O’ZBÅKISTON ALOQA VA
AXBOROTLASHTIRISH AGÅNTLIGI
TOSHKÅNT AXBOROT
TÅXNOLOGIYALARI UNIVÅRSITÅTI
“O’zbekiston tarixi” kafedrasi
TALABALAR UCHUN “MADANIYATSHUNOSLIK”
FANIDAN
O’QUV-USLUBIY
QO’LLANMA
I-qism
TOSHKÅNT -2010
Ushbu "Talabalar uchun
Madaniyatshunoslik fanidan o'quv-uslubiy qo'llanma" (1-qism) barcha
yo'nalishdagi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. 4 ma'ruzadan iborat
bu qismda har bir ma'ruza so'nggida tayanch so'z va iboralar, mavzu bo'yicha
takrorlash uchun savollar, mavzu bo'yicha test vazifalari keltirilgan bo'lib,
talaba o'z bilimini sinab ko'rish imkoniyatga ega bo'ladi.
Tayyorlangan o'quv-uslubiy
qo'llanmadan talabalar qadimgi jahon madaniyati, arxaik, intik davr madaniyati,
Yevropa madaniyati, arab madaniyati haqidagi ma'lumotlarga ega bo'ladilar.
Shuningdek, turli xalqlarning ilm-fan sohasidagi kashfiyotlari, adabiyot,
san'at, me'morchilikka qo'shgan hissasi, uslublar turli, ularning ahamiyati
haqida bilib olishlari mumkin.
1-Mavzu: MADANIYATSHUNOSLIK KURSINING
PREDMETI VA VAZIFALARI
Reja:
1.
Madaniyatshunoslik
kursining tadqiqot ob 'yekti va
asosiy vazifalari.
2.
Madaniyat tipologiyasi.
3.
Madaniy rivojlanish qonuni.
4.
Madaniyat va sivilizatsiya.
Madaniyatshunoslik-madaniyat
rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Uning manbai insoniyat
yaratgan barcha madaniy qadriyatlardir. Madaniyatshunoslikning asosiy
vazifasiga insonning tabiat, jamiyat bilan birgalikdagi faoliyatini hamda
kishilarning ma’naviy turmushiga oid barcha jarayonlarni tadqiq qilish kiradi.
Uning tadqiqot manbai bo’lib:
·
inson yaratgan san’at sohasi;
·
kishilarning muomala vositasi bo’lgan til;
·
jamiyat boyligi va mezoni bo’lmish bilim;
·
ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tashkilotlar;
·
jamiyatda sodir bo’luvchi demografik va etnik
jarayonlar xizmat qiladi.
Madaniyatshunoslik umumnazariy fan hisoblanib,
unga xos bo’lgan xususiyat-insonning madaniy hayoti hodisasini tartibli tizimga
solib yondashish xisoblanadi. Shuningdek, madaniyat gumanitar bilimlarni o’zida
mujassam qilgan holda namoyon bo’lishi bilan birga bilishning o’ta murakkab
ob’yekti hamdir.
Madaniyat- bu insonlarning ijodiy
faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo’lib
qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya’ni
jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig’indisi madaniyatda gavdalanadi.
Madaniyatshunoslik fani mazmun va mohiyati jihatidan falsafa, falsafa tarixi,
madaniyat nazariyasi va tarixi, arxelogiya, etnografiya,
pedagogika, psixologiya, qadimgi dunyo tarixi, o'rta asrlar tarixi, sotsiologiya kabi fanlari bilan
uzviy aloqadordir. Bu fanlarning har biri madaniyat deb atalmish ulkan
ijtimoiy hodisani o'ziga hos tarzda o'z vazifa va maqsadlaridan kelib chiqqan
holda o'rganadi.
Madaniyatning paydo bo'lishi va rivojlanishi
kishilik jamiyatining eng qadimiy, ilk
bosqichlariga borib taqaladi. Boshqacha aytganda, madaniyat
insonning kelib chiqishi bilan uzviy aloqadordir. Madaniyat tarixi
jamiyat tarixining ajralmas bir qismidir. Shuning uchun ham
uning vujudga kelishi va rivojlanishini jamiyat tarixidan, jamiyatdagi
ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlardan, moddiy
boyliklar ishiab chiqarish usulidan ajratib olish mumkin emas. Jamiyat bor ekan, madaniyat ham mavjud
bo'ladi. Insonning insonga xos xislat va fazilatlariga ega bo'lishi,
tabiatga ta'sir etishi, ijtimoiy faoliyatga
kirishuvi, madaniy va ma'naviy boyliklarni ishiab chiqishi va istemol qilishi madaniyatga, uning
yutuqlaridan qanchalik foydalana
olganligiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Madaniyatning
rivojlanishi insonning o'zi qanchalik o'sganligini, uning bilishlari
nechog'lik kengayganligini, qobiliyati naqadar takomillashganini ko'rsatadi.
Madaniyat- jamiyatning maxsuli, ijtimoiy hayotning eng muhim
jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham
jamiyatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi.
Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida madaniyatning o’ziga xos xususiyati
shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o’ziga singdirib
oladi, saqlaydi va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning
vorisligi, qadriyatlarini to’plashi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib
berish bilan bog’liq bo’gan sohalarni ifodalaydi.
Avvalo shuni ta'kidlamoq kerakki, madaniyat so'zi arabcha
"madina" va "iyat" so'z yasovchi qo'shimchasining qo'shilishidan
hosil bo'lgan bo'lib, aynan "shaharga oid" degan ma'noni
anglatadi. Lekin, bu so'z kirib borgan boshqa xalqlar tillarida, shu
jumladan o'zbek tilida ham shaharlar ilm - fan, ma'rifaat
o'chog'i bo'lib kelganligi ta'sirida bo'lsa kerak, u "ma'rifatlik", "bilimlilik",
"tarbiya ko'rganlik" ma'nolarida
ishlatila boshlagan.
Madaniyat tiplari tarixiy davrlarga qarab o’zgarib
turadi. Davrlarning almashinishi bilan madaniyatda ham sifat o’zgarishlari yuz
beradi. Konkret tarixiy davrda yashagan kishilarning dunyo to’g’risidagi
tasavvurlari, bilimi, ma’naviy qadriyatlari to’g’risida atroflicha ma’lumotga
ega bo’lishimiz uchun biz shu davrning madaniyatiga murojaat qilishimiz lozim.
Shuning uchun madaniyatshunoslik fani turli xalqlarning madaniy rivojlanish
tarixini jahon madaniy taraqqiyotining tarkibiy qismi sifatida o’rganish bilan
birga konkret tarixiy davrning ijtimoiy
taraqqiyotda tutgan ma’naviy rivojlanishi bosqichlari, umumiy qonuniyatlari,
o’ziga xos xususiyatlarini ham o’rganadi.
Madaniyatshunoslik tinglovchilarni turli tarixiy
davrlar madaniyatlari va sotial guruhlarning urf-odatlari, turmush tarzi
to’g’risidagi bilimlar bilan boyitadi. Tarixiy va gumanitar bilimlarni tartibga
keltiradi, ijtimoiy turmush voqeliklarni yagona mazmun asosida anglashga yordam
beradi. Ko’plab betakror va mustaqil madaniyatlardan tashkil topgan jahon
sivilizatsiyasining birligi va xilma-xilligini ko’rsatadi. Kishilarning
fuqarolik va ma’naviy yetuklikka erishishlarida, fikrlar va qadriyatlar plyuralizmini
ko’ra bilishda fan taraqqiyotini to’g’ri baholash qobiliyatini xosil qilishda
muhimdir.
Madaniyatshunoslik fani muhim tarbiyaviy vazifani ham
bajaradi. Insonda ziyolilik xissini tarbiyalash kursning diqqat markazida
turadi. Kishi qanchalik ziyoli bo’lsa-degan edi D.S.Lixachev- u shuncha ko’p
tushunadi va o’zlashtiradi, uning dunyoqarashi va qabul qilish doirasi
shunchalik kengayadi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo’lsa, u hamma
yangiliklarga va “juda eski”likka nisbatan shunchalik befarq bo’ladi. O’zining
eski odatlari bilan yashaydi. Dunyoqarashi tor bo’lib, hamma narsaga shubha
bilan qaraydi. O’tmishning madaniy qadriyatlarini va o’zga millatlar
madaniyatlarini bilish, uni saqlash, ko’paytirish, estetik qiymatlarini qabul
qila bilishning rivojlanib borishi madaniy taraqqiyotning eng muhim
vositalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Insoniyat madaniyati rivojlanishi tarixi bu nafaqat yangi, balki eski madaniy
qiymatlarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, o’zga madaniyatlarni bilish,
ma’lum ma’noda gumanizm tarixi bilan qo’shilib ketadi. Bu boshqa xalqlarga
nisbatan xurmat, to’g’ri ma’nodagi bardoshlilik, tinchlik tilash demakdir.
Madaniyatshunoslik fanining yana muhim vazifalaridan
biri bu kishida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdir. Madaniyat faqatgina
moddiy va ma’naviy qiymatlar yig’indisidan iborat emas, balki ijodiy
faoliyatdir. Madaniyatshunoslik yangi ma’lumotlar berish bilan birga yoshlarda
madaniyat voqeliklari bilan munosabatda bo’lish malakasini xosil qiladi.
Xilma-xil ma’lumotlar berish bilan birga tinglovchilarda ilmiy tafakkur qilish
uslublari uzliksizligi, mantiqiylikni shakllantiradi.
Madaniyat
- insonning faoliyat jarayoni, uning oqibatida yaratilgan moddiy va ma'naviy
qadriyatlar, uning oqibatida shaxsni shakllantirish va kamolotida muhim omil
bo'lgan ijtimoiy hodisadir.
Moddiy ishiab chiqarishning ikki asosiy turi -
moddiy va ma'naviy ishiab chiqarishga qarab, madaniyat ham ikki
turga - moddiy va ma'naviy madaniyatga bo'linadi. Moddiy madaniyat deganda
mehnat qurollarini, mehnat ko'nikmalarini, shuningdek, ishlab
chiqarish jarayonida yaratilgan va moddiy hayot uchun xizmat qiladigan
barcha boyliklarni anglaymiz.
Ma'naviy madaniyatning qamrovi behad keng
bo'lib, u insonlar tomonidan yaratilgan ma'naviy boyliklarni,
ijtimoiy ongning ilmiy, badiiy, huquqiy, diniy, axloqiy,
falsafiy va boshqa shakliarini, tafakkuming barcha shakllari va dunyo
qarashning asosiy sohasini, jamiyatdagi g’oyalar va ta'limotlarni, badiiy asarlar, estetik qarashlarni ham qamrab oladi, bundan tashqari
ma'lumot berish, ta'lim - tarbiya,
falsafa, din, huquq, etika, estetika, san'at va adabiyot singarilar ham
kiradi.
"Sivilizatsiya" lotincha "Sivis"
so'zidan olingan bo'lib fuqarolikka oid, da’vatga oid degan ma'nolarni
anglatadi. Sivilizatsiya tushunchasini shotland tarixchisi va
faylasufi A. Fergyusson (1723 - 1816) jahon tarixiy jarayonining
ma'lum bir bosqichini ifodalash uchun ishlatgan bo'lsa, fransuz ma'rifatparvarlari aql
- idrok va adolatga asoslangan jamiyat, degan ma'noda
ishlatgan edilar. Ayrim olimlar uni madaniyatning, bazan faqat moddiy madaniyatning sinonimi sifatida
ishlatgan bo'lsalar, nemis fayiasufi
O.Shpengler esa aksincha uni madaniyatning antipodi ma'nosida, ya'ni madaniyatning halok bo'lish jarayoni, bosqichini xarakterlash uchun ishlatilgan.
Hozirgi zamonda ko'pincha texnika, texnologiya muvaffaqiyatlari
majmuasi va u bilan bog'liq holda yuzaga kelgan qulaylik (komfort) sivilizatsiya
deb tushiniladi.
Sivilizatsiya - bu jamiyat ma'naviy va
intellektual salohiyatining miqdor va sifat jihatdan funksional
tarkibiy yangilanish
jarayonidir O'z mazmun doirasiga madaniy, ma'naviy, iqtisodiy o'zgarishlarni aks ettiradi. Sivilizatsiya evolyusion va revolyusion yuksalish tartibida amalga oshishi
mumkin. Demak, sivilizatsiya madaniyatning konkret namoyon bo'lishini,
uning real mavjud hayotini aks ettiradi.
Sivilizatsiya madaniyatsiz, madaniyatning
sivilizatsiyasiz. undan tashqarida mavjud bo'lishi mumkin emas. Chunki inson ma'lum bir sivilizatsiya
bag'rida o'tmish aviodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy va
ma'naviy madaniyat boyliklarini
o'zlashtirishgan holda shakllanishi, kamol topishi mumkin.
O'zbekiston mustaqilligi sharoitida
madaniyatshunoslik fanining dolzarb tadqiqot ob'yekti - bu XXI asr bo'sag'asida
turgan insoniyatning farovon hayoti, baxti masalasidir.
Chunki oily mavjudod
bo'lgan inson hayoti bugungi kungidek xatarili bo'lmagan.
Insonga tahdid solayotgan energetik, xomashyo,
oziq -ovqat va chuchuk suv, ekologiya, demografik,
termoyadro urushi xavfi, issiqlik halokati, rak va spid muammolari, terrorizm
va giyohvandlik kabi muammoiar insoniyat boshiga yangi katta kulfatlar
solishi mumkin.
Shu sababdan ham prezidentimiz I.A. Karimovning
barcha asarlarining mazmun - mohiyati va tadbiq etilayotgan
istiqlol mafkurasining ijtimoiy - siyosiy mazmuni inson
muammosi, uning baxtli hayoti, qadriyati, istiqboli, sog'lom
hayot kechirishi kabi muhim
masalaiartashkil etadi.
Madaniyatshunoslik kursi mavzu matnlarining
zamonaviy ruhda, eng so'nggi va ilg'or axborotiari bilan
boyitilgan holda o'qitilishi, talablarining jahon andozalariga xos tarzda bilim olishiga
imkoniyat yaratadi. Bu jarayon o'z navbatida
yuqoridagi muammolaming bartaraf
etilishiga salmoqli ta'sir etadi.
Madaniyat funksiyalari. Madaniyatning o'zi serqirra bo'lganidek, u bajaradigan
funksiyalar ham xilma - xildir. Birinchi navbatda
bilish funksiyasini alohida ko'rsatish lozim. Har bir guruh, millat jamiyat
madaniyatida tevarak olamni bilish natijalari aks etadi. Odatda ma'lum bir davr madaniyatini shu davrda
olarnni anglash, bilish darajasidan kelib chiqqan holda baholaymiz.
Olamni bilish natijalari aksariyat hollarda sof madaniyat chegarasini yorib
chiqib keng ma'nodagi tarixiy jarayonning
tarkibiy qismiga, jamiyat taraqqiyotining
mnhim omiliga aylanib ketadi. Masalan: kosmik uchish vositalarini yaratish,
koinotga parvoz qilish insoniyatning azaliy orzusi edi. Nihoyat kosmik
uchish apparati yaratildi, inson koinotga ham parvoz qildi.
Madaniyatning bilish funksiyasi bilan
axborotlarni o'zlashtirish (informativ) funksiyasi uzviy bog'liqdir. Madaniyatning
axborot funksiyasi mazmuni to'plangan ijtimoiy tajriba, malakani uzatishda
ko'rinadi. Bu tajriba bilim, ma'lum bir rivoyatlar, aqidalar, fan, adabiyot, san'at asarlari orqali yangi avlod
tomonidan qabul qilib olinadi,
o'ziashtiriladi.
Madaniyatning axborot funksiyasining mazmuni to'plangan tajribani
gorizontal shaklda uzatilishining mohiyati tushunib olinganda
yanada aniqroq ochildi. Agar tajribani uzatishning bunday shakli
bo'lmaganda edi, har bir xalq, aytaylik, velosipedni, muzlatgichni
o'zicha yangidan yaratavergan bo'lardi. Hayotda esa unday emas. Bir xalq madaniyatida
erishilgan ahamiyatli natijalar boshqa
xalqlar tomonidan tayyor holda qabul qilinadi va milliy -madaniy
hayotning tarkibiy qismiga aylantiriiadi.
Madaniyatning informativ funksiyasi kishilar o'rtasida muomala, muloqot, o'zaro ta'sir bo'lganidagina yuzaga chiqadi. Shuning uchun madaniyatning informativ funksiyasi uning aloqa -kommunikativ funksiyasi bilan uzviy bog'liqdir.
Madaniyat muloqot orqali mavjuddir. Ayni paytda madaniyat inson muloqot sohasining kengayishiga xizmat qiladi, kishilar o'rtasidagi to'g'ridan - to'g'ri bevosita muloqot o'tmish avlodlarga mansub kishilar, shuningdek, bizga tanish ham qarindosh bo'lmagan zamondoshlarimiz bilan bilvosita muloqoti bilan to'ldiriladi. Biz Forobiy, Beruniy, Ibn Sino falsafiy risolalari, Lutfiy va Navoiy g'azallarini, Qodiriy va Cho'Ipon romanlarini, A. Oripov va E. Vohidovning go'zal sher va dostonlarini o'qib, ularning dunyoqarashi, fikrlash tarsi bilan oshno bo'lamiz, fikran so'zlashamiz.
Shuni takidlash lozimki, bevosita muloqot ham, bilvosita muloqot ham shaxs rivojlanishiga hamma vaqt ham birday ta'sir ko'rsatavermaydi. Ayrim hollarda muloqot shaxs rivojlanishiga salbiy ta'sir qilib, boshqa hollarda shaxsning ma'naviy komoloti uchun xizmat qilishi mumkin. Ayni paytda muloqot shaxs rivojlanishida hech qanday iz qoldirmasligi ham mumkin.
Hozirgi ilmiy - texnika inqilobi asrida axborot vositalari: matbuot, radio, televieniye ta'sirida bilvosita muloqotning doirasi nihoyatda kengayib bormoqda. Demak, shaxs rivojlanishida bilvosita muloqotning roli ham o'smoqda. Shuning uchun ommaviy axborot vositalarining faoiiyati doimo jamiyatning qattiq nazorati ostida bo'imog'i lozim.
Madaniyat nafaqat kishilar o'rtasidagi muloqotni amalga oshirishga yordam beradi, baiki kishilarning faoliyatini va ular o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga ham xizmat qiladi. Bunda madaniyatning tartibga solish (regulyativ) funksiyasi namoyon bo'iadi.
Madaniyatning regulyativ funksiyasi kishilaming jamiyatdagi sharoitlarga muvoffaqiyatli ko'nikishi uchuun xizmat qilgani turli me'yoriarda namoyon bo'ladi. Axloqiy, estetik, diniy, siyosiy, huquqiy normalar ana shular jumlasidan. Madaniyatni tartibga solish, hayot tarzini shakllantirish madaniyatning muhim funksiyalaridan biridir. Bu funksiyasi tufayli madaniyat kishilarning muloqotini, ishlab chiqish va turmushdagi munosabatlarni ma'lum normalarga bo'ysundiradi. Va nihoyat, madaniyatga baholash (aksiologik) funksiyasi ham xos. Har bir yangi madaniy qadriyatga biz o'zimizda shakllangan madaniy qadriyatlar nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ijobiy yoki salbiy, chiroyli yoki xunuk, adolatli yoki adolatsiz deb baho beramiz. Kundalik hayotda har birimiz ko'pgina bizga manzur yoki manzur bo'lmagan jarayon, voqealarga duch kelamiz, adabiyot, san'at, kino, asarlarini yahshi yoki yomon hodisalar sifatida baholaymiz. Bunday baholash paytida albatta har bir shaxsning o'z qarashlari, qadriyatlari tizimi muhim o'rin o'ynaydi.
Tayanch so’z va iboralar
Madaniyat, ma’naviyat, ziyolilik, mentalitet,
funksiya, salohiyat, qadriyat, sivilizatsiya, meros, moddiy, milliylik va
umuminsoniylik, intellekt, Shpengler.
Madaniyat – madinalik, shaharlik, ta’lim –
tarbiya.
Ma’naviyat – insonlarning o’zaro
munosabatlari, ularning hayotiy tajribalari davomida shakllangan va rivojlangan
qadriyatlar tizimi.
Intellekt – (lot.intellectus) aql, idrok,
zehn.
Shpengler O. – nemis idealisti, faylasufi,
hayot falsafasi vakillaridan biri.
An’ana – ajdodlarning tarixan to’plagan
ma’naviy qadriyatlarini avlodlarga uzatish vositasi.
Ommaviy madaniyat – madaniyat mavjudligining
murakkab, hamma vaqt bir xil talqin qilinmaydigan o’ziga xos shakli.
Sivilizatsiya – serqirra va murakkab mazmunga
ega bo’lgan ijtimoiy – falsafiy tushuncha.
Marosim – shaxs, gurux, jamiyat hayotidagi
muhim hodisalarni nishonlash shkli.
Qadriyat – narsa va xodisalar, jamiyat moddiy
va ma’naviy boyliklarining ahamiyatini ifodalash uchun qo’llaniladigan
tushuncha.
Mavzu bo'yicha
takrorlash uchun savollar
1. Madaniyatshunoslik fanining
predmeti, u nimani o'rganadi?
2. Madaniyat qanday turlarga
bo'linadi?
3. Madaniyat funktsiyalarining
ahamiyati?
4. O'zbekistonning Yunesko
faoliyatidagi o'rni?
Mavzu bo'yicha test vazifalari
1. “Madaniyat” atamasini lug’aviy
ma’nosi nima?
a) tarixiy voqealar
b) qayta ishlov
berish, o’zgarish
v) donishmandlikni
sevish
g) odamni
strukturaviy tuzilishi
d) tafakkur
qonunlari
2.
“Madaniyat”ni
asosiy turlarini belgilang?
a) siyosiy va huquqiy
b) tarixiy va nazariy
v)
moddiy va ma’naviy
g) ijtimoiy va iqtisodiy
d) ilmiy va mafkuraviy
3. Madaniyatshunoslik fanining predmeti nima?
a) tarixiy
rivojlanish qonuniyatlari haqidagi ta’limot
b) madaniyatning
kelib chiqishi, umumiy rivojlanish tarixi va qonuniyatlari haqidagi fan
v) tafakkur shakllari haqidagi fan
g) iqtisodiyot qonuniyatlari
haqidagi fan
d) inson
psixologiyasi va uning qonunlari to’g’risidagi fan
4. Madaniyatshunoslik fanining
vazifalarini aniqlang.
a) tarixiy rivojlanish
qonuniyatlarini yoritib beradi
b) hozirgi davr mafkurasini
shakllantirish
v) falsafaning asosiy masalasini
o’rgatish
g) madaniyat tarixi va
nazariyasini o’rgatish, madaniyatli insonni yetishtirish
d) go’zallik sirlarini o’rgatish
2-Mavzu: MADANIYATSHUNOSLIK VA JAHON MADANIYATI MASALALARI
Reja:
1. Qadimgi
jahon madaniyati (Misr, Hindiston, Xitoy va antik davr).
2. Diniy madaniyat. (O'rta asr Yåvropa madaniyati).
3. Yevropa o’rta asr va Uyg’onish davri madaniyati.
Qadimgi Misr
madaniyati. Qadimgi Misrning manbalari, Qadimgi
Ikkidaryo oralig'ining tarixi singari, Misrning uzoq o'tmishini
muntazam suratda va chuqur o'rganishga faqat XIX asrdagina
imkon tug'ildi.
Ungacha
Bibliya (Tavrot) dagi ayrim ma'lumotlardan, yunon va
lotin mualliflarining asarlaridangina foydalanishga to'g'ri kelgan, ammo bu
mualliflarining Misming yozma. hujjatlaridan foydalana
olmaganlar, faqat o'zga xalqning og'izdan - og'izga o'tib kelgan hikoyalarigina bayon qilingan.
Gerodotning
bizga ma'lum "tarix" ida Misrning o'tmishi u qadar muntazam
bo’lmasada, Bobil - Ossur tarixidan ko’ra hiyla mufassal bayon etilgan.
Misr iqlimining nihoyatda quruqligi
tufayli bunda hatto juda mo’rt materiallardan ishlangan qadimgi
yodgorliklar ham g'oyat yahshi saqlangan. Chunonchi bunda qog'ozdan
oldin kashf etilgan (haqiqiy qog'ozni qadimgi xitoyliklar ixtiro
qilganlar) papirusga, yog'ochga va polotnoga yozilgan yozuvlar
topildi. Toshtaxtalardagi yozuvlar ayniqsa yaxshi saqiangan,
ammo bu yozma yodgorliklarning ko'pi bir tomonlama diniy - sehriy mazmundagi
yozuvdir.
Diniy aivanalar. Nil vodiysida ayniqsa mustahkam va turg'un bo'lgan Koxinlar g'oyat katta kuchga
ega bo'lib, uiar bilan podsho
hokiniyati o'rtasida ba'zan ixtiforlar bo'lib tursa-da, fir'avnlarning ilohiyligi tog'risida
ta'limotlar va aholi ommasini "Quyosh farzandi" ga (Misr
hukmronlarini shunday deb ataganlar) itoat qilishga undaganlar.
Xullas, Misrdagi har xil diniy - e'tiqodlar eski urf
-odatlarni qo'llab - quvvatlagan va mulkdorlar hokimiyatiga itoat qitishga chaqirganlar.
Shubhasizki, Misrning dini yillar davomida o'zgarib,
ijtimoiy siljishlarga va siyosiy o'zgarishlarga moslashib turgan. Ammo tugab borayotgan urug'-qabilachilik
urf-odatlari bilan hali bog'liq
bo'lgan qadimgi mamlakatlardagidan ko'ra uzoqroq va qattiq saqlangan, Misrda nihoyat darajada ko'p tarqalgan yirtqich
va uy hayvonlariga sig'inish, shuningdek, har xil qushlarga, baliq va hashoratlarga sig'inish yunon
sayyohlarini hayratda qoldirgan.
Misr
dinining yana bir o'ziga xos hususiyati narigi dunyoga juda
katta ahamiyat berilganligidir. Shumer bilan Bobilda narigi dunyoni ko'ngilsiz
va mudhish deb,
o'lganlarni bu dunyoni qo'msaydigan
baxtsiz banda, deb tasawur qilgan bo'lsalar, bu haqda Misrdagi ta'limot
boshqacha bo'lgan. Masalan, ular bu dunyodagi uy - joy
musofirxona bo'lib, uzoq yashab bo'lmagani uchun ularni mustahkam
qilib qurishning ham hojati yo'q, undan ko'ra o'zingga "abadiy
yotoq joy"ni maqbarani oldindan tayyorlab qo'yishing kerak,
degan qoidaga amal) qilganlar.
Mumiyolashga alohida e'tibor berilgan. Jasadni mumiyolashning
qimmat va arzon usullari bo'lgan. Fir'avn va katta mansabdorlarning mumiyolari ayniqsa
yaxshi saqlangan. Ichak-chovoqlari olinib alohida idishlarga (kanoplarda)
saqlangan. Ichak -chavoqdan tozalangan
gavda 70 kuncha nomakobda turgan, keyin xushbo'y qatron (smola) quyilib ustidan polotno o'rtikka o'ralgan.
