O’ZBÅKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGÅNTLIGI
TOSHKÅNT AXBOROT TÅXNOLOGIYALARI UNIVÅRSITÅTI
“O’zbekiston tarixi” kafedrasi
“Àmir Òemur va temuriylar davri madaniyati”
(MA’RUZA O’QUV-USLUBIY QO’LLANMA)
TOSHKÅNT -2012
KIRISH
Ushbu taqdim etilayotgan ma'ruza uslubiy qo'llanma TATU kunduzgi va sirtqi bakalavriat bosqichining barcha yo'nalishlari uchun “Madaniyatshunoslik” fanini o'rganish jarayonida foydalanishga tavsiya etiladi. “O'zbekiston tarixi” kafedrasi Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv dasturlari, darsliklari va o'quv qo'llanmalarini qayta ko'rib chiqish va yangilarini yaratish bo'yicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi taqdim etgan dastur mavzulari asosida ishlab chiqildi.
Bu ma'ruza matnida Amir Temur va temuriylar davridagi madaniyat haqida, ilm-fan ravnaqi borasida ma'lumotlar keltirilgan. Jumladan, XIV asrning ikkinchi yarmi XV asr Vatanimiz tarixida voqealarga boy tarixiy saboq davri hisoblangan. Amir Temur boshchiligida yagona markazlashgan kuchli va mustaqil davlat tashkil topdi.O'z mamlakatining ilm-urfon, madaniyat va san'at ahllarini, me'moru naqqoshlarini, olimu fozillarini to'plab, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib byerib, ulug’vor bunyodkorlik va ijodkorlik ishlarini ro'yobga chiqardi.
Samarqandda ilm-fan va san'atning rivojlanishida, yuksalishida Mirzo Ulug’bekning o'rni katta bo'ldi. U qur'on, hadis, arab tili grammatikasi, fiqh, falsafa, mantiq, adabiyot, musiqa, riyoziyot va falakiyot ilmlarini chuqur bilgan qomusiy olim bo'lib, Samarqandda rasadxona barpo etib, 100 dan ortiq olimlarni atrofiga to'pladi, akademiya yaratdi.
O'zbek xalqining ulug’ shoiri va mutafakkiri Alishyer Navoiy o'zining faoliyati va ijodiyoti hamda bebaho asarlarida ko'targan o'ta insonparvarlik g’oyalari bilan jahon adabiyotining buyuk san'atkorlari qatoridan munosib o'rin egalladi.
Shuningdek, talabalar Temuriylar davrida ilm-fan rivojlanishiga katta hissa qo'shgan Zahiriddin
Muhammad Bobur, o'z zamonasining mashhur rassomi va o'ta noyob qobiliyat egasi Kamoliddin Behzod ijodi va boshqa shu davr allomalari haqidagi ma'lumotlarga ega bo'ladilar.
Amir Tåmur va tåmuriylar davri madaniyati
XII asrning boshida Xorazmshohlar davlati Chingizxon qo'shinlarining daxshatli va ayovsiz hujumiga uchradi. Bu hujum 1219 - yilda Xorazmshohlarning shimoliy chegarasida O'troq qal'asini zabt etishdan boshlandi va 1220-1221- yillarda Xorazmshohlar markazi Ko'han Urganch dushman qo'liga o'tdi. Xorazmshoh qo'shinlari yaxshi qurollangan bo'lishiga qaramay, ichki nizolar va kelishmovchiliklarning kuchayganligi, qo'shinning shaharlar himoyasi uchun bo'lib yuborilgan. Birlikning yo'qligi Chingizxon hujumiga bardosh byera olmay tezda barbod bo'lishiga olib keldi. Shaharlar, madaniy markazlar vayron etildi, aholi qirg'inga uchradi. O'lka to'lig'icha mo'g'ullar mustamlakasiga aylandi. Markaziy Osiyoni turli tumanlarga bo'lib yuborgan mo'g'ul xonlari o'rtasidagi o'zaro nizolar va kurashlar ham avj oldi, bular hammasi mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy ahvoliga salbiy ta'sir ko'rsatdi, madaniyat o'choqlari so'ndi. Juda ko'p madaniy boyliklar, ilm maskanlari, madrasa va kutubxonalar yo'q qilindi, san'at va ilm-fan vakillari: olimlar, shoir va yozuvchilar, munajjimlar, me'mor va musavvirlar o'ldilar, tasodifan omon qolganlari esa Shimoliy Hindiston, G'arbiy Yeron va Xurosonning turli viloyatlariga qochib, jon saqlab qoldilar.
Shunday sharoitda mo'g'ullar va mahalliy amaldorlarning o'zboshimchaligi va jabr-zulmning kuchayib borishi xalq ommasining qo'zg'alishiga olib keldi. Bu xalq qo'zg'olonlarining eng yirigi - 1337 yilda Sabzavor shahrida boshlanib, qariyb 45 yil davom etgan sarbadorlar chiqishidir. Xalq ommasining ajnabiy istilochilar hamda mahalliy ezuvchilarga qarshi ayovsiz kurashi, Markaziy Osiyoda mo'g'ullar hukmronligini ancha zaiflashtirdi va ularga qarshi keskin kurash kuchayishi uchun qulay zamin yaratib byerdi. Shunday sharoitda Amir Temur (1336 - 1405) maydonga chiqdi va ijtimoiy jarayonda tezda ko'zga tashlandi hamda mamlakat hayotida juda katta rol o'ynadi.
1 - rasm
Amir Tåmur Tarog’ay Bahodir o’g’li Ko’ragoniy - buyuk davlat arbobi, sohibqiron. Tåmur davlati va sulolasining asoschisi. 1336 y. 9 aprålda Shahrisabz yaqinidagi Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tug’ilgan. 1405 y. fåvralda Xitoyga yurish chog’ida O’tror yaqinida vafot etgan. Samarqandda Go’ri Amir maqbarasiga dafn qilingan. Amir Tåmur yagona davlat tuzish uchun kurashib, mo’g’ullarning Movarounnahrdagi 150 yillik hukmronligiga chåk qo’ydi. 35 yillik hukmronligi davrida ko’plab harbiy yurish qilib, tarixdagi eng yirik davlatlardan birini tuzdi. Tåmur o’z davlatida ulkan obodonlashtirish ishlarini olib borgan, fan va san'at kishilariga homiylik qilgan, Samarqand shahrini eng go’zal shaharlardan biri va ilm-fan markaziga aylantirgan. Uning harbiy san'ati va davlatni boshqarish usuliga oid “Tåmur tuzuklari”dåb ataluvchi asar Tåmurning og’zidan yozib olingan dåb hisoblanadi.
1370 y. Amir Tåmur Movarounnahrning amiri dåb e'lon qilindi, yagona hukmdor bo’lgach, o’z davlatining siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga kirishdi. Poytaxt Samarqandda shahar dåvorlari, qal'alar va saroylar bino qilishga kirishdi. Bu imoratlar mo’g’ullar tomonidan vayron qilingach, 150 yildan kåyin qadimgi So’g’d poytaxtida qurilgan birinchi inshootlar edi. U holdan toygan mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etdi, o’z davlati chågaralarini mumkin qadar kångaytirishga kirishadi.
Amir Tåmur - buyuk davlat asoschisi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dångizga qadar, Sirdaryo va Orol dångizidan Fors qo’ltig’iga qadar g’oyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Bundan tashqari Amir Tåmur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shim. - g’arbda quyi Volga, Don bo’ylari, shim. sharqda Balxash ko’li, Hindistongacha bo’lgan mamlakatlar bo’ysundirildi. Amir Tåmur davlatni aql-zakovat va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning “...davlat ishlarining to’qqiz ulushini kångash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim”, dågan so’zlari buning dalilidir.
Amir Temur markaziy davlat tizimini ixcham va ishchan qilib tuzdi, bunda songa emas,
sifatga e'tibor berdi.
Davlat siyosatini belgilashda va uni amalda hayotga tatbiq etishda
naqshbandiya tariqati g'oyalarini ifodalovchi «rosti-rusti» qoidasi asos qilib
olindi. Sohibqiron bu g'oyani takomillashtirib, «Kuch- adolatdadir» degan
mashhur hamda shu davrgacha davlatlar tajribasida ommaviy qo'llanilmagan
qoidani kashf etdi. Davlat ishiga iymonli, diyonatli kishilarni o'tqazdi.
Davlatni boshqarishni 4 omilga bog'liq deb bildi:
1. Saltanat.
2. Xazina.
3. Qo'shin (sipoh masalasida).
4. Raiyat (qora xalq).
Saltanatni yuritishda vazirlar masalasiga e'tibor qaratildi. Vazir 4 sifatga ega bo'lishi shart bo’lgan. Bular:
1) asllik va toza nasllik;
2) aqlu farosatlilik;
3) raiyat va sipoh ahvolidan boxabarlik;
4) sabr-toqatlilik va tinchliksevarlik.
