O’ZBÅKISTÎN ÀLÎQÀ VÀ ÀÕBÎRÎTLÀSHTIRISH ÀGÅNTLIGI
TÎSHKÅNT ÀÕBÎRÎT TÅÕNÎLÎGIYALÀRI UNIVYÅRSITÅTI
“O’ZBÅKISTÎN TÀRIÕI” FÀNIDÀN O'QUV-USLUBIY
QO'LLANMA
TÎSHKÅNT - 2010
HURMATLI TALABA!
O'zbekiston davlatining rahbari Islom Karimov xalqimiz ma'naviyatining
asosi bo' lgan tariximizni keng ko'lamda izchillik bilan o' rganishga yoshlarni
muttasil ravishda da'vat qilib
kelmoqdalar.
Vatanimiz o'tmishini holis o' rganish sohasida arxeologlar va boshqa
tarixchi olimlar keyingi yillarda talaygina izlanishlar olib bordilar va o'z
mulohazalarini bayon etmoqdalar. Zero, tariximizni chuqur o'rganishga yangi
imkoniyatlar yaratilmoqda.
“O'zbekiston tarixi” fanidan
o'quv-uslubiy qo'llanma kafedramiz katta o'qituvchilardan G.V. Yusupova,
D.S. Ziyaeva, F.N. Shirinovalar tomonidan tayyorlangan. Unda O'zbekiston
hududida uch ming yil muqaddam dastlabki davlatchilikning paydo bo'lishidan
boshlab to XIX asrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan muhim tarixiy voqealarning
asosiy mazmuni qisqa yo'sinda yoritilgan. Bu jarayonda mualliflar so'nggi
yillardagi yangi tadqiqotlardan ham keng foydalanishga harakat qilganlar.
Qo'llanmaning umumiy tahlilini O'zR FA Tarix instituti katta ilmiy xodimi,
t.f.n. F.Sh. Shomukaramova bajargan.
Ushbu qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim
vazirligining "O'zbekiston
tarixi" fani bo'yicha o'quv dasturi asosida tuzilgan.
Umid qilamizki, ushbu qo'llanma universitetimiz talabalarining shonli
Vatanimiz tarixini qunt bilan o'rganishida, ularda tarixiy ong shakllanishida
ko'mak bo'ladi.
"O'zbekiston
tarixi" kafedrasining
mudiri, tarix fanlari doktori,
dotsent N.R. Mahkamova
O'ZBEKISTON TARIXI FANI PREDMETI, UNI O'RGANISHNING
NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI, MANBALARI VA AHAMIYATI
Reja:
1. Tarixning
fan sifatidagi o'rni. Vatanimiz tarixining predmeti va o'rganish ob'yekti.
2. Tarixni
o'rganishning ilmiy-nazariy va uslubiy asoslari, manbalari, uni davrlashtirish.
3. Barkamol
avlodni shakllantirishda O'zbekiston tarixining o'rni.
O'zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida
olib borgan og'ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimiz tarixi
mustaqillik xalqimizga nihoyatda qimmatga tushganidan, bu yo'lda katta
qurbonlar berilganligidan guvohlik beradi. Endilikda xalqimizning o'z taqdiri
o'z qo'lida, o'z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo'lida astoydil
mehnat qilmoqda.
O'zbekiston mustaqillik tufayli xalqaro maydonga chiqdi, davlatimiz
mustaqilligini dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, jahon hamjamiyatiga
qo'shildi, barcha katta-yu kichik mamlakatlar doirasida o'zining munosib
o'rnini egalladi.
Har qaysi mamlakat, har bir xalq o'zining uzoq va betakror tarixiga ega
bo'lganidek, O'zbekistonning, o'zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir.
Qadim zamonlardayoq; Turon, Turkiston deb e'tirof etilgan ona Vatanimiz turli
tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko'ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim
kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashxurdir. Vatanimiz jahon
tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq shiddatli
chorrahalaridan biri bo'lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy,
yunon, arab, rus xalqlari bilan ma'lum darajada aralashuvi sodir bo'lgan,
ularning madaniyati, fani, san'ati va umuman turmush tarzi bir-biridan baxra
olgan, mushtaraklashgan.
Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi.
O'zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi
O'zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi
birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo'lib, qariyb 3000 yil davomida
takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga
ko'tarilgani jahonga ma'lum.
Tariximizni o'rganar ekanmiz, yana shuni inobatga olmoq lozimki, o'zbek
davlatchiligi sarhadlari hozirgi mustaqil respublikamiz hududidan ancha keng
bo'lgan. Shu boisdan ham turli davrlarni o'rganishda Markaziy Osiyoga oid
ma'lumotlar ham yoritiladi va bu tarixiy jarayonni to'laroq anglashga yordam
beradi.
Tarix - arabcha so'z bo'lib, "tadqiq etish",
"tekshirish", "voqealar haqida aniq hikoya qilish"
ma'nolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq o'tmishdan
bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir.
"O'zbekiston tarixi" fanining predmeti xalqimizning eng
qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o'tgan uzoq va murakkab
tarixiy yo'lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayotini
xolisona o'rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.
O'zbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz
mehnat tufayli takomillashib borish va hozirgi odamlar darajasiga ko'tarilish
jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va san'atini yoritadi. Vatanimiz
tarixi o'zbeklarning xalq, millat bo'lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz
qoldirgan boy ma'naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki
va tashqi siyosatini o'rgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma'lum bir
davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo'lib qolganligini, qaramlik azobining
naqadar ayanchli, mashaqqatli bo'lganligini, ajdodlarimizning ajnabiy
bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashini va bunda mardlik,
jasorat ko'rsatgan xalq qahramonlari va davlat arboblari faoliyatlarini keng,
teran o'rgatadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Tarixiy
xotirasiz kelajak yo'q" risolasida va boshqa asarlarida olg'a surilgan
tariximizga tegishli dolzarb masalalar o'tmishimizni o'rganishda muhim nazariy
va konseptual-uslubiy poydevor rolini o'ynaydi.
I.Karimov o'tmishni o'rganishda tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan
xolisona va halol amalga oshirish asosiy vazifadir, deb uqdirgan edi. Bu
vazifani amalga oshirish O'zbekiston tarixi fanini o'rganishning ilmiy va
uslubiy asoslariga tayanishni talab etadi.
Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni to'g'ri yoritish va
o'rganish uchun bir qator muhim nazariy-metodologik prinsiplarga tayanmoq
zarur.
Dialektik metod ana shunday prinsiplardan biridir. Insoniyat hayoti,
jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit,
unda sodir bo'ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o'zaro bog'lanishda,
uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo'ladi deb ta'lim beradi.
Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jumladan,
O'zbekiston tarixini, o'zbek xalqi tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog'liq
holda o'rganishni taqazo etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, o'ziga
xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat
taraqqiyoti bilan umumiy bog'lanishdadir.
O'zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan,
qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog'langan. Qadim
zamonlardan buyon Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko'pgina davlatlar
bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo'lib kelgan. Bu jihatdan doimo
o'zaro ta'sirda va aloqada bo'lganlar, qo'shilish jarayonini boshidan
kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayoti
bir-birlari bilan uzviy bog'liq o'tgan. Shu sababdan O'zbekiston tarixini
qo'shni mamlakatlar tarixi bilan bog'liq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa
qarama-qarshi qo'ymagan holda o'rganish taqozo etiladi.
Tarixiy voqea, hodisalarni o'rganish, tahlil qilish va yoritishda
ularga xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik prinsiplardir.
Xolislik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o'rganayotganda ular bilan
bog'liq bo'lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib
tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy
hodisalarni bir butun holda, o'zaro aloqada va munosabatda deb o'rganish
darkor.
Tarixni o'rganishda tarixiylik prinsipi muhim ahamiyatga ega.
Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o'z davrining aniq tarixiy sharoitidan,
o'sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda
o'rganishni taqozo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar
bilan bog'lab o'rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy
jarayondagi o'rnini to'g'ri aniqlash, belgilash mumkin bo'ladi. Har bir voqea,
hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo'lagi deb qaramoq zarur.
Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho
bermoqchi bo'lsak, u birinchidan qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo'ldi,
ikkinchidan u o'z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o'tdi, uchinchidan
uning tarixiy o'rni, mavqei qanday, degan savollarga aniq javob berish zarur
bo'ladi.
Tarixni o'rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik prinsiplar bilan
bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish,
falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni o'tkazish,
statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur.
Vatanimiz tarixini tadqiq etish, o'rganishda uni to'g'ri
davrlashtirishning ahamiyati kattadir.
Olimlar o'tmish jarayonini ma'lum bir davrlarga bo'lganlar. Bu davrlar
insoniyat tarixida yirik ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar, taraqqiyot
bosqichlari bilan bog'liq. Xususan, O'zbekiston tarixi 5 davrga bo'lingan. Ular
quyidagilardir:
1. Eng qadimgi
davr (miloddan oldingi ikki minginchi yillar o'rtalaridan to milodiy IV asr
oxirlarigacha).
2. O'rta asrlar
davri (V - XIX asr boshlari).
3. Chorizm
mustamlakasi davri (XIX asr o'rtalari - XX asr boshlari).
4. O'zbekiston
sovetlar hukmronligi davrida (1917-1991 yillar).
5. Milliy
istiqlol davri (1991 yildan boshlab).
Bu davrlarning har biri yana o'ziga xos, kichik davrlarga bo'linadiki,
uni mazkur qo'llanmaning mazmuni va mundarijasidan yaqqol ko'rish mumkin.
Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yo'q bo'lib ketmaydi,
ulardan tarixiy manbalar guvoh bo'lib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga - moddiy
va yozma manbalarga bo'linadi.
Qadimgi odamlardan bizgacha yetib kelgan mehnat qurollari,
idish-tovoqlar, tanga pullar, harbiy qurol-yaroqlar, uy-joylar, qal'alar,
shaharlar, qabrlar, rasmlar va boshqa narsalar moddiy tarixiy manbalar deb
ataladi. Vatanimiz hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan
moddiy topilmalar, ularning tahliliy xulosalari odamlar hayotini bilishga
imkoniyat yaratadi.
Qadimgi davrlardayoq odamlar o'z fikrlarini yozma bayon etish uchun
yozuv belgilari ixtiro qilganlar. Savodxon kishilar o'zlari yashab turgan, yoki
borib ko'rgan mamlakatlari haqida, ko'rgan-kechirganlarini daraxtlarning
pustlog'iga, toshga, teriga, keyinchalik qogozga yozib qoldirganlar.
Xalqlarning hayoti, yuz bergan voqea va hodisalar haqida yozilgan kitoblar
mavjud. Yer va qimmatbaho narsalarni in'om qilish, meros qoldirish, sotib olish
hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan. Podshoh va hokimlarning yozma shakldagi
qonunlari va farmonlari saqlanib qolgan. Bular yozma manbalar deyiladi.
Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VIII-VII asrlardagi hayotini
o'rganishda "Avesto" kitobi qimmatli yozma manba hisoblanadi. Mazkur
nodir kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat tuzilmalarining
shakllanish jarayonlari o'z ifodasini topgan.
Miloddan avalgi V-II asrlarga oid yunon, xitoy, eron, vizantiy, hindi
yozma manbalarida ham Vatanimiz tarixiga oid ma'lumotlar uchraydi.
O'zbek xalqining o'rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
ma'naviy-madaniy hayotini o'rganishda Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar
shaxri", Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig",
M.Qashg'ariyning "Devonu lug'otit-turk. Uch jildlik", Abu
Toxirxo'janing "Samariya", Narshaxiyning "Buxoro tarixi",
Nizomulmulkning "Siyosatnoma yoki siyar ul-muluk", Amir Temurning
"Temur tuzuklari", Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus
tarixi" va boshqa nodir kitoblar
muhim tarixiy manba bo'lib xizmat qiladi.
Bizgacha yetib kelgan bunday moddiy va yozma manbalar O'zbekiston tarixini o'rganishda muhim
ahamiyatga ega. O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti,
Sharq qo'lyozmalar fondi dunyodagi eng yirik qo'lyozmalar xazinalaridan biri
hisoblanadi. Bu yerda 40 mingdan ziyod qo'lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq
toshbosma kitoblar va 10 mingdan ortiq Sharq tillarida yozilgan xujjatlar mavjud.
Shuningdek, Vatanimiz tarixiga oid muhim qo'lyozma hujjatlar, nodir kitoblar,
qimmatli ma'lumotlar horijiy mamlakatlardagi ilm maskanlari, kutubxonalarda
saqlanmoqda. Ana shu qo'lyozma hujjatlar va kitoblarning hozirgi o'zbek tiliga
tarjima qilinishi va nashr etilishi Vatanimiz tarixini yanada tularoq, xolisona
yoritilishiga, tariximiz saxifalaridagi "oq" va "qora"
dog'larning barham topishiga ko'maklashadi.
Vatanimiz tarixini o'rganishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, ma'ruza va nutqlari, farmon va
farmoyishlari, mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar va boshqa me'yoriy
hujjatlar muhim nazariy metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.
Ajdodlarimiz hayotini, turmush tarzini o'rganishda arxeologiya
(qadimshunoslik), etnografiya (xalqlarni tasvirlash), antropologiya (odamning
kelib chiqishi va evolyusiyasi) va boshqa fanlar ko'maklashadi.
Tabiiyki, tarix fani o'tmish merosini yangi avlodlarga to'laqonli
yetkazish bilan ularning ma'naviy tarbiyasiga, komil insonlar bo'lib
yetishuviga o'z munosib hissasini qo'shmoqda. Yurtimiz o'tmishi xalq xotirasi,
avlodlar o'rganib saboq oluvchi hayot maktabidir. Tarix - bu nafaqat o'tmish,
uning tahlili, bugungi kunimiz uchun muhim xulosalar manbai bo'lib, balki u
istiqbolimiz rejasini aniqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi.
Tarixning tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. O'zbekiston tarixi
yoshlarga xalqimizning o'tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib
qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma'naviy jihatdan komil fuqaro etib
shakllantiradi. Prezident Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, yurtimiz tarixi
"Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni
qadrlashga, uni ko'z qorachig'iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor
qilishga o'rgatadi. O'zimizning boy o'tmish merosimizdan madad va ibrat olishga
imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg'ularini uyg'otib, bugungi avlod
kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga
undaydi".
Insonda tarixiy xotira o'z Vatani tarixini, o'z xalqi, ajdodlari
tarixini bilish orqali shakllanadi. Yaqin o'tmishda mustamlakachilar, totalitar
tuzum mutasaddilari ko'pgina xalqlarni, jumladan, o'zbek xalqini o'z tarixidan
judo qilish, ularni o'z o'tmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini
eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa
xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo'yildi, uning bir necha ming yillik
boy tarixi sohtalashtirildi, uni yoshlarga o'qitish va o'rgatishga izn
berilmadi.
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o'z o'rnini topdi, barcha
o'quv maskanlarida talaba-o'quvchilarga Vatan tarixini o'qitish davlat siyosati
darajasiga ko'tarildi, Vatan tarixini o'qitish yo'lga qo'yildi. Vatanimiz
tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada
Prezident Islom Karimovning "Tarixiy xotirasiz barkamol kishi
bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi",
"Tarix - xalq ma'naviyatining asosidir", "Tarixiy xotirasiz
kelajak yo'q", "O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi",
"Inson uchun tarixdan judo bo'lish -hayotdan judo bo'lish demakdir"
degan ifodali -so'zlari va ko'rsatmalari dasturiamal bo'lib xizmat qilmoqda.
O'z o'tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi
kuchli bo'ladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O'tmishni
bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi zamonni yaxshi tushunadi,
kelajakni to'g'ri tasavvur etadi.
O'zbekiston tarixi talaba-o'quvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mohiyati va natijalarini,
milliy, huquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik, fuqarolik jamiyat
qurish, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
jarayonlarini o'rgatadi. Bu o'z navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni,
siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda o'z o'rnini to'g'ri belgilashga
ko'maklashadi.
Xalqimizning buyukligi, kuchi, uning boy ma'naviy merosga ega ekanligi
bilan belgilanadi. Ajdodlarimiz yetishtirib bergan o'nlab, yuzlab jahonga
mashhur olimu-ulamolar, me'moru-binokorlar, naqqoshlar, zargarlar,
hunarmandlar, davlat arboblari, xalq qahramonlari hayoti, dunyoda birinchilar
qatorida bunyod etilgan ilm va ta'lim maskanlari faoliyati talaba-o'quvchilar
uchun katta ibrat maktabi, tarix sabog'idir. Kelajak uchun intilayotgan yoshlar
uchun bu boy ma'naviy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va
mashaqqatli mehnat, har qanday to'siqlarni yengish, ilmga va ziyoga intilish
kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar Vatan tarixini o'qitish orqali
yoshlarga singdiriladi.
Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni egallash
talaba-o'quvchilarda halollik, odillik, rostgo'ylik, mehr-oqibat,
mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga
ko'maklashadi.
Shu boisdan Vatan tarixini har tomonlama, chuqur o'rganish muhim
ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli
bog'chalardan tortib Oliy o'quv yurtlarigacha bo'lgan ta'lim-tarbiya
tizimlarida O'zbekiston tarixi fanini o'qitishga davlat darajasiga ko'tarilgan
vazifa sifatida katta e'tibor berilmoqda, g'amxo'rlik qilinmoqda. "Tarix
millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning
ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini
shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda".
Demak, tarixiy xotira, haqiqatni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan boy
ma'naviy merosini egallash talabalarda vatanparvarlik, odillik, xalollik,
mehr-oqibat, bag'rikenglik, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlar
shakllanishga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, tarix bu tafakkur bulog'i.
U bizni o'tmish voqealariga ochiq ko'z bilan qarashga, oq-qorani aniqroq
ko'rishga, ziyraklik bilan anglashga o'rgatadigan, tarixiy shaxslar
faoliyatini, hodisalarni qiyoslash, taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga
da'vat etadi. Shu boisdan tariximizning buyuk murabbiyligini doimo yodda
tutaylik, e'tibor va ehtirom bilan o'rganaylik.
O'ZBEKISTON - INSONIYAT SIVILIZATSIYASINING
QADIMGI O'CHOQLARIDAN BIRI
Reja:
1. Sivilizatsiya
tushunchasi. Vatanimiz qadimdan odamzod yashab kelayotgan o'lka.
2. O'rta
Osiyoda ijtimoiy taraqqiyotning paydo bo'lishi. Ibtidoiy jamiyat bosqichlari va
uning asosiy belgilari.
3. Mintaqadagi
qadimgi madaniyat, aholining diniy e'tiqodlari. "Avesto"
zardushtiylikning muqaddas kitobi.
Odamzodda ong paydo bo'libdiki, o'z davriga xos
turmush tarziga, moddiy va ma'naviy madaniyatiga, ya'ni ma'lum darajadagi
sivilizatsiyasiga ega bo'la boshlagan. Markaziy Osiyo, xususan O'zbekiston
xalqlari ham qadim zamonlardan beri hayot tarzini takomillashtirar ekan, turli
qulayliklar yaratgan, odatlar, rusumlar esa an'anaga aylangan.
Ajdodlarimiz qoldirgan bu bebaho
meros keyingi yillarda chuqur o'rganilmoqda. Qadimshunoslar va boshqa olimlar
o'lkamiz o'tmishini tadqiq etib, bu makon jahon sivilizatsiyasining
o'choqlaridan biri ekanligini ta'kidlaydilar. O'zbekiston Prezidenti
I.A.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" asarida "Hozir
O'zbekiston deb ataluvchi hudud" ya'ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq,
balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganligini jahon tan
olmoqda", - deydi.
"Sivilizatsiya" qanday ma'noni bildiradi? Bu so'z lotinchadan
olingan bo'lib, u hozirgi zamonda odamning komillikka, yetuklikka intilish
mazmunida talqin etiladi, shuningdek, u inson hayoti uchun qulayliklar yaratish
jarayonini ifodalovchi tushuncha ham. Adabiyotda bu so'z "tamaddun"
deb ham ataladi, va madaniy hayotga, taraqqiyotga erishuv jarayoni ma'nosida
ishlatiladi. Qomusiy kitoblarda sivilizatsiya - jamiyat taraqqiyoti jarayonida
yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklar. Shuningdek, ularni yanada ko'paytirib
va takomillashib borish usullarining majmui deyiladi.
Ibtidoiy jamiyat va uning davrlari insoniyat qadim-qadimdan o'z davriga
xos turmush tarziga, moddiy va ma'naviy madaniyatga ya'ni ma'lum darajadagi
sivilizatsiyaga bo'lgan. Davrlar o'tishi natijasida insoniyat sivilizatsiyasi
darajasi o'sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat
qilish usuli, qanchalik darajada moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish va
ko'paytirib borishi bilan bog'liq kechgan.
U yoki bu sivilizatsiya haqida so'z borganda insoniyatning yashash
uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma'naviyat va ma'rifatga intilishi tufayli
o'zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklar, ov va mehnat qurollari,
kiyim bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy
xizmat vositalari, ijtimoiy ong va ma'naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy hayoti,
axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi asosida tavsiflanadigan ma'lum bir
tarixiy davr tushuniladi. Masalan, qadimgi Sharq sivilizatsiyasi, Antik Yevropa
sivilizatsiyasi, Islom sivilizatsiyasi, Xristian sivilizatsiyasi hozirgi zamon
sivilizatsiyasi kabi tushunchalarda insoniyatning iqtisodiy - ijtimoiy, siyosiy
hayoti, turmush tarzi, ahloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo
jihatlari mujassamlashgan bo'ladi.
Har bir mintaqada sivilizatsiya davriy nuqtai nazaridan ertaroq yoki
kechroq, o'ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy
tadqiqotlar bizning Vatanimiz - O'zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining
qadimgi o'choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda.
XX asrning birinchi yarmidan boshlab arxeolog olim V.L.Vyatkin boshliq
guruh Samarqand, Xorazm va Termizda, M.E.Mossop boshliq arxeologik guruh
Ohangaron vodiysida, A.A.Potapov Farg'ona vodiysida qidiruv va nozim ishlarini
olib bordi. 30-40 yillarda O'zbekiston, Moskva va Leningrad olimlari
hamkorligida bir necha arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etildi.
Ikkinchi jahon urushidan so'ng Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi
tarixini o'rganish maqsadida yirik arxeologik ekspeditsiya guruhlari tashkil
etildi. Keyingi yillarda respublikamizning taniqli arxeolog olimlari A.Asqarov,
O.Islomov, A.R.Muhammadjonov, Ye.V.Rtveladze, T.Shirinov va boshqalar
yetakchiligidagi tadqiqotchilar O'zbekiston qadimgi tarixini o'rgandilar. Ular
tomonidan qator ilmiy, ommabop o'quv qo'llanmalar yaratildi. Bular orasida
A.Asqarovning "Buxoroning ibtidoiy davr tarixidan lavhalar" (T.Fan. 19736),
"Sopollitepa" (T-1973), O.Islomovning "Peshchera Machay"
(T-1975), "Obishirskaya kultura" (T-1980), Ye.V.Rtveladze, A.X.Saidov
va Yu.V.Abdullaevning "Qadimgi O'zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik
va huquq tarixidan lavhalar" (T-2001) kabi asarlari alohida o'rin tutadi.
Mazkur asarlarni, shuningdek, Vatanimizning qadimgi davri tarixiga oid
boshqa asarlarni o'rganish orqali O'zbekiston odamzod ilk bor paydo bo'lgan
o'lka ekanligini aniqlash ajdodlarimizning qadimgi hayoti turmush tarzi, moddiy
va ma'naviy madaniyati haqida zarur bilimga ega bo'lish mumkin. Ibtidoiy
jamiyat odamlarning yashash tarzi, jismoniy va aqliy tuzilishi, ular tomonidan
yasalgan mehnat qurollarining turi va materialiga ko'ra bir qancha davrlarga
bo'linadi.
Kishilik tarixining ilk bosqichi hisoblangan bu uzoq o'tmish bir necha
million yillar davom etgan. Bu davrda ming yilliklar osha ibtidoiy odam
nihoyatda sekinlik bilan kamol topib, hozirgi zamon odami qiyofasiga kirgan.
Uning mehnat qurollari, asosan, toshdan yasalgani bois odamzod o'tmishining bu
ilk bosqichi fanda "tosh davri" yoki "ibtidoiy to'da" davri
deb yuritildi.
Bu ulkan davr Yevropada 3 bosqichga bo'lib o'rganiladi: polialit -
qadimgi tosh davri (mil. av. 3 mln. yil - 10-11 ming yillik); mezolit - o'rta
tosh davri (mil. av. 11-10 ming yil - 8-7 ming yillik) va neolit yangi tosh davri (8-7 ming yil -
6-5 ming yillik).
Poliolit. Bu bosqich o'z navbatida 3 pog'onaga bo'linadi. Quyi
polialit, o'rta polialit, yuqori poliolit.
Quyi poliolit (Ibtidoiy to'da davrining boshlanish). Bu davr mil. av.
3-1,5-1 mil. yil - 100 ming yillikni o'z ichiga oladi.
Hozirgi O'zbekiston yerlarining tabiati kishilik tarixini ilk
bosqichlaridayoq bu yerlarda ibtidoiy odamzod to'dalarining yashashi uchun
qulay bo'lgan Turon yerlarida bundan qariyib 700 ming - 1-1,5 mil. yil muqaddam
ibtidoiy odamlar yashagan.
Kishilikning ibtidoiy to'da bosqichida odamlar tabiiy sharoit taqozosi
bilan yirtqich hayvonlar xavfi tufayli to'da-to'da bo'lib yashashga majbur edi.
Ov vaqtida yolg'iz hayvonga ko'pchilik bo'lib ov qilganlar. Ibtidoiy to'da
davrida odamlar o'rtasida oilaviy aloqalar hali aniq tartibga tushmagan.
Markaziy Osiyoda yashagan ibtidoiy odamlar fanda sinantron nomi bilan ataladi.
Ilk poliolit odamlari ov qilish, terib-termachlab ozuqa topish uchun
toshdan, sulkdan, daraxt shoxlaridan turli mehnat qurollari yasaganlar. Shu
tufayli ular "Homohobilis" - "bilag'on odam" deyiladi.
O'zbekiston hududida ilk poliolit davri odamlari yashagan manzilgohlar
Farg'ona vodiysining So'x tumanidagi Semung'ur g'oridan va Toshkent
viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko'lbuloq makonidan topilgan va
o'rganilgan. Bu davr ibtidoiy odamlarining suyak qoldiqlari (bosh suyagining
bir bo'lagi, yelka suyagi va o'ndan ortiq tishlari) arxeolog O'.Aslonov
tomonidan Selung'ur g'oridan topilgan. Fanda unga "Fergantron"
("Farg'ona odami") shartli nom berilgan. Selung'urdagi topilmalar va
ularni o'rganish yer yuzida odamzodning paydo bo'lish muammosi yechimiga
qo'shilgan ulkan hissa bo'ldi. Endilikda Markaziy Osiyo ibtidoiy odamzod ilk paydo
bo'lgan joylar qatoriga kiritildi.
Arxeolog M.Qosimov rahbarligida Ko'lbuloq makoni tadqiq etilib, uning
oshil davriga oid 22 ta, muste davriga
oid 24 ta qatlam o'rganildi. Ko'lbuloq topilmalari (tosh qurollar, hayvon va
parranda suyaklari, o'simlik qoldiqlari va x.k.) ibtidoiy odam to'dalarining
mashaqqatli hayoti, tosh qurollar yasash texnikasi bu yerlarning tabiati hamda
ibtidoiy ovchi va termogilarning turmushda sodir bo'lgan tadrijiy siljishlarni
aniqlash imkonini berdi.
Shunday qilib, qadimgi odamlarning mashg'ulotlari terib ozuqa topish,
hayvonlarni ovlash, tosh qurollar yasash va ularni mukammallashtirishdan iborat
bo'lgan. Mana shundan mehnat jarayonida odamlarning o'zlari ham o'zgarib,
takomillashib borgan.
O'rta poliolit (m.av. 100 ming yillik - 40-32 ming yillik) Ibtidoiy
to'da davrining so'ngi bosqichi arxeologiya fani davriy tizimida Mute
madaniyati deb yuritiladi. Bu davrda yashogan ajdodlar esa ibtidoiy odam
shajarasida neandertal nomi bilan fanga kiritilgan. Hozirgi vaqtda O'rta Osiyoda
neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90dan ortiq joyda uchratilgan.
Toshkent viloyatida Obiraxmat g'ori, Xo'jakent, Poltov, Ko'lbuloq makoni,
Samarqand viloyatida Omonqo'ton g'ori, Qo'tirbuloq, Zirabuloq, Novoiy
viloyatida Uchtutda topilgan va tadqiq qilingan.
Teshiktosh g'oridan topilgan neandertal odamning suyak qoldiqlari fan
olamida jiddiy kashfiyot bo'ldi. Odam suyaklari atrofiga terib chiqilgan arxar
va Buxoro bug'usi shoxlarining topilishi odamni dafn qilish marosimining
ibtidoiy ko'rinishlari bilan bog'liq.
Xullas, O'rta poliolit davrida odamlar olov chiqarishni, gulxanlar
yoqib, sovuqdan va xavf-xatardan saqlanishni, go'shtni o'tda pishirib iste'mol
qilishni bilib olganlar. Dastlabki diniy e'tiqod paydo bo'lgan.
Yuqori poliolit. M.av. 40-33 ming yil avval tosh davrining so'nggi
bosqichi - yuqori poliolit boshlandi. U mil.av. 1210 ming yilliklargacha davom
etgan. Bu davrda hozirgi zamon odami (kramanon) shakllandi. O'sha davr
odamlari fanda "Xomo-sopines" - idrokli odam deb nomlangan.
Mehnat qurollari takomillashdi, tosh bilan birga suyak va yog'ochdan
ham foydalanildi. Odamlar bu davrda faqat g'orlarda emas, balki tekisliklarda
ham makon qura boshlaganlar.
Hozirgi zamon odamining 3 irqi
yevropoid, negroid va mongoloid qiyofalari ham o'sha vaqtda vujudga kelgan. Ona
tomonidan urug'doshlik mustahkamlanib matrearxat paydo bo'ldi. Tasviriy va
amaliy san'atning ibtidosi ham o'sha davrdan boshlandi. Hozirgi kunda O'rta
Osiyoda bu davrga mansub 30dan ortiq yodgorliklar topib o'rganilgan. Ular orasida
ayniqsa Samarqand makoni, Toshkent viloyatida Oqtosh makoni va Ko'lbuloq
topilmalari muhim.
Yuqori poliolit bosqichida muzlik davri tugab, iqlim issiqlash
boshladi. O'simlik va hayvonot dunyosi ham asta-sekin hozirgi qiyofaga kirdi.
Mezolit - bu davr o'rta tosh
davr (mil.av. 11-7ming yilliklar orasi) ham deyiladi. Mezolitda o'q-yoy kashf
etilgan va bu o'sha davr odamlari hayotida buyuk burilish bo'ldi, chunki ovdan
keladigan yemaklik hajmi ortdi. Tosh qurollar va ularni yasash takomillashdi,
hayvonlarni qo'lga o'rgatish boshlandi.
Mezolit davrida ungurlar devoriga o'yib chizilgan yoki rangli bo'yoqlar
bilan tasvirlangan ibtidoiy san'at paydo bo'ldi.
O'zbekistonda Obishir g'orlari xilma-xil mayda tosh qurollari bilan
ajralib turadi. Bu davrga oid bir qancha yodgorliklar Toshkent atrofida
Qo'shilish (Bo'zsuv yoqasida), Surxandaryoda Magay g'orida o'rganildi.
Neolit - bu davr yangi tosh davri (mil.av 8-5 ming yillik)dir. Neolit
odamlari tosh qurollarni yasashda yangi usullar - silliqlash, parmalash, arralash
usullarini ixtiro etadilar. Bu davrda mikrolit qurollar yasash takomillashdi.
Ovchi jamoalar endilikda yerto'la,
chayla yoki kapalar qurib ba'zan guvalalardan kulbalar bino qilib, o'troq hayot
kechirishga o'tadilar. Bu joylarda neolit davrining ilk qishloqlari qad
ko'targan. O'troq turmush tarzining qaror topishi bilan dehqonchilik va
chorvachilik vujudga keldi. Kulolchilik kashf qilindi. Jundan ip yigirish, mato
to'qish va tikuvchilik ixtiro qilindi.
Mil. av. 5-3 ming yillikda hozirgi O'zbekiston yerlarida (Xorazm va
Buxoro vohasi) Kaltaminor madaniyatiga mansub ovchi va baliqchilar yashagan. Bu
madaniyatning eng nodir va muhim yodgorligi Janbos IV - Janbos qal'a makoni va
Tolstov manzilgohlaridir.
Eneolit davri. Mil.av. 4-3 ming yilliklarda tosh davri tugab, eneolit
(mis tosh) davri boshlandi. Bu davrda tosh bilan birga, metaldan, dastavval
misdan qurol yasashga o'tildi. Biroq mis
tarkiban yumshoq va mo'rt metall bo'lgani sababli mehnat va ov qurollarining
aksariyati hamon toshdan ishlanar edi.
Bu davr arxeologik yodgorliklari Zarafshon quyi oqimida
"Kaptarning qumi", shuningdek, Nomozgohtepa Qoratepa (Turkmaniston)
kabilarda o'rganilgan.
Jez davri. Bu davr O'zbekiston yerlarida mil.av. 3 ming yillik oxiri -
2 ming yillikka to'g'ri keladi. Mis, qalay va qo'rg'oshin qorishmasidan jez
(bronza) kashf etildi. Natijada mehnat qurollarining turi ko'paydi, jezdan
keskin tig'li qurol yarog'lar, ro'zg'or va kosmetika (pardoz) buyumlari,
ma'budalar, naqshdor muhrlar yasala boshlandi. Ot, eshak, tuya va xo'kizdan
transport vositasi sifatida foydalanildi, hayvonlarga qo'shiladigan aravalar
vujudga keldi va g'ildirak kashf etildi. Birinchi mehnat taqsimoti
dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqdi.
Jez davri manzilgohlari Sopolitepa, Sarazm, Zomonbobo kabilardir.
Temir davri. Temir davri yodgorliklari O'zbekiston yerlarida mil.av.
IX-VI asrlar va undan keyingi davrlarga oid. Ular Xorazm, Baqtriya, Sug'd,
Choch yerlarida va Farg'ona vodiysida o'rganilgan. Temirdan xo'jalik hamda
qurol yarog'lar yasashda keng ko'lamda foydalanila boshlandi. Dehqonchilik
maydonlari kengaydi va sug'orish inshootlari qurish rivojlandi. Chorvachilik
ham o'sdi. Bu davrga kelib hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi.
Mehnat unumdorligi o'sishi bilan qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarila
boshlandi. Bu esa ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishiga olib keldi. Temir va
po'latdan yasalgan buyumlardan keng miqyosda foydalanish qishloqlar
taraqqiyotiga ham samarali ta'sir ko'rsatdi.
Qishloqlar murakkab mudofaa inshootli qal'alarga aylantirib
mustahkamlandi. Bindixontepa, Kuchuktepa, Qiziltepa, Talashqontepa va boshqa
yodgorliklar shular jumlasidandir. Mutaxassislarning ta'kidlashicha,
O'zbekiston qadimgi shahar sivilizatsiyasi ilk bor shakllangan hududga kiradi.
Bunga Sopolitepa va Jarkuton topilmalari misol bo'la oladi.
Dastlabki sivilizatsiya ma'lum darajada til va yozuvlar bilan bog'liq.
Yozuv madaniyatining eng qadimgi o'choqlari Misr, Mesopotamiya, Old Osiyodir.
Markaziy Osiyoda ham yozuv mil.av. paydo bo'lgan. Yozuv yaratish harakatlarining
dastlabki qadamlarini xalqamizdagi qoyatoshlarga ishlangan ajoyib
suratlarda
ko'ramiz. Bundan 2,5 ming yil avval yurtimiz xalqlari ilk bor chizma belgilarda
nutq tovushini ifodalovchi (fonetik) yozuv tajribasini yarata boshlagan. Bu
harakat axmoniylar davrida ma'lum bir yozuvga aylangan. Mutaxassis olimlar mil.
av. V-III asrlarda oramiy yozuvlari tajribasi asosida So'g'd, Xorazm, Baxtar,
Parfiya kabi o'lkalarda mahalliy tillarni ifodalashga mo'ljallangan yangi
yozuvlar yaratildi, deb ta'kidlaydilar. Bular fonetik ifoda jihatdan oramiydan
farq qiluvchi mustaqil yozuv tizimlari bo'lgan. Mil. av. IV-III asrlarda,
shuningdek, Yunon imlosi ham ishlatilgan. Ajdodlarimiz turkiy-run
(Urxun-Enasoy), uyg'ur, so'g'd yozuvlarini qo'llaganlar.
Demak, mintaqamizda qadim paytlarda turli yozuvlar paydo bo'lib, ular
takomillasha borgan, mahalliy tillar va lahjalar xususiyatlarini aks ettirgan
va shu tariqa Markaziy Osiyo madaniyatining rivojiga o'z ulushini qo'shgan.
Respublikamiz xududida tillarning shakllanishi bir necha ming yillarni o'z
ichiga oladi. Manbalarga asoslanib aytish mumkinki, bu yerlarda qadimgi
mahalliy tillar-turkiy, so'g'diy bo'lgan. O'rta asrlarda esa ular bilan birga
forsiy, arab, chig'atoy va eski o'zbek tillari rivoj topa boshlagan.
Qadim zamon odamlarida turli tabiiy va g'ayri tabiiy kuchlarga ishonch
tuyg'ulari paydo bo'ladi. Shu alfozda urug'chilik davrida totemizm, ajdodlar
ruhiga sig'inishlar, sehrgarlik, shamanlik kabi e'tiqod va marosimlar vujudga
keladi va tarqaladi. Bu dastlabki e'tiqodlar, ayniqsa totemizm o'sha paytda
paydo bo'la boshlagan san'atda turli hayvonlar siymosi sifatida o'z aksini
topgan edi. Bunday siymolar Fargonaning ayrim qishloqlaridan, Toshkent
viloyatining Chinoz, Sijjak tumanlaridan, Samarqand atrofidan, Amudaryo sohillaridan
topilgan Keyingi davrlarda tabiatning turli hodisa va namoyondalarini
ilohiylashtirish, ularga e'tiqod qilish va sig'inish davom etgan.
Ajdodlarimiz ko'pincha voqelikni afsonaviy tarzda tushunganlar. O'sha
paytlarda asta-sekin mifologik tafakkur yuzaga kelgan. Tadqiqotchilarning
aytishlaricha, insoniyat qabilachilikkacha bo'lgan davrda totemizmga amal
qilgan bo'lsa, mifologiya qabilachilik davrining maxsuli bo'lgan. Xususan,
miloddan avval Turon zaminida yaratilgan va Markaziy Osiyo xalklarida mashhur
bo'lgan "O'g'iznoma" dostonidan bu jarayon o'z ifodasini topgan. Bu
asar o'sha paytdan beri og'izdan-og'izga o'tib ma'lum darajada o'zgarib mintaqa
xalqlari folklorida bugun xam nufuzli urin egallaydi.
Ibtidoiy jamiyatning yemirilib borishi jarayonida yangi diniy aqidalar
vujudga kela boshladi. Shu jumladan, odamsimon xudolar, ajdodlar ruhiga
sig'inish, oxirat to'g'risidagi afsonalar paydo bo'ladi. Endi diniy tasavvurlar
ancha murakkablashadi, milliy aqidalar asosida jahon dinlari, xususan,
zardushtiylik shakllana boradi.
Shuningdek, arxeologik topilmalar va yozma yodgorliklar bundan 2-2,5
ming yil avval Surxondaryo va Farg'ona viloyatlarida zardushtiylarning
olovxonalari bilan bir qatorda buddaviylarning ibodatxonalari bo'lgani, ulardan
minglab e'tiqod qiluvchilar foydalanganligidan xabar beradi.
Ajdodlarimiz ma'lum bir odatlar,
rasm-rusumlar, udumlarni o'ylab
topganlar, ular asta-sekin an'analarga, hayot
qoidalariga aylangan. Shunday alfozda qadriyatlar
vujudga kelgan, ular esa, o'z navbatida, kishilarni ma'naviy
yetuklikka da'vat etgan. Bunga yorqin
misol Navro'z udumlaridir.
Tadqiqotchilarning
fikricha, Navro'z bayrami
bundan taxminan 3,5-4 ming yil avval paydo bo'lgan. Markaziy Osiyoda
qadimgi dehqonlar qishni kuzatib, bahorni qarshilash marosimini shunday
deb ataganlar. U davrlarda aholining aksariyati dehqonchilik
va chorvachilik bilan shug'ullangan.
Navro'z yangilanish, poklanish
ramzi, inson umidlari, niyatlarini ifodalash
belgisi sifatida paydo
bo'lgan. Uni bayram qilish
turli udum, urf-odatlar, irimlar bilan qilgan, asrlar
osha yangi an'analar bilan boyib
borgan. Demak, qadimgi ajdodlarimiz
tabiat mavsumlarini anglaganlar, ularni
e'zozlaganlar, ularga asoslanib o'z maqsad va niyatlarini amalga oshirishga
intilganlar.
Mintaqamizning muhim xususiyatlaridan biri uning murakkab etnik-madaniy
chorraxada joylashganidir. Aholi bir qancha turli qavm, qabila va elatlardan
tashkil topgan va ular etnik jihatdan aralashgan holda yashaganlar. Shu bilan
birga aholining ko'pchiligini turkiy va forsiy- tojik ajdodlari bo'lgan, ular
o'zaro hamjihatda yashaganlar, san-manga bormaganlar. Bu ham bag'rikenglik,
tolerantlik hislatlarining sarchashmalari bo'lsa kerak.
Qadimda o'lkamizda yashagan
aholining ma'naviy va madaniy
qiyofasi mashhur
"Avesto" mazmunida o'z ifodasini topgan. Ma'lumki, bu muqaddas kitob
Markaziy Osiyo xalqlari to'g'risidagi
dastlabki noyob manbadir.
"Avesto" avval xalq og'zaki ijodi shaklida tarqalgan va bir
necha asrlar davomida og'izdan-og'izga o'tib, qadimgi Turon, Xuroson, Eron,
Ozarbayjon elatlarining
ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, olam haqidagi
tasavvurlarini va diniy qarashlarini o'zida aks
ettirgan. Bu
asar ko'p yillar davomida zardushtiylik-otashparastlik dinining ulamo qoxinlari
tomonidan to'ldirilib, takomillashtirilgan. Abu Rayxon Beruniyning
"O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar" kitobida ta'kidlanishicha, "Avesto"
ilk bor mil. av. VI asr boshlarida to'liq holda 12 ming qoramol ( xo'kiz)
terisiga zarxal xarflar bilan bitilgan. Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr
Makedonskiy) sharqni zabt etganda
"Avesto"ning nodir nushasidan o'ziga ma'qul bo'lgan joylarini tarjima
qildirib olib qolgan, boshqa qismini esa yoqtirib yuborgan. Shu sabab, bu
qomusiy asarning 5 dan 3 qismi
kuydirib yuborilgan. Keyinchalik-milodiy I-IV asrlarda
"Avesto"ning qolgan
qismlari jamlanib, ayrim joylari qayta tiklanib, yangidan kitob holiga
keltirilgan. Bizga qadar "Avesto"ning ayrim qismlarigina yetib kelgan. Bular:
"Yasna" - ibodat paytida ijro etiladigan matnlar, "Yasht"-otashparastlarning tangrini
ta'riflash madhiyalari, "Vendidot" - zulm timsoli - devlarga qarshi qonunlar va
afsonalar, "Visparat" - ibodat yo'sinlari va mazmuni haqida
ma'lumotlardir.
"Avesto" katta hajmda bo'lganligi sabab, dindorlarning
kundalik faoliyatida foydalanishi uchun kichik "Avesto" ham
yaratilgan. Unga katta "Avesto"dan tanlab olingan duolar kiritilgan.
Demak, "Avesto"da zardushtiylik dinining qonun-qoidalari, ibodat
vaqtida ijro etiladigan qo'shiqlari bitilgan.
"Avesto" ta'limotining asoschisi tarixda payg'ambar nomi
bilan tanilgan Zardushtra (Zardust) ismli shaxs bo'lgan. Zardushtra - oltin
tuyali yoki oltin tuya yetaklovchisi degan ma'noda ishlatilgan. Zardushtra
otashparastlik g'oyalarini o'z hamfikrlari bilan birgalikda Katta Xorazm,
Baqtriya, So'g'diyona, Eron, Ozarbayjon qisman Hindiston aholisi o'rtasida
targ'ib etgan.
Beruniy keltirgan rivoyatga ko'ra, Baqtriya podshosi Vishtasp va malika
Xutaosa birinchilardan bo'lib zardushtiylik e'tiqodini qabul etganlar, so'ng bu
din keng yoyilgan.
"Avesto"da dunyo ezgulik va yovuzlikning doimiy kurashidan
iborat, ezgulik xudosi Axuramazda (Xurmuzd) yovuzlik tangrisi Axriman ustidan
g'alaba qozonishi bayon etilgan. Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilib,
u insonning baxtu-saodati ramzi sifatida ulug'langan.
Zardushtiylik jamiyatda
barcha odamlar tanasining rangidan,
tili, urf-odatlari va yashagan
joylaridan qat'i nazar, osoyishtalik bilan yorqin hayot kechirishga haqlidir,
deb hisoblaydi. Bu din odamlarni jur'atli, dovyurak, yetuk insonlar bo'lishga
da'vat etadi. Otashparastlikda zamin
(er), suv, quyosh va xavo ilohiyat darajasiga ko'tariladi va ularni ifloslash og'ir gunoh hisoblanadi. Kitobda aytilishicha, Zardusht odamlarga murojaat qilib, yerga, tuproqqa
sifatli urug'lar sepinglar, pirovard natijada o'zlaringiz har xil illatlardan
va balolardan holi bo'lasizlar. Bilib qo'yinglar, ishlov berilmagan tashlandiq
yerlarda turli kasalliklar, iflos narsalar va balo-qazolar paydo bo'ladi.
Demak, sizlar yerga ishlov berib, unga yaxshi urug' sepib, tuproqni
e'zozlasangiz har xil balolardan qutulasiz, hayotga, insonga ishonchingiz
kuchayadi, yashagan joyingizga, vataningizga mehringiz oshadi, deydi. Ko'rib turibmizki,
zardushtiylikda tabiatga ehtirom asosiy
yo'nalish bo'lgan. Zardushtiylik diniga oid turli buyumlar, rasmlar, urf-odat
asoratlari qadimgi Xorazm, So'g'd va boshqa o'lkalarda ko'plab topilgan.
Ko'pchilik tadqiqotchilarning fikricha, "Avesto"ning Vatani
Amudaryo sohili, aniqrog'i qadimgi Xorazmdir. Bu asarda olingan 16 yirik
hududiy-geografik nomlarning ko'pchiligi O'rta Osiyoga taalluqlidir. Bular Xorazm, So'g'd, Baqtriya yurtlari, Xisor, Pomir, Tiyonshon tog'lari, Kaspiy, Orol, Issiqko'l suv xavzalari,
Amudaryo va Sirdaryolardir. Demak, bu muqaddas
asarda geografiyaga oid mulohazalar ham bisyor.
"Avesto" jahon olimlari tan olgan boqiy yodgorlik, noyob
tarixiy manba. U dunyoning ko'p tillariga tarjima qilingan. Kitob fransuz, ingliz, rus, nemis, fors va
boshqa tillarda chop etilgan. Asarning jahon madaniyati va dinlar tarixida
tutgan o'rni beqiyosdir. Shuning uchun ham 1999 yil noyabrda YUNESKO bosh
konferensiyasi "Avesto" yaratilganligining 2700 yilligini dunyo miqyosida
keng nishonlashga qaror qildi, 2001 yil oktabrida Xorazm zaminida
"Avesto" va uning insoniyat taraqqiyotidagi o'rni mavzusida xalqaro
ilmiy konferensiya o'tkazildi.
Ma'lumki, qadimgi zamon moddiy va ma'naviy taraqqiyoti fanda antik,
ya'ni, qadimgi sivilizatsiya deb ataladi Jahonning turli mintaqalarida vujudga
kelgan bunyodkorlik va taraqqiyot bora-bora umuminsoniy qadriyatlarga,
madaniyatga, sivilizatsiyaga aylandi. O'zbekiston esa insoniyat
sivilizatsiyasining qadimgi o'choqlaridan biri bo'lgan. Demak, o'lkamizda
yashab o'tgan qadimgi odamlar jahon ravnaqiga, uning bugungi rivojiga o'zining
munosib hissalarini qo'shganlar. Shu bois bugungi mustaqil O'zbekiston
xalqlarida milliy g'urur bilan birga taraqqiyotga, sivilizatsiyaga intilish
hissi kattadir.
Qadimgi jamiyatni taxminan davrlashtirish chizmasi
Tabiiy –
iqlimiy omil: yer magnit maydonining “G’arbga siljishi” va qutblarning
o’zgarishi natijasida golosenada iqlim o’zgaradi, bu esa migratsiyaga va
turmush sharoitlarining o’zgarishiga olib keladi.
ILK POLEOLIT
Miloddan avvalgi 700/500 – 100 mingyilliklar
Yer yuzidagi
ilk odamlar
↓
↓
↓ ↓ ↓
Sharqiy Afrikadagi Olduvay darasi
↓ Prezinjantrop va zinjantrop (2 mln.400 ming yil
rivojlanishning boshi berk bo’g’ini) |
Janubiy Afrika
↓ Avstralopitek – 1 mln. yilda ortiq vaqt ilgari |
Indoneziyaning Yava o. Kendung Brous daryosi
qirg’og’ida
↓ Pitekantrop – taxminan milod.avv. 1mln. yil |
Sharqiy Xitoy (Chjoukautyan g’ori)
↓ Sinantrop – milod.avv. 700-600 mingyilliklar |
O’rta Osiyo Farg’ona vodiysidagi Selung’ur
manzilgohi
↓ 500 – 100 mingyilliklar |
O’RTA POLEOLIT (mustye)
(Mil.avv. 100 –
40 mingyilliklar)
O’zbekiston
hududida mazkur davrga mansub mashhur manzilgoh – Teshiktosh g’ori topilgan Bu
davrda yashagan odamlarni “neandertallar” deb ataganlar (ularning suyak
qoldiqlari dastlab Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgani uchun shu
joy nomi bilan atalgan)
Ko’lbuloq,
Obirahmat, Bo’zsuv, Qopchig’ay, Qayroqqum, Uchtut, Vauch, Idjont, Qizil –
Nur 1 manzilgohlarining quyi qatlamlari va boshqalar. Selung’ur
manzilgohining eng yuqori chegarasi, Xo’jakentning quyi qatlamlari ham mana
shu davrga mansubdir. Ibtidoiy to’da bo’lib yashaganlar
Yashash uchun tabiiy g’orlarni o’zlashtirilgan |
Quyidagi mehnat qurollarini yasagan: chopqi, uchli nayzalar - yo’nish texnikasini qo’llagan, bunda uchburchak
plastinalardan qirg’ichlar yasash uchun xom ashyo bo’lib xizmat qilgan |
hayvon terisidan kiyim – kechaklar tayyorlagan |
Olovdan foydalangan |
Yirik hayvonlarni ovlagan, termachilik bilan
shug’ullangan |
Neandertal odami
Mustye →
diniy tasavvurlar kurtak ota boshlagan
davrida → o’lganlar “uxlayotgan odam” holatida dafn
etila boshlangan
→
hayvonlarning qoziq tishlaridan taqinchoqlar yasala boshlangan
Neandertal odami hozirgi
zamon odamining shakllanishida o’tish bosqichi bo’lib xizmat qilgan, uning
oyoqlari va yelkasi to’g’ri bo’lgan, peshonasi va pastki jag’i bo’rtib
turgan
Bugungi kunda ko’pgina olimlarning fikricha, paleolit ikki qismga: “ikki
sakrash nazariyasi”ga muvofiq “quyi” va “yuqori” qismlarga bo’linadi,
“o’rta” paleolit esa “quyi” paleolitning
yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.
YUQORI PALEOLIT (so’nggi)
(Mil.avv. 40-12
mingyilliklar)
Bu davrda yashagan kromanyon odami (Fransiyaning Kro –
Manyon g’oridan topilgani uchun) “neantrop”, ya’ni “yangi odam”, xuddi
shuningdek bundan oldingi davr odami – “homo habilis” – “omilkor odam” dan
farqli o’laroq, “Homo Hapiens” – aql-idrokli odam deb ataladi.
Odamning hozirgi qiyofasi shakllanadi.
→ qosh ustidagi bo’rtib
turgan mushaklar yo’qoladi
→ peshona va pastki jag’I shakllanadi
→ harakatlari yengillashadi va tezlashadi
→ qo’llari takomillashadi
→ nisbatan nozik mehnat qurollarini yasaydi
Yangi paydo bo’lgan “siqish”
texnikasi yordamida xilma-xil mehnat qurollari uchun qoliplar yasalgan.
“Pichoqsimon parraklar” shular jumlasidan bo’lib, ulardan quyidagilarni
tayyorlash mumkin bo’lgan:
Murakkab mehnat qurollari
Ikki tomoni bo’yalgan o’tkir va yupqa pichoqsimon parraklar |
Har xil qirg’ichlar |
Bigizlar |
Suyak garpunlar |
Bu davrning odami yashagan manzilgohlar
O’zbekiston va o’rta Osiyoning barcha hududlarida topilgan Bo’zsuv,
Ko’lbuloq, Oqtosh, Idjont va Uchtutdagi “ko’p qatlamli” eski manzilgohlarda
ham odamlar yashashda davom etganlar. Xo’jakent, Obirahmat, Samarqand va
boshqa joylarda odamlar yashaydigan yangi manzilgohlar vujudga kelgan. Madaniy
qatlam – barcha
qadimgi manzilgohlar joylashgan, inson faoliyatining izlari – mehnat
qurollari, gulxanlar, oziq-ovqat qoldiqlari – suyakalr, chig’anoqlar va
hokazolar qolgan yer qatlamining arxeologiyada qabul qilingan nomi.
Bu davrda turli
tabiiy – iqlimiy mintaqalarga odamning moslashishi natijasida asosiy irqlar
vujudga kelgan, zotan, Yuqori paleolit
davrida Yer kurrasi deyarli to’liq o’zlashtirilgan.
