TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

 

 

 

 

 

 

“KASBIY TA`LIM”  FAKULTETI

 

 

 

TEXNIK TA`LIM PEDAGOGIKASIKAFEDRASI

 

 

 

 

 

VALEOLOGIYA

Fanidan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish bo`yicha

 

Metodik ko`rsatma

 

Barcha ta`lim yo`nalishlari 2 – kurs talabalari uchun

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent – 2013

Tuzuvchi:

 

T.E. Delov

- Toshkent axborot texnologiyallari universiteti “Texnik ta`lim pedagogikasi kafedrasi assistenti

 

 

 

 

VALEOLYA fanidan  amaliy mashg`ulotlar o`tkazish nomli uslubiy ko`rsatma barcha ta`lim yo`nalish  bakalavriyat  ta`lim yo`nalish 2-kurs talabalarining  mazkur fandan amaliy mashg`ulotlarni tashkil  etish uchun tavsiya etiladi.

 

 

 

Taqrizchilar:

 

F.B. Qilicheva

- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Texnik ta’lim pedagogikasi»  kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

S.R. Volkova

-Pedagogika fanlari nomzodi,dotsent.

 

 

 

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Ilmiy-uslubiy kengashining ___   __________  2013  yildagi

«_____» - sonli bayoni bilan tavsiya etiladi

 

 

 

 

 

 

 

 

 


1. SO`Z BOSHI

 

Valeologiyainson salomatligi, uni mustahkamlash yo`llari, aniq sharoitlarda inson hayotiy faoliyatini shakllantirish va saqlash haqida bilmlarning fanlararo yo`nalishidir. O`quv fani sifatida u inson salomatligi va sog`lom hayot tarzi haqidagi bilimlar majmuasini taashkil etadi.

Valeologiyaning markaziy  muommosi – individual salomatlikka  munosabat va shaxsni individual rivojlantirish jarayonida salomatlik madaniyatini tarbiyalashdir.

Valeologiya faning predmeti – insonning jismoniy rivojlanishi ҳahaqidaki pedagogik qonunlarni tadqiq etish, shu asosda har tomonlama etuk insonni shaklllantirish bo`yicha maxsus pedagogik tarbiya jarayoni nazariyasi va metodikasini aniqlash iborat.

 

O`quv fanining maqsadi va vazifalari

 

Fanni o`qitishdan maqsad-bo`lg`usi mutaxassisningsalomatlikni saqlashga qaratilgan o`quv va tarbiyaviy  jarayonini  ta`minlash bo`yicha  bilim va  o`quvlar bilan  qurollantirish. Shu  bilan  birga  talabalarda  sog`lom  turmush tarzini  olib  boorish uchun barqaror motivlarni  shakllantirishdan  iborat.

Valeologiyaning asosiy vazifalari – inson salomatligi va sog`liq rezervlarini tadqiq etish, hamda miqdoriy baholash, sog`lom hayot tarziga  yo`naltirish, inson salomatligi va sog`liq rezervlarini sog`lom hayot tarziga yo`naltirish orqali saqlash va mustahkamlash.

Insonlarda yuksak ahloqiy-siyosiy sifaatlarni shakllantirish, mustahkam intizom ko`nikma va odatlarini hosil qilish valeologiyaning tarbiyaviy vazifalariga kiradi.


 

1 - AMALIY MASHG`ULOT MAVZUSI:

VALEOLOGIYA FANI, UNING TARIXI VA BOSHQA FANLAR BILAN O`ZARO BOG`LIQLIGI

2-soat

 

Amaliy mashgulot  maqsadi: Valeologiya fani haqida, fanning maqsadi, muammolari va vazifalari haqida tushunchalar (ma’lumotlar) olish. Salomatlik uchun zararli  odatlarni bartaraf etish.

 

Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.

 

Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, baxs-munozaralar o`tkaziladi.

 

I. Qisqacha nazaariy ma`lumot

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A Karimov tashabbusi bilan jismoniy baquvvat, ma’naviy boy, ahloqan yetuk, intelektual rivojlangan, yuqori bilimli, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga qaratilgan keng ko`lamli tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda

     2000- yilni “Sog`lom avlod yili”

     2005-yilni esa “Sihat-salomatlik yili” deb e’lon qilindi.

    2005 yili O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 30-sonli qarori bilan “Sihat- salomatlik davlat dasturi” ni e’lon qildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta’lim  vazirligi tomonidan “Sihat-salomatlik yili davlat dasturi” ning  hayotga tadbiq etilishi va ijrosi yuzasidan zarur chora-tadbirlar  rejalashtirildi va  joriy yilning sentyabr oyidan “Valeologiya asoslari” fanini  kiritish rejalashtirildi. Demak barkamol avlodni tarbiyalash  masalasi davlat siyosati darajasiga ko`tariladi.

     Salomatlik insonning eng ulug`vor boyligidir. Jismoniy tarbiya institutlarining asosiy vazifalaridan biri salomatlikni saqlash va mustahkamlash sohasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo`lgan mutaxassislarni tayyorlashdir. Afsuski MDH davlatlarida  turli kasalliklarga chalinish hozirgi kunda  nihoyatda yuqori darajada bo`lib, gepatit, sil kasalligi,  ruhiy kasalliklar, onkologik kasalliklar miqdori ortib bormoqda. Shu jumladan alkagolizm  va narkomaniyaning, tamaki chekishning  millatlar genafondiga  salbiy ta’sir ko`rsatishiga, ularning kamayib va yo`qolib ketish xavfini tug`dirmoqda. Xalqlarning 70 %  “Hali bemor emas” degan ibora bilan atalishiga loyiq bo`lib qolgan. Insoniyatning ma’naviy jihatdan  yetuk bo`lishida adabiyot, san’at dinning ahamiyati yetakchi bo`lsa,  intelektual rivojlanishda  ta’lim, tarbiya va ilmning ahamiyati kattadir. Jismoniy jihatdan  sog`lom rivojlanishda esa  jismoniy tarbiya, sport va sog`liqni  saqlash tizimini ahamiyati bebahodir.

      Olimlarning fikriga ko`ra salomatlikning  holatiga turli  omillarining quyidagi miqdoriy  ko`rsatkichlar bilan ifodalanadi: irsiyat 20 %, tashqi  muhit ta’siri 20 %, turmush tarzi-50%, tibbiy yordam darajasi-10 %, demak, odam salomatligi- bu  ijtimoiy tashqi muhit  va biologik omillarning bir-biri orasidagi  murakkab munosabatlar natijasidir. Bu orada yangi ilmiy yo`nalish- valeologiya  fani vujudga keldi. Valeologiya so`zi yunoncha valeo-so`zidan olingan bo`lib, uning ma’nosi salomat bo`lish deganidir.  Bu atama 1 chi marotaba  1982 yilda I. I. Braxman tomonidan taklif etilgan. Valeologiya kafedrasi birinchi bor  1987 yilda Leningrad shahrida  vrachlar malakasini  oshirish instituti qoshida  professor V. P. Petlenko tomonidan tashkil  etilgan. 

     Valeologiyaning asl maqsadi  muayyan shaxsning salomatligini  nazorat qilish va ta’minlash  orqali oilaning, jamiyatning, millatning va davlatning  mustahkam bo`lishiga  asos yaratishdir.  Valeologiya fan sifatida  tibbiyot, jismoniy tarbiya nazariyoti va amaliyoti, ekologiya, biologiya, psixologiya, xuquqshunoslik, jamiyatshunoslik hamda  boshqa fanlarning inson  salomatligiga tegishli  asoslari jamlamasi  sifatida shakllangan. R. F.  A ning akademigi  V. P. Petlenkoning  ta’rifiga binoan, valeologiya fanining  ro`yobga chiqishi – bu salomatlik to`g`risidagi  tafakkurning shiddat bilan  olg`a intilishining aksidir. Bu fanga oid  besh tomlik birinchi ilmiy va o`quv qo`llanmasi ham V. P. Petlenko  qalamiga mansubdir. Valeologiya o`rganadigan  va hal qiladigan  muammolarni quyidagilar tashkil etadi: 1)salomatlikning tibbiy biologik va ijtimoiy omillarini  o`rganish; 2) salomatlikning shakllanish mexanizmlarini o`rganish; 3) muayyan shaxsning salomatligi darajasini va turmush tarzini baholash uslublarini yaratish; 4) salomatlikni saqlash va mustahkamlash  borasida amaliy  uslublar yaratish; 5) valeologiya ta’limini o`rnatish borasida  nazariy va uslubiy  qo`llanmalar yaratish.

Valeologiya integrativ fan sifatida mavjud barcha fanlarning yutuklaridan inson salomatligi uchun ulardan foydalanishlik (anatomiya,fizxiologiya,gistologiya,embriologiya,biologiya,bioximiya,biofizika,psixologiya,gigiena,ekalogiya va boshkalar)

Uzligini  anglashlikning ilmiy asosda tushuntirishlik va uning valeologik axamiyatini ta’kidlash.

Inson organizmining birkancha a’zolar va tizimlar (sistemalar)dan iborat ekanligi xamda ularning bir butunligi va uzaro-uzviy boglikligining valeologik axamiyatini tushuntirish.

Turli xil yukumli va boshka kasalliklardan saklanishlikka undash.

Narkomaniya va taksikomaniyaning organizmga salbiy ta’sir etishligi va umr zavoli ekanliklarini (narkotik va psixotron moddalar,alkogoli ichimliklar iste’mol kilishlik,cheki shva boshkalarning salbiy ta’sirlari)tushuntirish.

OITS (SPID) va OITV (VICh)-infeksiyaning uta zararli ekanligi va uning proflaktikasiga undash.

Yod,temir va boka mikroelementlar tankisligi natijasida turli xil kasalliklarning kelib chikishini oldini olishlikka da’vat etishlik.

Rak,tuberkulyoz,diabet,semirishlik,infarkt,insult,turli xildagi infeksion kasallik,jinsiy a’zo va teri kasalliklari,jinsiy a’zo va teri kasalliklari, skleroz, jinsiy ojizlik va boshkalarni oldini  olishlik.

Ruxiy va jismoniy tarbiya uta barvakt  boshlashlikning valelogik axamiyatini  tushuntirish.

Xar bir shaxs, eng avvalo, uz salomatligining mustaxkamligi ustida kaygurishi va  shu kabilarga da’vat etishlikdan iboratdir.

   Valeologiya fanining vazifasi sog`lom yoki kasallikka moyil  inson xususiyatlarini tahlil qilish va o`rgatishdan iborat bo`lsa, uning maqsadida esa har bir insonning salomatligini  shakllantirish,  valeologiyaning turli xil-tibbiy, biologik, ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy, falsafiy ma’rifiy ma’naviy saqlash va boshka fanlar asosida vujudga kelgan integrativ fan ekanligi isbotlash va  mustahkamlash  to`g`risidagi nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirishdir.

Valelogiya-inson salomatligi tugrisidagi fan ekanligini isbotlash.

«Uzligini anglash»ning valeologik axamiyatini tushuntirish.

Xar bir inson organizmdagi uz ichki imkoniyatini (potensialini) mustaxkamlashga intilishi  kerakligiga  davat  etish

Organizm  kuvvatini – saloxiyatini oshirishlikda  barcha  imkoniyatlardan  samarali  foydalanishlikka  intilish  kerakliligini eslatib  utish

 Xar  bir  shaxs  uzi  va  boshkalar uchun «soglom  turmush  tarzini» yaratishligi

«Sogom  avlod  orzusi»da  yashashlik va  unga  erishishlilikka imkoniyat  yaratishlik 

Salomatlikni  saklash, mustaxkamlash  va  uzok  umr  kurishlikka davat etishlik va  boshkalar.

    Valeologiya tibbiyot xodimlarining, faylasuflarning ta’lim berish sohasida namoyondalarining, ekologlarning, madaniyatshunoslarning va boshqalarning inson salomatligini  saqlash va mustahkamlash  yo`lidagi intilishlarini va yutuqlarini  jamlashtiradi.

    Valeologiya-salomatlikning nazariy va amaliy asoslaridir.  Salomatlik haqidagi nazariy nafaqat  tibbiy-biologik  konsepsiyalari  asosida yaratiladi, balki jismoniy tarbiya  va sport bilan shug`ullanish, jismonan sog`lom va hayot mobaynida  faoliyatning barcha turlarini  oliy darajada qodir shaxsning shakllanishiga ijobiy  ta’sir ko`rsatadi. Ikkinchi tomondan, u tarbiyaviy ahamiyatga ega:  shaxsning keng dunyoqarashga ega  bo`lishini, ma’naviy, ijtimoiy va biologik barkamollikka  erishishini, kasalliklarga chalinmaslik  xususiyatiga ega  bo`lishini  ta’minlovchi asosiy   omillaridan biridir. Jismoniy tarbiya va  sport bilan shug`ullanishning  rivojlanayotgan organizmga ta’siri zaminida organizmdagi hamma a’zolar, tizimlar va yaxlit organizmning  ichki va tashqi muhitlar o`zgarishlarga keng miqyosda  moslashish  xususiyatlarini  shakllanishi yotadi. Kam harakatchanlik (gipokeneziya)  sharoitida voyaga  yetayotgan bolalar va o`smirlar  organizmining va a’zolarining moslashuv xususiyati qoniqarli darajada  bo`lmaydi. Shu sababli  ular organizmi tashqi muhitning va ichki muhitning hamda faoliyatning  turli va keskin  o`zgarishlariga o`z vaqtida va yetarli  darajada  moslasha olmaydi. Natijada bolalar  organizmida turli  xil  patologik jarayonlar va  kasalliklar kelib chiqadi. Bu hol ayniqsa  voyaga yetgan yosh ayollar  a’zolarining, homiladorlikka  xos bo`lgan yuqori va uzluksiz  ortib boruvchi faollikni bajarishga moslasha olmasligi  oqibatida ko`plab kasalliklar  kelib chiqishiga sabab bo`ladi.  O`z o`rnida bunday ayollardan  tug`ilgan avlodlarning ham hayoti  mobaynida moslashuv xususiyatlari cheklangan bo`lishi mumkin.

