O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO’MITASI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
«AKT sohasida Kasb ta’limi» fakulteti
«Axborot ta’lim texnologiyalari» kafedrasi
«PEDAGOGIK VALEOLOGIYA»
fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o’tkazish bo’yicha
uslubiy ko‘rsatmalar
5350400 – AKT sohasida kasb ta’limi yo‘nalishining kunduzgi o‘qish shakli talabalari uchun
Toshkent -2014
Tuzuvchilar:
Z.J. Ibodullayeva
|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi assistenti |
Taqrizchilar
t.f.n. dotsent O’. Hayitmatov
|
TDIU “Ekonometrika” kafedrasi dotsenti |
p.f.n. dotsent B.I. Ganiyeva |
TATU “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi mudiri |
SO`Z BOSHI
Ushbu fan Oliy va o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi o‘quv – uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashi ma’qullagan o‘quv dasturi asosida tuzilgan. Ishchi dastur bakalavriatura talabalari tomonidan zamonaviy va tobora keng ko‘lamda qo‘llanilayotgan innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari asosida pedagogik valeologiya fanini o‘qitish tizimini tashkillashtirishning nazariy, xamda amaliy jihatlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi.
Fanni o‘qitishning maqsadi ta’lim oluvchilarda o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi salomatlikka ta’sir etadigan tahdidlarning omillari va o‘quvchilar va pedagoglarning sog‘lig‘ini saqlash, mustahkamlash va shakllantirish uchun ta’lim makonining imkoniyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirish.
Pedagogik valeologiya fanining predmeti – insonning jismoniy rivojlanishi haqidagi pedagogik qonunlarni tadqiq etish, shu asosda har tomonlama yetuk insonni shakllantirish bo‘yicha maxsus pedagogik tarbiya jarayoni nazariyasi va metodikasini aniqlashdan iborat.
O`quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad- ta’lim oluvchilarda o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi salomatlikka ta’sir etadigan tahdidlarning omillari va o‘quvchilar va pedagoglarning sog‘lig‘ini saqlash, mustahkamlash va shakllantirish uchun ta’lim makonining imkoniyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirish.
Pedagogik valeologiya fanining vazifalari:
– talabalarda salomatlik darajasi hamda sifatini baholash metodlariga oid amaliy, tadqiqotchilik bilim va malakalarini shakllantirish;
– sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
– ta’lim oluvchilar va pedagoglarning mehnat qilish va dam olish tartibi to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalar hosil qildirishdan iborat.
Talaba quyidagi tasavvurga ega bo‘lishi kerak:
– - yosh fiziologiyasining asosi to‘g‘risidagi;
– - sog‘lom turmush tarzini olib borish to‘g‘risidagi;
– - salomatlikni nazorat qilish, saqlash va mustahkamlash metodlari va vositalari to‘g‘risidagi
SEMINAR MASHG’ULOT ¹ 1
AHOLINING SALOMATLIGINI SAQLASH VA MUSTAHKAMLAShDA DAVLATNING O’RNI.
|
ISHDAN MAQSAD |
Talabalarda aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha xukumatimiz tamonidan amalga oshirilayotnag ishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish
|
NAZARIY MA’LUMOTLAR |
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga e’tibor kundan-kun ortib bormoqda. Xususan, buni biz Prezidentimiz Islom Karimov taklifi bilan 1998 yil mamalakatimizda “Oila yili” deb, 2008 yil “Yoshlar yili”, 2010 yil “Barkamol avlod yili”, 2012 yil “Mustahkam oila yili”, 2013 yil “Obod turmush”, 2014 yil “Sog‘lom bola yili” deb nomlangani hukumatimizning yoshlarga katta e’tibor berayotganidan dalolat beradi.
Shuningdek, mustaqilligimizdan so‘ng Prezidentimiz tomonidan sog‘lomlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqildi. Konsepsiya xalqaro hamjamiyat tomonidan milliy genofondni sog‘lomlashtirish bo‘yicha Islom Karimov ilgari surgan model sifatida baholandi va davlatimiz hayotida katta ahamiyatga ega hodisa tarzida namoyon bo‘ldi.
Konsepsiya 3 ta asosiy vazifa, 2 ta shart va 6 yo‘nalishni o‘z ichiga oladi
3 ta asosiy vazifa
ü Asrlar davomida eng muhim va asosiy vazifa bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash;
ü Uzoq vaqtni talab etuvchi, keng, ko‘p tomonlama masala sog‘lom avlodni ulg‘aytirish;
ü Yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha ko‘proq aniq chora tadbirlarni belgilash.
2 ta shart
v Har bir insonning, ota onalarning fikrlashini o‘zgartirish
v Odamlarning turmushi jamiyat moddiy poydevorini yaxshilash.
Mazkur shartlarning to‘la to‘kis bajarilishi sog‘lom avlodni tarbiyalashning ijtimoiy iqtisodiy poydevorini yaratadi.
6 ta yo‘nalish:
o balog‘at yoshidagi yigit va qizlarda tibbiy gigiyenik madaniyatgaoid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;
o yoshlarni sog‘lom oila qurishga tayyorlash;
o tibbiy gigiyenik nuqta’i nazardan qizlarni bo‘lg‘usi onalikka tayyorlash;
o bir yoshga to‘lgunga qadar go‘dak salomatligi haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish;
o bir yoshdan yetti yoshgacha bolalarni sog‘lom o‘stirish;
o nogiron bolalarning tug‘ilish sabablarini o‘rganish va aniqlash, profilaktik chora tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti shu jamiyat a’zolarining ijtimoiy munosabatlardagi faolligi va mustaqil ijtimoiy ongi darajasi bilan belgilanadi. Inson aynan ta’lim-tarbiya jarayoni orqali kamolotga erishadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, jamiyat va davlatning kelajagi, asosan, yoshlarning qanday ta’lim va tarbiya olishga bog‘liqdir. Ayniqsa bu borada jismoniy va ma’naviy yetuk avlodning shakllanishi va uning o‘z imkoniyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur tizimning yaratilishi, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoyalash, zamonaviy bilim va kasbga ega bo‘lishi, jamiyat hayotida o‘z o‘rnini egallashini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va O’zbekiston respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va maxsus stipendiyalar shu bilan birga barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan sport komplekslari bularning bari yoshlarimiz uchun tashkil etilyapti. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol, jismonan sog‘lom, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishdek ustuvor maqsad mujassamdir. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘tkazilayotgan tadbirlarda ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lmoqda.
|
QIZIQARLI MA’LUMOTLAR |
v O’zbekiston Respublikasi aholisining 65 % ini yoshlar tashkil etadi.
v Inson o‘z salomatligi ijodkoridir, buning uchun kurashish lozim.
|
AMALIY ISHNI BAJARISH TARTIBI
|
1. Mavzu bo‘yicha ya’ni, shaxs salomatligiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni klaster metodi yordamida ochib berish topshiriladi.
SEMINAR MASHG’ULOT ¹ 2
VALYEOLOGIYA VA SOG’LIQ
|
ISHDAN MAQSAD |
Shaxs salomatligini tiklash bo‘yicha talabalarda bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat. Hamma narsada me’yor tushunchasini bilish lozimligini anglatish.
|
NAZARIY MA’LUMOTLAR |
Tibbiyotda profilaktika inson salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarning oldini olish va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf qilishni anglatadi.
Ijtimoiy profilaktikaning zamonaviy tushunchasi inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, uni jismoniy va ruhiy quvvatini har taraflama rivojlantirishni o‘ziga maqsad qilib olgan davlat, jamoat va tibbiy tadbirlarning kompleks tizimini o‘z ichiga oladi. Tibbiyot sohasida kasallik-larning oldini olish, inson salomatligini mustahkamlash, uning umrini uzaytirish bo‘yicha yetarlicha tadbirlar ishlab chiqilgan.
Salomatlik darajasi qoniqarsiz holatda fiziologik tizim-ning elementlari o‘rtasida kelishmovchiliklar ro‘y beradi, organlar o‘z vazifalarini yaxshi bajarmaydilar, natijada, charchash va holdan toyish kuzatiladi.
Shuning uchun tibbiyotning zamonaviy bosqichida asosiy e’tibor profilaktikaga qaratilgan.
Tibbiyotda profilaktika vositalari yetarlicha, lekin o‘sib kelayotgan avlod, asosan, davolovchi jismoniy tarbiya, medikamentlar va x.z. vositalar asosida sog‘lomlashtiriladi. Ya’ni, kasalliklarning oldini olish emas, ularni davolash usullaridan foydalaniladi. Axir, salomatlikni asrovchi, kasalliklarning oldini oluvchi, umrni uzaytiruvchi tadbirlar tibbiyot uchun ham muhim. Ko‘p mamlakatlarda davolovchi tibbiyot profilaktik tibbiyotdan ajratib qo‘yilgan.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish salomatlikni mustahkamlashga, o‘qish unumdorligini oshirishga yordam beradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi. Salomatlik - ijtimoiy-iqtisodiy, biologik, ekologik, tibbiy va psixoemotsional ta’sirlarning natijasidir va uni sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar yordamida mustahkamlash mumkin.
Mulohazali bo‘lish xalqimizning noyob fazilati sifatida qadriyatlarimizning eng muxim talablaridan biri. Ota-bobolarimiz har ishni qilishdan oldin obdon o‘ylab olishni maslahat berganlar. O’ylash deganda, qilinadigan ishning mohiyatiga yetish, uning harakat dasturini to‘g‘ri belgilash, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolarni hisobga olish, undan ko‘riladigan shaxsiy hamda umuminsoniy manfaatlarni baholash va shular kabi ko‘pgina talablar tushuniladi. Salomatlik xam falsafiy mulohaza yuritishni, o‘ylab ish qilishni, uning asosiy sabablarini anglagan holda bu ishda to‘g‘ri yo‘lni tanlay bilishni talab qiladigan soha.
Deyarli har bir kishi ertami-kechmi sog‘lik bilan bog‘liq muammoga duch keladi. Chunki kishilar o‘rtasida uchrayotgan o‘limning asosiy sababchisi kasalliklar va baxtsiz hodisalar bo‘lib, deyarli hamma hollarda barvaqt o‘lim sodir bo‘lmoqtsa. Sog‘ligidan ajralgan inson har doim kasalliklar va uning mudhish oqibati — o‘lim oldida yolg’iz qoladi. Hayotdagi bir achchiq xaqiqat shundan iboratki, har bir kishining sog‘ligi uning o‘zidan boshqa hech kimga kerak emas va bu haqda uning o‘zidan boshqa hech kim qayg‘urmaydi ham. Ma’lum darajada uning sog‘ligi haqida ota-ona, farzandlar, og‘a-ini, qarindosh-tuqqanlar qayg‘urishi mumkin. Lekin ularning qayg‘urishi ham ko‘pchilik hollarda hamdard bo‘lish va afsuslanishdan nariga o‘tmasligi mumkin. Imkoniyatsiz qayrurish va afsuslanishdan esa hech qanday naf yo‘q.
|
QIZIQARLI MA’LUMOTLAR |
Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish organizmning atrof-muhit va infeksiyalar ta’siriga tabiiy qarshiligini oshiradi.
|
AMALIY ISHNI BAJARISH TARTIBI
|
1. O’qituvchi har bir talabaga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘oz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda ularni to‘ldirishni iltimos qiladi.
