O’ZBÅKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKÅNT AXBOROT TÅXNOLOGIYALARI UNIVÅRSITÅTI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
“Elektron hukumat”
fanidan
Amaliyot ishlari bo'yicha
USLUBIY KO'RSATMA
Toshkent- 2016
Mualliflar:
Djurayev O.N. - Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi.
Abdullayev A.I. - Axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti.
Elektron hukumat fanidan amaliyot ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar. /TATU, 45 b. Toshkånt, 2016.
Ushbu uslubiy ko’rsatmalarda "Elektron hukumat" fanidan amaliyot ishlarini bajarish uchun kårak bo‘lgan ko‘rsatmalar bårilgan. Bunda amaliyot ishlari nomi, ishdan maqsad, nazariy ma’lumotlar, ishni bajarish tartiblari hamda nazorat savollari o’z aksini topgan.
Uslubiy ko‘rsatma 5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-Servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”), 5330600 – Dasturiy injiniring, 5350100 - Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”), 5350200 - Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”), 5350300 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment, 5350400 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi, 5350500 - Pochta aloqasi texnologiyasi, 5350600 - Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik bakalavr yo’nalishlaridagi talabalar uchun mo‘ljallangan.
Taqrizchilar:
Yakubov M.S. |
TATU, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professori t.f.d.
|
Mirzayev N.E. |
“O’zbektelekom” AK Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi direktori o’rinbosari. |
Toshkånt
axborot tåxnologiyalari univårsitåti, 2016
Kirish
Bugungi kunda jahon miqyosida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning taxminan 5,5 foizi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga to’g’ri kelmoqda. Nufuzli xalqaro ekspertlarning fikriga ko’ra, 2020 yilda bu ko’rsatkich 9 foizdan oshadi.
Masalan, Koreya Respublikasining yalpi ichki mahsulotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ulushi 11,8 foizdan ziyodni, Shvetsiyada 7 foizni, Amerika Qo’shma Shtatlarida esa 6,8 foizni tashkil etadi.
So’nggi yillarda iqtisodiyotimizning mazkur tarmog’i jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotganiga qaramasdan, hozirgi vaqtda biz bu borada dastlabki bosqichda turganimizni tan olishimiz darkor. Ya’ni, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining atigi 2 foizga yaqini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hissasiga to’g’ri kelmoqda.
AKT taraqqiy etishi bilan hayotimizni qulayliklar bilan boyitish maqsadida taqdim etilayotgan tejamkor va ishonchli imkoniyatlardan biri «Elektron hukumat» tizimining joriy etilishidir.
Ushbu “Elektron hukumat” fanining amaliyot ishlarini bajarishdan maqsad - talabalarda “Elektron hukumat” tizimi doirasidagi axborot tizimlari kompleksi va davlat interaktiv xizmatlarini amaliyotda qo’llash bo’yicha bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirish va shu tariqa ularni loyihalash va tadqiqot masalalarini muvaffaqiyatli hal etishga tayyorlashdan iborat.
Tayyorlangan uslubiy ko'rsatma 6 ta amaliyot ishini o'z ichiga oladi.
1-amaliyot ishi |
4 soat |
2- amaliyot ishi |
2 soat |
3- amaliyot ishi |
4 soat |
4- amaliyot ishi |
2 soat |
5- amaliyot ishi |
4 soat |
6- amaliyot ishi |
2 soat |
1-amaliyot ishi
Mavzu: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz dan amaliyotda foydalanish
Ishdan maqsad: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini amalda qo’llash. Uning resurslari, faoliyat maqsadlari, interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish.
Masalaning qo’yilishi: Talaba my.gov.uz portali, ya’ni yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan id.uz yagona identifikatsiya tizim orqali ro’yxatdan o’tishi kerak bo’ladi hamda interaktiv xizmatlar orqali davlat tashkilotiga murojaat etishi lozim.
Uslubiy ko’rsatmalar: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali interaktiv xizmatlardan foydalanish. Ro’yxatdan o’tish quyidagicha amalga oshiriladi.
Yagona portal O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi “Interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 378-son qarori aosida tashkil etilgan hamda mazkur Qaror bilan qabul qilingan Nizomga ko’ra faoliyat yuritadi.
my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2013 yilning 1 iyul kuni ishga tushirilgan bo’lib, Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko’rsatadi.
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining maqsadi fuqarolarga interaktiv davlat xizmatlarini ko’rsatishdir. U yagona oyna rejimida faoliyat ko’rsatadi. Yagona portal zamonaviy texnologiya yordamida foydalanuvchining interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo’ljallangan.
1.1-rasm. My.gov.uz portali
Shuningdek, Yagona portal orqali 160 dan ortiq davlat organlariga bevosita elektron tarzda murojaat qilish imkoniyati yaratilgan. Va bu organlar ro’yxati vaqt o’tishi bilan kengayib bormoqda.
1.2-rasm. Yo’l qoidasi buzilgandagi jarimalar miqdori haqida ma’lumot
Yagona portal orqali ko’plab foydali va zarur ma’lumotlar ham berib boriladi. Masalan, mazkur portaldan notarial harakatlarning turlari va bunday harakatlarga to’lanadigan davlat bojlari (1), Ichki ishlar organlarining kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan ko’rib chiqiladigan huquqbuzarliklar va ular uchun qo’yiladigan jarimalar miqdori (2), Yo’l harakati qoidasi buzilishi yuzasidan belgilanadigan jarimalar miqdori (3), Davlat o’rmon fondidan tashqari, daraxtlar va butalarni kesish uchun to’lanadigan to’lovlar miqdori va yashil o’simliklarga etkazilgan zarar va ularni o’zboshimchalik bilan kesganlik uchun jarima miqdorlari (4) bilan tanishish mumkin.
Bundan tashqari portaldan ishonch telefonlari bo’limi ham joy olgan.
1.3-rasm. Ishonch telefonlari ro’yxati
Va yana portalda fuqarolar tomonidan so’ralgan savollarga berilgan javoblarni o’zida mujassam etgan “Ko’p beriladigan savollar” bo’limi hamda bo’sh ish o’rinlari ro’yxati ham joy olgan.