ADABIYOT. Qadimgi Misrliklarda
bizga xalq ertaklari va haqiqiy voqealar tasviridan iborat juda ko'p badiiy
adabioyt asarlari yetib kelgan, ular
keyinchalik saroy va ibodatxonalarning markazlari tomonidan ozmi-ko'pmi ishlaganlar. Sinuxet
to'g'risidagi qissa ayniqsa mashxur
bo'lgan.
"Hayotdan ko'ngli so'vigan odamning o'z
ruhi bilan suhbati" degan asar hayotning ma'nosi va maqsadi
to'g'risidagi falsafly asarning go'zal namunasidir. Bu she'riy
dialogning ishtirokchilaridan biri (hayotdan ko'ngli so'vigan)
kishilarning shavqatsizligi va makrliligidan noliydi va adolat
qidirib narigi dunyoga ketmoqchi bo'ladi.
Boshqa suhbatdosh (ko'ngli so'vjganning ruhi)
unga skeptik qarashlarni bayon qiladi. U dunyodan hech kim
qaytib kelgan emas, uning bu dunyodagidan ko'ra yahshimi yoki yomonmi ekanini hech
kim bilmaydi. Yaxshisi baxtni bu dunyodan qidirish kerak. Lekin
ko'ngli so'vigan kishi tasalli bermoqchi bo'lib aytgan gaplarini
eshitishni xohlamaydi. Pirovard natijada u bu dunyodagi hayotdan
ko'ra narigi dunyoning ustunligiga skeptik ruhini ishontirishga muvaffaq bo'ladi.
Dunyodagi eng dastlabki yozuv ham Misrda kashf etiigan. Memorchiiik, san'at, xalq og'zaki ijodi va yozma adabiyot sohasida ham misrliklar katta yutuqlarga erishganlar. Ularning eng qadimgi yozuvlari belgi - rasmlar shaklida bo'lgan va u leroglifiar deb atalgan. O'sha vaqtdagi Misr yozuvi 750 ta ierogliflardan iborat bo'lgan, Masalan: suv so'zi uchta to'Iqin, quyosh esa doira shakli ichiga nuqta qo'yilishi biian belgilangan.
Qadimgi Misrda musiqa va raqs ham juda erta taraqqiy topgan.
Bu davrda puflab chalinadigan nay, urib chalinadigan qayroq, arfa
kabi turli asboblar bo'lgan. Juda ko'p badiiy syujetlar boshqa xalqlarga
(o'zgartirilgan holda) misriiklardan o'tgan. Sfinks obrazi Yevropa
san'atida klassik o'braz bo'lib qolgan. Misrning obelisklarining
haqiqiy nusxasi (haykali) Rim va Parijda qad ko'tarib turibdi. Qizil granitdan
yasalgan va Misrdan keitirilgan (eramizdan avvalgi XV
asrga mansub) sfinksiar Sank-Peterburgda Neva qirg'og'iga husn berib turibdi.
Misrda
drama ham erta tashkil topgan. Ibodathonalarda diniy dramalar
qo'yilgan. Teatrlarda Oserisning o'limi
va qayta tirilishi ko'rsatilgan. O'seris tirildi, u narigi
dunyodagi podsholikda iloh va sudya bo'lib o'ldi.
Demak, teatrning kashf etilishi sohasida ham
Misr dunyoda birinchi
o'rinni egallagan mamlakat.
Gizada va Sakkarda qadimgi podsholik davriga oid podshoh
piramidalari yonida juda katta nepropol topilgan, bu nepropollarda podshoning qarindosh
urug'lari katta mansabdor va amaldorlar
qo'shilgan juda ko'p maqbaralar joylashgan. Shaharning harobalaridan ham juda ko'p uy-ro'zg'or buyumlari
va san'at asarlari topilgan.
Masalan, Kaxun shahrining xarobalaridan O'rta Posdsholik zamonidan qolgan
ko'pgina mehnat qurollari va qurol-yaroqlari topilgan.
Qadimgi Hindiston madaniyati. Hindiston territoriyasining
hajmi va aholisining soni jihatidan uzoq o'tmishdayoq hozirgiday kabi
Osiyoning eng katta mamlakatlaridan biri
bo'lgan. Uning tabiat yaratgan keskin chegaralari uni tashqi olamdan
ajratib qo'ygan, boshqa mamlakat va xalqlar bilan aloqasini qiyinlashtirgan.
Uning janubiy, janubi-g'arbiy va janubi - sharqiy chegaralari Hind okeani, Arabiston dengizi va Bengal qo'ltig’i bilan o'ralgan. Shimoliy chegarasi esa yer yuzining eng
baland Ximolay tizma tog'lariga taqatgan. Tog'li to'siqlar sira o'tib bo’lmaydigan
darajada bo'lmasa-da, juda bahaybatdir
va ular Hindistonni g'arbda Erondan va sharqda Hindi - xitoydan ajralib
turardi. Qadimgi Hindiston tarixiga doir asl
nusxa manbalarining ko'p qismi yo'q
bo'lib ketgan. Qadimgi hind adabiyotining ko'p asariari qayin po'stlog'iga yoki palma daraxti bargiariga yozilgan
bo'lib, ular Misrdagidan ko'ra ancha nam iqlim sharoitiga bardosh bera
olmagan (Misrda papirusdan mo'rt material ham saqlangan). Ikkinchi tomondan, yong'inlar Old Osiyoning
kitoblariga zarar keltirmagan bo'lsa, qadimgi Hindiston kutubxonalari va
arxivlarini obdan xarob qilgan, toshga o'yib yozilgan matnlarning asl
nusxasi saqlangan bo'lsa-da, ular nisbatan
ozdir.
Qadimgi Hindiston
yilnomalarining axvoli ulardan ham yomon. Vedalar, Maxabxarata va Ramayana
hajmi ancha katta va mazmundor she'riy asarlardir.
Vedaiar - gimniar, qo'shiqlar, afsungar va diniy duolardan iborat katta to'plamdir. Bunday to'plamlardan
to'rttasi saqlangan. Bu to'plamlar - Rigveda, Samaveda, Yajurveda va Abxarveda
deb atalgan. Eng qadimgi qismlari eramizdan
avvalgi 2 ming yillikka mansubdir,
keyin uiar taxminan ming yildan ziyodroq davr davomida qayta ishlangan va uning
eng oxirgi nusxasi bizning eramizga yaqin davrda yozilgan.
Hind xalqining og'zaki ijodidan ikkita doston borki, ularni adabiy qimmati va tarixiy ahamiyati jihatidan olamga mashhur Gomer dostoniari bilan tenglashtirish mumkin. Bu dostonlarning biri Maxabxarata (Bxarta avlodlarining buyuk urushi) deb, ikkinchisi esa Ramayana (Ramaning faoliyati tog'risida qissalar) deb atalgan. Garchi an'anada bu dostonlar avtorlarining nomi (Vayasi va Valmiki) saqlangan, ammo afsonaviy Gomerning tarixan rostligi qanchalik gumon bo'lsa, u mualliflar ham shundaydir U dostonlarning ikkisi ham eramizning avvalgi 1 ming yillikning taxminan o'rtalarida tarkib topa boshlagan va eramizdan dastlabki asrlarida qat'iy shakl olgan (vaqtlarni mutlaqo aniq belgilab bo'lmaydi).
Qadimgi Hindistonda har xil falsafly oqimlar shu jumladan, materialistik oqim tarkib topgan. Masalan, charvak ta'Iimotiga ko'ra bilishning birdan - bir manbai tajribadir.
Eramizdan avvalgi V-Vi asrlarda Hindistonda Yerning sharsimon ekanligini va yerning o'ziga tortish qonuni, shuningdek , yerning o'z o'qi atrotida aylanishini juda yaxshi bilganlar. Bu ilmiy kashfiyotlarni o'rta asrlarda arablar hindlardan o'rganib olganlar.
Ilk hind davridayoq (eramizdan avvalgi III - II ming yillikdayoq) Hind vodiysida hisobning o'nli tizimi tarkib topgan. Keyinchalik hindiar matematikada ba'zi jihatdan boshqa sharqiy davlatlardan o'zib ketgan. Masalan, nolni bildiradigan alomat faqat Hindistonda ishlatilgan. Biz rim raqamiaridan farq qilib arabcha raqamlar deganimizni aslida qadimgi hindiar ixtiro qilgan va keyin bu raqamlar arablarga o'tgan. Arab algebrasiga ham hindlar algebrasining ta'siri bor.
Qadimgi hind kimyogarlari sulfat, xlorat va azot ksilota ishlashni bilaganlar. Tabiat kasalliklarini muayyan tizimga solishga uringanlar va organizmdagi asosiy shiralar nazariyasini yaratganlar. Hindistonda juda ko'p til va shevalar bo'lishi filologiya sohasida tadqiqotlar olib borilishini talab qilgan. Braxman olim Panini (eramizdan avvalgi V- VI asrlarda yashagan) "tozalangan" tilning, ya'ni adabiy (sanskrit) tilining grammatikasini tuzgan.
Gumbazli binolar va o'ziga xos g'orlar-ibodatxonaiar qadimgi hindlarning ajoyib arxitektura yodgorliklaridir. Ajanta g'or-ibodatxonalarida saqlangan xilma-xil rangidagi freskalar (eramizdan avvalgi I - III asrlarda) o'zining realizmi bilan kishini hayratda qoldiradi.
Hind
madaniyati Markaziy va Sharqiy Osiyo mamiakatlariga (asosan buddizmning yoyilishi munosabati
bilan) katta
ta'sir ko'rsargan. Hindiston g'arb olamiga arablar orqali ta'sir ko'rsatgan.
Qadimgi Xitoy adabiyoti. Qadimgi Xitoyliklar
o’zlarining ajoyib adabiyotiga ega bo’lganlar. Qadimgi Xitoy adabiyotining
shakllanishi xalq og’zaki ijodiyoti bilan bog’liqdir. Yozuv kelib chiqqan yozma
adabiyot rivoj topgan.
Xitoyda “Shi-Szin”,
“Chun-syu” kabi asarlar yaratilgan. Xitoylar ajoyib afsona, ertak, qo’shiq,
topishmoq va ko’plab maqollar yaratganlar. Dostonlar Xitoyning qadimgi
adabiyotidan katta o’rin olgan. Xitoy adabiyotida diniy, tarixiy va falsafiy
mavzular keng o’rin olgan. Xitoyda miloddan avvalgi IV-I, milodning I-IV
asrlaridan Soy Yuan, Sima Suan kabi
shoirlar ijod etishgan. Qadimgi Xitoyda musiqa, raqs, qo’shiq san’atiga
qiziqish erta boshlangan. Ularda musiqa asboblarining torli, urib, puflab
chalinadigan turlari keng tarqalgan. Xitoyga qo’shni O’rta Osiyo xalqlarining
arfa kabi musiqa asbobi I-II asrlarda kirib borgan.
Xitoylar adabiyotida diniy an'analar juda keng o'rin olgan. Ajdodlarga sig'inish katta
ahamiyatga ega bo'lgan. Tabiat hodisalari va har xil
ixtirolarni ilohiy kuchdan deb bilganlar Matriarxat davrida bu kuch butun mavjudotning otasi Nyuyva bo'lgan:
olamni va odamzodni o'sha yaratgan,
osmondagi teshik va yoriqlarni toshlar bilan o'sha bekitib, tekislab
qoygan. Keyinchalik tabiat va insoniyat ajdodi
ruhlarining panteoni vujudga keltirilgan, unga osmonni gavdalantiruvchi Shan Di bosh bo'lgan.
G'ayri tabiiy kuch egalari bo'lmish qahramonlar
to'grisida dostonlar yaratilgan. Bu dostoniar epik sikllarga
birlashtirilgan. Kishilarni o't hosil qilishga o'rgatgan Suy Jey
to'g'risidagi ayniqsa ta'kidlab o'tmoq kerak (bu yunonlar greklar titani
Prometeyni esiatadi).
Qadimgi Xitoyda
me’morchilik, rassomchilik va haykaltaroshlik. Me’morchilik Qadimgi Xitoy
san’atining bir turidir. Uning kelib chiqishi. Xitoy tarixining uzoq o’tmishiga
borib taqaladi. Me’morlar ajoyib saroylar, ibodatxonalar, ma’muriy binolar va
xarbiy istexkomlar qurganlar. Xitoyning qadimgi Xao Sanyan, Dalyan, In,
Shoychun, Chanan kabi yirik shaharlarida ko’pdan-ko’p saroylar, ibodatxonalar
va ma’muriy bunolar bo’lganki, uni xitoylik qo’li gul ustalar ishlaganlar.
Me’morchilik ishlarida loy, g’isht, paxsa va ko’proq yog’och ishlatilgan. Bu
jihatdan miloddan avvalgi I-II asrlarda uch qavatli qilib, oynavand
peshayvonlar va to’tr chekkasida qorovul xonasi bo’lgan Chanandagi Xan
podsholarining saroyi diqqatga sazovordir. Xitoyda rassomlik ancha rivojlangan
edi. Rassomlar shox saroylari, ibodatxona devorlari va amaldorlarning uyi
devorlarini o’simlik, daraxt, ot, otlik askar, jang aravalari it, fil va
qandaydir maxluqlarning tasvirlari bilan bezaganlar. Xitoyda haykaltaroshlik
kamroq rivojlangan. Ustalar miss, jez, kumush va oltin toshlardan xilma-xil
idishlar yasab, ularning sirtini qush va ajdarxo va turli afsonaviy maxluqlar
bilan bezaganlar. Haykaltarosh ustalar podsho, sarkarda, boy va oddiy
kishilarning haykallarini o’ta nafis did bilan ishlaganlar. Qadimgi Xitoyning
qo’li gul ustalari ajoyib zargarlik, kulolchilik, miskrlik va boshqa badiiy
buyumlar ishlatishda shuhrat qozonganlar. Shunday qilib qadimgi Xitoyliklar
adabiyot, me’morchilik va tasviri san’at sohasida o’zlariga xos asarlar
yaratib, shuxrat qozonganlar.
Qadimgi Xitoyda ilmiy
bilimlarning rivojlanishi. Qadimgi Xitoyda xo’jalikning rivojlana borishi bilan
ilmiy – amaliy bilimlar ham ravnaq topgan. Ular matematika, geografiya fanlari
sohasida jiddiy yutuqlarga erishganlar. Bu jihatdan miloddan avvalgi II asrda
tuzilgan “Matimatikaning to’qqiz kitobi”
degan asar diqqatga sazovordir. Qadimda matematikaning asoslari tushuntirib
berilgan. Bu kitob dehqon, olim, hunarmand, tarixchi, astranom, chorvador va
me’morlar uchun uzoq vaqtgacha qo’llanma bo’lib xizmat qilgan. Xitoy olimlari
astranomiya sohasida ham jiddiy yutuqlarga erishganlar. Davlat, xo’jalik
ishlarini yuritish, vaqtnu xisoblash va taqvim tuzish zaruriyati astranomiya
bo’limlarni to’plashni taqozo etadi. Xitoy astranomlari miloddan avvalgi 2 ming
yildayoq astranomik kuzatishlarni olib borganlar. Miloddan avvalgi 145-190
yillarda yashagan xitoy tarixchisi Sim Syanning “Tarixiy xotiralar” kitobining bir bo’limi osmon jismlari
masalasiga bag’ishlangan. Tarixchi Ban Guning “Xan tarixi” kitobida 783 yulduzning nomi keltirilgan.
Milodning II asrida yashagan Chjan
Xenning astronomiya va matematikaga oid asarida esa 124 yulduz turkumi, 2500
yulduzlarning nomi eslatib o’tilgan. Bu davrda planetalar xarakatini kuzatishga
katta ahamiyat berishgan. Xitoy astronomlari bir yil 365 kun ekanini
aniqlashgan. Ular bir yilni 12 oyga bo’lganlar va quyosh-oy taqvimini
tuzganlar.
Qadimgi Xitoy tabobat
ilmining rivojlanishi. Qadimgi
Xitoyda tabobat ham ancha yaxshi rivojlangan. Tabiblar bemor tomirlarni ushlab
ko’rib, ularning kasalliklarini aniqlab, tekshirib so’ng davolashga
kirishganlar. Qadimgi Xitoyda Van Shu Xe, Van Sio va Xua Tu kabi mashhur tabiblar
yashaganlar. Van Shu Xe tabobatga oid “Ney-Szi”,-“Odam tabiati va xayoti”, Van Sio esa
“Qiyinchilik haqida kitob” kabi asarlar yozilgan. Ular bemorlarni davolashda
meva, o’simlik va hayvonlarning ayrim qismlaridan tayyorlangan sodda va
murakkab dorilardan foydalanganlar. Xitoy tabiblari dunyoda birinchi bo’lib,
tomirdan shifobaxsh suyuqli dori yuborib davolash usulini qo’llaganlar. O’sha
vaqtda Xitoyda dori-darmonlarning 1000dan ortiq turi ma’lum bo’lgan.
3. Qadimgi
Xitoy yozuvi. Qadimgi Xitoy ko’hna Misr va
Mesopotamiya singari o’z yozuvi va adabiyotiga ega bo’lgan. Qadimgi Xitoyliklar
hozirgi kunimizdan 3.5- 4 ming yil ilgari o’zlarini yaratganlar. Ularning
yozuvi ham Misrliklarniki singari rasm-belgilardan ierogliflardan iborat bo’lgan.
Har bir ieroglif-belgi butun bir so’zni ifoda etadi. Bir kichik shoxcha belgisi
“daraxt”, ikkitasi “o’rmon”, uchtasi “chakalakzor” kabi ma’nolarni bildiradi.
Xitoyda dastlabki yozuv miloddan avvalgi 2 ming yillikda kashf etilgan. Bu
Shan-In davlati davriga to’g’ri keladi. O’shanda yozuvlar soni 2000 ga yaqin
bo’lgan. Xan davrida esa ierogliflarning soni 18000 ga yetgan. Xitoy yozuvlari
asrlar mobaynida ayrim o’zgarishlarga duch kelgan. Ammo u o’zining asosiy
belgilarini zamonamizgacha saqlab qolgan. Xitoyliklar xatni dastlab suyak,
yog’och, cho’p teri va bambuk tanasidan tayyorlangan maxsus taxtachalarga
yozganlar. Miloddan avvalgi V asrdan boshlab esa ipakdan tayyorlangan shoyi
parchasiga yozganlar.
Miloddan avvalgi I asrda
xitoylar qog’ozni kashf etgach, yozuvlar ana shu qog’ozga yozilgan. Xitoyliklar
dunyoda birinchi bo’lib qog’ozni kashf qilishgan ekan. Matnlar o’ngdan chapga
tomon ustunlar tariqasida yuqoridan pastga qarab yozilgan. Yozuvda bo’yoq,
cho’p, qush patlari va cho’tkachalardan foydalanilgan. Xitoyliklar qog’ozni
bambuk, latta va po’stloq aralashmasidan tayyorlaganlar.
Eramizdan avvaigi I ming yillik
o'rtalariga kelib Xitoyda har xil falsafiy oqimlar paydo bo'lgan. Ularning eng
etiborlisi konfutsiychilikdir: bu falsafiy oqim garchi vaqtincha mag'Iubiyatga uchragan bo'lsa - da, o'z mavqelarini to yangi
zamongacha saqlab kelgan.
Bu
oqimga asos solgan faylasuf Kun - tszi (Kontfusiy) eramizdan avvaigi 551 - 497 yillarda yashagan. Uning ta'limoti patriarxal tuzum an'analarini o'rnatish va
ijtimoiy negiz buzilmasligini da'vo qilishdan iboratdir.
Xo'jayin - xo'jayin bo'lishi, unga tobe
kishi-tobe bo'lishi, ota-ota bo'lishi va og'il-og'il bo'lishi
kerak. Kichiklarning xalqning hukmdorlariga bo'ysunishi
adabiy va buziimas qonundir. Tarbiya tartibni diniy prinsiplar
(ajdodlarga sig'inish) bilan bog'liq o'sha tabiiy huquqlarni
o'rgatishdan iborat qilib qo'yilgan. Har
qanday tub o'zgartirishlar qoralangan.
Konfutsiy falsafasi bilan boshqa bir falsafiy
oqim-daosizm raqobat qilgan. Kanfutsiy zamondoshi, ammo
yoshi undan kattaroq Lao-tszi daosizmning eng ulkan
namoyondasidir. Lao-tszi ta'limotida soda materialistic yo'nalish,
hatto dialektika kurtaklari ham ko'rinadi. Qadimgi
Xitoyning ilmiy ijodiyoti Xan zamonida eng
yuksak darajaga ko'tarilgan. Yulduz osmonining kartasi (qutb yulduzi atrofida
yulduzlarning turkumi) ishlagan, quyosh
dog'lari tekshirilgan va h.k. Bu davrning eng katta olimi Chjan Xen
(eramizning 78-139 yillari) eng qadimgi seysmografni yasagan. Farmakalogiya, agronomiya va boshqalarga oid ilmiy asarlar ham o'sha Xan davrida paydo bo'lgan.
Yunon va Rim antik
madaniyati. Afina madaniyatining rivojlangan
davri (mil. av. V -IV asrlar) yunon
adabiyoti uchun ham yuksak bosqich bo'ldi. Dramatik janrlar taraqqiy etdi. Mifologik syujet asosida
tragediya yetakchi janrga aylandi.
Antilk
falsafa. Falsafa tarixida muhim o'rin tutadi. Qadimgi Yunoniston
faylasuflari quldorlik tuzimini asoslashga intildilar. Qadimgi yunon
mutafakkirlari Sharq mamlakatalarida to'plangan tabiiy-ilmiy
bilimlari va falsafly g'oyalarni o'rganib yanada rivojlantirdilar
va boyitdilar. Antik falsafa tarixi boshlang'ich tibbiyot
bilimlari va ilk sodda materializmning diniy-mifologik
qarashlarga, idealizmga qarshi kurash tarixidan iborat. Qadimgi yunon falsafasi
Milet maktabi namoyondalari (Fales, Anaksimandr, Anaksimen)
qarashlaridan boshlanadi. Milet maktabi tarafdorlari yagona bir
butun dunyo nima ekaniigini tushunishga, tabiatdagi barcha
narsalarning birinchi asosini topishga urindilar. Ularning nazaricha, bepoyon
olamning kelib chiqishi va rivojida hech qanday xudolarning ishtiroki yo'q,
hamma narsaning asosi doimo harakatdagi
va o'zgarib turuvchi moddadir, Ana shunday moddani Fales suv, Anaksimen havo, Anaksimandr nomuayyan
muhit (apeyron), Geraklit olov deb hisobladi.
Tasviriy
san'at. Gomer davri san'ati haddan tashqari oddiy bo'lib yog'ochdan xudolar haykalini va geometrik naqshli vazopis san'ati
(vazalarga turli xil
rasmlar solish va yozish) rivojlangan. Bizgacha yetib kelgan san'at
yodgorliklari ichida bronza va marmar ko'proq.
Arxitektura.
Yunonistonda quldorlik demokratiyasining kuchayishi davrida stadion, gimnaziya, majlislar zali (dulevteriylar), ibodatxonalar, injenerlik inshoatlari (suv
o'tkazgich va h.k.) va jamoat
binolari ko'plab qurildi. Masalan, Gera, Korinfdagi Apollon ibodatxonasi,
Selinundagi ibodatxonalar va b. Teatri-meva
xudosi Dionis sharafiga bag'ishlangan bayramtarda
ijro etiladigan o'yinlardan boshlangan. Ellinizm davri (mil. av. IV-I asrlarigacha) dramatik
ko'rsatuvlarda xos asosiy rol o'ynagan.
Mil. av. VI asrning 2-yarmida shoir Fespid sahnaga akterni olib chiqdi.
Teatr bayramlar ochiq havoda ko'rsatiiadigan har xil o'yinlar bilan o'tar edi. Gretsiya teatrida ayollar rolini erkaklar niqob kiyib o'ynar edi. Esxil saxnaga 2 aktyorni
olib keldi. Sofokl esa sahna
dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan keng foydalandi, fojialarida 3 aktyor
paydo bo'ldi, dialog ko'paydi.Qadimgi yunonlar me’morchilik,
haykaltaroshlik va rassomlik Krit-Minen davrlarida vujudga kelib, keyingi
davrlarda rivojlanadi va mil.av. V asrda yuqori pog’onaga ko’tariladi.
Qadimgi yunonlar me’morchilikda ustunli
binolar qurishlikni misrliklardan o’rgangan bo’lsada, bu usulni qayta ishlab
uchta uslub yaratganlar: doriy, ioniy, korinf uslubidagi binolar. Ular
ibodatxona, teatr, saroy va majlis binolariga alohida e’tibor berganlar.
Dastlab bunday binolar doriy uslubida-ustunlar tagkursiga emas, yerga
o’rnatilgan. Keyinchalk marmar toshlardan kuchli erkak kishining gavdasiga
o’xshash ustundan, ba’zi ustunlar nozik, yuqori qismi gajakqayrilma, naqshli
uslubdagi binolar qurilib, ayol gavdasiga qiyoslangan. Ibodatxonalarning baland
poydevorlari bo’lib, ichi va tashqarisi haykallar bilan bezatilgan.
Afina akropolidagi Parfenon, Erexteyon
ibodatxonalari yunon me’morchiligining nodir asarlaridan bo’lib, hozirgacha
saqlanib qolgan. Prafenon ustunlari doriy uslubda bo’lsada, tarz-tarovati
ioniycha uslibdadir. Uning qarshisidagi Erexteyon ibodatxonasi sof ioniycha
uslubda, qiz haykallar ustun vazifasini bajarib, nafis ishlangan.
Mil.av. IV asrda rasm bo’lgan korinfcha
uslubdagi ustunlar uzunroq, tagkursisi va qoshi ancha murakkab bo’lib, akanf
o’simligi yaproqlari bilan bezatilgan. Afina markazida Lisikrat yodgorlik
haykali shu uslubda qurilgan.
Yunon haykaltaroshligi ham mil.av.
V-IV asrlarda yuksak darajada rivojlandi. Haykaltaroshlar bu davrda odam
gavdasining harakat qilib turgan holatini tasvirlashni bilib olganlar. Miron,
Poliklet, Fidiy, Traksitel, Skopas, Lisini kabi haykaltaroshlar yaratgan
haykallar jonli harakatli holatda ishlangan.
Yunon
rassomchilik san’ati namunalari kam saqlanib qolgan bo’lsa-da, asosan ko’za,
vaza va sopol idishlar sirtiga rassomlar yunonlar hayotidan olingan ayrim
manzaralarni ishlaganlar. Mazkur rasmlar jozibasi bilan diqqatni
tortadi.Gretsiya (qadimgi Yunoniston,
Ellada) - Bolqon yarim orolining janubiy, Egey dengizidagi
orollar,Kichik Osiyoning g'arbiy sohili, Apennin yarim orolining janubiy sohili. Sitsiliya oroli, Marmar, Qora va O'rta dengiz
soxillarida tashkil topgan quldorlik davlatlar guruhi.
Arxeologik ma'lumotiarga qaraganda, Gretsiya mintaqasida odamlar
qadimdan yashab kelgan. Mil. Av. VIII-VI asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
tashkilotmng alohida shakli bo'lgan qadimgi
Gretsiya jamiyati-polislar aholisi erkin grajdanlardan iborat bo'lgan shahar-davlatlar vujudga keldi. Polis erkin grajdanlari yerga va quruqlikga egalik
qilgan. Grek mustamlakachiligi shu
davrda avj olgan. Egey dengizining shimoliy qirg'og'i, Sitsiliyaning sharqiy
qismi, Italiyadagi tarent ko'rfazi qirg'oqlaridan to qora dengiz qirg'oqlarigacha bo'lgan yerlar Gretsiya
mustamlakasiga aylangan.