2. Mavzu bo‘yicha ya’ni, shaxs salomatligiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni FSMU metodi yordamida ochib berish topshiriladi. Bu yerda FSMU:-
FSMU texnologiyasi
F-Fikringizni bayon eting;
S-fikringiz bayoniga biror sabab ko‘rsating;
M-ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring;
U-fikringizni umumlashtiring.
F-Hamma musiqalarni ham eshitish sog‘liq uchun foydali emas;
S-Rosk, pop musiqa va ashulalar eshitgan paytda inson miyasidagi mayda to‘qimalar yorilib ketadi, Classika musiqalari aksincha ijobiy ta’sir qiladi;
M-Misol qilib; musiqa va ashulalarda o‘tkazilgan turli tajibalar;
U-Shuning uchun hammasini emas, sog‘liq uchun foyda va ijobiy ta’sir qiladigan musiqa va ashulalarni eshitish lozim.
SEMINAR MASHG’ULOT ¹ 3
INSON SALOMATLIGI
|
ISHDAN MAQSAD |
Pedagogik valeologik tarbiyaning ta’lim vazifasi – pedagoglarni sog‘ligi, sog‘lom hayot tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatish
|
NAZARIY MA’LUMOTLAR |
O‘qitish sog‘lomlashtirishning muvaffaqiyati, uning maqsadlari va mazmunini, shuningdek, ushbu maqsadlarga erishish vositalari ya'ni, o‘qitish usullarini to‘g‘ri belgilab olishga bog‘liq. O‘qitish usullari deganda o‘qitish sog‘lomlashtirishning pedagogik maqsadlarini amalga oshirishni ta'minlovchi o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muayyan tartibli, maqsadli munosabatlar tizimi tushuniladi.
Eksperimental tadqiqotlar natijasida talabalar valeologik tarbiyasining samarali usullari (o‘yin, musobaqa, qat'iy reglamentlashtirilgan mashqlar va so‘z orqali ta'sir ko‘rsatish usullari) aniqlangan.
O‘yin usuli
Harakat faoliyatini harakatli, sport milliy o‘yinlar shaklida tashkil etish usuli jismoniy tarbiya jarayonida keng qo‘llanilgan bo‘lib boshqa usullar oldida qator afzalliklarga ega. Bu usulning mohiyati shundaki, harakat faoliyati o‘yinning mazmunini, shartlari va qoidalari asosida tashkil etiladi. O‘yin usulining xarakterli xususiyatlari:
a) shug‘ullanuvchilarning harakat faoliyati yuqori ruhiy ko‘tarinkilik fonida olib boriladi;
b) o‘yin jarayonida shug‘ullanuvchilar o‘rtasida, murakkab munosabatlar vujudga keladi.
Bu xususiyatlar talabalarning harakat faoliyatiga qiziqishini orttiradi, ular bir xil xarakterdagi mashqlarni bajarish vaqtida vujudga keladigan ruhiy toliqishdan xalos etadi; o‘zlashtirilgan harakatlarni takomillashtirishga va ulardan foydalanish mahoratini egallashga yordam beradi.
Musobaqa usuli
Mashqlarni musobaqa shaklida tashkillashtirish usuli. Musobaqaning tarbiya usuli sifatidagi mohiyati shundaki, u talabalarda do‘stona, sog‘lom raqobat, kuchlilarga tenglashishga intilish ruhini tarbiyalaydi. Ayniqsa reyting tizimi bunga yordam beradi. Musobaqa usuli mashg‘ulotlarga qiziqishni rivojlantiradi.
Qat'iy reglamentashtirilgan mashqlar usuli
Mashqlarni qat'iy reglamentlashtirish jismoniy sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida eksperiment o‘tkazish jarayoning asosiy uslubiy yo‘nalishidir. Shu yo‘nalishdagi usullarni qo‘llash jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishiga ijobiy ta'sir etuvchi kuch imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beradi: yugurish, yurish orqali yurak-qon tizimi ishini yaxshilaydi.
Salomatlikni yaxshilashning samarali vositalari
Jismoniy mashqlar talabaning nafas olish orgonlariga va ruhiy holatiga yaxshi ta'sir ko‘rsatadi. Mushaklar muntazam xarakatlantirib turilmasa insonning markaziy asab tizimi ijobiy zaryadlardan mahrum bo‘ladi. Sustlashgan hayotiy tonus, tushkunlik holati jahldorlik va o‘zini qo‘lda tutib turolmaslik reaksiyalari bilan tutashib ketadi. Jismoniy mashqlar talabaning nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatiga ham ijobiy ta'sir etadi, bu esa, o‘z navbatida, ta'lim-tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish jarayoni samaradorligini oshiradi. Inson organizmi rivojlanishining qabul qiluvchi davri talabalik yoshida yakunlanadi. Talaba yoshlar bu davrda o‘qish, o‘rganish, ijtimoiy-siyosiy faoliyat yuritish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Aynan shuning uchun jismoniy tarbiya va sport salomatlikni mustahkamlash uchun muhim vosita komil insonni tarbiyalash uchun tabiiy va biologik asos hisoblanadi, o‘qish, fan bilan shug‘ullanish va kasb egallashga bevosita yordam beradi.
Jismoniy mashqlar inson organlari va tizimlari faoliyatiga ijobiy ta'sir etuvchi turli siljishlarni keltirib chiqaradi. Jismoniy mashqlar zamirida mushak qisqarishlari yotadi, mushaklar inson vaznining 3-4 qismini tashkil etadi. Mushaklar qisqarishi energiyasi ishlayotgan mushakka kislorod va turli oziqlantiruvchi moddalar oqimining ko‘payishi hisobiga hosil bo‘ladi, ayni paytda yurak va o‘pka faoliyati yaxshilanadi. Ishlab turgan mushakda ko‘plab mayda kapillyar qon tomirlar paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, mushaklar rivojlanishida oziqlanish shroiti yaxshilanadi, umumiy qon aylanishi yengillashadi. Talabalik davrida qon aylanishi, yosh bolanikiga nisbatan sustroq bo‘ladi. Qon aylanishini jadallashtirish uchun yurak ishlashini faollashtirish kerak. Yurak faoliyati, o‘z navbatida, mushaklar ishi ta'sirida yaxshilanadi. Mushaklar qisqarganda qon venalar orqali yurak tomon xarakatlanadi, bo‘shashi chog‘ida esa kapillyarlardan venaga oqadi.
Tinchlik, xarakatsizlik yetarlicha xarakatlarning bajarilmasligi yurakka salbiy ta'sir ko‘rsatadi va turli kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Adabiy manbalar va o‘tkazilgan tadqiqotlar tahlili jismoniy tarbiya amaliy mashg‘ulotlarida o‘quv dasturi bo‘yicha harakat ko‘nikmalarini shakllantirish, harakatlarni boshqarishga yo‘nalti-rilgan o‘quv yuklamasidan foydalanilayotganligini tasdiqlaydi. Natijalar ko‘zga ko‘rinarli emas, chunki o‘quv yuklamasi hajmi, jadalligi uncha baland emas. Jismoniy tarbiya usul va vositalari shaxsning tipologik xususiyatlari, jismoniy rivojlanish, jismoniy ahvol, O‘rta Osiyo iqlimi xususiyatlarini hisobga olmaydi. Bayon etilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, yoshlarni jismoniy yetuklikka erishtirishga, salomatlikni asrash va mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan, ilmiy asoslangan jismoniy mashqlar deyarli yo‘q. Shuning uchun ilmiy asoslangan jismoniy mashqlarni aniqlash uchun matematik statistika usulidan foydalaniladi. Pedagogik jarayon omillarining o‘zaro bog‘liqligi xususiyatlarini aniqlash uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan. Pedagogik jarayonda uning tarkibiga kiruvchi omillar o‘zaro bog‘liqdir. Bir omilni ikkinchi omil o‘zga-rishiga mos o‘zgartirish mahorati pedagogik jarayon samarasini yanada oshiradi.
Ma'lumki, jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonida kuchni, tezlikni, chidamlilikni rivojlantirish orasida ayrim hollarda ijobiy aloqa, ba'zan esa o‘zaro bog‘liqlikning yo‘qligi kuzatiladi, ya'ni, yuqorida sanab o‘tilgan sifatlarning birortasi rivojlansa boshqa sifatlar ham rivojlanadi va, nihoyat, salbiy bog‘liqlik, ya'ni biror sifat rivojlansa, boshqa sifatlar rivojiga yomon ta'sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiya sohasidagi tadqiqotlar eng avvalo, o‘quv sog‘lomlashtirish jarayonini o‘rganish bilan bog‘liq. Qo‘llanilayotgan usul va vositalarning afzalliklari haqida harakat sifatlarning rivojlanishi, yurak - qon tizimi funksiyalarining xususiyatlari ko‘rinishidagi pedagogik samara guvohlik beradi. Pedagogik samara ikki tomonlama (sifat va son) xarakterlanadi.
Metodika pedagogikani tadqiqotning statistik usullar bilan boyitadi. Ular o‘zlari ochgan ob'ektiv qonunlarni matematik model, ya'ni o‘rganilgan hodisaning turli tomonlarini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi u yoki bu munosabatlar ko‘rinishida ifodalash imkonini beradilar. Ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi ma'lum munosabatlarning bunday modeli funsional tobelik deyiladi. Uning mohiyati shundaki, bir ko‘rsatkichning o‘zgarishi, qoidaga binoan, ikkinchi ko‘rsatkichning shunga xos o‘zgarishiga olib keladi. Funksional tobelik haqidagi bilim tobe kattalik (funksiya) ko‘rsatkichlarini boshqaruvchi kattalik (argument) ning istalgan ko‘rsatkichlariga qarab oldindan aytib berish imkonini beradi. Bundan funksional amaliy va ilmiy ahamiyati kelib chiqadi. Funksional modellar bayon etilgan jarayonning borishini oldindan aytib berish, bu jarayonni boshqarish imkonini beradilar va samarali pedagogik usullarni tanlashga yordam beradilar.
Salomatlikni mustahkamlashning noan'anaviy vositalari
Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari- bu sog‘lomlashtirish mashqlari va tabiiy omillardir.
Ma'lumki, jismoniy mashg‘ulotlar organizmning tashqi muhitdagi salbiy omillar ta'siriga chidamliligini oshiradi, moddalar almashinuvi, qon aylanishini yaxshilaydi, qayta tiklash jarayonlarini faollashtiradi va asab tizimini mustahkamlaydi.