Yagona portal davlat interaktiv xizmatlaridan foydalanish tartiblari:
- Foydalanuvchi davlat interaktiv xizmatidan foydalanish ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
- Foydalanuvchi arizasiga asosan ruxsatnoma berish va uni berkitib yoki yopib qo’yish huquqlariga “O’zinfokom” markazi yoki Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kompyuterlashtirish markazlari ega, ya’ni ushbu markazlar ushbu faoliyatni olib borish vakolatiga ega va mas’ul markazlar hisoblanadi.
- Jismoniy shaxslar (ariza va pasport asosida) va yuridik shaxslar (ariza va ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma asosida) uchun shaxsiy kabinetdan erkin foydala- nishga ruxsatnoma bir yoki ikki kun mobaynida mas’ul mar- kazlar tomonidan beriladi.
- Foydalanuvchi o’zi to’g’risidagi har qanday ma’lumotlar o’zgarganda besh kun muddatda bu haqda mas’ul markazga xabar berishi shart.
Yagona portaldan 4 xil ro’yxatdan o’tish usuli mavjud:
1. SMS tasdiqlash orqali ya’ni Yagona portaldan ro’yxatdan o’tiladi
2. ID.uz – Yagona identifikatsiya tizimidan ro’yxatdan o’tiladi.
3. Elektron raqamli imzo orqali
4. UzCARD yordamida
1.4-rasm. My.gov.uz dan ro’yxatdan o’tish
Misol qilib portaldan to’laqonli foydalanish hamda davlat organlariga murojaat qilish uchun ID.uz – Yagona identifikatsiya tizimidan ro’yxatdan o’tishni misol qilib ko’ramiz. Dastlab ID.uz – Yagona identifikatsiya tizimidan ro’yxatdan o’tiladi.
1.5.rasm. id.uz dan ro’yxatdan o’tish
ID.uz- yagona identifikatsiya tizimidan ro’yxatdan o’tib, so’ng yagona portalga kirayotganda aynan o’sha ID profil orqali tizimga ma’lumotlar kiritiladi.
1.6-rasm. My.gov.uz da avtorizatsiya
Shundan so’ng, foydalanuvchi kabineti ochiladi. U erda Profil, Yuridik shaxs, Mening arizalarim, Mening qoralamalarim, Mening ma’lumotlarim kabi bo’limlar mavjud.
1.7-rasm. My.gov.uz da profil
Foydalanuvchining shaxsiy kabineti
Profilda shaxsiy ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati mavjud.
Mening arizalarim bo’limida yuborilgan arizalar ro’yxati, ularning holati va ularga berilgan javob xatlari bilan tanishish imkoniyati mavjud.
1.8-rasm. My.gov.uz da shaxshiy kabinet
Murojaat yuborish
Yagona portalning eng qulay tomoni bu davlat organlariga bevosita elektron murojaat qila olish imkoniyati borligidir. Bu fuqarolarga ancha qulayliklar yaratadi. Agar ilgari yozilgan murojaatni chop etib, konvertga solib, pochtadan yuborib yoki bevosita fuqaroning o’zi o’sha murojaat xatini davlat organi binosiga olib borib berib, ortiqcha harajat va harakat, asosiysi qimmatli vaqtni yo’qotgan bo’lsa, endilikda uyda o’tirgan holda ham, ko’chaga bir qadam chiqmasdan tegishlicha shikoyat qilish, ariza yoki taklif berish imkoniyati mavjud.
1.9-rasm. Murojaatlarni ko’rib chiqish xizmati
Qanday qilib murojaat qilish mumkin?
Avvalo yuqorida ta’kidlanganidek, Yagona portal tizimiga kiriladi. So’ngra portalning yuqori o’ng burchagida turgan “Davlat tashkilotiga murojaat qilish” tugmasi bosiladi.
5 qadamdan iborat quyidagi oyna ochiladi:
1-qadam. Murojaatni yozish tartib qoidalari xaqida rozilik bildiriladi.
2-qadam. Siz murojaat qilayotgan shaxs turini tanlaysiz: Jismoniy yoki yuridik shaxs. Agarda “Foydalanuvchi kabineti”dagi “Profil” bo’limida shaxsga tegishli ma’lumotlarni kiritilgan bo’lsa, 2-qadamda avtomatik ravishda o’sha ma’lumotlar paydo bo’ladi.
1.10-rasm. Murojaat yuborish. 2-qadam
3-qadam. Murojaat qilmoqchi bo’lgan tashkilot tanlanadi.
1.11-rasm. Murojaat yuborish. 3-qadam
4-qadam. Mazkur qadam eng asosiy bosqich hisoblanib, bu erda quyidagi ma’lumotlarni to’ldiriladi:
- Murojaat sohasi – nima masalada ekanligi;
- Murojaat turi – ariza, shikoyat yoki taklif;
- Javob olish yo’li –elektron pochta yoki pochta orqali xat bilan;
- Murojaatning ko’rinishi – shaxsiy, ommaviy;
- Murojaat mavzusi – nima mavzuda murojaat qilayotganligi;
- Murojaat matni – murojaat batafsil tushuntiriladi;
- Faylni ilova qilish – agar murojaatga fayl (hujjatning skaner varianti, foto yoki videomaterial va h.k.) ilova qo’shish imkoniyati mavjud.
Agarda
barchasito’g’ri bajarganligi to’liq ishonch xosil qilinsa, uchta variant
bo’ladi: Imzo chekish, yuborish va qoralamani saqlash.
Imzo chekish – bu erda ERI moduli, ya’ni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash
mumkin.
Yuborish – murojaatni yuborish.
Qoralamani saqlash – agarda yozgan murojaat yuborish uchun etarli deb hisoblanmasa, ushbu tugma orqali uni saqlab qo’yish va keyinchalik yana tahrir qilib, yuborish imkoniyat mavjud bo’ladi.
