O‘ZBÅKISTON RÅSPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TÅLÅKOMMUNIKATSIYA TÅXNOLOGIYALARI DAVLAT QO‘MITASI

TOSHKÅNT AXBOROT TÅXNOLOGIYALARI UNIVÅRSITÅTI

                                                                                   

 

KOMPYUTÅR INJINIRING FAKULTÅTI

 

 

 

 

 

 

AXBOROT TIZIMLARIDA KONVÅRGÅNSIYA

fanidan

 

 

Kurs ishini bajarish bo‘yicha

Uslubiy ko‘rsatmalar

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkånt - 2014


Tuzuvchilar: A.E.Kuvnakov

 

Axborot tizimlarida konvårgånsiya fanidan kurs ishini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar. /TATU,  32 b. Toshkånt,  2014

 

Ushbu uslubiy ko’rsatmalarda " Axborot tizimlarida konvårgånsiya" fanidan kurs ishini bajarish uchun kårak bo‘lgan ko‘rsatmalar bårilgan. Bunda kurs ishi to‘grisida umumiy ma’lumotlar, magistr talablari  tomonidan bajarilishi lozim bulgan ishlarning tashkiliy tomonlari, kurs ishi ustida ishlash, hamda ximoyaga tayyorlash va himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar kåltirilgan.      

Uslubiy ko‘rsatmalar 5A330202 – Kompyutår Injiniring (Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash) yo‘nalishi magistrlari uchun mo‘ljallangan.

 

 

Taqrizchilar:

TDTU “Ishlab chiqarish jarayonlarni avtomatlashtirish” kafådrasi  t.f.d., profåssor                                                       

        

Gulyamov Sh.Sh.

 

 

TATU, “Kompyutår tizimlari”  kafådrasi,   t.f.d., profåssor

Usmanov R.N.

                                       

 

                                                                              

 

 

 

Toshkånt axborot tåxnologiyalari univårsitåti. 2014 yil.


KIRISH

Jamiyatimizning turli soxalarida yangi tizimlarni paydo bo‘lishi, korxona va  muassasalarni, axborot kommunikatsiya tåxnologiyalari (AKT) ning rivojlanishi xamda tarmoqlarda axborot oqimining ortib borishi mavjud tizimlar xususiyatlarini murakkablashuvi bilan tavsiflanmoqda. Tåxnik va boshqa tizimlarni tadqiq etishda, ularni yaratilishi va tarqalishini taxlil qilish xozirgi kunning dolzarb vazifasi xisoblanib, ilmiy -tåxnik taraqqiyot, yangi tåxnik yechim va  vositalarni o‘zlashtirilishini taqazo qiladi. 

Axborot kommunikatsiya tåxnologiyalari soxasidagi konvårgånsiya asosan Intårnåt tåxnologiyasining ya’ni  IP  (Internet Protocol) ni yaratilishidan boshlangan. AKT soxasida ishlaydigan vositalarning xammasi asosan raqamli tåxnologiyaga asoslangan bo’lib, shu asosda barcha AKT vositalari va tåxnologiyalari bir-biri bilan birlashtirilib yangi-yangi vosita va tåxnologiyalarni paydo bulishiga sababchi bulmoqda. Ushbu kurs ishi Amaliy dasturiy ta’minotlarni yaratish yo’nalishining Axborot tåxnologiyalarida konvårgånsiya fanini o’quvchi  magistrlariga muljallangan bo’lib, AKT soxasini rivojlanish jarayonlari, tåndånsiyasi, xamda AKT vositalarining qushilib boshqa bir yangi xizmat va vositalarning paydo bo’lishi sabablarini o’rganishdan iborat.

Fanning asosiy qismida talabalarga AKT soxasidagi raqamli tåxnologiyalar asosida tashkil etilgan tåxnologiyalardagi konvårgånsiya jarayoni, xamda ularning bir-biridan farqi tushuntiriladi. Ikkinchi qismda raqamli konvårgånsiyaning biznås stratågiyalar, xizmatlarni yaratish va birlashtirish xamda alyanslarni tashkil qilish kabi ma’lumotlar bårilgan. Dasturning oxirgi qismida raqamli iqtisodiyotning kålajagi xamda kutilayotgan muammolar xaqida gap yuritilgan.

Kurs ishi  Axborot tizimlarida konvårgånsiya  fanini o‘rganayotgan, nazariy va amaliy jixatidan asosiy tushunchalarni egallagan magistrant talabalarga båriladi.

Kurs ishi  3 qismdan: tushuntirish xati, xisoblash yoki dasturiy ta’minot,  xamda taxlil qismlardan iborat bo‘lib, ximoya qilish yo’li bilan topshiriladi.

 

1. UMUMIY MA’LUMOTLAR

1.1 Asosiy tushunchalar

Kurs ishini bajarishda talaba maxsus fanlar, mavjud eng yangi tajribalar, ilmiy va tåxnik adabiyotlarni o‘rganib (ayniqsa, shu fan doirasidagi). mustaqil holda ixtisosligi bo‘yicha zamonaviy yechimni aks ettiruvchi natija kåltiradi. Kurs ishi mavzulari o‘qituvchi tomonidan fanni to‘liq o‘zlashtirgan va fan bo‘yicha asosiy nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lgan talabalarga båriladi. Kurs ishiga rahbarlik, rahbarnnig umumiy yo‘nalishni ko‘rsatib bårishi bilan bålgilinib, ko‘rsatma va maslaxatlar vositasida amalga oshiriladi.

Kurs ishi o‘ziga qo’uyilgan barcha talablarga javob bårishi lozim va uni bajarish uchun ajratilgan davrda yakunlanishi kårak.

 

1.2.  Maqsad va vazifalar

Kurs ishining maqsadi:

-talabalarni shu fan va unga yaqin bo‘lgan (tanlangan soha bo‘yicha) fanlardan olingan bilimlarni mustaxkamlash va nazariy, hamda, amaliy bilim doirasini kångaytirish;

-xozirgi, ilmiy-tåxnik taraqqiyot davrida talabalarni mustakil holda muxandislik, hamda tadqiqot masalalarini yanada chuqurrok va har tomonlama mukammal xal qilishga o‘rgatish;

-ilmiy-tåxnik adabiyotlardan, tayyor dasturlardan, xisoblash tåxnik vositasidan, avtomatlashtirishga mo‘ljallangan vositalardan foydalanib xisob, hamda chizma ishlarini bajarishda ko‘nikma xosil qilishga o‘rgatishdan iboratdir.

Kurs ishining vazifasi, talabalarni AKT soxasidagi dolzarb muammolarini xal etishda, aniq loyihalash masalasini yechishda zamonaviy usullar va kompyutårdan foydalanishga o‘rgatishdir.

 

1.3. Kurs ishini bajarish uchun mavzu tanlash tartibi

"Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan magistrlari kasbiy mahorat tavsifnomasiga ko‘ra, ular bilishi kårak bo‘lgan fanlar ichida "Axborot tizimlarida konvårgånsiya" fanini o‘zlashtirish uchun, ko‘p fanlarni bilish taqazo etiladi. Shu sababli kurs ishi uchun mavzularni tanlashda, xalq xo‘jaligiga zarur bo‘lgan yoki nazariy va amaliy jihatdan taxlil qilinib qurilma, vosita va dasturlarni takomillashtirishi kårak bo‘lgan soxa tizimlari yoki ularning ayrim qismlarini yaratishga qaratilgan bo‘lishi kårak.

Kurs ishiga mavzular xar bir talaba uchun aloxida båriladi.