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari båqiyosdir. Amir Tåmurning tarix bilgan boshqa jahongirlardan farqi, u umr bo’yi bunyodkorlik bilan mashg’ul bo’lgan, zabt etgan mamlakatlarining bir qator shaharlarini qayta tikladi. Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirgan. Kåshda otasining qabri ustiga maqbara, o’g’li Jahongirga maqbara va masjid qurdirdi, mashhur Oqsaroy qad ko’tardi. Saltanat poytaxti Samarqand shahrida Isfahon, Shåroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kåsh shaharlarining må'moru binokorlari qo’li bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar qurdirdi. Shohizinda må'moriy majmuasiga mansub Shodimulk og’o, Shirinbåka og’o maqbaralari, Bibixonim jomå masjidi, uning qarorgohi Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar qad ko’tardi. Umuman, Samarqand shahri yangitdan qurilib, tåvaragi mustahkam qal'a dåvori bilan o’ralib, 6 ta darvoza o’rnatildi. Ilm-fan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va må'morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo’lida mahalliy, chåt mamlakatlardan ko’plab fan va san'at ahllarini, hunarmand må'morlarni, musavvirlarni to’pladi. U turk, arab va yeronliklar tarixini chuqur bilgan. Davlat ahamiyatiga ega bo’lgan har bir masalani hal etishda, shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashgan, tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, ilohiyot va din sohasidagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar o’tkazgan, uning saroyida mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Shamsuddin Munshi, Abdullo Lison, Bahruddin Ahmad, Xo’ja Afzal kabi ulamolar xizmat qilganlar. Alishår Navoiy Amir Tåmurning ilm-fan va ma'naviyat ahliga g’amxo’rligi haqida shunday dågan: ”Agar Tåmur qayårda fan, madaniyat va san'at ahlini uchratsa, ularni o’z homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom ko’rsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat bårar hamda bu zotlardan o’z oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va boshqa lavozimlarda foydalanardi”.
Bu davrda o'zbek tili adabiy til sifatida uzil - kesil shakllandi va Markaziy Osiyoning so'nggi madaniy rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu yuksalish birinchi navbatda Amir Temur nomi va faoliyati bilan uzviy bog'liq bo'lsa, uning o'g'illari, nabira va boshqa avlodlari u boshlab bergan ijtimoiy - madaniy hayotidagi yo'nalishlarini davom ettirishga, Temuriylar saltanatining an'analarini saqlab qolishga harakat qildilar.
Amir Tåmur davrida savdo va hunarmandchilik nihoyatda rivojlanib, hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan bog’liq yangi-yangi guzarlar, ko’chalar, bozor, chorsu, tim, toq, kappon kabi savdo va hunarmandchilik inshootlari qad rostladi. Shahar bo’ylab o’tgan kång ko’chaning ikki tomoniga do’konlar joylashtirildi. Yangi bozorlar, savdo rastalari barpo qilindi. Bozorlarda shahar hunarmandchiligi mahsulotlaridan - atlas, kimxob, banoras, duxoba, har xil ip va jun to’qima mollar, mo’ynali va ipakli po’stinliklar, attorlik mollari, ziravor va dorivorlar, zarhal va lojuvard hamda boshqa mollar bilan savdo qilingan. Shuningdåk, bozorlarda qo’lyozma kitoblar, yozuv qog’ozi sotilgan, ariza yoki maktub yozuvchi mirzalar ham o’tirgan. Savdo rastasi unda sotiluvchi mahsulot nomi bilan atalgan. Bozorlarda adabiyot, shå'riyat, ilm-fan haqida suhbatlar bo’lgan, farmonlar e'lon qilingan va aybdorlar jazolangan. Turli tomoshalar shu joyda ko’rsatilgan, masjid, madrasa, hammom bozorga yaqin joyda qurilgan.
Màdàniyat và mà’nàviyatning hàqiqiy hîmiysi sifàtidà u o‘z dàvlàtining pîytàxtigà o‘zi istilî etgàn turli màmlàkàtlàrdàn 150 mingdàn îrtiq hunàrmàndlàr, må’mîrlàr, tîshtàrîshlàr, to‘quvchilàr, qurîlsîzlàr và zàrgàrlàrni, sàn’àt và màdàniyatning turli turlàri bo’yichà eng màshhur ustàlàrni to‘plàdi. Bu hunàrmàndlàrni u turàr jîy, yår và bîshqà zàrur tirikchilik vîsitàlàri bilàn tà’minlàdi. Ulàr bågînà yurtdà muhtîjlik và zulm ko‘rmàdilàr, àksinchà, yangi Vàtàndà o‘zlàrini îzîd và yerkin his etdilàr.
Shundàn ko‘rinib turibdiki, Àmir Tåmur hàr tîmînlàmà istå’dîdli shàxs bo‘lgàn và uning fàîliyatining hàr bir qirràsi mà’nàviyatining bir butun tizimini tàshkil etàdiki, buni àlîhidà tàdqiq qilish và o‘rgànish lîzim. Àmir Tåmur và Tåmuriylàr jàmiyat và dàvlàtning mà’nàviyati và àhlîqiy sîfligigà kàttà àhàmiyat bårgànlàr.
Àmir Tåmur mànsàbdîr shàxslàr qàndày hislàtlàrgà egà bo‘lishlàri kåràkligini àniq - ràvshàn qilib ko‘rsàtgàn. Birîn bir kimsàni làvîzimgà tàyinlàshdà u kåyinchàlik xàtîgà yo‘l qo‘ymàslik uchun uning shàjàràsini, jumlàdàn, bàrchà qàrindîsh-urug‘làrini puxtà tåkshirib và sinàb ko‘rgàn. Àrkîni dàvlàtlàr, vàzirlàr, àmirlàr, àslzîdàlàrdàn tàyinlànishi và ish yuritishdà ziyràklik, màrdlik, ehtiyotkîrlik, tàdbirkîrlik, tåjàmkîrlik kàbi hislàtlàrgà egà bo‘lishi, turli tîmînlàrni chuqur và hàr tîmînlàmà mulîhàzà qilib ko‘rishi, shuningdåk, hàr bir qàdàmini o‘lchàb bîsishi kåràk bo‘lgàn.
Àmir Tåmur và Tåmuriylàr dàvridà kutubxînàlàr hàm bo‘lgàn. Sàmàrqànddà Àmir Tåmur và Ulug‘båk kutubxînàlàri, Hirîtdà Bîysunqur và Àlishår Nàvîiy kutubxînàlàri ishlàb turgàn. Bu yårdà bir vàqtlàr Shîhruhgà tågishli bo‘lgàn kutubxînà hàm tiklàngàn. Sultîn Bàdiuzzàmîn qimmàtbàhî kitîblàrini shu kutubxînà uchun in’îm etgàn. Bàlxdà Bàdiuzzàmîn kutubxînàsi îchilgàn. Hukmdîrlàr bu kutubxînàlàrni yangi kitîblàr bilàn dîimî to‘ldirib turgànlàr. Kutubxînàlàrni ulàrning egàlàri tîmînidàn tàyinlàngàn màxsus kishilàr bîshqàrgànlàr. Ulàr kitîblàrni sàqlàsh tàrtibini kuzàtib bîrgànlàr, ulàrni tàyyorlàshni tàrtibgà sîlib turgànlàr, shu màqsàdlàrgà àjràtilgàn màblàg‘làrni tàsàrruf etgànlàr, qimmàtli àsàrlàrni àxtàrish bilàn shug‘ullàngànlàr, kutubxînàni dîimî yangi kitîblàr bilàn to‘ldirib turgànlàr. Kutubxînàlàrdà turli xil kitîblàr sàqlànishidàn tàshqàri yozuv sàn’àtigà, husni xàtgà o‘rgàtish ishlàri hàm îlib bîrilgàn. Kutubxînàlàrdàn turli bilim sîhàlàrining îlimlàri fîydàlàn-gànlàr. Màsàlàn, Àlishår Nàvîiy kutubxînàsidàn Mirxînd, Xîndàmir, Sàmàrqànd ràsàdxînàsi huzuridà tàshkil qilingàn và 15 mingdàn îrtiq kitîb sàqlànàyotgàn Ulug‘båk kutubxînàsidàn uning àstrànîmik màktàbining bàrchà nàmîyondàlàri và bîshqàlàr fîydàlàngànlàr. Kutubxînàlàr fàn, màîrif, àdàbiyot và sàn’àtning rivîjlànishigà fàîl yordàm bårdi, bulàr Àmir Tåmur và Tåmuriylàr dàvlàtidà bàrq urib rivîjlàngàn.
Àmir Tåmur và Tåmuriylàr zàmînidà àshulàchilàr, musiqàchilàr nàfàqàt ràsmiy diplîmàtik, hàrbiy và bîshqà tàntànàlàrdà, bàlki shu bilàn birgà îmmàviy bàyràmlàrdà ko‘pginà xàlq tàmîshàlàridà hàm àlbàttà qàtnàshgànlàr. Ulàrdà musiqà bîshqà sàn’àt turlàri bilàn bir qàtîrdà muhim o‘rin îlgàn. Mànbàlàr o‘zbåk xàlq, hàrbiy màrîsimiy musiqàsi bilàn bir qàtîrdà mumtîz màqîm sàn’àti, shuningdåk, turk, àràb, fîrs tillàridà so‘zlàshuvchi và bîshqà xàlqlàrning musiqiy fîl’klîri hàm rivîjlàngànligidàn dàlîlàt båràdi.
Àmir Tåmur dàvridàgi kång ko‘làmdàgi mà’nàviy yuksàlish butun musiqà sàn’àtining bàrchà àsîsiy sîhàlàri: sîzàndàlik, xînàndàlik, bàstàkîrlik, musiqà fànining, “ustîz-shîgird” dåb àtàlmish prîfessiînàl tà’lim tizimining sàmàràli rivîjlànishigà zàmin yaràtdi. Bu jàràyon Àmir Tåmur dàvridàgi pîytàxt Sàmàrqànddàginà emàs, bàlki uning vîrislàri Shîhruh, Ulug‘båk, Husàyn Bàyqàrî, Bîbur dàvridàgi Buxîrî, Xivà, Hirît, Bàlx và Qîbuldà hàm dàvîm etdi.
Muàyyan kàsb egàlàridàn àlîhidà màhàllà-màhàllà bo‘lib yashàshi o‘rtà àsr shàhàrlàrining àn’ànàsi edi. Musiqà sàn’àtining tàniqli àrbîblàri hàm hukmdîrlàrning àmri bilàn àlîhidà-àlîhidà màskànlàrigà jîylàshtirilib, ulàr «Qo‘shiqchilàr ko‘chàsi», «Musiqàchilàr màhàllàsi», «Bàstàkîrlàr ko‘chàsi» và hîkàzîlàr, dåb àtàlgànlàr. Bulàrdàn eng e’tibîrlilàri tåvàràgidà màxsus ijrîchi, ilmiy và ijîdiy màktàblàr shàkllàngàn.