1.12-rasm. Murojaat yuborish. 4-qadam
5-qadam. Mazkur qadam “Tamom” deb nomlanib, murojaatni yuborish yoki qoralamaga saqlash tamomlanganligini bildiradi.
MUROJAATGA JAVOBLAR
Murojaatga javob kelganini qanday bilish mumkin?
Eng avvalo foydalanuvchilarga qulay bo’lishi uchun SMS xizmati joriy etilgan. Ya’ni shaxsiy ma’lumotlarda kiritilgan telefon raqamiga uchta holatda SMS-bildirishnomalar keladi. Bular:
1. Murojaat yuborilganda.
2. Murojaat ko’rib chiqish uchun qabul qilinganda.
3. Murojaatga javob berilganda.
1.13-rasm. Mening arizalarim sahifasi
Shuningdek, murojaat holatini “Mening arizalarim” sahifasida xam ko’rish mumkin. Agarda murojaatga javob berilgan bo’lsa, unda o’sha murojaat sahifasida ko’rinib turadi.
Nazorat savollari
1. Interaktiv xizmatlarni o’rganish.
2. ID.uz yagona identifikatsiya tizimidan ro’yxatdan o’tish?
3. Interaktiv xizmatlardan foydalanib davlat tashkilotlariga murojaat yuborish
4. Profil bo’limini shakllantirish?
Mavzu: Kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz dan amaliyotda foydalanish
Ishdan maqsad: Kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portalini tahlil qilish. Uning resurslari, faoliyat maqsadlari, kommunal xizmatlarini yagona oyna ko’rinishida interaktiv xizmatlarni o’rganish.
Masalaning qo’yilishi: Talaba e-kommunal.uz, ya’ni kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portali ID.uz dan yagona identifikatsiya tizim orqali ro’yxatdan o’tishi kerak bo’ladi hamda elektron xisoblagichlarni profilga kiritib onlayn to’lovni amalga oshirishi lozim.
Uslubiy ko’rsatmalar: Kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz portali orqali interaktiv xizmatlardan foydalanish. Ro’yxatdan o’tish quyidagicha amalga oshiriladi.
Kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz.
Portalning asosiy vazifasi aholining uy-joy-kommunal soha va kommunal xizmat vakillari, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining sohaning yuqori tashkilotlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirishdir. Portalning maqsadi – interfaol va axborot xizmatini ko’rsatish orqali kommunal xizmatlarining aholi, tadbirkorlik sub’yektlari bilan o’zaro hamkorlik qilishi uchun yagona axborot makonini tashkil etish, kommunal xizmatlar faoliyatida oshkoralikni ta’minlashdan iborat. Portal yordamida iste’molchilarga interaktiv xizmatlar ko’rsatish maqsadida kommunal xizmat va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati avtomatlashtirilmoqda.
2.1-rasm E-kommunal.uz portali bosh sahifasi
Foydalanuvchi tizimdan foydalanish uchun ID.UZ yagona identifikatsiya tizimida ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.
2.2-rasm Ro’yxatdan o’tish bo’limi
2.3-rasm ID.uz orqali kirish
Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgandan so’ng xizmatlar yetkazib beruvchilarining rekvizitlarini bilib olishi, portal ma’muriyatiga savol bilan murojaat qilish imkoniyati mavjud. Shuni ta’kidlash joizki, faqat o’z profilidagi ma’lumotlarni, misol uchun, o’z manzilini ko’rsatgandagina boshqaruvchi kompaniyalarning rekvizitlarini bilib olish uchun «Xizmatlar yetkazib beruvchilarim» xizmatidan foydalanish imkoniyati beriladi. Profildagi barcha ma’lumotlar tahrir qilinadi, shu sababli yangi yashash joyiga ko’chib o’tganda axborotni yangilash imkoniyati mavjud.
Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgandan so’ng yuqori o’ng burchakda foydalanuvchi ismi va familiyasi bilan bir qatorda “xizmatlar profili” paydo bo’ladi. Bu xizmatlar profilida «Murojaatlarim», «Xizmatlar yetkazuvchilarim», «Profilim» va «Vijetlarim» servislariga menyusi paydo bo’ladi. «Profilim» bo’limida foydalanuvchi kommunal hisob-raqamlarini to’ldirish kerak. Shundan so’ng «Vijetlarim»da resursdan foydalanuvchi on-layn rejimida kommunal bo’yicha joriy hisoblanmalarni ko’rishi mumkin.
2.4-rasm. Foydalanuvchi profili
Natijada Vidjet bo’limida sovuq suv, elektroenergiya, tabiiy gaz, issiq suv uchun to’lagan pullari haqida ma’lumotlarni (qarz bo’lsa, qarzlarni) kuzatib borishi imkoniyati mavjud.
2.5-rasm Onlayn vidjet
Interaktiv xizmatlar bo’limi mavjud. Bo’limda bir qancha xizmatlar mavjud
- kommunal xizmatlar kalkulyatori
- kommunal xizmatlari uchun onlayn to’lov va balansni tekshirish
- qurilish va ta’mirlash ishlari smeta kalkulyatori
- savol berish
- so’rovnomalar
- murojaat
- to’lov varaqasi
2.6-rasm Interaktiv xizmatlar
2.7-rasm Onlayn kalkulyator
E-kommunal portalida nazarda tutilgan yana bir interfaol xizmat – «Kommunal xizmatlar kalkulyatori». Bunda foydalanuvchi, hatto ro’yxatdan o’tmasdan turib, elektr energiya, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, isitish, chiqindi uchun qancha to’lashi kerakligini hisoblashi mumkin. Dasturda hisoblagichning mavjudligini hisobga olib, xonadonda yashovchi kishilarning sonidan kelib chiqib turli tariflar qo’yilgan. Bu faqat jismoniy shaxslar uchun mo’ljallangan.
2.8-rasm Onlayn to’lov bo’limi
Kommunal xizmatlari elektr energiya, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, isitish, chiqindi uchun u-pay va mbank to’lov tizimlari orqali onlayn to’lov imkoniyati mavjud.