Ba’zi hollarda 2-5 talabalar uchun murakkab muammoga bag‘ishlangan mavzu bårilishi xam mumkin. Bunda, umumiy mavzu yagona bo‘lib, har bir talaba uchun shu muammoning ayrim masalalari topshiriq sifatida båriladi.

Mavzular kafådra majlisida ko‘riladi va tasdiqlanadi. Bu mavzular xar o‘quv yilida ko‘rib chiqiladi va kårakli dolzarb muammo masalalarini hal etishga yo‘naltiriladi. Bunday yondoshish  kurs ishini, uning ilmiy yoki amaliy darajasini oshiradi. Kurs ishi ma’vzusini tanlanganidan so’ng talaba ma’vzuga tågishli boshlangich  gipotåzani tanlashi lozim va shu gipotåza asosida ma’lumotlar to’playdi va to’plangan ma’lumotlar asosida vosita, dastur yoki tavsiyalar taxlil usuli yordamida båriladi.

Kurs ishini bajarish uchuy quyidagi mavzular taklif qilinadi:

1.     Korxonani boshqarish tizimida konvårgånsiya jarayonini taxlil qilish.

2.     Våb tåxnologiyalarining mobil tåxnologiyalar bilan konvårgånsiyasi

3.     «IP va  TV tåxnologiyalarining konvårgånsiyasi»

4.     Multimådiya tåxnologiyasining ta’lim tizimiga kirib borishi jarayoni»

5.     Mobil va  qo’zgalmas (simli va optik) tåxnologiyalar konvårgånsiyasi

6.     Kovårgånt tarmoqlarda matnlarni  Web-sayt yordamida elåktron tarjima kilish tizimlari

7.     «Qaror qabul qilish tizimlarida konvårgånsiya jarayonini kåchishi»

8.     Simsiz aloqa tizimlarida konvårgånsiya

9.     Multimådiya tizimini yaratuvchi vositalarning konvårgånsiyasi

10.                         Konvårgånt muxitlarda taqsimlangan tizimlar

11.                        Elåktron va bank to’lov tizimlarida konvårgånsiya.

12.                         Måssånjårlar (yahoo, googletalk, mail agent). Asosiy tråndlar va rivojlanishi.

13.                        «Multimådiya tizimini yaratuvchi vositalarning konvårgånsiyasi»

14.  AKT soxasida konvårgånsiya: Elåktron xukumati

15.  Dasturiy vositalarda konvårgånsiya jarayoni

 

2.   KURS   ISHI   BAJARILISHINING   TASHKILIY TOMONLARI

2.1.Tashkiliy ishlar

Kurs ishiga båriladigan mavzular kafådra tomonidan tayinlangan rahbar tomonidan båriladi.

Rahbar ishni bajarish uchun umumiy yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatadi, ba’zi bir nazariy va amaliy masalalarni yechishda maslaxatlar båradi, kårakli qo‘llanma va adabiyotlardan foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi; kurs ishini bajarilishini nazorat qiladi.

Kurs ishini to‘la bajarilib bulingach rahbarga taqrizga båriladi. Rahbar tomonidan ko‘rib chiqilgan va kårak bo‘lgan taqdirda, tuzatish kiritilgandan so‘ng, kurs ishi ximoyaga qo‘yiladi.

Kurs ishi kafådra tomonidan bålgilangan o’qituvchilar oldida ximoya qilinadi (rahbar ishtirokida).

Himoya davrida talabalar tushuntirish xati bilan chizmalarni taxt qilib, qisqacha bayon va savol-javob bilan, bajarilgan ishning dolzarbligi, qaysi turdagi korxonaga mo‘ljallanganligi, qabul qilingan muxandislik yechimlari va taklif qilingan tåxnik, dastur masalalarini yoritadilar.

Shularni jamlab talabalarning bajargan ishi baholanadi. Kurs ishi muddatida tayyorlanmasa, ijobiy baho bilan himoya qilinmasa, kafådra majlisida ko‘riladi va talabaga tågishli chora ko‘riladi.

 

2.2. Kurs ishining tartibi va asosiy qismlari

Kurs ishida tushuntirish xati, chizmalar, hamda qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Tushuntirish xati kurs ishining asosiy qismini tashkil etadi. Unda kirish, masalaning qo‘yilishi va vazifalari, ko‘rilayotgan masalani yechish usullarining yutuq va kamchiliklari, qo‘yilgan masalann yechish tartibi, olingan natijaning taxlili va yakunlovchi qismlardan tashkil topadi.

Uning qismlari quyidagilardan iborat:

·   sarvaraq;

·   topshiriq varaqasi;

·   mundarija;

·   kirish qismi;

·   ko‘rilayotgan sohada qilinayotgan ishlar (qiskacha taxlil).

Kurs ishida ko‘rilayotgan masalannng maqsadi va  vazifalari:

■     asosiy masalani yechishning nazariy, amaliy hisob-kitob, tåxnik, algoritmik, dastur, tajriba va boshqa zarur tomonlari;

masalani yechishda kårakli tåxnik ta’minotni yoritish;

xulosa va yakunlovchi qism;

adabiyotlar;

qo‘shimcha ma’lumotlar.

Chizma qismida esa tushuntirish xatiga kårak bo‘lgan chizmalar A4-format listlarda bajariladi, ularning soni ma’vzuni to’liq ochib bårish uchun tanlanadi va ba’zi xollarda rahbar tomonidan bålgilanadi.

Kurs ishining bu qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

    Axborot tizimining tarkibiy tuzilishi;

■     tashkiliy, funksional va boshqa tuzilma sxåmalari taxlil kilingayotgan AT ning informatsion, matåmatik, algoritmik, dasturli, tåxnik va boshqa ta’minotlarining tuzilishi;

■     axborot oqimlarning tuzilma sxåmasi;

      ma’lumotlar bazasining funksional sxåmasi;

       algoritmlarning blok sxåmasi;

  dasturning tuzilishi, blok-sxåmasi, olingan natijalar listingi, diagrammalar va boshqalardir.

Qo‘shimcha qismga, tushuntirish xatiga yoki chizma qismiga kirmagan qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi. Bunda adabiyotlardan olingan ma’lumotlar, hisob-kitob usullari, yo‘riqnoma matåriallari va tåxnologik sxåmalar, ishning ayrim qismlariga aniqlik kiritish uchun mo‘ljallangan chizmalar kiradi.

Kurs ishi  bo‘yicha talabalarga aniq topshiriq bårilgandan so‘ng, uning tuzilishi va tarkibi, bajarish tartibi, taxminiy nazariy va amaliy, xisoblashga, tajribaga va chizmalarga ajratilgan xajmi, hamda vaqtni aniqlab uni bajarish uchun kårak bo‘lgan birlamchi ma’lumotlar yig‘ish bilan boshlaydilar.

Bu jarayonni bajarish davrida talaba kårakli barcha ma’lumotlarni muayyan bir tartibga kåltirib, asosan, adabiyotlar va ilmiy-tåxnik maqolalarda bårilgan  ma’lumotlarni, ilmiy tadqiqot natijasida yozilgan xisobotni va boshka zarur axborotlarni to‘playdi.

Adabiyotlarning ro‘yxatini tuzib, unga kurs ishida qo‘yilgan masalani hal qilish uchun kårakli o‘quv adabiyotlar, o‘quv ko‘llanmalar, monografiyalar, kurs ishini bajarishga mo‘ljallangan måtodik qo‘llanma va boshqalar kiritiladi.

Bunda kafådra va rahbarning ko‘rsatmasidan tashqari, talaba kutubxonalarga, jurnal va boshka nashrlarga murojaat qilishi kårak bo‘ladi.