Insoniyat
irqlarining vujudga kelishi:
Yevropoid irqi |
Mongoloid irqi |
Negroid irqi |
→ baliqchilik; → yovvoyi
o’simliklar termachilik davom etadi; → odamlar turar
joylari – bostirmalar, chaylalar, yerto’lalar qura boshlaydilar.
Yuqori
paleolitda
Navbatdagi muzlanishning
(jami 5 marta bo’lgan, shulardan 4 tasi paleolit davrida ) tugashi qadimgi
odam hayotining to’la o’zgarishiga olib keladi – bu davr mezolit deb ataladi. (Har bir muzlash davri
bir necha yuz ming yil davom etgan, muzlashlar orasidagi davrlar taxminan
200 ming yilga cho’zilgan. Oxirgi muzlash davri taxminan miloddan avvalgi
15-12 mingyillikda yakunlangan. )
Mezolit (o’rta tosh davri)
(Mil.avv. 12 - 7
mingyilliklar)
Davrning eng muhim kashfiyotlari
Geometrik
mikrolitlardan foydalanishning yangi texnologiya va “ichquymali texnika”
vujudga keldi, ya’ni asos – suyak, yog’och pazlarga qo’yilib, ustidan asphalt,
mum quyilgan mayda (uchburchak, to’rtburchak) qatlamlar bilan to’ldirildi.
Bunday mehant qurollari ko’p funksiyali bo’lib, ulardan uzoq vaqt ishlatish
mumkin, ya’ni yaxlit tosh parchasidan pichoq yoki keskin yasalganda ko’ra,
suyak yoki yog’och asos qilib olib, uning ustidan kremniy quyilgan ma’qul.
Tarkibiy mehnat
→ chopqichga dasta ulanib – bolta yasaladi.
qurollari → o’tkir uchlar daraxt shoxlari
bilan birlashgach, otar
nayzaga
aylanadi.
→ o’q –
yoy (kamon) tayyorlanadi.
Shuning
uchun ham yakka ovchilarning axamiyati ortdi, biroq jamoa bo’lib ov qilish
o’zgargan ko’rinishda (hayvonni ko’plashib quvish) saqlanish qoldi, chunki muz
davri o’tib, oziq- ovqat mahsulotlarini uzoq saqlashning iloji bo’lmay qoldi,
buning ustiga, yirik hayvonlar – mamontlar qirilib ketdi, mayday hayvonlarni
esa boshqa usullarda ov qilish ma’qulligi ayon bo’lib qoldi.
Odam hayvonlarni qo’lga o’rgata boshlaydi
Itlarni Cho’chqalrni Odamalar deyarli butun O’rta Osiyo hududi bo’ylab
joylasha boshladilar
Mezolit
davrining fanga ma’lum bo’lgan yodgorliklari:
Farg’ona vodiysinig I–V
Obishir manzilida Surxandaryoning Machay
g’orida
Mezolit davrida tarixning birinchi qonuni amal qilidi
– Yer kurrasida turmush sharoitlarining har xilligi taraqqiyotning har xil
kechishiga olib keldi (bir paytning o’zida turli darajada rivojlangan
madaniyatlar mavjud bo’ldi)
NEOLIT DAVRI (yangitosh davri)
(Mil.avv. 6 – 4 mingyilliklar)
Bu davr o’zlashtirish xo’jaligidan ishlab chiqarish
xo’jaligiga – dehqonchilik va chorvachilikka o’tish davri bo’lib, u “neolit
davridagi texnikaviy inqilob” tushunchasiga birlashtirilgan quyidagi
xususiyatlari bilan ta’riflanadi
Neolit
o’troq hayot tarziga o’tildi, ya’ni urug’ jamoalarning o’troq
Davrida → manzilgohlari vujudga keldi.
Neolit davrida ona urug’i – Matriarxat o’z
taraqqiyotining bir nechta bosqichini bosib o’tdi, bu pirovard natijasida juft
oilaning vujudga kelishiga olib keldi.
Neolit davriga va bundan keyingi
boshqa davrlarga o’tish Yer kurrasining
turli qismlarida turli davrlarda har bir mintaqaning tabiiy-iqlimiy
sharoitlariga qarab, tarixning asosiy qonuniga muvofiq amalgam oshdi, bunda har
bir keyingi davr o’zidan oldingi davrdan qisqaroq bo’ladi, ya’ni “zamonda
rivojlanish sur’atlarining jadallashish” qonuni amal qila boshladi.
O’rta
Osiyo uch xil madaniyat tarqaldi:
ENEOLIT DAVRI
(mis-tosh asri)
(Mil.avv. 4-3 mingyilliklar)
Tosh qurollari bilan birga
misning ishlatilgan davri eneolit deb ataladi.
Ibtidoiy
→ pichoqlar
jamoalarda → bigizlar
mehnat qurollari va → ignalar
bezaklari misdan → boltalar
tayyorlana → bilakuzuklar
boshladi → marjonalar
→ ziraklar va hokazo
Ammo tosh baribir mehnat qurollari tayyorlashda asosiy
xom ashyo sifatida qoldi, chunki mis qattiq emas edi.
Yaqqol
o’zgarishlar namoyon bo’ladi
Turli idiahlarning shakli va qalinligida Sopol buyumlar naqshida
Bu davrda qabilalar misni eritish va qaynoq holida
ishlov berish imkoniyatiga ega edilar.
Eneolit → dehqonchilikning tog’oldi
joylarida paydo bo’lishi
davrining
→ qadimgi odamning – yovvoyi o’simliklar ehtimoliy terminidan,
xususiyatlari
kerakli boshoqli o’simliklarni parvarish qilishiga o’tish davri
→ aholi yirik uy hayvonlarini ko’paytirish bilan shug’ullanadi
(sigirlar, otlar, tuyalar)
↓
Chorvachilik
faqatgina sut va go’sht mahsulotlarini
bermasdan, balki dehqonchilikning samarali
rivojlanishiga
Eneolit davrida erkaklar qabilalarda yetakchi
mavqeni egallay boshladilar
ham imkon yaratdi
BRONZA DAVRI
(Mil.avv. 2 – 1 mingyilliklar)
Bronza davrida bir vaqtning o’zida tosh davrining davomi hamdir.
Bronza ixtirosi – buyuk madaniy-xo’jalik kashfiyoti
↓
Shu sababdan undan
→ mehnat qurollari
foydalanish sohalari → uy – ro’zg’or buyumlari
kengayadi → qurollar
mukammallashtirildi
Bronza
davri quyidagilar bilan ta’riflanadi:
↓
ishlab chiqaruvchi xo’jalikning mustaqil sohasi bo’lgan yaylovdagi
chorvachilikning vujudga kelishi natijasida quyidagilar sodir bo’ldi:
1.
Mehnatning birinchi ijtimoiy
taqsimlanishi (chorvachilik uy chorvachiligiga ega bo’lgan dehqonchilikdan
ajralib chiqdi). 2.
Qo’shimcha mahsulotning paydo bo’lishi savdo – ayriboshlash munosabatlarini
vujudga keltirdi. 3.
Aholini “yashashga yaroqli” hududlarini jadal o’zlashtirishi va ularga
kelib joylashishi natijasida “hayot madoni” ni saqlash va nazorat qilishga
zarurat tug’ildi, bu esa mahalliy harbiy to’qnashuvlarga olib keldi,
natijada qabilalarning ittifoqlari vujudga keldi, erkaklarning roli keskin
ortdi, qabila oqsoqollari, odatda, bir onadan tug’ilgan ikki aka-uka biri –
harbiy paytida, ikkinchisi – tinchlik paytida oqsoqol vazifasini bajara
boshladilar.
Natijada mintaqalararo ayriboshlash jarayoni kuchaydi
↓
Iqrisodiy jihatdan turli viloyatlarni bog’lovchi
yo’llar vujudga keldi
bular:
Shunday qilib, xo’jalikning asosi chorvachilik va
dehqonchilik bo’lib qoladi.
Oqibatda: qo’shimcha
mahsulot Bu narsa urug’lar,
qabilalarning o’zaro ayriboshlash
paydo bo’ladi munosabatlariga olib keladi
Iqtisodiy,madaniy,etnik aloqalar o’rnatildi
Davrning yirik kashfiyotlari:
Bu davr
odatda “dastlabki shahar tamadduni”ga oid deb topiladi, chunki bu davrda
bo’lg’usi shahar belgilariga ega bo’lgan devor bilan o’ralgan qishloqlar –
Sopollitepa, Jarqo’ton (O’zbekistonning janubida) paydo bo’lgan.
TEMIR DAVRI
(Mil.avv. 1 mingyillikdan sinflar va davlatlar tashkil
topgunga qadar)
Temirning qo’llanishi – ibtidoiy jamoa tarixidagi
katta hodisa
Temirning paydo bo’lashi
Puflab qo’yish usulida
temir olinadi, biroq bunday buyumlar bronza bilan raqobatlasha olmaydi
(bunday temirdan zargarlik san’atida , ba’zan tilla yoki kumush
taqinchoqlarga o’rnatmalar sifatida foydalanish mumkin edi.) Temirni olovda toblash, ya’ni po’lat quyish usuli kashf etilganidan
so’ng temirdan yasalgan buyumlar raqobatdosh bo’lib qoldi,
chunki temir rudasi (mis va bronzadan farqli o’laroq) hamma yerda bor edi;
bronza temirdan pishiqligiga qaramay, xo’jalikda va harbiy sohada temirdan
keng foydalana boshlandi, bu jamiyatning tabaqalanishiga va pirovard
natijasida davlatchilikning vujudga kelishiga ko’maklashdi
O'ZBEK DAVLATCHILIGINING SHAKLLANISHI VA DASTLABKI
TARAQQIYOT BOSQICHLARI. BUYUK IPAK YO'LI
Reja:
1. Davlat tushunchasi.
Dastlabki davlatchilik va uning
shakllari.
2. O'rta
Osiyodagi ilk davlatlar. Katta Xorazm, Baqtriya podshoxliklari, So'g'd
hokimligi.
3. O'rta Osiyo xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga qarshi olib borgan kurashlari.
O'rta Osiyoda mil.av. X-VIII asrlarda ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib
bordi. Jamiyatdagi ijtimoiy tenglik barham topdi. Mulkka egalik esa turli ziddiyatlarni vujudga
keltirdi. Jamiyatda mulkdorlar, ho'jayinlar,
tobelar, kambag'allar qatlami paydo
bo'la boshladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayoni kuchaydi. Jamoalar o'rtasida turli to'qnashuvlar, janjallar
ko'payib bordi. Bunday sharoitda jamiyatda ijtimoiy, siyosiy barqarorlikka
ehtiyoj kuchayadi. Shu alfoz ijtimoiy-iqtisodiy hayotda tartib tizimi-davlatchilik
alomatlari vujudga kela boshlaydi. Dastlabki bunday uyushmalar avval kichik
mintaqalarda (polis) paydo bo'ldi. So'ng ular hududi kengayib bordi. Bunday
ma'muriy-hududiy jamoa boshliqlarining faoliyati asosan aholi hamjihatligini
ta'minlash, muammolarni yechish, nizolarni bartaraf etish doirasida kechar edi.
Xo'sh, davlat - davlatchilik nima? Davlat, davlatchilik o'z mohiyati
bilan insonlarning dolzarb talablarini, tub ehtiyojlarini amalga oshirishga,
ularning huquqlarini himoya qilishga, jamiyatda barqarorlik o'rnatish va uni saqlashga
mo'ljallangan dargoh. U muayyan jamoa, elat, xalq tomonidan tashkil etilgan
maxsus guruh bo'lib, uning ma'lum huquqlarga ega bo'lgan vakillari mavjud.
Davlat siyosiy tashkilot sifatida jamiyatni uyushtiradi, hokimiyat bilan xalqni
uyg'unlashtirishga harakat qiladi. Bir faylasuf-davlatni barpo qilishdan maqsad
odamlarga jannat yaratish emas, balki jamiyatda do'zax bo'lishiga yo'l
qo'ymaslikdir, degan ekan. Balki alloma haqdir. Chunki, jamiyatda barqarorlik
bo'lsa, odamlar farovon hayotni o'z mehnatlari bilan yaratadilar.
"Avesto" kitobidagi va boshqa ma'lumotlarga ko'ra, qadimda,
taxminan bundan 3-3,5 ming yil muqaddam O'rta Osiyo jamiyati alohida yirik
oilalardan tashkil topgan ekan. Urug' jamoasi (vis) yerga egalik qilgan, bir
nechta bir -biriga yaqin bo'lgan urug'lar qabilaga birlashgan. Nisbatan yirik
qabilalar esa muayyan hududda birgalashib yashaganlar. Bu birlashma daxyo degan
nom olgan. Viloyat boshlig'i daxyopati deb atalgan. Ana shu uyushma dastavval
harbiy-siyosiy birlashma sifatida paydo bo'lgan. Ular o'zi yashagan hududni
mudofaa qilgan. Sug'orish ishlarini uyushtirgan va boshqarib borgan. Qabila
boshliqlari vaqti-vaqtida to'planib, kengashib turishgan. Bular dastlabki
davlatchilikning alomatlari edi. Iqtisodiy
va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning siyosiy tuzilmasi davlat
va uni boshqaruv tizimi muttasil takomillashib borgan. Xususan, davlatlar paydo
bo'lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan "Sharq
yo'li" bo'lib, unda iqtisodiyotning asosini sug'orma dehqonchilik tashkil
etgan. Binobarin, yer va irrigatsiya inshootlari davlatning mulki bo'lgan.
Shuningdek, dehqonchilik jamoasi jamiyatning
birlamchi yacheykasi, ya'ni hujayrasi hisoblanagan. Aholining katta
qismini safarbar etish
zarurati esa, qat'iyatli
boshqaruvchilar tabaqasining
shakllanishiga olib kelgan.
O'rta Osiyodagi ikki daryo oralig'i-alohida tarixiy-geografik va
tarixiy-madaniy hududdir. Uning sivilizatsiyasi Amudaryo va Sirdaryo tufayli
ko'p ming yilliklar mobaynida vujudga keldi.
Bu mintaqada yuzaga kelgan davlatlar qadimgi davrlarda ham, o'rta
asrlarda ham umumiy belgilar bo'lishiga qaramay, Markaziy Osiyoning boshqa
ismlaridagi davlatlardan o'ziga xos belgilariga ko'ra ajralib turgan. O'rta
Osiyodagi ikki daryo oralig'i hududi doirasining o'zida ham shimoliy viloyatlar
(Xorazm) va janubiy viloyatlar (Baqtriya), ayniqsa, qadimgi davrlarda etnik va
madaniy, til va yozuv, davlat qurilishi tizimi jihatidan bir-biridan farq
qilgan. Bu har bir viloyatga xos bo'lgan madaniy-genetik tiplar, darajasi har
bir viloyatda turlicha bo'lgan o'troq va ko'chmanchi xalqlarning raqobatlashuvi
bilan belgilangan.
Qadimgi davrda O'rta Osiyo ikki daryo oralig'ida davlat
birlashmalarining har xil shakllari mavjud bo'lgan:
1. Davlat
tipi-podsholik. Boshqaruv shakli-mutlaq monarxiya.
2. Davlat
tipi-konfederativ podsholik. Boshqaruv shakli-cheklangan monarxiya. Ular odatda qabila boshliqlari yoki o'z tangasini
zarb qiluvchi urug' boshliqlari tomonidan boshqariladigan
bir nechta mustaqil o'lkalardan iborat bo'lgan.
3. Davlat
tipi-mulkka egalik qilish. Boshqaruv shakli-qabila doxiylari yoki urug'
boshliqlarining meros qilib qoldiriladigan hokimiyati.
Ilk davlatchilikning tashkil topishi bilan hunarmandchilik rivoj
topgan. Ayrim yirik qishloqlar kengaya bordi. Ularning atrofi baland mudofaa
devori bilan o'ralib, uning tashqarisida qo'rg'onli turar joy, jamoat ahli
uchun umum ibodatxona kabi yirik binolar qad ko'tardi. Ilk shaharsozlikka xos
bunday mahobatli inshootlar mil.av. 2-ming yillikning 2-yarmi va 1-ming
yillikning boshlarida barpo etila boshlaydi. Bu shubhasiz, istehkomli yirik
qishloqlar zaminida ilk shaharlarning paydo bo'lishi edi.
O'rta Osiyodagi
qadimgi davlatchilik evolyutsiyasini (taraqqiyotini) bir necha davrlarga
ajratib ko'rsatish mumkin.
1-davr-milod.av II ming yillikning II yarmi - O'zbekiston janubida
davlatchilik tuzilmalarining ilk belgilari paydo bo'ldi. Davlatning bunday
namunasi Jarqo'ton yodgorligi ostidan topib o'rganildi. Shahar 2 qism: hokim qarorgohi ark (xisor) va
turli xil kasbdagi hunarmandlarning turar joy va ustaxonalari joylashgan
shahristondan iborat. Bu ilk shahar-davlatchiligining umumiy maydoni qariyib
100 gektarga teng. Shahriston bo'ylab atrofi alohida-alohida devorlar bilan
mustahkamlangan 20ga yaqin turar-joy mahalla ko'ylari joylashgan. Jarqo'tonning
eng baland qismida otashparastlarning ibodatxonasi qad ko'targan.
Shahristonning janubida ilk shaharliklarning qabristoni bo'lgan. O'rta
Osiyoning janubiy hududida yuzaga kelgan bu ilk shahar-davlatchada kulolchilik,
to'qimachilik, amaliy san'at va binokorlik kabi ixtisoslashgan hunarmandchilik
yuqori darajada rivoj topgan. Hunarmandchilik mahsulotlari nafaqat ichki bozor,
balki tashqi bozor uchun ham keng ko'lamda ishlab chiqilgan. Shahar aholisi
dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo sotiq bilan shug'ullangan erkin dehqon
jamoalari, hunarmandlar, savdo ahlidan iborat bo'lgan.
2-davr miloddan
avvalgi I mingyillikning boshida
Xorazm, Baqtriya, So'g'd
tarixiy-madaniy viloyatlarining shakllanishi.
3-davr mil.av.
VI-V asrlarda Axmoniylar bosqini va O'rta Osiyoning Axmoniylar davlati
tarkibiga kirishi natijasida mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanaffus.
4-davr miloddan
avvalgi IV-III asrning yarmi A.Makedonskiy bosib olgandan boshlab Yunon-Baqtriya
podshoxligining qulashigacha. Bir vaqtning o'zida mahalliy davlatchilikning
tiklana borishi.
5-davr m.av. II
yerning yarmi va mil. I asri boshi. Mahalliy davlatlar: Qang', Xorazm
podshoxligi So'g'd, Dovon davlatlarining mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi.
6-davr mil. I
asri boshidan III asr yarmigacha. Mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi.
O'zbekistan janubiy hududlarining Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi.
Davlatchilik rivojlanishining II bosqichi bo'lgan mil.av. I -ming
yillikning 1-yarmida daryo bo'ylarida vodiylarida yirik sug'orish tarmoqlari
barpo etilishi bilan dehqonchilik maydonlari tobora kengayib bordi. Ayrim
sersuv kanallar bo'ylab ziroatkor vohalar shakllandi. So'g'd (Samarqand),
Baqtriya (Baxtar) va Xorazm kabi tarixiy-madaniy viloyatlar tashkil topdi.
"Avesto" hamda yunon mualliflarining guvohlik berishicha,
miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O'zbekistan hududida So'g'diylar,
Baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Zarafshon
va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi ko'plab aholi
istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud So'g'da (Tova)
("Avesto"da), Suguda (Bexistun yozuvlarida), Arrian, Strabon: Kursiy
Ruf asarlarida esa So'g'diyona deb nomlangan.
Amudaryoning quyi oqimida yashaydigan o'troq dehqon elatlari
xorazmliklar bo'lgan. Ularning yurti Xvarizam ("Avesto"da),
Xvarazmish (Bexistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida)
deyilgan.
So'g'diylarning eng yaqin qo'shnilari baqtriyaliklar bo'lib, ularning
yurti Surxon vodiysi, Afg'onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy
hududlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Baxdi ("Avesto" da),
Baqtrish (Bexistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-rim mualliflari uni
Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar.
O'rta Osiyoning o'troq dehqonchilik viloyatlarida, asosan, ziroatchilik
bilan shug'ullanuvchi so'g'diylar, baxtarliklar va xorazmliklar yashagan. Ular
atrofida dashtlik va tog' oldi hududlarida chorvador qabilalarning
yaylov-manzilgohlari joylashgan edi. "Avesto"da O'rta Osiyoning chorvador
aholisi - "tur"lar, ular yashaydigan el-yurt esa Turon nomlari bilan
tilga olinadi. Qadimgi Turon chorvadorlarining eng jasur, jangovori saklar va
massagetlar edi. Ular Yevro-Osiyo (Dunay havzasi)dan Oltoygacha bo'lgan
hududlarda yashovchi skiflarga qon-qarindosh bo'lgan. Miloddan avvalgi VI asrda
ular o'z yerlarini qabilalar hujumidan himoya qilish uchun o'zlarining
harbiy ittifoqini tuzadilar.
Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch
ijtimoiy guruhga bo'lingan. Ularning ko'pchilik qismi saka tigraxuda, ya'ni
o'tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi
Toshkent viloyati va Janubiy Qozog'iston yerlarida yashaganlar. Ikkinchi guruh
saka tiay darayya, ya'ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb
atalgan. Ular Orol dengizi bo'ylarida, Sirdaryoning quyi oqimida yashaganlar.
Pomirning tog'li tumanlarida va Farg'onada saka-xaumovarka deb ataluvchi saklar
yashaganlar. Saka-xaumovarka - marosimiy muqaddas ichimlik - "xauma"
iste'mol qiluvchi saklar deb yuritilgan.
Sak qabilalarining hammasi ham faqat chorvachilik bilan
kifoyalanmaganlar. Masalan, xaumavarka saklari yilqichilik qatorida
g'allakorlik bilan ham mashg'ul bo'lganlar. Tigraxauda saklari esa, mayda
shoxli hayvonlarni boqish bilan bir qatorda dehqonchilik ham qilganlar.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda yuqorida ko'rsatilgan o'lkalarda
yashovchi aholi ilk davlat uyushmalarini tashkil etganlar. Bu davlat
uyushmalari o'zining ma'lum hududi, chegaralariga ega bo'lib, iqtisodiy
-geografik makon-katta bir viloyat sifatida shakllanib borgan. Bu davrlarda
Xorazm, Baqtriya , Marg'iyona, So'g'diyona, Farg'ona kabi viloyatlar mavjud
edi. Axmoniylar bosqiniga qadar o'lkaning asosiy qismini birlashtirib turuvchi
siyosiy markaz shimolda Xorazm, janubda Baqtriya hisoblantan.
"Katta Xorazm" davlat uyushmasi ittifoqi hududi hozirgi
Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki uning atroflari - hozirgi
Qoraqalpog'iston, Marv hamda Amudaryoning quyi oqimigacha bo'lgan yerlarni o'z
ichiga olgan. Bixistun yozuvlarida Xvarazm nomi bilan massagetlar va saklar
yurti sifatida tilga olingan. Qadimda bu o'lkada mustahkam ulkan qal'alar ko'p
bo'lgan. Shu boisdan bu mamlakatga "Ajoyib qal'ali o'lka" deb nom
berilgan. Keyinchalik u Xorazm nomi bilan shuhrat topgan. Yunon tarixchisi
Gerodot ma'lumotiga ko'ra qadimda Oks (Amudaryo) bo'ylab 360 dan ziyod sun'iy
kanallar, suv inshootlari mavjud bo'lgan. O'nlab kilometrlarga cho'zilgan yirik
sug'orish tarmoqlari va inshootlari, shubhasiz viloyatning bosh hukmdorlari -
qaviylari avlodi tomonidan uyushtirilgan ommaviy hasharlar vositasida
Xorazmning mehnatkash dehqon jamoalari kuchi bilan barpo etilgan.
Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, meva-sabzavot yetishtirishga e'tibor ko'p
bo'lgan. Paxtachilik rivoj topa boshlagan. Qal'aliqir, Ko'zaliqir, Janbosqal'a
kabi shaharlar barpo etilgan. Paxsa, xom g'isht ishlatilgan, binolarning tashqi
va ichki ko'rinishlari ko'rkam bo'lgan. Davlatni mustahkamlash maqsadida
poytaxt va boshqa shaharlar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o'ralgan.
Ichki va tashqi savdo-sotiq yuksak darajada rivojlangan. Hunarmandchilik
sohalari, tog'-kon ishlari rivoj topgan. Chorvachilikda ot, tuya, qo'y-echkilar
boqishga e'tibor kuchaygan. Tabiiyki, bu jarayonda dastlabki davlat tizimining
uyushtiruvchilik o'rni o'sib borgan. "Avesto"da ta'kidlanishicha,
Xorazmning qadimiy sulolasi Siyovushiylar bo'lgan.
Xorazm davlati miloddan av. VI
asrgacha o'z mustaqilligini saqlab qola
olgan. Xorazmning mustaqil davlat sifatida
saqlanib qolishiga uning mukammal harbiy bazasi sabab bo'lgan. Harbiy qism
mustahkam otliq va piyoda askarlardan iborat bo'lib, yaxshi qurollangan va
qattiq intizomga rioya qilganlar.
Markaziy Osiyodagi yana bir qadimgi davlat uyushmasi - Baqtriya edi. Bu davlatning xozirgi Surxondaryo,
qisman Qashqadaryo viloyatlari, janubiy Tojikiston va shimoliy Afg'oniston
hududlarida joylashganligi ma'lum. Uning poytaxti Baqtro (xozirgi Balx) shahri,
podshohlaridan biri Oksiart ismli shaxs bo'lgan. Viloyat hukmdorlari
"qaviylik" darajasi bilan ulug'langan. Gerodot Baqtriyani Misr va
Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga oladi. Qadimgi Baqtriya tabiiy boyliklari tufayli Xitoy, Hindiston,
Misr, Bobilga qadar mashhur bo'lgan. Masalan, Badaxshon lojuvardi (lazuriti)
boshqa yurtlarda ham qadrlangan.
"Avesto"da Baqtriya eng go'zal o'lkalardan biri sifatida
ta'riflanadi. Unga qarashli Vaxsh vodiysi unumdor bo'lib, dehqonchilik
madaniyati taraqqiy topgan. Hunarmandchilik ayniqsa zargarlik keng rivojlangan.
Buni 1877-yilda Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish yerida topilgan
"Amudaryo xazinasi" topilmasi timsolida ham kuzatish mumkin.
Topilmalar orasidagi 179 ta oltin va 7 ta kumush zargarlik buyumlari qadimgi
Baqtriyada nafis hunarmandchilikning yuksakligidan dalolat beradi. Bu xazina
aslida Baqtriya hududiga qarashli Taxti Sangin shaharchasidagi ibodatxonaga
tegishli bo'lgan. Ular Londondagi Britaniya muzeyiga (1897) olib ketilgan.
Eronda saroy tabibi bo'lib ishlagan yunon tarixchisi Ktesiyning
yozishicha, Baqtriya miloddan avvalgi
VIII-VII asrlarda qudratli davlat bo'lgan. Bu davlat bir qancha mahalliy
hokimliklarni birlashtirgan harbiy demokratiya tipidagi davlat edi. Baqtriya
hukmdorlari oltin va kumush tangalar zarb etganlar.
Qaviy Vishtasp Zardusht dinini birinchilar qatorida qabul qilib, uni
davlat dini deb e'lon qilgan.
"Baqtriya" nomi Esxilning eramizgacha bo'lgan 472-yili
sahnaga qo'yilgan "Forslar" tragediyasida ham uchraydi. Ko'plab
mualliflar Baqtriyaliklarga "ko'p sonli", "jangavor" va
"botir" xalq sifatida tavsif beradilar. Mamlakatda mustahkamligi
sababli "zabt etib bo'lmaydigan" ko'plab joylar, shu jumladan,
poytaxt Baqtr (Balx) bor edi, deb hisoblaganlar.
So'g'diyona hokimligi ham qadimgilardandir. "Avesto"da ta'rif
etilishicha, Tova (So'g'd) o'lkalardan eng afzali bo'lgan. Bu viloyatda
so'g'diylar yashagan. Uning hududlari hozirgi O'zbekistonning Samarqand,
Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari, Tojikistonning Panjikent, O'ratepa
va Xo'jand yerlarini o'z ichiga olgan. Hokimlik poytaxti Marokanda (Samarqand)
bo'lgan. Aholi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan band bo'lgan.
Shaharsozlik kengayib borgan. Eng qadimgi shahar Afrosiyob taxminan 2750-2800
yil muqaddam tashkil topgan. Navtaka, Kesh, Nikshana (Naxshab) kabi yirik
shaharlar qad ko'targan. Bu shaharlarda viloyat qaviylari - hukmdorlarning -
qarorgohlari arki joylashgan. So'g'd tili o'sha paytlardayoq jahon savdo tili
darajasida ko'tarilgan. Bu davlat qo'shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq,
tijorat ishlarini yo'lga qo'ygan.
Ilk davlatchilik asoslarining vujudga kelishida shahar madaniyatining
o'rni kattadir. 2700-2900 yillar avval Xiva, Buxoro, Termiz, Xazorasp, Kesh
Quva kabi shaharlar paydo bo'lgan. Tabiiyki, shahar madaniyatini boshqaruvsiz
tasavvur etish mumkin emas.
Shunday qilib,
mil.av. VI asrga qadar, ya'ni axmoniylar O'rta Osiyoda paydo bugunga qadar 3 ta
yirik davlat birlashmasi - Baqtriya , So'g'd, "Katta Xorazm" hamda
saklar va massagetlar konfederatsiyasi mavjud bo'lgan.
Mil. av. VI asr boshlarida vujudga kelib, kuchayib borgan axmoniylar
davlati atrofdagi bir qancha hududlarni bosib oladi va bu sulola Eronda yirik
saltanat barpo etadi. Mil.av. VI asr o'rtalarida Axmoniylar podshosi Kir II
Bobil, Misr va Kichik Osiyodagi shahar davlatlarni bo'ysundirishga intilar
ekan, o'z hujumlarini Baqtriyaning serhosil vohalari-yu, saklarning chorvaga
boy keng dashtlari tomon yo'naltirgan. Qadimgi yunon mualliflari Gerodot va
Kinafontlarning xabar berishicha, mil.av. 545-539 yillarda Kir II Sharqiy Eron,
Xorazm, So'g'd va Marg'iyona viloyatlari hamda sak qabilalarini o'ziga
bo'ysundiradi. Shu boisdan Bihistun kitoblarida O'rta Osiyoning Marg'iyona,
Baqtriya, Xorazm kabi viloyatlari va saklarning yerlari forslarga tobe bo'lgan
xalq va mamlakatlar ro'yxatida qayd etilgan.
Axmoniylar podshosi Kir II ning qo'shinlari Markaziy Osiyoga qilgan
ikkinchi yurishida ham mahalliy aholining qattiq qarshiligiga uchraydilar. Mil.
av. 530 yilda Kir II massagetlar ustiga yangi yurish qilganda bosqinchilarga
qarshi kurashga malika To'maris boshchilik qiladi. Bu janglarda axmoniylar katta
talofot ko'radi, Kir II esa o'ldiriladi.
Mil. av. 519 yilda Doro I ahmoniylarga qarshi bosh ko'targan
saka-tigraxaudalar yurtiga qo'shin tortadi. Jangda saklar mag'lubiyatga
uchraydilar. Qo'zg'olonchilarning katta qismi o'ldirilib, tirik qolganlari yo'lboshchisi
Skunxa bilan birga asirga olinadi. Garchi qo'zg'olon bostirilgan bo'lsa-da,
O'rta Osiyo aholisining ahmoniylar
zulmiga qarshi ozodlik kurashi to'xtamaydi. Bunday ozodlik harakatining
ayrim sahifalari avlodlar xotirasida abadiy saqlanib qolgan (Shiroq obrazida).
Mil.av. VI asrda oxiri - V asr boshlarida Axmoniylar davlati nihoyatda
kuchayadi. Endilikda u jahonning eng yirik va qudratli saltanatiga aylanadi. Bu
davrda O'rta Osiyoning katta qismi bo'ysundirilib, Xorazm, Parfiya, Baqtriya,
Marg'iyona, So'g'd va Saklar yurti uning tarkibiga kirgan edi. Bosib olingan
hududlarni boshqarish uchun alohida satrapiya - hokimliklar joriy etilgan.
Ularni fors podsholari tomonidan tayinlangan hokimlar - satraplar boshqargan.
Satraplarning aksariyati ahmoniylar sulolasiga mansub bo'lib, cheklanmagan
hokimiyatga ega edi.
O'rta
Osiyo viloyatlari 4 satrapiyani tashkil etardi. Ulardan birinchisi Baqtriya
satrapiyasi bo'lib, ahmoniylar xazinasiga 360 talapey (1 talant 30 kg kumushga
teng) miqdorida soliq to'lar edi. Ikkinchisi Xorazm, So'g'd va Parfiya
satrapiyasi bo'lib, 300 talant miqdorida soliq to'lagan. Uchinchisi saklar
yurti satrapiyasi 250 talant miqdorida va to'rtinchisi Kaspiy bo'ylarida
yashovchi ko'chmanchi qabilalar satrapiyasi 200 talant miqdorida yillik soliq
to'lar edi. Soliqlar odatda kumush hisobida qimmatbaho toshlar, dehqonchilik va
hunarmandchilik mahsulotlari, chorva mollari va teri kabi xom ashyolar bilan
to'lanar edi. Bulardan tashqari qaram xalqlar podsho saroylari va ibodatxonalar
qurilishiga ham safarbar etilar edilar. Doro I hukmronlik qilgan davrda bosib
olingan ko'pchilik viloyatlar, jumladan, Parfiya, Marg'iyona va saklar yurtida
ahmoniylar hukmronligiga qarshi qo'zg'olonlar ko'tariladi. Mil.av. 522 yildagi
Marg'iyona qo'zg'oloni shafqatsizlarcha bostirilgan.
O'rta Osiyo xalqlari ustida ahmoniylar hukmronligi 2 asrdan ko'proq
davom etdi. Bu davr mobaynida O'rta Osiyo viloyatlari bilan ahmoniylar Eroni va
unga tobe bo'lgan mamlakatlar o'rtasida savdo va madaniy aloqalar o'rnatildi.
Bu davrida O'rta Osiyo aholisi ilk bor zarb qilingan tanga pullar bilan muomala
qila boshladi. Shuningdek, ular Eronda amalga oshirilgan yirik me'morchilik
qurilishlarida ishtirok etdilar. Birgina So'zada podsho saroyi qurilishi uchun
oltin Baqtriyadan, lojuvard va qimmatbaho toshlar So'g'ddan olib ketilgan edi.
Gerodotning yozishicha, sak va Baqtriya suvoriylari fors qo'shinida
katta kuchni tashkil qilargan. So'g'diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va
saklar ahmoniylar qo'shini tarkibida yunonlarga qarshi janglarda qatnashganlar.
Mil.av. 490 yilda sodir bo'lgan mashhur Marafon jangida fors qo'shinlarining
markaziy qismida saklar o'z jangovarliklarini namoyish etganlar.
Shunday qilib, O'rta Osiyo xalqlarining taqdiri qadimgi ulkan Sharqning
tadrijiy taraqqiyoti bilan uzviy bog'lanib, uning ajralmas qismiga
aylandi.
Mil.av. IV asrda qadimgi dunyo tarixida bir qancha siyosiy
o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Mil.av.
336 yilda Makedoniya taxtiga Filippning o'g'li 20 yoshli Aleksandr o'tirdi va
dunyoni zabt etishni davom ettirdi. Mil.av. 334 yilda Yunon-Eron urushi avj
olib, qisqa vaqt ichida Ahmoniylar davlatining qulashiga olib keldi. Doro
IIIning o'ldirilishi va uning qotili Bessning So'g'dga tomon qochishi
Aleksandrga Eronning sharqiy viloyatlari tomon yurish qilishi uchun bahona
bo'ldi. Mil.av. 320 yilning erta bahorida Aleksandr o'z qo'shini bilan
Xindikush orqali Baqtriyaga bostirib kiradi. So'ng Amudaryodan suzib o'tgan
yunon-makedon qo'shinlari dastlab Navtaka viloyatiga, so'ng So'g'diyonaning
poytaxti Marokanda shahriga yo'l oladilar. Lekin bu yerda bosqinchilarning
harbiy yurishlari og'ir kechdi. So'g'dlar o'z yerlarining ozodligi va
mustaqilligini mardonavor himoya qildilar. Yunonlar shaharni qo'lga kiritgach,
u yerda kichikroq qo'shin qoldirib yurishni davom ettiradilar.
So'g'd aholisi fotihlarga qarshi chiqib, ona yurti ozodligi va
mustaqilligini mardonavor himoya qiladi. Aleksandr Ustrushona (G'alaorol va
Zamin oralig'i)da ayniqsa qattiq qarshilikka uchraydi.
Tog' daralaridagi shiddatli janglarda mahalliy aholidan 22 ming,
Kiropol (Kurushkat) shahrini mudofaa qilishda esa 8 ming kishi xalok bo'ladi.
Yunon-makedon qo'shinining talofati ham oz emas edi. Hatto Aleksandrning o'zi
ham jarohatlangan edi. Jangu jadallar bilan Sirdaryo sohiliga yetib kelgan Aleksandr
Xo'jand shahri yaqinida shoshilinch qal'a qurishga kirishadi va uni
Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Chunki, bu davrda
Aleksandrga qarshi So'g'd va Baqtriya aholisi qo'zg'olon ko'tarib, ularning
ozodlik harakati Sirdaryo ortida yashovchi ko'chmanchi sak va massagetlar
tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda edi.
Miloddan avvalgi 329 yilning kuzida boshlangan bu qo'zg'olonlarga
mahalliy sarkardalardan bo'lgan Spitamen boshchilik qildi. Samarqandda
Aleksandr qoldirib ketgan harbiy garnizonni kirib tashlab, shaharni egalladi.
Aleksandr qo'zg'olonchilarga qarshi jazo qo'shinini jo'natadi.
Zarafshon daryosi sohilida sodir bo'lgan jangda Spitamen g'alaba qozonadi.
Aleksandr qo'zg'olonchilarga qarshi asosiy kuchlarini safarbar etadi. Cho'l ichkarisiga
chekingan Spitamenni ta'qib etmay, Zarafshon vohasining 120 mingdan ortiq tinch
aholisini qirib tashlaydi.
So'g'diyona, Baqtriya o'lkasida ko'tarilgan qo'zg'olonlar yunon-makedon
zulmidan ozod bo'lishga qaratilgan bo'lib, Aleksandrning "varvarlarni"
osonlikcha bosib olmoqchi bo'lganini chippakka chiqardi. Lekin harbiy
kuch-qudrat jihatidan Aleksandr qo'shini ustun edi. Uzoq vaqt shafqatsiz davom
etgan janglarda yunonlar g'alaba qozondi. Spitamenning xalokati bilan
yunon-makedon bosqinchilariga qarshi ozodlik harakati to'xtab qolmadi.
Harakatning ikkinchi bosqichi yakunlandi, xolos. Bosqinchilar uchun
So'g'diyonadagi ahvol xavfli bo'lib qolaverdi. Ularga qarshi harakatning
uchinchi bosqichida qo'zg'olonchilar mahalliy zodagonlar boshchiligida tog' qal'alarida
kurashni davom ettirdilar. Yunon askarlari anchagina toliqqan, charchagan edi.
Bundan epchillik bilan foydalangan "Qadimgi Xorazm" podshosi Farasman
vaziyatga qarab murosa qiluvni afzal ko'rdi. Aleksandr Baqtriya, So'g'diyonani
zabt etganda Farasman o'z qo'shiniga bosh bo'lib sovg'a-salomlar bilan
Aleksandr huzuriga borib, unga Xorazmni
zabt etmaslikni iltimos qiladi va oqibatda diplomatik usullarni ishlatganligi
tufayli Xorazm o'z mustaqilligini saqlab
qoladi.
Nihoyat, Aleksandr So'g'diyona va Baqtriya aholisining qarshiligini kuch bilan yenga
ololmasligiga ishongandan so'ng mil. av. 328 yildan boshlab turli yo'llar bilan
ularga yaqinlashishga, munosabatlariga iliqlik kiritishga xarakat qiladi. Xisor
tog'laridagi mustahkam qal'alar qo'lga kiritilgach Aleksandr mahalliy
zadogonlardan Oksiartning qizi Raxshanakka uylanadi. Qizi tufayli Oksiart
Baqtriya satrapi etib tayinlanadi. So'g'd hukmdorligi esa mahalliy
aslzodalardan Oropiyga topshiriladi. Shuningdek, u zardushtiylik dinini qabul
qildi, mahalliy zodagonlar Oksiart, Sisimitr, Xorien kabilarning mulklarini ham
qaytarib berdi, ular bilan qarindoshchilik aloqalarini o'rnatdi. Mahalliy
zodagonlarning deyarli barchasi asta-sekin Aleksandr hokimiyatini tan olib,
uning xizmatiga o'tdilar. Mil.av. 327 yilning oxirlarida qo'zg'olonlar
bostirilib, O'rta Osiyo Aleksandr hukmronligi ostida qoldi.
Shunday qilib, So'g'diylarning yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch
yil davomida olib borgan kurashi tugadi. Aleksandr qo'shinlariga qarshi kurash
olib borar ekan, mintaqa xalqlari mislsiz jasorat ko'rsatdi. Ular o'z davrining
yuksak harbiy san'ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Yunon
qo'shinlari bunday qattiq qarshilikka hech qayerda uchramagan edilar. O'rta
Osiyo xalqlari axmoniylar zulmidan qutulib, yunon-makedon asoratiga duchor
bo'ldi. Bu zulmdan qutulish uchun So'g'diyonaga 150 yil, Baqtriyaga 180 yil
lozim bo'ldi.
Bu yurishlardan Qadimgi Xorazm, Farg'ona va Choch (Shosh) vodiylari
mustasno bo'lib, ular o'z mustaqilligini saqlab qoldilar.
So'nggi yillarda topilgan ko'plab arxeologik yodgorliklar Amudaryoning
o'ng va so'l qirg'og'i aholisining qadim madaniyatga ega ekanligidan
dalolat beradi. Bosqinchilik
yurishlaridan keyin Markaziy Osiyo aholisi
ahmoniylar ta'siri ostida bo'lgan davlatlar bilan o'zaro munosabatda
bo'lganlar. Yunon-makedon yurishlari
natijasida esa mintaqamizga yunon (ellin) madaniyati kirib keldi. Qadimgi
mahalliy moddiy va ma'naviy madaniyat yangi
bosqichga ko'tarildi, diniy
e'tiqodlar ko'lami kengaydi.
Mavzuga yakun yasar ekanmiz, umumiy xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki, qadim o'lkamizda mil. av. ikki ming
yillikning oxirlarida sug'orma
dehqonchilik, ixtisoslashgan hunarmandchilik, metallurgiya, shaharlar,
jamiyatning tabaqalanishi, davlatchilik, xususan, "voha davlatchiligi", "shahar
davlatlar" kabi ilk sivilizatsiya
belgilari paydo bo'ladi va rivojlanadi. Bunga Xorazm, Baqtriya, So'g'diyona
davlat tuzilmalari, ularning uyushtiruvchilik faoliyati ishonchli dalildir. Shu
bilan birga, mintaqamiz xalqi ajnabiy bosqinchilarga qarshi uzoq yillar
davomida kurash olib bordi va bu jarayonda davlatchiligimiz takomillasha bordi.
Tarixiy tahlil shuni ko'rsatadiki, davlatchilik jamiyatning ichida o'z
ichki qonuniyatlari asosida paydo bo'ladi, rivojlanadi. Yangi davlat tuzilmasi
tashqaridan tayyor holda ko'chirilmaydi, ma'lum jamiyat bag'rida tug'iladi.
O'zbek davlatchiligi taraqqiyoti ham bundan mustasno emas. U miloddan av. II
ming yillik o'rtalaridan hozirgacha bo'lgan uzluksiz taraqqiyot yo'lini bosib
o'tdi.
Davlat vujudga keladi
Mil.avv VIII – VII asrlarda
O’RTA OSIYO HUDUDIDAGI DASTLABKI DAVLAT BIRLASHMALARI
Dastlabki davlatchilik
O’zbekistonda mil.avv VII asrda rivojlana boshladi. Davlat birlashmalari
oldingi davrdagi (mil.avv. IX – VIII asrlar) qabilalar ittifoqning harbiy
demokratiya tamoyillari asosida tuzilgan. Hududi: O’zbekistonning
janubi. Janubi- Sharqiy O’rta Osiyoning katta hududini, shu jumladan
Surxondaryo, qisman Qashqadaryo, Zarafshon havzasini, Amudaryoning yuqori
hududini, hamda hozirgi Afg’onistonning shimolini nazorat qilgan qabilalr
ittifoqi O’rta Osiyoning katta qismini – Amudaryoning quyi oqimidan
Turkmanistonning janubigacha bo’lgan hududlarni, shu jumladan O’rta
Osiyoning markaziy hududlarini nazorat qilgan qabilalar ittifoqi
Bu davlatlar hududi topilgan dastlabki shahrlar eng qadimgi
hisoblanadi. Ularning yoshi 2700 yildan ortiq.
Mashg’ulotlari
Dastlabki davlatchilikning rivojlanishi mahalliy aholining yuksak
darjada rivojlangan qadimgi ziroatchilik madaniyatiga asoslangan edi.
AHMONIYLARNING O’RTA OSIYOGA
BOSTIRIB KELISHI
Kir
II ning o’g’li Kambiz otasining
istilochilik siyosatini davom ettirib, Misrni Ahmoniylar davlatining
tarkibiga kiritdi.
Doro I (Mil.avv
→ Mil.avv 522 yil – Marg’iyonada Frada boshchiligida
qo’zgolon
522 – 486 yillar)
(Marg’iyonaliklar yengiladilar)
→
Mil.avv 519 yil – saklar-tigraxaudalarga qarshi yurish
→ Cho’pon Shiroqning jasorati (mil.avv.517)
Har bir
satraplikning majburiyatlari:
Mazkur davr shahrlari
Ahomoniylar O’rta Osiyo
xalqlari ustidan xukmronligi ikki asrdan ortiqroq davom etdi.
Mil.avv. 330
yili makedoniyaliklar Iskandar qadimgi fors davlatining Ahomoniylar sulolasidan
bo’lgan so’nggi shohi Doro III qo’shinlarini tor - mor keltirdi.
O’RTA OSIYO XALQLARINING MAKEDONIYALIK ISKANDAR
BOSQINIGA QARSHI OLIB BORGAN KURASHI.
(Mil.avv. IV
asrning oxiri va III asrning o’rtalari)
Ichki muammolarni yechish
Xalqaro nizolarni yechish
Ijtimoiy tenglikni o’z davlatida saqlab qolish
Makedoniyalik Iskandarning qo’shinlari O’rta Osiyo hududida mil.avv.
329 yilning bahorida ko’rinadilar.
Makedoniyalik Iskandarning istilosi va yurishlari
O’rta Osiyo zaminini bo’ysundirish uchun → Marg’iyona
Iskandar 3 yil sarfladi. U quyidagi → Baqtriya
Hududlarni zabt etdi: →
So’g’d
→ Ustushan va boshqalar.
Chunki Iskandarning
maqsadi Baqtriyani egallash edi, shuning uchun ham u Farasman bilan ittifoq
tuzishga rozi bo’ldi. Farasman unga, shu jumladan, Spitamen qo’zg’olonini
bostirishda ko’maklashdi. Chunki Xorazm,
makedoniyalik Iskandar Axmoniylar qo’shinini uzil-kesil tor-mor
keltirganidan so’ng, u tuzgan davlat tarkibiga ixtiyoriy ravishda
qo’shilishga rozi bo’ldi. Xorazm
Mustaqil qoldi:
Mustaqillik uchun kurash
Bu yillar mahalliy aholining
qo’zg’olonlari bilan ta’riflanadi. Baqtriya hukmdori Bessning safdoshi va
lashkarboshi bo’lgan Spitamen qo’zg’oloni (mil.avv. 329-327 yillar) ayniqsa
mashhurdir. Spitamen avval Bessga xiyonat qilib, uni Iskandarga topshiradi,
so’ng o’z qabiladoshlari tomonidan xiyonatkorona o’ldiriladi.
MARKAZIY OSIYO HUDUDIDAGI QADIMGI DAVLATLAR VA
ULARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Reja:
1. O'rta Osiyo ellin davlatlari tarkibida: Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlari.
2. Mahalliy davlatchilikning tiklanishi va
rivojlanish bosqichlari: Xorazm podshohligi, Qadimgi Dovon, Kang' davlatlari.
3. Kushon saltanatining tashkil topishi va yuksalishi.
Undagi ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy hayot.
4. Buyuk ipak
yo'li - G'arb bilan Sharqni
bog'lovchi asosiy omil.
Ulkan saltanatga asos solgan Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 323
yilda vafot etadi. Uning vafotidan keyin bepoyon davlat uch qismga: Makedoniya,
Misr va Suriyaga bo'linib ketadi va bu davlatlar Aleksandrning eng yaqin
safdoshlari tomonidan boshqarilgan. Uzoq davom etgan o'zaro urushlardan keyin,
miloddan avvalgi 312 yilda yunon lashkarboshilardan biri Salavk Bobil davlati
hukmdori bo'ladi. Bu Salavkiylar davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya,
Marg'iyona, Baqtriya Sug'diyona davlatlari kirgan edi.
Salavkiylar davlatida boshqarish
tizimi uch bo'g'indan: satraplar, eparxlar va giparxlardan iborat bo'lgan. Shu
bois Salavk Markaziy Osiyo yerlarini ham shu usulda boshqargan. Bunday ulkan
mamlakat 70dan ortiq Satrapiya, eparxiya va gipparxiya deb nomlangan ma'muriy
o'lka va viloyatlarga taqsimlab boshqarilgan. Bo'lib tashlangan viloyatlarga
o'ziga yaqin kishilardan satraplar tayinlagan.
Salavk I mil.av. 293 yilda o'g'li Antioxni sharqiy viloyatlar:
Parfiya, Marg'iyona, Baqtriya,
So'g'diyona hukmdori qilib tayinlaydi. (Antiox Salavk bilan Spitamenning qizi -
Anama o'rtasidagi nikohdan tug'ilgan bo'lib, Salavk bu qizga mahalliy
zadogonlar bilan yaqinlashish siyosatini yuritgan Aleksandr kabi, o'z mavqeini
mustahkamlash maqsadida uylangan edi.) Bu hududlar harbiy-strategik va
iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgani sabab,
savdo yo'llari bo'ylab shahar va boshqa manzilgohlar qurdirgan edi. Antioxning
noibligi davrida O'rta Osiyoning dehqonchilik vohalariga saklarning chopqunlari
kuchayib ketadi. Ko'chmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida Murg'ob
vohasining atrofi Antioxning farmoni bilan uzunligi 250 kmli mudofaa devori bilan
o'rab olinadi.
Ko'chmanchilarning muttasil hujumlariga qaramay, yunon-makedon istilosi
oqibatida vayron bo'lgan xo'jalik asta-sekin tiklana boshlaydi. So'g'd,
Baqtriya va Marg'iyona viloyatlarida sug'orish tarmoqlari kengayib, yangi
qarorgohlar qad ko'taradi, dehqonchilik qishloqlari va hunarmandchilik
shaharlarining soni ortadi. Hunarmandchilik mahsulotlarining salmog'i o'sib,
ayribosh savdo shakllanadi. Pul muomalasi va tanga pullarga ehtiyoj vujudga
keladi.
Antiox I davrida Baqtriya hayotida dastlabki tangalar-kumush, mis draxm
va tetradraxmlar (pul birligi) zarb qilingan. Urushlar tufayli
izdan chiqqan turmush So'g'diyona, Baqtriya va Marg'iyonada tiklana boshladi, savdo-sotiq
dehqonchilik, hunarmandchilik rivojlana
boshladi. Bu hol oqibatida Sharqu G'arb o'rtasidagi madaniy munosabatlar
rivojlandi. Bu davrda Baqtriya madaniyatida yunon madaniyatining ta'siri
birmuncha kuchaydi.
Hududga yunon yozuvi, yunon og'irlik o'lchov birliklari, pul
munosabatlari, hunarmandchilik va ellin san'ati kirib keladi. Moddiy va
badiiy madaniyat, savdo va shaharsozlik yangicha yo'nalishda
rivojlana boshlaydi. O'z navbatida, yunonlar mahalliy madaniyat va
an'analarni qullay boshlaganlar. Natijada aralash madaniyatning - yunon va
mahalliy sharq madaniyatininig tashkil
topish jarayoni yuzaga keldi.
Salavkiylar davlati
hududlariga ko'chmanchi qabilalar
tez-tez hujum qilib turar edi. O'zi
notinch bo'lsa-da, Salavk I Xindiston bilan urush harakatlari olib borgan va
yengilgan. Bu hol Salavkiylarning O'rta
Osiyodagi obro'siga salbiy ta'sir qilgan. Salavkiylarga qarshi mahalliy
xalq bir necha bor qo'zg'olon ko'taradi. Ayniqsa bu norozilik chiqishlar
mil.av. 280 yili Salavk vafotidan keyin kuchaydi. Mutlaq xokimiyatni o'z
qo'liga olgan uning o'g'li Antiox I bu qo'zg'olonlarni bostirdi. Antiox I
G'arbga qilgan harbiy yurishlari natijasida sharqiy viloyatlar ma'lum darajada
uning e'tiboridan chetda qoldi. Bundan foydalangan sharqiy viloyatlar mustaqil
siyosat yurita boshlaydilar. Natijada, mil.av. 250 yillarga kelib, O'rta Osiyoda salavkiylar davlatidan
ikkita - Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari ajralib chiqadi.
Yunon-Baqtriya davlati salavkiylar sulolasidan bo'lgan Diodot davrida tashkil
topadi. Bu davlat Baqtriya hududida bo'lib, poytaxti shimoliy Afg'onistondagi
Baqtro (Balx) shahri bo'lgan, yunonlar
boshqargan. Hukmdorlardan Yevtidem, Demetriy, Yevkratid davrlarida
Hindistonning shimoli-g'arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o'rtasidagi katta
yerlar bosib olinadi.
Yunon-Baqtriya davlatida xokimiyat podshoh tomonidan boshqarilgan edi.
