TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“KASBIY TA`LIM” FAKULTETI
“TEXNIK TA`LIM PEDAGOGIKASI” KAFEDRASI
“VALEOLOGIYA ”
Fanidan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish bo`yicha
Metodik ko`rsatma
Barcha ta`lim yo`nalishlari 2 – kurs talabalari uchun
Toshkent – 2013
Tuzuvchi:
T.E. Delov |
- Toshkent axborot texnologiyallari universiteti “Texnik ta`lim pedagogikasi” kafedrasi assistenti |
“VALEOLYA” fanidan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish nomli uslubiy ko`rsatma barcha ta`lim yo`nalish bakalavriyat ta`lim yo`nalish 2-kurs talabalarining mazkur fandan amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish uchun tavsiya etiladi.
Taqrizchilar:
F.B. Qilicheva |
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Texnik ta’lim pedagogikasi» kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi |
S.R. Volkova |
-Pedagogika fanlari nomzodi,dotsent.
|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Ilmiy-uslubiy kengashining ___ __________ 2013 yildagi
«_____» - sonli bayoni bilan tavsiya etiladi
1. SO`Z BOSHI
Valeologiya – inson salomatligi, uni mustahkamlash yo`llari, aniq sharoitlarda inson hayotiy faoliyatini shakllantirish va saqlash haqida bilmlarning fanlararo yo`nalishidir. O`quv fani sifatida u inson salomatligi va sog`lom hayot tarzi haqidagi bilimlar majmuasini taashkil etadi.
Valeologiyaning markaziy muommosi – individual salomatlikka munosabat va shaxsni individual rivojlantirish jarayonida salomatlik madaniyatini tarbiyalashdir.
Valeologiya faning predmeti – insonning jismoniy rivojlanishi ҳahaqidaki pedagogik qonunlarni tadqiq etish, shu asosda har tomonlama etuk insonni shaklllantirish bo`yicha maxsus pedagogik tarbiya jarayoni nazariyasi va metodikasini aniqlash iborat.
O`quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o`qitishdan maqsad-bo`lg`usi mutaxassisningsalomatlikni saqlashga qaratilgan o`quv va tarbiyaviy jarayonini ta`minlash bo`yicha bilim va o`quvlar bilan qurollantirish. Shu bilan birga talabalarda sog`lom turmush tarzini olib boorish uchun barqaror motivlarni shakllantirishdan iborat.
Valeologiyaning asosiy vazifalari – inson salomatligi va sog`liq rezervlarini tadqiq etish, hamda miqdoriy baholash, sog`lom hayot tarziga yo`naltirish, inson salomatligi va sog`liq rezervlarini sog`lom hayot tarziga yo`naltirish orqali saqlash va mustahkamlash.
Insonlarda yuksak ahloqiy-siyosiy sifaatlarni shakllantirish, mustahkam intizom ko`nikma va odatlarini hosil qilish valeologiyaning tarbiyaviy vazifalariga kiradi.
1 - AMALIY MASHG`ULOT MAVZUSI:
VALEOLOGIYA FANI, UNING TARIXI VA BOSHQA FANLAR BILAN O`ZARO BOG`LIQLIGI
2-soat
Amaliy mashgulot maqsadi: Valeologiya fani haqida, fanning maqsadi, muammolari va vazifalari haqida tushunchalar (ma’lumotlar) olish. Salomatlik uchun zararli odatlarni bartaraf etish.
Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, baxs-munozaralar o`tkaziladi.
I. Qisqacha nazaariy ma`lumot
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A Karimov tashabbusi bilan jismoniy baquvvat, ma’naviy boy, ahloqan yetuk, intelektual rivojlangan, yuqori bilimli, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga qaratilgan keng ko`lamli tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda
2000- yilni “Sog`lom avlod yili”
2005-yilni esa “Sihat-salomatlik yili” deb e’lon qilindi.
2005 yili O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 30-sonli qarori bilan “Sihat- salomatlik davlat dasturi” ni e’lon qildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Sihat-salomatlik yili davlat dasturi” ning hayotga tadbiq etilishi va ijrosi yuzasidan zarur chora-tadbirlar rejalashtirildi va joriy yilning sentyabr oyidan “Valeologiya asoslari” fanini kiritish rejalashtirildi. Demak barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko`tariladi.
Salomatlik insonning eng ulug`vor boyligidir. Jismoniy tarbiya institutlarining asosiy vazifalaridan biri salomatlikni saqlash va mustahkamlash sohasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo`lgan mutaxassislarni tayyorlashdir. Afsuski MDH davlatlarida turli kasalliklarga chalinish hozirgi kunda nihoyatda yuqori darajada bo`lib, gepatit, sil kasalligi, ruhiy kasalliklar, onkologik kasalliklar miqdori ortib bormoqda. Shu jumladan alkagolizm va narkomaniyaning, tamaki chekishning millatlar genafondiga salbiy ta’sir ko`rsatishiga, ularning kamayib va yo`qolib ketish xavfini tug`dirmoqda. Xalqlarning 70 % “Hali bemor emas” degan ibora bilan atalishiga loyiq bo`lib qolgan. Insoniyatning ma’naviy jihatdan yetuk bo`lishida adabiyot, san’at dinning ahamiyati yetakchi bo`lsa, intelektual rivojlanishda ta’lim, tarbiya va ilmning ahamiyati kattadir. Jismoniy jihatdan sog`lom rivojlanishda esa jismoniy tarbiya, sport va sog`liqni saqlash tizimini ahamiyati bebahodir.
Olimlarning fikriga ko`ra salomatlikning holatiga turli omillarining quyidagi miqdoriy ko`rsatkichlar bilan ifodalanadi: irsiyat 20 %, tashqi muhit ta’siri 20 %, turmush tarzi-50%, tibbiy yordam darajasi-10 %, demak, odam salomatligi- bu ijtimoiy tashqi muhit va biologik omillarning bir-biri orasidagi murakkab munosabatlar natijasidir. Bu orada yangi ilmiy yo`nalish- valeologiya fani vujudga keldi. Valeologiya so`zi yunoncha valeo-so`zidan olingan bo`lib, uning ma’nosi salomat bo`lish deganidir. Bu atama 1 chi marotaba 1982 yilda I. I. Braxman tomonidan taklif etilgan. Valeologiya kafedrasi birinchi bor 1987 yilda Leningrad shahrida vrachlar malakasini oshirish instituti qoshida professor V. P. Petlenko tomonidan tashkil etilgan.
Valeologiyaning asl maqsadi muayyan shaxsning salomatligini nazorat qilish va ta’minlash orqali oilaning, jamiyatning, millatning va davlatning mustahkam bo`lishiga asos yaratishdir. Valeologiya fan sifatida tibbiyot, jismoniy tarbiya nazariyoti va amaliyoti, ekologiya, biologiya, psixologiya, xuquqshunoslik, jamiyatshunoslik hamda boshqa fanlarning inson salomatligiga tegishli asoslari jamlamasi sifatida shakllangan. R. F. A ning akademigi V. P. Petlenkoning ta’rifiga binoan, valeologiya fanining ro`yobga chiqishi – bu salomatlik to`g`risidagi tafakkurning shiddat bilan olg`a intilishining aksidir. Bu fanga oid besh tomlik birinchi ilmiy va o`quv qo`llanmasi ham V. P. Petlenko qalamiga mansubdir. Valeologiya o`rganadigan va hal qiladigan muammolarni quyidagilar tashkil etadi: 1)salomatlikning tibbiy biologik va ijtimoiy omillarini o`rganish; 2) salomatlikning shakllanish mexanizmlarini o`rganish; 3) muayyan shaxsning salomatligi darajasini va turmush tarzini baholash uslublarini yaratish; 4) salomatlikni saqlash va mustahkamlash borasida amaliy uslublar yaratish; 5) valeologiya ta’limini o`rnatish borasida nazariy va uslubiy qo`llanmalar yaratish.
Valeologiya integrativ fan sifatida mavjud barcha fanlarning yutuklaridan inson salomatligi uchun ulardan foydalanishlik (anatomiya,fizxiologiya,gistologiya,embriologiya,biologiya,bioximiya,biofizika,psixologiya,gigiena,ekalogiya va boshkalar)
Uzligini anglashlikning ilmiy asosda tushuntirishlik va uning valeologik axamiyatini ta’kidlash.
Inson organizmining birkancha a’zolar va tizimlar (sistemalar)dan iborat ekanligi xamda ularning bir butunligi va uzaro-uzviy boglikligining valeologik axamiyatini tushuntirish.
Turli xil yukumli va boshka kasalliklardan saklanishlikka undash.
Narkomaniya va taksikomaniyaning organizmga salbiy ta’sir etishligi va umr zavoli ekanliklarini (narkotik va psixotron moddalar,alkogoli ichimliklar iste’mol kilishlik,cheki shva boshkalarning salbiy ta’sirlari)tushuntirish.
OITS (SPID) va OITV (VICh)-infeksiyaning uta zararli ekanligi va uning proflaktikasiga undash.
Yod,temir va boka mikroelementlar tankisligi natijasida turli xil kasalliklarning kelib chikishini oldini olishlikka da’vat etishlik.
Rak,tuberkulyoz,diabet,semirishlik,infarkt,insult,turli xildagi infeksion kasallik,jinsiy a’zo va teri kasalliklari,jinsiy a’zo va teri kasalliklari, skleroz, jinsiy ojizlik va boshkalarni oldini olishlik.
Ruxiy va jismoniy tarbiya uta barvakt boshlashlikning valelogik axamiyatini tushuntirish.
Xar bir shaxs, eng avvalo, uz salomatligining mustaxkamligi ustida kaygurishi va shu kabilarga da’vat etishlikdan iboratdir.
Valeologiya fanining vazifasi sog`lom yoki kasallikka moyil inson xususiyatlarini tahlil qilish va o`rgatishdan iborat bo`lsa, uning maqsadida esa har bir insonning salomatligini shakllantirish, valeologiyaning turli xil-tibbiy, biologik, ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy, falsafiy ma’rifiy ma’naviy saqlash va boshka fanlar asosida vujudga kelgan integrativ fan ekanligi isbotlash va mustahkamlash to`g`risidagi nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirishdir.
Valelogiya-inson salomatligi tugrisidagi fan ekanligini isbotlash.
«Uzligini anglash»ning valeologik axamiyatini tushuntirish.
Xar bir inson organizmdagi uz ichki imkoniyatini (potensialini) mustaxkamlashga intilishi kerakligiga davat etish
Organizm kuvvatini – saloxiyatini oshirishlikda barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishlikka intilish kerakliligini eslatib utish
Xar bir shaxs uzi va boshkalar uchun «soglom turmush tarzini» yaratishligi
«Sogom avlod orzusi»da yashashlik va unga erishishlilikka imkoniyat yaratishlik
Salomatlikni saklash, mustaxkamlash va uzok umr kurishlikka davat etishlik va boshkalar.
Valeologiya tibbiyot xodimlarining, faylasuflarning ta’lim berish sohasida namoyondalarining, ekologlarning, madaniyatshunoslarning va boshqalarning inson salomatligini saqlash va mustahkamlash yo`lidagi intilishlarini va yutuqlarini jamlashtiradi.
Valeologiya-salomatlikning nazariy va amaliy asoslaridir. Salomatlik haqidagi nazariy nafaqat tibbiy-biologik konsepsiyalari asosida yaratiladi, balki jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish, jismonan sog`lom va hayot mobaynida faoliyatning barcha turlarini oliy darajada qodir shaxsning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Ikkinchi tomondan, u tarbiyaviy ahamiyatga ega: shaxsning keng dunyoqarashga ega bo`lishini, ma’naviy, ijtimoiy va biologik barkamollikka erishishini, kasalliklarga chalinmaslik xususiyatiga ega bo`lishini ta’minlovchi asosiy omillaridan biridir. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishning rivojlanayotgan organizmga ta’siri zaminida organizmdagi hamma a’zolar, tizimlar va yaxlit organizmning ichki va tashqi muhitlar o`zgarishlarga keng miqyosda moslashish xususiyatlarini shakllanishi yotadi. Kam harakatchanlik (gipokeneziya) sharoitida voyaga yetayotgan bolalar va o`smirlar organizmining va a’zolarining moslashuv xususiyati qoniqarli darajada bo`lmaydi. Shu sababli ular organizmi tashqi muhitning va ichki muhitning hamda faoliyatning turli va keskin o`zgarishlariga o`z vaqtida va yetarli darajada moslasha olmaydi. Natijada bolalar organizmida turli xil patologik jarayonlar va kasalliklar kelib chiqadi. Bu hol ayniqsa voyaga yetgan yosh ayollar a’zolarining, homiladorlikka xos bo`lgan yuqori va uzluksiz ortib boruvchi faollikni bajarishga moslasha olmasligi oqibatida ko`plab kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo`ladi. O`z o`rnida bunday ayollardan tug`ilgan avlodlarning ham hayoti mobaynida moslashuv xususiyatlari cheklangan bo`lishi mumkin.
