O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVIJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
«GUMANITAR FANLAR» KAFADRASI
SANAQULOV ABROR NAZAROVICH
«MADANIYATSHUNOSHLIK» FANIDAN
TEST VA TOPSHIRIQLAR
(uslubiy ko’rsatma)
TOSHKENT-2016
KIRISH
Jamiyatning yuksalish jarayoni uning sifat jihatdan yanada yangilanib, takomillashib borishini va o’ziga xos shkaldagi qoniniyatli o’zgarishlarni keng sur’atda taqozo etadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimiy-iqtisodiy islohotlar rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, jahon hamjamiyatida munosib o’rin egellash borasidagi ishlarimizni tegishli amaliy natijalarga olib keladi.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Shular qatorida “Madaniyatshunolik” fani ham alohida o’rin tutadi. “Madaniyatshunoslik’ fani bo’yicha ko’plab darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan ta’lim texnologiyalari yaratildi. Ma’ruza va seminar mashg’ulotlarini olib borishda “isert”, “klaster”, “baliq suyagi”, “nilufar guli” usullari keng qo’llaniladi. Darslarni olib borishda talabalarni mustaqil fikrlash, o’z qarashlarini asosli himoya qilish, bahslashish ko’nikmalarini hosil qilish muhim ahamiyatga egadir.
Ushbu jihatlarni e’tiborga olgan holda mazkur uslubiy ko’rsatmada bu usullardan foydalanildi.
Mazkur uslubiy ko’rsatma maxsus fakultet talabalari uchun mo’jallangan.
1-Mavzu: MADANIYATSHUNOSLIK KURSINING PREDMETI VA VAZIFALARI
Reja:
1. Madaniyatshunoslik kursining tadqiqot ob 'yekti va asosiy vazifalari.
2. Madaniyat tipologiyasi.
3. Madaniy rivojlanish qonuni.
4. Madaniyat va sivilizatsiya.
Tayanch so’z va iboralar
Madaniyat, ma’naviyat, ziyolilik, mentalitet, funksiya, salohiyat, qadriyat, sivilizatsiya, meros, moddiy, milliylik va
umuminsoniylik, intellekt, Shpengler.
Madaniyat – madinalik, shaharlik, ta’lim – tarbiya.
Ma’naviyat – insonlarning o’zaro munosabatlari, ularning hayotiy tajribalari davomida shakllangan va rivojlangan qadriyatlar
tizimi.
Intellekt – (lot.intellectus) aql, idrok, zehn.
Shpengler O. – nemis idealisti, faylasufi, hayot falsafasi vakillaridan biri.
An’ana – ajdodlarning tarixan to’plagan ma’naviy qadriyatlarini avlodlarga uzatish vositasi.
Sivilizatsiya – serqirra va murakkab mazmunga ega bo’lgan ijtimoiy – falsafiy tushuncha.
Marosim – shaxs, gurux, jamiyat hayotidagi muhim hodisalarni nishonlash shkli.
Qadriyat – narsa va xodisalar, jamiyat moddiy va ma’naviy boyliklarining ahamiyatini ifodalash uchun qo’llaniladigan tushuncha.
Adabiyotlar ro’yhati
1. I.À.Kàrimîv.Tàriõiy õîtiràsiz kålàjàk yo’q.T.: O’zbåkistîn,1998.
2. I.À.Kàrimîv. Amir Temur – faxrimiz, g’ururimiz. Xalq so’zi. 1996 y, 25 noyabr.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch – Toshkent.: Ma’naviyat 2008 y.
4. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirsh va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontepsiyasi. Toshkent.: O’zbekiston, 2010 y.
5. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent.O’zbekiston. 2011 y.
6. Àmir Tåmur và Tåmuriylàr dàvridà màdàniyat và sàn’àt.T.,1996.
7. Temur tuzuklari. T. 1990.
8. Madaniyatshunoslik. Ma’ruzalar matni. T., 2000.
9. Temur va Ulug’bek davri tarixi. T., 1995.
10. Ibîdîv Õ. Mîvàrîunnàhr qîmusiy îlimlàrining IX-XV àsrlàrdà fànlàrni rivîjlàntirishdàgi tàriõiy o’rni.T., 1996,38b.
11. Sulàymonîvà F. Shàrq và G’àrb T.: O’zbåkistîn,1977
12. Õàyrullàyåv M.M.O’rtà Îsiyodà ilk uyg’înish dàvri màdàniyati.T.,1995.
13. Qàyumîv À.Àhmàd àl-Fàrg’îniy.T.,1991.
Mavzu bo'yicha takrorlash uchun savollar
1. Madaniyatshunoslik fanining predmeti, u nimani o'rganadi?
2. Madaniyat qanday turlarga bo'linadi?
3. Madaniyat funktsiyalarining ahamiyati?
4. O'zbekistonning Yunesko faoliyatidagi o'rni?
Mavzu bo'yicha test vazifalari
1. “Madaniyat” atamasini lug’aviy ma’nosi nima?
a) tarixiy voqealar
b) qayta ishlov berish, o’zgarish
v) donishmandlikni sevish
g) odamni strukturaviy tuzilishi
d) tafakkur qonunlari
2. “Madaniyat”ni asosiy turlarini belgilang?
a) siyosiy va huquqiy
b) tarixiy va nazariy
v) moddiy va ma’naviy
g) ijtimoiy va iqtisodiy
d) ilmiy va mafkuraviy
3. Madaniyatshunoslik fanining predmeti nima?
a) tarixiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi ta’limot
b) madaniyatning kelib chiqishi, umumiy rivojlanish tarixi va qonuniyatlari haqidagi fan
v) tafakkur shakllari haqidagi fan
g) iqtisodiyot qonuniyatlari haqidagi fan
d) inson psixologiyasi va uning qonunlari to’g’risidagi fan
4. Madaniyatshunoslik fanining vazifalarini aniqlang.
a) tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini yoritib beradi
b) hozirgi davr mafkurasini shakllantirish
v) falsafaning asosiy masalasini o’rgatish
g) madaniyat tarixi va nazariyasini o’rgatish, madaniyatli insonni yetishtirish
d) go’zallik sirlarini o’rgatish
2-Mavzu: JAHON MADANIYATI BOSQICHLARI
Reja:
1. Ibtidoiy madaniyat.
2. Qadimgi davr madaniyati.
Tayanch so’z va iboralar
Ma'naviy madaniyat, fir'avn, ehrom, papirus, mifologik tafakkur, Osiris va Izida, Veda, Ellin madaniyati, Màxobxorot, Fir’avn, ehrom, papirys, taqvim, piramida, mifologiya, Veda, ellinlar madaniyati, antik davr.
Adabiyotlar ro'yxati
1. Axmedova A.,Gabidullin R.Kulturologiya.Akademiya Xudojestv Uzbekistana. T., 2001.
2. Sulaymonova F. Sharq va G'arb. T.: O'zbekiston. 1997.
3. Madaniyatshunoslik. Ma’ruzalar matni. Gulmetov va boshqalar. T. 2000.
4. Polishuk V. “Kulturîlîgiya”. M.,1999.
7. Sovet davrida, jumladan O’zbekistonda madaniy hayot.
Mavzu bo'yicha takrorlash uchun savollar
1. Qadimgi Sharq madaniyatining vujudga kelishidagi shart – sharoitlar.
2. Qadimgi Sharqliklarning dunyoqarashi va tafakkuridagi farqli jihatlari.
3. Qadimgi Sharq va antik davrda din va davlatning o'zaro munosabati.
4. Qadimgi Misrning maishiy madaniyati.
5. Qadimgi Xitoy madaniyatining qanday namunalarini bilasiz?
6. Qadimgi Hindiston madaniyatining o'ziga xosligi.
7. Diniy madaniyatning o'ziga xosligi nimada.
8. O'rta asr Yevropa san'ati va me'morchiligi.
9. Evropa Uyg'onishini yuzaga keltirgan omillar to'g'risida tushunchalaringiz?
10. Italiya Uyg'onishining ilk namoyondalari – Dante va Petrarka ijodi haqida nimalarni bilasiz?
11.Gumanist yozuvchilar ilgari surgan asosiy g'oyalar o'zida nimani aks ettirgan edi?