     Valeologiyaning  ta’lim tizimidagi  ulug`vor maqsadi – har bir shaxsda  o`ziga nisbatan emotsional va ijtimoiy jihatdan  muhim mantiqiy, dunyoviy rivojlanishning  bir namoyondasi  sifatida  baho berishni o`rganishdir. Talabalarga sog`lom turmush  tarzini o`rgatish  va mustahkamlash deganda faqat salbiy urf-odatlardan voz  kechishigina emas, balki harakat faolligiga  asoslangan valeologik  madaniyatni ham da’vat  etish ko`zda tutiladi.

     O`zbekiston Davlat jismoniy tarbiy institutida   sport tibbiyoti, anatomiya va biomexanika kafedralarida  birinchi marotaba bakalavriyat  talabalar uchun valeologiya fani bo`yicha ish dasturi ishlab chiqarildi.

     Dasturda valeologiya  fanini o`rganilishi  ikki qismga bo`lingan: nazariy valeologiya va amaliy valeologiya .

Nazariy valeologiya tibbiy biologik,  pedagogik, psixologik ijtimoiy fanlarning  ilmiy asoslariga  tayangan bo`lsa, amaliy valeologiya o`z navbatida yana  ikkita bo`limga ajraladi. Tashhisiy valeologiya salomatlikni  o`lchov ko`rsatkichlarini  aniqlash bilan chegaralansa, xususiy amaliy  valeologiya  organizmni  sog`lomlashtirish  muammolarini hal etadi.  Umumiy tushunchalardan  valeologiya so`zining ta’rifi, uning maqsadi, vazifalari, kelib chiqishi va taraqqiyoti ko`rilib  chiqadi. So`ng “salomatlik”,  “kasallik”, “oraliq” yoki chegaralanuvchi holatlar haqidagi tushunchalar talabalar e’tiboriga  tavsiya etiladi. Nazariy bo`lim quyidagi ma’ruzalar  mavzularidan iborat: 1. “Valeologiyaga kirish, odam salomatligi haqida hozirgi zamon  tushunchalar nazariyasi”. 2. Odam organizmining  individual taraqqiyoti  qonunlari. Ontogenez nazariyasi va salomatlik. 3. Organizmning konstitutsional  xususiyatlari va ularni  aniqlash usullari.  Konstitutsiya  haqidagi nazariya va salomatlik. 4. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchi bolalar va o`smirlar salomatligining tibbiy nazorat etish usullari 5. Sog`lom turmush tarzining  metodologik asoslari. 6. Salomatlik va faol harakatchanlik. 7. Irsiyat va salomatlik. 8. Salomatlik va to`g`ri oziqlanish. 9. Ekologik omillar ta’siri va salomatlik.

     Valeologiya bugungi kunda  nisbatan yangi  ilmiy va  o`quv fani bo`lib, tuzilishi va uslublari jihatdan to`liq shakllangan  fanlar darajasiga yetmagan.  Shu bilan bir qatorda, valeologiyaning kelajakda  insonshunoslikka  oid fanlar orasiga  yetakchi o`rinni  egallashi muayyandir.  “Inson va uning salomatligi”  muammolarini tahlil  qilish tizimida, ayniqsa yuqori toifali  mutaxassislarni  tayyorlash jarayonida valeologiya (beradigan bilimlar muhim o`rin tutadi) Oliy pedagogik fanga  aylanishiga ishonchimiz komildir.

 

II. Mustaqil ish vazifalari

 

1.     Talabalar o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.

 

                                            Nazorat uchun savollar

 

1.     Valeologiya fani haqida tushuncha bering?

2.     Valeologiya fanining maqsadi nima?

3.     Valeologiya o`rganadigan va hal qiladigan muammolarga  nimalar kiradi?

4.     Valeologiya fanining vazifasi nima?


 

2-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI:

JISMONIY RIVOJLANISH MA'LUMOTLARNI ANIQLASH VA BAHOLASH. ME'YOR TUSHUNCHASI.

2 soat

Amaliy mashgulot  maqsadi:  Shaxs  salomatligini  tiklash  bo‘yicha  talabalarda  bilim  va  ko‘nikmalarni  hosil  qilishdan  iborat.Hamma  narsada  me'yor  tushunchasini  bilish  lozimligini  anglatish.

Kerakli jihozlar.  Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.

Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.

 

I. Qisqacha nazaariy ma`lumot

 

Tibbiyotda profilaktika inson salomatligini mustah-kamlash, turli kasalliklarning oldini olish va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf qilishni anglatadi.

Ijtimoiy profilaktikaning zamonaviy tushunchasi inson salomatligiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etish, uni jismoniy va ruhiy quvvatini har taraflama rivojlantirishni o‘ziga maqsad qilib olgan davlat, jamoat va tibbiy tadbirlarning kompleks tizimini o‘z ichiga oladi. Tibbiyot sohasida kasallik-larning oldini olish, inson salomatligini mustahkamlash, uning umrini uzaytirish bo‘yicha yetarlicha tadbirlar ishlab chiqilgan.

Aholi salomatligini asrash va mustahkamlash rivojlanayotgan davlat sharoitida alohida ijtimoiy mazmun kasb etadi va quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi:

-  aholi madaniyati va hayot darajasini muntazam oshirish;

-  tabiiy muhitning inson hayoti uchun qulay parametrlarini asrash;

-  ishlab chiqarish va turmush uchun optimal sharoitlarni yaratish;

-  har bir insonni, uning ilk bolalik chog‘idan boshlab, jisoniy va ruhiy rivojlantirish;

-  sog‘lom hayot tarzi, mehnat va dam olishning ratsional rejimini shakllantirish;

-  aholining turli qatlamlari xususiyatlarini e'tiborga olib har tomonlama gigienik tarbiyalash;

-  aholi salomatligini umumdispanserizatsiya asosida dina-mik kuzatish tizimini tadbiq etish.

Salomatlik darajasi qoniqarsiz holatda fiziologik tizim-ning elementlari o‘rtasida kelishmovchiliklar ro‘y beradi, organlar o‘z vazifalarini yaxshi bajarmaydilar, natijada, charchash va holdan toyish kuzatiladi.

Shuning uchun tibbiyotning zamonaviy bosqichida asosiy e'tibor profilaktikaga qaratilgan.

Tibbiyotda profilaktika vositalari yetarlicha, lekin o‘sib kelayotgan avlod, asosan, davolovchi jismoniy tarbiya, medikamentlar va x.z. vositalar asosida sog‘lomlashtiriladi. Ya'ni, kasal-liklarning oldini olish emas, ularni davolash usullaridan foydalaniladi. Axir, salomatlikni asrovchi, kasalliklarning ol-dini oluvchi, umrni uzaytiruvchi tadbirlar tibbiyot uchun ham muhim. Ko‘p mamlakatlarda davolovchi tibbiyot profilaktik tib-biyotdan ajratib qo‘yilgan.

Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish salomat-likni mustahkamlashga, o‘qish unumdorligini oshirishga yordam beradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi. Salo-matlik - ijtimoiy-iqtisodiy, biologik, ekologik, tibbiy va psixoemotsional ta'sirlarning natijasidir va uni sog‘lomlash-tiruvchi jismoniy mashqlar yordamida mustahkamlash mumkin. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ulla-nish organizmning atrof-muhit va infeksiyalar ta'siriga tabiiy qarshiligini oshiradi.

 

II.Mustaqil ish vazifalari

 

1. Talabalar kerakli  ma’lumotlarni, o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.

2. Amaliy mashg‘ulot  bo‘yicha   ya'ni,  shaxs  salomatligiga  ijobiy  va  salbiy   ta'sir  ko‘rsatuvchi  omillarni  klaster  metodi  yordamida  ochib  berish  topshiriladi.

 

Nazorat uchun savollar

1.Tibbiyotda profilaktika tushunchasiga ta`rif bering?

2.Ijtimoiy frofilaktika  tushunchasiga ta`rif bering?

3.Salomkatlikda sportning o`rni.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-AMALIY MASHG‘ULOT  MAVZUSI:JISMONIY TAYYORGARLIKNI  BAHOLASH  MEZONI.

2 soat

Amaliy mashgulot  maqsadi:  Valeologik tarbiyaning ta'lim vazifasi - sog‘lom hayot tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatish.

 

Kerakli jihozlar.  Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.

Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.

 

I.                  Qisqacha nazaariy ma`lumot

 

Kirish (tayyorlov) qism. Sekin sur'atda 8-12 minut yugurish. Chayirlik, chaqqonlik e'tiborni yaxshilashga yo‘naltirilgan mashqlar - qo‘llarni zarb bilan silkitish, sakrash, o‘tirib-yurish mashqlarni xushtak chalib, komanda berib bajarish, aylanib sakrash, egilish va x.z. Hammasi bo‘lib 20 dan kam bo‘lmagan (20-30 takrorlashdan iborat) turli mashqlar. Asosiy qismda juft-juft bo‘lib og‘irligi 2-4 kg bo‘lgan koptoklar bilan mashqlar baja-riladi: koptokni ikki qo‘llab boshdan oshirib, pastdan ko‘krakdan itarib uloqtirish va h.z; 3 kishi, 4 kishi bo‘lib: 2 ta-3 ta koptokni bir vaqtning o‘zida uloqtirish - uzluksiz 20-30 uloqtrish seriyasi. Hammasi bo‘lib 10 tadan kam bo‘lmagan mashqlar. Yuqori yelka aylanasi, qo‘llar uchun mashqlar. Yotgan holda yerga tiralib qo‘llarni bukish va yozish (ikki qo‘l panjalarini ustma-ust qo‘yib, qo‘llar yelkadan kengroq va mushtlarda, barmoqlarda) – 4 marta (har biri 10-12 takrorlashdan iborat). Tortilish 6-8 marta. Basketbol yoki voleybol. Chayirlikni oshiruvchi mashqlar.

 

Jismoniy sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining tuzilishi

 

Mashg‘ulotning kirish (tayyorlov) qismi asosiy o‘quv-sog‘-lomlashtirish ishiga zamin tayyorlaydi. Kirish qismining umumiy vazifasi - shug‘ullanuvchilar e'tiborini faollashtirish, ularni mashg‘ulotlar maqsadi va mazmuni bilan tanishtirish, shunga mos ruhiy sharoitni yaratish. Tayyorlov qismda sog‘lomlashtirish gim-nastikasining 25-30 takrorlashdan iborat 25-30 mashqlaridan foydalaniladi. Asosiy qismda respirator kasalliklar profilak-tikasi uchun sog‘lomlashtiruvchi yugurish (2-5 km), sport va harakatli o‘yinlar kuch-quvvatini oshiruvchi mashqlar bilan uyg‘unlashib ketadi. Yakunlovchi qismda havo - quyosh vannalarida chiniqish, suv muolajalari o‘tkaziladi. Talabalarga to‘g‘ri ovqatlanish tavsiya etiladi.

Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash

FSMU  texnologiyasi

 

F-Fikringizni  bayon  eting;

S-fikringiz  bayoniga  biror  sabab  ko‘rsating;

M-ko‘rsatilgan  sababni  tushuntiruvchi  misol  keltiring;

U-fikringizni umumlashtiring.

 

F-Hamma  musiqalarni  ham  eshitish  sog‘liq  uchun  foydali  emas;

S-Rosk,  pop  musiqa  va  ashulalar  inson  sog‘ligiga  salbiy  ta'sir  ko‘rsatadi,  Classika  musiqalari  aksincha  ijobiy  ta'sir  qiladi;

M-Inson  Rosk,  pop  ashulalarni  eshitayotgan  paytda  inson  miyasidagi  to‘qimalar  yorilib  ketadi,  bu  insonga  bilinmaydi;

U-Shuning  uchun  hammasini  emas,  sog‘liq  uchun  foyda  va  ijobiy  ta'sir  qiladigan  musiqa  va  ashulalarni  eshitish  lozim.

 

II.               Mustaqil ish va vazifalar

 

1. Talabalar kerakli  ma’lumotlarni, o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.

2. 3-Amaliy mashgulot  bo‘yicha   ya'ni,  Jismoniy tayyorgarlikni  baholashni   talabalar  o‘z  fikrlarini  bayon  etib,  unga  sabab  keltiradi  va  misol  aytib  fikrlarini  umumlashtirishadi.

 

Nazorat uchun savollar

 

1.Valeologik tarbiyaning vazifasi nimadan iborat ?

2. Jismoniy sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining tuzilishi?

3.Salomkatlikda sportning o`rni qanday?


 

4-AMALIY MASHG‘ULOT  MAVZUSI:JISMONIY AHVOL  MA'LUMOTLARNI  BAHOLASH  METODIKASI.

2 soat

Amaliy mashgulot  maqsadi:  Valeologik tarbiyaning ta'lim vazifasi - sog‘lom hayot tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatish.

 

Kerakli jihozlar.  Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.

Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.

 

I.                  Qisqacha nazaariy ma`lumot

 

Berilgan matnni o‘qib chiqing va mini-guruhlarda muhokama qiling.

 

Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholash

 

Insonning jismoniy rivojlanishi deganda organizmning jismoniy kuch zahiralarini belgilovchi morfologik va funksional xususiyatlari kompleksi tushuniladi.

  Jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishi xususiyatlari har bir pedagog uchun tushunarli bo‘lgan antronometrik o‘lchashlar yordamida amalga oshiriladi. Tana uzunligi, og‘irligi, bo‘yin, qorin, ko‘krak qafasining nafas olish, chiqarish, tinchlik fazasida aylanasi, bilak kuchi, orqa, gavda tuzilishi va tashqi nafas olish tizimi haqida ma'lumotlar talaba jismoniy ahvolini o'ektiv baholash va organizm shakli va funksiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli faoliyatni tashkil etish imkoniyatini beradi. Ayni paytda jismoniy rivojlanishni muntazam baholash maqsadli jismoniy tarbiya ta'siri ostida amalga oshuvchi sifat o‘zga-rishlarni aks ettiradi.

  Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rtasida yuqori darajadagi yaqin (nq 0,7-0,9) aloqa mavjudligi korrelyasion tahlil natijasida o‘rnatilganligini qayd etish juda muhim ( Masalan, tana og‘irligi va ko‘krak qafasi aylanasi o‘rtasida, og‘irlik, bo‘y ko‘rsatkichlari va gavda tuzilishi pishiqligi o‘rtasida, gavda tuzilishi pishiqligi va ko‘krak qafasi aylanasi o‘rtasida, orqa mushaklar kuchi (kg) va foizlarda, chap va o‘ng bilaklar kuchi o‘rta-sida, Ketle indeksi va og‘irlik o‘rtasida).

  Bayon etilgan ma'lumotlar jismoniy rivojlanishi ko‘rsat-kichlarning birini yaxshilasa, o‘z - o‘zidan boshqalari ham yaxshi-lanishi, aytib o‘tilgan ko‘rsatkichlar muhim va ular jismoniy rivojlanishni kompleks baholashda yetakchi o‘rin egallashlari haqida xulosa qilish imkonini beradi.

  Ketle indeksi (og‘irlik va bo‘y indeksi) - tana oqirligi (kg) va bo‘y (sm) ma'lumotlarni bo‘lish orqali hosil qilinadi.

  Hayot ko‘rsatkichi - o‘pkalarning hayotiy hajmi ko‘rsatkich-lari (ml lardaG’ og‘irlikka G’kg larda) bo‘linmalari.

  Semizlik og‘irlikni (kg) tana uzunligiga (dm) bo‘lish orqa-li aniqlanadi.

  Gavda tuzilishining pishiqligi Pene indeksi bo‘yicha (bo‘y g’smg’ - og‘irlik g’kgg’ Q ko‘krak qafasining nafas chiqarish paytidagi aylanasi) baholanadi.

  Kuch imkoniyatlari qo‘l, gavda dinamometrlari yordamida to‘g‘ridan - to‘g‘ri aniqlanadi.

  O‘pkalarning hayotiy hajmi tadqiq etilayotgan shaxs chuqur nafas olgandan so‘ng maksimal chiqarish mumkin bo‘lgan havo haj-mini bildiradi. Spirometr - o‘pkalarning hayotiy hajmini aniqlaydigan asbob. Ular turli (suvli, quruq, gazli, soatli) konst-ruksiyada bo‘lishi mumkin. O‘pkalarning hayotiy hajmini o‘lchash uchun spirometrga trubka orqali havo puflash kerak.

 

Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash

Sinkveyn

Sinkveyn – bu ma'lum qoidalarga asosan tuzilgan 5 ta satrdan iborat bo‘lgan she'rdir.

1 satr – mavzu nomi

2 satr – bu mavzuni ikkita sifat bilan aniqlash

3 satr – bumavzu doirasidagi faoliyatni ko‘rsatuvchi 3 ta fe'l

4 satr – muallifning mavzuga munosabatini bildiruvchi  4 ta so‘zdan iborat bo‘lgan jumla

5 satr – mavzu yakuni, ixtiyoriy so‘z bo‘laklarida ifodalangan birinchi so‘z sinonimi.

Sinkveyn tuzish ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘rganilayotgan mavzuga o‘z munosabatini bildirish, u yoki bu nuqtai nazar to‘g‘risida aniq tasavvur shakllanishiga imkon yaratadi.

 

Sinkveynlar ko‘rinishida an'anaviy yapon she'riyatida she'rlar yoziladi:

Ot____________________________________________________

ikkita sifat ___________________ _____________________

uchta fe'l ___________ ________________ ________________

to‘rtta so‘zdan iborat jumla______  ______   ______   _______  

otning sinonimi_______________________________________

 


 

Sinkveynga misollar keltiramiz:

 

Tarmoq,

lokal, global,

yo‘naltirmoq, uzatmoq, qabul qilmoq,

kompyuterlar  o‘rtasida axborot almashuv

kommunikatsiya.

II.               Mustaqil ish va vazifalar

 

1. 4-Amaliy mashgulot  bo‘yicha   ya'ni,  Jismoniy tayyorgarlikni  baholashni   talabalar  o‘z  fikrlarini  bayon  etib,  unga  sabab  keltiradi  va  misol  aytib  fikrlarini  umumlashtirishadi.

 

2. Talabalar kerakli  ma’lumotlarni, o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.

 

 

Nazorat uchun savollar

 

1. Insonning jismoniy rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?

2. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholash qay tazda amalga oshiriladi?

3. Mavzu bo`yicha test topshiriqlari tuzing?

 


 

5-AMALIY MASHG‘ULOT  MAVZUSI:

TALABALARGA VALEOLOGIYADAN TA'LIM BERISHNING FAOL USULLARI. SOG`LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH.

 

2 soat

 

Amaliy mashgulot  maqsadi:  Pedagogik faoliyatning ikkiyoqlamaliligi ob'ektning o‘ziga xosligi bilan tushuntiriladi: talaba ta'sirni passiv qabul qilmaydi, balki o‘z faoliyatining sub'ekti sifatida o‘zi ham faol harakat qiladi.

 

Kerakli jihozlar.  Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.

 

Ishni bajarish tartibi. Oqilona ovqatlanish uchun ovqat ratsionining  to`la sifatliligiga  to`g`ri ovqatlanish tartibiga, oziq-ovqatlarning  yaxshi saqlanishi va tayyorlanishiga, oziq-ovat mahsulotlarini yuqumli mikroorganizmlar va zaharli moddalar tushishidan ehtiyot  qilish uchun ularni ishlab chiqarishda, saqlashda va pishirishga  tayyorlashga  sanitariyaga amal qilish lozim.  Organizmni chiniqtirish organizmni noqulay iqlim  sharoitlari ta’siriga chidamliligini  oshiruvchi tadbirlar majmuasidir. Chiniqtirish bolaning  asabini mustahkamlaydi, mushak va suyaklarning mustahkam o`sishiga yordam beradi, ichki a’zolar faoliyati moddalar almashinuvini mo`tadillaydi. Chiniqtirish tadbirlari oddiygina bo`lib, suv, havo, quyosh kabi tabiiy manbalardan to`g`ri foydalanishni  o`z ichiga oladi.  Bolaning kun tartibini  to`g`ri tashkil etish uni parvarishlash va jismoniy tarbiya  chiniqtirishning  ajralmas qismi  bo`lib hisoblanadi. Bolalarda sog`lom turmush tarzini shakllantirishda, ularning  zararli odatlar (ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik kabilar) ga berilib ketishlarini  oldini olish o`ta muhim ahamiyatga ega.

          Bolalarda sog`lom turmush tarzini  shakllantirish avvalo  ota-onalarning  keyin maktabgacha tarbiya  muassasalari  tarbiyachilarining, maktablardagi pedagoglarning,  davolash- profilaktika muassasalaridagi  tibbiyot xodimlarining,  jamoat tashkilotlari va mahallalarning asosiy vazifasi bo`lmog`i lozim.

 

I.                  Qisqacha nazaariy ma`lumot

 

Talabalarning jismoniy rivojlanishini boshqarish

 

Pedagogik sog‘lomlashtirish tizimini boshqarish murakkab va ko‘p qirrali jarayon. Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va zarur bo‘lganda korreksiya qilish, shuningdek talaba shaxsi xarakteristikasini normativ ko‘rsatkichlar bilan mutanosbligini taqqoslash uning asosiy elementlari hisoblanadi.

  Boshqaruv talaba organizmi shakl va funksiyalarini jis-monan rivojlantirish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan, maqsadli, muntazam faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. Umuman olganda, boshqaruv pedagogik ta'sirni nazorat qilish bo‘yicha bir - biri bilan chambarchas bog‘liq xarakterlarning yopiq siklidir.

  O‘tkazgan tabiiy eksperimentlar natijasiga ko‘ra shaxsning jismoniy rivojlanishini samarali boshqarish uchun talabaning (tipologik xususiyatlari hisobga olingan) har tomonlama tayyor-ligi to‘g‘risida, pedagogik nazorat yordamida jismoniy ahvoli haqida muntazam ravishda axborot olinishi va ishlanishi kerak.

  Tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqish asosida pedagogik ta'sirlar tanlanishi, valeologik tarbiyaning turli shakl, usul va vositalarini qo‘llash haqida qarorlar qabul qilishi kerak. Bu faoliyatda pedagog yetakchi rol o‘ynaydi. Jismoniy rivojlan-tirish jarayonida boshqaruv pedagog tarafdan qator harakatlar qilinishini nazarda tutadi.

  Birinchi harakat - talabaning har tomonlama tayyorligi haqida boshlang‘ich kompleks axborotni olish; uning kuchi, zaif tomonlarini aniqlash;

  Ikkinchi harakat - maqsadga yetishishini ta'minlovchi nor-mativ ko‘rsatkichlar bilan tanishish.

  Talaba chiqish shart bo‘lgan ko‘rsatkichlarga orientatsiya qilish jismoniy yetuklikka erishish zaruriyati bilan tushunti-riladi. Shuning uchun jismoniy rivojlanish samarasi normativ talablar ko‘rsatkichlarining normativ ko‘rsatkichlarning olingan ma'lumotlari bilan qiyoslanganda aniqlanadi.

  Samaradorlik omiliga asoslanmagan jismoniy rivojla-nish o‘zining maqsadini, aniqligini, ta'sirchanligini yo‘qotadi.

  Uchinchi harakat (boshqaruv tizimida mohiyati jihatidan eng muhim) talabalarning rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlarga erishishini ta'minlovchi valeologik tarbiya tizimini nazarda tutadi. Shu sababli jismoniy rivojlanishini rejalashtirish masalalari, uning eng ratsional shakl, vosita va usullarini tanlash birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.

  Pedagogning nazariy va amaliy mashg‘ulotlar dasturini tuzish bo‘yicha faoliyati ushbu dasturlarni bajarish yo‘llarini tanlash bilan bevosita bog‘liq. Jismoniy mashg‘ulotlar dasturini nafaqat ishlab chiqish balki uni jismoniy yetuklikka erishish uchun hayotga tadbiq eta bilish ham zarur.

  To‘rtinchi harakat - pedagogning maxsus tashkil etilgan muntazam faoliyatining tanlangan yo‘nalishi samaradorligini baholash. Har tomonlama tayyorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, ularni dastlabki ma'lumotlar bilan taqqoslash va ularga mos tadbirlarni belgilash pedagogik nazorat yordamida amalga oshiriladi.

  Beshinchi harakat - natijalarni tahlil etish, xulosalar yasash va navbatdagi maqsadni belgilash.

Sog`lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo`lib, unumli mehnat qilish, faol dam olish, badan tarbiya va sport  bilan shug`ullanish, organizmni chiniqtirish, shaxsiy va psixogigienaga rioya qilish, oqilona ovqatlanish, zararli odatlardan  o`zini tiyish  va har yili  shifokor ko`rigidan o`tib turishdan iborat.  Salomatlikni  saqlash va kuzatishning faol turi  dispanserizatsiyadir. Dispanserizatsiya  - davolash profilaktika usullaridan biri  bo`lib, kasallikka barvaqt tashhis  qo`yish maqsadida bemor bolalarni  va shifokor kuzatuviga muhtoj bolalarni tekshirib aniqlash, chaqaloqlar, maktabgacha va maktab yoshidagi  bolalar, 14-18 yoshdagi  o`smirlar sog`lig`ini muntazam kuzatib  borishdan iborat.  Sog`lom turmush tarzini  shakllantirish va kasalliklarni  oldini olishda  to`g`ri tashkil etilgan  jismoniy faollik  katta ahamiyatga ega, faol harakat  bola organizmining  shakllanishiga, rivojlanishiga, yurak qon tomirlar tizimi, endokrin va organizmdagi boshqa  organlar tizimining rivojiga yaxshi ta’sir qiladi. To`g`ri ovqatlanish miqdor va sihat jixatidan to`la qimmatli, bir meyordagi tartibga asoslanib, sog`lom bola organizmining  hayot faoliyatining  tashqi  muhitning salbiy omillariga nisbatan chidamini va himoya xususiyatini taminlaydi.Soglom bulish va soglom turmush tarziga erishishlik uchun kuyidagi masalalarga amal kilmok lozim.Jumladan

1.Xarakat faolligini  maksadga muvofik ravishda, imkoniyat darajasida bajarishlik.

2.Chinikish.Bunda organizmning kasalliklarga va tashki nokuly salbiy ta’sirlarga va tashki nokulay xolatlarga Karshi organizm kuvvatini oshiriladi.

3.Ratsional-akl idrok bilan ovkatlanishni tashkil kilgan (Tula kuvvatli, barchasini uz ichiga olgan) xolda

4. Mexnat kilish va dam olishni tartib solgan  xolda tashkil  kilish.

5.Ekalogik xolatlarni tugri anglagan xolda yashashni uyushtirish.

6.Emotsional xamda ruxiy chidamlilik bilan yashash.

7.Turli xil zararli odatlarga barxam berishlik (chekish ichish narkotiklar kabul kilish va boshkalar)

8.Shaxvoniy-jinsiy xulk-atvorni tartibga solish.

9.Soglom turmush tarzini iloji boricha tugilgan davrdan boshlash.

10.Ma’naviy, ma’rifiy, madaniy ruxiy boylikka ega bulish.

 


 

Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash

 “Charpalak” usuliga tarqatma material (to‘ldirilgan)

TG’r

 

Javobvariantlari

Tarmoqqaulanishusullari

Tarmoqningturlari

Axborotashyolari

1.