XIV asrlarning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahr va Xurosonda ichki va tashqi savdo ravnaq topa boshladi. Samarqand qadimdan Sharqning savdo markazi bo'Iib, bu yyerdan boshqa mamlakatlarni bog'lovchi "Ipak yo'li" o'tar edi. Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, Arab mamlakatlari bilan savdo aloqalarining o'rnatilishi Temur davlatining iqtisodiy qudratini mustahkamlashga xizmat qildi.
Samarqand atrofida Bag’dod, Sultoniya, Shåroz, Misr, Damashq nomli yangi qishloqlar qurdirdi.
Shahar tashqarisida esa bog’-rog’lar va bo’stonlar barpo ettirdi. Bu bog’lar tuzilishiga ko’ra ikkiga bo’lingan:
1) Chorbog’lar bo’lib, gåomåtrik (to’rtburchak, to’g’ri to’rtburchak) shaklga ega hamda har tomoni 1 km masofaga cho’zilgan. Atrofidagi baland paxsa dåvorlarning har burchagida minora bo’lgan. Markazda saroy joylashgan bo’lib, darvozalari shahar tarafga qaratib qurilgan.
2) Gåomåtrik shaklda bo’lmagan, tabiiy daraxtzor, chakalakzordan iborat bo’lgan, shikor (ov) uchun mo’ljallangan bog’lar. Ulardan eng mashurlari;
-Bog’i Baland. Bu bog’ Amir Tåmurning nabirasiga atab qurilgan. Bog’ o’rtasidagi oq marmardan qurilgan hashamatli qasr atrofida uzumzor, anjirzor va olmazorlar bo’lgan.
-Bog’i Båhisht. Amir Tåmur bu bog’ni suyukli xotini Tuman og’a (Xayrunniso)ga atab qurdirgan. Yozma manbalarda bu bog’ “Bog’i Jannat” nomi bilan ataladi. Bog’ o’rtasida hashamatli saroy bo’lgan, unga bir nåcha ko’tarma ko’priklar orqali kirilgan, bir tarafida esa hayvonot bog’chasi ham bo’lgan.
-Bog’i Davlatobod. Amir Tåmur bu bog’da zafarli yurishlardan qaytgach, dam olgan, tantanali marosimlar o’tkazgan, elchilarni qabul qilgan. Saroy sun'iy tåpa ustiga qurilgan bo’lib, paxsa dåvorlar bilan o’ralgan, 4 ta xovuzi, ariqlari, 2 ta ko’tarma ko’priklari bo’lgan.
-Bog’i Dilkusho. A.Tåmur xotinlaridan biri To’qalxonim sharafiga qurilgan bo’lib, Panjakånt yo’lining o’ng tomonida joylashgan. 4 darvozasi bo’lgan, markazida 3 qavatli saroyi bo’lib,har qavatida favvora otilib turgan, dåvorlarida sohibqiron qatnashgan jang lavhalari tasvirlangan. O’z vaqtida bu bog’da Ispaniya elchisi Rui Gonzalås då Klavixo qabul qilingan.
-Bog’i Maydon. Cho’ponota tåpaligi etagida qurilgan bo’lib, hashamatli bir ayvon (ko’shk) va qimmatbaho toshlardan yasalgan taxt bo’lgan. Mirzo Ulug’båk bu bog’ni yanada obod qilgan.
-Bog’i Nav. Lolazor qishlog’i o’rnida joylashgan bu bog’ to’rtburchak shaklda, atrofi paxsa dåvorlar bilan o’ralgan, har burchagida minora qad ko’targan, markazida katta qasr, oldida xovuz bo’lgan.
-Bog’i Chinor. Samarqandning sharqida barpo etilgan bu bog’da chinorlar ko’p bo’lgan, markazida xochsimon tarxli saroy joylashgan.
-Bog’i Shamol. Bu bog’ nabirasi, Mironshohning qiziga atab barpo etilgan. Undagi saroy to’rtburchak bo’lib, dåvorlariga marmar qoplangan, sahni qora yog’och va fil suyagidan ishlangan. Bulardan tashqari yana bir qancha bog’lar bo’lgan, chunonchi, Bog’i Jahonnamo, Bog’i Bo’ldu, Bog’i Zog’on, Bog’cha, Gulbog’, Lolazor va boshqa shu kabilar.
Amir Tåmur davri må'morchilikning ulkan yuksalishi bilan mashhur. Må'morchilik taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarildi, inshootlar ko’lami bilan birga uning shakli ham ulkanlashdi. Tåmur davrida gumbazlar
2 - rasm
tuzilishida qirralar oralig’i kångaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qoburg’alarga tayangan tashqi gumbazni ko’tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Sohibqiron sa'y-extimomi bilan misli ko’rilmagan ulkan må'moriy inshootlar qad ko’tardi. Masalan: shayx Burxoniddin Sag’orjiy xilxonasi - Ruhobod maqbarasi, Shohi-zinda majmuasida påshtoqli maqbaralar qurildi, Bibixonim nomi bilan mashhur Amir Tåmur jomå' masjidi, shuningdåk, Go’ri Amir nomi bilan mashhur Amir Tåmur maqbarasi.
3- rasm Samarqanddagi bu må'moriy yodgorlik XIV-asr oxirida bunyod etilgan. Maqbaraga tåmuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Tåmur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o’g’illari Umarshayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulug’båk va b.) dafn etilgan. Påshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan bo’lib, hovlining ikki yonida madrasa va xonaqoh qoldiqlari mavjud. Hovlining janubida gumbazli maqbara joylashgan. Maqbaraga dalon orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarxli ziyoratxonasi baland toqi-ravoqli, tåpasi yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashqi gumbazi 64 qoburgali, baland poygumbazga o’rnatilgan. Ziyoratxona o’rtasidagi marmar panjara bilan o’ralgan murabba xazira sahniga qator qabr toshlar qo’yilgan. To’rda Mir Said Baraka sag’anasi joylashgan. Oyoq tomoniga Amir Tåmurning o’zi dafn qilingan. Uning uch tomonida Muhammad Sulton, Mironshoh, Umar shayx qabrlari bor. Kåyinchalik bu yårga Tåmurning nabiralari va evaralarining qabr toshlari joylashtirilgan. Tåmur saganasiga qo’yilgan ko’k nåfrit qabr toshini Mirzo Ulug’båk Mo’g’ulistondan kåltirgan. Unga Tåmurni ulug’laydigan so’zlar, marsiya lavhalari o’ymakor yozuvlarda bitilgan, hamma sag’analar Ulug’båk tomonidan yaxlit o’yma marmar panjara bilan o’ralgan.
Ziyoratxonadagi qabr toshlarining har biri yuksak san'at asaridir. Ziyoratxona sårhasham båzaklarga boy, bo’rtma båzak kundallar zaminiga lojuvard rang gullari ishlangan. Izorasi yashil toshdan girih shaklida tårilgan. To’rtta chuqur ravoqlardagi darchalarga o’sha vaqtda rangli oyna o’rnatilgan. Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug’vor va afsonaviy tus olgan. Tashqarisi sirkor g’ishtchalar (parchin koshinlar) bilan båzatilgan. Gumbaz va uning poyidagi båzaklar, turli arabiy yozuvlar alohida ko’zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yogochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qo’shzaminli o’ymakor båzaklar bo’lgan. Maqbaraning mutanosiblik nisbati, naqshlari, turli båzaklari katta mahorat bilan bajarilgan.
Qishloq xo’jaligiga alohida e'tibor bårgan Amir Tåmur Angor kanalini qazdirdi va Murgob vodiysida sug’orish ishlarini yo’lga qo’ydi. Samarqand va Shahrisabz shaharlari oqar suv bilan ta'minlandi. Lalmikor årlarda ariqlar qazildi. Dåhqonchilikda donli ekinlar, paxta, zigir ekilgan. Bo’yoq uchun ro’yan o’simligi, shuningdåk, pillachilikda tutlar ko’p ekilgan. Uzum, limon yåtishtirilgan. Tog’-kon ishlari yo’lga qo’yilib, turli ma'danlar qazib olinishi tufayli hunarmandchilik rivojlangan. Shaharlarda mis va jåzdan buyumlar hamda mis chaqalar zarb qilingan. Tåmur farmoni bilan Usta Izzoddin Isfahoniy yasagan jåz qozon va shamdon hozirgacha saqlanib qolgan. Misgar va chilangarlar måtallni toblash, quyish, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi murakkab ishlarni bajarganlar. Bibixonim masjidi eshiklari yåtti xil ma'dan qotishmasidan tayyorlangan. Zargarlar oltin, kumush va jåz qotishmalaridan nafis zåb-ziynat buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, qimmatbaho toshlar qadalgan idishlar sirtiga naqsh va yozuv ishlangan. Kulolchilik eng sårtarmoq soha bo’lgan. Toshtaroshlikda naqsh, xattotlik kång qo’llanila boshlangan. Binokorlikda gisht tåruvchilar “Banno”, påshtoq, ravoq hamda toqlarga parchin va chiroq qoplovchi pardozchilar “Ustoz” dåyilgan.
Markaziy Osiyoda XI asrdan boshlab yo'yila boshlagan tasavvur ta'limoti bu davrga kelib Movarounnahr va Xurosonda tasavvufning yassaviya, kubraviya va ayniqsa, naqshbandiya tariqati ma'naviy hayotida katta rol o'ynaydi.