Davlat bir necha viloyatlarga bo'lingan. Viloyat hokimlari esa podshohga
bo'ysungan. Sharqiy o'lkada o'z siyosiy mavqeini mustahkamlab, kezi kelganda
Salavkiylar tazyiqini birlashib qaytarish maqsadida Diodot vorislari, hatto
Parfiya hukmdori Arshak-Piridat bilan o'zaro harbiy ittifoq tuzadilar. Mil. av.
III asrning ikkinchi va II asrning birinchi yarmida Yunon-Baqtriya davlati
kuchayib, qudratli saltanatga aylanadi. Mil. av. II asrning birinchi choragida
Demetriy I va Yevkradit hukmronligi davrida Hindistonga yurish qilinib,
Yunon-Baqtriya podsholigining chegaralari janubga tomon kengaytiriladi. Bu
davrda Ariya va Araxosiya (Hirot va Qandahor), Drang'iyona (Sharqiy Eron),
Parokamisad (Hindikushning yonbag'irlari), shuningdek, Sind vodiysi
(Shimoliy-G'arbiy Hindiston) qo'shib olinadi. Biroq mil.av II asr o'rtalarida
Yunon-Baqtriya podsholigi harbiy-siyosiy qudratini yo'qota boshlaydi.
Baqtriyadan avval So'g'd ajralib chiqadi. Parfiya podshohi Mitridat
Marg'iyonani o'z davlatiga qo'shib oladi.
Yunon-Baqtriya podshohligi davrida O'rta Osiyoda dehqonchilik,
hunarmandchilik va shaharsozlik rivojlanganini, madaniy hayot o'sganligini
arxeologik topilmalardan bilish mumkin. Yunon-Baqtriya davlatida tangalar
xukmdor tasviri bilan zarb qilingan. Termiz, Taxti-Sangin, Denov, Kampirtepa
Afrosiyobdan topilgan yodgorliklar bu davlatning ijtimoiy madaniy hayotida
ellinlar madaniyatining sezilarli ta'siri
bo'lganligidan darak beradi.
Ayniqsa u binokorlik, zargarlik va tasviriy san'atda o'z aksini topdi.
Shaharlarda ko'p ustunli va peshayvonli muhtasham saroy va qasrlar, minorali
ulkan ibodatxona va daxmalar qad ko'tardi.
Xullas, mil.av. III- II asrlarda O'rta Osiyoda Yunon-Baqtriya tashkil
topishi oqibatida mahalliy, yunon, hind va eron madaniyatlarining ilg'or
an'analari omuxtalanib, o'ziga xos qadimiy yuksak madaniyat shakllandi. Bunday
madaniyatning o'chog'i bo'lgan Baqtriya esa, Parfiya kabi G'arb, Janub va Sharq
mamlakatlari davlatchiligi va ishlab chiqaruvchi xo'jaligining taraqqiyotiga
ijobiy ta'sir qildi.
Shunday bo'lsa-da, O'rta Osiyoning tubjoy aholisi o'zlarining qadimiy
madaniyatlari, an'analariga sodiq qolgan holda ellin madaniyatining afzal tomonlarini qabul
qildilar. Yunon-Baqriya podshohligi davrida deyarli barcha viloyatlarda iqtisod va madaniyat yuksaladi.
Mil av. II asrniig o'rtalariga kelib Yunon-Baqtriya davlati o'z
qudratini yo'qota boshlaydi. II asrning uchinchi choragiga kelib bu davlat
Sharqiy Turkiston orqali kirib kelgan yue-chje qabilalari hujumi natijasida
inqirozga uchraydi.
Arxeolog E.V Rtveladze fikriga ko'ra, O'rta Osiyoda qadimda davlatlar
rivojlanishining to'rtinchi davri miloddan avvalgi IV asr oxiridan miloddan
avvalgi II asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. Bu davrlarda Yunon-Baqtriya
hukmronligi bilan bir vaqtda o'zida mahalliy davlatchilikning tiklanish
jarayoni yuz bergan. Jumladan, miloddan avvali IV asrning oxirgi choragida
Xorazmda podshohlik mavjud bo'lgan. Arrian asarlaridan ma'lumki, miloddan
avvalgi 329 yilda Marokandda Aleksandr Makedonskiy ittifoqchilik munosabatlari
o'rnatish uchun kelgan Xorazm shohi Farasmanni qabul qilganligi tarixdan
ma'lum.
Farasmon Aleksandrga Xorazm yerlari Qora dengiz qirg'oqlari atrofida
yashovchi kolxlar va amazonkalar yurtiga chegaradosh ekanligi va agar Aleksandr
Qora dengiz tomon qo'shin tortsa, unga oziq-ovqat va yo'l ko'rsatuvchilar bilan
yordam berishga tayyor ekanligini bayon qiladi. Aleksandr Farasman bilan
do'stlik shartnomasini tuzib, unga Hindiston ustiga yurishga
tayyorlanayotganligini va butun Osiyo hukmroni bo'lib qaytgach, ularning
taklifidan foydalanajagini aytadi. Shubhasiz, bu muloqotda har 2 hukmdorning
maqsadi nimadan iborat ekani ochiqdan ochiq namoyish etilgan edi.
Tevarak atrofi dashtlar bilan o'ralganXorazmning tutgan geografik o'rni
qadimdan nafaqat uning iqtisodiy va madaniy hayotiga, balki bu hududda sodir
bo'lgan tarixiy voqealarning yo'nalishiga ham kuchli ta'sir etgan.
Ma'lumki, mil. av. VII-V asrlardayoq uzil-kesil shakllangan Xorazm
vohasining o'troq xo'jaligini, asosan dehqonchilik va chorvachilik tashkil
etgan. Bunday ishlab chiqaruvchi xo'jaliklarning kengayishi esa, o'z navbatida
vohada ko'plab shahar, qishloq va qal'alarning qad ko'tarishga,
hunarmandchilikning kulolchilik, temirchilik, to'qimachilik, zargarlik va
qurolsozlik kabi turli sohalarining yuksak darajada rivoj topishiga olib
kelgan. Bu davrda qadimiy Xorazmda, ayniqsa, dehqonchilik vohalari, aholi turar
joylari muhofazasiga katta ahamiyat beriladi. Shahar, qishloq va qal'a
darvozalari g'ulomgardish, burj va kishan tuynuklari bilan mustahkamlanadi.
Ulkan va o'ta mustahkam qal'alari tufayli bu qadimiy diyor Xorazm (Xu-var-zm),
ya'ni "yaxshi yoki ajoyib qal'ali o'lka" ma'nosini anglatuvchi nom
bilan shuhrat topgan. Bunday qal'alar "Avesto" kitobi "var"
atamasi bilan tilga olinadi.
Yozma manba va arxeologiya ma'lumotlarining guvohlik berishicha,
mil.av. III asrda - mil. III asrlarda Xorazm Qang' davlatiga tobe bo'lgan.
Demak, miloddan avvalgi IV-II asrlarda qadimgi Xorazm mustaqil davlat bo'lib,
Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bu hol
Xorazmda o'ziga xos mahalliy davlatchilik tizimi rivojiga muhim omil bo'ldi.
Davlat tipi - podshohlik bo'lib boshqarish shakli mutloq monarxiya ya'ni
yakkaxokimlik edi. Milodiy I asrdan boshlab Xorazmda Afrigidlar sulolasi
xokimlik tepasiga kelgan va 700-800 yil davomida xukmronlik qilgan. Bu
davrlarda podshohlikda markazlashtirilgan tartibda tanga zarb qilingan va
xokimiyat sulolaviy tarzda meros bo'lib qolgan.
Zarb qilingan tanga pullarda
Artov, Artamux, Vazamir kabi Xorazmshoxlar ismlari uchraydi.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida Xorazm hududlaridan ko'plab
yodgorliklar topilgan. Jonbosqala Qo'yqirilgan qal'a, Tuproqqal'a shular
jumlasidandir. Tuproqqal'ada ikki qavatli binolar mavjud bo'lib, ulardan turli
maqsadlarda foydalanilgan, tashqari xonadonlarda maxsus qabulxonalar, ya'ni
"shoxlar koshonasi" ham bo'lgan. Qabulxonaning devorlari va supalari
turli tasvirlar bilan bezalgan. Shuningdek, bu qal'ada yozuv namunalari ham
topilgan.
Mil. av. III asr oxiri-mil.av.
II asrda Farg'onada Dovon, So'g'dda
esa alohida shahar-davlatlar
shakllanadi. Ayni shu davrda Kang'
davlati qaror topishi yuz
bergan.
Tadqiqotchi olimlarning fikriga ko'ra, Farg'ona vodiysida
davlatchilik mil.av. V-IV asrlarda paydo
bo'lgan. Qadimda bu obod tarixiy o'lka va bosh shahri tabiatiga monand mazmunni
anglatuvchi Parkana, ya'ni suv bo'yi oddiygina "vodiy" deb
yuritilgan. Mil. av. II-I asrlarga oid Xitoy manbalarida qadimgi Farg'ona keng,
boy va ko'p aholili, 70 dan ortiq katta va kichik shaharlari bor deb tilga
olinadi. "Polona" bu Farg'onaning xitoycha talaffuz etilishidir.
Xitoy manbalariga ko'ra mil.av. II asrda Dovon deb atalgan Farg'onada 300 yaqin aholi
yashagan. Dovonliklar g'arbda qang'liklar, shimolda usunlar, sharqda esa
uyg'urlar bilan yaqin aloqada bo'lishgan.
Vohada shaharlar ko'p
bo'lib, poytaxti Ershi shahri (hozirgi Marxamat) bo'lgan. Dovon qishloq
xo'jaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi. Dehqonchilik bilan
shug'ullanuvchi o'troq aholi bilan bir qatorda, Farg'onaning cho'l va dasht
hududlarida ko'chmanchi chorvador aholi ham yashagan. Manbalarda bu
ko'chmanchilarning ot ustida turib kamon
otishga mohir ekanliklari haqida qayd
etiladi. O'sha davrda Dovon davlati o'zining "afsonaviy" va samoviy"
otlari bilan shuhrat qozongan. Dovon arg'umoqlari mamlakatdan tashqarida ham
xususan, Xitoyda qadrlangan. Dovonliklar usta savdogar hisoblanganlar va foyda
ustida raqobatlashganlar. Mil.av. II
asrning oxirlarida Xitoy imperatorlari Dovonni bosib olishga bir
necha bor harakat qiladilar. Ammo Xitoy
qo'shinlari tog'dan o'tib istehkomga aylantirilgan Dovon qal'alarini
bo'ysundirishga ojizlik qiladilar. Shuningdek, qo'shni davlatlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan dovonliklar
xitoyliklar ta'siriga tushmasdan o'z mustaqilliklarini saqlab qola oladilar.
Qadimgi Farg'ona davlati ancha adolatli va demokratik jamiyat
hisoblangan. Podshoh davlat ishlarini oqsoqollar kengashiga suyangan holda
yuritgan. Oqsoqollar kengashi doimiy bo'lib, unda davlatning eng muhim masalalari
muhokama qilingan. U o'ziga xos qonun chiqaruvchi organ vazifasini bajargan.
Mamlakat hududlari shaharlar va vohalarga bo'lingan holda boshqarilgan. Har bir
shahar, vohaning o'z hukmdori bo'lgan.
Ichki tartibni saqlash va mamlakatni tashqi dushmanlardan himoya qilish
uchun Dovonda asosan piyoda askarlar va suvoriylardan iborat bo'lgan 60 ming
kishilik qo'shin mavjud bo'lgan. Jangchilar zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan
o'zlarini o'zlari ta'minlaganlar. Dovon o'zining butun tarixi davomida yirik
imperiyalar va kuchli davlatlar ta'siri ostiga tushmasdan o'z siyosiy
erkinligini saqlab kelgan. Qang' davlati mil.av. III asrning boshlarida
Yunon-makedon hukmronligiga qarshi kurashlar va ichki nizolari keskinlashuvi
natijasida paydo bo'lgan. Bu davlat hududi dastlab Sirdaryoning o'rta oqimidagi yerlar (Toshkent vohasi hamda
unga tutash tog' va cho'l zonalari)dan iborat edi. Mil.av. II asrning
boshlariga kelib Qang' davlatining yerlari birmuncha kengayib, sharqda Farg'ona
vodiysi shimoliy-sharqda yue-chje qabilalari bilan, shimoli-g'arbda Sarisuv
daryosi, g'arbda Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu daryosining quyi
oqimidagi joylarni o'z ichiga olib, Qang'
davlatining asosiy yerlari
hisoblangan. Qang' aholisi 200 ming uylik (taxminan 600 ming kishi)
bo'lgan. Yovgarchilik vaqtlarida 120 ming nafarli qo'shinni safga tortgan.
Mamlakatning chorvador aholisi manbalarda "qang'qiya",
"qanxa" va "qa'ni" nomlari bilan tilga olinadi. Bu davlat
iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan bo'lgan. Davlatning tashqi
siyosati qo'shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o'rnatish,
keskinlashgan vaziyatning oldini olish va o'z hududida osoyishtalik o'rnatishga
qaratilgan. Shu bilan birga payti kelganda kuchsizlanib qolgan qabilalarga,
viloyatlarga hujum qilib ularni qaram
qilishga harakat qilgan. Mil.av. II-I asrlarda Qang' davlati nihoyatda kengayib
o'ziga 5 ta o'troq viloyat Choch, Kesh, So'g'd, Buxoro va Xorazm hokimliklarini
bo'ysundiradi va yirik davlat birlashmasiga aylanadi.
Qang' davlatining asosiy aholisi o'troq va yarim o'troq bo'lib, uning
hududida ko'chmanchi chorvadorlarning mavqei baland bo'lgan. O'troq aholi
asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog'dorchilik va hunarmandchilik bilan
shug'ullanib kelgan. Ularda hunarmandchilikning turli sohalari yaxshi
rivojlangan. Sun'iy sug'orish ishlari yaxshi yo'lga qo'yilgan. Qang'
podshohlari, ya'ni xoqonlari va ularning xonadoniga yaqin kishilar boy
chorvadorlardan bo'lgan.
Qang' hukmdorlarining markaziy shaharlari ikkita bo'lib, yozni
O'trorda, qishlovni qang'dizda (uning xarobalari Toshkent viloyati Oqqo'rg'on
tumanida) o'tkazar edilar.
Qang'liklarda ko'plab qal'a va qo'rg'onlar bo'lib, ular dushman
qamaliga bardosh beradigan qilib qurilgan. Qang' xarobasidan, Choshtepa va
Toshkent vohasi boshqa tepaqo'rg'onlardan topilgan arxeologik ashyolar Qang'
davlati madaniyatining namunasi hisoblanadi. Aholisi asosan Quyosh xudosi
Mitraga va boshqa ilohlarga topingan.
Manbalarda Qang' hukmdorlarining nomlari tilga olinmaydi, odatda ular
o'zlarining ismlari bilan birga urug'
nomini ham qo'llaganlar va "Qang'
xonadoni xukmdori xokon" deb ataganlar. Qang'lilar uchun "xalq qo'shin" tushunchasi xos bo'lib,
bunda har bir erkak-oila boshlig'i ayni paytda safda
turishga tayyor askar hisoblangan. Shu bois Qang' davlati qo'shinlarining soni
ulardagi oilalar soniga teng bo'lgan. Davlatda saylangan hukmdorlarning
xokimiyati oqsoqollar Kengashiga tayangan va ularning huquqlari kengash
tomonidan cheklab qo'yilgan. U davlat ahamiyatiga molik bo'lgan masalalarni hal
etgan. Harbiy yo'lboshchilik xukmdorning vazifasi hisoblangan. Shuningdek,
qo'shni davlatlar diplomatik muzokaralar olib borish vakolatiga ega bo'lgan. U
diniy marosimlarni ado etishda ham bosh-qosh bo'lgan. Hoqonlik vorisiy bo'lib
otadan o'g'ilga meros tariqasida o'tgan. El va yurtlar esa, odatda, xoqon
urug'iga tegishli qavmi-qarindoshlardan, yirik urug' yoki qabila boshliqlaridan
tayinlangan "jabg'u"lar tomonidan boshqarilgan. Qang' davlatiga tobe
viloyatlar mahalliy xokimlar qo'lida bo'lib, ular xoqonlikka muttasil boj
to'lab turgan. Bunday tobe viloyatlarga Xorazm, So'g'd va Ural tog'i etaklarida
yashovchi alon (alonlar va os qabilalari)ning yeri kirgan. Tobe viloyatlarning
aksariyati deyarli mustaqil bo'lgan. Hatto Kesh, So'g'd, Choch, Buxoro va
Xorazmning mahalliy xokimlari o'z nomlaridan kumush tangalar zarb etganlar.
Qang' davlati o'ziga boshqa qabilalarning qo'shib olinishi hisobiga
o'ziga xos konfederativ podshohlik tashkil qilib, mustahkamlangan. Har bir
qabila boshlig'i harbiy yo'lboshchi sanalib, o'z bayroq - tug'lari va urug'
gerblariga ega bo'lganlar. Urush sharoitida xoqon bayrog'i ostida jang
qilganlar. Qabila-urug' boshliqlariga viloyat va tuman boshliqlari bo'ysungan.
Qang' davlati Xitoy, Kushon, Parfiya, Rim va Kavkazorti mamlakatlari
bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqada bo'lgan. Shuningdek, yaqin
qo'shnilari yue-chji, tohar, xun qabilalari va davonliklar bilan bevosita
aloqada bo'lganlar. Manbalarda ta'riflanishicha, diplomatik munosabatlarda
Qang' davlati o'ta qat'iyatlik bilan mustaqil siyosat yurgizgan. Chet davlatdan
kelgan elchilarni qabul
qilishda o'z
qudrati va qat'iyatligini ko'rsatish maqsadida Xitoy vakillariga astroqdan joy
ko'rsatilgan. Mil.av. III asrda paydo bo'lgan bu davlat mil. V asriga kelib
parchalanib ketgan.
Kushon podshohligi. Spitamen qo'zg'oloni mag'lubiyatga uchragandan
so'ng mil.av. IV asr oxirlarida asli O'rta Osiyoda yashagan massaget-tohar
qabilalarining katta bir qismi Sharqiy Turkistondan to Mo'g'iliston
chegaralarigacha bo'lgan hududlarga ko'chib o'tganlar. Ana shu qabilalar tarixi
bilan bog'liq mil.av. IV asr oxirlari va milodning V asriga oid ma'lumotlar
Xitoy manbalaridan olinganligi sababli qabila, urug', shaxslar, joy va shahar
nomlari xitoycha nomlar bilan berilgan. O'rta
Osiyodan Sharqga tamom ko'chib o'tgan massaget-toharlar Xitoy
manbalarida yue-chjelar nomi bilan atalganlar. Xitoyning shimolidagi katta
hududlarda xun qabilalari yashagan. Taqdir taqozosiga ko'ra, xunlar bilan
yue-chjelar o'rtasida ziddiyatlar kuchayadi. Natijada, xunlar mil.av. 176 yili
yue-chjelarni g'arbga siqqib chiqaradi. Farg'ona (Dovon) podshohligi
hududlariga chekingan yue-chje qabilalari bu yerda shahar va qishloqlar barpo
qiladilar. Hozirgi Namangan viloyati Kushon qishlog'i va Kosonsoy tumani shular
jumlasidandir. Ular mil.av. 140-130 yillarda Yunon-Baqtriyani ham o'zlariga
tobe qiladilar va "Katta Yue-chje davlat uyushmasi"ga asos soladilar.
Bu davlat uyushmasiga beshta hokimlik: Guyshuan, Xyumi, Shaunmi, Xise va Dumilar
bo'ysunar edi.
Bulardan biri Guyshuan (Kushon) xokimligi ancha kuchayib, boshqa hokimliklarni siyosiy jihatdan
birlashtiradi va Guyshuan hokimi Kujula
Kadfiz o'zini yagona hokim deb e'lon
qiladi. Natijada yangi davlat - Kushon davlati paydo bo'ladi va hozirgi
Surxondaryo viloyatining Shurchi tumanidagi
Dalvarzintepada joylashgan manzilgoh bu davlatning poytaxti bo'lib
qoladi. Kujula Kadfiz davlat chegaralarini kengaytirib, qudratini oshiradi.
Parfiya, hozirgi Afg'oniston hududi va Kashmirni egallaydi. Kujula vafotidan
keyin uning o'g'li Vima taxtga chiqadi
va Hindistonning markaziy viloyatlarini
o'z davlati tarkibiga qo'shib oladi.
Vima Kadfiz 30 yil hukmronlik qilgan. Undan so'ng Kanishka mamlakatni boshqaradi va u
Hindistonning janubiy hududlarini zabt etadi.
Natijada Kushon davlati katta saltanatga aylanib, Xitoydagi Xan davlati
hamda Rim imperayasi bilan raqobatlashish darajasiga ko'tariladi. Kushonda
davlat tipi konfederativ podshohlik bo'lib, boshqaruv shakli monarxiya edi.
Viloyatlar va shaharlar davlat tepasida
turuvchi oliy hukmdor noiblari tomonidan boshqarilgan. Ular oliy
hukmdorga so'zsiz itoat etib, doimiy
ravishda davlat xazinasiga o'lponlar
to'lab turganlar.
Kushonlar davlatida zarb etilgan kumush, oltin tangalarning bir
tomonida budda xudolari, zardushtiylar xudolari Anaxita, Mitra rasmlari
uchrasa, ikkinchi tomonida esa "shoh", "shohlar shohi"
atamasini ko'ramiz.
Buyuk ipak yo'li tarmoqlarida joylashgan Kushon podshohligi gullab
yashnadi, yangi shaharlar bunyod etildi. Bu davrda ko'plab sug'orish
inshootlari qurilib, yangi yerlar o'zlashtirildi.
Shaharlar qurilishida aniq binokorlik qoidalari amalga oshirilgan.
Shaharlar to'g'ri burchakli bo'lib,
qalin devorlar bilan o'ralgan. Shahar tuzilishiga ko'ra bir necha qismlarga
bo'lingan: hokim saroyi (qal'a), hunarmandchilik ustaxonalari, guzarlar,
alohida ibodatxonalar joylashgan qismi,
savdo maydoni va boshqalar tartibli ravishda joylashgan.
Kushon podshohligi iqtisodiyotining asosini sug'orma dehqonchilik,
savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Ular yuqori darajada rivojlangan.
Hindiston, Xitoy va Rim saltanati bilan savdo va elchilik munosabatlari
o'rnatilgan. Savdo munosabatlarining rivojlanishida Buyuk ipak yo'lining
ahamiyati katta bo'lgan. Termizdan Rim tangalari xazinasi, O'rta
yer dengizi atrofi hududlarida esa kushon tangalari topilgan.
Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan budda dini davlat diniga
aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari bilan birga kushon yozuvi ham mavjud
bo'lgan. Kushon saltanati davrida me'morchilik va tasviriy san'at yuksak
darajada rivojlangan edi. Buni o'lkamizning Ayritom, qo'hna Termiz, Qoratepa
budda ibodatxonalari, Fayoztepa,
Xolchayon, Dalvarzintepa va boshqa joylardan qazib olingan arxeologik
topilmalardan ko'rishimiz mumkin. Muhtaram talabalarimiz yurtimizdagi
O'zbekiston davlat tarix muzeyi, O'zbekiston amaliy san'ati muzeyi va boshqa
muzeylardagi tarixiy eksponatlarni ko'rish jarayonida bunga o'zi ham amin
bo'ladi. Kushon davri shaharlari xarobalarini va qabrlarini o'rganish o'lka
xalqlarning urf-odatlari, diniy qarashlari to'g'risida qimmatli ma'lumotlar
beradi. Xususan, Dalvarzintepa ashyolari
kushonlarning diniy e'tiqodlari buddizm bilan zardushtiylik bo'lganligi
ko'rsatadi. Ayniqsa yapon olimlari bilan Darvarzintepada, fransuz arxeologlari
bilan Afrosiyobda olib borilgan
tadqiqotlar e'tiborga molik hisoblanadi.
Kushon saltanati inqirozi Xuvishka podshohligi davridan boshlanadi. Bu jarayon
Erondagi Sosoniylar davlatining tarix sahnasiga chiquviga asosiy omil
bo'ldi. Xususan, sosoniy hukmdorlardan Shopur I ning (milodiy 242-243 yillar)
va Shopur II ning (mil, 309-379 yillar) Kushonlarga bergan zarbalari hal
qiluvchi o'rin tutdi. IV asrga kelib Kushon podshohligi asosiy hududlaridan
mahrum bo'ldi. Kushonlarning ayrim mulklari faqat Shimoliy Hindistonda ma'lum
vaqtgacha saqlanib qoldi.
Buyuk ipak yo'li. Buyuk ipak yo'li miloddan avvalgi 1 ming
yillikning ikkinchi yarmidan to
milodiy XV asrgacha Xitoy,
Hindiston, O'rta Osiyo, Eron, Yaqin
Sharq hamda O'rta dengiz mamlakatlarini g'arb bilan tutashtiruvchi savdo-sotiq
iqtisodiy va madaniy aloqalarining
rivojlanishida asosiy vosita bo'lgan. Nemis sharqshunos olimi Ferdinand
fon Rixtgofen 1877 yilda “Xitoy” nomli asarida bu karvon yo'llar tarmog'ini avvallari ular orqali
asosan ipak va shoyi tashilgani uchun "ipak yo'li" deb atadi.
Keyinchalik "Buyuk ipak yo'li" atamasini ko'pchilik tadqiqotchi va
olimlar ishlatadigan bo'ldilar.
Lekin miloddan burungi bir necha asrlar qimmatbaho toshlar
tashiladigan "Lojuvard yo'l" Badaxshonni Eron, Mesopatamiya, Suriya,
Misr kabi davlatlar bilan bog'lagan. "Nefrit yo'li" esa Turkistonni
Sharqiy Xitoy bilan bog'lagan.
Miloddan avvalgi II asr oxiridan boshlab O'rta Osiyo bilan Xitoy o'rtasida muntazam
diplomatik va savdo munosabatlari amalga oshirila boshlangan. Xitoy hukmdorlari
o'z elchilarini katta sovg'a-salomlar bilan nafaqat O'rta Osiyoga, balki Buyuk ipak yo'li orqali Eron
Mesopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga ham yuborganlar.
Buyuk ipak yo'lida yangi-yangi shaharlar, karvonsaroylar va savdo nuqtalari bunyod etilgan. O'rta Osiyo
hududlari o'zining geografik joylashgan mavqeiga ko'ra Buyuk ipak yo'li taraqqiyotida munosib
o'rin egallagan. Chunki, savdogarlar
Sharqiy Turkiston, Xorazm, Buxoro, Naxshab, Termiz, Samarqand kabi shaharlarda
o'z mollarini sotib, bu hududlardan o'zlariga kerakli bo'lgan buyumlarni
harid qilib qaytganlar.
Buyuk ipak yo'li 12 ming km uzunlikda bo'lgan. U Sariq dengiz sohilidan
boshlanib, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O'rta
yer dengizi sohillarigacha borgan. Ikkinchi yo'nalish Markaziy Osiyo orqali
Hindistonga olib borgan. Bu yo'lda qator qadimiy shaharlar joylashgan: Sian,
Dunxuan, Yorkent, Samarkand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqalar. Markaziy Osiyo
kumushiga ehtiyoj sezgan mamlakatlarga boradigan "Kumush yo'li" ham
bo'lgan. Bu yo'l Xazar xoqonligi va Bulg'or davlati orqali Kiev Rusi va Yevropa
mamlakatlariga borgan. U Buyuk ipak yo'lining shimoliy tarmog'i hisoblanib, VI
asrdan serqatnov yo'lga aylangan.
Farg'ona vodiysida ipak yo'li ikki tarmoqqa bo'lingan. Birinchisi
O'zgandan Axsi, Qamchiq dovoni orqali (yozda) Iloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy tarmoq bo'lib, O'zgandan O'sh, Quva,
Marg'ilon, Qo'qon orqali Xo'jand,
Samarqand, Buxoroga o'tgan. Asosiy karvon yo'llaridan tashqari ichki savdo
yo'llari ham bo'lgan. Biri Axsidan Kosonsoy orqali Chust vohasiga o'tgan. Yana
biri Pop, Zarkent orqali konchilar qarorgohlari va yaylovlariga borgan. Qurama
va Oloy tog'lari qazilma boyliklari va
Zarafshon daryosi boyliklari tufayli bu yo'l tarmog'i "Oltin yo'l"
deb atalgan. Xitoy xoqonlari ipak yo'li orqali G'arb mamlakatlari bilan savdo
va elchilik aloqalar olib borganlar. Ular sovg'a-salomlar bilan o'z elchilarini
O'rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga yuborganlar.
Masalan, Xitoy sayyohi Gan In mil. 97 yilda G'arbiy dengiz (o'rta dengiz)gacha
borib yetgan. Makedoniyalik May Tisian
esa 100 yilda Lanchjougacha yetib borgan.
Shunisi e'tiborliki, ipak yo'li bo'ylab ustunlik qilish uchun Eron,
Parfiya, O'rta Osiyo hukmdorlari va Xitoy o'rtasida hamma vaqt kurash borgan.
Ayniqsa, bunday raqobatli kurash milodning III Zasridan boshlab Eron va O'rta
Osiyo davlatlari hamda Eron bilan Parfiya o'rtasida keskin tus olgan.
O'rta Osiyo orqali Xitoydan G'arbga o'tgan savdo Karvon yo'llari doimo
so'g'dlar nazoratida bo'lgan. So'g'd savdogarlari savdo yo'lidagi ustunlikni
saqlab qolish uchun Sharqiy Turkistonda, Yettisuvda, Oltoydan to Enasoy
(Enisey) sohillariga qadarli hududlarda, Shimoliy Xitoyning Shansi viloyatida,
Dunxuan kabi karvon yo'li yoqalarida joylashgan qator shaharlarda o'z
karvonsaroylari va qishloqlarini barpo etganlar. Masalan, Dunxuan shahrida
III-IV asrlarda ming xo'jalik (5 ming aholi)ga ega So'g'd qishlog'i qad ko'targan.
Buyuk ipak yo'li faqat iqtisodiy jihatdangina ahamiyatli bo'lib
qolmasdan, ayni paytda u diniy, madaniy meros yutuqlarini tarqatuvchi,
mamlakatlararo diplomatik aloqalarni ta'minlovchi yo'l ham bo'lgan. Qadim
zamonlarda savdogarlar xalq orasida nufuzli insonlar hisoblanib, ular
jamiyatning faqat mol olib, mol sotuvchi va undan foyda oluvchi boy qatlamigina
emas edilar. Ular uzoq safarlarga katta savdo karvonlari bilan boruvchi
savdogar-elchi, ziyo va madaniyat, yangiliklar
tarqatuvchilar, u yoki bu hududdan yangi joylarga ilg'or xo'jalik ixtirolarini
yetkazuvchi kishilar ham bo'lganlar.
Ayni vaqtda ayrim savdogarlar o'zga mamlakatlarning urf-odatlari, kuchi va
qudrati, hududiy joylashishi, tabiati
va davlat boshqarish tizimini chuqur bilishda o'ta xushyor davlat ayg'oqchilari
ham bo'lgan.
Buyuk ipak yo'li Markaziy Osiyo xalqlarini iqtisodiy, savdo va madaniy
sohalarda bog'labgina qolmasdan, balki ayni zamonda bu yo'l dunyo xalqlari
o'rtasida tinchlik, osoyishtalik, totuvlik, qo'shnichilik, do'stlik rishtalarini
bog'lagan yo'l ham bo'lgan, Zero, Buyuk ipak yo'li sivilizatsiya tarixida ilk
bor Sharq va G'arb mamlakatlarini yaqinlashtirgan, birlashtirgan qit'alararo
ko'prik bo'lib, insoniyat hayotida juda katta ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
madaniy ahamiyatga ega bo'lgan nodir va noyob ulkan karvon yo'li bo'lgan.
Bu yo'l XV-XVI asrlarga kelib o'zining dastlabki mavqeini yo'qota
bordi. Chunki, bu davrlarda dengiz yo'li kashf etildi, savdo kemalari orqali
turli yurtlar bilan bordi-keldi qilinadigan bo'ldi. Keyingi asrlarda o'zaro
iqtisodiy va o'zga munosabatlar birmuncha osonlashdi, yangidan-yangi transport
vositalari kashf etildi.
Lekin Buyuk ipak yo'lining ulkan tarixiy ahamiyatini insoniyat
unutmadi. Xususan, 1987-yildan boshlab YUNESKO "Buyuk
ipak yo'li-muloqot yo'li" shiori
ostida bir qator Xalqaro tadbirlar o'tkazdi. Bu tadbirlarning ko'pchiligi qadim
zamonlarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan sivilizatsiya tarixini yaqindan
o'rganishga qaratilgan edi. YUNESKO xomiyligida, xususan, Samarqandda (1990
yili), Xivada (1991 yili), Buxoroda
(1996 yili) xalqaro ilmiy konferensiyalar o'tkazildi. Toshkentning eng go'zal
ko'chalaridan biriga Buyuk ipak yo'li nomi
berildi.
O’RTA OSIYO SALAVKIYLAR DAVLATI TARKIBIDA
(Mil.avv. 312 – 250
yillar)
Mil.avv. 323 yilda
makedoniyalik Iskandar vafotidan so’ng, hukmdorlik qilgan imperiya uch
davlatga bo’linib ketdi:
Makedoniya Misr Suriya (Salavkiylar davlati)
Ellinlashtirish
jarayoni.
Salavkiylar istilo → Yunon tilini yozish
qilingan hududlarda → Yunon madaniyatin tarqatish
yunonlar oldiga → Yunon urf-odatlari va
diniy e’tiqodlarini targ’ib qilish
quyidagi vazifalarni → Shahar va qishloqlarda yunon
xalqini joylashtiriah
qo’yganlar → Shaharlarni
o’zlarining ismlari bilan atash (Salavkiya,
Antioxiya va h)
Ellinlashtirish – Sharqda yunon va mahalliy madaniyatning
birlashish jarayoni
Mil.avv.
280 yilda, Salavqa vafot etganidan so’ng, uning ulkan davlatini o’g’li Antiox 20 yilga yaqin boshqardi. Antiox Salavqa bilan
Spitamenning qizi – Apama o’rasidagi nikohdan tug’ilgan bo’lib Salavqa unga
mahalliy zodagonlar bilan yaqinlashish siyosatini yuritgan Iskandarning boshqa
safdoshlari singari, o’z mavqeini mustahkamlash maqsadida uylangan edi.
→ Irrigatsiya tarmog’i kengaytirildi
Ijtimoiy-iqtisodiy → Shahar va qishloqlar soni
ko’paydi
rivojlanish → Savdo ayriboshlash
uchun mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan hunarmandchilikning
salmog’i ortdi
→ Jamoa quldorlik munosabatlarining
chuqurlashishi bilan
uyg’unlikda yanada
rivojlandi
→
Davlat hokimiyati kuchaydi
Ko’chmanchi va o’troq
aholi o’zaro iqtisodiy aloqalarining jadallashuvi
YUNON – BAQTRIYA DAVLATI
(Mil.avv. 250 – 140 yillar)
Hududi: → Baqtriya, So’g’d, Marg’iyona va
taxminan, Dovon (Farg’ona)
viloyatlarining Qismi hamda
Choch.
Mil.avv. 170 yilda So’g’d (qisman) va Choch Qang’ podsholigi
tarkibiga kirdilar
Yunon – Baqtriya davlatining istelochilik yurishlari
Uning tarkibiga quyidagi
hududlar kirgan:
Arakosiya (qandahor
viloyati, Afg’oniston)
→
Darngiana (Sharqiy Eron)
→
Paromasida (Hindikush
to’g’larinig janubi, Afg’oniston qismi)
→
Hindistonnig shimoli
g’arbiy qismi, shu junladan Sind
→
Ariya – Afg’onistonning
Xirot viloyati
→
Yunon – Baqtriya davlatining qulashi
Kushinni istilo qilish
Asosiy sabablari
Tog Pomsey so’zlari:
“Baqtriyaliklar birin – ketin to’ztovsiz urushlar olib borib, faqatgian
davlatni emas, balki o’z erkinliklarini ham yo’qotdilar, urushlar ularni
mushkul ahvolga solib, kuchsizlantirgani tufayli, ular nisbatan kuchsiz
parfiyaliklar tomonidan zabt etilganlar”.
Ijtimoiy – iqtisodiy hayot
Bu davrda Yunon –Baqtriya jamiyatida
ibtidoiy munosabatlar yemirilib, yangi quldorlik munosabatlari shakllanadi.
Bunga quyidagilar ta’sir ko’rsatgan:
So’ng jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish jarayoni
sodir bo’ldi
Din
Dinlarning aralashib ketishi kuzatiladi
Ellinlarning dinlari, Yunon – Baqtriya va Parfiya hududlaridan Zevs,
Afina, Apollon va boshqa xudolarning tasviri tushirilgan po’stloqlar va
tangalar topilgan. Hindiston istilo qilinib, davlat tarkibi qo’shib olinishi natijasida
Baqtriyda va uning vorisi – Kushon imperiyasida buddizm, aniqrog’I uning
O’rta Osiyocha ko’rinishi tarqaladi.
Yunon – Baqtriya davlati
O’rta Osiyo xalqlari madaniyatida o’z izini qoldirdi, “sharqiy ellizm” deb
nomlangan buyuk hodisaga asos soldi, bu kelgusida O’rta Osiyoda mahalliy
sulolalar davlatlarining vujudga kelishiga zamin hozirladi.
Shunday qilib:
QANGXA (KANGYUY) DAVLATI
(Mil.avv. III asr – milodiy I asr)
Xitoy yozma manbaalarida bu davlat Kangyuy
nomi bilan ma’lum.
Hududi: Qanxa (Kangyuy) – bu qadimiy
davlat birlashmasi bo’lib, hozirgi
Toshkent vohasi, Sirdaryo
oqimi bo’yidagi yerlarni birlashtirgan.
Saklarning ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalari mil.avv. III
asrda unga asos solishgan.
Qanxaning ikki
poytaxti bo’lgan:
1. Toshkent vohasi
Oqqo’rg’on tumanidagi shahr qoldiqlari – Kandgiz sobiq poytaxti bo’lgan. 2. Yozgi poytaxti Tarband bo’lgan (hozirgi O’tror shahri)
Ular hukmdorning yaqinlaridan, urug’ va qabila boshliqlari bo’lgan
qarindoshlaridan tayinlangan.
Davlat
boshqaruvi
Qaram viloyatlarni mahalliy hukmdorlar boshqargan, ular markaziy
hokimiyatga soliq to’laganlar.
Davlat boshida ko’chmanchi qabilalarning vakillari turgan.
Mil.avv. I asrda Qanxa davlati harbiy-siyosiy jihatdan
mustahkamlanayotgan bo’lsa ham, u ijtimoiy rivojlanishning turli bosqichida
bo’lgan ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalar birlashmasidan iborat edi.
Davlatning gullab - yashnashi
dehqonchilik hunarmandchilik Chorvachilik, yilqichilik Tanga zabt etish
Qang’liklarning mashg’ulotlari:
QADIMGI XORAZM
(Mil.avv. IV asr – milodiy IV asr)
Aholi xo’jaligining asosi.
Dexqonchilik va xunarmandchilik ishlab chiqarishi
Hunarmandchilik
ishlab chiqarishida yuksalish.
Savdo- pul munosabatlari va savdo sotiq aloqalarining
rivoji
(quyidagi shaxarlar
orasida muhim savdo yo’llari o’tgan)
Madaniyat o’ziga xosligini saqlabqolishning sababi.
Xorazm o’rta Osiyodagi qadimgi,yirik davlat bo’lmish Yunon-Baqtrya
va Parfiya tarkibiga kirmagani
Xorazmda O’rta Osiyoning qadimgi
yozuvlari mavjud bo’lgan
Oromiy (mil.avv. V-VI asrlar) Qadimgi Xorazmiy
yozuvlari (mil.avv IV-III asrlar)
Mil.avv. I asrdan
milodiy VIII asrgacha Xorazmda mahalliy yil hisobi joriy qilingan
Shaharlar
qurilishi rivojlangan:
Mil.avv. VI asrdagi Qo’ziligir shahari. Mil.avv. V asrda
Qal’alegir shahari.
Mil.avv. III-II
→ Jonbozqal’a IV asr
Asrlar
→ Qo’yqirilgan qal’a
→ Tuproqqal’a
(O’ziga xos arxitektura ,badiiy bezak)
Toxariston viloyati – viloyat nomi Amudaryoning quyi
qismidan daryo oqimi bo’ylab yuqoriga ko’chib borga toxarlar (mil.avv. II asr –
milodiy I asr ) nomidan kelib chiqqan.
Hududlari: Janubiy
O’zbekiston, Tojikistonning katta qismi, Afg’onistonning shimoliy
hududlarining qismi. Surxandaryo viloyatida
mil.avv. II – I asrlarga oid manzilgoh shaharlar: Termiz, Zartepa,
Dalvarzintepa topilgan Toxariston hududidan
Buyuk Ipak yo’lining janubiy tarmog’i o’tgan
DOVON DAVLATI
(Parkana,Farg’ona)
Qadimgi davrda (mil.avv.
VII – IV asrlarda) Farg’ona o’z mustaqilligini saqlab qolgan Xitoy tarixiy
manbalarida Farg’ona – Parkana Dovon deb atalgan
Mi.avv. II – I asrlarda Dovon hozirgi Farg’ona va unga
qo’shni viloyatlarning hududlarini nazorat qilgan ko’p qabilali birlashmalardan
biri edi.
Hududi:
Toshkentgacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga qamrab olgan.
Dovon poytaxti – Ershi (hozirgi Marhamat shahri)
Davlat ittifoqining boshqaruv tizimi
Muhokama qilingan masalalar
Hukmdor Oliy
kengashda hukmdorning huquqlari cheklangan edi, Oliy
huquqlari:
Kengash hukmdorni ag’darib tashlashi ham mumkin edi.
Davlatning siyosiy tuzilishi
Konferensiya – shahr –
davlarlarning yoki voha davlatlarning mil.avv. XI – VII asrlardagi (kechki
bronza davri) erkin birlashmasidir.
Konfederatsiya
asoslari
Dehqonchilik vohalari Chorvachilik mintaqalari
Xitoy va g’arbiy
davlatlar bilan savdo qilishgan Savdo
mahsulotlarining tabiiy ayriboshlash turi rivojlangan
Aholi
quyidagi mashg’ulotlar bilan shug’ullangan:
Ijtimoiy va hayotda
ayollar katta o’rin egallaydilar.
O’rta
Osiyoda Eftalitlar davlati tashkil topganidan keyin ittifoq davlat (Dovon) o’z
mustaqilligini yo’qotdi va milodiy V asr o’rtalaridan uning hududi mazkur
davlat tarkibiga kirdi.
KUSHON DAVLATI
(Milodiy I – IV asrlar)
Mil.avv. 140 – 13- yillarda
Yunon – Baqtriya hududiga ko’chmanchi qabilalar – Yuejilar (Kushonlar) kirib
kelishi boshlandi.
Yuejilarning kirib kelishi
Yunon – Baqtriya podsholigining batamom tugatilishiga olib keldi.
Hududi: → Shimoli Baqtriya yerlari
Davalt
poytaxti → Surxandaryo vohasidagi Dalvarzintepa
o’rnidagi shahar
Davlat hukmdorlari:
I – II asrlarda Kushonlar davlatining gullab yashnashi:
→ hudud ancha kengaytirildi
→ yangi shaharlar
qurildi
→
Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo aloqalari Kanishka o’rnatildi (Farg’ona otlarining qiymati baland edi)
hukmronligi → hunarmandchilik yuksak darajada rivojlandi
(milodiy
78- → sug’oriladigan dehqonchilik
yerlari ko’paydi
123 yillar)
→ Oramiy yozuvi
→ Diniy
bag’rikenglik (ilohlar sonining ko’payishi, lekin
buddizmga homiylik )
Kushon davlatidagi
kashfiyotlar:
Suv tegirmoni Hosildorlikni oshirish
uchun o’gitlar qo’llandi.
BUYUK IPAK YO’LI
Qadimdan
mashhur bo’lgan Buyuk ipak yo’li Sharq va G’arb xalqlari o’rtasida tarixiy –
madaniy aloqalar va savdo – sotiqning rivojlnishida XVI asrgacha ulkan
ahamiyatga ega bo’ldi. Buyk ipak yo’li, yil mavsumi, alohida mintaqalrdagi
siyosiy va iqtisodiy vaziyatga qarab karvonlar talaydigan ko’p sonli ,
serqatnov yo’llar tizimidan iborat bo’lgan.
1877 yilda nemis olimi K.Rixtgofen bu yo’lni shunday deb nomlagan.
→
U Sariq dengiz qirg’oqlaridan boshlanib, to Sharqiy Turkiston, O’rta
Osiyo, Ikki daryo oralig’i va O’rta Yer dengizigacha davom etgan
→
Buyuk Ipak yo’lida qadimiy shaharlar: Yorkent, Samarqand, Buxoro, Marv
joylashgan
Buyuk Ipak
yo’li,
mil.avv.
II asrdan
milodiy →
Yo’nalishi: Marv →Bog’dod→Damashq→ Samarqand→Termiz→Balx→Hindiston
XVI asrgacha
(Ungacha
“G’abiy →
Iqtisodiy, siyosiy va madaniy ayriboshlash
meridional yo’l
deb
atalgan) →
Elchilik aloqalari
→
Dinlarning
tarqalishi (buddizm,iudaizm)
→
Asosiy Buyuk Ipak yo’lidan tashqari, unga qo’shiladigan, yaqinda nom olgan
karvon so’qmoqlari ham bor edi.
ILK O'RTA ASRLARDA O'ZBEK DAVLATCHILIGI: IJTIMOIY -
SIYOSIY, IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
Reja:
1. Eftaliylar
davlati. Undagi boshqaruv tizimi: ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy hayot. Yerga
egalik munosabatlarining shakllana boshlashi.
2. Turk
xoqonligi, davlat boshqaruv tizimi. Mamlakatdagi ijtimoiy - iqtisodiy ahvol.
3. Arablar
istilosi va hukmronligi davrida O'rta Osiyo.
Qadimgi Turon diyorida zamonasining buyuk davlatlaridan Qang' davlati
va uning janubida Kushon podsholigi ravnaq topgan davrda boshlangan yuksalish
mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim
o'zgarishlarga olib keldi. Dehqonchilik vohalarida shaharlarning soni ko'paydi.
Ular kengayib, hunarmandchilik, savdo sotiq va madaniy hayotning markaziga aylandi. Bir qancha yirik sug'orish
tarmoqlari barpo etilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Suv tegirmoni,
chig'ir va charxpalaklar kabi o'z davri uchun ancha murakkab gidrotexnika
qurilmalaridan foydalanila boshlandi. Qo'riq va bo'z yerlarga suv chiqarib
yangi yerlarning o'zlashtirilishi jadallashdi. Natijada yerga egalik munosabatlari shakllana
boshladi. Bu davrda shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmandchilikning
rivoj topishi, ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan shubhasiz, qishloq
xo'jalik mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj ortib, shaharlar, tevarak-atrofdagi
qishloqlarning hududlari tobora kengayib bordi. Natijada mamlakatning iqtisodiy
hayotida muntazam xomashyo yetkazuvchi sifatida qishloqlarning nufuzi
ko'tarilib, bir tomondan yerga, xususan ziroatkor maydonlarga bo'lgan
munosabat, ayniqsa, ularga egalik qilish udumlari asta-sekin o'zgara boshladi.
Ikkinchi tomondan esa, o'troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar
o'rtasidagi aloqalar rivojlandi. Natijada qo'riq va bo'z yerlarga suv chiqarib,
katta-katta yer maydonlarini ochish ishlari jadallashdi. Bunday obodonchilik
ishlarini amalga oshirishda el-yurtning ijtimoiy hayotida kattagina nufuzga ega
bo'lgan mulkdor va quldor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari hamda urug' va
qabila boshliqlari ishboshi sifatida faol qatnashadilar. Qo'riqlarda ochilgan
yangi maydonlarning ma'lum bir ulushi o'sha zamon udumi bo'yicha, qonuniy
ravishda sarkorlar qo'liga o'tadi va ularning vorisiy mulkiga aylanadi.
El-yurtning ijtimoiy hayotidagi bunday xizmati tufayli omilkor sarkorlarning
ziroatkor aholi o'rtasida obro'-e'tibori va ta'siri yanada kuchayadi.
Ilk o'rta asrlarda yirik yer egalari
"dehqon" ya'ni qishloq xokimi nomi bilan
shuhrat topgan.
Dehqonlarga qaram bo'lgan ziroatkor aholi "kadivar" ya'ni qishloq
qo'rg'onida yashovchilar deb atalgan. Ziroatkor jamoaning oddiy mehnatkash
a'zolari "kashovarz" ya'ni yerni xaydovchi deb yuritilgan.
O'rta Osiyodagi ilk feodal davlatlar: Xorazm, Xiyoniylar va Kidariylar
davlatidir. Yirik davlatlardan yana biri Eftaliylar davlatidir. Eftaliylar,
ularning etnik tarkibi, davlat tashkil etishlari hususida tarixiy manbalarda
turli xil qarashlar mavjud. Masalan: eftaliylar Xitoy manbalarida
"i-da", "s-da", armanlarda idal, xeptal, arablarda haytal,
Suriya va lotin manbalarida eptal, abdal
deb nomlanadi. Bunday turlicha atamalar har bir til va yozuvning o'ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqqan. Rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati
eftaliylar turkiy qabila-massagetlarning so'nggi bo'g'inidan kelib chiqqan deb
fikr bildiradilar. Muqaddas "Avesto"da esa ular tatlar nomi bilan
tilga olinadi. F.Vizantiyskiy esa eftallar nomi V asrning ikkinchi yarmida
podshohlik qilgan Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog'laydi. Biroq nima bo'lganda
ham shu narsa faktki, Eftaliylar Turkiston mintaqasida yashab kelgan turkiy
qavmlardandir.
Eftaliylar hukmdori Vaxshunvor Eftalon 457- yilda Chag'aniyon (hozirgi
Surxon yerlari) Toxariston va Badaxshonni o'ziga bo'ysundiradi. So'ngra
Eftaliylar Sug'dda ham mustahkamlanib oladi. Ular ko'p o'tmay o'z hududiy
yerlarini kengaytirishda davom etib,
Qobul va Panjob vodiysini, Kuchu, Qashqar va Xutonni (Sharqiy Turkiston) zabt
etadilar. Xullas, ular avvalda Kushonlar sulolasi egallagan hududlarni
birin-ketin qo'lga kiritib, o'z siyosiy hokimiyatini yanada mustahkamlaydilar.
Eftaliylar bir necha bor o'zlarining g'arbiy - janubdagi qo'shnisi va
eng kuchli raqib - Eron sosoniylari bilan ham urushlar olib boradilar. Xususan,
Eron shohi Peroz bilan bo'lgan urushlarda ularning qo'li baland kelib, Eron
hukmdori ikki bor asirlikka tushadi. Katta to'lov va majburiyatlar to'lab,
arang qutiladi.
Eftaliylar davrida saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan.
Davlat boshqaruv tipi konfederativ podshohlik bo'lib, boshqaruv shakli
cheklangan monarxiya bo'lgan. Taxt vorisini aniqlab, taqdim etadigan kengash mavjud
bo'lgan. Bu kengash sulolaning mo'tabar vakillari, amirlar, yirik arkonlardan
iborat bo'lgan. Eng muhimi Eftaliylar davrida davlatimiz qonunlar asosida
boshqarilib, bu turkiy tuzuklardan iborat bo'lgan. Biroq taxt otadan bolaga
qolmay sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Mamlakatni
markaziy xokimlar noiblar orqali idora etgan.
Eftaliylarning harbiy qo'shinlari katta kuchga ega bo'lgan. Askarlari
qo'lida harbiy qurol yarog'lardan gurzi, o'q-yoy va asosiysi qilich muhim o'rin
tutgan. Ular lashkarlarining asosini otliq askarlar tashkil etgan. Shu bilan birgalikda bu
davlatga hali patriarxal-qulchilik munosabatlarining qoldiqlari ham mavjud
bo'lgan. Chunonchi, boy dehqonlar mulklarida juda ko'plab qullar bo'lganligi,
ulardan turli yumushlarda keng foydalanilganligi tarixiy manbalarda tilga
olinadi. Bu davrda Eron va Turon hududlarida sinfiy ziddiyatlar kuchaya bordi.
Yirik mulkdorlar, zodagonlar zulmi va asoratining ortishi, aholi quyi
tabaqalari huquqining poymol etilishi, ularning ayovsiz ekspluatatsiya
qilinishi natijasida ijtimoiy adolat va haqqoniyat yo'lidagi xalq harakatlari,
g'alayonlarining yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. VI asr birinchi choragida yuz
bergan Mazdak qo'zg'oloni buning yaqqol ifodasidir. Mazdakchilar "Z" harfi
bilan boshlanadigan 4 narsaning aholi o'rtasida teng baham ko'rilishini yoqlab
chiqqandilar: Zamin (er), Zar (oltin boylik), Zo'rlik (kuch-hokimiyat) va Zan
(xotin). Mazdakchilar ilgari surgan bu xil g'oyalardan shuni anglashi mumkinki,
ular ijtimoiy adolat tushunchasini birinchi o'ringa qo'yib, bunda
yer-mulk, boyliklarni aholi o'rtasida
baravar taqsimlash talabini ilgari surganlar. Ular davlat hokimiyati tomonidan
fuqarolarning dahlsizligi va qonuniy huquqlarni himoya qilinishini, ayollar
tengligini yoqlaganlar. Biroq, o'sha davrda sinfiy tabaqalanish tobora kuchayib, mulkiy
tengsizlik avj olayotgan bir paytda mazdakchilik g'oyalarini tantana qilish
yoxud hayotga tadbiq etilishi mumkin emas edi. Shu bois ham mazdak qo'zg'oloni
tez orada hukmron tuzum kuchlari
tomonidan bostirildi. Mazdak va uning ko'plab tarafdorlari qo'lga olinib qatl
etildi. Shunga qaramay Eron va Turon aholisining keng qatlamlari orasida mazdak
g'oyalari uzoq vaqt saqlanib, ularning haq, adolat yo'lidagi kurashlariga
xizmat qildi.
Eftaliylar davrida aholining bir qismi ko'chmanchi chorvadorlar bo'lib,
ular chorvachilik, yilqichilik bilan shug'ullangan. Suv xavzasi, daryo
bo'ylariga yaqin hududlarda dehqonchilik rivoj topib bordi. Jumladan, Xorazm,
Sug'd, Chag'aniyon va Toshkent vohasida dehqonchilik madaniyati salmoqli o'rin
tutgan. Darg'om kanali, Eski Angor, Zang kanallari singari suv inshootlari
dehqonchilik tarmoqlarini rivojlatirishga xizmat qilgan.
