilib, jarohatlanganlarni avtomobildan ajratib olayotgandakuch ishlatib tortmasdan, surib, ko‘tarib, halaqit berayotgan avtomobil
qismlarini sindirib bo‘lsa ham, asta-sekin ikki yoki uch kishi yordamidachiqarish kerak. Shikastlanganning ahvolini og‘irlashtirmaslik uchun uniavtomobil ichida qanday holatda uchratilgan bo‘lsa, shu holatda chiqaribolish lozim. Agar shikastlanganni bir kishi chiqarib olayotgan bo‘lsa, o‘zo‘zidan ma’lumki holatini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi, lekin shunda hambosh va bo‘yin sohalarini qimirlatmasdan olish kerak.Transport haydovchisi turli to‘hnashuvlarda kuchli zarb natijasidako‘krak qismi bilan rul chambaragiga urilib ketadi. Shunda ikkitomonlama bir yoki ko‘plab qovurg‘alar sinishi mumkin. Shuni nazardatutib, bemorni ajratib olayotgan vaqtda ko‘krak qafasini ezib yubormaslikkerak, chunki singan qovurg‘alar siljishi natijasida og‘riq, qon ketishi,
ichki a’zolar ikkilamchi jarohatlanishi kuzatilishi mumkin. Agarshikastlangan kishida qovurg‘a singanligiga shubha tug‘ilsa, uni qo‘ltiq qismidan ushlash kerak, shunda qovurg‘alar himoyalangan hisoblanib,jarohati og‘irlashmaydi.Shahar ichida yuz bergan yo‘l-transport hodisalarida, agar tez tibbiyyordam mashinasi bir necha minut ichida kela olmasa, mashina ichidagishahs hushida bo‘lib, hechqayeri ezilmagan hamda reanimatsionchoralarga muhtoj bo‘lmasa, uni chiqarib olish kerak. Agar mashinadanyonayotgan elektr simlari yoki benzin hidi kelayotgan bo‘lsa, tezlik bilan
jarohatlaganni chiqarib olish va haydovchi, yo‘lovchilarni uzoqroq masofaga olib borish lozim. Shunday so‘ng hayot uchun havfli jarohatlarbor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Bundan tashqari, shikastlanganlarga ko‘rsatiladiganyordam ketma-ketligi, hajmi va saralash (agar bir necha kishibo‘lsa) tadbiri o‘tkaziladi.
Agarshikastlangan behushholda bo‘lsa, saralash «o‘likmi-tirikmi» degan qoida
bilan boshlanadi. Agar bevosita fojia yuz bergan joyda o‘lim kuzatilsa, uholda ko‘proq bosh miya va ko‘krak qafasi jarohati to‘g‘risida o‘ylashkerak. Bunda, albatta, bosh miyaning og‘ir shikastlanishi, ya’ni boshsuyagining ochiq sinishlari, miyaga qon ketishi, miya moddasining chiqibketishi ko‘zda tutiladi.Ko‘krak qafasining og‘ir shikastlanishlarida uning deformatsiyasiniba’zida ko‘z bilan ko‘rish yoki qo‘l bilan ushlab qovurg‘alar qimirlayotgani, qo‘pol krepitatsiya borligidan bilish mumkin.Bosh-chanoq suyaklarining og‘ir jarohatlarida quloq va burunteshigidan qon ketishi, ko‘krak qafasi og‘ir shikastlanganida qon burundanva og‘izdan oqishi mumkin. Bunda teri qoplamalari ohargan yokiko‘kargan bo‘lib, qorachiqlar kengayib, yorug‘likda o‘zgarmaydi.Tomirlar urishi ho‘lda ham, bo‘yinda ham aniqlanmaydi. Yurak faoliyati
to‘htaydi. O‘pka faoliyatining to‘liq to‘htaganligini, bemorning og‘zigayaqinlashtirilgan oyna bo‘lakchasining terlamasligi orqali aniqlanadi.