Amir Temurning o'zi ham mutasavvuf olimlarga katta hurmat bilan munosabatda bo'lib, tasavvufning naqshbandiya suluki targ'ibotchilaridan Sayyid Mir Kulolni (Shamsiddin Foxuriy, vafoti 1371 yil) o'ziga pir deb bilgan. Uning hamadoniya taraqqiyotiga asos solgan yirik mutasavvuf Sayyid Hamadoniy bilan uchrashib muloqotda bo’lganligi, 1398 yilda Turkistonning Yassi shahrida yirik mutasavvuf Ahmad Yassaviy qabrini ziyorat etganligi, uni ta'mirlatib, ustiga oliy bino qurishni buyurgani tarixiy manbalarda ko'rsatib o'tilgan.
Shohizinda ansambli joylashgan maydon Afrosiyobning janubiy hududlariga kiradi, agarda bu yer qazib ko’rilsa eramizdan oldingi VI-I asrga oid arxeologik materiallar topiladi. Tarixchilarning aniqlashlaricha, Shohizinda ansamblining shakllanishi yeramizning XI asrlaridan boshlangandir. Shohizinda so’zining ma’nosi "tirik shoh" bo’lib, qariyib ming yildan buyon bu nom xalq o’rtasida yashab kelmoqda. Musulmon tarixchilarining yozishlaricha, tirik shoh-Muhammad payg’ambarimizning amakivachchasi Qusam ibn Abbosga berilgan unvondir. Samarqandlik tarixchi Abul Hakimiyning yozishicha, Qusam ibn Abbos payg’ambarimizning muborak yuzlarini ko’rgan oxirgi kishidir. Musulmon tarixchilarining yozishlaricha, Qusam ibn Abbos VIII asrlarda arab lashkarlari tarkibida Samarqandga kelgan va bu yerda dini islomni targ’ib qilish bilan mashg’ul bo’lgan. Bir kuni
4 – rasm
Qusam ibn Abbos namoz ibodati bilan mashg’ul bo’lib turganida kofirlar hujumiga uchragan va uzilgan boshini qo’liga olib g’or orqali yerning tagiga tushib ketgan. U to qiyomatga qadar tirik yurar emish.
Qusam ibn Abbos kirib ketgan g’orning oldida unga atab qabr yasalgan va XI asrda uning ustiga maqbara qurilgan. Maqbaradan tashqari bu yerda
hashamatli ziyoratxona, masjid 5 - rasm
va chillaxonalar ham faoliyat ko’rsatgandir. 1220 yili ro’y bergan mo’g’ul istilosi Shohizinda maqbarasi taqdirida ham ayanchli rol o’ynadi. Mug’ullar bu yerdagi ko’pgina inshootlar va qabrlarni ostin-ustun qilib tashladilar. Ammo ular ham Qusam ibn Abbos qabriga tegishdan cho’chidilar. Lekin qarovsizlik oqibatidan bu qabr ham ancha xarobaga aylangan edi. XIV asrning boshlariga kelib samarqandlik din ahllari va rahbarlarning sa’y harakatlari bilan Qusam ibn Abbosning qabri ustiga qaytadan maqbara qurildi, ziyoratxona va chillaxona ham qayta ta’mirlandi. Samarqand taxtiga Amir Temur o’tirgach Shohizinda ansamblining hayotida ham katta o’zgarishlar ro’y byerdi. Amir Temur bu yerdagi ko’pgina xarobaga aylangan inshootlarning o’rniga yangisini qurdi, ko’plarini qayta ta’mirladi, Qusam ibn Abbos qabri ustiga hashamatli qabrtosh o’rnattirdi.
Shuningdek, sohibqironning buyrug’i bilan bu yerda yangi masjid ham barpo qilindi. Bu o’rinda shuni aytishimiz lozimki, Shohizinda me’morchilik ansambli turli davrlarda har xil hukmdorlar va amaldorlar tomonidan barpo qilingan
Amir Tåmur vafotidan kåyin Samarqandda ham, Hirotda ham Tåmur an'analari davom ettirilib, poytaxt shaharlarda olimu fuzalolar, shoiru bastakorlar, må'moru binokorlar va naqqoshu mohir hunarmandlarning kattagina guruhi to’plangan edi. Movarounnahrda, xususan, Samarqandda ilm-fan va san'atning taraqqiyotiga zamonasining madaniy muhitida tarbiyalangan, olim sifatida shuhrat qozongan Ulug’båkning hissasi nihoyatda buyuk bo’ldi. Mutafakkir olim, davlat arbobi Ulug'bek 1394 yil 24 martda bobosi Amir Temurning harbiy yurishi vaqtida Sultoniya shahrida tug'ilgan. To'rt yoshdan Hamza ibn
6 - rasm
Alidan xat, savod va hisobdan ilk saboqlar oladi. Amir Shohmalikdan esa davlatni idora qilish tartib qoidalarini o'rganadi. 12 yoshda Ug'oybegimga uylanadi va bobosi singari "ko'ragon" unvoniga sazovor bo'ladi. (Oltin o'rda xoni O'zbekxon xonad. mansub). 15 yoshida taxtga o'tirgan. Ulug’bekning davrida Movarounnahr, ayniqsa, Samarqandda iqtisod va tijorat, fan va madaniyat, me'morchilik yuksaladi. Ulug’båk mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan birga, ilmiy ishlar bilan ham shugullandi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi. Manba'larga ko’ra, Ulug’båk buyuk mutafakkirlardan Al-Fargoniy, al-Forobiy, al-Xorazmiy, al-Båruniy, Ibn Sino asarlarini batafsil o’rgandi, ularning asarlari orqali esa qadimgi yunon olimlarining klassik asarlari bilan ham tanishgan. U Movarounnahr shaharlari (Samarqand, Buxoro)ni ilmu ma'rifat dargohiga aylantirishga intiladi. Uning farmoni bilan Samarqand, Buxoro, Gijduvonda madrasalar barpo etildi. Bu shaharlarda barpo etilgan ilmgohlar zamonasining dorulfununi bo’lib, ularda ilohiyot ilmlari – Qur'oni karim, hadisi sharif, tavsir, fiqh bilan birga dunyoviy ilmlar - riyoziyot (matåmatika), handasa (gåomåtriya), ilmi hay'at (astronomiya), tibbiyot, tarix, gåografiya, ilmi aruz(shå'riyat), arab tili va morfologiyasi (qofiya) kabilar o’qitilardi. Samarqanddagi Ulug’båk madrasasi ikki qavatli bo’lib, 50 hujrali, har bir hujra 3 xona - qaznoq(omborxona), yotoqxona va darsxonadan iborat bo’lgan. Madrasada 100 dan ortiq talaba istiqomat qilgan va ta'lim olgan. Bu yårda mashhur olimlardan Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy hamda Mirzo Ulug’båkning o’zi va uning shogirdi Ali Qushchilar turli fanlardan dars bårganlar. Rasadxona qurilgunga qadar yoritgichlarning holatini kuzatish ishlari shu madrasada va Muqatta' masjidida olib borilgan.
7 - rasm 8 - rasm
1424-28 yillarda Ulug’båk Samarqandda Obirahmat arig’i bo’yida rasadxona qurdirdi. Doira shaklidagi bu ulkan imorat aylanasi 47 m, balandligi 31 m bo’lib 3 qavatli bo’lgan. Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan qoplangan bo’lib, ichki qismiga sudsi faxriy(såkstant) ishlangan va yo’laklar orqali 4 qismga ajratilgan. Har qism bir nåcha katta zal va mayda xonalarga bo’lingan. Bu oliy imorat xonalarining dåvorlari osmon gumbazi, samoviy jismlar, ularning joylanishi va o’zaro munosabati, sayyoralarning orbitalari, sobita (qo’zgalmas) yulduzlar, dångiz va okåanlar, tog’ va dashtlar bo’yicha iqlim mintaqalariga bo’lingan yår kurrasi va hokazolar tasvirlangan. Rasadxona ichki dåvorlaridagi koinotu yår kurrasining manzarasi tasvirlari mahalliy aholi o’rtasida “Naqshi jahon” dåb yuritilgan. Rasadxona qurilishida asosan sudsi faxriy qurilmasiga va uni maxsus o’lchov asbob-uskunalar bilan jihozlashga alohida e'tibor båriladi. Rasadxona mahalliy qo’li gul hunarmandlardan Ali ibn Iso Usturlobiy, Abumahmud Xo’jandiy va usta Ibrohim kabi mohir asbobsoz, misgarlar tomonidan zaruriy astronomik o’lchov asboblari bilan jihozlandi. Ulug’båk rasadxona qo’shida boy kutubxona ham tashkil etib, fanning dåyarli hamma sohalariga tågishli qariyb 15 ming jildlik kitob saqlangan. Rasadxona tåvaragida olimlar va xizmatchilar uchun katta-kichik hujralar qurildi. Ulug’båk rasadxonasi Movarounnahrda o’z zamonasiga nisbatan mukammal astronomik asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga aylangan, bu yårda u bilan birga mashhur matåmatik va astronomlaridan Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi kabi ko’pgina boshqa olimlar ilmiy kuzatish va tadqiqotlar olib bordilar. Kuzatish va tadqiqotlar natijasida 1018 qo’zgalmas yulduzlarning o’rni va holati aniqlanib, astronomik jadvali tuziladi. Bu årda ko’plab nodir asarlar yaratilishi Ulug’båk maktabi ilmiy faoliyatining asosiy yo’nalishini bålgilab bårdi. Bu yårda Qozizoda Rumiy “Arifmåtikaga oid risola”, “Astronomiyaning mohiyatiga izohlar”, “Shakllar asosiga sharh”, “Sinus haqida risola” nomli, G’iyosuddin Jamshid “Ziji Hoqoniy”, “Bog’lar sayri” va “Osmon narvoni”, matåmatikaga bag’ishlangan “Xorda va sinuslar haqida risola”, “Hisob kaliti”, “Doira haqida risola” kabi asarlarini, Ali Qushchi esa astronomiya, arifmåtika
9 – rasm
10 - rasm
11 - rasm
va algåbraga oid 6 ta risola va boshqalarni yozdilar. Ulug’båk “Ziji jadidi Kuragoniy (Ko’ragoniyning yangi astronomik jadvali)”, “Tarixi arba' ulus (To’rt ulus tarixi)” , “Risola dar ilmi musiqa (Musiqa ilmi haqida risola)” kabi musiqaga oid 5ta risola yozgan.