Eftaliylar davlatiga birlashgan aholining bir qismi ko'chmanchi
chorvador bo'lsa, ikkinchi kattaroq qismi shahar va qishloqlarda yashovchi
o'troq aholi bo'lgan. O'troq aholi asosan ziroatchilik bilan shug'ullangan. Toxoriston va Sug'd dehqonchilik va
bog'dorchilikning markazi hisoblangan. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida
g'alladan tashqari, paxta ham yetishtirilar edi.
Bu davrda yangi tipdagi ko'rkam va gavjum shahar-qal'alar vujudga
keladi. Xorazmdagi Berkutqal'a, Bozorqal'a, Toshkentdagi Oqtepa shular
jumlasidandir. Bir necha oilalardan tashkil topgan mazkur manzilgohlar qalin
paxsa devorlar bilan o'ralgan.
Eftaliylar davri madaniyati xususida gap borganda shuni qayd etish
lozimki, bu paytlarda o'lkada juda ko'p moddiy va ma'naviy yodgorliklar bunyod
etiladi. Bu davrning moddiy madaniyatiga oid yodgorlik sifatida Xorazmdagi
Tuproqal'a to'g'risida ma'lumot keltirib o'tish joizdir. Uning tuzilishi
to'g'ri burchakli bo'lib (500x360m), gumbazsimon yo'lakli va burjli mudofaa
bilan o'ralgan.
Shuningdek, Eftaliylar davri qo'shiqlari va eposlari Firdavsiyning
mashhur "Shohnoma"sida ham o'z ifodasini topgan. Eftaliylarda
kishilar turli dinlarga e'tiqod qilganlar. Eng keng tarqalgan din -
zardushtiylik bilan bir qatorda budda dini ham ancha rusm bo'lgan. Xullas,
Eftaliylar davrida o'lkamiz odamlari o'ziga xos boy madaniy va ma'naviy turmush tarzini yaratib, undan bahramand bo'lishga
harakat etganlar. Ayni chog'da ular o'zlaridan keyingi avlodlari uchun ham
munosib iz qoldirganlarki, bunga ularning davriga oid turli hududlardan
topilgan ko'plab noyob topilmalar, asori atiqalar guvohdir.
V asrning ikkinchi yarmi -VI asrning birinchi yarmilarida Oltoy va
Janubiy Sibirda Ashina qabilasining yabg'ulari Asonshod, Tuu va Buminlar
boshchiligida turkiy qabilalarning ittifoqi vujudga keladi. Qadimgi turk
manbalarida bu ittifoq "turk", "turkiy" va "turk
budun" kabi nomlar bilan tilga olinadi. "Turk" so'zining
lug'aviy ma'nosi "kuchli, chidamli" demakdir.
V asrda Ashina
qabilasi tevaragiga to'plangan o'rda askarlari "turk" nomi bilan
atalgan bo'lsalar, VI-VII asrlarda faqat turk tilida so'zlashadigan aholi shu
nom bilan atalgan.
VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug'ning
mavqei ko'tariladi. Ashin urug'idan Ashan va Tuu 460-545 yillarda boshqa
urug'larni o'zlariga bo'ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga
asos soladilar. Tuuning o'g'li Bumin Tele qabilasini ham o'ziga bo'ysundiradi.
Bumin Jujan xonligi tobelgidan chiqish uchun kurashadi va 551-yilda Jujan xoni
qo'shinlarini yengib, ularni o'ziga bo'ysundiradi. Shu bilan
551-yilda yangi davlat - Turk xonligiga asos solinadi. Uning poytaxti
Oltoydagi O'tukan shahri bo'lgan. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug'i
ortib borgan. U ko'p bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini
bosib olgan. Xitoy podsholigi Turk xonligiga har yili o'lpon ta'riqasida yiliga
yuz ming bo'lag ipak mato berib turishga majbur bo'lgan. 552-yilda Buminxon
vafot etgach, hokimiyatga uning o'g'li Mug'anxon (553-572) o'tiradi. Mug'anxon
558-yilda jo'janglarga so'nggi bor qaqshatqich zarba berib, o'z davlati
hukmronligi Tinch okeanigacha bo'lgan hududlarda mustahkamlanadi. Uning amakisi
Istami (unga "Yabg'u" -bahodir unvoni berilgan edi) bo'lsa, bu davrda
xonlik hududini g'arbga kengaytirib, Yettisuv, Qashqar, Ural, Volga bo'ylari va
boshqa hududlarni egallaydi.
563-567 yillar davomida Istami Yabg'u qo'shinlari eftaliylarga
ketma-ket zarblar berib, uning hududlarini, ya'ni hozirgi O'rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo'lgan
yerlarini egallashga muvaffaq bo'ladi. Buning oqibatida Eftaliylar hokimiyati
tugatiladi. Turk xoqonligi O'rta Osiyo yerlarini ishg'ol etgach, uning
hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi. Dastlab xoqonlik Eron bilan
yaxshi qo'shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini o'rnatishga intiladi. Eron shohi
Xusrav I Anishurvonga turk malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi.
Biroq, Turk xoqonining Eronga ikki bor
yuborilgan elchilari faoliyati muvaffaqiyatsiz chiqadi. Eronning turklar bilan
murosaga bormasligi, uning qat'iy dushmanligi ro'yrost ma'lum bo'lgach, Istami
qo'shinlari Eron shohi Xusrav I ga qarshi yurish qilib, uni yengadi. Natijada
Eron shohlari Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillasi hajmida tovon
to'lashga majbur bo'ladi. Mug'anxon va uning avlodlari g'arbda qora dengizgacha
bo'lgan hududlarni zabt etib, o'zlariga bo'ysundiradilar.
Turk xonligi 568-569 yillarda
o'sha davrning qudratli davlati - Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo -sotiq
aloqalarini o'rnatishga intilib, Sug'd savdogari Maniax boshchiligidagi
elchilarni u yerga yuboradi. Echilar imperator Yustenian II qabulida bo'ladi.
Shundan so'ng Vizantiyaning Zemarx boshliq elchilari xoqonlik davlatiga keladi.
Bu esa shu davlatlar o'rtasida o'zaro ishonch va savdo-tijorat munosabatlarini
o'rnatishda muhim ahamiyatga ega deyishga asos beradi.
Turk xoqonligi chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi
turkiy qabilalarning ittifoqidan iborat bo'lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqargan.
Hukmdorning xokimiyati urug'aymoq udumlariga tayangan harbiy -ma'muriy
boshqaruvga asoslangan.
Mamlakat aholisi ko'chmanchi chorvador va o'troq dehqonlardan iborat edi.
Ko'chmanchi chorvador aholi budun yoki qora budun deb atalardi. Budun o'z
navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etar edi. U o'n o'q budun
yoki o'n o'q el deb yuritilardi. O'n o'q budun yoki elning hokimi
"yabg'u" yoki "jabg'u" nomi bilan atalardi. Yabg'u
darajasiga faqat xoqon urug'iga mansub bo'lganlar ko'tarilgan. Shuning uchun u
ba'zan "yabg'u xoqon" deb yuritilgan. O'n o'q budun o'z navbatida
besh o'q birlashmasi asosida sharqiy va g'arbiy qanotga bo'lingan. Harbiy
yurishlar vaqtida ular puxta boshqaruv tartiblariga ega bo'lishgan. Katta
jangavor kuchga aylanib, har qanday yirik davlatni ham daxshatga solgan. Arslon
To'ba xoqon davrida - 581-603 yillarda Turk xoqonligi ikki qismga - g'arbiy va
sharqiy Turk xoqonliklariga bo'linib ketgan. Turk xoqonligining g'arbiy (O'rta
Osiyo, Jung'oriya, Sharqiy Turkiston o'z
ichiga olgan) va sharqiy (Mo'g'iliston) hududlari tobora bir-biridan
uzoqlashib, aloqalari uzilib borgan. G'arbiy xoqonlik hukmdori Qorachurinning
588- yilda Eron bilan boshlagan urushi kutilmaganda uning o'limi va
mag'lubiyati bilan yakun topadi. Bu hol g'arbiy Turk xoqonligining keskin
zaiflashuviga sabab bo'ladi. Faqat VII asr boshlariga kelibgina g'arbiy
xoqonlik yana yangidan rivojlanish sari yuz tutadi.
Xitoyda Tan sulolasi (618-907 yil) hukmronligi davrida Turk xoqonligi
bilan Xitoy o'rtasida foydali aloqalar keng yo'lga qo'yiladi. Masalan, 627-644
yillarda O'rta Osiyodan Xitoyga 9 marta savdo karvonlari yuborilgan.
VII asrning ikkinchi yarmida ancha kuchayib ketgan Xitoy O'rta Osiyo
hududlarini ham o'z qo'l ostiga kiritish payiga tushadi. Biroq 670-yilda
tibetliklar bosh ko'tarib, sharqiy Turk xoqonligi yangidan tiklandi. Bu
voqealar Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni keltirib chiqargach, Xitoy O'rta
Osiyoga bo'lgan o'z da'vosidan voz kechib, butun diqqatini tibetga qaratadi. Bu
davrda O'rta Osiyo hududlarida Turk xoqonligi ta'siri tobora zaiflashib boradi.
Bunga mahalliy hokimliklar o'rtasidagi ichki ziddiyatlar, yer-mulk uchun o'zaro
kurashlar ham sabab bo'lgan. Bu esa pirovard oqibatida O'rta Osiyo
hududlarining arab istilochilari tomonidan bosib olinishiga sabab bo'ldi.
Turk xoqonligi sharqiy yerlardan farqli o'laroq, G'arbiy Turk
xoqonligida aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan
yuqori bo'lgan. Chunki, sharqiy hududlarda yashagan ko'pchilik ko'chmanchi
turklarda urug'-qabilachilik munosabatlari hamon kuchli saqlangan.
Aholining quyi tabaqasi budun yoki qora budunlar deb atalgan.
Urug'-qabilaning nomdor vakillari "beklar" deb yuritilgan. Jamoani
hoqon va zodagonlar kengashi -"qurultoy" boshqargan. Katta patriarxal
oilalari- xo'jaliklarning boshliqlari "Kadxudolar" deb atalgan. O'rta
Osiyo yerlarida esa bu davrda dehqonchilik, bog'dorchilik va uzumchilik
sohalari yuksak darajada rivojlangan. O'lkaning Farg'ona, Xorazm va Zarafshon
ko'plab suv ayirg'ichlar, kanallar, suv
havzalari bunyod etilgan. Farg'ona va Sug'dda aholining bir qismi tog'-kon
ishlari bilan ham mashg'ul bo'lgan. Bu yerlarda oltin, mis, temir eritish,
ulardan kerakli asbob-anjomlar ishlash yaxshi yo'lga qo'yilgan. Shuningdek,
Iloqda qo'rg'oshin, kumush, Shahrizabzda esa qizil tuz qazib olingan.
Shunday qilib, Turk xoqonligi o'z davrining yirik davlati bo'lgan.
Turon xonlari Xitoy, Eron va Vizantiya bilan munosabatlarda uzoq yillar o'z
hukmini o'tkazganlar. Xoqonlik davri moddiy va ma'naviy madaniyati, uning nodir
namunalari Turonzamin xalqlarining to'laqonli turmush tarzini o'ziga xos
yo'sinda aks ettirib qolmasdan, ulug' bobokalonlarimiz dahosining teranligidan,
ularning yuksak ijodkorligi, izlanuvchanligidan ham shahodat beradi.
VII-VIII asrlarda markazlashgan Arab xalifaligi Misr-Suriya, Falastin,
Iroq, Vizantiya va Eronni bo'ysindirib, kuchli imperiyaga aylandi. Xalifalik
O'rta Osiyo yerlariga ham kirib keldi.
Arablar Amudaryo (Jayxun)ning shimolida joylashgan yerlarga
"Movarounnahr" ya'ni "daryoning ortidagi yerlar" deb nom
beradi. Hozirgi Avg'onistonning shimoli Eronning shimoliy sharqiy qismi hamda
Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar esa Xuroson deb yuritilgan.
Avval boshida Xurosonni markaziy shahri Marv keyinchalik Xirot bo'lgan.
Arab halifaligining istilochilik yurishlarida O'rta Osiyo yerlarini
bosib olish va uning xalqlarini itoatga keltirish, bu hududda islom dinini
yoyish alohida o'rin tutadi. Negaki, bizning o'lkamizdek, boy-badavalat yurtni
qo'lga kiritish, unga hukmronlik qilish, behisob moddiy va ma'naviy boyliklarni
tasarruf etish -bu arab hukmron doiralarining eng asosiy istilochilik
maqsadlari bo'lgan. VII-asr o'rtalariga kelib, Eron hududlari egallangach,
endilikda halifalik e'tibori Xuroson va O'rta Osiyo yerlarini bosib olishga
qaratiladi. Bunda Vatanimiz sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki
bosqichda amalga oshirilganini ta'kidlab o'tmoq joizdir. Uning birinchi
bosqichi - VII asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri kelib, bu davrda ayrim arab
lashkarboshlari qo'shini Amudaryo atrofidagi hududlariga bir necha bor hujumlar
uyushtirib, bu yerlarning boyliklarini talab, ma'lum o'ljalarni qo'lga kiritib,
ortga qaytganligini kuzatish mumkin. Bundan ko'zda tutilgan asosiy maqsad -bu
hududlarni yaqin kelajakda bosib olishga tayyorgarlik ko'rish bo'lgan. Masalan,
arab lashkarboshlari Ziyod bin Abu So'fiyonning 666-yilda Marvga yurishi,
670-yilda uning o'g'li Ubaydilla ibn Ziyodning Amudan o'tib Boyqand, Romiton
yerlarini egallashi, so'ngra Buxoro hukmdorini yengib o'z foydasiga sulx tuzib,
katta xazina, boyliklarni qo'lga kiritishi va nihoyat, 675-676 -yillarda Said
ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo'shin tortib kelishi va
mahalliy hukmdorlarni yengib, katta boylik va ko'p sonli asirlar bilan
Arabistonga qaytib ketishi - bular O'rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi
dastlabki urunishlar edi.
O'lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning
birinchi choragiga to'g'ri keladi. Xususan, 704-yilda Qutayba ibn Musulimning
Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butin O'rta Osiyo
hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklandi. Iste'dodli lashkarboshi
Qutayba katta tayyorgarlik ko'rgandan so'ng 706-yilda Jayhun (Amudaryo)dan
o'tib Boyqandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini
yengib, shaharni qo'lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. O'lja
olingan boyliklar tortib ko'rilganda ularning og'irligi 150 ming misqol (bir
misqol -4,240 gr) ya'ni, 636 kg chiqadi. 707-yilga kelib Kesh, Naxshab ham
og'ir janglar bilan fath etiladi. 708-709 yillarda Qutayba qo'shini Vardanze,
Romiton va Sug'd yerlarini
ishg'ol qiladi. Sug'dning bosh shahri - Samarqand bosib olingach, qo'lga
kiritilgan oltin butlar va xazinalarning umumiy og'irligi 50 ming misqol, ya'ni
212 kgni tashkil etgan. Samarqand hokimi G'urak (709-738) bilan tuzilgan
Shartnomaga binoan u arablarga yiliga 2200000 dirxam tovon to'lashi, 30 ming
baquvvat yigitlarni qul o'rnida berishi ko'zda tutilgan edi. Buning ustiga,
Samarqandning eng gavjum mavzesi -Afrosiyob
kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi va uning tub
aholisi edi. Buning ustiga,
Samarqandning eng gavjum mavzesi - Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar
joy sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o'z joyidan mahrum etiladi.
Samarqanddan so'ng arab lashkarlari Buxoroni bosib olib uning boyliklarini
talay boshlaydilar. Biroq, podshoning o'g'li Tug'shoda izmida qoldiradi.
Qutayba ibn Muslim 711-715 -yillarda Toshkent, Xo'jand, Sharqiy Turkiston
yerlarini bosib olib, bu yerlarda ham o'z hukmronligini o'rnatadi. Shu ta'riqa
arablar Mavarounnahr (daryo orti) deb nom bergan. O'rta Osiyo hududlari VII
asrning dastlabki o'n yilliklari davomida aholisiga mislsiz zulm va zo'ravonlik
o'tkazadilar. Mahalliy yozuvchilar tomonidan bitilgan nodir kitoblar, qo'l
yozmalari yondirildi. Zardushtiylik, Buddizm dinining ko'plab ibodatxonalari,
muqaddas qadamjoylari kunpaya-kun etildi. Ulug'bobokalonimiz Beruniy o'zining
"O'tmish ajdodlardan qolgan yodgorliklar" asarida achchiq alam bilan
ta'kidlaganidek, arablar mahalliy din, san'at, adabiyot namayondalarini,
olimlarni o'ldirdilar, asarlarini esa olovda yondirdilar. So'ngra ular
ajdodlarimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy yozuvlar, tarixiy
hujjatlarni yo'q qildilar. Musulmonchilik diniga, islom aqidaligiga zid
keladigan jamiyki narsalar ularning nazarida g'ayritabiiy hol hisoblanib, ular
ayovsiz yo'q qilindi.
O'rta Osiyo bosib olingandan so'ng bu hududlarni boshqarish markazi
Marv shahri bo'lib qolgan edi. Bu yerda xalifalikning noibi turgan, u
Mavorounnahr va Xurosonni idora qilgan. Dehqonlar xalifalik noibining mahalliy
aholi orasidan bo'lgan vakiliga bo'ysinganlar. Bunday kishilar amir unvoniga
ega hisoblanar edilar.
Xalifa davlatni boshqarishda vazir ul vuzoro (ulug'vazir)ga tayangan.
Harbiy ishlar, umuman, harbiy qo'shinlar amir ul umaro qo'li ostida bo'lgan.
Xalifa turli masalalarni devon ad-dar, ya'ni kengashda ko'rib chiqar edi. Devon
adg'dar uchta asosiy devonga bo'lingan, ular devon al-mashrik, devon al ma'rib
va devon al-xarojdan iborat bo'lgan.
Mavoraunnahrga
tegishli masalalar devon al-Mashriqda xal etilar edi. Dehqonlar orasida
ar-mulk, shaxsiy uy joy va ko'rganlar masalasida nizo va janjallar chiqib qolsa
muammoni xalifa hal qilar edi. Ular bir huquqshunosligining asosini shariat tashkil
qilgan. Shariat asosan quyidagi manbalarga tayanadi.
1. Qur'oni
Karim - musulmonlarning muqaddas kitobi.
2. Xadisi
Sharif - Muxammad payg'ambarning nasixatlari, ko'rsatmalari va faoliyati bilan
bog'liq ahloqiy huquqiy me'yorlar.
3. Idrokli
xalifalarning odil qarorlari va farmoyishlari.
4. Jamoada
nufuzli, obro'-etiborli musulmon huquqshunoslarning turli savollarga javoblari
va tavsiyalari.
Islom qonunchiligini amalga oshiruvchi huquqshunoslar ma'lum nomga ega
bo'lib, ular o'z ilmiy darajasiga
muvofiq muayyan pog'onada turishgan. Iqtisodiy hayotni o'z qo'llaridan
chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini
joriy qildilar.
Arab xalifaligi
xazinasiga to'lanishi majburiy bo'lgan markazlashtirilgan soliq turlari quyidagilardan iborat bo'lgan:
- xiroj, daromadning uchdan bir qismi miqdorida
yig'ilgan;
- ushr, davlat idora ishlari uchun daromadning
10 % miqdorida olingan;
- juz'ya-jon
solig'i, oziq-ovqat, xom ashyo yoki pul hisobida yig'ilgan;
- zakot, mol-mulkning 2,5 % miqdorida olingan.
IX asr arab tarixchisi Xo'rdodbehning ko'rsatishicha, xalifalikka faqat
xiroj solig'i hisobiga Sug'd viloyati 326 ming, Farg'ona 280 ming, Shosh 607
ming, Ustrushon 50 ming dirham to'lagan.
Arablar dastlab juz'ya solig'ini musulmon diniga kirmagan odamlarga
joriy etganlar. Biroq keyinchalik hamma islomga kira boshlagach, bu soliq yana
barcha yerli aholiga bab-baravar solina bergan. Ayniqsa, o'lka aholisini
islomlashtirish jarayoni g'oyat murakkab kechgan. Arablar aholini islom dinini
qabul qilishiga zo'ravonlik va kuch ishlatganlar. Ko'p joylarda mahalliy
kishilar noilojlikdan, qiyin-qistov asosida musulmonchilikni majburan qabul
etgan bo'lsalarda, biroq arablar ko'zdan nari ketishi bilan, ular yana bu
dindan qaytib o'zlarining eski diniy aqida va marosimlariga amal qila
berganlar. Xatto, arablar ishonchini qozonib musulmon dinini tantanavor qabul
qilgan Buxorxudot Tog'shoda ham islom dinini yuzaki xo'ja ko'rsinga qabul
qilgan bo'lib, aslida zardushtiylik ahkomlariga amal qilgan. Bundan
ko'rinadiki, islom dini va uning ruknlarining mahalliy xalq orasida yoyilishi
nihoyatda qiyin bo'lgan. Arablarning o'zlari xo'jalar, sahobalar, sayyidlar va
o'q suyaklar deb atab, mahalliy xalqqa nisbatan mensimaslik, qalondimog'lik
bilan qarashlari ham mahalliy aholida ularga nisbatan nafrat uyg'otgan.
Arablarning Vatanimiz hududida yurgizgan zo'ravonlik va
mustamlakachilik siyosati, shubhasiz, yerli aholining turli ijtimoiy
qatlamlarning keskin noroziligiga sabab bo'ldi. Buning natijasida arablar
hukmdorligi davomida o'lkaning turli hududlarida xalq g'alayonlari yuzaga
kelib, alangalanib bordi. 720-722- yillarda Sug'diyonada yuz bergan Go'rak
(Samarqand hukmdori) va Devashtich (Panjukent hokimi) boshchiligidagi
qo'zg'olon arablar hukmdorligiga qarshi yo'nalgan dastlabki shiddatli xalq
harakatlaridan biri bo'lgan.
Muqanna qo'zg'oloni "oq kiyim" nomi bilan mashhur bo'lgan.
Qo'zg'olonda o'z zamonasining har tomonlama yetuk kishisi, asl nomi Hoshim ibn
Hakim, ammo Muqanna (ya'ni yuziga niqob kiygan ma'noda) nomi bilan yuritilgan
shaxs boshchilik qiladi. 776-yilda Marvda boshlangan xalq qo'zg'oloniga qadar
ham Muqanna hayotining katta mashaqqatli yo'lini bosib o'tgan, oddiy kir
yuvuvchidan vazirlik darajasiga ko'tarilgan (757-759), ummaviylar sulolasi
inqiroziga kuchli ta'sir ko'rsatgan Abu Muslim qo'zg'olonida faol ishtirok
etgan, ijtimoiy tenglik, erkin hayot va adolat g'oyalarini o'ziga singdirgan
taniqli siymo bo'lgan. "Oq
kiyimlar" qo'zg'oloni yurtimizning ozodlik kurashi tarixida katta
dovrug'taratadi, arab bosqinchilarini larzaga soldi, ularga sezilarli zarbalar
berdi. Qo'zg'olon Muqannaga katta madadkor, jangovar safardosh bo'lgan Hakim
ibn Ahmad, Xishriy va Bog'iy, Girdak, Sug'diyon degan xalq qahramonlarini ham
yetishtirib chiqardi. Ular oxirgi tomchi qonlari qolgunga qadar bosqinchilarga
qarshi mardonavor kurashdilar. 780-783- yillar qo'zg'olon harakatlari so'nggi
hal qiluvchi pallaga kiradi. Bu davrda Muqanna kuchlari Qashqadaryoning Kesh
vohasida to'plangan edi. Qo'zg'olonning bosh tayanch nuqtasi - Som qishlog'i
ham shu joyda bo'lgan. Albatta, bu vaqtga kelib xalifalik qo'shinlari katta
ustunlikka ega bo'lib, ular mahalliy aholining yuqori tabaqalarini o'z tomoniga
jalb etib, qo'zg'olonchilarni tobora siqib borayotgan edi. Muqanna Somda
mustahkamlanib, o'z tarafdorlari bilan so'nggi nafasigacha kurashdi.
Pirovardida esa dushman qo'lida mag'lub bo'lmay, o'zini yonib turgan olovga
otib halok bo'ladi. Bu voqea Beruniy ma'lumotiga ko'ra, 785-yilda sodir
bo'lgan. Garchand Muqanna qo'zg'oloni yengilgan bo'lsada, biroq u buyuk xalq
qudratini, agar u birlashsa, uyushsa nimalarga qodirligini namoyon etdi.
Qo'zg'olon ayni chog'da xalifalikninng Movarounnahrdagi mustamlakachilik va
bosqinchilik ildizlarini ham qaqshatdi. Uning hukronligi davomini shubha ostiga
solib qo'ydi. Eng muhimi, erk, xurlik va ozodlik uchun talpinayotgan yurtimiz
kishilarida vatanparvarlik tuyg'usi jo'sh urdi, ularni ajnabiy zolimlarga
qarshi yanada shiddatliroq kurash olib borishga da'vat etdi. Ammo bu bilan arab
istilochilariga qarshi mahalliy xalq harakati uzil-kesil to'xtab qolmadi.
"Oq kiyimlilar" qo'zg'olonidan 20 yil o'tar-o'tmas, 806-yilda Rofe
ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo'zg'olon ko'tariladi.
Qo'zg'olon Samarqanddan boshlanib Shosh, Farg'ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm
viloyatlariga tarqaladi. Harakat avj olib, mazkur viloyatlar xalifalik qo'lidan
ketadi. Qo'zg'olonni bostirish uchun xalifalik tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar
natija bermagach, Xuroson noibi Ma'mun (806-819) dehqonlardan Somonxudotning
nabiralari Nux, Ahmad va Yahyolardan iltimos qilib, ulardan yordam so'raydi.
Ular Rofe ibn Laysni qo'lga olib, uni xalifaga taslim bo'lishga majbur
qiladilar va shu bilan navbatdagi xalq harakati bostiriladi. Somonxudotlarning
avlodi bo'lgan somoniylarning xalifalik oldidagi bu xizmatlari xalifa tomonidan
inobatga olinib, Movarounnahr kelajak taqdiri mahalliy mulkdorlar vakillari
qo'liga o'tishiga yo'l ochiladi. Buning samarasi IX asrning boshlariga kelib,
yurtimiz ustida xalifalik hukmronligining uzil-kesil ag'darilishi va bir qator
mustaqil milliy davlatlarning yuzaga kelishida to'la namoyon bo'ldi.
Darhaqiqat, islom dini va musulmonchilik tamoyillarining O'rta Osiyo
hududida tarqalishi, chuqur ildiz otishi barobarida o'lkamiz xalqlari keng
musulmon olami bilan tutashib, uning boy diniy va dunyoviy madaniyati, ilmu
fani bilan yaqindan oshno bo'lib bordi. Ayni chog'da azaldan ilmu ma'rifat
o'chog'i bo'lib kelgan ko'hna yurtimiz
bag'ridan bu davrda jahonga davrug'solgan, dunyo madaniyatiga salmoqli hissa
qo'shgan ko'plab nomdor allomalar, buyuk muhaddis olimu ulamolar yetishib
chiqdi.
EFTALITLAR DAVLTI
( V asrlarning o’rtalari – VI asrlarning o’rtalari )
IV asrda O’rta Osiyoda yetakchilik mavqei vaqtincha o’zga qabila
vakillari – xonlar yoki xionliklarga o’tdi. V asrning o’rtalariga kelib
Eftalitlar davlatining shakllanishi o’z nihoysiga yetdi.
Hududi:
Kaspiydan Qoshg’argacha bo’lgan mulklarni o’z ichiga olgan
Poytaxti – Varaxsha shahrining o’rnida (Buxoro
yaqinida )
Soliqni eftalitlarga
kumush bilan to’laganlar
→
Biroq VI asrning
o’rtalaridan boshlab, turkalrning paydo bo’lidhidan foydalanib va ular
bilan birgalikda, eftalitlardan Toxaristonni tortib olgan
Eron davlati
Xusrav I
Anushervon →
davrida (sosoniy-
lar avlodi.)
563 – 567 yillarda hoqon Siyosuvul Eron bilan
ittifoqlikda eftalitlarni tor- mor qoladi va uni vassalikka aylantiradi
→
Ammo turklar Erondan,
ular eftalitlarga to’laydigan xirojni o’zlariga to’lashni talab qildilar.
Bunga ular Erondan rad javobini oldilar. Natijada turklar va sosoniylar
o’rtasida ko’p yillik urushalr boshlandi. Bu urushalr ularni arab
xalifaligi vujudga kelgan davrgacha zaiflashtirib qo’ydi.
Ijtimoiy – iqtisodiy hayot
Asosiy → Yangi ijtimoiy – iqtisodiy-feodal munosbatlar vujudga
xususiyati keldi.
Ammo jamiyatda ibtidoiy tuzum va quldorlik munosbatlarining
sarqitlari saqlanib qoldi.
A h o l i
Ko’pchilik aholi dehqonchilik bilan shug’ullanardi Aholining bir qismi
ko’chmanchi hayot tarzida yashar edi.
TURK XOQONLIGI
(VI – VII asrlar)
Vi asr o’rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va O’rta Osiyodagi turli qabilalar
va xalqlarning birlashmalaridan katta davlat – Turk xoqonligi vujudga keldi. U
O’rta va Markaziy Osiyo mamlakatlarida o’z hukmronligini o’rnatdi.
Xoqonlik →
“mo’g’ullar istilosigacha bo’lgan davrdagi qudratli O’rta Osiyo
davlati”
Turklar O’rta Osiyo va
Sharqiy Turkistonning madaniy viloyaatlarini bo’ysundirib, o’zlari dashtda
qoldilar (ko’chmanchi hayot tarzi)
Ajaralib turadigan
→
xususiyatlari
Eron bilan dushmanlik
Sabablari:
1.
Eronning O’rta
Osiyoni bosib olishga intilishi.
2.
Turk xoqonligining
Buyuk Ipak yo’lidagi eng muhim manzillarini egallashga intildi.
3. Eronning Buyuk
Ipak yo’lidagi savdo – sotiqni o’zining to’liq nazorat ostiga olishi.
Avval turklarning
ittifoqchisi bo’lgan xitoyliklar 630 yilda yana turklarga zarba beradilar.
→
Turk xoqonligi
VII asr oxirida g’arbdan
yangi dushman krirb keldi – arablar xalqlarning uzoq vaqt qarshilik
ko’rsatishga qaramay, O’rta Osiyoda o’z hukmronliginio’rnata boshladilar.
inqirozining
sabablari
→
Ijtimoiy – iqtisodiy tuzum
G’arbiy turk xoqonligi hech qachon haqiqiy maarkazlashgan davlat bo’lmagan
Hoqonlik hokimlar hukmi ostidagi o’nta turk qabilasining
birlashmasidan iborat edi. Iqtisodiy yuksalish
V – VI asrlarda Turklarning ijtimoiy – iqtisodiy
munosabatlari
→ kashovarzlar – erkin aholi
→ kadivarlar – qram
aholi
→ dehqonlar – zodagonlar
→ chokarlar – soqchilar
→ qullar – huquqsiz aholi
III QISM
O’RTA OSIYO ARAB XALIFALIGI DAVRIDA
(VII asr)
VII asrning birinchi yarmida Arabiston
yarimorolida yirik arab davlati vujudga keldi. Arablar ijtimoiy, madaniy
jihatdan o’ziga hos xalqdir.
VII asr – Arab
Xalifaligining paydo bo’lishi
Haqiqat targ’ibotchisi Makkalik qurash
Muhammad (s.a.v) qabilalarni yagona asosda birlashtirish siyosiy g’oyasini
ilgari surdi.
Bu vaqtda arablar O’rta
Osiyo xalqlariga nisbatan taraqqiyotning quyi pog’onasida bo’lganlar (urug’
– qabila munosabatlari darajasida)
Bosqinchilik siyosati
Arab Xalifaligi o’z diniy e’tiqodini 633 yilda Falastin, Suriya, Eron
va Markaziy
Arabiston yarimorolidan → Osiyo hududlariga bostirib kela boshladi.
tashqariga yoyish uchun
harbiy
kuchlardan foydalanadi. → 651 yili
Marvni jangsiz egalladi.
Sabab Arablar O’rta Osiyoga boy o’lja ilinjida kelganlar
Maqsad O’rta Osiyoning boy va unumdor yerlarini bosib olish
704 yil O’rta Osiyo
zabt etildi.
Kofirlar bilan
Talon – taroj
Urush (Movarounnahrning boy
daromad manbalaridan biri ekanligi)
Ikki bosqichda:
1- bosqich talon – taroj qilish
maqsadida;
2- bosqich deyarli butun
Movarounnahr bosib olindi (Zarafshon vodiysi,
Qashqadaryo, Xorazm vohalari) va O’rta Osiyo arablar
Mustamlakasiga
aylantirildi.
Z Islomning yoyilishi
U Mahalliy
madaniyatning yo’q qilinishi
L Mahalliy zodagonlarning arablar bilan hamkorligi
M Istibdodning
yanada ortishi
Mahalliy til va yozuvlar o’rniga arab tili qo’llandi:
- ilohiy
- badiiy adabiyot,
-
huquqiy
Juzya
(jon solig’i)
Xiroj
(yer solig’i)
Daromad Zakot
(hunarmand va savdogarlardan olinadigan chorva
solig’i)
IX-XII ASRLARDA O'ZBEK DAVLATCHILIGI,
IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT
Reja:
1. VIII asr
oxiri IX asr boshlarida O'rta Osiyodagi ijtimoiy, siyosiy ahvol. Movarounnahrda
Somoniylar davlatining vujudga kelishi va uning boshqaruv tizimi.
2. O'rta Osiyoda
Qoraxoniylar davlati. Undagi ijtimoiy va iqtisodiy
ahvol.
3. Xorazmshoxlar
davlati. Undagi siyosiy - iqtisodiy hayot.
VIII asrning
oxirlari va IX asrning boshlarida Arab xalifaligining siyosiy tang ahvolga
tushib qolishi O'rta Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishiga qulay
shart sharoitlar yaratdi. Dastlab bunday davlatlar arablar istilo qilib
ulgurmagan Movarounnahrning shimoliy va shimoliy sharqiy hududlarida
shakllandi. Ana hunday davlatlarning birinchisi Qorluqlar davlati bo'lsa, ikkinchisi
O'g'izlar davlatidir.
IX asr
boshlarida abbosiylar sulolasi hukmronlik qilib kelayotgan xalifalik
davlatining ichki hayotida chuqur ziddiyatli jarayonlar yuz bera boshladi.
Xalifa Xorun ar Rashid (786-809) vafotidan so'ng uning o'g'illari - Amin va Ma'munlar
o'rtasida toju taxt uchun kurash kuchayib ketdi. Muttasil 4 yil (809-813) davom
etgan bu murosasiz kurash natijasida Ma'mun g'alaba qozondi. Xurosonlik Toxir
ibn Xusay Bog'dodni qo'lga kiritib bu g'alabaga o'z xissasini qo'shdi. Ma'mun
xalifalik taxtiga ko'tarildi. Lekin 819-yilga qadar Bog'dodga bormay, Marvdan
turib hokimiyatni boshqardi. Uning buyrug'i bilan Toxir ibn Xusayn
xokimiyati va Bog'dod harbiy garnizoni
boshlig'i bo'ladi (819 yilga qadar). Ma'mun Marvdaligidayoq olimlar guruhini
o'z atrofiga to'plagan edi. U 819 yilda Bog'dodga borgach, "Baytul
xikma" (fanlar akademiyasi)ga asos soladi. Demak, bu fan maskanining negizini avvalo Turkistonlik olimlar tashkil
etganlar.
Ma'mun xalifalik oldidagi katta xizmatlari evaziga Toxir ibn Xusaynni
821-yilda Xurosonga noib etib tayinlaydi. Shu tariqa, Toxiriylar davlati
vujudga keldi va 873- yilgacha davom etdi. Uning poytaxti avval Marv,
keyinchalik Eshinpur bo'ladi.
Toxiriylar sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahr va Xuroson mustaqil
davlatga aylanishda dastlabki natijalarga erishdi. O'rta Osiyo Somoniylar
sulolasidan bo'lmish aka-uka Nosir va Ismoil inb Ahmadlar xatti harakati
tufayli to'la mustaqillikka erishdi.
Somoniylar sulolasiga asos solgan Somon yirik yer egasi bo'lgan.
Manbalarning birida u Balx yaqinidan, ikkinchisida esa Samarqand atrofidan yoki
Termizdan bo'lgan deb qayd etilgan. Somonxudot Somon qishlog'i oqsoqoli
bo'lgan. Xalifa Ma'mun mahalliy hukmdorlardan Somonxudot avlodlari - uning
nabiralariga Movarounnahr hududlarini boshqarish huquqini topshiradi. Asad ibn
Somon o'g'illaridan Nuh Samarqandga, Ahmad Farg'onaga, Yahyo Shosh va
Usturshonaga, Ilyos Chag'aniyon va Hirotga hokimlik qildilar.
IX asrning o'rtalariga kelib Ahmad va uning o'g'li Nasr Somoniylar
Movarounnahrning ko'pchilik hududlarini birlashtirishga muvaffaq bo'ladilar.
Nasr Somoniy davrida (856-888 y.) Movarounnahr mavqei yanada kuchaydi.
Xurosonda Tohiriylar sulolasi ag'darilgach (873 y.), uning tarkibiga kirgan
Buxoro yerlari Somoniylar tasarrufiga olinadi. 874- yilda Nasr ukasi Ismoilni
Buxoroga noib etib tayinlaydi va Somoniylar hukmronligi deyarli
Movarounnahrning barcha hududlariga yoyiladi. Ammo ko'p o'tmay o'z hokimiyatini
kuchaytira borgach, u o'zining vassallikni tan olmaydi va xazinaga to'laydigan
daromadini kamaytiradi. Buning natijasida aka-ukalar o'rtasida uzoq muddatli
o'zaro kurash boshlanadi. Oqibatda 888 yillarda ular o'rtasida katta urush
bo'lib, unda Ismoil g'olib chiqadi va hokimiyatni o'z qo'liga oladi. Akasi Nasr vafotidan so'ng (892 y.) Ismoil Somoniy
Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylanadi. Shu tariqa o'zbek davlatchiligi
qayta tiklanadi va yuksalib boradi. Mamlakat aholisining ko'pchiligi turkiy
qavmlardan iborat bo'lgan. Davlat ishlarini yuritishda qo'shinlar va
lashkarboshlarning mavqeyi yuqori bo'lgan.
Ismoilning
893- yilda sharqdagi turkiy qabilalarga qarshi muvaffaqiyatli yurishi, Tarozni
egallab, katta o'lja, asirlar bilan qaytishi ham Somoniylar qudrati
yuksakligidan dalolat beradi. Ismoil Somoniy qudratining o'sib borishidan
cho'chigan va uni zaiflashtirishni ko'zlagan Bag'dod xalifasi Mu'tazid (892-902
y.) Xurosondagi Safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga
Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqini beradi va uni Ismoilga qarshi
qo'yadi. Bu esa 900 yilda ular o'rtasida katta urushga sabab bo'ladi. Urush
natijasi Ismoil Somoniy foydasiga hal bo'lib, Xuroson yerlari somoniylar qo'l
ostiga o'tadi. Xalifalikning esa bu yerdagi ta'siri pasayadi. Ismoil Somoniy
uzoq yillik davlatchilik tajribasiga tayanib, markaziy davlat boshqaruv
tizimini va unga muvofiq keladigan mahalliy idora organlarini vujudga
keltiradi. Bu tizim uning o'g'li Nasr II davrida (914-943 y.) ham
takomillashib boradi. Bunga ko'ra davlat boshqaruvi oliy dargoh va devonlarga
(vazirliklarga) bo'linadi. Eng asosiy siyosiy-ma'muriy va xo'jalik boshqaruvi
vazir devoni tasarrufida bo'lgan. Boshqa devonlar esa
unga bo'ysungan.
Mamlakat
hayotida muhim rol o'ynagan devonlar quyidagilar: Mustafiy devoni - davlat
xazinachisi; devoni Amir al-mulk - davlatning muhim hujjatlari bilan, boshqa
xorijiy yurtlar bilan, davlatlararo
diplomatik munosabatlar o'rnatish ishlari bilan shug'ullangan; Sohib
ash-shu'rat devoni - harbiy ish, qo'shinning oziq-ovqati va hokazo sohalarni
o'z tasarrufiga olgan. Sohib al-barid devoni - pochta-aloqa xizmati sohasi
vazifalari bilan shug'ullangan. U ayni chog'da davlat sirlari, mas'ul
lavozimdagi xodimlarning ish faoliyati bilan ham mashg'ul bo'lgan (ya'ni
hozirgi paytdagi milliy xavfsizlik xizmati). Bu devon boshlig'i faqat markaziy
hokimiyatga bo'ysungan. Davlatning muhtasib devoni esa bozordagi savdo-sotiq,
toshu-torzi o'lchovlari nazorati bilan shug'ullangan. Mushrif devoni - davlat
ishlari nazorati, xazinaning daromad va xarajatlarini tekshirib borish bilan
band bo'lgan.
Shuningdek, davlat
mulklari (yerlari) devoni, qozilik (sud ishlari) devoni, vaqf (diniy
muassasalar mulklari) devoni singari devonlarning ham markaziy davlat
boshqaruvidagi roli va o'rni alohida bo'lgan.
Pochta -
aloqa xizmatining boshqa hamma devonlarning mahalliy bo'limlari mavjud bo'lib,
ular mahalliy hokimlar, ularning idoralariga bo'ysingan. Har bir shaharda
boshlig'i - rais ma'muriyati mavjud bo'lgan. Mahkama xizmatchilari faqat saroy
ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan bo'libgina qolmasdan, shu bilan birga muayyan
bilimlarga ega bo'lishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta
egallab olgan. Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan
turli fanlardan birmuncha xabardor bo'lgan savodli aslzodalardan tanlab
olingan. Shubhasiz, bu o'rta asrlarning o'ziga xos feodal-amaldorlik madaniyati
edi. Qadimiy an'analarga asoslangan bu madaniyat somoniylar davrida
ancha-muncha boyitilgan edi. Markaziy mahkama viloyatlardagi mahalliy boshqarmalar bilan doimiy aloqada
bo'lgan. X asrlarda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va
suvdan iborat katta-katta mulklar in'om qilina boshlaydi. Ayniqsa u XI asrda
keng yoyiladi. Bunday mulkka "iqto", unga ega bo'lgan mulkdorlar
"muqto" yoki "iqto'dor" deb yuritilardi. Iqto tarzida esa ayrim viloyat, voha yoki shaharlar va
tumanlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulola-
a'zolari-amirzodalar va yirik mansabdorlarga in'om etilgan. Iqto' mulklari
avvalda bir umrga emas, balki ma'lum muddatga berilib, nasldan-naslga o'tkazilmagan.
Iqto'dorlar hadyaga berilgan mulklarga hali to'la egalik qila olmaganlar. Ular
iqto' yerlaridan tushadigan daromad yoki
uning ma'lum qisminigina yig'ib olish huquqiga ega bo'lganlar, xolos. Butun bir
viloyat iqto' qilib berilgan noib - vazirga ba'zan o'z nomi bilan chaqa pul
zarb etish huquqi ham berilar edi. Bu shubhasiz, o'z navbatida markaziy
hokimiyatni kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik
harakatlarining kuchayishiga olib keldi. Birinchilar qatorida saroyning shaxsiy
sarbozlari safiga tortgan edilar. Saroy
sarbozlariga qabul qilingan o'spirin turk g'ulomining harbiy xizmati ma'lum
muddatga va qat'iy belgilangan tartibda o'tar edi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan
sarbozlar "hojib" lavozimiga ko'tarilgan hojiblarning boshlig'i
"hojibul hujob" yoki "hojibul buzruk" deb yuritilar edi.
Shunday unvon Somoniylar davlati saroyidagi oliy unvon hisoblanardi. Hojiblar,
ayniqsa hujob saroyda katta nufuzga ega edi. U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Somoniylar sarbozlardan
tashqari ozod mehnat ahlidan tuzilgan harbiy qo'shinlarga ega edilar. Harbiy
qo'shin va uning ta'minoti bilan "ariz" boshliq devoni ariz deb
atalgan maxsus mahkama shug'ullanar edi. Ariz qo'shinlarga maosh berar, uning
intizomi, yarog'-aslahasi, oziq-ovqati va otlarning yem-xashagi taminoti bilan
shug'ullanar edi. Qo'shinlarga xizmat haqi har uch oyda, ya'ni yiliga to'rt
marta to'lanar edi.
Somoniylar
tashqi va ichki dushman xujumlaridan mamlakatni muhofaza qilish masalasiga
katta e'tibor beradilar. Xususan Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan harbiy
qo'shkuva maxsus saroy muntazam sarbozlar qismini tuzadi. Muntazam sarbozlar
oliy dargoh va shaxsan amrni hamda uning xaramini qo'riqlash uchun turk
g'ulomlaridan tuzilgan edi. Turkiston va Movarounnahr harbiy xizmatchi, mohir
chavandoz turk o'smirlarini qadimdan doimiy ravishda voyaga yetkazib kelgan.
Davlatda islom dinining ta'siri
juda katta bo'lganligidan oliy diniy mansab - Shayx ul-Islomning roli yuqori
bo'lgan.
Somoniylar
markaziy hokimiyat boshqaruvini qanchalik takomillashib bormasin, mamlkatning
hamma hududlarida ham o'z hukmronligini birdek o'tkaza olmaganlar. Masalan,
Xorazm, Chag'oniyon, Xuttalon viloyatlarining ichki mustaqilligi buni isbot
etadi.
Somoniylar
davrida qishloq xo'jalik, mahalliy ishlab chiqarish, hunarmandchilik,
savdo-sotiq munosabatlari, shaharlar hayoti ancha yuksaldi.
Somoniylar davrida mulk shakllari 3 xil bo'lgan: 1. Mulk sultoniy-davlat yerlari; 2. Mulk-xususiy mulk; 3.
Vaqf mulklari-diniy muassasalarga qarashli yerlardan iborat.
Somoniylar
davlati ijtimoiy-siyosiy va boshqa sohalarda qanchalik yuksalmasin, X asrning
2-yarmidan boshlanib, xususan Somoniy hukmdorlar: Nuh ibn Nosir (943-954),
Abdul Malik (954-962), Mansur ibn Nuh (961-971), Nuh II ibn Mansur (997-999)
davrida mamlkat oliy hokimiyati va mamlakat oliy hokimiyati va mamlakat ichida
mahalliy beklar, amaldorlar o'rtasida o'zaro ichki nizolar ziddiyatlar kuchayib
bordi. Davlatning harbiy tayanchi bo'lgan turk qo'shinlari lashkarboshlari
saltanatga bo'ysunmay, ayrim viloyatlarni egallashga ko'z tika boshladilar.
Masalan,
Alptegin, Abu Ali va boshqalar. Bularning hammasi davlatning zaiflashuviga
sabab bo'ldi. Xalq noroziligi shu qadar avj oldiki, amir Adul Malik vafoti
bahonasi bilan boshlangan qo'zg'olon amir saroyini bosib olib, yakson qildi.
Buning natijasida Sharqdan kelgan Qoraxoniylar Somoniylar hukmronligini barham
toptirdi. Buning natijasida X asr oxiriga kelib, bu hududda qoraxoniylardan
iborat yangi sulolaning hukmronligi vujudga keldi va mustahkamlanib bordi.
X asrning
birinchi yarmida Yettisuv va Sharqiy Turkistonda yashovchi ko'chmanchi turk
qabilalari (qorluq, chigil va yag'mo)ning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida katta
o'zgarishlar bo'ldi. Ularning o'troq hayotga o'tishi tezlashdi. Bunday
o'zgarishlarda Yettisuv va Qashqar orqali o'tgan qadimgi karvon yo'li ham muhim
rol o'ynadi. Shuningdek, qo'shni Movarounnahrni o'troq aholisi bilan olib
borilgan iqtisodiy va madaniy aloqalarning ta’siri kuchli bo'ldi.
X asr
o'rtalarida Issiqko'lning Janubi va Qashg'arda yashagan yag'mo qabilasi
kuchayib, avval o'zlaridan shimoliy sharqlarda yashovchi jikil qabilasi bilan
yagona ittifoqqa birlashdi va bu ulkan hududda Qoraxoniylar davlatini tashkil
qildilar. Bu davlatga yag'mo urug'idan
chiqqan, o'z qavmi bilan islom dinini qabul qilgan Sotun Abdul Karim Qoraxon
asos solgan. Qora iborasi qadimgi turkiy tilda "buyuklik",
"ulug'lik" ma'nosini anglatadi.
X asrning
oxiriga kelib siyosiy jihatdan kuchaygan, harbiy qudratga ega bo'lgan
Qoraxoniylar davlati Movarounnahr sarhadlari tomon yurish boshlaydi. Bu davrda
Somoniylar tushkunlikka yuz tutib, hukmdorlarining nufuzi va ta'siri tushib
ketgan edi. Somoniylar hokimiyatining asosiy tayanchi bo'lib kelgan turk
g'ulomlari, ularning sarkardalari somoniy hukmdorlarning izmiga bo'ysunmay
qo'ygan edilar. Natijada, 999- yilga kelib Buxoro Qoraxoniylar tomonidan
ishg'ol qilindi. 1001- yilda M.G'aznaviy bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra,
Amudaryoning shimolidagi barcha hududlar qoraxoniylarga tegishli bo'lib qoldi.
Shu tariqa Somoniylar davlati o'rnida 2 ta -Qoraxoniylar va G'aznaviylar
davlati tashkil topdi.
Qoraxoniylar Movarounnahrni (va
butun O'rta Osiyoni) egallashlari natijasida bu yerdagi siyosiy, ijtimoiy va
iqtisodiy hayotda katta o'zgarishlar ro'y berdi.
Somoniylar
davrida vujudga kelgan markazlashgan davlat o'rnida mamlakatni udel tizimi
(ayrim viloyatlarga bo'lingan tizimi) asosida boshqaruv o'rnatildi.Qashqardan
Amudaryogacha cho'zilib ketgan katta hudud bir necha viloyatlarga bo'lingan
edi. Movarounnahr viloyatlarining poytaxti Samarqand, Farg'onaning poytaxti esa
O'zgan bo'lib, Qashqarda bosh (xoqon) istiqomat qilgan.
Shunday
ulkan hududdagi barcha yerlar qoraxoniylar xonadonining (sulolasining) shaxsiy
mulki hisoblanib, uning tepasida ulug' (bosh) xon turgan. Sulola boshlig'i
"xonlar xoni" yoki "sultonlar sultoni" nomi bilan
yuritilgan. Rasman bu "Tamgachxon" deb atalgan.
Udellar
(viloyatlar)ni qoraxoniylar avlodi vakillari boshqargan. Masalan, Sharofuddin
ismli Tamgachxon viloyatlarni aka-ukalari, o'g'illari va qarindosh-urug'lariga
bo'lib bergan, o'zi esa bevosita Qashqar va Bolasogunni boshqargan. Demak,
ilgarigi xonlar, amirlar singari davlat boshqaruvida sulola vorisligi saqlanib
qolgan. Ammo "xonlar xoni" (Tamachxon) bilan viloyat xonlari
(iloqdonlar) o'rtasida aloqa munosabatlar mustahkam bo'lmagan.
Qoraxoniylar
davlati boshlig'i lavozimi-xoqon taxti merosiy sanalgan. Ma'muriy idoralar
ikkiga bo'lingan: dargoh va devonga. Xoqonning ulug' xojibi xoqon bilan fuqaro
o'rtasida vositachilik qilgan.
Xoqon harbiy
qo'shinlari cherik deyilgan, unga suboshi yoki sipaxsolar qo'mondonlik qilgan.
Qo'shin o'nlik, yuzlik, mingliklarga bo'lingan. Xoqon qoshida doim to'qqizta
sariq bayroq xilpirab turgan. Xoqonlikda elchi yalovoch yoki yalafar deb
atalgan.
Tamgachxonlar
o'z pullarini chiqarganlar. Bu pullar misdan
yasalgan (zarb atilgan) tangalardan iborat edi. Milliy pul chiqarish, ma'lumki,
davlat mustaqilligining muhim alomatlaridan biridir.
Qoraxoniylar o'z xususiyatlarini saqlab qolgan holda, somoniylar
davridagi idora atish (boshqaruv) tartib-qoidalarini qo'llaganlar va somoniylar
davlatida xizmat qilgan quyi pog'onadagi ilmli xodimlardan foydalanganlar.
Xoqonlik hududlari el viloyatlarga bo'lingan. El-yurt xokimlari
"Ilaqxon" viloyat noiblari "takin" deb yuritilgan.
Ilaqxonlar o'z nomlari bilan chaqa tangalar zarb qilar, viloyatlarning
mustaqilligi uchun intilar edilar. Viloyat boshqaruv ma'muriyatida somoniylar
davridagidek sohibbaridlar, mustavfiylar xizmat qilardi. Shaharlar va shahar
xokimi, rais va muxtasiblar tomonidan boshqarilardi. Har bir xon o'ziga
mustaqil bo'lishga intilgan, bu esa davlatning zaiflanishiga olib keladi.
Imomlar, saidlar, sadrlar katta imtiyozga ega bo'lganlar. Qoraxoniylar
ularni izzat qilib qo'llab-quvvatlaganlar.
Qoraxoniylar davrida bir qator ijtimoiy o'zgarishlar sodir bo'ldi.
Ularning asosiy tayanchi bo'lmish ko'chmanchi chorvadorlarning bir qismi
dehqonchilik bilan shug'ullanib o'troq hayotga o'tdi. O'troq dehqon aholisi
o'rtasida feodal munosabatlarning rivojlanishi tez sur'atlar bilan bordi va sinfiy
tabaqalanish jarayoni kuchaydi.