Shinali

Q       

 

 

2.

Lokal

 

Q     

 

3.

Arxiv

 

 

Q  

4.

Global

 

Q    

 

5.

Kutubxona

 

 

Q  

6.

Ma'lumotlarombori

 

 

Q  

7.

Mintaqaviy

 

Q   

 

8.

Fondlar

 

Q  

 

9.

Axborottizimidagixujjatlaryig‘indisi

 

 

Q

 

II.               Mustaqil ish va vazifalar

1.Talabalar sog`lom turmush tarzi yo`nalishlaini o`rganadilar va daftarlariga qayd qiladilar.

2.Siz o`zingizni sog`lom turmush tarzingizni qanday  tashkil etishishlarini  qayd qiladilar.

 

Nazorat uchun savollar:

1.     Sog`lom turmush tarzi deganda nimani tushunasiz?

2.     Dispanserizatsiya deganda nimani tushunasiz?

3.     Chiniqtirish deganda nimani tushunasiz?

4.     Talabalarga  valeologik ta`lim berishning qanday samarali vositlari bor?

5.     Shaxsning jismoniy rivojlanishini samarali boshqarish uchun nimalarga etibor berish lozim?

6.     Zararli odatlarga nimalar kiradi?


 

6-AMALIY MASHG‘ULOT  MAVZUSI:

TALABALARGA VALEOLOGIYADAN TA'LIM BERISH JARAYONI MONITORINGI. 

2 soat

 

Amaliy mashgulot  maqsadi:  Pedagogik faoliyatning ikkiyoqlamaliligi ob'ektning o‘ziga xosligi bilan tushuntiriladi: talaba ta'sirni passiv qabul qilmaydi, balki o‘z faoliyatining sub'ekti sifatida o‘zi ham faol harakat qiladi.

 

Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.

 

Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.

 

I.                  Qisqacha nazaariy ma`lumot

 

Jismoniy ahvolni baholash

 

Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarning ta'siri vazifalaridan biri jismoniy ahvolni nazorat qilishdir. Jismoniy ahvol tushunchasi talabalar salomatligi: jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlik darajasi bilan belgilanadi.

O‘quv - sog‘lomlashtirish jarayonida jismoniy ahvolni baholash uchun L.Ivashenko, ye.A.Pirogova va L.A.Kalining testlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

L.Ivashchenko (1989) jismoniy ahvol diagnostikasini K.Sadra (1980 ) testlari yordamida amalga oshirishni tavsiya etadi.

 

Bunda K - indeksning shartli birliklardagi qiymati; a - yosh; t-1000 m ga yugurishga ketgan vaqt ( min); ChSS boshl- tinch turganda boshlang‘ich ChSS zarbG’min; ChSS5- 1000 m yugurgandan so‘ng 5-minutda, zarbG’min. Jismoniy ahvolni baholash quyidagi shkalada amalga oshiriladi.

Baholash quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshiriladi: jismoniy ahvolning past darajasi - 0,375, o‘rtachadan pastroq 0,376 - 0,525, o‘rtacha - 0,526 - 0,675, o‘rtachadan yuqoriroq - 0,676 -0,825, yuqori - 0,826 va undan baland.

Ko‘rgazma uchun jismoniy ahvol darajasini hisoblashni keltiramiz. Ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lgan sub'ektda jismo-niy ahvol darajasi: 42 yosh, (ChSS 60 zarba minutiga, AD 120G’80 mm sim. ust, vazni –78 kg, bo‘yi 170 sm.

AD - o‘rtacha hisoblanadi:

Diastoli ADq1G’3AD pulsli

Bu yerda, Pulsli AD sist - diast.AD, ya'ni

120-80-40 mm sim. ust.demak:

Adsr-80Q40G’3-93 mm sim.ust.

Keyin jismoniy ahvol darajasi indeksi –x- 0,707 ni x diapazon bilan taqqoslab kuzatilayotgan shaxsning jismoniy ahvoli darajasini aniqlaymiz - o‘rtachadan yuqori «Student» lotinchadan tarjima qilganda «astoydil ishlovchi, bilimlarga chanqoq» ma'nosini anglatadi. Shuning uchun shunday ta'limni yaratish kerakki, u talabada sog‘lomlashtirishning u yoki bu vosita-larini egallashga zarurat, ehtiyoj uyg‘otsin. Bunga esa o‘z - o‘zini nazorat qilish va o‘z - o‘zini baholash usullari yordam berishi ma'lum.

Mustaqillikka o‘rgatish talabalarda umumta'lim bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish orqali ta'minlanadi.

Talabalarni mustaqillikka o‘rgatishning ayrim usullarini ochib berish va ularning mazmunini asoslab berishda to‘xtalib o‘tamiz. O‘z - o‘zini nazorat qilish va baholash normativli test-larni bajarishni nazarda tutadi. Jismoniy ahvolni baholashda sinalgan Kverg testi qo‘llaniladi.

L.A.Kalinina (1988) ishidagi yo‘nalish o‘ziga xos qiziqish uyg‘otadi. U jismoniy faollik ko‘rsatkichini hisoblab layoqatli-lik kategoriyasini aniqlashni taklif etadi.

5 ballik tezlikda tez-tez nafas olish, terlash bilan birga-likda kuzatiluvchi yuqori yuklamalar, 4 ballda ko‘chib turuvchi og‘ir yuklamalar (masalan, tennis o‘yinida), 3 ballda - og‘irligi bir me'yorda yuklamalar ( masalan, velosiped haydash), 2 ballda - o‘rtacha og‘irlik ( masalan, voleybol o‘ynaganda), 1 ballda - yengil yuklama-lar ( baliq tutish, sayr) baholanadi.

Jismoniy yuklamalar davomiyligini baholash quyidagicha: agar yuklama faoliyati 30 minutdan ortiq bo‘lsa - 4 ball; 20 miuntdan 30 minutgacha - 3 ball; 10 minutdan 20 minutgacha - 2 ball; 10 minutdan kam bo‘lsa - 1 ball.

Jismoniy yuklamalar chastotasi quyidagicha baholanadi: har kunlik yuklama - 5 ball; haftada 3 - 5 marta - 4 ball; haftada 1-2 marta - 3 ball; bir oyda 1 martadan kam -1 ball.

Endi tezlik ballini davomiylik balliga keyin uni jismo-niy yuklama chastotasi balliga ko‘paytiramiz. Hosil bo‘lgan son 40 dan kam bo‘lsa bu layoqatlilikning past kategoriyasi, hayot tarzi o‘tiruvchan (20 dan past) yoki jismoniy faolligi yetarlicha emas (20-40) hisoblanadi.

E.N.Vayner (2001) salomatlikni quyidagicha kompleks baho-lashni taklif etadi.


 

 

II.               Mustaqil ishlar va vazifalar

 

1. Talabalar o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.

2. Talabalarga valeologiyadan ta'lim berish jarayonini  monitoringini tuzadilar.

 

Nazorat uchun savolllar:

 

1. Jismoniy yuklamalar davomiyligini baholash qay tarzda amalga oshiriladi?

2. Jismoniy yuklamalar chastotasi  baholash qay tarzda amalga oshiriladi?

3. Individ va  shaxs tushunchalari farqi.


 

7 - AMALIY MASHG`ULOT MAVZUSI

YURAK-QON TOMIRLAR TIZIMINING ISHINI TEKSHIRUVCHI FUNKSIONAL USULLAR.

2-soat

 

Amaliy mashg`ulot maqsadi: Bemorlarda yurakning ish chastotasini  AG’B o`lchash, pulsni o`lchash bo`yicha amaliy ko`nikmalar xosil qilish.

 

Kerakli jihozlar. Fanendoskop, tanometr, EKG lentasi.

 

Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi. Talabalar bir-birlarida pulsni, arterial qon bosimini  aniqlaydilar.

 

I.                  Qisqacha nazaariy ma`lumot

 

Yurakning asosiy ishi nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so`rib, arteriya qon tomirlariga o`tkazishdan iborat. YUrakning bu ishi uning bo`lmacha va qorinchalari orqali amalga oshadi. Bo`lmacha va qorinchalar muskullarining sistola, kengayishi diastola deb ataladi. YUrakning bo`lmacha va qorinchalarining bir marta qisqarib – bo`shashishi yurakning bir ish sikli deb ataladi. Katta odam tinch holatida yuragi bir minutda 70-72 marta qisqaradi va kengayadi, uning har bir qisqarib kengayishidan bitta puls hosil bo`ladi. Shunday qilib, yurak bir minutda 70-72 marta ish siklini bajaradi. Uning har bir sikliga 0,8 sekund sarflanadi. Jumladan yurakning ikkala bo`lmachasi  bir vaqtda 0,1 sekund davomida qisqaradi, bu vaqtda ulardagi qon qorinchalarga o`tadi. So`ngra bo`lmalar 0,7 sekund davomida bo`shashadi. Bu vaqtda qorinchalar 0,3 sekund davomida qisqarib, o`ng qorinchadagi qon aortaga o`tadi. So`ngra qorinchalar bo`shashib 0,5sekund davomida  tenizm holatiga o`tadi.

 

Arterial qon bosimini aniqlash.

 

  Arterial bosimni o`lchayotganda bemor tinch o`tirishi yoki yotishi kerak. Bemorning yalang`ochlangan qo`liga tirsak  bukimidan  yuqoriroqda (2-3 sm) manjetkani siqmasdan u bilan teri  orasiga bir barmoq sig`adigan qilib bog`lanadi. Qo`lni qulay vaziyatda  kaft yuzasi yuqoriga qaratilgan holatda  ushlab turiladi. Tirsak bukimining ichki yuzasidan yelka arteriyasi ustida  tomir urishini paypaslab  topib,  ustiga fonendoskop  boshchasi taqab qo`yiladi. Manjetkaga naycha orqali tutashtirilgan  noksimon  rezina balloncha  orqali havo kiritiladi.  Havo bir vaqtda manjetkaga va  manometrga tushib bosim ostida manometrdagi  prujinani qarshiligi kuchi bilan o`lchanib, bu kuch  millimetrli bo`linmalari bor.  Strelkalarga o`tadi va ularni harakatga keltiradi. Manjetkaga havo toki fonendoskop orqali quloqqa  yurak tonlari  (tovush) eshitilmaguncha asta- sekin yuboriladi.  Keyin balloncha  bo`g`izidagi ventilni bo`shatib  havo chiqariladi. Manjetkadagi  bosim arteriyadagi  bosim miqdoriga  yetsa, yurak tonlari eshitiladi. Manometrdagi  raqamlar sistolik  (maksimal) qon bosimni ko`rsatadi. Manjetkadagi bosimni pasayib  borishi va eshitiladigan tonlar pasayib  boradi va asta-sekin yo`qoladi. Bu diastolik (minimal) bosim bo`lib, manometrdagi raqamlar shu bosimni ifodalaydi.

 

Puls

 

Puls yoki tomirlar urishi deb, tomirlar devorining  yurak haydaydigan qon harakati natijasida kelib chiqadigan turtkisimon tebranishlariga aytiladi. Pulsning xossalari  uning chastotasi, ritmi,  tarangligi va to`liqligi bilan belgilanadi. Puls chatotasi normada 1 daqiqada 60 dan 80 gacha o`zgarib turadi. Puls chastotasi yoshga, jinsga, tana va tashqi  muhit haroratiga, shuningdek jismoniy harakatga bog`liq.

Ayollar pulsi  erkaklarnikiga nisbatan tezdir.

 Puls arterial  yuza joylashgan  sohalarda aniqlanadi. Pulsni paypaslab tekshirish  uchun  qulay tomir bilak arteriyasidir. Pulsni chakka arteriyalarida, uyqu va son arteriyalarida  ham sanash mumkin. Puls odatda  bilakning kaft yuzasida, 1 barmoq asosida, bilak arteriyasida aniqlanadi.  Bemor panjasining o`ng qo`l  bilan panja bukish sohasida  bo`shgina ushlanadi va o`ng qo`l  tekshiriluvchining yurak sathiga qo`yiladi. Bunda 1 barmoqni tirsak tomoniga, II, III va  IY barmoqlarni  esa bilak tomoniga bevosita bilak arteriyasiga qo`yiladi, barmoq ostida  pulsatsiya seziladi.  Tekshiruvchining IY barmog`i bemorning Y barmog`i ro`parasida turishi kerak. Arteriyani uchchala  barmoq bilan paypaslab, bilak suyagining ichki tomoniga bosiladi.

Pulsni  sanash bir daqiqa ichida o`tkaziladi.

Pulsni tezlashuvi taxikardiya, sekinlashishi bradikardiya deyiladi.

Puls to`g`risidagi  ma’lumotlar harorat varaqasiga qayd qilinadi.

 

Yurak biatoklari

 

Boshqa hujayra va to`qimalarga bo`lgani singari, yurak muskullarida ham biologik tok (biotok) bo`ladi. YUrak biotoki elektrokardiograf yordamida maxsus  lentaga yozib olinadi va o`rganiladi. Lentaga yozib  olingan biotoklar elektrokardiogramma (EKG) deb ataladi.

  YUrakning har bir siklida, ya’ni bir marta  qisqarib kengayganida lentaga elektrokardiogrammaning 5 ta tishi hosil bo`ladi va ular  quyidagi xabarlar bilan belgilanadi: PQRST. Elektrokardiogrammaning  P tishi bo`lmachalar muskullarining qo`zg`alishidan  qolgan  QRST tishlari qorinchalar muskulining  qo`zg`alishidan hosil bo`ladi.

 

II.               Mustaqil ish va vazifalar

 

1. Talabalar kerakli  ma’lumotlarni, o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.

2. Biotexnik tizimlar haqida o`z tushunchalarini mustaqil ish sifatida qayd etadilar.

 

Nazorat uchun savollar

 

1.                YUrak bir minutda necha mm ish siklini bajaradi?

2.                AG’B ni o`lchash qoidasi haqida tushuncha bering?

3.                Puls chastotasi nimalarga bog`liq?

4.                AG’B ni o`lchash bo`yicha amaliy ko`nikma hosil qiling va dars mobaynida  ko`rsatib bering?


5.                 