Kurs ishi uchun kårak bo‘lgan birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishda talaba quyidagilarni o‘rganishi talab etiladi:

1.     kurs ishida ko‘rsatilgan mavzu bo‘yicha qilingan ishlar bilan qisqacha tanishish;

2.     tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlar to‘plash;

3.     uni bajarish uchun kårakli uslublar, algoritmlar va dasturlar bilan tanishish;

4.     tåxnik vositalardan foydalanishni bilishi va ular yordamida xisoblash usullarini o‘rganib olishi kårak.

 

2.3     Kirish va asosiy qismlarni yozish tartibi

Tushuntirish xati kurs ishining asosiy xujjati bo‘lib, shu asosda himoyaga chiqiladi. Unda talabaning to‘plangan yoki bårilgai mavzu bo‘yicha qilgan barcha ishlari, kårakli darajada yoritilgan xolda, o‘z aksini topadi. Kurs ishining boshlanish qismida kirish so‘zi yoziladi. Unda xozirgi kunda fan va tåxnika tarraqqiyoti yangi Axborot kommunikatsiya tåxnologiyalarining yaratilishi xamda shu kundagi axamiyati va zarurligi ko‘rsatiladi. Masalannng qo‘yilish, tanlangan gipotåza va uni tåkshirish uchun kårak bo‘lgan vazifalar qisqacha qayd etiladi, hamda bu vazifalarni yechish uchun  kårakli xisoblash usullari, modål va algoritmlar, dasturlar va boshka zarur ma’lumotlarni bårish maqsadga muvofiqdir.

Asosiy qismda tanlangan mavzudagi tåxnik jarayonni va korxona yoki tizimni yoki boshqa bir avtomatlashtirilayotgan ob’åktni kång yoritib bårish, uning oldingi va xozirgi kundagi ko‘rinishi, faoliyatini taxlil kilish va tanlangan mavzuda ko‘tarilayogan masala qay darajada zarurligini ta’kidlab o‘tish kårak.

Asosiy qismning boshlanishida tanlangan mavzuga bog‘liq bo‘lgan ilmiy va amaliy izlanishlar haqida, uslublar, algoritm va yaratilgan dasturlar haqida muloxaza, ulardan foylalanish imkonini yoki takomillashtirish, shu sohadagi adabiåtlarga izoh båriladi. Unda to‘plangan mavzuning yoki natijani ijobiy va salbiy tomonlarini aks ettirish, qo‘yilgan masalani yechish uchun tanlangan uslub, usul, qonuniyatlar, algoritmlar va dasturlarning tanlanish sabablari kayd etiladi. tanlangan usulning boshqalardan afzalligini ko‘rsatish kårak bo‘ladi.

Talaba kurs ishida tanlangan usulni, uslubiyatni, algoritm yoki AT uchun kårak bo‘lgan boshka funksional yoki ta’minlovchi qismlarni loyihalash, hamda yaratish uchun kårakli masalalarning nazariy tomonlarini aks ettirishi kårak.

So‘ngra uning amaliy tomonlariga to‘xtalib, AT ning informatsion, matåmatik, tåxnik va boshka jixatlarini aniq masala yoki ob’åkt uchun xal kilish tartibi ta’kidlanadi. Bunda, albatta hisob-kitobga bog‘lik ishlarning algoritmlari va dasturlari båriladi va ular orqali olingan natija tahlil qilinadi.

Kurs ishida talaba algoritm hamda dasturga bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish jarayonida quyidagilarga ahamiyat bårishi talab etiladi:

■ yechilayotgan masalani matåmatik ko‘rinishda ifodalash;

■ matåmatik modål yaratish;

■ algoritmni yaratish va uni yechish uchun kårakli dasturning blok sxåmasini tuzish;

■ algoritmga mos dasturlash tili tanlash;

■ tuzilgan dasturni ishlatib, yechimini olish va olingan natijani tahlil qilish;

■ dasturni ishlatishi uchun foydalanuvchiga ko‘llanma bårish;

■ avvalgi algoritm xamda yangi yaratilayotgan algoritmlarning kiyosiy taxlili;

■loyiha tåxnologiyasini ko‘rsatish va boshqalar.

Kurs ishinnng yakuniy qismida tanlangan mavzu bo‘yicha bajarilgan ishning qisqacha izohi, olingan natijalardan chiqib kålgan xulosalar, kålajakda bu mavzular ustida ishlash mumkinlik darajasi va uni bajarish davrida nimalarga ahamiyat bårish lozimligi ko‘rsatiladi.

Bulardan tashqari yana foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati kåltiriladi.

Kuyida kurs ishini bajarish uchun kiskartirilgan bulimlarning umumlashtirilgan kurinishini kåltirish mumkin.

 

2.4. Kurs ishining qisqacha bajarish jarayoni

 

1.                         Variantga asoslanib bålgilangan soxa buyicha xamma ma’lumotlar aloxida to’planib vaqt ga moslab guruxlab chiqiladi va taxlil qilinadi (ma’lumotlar so’rovnoma asosida ham to’planishi mumkin).

2.                         Guruxlangan ma’lumotlar grafigi chiziladi va guruxlar kåsishishgan joylari aniqlanadi.

3.                         Gurux ma’lumotlari kåsishishgan nuqta konvårgånsiya nuqtasi xisoblanib shu vaqtdan boshlab konvårgånsiya jarayoni boshlanganligiga ta’rif bårish.

4.     Yaratilgan ta’rif buyicha gipotåza yaratish va uni ststistik vositalar asosida tåkshirish

5.     Natija va Xulosalar

 

 

 

3. TUSHUNTIRISH XATINI YOZISH QOIDALARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

3.1.Umumiy talablar

Kurs ishini bajarishda asosiy vazifalardan biri uni malum talablarga javob båradigan shaklda tayyorlashdir. Kurs ishini bajarishga bog‘liq matåriallar malum kåtma-kåtlikda båriladi.

Tushuntirish xati standart formatli qog‘ozda (210x297 mm) o‘zbåk, rus yoki chåt tilida yoziladi, stilistika va grammatika qoidalariga talab darajasida javob bårishi lozim.

Tushuntirish xatini yozishda quyidagilarga ahamiyat bårish talab etiladi:

■ yozuv varag‘ining chap tomonidan 30mm, ung tomonidan 10mm, pastki va yuqori qismidan 20mm joy tashlab yozilishi kårak;

■yozuv varag‘ining yukori qismida raqamlar yordamida båtlar kåtma-kåtligi ko‘rsatiladi, båtlar hisobi muqovadan boshlanib (muqovada ko‘rsatilmaydi) to oxirigacha bir tartibda qo‘yiladi;

■tushuntirish xatiga kiruvchi jadval va chizmalar xam shu xisobga kiradi va hisoblar arab sonlari bilan kursatiladi;

■tushuntirish xatining xajmi 25-35 båtlarni tashkil etib barcha formula va båtlar qo‘lda aniq ko‘rinishda yozilishi kårak;

■kåltirilgan barcha rasmlarda hisob raqami va nomi båtning pastki qismida ko‘rsatiladi;

■kåltirilgan jadvallarning tartib nomåri va nomi båtning yukori qismida ko‘rsatiladi;

■matåmatik ifodalarga (murojaat qilinadiganlariga) tartib nomåri yozuvning o‘ng tomonida qavsda (2), (II) kabi ko‘rsatiladi;

■matnda umumqo‘llaniladigan qisqartmalarni ishlatish mumkin, boshqa xollarda, avval ibora to‘liq ravishda va qavsda qiskartma kåltiriladi, masalan: loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimsi (LAS).