12. Leonardo da Vinchi ijodiga oid nimalarni bilasiz?
13.Mikelanjelo dahosi xususida nimalar deya olasiz?
14. XV – XVI asrlar tabiatshunos olimlari ijodidagi muhim yutuqlarni sharhlab bering.
I. O’QUV TOPSHIRIQLAR
1.2. Topshiriq
1. Jamiyatning ma'naviy hayotini nima tashkil qiladi?
A) Ijtimoiy ong, ma'naviy ishlab chiqarish, ma'naviy munosabatlar
B) Milliy madaniy meros
V) Ijtimoiy munosabatlar
G) Qadriyatlar, urf - odatlar, an'analar.
Madaniyat so’zining lug’aviy ma'nosini va uning asosiy ta'riflarini yozing.
2-topshiriq.
2. Ma'naviy ishlab chiqarish nima?
A) Kishilarning tabiat va jamiyatning bilishdagi faoliyati, olam haqidagi bilimlar, g’oyalar va nazariyalar tizimi
B) Kishilarning individual ongida tabiat va ijtimoiy borliqni aks etishi
V) Moddiy ne'matlar ishlab chiqarishning asosi
G) Ijtimoiy g’oyalar va nazariyalar
Madaniyatning tarkibiy tuzilishini sxemalarda tasvirlang.
3-topshiriq.
3. Ma'naviy muloqot nima?
A) Kishilarning adabiy san'atga oid bilimlarini bir-biriga yetkazish
B) O’zaro fikr almashish
V) Kishilarni musiqaga oid bilimlarini bir - biriga yetkazishi
G) Siyosiy, madaniy, axloqiy, ilmiy, badiiy, huquqiy bilimlar tizimi
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga misollar keltiring.
Guruh ishining baholash mezonlari
Guruh |
Ìa’lumotning to’laligi. (2 b) |
Àniq va sodda yetkazib berilishi (2 b) |
Ìa’lumotning taqdim etilishi. (4 b) |
Baho |
I
|
|
|
|
|
II |
|
|
|
|
III |
|
|
|
|
1,5-2 - à’lo 3.9-4 - à’lo
1,4 -1.2 yaxshi 3.8-2.9 - yaxshi
1 - qoniqarli 2.8-1.9- qoniqarli
2.6. Blis-so’rov savollari
¹ |
Savol |
Javob |
1. |
Diniy madaniyatning o’ziga xosligi nimada? |
|
2. |
Umuminsoniy madaniyatda diniy madaniyatning o’rni? |
|
3. |
Uyg’onish davri madaniyatining o’ziga xosligi nimada? |
|
4. |
Ikonalar chizish qaysi diniy madaniyatga xos? |
|
5. |
Texnogen madaniyatning asosiy belgilari nimada? |
|
"Insert" texnikasining qoidalari:
1. Tekstni o’qib chiqing.
2. Olingan ma'lumotni tizimlashtiring.
3. Har bir qatorga qalam yordamida belgilar qo’ying.
V - ma'lumotlar mavzuga oid bilimlarimga to’g’ri keladi.
+ - yangi ma'lumotdir.
- - olgan bilimlarimga to’g’ri kelmaydi.
? - meni o’ylantirib qo’ydi, bu masala yuzasidan qo’shimcha ma'lumotlar
kerak.
"Klaster" texnikasi
Klaster - fikrlarni tarmoqlanishi- bu pedagogik strategiya bo’lib, u talabalarning mavzuni chuqur o’rganishga yordam beradi. Talabalarda mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog’langan holda tarmoqlashlariga o’rgatadi. Bu usul biron mavzuni chuqur o’rganishdan avval talabalarni fikrlash faoliyatini jonlantirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi.
Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, umumlashtirishga undaydi. Klaster texnologiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Tayanch so’z beriladi;
2. Barcha talabalar shu so’z bo’yicha hayoliga kelgan hamma so’zlarni yozadilar.
3. Yozilgan so’zlardan boshlanadiganlarini belgilaydi.
4. Tayanch so’zning mazmunini yoritadi.
5. Dars davomida o’rganilishi lozim bo’lgan muammolar talabalarga ma'lum qilinadi va ular dars davomida tushuntirib beriladi.
Mavzu bo'yicha test vazifalari
1. Qadimda oltindan qaysi mamlakat sof holda foydalangan?
a) Xitoy
b) Misr
v) Hindiston
g) Yunoniston
d) Rim
2. “Komediya” va “Tragediya” qaerda va qachon vujudga kelgan?
a) Misrda, eramizdan avvalgi V asrda
b) Lotin mamlakatlarida, eramizdan avvalgi V asrda
v) Hindistonda, eramizdan avvalgi V asrda
g) arkalk davrida Yunonistonda, eramizdan avvalgi V asrda
d) Solon davrida Yunonistonda, eramizdan avvalgi V asrda
3. Birinchi kitob dastgohi kim tomonidan va qachon ixtiro etilgan?
a) 1670 yil Bernardino Ramatstsini
b) 1537 yil Andreas Vezalius
v) 1695 yil Antoni Guttenberg
g) 1440 yil Alfred Guttenberg
d) 1260 yil Mahmud ibn Ilyos
4. Uyg’onish davrining qaysi san’atkori inson strukturasini ifoda etgan?
a) Rembrand van Reyn
b) Albreõt Dyurer
v) Rafael Santi
g) Mikelandjelo
d) Leonardo do Vinchi
5. Yerning o’z o’qi atrofida aylanishini isbotlovchi materialistik g’oyani kim
isbot qilgan?
a)
Galiley
b) Bruno
v) Ulug’bek
g) Koopernik
d) Kompanella
6. Yevropada O’rta asrlar qaysi asrlarni o’z ichiga oladi?
a) V – XI asrlarni
b) XI – XV asrlarni
v) V – XVII asrlarni
g) XIV – XVII asrlarni
d) XVI – XVII asrlarni
7. Yevropada dastlabki universitetlar qachon tashkil topdi?
a) V – XI asrlarda
b) XI asrda
v) XIII asrda
g) XV asrda
d) 1209 yilda
8. Universitet so’zining lug’aviy ma’nosi qanday?
a) o’qimishli
b) majmua
v) uyushma
g) birlashma
3-Màvzu: MÀRKÀZIY ÎSIYO XALQLARINING QADIMGI MÀDÀNIYATI
Reja:
1. Qadimiy So'g 'd, Xorazm, Baqtriya, Kushon madaniy yodgortiklari
2. Markaziy Osiyodagi xalqlar madaniyatiga zardushtiylikning ta’siri.
Tayanch so’z va iboralar
Arxaik madaniyat, moziy, poleolit, neolit, fergantrop, totem, animizm, fetishizm, mifologiya, marosim,
monumental, megalit, mentir, dolmen.
Markaziy Osiyo, qadimiy, sivilizatsiya, ruhiy quvvat, submadaniyat, zardushtiylik, Avesto, axmoniylar Yunon-Baqtriya, mehrob, solnoma, buddaviylik, oromiy, So'g'd.
Avesto – “Hayot yoriqnomasi” deb nomlangan kitob, zardushtiylik dininig asosiy manbasi.
Esxatalogiya – inson va insoniyatning oxirgi taqdiri, olamning oxiri va qiyomat kuni haqidagi diniy ta’limot.
Mifologiya – rivoyat, afsona; soz, tushuncha, ta’limot.
Kosmopoletizm – jahon fuqarosi.
Mitra – tarixiy – adabiy “Avesto” yodgorligidagi eng qadimgi ilohiy obraz.
Sinkretizm (yunoncha – birlashtirish, qo’shish) – biron – bir hodisaning qismlarga bo’linmasligini, rivojlanmaganligini
ifodalovchi tushuncha.
Til – insonlar orasidagi aloqa vositasi, ijtimoiy hodisa.
