O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti
AKT sohasida KT fakulteti
“Gumanitar fanlar” kafedrasi
“Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”
fanidan uslubiy ko’rsatma
(maxsus fakultet yo’nalishi uchun test topshiriqlari va tayanch iboralar)
Toshkent -2016
Kirish
Demokratik huquqiy davlat barpo qilish, rivojlantirish adolatli jamiyatni shakllantirishda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini o’stirish Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlovchi huquqiy tizim va asosiy qonun to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi dolzarb ahamiyatga ega. Äàâëàò âà ҳóқóқ àñîñëàðè, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning asosida qabul qilingan qonunlarini, O’zbekiston Respublikasi huquqiy tizimi va qonunchilik asoslarini ;jamiyatning iqtisodiy negizini ,huquqni muhofaza qilish idoralarini,ular faoliyatini O’zbekistoning ma’muriy hududiy tuzilishi, davlat hokimyati idoralarining tuzilishi va faoliyatini , o’z kasbiy faoliyatiga oid Konstitutsiyaviy me’yorlarni bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritganligi mohiyatan yurtimiz tarixida sharafli va o’ta ma’suliyatli ish hisoblanadi. O’zligimizni anglab, yurtimizda va shaxsiy hayotimizda sodir bo’layotgan yangilanish jarayonlarini haqqoniy tahlil etadigan bo’lib qoldik, albatta. SHunday ekan, asosiy maqsadimiz bo’lmish demokratik huquqiy davlatni hamda fuqarolik jamiyatini barpo etish va rivojlantirishda yoshlarga huquqiy demokratik davlat tizimi va mohiyatini chuqurroq o’rganishi, qonunlarini bilishi, ularga rioya etishini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda huquq sohalari yuzasidan me’yoriy hujjatlarni o’rganish asosiy o’rin egallaydi.
Bunda “Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “fannini o’rganish har bir mutaxassis uchun katta ahamiyatga egadir . CHunki mutaxassis kasb sohasidagi mehnat faoliyati davomida o’z sohasi bilan bog’liq me’yoriy va huquqiy hujjatlarni tuzishi va buzilgan huquqlarni tiklash ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim
“ Ushbu “Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “
fanidan tayyorlangan o’quv –uslubiy ko’rsatma(test savollari) proffesorlar:
U.Tajixanov, À.Ñàèäîâ va X.Odilqoriyevlar tomonidan yozilgan “Davlat va
huquq asoslari “ darsligi va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini
o’rganish darsligi asosida tayyorlandi.
1-QISM
“ Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.”
1.Davlat-sinfiy ziddiyatlar murosasizligining maxsuli va ko’rinishidir",
deb hisoblaydigan nazariyaning nomi?
a) teologik nazariya;
b) shartnoma nazariyasi;
s) markscha nazariya;
d) zo’rlik nazariyasi.
e) irrigatsiya nazariyasi;
2. Davlatni tartibga soluvchi vazifasini aniqlang.
a) atrof-muhitni muhofaza qilish;
b) barcha mulk-shakllarni himoya qilish;
s) inson va fuqarolarning huquq.va erkinliklarini sud orqali
himoya qilish;
d) iqtisodiy funkstiya.
e) tashqi siyosiy faoliyat;
3. ”Davlat shakli" tushunchasi qanday hodisalarni qamrab oladi?
a) avlat tuzilishining shaklini;
b)davlat boshqaruvini;
s) davlat boshqaruvining shaklini, davlat tuzilishini, siyosiy rejimni;
d) davlatning demokratik rejimini.
e) davlat boshqaruvining shaklini, davlat tuzilishini;
4. Davlat organi nima?
a) muassasa;
b) davlat apparatining bo’g'ini;
s) davlat mexanizmi;
d) siyosiy tashkilot.
e) vakillik o’rgani
5. Qaysi javobda "huquq" ning to’g'ri ta’rifi berilgan?
a) davlat tomonidan berilgan yoki ma’qullangan va uning majburlov
kuchi bilan ta’minlangan, barcha uchun majburlov hulq-atvor me’yorlari
tizimi;
b) yuridik me’yorlari bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlar
fuqarolarning huquqiy hulq-atvori;
s) hukmron sinfning qonun darajasiga ko’tarilgan va jamiyat
hayotining moddiy sharoitlari bilan belgilanadigan irodasi;
d) odamlarning o’z huquq va burchlariga psixologik munosabati.
e) barcha javoblar to’g’ri
6. Davlat majburlov ta’siri ijtimoiy me’yorlarining qaysi turiga xos
a) axloq me’yorlariga;
b) huquqiy me’yorlariga;
s) odat me’yorlariga;
d) an’anaviy me’yorlarga.
e) ish odatlariga
7. Huquq manbaini nima tashkil qiladi?
a) huquqiy odat;
b) me’yoriy huquqiy hujjat;
s) jamiyatning iqtisodiy asosi;
d) yuridik prestedent.
e) a b d javob to’g’ri
8. Davlatning tuzilish shakli qanday?
a) parlament respublikasi, monarxiya;
b) demokratiya, avtoritarizm, totalitarizm;
s) prezident respublikasi, konstitustiyaviy monarxiya;
d) unitar, federativ, konfederativ.
e) barcha javoblar to’g’ri
9. Qaysi ijtimoiy munosabatlar ma’muriy huquq bilan tartibga solinadi?
a) jinoyatlami sodir etish bilan bog'liq munosabatlar;
b) davlat boshqaruvi bilan bog'liq munosabatlar;
s) mulk va ular bilan bog'liq shaxsiy, nomulkiy munosabatlar; .
d) davlatning moliyaviy faoliyati jarayonida yuzaga keladigan
munosabatlar.
e) to’g’ri javob yo’q
10. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi (faktini) qayd etuvchi rasmiy
hujjat nima deb ataladi?
a) qaror;
b) bayonnoma;
s) shikoyat;
d) ariza.
e) dalolatnoma
11.Jismoniy shaxs necha yoshdan boshlab ma’muriy javobgarlikka tortiladi?
a) 14 yoshdan;
b) 16 yoshdan;
s) 18 yoshdan;
d) 21 yoshdan.
e) 17 yoshdan
12. Quyidagi ma’muriy jazo choralaridan qaysi biri ham asosiy, ham
qo’shimcha jazo chorasi sifatida qo’llanishi mumkin?
a) mulkni musodara qilish;
b) axloq tuzatish ishlari;
s) jarima;
d) lavozimni egallashni cheklash.
e) ozodlikdan maxrum etish
13. Quyidagi ijtimoiy munosabatlardan qaysilari fuqarolik qonunlari bilan tartibga solinadi?
a) nikoh-oila munosabatlari;
b) davlat boshqaruv sohasidagi munosabatlar;
s) mulk va ular bilan bog'liq shaxsiy nomulkiy munosabatlar;
d) davlatning moliyaviy faoliyati jarayonida yuzaga keladi munosabatlar.
e) farzandlikka olish bilan bog’liq munosabatlar
14. Quyidagi sanab o’tilganlar ichida fuqarolik huquqi tamoyilini belgilang.
a) bitim tuzish erkinligi;
b) tomonlarning yuridik tengligi;
s) a b d javoblar to’g'ri;
d) mulkning dahlsizligi.
e) to’g’ri javob yo’q
15. Fuqarolik qonun hujjatlariga binoan fuqarolar necha yoshdan to’la muomala
layoqatiga ega bo’ladilar?
a) tug' ilgandan boshlab;
b) 14 yoshdan boshlab;
s) 18 yoshdan boshlab;
d) 21 yoshdan boshlab.
å) 20 yoshdan boshlab
16. Quyidagi keltirilgan fuqarolik holati hujjatlaridan qaysi biri fuqarolik
hodisasi
deb hisoblanadi?
a) nikoh tuzish;
b) nikohni bekor qilish;
s) ismini o’zgartirish;
d) vafot etish.
e) farzandlikka olish
17. Mehnat huquqi huquqning qaysi tarmog'iga kiradi?
a) asosiy tarmoqlariga;
b) maxsus tarmoqlariga;
s) kompleks tarmoqlariga;
d) prostessual tarmoqlariga. •
e) moddiy huquq tarmog’i
18. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan voyaga etmaganlaming ish kuni qancha
vaqt davom etadi?
a) haftasiga 12 soat;
b) haftasiga 18 saot;
s) haftasiga 36 soat;
d) haftasiga 40 soat.
e) haftasiga 32 soat
19. Oila huquqida to’liq muomala layoqati necha yoshdan boshlanadi?
a) 16 yoshdan;
b) 18 yoshdan;
s) 21 yoshdan;
d) 25 yoshdan.
e) nikoh qayd edilgan yoshdan
20 Aliment majburiyati nima?
a)davlat muomala layoqatiga ega bo’lgan fuqarolarni himoya qilish uchun
foydalaniladigan huquqiy shakl;
b)davlat muomala layoqatiga ega bo’lmagan fuqarolarni himoya qilish uchun
foydalaniladigan huquqiy shakl;
s) mavjudligi nikohga kirishga (nikoh tuzishga) yo’l qo’ymaydigan holat;
d) qonunda belgilangan yuridik faktlar asosda yuzaga keladigan
amda shu asosda oila a’zolarining ayrimlari boshqalarni boqishi shart bo’lgan,
boshqalari esa buni talab qilishi mumkin bo’lgan huquqiy munosabat.