Valeologiyaning ta’lim tizimidagi ulug`vor maqsadi – har bir shaxsda o`ziga nisbatan emotsional va ijtimoiy jihatdan muhim mantiqiy, dunyoviy rivojlanishning bir namoyondasi sifatida baho berishni o`rganishdir. Talabalarga sog`lom turmush tarzini o`rgatish va mustahkamlash deganda faqat salbiy urf-odatlardan voz kechishigina emas, balki harakat faolligiga asoslangan valeologik madaniyatni ham da’vat etish ko`zda tutiladi.
O`zbekiston Davlat jismoniy tarbiy institutida sport tibbiyoti, anatomiya va biomexanika kafedralarida birinchi marotaba bakalavriyat talabalar uchun valeologiya fani bo`yicha ish dasturi ishlab chiqarildi.
Dasturda valeologiya fanini o`rganilishi ikki qismga bo`lingan: nazariy valeologiya va amaliy valeologiya .
Nazariy valeologiya tibbiy biologik, pedagogik, psixologik ijtimoiy fanlarning ilmiy asoslariga tayangan bo`lsa, amaliy valeologiya o`z navbatida yana ikkita bo`limga ajraladi. Tashhisiy valeologiya salomatlikni o`lchov ko`rsatkichlarini aniqlash bilan chegaralansa, xususiy amaliy valeologiya organizmni sog`lomlashtirish muammolarini hal etadi. Umumiy tushunchalardan valeologiya so`zining ta’rifi, uning maqsadi, vazifalari, kelib chiqishi va taraqqiyoti ko`rilib chiqadi. So`ng “salomatlik”, “kasallik”, “oraliq” yoki chegaralanuvchi holatlar haqidagi tushunchalar talabalar e’tiboriga tavsiya etiladi. Nazariy bo`lim quyidagi ma’ruzalar mavzularidan iborat: 1. “Valeologiyaga kirish, odam salomatligi haqida hozirgi zamon tushunchalar nazariyasi”. 2. Odam organizmining individual taraqqiyoti qonunlari. Ontogenez nazariyasi va salomatlik. 3. Organizmning konstitutsional xususiyatlari va ularni aniqlash usullari. Konstitutsiya haqidagi nazariya va salomatlik. 4. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchi bolalar va o`smirlar salomatligining tibbiy nazorat etish usullari 5. Sog`lom turmush tarzining metodologik asoslari. 6. Salomatlik va faol harakatchanlik. 7. Irsiyat va salomatlik. 8. Salomatlik va to`g`ri oziqlanish. 9. Ekologik omillar ta’siri va salomatlik.
Valeologiya bugungi kunda nisbatan yangi ilmiy va o`quv fani bo`lib, tuzilishi va uslublari jihatdan to`liq shakllangan fanlar darajasiga yetmagan. Shu bilan bir qatorda, valeologiyaning kelajakda insonshunoslikka oid fanlar orasiga yetakchi o`rinni egallashi muayyandir. “Inson va uning salomatligi” muammolarini tahlil qilish tizimida, ayniqsa yuqori toifali mutaxassislarni tayyorlash jarayonida valeologiya (beradigan bilimlar muhim o`rin tutadi) Oliy pedagogik fanga aylanishiga ishonchimiz komildir.
II. Mustaqil ish vazifalari
1. Talabalar o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
Nazorat uchun savollar
1. Valeologiya fani haqida tushuncha bering?
2. Valeologiya fanining maqsadi nima?
3. Valeologiya o`rganadigan va hal qiladigan muammolarga nimalar kiradi?
4. Valeologiya fanining vazifasi nima?
2-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI:
JISMONIY RIVOJLANISH MA'LUMOTLARNI ANIQLASH VA BAHOLASH. ME'YOR TUSHUNCHASI.
2 soat
Amaliy mashgulot maqsadi: Shaxs salomatligini tiklash bo‘yicha talabalarda bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat.Hamma narsada me'yor tushunchasini bilish lozimligini anglatish.
Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.
I. Qisqacha nazaariy ma`lumot
Tibbiyotda profilaktika inson salomatligini mustah-kamlash, turli kasalliklarning oldini olish va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf qilishni anglatadi.
Ijtimoiy profilaktikaning zamonaviy tushunchasi inson salomatligiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etish, uni jismoniy va ruhiy quvvatini har taraflama rivojlantirishni o‘ziga maqsad qilib olgan davlat, jamoat va tibbiy tadbirlarning kompleks tizimini o‘z ichiga oladi. Tibbiyot sohasida kasallik-larning oldini olish, inson salomatligini mustahkamlash, uning umrini uzaytirish bo‘yicha yetarlicha tadbirlar ishlab chiqilgan.
Aholi salomatligini asrash va mustahkamlash rivojlanayotgan davlat sharoitida alohida ijtimoiy mazmun kasb etadi va quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi:
- aholi madaniyati va hayot darajasini muntazam oshirish;
- tabiiy muhitning inson hayoti uchun qulay parametrlarini asrash;
- ishlab chiqarish va turmush uchun optimal sharoitlarni yaratish;
- har bir insonni, uning ilk bolalik chog‘idan boshlab, jisoniy va ruhiy rivojlantirish;
- sog‘lom hayot tarzi, mehnat va dam olishning ratsional rejimini shakllantirish;
- aholining turli qatlamlari xususiyatlarini e'tiborga olib har tomonlama gigienik tarbiyalash;
- aholi salomatligini umumdispanserizatsiya asosida dina-mik kuzatish tizimini tadbiq etish.
Salomatlik darajasi qoniqarsiz holatda fiziologik tizim-ning elementlari o‘rtasida kelishmovchiliklar ro‘y beradi, organlar o‘z vazifalarini yaxshi bajarmaydilar, natijada, charchash va holdan toyish kuzatiladi.
Shuning uchun tibbiyotning zamonaviy bosqichida asosiy e'tibor profilaktikaga qaratilgan.
Tibbiyotda profilaktika vositalari yetarlicha, lekin o‘sib kelayotgan avlod, asosan, davolovchi jismoniy tarbiya, medikamentlar va x.z. vositalar asosida sog‘lomlashtiriladi. Ya'ni, kasal-liklarning oldini olish emas, ularni davolash usullaridan foydalaniladi. Axir, salomatlikni asrovchi, kasalliklarning ol-dini oluvchi, umrni uzaytiruvchi tadbirlar tibbiyot uchun ham muhim. Ko‘p mamlakatlarda davolovchi tibbiyot profilaktik tib-biyotdan ajratib qo‘yilgan.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish salomat-likni mustahkamlashga, o‘qish unumdorligini oshirishga yordam beradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi. Salo-matlik - ijtimoiy-iqtisodiy, biologik, ekologik, tibbiy va psixoemotsional ta'sirlarning natijasidir va uni sog‘lomlash-tiruvchi jismoniy mashqlar yordamida mustahkamlash mumkin. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ulla-nish organizmning atrof-muhit va infeksiyalar ta'siriga tabiiy qarshiligini oshiradi.
II.Mustaqil ish vazifalari
1. Talabalar kerakli ma’lumotlarni, o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
2. Amaliy mashg‘ulot bo‘yicha ya'ni, shaxs salomatligiga ijobiy va salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillarni klaster metodi yordamida ochib berish topshiriladi.
Nazorat uchun savollar
1.Tibbiyotda profilaktika tushunchasiga ta`rif bering?
2.Ijtimoiy frofilaktika tushunchasiga ta`rif bering?
3.Salomkatlikda sportning o`rni.
3-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI:JISMONIY TAYYORGARLIKNI BAHOLASH MEZONI.
2 soat
Amaliy mashgulot maqsadi: Valeologik tarbiyaning ta'lim vazifasi - sog‘lom hayot tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatish.
Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.
I. Qisqacha nazaariy ma`lumot
Kirish (tayyorlov) qism. Sekin sur'atda 8-12 minut yugurish. Chayirlik, chaqqonlik e'tiborni yaxshilashga yo‘naltirilgan mashqlar - qo‘llarni zarb bilan silkitish, sakrash, o‘tirib-yurish mashqlarni xushtak chalib, komanda berib bajarish, aylanib sakrash, egilish va x.z. Hammasi bo‘lib 20 dan kam bo‘lmagan (20-30 takrorlashdan iborat) turli mashqlar. Asosiy qismda juft-juft bo‘lib og‘irligi 2-4 kg bo‘lgan koptoklar bilan mashqlar baja-riladi: koptokni ikki qo‘llab boshdan oshirib, pastdan ko‘krakdan itarib uloqtirish va h.z; 3 kishi, 4 kishi bo‘lib: 2 ta-3 ta koptokni bir vaqtning o‘zida uloqtirish - uzluksiz 20-30 uloqtrish seriyasi. Hammasi bo‘lib 10 tadan kam bo‘lmagan mashqlar. Yuqori yelka aylanasi, qo‘llar uchun mashqlar. Yotgan holda yerga tiralib qo‘llarni bukish va yozish (ikki qo‘l panjalarini ustma-ust qo‘yib, qo‘llar yelkadan kengroq va mushtlarda, barmoqlarda) – 4 marta (har biri 10-12 takrorlashdan iborat). Tortilish 6-8 marta. Basketbol yoki voleybol. Chayirlikni oshiruvchi mashqlar.
Jismoniy sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining tuzilishi
Mashg‘ulotning kirish (tayyorlov) qismi asosiy o‘quv-sog‘-lomlashtirish ishiga zamin tayyorlaydi. Kirish qismining umumiy vazifasi - shug‘ullanuvchilar e'tiborini faollashtirish, ularni mashg‘ulotlar maqsadi va mazmuni bilan tanishtirish, shunga mos ruhiy sharoitni yaratish. Tayyorlov qismda sog‘lomlashtirish gim-nastikasining 25-30 takrorlashdan iborat 25-30 mashqlaridan foydalaniladi. Asosiy qismda respirator kasalliklar profilak-tikasi uchun sog‘lomlashtiruvchi yugurish (2-5 km), sport va harakatli o‘yinlar kuch-quvvatini oshiruvchi mashqlar bilan uyg‘unlashib ketadi. Yakunlovchi qismda havo - quyosh vannalarida chiniqish, suv muolajalari o‘tkaziladi. Talabalarga to‘g‘ri ovqatlanish tavsiya etiladi.
Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash
FSMU texnologiyasi
F-Fikringizni bayon eting;
S-fikringiz bayoniga biror sabab ko‘rsating;
M-ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring;
U-fikringizni umumlashtiring.
F-Hamma musiqalarni ham eshitish sog‘liq uchun foydali emas;
S-Rosk, pop musiqa va ashulalar inson sog‘ligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, Classika musiqalari aksincha ijobiy ta'sir qiladi;
M-Inson Rosk, pop ashulalarni eshitayotgan paytda inson miyasidagi to‘qimalar yorilib ketadi, bu insonga bilinmaydi;
U-Shuning uchun hammasini emas, sog‘liq uchun foyda va ijobiy ta'sir qiladigan musiqa va ashulalarni eshitish lozim.
II. Mustaqil ish va vazifalar
1. Talabalar kerakli ma’lumotlarni, o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
2. 3-Amaliy mashgulot bo‘yicha ya'ni, Jismoniy tayyorgarlikni baholashni talabalar o‘z fikrlarini bayon etib, unga sabab keltiradi va misol aytib fikrlarini umumlashtirishadi.
Nazorat uchun savollar
1.Valeologik tarbiyaning vazifasi nimadan iborat ?
2. Jismoniy sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining tuzilishi?
3.Salomkatlikda sportning o`rni qanday?
4-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI:JISMONIY AHVOL MA'LUMOTLARNI BAHOLASH METODIKASI.
2 soat
Amaliy mashgulot maqsadi: Valeologik tarbiyaning ta'lim vazifasi - sog‘lom hayot tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatish.
Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.
I. Qisqacha nazaariy ma`lumot
Berilgan matnni o‘qib chiqing va mini-guruhlarda muhokama qiling.
Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholash
Insonning jismoniy rivojlanishi deganda organizmning jismoniy kuch zahiralarini belgilovchi morfologik va funksional xususiyatlari kompleksi tushuniladi.
Jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishi xususiyatlari har bir pedagog uchun tushunarli bo‘lgan antronometrik o‘lchashlar yordamida amalga oshiriladi. Tana uzunligi, og‘irligi, bo‘yin, qorin, ko‘krak qafasining nafas olish, chiqarish, tinchlik fazasida aylanasi, bilak kuchi, orqa, gavda tuzilishi va tashqi nafas olish tizimi haqida ma'lumotlar talaba jismoniy ahvolini o'ektiv baholash va organizm shakli va funksiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli faoliyatni tashkil etish imkoniyatini beradi. Ayni paytda jismoniy rivojlanishni muntazam baholash maqsadli jismoniy tarbiya ta'siri ostida amalga oshuvchi sifat o‘zga-rishlarni aks ettiradi.
Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rtasida yuqori darajadagi yaqin (nq 0,7-0,9) aloqa mavjudligi korrelyasion tahlil natijasida o‘rnatilganligini qayd etish juda muhim ( Masalan, tana og‘irligi va ko‘krak qafasi aylanasi o‘rtasida, og‘irlik, bo‘y ko‘rsatkichlari va gavda tuzilishi pishiqligi o‘rtasida, gavda tuzilishi pishiqligi va ko‘krak qafasi aylanasi o‘rtasida, orqa mushaklar kuchi (kg) va foizlarda, chap va o‘ng bilaklar kuchi o‘rta-sida, Ketle indeksi va og‘irlik o‘rtasida).