Adabiyot. Bizga yunon yozma adabiyotining eng qadimiy na'munalaridan Gomerning "Iliada" va "Odisseya" epik
poemalari yetib kelgan. Troya urushi voqealarini aks ettirgan bu poemaiar qahramon shaxslar va mashhur tarixiy voqeaiar
madhiyasiga bag'ishlangan epik
qo'shiqlar asosida maydonga kelgan. Gesiod (mil. av. VIII - VI! asrlar)
didaktik folklor ta'sirida borliqning paydo bo'lishi
va xudolarning kelib chiqish manzarasini yaratdi ("Teogoniya"), mehnatni hayotning asosi sifatida
ulug'ladi("Mehnat va kunlar").
Doston va afsonalar teatr uchun boy ma’lumot bergan. Qadimga Yunon
teatri miloddan avvalgi VI asrlarda qishloq xo’jaligi xomiysi, hudo Dionis sharafiga
o’tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan qo’shiqlar va o’yinlar asosida
vujudga kelgan. Yunonlar teatrni “katta yoshdagilar maktabi” deyishgan.
Teatr yunonchada “tomoshalar joyi” degan
ma’noni anglatadi. Keyinchalik qurilgan Yunon teatrlariga 17-25 ming tomoshabin joylashgan.
Teatr san’atining rivoji mashhur yunon
adiblari ijodi bilan uyg’un bo’lgan. Adiblar afsona va rivoyatlar asosida tragediyalar
yaratganlar. Tragediya yunonchada “echkilar qo’shig’i” degan ma’noni anglatadi.
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Esxil,
Sofokl, Yevripid tragediyalari Aristofan komediyalarini teatrda tomoshabinlar maroq bilan ko’rishgan.
Esxilni “tragediya otasi” deb ataganlar. Ularning “Zanjirband Prometey”, “Forslan”
tragediyalari, Sofoklning “Shox Edip”, “Antigona” tragediyalari mashhur
bo’lgan. Sofokl 120 dan ko’proq tragediya yozgan.
Aristofan “Tinchlik”, “Suvoriylar” degan komediyalarida urush
voqealarini va o’sha davrdagi illatlarni tasvirlagan. Bu ijodkorlarni xalq
hurmat qilib Afina teatriga haykallarni o’rnatganlar va “donishmandlik
yo’lboshchilari” deb ataganlar.
O'rta asrlarda Yevropa xalqlari madaniyati. O'rta asrchilik butunlay primitiv asosda rivojlandi. O'rta asrchilik
hamma narsani eng boshidan boshlash uchun qadimgi tsivilizatsiyani, qadimgi
falsafa, siyosat va yurisprudentsiyani yer bilan yakson qilib tashladi. Uning
barbod bo'lgan qadimgi dunyodan qabul qilib olgan birdan – bir merosi
xristianlik va yarim xaroba holiga kelgan, o'zining ilgarigi butun
tsivilizatsiyasini yo'qotgan bir necha shahar bo'ldi.
O'rta asr falsafasi (G'arbiy Yevropa
mamlakalarida) – G'arbiy Yevropa feodal jamiyati falsafasi, bu falsafa Rim
imperiyasining halokatidan boshlab (5 asr) to kapitalistik jamiyatning ilk
formalari paydo bo'lganga qadar (14 – 15 asrlar) o'tgan davrda rivojlandi.
Antik quldorlik jamiyatining inqirozi falsafasining tushkunligi bilan birga
bordi. Antik falsafiy meros yo'qotilgan va 12 asrning 2 – yarimigacha G'arbiy Yevropa
olimlariga noma'lum edi. Diniy ideologiya: Yevropada 2 xildagi (Rim
katolitsizmi va Vizantiya pravoslaviyesi) xristian ideologiyasi hukmron
ideologiya bo'lib qoldi. Maktab, maorif cherkov qo'liga o'tdi, cherkov aqida va
ahkomlari tabiat, olam va inson haqidagi hamma tasavvurlarga asos bo'lib qoldi.
Maktablarning (dunyoviy va diniy maktablarning) rivojlanishi, 12 asrning o'rta
asrlaridan boshlab esa dastlabki universitetlarning tashkil etilishi (Italiya,
Angliya, Frantsiya, Chexiyada) falsafa oldiga din aqidalarini falsafiy jihatdan
tushuntirish va hatto asoslab berishda cherkovga yordam berish vazifasini
qo'ydi. Falsafa bir qancha asrlar davomida “ilohiyot xizmatkori” bo'lib qoldi.
Bu rolni u majusiylikka qarshi xristianlikni madh – himoya qiluvchilar
faoliyatida, so'ngra esa “cherkov otaxonlarining” asarlarida bajarib keldi. Bu
“otaxonlar” dan G'arbda eng yirigi bo'lmish Avgustin Xristian falsafasi
ta'limotlari sistemasiga neoplatonizmning qator ideologiyalarini kiritdi. Sharq
neoplatonchilari, shular jumlasidan. Soxta – Dionisiy Areopagit (5 asr)
neoplatonizm ta'sirining ikkinchi – g'arb uchun manbai bo'lib qoldi.
XII asrning o'rtalarida
Aristotelning asosiy asarlari lotinchaga tarjima qilindi avvalda cherkov
dushmanlik ko'zi bilan qaragan Aristotel ta'limotlari ko'p o'tmay xristianlikning
falsafiy asosi sifatida e'tirof etildi. Shu paytdan boshlab sxolastika
muallimlari Aristotel asarlarining sharhlovchilari va sistemalashtiruvchilari
bo'lib qoladilar. Ular aristotelizmni o'zlarining diniy va falsafiy
tushunchalariga moslashtiradilar, aristotel dunyoqarashining eskirgan
qismlarini (masalan, geotsentrik sistemasini, uning fizikasi printsiplarini)
aqidaparastlarcha o'zlashtiradilar, fanda yangilik izlashning hammasini rad
etadilar. XIII asrda Buyuk Albert, Foma
Akvinskiy va Ioani Duns Skott sxolastikaning asosiy sistemalashtiruvchilari
edilar. Cherkov Foma Akvinskiyning faoliyati va ta'limotiga eng yuksak baho
berdi: uni o'z “avliyolari” qatoriga qo'shdi, XIII asrning 2 – yarimida esa
uning ta'limotini o'zining rasmiy falsafiy doktrinasi deb e'lon qildi
(Neotomizm).
Diniy –
klerikal adabiyot. Xristian cherkovi o'rta asr obskurantizmi
(jaxolatparastligi) ning tayanchi bo'lib xizmat qildi. U o'sha davr ma'naviy
hayotining hamma tarmoqlarini qamrab olib, ularni o'z hukmiga bo'ysuntiradi.
Cherkov o'rta asrlar davomida insonni din
jaxolati bilan kishanlashga injener, savodsiz ommani afsonaviy jannat va'dalari
bilan g'avlatda saqlar, itoat etmaganlarni esa do'zax azobi bilan qo'rqitar
edi.
Xristian dini siyosat, huquq, axloq va ideologiyaning
boshqa shakllariga ham aralashar, sud ustidan nazorat olib borar edi. Ilm – fan
xukmron feodal – cherkov sxolastik ta'limoti tazyiqi ostida edi. G'arbiy Yevropa
davlatlaridagi xalqlarining tili turlicha bo'lsa ham, lekin ular xristian
dinida bo'lganliklari tufayli, katolik cherkovi lotin tilida ish olib borar,
ruhoniylar esa bu tilni “muqaddas til” deb ko'rsatishga urinar edi. Shu sababli
monastir maktablarida ham lotin tilida o'qitilar edi. Avliyolar hayoti haqidagi
ertak, injil tekstlarni bayon etuvchi diniy afsona va gimnlar diniy – klerikal
adabiyotga oid janrlardir. Avliyolar turmushini aks ettirgan afsonaviy
ertaklarda tarkidunyochilik, jonni qiynash va shu yo'l bilan tanni emas, jonni
“tozalash” kerakligi targ'ib qilinadi.
San'at va adabiyotning Gotika uslubida rivojlanish – asosan G'arbiy Yevropa mamlakatlari san'atida XII asrda vujudga kelib, XIV – XV asrlarga xukmron bo'lgan badiiy uslubning shartli nomi. Gotika XII asr o'rtalarida ijtimoiy fraktsiyada yuzaga keldi, XIII asr birinchi yarmida yuksak darajada rivojlandi. Shu yerda Gotikaning tosh ibodatxonalari o'zining mumtoz shakliga ega bo'ldi. Bibi Maryam ibodatxonasi (Notr - Dam 1163 - 1253), Shatr (1194 - 1260), Reyms (1211 - 1311), Am'en (1220 - 1288) Gotika yuksak namunasidir.
Niderlandiya, Izim, Germaniya, Skandinaviya, Ispaniya, Italiya, Po'lsha, Chexiya, Latviya, Estoniya va boshqa joylarda ham Gotika mahalliy an'analar ta'sirida rivojlandi. Gotikaning ilg'or usullari yug'onish davriga ijodiy ta'sir ko'rsatdi.
Gotika tasviriy san'atida diniy va dunyoviy dunyoqarashlariga uyg'uniikni saqlagan holda rivojlandi,
ayni vaqtda uning hodisalari bilan birga
aks ettirishga intildi. Ibodatxonalar bezagida haykal va vitrajlar keng qo'llanilgan.
Gotiy (Gotika) uslubi (1150 - 1508) turli - tuman badiiy shakllarda namoyon bo'ladi. Me'morchilikda esa, ko'proq o'z ifodasini topdi. Gotiy jome'lari - bu uslubning eng a'lo yutuqlaridandir.
Ravoqli toqlar bilan ziynatlangan baquvvat ustunlar, rangli oyna solingan yirik derazalar, timtik uchlar gotiy jome'lariga dilovarlik baxsh etadi. Imorat hamisha go'yo yuksaklikka talpinayotgandek tuyuladi va yanada balandroq ko'rinadi. Imorat tashqarisi jozibador haykallar, ko'p miqdordagi ustunlar bilan bezatilgan.
Cherkovga kiraverishdagi peshtoq bir talay ravoqlar, haykallar, minoralar, ixcham muqarnasli derazalar bilan bezatiigan. Devorlar odatda katta derazalar yoki ganchli gardishlar bilan bezatilgan. Timsollarning yuzlari, holatiari bo'rttirilganki, shamlar nurida liboslari go'yo asta harakatlanayotgandek. Unga kirgan odam o'zini ushoqdek his etadi. Shiftning balandligi o'zaro kesishgan Salbsimon qoburg'alar evaziga ortadi.
Evropada o'rta asrlarni quyidagi
davrlarga bo'lish mumkin:
1. Ilk o'rta asr – 5 -11 asrlar.
Bu davr feodal munosabatlarga o'tish, feodallar
tabaqasining shakllanishi, katolik cherkovi ta'sirining kuchayishi, oliy ta'lim
muassasalari – universitetlarning paydo bo'lish davridir.
2. Mumtoz (klassik) o'rta asr – 11
asrdan 15 asr o'rtalarigacha bo'lgan davr.
Ushbu davrga xos xususiyatlar shundaki,
qishloqdagi ishlab chiqarish rivojlanib qolmasdan, shaharlarda ham
xunarmandchilik tsexlari paydo bo'ldi, shahar infratuzilmasi yaratildi,
markazlashgan yirik davlatlar tashkil topdi. Qirol hokimiyati kuchayib, uning
jamiyat ravnaqiga ta'siri ortib bordi. Kitob nashr etish yo'lga qo'yildi,
fanning qator tarmoqlariga asos solindi.
3. So'nggi o'rta asr – 16 asr – 17
asrning birinchi yarimi.
Bu davrda ilm – fan va texnika rivojlanadi.
Inson turmush tarzida buyuk o'zgarishlar yuz berdi, yangi qit'alar kashf
etildi. Kapitalistik munosabatlarga asos solindi. Demokratik tamoyillar
shakllandi.
O'rta asrlarning “zulmat dunyosi”
timsolida ushbu davr namoyondalari bo'lgan yozuvchilar, shoirlar, tarixchilar,
diniy ulamolar va davlat arboblarining ham hissasi bor, albatta. Chunki ular
o'z ijodida asosan zamonaviy hayotning murakkab jihatlarini aks ettirganlar.
Bunday asarlarda kelajakka ishonchsizlik, hayotdan norizilik tuyg'usi sezilib
turadi. O'rta asr Yevropa madaniyati cherkov – diniy g'oya bilan yaqindan
bog'langan edi. Cherkov ta'siri o'rta asr madaniyatining turli sohalarida,
chunonchi, fanda maktabda, adabiyotda, san'atda aks etdi.
Ilm – fan u qadar rivojlanmagan ilk
o'rta asrlar davrida, taxminan II asrning 2 – yarmigacha o'rta asr jamiyatiga
g'oyaviy rahbarlik asosan cherkov tasarrufida bo'ldi. Kishilarning olam
to'g'risidagi bilimlari mahalliy cherkov ta'limoti doirasi bilan cheklanardi.
Boshqa mamlakatlar to'g'risida ma'lumotlar juda oz bo'lganligidan, Yevropaliklar
ancha vaqtgacha olis yurtlar haqida har qanday uydirmalarni to'qishardi. Fan va
texnika taraqqiyoti darajasi juda past bo'lganligidan, odamlar qurg'oqchilik,
toshqin va kasalliklar oldida ojiz edilar. Din hayotni muqaddas shaklda
tasvirlovchi g'oyalarni yaratdi: falsafada – teologiya, adabiyotda ilohiy,
didaktik shakllar, musiqada cherkov gimnlari – liturgiya va messa, tasviriy
san'atda xristianlik syujetlari (bu atama fikr so'qish, dogmatizm, mazmunsiz,
yuzaki bilimni anglatgan) edi. Ilohiyot olam va inson haqidagini o'z “ilmiy” manzarasini
yaratdi. Koinot xususidagi ilmda Yer-Olamning Ierusalim-dunyoning markazi,
degan qarash hukmronlik qildi. Insoniy majoziy tarzda mikrokosmos, tana – yer,
qon – suv, nafas – havo, harorat – olov, ya'ni u boshlang'ich ibtidodan iborat,
deb qaraldi.
O'rta asr Yevropasida aholining
mutlaq ko'pchiligi savodsiz edi. Savodli kishilar nafaqat dehqonlar, balki
feodallar orasida ham oz sonli edi. Ritsarlarning ko'pchiligi imzo chekish
o'rniga belgi qo'yganlar. G'arbiy Yevropada uzoq vaqtgacha ruhoniylargina savodxon
bo'lib keldi: ular diniy kitoblarni o'qishlari, ibodat duolarni bilishlari,
xudoning qudratini dindorlarga chiroyli qilib tasvirlab, kishilarni
ishontirishlari lozim edi.
Cherkov va monastirlar xuzurida
tashkil etilgan quyi maktablar o'z oldiga savodxon dindorlarni tayyorlashni
maqsad qilib qo'ygan, bu maktablarda asosan lotin tilini, ibodat va duolar
o'qish tartiblarini o'rganishga e'tibor berilar edi. 9 asrda cherkov –
yepiskoplik maktablari rivojlanib, keyinchalik ular zaminida o'rta asr universitetlari
vujudga keladi. G'arbiy Yevropa mamlakatlarning hammasidagi ta'lim
muassasalarida o'sha vaqtda biron xalq gapirmaydigan lotin tilida o'qitilgan.
G'arbiy Yevropadagi dastlabki
universitetlar II asrda paydo bo'lgan. Universitet – lotincha “majmua” ma'nosini
ham anglatadi. Ilmiy darajalar (bakalavr, magistr, doktor) tizimi
takomillashgan. Bakalavr, magistr, doktor kabi darajalar tabaqalanishi
universitet ta'limining ko'p bosqichlariga mos kelar edi. Ta'limning birinchi
bosqichi 7 ta fanni o'z ichiga olgan ikki davradan iborat edi:
1 davrada – trivium (grammatika, notiqlik, mantiq);
2 davrada – kvadrium (arifmetika, astronomiya, musiqa, geometriya).
Oliy maktablar 13 asrda Boloniya, Monpele,
Palermo, Parij, Oksford, Salerno va boshqa shaharlarda tashkil topdi. Umuman,
ayrim ma'lumotlarga ko'ra, 15 asrga qadar Yevropa davlatlarida 60 ga yaqin
universitet ochilgan.
14 asrdan qog'ozning keng
qo'llanishi esa, uni yanada ko'proq chiqarish imkoniyatini tug'dirdi. Qog'oz
Xitoydan Sharq davlatlari, jumladan, Samarqand orqali Yevropaga kirib keldi.
Ispaniyada dastlabki qog'oz ustaxonalari 12 asrdan ishga tushgan. Keyinchalik,
14 asrdan esa bu soha Italiyada ham rivojlangan. Yevropadagi dastlabki
ustaxonalarda qog'oz eski lattalardan tayyorlangan.
Germaniyada 1445 yili Iogann
Guttenbergning kitob bosish dastgohini kashf etishi natijasida kitobning
ommaviy tarqalishi Yevropa madaniy hayotining yanada yuksalishiga olib keldi.
Ikonografiya – bu Iso payg'ambar
timsolini yaratishda rassom asoslanishi, qat'iy amal qilishi lozim bo'lgan
qonun – qoidalar majmuasidir. Ikona savodsiz omma uchun xudo bilan ruhiy –
hissiy bog'lanish, aloqa shakli sanalgan. Tasvirda Xudoni bandalarning gunoh
kechmishlarini mag'firat etishga qaratilgan motamsaro ko'rinishini ifodalagan
ikonalar yaratishning turli milliy, xududiy maktablari paydo bo'la boshladi
(masalan, Vizantiya, Rus matablari). Ikona chizishda rassomlar yirik
tasvirlarga turli qismlar, kiyim va umumiy rangning haqiqatga yaqin bo'lishiga
intilmaganlar. Tasvir keng qamrovli bo'lib, real hayotiylikdan chetlash orqali
tomashabin e'tiborini to'la badiiy asarning ruhiy mazmuniga qaratish imkonini
bergan.
O'rta asrlar musiqasida ham asosiy
mavzu xudoni kuylash, injil asotirlari, avliyolar hayoti, ruhiy – axloqiy
poklanish, gunohdan mag'firat bo'lish aqidalari edi.
Xulosa qilib, o'rta asrlar feodal
istibdodi diniy xurofot asridangina iborat bo'lib qolmadi. O'rta asrlar bizga
ajoyib adabiy meros va arxitektura yodgorliklarini qoldirdi. Bu davr “buyuk
progressiv o'zgarishlar” davri, pahlavonlarga muxtoj bo'lgan va titanlar
yaratgan, o'zlarining o'lmas asarlari bilan kishilik madaniyati rivojiga katta
hissa qo'shgan Bokkachcho va Rable, Shekspir va Servantes kabi titan
yozuvchilarning yetishib chiqishlariga zamin tayyorlagan davr ham bo'ldi.
Yevropada Uyg'onish davri madaniyati.
XV – XVII asrlar jahon tarixida Renessans yoki Uyg'onish davri nomi bilan
mashxurdir. “Renessans” so'zinng ma'nosi o'rta asr va madaniyatda voz kechish,
antik (yunon-rim) madaniyati va san'ati an'analariga qaytish, uning Uyg'onishi
davridir. Shu bilan birga Renessans badiiy uslub hamdir. Bu davrda Yevropa
mamlakatlarida birin – ketin madaniy yuksalish ko'zga tashlandi. Bu madaniy
yuksalish, birinchi navbatda, ijtimoiy – iqtisodiy o'zgarishlar bilan, jamiyat
hayotida shaharlarning, shahar madaniyatining, xunarmandchilik ishlab
chiqarishining rivoj topishi bilan uzviy bog'liq edi. Renessans madaniyati
birinchi bo'lib Italiyada boshlandi. Ma'lumki, Italiyada o'sha davrda O'rta
dengizda, temir yo'l va havo yo'llari bo'lmagan bir davrda, suv yo'li orqali
savdo – sotiqni rivojlantirish, boshqa mamlakatlar bilan turli iqtisodiy –
madaniy aloqalarni avj oldirishda markaziy o'rinlardan birini egallar edi.
Italiya suv yo'li orqali bevosita
rivoj topgan Sharq davlatlari, xususan, arab davlatlari bilan yaqindan aloqada
bo'lishga intildi. IX – XII asrlarda Yaqin va O'rta sharq xalqlari, musulmon
Sharqi madaniyatining yuqori cho'qqiga ko'tarilgani tarixdan ma'lum.
Italiyaning bu davlatlar bilan iqtisodiy – madaniy aloqalari Yevropada
Renessans madaniyatining vujudga kelishida muhim rol o'ynagan.
Italiyaning sharqiy qo'shnisi
bo'lgan ispaniyada esa musulmon madaniyatini bevosita rivoj ettirgan arab
davlati - Qordova halifaligi deyarli XV
asrlarga qadar davom etdi. Bular hammasi Italiyada boshlangan Renessans,
Uyg'onish madaniyati shakllanishida IX – XII asrlarda Yaqin va o'rta sharq
mamlakatlarida vujudga kelgan arab tilidagi madaniyat, Sharq Uyg'onish davri
madaniyati, fani bilan uzviy bog'liqligini ko'rsatdi.
XII – XIV asrlarda Italiyada
Muxammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Marvoziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd kabi
mashhur sharq olimlarining asarlari lotin tiliga tarjima etildi, arab ilmiy
yutuqlarini o'rganishga intilish kuchaydi. Bu asarlar Yevropaga keng tarqaldi
va renessans madaniyatining muxim qismiga aylandi.
Yaqin va O'rta Sharq Uyg'onish
madaniyatining shakllanishida O'rta Osiyo madaniy an'analari katta ahamiyat
kasb etadi.
Yevropa Uyg'onish harakatining ilk
vatani – Italiyada kapitalistik sanoatning dastlabki shakli – manifaktura
yuzaga keladi. Mamlakatning bir qancha shaharlarida savdo – sotiq tez sur'atlar
bilan rivojlanadi. Venetsiya va Genuya savdo bilan mashxur bo'lgan bir vaqtda
Florentsiya sanoat va bank ishlari bilan shuhrat qozondi. Bu yerda jun va
ipakchilik sanoati avj oladi. Ishchilar bir korxonaga birlashtiriladi va ularni
ekspluatatsiya qilish kuchayadi. Binobarin, bu davr dastlabki kapital to'plash
davri edi. Italiyada shahar – respublika tartiblarining g'alaba qilishi
xunarmandchilikning va savdo – sotiqning tez rivojlanishi Renessans
harakatining hammadan oldin shu mamlakatda yuzaga kelishiga zamin hozirladi.
Renessansning alohida belgilari
Dante ijodida namoyon bo'lsa ham, lekin Uyg'onish davri to'la ma'noda XIV
asrning 2 – choragidan boshlanadi va XVII asrgacha davom etadi.
Italyan Renessansi Yevropaning
boshqa mamlakatlaridagi ijtimoiy harakatga ham katta ta'sir ko'rsatadi.
Frantsuz, nemis va ispan gumanistlari antik madaniy merosni bevosita
o'rganishlari bilan bir qatorda, uni italyan mutafakkirlarining asarlarini
o'qish orqali ham o'zlashtiradilar.
Reformatsiya mafkurachilari shunday
g'oyalarni ilgari surdilarki, bunga ko'ra katolik cherkovi va uning butun
ierxiyasi (boshqaruv tizimi) va umuman ruhoniylik amalda inkor etildi. Ular
haqiqiy dinning yagona manbai deb Muqaddas yozuvni e'lon qildilar hamda
katolikning rasmiy talqinini rad etdilar, cherkovni soddalashtirishni, uning
yer, mulk va boshqa narsalarga bo'lgan huquqlarini bekor qilishni talab
qildilar.
Reformatsiya asosan byurger – burjua
(Lyuter, Kalvin), xalq harakatlari yo'nalishi kasb etib, u feodal
ekspluatatsiyani tugatish, tenglik o'rnatish uchun katolik cherkovini bekor
qilishga yo'nalgan kurash (Tomas Myuntser, antibaptistlar) g'oyasi ruhi bilan
sug'orilgan edi.
Uyg'onish madaniyatining asosiy va muhim
hususiyati gumanizm (insonparvarlik) edi.
Dastlabki gumanistlar – Petrarka va Bokkachcho
asarlarida mavxum simvolik iboralar ikkinchi o'ringa qo'yilib, realizm esa
birinchi o'ringa chiqariladi, voqelikni tipik ravishda, xarakterli detallar bilan
aks ettirishga kirishiladi. Gumanistlar maktabda tarbiya ishlarini qayta qurish
bilan birga oliy ta'limni ham isloh qilishga kirishadilar. Boshqa
mamlakatlardan ancha oldin Italiya shaharlarida oliy yuridik maktablarning
paydo bo'lishi diqqatga sazovordir.
XII asrda mashxur Bolonya universiteti tashkil
etildi. Uning
yuristlari Rim huquqshunosligini o'rganib, uni G'arbning yakkayu yagona qonuni
deb e'lon qiladilar. Rim qonunshunosligi haqidagi bu qarashlar Uyg'onish
davrini tayyorlashda muxim omillardan biri bo'lgan edi.
Mamlakat madaniy hayotida misli ko'rilmagan yangiliklar yuz bera boshlaydi. XIII – XVI asrlar mobaynida Italiya shaharlarida 22 universitet ochiladi; ularda ilohiyot ilmi emas, balki huquqshunoslik, meditsina fanlari o'rgatiladi. Antik tarix, adabiyot va san'atni o'rganish dunyoviy fanlarning rivojiga, shubxasiz, jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Bu o'zgarishlar XV – XVI asrlarda buyuk geografik kashfiyotlarni keltirib chiqaradi. Matematika, fizika, astronomiya fanlari sohasida erishilgan qator yutuqlar Uyg'onish davrida faqat gumanitar bilimlar emas, balki tibbiyot fanlarining ham rivojlanganligidan darak beradi. Uyg'onish davri realizmining ijobiy qahramonlari xarakteriga begiyos jasorat va mardlik mujassamlanadi. Shaxs erkini himoya qilgan yirik gumanist o'z kuch - qudratiga, haq ishning tantana qilishiga ishongan, adolat uchun kurashuvchi kabi pok oliyjanob obrazlarni yaratish orqali Uyg'onish davrining baxsh ruhini ham aks ettiradilar.
O'rta asr diniy - mistik aqidalarni bartaraf etish jarayoni ayni vaqtda ham fanda, ham
san'atda namoyon bo'lar, ko'pincha bir shaxs ijodida uyg'unlashib ketardi.
Masafan, Leonardo da Vinchi buyuk rassomgina bo'lmay, mashhur matematik, mexanik va muhandis ham edi, A. Dyurer
rassom, haykaltaroshl, arxitektor, matematik edi.
Ilk gumanizm. Yangi madaniyat dasturi. Ilk uyg'onish va gumanizmning dastlabki vakili shoir Franchesko Petrarka (1304 -1374 -yillar) edi. "Qo'shiqlar kitobi", "She'riy maktublari" kabi lirik she'rlar to'plamlarida shoir o'zining yuksak darajadagi insonparvarlik g'oyalari bilan yangi madaniyatning yaratilishiga asos soldi.