e) to’g’ri javob yo’q
21. Quyidagi sanab o’tilganlaning qaysilari ko’p marotaba jinoyat sodir etishga
kirmaydi?
a) takroran jinoyat sodir etish;
b) jinoyat sodir etishga tegishlilik;
s) jinoyatlar majmui;
d) restidiv jinoyat.
e) turli vaqtlarda jinoyat sodir etish
22. Qonunda qanday jazo muddati nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan
jinoyat og'ir jinoyat hisoblanadi?
a) 3 yildan ortiq ammo 5 yildan ortiq bo’lmagan;
b) 5 yildan ortiq ammo 10 yildan ortiq bo’lmagan;
s) 5 yildan ortiq ammo 8 yildan ortq bo’lmagan; ;
d) 5 yildan ortiq ammo 15 yildan ortiq bo’lmagan.
e) 10 yildan ortiq ammo 20 yildan ortiq bo’lmagan
23 Quyidagilardan qaysi biri jinoyatning ob’ektiv.tomoniga kiruvchi belgi hisoblanadi?
a) ayb;
b) qilmishni sodir etish vaqti;
s) maqsad;
d) sabab.
e) motivi
24 Ozodlikdan mahrum etish qaysi muddatga belgilanadi?
a) 3 oydan 20 yilgacha;
b) 6 yildan 20 yilgacha;
s) 3 oydan 12 yilgacha;
d) 6 yildan 25 yilgacha.
e) 3 yildan 5 yilgacha
25. Voyaga etmagan shaxsga qanday jazo turi tayinlanishi mumkin emas?
a) jarima;
b) qamoq;
s) axloq tuzatish ishlari;
d) bir umrga ozodlikdan mahrum etish.
e) mulkni musodara qilish
26. Ekologik huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni
ko’rsating.
a) atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha munosabatlar;
b) tabiiy resurslarga bo’lgan mulkchilik munosabatlari;
s) jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlar;
d) yuqorida sanalganlarning barchasi.
e) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
27. Ekologik huquq qaysi huquq tarmog'iga kiradi?
a) huquqning asosiy tarmog'iga;
b) huquqning mahsus tarmog'iga;
s) huquqning kompleks tarmog'iga;
d) to`’g'ri javob yo’q.
e) moddiy huquq tarmog’i
28. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga nimalar kiradi?
a) davlat qo’riqxonalari;
b) davlat milliy tabiat bog'lari;
s) alohida muhofaza etiladigan o’zga tabiiy hududlar;
d) a b s javoblar to’g'ri.
e) tarixiy va madaniy yodgorliklar
29. Quyida berilgan prinsiplardan qaysilari xalqaro huquq prinsiplariga
kirmaydi?
a) tinchlik va xalqaro havfsizlikni saqlash prinsipi;
b) xalqaro hamkorlik prinsipi;
s) inson, xalqlar va millatlar huquqlarini himoya qilish prinsipi;
d) milliy huquqning ustunligi prinsipi. :
e) suveren tenglik prinsipi
30. BMT qachon tashkil topgan?
a) 1942-yilda;
b) 1945-yilda;
s) 1949-yilda;
d) 1953-yilda.
e) 1948-yilda.
31 Konstitustiya iborasi nimani anglatadi?
a) tuzilish;
b) belgilash;
s) tasdiqlash;
d)o’rganish;
e) barcha javoblar to’g'ri. :
32. O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitustiyasini ishlab chiqish
zarurligi to’g'risidagi g'oya qachon paydo bo’ldi?
a) 12-chaqiriq Oliy Kengashning birinchi sessiyasida;
b) O’zbekiston Respublikasi BMTga a’zo bo’lganidan keyin;
s) O’zbekiston kommunistlar partiyasi tarqatiilgandan keyin;
d) Farg'ona fojealaridan keyin;
e) Mustaqillik Dekloratsiyasi e’lon qilingandan keyin.
33. 0‘zbekiston Respublikasi Konstitsiyasining loyihasi ikkinchi bor matbuotda
qachon e’lon qilindi?
a) 1992-yil 21-noyabrda;
b) 1992-yil 8-dekabrda;
s) 1992-yil 11-dekabrda
d) 1991-yil 1-martda
e) 1991-yil 31-avgustda
34. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasiga muvofiq qanday masalalar
referendumga qo’yiladi?
a) mudofaaga oid eng muhim masalalar;
b) jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari;
s) favqulodda holat joriy qilish bilan bog'liq masalalar;
d) Respublika iqtisodiy taraqqiyotining eng dolzarb masalalari;
e) Parlamentni tarqatib yuborish bilan bog' liq masalalar.
35.Qachondan boshlab shaxs aybdor hisoblanadi?
a) sud hukmidan keyin;
b) jinoyat sodir etgandan keyin;
s) aybga iqror bo’lgandan keyin;
d) tergov jarayonida guvohlar tasdiqlangandan keyin;
e) prokuror noroziligini bildirganda va jabrlanuvchi da’vo qilgandan keyin.
36. O’zbekiston Respublikasi fuqarosi respublika hududida bir joydan
ikkinchi joyga ko’chish, O’zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqish huquqiga egami?
a) ha;
b) yo’q;
s) ha, biroq qonunda belgilangan cheklashlar bundan istisno; .
d) faqat chiqib ketishga ruhsat beriladi;
e) faqat ko’chib kelishga ruhsat beriladi.
37, Konstitustiyaga ko’ra qanday shakldagi ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi?
a) umumiy ta’lim;
b) boshlang'ich ta’lim;
s) Oliy ta’lim;
d) Urta mahsus ta’lim;
e) to’g'ri javob yo’q.
38. Fuqarolarning Konstitustiyada va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini kim ta’minlaydi?
a) fuqarolarning o’zi;
b) boshliq va rahbarlari va mansabdor shaxslar;
s) ichki ishlar organlari;
d) siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar;
e) davlat;
39.Madaniyat yodgorliklari kimning muhofazasida?
a) xalqning;
b) madaniyat va san’atni qadrlovchilarning;
s) san’atsevar shaxslaming;
d) ular muhofaza qilinishi shart emas;
e) davlatning.
40. Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliq va mahalliy yig'malami to’lashlari shartmi?
a) to’lashga majburdirlar; ' \
b) faqat soliqlarni to’lashlari shart;
s) mahalliy yig'malami to’lashlari ixtiyoriy;
d) mahalliy yig'malami to’lashlari shart;
e) soliqlarni to’lashlari shart emas.
41 O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi qanday?
a) viloyatlar, tumanlar va shaharlardan iborat;
b) shahar, shaharchalardan iborat;
s) qishloq va ovullardan iborat;
e) Qoraqalpog' iston Respublikasidan iborat;
e) barcha javoblar to’g'ri;
42 O’zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog'iston Respublikasiqa qanday kuchga ega?
a) Qoraqalpog'iston Respublikasi suveren respublikadir, uning o’z qonunlari bor;
b) O’zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog'iston Respublikasida ham majburiydir;
s)qisman yuridik kuchga ega bo’lishi lozim;
d)sharoitga qarab joriy qilinadi;
e) bu masala favqulotda vaziyatlardan kelib chiqib hal qilinadi. 4
43. Qoraqalpog'iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan ajralib
chiqa oladimi?
a) qonunda bu nazarda tutilmagan;
b) faqat xalqaro sudning ajrimiga asosan;
s) xalqning umumiy referendumiga asosan; •
d) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoishiga binoan;
e) faqat, butun O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining roziligi bilan.
44.O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi o’rtasidagi kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolar qanday hal etiladi?
a) murosaga keltiruvchi vositalar yordamida;
b) tazyiq o’tkazish yo’li bilan;
s) tinchlik yo’li bilan;
d) elchilar orqali; .
e) ikki davlat prezidentlari orasidagi muzokaralar yo’li bilan.
45. Fuqarolar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga necha yoshdan
boshlab saylanishi mumkin?
a) 28 yoshdan boshlab;
b) 18 yoshdan boshlab;
s) 23 yoshdan boshlab;
d) 25 yoshdan boshlab;
e) 30 yoshdan boshlab.
46. Oliy Majlisning Qonun chiqaruvchi va Senat palatalari deputatlarining
vakolati muddati necha yil?
a) 10 yil;
b) 5 yil;
s) 15 yil;
d) 7 yil;
e) to’g'ri javob yo’q.
47. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun chiqaruvchi palatasiga
saylovlar qachon amalga oshiriladi?
a) deputatlarning vakolat muddati tugashi bilan;
b) deputatlaming vakolat muddati tugashiga 3 oy qolganda;
s) deputatlar Konstitustiyaviy vakolat muddati tugaydigan yil dekabr oyining
uchinchi dekadasida;
d) A, to’g'ri;
e) to’g'ri javob yo’q. :
48. Oliy Majlis Qonun chiqaruvchi palatasiga nechta deputat saylanadi?
a) 100 ta:
b) 120 ta;
s ) 150 ta;
d) 250 ta;
e) to’g' ri javob yo’q.
49. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati
o’z vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan nima qabul qiladi?
a) farmoyishlar;
b) qaror;
s) buyruq;
d) farmon;
e) to’g'ri javob yo’q.
50. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanish uchun
fuqaro necha yoshga to’lgan bo’lishi lozim?
a) 45 yoshga;
b) 25 yoshga;
s) 28 yoshga;
d) 35 yoshga;
e) 50 yoshga.
2-QISM
“ Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.”
1,O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangunga qadar fuqaro
O’zbekiston hududida kamida qancha muddat muqim yashagan bo’lishi lozim?
a) kamida 15 yil;
b) kamida 10 yil;
s) kamida 5 yil;
d) kamida 4 yil;
e) O’zbekistonda tug'ilgan bo’lishi shart.
2. Prezident qachon o’z lavozimiga kirishgan hisoblanadi?
a) Prezident saylovi tugagan kunidan boshlab;
b) Prezident saylovidan keyin ko’pi bilan 1 hafta o’tganidan boshlab;
s ) Markaziy saylov komissiyasi saylovlar natijasini e’lon qilgan kunidan
boshlab;
d) Oliy Majlis yig'ilishida qasamyod qabul qilgan kunidan boshlab;
e) U xalqaro hamjamiyat hamda elchilar tomonidan e’tirof etilgan vaqtdan
boshlab.
3. Sudyalar kim tomonidan saylanadi?
a) Respublika Oliy sudi tomonidan;
b) Viloyat sudlari tomonidan;
s) tuman va shahar sudlari tomonidan;
d) B va S to’g'ri;
e) barcha javoblar to’g'ri.
4; Amnistiya to’g'risidagi hujjatlarni qabul qilib, O’zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan fuqarolarni kim avf etadi?
a) Prezident;
b) Konstitustiyaviy sud raisi;
s) Oliy sud raisi;
d) Bosh prokuror;
e) Adliya vazirligi.
5. Hokimlar o’z vakolatlarini qanday asosda amalga oshiradilar?
a) yakkaboshchilik asosida;
b) buyruqlar asosida;
s) takliflar asosida;
d) maslahatlashuv asosida;
e) B,S to’g'ri.
6. Konstitustiyaviy sud a’zolariga nima ta’qiqlanadi?
a) deputat bo’lish;
b) siyosiy partiyalara’zosi bo’lish;
s) haq to’lanadigan boshqa lavozimni egallash;
d) A,B,S to’g'ri;
e) ular ham erkin fuqaro, binobarin, huquqlardan foydalanishlarini qonun man etmaydi. 7. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan davlat o’rganlari va mansabdor shaxslar kimning oldida mas’uldirlar?
a)jamiyat va fuqarolar oldida
b) saylovchilar oldida
s) Prezident oldida
d) Prokuratura oldida
e) Konstitutsiyaviy sud oldida
8. O’zbekiston Respublikasi davlat xokimiyatining birdan-bir manbai.
a) xalq b) qonun s) hukumat d) saylovchilar e) davlat
9. O’zbekiston Respublikasida demokratiya qanday tamoyilga
asoslanadi?
a) umuminsoniylik
b) milliylik
s) tabiiylik
d) fuqaroviylik
e) hurfikrlilik
10. Oliy Majlis Senat palatasi a’zolari necha kishini tashkil etadi?
a) 100 b) 120 s) 150 d) 250 e) 220
11. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi qachon qabul qilingan?
a) 1942 yilda
b) 1945 yilda
s) 1948 yilda
d) 1953 yilda
e) 1955 yilda
12. Quyidagilardan qaysi bin jinoyatning subektiv tomoniga kiruvchi belgi hisoblanadi?
a) sabab
b) qilmishni sodir etish vaqti
s) qilmishni sodir etish joyi
d) maqsad
e) to’q’ri javob (a,d)
13. Davlatning qaysi funksiyalari halqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo’nalishlarini tashkil etadi?
a) doimiy
b) vaqtinchalik
s) ichki
d) tashqi
e) iqtisodiy
14. Hukumat parlament tomonidan tashkil etilib, parlament oldida javob beradigan boshqaruv shaklini ko’rsating
a) konstitisiyaviy monarxiya
b) parlament respublikasi
s) prezident respublikasi
d) monarxiya
e) aralash
15. O’zbekistonda qaysi organ davlat hokimiyatining oily vakillik organi hisoblanadi?
a) Prezident
b) Oily Sud
s) Oily Majlis ;
d) Vazirlar Maxkamasi
e) Konstitusiyaviy sud
16 . Ijro etuvchi xokimiyat organlari nima?
a) oliy va mahalliy hokimiyyat organlari
b) davlat siyosati va qonunlar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladigan organlar
s) odil sudlovni amalgam oshiruvchi davlat muassasalari
d) qonunlar qabul qiluvchi davlat organlari
e) prokuratura
17. O’zbekistonda kim farmonlar chiqarish vakolatiga ega?
a) Oliy Majlis Kengashi
b) Respublika Prezidenti
s) Boshvazir
d) Konstitutsiyaviy sud
e) Bosh prokuror
18. Qaysi organ odil sudlovni amalgam oshiradi
a) notariat
b) prokuratura
s) sud
d) advokatura
e) adliya vazirligi
19. Ma’muriy huquqbuzarlik tarkibining belgilari?
a) ob’ekt
b) ob’ektiv tomon
s) subekt
d) subektiv tomon
e) barcha javoblar to’g’ri
20. Yuridik normaning davlat jazosi me’yorini belgilab beradigan tarkibiy qismini ko’rsating ?
a) gipoteza
b) dispozitsiya
s) prezumptsiya
d) sanksiya
e) barcha javoblar to’g’ri
21. Quydagi elementlarning qaysi biri huquqbuzaming shaxsini anglatadi?
a) ob’ekt
b) ob’ektiv tomon
s) sub’ekt
d) sub’ektiv tomon
e) barcha javoblar to’g’ri
22. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini 18 yoshdan so’ng tasdiqlovchi asosiy hujjat nima ?
a) tug’ilg anlik to’g’risidagi guvohnoma
b) pasport
s) haydovchilik guvoxnomasi
d) o’rta ma’lumot haqidagi shaxodatnoma
e) barch javoblar tto’g’ri
23. O’zbekistonda prezidentiik instituti qachon joriy etilgan ?
a) 1990 yil mart oyida
b) 1992 yil dekabr oyida
s) 1991 yil sentabr oyida
d) 1991 yil dekabr oyida
e) to’g’ri javob yo’q
24. O’zbekiston Respublikasi 1992 yilgi Konstitutsiyasining I-bobi nimaga bag’ishlangan?
a) inson va fuqaroning huquq va erkinliklariga
b) O’zbekiston Respublikasining Davlat qurilishiga
s) konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplariga
d) shaxs munosabatlariga
e) saylov tizimiga
25. O’zbekiston Respublikasida referendumni qaysi organ tayinlaydi?
a) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
s) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
d) O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov kommisiyasi
e) O’zbekiston Respublikasi Oily sudi
26. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman)ni kim lavozimiga tayinlaydi va ozod etadi?
a) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
s) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
d) O’zbekiston Respublikasi Markaziy kommisiyasi
e) O’zbekiston Respublikasi Oily sudi
27. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi a’zolarining soni qancha?
a) 150
b) 175
s) 200
d) 220
e) 250
28. Qaysi organ O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlaydi?
a)O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
s) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
d) O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov kommisiyasi
e) O’zbekiston Respublikasi Oily sudi
29. O’zbekiston Respublikasi hukumatining rahbari qanday nomlanadi?
a) O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
b)O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining raisi
s) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi
d) O’zbekiston Respublikasi hukumatining raisi
e) O’zbekiston Respublikasi Oily sudi raisi
30.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini kim tarqatib yuborishi mumkin?
a) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
b) O ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining kengashi
s) O’’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
d ) O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov kommisiyasi raisi
e) O’zbekiston Respublikasining Prezidenti
31. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari qancha muddatga saylanadilar?
a) 5- yil b) 4-yil s) 6-yil d) 2-yil e) 3-yil
32. Fuqarolik qonun hujjatlariga binoan fuqarolar necha yoshdan huquq layoqatiga ega bo’ladilar?
a) tug’ilganidan
b) 16-yoshdan
s) 18 yoshdan
d) 21 yoshdan
e) 25 yoshdan
33. Fuqaroning turar joyi qayer hisoblanadi?
a) o’zmulkiga ega bo’lgan joyi
b) ro’yxatdan o’tgan joyi
s) doyimiy ravishda yashaydigan joyi
d) ota-onasi isteqomat qiladigan joyi
e) tug’ilgan joyi
34. Davlat funksiyasi nima?
a) davlat organlarining normativ huquqiy hujjatlar chiqarishga doir faoliyati
b) davlat faoliyatining asosiy yo’nalishlarini ifodalovchi vazifalarni amalga oshirish va muayyan maqsadga erishish