8 -AMALIY MASHG‘ULOT  MAVZUSI: SALOMATLIKNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. IRSIYAT VA SALOMATLIK. YAQIN QARINDOSHLAR ORASIDAGI NIKOXLAR.

2-soat

Amaliy mashgulot  maqsadi:  Talabalarning jismoniy rivojlanishini boshqarish. Talabalarni jismoniy rivojlantirish jarayonida pedagogik nazorat. Genotip va fenotip haqida, irsiy kasalliklar va ularning oldini olish, yaqin qarindoshlar orasidagi  nikohning salbiy  oqibatlari haqida  tushunchalar olish hamda  amaliy ko`nikmalar  hosil qilish.

 

Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.

 

Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.

 

I.                  Qisqacha nazariy ma`lumot

 

Organizmdagi barcha irsiy ma’lumotlar – xromasomalar va sitoplazmadagi genning hammasi hujayra genotipi deb ataladi.

   Genotip organizmdagi tur va individga xos barcha irsiy xususiyatlarni rivojlanish dasturini  o`zida mujasssamlashtiradi.

  Organizmdagi barcha ichki va tashqi belgilar yig`indisi  fenotip deyiladi.

Kengroq ma’noda – tirik zot  genotipining tashqi muhit bilan o`zaro ta’siri  natijasida, shu organizmning o`sishi va rivojlanishi jarayonida  tashqi va bioximiyaviy xususiyat hamda  belgilar shakllanadi, ularning yig`indisi esa fenotip deb ataladi.

Tirik mavjudotga tashqi sharoit omillari o`z ta’sirini o`tkazsada, lekin ularning fenotipini  hammadan ko`proq  genotip belgilaydi.

Irsiy kasalliklarning kelib chiqishi ularning o`ziga xosligi XX asrdan boshlab irsiyat va o`zgaruvchanlik haqidagi  fan – genetika rivojlangandan keyin  o`rganila boshlandi.

Irsiyat – tirik organizmga xos barcha  fiziologik xususiyatlar tana tuzilishi, moddalar almashinuvi, o`zgaruvchanlik, kasalliklarga monelik va boshqa belgilarni nasldan-naslga o`tkazib berishdan iborat.

 Irsiy kasalliklar turlicha kechadi, ba’zilari yengil yoki haddan tashqari og`ir o`tadi.

   Irsiy kasalliklarning quyidagi turlari farq qilinadi:

    Xromasoma  kasalliklari

     Moddalar almashinuvi

     Immunitetning o`zgarishiga aloqador

     Endokrin sistema faoliyatiga bog`liq

     Buyrak faoliyatining  buzilishiga aloqador.

        

Asab sistemasiga aloqador irsiy kasalliklar.

Daun kasalligi

 

Xromasoma kasalliklari.

        

Daun kasalligini 1860 yilda Langdon Daun ta’riflab bergan. Bu kasallikda yangi tug`ilgan har 700-900 bolaga bir bemor to`g`ri keladi. Daun kasalligiga hamisha xromasomalar  to`plamining anomaliyalari sabab bo`ladi, ya’ni 21- xromasoma trisomiyasi, goho 15F21 yoki 15 F 22 xildagi translokatsiyasi. Bu kasalliklarda urug`langan tuxum  hujayrada 46 ta o`rniga 47 ta xromasoma bo`ladi.

   Bu kasallikda bemorning tashqi ko`rinishi o`ziga xos bo`ladi:

Bolaning kallasi yapaloq, orqa tomoni yassi,  chakka suyaklari oldinga chiqqan. Burni kichik, uning asosi esa keng, uchi yassi bo`ladi. Bundan tashqari ko`zi qiyshiq, quloq suprasi  kichik, bemorning og`zi yarim ochiq, tili qalin va kalta, uning chuqur va ko`ndalang chiziqlari bo`ladi. Keyinchalik borib bolaning tishlari noto`g`ri o`sishi, tanglayning o`ta chuqur bo`lishi kabi belgilar ko`zga tashlanadi. Bola qo`llarining  barmoqlari kalta, jimjiloqlarining  tashqi tomonga qarab  qiyshayganligi, kaftni to`liq kesib o`tuvchi  ko`ndalang chiziq bo`lishi ham xos belgilardir. Bunday bemorlarning  mushaklari, paylari ham tarang emas, shuning uchun ularning bo`g`imlari o`ta harakatchan bo`ladi. Daun kasalligining asosiy belgilaridan biri aqliy zaiflik hisoblanadi.  Ko`pchilik bolalarda yurak poroklari  ko`proq uchraydi,  ular har xil  yuqumli kasalliklarga  beriluvchan bo`ladi.

 

Shereshevskiy – Terner sindromi.

 

Shereshevskiy – Terner sindromi shu kasallikni ta’riflab bergan  olimlar nomi bilan atalib, chaqaloq  qizchalarning o`rtacha  3000 tasidan 1 tasida kuzatiladi. Bu kasallikda kariotip 45 XO, ya’ni monosomiya X kuzatiladi.

Bu kasallikda jinsiy bezlar mutloqo rivojlanmagan bo`ladi, uning  o`rnini biriktiruvchi to`qima egallaganligi kuzatiladi. Fenotipik jihatdan  ular ayol qiyofasiga ega.  Shu bilan birga  ayollarning bo`yi past bo`lib, ayni vaqtda ularda chala rivojlanishning  bir talay  alomatlari  ko`zga tashlanadi.  Bunday bemorlar farzand qoldirishga qobiliyatsizdir.

 


 

Kleyinfelter sindromi

 

    Bemorlarga tuxumdonning, tashqi jinsiy a’zolarining rivojlanmaganligi,  ko`krak bezlarining  kattalashuvi (genekomastiya) va siydik follikulalar   hosil bo`lishini kuchaytiruvchi garmonning  kuchayishi bilan kechuvchi bu sindromni 1942 yilda Kleyinfelter aniqlab bergan. Bu sindrom yangi  tug`ilgan o`g`il bolalarning har 400 tasidan 1 tasida, aqliy  jihatdan zaif bolalar  orasida esa  1-2 % hollarda uchraydi. Bemor  bolada kariotip odatdagi 46 ta o`rniga 47 ta bo`lib, jinsiy  xromasomalar  esa XU o`rniga XXU – ko`rinishida bo`ladi. Bunday bemorlar baland bo`yli,  ozg`in, ko`krak qafaslari tor, ko`krak bezlari kattalashgan,  tuxumlari yorg`oqqa tushmagan (kriptorxizm) holda bo`ladi. Ular janjalkash, sirkasi suv ko`tarmaydigan  bo`ladi. Uchta va undan ortiq  X- xromasomalarga ega bo`lgan ayollar aqliy jihatdan orqada qoladi, shuningdek ularning jinsiy sohasi ham uncha rivojlanmagan bo`ladi.

 

Moddalar almashinuvining  irsiy kasalliklari

 

Organizmda kechadigan har bir biokimyoviy jarayon maxsus ferment  tomonidan ta’minlanadi va har bir fermentning miqdori hamda faollik darajasi alohida gen  tomonidan boshqarib turiladi. Ana shu  genlarning o`zgarishi  (mutatsiyasi) organizmda xilma-xil  moddalar  almashinuvining  buzilishiga sabab bo`ladi. Bu o`zgarishlar  ma’lum fermentlarning hosil bo`lish jarayoni yoki ular faoliyatining o`zgarishi orqali namoyon bo`lgani tufayli  bu holatlar enzimopatiyalar  deb yuritiladi.

    Fenilketonuriya – fenilalanin aminokislotasining almashinuvini ta’minlovchi fenilalaninoksidaza fermentining yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasallikdir.  Bu kasallik  1934 yilda  Felling tomonidan ta’riflab  berilgan va Felling kasalligi deb yuritiladi.

Fenilketonturiya -  kasalligida fenilalaninoksidaza fermentining sintezini  boshqaruvi genning mutatsiyasi tufayli ishlab chiqarilmaydi va fenilalanin  oksidlanib tirozinga aylanish  jarayoni buziladi, natijada  uning qonda to`planib qolishi  kuzatiladi.

Kasallik autosom – resessiv yo`l bilan nasldan naslga o`tadi. Bemor bolalarda pigment almashinuvi (melanin hosil bo`lishi) buzilishi tufayli  ularning terisi oqish tusli, sochlari sarg`ish, ko`zning oq pardasi ko`kimtir rangda  bo`ladi. Kasallik belgilari bola hayotining birinchi yilidayoq ko`zga tashlanadi: bola jismonan sekin o`sadi, aqlan rivojlanmaydi, kallasi ham odatdagidan kichikroq bo`lib, 50 % bolalar tutqanoqli bo`lishadi. Ba’zi bolalar yura olmaydi, aqli o`ta past bo`ladi, ular mayda – mayda qadam  bilan chayqalib tez-tez sudralib yurishadi, qon va siydikda fenilalanin miqdori oshib ketadi.

 

Irsiy kasalliklarning oldini olish

 

   Irsiy kasalliklarga qarshi kurashda profilaktika yetakchi o`rinni egallaydi. Profilaktik tadbirlarni turli yo`nalishlarda  o`tkazish mumkin. Mutatsiya  jarayonining konkret mexanizmlarini o`rganish radiatsiya darajasi va har xil mutagenlar ta’siri ustidan nazorat o`rnatish profilaktik tadbirlar jumlasiga kiradi. Hozirgi vaqtda tibbiy – genetik konsultatsiyalar o`tkazish irsiy kasalliklarning oldini olishda juda muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda maxsus tibbiy- genetik konsultatsiyalar yo`lga qo`yilgan yoki yirik davolash – profilaktika birlashmalari qoshida tibbiy- genetik kabinetlar ochilgan bo`lib, ularda sitologik, biokimyoviy,  immunologik tekshirishlarning maxsus metodlarini qo`llash  imkoniyatlari mavjud. Prenatal  diagnostikani irsiy kasalliklarning  oldini olishda istiqbolli usullardan deb hisoblash mumkin.  Irsiy nuqsonli bola tug`ilishi gumon qilinganda homiladorlikning 14-16 haftasiga borib amniosentez o`tkaziladi va qog`onoq suyuqligidan  ma’lum miqdorda  olinadi. Bu suyuqlikda homila epiteliyining qobiqdan tozalangan hujayralari bo`ladi.  Bu materialni tekshirish bola tug`ilmasdanoq irsiy nuqson  bor - yo`qligini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi vaqtda bu metod  yordamida moddalar almashinuvi  bilan bog`liq 50 dan ortiq  irsiy kasallik hamda barcha xromosoma  kasalliklarini aniqlash mumkin.

Genealogiya – yunoncha genea – urug`dosh degan ma’noni anglatadi. Geneologiya, nasabnoma, shajara- kishilarningkelib chiqishi, ajdodlari, qon – qarindoshlik aloqalari majmui. Ingliz antropologi F. Geliton XX asr oxirlarida odamdagi turli belgilar ( jumladan kasalliklar) ning nasldan naslga o`tish qonuniyatlarini aniqlash uchun avlodlar shajarasini tuzishni taklif etdi. Bu geneologik mitoz deb atalib , odam genetikasini o`rganishda asosiy metodlardan biri hisoblanadi. Irsiyatni bu yo`l bilan o`rganish irsiy kasalliklarni aniqlash va oldini olishga yordam beradi. Bu metod shartli  ravishda 2 bosqichga  bo`linadi: avlodlar shajarasini tuzish va uni genetik  analiz qilish.

     Yaqin qarindosh-  urug`lar bilan nikohda bo`lganlar, qonlaridan rezus faktorlar bir-biriga mos kelmaydigan er- xotinlar, ketma-ket bola tashlagan  yoki chaqalog`i o`lik tug`ilgan ayollardan irsiy nuqsonga ega zurriyot  dunyoga kelish xavfi bor, shuning uchun ular medio-genetik konsultatsiyadan o`tishlari kerak. Hozirgi vaqtda bolalarning  o`lik tug`ilishi  va o`z-o`zidan  bola tushishida  xromasoma anomaliyalarining  muhim rol o`ynashi isbotlab berilgan.

    Bo`lg`usi zurriyotning   kasallikka yuqish  uni yuzaga  keltiradigan irsiy sabab qay darajada  kuchli ekanligiga bog`liq. Patalogik gen dominantlik holatiga o`tganda 50 % bolalar kasal tug`iladi.

 

Mustaqil ish va vazifalar

 

1.Talabalar o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.

2. Irsiy kasalliklarning oldini olish choralari haqida mustaqill ish yozadilar.

 

Nazorat uchun savollar

 

1.     1. Genotip va fenotip haqida tushuncha bering?

2.     Irsiy kasalliklarga qaysi kasalliklar kiradi?

3.     Daun kasalligi haqida tushuncha bering?

4.     Daun kasalligining klinik belgilarini aytib bering?

5.     Irsiy kasalliklarning oldini olish choralarini ayting?

6.     YAqin qarindoshlar orasidagi nikohlarning salbiy oqibatlarini ayting?


 

9-AMALIY MASHG‘ULOT  MAVZUSI: JISMONIY AHVOL MA'LUMOTLARNI BAHOLASH METODIKASI.

2-soat

 

Amaliy mashgulot  maqsadi:  Tormozlanish va qo‘zg‘alish o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning buzilishi turli asab kasalliklarga olib kelishi to‘g‘risida  tushuncha  hosil  qilish.

 

Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.

 

Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.