Petrarka yangi madaniyat dasturining ijodkori bo'lsa, uning do'stiari va davomchilari -
Bokkachcho va Salyutati ijodiyoti bilan XV asrning boshlarida Italiyada ilk gumanizm davri yakunlandi.
Jovanni Bokkachcho (1313 - 1375) hayoti
Flornsiya va Neapol bilan bevosita bog'liq kechadi. Yangi uslubdagi novellalar muallifl bo'lgan Bokkachchoning
"Dekameron" asari zamondoshlari orasida benihoya katta muvaffaqiyat
qozonib, ko'p tiliarga tarjima qilingan.
Gumanistik g'oyalar mujassamlashgan "Dekameron" asarida inson
fazilati va olijanobligi uning nomdor oilada tug'ilganidan
emas, balki ma'naviy qiyofasida, amalda qilgan mardona ishlarida
ekanligi o'zining badiiy ifodasini topgan.
Uyg'onish davrida Italyan tasviriy
san'atida ham jiddiy burilish sodir bo'ldi. Shaharlarning taraqqiy etishi
natijasida arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik san'ati, badiiy adabiyot
kamol topadi. Fiorensiyalik
Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) Italiyadagi Uyg'onish davrimadaniyatining eng buyuk arbobi edi. Uning otasi kichkina Vinchi shahrida notarius bo'lib ishlagan. Leonardo da
Vinchi yoshligidan yaxshi bilim oldi. U buyuk olim, iste'dodli me'rnor, muhandis, konstruktor va
rassom bo'lib yetishdi. Leonardo 18
yoshdaligida uning otasi Florensiya respublikasi
hukumatiga ishga o'tdi. Florensiyada u o'g'lini haykaltarosh va rassom Andrea Verrokioga shogirdlikka beradi. Tarixchi va san'atshunos Vazarining yozishicha,
Verrokio 1476 -yili "Insonning
cho'qintirilishi" asarida farishtalardan birinchi chizishni shogirdi Leonardoga topshirdi. Uning
chizgan rasmini ko'rgan Verrokio
shogirdining ustunligini tan olib, sur'at chizishdan butunlay voz kechib, faqat
haykaltaroshlik bilan shug'ullana boshlagan. Leonardoning qobiliyati va zehnining
shakilanishida uning oilasi va
qadrdon o'tkasining manzarasi asosiy omil bo'ldi. Rassomning bizgacha yetib kelgan ilk imzosi o'zi
tug'ilib o'sgan Arno vodiysi
chizilgan rasmga qo'yilgan.
Leonardo da Vinchi Florensiyaga kanallar, uchar
apparatlar ioyihalarini chizdi. Olim, shuningdek, geologiya,
gidravlika va mexanika sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib bordi.
Xuddu shu paytda Leonardo "Mona Liza" portreti ustida ish boshlagan.
Fransiya qirolining Lombardiyadagi noibi
Sharl da Ambauz taklifi bilan Leonardo da Vinchi 1516 - yili Milanga
keldi. Uni "Birinchi rassom, me'mor va mexanik" lavozimiga
tayinlashdi. Fransiya qiroli Fransisk I Leonardo uchun Ambuazda
3500 oltin ekyuga Klo Lyuse qaPasini olib berdi. Xuddi shu yerda
da Vinchi o'z umrining oxirgi yiliarini o'tkazdi. Klo Lyuseda
uning eng buyuk asari "Moan Liza" portreti chizib
tugallandi. Leonardo da Vinchi rassom sifatida suratini chizayoigan kishilar va
ularning ruhiy kechinmalariga hammadan ham
ko'p e'tibor berardi. Leonardoning "Mona Liza" si
("Jakonda") - yosh juvonning portreti, hozirgi kunga qadar san'atning shu sohasidagi eng mashhur
asardir. Rassom bu suratda yosh
juvonning tashqi qiyofasinigina emas, balki uning ichki dunyosini, kechinmalarini va kayfiyatini ajoyib,
sirli tarzda aks ettirib bergan. San'at sohasidagi mutaxassislar hozirgi
kunga qadar "Mona Liza" ning surti
kimdan chizilganligi ustida baxs qilib kelmoqdalar.
Jumladan mashhur psixolog Freyd Leonardo bu portretda o'z onasi haqidagi
hotiralarini mujassamlashtirgan deb faraz
qiladi. Oxirgi paytda kompyuter yordamida tadqiqotlar olib borgan bir guruh san'at - shunoslar portretda
Leonardo o'zining rasmini chizgan degan farazni ham aytishdi.
Leonardo
da Vinchi 1519 - yili 2 - mayda vafot etdi. Aytishlaricha,
u o'limi arafasida yonida bo'lgan Fransiya qiroli Fransisk I ga
odamlar uchun juda kam xizmat qilganini aytib uzr so'ragan.
Uyg'onish davrining buyuk arboblaridan yana
biri, bu haykaltarosh, rassom, me'mor, harbiy muhandis va shoir Mikelanjelo
Buanarotti (1475 - 1564) edi.
Mashhur rassomning Vatikandagi
Siksting kapellasidagi sur'atlar soni 700 ga yaqin bo'lib, u uzunligi 40, eni
13 va balandligi 20 metrli xonada chizilgan.
Mikelanjelo 4 yil davomida
mashaqqatli mehnat qilib, 1512 yil kapella, devoriy sur'atlarini tantanali
ochishga tayyorlaydi. Uning haykaltarosh sifatida yaratgan eng buyuk ishlaridan
biri – David haykali edi. Marmar toshdan qilingan haykalning balandligi 5,5
metr bo'lib, zamondoshlari uni “gigant” deb atashgan. Mikelanjelo bu haykal
siymosida daxshatli mahluqni tosh bilan urib o'ldirgan afsonaviy cho'pon
yigitni tasvirlagan.
Italiya buyuk rassomlaridan yana
biri Rafael Santi (1483-1520) dir. U o'zining qisqa, lekin mazmunli umri
davomida insonni, uning go'zal qalbini, aql–zakovatini, oliyjanobligini
tasvirlashga intildi.
Rafael Santi kichkina Urbino gertsogligida
saroy rassomi oilasida tug'ildi. U 1504 yili Florentsiyaga keladi. Shu yerda
o'zining qator mashxur sur'atlari – “Madonna” larini chizadi. Oradan 4 yil
o'tib Rafael Santi Rimga boradi.
Rassom Rim papasi Yuliy II ning
buyurtmasiga binoan uning saroydagi dam oladigan xonalarini bezashga kirishdi.
Vatikanda ishlash bilan birga u bir
qator tasviriy asarlar, portretlar chizadi. “Madonna Alba”, “Kursidagi Madonna”,
“Madonna difoli”, va nihoyat 1513–1514 yillari “Sikstin Madonnasi” ini
yaratadi. Rafael chizgan rasmlarining eng mashxuri bo'lgan “Sikstin Madonnasi”
Italiyaning kichikroq shaharlaridan biridagi Avliyo Sikstin monastiri uchun
chizilgan edi. Bu buyuk asar insonga g'oyat kuchli muhabbat ruhi bilan
sug'orilgan edi. Rassom unda odamlarning baxt-saodati uchun o'zining eng aziz
va sevimli farzandini qurbon qila oladigan mard insonni-onani ulug'laydi.
“Injil”dan olingan bu sahna tasviri hozirgi kunda Germaniyaning Drezden
shahridagi rasmlar galireyasida saqlanmoqda.
Rimdagi Avliyo Petr cherkovini
loyihalashtirish va uning qurilishida ishtirok etishi, Santa Mariya Papasi
cherkovini bezashda faollik ko'rsatganiga qaramasdan Rafael ko'proq tasviriy
san'atda shuxrat qozondi.
Leonardodan farqli ravishda, Rafael
o'z davrining ijodkori edi. Uning asarlarida jumboqli, g'ayritabiiy
xususiyatlar yo'q. Hamma narsa aniq, yorqin, go'zal va barkamol. U go'zal
qaxramonning ajoyib timsolini yaratadi. Rassomda shunday hayotiylik tamoyili
kuchli shu boisdan ham uning “Madonna Konestibile”si asarda
ilohiylashtirilmagan, oddiy va go'dak tomonidan varaqlanayotgan kitobga nigoh
tashlagan holda tasvirlangan.
Renessans (Uyg'onish) (1450 - 1650) turli-tuman badiiy shakllarda-me'morchilik, haykaltaroshlik, rassomchilikda namoyon bo'idi. Bu usiubning hususiyatlari asosan rassomchilik va haykaltaroshlikda o'z aksini topgan.
Gotiy uslubida vertikal - tik tarhlar alohida mavqe kasb etdi. Renessansda esa odamzod o'zini bemalol his qiladigan imoratlar bunyod etiidi. Renessans me'mori uchun imoratning umumiy o'lchamiy mutanosibligi va uning inson jussasi nisbatlariga mosligi muhim bo'lgan.
Imorat bosh yo'lagining yuqorisi o'yma to'rtburchakli gardish bilan bezatilgan. Deraza va eshiklar o'rtasida pilyastrlar, ustunlar ko'rinishidagi nimdumaloq me'moriy ustunlar joylashtirilgan. Bu pilyastiar go'yo yuqori qavat yukini ko'tarib turgandek ko'rinsada, naqsh ahamiyatiga egadir. Xona devorlari nabotiy naqshlar, yaproqli novda, yani girlyandalar bilan ziynatlangan. Qo'rg'onlar buzib tashianib, o'rniga yangilari qurildi, imoratlar buyod etiidi. Shambore, Fontenblo kabilarda qo'rg'olar, Parijdagi Luvr shular jumlasidandir.
Vilyam Shekspir. XVI asrning ikkinchi yarmida Angliya badiiy adabiyotida drammaturgiya sohasida ayniqsa mashhur edi. Bu paytda mamlakatda sayyoh aktyortar truppalari juda ko'p bo'lgan. Londonda 1599 - yili ochilgan "Globus" teatri keyinchalik butun jahon madaniyatida chuqur iz qoldirdi. V. Shekspir (1564 - 1616 -yillar) bu teatr tashkilotchilaridan biri edi. U 1590 - 1612 - yillarda teatrda dastlab aktyor, keyinchalik muallif sifatida ishladi. Shekspir o'zining 37 ta dramatik asarini shu yerda yaratgan va shu teatrda sahnaga qo'ygan.
Uning
asarlarida Italiya Ilk
Uyg'onish davri namoyond
alarm ing ta'siri yaqqol sezilib turadi. Xususan,
"Romeo va Julyetta", "Venera va Adonis" dramalari
xuddi shu taassurot ostida yozilgan. Shekspir jamiyatdagi barcha yomon
illatlarni qoralaydi. Yozuvchi hamma joyda yovuzlik hukm surishini, uning zahri
his-tuyg'ularda,
haq va nohaqlikda, hatto sevgida ham bor ekanligini o'z asarlarida tasvirlaydi.
Shekspir
insonning ulug'ligini chuqur his qiladi. "Aqli juda sog’lom, har bir ishni aniq va mohirona bajaradi.
U butun olamning ko'rki!" deb
xitob qiladi.
Shekspir o'zining
"Hamlet", "Otello", "Qirol Lir", "Romeo va Juletta" va boshqa o'nlab tragediyalarida
pok vijdonli va dovyurak kishilarning yahshilik va adoiat haqidagi
orzulari puchga chiqayotganligini ko'rsatib berdi. U kuchli va jasur
qahramonlarni, ulardagi yuksak his-
tuyg'ularni: muhabbat va do'stiikni, vafodorlik va mardlikni ulug'ladi. Montekki va Kepuletti oilalarining
dushmanligi yosh Romeo va Juletta sevgisiga xalal bera olmaydi. Sevishganlar
taqdirga bo'ysunmay, sof muhabbatlari yo'lida halok bo'ladilar. Shekspir qahramonlari
to'rt asrdan buyon jahon teatrlari saxnalaridan
tushmay millionlab kishilarning sof muhabbatga vafodorlikka va yahshilikka
chaqirish bilan birgalikda yovuzlikdan, razolat va yoig'ondan
jirkanishga undab kelmoqda.
Uyg'onish davrining
buyuk san'atkorlari odamlarni hozirgi kunga qadar qoyil qoldirayotgan nodir
asarlarni yaratdilar.
Aibrext
Dyurer. Italiyadagi Gumanizm va Uyg'onish san'ati.
Yevropadagi ko'pgina mamlakatlar san'atining yuksalishiga ijobiy
ta'sir ko'rsatdi. Germaniya, Niderlandiya va Ispaniyaning buyuk rassomlari
Itaiiyalik san'at ustalarining ta'siri ostida buyuk yutuqlarga erishib, jahon xalqlari madaniyatiga o'z hissaiarini qo'shdilar.
O'rta asrlardagi Gumanizm va Uyg'onish madaniyati Germaniyada
birmuncha kech boshlandi. Yangi davr san'ati bu yerda XVI asr boshlarida
reformatsiya va feodallarga qarshi kurash bilan bog'liq dedi.
Nemis Gumansstlari o'z asarlarida mamlakatdagi feodal tartibsizliklarni
va katolik cherkovini keskin qoraladilar. Germaniya san'atining eng
ilg'or sohalari rassomchilik va gravyura (o'ymakorlik) edi. Bu sohalarda
birinchi islohotchi. Aibrext Dyurer (1471-1538
yillar) bo'ldi. U Nyurnberg shahrida Vengriyalik zargar oilasida tug'ilgan.
Avvaliga otasining ustaxonasida ish o'rgangan
Aibrext keyinchalik rassom Mixael Volgemun ustaxonasida ta'lim
oldi. U bilganlaridan qanoatlanmay Germaniya, Shveytsariya va
Italiyada bir necha marta sayohatlarda bo'lib, u yerdagi rassomlar
san'atini mukammal o'rgandi. Dyurer faqat rassom bo'libgina
qolmasdan, mashhur gravyurachi, me'mor injener va qadimgi
tillarni yashi bilgan qalami o'tkir adib ham edi.
Germaniya Yevropada birinchi bo'lib kitob bosish
dastgohi kashf qilgan mamlakat edi. Xuddi shu sohaning keng taraqqiy qilishi natijasida
yangi san'at turi-gravyura yuzaga keldi. Rassomlar yog'och yoki
mis bo'laklaridan o'yib rasm tushurishar, so'ngra uni bo'yab va ustiga qog'oz
qo'yib ko'chirma olar edilar. Kitob suratlari asosi bo'lgan
gravyura shunday tayyorlanar edi. Bazelda 1494 - yili nashr qilingan
nemis gumanisti Sebastyan Brantning "Ahmoqlar kemasi" hajviy asari
rasmlarini chizishda Dyurerning ishtirok qilishi uning birinchi katta muvaffaqiyati bo'ldi.
O'zining italiyaga qilgan dastlabki sayohatidan
qaytgan Dyurer Germaniyada birinchi rassomchilikning portret
sohasiga asos soldi. Rassom insonning ruhiy olami borliqni
ko'rsatishga intilib, irodali, jasur va talantli kishilarning qator portretini yaratdi. Uning
chizgan portretlaridan: "Osvalt Kreal", "Avtoportret",
" Yosh ayol portreti", gravyuralaridan esa: "Apokalipsis",
"Odam va Havvo", "Mariyamning
hayoti" va boshqalarni sanab o'tish kifoya.
Dyurer ijodida faqat rassomchilik emas, yog'och
va misda gravyuralar tayyorlash ham muhim o'rin egailaydi. Albrext Dyurer
Germaniya san'ati namoyondalari orasida eng serqirra va sermahsul ijodkor
ekaniigini zamondoshlari ham tan olishgan.
Rembrandt van Reyn. Niderlandiya san'ati, ayniqsa burjua inqilobi
g'alabasidan keyin gullab-yashnadi. Bu davrda, ayniqsa me'morchilik, haykaltaroshlik yuksak darajada rivojlandi. Niderlandiyadagi inqilobning g'alabasi haykaitarosh
va rassomlarning ijod qilishlariga
keng imkoniyat yaratdi. Ular chizgan asariarning
ko'pchiligida tabiat manzaralari, dengiz, uy jihozlari keng ko'lamda aks ettirildi. Gollandiya
rassomchilik san'atining eng yuksalgan davri Rembrandt Xarmens van Reyn
(1606-1669 yillar) hayoti va ijodi bilan mujassam bog'liqdir. Rembrandt turli
janrlarda, xususan rassomchilik va
gravyuralar sohasidagi tinimsiz mehnati tufayli sermahsul ijodkor hisoblanadi. Dunyoning ko'plab muzeylarida
uning 1500 ta rasmi saqlanib kelmoqda.
Me'morchilikning
ravnaqi biz uchun hozirgi kunga qadar saqlanib kelayotgan madaniy yodgorliklaming
asosiy ko'pchiligini feodal jamiyat davrida yaratilishini ta'minladi. Muqaddas
Sofiya, Toj Mahal, AI-Qambara
ibodatxonalari, saroylari bunga yorqin misol. Venetsiya, Florensiya,
Parij va Keln, Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa
o'nlab shahardagi tarixiy obidalarning ko'pchiligi shu asrlarda qurilgan edi. Insoniyat o'z taraqqiyoti
davomida doimo o'zaro iqtisodiy va madaniy muloqotda bo'lgan. G'arb va Sharq dunyosi o'rtasidagi bevosita munosabatlarning
tiklanishi, rivojlanishi ham xuddi shu
davr, ya'ni o'rta asrlardan yo'lga qo'yildi.
Xulosa qilib
shuni aytish kerakki, Uyg'onish davri Yevropa mamiakatlarining
madaniy va g'oyaviy hayotida katta progressiv rol o'ynaydi. Bu
davrda jahon madaniyatining eng nodir va bebaho asarlari yaratildi.
Romantizm. Bu
uslub 1810 - 1876 yillar oralig'ida kechgan davrai o'z ichiga oladi.
Aynan shu davrda Londondagi Parlament binosi qurilgan.
Boshqa uslublardan farqli o'laroq romantizm me'morchilikka
aytarli ta'sir o'tkaza olmadi. Romantik uslub rassomchilikda,
musiqada, adabiyotda, shuningdek bog'u-bo'ston me'morchiligida namoyon bo'ladi.
Mazkur uslubning asosiy timsollari bilan birlashib
ketgan orzu
- umid to'la ko'tarinkilik. Asotiriy majoziy timsollardan keng foydalaniigan. Me'morlar romantik bog'lar va
tomosha bog'larda yovvoyi tabiatga
taqlid qiladi, turli vayronalar, g'orlar, yolg'on qabrlar yaratadilar.
Rassomchilikda
ham Goya, Delakrua asarlarida tomoshabinni ishtirok ettirish
maqsadida urushlar, inqiloblar, hamma tanish voqealarga murojaat etadilar. Ko'plab
polotnolarda xira oy yog'dusida: vayronalar, fantastik-aqldan tashqari
manzaralar tasviri namoyon bo'ladi. Bosh qahramonlar yorqin ranglar bilan
ajratib ko'rsatiladi. Gyote, Shiller, V. Gyugo singarilar romantizmning adabiyotdagi
namoyondalari edi.
Uyg’onish davri madaniyati yaratgan
asosiy qadriyatlar keyingi asrlar Yevropa madaniyati asosini belgiladi. XVIII asrdagi “ma’rifatparvarlik”
g’oyalarinig tarqalishi va sanoat inqilobining boshlanishi provardida
madaniyatning yuksak texnikaviy yutuqlariga olib keldi.
Xo’sh, “marifat” o’zi nima?
Ma’rifatning lug’aviy ma’nosi bu -
bulish, tanish, ya’ni bilim demakdir. Bu so’zning ko’plik ma’nosi maorifdir.
Atama sifatida u tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqida turli bilimlar,
ma’lumotlar majmuini bildiradi. Ma’rifat bilim va madaniyatning uyg’unlashgan
mazmunidir.
Shu o’rinda “ma’rifatparvarlik”
jumlasiga ham ta’rif berib o’tsak. Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga,
bir tarixiy davrdan ikkinchisiga o’tishi avvalo ma’rifatparvarlikdan
boshlanadi. Zamonaviy yetuk, ongli, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko’zlovchi
ma’naviyatli fidoiy siymolar tabiatan ma’rifatparvar bo’ladilar. Jamiyatning
bugungi va kelajagi uchun muhim g’oyalarni ko’tarib chiqadilar va ularni amalga
oshirish uchun izchil kurash olib boradilar.
XVIII asrda katolik cherkovi
absolyutizm va barcha feodal tartiblarni himoya qilar, xalq orasida bu
tartiblar xudo tomonidan o’rnatilgan, degan ko’r-ko’rona ishonchni
mustahkamlashga intilar edi. Biroq ilg’or yozuvchilar, olimlar, ilm-fan va
maorifni dinga qarama-qarshi qo’yar, o’sib kelayotgan burjuaziya bilan xalq
manfaatlarini himoya qilardilar. Ijtimoiy fikrning bu yo’nalishi “Ma’rifat” deb
ataldi, uning vakillari esa tarixga XVIII asr ma’rifatparvarlari nomi bilan
kirdilar. Barcha baxtsizlik va nohaqlikdan insoniyatning aziyat chekishi
bilimsizlikdan ekanligiga, faqat ma’rifatgina xalq va uning ideali “Ozodlik,
Tenglik, Qardoshlik”ni o’rnatishga qodir ekanligiga ma’rifatparvarlar chuqur
ishonganlar. XVIII asr ma’rifatparvarlari ilg’or g’oyalarni ilgari surib,
umrini yashab bo’lgan tartiblarni bekor qilish va yangi zamonaviy tartiblarni
joriy qilish sari kurashga otlanganlar. Bu borada XVIII asr ma’rifatparvarlaridan
Vol’ter, Mel’e, Didrolar faoliyatlari benazirdir.
XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida
faoliyat yuritgan Simon Poyutskiy, Fyodr Rtikkev, Sil’vester Medvedev, Saltikov
kabi bir qator ma’rifatparvarlar, o’z
qarashlarida dehqonlar, hunarmandlar manfaatlari va kayfiyatlarini aks
ettirdilar.
Xususan ularning g’oyalari XVIII asr
ma’rifatparvarlarining jamiyat hayotiga oid demokratik tamoyillarni ishlab
chiqishlarida muhim poydevor bo’lib xizmat qildi.
Ma’rifatparvarlar jamiyatdagi
tartiblarni ijobiy tomonga o’zgartirishni, jumladan:
· Absolyut monarxiyaning bedodligini cheklash;
· Katolik cherkovi, ya’ni dinning jamiyat siyosiy va madaniy hayotiga ta’sirini zaiflashtirish va kerak bo’lsa butunlay yo’qotish;
· Ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotning rivojlanishiga to’siq bo’lib kelayotgan feodal tartiblarni bekor qilish;
· Insonlarning barcha tabaqalarining teng huquqli bo’lishini (ya’ni saylash, saylanish va shu kabilar);
· Demokratik tamoyillarga ko’ra xalqning mamlakatni idora etilishida ishtirok etishi va shu kabi maqsadlarni amalga oshirishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygandilar.
Shuningdek XVIII asr ma’rifatparvarlari xalq ommasining yalpi saylov huquqi parlament boshqaruvi va respublika tuzimi uchun, demokratik huquqlar va erkinliklar uchun faol harakatda bo’ldilar.
1751 yildan boshlab yozuvchi va faylasuf Deni Didro (1713-1784) tashabbusi bilan ko’plab ma’rifatparvarlar ko’p tomli “Fan, san’at va hunarmandchilik entiklopediyasi”ni tayyorlash va nashr etish bilan shug’ullana boshladi. Entiklopediya mualliflari orasida Vol’ter, Russo singari taniqli siymolar bor edi. Ular o’z zamonining ilmiy bilimlari va ilg’or g’oyalarini bayon etish va ularga tartib berish borasida tinimsiz izlanishlarda bo’ldilar.
Entiklopediyadan matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geografiya va turli ishlab chiqarish sohalari va texnologilariga oid qiziqarli maqolalar o’rin olgan edi. Unda sanoat buyumlari yasash, qishloq ho’jaligini yuritishning ilg’or usullari batafsil tasvirlangan edi. Bu esa mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish tomon keng imkoniyatlar ochib berdi.
Entiklopediya mualliflari butun insoniyat faoliyatiga din emas, balki aql-idrok, ma’rifat va ilm-fan asos bo’lishi kerakligini chuqur asoslab berdilar. Shu bilan birga entiklopedistlar xususiy mulkchilik, sohibkorlikni himoya qildilar, qishloq ho’jaligi, sanoat va savdo-sodiq yo’liga zid hamma to’g’anoqlarning olib tashlanishini talab qildilar. Ular millat, ya’ni butun fransuz jamiyati tabaqalarga bo’lingan “fuqarolar”idan emas, balki qonun oldida teng huquqlar va teng majburiyatlarga ega fuqarolardan iborat bo’lishi kerak, deb ta’kidladilar. Xullas mazkur entiklopediya fransuz ma’rifatparvarlarining ilg’or ilmiy va ijtimoiy-siyosiy tafakkurining eng yorqin yodgorligi bo’lib qoldi.
Sanoat to’ntarilishi va ilmiy texnikaviy yutuqlar. XVIII-XIX asrlar sanoat, fan-texnika sohasida muhim yangiliklar davri bo’ldi. Jumladan, bu davrda ilmiy bilimlar jamiyat tafakkurining butunlay yangi sifat darajasiga ko’tardi.
Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko’plab mamlakatlarida XIX asr o’rtalarida industrlashtirish yoki sanoat burilishi nihoyasiga yetdi. Manfaatdorlikning madaniyatdagi belgilovchi o’rni fan va texnika taraqqiyotiga yangi turtki berdi. Bug’ va elektrlashtirish, telefon va telegraf davri, astronomiya, geologiya, kimyo sohalarida ajoyib kashfiyotlarga boy bo’lgan bu davr, shubhasiz insoniyat madaniyatini yangi bosqichga ko’tardi. P.Sorokin iborasi bilan aytganda, faqat birgina XIX asrdagi kashfiyot va yangiliklarning o’zi oldingi asrlardagi kashfiyotlarning hammasini jamlangandan ham ko’proq bo’ldi. Xususan, bu asrdagi 248527 tadan ziyod kashfiyot makon, zamon va materiya ustidan texnika hukmronligining cheksiz o’sganligidan dalolatdir.
Tabiat, inson, madaniyat kabi tushunchalar talqini sezilarli o’zgardi. Tabiat material va energiyaning bitmas-tuganmas manbai, universal omborxonasiga aylanib qoldi. XIX asr insonga koinot sardori, barcha narsalarning tojdori yorlig’ini berdi.
XVIII asrning oxirlariga kelib Angliyada ip-yigiruv mashinalaridan, mexanik to’quv dastgohlaridan keng foydalanila boshlandi. Shuningdek, bug’ mashinalari o’rnatilgan fabrikalar qurila boshlandi. Bu jarayon fan-texnika inqilobining yuz bera boshlanganligiga muhim iqora edi.
To’quv dastgohining takomillashuvi sanoat to’ntarilishiga asos bo’lgan muhim ixtirolardan biri bo’ldi. 1733 yilda Jon Keyning uchar moki ixtiro qilganligi, mehnat unumdorligini ikki barobar oshirdi, 1765 yillarda Jeyms Xargrivsning “Jenni” deb atalgan charxni kashf qilinishi yigiruv mehnati unumdorligining 18-20 barobar oshishiga sabab bo’ldi. 1784 yilda Ednunt Kartrayt tomonidan mehanik to’quv dastgohining ixtiro qilinishi mehnat unumdorligini 40 barobarga oshirish imkonini berdi. Natijada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati yaxshilandi va tan narxi arzonlashdi.