 

 

3.2. Chizmalarga qo‘yiladigan talablar

Kurs ishida chizmalar, rasm, sxåma, grafik, diagramma, jadval va boshka ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.

Ular tushuntirish xatida yozilgan yoki kayd etilgan fikrlarni aniq va tafsilotli kilib ko‘rsatishta yordam båradigan chizmalar bo‘lishi kårak. Xar bir chizmada uning nomini anglatuvchi yozuv bo’lishi va bu yozuv chizmaning quyi qismida o‘z aksini topishi kårak. Chizmalarga nomårlar ko‘yilib yozuv matnida xam shu nomårlar qayd etiladi.

3.3.  Dasturlarga bog‘lik xujjatlarni kiritishda qo‘yiladigan talablar

AT ning biror bir ta’minlovchi qismiga boglik bo‘lgan masalani yechish, kårakli bo‘lgan xisoblash ishlari ko‘pincha dastur bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu dasturlash ishlari boshqalar uchun ko‘rsatma bo‘lishi yoki foydalanish uchun instruksiya sifatida tushunarli holda bårilishi kårak.

Agar kurs ishi dasturlar bilan bog‘liq bo‘lsa, unnng asosiy qismida quyidagilar bårilishi kårak:

■umumiy (nomi, qaysi dasturlash tilida);

■dasturning qaysi masalaga mo‘ljallanganligi;

■foydalanish tartibi;

■foydalanilgan tåxnik ta’minot;

■kiritiluvchi ma’lumotlar;

■chiqadigan ma’lumotlar;

■yaratilgan dasturning turdosh dasturlar bilan kiyosiy taxlili

 

3.4.    Foydalanilgan adabiyotlarning ro‘yxatini tuzish tartibi

Kurs ishini bajarish davomida foydalanilgan adabiyotlarning ro‘yxatini tushuntirish xatining oxirida båriladi. Ro‘yxat ma’lum tartibda, ya’ni kåtma-kåtlikda ko‘rsatiladi. Bu ro‘yxatni bårishda quyidagilarga rioya qilish tavsiya etiladi.

Har bir ko‘rsatilayotgan adabiyotlarda avvalo avtorning familiyasi, so‘ng ismi va otasining ismining bosh xarflari, kitob yoki maqolaning nomi, qaysi shaharda va nashriyotda chop etilganligi, yili, to‘plamning nomåri, qaysi båtlarda bårilganligi ko‘rsatiladi. Ro‘yxatda faqatgina foydalanilgan adabiyotlar qayd etilib, ular tushuntirish xatida albatta sonli rakamlar yordamida nomårlar bilan ko‘rsatilishi kårak. Tushuntirish xatidagi adabiyotlarni ko‘rsatuvchi raqamli sonlar to‘rtburchakli qavs bilan bålgilanadi.

 

4. KURS ISHINI HIMOYA QILISH TARTIBI

 

4.1.         Kurs ishini himoya qilishga tayyorlash

 

Bårilgan mavzu bo‘yicha bajariladigan loyiha to‘la bajarilib bo‘lingach, kafådra mudirining ko‘rsatmasi bilan tuzilgan komissiya oldida himoya qilinadi. Shu sababli yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rish lozim.Talaba himoyaga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida bajargan ishining asl ma’nosini tushuntirib bårishi uchun, masalaning qo‘yilishi, yechish usullari va olingan natijalar bo‘yicha qilgan izlanishlarini qayd etishi o‘rinli. Buning uchun u sodda va tushunarli tarzda qilgan ishlarini gapirib bårishi kårak.

Kurs ishini qabul qiluvchi komissiya va rahbar ma’ruzadan so‘ng bir nåcha savollar bilan talabaning ana shu sohadagi bilim darajasini sinab ko‘rishadi va yakuniy qilib umumiy baho qo‘yiladi.

Bu ishlar talabani tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha qo‘yilgan masalani mustaqil xal etib, bajargan ishini aniq va tushunarli qilib boshqalarga tushuntira olishga o‘rgatadi.

 

4.2. Kurs ishini qabul qiluvchi komissiyaning ishlash tartibi

Kurs ishini qabul qiluvchi komissiyani kafådra mudiri tayinlaydi. Bu komissiya imtixon(såssiya) boshlanguncha xaftaning ma’lum kunlari kålishi, so’ng bålgilangan vaktda esa ximoya o‘tkazishi kårak.

Bu komissiyaga albatta kurs ishining rahbarlari va kafådraning yetakchi o‘qituvchilari kiradi. Unga kafådra mudiri va dåkanatdan vakil xam qatnashishi mumkin.

Agar kurs ishi chåt tillardan birida bajarilgan bo‘lsa, unda tushuntirish xatini tåkshirgan chåt tili kafådrasidan tayinlangan konsultant domlaning imzosi bo‘lib, o‘zi ximoyada katnashishi maksadga muvofikdir.

 

4.3. Kurs ishini ximoya qiilish

Rahbar va kafådra tomonidan tasdiklangan komissiya yig‘ilib, kurs ishini qabul qiladi. Buning uchun talaba tushuntirish xatini ko‘chirilgan nusxasiga rahbar va o‘zining imzosi ko‘yilgan holda topshiradi.

Talaba qisqacha ma’ruza qilgandan so‘ng, savol-javobga o‘tiladi. Undan kåyin rahbar kurs ishi va talabaning tanlagan sohasidagi qobiliyatini   xaraktårlab,  komissiya   a’zolari   bilan   kålishgan   holda umumiy baho qo‘yiladi.

Baho mavjud råyting tizimda qo‘yiladi. Agar kurs ishi qoniqarsiz dåb topilsa, yoki talabaning  ma’ruza va savol-javobidan bårilgan mavzu bo‘yicha bilim darajasi past dåb topilsa, kurs ishi "qoniqarsiz" baholanadi. Bu holda talabaga yangi mavzu topshiriladi va himoya muddati bålgilanadi.

 

V - QISM. KURS ISHINI BAJARISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR

 

5.1. Kurs ishi ustida bajariladigan ishlarning tarkibi va mazmuni

Kurs ishi ustidagi ishlarni quyidagi kåtma-kåtlikda amalga oshirish maqsadga muvofiq:

·   Kurs ishining tafsilotli råjasini tuzish.

·   To‘plangan ma’lumotlarni tizimlashtirish va taxlil kilish.

·   Kuyilgan masalani yechish usulini tanlash.

·   Masalani yechish algoritmini tuzish, dastur yaratish.

·   Kompyutårda tajriba o‘tkazish, yechimni olish.

Kurs ishini jamlash:

a)     tushuntirish xatini yozish;

b)     grafik qismlarini chizish.

Matn qismini tahrirdan o‘tkazish.

Kurs ishini rasmiylashtirish.

Bajarilishi lozim bulgan ishlar råjasini tuziùda kurs ishining har bir qismini paragraf, nim paragraf saviyasida ifodalab chiqish kårak. Ishning bo‘limlarida, paragraflarida, bobida aks ettiriladigan ma’lumotlar xajmi va tarkibi aniqlanadi. Bu ishni bajarishda bobning, paragrafning nomiga mos ravishda mazmunidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni tågishli izohlar, tasvirlar, jadvallar bilan to‘ldirish va mantiqiy kåtma-kåtlikda izxor etishga e’tibor bårish zarur.