Bayon etilgan ma'lumotlar jismoniy rivojlanishi ko‘rsat-kichlarning birini yaxshilasa, o‘z - o‘zidan boshqalari ham yaxshi-lanishi, aytib o‘tilgan ko‘rsatkichlar muhim va ular jismoniy rivojlanishni kompleks baholashda yetakchi o‘rin egallashlari haqida xulosa qilish imkonini beradi.
Ketle indeksi (og‘irlik va bo‘y indeksi) - tana oqirligi (kg) va bo‘y (sm) ma'lumotlarni bo‘lish orqali hosil qilinadi.
Hayot ko‘rsatkichi - o‘pkalarning hayotiy hajmi ko‘rsatkich-lari (ml lardaG’ og‘irlikka G’kg larda) bo‘linmalari.
Semizlik og‘irlikni (kg) tana uzunligiga (dm) bo‘lish orqa-li aniqlanadi.
Gavda tuzilishining pishiqligi Pene indeksi bo‘yicha (bo‘y g’smg’ - og‘irlik g’kgg’ Q ko‘krak qafasining nafas chiqarish paytidagi aylanasi) baholanadi.
Kuch imkoniyatlari qo‘l, gavda dinamometrlari yordamida to‘g‘ridan - to‘g‘ri aniqlanadi.
O‘pkalarning hayotiy hajmi tadqiq etilayotgan shaxs chuqur nafas olgandan so‘ng maksimal chiqarish mumkin bo‘lgan havo haj-mini bildiradi. Spirometr - o‘pkalarning hayotiy hajmini aniqlaydigan asbob. Ular turli (suvli, quruq, gazli, soatli) konst-ruksiyada bo‘lishi mumkin. O‘pkalarning hayotiy hajmini o‘lchash uchun spirometrga trubka orqali havo puflash kerak.
Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash
Sinkveyn
Sinkveyn – bu ma'lum qoidalarga asosan tuzilgan 5 ta satrdan iborat bo‘lgan she'rdir.
1 satr – mavzu nomi
2 satr – bu mavzuni ikkita sifat bilan aniqlash
3 satr – bumavzu doirasidagi faoliyatni ko‘rsatuvchi 3 ta fe'l
4 satr – muallifning mavzuga munosabatini bildiruvchi 4 ta so‘zdan iborat bo‘lgan jumla
5 satr – mavzu yakuni, ixtiyoriy so‘z bo‘laklarida ifodalangan birinchi so‘z sinonimi.
Sinkveyn tuzish ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘rganilayotgan mavzuga o‘z munosabatini bildirish, u yoki bu nuqtai nazar to‘g‘risida aniq tasavvur shakllanishiga imkon yaratadi.
Sinkveynlar ko‘rinishida an'anaviy yapon she'riyatida she'rlar yoziladi:
Ot____________________________________________________
ikkita sifat ___________________ _____________________
uchta fe'l ___________ ________________ ________________
to‘rtta so‘zdan iborat jumla______ ______ ______ _______
otning sinonimi_______________________________________
Sinkveynga misollar keltiramiz:
Tarmoq,
lokal, global,
yo‘naltirmoq, uzatmoq, qabul qilmoq,
kompyuterlar o‘rtasida axborot almashuv
kommunikatsiya.
II. Mustaqil ish va vazifalar
1. 4-Amaliy mashgulot bo‘yicha ya'ni, Jismoniy tayyorgarlikni baholashni talabalar o‘z fikrlarini bayon etib, unga sabab keltiradi va misol aytib fikrlarini umumlashtirishadi.
2. Talabalar kerakli ma’lumotlarni, o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
Nazorat uchun savollar
1. Insonning jismoniy rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?
2. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholash qay tazda amalga oshiriladi?
3. Mavzu bo`yicha test topshiriqlari tuzing?
5-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI:
TALABALARGA VALEOLOGIYADAN TA'LIM BERISHNING FAOL USULLARI. SOG`LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH.
2 soat
Amaliy mashgulot maqsadi: Pedagogik faoliyatning ikkiyoqlamaliligi ob'ektning o‘ziga xosligi bilan tushuntiriladi: talaba ta'sirni passiv qabul qilmaydi, balki o‘z faoliyatining sub'ekti sifatida o‘zi ham faol harakat qiladi.
Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi. Oqilona ovqatlanish uchun ovqat ratsionining to`la sifatliligiga to`g`ri ovqatlanish tartibiga, oziq-ovqatlarning yaxshi saqlanishi va tayyorlanishiga, oziq-ovat mahsulotlarini yuqumli mikroorganizmlar va zaharli moddalar tushishidan ehtiyot qilish uchun ularni ishlab chiqarishda, saqlashda va pishirishga tayyorlashga sanitariyaga amal qilish lozim. Organizmni chiniqtirish organizmni noqulay iqlim sharoitlari ta’siriga chidamliligini oshiruvchi tadbirlar majmuasidir. Chiniqtirish bolaning asabini mustahkamlaydi, mushak va suyaklarning mustahkam o`sishiga yordam beradi, ichki a’zolar faoliyati moddalar almashinuvini mo`tadillaydi. Chiniqtirish tadbirlari oddiygina bo`lib, suv, havo, quyosh kabi tabiiy manbalardan to`g`ri foydalanishni o`z ichiga oladi. Bolaning kun tartibini to`g`ri tashkil etish uni parvarishlash va jismoniy tarbiya chiniqtirishning ajralmas qismi bo`lib hisoblanadi. Bolalarda sog`lom turmush tarzini shakllantirishda, ularning zararli odatlar (ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik kabilar) ga berilib ketishlarini oldini olish o`ta muhim ahamiyatga ega.
Bolalarda sog`lom turmush tarzini shakllantirish avvalo ota-onalarning keyin maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilarining, maktablardagi pedagoglarning, davolash- profilaktika muassasalaridagi tibbiyot xodimlarining, jamoat tashkilotlari va mahallalarning asosiy vazifasi bo`lmog`i lozim.
I. Qisqacha nazaariy ma`lumot
Talabalarning jismoniy rivojlanishini boshqarish
Pedagogik sog‘lomlashtirish tizimini boshqarish murakkab va ko‘p qirrali jarayon. Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va zarur bo‘lganda korreksiya qilish, shuningdek talaba shaxsi xarakteristikasini normativ ko‘rsatkichlar bilan mutanosbligini taqqoslash uning asosiy elementlari hisoblanadi.
Boshqaruv talaba organizmi shakl va funksiyalarini jis-monan rivojlantirish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan, maqsadli, muntazam faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. Umuman olganda, boshqaruv pedagogik ta'sirni nazorat qilish bo‘yicha bir - biri bilan chambarchas bog‘liq xarakterlarning yopiq siklidir.
O‘tkazgan tabiiy eksperimentlar natijasiga ko‘ra shaxsning jismoniy rivojlanishini samarali boshqarish uchun talabaning (tipologik xususiyatlari hisobga olingan) har tomonlama tayyor-ligi to‘g‘risida, pedagogik nazorat yordamida jismoniy ahvoli haqida muntazam ravishda axborot olinishi va ishlanishi kerak.
Tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqish asosida pedagogik ta'sirlar tanlanishi, valeologik tarbiyaning turli shakl, usul va vositalarini qo‘llash haqida qarorlar qabul qilishi kerak. Bu faoliyatda pedagog yetakchi rol o‘ynaydi. Jismoniy rivojlan-tirish jarayonida boshqaruv pedagog tarafdan qator harakatlar qilinishini nazarda tutadi.
Birinchi harakat - talabaning har tomonlama tayyorligi haqida boshlang‘ich kompleks axborotni olish; uning kuchi, zaif tomonlarini aniqlash;
Ikkinchi harakat - maqsadga yetishishini ta'minlovchi nor-mativ ko‘rsatkichlar bilan tanishish.
Talaba chiqish shart bo‘lgan ko‘rsatkichlarga orientatsiya qilish jismoniy yetuklikka erishish zaruriyati bilan tushunti-riladi. Shuning uchun jismoniy rivojlanish samarasi normativ talablar ko‘rsatkichlarining normativ ko‘rsatkichlarning olingan ma'lumotlari bilan qiyoslanganda aniqlanadi.
Samaradorlik omiliga asoslanmagan jismoniy rivojla-nish o‘zining maqsadini, aniqligini, ta'sirchanligini yo‘qotadi.
Uchinchi harakat (boshqaruv tizimida mohiyati jihatidan eng muhim) talabalarning rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlarga erishishini ta'minlovchi valeologik tarbiya tizimini nazarda tutadi. Shu sababli jismoniy rivojlanishini rejalashtirish masalalari, uning eng ratsional shakl, vosita va usullarini tanlash birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Pedagogning nazariy va amaliy mashg‘ulotlar dasturini tuzish bo‘yicha faoliyati ushbu dasturlarni bajarish yo‘llarini tanlash bilan bevosita bog‘liq. Jismoniy mashg‘ulotlar dasturini nafaqat ishlab chiqish balki uni jismoniy yetuklikka erishish uchun hayotga tadbiq eta bilish ham zarur.
To‘rtinchi harakat - pedagogning maxsus tashkil etilgan muntazam faoliyatining tanlangan yo‘nalishi samaradorligini baholash. Har tomonlama tayyorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, ularni dastlabki ma'lumotlar bilan taqqoslash va ularga mos tadbirlarni belgilash pedagogik nazorat yordamida amalga oshiriladi.
Beshinchi harakat - natijalarni tahlil etish, xulosalar yasash va navbatdagi maqsadni belgilash.
Sog`lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo`lib, unumli mehnat qilish, faol dam olish, badan tarbiya va sport bilan shug`ullanish, organizmni chiniqtirish, shaxsiy va psixogigienaga rioya qilish, oqilona ovqatlanish, zararli odatlardan o`zini tiyish va har yili shifokor ko`rigidan o`tib turishdan iborat. Salomatlikni saqlash va kuzatishning faol turi dispanserizatsiyadir. Dispanserizatsiya - davolash profilaktika usullaridan biri bo`lib, kasallikka barvaqt tashhis qo`yish maqsadida bemor bolalarni va shifokor kuzatuviga muhtoj bolalarni tekshirib aniqlash, chaqaloqlar, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, 14-18 yoshdagi o`smirlar sog`lig`ini muntazam kuzatib borishdan iborat. Sog`lom turmush tarzini shakllantirish va kasalliklarni oldini olishda to`g`ri tashkil etilgan jismoniy faollik katta ahamiyatga ega, faol harakat bola organizmining shakllanishiga, rivojlanishiga, yurak qon tomirlar tizimi, endokrin va organizmdagi boshqa organlar tizimining rivojiga yaxshi ta’sir qiladi. To`g`ri ovqatlanish miqdor va sihat jixatidan to`la qimmatli, bir meyordagi tartibga asoslanib, sog`lom bola organizmining hayot faoliyatining tashqi muhitning salbiy omillariga nisbatan chidamini va himoya xususiyatini taminlaydi.Soglom bulish va soglom turmush tarziga erishishlik uchun kuyidagi masalalarga amal kilmok lozim.Jumladan
1.Xarakat faolligini maksadga muvofik ravishda, imkoniyat darajasida bajarishlik.
2.Chinikish.Bunda organizmning kasalliklarga va tashki nokuly salbiy ta’sirlarga va tashki nokulay xolatlarga Karshi organizm kuvvatini oshiriladi.
3.Ratsional-akl idrok bilan ovkatlanishni tashkil kilgan (Tula kuvvatli, barchasini uz ichiga olgan) xolda
4. Mexnat kilish va dam olishni tartib solgan xolda tashkil kilish.
5.Ekalogik xolatlarni tugri anglagan xolda yashashni uyushtirish.
6.Emotsional xamda ruxiy chidamlilik bilan yashash.
7.Turli xil zararli odatlarga barxam berishlik (chekish ichish narkotiklar kabul kilish va boshkalar)
8.Shaxvoniy-jinsiy xulk-atvorni tartibga solish.
9.Soglom turmush tarzini iloji boricha tugilgan davrdan boshlash.
10.Ma’naviy, ma’rifiy, madaniy ruxiy boylikka ega bulish.
Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash
“Charpalak” usuliga tarqatma material (to‘ldirilgan)
TG’r |
Javobvariantlari |
Tarmoqqaulanishusullari |
Tarmoqningturlari |
Axborotashyolari |
1. |
Shinali |
Q |
|
|
2. |
Lokal |
|
Q |
|
3. |
Arxiv |
|
|
Q |
4. |
Global |
|
Q |
|
5. |
Kutubxona |
|
|
Q |
6. |
Ma'lumotlarombori |
|
|
Q |
7. |
Mintaqaviy |
|
Q |
|
8. |
Fondlar |
|
Q |
|
9. |
Axborottizimidagixujjatlaryig‘indisi |
|
|
Q |
II. Mustaqil ish va vazifalar
1.Talabalar sog`lom turmush tarzi yo`nalishlaini o`rganadilar va daftarlariga qayd qiladilar.