Ish mexanizmi, ya’ni mashinaning inson qo’l mehnatiga o’rin qoldirmay xom ashyoni bevosita o’zi ishlashga o’tishi sanoat to’ntarishining boshlanishi bo’ldi. Ip-gazlama ishlab chiqarishning tez kengayishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. XVIII asrning oxirlarida paxta tozalash mashinasi ixtiro qilindi.
XIX asrning boshlarida Fransuz injeneri Jakard yaratgan to’quv dastgohida rangli iplarni turlicha joylashtirish yo’li bilan turli guldor gazlamalar tayyorlash mumkin bo’lib qoldi. So’ngra chitga gul bosish jarayoni mehanizatsiyalashtirildi. Bunda chitni silindrik vallar orasidan o’tkazish yo’li bilan bo’yash usuli topildi va bunday dastgohlar o’rnatilgan fabrikalar ko’plab paydo bo’ldi. Natijada manufakturadan fabrika ishlab chiqarishga o’tilganlagi sanoat to’ntarilishining asosiy mazmuni bo’ldi.
Metall ishlab chiqarish va unga ishlov berish takomillashib bordi. XVIII asrda Angliyada toshko’mir yordamida cho’yan, keyinroq temirni ko’plab ishlab chiqarish muammosi hal etildi. 1795 yilda Kort cho’yan tarkibidagi uglerodni kuydirish uchun, eri turgan cho’yanga koks aralashtirish yo’li bilan sof temir ishlab chiqarish usulini joriy qildi.
XIX asrning 60-yillarida Fransuz injeneri Martin cho’yanni temir aralashmasida yoki po’lat parchalari va shlak aralashmasida qayta quyish yo’li bilan po’lat olinadigan pech qurdi. Undan sal oldinroq, XIX asrning 50-yillarida Bessener cho’yanni po’latga yoki temirga aylantirish uchun ichida olovbardosh g’isht terilgan juda katta aylanma konveyr tuzilmasini yaratdi.
Sanoat to’ntarilishi jarayonida turli asboblar va mashinalar yaratish, rel’sli yo’llar, paraxodlar va shu singari qurish uchun asosiy materiallar sifatida temir va po’latdan foydalanish muhim o’rin tutdi.
Jemus Uatt bug’ mashinasini yaratdi. Bug’ mashinasining ixtiro
qilinishi fabrika va zavodlargagina emas, balki transport uchun ham yangi
dvigatel yaratishiga olib keldi. Bug’ mashinasi asosiy dvigatel bo’lib qoldi.
XIX asr tarixga temir va bug’ asri
bo’lib kirdi. O’sha vaqtlarda mashinasidan qatnov uchun foydalanish
to’g’risida fikrlar paydo bo’ldi. Shunday qilib, dastlab tosh yo’llardan
yuradigan paravozlar qurildi, ammo ular yaroqsiz bo’lib chiqdi. Parovozlar XIX asrda amaliy ravishda
qo’llanila boshlandi. Endi ular temir izlardan yura boshladi. 1814 yilda Jorj Stefanson soatiga
Bug’ mashinasini kemaga o’rnatib va
eshkakli charxlar bilan ta’minlab, undan suvda qatnash uchun foydalanish mumkin
edi. 1807 yilda mehanik Robert Fulton Amerikada eshkakli charxlari bo’lgan
birinchi paroxodni ko’rib, sinab ko’rdi. XIX asrning 30 yillariga kelib bug’
mashinalari bilan harakatga keltiradigan g’ildirakli daryo paroxodlaridan keng
foydalana boshlandi. XIX asrning 30 yillari oxirlaridan g’ildirakli paroxodlar
okean orqali Hindiston va Amerikaga qatnay boshlagan. Keyinchalik g’ildiraklar
o’rnini eshkak vintlar egalladi. XIX asrning 50-60 yilarida g’arb
mamlakatlarida elkanli dengiz floti o’z o’rnini paroxodlarga bo’shatib berdi.
Parovozlar va paroxodlarning paydo bo’lishi shubhasiz savdo-sotiqning taraqqiy
etishiga sabab bo’ldi.
XIX asrning 80 yllaridayoq fransuz
o’quvchilari aka-uka Mongolfe issiq havo bilan to’ldirilgan havo sharida parvoz
qildilar. Keyinchali Parijga vadorot bilan to’ldirilgan aerostatlar sinovdan
o’tkazildi.
Shu bilan birga aerostatdan sakrash
uchun parashut ham ixtiro qilindi. Bu havo sharlari va aerostatlar hozirgi
kundagi zamonaviy samalyotlarning dastlabki avlodi edi.
Aloqa vositalari ham takomillashib
bordi. Qadim zamonlardan ma’lum bo’lgan optik topograf o’rniga endilikda elektr
simli telegraf tarqaldi. Morze alifbosi ixtiro qilindi va bosuvchi qurilma
yaratildi. XIX asrning o’rtalariga kelib quriqlikdagi telegraf liniyaridan
tashqari suvosti kabellari ham yotqizila boshlandi. Angliyadan Amerikaga
Atlantika okeani tubi orqali dastlabki telegraf kabeli XIX asrning 60-yillari
oxirida o’tkazilgan edi.
Yangi texnikaning kashf etilishi
yoqilg’iga bo’lgan talabning oshib borishiga sabab bo’ldi. Natijada XIX
asrning o’rtalarida neftdan kerasin
ishlab chiqarishda foydalana boshlandi. XIX asrning 60 yillar oxirlarida
dastlabki ichki yozuv dvigatellari ixtiro qilindi, ammo ulardan amalda
foydalanish XIX asrning 70 yillariga to’g’rti keldi.
Manufakturalar va fabrikalarning rivojlanishi bilan mehnat qurollarini doimo takomillashtirish ehtiyoji ortib bordi. Tez harakatlanadigan mashinalarning qurilishi ko’priklar, temir yo’llarning barpo etilishi murakkab va aniq hisob-kitoblarni talab qilardi. Buni esa yangi matematik tenglamalarni hal etmasdan amalga oshirib bo’lmasdi. Turli materiallarning puxtaligi va boshqa hossalarini o’rganish, vaqtni, predmetlarning hajmini, masofani aniqroq o’lchash talab etilardi. Texnikani rivojlantirish uchun ilm-fan ahamiyatiga talab oshib bordi.
XVI-XVIII asrlarda tegirmon va sanoat singari
mehanizmlarni takomillashtirish vaqtida matematika va mehanikaning ko’pgina
vazifalari hal etildi.
Mashhur ingliz olimi I. Nyuton va nemis olimi
G.Lebnits XVII-XVIII asrlarda hozirgi zamon oliy matematikasiga asos soldilar. Nyuton kashf qilgan va ta’riflab
bergan mehanika va optika qonunlari fan va texnikaning ko’pgina vazifalarini
hal etish uchun asos bo’lib hizmat qildi. Nyutonning eng asosiy xizmatlaridan
biri, bu butn dunyo tortilish qonunini kashaf qilganligidir.
XIX asrda matematikaning ko’pgina
amaliy va nazariy masalalari yangidan hal etilib, ishlab chiqildi. Atoqli rus
olimi N.Lobachevskiy geometriyaning “noevklid” sistemasini tuzish imkoni
borligini isbotladi va birinchi bor uning puxta variantlaridan birini yaratdi.
XVIII asrda rus olimi M.Lomonosv
tajribalar yo’li bilan yonish va boshqa kimyoviy hodisalar paytida moddaning
umumiy vazni o’zgarmasligi, yo’q narsadan modda vujudga kelmasligini isbotladi.
U o’z amaliy tajribalari asosida materiyaning saqlanish qonunini kashf etdi.
D.Joul, R.Moyer, A.Levungun,
E.Kenner, Ch.Darvin kabi olimlar ham astronomiya, fizika, meditsina, biologiya
kabi fanlarning rivojiga o’z tajribalari va kashfiyotlari bilan o’zlarining
bebaho hissalarini qo’shdilar.
XIX asrning 50-60-yillarida
mashinalarning o’zini mashina yordamida ishlab chiqarishning rivojlanishi,
fabrikaning ishlab chiqarishi uchun mustahkam texnika baza yaratdi. Ushbu
yangiliklar sanoat to’ntarishining tugallanishi bo’ldi. Umuman texnika
muvaffaqiyatlari XVIII asrning ikkinchi yarmida va 20 asrda mehnat
unumdorligini g’oyatda oshirish imkonini berdi.
Me’morchilik va san’atda klassitizm, barokko uslublari. Ma’lumki, me’morchilik jamiyat hayotida, ayniqsa davlat miqyosiga molik hashamatli binolar qurilishida katta ahamiyatga egadir. Kapitalizm davrida fan va texnikada qo’lga kiritgan yutuqlar va katta binolarni, bahaybat ko’priklarni va boshqa inshootlarni tezroq qurish imkonini berdi. Me’morchilikda ayniqsa klassitizm, barokko, uslublari keng qo’llanildi.
XVII-XVIII asrning birinchi yarmi me’morchiligida dvoryanlarning klassik
va barokko uslubi hukmronlik qilgan edi. Klassitizm erkinlik, ixchamlik,
aqllilik talab etgan. Bu uslubda simmetriya, chiziqlar barobarligi asosiy
o’rinni egallaydi. Masalan, Parij janubi-g’arbida, undan
XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Yevropaning bir qator mamlakatlarida, ayniqsa Gollandiya, Germaniya va Polshada boshqacha uslub tarkib topdi. U yerlarda juda ko’p gumbazlari va karnizlari, ortiqcha hashamlari, tokcha va buyumlari, haykal bezaklari bilan ajralib turuvchi dabdabali me’morchilik namunalari saroylar va cherkovlar qurildi. Bu arxitektura uslubi barokko nomi bilan mashhurdir.
Barokko uslubi XVI asrning oxirida Italiyada vujudga keldi. U “g’alati, g’aroyib, ajoyib”
ma’nosini anglatadi. Bu uslub zamirida sabrlilik, dinamizm, yuqori emotionallik
va ulug’vorlik ko’rinishlari aks etadi.
Nemis knyazlarining ko’pgina
saroylari va qasrlari, soborlari va monostrlar barokko uslubida qurilgan.
Polsha, Ukraina va Rossiyada ham barokko me’morchiligi o’ziga xos belgilari
bilan alohida nafosat va go’zallik kashf etdi. Masalan, Venadagi katta darvoza,
Shenburgdagi saroyi va boshqalar shular jumlasidandir.
Sanoat to’ntarishi san’atning barcha
turlariga, shu jumladan me’morchilikka ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi.
XIX asrning o’rtalaridan boshlab fabrika ishlab chiqarishi va katta
shaharlarning rivojlanishi bilan bog’liq holda ularning qurilishi yangi
materiallardan, ayniqsa temir va po’latdan foydalanila boshlandi. Yangi tipdagi
inshootlar-vokzallar, temir ko’priklar, birja va banklar, yirik magazinlar,
ko’rgazma binolari, uy-joy binolari yangi teatrlar, muzeylar, kutubxonalar
paydo bo’ldi.
XIX asr o’rtalarida Fransiyada
ikkinchi imperiya uslubi, Angliyada Viktoriya uslubi nomini olgan me’morchilik
vujudga keldi. Bu uslub klassitizmdan chekinish va undan ilgari davrlarning
turli uslublarining qo’shilib ketishi natijasida edi. Unda ganchkorlik
hashamdorlik keng o’rin egallagan hamda haykallar tasvirida egri-bugri tarixlar
paydo bo’lgan. Angliya va boshqa mamlakatlarda o’rta asrlar gotikasi uslubiga
taqlid qilish kuchayib ketdi. Bu uslub asosida Parijdagi Grant opera, teatr va
Londonning me’moriy qiyofasini belgilab turuvchi Parlament yangi binosi
qurilgan.
XIX asr birinchi yarmida
haykaltaroshlikda klassitizm uslubi rivojlandi.bu davrning mashhur
haykaltaroshlaridan italiyalik Antonio Kanovaning (1757-1822) “Papa Kliment 13
ning qabr toshi”, “Amur va Psixeya” va daniyalik Bertel Torval’dsenning
(1770-1844) “Yason” va shu kabi asarlari mazkur uslubning go’zal namunalari
bo’la oladi. Bu haykallarda antic davr unsurlaridan ijodiy foydalanilgan holda
inson tasvirini ideallashtirishga harakat qilinganligi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Adabiyot va tasviriy san’atda
romantizm, realizm, impressionizm va postimpressionizm. Ma’lumki, badiiy
adabiyot odamlarni qarashlariga butun hayotiga juda katta ta’sir ko’rsatadi.
Binobarin bu davrda yaratiladigan badiiy obrazlari, hatto fantastik, hayoliy
obrazlarda ham voqeylik biror xususiyatini bevosita va bilvosita aks etishi
tabiiy hol edi.
Feodalizm va absolyut monarxiya
sharoitida badiiy adabiyotda dvaryanlar va saroy zodogonlari didi va qarashlari
hukm surardi.
Shu bois ko’pgina ilg’or yozuvchilar o’z asarlarida absolyut
monarxik zo’ravonligini dadillik bilan fosh qildilar, jamiyatni krepostnoylik
va rasmiy din zanjiridan qutqarish yo’lida kurashdilar. Ular burjua
ma’rifatparvarlari izidan borib xalqni xususiy mulkka va odamlar haq-huquqlari
tengligiga, savdo va sanoat erkinligiga asoslanuvchi jamiyatni yaratishga
da’vat etdilar. Ulardan biri, XVII asrning oxiri va XVIII asr birinchi yarmida
yashagan mashhur ingliz yozuvchisi Daniyel Defo bo’lib, u ilg’or kishilarning
ta’qib qilinishini qoralar, ingliz aristokratlarining takabburligi ustidan kulardi. Shu bois u ma’murlar ta’qibiga
uchradi. Ular Defoni uch marta sharmandalarcha ustunga bog’lab qo’yishdi. Lekin
bundan uning shuhrati ortdi, xolos.
Defoni butun dunyoga tanitgan
asarlaridan biri bu-“Robinzon Kruzo” romanidir.
Asarning asosiy mazmuni quyidagicha:
romanda bir matros kema halokatidan keyin Janubiy Amerika sohilidagi odam
oyog’i yetmagan orolda bir necha yil yashaydi. Romanning eng muhim jihati
shundaki, unda yangi yerlarni qidirish va kashf etish, inson mehnati, tabiatni
o’zlashtirishdagi uning jasorati va qat’iyati, xavf-xatarga qarshi dovyuraklik
bilan kurashishi g’oyalari sharaflanadi. Robinzon sarguzashtlari tajriba va
bilimning, tadbirkorlikning ahamiyatini to’la kuch bilan namoyon etadi.
O’sha davr muammolar bilan hamnafas
bo’lib yashagan va o’zining be’baho asarlari orqali jahon adabiyoti rivojiga
katta hissa qo’shgan, XVIII asrning birinchi yarmida yashagan yana bir buyuk
ingliz adibi Jonatan Sviftdir. Uning asarlarida Irlandiyaning ezilishi
qoralanadi va xalqni ozodlik kurashi olib borishga da’vat etadi. Adib Angliyada
katoliklarning jabrlanish hollariga ham keskin qarshi chiqadi.
Yozuvchining 1726 yilda yozilgan
“Gulliverning sayohatlari” romani unga katta shuhrat keltirdi. Bu asarda u o’z
qahramonining liliputlar huzuriga, devsifatlar davlatiga, ular orolga va
g’aroyib hayvonlar mamlakatiga afsonaviy sayohatlarini tasvirlash yo’li bilan
o’z zamonidagi jamiyat illatlarini fosh qiladi. Jamiyatda hukm surgan kibru
zo’rovonlik, ochko’zlik va shubhalanish, adolatsizlik va mojarolar tasviri
orqali ingliz podsholigi saroyining jirkanch hususiyatlari aks ettiriladi.
Romanda sulolaviy urushlar kulgi ostiga olinadi. Laputa uchuvchi orolidagi
fanlar akademyasi haqidagi hikoyada hayotdan ajralib qolgan fanlar ustidan
kulinadi. Romanning oxirgi qismidagi ochko’z va jirkanch, ammo odamlarga
o’xshaydigan afsonaviy maxluqlar hayotda uchraydigan odamlarning aynan
nusxalarini eslatadi.
Svift romanida yolg’onchilik, ikki
yuzxlamachilik, zulm va politsiya ta’qiblarining murosasiz dushmani sifatida
maydonga chiqadi. Biroq u o’z davrining tor, bekik, chegaralaridan to’la chiqa
olmay, asarlarida jamiyatni rivojlantirishning ijobiy dasturini to’la ko’rsatib berolmadi. Umuman
Svift asarlari chuqur mazmuni va jiddiy muommolari bilan ajralib turadi.
XIX asr boshlarida Yevropada
romantizm nomini olgan badiiy yo’nalish paydo bo’ldi. Bu davrda jamiyatning
turli tabaqalari orasida ishonchsizlik va qoniqmaslik hissi sezila boshlandi.
Va’da qilingan “Aql hukmronligi”, tenglik va adolat o’rniga, qalloblik,
kapitalistlar tomonidan ishchilarni ayovsiz ekspluatatsiya qilish, qashshoqlik
kuchayib bormoqda edi. Bunday sharoitda romantika o’z san’atining asosiy
mazmuni qilib insonning ma’naviy qiyofasini tanladi. Shu bois bu davr ijodkorlari shaxs erkinligi
yo’lidagi kurashni madh etishdi. Ular e’tiborini insonning kuchli,
bo’ysunmaslik harakteri o’ziga ko’proq jalb etgan edi. Romantikalarning tipik
qahramonlari bu jamiyat turmush tarziga qarshi borayotgan va kuchli irodali
bo’ysunmas insonlardir. Jorj Bayron asaridagi Kayn va Chayl’d, Adem Mitikevich
asaridagi Konrad Valenord shunday qahramonlar sohasiga kiradi. Bu davrning yana
bir harakterli jihati shundaki, yozuvchi va rassomlar ko’proq tarixga ”avalo
o’rta asirlarga”, ertaklar, afsonalarga murojaat qilishib asarlar yaratdilar.
Shuningdek, romantizm vakillari tarixiy drama va tarixiy romanlarni yaratdilar.
(V.Gyugo, Val’ter, A.Dyuma).
1866-1822 yillarda yashagan Ernest
Teodor Amadey Gofman yozuvchi-romantiklar orasida asosiy o’rin tutadi. Gofman
o’zi yashayotgan zamonasining ichki tuzilmasi barqaror emasligini his qildi shu
bois faqatgina fantastik huquqiy hayotni ochib berishi mumkin deb hisoblaydi.
Gofman ertaklarning badiy olami farishtalar, sehrgarlar, ajdaholar bilan
boyitilgan. Ular mavjud odamlar-amaldorlar, savdogarlar, bozor ayollari,
talabalar bilan birgalikda aks ettirilgan. Gofman asarlardagi voqealar
birdaniga bir necha rejadagi hayotiy, haqiqiy va uydirma, fantastik tarzda ro’y
berishi mumkin. Asarda fantastikaning qo’llanishi haqiqiy hayotning zerikarli
va tubanligidan chekinish emas, balki, uning ichki qirralarini aks ettirishdir.
Masalan, mushuk Murrning hayotiy qarashlari shu ruhda tasvirlangan. Uning
izdoshlari Edgar Po, Frants Kafke, Gogol va Dostoyevskiy ijodlari ham bu
qarashdan harakterlidir.
XVIII asrlarning 70-yillaridayoq
Germaniyada “To’g’yon va shiddat” nomini olgan adabiy oqim vujudga keladi.
Ushbu harakterning atoqli vakillaridan biri-shoir va dramaturg F.Shillerdir.
yning ko’plab asarlari ma’lum. Shulardan Shillerning “Vil’gel’m Tell’”
dramasida shvetsar xalq qahramonini, uning mamlakatini Avstriya zulmidan ozod
qilish va mustaqilligi yo’lidagi kurashi tarannum etadi. Uning “Orlean qizi”
dramasi fransuz xalqining jasur qizi, ozodlik kurashi qahramoni Janna Darkka
bag’ishlangan. Shiller insonning shon-shavkati uchun mutassil kurashidir. “Mehr
va muhabbat” dramasida buzuqi, zadagon bekorchilarning fitnalari,
tajavvuzkorliklari yosh qiz va uning sevgan yigitini falokatga olib kelishi hollari
tasvirlanadi. Uning asaralari bugunda ham jahonning ko’plab davlatlari
teatrlari sahnalarida namoyish etilib kelinmoqda.
Jamiyat hayotini chuqur o’rganish,
undagi illatlarni fosh etish, hayotni haqqoniy tarzda tasvirlashga intilish
G’arbda XIX asrning 30-yillariga kelib adabiyot va san’at sohalarida “Tanqidiy
realizm” oqimini yuzaga keltiradi.
XIX asr birinchi yarmida
Fransiyadagi tanqidiy realizmning yirik vakili Bal’zak (1799-1850) bo’ldi.
Bal’zak minglab obrazlar yaratdi. Uning behisob roman, povestlari umumiy “Inson
komediyasi” nomi bilan mashhurdir.
Bal’zak burjuaziyaning ochko’zligiga
nafrat bilan qarab, aristokratik vakillarining pastkashligi, xudbinligi,
takabburligini ayovsiz fosh etdi. U boylik ketidan quvish insonning barcha
tuyg’ularini poymol qilishini yaqqol ko’rsata bildi. Bal’zak kapitalizm
sharoitida pulning inson ustidan hokim ekanligini ham g’oyatda ustamonlik bilan
tasvirlab berdi. Fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida buyuk fransuz
dramaturgi, ajoyib komediya teatrining asoschisi Jan Batist Mol’er pyesalari
adabiyotda ilg’or burjuaziya g’oyalari
xalqchilligining yorqin ifodasi bo’ldi.
Xalqqa yaqinlik Mol’erga quvnoq xalq
komediyasi an’analarini singdirib, uni rivojlantirish imkonini berdi. Uning
pyesalarida muallifga zamondosh va oddiy tilda gaplashuvchi turli guruhlarga
mansub kishilar timsoli ifodalanadi. U dvoryanlarning bema’ni hayotini zo’r
mahorat bilan fosh qildi. “Dvoryanlikdagi meshchan” pyesasiga quyi tabaqa vakili, har qanday yo’l bilan
bo’lsada, dvoryanga o’xshashga intiluvchi kishi ustidan kulinadi.
U “Don Juan” komediyasida biror
narsani muqaddas deb bilmaydigan ashaddiy xudbin va buzuqi obrazini sahnada
ko’rsatadi. Bu pyesa huzur-halovat orqasidan quvib, hech kimning taqdirini
o’ylamaydigan bekorchi dvoryanlar haqida yozilgan o’tkir satira bo’ldi. “Xasis”
komediyasida mol-dunyo yig’ish yo’lida insoniy tuyg’ulardan mahrum bo’lgan
nihoyatda qizg’anchiq Garpagonning betakror obrazi tasvirlangan.
Mol’yerning “Tortyuf” nomli mashhur
komediyasi cherkov ahlining riyokorligi va ikkiyuzlamachiligiga qarshi
qaratilgandir. Komediya juda katta fosh qilish kuchiga ega bo’lib, bunda Tortyuf ikkiyuzlamachi kishilar timsoliga
aylanib qoladi.
Yevropaning shoir va yozuvchilari
singari Rossiyaning barcha muammolari A.S.Pushkin, M.Y.Lermontov lirikasi va
nasriy asarlarida, Nekrasovning she’r va poyemalarida, N.Gogolning sahna uchun
mo’ljallangan hajviy asarlarida, I.Krilovning masallarida, I.Turgenevning
ixcham prozasi, F.Dostoyevskiy va L.Tolstoyning chuqur falsafiy, fojiali povest
va romanlarida o’z aksini topdi.
Osiyo, Afrika mamlakatlarining
adabiyoti yangi tarixning birinchi davrida o’rta asr istibdodiga asoslangan
jamiyatning kamchiliklarini aks ettirdi. XIX asr boshlarida Xitoyda Li Fush
yozgan “Ko’zgudagi gullar” romanida feodal jamiyatdagi xitoy ayollarining
ahvoli tasvirlangan. Taypin g’alayoni davrida ko’plab g’alayon
ishtirokchilarining she’rlari nashr qilindi. Hindistonda Mittro yozgan “Idigo
ko’zgusi” asarida ingliz mustamlakachilarining zulmlari, hind dehqonlarining
og’ir kulfatlari ochib tashlangan.
Umuman XVIII-XIX asrda ijod qilgan
yozuvchilar o’z asarlari bilan jahon adabiyoti xazinasini yanada boyitdilar.
XVII-XVIII asrlardagi jamiyat
taraqqiyoti tasviriy san’atda ham o’z aksini topdi. Unda diniy yo’nalishlar
ozroq bo’lib, dabdabali, rasmiy va jozibali saroy san’atiga keng o’rin
berilgan. Qadimgi Rim tarixi va mifologiyasidan olingan mavzular, qirollar va
sarkardalarning portretlari, jang manzaralari bunda asosiy o’rin tutadi.
Fransiyada burjuaziyaning dvoryanlarga qarshi jiddiy siyosiy kurashi tasviriy
san’atda ham o’z aksini topdi. Shubhasiz
bu davrda Fransiya tasviriy san’ati yetakchi o’rin egallagan bo’lib, qadimgi
Gretsiya va Rim davrining respublika uchun olib borgan kurash qahramonliklari
bu davr rassomlari asarlarida yangicha tus oldi. Ma’rifatparvarlik davri, buyuk
fransuz inqilobi voqealari, ma’rifatparvarlar portretlari, tarixiy voqealar
rassomlar tanlagan bosh mavzularni
tashkil qilar edi. Ularning asarlarida dvoryanlar, xristian dini peshvolari
bilan bir qatorda xalq ichidan chiqqan o’rta tabaqaga mansub kishilarning
hayoti, faoliyati va obrazlari ko’proq o’rin egallay boshladi. Rasmlar o’sib,
rivojlanib kelayotgan o’rta tabaqa vakillari qarashlariga mos keladigan
syujetlar asosida chizilib, bu ilg’or tabaqaning eskilik va absolyutizmga
qarshi kurashini aniq bo’yoqlar asosida tasvirlagan edi. Bundan tashqari
rassomlar uchinchi toifadagi real odamlarning obrazlari aks ettirilgan
rasmlarni ham yarata boshladilar. Tasviriy san’atda bu yo’nalishning atoqli vakili
Jak Lui David bo’ldi. U “Goratiylar qasami” rasmini yaratdi. Rasm o’z
farzandlariga respublika dushmanlariga qarshi jangga borish oldidan oq fotiha
borayotgan ota qiyofasini aks ettirgan. Shu jumladan, uning “Maratning o’limi”
asari ham mashhurdir. “Ko’kat sotuvchi” rasmida xalq orasidan chiqqan ayol
tasvirlanadi. Bu rasmlar san’atda realizm sari tanlangan muhim qadam bo’ldi.
Fransuz rassomi Ejen Delakrua
tasviriy san’atda romantizmning taniqli vakili bo’ldi. U 1830 yilgi “Iyul
inqilobi” nomli rasmida barrikadada xalqni jangga ruhlantirayotgan go’zal va
dovyurak ayol timsolida inqilob obrazini yaratdi.