Mantiqiy kåtma-kåtlik loyiha råjasida nazardan chåtda qolmagan bo‘lsa, bu ma’lumotlarni råjaga ko‘ra tartibga solish, ularni kanday kåtma-kåtlikda ishlatish. paragraf, bo‘lim, bobni bog‘lovchi iboralar, fikrlar, hulosalar takidlanishi osonlashadi. Råja omilkorlik bilan tuzilgan bo‘lsa, ma’lumotlar, matåriallar taxlili xam osonlashadi, kurs ishini bajarish samarasi ortadi. Taxlil natijasida qaysi ma’lumotlar muximligi, qaysilari izoh sifatida yoki ilova sifatida ishlatilishi mumkinligi xal bo‘ladi.

Xar kanday tizimlardagi konvårgånsiya masalasi bir nåcha usul bilan, bir-biridan farqlanadigan yondoshuv asosida yechilishi mumkin. Shu sababli, talabalar o‘zlarining to‘plagan malumotlarining mazmuniga va uzluksizligiga karab natijaga erishish ishonchliligini va kafolatini hisobga olib, masalani yechish usulini tanlaydilar.

Masalani yechish usulini tanlash uning algoritmini tuzish imkonini båradi. Algoritm tuzish jarayoni murakkab bo‘lib, u bir nåcha bor takrorlanishi, unga tågishli o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritilishi, zarur bo‘lganda butunlay almashtirilishi mumkin. Algoritm tuzish ajralgan holda amas, balki biror tanlangan dasturlash tilida dasturni tuzish bilan uzviy bog‘lanishda va kåtma-kåtlikda amalga oshiriladi. Masalani yechish algoritmi uni qo‘yilishi bilan birga himoyaga olib chiqiladigan eng asosiy ishlardan biri bo‘lib xisoblanadi.

Tuzilgan algoritm asosida yaratilgan dastur yordamida kompyutårda namunaviy yoki nazorat uchun tanlangan ma’lumotlarni kiritib tajriba (modållashtirish) o‘tkaziladi. Bu amal davomida tanlangan usul, tuzilgan algoritm, yaratilgan dastur ko‘yilgan masalani nåchoglik to‘gri yecha olishini ko‘rsatadi. Dastur to‘gri natija bårayotganini dalolati bo‘lib avvaldan malum ma’lumotlarga mos kåluvchi natijalar olinganligi hisoblanadi, bu esa loyiha rahbari tomonidan tasdiklanadi.

Kurs ishini jamlash, to‘plangan malumot va matåriallarni ajratib, ish råjasiga ko‘ra tartibga, mazkur ko‘rsatmalarnnng 4-bandida qo‘yilgan, talablarga rioya qilinib tushuntirish xatini yozishdan, hamda ximoya uchun izoh sifatida zarur bo‘lgan chizmalarni chizishdan iborat bo‘ladi.

Kurs ishining matni talabaning nåchog‘lik savodxonligini, tushuncha va tårminlarni  bilib, ulardan  to‘g‘ri  foydalana bilishini, adabiyotlardan kårakli matåriallarni ishlata olishini, mutaxassis sifatida o‘z fikrini yozma ravishda bayon qila olishini, loyiha tayyorlashning mavjud talablariga mos kåluvchi ish yarata olishini ko‘rsatadi. Talabalar shularni xisobga olib, loyihaning råjasidagi mantikiy kåtma-kåtlikda, adabiy ravon va tushunarli tildagi matnni tayyorlaydilar.

Kurs ishi rahbari ishni ko‘rib chiqib, uni rasmiylashtirishga ruxsat båradi, shundan so‘ng u barcha talablarga javob båruvchi ko‘rinishga kåltiriladi va ximoyaga topshiriladi.

 

5.2. Kurs ishi mavzulariga tågishli ko‘rsatmalar

1.     Korxonani boshqarish tizimida konvårgånsiya jarayonini taxlil kilish.

Kurs ishi sifatida bårilgan korxona uchun taxlil quyidagi tadbirlardan iborat:

·   korxonani,     uniig     tashkiliy     bo‘laklarini     rivojlanishi, faoliyatining maqsadlari va sifat ko‘rsatkichlari;

·   korxonani rivojlantiriùdagi umumiy tomonlar;

·   maqsadga erishishga olib kåladigan faktorlarni aniqlash;

·   maksadga erishishga to‘sqinlik qiladigan faktorlarni aniqlash;

·   boshqa korxonalarning ilg‘or tajribalarini ishlatish;

 

 

 

Tahlilda tizmiy yondashish

 

          Ma’lumki, tizmiy yondoshish - bu tadqiqot uslubiyatidagi yunalishdir. U ob’åktni ko‘p sonli ichki va tashki aloqalardan iborat bulgan elåmåntlardan tashkil topuvchi murakkab tizim sifatda o‘rganishga tayanadi. Tizimiy yondashish ob’åktni chuqur va atroflicha o‘rganishga, uni xaqida tula tasavurga ega bo‘lishga, uning alohida  birliklari orasidagi sabab-okibat boglanishlarini aniqlashga imkon båradi.

          Tizimiy yondashishning bosh xususiyati - bu tizim elåmåntlarining o‘zoro ta’siri, o‘zoro bog‘liqligi, o‘zoro boglanishi va dinamik xaraktårda bo‘lishi, komplåksligi, butunligi, buysunganligi, yetakchi zvånoni ajralganligidir.

          Tizmiy yondashish tahlilda xo‘jalik masalalarining ilmiy asoslangan variantlarini ishlab chiqish va bu variantlarni samaradorligini hisoblash yo‘li bilan eng makbul boshqarish karor larini tanlash imkonini båradi.

          Tizimiy tahlilda uni amalga oshirish jarayonini bir nåcha kåtma kåt bosqichga ajratish mumkin.

          Birinchi bosqich. Tadqiqotning bu bosqichida ob’åkt ma’lum bir tizim, dåb karaladi va buning uchun dastavval tizimni elåmåntlari sifatida karaladigan alohida  qisimlari ajratib olinadi. Shuningdåk, tizimni rivojlanish maqsadi, xal qiladigan vazifalari. boshqa tizimlar bilan aloqalari,alohida  elåmåntlari orasidagi o‘zoro boglanishlari,xar bir elåmåntni va butun tizimni ishlashi bålgilab olinadi,

          Ikkinchi bosqich. Bu bosqichning asosiy maqsadi tizimning barcha elåmåntlariga,ularning o‘zoro (tashki va ichki) boglanishlariga,uning mavjudligi sharoitlariga tula va sifatli tavsif båradigan ko‘rsatkichlarni tanlashdir.

          Uchinchi bosqich. O‘rganilaåtgan tizimning umumiy chizmasini ishlab chiqish bu bosqichni asosiy maqsadini tashkil qiladi. Grafik ko‘rinishda bu alohida -alohida  to‘zilgan bloklardan tashkil topgan bo‘lib,bunda xar bir elåmåntga alohida  blok mos kåladi. Alohida  bloklar ular orasidagi boglanishlar mavjudligini va yunalishini tavsiflovchi strålkachalar bilan boglanadi.

          Turtinchi bosqich. Bu bosqich tizimning umumiy ko‘rinishdagi Iqtisodiy matåmatik modålini to‘zishga bagishlanadi.Bunda sifat tahlili yo‘li bilan tizimning bircha tånglama va tångsizliklarining matåmatik shakildagi ifodasi aniqlanadi.

          Båshinchi bosqich. Bu bosqichda "modål bilan ishlash" amalga oshiriladi. Modål bilan ishlashni kompyutår yordamida dilog råjimida o‘tkazish tavsiya kilinadi. Modål bilan ishlashda, bizning fikrimizcha imitatsion modållardan foydalanish maqsadga muvofikdir.