Ilgari jamiyatda, davlatda katta mavqega, imtiyozlarga ega bo'lgan yirik
yer egalari (ma'lumki, ular dehqonlar deb atalardi) qoraxoniylar hukmronligi
davrida o'z imtiyoz-ustunliklarini yo'qotdilar, hatto ko'plari yerlaridan
mahrum bo'ldilar, oddiy xalq qatoriga tushib qoldilar. Shu vaqtdan boshlab
"dehqon" so'zi yerda ishlaydigan oddiy tabaqaga tegishli bo'lib
qoldi. Davlat ixtiyoriga o'tgan dehqon erlari harbiylar, ruxoniylar va boshqa
oliy tabaqa vakillariga xizmatlari evaziga iqta sifatida bo'lib beriladi. Shu davrdan boshlab, zamindorlar
"iqtadorlar" deb atala boshlandi.
Qoraxoniylar davrida hududimizda turklashishi jarayoni, ya'ni turkiy
qabilalarning, turkiy tilning bu zaminda yashab kelayotgan sharqiy eron tilida so'zlovchi
qabilalarga, elatlarga ta'siri, turkiy urf-odatlarining yoyilishi, hayotga
kirib borishi kuchaydi.
Qoraxoniylar xukmronligi davri o'zbek, uyg'ur, qozoq, qirg'iz, turkman,
qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlarning etnik shakllanishida muhim bosqich
bo'ldi.
Turkiylarning mavqei oshdi, o'troq aholi son jihatdan ko'paydi, aholi
o'rtasida ijtimoiy tabaqalanish jarayoni kuchaydi. Mamlakatda dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik, me'morchilik, madaniyat, san'at ravnaq topdi.
XI asrning 40- yillariga kelib qoraxoniylar o'rtasidagi sulolaviy
kurashlar oqibatida xonlik ikkiga bo'linib ketadi. G'arbiy xonlik markazi
Buxoro bo'lib, unga Movarounnahr va Farg'onaning g'arbiy hududlari kirgan.
Sharqiy xonlik markazi Bolasog’un bo'lib, uning tarkibiga Talos, Isfijob,
Shosh, Farg'onaning sharqiy qismi, Yettisuv va Qashqar yerlari kirgan.
Qoraxoniylarning yer, mol, dunyo va davlat talashib g'aznaviylar, saljuqiylar
va qoraxoniylar bilan olib borgan urushlari natijasida davlat kuchsizlanib
bordi. 1130- yilda Qoraxoniylar davlati saljuqiy Sulton Sanjarga qaram bo'lib
qoldi. 1211- yilda esa Xorazmshox Aloviddin Muxammad qoraxoniylarga so'nggi
zarbani berdi va Movarounnahrda qoraxoniylar sulolasi tugadi.
G'aznaviylar davlati. X asrning ikkinchi yarmiga kelib, G'aznaviy deb
yuritilgan Abdulqosim Maxmud (998-1030 yy.) hukmronligi davrida olib borilgan
keng ko'lamdagi istilochilik siyosati natijasida buyuk G'aznaviylar davlatini
barpo etildi va bu saltanat 200 yildan ortiq hukm surgan. 1017- yil Mahmud
qo'shinlari Xorazmni bosib oldi. 1002 yilda Seistonni, 1010-1011 yillarda
Afg'anistonning shimolidagi Tog' viloyati Gurni qo'lga kiritdi.
Mahmud Hindistonga 1002-1026 yillarda g'ayridinlarga qarshi muqaddas
urush shiori ostida 15 martadan ortiq yurish qildi. Sulton Maxmud davrida
G'aznaviylar davlati har tomonlama rivojlanib bordi. Mamlakat poytaxti G'azna
va boshqa shaharlarda ko'plab masjidu madrasalar, ko'rkam karvonsaroylar bunyod
etildi. U ilm ma'rifatga e'tibor berdi. Saroyda ilm-fan arboblari va adabiyot
ahlining anjumanlari muntazam o'tkazilib turilgan. Ulug' alloma Abu Rayxon
Beruniyning ham sulton saroyida ko'p muddat faoliyat ko'rsatganligi buni isbot
etadi. Lekin Maxmudning o'g'li va valiaxdi Mas'ud hukmronligi davrida
(1030-1041) G'aznaviylar davlati o'z qo'l ostidagi hududlarni birin-ketin
qo'ldan chiqara
borib, tanazzulga yuz tuta boshladi.
G'aznaviylarning
asosiy raqibi Saljuqiylar bo'ldi. 1040 yil Dandanakon yaqinida bo'lgan jangda
sulton Mas'ud qo'shini saljuqiylar tomonidan mag'lubiyatga uchratildi. 1186- yili
guriylar sulolasidan bo'lgan G'iyosiddin Muxammad qo'shinlari Panjob bilan
cheklanib qolgan G'aznaviylar xokimiyatini uzil-kesil tor-mor qildi.
Saljuqiylar
davlati. O'rta Osiyo xalqlari tarixida muhim iz qoldirgan Saljuqiylar davlati
dastlab IX asrning ikkinchi yarmi va X asr o'rtalarida Orolbo'yi va Kaspiybo'yi
hududlarida yashagan o'g'uzlar ittifoqi negizida shakllangan edi.
Ug'uzlarning
muayyan sabablar bilan hozirgi Turkmaniston yerlariga o'tib, islom dinini qabul
qilgan va o'sha joydagi yerni aholi bilan singishib ketgan qismi turkmanlar
nomini olgan.
O'g'uzlarning
yobg'usi (yetakchisi) Saljuqbek yangi davlatga asos solgan. Uning avlodlari-
Tug'rulbek, Chagribek va Shakarbeklar bu davlatni buyuk saltanat darajasiga
ko'tardilar. Ug'uzlar turli xalqlarning, chunonchi, o'zbek, turkman, turk
gagauz va boshqa elatlarning etnik shakllanishiga sezilarli ta'sir
ko'rsatganlar.
Saljuqiylar
davlati Sulton Sanjar (1118-1157) davrida o'z hududlarini yanada kengaytiradi.
Bu davrda Xorazm rasman Saljuqiylar nomidan boshqarilgan.
Qoraxoniylar
xoni Arslonxon (1102-1130) ham Sulton Sanjar bilan hisoblashishga majbur
bo'lgan. 1130- yilga kelib Sulton Sanjar qoraxoniylar poytaxti Samarqandni
egallagach, amalda butun Movarounnahrga hukmron bo'lib oladi. Biroq 1141- yilda
Katvon cho'lida qoraxoniylar bilan bo'lgan to'qnashuvda saljuqiylar qaqshatgich
zarbaga uchragach, ularning hukmronligi ham inqirozga yuz tutadi. 1157- yil
Sulton Sanjar vafotidan keyin Saljuqiylar davlatining Movarounnahrdagi ta'siri
amalda barham topdi.
Xorazmshohlar
davlati 1017- yilda Mahmud G'aznaviy tomonidan zabt etib, o'z mustaqilligidan
mahrum bo'lgan Xorazm ko'p vaqt o'tmay (1044), saljuqiylar davlatiga qaram
bo'lib qoldi. Saljuqiylar hukmdori Malikshox o'z ma'muriylaridan Anshutakinni
Xorazmga noib hukmdor qilib tayinlaydi. Anutakin vafotidan so'ng Xorazmda uning
vorisi Qutbiddin Muhammad (1097-1127) noiblik qildi.
Xorazmning
mustaqilligi uchun kurash XII asrning ikkinchi choragida boshlanadi. U
Qutbiddin Muhammadning o'g'li Otsiz (1127-1156) nomi bilan bog'liqdir.
Mohir
diplomat va g'ayratli lashkarboshi Otsiz va uning vorislari Xorazmni
saljuqiylar tasarrufidan ajratib olib, mustaqilligi yo'lida Movarounnahr va
Eronda sodir bo'lgan turli qulay siyosiy vaziyatdan foydalandilar.
Shunday
qilib, Otsiz Kaspiy dengizi sohillaridan to buyuk oqimiga qadar bo'lgan
yerlarda, keyinchalik buyuk davlat sifatida shuxrat topgan Xorazmshoxlar
davlatning poydevorini barpo etdi.
Otsiz
siyosatini uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Alouddin Takash (1172-1200 y.)
davom ettirdilar.
1156- yilda
Sulton Sanjarga qarshi ko'chmanchi guzlar isyon ko'tardi. Buning oqibatida
Saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab, parchalanib ketdi.
Oltintosh
sulolasi 1017-1041 yillarda Xorazmni g'aznaviylar nomidan boshqargan. Saljuqiylar
G'aznaviylarni yengib Xurosonni egallagach, 1043- yilda Xorazmni ham
bo'ysundirdilar. Saljuqiylar hukmrdori Malikshox I (1072-1092) o'z
ma'murlaridan Anushtakinni 1077 y. Xorazmga noib etib tayinladi. Anushtagin
vafotidan so'ng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097-1127) noiblik
qildi. Garchi u "Xorazmshox" unvonini tiklasa ham, Sulton Sanjarning
noibligida qoldi.
Xorazmda mustaqillik uchun kurash XII asrning 2-choragidan kuchaydi.
Qutbiddin Muhammadning o'g'li Alouddin Otsiz Saljuqiylarning zaiflashuvidan
foydalanib, Xorazmni tobelikdan chiqarishga va mustaqil davlatga aylantirishga
harakat qildi.
1153- yilda xurosonlik ko'chmanchi o'g'izlar qo'zg'olon ko'tarib Sulton
Sanjar qo'shinini yengdilar va o'zini asir oldilar. Buning natijasida Saljuqiylar
davlati keskin zarbaga uchrab, parchalanib ketdi.
Xorazm davlati ayniqsa Takash davrida juda kengaydi. 1187-1193 yillarda u Nishopur, Ray va Marv shaharlarini
bosib oldi. Takash davrida Xorazm davlati yerlari ikki barobar
kengaydi.Takashdan so'ng uning o'g'li Muhammad Xorazmshox ham Xorazm davlatini
kengaytirish siyosatini davom ettirdi. Dastlab u Xirot va uning atroflari hamda
Xurosonning Xorazm davlatiga kiritilmagan viloyatlarni egalladi. U
qoraxoniylarga zarba berib, Movarunnahrni ular qo'lidan tortib olishga harakat
qildi.
XIII asr
boshida Xorazm keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning
shimoliy-g'arbiy va g'arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan
janubiy g'arbda Iroqqa borar edi. Janubiy sharqiy hududlari G'azan viloyati,
shimoliy sharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti Qipchoqdan o'tar edi.
Poytaxti Gurganj shahri bo'lgan. Biroq qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlar
Xorazmshox Alovuddin Muhammadni esankiratib qo'ydi. U o'zini dunyoda eng
qudratli, yengilmas shox deb hisobladi. Shu bilan birga o'zini "Iskandariy
soniy" (ikkinchi Iskandar) deb ham atay boshladi. Bu davrda markaziy va
mahalliy davlat boshqaruvi tizimi vujudga keltirilib, takomillashib borildi. Bu
esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotini mustahkamlash, uning ichki
taraqqiyotini ta'minlash hamda izchil tashqi siyosat olib borishda muhim
ahamiyatga ega bo'ldi. Anushteginlar
davlat boshqaruvi ham 2 tizimdan: saroy va devonlar majmuidan iborat bo'lgan.
Saroyda
ulug' hojib mansabi katta o'rin egallagan. U hukmdorning yaqin kishisi sanalib,
lozim bo'lgan hollarda vazirlik faoliyatini ham nazorat qilgan. Hojiblar hukmdor nomidan davlat uchun muhim bo'lgan
masalalar yuzasidan muzokaralar olib borgan. Saroy hayotiga oid ko'plab muhim
masalalar ustozlar nazarida turgan. Davlatdagi tashtdor lavozimi ham muhim
sanalib, u sultonning eng yaqin kishisi hisoblangan. Tashtdor hukmdorning
maxfiy sirlaridan ogoh bo'lib, doimo u bilan birga ish yuritgan. Oliy
lavozimning yana biri - qissador bo'lib, u sulton nomiga kelgan arz,
shikoyatlarni yig'ib, o'rganib, ularni hukmdorga yetkazgan. Saroydagi xizmat
turlari ichida Choshnigir -sultonga beriladigan ovqat va ichimliklarni
tekshiruvchi. Bulardan tashqari, jomador, davatdor (kotib), sharobdor,
bayroqdor (amiri alam), maliki xavas (xizmatkorlar boshlig'i) kabi vazifalar
bo'lgan. Ijroiya devonlar (vazirliklar) tomonidan amalga oshirilgan. Ayniqsa,
bosh vazir katta mavqega ega bo'lgan. U faqat hukmdorga bo'ysungan.
Mansabdorlarni ishdan olish, ishga tayinlash, maosh, nafaqa tayinlash, xazina
va soliq tizimini nazorat qilish, mahalliy vazirlar hisobotini olish
vazifalarini bajargan.
Devonlar ham o'z vakolatlari borasida faoliyat yuritganlar. Masalan,
insho yoki tug'ro devoni, rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan
shug'ullangan. Shuningdek, moliya ishlari bilan istifo devoni, davlat nazorati
tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy ishlar bilan devoni arz yo jaysh
shug'ullangan. Sulton xonadoni hayotiga, iqtisotiga tegishli yana muhim devon
bu Devoni xos deb atalgan.
Xorazmshoxlar
Markaziy davlat boshqaruvi "al-majlis ul oliy al faxri at-toji" deb
nomlangan bo'lib, unga vazir raislik qilgan. Vazir xorazmshoxga bevosita
bo'ysunar va hukmdorning bosh maslahatchisi edi.
Vazirlarda
sadr, dastur, xojayi buzurg singari unvonlar bo'lgan. Ular asosan arab-fors
amaldorlari muhitidan to'plangan va arab hamda fors tili, ma'muriy ishdagi
qobiliyatlar, saroy odobi singari
bilimlarga ega bo'lishligi hal qiluvchi rol o'ynagan. Xorazmshoxlar davlatining
vazirlari asosan Xorazm, Buxoro, Nishopur, Isfaxon, Balx, Xirotdan chiqqan
shaxslar bo'lgan. Xorazm davlatiga qarashli viloyatlarning ma'muriy
boshqaruvida ham vazirlar bo'lgan. Ba'zan shaharlarda vazirlar tayinlangan
bo'lib, ular o'sha madaniy va iqtisodiy markazning yagona xokimi ham edilar.
Mavorounnahr
aholisining Qoraxoniylar zulm asoratidan ozod bo'lib, Xorazm davlatiga
birlashishi, shubhasiz, ijobiy tarixiy voqea edi. Ammo Xorazmshoxlar harbiy
yurishlari, soliq siyosatidagi beboshlik, amir va ma'murlarning jabruzulmi,
majburiy ishlab berishlari mamlakat fuqarolarining moddiy ahvolini
og'irlashtirdi. Natijada 1210- yil O'trorda, 1212- yil Samarqandda qo'zg'olon
ko'tarildi. Har ikki qo'zg'olon shavqatsizlarcha bostirildi.
Xorazmshoxlar
davlati siyosiy jihatdan unchalik mustahkam emas edi. Sulton oliy dargohi
ichida kuchli nizo hukm surar edi. Ayniqsa, Muhammadning akasi Turkan xotun o'z
qo'lida katta xokimiyatni to'pladi. U qo'shinning oliy sarkardalari hisoblangan
qipchoq oqsuyaklari bilan urug' qabila aloqalari orqali bog'langan edi. U o'z
qabiladoshlari manfaatlari yo'lida saroyda ko'tarilgan barcha fitnalarga
boshchilik qilar edi. Hatto ular shohga qarshi adovat ruhini uyg'unlashtirib
qo'ygan edi.
Xorazmshox
faqat tashqi ko'rinishdan kuchli ko'rinar edi. Viloyat hukmdorlarining isyonlari,
xalqning norozilik harakatlari Xorazmshox davlatini zaiflashtirdi. Chingizxon
boshliq mo'g'ullar hujumiga bardosh bera olmay saltanat tez fursatda quladi.
O’rta Osiyo arablar zulmidan ozod bo’ldi
900 y. mamlakatni
birlashtirdi va kuchli davlatga
asos soldi
874 yildan
Ismoil Buxoro atrofida
butun Movarounnahrni birlashtirdi
Somoniy-Buxoro
hukmdori Eronning shimoli-sharqi viloyatlarini,
Afg’onistonning
hududini qo’shib oldi.
Safforiylar davlatini mag’lubiyatga ucharatdi.
Davlat boshqaruv tizimi devonlarga bo’lib
bo’shqarilgan
Mahalliy zodagonlar yoki din peshvolari orasidan
tayinlangan rais, hokimlar(katxudo) bilan bir qaatorda, shaharlaarni
boshqarishda ishtirok etgan.
Ruhoniylar katta
obro’ – e’tiborga ega bo’lganlar
Ruhoniylar
boshlig’i “ustod” (ustoz)
Ahamiyati jihatdan ikkinchi
– xatib (xutba o’qish huquqiga ega).
Somoniylarning islomni yoyish va musulmon ruhoniylarning
asosiy vazifsi obro’sini oshirish
BUXORO
Ilohiyot markazi,
islom tayanchi, bu yerda:
Narshaxiy Buxoroni:”Islom Gumbazi” deb atagan.
QORAXONIYLAR VA G’AZNAVIYLAR DAVLATI
(XI – XII asrlar)
XI asrda Sharqiy Turkiston va Yettisuv
hududida turli turkiy qabilalar
istiqomat qilganlar
2.Poytaxt-Taraz sh
Uning hukmronlik davrida mamlakat ikki mustaqil
davlatga bo’lindi.
1.Poytaxt-Balasog’un sh
Bug’oxon boshchiligidagi Yettisuv turklari
bosqinchilik yurishlarini boshladilar.
Ular aholini taladilar va unga zulm o’tkazdilar Va boshqa yerlar So’g’d Farg’ona Shosh
O’rta Osiyoning G’arbiy viloyatlari
Dehqonlr
soliq zulmidan Somoniylar qo’shinlarining
yurishlaridan jabr
ko’radilar
Somoniylar Dehqonlar Somoniylar hikmronligidan norozi edilar
davlati inqirozining
sabablari Eski dehqon zodagonlari markazlashgan amir
hokimiyatiga bo’ysunishni xohlamas edilar.
Turk g’ulomlaridan tuzilgan qo’shin ham
ishonchsiz
bo’lib chiqdi.
Bularning hammasi
qudratli, boy madaniyatga ega Somoniylar davlatining qulashiga va
Qoraxoniylar hukumatining mustahkamlanishiga olib keldi.
Qoraxoniylar davlatining siyosiy tizimi
Harbiy tizim
Davlatda mulkchilik
G’aznaviylar davlati hozirgi Afg’oniston va Shimoliy Sharqiy Eron viloyatini ham
o’z ichiga olgan shimoliy Hindistondan deyarli Kaspiy dengizi janubiy
qirg’oqlarigacha bo’lgan hududdan iborat edi. Qoraxoniylar davlati Qashg’ardan Amudaryogacha , shu jumldan,
Sharqiy Turkistonning bir qismini va ko’xna So’g’d hududlarini o’z ichiga
olgan.
IX-XII
ASRLARDA O'RTA OSIYODA UYG'ONISH
DAVRI, FAN VA MADANIYATNING
YUKSALISHI
Reja:
1. Ilk
uyg'onish davri, uning vujudga kelish sharoitlari va omillari.
2.
Ilm-fan ravnaqi, madaniyat
rivoji.
3.
Islom dini, buyuk xadisashunoslar.
4.
Vatandoshlarimizning jahon
tamadduniga hissasi.
Tarixdan ayonki ijtimoiy taraqqiyot doimo bir yo'sinda
ravon bo'lmagan. Odamzod umumiy rivojlanish bilan birga qanchadan -qancha to'siqlarni,
tanazzul va tangliklarni boshidan kechirgan. So'ng ularni bartaraf etib, o'z
moddiy va madaniy darajasini qayta tiklagan va yangi taraqqiyot sari astoydil
intilgan. Fanda bunday yirik, salmoqli yuksalishni tiklash, uyg'onish,
renessans ham deb ataydilar. Xususan, G'arbiy Yevropada bunday renessans
XV-XVII asrlarda deyarlik 700 yillik
xurofotdan so'ng yuz bergan.
Markaziy Osiyoda ilk uyg'onish davri IX-XII asrlarga
to'g'ri keladi va u o'zgacha shart-sharoitlarda kechdi. Uning ko'lami
oqibatlari, jahon sivilizatsiyasiga ta'siri ham bo'lakcha bo'lgan. IX-XII
asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo'lgan o'ta murakkab siyosiy
vaziyatning rivoji ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga
ham kuchli ta'sir etdi.
Ma'lumki, Movarunnahr istilo qilinib, xalifalikka
qo'shib olingach, zabt etilgan o'zga mamlakatlar qatorida, bu o'lkada ham faqat
islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki,
arab tili xalifalikning davlat tili edi. Shuningdek, Arab xalifaligida davlat
tili fan tili ham edi. Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar
sulolalari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr aholisi o'rtasida
nisbatan tinchlik, osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va hamjixatlik vujudga
keldi. Natijada o'lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish jarayoni
ancha tezlashdi. Shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik o'sdi,
aholi faolligi barqarorlashdi. San'at ayniqsa, devoriy tasvir ravnaqi yangi
bosqichga ko'tarilgan edi. Xaykaltaroshlik, badiiy yog'och o'ymakorlik,
ganchkorlik, taraqqiy etdi. Musiqachilar, bastakorlar ko'payib bordi,
naychilar, o'yinchi-raqqoslar, surnaychilarning oilaviy chiqishlari bo'lib
turar edi.
Bu davrlarda diniy e'tiqodlar o'zaro murosada
bo'lganligi aholining hayotida va mamlakat osoyishtaligida muhim o'rin tutgan.
Shu bilan birga tabiiy fanlarga, atrof-muhitni anglash, mavjudotni kengroq
bilishga intilish kuchayadi. Xususan o'sha paytlarda So'g'd taqvimlari
tuzilganligi, hozirgi to'rt ko'l hududida esa rasadxona bo'lganligi haqida
ma'lumotlar bor. Demak, O'rta Osiyoda qadimdan sivilizatsiya asoslari, moddiy
va ma'naviy madaniyatning chuqur ildizlari mavjud bo'lgan.
Arablar bosqini natijasida jiddiy putur yetgan
o'lkamiz madaniyati yillar o'tib, bir shuncha tiklandi va yangi sharoitda
ilm-fan rivojlandi, madaniy-ma'rifiy sohalarda jiddiy ijobiy o'zgarishlar yuz
berdi. Arab xalifaligi ham IX asr boshlariga kelib ilm-fan, ma'rifat
ahamiyatini yaxshiroq tushundi. Xalifalikning yangi poytaxti Bog'dodda 832 yili
"Boytul-xikma" ("Donishmandlar uyi") tashkil etilib, uning
ehtiyoji uchun qayta mablag' ajratildi. Baytul-xikma qoshida ikkita rasadxona,
dunyoning turli yerlaridan avvallari bitilgan ilmga oid adabiyot to'plandi,
yunoncha, lotincha, xindcha, xitoycha, forscha va boshqa tillardan arabchaga
tarjima qilindi, o'rganildi. Xalifalik bu ilm maskaniga ko'p mintaqalardan
mashhur olimlarni jalb etdi. Xususan, O'rta Osiyodan 20 dan ortiq olimlar bu
markazda sadoqat bilan ilm-fan rivojiga o'z salmoqli hissalarini qo'shgan
edilar.
XI asr boshlarida Xorazmda vujudga kelib, keng
faoliyat ko'rsatgan mashhur "Ma'mun akademiyasi" ilm-fan ravnaqiga
ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Mansur
ibn Inoq singari ilm peshvozlari ham dastlab shu fan maskanlarida ulg'ayib,
kamolat bosqichiga ko'tarilganlar.
Davlat tizimida madaniyatni yaxshi anglagan ilmli
odamlar ko'paydi. Xususan devon boshliqlari (vazirlar) hokimlarning ko'pchiligi
arab, fors, turkiy tillarni bilgan, dunyoqarashlari keng kishilar edi. IX-XII
asrlarda mintaqada ko'p bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan, yangi
madrasalar, saroylar, masjidlar, maqbaralar va boshqa noyob me'morchilik
inshootlari barpo etilgan. O'lkada ko'plab karvonsaroy, rabotlar, sardobalar
qurilgan.
Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Marv, Shosh, Xo'jand,
O'sh, Andijon kabi shaharlarda turli ilm maskanlari bo'lgan. Ko'plab madrasalar
ishlab turgan, kutubxonalar, kitob rastalari va bozorlari gavjum bo'lgan.
O'lkamizda bu asrlardagi kashfiyotlar va bilimlar ko'p
jihatdan hayotiy bo'lib, ijtimoiy ehtiyojni jadal sur'atlarda o'sib borayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar talabini qondirish, keng ma'noda moddiy va
ma'naviy madaniyatning yuksalishi bilan bog'liq bo'lgan. Ana shu ehtiyoj
o'lkamizda buyuk allomalarning vujudga kelishida, ular ijodining samaralarida
namoyon bo'ldi.
Demak, IX-XII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
vaziyat mintaqamizda ilm-fan, umuman madaniyatning keng ko'lamda rivojlanishini
taqozo qilar edi. Bunday sharoitda yuzlab allomalarda davr talabiga javob berib
barakali ijod qildilar va ilmning turli sohalarida ko'plab yangiliklar
yaratdilar. Aslini olganda, bunday ilmiy madaniy va ma'naviy yuksalish o'rta
asrlar uchun kutilmagan, shu bilan birga dunyo hayratda qoldirgan hol bo'ldi.
Shu boisdan ham bunday ma'rifatni siljish uyg'onish, ilk renessans deb tarixga
kirdi.
Buyuk matematik, astronom va geograf
olim Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850) nomi fan tarixida alohida o'rin
tutadi. Olim o'zining "Aljabr val Muobala", "Hind matematikasi
haqida kitob", "Astranomik jadvallar" singari asarlari bilan
"Algebra" faniga asos soldi. Uning arifmetika risolasi hind
raqamlariga asoslangan bo'lib, hozirgi paytda biz foydalanayotgan o'nlik
hisoblash sistemasining Yevropaga tarqalishiga sabab bo'ldi. Allomaning
"al-Xorazmiy" nomi "algoritm" shaklida fanda muhrlanib
qoldi. Olim geografiga oid "Kitob surat al-arz" kitobi, astronomiyaga
oid "Zij", tarixga oid "Kitob at-tarix" (Tarix kitob)
asarlari. Al-Xorazmiyning arab ilmiy dunyosining yirik markazi -Bag'doddagi
Ma'mun akademiyasida ishlagan davrlari uning istedodining eng barq urgan
davrlari bo'ldi. U shu akademiyaning rahbari sifatida ilm ahliga ibrat
ko'rsatdi.
Al-Farg'oniy (798-865) dastlabkilardan biri bo'lib, Yer shari xaritasini
tuzgan, uning ..dagi rasadxonada ishlab yer meridiani bir darajasining
uzunligini o'lchagan. Nil daryosi suvi sathini belgilovchi asbobni yaratish
kabi kashfiyotlari jahonga mashhur bo'ldi. Olim yilning yozda eng uzun kunini
(22 iyun), qishda eng qisqa kunini (23 dekabr) tunu kunning tengligi 21-mart va
23- sentabrga to'g'ri kelishini aniqlagan.
Vatandosh allomalarimizning aksariyat ko'pchiligi qomusiy olimlar bo'lgan,
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi o'nlab olimlar
falsafa, matematika, astronomiya, adabiyot, she'riyat, qonunshunoslik,
jamiyatshunoslik bobida samarali ijod qilganlar. X asr allomasi Abu Abdullo
al-Xorazmiy (Muso al-Xorazmiy bilan adashtirmaylik) o'zining "Ilmlar
kalitlari" nomli asarida o'sha paytda ma'lum bo'lgan ellikka yaqin ilmlar
tasnifini, ya'ni klassifikasiyasini beradi va ularni sharxlaydi. Tabobat va
dorishunoslik borasida dunyoga dong'i ketgan Ibn Sinodan tashqari Al-Qumriy,
Abu Mansur Qamariy, Sharafutdin al-Iloqiy, Ismoil Jo'rjoniy kabi olimlar unumli
mehnat qilganlar.
Kimyo fani ravnaqiga Abu Bakr ar-Roziy, Abul Xakim al-Qosiy, geometriya va
trigonometriya rivojiga Mahmud Chagminiy, Shamsutdin A'loul Buxoriy, falsafaga
Ibn Miskavayx kabi donishlarning hissalari katta bo'lgan.
Mashhur faylasuf, ko'p tabiiy fanlar
bilimdoni Al-Forobiy musiqa haqida ham
asarlar yozgan, uning notalar xususidagi kitoblari o'rta asrlardayoq
lotin, ivrit (Qadimgi yaxudiy) va boshqa
tillarga tarjima etilgan ekan, yoki Ibn Sinoni olaylik. Bilamizki, bu ulug' zot
tabobat, riyoziyot, falsafa, jamiyatshunoslik sohalarida benazir asarlar
bitgan. Shu bilan birga Ibn Sino 10 jildlik arab
grammatikasi xususida kitob yaratgan.
Faxriddin Rozni falsafa, mantiq, huquqshunoslik, tibbiyot va boshqa sohalarda
150 dan ortiq ilmiy risolalar yozgan.
Mintaqamizda mavjud bo'lgan ko'p tillilik
(aholining ko'pchiligi turkiy,
fors va arab tillarini bilgan) bu davr
madaniyatining muhim xususiyatlaridan
biridir. Shu bilan birga
donishmandlarimiz boshqa xorijiy tillardan ham xabardor bo'lganlar. Masalan,
buyuk astronom matematik, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix fanlarinnng
bilimdoni Al-Beruniy 7-8 tilni mukammal bilgan. Xususan, u Gretsiya olimlari
Evklidning "Negizlar" va Ptolemeyning "Almagest" asarlarini
yunonchadan, o'zi yaratgan "Usturlobiya" kitobini arabchadan
sanskritga (qadimgi hind tiliga) tarjima qilganligi tarixdan ma'lum.
Ajdodlarimiz aqlni peshlashda shaxmat o'yinining
ahamiyatini yaxshi bilganlar. U paytlarda ko'pincha 100 katakli shaxmatda
o'ynash nufuzli hisoblanardi. Abubakr as-Suli X asrda ekg kuchli shaxmat ustasi
bo'lgan. Boshqa kuchli o'yinchi-Abulfatx Ahmad XI asrda shaxmat bo'yicha
qo'llanma yozadi, bu risola bir necha asrlar davomida qayta-qayta ko'chirilib
unga qo'shimchalar kiritiladi. Firdavsiyning "Shoxnoma"sida shaxmat
o'yinlari mahorat bilan ifodalangan edi.
IX-XII asrlarda tarix, tilshunoslik, badiiy san'at
kabi gumanitar fanlar ravnaqi ham salmoqli bo'lgan. Abu Bakr Narshaxiyning
Buxoro tarixi" Al-Mustag'firiyning "Nasaf va Kesh tarnxi",
Bayxaqiyning "Ma'sudiy tarixi" bitildi. Bu davrda Xorazm, Samarqand,
Shosh, Kubo, Termiz, Chog'aniyon o'tmishiga oid tarixiy risolalar yaratildi.
Xususan, X asrning o'rtalarida yaratilgan "Buxoro tarixi" turli
davrlarda fransuz, rus, ingliz, arab, fors va hozirgi o'zbek tillarida bir necha
bor chop etilgan.
O'sha paytlarda turkiy tillarga e'tibor ham kuchaydi -
VIII-IX asrlar oralig'ida ijod etgan adib Ahmad Yugnakiy "Xaqiqatlar
tuhfasi" dostonini yaratdi. Bizgacha yetib kelgan bu asardan ko'rinib
turibdiki, uning muallifi salohiyatli shoir va ahloq muallimi bo'lgan. Bu
ajoyib asar 14 bobdan iborat bo'lib, ular
ma'naviy-ahloqiy kamolot sirlaridan ta'lim berishga mo'jallangan.
Dostonning birinchi bobiga "Ilm manfaati va jaholatning zarari
haqida" deb bejiz nom berilmagan. Mashhur turkiyshunos olim Mahmud
Qoshg'ariy "Turkiy tillarning sintaksis qoidalari"ni yozdi va
"Devonu lug'atit turk" asarini yaratdi. Unda muallif
7,5 mingdan ortiq turkiy so'zlar izohlari, grammatik va didaktik
xususiyatlari, shevalari to'g'risida to'xtalgan. Shu davrlarda Yusuf Xos Xojib "Saodatga
boshlovchi bilim" kitobini yaratdi. O'zbek adabiy tilining
shakllanishida bu asarlarning
o'rni katta bo'lgan.
O'sha asrlarda o'lkamizda she'riyat keng ko'lamda rivojlandi. Ular ko'pincha
fors, turkiy va arab tillarida bitilar edi. Abu Abdullo Rudakiy, Abu Mansur
Daqiqiy, Sobir Termiziy, Abu Mansur as-Saolibiylarning badiiy asarlari mashhur
bo'lgan. Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma"si madaniyatimizda ulkan
voqea bo'ldi. Bu davrda xalq og'zaki ijodi ham keng rivoj topdi. O'giznoma",
"Alpomish", "Go'ro'g'li", "Manas" kabi dostonlar
elga manzur bo'ldi, aholi orasida she'riy, qofiyaviy aytishuvlar vujudga keldi.
Musiqa san'ati ham yangi bosqichga ko'tarildi. Bu davrda bir necha turdagi maqom ixtiro
etildi, navo - ohanglarni notaga solish boshlandi. Bu jabhada Forobiyning
izdoshlari Ma'sud Ishroziy va Muxammad Amoliy samarali ish olib bordilar. Yangi
musiqiy asboblar kashf etildi, o'ynoqi ohanglar bastalandi. Sayyohlardan biri
XII asrda Buxorada Isfaxoniyning "Ashulalar kitobi"ni bozor rastasida
uchratgani haqida hikoya qiladi.
IX-XII asrlar davri nafaqat dunyoviy fanlarning yuksalib borishi bilan
birga islomiy madaniyat va ma'naviyatning shakllanib, chuqur ildiz otib
borishi, yetuk olimu - ulamolarning yetishib chiqib, Vatanimiz nomini
ulug'laganlar. Bunda shu yurt zaminidan yetishib chiqqan buyuk islomshunos
allomalarning xizmati benazirdir. Xazrati payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) nomi
va u zoti sharifning muborak so'zlari bilan bog'liq. "Qur'oni Karim"
oyatlari mazmuni, mohiyatini teran
tushunish va anglab
yetishga muhim kalit bo'lib xizmat qiladigan xadisshunoslik ilmi IX asrda juda rivojlandi. Butun musulmon
olamiga eng ishonchli manbalar deb tan olingan 6 ta ishonchli xadislar to'plami
- "As-sixax as sitta" huddi shu davrda yaratildi. Ular orasida xadis
ilmida "Amir al- mo'min" degan sharafli nomga sazovar bo'lgan. Imom
Ismoil al Buxoriy nomi yorqin ko'zga tashlanib turadi.
Imom Buxoriy o'z safarlari davomida turli shaharlardagi 90 ga yaqin
ustozlardan ta'lim olgan. Ayni chog'da uning o'zi ham yuzlab shogirdlarga
ustozlik qilgan. Uning qoldirgan mansub noyob asarlar ro'yxati 20 dan oshadi. Bu asarlar orasida "Al-jome as
soxix" asari (u "Saxis al-Buxoriy" nomi bilan ham yuritiladi)
o'zining mukammalligi, ahamiyatining benihoyaligi bilan aralib turadi.
Allomaning "Al jome as -soxix" asari asrlar
davomida butun musulmon dunyosida yuksak qadrlanib, necha bor nashr etilib, yer
yuzi musulmonlari uchun dasturamal qo'llanma bo'lib kelmoqda. Uning 1325 yilda
ko'chirilgan 8 jildlik mukammal nusxasi hozirda Istambul (Turkiya)da
saqlanmoqda.
Imom al-Buxoriyning zamondoshi va shogirdi, o'z
davrining mashhur allomasi - Abu Iso Muhammad at-Termiziy ham xadisshunoslik
ilmini yuksak bosqichga ko'targan siymolardandir.
At-Termiziydan bizgacha katta ilmiy meros yetib
kelgan. Uning asosiy asarlari sirasiga "Al-jomi"
("Jamlovchi"), "Al ilol fin - xadis" ("Xadislardagi
og'ishmalar"), "At tarix"
("Tarix") kabilarni nisbat berish
mumkin.
Bu tilga olingan tarixiy davrning yana bir muhim
jihati shundaki, bunda islom dini va uning asosiy tamoyillari har tomonlama
chuqur tadqiq etish hamda rivojlantirishga o'z hissasini qo'shgan, tasavvur va
tariqat ilmida benazir bo'lgan vatandosh allomalarimiz faoliyatiga ham bir
nazar tashlash joiz bo'ladi. Al-Buxoriy va At-Termiziyning sadoqatli izdoshlari
Abduraxmon an-Nasoiy, Abu Mansur ad-Moturidiy, Kaffol ash-Shoshiy, Mahmud
az-Zamaxshariy, Abu Iso Samarqandiy, Najmiddin Kubro kabi ulamolar musulmon
dunyosining yirik mutafakkirlari sifatida ko'pchilikka mashhur bo'ldilar.
Xususan, shayx Al-Moturidiy ta'limotiga ko'ra, bilishning uch manbai mavjud.
Ular xis (sezgi), naql-rivoyat va aql-idrokdir. Shu bilan birga ul zot
aql-idrokning alohida o'rni borligini ta'kidlaydi, Demak, aqliy dalillar va
isbotlar asosida voqelikni anglamoq musulmonchilikda muhimdir. Xazrati imom
Ash-Shoshiy halollik, odillik masalalarini o'z asarlarida keng yoritgan.
Shariat qonun-qoidalarini chuqur tahlil etib, "Xidoya" asarini
yaratgan Burxoniddin Marg'inoniyning mulohaza va tavsiyalari islom dunyosida
ko'p asrlar davomida muhim manba bo'lib, u yoki bu masalani adolat va insof
nuqtai nazaridan hal etishda asosiy qo'llanma vazifasini bajargan.
Islom dini shakllangandan so'ng uning doirasida, Qur'on va xadis
talablariga mos ravishda paydo bo'lgan tasavvuf (sufiylik) ta'limoti XI asrga
kelib keng tarqala boshladi. O'lkamizda sufiylik asoslarini Yusuf Xamadoniy,
Abdulxolik G'ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Bokirgoniy targ'ib etganlar va
rivojlantirganlar. So'ng Xorazmda Kubraviya birodarligi, Buxoroda Naqshband
tariqatlari shakllandi. Bularning barchasi o'sha davrda islom madaniyatining
shakllanishida, ma'naviyatimiz asoslarini peshlashda, odamlarning iymonli
bo'lib yetishida muhim o'rin tutgan. Bu iymon-e'tiqod asrlar davomida sinovdan
o'tdi va xamon odamlarni kamtarlikka, mo'minlikka, halollikka, bag'rikenglikka,
insofu-vijdonli bo'lishga da'vat etib kelmoqda.
Yurtdoshlarimiz yaratgan ilmiy asarlar o'sha asrlardayoq arab tili orqali
dunyoga tanilib, Sharq, G'arbda iborat bo'lgan va ma'lum darajada andoza
ro'lini o'ynagan. Donishmandlarimiz asarlari turli o'zga tillarga tarjima
qilinib, Fransiya, Angliya, Ispaniya, Italiya, Tailandiya va boshqa ko'p
mamlakatlarga tarqalgan. O'lkamizda yuz bergan ilm-fan, madaniyat va sa'nat
sohalaridagi o'zgarishdirlar. Yangiliklarning asosiy xisilatlaridan biri
insonparvarlik g'oyasining doimo ustun bo'lganligidadir. Markaziy Osiyodagi
uyg'onishning muhim belgisi -bu dunyoviy ilmlarga intilish, hamda din va diniy
bilimlarni jamiyat, inson manfaatidan kelib chiqib talqin etish bo'lgan,
odamzod ma'naviyatini boyitish esa asosiy mezon bo'lgan. G'arb olimlarining
e'tiroficha, antik sivilizatsiya bilan Yevropa to uyg'onish davrina qadar,
ya'ni XVI asrgacha arab tilida bitilgan asarlar
bilan tanishgan. G.Gegel o'zining "Tarix falsafasida", "Fan va
bilimlar ayniqsa falsafa G'arbga arablardan o'tgan" -dedi. Yurtdosh
donishmandlarimizning ko'pchiligi zamon toqazosiga ko'ra o'z asarlarining
ko'pchiligini o'sha paytlarda xalqaro tilga aylangan arab tilida yozganlar. Bu
boisdan aksariyat G'arb olimlari ko'pchilik Sharq olimlarini arab deb faraz
qilganlar. Al-Xorazmiyning arifmetikaga bag'ishlangan kitobi XII asrda yoki
Ispaniyada lotinchaga tarjima qilingan. O'sha paytlarda ko'chirilgan lotincha
nusxa hozir ham Kembrijda saqlanmoqda. Bu asar bir necha asrlar davomida
Yevropa universitetida "Algortim kitobi" nom bilan mashhur bo'lgan.
Rim papasi Silvestoirim raqamlari o'rniga Xorazmiy ishlab chiqqan arab
raqamlarini Yevropada iste'molga kiritish to'g'risida farmon berdi. "Algebra",
"Algoritm" atamalarining dunyo miqyosida tarqalishiga ham
vatandoshimizning nomi sababchi bo'lgan. Al-Xorazmiyning geografiya xususidagi
asari 1037 yilda ko'chirilgan nusxasi Strasburg kutubxonasida mavjud.
Al-Farg'oniyning astranomik asari Yevropada XII asrda lotin tiliga 2 marta va
XIII asrda boshqa Yevropa tillariga tarjima etilgandan so'ng, uning nomi
"Alfragonus" shaklda G'arbda bir necha asr davomida keng tarqaldi.
Farg'onalik donishmand nomini Dante (XV asr) Shiller (XVIII asr ehtirom bilan tilga olganlar. Farg'oniy
yaratgan asarlardan birining qo'lyozmasi Prinstogn (AQSh) universitetida
saqlanmoqda. Abu Nasr Farobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, qadimiy
yaxudiy, fors, fransuz, rus, ingliz tillarida chop etilgan. Ibn Sino asarlari
o'sha paytlardan boshlab ko'p tillarga ag'darilgan. Faqat "Tib
qonunlari"ning o'zi lotinchada 30 martadan ortiq nashr qilingan. Abu
Rayxon Beruniy yaratgan durdonalar turli asrlarda lotin, arab, sanonrid,
fransuz, italyan, nemis, ingliz, yaxudiy, rus, fors, turk va boshqa ko'p
tillarda chop etilgan. Amerikalik prof.J.Sartoen Beruniy merosiga yuksak baho
berish bilan birga, uni "O'z davridagi
jahonning
birinchi donishmandi" deb ataydi. O'tmishni ziyraklik bilan uzatayotgan
Pezidentimiz Islom Karimov: "Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok
bilan ma'naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o'zida
mujassam etgan buyuk arboblar ko'p bo'lgan" deb takidlaydi. Ularning jahon
sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo'shgan hissalarini o'sha davrlardan buyon butun
dunyo tan olmoqda.
Ajdodlarimiz shuxratining muhim manbai ularning
qiziquvchanligida, jiddiy izlanuvchanligida masalaning yechimini topishda
zaxmat chekishga ruhan tayyorligida, halol va xolis tadqiqot olib borishlarida,
falsafiy idrokida, mustahkam irodasida, qisqasi ularning imoni komilligidadir,
desak vijdonan to'g'ri bo'ladi.
Qissadan hissa shulkim, ajdodlarimiz orasida katta
iste'dod egalari, zexni tez, mulohazasi chuqur, mantiqi kuchli, fikri o'tkir,
xotirasi mustahkam allomalar ko'pdan-ko'p bo'lgan. O'sha asrlarda o'tgan
donishmandlarimiz bilan tabiiyki fahrlanamiz. Ularning ilm-fan, ma'rifat va
ma'naviyat sohalaridagi buyuk jasorati bizga-mustaqil O'zbekiston axliga
nafaqat boy meros, balki katta saboq, ulkan ibratdir.
Demak, IX-XII asrlarda O'rta Osiyoda madaniy va
ma'rifiy taraqqiyotning barcha sohalarida yuqori darajali rivojlanish yuz
bergan. Shu bois bu ulkan jarayonni uyg'onish, renessans deyishga asos bor.
O'zbekistan Prezidenti I.Karimov "Tafakkur"
jurnali savollariga ''javob bera turib, IX-XII asrlarda ma'rifatli dunyo
yurtimiz donishmandlarini qanchalik izzat-ikrom qilgan bo'lsa, XXI asrda biz
xalqimiz, millatimizga nisbatan ana shu extiromni qaytadan qo'lga kiritishimiz
kerak, deb buyuk vazifani olg'a surdi. Bugungi kunda Vatanimiz, uning xalqi
yangi sivilizatsiya arafasida turibdi, mamlakatimiz ulkan taraqqiyot sari qadam
qo'ymoqda. Ana shunday sharoitda ajdodlarimizning ruhi barchamizga yor bo'lsin.
XI-XII ASRLARDA O’RTA OSIYO XALQLARINING MADANIYATI
Somoniylar hukmronligi davrida Xuroson va Movarounnahr
iqtisodi va mdaniyati yuksaldi. Marv, Buxoro, Smarqand, Urganch shaharlari esa
o’z zamonasining madaniy markazlari sifatida shuhrat qozondi.
Somoniy hukmdorlari She’riyat, adabiyot va fanga
homiylik.
siyosatining o’ziga xos jihati
Bu davrda quyidagi buyuk olimlar yashagnlar va ijod
qilganlar
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-847 yy)
→ algebra – “aljabr”
(“algoritm”) asoschisi;
→ asarlari: “Astronomik
jadval”, “Quyosh soatlari haqida risola”;
→ jo’g’rofiy xaritalr
tuzgan;
→ Sharq va G’arb
mamlakatlarining O’rta asrlar ilmiy tafakkuri taraqqiyotiga
samarali ta’sir ko’rsatgan.
Ahmad al – Farg’oniy (IX asr)
→ astronom, matematik,
geograf;
→ asarlari: “Samoviy
harakatlar haqida kitob”, “Yulduzlar ilmi haqida”;
→ uning qo’lyozmalari
Parij, Qohira, Sankt-Peterburg, Moskva va boshqa shahrlar kutubxonalarida saqlanib qolgan;
Abu Nasr al – Farobiy (873-950 yy)
→ Bog’dod va Damashqda
yashagan;
→ falsafa, tabobat, falakiyot va matematikaga
oid 160 dan ortiq asar yozgan;
→ antik falsafa-Arastu,
Aflotun, Yevklid ta’limotiin targ’ib qilgan;
Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yy)
→ qomusiy olim, geograf,
astronom, fizik, matematik;
→ 150 dan ortiq asarlar
yozdi: “Qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorliklar”, “Qadimgi xalqlar yilnomasi”
va boshqalar;
→ Sharqda birinchi bo’lib
Yer shari maketi-globusni yaratdi. Kopernikda 500 avval Yerning quyosh atrofida
aylanishini taxmin qilgan;
→ u faqat bilim va
mehnatgina insonni ulug’laydi, deb hisoblagan.
Abu Ali ibn Sino (980 1037 yy) Yevropada Avitsena
→ faylasuf, tabib,
shoir, olim (fors va arab tillarida yozgan);
→ ko’zga ko’ringan
yirik asarlari: “Bilimlar kitobi”, “Najot kitobi”, “Davolash
kitobi”, “Fan qonuni” va h.
Abdulla Ja’far Rudakiy (X asr)
→ shoir, hofiz,
sozanda-rud-musiqa asbobining mohir ijrochisi;
→ fors – tojik
she’riyatining asoschisi, qasidalar muallifi;
→ insonlarni barkamol
qilibtarbiyalash-dunyoni takomillashtiradi, deb hisoblagan
→ o’z tilining sofligi
uchun kurashgan.
Abulqosim Firdavsiy (934-1020 yy)
→ shoir fors-tojik
mumtoz adabiyotining namoyondasi;
→ “Shohlar haqida kitob” (“Shohnoma”) muallifi;
Yusuf Xos Hojib Balasog’uriy (1021- ?)
→ shoir, turkey
xalqlar yozuvi yodgorligi “Qutadg’u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”)ning
muallifi, bu asarig u falakiyot, matematika tabobatga oid ma’lumotlarni ham
kiritgan.
Me’morchilik va bezak san’ati
XORAZMSHOHLAR DAVLATI (X – XIII asrlar)
XI asrning 40-yillarigacha Xorazm G’aznaviylar davlati tarkibida
bo’lgan
Shu
vaqtdan e’tiboran Anushteginlarning (1097-1231 yy) to’rtinchi va “eng yorqin”
sulolasi bo’lgan xorazmshohlarning 140 yillik hukmronlik davri boshlandi.
Davlat markazi → Xorazm
Poytaxti → Urganch (Jurjoniaya)
XII asrning
oxiri va XIII asrning boshida Xorazmshohlar davlaati – musulmon dunyosi
Sharqidagi eng katta va eng qudratli davlat birlashmasidan iborat edi.
Xorazmshoh huzurida Sharqning buyuk olimlari
yashaganlar
bular:
Boshqaruv
Xalq
qo’zg’olonlari
1206 yilda Buxoroda Malik Sanjar boshchiligida bo’lib o’tdi 1212 yilda Samarqand Xorazm davlariga qo’shib olindi
MO'G'ULLAR ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI KURASH. JALOLIDDIN
MANGUBERDI
Reja:
1. Markazlashgan mo'g'ullar davlatining tashkil
topishi. XII asr boshida Xorazm
davlatidagi ijtimoiy-siyosiy
vaziyat.
2. Mo'g'ullarning O'rta Osiyoga istilo yurishi va unga
qarshi kurash. Istilo oqibatlari.
3. Chig'atoy ulusi.
Undagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
ahvol.
XII asrning
oxiri - XIII asrning boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda
Mo'g'uliston eng qoloq hisoblangan. Mo'g'ulistondagi mo'g'ul urug' va
qabilalari ichida urug'-aymoqchilik munosabatlari kuchli saqlangan holda feodal
munosabatlar paydo bo'lib, sinflar vujudga kela boshladi. Bunday sharoitda
jamiyatda markazlashuv, ya'ni davlatning vujudga kelishi uchun ob'yektiv zamin
yetilib boradi. Mo'g'ul urug' zodagonlari orasidagi kurashda Temuchin (1155-1227
y.) ismli bahodir g'olib chiqadi.
Hokimiyat
uchun qavm va qabilalar o'rtasida olib borgan kurashda Temuchin g'alaba
qozonib, 1204-1205 - yillarda birin-ketin nayman, keroit, tatar, jaloir va
boshqalarni o'ziga tobe qilib, butun Mo'g'uliston hududlarining yagona
hukmdoriga aylanadi. 1206-yilda Onon daryosining yuqori qismida umummo'g'ul
qurultoyi chaqirilib, unda Temuchinning davlat hukmdorligi qonuniylashtiriladi.
Qurultoyda Temuchinga Chingizxon nomi beriladi. Aytildiki: "Osmonu zamin
tangrisi Chingizxonning ma'nosi turkiycha shohlar shohi deganidir" (Ching
- turkiycha qattiq, Chingxon - qattiq xon, ya'ni qattiq, kuchli siyosat
yurgizuvchi xon). Shu qurultoyda qabul qilingan "Yaso" - mo'g'ullar
davlatining asosiy qonunlar majmuasi ulug' xon (qoon) hokimiyatini yanada
mustahkamladi va Chingizxon armiyasining jangovarlik qobiliyatini oshiradi:
1) Yangi
saylangan har bir xon Yasoga qat'iy rioya qilishi to'g'risida qasamyod qilish
shart edi. Yaso yo'l-yo'riqlariga beparvo qaraydigan bo'lsa, xalqqa xonni ag'darish
va uni umrbod qamoqqa olish huquqi beriladi.
2) To'la din
erkinligi beriladi. Barcha dinlar ruhoniylariga homiylik qilish, barcha dinlar
xudolari ko'nglini ovlash, ularning yerdagi ummatlarini o'z tomoniga jalb
etishi kerak edi. Barcha ruhoniylar, machit, cherkovlar soliqlardan ozod
qilingan edi.
3) Urush davrida ayollarning huquqlari ta'kidlangan. Xususan, urush
sharoitida avlodlar kelajagini ta'minlash sifatida baholangan ayollarning o'z
eriga hiyonati qonun tomonidan kechirilgan.
4) O'g'ri chorvani o'g'irlagani uchun uning haqini to'qqiz baravar etib
to'lashi, to'lashga mablag'i bo'lmasa, uning bolalari asoratda solinishi,
bolalari va mablag'i bo'lmasa, o'lim jazosiga duchor etilishi kerak edi.
Yolg'on uchun o'lim, suv va olovni haqoratlaganlik uchun o'lim, sutni yerga
to'kkanlik uchun o'lim deb qabul qilinadi. Asirga yordam bergan, qochoq qulni
egasiga tutib bermagan, xoinlikda, o'g'irilikda, yolg'on guvohlikda
ayblanganlarga ham o'lim jazosi berilgan.
5) Mo'g'ullar ongiga urush olib borishning yalpi qirg'in usulini
singdirish Yasoda muhim o'rinni egallagan edi. Shu munosabat bilan mo'g'ullarda odamlarni qirish qahramonlik hisoblanardi.
Mo'g'ul askarlaridan kim ko'p dushmanni o'ldirsa, uyini buzsa, yondirsa, unga
"Bahodur" unvoni berilgan. Chingizxon qo'shini 10, 100, 1000, 10000
qislarga bo'linib, mingboshi va tumanboshi harbiy lavozimlarini joriy qiladi.
Chingizxon mamlakat hududlarini tumanlarga bo'lib chiqadi: Tumanboshi 10000
qo'shin boshlig'i bilan birga 5-10 ming o'tovli 50 mingga yaqin aholini
jamlagan hududining hokimi ham edi.
