O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

 

 

 

 

 

 

“GUMANITAR FANLAR”  ÊÀFEDRASI

 

 

 

 

 

 

 

 

O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN

( uslubiy qo’llanma)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent - 2015

 

1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy – metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.

 

Reja:

1. Tarixning fan sifatidagi o‘rni. Vatanimiz tarixining predmeti va o‘rganish ob'yektlari.

2. Tarixni o‘rganishning ilmiy-nazariy va uslubiy asoslari, manbalari.

3. Sivilizatsiya tushunchasi va uning vujudga kelishidagi tarixiy sharoitlar.

4. O‘rta   Osiyoda   ijtimoiy  taraqqiyotning   paydo   bo‘lishi. Ibtidoiy jamiyat  bosqichlari va  uning asosiy belgilari.

5.  Mintaqadagi qadimgi madaniyat, aholining  diniy e'tiqodlari. "Avesto"   Zardushtiylikning muqaddas  kitobi.

 

O'zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan og'ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimiz tarixi mustaqillik xalqimizga nihoyatda qimmatga tushganidan, bu yo'lda katta qurbonlar berilganligidan guvohlik beradi. Endilikda xalqimizning o'z taqdiri o'z qo'lida, o'z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo'lida astoydil mehnat qilmoqda.

O'zbekiston mustaqillik tufayli xalqaro maydonga chiqdi, davlatimiz mustaqilligini dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, jahon hamjamiyatiga qo'shildi, barcha katta-yu kichik mamlakatlar doirasida o'zining munosib o'rnini egalladi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasida, Amudaryo va Sirdaryo oralig'ida joylashgan bo'lib, qadim zamonlardan beri Sharq bilan G'arbni bog'lab kelgan. Uning maydoni 447,4 ming kv.kmni tashkil etib, G'arbdan Sharqgacha 1425 kmga, Shimoldan Janubgacha 930 kmga cho'zilgan. U hududining hajmiga ko'ra dunyodagi 200 dan ortiq davlatlar orasida 56-o'rinni egallaydi.

Respublikamiz aholisi 31 milliondan ortiq bo'lib, jahonda 35 o'rinda turadi. Aholini to'rtdan uch qismiga yaqini o'zbeklardir. Sayyoramizda 1600 dan ortiq millat va elat yashaydi. O'zbek millatiga mansub aholi son jihatidan dastlabki ellik yirik millatlar qatoridan joy oladi. O'zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat yashaydi, ulardan to'rtdan bir qismi ruslar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, tatarlar, uyg'urlar, koreyslar, ukrainlar, armanlar va boshqalar. Respublika aholisining yarmidan  ko'proq  qismi  qishloq joylarida  istiqomat qiladi.

Har qaysi mamlakat, har bir xalq o'zining uzoq va betakror tarixiga ega bo'lganidek, O'zbekistonning, o'zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e'tirof etilgan ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko'ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq shiddatli chorrahalaridan biri bo'lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma'lum darajada aralashuvi sodir bo'lgan, ularning madaniyati, fani, san'ati va umuman turmush tarzi bir-biridan baxra olgan, mushtaraklashgan.

Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. O'zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O'zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo'lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko'tarilgani jahonga ma'lum.

Tariximizni o'rganar ekanmiz, yana shuni inobatga olmoq lozimki, o'zbek davlatchiligi sarhadlari hozirgi mustaqil respublikamiz hududidan ancha keng bo'lgan. Shu boisdan ham turli davrlarni o'rganishda Markaziy Osiyoga oid ma'lumotlar ham yoritiladi va bu tarixiy jarayonni to'laroq anglashga yordam beradi.

Tarix - arabcha so'z bo'lib, "tadqiq etish", "tekshirish", "voqealar haqida aniq hikoya qilish" ma'nolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq o'tmishdan bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir.

"O'zbekiston tarixi" fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o'tgan uzoq va murakkab tarixiy yo'lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayotini xolisona o'rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.

O'zbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz mehnat tufayli takomillashib borish va hozirgi odamlar darajasiga ko'tarilish jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va san'atini yoritadi. Vatanimiz tarixi o'zbeklarning xalq, millat bo'lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini o'rgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma'lum bir davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo'lib qolganligini, qaramlik azobining naqadar ayanchli, mashaqqatli bo'lganligini, ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashini va bunda mardlik, jasorat ko'rsatgan xalq qahramonlari va davlat arboblari faoliyatlarini keng, teran o'rgatadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" risolasida va boshqa asarlarida olg'a surilgan tariximizga tegishli dolzarb masalalar o'tmishimizni o'rganishda muhim nazariy va konseptual-uslubiy poydevor rolini o'ynaydi.

I.A.Karimov o'tmishni o'rganishda tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan xolisona va halol amalga oshirish asosiy vazifadir, deb uqdirgan edi. Bu vazifani amalga oshirish O'zbekiston tarixi fanini o'rganishning ilmiy va uslubiy asoslariga tayanishni talab etadi.

Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni to'g'ri yoritish va o'rganish uchun bir qator muhim nazariy-metodologik prinsiplarga tayanmoq zarur.

Dialektik metod ana shunday prinsiplardan biridir. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo'ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o'zaro bog'lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo'ladi deb ta'lim beradi.

Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jumladan, O'zbekiston tarixini, o'zbek xalqi tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, o'ziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog'lanishdadir.

O'zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog'langan. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko'pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo'lib kelgan. Bu jihatdan doimo o'zaro ta'sirda va aloqada bo'lganlar, qo'shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog'liq o'tgan. Shu sababdan O'zbekiston tarixini qo'shni mamlakatlar tarixi bilan bog'liq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi qo'ymagan holda o'rganish taqozo etiladi.

Tarixiy voqea, hodisalarni o'rganish, tahlil qilish va yoritishda ularga xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik prinsiplardir.

Xolislik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o'rganayotganda ular bilan bog'liq bo'lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o'zaro aloqada va munosabatda deb o'rganish darkor.

Tarixni o'rganishda tarixiylik prinsipi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o'z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o'sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda o'rganishni taqozo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan bog'lab o'rgangandagina mazkur voqea-hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o'rnini to'g'ri aniqlash, belgilash mumkin bo'ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo'lagi deb qaramoq zarur. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo'lsak, u birinchidan qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo'ldi, ikkinchidan u o'z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o'tdi, uchinchidan uning tarixiy o'rni, mavqei qanday, degan savollarga aniq javob berish zarur bo'ladi.

Tarixni o'rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik prinsiplar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni o'tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur.

Vatanimiz tarixini tadqiq etish, o'rganishda uni to'g'ri davrlashtirishning ahamiyati kattadir.

Olimlar o'tmish jarayonini ma'lum bir davrlarga bo'lganlar. Bu davrlar insoniyat tarixida yirik ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar, taraqqiyot bosqichlari bilan bog'liq. Xususan, O'zbekiston tarixi 5 davrga bo'lingan. Ular quyidagilardir:

1.  Eng qadimgi davr (miloddan oldingi ikki minginchi yillar o'rtalaridan to milodiy IV asr oxirlarigacha).

2.  O'rta asrlar davri (V - XIX asr boshlari).

3.  Chorizm mustamlakasi davri (XIX asr o'rtalari - XX asr boshlari).

4.  O'zbekiston sovetlar hukmronligi davrida (1917-1991 yillar).

5.  Milliy istiqlol davri (1991 yildan boshlab).

Bu davrlarning har biri yana o'ziga xos, kichik davrlarga bo'linadiki, uni mazkur qo'llanmaning mazmuni va mundarijasidan yaqqol ko'rish mumkin.

Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yo'q bo'lib ketmaydi, ulardan tarixiy manbalar guvoh bo'lib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga - moddiy va yozma manbalarga bo'linadi.

Qadimgi odamlardan bizgacha yetib kelgan mehnat qurollari, idish-tovoqlar, tanga pullar, harbiy qurol-yaroqlar, uy-joylar, qal'alar, shaharlar, qabrlar, rasmlar va boshqa narsalar moddiy tarixiy manbalar deb ataladi. Vatanimiz hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan moddiy topilmalar, ularning tahliliy xulosalari odamlar hayotini bilishga imkoniyat yaratadi.

Qadimgi davrlardayoq odamlar o'z fikrlarini yozma bayon etish uchun yozuv belgilari ixtiro qilganlar. Savodxon kishilar o'zlari yashab turgan, yoki borib ko'rgan mamlakatlari haqida, ko'rgan-kechirganlarini daraxtlarning po’stlog'iga, toshga, teriga, keyinchalik qog’ozga yozib qoldirganlar. Xalqlarning hayoti, yuz bergan voqea va hodisalar haqida yozilgan kitoblar mavjud. Yer va qimmatbaho narsalarni in'om qilish, meros qoldirish, sotib olish hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan. Podshoh va hokimlarning yozma shakldagi qonunlari va farmonlari saqlanib qolgan. Bular yozma manbalar deyiladi.

Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VIII-VII asrlardagi hayotini o'rganishda "Avesto" kitobi qimmatli yozma manba hisoblanadi. Mazkur nodir kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat tuzilmalarining shakllanish jarayonlari o'z ifodasini topgan.

Miloddan avvalgi V-II asrlarga oid yunon, xitoy, eron, vizantiy, hindi yozma manbalarida ham Vatanimiz tarixiga oid ma'lumotlar uchraydi.

O'zbek xalqining o'rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy hayotini o'rganishda Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri", Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig", M.Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit-turk. Uch jildlik", Abu Toxirxo'janing "Samariya", Narshaxiyning "Buxoro tarixi", Nizomulmulkning "Siyosatnoma yoki siyar ul-muluk", Amir Temurning "Temur tuzuklari", Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi"  va boshqa nodir kitoblar muhim tarixiy manba bo'lib xizmat qiladi.

Bizgacha yetib kelgan bunday moddiy va yozma manbalar  O'zbekiston tarixini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Sharq qo'lyozmalar fondi dunyodagi eng yirik qo'lyozmalar xazinalaridan biri hisoblanadi. Bu yerda 40 mingdan ziyod qo'lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosma kitoblar va 10 mingdan ortiq Sharq tillarida yozilgan xujjatlar mavjud. Shuningdek, Vatanimiz tarixiga oid muhim qo'lyozma hujjatlar, nodir kitoblar, qimmatli ma'lumotlar horijiy mamlakatlardagi ilm maskanlari, kutubxonalarda saqlanmoqda. Ana shu qo'lyozma hujjatlar va kitoblarning hozirgi o'zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr etilishi Vatanimiz tarixini yanada to’laroq, xolisona yoritilishiga, tariximiz sahifalaridagi "oq" va "qora" dog'larning barham topishiga ko'maklashadi.

Vatanimiz tarixini o'rganishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti  asarlari, ma'ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar muhim nazariy metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.

Ajdodlarimiz hayotini, turmush tarzini o'rganishda arxeologiya (qadimshunoslik), etnografiya (xalqlarni tasvirlash), antropologiya (odamning kelib chiqishi va evolyusiyasi) va boshqa fanlar ko'maklashadi.

Tabiiyki, tarix fani o'tmish merosini yangi avlodlarga to'laqonli yetkazish bilan ularning ma'naviy tarbiyasiga, komil insonlar bo'lib yetishuviga o'z munosib hissasini qo'shmoqda. Yurtimiz o'tmishi xalq xotirasi, avlodlar o'rganib saboq oluvchi hayot maktabidir. Tarix - bu nafaqat o'tmish, uning tahlili, bugungi kunimiz uchun muhim xulosalar manbai bo'lib, balki u istiqbolimiz rejasini aniqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi. 

Tarixning tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. O'zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o'tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma'naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi. Prezident Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, yurtimiz tarixi "Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko'z qorachig'iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o'rgatadi. O'zimizning boy o'tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg'ularini uyg'otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi".

Insonda tarixiy xotira o'z Vatani tarixini, o'z xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. Yaqin o'tmishda mustamlakachilar, totalitar tuzum mutasaddilari ko'pgina xalqlarni, jumladan, o'zbek xalqini o'z tarixidan judo qilish, ularni o'z o'tmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo'yildi, uning bir necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga o'qitish va o'rgatishga izn berilmadi.

Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o'z o'rnini topdi, barcha o'quv maskanlarida talaba-o'quvchilarga Vatan tarixini o'qitish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, Vatan tarixini o'qitish yo'lga qo'yildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada Prezident Islom Karimovning "Tarixiy xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi", "Tarix - xalq ma'naviyatining asosidir", "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q", "O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi", "Inson uchun tarixdan judo bo'lish -hayotdan judo bo'lish demakdir" degan ifodali -so'zlari va ko'rsatmalari dasturiamal bo'lib xizmat qilmoqda.

O'z o'tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli bo'ladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O'tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to'g'ri tasavvur etadi.

O'zbekiston tarixi talaba-o'quvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlarini o'rgatadi. Bu o'z navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda o'z o'rnini to'g'ri belgilashga ko'maklashadi.

Xalqimizning buyukligi, kuchi, uning boy ma'naviy merosga ega ekanligi bilan belgilanadi. Ajdodlarimiz yetishtirib bergan o'nlab, yuzlab jahonga mashhur olimu-ulamolar, me'moru-binokorlar, naqqoshlar, zargarlar, hunarmandlar, davlat arboblari, xalq qahramonlari hayoti, dunyoda birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta'lim maskanlari faoliyati talaba-o'quvchilar uchun katta ibrat maktabi, tarix sabog'idir. Kelajak uchun intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma'naviy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, har qanday to'siqlarni yengish, ilmga va ziyoga intilish kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar Vatan tarixini o'qitish orqali yoshlarga singdiriladi.

Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni egallash talaba-o'quvchilarda halollik, odillik, rostgo'ylik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga ko'maklashadi.

Shu boisdan Vatan tarixini har tomonlama, chuqur o'rganish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli bog'chalardan tortib Oliy o'quv yurtlarigacha bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimlarida O'zbekiston tarixi fanini o'qitishga davlat darajasiga ko'tarilgan vazifa sifatida katta e'tibor berilmoqda, g'amxo'rlik qilinmoqda. "Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda".

Demak, tarixiy xotira, haqiqatni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosini egallash talabalarda vatanparvarlik, odillik, xalollik, mehr-oqibat, bag'rikenglik, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlar shakllanishga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, tarix bu tafakkur bulog'i. U bizni o'tmish voqealariga ochiq ko'z bilan qarashga, oq-qorani aniqroq ko'rishga, ziyraklik bilan anglashga o'rgatadigan, tarixiy shaxslar faoliyatini, hodisalarni qiyoslash, taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga da'vat etadi. Shu boisdan tariximizning buyuk murabbiyligini doimo yodda tutaylik, e'tibor va ehtirom bilan o'rganaylik.

 

Odamzodda ong paydo bo'libdiki, o'z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma'naviy madaniyatiga, ya'ni ma'lum darajadagi sivilizatsiyasiga ega bo'la boshlagan. Markaziy Osiyo, xususan O'zbekiston xalqlari ham qadim zamonlardan beri hayot tarzini takomillashtirar ekan, turli qulayliklar yaratgan, odatlar, rusumlar esa an'anaga aylangan.

Ajdodlarimiz qoldirgan bu  bebaho meros keyingi yillarda chuqur o'rganilmoqda. Qadimshunoslar va boshqa olimlar o'lkamiz o'tmishini tadqiq etib, bu makon jahon sivilizatsiyasining o'choqlaridan biri ekanligini ta'kidlaydilar. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" asarida "Hozir O'zbekiston deb ataluvchi hudud" ya'ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganligini jahon tan olmoqda", - deydi.

"Sivilizatsiya" qanday ma'noni bildiradi? Bu so'z lotinchadan olingan bo'lib, u hozirgi zamonda odamning komillikka, yetuklikka intilish mazmunida talqin etiladi, shuningdek, u inson hayoti uchun qulayliklar yaratish jarayonini ifodalovchi tushuncha ham. Adabiyotda bu so'z "tamaddun" deb ham ataladi, va madaniy hayotga, taraqqiyotga erishuv jarayoni ma'nosida ishlatiladi. Qomusiy kitoblarda sivilizatsiya - jamiyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklar. Shuningdek, ularni yanada ko'paytirib va takomillashib borish usullarining majmui deyiladi.

Ibtidoiy jamiyat va uning davrlari insoniyat qadim-qadimdan o'z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma'naviy madaniyatga ya'ni ma'lum darajadagi sivilizatsiyaga ega bo'lgan. Davrlar o'tishi natijasida insoniyat sivilizatsiyasi darajasi o'sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli, qanchalik darajada moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish va ko'paytirib borishi bilan bog'liq kechgan.

U yoki bu sivilizatsiya haqida so'z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma'naviyat va ma'rifatga intilishi tufayli o'zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklar, ov va mehnat qurollari, kiyim bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ong va ma'naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy hayoti, axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi asosida tavsiflanadigan ma'lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, qadimgi Sharq sivilizatsiyasi, Antik Yevropa sivilizatsiyasi, Islom sivilizatsiyasi, Xristian sivilizatsiyasi hozirgi zamon sivilizatsiyasi kabi tushunchalarda insoniyatning iqtisodiy - ijtimoiy, siyosiy hayoti, turmush tarzi, ahloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo'ladi.

Har bir mintaqada sivilizatsiya davriy nuqtai nazaridan ertaroq yoki kechroq, o'ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz - O'zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o'choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda.

XX asrning birinchi yarmidan boshlab arxeolog olim V.L.Vyatkin boshliq guruh Samarqand, Xorazm va Termizda, M.E.Mossop boshliq arxeologik guruh Ohangaron vodiysida, A.A.Potapov Farg'ona vodiysida qidiruv va nozim ishlarini olib bordi. 30-40 yillarda O'zbekiston, Moskva va Leningrad olimlari hamkorligida bir necha arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etildi.

Ikkinchi jahon urushidan so'ng Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixini o'rganish maqsadida yirik arxeologik ekspeditsiya guruhlari tashkil etildi. Keyingi yillarda respublikamizning taniqli arxeolog olimlari A.Asqarov, O.Islomov, A.R.Muhammadjonov, Ye.V.Rtveladze, T.Shirinov va boshqalar yetakchiligidagi tadqiqotchilar O'zbekiston qadimgi tarixini o'rgandilar. Ular tomonidan qator ilmiy, ommabop o'quv qo'llanmalar yaratildi. Bular orasida A.Asqarovning "Buxoroning ibtidoiy davr tarixidan lavhalar" (T.Fan. 19736), "Sopollitepa" (T-1973), O.Islomovning "Peshchera Machay" (T-1975), "Obishirskaya kultura" (T-1980), Ye.V.Rtveladze, A.X.Saidov va Yu.V.Abdullaevning "Qadimgi O'zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar" (T-2001) kabi asarlari alohida o'rin tutadi.

Mazkur asarlarni, shuningdek, Vatanimizning qadimgi davri tarixiga oid boshqa asarlarni o'rganish orqali O'zbekiston odamzod ilk bor paydo bo'lgan o'lka ekanligini aniqlash ajdodlarimizning qadimgi hayoti turmush tarzi, moddiy va ma'naviy madaniyati haqida zarur bilimga ega bo'lish mumkin. Ibtidoiy jamiyat odamlarining yashash tarzi, jismoniy va aqliy tuzilishi, ular tomonidan yasalgan mehnat qurollarining turi va materialiga ko'ra bir qancha davrlarga bo'linadi.

Kishilik tarixining ilk bosqichi hisoblangan bu uzoq o'tmish bir necha million yillar davom etgan. Bu davrda ming yilliklar osha ibtidoiy odam nihoyatda sekinlik bilan kamol topib, hozirgi zamon odami qiyofasiga kirgan. Uning mehnat qurollari, asosan, toshdan yasalgani bois odamzod o'tmishining bu ilk bosqichi fanda "tosh davri" yoki "ibtidoiy to'da" davri deb yuritildi.

Bu ulkan davr Yevropada 3 bosqichga bo'lib o'rganiladi: paleolit - qadimgi tosh davri (mil. av. 3 mln. yil - 10-11 ming yillik); mezolit - o'rta tosh davri (mil. av. 11-10 ming yil - 8-7 ming yillik)  va neolit yangi tosh davri (8-7 ming yil - 6-5 ming yillik).

Paliolit. Bu bosqich o'z navbatida 3 pog'onaga bo'linadi. Quyi polialit, o'rta polialit, yuqori paliolit.

Quyi poliolit (Ibtidoiy to'da davrining boshlanishi). Bu davr mil. av. 3-1,5-1 mil. yil - 100 ming yillikni o'z ichiga oladi.

Hozirgi O'zbekiston yerlarining tabiati kishilik tarixini ilk bosqichlaridayoq bu yerlarda ibtidoiy odamzod to'dalarining yashashi uchun qulay bo'lgan Turon yerlarida bundan qariyib 700 ming - 1-1,5 mil. yil muqaddam ibtidoiy odamlar yashagan.

Kishilikning ibtidoiy to'da bosqichida odamlar tabiiy sharoit taqozosi bilan yirtqich hayvonlar xavfi tufayli to'da-to'da bo'lib yashashga majbur edi. Ov vaqtida yolg'iz hayvonga ko'pchilik bo'lib ov qilganlar. Ibtidoiy to'da davrida odamlar o'rtasida oilaviy aloqalar hali aniq tartibga tushmagan. Markaziy Osiyoda yashagan ibtidoiy odamlar fanda sinantron nomi bilan ataladi.