 

5.2.         Grafik usulda taxlil qilish

Ma’lumotlarni grafik usulda taxlil kilish quyidagi tadbirlardan iborat:

·     Ma’lumotlarni    qayta   ishlashda   qanday    amallar    bajarilishi ko‘rsatiladi;

·     ko‘rilayotgan joyda  qanday   xujjatning    qaysi    ko‘rsatkichlari ishlatilishi;

·     xujjatdagi ma’lumotlar qanday ishlatiladi;

·     xujjatda qaysi ma’lumotlar o‘zgartiriladi;

§  ma’lumotlar okimining grafik sxåmasi tuziladi;

2.1. Amalga   oshirilgan   tadbirlardan   so‘ng,   ma’lumotlar   okimlarni ifodalash uchun:

a)   tarmoqni modållash usuli;

b)  graf analitik usul;

v)  daraxt turidagi graf ko‘llanib,  informatsion oqimni tartibga solingan ko‘rinishi hamda nnformatsiyaning xarakatlanishi olinadi.

Natija sifatida loyihada kuyidagilar kåltiriladi:

·               axborot o‘zgarishga uchragan bloklarning ro‘yxati va ularning xaraktåristikasi;

·               råjalash davomida axborotni o‘zgartirish kåtma-kåtligi;

·               axborotni o‘zgartirish bloklarnning xaraktåristikasi;

·               kirish axborotining manbalari;

·               chiqish axborotining manzillari.

Shularni ifodalovchi sxåma råjalashtiruvchi organning faoliyatini ifodaliydi, axborotni o‘zgartirish turlarini, uniig kåtma-kåtligini, axborot oqimlarining manzillarini namoyon kiladi.

 

5.3.         Funksional-amaliy taxlil usuli

Funksional-amaliy taxlil usulini ishlatish quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi:

·   informatsion tizimning sxåmasini ishlash;

·   tizimning strukturasini va funksiyalarini aniqlash;

·   modållashnnng mantiqiy sxåmasini yaratish;

·   iqtisodiy råjalash masalalarining algoritmlarini va modållarini yig‘ish hamda taxlil qilish;

·   informatsion tizimni nimtizimlarga, elsmåntlarga, amallarga bo‘lish;

·   masalani aniqlash va formallashtirish, amallarni namunalashtirish;       

·   xar bir amal uchun maqsadiy funksiyani va aloqalarni aniqlash;

·   amallarning matåmatik modålini tuzish;

·   tågishli algoritmlarni tanlash va yaratish, ularni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma tayyorlash;

·   informatsiyaning xajmini va xaraktårini aniqlash, yangi xujjat almashish tizimini yaratish;

·   informatsiyani qayta ishlash algoritmining formasini ishlash;

·   xududiy informatsion tizimni yaratish.

Bu usul informatsiya almashishning tafsilotli ifodlash imkonini båradi.

 

5.5. Dasturiy vositalar

Kurs ishida bajarilishi lozim bo’lgan taxlil Axborot tizimi va ularni ishlatish jarayonidagi ijtimoiy - iqtisodiy sohasida yuz beradigan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi dastlabki va yig’ma ma’lumotlarni to’plash (statistika kuzatuvi), ularga ishlov berish va umumlashtiruvchi statistika ko’rsatkichlarini hisoblash orqali tahlil va talqin qilishdan iborat.

Olingan statistic ma’lumotlarni turli statistic dasturiy vositalar orqali tahlil qilish mumkin:

1.     SPSS dasturi – statistik ma’lumotlarni qayta ishlash uchun yaratilgan kompyuter dasturi.

2.     STATA dasturi –  ma’lumotlarni boshqarish uchun dasturlar tuzish, natijalarni olish va tahlil qilish, regression tahlil.

3.     STATISTICA dasturi – turli statistik vositalarni o’z ichiga olgan

Bulardan tashqari boshqa statistic vositalar xam mavjud, lekin yuqorida ko’rib chiqilgan vositalar o’zining qulayliklari bilan ajralib turadi va talaba ish davomida xoxlagan statistic dasturini ishlatishi mumkin. 

 

5.6. Statistik ma’lumotlarni to’plash

Statistik ma’lumotlarni to’plash uchun  “Internet” tarmog’ida joylashtirilgan

xalqaro tashkilotlar (UNStat, ITU, WorldBank,  IMF, EuroStat va hokazo) ning statistika xizmatlari, MDH Statkomiteti, O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi ma’lumotlari, ko’rsatmalari, yo’riqnomalaridan foydalanish xamda tarqatma materiallardan foydalaniladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

 

1.           Kox R., Yanovskiy G.G., Ývolyuöiya i konvårgånöiya v ýlåktrosvyazi. –M.: Radio i svyaz, 2001.

2.           Pårspåktivû razvitiya infokommunikaöiy. Pod rådaköiåy prof. A.A. Gogolya i prof. G.G. Yanovskogo. -SPb.: Påtårkon, 2003.

3.           Goldshtåyn B.S. Protokolû såti dostupa. – M.: Radio i svyaz, 1999.

4.           Goldshtåyn i dr. IP-tålåfoniya. –M.: Radio i svyaz

5.           Sokolov N.A. Såti abonåntskogo dostupa. Prinöipû postroåniya. – M.: ZAO "IG Ýntår profi", 1999. – 254 s.

6.           Sokolov N.A. Båsådû o tålåkommunikaöiyax. Monografiya v chåtûråx glavax. –M.: Alvarås Pablishing, 2003 – 2004.

7.           Goldshtåyn A.B., Goldshtåyn B.S. Tåxnologiya i protokolû MPLS. –SPb.: BXV, 2005.

8.           Zinovåv P.A., “O råalizaöii biznås-modålåy prådpriyatiy v ramkax sårvisno oriåntirovannûx arxitåktur” , Isslådovaniya po informatikå, 10, Kazan, 2006, 3–18

9.           Sportak Mark i dr. «Kompyutårnûå såti. Ýnöiklopådiya polzovatålya», Kiåv, «DiaSoft», 1999

10.  Goldshtåyn B.S Protokolû sågi dostupa - M.: Radio i svyaz, 1999 - 317s

11.  Myunx B. IP-tålåfoniya Kak obåspåchit kachåstvånnuyu pårådachu råchi. Ch. 1 // Såti i siståmû svyazi - 2000. - ¹ 3 (53). - S. 70-79.

12.  Bakanov M.I., Shåråmåt A.D. Tåoriya ýkonomichåskogo analiza. -M.: FiS. 2006.

13.  Zamkov O.O., Tolstopyatånko A.V., Chåråmnûx Yu.N. Matåmatichåskiå måtodû v ýkonomikå: Uchåbnoå posobiå. MGU. -M.: Dålo i Sårvis. 2006.

14.  Kolichåstvånnûå måtodû analiza v markåtingå. Pod råd. T.P.Danko, I.I.Skorobogatûx. –S.Pb.: Pitår, 2005.

15.  Kosorukov O.A. Måtodû kolichåstvånnogo analiza v biznåså. Uchåbnik. -M.:INFRA, 2005.

16.  Kolichåstvånnûå måtodû v ýkonomichåskix isslådovaniyax. /Pod råd. M.N.Fadååvoy i dr. Uchåbnik. -M.: YuNITI, 2004.

17.  Kolichåstånnûå måtodû v ýkonomichåskix isslådovaniyax: Uchåbnik dlya vuzov. /Pod råd. M.V.Grachåvoy i dr. M.: YuNITI-DANA, 2004.

18.  Bålånkiy I.Z. Kolichåstånnûy analiz v ýkonomichåskix isslådovaniyax. -M.: 2002.

19.  Roslånskiy V.Z. Kolichåstvånnûy analiz v modålyax ýkonomiki. -M.: MGU, 2002.

20.  The World Bank “World Development Indicators. 2002”,

21.  Sidånko A.V. i dr. Måjdunarodnaya statistika. Uchåb. – M. 345 c.

22.  The World Bank “World Development Report, 2002.


23.        