Qo'shinni
qayta tashkil etib va davlat ma'muriy apparatini tuzishni tugallab, Chingizxon
o'z istilochilik maqsadlarini amalga oshirishga kirishadi. Chingizxon
1206-yilda naymanlarni, 1207-1208 - yillarda Yenisey havzasi, so'ngra mo'g'ul
sarkardasi Xubilay boshqargan Yettisuvning shimoliy hududlarini egallab,
Xorazmshohlar davlati chegaralariga yaqinlasha boradi. Mo'g'ullar 1211-1215 -
yillarda bir necha bor Xitoyga hujum qilib, 1215-yili shimoliy Xitoyning markazi
Chjundao (Pekin) shahrini egallaydilar. Chingizxon Xitoyni qo'lga kiritgach,
ko'p miqdorda oltin, kumush buyumlar, shoyi, atlas matolardan tashqari har xil
qurol-yaroq, harbiy texnika moslamalari, manjaniq, palaxmon, naftandozlarni ham
olib keladi. Natijada Chingizxon armiyasi o'sha davrdagi eng qudratli kuchga
aylanadi. 1218-yilga kelib Yettisuv viloyatining qolgan qismini ham mo'g'ullar
o'zlariga tobe qilishadi. Endi Chingizxonning nigohi Xorazmshoh yerlariga
qaratiladi. Bu davrga kelib Muhammad Xorazmshoh o'zini "Iskandari
Soniy" (Xudoning yerdagi soyasi) deb bilsa-da, mamlakat tanazzul tomon yuz
tutgan edi. Bir tomondan shohning onasi Turkon xotun boshliq qipchoqlar bilan
yerli qavmlar o'rtasidagi ixtiloflar bo'lsa, ikkinchi tomondan mahalliy
hududlar beklari va hokimlarning o'zboshimchaliklari, haddan tashqari jabr
zulumi xalqning noroziligini kuchaytirayotgan edi. Bundan tashqari Muhammad
Olovuddin Xorazmshohning xalifalik hududlarini qo'lga kiritish da'vosi bilan
1217-yilda Bag'dod sari muvaffaqiyatsiz yurishi Xorazmshohning islom olamidagi
obro'siga putur etkazadi.
Chingizxon
Xorazmshoh davlatining bu siru-ahvolidan Mahmud Yalavoch, Hasan hoji, Yusuf
O'troriy kabi josuslari orqali xabardor edi. Chingizxonga Xorazm yerlariga
kirish uchun bahona kerak edi. Xuddi shunday bahona 1218-yilda sodir bo'ldi.
Shu yili Chingizxon amri bilan Xorazm davlatiga 500 tuyadan hamda 450 musulmon
savdogarlaridan iborat boy karvonga Umarxo'ja O'troriy, Hammol Merokiy,
Faxriddin Dizzakiy Buxoriy, Amuniddin Xaraviy kabi savdogar-elchilarini
yuboradi. Ammo karvon O'trorga kelishi bilan Turkon xotinning maxfiy
topshirig'i bilan va shahar hokimi Inalxonning buyrug'iga asosan karvon talanib
savdogarlarning hammasi qirib yuboriladi. Faqat bitta tuyakash o'limdan
saqlanib qoladi. U Chingizxonning qarorgohiga yetib boradi va karvonning
fojeali qismati haqida gapirib beradi. Chingizxon g'azabini bosib, Ibn Kafroj
Bug'roni va 2 ta tatarni Xorazmga elchi qilib yuboradi. Chingizxon Sulton
Muhammaddan aybdorlarni jazolashni va Inalxonni tuttirib, uning ixtiyoriga
jo'natishni talab qiladi.
Bundan
g'azablangan Xorazmshoh Muhammad bosiqlik bilan mulohaza qilib javob berish
o'rniga Ibn Kafroj Bug'roni qatl etishga, qolgan 2 ta tatarning soqolini
qirdirib, orqaga jo'nattirib yuboradi. Bu diplomatik o'yinda yutib chiqqan
Chingizxon Movarounnahrga bostirib kirishi uchun bahona yetarli darajada,
vaziyat esa yetilgan edi.
O'tror
voqeasi bilan Chingizxonning so'nggi echisi kelgan vaqt oralig'ida Xorazmshoh
Urganchda bir kengash chaqiradi. Kengashda saroy vakillaridan biri Shahobiddin
Xivakiy birdan-bir to'g'ri fikrni bildiradi. Uning fikriga muvofiq katta
armiyani bir joyda to'plab Sirdaryoning qulay bir yerida hal qiluvchi jangga
kirishish zarurligini aytadi. Juvayniyning so'zlariga qaraganda Jaloliddin
otasidan butun qo'shinni unga topshirishni so'ragan, ammo sulton rozilik
bermagan. Sulton Muhammad qipchoq harbiylarini bir yerga to'pladi va isyon
bo'lishidan qo'rqib qarorni o'zi qabul qiladi. Unga muvofiq qo'shin
katta-kichik shaharlarga tarqatib yuborilishi va har bir shahar o'zini-o'zi
himoya qilishi kerak edi. Bu - mag'lubiyat taktikasi edi.
1219-yilining
sentabrida Chingizxon qo'shini bilan o'z o'g'illari Jo'ji, Chig'atoy, O'g'odoy,
Tuli va lashkarboshilari Jebe hamda Subutoylar boshchiligida O'tror shahriga
hujum qiladi. Chegara shahar bo'lgan O'trorda Inolchiq rahbarligida 50 minglik otliq
qo'shin bor edi. Unga Sulton Muhammadning 10 minglik qo'shini kelib qo'shiladi. Shu yerda
Chingizxon qo'shinini 4 qismga ajratadi, Jo'jini Sirdaryoning quyi sohilidagi
shaharlarni olishga amr beradi. O'trorliklar Inolchiq boshliq o'zlarini besh oy
mardonavor himoya qiladilar. Shahar olingach, uni kultepaga aylantirib, aholisi
asosan qirib tashlanadi. Asirga olingan Inolchiqni Samarqandga olib borilib,
Ko'ksaroyda og'ziga va qulog'iga qaynagan qo'rg'oshin quyib o'ldiriladi.
1220-yilning
16-fevralida mo'g'ullar Buxoroni egallaydilar. Shahar arkida Go'rxon boshliq
400 mudofaachilar 12 kun davomida qarshilik ko'rsatishadi.
Samarqandga mo'g'ullar 1220-yil mart oyida yaqinlashdilar. Juvaynining
so'ziga qaraganda Samarqand gornizonida 100 ming kishi (60 ming askar va 50
ming ko'ngillilar) bo'lgan. Gornizonining boshlig'i Turkon xotunning inisi
Tug'ayxon edi. Chingizxon shahardan tashqari Ko'ksaroyga kelib tushib, shaharni
qamal qilish ishiga o'sha yerdan rahbarlik qiladi. Mo'g'ullar shahar qamalining
barcha qora ishlarini minglab asirlar, qo'lga tushirilgan yerli aholi bajardi.
Qamalning uchinchi kuni birinchi marta shahar himoyachilari shahardan chiqib
jang qiladilar. Mo'g'ullar ularni tuzoqqa tushirib, qirib tashladilar. Bundan
tushkunlikka tushgan Shayxulislom, imom va qozilar Tug'ayxon bilan til
biriktirib, Samarqandning Namozgoh darvozasini ochib berishga tayyorliklarini
aytishadi. Garchi bunday taklif Chingizxon tomonidan qabul qilingan bo'lsa-da,
ko'p o'tmay Tug'ayxonning 30 minglik qo'shini tunda 20 nafar sarkardalari bilan
birga qirib tashlanadi. Sotqinlik evaziga ruhoniylar o'zlarining
qarindosh-urug'larini shahardan eson-omon olib chiqib ketadilar. Bosqinchilar
Namozgoh darvozasidan shaharga bostirib kirib, Samarqandni talashadi.
Himoyachilardan 1000 nafari Jome' masjidiga kirib olib, dushmanni o'zlariga
yo'lattirmaydilar. Masjidga o't qo'yilib, o'tda qahramonlarcha halok
bo'ladilar. Xitoy monaxi Chan Chunning so'ziga qaraganda shaharda 25 ming oila,
ya'ni avvalgi aholining chorak qismi qolgan. Demak, mo'g'ullar bostirib
kelgunga qadar Samarqandda 100 ming oila bo'lgan, ya'ni uning aholisi 400 ming
kishidan ortiq bo'lgan. Mo'g'ullar birgina Samarqanddan 30 ming hunarmandni qul
qilib, Qoraqurumga yuborgan.
Samarqand taslim bo'lgach, Chingizxon Xorazmshohning qo'shin to'plab,
qarshilik ko'rsatishiga yo'l qo'ymaslik va uni qo'lga kiritish uchun
sarkardalari Jebe va Subutoy no'yonlarni 20 minglik qo'shin bilan yuboradi.
Ularning ta'qibidan qochgan Sulton Olovuddin Kaspiy dengizining orollaridan
biriga berkinadi. U onasi Turkon xotunning mo'g'ullarga asir tushganligini
eshitib, valiaxd tayinlash haqidagi avvalgi onasi taziqi ostida O'zlokshohni
belgilagan qarorini bekor qilib, Jaloliddinni taxt vorisi etib tayinlaydi.
Sulton Olovuddin Muhammad 1220-yilning dekabrida zotiljam kasali tufayli vafot
etadi. Sulton Jaloliddin otasini ko'mgach, ikki ukasini olib Urganchga qaytadi.
Olloqno'yon, Seketu Cherbi va Tugay kabi boshliqlari besh minglik otliq
qo'shin bilan Sirdaryo bo'yidagi Binkat
shahriga hujum qiladi. Binkat amiri Elathumalik qang'li qabilasidan yig'ilgan
askarlari bilan shaharni 4 kun himoya qilib taslim bo'ladi. Endi -navbat Xo'jandga keladi. Xo'jand hokimi sarkarda
Temur Malik edi. Juvayniy va Rashididdinning so'ziga qaraganda, Xo'jandni bosib
olishda 20 ming mo'g'ul va 50 ming asir qatnashadi. Kuchlar nisbatining teng
emasligini hisobga olgan holda Temur Malik 1000 nafar askari bilan shahar
yaqinidagi orollarning biriga joylashadi. Temur Malikning buyrug'i bilan 12 ta
qayiq yasalib, usti kigiz bilan qoplanib, sirkali loy bilan suvab chiqiladi. Shu qayiqlar bilan kechalari qirg'oqqa yaqin kelib,
mo'g'ullar bilan kurash olib boradi. Nihoyat bu harakatlarning foydasizligini
ko'rgach, oroldagi oziq-ovqat va qurol-yarog'larni 70 ta kemaga yuklatib,
kechasi Sirdaryoning quyi oqimi bo'ylab suzib ketishadi. Temur Malik sarbozlari
o'z kemalarida Jand shahriga suzishadi. Dushman buni payqab, Jo'ji va
Chig'atoylar farmoniga muvofiq Xo'janddagi zobit no'yonlar daryo ustida zanjir
tortib, mustahkam to'siqlar quradilar. Temur Malik bu to'siqni buzib, Jand
shahrida qirg'oqqa chiqadi va qirg'inbarot jang bo'ladi. Shundan so'ng Qizilqum
orqali Xorazmga jo'naydi. Orqadan ta'qib qilib kelayotgan dushmanni
yo'l-yo'lakay chopib,
kamondan o'qqa tutib parokanda etadi. Vahimaga tushgan mo'g'ullar otlari
jilovlarini orqaga tortib, qaytib ketadilar. Temur Malik bir guruh yigitlari
bilan Urganchga yetib borib, Jaloliddin Manguberdiga qo'shiladi.
1221-yilning
boshlarida Xorazm davlatining sultoni deb e'lon qilingan Jaloliddin Manguberdi
Urganch mudofaasini tashkil etishga jiddiy kirishadi. Jaloliddinning
qattiqqo'llik bilan qilgan bu harakatiga qarshi qipchoq zodagonlari sobiq Jand
hokimi Qutluqxon boshchiligida o'zaro til biriktirib, fitna tayyorlashadi.
Bundan xabar topgan xalablik elchi Inonchxon Jaloliddinni o'z vaqtida voqif
etadi.
Natijada, u
Temur Malik bilan Xurosonga jo'nashga majbur bo'ladi. Bunday paytda yovuz
niyatli qipchoqlarning adabini bera oladigan harbiy kuchga ega bo'lmagan
Jaloliddin safdoshi Temur Malik, onasi, xotini, bolalari va oz sonli, lekin ishonchli
navkarlari bilan 1221-yilning mart oyi kunlaridan birida erta tongda shaharni
tashlab chiqib ketishadi.
Jaloliddin
Manguberdi Nishopur, G'azna, Niso kabi shaharlar atrofida mo'g'ullarga
qaqshatqich zarbalar beradi. G'azna yaqinidagi Voliyon qal'asidagi jangning
o'zida mo'g'ullardan 9 mingtasi halok bo'lgandi. Ayniqsa, 1221- yilning yozida
Parvona dashtida Kaykur no'yon boshchiligidagi 30 minglik qo'shin Jaloliddin
tomonidan tor-mor etilganligi Chingizxonni hayratga soladi.
Temur Malik boshliq fidoiy jangchilar Parvona dashtida bo'lgan jangda
uyushqoqlik bilan qat'iy harbiy intizomni saqlagan holda butun jang davomida qahramonona
olishadilar. Jangning ikkinchi kuni mo'g'ul askarlari o'rab olinib qirib
tashlanadi. Bu mo'g'ullar uchun yirik mag'lubiyat edi.
Jaloliddin
Manguberdiga qarshi Chingizxonning o'zi 100 ming qo'shini bilan keladi. Bu hal
qiluvchi jang 1221-yilning noyabrida Hind daryosi sohilida bo'ladi. Jangning
boshida Jaloliddin mo'g'ul qo'shinining markaziy qismini to'zg'itib yuboradi.
Ammo jangning oqibatini Chingizxonning pistirmaga qo'ygan 10 ming kishilik
tanlangan otryadi hal qiladi. Jaloliddin qarshilikning ortiq davom ettirishni
befoyda ekanini ko'rgach, oilasi - xotini Oychechak va bola-chaqalarini baland
jar tepasidan daryoga tashlashga buyruq beradi.
Bu judolik butun borlig'ini o'tday yondirib yuborgan Jaloliddin
qahr-g'azabini yovga qaratib, unga sherday tashlanib
mo'g'ul saflarini yorib o'tib, daryo labiga keladi. U sovutini yelkasidan
tashlab, sevimli turkman jayroniga qamchi bosadi va balandlikdan o'zini Sind
daryosiga otadi. Qolgan askarlardan bir qanchasi ham shu payt Jaloliddinning
orqasidan o'zlarini daryoga
tashlaydilar. Mo'g'ullar qo'ldan chiqqan Jaloliddin va uning qismi ham
dovyurak sarkarda ortidan o'zlarini daryoga otgan yigitlarning cheksiz
botirliklaridan hayratga tushib, alamlaridan qichqirib yuboradilar. Bu
manzarani kuzatib turgan Chingizxon hayratga tushib o'g'illariga qarata shunday
degan ekan: "Otadan dunyoda hali bunday o'g'il tug'ilmagan. U sahroda sher
kabi g'olib jangchi, daryoda esa nahang (akula) kabi botir. Qanday qilsinki, hali hech kim taqdir bilan hech bir
mojaroda teng kelmagan. Lekin u mardlikning dodini berdi, kazoiy qadar
qarshisida qudrat qo'lini mardona ochdi. Mardlik bilan undan qutilib bo'lmaydi.
Nima qilish-qilmaslik bu ulug' Xudo ishidir".
Jaloliddin Manguberdi umrining oxirlarigacha mo'g'ullar bilan kurashadi
va 1231-yilning 17-20 avgustlarida alamzada kurdning tig'idan halok bo'ladi.
U o'n yil davomida Markaziy Osiyoning turli nuqtalarida mo'g'ullarga
qarshi kurashdi. O'z xalqi yerining mustaqilligi va ozodligi yo'lida astoydil
kurashdi. Garchi halok bo'lgan bo'lsa-da, Jaloliddin Manguberdi bo'ysunmas
vatanparvar, milliy qahramon sifatida tarixda o'chmas iz qoldirdi.
Shunday qilib, 140 yil hukmronlik qilgan buyuk Xorazmshohlar davlati va
uni boshqargan xonadon yakun topdi.
Mustaqil O'zbekistonida o'zbek xalqining mard o'g'loni Jaloliddin
Manguberdi tavalludining 800 yilligi yubileyini 1999-yili keng miqyosda
nishonlandi. Unga atab Xorazmda haykal qo'yilib, memorial ochildi.
1221 yil Jaloliddin Urganchdan chiqib ketgach, poytaxt amir Xumor tegin
qo'lida qoladi. Ammo u qo'rqoqlik qilib, darvozani ochib beradi va mo'g'ullarga
taslim bo'ladi. Chingizxon Urganch shahri istilosiga eng sara 50 ming kishilik
askar kuchlarni tashlaydi. Mo'g'ullar shafqatsiz jang olib boradilar. Shahar
himoyasida sabot turgan 76 yoshli shayx Najmiddin (asl ismi-sharifi-Ahmad ibn
Umar Xivakiy)ning "Yo Vatan, yo sharafli o'lim!" deb qilgan xitobi
ila har qaysi uy uchun jang olib boriladi.
Urganch katta shaharlar ichida mo'g'ullar bilan qat'iy jang qilgan
birinchi shahar bo'ldi. Urganchni bosib olish uchun shimoldan Jo'ji, Buxoro
tarafdan Chig'atoy va O'qtoy askarlari bilan yetib kelgan. Shunday vaziyatda
shayx Najmiddin Kubro Chingizxon
quyidagi mazmunda xat oladi: "Men Xorazmni qirg'in va talon-taroj
qilmoqqa hukm etganman. Zamonning tabarruk zoti sharifi Xorazmiylar muhitini
tark etib, bizga kelib qo'shilmog'i lozim!" Shayx unga shunday javob
beradi: "Mana necha yildirki, men Xorazmda osoyishta yashab, shu xalq
bilan hayotning achchiq-chuchugini birga tatib kelmoqdaman. Endilikda falokat
yuz bergan joyda men uyimni tashlab qochsam bu - vijdonsizlik va nomardlik
bo'ladi". Shayx Najmiddin Kubro shaharning mudofaa janglaridan birida
qahramonlarcha halok bo'ladi. Urganch qamali 7 oy
davom etadi, ko'plab qurbonlar beriladi. Shahar egallangach, mo'g'ullar bu
yerda barcha erkaklarni va bolalarni qilichdan o'tkazishadi. Xotin-qizlar
qip-yalong'och qilinib, bir-biri bilan urishishga majbur qilishadi, so'ngra mo'g'ul askarlari tanloviga beriladi,
qolganlari chopib tashlanadi. Amu to'g'oni ochilib, shaharni suvga
bostirishadi. Shahardagi uzoq asrli ma'naviyat durdonalari, qimmatli
qo'lyozmalar, kitoblar, kutubxonalar, tarixiy obidalar yakson bo'ladi. Shunday
qilib, ikki yil ichida mo'g'ullar Movarounnahr va Xuroson hududlarini egallab,
bu hududlarga mislsiz moddiy va ma'naviy zarar yetkazib, o'z hukmronligini
o'rnatishga muvaffaq bo'ladilar.
Istilo
nihoyatda og'ir iqtisodiy-madaniy oqibatlarga sabab bo'ldi. Gullab-yashnagan
vohalar huvillab qoldi, o'nlab shaharlar butunlay yo'q bo'lib ketdi. IX-XII
asrda yaratilgan noyob yodgorlik va me'moriy asori-atiqalar vayron etildi.
Arxeolog Vyatkin Buxoro ostonasida topgan 120x70m maydondagi yarim metrlik kul
qatlami yondirib yuborilgan yozma manbalar ekanligi aniqlangan. Salkam 1
million odam qirilib ketgan edi.
Chingizxon
o'limidan oldin 1224-yili bosib olingan yerlarini o'zining o'g'illari va
nabiralariga taqsimlab berdi. Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Itil (Volga)
bo'yi, Xorazm va Darbandgacha bo'lgan yerlar to'ng'ich o'g'li Jo'jiga, uning
vafotidan keyin nabirasi Botuxonga beriladi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv,
Movarounnahr, Sind daryosigacha, Balx, Badaxshon, Qobul, G'azna yerlari uning
ikkinchi o'g'li Chig'atoyga beriladi. Mo'g'uliston va Xitoyni vorisi uchinchi
o'g'li O'qtoyga, kenja o'g'li Tuliga Xuroson va Eron tegadi.
Chingizxon vafotidan keyin (1127 yil)
O'qtoy mo'g'ullar davlatining ulug' hoqoni etib saylanadi. Ulug' hoqonning
qarorgohi Qoraqurum shahri bo'lib, u yerdan turib ulus boshliqlari, ya'ni
xonlarning faoliyati qattiq nazorat qilib borilar edi. Movarounnahr asosan
Chig'atoy va uning vorislari qo'liga o'tib, uni Chig'atoy ulusi deb atala
boshlanadi. Mo'g'ul hukmdorlari o'lkani boshqarishga bu yerlik ko'plab sotqin
kimsalardan foydalanadilar. Bulardan Mahmud Yalavoch, Badriddin Amin, Yusuf O'troriy,
Qutbiddin Xabash Amid singarilar mo'g'ul hukmdorlari bilan hamkorlik qilishadi.
Movarounnahr hukmdori Chig'atoy (1217-1241 yillar) Chig'atoy ulusini o'zining
sotqinligi evaziga mo'g'ullar ishonchini oqlagan Mahmud Yalavochga boshqarishga
beradi. Maxmud Yalovochning qarorgohi Xo'jand shahrida edi. Harbiy hokimiyat
dorug'achi va tamg'ach deb ataluvchi mo'g'ul hukmdorlari qo'lida bo'lgan. Mahmud Yalavoch mo'g'ullar ixtiyoridagi ko'p sonli
jangchilarga tayanib hududni boshqargan. Aholidan quyidagi soliqlar undirilgan:
1) Kalon yoki yer solig'i. Yerning sharoitiga va sifatiga
qarab hosilning o'ndan biri olingan.
2) Ko'pchur va Shulsi solig'i. Ko'chmanchi aholidan har 100 bosh qoramoldan 1 tasi olingan. Shulsi solig'i
bo'yicha har bir qora chorvadan (qo'y, echki) bittasini, ming otdan 1 ta biya
olingan.
3) Targ'u solig'i hunarmandlar va savdogarlardan olinib,
ishlab chiqarilgan yoki sotilgan molning o'ttizdan bir qismi hajmida
belgilangan.
4) Tuz solig'i.
5) Jon va kumush solig'i.
Aholi savdo yo'llarida bekatlar-yomlar uchun go'sht, un, guruch bilan
ta'minlashga, ot-ulov berishga majbur qilingan.
Elchilarning yo'l harajatlari ham yerli aholi hisobiga qoplangan.
Soliq va majburiyatlarning haddan tashqari ko'p bo'lishi, zulm va
qashshoqlikning kuchayishi xalqning o'z erki va
mustaqilligi uchun kurash boshlashiga olib keladi. 1238-yilda Buxoro yaqinidagi
Tarob qishlog'ida elakchi hunarmand Mahmud Tarobiy boshchiligidagi xalq
qo'zg'oloni bo'lib, mo'g'ul hukmdorlarini tahlikaga solib qo'yadi.
Qo'zg'olonga
Buxoro ruhoniylarining boshlig'i Shamsuddin Mahbubiy ham qo'shildi.
Qo'zg'olonchilar mo'g'ul lashkarlarini Buxoro ostonalarida tor-mor keltirdilar.
Mag'lubiyatga uchragan mo'g'ullar Karmanaga chekinadilar va Mahmud Yalovoch
yordamini kutadilar. Mahmud Torobiy o'zini Buxoro va atrof yurtlarning hukmdori
deb rasmiy ravishda e'lon qiladi.
Karmana ostonalarida qo'zg'olonchilar bilan mo'g'ullar o'rtasida qattiq
jang bo'ladi. Bu jangda mo'g'ullardan 10 ming kishi o'ldiriladi. Ammo
qo'zg'olonchilarning rahbari Mahmud Torobiy va Shamsuddin Maxbubiylar ham
jangda halok bo'ladi. Mahmud Torobiyning ukalari Muhammad va Ali qo'zg'olonga
rahbarlikni o'z qo'llariga olgan bo'lsalar-da, ular yoshlik va tajribasizlik
qildilar. Xo'janddan yetib kelgan Mahmud Yalovoch qo'zg'olonni shafqatsizlik
bilan bostiradi va qo'zg'olonchilar qattiq jazolanadi. Mahmud Torobiy
qo'zg'oloni mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham uning ahamiyati katta bo'ldi.
Mahmud Yalavochning o'g'li, Ma'sudbek davrida (1238-1289 yillar)
Movarounnahrda nisbatan tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Ma'sudbekning
bevosita tashabbusi bilan 1271-yilda pul islohoti o'tkazilib, bir xil vazn va
o'lchovdagi sof kumush buyumini tangaga aylantirishi mumkin edi. Pul islohoti
ulusda ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga ta'sir qiladi.
Ma'sudbek davrida mo'g'ullar istilosi natijasida vayronaga aylangan
Buxoro, Samarqand, Xo'jand, Toshkent, Termiz kabi shaharlar biroz tiklanib,
savdo va hunarmandchilik rivojlanadi.
XIII asrning 60-yillarida Movarounnahrda ba'zi turk va mo'g'ul urug'lari
ko'chib keladi. Jaloirlar Ohangaron vodiysiga, barloslar Qashqadaryo vodiysiga,
arlotlar Afg'oniston shimoliga joylashadilar. Chig'atoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon islom dinini qabul qiladilar.
Muborakxonning 1266-yilda Chig'atoy taxtiga o'tirish marosimi ham Ili daryosi
vodiysida emas, balki Movarounnahrda, Ohangaron vodiysida bo'ldi. O'troq hayot
kechirishga intilgan Chig'atoy xonlaridan biri Kebekxon (1309-1326 yillar) edi.
Kebekxon qadimgi Nasaf shahri yonida o'ziga saroy qurdiradi. Saroy mo'g'ul
tilida "Qarshi" deb yuritilib, shu yerdan ulusni boshqargan. Kebekxon
davlatni idora etishni takomillashtirish maqsadida ulusni viloyatlarga bo'lib,
ularni mo'g'ulcha "tuman" deb yuritadi. Ma'muriy islohot mahalliy
hokimliklar bekliklarga moslashtiriladi.
Ichki savdo-sotiqni yaxshilash uchun butun mamlakatda 1321-yili yagona
pul joriy qilinadi. Kebekxon ikki xil pul yirik kumush tanga -
"dinor" va kumush tanga "dirham" lar zarb ettiradi.
Dinorning vazni ikki misqol bo'lib, dirhamning og'irligi 1/3 misqolga teng
bo'lgan. Yangi pul birligi "Kepaki" nomi bilan mashhur bo'lib, bu
tangalar Samarqand va Buxoroda zarb qilinib muomalaga chiqarilgan.
XIV asrning 40-yillarida Chig'atoy ulusi ikkiga bo'linib ketadi, uning
sharqiy qismida - Sharqiy Turkiston, Yettisuvda Dug'lat amirligi, g'arbiy
qismida Movarounnahr amirligi tashkil topadi.
Kebekxonning o'lkada tinchlik, totuvlik o'rnatish borasidagi siyosatini
Tarmashirin (1326-1334) davom ettiradi. U islom
dinini qabul qilib, uni davlatning rasmiy dini darajasiga ko'taradi. Chig'atoy
xonlarining navbatdagi vakili Qozonxon (1336-1346) ham Movarounnahr
hududlarining yaxlitligini saqlash yerli xalq va mo'g'ul zodagonlarining
manfaatlarini hisobga olgan holda siyosat olib borishga harakat qiladi.
Mo'g'ullar
hukmdorligi davrida O'rta Osiyodagi yerga egalik qilishning to'rt xil usuli
mavjud edi:
1) Mulki devon - davlat yerlari.
2) Mulki inju - xon noiblari va ularning avlodlari
tasarrufidagi yerlar.
3) Mulki vaqf - masjid, madrasa, xonaqo, mozor va maqbaralar
ixtiyoridagi yerlar.
4) Mulklar - xususiy yerlar.
Mulklarning kattagina qismi harbiy zodagonlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun
xadya qilingan yerlar bo'lib, ular "iqto" yoki
"suyurg'ol" deb atalgan yerlar avloddan-avlodga meros tariqasida
o'tar edi.
Qozonxon Kebekxonning siyosatini ustalik bilan davom ettirdi. Shu
sababli Chig'atoy urug'larining boshliqlari unga dushmanlik qilib, harakat
boshladilar. Unga Amir Qozog'on boshchilik qiladi. Fitna oqibatida
1346-yilda Qozonxon qatl etiladi.
Hokimiyat tepasiga kelgan Qozog'on (1346-1358 yillar) o'zini xon deb atamadi,
o'ziga amir unvoni berish bilan kifoyalanadi. Qozog'on mamlakatlarga hujumlar
qilishdan manfaatdor bo'lgan harbiy feodal aristokratiyasi manfaatlarining
ifodasi edi.
1358- yili Amir
Qozog'on mo'g'ul xoni Tug'luq Temurning turtkisi bilan o'z ayonlarining biri tomonidan ovda o'ldiriladi.
Amir Qozog'on o'lganidan keyin
Movarounnahrda kuchli bir hukmdor bo'lmadi. Mamlakatda feodal tarqoqlik hukm
surdi. El-yurt oldida mo'g'ullar zulmidan Vatanni ozod qilish, tarqoqlikka
barham berish vazifasi turar edi.
Mo'g'ullar
istilosi natijasida jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri Movarounnahr
xarobazorga aylantirildi. Bosqinchilardan madaniy, ma'naviy jihatdan ustun
bo'lgan Turon xalqi o'zining orasidan yetishib chiqqan ajoyib me'morlar,
hunarmandlar moddiy madaniyat namunalarini yaratadilar. Bular jumlasiga
Buxorodagi Sayfiddin Boxarziy, Bayonqulixon maqbaralari, Samarqanddagi shohi
Zinda me'moriy ansamblining asosiy qismi bo'lgan Qussam ibn Abbos maqbarasining
ziyoratxonasi, ko'hna Urganchda Najmiddin Kubro va To'rabekxonim maqbaralari,
Xo'jand shahrida bino qilingan va keyinchalik vayron bo'lib ketgan Do'vaxon
maqbarasi kabilar kiradi. XIII asr o'rtalarida Buxoroda har birida mingtagacha
tolibi ilm ahli tahsil ko'radigan "Ma'sudiya" va "Xoniya"
madrasalari quriladi. Ko'hna Urganchda qurilgan qo'sh minorali masjidning
bizgacha yagona minorasi (balandligi 62 metr) yetib kelgan.
Bu davr binokorligi va me'morchiligida pishiq g'isht, me'moriy o'ymakor
g'ishtlar hamda ohak, qumlardan tayyorlangan qorishma
kabi qurilish materiallaridan foydalaniladi. Binolarda ishlangan naqshlar
xilma-xil va boy bo'lib, o'ymakorlik san'ati qayta tiklanib, yanada
rivojlanadi.
Bu davrda ma'lum darajada ilm-fan, ayniqsa, tarixshunoslik sohasida ham
muayyan yutuqlar qo'lga kiritilgan.
Tarixchi Juvayniyning "Tarixi jahongo'sha" ("Jahon fotixi
tarixi"), Rashididdinning "Jamsud tavorix" ("Yilnomalar
majmuasi") asarlari mo'g'ullar istilosi va hukmronligi davri tarixini
o'rganishda muhim manbalardan hisoblanadi.
O'rta Osiyo
xalqlari orasida badiiy adabiyotning ko'plab yirik namoyondalari yetishib
chiqadi. Jaloliddin Rumiy, Muslixiddin Sa'diy, Xusrav Dehlaviy, Nosiriddin
Rabg'uziy, Pahlavon Mahmud kabi shoirlar umrboqiy asarlarni yaratadilar.
Jumladan, XIII asrning 2-yarmi, XIV asrning 1-yarmida yashab ijod qilgan
xorazmlik Pahlavon Mahmud o'z kechinmalari va qarashlarini o'zining
ruboiylarida ustalik bilan bayon etgan.
O'z davrining buyuk adiblaridan biri Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325)
Nizomiy Ganjaviydan keyin "Xamsa"
poemasini yozgan ham shoir, ham musiqashunos mutafakkirlardan edi.
Yana shu
davrda ijod qilgan iste'dod sohibalari Sa'diy Sheroziy (1219-1293)ning
"Bo'ston", "Guliston", Nizomiy Ganjaviyning (1141-1203)
"Xamsa"si, Xorazmiy (XIV asrning 2-yarmi)ning
"Muhabbatnoma"si, Qutb (XIV asrning 1-yarmi va o'rtalari)ning
"Xusrav va Shirin", Sayfi Saroyi (1321-1396)ning "Gulistoni bit
turkiy" kabi asarlari O'rta Osiyo adabiyotining tarixida muhim o'rin
tutadi. Ular hozir ham ma'naviyatimizning manbalaridan biridir.
Shunday qilib, XIII-XIV asrlarning 1-yarmida Movarounnahr hududi
mo'g'ullar hukmronligi davrida hayot qanchalik
ziddiyatli va og'ir bo'lmasin, xalqning yaratuvchanlik ijodi ham moddiy, ham
ma'naviy durdonalarni yaratishda yovuzlik, buzg'unchiliklardan ustun keldi, o'z
davrining merosini yaratdi va bu kelajak taraqqiyoti uchun zamin bo'ldi.
MOVAROUNNAHR MO’G’ULLAR BOSQINI
DAVRIDA
O’rta Osiyoda feodal mulklarni Xorazmsholar hokimiyati ostida yagona
davlatga birlashtirish uchun kurash davom etayotgan bir davrda,
Mo’g’ulistonda ulkan ko’chmanchi mo’g’ullar davlatini tuzish o’z nihoyasiga
yetgan edi.
Timuchin
(Chingizxon) Uzoq
Sharqdan O’rta yer dengizi qirg’oqlarigacha
mo’g’ullar davlatida bo’lgan karvon yo’llarini bosib
olishga.
bosh
bo’lgach, intildi:
Vujudga keltirdi:
Chingizxonning
favqulodda xavfli holatlar uchun shaxsiy qo’shini – “keshik” bor edi O’nlik, yuzliklarga
bo’lingan yaxshi qurollangan tartibli, ko’p sonli qoshinni
Mo’g’uliston
aholisining tinchlik paytida chorvachilik bilan shug’ullangan.
mashg’uloti
urush paytida qo’shin tarkibida jang qilgan.
Chingizxonning harbiy yurishlari:
Shimoliy
Xitoyni Mo’g’ul davlatiga qo’shib oldi, boy o’ljalarni qo’lga tushirdi, muhimi,
keyingi harbiy yurishlarining muvaffaqiyatini ta’minlagan harbiy qurollarni,
ularniyasay oladigan va foydalana oladigan odamlarni olib ketdi.
1218 yilda Chingizxon Xorazmga U 450 kishi va 500 Karvon boshliqlari
elchilar
karvonini jo’natdi tuyadan iborat
edi musulmon savdogar-
lari
bo’lgan
Ikki hukmdor o’rtasidagi
diplomatic va savdo aloqalri butunlay barham topdi
O’tror
shahrida
karvon talandi
Xorazmshohlar davlatidagi ichki vaziyat:
Chingizxon bilarning hammasidan xabardor
bo’lgan
Chingizxonning Movarounnahrni bosib olishi
1219 yil
200 ming odam
So’ng bosib oldilar:
-
Urganch
-
Nishopur
-
Xirot
-
O’tror
Ko’p qishloqlar yer yuzidan yo’q qilib yuborildi
-
Marv
-
Balx
-
Termizni
Shunga qaramasdan, O’rta Osiyoning bir qator
shaharlarining (shu jumladan, Xorazmshohlar davlatining poytaxti Urganch)
aholisi va ko’plab harbiy guruhlar bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashdilar
va ularga jiddiy zarbalar berdilar. So’nggi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi
mo’g’ullarga qarshi kurashda o’zining jasurligi
va faolligi bilan shuhrat qozondi.
1227 yilda Chingizxonning o’limidan so’ng buyuk davlat o’g’illari
tomonidan o’zaro uluslarga bo’lindi
AMIR TEMUR
DAVRIDA O'ZBEK DAVLATCHILIGINING MUSTAHKAMLANISHI. IJTIMOIY-SIYOSIY,
IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
Reja:
1. Amir
Temurning ulkan saltanat tashkil etishi.
2. Markazlashgan Temur davlatining ma'muriy va
harbiy tuzilishi. Temur tuzuklari.
3. Temuriylar
davrida ijtimoiy, madaniy
hayot.
Amir Temur Vatanimiz tarixida, o'zbek davlatchiligi taraqqiyotida
beqiyos xizmat ko'rsatgan shaxs. Amir Temur jahon xalqlari tarixida buyuk
davlat arbobi, mashhur sarkarda sifatida e'tirof topgan yorqin siymodir (Sovet
xokimiyati davrida savodsiz, qonxo'r, zolim, bosqinchi deb o'qitilib kelingan
edi). Faqatgina, mustaqilligimiz sharofati tufayli o'z ona tariximizni xolisona
yoritish, tarixiy haqiqatni qaror toptirish barobarida Amir Temur nomini
oqlash, shuxratini ko'tarishga muyassar bo'ldik.
Yurtboshimiz I.Karimov tashabbusi bilan 1996 yilning A.Temur yili deb
e'lon qilinishi va shu yili bobokalonimiz tavalludining 660 yilligi butun
mamlakatimizda hamda YuNESKO tashabbusi bilan butun dunyo miqyosida
nishonlanishi jahon ahlining bu buyuk zotga cheksiz hurmati va e'zozi ramzidir.
(Parijda 1 xafta davomida A.Temur kunlari o'tkazilgan).
Hozirgi kunga kelib bir qancha haykallar qurildi. Temuriylar tarixi
davlat muzeyi barpo etildi (1996 y. 17.10.).
Amir Temur 1336- yilning aprel oyida Kesh shahri yaqinidagi Xo'ja Ilg'or
qishlog'ida (hozirgi Yakkabog' tumani hududida) barlos qabilasi ulug'laridan
Tarag'ay Bahodir xonadonida dunyoga keldi.
Temurbekning otasi Muhammad Tarag'oy va amakisi Hoji Barloslar barlos
qabilasining yirik mulkdorlaridan bo'lgan. Temurbek yoshlik chog'idanoq harbiy
ishga nihoyatda qiziqqan va otasidan yaxshi tarbiya, saboq olgan.
XIV asrning 50-60 yillarida Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik g'oyatda
kuchayib, o'zaro kurash yanada keskinlashdi. O'lkadagi har bir viloyat alohida
hukmronlikka ajralib, ular o'rtasida nizo kuchayib ketdi va qonli urushlarga
aylandi. Davlat ishlari esa butunlay izdan chiqqan edi. Siyosiy
parokandalik, o'zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bo'lib, o'lka
aholisini, ayniqsa dehqonchilik xo'jaligini
xonavayron qilgan edi. Mana shunday vaziyatda, 1348- yilda Mo'g'uliston
xoni qilib ko'tarilgan Chig'atoy naslidan bo'lgan Tug'luq Temurxon Mo'g'uliston
amirlari ulusning g'arbiy qismi - Movarounnahrni ham bosib olishga harakat
qildi. Bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni
talab qaytdi. Natijada mo'g'ullar istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati
boshlandi. Shunday siyosiy beqarorlik davrida Temurbek siyosat maydoniga
dastlabki qadamlarni qo'ymoqda edi.
1360 va 1361 yillarda Tug'luq Temur Movarounnahrdagi og'ir siyosiy
vaziyatdan foydalanib, uni butunlay o'ziga bo'ysundirishga harakat qiladi. U
hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryo vohasiga bostirib kirdi. O'sha vaqtlarda
Qashqardaryo viloyatining hokimi Hoji Barlos dushmanga qarshi kurashish o'rniga
Xurosonga qochdi va o'sha yerda o'ldirildi.
Amir Temur amakisining viloyatini qo'ldan bermaslik maqsadida Tug'luq
Temurxon ishonchini qozonib uning xizmatiga o'tdi va Kesh viloyatiga hokim etib
tayinlandi. Tug'luq Temurxon o'g'li Ilyosxojani Movarounnahrning hokimi etib
yubordi. Ammo Temurbek unga xizmat qilishni istamadi va Balx hokimi amir Husayn
ibn Musallab bilan ittifoq tuzdi. Temurbek Amir Husaynning singlisi O'ljoy
Turkon og'oga uylangach, ularning ittifoqi qarindoshlik aloqalari tufayli
yanada mustahkamlandi. Amir Temurbek avval o'zboshimcha amirlarga qarshi ichki,
so'ngra esa mo'g'ullarga qarshi tashqi kurash olib bordi. Seyistondagi
janglarda qo'li va oyog'idan og'ir yaralandi.
1363- yil Tug'luq Temurxon vafot etib, Mo'g'ulistonda xonlik taxtini
Ilyosxoja egallaydi. O'sha yili Amudaryoning chap sohilidagi Qunduz shahar
yonida mo'g'ullar bilan bo'lgan 1-jangda Temurbek g'alaba g'ozondi. Shundan
so'ng mo'g'ullarni to'xtovsiz ta'qib etish boshlandi. Mo'g'ullar ham
Movarounnahrni osongina berib qo'yishni istamas edilar. Ilyosxoja 1365- yilda
katta qo'shin bilan Sirdaryo tomon yo'lga chiqdi. Husayn va Temurbek ham zudlik
bilan jangga tayyorlandilar. Ular o'rtasidagi jang o'sha yili 22- mayda Chinoz
bilan Toshkent o'rtasida bo'ldi. Jang paytida qattiq jala yog'ib, hammayoq loy
bo'lganligidan tarixda u "Loy jangi" nomi bilan mashhur bo'lib
qolgan. Jangda Temurbek bilan Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida
ularning birlashgan qo'shini mag'lubiyatga uchradi. Bu mag'lubiyat dushmanga
Movarounnahrga, xususan, uning markaziy shahri Samarqandga tomon yo'l ochib
berdi. Mo'g'ullar Movarounnahrning markaziy viloyatlarida odatiy talon-torojni
yana davom ettirdilar.
Bu davrda Samarqandda sarbadorlar harakatining faollari bo'lib, ular
shahar aholisini mo'g'ullarga qarshi qo'zg'olonga undadi. Qo'zg'olonga madrasa
talabasi Mavlonozoda, paxta tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Quluyi
Naddof va mergan Xurdak Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar
mo'g'ullarga Samarqand shahrida qaqshatqich zarba berdilar. Temurbek va
Husaynlar sarbadorlarning dushman ustidan qozongan g'alabalaridan mamnun
bo'lganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq
sarbadorlarning boshliqlari Amir Husayn huzuriga kelganlarida ular qatl
etiladi. Faqat Mavlonzodani Temurbek o'z himoyasiga olib, qutqarib qoladi. Shu
tariqa sarbadorlar harakati boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda Amir
Husaynning hukmronligi o'rnatiladi. Ammo ko'p o'tmay Husayn bilan Temurbek
o'rtasidagi munosabat yomonlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi.
1370- yil mart oyida Temur yaxshi qurollangan qo'shini bilan Keshdan
chiqib, Balxni qamal qilib, shaharni egalladi. Movarounnahrning hukmdori Amir
Husayn qatl etildi. O'sha yili Balxda qo'shin boshliqlarining qurultoyida Temur
Amir deb e'lon qilindi va uning hukmronligi rasman qaror topadi. Amir Temur qadimgi odatga binoan oq kigiz
ustiga o'tqazilib, yuqori ko'tariladi. Amir Temurning piri Sayyid Baraka duoyi
fotiha qilgach, u Movarounnahrning hukmdori deb e'lon qilinadi.
Hokimiyat tepasiga kelgan Amir Temur o'z oldiga markazlashgan, kuchli,
qudratli davlat barpo etish vazifasini qo'yadi.
Amir Temur dastlab o'ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos
qabilasidan maxsus qo'shin tashkil qiladi, so'ngra o'z davlati chegaralarini
mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Avval u Amudaryo va Sirdaryo
oralig'idagi yerlarni, shuningdek, Farg'ona va Shosh viloyatlarini o'z
tasarrufiga oladi. Amir Temur Chig'atoy ulusining oldingi chegaralarini tiklash
maqsadida 1372- yilda Xorazmga birinchi bor yurish qildi. Xorazmliklar
mag'lubiyatga uchragan bo'lsalar ham, Amir Temurga bo'ysunmadilar. Shu boisdan
Amir Temur Xorazmga 5 marta yurish qilib, nihoyat, 1388- yilda uni butunlay
qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Tashqi siyosatda o'z yurishini Amir Temur
dastavval Xurosondan boshladi. 1381- yil u Hirotni, 1381-84- yillarda Eronning
katta qismini egalladi. Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya)
ustiga 3 marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda "uch yillik",
"besh yillik" va "yetti yillik" urushlar nomi bilan
mashhur.
Amir Temur Oltin O'rdaning faqat Sirdaryoning quyi oqimidagi Xorazm va
Movarounnahrga iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan bevosita bog'liq
yerlarinigina qo'shib olmoqchi edi. Bu davrda Oltin O'rda va Oq O'rdada 2
mustaqil hokimiyat qaror topib, ular o'rtasida kuchli nizolar davom etardi.
Urusxonning tazyiqidan qochib, o'z huzuriga homiylik istab kelgan Oq O'rda
xonzodalaridan To'xtamishga Amir Temur bir necha bor harbiy yordam berdi. 1379-
yilda To'xtamish Amir Temurning homiyligida Oq O'rda, keyinroq Oltin O'rdani qo'lga
kiritgandan so'ng, Amir Temur kutgandek uning ta'siri va panohi ostida qolmadi.
To'xtamish oyoqqa turib olgach, mustaqil siyosat yurgizib, kezi kelganda hatto
Amir Temurga qarshi ish ko'ra boshladi. 1387-88- yillarda To'xtamish Amir
Temurning navbatdagi harbiy yurishi vaqtida fursatdan foydalanib,
Movarounnahrga hujum qiladi. Natijada Amir Temur
To'xtamishga qarshi 1389, 1391 va 1394-95 yillarda 3 marta katta yurish qildi.
Ayniqsa so'nggi 2 yurish uning uchun hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.
Amir Temur
va To'xtamish qo'shinlari o'rtasida so'nggi shiddatli jang 1395- yilda Shimoliy
Kavkazda Terek daryosi vodiysida sodir bo'ldi. Bu daf'a jangda ham Amir Temur
o'z dushmaniga qaqshatqich zarba berdi va To'xtamish hukmronligiga barham
berildi.
Shundan so'ng
Amir Temur o'zining diqqat-e'tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyoni zabt
etishga qaratdi.
Shunday
qilib, 1399-1404 yillardagi harbiy yurishlar natijasida Shomning Halb, Xums,
Baalbek, Damashq kabi yirik shaharlari va arab Iroqining Ubuliston o'lkasi
bilan Bag'dod zabt etiladi. Usmonli turk imperiyasi sultoni Boyazid I
Yildirimga tegishli Kamoh qal'asini, so'ngra Anqarani qamal qiladi. Boyazid
zudlik bilan Anqaraga ko'makka oshiqadi.
Amir Temur bilan Boyazid
qo'shinlari o'rtasida jang 1402- yilning 20- iyulida Anqara yonida boshlandi.
Jangda
Sulton Boyazidning qo'shini batamom tor-mor etilib, o'zi asir olindi. U bilan
birga uning xotini serb malikasi Olivera, o'g'illari Muso va Iso Chalabiylar
ham asirga tushadilar. Amir Temur bu zafarli g'alaba bilan butun Anadolu
(Anatoliya)ni zabt etib, O'rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir
shahriga yetib boradi. Izmir zabt etilgach, salibchilarning Yaqin Sharqdagi
oxirgi qarorgohi tugatilib, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos
orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari taslim bo'ladilar. O'z navbatida
Misr maliklari ham Amir Temurga o'z
itoatini izhor etadilar.
Boyazid
ustidan qozonilgan buyuk g'alabasi bilan Amir Temurga Fransiya qiroli Karl VI,
Angliya qirol Genrix IV va Vizantiya imperatori o'z tabriklarini yuboradi.
Xullas Yevropaga ulkan xavf solib turgan imperiyaga berilgan zarba uchun Amir Temurdan endigina uyg'onayotgan
butun Yevropa minnatdor bo'ldi.
1404- yil
mayida Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytib keladi va o'zining Xitoyga
bo'ladigan harbiy yurishiga taraddud ko'radi. Safar uchun kerakli ma'lumotlar
yillar davomida Xitoyga yuborilgan savdo karvonlari orqali allaqachon to'plab
olingandi. 1404- yilning oxirida qahraton qishda u yaxshi qurollangan 200
minglik qo'shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqadi. Lekin Xitoy ustiga
yurish Sohibqironning O'trorda vafoti (1405 yil 18 fevral) tufayli amalga
oshmay qoladi.
Shu
yurishlar natijasida A.Temur nihoyatda katta hudud barpo etishga muvaffaq
bo'ldi. Amir Temur zamonasining buyuk imperiyasini barpo qilgan bo'lsa-da, ammo
u umrining oxirigacha o'zini bu davlatning "qonuniy" xoni deb e'lon
qilmadi. Chunki u nasl-nasabi jihatidan bevosita chingiziylar
sulolasiga mansub emas edi. Shuning uchun ham chingiziylar tomonidan belgilangan
an'anaga ko'ra, Amir Temur avval o'z huzurida Movarounnahrning Chingizxon
avlodidan bo'lgan o'ttizinchi xoni Suyurg'otmishxonni, uning vafotidan keyin
esa Suyurg'otmishxonning o'g'li Sulton Mahmudxonni rasmiy xon qilib ko'tarib,
hatto umrining oxirigacha ularning nomidan yorliqlar chiqartiradi, pullar zarb
ettiradi. Ammo har 2 xon ham nomigagina "xon" bo'lib, davlatning
siyosiy hayotiga va Amir Temur bergan farmoyishlarga deyarli aralashmasdilar.
Shunga qaramasdan, Amir Temur mamlakatda o'zining bevosita hukmronligiga
qonuniy tus berish va uni mustahkamlab olish maqsadida o'zining oldingi raqibi
Amir Husaynning tul xotini Saroymulkxonimga uylanadi. 1370- yilda
Saroymulkxonim bilan bo'lgan nikoh tufayli Amir Temur o'zining amirlik
darajasiga "ko'ragon", ya'ni "xonning kuyovi" unvonini
qo'shib oladi va rasmiy hujjatlarda "Amir Temur ko'ragoniy" nomi
bilan yuritila boshlandi.
A.Temur
davlat boshqaruvida suyurg'ol siyosatini qo'lladi, davlatni markazdan turib
idora etdi. Amir Temur davrida davlatning markaziy ma'muriyati boshida
devonbegi - bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkoni davlat - Vazirlik
mahkamasi turardi. Birinchi vazir - soliq-o'lponlar va mamlakat obodonligi
bilan shug'ullangan. Ikkinchisi harbiy ishlar vaziri bo'lgan. Uchinchi vazir
savdo ishlari, tamg'a, zakot va meros ishlariga qaragan. To'rtinchisi - moliya
vaziri, davlat xazinasini boshqargan. Chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar
boshqaruvini nazorat qilish uchun maxsus 3 ta vazir tayin etilgan. Davlat
siyosatida qo'shinga alohida ahamiyat berilgan.
Amir Temur
manbalarda zamonasining mashhur sarkardasi sifatida tilga olinadi. Uning harbiy
iste'dodi, sarkardalik mahorati qo'shinlarining tuzilishida hamda Oltin O'rda
xoni To'xtamish, Dehli sultoni Mahmud va Turkiya sultoni Boyazidlar bilan olib
borgan janglarida va shiddatli muhorabalar maydonida qo'llagan
"savquljaysh" (strategiya) va jang qilish uslublari
"ta'biyatuljaysh" (taktikalari)da namoyon bo'lgan.
A.Temur nomi
bilan bog'liq bo'lgan, uning siyosiy, huquqiy qarashlari to'plami "Tuzuki
Temuriy" ("Temur tuzuklari"), "Voqioti Temuriy"
("Temurning boshidan kechirganlari") kabi nomlari bilan sharq va
g'arbda mashhur bo'lgan asari xorijiy tillarga tarjima qilingan va
mamlakatimizda hamda Angliya, Fransiya, AQSh, Finlyandiya, Daniya, Eron,
Hindiston, Turkiya, Misr kabi davlatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda.
Bu kitobning
mashhurligi, dunyoga yoyilishining boisi, unda davlatning idora qilish
tamoyillari, usullari, ayniqsa sipohni tashkil qilish va janglarda g'olib
chiqish kabi qator siyosiy-huquqiy va harbiy g'oyalarning bo'lishidir. Kitob
ko'proq siyosatchilar, shohlar va shaxzodalar uchun zarur edi. Shuning uchun
ham ko'pgina mashhur shohlar kitobni o'z kutubxonalarida asrab, undan
davlatlarni idora qilish san'atini o'rganganlar.
Masalan
Zahiriddin Muhammad Boburning avlodi Shoh Jahon (1628-1657), Qo'qon xoni
Muhammad Alixon (1822-1842), Buxoro amiri Abdullaxodxon (1885-1910) va
boshqalar xattotlarga buyurib, undan ko'chirmalar olganlar. A.Navoiy ham Husayn Bayqaroga Temurning tuzuklarini
o'qib turishini maslahat bergan.
"Temur tuzuklari" shohlar, amirlar bilan bir qatorda tarixchi,
siyosatchi olimlarning ham diqqat e'tiborini o'ziga jalb qilib kelgan va
kelmoqda. Shuning uchun ham u 1783-yilda izohlar bilan Angliyada, 1785 va 1981-
yillarda Hindistonda, 1868- yil Eronda bosmadan chiqdi.
Jahon jamoatchiligining diqqat-e'tiborini jalb qilgan va fransuz (1787),
ingliz (1830), urdu (1845), rus (1894, 1934), turk (eski o'zbek) tiliga to'liq
bo'lmagan nusxasi (1835, 1857) chop etildi. Ammo o'zining ona yurtida ona
tilida 1991 yildagina to'liq nashr qilindi.
"Temur tuzuklari"
- Temur kodeksi, ya'ni A.Temurning davlatni va uni idora qilish qonun -
qoidalarining tamoyillari to'plamidir.
Kitob asosan 2 qismdan
iborat.
1-qismda Sohibqiron Temurning 7 yoshidan (1342) to uning so'nggi
kunigacha bo'lgan hayoti, siyosiy faoliyati tasvirlanadi. Boshqacha aytganda
A.Temurning asta-sekin Movarounnahrda hokimiyatni qo'lga kiritishi va undan
keyin mashhur yurishlari asosida To'xtamishxon (1376-1395), Turk sultoni
Boyazid Yildirim (1389-1402) kabi jahongir shohlarni mag'lubiyatga uchratgani
va juda katta hududda Temuriylar imperiyasiga asos solgani aniq-qisqa hikoya
qilinadi.