Ilk paliolit odamlari ov qilish, terib-termachlab ozuqa topish uchun toshdan,  daraxt shoxlaridan turli mehnat qurollari yasaganlar. Shu tufayli ular "Homohobilis" - "bilag'on odam" deyiladi.

O'zbekiston hududida ilk paliolit davri odamlari yashagan manzilgohlar Farg'ona vodiysining So'x tumanidagi Semung'ur g'oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko'lbuloq makonidan topilgan va o'rganilgan. Bu davr ibtidoiy odamlarining suyak qoldiqlari (bosh suyagining bir bo'lagi, yelka suyagi va o'ndan ortiq tishlari) arxeolog O'.Aslonov tomonidan Selung'ur g'oridan topilgan. Fanda unga "Fergantron" ("Farg'ona odami") shartli nom berilgan. Selung'urdagi topilmalar va ularni o'rganish yer yuzida odamzodning paydo bo'lish muammosi yechimiga qo'shilgan ulkan hissa bo'ldi. Endilikda Markaziy Osiyo ibtidoiy odamzod ilk paydo bo'lgan joylar qatoriga kiritildi.

Arxeolog M.Qosimov rahbarligida Ko'lbuloq makoni tadqiq etilib, uning oshil davriga oid 22 ta,  muste davriga oid 24 ta qatlam o'rganildi. Ko'lbuloq topilmalari (tosh qurollar, hayvon va parranda suyaklari, o'simlik qoldiqlari va x.k.) ibtidoiy odam to'dalarining mashaqqatli hayoti, tosh qurollar yasash texnikasi bu yerlarning tabiati hamda ibtidoiy ovchi va termogilarning turmushda sodir bo'lgan tadrijiy siljishlarni aniqlash imkonini berdi.

Shunday qilib, qadimgi odamlarning mashg'ulotlari terib ozuqa topish, hayvonlarni ovlash, tosh qurollar yasash va ularni mukammallashtirishdan iborat bo'lgan. Mana shundan mehnat jarayonida odamlarning o'zlari ham o'zgarib, takomillashib borgan.

O'rta poliolit (m.av. 100 ming yillik - 40-32 ming yillik) Ibtidoiy to'da davrining so'ngi bosqichi arxeologiya fani davriy tizimida Mute madaniyati deb yuritiladi. Bu davrda yashogan ajdodlar esa ibtidoiy odam shajarasida neandertal nomi bilan fanga kiritilgan. Hozirgi vaqtda O'rta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90dan ortiq joyda uchratilgan. Toshkent viloyatida Obiraxmat g'ori, Xo'jakent, Poltov, Ko'lbuloq makoni, Samarqand viloyatida Omonqo'ton g'ori, Qo'tirbuloq, Zirabuloq, Novoiy viloyatida Uchtutda topilgan va tadqiq qilingan.

Teshiktosh g'oridan topilgan neandertal odamning suyak qoldiqlari fan olamida jiddiy kashfiyot bo'ldi. Odam suyaklari atrofiga terib chiqilgan arxar va Buxoro bug'usi shoxlarining topilishi odamni dafn qilish marosimining ibtidoiy ko'rinishlari bilan bog'liq.

Xullas, O'rta poliolit davrida odamlar olov chiqarishni, gulxanlar yoqib, sovuqdan va xavf-xatardan saqlanishni, go'shtni o'tda pishirib iste'mol qilishni bilib olganlar. Dastlabki diniy e'tiqod paydo bo'lgan.

Yuqori poliolit. M.av. 40-33 ming yil avval tosh davrining so'nggi bosqichi - yuqori poliolit boshlandi. U mil.av. 1210 ming yilliklargacha davom etgan. Bu davrda hozirgi zamon odami (kramanon) shakllandi. O'sha davr odamlari fanda "Xomo-sopines" - idrokli odam deb nomlangan.

Mehnat qurollari takomillashdi, tosh bilan birga suyak va yog'ochdan ham foydalanildi. Odamlar bu davrda faqat g'orlarda emas, balki tekisliklarda ham makon qura boshlaganlar.

Hozirgi zamon odamining  3 irqi yevropoid, negroid va mongoloid qiyofalari ham o'sha vaqtda vujudga kelgan. Ona tomonidan urug'doshlik mustahkamlanib matrearxat paydo bo'ldi. Tasviriy va amaliy san'atning ibtidosi ham o'sha davrdan boshlandi. Hozirgi kunda O'rta Osiyoda bu davrga mansub 30dan ortiq yodgorliklar topib o'rganilgan. Ular orasida ayniqsa Samarqand makoni, Toshkent viloyatida Oqtosh makoni va Ko'lbuloq topilmalari muhim.

Yuqori poliolit bosqichida muzlik davri tugab, iqlim issiqlash boshladi. O'simlik va hayvonot dunyosi ham asta-sekin hozirgi qiyofaga kirdi.

Mezolit -  bu davr o'rta tosh davr (mil.av. 11-7ming yilliklar orasi) ham deyiladi. Mezolitda o'q-yoy kashf etilgan va bu o'sha davr odamlari hayotida buyuk burilish bo'ldi, chunki ovdan keladigan yemaklik hajmi ortdi. Tosh qurollar va ularni yasash takomillashdi, hayvonlarni qo'lga o'rgatish boshlandi.

Mezolit davrida ungurlar devoriga o'yib chizilgan yoki rangli bo'yoqlar bilan tasvirlangan ibtidoiy san'at paydo bo'ldi.

O'zbekistonda Obishir g'orlari xilma-xil mayda tosh qurollari bilan ajralib turadi. Bu davrga oid bir qancha yodgorliklar Toshkent atrofida Qo'shilish (Bo'zsuv yoqasida), Surxandaryoda Magay g'orida o'rganildi.

Neolit - bu davr yangi tosh davri (mil.av 8-5 ming yillik)dir. Neolit odamlari tosh qurollarni yasashda yangi usullar - silliqlash, parmalash, arralash usullarini ixtiro etadilar. Bu davrda mikrolit qurollar yasash takomillashdi. Ovchi  jamoalar endilikda yerto'la, chayla yoki kapalar qurib ba'zan guvalalardan kulbalar bino qilib, o'troq hayot kechirishga o'tadilar. Bu joylarda neolit davrining ilk qishloqlari qad ko'targan. O'troq turmush tarzining qaror topishi bilan dehqonchilik va chorvachilik vujudga keldi. Kulolchilik kashf qilindi. Jundan ip yigirish, mato to'qish va tikuvchilik ixtiro qilindi.

Mil. av. 5-3 ming yillikda hozirgi O'zbekiston yerlarida (Xorazm va Buxoro vohasi) Kaltaminor madaniyatiga mansub ovchi va baliqchilar yashagan. Bu madaniyatning eng nodir va muhim yodgorligi Janbos IV - Janbos qal'a makoni va Tolstov manzilgohlaridir.

Eneolit davri. Mil.av. 4-3 ming yilliklarda tosh davri tugab, eneolit (mis tosh) davri boshlandi. Bu davrda tosh bilan birga, metaldan, dastavval misdan qurol yasashga o'tildi.  Biroq mis tarkiban yumshoq va mo'rt metall bo'lgani sababli mehnat va ov qurollarining aksariyati hamon toshdan ishlanar edi.

Bu davr arxeologik yodgorliklari Zarafshon quyi oqimida "Kaptarning qumi", shuningdek, Nomozgohtepa Qoratepa (Turkmaniston) kabilarda o'rganilgan.

Jez davri. Bu davr O'zbekiston yerlarida mil.av. 3 ming yillik oxiri - 2 ming yillikka to'g'ri keladi. Mis, qalay va qo'rg'oshin qorishmasidan jez (bronza) kashf etildi. Natijada mehnat qurollarining turi ko'paydi, jezdan keskin tig'li qurol yarog'lar, ro'zg'or va kosmetika (pardoz) buyumlari, ma'budalar, naqshdor muhrlar yasala boshlandi. Ot, eshak, tuya va xo'kizdan transport vositasi sifatida foydalanildi, hayvonlarga qo'shiladigan aravalar vujudga keldi va g'ildirak kashf etildi. Birinchi mehnat taqsimoti dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqdi.

Jez davri manzilgohlari Sopolitepa, Sarazm, Zomonbobo kabilardir.

Temir davri. Temir davri yodgorliklari O'zbekiston yerlarida mil.av. IX-VI asrlar va undan keyingi davrlarga oid. Ular Xorazm, Baqtriya, Sug'd, Choch yerlarida va Farg'ona vodiysida o'rganilgan. Temirdan xo'jalik hamda qurol yarog'lar yasashda keng ko'lamda foydalanila boshlandi. Dehqonchilik maydonlari kengaydi va sug'orish inshootlari qurish rivojlandi. Chorvachilik ham o'sdi. Bu davrga kelib hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Mehnat unumdorligi o'sishi bilan qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarila boshlandi. Bu esa ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishiga olib keldi. Temir va po'latdan yasalgan buyumlardan keng miqyosda foydalanish qishloqlar taraqqiyotiga ham samarali ta'sir ko'rsatdi.

Qishloqlar murakkab mudofaa inshootli qal'alarga aylantirib mustahkamlandi. Bindixontepa, Kuchuktepa, Qiziltepa, Talashqontepa va boshqa yodgorliklar shular jumlasidandir. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, O'zbekiston qadimgi shahar sivilizatsiyasi ilk bor shakllangan hududga kiradi. Bunga Sopolitepa va Jarkuton topilmalari misol bo'la oladi.

Dastlabki sivilizatsiya ma'lum darajada til va yozuvlar bilan bog'liq. Yozuv madaniyatining eng qadimgi o'choqlari Misr, Mesopotamiya, Old Osiyodir. Markaziy Osiyoda ham yozuv mil.av. paydo bo'lgan. Yozuv yaratish harakatlarining dastlabki qadamlarini xalqamizdagi qoyatoshlarga ishlangan ajoyib

suratlarda ko'ramiz. Bundan 2,5 ming yil avval yurtimiz xalqlari ilk bor chizma belgilarda nutq tovushini ifodalovchi (fonetik) yozuv tajribasini yarata boshlagan. Bu harakat axmoniylar davrida ma'lum bir yozuvga aylangan. Mutaxassis olimlar mil. av. V-III asrlarda oramiy yozuvlari tajribasi asosida So'g'd, Xorazm, Baxtar, Parfiya kabi o'lkalarda mahalliy tillarni ifodalashga mo'ljallangan yangi yozuvlar yaratildi, deb ta'kidlaydilar. Bular fonetik ifoda jihatdan oramiydan farq qiluvchi mustaqil yozuv tizimlari bo'lgan. Mil. av. IV-III asrlarda, shuningdek, Yunon imlosi ham ishlatilgan. Ajdodlarimiz turkiy-run (Urxun-Enasoy), uyg'ur, so'g'd yozuvlarini qo'llaganlar.

Demak, mintaqamizda qadim paytlarda turli yozuvlar paydo bo'lib, ular takomillasha borgan, mahalliy tillar va lahjalar xususiyatlarini aks ettirgan va shu tariqa Markaziy Osiyo madaniyatining rivojiga o'z ulushini qo'shgan. Respublikamiz xududida tillarning shakllanishi bir necha ming yillarni o'z ichiga oladi. Manbalarga asoslanib aytish mumkinki, bu yerlarda qadimgi mahalliy tillar-turkiy, so'g'diy bo'lgan. O'rta asrlarda esa ular bilan birga forsiy, arab, chig'atoy va eski o'zbek tillari rivoj topa boshlagan.

Qadim zamon odamlarida turli tabiiy va g'ayri tabiiy kuchlarga ishonch tuyg'ulari paydo bo'ladi. Shu alfozda urug'chilik davrida totemizm, ajdodlar ruhiga sig'inishlar, sehrgarlik, shamanlik kabi e'tiqod va marosimlar vujudga keladi va tarqaladi. Bu dastlabki e'tiqodlar, ayniqsa totemizm o'sha paytda paydo bo'la boshlagan san'atda turli hayvonlar siymosi sifatida o'z aksini topgan edi. Bunday siymolar Fargonaning ayrim qishloqlaridan, Toshkent viloyatining Chinoz, Sijjak tumanlaridan, Samarqand atrofidan, Amudaryo sohillaridan topilgan Keyingi davrlarda tabiatning turli hodisa va namoyondalarini ilohiylashtirish, ularga e'tiqod qilish va sig'inish davom etgan.

Ajdodlarimiz ko'pincha voqelikni afsonaviy tarzda tushunganlar. O'sha paytlarda asta-sekin mifologik tafakkur yuzaga kelgan. Tadqiqotchilarning aytishlaricha, insoniyat qabilachilikkacha bo'lgan davrda totemizmga amal qilgan bo'lsa, mifologiya qabilachilik davrining mahsuli bo'lgan. Xususan, miloddan avval Turon zaminida yaratilgan va Markaziy Osiyo xalklarida mashhur bo'lgan "O'g'iznoma" dostonidan bu jarayon o'z ifodasini topgan. Bu asar o'sha paytdan beri og'izdan-og'izga o'tib ma'lum darajada o'zgarib mintaqa xalqlari folklorida bugun ham nufuzli o’rin egallaydi.

Ibtidoiy jamiyatning yemirilib borishi jarayonida yangi diniy aqidalar vujudga kela boshladi. Shu jumladan, odamsimon xudolar, ajdodlar ruhiga sig'inish, oxirat to'g'risidagi afsonalar paydo bo'ladi. Endi diniy tasavvurlar ancha murakkablashadi, milliy aqidalar asosida jahon dinlari, xususan, zardushtiylik shakllana boradi.

Shuningdek, arxeologik topilmalar va yozma yodgorliklar bundan 2-2,5 ming yil avval Surxondaryo va Farg'ona viloyatlarida zardushtiylarning olovxonalari bilan bir qatorda buddaviylarning ibodatxonalari bo'lgani, ulardan minglab e'tiqod qiluvchilar foydalanganligidan xabar beradi.

Ajdodlarimiz  ma'lum  bir odatlar,  rasm-rusumlar,  udumlarni o'ylab topganlar, ular asta-sekin an'analarga, hayot  qoidalariga   aylangan.   Shunday alfozda   qadriyatlar   vujudga kelgan, ular esa, o'z navbatida, kishilarni ma'naviy yetuklikka  da'vat etgan. Bunga yorqin misol Navro'z udumlaridir.

Tadqiqotchilarning    fikricha,     Navro'z    bayrami    bundan taxminan 3,5-4 ming yil avval paydo bo'lgan. Markaziy Osiyoda qadimgi  dehqonlar qishni kuzatib, bahorni  qarshilash marosimini  shunday   deb   ataganlar.  U davrlarda aholining aksariyati dehqonchilik va chorvachilik bilan  shug'ullangan. Navro'z    yangilanish,    poklanish  ramzi,  inson     umidlari, niyatlarini   ifodalash   belgisi   sifatida   paydo   bo'lgan.    Uni bayram    qilish    turli    udum,    urf-odatlar,     irimlar bilan qilgan   asrlar   osha yangi an'analar bilan   boyib borgan. Demak, qadimgi  ajdodlarimiz tabiat  mavsumlarini anglaganlar, ularni e'zozlaganlar, ularga asoslanib o'z maqsad va niyatlarini amalga oshirishga intilganlar.

Mintaqamizning muhim xususiyatlaridan biri uning murakkab etnik-madaniy chorrahada joylashganidir. Aholi bir qancha turli qavm, qabila va elatlardan tashkil topgan va ular etnik jihatdan aralashgan holda yashaganlar. Shu bilan birga aholining ko'pchiligini turkiy va forsiy- tojik ajdodlari bo'lgan, ular o'zaro hamjihatda yashaganlar, san-manga bormaganlar. Bu ham bag'rikenglik, tolerantlik hislatlarining sarchashmalari bo'lsa kerak.

Qadimda  o'lkamizda yashagan aholining ma'naviy va madaniy   qiyofasi   mashhur "Avesto" mazmunida o'z ifodasini topgan. Ma'lumki, bu muqaddas kitob Markaziy Osiyo xalqlari to'g'risidagi   dastlabki   noyob   manbadir.    "Avesto"   avval   xalq og'zaki ijodi shaklida tarqalgan va bir necha asrlar davomida og'izdan-og'izga o'tib, qadimgi Turon, Xuroson, Eron, Ozarbayjon   elatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, olam haqidagi   tasavvurlarini   va diniy  qarashlarini o'zida aks

ettirgan. Bu asar ko'p yillar davomida zardushtiylik-otashparastlik dinining ulamo qoxinlari tomonidan to'ldirilib, takomillashtirilgan. Abu Rayxon Beruniyning "O'tmish   xalqlardan qolgan  yodgorliklar"  kitobida ta'kidlanishicha, "Avesto" ilk bor mil. av. VI asr boshlarida to'liq holda 12 ming qoramol ( xo'kiz) terisiga zarxal xarflar bilan bitilgan. Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) sharqni  zabt etganda "Avesto"ning nodir nushasidan o'ziga ma'qul bo'lgan joylarini tarjima qildirib olib qolgan, boshqa qismini esa yoqtirib yuborgan. Shu sabab, bu qomusiy asarning 5 dan 3 qismi    kuydirib yuborilgan. Keyinchalik-milodiy I-IV asrlarda "Avesto"ning     qolgan qismlari  jamlanib,  ayrim joylari qayta tiklanib,   yangidan kitob   holiga   keltirilgan. Bizga   qadar   "Avesto"ning   ayrim qismlarigina yetib kelgan.  Bular:  "Yasna" - ibodat paytida ijro etiladigan matnlar,  "Yasht"-otashparastlarning tangrini ta'riflash madhiyalari, "Vendidot" - zulm    timsoli - devlarga qarshi qonunlar va afsonalar, "Visparat" - ibodat yo'sinlari va mazmuni haqida ma'lumotlardir.

"Avesto" katta hajmda bo'lganligi sabab, dindorlarning kundalik faoliyatida foydalanishi uchun kichik "Avesto" ham yaratilgan. Unga katta "Avesto"dan tanlab olingan duolar kiritilgan. Demak, "Avesto"da zardushtiylik dinining qonun-qoidalari, ibodat vaqtida ijro etiladigan qo'shiqlari bitilgan.

"Avesto" ta'limotining asoschisi tarixda payg'ambar nomi bilan tanilgan Zardushtra (Zardust) ismli shaxs bo'lgan. Zardushtra - oltin tuyali yoki oltin tuya yetaklovchisi degan ma'noda ishlatilgan. Zardushtra otashparastlik g'oyalarini o'z hamfikrlari bilan birgalikda Katta Xorazm, Baqtriya, So'g'diyona, Eron, Ozarbayjon qisman Hindiston aholisi o'rtasida targ'ib etgan.

Beruniy keltirgan rivoyatga ko'ra, Baqtriya podshosi Vishtasp va malika Xutaosa birinchilardan bo'lib zardushtiylik e'tiqodini qabul etganlar, so'ng bu din keng yoyilgan.

"Avesto"da dunyo ezgulik va yovuzlikning doimiy kurashidan iborat, ezgulik xudosi Axuramazda (Xurmuzd) yovuzlik tangrisi Axriman ustidan g'alaba qozonishi bayon etilgan. Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilib, u insonning baxtu-saodati ramzi sifatida ulug'langan.

Zardushtiylik  jamiyatda barcha  odamlar tanasining rangidan, tili, urf-odatlari   va yashagan joylaridan qat'i nazar, osoyishtalik bilan yorqin hayot kechirishga haqlidir, deb hisoblaydi. Bu din odamlarni jur'atli, dovyurak, yetuk insonlar bo'lishga da'vat etadi.   Otashparastlikda zamin (er), suv,  quyosh va  xavo ilohiyat darajasiga  ko'tariladi va ularni ifloslash  og'ir gunoh hisoblanadi. Kitobda    aytilishicha, Zardusht  odamlarga murojaat qilib, yerga, tuproqqa sifatli urug'lar sepinglar, pirovard natijada o'zlaringiz har xil illatlardan va balolardan holi bo'lasizlar. Bilib qo'yinglar, ishlov berilmagan tashlandiq yerlarda turli kasalliklar, iflos narsalar va balo-qazolar paydo bo'ladi. Demak, sizlar yerga ishlov berib, unga yaxshi urug' sepib, tuproqni e'zozlasangiz har xil balolardan qutulasiz, hayotga, insonga ishonchingiz kuchayadi, yashagan joyingizga, vataningizga mehringiz    oshadi, deydi. Ko'rib turibmizki, zardushtiylikda tabiatga ehtirom  asosiy yo'nalish   bo'lgan.   Zardushtiylik   diniga oid turli buyumlar, rasmlar, urf-odat asoratlari qadimgi Xorazm, So'g'd va boshqa o'lkalarda ko'plab topilgan.

Ko'pchilik tadqiqotchilarning fikricha, "Avesto"ning Vatani Amudaryo sohili, aniqrog'i qadimgi Xorazmdir. Bu asarda olingan 16 yirik hududiy-geografik nomlarning ko'pchiligi O'rta Osiyoga taalluqlidir.   Bular Xorazm, So'g'd, Baqtriya yurtlari,  Xisor, Pomir, Tiyonshon tog'lari,   Kaspiy, Orol, Issiqko'l suv xavzalari, Amudaryo va  Sirdaryolardir. Demak,  bu muqaddas  asarda  geografiyaga  oid mulohazalar  ham bisyor.