“Ziji jadidi Kuragoniy” asari asosan 2 qismdan: kång muqaddima va 1018 sobita yulduzlarning o’rni va holati aniqlab bårilgan jadvallardan; astronomiya va trigonomåtriyaning amaliy masalaridan iborat.
“To’rt ulus tarixi” asari turkiylarning ajdod va avlodlari, mo’gul qabilalari hamda Chingizxon vafotidan kåyin tashkil topgan Ulug’ yurt, Jo’ji, Chig’atoy va Elxoniylar ulusining qisqacha tarixiga bag’ishlangan.
“Musiqa ilmi haqida risola” asari musiqa tarixiga bag’ishlanib, unda “o’n ikki maqom bayoni”ga doir maxsus bobi bo’lgan. Ulug’båkning ilmiy faoliyatiga va qoldirgan ilmiy mårosiga ko’ra, yaratgan astronomiya maktabini o’z davrining akadåmiyasi dåyish mumkin. Ulug’båkning astronomik maktabi o’rta asrlar musulmon Sharqi va endigina uyg’onayotgan Åvropa astronomiyasining rivojiga katta ta'sir ko’rsatdi.
Ulug’båk bobosi Tåmur kabi mamlakatda qurilish ishlariga qam katta ahamiyat bårdi. U ko’plab masjid, madrasa, xonaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroylar qurdirdi, mozorot va ziyoratgohlar obod qilindi. Uning davrida Rågiston ansabli shakllandi, påshtoqli, ulkan gumbazli xonaqoh, karvonsaroy, o’ymakor yog’ochlardan ishlangan Masjidi Muqatta' bino qilindi, 210 gumbazli Ko’kaldosh jomå' masjidi qad ko’tardi. Yirik må'moriy majmua - Shohizinda hazirasi mujassamoti jihatidan to’la qurib bitkazildi. Jamoat binolari qurilishida “Bog’i maydon”da qad ko’targan “Chilsutun” va “Chinnixona” saroylari nihoyatda muhtasham va ko’rkam bo’lgan.
Bu davr må'morchiligida imoratlarni o’ziga xos yangi åchim asosida qurish bilan birga ularni båzashda ham yangicha usullar qo’llanilgan. Binolarning påshtoqlari va xonalarning ichki dåvorlari qabartma rango-rang parchinlar, zangori yoki oq rang ustiga zarhal bårilgan “islimi” naqshlar va kitobalar bilan pardozlangan.
14-asr må'morchiligi o’zining xashamatliligi, muhandislik ilmining yuksakligi, sårxasham båzatilishi bilan ajralib turadi. Aholi zid joylashgan markazlarda chorsu, tim, toqlar, hammom, shuningdåk, masjid, madrasa va xonaqohlar, shahar tashqarisida yirik chorboglar, namozgoh masjidlari qurilgan.
Ulug’bekning shogirdi Ali Qushchi 1473 - yili “Ziji ladidi Kuragoniy”ni Istanbulga olib keladi, so’ngra, bu asar Ovrupoga tarqalib ketadi. Oksford univyersitetining professori Jon Trivs (1602-1652) Ulug’bekning «Ziji ladidi Kuragoniy»ini Ovrupoda birinchi bo’lib tadqiq qilgandir. O’sha universitetning yana boshqa olimi sharqshunos Tomas Xayid (1636-1703) “Ziji ladidi Kuragoniy”ni lotin tiliga tarjima qilib nashr ettirdi. Asrlardan asrlarga o’tib
12- rasm Ulug’bekning bu ilmiy asarini shon-shuhrati oshib bordi va dunyoning ko’pgina tillariga tarjima qilindi. 1449 yili Mirzo Ulug’bek fojeali ravishda o’ldirilgach, rasadxona ham qarovsiz qoldi, ilmiy kuzatishlar to’xtadi. Ulug’bekning shogirdi Ali Qushchi ham o’z yurtini tark etishga majbur bo’ldi va Turkiyaga jo’nab ketdi.
Ali Qushchi rahbarligida Turkiyada ham rasadxona qurildi, rasadxonani barpo qilishga Samarqanddagi Mirzo Ulug’bek rasadxonasining loyihasi asos qilib olindi. Shuningdek, Ulug’bek rasadxonasining loyihasi asosida Hindistonda ham yangi rasadxona qurildi, bu rasadxonalarning barchasida Ulug’bek yaratgan "Ziji jadidi Kuragoniy" kitobi dasturi amal bo’lib xizmat qildi
Alisher Navoiy (1441-1501). O'zbek adabiy tilining asoschisi, ulug' shoir va mutafakkir, yirik davlat arbobi va madaniyat xomiysi Alishyer Navoiy 1441 - yilning 9- fevralida Hirot shahrining Bog'i Davlatxona degan joyida tug'iIgan. Alisherning otasi G'iyosiddin Muhammad "Kichkina Bahodir", "Kichik baxshi" laqablari bilan tanilgan bo'lib, temuriylar saroyida e'tiborli shaxslardan hisoblangan. Onasi Qobulning amirzodalaridan Shayx Abu Said Changning qizi edi.
Alisherning ota - bobolari temuriylar bilan emikdosh bo'lganlar va hamma vaqt temuriylar hokimiyatini mustahkamlashga yordam berganlar. Xurosonning bo'lajak hukmdori, iste'dodli Xusayn Boyqaro bilan Alisher Navoiy o'rtasidagi yaqin do'stlik va hamkorlikning ildizlari ham ota - bobolar o'rtasidagi ana o'sha yaqinlikka borib taqaladi.
Alisher bolaligidanoq o'tkir zehnli, fahm - farosati bilan o'z tengdoshlari orasida alohida ajralib turadi. U to'rt - besh yoshligidanoq she'riyatga muhabbat qo'yadi. Chunki Alisherlar xonadonida she'riyat muhlislari, taniqli shoirlar tez - tez yig'ilishib, she'rxonliklar bo'lib turar edi. Qolaversa, yosh Alisherning tarbiyasida o'z zamonasining iste'dodli shoirlari bo'lmish tog'alari Mir Said va Muhammad Ali Qobiliylarning ta'siri bo'lgan.
Alisher o'zi yashagan davr an'anasiga binoan boshlang'ich bilimlarni forscha manbalarda oldi. Chunki u davrlarda saroy ahli fors tilini tan olib, turkiy tilni mensimas edi. Shu sababli Alisher maktabda o'qib yurgan kezlaridayoq Nizomiy Ganjaviy, Shayx Muslihiddin Sa'diy, Xofiz Shyeroziy, Farididdin Attor asarlarini o'qigan, Qosim Anvar g'azallarini yod oigan. Mir Shoxiy, Sharofiddin Ali Yazdiy kabi yirik forsiy shoir va olimlarning ijodi bilan tanishgan, ulardan ilhom olib, o'zi ham ijod qilishga kirishgan edi.
O'z g'azallarini dastlab fors - tojik tilida yaratgan Alisher ulg'aya borgan sari o'z ona tilining boyligi va go'zalligini anglab, bevosita turkiy tilda she'rlar yarata boshladi. O'n besh yoshlarida u ikki tilda (fors - tojik va turkiy tillarida) ham ajoyib asarlar yaratib, "zullisonayn" (ikki til egasi) shoir sigatida tanilib qolgan edi. Alisher Navoiy turkiy tillardagi she'rlarida
13 – rasm "Navoiy", fors - tojik tilida yozilgan asar -larida "Foniy" taxalluslarini qo'llaydi.
1469 - yilda Hirot taxtiga Navoiyning do'sti Husayn Boyqaro o'tirdi. Alisher Navoiy singari obro'Ii va tadbirli kishilarga muxtoj Xusayn Boyqaro maktabdosh do'stini saroyga chaqirib, muhrdorlik vazifasiga qo'yadi.
Navoiyning xalq orasida obro' - e'tibori osha boradi. U oddiy xalq manfaatini hamma narsadan ustun qo'yadi, zolim amir -amaldorlar va mamlakatni bo'lib yuborishga intilayotgan shahzodalarga qarshi kurashadi. Navoiy do'sti Husayn Boyqaroga qarshi uyushtirilgan Yodgor Muhammad fitnasini fosh qiladi va uni bartaraf qiladi. Navoiyning tashabbusi bilan xalq gardaniga haddan tashqari soliqlarni oshirib, zulmlarini kuchaytirayotgan amaldorlar o'z vazifalaridan chetlashtiriladi. Bunga 1470 - yilda mamlakat poytaxtiga ko'tarilgan xalq qo'zg'oloni misol bo'la oladi. Alisher Navoiy xalq tomonida bo'ladi. Xuroson xalqini xo'rlagan bek va amaldorlar qattiq jazolangan. Xususan, ana shu voqeadan so'ng Alisherning shuhrati xalq orasida keng tarqaladi. O'z hokimligining dastlabki yillarida ancha sezgir va ziyrak bo'ladi.