2-qismda esa, Jahongir Sohibqiron Temur
nomidan shaxzodalarga qarata aytilgan vasiyatlar, pand-nasihatlardir. Unda
Jahongir o'z vorislariga qarata davlatni idora qilish san'atining nozik
sirlari, tamoyillari haqida, Amir vazirlar va beklarni tanlash, ularni
joy-joyiga qo'yish, qo'shin boshliqlari, ularning xizmatlarini taqdirlash, sipohiylar
va ularning maoshlari kabi masalalar hususida vasiyat qiladi.
Hofizi
Abruning yozishicha, Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur
bilgan. Amaliy jihatdan foyda keltira oladigan har qanday bilimni qadrlagan.
Amir Temur davlat ishlari uchun hamma narsaning foydali tomonlarini olishga
harakat qilgan. U davlat ahamiyatiga ega bo'lgan har bir masalani hal etishda
shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashgan.
U zabt
etilgan mamlakatlardan moddiy boyliklar bilan birga juda ko'p hunarmandlar,
san'at ahllari va olimlarni Movarounnahrga olib keladi va mamlakatni obod
etishda ulardan foydalanadi. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli
hodisani muhtasham me'morlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat bo'lgan.
Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag'dodda madrasa, Turkistonda
mashhur shayx Xoja Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bino qildirsa-da, lekin
o'zining sahovat va himmatini Kesh (Shahrisabz) va Samarqandda oliy imoratlar
qurdirishda ko'rsatdi. O'zining ona Vatani Keshda otasining qabri ustiga
maqbara, o'g'li Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Keshda dunyoga dong'i
ketgan mashhur Oqsaroy qad ko'tardi.
Samarqandda
Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh shaharlarining me'moru
binokorlari qo'li bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi.
Shahar tashqarisida esa bog'-rog'lar va bo'stonlar barpo etiladi.
Amir
Temurning vafotidan so'ng vorislar o'rtasida toju taxt talashuvi boshlanadi.
Amir Temurning vasiyatiga muvofiq, Pirmuhammadni taxtga o'tqazish tarafdorlari
kuchli bo'lsa-da, biroq Mironshohning o'g'li Xalil Sulton Mirzo 1405-yilning
18-mart kuni Samarqandni egallab, o'zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb
e'lon qildi. Oqibatda amirlar, viloyat noiblari va shahzodalarning
noroziligi kuchayib, isyon ko'taradilar. Amir Temur taxtining asosiy valiahdi.
Pirmuhammad Amudaryodan kechib o'tib, Xalil Sultonga qarshi Nasafga
tomon askar tortadi. Amir Temur saltanatida boshlangan o'zaro urushlar shu
tariqa avj olib ketadi. Pirmuhammad 1407-yil 21-fevralda vaziri Pir Ali Toz
boshliq fitnachilar qo'lida shahid bo'ldi. 1408-yil 22-aprel kuni qoraqo'yunli
turkmanlarining qabila boshlig'i Qora Yusuf bilan bo'lgan jangda Mironshoh
halok bo'ladi. Ozarbayjon va Iroq viloyatlari Temuriylar qo'lidan ketdi.
1409-yil Temurning kenja o'g'li Shohruh Temur saltanatining bir qismini
qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Movarounnahrni to'ng'ich o'g'li Ulug'bek
ixtiyoriga beradi, o'zi esa Hirotga qaytib Xuroson davlatini idora qilishni
davom ettiradi.
1409- yilda
Mirzo Ulug'bek Samarqand taxtiga o'tirganda 15 yoshli o'spirin edi. Shahzoda
balog'atga yetgunga qadar davlatni boshqarishni Shohrux o'zining sodiq
amirlaridan biri Shohmalikning ixtiyoriga topshiradi.
Ulug'bek
otasining roziligi bilan 1425-yilning erta bahorida Mo'g'uliston ustiga yurish
boshladi. Issiqko'l yaqinida sodir bo'lgan to'qnashuvda Ulug'bek mo'g'ullar
ustidan g'alaba qozonib, katta o'lja bilan Samarqandga qaytadi. O'ljalar
orasida ikki bo'lak nefrit (kosh) toshi ham bor edi. Keyinchalik bu nefritdan
Amir Temur sag'anasiga qabr toshi yasattiriladi. Ammo uning keyingi yurishlari
muvaffaqiyatsiz bo'ldi. Shu bois u butun faoliyatini davlatning ichki
siyosatini mustahkamlashga qaratdi.
Movarounnahrni
idora etishda, ayniqsa, mamlakat tashqi siyosatida Ulug'bek ayrim hollardagina,
mustaqil harakat qilgan bo'lsada, ammo aslida u saltanat oliy hukmdori
Shohruxning Movarounnahrdagi intizomli va itoatkor noibi bo'lib qoladi.
Shohrux
1447-yil 19- mart kuni nevarasi Sulton Muhammad (Boysunqurning o'g'li) isyonini
bostirish vaqtida betoblanib, Ray viloyatida olamdan o'tadi. Xuroson va
Movarounnahrda shahzodalar o'rtasida toju taxt uchun kurash yana avjga minib,
mamlakatni beqarorlik chulg'ab oladi. Bu kurash oqibatida zamonasining mashhur
olimi va hukmdori Mirzo Ulug'bek 1449-yil 27- oktabrda 55 yoshida Samarqand
yaqinida fojiali suratda shahid bo'ladi.
Muhammad
Tarag'oy Ulug'bekning tarixdagi o'rni uning davlat arbobi sifatidagi ko'p
yillik faoliyatidan ko'ra ham afzalroq buyuk olimlik, ilmu urfon xomiysi
maqomidagi ulkan xizmatlari bilan belgilanadi. Ulug'bek farmoni bilan
1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-yilda G'ijduvonda
madrasalar qad ko'tardi.
Ulug'bek
atrofida uyushgan ko'plab buyuk
qomusiy olim sohiblari- Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshiy, Muxammad
Ali Qushchi, Muhammad Xavofiylar ilm-fanning turli sohalarida, ayniqsa
astronomiya, matematika singari aniq fanlar bo'yicha
barakali ijod qildilar hamda o'zlaridan salmoqli ilmiy meros qoldirib ketdilar. Ulug'bek
rasadxonasida 1018 ta yulduzlar harakati o'rganilib jadval tuzildi. Uning
qalamiga mansub "Ziji Kurogoniy" asari o'zining ilmiy
yechimlari, xulosalari bilan
hozirga qadar ham jahon
olimlari etiborini qozonib
kelmoqda.
Mirzo
Ulug'bek "To'rt ulus tarixi" nomli tarixiy asar hamda musiqaga
bag'ishlangan besh risola ham yozadi.
Xuroson
yerlarida esa Sulton Xusayn Bayqaro davrida siyosiy barqarorlikni saqlash xalq
turmush darajasini ko'tarish, obodonchilik borasida ko'plab ishlar amalga
oshirildi. Mashhaddagi Gavxarshod masjidi, Marv va Xirotdagi bir qator
binolarning ta'mirlanishi, Ixlosiya madrasasi, "Qudsiya" masjidi,
"Safoiya" hammomi, "Shifoiya" davolash uyi kabi inshootlar
shu davrdagi ishlar jumlasidandir. Bu
davrda she'riyat va rassomlik borasida alohida maktab yuzaga keldi.
Shunday
qilib, Temur va temuriylar davrida o'lkamizda fan va madaniyat barq urib o'sdi,
rivojlandi va kamol topdi. Fan va madaniyatning qaysi bir sohasini ko'zdan
kechirmaylik, diyorimiz XIV-XV asrlarda jahon sivilizatsiyasining oldingi
saflaridan joy olganligining guvohi bo'lamiz. Temuriylar sulolasi davri jahon
fani va madaniyatining Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband,
Xoja Ubaydullox Axror kabi ulug vakillarni yetishtirib berdi. Bu davrda
zamonasining iste'dodli shoirlari va adiblari Lutfiy, Bobur, Abdurahmon Jomiy
va boshqa olimlar yashab ijod etishgan. Lutfiy nafis uzbek tilida asarlar
yozish bilan birga tojik tilida ham qasidalar bitdi. Lutfiyning
"Zafarnoma", "Gul va Navruz" dostonlari shu davr badiiy
adabiyotining durdonalaridan biridir. Bu davr madaniyati taraqqiyotida ulug’
shoir Abduraxmon Jomiyning roli buyukdir. Jomiyning yirik va mashxur asari
yettita katta dostondan iborat "Xaft avrang", "Bahoriston"
kabilardir.
Alisher
Navoiy homiyligida Mirxond, Xondamir, Vasifiy va boshqa tarixchilar ijod
qildilar. Xondamir 63 yillik umri davomida taxminan 13 ta asar yozgan, ulardan
bizgacha sakkiztasi yetib kelgan.
XIV - XVI
asrlarda nafis kitob va xattotlik san'atining buyuk namoyandalari yetishadi.
Bular Mir Ali Qilqalam, Sulton Ali Xandon, Halvoniy. Rafiqiy, Miroq Naqqosh,
Behzod, Shoh Muzaffar va boshqalar.
Hattotlik
san'atida o'ziga xos maktab yaratgan Sultonali Mashxadiy (1432-1520 yy.)
nasta'lik xatining mislsiz ustozi, Alisher Navoiyning kotiblaridan biri
sifatida tanilgan edi. U Nizomiy, Faxriddin Attor, Xo'ja Xofiz, Sa'diy, Xusrav
Dexlaviy, Abduraxmon Jomiy, Xusayn Boyqaro va boshqa mualliflarning asarlarini
kitobot qilgan.
Temur va
temuriylar davrining ulkan muvaffaqiyatlaridan biri tasviriy san'atning
gurkirab o'sganligi bo'ldi. XIV-XVI
asrlarda tasviriy san'atda Behzod, Mirok Naqqosh, Qosim Ali, Maqsud boshqalar
barakali ijod qildilar. Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat
manzaralari yoki jang tafsilotlari o'zining tabiiyligi, tiniqligi va sofliligi
bilan kishini hayratga soladi.
O'z
zamonasining mashhur rassomi va o'ta noyob qobiliyat egasi Kamoliddin Behzod
taxminan 1455-yillarda Hirotda tug'iladi. Ota-onadan yoshlikda yetim qolgan
Behzodni Husayn Boyqaro kitobdori Mirak Naqqosh o'z tarbiyasiga oladi. Alisher
Navoiy qobiliyatli Behzodga har tomonlama yordam qo'lini cho'zadi. Kamoliddin
Behzod o'zining hayratomuz rassomchilik san'ati bilan "Moniyi soniy"
(ikkinchi Moniy) va "Sharq Rafaeli" nomi bilan
jahonga mashhur bo'lgan.
XIV - XV asrlar O'rta Osiyo
xalqlarining musiqa san'ati taraqqiyotida ham yangi va mahsuldor bir bosqich
bo'ldi. Bu davrda yangi kuy, qo'shiqlar, cholg'u asboblari va musiqa
nazariyasiga doir nodir asarlar yaratildi.
Shunday
qilib, Temur va temuriylar davrida o'lkamizda fan va madaniyat barq urib o'sdi,
rivojlandi va kamol topdi. Fan, madaniyatning
qaysi bir sohasi, qaysi bir tarmog'ini ko'zdan kechirmaylik, ona
diyorimiz XIV-XV asrlarda jahon sivilizatsiyasining eng oldingi saflaridan joy
olganligining guvohi bo'lamiz.
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR
(XIV – XVI asr boshi)
Sotib olish siyosati davom etardi. Hukmdorlar
bosqoqlar boshchiligidagi mo’g’ul harbiylari yordamida aholidan soliq va
to’lovlarni yig’ib olardilar. Mamlakatning
harob bo’lishi soliqlaarning kamayishiga olib kelishini mo’g’ullar
tushunardilar.
Pul isloxotlari Mamuriy isloxot
XIV asr boshlarida Mo’g’il xoni Kebek muxim isloxatlar
o’tkaza boshladi.
Ammo isloxotlar oxirigacha borilmadi.
Chig’atoy xonlari Harbiy – ko’chmanchi zodagonlar
O’zaro urushlar (iqtisodiy ahvollar murakkablashdi)
O’z davlatiga poytaxt qilib Samarqandni tanlaydi.
→ markazlashgan davlat qurdi;
→
harbiy yurishlar qildi;
Amir
Temur 35 yil → Xorazmni bosib oldi;
hukmronlik qildi →
davlat qurilishida katta o’zgarishlarni amalga oshirdi;
(1370-1405 yy) → yirik sug’orish va yo’l qurilish ishlari
bajarildi;
→ Yevropa shahrlari bilan savdo-sotiq
rivojlantirildi;
→
o’zaro urushlarga chek qo’ydi;
→
poytaxti Samarqandda ko’plab go’zal va ulug’vor
binolar qurdirdi…
Ulug’bek davrida Movarounnahr (XV asr)
1405-1409 yillarda hokimiyat uchun o’zaro
1405 yilda Amir
Temur urushlar olib borildi.
vafot qildi
1405 yilda hokimiyat tepasiga Amir Temur
o’g’li
Mamlakat ikki davlatdan iborat edi:
Shohruh mirzo keldi (1409 – 1447 yy).
Markazi Xirot – Xuroson
poytaxti. Shohruh mirzo hukmronlik qilgan Markazi Samarqand-Amir
Temur davlatining poytaxti. Uning
nabirasi Muhammad Tarag’ay (Ulug’bek) hukmronlik qilgan.
→ 1411 yilda taxtga o’tirgan;
Ulug’bek (1394-1449 yy) → Shoh
Malik otliq qilgan;
Shohruhning to’ngich → Fan va madaniyatga homiylik qilgan;
o’g’li →
1428 yilda astronomiya rasadxonasini qurdirdi;
→ 1449 yilda
ruhoniylar tomonidan o’ldirilgan.
Temuriylar davrida → Samarqand va
Xirot-madaniyat markazi
madaniyat → Alisher
Navoiy – (1441-1501 yy)
→ Abdurahmon Jomiy – (1414-1492 yy)
→ Kamoliddin Behzod-buyuk
rassom-“Sharq Rafaeli”
O’RTA OSIYONING
SHAYBONIYXON TOMONIDA
BOSIB OLINISHI (XVII asr)
XIV asrda Oltin O’rda
Movarounnahr
va Xorazmni shimolida joylashgan Dashti-qipchoq – qipchoq chollari hududiga,
yarimko’chmanchi va ko’chamanchi turk qabilalari hamda XVI asrgacha
turkiylashib ketgan mo’g’ul qabilalri yashaydigan bepayon dashtlar kirgan.
1380-y Dmitriy XIVasrning 90-yillarida
Amir
Yemirila boshlandi
Donskoy Temur tomonidan tor-mor qilingan
Oltin O’rda-ning janubiy qismi-Xorazm Temuriylarga o’tdi. Qrim yarimorolida
Turkiyaga bo’ysungan alohida xonlik vujudga keldi. Volgadan Sharqqa qarab
G’arbiy Sibir kengligigacha bo’lgan hudud Oq O’rda davlatiga qarashli
bo’lgan.
1 2 3 4
XV asrning o’rtalariga kelib Volganing o’rta quyi oqimlari
hududlarida Qozon va Astraxon xonliklari vujudga keldi
ASHTARXONIYLAR HUMMRONLIGI DAVRIDA
O’ZBEKISTON
XALQI
(XVII – XVIII asrlar)
Shayboniylar hukmronligi davrida (XVI asr) O’rta Osiyoda ikkita asosiy
feodal
davlati tashkil topgan edi:
Xonliklararo urushlar tinmagan
Buxoroda yashagn
Jonibek Ashtarxoniy 1599 yil movarounnahr hukmdori qilib saylandi. U Chingizxon avlodidan bo’lib, Astraxonda
xonlikka asos solgan
TURKISTONNING XONLIKLARGA BO'LINIB KETISHI, UNING
SABABLARI VA OQIBATLARI
Reja:
1. Shayboniylar davlatining shakllanishi. Buxoro
xonligi, amirligidagi ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayot.
2. Xiva xonligi
va undagi siyosiy-iqtisodiy ahvol.
3. Qo'qon xonligi. Undagi siyosiy - iqtisodiy va
madaniy hayot.
Shaybon - bu Chingizxonning katta o'g'li Jo'jining beshinchi farzandi
bo'lib, otasiga tegishli bo'lgan Dashti qipchoqda, hozirgi Qozog'istonning juda
katta hududlarida hukmronlik qilgan. Shayboniylar sulolasining kuchli rivojlangan va bevosita Movarounnahrga
aloqador davri Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon nomi bilan
bog'liq.
U 1451- yilda tug'ilgan. Bobosi, Abulxayrxon va otasi Shoh Budog' Sulton
o'limidan so'ng boshlangan qirg'inlardan Movarounnahrga qochib qutulgan. Avval
Samarqand, keyin Buxoro madrasalarida ta'lim olgan. Uzoq harakatlar natijasida
nufuzli ruhoniy va O'rta Osiyoning zadagonlari yordamida XV asr oxirlariga
kelib Muhammad Dashtu qipchoq nomi bilan mashhur bo'lgan yerlarda o'z
hukmronligini o'rnatishga muvaffaq bo'ladi. Oldiga qo'ygan asosiy maqsadi
Turkiston zaminidagi siyosiy beqarorlikni tugatish, kuchli markazlashgan davlat
tuzish edi.
XV asrning 90-yillarida Temuriylarning o'zaro urushlari kuchaygan
kezlarda Shayboniyxon Dashti Qipchoqning janubiy qismini, jumladan, O'tror,
Sabron, Yassi (Turkiston) va boshqa shaharlarni ishg'ol qiladi. Shayboniyxon
qo'shinlari 1499 yildan Movarounnahrni istilo qilishga kirishdi. U Qarshi va
Shahrisabzga bosib boradi, katta o'lja va g'animatlar bilan Dashti qipchoqqa
qaytadi. Oradan ko'p o'tmay Shayboniyxon katta kuch bilan Samarqandni qamalga
oldi. Shu asnoda Dabusiya qal'asi yaqinida u samarqandliklarga yordamga
kelayotgan Buxoro hokimi Muhammad Boqi Tarxon qo'shinlarini tor-mor qilib,
avval Buxoroni, so'ngra Qorako'lni egallaydi. Shayboniyxon Buxoroga o'z
dorug'asi (hokim)ni tayin etib, uni o'zining bosh qarorgohiga aylantiradi.
Buxoro va Qorako'lda Shayboniyxonga qarshi ko'tarilgan qo'zg'olon shafqatsiz
bostiriladi. Shayboniyxon yana Samarqand ustiga yurish qilib shaharni to'qqiz oy qamalda tutadi. Bu vaqtda Samarqandda Abu Saidning nabirasi Sulton Ali Mirzo hukmdorlik qilardi. Og'ir iqtisodiy tanglik va taxt uchun kurashlardan bezor bo'lgan mehnatkash omma shahar zodagonlarining ma'lum qismi Temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Farg'ona hukmdori Boburga maktub yo'llab, Samarqandni ishg'ol qilishga da'vat etadilar. Bobur qo'shinlari bilan Samarqandga yetib kelgach, unga peshvoz chiqilib, shahar darvozalari ochib beriladi. Shayboniyxonning shahar himoyasi uchun qoldirgan 600 nafar askari qirib tashlanadi. Shayboniyxon katta kuch bilan yana Samarqandga yurish boshlaydi. 1501- yil aprelda Zarafshon bo'yidagi Saripul qishlog'i yaqinida bo'lgan jangda Bobur qo'shinlari yengiladi. Bobur Samarqandga
chekinadi. Shahar yana qamalga olinib, u to'rt oy davom etadi. Qamalda qolgan
shahar aholisining ochlikdan tinkasi quriydi. Noilojlikdan Bobur 1501- yilning
2-yarmida Samarqandni tark etib, Toshkentga tog'asi Mahmudxon huzuriga yo'l
oladi. Shayboniyxon Samarqandni ikkinchi marotaba jangsiz egallab,
mudofaachilarning aksariyatini qilichdan o'tkazadi.
1503-yilda
Shayboniyxon Sirdaryo tomon yurish qilib, Toshkent xoni Mahmudxon,Bobur va
Sulton Ahmadxonning birlashgan kuchlarini tor-mor keltiradi. Toshkent va
Shohruxiya shaharlari zabt etiladi. 1504-yilda Farg'ona ishg'ol qilinadi. Shayboniyxon
Samarqandni o'z davlatining poytaxti qilib, Buxoroga inisi Mahmud Sultonni
hokim etib tayinlaydi. Toshkent xonligi va Sirdaryo bo'yidagi shaharlarni
amakilari Ko'chkunchixon bilan Suyunchxo'jaxonga topshiradi.
Movarounnahrda
siyosiy mavqeini mustahkamlab olgach, Shayboniyxon 1504-yilda avval Hisor hukmdori Xusravshohni yengib
Qunduzni bo'ysundiradi. So'ngra Xorazmga yurish qiladi, o'n oy davom etgan
qamaldan keyin 1505-yilning avgust oyida Urganch taslim bo'ladi. Natijada butun
Xorazm yerlari Shayboniyxon tasarrufiga o'tadi.
1507- yil
may oyida Shayboniyxon Hirotga yo'l oladi. Jangda Hirot qo'shinlari tor-mor etiladi. Shayboniyxon shaharga 100 ming
tanga, zodagon va suyurg'ol egalariga alohida yana 20 ming tanga tovon soladi.
Temuriylarning mol-mulklari musodara qilinib, shahar aholisi ikki kun talanadi.
Temuriylar davlati sakkiz yil mobaynida butunlay istilo qilinib, uning
xarobalarida Shayboniyxon saltanati tashkil topadi. Bu saltanatga Kaspiy
dengizidan Yettisuvgacha, Dashti Qipchoqdan Xurosonning janubiy
chegaralarigacha bo'lgan yerlar kirdi. Temuriylar davlatining barham topishiga
yuqori tabaqa vakillarining ma'lum qismi mamlkatda o'z mavqelari hamda
mol-mulklarini saqlab qolish maqsadida Shayboniylar bilan kelishib, sotqinlik
yo'liga o'tishlari ham sabab bo'ldi.
Movarounnahr va Xurosonda qozonilgan g'alabadan so'ng, Shayboniyxon
shimolda kuchayib borayotgan Qozoq xonligi, janubda Eron Safaviylari bilan
to'qnashadi.
1510-yilda Shayboniyxon janubdagi yurishlarni to'xtatib feruzko'h
qabilasi isyonini bostiradi. Murg'ob daryosining narigi tomonida bo'lgan katta
jangda qizilboshlilar Shayboniyxon qo'shinlarini qurshovga olib, butunlay
tor-mor qiladilar. Muhorabada Shayboniyxon ham halok bo'ladi. Shayboniylar
zudlik bilan Toshkent hokimi Suyunchxo'jaxonni sulola boshlig'i qilib
saylaydilar, lekin shayboniylar o'rtasida nizolar to'xtamagach, xon avlodining
yoshi ulug'i Ko'chkunchixonni yurtning yangi hukmdori qilib ko'taradilar.
Shayboniyxondan keyin shoh Ismoilga qarshi kurashuvchi munosib sarkarda topilmaydi.
Hirotni qizilboshlilar jangsiz ishg'ol etdilar. Shoh Ismoil bilan
Shayboniylar o'rtasida tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq Amudaryo chegara qilib belgilandi. Ammo shoh
Ismoil bu bilan qanoatlanmadi. Movarounnahrda o'z siyosiy ta'sirini o'rnatish
uchun Boburdan foydalanishga harakat qiladi.
Qobulni
egallab turgan Bobur shoh Ismoilning madadi bilan Movarounnahr tomon yurish
boshlaydi. 1511-yilda u Qunduz orqali Amudaryodan o'tib, Puli Sangin ko'prigi
yaqinida bo'lgan shiddatli jangda Shayboniylarni tor-mor qiladi. So'ngra
Samarqandga tomon yo'l oladi. Qarshi, Samarqand va Buxoroni Shayboniylar
jangsiz bo'shatib ketadilar. Bobur Movarounnahrni hech qanday qarshiliksiz
egallaydi. Shu bilan bu o'lkada Shayboniylar hukmronligi vaqtincha to'xtaydi. Boburning
qaytishi va g'alabasini Movarounnahr
aholisi xayrixohlik bilan qarshi olsa ham, ammo uning hukmronligi uzoqqa
bormadi.
Shayboniyxonning
jiyani Ubaydulla Sulton qulay fursatdan foydalanib 1512-yil bahorida
Movarounnahrga yurish qilib Buxorogacha bosib boradi. Jondor tumani yaqinidagi
Malik ko'li yonida Bobur lashkari Ubaydulla Sultondan yengiladi. Bobur Hisorga
chekinadi. Ubaydulla Samarqandni egallab, Shayboniylar hukmronligini qayta
tiklashga muvaffaq bo'ladi.
Bobur garchi
Movarounnahrni qaytarib olish niyatidan voz kechmagan bo'lsa-da, lekin
Shayboniylar bilan bundan keyin kurash olib borish maqsadidan qaytadi. Qobulga
qaytgach, u keyinchalik Shimoliy Hindistonni o'ziga bo'ysundirib, bu o'lkada
Boburiylar saltanatiga asos soladi. Amudaryoning o'ng sohiligacha bo'lgan
viloyatlarda yana Shayboniylar hukmronligi tiklandi.
Shayboniylar hokimiyati tepasida xon turgan. Viloyatlarni xonning
o'g'illari, yaqin qarindoshlari (sultonlar) hamda ko'chmanchi qabila
boshliqlari (biylar) idora qilgan. Jumladan,
nayman qabilasi sardori Jon Vafobiy Hirot dorug'asi etib tayinlangan (1507).
Turkistonni Ko'chkunchixon (1503-09), Toshkentni Suyunchxo'jaxon (1503-25)
boshqargan. Buxoro va Qorako'l noibligi (1501-04) Muhammad Shayboniyxonning
inisi Mahmud sultonga, Samarqand va uning viloyati to'ng'ich o'g'li Muhammad
Temur sultonga berilgan.
Buxoro
xonligi (amirligi) Shayboniylar sulolasi 100
yil hukm surgan. Poytaxt dastlab Samarqand, keyinchalik Ubaydullaxon davrida
1533-yil Buxoroga ko'chirilgan. Davlat shundan so'ng Buxoro xonligi deb atala
boshlagan. Ubaydullaxon xonlikni tashqi va ichki dushmanlardan himoya qilishda,
uni mustahkamlashda muhim rol o'ynagan. Biroq Ubaydullaxon vafoti (1540)dan
so'ng xonlik mayda mustaqil mulklarga parchalanib ketgan. Xususan, Buxoroda
Ubaydullaxonning o'g'li Abdulazizxon (1540-50), Samarqandda Ko'chkunchixonning
o'g'li Abdullatifxan (1540-51), Balxda Pirmuhammadxon (1546-67), Toshkent va
Turkistonda Baroqxon (Navro'z Ahmadxon; 1525-51; 1551-56 yillarda Movarounnahr
xoni), Miyonqol va Karmanada (1529-61) Iskandarxon mustaqil hokim bo'lishgan.
1551-56-yillarda Movarounnahr uchun shayboniylar o'rtasidagi kurashda
Abdullaxon II g'olib chiqib markaziy hokimiyatni mustahkamlagan, ayirmachilik
harakatlariga chek qo'ygan kuchli qo'shin tashkil etilgan.
Uning davrida (1583-98) xonlik chegarasi Qashqardan Orol va Kaspiy
dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy
qismigacha bo'lgan yerlarni qamragan. Abdullaxon faol tashqi siyosat olib
borgan. Buxoro xonligi Eron, Hindiston, Turkiya, Xitoy, Rossiya va b.
mamlakatlar bilan keng diplomatik, iqtisodiy, savdo aloqalari olib borgan.
Ichki siyosatda mamlakatda pul islohoti o'tkazilgan, ko'plab sug'orish
inshootlari, ko'priklar, madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, timlar
qurilgan. Hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-fan, madaniy hayot rivojlangan.
Abdullaxon vafotidan so'ng taxt uchun kurashlar yana avj olgan. Abdullaxonning
o'g'li Abdulmo'minxonning olti oylik hukmronligidan so'ng u muxolif kuchlar
tomonidan o'ldirilgan. Taxtga Pirmuhammadxon II
chiqqan. Ammo uning hukmronligi ham uzoqqa bormay, 1601-yil taxtdan
ag'darilgan.
Shayboniylar sulolasidan taxtga da'vogar qolmagani tufayli
Movarounnahrdagi hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qo'liga o'tgan.
Bu sulola davrida (1601-1753) Buxoro xonligida siyosiy nizo va
beboshliklar davom etgan. Dastlab asli astraxonlik (ashtarxonlik), Buxoroda
qo'nim topgan shahzoda Jonibekning o'g'li Boqi Muhammad (1601-05), so'ngra
uning ukasi Vali Muhammad (1605-11) taxtga o'tqazilgan. Imomqulixon davrida
(1611-42) ko'chmanchi qozoqlarning Buxoro xonligi yerlariga talonchilik
yurishlari kuchaygan, markaziy hokimiyatga qarshi isyonlar bo'lib o'tgan.
Masalan, Toshkentga hokim etib tayinlangan Iskandar (Imomqulixon
o'g'li)ga qarshi shahar aholisi qo'zg'olon ko'targan va uni o'ldirgan.
Bunga javoban Imomqulixon qo'zg'olonni bostirib, Toshkent aholisini qatliom
qilgan. Ashtarxoniylar davrida Xuroson va Xorazm qo'ldan chiqib xonlik
chegarasi tobora qisqarib borgan. Ubaydullaxon II davrida iqtisodiy tanazzul va
ichki nizolardan tashqari jung'orlar (qalmoqlar)ning harbiy bosqinlari
vaziyatni yanada murakkablashtirgan. Ubaydullaxon II ma'muriy sohada islohotlar
o'tkazib, davlatni boshqarishga o'rta tabaqa: hunarmandlar va savdogarlarni
jalb qilgan, markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun yirik yer egalarining
imtiyozlarini qisqartirgan. 1708-09- yillarda o'tkazilgan pul islohoti
natijasida pul qiymati 4 marta tushib ketgan, bu esa xalq g'alayonlariga sabab
bo'lgan. Nufuzli amirlar uyushtirgan fitna natijasida Ubaydullaxon II
o'ldirilgan (1711). Taxtga uning ukasi Abulfayzxon nomigagina xon qilib
o'tqazilgan (1711-47). Uning davrida mamlakat chuqur iqtisodiy-siyosiy
tanazzulga yuz tutgan. Hokimiyatdagi muhim lavozimlar nufuzli amirlar qo'liga
o'tib qolgan. Movarounnahrdagi siyosiy tanglikdan foydalangan Eron shohi
Nodirshoh 1740-yil Buxoro va Xiva xonliklarini o'ziga tobe qiladi. 1747-yilda Nodirshoh
Eronda o'ldirilgach, Buxoro xonligi o'z mustaqilligini tiklashga muvaffaq
bo'lgan. Buxoro xoni Abulfayzxon 1747 yilda mang'itlardan bo'lgan Muhammad
Rahim otaliq boshliq fitnachilar tomonidan o'ldirilgan. 1747-56 yillar davomida
taxtga "qo'g'irchoq" xonlar o'tqazilgan. Mamlakat yana ichki nizolar
girdobiga tortilib, viloyat hokimlari isyon ko'targanlar. Muhammad Rahim ularni
shafqatsiz suratda bostirgan. U arkoni davlat va ruhoniylar fatvosi bilan
1756-yil 16-dekabrda rasmiy ravishda Buxoro taxtini egalladi va o'zini amir deb
e'lon qilgan.
Shunday
qilib, Ashtarxoniylar sulolasi barham topib mang'itlar sulolasi hukmronligi
boshlangan. Shu vaqtdan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb nom olgan.
Mang'itlar markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qanchalik urinmasin, viloyat
hokimlarining mustaqillikka intilishi davom etavergan. Ayniqsa, Shahrisabz va
Kitob beklari bilan kurash shiddatli tus olgan. Faqat 1853-yildagina bu
bekliklar Buxoroga bo'ysundirilgan. Amir Haydar davri (1800-1826) ham ichki va
tashqi urushlardan xoli bo'lmadi. Buxoro bilan Xiva va Qo'qon xonliklari
o'rtasida O'rta Osiyoda ustunlikka erishish uchun qirg'in-barot va talon taroj
urushlar bo'lgan. Nasrullaxon (1827-60 yillarda hukmronlik qilgan) Xiva va
Qo'qon xonliklarini Buxoro atrofiga birlashtirishga harakat qilgan. Xo'jand,
O'ratepa, Toshkent, Jizzax va Zominni Buxoro amirligiga qaytargan (1840-1842
yillarda). Nasrullaxon davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urug' va
qabila boshliqlaridan bo'lgan ko'plab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan
yosh va g'ayratli kishilar bilan almashtirgan. 1837 yil harbiy islohot o'tkazib
qo'shinning jangovarlik holatini yaxshilagan. Har biri 800 kishidan iborat 50
ta sarbozlar bo'luki va 250 kishilik to'pchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qo'shin soni 40 ming kishidan oshgan.
Iqtisodiy va madaniy hayot. Buxoro xonligi aholisining katta qismi
dehqonchilik bilan shug'ullangan. Yerning ko'p qismi davlatning qo'l ostida
bo'lib, u "amloki podshohi" yoki "mulki sultoni" deb
atalgan. Yerning 2-qismi odamlarning xususiy mulki hisoblanib, uning talay
qismi boylarning qo'l ostida edi. Bunday yerlar "mulk yerlari" deb
yurgizilgan. Yerning 3-qismi masjid, madrasa va mozorlarni moddiy jihatdan
ta'minlash maqsadida vaqf nomi bilan berilgan. Davlat yerlarining ma'lum qismi
amirlar tomonidan xizmat ko'rsatgan nufuzli kishilarga umr bo'yi foydalanish
uchun in'om qilingan. Bu xildagi yerlar "suyurg'ol" yoki
"tanxo" nomi bilan atalgan. Dehqonlar paxtachilik, ipakchilik,
kanopchilik, polizchilik, sabzavotchilik, bog'dorchilik va chorvachilik bilan
shug'ullanganlar. Minglab kishilarni qamrab olgan hunarmandchilik keng ko'lamda
rivojlangan. Uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarning muhim buyumlari
sifatida juda qadrlangan. Buxoro, Samarqand, Xo'jand va Toshkent yirik
hunarmandchilik markazlari sifatida shuhrat qozongan. Buxoro xonligida ichki va
tashqi savdo yo'lga qo'yilgan bo'lib, Afg'oniston, Hindiston, Xitoy, Turkiya va
boshqa mamlakatlar bilan aloqalar o'rnatilgan. Xonlikning Rossiya bilan elchilik va savdo aloqalari rivojlangan. U xonlik
uchun tayyor mahsulotlar bozori sifatida katta ahamiyat kasb etgan. Madaniyat
sohasi boshqaruv tizimi va hokimiyatning ojizligi orqasida u zamon talabiga
monand ravishda jadal rivojlanmadi. To'g'ri, madrasalar qurildi, lekin ularda,
asosan, fors va arab tillari, diniy ta'limotlar o'qitildi. Dunyoviy fanlarga
deyarli ahamiyat berilmadi. Ulug'bekning mashhur rasadxonasi yer qa'riga
ko'milib ketdi. Ko'proq diniy va tarixiy asarlar yozildi. Ko'p shoirlar ham
yetishib chiqdi. Bu borada Muhammad Solihning
"Shayboniynoma", Kamoliddin Binoiyning ham shu nomdagi asarlarini
ko'rsatish mumkin. Fayzulloh ibn Ro'zbexon "Mehmonnomayi Buxoro" va
Zayniddin Vosifiy “Badoe' ul-vaqoe'” nomli asarlarni yozdilar. So'fi Olloyor,
Muhammad Balxiy, Sayid Kamol (Fitrat), Saydo Nasafiy, Turdi va boshqa 100 dan
ortiq shoirlar ijod qildilar. XVI-XVII asrlarda Buxoro miniatyura maktabi qaror
topgan. XVIII asr o'rtalarida Buxoro saroyidagi sozanda, xonanda va bastakorlar
ijodiy faoliyatida "Shashmaqom" shakllangan. Bu davrda me'morchilik
san'atining bir qancha namunalari yaratilgan.
Umumiy xulosa shuki, XVI-XIX asrlarning 60-yillarida Buxoro xonligida
o'rta asr boshqaruv tizimining saqlanishi, ichki va tashqi urushlar,
qo'shinning zaifligi, diniy fanatizmning avj olishi, fan va madaniyatdagi
turg'unlik mamlakatni inqirozga yo'liqtirdi.
Xiva
xonligi. Temuriylar tasarrufida bo'lgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505-
yilda bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510 yil)dan keyin Xorazm Eron
safaviylari qo'l ostiga o'tgan. Ularga qarshi Vazir qal'asi qozisi Umar va
Baqirg'on qishlog'idan mulla Said Hisomiddin boshchiligida qo'zg'olon
ko'tarilgan. Ikki yil davom etgan kurash natijasida eroniylar mamlakatdan quvib
chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511-yil Vazir shahrini egallagan
shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.
Elbarsxon
davrida (1511-16) Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs,
shuningdek, Orol va Mang'ishloq qo'shib olingan. Yangi yerlarni Elbarsxon
o'g'illari va ukasi, qarindoshlariga bo'lib berishi natijasida mayda
hokimliklar paydo bo'lgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz o'zaro nizolar
sababli xonlar tez-tez almashib turgan. Bu davrda xalq Elbarsxon avlodlari
o'rtasidagi o'zaro qirg'inlardan tashqari Buxoro va Xiva o'rtasidagi urushlar
azobini ham tortishga majbur bo'lgan. Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik
davrlarida Buxoro xonligi Xorazmga hujum qilib, qisqa vaqt uni Buxoroga
bo'ysundirgan. Bu urushlar hamda XVI asrning 70-yillarida Amudaryoning o'z
o'zanini o'zgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qo'ygani ham Xorazm iqtisodiyotiga
salbiy ta'sir ko'rsatgan.
XVII asr
boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun bo'lgan sulolaviy kurashlardan so'ng
taxtga o'tirgan Arab Muhammadxon davrida xonlikda davlat parokandaligi o'zining
yuqori cho'qqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik
yurishlari, Arab Muhammadxonning o'g'illari Habash va Elbarsning otasiga qarshi
chiqishi parokandalikni avj oldirgan. Ular kurashda muvaffaqiyat qozonib, Qum
qal'asida otasining ko'ziga mil tortib, so'ngra qatl ettirganlar. Ko'pgina
padarkushlar kabi Elbars va Habash sultonlar (1621-23) akalari Asfandiyor
(Isfandiyor, 1623-43) tomonidan taxtdan tushirilib, qatl qilingan.
XVII asrning oxiri - XVIII asr boshlarida Xiva xonligida o'nlab xonlar
almashgan. Bu esa mamlakat ahvolini yanada og'irlashtirgan. XVIII asrning
60-yillaridan badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qo'llab-quvvatlashiga
erishgan qo'ng'irot urug'lari Xiva xonligida hokimiyatni qo'lga ola boshlagan.
Inoq Muhammad Amin 1770-yilda turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782-yilda
Buxoro amirligi hujumini qaytarib, xonlikda qo'ng'irotlarning amaldagi
hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad inoq davrida Xivada markaziy
hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan. Muhammad
Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. 1811-yilda bir
qancha yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham xonlik tarkibiga qo'shib olgan. U
o'tkazgan siyosiy, ma'muriy, iqtisodiy islohotlar natijasida boshqaruv tizimi
takomillashib, soliqlar tartibga tushgan. Xazina daromadlari ko'paygan.
Xiva xonligi boshqaruv tizimi, asosan, Buxoro va Qo'qon
xonliklaridagidek bo'lib, asosiy farqi
XIX asr boshlaridan xon huzurida Kengash (Devon) faoliyat
ko'rsatganligidir. Eng yuqori amaldorlardan tashkil topgan Kengash vakolati
cheklangan edi. Asosiy qarorlar xon tomonidan qabul qilingan bo'lsa-da,
amaldorlarning xonlik boshqaruvidagi mavqei baland bo'lgan. Mansab va unvonlar
harbiy-ma'muriy, harbiy va diniy toifalarga bo'lingan. Inoq, otaliq, biy, amir
ul-umaro, mehtar, qushbegi, beklarbegi, devonbegi va boshqa unvon va mansablar
xonlik iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, harbiy hayotida muhim o'rin tutgan.
Xonlik sud ishlari asosan, diniy ulamolar qo'lida bo'lib, ularning mamlakat
hayotida ta'siri kuchli bo'lgan.
Xonlikda
davlat tili o'zbek tili bo'lib barcha farmonlar, davlat hujjatlari o'zbek
tilida yozilgan.
XVI-XVIII
asrlarda Xiva xonligining ma'muriy jihatdan bo'linishi viloyat deb atalgan
bo'lsa, XVIII asrdan bekliklar deb atala boshlagan. Dastlab xonlikda 16 ta
viloyat, 2 ta noiblik bo'lgan bo'lsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan tayinlangan
hokim va noiblar boshqargan. Xiva shahri esa xon va bosh vazir tomonidan boshqarilgan.
Ijtimoiy hayotda xon va uning
amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei yuqori bo'lib, iqtisodiy hayotning asosini tashkil qiluvchi
yer ham, asosan, ular qo'lida bo'lgan. Kam yerli va yersiz dehqonlar ulardan
ijaraga yer olib ishlagan va ularning ahvoli juda og'ir bo'lgan. Sun'iy
sug'orishga asoslangan dehqonchilik mamlakat iqtisodida muhim o'rin tutgani uchun
Amudaryodan chiqarilgan kanallarni qazish davlat ahamiyatiga molik ish
hisoblangan. Shuningdek, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sodiq ham
iqtisodiy hayotda muhim o'rin tutgan.
Xonlik harbiy qo'shini zarur qurol-aslahaga ega bo'lmagan. Qo'shinni ko'proq
yarim ko'chmanchi turkmanlar tashkil etgan.
Xiva xonligi Buxoro, Qo'qon, Eron va Rossiya kabi qo'shni davlatlar
bilan savdo-sotiq olib borgan. Soliqlar barcha musulmon davlatlaridagidek
xiroj, zakot, boj va juz'yadan iborat bo'lgan. Shu bilan majburiy mehnatning
ba'zi turlari amalga oshirilgan. Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik,
me'morlik ancha rivojlangan bo'lsa ham, tabiiy va texnika fanlariga, dunyoviy
ilmlarga e'tibor deyarli qaratilmagan.
Boshlang'ich maktabda o'qish, yozishni o'rgangan bolalar madrasalarda
o'qitilgan. XIX asrda Xiva xonligida
1500 ga yaqin boshlang'ich maktab va 103 ta madrasa mavjud bo'lgan. Xiva
shahrining o'zida 22 ta madrasa faoliyat ko'rsatgan. Bu davrda Xiva xonligida
adabiyot, tarixnavislik, xattotlik, musiqa san'ati, me'morlik va madaniyatning
boshqa sohalarida muayyan yutuqlar qo'lga kiritilgan.
Qo'qon xonligi. XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida Buxoro xonligida
ichki nizolar tufayli markaziy hokimiyat zaiflashgan. Xonlik tarkibiga kirgan
viloyatlarda mustaqillikka intilish kuchaygan. Natijada 1709-yil Farg'ona
vodiysida Qo'qon xonligi vujudga kelgan. Unga minglar urug'idan bo'lgan
Shohruxbiy asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qo'qon, Namangan,
Marg'ilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan.
Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Xo'jand (1725),
O'ratepa (1726), Samarqand (1732) egallanadi. Abdulkarimbiy davrida 1746 yil
qalmoqlar Farg'ona vodiysiga hujum qilib, O'sh, Andijon, Marg'ilon kabi
shaharlarini egallab, Qo'qonni qamal qilgan. Qo'qonliklarga yordamga kelgan
O'ratepa hokimi Fozilbiy qo'shinlari bilan birgalikda ularni Farg'ona
vodiysidan quvib chiqarishgan. Norbo'tabiy davrida Chust va Namangan
beklarining mustaqillik uchun ko'targan g'alayonlari bostirilgan. Bu davrda
mamlakatda sug'orish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik,
qishloq xo'jaligi rivoj topadi va mamlakatda arzonchilik bo'ladi.
Norbo'tabiyning o'g'li Olimbek hukmronligi davrida Qo'qonning siyosiy
mavqei yanada kuchaygan, harbiy islohot o'tkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan,
tashqi savdoga ham e'tibor kuchaytirilgan. 1805- yil davlat rasman Qo'qon
xonligi deb e'lon qilinib, Olimbek "xon" unvonini olgan. Olimxonning
markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari ayrim
zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. Natijada, ular
Olimxonning safardaligidan foydalanib, 1810-yil Qo'qonda "Olimxon
Toshkentda o'ldi", degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka
toj kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qo'qonga yo'l oladi, biroq u
Oltiqush mavzesida otib o'ldiriladi.
Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish
choralari ko'rilgan. 1815-yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817-yil esa
O'ratepa bosib olingan. Sirdaryo bo'yida bir qancha harbiy istehkomlar barpo
etilgan; sug'orish inshootlarini kengaytirish, kanallar qazish, masjid va
madrasalar qurishga e'tibor berilgan. Xususan, Qo'qon, Toshkent, Turkiston,
Chimkent, Sayram, Avliyoota (hoz. Taroz sh.)da
masjid va madrasalar qurilgan. 1821-yilda Chimkent va Sayramda ko'tarilgan
qo'zg'olon bostirilgan. Umarxon hukmronligi davrida Qo'qon xonligida fan,
adabiyot, san'at rivojlangan. Bunda uning sevimli xotini - mashhur o'zbek
shoirasi Nodirabegimning xizmati katta bo'lgan. Umarxonning o'zi ham o'qimishli
kishi bo'lib, "Amiriy" taxallusi bilan o'zbek va tojik tillarida
g'azallar yozgan. Umarxon vafotidan so'ng uning 12 yoshli o'g'li Muhammad
Alixon taxtga o'tirgan. Xon yosh bo'lganligi uchun davlatni dastlabki davrda
onasi Nodirabegim boshqargan. Nodirabegim madaniyat va san'atni
rivojlantirishga alohida e'tibor bergan.
1829- yil
Sharqiy Turkistonda xitoylarga qarshi bosh ko'targan musulmon aholiga yordam
berish uchun Muhammad Alixon qo'shin tortib borgan. Natijada Xitoy hukumati
Sharqiy Turkistonning 6 ta shahridan soliq olish huquqini berishga majbur
bo'lgan.
Muhammad
Alixon xonlik hududini kengaytirishga intilib, Janubiy Oloy tog' etagidagi
Qorategin, Darvoz, Shug'non, Ro'shon, Vohon bekliklarini bo'ysundirgan. Bu
davrda xonlikda sug'orish ishlari kengaytirilgan. Toshkent yaqinida Xonariq
kanali qazilgan. Tashqi iqtisodiy-savdo aloqalari ham yaxshilangan.
1840-yil
Buxoro amiri Nasrulla bilan yuz bergan urushda
Muhammad Alixon yengilib, Xo'jandni amir Nasrullaga topshirishga va
o'zini uning noibi deb tan olishga majbur bo'lgan. Ammo Buxoro - Qo'qon
munosabatlari bundan keyin ham keskinlashgan. Natijada 1841-yil noyabr oyida
Muhammad Alixon o'z ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechgan. Bu voqeadan xabar topgan amir Nasrulla Qo'qonga
bostirib kelib, uni talon-toroj qiladi. U shu qirg'inbarot davomida Muhammad
Alini, uning ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodirabegimni va boshqa yuqori
mansabdorlarni qatl ettiradi. Amir farmoni bilan
Qo'qon xonligi Buxoro noibi tomonidan boshqarila boshlangan. Amir noibi xonlik
aholisiga og'ir soliqlar yuklaydi. Natijada 1842-yil yozida qo'qonliklar
qo'zg'olon ko'tarib, amir Nasrullaga sodiq kishilarning ko'pchiligini o'ldiradi
va Norbo'tabiyning ukasi Hojibekning o'g'li Sheralini xon qilib ko'tarishadi.
Buni eshitgan Buxoro amiri Qo'qonga qo'shin tortib o'z hukmronligini qayta o'rnatish uchun uni
qamal qiladi. Biroq qamalning qirqinchi kuni Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro
hududiga qilgan hujumi haqidagi xabarni eshitib, orqaga qaytishga majbur
bo'lgan. Natijada, Xo'jand, Toshkent kabi ko'pgina hududlari yana Qo'qon xonligi ixtiyorida qoladi.
Sheralixonning
(1842-45) taxtga o'tirishida ko'makchi va xayrixoh bo'lgan qipchoqlardan
Musulmonqul mingboshi qilib tayinlangan. Musulmonqul, asosan, harbiy ishlar
bilan shug'ullangan va xon qo'shinlarining tarkibini ko'proq qipchoq yigitlari
bilan to'ldirgan. Musulmonqul o'z mavqeidan foydalanib, Sheralixonga o'z
ta'sirini o'tkazishga intilgan, ammo xon bunga yo'l qo'ymagan. Musulmonqul
xondan norozi bo'lib, boshqalarning qo'li bilan suiqasd uyushtirishga harakat
qiladi. 1845-yil O'shda xonning soliq siyosatiga qarshi qo'zg'olon boshlanadi.
Musulmonqul tarafdorlari Olimxonning o'g'li Murodbekni Qo'qonga taklif qilib
taxtga o'tqazganlar. Sheralixon esa o'ldirilgan. Musulmonqul O'shdan Namanganga
kelib qizini Sheralixonning o'g'li Xudoyorga turmushga beradi va u bilan
Qo'qonga kelib, Murodxonni o'ldirib, yosh Xudoyorni xon deb e'lon qiladi.
Musulmonqul xonning yoshligidan foydalanib, xonlikni deyarli mustaqil ravishda
o'zi boshqaradi, katta lavozimlar qipchoqlarga ulashib beriladi. Xudoyorxon
taxtda mustahklanib olgach, Musulmonqulga qarshi xonlik hududida norozilik
harakati kuchaydi va u mingboshilikdan bo'shatiladi. Zodagonlar qipchoqlardan
qutulish yo'lini axtarib Xudoyorxonni o'zlari tarafiga og'dirib, 1853-yil
qipchoqlar qirg'inini boshlab yuborishgan. Musulmonqul asirga olinib, qatl
qilingan.
Biroq Qo'qon
xonligida o'zaro taxt uchun kurashlar tinchimagan, qisqa vaqt ichida xonlar bir
necha marta almashganlar.
Qo'qon
xonligida quyidagi mansablar mavjud bo'lgan: mingboshi, otaliq, shayxulislom,
qozikalon, qushbegi, mehtar, parvonachi, naqib, dodxoh, eshik og'asi, inoq,
shig'ovul, to'qsoba, miroxur, qorovulbegi va boshqalar.
Qo'qon
xonligida quyidagi harbiy unvonlar mavjud bo'lgan: mingboshi - odatda, u
vazirlik vazifasini birga olib borgan. Keyin ponsadboshi, yuzboshi, ellikboshi,
o'nboshi, zambarakchi va bulardan tashqari boshqa turli harbiy mansablar ham
bo'lgan. Qo'qonda yashagan sarboz va to'pchilar faqat alohida vazifadagi noib,
dodxohning doimiy tasarrufida bo'lganlar. Urush davrida noib, dodxoh o'z
qismiga harakatdagi qo'shinning hamma sarbozlarini qabul qilgan, unga
vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan amiri lashkar (bosh
qo'mondon)ga topshirardi.
XIX asrning
1-yarmida Qo'qon xonligi shimolda Rossiya bilan (ular o'rtasida katta cho'l
zonasi bor edi); g'arbda Xiva va Buxoro bilan; janubda Qorategin, Darboz va
Ko'lob; sharqda Sharqiy Turkiston bilan chegaradosh edi.
Qo'qon
xonligi aholisining soni 3 mln.ga yaqin edi. Chorizm qo'shinlari uning
shimol-g'arbiy viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi ancha qisqarib,
asosan, Farg'ona vodiysi bilan cheklanadi va aholi soni taxm. 2 mln.ga tushib
qoladi. Qo'qon xonligining aholisi, asosan, o'zbeklar, tojiklar, qirg'izlar,
qozoqlar, uyg'urlar, qoraqalpoqlardan iborat edi.
Qo'qon xonligida ham yerga egalik qilish va undan foydalanish turli xil
bo'lgan. Xonlikka qarashli bo'lgan yerlar amlok yerlar, vaqf yerlari, mulki
xiroj va mulki ushriyaga taqsimlangan.
Dehqonlar o'rtasida yakka dehqon xo'jaligi ham rivojlangan. O'z
yerlaridan ajralgan kambag'al dehqonlarning ko'pchiligi yirik yer egalari
qo'lida chorakorlik qilgan. Yerning bahosi uning unumdorligi va qanchalik suv
bilan ta'minlanganligiga qarab belgilangan.
Qo'qon xonligi hayotida savdo-sotiq muhim o'rin egallagan. U ichki va tashqi savdoga bo'lingan. Aholi o'zining
ehtiyojlarini asosan o'z xonligidagi mahsulotlar bilan qondirishgan.
Qo'qon,
Marg'ilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi, beqasam,
adras, chit, bo'z va boshqalar to'qilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik
tarmoqlarida xo'jalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar,
qurol-yarog'lar, zargarlik buyumlari, qog'ozlar ishlab chiqarilgan.
Qo'qon
xonligidan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak, gilam, paxta
va ipak matolar chiqarilgan. Tashqi mamlakatlardan esa turli metall rudalari,
metall buyumlar, qand va boshqa mahsulotlar keltirilgan.
Qo'qon xonligining
XVIII-XIX asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham birmuncha ijobiy
o'zgarishlar yuz bergan. XIX asrda xonlikda tarixnavislik rivojlangan.
Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan o'zbek
tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi.
XIX asr
boshlarida shakllangan Qo'qon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida
katta o'rin tutgan. Qo'qon hukmdorlarining bir qancha namoyandalari temuriylar
an'anasini davom ettirib, o'zlari ham ilm-ma'rifat bilan shug'ullanib, bu
sohani ravnaq toptirishga katta sa'y-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qo'qon
xonlaridan Umarxon (1810-22) va Muhammad Alixon (1822-41) davrlari yaqqol
ajralib turadi.