Sog‘lomlashtirish mashqlari ta'siri samaradorligini oshirish maqsadida turli kasalliklarning oldini oluvi noan'anaviy vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. (Masalan, sog‘lomlashtiruvchi yugurish, yurish, umurtqa pog‘onasini sog‘lomlashtiruvchi mashqlar, sharq yakkakurashi turlari va h.z.)
|
QIZIQARLI MA’LUMOTLAR |
Ø Sog‘lom hayot tarzini kechirish orqali yoshlar salomatligi yaxshilanib, nogironlik ko‘rsatkichlari bir muncha kamaydi.
Ø Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi oxirgi yillarda 73 yoshga teng bo‘lib, ayollar o‘rtasida – 75 yosh, erkaklarda – 72,8 yoshni tashkil qildi
|
AMALIY ISHNI BAJARISH TARTIBI
|
Aqliy hujum guruhlararo ishlarda qo‘llaniladigan, ko‘plab g‘oyalarni ishlab chiqish mumkin bo‘lgan metoddir. Bu haqiqatan ham talabalarning o‘quv jarayonida faol ishtirok etishlari, turli g‘oyalarni bayon qilish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo‘llashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga rag‘batlantiruvchi metoddir. Aqliy hujum shuning uchun ham faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g‘oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda o‘ziga tortib oladi.
O’qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa o‘kuv faolligi 5-10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi.
1.
SEMINAR MASHG’ULOT ¹ 4
PEDAGOGIK VALEOLOGIYANING RIVOJLANISH SABABLARI
|
ISHDAN MAQSAD |
Pedagoglarni, talabalarni sog‘ligini asrash, mustahkamlash.
|
NAZARIY MA’LUMOTLAR |
Insonning jismoniy rivojlanishi deganda organizmning jismoniy kuch zahiralarini belgilovchi morfologik va funksional xususiyatlari kompleksi tushuniladi.
Pedagogik valeologiyaning rivojlanish sabablari biri bu statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, pedagoglar boshqa kasb egalariga nisbatan sog‘ligi, ko‘rinishlari, asab tizimi ko‘proq kasallanishi, ajin tez tushishi aniqlangan.
Jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishi xususiyatlari har bir pedagog uchun tushunarli bo‘lgan antronometrik o‘lchashlar yordamida amalga oshiriladi. Tana uzunligi, og‘irligi, bo‘yin, qorin, ko‘krak qafasining nafas olish, chiqarish, tinchlik fazasida aylanasi, bilak kuchi, orqa, gavda tuzilishi va tashqi nafas olish tizimi haqida ma’lumotlar talaba jismoniy ahvolini o’ektiv baholash va organizm shakli va funksiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli faoliyatni tashkil etish imkoniyatini beradi. Ayni paytda jismoniy rivojlanishni muntazam baholash maqsadli jismoniy tarbiya ta’siri ostida amalga oshuvchi sifat o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Hayot ko‘rsatkichi - o‘pkalarning hayotiy hajmi ko‘rsatkichlari (ml larda/ og‘irlikka /kg larda) bo‘linmalari.
Semizlik og‘irlikni (kg) tana uzunligiga (dm) bo‘lish orqali aniqlanadi.
Gavda tuzilishining pishiqligi Pene indeksi bo‘yicha (bo‘y \sm\ - og‘irlik \kg\ + ko‘krak qafasining nafas chiqarish paytidagi aylanasi) baholanadi.
Kuch imkoniyatlari qo‘l, gavda dinamometrlari yordamida to‘g‘ridan - to‘g‘ri aniqlanadi.
O’pkalarning hayotiy hajmi tadqiq etilayotgan shaxs chuqur nafas olgandan so‘ng maksimal chiqarish mumkin bo‘lgan havo hajmini bildiradi. Spirometr - o‘pkalarning hayotiy hajmini aniqlaydigan asbob. Ular turli (suvli, quruq, gazli, soatli) konst-ruksiyada bo‘lishi mumkin. O’pkalarning hayotiy hajmini o‘lchash uchun spirometrga trubka orqali havo puflash kerak.
Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik fak-torlar valeologik tarbiya vositalari sifatida talabalar salomatligini yaxshilash va o‘quv faoliyati samarasini oshirishga yordam berdi.
Tadqiqotlarimiz xulosasiga ko‘ra tabiiy omillar muhitdagi chiniqtirish jismoniy mashqlari organizmning tashqi muhit ta'sirlariga chidamliligini oshiradi.
|
QIZIQARLI MA’LUMOTLAR |
¢ Behi yeyish;
¢ bosh og‘rig‘ini tuzatadi;
¢ me’da va jigarga quvvat bag‘ishlaydi;
¢ yurak va miya qizishini bartaraf qiladi;
¢ ko‘ngil aynishi, qusishni yo‘q qiladi;
¢ xafaqon va sariq kasaliga qarshi foyda beradi
Muhammad Husayn “Davolar xazinasi” kitobidan
|
AMALIY ISHNI BAJARISH TARTIBI
|
Sinkveyn
Sinkveyn – bu ma’lum qoidalarga asosan tuzilgan 5 ta satrdan iborat bo‘lgan she’rdir.
1 satr – mavzu nomiga oid so’z
2 satr – bu so’zni ikkita sifat bilan aniqlash
3 satr – bu so’z doirasidagi faoliyatni ko‘rsatuvchi 3 ta fe’l
4 satr – muallifning mavzuga munosabatini bildiruvchi 4 ta so‘zdan iborat bo‘lgan jumla
5 satr – mavzu yakuni, ixtiyoriy so‘z bo‘laklarida ifodalangan birinchi so‘z sinonimi.
Sinkveyn tuzish ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘rganilayotgan mavzuga o‘z munosabatini bildirish, u yoki bu nuqtai nazar to‘g‘risida aniq tasavvur shakllanishiga imkon yaratadi.
Sinkveynlar ko‘rinishida an’anaviy yapon she’riyatida she’rlar yoziladi:
Ot____________________________________________________
ikkita sifat ___________________ _____________________
uchta fe’l ___________ ________________ ________________
to‘rtta so‘zdan iborat jumla______ ______ ______ _______
otning sinonimi_______________________________________
Sinkveynga misollar keltiramiz:
Tarmoq,
lokal, global,
yo‘naltirmoq, uzatmoq, qabul qilmoq,
kompyuterlar o‘rtasida axborot almashuv
kommunikatsiya.
SEMINAR MASHG’ULOT ¹ 5
O’QUV JARAYONIDA XONA JIHOZLARINING TO‘G‘RI TASHKIL QILINISHI
|
ISHDAN MAQSAD |
Pedagogik faoliyatning ikkiyoqlamaliligi ob’ektning o‘ziga xosligi bilan tushuntiriladi: talaba ta’sirni passiv qabul qilmaydi, balki o‘z faoliyatining sub’ekti sifatida o‘zi ham faol harakat qiladi.
|
NAZARIY MA’LUMOTLAR |
O’tkazgan tabiy eksperimentlar natijasiga ko‘ra shaxsning jismoniy rivojlanishini samarali boshqarish uchun talabaning (tipologik xususiyatlari hisobga olingan) har tomonlama tayyorligi to‘g‘risida, pedagogik nazorat yordamida jismoniy ahvoli haqida muntazam ravishda axborot olinishi va ishlanishi kerak.
Tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqish asosida pedagogik ta’sirlar tanlanishi, valeologik tarbiyaning turli shakl, usul va vositalarini qo‘llash haqida qarorlar qabul qilishi kerak. Bu faoliyatda pedagog yetakchi rol o‘ynaydi. Jismoniy rivojlan-tirish jarayonida boshqaruv pedagog tarafdan qator harakatlar qilinishini nazarda tutadi.
Birinchi harakat - talabaning har tomonlama tayyorligi haqida boshlang‘ich kompleks axborotni olish; uning kuchi, zaif tomonlarini aniqlash;
Ikkinchi harakat - maqsadga yetishishini ta’minlovchi normativ ko‘rsatkichlar bilan tanishish.
Talaba chiqish shart bo‘lgan ko‘rsatkichlarga oriyentatsiya qilish jismoniy yetuklikka erishish zaruriyati bilan tushuntiriladi. Shuning uchun jismoniy rivojlanish samarasi normativ talablar ko‘rsatkichlarining normativ ko‘rsatkichlarning olingan ma’lumotlari bilan qiyoslanganda aniqlanadi.
Samaradorlik omiliga asoslanmagan jismoniy rivojlanish o‘zining maqsadini, aniqligini, ta’sirchanligini yo‘qotadi.
Uchinchi harakat (boshqaruv tizimida mohiyati jihatidan eng muhim) talabalarning rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlovchi valeologik tarbiya tizimini nazarda tutadi. Shu sababli jismoniy rivojlanishini rejalashtirish masalalari, uning eng ratsional shakl, vosita va usullarini tanlash birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Pedagogning nazariy va amaliy mashg‘ulotlar dasturini tuzish bo‘yicha faoliyati ushbu dasturlarni bajarish yo‘llarini tanlash bilan bevosita bog‘liq. Jismoniy mashg‘ulotlar dasturini nafaqat ishlab chiqish balki uni jismoniy yetuklikka erishish uchun hayotga tadbiq eta bilish ham zarur.
To‘rtinchi harakat - pedagogning maxsus tashkil etilgan muntazam faoliyatining tanlangan yo‘nalishi samaradorligini baholash. Har tomonlama tayyorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, ularni dastlabki ma’lumotlar bilan taqqoslash va ularga mos tadbirlarni belgilash pedagogik nazorat yordamida amalga oshiriladi.
Beshinchi harakat - natijalarni tahlil etish, xulosalar yasash va navbatdagi maqsadni belgilash.
Informatika xonasiga tegishli bo‘lgan jixozlar: monitor, protsessor, stol stullar toza bo‘lishi kerak va albatta ulardan oqilona foydalanish lozim. Shu bilan birga qulayligiga ham e’tibor berish lozim
Informatika kabineti
bu umumo‘rta maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning o‘quv-tarbiyaviy qismi bo‘lib, o‘quv hisoblash texnikasi komplekti (O’XTK) bilan, o‘quv ko‘rsatish qo‘ llanmalari, o‘quv jihozlari, mebellar va informatika kursi bo‘yicha nazariy hamda amaliy darslarni o‘tkazishga mo‘ljallangan kabinet.