Mavzuni takrorlash uchun savollar
1.Arxaik madaniyat deganda nimani tushunasiz?
2.O'zbekiston hududida topilgan arxaik madaniyatning asosiy namunalari.
3.Arxaik davridagi an'analar, udumlar, bayramlarning xilma-xillik sabablari.
4.Arxaik davr madaniyatida tasviriy san’at va badiiy hunarmandchilikning
ko'rinishlari.
5.O'zbekiston hududida arxaik davrga oid qanday yodgorliklar topilgan.
6.O'zbekiston hududidagi qanday qadimiy dinlarni va ularning marosimlarini bilasiz.
7.Qadimgi Baqtriya, Xorazm, So’g’d davlatlari madaniyatini tavsiflang.
8.Markaziy Osiyo madaniyatida zardushtiylik va “Avesto”ning o’rni.
Adabiyotlar ro’yhati
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q.T., 1998 y.
2. Karimov I.A.O'zbekiston XXI asrga intshshoqtsa.T., 1999 y.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch – Toshkent.: Ma’naviyat 2008 y.
4. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirsh va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontepsiyasi. Toshkent.: O’zbekiston, 2010 y.
5. Alekseev V.P., Istoriya pervobggaogo obshestva.M.1990 g.
6. Boynazarov F. Antik dunyo, T. 1983 y.
7. Drevnie tsivilizatsii. M. 1989 g.
8. O'zbekiston xalqlari tarixi. 1-qism.Toshkent. 1992 y.
9. Romanov V. N. Istoricheskoe razvitie kul'turi. (Proble-m1 tipologii) M. 1991
10.Taylor E. Pervobitnaya kul'tura.M., 1992 g.
Mavzu bo'yicha test vazifalari
1. O’zbekiston hududida arxaik davrga oid yodgorliklar qaerlarda topilgan?
a) Bolaliktepa, Xolchayon, Zamonbobo
b) Afrosiyob, Qo’yqirilgan qal’a, Obirahmat
v) Teshiktosh, Zirabuloq, Selung’ir, Uchtut
g) Chordona tepa, Urumchi, Marv
d) Xo’jand, Qashqar, Zartepa
2. Markaziy Osiyo hududida qadimda qanday yozuv mavjud bo’lgan?
a) lotin yozuvi
b) qadimgi yahudiy yozuvi
v) Avesto, Xorazm, So’g’d yozuvlari
g) kirill yozuvi
d) rus grammatikasi
3. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi dini qanday bo’lgan?
a) islom dini
b) nasroniylik dini
v) buddizm dini
g) zardushtiylik dini
d) totemizm dini
4. Yunon – Baqtriya madaniyatining takomillashishiga kim asos solgan?
a) Iskandar Zulqarnayn
b) Eron ahomoniylari
v) Massaget qabilalari
g) Qadimgi saaklar
d) Chingizxon qabilalari
5. Qadimgi Kushon madaniyatining qoldiqlari qaerlardan topilgan?
a) Urumchi, Qashqar, Xo’jand
b) Marv, Mari, Xirot
v) Termiz, Zartepa, Xalchayon
g) Qing’irtepa, Afrosiyob, Xo’jand
d) Chorbona tepa, Teshik tosh
6. Qadimgi So’g’d va Baqtriya madaniyati to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar kimlarning asarlarida o’z ifodasini topgan?
a) Gerodot, Strobon, Fukidid
b) Forobiy, Ibn Sino, Beruniy
v) Arastu, Aflotun, Suqrot
g) Gegel, Feyrbax, Kant
d) Umar Xayyom, Ulug’bek
4-5 Mavzu: MÀRKÀZIY ÎSIYO XALQLARINING V-XIII ASRLARDAGI IJTIMOIY, MADANIY HAYOTI
Reja:
1. Ilk o’rta asrlarda mamlakatimizda tarkib topgan ijtimoiy-madaniy munosabatlar.
2. Turk xoqonligi madaniyati.
3. Dunyoviy va diniy madaniyat (O’rta asr G’arb madaniyati, islom diniy madaniyati).
4. G’arb va Sharq uyg’onish davri madaniyati.
Tayanch s’oz va iboralar
Diniy madaniyat, aqliy-mantiqiy tafakkur, ibodatxona, ierarxiya, ilohiyot, aqida, tahayyul, madrasa, rasadhona.
Sharq Renessansi, musulmon madaniyati, qoraxoniylar, somoniylar, musavvirlik, xattotlik, qo'lyozma.
Ikonografiya, Roman uslubi, Gotika uslubi, Foma Akvinskiy, ta'lim tizimi, yepiskoplik maktabi, o'rta asr Yevropa oliy ta'lim muassasalari: Sarbonna, Oksford, Kembridj, Parij universitetlari, ilmiy darajalar, kitob chop etish, ilm – fan, haykaltaroshlik, tasviriy san'at, hokimiyat organlari.
Uyg'onish davri, protestantizm, gumanistlar, reformatorlar, buyuk geografik kashfiyotlar, Petrarka, Bokkachcho, Rable, T.Moor, Leonardo da Vinchi, Mikelandjelo, Rafael, N.Koopernik, J.Bruno, G.Galiley.
.
Ikonagrafiya – o’rta asrlarda avliyolarni yog’och taxtalarda tasvirlash
Renessans – Uyg’onosh davri
Ioganni Guttenberg – 1445 yilda Germaniyada kitob bosish dastgoxini ixtiro qilgan
Gotika – me’morchilik uslubi
Iso Masih – Xristianlik dinining payg’ambari
Apostollar – Havoriylar. Iso payg’ambarning shogirdlari
Rober de Sarbon – Fransiyadagi Sarbonna universitetining asoschisi (1257 y)
Liturgiya – cherkov kuyi
Roman – me’morchilik uslubi
Ma’rifat – bilish, tanish, ya’ni bilim demakdir.
Adabiyotlar ro’yhati
1. I.À.Kàrimîv.Tàriõiy õîtiràsiz kålàjàk yo’q.T.: O’zbåkistîn,1998.
2. I.À.Kàrimîv. Amir Temur – faxrimiz, g’ururimiz. Xalq so’zi. 1996 y, 25 noyabr.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch – Toshkent.: Ma’naviyat 2008 y.
4. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirsh va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi. Toshkent.: O’zbekiston, 2010 y.
5. Àmir Tåmur và Tåmuriylàr dàvridà màdàniyat và sàn’àt.T.,1996.
6. Temur tuzuklari. T. 1990.
7. Madaniyatshunoslik. Ma’ruzalar matni. T., 2000.
8.Temur va Ulug’bek davri tarixi. T., 1995.
9.Ibîdîv Õ. Mîvàrîunnàhr qîmusiy îlimlàrining IX-XV àsrlàrdà fànlàrni rivîjlàntirishdàgi tàriõiy o’rni.T., 1996,38b.
10.Sulàymonîvà F. Shàrq và G’àrb T.: O’zbåkistîn,1977
11.E.Gulmåtîv,T.Qîbiljînîvà,Sh.Ernàzàrîv, À.Màvrulîv. Màdàniyatshunîslik.T., 2000 y.
12.Õàyrullàyåv M.M.O’rtà Îsiyodà ilk uyg’înish dàvri màdàniyati.T.,1995.
13.Qàyumîv À.Àhmàd àl-Fàrg’îniy.T.,1991.
Mavzu bo'yicha takrorlash uchun savollar
1. Islomiy e'tiqod qanday talabga tayanadi?
2. Naqshinkor bezaklar orasida qanday islomiy ramz tasvirlari yotadi?
3. Islom siyosiy madaniyati qanday qoidaga binoan yaratildi?
4. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining Arab dunyosi va jahon madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi.
5. Uyg’onish davri tushunchasi va Sharq Uyg’onishining o’ziga xosligi.
6. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda madaniyat ravnaqining omillari.