2.Siz o`zingizni sog`lom turmush tarzingizni qanday tashkil etishishlarini qayd qiladilar.
Nazorat uchun savollar:
1. Sog`lom turmush tarzi deganda nimani tushunasiz?
2. Dispanserizatsiya deganda nimani tushunasiz?
3. Chiniqtirish deganda nimani tushunasiz?
4. Talabalarga valeologik ta`lim berishning qanday samarali vositlari bor?
5. Shaxsning jismoniy rivojlanishini samarali boshqarish uchun nimalarga etibor berish lozim?
6. Zararli odatlarga nimalar kiradi?
6-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI:
TALABALARGA VALEOLOGIYADAN TA'LIM BERISH JARAYONI MONITORINGI.
2 soat
Amaliy mashgulot maqsadi: Pedagogik faoliyatning ikkiyoqlamaliligi ob'ektning o‘ziga xosligi bilan tushuntiriladi: talaba ta'sirni passiv qabul qilmaydi, balki o‘z faoliyatining sub'ekti sifatida o‘zi ham faol harakat qiladi.
Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.
I. Qisqacha nazaariy ma`lumot
Jismoniy ahvolni baholash
Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarning ta'siri vazifalaridan biri jismoniy ahvolni nazorat qilishdir. Jismoniy ahvol tushunchasi talabalar salomatligi: jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlik darajasi bilan belgilanadi.
O‘quv - sog‘lomlashtirish jarayonida jismoniy ahvolni baholash uchun L.Ivashenko, ye.A.Pirogova va L.A.Kalining testlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
L.Ivashchenko (1989) jismoniy ahvol diagnostikasini K.Sadra (1980 ) testlari yordamida amalga oshirishni tavsiya etadi.
Bunda K - indeksning shartli birliklardagi qiymati; a - yosh; t-1000 m ga yugurishga ketgan vaqt ( min); ChSS boshl- tinch turganda boshlang‘ich ChSS zarbG’min; ChSS5- 1000 m yugurgandan so‘ng 5-minutda, zarbG’min. Jismoniy ahvolni baholash quyidagi shkalada amalga oshiriladi.
Baholash quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshiriladi: jismoniy ahvolning past darajasi - 0,375, o‘rtachadan pastroq 0,376 - 0,525, o‘rtacha - 0,526 - 0,675, o‘rtachadan yuqoriroq - 0,676 -0,825, yuqori - 0,826 va undan baland.
Ko‘rgazma uchun jismoniy ahvol darajasini hisoblashni keltiramiz. Ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lgan sub'ektda jismo-niy ahvol darajasi: 42 yosh, (ChSS 60 zarba minutiga, AD 120G’80 mm sim. ust, vazni –78 kg, bo‘yi 170 sm.
AD - o‘rtacha hisoblanadi:
Diastoli ADq1G’3AD pulsli
Bu yerda, Pulsli AD sist - diast.AD, ya'ni
120-80-40 mm sim. ust.demak:
Adsr-80Q40G’3-93 mm sim.ust.
Keyin jismoniy ahvol darajasi indeksi –x- 0,707 ni x diapazon bilan taqqoslab kuzatilayotgan shaxsning jismoniy ahvoli darajasini aniqlaymiz - o‘rtachadan yuqori «Student» lotinchadan tarjima qilganda «astoydil ishlovchi, bilimlarga chanqoq» ma'nosini anglatadi. Shuning uchun shunday ta'limni yaratish kerakki, u talabada sog‘lomlashtirishning u yoki bu vosita-larini egallashga zarurat, ehtiyoj uyg‘otsin. Bunga esa o‘z - o‘zini nazorat qilish va o‘z - o‘zini baholash usullari yordam berishi ma'lum.
Mustaqillikka o‘rgatish talabalarda umumta'lim bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish orqali ta'minlanadi.
Talabalarni mustaqillikka o‘rgatishning ayrim usullarini ochib berish va ularning mazmunini asoslab berishda to‘xtalib o‘tamiz. O‘z - o‘zini nazorat qilish va baholash normativli test-larni bajarishni nazarda tutadi. Jismoniy ahvolni baholashda sinalgan Kverg testi qo‘llaniladi.
L.A.Kalinina (1988) ishidagi yo‘nalish o‘ziga xos qiziqish uyg‘otadi. U jismoniy faollik ko‘rsatkichini hisoblab layoqatli-lik kategoriyasini aniqlashni taklif etadi.
5 ballik tezlikda tez-tez nafas olish, terlash bilan birga-likda kuzatiluvchi yuqori yuklamalar, 4 ballda ko‘chib turuvchi og‘ir yuklamalar (masalan, tennis o‘yinida), 3 ballda - og‘irligi bir me'yorda yuklamalar ( masalan, velosiped haydash), 2 ballda - o‘rtacha og‘irlik ( masalan, voleybol o‘ynaganda), 1 ballda - yengil yuklama-lar ( baliq tutish, sayr) baholanadi.
Jismoniy yuklamalar davomiyligini baholash quyidagicha: agar yuklama faoliyati 30 minutdan ortiq bo‘lsa - 4 ball; 20 miuntdan 30 minutgacha - 3 ball; 10 minutdan 20 minutgacha - 2 ball; 10 minutdan kam bo‘lsa - 1 ball.
Jismoniy yuklamalar chastotasi quyidagicha baholanadi: har kunlik yuklama - 5 ball; haftada 3 - 5 marta - 4 ball; haftada 1-2 marta - 3 ball; bir oyda 1 martadan kam -1 ball.
Endi tezlik ballini davomiylik balliga keyin uni jismo-niy yuklama chastotasi balliga ko‘paytiramiz. Hosil bo‘lgan son 40 dan kam bo‘lsa bu layoqatlilikning past kategoriyasi, hayot tarzi o‘tiruvchan (20 dan past) yoki jismoniy faolligi yetarlicha emas (20-40) hisoblanadi.
E.N.Vayner (2001) salomatlikni quyidagicha kompleks baho-lashni taklif etadi.
II. Mustaqil ishlar va vazifalar
1. Talabalar o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
2. Talabalarga valeologiyadan ta'lim berish jarayonini monitoringini tuzadilar.
Nazorat uchun savolllar:
1. Jismoniy yuklamalar davomiyligini baholash qay tarzda amalga oshiriladi?
2. Jismoniy yuklamalar chastotasi baholash qay tarzda amalga oshiriladi?
3. Individ va shaxs tushunchalari farqi.
7 - AMALIY MASHG`ULOT MAVZUSI
YURAK-QON TOMIRLAR TIZIMINING ISHINI TEKSHIRUVCHI FUNKSIONAL USULLAR.
2-soat
Amaliy mashg`ulot maqsadi: Bemorlarda yurakning ish chastotasini AG’B o`lchash, pulsni o`lchash bo`yicha amaliy ko`nikmalar xosil qilish.
Kerakli jihozlar. Fanendoskop, tanometr, EKG lentasi.
Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi. Talabalar bir-birlarida pulsni, arterial qon bosimini aniqlaydilar.
I. Qisqacha nazaariy ma`lumot
Yurakning asosiy ishi nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so`rib, arteriya qon tomirlariga o`tkazishdan iborat. YUrakning bu ishi uning bo`lmacha va qorinchalari orqali amalga oshadi. Bo`lmacha va qorinchalar muskullarining sistola, kengayishi diastola deb ataladi. YUrakning bo`lmacha va qorinchalarining bir marta qisqarib – bo`shashishi yurakning bir ish sikli deb ataladi. Katta odam tinch holatida yuragi bir minutda 70-72 marta qisqaradi va kengayadi, uning har bir qisqarib kengayishidan bitta puls hosil bo`ladi. Shunday qilib, yurak bir minutda 70-72 marta ish siklini bajaradi. Uning har bir sikliga 0,8 sekund sarflanadi. Jumladan yurakning ikkala bo`lmachasi bir vaqtda 0,1 sekund davomida qisqaradi, bu vaqtda ulardagi qon qorinchalarga o`tadi. So`ngra bo`lmalar 0,7 sekund davomida bo`shashadi. Bu vaqtda qorinchalar 0,3 sekund davomida qisqarib, o`ng qorinchadagi qon aortaga o`tadi. So`ngra qorinchalar bo`shashib 0,5sekund davomida tenizm holatiga o`tadi.
Arterial qon bosimini aniqlash.
Arterial bosimni o`lchayotganda bemor tinch o`tirishi yoki yotishi kerak. Bemorning yalang`ochlangan qo`liga tirsak bukimidan yuqoriroqda (2-3 sm) manjetkani siqmasdan u bilan teri orasiga bir barmoq sig`adigan qilib bog`lanadi. Qo`lni qulay vaziyatda kaft yuzasi yuqoriga qaratilgan holatda ushlab turiladi. Tirsak bukimining ichki yuzasidan yelka arteriyasi ustida tomir urishini paypaslab topib, ustiga fonendoskop boshchasi taqab qo`yiladi. Manjetkaga naycha orqali tutashtirilgan noksimon rezina balloncha orqali havo kiritiladi. Havo bir vaqtda manjetkaga va manometrga tushib bosim ostida manometrdagi prujinani qarshiligi kuchi bilan o`lchanib, bu kuch millimetrli bo`linmalari bor. Strelkalarga o`tadi va ularni harakatga keltiradi. Manjetkaga havo toki fonendoskop orqali quloqqa yurak tonlari (tovush) eshitilmaguncha asta- sekin yuboriladi. Keyin balloncha bo`g`izidagi ventilni bo`shatib havo chiqariladi. Manjetkadagi bosim arteriyadagi bosim miqdoriga yetsa, yurak tonlari eshitiladi. Manometrdagi raqamlar sistolik (maksimal) qon bosimni ko`rsatadi. Manjetkadagi bosimni pasayib borishi va eshitiladigan tonlar pasayib boradi va asta-sekin yo`qoladi. Bu diastolik (minimal) bosim bo`lib, manometrdagi raqamlar shu bosimni ifodalaydi.
Puls
Puls yoki tomirlar urishi deb, tomirlar devorining yurak haydaydigan qon harakati natijasida kelib chiqadigan turtkisimon tebranishlariga aytiladi. Pulsning xossalari uning chastotasi, ritmi, tarangligi va to`liqligi bilan belgilanadi. Puls chatotasi normada 1 daqiqada 60 dan 80 gacha o`zgarib turadi. Puls chastotasi yoshga, jinsga, tana va tashqi muhit haroratiga, shuningdek jismoniy harakatga bog`liq.
Ayollar pulsi erkaklarnikiga nisbatan tezdir.
Puls arterial yuza joylashgan sohalarda aniqlanadi. Pulsni paypaslab tekshirish uchun qulay tomir bilak arteriyasidir. Pulsni chakka arteriyalarida, uyqu va son arteriyalarida ham sanash mumkin. Puls odatda bilakning kaft yuzasida, 1 barmoq asosida, bilak arteriyasida aniqlanadi. Bemor panjasining o`ng qo`l bilan panja bukish sohasida bo`shgina ushlanadi va o`ng qo`l tekshiriluvchining yurak sathiga qo`yiladi. Bunda 1 barmoqni tirsak tomoniga, II, III va IY barmoqlarni esa bilak tomoniga bevosita bilak arteriyasiga qo`yiladi, barmoq ostida pulsatsiya seziladi. Tekshiruvchining IY barmog`i bemorning Y barmog`i ro`parasida turishi kerak. Arteriyani uchchala barmoq bilan paypaslab, bilak suyagining ichki tomoniga bosiladi.
Pulsni sanash bir daqiqa ichida o`tkaziladi.
Pulsni tezlashuvi taxikardiya, sekinlashishi bradikardiya deyiladi.
Puls to`g`risidagi ma’lumotlar harorat varaqasiga qayd qilinadi.
Yurak biatoklari
Boshqa hujayra va to`qimalarga bo`lgani singari, yurak muskullarida ham biologik tok (biotok) bo`ladi. YUrak biotoki elektrokardiograf yordamida maxsus lentaga yozib olinadi va o`rganiladi. Lentaga yozib olingan biotoklar elektrokardiogramma (EKG) deb ataladi.
YUrakning har bir siklida, ya’ni bir marta qisqarib kengayganida lentaga elektrokardiogrammaning 5 ta tishi hosil bo`ladi va ular quyidagi xabarlar bilan belgilanadi: PQRST. Elektrokardiogrammaning P tishi bo`lmachalar muskullarining qo`zg`alishidan qolgan QRST tishlari qorinchalar muskulining qo`zg`alishidan hosil bo`ladi.
II. Mustaqil ish va vazifalar
1. Talabalar kerakli ma’lumotlarni, o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
2. Biotexnik tizimlar haqida o`z tushunchalarini mustaqil ish sifatida qayd etadilar.
Nazorat uchun savollar
1. YUrak bir minutda necha mm ish siklini bajaradi?
2. AG’B ni o`lchash qoidasi haqida tushuncha bering?
3. Puls chastotasi nimalarga bog`liq?
4. AG’B ni o`lchash bo`yicha amaliy ko`nikma hosil qiling va dars mobaynida ko`rsatib bering?
5.