2.9-rasm Savol berish bo’limi
2.10-rasm. Murojaat bo’limi
Murojaat bo’limida murojaat formasini to’ldiriladi, zarur hollarda esa unga qo’shimcha fayllarni qo’shish imkoniyati mavjud. So’ngra foydalanuvchi tomonidan tanlangan soha va toifaga qarab, tizim uning murojaatini tegishli davlat organiga jo’natadi.
To’lov varaqasi xizmatida tanlangan kommunal turi bo’yicha to’lov varaqa xosil bo’ladi, to’lov varaqa to’ldirilib, chop etish imkoniyati xam mavjuddir.
Nazorat savollari
1. Yangi kommunal xizmatlardan qanday foydalaniladi?
2. ID.uz yagona identifikatsiya tizimidan ro’yxatdan o’tish?
3. Kommunal xizmatlarni onlayn to’lashda xizmatlar ketma-ketligi
4. Vijet bo’limini shakllantirish?
Mavzu: Elektron hukumat tizimi interaktiv xizmatlarini tashkil etish
Ishdan maqsad: Yangi xizmatnini strukturaviy tahlil qilish. Uning resurslari, faoliyat maqsadlari, kutilishi rejalashtirilgan natijalar va tizimning idividual tasniflarini o’rganishga bag’ishlangan.
Masalaning qo’yilishi: Talaba BPWin dasturini o’rnatishi va yangi xizmatning qadamlarini aniqlashi lozim.
Uslubiy ko’rsatmalar: Elektron hukumat tizimi interaktiv xizmatlarini tashkil etish, BPWin dasturi orqali interaktiv xizmatlarni tashkil etish..
E-hukumat tizimiga yangi xizmatlarni yaratish va ularni kiritish, e-hukumati tizimini xayotiy rivojlanishning asosiy jihatlaridan xisoblanadi. E-xukumat tizimidagi xizmatlarni etkazib berish, iloji boricha inson ishtirokisiz bajarilishi, xatoliklarning kamligi xamda xizmatning sifati yuqori bo’lishiligiga asosiy sababchi bo’lishi aniqlangan.
Tizimni avtomatlashtirishdagi eng asosiy g’oya — “qog’ozbozlik” siyosatini tamomlash, yoki ushbu faoliyatga asoslangan jarayonlar hajmini hech bo’lmaganda qisman kamaytirish tushuniladi.
Amaliy ishni bajarishda BPWin dasturi tarkibidagi IDEF0 va IDEF3 vositalardan foydalanish mumkin.
Ushbu amaliy ishni bajarish uchun 1-2 amaliy ishlar bajarilgandan so’ng olingan natijalariga asoslanadi. Ya’ni xozirgi kunga kelib davlatimizning e-xukumat tizimida mavjud bo’lmagan xizmatni aniqlab, ushbu xizmatni yaratish maksadi dolzarb xisoblanadi.
Yangi xizmatlarni yaratish BPWin dasturida xizmat modelini qurishdan boshlanadi.
3.1-rasm. BPwin dasturi ish stoli
So’ngra ushbu dastur tarkibidagi IDEF0 va IDEF3 metodi asosida diagrammalar shakllantirib boriladi.
Dasturdan foydalanib, uskunalar panelidan yangi model yaratib unga nom beriladi.
3.2-rasm. Yangi model yaratish
Yaratilayotgan yangi modelga nom beriladi va uning metodologiyasi tanlanadi. Dastlabki modelni IDEF0 metodologiyasidan foydalanib yaratiladi. So’ngra model muallifi va yana bir necha sozlashlar amalga oshiriladi.
3.3 - rasm. Model yaratishdagi dastlabki sozlashlar
Keyingi qadamda esa quyidagi rasmda keltirilgan oyna ochiladi. Bunda model yaratilishi uchun barcha qismlar va panellari mavjud.
3.4 -rasm. Dastlabki ishchi oyna
Endi esa dastlabki modelni ko’rinishini ishlab chiqish mumkin.
3.5 -rasm. Model ko’rinishi
Ushbu modelni qurishda modelning chap tomonida «kirish». Tepadan «boshqaruv». Pastdan «normativ xujjatlar va qoidalar». O’ng tomonda esa yaratilgan «xizmat» joylashtiriladi.
Yuqoridagi amallar bajarilgandan so’ng, yangi xizmatni yaratishning IDEF0 modelining ichki amallarini taxlil qilib chiqish lozim. Buning uchun dastur menyusida joylashgan tugmasini bosib, IDEF3 tanlanadi va yangi xizmatni yaratish uchun xizmatning bajarilishini kadamli ravishda yoritib chiqish lozim.
Yangi xizmatning e-xukumati tizimiga kiritish uchun bajarilish quyidagi ketma-ketlikda ifodalanishi mumkin:
1. Xizmat qanday texnik talablarda ishlaydi
2. Xizmat soxasini aniqlash (vazirlik, qo’mita va agentlik)
3. Ijro turi (xududiy yoki maxalliy)
4. Xizmat ijrosini bajarishni ta’minlash
kabi bajariladigan amallar taxlil qilinishi lozim.
3.6 -rasm. IDEF3 modeli ko’rinishi
1. Yaratilishi rejalashtirilgan yangi xizmat tanlab olish va uni vazirlik, qo’mita va agentlik va idoralaridan olish jarayoni va undan qaysi maqsadlarda foydalanish algoritmlari (a’nanaviy usulda e-xukumati tizimini ishlatmasdan).
2. BPWin dasturida xizmatning modelini qurish va e-xukumat tizimiga kiritish taxlili
3. Xizmat olish jarayonidagi ichki va tashqi amallarga izox berish (IDEF3)
4. Xizmat olish davomiyligini aniqlash
5. Natija va Xulosalar.
Nazorat savollari
1. Yangi xizmatlar qanday yaratiladi?
2. Xizmat olish jarayonidagi ichki va tashqi amallar?
3. BPWin dasturida xizmatning modelini qurish ketma-ketlig
4. e-xukumat tizimiga yangi xizmatlarni kiritish?
4-amaliyot ishi
Mavzu: Tadbirkorlar uchun interaktiv xizmatlar
Ishdan maqsad: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tadbirkorlar interaktiv xizmatnini amalda qo’llash. Uning resurslari, faoliyat maqsadlari, interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish.