7. Markziy Osiyo mutafakkirlarining Arab dunyosi va jahon madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi.
8. IX-XII asrlarda adabiyot va san’atning gullab yashnashi.
9. IX-XII asrlarga oid mashhur me’morchilik yodgorliklari.
10. Hozirgi davrda madaniy meros o’tmish an’analarini tiklash yuzasidan amalga oshirilayotgan asosiy tadbirlar.
O’qUV TOPShIRIqLAR
Guruh ishini baholash mezoni va ko’rsatkichlari
Guruhlar |
Savolning to’liq va aniq yoritilishi. 0-5 ball |
Taqdimotni grafik rasmiylashtiradi. 0-5 ball |
Guruh a'zolarining faolligi. 0-5 ball. |
Ja’mi ball |
|
|
|
|
|
Ekspert varaqlari
1. Eftaliylar va turk hoqonligi davri madaniyati.
2. Islomiy e'tiqod qanday talabga tayanadi?
3. Naqshinkor bezaklar orasida qanday islomiy ramz tasvirlari yotadi?
4. Islom siyosiy madaniyati qanday qoidaga binoan yaratildi?
5. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining arab dunyosi va jahon madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi.
Blis-so’rov savollari
¹ |
Savol |
Javob |
1. |
Eftaliylar davri madaniyatiga misollar keltiring? |
|
2. |
Turkiy yozuvlar haqida nimalar bilasiz? |
|
3. |
Nima sababdan Islom dini madaniyatida suratkashlik ta'qiqlangan? |
|
4. |
Naqshinkor bezaklar orasida qanday islomiy ramz tasvirlari yotadi? |
|
5. |
Usmon mushafi ta'rifi. |
|
MA’LUMOT-AXBOROT MATERIALLAR
"Klaster" texnikasi
Klaster – (fikrlarni tarmoqlanishi) - bu pedagogik strategiya bo’lib, u talabalarning mavzuni chuqur o’rganishga yordam beradi. Talabalarda mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy boshlangan holda tarmoqlashlariga o’rgatadi. Bu usul biron mavzuni chuqur o’rganishdan avval talabalarni fikrlash faoliyatini jonlantirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, umumlashtirishga undaydi. Klaster texnologiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Tayanch so’z beriladi;
2. Barcha talabalar shu so’z bo’yicha hayoliga kelgan hamma so’zlarni yozadilar.
3. Yozilgan so’zlardan boshlanadiganlarini belgilaydi.
4. Tayanch so’zning mazmunini yoritadi.
5. Dars davomida o’rganilishi lozim bo’lgan muammolar talabalarga ma'lum qilinadi va ular dars davomida tushuntirib beriladi.
"Insert" texnikasining qoidalari:
1. Tekstni o’qib chiqing.
2. Olingan ma'lumotni tizimlashtiring.
3. har bir qatorga qalam yordamida belgilar qo’ying.
V - ma'lumotlar mavzuga oid bilimlarimga to’g’ri keladi.
+ - yangi ma'lumotdir.
- - olgan bilimlarimga to’g’ri kelmaydi.
? - meni o’ylantirib qo’ydi, bu masala yuzasidan qo’shimcha ma'lumotlar kerak.
"INSERT" jadvali
Javob variantlari |
V |
+ |
- |
? |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
V – bilaman.
+ - yangi ma'lumot.
- - bilganlarimga zid.
? - meni o’ylantirmoqda.
"Blis-so’rov" savollari
1. Sharq uyg’onish davri madaniyati uni davrlashtirish masalasi.
2. Sharq Uyg’onish davrida xattotlik madaniyati qay darajada rivojlandi?
3. Bu yil yurtimizda "Ma'mun akademiyasining necha yilligi nishonlanadi?
4. "Yaxshi odamlar amalga intilishi kerakmi? Ha. U agar intilmasa yomon odamlar amalni egallaydi"-degan fikr kim tomonidan aytilgan?
5. Ismoil Somoniy maqbarasi qaysi shaharda joylashgan?
6. "Qutadg’u bilik" asari kim tomonidan yozilgan?
"Delfi" jadvalini to’ldiring
Talabalarning ismi va sharifi |
Sharq uyg’onish davri va uning asosiy omillarini Ko’rsatib bering. |
||||||||
1. |
2. |
3. |
|||||||
|
D |
M |
K |
D |
M |
K |
D |
M |
K |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ko’paytma yig’indisi |
|
|
|
|
|
D - daraja baho.
M - muqobil baho. 1 - eng yuqori ball.
K – ko’paytma. 10 - past ball.
Mavzu bo'yicha test vazifalari
1. Imom al-Buxoriyning islom dunyosida eng ishonchli hadislar to’plami sifatida mashhur bo’lgan yirik asari qanday nomlanadi?
a) Tarixiy Buxoro
b) Kitob ul-fovond
v) Al-Jome as-saxix
g) Shamoiliy Muhammadiya
2. Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir ko’rsatgan va so’fizm g’oyalarini she’riy ifodalagan «Devoni hikmat» asari kimning qalamiga mansub?
a) So’fi Olloyor
b) Xo’janazar Xuvaydo
v) Sulaymon Baqirg’oniy
g) Ahmad Yassaviy
d) Bahovuddin Naqshbandiy
3. O’rhun-Enasoy yozuvi qaysi xalqning madaniy yodgorligi hisoblanadi?
a) ruslarning
b) yoqutlarning
v) fors-tojik xalqlarinnig
g) turkiy xalqlarning
d) xunlarning
4. "Qutadg’u bilig" asarini yozgan alloma qaysi qatorda berilgan?
a) Abdurahmon Jomiy
b) Zahiriddin Muhammad Bobur
v) Yusuf Xos Hojib
g) Abu Ali Ibn Sino
d) Ahmad Yugnaki
5. Islom dinining xalqimiz taqdiriga ta'sirini ko’rsating.
a) O’rta Osiyoda yangi yozuv-chizuv mustaxkam o’rin oldi
b) Arablar dini asosida islom madaniyati shakllandi
v) Islom dini mahalliy xalqning yashash tarziga, madaniyatiga, an'analariga singib ketdi
g) Islom madaniyati O’rta Osiyoda ilm-fan rivojiga katta turtki bo’ldi
d) hammasi to’g’ri
6. Markaziy Osiyoga islom madaniyati qaysi asrda kirib kelgan?
a) VII asr
b) VIII asr
v) V asr
g) VI asr
d) IX asr
7. Markaziy Osiyoda ilk Renessans (uyg’onish) qaysi asrlarga to’g’ri keladi?
a) Miloddan avvalgi V-VI asrlarga
b) Millodiy IX-XII asrlarga
v) XIV-XVI asrlarga
g) XVIII- XIX asrlarga
d) XIX-XX asrlarga
8. Al-Farg’oniy Markaziy Osiyo ilm fani taraqqiyotida o’zining qanday kashfiyoti bilan
mashhur?
a) yulduzlar holatini o’rganish
b) harakatni kuzatish
v) globus
g) minerallarni tekshirish
d) qadimgi turk adabiy tiliga asos solish
9. Al-Xorazmiy qaysi fanga asos solgan?
a) geografiya
b) chizmachilik
v) fizika
g) algebra
d) falakshunoslik
10. Imom al-Buxoriyning islom dunyosida eng ishonchli hadislar to’plami sifatida mashhur bo’lgan yirik asari qanday nomlanadi?
a) Tarixiy Buxoro
b) Kitob ul-fovond
v) Al-Jome as-saxix
g) Shamoiliy Muhammadiya
11. Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga katta ta'sir ko’rsatgan va so’fizm g’oyalarini she'riy ifodalagan "Devoni hikmat" asari kimning qalamiga mansub?