Alisher Navoiy juda ulkan badiiy, ilmiy myeros qoldirdi. 1483 - yilda Navoiy o'zining shox asari "Hamsa"ni yozishga kirishadi. Bu asarni Navoiy ikki yildayoq yozib tugallaydi. "Hamsa" besh dostonni o'z ichiga oladi. 1483 - yilda "Hamsa" ning birinchi dostoni "Hayratul abror" ("Yaxshi kishilarning hayratlanishi"), 1485 yilda "Saddi Iskandariy" ("Iskandar devori") dostonlarini yozib nihoyasiga yetkazdi. Bu dostonlarda Alisher Navoiy o'zi yashagan davrning juda muhim muammolarini falsafiy tarzda talqin etadi, ilg'or va ijobiy fikr yurituvchi ulug' bir mutafakkir sifatida bu muammolarni hal qilish yo'lini ko'rsatib byeradi. Ulug' shoir dostonlaridagi asosiy g'oya va mavzu mehnatkash xalq manfaatlarini har narsadan ustun qo'yish, adolat va insof, mardlik va qahramonlik, sof sevgi va muhabbat, halollik va rostgo'ylik, go'zallik va nafosatni ulug'lashni, mehnatni butun bilimning boshlang'ich ibtidosi va asosi deb bilishdir. Navoiy dostonlaridagi asosiy qahramonlar - Farhod, Shirin, Layli va Majnun kabilar insonlardagi barcha ulug' va oliyjanob fazilatlarni o'zlarida mujassamlashtirgan. Navoiy o'z "Hamsa" si bilan o'zbek tilining qudrati, kuchini namoyon qiladi. Nizomiy Ganjaviy va Xisrav Dehlaviy bilan "Hamsa"chilikda ijobiy musobaqada katta muvaffaqiyatlarga yerishadi.
Alisher Navoiy "Hamsa"dan tashqari lirik she'riyatning ulug' bir vakili sifatida ham dunyoda nom qoldirgan. Uning o'zbek tilida yaratgan she'rlaridan 3 marta devon tuzilgan. Bulardan birinchisi (1466 - 1482) "Badoe'ul - bidoya" ("Badiiylik ibtidosi"), ikkinchisi (1482 - 1492) "Navodirun nihoya" ("Behad nodirliklar"), uchinchisi va eng mukammali (1492 - 1499) "Xazoinul Maoniy" ("Ma'nolar xazinasi") devonidir. Bu lirik xazina Alisher Navoiyning o'zbek tilida yozgan 45 ming misraga yaqin she'rlarini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, Navoiy "Foniy" taxallusi bilan fors – tojik tilida 12 ming misradan ziyod she'rlar yozadi. U "Devoni Foniy" nomi bilan chop etilgan. Alisher Navoiyning "Xazoinul Maoniy" devoni o'z ichiga 16 lirik janrni oladi va unda 50000 misradan ortiq 3130 she'r mujassamlashgan. Ulug' shoir "Xazoinul Maoniy" ga kirgan she'rlarini o'z hayotining to'rt davriga moslashtirib, shartli ravishda to'rt devonga bo'ladi. Bu devonlar quyidagicha nomlanadi: "G'aroyib ul - sig'ar", "Navodir ush - shabob", "Badoyi ul - vast" va "Favodir ul - kibar". Bu xalq orasida "Chor devon" nomi bilan mashhurdir. Navoiy she’riyatining mavzular doirasi keng, janrlar ko’lami (16) xilma-xil. G’azallari “oshiqona, orifona, rindona” (Shayxzoda) sifatlar bilan o’rganiladi. G’azallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uyg’un holda ulug’lanib, “majoz - haqiqat ko’prigi” aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy she’riyatidan ilhomlangan rassomlar uning asarlariga miniaturalar chizganlar.
Tasavvufiy asarlari. Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo’lsa-da, maxsus “Lisonut-tayr” dostoni(1499)da, “Nasoyimul-muhabbat” manqabasi” (1495-96) da, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Arbain”, “Munojot” singari asarlarida aks etgan. “Lisonut-tayr”da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng Navoiy asarlarini diniy va so’fiylik jihatidan o’rganish kengaydi, ular ob’yektiv va ilmiy bahosini olmoqda. “Arbain”, “Munojot” kabi asarlari chop etildi. Jomiyning “Nafahotul-uns min hazarotil-quds” tazkirasini tarjima qilib va to’ldirib, so’z yuritilgan 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.
Nasriy asarlari. Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy va ilmiy-falsafiy yo’nalishdadir.“Mahbub-ul-qulub”(1500-01) Navoiyning so’nggi yirik asari bo’lib, unda ulug’ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, to’plagan boy tajribasi o’z yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda “Soriun-nosning af’ol va ahvolining kayfiyati” (1), axloqiy muammolar (2), “mutafarriqa favoyid va amsol surati” (3) masalalari ifodalangan.“Xamsatul-mutahayyirin” (“Besh hayrat”,1494) asarida ustozi va do’sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi. “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” (1488-89), “Holoti Rahlavon Muhammad”(1493) asarlari manoqib-holot yo’nalishida bo’lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.“Munshaot” (1498-99) Navoiyning maktublari to’plami (jami 88 ta xat) bo’lib, ular sog’inchlik xatlari, navro’z tabriklari, ta’ziyanomalar, siyosiy o’gitlar, sulhnomalar va boshqa yo’nalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.
Tarix
va iqtisodga oid asarlari. “Tarixi muluki
Ajam” (“Ajam shohlari tarixi”,1488) qisqa tarix bo’lib, Yeron shohlari
xronikasi bayon qilingan “Tarixi Tabariy”, “Shohnoma” asarlarini mantiqan
to’ldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh
Kayumarsdan sosoniylarning so’nggi vakili Yazdi Shahriyorgacha bo’lgan shohlar
tarixini, mifologik talqinini byeradi.
“Tarixi anbiyo va hukamo” (“Payg’ambarlar va hakimlar tarixi”,
1485-1498) asarining birinchi bo’limida “Qissasul-anbiyo”lar an’analarini davom
ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Ya’qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud
kabi payg’ambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni Hakimga ham
anbiyolar qatoridan joy byeradi. Asarning “Hukamo zikrida” deb nomlangan
ikkinchi bo’limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar
Fishog’urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus,
Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning
donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin
qilinadi.“Vaqfiya” (1481) asarida vaqf yyerlari, mulklari, ularning miqdori,
ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag’i evaziga quriladigan bino va inshootlar,
bu yo’nalishda madrasa va xonaqohlarda o’rnatilgan tartiblar haqida fikr
yuritdi. Navoiy o’z
ixtiyoridagi mablag’lar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy
binolar va bog’larni sanab o’tdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini
o’rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.
Tarix va iqtisodiy yo’nalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy,
Ya.G’ulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan o’rganilgan.
Arab va fors tillaridagi asarlari. Alishyer Navoiy fors tilida yozgan she’rlari asosida “Devoni Foniy” tuzilgan bo’lib, uning muqaddimasida “Sittai zaruriya” (“Olti zarurat”) va “Fusuli arbaa” (“To’rt fasl”) forsiy qasidalari majmualari byerilgan.“Sittai zaruriya” to’plamidagi qasidalar “Ruhul-quds” (“Muqaddas ruh”), “Aynul-hayot” (“Hayot chashmasi”), “Tuhfatul-afkor” (“Fikrlar tuhfasi”), “Qutul-qulub” (“Qalbdar g’izosi”), “Minhojun-najot” (“Qutilish yo’li”), “Nasimul-xuld” (“Jannat nasimi”) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan. “Fusuli arbaa”da Sulton Husayn Boyqaro madhidan so’ng “Bahor”, “Saraton”, “Xazon” (“Kuz”) va “Day” (“Qish”) vasfidan iborat.
Ilk Tåmuriylàr dàvridàgi musiqà sàn’àtining eng e’tibîrli nàmîyondàlàridàn biri À.Nàvîiyning ustîzi Àbduràhmîn Jîmiy edi (1414-1492). U musiqiy àsàrlàrdàn eng nîdiri bo‘lmish «Risîlài musiqiy» («Musiqà hàqidà tràktàt») và àyrim musiqà àsàrlàrining muàllifi edi. Jîmiyning tràkti fundàmåntàl nàzàriy màzmungà egà bo‘lib, 2 qismgà – «Ilmi tàlif» (kîmpîzitsiya to‘g‘risidà tàlimît) và «Ilmi ikà» (ritm to‘g‘risidà tà’limît) gà bo‘linàdi.
Ko‘pdàn-ko‘p qo‘l yozmàlàr îrqàli XIV-XV àsrlàrdàgi màdàniyat to‘g‘risidà g‘îyat qimmàtli, to‘là ishînchli mà’lumîtlàr bizgàchà sàqlànib qîlgàn. Uning fàrqlàntiruvchi bålgisi jînli, dinàmik àsîsning ustunlik qilishidir. Bu esà zàmînàning musiqà yutuqlàridàn eng muhimigà-mînîlit màqîm sikli bo‘lmish “Shàsh-màqîm” ning pàydî bo‘lishigà îlib kåldi. Musiqiy Shàshmàqîmning pàydî bo‘lishigà àdàbiy “Xàmsà»”làrning, shu jumlàdàn, Nàvîiy dîstînlàri siklining muàyyan tà’sir ko‘rsàtgàni extimîldàn hîli emàs. Hàr ikki hîldà hàm o’tmishdîshlàrning ijîdiy tàjribàsining o‘zigà singdirib îlgàn umumlàshtiruvchi àsîs hàl qiluvchi rîl o‘ynàydi. Àgàr shå’riy sikllàr uchun Nizîmiy Gànjàviy (1141-1209) và Xisràv Dåhlàviy (1253-1325) “Xàmsà” làri bîshlàng‘ich nuqtà bo‘lsà, “Shàshmàqîm” uchun bundày nuqtà shu 2 “Xàmsà” gà zàmîndîsh bo‘lgàn “Duîzdàx màqîm” siklidir. Yirik îlim và màshshîq, shîir và ustîz Nàjmiddin Kàvkàbiy (1480-1535) 2 muhim àsàr yozib
14 – rasm qîldirgàn, “Risîlàiy musiqiy” (musikà hàqidà tràktàt) và “Risîlàiy dàr bàyoni duvîzdi màkîm” (12 màkîm hàqidà hikîya qiluvchi tràktàt ) dir. U “Musiqà nàfis sàn’àt, uning ilîhiy sirlàri bîr, shuning uchun uni fàqàt tànlàngàn kishilàrginà tushunàdi”, degan.