"Avesto" jahon olimlari tan olgan boqiy yodgorlik, noyob tarixiy manba. U dunyoning ko'p tillariga tarjima qilingan. Kitob fransuz, ingliz, rus, nemis, fors va boshqa tillarda chop etilgan. Asarning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o'rni beqiyosdir. Shuning uchun ham 1999 yil noyabrda YUNESKO bosh konferensiyasi "Avesto" yaratilganligining 2700 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlashga qaror qildi, 2001 yil oktabrida Xorazm zaminida "Avesto" va uning insoniyat taraqqiyotidagi o'rni mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o'tkazildi.

Ma'lumki, qadimgi zamon moddiy va ma'naviy taraqqiyoti fanda antik, ya'ni, qadimgi sivilizatsiya deb ataladi Jahonning turli mintaqalarida vujudga kelgan bunyodkorlik va taraqqiyot bora-bora umuminsoniy qadriyatlarga, madaniyatga, sivilizatsiyaga aylandi. O'zbekiston esa insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o'choqlaridan biri bo'lgan. Demak, o'lkamizda yashab o'tgan qadimgi odamlar jahon ravnaqiga, uning bugungi rivojiga o'zining munosib hissalarini qo'shganlar. Shu bois bugungi mustaqil O'zbekiston xalqlarida milliy g'urur bilan birga taraqqiyotga, sivilizatsiyaga intilish hissi kattadir.

 

 

 

 

 

2-mavzu:  O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari.  Buyuk ipak yo’li

 

Reja:

1.  Davlat tushunchasi. Dastlabki    davlatchilik    va    uning shakllari.

2. O‘rta Osiyodagi ilk   davlatlar: Katta Xorazm, Baqtriya podshohliklari, So‘g‘d hokimligi.

3. O‘rta  Osiyo xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga qarshi olib borgan kurashlari

4 . O‘rta Osiyo ellin davlatlari tarkibida Salavkiylar va   Yunon-Baqtriya   davlatlari.

5. Mahalliy davlatchilikning tiklanishi va  rivojlanish bosqichlari. Qadimgi Dovon, Qang‘ davlatlari, Xorazm podshohligi.

6.  Kushon saltanatining  tashkil topishi va yuksalishi, ijtimoiy-iqtisodiy  va madaniy   hayot.

7.  Buyuk   ipak   yo‘li –G‘arb   bilan Sharqni   bog‘lovchi asosiy omil.

 

 

Qadimshunoslarning ko‘plab topilmalariga, "Avesto" va boshqa yozma manbalarga tayanib aytish mumkinki, mil.av. I ming yillikning birinchi yarmida, aniqrog‘i taxminan 2700 yil ilgari Markaziy Osiyoda Katta Xorazm, Baqtriya, so‘ng Sug‘diyona, Marg‘iyona deb ataluvchi davlat tuzilmalari paydo bo‘ladi.

Davlat, davlatchilik o‘z mohiyati bilan insonlarning dolzarb talablarini, tub ehtiyojlarini amalga oshirishga, ularning huquqlarini himoya qilishga, jamiyatda barqarorlik o‘rnatish va uni saqlashga mo‘ljallangan dargoh, u muayyan jamoa, elat, xalq tomonidan tashkil etilgan maxsus guruh bo‘lib, uning ma'lum huquqlarga ega bo‘lgan vakillari mavjud. Davlat siyosiy tashkilot sifatida jamiyatni uyushtiradi, hokimiyat bilan xalqni uyqunlashtirishga harakat qiladi. Bir faylasuf-davlatni barpo qilishdan maqsad odamlarga jannat yaratish emas, balki jamiyatda do‘zax bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir, degan ekan. Balki alloma qaqdir. Chunki jamiyatda barqarorlik bo‘lsa, odamlar farovon hayotni o‘z mehnatlari bilan yaratadilar.

"Avesto" kitobidagi va boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, qadimda, Taxminan bundan 3-3,5 ming yil muqaddam O‘rta Osiyo jamiyati alohida yirik oilalardan tashkil topgan ekan. Urug‘ jamoasi (vis) yerga egalik qilgan, bir nechta bir-biriga yaqin bo‘lgan urug‘lar qabilaga birlashgan. Nisbatan yirik qabilalar esa muayyan hududda birgalashib yashaganlar. Bu birlashma dag‘yo degan nom olgan. Viloyat boshlig‘i dag‘yopati, deb atalgan. Ana shu uyushma dastavval harbiy-siyosiy birlashma sifatida paydo bo‘lgan. Ular o‘zi yashagan hududni mudofaa qilgan. Sug‘orish ishlarini uyushtirgan va boshqarib borgan. Qabila boshliqlari vaqti-vaqtida to‘planib, kengashib turishgan. Bular dastlabki davlatchilikning alomatlari edi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning siyosiy tuzilmasi davlat va uni boshqaruv tizimi muttasil takomillashib borgan. Xususan, davlatlar paydo bo‘lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan "Sharq yo‘li" bo‘lib, unda iqtisodiyotning asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etgan. Binobarin, yer va irrigatsiya inshootlari davlatning mulki bo‘lgan. Shuningdek, dehqonchilik jamoasi jamiyatning   birlamchi   yacheykasi, ya'ni xujayrasi  hisoblangan. Aholining katta qismini safarbar etish zarurati esa, qat'iyatli boshqaruvchilar   tabaqasining shakllanishiga olib kelgan.

O‘rta Osiyodagi ikki daryo oralig’i-alohida tarixiy-geografik va tarixiy-madaniy hududdir. Uning sivilizatsiyasi Amudaryo va Sirdaryo tufayli ko‘p ming yilliklar mobaynida vujudga keldi. Bu mintaqada yuzaga kelgan davlatlar qadimgi davrlarda ham, o‘rta asrlarda ham umumiy belgilar bo‘lishiga qaramay, Markaziy Osiyoning boshqa qismlaridagi davlatlardan o‘ziga xos belgilariga ko‘ra ajralib turgan. O‘rta Osiyodagi ikki daryo oraliqi hududi doirasining o‘zida ham  shimoliy viloyatlar (Xorazm) va janubiy viloyatlar (Baqtriya) ayniqsa qadimgi davrlarda etnik va madaniy, til va yozuv, davlat qurilishi tizimi jihatidan bir-biridan farq qilgan. Bu har bir viloyatga xos bo‘lgan madaniy-genetik tiplar, darajasi qar bir viloyatda turlicha bo‘lgan o‘troq va ko‘chmanchi xalqlarning raqobatlashuvi bilan belgilangan.

Qadimgi davrda O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘ida davlat birlashmalarining har xil shakllari mavjud bo‘lgan:

1.  Davlat tipi-podsholik.  Boshqaruv  shakli-mutlaq monarxiya.

2. Davlat tipi-konfederativ  podsholik. Boshqaruv shakli-cheklangan monarxiya.  Ular odatda qabila boshliklari yoki o‘z  tangasini zarb qiluvchi urug‘ boshliqlari tomonidan boshqariladigan bir nechta mustaqil   o‘lkalardan   iborat bo‘lgan.

3. Davlat tipi-mulkka egalik qilish. Boshqaruv shakli-qabila doxiylari yoki urug‘ boshliqlarining meros qilib qoldiriladigan hokimiyati. O‘rta Osiyodagi qadimgi davlatchilik evolyutsiyasini (taraqqiyotini) bir necha davrlarga ajratib ko‘rsatish mumkin.

1-davr milod.av.  II  ming yillikning II yarmi - O‘zbekiston janubida davlatchilik tuzilmalarining ilk belgilari paydo bo‘ldi. Davlatning bunday namunasi Jarqo‘tonda topilgan.  

2-davr  miloddan avvalgi I ming yillikning boshi  Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d   tarixiy-madaniy viloyatlarining shakllanishi.

3-davr mil.av. VI-V asrlarda Ahmoniylar bosqini va O‘rta Osiyoning Ahmoniylar davlati tarkibiga kirishi natijasida mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanaffus.

4-davr miloddan  avvalgi IV-II asrning yarmi A.Makedonskiy bosib olgandan boshlab Yunon-Baqtriya podshohligining qulashigacha. Bir vaqtning o‘zida mahalliy davlatchilikning tiklana borishi.

5-davr m.av. II yerning yarmi va mil. I asri boshi Mahalliy davlatlar: Kang, Xorazm podshohligi So‘g‘d, Dovon davlatlarining mustahkam lanishi va yanada rivojlanishi.

 6-davr mil. I asri boshidan III asr yarmigacha mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi. O‘zbekiston janubiy hududlarining Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi.

II

"Avesto" hamda yunon mualliflarining guvohlik berishicha, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘zbekiston hududida So‘g‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud So‘g‘da ("Avesto"da), Suquda (Bexistun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kursiy Ruf asarlarida esa So‘g‘diyona deb nomlangan.

Amudaryoning quyi oqimida yashaydigan o‘troq dehqon elatlari xorazmliklar bo‘lgan. Ularning yurti Xvarizam ("Avesto"da), Xvarazmish (Bexistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan.

So‘g‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari baqtriyaliklar bo‘lib, ularning yurti Surxon vodiysi, Afg‘onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Baxdi ("Avesto" da), Baqtrish (Bexistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon - rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar.

Amudaryo bo‘ylarida ko‘chmanchi massaget qabilalari yashaganlar. Markaziy Osiyoning tog’lik, cho‘l va sahro yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilishgan. Miloddan avvalgi VI asrda ular o‘z yerlarini turli qabilalar hujumidan himoya qilish uchun harbiy - ittifoq tuzadilar.

Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch ijtimoiy guruhga bo‘lingan. Ularning ko‘pchilik qismi sakatigraxauda, ya'ni o‘tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida yashaganlar. Ikkinchi guruh sakatiaydarayya, ya'ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo‘ylarida, Sirdaryoning quyi oqimida     yashaganlar. Pomirning tog’li tumanlarida va Forg’onada saka-xaumovarka deb ataluvchi saklar yashaganlar.

Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda yuqorida ko‘rsatilgan o‘lkalarda yashovchi aholi ilk davlat uyushmalarini tashkil etganlar. Bu davlat uyushmalari o‘zining ma'lum hududi, chegaralariga ega bo‘lib, iqtisodiy-geografik makon-katta bir viloyat sifatida shakllanib borgan. Bu davrlarda Xorazm, Baqtriya, Marqyona, So‘g‘diyona, Farg‘ona kabi viloyatlar mavjud edi. Ahmoniylar bosqiniga qadar o‘lkaning asosiy qismini birlashtirib turuvchi siyosiy markaz shimolda Xorazm, janubda Baqtriya hisoblangan.

"Katta Xorazm" davlat uyushmasi ittifoqi hududi hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki uning atroflari-hozirgi Qoraqalpoqiston, Marv hamda Amudaryoning quyi oqimigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan. Yunon tarixchisi Gerodot ma'lumotiga ko‘ra qadimda Oqs (Amudaryo) bo‘ylab 360 dan ziyod sun'iy kanallar, suv inshootlari mavjud bo‘lgan. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, meva-sabzavot yetishtirishga e'tibor ko‘p bo‘lgan. Paxtachilik rivoj topa boshlagan. Qal'aliqir, Ko‘zaliqir, Janbosqal'a kabi shaharlar barpo etilgan. Paxsa, xom qisht ishlatiladi, binolarning tashqi va ichki ko‘rinishlari ko‘rkamlashadi. Davlatni mustahkamlash maqsadida poytaxt va boshqa shaharlar qalin va mustahkam  mudofaa devorlari bilan o‘ralgan edi. Ichki va tashqi savdo-sotiq yuksak darajada rivojlandi hunarmandchilik sohalari, tog’-kon ishlari rivoj topadi. Chorvachilikda ot, tuya, qo‘y-echkilar boqishga e'tibor kuchayadi. Tabiiyki, bu jarayonda dastlabki davlat tizimining uyushtiruvchilik o‘rni o‘sib borgan. "Avesto"da ta'kidlanishicha, Xorazmning qadimiy sulolasi Siyovushiylar bo‘lgan.

Xorazm davlati  miloddan av. VI asrgacha  o‘z mustaqilligini saqlab qola olgan. Xorazmning mustaqil davlat sifatida  saqlanib  qolishiga   uning mukammal    harbiy   bazasi sabab bo‘lgan. Harbiy qism mustahkam  otliq va piyoda askarlardan iborat bo‘lib, yaxshi   qurollangan va qattiq intizomga rioya qilgan edilar. Markaziy Osiyodagi yana bir qadimgi davlat uyushmasi - Baqtriya edi. Bu davlatning hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo viloyatlari, janubiy Tojikiston va shimoliy Afg‘oniston hududlarida joylashganligi ma'lum. Uning poytaxti Baqtro (hozirgi Balx) shahri, podshohlaridan biri Oqslart ismli shaxs bo‘lgan. Gerodot Baqtriyani Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga oladi. Qadimgi Baqtriya tabiiy boyliklari tufayli Xitoy, Hindiston, Misr, Bobilga qadar mashxur bo‘lgan. Masalan, Badaxshon lojuvardi (lazuriti) boshqa yurtlarda ham  qadrlangan.

"Avesto"da Baqtriya eng go‘zal o‘lkalardan biri sifatida ta'riflanadi. Unga qarashli Vaxsh vodiysi unumdor bo‘lib, dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan. Hunarmandchilik ayniqsa zargarlik keng rivojlangan edi.

Eronda saroy tabibi bo‘lib ishlagan yunon tarixchisi Ktesiyning yozishicha, Baqtriya miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda qudratli davlat bo‘lgan. Bu davlat bir qancha mahalliy hokimliklarni birlashtirgan harbiy demokratiya tipidagi davlat edi. Baqtriya hukmdorlari oltin va kumush tangalar zarb etganlar.

"Baqtriya" nomi Esxilning eramizgacha bo‘lgan 472 -yili sahnaga qo‘yilgan "Forslar" tragediyasida ham uchraydi. Ko‘plab mualliflar baqtriyaliklarga "ko‘p sonli", "jangavor" va "botir" xalq sifatida tavsif beradilar. Mamlakatda mustahkamligi sababli “zabt etib bo‘lmaydigan” ko‘plab joylar, shu jumladan, poytaxt Baqtr (Balx) bor edi, deb hisoblaganlar.

So‘g‘diyona hokimligi ham qadimgilardandir. Uning hududlari hozirgi O‘zbekistonning Samarqand, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari, Tojikistonning Panjikent, O‘ratepa va Xo‘jand yerlarini o‘z ichiga olgan. Hokimlik poytaxti Maroqanda (Samarqand) bo‘lgan. Aholi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan band bo‘lgan. Shaharsozlik kengayib borgan. Eng qadimgi shahar  Afrosiyob taxminan 2750-2800 yil muqaddam tashkil topgan. So‘g‘d tili o‘sha paytlardayoq jahon savdo tili darajasiga ko‘tarilgan. Bu davlat qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq, tijorat ishlarini yo‘lga qo‘ygan.

Ilk davlatchilik asoslarining vujudga kelishida shahar  madaniyatining o‘rni kattadir. 2750-2760 yil avval Maroqanda shahar  qiyofasini olaboshladi. So‘ng Xiva, Buxoro, Termiz, Xazorasp, Kesh, Quva kabi shaharlar paydo bo‘ldi.

Osiyoda shahar  madaniyati, davlatchilik va ilk sinfiy jamiyat so‘nggi  bronza davrida,  eramizgacha bo‘lgan II yillikning ikkinchi yarmida  shakllana boshlagan. Bunga Jarqo‘tonni misol qilib keltirish mumkin. Miloddan oldingi 1 ming yillikning birinchi choragida esa Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm tarixiy-madaniy viloyatlari shakllandi, boshqaruv usullari asta-sekin takomillashib bordi.

Mil. av. VI asr boshlarida vujudga kelib kuchayib borgan ahmoniylar davlati atrofidagi bir qancha hududlarni bosib oladi va bu sulola Eronda yirik saltanat barpo etadi. So‘ng ular 545 yildan boshlab O‘rta Osiyoga bir necha bor harbiy yurishlar qiladi, lekin massagetlarning qarshiligiga duch keladi. Ahmoniylar podshosi Kir II ning qo‘shinlari Markaziy Osiyoga qilgan ikkinchi yurishida ham  mahalliy aholining qattiq qarshiligiga uchraydilar. Mil. av. 530 yilda Kir II massagetlar ustiga yangi yurish qilganda bosqinchilarga qarshi kurashga malika To‘maris boshchilik qiladi. Bu janglarda ahmoniylar katta talofot ko‘radi, Kir II esa o‘ldiriladi.

Miloddan avvalgi 522 - yilda Eronda hokimiyat tepasiga kelgan Doro I ga qarshi Marqiyonada keng xalq ommasi Frada boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘taradi. Ammo u shafqatsizlik bilan bostiriladi. Bunday harakatlar keyingi davrlarda ham  davom etib, mil.av 519-518 yillarda Doro I Markaziy Osiyodagi sak qabilalari ustiga yurish qiladi. Bu janglarda mahalliy aholining ko‘pchiligi o‘ldirilib, bir qismi asir olinadi. Saklarning bosqinchilarga qarshi kurashida otboqar -Shiroq kabi mardonavor vatanparvarlar jonbozlik qiladilar.

 Xullas, uzoq yillar davomidagi ahmoniylarning O‘rta  Osiyo hududiga harbiy yurishlari natijasida bu o‘lka katta Eron imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi. Ahmoniylar yurtimizda deyarli 200 yil mobaynida hukmronlik qildilar. O‘sha paytlarda O‘rta Osiyo to‘rt satraplikka (viloyatga) bo‘lindi - Eron amaldorlari boshliq etib tayinlandi. Mahalliy aholi ahmoniylarga katta miqdorda kumush hisobidan soliq to‘lar edi. Shuningdek, soliq sifatida qimmatbaho toshlar, chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari ham Eron   podsholariga    "sovg‘a" etilar edi.

Mil.av. IV asrda qadimgi dunyo tarixida bir qancha siyosiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Bu davrda  makedoniyaliklar ahmoniylarga qaqshatg’ich zarba beradi. Mil.av. 336 yilda Makedoniya taxtiga Filippning o‘g‘li 20 yoshli Iskandar o‘tirdi va dunyoni zabt etishni davom ettirdi. Natijada mil.av. 329 yilning bahorida uning qo‘shinlari Amudaryo bo‘ylariga yetib keldi va O‘rta Osiyoni istilo etishga kirishdi. Amudaryodan suzib o‘tgan yunon-makedon qo‘shinlari dastlab Navtaka viloyatiga, so‘ng So‘g‘diyonaning poytaxti Maroqanda shahriga yo‘l oladilar. Lekin bu yerda bosqinchilarning harbiy yurishlari og‘ir kechdi. So‘g‘dlar o‘z yerlarining ozodligi va mustaqilligini mardonavor himoya qildilar. Bu yunon-makedon qo‘shinlariga qarshi kurashning birinchi bosqichi edi.

Baqtriya va So‘g‘diyonaning barcha joylarida Iskandarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tariladi. Miloddan avvalgi 329 yilning ko‘zida boshlangan bu qo‘zg‘olonlarga mahalliy sarkardalardan bo‘lgan Spitamen boshchilik qildi. Samarqandda Iskandar qoldirib ketgan harbiy garnizonni qirib tashlab, shaharni egalladi.

Natijada Iskandar Zarafshon aholisidan qattiq o‘ch olish niyatida o‘z qo‘shinlari zarbasini tinch aholiga qaratdi. So‘g’diyona, Baqtriya o‘lkasida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar yunon-makedon zulmidan ozod bo‘lishga qaratilgan bo‘lib Iskandarning "varvarlarni" osonlikcha bosib olmoqchi bo‘lganini chippakka chiqardi. Lekin harbiy kuch-qudrat jihatidan Iskandar qo‘shini ustun edi. Uzoq vaqt shafqatsiz davom etgan janglarda yunonlar g‘alaba qozondi. Spitamenning halokati bilan yunon-makedon bosqinchilariga qarshi ozodlik harakati to‘xtab qolmadi. Harakatning ikkinchi bosqichi yakunlandi, xolos. Bosqinchilar uchun So‘g‘diyonadagi ahvol xavfli bo‘lib qolaverdi. Ularga qarshi harakatning uchinchi bosqichida qo‘zg‘olonchilar mahalliy zodagonlar boshchiligida tog’ qal'alarida kurashni davom ettirdilar. Yunon askarlari anchagina toliqqan charchagan edi. Bundan  epchillik bilan foydalangan "Qadimiy Xorazm" podshoh Farasman vaziyatga qarab murosa qiluvni afzal ko‘rdi. Iskandar Zulqarnayn Baqtriya So‘g‘diyonani zabt etganda Farasman o‘z qo‘shiniga bosh bo‘lib sovg‘a-salomlar bilan Iskandar huzuriga  borib, unga Xorazmni zabt etmaslikni iltimos qiladi va oqibatda diplomatik usullarni   ishlatganligi tufayli Xorazm  o‘z mustaqilligini saqlab qoladi.