Realizm tomon burilish, milliy
ozodlik kurashi qahramonligini tasvirlash, cherkov xurofotini fosh qilish,
XVIII asr oxiri va XIX asr birinchi yarmida yashagan buyuk ispan rassomi Fransisko Goyya ijodi uchun
xarakterlidir.
G’oyaning ijodiy uslubi nihoyatda
o’ziga xos edi. Masalan, u qirol buyurtmasiga binoan uning oilasining guruhiy
portretini chizadi. Ularning kiyimlari, bezaklari saroy san’atiga xos tarzda tasvirlangan
bo’lsada, Goyya qirol qiyofasini undagi hunuk belgilari bilan, qirolichaning
yoqimsiz, takabbur va johil basharasini dadil va realistik tarzda aks ettirdi.
Ayni vaqtda Goyya Ispaniyaning oddiy
kishilariga bag’ishlangan o’z rasmlarida xalqning jismoniy va ma’naviy
go’zalligini zo’r muhabbat bilan chizgan. U ispan ayollarini xuddi shu tarzda
mag’rur, hushchaqchaq, nazokatli qilib yaratdi. “Qo’zg’olonchilarni otish”,
“Zo’r jasorat” va boshqa rasmlar xalqparvarlik, vatanparvarlik g’oyalari ruhi bilan
sug’orilgan.
“Xios orolidagi qirg’in” rasmda orol
aholisining greklar qo’zg’oloni vaqtida turk qo’shinlari tomonidan qirg’in
qilinishi manzarasi tasvirlangan. Uning asarlaridagi erkin bo’yoqlar,
yangilikka intilish, hurfikrlilik har bir rasmga o’ziga xos joziba baxsh etadi.
Delakruaning yana “ Dante va
Vergtlty”, “Barrikadalardagi ozodlik”, “Aljazoirlik ayollar” kabi asarlari ham
mashhurdir.
Rakoko. Bu
uslub o’zining yengilligi, notekisligi, to’g’ri chiziqlarning simmetriyasi
yo’qligi bilan xarakterlanadi.
Bu usul rassomga bezash masalalarini
hal qilishda qo’l kelgan. Arxitekturada inter’yerni rejalashtirishda va
bezashda, tasviriy san’atda ham rakoko uslubi muvaffaqiyatli qo’llanilgan.
Tasvirda rakokoga yaqin uslubda
fransuz rassomlari Vatto va Shardenlar ijod qilishgan.
Impressionizm rassomchilikning ming yillik an’analariga nuqta qo’ydi. Ular birinchilardan bo’lib abstraktionizmga qadam qo’ydi. Rassomlar real shakl va ranglardan vos kechib, o’z ta’ssurotlarini chizish bilan cheklandilar. Impressionistlar ko’proq o’z diqqatini tasvirlash imkoniyatlariga qaratdilar. Bu ular yo’nalishining dasturiy talabi emas balki, faqatgina ularning shaxsiy tushunchalari ham edi. Ular odamni yoki tabiat ko’rinishini tasvirlashda rasmni asl nusxaga aniq o’xshashi emas, balki uning shakli va rangini saqlagan holda ko’proq chiziqlarini tasvirlashga harakat qilganlar.
Yangi yo’nalishning ilk vakili Eduard Mane (1832-1883) “O’tloq
ustidagi nonushta”, “Olimpiya” asarlari muallifi lekin, impressionizm o’zining
yuksak yutuqlari uchun Mane bilan bir vaqtda ijod qilgan. K.Mane, Renuar, Dega
va Pissaro kabi o’z kasbining
ustalaridan minnatdor bo’lishi kerak. Birinchi impressionistik rasmning
namunasi, bu Klod Mane (1840-1926) ning 1874-yilda yaratgan “Taassurot”,
“Quyosh chiqishi” polotnosi hisoblanadi. Bu polotno nomini, Kamil Pissarro
(1831-1903), Alfred Sisley (1839-1899), keyinroq Ogyust Renuar (1841-1919) kabi
rassomlar guruhiga nisbatan qo’llay boshlashdi. Mane chizgan rasmda sof optik obraz nozik nur
sochib suvdan ko’kga ko’tarilayotgan quyosh tasvirlangan. Mone ko’rish bobida
ixtirochi geniy bo’lgan. U nur va rang nisbatini, boshqalar ungacha ilg’amagan
uyg’unligini ko’ra olgan. Impressionistlar
tabiatning tez o’zgarayotgan holatini tasvirlay olishgan Monening
“Parijdagi Kaputinalar” bul’vari va Pissaroning
“Monmartr bul’vari” polotnolari o’tgan asrdagi eng yaxshi shahar
manzaralari hisoblanadi. Ogyust Renuar tasvirlangan go’zal va maftunkor ayollar
modellari, kam uchraydigan ranglar sofligi bilan odamlar ko’zini quvontiradi.
Edgard Dega (1834-1917) odatda teatr
sahnasi, poygalarni tasvirlagan. U hayotdagi ta’sirchan, dinamik lahzalarni
ilg’ay olgan. Uning raqqosalari, joke va otlari harakatda bir lahzaga to’xtaganday
ko’rinadi “Yulduz”, “Moviy raqqosalar” va h.k.
XIX asrning 80-yillariga kelib
impressionizm yo’nalish sifatida o’zining barcha tasvirlash imkoniyatlarini
namoyon qilib bo’ldi va endilikda uning o’rniga impressionistlarning tasodifiy
va lahzali tasvirlariga javoban impressionaliizm paydo bo’ldi. Postimpressionistlar
rassom ta’ssurotlari va kechinmalariga qarshi o’laroq tasvir jarayoniga
falsafiy yondoshdilar. Vinsent Van Gog (1852-1890) va Pol Gogen (1848-1903)
kabi yorqin rassomlar paydo bo’ldi. V.Van Gogning “Dehqon qiz”, “Yedoki
kartofel” rasmlarida oddiy odamlar hissiyotlari chuqur aks ettirilgan edi.
O’z zamonasining burjua qatlamlarida
bo’lgan nafrati natijasida Goger Okeaniya orollarida yashab, o’sha joydagi
sivilizatsiyadan yiroq, an’anaviy hayot tarzini original tasvirlovchi rasmlar
yaratgan. Bular jumlasiga “Meva ushlagan ayol” “Qirol rafiqasi” kabi mashhur
asarlarni nisbat berish mumkin.
Xuddi shu davrda Don’ye, Mille, Burlov. A.I.Ivanov va boshqa rassomlar ham barakali ijod qildilar.
Ommaviy madaniyat. XIX asrning o’rtalarida fan va texnika taraqqiyoti natijasida ommaviy madaniyatning ahamiyati oshib bordi. Zamonaviy madaniyatning holisona tahlili shuni ko’rsatadiki, ma’naviy madaniyat ko’proq ommaviylik mazmunini kasb etib boradi. Ommaviy madaniyatning manzarasi quyidagicha:
1. U millati, yoshi, yashash joyi, ijtimoiy xususiyatlariga bog’liq bo’lmagan ommaviy iste’molchilariga ega bo’ladi;
2. Bu madaniyat na’munalarini yaratish jarayonining o’zi ommaviy xususiyat kasb etib, industriyaning maxsus ko’rinishini o’zida namoyon qiladi. Bunda yuz minglab kishilar band bo’lib ularning “matbuot qiroli”, “Buyuk shou tomoshachilari” kino, TV, estrada yulduzlari bo’ladi. Ommaviy madaniyat umumiy iste’molchilik ehtiyoji bilan bog’liq. Ommaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi-matbuot, radio, kino, kitob chop etish va nusxa ko’chirish bularning barchasi jamoatchilik fikriga ta’sir o’tkazish ommaviy madaniyatning tezlik bilan rivojlanishiga sabab bo’ldi. Ommaviy madaniyat shou, treller kabi o’ziga xos janrlar yaratdi. Ularning umumiy mohiyati-individualizm, zo’ravonlik, ayrim hollarda g’oyaviy yo’nalishlarda o’zini ko’rsatishdan iborat. Ommaviy madaniyatning chegarasi “yulduz”larni kashf etish bilan tugaydi. Bunda sun’iy ravishda yozuvchilar, rassomlar, musiqachilar, aktyorlar bir-birlari bilan o’zaro bog’lanadi.
XVIII-XIX asrlar davomida ommaviy
madaniyat turlari ancha rivojlandi. Teatrlar, gazeta va kitob nashrlari,
musiqa, tasviriy san’at, kino san’atlari yangi davrga qadam qo’ydi.
Teatrlarda o’sha davr muammo va
yutuqlari, sarguzasht va ishqiy muhabbat asarlari namoyish etilib, xalq qalbiga
yanada yaqinror bo’lib bordi.
XVIII-XIX asrlarda teatr ommaning eng sevimli
ko’ngilochar va ma’naviy hordiq oladigan maskanlaridan biriga aylandi.
Teatr bilan bir qatorda XIX asrning
ikkinchi yarmida ovozsiz kinofilmlar paydo bo’ldi. Hozirda ham mashxur bo’lgan
Charli Chaplin kabi buyuk kinoaktyorlar kashf etildi va tomoshabinlar qalbidan
o’rin oldi.
O’sha davrlarda nashr etilgan
gazeta-jurnallar va kitoblarda ommani qiziqtiradigan siyosiy, iqtisodiy,
madaniy jarayoinlar haqida so’z
yuritildi. Ayniqsa gazetalar ommani o’sha davr dunyo yangiliklari bilan tanishtiruvchi
muhim vosita bo’lgan.
Shu o’rinda musiqa haqida ham to’xtalib
o’tish joyiz bo’ladi. Qadim zamonlardan beri musiqa jamiyat hayotida muhim
o’rin egallab keladi. U mehnat maromida, xalq qo’shiqlari va raqslari davomida
vujudga kelgan. Musiqa insonning his-tuyg’ulari va kayfiyatini quvonchi va
ijodiy zavqini, hursandchilik va g’amligini ifodalay oladi. San’atning boshqa turlari kabi u fanlar
o’rtasida ham munosabatlar vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Qadim zamonlardan musiqa avloddan
avlodga xotira orqali o’tardi. O’rta asrlarda esa nota xati vujudga kelib,
ko’pgina musiqa asarlari yozib olindi. Musiqa sohasining rivojlanishiga katta
hissa qo’shgan buyuk san’atkorlardan Avstriya bastakori, Vena klassik maktabi
asoschisi V.Mosart (1756-1791), ulug’ nemis bastakori L. Betxoven (1770-1827), mashhur
Italyan bastakorlari Rossini (1792-1868), Juzeppi Verdi (1813-1901), buyuk rus
bastakorlari: M. Glinka (1804-1857), A. Borodin (1833-1887), Musorskiy
(1839-1881), P.Chaykovskiy (1840-1893), N. Rimskiy-Korsakov (1844-1908) va
boshqa shu singari buyuk nomlarni tilga olib o’tish joizdir.
Bethoven ijodiga mansub 3
(qahramonlik), 5 va 9 sinfoniyalar. “Egmont”, “Leonora”, uvertyuralari. 10 ta
sonatalari 119 chi kontatasi. Mosartning “Don Juan”, “Figaro to’yi”, “Sehirli
Fleyt”, Rossinining “Sevilya sartaroshi”, “Vilgelm Tell”, “Italiyalik ayol
Jazoirla”, “Otello”, “Semiramida” operalari (uning ijodi choqqilari), Verdining
“Aida”, “Otello”, “Rigoletta” operalari, “Trubadur”, “Traviati”, “Balmakarad”
asarlari-bular Evropa musiqa san’atining go’zal shoh asarlari sirasiga kiradi.
Ularda yuksak insoniylik sevgi-muhabbat va boshqa olijanob tuyg’ular
ma’rifatparvarlik g’oyalari kuylanadi.
Shu o’rnda mashxur venger bastakori, piyanisti, dirijyori.
F.List (1811-1886) piyaninachilikda yangi yo’nalishga asos soldi, fortapiyanoga
orkesrt ohangdorligini baxsh etdi. Butapeshtdagi musiqa akademyasining
dastlabki asoschilaridan (1875) va birinchi prezidenti bo’ldi. U 13 ta bir
qismli simfonik poyemalar muallifi, fortapiyano va orkestr uchun 2 ta konsert
sohibi, “Sayohatchi al’bomi”, “Jahongashtalik yillari” sikllari va 19 ta Venger
rapsodiyalari ijodkoridir.
Yana bir iste’dodli italyan
skripkachisi va bastakori Nikolo Paganini (1782-1840) ijodi ham olamshumul
ahamiyatga molikfdir. U xaqli ravishda musiqali romantizm asoschilaridan
biridir. U g’ijjakchilardan biri bo’lib, yakka ovoz va soz uchun yozilgan 24 ta
sahna asarini yoddan sahnada ijod etgan, 32 ta skripka va orkestr uchun konsert
yaratgan daho san’atkordir. Uning nomi Milan, Vena Porij va boshqa shaxarlar
tomoshabinlari tilidan ko’p vaqtlar tushmagan “Napaleon” qahramonlik sohasi
ijrochisi. Uni Fransuz qirolligi Akademiyasi yakdillik bilan o’z a’zosi etib
saylaganligi fakti uning shon-shuhratidan dalolatdir.
Nemis bastakori, organisti Iogan Bax
ham musiqa madaniyatining turli janrlarida yetuk asarlar yaratgan. Romantizimga
qadar bo’lgan so’nggi davrlarning deyarli barchasi asosiy oqimlari musiqa uslublari
yutuqlarni umumlashtirgan. Uning “Matfeyaga ehtiroslar” oratooriysi va
fortapyano uchun yozilgan “Klavirdagi tamp” nomli g’amgin ruhdagi shoh musiqa
asarlari bor.
Buyuk rus bastakorlaridan Glinka rus
klassik musiqasi asoschisi hisoblanadi. “Ivan Susanin” (1831) “Ruslan va
Lyudmila” operalari, “Kamarinskaya”, “Ispan uvertyuralari” ko’plab simfonik
asarlar muallifi hamdir. U rus romansining birinchi klassigi hisoblanadi.
Musorgskiyning “Boris Godunof” musiqali dramasi, “Sarochin yarmarkasi” operasi,
“Quyoshsiz”, “Mangulik” qo’shig’i va raqslari, “Bolalik” va boshqa siklli
musiqa asarlari bular uning ijodining serqirraligidan dalolat beradi.
Shuningdek, bastakor va ayni chog’da kimyogar olim A.Borodinning “Knyaz Igor” operasi ham mashhur san’at asarlaridan hisoblanadi. P.Chaykoviskiy bastakor, simfonist, dramaturg sifatida jahonshumul shuhrat qozongan. Uning “Yevgeniy Onegin” (1878), “Mazape” (1883) operalari, “Uyqudagi go’zal”, “Oq qush ko’li” balet dramatik asarlari mavjud. Dunyoga mashhur oltita simfoniyasi, “Manfred” simfoniyasi, “Pomeo va Jullyetta” asarlari bastakor nomini abadiylikka muhrlagan.
Tayanch
so’z va iboralar
Ma'naviy
madaniyat, fir'avn, ehrom, papirus, mifologik tafakkur, Osiris va Szida, Veda,
Ellin madaniyati, Moxabxarat, Fir’avn, ehrom, papirys, taqvim, piramida,
mifologiya, veda, Mohabxorata, elinlar madaniyati, antik davr.
Ikonografiya, Roman uslubi, Gotika
uslubi, Foma Akvinskiy, ta'lim tizimi, yepiskoplik maktabi, o'rta asr Yevropa
oliy ta'lim muassasalari: Sarbonna, Oksford, Kembridj, Parij universitetlari,
ilmiy darajalar, kitob chop etish, ilm – fan, haykaltaroshlik, tasviriy san'at,
hokimiyat organlari.
Uyg'onish davri, protestantizm,
gumanistlar, reformatorlar, buyuk geografik kashfiyotlar, Petrarka, Bokkachcho,
Rable, T.Moor, Leonardo da Vinchi, Mikelandjelo, Rafael, N.Koopernik,
J.Bruno, G.Galiley.
Ma’rifatparvarlik g’oyalari,
demokratiya, sanoat to’ntarilishi, transport sohasidagi yutuqlar, realism,
romantizm, barokko, klassitsizm, sentementalizm, inperessionalizm, ommaviy
madaniyat.
Ikonagrafiya – o’rta asrlarda avliyolarni
yog’och taxtalarda tasvirlash
Renessans – Uyg’onosh davri
Ioganni Guttenberg – 1445 yilda Germaniyada
kitob bosish dastgoxini ixtiro qilgan
Gotika – me’morchilik uslubi
Iso Masih – Xristianlik dinining
payg’ambari
Apostollar – Havoriylar. Iso
payg’ambarning shogirdlari
Rober de Sarbon – Fransiyadagi Sarbonna
universitetining asoschisi (1257 y)
Liturgiya – cherkov kuyi
Roman – me’morchilik uslubi
Ma’rifat – bilish, tanish, ya’ni bilim
demakdir.
Deni Didro (1713 – 1784 yy.) – fransuz
yozuvchisi va faylasufi.
Jeymis Uatt – bug’ mashinasining ixtirochisi
Barokko – Yevropa me’morchiligi uslubi
Rokoko – rassomchilikdagi uslub. Bu uslub
o’zining yengiligi to’g’ri chiziqlarning simmetriyasi yoqligi bilan
xarakterlanadi.
Lyudvig Betxoven (1770 – 1827 yy.) – Nemis bastakori
Adabiyotlar ro'yxati
1. Axmedova A., Gabidullin R. Kulturologiya. Akademiya Xudojestv Uzbekistana. T.,
2001.
2. Sulaymonova F. Sharq va G'arb.
T.: O'zbekiston. 1997.
3. Madaniyatshunoslik. Ma’ruzalar
matni. Gulmetov va boshqalar. T. 2000.
4. Polishuk V. “Kulturîlîgiya”. M.,1999.
5. Ãíåäè÷ Ï.Ï.
Âñåìèðíàÿ èñòîðèÿ
èñêóññòâ. Ì. 1999
6. Êíåçåð Â.È. ×åëîâåê è òåõíîëîãèÿ. Êèåâ. 1990
7. Áîãóñëîâñêàÿ Ñ.Ì. Ìåõàíèçì êóëüòóðíîé ïðååìñòâåííîñòè.Ì.,
1989ã.
8. Sovet davrida, jumladan
O’zbekistonda madaniy hayot.
Mavzu bo'yicha
takrorlash uchun savollar
1. Qadimgi Sharq madaniyatining vujudga kelishidagi shart – sharoitlar.
2. Qadimgi
Sharqliklarning dunyoqarashi va tafakkuridagi farqli jihatlari.
3. Qadimgi
Sharq va antik davrda din va davlatning o'zaro munosabati.
4. Qadimgi
Misrning maishiy madaniyati.
5. Qadimgi
Xitoy madaniyatining qanday namunalarini bilasiz?
6. Qadimgi
Hindiston madaniyatining o'ziga xosligi.
7. Diniy
madaniyatning o'ziga xosligi nimada.
8. O'rta
asr Yevropa san'ati va me'morchiligi.
9. Evropa
Uyg'onishini yuzaga keltirgan omillar to'g'risida tushunchalaringiz?
10. Italiya
Uyg'onishining ilk namoyondalari – Dante va Petrarka ijodi haqida nimalarni bilasiz?
11. Gumanist
yozuvchilar ilgari surgan asosiy g'oyalar o'zida nimani aks ettirgan edi?
12. Leonardo da Vinchi ijodiga oid nimalarni bilasiz?
13. Mikelanjelo
dahosi xususida nimalar deya olasiz?
14. XV – XVI asrlar tabiatshunos olimlari
ijodidagi muhim yutuqlarni sharhlab bering.
Mavzu bo'yicha test
vazifalari
1. Qadimda oltindan qaysi mamlakat sof holda foydalangan?
a) Xitoy
b) Misr
v) Hindiston
g) Yunoniston
d) Rim
2. “Komediya” va “Tragediya”
qaerda va qachon vujudga kelgan?
a) Misrda, eramizdan avvalgi V asrda
b) Lotin
mamlakatlarida, eramizdan avvalgi V asrda
v) Hindistonda,
eramizdan avvalgi V asrda
g) arkalk davrida
Yunonistonda, eramizdan avvalgi V asrda
d) Solon davrida
Yunonistonda, eramizdan avvalgi V asrda
3.
Birinchi kitob dastgohi kim tomonidan va qachon ixtiro etilgan?
a) 1670 yil Bernardino Ramatstsini
b) 1537 yil Andreas Vezalius
v) 1695 yil Antoni Guttenberg
g) 1440 yil Alfred Guttenberg
d) 1260 yil Mahmud ibn Ilyos
4. Uyg’onish davrining qaysi
san’atkori inson strukturasini ifoda etgan?
a) Rembrand van Reyn
b) Albreõt Dyurer
v) Rafael Santi
g) Mikelandjelo
d) Leonardo do Vinchi
5. Yerning
o’z o’qi atrofida aylanishini isbotlovchi materialistik g’oyani kim isbot
qilgan?
a) Galiley
b) Bruno
v) Ulug’bek
g) Koopernik
d) Kompanella
6. Yevropada
O’rta asrlar qaysi asrlarni o’z ichiga oladi?
a) V – XI asrlarni
b) XI – XV asrlarni
v) V – XVII asrlarni
g) XIV – XVII asrlarni
d) XVI – XVII asrlarni
7. Yevropada dastlabki universitetlar
qachon tashkil topdi?
a) V – XI asrlarda
b) XI asrda
v) XIII asrda
g) XV asrda
d) 1209 yilda
8.
Universitet so’zining lug’aviy ma’nosi qanday?
a) o’qimishli
b) majmua
v) uyushma
g) birlashma
3-Màvzu: MÀRKÀZIY ÎSIYO XALQLARINING MÀDÀNIYATI
Reja:
1. Arxaik madaniyatining dastlabki na’munalari.
2.
Qadimiy So'g 'd, Xorazm,
Baqtriya, Kushon madaniy yodgortiklari
3.
Markaziy Osiyodagi xalqlar madaniyatiga zardushtiylikning ta’siri.
Arxiak
yoki ibtidoiy madaniyat – mavjud insoniyat madaniyatning ibtidosi va eng uzoq
davom etgan davridir. Bu davr insoniyat tarixi umumiy ko'lamining 99 foizini
tashkil etgan xolda zamonaviy madaniyatga beqiyos ta'sirini ko'rsatib kelmoqda.
O'sha vaqtda vujudga kelgan arxiak madaniyatning ayrim ko'rinishlari bo'lmish
fikrlash tarzi, fe'l-atvor xozirga qadar yo'qolgan emas. Insoniyat hayotining
boshlang'ich davri keyingi barcha o'zgarishlarga zamin tug'dirgani sababli bu
davrni o'rganish insoniyat evolyutsiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini
tushunish va sharhlashga yordam beradi.
Tosh asrining davri
bundan 2,6 mln. yildan (Keniyaning Rudolf qo'li sohilidan topiltan qadimgi tosh
qurollari) to eramizgacha 2 ming yilgacha (mehnat qurollarini jezdan tayyorlay
boshlagan davrgacha) bo'lgan vaqtni o'z ichiga oladi. O'z navba-tida paleolit
bosqichidagi eng uzoq davr ilk poleolit bo'lib, bundan 40-35 ming yil oldsh!
tugaydi. Ilk poleolshda antro-pogonez jarayonining sodir bo'lishi, qazib
topilgan gominid qoldiqlarining alohida turlari yashagan davrlarda (zinjantrop,
avstralopitek, pitekantrop, sinantrop, neandertal va boshqalar,) madaniyatning
alohida ilk namunalari vujudga keldi: qo'pol tosh qurollari tayyorlash
(kesgich, tosh nayza, qirg'ich), olovdan foydalanish, oddiy turar joylarning
qurilishi, muomala vositalarshting rivojlanishi, atrof-muhit haqida dastlabki
murakkab tasavvurlarning paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Detsentrizm
farazi insoniyat paydo bo'lishini ikki o'choq Afrika va Osiyo bilan boglaydi,
zero hozirgi vaqgda eng qadimti odam qoldig'i ham Afrika mintaqasidan topilgan.
Markaziy Osie, xususan, O'zbekiston xududida qazib topilgan gominidlar ham ilk
paleolit davriga oiddir. Arxeolog U. Ismoilov Selung'ir g'oridan topgan
«fergantrop» qoldig'ining yoshi 700 ming yilga teng.
Ilk paleolitda
madaniy muhitning mavjudligi alohida joylar bilaigina chegaralansa so'nggi
paleolitda esa madaniyat tizim sifatida shakllanadi. So'nggi paleolitning
boshlarida gominid evolyutsiyasi yakunlanib zamonaviy «aqlli odam» turi paydo
bo'ladi. So'nggi paleolitda turli-tuman tosh va boshqa qurollar notekis tarzda
ko'payishi natijasida tarkibiy qurollar-tasma, uchlik, shuningdek,
to'qimachilik payio bo'ladi. Nihoyat, dastlabki tartibli ijtimoiy
tashkilot-urug' tashkil topadi. Bu inqilobning mahsuli insonlarning asosiy
antropologik, ruhiy fiziologik, ruhiy ijtimoiy va ma'naviy birligi bo'lib,
insonlar uyushmasining iktisodiy, siyosiy, ijti-moiy, til, magapiy
rivojlanishidagi tafovutlarga qaramasdan tarixda saqlanib qoldi.
Ma'naviy madaniyat
dastlab juda sodda bo'lib, o'sha davr kishilarining mehnat faoliyati bilan
uygunlashib ketgan edi. Ibtidoiy odamlarning bilim darajasi ancha cheklangan
bo'lsada, biroq yashash uchun kurash jarayonida atrof-muhitni ku-zatib tajriba
to'plaganlar. Natijada yangi gushuncha va tasavvurlar iaydo bo'lib, gafakkur va
nutq rivojlana bordi. Bu esa jamiyat ma'iaviy rivojlanishini tezlashtirdi.
O'zlashtiruvchi ho'jaliqdan ishlab chiqaruvchi ho'jalikka o'tidgani bilim va
tajribaning to'planishi natijasida yuzaga keldi.
Dastlab, ibtidoyy
odamlar oziq-ovqat qidirib o'zi yashayotgan muhitni yaxshiroq o'rgana
boshladilar. Bu esa ularning geografik bilimini oshirgan. Tabiatdagi mavjud
iste'mol kdchishga yaroqli o'simlik va mevalarni qidirib topishi va kuzatishi
natijasida botanika bilimlari to'plangan. Yovvoyi hayvonlar ovlash jarayonida
hayvonlarning fe'li, turi, yashash joylarini kuzatish tufayli ibtidoiy
odamcharda zoologiya bilimi shakllana boshladi. Bu jarayonlarni o'rganish
ibtidoiy odamlar uchun zaruriy, hayot uchun kurash, tirikchilik manbai edi.
Kasallikni davolash
uchun o'sha zamonning o'zsha xos sodda ta-bobati bo'lib, davolashda
o'simliklar, mevalar, xayvonlar, mineral jismlardan foydalanganlar. Shuningdek,
silash, uqalash usuli bilan ba'zi kasalliklarni davolaganlar va folbinlik,
sehrgarlik va jodugarlik usullaridan ham foydalanganlar.