8 -AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: SALOMATLIKNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. IRSIYAT VA SALOMATLIK. YAQIN QARINDOSHLAR ORASIDAGI NIKOXLAR.
2-soat
Amaliy mashgulot maqsadi: Talabalarning jismoniy rivojlanishini boshqarish. Talabalarni jismoniy rivojlantirish jarayonida pedagogik nazorat. Genotip va fenotip haqida, irsiy kasalliklar va ularning oldini olish, yaqin qarindoshlar orasidagi nikohning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar olish hamda amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.
I. Qisqacha nazariy ma`lumot
Organizmdagi barcha irsiy ma’lumotlar – xromasomalar va sitoplazmadagi genning hammasi hujayra genotipi deb ataladi.
Genotip organizmdagi tur va individga xos barcha irsiy xususiyatlarni rivojlanish dasturini o`zida mujasssamlashtiradi.
Organizmdagi barcha ichki va tashqi belgilar yig`indisi fenotip deyiladi.
Kengroq ma’noda – tirik zot genotipining tashqi muhit bilan o`zaro ta’siri natijasida, shu organizmning o`sishi va rivojlanishi jarayonida tashqi va bioximiyaviy xususiyat hamda belgilar shakllanadi, ularning yig`indisi esa fenotip deb ataladi.
Tirik mavjudotga tashqi sharoit omillari o`z ta’sirini o`tkazsada, lekin ularning fenotipini hammadan ko`proq genotip belgilaydi.
Irsiy kasalliklarning kelib chiqishi ularning o`ziga xosligi XX asrdan boshlab irsiyat va o`zgaruvchanlik haqidagi fan – genetika rivojlangandan keyin o`rganila boshlandi.
Irsiyat – tirik organizmga xos barcha fiziologik xususiyatlar tana tuzilishi, moddalar almashinuvi, o`zgaruvchanlik, kasalliklarga monelik va boshqa belgilarni nasldan-naslga o`tkazib berishdan iborat.
Irsiy kasalliklar turlicha kechadi, ba’zilari yengil yoki haddan tashqari og`ir o`tadi.
Irsiy kasalliklarning quyidagi turlari farq qilinadi:
Xromasoma kasalliklari
Moddalar almashinuvi
Immunitetning o`zgarishiga aloqador
Endokrin sistema faoliyatiga bog`liq
Buyrak faoliyatining buzilishiga aloqador.
Asab sistemasiga aloqador irsiy kasalliklar.
Daun kasalligi
Xromasoma kasalliklari.
Daun kasalligini 1860 yilda Langdon Daun ta’riflab bergan. Bu kasallikda yangi tug`ilgan har 700-900 bolaga bir bemor to`g`ri keladi. Daun kasalligiga hamisha xromasomalar to`plamining anomaliyalari sabab bo`ladi, ya’ni 21- xromasoma trisomiyasi, goho 15F21 yoki 15 F 22 xildagi translokatsiyasi. Bu kasalliklarda urug`langan tuxum hujayrada 46 ta o`rniga 47 ta xromasoma bo`ladi.
Bu kasallikda bemorning tashqi ko`rinishi o`ziga xos bo`ladi:
Bolaning kallasi yapaloq, orqa tomoni yassi, chakka suyaklari oldinga chiqqan. Burni kichik, uning asosi esa keng, uchi yassi bo`ladi. Bundan tashqari ko`zi qiyshiq, quloq suprasi kichik, bemorning og`zi yarim ochiq, tili qalin va kalta, uning chuqur va ko`ndalang chiziqlari bo`ladi. Keyinchalik borib bolaning tishlari noto`g`ri o`sishi, tanglayning o`ta chuqur bo`lishi kabi belgilar ko`zga tashlanadi. Bola qo`llarining barmoqlari kalta, jimjiloqlarining tashqi tomonga qarab qiyshayganligi, kaftni to`liq kesib o`tuvchi ko`ndalang chiziq bo`lishi ham xos belgilardir. Bunday bemorlarning mushaklari, paylari ham tarang emas, shuning uchun ularning bo`g`imlari o`ta harakatchan bo`ladi. Daun kasalligining asosiy belgilaridan biri aqliy zaiflik hisoblanadi. Ko`pchilik bolalarda yurak poroklari ko`proq uchraydi, ular har xil yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo`ladi.
Shereshevskiy – Terner sindromi.
Shereshevskiy – Terner sindromi shu kasallikni ta’riflab bergan olimlar nomi bilan atalib, chaqaloq qizchalarning o`rtacha 3000 tasidan 1 tasida kuzatiladi. Bu kasallikda kariotip 45 XO, ya’ni monosomiya X kuzatiladi.
Bu kasallikda jinsiy bezlar mutloqo rivojlanmagan bo`ladi, uning o`rnini biriktiruvchi to`qima egallaganligi kuzatiladi. Fenotipik jihatdan ular ayol qiyofasiga ega. Shu bilan birga ayollarning bo`yi past bo`lib, ayni vaqtda ularda chala rivojlanishning bir talay alomatlari ko`zga tashlanadi. Bunday bemorlar farzand qoldirishga qobiliyatsizdir.
Kleyinfelter sindromi
Bemorlarga tuxumdonning, tashqi jinsiy a’zolarining rivojlanmaganligi, ko`krak bezlarining kattalashuvi (genekomastiya) va siydik follikulalar hosil bo`lishini kuchaytiruvchi garmonning kuchayishi bilan kechuvchi bu sindromni 1942 yilda Kleyinfelter aniqlab bergan. Bu sindrom yangi tug`ilgan o`g`il bolalarning har 400 tasidan 1 tasida, aqliy jihatdan zaif bolalar orasida esa 1-2 % hollarda uchraydi. Bemor bolada kariotip odatdagi 46 ta o`rniga 47 ta bo`lib, jinsiy xromasomalar esa XU o`rniga XXU – ko`rinishida bo`ladi. Bunday bemorlar baland bo`yli, ozg`in, ko`krak qafaslari tor, ko`krak bezlari kattalashgan, tuxumlari yorg`oqqa tushmagan (kriptorxizm) holda bo`ladi. Ular janjalkash, sirkasi suv ko`tarmaydigan bo`ladi. Uchta va undan ortiq X- xromasomalarga ega bo`lgan ayollar aqliy jihatdan orqada qoladi, shuningdek ularning jinsiy sohasi ham uncha rivojlanmagan bo`ladi.
Moddalar almashinuvining irsiy kasalliklari
Organizmda kechadigan har bir biokimyoviy jarayon maxsus ferment tomonidan ta’minlanadi va har bir fermentning miqdori hamda faollik darajasi alohida gen tomonidan boshqarib turiladi. Ana shu genlarning o`zgarishi (mutatsiyasi) organizmda xilma-xil moddalar almashinuvining buzilishiga sabab bo`ladi. Bu o`zgarishlar ma’lum fermentlarning hosil bo`lish jarayoni yoki ular faoliyatining o`zgarishi orqali namoyon bo`lgani tufayli bu holatlar enzimopatiyalar deb yuritiladi.
Fenilketonuriya – fenilalanin aminokislotasining almashinuvini ta’minlovchi fenilalaninoksidaza fermentining yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Bu kasallik 1934 yilda Felling tomonidan ta’riflab berilgan va Felling kasalligi deb yuritiladi.
Fenilketonturiya - kasalligida fenilalaninoksidaza fermentining sintezini boshqaruvi genning mutatsiyasi tufayli ishlab chiqarilmaydi va fenilalanin oksidlanib tirozinga aylanish jarayoni buziladi, natijada uning qonda to`planib qolishi kuzatiladi.
Kasallik autosom – resessiv yo`l bilan nasldan naslga o`tadi. Bemor bolalarda pigment almashinuvi (melanin hosil bo`lishi) buzilishi tufayli ularning terisi oqish tusli, sochlari sarg`ish, ko`zning oq pardasi ko`kimtir rangda bo`ladi. Kasallik belgilari bola hayotining birinchi yilidayoq ko`zga tashlanadi: bola jismonan sekin o`sadi, aqlan rivojlanmaydi, kallasi ham odatdagidan kichikroq bo`lib, 50 % bolalar tutqanoqli bo`lishadi. Ba’zi bolalar yura olmaydi, aqli o`ta past bo`ladi, ular mayda – mayda qadam bilan chayqalib tez-tez sudralib yurishadi, qon va siydikda fenilalanin miqdori oshib ketadi.
Irsiy kasalliklarning oldini olish
Irsiy kasalliklarga qarshi kurashda profilaktika yetakchi o`rinni egallaydi. Profilaktik tadbirlarni turli yo`nalishlarda o`tkazish mumkin. Mutatsiya jarayonining konkret mexanizmlarini o`rganish radiatsiya darajasi va har xil mutagenlar ta’siri ustidan nazorat o`rnatish profilaktik tadbirlar jumlasiga kiradi. Hozirgi vaqtda tibbiy – genetik konsultatsiyalar o`tkazish irsiy kasalliklarning oldini olishda juda muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda maxsus tibbiy- genetik konsultatsiyalar yo`lga qo`yilgan yoki yirik davolash – profilaktika birlashmalari qoshida tibbiy- genetik kabinetlar ochilgan bo`lib, ularda sitologik, biokimyoviy, immunologik tekshirishlarning maxsus metodlarini qo`llash imkoniyatlari mavjud. Prenatal diagnostikani irsiy kasalliklarning oldini olishda istiqbolli usullardan deb hisoblash mumkin. Irsiy nuqsonli bola tug`ilishi gumon qilinganda homiladorlikning 14-16 haftasiga borib amniosentez o`tkaziladi va qog`onoq suyuqligidan ma’lum miqdorda olinadi. Bu suyuqlikda homila epiteliyining qobiqdan tozalangan hujayralari bo`ladi. Bu materialni tekshirish bola tug`ilmasdanoq irsiy nuqson bor - yo`qligini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi vaqtda bu metod yordamida moddalar almashinuvi bilan bog`liq 50 dan ortiq irsiy kasallik hamda barcha xromosoma kasalliklarini aniqlash mumkin.
Genealogiya – yunoncha genea – urug`dosh degan ma’noni anglatadi. Geneologiya, nasabnoma, shajara- kishilarningkelib chiqishi, ajdodlari, qon – qarindoshlik aloqalari majmui. Ingliz antropologi F. Geliton XX asr oxirlarida odamdagi turli belgilar ( jumladan kasalliklar) ning nasldan naslga o`tish qonuniyatlarini aniqlash uchun avlodlar shajarasini tuzishni taklif etdi. Bu geneologik mitoz deb atalib , odam genetikasini o`rganishda asosiy metodlardan biri hisoblanadi. Irsiyatni bu yo`l bilan o`rganish irsiy kasalliklarni aniqlash va oldini olishga yordam beradi. Bu metod shartli ravishda 2 bosqichga bo`linadi: avlodlar shajarasini tuzish va uni genetik analiz qilish.
Yaqin qarindosh- urug`lar bilan nikohda bo`lganlar, qonlaridan rezus faktorlar bir-biriga mos kelmaydigan er- xotinlar, ketma-ket bola tashlagan yoki chaqalog`i o`lik tug`ilgan ayollardan irsiy nuqsonga ega zurriyot dunyoga kelish xavfi bor, shuning uchun ular medio-genetik konsultatsiyadan o`tishlari kerak. Hozirgi vaqtda bolalarning o`lik tug`ilishi va o`z-o`zidan bola tushishida xromasoma anomaliyalarining muhim rol o`ynashi isbotlab berilgan.
Bo`lg`usi zurriyotning kasallikka yuqish uni yuzaga keltiradigan irsiy sabab qay darajada kuchli ekanligiga bog`liq. Patalogik gen dominantlik holatiga o`tganda 50 % bolalar kasal tug`iladi.
Mustaqil ish va vazifalar
1.Talabalar o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
2. Irsiy kasalliklarning oldini olish choralari haqida mustaqill ish yozadilar.
Nazorat uchun savollar
1. 1. Genotip va fenotip haqida tushuncha bering?
2. Irsiy kasalliklarga qaysi kasalliklar kiradi?
3. Daun kasalligi haqida tushuncha bering?
4. Daun kasalligining klinik belgilarini aytib bering?
5. Irsiy kasalliklarning oldini olish choralarini ayting?
6. YAqin qarindoshlar orasidagi nikohlarning salbiy oqibatlarini ayting?
9-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: JISMONIY AHVOL MA'LUMOTLARNI BAHOLASH METODIKASI.
2-soat
Amaliy mashgulot maqsadi: Tormozlanish va qo‘zg‘alish o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning buzilishi turli asab kasalliklarga olib kelishi to‘g‘risida tushuncha hosil qilish.
Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.
I. Qisqacha nazariy ma`lumot
Psixologlar B.M.Teplov (1963), V.D.Nebo‘litsin (1966), I.P.Pavlov tadqiqotlarini davom ettirishdi. Shunday qilib yangi xususiyatlar, masalan, asab jarayonlarining dinamikligi - ijobiy-shartli aloqalar (qo‘zg‘alish dinamikligi) va salbiy aloqalar (tormozlanish dinamikligi)ni ishlab chiqish tezligi va osonli-gini belgilab beruvchi xususiyat kashf etildi. Asab jarayonlari-ning mobilligi - qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi jarayonlarning paydo bo‘lish tezligini belgilab beruvchi boshqa yangi xususiyatdir.