Informatika kabinetini jihozlash:
§ ta’limda yakka muloqotni amalga oshirish, kompyuterda mustaqil ish va mashqlarni tashkil etish uchun vazifalar
§ ilmiy va uslubiy adabiyotlar to‘plami
§ EHM uchun o‘quvchilar tomonidan tuzilgan eng yaxshi dasturlar to‘plami
§ o‘quvchilar uchun jurnal
§ ish joyida O’XTKdan foydalanish jurnallari
§ mashinalar ishlamay qolishi va remonti jurnallari
§ o‘t o‘chirish vositalari
§ o‘quv jihozilari kabinetida mavjud hisob uchun invertar daftari
O’qituvchining ish joyi
• o‘z ichiga monitor, sistemali blok, klaviatura, bosmaga chiqarish uskunalari va boshqa qo‘shimcha uskunalarni (multimediya, skaner va boshqalar) oladi
|
QIZIQARLI MA’LUMOTLAR |
¢ Behi urug‘ini yanchib, iste’mol qilish yurak xastaligiga davo
Abu Ali ibn Sino
¢ Ovqat yeb turib kitob o‘qish oshqozonga o‘ta zararlidir
|
AMALIY ISHNI BAJARISH TARTIBI
|
«Blits-o‘yin» metodi – harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmeti asosida ko‘p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan.
SEMINAR MASHG’ULOT ¹ 6
PEDAGOGNING KASBGA OID SALOMATLIGI BUZILISHINING BELGILARI. «KASBIY » SINDROMI
|
ISHDAN MAQSAD |
Pedagoglarning kasbiy faoliyatidagi salomatlikka tahdid qiluvchi omillar, pedagogning kasbga oid salomatligi buzilishining belgilari, pedagogning valeologiya madaniyatini mustahkamlash
|
NAZARIY MA’LUMOTLAR
|
Hozir axborot, kompyuter asrida yashayapmiz, shunday ekan, barcha soha vakillari kompyuterdan foydalanishadi. Kompyuterdan ishlaganda to‘g‘ri foydalanilmasa:
v bosh og‘rig‘i,
v yosh bolalarni sog‘ligiga, onggiga salbiy ta’siri,
v yelka qismlarda og‘riq paydo bo‘lishi,
v skolioz, ya’ni umurtqa pog‘onalari noto‘g‘ri o‘sishi,
v tanaffus qilmasdan soatlab ishlash natijasida ko‘zda og‘riqlari paydo bo‘lishi,
v rejim buzilishi oqibatida ishtahani yo‘qolishi,
v kamharakat bo‘lgandan keyin semirish, semirish o‘z navbatida boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi
v asab jarayoniga salbiy ta’siri va shu kabi boshqa salbiy holatlar yuzaga keladi
Mustaqillikka o‘rgatish talabalarda umumta’lim bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish orqali ta’minlanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ta’lim tizimida tarbiyaviy ishlarni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish, oliy o‘quv yurtlarida o‘z kasbini yuksak darajada egallagan yetuk mutaxassislar bilan bir qatorda ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish oliy ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi
Shunday ekan, avvalo, pedagoglarning o‘zlari muomala madaniyati, bilimi, sog‘ligi yoshlarga, talabalarga ibratli, namunali bo‘lishi lozim
Talabalarni mustaqillikka o‘rgatishning ayrim usullarini ochib berish va ularning mazmunini asoslab berishda to‘xtalib o‘tamiz. O’z - o‘zini nazorat qilish va baholash normativli testlarni bajarishni nazarda tutadi.
KOMPYUTYERDAN ISHLAGANDA TO’G’RI FOYDALANISH
ü Boshni to‘g‘ri tutish;
ü Yelka erkin holatda, to‘g‘ri tutish;
ü Belni to‘g‘ri tutish va tayanchga suyanish;
ü Ishlash davomida ko‘zlar oldinga qarashi;
ü Bilak va qo‘lning panja qismi bir to‘g‘ri chiziqda bo‘lishi;
ü Stulnig o‘tirish qismi songa pastdan bosim sezilarsiz darajada bo‘lishi;
ü Oyoqlar tagliklarda to‘g‘ri joylashishi;
ü Monitor ko‘z bilan bir darajada joylashishi
ü Ishchi materiallar o‘quvchining oldida joylashishi lozim
Ko‘rinib turibdiki, sog‘liq yo‘lidagi harakatning asosida turmush tarzini sog‘lomlashtirish, nosog‘lom odatlar o‘rniga sog‘lom odatlarni shakllantirish, ya’ni harakat dasturini belgilash yotadi. Bu sog‘liq yo‘lidagi eng muhim va ancha mashaqqatli bosqich hisoblanadi
Sababi kishidagi shakllangan odatlar sog‘lom turmush tarzining asosiy talablariga qarama-qarshi bo‘lgan:
ovqatlanishda — ovqatxo‘rlik;
harakatda — dangasalik;
kun va ish rejimida — tartibsizlik;
ijtimoiy hayotda — qo‘pollik, pul, mol-dunyoga o‘chlik, jahldorlik,
zararli odatlarga berilish;
texnika va mexanizmlar bilan ishlashda — ehtiyotsizlik;
shaxsiy hayotda — ozoda-orastalikka rioya qilmaslik va nihoyat cog‘lom turmush tarzi masalalarida savodsizlik, malakasizlik va hokazolar bo‘lishi mumkin. Bu odatlarning barchasidan qutulish kishidan ancha matonat, iroda, nazorat talab qiladi
Agar hayot haqidagi fikrimizni ozgina falsafiylashtiradigan bo‘lsak, unda yashash qanchalik murakkab va mehnattalab jarayon ekanligini anglash qiyin emas.Uning har bir kuni, har bir daqiqasi hayot uchun, yashash uchun ko‘rash-lardan iborat.Bu ko‘rash ona qornida—homilaning birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Turmushning barcha salbiy ta’sirlari: homiladorning qiyin turmush sharoiti, zararli odatlari, ruhiy iztiroblari, ob-havo, atrof-muhit bilan bog‘liq noqulayliklar uning hayotiga xavf soluvchi omil bo‘lib ta’sir etadi. U bunga qarshi ko‘rashadi. Ko‘pchilik hollarda homila bunga moslashish yo‘li bilan jon saqlab qoladi.
Ijtimoiy hayot va tabiatning qonuniyatlari hamma vaqt ham odam tana-siga, ruhiyatiga, salomatligiga to‘g‘ri kelavermasligi mumkin. Bunday vaqt-larda inson faqatgina tabiatga va jamiyatga moslashish yo‘lidagi noqulay-liklarga qarshi ko‘rashish, hayotdan o‘rganish, tajriba orttirish va uni takomillashtirish yo‘li bilan hayotini saqlab qoladi. Bu uslub ijtimoiy hayotning hamma sohalari, jumladan, salomatlik uchun ham bevosita aloqador.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov yoshlar sog‘ligiga ko‘p e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga qulay imkoniyatlar yaratib bermoqda.
O’zbekistan Respublikasi mustaqillikka erishishi bilanoq o‘zining bir qator qonunlarini, eng avvalo, asosiy Qonuni — O’zbekistoning Konstitutsiyasida aholining cog‘ligini asrash maqsadida atrof-muhitni toza saqlashga alohida e’tiborni qaratdi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida «Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburlar», deb ko‘rsatilishi mamlakatimizning barcha fuqarolariga sog‘lom muhit yaratish borasida katta mas’uliyat yuklaydi.
Shunday ekan, ta’lim muassasalaridagi pedagoglar, talabalar, shuningdek, barcha xodimlar universitet auditoriyalarini, atrof muhitlarini toza ozoda tutishga hamma birdek ma’suldir.
|
QIZIQARLI MA’LUMOTLAR |
Besh narsaning qadrini oldindan biling:
ü O’lim kelmasdan oldin hayotning qadrini;
ü Kasal bo‘lmasdan oldin salomatlik qadrini;
ü Mashg‘ullikdan oldin bo‘sh vaqtning qadrini;
ü Qarilik kelmasdan oldin yoshlikning qadrini;
ü Faqirlikdan oldin boylikning qadrini
Hadisdan
|
AMALIY ISHNI BAJARISH TARTIBI
|
«Veer» texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab, ko‘ntarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
«Veer» texnologiyasi mavzuni o‘rganishning turli bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin:
- boshida: o‘z bilimlarini erkin faollashtirish;
- mavzuni o‘rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;
- yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi.
Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz.
Fazilat – ijobiy sifat.
Nuqson – nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik.
Xulosa
– muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo‘yicha dalildan natijaga kelish.
SEMINAR MASHG’ULOT ¹ 7
O’QITUVCHI VA TALABALARNING DAM OLISHI VA ISH, O‘QISH REJASINI TO‘G‘RI TASHKIL QILINISHI
|
ISHDAN MAQSAD |
Shaxsni jismoniy takomillashtirishda individual yondoshish, Oliy O’quv Yurt o‘qituvchisi va talabalarni tarbiyalash omili va o‘z-o‘zini nazorat qilish shaxsni jismoniy takomillashtirishning samarali usuli mohiyati va ahamiyatini tushuntirish.
|
NAZARIY MA’LUMOTLAR |
Pedagog sifatida o‘qituvchining burchi keng va ko‘p qirralidir. U talabalarni tarbiyalaydi, ularni o‘quv - sog‘lomlashtirish - amaliy faoliyatlarini tashkil etadi va uni orqasidan nazoratni amalga oshiradi, salomatlikni yaxshilanishiga va saqlash vositalari hamda shakllarini, usullarini o‘rgatadi. O’qituvchi ana shu maqsad bilan o‘quv - sog‘lomlashtirish jarayonini rejalashtirida, nazari va amaliy mashg‘ulotlarni aniq mazmunini va maqsadini aniqlaydi.
Shuning uchun o‘zining mazmuni va pedagogik xarakteri bo‘yicha o‘qituvchining pedagogik fazilati ko‘p qirralidir. Uni pedagogik mahoratida ular uyg‘un (kompleks) birlikda namoyon etadilar.
O’qituvchining pedagogik mahorati psixologiya - pedagogika tomonidan fikr yurgazishini bilim, malaka, ko‘nikmalarni va his tuyg‘u irodasi vositasini jonliligini ulardan olingan natijalarni umumlashtirish o‘zida tasavvur qilish, unda pedagog shaxsini yuqori darajada rivojlanganligini bir - biriga bog‘liqligi unga o‘quv-tarbiyaviy sog‘lomlashtirish vazifalarini samarali hal etishga imkoniyat beradi.
|
QIZIQARLI MA’LUMOTLAR |
Yoshlikdan faol turmush tarzini olib borish, chiniqish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzi talablariga amal qilish orqali salomatlikka to‘liq erishish mumkin.
|
AMALIY ISHNI BAJARISH TARTIBI
|
Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash
«VENN diagrammasi»
U ikki yoki undan ortiq katta o‘lchamdagi o‘zaro kesishuvchi aylanalar asosida tuziladi. Aylanalar orasida yozuv uchun yetarli joy qolishi kerak.
Bu diagramma asosan g‘oyalarni kontrastlash (bir-biridan ajratish) uchun qo‘llaniladi va taqqoslanayotgan ob’ektlarga xos umumiy va individual xususiyatlarini ko‘rsatib beradi.