Yo‘l-transport fojialarida jarohatlanuvchi tirik bo‘lsa qanday ketmaketlikda
yordam ko‘rsatiladi.Tez yordam mashinasi kelgunga qadar yokiboshqa transport vositasi bilan olib ketilguncha shikastlangan ahvoli,jarohatining og‘ir yoki yengilligini baholash kerak bo‘ladi.Jarohatlanganda deformatsiya belgilari, qo‘l-oyoqlarida g‘ayrioddiyharakatlar bor yoki yo‘qligi, yaralardan qon ketish jadalligi, yurakfaoliyatini tekshirish lozim. Agar falokatdan keyin jarohatlanuvchidaorganizm faoliyati va o‘zini his etishi qoniqarli bo‘lsa ham, uni yaqinoradagi davolash muassasasiga yuborish lozim bo‘ladi. Bemorda nafasolish jarayoni buzilgan bo‘lsa, og‘iz bo‘shlig‘i tekshirib ko‘riladi, qayt qilish mahsulotlarini salfetka yoki ro‘molcha orqali chiqarib tashlanadi.Agar arterial qon ketishhollari kuzatilsa, o‘sha tomirning yuqorirog‘idan
bosib turish yo‘li bilan qonni to‘htatib, keyin jgut kabi qon to‘htatuvchianjomlardan foydalanish mumkin.Shikastlanganda suyak sinishlari to‘liq inkor etilmaguncha bemorniyurgizish kerak emas. Qo‘shimcha jarohatlardan holi bo‘lish uchun bemorkiyimlariga tegilmaydi, fahat nafas qisilish kabi holatlarda kiyim yoqasi vabelini bo‘shatish, zarur hollarda kiyimni yirtish yoki qisman yechishmumkin. Shikastlangan yotqizilgach, yana bir karra nafas yo‘llariningo‘tkazuvchanligi tekshirilib, tili orqaga tushib holsa, uni salfetka bilanushlab tortiladi. Agar umurtqaning bo‘yin qismi shikastlanmagan bo‘lsa,uni yon tomonga burish mumkin.Nafas olishning qayta to‘htab qolishi oldini olib, bemor yonboshlatibyotqiziladi. Agar nafas olish tiklanmasa, sun’iy nafas beriladi. Buninguchun bemorning boshi orqaga tortilib, nafas yo‘llaridan havo o‘tishita’minlanadi.Ko‘krak qafasining ochiq jarohati orqali havo kirayotgan bo‘lsa,
darhol jarohatni steril salfetka yoki tozaroq mato yoki hech narsabo‘lmasa, kaft bilan yopish lozim.Fojia yuz bergan joyda jarohatlanuvchida hayot uchun havfli tashqi qon ketishi bo‘lganda uni to‘htatish kerak. Buning uchun ko‘pinchadastlab steril bog‘lam o‘yiladi. Agar bu usul yordam bermasa, jgut yokitomirni bosuvchi boshqa usullar qo‘llaniladi. Jgut sifatida belbog‘, tasma,ro‘molcha kabi anjomlar ishlatilishi mumkin.
GLASARI
Reanimatsiya (jonlantirish) – organizmning muhim hayotiy funksiyalarini tiklash.
Yurak-o‘pka reanimatsiyasi – insonning klinik o‘lim holatidan qayta jonlantirish uchun nafas oldirish va yurakni bilvosita uqalash tadbirlarining majmui.
Triaj – katta miqyosdagi tabiiy ofat, avariya va halokatlarda fuqarolarning olgan jarohat darajalariga qarab tibbiy saralanishi.
Qon ketish – shikastlangan tomirlardan tashqariga qon chiqib turishi (oqishi) bo‘lib, jarohatlarni bevosita hayotga xavf soluvchi eng xatarli asoratlaridan biridir.
Travmatik shok – og‘ir jarohatlarning hayot uchun xavf soladigan asorati bo‘lib, markaziy asab tizimi, qon aylanishi, modda almashinuvi va boshqa hayotiy faoliyatlarning buzilish majmui.
Immobilizatsiya qilish – singan suyakni o‘rnidan siljitmasdan faner bo‘laklari, qattiq karton qog‘oz, yupqa taxta va boshqa vositalar yordamida qimirlamaydigan qilib bog‘lashdir.
Ezilish sindromi – zilzila ofatida odam tanasining ayrim qismlari, turar-joylardagi binolar, devorlar, dov-daraxtlar va boshqa narsalar ostida uzoq vaqt qolib ketishi.