Tormozlanish va qo‘zg‘alish o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning buzilishi turli asab kasalliklarga olib kelishi ma'lum.
Temperamentning asab tizimi xususiyatlariga bog‘liqligi quyidagicha namoyon bo‘ladi: insonda asab tizimining bitta fiziologik xususiyati qanchalik ko‘p namoyon bo‘lsa, temperament mutanosib xususiyati shunchalik kam (yoki,aksincha, ko‘p) ifoda etiladi. Insonda qo‘zg‘alish jarayoni qanchalik kuchsiz bo‘lsa, e'tiborning chalg‘ishi kuchli bo‘ladi, keskin vaziyatning salbiy ta'siriga qarshiligi shunchalik past bo‘ladi – bu temperamentning asab tizimi xususiyatlariga to‘g‘richiziqli bog‘liqligi. Tempera-mentning asab tizimi xususiyatlariga egri chiziqli bog‘liqligi ham mavjud. Qo‘zg‘alish jarayoni kuchining oshishi ma'lum darajaga etgandan so‘ng emotsional qo‘zg‘alish kamaya boshlaydi . qo‘zg‘alish jarayoni kuchi oshaverishi bilan emotsional qo‘zg‘alish osha boshlaydi. Temperamentning asab tizimi tipiga bog‘liqligi ko‘p qiymatli bo‘lishi ham mumkin, ya'ni asab tizimining bitta xususiyatiga temperamentning bir necha turli xususiyatlari bog‘liq bo‘lishi va, aksincha, temperamentning bitta xususiyati asab tizimining birnecha xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin
Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash
T-sxema.
T-sxema dars davomida universal grafik vosita bo‘lib xizmat qiladi.
T-sxema texnologiyasi juda sodda. Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan so‘ng quyidagi ko‘rinishdagi T-sxemani tuzish kerak.
T-sxema texnologiyasining jadvali
Tarafdor |
Muammo |
Qarshi |
|
|
Besh minutdan so‘ng sxemaning chap tomonini to‘ldirish lozim. Unda o‘quvchilar belgilangan vaqt davomida mavzuga oid qancha fikrlar o‘ylab topishgan bo‘lsa, shuncha fikrlar ko‘rsatiladi. Keyingi belgilangan vaqt davomida o‘quvchilar sxemaning o‘ng tomonini to‘ldiradilar. Va nihoyat, yana shuncha vaqt mobaynida o‘quvchilar o‘zlarining T–sxemalarini boshqa juftlikning T–sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar.
II. Mustaqil ish va vazifalar
1.Talabalar o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
2. Irsiy kasalliklarning oldini olish choralari haqida mustaqill ish yozadilar.
Nazorat uchun savollar
1. Nafas harakatlari chastotasi normada qancha, nimalarga bog`liq bo`lishini aytib bering?
2.Nafas harakatlari chastotasi qanday aniqlanadi?
3. O`pkaning tiriklik sig`imi deb nimaga aytiladi?
4.Jismoniy tarbiya va sport o`pkalarning tiriklik sig`imiga qanday ta’sir ko`rsatadi?
5.O`pkalarning tiriklik sig`imi qanday usullar bilan aniqlanadi?
10-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: ZARARLI ODATLAR SALOMATLIKNING BUZG`UNCHILARIDIR: CHEKISHNING ODAM ORGANIZMIGA SALBIY TA’SIRI
2-soat
Amaliy mashgulot maqsadi: Zararli odatlar ta’rifi. Chekishning odam organizmiga salbiy ta’siri. Chekishning asoratlari to`g`risida ma’lumotlar oladilar va undan xulosa chiqaradilar.
Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.
I. Qisqacha nazariy ma`lumot
Chekishning bolalar va o`smirlar orasida keng tarqalib borayotgani juda achinarli holdir.
Bizning mamlakatimizda ham tamaki va nos chekuvchilar soni kundan kunga ortib bormoqda. Azaldan bizning ajdodlarimiz nos chekishni o`zlariga odat qilib olganlar. Bu zararli odat hozir ham saqlanib qolgan. O`zbekistonda ayollarning 12 foizi, erkaklarning 40 foizi tamaki chekadi.
Hozirgi kunda sayyoramizda erkaklarning 60 foizi, ayollarning 20 foizi chekadi.
Insoniyat har sekundda 300 mingdan ziyod dona sigaret chekadi.
Tamaki tarkibida turli xil zaharli kimyoviy va kanserogen moddalar bor. 1809 yilda tamaki bargidan nikotin moddasi ajratib olingan. Tutab turgan sigaretning harorati 300 gradus bo`lib, o`sha tutunda 4 mingdan ortiq kimyoviy birikmalar mavjud, shu jumladan 40 xil kanserogen (rak kasalini chaqiruvchi) moddalar bor. Tamaki tutunining komponentlariga dioksid uglevod, uglerod oksid (is gazi), vodorod sianid, ammoniy, izopiren, atsetaldegid, akrolein, nitrobenzol, atseton, vodorod sulfid, sinil kislota va boshqalar kiradi. Bundan tashqari, tamaki tutunida qattiq zarrachalar, nikotin, suv, smola kabilar ham bor.
Tamaki smolasi o`z tarkibida politsiklik aromat uglevodorodlar, nitrozoaminlar, aromatik aminlar, izoprenoid, piren, benzopiren, xrizen, antratsen, flyuratin, oddiy va murakkab fenolfenal, kaliy, qo`rg`oshin, paloniy radioaktiv birikmalarini saqlaydi.
Tamakini turli xil xalq turlicha iste’mol qiladilar, ayrimlari hidlaydilar, ba’zilari chaynaydilar, boshqalari chekadilar.
Oz miqdorda nikotin markaziy nerv sistemasi hujayralarini qo`zg`atadi, bu tomir urishini va nafas olishni tezlashtiradi. 20-25 dona sigaret bir vaqtda birdan chekilsa insonni o`limga olib keladi.
Tamaki chekilganda tamaki tarkibidagi ammiak, nikotin, uglerod (I)- oksid, rak rivojlanishiga olib keladigan uglevodorod, benzipiren, poloniy radioaktiv elementlari qonga so`riladi. Kashanda bir kunda o`rtacha 20 dona sigaret cheksa, 30 yil mobaynida 200 ming dona chekadi, bu 160 kg tamaki bo`lib, 80 kg nikotinni tashkil etadi, ya’ni o`ldiradigan dozaning bittasini yoki bundan ko`prog`ini qabul qilar ekan, o`lib qolmasligining sababi, nikotinning organizmga kam-kam miqdorda tushib turishidir.
Nikotin o`pkadan qonga o`tib oldin markaziy nerv sistemasiga ta’sir qiladi. Uning ta’sirida buyrak usti bezi qonga ko`p miqdorda adrenalin ishlab chiqaradi, bu modda arteriya tomirlarining torayishiga, keyin xafaqon (gipertoniya) kasaliga, kapillyarlarning tirishib, torayib qolishiga sabab bo`ladi. Nikotin yurak muskullari uchun juda xavfli bo`lib, ishemiya avj oladi, u o`z navbatida miokard infarktiga olib keladi. Shuningdek ateroskleroz va erkak mijozi susayishi (impotensiya) ga ham olib kelishi mumkin. Odam har bir dona sigaret chekkanda organizmida bitta apelsin tarkibida bo`ladigan miqdorda vitamin S parchalanib ketadi. Nikotin odamning so`lagida eriydi, gastrit, oshqozon yarasi, lab, qizilo`ngach raki kasalligining 30 foizi, Bazedov kasalligining 30 foizi, shuningdek bronxit, ayollarda bola tashlash kabi hollar uchrab turadi. Odam kuniga bir qutidan sigaret cheksa, umri 8 yilga, ikki qutidan cheksa, 15 yilga qisqarishi hisoblab chiqilgan.
Kashandalarda asta-sekin nikotin sindromi shakllanadi va u uch bosqichdan iborat:
Birinchi bosqich – ruhan bog`lanish. Odamning asta-sekin ko`proq sigaret chekishga ko`ngli ketaveradi, bu 1-5 yil davom etadi.
Ikkinchi bosqich – chekishga ko`nikib qolish. Bunda tez-tez boshqalardan ajralib turish, tengdoshlariga ko`z-ko`z qilish sigareta markasini, o`z sharoitini baholash, maqtanish uchun chekadi. Kashandalarda bronxit, qorin, yurak og`rig`i paydo bo`ladi. Tajang bo`lib qoladi. Bu 5-15 yil davom etadi.
Uchinchi bosqich – haqiqiy kashandalik.
Bunda odam o`z-o`zidan chekaveradi, doim boshi og`rib turadi, xotira pasayadi, serjahl bo`lib, kayfi xiralashadi, surunkali yo`taladi, bu alomatlar rak kasalligining boshlanishidan dalolat beradi.
II. Mustaqil ish va vazifalar
1.Talabalar o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
2. Irsiy kasalliklarning oldini olish choralari haqida mustaqill ish yozadilar.
Nazorat uchun savollar
1. Zararli odatlarga nimalar kiradi?
2. Chekishning odam organizmiga salbiy ta’sirini ayting?
3. Kashandalarga nikotin sindromi qanday shakllanadi va necha bosqichdan iborat?
4. Chekishning asoratlarini ayting?
11 -AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: GIYOHVANDLIK HAQIDA TUSHUNCHA, TURLARI VA INSON ORGANIZMIGA SALBIY TA’SIRI.
2-soat
Amaliy mashgulot maqsadi: Giyohvandlik uning turlari, organizmiga ta’siri va zarari haqida tushunchalar oladilar va undan xulosalar chiqaradilar.
Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib, mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.
I. Qisqacha nazariy ma`lumot
Giyohvandlik (narkomaniya) – odamning o`z xoxish irodasi bilan biror bir narkotik moddani surunkali ravishda iste’mol qilish natijasida unga o`rganib, bog`lanib qolishdir, ya’ni giyohvand modda bilan o`zini telba, karaxt qilishdir. Bu kasallik inson shaxsiyatini pasaytirib majruxlik (invalid) ka olib keladi, salomatligiga putur yetkazadi, oila va jamiyat uchun yaroqsiz kimsaga aylantiradi, oxir-oqibatda halokatga yuz tutadi.
Giyohvandlik sekin - asta bosqichma-bosqich rivojlanadi.
Dastlab odamda o`rganib qolish ( adaptatsiya) bosqichi paydo bo`lib, bunda organizm reaktivligi va qarshilik kuchi o`zgarib, immunitet (himoya qobiliyati) pasayib boradi, ruhiy qaramlik rivojlanadi. Uning fikru-hayoli giyohvand modda bilan bog`lanib qoladi, tez-tez iste’mol qilgisi kelaveradi.
Keyinchalik odamda jismoniy qaramlik paydo bo`lib, abstinent (xumorilik) sindromi boshlanadi natijada odam narkotik qabul qilishga majbur bo`ladi. Organizmdagi barcha organ va sistemalarning faoliyati buziladi, turli kasalliklar yuzaga keladi.
Odam qancha ko`p miqdorda dori iste’mol qilgani bilan qanoatlanmaydi ya’ni tolerantlik o`zgaradi va yana xumor qilaveradi, u giyohvandlik kasalligiga mubtalo bo`ladi.
Giyohvand moddalarning turlariga qarab, odamda giyohvandlik turli ko`rinishlarda namoyon bo`ladi.
Nashavandalik
Nasha qadimgi giyohvand moddalardan biri hisoblanadi. Nasha kanop o`simligidan olinadi. U maxsus hidga ega bo`lgan modda. Tarkibidagi giyohvand ta’sirga ega bo`lgan modda 1964 yilda ajratib olingan bo`lib, sintez qilingan modda 9- tetragidrokannabiol deb ataladi. Nasha tabobatda qo`llanilmaydi. Uni yashirincha yo`llar bilan nasha changini yig`ish yo`li bilan olinadi.
Nashani turlicha iste’mol qilish mumkin. Shu jumladan chaynash, chekish, ichimlik tayyorlab ichish va hokazo. Birinchi marta chekilganda ko`ngil aynishi, og`iz achishi, so`lak ajralishi, yengil bosh aylanishi hollari kelib chiqadi.
Bunga qaramasdan chekish davom ettirilaversa, bu holatlar o`tib ketadi va o`rnini tashna bo`lish, ochlik hamda shilliq pardalarning qurishi egallaydi. So`ngra badanga issiqlik yuguradi va butun tanaga yoyiladi. yengil tortish, ko`p kuladi, sal harakatlanish, gavda holatini biroz o`zgartirish to`xtovsiz kulgiga sabab bo`ladi ya’ni eyforiya holati paydo bo`ladi. Fikrlash sur’ati tezlashadi. So`zlar, ko`p gaplar tartibsiz, lekin aniq bir fikrni ifodalamaydi. Atrofdagilar bilan muloqotni yo`qotadi, ularning u bilan xursandchilik qilmayotganligidan ajablanadi, goh jahldor, goh xushchaqchaq holat- ekzaltatsiyaga olib keladi. Turli fantaziyalar va illyuziyalar paydo bo`ladi.