Tåmuriylàr dàvri fànidà musiqàni sàn’àt sifàtidà tàlqin qilish ishlàridàginà emàs, bàlki umumàn o’shà dàvrni ijîd qilish và ijrî etish bîràsidà hàm burilish bîsqichi bo‘lgàn. Kàfkàbii kuy turlàrini tàsniflàshni, shuningdåk, musiqà hàqidàgi fànning muràkkàb nàzàriy màsàlàlàrini shåriy tàrzdà bàyon qilishni hàm birinchi bo‘lib bîshlàb bårgàn.
Zahiriddin Muhammad Bobur: Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 yil 14 fevral) da tug’ilgan. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg’ona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503—1504 yillarda Afg’onistonni egalladi. 1519—1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526—1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos solgan, 26 dekabr 1530 - yil Agra, Hindistonda vafot etgan. Qabri keyinchalik vasiyatiga ko’ra Qobulga ko’chirilgan.
Lirik merosi «Qobul devoni» (1519)ga, 1528-29 yillarda «Hind devoni» ga jamlangan. To’liq devon tuzgani haqida ma’lumot bor. She’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g’azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. She’rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she’riyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.
Bobur. Miniatyura 15 asr.
Boburning ulug’ asari «Boburnoma» bo’lib, uni «Vaqoe» deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494—1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O’rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. «Boburnoma»ning o’ndan ortiq qo’lyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Bevyerij xonim nashr (1905) etgan. O’zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar e’lon qildi. «Boburnoma»ning 1948—1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda to’ldirilgan qayta nashri amalga oshirildi.
Boburning nashr qilingan asarlari «Boburnoma»ni Abdurahim xoni xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga, J.Leyden (1826) va V.Yerskin ingliz tiliga, Pavel de Kurteyl (1871) fransuz tiliga, Rashit Rahmati Arat (1940) turkchaga, Mixail Sale (1943) ruschaga tarjima qilganlar. 1826—1985 yillar davomida «Boburnoma» 4 marta ingliz (1826,1905,1921,1922), 3 marta fransuz (187, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o’girilgan.
15 - rasm
"Boburnoma”ni Abdurahim xoni xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga, J.Leyden (1826) va V.Yerskin ingliz tiliga, Pavel de Kurteyl (1871) fransuz tiliga, Rashit Rahmati Arat (1940) turkchaga, Mixail Sale (1943) ruschaga tarjima qilganlar. 1826-1985 yillar davomida "Boburnoma” 4 marta ingliz (1826,1905,1921,1922), 3 marta fransuz (187, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o’girilgan.
Yangi alifbo-"Xatti Boburiy”ni (1504) kashf qildi. Unda she’rlar yozdi va Qur’on ko’chirtirdi.
Boburning soliq ishlari haqida ma’lumot byeruvchi "Mubayyinul-zakot” (1521), aruz vazni haqidagi "Risolai aruz” (1523-25) kabi asarlari bor. "Aruz risolasi”da turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va she’riy asarlardagi ko’rinishlari; aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan. Xoja Ahror Valining "Volidiya” asarini o’zbekchaga she’riy tarjima qilgan. Boburning "Harb ishi”, "Musiqa ilmi” nomli asarlar yaratgani haqida ham ma’lumot bor. Ammo ular topilgan emas.
Nyeru, M.Gandi, A.K.Singxa, B.A.Luniya kabi davlat va fan arboblari Bobur va boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi, jahon sivilizatsiyasidagi mavqeini haqqoniy e’tirof etgan.
Bobur ijodi bilan xorijiy olimlardan U.Yerskin, S.M.Edvards, A.Bevyerij, X. Beverij, R.M.Kaldekot, Ch.Stori, E.Xolden, L.U.King. F.J.Talbot, D.Ross, J.Elfiniston, I.Mano; F.Ko’prulu, Z.Mansuriy, A.K Singxa, R.Sharma, R.R.Arat, H.Boyir, Sh.Yorqin; N.Ilminskiy, N.Veselovskiy, A.Samoylovich, M.Sale, I.V.Stebleva; o’zbek olimlari Fitrat, P.Shamsiev, H.Yoqubov, V.Zohidov, S.Azimjonova, A.Qayumov, A.Abdug’afurov, G’.Salomov, N.Otajonov, B.Qosimov, S.Hasanov, H.Boltaboev v.b. shug’ullanganlar. O’zbekiston Milliy universiteti olimlari Boburning she’riy mahorati, "Mubayyin” asari borasida tadqiqotlar olib borishmoqda.
"Bobirnoma” mavzusida qator badiiy asarlar ham yaratilgan. Flora Anna Stilning "Boburxon” (Parij, 1940), Fyernard Grenardning "Bobur” (Parij, 1930), Harold Lembning "Bobur-yo’lbars” (Nyu-York, 1961) romanlari, Vambek Gaskonining "Bobur va uning avlodlari yoki Buyuk mo’g’ullar” (Nyu-York, 1980) esse-romanlari shular jumlasidandir. Hindistonlik Muni La’l boburiylar haqida 6 ta roman yozgan. O’zbek adabiyotida Oybek, P.Qodirov, B.Boyqobilov, X.Sultonov, X.Davron Boburga bag’ishlab roman, qissa va dostonlar yaratdilar.
Andijonda Bog’i Bobur tashkil qilinib, buyuk shoirning hoki keltirilgan ramziy qabr bor.
Ulug` vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur "Boburnoma" asari "Babur Memurias" nomi bilan ispan tilida nashr etildi. Asarni Barselona universitetining professori, sharqshunos olima Myerse Komes xonim tarjima qilgan.
Shu yilning noyabrida mazkur universitetda Ispaniyaning keng jamoatchiligi, adiblar ishtirokida ushbu kitobning taqdimot marosimi bo`lib o`tdi.
Professor Myerse Komes xonim o`zbek xalqiga bo`lgan cheksiz hurmati bois O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovga mazkur kitobni taqdim etdi.
Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari ispaniyalik olimaga minnatdorlik maktubi yo`lladi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: "O`zbek xalqining ulug` shoiri va allomasi, buyuk davlat va jamoat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur yaratgan va o`zbek milliy madaniyatining nodir durdonalaridan hisoblangan "Boburnoma" asarini ispan tiliga tarjima qilib, nashr ettirganingiz uchun samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.
Sizning tashabbusingiz va sa`y-harakatingiz bilan tarjima qilingan "Boburnoma" nafaqat Ispaniya, balki ispan tilida so`zlashadigan dunyo xalqlarini Vatanimizning betakror madaniy va boy tarixiy myerosi bilan yaqindan tanishtirish uchun xizmat qilishiga
16 – rasm ishonchim komil".
Prezidentimiz kitob tarjimonini kirib kelayotgan yangi 2005 yil bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog`liq, ilmiy-ijodiy zafarlar tiladi va Bobur tug`ilib o`sgan joylarni ziyorat qilish uchun O`zbekistonga taklif etdi.
Bobur nomida xalqaro ilmiy ekspeditsiya mavjud bo’lib, uning a’zolari Bobur qadamjolari bo’ylab besh marta safar uyushtirdilar. Ekspeditsiya matyeriallari asosida «Bobur va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rni» memorial muzeyi tashkil qilinib, uning jamg’armasida Bobur nomi bilan bog’liq 500dan ortiq kitob va manbalar bor.
Kamoliddin Behzod. Zamondoshlari tomonidan "Ikkinchi Moniy", keyinchalik g'arb olimlari tomonidan "Sharq Rafaeli" deb ulug'langan Kamoliddin Behzod ijodi va u asos solgan miniatyura maktabi ulkan muvaffaqiyatlarga yerishdi. Mashhur tarixchi Xondamir "Habibus - siyar" asarida Behzod san'atiga baho
17- rasm berib: "U qalamining ajoyib mahorati bilan jonsiz narsa-larga jon bag'ishlaydi" - degan edi. Har bir saltanat egasi buyuk san'atkor Behzodning o'z huzurida bo'lishini o'zi uchun eng katta boylik, kuch - qudrat manbai va shon-sharaf deb hisoblagan.
Kamoliddin Behzod 1455 -1535 yillarda yashab ijod qilgan musavvirdir. U ilk bor Alishyer Navoiyning suratini chizgan, noyob iste'dodiga alohida e'tibor byerilgan.
“Asr nodiri, musavvirlar peshvosi” bo’lmish Kamoliddin Behzod ijodkor sifatida murakkab yo’lni bosib o’tdi. U o’zining ziddiyatlarga to’la hayoti davomida Sulton Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Ismoil Safaviy, Shoh Tahmosip singari hukmdorlar qo’li ostida ijod qildi. Hayotining asosiy qismi temuriylar sulolasining ikkinchi poytaxti bo’lmish Hirotda o’tdi. Ma’lum payt, safaviylar sulolasi taklifiga binoan, Tabrizda yashab, asarlar yaratdi.
Hukmdor Sulton Husayn Mirzo Behzodga o’zining bog’ida ijodxona qurdirib, ijod uchun barcha shart-sharoitlarni muhayyo qiladi. Sulton Husayn Boyqaro uni Hirotdagi saltanat kutubxonasiga boshliq etib tayinlaydi. Behzod butun Xurosonga dong taratadi, bu yerdagi barcha naqqoshlar, musavvirlarga bosh bo’ladi.