1-ob’ekt 2-ob’ekt
SEMINAR MASHG’ULOT ¹ 8
SALOMATLIKNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
|
ISHDAN MAQSAD |
Sog‘lom tana, sog‘lom aql, sog‘lom idrok , sog‘lom ruh – har bir insonda mushtarak bo‘lishi shart.
|
NAZARIY MA’LUMOTLAR |
Uzoq davom etgan ruhiy kechinmalar natijasida:
Asab tizimi buzilishi bilan bog‘liq xastaliklar (nevroz,psixoz). Bundan tashqari kuchli stress, qo‘rquv, doimiy xafagarchilik,doimiy tajanglik,ruhiy iztirob, qattiq charchash, jahldorlik kabi salbiy ruhiy holatlar tufayli qandli diabet, xafaqonlik, oshqozon ichak kasalliklari, nafas siqishi kabi kasalliklarga sabab bo‘ladi
Talabalarning jismoniy rivojlanishini boshqarish. Talabalarni jismoniy rivojlantirish jarayonida pedagogik nazorat. Jismoniy rivojlantirishni pedagogik nazorat qilishning reyting tizimi. Talabalarni jismoniy rivojlantirishning samarali metodlari. Jismoniy rivojlantirishning modul usuli.
.Ma'lumki, harakat faolligi insonning ruhiy faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. U salbiy ruhiy ta'sirlar, aqliy charchoqni bartaraf etish vositasi va intellektual faoliyat omili sifatida xizmat qiladi.
Jismoniy mashg‘ulotlar natijasida miyada qon aylanishi yaxshilanadi, axborotni qabul qilish, uni ishlab chiqishni ta'minlovchi ruhiy jarayonlarni faollashtiradi. Jismoniy mashqlar ta'sirida xotiraning yaxshilanishi, e'tiborning barqarorlashishi, elementar intellektual masalalar yechishning tezlashishi, ko‘rish-harakat reaksiyasining faollashuvi ko‘p marotaba isbot qilingan.
V.S.Yurkevichning (1986) fikriga ko‘ra, shaxs tarbiyasiga individual yondashuv ruhiy - pedagogik ta'sir tizimining ichichiga singan bo‘lishi lozim va aynan shuning uchun bu tarbiyaning umumiy tamoyilidir. Ayni paytda ta'lim va tarbiyaning turli jabha-larida bunday yondashuv turlicha aks etadi. Bizning mamlakatda u qobiliyatlarni tarbiya qilish nazariyasi va amaliyotida qo‘llaniladi. Qobiliyatlar muammosining o‘zi esa psixologiya fanida, dastavval, individual farqlar muammosi sifatida paydo bo‘lgan va so‘nggi vaqtlarda uning umumiy nuqtai nazari ishlab chiqil-moqda.
Shunga qaramay, so‘nggi yillarda o‘quvchi ruhiy individualligini o‘rganish metodlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarning katta hajmi to‘plangan maxsus ilmiy - amaliy fan - maktab psixo-diagnostikasi shakllana boshladi. Yaqin kelajakda pedagogika oliygohlarida maxsus kurslar tashkil etilishi muqarrar. Ular pedagoglarni psixodiagnostik bilimlar, maxsus amaliy usullar bilan qurollantirish va bu usullardan amalda foydalanishni o‘rgatish imkonini beradi (Yu.Z.Gilbux, 1989). Qobiliyatlar va keng shaxsiy planda psixodiagnostika masalalari B.G.Ananev, A.G.Kovalev, V.I.Myasnichev (1960) ishlarida ko‘rib chiqilgan. Ular qobiliyatlar va shaxsning boshqa xususiyatlari deganda biror - bir faoliyatni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan xususiyatlar ansamblini tushunishadi.
K.K.Platonov (1968) «qobiliyat» tushunchasini qobiliyat va shaxsning tuzilishi o‘rtasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqib yoritadi.
M.G.Davletshin (1973) ning yozishicha, qobiliyat - insonning u yoki bu faoliyatga layoqatdir yoki «qobiliyat insonning muayyan faoliyatga layoqati darajasini aniqlovchi individual xususiyati sifatida ko‘rib chiqilishi kerak».
Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun dastavval uni aniqlash kerak. Diagnostika tibbiyotda, texnikada va kasbiy faoliyatining boshqa jabhalarida qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchini kundalik faoliyatda o‘rganish va unga didaktik va tarbiyaviy ta'sirni tezkor baholash juda muhim. Asosan talabaning individual xususiyatlariga e'tibor qaratish kerak.
Oliygohda tarbiyaning maqsadi shaxs mohiyatini tushunishga asoslangan. Talaba shaxsiyati uning ijtimoiy muhit bilan aloqasi jarayonida tabiiy xususiyatlar va faoliyat asosida shakllanadi. Xulq va shaxsning rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi qadriy dunyoqarashlar, sabablar va ehtiyojlardir.
V.M.Roshnskiy (1990) ta'kidlashicha, talaba shaxsini rivojlantirish bir necha yo‘nalishlarda boradi: g‘oyaviy ishonchini, kasbiy yo‘nalishini mustahkamlash, ruhiy jarayonlarni rivojlantirish, ma'suliyat hissini oshirish, bo‘lajak kasbiga mehrini barqarorlashtirish va h.z. Talaba shaxsiyatini ruhiy rivojlantirish tashqi omillarning ichkiga o‘tishi, o‘z ustida faol ishlash qarama - qarshiliklarining paydo bo‘lishi va hal etishdek dialektik jarayondir. Inson temperamenti turini bilish juda muhim, chunki shu asosda faoliyatning mazmuniy taraflari ko‘rib chiqiladi.
Temperament xarakterning dinamik asosini tashkil etadi. Bu insonning muhim va barqaror ruhiy xususiyatlarini o‘z ichiga oladi va uning hayotga munosabatini aks ettiradi. Temperamentda faollik va emotsionallik chambarchas bog‘liqdir. Harakat faolligi tezlikda, yoki harakatning sustligida aks etadi. Harakatning emosionalligi hissiyotlar, kayfiyatlarning kechishi xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Talaba xarakterini bilish uning harakat-larini oldindan ko‘ra bilish, va u bilan to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatish imkonini beradi. Talabaning ijobiy ruhiy holatini ushlab turishda o‘qituvchining roli katta. Talabalar bilan tarbiyaviy ishlar aktiv faoliyat o‘rnatish va ijodiy ko‘tarinkilik asosida olib boriladi. Optimizm, o‘zaro bir - birini tushunish, o‘qituvchi harakatlarining rejalashtirilganligi va chuqur o‘ylanganligi talabalarda ijobiy ruhiy holatlarning barqaror bo‘lishga yordam beradi. (V.I.Platonov, 1987). Talabalarning irodasini ax- loqiy tamoyillar bilan bog‘liqlikda tarbiyalash kerak. Buning uchun ularning psixologik tuzilmasi, ruhiy jarayonlari xususiyatlarini, individual tipologik xususiyatlarini aniqlab olish kerak.
Sangvinik (xushchaqchaq) mijozli talabani, agarda uni ishi qiziqarli bo‘lsa u yaxshi natijalarga erishadi. U qiyin holatlarda boshqalarga nisbatan tetiklik, ishonch, ega bo‘ladi, o‘rtoklariga ijobiy ta'sir etadi, ularni kayfiyatini ko‘taradi. Bu peshqadam har doim o‘qituvchiga yordam berishga qodir. Muhimi tarbiyaviy jarayonda shunday talabalar namoyon bo‘ladiki, buning uchun o‘qituvchi mijozlarni diagnostikasini psixologik uslublarini bilishi shart.
Xolerik (serg‘araytli) mijozli talaba esa o‘ziga xos salga lovullab ketadigan, kuchli yoki to‘xtatib bo‘lmaydigan, tezlik reaksiyasi, jonli imo - ishoralar va ishora ega bo‘ladi. I.P. Pavlovni baho berishi bo‘yicha, xolerik (serg‘ayratlik) - bu ochiqdan ochiq jasur tip, yengil va tez aniklanadigan deb ataladi. O‘ziga xos hyech qanday qiyinchiliklarsiz u yangi hayot sharoitlariga ko‘nikma hosil qiladi, o‘rab olgan bilan yengillikka aloqa bog‘lash mumkin, yaxshi jamiyatga, faol ishtirokchi bo‘lishi mumkin. Talaba shunday mijoz bilan ishga kirishib ketadigan bo‘lsa u juda zo‘r faollik namoyon etadi, biroq tez sovub qoladi. Uni bir maromdagi harakat, sekin va osoyishtali me'er (sekin yugurish, yurish). U faol, keskin harakatlarga moyildir (sport o‘yinlari, 30-100 mm qisqa masofalarga yugurishga).
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, xolerik (serg‘ayratli) mijozli kishi birorta vazifani bajarishdan oldin xaddan tashqari hayajonlanadi. Bu esa final va ma'suliyatli musobaqalar oldidan salbiy ta'sir etishi mumkin. Bunaqa holatda o‘qituvchining roli shundan iborat bo‘lishi kerakki, chunki talabadan xaddan tashqari ortiqcha hayajonlanishni to‘lqinlanishni so‘z yordamida pasayti-rishda xulq - atvori bilan shaxsiy namuna ko‘rsatishi kerak. Bu kursdoshlarini moxirona harakati, o‘zini dadil tutishini misol-lar bilan mustahkamlash, yaxshilik bildirish ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun talabaga yetarli ko‘p bo‘lmagan jadal xarakterdagi jismoniy yuklamani berish foydalidir, chunki u topshiriqni bajarishdan uni boshqa tomonga jalb qiladi.
O‘qituvchi muhimi shuni hisobga olish kerakki, ya'ni nizoli yoki janjalli holatda xolerik (serg‘ayratlik) mijozdagi talabalar odatda kuchli salbiy asabiylashgan xolatni boshdan kechiradi, u haqiqatan ham tarbiyaviy ta'sir etishni pasaytiradi. Bunday holatda eng yaxshisi ularni diqqat e'tiborini boshqa harakatni ba-jarishga qaratish kerak, chunki kutish kerak, talaba tinchlanguncha, undan so‘ng kerakli yo‘nalishga ta'sir etish kerak. Balki shuni e'tiborga olish kerakki, ya'ni bir xil turmaydigan, qiziqqonligi intizomni buzilish sababi bo‘lishi mumkin. Bu, albatta, talabalardan ayibni olib tashlamaydi, lekin tarbiyani hisobga olishi kerak.