s) davlatning o’z fuqarolari huquqlarini kafolatli amalga oshirishga doir
faoliyati
d) davlat o’rganlarining qonun ustunligini ta’minlashga doir faoliyati
e) barcha javoblar to’g’ri
35. Davlatning boshqarish shakllari qanday?
a) respublika, monarhiya
b) demokratiya, avtokratiya
s) prezident respublikasi, konstitutsiyaviy monarxiya
d) unitar, federativ, konfidirativ
e) totalitarizm, avtokratik
36. Unitar davlat belgilarini ayting?
a) qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimyatining ikki tizimi
b) asosiy tashqi siyosiy faoliyatni federatsiya organlari amalga oshiradi
s) bitta konstitutsiya, davlat hokimyati va qonun chiqaruvchi organlarning bir tizimi; yagona moliya va soliq tizimi. yagona qurolli kuchlar
d) yagona qurolli kuchlar, yagona moliya, soliq va pul tizimi
e) barcha javoblar to’g’ri
37. Konfederatsiya nima?
a) suverenitetga ega bo’lgan, ichki va tashqi ishlarda mustaqil sub’yekt hisoblangan muayyan maqsad ucun birlashgan davlatlar ittifoqi
b) oily hokimiyat orgonlari orqali shakillantiriladigan davlat
s) muayyan suverenitetiga ega bo’lgan, siyosiy tuzilmalarga asoslangan davlat yoki milliy davlat tuzilishining shakli
d) boshlig’I bu amalni meros qilib olgan davlat ~e) barchajavoblar to’g’ri
38. Hokimiyatning bo’linishi nima?
a) odil sudlov va prokuratura orgonlari funksiyalarinig ajratib qo’yilganligi
b) ma’muriy va huquqni muhofaza qilish organlari funksiyalarining ajratib qo’yilganligi
s) qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud organlari vakolatlarining ajratib qo’yilganligi
d) oily va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining ajratib qo’yilganligi ~e) barchajavoblar to’g’ri
39. Sh.L.Monteskyo bayon etgan hohimyatlarning bo’linishi prinsipiga qanday hokimiyat tarmoqlari muvofiq kelishini korsating?
a) qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat
b) qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati
s) qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud va saylov hokimiyati
d) qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, saylov va nazorat hokimiyati
e) barcha javoblar to’g’ri
40. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tuzatishlar parlament a’zolarining qancha miqdoridagi ovozi bilan ma’qullanishi kerak?
a) a’zolar umumiy sonining oddiy ko’pchilik ovozi bilan
b) a’zolar umumiy sonining 2/3 qismi bilan
s) a’zolar umumiy sonining 3/4 qismi bilan
d) bir ovozdan
e) barcha javoblar to’g’ri
41. O’zbekiston Respublikasi 1992 yil Konstitutsiyasining II bo’limi nimaga bag’ishlangan?
a) inson va fuqaroning huquq va erkinliklariga
b) O’zbekiston Respublikasining davlat qurilishiga
s) Konstitutsiyaviy tuzumining asosiy prinsiplariga
d) O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslariga
e) barcha javoblar to’g’ri
42. Quyidagi huquqlaridan qaysi biri insonning siyosiy huquqlari guruhiga kiradi?
a) ishsizlikdan himoyalinish huquqi
b) shahsiy va jamoa murojaatlari (petitsiyalari)ni davlat hokimiyati tashkilotlariga yuborish huquqi
s) o’z mulkiga erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi
d) erkinlik va shahsiy dahlsizlik huquqi
e) barchajavoblar to’g’ri
43. 14 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlaming ish kuni qancha vaqt davom etadi?
a) haftasiga 12 soat
b) haftasiga 18 soat
s) haftasiga 36 soat
d) haftasiga 40 soat
e) haftasiga 24 soat
44. Quyida sanab o’tilgan huquq munosabatlaridan oilaviy huquqiy munosabatlami tartibga soluvchi normalar bo’lganlarini toping?
a) oila kodeksi
b) fuqorolik kodeksi
s) jinoyat kodeksi
d) fuqorolik-protsessual kodeksi
e) barcha javoblar to’g’ri
45 . O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi qachon qabul qilingan?
a) 1994 yil 29 avgustda
b) 1994 yil 22 sentyabrda
s) 1995 yil 1 aprelda
d) 2001 yil 29 avgustda
e) barcha javoblar to’g’ri
46. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi qachon amalga kiritilgan?
a) 1995 yil 1 aprelda
b) 1996 yil 5 iyunda
s) 1996 yil 13 iyunda
d) 1997 yil 1 yanvarda
e) barcha javoblar to’g’ri
47. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida jinoyat sub’ekti sifatida nimalar tan olingan?
a) faqat jismoniy shahslar
b) faqat jismoniy va yuridik shahslar
s) faqat yuridik shahslar
d) faqat aqli noraso shahslar
e) barcha javoblar to’g’ri
48. Boshqa shahsni ko’ndirish. unga pora berish, qo’rqitish va boshqa yo’llar bilan jinoyat sodir etishga og’diruvchi shahs qanday nomlanadi?
a) ijrochi
b) tashkilotchi
s) dalolatchi
d) yordamchi
e) barcha javoblar to’g’ri
49. Jinoyat sodir etishdan ihtiyoriy voz kechish:
a) jinoiy javobgarlikni og’irlashtiriladi
b) jinoiy javobgarlikni engillashtiriladi
s) jinoiy javobgarlikni istisno etadi
d) jinoyat huquqida inobatga olinrnagan
e) barcha javoblar to’g’ri
50. Ozodlikdan mahrum etish qaysi muddatlarga belgilanadi?
a) 3 oydan 20 vilgacha
b) 6 oydan 20 yilgacha
s) 3 oydan 12 yilgacha :
d) 6 oydan 25 yilgacha
e) barcha javoblar to’g’ri
Tayanch iboralar
ADOLAT (ODILLIK) - axloq va huquqning me'yoriy kategoriyasi. Adolat natijasida tenglikka erishiladi, insonparvarlik ta'minlanadi. Adolat asosiga qurilgan jamiyatda fuqarolar ortasida, davlat bilan fuqarolar ortasida ijobiy munosabatlar ornatiladi. Fuqarolarning yaxshi turmush kechirishiga, moddiy ne'matlardan keng foydalanishiga imkoniyat yaratiladi. Adolat ijtimoiy hayotning barcha sohalarida oz ornini topgandagina odillik hukm suradi. Jamiyatda yashovchi kishilar ertangi kunga ishonch bilan qarashi. qonunlarning to’g’ri qo’llanilishida ham adolatga asoslanilsa, ish to’g’ri yo’lga qo’yilib, qonunlardan barcha birdek naf koradi. "Kuch adolatdadir" degan Amir Temur so’zlarining ma'nosi keng va chuqurdir. Adolatga tayanmagan kuch esa zoravonlikdir. Bizning jamiyatimizda adolat - qonun kuchiga tayanadi va qonun bilan birlashib, kuchli adolat vujudga keladi. Ana shunday adolatdangina jamiyatning barcha a'zolari manfaatdor bo`ladi.
AKTIV SAYLOV HUQUQI (saylash huquqi)- saylash huquqiga ma'lum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli mamlakat fuqarolari ega bo`ladi. O`zbekistonda saylash huquqiga 18 yoshga yetgan barcha fuqarolar egadirlar. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlar saylash huquqidan foydalanmaydi. Ya'ni, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saylanayotgan-larning saylash huquqi vaqtincha to`xtatiladi.
AMNISTIYA - muhim sanalar, bayramlar munosabati bilan jinoyat sodir etganlar hamda jinoyati uchun jazoni o`tayotganlarni umumiy avf etish (kechirish). Amnistiya (umumiy avf) haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon chiqaradi. (Konstitusiyaning 93-modda, 20-bandi). Mamlakatimizda Mustaqillik kuni, Xotira kuni munosabati bilan amnistiya e'lon qilinadi. Bu - adashib jinoyat sodir etganlarning davlatga, jamiyatga ishonchini kuchaytiruvchi vosita. Amnistiya qoida tariqasida, birinchi marta, uncha og’ir bo`lmagan jinoyat sodir etganlarga, ayollarga, nogironlarga, keksalarga, voyaga yetmaganlarga qo’llaniladi. Amnistiya jazodan ozod qilish yoki jazoni kamaytirishni ko’zda tutadi. Og’ir jinoyat sodir etganlarga, o’ta xavfli shaxslarga amnistiya qo’llanilmaydi. Har bir aniq holatda jazo o`tayotganlar amnistiya orqali jazodan ozod etilishi, kimlarning jazo muddati qancha qisqartirilishi, kimlarga amnistiya taqdim qilinmasligi Prezident farmonida aniq ko`psatiladi
DAVLAT APPARATI - Keng ma'noda, davlat funksiyasi va davlat hokimiyatini amalga oshiradigan organlar tizimi. tizim hamma davlat organlarining yig`indisi. Tor ma'noda, ijro hokimiyati organlari yig’indisi.
DAVLAT BELGILARI - bu davlatni mustaqil mamlakat sifatida e'tirof etish uchun sabab bo`ladigan tushunchalardir. Mustaqil davlat bo`lishi uchun har bir davlatning o`z hududi, Konstitusiyasi, aholisi (xalqi), davlat ramzlari, fuqaroligi, armiyasi, oliy hokimiyat organlari, pul birligi bo`lishi zarur.