Nihoyat, Iskandar So‘g‘diyona va Baqtriya aholisining qarshiligini kuch bilan yenga ololmasligiga ishongandan so‘ng mil. av. 328 yildan boshlab turli yo‘llar bilan ularga yaqinlashishga, munosabatlariga iliqlik kiritishga harakat qiladi. Natijada, u zardushtiylik dinini qabul qildi, mahalliy zodagonlar Oqslart, Sisimitr, Xorien qabilarning mulklarini ham  qaytarib berdi, ular bilan qarindoshchilik aloqalarini o‘rnatdi. Mahalliy zodagonlarning deyarli barchasi asta-sekin Iskandar hokimiyatini tan olib, uning xizmatiga o‘tdilar. Mil.av. 327 yilning oxirlarida qo‘zg‘olonlar bostirilib, O‘rta Osiyo Iskandar hukmronligi ostida qoldi. Shunday qilib, So‘g‘diylarning yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida olib borgan kurashi tugadi. Iskandar qo‘shinlariga qarshi kurash olib borar ekan, mintaqa xalqlari mislsiz jasorat ko‘rsatdi. Ular o‘z davrining yuksak harbiy san'ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Yunon qo‘shinlari bunday qattiq qarshilikka hech  qayerda uchramagan edilar.

O‘rta Osiyo xalqlari ahmoniylar zulmidan qutulib, yunon-makedon asoratiga duchor bo‘ldi. Bu zulmdan qutulish uchun So‘g‘diyonaga 150 yil, Baqtriyaga 180 yil lozim bo‘ldi.

So‘nggi yillarda topilgan ko‘plab arxeologik yodgorliklar Amudaryoning o‘ng va so‘l qirg‘og‘i aholisining qadim madaniyatga ega ekanligidan  dalolat  beradi. Bosqinchilik yurishlaridan keyin Markaziy Osiyo aholisi ahmoniylar ta'siri ostida bo‘lgan davlatlar bilan  o‘zaro munosabatda bo‘lganlar. Yunon-makedon yurishlari natijasida esa mintaqamizga yunon (ellin) madaniyati  kirib keldi.

Mavzuga yakun yasar ekanmiz, umumiy   xulosa   qilib  shuni ta'kidlash joizki, qadim o‘lkamiz da mil.av. ikki ming yillikning oxirlarida sug’arma dehqonchilik, ixtisoslashgan hunarmandchilik, metallurgiya, shaharlar, jamiyatning tabaqalanishi, davlatchilik, xususan, "voha  davlatchiligi", "shahar  davlatlar" kabi ilk  sivilizasiya belgilari paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Bunga Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona davlat tuzilmalari, - ularning uyushtiruvchilik faoliyati ishonchli dalildir. Shu bilan birga, mintaqamiz xalqi ajnabiy bosqinchilarga qarshi uzoq yillar davomida kurash olib bordi va bu jarayonda davlatchiligimiz takomillasha bordi.

Tarixiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, davlatchilik jamiyatning ichida o‘z ichki qonuniyatlari asosida paydo bo‘ladi, rivojlanadi. Ya’ni davlat tuzilmasi tashqaridan tayyor holda ko‘chirilmaydi, ma'lum jamiyat bag‘rida tug‘iladi. O‘zbek davlatchiligi taraqqiyoti ham  bundan mustasno emas. U miloddan av. II ming yillik o‘rtalaridan hozirgacha bo‘lgan uzluksiz taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.

 

Ulkan saltanatga asos solgan Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 323 yilda vafot etadi. Uning vafotidan keyin bepoyon davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo‘linib ketadi. Bu davlatlar  Aleksandrning eng yaqin safdoshlari tomonidan boshqariladi. Uzoq davom etgan o‘zaro urushlardan keyin, miloddan avvalgi 312 yilda lashkarboshilardan biri Salavk Bobil davlati hukmdori bo‘ladi. Salavkiylar davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Natriya, So‘g‘diyona davlatlari kirgan edi.

Salavkiylar davlatida  boshqarish tizimi uch bo‘g’indan: satraplar, eparxlar va giparxlardan - iborat bo‘lgan. Shu bois Salavk Markaziy Osiyo yerlarini satrapliklarga bo‘lib boshqarar edi. Ularga o‘ziga yaqin kishilardan satraplar tayinlardi.

Salavk  I mil.av.  293 - yilda o‘g‘li  Antioxni sharqiy viloyatlar:   Parfiya, Baqtriya, So‘g‘diyona hukmdori qilib tayinlaydi. Bu hududlar harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgani sabab, savdo yo‘llari bo‘ylab shahar va boshqa manzilgohlar qurdirgan edi.

Antiox I davrida Baqtriya hayotida dastlabki tangalar-kumush, mis draxm va   tetradraxmlar (pul birligi) zarb qilingan. Urushlar tufayli izdan chiqqan turmush So‘g‘diyona, Baqtriyada tiklana boshladi va savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik  rivojlana boshladi. Bu davrda Baqtriya madaniyatida yunon madaniyatining ta'siri birmuncha kuchaydi.

Hududga yunon yozuvi, yunon og‘irlik o‘lchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va ellin san'ati kirib keladi.  Moddiy  va badiiy  madaniyat, savdo va shahar sozlik yangicha yo‘nalishda rivojlana boshlaydi. O‘z  navbatida, yunonlar  mahalliy madaniyat va an'analarni qo‘llay boshlaganlar. Natijada, aralash madaniyatning-yunon va mahalliy  sharq madaniyatininig tashkil topish   jarayoni yuzaga keldi.

Antiox I ning g‘arbga qilgan harbiy yurishlari natijasida sharqiy viloyatlar ma'lum darajada uning e'tiboridan chetda qoldi. Bundan foydalangan sharqiy viloyatlar mustaqil siyosat yurita boshlaydilar. Natijada mil.av. 250 yillarga  kelib, O‘rta Osiyoda salavkiylar davlatidan ikkita-Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari ajralib chiqadi. Yunon-Baqtriya davlati salavkiylar sulolasidan bo‘lgan Diodot davrida tashkil topadi. Bu davlat Baqtriya hududida bo‘lib poytaxti shimoliy Afg‘onistondagi Baqtro (Balx) shahri bo‘lgan, yunonlar boshqargan. Hukmdorlardan Yevtidem, Demetriy, Evkratid davrlarida Hindistonning shimoli-harbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o‘rtasidagi katta yerlar bosib olinadi.

Yunon-Baqtriya davlatida hokimiyat podshoh tomonidan boshqarilgan edi. Davlat bir necha viloyatlarga bo‘lingan. Viloyat hokimlari esa podshohga bo‘ysungan. Yunon-Baqtriya podshohligi davrida O‘rta Osiyoda dehqonchilik, hunarmandchilik va shaharsozlik rivojlanganini, madaniy hayot o‘sganligini arxeologik topilmalardan bilish mumkin. Yunon-Baqtriya davlatida tangalar hukmdor tasviri bilan zarb qilingan. Termiz, Taxti-Sangin, Denov, Hampirtepa Afrosiyobdan topilgan yodgorliklar bu davlatning ijtimoiy madaniy hayotda ellinlar madaniyatining sezilarli ta'siri bo‘lganligidan  darak beradi.

Osiyoning tub joy aholisi o‘zlarining qadimiy madaniyatlari, an'analariga sodiq qoldilar. Shu bilan  ular ellin  madaniyatining afzal tomonlarini qabul qiladi.  Yunon-Baqtriya podshohligi davrida  deyarli barcha viloyatlarda iqtisod va madaniyat    yuksaladi.

Mil av. II asrning o‘rtalariga kelib Yunon-Baqtriya davlati o‘z qudratini yo‘qota boshlaydi. II asrning uchinchi choragiga kelib bu davlat Sharqiy Turkiston orqali kirib kelgan Yue-chje qabilalari hujumi natijasida inqirozga uchraydi.

II

Mil. av. III asr  oxiri- mil.av. II asrda  Farg‘ona Dovonda, So‘g‘dda  alohida  shahar -davlatlar shakllanadi. Ayni shu davrda Qang‘ davlati qaror topishi yuz bergan. Bu davlatlarning har biri o‘z tangalarini zarb etgan.

Tadqiqotchi olimlarning fikriga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida davlatchilik V-IV asrlarda paydo bo‘lgan. Mil. av. II-I asrlarga oid Xitoy manbalrida qadimgi Farg‘ona keng, boy va ko‘p aholili, 70 dan ortiq katta va kichik shaharlari bor deb tilga olinadi. "Polona" bu Farg‘onaning xitoycha talaffuz etilishidir. Xitoy manbalariga ko‘ra mil.av. II asrda Farg‘onada 300 yaqin aholi  yashagan. Vohada  shaharlar ko‘p bo‘lib, poytaxti Ershi shahri (hozirgi Marhamat) bo‘lgan. Dovon qishloq xo‘jaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi bilan bir qatorda, Farg‘onaning cho‘l va dasht hududlarida ko‘chmanchi  chorvador   aholi ham yashagan. Manbalarda bu ko‘chmanchilarning ot ustida turib hamon otishga mohir ekanliklari haqida qayd etiladi. O‘sha davrda Dovon davlati o‘zining "afsonaviy" va "samoviy" otlari bilan shuxrat  qozongan. Dovon arg‘umoqlari mamlakatdan tashqarida ham xususan, Xitoyda qadrlangan. Dovonliklar usta savdogar hisoblanganlar va foyda ustida raqobatlashganlar. Mil.av. II asrning oxirlarida Xitoy imperatorlari  Dovonni   bosib olishga bir necha bor harakat qiladilar. Ammo Xitoy qo‘shinlari istexkomga aylantirilgan Dovon qal'alarini sindirishga ojizlik qiladilar. Shuningdek, qo‘shni davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan dovonliklar xitoyliklar ta'siriga tushmasdan o‘z mustaqilliklarini saqlab qola oladilar.

Qadimgi Farg‘ona davlati ancha adolatli va demokratik jamiyat hisoblangan. Podshoh davlat ishlarini Oqsoqollar kengashiga suyangan holda yuritgan. Oqsoqollar kengashi doimiy bo‘lib, unda davlatning eng muhim masalalari muxohama qilingan. U o‘ziga xos qonun chiqaruvchi organ vazifasini bajargan. Mamlakat hududlari shaharlar va vohalarga bo‘lingan holda boshqarilgan. Har bir shahar, vohaning o‘z  hukmdori bo‘lgan.

Ichki tartibni saqlash,  mamlakatni  tashqi dushmanlardan himoya qilish uchun Dovonda asosan piyoda askarlar va suvoriylardan iborat bo‘lgan 60 ming kishilik qo‘shin mavjud bo‘lgan. Jangchilar zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zlarini o‘zlari ta'minlaganlar. Dovon o‘zining butun tarixi davomida yirik imperiyalar va kuchli davlatlar ta'siri ostiga tushmasdan o‘z siyosiy erkinligini saqlab kelgan.

Qang‘ davlati mil.av. III asrning boshlarida Yunon-makedon hukmronligiga qarshi kurashlar va ichki nizolari keskinlashuvi natijasida  paydo bo‘lgan. Bu davlat hududi dastlab  Sirdaryoning  o‘rta oqimidagi yerlar (Toshkent  vohasi hamda  unga  tutash   tog‘ va cho‘l zonalari)dan iborat edi. Mil.av. II asrning boshlariga kelib Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib, sharqda Farg‘ona vodiysi shimoliy - sharqda Yue-chje qabilalari bilan, shimoli – g‘arbda Sarisuv daryosi, g‘arbda Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu daryosining quyi oqimidagi hudud Qang‘ davlatining asosiy yerlari hisoblangan. Bu davlat iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan edi. Davlatning taqshi siyosati qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatish, keskinlashgan vaziyatning oldini olish va o‘z hududida osoyishtalik o‘rnatishga qaratilgan edi. Shu bilan birga payti kelganda kuchsizlanib qolgan qabilalarga, viloyatlarga hujum qilib ularni qaram qilishga harakat qilgan.

Qang‘ davlatining asosiy aholisi o‘troq va yarim o‘troq bo‘lib uning hududida ko‘chmanchi chorvadorlar ham  yashar edi. O‘troq aholi asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Sun'iy sug‘orish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Chorva mollarining ko‘pchiligi qisman ko‘chmanchi va yarim o‘troq holda yashovchi aholi ixtiyorida bo‘lgan. Qang‘ podshohlari, ya'ni xoqonlari va ularning xonadoniga yaqin kishilar boy chorvadorlardan bo‘lgan. Qang‘ hukmdorlarining markaziy shaharlari ikkita bo‘lib, yozni ’trorda, qishlovni Qang‘dizda (uning harobalari Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida) o‘tkazar   edilar.

Qang‘liklarda ko‘plab qal'a va ko‘rganlar bo‘lib, ular dushman qamal iga bardosh beradigan qilib qurilgan. Ularda hunarmandchilikning turli sohalari yaxshi rivojlangan. Qang‘ harobasidan, hoshtepa va Toshkent vohasi boshqa tepaqo‘rg‘onlardan  topilgan arxeologik ashyolar Qang‘  davlati madaniyatining  namunasi   hisoblanadi.

 Manbalarda Qang‘ hukmdorlarining nomlari tilga olinmaydi, odatda ular o‘zlarining ismlari bilan birga urug‘ nomini ham qo‘llaganlar va "Qang‘ xonadoni hukmdori xoqon" deb ataganlar. Qang‘lilar uchun "xalq qo‘shin" tushunchasi xos bo‘lib,   bunda har bir erkak-oila boshlig‘i ayni paytda safda turishga tayyor askar hisoblangan. Shu bois Qang‘ davlati qo‘shinlarining soni ulardagi oilalar soniga teng bo‘lgan. Davlatda saylangan hukmdorlarning hokimiyati oqsoqollar Kengashiga tayangan va ularning huquqlari kengash tomonidan cheklab qo‘yilgan. Harbiy yo‘lboshchilik hukmdorning vazifasi hisoblangan. Shuningdek, qo‘shni davlatlar diplomatik muzokaralar olib borish vakolatiga ega bo‘lgan. U diniy marosimlarni ado etishda ham  bosh-qosh bo‘lgan. Aholi asosan quyosh xudosi Mitraga va boshqa ilohlarga topingan.

Qang‘ davlati o‘ziga boshqa qabilalarning qo‘shib olinishi hisobiga o‘ziga xos konfederativ podshohlik tashkil qilib, mustahkam langan. Har bir qabila boshlig‘i harbiy yo‘lboshchi sanalib, o‘z bayroq turlari va urug‘ gerblariga ega bo‘lganlar. Urush sharoitida xoqon bayrog‘i ostida jang qilganlar. Qabila-urug‘ boshliqlariga viloyat va tuman boshliqlari bo‘ysungan. Mil.av. III asrda paydo bo‘lgan bu davlat mil. III asriga kelib parchalanib ketdi.

Miloddan avvalgi IV-II asrlarda qadimgi Xorazm mustaqil davlat bo‘lib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bu hol Xorazmda o‘ziga xos mahalliy davlatchilik tizimi rivojiga muhim omil bo‘ldi. Davlat tipi - podshohlik bo‘lib, boshqarish shakli mutloq monarxiya, ya'ni yakkahokimlik edi. Milodiy I asrdan boshlab Xorazmda Afrigidlar sulolasi hokimlik tepasiga kelgan va 700-800 yil davomida hukmronlik qilgan. Bu davrlarda podshohlikda markazlashtirilgan tartibda tanga zarb qilingan va hokimiyat sulolaviy tarzda meros bo‘lib qolgan.

Zarb  qilingan tanga  pullarda  Artov, Artamux, Vazamir kabi Xorazmshohlar   ismlari uchraydi.

Arxeologik tadqiqotlar natijasida Xorazm hududlaridan ko‘plab yodgorliklar topilgan. Jonbosqal’a, Qo‘yqirilganqal'a, Tuproqqal'a shular jumlasidandir. Bu shaharlar  atrofi mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Devorlarda shinaklar va   minoralar mavjud bo‘lgan. Ko‘xna shaharlarning asosiy inshooti ulkan qal'a bo‘lib, Xorazm hukmdorlarining qarorgohi bo‘lgan. Tuproqqal'ada ikki qavatli binolar bo‘lib, ulardan turli maqsadlarda foydalanilgan. Tashqari xonadonlarda maxsus qabulxonalar, ya'ni "shohlar koshonasi" ham bo‘lgan. Qabulxonaning devorlari va supalari turli tasvirlar bilan bezalgan. Shuningdek, bu qal'ada yozuv namunalari ham topilgan.

Xorazmda dehqonchilik va hunarmandchilik yuqori darajada rivojlangan. Shaharlar muhim savdo yo‘llarida joylashgan.

III

Kushon podshohligi. Spitamen qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng mil.av. IV asr oxirlarida asli O‘rta Osiyoda yashagan massaget-tohar qabilalarining katta bir qismi Sharqiy Turkistondan to Mug‘iliston chegaralarigacha bo‘lgan hududlarga ko‘chib o‘tganlar. Ana shu qabilalar tarixi bilan bog‘liq  mil.av. IV asr oxirlari va milodning V asriga oid ma'lumotlar Xitoy manbalaridan olinganligi sababli qabila, urug‘, shaxslar, joy va shahar  nomlari xitoycha nomlar bilan berilgan. O‘rta Osiyodan Sharqqa tomon ko‘chib o‘tgan massaget-toharlar Xitoy manbalarida yue-chjelar nomi bilan atalganlar. Xitoyning shimolidagi katta hududlarda xunn qabilalari yashagan. Taqdir taqozosiga ko‘ra,  xunnlar bilan yue-chjelar o‘rtasida ziddiyatlar kuchayadi. Natijada, xunnlar mil.av. 176 yili yue-chjelarni g‘arbga siqqib chiqaradi. Farg‘ona (Dovon) podshohligi hududlariga chekingan yue-chje qabilalari bu yerda shahar  va qishloqlar barpo qiladilar. Hozirgi Namangan viloyati Kushon qishlog‘i va Kosonsoy tumani shular jumlasidandir. Ular mil.av. 140-130 yillarda Yunon-Baqtriyani ham o‘zlariga tobe qiladilar va "Katta Yue-chje davlat uyushmasiga asos soladilar. Bu davlat uyushmasiga beshta hokimlik: Guyshuan, Xyumi, Shaunmi, Xise va Dumilar bo‘ysunar edi.

Bulardan biri Guyshuan (Kushon) hokimligi ancha kuchayib, boshqa hokimliklarni birlashtiradi va Guyshuan hokimi Kujula Kadfiz o‘zini yagona hokim deb e'lon qiladi. Natijada, yangi davlat- Kushon davlati paydo bo‘ladi va hozirgi Surxondaryo viloyatining Shurchi tumanidagi Dalvarzintepada joylashgan manzilgoh bu davlatning poytaxti bo‘lib qoladi. Kujula Kadfiz davlat chegaralarini  kengaytirib,   qudratini oshiradi. Parfiya, hozirgi Afg‘oniston hududi va Kashmirni egallaydi. Kujula vafotidan keyin uning o‘g‘li Vima taxtga chiqadi va Hindistonning markaziy viloyatlarini o‘z davlati tarkibiga  qo‘shib oladi.

Vima Kadfiz 30 yil hukmronlik qilgan. Undan so‘ng Kanishka mamlakatni boshqaradi va u Hindistonning janubiy hududlarini zabt etadi. Natijada, Kushon davlati katta saltanatga aylanib, Xitoydagi  Xan  davlati hamda Rim imperayasi bilan raqobatlashish darajasiga ko‘tariladi. Kushonda davlat tipi konfederativ podshohlik bo‘lib, boshqaruv shakli monarxiya edi. Viloyatlar va shaharlar davlat  tepasida turuvchi oliy  hukmdor noiblari  tomonidan  boshqarilgan. Ular oliy  hukmdorga so‘zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga o‘lponlar  to‘lab  turganlar.

Kushonlar davlatida zarb etilgan kumush, oltin tangalarning bir tomonida Budda xudolari, zardushtiylar xudolari Anaxita, Mitra rasmlari uchrasa, ikkinchi tomonida esa "shoh", "shohlar shohi" atamasini ko‘ramiz. Buyuk ipak yo‘li tarmoqlarida joylashgan Kushon podshohligi gullab yashnadi. Ko‘pdan-ko‘p yangi shaharlar bunyod etildi. Bu davrda ko‘plab sug‘orish inshootlari qurilib, yangi yerlar o‘zlashtirildi. Shaharlar qurilishida aniq binokorlik qoidalari amalga oshirilgan. Shaharlar to‘g‘ri burchakli  bo‘lib, qalin devorlar bilan  o‘ralgan. Shahar  tuzilishiga ko‘ra, u bir necha qismlarga bo‘lingan: hokim saroyi (qal'a), hunarmandchilik ustaxonalari, guzarlar, alohida ibodatxonalar joylashgan qismi, savdo maydoni va  boshqalar tartibli ravishda joylashgan edi.

Kushon podshohligi iqtisodiyotining asosini sug‘orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Ular yuqori darajada rivojlangan.

Hindiston, Xitoy va Rim saltanati bilan savdo va elchilik munosabatlari o‘rnatilgan edi. Savdo munosabatlarining rivojlanishida Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati katta bo‘lgan. Termizdan Rim tangalari xazinasi,  o‘rta  yer dengizi atrofi hududlarida esa kushon tangalari topilgan.

Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan Budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari bilan birga kushon yozuvi ham  mavjud bo‘lgan. Kushon saltanati davrida me'morchilik va tasviriy san'at yuksak darajada rivojlangan edi. Buni o‘lkamiz ning Ayritom, Ko‘xna Termiz,  Qoratepa budda ibodatxonalari Fayoztepa, Xolchayon, Dalvarzintepa va boshqa joylardan qazib olingan arxeologik topilmalardan ko‘rishimiz mumkin. Muxtaram  o‘quvchi,  talabalarimiz  yurtimizdagi O‘zbekiston  davlat tarix muzeyi, O‘zbekiston amaliy san'ati muzeyi va boshqa  muzeylardagi tarixiy eksponatlarni ko‘rish  jarayonida  bunga o‘zi ham amin bo‘ladi. Kushon davri shaharlari  harobalarini va  qabrlarini o‘rganish  o‘lka xalqlarning urf-odatlari, diniy qarashlari to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlar beradi. Xususan, Dalvarzintepa ashyolari kushonlarning diniy e'tiqodlari  buddizm bilan zardushtiylik bo‘lganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yapon olimlari bilan Darvarzintepada, fransuz  arxeologlari bilan Afrosiyobda  olib  borilgan tadqiqotlar talabalarimizga    muhim   ma'lumotlar   beradi.

Kushon saltanati inqirozi Xuvishka podshohligi davridan boshlanadi. Bu jarayon Erondagi Sosoniylar davlatining tarix sahnasiga chiquviga asosiy omil bo‘ldi. Xususan, sosoniy hukmdorlardan Shopur I ning (milodiy 242-243 yillar) va Shopur II ning (mil, 309-379 yillar) Kushonlarga bergan zarbalari hal qiluvchi o‘rin tutdi. IV asrga kelib Kushon podshohligi asosiy hududlaridan mahrum bo‘ldi. Kushonlarning ayrim mulklari faqat Shimoliy Hindistonda ma'lum vaqtgacha saqlanib qoldi.

IV

Buyuk ipak yo‘li.  Buyuk  ipak yo‘li  miloddan avvalgi I ming yillikning ikkinchi yarmidan to milodiy XV asrgacha  Xitoy,  Hindiston, O‘rta Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O‘rta dengiz mamlakatlarini g‘arb bilan tutashtiruvchi savdo-sotiq iqtisodiy va madaniy aloqalarining rivojlanishida asosiy vosita bo‘lgan. Nemis sharqshunos olimi   Ferdinand fon Rixtgofen 1877 yilda Xitoy nomli asarida bu karvon yo‘llar  tarmog‘ini avvallari  ular orqali  asosan ipak  va  shoyi tashilgani uchun "ipak yo‘li"  deb atadi. Keyinchalik "Buyuk ipak yo‘li" atamasini ko‘pchnlik tadqiqotchi va olimlar ishlatadigan bo‘ldilar. Lekin miloddan burungi bir necha asrlar qimmatbaho toshlar tashiladigan "Lojuvard yo‘l" Badaxshonni Eron, Mesopatamiya, Suriya Misr kabi  davlatlar bilan bog‘langan. "Nefrit yo‘li" esa Turkistonni Sharqiy Xitoy bilan bog‘langan.  

Miloddan avvalgi II asr oxiridan boshlab O‘rta Osiyo bilan Xitoy o‘rtasida muntazam diplomatik va savdo munosabatlari amalga oshirila boshlangan. Xitoy hukmdorlari o‘z elchilarini katta sovg‘a-salomlar bilan nafaqat O‘rta Osiyoga, balki Buyuk ipak yo‘li orqali Eron Mesopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga ham  yuborganlar. Buyuk   ipak yo‘lida yangi-yangi  shaharlar, karvonsaroylar va savdo nuqtalari    bunyod etildi. O‘rta Osiyo hududlari o‘zining geografik joylashgan mavqeiga ko‘ra Buyuk ipak yo‘li taraqqiyotida munosib o‘rin egallagan. Chunki, savdogarlar Sharqiy Turkiston, Xorazm, Buxoro, Naxshab, Termiz, Samarqand kabi shaharlarda o‘z mollarini sotib  bu hududlardan  o‘zlariga kerakli  bo‘lgan  buyumlarni  harid qilib   qaytar   edilar.

Buyuk ipak yo‘li 12 ming km uzunlikda bo‘lgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O‘rta er dengizi sohillarigacha borgan. Ikkinchi yo‘nalish Markaziy Osiyo  orqali Hindistonga  olib borgan. Bu yo‘lda qator qadimiy shaharlar joylashgan: Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqalar. Markaziy Osiyo kumushiga ehtiyoj sezgan mamlakatlarga boradigan "Kumush yo‘li" ham bo‘lgan. Bu yo‘l Xazar xoqonligi va Bulg‘or davlati orqali Kiev, Rusi va Yevropa mamlakatlariga borgan. U Buyuk ipak yo‘lning shimoliy tarmog‘i  hisoblanib,  VI asrdan  boshlab ishga tushgan.

Farg‘ona vodiysida ipak yo‘li ikki tarmoqqa bo‘lingan. Birinchisi O‘zgandan Axsi, qamchiq davoni orqali (yozda) Iloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy tarmoq bo‘lib, o‘zgandan O‘sh, Quva, Marg‘ilon, Qo‘qon orqali Xo‘jand, Samarqand, Buxoroga o‘tgan. Asosiy karvon yo‘llaridan tashqari ichki savdo yo‘llari ham bo‘lgan. Biri Axsidan Koson orqali Chust vohasiga o‘tgan. Yana biri Pop, Zarkent orqali konchilar qarorgohlari va yaylovlariga borgan. Qurama va Oloy tog‘lari qazilma boyliklari va Zarafshon daryosi boyliklari tufayli bu  yo‘l tarmog‘i "Oltin yo‘l" deb  atalgan.

Bu  yo‘l  XV-XVI asrlarga kelib o‘zining dastlabki mavqeini yo‘qota bordi. Chunki bu davrlarda dengiz yo‘li kashf etildi, savdo kemalari orqali turli yurtlar bilan bordi-keldi qilinadigan bo‘ldi. Keyingi asrlarda o‘zaro iqtisodiy va o‘zga munosabatlar birmuncha osonlashdi, yangidan-yangi transport vositalari kashf etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3 mavzu: V-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi va ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti.

 

Reja:

1. Eftaliylar davlati, undagi boshqaruv tizimi. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.

    Yerga egalik munosabatlarining shakllana boshlashi.

2. Turk xoqonligi, davlat boshqaruv tizimi. Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy  ahvol.

3. Arablar   istilosi   va  hukmronligi   davrida   O‘rta   Osiyo.

4.VIII asr oxiri IX asr boshlarida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy, siyosiy ahvol. Movarounnahrda Somoniylar davlatining vujudga kelishi va uning boshqaruv tizimi.

5  O‘rta Osiyoda Qoraxoniylar davlati. Undagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ahvol.

6. Xorazmshoxlar davlati. Undagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayot.

 

Kushonlar davlati inqirozidan so‘ng boshlanib ketgan tarqoqlik oqibatida har bir vohada alohida o‘lka mulklar paydo bo‘ldi. Bu mulklarning hukmdorlari har xil hududda turlicha nomlar bilan yuritilgan: Buxoroda buxorxudot, Chog‘aniyonda-chog‘anxudot, Vardonzida - vardonxudot, Toshkentda - tudan, Samarqand va Farg‘onada - ixshid, Ustrashonada - afshin, Xorazmda - xorazmshox va xokazo. Bu hukmdorlarning odatda o‘z harbiy kuchlari - chokarlari bo‘lgan. Markaziy hokimiyat ana shu hukmdorlar uyushmasidan    tashkil topgan edi.

Mamlakatimiz hududida ilk o‘rta asrlar davrida tashkil topgan yirik davlatlardan biri - Eftaliylar davlatidir. Eftaliylarning etnik jihatdan qaysi   qabilaga - mansubligi,  tillari  tarixda yetarlicha  tadqiq   qilingan emas.

Olimlarning xulosalariga qaraganda, milodning IV asr o‘rtalarida kushonlar bilan Eftaliylar boshqa qabilalar bilan birlashganlar. "Eftal" so‘zi esa eftaliylar shohi Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog‘liqdir. Vaxshunvor  457 yildan e'tiboran Chohaniyon, Tohariston, Badaxshonni o‘ziga bo‘ysundirib O‘rta Osiyoda katta davlatga asos soldi.

V asrning ikkinchi yarmi va VI asr boshlarida Eftaliylar davlati hududlariga O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston erlari kirar edi.

Eftaliylar zamonida saltanat yakka xukmdor tomonidan boshqarilgan. Davlat boshqaruv tipi konfederativ podshohlik bo‘lib, boshqaruv shakli cheklangan monarxiya bo‘lgan. Taxt vorisini aniqlab, taqdim etadigan kengash mavjud bo‘lgan. Bu kengash sulolaning mo‘tabar vakillari, amirlar, yirik arkonlardan iborat bo‘lgan. Eng muhimi, Eftaliylar davrida davlatimiz qonunlar asosida boshqarilib, bu turkiy tuzuklardan iborat bo‘lgan. Katta hududni egallagan bu davlatda ba'zi katta viloyatlar mahalliy sulolalar tomonidan boshqarilgan.

Eftaliylarning harbiy qo‘shinlari katta kuchga ega bo‘lgan. Askarlari qo‘lida harbiy qurol-yaroqlardan gurzi, o‘q-yoy va asosiysi qilich muhim o‘rin tutgan. Ular lashkarlarining asosini otliq askarlar tashkil etgan. Milodiy V asrda sosoniylar va eftaliylar davlati o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlarda eftaliylar qo‘shinining ustun kelishi, ular harbiy mahoratining yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.

Sosoniylarning sharqqa yurishlari eftaliylarning qarshiligi tufayli to‘xtadi.  Ular Eron podshohlarining ichki siyosatiga ham aralashib turdilar, hatto shohlardan qaysi  birini saylash va tayinlash masalasini hal qilish ularning  qo‘lida  bo‘lgan. Eron  davlati har yili eftaliylarga o‘lpon to‘lab turgan.

Eftaliylar davlatining poytaxti haqida ma'lumotlar yo‘q. Bunday markaz Poykan (Boykent) yoki Balx bo‘lgan degan taxminlar bor.  Bu davrda jamiyatda yerga egalik munosabati shakllanayotgan bo‘lsada, qullar mehnatidan foydalanish davom etgan.

Qaror topayotgan yerga egalik qilish munosabatlariga ko‘ra, katta yerlarni egallab olganlar dehqon nomi bilan atalgan. "Dehqon" qishloq hokimi ma'nosini anglatgan. O‘zining kichikroq yerida xo‘jalik yuritganlar kashivarzlar, yeridan ajralib qolib dehqon xo‘jaliklarida yollanib ishlaganlar kadivarlar deb nomlangan.

Eftaliylarning bir qismi ko‘chmanchi bo‘lib, chorvachilik bilan shug‘ullansalar, asosiy qismi shahar  va qishloqlarda yashaydigan o‘troq aholi bo‘lgan. Ko‘pgina hududlarda, xususan, Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarda g‘alladan tashqari sholi ham yetishtirilgan. Shuningdek, ko‘plab g‘o‘za ekilgan va Markaziy Osiyoning paxtasi, xatto Xitoyda ham  mashhur  bo‘lgan. Yilqichilik bilan shug‘ullangan aholi asosan tog‘ va tog‘ oldi yerlarda yashashgan, zotdor arg‘umoqlar Farg‘ona vodiysida ko‘paytirilgan. Sug‘oriladigan yer maydonlarining ma'lum bir qismi feodal munosabatlarning qaror topa boshlashi bilan mulkdor zodagon tabaqa vakillari - "dehqonlar" qo‘liga o‘ta boshlagan. Bu esa erkin dehqonlarning zodagon dehqonlarga qaram kadivarlarga aylanishiga asos bo‘lgan.

Dehqonchilik vohalarida Eftaliylarning V-VI asrlarda o‘troqlashuvi kuchayadi va sug‘orma yerlarga talab ortadi. Hozirgi vaqtda ham mavjud bo‘lgan. Zahariq, Bo‘zsuv, Darhom kanallari V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan bo‘lgan.

Shu davr me'morchiligida qasrlar qurilishi ayniqsa ahamiyatli bo‘lgan. Bu qasrlar 2 qavatli, shipi tekis, gumbazsimon va ravoqsimon qilib yopilgan bir necha xonadan iborat bo‘lgan. Saroy va qasrlar qurilishida V asrdan boshlab pishiq g‘ishtlar ishlatila boshlangan. Saroy ibodatxonalar devorlari rangdor tasvirlar bilan bezatilgan. Eftaliylar me'morchiligining ajoyib namunalaridan biri Buxoro yaqinidagi Varaxsha saroyi bo‘lib, u buxorxudotlarning  VI-VII  asrlardagi qarorgohlar bo‘lgan.

Eftaliylar davrida hunarmandchilikning kulolchilik, shishasozlik,   chilangirlik, bo‘zchilik, zargarlik, qurolsozlik kabi turlari yaxshi taraqqiy etgan.

Eftaliylar Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan elchilik, savdo-sotiq munosabatlarini olib borishgan. Xususan, 456 yili Eftaliylar Xitoyga o‘zi elchilarini yuborganlari tarixda qayd etilgan.

V-VI asrlarda diniy e'tiqod va tasavvurlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan sopol haykalchalarni yasash va ularga topinish keng yoyiladi. Ulkan hududga yoyilgan Eftaliylar davlatida turli diniy e'tiqodlar turlicha bo‘lgan. So‘g‘dda zardushtiylik keng tarqalgan. Tohariston va Sharqiy Turkistonda esa buddiylikka e'tiqod qiluvchilar ko‘p bo‘lgan.

Shunday qilib, V-VI asrlarda yurtimizda Eftaliylar sulolasi 100 yildan ortiq hukmronlik qildi. Bu sulola vakillari tarqoq mamlakatni birlashtirib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar va tashqi aloqalar taraqqiyotining yuksalishiga erishdi. Ammo 563-567 yillarda turk xoqonlari tomonidan berilgan zarbadan so‘ng Eftaliylar inqiroz sari yuzlandilar va xoqonlik ta'siriga tushib qoldilar.

 

II

 VI asr o‘rtalarida Oltoyda Turk xoqonligi tashkil topdi. Davlatning asoschilari Ashina urug‘idan bo‘lmish Asan va Tuular turkiy qabilalar ittifoqini tuzgan edilar. Tuuning  o‘g‘li  Bumin 551 yilda Markaziy Osiyoda eng kuchli hisoblangan jujanlar  xonini  yengib, Turk xoqonligi davlatiga asos soldi. Xoqonlikda birinchi hukmdor Bumin bo‘lib, u taxtga Ili xoqon unvoni bilan o‘tirdi. 553-572 yillarda   hukmronlik qilgan Muqan xoqon davrida esa xoqonlik Markaziy Osiyoda siyosiy ustunlikni o‘z qo‘liga oldi.

Aynan mana shu, davrda turklarning g‘arbda jujan qabilalari va eftaliylarga qarshi faol harbiy harakatlari boshlandi. 552-555 yillardayoq Buminnnng ukasi Istami "O‘n tuman qo‘shinining" sarkardasi bo‘lib, harbiy yerlarni o‘ziga bo‘ysundira boshlagan edi. Eftaliylar davlati tor-mor etilgandan so‘ng bosib olingan hududlar bevosita g‘oliblarning oliy hokimiyatiga bo‘ysundirilgan edi.

Xoqonlik o‘sha davrning eng yirik davlatlari Vizantiya, Sosoniylar Eroni, Xitoyning siyosiy va iqtisodiy munosabatlari tizimiga qo‘shildi va Buyuk ipak yo‘li ustidan nazorat o‘rnatish uchun kurasha boshladi.

Turk xoqonligining tarixi uzluksiz urushlar va o‘zaro ichki kurashlar bilan to‘lgan edi. Buning natijasida 581-603 yillar oralig‘ida u ikki qismga Sharqiy va harbiy turk xoqonliklariga bo‘linib ketdi.

Harbiy xoqonlik tarkibiga Yettisuv, Chu vodiysi, Irtish, Ishim daryolari bo‘yidagi yerlar, O‘rta Osiyodagi yarim mustaqil davlatlar qo‘shib olingan edi.

630-632 yillarga kelib harbiy turk xoqonligi o‘z yuksalish cho‘qqisiga yetdi. Qadimgi turklarning tasavvuriga ko‘ra, davlatchilikni o‘zida mujassam etuvchi shaxs xoqon yoki uning sulolasi bo‘lgan. Xoqon uch kuchga tayanar edi. Bular Osmon-Tangri irodasi, yer-suv saxovati va turk xalqining faoliyati edi. Xoqonning rafiqasi Xotun unvoniga ega bo‘lgan. Keyinchalik bu unvonni olgan ayol etnik mansubligidan qat'iy nazar umuman hukmdorning rafiqasini anglatadigan bo‘lib qoldi.

Taxtga vorislik tartibiga ko‘ra, taxt otadan o‘g‘ilga emas akadan ukaga, kichik amakidan katta jiyanga meros qolar edi. Shahzodalar o‘zlarining hukmdorlik navbatlari kutib, ungacha o‘zlariga berilgan uluslarda hokimlik qilar edilar. Hokimiyatni  hukmron sulola qo‘lida jamlash odati Markaziy Osiyo davlatlarida boshqaruvning an'anaviy usuli bo‘lib, u ikki yoqlama samara berardi. Bir tomondan, ko‘chmanchi chorvachilik hukmron bo‘lgan sharoitlarda boshqaruvning va mudofaaning barqarorligi ta'minlansa,  ikkinchi  tomondan,  sulolaning o‘z ichida ham nisbatan osoyishtalikka erishilar   edi.

Davlatning asosini yer bilan xalq tashkil etardi. Xoqonlik davlatchilikning mustaqil va an'anaviy O‘rta Osiyo shakllarini rivojlantirdi. Davlatni boshqarishda xoqonga, uning qarindoshlari, eng avvalo, hukmron sulola a'zolari va ular tomonidan yaratilgan boshqaruv apparati yordam berar edi. Xoqonning qarindoshlari va og‘a-inilariga tegin unvoni berilgan. Davlatda turli-tuman lavozimlar bo‘lib, ulardan beshtasi oliy mansab hisoblangan: yabg‘u, shad, teginlar, eltabarlar va tudunlar. Barcha mansablar meros qilib qoldirilgan. Tudunlar bo‘ysundirilganlar ustidan nazorat qilish va soliqlar yig‘ish vazifasi bilan shug‘ullanganlar.

Turk davlati yetarli darajada ishlab chiqilgan jinoiy qonunchilikka ega bo‘lgan. Jazoning asosiy turlari qatl etish, kompozitsiya, ya'ni tovon to‘lash hisoblangan. O‘lim jazosi davlatga qarshi jinoyatlar uchun (isyon ko‘tarish, sotqinlik va xokazo) hamda odam o‘ldirganlik uchun berilgan. Odam o‘ldirganlik uchun qatl etish yoki odam a'zosini kesib tashlash talion deyilgan. Shaxsga  qarshi  qaratilgan boshqa jinoyatlar kompozitsiya, ya'ni etkazilgan zararni o‘n  barobar qilib to‘lash, tovon  kabi usullar qo‘llanilgan.

Xoqonlikda aholi va qo‘shin bo‘linishida o‘nlik tizimi mavjud bo‘lgan. Ular orasida shaxsiy soqchilar,  xoqonlarning zirixli gvardiyasi ajralib turgan. 10, 20 va 40   kishilik alohida qo‘shilmalar shadlar yoki yobg‘u qo‘mondonligida bo‘lgan. Qo‘shinda xizmat qilish majburiy hisoblangan. Davlat, odatda, 100 ming kishilik qo‘shin olish qudratiga ega bo‘lgan. Bunday qo‘shin davlat qudratining  asosiy tayanchi hisoblangan.

VII asr o‘rtalariga kelib xoqonlik zaiflashib bir necha qismlarga bo‘linib ketgan. Bu vaziyatdan Xitoyning Tan saltanati foydalanib, O‘rta Osiyo yerlariga bir necha marta suqilib kirishga harakat qilib ko‘rgan.

Xoqonlik ulkan hudud ichida tinchlik saqlashga erishgan, bo‘ysundirilgan xalqlarning ichki ishlariga aralashmagan, ularning  xo‘jalik, savdo-sotiq, madaniyat sohalaridagi faoliyatiga to‘sqinlik  qilmagan. Zabt etilgan yerlarning mahalliy aholisi o‘z ijtimoiy tuzilmalarini saqlab, bu tuzilmalar ustidan noib-tutuq nazorat qilib  turgan.

Turk xoqonligi qo‘lida birlashgan xalqlar taraqqiyotning har xil bosqichida edilar. Turk qabilalarining bir qismi VI-VII asrlarda o‘tovlarda yashaganlar va to‘rt g‘ildirakli aravalarda ko‘chib yurganlar.