 

I.                  Qisqacha nazariy ma`lumot

 

Psixologlar B.M.Teplov (1963), V.D.Nebo‘litsin (1966), I.P.Pavlov tadqiqotlarini davom ettirishdi. Shunday qilib yangi xususiyatlar, masalan, asab jarayonlarining dinamikligi - ijobiy-shartli aloqalar (qo‘zg‘alish dinamikligi) va salbiy aloqalar (tormozlanish dinamikligi)ni ishlab chiqish tezligi va osonli-gini belgilab beruvchi xususiyat kashf etildi. Asab jarayonlari-ning mobilligi - qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi jarayonlarning paydo bo‘lish tezligini belgilab beruvchi boshqa yangi xususiyatdir.

Tormozlanish va qo‘zg‘alish o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning buzilishi turli asab kasalliklarga olib kelishi ma'lum.

Temperamentning asab tizimi xususiyatlariga bog‘liqligi quyidagicha namoyon bo‘ladi: insonda asab tizimining bitta fiziologik xususiyati qanchalik ko‘p namoyon bo‘lsa, temperament mutanosib xususiyati shunchalik kam (yoki,aksincha, ko‘p) ifoda etiladi. Insonda qo‘zg‘alish jarayoni qanchalik kuchsiz bo‘lsa, e'tiborning chalg‘ishi kuchli bo‘ladi, keskin vaziyatning salbiy ta'siriga qarshiligi shunchalik past bo‘ladi – bu temperamentning asab tizimi xususiyatlariga to‘g‘richiziqli bog‘liqligi. Tempera-mentning asab tizimi xususiyatlariga egri chiziqli bog‘liqligi ham mavjud. Qo‘zg‘alish jarayoni kuchining oshishi ma'lum darajaga etgandan so‘ng emotsional qo‘zg‘alish kamaya boshlaydi . qo‘zg‘alish jarayoni kuchi oshaverishi bilan emotsional qo‘zg‘alish osha boshlaydi.  Temperamentning asab tizimi tipiga bog‘liqligi ko‘p qiymatli bo‘lishi ham mumkin, ya'ni asab tizimining bitta xususiyatiga temperamentning bir necha turli xususiyatlari bog‘liq bo‘lishi va, aksincha, temperamentning bitta xususiyati asab tizimining birnecha xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin

Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash

T-sxema.

T-sxema dars davomida universal grafik vosita bo‘lib xizmat qiladi.

T-sxema texnologiyasi juda sodda. Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan so‘ng quyidagi ko‘rinishdagi T-sxemani tuzish kerak.

 

T-sxema texnologiyasining jadvali

Tarafdor

Muammo

Qarshi

 

 

 

Besh minutdan so‘ng sxemaning chap tomonini to‘ldirish lozim. Unda o‘quvchilar  belgilangan vaqt davomida mavzuga oid qancha fikrlar o‘ylab topishgan bo‘lsa, shuncha fikrlar ko‘rsatiladi. Keyingi belgilangan vaqt davomida o‘quvchilar sxemaning o‘ng tomonini to‘ldiradilar. Va nihoyat, yana shuncha vaqt mobaynida o‘quvchilar o‘zlarining T–sxemalarini boshqa juftlikning T–sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar.

 

II.               Mustaqil ish va vazifalar

 

1.Talabalar o`z  tushunchalarini  daftarlariga  qayd etadilar.

2. Irsiy kasalliklarning oldini olish choralari haqida mustaqill ish yozadilar.

 

                       Nazorat uchun savollar

 

1. Nafas harakatlari  chastotasi normada qancha, nimalarga bog`liq bo`lishini aytib bering?

 2.Nafas harakatlari chastotasi qanday aniqlanadi?

3. O`pkaning tiriklik sig`imi deb nimaga aytiladi?

4.Jismoniy tarbiya va sport o`pkalarning tiriklik sig`imiga qanday ta’sir ko`rsatadi?

5.O`pkalarning tiriklik sig`imi qanday usullar bilan aniqlanadi?


 

10-AMALIY MASHG‘ULOT  MAVZUSI: ZARARLI ODATLAR SALOMATLIKNING BUZG`UNCHILARIDIR: CHEKISHNING ODAM ORGANIZMIGA SALBIY TA’SIRI

2-soat

Amaliy mashgulot  maqsadi:  Zararli  odatlar ta’rifi. Chekishning odam organizmiga salbiy ta’siri. Chekishning asoratlari to`g`risida ma’lumotlar oladilar va undan xulosa chiqaradilar.

 

Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.

 

Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.

 

I.                  Qisqacha nazariy ma`lumot

 

Chekishning bolalar va o`smirlar orasida keng tarqalib borayotgani juda  achinarli holdir.

Bizning mamlakatimizda ham  tamaki va nos chekuvchilar  soni kundan kunga ortib bormoqda. Azaldan bizning ajdodlarimiz nos chekishni o`zlariga  odat qilib olganlar. Bu zararli odat hozir ham saqlanib qolganO`zbekistonda ayollarning 12 foizi, erkaklarning 40 foizi tamaki chekadi.

Hozirgi kunda sayyoramizda erkaklarning 60 foizi, ayollarning 20 foizi chekadi.

Insoniyat har sekundda  300 mingdan ziyod dona sigaret chekadi.

Tamaki tarkibida turli xil zaharli  kimyoviy va kanserogen  moddalar bor. 1809 yilda tamaki bargidan  nikotin moddasi ajratib olingan. Tutab turgan sigaretning harorati 300 gradus bo`lib, o`sha tutunda 4 mingdan ortiq kimyoviy birikmalar mavjud, shu jumladan 40 xil kanserogen (rak kasalini chaqiruvchi) moddalar bor.  Tamaki tutunining  komponentlariga  dioksid uglevod, uglerod oksid (is gazi), vodorod  sianid, ammoniy, izopiren,  atsetaldegid, akrolein, nitrobenzol, atseton, vodorod sulfid, sinil kislota va boshqalar kiradi.  Bundan tashqari, tamaki tutunida qattiq zarrachalar, nikotin, suv, smola kabilar ham bor.

Tamaki  smolasi  o`z tarkibida  politsiklik aromat uglevodorodlar, nitrozoaminlar, aromatik aminlar, izoprenoid, piren, benzopiren, xrizen, antratsen, flyuratin, oddiy va murakkab fenolfenal, kaliy, qo`rg`oshin, paloniy radioaktiv birikmalarini saqlaydi.

Tamakini turli xil  xalq turlicha iste’mol qiladilar,  ayrimlari hidlaydilar, ba’zilari chaynaydilar, boshqalari chekadilar.

Oz miqdorda nikotin markaziy nerv sistemasi hujayralarini qo`zg`atadi, bu tomir urishini va nafas olishni tezlashtiradi. 20-25 dona  sigaret bir vaqtda birdan chekilsa insonni o`limga olib keladi.

Tamaki  chekilganda tamaki tarkibidagi ammiak, nikotin, uglerod (I)- oksid, rak rivojlanishiga olib keladigan uglevodorod, benzipiren, poloniy radioaktiv elementlari qonga so`riladi.  Kashanda bir kunda o`rtacha 20 dona sigaret cheksa, 30 yil mobaynida 200 ming dona chekadi, bu 160 kg tamaki bo`lib, 80 kg nikotinni  tashkil etadi, ya’ni o`ldiradigan dozaning bittasini  yoki bundan ko`prog`ini  qabul qilar ekan, o`lib qolmasligining sababi, nikotinning organizmga kam-kam miqdorda tushib turishidir.

Nikotin o`pkadan  qonga o`tib oldin markaziy nerv sistemasiga  ta’sir qiladi. Uning ta’sirida  buyrak usti bezi qonga ko`p miqdorda  adrenalin ishlab chiqaradi, bu modda arteriya  tomirlarining  torayishiga, keyin xafaqon (gipertoniya) kasaliga, kapillyarlarning tirishib, torayib qolishiga sabab bo`ladi. Nikotin yurak muskullari uchun juda xavfli bo`lib, ishemiya avj oladi, u o`z navbatida  miokard infarktiga olib keladi.  Shuningdek ateroskleroz  va erkak mijozi susayishi (impotensiya) ga ham olib kelishi mumkin. Odam har bir dona  sigaret chekkanda  organizmida bitta apelsin tarkibida bo`ladigan miqdorda  vitamin S parchalanib ketadi.  Nikotin odamning so`lagida eriydi, gastrit, oshqozon yarasi, lab, qizilo`ngach  raki kasalligining 30 foizi,  Bazedov kasalligining 30 foizi, shuningdek bronxit, ayollarda bola tashlash kabi hollar  uchrab turadi.  Odam kuniga bir qutidan  sigaret cheksa, umri 8 yilga, ikki qutidan cheksa, 15 yilga qisqarishi hisoblab chiqilgan.

Kashandalarda asta-sekin  nikotin sindromi shakllanadi va u uch  bosqichdan iborat:

Birinchi bosqich – ruhan bog`lanish.  Odamning asta-sekin ko`proq sigaret chekishga ko`ngli ketaveradi, bu 1-5 yil davom etadi.

Ikkinchi bosqich – chekishga ko`nikib qolish. Bunda tez-tez boshqalardan ajralib turish, tengdoshlariga ko`z-ko`z  qilish sigareta markasini, o`z sharoitini baholash, maqtanish uchun chekadi. Kashandalarda bronxit, qorin, yurak og`rig`i paydo bo`ladi. Tajang bo`lib qoladi.  Bu 5-15 yil davom etadi.

Uchinchi bosqich – haqiqiy kashandalik.

Bunda odam o`z-o`zidan chekaveradi, doim boshi og`rib turadi, xotira pasayadi, serjahl bo`lib, kayfi xiralashadi, surunkali yo`taladi,  bu alomatlar rak kasalligining boshlanishidan dalolat beradi.


 

 

II.               Mustaqil ish va vazifalar

 

1.Talabalar o`z  tushunchalarini  daftarlariga  qayd etadilar.

2. Irsiy kasalliklarning oldini olish choralari haqida mustaqill ish yozadilar.

 

Nazorat uchun savollar

 

1.     Zararli odatlarga nimalar kiradi?

2.     Chekishning odam organizmiga salbiy ta’sirini ayting?

3.     Kashandalarga nikotin sindromi qanday shakllanadi va necha bosqichdan iborat?

4.     Chekishning asoratlarini ayting?


 

11 -AMALIY MASHG‘ULOT  MAVZUSI: GIYOHVANDLIK HAQIDA TUSHUNCHA, TURLARI VA INSON ORGANIZMIGA SALBIY TA’SIRI.

2-soat

 

Amaliy mashgulot  maqsadi:  Giyohvandlik uning turlari, organizmiga ta’siri va zarari  haqida tushunchalar oladilar va  undan xulosalar chiqaradilar.

 

Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.

 

Ishni bajarish tartibi.  Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.

 

 

I.                  Qisqacha nazariy ma`lumot

 

         Giyohvandlik (narkomaniya) – odamning o`z xoxish irodasi bilan biror bir narkotik  moddani surunkali ravishda iste’mol qilish natijasida  unga o`rganib, bog`lanib qolishdir, ya’ni giyohvand modda bilan o`zini telba, karaxt qilishdir.  Bu kasallik inson shaxsiyatini pasaytirib majruxlik (invalid) ka olib keladi, salomatligiga putur yetkazadi, oila va jamiyat  uchun yaroqsiz  kimsaga aylantiradi, oxir-oqibatda halokatga yuz tutadi.

         Giyohvandlik sekin - asta  bosqichma-bosqich rivojlanadi.

         Dastlab odamda o`rganib qolish ( adaptatsiya) bosqichi paydo bo`lib, bunda organizm reaktivligi va qarshilik kuchi o`zgarib, immunitet (himoya qobiliyati) pasayib boradi, ruhiy qaramlik rivojlanadi. Uning fikru-hayoli  giyohvand  modda bilan bog`lanib qoladi, tez-tez iste’mol qilgisi kelaveradi. 

         Keyinchalik odamda jismoniy qaramlik paydo bo`lib, abstinent (xumorilik) sindromi boshlanadi natijada odam narkotik qabul qilishga majbur bo`ladi. Organizmdagi barcha organ va sistemalarning faoliyati buziladi, turli kasalliklar yuzaga keladi.

         Odam qancha ko`p miqdorda dori iste’mol qilgani bilan qanoatlanmaydi ya’ni tolerantlik o`zgaradi va yana xumor qilaveradi, u giyohvandlik kasalligiga mubtalo bo`ladi.

Giyohvand moddalarning turlariga qarab, odamda giyohvandlik turli ko`rinishlarda namoyon bo`ladi.


 

Nashavandalik

 

         Nasha qadimgi giyohvand moddalardan biri hisoblanadi. Nasha kanop o`simligidan olinadi. U maxsus hidga ega bo`lgan modda.  Tarkibidagi giyohvand ta’sirga ega bo`lgan modda  1964 yilda ajratib olingan bo`lib, sintez qilingan modda 9- tetragidrokannabiol deb ataladi. Nasha tabobatda  qo`llanilmaydi. Uni yashirincha yo`llar bilan  nasha changini yig`ish yo`li bilan olinadi.

         Nashani turlicha iste’mol qilish mumkin.  Shu jumladan chaynash, chekish, ichimlik tayyorlab ichish va hokazo.  Birinchi marta chekilganda ko`ngil aynishi,  og`iz achishi, so`lak ajralishi, yengil bosh aylanishi hollari kelib chiqadi.

         Bunga qaramasdan  chekish davom ettirilaversa, bu holatlar o`tib ketadi va o`rnini tashna bo`lish, ochlik hamda shilliq pardalarning qurishi egallaydi.  So`ngra badanga issiqlik yuguradi va butun tanaga yoyiladi. yengil tortish, ko`p kuladi, sal harakatlanish, gavda holatini biroz  o`zgartirish to`xtovsiz kulgiga sabab bo`ladi ya’ni eyforiya holati paydo bo`ladi. Fikrlash sur’ati  tezlashadi.  So`zlar, ko`p gaplar tartibsiz, lekin aniq bir fikrni  ifodalamaydi. Atrofdagilar bilan muloqotni yo`qotadi, ularning u bilan xursandchilik qilmayotganligidan ajablanadi, goh jahldor, goh xushchaqchaq holat- ekzaltatsiyaga olib keladi. Turli fantaziyalar va illyuziyalar paydo bo`ladi.