a) So’fi Olloyor
b) Xo’janazar Xuvaydo
v) Sulaymon Baqirg’oniy
g) Ahmad Yassaviy
d) Bahovuddin Naqshbandiy
12. Markaziy Osiyolik mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning insonga qanday izoh bergan?
a) inson biologik mavjudot
b) inson ijtimoiy mavjudot
v) inson aqlli mavjudot
g) inson ijtimoiy va biologik mavjudot
d) inson biologik tur
13. Abu Rayhon Beruniy insondagi qaysi fazilatni eng oliy deb tan oladi?
a) oliyjanoblik, muruvvat, poklik
b) yaxshilik, rostgo’ylik
v) diyonat, matonat
g) yaxshi hulqlilik, mehribonlik
d) ehsonli va bardoshli bo’lish
14. Ibn Sino gumanizmining mohiyati nimada ifodalandi?
a) inson - oliy zotdir
b) odam olam rivojlanishining toji bo’lib, u buyuk sharaf va hurmatga loyiqdir
v) inson - eng oliy qadriyatdir
g) inson - yaratuvchidir
d) inson aqlli mavjudotdir
15."Donishnoma" asarining muallifi kim?
a) Abu Rayxon Beruniy
b) Qozizoda Rumiy
v) Abu Ali ibn Sino
g) Nizomiddin Ganjaviy
d) Abu Nasr Forobiy
16. Musiqaning ilmiy va amaliy turlari kim tomonidan yaratilgan.
a) Al – Farg’oniy
b) Mirzo Ulug’bek
v) A.Marog’iy
g) A.Jomiy
d) al - Forobiy
6-Mavzu: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI
(XIV ASRNING IKKINCHI YARMI – XV ASR)
Reja :
1. Amir Temur hukmronligi davrida Samarqand va Xuroson madaniyatining ravnaqi.
2. Temuriylar davrida ilm - ma 'rifat. Ulug 'bak observatoriyasi.
3. Temuriylar davrida san 'at, adabiyot, musiqa.
Tayanch so’z va iboralar
Amir Temur, Movarounnahr, Xuroson, saltanat, Bibixonim, Registon, Qusam ibn Abbos, Bag’dod, Sultoniya, karvonsaroy, masjid, maqbara, xattot, musavvir, usta’lik, tasavvuf, tuzuklar, rasadxona, Maxmur, rus – tuzem maktabi, G’aspirali, jadidlik, qatag’on.
Suluk – solikning tariqat yo’lini o’tish jarayoni.
Tasavvuf – sufiylik – islomda insonning ruhiy dunyosi to’g’risidagi qarash.
Ehson – “astoydillik”, “vijdoniylik”, “samimiylik”.
Komil inson – ijtimoiy taraqqiyotning asosiy g’oyalaridan biri.
Kubraviylik – tasavvuf falsafasining eng muhim yo’nalishlaridan biri.
“Temur tuzuklari” – Amir Temurga nisbat beriladigan tarixiy – siyosiy risola.
Ulug’vorlik – ahloqiy tushuncha bo’lib, tabiatda, jamiyatda, inson faoliyati mahsulotlarida jamlangan.
Mavzu bo'yicha takrorlash uchun savollar
1.Amir Temur hukmronligi davrida Movarounnahr va Xuroson madaniyatining ravnaqi.
2.Temur va temuriylarning madaniy siyosatida me’morchilikning o’rni va ahamiyati.
3.Temuriylar davrida ilm-ma’rifat.
4.Ulug’bek akademiyasi faoliyati va rasadxonasi haqida nimalarni bilasiz?
5.O’zbek adabiyoti ravnaqida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlarning o’rni.
6.Kamoliddin Behzod ijodining ahamiyati.
7.Temur va temuriylar davri musiqasi.
8.Temur va temuriylar madaniy merosini tiklash yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar.
Adabiyotlar ro’yhati
1. I.À.Kàrimîv.Tàriõiy õîtiràsiz kålàjàk yo’q.T.: O’zbåkistîn,1998.
2. I.À.Kàrimîv. Amir Temur – faxrimiz, g’ururimiz. Xalq so’zi. 1996 y, 25 noyabr.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch – Toshkent.: Ma’naviyat 2008 y.
4. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirsh va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontepsiyasi. Toshkent.: O’zbekiston, 2010 y.
5. Àmir Tåmur và Tåmuriylàr dàvridà màdàniyat và sàn’àt.T.,1996.
6. Temur tuzuklari. T. 1990.
7. Madaniyatshunoslik. Ma’ruzalar matni. T., 2000.
8.Temur va Ulug’bek davri tarixi. T., 1995.
9.Ibîdîv Õ. Mîvàrîunnàhr qîmusiy îlimlàrining IX-XV àsrlàrdà fànlàrni rivîjlàntirishdàgi tàriõiy o’rni.T., 1996,38b.
10.Ibîdîv J.Õ.,Màtviåvskàya T.P Ulug’båk shîgirdi – Àli Qushchi Tîsh.Àkm.1994.
11.Nîrqulîv N.,Kàmîliddin Båhzîd.T.,1996.
12.Usmînîv Î.K.Båhzîd và uning nàqqîshlik màktàbi.T., 1997.
Test vazifalari
1. Amir Temurning ma'naviy homiysi kim bo’lgan?
a) Said Pirmuhammad
b) Abdulmo’minxon
v) Usta Mahmud
g) Said Baraka
d) Muhammadxon usta
2. Amir Temur qaysi shaharni poytaxt qilib oldi va uning madaniyatini rivojlantirdi?
a) Kesh
b) Buxoro
v) Samarqand
g) Andxoy
d) Choch
3. Ulug’bek Samarqandda qaysi inshootni o’z boshchiligida qurdirgan?
a) Oq masjid
b) Bibixonim madrasasi
v) Ulug’bek madrasasi
g) Registon ansambli
d) Shohizinda
4. Ulug’bek ko’proq qaysi ilm sohasini rivojlantirdi?
a) Riyoziyot
b) tarix
v) falakshunoslik
g) falsafa
d) mantiq
5. Ulug’bekning asosiy asarlaridan birini aniqlang?
a) "Hayrat ul-Abror", "Maxbub ul-qulb"
b) "Bahoriston", "Guliston"
v) "Ziji ko’ragoniy", "To’rt ulus tarixi"
g) "Devoni lug’otit turk"
d) "Layli va Majnun"
6. Alisher Navoiyning turkiy til fazilatlarini ko’rsatuvchi asari qanday?
a) "Hayrat ul-Abror"
b) "Xazoyin ul-Maoniy"
v) "Muhammat ul-Lug’atayn"
g) "Majolis ul-Nafois
d) "Lison-ut tayr"
7. Kamoliddin Beg’zod kim bo’lgan?
a) Temuriylar davrining yirik tarixchisi
b) Temuriylar davrining yirik musiqashunosi
v) O’zbek tasviriy san'atining asoschisi
g) O’z zamonasining yetuk rassomi
d) O’z zamonasining muhandisi
8. Kamoliddin Behzod ijodi nimalarda aks etgan?
a) yozib qoldirgan tarixiy asarlarda
b) yaratgan musiqa va qo’shiqlarida
v) chizgan miniatyuralarda
g) Mitra xudosini yaratgan haykalida
d) me'morchilikda
9. Ali Qushchi qanday asarlar muallifi?
a) "Ziji jadidi Kuragoniy", "To’rt ulus tarixi"
b) "Maxbub ul-qulb", "Muhammat ul-Lug’atayn"
v) "Baxoriston", "Guliston"
g) "Arifmetika ilmi haqida risola", "Geometrik masalalarni yechish risolasi"
d) "Hisobga doir risola", "Astronomiya asoslariga sharq"
10. Amir Temur "Shoxi-Zinda" maqbarasini qaysi shayx uchun qurdirgan?
a) shayx Najmiddin Kubro
b) shayx Ahmad Yassaviy
v) shayx Qusam ibn Abbos
g) shayx Sa'diy Sheroziy
11. Kamoliddin Behzod qayerda maktablar yaratdi?
a) Samarqand, Buxoro
b) Hirot, Tabrin, Qazvin
v) Hirot, Mashhad, Buxoro
g) Isfaxon, Damashq, Choch
d) Bagdod, Istambul, Tabriz
12. "Yusuf va Zulayho" asari muallifi
a) Alisher Navoiy
b) Sakkokiy
v) Fuzuliy
g) Abdurahmon Jomiy
d) Nizomiy Ganjaviy
7-Mavzu. MODERNIZM VA POSTMODERNIZM (XVI – XXI ASRLAR)
Reja:
1.Modern madaniyati.