Mamlakatda ziroatchilik, bog’dorchilik, shaharlarda qurilish, hunarmandchilik, savdo-sotiq avj olgan, kulolchilik, qurolsozlik, shishasozlik rivojlangan. Turklar yasagan qurol-yaroqlar, zebi-ziynat buyumlari xilma-xilligi va pishiq-puxtaligi bilan ajralib turgan.

Buyuk ipak yo‘li samarali ishlashda davom etib, xoqonlikning asosiy savdo hamkorlari Eron, Xitoy, Hindiston, Vizantiya bo‘lgan.

San'at ham taraqqiy etgan. Haykaltaroshlik, o‘ymakorlik, naqqoshlik, musiqa, raqs san'atlari rivojlangan. Bunyodkorlik ishlari sug‘orish inshootlari, qo‘rg‘onlar, shaharlar barpo etishga e'tibor oshadi. Ko‘p qabilalar tan olgan yagona Xudo Tangri deb atalgan, unga qurbonlik keltirganlar. Ular ruh abadiyligi, narigi dunyo borlig’iga ishonganlar.

Xalq sayillari orasida Navro‘z juda katta tantanalar bilan o‘tkazilgan. Xoqonlikda oromiy yozuvi,  So‘g‘d yozuvi, Xorazm yozuvi bilan bir qatorda "Turk Run yozuvi", "Urxun-Enasoy, "Ko‘k-Turk yozuvi" kabi yozuvlar qo‘llanilgan. Bu yozuvlar to‘g‘risida to‘laroq ma'lumotni prof. N.Raxmonovning "Turk xoqonligi" risolasidan olish  mumkin.

O‘rta Osiyoning turk xoqonligi  tarkibida bo‘lganligi ijobiy ahamiyatga  ega  edi. U turkiy qabilalarning jipslashuviga xizmat qildi, bir qator turkiy xalqlarning  shakllanishiga asos soldi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Turk xoqonligida davlatchilik O‘rta Osiyoning qadimiy an'analari va turkiy-qabilalar tomonidan keltirilgan an'analar asosida o‘ziga xos xususiyat kasb etdi. Bunda siyosiy ittifoq O‘rta Osiyodagi  mustaqil va  yarim mustaqil mulklarning federatsiyasi shakllandi. Bu federatsiyada tashkil topgan davlatchilik ma'lum ma'noda yuqori  bosqichga ko‘tarilgan bo‘lib, o‘sha davrning hayotiy talablari va xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan. Bu esa o‘zbek  davlatchiligi poydevorini mustahkam lash tomon qo‘yilgan muhim qadamlardan  biri bo‘ldi.

III

VII-VIII asrlarda markazlashgan Arab xalifaligi Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Vizantiya va Eronni bo‘ysundirib, kuchli imperiyaga aylanadi. Xalifalik O‘rta Osiyo yerlariga ham yetib keldi.

Arablar Amudaryo (Jayxun)ning shimolida joylashgan yerlarga "Movarounnahr", ya'ni "daryoning ortidagi yerlar" deb nom beradi. Hozirgi Afg‘onistonning shimoliy, Eronning shimoliy-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlar esa Xuroson deb yuritilgan. Avval boshida Xurosonning markaziy shahri Marv, keyinchalik Xirot bo‘lgan.

Arablarning Movarounnahrga qarshi harbiy yurishlari o‘z maqsad va rejalari bilan 2 davrga bo‘linadi. 1-davrda Xalifalik istilo etishni emas, balki harbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rish, mahalliy hukmdorlar kuch-qudratini sinab ko‘rish, geografik, harbiy, iqtisodiy, siyosiy joylashuvini o‘rganish, kichik yurishlar orqali    o‘ljalar orttirish rejasini  amalga  oshiradi. Bu davr 650-704 yillarni o‘z ichiga   oladi.

Xalifa Abdumalik ibn Marvon (685-705) davrida ichki nizolarga chek qo‘yilgandan so‘nggina arab siyosiy arboblari va zodagonlari Movarounnahrga harbiy yurish vaqti keldi, deb topdilar. Yangi tayin etilgan Xuroson noibi Qutayba ibn Muslimga Movarounnahrni butkul egallash va qat'iyat bilan harakat qilish topshiriladi.

Markaziy Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik davlatlar o‘rtasidagi nizolar Qutaybaga qo‘l keldi. O‘z harbiy yurishlarini Qutayba 705 yili Balx viloyatini bosib olish bilan boshladi. Bu yurish bilan arablarning Movarounnahrga 2-asosiy harbiy harakati boshlandi. Balxdan tashqari Qutaybaga Chag‘oniyon, Shuman, Markaziy Osiyodagi kichik viloyatlar bo‘ysunardi.

706 yili Qutayba katta qo‘shin bilan Movarounnahrga kirib keldi. Tarixchi Tabariyning ma'lumotiga ko‘ra, Qutayba obod va boy shaharlardan biri Poykant tomon harakat qildi va og‘ir janglardan so‘ng u arablar qo‘liga o‘tdi.

Arablar ketma-ket Movarounnahr yerlarini egallay boshlaydilar. 708-709 yillar mobaynida Qutayba Buxoroga bir necha bor hujum qilib shaharni zabt etadi. So‘ng Xorazm va Samarqandni o‘ziga bo‘ysundiradi.

Qutayba 713 yili Choch qo‘shinini tor-mor etib, uni egallaydi, Ustrushonada hal qiluvchi jang olib borib, Xo‘jand va Kosonni zabt etadi. 714-715 yillar boshida Qutayba Qashqargacha bo‘lgan yerlarni qo‘lga kiritadi. O‘sha yili arab xalifasi Volid vafot etadi. Xalifalik taxtiga Sulaymon ibn Abdumalik o‘tiradi. Qutayba Sulaymonga nisbatan g‘animlik munosabatida bo‘lib uni qo‘llab quvvatlamas edi. Qutayba uning taxtga chiqishidan norozi bo‘lib, isyon ko‘taradi. Natijada, bu isyon muvaffaqiyatsiz tugab, Qutaybaning o‘zi 715 yili Farg‘onada o‘ldiriladi. 

O‘rta Osiyo bosib olinganidan so‘ng bu hududlarni boshqarish markazi Marv shahri bo‘lib qolgan edi. Bu yerda xalifalikning noibi turgan va u Movarounnahr, Xurosonni idora qilgan. Dehqonlar xalifalik noibining mahalliy aholi orasidan bo‘lgan vakiliga bo‘ysunganlar. Bunday kishilar amir unvoniga ega hisoblanar edilar.

Xalifa davlatni boshqarishda vazir ul-vuzaro (ulug‘ vazir)ga tayangan. Harbiy ishlar, umuman, harbiy qo‘shinlar amir ul-umaro qo‘li ostida bo‘lgan. Xalifa turli masalalarni devon ad-dar, ya'ni kengashda ko‘rib chiqar edi. Devon ad-dar uchta asosiy devonga bo‘lingan, ular: devon al-mashriq, devon al-mag‘rib va  devon al-harajdan iborat bo‘lgan.

Movarounnahrga   tegishli   masalalar   devon   al-mashriqda xal etilar edi.

Dehqonlar orasida  yer-mulk,  shaxsiy uy-joy va qo‘rg‘onlar masalasida nizo va  janjallar chiqib qolsa, muammoni xalifa hal qilar edi. Har bir huquqiy muammo qonun-qoidalarga binoan ko‘rib chiqilgan. Islom huquqshunosligining asosini shariat qonun-qoidalari tashkil qilgan. Shariat asosan  quyidagi   manbalarga  tayanadi:

1. Qur'oni Karim-musulmonlarning  muqaddas    kitobi.

2. Xadisi Sharif-Muhammad payg’ambarning nasihatlari, ko‘rsatmalari va  faoliyati   bilan bog‘liq   axloqiy  huquqiy   me'yorlar.

3. Idrokli  xalifalarning odil qarorlari va farmoyishlari.

4. Jamoada nufuzli, obru-e'tiborli musulmon huquqshunoslarning turli savollarga javoblari va tavsiyalari.

Yuqoridagi muhim manbalar qatorida shariatda urf-odatlar bilan ham  hisoblashilgan. Udumlar turli xalqlarda har xil bo‘lganligi sababli, ular shariat asoslariga mos holda qabul qilingan. O‘rta Osiyo xalqlarining zardushtiylik davridan saqlanib qolgan marosimlari, to‘ylardagi ayrim udumlar, bayramlar va shunga o‘xshash an'analar islom dini bilan muvofiqlashtirilgan.

Islom dinida fatvo atamasi keng qo‘llanilib, u islom qonunshunosligida oliy martabali va nufuzli shaxslarning, dunyoviy hukmdorlarning qarorlari va farmoshlarini yozma ravishda tasdiqlashni anglatgan.

Iqtisodiy hayotni o‘z qo‘llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig‘i-xiroj, chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot hamda Islomni qabul qilgan shaxslardan olinadigan juz'ya solig‘i ham  qo‘shildi.

Movarounnahrning xiroj to‘lovchi  mehnatkashlar guruhi "harros" atamasi bilan  nomlangan. Soliq yig‘uvchilar "amil" degan nomda  aytilgan. Bog‘doddan maxsus soliq yig‘uvchi Buxoroga kelib, soliqlarni o‘zi jamlab olib ketgan. Soliqlar pul yoki mahsulot shaklida to‘lanib turilgan. Xiroj xalifalikning mulki va xazinaga tushadigan    daromadning asosini tashkil etar edi.  Yer solig‘ining bir qismi sug‘orish inshootlari barpo etishga sarflangan, boshqa qismi esa xalifa xazinasini to‘ldirar edi.

Xalifalik davrida mulkchilikni belgilovchi me'yorlar O‘rta Osiyoga ham oid edi. Yerning huquqiy asoslari quyidagi tartibda shakllandi:

1. Vaqf-masjid, madrasa-maktab va muqaddas joylar uchun ajratilgan  mulk  bo‘lib,  ular soliqdan  ozod  etilgan.

2. Mulk-xususiy  yer   egalariga  qarashli   yerlar.

3. Iqta-xizmati  uchun  beriladigan  yerlar.

Soliq undirish og‘ir kechgan. Soliq yig‘uvchilarning o‘zboshimchaliklari, talon-tarojlik, urushlar tabiat injiqligidan zarar ko‘rgan aholining ko‘p qismining xonavayron bo‘lishiga olib keldi. Movarounnahrda bu jarayon ijtimoiy toifalar orasidagi farqni keskin o‘zgartiradi. Soliq yig‘ish va xalifalik xazinasini to‘ldirishning boshqa bir usuli-bu islomni qabul qilmaganlardan jon solig‘i va xiroj olinishi bo‘lgan. Isyon ko‘targan va qo‘zg‘olonlarda qatnashgan aholining mulklari tortib olinar, o‘zlari-qatl etilar, ular joylashgan yerlar iqta tariqasida harbiylar va amaldorlarga bo‘lib berilar edi. Arablar olib borayotgan bunday siyosatga qarshi ko‘plab xalq ozodlik harakatlari bo‘lib o‘tdi. Qurak, Devashtich, Muqanna kabi vatanparvarlar boshchiligidagi ozodlik harakatlari shular jumlasidandir. 720-722 yillarda Samarqand ixshidi Qurak va Panjikent hokimi Divashtichlar boshchiligida So‘g‘diyona aholisi arablarga qarshi bosh ko‘tarib chiqdi. Qattiq kurashlardan so‘ng Xuroson noibi Sayd ibn Amir al-Xoroshiy qo‘zg‘olonni  bostirdi va  qo‘zg‘olonchilardan shafqatsizlarcha o‘ch oldi.

723 yilda Farg‘onada qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Uni Shosh, Nasaf va boshqa hududlarning aholisi qo‘llab-quvvatladilar. 725-729 yillarda esa Samarqand, Buxoro va Xutalon aholisi bosh ko‘tardi. Bu davrlarda O‘rta Osiyoning boshqa shaharlarida ham norozilik harakatlari bo‘lib o‘tdi, og‘ir ahvolga tushib qolgan istilochilar Xuroson va Movarounnahr noiblarini bir necha bor o‘zgartirishga majbur bo‘ldilar. VIII asrning 70-80 yillarida arablarga qarshi Xoshim ibn-Hakim-Muqanna (niqobdor) boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tdi. Tarixda bu qo‘zg‘olon "Oq kiyimliklar" qo‘zg‘oloni deb ham  yuritiladi. Qo‘zg‘olonning markazi Kesh yaqinidagi Som (Sanam) qal'asi bo‘lgan. Bu harakat Qashqadaryoda boshlanib butun O‘rta Osiyoga tarqaldi. Qo‘zg‘olonchilar 10 yil davomida qo‘zg‘olonni bostirish uchun yuborilgan arab qo‘shinlari bilan tengsiz kurash olib bordilar. Kurashning hal qiluvchi, oxirgi bosqichi Kesh vodiysidagi tog‘lar orasida olib borildi. Som qal'asi uzoq va surunkali qamalga olindi. Natijada tinkasi qurigan qo‘zg‘olonchilar taslim bo‘lishga majbur bo‘ldilar. Ammo Muqanna oxirgi daqiqaga qadar ham dushmanga taslim bo‘lmadi. Shu tariqa arablar siyosatiga qarshi o‘n yildan ortiqroq davom etgan Muqanna boshchiligidagi oq kiyimliklar qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchradi. Buning asosiy sabablari:

1. Arab qo‘shinlari muntazam, tartib-intizomli, yaxshi qurollangan qo‘shin edi.

2. Qo‘zg‘olonchilar turli toifa va tabaqalarning vaqtinchalik qurama ittifoqidan tashkil topgan edi.

3. Qo‘zg‘olonchilar  orasida  birlik,  ahillik  doimiy suratda  bo‘lmadi.

4. Uzoq davom etgan kurashlar qo‘zg‘olonchilarning tinka-madorini quritib,  iqtisodiy  ahvolini   nochor  ahvolga keltirgan edi.

Qo‘zg‘olon yengilgan bo‘lsa-da, u keyingi avlodlar uchun tarixiy saboq  bo‘ldi. Erk, ozodlik, Vatan mustaqilligi uchun kurash hamma va har qanday narsadan ustun turishini isbotladi.

Arablar o‘z hukmronligini va uning barqarorligini ta'minlashda islom dinini keng yoyishga va targ‘ib qilishga katta e'tibor  berdilar.  Markaziy Osiyo aholisi ichida e'tiqod  qilayotgan  zardushtiylik,  moniylik, buddizm, nasroniy va  boshqa dinlar sohta deb e'lon qilindi. Bunday siyosatning muntazam olib borilishi va  ikkinchi  tomondan, islomning ko‘p jihatdan afzalligi, axloq  va  intizom nuqtai nazaridan  ommaviyligi mahalliy aholi o‘rtasida keng yoyilishiga sabab bo‘ldi. Islom  mohiyatiga yetilgach unga rag‘bat va etiqod kuchayib ketadi. Soliq, maishiy hayot bobida, zakot masalasida Qur'on va shariat axkomlarining qoidalari aholi tomonidan qabul qilindi. Olloh oldidagi tenglik esa dinning ahamiyatini kuchaytirar edi. Musulmonchilikning xalqparvar ruhi hal qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.

Shunday qilib,  VIII asr o‘rtalariga kelib Movarounnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. So‘g‘diyonada buxorxudotlar va boshqa  hukmdorlarning  qo‘li ostidagi ma'muriy-idora usuli o‘z shaklini saqlab qolgan bo‘lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga bo‘ysunishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining-ko‘pchiligi o‘z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolishga harakat qilgan edilar. Shu tarzda arablar Movarounnahr siyosiy tizimi va diniy e'tiqodiga o‘z ta'sirini o‘tkaza oldi.

VIII asr oxirlari va IX asrning boshlarida Arab xalifaligining siyosiy tang ahvolga tushib qolishi O‘rta Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishiga qulay shart sharoitlar yaratdi. Bunday davlatlar dastlab Movarounnahrning shimoliy va shimoliy-sharqiy hududlarida xalifalikka bo‘ysundirilmagan o‘lkalarda tashkil topdi. Ulardan biri qorluqlar va ikkinchisi o‘g‘iz davlati edi. IX asr boshlarida xalifa Xorun ar-Rashid vafotidan keyin arablar zabt etgan mamlakatlar birin- ketin mustaqillikka erisha boshladilar. Bu jarayon Movarounnahr va Xurosonda ham boshlandi. Xususan, o‘lkaga hukmronlik qilgan toxiriylar sulolasi davrida (840-860) mustaqil davlatga aylanishda dastlabki natijalarga erishildi.

860-870 yillarda esa O‘rta Osiyo Somoniylar sulolasidan bo‘lmish aka-ukalar Nasr va Ismoil ibn Ahmadlar xatti-harakati tufayli to‘la mustaqillikka erishdi. Somoniylar mustaqil   davlat yaratish uchun, avvalo, kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunar edilar. Biroq aka-uka o‘rtasidagi qo‘shhokimiyatchilik  uzoqqa bormadi. Natijada, Nasr va Ismoil o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayib ketadi va bu ularning harbiy to‘qnashuviga sabab bo‘ladi. 888 - yilda Ismoil akasi ustidan uzil-kesil  g‘alaba qozondi.         892- yildan boshlab esa Ismoil Somoniy Movarounnahrning yagona hukmdori bo‘lib qoladi.

Ismoil Somoniy o‘z davrining qobiliyatli, serg‘ayrat va zukko davlat arbobi bo‘lib, Movarounnahr hududida yirik markazlashgan davlatga asos soldi. U o‘z davlatiga doimo xavf solib turgan ko‘chmanchilar ustiga 893 yilda qo‘shin tortdi, Taroz shahrini egallab, shimoldan bo‘ladigan hujumlarga barham berdi. Kuchayib borayotgan va mustaqillikka intilayotgan Ismoil Somoniy siyosati Arab xalifaligini tashvishga solayotgan edi. Shu bois xalifa Mu'tazid Somoniy bilan Xuroson noibi Amr ibn Laysni to‘qnashtirib, o‘z maqsadiga erishmoqchi bo‘ldi. 900 yilda Ismoil hal qiluvchi jangda Amr ibn Laysni yengib, Xurosonni ham  o‘ziga qo‘shib oldi. Natijada, xalifa Somoniy davlatini tan olib, unga hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur bo‘ldi. Ana shu tariqa IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi hukmronligidan xalos bo‘ldi. Yana shuni ta'kidlash kerakki, islom dini umumiy bo‘lib, mintaqada u asosiy e'tiqodga aylanib bordi. Somoniylar davlatida markaziy va viloyatlar boshqaruvi tizimi Ismoil Somoniy davrida uzil-kesil qaror topdi. U davlat boshqaruvini takomillashtirish maqsadida bir qancha islohotlar o‘tkazdi. Davlat boshqaruv tizimini tashkil qilish va takomillashtirishda ma'rifatli vazirlar bo‘lmish Abdullo Muhammad Jayxoniy va Abu Fazl Bal'amiylarning xizmati katta bo‘lgan. Somoniylar davlati tepasida amir turgan. Amirlikning ma'muriy tizimi quyidagicha bo‘lgan: dargoh (amir saroyi) va devon (davlat idorasi). Saroydagi eng ulug‘ mansabdor- xojibi buzurg (ulug‘ xojib) bo‘lib, unga saroy ahliga ko‘z-quloq bo‘lib turish vazifasi yuklatilgan edi. Undan keyin sohibi haros (saroy soqchilari boshlig‘i) turgan. Amiri haros oliy hukmdor farmonlarini ijro etgan. Dargohning xo‘jalik ishlari bilan vakil shug‘ullangan. Davlat boshqaruvi Buxoro Registoni atrofida joylashgan unta devon qo‘lida bo‘lgan. Devoni vazir yoki xojayi kalon barcha ma'muriy, siyosiy na xo‘jalik muassasalarini nazorat qilgan. Vazir barcha harbiy kuchlarni ham boshqargan.

Somoniylar davrida quyidagi devonlar bo‘lgan:

1.  Devoni mustavfiy-moliyaviy ishlar devoni, uni xazinachi boshqargan.

2. Devoni amid-elchilik va muhim davlat ishlarini boshqargan. U devoni rasoyil, devoni insho ham  deyilgan.

3. Devoni sohibushrot-sipohiylarni va shox saroyini moddiy jihatdan ta'minlagan. Yiliga to‘rt marta lashkar sipohiylariga maosh berilgan.

4. Devoni sohibbarid-davlat elchilari va viloyat hokimlari ustidan maxfiy nazorat ishlarini boshqargan.

5. Devoni  muxtasib-bozorlarda tarozu va narh-navoni, keyinchalik aholi   tomonidan shariat qonun-qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilib turuvchi muassasa.

6. Devoni mushrif (nazorat qiluvchi) -xazina kirim- chiqimi va boshqa muhim davlat ishlarini nazorat qilgan. Bundan tashqari:

7.  Devoni qozi

8.  Devoni ziyo

9.  Devoni mamlakati xos (davlat mulklarini boshqargan)

10. Devoni vaqf mavjud bo‘lgan.

Barcha devonlarning viloyat va shaharlarda bo‘limlari bo‘lib, hokimlarga bo‘ysungan. Faqat devoni barid muassasalari markaziy davlatga bo‘ysungan. Shaharlar maxsus  raislar tomonidan boshqarilgan. Amaldorlar orasida ruhoniylarning nufuzi yuqori bo‘lib, ular Shayxulislomga itoat qilganlar.