         Ovozlar kuchli jarangdor  bo`lib eshitiladi. Bularning hammasi nasha mastligining birinchi qo`zg`alish fazasida sodir bo`ladi.

         Ikkinchi faza tushkunlikka tushish fazasi bo`lib, ranglar hira ko`rinadi, illyuziya va fantaziyalar yo`qoladi, fikrlash tormozlanadi, qo`rquv paydo bo`ladi, kayfiyat yomonlashadi.

         Nasha mastligining  belgilari qabul qilingan narkotikning miqdoriga, soniga, kishining oliy nerv faoliyatiga bog`liq bo`lib, undan o`tkir mast bo`lish bir soatgacha davom etadi va og`ir uyqu, behollik bilan davom etadi.

         Nashani ko`proq iste’mol qilish, es-hushning aynishi, ko`rish, eshitish gallyutsinatsiyalari, vasvasa g`oyalari hamda kekin qo`zg`alish bilan yuzaga  chiqadi,  bu vaqtda inson hech narsadan qaytmaydi va juda og`ir jinoyatlar sodir etishi mumkin, 2-6 oy muntazam nasha qabul qiluvchilarda psixasteniya, xotira pasayishi, atrofdagi yaqinlari va do`stlariga nisbatan qiziqishi hamda ular  bilan muloqotini yo`qotish holatlari kelib chiqadi.

 


 

Morfinizm

 

         Ushbu guruhga opiy va uning preparatlari – pantopon, omnopon, peregorik, laudonon, pektol, opionon kabi 20 ga yaqin alkoloidlar hamda opiy  hosilalari – morfin, kodein, tebain, geroin, duonin, papaverin, narkoten shuningdek fenadol va promedol ham kiradi.

         Morfin tipidagi  narkotiklar ko`knoridan olinadi. Uni ichish, teri ostiga, vena ichiga yuborish yoki chekish  orqali qabul qilinadi. O`limga olib keladigan sof dozasi 0,3-0,5 g.

         Morfindan o`tkir zaharlanish natijasida kuchli qo`zg`alishlar yuzaga keladi. Bu eyforiya (kayfi safolik) deb ataladi. Ayni vaqtda og`iz qurib, tanaga issiqlik yugurganday bo`ladi, odam bo`shashadi, boshi og`riydi, terlaydi. Siydik ko`p ajraladi. YUrak va nafas ritmi buziladi.

         Es-xush o`zgaradi. Ko`karish, qonli ich ketish, teri qichishishi, toshmalar toshishi, yuzi ko`karib qizarishi kuzatiladi, so`ngra mudroq bosib chuqur uyquga ketadi.

         Narkotikni qabul qilgandan keyin beg`amlik, xotirjamlik, eyforiya (hamma narsadan mamnunlik), ba’zan illyuziya kuzatiladi. 30-40 minutdan  keyin eyforiya  o`rnini mudroq bosadi.

         Morfinga bo`lgan abstinensiya (xumorlik)  uni oxirgi marta qabul qilgandan keyin  bir necha soat o`tib boshlanadi va 5-7 kun davom etadi. Bu paytda terlash, ko`z yoshi oqishi, burundan suv kelishi, qaltirash, ko`ngil aynishi, qusish, harorat ko`tarilishi, nafas tezlashishi, muskullar og`rishi, organizmda suvsizlanish  kabi holatlar paydo bo`lib, hatto  o`lib qolish hollari uchrashi mumkin.

 

Kokainizm

         Bunga asosan kokaindan o`tkir  va surunkali zaharlanish hollari kiradi.

O`tkir zaharlanish – yuz oqarishi, umumiy behollik, bosh aylanishi, yurak o`ynashi, tomirlarning noto`g`ri urishi bilan ifodalanadi, keyinchalik qon aylanishi buziladi hamda nafas markazi falajlanishi oqibatida bemor halok bo`ladi.

Surunkali zaharlanish – kokain  preparatini uzoq vaqt  qabul qilish oqibatida yuzaga keladi.

         Uning dastlabki dozalarini  qabul qilganda yengilgina bosh aylanishi, salgina bosh og`rishi sodir bo`lib, tez orada aqliy  faoliyatning  kuchayishi va kayfiyatning  yoqimli tus olishi bilan almashinadi. Bu 2 soat davom etadi. So`ng holsizlik,  loqaydlik, tushkunlik, illyuziya, gallyutsinatsiya (ko`ziga har xil yo`q narsalarning ko`rinishi) va qo`rquvlar bilan kechadi. Kokainga odam tez o`rganadi. Odamda gumonsirash, shubhalanish, ishtaha pasayishi holatlari hamda rashk o`ti paydo bo`ladi.

         Organizmdagi reaktivlik pasayib yuqumli  kasallikka  moyillik ortadi,  chipqonlar chiqadi, ilgarigi surunkali kasalliklar qaytalanadi. Tolerantlik paydo bo`ladi.

         Uyqu dorilarini qabul qilish oqibatida ham giyohvandlik kelib chiqishi mumkin. Uyqu dorilariga: barbituratlar guruhiga  kiruvchi preparatlar (veronal, medional, lyuminal, barbamil, nembutal, siklobarbital, geksobarbital), piradin preparatlaridan  (tetradin, noksiron, ortonal) kiradi. Bu dorilarni  o`zboshimchalik bilan yoki shifokor ko`rsatmasini buzib, uzoq muddat qabul qilishi natijasida giyohvandlik rivojlanadi. Bunday  giyohvandlar o`ta ta’sirchan, jizzaki, asabiy va xotirasi pasaygan bo`ladi. Terisi, qo`l-oyoqlari, og`zining shilliq qavatida turli xil toshmalar toshadi. Uyqu dorisini 3-4 kun ichmay qo`ygandan so`ng bemorda abstinent (xumorilik)  holati yuzaga keladi. Bemorda uyqusizlik, umumiy quvvatsizlik, bosh aylanish, qusish, ko`ngil aynishi holatlari kuzatiladi. Dorini suiste’mol  qilinsa, “ensefalopatiya” (bosh miyaning zararlanishi) va epilepsiya kelib chiqishi mumkin. Bemorlar qo`pol, badjahl, rahmsiz bo`ladilar va ularda 6 oydan so`ng psixoz  vujudga kelishi mumkin.

 

Toksikomaniya

 

         Toksikomaniya – bu o`tkir hidli narsaga organizmning moyilligi bo`lib, yoshlar orasida ko`plab uchrab turadi. Aslida “toksin” “zaharli modda” degan ma’noni anglatadi.

         Toksikomaniya ximiyaviy va biologik  toksik moddalar, benzin, tamaki, atseton, bo`yoq hidlariga  organizmning  moyilligi ortishi bilan ifodalanadi. Toksikomanlar  eyforiya (kayfi chog`lik, komfort), yomon kayfiyatni yaxshilash va diskomfortni tarqatish  uchun zaharli moddalarga o`rganib qoladilar.

         Toksik moddalar  yuridik jihatdan  narkotik preparatlarga kirmaydi, lekin unga odam  o`rganib qoladi.

Toksik  preparatlar guruhiga:

         a. Psixoleptik (seduksen, elenium, tazepam, triokzasin, meprobomat va boshqalar).

         b. Psixoanaleptik (sidnofen, atsefen va boshqalar).

         v. Boshqa stimulyatorlarga (fenamin,  benzidrin, kofe, choy) kiradi.

         Ko`pincha nerv sistemasining qo`zg`aluvchanligini oshirish, uyquni qochirish uchun fenamin yoki benzidrin preparatlarini  qabul qilish  natijasida toksikomaniya  rivojlanadi. Bu preparatlarni tez-tez  qabul qilish oqibatida,odam ularga  o`rganib qoladi. Kayfiyatini yaxshilash uchun  bu preparatlarni qabul qilgisi kelaveradi. Ba’zan odam kofe yoki achchiq choy ichib toksikoman bo`lib qolishi  mumkin. Achchiq choy (chefir) yoki kofe ichmasa uyqusizlik, bosh og`rig`i, qo`rqinchli tushlar ko`rish, qaltirash holatlari sodir bo`ladi.

         Achchiq choy yoki kofeni achchiq qilib damlab ichsa 3-40 daqiqa o`tgach “mast bo`lish”,  uyquchanlikning ortishi kuzatiladi.  Bazan odamda ish qobiliyatining kuchayishi, charchoqlik yo`qolishi seziladi. Chefirni surunkali qabul qilish, uyqu, psixikaning buzilishi, qiziqishning kamayishiga olib keladi.

         Abstinent sindrom (xumorlik) – toksik moddani ichmay qo`ygandan keyin 20-24 soat o`tgach yuzaga keladi va 3-4 kun davom etadi. Odamda bu holat uyquning buzilishi, holsizlik, bosh aylanishi,  ko`ngil aynishi, qusish, arterial bosimning tushib ketishi, tutqanoqlar yuzaga kelishi bilan kechadi.

         Kofein toksikomaniyasi (chefir, kofe) katta doza qabul qilgandan keyin  bir soat davomida  kayfiyatning ko`tarilishi bilan kechadi. Bu moddalarni  surunkali iste’mol qilgan kishilarda toksikomaniya rivojlanadi.

         Achchiq qilib damlangan choy (chefir)ning o`rtacha dozasi fikrlashning yengillashishiga olib keladi.  Domiy iste’mol qilish esa o`zini tuta olmaslik, to`lqinlanib ketish bilan kechadi, bunda abstinensiya uchramaydi.

 

Polinarkomaniya

 

         Polinarkomaniya – ikki va undan ortiq  narkotik moddani qabul qilishdir.  Polinarkomanlar og`ir bemorlar  hisoblanadilar. Narkotik modda bilan uyqu dorini  ichganda bo`g`imlarda  qattiq og`riq qaltirash, ishtahaning pasayishi va psixoz yuzaga keladi.  Bemorlar ta’sirchan tajovuzkor bo`lib, ularning xotirasi sust, ish qobiliyati pasaygan bo`ladi, sababsiz ingranadi, baqiradi, qo`rqadi,  o`zini-o`zi o`ldirmoqchi bo`ladi. Opiy bilan uyqu dori iste’mol  qilinganda haddan tashqari  xursand, sergap, so`ng tajovuzkor bo`lib qoladi

Psixostimulyatorlarga: “ekstazlar”, kokain, gallyutsinogenlar kiradi.

         Ekstazlar keyingi vaqtlarda   ko`proq qo`llanila boshlandi. Ko`proq ekstaz qabul qilinganda tana harakati faollashadi, harorat oshadi, og`ir hollarda o`lim sodir bo`ladi.

Kokain qabul qilinganda yurakda aritmiya paydo bo`lib, to`satdan o`lim sodir bo`lishi mumkin. Gallyutsinogenlar kanopga o`xshab kayf beradi. Bu moddalar psixozni keltirib chiqaradi.

         Uchuvchi moddalarga – kimyoviy erituvchilar, (benzin, yelim, bo`yoqlar) kiradi. Ularni hidlab kayf qiladilar. Bu moddalar  bosh miya, jigar, o`pka hujayralarini o`ldiradi.

         Giyohvandlikning zararli va salbiy  oqibatlari juda ko`pdir. Ularni quyidagicha izohlash mumkin:

         Sog`likka zarari. Giyohvand modda inson organizmiga  og`iz yoki burundan kirgach, o`pka va ichaklarga so`rilib, qon orqali jigarga boradi. Giyohvand moddalar tarkibidagi, ularga ishlov berishda ishlatiladigan zaharli kimyoviy birikamlar: atseton, toluol, benzol, sirka angidridi jigar hujayralarini  ta’sirlantiradi va jigar  xastaligini  keltirib chiqaradi. Jigarda zaharli  modda 1,5 foizgacha  saqlanadi.  Giyohvandlarda ko`pincha toksik gepatit kelib chiqadi, yuqumli A va B  turdagi gepatitlarning  sog`ayishi kechikadi, oqibatda jigar sirrozi rivojlanadi.

         Giyoxvand moddalar asab sistemasiga  ta’sir etib, asab hujayralarini ishdan chiqaradi, insonda ko`rish, eshitish hid bilish, fikrlash, isssiq-sovuqni, qattiq-yumshoqni, ta’mni  sezish xususiyatlari yo`qoladi. Muskullar tonusi pasayadi, beixtiyor siydik  ajralishi, epileptik tutqanoqlar vujudga kelishi mumkin.

         Giyohvandlarda nafas olish  tizimi xastaliklari  (bronxit, bronxial astma, zotiljam, o`pka raki kabilar),  yurak qon-tomir xastaliklari (gipertoniya, miokard infarkti, stenokardiya,  ateroskleroz kabilar) ko`proq uchraydi.

         Giyohvandlar organizmda  immun (himoya) qobiliyatining  pasayib ketishi natijasida, ular yuqumli kasalliklarni  tez yuqtirib oladilar, teri-tanosil kasalliklari va OITS kabi og`ir xastaliklarga  chalinib, ularni yuqtirishda xavfli manba bo`lishlari mumkin.

         Giyohvandlik esa nasl kushandasi. Giyohvandlardan nosog`lom, nogiron farzandlar tug`iladi.

         Ijtimoiy zarari. Giyohvandlikning jamiyatga yetkazadigan zarari juda ko`pdir. Giyohvandning o`zi oilasi, kasbi- kori va o`qishiga munosabati keskin pasayib ketadi, ularga nisbatan sovuqqonlik, qiziqishning yo`qolishi, beparvolik, loqaydlik kabi hissiyotlar paydo bo`ladi.