2.Postmodernizmning madaniyatga tadbiq qilinishi.
3.Ommaviy madaniyatning salbiy va xatarli oqibatlari.
Tayanch so’z va iboralar
Ma’rifatparvarlik g’oyalari, demokratiya, sanoat to’ntarilishi, transport sohasidagi yutuqlar, realizm, romantizm, barokko, klassitsizm, , ommaviy madaniyat dåtåktiv, komådiya, Nikolo Paganini, Iogan Bax, Glinka, Van Gog, Gogen, Pissaro.
Impressionizm, Postimpressionizm, Syurråalizm, postmodårnizm, sentimentalizm.
Deni Didro (1713 – 1784 yy.) – fransuz yozuvchisi va faylasufi.
Jeymis Uatt – bug’ mashinasining ixtirochisi
Barokko – Yevropa me’morchiligi uslubi
Rokoko – rassomchilikdagi uslub. Bu uslub o’zining yengiligi to’g’ri chiziqlarning simmetriyasi yoqligi bilan xarakterlanadi.
Lyudvig Betxoven (1770 – 1827 yy.) – Nemis bastakori.
Ommaviy madaniyat – madaniyat mavjudligining murakkab, hamma vaqt bir xil talqin qilinmaydigan o’ziga xos shakli.
Alfred Nobel – Shvetsiyalik sanoatchi, ixtirochi, kimyogar, XIX asrning ikkinchi yarmida yashagan.
Fovizm – San’at yo’nalishidagi yangi oqim bo’lib, predmet narsalarning ajabtovur, yorqin ko’rinishda aks ettirishni ifodalaydi.
Ekspressionizm – San’at yo’nalishidagi oqim. Ta’sirchanlik, hayajonlik ma’nosini bildiradi.
Modernizm – Yangi san’at.
Adabiyotlar ro’yhati
1. I.À.Kàrimîv.Tàriõiy õîtiràsiz kålàjàk yo’q.T.: O’zbåkistîn,1998.
2. I.À.Kàrimîv. Amir Temur – faxrimiz, g’ururimiz. Xalq so’zi. 1996 y, 25 noyabr.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch – Toshkent.: Ma’naviyat 2008 y.
4. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirsh va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi. Toshkent.:O’zbekiston, 2010 y.
5. Sulàymonîvà F. Shàrq và G’àrb T.: O’zbåkistîn,1977
6. E.Gulmåtîv,T.Qîbiljînîvà,Sh.Ernàzàrîv, À.Màvrulîv. Màdàniyatshunîslik.T., 2000 y.
Mavzu bo'yicha takrorlash uchun savollar
1.XX asr ilmu fanining rivojini ta’minlagan muhim omillar qanday?
2.XX asrning eng mashhur olimlaridan kimlarni bilasiz?
3.XX asr san’atining muhim turlari va janrlarini tasvirlab bering.
4.Jahonning mashhur teatr artistlaridan kimlarni alohida tilga olsa bo’ladi?
5.Asrning taniqli bastakorlari haqida so’zlab bering.
6.Jahonning mashhur kino yulduzlari haqidagi fikrlaringiz?
7.Fovizm va kubizm kabi oqimlar o’rtasidagi farqlar nimalardan iborat?
8.Syurråalizm oqimining o’ziga xos jihatlari nimada?
9.Impressionist rassomlardan kimlarni bilasiz?
Test vazifalari
1.Ekapressionizm ma’nosi qanday?
a) ajabtovur, g’alati
b) ta’sirchanlik, hayajonlik
v) dabdabali, rasmiy
g) ichchamlilik, erkinlik
d) ishonchsizlik, qonoqmaslik hissi
2.Impressinist rassomlarni aniqlang?
a) Klod Mone, Renuar, Dega
b) Vinsent Van Gog, Pol Gogen
v) Volter, Russo, Mel’e
g) D.Joul, R.Mayer
3.Bug’ mashinasini kim yaratgan?
a) Leonardo da Vinchi
b) Jeyms Uatt
v) Jorj Stefanson
g) Charz Darvin
d) M.Lomonosov
4.XVII asr Evropada vujudga kelgan uslub anday?
à) Rokoko
b) Barokko
v) Klassisizm
g) Realizm
d) ramantizm
6.“Barokko” uslubining ma’nosi qanday
a) erkinlik, ixchamlik, aqllilik
b) g’alati, g’aroyib, ajoyib
v) ishlov berish, parvarish qilish
g) madaniyatdan voz kechish, antic madaniyatga qaytish
d) ozodlik, tenglik, qardoshlik.
8-màvzu. MUSTAMLAKA VA MUSTABID TUZUM SHAROITIDA MADANIYAT
|
Reja
1. Markaziy Osiyoda mustaqil xonliklarning vujudga kelishi va madaniyatining ahvoli.
2. Markaziy Osiyo madaniyatiga rus va dunyo madaniyatining ta’siri.
3. Sovet davrida, jumladan, O’zbekistonda madaniy hayot.
Tayanch so’z va iboralar
Ilmu urfon, fan-texnika taraqqiyoti, adabiyot, san’at: badiiy adabiyot, teatr, kino, rassomchilik, sirk, me’morchilik, haykaltaroshlik va boshqalar.
Mavzu bo'yicha takrorlash uchun savollar
1. XVI-XVII asrlarda Movounnahrda kechgan madaniy jarayonlarning umumiy izohi .
2. XVI-XVII asrlarda yaratilgan san’at asarlari va me’morchilik yodgorliklari haqida so’zlab bering.
3. XVIII – XIX asrlarda adabiyot va san’atga oid qanday yirik asarlar yaratilgan.
4. XVIII-XIX asrlarda barpo etilgan me’morchilik majmualari.
5. Turkiston zabt etilishining madaniy hayotga ta’siri.
6. Chorizm.
7. Turkiston ma’naviy hayotida jadidchilik harakatining o’rni.
8. Sovet davri O’zbekiston madaniyati
.
Àdabiyotlar ro’yxati
1.I.A.Karimov.Istiqlol va madaniyat. T: O’zbekiston, 1994, 71-73, 95-104 betlar.
2.I.A.Karimov.O’zbekiston: Milliy istiqlol, siyosat, mafkura. T.1. T: O’zbekiston, 1996, 76-85 betlar.
3.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch – Toshkent.: Ma’naviyat 2008 y.
4.Karimov I.A.Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirsh va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontepsiyasi. Toshkent.: O’zbekiston, 2010 y.
5.X.Boboev, T.Hamroev v.b. Madaniyatshunoslik. T: Yangi asr avlodi, 2001
6.E.Gulmetov v.b. Madaniyatshunoslik, T: Ditaf, 2000, 99-106 betlar.
7. J.Neru. Tanlangan asarlar. Uch tomlik. M:Progress, 1988. t-3, betlar
8.Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san'at. T., 1996.