Somoniylar qo‘shinlari muntazam va mahalliy hokimlar qo‘lidagi ixtiyoriy yo‘llangan lashkardan tashkil topgan edi.

Somoniylarda sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslangan edi. Sud ishlari qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayoni qozikalon, qozilar, mufti, raislar tarafidan amalga oshirilgan. Og‘ir jinoyat qilganlar o‘limga yoki uzoq muddat qamoq jazosiga mahkum etilgan.

Davlat xizmatchilari (amaldorlar) boy dehqonlar (yirik yer egalari)dan tayinlangan. Bunda ular yuqori tabaqadan bo‘lishlaridan qat'i nazar, bilimdon, ma'rifatli kishilar bo‘lishlari shart edi. Amaldorlar arab va fors tillarini, shariat qoidalari (qonunlari)ni yaxshi bilishlari talab qilingan. Shuningdek, ular dunyoviy bilimlardan ham  yaxshi xabardor bo‘lishlari ko‘zda tutilgan.

X asrlarda xo‘jalikning barcha sohalari rivojlana boshladi. Jumladan, konchilik nihoyat darajada taraqqiy etdi. Temir, mis,  qo‘rqoshin, oltin, kumush, feruza va  boshqa qimmatbaho toshlar qazib olindi. Xatto Farg‘onada toshko‘mir va neft topib ishlatilgan. 

Bu davrda mamlakatda bir tomondan dehqonchilik ikkinchi tomondan hunarmandchilikning rivojlanishi ichki va tashqi savdoning kuchayishiga olib keldi.

X asrda tashqi savdo muomalasida sarroflik cheklaridan keng foydalanilgan. Ichki bozorda "fals" deb atalgan mis chaqa, savdo sotiqda esa kumush tanga-dirhamlar ishlatilgan. Somoniylar "ismoiliy",  "muhammadiy", "qitrifiy" nomlari bnlan bir necha kumush dirhamlar chiqarganlar. Somoniylar davlati yer egaligiga asoslanganligi tufayli undagi mulkiy bo‘linish ham turli xil shakllarga ega bo‘lgan. Bular quyidagilardir:

1. Mulki sultoniy-sulton (amir)ga tegishli yerlar. Undan tushadigan daromadlar davlat xazinasiga o‘tkazilar edi. Bu daromad juda katta yer-mulklarni, shu jumladan, ko‘p sonli dehqon mulklarini ham  o‘z ichiga oladi.

2. Mulk  yerlari-xususiy mulk yerlari. U asosan hukmron  sulola  vakillari  hamda yuqori tabaqa  namoyondalari ixtiyoridagi yerlar.

3. Vaqf yerlari-bu majjit, madrasa va boshda diniy muassasalar tasarrufiga berilgan yerlar. Ulardan keladigan barcha daromadlar musulmon ruhoniylari   manfaatlari uchun sarf qilingan. Bu yerlar soliq  to‘lashdan qisman yoki butunlay ozod etilgan.

Somoniylar davrida ham  ko‘pchilik dehqonlar ommasi turli xil soliq va to‘lov turlaridan tashqari davlat tomonidan ko‘plab majburiyatlarni o‘tashga jalb etilgan. Suv inshootlarini tozalash, ta'mirlash, to‘g‘onlar, ko‘priklar, yo‘llar qurish shular jumlasidandir.

Qishloqlarda esa yersiz ziroatchilar kadevarlar, ijarachi bo‘lib ishlaganlar barzigar, deb atalgan. Yirik mulkdorlar, yollanib ishlovchilar mehnatidan keng foydalanganlar.

Markazlashgan davlatdagi siyosiy barqarorlik jamiyat hayotining turli tomonlarining rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatdi. Bu jarayon ijtimoiy hayotda iqtisodiyot va madaniyatda ham o‘z ifodasini topdi. Bu yerdagi shaharlar qisqa muddat ichida musulmon Sharqining har tomonlama rivojlangan yirik shaharlariga aylandi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Somoniylar davlati har qancha kuchli bo‘lib ko‘rinsa-da, biroq u barcha ijtimoiy ziddiyatlarni hal eta olmadi. Bu oxir oqibatda uni ichdan yemirdi. Somoniylar davlati ichidagi o‘zaro ziddiyatlarning kuchayib borishi, kambag‘al tabaqalar va yersiz aholinnng qo‘zg‘olonlari uning zaiflashuviga olib keldi. Shuningdek, oliy hokimiyat tizimi bilan mahalliy hokimlar o‘rtasidagi ixtiloflarning chuqurlashib borishi esa uning inqirozi bilan tugallandi. Buning natijasida X asr oxiriga kelib, bu hududda qoraxoniylardan iborat yangi sulolaning hukmronligi vujudga keldi va mustahkamlanib bordi.

II

Qoraxoniylar davlati. X asr o‘rtalariga kelib Yettisuv va Qashqar hududida yashovchi qorluq, chigil va yag‘mo qabilalarining birlashuv jarayoni yangi pallaga kirdi.

Qorluqlar madaniy taraqqiyotda boshqa qabilalardan ancha yuqori turgan. Qoraxoniylar davlatining vujudga kelishida chigillar, to‘xsilar, arg‘unlar, yag‘molar, turgashlar, qipchoqlar, o‘g‘izlar, qirg’izlar singari urug‘ qabilalari ham muhim rol o‘ynadilar. Bu davlatga yag‘mo urug‘idan chiqqan, o‘z qavmi bilan islom dinini qabul qilgan Sotuq Abdul-Karim qoraxon (Buqroxon) asos solgan. "qora" iborasi qadimgi turkiy tilda "buyuklik", "ulug‘lik" ma'nolarini anglatgan.

X asrning oxiriga kelib siyosiy jihatdan kuchaygan, harbiy qudratga ega bo‘lgan Qoraxoniylar davlati Movarounnahr sarhadlari tomon yurish boshlaydi. Bu davrda Somoniylar tushkunlikka yuz tutib, hukmdorlarining nufuzi va ta'siri tushib ketgan edi. Somoniylar hokimiyatining asosiy tayanchi bo‘lib kelgan turk g‘ulomlari, ularning sarkardalari somoniy hukmdorlarning izmiga bo‘ysunmay qo‘ygan edilar. Natijada, 999 - yilga kelib Buxoro qoraxoniylar tomonidan ishg‘ol qilindi. 1001- yilda M.G‘aznaviy bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Amudaryoning shimolidagi barcha hududlar qoraxoniylarga tegishli bo‘lib qoldi. Shu tariqa Somoniylar davlati o‘rnida 2 ta- qoraxoniylar va G‘aznaviylar davlati tashkil topdi.

Qoraxoniylar Movarounnahrni egallashlari natijasida bu yerdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Somoniylar davrida vujudga kelgan markazlashgan davlat o‘rnida mamlakatni udel tizimi (ayrim viloyatlarga bo‘lingan tizim) asosida  boshqaruv  o‘rnatildi. Qashqardan Amudaryogacha cho‘zilib ketgan katta hudud bir necha viloyatlarga bo‘lingan edi. Movarounnahr viloyatlarining poytaxti Samarqand, Farg‘onaning  poytaxti  esa o‘zgan  bo‘lib, qashqarda bosh xoqon istiqomat qilgan.

Shunday ulkan hududdagi barcha yerlar qoraxoniylar xonadanining (sulolasining) shaxsiy mulki hisoblanib, uning tepasida ulug‘ (bosh) xon turgan. Sulola boshlig‘i "xonlar xoni" yoki "sultonlar sultoni" nomi bilan yuritilgan. Rasman bu "Tamqachxon" deb atalgan.

Udellar (viloyatlar)ni qoraxoniylar avlodi vakillari boshqargan. Masalan, Sharofuddin ismli Tamqachxon viloyatlarni aka-ukalari, o‘g‘illari va qarindosh-urug‘lariga bo‘lib bergan, o‘zi esa bevosita Qashqar va Bolasog’unni boshqargan. Demak, ilgarigi xonlar, amirlar singari davlat boshqaruvida sulola vorisligi saqlanib qolgan. Ammo "xonlar xoni" (Tamqachxon) bilan viloyat xonlari (iloqxonlar) o‘rtasida aloqa, munosabatlar mustahkam  bo‘lmagan.

          Qoraxoniylar davlati boshlig‘i lavozimi-xoqon taxti merosiy sanalgan. Ma'muriy idoralar ikkiga bo‘lingan: dargoh va devonga. Xoqonning ulug‘ xojibi xoqon bilan fuqaro o‘rtasida vositachilik qilgan. 

          Xoqon harbiy qo‘shinlari cherik deyilgan, unga sipoxsolar qo‘mondonlik qilgan. Qo‘shin o‘nlik, yuzlik, mingliklarga bo‘lingan. Xoqon qoshida doim to‘qqizta sariq bayroq hilpirab turgan. Xoqonlikda elchi yalovoch  deb atalgan.

          Tamqachxonlar o‘z pullarini chiqarganlar. Bu pullar misdan yasalgan (zarb etilgan) tangalardan iborat edi. Milliy pul chiqarash, ma'lumki, davlat mustaqilligining muhim alomatlaridan biridir.

Qoraxoniylar o‘z xususiyatlarini saqlab qolgan holda, somoniylar davridagi idora boshqaruv tartib-qoidalarini qo‘llaganlar va somoniylar davlatida xizmat qilgan quyi pog‘onadagi ilmli hodimlardan foydalanganlar.

Xoqonlik hududlari el viloyatlarga bo‘lingan. El-yurt hokimlari "Iloqxon" viloyat noiblari "takin" deb yuritilgan. Iloqxonlar o‘z nomlari bilan chaqa tangalar zarb qilar, viloyatlarning mustaqilligi uchun intilar edilar. Viloyat boshqaruv ma'muriyatida somoniylar davridagidek sohibbaridlar, mustavfiylar xizmat qilardi. Shaharlar va shahar  hokimi, rais va muxtasiblar tomonidan boshqarilar edi. Har bir xon o‘ziga mustaqil bo‘lishga intilgan, bu esa davlatning zaiflanishiga olib keladi.

Imomlar, saidlar, sadrlar katta imtiyozga ega bo‘lganlar. qoraxoniylar ularni izzat qilib qo‘llab-quvvatlaganlar.

Qoraxoniylar davrida bir qator ijtimoiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ularning asosiy tayanchi bo‘lmish ko‘chmanchi chorvadorlarning bir qismi dehqonchilik bilan shug‘ullanib o‘troq hayotga o‘tdi. o‘troq dehqon aholisi o‘rtasida feodal munosabatlarning rivojlanishi tez sur'atlar bilan bordi va sinfiy tabaqalanish jarayoni kuchaydi.

Ilgari jamiyatda, davlatda katta mavqega, imtiyozlarga ega bo‘lgan yirik yer egalari (ma'lumki, ular dehqonlar deb atalardi) qoraxoniylar hukmronligi davrida o‘z imtiyoz-ustunliklarini yo‘qotdilar, hatto ko‘plari yerlaridan mahrum bo‘ldilar, oddiy xalq qatoriga tushib qoldilar. Shu vaqtdan boshlab "dehqon" so‘zi yerda ishlaydigan oddiy tabaqaga tegishli bo‘lib qoldi. Davlat ixtiyoriga o‘tgan dehqon yerlari harbiylar, ruhoniylar va boshqa oliy tabaqa vakillariga xizmatlari evaziga iqta sifatida bo‘lib beriladi. Shu davrdan boshlab, zamindorlar "iqtadorlar" deb atala boshlandi.

Qoraxoniylar davrida hududimizda turklashish jarayoni, ya'ni turkiy qabilalarning, turkiy tilning bu zaminda yashab kelayotgan sharqiy Eron tilida so‘zlovchi qabilalarga, elatlarga tasiri, turkiy urf-odatlarining yoyilishi, hayotga kirib borishi  kuchaydi.

Qoraxoniylar hukmronligi davri o‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg’iz, turkman, qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlarning etnik shakllanishida muhim bosqich bo‘ldi.

Turkiylarning mavqei oshdi, o‘troq aholi son jihatdan ko‘paydi, aholi o‘rtasida ijtimoiy tabaqalanish jarayoni kuchaydi. Mamlakatda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, me'morchilik, madaniyat, san'at ravnaq topdi.

XI asrning 40-yillariga kelib qoraxoniylar o‘rtasidagi sulolaviy kurashlar oqibatida xonlik ikkiga bo‘linib ketadi. Harbiy xonlik markazi  Buxoro bo‘lib,  unga Movarounnahr va Farg‘onaning harbiy hududlari kirgan. Sharqiy xonlik markazi Bolasoqun bo‘lib, uning tarkibiga Talos, Isfijob, Shosh, Farg‘onaning sharqiy qismi, Yettisuv va Qashg‘ar yerlari kirgan. Qoraxoniylarning yer, mol, dunyo va davlat talashib g‘aznaviylar, saljuqiylar va qoraxoniylar bilan olib borgan urushlari natijasida davlat kuchsizlanib boradi. 1130 yilda qoraxoniylar davlati saljuqiy Sulton Sanjarga qaram bo‘lib qoldi. 1211 yilda esa Xorazmshox Aloviddin Muhammad qoraxoniylarga so‘nggi zarbani berdi va Movarounnahrda qoraxoniylar sulolasini tugatdi.

III

Xorazmshoxlar davlati 1017 - yilda Mahmud G‘aznaviy tomonidan zabt etib, o‘z mustaqilligidan mahrum bo‘lgan Xorazm ko‘p vaqt o‘tmay (1044), saljuqiylar davlatiga qaram bo‘lib qoldi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o‘z ma'murlaridan Anushtakinni Xorazmga noib hukmdor qilib tayinlaydi. Anushtakin vafotidan so‘ng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097-1127 ) noiblik qildi.

Xorazmning mustaqilligi uchun kurash XII asrning ikkinchi choragidan boshlanadi. U Qutbiddin Muhammadning o‘g‘li Otsiz (1127-1156) nomi bilan bog‘liqdir.

Mohir diplomat va g‘ayratli lashkarboshi Otsiz va uning vorislari Xorazmni saljuqiylar tasarrufidan ajratib olindi.

Otsiz siyosatini uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Alouddin Takash (1172-1200 y.) davom ettirdilar.

1156 yilda Sulton Sanjarga qarshi ko‘chmanchilar isyon ko‘tardi. Buning oqibatida Saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab, parchalanib ketdi. Xorazmning hukmronlik doirasi kengayib, uning mustaqilligi yanada  mustahkamlandi. Xorazm davlati, ayniqsa, Otsizning nabirasi Takash davrida kengaydi. U 1187 - yili Nishopurni, 1192 - yilda Rayni, 1193 yilda Marvni egalladi. 1194 yilda Saljuqiylar sultoni Tug‘rulbek II ga zarba berdi. Butun Sharq va g‘arbiy Eron hududlari Takash qo‘liga o‘tdi va Xorazmshohlar davlatining yerlari ikki barobardan ko‘proq kengaydi.

Takash davlati harbiy feodal davlat edi. Uning doimiy 150 ming kishilik qo‘shini bor edi. Xorazmshohlar davlatining siyosiy tizimi ancha samarali edi. Unda devon bosh idora hisoblanar edi. Devon tepasida turgan vazir davlat ichki va tashqi siyosatini o‘z qo‘li ostidagi xodimlar orqali amalga oshirar edi. Takashning xotini Turkonxotun tufayli Xorazmga kelgan turk zodagonlari va qipchoqlar davlatning barcha mas'uliyatli lavozimlarini va qo‘shinda qo‘mondonlik o‘rnini egallaydilar.

Takashdan so‘ng uning o‘g‘li Sulton Muhammad Alovuddin (1200-1220) ham Xorazm davlatini kengaytirish siyosatini davom ettiradi. Dastlab u Xirot va uning atroflari hamda Xurosonning Xorazm davlatiga kiritilmagan viloyatlarini egalladi, U qoraxoniylarga zarba berib, Movarounnahrni ular qo‘lidan tortib olishga harakat qildi.

XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning shimoliy-g‘arbiy va harbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan janubiy g‘arbda Iroqqa qadar borar edi. Janubiy-sharqiy hududlari qazna viloyatidan, shimoliy-sharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti qipchoqdan o‘tar edi.

Bu ulkan davlatning poytaxti Urganch shahri edi. Biroq qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar Xorazmshoh Alovuddin Muhammadni esankiratib qo‘ydi. U o‘zini dunyoda eng qudratli, yengilmas shoh deb hisobladi. Shu bilan birga o‘zini "Iskandari soniy" (Ikkinchi Iskandar) deb ham  atay boshladi.

1217 - yil Xorazmshoh lashkarlarining Bog‘dodga qarshi yurishida omad uncha boqmadi. Biroq, 1219 - yil mo‘g‘ullar Movarounnahrga hujum boshlaganligi to‘g‘risida xabar keldi. Xorazmshoh faqat tashqi ko‘rinishdangina kuchli ko‘rinar edi. Viloyat hukmdorlarining isyonlari, xalqning norozilik harakatlari Xorazmshoh davlatni zaiflashtirdi. Chingizxon boshliq mo‘g‘ullar hujumiga bardosh bera olmay,  saltanat    tez fursatda qo‘ladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4 mavzu:    AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR  DAVRIDA O‘ZBEK DAVLATCHILIGINING RIVOJLANISHI. IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY VA MADANIY HAYOT

 

    Reja:

1. Amir  Temurning ulkan saltanat tashkil etishi.

2. Markazlashgan Temur davlatining ma'muriy  va  harbiy tuzilishi. Temur tuzuklari.

3.  Temuriylar davrida  ijtimoiy,  madaniy  hayot.

 

Amir Temur Vatanimiz tarixida, o'zbek davlatchiligi taraqqiyotida beqiyos xizmat ko'rsatgan shaxs. Amir Temur jahon xalqlari tarixida buyuk davlat arbobi, mashhur sarkarda sifatida e'tirof topgan yorqin siymodir (Sovet xokimiyati davrida savodsiz, qonxo'r, zolim, bosqinchi deb o'qitilib kelingan edi). Faqatgina, mustaqilligimiz sharofati tufayli o'z ona tariximizni xolisona yoritish, tarixiy haqiqatni qaror toptirish barobarida Amir Temur nomini oqlash, shuxratini ko'tarishga muyassar bo'ldik.

Yurtboshimiz I.Karimov tashabbusi bilan 1996 yilning A.Temur yili deb e'lon qilinishi va shu yili bobokalonimiz tavalludining 660 yilligi butun mamlakatimizda hamda YuNESKO tashabbusi bilan butun dunyo miqyosida nishonlanishi jahon ahlining bu buyuk zotga cheksiz hurmati va e'zozi ramzidir. (Parijda 1 xafta davomida A.Temur kunlari o'tkazilgan).

Hozirgi kunga kelib bir qancha haykallar qurildi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi (1996 y. 17.10.).

Amir Temur 1336- yilning aprel oyida Kesh shahri yaqinidagi Xo'ja Ilg'or qishlog'ida (hozirgi Yakkabog' tumani hududida) barlos qabilasi ulug'laridan Tarag'ay Bahodir xonadonida dunyoga keldi.

Temurbekning otasi Muhammad Tarag'ay va amakisi Hoji Barloslar barlos qabilasining yirik mulkdorlaridan bo'lgan. Temurbek yoshlik chog'idanoq harbiy ishga nihoyatda qiziqqan va otasidan yaxshi tarbiya, saboq olgan.

XIV asrning 50-60 yillarida Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik g'oyatda kuchayib, o'zaro kurash yanada keskinlashdi. O'lkadagi har bir viloyat alohida hukmronlikka ajralib, ular o'rtasida nizo kuchayib ketdi va qonli urushlarga aylandi. Davlat ishlari esa butunlay izdan chiqqan edi. Siyosiy parokandalik, o'zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bo'lib, o'lka aholisini, ayniqsa dehqonchilik xo'jaligini  xonavayron qilgan edi. Mana shunday vaziyatda, 1348- yilda Mo'g'uliston xoni qilib ko'tarilgan Chig'atoy naslidan bo'lgan Tug'luq Temurxon Mo'g'uliston amirlari ulusning g'arbiy qismi - Movarounnahrni ham bosib olishga harakat qildi. Bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talab qaytdi. Natijada mo'g'ullar istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati boshlandi. Shunday siyosiy beqarorlik davrida Temurbek siyosat maydoniga dastlabki qadamlarni qo'ymoqda edi.

1360 va 1361 - yillarda Tug'luq Temur Movarounnahrdagi og'ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, uni butunlay o'ziga bo'ysundirishga harakat qiladi. U hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryo vohasiga bostirib kirdi. O'sha vaqtlarda Qashqardaryo viloyatining hokimi Hoji Barlos dushmanga qarshi kurashish o'rniga Xurosonga qochdi va o'sha yerda o'ldirildi.