Suvga cho‘kish – nafas olish yo‘llarining suyuqlikka, suvga to‘lib, havo tanqisligi boshlanib, nafas olish va yurak faoliyatining to‘xtashi.
Odam anatomiyasi - odam organizmini va organlarining tuzilishi, shaklini joylashishini o’rganadi.
Fiziologiya – organizmni va organlarning hayotiy funksiyaini o’rganadigan fan.
Skelet – odam organizmining tayanch qismi hisoblanadi va gavda shaklini saqlab turadi.
Odam anatomiyasi - odam organizmini va organlarining tuzilishi, shaklini joylashishini o’rganadi.
Fiziologiya – organizmni va organlarning hayotiy funksiyaini o’rganadigan fan.
Skelet – odam organizmining tayanch qismi hisoblanadi va gavda shaklini saqlab turadi. Muskullar – harakatlanish organlarining aktiv qismi bo’lib, ularning faoliyati natijasida organism va organlar harakatga keladi.
Qon – qizil rangli, kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega bo’lgan nordonroq mazali, suyuq biriktiruvchi to’qimadir.
Eritrotsitlar – yadrosiz, ikki tomoni botiq, kulchasimon qizil qon hujayralaridir. Eritrotsitlar o’pkadan to’qimalarga kislorod olib borib, to’qimalarda hosil bo’lgan karbonat angidridni o’pkaga olib keladi.
Leykotsitlar – oq qon hujayralaridir. Ular organizmni zararli mikroblardan himoya qiladi.
Trombotsitlar – qonning ivishida ishtirok etadigan modda.
Qon bosimi – yurakning itarish kuchidan va tomirlar devorining qon oqishiga ko’rsatadigan qarshiligidan hosil bo’ladi.
Gipertoniya – qon bosimining me’yordan oshishidir.
Gipotoniya - qon bosimining me’yordan pasayishidir.
Limfa – rangsiz suyuqlik bo’lib, organizmni bakteriyalardan himoya qilish vazifasidir.
Limfotsitlar – limfa tarkibidagi kasallik qo’zg’tuvchi bakteriyalar limfa tugunlarida ushlanib qolishidan hosil bo’ladi.
Gormonlar – qon bilan organizmga tarqalib har hil organlar faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Ular moddalar almashinuviga, yurak va qon tomir ishiga nerv sistemasi faoliyatiga, o’sish va rivojlanishiga, organizmda sodir bo’ladigan boshqa funksiyariga ta’sir etadi.
Bronxit – bronxlar shilliq qavatining yallig’lanishi.
Zotiljam – o’pkaning yallig’lanishi.
O’pka abssesi – o’pka to’qimsining chegaralangan yiringli yallig’lanishi.
O’pka gangrenasi – o’pka to’qimasining chegarasiz yallig’lanib irishi.
Miokard infarkti – toj tomirlar yetishmovchiligining eng og’ir turi bo’lib, toj arteriyalaridan birining teshigi bekilib qolishi yoki torayishi tufayli ro’y beradi natijada, yuraj muskuli sohasida nekro’z sodir bo’ladi.
Favqulodda vaziyat oqibatlari – favqulodda vaziyat turiga, tusiga va tarqalish miqyosiga bog‘liq holda odamlarning kasallanishi, o‘limi, inshoat, bino va qurilmalarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlar, ekologik vaziyatni keskinlashishi, yong‘in portlashlar va insonlarning ruhiy jarohatlanishi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. M.N. RIZAEV, I.R. Mavlyanov, O.R. Mirtursunov. “Birinchi tibbiy yordam”. Toshkent – 2005.
2.YU. K. Bobkov. “Pervaya i dovrachebnogo pomosh pri lekarstvennih i bitovih otravleniyah”.–M., 2007.