Masalaning qo’yilishi: Talaba my.gov.uz portali, ya’ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ID.uz yagona identifikatsiya tizim orqali ro’yxatdan o’tishi kerak bo’ladi xamda interaktiv xizmatlar orqali davlat tashkilotiga murojaat etishi lozim.
Uslubiy ko’rsatmalar: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali interaktiv xizmatlardan foydalanish. Ro’yxatdan o’tish quyidagicha amalga oshiriladi.
Yagona portal tadbirkorlar uchun maxsus bo’limga ega ekanligini yuqorida ta’kidlagan edik. Keling, Yagona portalning tadbirkorlar uchun imkoniyatlari bilan tanishaylik. Avvalambor, Tadbirkorlik bo’limiga kiraylik. Natijada quyidagi ro’yxat ekranda hosil bo’ladi:
4.1-rasm. My.gov.uz ning tadbirkorlar uchun bo’limi
Har bir toifa o’z ro’yxatiga ega. Keling, Yuridik shaxs tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektini ro’yxatdan o’tkazish toifasiga kiraylik. Natijada ekranda quyidagi ro’yxat hosil bo’ladi:
4.2-rasm. My.gov.uz ning tadbirkorlar uchun bo’limi
Har bir toifa o’z ro’yxatiga ega. Keling, Yuridik shaxs tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektini ro’yxatdan o’tkazish toifasiga kiraylik. Natijada ekranda quyidagi ro’yxat hosil bo’ladi:
Ushbu ro’yxatda zarurini tanlash mumkin. Yagona portal yordamida korxonani ro’yxatdan o’tkazish mumkin. Buning uchun turli tashkilotlarga borib, vaqtni sarflash va kutish zarurati yo’qoldi. Albatta, korxonani odatdagi usulda ham qayd qilish mumkin. Yagona portal yordamidan foydalansangiz, vaqtni va xarajatlarni kamaytirasiz. Keling, yuridik korxonani ro’yxatdan o’tkazish tartibi bilan tanishaylik. Bo’limda ro’yxatdan o’tish uchun zarur hujjatlar ro’yxati keltirilgan.
4.3-rasm. My.gov.uz ning tadbirkorlar uchun bo’limi
Ko’rsatilgan hujjatlarni tayyorlab, arizani shaxsiy kabinetdan yuborish zarur. Natijani olish usulini arizada ko’rsatish lozim. Quyidagi darchada xizmat natijasiga oid ma’lumotlar tavsiflangan.
4.4-rasm. My.gov.uz ning tadbirkorlar uchun bo’limi
Ushbu xizmat ko’rsatish muddati – 2 kun va xizmat narxi – 1 minimal ish haqi miqdorida to’lanadi.Mazkur tartib ushbu xizmatning qulayligini va samaradorligini tasdiqlaydi.
4.5-rasm. My.gov.uz ning tadbirkorlar uchun bo’limi
Kommunal xizmatlarini ta’minlash borasidagi tadbirkorlarning shikoyatlari uchun maxsus bo’lim mavjud. Ushbu bo’lim imkoniyatlari bilan batafsil tanishish uchun unga kirish zarur. Zarur xizmatni tanlab elektron shikoyatni yuborish zarur. Shikoyat mas’ul xodim va mutaxassislar tomonidan ko’rib chiqiladi va natija ko’rsatilgan muddatda yuboriladi.Buning uchun kommunal xizmati tashkilotlariga borib, zarur bo’limni va xodimni topish, uning qabuliga kirish uchun navbatda turish, qo’shimcha ma’lumot zarur bo’lsa, u bilan qayta-qayta uchrashish zarurati bo’lmaydi. Bu esa tadbirkorning vaqtini tejaydi. Tejalgan vaqtni tadbirkor biznesni yuritishga, rivojlantirishga, malakasini oshirishga sarflash imkoniga ega bo’ladi.
4.6-rasm. My.gov.uz ning tadbirkorlar uchun bo’limi
O’lchov vositalarini metrologik tekshiruvdan o’tkazishni ham elektron ariza yordamida amalga oshirishi mumkin.
Buning uchun quyidagi maxsus bo’limdan foydalanish zarur:
Korxona statistik hisobotlar bo’yicha savol va arizalarni Barcha xizmatlar bo’limida yoki Barcha tashkilotlar bo’limidagi maxsus toifa yordamida amalga oshirishi mumkin. Korxona statistika hisobotlarni tadbirkorlik sub’ektlaridan elektron ko’rinishda yig’ish va qayta ishlash tizimi yordamida jo’natishi mumkin.
Soliq yuzasidan savol va arizalarni Barcha xizmatlar bo’limida yoki Barcha tashkilotlar bo’limidagi maxsus toifa yordamida amalga oshirishi mumkin. Korxona soliq hisobotlarni tadbirkorlik sub’ektlaridan
elektron ko’rinishda yig’ish va qayta ishlash tizimi yordamida jo’natishi mumkin. Tadbirkor Yagona portalning deyarli barcha xizmatlaridan, jumladan, bojxona va arxiv kabi xizmatlaridan foydalanish mumkin. Shu bilan birga, savol va takliflari bilan maqsadli ravishda tegishli hukumat tashkilotlari bilan interaktiv tarzda bog’lanishi mumkin.
Nazorat savollari
1. Interaktiv xizmatlarni o’rganish.
2. Tadbirkorlar interaktiv xizmatlardan foydalanib davlat tashkilotlariga murojaat yuborish
3. Tadbirkorlarning o’lchov vositalarining davlat metrologik tekshiruvini o’tkazishga ariza berish.
4. Kommunal xizmatlarni etkazib berish berishdagi muammolar yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlarinining elektron shikoyatlari
5-amaliyot ish
Mavzu: Wordpress CMS kontentni boshqaruv tizimi asosida interaktiv xizmatni yaratish
Ishdan maqsad: Wordpress CMS kontentni boshqarish tizimi asosida interaktiv xizmatni yaratish.