Flegmatik (bo‘shang yoki og‘ir) mijozli talaba - og‘ir vazmin, kam harakatchan, xotirjam bo‘ladi. Unga xos bo‘lgan bo‘sh his - tuy-g‘uga tez beriladigandir. U bo‘lajak harakatlarini uzoq vaqt o‘ylaydigan intilishlilik paydo bo‘ladi, yangi harakat malaka-larini sekin va qiyinlik bilan o‘zlashtiradi, bir harakatdan boshqa harakatga yo‘nalishini o‘zgartiradi. Biroq o‘quv, mehnat faoliyatida qo‘sh matonatli, bardoshli, uzoq o‘tirib ishlash qobiliyatini namoyon qiladi. «Flegmatik bo‘shang yoki og‘ir» mijoz-osoyishta, har doim bab-baravar, qunt bilan kurashuvchi va zo‘r berib ko‘p ishlaydigan» - deb aytgandi I.P.Pavlov. Flegmatik (bo‘shang yoki og‘ir) o‘ziga xos chidamli, diqqatli, o‘zini - o‘zi nazorat qiladigan, vazmin og‘ir bo‘ladi. Unda o‘zini tuta bilishlik, ehtiyotlik ish tutish shuningdek qat'iyatli ko‘rsatish yengilish shakllantiriladi.
Flegmatik (bo‘shang yoki og‘ir) mijozli talabalarda psixik jarayonlar me'yori sekinlashtirilgan. Shuning uchun ularga vizual butun tavsilotlari bilan tushuntirish kerak, uni bajarish vaqtni haqida eslatib qo‘yish, xarakatni bajarishda shoshirmaslik kerak. Talabalarga asta sekin o‘ziga mos vazifalarni berib borish, unga tez reaksiyani tilab qoluvchi, shartni qo‘yish bilan, undagi sustkashlikni, jur'atsizligini yo‘qotish mumkin, unga sog‘lomlashtirish mashqlarini bajarish sharoitida o‘zlashtirishga yordam berish.
Tashkiliy aloqa instituti talabalari bilan o‘tkazilgan psixologik ilmiy - tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, chunki ular asosan flegmatik (bo‘shang yoki og‘ir) mijozga ega ekanliklarini ko‘rsatdi.
Melonxolik (g‘amgin) mijozdagi talabalar odamlarga aralashmaydigan, adamovi, kas tashabbuskorliklari bilan ajralib turadi. U ma'yuslikka, xafagarchilikka tez beriluvchan, ya'ni sha-roitga sekin - asta ko‘nikadigan, qiyinchiliklarni o‘ziga og‘ir oladigan, chunki unga o‘zi boridan ko‘proq bo‘lib ko‘rinishga borish-ga moyil bo‘ladi.
Har qanday narsani kuchli ta'sir etishi uni sarosima yoki esankirab qolishga olib keladi, muvozamatdan chiqaradi.
Bo‘sh tipdagi talaba (melanxolik) yangi turmush qayotga tushib qolsa, u o‘zini tomoni yo‘qotib qo‘yadi. Melonxolik har doim faqat yomon, xavf-xatarni ko‘radi. Melonxolik osoyishta, yaxshilik istovchilar doirasida o‘zini yaxshi xis etadi va hayotini vazifalar bilan muvaffaqiyatli ravishda uddasidan chiqa oladi. Melonxolikda odatga ko‘ra, sezgi organlari yaxshi rivojlangan, bu unga nozik ishlarni bajarishga imkon beradi (ular stol tennisi, basketbol, qo‘l to‘pini yaxshi o‘ynaydilar). Yuqori darajadagi hayajonlashishni taranglashishni melonxolik boshqalar mushkuliga nihoyatda sezgirr bo‘lishiga imkon beradi.
Qator mualliflar birinchi kurs talabalarining adaptatsion davri xususiyatlariga e'tibor beradilar.
V.I.Zagvyazinskiy (1982) ta'kidlashicha, adaptatsiya talabalarning oliygohda ta'lim sharoitlariga, aqliy faoliyatning yangi tashkilotiga ko‘nikish davridir. Adaptatsiyaning 3 ta shakli mav-jud: kasbiy, ijtimoiy - psixologik va didaktik.
Kasbiy adaptatsiya - oliy ta'lim tuzilmasiga, oliygohda ta'lim jarayoni mazmuni va tarkibiy qismlariga, tanlangan kasb xususiyatlariga moslashishdir. Ijtimoiy - psixologik adaptatsiya yangi o‘rtoqlar bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatishda aks etadi. Didaktik adaptatsiya oliygohdagi ta'lim tizimiga sekin - asta kirishishi va moslashishni ta'minlaydi.
A.V.Petrovskiy (1986) birinchi kurs talabalarning adapta-sion davrining quyidagi asosiy qiyinchiliklari mavjud:
kechagi maktab o‘quvchilarining maktab kollektividan, o‘rtoqlari, o‘quvchilari ma'naviy yordamidan ajralish bilan sog‘liq salbiy kechinmalar;
kasbni tanlash motivatsiyasining noaniqligi, kasbga tayyorgarlikning yetarlicha emasligi;
o‘z harakatlarini psixologik boshqarishni bilmaslik, odatiy pedagogik nazoratning yo‘qligi bilan bog‘liq ruhiy vaziyat;
yangi sharoitda mehnat qilish va dam olishning optimal rejimini izlash;
turmushni va o‘z - o‘zini boshqarishni yo‘lga qo‘yish (ayniqsa, uy sharoitidan yotoqxona sharoitiga o‘tayotganda);
mustaqil ishlash va yashash ko‘nikmalarining yo‘qligi.
N.A.Agadjanyan (1988) talabalarning oliygohda ta'lim olish sharoitlariga adaptatsiyasining bir necha aspektlariga e'tibor qaratadi:
ijtimoiy (oilaviy munosabatlar, yashash sharoiti, moddiy ta'minot)
psixofizik (kirishimlilik, guruhda va kursda o‘rtoqlar, o‘qituvchilar bilan munosabatlar, shaxsiy xususiyatlar, qiziqishlar darajasi, xarakter, kollektivga psixofiziologik moslashishi)
atrof - muhit (organizmning yangi tabiiy sharoitlarga, temperaturasi, atmosferaning gaz tarkibiga reaksiyasi)
fiziologik (talaba salomatligining ahvoli, asab faoliyatining tipi).
2.Asab jarayonlari - qo‘zg‘alish va tormozlanish, uchta xususiyat bilan xarakterlanadi: kuch, harakatchanlik, vazminlik.
Asab tizimi yoki asab faoliyati tipi tushunchalari asab tizimining tug‘ma xususiyatlari, shuningdek, hayot davomida shakllangan va mustahkamlangan xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Inson tipologik xususiyatlarining shakllanishiga u yashayotgan muhit, ishlayotgan kollektiv katta ta'sir ko‘rsatadi (Z.I.Kolarova, 1968).
Sifat xususiyatlari, asab jarayonlari xususiyatlarining turli kombinatsiyalariga qarab asab tizimlari 4 ta tipga ajratiladi. Kuch ko‘rsatkichiga ko‘ra asab tizimining kuchli, kuchsiz tiplari, harakatchanlik ko‘ratkichi bo‘yicha inert ( kam harakatchan), harakatchan tiplari, vazminlik ko‘rsatkichi bo‘yicha - vazmin, yengiltak tiplari mavjud.
Asab tizimi kuchsiz shaxslarda ikkala jarayon - qo‘zg‘alish va tormozlanish - kuchsiz bo‘ladi. Bunday odamlar muhit sharoitlariga juda qiyin moslashadilar, murakkab hayotiy vaziyatlarda ularning ruhiy holati oson sinadi va ular nevrotik bo‘lib qoladilar. Bunday insonni tarbiyalash jarayoni qiyin kechadi, chunki kuchsiz asab tizimi organizmda ro‘y berishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlarni sekin qabul qiladi va o‘zlashtiradi.
Asab tizimi kuchlilarni tarbiya qilish oson, ular yangi ko‘nikmalarni tez qabul qiladilar. Asab tizimi kuchli insonlar orasida harakatchanligi inert (sust) shaxslar ham uchrab turadi. Vazminlik ko‘rsatkichi bo‘yicha asab tizimi kuchlilar vazmin va yengiltaklarga bo‘linadi. yengiltaklarda qo‘zg‘alish kuchli, tormozlanish reaksiyasi esa qoloq bo‘ladi. Shuning uchun ular tez tormozlanish kerak bo‘lgan vaziyatlarda yordamga muhtoj bo‘lib qoladilar.
Inson asab faoliyatining individual xususiyatlari butun sport faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Harakat ko‘nik-malarining shakllanishi tezligi va barqarorligi, ularning tako-millashuvi, zarur bo‘lganda, ularni o‘zgartirish imkoniyati ko‘p jihatdan asab faoliyatining xususiyatlariga bog‘liq. Sportchining sport faoliyatining turli davrlaridagi holati, mashg‘ulotlarda va musobaqalardagi fe'l-atvori, o‘zini tutishi ham individual xususiyatlarga kiradi. Butun hayot jarayonida, atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lish, ishlash jarayonida ikki asosiy asab jarayoni- qo‘zg‘alish va tormozlanishning balanslashuvi ro‘y beradi. Bu balansning buzilishi dinamik stereotipining shakllanishida qiyinchiliklar uyg‘otadi. Asab markazlarida ishlayotgan mushaklar, a'zolardan berayotgan ta'sirni mustahkamlash, harakat ko‘nikmalari dinamik stereotipini yaratish uchun ma'lum darajadagi qo‘zg‘alish, asab jarayonlarining, uning harakatchanligining muayyan kuchi darkor.
Sportchi organizmiga ta'sir qilayotgan o‘ta kuchli qo‘zg‘alishlar ( maksimal yoki submaksimal yuklamalar, uzoq davom etgan mashg‘ulotlar, yuqori tezlikda ritmik ishlash) natijasida harakat aktining samaradorligi pasayadi. Aynan shu davrda yuklamalarni bir oz kamaytirish kerak, aks holda asab buzilishi ro‘y berishi va sportchini anchagacha safdan chiqarib qo‘yishi mumkin.
Bosh miyada u yoki bu harakat aktining dinamik stereotipi shakllanishi uchun ta'lim jarayonida oliy nerv faoliyatining individual xususiyatlarini hisobga olish kerak. Asab faoliyati harakatchan, vazmin bo‘lgan sportchi uchun harakatlarni bir necha marta takrorlash kifoya - bu harakatlar uning bosh miyasi qobig‘iga darrov o‘rnashadi. Vazmin, harakatchanligi inert asab tizimiga ega bo‘lgan sportchi harakatlarni ko‘p marta takrorlashi kerak. Bunga, ayniqsa, yangi texnik usullarni o‘zlashtirishda e'tibor berish kerak. Mashg‘ulotlarda yangi texnik usulni o‘zlashtirish turli sportchilarda turlicha o‘tadi.
A.A.Uxtomskiy fiziologiyaning fundamental nazariyasi- dominanta haqida ta'limotni ishlab chiqdi:
1) dominatsiyalovchi asab markazi o‘z qo‘zg‘alishini naromal va patologik sharoitlarda mustahkamlaydi;
2) qo‘zg‘alishning rivojlanishi davomida u boshqa kelib chiquvchi jarayonlarni (qo‘zg‘atuvchiga javob reaksiyasi) tormozlaydi.