Ovozlar kuchli jarangdor bo`lib eshitiladi. Bularning hammasi nasha mastligining birinchi qo`zg`alish fazasida sodir bo`ladi.
Ikkinchi faza tushkunlikka tushish fazasi bo`lib, ranglar hira ko`rinadi, illyuziya va fantaziyalar yo`qoladi, fikrlash tormozlanadi, qo`rquv paydo bo`ladi, kayfiyat yomonlashadi.
Nasha mastligining belgilari qabul qilingan narkotikning miqdoriga, soniga, kishining oliy nerv faoliyatiga bog`liq bo`lib, undan o`tkir mast bo`lish bir soatgacha davom etadi va og`ir uyqu, behollik bilan davom etadi.
Nashani ko`proq iste’mol qilish, es-hushning aynishi, ko`rish, eshitish gallyutsinatsiyalari, vasvasa g`oyalari hamda kekin qo`zg`alish bilan yuzaga chiqadi, bu vaqtda inson hech narsadan qaytmaydi va juda og`ir jinoyatlar sodir etishi mumkin, 2-6 oy muntazam nasha qabul qiluvchilarda psixasteniya, xotira pasayishi, atrofdagi yaqinlari va do`stlariga nisbatan qiziqishi hamda ular bilan muloqotini yo`qotish holatlari kelib chiqadi.
Morfinizm
Ushbu guruhga opiy va uning preparatlari – pantopon, omnopon, peregorik, laudonon, pektol, opionon kabi 20 ga yaqin alkoloidlar hamda opiy hosilalari – morfin, kodein, tebain, geroin, duonin, papaverin, narkoten shuningdek fenadol va promedol ham kiradi.
Morfin tipidagi narkotiklar ko`knoridan olinadi. Uni ichish, teri ostiga, vena ichiga yuborish yoki chekish orqali qabul qilinadi. O`limga olib keladigan sof dozasi 0,3-0,5 g.
Morfindan o`tkir zaharlanish natijasida kuchli qo`zg`alishlar yuzaga keladi. Bu eyforiya (kayfi safolik) deb ataladi. Ayni vaqtda og`iz qurib, tanaga issiqlik yugurganday bo`ladi, odam bo`shashadi, boshi og`riydi, terlaydi. Siydik ko`p ajraladi. YUrak va nafas ritmi buziladi.
Es-xush o`zgaradi. Ko`karish, qonli ich ketish, teri qichishishi, toshmalar toshishi, yuzi ko`karib qizarishi kuzatiladi, so`ngra mudroq bosib chuqur uyquga ketadi.
Narkotikni qabul qilgandan keyin beg`amlik, xotirjamlik, eyforiya (hamma narsadan mamnunlik), ba’zan illyuziya kuzatiladi. 30-40 minutdan keyin eyforiya o`rnini mudroq bosadi.
Morfinga bo`lgan abstinensiya (xumorlik) uni oxirgi marta qabul qilgandan keyin bir necha soat o`tib boshlanadi va 5-7 kun davom etadi. Bu paytda terlash, ko`z yoshi oqishi, burundan suv kelishi, qaltirash, ko`ngil aynishi, qusish, harorat ko`tarilishi, nafas tezlashishi, muskullar og`rishi, organizmda suvsizlanish kabi holatlar paydo bo`lib, hatto o`lib qolish hollari uchrashi mumkin.
Kokainizm
Bunga asosan kokaindan o`tkir va surunkali zaharlanish hollari kiradi.
O`tkir zaharlanish – yuz oqarishi, umumiy behollik, bosh aylanishi, yurak o`ynashi, tomirlarning noto`g`ri urishi bilan ifodalanadi, keyinchalik qon aylanishi buziladi hamda nafas markazi falajlanishi oqibatida bemor halok bo`ladi.
Surunkali zaharlanish – kokain preparatini uzoq vaqt qabul qilish oqibatida yuzaga keladi.
Uning dastlabki dozalarini qabul qilganda yengilgina bosh aylanishi, salgina bosh og`rishi sodir bo`lib, tez orada aqliy faoliyatning kuchayishi va kayfiyatning yoqimli tus olishi bilan almashinadi. Bu 2 soat davom etadi. So`ng holsizlik, loqaydlik, tushkunlik, illyuziya, gallyutsinatsiya (ko`ziga har xil yo`q narsalarning ko`rinishi) va qo`rquvlar bilan kechadi. Kokainga odam tez o`rganadi. Odamda gumonsirash, shubhalanish, ishtaha pasayishi holatlari hamda rashk o`ti paydo bo`ladi.
Organizmdagi reaktivlik pasayib yuqumli kasallikka moyillik ortadi, chipqonlar chiqadi, ilgarigi surunkali kasalliklar qaytalanadi. Tolerantlik paydo bo`ladi.
Uyqu dorilarini qabul qilish oqibatida ham giyohvandlik kelib chiqishi mumkin. Uyqu dorilariga: barbituratlar guruhiga kiruvchi preparatlar (veronal, medional, lyuminal, barbamil, nembutal, siklobarbital, geksobarbital), piradin preparatlaridan (tetradin, noksiron, ortonal) kiradi. Bu dorilarni o`zboshimchalik bilan yoki shifokor ko`rsatmasini buzib, uzoq muddat qabul qilishi natijasida giyohvandlik rivojlanadi. Bunday giyohvandlar o`ta ta’sirchan, jizzaki, asabiy va xotirasi pasaygan bo`ladi. Terisi, qo`l-oyoqlari, og`zining shilliq qavatida turli xil toshmalar toshadi. Uyqu dorisini 3-4 kun ichmay qo`ygandan so`ng bemorda abstinent (xumorilik) holati yuzaga keladi. Bemorda uyqusizlik, umumiy quvvatsizlik, bosh aylanish, qusish, ko`ngil aynishi holatlari kuzatiladi. Dorini suiste’mol qilinsa, “ensefalopatiya” (bosh miyaning zararlanishi) va epilepsiya kelib chiqishi mumkin. Bemorlar qo`pol, badjahl, rahmsiz bo`ladilar va ularda 6 oydan so`ng psixoz vujudga kelishi mumkin.
Toksikomaniya
Toksikomaniya – bu o`tkir hidli narsaga organizmning moyilligi bo`lib, yoshlar orasida ko`plab uchrab turadi. Aslida “toksin” “zaharli modda” degan ma’noni anglatadi.
Toksikomaniya ximiyaviy va biologik toksik moddalar, benzin, tamaki, atseton, bo`yoq hidlariga organizmning moyilligi ortishi bilan ifodalanadi. Toksikomanlar eyforiya (kayfi chog`lik, komfort), yomon kayfiyatni yaxshilash va diskomfortni tarqatish uchun zaharli moddalarga o`rganib qoladilar.
Toksik moddalar yuridik jihatdan narkotik preparatlarga kirmaydi, lekin unga odam o`rganib qoladi.
Toksik preparatlar guruhiga:
a. Psixoleptik (seduksen, elenium, tazepam, triokzasin, meprobomat va boshqalar).
b. Psixoanaleptik (sidnofen, atsefen va boshqalar).
v. Boshqa stimulyatorlarga (fenamin, benzidrin, kofe, choy) kiradi.
Ko`pincha nerv sistemasining qo`zg`aluvchanligini oshirish, uyquni qochirish uchun fenamin yoki benzidrin preparatlarini qabul qilish natijasida toksikomaniya rivojlanadi. Bu preparatlarni tez-tez qabul qilish oqibatida,odam ularga o`rganib qoladi. Kayfiyatini yaxshilash uchun bu preparatlarni qabul qilgisi kelaveradi. Ba’zan odam kofe yoki achchiq choy ichib toksikoman bo`lib qolishi mumkin. Achchiq choy (chefir) yoki kofe ichmasa uyqusizlik, bosh og`rig`i, qo`rqinchli tushlar ko`rish, qaltirash holatlari sodir bo`ladi.
Achchiq choy yoki kofeni achchiq qilib damlab ichsa 3-40 daqiqa o`tgach “mast bo`lish”, uyquchanlikning ortishi kuzatiladi. Bazan odamda ish qobiliyatining kuchayishi, charchoqlik yo`qolishi seziladi. Chefirni surunkali qabul qilish, uyqu, psixikaning buzilishi, qiziqishning kamayishiga olib keladi.
Abstinent sindrom (xumorlik) – toksik moddani ichmay qo`ygandan keyin 20-24 soat o`tgach yuzaga keladi va 3-4 kun davom etadi. Odamda bu holat uyquning buzilishi, holsizlik, bosh aylanishi, ko`ngil aynishi, qusish, arterial bosimning tushib ketishi, tutqanoqlar yuzaga kelishi bilan kechadi.
Kofein toksikomaniyasi (chefir, kofe) katta doza qabul qilgandan keyin bir soat davomida kayfiyatning ko`tarilishi bilan kechadi. Bu moddalarni surunkali iste’mol qilgan kishilarda toksikomaniya rivojlanadi.
Achchiq qilib damlangan choy (chefir)ning o`rtacha dozasi fikrlashning yengillashishiga olib keladi. Domiy iste’mol qilish esa o`zini tuta olmaslik, to`lqinlanib ketish bilan kechadi, bunda abstinensiya uchramaydi.
Polinarkomaniya
Polinarkomaniya – ikki va undan ortiq narkotik moddani qabul qilishdir. Polinarkomanlar og`ir bemorlar hisoblanadilar. Narkotik modda bilan uyqu dorini ichganda bo`g`imlarda qattiq og`riq qaltirash, ishtahaning pasayishi va psixoz yuzaga keladi. Bemorlar ta’sirchan tajovuzkor bo`lib, ularning xotirasi sust, ish qobiliyati pasaygan bo`ladi, sababsiz ingranadi, baqiradi, qo`rqadi, o`zini-o`zi o`ldirmoqchi bo`ladi. Opiy bilan uyqu dori iste’mol qilinganda haddan tashqari xursand, sergap, so`ng tajovuzkor bo`lib qoladi
Psixostimulyatorlarga: “ekstazlar”, kokain, gallyutsinogenlar kiradi.
Ekstazlar keyingi vaqtlarda ko`proq qo`llanila boshlandi. Ko`proq ekstaz qabul qilinganda tana harakati faollashadi, harorat oshadi, og`ir hollarda o`lim sodir bo`ladi.
Kokain qabul qilinganda yurakda aritmiya paydo bo`lib, to`satdan o`lim sodir bo`lishi mumkin. Gallyutsinogenlar kanopga o`xshab kayf beradi. Bu moddalar psixozni keltirib chiqaradi.
Uchuvchi moddalarga – kimyoviy erituvchilar, (benzin, yelim, bo`yoqlar) kiradi. Ularni hidlab kayf qiladilar. Bu moddalar bosh miya, jigar, o`pka hujayralarini o`ldiradi.
Giyohvandlikning zararli va salbiy oqibatlari juda ko`pdir. Ularni quyidagicha izohlash mumkin:
Sog`likka zarari. Giyohvand modda inson organizmiga og`iz yoki burundan kirgach, o`pka va ichaklarga so`rilib, qon orqali jigarga boradi. Giyohvand moddalar tarkibidagi, ularga ishlov berishda ishlatiladigan zaharli kimyoviy birikamlar: atseton, toluol, benzol, sirka angidridi jigar hujayralarini ta’sirlantiradi va jigar xastaligini keltirib chiqaradi. Jigarda zaharli modda 1,5 foizgacha saqlanadi. Giyohvandlarda ko`pincha toksik gepatit kelib chiqadi, yuqumli A va B turdagi gepatitlarning sog`ayishi kechikadi, oqibatda jigar sirrozi rivojlanadi.
Giyoxvand moddalar asab sistemasiga ta’sir etib, asab hujayralarini ishdan chiqaradi, insonda ko`rish, eshitish hid bilish, fikrlash, isssiq-sovuqni, qattiq-yumshoqni, ta’mni sezish xususiyatlari yo`qoladi. Muskullar tonusi pasayadi, beixtiyor siydik ajralishi, epileptik tutqanoqlar vujudga kelishi mumkin.
Giyohvandlarda nafas olish tizimi xastaliklari (bronxit, bronxial astma, zotiljam, o`pka raki kabilar), yurak qon-tomir xastaliklari (gipertoniya, miokard infarkti, stenokardiya, ateroskleroz kabilar) ko`proq uchraydi.
Giyohvandlar organizmda immun (himoya) qobiliyatining pasayib ketishi natijasida, ular yuqumli kasalliklarni tez yuqtirib oladilar, teri-tanosil kasalliklari va OITS kabi og`ir xastaliklarga chalinib, ularni yuqtirishda xavfli manba bo`lishlari mumkin.
Giyohvandlik esa nasl kushandasi. Giyohvandlardan nosog`lom, nogiron farzandlar tug`iladi.
Ijtimoiy zarari. Giyohvandlikning jamiyatga yetkazadigan zarari juda ko`pdir. Giyohvandning o`zi oilasi, kasbi- kori va o`qishiga munosabati keskin pasayib ketadi, ularga nisbatan sovuqqonlik, qiziqishning yo`qolishi, beparvolik, loqaydlik kabi hissiyotlar paydo bo`ladi.