MUNDARIJA

 

KIRISH

3

1.

UMUMIY MA’LUMOTLAR

4

 

1.1 Asosiy tushunchalar

4

 

1.2.Maqsad va vazifalar

4

 

1.3. Kurs ishini bajarish uchun mavzu tanlash tartibi

4

2.

KURS   ISHI   BAJARILISHINING   TASHKILIY TOMONLARI

6

 

2.1.Tashkiliy ishlar

6

 

2.2. Kurs ishining tartibi va asosiy qismlari

6

 

2.3.Kirish va asosiy qismlarni yozish tartibi

8

 

2.4. Kurs ishining qisqacha bajarish jarayoni

10

3.

TUSHUNTIRISH XATINI YOZISH QOIDALARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

11

 

3.1.Umumiy talablar

11

 

3.2. Chizmalarga qo‘yiladigan talablar

12

 

3.3.Dasturlarga bog‘lik xujjatlarni kiritishda qo‘yiladigan talablar

12

 

3.4.Foydalanilgan adabiyotlarning ro‘yxatini tuzish tartibi

12

4.

KURS ISHINI HIMOYA QILISH TARTIBI

13

 

4.1.Kurs ishini himoya qilishga tayyorlash

13

 

4.2. Kurs ishini qabul qiluvchi komissiyaning ishlash tartibi

13

 

4.3. Kurs ishini ximoya qiilish

14

5.

KURS ISHINI BAJARISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR

14

 

5.1.Kurs ishi ustida bajariladigan ishlarning tarkibi va mazmuni

14

 

5.2. Kurs ishi mavzulariga tågishli ko‘rsatmalar

16

 

5.3.Grafik usulda taxlil qilish

18

 

5.4.Funksional-amaliy taxlil usuli

19

 

5.5.Dasturiy vositalar

19

 

5.6.Statistik ma’lumotlarni to’plash

20

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

21

 

MUNDARIJA

22

 

ILOVA

24

 

 

 

 

 

 

ILOVA 1

Kurs ishini bajarish bo’yicha namuna

Mavzu: "Korxona boshqarish tizimida konvårgånsiya jarayonlarini taxlil qilish".

Axborot kommunikatsiya tizimlarida konvårgånsiya fani buyicha bajarilgan kurs ishining qisqartirilgan ko‘rinishi IPTV tåxnologiyasidagi konvårgånsiya misolida ko’rsatish mumkin.

Kurs ishi mavzusi: IPTV tåxnologiyasida konvårgånsiya

 

Kirish

Konvårgånsiya tushunchasi bu - tåxnologiyalarda ro’y bårishi mumkin bo‘lgan birlashish.

AKT soxasidagi konvårgånsiya asosan Intårnåt tåxnologiyasining ya’ni  IP  (Internet Protocol) ni yaratilishidan boshlangan. AKT soxasida ishlaydigan vositalarning xammasi asosan rakamli tåxnologiyaga asoslangan bulib, shu asosda barcha AKT vositalari va tåxnologiyalari bir-biri bilan birlashtirilishi mumkin.

Konvårgånsiya jarayonini xozirgi kunda xamma joylarda kuzatish mumkin. Masalan oddiy mobil aloka tålåfonini olaylik. Birinchi ishlab chikarilgan tålåfon yordamida fakatgina tovush signallarini yuborish imkoniyatlari bulgan, xozirgi zamonaviy tålåfonlarda esa nafakat tovush, vidåo, rasm, musika va intårnåt tarmogi ma’lumotlarini xam uzatish va kabul kilish imkoniyatlari mavjud. Bu evolyusiyani ya’ni mobil tålåfon apparatini rivojlanishiga e’tibor båradigan bulsak, kåyinchalik apparat yordamida IP tåxnologiyasi yordamida AKT vositalarini boshkarish kabi xizmatlar kushilishi mumkin. Bu uz navbatida AKT soxasida uzgarishlarga ya’ni Intårnåtga ulanish siyosati kabi masalalarni kutarilishga sababchi buladi.

Xozirgi kunda xamma mamlakatlarda intårnåt foydalanuvchilarning sonini oshishi Intårnåtga ulanish siyosati, xamda xizmatlarning arzonlashishi sababli bo‘lgan. IPTV soxasini taxlil kiladigan bulsak ular Tålåvidåniå bozoriga tågishli bulgan kontåntlarni Intårnåt provaydårlar bilan kålishilgan holda Intårnåt foydalanuvchilariga yetkazib båriladi. IPTV tåxnologiyasining xamda tålåvidåniyaning birlashishi (konvårgånsiyasi)  kuyidagi kåtma-kåtlikda sodir buladi.

1.       Rakamli tåxnika xamda Intårnåt tåxnologiyasining råspublikamizda yetarli rivojlanishi mavjudligi.

2.       Intårnåt provaydårlar kålishuvi siyosati, ya’ni intårnåt orqali tålåvidåniya mahsulotlarini namoyish etish. Bu tålåvidåniyadan intårnåtdan foydalangan daromadlarni intårnåt provaydårlar hisoblagich (schåtchik) orqali qayd qilinib boriladi. Tålåvidåniyaga mahsulotlarini ommalashtirish, intårnåt provaydårlariga intårnåt foydalangan soatlari miqdoriga qarab foyda qiladilar. Ma’lumotlarni ko‘chirib olishi ham shuning ichiga kiradi.

3.       Olingan foydalarni tugri kålishuv asosida taksimlash

 

IPTV tåxnologiyasining paydo bo‘lishi bilan 2006 yil butun dunyo bo‘yicha tålåvidåniya sohasida konvårgånsiyaning paydo bo‘lishiga olib kåldi va uni quyidagi rasmda kursatish mumkin.

 

 

1.     Rasm. Butun jahon bo‘yicha IPTV konvårgånsiyasi

 

Konvårgånsiya nuqtasi, ya’ni tålåvidåniya va IPTV tåxnologiyasining birlashib kåtgan vaqt  2005 va 2006 yillarga to‘g‘ri kåladi.

Gipotåza - bu bironta kiritilgan yangilik bo‘lib, u o‘zi bilan birga isbotini talab qiladi.

Aksioma-isbot talab qilinmaydigan haqiqat hisoblanadi.

 

Gipotåza

Biz IPTV tåxnologiyasini o‘rganib, quyidagi gipotåzani taklif qilishimiz mumkin.,

Gipotåza1.Tålåvidåniyaning intårnåt tarmog‘iga o‘tishi,  intårnåt tarmog‘idan foydalanuvchilar soninig ko‘payishiga olib kåladi.

Insonlarning tålåvidåniyaga qiziqishlari kundan-kunga ortib bormoqda, tålåvidåniyasiz hayotni tasavvur qilish qiyin bo‘lib qoldi. Ommaviy xizmatlarni intårnåtga kiritish orqali intårnåt provaydårlariga bozorni egallash imkoniyatini yaratib bårmoqda.

        IPTV xizmatlariga yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, yuqori natijalarga  erishiladi. Yangi tarmoq tashkil qilinishi va yangi yuqori tåzlikda yetkazilib bårilgan tåxnologiyalarning joriy qilinishi intårnåt tarmog‘ining imkoniyatini kångaytiradi. IPTV tåxnologiyasining yanada taraqqiy etishi va ko‘p foydalanuvchilarga ega bo‘lishi uchun intåraktiv muloqotini tashkil etish, xizmatlarni arzonlashtirish kabilarni yaratish talab qilinadi.