Dominanta tamoyili markaziy asab tizimining umumiy tamoyilidir. Dominantlar insonning kasbi - kori, xarakteri, temperamenti, qiziqishlari, organizmning salbiy hayotiy vaziyatlarga ta'sirchanligiga qarab turlicha bo‘ladi. Dominantalarni ongli bo-shqarish salomatlikni mustahkamlashga eltuvchi yo‘ldir (K.V. Dineyka, 1987).
L.P.Primak (1987) qayd etishicha, insonning ruhiy –emotsional holatiga ta'sir etuvchi omillar ichida quyidagilar muhim hisoblanadi:
1. Jamiyatni intensiv texnizatsiyalash natijasida mushak tizimiga yuklamalarining kamayishi. Mushak tizimi inson markaziy asab tizimini, birinchi navbatda, uning emotsional markazlarini jonlantiruvchi asab impulchatsiyasining qudratli manbasi hisoblanadi. Shuning uchun mushak apparatini yetarli yuklama bilan ta'minlamaslik, inson uchun hayotda «Psixologik to‘siqlarni» yengish uchun kerak bo‘ldagina ijobiy ta'sirdan asab markazlarini mahrum etadi. Bunday sharoitda ko‘pgina salbiy qo‘zg‘atuvchilar ko‘chli xarakterni namoyon etib asabga yomon ta'sir ko‘rsatadi. Muntazam past hayotiy tonus, apatiya bunday paytda jahldorlik, oddiy salbiy ta'sirlarga chidolmaslik bilan tutashib ketadi.
2 .Jamiyatni texnizatsiyalash his qilish a'zolariga axborot yuklamasining kuchli va o‘rtacha kuchli signallar diapazonida oshishi bilan xarakterlanadi va kuchsiz va o‘ta kuchsiz signallarni qo‘llash zaruriyatini bartaraf etadi. Aynan shunday signallar tabiiy sharoitda yashagan insonlar hayotiy faoliyatining ishchi diapazonini tashkil etadi. Sivilizatsiyaning o‘sishi kichik quvvatli singallar hayotiy ahamiyatini yo‘q qilib, kuchli signallar diapazoni yuklamasini oshirib yubordi.
Harakatning kamligi natijasida inson organizmi asab va jismoniy funksiyalarining nouyg‘unligini his qiladi. His - hayajonlar, uzoq davom etgan asabiy holatlar ( ayniqsa, inson kasal bo‘lgan, charchagan, stress holatlarida) vegetativ asab tizimi, ichki sekretsiya bezlari, ichki organlar funsiyasining buzilishiga sabab bo‘lishi isbotlangan. Bularning barchasi o‘tkir va surunkali kasalliklar, ayniqsa, yurak - qon tizimi kasalliklarining zo‘rayishiga olib keladi. Ruhiy barqarorlik va turli hayotiy vaziyatlarga adekvat reaksiyani tarbiyalash, mashq qildirish organizmning stress holatlarga qarshi kurashuvchanligini kuchaytiradi va umumiy sog‘lomlashtirishga yordam beradi (K.V.Dineika, 1987).
Yoshlarni o‘z ustida maqsadga yo‘naltirilgan holda ishlashga majburlaydigan narsa ma'lum dastlabki sharoit - shart va bu mavjuddir. Pedagogikada kishiga bo‘ladigan munosabatni bo‘yicha uni ichki va tashqiga bo‘ladi.
Tashqi shart - sharoitga quyidagilar kiradi: barcha talabalar jamoasini yuqori darajada rivojlanishi, o‘zini o‘zi tarbyalash sohasida maqsadga yo‘naltirilgan ma'rifiy ishlar - bu jamoat chilik fikri; ichki shart - sharoitdagi o‘zini - o‘zi tarbiyalashga quy-idagilar kiradi: ma'lum darajadagi o‘zini o‘zi anglash va o‘zini o‘zi bilish, kasbiy - ma'naviyat jihatdan oliy maqsadga intilish va x.k. O‘zini o‘zi tarbiyalash, tizimida ichki shart - sharoit kishini irodasi shakllanishida hal qiluvchi ahamityaga egadir, Irodaga zo‘r bermasdan turib o‘zini - o‘zi tarbiyalash mumkin emas.
Ichki shart sharoitida o‘zini - o‘zi kamolotga yoki takomillashtirishga quyidagilar kiradi: qaddi - qomatni yaxshilashga, kuch imkoniyatlarini rivojlantirishga, chiroyli qomatni shakllanti-rishga, ya'ni to‘liq - jismoniy holatni, salomatlikni saqlashga va yaxshilashga intilish.
|
QIZIQARLI MA’LUMOTLAR |
“Ruhiyatga bog‘liq bo‘lmagan kasallikning o‘zi yo‘q”
SUQROT
Ruhiy salomatlikni asrash uchun::
Ø Muntazam ravishda va me’yorida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish.
Ø Ba’zi bir bo‘lib o‘tgan yoki bo‘layotgan noxushliklarga berilmaslik.
Ø O’z hayot faoliyatini to‘g‘ri tashkil eta olish va to‘g‘ri rejalashtirish.
Ø Hayotga yangicha yondoshib, har qanday holatlarga ijobiy munosabatda bo‘lish.
Ø Do‘stlarga va yaqinlarga yaxshi e’tibor bilan yondoshishlik
|
AMALIY ISHNI BAJARISH TARTIBI
|
Aqliy hujum
Aqliy hujum guruhlararo ishlarda qo‘llaniladigan, ko‘plab g‘oyalarni ishlab chiqish mumkin bo‘lgan metoddir. Bu haqiqatan ham talabalarning o‘quv jarayonida faol ishtirok etishlari, turli g‘oyalarni bayon qilish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo‘llashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga rag‘batlantiruvchi metoddir. Aqliy hujum shuning uchun ham faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g‘oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda o‘ziga tortib oladi.
O’qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa o‘kuv faolligi 5-10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi.
Aqliy
hujum turli tarzda qo‘llanishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish
uchun, yangi savol qo‘yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish uchun.
SEMINAR MASHG’ULOT ¹ 9
ZARARLI ILLATLARNI OLDINI OLISH, QARSHI KURASHISH
(ICHISH, CHEKISH)
|
ISHDAN MAQSAD |
Bo‘lg‘usi ota onalarga “Zararli odatlar umr zavoli” ekanligini tushuntirish.
|
NAZARIY MA’LUMOTLAR |
Zararli odatlar oqibati
Ø yurak – qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, asab, jinsiy bezlar kabi a’zolarga zaharli ta’sir qilib, infarkt, xafaqon kasalligi, bronxlarning surunkali yallig’lanishi va saraton singari ko’pgina xavfli kasalliklarga;
Ø naslga ham salbiy ta’sir qilib, farzandsizlikka, tug’uladigan bolalarning zaif, nogiron, turli nuqsonlar bilan tug’ulishi; oxir-oqibatda axloqsizlik, jamiyatga qarshi xatti-harakat, bezorilik, oilasizlik, ishsizlikka olib keladi
Zararli illatlarni oldini olish, qarshi kurashish |
|
Bugungi kunda ayrim yoshlar orasida avj olib borayotgan zararli odatlar:
Ò Spirtli ichimliklar ichish Ò Tamaki chekish Ò Giyohvand moddalar iste’mol qilish Ò Qo‘l telefoniga tobelik Ò Internet va kompyuter o‘yinlariga tobelik |
|
Sog’lom turmush tarzi
Farzand ota-onaning baxti, saodati, butun jamiyat va mamlakatning betimsol boyligidir. Shu bois mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ezgu ishlar negizida sog‘lom avlodni voyaga yetkazish masalasi o‘z ifodasini topgan. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan bu borada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.
Malumki keyingi yillarda yer yuzida narkotik moddalarni istemol qilish yoki ular g’ayri qonuniy biznes qilish keng tus olayapti. Ekspertlarning hisobiga qaraganda, sodir etilayotgan barcha jinoyatlarning 74% idan kî‘prog’i malum darajada narkotik moddalar bilan bog’liqdir. Buning oqibatida har xil jinoyatlarni sodir etish yildan yilga kî‘payib bormoqda. Shu bois Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1997- yil 7 — dekabrdagi qarori bilan 26— iyun kuni « Giyohvandlikka xalqaro qarshi kurash kuni » deb belgiladi. XXI — asr illatining yer yuzida tarqalishiga va bu jirkanch illat asr vabosiga qarshi kurashish uchun 1999 -yil Αzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida « Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tî‘g’risida » gi qonun qabul qilindi.
Giyohvàndlik- insîn shàxsining và ruhiy hîlàtining chuqur o’zgàrishigà, shuningdåk, ichki à’zîlar fàîliyatining jiddiy zàxàrlànishigà îlib kålàdi. Giyohvàndlik nàrkîtik xususiyatgà egà bo’lgàn và qînun bilàn tàsdiqlàngàn kimyoviy nàrkîtik mîddàlarni yoki dîri-dàrmînlarni istå’mîl qilish nàtiiàsidà hàm shàkllànàdi.
Giyohvàndlik uchtà bîsqichdà shàkllànàdi:
Dàstlàbki bîsqichdà bir nåchà bîr giyohvand moddalarni qàbul qilgàndàn so’ng bundày mîddàlargà nisbàtàn bîg’lànib qîlàdi. Bundà hàli àbstinånt sindrîmi- xumîr tutishi và iismîniy bîg’lànish shàkllàngàn.
Giyohvànd mîddà kàyfiyatni yaxshilàsh uchun istå’mîl qilinàdi. Ikkinchi bîsqichdà giyohvand moddani qàbul qilish dàvîm ettirilgàndà ungà nisbàtàn jismîniy bîg’ànish pàydî bo’làdi. Bundày kishilar uchun giyohvand moddaning nàvbàtdàgi dîzàlarini o’z vàqtidà qàbul qilmàslik kishi îrgànizmidà insîn uchun o’tà àzîbli giyohvàndlik kàsàlligi bålgilari sîdir bo’lishigà îlib kålàdi.
Giyohvand moddalarning mustàqil istå’mîli insîn shàxsini qàshshîqlàshtiràdi, irîdàsini bo’shàshtiràdi, måhnàt qîbiliyatini pàsàytiràdi. Uning tà’siridà àsàb tizimi huiàyràlari hàlîk bo’làdi, îrgànizmning immun himîya xususiyati pàsàyadi, yomîn sifàti xàvfli o’smàlar o’sishi fàîllàshàdi.