Umuman
olganda, XIX asrning o'rtalariga kelib,
O'rta Osiyo xonliklarida adabiyot va tarixshunoslik bilan bir qatorda
matematika, tibbiyot, geografiya, astronomiyaga oid hamda diniy asarlar
yaratilgan. Bu xonliklarda rassomchilik va xattotlik ham o'z o'rniga ega
bo'lgan. Bu davrning madaniy hayotida dorbozlik, askiya, qo'g'irchoq teatri,
masxarabozlik ayniqsa, bastakorlik rivojlangan.
Qo'qon xonligining barcha bekliklarida madrasa, maktabxonalar mavjud
bo'lgan.
Xonlikda me'morlik ayniqsa rivojlangan. 1842- yil Qo'qon shahri atrofi
yangi mudofaa devori bilan o'rab olingan. Uning 12 ta darvozasi bo'lgan.
Shuningdek, Toshkent, Andijon, Namangan kabi shaharlardagi shu davr me'moriy
yodgorliklarini ko'rsatish mumkin.
XVIII asr OXIRI XIX asr BIRINCHI YARMIDA
O’ZBEK XONLIKALARI
XVIII asr oxirida
Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari mustahkamlandi.
1.
Buxoro hududi
Zarafshon daryosining vohasi va undagi
xonligi
(amirligi) asosiy shaharlari bo’lgan-Samarqand va Buxoro →
xonlik poytaxti
XVI asrdan boshlab XIX
birinchi yarmigacha Buxoro xonligi feodal mutlaq monarxiyadan iborat
bo’lgan
Islom dini
katta ahamiyatga
ega
bo’lgan. Sud hokimi-
yati unga
bo’ysunar edi.
Xonlik o’troq (ko’p sonli o’zbek
qabilalarining avlodlari va tojiklar)
aholisining
tarkibi: ko’chmanchi (mahalliy turk qabilalari xitoy-qipchoqlar,
markitlar turkmanlar va
qozoqlar).
XIX asr boshida ip hamda ipak matolari ishlab
chiqarish Nima ishlab markazi;
chiqarilgan?
Cho’yan mahsulotlari ishlab chiqarilgan;
XIX asr
boshida birinchi tekstil manufakturasi ishga
tushirildi.
2. Xiva
xonligi ├ hududi hozirgi Xorazm viloyati,
Qoraqalpog’iston va
Turkmanistonning shimoliy tumanlaridan iborat.
Aholining asosiy qismi: turli o’zbek qabilalari (qadimgi
Xonlik aholisi Xorazm aholisining avlodalari);
Ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi turkman,
qoraqalpoq, qozoq va h. qabilalardan iborat.
XVIII asr II yarmidagi Xonlik hukumatini Xiva hokimiyati
o’zaro urushlar inqirozga olib keldi, Qo’ng’irot sulolasi qoliga
natijada: o’tdi (1920
yilgacha
mav.bo’lgan)
XIX asr boshida Xiva xonlari Turkman, Qozoq va Xuroson hukmdorlariga
qarshi bir qator muvaffaqiyatli yurishlarni amalga oshirdilar, 1811 yilda
qoraqalpoqlarni bo’sundirdilar.
2.
Qo’qon xonligi(1710
yilda XVIII asr
oxirida o’z mulklarini
Farg’ona vodiysida vujudga kengaytirdi:
Kelgan
Toshkent, O’ratepa, Xo’jand va ularga
qarashli bo’lgan
hududlarni qo’shib oldi.
Yangi qal’alar va shaharlar qurildi: Andijon, Namangan,
Marg’ilon va h
Xonlik aaholisi ├ milliy
tarkibi jihatidan turli, asosan o’zbek,tojik,qozoq va
qirg’izlardan iborat.
- ip matolar – chit gazlamalar;
Ishlab chiqarilgan: - ipak
matolar;
- yozuv
qog’ozi;
- ilk
tekstil manufakturalari o’z faoliyatini boshlagan.
Tovar – pul
munosabatlari rivojlandi Hunarmandchilik ishlab
chiqarishi rivojlandi
Uchta xonlikning barcha hududida:
O'ZBEK
XALQINING ETNIK SHAKLLANISHI
Reja:
1. Millat
tushunchasi, uning asosiy belgilari va turkiy xalqlarning etnogenezi bo'lishi.
2.
O'zbeklarning kelib chiqish va
shakllanish jarayonlari.
3. Millatimiz
ma'naviy qiyofasining asoslari.
O'zbek xalqining shakllanish jarayonini o'rganish tarix fanining
murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, bu hozirgi kunning
muhim muammolaridan biri hamdir.
Inson uchun o'zning kelib chiqish tarixini va shakllanish jarayonini
chuqurroq o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. U yoki bu xalqning shakllanish
jarayoni ijtimoiy fanda "etnos'', "etnik birlik" kabi iboralarda
ifodalanadi. Etnos atamasi juda keng va tor ma'noda ishlatiladi: masalan, dunyo
xalqi, Amerika, Rossiya xalqi, O'zbekiston xalqi, viloyat xalqi va boshqa
kichik bir guruh kishilariga nisbatan ham "xalq" iborasi
qo'llaniladi. Shuning uchun ham ma'lum bir ijtimoiy tuzumda vujudga kelgan
etnik uyushmaga "Etnik birlik" iborasi ishlatiladi. Etnik birlik aniq
sharoitda, tabiiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy
uyushmadir. Fanda etnik birlik bosqichining uch turi mavjud: bu qabila, elat va millat. Bu atamalar turli
davrlarda vujudga kelgan va ular o'ziga xos xususiyatlari bilan bir-birlaridan
farq qiladilar.
Qabila - arabchadan olingan so'z, u etnik guruh, birlik mazmunini
anglatadi. Bu birlik a'zolari o'rtasida qon - qarindoshlik aloqalari mavjud,
ular urug' va bo'g'inlarga bo'lingan holda yashaydilar. Qabilaning ma'lum bir
hududga ega bo'lishi, qabiladoshlarning iqtisodiy birligi, umumiy tili va nomi
muhim belgilardir. Qadimdan qabila rahnamolari, oqsoqollari saylanib, uning
kengashlari, o'z-o'zini boshqaruv tizimlari ham mavjud bo'lgan.
Elat - mo'g'ulcha, turkiycha so'z bo'lib, u kishilarning til, hudud,
iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligidir. Elatning kelib
chiqishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos bo'lgan.
Millat - arabcha so'z bo'lib, odatda xalq ma'nosini anglatadi. Adabiyotda millat -
bu kishilarning yagona tilda so'zlashishi, yaxlit hududda istiqomat qilish,
mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat va ruhiyatga ega
bo'lishi asosida uzoq vaqt davomida shakllangan barqaror birligi, deb
ta'riflanadi.
Demak, millat ma'lum bir hududda muqim yashab, tarixiy taraqqiyot
davomida rivojlanib kelgan odamlarning ma'naviy-ruhiy birligining vujudga
kelishi asosida tashkil topar ekan.
O'zbeklarning millat sifatida shakllanishi jarayoni haqida akademiklar
Ya.G'ulomov, I.Mo'minov, B.Axmedov, K.Shoniyozov asarlarida qimmatli
ma'lumotlar bor. Ularning tadqiqotlaridan ko'rinib turibdiki, millatning paydo
bo'lishi, kelib chiqishi, shakllanishi va jahon hamjamiyatida o'zining munosib
o'rnini topish yo'lidagi takomillashuvi uzoq va murakkab tarixiy jarayon ekan.
Tadqiqotchilar Ohangaron va Chirchiq vodiylarida, Zarafshon,
Surxondaryo, Qashqadaryo atroflarida, Farg'ona vodiysi va uning tog'lik
hududlarida Amudaryo sohillarida - Xorazm vohasida ibtidoiy jamoa tuzumining
turli bosqichlariga mansub ko'plab yodgorliklarni topib o'rganganlar. Bu olib
borilgan arxeologik qazilma, kuzatish va tadqiqotlar natijasida miloddan
avvalgi davrlarda istiqomat qilgan elatlarning hayoti va ilk madaniyati haqida
qimmatli ma'lumotlar to'plandi. Masalan, antropolog olim T.Xo'jayev qariyb 20
yil mobaynida O'rta Osiyoning turli hududlaridan topilgan 500 ga yaqin
antropologik material asosida hozirgi o'zbek va tojiklarga xos antropologik tip
miloddan avvalgi birinchi ming yillikning oxirlari va milodning boshlarida
Sirdaryoning o'rta va quyi oqimlarida shakllanib, keyinroq Farg'ona bilan
Xorazm vohalariga, Zarafshon vodiysiga ko'chib o'tganligini taxmin qiladi.
Yunon olimlari ma'lumotlariga ko'ra, Yevroosiyodan to Oltoy - Sibir va
Shimoliy Mo'g'ilistongacha bo'lgan katta hududlarda yashagan turli-tuman
qabilalar umumiy nom bilan skiflar deb atalgan. Tarixchi Pompey Tron skiflarni
dunyodagi eng qadimiy elatlardan biri deb hisoblaydi. Bu mahalliy qabilalar
ichida yirigi va manbalarda ko'p tilga olinuvchilari massagetlar va sak
(shak)lar bo'lgan. O'z navbatida ular ham bir
necha guruhlarga bo'linganlar va o'zaro farqlanganlar. Asrlar osha bu
ajdodlarimiz turmush tarzi takomillashadi, ya'ni dehqonchilik, chorvachilik
paydo bo'ladi, so'ng sun'iy sug'orish amaliyoti vujudga keladi, odamlar
o'troqlasha boshlaydi, madaniyat shakllanadi.
Milodning boshlarga kelib mintaqamizda istiqomat qilgan turli qavm va
qabilalar ular yashayotgan o'lka va hududlar nomlari bilan atala boshlaganlar. Shu bois ularni xorazmiylar,
baqtriyaliklar, sug'dlar, shoshliklar, parkanaliklar, toxarlar deb atashgan.
Bular xalqimizning dastlabki etnik qatlami bo'lgan.
Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda Markaziy va O'rta Osiyo, Sibir
hamda shimoliy va g'arbiy Xitoy yerlarida yashagan elatlarning bir qismi
turkiyzabon bo'lganligi tarixiy manbalardan ma'lum. Issiqko'l yaqinidagi
miloddan avvalgi IV-III asrlarga oid sak qabila oqsoqolining qabridan qadimgi
yozuv namunalari topilgan. U oromiy imlosi asosida bitilgan bo'lib, hozir
ma'lum bo'lgan eng qadimgi "turkiy yozuv" deb tan olinmoqda. Turkiy
yozuv Xorazm, So'g'd, Baxtar yozuvlari qatorida O'rta Osiyoning shimoli-sharqiy
viloyatlarida shu tilli aholi yozuvi sifatida mavjud bo'lgan. Demak, O'rta
Osiyoning shimoliy-sharkiy viloyatlarida turkiy qabila va elatlar yashagan,
ularning tub aholisi bo'lmish turkiy qabilalar o'z yozuviga ega bo'lganlar.
Ming yil avval Maxmud Qoshg'ariy "Devonu lug'atit turk" nomli
mashhur asarida quyidagi ma'lumotlarni keltiradi: "Iskandar Zulqarnayn
Turonni bosib olayotgan paytda turklar uzun, uchi cho'ziq bo'rk kiyib, ot
chopayotib, orqa tomondagi dushmanga mahorat bilan yoydan o'q otadi".
Xuddi shunday tarifni S.Rudenko skiflar davriga oid arxeologik qazishmalar
tahliliga bag'ishlangan kitobida ham takrorlaydi.
Demak, qadimda skiflar nomi bilan Sirdaryoning o'rta va quyi
sohillaridan to Oltoygacha bo'lgan hududda ko'chib yurgan qabilalar turklarning
ajdodi bo'lgan.
Bular qadimgi davrlarda dehqonchilik va hunarmandchilik bilan
shug'ullanib kelgan baqtriyaliklar, xorazmliklar, sug'diylar, farg'onaliklar,
shoshliklar va cho'l hududlarida chorvachilik bilan shug'ullangan saklar,
massagetlar va boshqa ko'chmanchi qabilalardir. Ular o'zbek elatining asosini,
ramziy ma'noda, o'q ildizini tashkil qilgan. Boshqa qabila, el, elatlar, ya'ni
yon ildizlari o'q ildiziga birikib borishi jarayonida o'zbek elati vujudga
kelgan. Masalan: mil.av. IV asr oxirida sak-massaget qabilalarining bir guruhi
makedoniyalik Iskandar ta'qibi natijasida Sharqiy Turkistonga borib
joylashganlar. Keyingi davrlarda qadimgi Farg'onaga ko'chib kelganlar.
Massagetlarning yoki toxarlarning (Xitoy manbalarida yue-chjelarning) bir qismi
qadimgi Baqtriyaga borib, Kushonlar davlatini barpo qildilar. Bu davlatning
dastlabki podshohlari o'z nomidan tanga zarb etganlarida turk so'zlarini
ishlatganlar. Kushon davlatining asosiy etnik qatlami sharqiy Eron tillarida
so'zlashuvchi qadimgi Baqtriya aholisi bo'lsa-da, ammo sulola asoschilari -
Kushonlar turkiy qavm edilar. Kushonlar va eftalitlar davriga oid
ellin-baqtriya xatida beshinchi asrda turkiy tilda bitilgan jumlalar saqlanib
qolgan. V- VI asrlarga kelib Turk xoqonligi davlati asosan turkiy qavmlardan
iborat bo'lgan. "O'rxun-Enasoy" yodgorliklari umumiy turkiy yozma
manbalar sifatida jahonga mashhur bo'ldi. Professor N.Rahmonovning "Turk
xoqonligi" kitobi qadimgi yozuvlar haqida ishonarli ma'lumot beradi.
Mazkur elatlar mahalliy aholi ajdodlari
qoldirgan boy tarixiy merosni avaylab saqlaydilar, uni to'ldiradilar va barcha
an'analari bilan birga keyingi avlodga meros qoldiradilar.
Ko'p asrlar davomida o'lkamizda yuz bergan murakkab etnik va madaniy
jarayon mahalliy tub aholi qiyofasini shakllantirdi. Natijada, bu o'lkada
azaliy o'troq aholining ko'rinishida fanda tan olingan "O'rta Osiyo ikki
daryo oralig'i antropologik tipi" belgilari yetakchi bo'lgan. Bu borada
professorlar L.Oshanin va T.Xo'jayevlarning tadqiqotlari muhimdir. Ularning fikricha,
chetdan kelgan axmoniylar, makedoniyaliklar, arablar mahalliy aholi "qonini" yoki genetikasini
jiddiy o'zgartira olmaganlar. Uzoq tarix davomida atrof hududlardan, xususan
Eron, Qashqar, Oltoy, Enasoy, so'ng Mo'g'uliston, Dashti Qipchoq va boshqa
joylardan kelgan bir qancha qavmlar iqlimi, tabiati durust bo'lgan mintaqamizda
davr o'tishi bilan tub joy aholiga qorishib singib ketganlar.
O'rta Osiyo xalqining shakllanishida ma'lum rol o'ynagan eftalit
qabilalar uyushmasi ham etnik jihatdan turkiylar tarkibiga kirgan. Hind
ma'lumotlariga ko'ra, eftaliylar hunlarning avlodlari bo'lgan. Mo'g'ullar esa
hunlarni "Turk utu", ya'ni "Bo'ri urug'i" deb atagan.
Demak, uzoq o'tmishda o'zbek xalqining etnik tarkibini mahalliy xalqlar,
shuningdek, ma'lum sabablarga ko'ra, O'rta Osiyoning shimoli- sharqidan kelgan
turkiy xalqlar tashkil etganlar. Tarixan skif, xunlar nomi bilan yashagan
xalqlar milodning VI asri o'rtalaridan uzoq davr mobaynida turklar nomi bilan
mashhur bo'ldi. Professor N.Raxmonov xitoy manbalariga tayangan holda
"turk" so'zi avvaliga birorta qabila yoki elat nomini anglatmay,
turkiyzabon elat va qabilalarning birlashmasini anglatgan degan xulosaga keladi
hamda o'zbeklarning ajdodlari ham shu guruhga mansub ekanligini ta'kidlaydi.
Zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto"da axmoniylar va
sosoniylar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar va xalqlar, shular qatori
Turkiston xalqlari haqida ma'lumotlar bor. Bu xalqlar orasida tur (xura) deb
atalgan xalq ham tilga olinadi. Shu
munosabat bilan aytish mumkinki, Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'ida, Xorazm va
Farg'onada, shuningdek, mazkur o'lkalar bilan tutash yerlarda istiqomat qilgan
xalqlar Sharq manbalarida umumiy "turk" nomi bilan, ular istiqomat
qilgan yerlar esa "Turon" yoki "Turkiston" deb atalib
kelingan. Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma"sida ham "Eron"
va "Turon" atamalari ko'p bor tilga olinadi, har ikkala mamlakat
o'rtasidagi munosabatlar haqida ma'lumotlar keltiriladi.
VI asr o'rtalarida Oltoyda, Janubiy Sibirda, Yettisuvda, Sharqiy
Turkistonda joylashgan qabilalar birlashib, Turk xoqonligini tashkil etadi.
Qisqa vaqt ichida turk xoqonligi Movarounnahrni ham egallaydi. Tarixchi olim
A.Muhammadjonov ham topilgan so'g'd hujjatlariga asoslangan holda VII asrdayoq
bu o'lkaning Turkiston deb atalganini qayd qilgan. Xullas, Arab xalifaligi
istilosigacha Shosh, Farg'ona, Zarafshon vodiylari, Qashqadaryo va Surxondaryo
vohalari, Xorazm, hatto Amudaryoning so'l qirg'og'i aholisining kattagina qismi
turklashib, Movarounnahr va Xorazmning ijtimoiy va madaniy hayotida muhim
mavqeni egallab oldi.
Arablar Movarounnahrda o'z hukmronligini mustahkamlab olgach, VIII
asrning 30-yillarida so'g'd tuprog'iga turklarning kirib kelishi sekinlashdi.
Chunki, arablar bu o'lkada hukmronlikni zadagonlaridan tortib olishgan edi.
Arablarga qadar kelib o'rnashib olgan turkiy qabilalarning esa arablar
hukmronligi va somoniylar davrida (VIII-X asrlar) tobora o'troq hayot tarziga
ko'chishi tezlashdi. Shosh, Farg'ona va Xorazmda turkiy xalqlar mahalliy aholi
orasiga tobora singib, o'troqlashgan turklar va til jihatidan turklashgan yerli
aholi "sart" deb ataluvchi etnik qatlamga aylanib bordi. Demak, shu
ma'lumotlarga tayangan holda milloddan oldingi ming yilliklardan milodiy VII
asrlargacha bo'lgan etnik taraqqiyot davrini o'zbek xalqi shakllanishining I
davri desa bo'ladi.
VIII asr oxirlarida qadimgi turkiy elatlardan bo'lgan qorluqlar davlati
tashkil topadi. Ularning qo'shnilari yag'molar bo'lgan. Turklarning yana bir
yangi uyushmasi IX asr oxirida tuzilgan o'g'izlar davlati edi. X asr o'rtalarida bir qancha turkiy qabilalar
birlashuvi yuz berdi. Barpo etilgan Qoraxoniylar davlatiga turkiylarning yag'mo
urug'idan chiqqan Sotuq Abdukarim Qoraxon boshchilik qilgan. Bu davlat
Movarounnahrni bosib olgach, u yerdan Movarounnahrga Oltoy, Yettisuv, Sharqiy
Turkistondan ko'chib kelgan bir talay qabilalar: turgashlar, to'xsilar,
qorluqlar, chigillar, o'g'uzlar, arg'in va boshqa turkiy qabilalar o'lkaning
turk tillarida so'zlashuvchi aholisi tarkibini etnik jihatdan boyitdi. Bu
davrga kelib turkiy etnik qatlamning ustunligi bir qadar ta'minlandi. Shunday
qilib, Qoraxoniylar davrida o'zbek xalqi shakllanib, ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy jihatdan rivojlandi. Eski o'zbek tiliga asos bo'lmish qorluq-chigil
lahjasi rivoj topdi va yozma adabiyot darajasiga ko'tarildi. Bu lahja
o'zbek xalqining umumiy tili bo'lib
qoldi. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilik", Mahmud Qoshg'ariyning
"Devonu lug'atit turk", Xoja Ahmad Yassaviyning "Xikmatlar"
asarlari mana shu davrning ajoyib mahsulidir. Qoraxoniylar zamonida butun
Movarounnahrda aholining turkiy tilda gaplashuvchi qatlami, shu jumladan til
jihatidan turklashgan so'g'diylar ham jamiyatning barcha ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy hayotida ustun bo'lishiga qaramay, Samarqand va Buxoro kabi shaharlarda
hali fors-tojik tilida so'zlashish va yozish davom etardi. Bu hol faqat adabiy
doiralarda emas, balki rasmiy mahkamalarda ham sezilarli darajada bo'lgan.
Lekin Farg'ona va Shosh vohalarida, Xorazmda turkiy tilda so'zlashuvchilar
qatlami fors qatlamidan kuchli bo'lib, uning ta'siri so'g'd shahar muhitiga ham
jadal kirib borgan. Shunday qilib, asrlar osha Movarounnahr, Huroson va
Xorazmda sodir bo'lgan o'sha murakkab siyosiy vaziyatda muttasil davom etgan
etnik jarayonlarga qaramay, o'zbek va tojik xalqlari bir o'lkada yonma-yon
yashadi, o'zaro jadal iqtisodiy va madaniy munosabat olib bordi, tashqi
dushmanlarga qarshi birgalashib kurashdi.
Shunday qilib, uzoq davom etgan madaniy va etnik jarayonlar natijasida
X-XII asrlarga kelib Movarounnahrda va Xurosonda forsiy-doriy tilda
so'zlovchilarning bir qismi tojik, turkiycha gaplashuvchilarning katta bir
qismi o'zbek elatining asoschilari bo'ldi. O'zbeklar shu zaminda bir necha ming
yillar davomida yashagan qavm, qabilalar shajarasining davomchisi, shu makonda
shakllangan turmush tarzi va madaniyatining to'laqonli vorisi sifatida maydonga
keldi.
IX-X asrlarda Movarounnahr va unga tutash mintaqalarda yashovchi
xalqlar bir-birlari bilan yaqinlashib qorishib bordilar, ularda iqtisodiy va
madaniy umumiylik hosil bo'ldi. Eng asosiysi - ularning ongida o'zligini
anglash hissiyoti kuchaydi. O'zbek ajdodlari XI-XII asrlarga kelib alohida
etnik birlik bo'lib shakllandilar. XI-XII asrlarda o'zbek elatining tarkibida
turkiylashish jarayoni kuchayadi va uning keyingi rivojlanishida bu holat asosiy
o'rin egallaydi. Shu asrlar davomida mintaqada barcha etnik ko'rsatkichlar
mujassamlashadi va o'zbek ajdodlari alohida elat bo'lib shakllanadi. Bu
davrlarni o'zbek xalqining shakllanishida II davr deyish mumkin.
O'zbek elatining taraqqiyot jarayoni keyingi asrlarda davom etadi. XIII
asr boshlariga, aniqrog'i, 1219 -yili Movarounnahrga, Chingizxon katta qo'shin bilan
bostirib kiradi. Bu qo'shin tarkibida mo'g'ullar bilan bir qatorda turklar va
turklashgan mo'g'ullar ham bor edi. Qorluqlar, barloslar, totorlar, markitlar,
qurlovutlar, burgutlar, qo'ng'irotlar, jaloirlar, sulduslar, boyovutlar shular
jumlasidandir. Tabiiyki bu qabilalar o'zbek xalqining etnik tarkibini yanada
boyitdi.
Shuningdek, turkiy tilning qorluq-chigil lahjasi vujudga keldi. Lekin o'sha
zamonlarda, XV asrga qadar, bu qabilalar o'zbek nomini olmagan edilar. Ular
turk deb yoki o'z qabilasining nomi bilan atalganlar.
Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" sida O'rta Osiyo va u
bilan qo'shni mamlkatlarda XIV-XV asrning 1- yarmida istiqomat qilgan 44 ta
turkiy qabila va urug'larning nomlari qayd etilgan. Bular orasida Sirdaryo va
Amudaryo oralig'idagi o'lkalarga XIII asrda Chingizxon va XVI asr boshida
Muhammad Shayboniyxon boshchiligida
ko'chib kelib, o'troqlashib ketgan qabila va urug'lar orasida
uchraydigan o'ndan ortiq qabilalar-mang'itlar, qang'lilar, lochinlar,
olchinlar, qatag'onlar, besh yuzlilar, qozoqlar va boshqalar bor. Bu qabilalar
shak-shubhasiz, mazkur yurtlarda qadimdan istiqomat qilib kelgan turkiyzabon
qabilalardir.
Ammo mo'g'ul istilosi o'zbek va boshqa xalqlarning geniga va tashqi
qiyofasiga sezilarli iz qoldirmaganligini ta'kidlab o'tish joizdir. Ular O'rta
Osiyoga bostirib kelganida kushinlarining ko'pchiligi turkiy xalqlardan tashkil
topganligi ma'lum. Mo'g'ul qo'shinlari ko'p sonli yerli (mahalliy) aholi
tarkibiga singib ketdi. Bu o'zbek xalqining etnik shakllanishidagi III davri
bo'ldi.
O'zbek xalqining shakllanishida muhim o'rin tutgan navbatdagi IV davr XVI asr hisoblanadi. Bu davrda Markaziy
Osiyoga Dashti qipchoq o'zbeklari kirib keldi. XVI asr boshida Dashti
qipchoqdan ikki daryo oralig'idagi yerlarga (Movarounnahrga) ko'chib kelgan
turk-mo'g'ul qabilalari mahalliy turkiyzabon xalqdan son jihatdan oz edi.
Ularning umumiy soni 24-26 qabiladan oshmagan. Buni Hofizi Tanish Buxoriyning
"Sharafnomayi shohiy" asari ham tasdiqlaydi. XVI asrga kelib esa bu
qabilalarning soni yana oshgan. Shuningdek, mashhur turkshunos olim Zaki
Validiy XVI-XVII asrlarda tuzilgan "Nasibnoma"ga asoslanib
o'zbeklarda 92 qabilaviy urug' bor degan fikrni bildirdi. Bu ko'rsatilgan
qabilalarning 33 tasi mo'g'ul qabilasi bo'lib, shuningdek xitoy, arab va boshqa
qabilalar ham uchraydi. Lekin ularning katta qismi turkiyzabon qabilalar
bo'lgan. XX asrning boshlarida shulardan 45 tasi zikr etilgan. Hozirgi o'zbek
xalqi shu qabilalarning chatishmalari asosida shakllangan.
Shayboniyxonlar davlati davrida va undan keyingi asrlarda Qipchoq
dashtidan Movarounnahr va Xorazmga ko'chib kelgan ko'chmanchi o'zbeklar o'zbek
elatining tarkibiga kirgan navbatdagi etnik guruh bo'ldi. Bular tub joy o'zbek
xalqining turmush tarzi, an'analari, madaniyati, xo'jalik faoliyatiga
qo'shilib, qorishib ketadi va mahalliy aholiga "o'zbek" etnonimini
singdira boshlaydi. Shu vaqtdan boshlab "o'zbek" nomi Movarounnahr va
unga qo'shni viloyatlar aholisining ko'pchiligi uchun rasmiy ravishda umumiy
nom bo'lib qoldi.
Demak, etnik tarix - ma'lum bir hududda yashovchi u yoki bu xalqning
ilk ajdodlaridan boshlanib, elat shakllanishini, uning taraqqiy etish
bosqichlarini va elatning yemirilish yoki rivojlanib, millat darajasiga
yetishish davrini o'z ichiga oladi. Shakllanayotgan yangi etnosga ma'lum
hududda yashagan tub xalqlar yoki etnik guruhlardan tashqari, boshqa
hududlardan kelgan etnik antropologik va madaniy jihatdan bir xilda bo'lmagan
etnoslarning yoki etnik guruhlarning aralashib, qorishib ketishidan ham elat
vujudga kelishi mumkin. Dunyoda mavjud xalqlarning barchasi turli etnik
guruhlarning qo'shilishidan vujudga kelgan. Shunga asoslanib, o'zbek xalqi elat bo'lib, ma'lum tarixiy davrda, ma'lum
hududda, mahalliy tub etnoslar asosida, turli davrlarda kelib qo'shilgan etnik
komponentlarning aralashib borishi natijasida shakllangan, deyish mumkin.
Shakllangan har bir elatning o'z nomi (etnonimi) bo'ladi, albatta.
Turkiy elatlarning ko'pchiligi qadimdan mavjud bo'lib kelgan qabila yoki qabila
ittifoqining nomi bilan atalgan. Masalan: turkman, qozoq, qirg'iz, qoraqalpoq,
uyg'ur va boshqalar. Bu xalqlarning nomlari keyinchalik millat nomi ham bo'lib
qolgan. O'zbek ajdodlari elat bo'lib shakllangan vaqtda va undan keyin ham
umumiy etnik nomga ega bo'lmaganlar. "O'zbek" atamasi elatning umumiy
nomi bo'lib qatiylashguncha hozirgi O'zbekiston hududida yashovchi aholi sart,
turk, chig'atoy, ba'zilari esa yashagan hudud yoki viloyat nomi bilan:
xorazmlik, toshkentlik, farg'onalik va boshqa nomlar bilan aytilib kelingan.
Manbalarda turkiy tilli etnoslarga nisbatan "turk" iborasi
qo'llanilgan.
"O'zbek" atamasiga kelsak, bu so'z ilk bor X asrga oid arab
manbaida qavm sifatida tilga olinadi. XI asrdan boshlab bu nom o'lkamizda va
unga yaqin hududlarda kishining nomi sifatida uchraydi. Masalan, Jaloliddin
Manguberdi qo'shini tarkibidagi lashkarboshining ismi O'zbektoy deb atalgan.
Sharqiy Qipchoq cho'llarida XIV asrda "o'zbekxon", "o'zbek
ulusi", "ko'chmanchi o'zbeklar" iboralari bo'lganligi tarixdan
ayon.
Har qanday etnik xalqning tarixi unga berilgan nomga nisbatan
qadimiydir. Shuningdek, o'zbek xalqi va uning kelib chiqishi tarixi ham uning
nomiga nisbatan qadimiydir. Buni yuqorida keltirilgan tarixiy jarayon va
faktlarda ko'rish mumkin. "O'zbek" atamasi aslida Dashti qipchoqda
istiqomat qiluvchi qabila va elatlarning bir qismiga berilgan nom. Qadim
tarixchilarning guvohlik berishicha, Dashti qipchoqda qadimda va o'rta asrlarda
asosan turkiy xalqlar va allaqachonlar o'z ona tilini unutib, turkiylashgan
mo'g'ul qavmlari yashab kelgan. Ana shu qipchoq cho'lining turk va til jihatdan
turklashgan aholisi tarixiy asarlarda XIII asrning 80-yillaridan boshlab o'zbek
nomi bilan uchraydi.
Masalan, Hamidulloh Qazviniy (1281-1350) Dashti qipchoqni
"mamlakati o'zbek" (o'zbeklarni mamlakati) yoki "ulusi
o'zbek" (o'zbeklar yurti, davlati) deb yozsa, Al-Kalkoshandiy (1481 y.)
ularning podshohlarini o'zbeklar mamlkatining podshohi deb ataydi. Nizomiddin
Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy va Xondamir asarlarida
ham o'zbeklar haqida qimmatli lavhalar keltiriladi. Masalan, Nizomiddin Shomiy
To'xtamishning Samarqandga kelishi haqida hikoyasida "Temur To'xtamishga
O'tror va Sovron viloyatlarni berdi va uni u yerlarga jo'natdi. Biroz vaqt
o'tgach, o'zbeklar podshohi Urusxonning o'g'li Qutlug' Bug'o bu viloyatlarga
qo'shin surdi, ko'p jang qildi."- degan iboralar bor. Abdurazzoq
Samarqandiy Temurning To'xtamish ustiga yurishi haqida gapirib, "1390 yili
Temur Mo'g'ulistonga yurish qildi, unga yo'l -yo'lakay asirlar xabar
berdilarki, Anqo to'ra Mo'g'ulistondan qochib ketdi va o'zbek davlatlarida
yashirindi", -deydi. Xondamir 1389-1391 yil voqealari haqida hikoya qilar
ekan, yuqorida nomi eslatilgan To'xtamish qo'shinini o'zbeklar qo'shini deb
ataydi. Shu manbalarda Oltin O'rdaning amir va xonlari "O'zbeklar
viloyatining hokimlari" deb atalgan. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib
turibdiki, XVI asrning ikkinchi yarmida Dashti qipchoqning katta qismi,
xususan, Oq O'rda va Shaybon ulusida ko'chib yurgan turk-mo'g'ul qabilalari
"o'zbeklar", bu bepayon hudud esa, "O'zbeklar viloyati" deb
atala boshlangan.
Yuqorida qayd etib o'tilganlarga asoslanib, Movarounnahrning
turkiyzabon xalqi XIV asrdan o'zbek nomini oldi deyish mumkin.
"O'zbek" etnonimining Movarounnahrda g'olib kelishiga asoslanib,
o'zbek xalqining kelib chiqishini XVI asrga olib kelib bog'lab bo'lmaydi.
Odatda, xalqning tarixi uning nomidan ilgari yuradi.
Shunday qilib, o'zbek xalqining etnik shakllanishi uzoq davom etgan
murakkab jarayon ekan. Bu jarayon to'xtab qolgani yo'q, u hozirgi davrga qadar
davom etib kelmoqda.
1924- yilda sovetlar tomonidan ko'pgina siyosiy xatoliklarga yo'l
qo'yishgan holda o'tkazilgan milliy davlat chegaralash siyosati tufayli
Turkiston o'lkasi yanada parchalanib ketdi. Natijada O'zbekiston, Turkmaniston,
Qozog'iston, Qirg'iziston Tojikiston kabi respublikalar vujudga keldi. Shu
respublikalarda yashovchi turli qabila-urug'lar vakillariga umumiy o'zbek,
turkman, qozoq, qirg'iz, tojik nomlari etnik nom qilib berildi. Shu etnik
nomlar tarkibida millat shakllandi. Millat kishilarning til, hudud, ong, ruhi,
ma'naviy jihatlariga ko'ra mushtarak bo'lgan barqaror birligidir. Milliylik
keng ma'noda davlatchilik ifodasi, milliy ong, milliy taffakurni shakllantirish
demakdir. Prezidentimiz I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasi minbaridan so'zlagan
nutqida "O'zbeklar uch ming yillik tarixga ega", - degan fikrni
alohida uqtirdi. Demak, o'zbek millati kecha shakllangan emas ekan, faqat uning
tarixini uyg'otib, xalqning ko'zini ochish kerak ekan. A.Avgustinning
"G'aflatda yotgan xalqni uyg'otish uchun uning tarixini uyg'otish
kerak" degan gapida katta haqiqat yotadi.
Mukammal
ma'anviyat milliy o'zlikni anglashdan boshlanadi.
Milliy o'zlikni anglashning mohiyati esa shaxsning o'zi mansub bo'lgan
millatning tarixi, jahon tafakkur xazinasiga qo'shgan hissasini tugal tasavvur
etish va bulardan iftixor qila olish, o'zi tug'ilib o'sgan, millatdoshlarining
yagona Vatani bo'lgan hududiga va shu yurtdagi barcha madaniyat va
qadriyatlarga daxldorlikdan huzur, g'urur, faxr his etishdir. Shuningdek,
milliy manfaat va ehtiyojlarni idrok etish hamda ular uchun xizmat qilishni
o'zining burchi, deb bilishi kerak. Milliy o'zlikni anglash qorin qayg'usi
bilan emas, balki qadr qayg'usi bilan yashamoq demakdir. O'z millatini,
ajdodlarining kimligini biladigan, milliy g'ururi butun odam boshqa qavmlarga
ham ehtirom ko'rsata oladi. "Xalqimiz tarixida insoniy kamoloti va
ijtimoiy faoliyati bilan dovrug' qozongan, millatimiz faxri bo'lmish ulug'
zotlar benihoya ko'p", -deydi Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining
Temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi marosimida so'zlagan nutqida.
Bizning ajdodlarimiz o'tmishdagi tarixiy davrlarda qanday nom bilan
atalganliklarni va qanday til yoki tillarda so'zlashganliklaridan qat'iy nazar,
endi o'sha ajdodlarimiz asosida, ular yashagan hududlarda hozirgi o'zbek
millati shakllandi va biz endilikda o'zimizni o'zbek deb angladik. Shuning
uchun o'sha ajdodlarimiz orasidan chiqqan buyuk siymolar hozirgi kunda ham biz
o'zbeklarning faxrimizdir.
Millatimiz ma'naviy qiyofasining asoslaridan birini tilimiz tashkil etadi.
Ma'lumki, til insoning fikr almashish va muloqot vositasi, rivojlanish omilidir. Ayni
paytda til millatning ma'naviy mulkidir.
Mamlakatimizda IX-XII asrlarda xalq
og'zaki adabiyoti jadal sur'atda shakllana bordi.
"O'g'iznoma", "Alpomish" kabi dostonlar vujudga keldi.
Aholi o'rtasida qissaxonlik, adabiy
aytishuvlar yoyila boshladi. Navo san'atida shash-maqomlar yaratildi.
O'zbek tili katta hududda - Movarounnahr, Xuroson hamda ularning
tevarak atrofida yashab kelgan turkiygo'y elatlar uchun mushtarak tilga aylanib
bordi. Mashhur shoir va adiblar Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur,
Muhammad Solix, Shayboniyxon, Mirzo Bedillarning barakali ijodi o'zbek tili
rivojiga xizmat qildi. Asrlar osha bu jarayon kuchaydi, lug'aviy jihatdan
boyidi.
Jahonda hech bir til yo'qki, uning lug'ati faqat o'z so'zlaridan
tashkil topgan bo'lsin. Arab va fors-tojik tilidan kirib kelgan so'zlar
tilimizni yanada boyitdi. Bugungi o'zbek adabiy tiliga talaygina mo'g'ul, rus,
xitoy so'zlari ham kirib kelgan. Keyingi 4-5 yil ichida bir qancha ingliz,
ispan, fransuz, nemis tillariga mansub so'zlar kundalik hayotimizga kirib
bormoqda.
Ma'naviy boyligimizdan bo'lgan yozuv o'lkamizda mil.av. V-III asrlarda
paydo bo'lgan va tez orada keng tarqalgan. Ayni paytda yozuv turlari ko'paydi,
takomillashib bordi. Arab istilosi natijasida VIII asrdan boshlab yangi
imlo-arab alifbosi o'lkamizda tarqaldi va bu yozuv to XX asr boshlarigacha keng
qo'llanildi. So'ng lotin imlosiga o'tildi, ammo sho'rolar istibdodi oqibatida
O'zbekiston kiril imlosiga o'tishga majbur bo'ldi. Istiqlol sharofati bilan
tilimiz kamsitishlikdan qutildi va lotin imlosiga o'tildi. Bunday muhim
tadbirning amalga oshirilishi dunyo sivilizatsiyasiga yaqinlashuvimizda ko'mak
bo'ldi.
Tabiiyki, har bir elat, millat u yoki bu muhitda, makonda tashkil
topadi. Shu nuqtai-nazardan o'zbeklar yurti to'g'risida ikki og'iz so'z. Avvalo
shuni ta'kidlash joizki, bu masala murakkab va nozikdir. O'zbek davlatchiligi
hozirgi mustaqil respublikamiz hududidan ancha keng bo'lgan. Zero, o'zbeklar
keng mintaqada O'rta Osiyo, Xuroson, Sibir yerlarida asrlar davomida yashab
kelganlar, boshqa turkiy va o'zga elatlar. Xususan, forsiy-tojiklar bilan
hamsoya bo'lib hamjihatlikda umrguzaronlik qilganlar.
XVII-XIX asrlardagi uch o'zbek xonliklari (Buxoro, Xiva, Qo'qon) da
xokimiyat tepasiga kelgan mang'it, qo'ng'irot va mingurug' sulolalari yashab
turgan sarhadlar ham hozirgi O'zbekiston hududiga to'la mos keladi deb
bo'lmaydi.
Xulosa qilib aytganda, tarixiy haqiqat shundan iboratki, o'zbeklar
o'tmishda bugungi O'zbekiston sarxadlaridan ancha katta bo'lgan mintaqada
yashab kelgan. Lekin bu mulohazalarni aytishdan maqsad qo'shni yurtlarga davo
ma'nosida emas, aslo, balki moziyda xalqimiz keng hududlarda yashab
kelganligini, boshqa elatlar bilan totuv munosabatda bo'lganligini
ta'kidlashdir. Sovet tuzumi davrida, 1924-1925 yillarida O'rta Osiyoda
shoshma-shosharlik bilan milliy-hududiy chegaralanish o'tkazilishi natijasida
yaxlit Turonzamin bir necha respublika va muxtoriyatlarga bo'lindi. Balki bu
sho'rolarning atayin qilgan siyosatidir (Mayda xalqlar darajasiga tushirib
qo'yish uchun).
Har bir millat, xalqini ulug'laydigan muhim omil uning ichki manaviy-ruhiy salohiyatidir. Ana shu nuqtai-nazardan kelib
chiqib, o'zbek xalqining ruhiyati, uning ma'naviy qiyofasi xususida qisqacha
to'xtalamiz. Boshqacha so'z bilan aytganda, o'zbekchilik deganda biz avvalo
nimani tushunamiz?
Bag'rikenglik, bunyodkorlik, tabiatga ehtirom, tenghurlik, o'zgalarga
hurmat, vatanparvarlik, poklikka intilish kabi umuminsoniy fazilatlar
o'zbeklarga xosdir. Bu kabi xislatlar xalqimizda bir necha ming yillar davomida
shakllanib kelmoqda. Bunga "Navro'z" udumlari, muqaddas
"Avesto" dalildir.
Uzoq tariximizda ko'plab urushlar, bosqinlar bo'lib o'tgan, lekin bu
janjallar, nizolar hech qachon millatchilik asosida yuz bermagan. Qirg'inbarot
urushlar, turli istilolar amaldorlar, siyosatdonlar manfaatidan kelib chiqqan.
Lekin xalqimiz etnik, irqiy kamsitish yoki ayirmachilikka bormagan.
Mintaqamizda turli o'lkalar madaniyati ham keskin ziddiyatda bo'lmagan. Bunday
xulosaga Buyuk ipak yo'li faoliyati ham asos bo'la oladi.
Xalqimizda azaldan diniy sabrdoshlik mavjud bo'lgan, boshqa dinlarga
sig'inuvchilarga yomon ko'z bilan qaralmagan. Masalan, ikki ming yil muqaddam
O'rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, iudaizm, moniylik,
shamanlik va boshqa e'tiqodlarni tavof etuvchilar ma'lum bir murosada bo'lganlar.
Demak, tinch-totuvlik, inoqlik, o'zini er, o'zgani sher bilib yashash
tarzi xalqimizning yetakchi hislatlaridan biridir.
Yana bir muhim xususiyat - bu vatanparvarlik hissi, fidoiylik. Malika
To'maris, otboqar Shiroq, sarboz Spitamen, sarxang Muqanna, shahzoda
Jaloliddin, hokim Temur Malik, imom Najmiddin Kubro, hunarmand Maxmud Tarobiy,
sohibqiron Amir Temur jasoratlarini eslaylik.
Asrlar davomida shakllangan xalqimiz urfu-odatlari, udumlari,
an'analarida o'z aksini topgan odamiylik, soddadillik, oila, farzand
tarbiyasiga munosabat, kattalarga hurmat, mehr-oqibat, muruvvat, andisha,
or-nomus kabi qadriyatlar majmuasi ham o'zbekchilikdir.
Bir yarim ming yil davomida zardushtiylik, so'ng VIII asrdan boshlab
qalbimizda jo bo'lgan islom madaniyati bizni poklikka, ezgulikka, halol
mehnatga, izlanishga, aqlu-idrokka da'vat etib kelmoqda. Shu bois bu fazilatlar
ham o'zbek xalqining buyuk ma'naviy boyligiga aylangan.
ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. O'zbekistonning milliy istiklol siyosat,
mafkura.t.l. T.: "O'zbekiston", 1996.
2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan kolsin, t.2.
T.: "O'zbekiston", 1996.
3. Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi mukaddasdir.
Asarlar, t.3 T.: "O'zbekiston", 1996.
4. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo'lidan t.4. T.:
"O'zbekiston", 1996.
5. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida:
xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va tarakkiyot kafolatlari. T.:
"O'zbekiston", 1997.
6. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash - davr
talabi. t.5. T.:
"O'zbekiston", 1997.
7. Karimov I.A.
Barkamol avlod- O'zbekiston tarakkiyotining poydevori. T.:
"O'zbekiston", 1997.
8. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'k. T.:
"Shark", 1998.
9. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalkni-xalk
millatni-millat kilishga xizmat yetsin. T.: "O'zbekiston", 1998.
10.
Karimov
I.A. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari. T.: "Shark", 1998.
11.
Karimov
I.A. Barkamol avlod orzusi. T.: "Shark", 1999.
12.
Karimov I.A. O'z kelajagimizni o'z ko'limiz
bilan kurmokdamiz //Turkiston. -1999. 2-fevr.
13.
Karimov
I.A. O'zbekiston XX1 asrga intilmokda. T.: "O'zbekiston", 1999.
14.
Karimov
I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon turmush-pirovard maksadimiz. T.:
"O'zbekiston", 2000.
15.
Karimov
I.A. Milliy mafkura xakida. T.:
"O'zbekiston", 2000.
16.
Karimov
I.A. O'zbekiston Respublikasi II chakirik Oliy Majlisining VIII sessiyasidagi
nutki. 2002-y. 4-5-aprel "Xalk so'zi" 2002-yil 5-aprel.
17.
Karimov I.A. O'zbekiston Respublikasi II
chakirik Oliy Majlisining IX
sessiyasidagi nutki: "O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni
yanada chukurlashtirish va fukaro" 2002-y. 4-5-aprel "Xalq
so'zi" 2002-yil.
18.
Karimov I.A. "Biz tanlagan
yo'l-demokratik tarakkiyot va ma'rifiy dunyo bilan xamkorlik yo'li" II
chakirik Oliy Majlisining XI
sessiyasidagi nutki 2003-y.
24-25-aprel "Xalk so'zi" 2003-y. 25-aprel.
19.
Karimov
I.A. "Nezavisimaya gazeta" muxbirining savollariga javoblari.
"Xalk so'zi" 2005-y., 19-yanvar.
20.
Karimov I.A. O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Konunchilik palatasi va senatining 2005-y. 28-yanvardagi ko'shma
majlisidagi ma'ruzasi. "Xalk so'zi" 2005-y., 29-yanvar.
21.
Karimov
I.A. Yuksak ma'naviyat -engilmas kuch. T. "O'zbekiston", 2008.
22.
Leonid
Levitin, Donald S.Karlayl. Islom Karimov - Yangi O'zbekiston Prezidenti. T.:
"O'zbekiston", 1996.
23.
Abdunabiev
A.G. Vklad v mirovuyu sivilizasiyu. T.: "O'zbekiston", 1998.
24.
Azamat
Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi. T.: Shark, 2000.
25.
Aliev A.
Maxmudxo'ja Bexbudiy. T.: Yozuvchi, 1994.
26.
Amir
Olimxon. Buxoro xalkining xasrati tarixi. T.: Fan, 1991.
27.
AmirTemur
Ko'ragon. Zafar yo'li. T.: Nur, 1992.
28.
Askarov
A. Eng kadimiy shaxar. T.: "Ma'naviyat", 2001.
29.
Axmedov
A. Ulug'bek Muxammad Tarag'ay. T.: 1994.
30.
Axmedov
B. O'zbek ulusi. T.: Nur, 1992.
31.
Axmedov B. Soxibkiron Temur (xayoti va
ijtimoiy-siyosiy faoliyati). T.: 1996.
32.
Avesto.
Yasht kitobi. O'zbek tiliga M.Isxokov ilmiy-izoxli tarjmalari. T.: Sharq, 2001.
33.
Bobobekov
X.N. Ko'kon tarixi. T.: Fan, 1996.
34.
Bobur
Z.M. Boburnoma. T.: Fan, 1960.
35.
Boynazarov
F. Antik dunyo. T.: Mexnat, 1989.
36.
Bunyodov Z. Anushtegin Xorezmshoxlar davlati
(1097-1231)-. T.: G'ofur G'ulom nashriyoti, 1998.
37.
Buxoro
tarixi. T.: Fan, 1976.
38.
Buyuk
siymolar, allomalar. T.: Meros (uch kitob), 1995, 1996, 1998.
39.
Valixo'jaev
B. Xo'ja Axror tarixi. T.: Yozuvchi, 1994.
40.
Vamberi Xerman.
Buxoro yoki Movarounnaxr tarixi. T.: 1990.
41.
Vatan tuyg'usi.
T.: O'zbekiston, 1996.
42.
De Klavixo.
Samarkanddagi Amir Temur saroyiga sayoxat kundaligi. //San'at. -1989.-1990.
43.
Jabborov I. O'zbek xalki etnografiyasi. T.:
O'kituvchi, 1994.
44.
Jo'rakulov
O. Kashkadaryo mang'itlari. T.: Fan, 1994.
45.
Zaki
Validiy. O'zbek urug'lari. T.: 1992.
46.
Ipak
yo'li afsonalari. T.: Fan, 1993.
47.
Isxoqov M.
So'g'diyona tarix chorraxasida. T.: Fan, 1990.
48.
Isxoqov M. Unitilgan
podsholikdan xatlar. T.: Fan, 1992.
49.
Isxoqov M. va
b. Kadimgi yozma yodgorliklar. T.: Yozuvchi, 2000.
50.
Yo'ldoshev N.
Baxovuddin Nakshband. -Buxoro, 1993.
51.
Kabirov J., Sagdullaev A. O'rta Osiyo
arxeologiyasi. T.: O'kituvchi, 1990.
52.
Maxkam
Askar. Avesto. "Shark". T.: 2001.
53.
Muxammadjonov
A. Kadimgi Toshkent. T.: Fan, 1988.
54.
Muxammadjonov
A. Kadimgi Buxoro. T.: Fan, 1991.
55.
Mo'minov
I. Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni va roli. T.: Fan, 1968.
56.
Nabiev R.N. XIV asrda O'rta Osiyoda
sarbadorlar ko'zg'oloni. T.: Fan, 1942.
57.
Nasimxon
Raxmon. Turk xokonligi. T., 1993.
58.
Norkulov
N. Kamoliddin Bexzod. T.: Fan, 1964.
59.
Sagdullaev
A. Kadimgi O'zbekiston ilk yozma manbalarida. T.: Universitet, 1996.
60.
Samarkand
tarixi. Ikki jildlik. T.: "Fan", 1969-1971.
61.
Sulaymonova S.F. Shark va
G'arb. T.: O'zbekiston, 1997.
62.
Temur
tuzuklari. T.: G'afur G'ulom, 1991.
63.
Tolstov S.P. Kadimgi Xorazm madaniyatini
izlab. T.: Fan, 1964.
64.
Usmon
Turon. Turkiy xalklar mafkurasi. T.: Cho'lpon, 1995.
65.
Shoniyozov
K.Sh. Kang' davlati va Kang'lilar. T.: Fan, 1990.
66.
O'zbekiston
tarixi. 1 kism. A.Sagdullaev, B.Eshov taxriri ostida. T.: Universitet, 1999. 2 nashri.
67.
O'zbekiston
milliy ensiklopediyasi. T.1-2. T.: O'zMU nashriyoti, 2000-2001.
68.
O'zbekiston
Respublikasi. Ensiklopediya. T.: "Komuslar bosh taxririyati", 1997.
69.
O'zbekiston
tarixi (kiskacha ma'lumotnoma). T.: Shark, 2000.
70.
O'zbekiston
davlatchiligi tarixi ocherklari. T.: Shark, 2001.
71.
O'lmas
obidalar. M.Isxokov va mualliflar guruxi. T.: Fan, 1989.
72.
Qoriev M.
Spitamen. Tarixiy roman. T.: 1985.
73.
G'ulomov
Ya.G'. Xorazmning sug'orish tarixi. T.: Fan, 1959.
74.
G'ulomov
Ya.G'. Kadimgi madaniyatimizning izlaridan. T.: Fan, 1960.
1. |
O'zbekiston tarixi fani predmeti, uni o'rganishning nazariy-uslubiy
asoslari, manbalari va ahamiyati…………………………………… |
4 |
2. |
O'zbekiston - insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o'choqlaridan biri...................................................................................................... |
10 |
3. |
O'zbek
davlatchiligining shakllanishi va dastlabki Taraqqiyot bosqichlari. Buyuk ipak yo'li………………………………………. |
28 |
4. |
Markaziy
osiyo hududidagi qadimgi davlatlar va ularning rivojlanish bosqichlari……………………………………………… |
41 |
5. |
Ilk o'rta asrlarda o'zbek davlatchiligi: ijtimoiy -
siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot…………………………………………………........ |
61 |
6. |
IX-XII asrlarda o'zbek davlatchiligi,
ijtimoiy-iqtisodiy hayot…….. |
75 |
7. |
IX-XII
asrlarda o'rta osiyoda uyg'onish
davri, fan va madaniyatning yuksalishi................................................................... |
88 |
8. |
Mo'g'ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin
manguberdi………………………………………………………… |
98 |
9. |
Amir temur
davrida o'zbek davlatchiligining mustahkamlanishi. Ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va madaniy hayot……………………..... |
109 |
10. |
Turkistonning xonliklarga bo'linib ketishi, uning
sabablari va oqibatlari …………………………………………………………… |
121 |
11. |
O'zbek
xalqining etnik shakllanishi………………………………... |
133 |
12. |
Adabiyotlar…………………………………………………………. |
143 |
"O‘zbekiston tarixi" fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma
IBF Ilmiy-uslubiy
kångàshi tîmînidàn nàshrgà tàvsiya etilgàn
(2010 yil 25 may, 9- sonli
bàyonnîmàsi)
Muàlliflàr: Yusupîvà G.V., Shirinîvà F.N., Ziyayeva D.S.
Tàqrizchi: O‘zR FA Tarix instituti katta ilmiy xodimi, t.f.n.
F.Sh. Shomukaramova
,
“O’zbekiston
tarixi” kafedrasi katta o’qituvchisi
A.B.Arifxanov
Muhàrrir: K.A.
Gayubova
Bichimi 60x84 1/16 Adadi __
Byurtma___
“Aloqachi ” Nashriyot-matbaa markazida chop etildi
Toshkent
shahar, Amir Temur ko`chasi, 108 uy