DAVLAT BOSHLIFI - mamlakatdagi bosh mansabdor shaxs bo`lib, davlatning oliy vakili. Ayrim hollarda ijro etuvchi hokimiyat hamynga tegishli bo`ladi. Monarxiya shaklidagi davlatlarda davlat boshlig`I monarx (qirol, podsho, imperator) bo`lib, u nasldan-naslga o`tadi. Respublika shaklidagi davlatlarda davlat boshlig`I Prezident bo`lib, u bevosita fuqarolar tomonidan saylanishi (o’zbekiston, Rossiya, Fransiya), fuqarolar vakillari tomonidan pog`onali asosda saylanishi (AQSh, Argentina) yoki Prezident saylash ychun tashkil qilingan organ tomonidan saylanishi (Germaniyada) yoxud Parlament tomonidan saylanishi (Chexiyada) mumkin. Prezidentlik Respublikasida prezident bir vaqtning o`zida ijro etuvchi hokimiyatning ham boshlig`i bo`lsa, Parlamentar respublikada u faqat davlat boshlig`i bo`ladi, ijro etuvchi hokimiyatning boshqa shaxs boshsaradi. Davlat boshlisining vakolatlari Konctitusiyada belgilanadi.
DAVLATNING BOSHQARUV SHAKLI - hokimiyatni tashkil qilish oliy organlarning vakolatlari, ular o`rtasidagi munosabatlarga bog’liq bo`ladi. Davlatning boshqaruv shaklini aniqlashda eng muhim belgi davlat boshlig’ining huquqiy maqomi qandayligi, u davlat boshiga qanday yo`l bilan kelishi hisoblanadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar boshqaruv shakliga qarab ikkiga: respublika va monarxiyaga bo`linadi. Respublika shaklidagi davlatlarda davlat boshlig`i saylanish yo`li bilan hokimiyat tepasiga keladi. Ular ma'lum myddatga saylanadi, ya'ni o`zgarib turadi va ko`p mamlakatlarda Prezident deb nomlanadi. Davlatning monarxiya shaklida esa davlat boshlig`I nasldan - naslga o`tadi, ya'ni davlat boshlig`i- monarx hisoblanadi. Ular turli nomlar bilan ataladi, masalan Saudiya Arabistonida – podsho Yaponiyada - imperator, Angliyada - qirol. O’zbekistonRespublikasida davlatning boshqaruv shakli respublika hisoblanadi va davlat boshlig’i Prezidentdir.
ARMIYA - har qanday davlatning o’z mustaqilligini tashqi tajovuzlardan saklashining asosiy vositalaridan hisoblanuvchi qurolli kuchlaridir. Armiyaning tarkibi, soni davlat tomonidan ehtiyoj va imkoniyatlariga qarab davlatni davlat sifatida ko`psatuvchi belgilardan biridir. Armiyada doimiy xizmat qiluvchilar va muddatli xizmat qiluvchilar bo`ladi. O’zbekiston o’z xavfsizligini ko`zlab, professional armiya tuzishni maqsad qilib qo’ygan. Armiya faoliyati, qurolli kuchlar turlari maxsus huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
ASOSIY QONUN - Konstitusiyaga nisbatan ishlatiladigan atama. Konstitusiyaning sinonimi, faqat Konstitusiyagina asosiy qonun hisoblanadi. Ayrim mamlakatlarda (Mongoliyada), boshqa maxsus qonunlarga nisbatan ham asosiy qonun atamasi ishla-tiladi. O’zbekistonda asosiy qonun bitta u ham bo`lsa Konstitusiyadir.
AXBOROT OLISH ERKINLIGI – O’zbekiston fuqarolarining bu erkinligi fuqarolar o`zi istagan axborotlarni izlashi, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari fuqarolarning huquq va erkinliklariga daxldor bo`lgan hujjat va boshqa materiallar bilan tanishish uchun imkoniyat yaratib berishi demakdir. .
AXLOQ- kishilarning bir-biriga, oilaga, Vatanga, jamiyatga bo`lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan xatti -harakatlar yig’indisidir. Axloq har bir kishining xulqini, ichki dunyosini ko`rsatadi. Axloqqa milliy urf-odatlar, an'analar ta'sir qiladi. Ba'zi millat kishilari o`rtasidagi munosabatlarda oddiy xol deb qaraladigan xatti - harakatlar boshqa millatlar axloq qoidalarida rad etilishi mumkin. Axloqning yuksak darajada bo`lishi jamiyatning rivojiga bevosita ta'sir qiladi yoki aksiicha. Axloq axloq normalari bilan tartibga solinadi, ular huquqiynormalardan farq qilib, majburiy xarakterga ega emas. Axloqiy normalar urf-odat, namuna kuchi, jamoatchilik fikri ta'sirida vujudga keladi. Axloqiy normalarni bajarish ixtiyoriy, vijdonga bog`liq. Uning buzilishiga nisbatan ommaviy qoralash, jamoat izzasi qo`llaniladi. Axloq ishonti-rish, tushuntirish bilan ta'minlanadi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek "Axloq -ma'naviyatning o`zagi".Axloq ma'naviyatning amalidir. U insof va adolat tuyg`usi, iymon va halollik kabi tushunchalar bilan bog’liq.
BEVOSITA DEMOKRATIYA - demokratiyaning bir shakli bo`lib, u har bir fuqaroning davlatni boshqarishda, davlat ishlarida bevosita - ya'ni shaxsan ishtirok etishidir. Bevosita demokratiyaning ko`rinishlariga saylovda ovoz berish, saylov komis-siyalari tarkibida ishtirok etish, qonun loyihalari va boshqa tadbirlarning muhokamasi, referendum (umum:xalq ovozi), fuqarolar yig’ini ishlarida hamda davlat organlariga takliflar kiritishda ishtirok etish va boshqalar kiradi
BILIM OLISH HUQUQI – O’zbekiston fuqarolarining konstitusiyaviy huquqlaridan hisoblanadi. Unga asosan har kim bilim olish huquqiga ega. O’zbekistonda umumiy ta'lim olish bepul, ya'ni umumiy ta'lim olish uchun xaq to`lanmaydi. Umumiy ta'limga ega har bir kishi oliy va o`rta maxsus ta'lim olish huquqiga ega, bu ta'lim belgilangan sinovdan o`tganlar uchun bepul, qolgan shaxslar pul to`lash bilan bilim olishni davom ettirishi mumkin. Bilim olish huquqi umumiy maktablar, akademik liseylar, kasb-xunar kollejlari, oliy o’uv yurtlari faoliyati orqali ta'minlanadi. Bundan tashqari aspirantura va doktoranturada ham bilim olish mumkin. (Konstitusiyaning 41-moddasi).
DEMOKRATIK DAVLAT - bunday davlatda davlat organlarini tashkil qilishda, ularning faoliyatida mamlakat fuqarolari turli-tuman usullar orqali keng ishtirok etadilar. Fuqarolarning davlat organlarini tashkil qilishdagi ishtiroki qonuniy usuli bilan kafolatlanadi va ularning ishtirokiga keng imkoniyatlar yaratiladi. Demokratik davlatda inson manfaati, qadr- himmati, hayoti, sog’ligi har narsadan yuqori turadi. Davlat fuqarolarning huquq erkinliklarini ta'minlash choralarini doimiy ravishda ko`pib boradi. Davlat fuqarolar nazoratida va ularga turli vo-sitalar orqali hisob beradi. Demokratik davlat ozini ozi boshqarish, koppartiyalilik ommaviy axborot vositalarining erkin bolishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi.
KONSTITUSIYAVIY NAZORAT - Davlatning alohida faoliyati bolib, u orqali Konstitusiyaning amal qilishi, Konstitusiyaga qonun va boshqa hujjatlarning mos kelishi, zid bolmasligi nazorat qilinadi. Bu nazorat davlat boshligi, parlament va maxsus organlar tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekistonda bu vazifa maxsus O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudiga yuklangan (qarang: Konstitusiyaviy sud).
KONSTITUSIYAVIY PRINSIPLAR (KONSTITUSIYA PRINSIPLARI)
Konstitusiyaviy huquqiy tartibga solishning ob'ekti hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlarning mazmunini belgilovchi halqiluvchi asoslar (g’oyalar) prinsip hisoblanadi. Prinsiplar butun Konstitusiyaviy tuzumga yoki uning alohida-alohida institutlariga taallyqli bo`ladi, masalan, siyosiy tizim prinsiplari, inson huquqlariga taalluqli prinsiplar, iqtisodiy tizim prinsiplari va boshqalar. Ozbekiston Konstitusiyasi prinsiplari - davlat suvereiiteti, xalq hokimiyatchiligi, qonuniylik Konstitusiya va
qonunlar ustuvorligi, demokratizm, inson manfaatlarining ustuvorligi hisoblanadi.
DEMOKRATIYA - "xalq hokimiyati" degan ma'noni bildiradi. Demokratiya xalq ning davlat organlarini tuzish, ularning ishida ishtirok etishi, davlat organlari ishini tashkil etish, mamlakatda inson huquqlarini taminlash orqali namoyon boladi. U davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiya bevosita demokratiya va vakillik demokratiyasi shaklida bo`ladi. Demokratiya hamma narsada xoxlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir.
DEKLARASIYA- siyosiy - huquqiy akt nomi. Deklarasiyada ma'lum voqealarga tantanali ruh beriladi. 1990 yil 20 iyulda O’zbekiston ittifoq tarkibida turgan vaqtda, mustaqillik uchun asos slogan hujjat - "Mustaqillik deklarasiyasi" Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan.