Umuman, ibtidoiy
san'at kishilarning dastlabki umumiy ijodi bo'lib, u odamlarning mehnat faoliyati,
ichki ruhiyati va diniy tasavvurlari bilan uygun bo'lgan. Aytish mumkinki,
diniy tasavvur va e'tiqod shakllari madaniyatning moddiy va ma'anviy
turlarining rivojiga samarali ta'sir ko'rsatgan.
Diniy
tasavvur va e'tiqod jamoa tuzumining keyingi davrlarida shakllanib, ayrim
unsurlari o'rta paleolit davrlarida vujudga kelgan. Ibtidoiy odamlar atrofidagi
hodisalarni sabablarini
tushuna olmagan. Tabiatdagi turli hodisalarning sir-asrorlari ularga ma'lum
bo'lmagan. Bu hodisalar negizida sirli, g'ayritabiiy kuchlar yashiringan deb
tushunib, shu g'ayritabiiy kuchlarga e'tiqod kilingan.
Ibtidoiy odamlar
turli mintaqalarga tarqalib, turli xil tirikchilik bilan shug'ullana boshlaydi.
Tabiatning va tirikchilikning xilma-xilligi turli e'tiqodlarning paydo
bo'lishiga sabab bo'lgan. Tabiat va jamiyat hodisalarga bog'liq g'ayrigabiiy
kuchlarga ishonish ibtidoiy e'tiqod deyiladi. Uning totemizm, animizm,
sehrgarlik, feteshizm kabi turlari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida keng
tarqalgan.
Totemizm-jamoaning
hayvon yoki o'simlik turi bilan g'ayritabiiy qarindoshlik aloqasiga ishonishi
bo'lib, ovchilik va termachilik rivojlangan davrda paydo bo'lgan. Bu e'tiqodda
totem-hayvon yoki o'simlik nihoyatda hurmat qilingan. Totemizmning ilk
bosqichida hayvon muqaddas sanalib, uni o'ldirshn yoki go'shtini iste'mol qilish
ta'qiqlangan. Faqat urug'ning urf-odat marosimlaridagina bu hayvon go'shti
iste'mol qilingan.
Animizm — «rux»,
«jon» ma'nosini bildirib, bu dunyoda ruhlar, jonlar shaklidagi g'ayritabiiy
kuchlarning borligiga ishonish. Tabiatdagi narsalar, odam va boshqalarning ruhlari-shular
jumlasidandir. Urug'chilik jamoasining rivojtantirish bilan urug' boshliqlar,
harbiy yo'lboshchilar ruhiga-ajdodlarga sig'inish paydo bo'lgan. Matriarxat
davrida ruhlar ayollar nomi bilan atalgan. Xo'jalik shakllari paydo bo'lgach
tabiatdagi narsalar (quyosh, suv, yer) ning ruhiga topinish kuchayadi.
Sehrgarlik- odamning g'ayritabiiy kuchlarga ta'sir ko'rsatish qobilshgtiga
asoslangan amallardir. Bu ibtidoiy san'atda ham o'z ifodasini topgai. Qoyatosh
tasvirlaridagi yaralangan hayvon ifodasida ovchilar bo'lg'usi ovning baroridan
kelishini ko'zlab, hayvonlarni sehrlaganligini kuzatshn mumkin.
Ibtidoiy odamning
fikrlashi aniqlik, ta'sirchanlik, butunliqda farqlanadi. Ibtidoiy odam
asta-sekin turli tashqi hodisalarni seza boshlaydi. U issiq va sovuqni, to'q va
ochlikni, yaxshi va yomonlikni his qiladi, yorug'lik va qorong'ulikni ajratadi.
Hodisalarning ro'y berishini kuzata boshlaydi. O.Freydenbergning fikricha, unda kuzatish ta'suroti ustun bo'lgan.
Ibtidoiy odamning ta'sirchan, aniq tasavvuri hali hodisalarni umumlashtirish
qobiliyatidan yiroq edi. U tevarak-atrofdagi voqea hodisalarniig mohiyatini
tahlil qilmasdan. faqat yuzaki qayd qiladi, narsa va jarayonlarga, ularning
xususiyatga bir xil yondoshgan. Ibtidoiy tafakkur uchun sababiy bog'lanishlar
o'sha shartli bo'lib, qandaydir hodisaning sababi tez-tez qaytarilib turilishi
natijasida vaqt o'tishi bilan idrok qilingan.
Dastlabki sehrgarlik
harakatlari mazmunida totemizm-hayvonlar ajdodiga topinishni keltirib chiqardi.
Ibtidoiy jamoa turmushi, ovi, urushi, hayvonlarni tutib yeyishi, tugilish va
o'lim-umuman inson hayotini totemistik, ya'ni, totemlar kurashi va to'qnashishi
orqali tasavvur qiladi. Bu tasavvurlar oqibatda kosmogonik manzaraga asos
soladi, qaerda har bir totem-koinot borki yeydi, yo'qoladi va tirshgadi, qari
koinot o'rniga yoshlar keladi. Ularning o'rin almashishi va yosharishi yoki
tirilishning borligi o'limdadir.
Sehrgarlikka o'xshash hayot nafaqat paydo
bo'lastgan tushunchalari o'zida jamladi, balki madaniyatning eig qadimgi shakli
bo'lib qoldi. Undan hozirgi vaqtgacha olamni o'zida aks etgan din, san'at, fan
sohalari paydo bo'ldi. Barchasi suyakka chizshp va naqsh solish, kichik
haykaltoroshlik, belgi-muhr bosish, bo'yokdi hoshiyalar chizish, gor devorlariga
beg'artib chiziq shakllar solishdan boshlandi va natijada mapghur Altamir,
Lasko, Montospan va boshqa gorlardagi tasvir galereyasi vujudga keladi. G'or
tasvirlari tabiiy, aniqrog'i hayotiy aks ettirshpan. G'or tasvirlarining
dastlabki bosqichida joivorlar tasviri alohida o'rin tutadi: otlar, yovvoyi
qbramol, mamontlar o'ta yorqin tasvirlangan. Paleolit kishisiiish tasvir
faoliyatida nafosat uyg'unligi yoki rasm yozuvlar (piktografiya) emas, balki
tasvirni «fotografik» tarzda ifodalash ustun bo'lgan. Bu tasvirlar marosim
tafsilotlaridir. Mashhur san'atshunos A. Arnxeymning ta'kidlashicha paleolig
davritsa san'at hayotiy zarur vazifani bajargan.U kishiga mislsiz kuch baxsh
etib, tirik mavjudod va narsalardagi ma'nisizlikka»sehr baxsh» etish imkonini yaratgan.
Ibtidoiy odam chizilgan tasvirga jonivorlarning joii o'tadi, shu tufayli ularga
ta'sir qilish mumkin deb o'ylagan. Arxaik san'at insonni hayvonlar ruhiyati
bshtan qiziqishida alohida vosita bo'lib, unda haqqoniyat va marosim
uyg'unlashib ketadi.
O'zbekiston
xududida so'nggi paleolit davriga oshg qoyaga solingan tasvir namunalari
uchramasada, ushbu davrga tegishli 30 dan ortiq manzilgohlar o'rganilgan,
jumladan Samarqand manzilgohi, Ohangarondagi tosh qurollar, tayyorlangan
«ustaxona», Ko'kbuloq va Oqtosh manzilgohlari.
O'zbekiston
hududidagi ibtidoiy tasviriy san'at namunalarini eng qadimgisi mezolit-neolit
davrlariga oid bo'lib, ular jahon tasviriy san'at tarixining ajralmas qismidir.
Shuningdek, bu tasviriy san'at tarixi bir qator alohida ko'rinish, o'ziga
xoslik va farqyaik jihatlarga ega bo'lib quyidagi bosqichlardan iborat:
2. Loy, ganch, tosh
va yog'ochdan ishlangan qadimgi haykallar namunalari va turli hunarmandchichik
buyushtridagi tasvirlar yaratishgan davrlar.
Mamlakatimiz tog'lik
tumanlarida keng tarqagpan qoyatosh tasvirlari ishlanish usuliga ko'ra ikki
xil: bir xillari bo'yoq (ohra) bilan; ikkinchi xillari esa
o'yib-ishqalash-chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar).
O'zbekistondagi
qoyatosh tasvirlarinshp eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Beronsoy,
Ko'ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabi yuzdan ziyodi topilgan. Bu qoyatosh
tasvirlarda O'zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami turlarini
kuzatish mumkin. Bular ibtidoiy sher va yo'lbarslar, qoplon, tulki va bo'ritar,
bug'u va jayronlardir.
O'zbekistondagi
qoyatosh rasmlari mazmunan boy va manzarasi jihatidan xilma-xil. Unda odamlar, ov, yirtqich hayvonlar to'qnashuvi
manzaralari tasvirlangan. Bu tasvirdar orqali o'sha davr odamlarining ov,
mehnat qurollarini bilib olish mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi
ajdodlarimizning g'oyaviy qaragdlari va diniy e'tiqodlarini o'rganishda muhim
axamiyatga ega. Negaki, ibtidoiy odamlar bir-birlariga fikrlarini,
munosabatlarini istaklarini chiziqlar, oddiy shakllar, solda tasvirlar orqali yetkazishga
intilganlar. Masalan, ular ov quroshgarini tasvirlash orqali ovga bormoqchi
ekanliklarini ifodalasalar, yovvoyi buqa va boshqa turli hayvonlar tasvirlari
orqali, o'sha hayvonlarni ovlamoqchi ekanliklarini bildirganlar.
Ko'hitang tog'ining
yuqorisida joplnppnp g'orni «Oltin olov qoyasi» yoki «Oltin olov darasi» deb
atashgan. Chunki zaroltin, o't-olov ma'nosida bu yodgorlik «Zaravutsoy» deb
atalgan. Zaravutsoy ov manzarasidagi turli rasmlarni kuzatish qadimgi odamlarni
hayotini, turmush tarzini jonli tasavvur qilish bilan birga ibtidoiy badiiy
madaniyatning o'ziga xos jihatlarini anglashga yordam beradi. Ibtidoiy
odamlarning tirikchilik manbai bo'lgan ov manzarasini kuzatish orqali ovchilik
ilmining ayrim qirralarini o'rganamiz.
Tasviriy san'atning
ibtidoiy davrga mansub namunalari-dan biri Jizzax viloyatidagi Taqatosh nomli
toshdagi tasvir yozuvlardir. Bu tasvirlarda fikr, sezgi, amaliy extiyoj kabi
tuyg'ular aks ettirilgan. Qadimiy tasvirlardan yana biri Zarafshon etaklaridagi
«Sarmishsoy» tasvirlarida esa ibtidoiy rassomlar ijodi o'z aksini topgan. Bu
ibtidoiy tasviriy san'at asarlari Sarmishsoy darasining ikki yuzida qad
ko'gargan qoyatoshlarning silliq yuzasiga solingan. Sarmishsoy qoyalarida
yovvoyi buqalar, shoxdor bug'i va qulonlar, yelib borayotgan tog' taqasi, ohu,
to'ng'iz, bo'ri, qoplon, itlar hamda bir-biri bilan olishayotgan yovvoyi va
honaki hayvonlar, shuningdek, ovchilar va ov manzaralari ham tasvirlangan.
Qadimgi
rassomlar faoliyatida ham kuzatuvchanlik, shakl va chiziqlar orqali bo'layotgan
voqealarning xarakterini, mazmunini yoritib bera olish qobiliyatlari ko'zga
tashlanadi. Qoyatosh, daralar va g'orlardagi rasmlar mazmunan boy bo'lishi
bilan birga xilma-xildir. Ularda turli manzaralar o'z aksini topgan. Umuman bu
tasvirlar orqali odamlarning mushtarak tuyg'ulari yuzaga chiqqailigini
ko'ramiz. Bu rasmlarda har bir belgi, qoralama yoki shakl o'ziga xos fikrni,
hatto sehru jodularni ifodalab berishi bilan qiziqarlidir. Shulardan
ko'rinadiki, ajdodlarimiz hayotida, turmush tarzida tasviriy faoliyat alohida
o'rin tutgan.
Ma'lumki, inson o'z
mehnati tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqqach, yashash uchun kurash
jarayonida qanchalik ongli mehnat qilsa, u shuncha muvaffaqiyatlarga erishgan.
Kurash va mehnatda erishilgan muvaffaqiyatlar urf-odat, udum, marosim, an'ana
va bayram-xursandchilikni vujudga keltirgan. Madaniyatshunoslar fikricha bayram
va marosimlar eng qadimgi davrdayoq mavjud bo'lgan va ibtidoiy odamlar hayotida
muhim rol o'ynagan. D.M. Genkinning fikricha, «marosim va bayramlarning chuqur
ildizi insoniyatning «go'daklik» davriga borib taqaladi». M.M. Baxtining
ta'kidlashicha, «Bayram insoniyat madaniyatining boshlang'ich shaklidir». Bu
jarayon ibtidoiy odamlar ovchilik bilan kun kechirgan davrlarda yaqqol sodir
bo'la boshlagan. Yuqorida tilga olgan tasvirlarda asosan hayvonlar, ov qilish,
ovchilar raqsi (ba'zan hayvonlar niqobida) kabi tasvirlar qadimiy odamlarning
o'z mehnati (ovi) natijasini tantana qilganliklaridan dalolat beradi. Ibtidoiy
ovchilar hayotida ovchilik marosim - udumlari muhim o'rin tutgan. Ovchilik
marosishgari ovdan oldin ham ovdan keyin ham o'tkazilgan. Shuningdek, ovchilik
marosimlari-ovga tayyorgarlik, yoshlarni ovga o'rgatish va ovdan keyingi
tantanalarni ifodalab, tasvirlarda aks etgan. Buni biz Zarautsoy va Saymalitosh
rasmlarida nafaqat toteshgarga sig'inish, balki ov marosim-bayramlari ham aks
etganligini ko'ramiz.
Ilk bor mahsus uyushtirila
boshlangan marosim-bayramlar totemlarga bag'ishlangan. Ya.P. Belousovning
fikricha, «Eng qadimiy va ommaviy marosimlar qatoriga zoofalik marosimlarni
kiritish mumkin». Bu marosimlarda turli joylarda to-tem hisoblangan turli
hayvonlar-ayiq, yovvoyi echki, sigir, bug’u, ot, bo'ri kabilarga topinganlar. O'rta
Osiyoda ilon, buqa, qo'y, ot, tuya, sher totemlari keng tarqalgan. Buni biz qazilma
yodgorliklardan topilgan amaliy san'at buyumlari misolida kuzatishimiz mumkin.
Mehnat taqsimotining
vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi odamlarning ishlab chiqaruvchi
ho'jalikka (neolitda) o'tish natijasida yangi sohalarga oid marosim va
bayramlar vujudga kela boshladi. Bu «Mehnat marosimlari» bo'lib, u ham o'z
o'rnida madaniyat va san'at (teatr, raqs, pantamimo san'atining primitiv ko'rinishlari)
ning rivojlanishiga zamin yaratdi.
Mif
va mifologiya eng avvalo antropomorfizm-tabiatdagi narsalarga ham odamga xos
deb qarashni va xudolarni odam qiyofasida tasavvur qilishni ifodalaydi. Mif va
mifologiyani qadimgi e'tiqodlardan farqi, olamdagi barcha mavjud munosabat va
qadriyatlarni izohlashni o'ziga oladi. Bu o'sha davrlarni bilishning o'ziga xos
nazariy asosi va mahsus shaklidir.
Negaki bilim-yorqin
rang-baranglik, fodalilik, jo'shqinliqdir. Mifologiya dastlabki bosqichda
kishilar uchun bilim o'rganish va mustahkamlashning yagona manbai va usuli
emasligi dargumon. Biroq, L.S. Vasilevning ta'killashicha, bitimni
mustahkamlash bu- mifni o'rganish yo'li bilan emas, balki uning udumlari,
marosimlarining amalda takrorlanib tarqalishida sodir bo'ladi. Mif va marosim
arxaik madaniyatning go'yoki ikki tomoni, ya'ni - so'zdagi va harakatdagi,
nazariy va amaliy. Mifologik bilim ilmiy hakikatga ma'lum miqdorda dahldordir.
Mifologik bilimning
ikkita asosiy ijtimoiy vazifasi bor:
1.
Ushbu umumiylikning asosiy vazifalarini, ularning odatiy mavjudligini kishilar
ongiga kirgizish va mustahkamlash, xususan, shakllangan qoidalarni tasdiqlash,
qonuniylashtirish va hatto jamoani tiklash va barqarorlikni ta'minlash uchun
ularni an'anaga aylantirish;
2. Jamoani
qo'rquvidan xalos qilish maqsadida va ruhiy halovatni kafolatlashda atrof-muhit
bilan butun tashqi olam bilan mustahkam aloqa o'rnatyui va ta'minlash.
Mif olamni mavhum goyalardan buzilgan
tarzini o'zida namoyon qilib, noaniq va quruq muhokamalarning shakllanishiga
imkon beradi ya'ni, dastlabki davrda insonni uni chulg'ab turgan aniq kundalik
ishlardan fikrini chalg’itib, hayoliy poetik olamga olib kiradi. Mif olamni
jamoa bo'lib an'anaviy his qilishdir, negaki, shu alfozda u har doim ilk diniy
tasavvurlar majmuiniig negizi hisoblangan. Mif - dastlabki dunyoqarashning
zaruriy, muqarrar shaklidir. Umum tasavvurlar mifning shakllanishiga sabab
bo'lolmaydi va hissiy tajriba-kuzatishlar uchun ham, noaniq-mavhum
mulohazalarga ham asos bo'lolmaydi. Guruhlar tushunchasi eng avvalo butun
borlikni o'ziga qo'shib hissiy qayg’urishga tayanadi.
O'zbekiston xududida
jez davri mil. avv. II ming yillik boshlarini o'z ichiga oladi. Xuddi shu
davrda ikki turdagi mus-taqil madaniyat shakllanib aniq ajraladi: o'troq
dehqonchilik vohalaridagi madaniyat; ko'chmanchi dashtliklar madaniyati. o'groq
dehqonchilik madaniyati dastlab Surxondaryo vohasidagi Sopol-litepa, Jarqo'gon
madaniyatlari, Farg'ona vodiysidagi Chust madaniyati, ikkinchisi- Zamonbobo, Tozabog'yob,
Suyargan va Amirobod kabi joylarda vujudga keldi.
O'zbekiston janubi-Surxondaryo viloyatida hozirda ham
mashhur bo'lgan ustalar, zargarlar va san'atkor — quruvchilar yaratgan
madaniyat eng qadimgi madaniyatdir. Mil. avv. XUSh-X ming yillikka oid
Sopollitepa va Jarqo'ton manzilgohlarida qadimgi sharq turidagi ilk shaharnoma
tsivitizatsiyaning shakllanishi va rivojlanishi jarayoni kuzatiladi.
Sopollitepa labirintnoma (qasr) to'g'ri burchakli ko'cha tarmog'i va istehkom
tizimi bo'lgan manzilgohlar majmuidan tashkil topgan Jarko'tonda ham monumental
me'morchilik xom g'ishtdan qurilgan. Markazda qal'a joylashgan, uylar xom
g'ishtdan baland ko'tarib qurilgan. Har bir guzarda binoning o'rtasidd yumaloq
o'choq shaklida devor tokchasida olov mehrobdan iborat sig'inadigan markazi
bo'lgan. Ikkala manzilgohda jez eritish, to'qimachilik, kulolchilik, zargarlik,
suyak, tosh, yog'ochga ishlov berish gullab-yashnagan. Turli kulolchilik
buyumlarini kulolchilik dastgohida pishirib sifatli tayyorlanganligi, shaklinishi
chiroyliligi kulolchilik soqasining texnika va texnologiyasi yuqoriligidan
dalolat beradi. Topilgan namunalardan ma'lum bo'lishicha O'zbekistonning
Janubida yashovchi aholi qadimgi sharq ayniqsa hind vodiysidagi Xarappa
tsivilizatsiyasi namunalari bilan keng hamkorlikda bo'lgan. Buni Sopollitepa va
Jarko'ton shuningdek, O'zbekistonning boshqa dehqonchilik madaniyatida ham
uchratish mumkin.
Bronza
davrida shakllangan «ko'chmanchi chorvadorlar» madaniyati mil. avv. III ming
yillik oxiri-I m. y. boshlariga oid bo'lgan. Buxoro vohasidagi Zamonbobo
manzilgohida o'rganilgan. Zamonbobo aholisi katta yarim yerto'lalarda yashab,
bronza va tosh qurollar ishlatishgan. Kulolchilik dastgohisiz qo'lda ishlangan
tagi yumaloq yassi sopol idishlardan foydalangan. Jez davrida madaniyat
yodgorliklari Amudaryo va Zarafshonning qo'yi oqimidan, Toshkent vohasi,
Farg'ona vodiysi, Samarqand viloyatidan topilgan. Ular chorvador qabilalar
madaniyatining vujudga kelishi haqida qimmatli ma'lumotlar beradi. Chorvador
qabilalar jez davrida o'troq turmush tarziga o'ta boshladi, qisman dehqonchilik
bilan shug'ullanadi, keyinchalik ko'chmanchi chorvadorlarga aylanishgan.
Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida muxim o'rin tutadi. Uning o'rta asrlardagi madaniyatiga butun dunyo allaqachon munosib baho bergan. Hatto Baqtriya, Marg'iyona, So'g'd, Parfiya, Farg'ona, Xorazm, Choch xalqlarining qadimgi madaniyati ham jahonni hayratga solmoqda. Markaziy Osiyo madaniyati G'arb va Sharqning buyuk madaniyat elementlarini bir butunlikda uyg'unlashtirib ifodalagan holda o'ziga xos individuallik kasb etadiki, bu xususiyat keyingi taraqqiyot uchun ham negiz bo'lib qoladi.
Madaniyatshunoslik har qanday madaniyatning shakllanishidagi o'ziga xos alfozni joy manzarasi, iqlimi, biosfera omillarining ahamiyati borligiga alohida e'tibor beradi.
Markaziy Osiyo o'troq dehqonchilik va ko'chmanchi xalqlarida ancha – muncha farqlar bo'lishiga qaramasdan ilgaridan yaqin munosabatlar o'rnatilgan. Diniy e'tiqodlar, urf – odatlar, folklor, axloqiy me'yorlardagi umumiylik madaniy umumiylikning shakllanishiga olib kelgan. Shuning uchun, bundan keyin Markaziy Osiyoning yaxlit madaniyatini tashkil qiluvchi turli submadaniyatlar mavjudligi haqida to'xtalish joizdir: qadimgi davlatlar submadaniyati (Baqtriya, So'g'd, Xorazm, Marg'iyona, Farg'ona), dasht ko'chmanchilari – sak, massaget, da – kochchilar submadaniyati, Pamir va Tangritog' kabilarning submadaniyati.
Markaziy Osiyo madaniyatining o'ziga xosligining ikkinchi jihati mintaqaning o'ta qulay jug'rofik o'rnashganligi bilan bog'liq. Mintaqa Mesopotamiya, Hindiston va Xitoy kabi uchta buyuk Sharq tsivilizatsiyasi bilan bevosita chegaradosh bo'lib, G'arb tsivilizatsiyasiga xos beshinchi – Gretsiya va Rim bilan aloqada rivojlangan. Bunday aloqalarning muqarrarligi tufayli Markaziy Osiyo madaniyati Sharq va G'arb o'rtasida vositachilik missiyasini bajarishiga sabab bo'ldi, ya'ni iqtisodiy sohalarda eng avvalo xalqaro savdoda madaniy soxalarda ham Markaziy Osiyo G'arb va Sharq o'rtasida bog'lovchi ko'prik vazifasini bajardi.
Ko'pgina urushlar Markaziy Osiyo madaniyatining qadimgi taraqqiyot davrlarining behisob dalillarini yo'q qildi. Arxeolog qazilma ma'lumotlar va manbalar miloddan avvalgi 1ming yillik boshlarida vujudga kelgan Markaziy Osiyoning ilk davlatlari Baqtriya, So'g'd, Xorazm madaniyati haqida bir oz ma'lumotlar beradi. Miloddan avvalgi VIII – VII asrlarga oid Afrosiyob (Samarqand), Surxondaryo vohasidagi Qiziltepa, Qashqadaryo vohasidagi Uzunqir, Xorazmdagi Ko'ziliqir kabi qadimgi shaharlarda o'tkazilgan tadqiqotlar murakkab ijtimoiy tuzilma va madaniyatning yuqori rivojlanganligini ko'rsatadi. Bu shaharlar mudofa devorlari va suv ta'minotidan iborat kuchli istehkom tizimiga ega bo'lib, ichida hunarmandlar mavzei joylashgan. Ayrim shaharlarda saroy qoldiqlari qal'alar topilgan. Qadimgi davlatlar xo'jaligining asosiy sohasi hisoblangan dehqonchilik taraqqiyotining darajasi haqida ko'p tarmoqli sug'orish tizimining mavjudligi bunga dalildir. Markaziy Osiyo davlatlari Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan yaqin aloqalar o'rnatgan. Midiya va Ossuriylarning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, xunarmandchilik buyumlari va xom ashyo bilan (lojuvard, oltin mis bilan) savdo – sotiq qilganlar. Bu haqida Ossuriya va Qadimgi Yunon yozma manbalarida gapiriladi. Baqtriya shohi Oksartning afsonaviy boyligi haqida Ktesiy Knidskiy (mil.avv.V – IV asrlar) yozib qoldirgan.
Zardushtiylikda birinchi bo'lib esxatologik ta'limot yaratilgan, bunga muvofiq jahon tarixi 12 ming yilni tashkil etadi. Bu muddat tugashi bilan ezgulik va yovuzlik kuchlarining hal qiluvchi yovuzlik jangi boshlanadi. Butun olamni erigan metal oqimi yo'q qiladi, biroq xaloskor Saoshyant halok bo'lgan dunyoni va barcha marxumlarni tiriltiradi, barcha gunohlarni do'zaxdan chiqarib Ohuramazdaning ideal xukmronligida abadiy hayot kechiradi. Shu tariqa zardushtiylikda birinchi bo'lib oxiratdagi jazo, marhumlarning tirilishi so'roq kuni g'oyasi shakllanadi.
Ahmoniylar imperiyasi madaniyati ham ko'pgina mamalakat xalqlari
yaratgan ilmiy bilimlar, diniy e'tiqodlar san'at yutuqlarning sintezi
hisoblanadi. Bu madaniyatga Markaziy Osiyo xalqlari ham o'zining xissasini
qo'shgan. Zardushtiylik Ahmoniylarning davlat dini sifatida qabul qilinishi
bilan birga G'arbga ham keng yoyila boshladi. Ahmoniylar san'atining Suza va
Persepoldagi ulkan yodgorligi qurilishiga Markaziy Osiyo mintaqasidan ko'plab
xom ashyo keltirilgan. Saroylar qurilishiga Baqtriyadan oltin, Sug'ddan
lojuvard va qimmatbaho toshlar, Xorazmdan feruza olib borilgan. 1877 yilda Tojikistonning janubidan
topilgan Amudaryo xazinasi madaniy sintezning yorqin misolidir. Xazinada Eron
va Baqtriyada tayyorlangan jixozlar topilgan bo'lib, bular bejirim oltin
aravacha, qanotli ikkita qirg'iy shakli tushirilgan bilakuzuk hamda dashtliklarga xos “hayvon shakli”
bitilgan jixozlardir. Markaziy Osiyo
xalqlarining madaniyat munosabatlari juda kengaydi, shuningdek, madaniy
qadriyatlarning boyishi va turli madaniyatlarning o'zaro ta'siri jarayoni esa
o'z madaniyatlarini juda tez rivojlanishi va boyishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
Kushon saltanatining dastlabki
manzil markazini Baqtriya tashkil etdi. Iqtisodiyot asosi dehqonchilik bo'lib,
murakkab irrigatsiya va yirik sug'orish inshoatlari barpo etildi.