Giyohvandlik —eng dahshatli, jirkanch illat. U insonni oxir oqibatda manaviy va jismoniy halokatga olib boradi, sî‘ng u î‘zi sezmagan holda kî‘z kî‘rib, quloq eshitmagan jinoyatga qî‘l uradi. Bunday jinoyatlarga jarima tî‘lashdan to mol — mulki musodara qilinib, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish
VOZ (Xalqaro Sog’liqni saqlash tashkiloti ) 1991 -yil giyohvand moddalar toifasiga quyidagilarni kiritdi:
1. Alkogol (barbiturat moddalar tipidagi: etil spirti, barbituratlar, sedativ — meprobronat, xloralgidrat va boshqalar).
2. Amfetamin tipidagi moddalar: anfetamin, fenmetrazin.
3. Kokain tipidagi moddalar: kokain, koka barglari.
4. Gallyusinogen tipidagi moddalar: LSD, meskalin.
5. Kata tipidagi moddlar.
6. Opiada tipidagi moddalar: toluol, aseton, tetraxlormetan.
Narkomaniya yunoncha sî‘zdan olinib, yunon — karaxtlik va maniya yani bangilik, giyohvandlik bir yoki bir necha xil narkotik moddalar (alkogol , morfin, afyun, nasha, kokain, kodein, veronal ) ga î‘rganib qolib xumorlik bî‘lib qolishdir. Narkotik moddalardan alkogol keng tarqalgan, keyin afyun va nasha turadi (bular sharq mamlakatlarida uchraydi.
Narkotik î‘simliklar davolashda va og’riqsizlantirishda ishlatiladi, lekin ularni kî‘p qabul qilish narkomanlikka olib keladi. Narkotik î‘simliklarning kî‘p turi kî‘knori, nasha, koka butasi, bangidevona va b. Shimoliy Amerika va Markaziy Osiyoda uchraydi.
Bangilik: tor manoda narkotik moddalardan nashani tamakiga aralashtirib chekish odati bî‘lib, nasha kishini mast, kayfiyatini choq qiladi, narsalar kî‘zga katta bî‘lib kî‘rinadi, rang va tovushni ravshanroq idrok etadi, bunga illyuziya deyiladi. Nasha xumor qilganda bangi lanj bî‘lib, bî‘shashadi, chiroyi ochilmaydi, qî‘li qaltiraydi, azoyi badani terlab turadi. Nashani surunkasiga chekish kishini parishonxotir, beg’am, beparvo, bî‘shang, landovur, xudbin qilib qî‘yadi. Bangilikka barham berish uchun bangilar nashadan maxrum qilinib, 3—7 kun ajratib qî‘yiladi, shu davr ichida xumorlik î‘tib ketadi, keyin organizmni mustaxkamlash choralari va psixoterapiya î‘tkaziladi.
Nashaning tibbiyot amaliyotida ishlatilmasligi va uni ekish barcha mamlakatlarda taqiqlanganligiga qaramasdan keyingi yillarda Eron, Afg’oniston, Rossiya, Tojikiston va Osiyoning boshqa mamlakatlarida nashavandlikning tobora ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Qî‘shni Afg’onistonda narko biznesning muttasil avj olib borayotgani vaziyatni chigallashtirmoqda. Bu mamlakatda har yili 3000 tonnadan kî‘proq qoradori hosili yetishtirilmoqda deganidir. Tahlillarning kî‘rsatishicha xalqaro narko guruhlar giyohvand moddalarni MDҲ va Evropa mamlakatlariga Respublikamiz orqalitashib î‘tish uchun mamlakatimiz va mintaqadagi boshqa davlatlar hududlaridan foydalanishga tinmay urinayotgani yaqqol kî‘zga tashlanmoqda.
Aziz yigit va qizlar! Mustaqil oila hayotiga tayyorgarlik kî‘rish davrida yoshlar î‘zlarining jamoa oldidagi odobi, î‘zini tuta bilishi, did-farosati, sharm-hayoliligi, shirinsuxanligi, ishbilarmonligi bilan yanada kî‘rinadilar.
Yigit-qizlarning ongida, tafakkurida chuqur î‘zgarishlar yuz beradi va shu davrga xos bî‘lgan xususiyatlar namoyon bî‘la boshlaydi. Talabalik davri - eng ma‘suliyatli davrdir. Bu davrda siz voyaga etib, mustaqil turmushga qadam qî‘yishga shaylanasiz, kelajak hayotingiz rejalarini tuza boshlaysiz, sizning xulq-atvoringiz bir oz î‘zgarib, yanada bosiqroq, mulohaza yuritganda kattalarga î‘xshab qolganingizni î‘zingiz ham sezasiz.
Tani sog’lom bî‘lgan insonning yuzidan nur yog’ilib turadi. Αspirinlik davri organizmning tayanch-harakat apparati, yurak-qon tomirlar sistemasi, ichki sekretsiya bezlari va boshqa sistemalarning jadal rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Yangi î‘qishga kelgan talabani hayotiy qiyinchiliklar, yetishmovchilik, î‘rtoqlari tomonidan kamsitilishi uni narkotik moddalarni istemol qiluvchi guruhga qî‘shilib ketishiga sabab bî‘lishi mumkin.
Ota-onalar î‘z farzandini xulqidagi ozgina î‘zgarishni ham sabablarini î‘rganib borishlari kerak.
Oliygohlarda turli fanlarni î‘qitish jarayonida talabalardagi zararli odatlarni yî‘qotish haqida tizimli ravishda ish olib borish bilan birga oliygohdan tashqari, mashg’ulotlarda muntazam ish olib borish zarur.
Oliygohning har bir î‘qituvchisi ayniqsa, guruh murabbiysi narkotik modda istemol qilgan odamga bî‘ladigan fiziologik, psixologik, jismoniy î‘zgarishlarni bilishlari kerak, bular 10 ta belgidan iborat.
Oliygoh yoki uchastka vrachlarining vazifasi narkotik moddaga î‘rganib qolgan yoshlarni topish va ularni î‘z vaqtida davolashdan iborat.
Qaysi yosh yigit yoki qiz bunday zararli odatdan qutilishni xoxlasa u davolanadi. Sog’lom avlodni tarbiyalash haqida sî‘z borganda barcha choralarni kî‘rish zarur ekanligi aytiladi.
Alkogol va tamaki maxsulotlarini tarqalishi.
Bolalar o’rtasida ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi tuzalishi qiyin bo’lgan vaboning tarqalishiga ota-onalarning o’z yumushlari bilan o’ta bandligi, bolalarni nazoratsiz qoldirishlari, oilaviy nizolar, ortiqcha boylik orttirishga ruju qo’yish, bolaning keragidan ortiq ta'minlanganligi va boshqa omillar sabab bo’lmoqda.
Ichkilikka berilgan kishining hayoti
Bunday odam or-nomus, urf-odat va mulozamatlarni unutadi, rahm-shafqat degan tushunchalardan uzoqlashib ketadi, parishonxotir, nafosatsiz,didsiz bir maxluqqa aylanib qoladi.
Sog’lom turmush tarzi — salomatlik garovi
Oilaning sog’lom turmush tarzi, dunyoqarashi, ota- onaning halolligi, pokligi, mehnatsevarligi, e'tiqodi far-zandlarni ichkilikbozlikdan, giyohvandlikdan, kashanda-likdan asrovchi omillardir.
Oliy o‘quv yurtini jismoniy tarbiya o‘qituvchisi shu bilan bir vaqtda alohida sport turlari bo‘yicha murabbiy bo‘lib hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtida o‘qituvchi murabbiy amaliy mashg‘ulotli sog‘lomlashtirish-tarbiyaviy yo‘naltirilganligiga va sifat seksiyalariga, talaba - sportchilarni tayyorlashni pedagogik tomondan to‘g‘ri tashkil etilganliliga javob beradi.
O‘qituvchi murabbiy sportchilarni tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Talabalarni yuqori darajadagi sport natijalarini ko‘rsatishga tayyorlashda, u bir vaqtni o‘zida uni mustaqil davlatga sadoqat ruhida tarbiyalaydi. U o‘zini o‘quvchilari bilan trenirovka mashg‘ulotlarida va musobaqalarda tez - tez alohida bo‘lib turishi buning uchun qulay sharoit yaratadi.
Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishda o‘qituvchi - murabbiy umumiy pedagogik talablarga amal qilib , uni dunyoqarashini tarbiyalashga yo‘naltiradi. U albatta o‘zini tarbiya-lanuvchilarini g‘oyaviy - nazariy bilimini o‘sishga, uni ijtimoy va maxsus fanlarni o‘zlashtirishlarga qiziqishlari kerak.
Oliy o‘quv yurtida tarbiyani maqsadi shaxsni tub ma'noda tushunish hisoblanadi. Talabaga shaxs sifatida, ijtimoiy sifatga ega bo‘lgan, bu o‘quv faoliyatida namoyon etadi deb qaraladi.
BUGUNGI KUNDA AYRIM YOSHLAR ORASIDA AVJ OLIB BORAYOTGAN ZARARLI ODATLAR: Ò Spirtli ichimliklar ichish Ò Tamaki chekish Ò Qo‘l telefoniga tobelik
kabi illatlarning oldini olishda quyidagi rasmlarda ko‘rsatilgan videoroliklardan foydalanish tavsiya etiladi.
|
|||
|
QIZIQARLI MA’LUMOTLAR |
|
|
Sigareta tutuni tarkibida 400 dan ortiq kimyoviy moddalar bo’lib, 43 ga yaqini odam organizmida Saraton kasalligini keltirib chiqaradigan (kanserogen) moddalardir
|
ESLAB QOLING!!! |
“YO’Q”– DEYISHGA O’ZINGDA KUCH TOP!!!
|
AMALIY ISHNI BAJARISH TARTIBI
|
«Bumerang» texnologiyasi. «Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- muomalalik;
- xushfe’llik;
- ko‘nikuvchanlik;
- o‘zlarga fikriga hurmat;
- faollik;
- rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
- ishga ijodiy yondashish;
- o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish;
- o‘zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‘zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar – bu savollar oldindan «ha»yoki «yo‘q» tipidagi to‘g‘ri, ochiq, javoblarni berishni ko‘zda tutadi.
Ko‘ndalang so‘roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo‘lib, bu o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ko‘ndalang so‘roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
ASOSIY ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Karimov I.A. “Barkamol avlod yili” davlat dasturi. T. 2010 y.
2. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz-Vatamiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. T. 2010 y.
3. Karimov I.A. “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.” T.,1997 y.
4. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmokda. T. 1999 y.
5. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni”. Toshkent, 1997y.
6. Koshbaxtiyev I.A. Valeologiya asoslari. Toshkent, 2005
7. Brexman I.I. Valeologiya – nauka o zdorove. – M., 1990.
8. Vayner E.N. Valeologiya: Uchebnik dlya vuzov. 2001. - M.: Flinta: Nauka, 2001.
QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR
1. Belov V.I., Mixaylovich F.F. Valeologiya, zdorove, molodost, krasota. – Mn., 1999.
2. Petlenko V.P. Valeologicheskiye seminarû. 1-5 tom. – S.-P.,1998.
3. Petrushin V.I., Petrushina N.V. Valeologiya. – M., 2002.
4. Elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va virtual laboratoriyalar
5. Koshbaxtiyev I.A. Valeologiya asoslari. Toshkent, 2005
INTYERNYET SAYTLARI