3. M.S. Brukman. “Dovrachebnaya pomosh pri o’strih hirurgicheskih zabolevaniyah i neschastnih sluchayah”.
4. A.B. Rusakov. “Transportnaya immobilizatsiya”.–M., 2010.
5. B.D. Komarov. “Neotlojnaya hirurgicheskaya pomosh pri travmah”. –M., 2003.
6. L.A. Batkin, L.B. Rozin, R.N. Katrushenko. “Lecheniya ojogov i otmorojeniy”. – M., 2005.
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………….3
Birinchi tibbiy yordam va uning asosiy tamoyillari………………………………..4
Birinchi tibbiy yordamning ahamiyati va qoidalari………………………………...8
Favqulodda holatlar (yer qimirlashi, suv toshqini, o‘pirilish va bosib
qolish)da birinchi yordam ko‘rsatishning hususiyatlari…………………………..10
Havf tug’diruvchi holatlar(cho‘kish, bo‘g’ilish va zaharlanish)dayordam……...…21
Ishlab chiqarish joylarida zaharlanganda birinchi yordam…………………………27
Teri shikastlanganda birinchi tibbiy yordam……………………………………….28
Yuraksohasidagiog'riqlarvayuraksohasidagiog'riqlardabirinchiyordam…….……...29
Yurak astmasida birinchi yordam…………………………………………………..29
Yurak o'ynashida birinchi yordam……………………………………………….....30
Insultda birinchi yordam…………………………………………………………….30
Kuyganda va sovuq urganda birinchi yordam ko`rsatish……………………………31
Ichkiqînkåtishidàvràchkålgunichàyordàmko`rsàtish……………………………......33
Qon ketishining turlari……………………………………………………………….35
Qon ketishining klinik ko‘rinishlari…………………………………………………36
Qon ketishining asoratlari va oqibatlari……………………………………………...37
Qon ketishi davrida organizmning tashqi vaichki o‘zgarishlarga moslashishi….…..40
Qon ketishini to‘htatish choralari................................................................................40
Jgutning to‘g‘ri qo‘yilganligini tekshirish.Jgut qo‘yish tehnikasi…………………..41
Jarohatlar.Jarohatlarning tasnifi……………………………………………………..44
Termik shikastlanishlar, kuyishlarda birinchi yordam………………………………45
Sovuq olishi va muzlashda ko‘rsatiladigan kechiktiribbo‘lmaydigan yordamlar…………………………………………………………………………….47
Elektr tokidan shikastlanish………………………………………………………….52
Elektr tokidan jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatish…………………….56
Atmosfera tokidan shikastlanish……………………………………………………...59
Tayanch-harakat a’zolariningshikastlanishlari.Bosh suyagining
shikastlanishlari……………………………………………………………………….60
Bosh miya shikastlanganda kasalhonaga yotqizilgunga qadar ko‘rsatiladigan
yordam………………………………………………………………………………...64
Umurtqalarning shikastlanishida birinchi yordam……………………………………66
Tos suyagining sinishidabirinchi yordam…………………………………………….67
Tayanch-harakat a’zolarisuyaklarining sinishlardagi birinchi yordam………………69
Desmurgiya...........................................................................................................73
Bog’lamlarning turlari ..........................................................................................74
Bintli bog‘lamlarning turlari………………………………………………………….77
Jarohatlanganlar immobilizatsiyasi va ularni shifohonagacha tashish
(transportirovkaqilish)ni tashkil etish...................................................................86
Epileptik va isterik tutqanoqlardahamda ruhiy kasalliklarning o‘tkir davridabirinchi yordam ko‘rsatish………………………………………………………………….....92
Uhlatuvchi moddalar bilan zaharlanganda ko‘rsatiladigan birinchi yordam………....96
Hushdan ketish, kollaps va shokda birinchi yordam ko‘rsatish...........................97
Ekstremal holatlar (klinik o‘lim)da yordam ko‘rsatish.............................................. 103
Ko’z qorachiqlari reflekslari nafas olish yurak urishi…………………………......104
Bahtsiz hodisalarda birinchi yordam korsatish………………………………………106
Yo‘l-transport hodisalarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
hususiyatlari .......................................................................................................113
Glasari………………………………………………………………………………124
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………..126
Mundarija…………………………………………………………………………...127
|
Íayot faoliyati havfsizligi fanidan favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko’rsatish bo'yicha (o`quv uslubiy qo`llanma)
Uslubiy qo’llanma ÒÒ fakultetining IUKda muhokama qilindi va bosmadan chiqarish uchun tavsiya etildi
Tuzuvchilar: Katta o’qituvchi S.M. Abdullaeva Í.YU.Amurova E.A.Borisova Assistent M.Agzamova
Redaktsiya-nashriyot sektori:
Muharrir:
Korrektor:
|