         Giyohvandlikning salbiy oqibatlari faqat shaxs yoki jamiyatdagina emas, balki borib-borib butun mamlakatning  sog`lomligi va barqarorligiga  putur yetkazishi, siyosiy tuzum va qonunchilikning izdan chiqishiga ham sabab bo`lishi mumkin.

         Moddiy va iqtisodiy zararlari. Giyohvandlik inson jismini qanchalik xarob qilsa xuddi shuningdek shaxsning va jamiyatning  mol-mulkiga va boyligiga ham mislsiz zarar yetkazadi. U tinch-totuv oilalarni buzadi, bolalarni yetim qiladi, qashshoqlik, muhtojlikda yashashga majbur etadi, oxir-oqibat kasallik, o`lim yoki qamoqxona bilan yakunlanadi. Giyohvandlar nafaqat oilasiga, ishlab chiqarishga, balki mamlakat  iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi, ishsizlikning ko`payishiga sababchi bo`ladi.

         Ma’naviy zarari. Giyohvandlikka mubtalo bo`lan kimsaning ma’naviyati qashshoqlashadi, insoniylik qiyofasini yo`qotadi, tubanlashadi, yengil-elpi yashashni afzal ko`radi.

         Siyosiy zarari. Mamlaktda giyohvandlikning ko`payishi, giyohvand moddalar bilan shug`ullanish, dunyo hamjamiyatida  uning mavqeyi va obro`siga katta putur yetkazadi. Mamlakat uchun yana bir xatarli jihati shundaki, gyohvandlikka ruju qo`ygan kimsalar bu “og`uni” sotib olib, iste’mol qilish uchun  pul va mablag`ga muhtoj bo`ladilar. Moddiy boylikni qo`lga kiritish uchun esa ular nafaqat  o`z vatanlarini, balki imonlarini  ham arzimagan narxga sotib yuborishga tayyor bo`ladilar.

         Giyohvandlar giyohvand moddani topib, iste’mol qilish uchun har qanday jinoyatdan, xoinlikdan, vatanfurushlikdan, terroristik harakatlardan qaytmaydilar.

 

II.               Mustaqil ish va vazifalar

 

1. Talabalar o`z  tushunchalarini  daftarlariga  qayd etadilar.

2. Kasalliklarning oldini olish choralari haqida mustaqill ish yozadilar.

 

Nazorat uchun savollar

 

1.      Giyohvandlik deganda nimani tushunasiz?

2.      Giyohvandlik bosqichlarini ayting?

3.      Giyohvandlik turlarini aytib bering?

4.      Toksikomaniya deganda nimani tushunasiz?

5.      Polinarkomaniya deganda nimani tushunasiz?

6.      Giyohvandlikning zarari va salbiy oqibatlarini ayting?


 

12 -AMALIY MASHG‘ULOT  MAVZUSI: OITS HAQIDA TUSHUNCHA, KELIB CHIQISH SABABLARI, TARQALISHI VA YUQISH YO`LLARI, KLINIK BELGILARI, ANIQLASH USULLARI, TASHHISI, DAVOSI VA PROFILAKTIKASI.

2-soat

Amaliy mashgulot  maqsadi: Butunjaxon Global muammolardan biri bo`lgan OITS va OIV infeksiyasi, ularning tarqalishi, yuqish yo`llari, klinik belgilari, tashhisi, profilaktikasi, anonim punktlar haqida tushunchalar (ma’lumotlar) olish  va undan xulosalar chiqarish.

 

Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.

 

Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.

 

I.                  Qisqacha nazariy ma`lumot

 

OITS (Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)- bu OIV kasalligining so`nggi bosqichi bo`lib, odamning immun tizimini jarohatlaydi va oxiri o`lim bilan tugaydi.

OITS kasalligining kelib chiqish sabablarini aniqlash va  uning qo`zg`atuvchisini topishda Amerikalik va Fransiyalik  olimlarning xizmatlari katta bo`ldi.

1983 yilda OITS ni qo`zg`atuvchi virus topildi va uni har xil nomlar bilan nomlashdi, faqatgina 1986 yilda qo`zg`atuvchiga  odam immun tanqiligi virusi (OIV)  deb nom berildi. 1985 yilda dunyoning 40 ta davlatiga OITS qayd qilingan bo`lib, 1987 yilda AQSh da 47 ming, Afrikada 8,5 ming, yevropada 9 ming, Osiyoda 200 dan ortiq kishi ro`yxatga olingan. Hozirgi kunda 200 dan ortiq mamlakatda ushbu kasallik qayd etilgan.

OITS da kasallik manbai OITS bilan og`rigan bemor va OIV bilan zararlangan virus tashuvchi odam hisoblanadi. Kasallik faqat odamdan-odamga yuqadi.

Hozirgi paytda OITS ning quyidagi yo`llar orqali yuqishi aniqlangan:

1.     Jinsiy aloqa  yo`li orqali. Bunda kasallik jinsiy buzuqlar (gomoseksualistlar) o`z jinsi  bilan aloqa qiluvchilar, biseksualistlar- o`z jinsi va qarama qarshi  jins vakillari  bilan aloqa qiluvchilar, geteroseksualistlar-odatdagi jinsiy  aloqa qiluvchilar,  fohishalar, fohishaboz- qo`shmachilar, yengil tabiatli ahloqi buzuqlar orqali yuqadi.

2.     Virus bilan  zararlangan qon va qon mahsulotlari quyilganda, sterillanmagan shprits va tibbiy asbob-uskunalardan foydalanilganda.

3.     Transplatsentar yo`l:  homiladorlik vaqtida onadan homilaga yo`ldosh orqali o`tadi.

Tug`ruq vaqtida va tug`ruqdan  so`ng ona suti orqali  yuqish kuzatilgan.

OITS ning  yashirin davri  6 oydan 15-20 yilgacha, o`rtacha 3-4 oydan 5 yilgacha davom etadi. OITS ning rivojlanishida OITS  oldi davri xarakterli bo`lib, u bir oydan  6 oygacha davom etadi va  umumiy belgilar paydo bo`ladi. Bularga darmonsizlik, ko`p terlash,  kechki paytlarda  tana haroratini ko`tarilishi, ozib ketish, ich ketish, og`iz bo`shlig`ida  zamburug`lar paydo bo`lishi, yo`tal, terida toshmalar paydo bo`lishi,  terining qichib  turishi, limfa  tugunlarining  kattalashuvi kiradi.

OITS ning  o`ziga xos alomatlari yo`q. Ko`pchilik bemorlarda “Sovuq oq barmoqlar”  sindromini kuzatish mumkin. Bu holat qon tomirlarda qon aylanishi sekinlashib qolganligidan dalolat beradi.

Umuman olganda OITS asta-sekin boshlanadi. Organlar va tizimlar  faoliyatining  buzilishiga  qarab kasallikni shartli ravishda 5 ta klinik shakllarga ajratish mumkin:

1.     O`pka shakli.

2.     Miya (serebral) shakli

3.     Me’da ichak shakli

4.     Differsiallashmagan shakli.

5.     Disseminatsiyalashgan shakli.

 

O`pka shaklida bemorda nafas olishning qiyinlashuvi, hansirash, tez-tez yuzaki  nafas olish, og`iz-burun atrofida ko`karish, yo`tal, qon tuflash  kuzatiladi.

Miya shaklida bemorda kuchli bosh og`rishi, qusish, hushdan ketish, talvasaga tushish, nevritlar (bosh miya nervlarining  zararlanishi), parez va paralichlar paydo bo`ladi.

Me’da – ichak shaklida bemorda og`iz bo`shlig`ida yallig`lanishlar- stomatitlar paydo bo`ladi, yutish qiyinlashadi, qorinda kuchli og`riq  bo`ladi,  damlaydi,ichi ketadi, axlat suyuq, qon aralash bo`ladi.

Differensiallashmagan shaklida bemor darmonsizlanadi, boshi og`riydi, tez charchaydi, xotirasi pasayadi, kayfiyati tushadi, ishtahasi yo`qoladi, uyqusi buziladi.

Disseminatsiyalashgan shaklida bemorda hamma a’zo va tizimlarga xos  o`zgarishlar kuzatiladi.

OITS ning klinik  ko`rinishlarining yengil shakli bo`lmaydi, kasallik faqat og`ir kechadi, oqibatda albatta o`lim bilan tugaydi.

Kasallikni davolashda quyidagi tamoyillarga   amal qilish kerak:

1.     OIV virusiga  ta’sir qilish.

2.     Organizmning himoya qobiliyatini yaxshilash.

3.     Kasallikka yondosh bo`lgan kasalliklarga  qaratilgan davolash ishlarini olib borish.

OITS ning oldini olishda birinchi navbatda OITS ning jinsiy aloqa qilish  yo`li orqali  yuqishini to`sish  juda muhimdir. Barcha erkak va ayollarga  OITS haqida ma’lumotlar berish, tushuntirish lozim. Virusning yuqish yo`llarini xavfsiz choralari (prezervativlar) dan foydalanishni  bilishi, o`z xoxishi bilan chuqur tekshiruvdan o`tishi  kerakligi tushuntiriladi.

Ikkinchi navbatda OITS ning parenteral  tarqalishi yo`lini to`sish. Buning uchun turli in’eksiyalarni  pala-partish  qabul qilmaslik kerak.  Donor qoni, qon pereparatlarini qat’iy tekshiruvdan o`tkazish, to`g`ridan-to`g`ri qon quyishda  ehtiyot choralarini  ko`rish muhim ahamiyatga egadir.

Uchinchi o`rinda OITS ni vertikal yo`l bilan yuqishini oldini olish.  Asosiy maqsad, OIV virusining onadan bolaga yuqishini  kamaytirishdir. Xavfli guruhlarga  kiruvchi ayollarga tegishli maslahatlarni berish, tekshirishni ta’minlash zarurdir. Zaruriyat bo`lganda ularga  farzandining OIV bilan tug`ilishi ehtimoli borligini tushuntirib, homiladan  voz kechish tavsiya qilinadi.

 

II.               Mustaqil ish va vazifalar

 

1. Talabalar OITS va OIV  infeksiyalari haqidagi brashyuralar, bukletlar bilan  tanishadilar va tushunchalarini daftarlariga  qayd  etadilar.

 

Nazorat uchun savollar

 

1.     OITS haqida  tushuncha bering?

2.     OITS ning yuqish yo`llarini ayting?

3.     OITS ning klinik belgilari  va shakllarini ayting?

4.     OITS ga tashhis qo`yishda nimalarga ahamiyat beriladi?

5.     Davolash tamoyillarini ayting?

6.     OITS ni oldini olish  choralarini ayting?


 

ADABIYOTLAR

 

Asosiy

1.     Ananev V. A. Davidenko D. N. «Obhaya valeologiya». SPB, BPA, 2000

2.     Brexman I. I. Valeolgiya-nauka o zdrove. Moskva, «FiS», 1990 g.

3.     Bayner E. N. «Valelogiya», Moskva, izdatelstvo «Nauka», 2001 g.

4.     Dubrovskiy V. I. Sportivnaya meditsina. Moskva, «Vlados», 2002 g.

5.     Kaznacheev V. P. Osnova obhey valeologii. Voronej, «Modek», 1997.

6.     Koveshnikov V. G., Nikityuk B. A. «Meditsinskaya antropologiya», Kiev «Zdorovya» 1992 g.

7.     Nikityuk B. A., Chtesov V. P. «Morfologiya cheloveka», MGU, 1990 g.

8.     Nishonboev K. N.,  Hamroeva F. A., Eshonqulov O. E. «Tibbiyot genetikasi». Toshkent, «Abu Ali Ibn Sino» nashriyoti, 2000 y.

9.     Safarova D. D. «Praktikum po sportivnoy morfologii», Tashkent, 2004 g.

                                                     Ko`shimcha:

1.     Laptev A. P. «Beregi zdorove smolodu», Moskva «Meditsina» 1988 g.

2.     Laptev A. P., Gorbunov V.V. «Kovarno’ye razrushiteli zdorovya», Moskva, «Sport» 1990 g.

3.     Laptev A. P. «Primenenie gigienicheskix i vosstanovitelno’x sredstv dlya ukrepleniya  zdorovya i povo’sheniya sportivnoy rabotosposobnosti».

4.     Trankvilitati A. «Fizkulturno’y lechebnik», Moskva 2004 g.

5.     Tegako L.I., Salivon I.I. «Osnovo’ sovremennoy antropologii». Minsk «Universitetskoe» 1989 g.

6.     Hedrina A.G. Ontogenez i teoriya zdorovya. Novosibirsk, Nauka, 1989 g

Web-saytlar:

1.           http://www.edu.uz

2.           http://www.gov.uz

3.           http://www.kniga.uz

4.           http://www.pedagog.uz

5.           http://www.press-service.uz

6.           http://www.ref.uz

7.           http://www.ziyonet.uz

 

 

 

 

 

 

"Valeologiyafanidan

amaliy mashg`ulotlar

o`tkazish  bo`yicha  metodik  ko`rsatma

 

 

Texnik  ta`lim pedagogikasikafedrasining

Yig`ilishida  (2013 y. __ martdagi __-sonli  bayonnomasi),

“Kasbiy ta`lim” fakulteti  o`quv-uslubiy kengashida

(2013 y. __ martdagi __-sonli  bayonnomasi)

Muxokama  qilinib  chop  etishga  qaror  qilindi.

 

 

 

 

   Tuzuvchilar:   assistent T.E.Delov

 

Ma`sul muharrir:t.f.n. E.Migranova

 

Taqrizchilar: p.f.n., dots. F.B.Qilicheva

                     p.f.n., dots, S.R. Volkova

 

 

Bichimi 60õ84 1/16. Adati 50. Buyurtma _____.

Toshkent  axborot texnologiyalari  universiteti

“ALOQAChI” nashriyot-matbaa markazida  chop  etildi.

Toshkent sh, Amir Temur ko`chasi, 108 uy.