DEPUTAT – davlat hokimiyati vakillik organlarida ish olib boruvchi xalq vakilidir. U saylov yoli bilan saylanib, xalqdan tegishli organlarda ish olib borish uchun vakolat oladi. Deputatlar ma'lum muddatga saylanadi. Respublikamizda Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga deputatlar besh yil muddatga saylanadi. Oliy Majlis deputatligiga 25 yoshga, mahalliy Kengash deputatligiga 21 yoshga tolgan O’zbekiston fuqarolari saylanadi. Deputatlikka nomzodlar siyosiy partiyalar, vakillik hokimiyati organlari, fuqarolar tomonidan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridan ko’rsatiladi.
DEPUTATLIK DAXLSIZLIGI - deputatlarga o’z deputatlik faoliyatini mustaqil, xoli olib borish imkoniyatini yaratadigan kafolatdir. qonunlarga asosan har bir vakillik organining deputatlari, shu vakillik organlari va u vakolat bergan organ yoki shaxs roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi, ishlab turgan vazifasidan boshatilishi, past lavozimga otkazilishi mumkin emas.
DEPUTAT ODOBI - Parlament ishida ishtirok etishda amal qilinadigan axloqiy ma'naviy normalar yig’indisi bo’lib, u orqali deputatning qonun chiqaruvchi organga, uning tuzilmalariga, boshqa deputatlarga munosabati, ular bilan aloqasi shakllanadi. Deputat odobi faqat axloqiy normalar bilan belgilanmay, tegishli huquqiy hujjatlarda qayd qilingan deputatning huquq va burchlari bilan ham belgilanadi. Deputat odobining buzilishi ijtimoiy va intizomiy choralar ko`rishga sabab bo`ladi. Deputat odobiga rioya etilishi ustidan nazorat parlamentda maxsus tuzilgan komissiya tomonidan olib bors
SENZI - qonun bilan saylovda ishtirok etish uchun belgilangan yosh chegarasi. U saylash huqui uchun alohida, saylanish huqui uchun alohida belgilanadi. O’zbekistonda saylash uchun 18 yosh belgilangan. Xalq deputatlari mahalliy kengashiga deputat bo`lib saylanish uchun 21 yoshga, Oliy Majlisga deputat bo`lib saylanish uchun 25 yoshga, Prezidentlikka saylanish uchun 35 yoshga to`lgan bo`lish kerak. Bu chegara turli mamlakatlarda har xil belgilangan. Fuqarolar Braziliya va Eronda 16 yoshdan, Indoneziyada 17 yoshdan saylash huquqiga ega bo`lsa, ayrim mamlakatlarda saylash huquqiga ancha yuqori chegara qo’yilgan: Malayziya, Marokash, Boliviyada 21 yosh. Saylanish huquqi ham ba'zi mamlakatlarda ancha yuqori bo`lib, Italiyada Prezidentlikka saylanish uchun 50 yosh belgilangan.
IJOD ERKINLIGI - har kim ilm, texnika, adabiyot, san'at va madaniyat sohalarida erkin ijod qilishhuquqiga ega. Bu huquqdan foydalanish natijasida ilm fan, texnika rivojlanadi. Bundan davlat ham, ijodkor ham manfaatdor bo`ladi. (Konstitusiyaning 42- moddasi).
IJRO ORGANLARI - ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi davlat organlaridir. O’zbekiston Respublikasida Oliy ijro organi - Vazirlar Mahkamasidir, u hukumat ham hisoblanadi va kollegial, umumiy vakolatli organdir. Ijro organlari turli tarmoq va sohalarni idora etadi. Respublikaning markaziy idoralari: vazirliklar, davlat qo`mitalari va boshqalar, ular yakkaboshlik asosida ish olib boradi. Joylarda ijro etuvchi hokimiyatni hokimlar yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi. Joylarni idora etishda u o`zining tarmoq idora organlaridagi bo`lim va boshqarmalariga tayanadi. Masalan, ichki ishlar, sog’liqni saqlash, maorif bo’limi yoki
boshqarmalari. Ijro organlari tayinlash va tasdiqlash yo`li bilan tashkil qilinadi.
BIRLASHISH HUQUQI - bu siyosiy huquqlardan biri bo`lib, siyosiy va boshqa
xarakterdagi birlashmalarga birlashish imkoniyatidir. har qanday ittifoq va
assosiasiyalarga birlashish ham shu huquq orqali amalga oshadi. Konstitusiyaviy
tuzumga, fuqarolar manfaatiga ziyon keltiruvchi tashkilotlarga birlashish taqiqlanadi.
BOSH VAZIR – O’zbekiston Respublikasida hukumat ishini tashkil qiluvchi, ni yo`naltirib turuvchi yuqori mansabdor shaxs. U birinchi o`rinbosar va o`rinbosarlariga ega.O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Prezident tomonidan tayinlanadi va Oliy Majlisda tasdiqlanadi. (Konstitusiyaning 78-moddasi 15-bandi, 93-modda, 10-bandi). Lavozimdan ozod qilish ham shu zaylda amalga oshiriladi. Ko`pgina mamlakatlarda Bosh vazir hukumat boshlig’i bo’lib, u yoki davlat boshlig`i– Prezident tomonidan tayinlanadi (Rossiyada) yoki parlamentda ko`pchilik ovoz olgan partiya rahbari hukumatboshlig’i bo`ladi (Angliyada).
BURCH - qonun va boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan ayrim harakatlarni sodir etish, ayrim harakatlarni sodir etishdan esa tiyilishdir. Burchni buzish turli javobgarliklarga tortish va jazolashga sabab bo`ladi. Burch ixtiyoriy bajarilganda jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir qiladi .
VAZIR - mansabdor shaxs, milliy davlatchilik tariximizda davlat boshlig`I tayinlaydigan va turli sohalarni boshqarishda unga yordam beruvchi amal egasi bo`lsa, hozirgi kunda vazir mamlakatimizda turli tarmoq va sohalarni boshqaruvchi markaziy idoraning boshlig`idir. Bosh vazir nomzodi Prezident taqdimiga binoan Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. (Konstitusiyaning 78-modda, 15-bandi, 93-modda10 bandi).
VAZIRLAR MAHKAMASI - qarang: hukumat.VAKILLIK - biror-bir
organ yoki tashkilotda ma'lum jamoa, guruh yoki fuqarolar nomidan ish yuritish.
Vakillik qonunlarda belgilanib qo’yilishi mumkin. Masalan, Konstitusiyaning 10 moddasida O`zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin deb ko`rsatilgan. Bular xalq nomidan vakillik qilishi uchun boshqa hech qanday hujjatga muhtoj emas. Boshqa ollarda esa vakillik uchun hujjat talab qilinadi.
VAKILLIK DEMOKRATIYASI - demokratiyaning bir shakli bo`lib, davlatni boshqarishda, davlat va jamoat ishlarida fuqarolarning vakillari orqali ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasining yorqin ifodasi xalq deputatlari bo`lib, ular saylovchilarning vakilidir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ham xalq vakilidir. Vakillik demokratiyasi amal qilishi natijasida fuqarolarning aksariyat ko`pchiligi davlat va jamiyatni boshqarishda, ularning faoliyatida keng ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`ladi.
VAKOLAT - bir shaxsga, ya'ni vakilga boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan va uning manfaatini ko’zlab, bitim tuzish va boshqa xatti-harakatlar qilishuchun berilgan huquqdir. Vakolat yozma vakolatnomaga asoslanadi yoki to`g`ridan-to`g`ri qonunda ko`zda tutiladi, yoxud ma'muriy akt bilan elgilanadi. Vakil unga berilgan vakolat doirasidan chiqmasligi zarur. Vakolat jismoniy va yuridik shaxslarga ham,jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ham berilishi mumkin. Davlat organlari,mansabdor shaxslarning vakolatlari qonunlarda belgilab qo`yilgan.
VIJDON ERKINLIGI - fuqarolarning dinga munosabati har qanday
shaxs xohlasa dinga e'tiqod qiladi (ishonadi), xohlamasa e'tiqod qilmaydi (ishonmaydi) yoki o`zi tanlagan dinga e'tiqod qiladi.Dinga ishonish yoki ishonmaslik uchun ta'qib qilinmaslik jazolanmaslik kamsitilmaslik vijdon erkinligining amalda bo`lishidir. Biror-bir dinga e'tiqod qilishga majburlash ham, vijdon erkinligiga ziddir. Vijdon erkinligi dunyoviy davlat prinsiplaridan kelib chiqadi. (Konstitusiyaning 31-moddasi).
VOYAGA YETMAGANLAR - shaxs 18 yoshgacha ba'zi sohalarda mustaqil ishtirok eta olmaydi. Ular uchun ba'zi ishlarni ularning ota-onalari, vakillari amalga oshiradi. Voyaga yetmaganlarning haq, huquqlari davlat tomonidan alohida muhofaza qilinadi. (Konstitusiyaning 45-moddasi). Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. (Konstitusiyaning 64-moddasi).