Masalani qo’yilishi: Denwer dasturi va Wordpress CMS kontentlarni boshqarish tizimini o’rnatish.
Uslubiy ko’rsatmalar: Wordpress CMS kontentni boshqaruv tizimi orqali interaktiv xizmatlarni yaratish. Veb dasturni o’rnatish va interaktiv xizmatni yaratish quyidagicha bo’ladi.
CMS (Content Management System – Kontentlarni Boshqarish Tizimi) – bu maxsus veb dastur bo’lib, bir necha oddiy bosqichlardagi amaliyotlarni bajargandan so’ng to’la kuch bilan ishlay oladigan sayt yaratish imkoniyatini beradi. Bu veb dastur, bir necha bosqichlarda foydalanuvchidan sayt haqida boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ib oladi va bosqichma-bosqich saytni avtomatik tarzda tashkil etib beradi.
WordPress CMS asosan blog (biror shaxs, joy yoki alohida mavzuga bag’ishlangan, tez-tez yangilab turiladigan, qisqa maqolalar va ma’lumotlar kiritib boriladigan o’rta hajmdagi sayt) uchun mo’ljallangan. Ammo bugungi kunga kelib bu CMS shu qadar mukammallashib ketdiki, hozirda uni hatto portal saytlar va interaktiv xizmatlar uchun ham ishlatilmoqda.
Wordpress CMSni o’rnatishni, dastlab Wordpress CMS ni internetdan ko’chirib olish kerak. Demak, Wordpress.org saytiga kiriladi va o’ng tomondagi «Skachat Wordpress 4.3.1» tugmasini orqali ko’chiriladi.
5.1-rasm. Wordpress CMSni ko’chirib olish
Ikki xil versiyada ko’chirib olishi mumkin, biri Windows tizimi uchun «.zip» fayli va ikkinchisi Linux tizimi uchun «.tar.gz» fayli mavjud.
Shundan so’ng, sayt uchun papka ochiladi, bu papka Denwer o’rnatilgan papka ichida bo’lishi kerak, quyidagi adresda(Denwer C:/Webserver papkasiga o’rnatilgan bo’ladi.
C:/Webserver/home/
Bu papka ichida «test.uz» deb papka ochiladi va bu papka ichiga yana «www» papkasini ochiladi, shunda quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
C:/Webserver/home/test.uz/www
Shundan so’ng bu papka ichiga Wordpress CMS ni ko’chiriladi va arxivdan ochiladi, buning uchun Winrar kerak bo’ladi. Ko’chirib olingan Wordpress faylini ustiga sichqonchani o’ng tomonini bosib “Izvlech v tekuhuyu papku”ni tanlanadi. Shundan so’ng, wordpress-4.3.1_Ru.zip fayli ochiladi, fayllar «wordpress» nomli papka ichida ochiladi va barcha fayllarni olib, «www» papkasi ichiga ko’chiriladi, shunda quyidagi ko’rinishga keladi.
C:/Webserver/home/test.uz/www/wp-admin…
Barcha wordpress fayllari aynan «www» ichida bo’lishi kerak bo’ladi
So’ng Denwer dasturi ishga tushiriladi, buning uchun Denwer papkasi ichidan «Run.exe» fayli ishga tushiriladi. Bu fayl quyidagi adresda bo’ladi:
S:/Webserver/denwer/Run.exe
Denwer ishga tushgandan so’ng, MySQL MBBT (ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi)da ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchi hosil qilinadi.
Demak, ma’lumotlar bazasi nomi “test”, foydalanuvchi nomi va paroli bir xil «123456» ko’rinishida bo’lsin.
Shundan so’ng WordPress o’rnatiladi, ishlatish uchun brauzer ochib, adresiga «test.uz» deb yoziladi, quyidagi ko’rinishni brauzer ochib berishi kerak.
5.2-rasm. Wordpress CMSni o’rnatish jarayoni
«Vperyod!» tugmasini bosamiz va quyidagilarni to’ldiramiz:
Imya bazi dannix: test
Imya polzovatelya: 123456
Parol: 123456
Server bazi dannix: localhost
Prefiks tablits: wp_
«Optravit» tugmasi bosiladi.
5.3-rasm. Wordpress CMSni o’rnatish jarayoni
Agar hammasini to’g’ri kiritilgan bo’lsa, quyidagi sahifa chiqadi va siz bemalol «Zapustit ustanovku» tugmasini bosish mumkin bo’ladi.
5.4-rasm. Wordpress CMSni o’rnatish jarayoni
Nazvanie sayta: test.uz
Imya polzovatelya: admin
Parol: admin
Podtverdite parol: Belgilanadi
Vash e-mail: e-mail
So’ng «Ustanovit WordPress» tugmasi bosiladi.
5.5-rasm. Wordpress CMSni o’rnatish jarayoni
Agar hammasi to’g’ri bo’lsa WordPress CMS xatosiz o’rnatilgan bo’ladi.
5.6-rasm. Wordpress CMSni o’rnatish jarayoni
Wordpress CMS da juda kup interaktiv xizmatlar plagini mavjud. Misol qilib https://wordpress.org/plugins/contact-form-7/ Wordpress ning saytidan ko’chirib olish mumkin. Bu xizmatni o’rnatish uchun administrator qismidan plagin bo’limidan ko’chirib olingan fayl ko’rsatiladi. Shundan so’ng Kontakt bo’limi xosil bo’ladi.
Bu plagin orqali interaktiv xizmat sifatida foydalanish mumkin ya’ni ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchi fayl va xujjatlarni jo’natshi imkoniyatiga ega bo’ladi.
Nazorat savollari
1. Denwer dasturini o’rnatish
2. Wordpress CMS ni o’rnatish.
3. Plaginlarni ko’chirish va o’rnatish
4. Interaktiv xizmatni yaratish.
6-amaliyot ishi
Mavzu: Elektron to’lov tizimining SWOT tahlili
Ishdan maqsad: Elektron to’lov tizimi MBANK ning SWOT tahlilini o’rganish.