      Yuqorida kåltirilgan gipotåzani isbotlashda SPSS16.0 statistika programmasidan foydalanamiz.

Quyidagi statistik ma’lumotlar bårilgan bo‘lsin.

Jadval 1.1.

Year

IPTV

VoIP

Internet

 

 

 

 

2007

1,2

17,5

4000

2008

3,8

20,9

5000

2009

8,7

25,2

6000

2010

10,3

28,6

7500

2012

12,7

33,8

8653

 

Bårilgan ma’lumotlarga asoslanib,  SPSS dasturini ishlatib natijalarni olamiz.

Îïèñàíèå: SPSS 10 Result1

2.Rasm. SPSS dasturiga ma’lumotlarni kiritish

Statistik ma’lumotlarni SPSS dasturiga kiritamiz. Uning korrålyatsiyasini hisoblash uchun Analyze -> correlate->bivariate bo‘limidan hisoblanadi va natijasi:

Îïèñàíèå: SPSS 16 Result

 

3.Rasm. Olingan natijalar

Jadval 1.2.

Correlations

 

 

IPTV

VoIP

Internet

IPTV

Pearson Correlation

1

0,981126748

0,972901748

 

Sig. (2-tailed)

 

0,003103635

0,005333012

 

N

5

5

5

VoIP

Pearson Correlation

 

1

0,99504987

 

Sig. (2-tailed)

 

 

0,000417769

 

N

 

 

5

Internet

Pearson Correlation

 

 

1

 

Sig. (2-tailed)

 

 

 

 

N

 

 

 

**. Correlation is significant at the 0.01 level (2-tailed).

 

          IPTV ning korrålyatsiya koeffitsenti 0,97;

          VoIP ning korrålyatsiya koeffitsenti 0,99;

kabi hisoblanadi.

           Intårnåt tarmog‘i foydalanuvchilarining oshishiga IPTV ta’siri katta ekan buni korrålyatsiya matritsasidan kurish mumkin.

 

Xulosa

         Ushbu kurs ishida IPTV tåxnologiyasining arxitåkturasi va ishlash prinsiplari ko‘rib chiqildi. IPTV xizmatlarining turlari, ularni tshkil etib båradigan qurilmalari sanab o‘tildi. Shu bilan IPTV tåxnologiyasining butun jahondagi ahvoli va O‘zbåkistonda olib borilayotgan yangiliklar bilan tanshib chiqildi. Ular tahlil qilinib bårilgan ma’lumotlarga asoslanib, konvårgånsiya nuqtasi aniqlandi.

Ushbu kurs ishi orqali IPTV tåxnologiyasini o‘rganib,  ularning imkoniyatlari bilan tanishildi.  Ularning intårnåt tarmog‘ida foydalanuvchilarga yaratib bårilayotgan qulayliklar va shu bilan bir qatorda vidåo ma’lumotlarni yetkazib bårishda kamchiliklar tahlil qilindi.

         Konvårgånsiya tushunchasini kångroq ma’noda tushunish,  statistik ma’lumotlarga asoslanib konvårgånsiya nuqtasini aniqlash vazifalari bajarildi.

Konvårgånsiyaning yuzaga kålishi, yangi tåxnologiyaning rivojlanishiga va oldingi tåxnologiyaning kam foyda ko‘rishiga olib kåladi. Masalan tålåvidåniyaning intårnåtga o‘tkazilishi bilan, tålåvidåniyaga zarar hisoblanadi, chunki olinayotgan foyda intårnåt provaydårlariga o‘tadi. Intårnåt provaydårlari tålåvidåniya bozori bilan kålishishlariga to‘g‘ri kåladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ILOVA 2

O‘ZBÅKISTON RÅSPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TÅLÅKOMMUNIKATSIYA TÅXNOLOGIYALARI DAVLAT QO‘MITASI

TOSHKÅNT AXBOROT TÅXNOLOGIYALARI UNIVÅRSITÅTI

 

Fakultåt «Kompyutår injiniring»

Kafådra «Axborot tåxnologiyalari»

 

 

 

 

“Axborot tizimlarida konvårgånsiya”

Fanidan

 

“------------------------------------------------------------------------------------”

 

Mavzudagi

Kurs ishi

 

 

Bajardi:     -------------------------------(f.i.sh.,gurux)

Rahbar:-----------------------------(f.i.sh., lavozimi)

Ximoya kyalindi:-----------------------------------(sana)

                           ---------------------------------(baxo)

                           --------------------------------(imzo)

                           -------------------------------(imzo)

Toshkånt-2014

 

 

 

ILOVA 3

O‘ZBÅKISTON RÅSPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TÅLÅKOMMUNIKATSIYA TÅXNOLOGIYALARI DAVLAT QO‘MITASI

TOSHKÅNT AXBOROT TÅXNOLOGIYALARI UNIVÅRSITÅTI

TOSHKÅNT AXBOROT TÅXNOLOGIYaLARI UNIVÅRSITÅTI

 

Fakultåt: KI           kafådra:         Axborot tåxnologiyalari

Yo‘nalish (mutaxasislik): Amaliy dasturiy vositalarni loyihalashtirish

 

Tasdiqlayman

Kafådra mudiri _____________

«_____» ______________2012 y.

 

Kurs ishiga

T O P SH I R I Q

1. Kurs bo‘yicha

2. Gruppa                                    Studånt                              Rahbar                           3. Kurs ishi mavzusi  ________________________________

Mavzu kafådra majlisida                                         tasdiqlangan

4. Ishga oid dastlabki ma’lumotlar:

Ishni bajarish grafigi:

 

¹¹

p/p

nomlanishi

Boshlanshi

Tugashi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5. Hisoblash – tushuntirish yezuvlarining mazmuni (ishlab chiqiladigan masalalar ro‘yhati:

6.Grafik matåriallar ruyhati:

Topshiriq bårilgan sana:

Rahbar:

ILOVA 4

Annotatsiya

 

Turistik firma ish faoliyatini taxlili. Kurs ishi. 2011.-37 s., 4 illustrasiya, 3 ta jadval, 24 ta bibliografik manbaa. Kalit so‘zlar: tashkilot, struktura, motivatsiya, turistik firma, samaradorlik.

Tashkilot ish faoliyatining samaradorligi bo‘yicha tashkiliy masalalar va turistik firmalarda ishni tashkillashtirish bo‘yicha nazariy ma’lumotlar kåltirilgan. Firma tashkiliy strukturasini yaratishning asosiy uslublari ko‘rib chiqilgan, hamda boshqarish uslublari tashkilot misolida kåltirilgan. Yaqin kålajakda bu turistik firmaning faoliyatini rostlash va ishlab chiqarish  ko‘rsatkichlarini oshirish yo‘l-yo‘riqlari kåltirilgan.

Ushbu ish turistik firmalar va boshqa tashkilotlar uchun ish faoliyatini taxlilini olib borishda raxbar xodimlar uchun tavsiya etiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Axborot tizimlarida konvårgånsiya” fanidan kurs

 ishini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma

5A330202 – Kompyutår Injiniring

(Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash)

yunalishdagi magistralar uchun

 

TATU ilmiy –måtodik  kångash

mjlisida ko‘rib chiqilgan va bosmaga

ruxsat bårilgan

Bayonnoma ¹-------

 

Tuzuvchilar : Kuvnakov A.E.

 

 

 

Mas’ul taxrir:   Zaynidinov X.N.

Korråktor:  Zaynutdinova M.B.

 

 

Format 60x*; 1/16

Buyurtma¹______tiraj_____