DAVLAT - ijtimoiy hodisa bo`lib, jamiyatning harakatlanishida muhim rol o`ynovchi alohida bir tashkilotdir. U har qanday jamiyat siyosiy tizimining bir qismi(elementi), hokimiyatni amalga oshiruvchi vositadir. Uning faoliyati jamiyatning hamma sohasiga ta'sir qiladi. U vakolatni xalqdan oladi va o`ziga tegishli vakolatni o`zining maxsus tuzilmalari - davlat organlari orqali amalga oshiradi. Davlat xalq manfaatini ko`zlasa, unga ijtimoiy hayotda, davlat ishlarida, xo`jalik yuritishda erkinlik bersa, tinchlik siyosati yurgizsa, davlat demokratik hisoblanadi va taraqqiyotga sabab bo`ladi. Aksincha, xalqning erkinligini cheklasa, taraqqiyotga to`sqinlik qilsa, zo`ravonlik bilan ish olib borsa - reaksion davlat hisoblanadi. "Davlat" so`zi ko`pincha "mamlakat" so’zi o’rnida ham ishlatiladi. Masalan, ayrim hollarda "mamlakatimiz" degan so`z o`rnida "davlatimiz" degan so`zlarni uchratishimiz mumkin. Davlatning ko`rsatmasi jamiyatning hamma a'zolari - fuqarolar, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, chet yel fuqarolari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlari, jamoat birlashmalari uchun majburiydir. Davlat qonun yaratadi va o`zi ham qonunlarga buysunadi.
DAVLAT APPARATI - Keng ma'noda, davlat funksiyasi va davlat hokimiyatini amalga oshiradigan organlar tizimi. tizim hamma davlat organlarining yig’indisi. Tor ma'noda, ijro hokimiyati organlari yig’indisi.
DAVLAT BELGILARI - bu davlatni mustaqil mamlakat sifatida e'tirof etish uchun sab ab bo`ladigan tushunchalardir. Mustaqil davlat bo`lishi uchun har bir davlatning o`z hududi, Konstitusiyasi, aholisi (xalqi), davlat ramzlari, fuqaroligi, armiyasi, oliy hokimiyatorganlari, pul birligi bo`lishi zarur.
DAVLAT BOSHLIG’I - mamlakatdagi bosh mansabdor shaxs bo`lib, davlatning oliy vakili. Ayrim hollarda ijro etuvchi hokimiyat ham ynga tegishli bo`ladi. Monarxiya shaklidagi davlatlarda davlat boshliqi monarx (qirol, podsho, imperator) bo`lib, u nasldan-naslga o`tadi. Respublika shaklidagi davlatlarda davlat boshlig`i Prezident bo`lib, u bevosita fuqarolar tomonidan saylanishi o’zbekiston, Rossiya, Fransiya), fuqarolar vakillari tomonidan pog`onali asosda saylanishi (AQSh, Argentina) yoki Prezident saylash ychyn tashkil qilingan organ tomonidan saylanishi (Germaniyada) yoxud Parlament tomonidan saylanishi (Chexiyada) mumkin. Prezidentlik Respublikasida president bir vaqtning o`zida ijro etuvchi hokimiyatning ham boshlig`ibo`lsa, Parlamentar respublikada u faqat davlat boshlig`ibo`ladi, ijro etuvchi hokimiyatning boshqa shaxs boshqaradi. Davlat boshlig’ining vakolatlari Konstitusiyada belgilanadi.
DAVLATNING BOSHQARUV SHAKLI - hokimiyatni tashkil qilish oliy organlarning vakolatlari, ular o`rtasidagi munosabatlarga bog’liq bo’ladi. Davlatning boshqaruv shaklini aniqlashda eng muhim belgi davlat boshlig’ining huquqiy maqomi qandayligi, u davlat boshiga qanday yo`l bilan kelishi hisoblanadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar boshqaruv shakliga qarab ikkiga: respublika va monarxiyaga bo`linadi. Respublika shaklidagi davlatlarda davlat boshlig`isaylanish yo`li bilan hokimiyat tepasiga keladi. Ular ma'lum myddatga saylanadi, ya'ni o`zgarib turadi va ko`p mamlakatlarda Prezident deb nomlanadi. Davlatning monarxiya shaklida esa davlat boshlig`inasldan - naslga o`tadi,ya'ni davlat boshlig’i - monarx hisoblanadi. Ular turli nomlar bilan ataladi, masalan Saudiya Arabistonida - podshoh Yaponiyada - imperator, Angliyada - qirol. O’zbekiston Respublikasida davlatning boshqaruv shakli respublika hisoblanadi va davlat boshlig’i Prezidentdir.
DAVLAT BYUDJETI - aholining normal turmush tarzi, davlat organlari faoliyatini ta'minlash hamda davlat funksiyasini amalga oshirishga xizmat qiluvchi, ma'lum usulda shakllanadigan va sarflanadigan pul manbasi. Davlat byudjeti hukumat tomonidan ishlab chiqilib, Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi.
DAVLATNING VAZIFASI - mamlakatning normal rivojlanishini ta'minlash hisoblanadi. Bu fuqarolarning huquq, erkinliklari va xavfsizligini ta'minlash, iqtisodni tashkil qilish natijasida farovon hayotni yaratish demakdir. Mamla-katning xavfsizligini ta'minlash hamdavlatning vazifasidir. Davlat o`z vazi-fasini bajarish jarayonida chet mamlakatlar bilan aloqalar o`rnatadi va o`z fuqarolarining manfaatini chet mamlakatlarda ham himoya qiladi.
DAVLAT GERBI - davlat ramzlaridan biri, davlatning rasmiy emblemasi bo`lib, muhrlarda, turli hujjat nusxalarida, pul birligida aks ettiriladi;. Uning ko`rinishi maxsus qonun bilan belgilanadi O’zbekiston Gerbining markazidari humo qushi - baxt-saodat va erksevarlik ramzi, sakkiz qirrali yulduz respublikamizning sobit va barqarorligi timsoli, quyosh - yo`limizning hamisha nurafshon bo`lishi, boshoq - rizq-ro`zimiz, paxta – o’zbekiston boyligi, bug’doy va paxta chanoqidagi tasma – xalqlarimiz, do`stligi ramzidir. Gerb haqidagi qonun 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan.
DAVLAT ISHLARINI BOSHQARISH HUQUQI – O’zbekiston fuqarolari davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda vakillari orqali ishtirok etadilar. Davlat ishlarini boshqarish huquqi umumlashgan huquq bo`lib, bu huquq boshqa siyosiy huquqlap
orqali (saylov huquqi, siyosiy partiyalarga a'zo bo`lish, referendum, umumxalq muhokamasida ishtirok etish va boshqa huquqlarda) amalga oshadi.
DAVLAT MADHIYASI – o’zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi bo`lib, Davlat madhiyasiga zo`r extirom bilan qarash O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. Madhiya musiqa va she'r vositasida ifodalanadi hamda davlat organlari tomonidan o`tkaziladigan tantanali marosimlar va boshqa tadbirlar vaqtida ijro etiladi. Madhiya maxsus qonun bilan tasdiqlanadi. Ushbu qonun 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.
DAVLAT ORGANLARI - davlatning vazifalarini amalga oshiruvchi tuzilmalardir. Davlat hokimiyati alohida turdagi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat hokimiyatining shoxobchalarga bo`linishi qonunchilik (vakillik), ijro, sud organlari bo`lishi zaruratini tug`diradi. O’zbekistonda davlat organlari qonunchilik (vakillik) hokimiyati organlaridir. Bular – Oliy Majlis va xalq deputatlari kengashlari, ijro organlari - Prezident, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va davlat qo`mitalari, hokimlardir, Sud hokimiyati - sud organlaridan
Tàvsiya etilgàn àdàbiyotlàr ro’yõàti
Raxbariy adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O'zbekiston, 2014.
2. Mulkchilik to’g’risida O'zR qonuni O'zbekistonning yangi qonunlari, ¹3, 1992-3-24b.
3. O'zbekiston Respublikasida chet el investiciyalari to’g’risida qonuni O'zbekistonning yangi qonun lari, ¹3, 1992, 64-86b.
4. Kooperatsiya to’g’risidagi O'zR qonun i //O'zbekistonning yangi qonunlari, ¹3, 1992, 27-44b.
5. Ommaviy ahborot vositalari to’g’risidagi O'zR qonuni O'zbekistonni yangi qonunlari ¹3 1992, 3-24b.
6. O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to’g’risidagi qonuni O'zbekistonning yangi qonunlari, ¹3 1992, 119-120b.
7. Aholini ish bilan ta'minlash to’g’risida O'zR qonuni O'zbekistonning yangi qonunlari, ¹4 -T.: Adolat, 1993, 112-149b.
8. Davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish to’g’risida O'zR qonuni O'zbekistonning yangi qonun lari, ¹5, 1993, 179-200b.
9. Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to’g’risidagi O'zR qonuni O'zbekistonning yangi qonun lari, ¹91995, 82b.
10. Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida O'zR qonuni O'zbekistonning yangi qonunlari, ¹7, -T.:Adolat, 1994, 5-23b.
11. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks.-T.:Adolat, 1995, 303b.
12. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi.-T.: Adolat, 1995, 320b.
13. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.-T.: Adolat, 1996, 263b.
14. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.-T.: Adolat, 1996 557b.
15. Telekommunikatsiyalar to’g’risida O'zR qonuni O'zbekistonning yangi qonun lari, ¹22, 2000, 90-104b.
16. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi Oliy Majlis qarori. 1996y. 16-dekabr. O'zbekistonning yangi qonunlari, ¹11, 1996, 167b.
17. O'zbekiston Respublikasi qonun lar va farmonlar: - T.: O'zbekiston, 1992-382 b.
18. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, ¹3, -T.:Adolat, 1995, 256 b.