Xuddi mana shu davrda Behzodning eng sara asarlari yaratildi. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”siga ishlangan turkum asarlar, Husayn Boyqaroning majlislari tasvir etilgan, Temur tarixiga bag’ishlangan muraqqa (albom), Abdurahmon Jomiyning “Solomon va Absol”, Muslihiddin Sa’diyning “Bo’ston’ va “Guliston”i, Nizomiy Ganjaviy “Hamsa”siga ishlangan rasmlar, Sulton Husayn Hirotda qurdirgan “Bog’i Behisht” tasviri, Abdurahmon Jomiy portreti, “Sulton Husayn Mirzo saroyida ziyofat”, “Malik Doro va otboqarlar”, “Yusuf va Zulayho” qissasi, “Masjid ichidagi munozara” singari yuzlab go’zal ijod namunalari dunyoga keldi.
Ko'pgina miniatyuralar Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alishyer Navoiylarning “Hamsa”lariga ishlangan. G'oyaviy qiymati jihatidan Navoiyning "Hamsa"si alohida ajralib turadi. U Navoiyning tirikligidayoq ko'p nusxada ko'chirilgan bo'lib, ular Kamoliddin Behzod, Sulton ali Mashhadiy, Yoriy, Qosim Ali, Mahmud Muzahhid, Abdujalil Kotib, Mirali Huraviy, Xoji Muhammadlar tomonidan bezatilgan.
Behzod chizgan portretlar orasida Sulton Husayn Mirzo va Shayboniyxon portreti diqqatga sazovordir. Bizgacha yetib kelgan tasviriy san'at yodgorliklarini ularning 18 - rasm
mavzulari va tasvir ob’yektiga qarab quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: portretlar, hayotiy lavhalar, manzara, binolarga ishlangan naqshlar. Hayot lavhalariga bag'ishlangan tasviriy san'at asarlari o'z mavzusi bilan uslubiy va badiiyligi bilan ham nihoyatda qimmatlidir. Kamoliddin Behzod manzarali, xususan, bahor fasli, bog'lar va tog'lar - dalalar tasvirida ham yaxshi natijalarga yerishdi.
Kamoliddin Behzod tomonidan yaratilgan betakror tasviriy san'at asarlari Toshkent, Sankt - Petyerburg, London, Tehron, Qobul va boshqa shaharlarning muzey hamda kutubxonalarida saqlanmoqda. Uning shogirdlari bo'lmish Sulton Mahmud, Qosim Ali, Shoh Muzaffar, Mahmud Muzahhib kabilar nomlari ham tarix sahifalariga muhrlangan. Shunday qilib Kamoliddin Behzod hayoti va ijodini o'rganish juda katta ahamiyatga ega.
Sharqning buyuk musavviri Kamoliddin Behzod ulug' shoir mutafakkir Alishyer Navoiyga zamondosh bo'lib, tarixda XV asr ikkinchi yarmida tashkil topgan Hirot miniatyura maktabi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan atoqli san'atkor sifatida nom qozongan. Behzodning badiiy merosi talaba — yoshlarni madaniyatli, ma'rifatli qilib tarbiyalashda muhim manba bo'lib xizmat qilib kelmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, musavvir ijodi Sharq san'atining eng yuqori cho'qqisi bo'lib, uning betakror asarlarida chiziqlar o'zining nozikligi, ranglarning mutanosibligi bilan hanuz tomoshabinlarga ma'naviy zavq bag'ishlamoqda.
Kamoliddin Båhzod Mirak Naqqosh qo’lida tarbiyalangan bo’lib, Pir Said Ahmad Tabriziydan musavvirlik sirlarini o’rgangan, musavvir Xalil Mirzo Shohruhiy badiiy uslubini davom ettirib, rivojlantirgan. Istå'dodining juda tåz shakllanishida Alishår Navoiyning homiyligi ahamiyatli bo’lgan. Navoiy shaxsiy kutubxonasida Sultonali Mashhadiy singari xattotlar bilan, Hoji Muhammad kabi musavvirlar bilan ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Kamoliddin Båhzod butun dunyo tarixida o’chmas iz qoldirgan, jahon madaniyati xazinasiga o’zining noyob asarlari bilan munosib hissa qo’shgan, jahon madaniyati tarixida salmoqli o’rin olgan buyuk musavvirdir. Sharq miniatyura san'ati, xususan, Kamoliddin Båhzod hayoti, u yaratgan miniatyura maktabi, ijodining jahon tasviriy san'ati rivojiga ta'siri bir qator tarixchi, faylasuf, san'ashunos, adabiyotshunos, åvropalik båhzodshunos olimlar tomonidan har tomonlama ochib bårilgan. Jumladan, Z.Vosifiy, Xondamir, Qozi Ahmad, E.Kuxnål, T.Arnold, F.Martin, V.Gråy, L.Råmpål, G.Pugachånkova, X.Sulaymonov, O.Usmonov, N.Norqulov kabilar tomonidan ko’plab ma'lumotlar, asarlar tahlili kåltirilgan. Z.Vosifiyning “Badoyinul-vaqoå” kitobidan go’zal bir ta'rifni kåltiramiz: “Kunlarning birida Båhzod yangi ishlagan bir suratini Navoiyning oldiga olib kåladi: ajoyib bog, daraxtlar, daraxtlar shoxida qushlar… gullar qulf urib ochilib yotibdi, ariqlarda zilol suvlar… Bog’da nuroniy Alishår Navoiy. U bir qo’li bilan hassaga tayangan, ikkinchi qo’lida bir tovoq, tovoqda oltinlar. Navoiyning atrofida ilm-fan, san'at va adabiyot ahllari. Go’yo Navoiy ularning ijodiy ishlaridan shod bo’lib, boshlaridan oltin sochmoqchi… Suratdan zavqlangan Navoiy (Naqqosh ajoyib sahifani naqshlabsan, vaqting xush bo’lsin, zåroki, bizni xushvaqt qilding, mazmunida) bayt aytadi. Båhzod bu suratni olib kålganida Navoiy Mavlono Fasåhiddin, Sohib Doro, Mavlono Burhon va Mavlono Muhammad Badaxshiylar bilan suhbatlashib o’tirgan ekan. Navoiy ulardan bu surat haqidagi taassurotlarini so’zlab bårishni so’raydi. Shirin va hazilomuz suhbat boshlanadi. Mavlono Fasåhiddin :
- Mahdumlar, mån ochilgan bu gullarni ko’rishim bilan qo’l cho’zib, ulardan birini uzib, sallamga qo’ndirmoqchi bo’ldim, - dåydi.
- Sohib Doro:
- Månda ham shunday istak bor edi, ammo qo’l cho’zsam, daraxtlardagi qushlar xurkib uchib kåtmasin dåb andisha qildim, - dådi.
- Mavlono Burhon:
- Mån mulohaza bilan qo’limni tortib, tilimni tiymoqchiman, agar so’z qotsam, Mir (Navoiy ) ranjisalar, yuzlarini burishtirib, qoshlarini chimirsalar, suratdagi ochiq chåhralari o’zgarib kåtadi, - dåydi.
- Mavlono Muhammad Badaxshiy:
- Ey, Mavlono Burhon, agar båodoblik va gustahlik bo’lmaganda edi, suratdagi Mirning qo’llaridagi hassani olib såning boshingga solar edim, -dåydi.
- Navoiy suhbatni yakunlab:
- Azizlar yaxshi so’zlar aytishdi. Agar Mavlono Burhon dagallik qilmaganlarida, mån, (suratda tasvirlangan) tovoqdagi oltinlarni do’stlarning boshidan sochmoqchi edim, dåydi va Båhzodga bir ot bilan chopon in'om qiladi, suhbatdoshlariga libos kiygizadi ”.
Shuningdek, Behzod ijodida inson o'z qadr - qimmatiga ega bo'ladi, asar kompozitsiyasida inson obraziga alohida o'rin byeriladi. Ilgarigi yuzalikdan tabiiylikka o'tiladi, imo - ishoralar, harakatlar turli - tuman bo'ladi, boyiydi, ifodaliroq bo'ldi. Yangi - yangi qahramonlar vujudga kelib, ularning kayfiyati manzara orqali ifodalanadi. Musavvir ijodining ta'sirini butun Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo miniyatyura san'ati maktablarida, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston tasviriy san'atida yaqqol ko'rish mumkin. Kamoliddin Behzod ijoddan to'xtamagan holda juda ko'plab shogirdlar to'pladi, maktab yaratdi. U o'z atrofiga eng iste'dodli musavvirlar, naqqoshlar, hattotlar va boshqa hunarmandlarni to'pladi. Hamda ularga rahnamolik qilish bilan birga qunt bilan o'zi sevgan san'atining sir - 19 - rasm
asrorlarini o'rgatdi. Behzod va uning naqqoshlik maktabi namoyondalari tomonidan yuksak pog'onaga ko'tarilgan miniatyura san'atida tabiat, hayvonot olami, ayniqsa, insonlar va ular o'rtasidagi munosabatlar o'z aksini topgan. Shuning uchun ham aynan miniatyura san'ati bizga o'tmishdagi O'rta va Yaqin Sharq, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlarining turmush sharoitlarini tushunishimizda yaqindan yordam beradi. Shu bilan birga bu omillarning tarbiyaviy jihatlari ham mavjud.
“Àmir Òåmur va temuriylar davri madaniyati” (ma’ruza o’quv – uslubiy qo’llanma)
KTF dekanati ilmiy-uslubiy majlisida
muhokama etilgan va tasdiqlangan
( 17.04.2012 y., 9-sonli bayonnoma).
Taqrizchilar: t.f.n., dots. F.S.Ziyayev.
Muallif: SH.T.O’rmonova
Muharrir: Gayubova K.A.
Bichimi 60x84 1/16 Adadi ___ Byurtma _____
“Aloqachi ” Nashriyot-matbaa markazida chop etildi.
Toshkent shahar, Amir Temur ko`chasi, 108 uy