Xunarmandchilik va savdo – sotiqning rivojlanishi shaharlarni gurkirab
rivojlanishiga, g'ishtlardan bino etilgan qal'a va saroylarni qurilishiga olib
keldi. Bu mamlakatda G'arb mamlakatlari, xususan Rim imperiyasining sharqiy
viloyatlari bilan savdo aloqalari birinchi o'ringa chiqdi. Kushon
podsholarining tangalari Kiev yaqinida, Efiopiya, Skandinaviya va Rim
imperiyasi shaharlaridan topilgan.
Markaziy Osiyo buddaviylikni butun
Osiyo – Xitoy, Yaponiya, Koreyaga tarqalish manzilgohini tashkil etdi.
Kushonlar davrida yozuvning turli tizimlari amal qildi. Aramey yozuvi asosida
kushon – baqtriya alfaviti, so'g'd va xorazm yozuvi rivojlandi: Surq qotalda
(Afg'oniston) yunon alfavitidagi kushon yozuvi topilgan. Termizdagi Qoratepa,
Fayoztepadan hindlarning Brahma, Kxoratshxa yozuvlaridagi bitiklar topildi.
Kampirtepadan esa (Surxondaryo) Markaziy Osiyodagi eng qadimiy, noyob qo'lyozma
(er.avv. II asrning 1 yarmi) papirusdagi bitik topildi.
Asrimizning boshida Buyuk Xitoy
devori binolaridan birida topilgan “ko'xna so'g'd yozuvi” alohida qiziqish
uyg'otdi. Yozuv eramizni 312 – 313 yillarida bitilgan bo'lib, unda Xitoydagi
so'g'd savdogarlarining faoliyati haqida ma'lumotlar berilgan.
Xalchayon (er.avv. I – e.ni 1
asrlari) – Kushon san'atining ilk yodgorliklaridan biri bo'lib undan topilgan
asarlarda ko'proq hukmdor Geroy Sanat ulug'langan. Qabulxona devorlarini yuqori
qismidan o'rin olgan loydan ishlangan haykallar majmuida hukmdor va a'yonlari
tasvirlangan. Haykal obrazlari ifodali bo'lib, unda tasvirlanayotgan
obrazlarning individual belgilari ko'zga tashlanib turadi. Unda tantanavor
ruhdagi qabul marosimi va jang lavhalari aks ettirilgan. Markazda podsho
xonadoni va uning ilohiy xomiylari – Afina, Gerakl, Niki obrazlari gavdalangan.
Kushon san'ati Kushon imperiyasidan
keyin ham ana shu zamonlar turli ellardagi, jumladan, Markaziy Osiyo, Xindiston
va Xitoylik san'at ustalari va ijodkorlarini ruhlantirib keldi. Kushon san'ati
an'analari ifodasi Hindistondagi Gupta davlatiga xos haykallar, So'g'ddagi
bo'rtma tasvir va bezaklar (Panjikent, Vuraxiva, Afrosiyob), Sharqiy Turkiston
topilmalarida bir – biridan farqlanadi.
Kushon imperiyasi davrida (I – III
asrlar) Markaziy Osiyoda sug'orma dehqonchilik, xunarmandchilik, shaharsozlik,
savdo – sotiq va iqtisodiy aloqalar ravnaq topdi. Bunga Kushon – Baqtriya
yozuvlari, brahma va kharoshhi hind alifbosidagi yozuvlari, kushon tangalari
guvohlik beradi. Buddizm dinning rasmiy darajasi budda ibodatxonalarining o'sha
zamon san'ati bilan bezatilishida namoyon bo'ladi. Termiz yaqinidagi Ayritomdan
topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg'ishroq toshlardan haykallar
o'rnatilgan. Bino ichida g'ishtdan ishlangan “Budda” haykalining qoldiqlari
topilgan. Haykallarning ishlanish uslubi, kiyimi, musiqa asboblari Hindiston,
O'rta Osiyo, Yunoniston madaniyatlarining o'zaro ta'sirida rivojlanganligidan
dalolat beradi.
Yunon – Baqtriya davrida Oyxonum
(Shim. Afg'oniston), Dalvarzintepa, Yorqo'rg'on, Afrosiyob Talibarzi
(O'zbekiston) kabi shaxarlar qurildi. Yunon xarbiy manzilgohlari madaniyatini
aks ettiruvchi ellin uslublari xarobalarda ochib o'rganildi. Inshoatlar tosh,
xom va pishiq g'ishtdan qurilgan bo'lib, ustunlari korinf usulida ishlangan.
Aroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr binolaridagi ustunlar attik
bazaltlar, akant yaproqlari, palmetallar, cheti naqshlangan cheripitsa –
antifikslar kabi unsurlardan foydalangan holda qurilgan.
Yunon – Baqtriya podsholigida teatr
san'ati va musiqa keng rivojlangan. Baqtriya I saroylarida yunonistonlik
aktyorlar, musiqachilar, raqqoslarning guruhlari saqlangan. Ayniqsa, yunon xalq
teatrining “maskars”, “mim” singari turlari keng yoyilgan. Ularning klassik
tragediya va komediyalardan farqi belgilangan matn bo'lmagan, yoki matnsiz
chiqilgan, lekin u yunon tilini bilmagan mahalliy aholiga tushunarli bo'lgan.
Aktyorlar sharoit, tomoshabinlarning ruhiyatiga ko'ra matnlarni o'zgartirib,
musohaba, xazil – mutoyiba, xajv, hikoya, qo'shiq usullarida ijro etganlar.
Raqs, musiqa, ko'zbo'yamachilik va akrobatik mashqlar teatr ijrochiligining
muhim elementlari bo'lgan.
Yunon – Baqtriya madaniyati
sinkretizmi (qorishiqligi) turli tillarini yonma – yon faoliyat ko'rsatishi,
har xil yozuvlar tizimi va dinlarning o'zaro singishib ketishida ham ko'rinadi.
Zardushtiylik hukmron din sifatida saqlansa ham aholining yunon xudolari
timsollariga sig'inish alomatlari paydo bo'lgan.
Xorazm Aleksandr Makedonskiy
bosqiniga qadar Ahmoniylar ihtilosidan ozod bo'lgan davlat sifatida Hindiston,
Xitoy, Yaqin Sharq va Yåvropa Sharqi bilan qizg'in savdo
aloqalarini olib borganlar va o'zlarining hunarmandchilik buyumlari bilan dong
taratganlar.
Kanal,
qal'a, ko'pqavatli saroylar qurish nafaqat amaliy malakani, balki murakkab
xisob – kitob va o'lchovlarni ham talab qilardi. Moviy yo'l ko'rsatkichlaridan
foydalanishni bilmay dasht – sahrolardan o'tib bo'lmasdi. Xorazmliklar
eramizning I asridan VIII asrigacha o'zlari foydalangan maxsus taqvim tizimini
yaratganlar, mustaqil astronomik kuzatishlar olib borganlar, osmonning yulduzlar
xaritasini yaxshi bilganlar. Binobarin, Qo'y – qirilgan qal'adagi abservatoriya
eramizdan avvalgi III- II asrlarda qurilgan. Doira shaklidagi dastlabki
diametri 42 metrli bu bino keyinchalik 8 ta mustahkam minoraga ega bo'lgan
devorlar bilan o'ralib, diametri 80 metrni tashkil etgan. Ikki qavatli markaziy bino devorining qalinligi 7 metr bo'lgan.
Tayanch so’z va iboralar
Arxaik madaniyat, moziy, poleolit, neolit,
fergantrop, totem, animizm, fetishizm, mifologiya, marosim, monumental,
megalit, mentir, dolmen.
Avesto – “Hayot yoriqnomasi” deb nomlangan kitob, zardushtiylik dininig
asosiy manbasi.
Esxatalogiya – inson va insoniyatning oxirgi taqdiri, olamning oxiri va
qiyomat kuni haqidagi diniy ta’limot.
Mifologiya – rivoyat, afsona; soz, tushuncha,
ta’limot.
Kosmopoletizm – jahon fuqarosi.
Mitra – tarixiy – adabiy “Avesto”
yodgorligidagi eng qadimgi ilohiy obraz.
Sinkretizm
(yunoncha – birlashtirish, qo’shish) – biron – bir hodisaning qismlarga
bo’linmasligini, rivojlanmaganligini ifodalovchi tushuncha.
Til – insonlar orasidagi aloqa vositasi,
ijtimoiy hodisa.
Mavzuni takrorlash uchun savollar
1. Arxaik madaniyat deganda nimani tushunasiz?
2. O'zbekiston hududida topilgan arxaik madaniyatning asosiy
namunalari.
3. Arxaik davridagi an'analar, udumlar,
bayramlarning xilma-xillik sabablari.
4. Arxaik davr madaniyatida
tasviriy san’at va
badiiy hunarmandchilikning
ko'rinishlari.
5. O'zbekiston hududida
arxaik davrga oid qanday yodgorliklar topilgan.
6. O'zbekiston hududidagi qanday
qadimiy dinlarni va ularning marosimlarini bilasiz.
7. Qadimgi Baqtriya, Xorazm, So’g’d
davlatlari madaniyatini tavsiflang.
8. Markaziy Osiyo madaniyatida zardushtiylik va “Avesto”ning o’rni.
Adabiyotlar ro’yhati
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q.T.,
1998 y.
2. Karimov I.A.O'zbekiston XXI asrga
intshshoqtsa.T., 1999 y.
3. Alekseev V.P., Istoriya pervobggaogo
obshestva.M.1990 g.
4. Boynazarov F. Antik dunyo, T. 1983 y.
5. Drevnie tsivilizatsii. M. 1989 g.
6. O'zbekiston xalqlari tarixi. 1-qism.Toshkent. 1992 y.
7. Romanov V. N. Istoricheskoe razvitie kul'turi. (Proble-m1 tipologii) M.
1991
8. Taylor
E. Pervobitnaya
kul'tura.M.,
Mavzu
bo'yicha test vazifalari
1.
O’zbekiston hududida arxaik davrga oid yodgorliklar qaerlarda topilgan?
a) Bolaliktepa, Xolchayon,
Zamonbobo
b) Afrosiyob, Qo’yqirilgan qal’a,
Obirahmat
v) Teshiktosh, Zirabuloq,
Selung’ir, Uchtut
g) Chordona tepa, Urumchi, Marv
d) Xo’jand, Qashqar, Zartepa
2. Markaziy Osiyo hududida qadimda
qanday yozuv mavjud bo’lgan?
a) lotin yozuvi
b) qadimgi yahudiy
yozuvi
v) Avesto, Xorazm,
So’g’d yozuvlari
g) kirill yozuvi
d) rus grammatikasi
3. Markaziy Osiyo xalqlarining
qadimgi dini qanday bo’lgan?
a) islom dini
b) nasroniylik dini
v) buddizm dini
g) zardushtiylik
dini
d) totemizm dini
4. Yunon
– Baqtriya madaniyatining takomillashishiga kim asos solgan?
a) Iskandar
Zulqarnayn
b) Eron ahomoniylari
v) Massaget
qabilalari
g) Qadimgi saaklar
d) Chingizxon
qabilalari
5. Qadimgi Kushon madaniyatining qoldiqlari
qaerlardan topilgan?
a) Urumchi, Qashqar,
Xo’jand
b) Marv, Mari, Xirot
v) Termiz, Zartepa,
Xalchayon
g) Qing’irtepa,
Afrosiyob, Xo’jand
d) Chorbona tepa, Teshik tosh
6.
Qadimgi So’g’d va Baqtriya madaniyati to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar
kimlarning asarlarida o’z ifodasini topgan?
a) Gerodot, Strobon, Fukidid
b) Forobiy, Ibn Sino, Beruniy
v) Arastu, Aflotun, Suqrot
g) Gegel, Feyrbax, Kant
d) Umar Xayyom, Ulug’bek
4-Mavzu: MÀRKÀZIY ÎSIYO XALQLARINING V-VIII ASRLARDAGI MADANIY HAYOTI
Reja:
1.
Arab madaniyati.
2.
Islom dini madaniyatining Markaziy Osiyo
xalqlari madaniyatiga ta’siri.
V-VI asrlarda Arabistonda yangi dunyo qaror topa boshladi. Etnik va madaniy uyushish, integratsiya jarayoni kechib, yagona din, umumiy ong elementlari tarqala boshladi. Bu avvalgi xudolardan xafsalasi pir bo'lgan arablarning ma'naviy – ruhiy izlanishiga turtki bo'ldi. Muxammad alayhissalomning payg'ambarlik faoliyati yagona ma'naviy-mafkuraviy va sotsial birlikka intilish yo'lida qonuniy jarayon bo'ldi. Islomiy e'tiqod 5 asosiy talabga tayanadi. Yagona Ollohni tan olish va Muxammadni uning payg'ambari deb bilish, namoz o'qish, ro'za tutish, beva-bechoralar yo'lida zakot berish, haj ziyorati. Islomning ushbu 5 axkomidan 4 tasi axloqiy udum tabiatiga ega. Xususan, payg'ambar shaxsi u haqidagi ma'lumotlar nufuzi islom diniga betakror o'ziga xoslik, ma'naviy-ruhiy qudrat baxshida etdi va uni jahon tarixidagi muxim voqea, o'zida ilohiy va dunyoviy hokimiyatni mujassamlashtirgan musulmon davlatchiligining qaror topish tomirini belgiladi.
Islomda san'atga nisbatan qat'iy biryoqlama, diniy aqidalar timsoli ifodasini ko'ramiz. Bunda har bir odamni Olloh bilan tanho muloqotining mumkinligi aholi manzaralari, mahallalarda qurilishning ommaviy shakli-masjidlarni bino etilishi bo'lib, uning dastlabki namunasi Muxammad payg'ambar tomonidan Madina shahrida solingan masjiddir. Yuqori ma'lumotli musulmonlar orasida Yevropa mamlakatlaridagi universitetlardan ilgariroq oliy ta'lim maktab-madrasalari keng tarqalishini belgiladi. Musulmon adabiyotida ustuvorlik qilgan she'riyatni rivojlanishida so'fiylik katta rol o'ynaydi. So'fiylar o'zlarining chuqur hissiy-ruhiy holatlari, yaratuvchiga bo'lgan e'tiqodini tinglovchilarga yetkazish, individual ta'sir etish mahoratini namoyish etadilar. Islom tadqiqotchilaridan bo'lgan G.Gryunbaumning ta'kidiga ko'ra, taxliliy, ma'joziy boy ifoda vositalariga ega bo'lgan mukammal ifoda shakli, chuqur mazmun uyg'unligini o'zida mujassam etgan takbir imkoniyatlarini musulmon madaniyati doirasi xatto undan tashqarida topish mumkin emas. Sharqning barcha yirik Sanoiy, Jomiy, Rumiy, Sa'diy, Hofiz, Nizomiy, Navoiy singari ijodkorlari so'fiylikka u yoki bu tarzida aloqador bo'lganlar. Ilohiy haqiqat olamning aldamchi ko'rinishi tarzda tahayyul etilganligi tufayli ham inson san'atida asl tasvir-ifodani inkor etgan. Ayni paytda Islomda olamning mohiyati, asl hayot haqiqatni naqshlarda muxrlangan belgilarida ifodalashga e'tibor qaratilgan. Mahobatli me'morchilik yodgorliklarini betakror go'zallik timsollariga aylantirgan, ixlosmandlarni nafaqat ko'zini, qalbini ham quvontiradigan murakkab geometrik shakllar (girih), o'simliklar shakli ifodasi (islimiy), qo'lyozma, amaliy bezak san'ati naqshlari asosida islomiy ramz tasvirlari yotadi.
Jumladan, uchburchak-Allohning nazari, to’rtburchak-musulmonlarni Muqaddas manzilgohi-Ka’ba, beshburchak-dinning 5asosiy arkoni, jimjimador o’simliksimon shakl va gullar-jannat bog’i-Bo’ston timsollaridir. Musulmon sharqida san’atda diniy aqidalar o’ta izchillik bilan qo’llangan. San’atda kalligrafik miniatyurani istisno qilgan holda deyarli voqelikni tasvirlash ta’qiqlangan, tasvir ramziy shakllarda, naqsh sifatida ifodalangan.
Musulmon Sharqida ham Islom e'tiqodidagilar va sufizm vakillari o'rtasida murosasiz to'qnashuvlar sodir bo'ldi. Haqiqatni bilishni inkor qiluvchilar va haqiqatga muroqaba yo'li bilan yaqinlashish mumkin deyuvchilar (Al-Ashiriy, G'azolliy, Junaydiy, Bistomiy) hamda aqliy bilishni ustun qo'yuvchi mashxur faylasuflar (Forobiy, ibn Sino, Beruniy) ta'limoti vujudga keldi. Yevropa madaniyatida bu munozoralar natijasida idrok va e'tiqodning ajralishi sodir bo'ldi. Uilyam Okkam – e'tiqod va idrok, falsafa va din o'rtasida hech qanday umumiylik yo'q, bo'lishi ham mumkin emas, demakki, ular mutlaqo bir-biridan mustaqil tushunchalar ekan, bir-birini nazorat qilmasligi kerak deb, asoslaydi. Bu G'arbda oliy qudrat sifatida ayniqsa, “XVII asr ilmiy inqilobi” davrida tabiiy inson idrokini o'stirishning katta g'alabasi uchun turtki bo'ldi. Musulmon Sharqida boshqacharoq yo'nalish ustunlik qildi. Bunda ilm, idrok har doim faqat ma'naviy yuksalish yo'lidagi bosqich sifatida qaralgan, idrok va ilm boshqa maqsadga qaratilishi mumkin emas. Shuning uchun ham IX-XVI asrlardagi arab tiliga asoslangan tajriba fanlari va falsafa taraqqiyotidagi katta yutuqlarning barchasi dindan ajralmagan holda sodir bo'ldi, ilmning bosh vazifasi hayot uchun zarur bo'lgan ma'naviy asosni qidirishda davom etdi.
G'arb va Sharq mamlakatlarining diniy madaniyatlarida sezilarli farqlar ham mavjud. O'rta asr Yevropasida cherkovning ahamiyati alohida o'rin tutadi. Cherkov xudo va inson o'rtasidagi vositachi bo'lib, faqat u insonning ruhini ilohiy “mo''jiza” yordamida xalos qilishi mumkin (cho'qintirish, tavba, nikoh udumlari). Cherkov o'zining yozma an'analariga ega bo'lmagan Yevropadagi qabilalar uchun bilimlarni to'plovchi va saqlovchi joy bo'lib, ta'lim tizimining shakllanishida. Jamiyatning ijtimoiy tuzilishida, huquqiy va axloqiy mezonlari shakllanishida muxim rol o'ynaydi. Islomiy an'analarning asosiy o'ziga xosligi shundaki, uning negizi diniy va dunyoviy, ilohiy va oddiy tafovutga ajratmasdan, mutloq “sof diniy” mazmunda ekanligidir. Islomda hech qachon xristianlikdagi diniy aqidalarni qonunlashtiruvchi Vselensk sobori kabi institutlar bo'lmagan. Islomdagi teokratik ideal davlat bilan bir qatorda turuvchi aloxida diniy institutning (cherkovni) mavjud g'oyalari bilan muvofiq kelmagan. E'tiqod aqidalarini ishlab chiqish va sharhlash davlat va diniy muassasaning, xalifalarning sud qilish ishlariga kirmagan. Jamoatchilik fikrining shakllanishi xususiy shaxslar, diniy arboblar (ulamolar) zimmasida bo'lib, ularning obro'yi diniy bilimlarga asoslangan. Din masalalari bo'yicha o'z fikrini bildirish huquqiga har bir musulmon ega bo'lgan, faqat u Qur'on va hadisga zid bo'lmasligi lozim edi.
Islom siyosiy madaniyati “maslaxatli demokratiya” shaklini yaratdi, xalifalik tamoyili Qur'ondagi uchta tamoyilga binoan yaratildi. Ularni birinchisi xukmdorni o'z fuqarolari bilan maslaxatlashishni va umumning fikrini inobatga olib qaror qabul qilishni talab qiladi, boshqasi boshqarishni va munozaralarni adolat bilan hal qilishga chaqiradi, uchunchi qoida esa “Allohning elchisiga” dindorning bo'ysunishini talab qiladi. Xalifa monarx ham, despot ham, emas uning boshqa musulmonlardan farqi, faqat e'tiqodni avaylash va shariat me'yorlarini bajarish uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olgan shaxs.
Har bir e'tiqodli mo'min-musulmon arab tilini bilishi va Qur'onni o'qiy olishi farz bo'lgan. Qur'onni xatga bitilishi jarayonida arab tilining ham taraqqiyoti boshlanadi. VIII asrda As-Sibavxiy arab gramatikasiga oid asar yozadi XIII asrda arab tilining ikkita lug'ati yaratildi, bu As-Sag'aniyning lug'ati va ibn –Manzuriyning “Arablar tili” lug'atlaridir. VIII-XI asrlarda qadimgi Yunon olimlarining deyarli barcha asarlari, shuningdek, xind, shom, fors mualliflari asarlari ham arab tiliga tarjima qilingan. Falsafa, astronomiya, tibbiyotga oid ilmiy atamalar deyarli ishlab chiqildi. Arab tili o'rta asrlardagi eng taraqqiy etgan tillardan biri bo'lishi bilan birga, Hindistondan to Ispaniyagacha bo'lgan xalqlarni birlashtiruvchi xalqaro muomila til bo'lib xisoblangan.
Musulmon madaniyatinig o’ziga xos xususiyatlaridan biri ilm va kitobga muhabbatdir. Yangi arabiy janr-adabning shakllanishi bilan ilmga bo’lgan ishtiyoqni qondirib, turli fanlarning mazmunini ommabop shaklda ifodalash imkoni yaratildi. Ta’lim olish xuddi qadimgi Xitoydagi kabi nufuzga ega bo’ldi. Musulmon Sharqida ma’lumotli kishi hokimiyatning eng yuqori pog’onasiga chiqishida oqsuyaklar bilan teng turgan. Ko’pincha Sharq hukmdorlari saroyida shoirlar, faylasuflar, ilohiyotchilar, tarixchilar, qonunshunoslar, tabiblar, mirzolar, munajjimlar saroy xizmatchisi sifatidagi ma’lumotli kishilarga katta ehtiyoj bo’lgan. Ma’lumotli kishi grammatikani, ritorikani, geografiyani, tarixni yaxshi bilishi, kiyinishni farqlashi, she’r yozish qobiliyatiga ega bo’lishi, o’z joyida askiya, hikoya ayta bilishi zarur bo’lgan. Turli xil ta’lim tizimi: diniy ta’lim beruvchi maktab va madrasalar, shuningdek, dunyoviy ta’lim-xususiy maktablar rivojlanadi.
IX asrda musumon Sharqida rasadxona quriladi; yulduzlarning aniq joyi belgilangan katalog tuzildi; geometriya, triganometriya, optika, alximiya, mexanika, tibbiyot, jug’rofiya sohalari bo’yicha ko’plab asarlar yozildi. Ulug’ alloma Al-Xorazmiy matematikaning yangi tarmog’i bo’lgan algebraga asos soldi. Buyuk Sharq olimlari Xorazmiy, Farobiy, Ibn sino, Ibn Rushdiy kabi ko’plab alloma asarlaridan Yevropaning yangi avlod olimlari ta’lim oldi.
O’rta asr Sharqi madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, ikki
yirik madaniyat-shahar va ko’chmanchilar madaniyati ajralib turadi. Shahar
sharoitida “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, “Lubna va Kays” singari
dostonlar turli poetik shakl va janrdagi (qasida, masnaviy, g’azal, madhiya,
ruboiy maqom) adabiy asarlar, hikoya va ertaklar to’plamlari, (1001 kecha
ertaklari, Kalila va Dimna) latifa va rivoyatlar yaratildi. Miniatyura bezagiga
boy kitoblar, musiqa san’ati va raqsining xilma-xil janrlari xalq orasida keng
tarqaldi.
Tayanch s’oz va iboralar
Diniy madaniyat, aqliy-mantiqiy
tafakkur, ibodatxona, ierarxiya, vassal, ilohiyot,
aqida, taxayyul, madrasa, rasadxona.
Adabiyotlar ro’yhati
1. I.À.Kàrimîv.Tàriõiy õîtiràsiz kålàjàk yo’q.T.:
O’zbåkistîn,1998.
2. I.À.Kàrimîv.
Amir Temur – fahrimiz, g’ururimiz. Xalq so’zi. 1996 y, 25 noyabr.
3.
Àmir Tåmur và
Tåmuriylàr dàvridà màdàniyat và sàn’àt.T.,1996.
4. Temur tuzuklari. T. 1990.
5. Madaniyatshunoslik. Ma’ruzalar matni. T., 2000.
6. Temur va Ulug’bek davri tarixi. T., 1995.
7. Ibîdîv Õ. Mîvàrîunnàhr qîmusiy
îlimlàrining IX-XV àsrlàrdà fànlàrni
rivîjlàntirishdàgi tàriõiy o’rni.T., 1996,38b.
8.
Ibîdîv J.Õ., Màtviåvskàya T.P Ulug’båk shîgirdi – Àli Qushchi. Tîshkent., 1994.
Mavzu bo'yicha
takrorlash uchun savollar
1. Islomiy e'tiqod qanday talabga tayanadi?
2. Naqshinkor bezaklar orasida qanday islomiy ramz tasvirlari yotadi?
3. Islom siyosiy madaniyati qanday qoidaga binoan yaratildi?
4. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining Arab dunyosi va jahon madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi.
Mavzu bo'yicha test
vazifalari
1. Imom al-Buxoriyning islom
dunyosida eng ishonchli hadislar to’plami
sifatida mashxur bo’lgan yirik
asari qanday nomlanadi?
a) Tarixiy Buxoro
b) Kitob ul-fovond
v) Al-Jome as-saxix
g) Shamoiliy Muhammadiya
2. Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy
va madaniy hayotiga katta ta’sir ko’rsatgan va so’fizm
g’oyalarini she’riy ifodalagan «Devoni hikmat» asari kimning qalamiga
mansub?
a) So’fi Olloyor
b) Xo’janazar
Xuvaydo
v) Sulaymon
Baqirg’oniy
g) Ahmad Yassaviy
d) Bahovuddin
Naqshbandiy
Talabalar uchun “Madaniyatshunoslik”
fanidan o’quv-uslubiy
qo’llanma
I-qism
I va BF dekanati ilmiy-uslubiy
majlisida
muhokama etilgan va tasdiqlangan
(25.05.2010 y., 9-sonli bayonnoma).
Taqrizchilar: t.f.d., dots. N.R.
Mahkamova,
f.f.n., dots. D.R. Kenjayeva,
Muallif: SH.T.O’rmonova
Muharrir: Gayubova K.
Bichimi 60x84 1/16 Adadi ___
Byurtma _____
“Aloqachi ” Nashriyot-matbaa
markazida chop etildi.
Toshkent shahar, Amir Temur ko`chasi, 108 uy