19. Fuqaroviy va siyosiy huquqlari to’g’risidagi halqaro paktga qo'shilish haqidagi 1996-y. 16-dekabr O'zR Oliy Majlis qarori. //O'zbekistonning yangigi qonun lari, ¹11, 1996, 168b.
20. Karimov. I.A.O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. -T.: O'zbekiston, 1992-78b.
21. Karimov.I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. Bizdan Ozod va Obod vatan qolsin. -T.: O'zbekiston, 1994-184-203b.
22. Karimov.I.A. O'zbekiston-bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga hos yo'li. -T.: O'zbekiston, 1994 - 3-86b
23. Karimov.I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.-T.: O'zbekiston, 1995-74b.
24. Karimov.I.A. Qonun lar-halq manfaatlari hizmatida. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi VII-sessiyasidagi nutqi //Halq so'zi 1996-yil 27-dekabr.
25. Karimov.I.A. O'zbekiston XXI-asr bo'saqasida, havfsizlikka tahdid, barharorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T.: O'zbekiston, 1997-32b.
26. Karimov.I.A. O'zbekiston buyuk kelajak sari. -T.: O'zbekiston, 1999-68b.
27. Karimov.I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: Ma'naviyat, 2008.
28. Karimov I.A. Inson manfaatlari va ustivorligini ta'minlash - barcha islohot va o'zgarishlarimizning bosh maqsadidir. - T.: O'zbekiston, 2008..
29. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barharor rivojlanishini ta'minlash bizning oliy maqsadimiz. - T.: O'zbekiston, 2008.
30. Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish. -T.:
O'zbekiston, 2009.
31. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari. -T.: O'zbekiston, 2009.
32. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishidagi “O'zbekiston Konstitutsiyasi - biz uchun demokratik taraqqiyot yo'lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir”, Halq so'zi, 7 dekabr, 2009.
33. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. - T.: O'zbekiston, 2010.
34. Karimov I.A. Mustaqillik biz uchun - o'zligimizni anglash, yurt tinchligi va barharorligining inson manfaati, erkinligi va farovonligining, biz ko'zlagan demokratik jamiyat barpo etishning garovidir.-T.: O'zbekiston, 2009.
35. Karimov I.A. hamkorlik, taraqqiyot va havfsizlikni ta'minlash yo'lidan. //I.A.Karimovning BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisidagi nutqi//. -T.: Halq so'zi, ¹ 183. 21 sentyabr, 2010
36. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. - T.: Halq so'zi, ¹ 220. 13 noyabr, 2010.
37. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yillik munosabati bilan so'zlagan nutqi.
38. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: O'zbekiston, 2012.
39. Karimov I.A. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`taradigan yil bo`ladi. I.A.Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriishning ustivor yo`nalishlariga bag`ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi so`zlagan nutqi. T.: Xalq so'zi, 20 yanvar, 2012.
40. Karimov I.A. Inson xotirasi – boqiy, qadr - qimmati – ulug`. I.A.Karimovning 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan so`zlagan nutqi. T.: Xalq so'zi, 10 may, 2012.
41. Karimov I.A. Inson manfaati huquq va erkinliklarini ta`minlash hayotimizni yanada erkin va obod bo`lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir. T.: Xalq so'zi, ¹ 239. 8 dekabr 2012.
42. Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko`lamli islohotlar va modernizatsiya yo`lini qat`iyat bilan davom ettirish. T.: Xalq so'zi, ¹ 13. 19 yanvar 2013.
43. Karimov I. A. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi 16.12.2013 www.press-service.uz
44. Karimov I.A. Tinchlik va osoyishtalik – barcha yutuq va marralarimizning asosidir. T.: Xalq so'zi, ¹ 91. 10 may 2013.
45. 2013 yilning iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishining asosiy yakuni 2014 yilning ustivor yo’nalishlari bag’ishlangan tantanali nutqi. 18. 01. 2014 www.press-service.uz
46. Êàrimov I.À. “Αrta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi. 16.05.2014.www.press- service.uz
47. Êàrimov I.À. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimidagi ma`ruzasi. 5.12 . 2014
48. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.À. Êàrimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo`nalishlariga bag`ishlangan majlisdagi “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o`zgarishlarni àmalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo`l ochib berish – ustivor vazifamizdir” ma`ruzasi (17.01.2015)
49. Êàrimov I.À. “Inson, õàlq va millat xotira bilan tirik va barqaror” -Ò.: O`zbekiston, 2015 (9 may “Xotira va qadrlash kuni”gà bag`ishlangan tadbirdagi so`zlagan nutq)
50. Karimov I. A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – T.: O’zbekiston, 2015.
Qo'shimcha adabiyotlar:
1. Alimov. H.R.Ma'muriy huquq.-T.: O'zR IIV Akademiyasi, 1995-271b.
2. Abdurasulova Q, Niyozova S. Jinoyatchilik va jinoyatchi shahsi muammolari. O'quv qo’llanma. -T., 2006
3. Aholi uchun yuridik ma'lumotnoma, ¹1-6.-T.:Adolat, 1994-1995y.y.
4. Zavodskaya. L.N. Mehanizm realizatsii prava.-M.: Yurid.liter, 1991.
5. Islamov.Z. Obshestva, gosudarstva, pravo. V 2-tomah, - T.: Adolat, 1997.
6. Islomov. Z. Davlat va huquq. Umumnazariy masalalar.-T.: Adolat, 2000.
7. Novie Kodeksi Respubliki Uzbekistan. Teoriya i praktika.-T.: Adolat, 1994.
8. Nigmatov. A.N. Ekologiya huquqi: sxemalar va tushunchalarda. -T.: Iqtisod va huquq dunyosi, 1999-148.
9. Nigmatov. A.N.Zemelnoe pravo.-T.: Adolat, 2000-192.
10.Odilqoriev. H.T.O'zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni.-T.: O'zbekiston, 1995.
11. Pravovie osnovi predprinimateliskoy deyatelinosti: Sbornik normativnih ktv (sostaviteli R.Samanov). -T.: INEKO, 1995.
12. Prava cheloveka i sudoproizvodstvo. Sobranie mejdunarodnih dokumentov. -Varshava, OSKÅ, 1996-289s.
13. Prava cheloveka:Ådinstvo Obshechelovecheskogo i natsionalinogo. Sbornik mejdunarodnih dogovorov i zakonov RO'z-tom ¹2, sostaviteli A.H.Saidov.-T.:Sharq, 1995-400s.
14. Rashidova S. SH. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat inson huquqlarini ta'minlab beruvchi shartlaridan biri sifatida. // Fuqarolik jamiyati. 3/ 2007.
15. Rahmonqulov. H.R. Noviy grajdanskiy kodeks i sobstvennost. Narodnoe slovo ot 17.02.97.
16. Saidov A.H, Toshqulov J. O'zbekiston davlati va huquqi tarihi-T.: O'zR IIV Akademiyasi, 1995-135b.
17. Saidov A.H. Halqaro huquq. Darslik. -T.: Adabiyot jamg’armasi, 2001.
18. Tojihonov. U. Mustaqillik, huquqiy mafkura va Konstitutsiya.-T.:O'zR IIV Akademiyasi, 1995.
19. O'zbekiston Respublikasi-mustaqil davlat. Mas'ul muharrir A.H.Saidov. -T.: Adolat, 1994.
20.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharh.-T.: O'zbekiston, 1995.
21. Husanov. O. qonun iylik- huquqiy davlatimizning negizi. Halq so'zi. 16.01.97.
22. Holmo'minov J.T. Ekologiya huquqi. Chizmalar albomi. O'quv qo’llanma. -T.: O'zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasi, 2002.
23.Qayumov.R.K.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi.-T.: O'zbekiston, 1998.
24. O'zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi.-T.: O'zbekiston, 1993.
25. Yaqubov A.S.va boshqalar. O'zbekiston Respublikasi jinoyat va jazo to’g’risidagi qonun ning mohiyati (Konsepsiya)-T.:Adolat, 1994.
26. Ismailova D.M “Huquqshunoslik. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” fanidan ma'ruzalar matni. 2-qism. - T.: TATU, 2007.
27.Ismailova D.M., Shirinova D.S., Boboyorov B.N. “Huquqshunoslik. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ” fanidan ma'ruzalar matni.1-qism. - T.: TATU, 2009.
28.Ismailova D.M., Shirinova D.S., Oripov V.M. “Huquqshunoslik. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ” fanidan ma'ruzalar matni. 2-qism. - T.: TATU, 2013.
“Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi” fanidan uslubiy ko’rsatma
(maxsus fakultet yo’nalishi uchun test savollari
va tayanch iboralar)
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
AKT sohasida KT fakulteti ilmiy uslubiy
Kengash yig’lishida
2016 yil ----------------son bayonnomasi)
muhokama etilib nashirgaa tavsiya etildi
Tuzuvchi: katta o’qituvchi D. M. Ismoilova
Ma’sul muharrir: f. d. N. R .Maxkamova.
Muharrir : K . Gyubova .
Taqrizchilar : TDYUU “Davlat huquqi va
Boshqaruvi “kafedrasi dotsenti
yu.f.n X. Xayitov .
TATU “ “ Gumanitar fanlar”
kafedrasi katta o’qituvchisi
S. Sodiqov