Masalaning qo’yilishi: Talaba SWOT tahlilni o’rganadi va boshqa tizimlarda SWOT tahlilni qo’llashni o’rganishi lozim bo’ladi.
Uslubiy ko’rsatmalar: SWOT tahlilni strategiyalarini o’rganish va MBANK to’lov tizimini taxlili.
“SWOT” tahlili bu yangi tashabbuslar bo’yicha strategik rejalashtirish va qaror qabul qilishda yordam beradigan usul hisoblanadi.
“SWOT” so’zi quyidagi inglizcha so’zlarning qisqartmasidan olingan:
- S – Strengths (Kuchli tomonlar);
- W – Weaknesses (Zaif tomonlar);
- O - Opportunities (Imkoniyatlar);
- T - Threats (Xavflar).
Loyiha aniqlangandan so’ng, tahlil qilinadi. Ya’ni kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyat va xavflarini aniqlash lozim. Bu bir qarorga kelish va rejalashtirishni osonlashtiradi.
Masalan, loyihaning kamchiliklari, afzalliklari yoki loyiha oldida qanday xavflar bo’lishi mumkinligini oldindan aniqlashda “SWOT” tahlil yordam beradi. Shu bilan birga, tahlil orqali aniqlangan muammolarga oldindan ta’sir qilishi mumkin bo’ladi.
“SWOT” tahlilini oson tushunish uchun uni 4 ta jadvalda namoyish etamiz. Yuqori ikki jadvalda kuchli tomonlar va zaif tomonlar ifodalangan va ular ichki omillar deb ataladi. Quyidagi ikki jadval imkoniyatlar va xavflar qo’yilgan va ular tashqi omillar deb ataladi.
“ SWOT ” tahlili quyidagi savollarga javob topishda qo’l keladi:
- Ushbu loyihani amalga oshirishda o’z yoki tashkilotning kuchli tomonlari yoki farqli afzalliklari nimada?
- O’z yoki tashkilotning zaif va nozik tomonlari nimada? Aniqlangan kamchiliklar orasida qaysi birini birinchi o’rinda bartaraf etishga harakat qilish kerak?
- Loyihaning samarali amalga oshishi uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
- Loyihani amalga oshirishda qanday to’siqlar va xavf-xatarlar bo’lishi mumkin? Ularning oldini olish uchun nima qilish kerak?
Quyida bir misol orqali biz “ SWOT ” tahlilini o’tkazamiz.
Bu SWOT taxlilda MBANK to’lov tizimini yaratilish maqsadi uning vazifalari kamchilik va afzalliklarini taxlil qilinadi..
Kuchli Tomonlar (Strengths):
Yo’naltiruvchi savollar:
Loyihani amalga oshirishda boshqalardan qanday afzalliklar bor? Yetarli tajribaga egamisiz? Qaysi qobiliyatlar loyihaga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin? Sizga yordam beradiganlar kimlar? Qancha mablag’topa olasiz? Raqobatchilardan qanday ustunliklar bor? Nimalar borasida muvafaqqiyatga erishish mumkin?
MBANK elektron to’lov tizimi bo’lib u orqali insonlarning eng qimmatli bo’lgan vaqt muammosini bartaraf etish uchun xizmat qiladi. Uning eng muxim ustuvorligi shundaki insonlar xar qanday kommunal va boshqa xizmatlar balki mobil va turli tizimlarga sanoqli vaqtlar ichida elektron pul o’tkazmalarini o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Zaif tomonlar (Weaknesses ) :
Yo’naltiruvchi savollar:
Qanday kamchiliklar mavjud? Qanday to’siqlar bor? Yetarli mablag’ mavjudmi? Boshqa qanday qiyinchiliklar bor? Raqobatchilarning qanday ustunliklari bor?
Elektron to’lov tizimining asosiy kamchiliklaridan biri bu internet tizimiga bevosita bog’liqligidir, chunki internet tizimida ba’zida uzilishlar bo’lsa bevosita MBANK tizimiga xam ta’sir ko’rsatadi Undan tashqari USSD buyrug’i bilan ishlamasligidir.
Imkoniyatlar (Opportunities):
Yo’naltiruvchi savollar:
Qanday imkoniyatlar mavjud? Loyiha bugungi kunda qanchalik kerakli va muhim? Loyiha kimlarga yoqishi mumkin va kimdan qo’shimcha ko’mak olish mumkin? Qanday imtiyozlar mavjud? Loyihani amalga oshirish natijasida qanday yangi imkoniyatlar yaratilishi mumkin?
MBANK tizimining imkoniyatlari sifatida xizmatlarni taqdim etish tezligi va xavfsizlik tizimi yaxshi yaratilganligi bilan baxolash mumkin. Uning imkoniyatlari xozirda mutaxassislar tomonidan yuqori baxolanmoqda va kelajakda ko’plab o’zining mijozlariga ega bo’lishidir. Bu loyixani amalga oshirish jarayonida mamlakatda elektron to’lov tizimlari orasida raqobat bo’ladi va raqobatchilar o’rtasida sifatli xizmat taqdim etishga bo’lgan chora tadbirlar kuchayib foydalanuvchilarga yanada yaxshi xizmat taqdim etiladi.
Xavflar (Threats ):
Yo’naltiruvchi savollar:
Qanday xavflar mavjud? Loyihani amalga oshirishda nimalar to’sqinlik qilishi mumkin? Qonuniy to’’sqinliklar bormi? Raqobatchilarning qanday xavfi bor?
Xar qanday dasturiy maxsulotga bo’ladigan xavf qatori bu tizimga xam xujumlar, viruslar va tarmoqda bo’ladigan muammolar xisoblanadi. Bu loyixani yanada takomillashishiga xavf Dos va DDos xujumlar va virus dasturlar bo’lishi mumkin xamda raqobatchi sifatida Upay va Click tizimlarini misol qilish mumkin.
Savollarga javob yozishda javoblar sub’ektiv bo’lishi kerak. Kamchilik va zaifliklar haqida yozilganda aniq yozilishi kerak. Bu to’g’ri qaror qabul qilishda va kelajakdagi yo’qotishlarning oldini olishda yordam beradi.