Test vazifalari
1.XVII-XVIII asr Qo’qon adabiy muhitida sotsial ijtimoiy satira ustasi sifatida shuhrat qozongan shoir kim bo’lgan?
a) Shermuhammad Munis Ogahiy
b) Jahon Otin Uvaysiy
v) Zaxiriddin Furqat
g) Maxmur
d) Muqimiy
2. Maxmurning "Xapalak" she'rida qaysi xonlikdagi xalqning ayanchli turmushi o’z ifodasini topgan?
a) XVII asr Buxoro amirligi
b) XVII-XVIII asr Qo’qon xonligi
v) XVI-XVII asr Xiva xonligi
g) XVIII asr Xiva xonligi
d) XVIII-XIX asr Qo’qon xonligi
3. XVIII-XIX asrda tabiiy-ilmiy bilimlar qanday rivojlanadi?
a) Bu davrda tabiiy-ilmiy bilimlar sohasida hech qanday o’zgarishlar bo’lmadi.
b) bu davrda xalq og’zaki ijodi rivojlandi
v) bu vaqtda fan va madaniyat Rossiya va Yevropa mamlakatlari madaniyati ta'siri asosida rivojlandi
g) bu davrda tabiiy-ilmiy bilimlar yuksak darajada rivojlanmasada maorif sohasida chuqur o’zgarishlar bo’ldi
d) jahonga mashhur Forobiy, Xorazmiy, Ibn Sino kabi allomalar tabiiy-ilmiy
bilimlarini rivojlantirdi
4.Cho’lponning qaysi asarida ozodlik g’oyalari ifoda etilgan?
a) "Qutlug’ qon" romanida
b) "Sarob" romanida
v) "Kecha va kunduz" romanida
g) "Dushman" romanida
d) "Dahunda" romanida
5.Fitrat badiiy adabiyotning qaysi janrlarida ilmiy ozodlik g’oyalarini tasvirladi?
a) romanlarda
b) dostonlarda
v) maqolalarda
g) she'rlarda, publitsistik drammalarda
d) hissalarda, hikoyalarda
6.Mahmudxo’ja Behbudiy XX asrda qaysi ijtimoiy-siyosiy harakatning
rahbarlaridan bo’lgan?
a) ma'rifatchilik
b) jadidizm
v) inqilobiy harakatning
g) panturkizm
d) panislomizm
7.Oybek qaysi asarida o’zbek xalqining inqilobdan oldingi turmush tarzini
tasvirlagan?
a) "Quyosh qoraymas"
b) "Zafar va Zahro"
v) "Nur qidirib" qissasi
g) "Qullar" romani
d) she'rlarda
8.XX asr boshlarida vujudga kelgan badiiy avangard yo’nalishlari.
a) ekspressionizm, syurrealizm, postmodernizm, kubizm
b) barokko, rokoko, renessans
v) klassitsizm, romantizm, realizm
g) impressionizm, postimpressionizm
d) roman - german, gotika, sentimentalizm
9. Ikkinchi jadid maktabiga kim asos soldi?
a) Munavvar qori
b) Ismoil Gaspirali
v) Salohiddin domla
g) Fayzulla Xo’jaev
d) Mahmudxo’ja Behbudiy
10.Nodirabegimning asl ismi qanday?
a) Maknuna
b) Zebuniso
v) Mahzuna
g) Mohlaroyim
d) hammasi to’g’ri
11. X1X asrda Turkiston adabiyoti necha yo’nalishda rivojlandi?
a) ikki
b) uch
v) umumiy
g) besh
d) to’rt
12. X1X asrning 80 - yillarida ilk bor kimlarning asarlari o’zbek tiliga tarjima
qilindi?
a) I.Krilov va A.Pushkin
b) A.Pushkin va Lermontov
v) Lermontov va Bartold
g) L.Tolstoy va Gerasimov
d) Gerasimov va A.Dyuma
13. XVII asrda binolar qanday qurilgan?
a) peshtaxtalari baland, quyi gumbazli, gumbazi qovurg’ali, koshinkor
b) mahobatli, serxasham bezatilgan
v) tashqi jozibadorligi kam, ichki bezaklari serhasham
g) quyi uslubda qurilgan
d) barcha javob to’g’ri
14. Abdulla Qodiriyning asarlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan
a) "Yulduzli tunlar", "Sarob"
b) "Mehrobdan chayon", "Obid ketmon", "O’tgan kunlar"
v) "Boy ila xizmatchi", "Yulduzli tunlar", "Obid ketmon"
g) "Shajarai Xorazmshohiy", "Abdullanoma"
d) "Kecha va kunduz", "Tobutdan tovush"
9-mavzu.MUSTAQILLIK VA MADANIY TARAQQIYOT
R e j a
1. Mustaqillik arafasida madaniyatimiz ahvoli.
2. Adabiyot. Me’morchilik. Amaliy bezak san’ati. Tasviriy san’at. An’anaviy musiqa san’ati. Teatr.
3.Kino va televideniening bugungi taraqqiyoti
Tayanch so’z va iboralar
Markaziy Osiyo, qadimiy sivilizatsiya, ruhiy quvvat, submadaniyat, zardushtiylik, Avesto, axmoniylar Yunon-Baqtriya, mehrob, solnoma, buddaviylik, oromiy, So'g'd.
Sharq Renessansi, musulmon madaniyati, qoraxoniylar, somoniylar, musavvirlik, xattotlik, qo'lyozma.
Amir Temur, saltanat, Movarounnaxr, Registon, Bibixonim, karvon yo'li, masjid, maqbara, miniatyura, nasta'liq, mutasalsal, tasavvuf, naqshbandiya, tuzuklar,
Ma'naviy meros, diniy qadriyatlar, ta'lim, badiiy adabiyot, me'morchilik, amaliy san'at, kino, teatr, sirk, musiqa, qo'shiqchilik san'ati, muzey.
Ma’naviy meros – qadim zamonlardan beri ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me’yorlari, ilm – fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuidir.
“Oltin meros” – xayriya jamg’armasi 1996 yilda tashkil etilgan
“Umid”, “Istedod” jamg’armalari – istedodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, ularning chet elda o’qishini qo’llab – quvvatlash maqsadida tuzilgan
Haykaltarosh I.Jabborov – Toshkentdagi Amir Temur, Samarqand, Shahrisabzdagi Amir Temur, Farg’ona va Quvada al – Farg’oniy haykallarini yaratgan
Mavzu bo'yicha takrorlash uchun savollar
1. Mustaqillik sharoitida milliy madaniyatning rivojlanish jarayoni.
2. Madaniy yuksalishning hozirgi bosqichi hususiyati nimada
3. Madaniy taraqiyotda milliy madaniy markazlarning o’rni.
4. Ta’lim qonuni va kadrlar tayorlash milliy dasturining madaniy-ma’rifiy islohatlarni amalga oshirishdagi ahamiyati.
5. Milliy tarixiy merosga munosabat.
6. Mustaqillik yillarida adabiyot, me’morchilik, amaliy san’at va kino ravnaqi.
7. Mustaqillik davrida musiqa va qo’shiqchilik san’atiga munosabat.
8. Teatr, sirk, muzey ravnaqi.
Adabiyotlar ro'yxati
1. Karimov I.A.Istiqlol va ma'naviyat. T., 1994.
2.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. T.: O'zbekiston. 1998.
3. Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch – Toshkent.: Ma’naviyat 2008 y.
4.Karimov I.A.Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirsh va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi. Toshkent.: O’zbekiston, 2010 y.
5.Gulmetov E.,Qobiljonova T.,Ernazarova Sh., Mavrulov A. Madaniyatshunoslik. T., 2000.
6. Ý.Àõìåäîâà, Ð.Ãàáèäóëëèí. Êóëüòóðîëîãèÿ. Ìèðîâàÿ êóëüòóðà. Àêàäåìèÿ Õóäîæåñòâ Óçáåêèñòàíà. T, 2001.
7. Sulaymonova F. Sharq va G'arb. T.: O'zbekiston. 1997.
8. O'zbekiston Respublikasi Ensiklopediyasi. T., 2000.
9. Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san'at. T., 1996.
10.Abduraxmonov A. Ulug'bek va uning rasadxonasi. T., 1996.
11.Axmedov B. Amir Temur. T., 1995.
1-o’quv topshiriq
1-guruhga. Nima uchun mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarni tiklashga ehtiyoj sezildi?
2-guruhga: Nima sababdan mustaqillikning dastlabki yillarida adabiyot, san'at, kino va teatr turg’unlik davrini boshdan kechirdi.
3-guruhga: Nima uchun mustaqillik yillarida sport ishlariga katta e'tibor berildi.
2-o’quv topshiriq
I. Muammoli topshiriq
Vaziyat. "Jamiyat taraqqiyotini rivojlanishiga asos bo’luvchi ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalashdagi muammolar va ularning yechimi.
Vazifa. Siz ma'naviy barkamol, komil insonni tarbiyalash zaruriyatining oshib borish sabablari, uning millat mamlakat va umuminsoniyat oldida turgan ulkan vazifalar bilan bog’liq ekanligini ko’rsatib berishingiz lozim.