Giyohvandlikning salbiy oqibatlari faqat shaxs yoki jamiyatdagina emas, balki borib-borib butun mamlakatning sog`lomligi va barqarorligiga putur yetkazishi, siyosiy tuzum va qonunchilikning izdan chiqishiga ham sabab bo`lishi mumkin.
Moddiy va iqtisodiy zararlari. Giyohvandlik inson jismini qanchalik xarob qilsa xuddi shuningdek shaxsning va jamiyatning mol-mulkiga va boyligiga ham mislsiz zarar yetkazadi. U tinch-totuv oilalarni buzadi, bolalarni yetim qiladi, qashshoqlik, muhtojlikda yashashga majbur etadi, oxir-oqibat kasallik, o`lim yoki qamoqxona bilan yakunlanadi. Giyohvandlar nafaqat oilasiga, ishlab chiqarishga, balki mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi, ishsizlikning ko`payishiga sababchi bo`ladi.
Ma’naviy zarari. Giyohvandlikka mubtalo bo`lan kimsaning ma’naviyati qashshoqlashadi, insoniylik qiyofasini yo`qotadi, tubanlashadi, yengil-elpi yashashni afzal ko`radi.
Siyosiy zarari. Mamlaktda giyohvandlikning ko`payishi, giyohvand moddalar bilan shug`ullanish, dunyo hamjamiyatida uning mavqeyi va obro`siga katta putur yetkazadi. Mamlakat uchun yana bir xatarli jihati shundaki, gyohvandlikka ruju qo`ygan kimsalar bu “og`uni” sotib olib, iste’mol qilish uchun pul va mablag`ga muhtoj bo`ladilar. Moddiy boylikni qo`lga kiritish uchun esa ular nafaqat o`z vatanlarini, balki imonlarini ham arzimagan narxga sotib yuborishga tayyor bo`ladilar.
Giyohvandlar giyohvand moddani topib, iste’mol qilish uchun har qanday jinoyatdan, xoinlikdan, vatanfurushlikdan, terroristik harakatlardan qaytmaydilar.
II. Mustaqil ish va vazifalar
1. Talabalar o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
2. Kasalliklarning oldini olish choralari haqida mustaqill ish yozadilar.
Nazorat uchun savollar
1. Giyohvandlik deganda nimani tushunasiz?
2. Giyohvandlik bosqichlarini ayting?
3. Giyohvandlik turlarini aytib bering?
4. Toksikomaniya deganda nimani tushunasiz?
5. Polinarkomaniya deganda nimani tushunasiz?
6. Giyohvandlikning zarari va salbiy oqibatlarini ayting?
12 -AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: OITS HAQIDA TUSHUNCHA, KELIB CHIQISH SABABLARI, TARQALISHI VA YUQISH YO`LLARI, KLINIK BELGILARI, ANIQLASH USULLARI, TASHHISI, DAVOSI VA PROFILAKTIKASI.
2-soat
Amaliy mashgulot maqsadi: Butunjaxon Global muammolardan biri bo`lgan OITS va OIV infeksiyasi, ularning tarqalishi, yuqish yo`llari, klinik belgilari, tashhisi, profilaktikasi, anonim punktlar haqida tushunchalar (ma’lumotlar) olish va undan xulosalar chiqarish.
Kerakli jihozlar. Ko`rgazmali qurollar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo`lib mavzu bo`yicha qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar o`tkaziladi.
I. Qisqacha nazariy ma`lumot
OITS (Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)- bu OIV kasalligining so`nggi bosqichi bo`lib, odamning immun tizimini jarohatlaydi va oxiri o`lim bilan tugaydi.
OITS kasalligining kelib chiqish sabablarini aniqlash va uning qo`zg`atuvchisini topishda Amerikalik va Fransiyalik olimlarning xizmatlari katta bo`ldi.
1983 yilda OITS ni qo`zg`atuvchi virus topildi va uni har xil nomlar bilan nomlashdi, faqatgina 1986 yilda qo`zg`atuvchiga odam immun tanqiligi virusi (OIV) deb nom berildi. 1985 yilda dunyoning 40 ta davlatiga OITS qayd qilingan bo`lib, 1987 yilda AQSh da 47 ming, Afrikada 8,5 ming, yevropada 9 ming, Osiyoda 200 dan ortiq kishi ro`yxatga olingan. Hozirgi kunda 200 dan ortiq mamlakatda ushbu kasallik qayd etilgan.
OITS da kasallik manbai OITS bilan og`rigan bemor va OIV bilan zararlangan virus tashuvchi odam hisoblanadi. Kasallik faqat odamdan-odamga yuqadi.
Hozirgi paytda OITS ning quyidagi yo`llar orqali yuqishi aniqlangan:
1. Jinsiy aloqa yo`li orqali. Bunda kasallik jinsiy buzuqlar (gomoseksualistlar) o`z jinsi bilan aloqa qiluvchilar, biseksualistlar- o`z jinsi va qarama qarshi jins vakillari bilan aloqa qiluvchilar, geteroseksualistlar-odatdagi jinsiy aloqa qiluvchilar, fohishalar, fohishaboz- qo`shmachilar, yengil tabiatli ahloqi buzuqlar orqali yuqadi.
2. Virus bilan zararlangan qon va qon mahsulotlari quyilganda, sterillanmagan shprits va tibbiy asbob-uskunalardan foydalanilganda.
3. Transplatsentar yo`l: homiladorlik vaqtida onadan homilaga yo`ldosh orqali o`tadi.
Tug`ruq vaqtida va tug`ruqdan so`ng ona suti orqali yuqish kuzatilgan.
OITS ning yashirin davri 6 oydan 15-20 yilgacha, o`rtacha 3-4 oydan 5 yilgacha davom etadi. OITS ning rivojlanishida OITS oldi davri xarakterli bo`lib, u bir oydan 6 oygacha davom etadi va umumiy belgilar paydo bo`ladi. Bularga darmonsizlik, ko`p terlash, kechki paytlarda tana haroratini ko`tarilishi, ozib ketish, ich ketish, og`iz bo`shlig`ida zamburug`lar paydo bo`lishi, yo`tal, terida toshmalar paydo bo`lishi, terining qichib turishi, limfa tugunlarining kattalashuvi kiradi.
OITS ning o`ziga xos alomatlari yo`q. Ko`pchilik bemorlarda “Sovuq oq barmoqlar” sindromini kuzatish mumkin. Bu holat qon tomirlarda qon aylanishi sekinlashib qolganligidan dalolat beradi.
Umuman olganda OITS asta-sekin boshlanadi. Organlar va tizimlar faoliyatining buzilishiga qarab kasallikni shartli ravishda 5 ta klinik shakllarga ajratish mumkin:
1. O`pka shakli.
2. Miya (serebral) shakli
3. Me’da ichak shakli
4. Differsiallashmagan shakli.
5. Disseminatsiyalashgan shakli.
O`pka shaklida bemorda nafas olishning qiyinlashuvi, hansirash, tez-tez yuzaki nafas olish, og`iz-burun atrofida ko`karish, yo`tal, qon tuflash kuzatiladi.
Miya shaklida bemorda kuchli bosh og`rishi, qusish, hushdan ketish, talvasaga tushish, nevritlar (bosh miya nervlarining zararlanishi), parez va paralichlar paydo bo`ladi.
Me’da – ichak shaklida bemorda og`iz bo`shlig`ida yallig`lanishlar- stomatitlar paydo bo`ladi, yutish qiyinlashadi, qorinda kuchli og`riq bo`ladi, damlaydi,ichi ketadi, axlat suyuq, qon aralash bo`ladi.
Differensiallashmagan shaklida bemor darmonsizlanadi, boshi og`riydi, tez charchaydi, xotirasi pasayadi, kayfiyati tushadi, ishtahasi yo`qoladi, uyqusi buziladi.
Disseminatsiyalashgan shaklida bemorda hamma a’zo va tizimlarga xos o`zgarishlar kuzatiladi.
OITS ning klinik ko`rinishlarining yengil shakli bo`lmaydi, kasallik faqat og`ir kechadi, oqibatda albatta o`lim bilan tugaydi.
Kasallikni davolashda quyidagi tamoyillarga amal qilish kerak:
1. OIV virusiga ta’sir qilish.
2. Organizmning himoya qobiliyatini yaxshilash.
3. Kasallikka yondosh bo`lgan kasalliklarga qaratilgan davolash ishlarini olib borish.
OITS ning oldini olishda birinchi navbatda OITS ning jinsiy aloqa qilish yo`li orqali yuqishini to`sish juda muhimdir. Barcha erkak va ayollarga OITS haqida ma’lumotlar berish, tushuntirish lozim. Virusning yuqish yo`llarini xavfsiz choralari (prezervativlar) dan foydalanishni bilishi, o`z xoxishi bilan chuqur tekshiruvdan o`tishi kerakligi tushuntiriladi.
Ikkinchi navbatda OITS ning parenteral tarqalishi yo`lini to`sish. Buning uchun turli in’eksiyalarni pala-partish qabul qilmaslik kerak. Donor qoni, qon pereparatlarini qat’iy tekshiruvdan o`tkazish, to`g`ridan-to`g`ri qon quyishda ehtiyot choralarini ko`rish muhim ahamiyatga egadir.
Uchinchi o`rinda OITS ni vertikal yo`l bilan yuqishini oldini olish. Asosiy maqsad, OIV virusining onadan bolaga yuqishini kamaytirishdir. Xavfli guruhlarga kiruvchi ayollarga tegishli maslahatlarni berish, tekshirishni ta’minlash zarurdir. Zaruriyat bo`lganda ularga farzandining OIV bilan tug`ilishi ehtimoli borligini tushuntirib, homiladan voz kechish tavsiya qilinadi.
II. Mustaqil ish va vazifalar
1. Talabalar OITS va OIV infeksiyalari haqidagi brashyuralar, bukletlar bilan tanishadilar va tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
Nazorat uchun savollar
1. OITS haqida tushuncha bering?
2. OITS ning yuqish yo`llarini ayting?
3. OITS ning klinik belgilari va shakllarini ayting?
4. OITS ga tashhis qo`yishda nimalarga ahamiyat beriladi?
5. Davolash tamoyillarini ayting?
6. OITS ni oldini olish choralarini ayting?
ADABIYOTLAR
Asosiy
1. Ananev V. A. Davidenko D. N. «Obhaya valeologiya». SPB, BPA, 2000
2. Brexman I. I. Valeolgiya-nauka o zdrove. Moskva, «FiS», 1990 g.
3. Bayner E. N. «Valelogiya», Moskva, izdatelstvo «Nauka», 2001 g.
4. Dubrovskiy V. I. Sportivnaya meditsina. Moskva, «Vlados», 2002 g.
5. Kaznacheev V. P. Osnova obhey valeologii. Voronej, «Modek», 1997.
6. Koveshnikov V. G., Nikityuk B. A. «Meditsinskaya antropologiya», Kiev «Zdorovya» 1992 g.
7. Nikityuk B. A., Chtesov V. P. «Morfologiya cheloveka», MGU, 1990 g.
8. Nishonboev K. N., Hamroeva F. A., Eshonqulov O. E. «Tibbiyot genetikasi». Toshkent, «Abu Ali Ibn Sino» nashriyoti, 2000 y.
9. Safarova D. D. «Praktikum po sportivnoy morfologii», Tashkent, 2004 g.
Ko`shimcha:
1. Laptev A. P. «Beregi zdorove smolodu», Moskva «Meditsina» 1988 g.
2. Laptev A. P., Gorbunov V.V. «Kovarno’ye razrushiteli zdorovya», Moskva, «Sport» 1990 g.
3. Laptev A. P. «Primenenie gigienicheskix i vosstanovitelno’x sredstv dlya ukrepleniya zdorovya i povo’sheniya sportivnoy rabotosposobnosti».
4. Trankvilitati A. «Fizkulturno’y lechebnik», Moskva 2004 g.
5. Tegako L.I., Salivon I.I. «Osnovo’ sovremennoy antropologii». Minsk «Universitetskoe» 1989 g.
6. Hedrina A.G. Ontogenez i teoriya zdorovya. Novosibirsk, Nauka, 1989 g
Web-saytlar:
5. http://www.press-service.uz
"Valeologiya” fanidan
amaliy mashg`ulotlar
o`tkazish bo`yicha metodik ko`rsatma
“Texnik ta`lim pedagogikasi” kafedrasining
Yig`ilishida (2013 y. __ martdagi __-sonli bayonnomasi),
“Kasbiy ta`lim” fakulteti o`quv-uslubiy kengashida
(2013 y. __ martdagi __-sonli bayonnomasi)
Muxokama qilinib chop etishga qaror qilindi.
Tuzuvchilar: assistent T.E.Delov
Ma`sul muharrir:t.f.n. E.Migranova
Taqrizchilar: p.f.n., dots. F.B.Qilicheva
p.f.n., dots, S.R. Volkova
Bichimi 60õ84 1/16. Adati 50. Buyurtma _____.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
“ALOQAChI” nashriyot-matbaa markazida chop etildi.
Toshkent sh, Amir Temur ko`chasi, 108 uy.