Javoblarni mos kataklarga joylashtirib, tahlil qilish kerak. Ishni javoblarga baho berishdan boshlash mumkin. Ya’ni, ularga, muhimligiga qarab, 1 dan 3 gacha baho beriladi (3 – muhimligi eng kam).
Kuchli tomonlar Tizimning tezligi Dastur ishi Xizmat kafolati |
1 2 1 |
Zaif tomonlar Internetga bog’liqlik Tajriba Xavfsizligi |
1 3 2 |
Ichki omillar |
|||
Imkoniyatlar Ustuvor maqsadi Xizmat takomillashishi Onlayn to’lovni amalga oshirilishi |
1 1 2 |
Xavflar Dos va DDos xujumlar Viruslar Raqobatchilar mavjudligi |
1 2 3 |
Tashqi omillar |
Strategiyalar uchun misollar:
S-O (Kuchli tomonlar va Imkoniyatlar strategiyasi) – Bu strategiya kuchli tomonlarni doim esda tutib, ulardan loyiha muvaffaqiyati yo’lida foydalanishni o’rgatadi. Imkoniyatlarni izlab, ulardan to’la foydalanish lozim.
W-O (Zaifliklar va Imokoniyatlar strategiyasi) – Bu strategiya imkoniyatlardan kamchiliklarni to’ldirish yo’lida foydalanishga xizmat qiladi.
S-T (Kuchli tomonlar va Xavflar strategiyasi) – Ushbu strategiya kuchli tomonlarni qo’llash orqali tashqi xavflarning oldini olishga qaratiladi.
W-T (Zaifliklar va Xavflarga nisbatan himoya strategiyasi) – Bu strategiya kamchiliklar va xavflarning ro’y berish darajasini orttirmaslikka xizmat qiladi.
Nazorat savollari
1. SWOT tahlilini o’rganish
2. MBANK tizimini taxlil etish.
3. SWOT strategiyalarini qo’llash
4. Tizimlarning SWOT tahlili.
AMALIYOT ISHLARINI BAJARISHGA TOPSHIRIQ VARIANTLARI
1. Kutubxona interaktiv xizmatini yaratish.
2. Avtopark interaktiv xizmatini yaratish.
3. Maktab interaktiv xizmatini yaratish.
4. Korxona interaktiv xizmatini yaratish.
5. Oliy o’quv yurti interaktiv xizmatini yaratish.
6. Upay to’lov tizimining SWOT taxlili.
7. Internet do’kon interaktiv xizmatini yaratish.
8. Kichik korxona interaktiv xizmatini yaratish.
9. Dekanat interaktiv xizmatini yaratish.
10. Sport kompleksi interaktiv xizmatini yaratish.
11. Kasb hunar kolleji interaktiv xizmatini yaratish.
12. Ko’chmas mulk ma’lumotlar bazasi
13. Milliy geoinformatsion tizim mulk ma’lumotlar bazasi
14. Jismoniy shaxslar mulk ma’lumotlar bazasi
15. Yuridik shaxslar mulk ma’lumotlar bazasi
16. Spravochniklar va klassifikatorlar mulk ma’lumotlar bazasi
17. Avtotransport mulk ma’lumotlar bazasi
18. “Kliring” axborot tizimlari kompleksi
19. “Xarid” axborot tizimlari kompleksi
20. “Soliq” axborot tizimlari kompleksi
21. “Bojxona” axborot tizimlari kompleksi
22. “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi
23. “Sog’liqni saqlash” axborot tizimlari kompleksi
24. “Ta’lim” axborot tizimlari kompleksi
25. “Kommunal” axborot tizimlari kompleksi
26. “Adliya–2” axborot tizimlari kompleksi
27. “Davlat boshqaruvi” axborot tizimlari kompleksi
28. “Nafaqa” axborot tizimlari kompleksi
29. “Byudjet” axborot tizimlari kompleksi
1. “Elektron hukumat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. 2015 yil 9 dekabr. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 49-son, 611-modda. 3-15 b.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son Qarori.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” mavzusidagi Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. 2016 yil 15 yanvar.
4. http://www.gov.uz
5. http://www.my.gov.uz
6. http://www.data.gov.uz
7. http://www.lex.uz
8. http://www.e-kommunal.uz
9. http://www.id.uz
10. http://www.uz.undp.org/content/uzbekistan/uz/home/library/poverty/interactive-online-services-for-entrepreneurs.html
11. http://items.itportal.uz/web/cms-haqida-tushuncha
Mundarija
|
Kirish………………………………………………………………….. |
3 |
1. |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz dan amaliyotda foydalanish …………………………………………………………… |
4 |
2. |
Kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz dan amaliyotda foydalanish ………………………………………………. |
14 |
3. |
Elektron hukumat tizimi interaktiv xizmatlarini tashkil etish ……… |
21 |
4. |
Tadbirkorlar uchun interaktiv xizmatlar …………………………… |
26 |
5. |
Wordpress CMS kontentni boshqaruv tizimi asosida interaktiv xizmatni yaratish……………………………………………………… |
31 |
6. |
Elektron to’lov tizimining SWOT tahlili …………………………….. |
37 |
|
Amaliyot ishlarini bajarishga topshiriq variantlari…………............... |
41 |
|
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………...... |
42 |
Ilova
“Elektron hukumat” fanidan amaliyot ishlari bo'yicha hisoboti titul varag`ini rasmiylashtirish misoli
O’ZBÅKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
Toshkånt axborot tåxnologiyalari univårsitåti
“Axborot texnologiyalari” kafedrasi
Amaliyot ishi bo`yicha
HISOBOT
Bajardi:_______________________________
familya
Tekshirdi:_______________________________
familya
Sana_____________
Toshkent 2016
“Elektron hukumat”
fanidan amaliyot ishlari bo'yicha
uslubiy ko'rsatma
TATU ilmiy – uslubiy kengashi majlisida ko’rilgan va chop etishga tavsiya etilgan
“_____”________________2016 yil
Qaydnoma ¹_________________
Mualliflar: Djurayev O.N.
Abdullayev A.I.