II. Uslubiy tavsiyalar
1. Muammoviy tahlilning bosqichlari.
Birinchi bosqich - muammoning asosiy mazmunini ajratib olishni taklif qiladi, tadqiqot ob'ektini aniqlab, shakl beradi.
Ikkinchi bosqich - muammoli vaziyatni tahlil qilish - ob'ektning holatini aniqlaydi, asosiy qirralariga e'tibor qaratadi, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiladi.
Uchinchi bosqich - muammoni yechish uchun barcha vaziyatlarni ko’rib chiqadi, muqobil vaziyatni yaratadi.
To’rtinchi bosqich - muammoning yechimini aniq variantlardan tanlab oladi, muammoning aniq yechimini topadi.
2. Vazifani bajarish ketma-ketligi:
1) Muammoni shakllantiring.
2) Vaziyatni tahlil qiling, sabablarini ko’rsating.
3) Vaziyatdan chiqib ketish xarakatlarni izlab toping.
4) Jadvalni to’ldiring.
5) Aniq yakuniy xulosa chiqaring.
3. "Muammoli vaziyat" jadvali
Muammoli vaziyat turi |
Muammoli vaziyatning sabablari |
Vaziyatdan chiqib ketish xarakatlari
|
|
|
|
Test vazifalari
1. Jamiyatni ma'naviy hayotini nima tashkil qiladi?
a) ijtimoiy ong, ma'naviy ishlab chiqarish, ma'naviy munosabatlar
b) ijtimoiy ong shakllari
v) milliy madaniy meros
g) ijtimoiy munosabatlar
d) qadriyatlar, urf-odatlar va an'analar
2. Ma'naviy muloqot nima?
a) kishilarning adabiy san'atga oid bilimlarini bir-biriga yetkazish
b) g’oyalar kurashi
v) o’zaro fikr almashish
g) kishilarni musiqaga oid bilimlarini bir-biriga yetkazish
d) siyosiy, madaniy, axloqiy, ilmiy, badiiy, huquqiy bilimlar tizimi
3. Ma'rifat nima?
a) ma'naviyat elementi
b) madaniyati
v) hayot yo’li
g) ezgulik
d) mavhum tushuncha
4. O’zbekiston madaniyatining dolzarb muammolari qaysi?
a) Umuminsoniy madaniyat asosida o’zbek madaniyatini qayta tiklash
b) Chet el madaniyatidan ijobiy o’zlashtirish asosida milliy istiqlol madaniyatini shakllantirish
v) o’tmish madaniy merosimizga suyangan holda mustaqillikka xizmat qiluvchi milliy madaniyatni vujudga keltirish
g) sof o’zbekona madaniyatni yaratish
d) yangi bozor iqtisodiyoti madaniyati elementlarini shakllantirish
5. Eng buyuk jasorat nima?
a) Vatanparvarlik jasorati
b) Ma'naviy jasorat
v) Insoniylik jasorati
g) Xalq jasorati
d) Madaniy jasorat
6. Ma'naviyatni qanday elementlari mavjud?
a) siyosiy, huquqiy, ahloqiy
b) falsafiy, diniy, estetik
v) siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, falsafiy, estetik
g) huquqiy, diniy, siyosiy
d) estetik, axloqiy, falsafiy
7. Jamiyatning ma'naviy qiyofasi ijtimoiy taraqqiyotga qanday ta'sir ko’rsatadi?
a) iqtisodiy islohatlarni tez rivojlantiradi
b) inqilobiy tarzda tub o’zgarishlarga olib keladi
v) ilmiy - texnik, texnologik jarayonlarning yangilanishiga olib keladi
g) jamiyat hayoti taraqqiyotini tezlashtiradi
d) jamiyat hayotiga hech qanday ta'sir ko’rsatmaydi
8. Umumiy ta'lim necha bosqichda amalga oshiriladi.
a) 2 bosqichda
b) 3 bosqichda
v) 5 bosqichda
g) 4 bosqichda
d) to’g’ri javob yo’q
9. Temuriylar tarixi davlat muzey qachon ochildi?
a) 1992 yil
b) 1996 yil
v) 1993 yil
g) 1991 yil
d) 2001 yil
10. Barkamollik qanday ma'naviy insoniy sifatlardan tarkib topadi.
a) ezgulik, oqillik, xushfe'llik
b) ilmiy, ma'naviy qadriyatlarni anglash va amal qilish
v) kasbiy mukammal egalash
g) insonparvarlik, vatanparvarlik
d) barcha javoblar to’g’ri
11. Yoshlarni barkamol qilib tarbiyalash
a) yoshlarga chuqur ilm berishdan
b) aqliy - ahloqiy tarbiyalashdan
v) ularga biror kasbni mukammal o’rgatishdan
g) ularni har tomonlama chiniqtirishdan
12. Prezident I.A.Karimov qaysi imom hazratlarining g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma'rifat tamoyilini olg’a surganligi va unga amal qilganligini ta'kidlab o’tgan?
a) Imom Zamahshariy
b) Imom Moturidiy
v) Imom Nasafiy
g) Imom Termiziy
v) Imom Muslim
13. O’zbekiston Respublikasining "Davlat tili to’g’risida"gi qonuni qachon qabul qilingan va necha moddadan iborat?
a) 1995 yil 22 dekabrda, 26 moddadan iborat
b) 1994 yil 22 sentyabrda, 30 moddadan iborat
v) 1989 yil 21 oktyabr, 24 moddadan iborat
g) 1993 yil 2 iyun, 24 moddadan iborat
d) to’g’ri javob yo’q
14. O’zbekistonda davlat tilining huquqiy maqomi qachon mustahkamlangan?
a) 1990 yil 21 oktyabrda
b) 1991 yil 12 oktyabrda
v) 1993 yil 8 dekabrda
g) 1992 yil 8 dekabrda
d) to’g’ri javob yo’q
15. Yangi hayot, yangi jamiyat poydevori bu -
a) erkin va ozod fuqaro ma'naviyati, inson omili
b) xalq ma'naviyatini, madaniyatini rivojlantirish
v) ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar samaradorligi va jamiyatni modernizasiyalash
g) barcha javoblar to’g’ri
v)
16. O’zbekiston xalqining mashhur akademik arxeologi kim?
a) Habib Abdullayev
b) Yahyo G’ulomov
v) Bahodir Turg’unov
g) Hamid G’ulomov
d) Ziyo Said
17. Qaysi yil jahon hamjamiyati YUNESKO homiyligi ostida Avestoning 2700 yilligini keng nishonladi?
a) 1999 y
b) 2001 y
v) 2003 y
g) 2005 y
d) 2000 y
18. Prezident Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobida qanday mavzular yoritilgan.
a) ma'naviyat - insonning ulg’ayish va kuch-qudrat manbai ekanligi, Mustaqillik - ma'naviy tiklanish va yuksalish
b) ma'naviy tahdid – o’zligimiz va kelajagimizga tahdid
v) vatan qudrati milliy birlikda
g) a, v javoblari to’g’ri
19. Mafkuraviy immunitet nima
a) insonlarda g’ayriinsoniy g’oyalarga qarshi tura olish qobiliyati
b) insonlarning ma'lum bir g’oyaga sodiqligi
v) insonlardagi irodaning baquvvatligi
g) o’z fikrini o’tkazish qobiliyati
d) barcha javoblar to’g’ri
20. O’zbekiston Respublikasi qachon BMTga a'zo bo’lgan
a) 1992 yil 2 mart
b) 1995 yil 5 yanvar
v) 1995 yil 3 fevral
g) 1993 yil 21 noyabr
d) 1991 yil 10 oktyabr
“Madaniyatshunoslik fanidan test va topshiriqlar”
(uslubiy ko’rsatma)
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
AKT sohasida KT fakulteti ilmiy kengashida
(______2016 yil ___-son bayonnomasi) muhokama
etilib nashrga tavsiya etildi.
Tuzuvchi: ass.A.N.Sanaqulov
Mas’ul muharrir t.f.d.N.R.Mahkamova