Amir Temur amakisining viloyatini qo'ldan bermaslik maqsadida Tug'luq Temurxon ishonchini qozonib uning xizmatiga o'tdi va Kesh viloyatiga hokim etib tayinlandi. Tug'luq Temurxon o'g'li Ilyosxojani Movarounnahrning hokimi etib yubordi. Ammo Temurbek unga xizmat qilishni istamadi va Balx hokimi amir Husayn ibn Musallab bilan ittifoq tuzdi. Temurbek Amir Husaynning singlisi O'ljoy Turkon og'oga uylangach, ularning ittifoqi qarindoshlik aloqalari tufayli yanada mustahkamlandi. Amir Temurbek avval o'zboshimcha amirlarga qarshi ichki, so'ngra esa mo'g'ullarga qarshi tashqi kurash olib bordi. Seyistondagi janglarda qo'li va oyog'idan og'ir yaralandi.

1363- yil Tug'luq Temurxon vafot etib, Mo'g'ulistonda xonlik taxtini Ilyosxoja egallaydi. O'sha yili Amudaryoning chap sohilidagi Qunduz shahar yonida mo'g'ullar bilan bo'lgan 1-jangda Temurbek g'alaba g'ozondi. Shundan so'ng mo'g'ullarni to'xtovsiz ta'qib etish boshlandi. Mo'g'ullar ham Movarounnahrni osongina berib qo'yishni istamas edilar. Ilyosxoja 1365- yilda katta qo'shin bilan Sirdaryo tomon yo'lga chiqdi. Husayn va Temurbek ham zudlik bilan jangga tayyorlandilar. Ular o'rtasidagi jang o'sha yili 22- mayda Chinoz bilan Toshkent o'rtasida bo'ldi. Jang paytida qattiq jala yog'ib, hammayoq loy bo'lganligidan tarixda u "Loy jangi" nomi bilan mashhur bo'lib qolgan. Jangda Temurbek bilan Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida ularning birlashgan qo'shini mag'lubiyatga uchradi. Bu mag'lubiyat dushmanga Movarounnahrga, xususan, uning markaziy shahri Samarqandga tomon yo'l ochib berdi. Mo'g'ullar Movarounnahrning markaziy viloyatlarida odatiy talon-torojni yana davom ettirdilar.

Bu davrda Samarqandda sarbadorlar harakatining faollari bo'lib, ular shahar aholisini mo'g'ullarga qarshi qo'zg'olonga undadi. Qo'zg'olonga madrasa talabasi Mavlonozoda, paxta tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Quluyi Naddof va mergan Xurdak Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar mo'g'ullarga Samarqand shahrida qaqshatqich zarba berdilar. Temurbek va Husaynlar sarbadorlarning dushman ustidan qozongan g'alabalaridan mamnun bo'lganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq sarbadorlarning boshliqlari Amir Husayn huzuriga kelganlarida ular qatl etiladi. Faqat Mavlonzodani Temurbek o'z himoyasiga olib, qutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar harakati boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda Amir Husaynning hukmronligi o'rnatiladi. Ammo ko'p o'tmay Husayn bilan Temurbek o'rtasidagi munosabat yomonlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi.

1370- yil mart oyida Temur yaxshi qurollangan qo'shini bilan Keshdan chiqib, Balxni qamal qilib, shaharni egalladi. Movarounnahrning hukmdori Amir Husayn qatl etildi. O'sha yili Balxda qo'shin boshliqlarining qurultoyida Temur Amir deb e'lon qilindi va uning hukmronligi rasman qaror topadi.  Amir Temur qadimgi odatga binoan oq kigiz ustiga o'tqazilib, yuqori ko'tariladi. Amir Temurning piri Sayyid Baraka duoyi fotiha qilgach, u Movarounnahrning hukmdori deb e'lon qilinadi.

Hokimiyat tepasiga kelgan Amir Temur o'z oldiga markazlashgan, kuchli, qudratli davlat barpo etish vazifasini qo'yadi.

Amir Temur dastlab o'ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus qo'shin tashkil qiladi, so'ngra o'z davlati chegaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Avval u Amudaryo va Sirdaryo oralig'idagi yerlarni, shuningdek, Farg'ona va Shosh viloyatlarini o'z tasarrufiga oladi. Amir Temur Chig'atoy ulusining oldingi chegaralarini tiklash maqsadida 1372- yilda Xorazmga birinchi bor yurish qildi. Xorazmliklar mag'lubiyatga uchragan bo'lsalar ham, Amir Temurga bo'ysunmadilar. Shu boisdan Amir Temur Xorazmga 5 marta yurish qilib, nihoyat, 1388- yilda uni butunlay qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Tashqi siyosatda o'z yurishini Amir Temur dastavval Xurosondan boshladi. 1381- yil u Hirotni, 1381-84- yillarda Eronning katta qismini egalladi. Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga 3 marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda "uch yillik", "besh yillik" va "yetti yillik" urushlar nomi bilan mashhur.

Amir Temur Oltin O'rdaning faqat Sirdaryoning quyi oqimidagi Xorazm va Movarounnahrga iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan bevosita bog'liq yerlarinigina qo'shib olmoqchi edi. Bu davrda Oltin O'rda va Oq O'rdada 2 mustaqil hokimiyat qaror topib, ular o'rtasida kuchli nizolar davom etardi. Urusxonning tazyiqidan qochib, o'z huzuriga homiylik istab kelgan Oq O'rda xonzodalaridan To'xtamishga Amir Temur bir necha bor harbiy yordam berdi. 1379- yilda To'xtamish Amir Temurning homiyligida Oq O'rda, keyinroq Oltin O'rdani qo'lga kiritgandan so'ng, Amir Temur kutgandek uning ta'siri va panohi ostida qolmadi. To'xtamish oyoqqa turib olgach, mustaqil siyosat yurgizib, kezi kelganda hatto Amir Temurga qarshi ish ko'ra boshladi. 1387-88- yillarda To'xtamish Amir Temurning navbatdagi harbiy yurishi vaqtida fursatdan foydalanib, Movarounnahrga hujum qiladi. Natijada Amir Temur To'xtamishga qarshi 1389, 1391 va 1394-95 yillarda 3 marta katta yurish qildi. Ayniqsa  so'nggi 2 yurish uning uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.

Amir Temur va To'xtamish qo'shinlari o'rtasida so'nggi shiddatli jang 1395- yilda Shimoliy Kavkazda Terek daryosi vodiysida sodir bo'ldi. Bu daf'a jangda ham Amir Temur o'z dushmaniga qaqshatqich zarba berdi va To'xtamish hukmronligiga barham berildi.

Shundan so'ng Amir Temur o'zining diqqat-e'tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyoni zabt etishga qaratdi.

Shunday qilib, 1399-1404 yillardagi harbiy yurishlar natijasida Shomning Halb, Xums, Baalbek, Damashq kabi yirik shaharlari va arab Iroqining Ubuliston o'lkasi bilan Bag'dod zabt etiladi. Usmonli turk imperiyasi sultoni Boyazid I Yildirimga tegishli Kamoh qal'asini, so'ngra Anqarani qamal qiladi. Boyazid zudlik bilan Anqaraga ko'makka oshiqadi.

Amir Temur bilan Boyazid qo'shinlari o'rtasida jang 1402- yilning 20- iyulida Anqara yonida boshlandi.

Jangda Sulton Boyazidning qo'shini batamom tor-mor etilib, o'zi asir olindi. U bilan birga uning xotini serb malikasi Olivera, o'g'illari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga tushadilar. Amir Temur bu zafarli g'alaba bilan butun Anadolu (Anatoliya)ni zabt etib, O'rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahriga yetib boradi. Izmir zabt etilgach, salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohi tugatilib, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari taslim bo'ladilar. O'z navbatida Misr maliklari  ham Amir Temurga o'z itoatini izhor etadilar.

Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g'alabasi bilan Amir Temurga Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qirol Genrix IV va Vizantiya imperatori o'z tabriklarini yuboradi. Xullas Yevropaga ulkan xavf solib turgan imperiyaga berilgan zarba   uchun Amir Temurdan endigina uyg'onayotgan butun Yevropa minnatdor bo'ldi.

1404- yil mayida Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytib keladi va o'zining Xitoyga bo'ladigan harbiy yurishiga taraddud ko'radi. Safar uchun kerakli ma'lumotlar yillar davomida Xitoyga yuborilgan savdo karvonlari orqali allaqachon to'plab olingandi. 1404- yilning oxirida qahraton qishda u yaxshi qurollangan 200 minglik qo'shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqadi. Lekin Xitoy ustiga yurish Sohibqironning O'trorda vafoti (1405 yil 18 fevral) tufayli amalga oshmay qoladi.

Shu yurishlar natijasida A.Temur nihoyatda katta hudud barpo etishga muvaffaq bo'ldi. Amir Temur zamonasining buyuk imperiyasini barpo qilgan bo'lsa-da, ammo u umrining oxirigacha o'zini bu davlatning "qonuniy" xoni deb e'lon qilmadi. Chunki u nasl-nasabi jihatidan bevosita chingiziylar sulolasiga mansub emas edi. Shuning uchun ham chingiziylar tomonidan belgilangan an'anaga ko'ra, Amir Temur avval o'z huzurida Movarounnahrning Chingizxon avlodidan bo'lgan o'ttizinchi xoni Suyurg'otmishxonni, uning vafotidan keyin esa Suyurg'otmishxonning o'g'li Sulton Mahmudxonni rasmiy xon qilib ko'tarib, hatto umrining oxirigacha ularning nomidan yorliqlar chiqartiradi, pullar zarb ettiradi. Ammo har 2 xon ham nomigagina "xon" bo'lib, davlatning siyosiy hayotiga va Amir Temur bergan farmoyishlarga deyarli aralashmasdilar. Shunga qaramasdan, Amir Temur mamlakatda o'zining bevosita hukmronligiga qonuniy tus berish va uni mustahkamlab olish maqsadida o'zining oldingi raqibi Amir Husaynning tul xotini Saroymulkxonimga uylanadi. 1370- yilda Saroymulkxonim bilan bo'lgan nikoh tufayli Amir Temur o'zining amirlik darajasiga "ko'ragon", ya'ni "xonning kuyovi" unvonini qo'shib oladi va rasmiy hujjatlarda "Amir Temur ko'ragoniy" nomi bilan yuritila boshlandi.

A.Temur davlat boshqaruvida suyurg'ol siyosatini qo'lladi, davlatni markazdan turib idora etdi. Amir Temur davrida davlatning markaziy ma'muriyati boshida devonbegi - bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkoni davlat - Vazirlik mahkamasi turardi. Birinchi vazir - soliq-o'lponlar va mamlakat obodonligi bilan shug'ullangan. Ikkinchisi harbiy ishlar vaziri bo'lgan. Uchinchi vazir savdo ishlari, tamg'a, zakot va meros ishlariga qaragan. To'rtinchisi - moliya vaziri, davlat xazinasini boshqargan. Chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilish uchun maxsus 3 ta vazir tayin etilgan. Davlat siyosatida qo'shinga alohida ahamiyat berilgan.

Amir Temur manbalarda zamonasining mashhur sarkardasi sifatida tilga olinadi. Uning harbiy iste'dodi, sarkardalik mahorati qo'shinlarining tuzilishida hamda Oltin O'rda xoni To'xtamish, Dehli sultoni Mahmud va Turkiya sultoni Boyazidlar bilan olib borgan janglarida va shiddatli muhorabalar maydonida qo'llagan "savquljaysh" (strategiya) va jang qilish uslublari "ta'biyatuljaysh" (taktikalari)da namoyon bo'lgan.

A.Temur nomi bilan bog'liq bo'lgan, uning siyosiy, huquqiy qarashlari to'plami "Tuzuki Temuriy" ("Temur tuzuklari"), "Voqioti Temuriy" ("Temurning boshidan kechirganlari") kabi nomlari bilan sharq va g'arbda mashhur bo'lgan asari xorijiy tillarga tarjima qilingan va mamlakatimizda hamda Angliya, Fransiya, AQSh, Finlyandiya, Daniya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr kabi davlatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda.

Bu kitobning mashhurligi, dunyoga yoyilishining boisi, unda davlatning idora qilish tamoyillari, usullari, ayniqsa sipohni tashkil qilish va janglarda g'olib chiqish kabi qator siyosiy-huquqiy va harbiy g'oyalarning bo'lishidir. Kitob ko'proq siyosatchilar, shohlar va shaxzodalar uchun zarur edi. Shuning uchun ham ko'pgina mashhur shohlar kitobni o'z kutubxonalarida asrab, undan davlatlarni idora qilish san'atini o'rganganlar.

Masalan Zahiriddin Muhammad Boburning avlodi Shoh Jahon (1628-1657), Qo'qon xoni Muhammad Alixon (1822-1842), Buxoro amiri Abdullaxodxon (1885-1910) va boshqalar xattotlarga buyurib, undan ko'chirmalar olganlar. A.Navoiy ham Husayn Bayqaroga Temurning tuzuklarini o'qib turishini maslahat bergan.

"Temur tuzuklari" shohlar, amirlar bilan bir qatorda tarixchi, siyosatchi olimlarning ham diqqat e'tiborini o'ziga jalb qilib kelgan va kelmoqda. Shuning uchun ham u 1783-yilda izohlar bilan Angliyada, 1785 va 1981- yillarda Hindistonda, 1868- yil Eronda bosmadan chiqdi.

Jahon jamoatchiligining diqqat-e'tiborini jalb qilgan va fransuz (1787), ingliz (1830), urdu (1845), rus (1894, 1934), turk (eski o'zbek) tiliga to'liq bo'lmagan nusxasi (1835, 1857) chop etildi. Ammo o'zining ona yurtida ona tilida 1991 yildagina to'liq nashr qilindi.

"Temur tuzuklari" - Temur kodeksi, ya'ni A.Temurning davlatni va uni idora qilish qonun - qoidalarining tamoyillari to'plamidir.

Kitob asosan 2 qismdan iborat.

1-qismda Sohibqiron Temurning 7 yoshidan (1342) to uning so'nggi kunigacha bo'lgan hayoti, siyosiy faoliyati tasvirlanadi. Boshqacha aytganda A.Temurning asta-sekin Movarounnahrda hokimiyatni qo'lga kiritishi va undan keyin mashhur yurishlari asosida To'xtamishxon (1376-1395), Turk sultoni Boyazid Yildirim (1389-1402) kabi jahongir shohlarni mag'lubiyatga uchratgani va juda katta hududda Temuriylar imperiyasiga asos solgani aniq-qisqa hikoya qilinadi.

        2-qismda esa, Jahongir Sohibqiron Temur nomidan shaxzodalarga qarata aytilgan vasiyatlar, pand-nasihatlardir. Unda Jahongir o'z vorislariga qarata davlatni idora qilish san'atining nozik sirlari, tamoyillari haqida, Amir vazirlar va beklarni tanlash, ularni joy-joyiga qo'yish, qo'shin boshliqlari, ularning xizmatlarini taqdirlash, sipohiylar va ularning maoshlari kabi masalalar hususida vasiyat qiladi. 

Hofizi Abruning yozishicha, Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. Amaliy jihatdan foyda keltira oladigan har qanday bilimni qadrlagan. Amir Temur davlat ishlari uchun hamma narsaning foydali tomonlarini olishga harakat qilgan. U davlat ahamiyatiga ega bo'lgan har bir masalani hal etishda shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashgan.

U zabt etilgan mamlakatlardan moddiy boyliklar bilan birga juda ko'p hunarmandlar, san'at ahllari va olimlarni Movarounnahrga olib keladi va mamlakatni obod etishda ulardan foydalanadi. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham me'morlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat bo'lgan. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag'dodda madrasa, Turkistonda mashhur shayx Xoja Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bino qildirsa-da, lekin o'zining sahovat va himmatini Kesh (Shahrisabz) va Samarqandda oliy imoratlar qurdirishda ko'rsatdi. O'zining ona Vatani Keshda otasining qabri ustiga maqbara, o'g'li Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Keshda dunyoga dong'i ketgan mashhur Oqsaroy qad ko'tardi.

Samarqandda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh shaharlarining me'moru binokorlari qo'li bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bog'-rog'lar va bo'stonlar barpo etiladi.

Amir Temurning vafotidan so'ng vorislar o'rtasida toju taxt talashuvi boshlanadi. Amir Temurning vasiyatiga muvofiq, Pirmuhammadni taxtga o'tqazish tarafdorlari kuchli bo'lsa-da, biroq Mironshohning o'g'li Xalil Sulton Mirzo 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni egallab, o'zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e'lon qildi. Oqibatda amirlar, viloyat noiblari va shahzodalarning noroziligi kuchayib, isyon ko'taradilar. Amir Temur taxtining asosiy valiahdi.

Pirmuhammad Amudaryodan kechib o'tib, Xalil Sultonga qarshi Nasafga tomon askar tortadi. Amir Temur saltanatida boshlangan o'zaro urushlar shu tariqa avj olib ketadi. Pirmuhammad 1407-yil 21-fevralda vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo'lida shahid bo'ldi. 1408-yil 22-aprel kuni qoraqo'yunli turkmanlarining qabila boshlig'i Qora Yusuf bilan bo'lgan jangda Mironshoh halok bo'ladi. Ozarbayjon va Iroq viloyatlari Temuriylar qo'lidan ketdi.

1409-yil Temurning kenja o'g'li Shohruh Temur saltanatining bir qismini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Movarounnahrni to'ng'ich o'g'li Ulug'bek ixtiyoriga beradi, o'zi esa Hirotga qaytib Xuroson davlatini idora qilishni davom ettiradi.

1409- yilda Mirzo Ulug'bek Samarqand taxtiga o'tirganda 15 yoshli o'spirin edi. Shahzoda balog'atga yetgunga qadar davlatni boshqarishni Shohrux o'zining sodiq amirlaridan biri Shohmalikning ixtiyoriga topshiradi.

Ulug'bek otasining roziligi bilan 1425-yilning erta bahorida Mo'g'uliston ustiga yurish boshladi. Issiqko'l yaqinida sodir bo'lgan to'qnashuvda Ulug'bek mo'g'ullar ustidan g'alaba qozonib, katta o'lja bilan Samarqandga qaytadi. O'ljalar orasida ikki bo'lak nefrit (kosh) toshi ham bor edi. Keyinchalik bu nefritdan Amir Temur sag'anasiga qabr toshi yasattiriladi. Ammo uning keyingi yurishlari muvaffaqiyatsiz bo'ldi. Shu bois u butun faoliyatini davlatning ichki siyosatini mustahkamlashga qaratdi.

Movarounnahrni idora etishda, ayniqsa, mamlakat tashqi siyosatida Ulug'bek ayrim hollardagina, mustaqil harakat qilgan bo'lsada, ammo aslida u saltanat oliy hukmdori Shohruxning Movarounnahrdagi intizomli va itoatkor noibi bo'lib qoladi.

Shohrux 1447-yil 19- mart kuni nevarasi Sulton Muhammad (Boysunqurning o'g'li) isyonini bostirish vaqtida betoblanib, Ray viloyatida olamdan o'tadi. Xuroson va Movarounnahrda shahzodalar o'rtasida toju taxt uchun kurash yana avjga minib, mamlakatni beqarorlik chulg'ab oladi. Bu kurash oqibatida zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulug'bek 1449-yil 27- oktabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali suratda shahid bo'ladi.

Muhammad Tarag'oy Ulug'bekning tarixdagi o'rni uning davlat arbobi sifatidagi ko'p yillik faoliyatidan ko'ra ham afzalroq buyuk olimlik, ilmu urfon xomiysi maqomidagi ulkan xizmatlari bilan belgilanadi. Ulug'bek farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-yilda G'ijduvonda madrasalar qad ko'tardi.

Ulug'bek atrofida uyushgan ko'plab buyuk  qomusiy  olim sohiblari- Qozizoda  Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshiy, Muhammad Ali Qushchi, Muhammad Xavofiylar ilm-fanning turli sohalarida, ayniqsa astronomiya,  matematika   singari aniq fanlar   bo'yicha   barakali ijod  qildilar hamda  o'zlaridan salmoqli ilmiy  meros qoldirib ketdilar. Ulug'bek rasadxonasida 1018 ta yulduzlar harakati o'rganilib jadval tuzildi.  Uning   qalamiga   mansub   "Ziji Kurogoniy"  asari o'zining  ilmiy   yechimlari,   xulosalari  bilan  hozirga qadar ham jahon  olimlari     etiborini qozonib kelmoqda.

Mirzo Ulug'bek "To'rt ulus tarixi" nomli tarixiy asar hamda musiqaga bag'ishlangan besh risola ham yozadi.

Xuroson yerlarida esa Sulton Xusayn Bayqaro davrida siyosiy barqarorlikni saqlash xalq turmush darajasini ko'tarish, obodonchilik borasida ko'plab ishlar amalga oshirildi. Mashhaddagi Gavxarshod masjidi, Marv va Xirotdagi bir qator binolarning ta'mirlanishi, Ixlosiya madrasasi, "Qudsiya" masjidi, "Safoiya" hammomi, "Shifoiya" davolash uyi kabi inshootlar shu davrdagi ishlar jumlasidandir.  Bu davrda she'riyat va rassomlik borasida alohida maktab yuzaga keldi.

Shunday qilib, Temur va temuriylar davrida o'lkamizda fan va madaniyat barq urib o'sdi, rivojlandi va kamol topdi. Fan va madaniyatning qaysi bir sohasini ko'zdan kechirmaylik, diyorimiz XIV-XV asrlarda jahon sivilizatsiyasining oldingi saflaridan joy olganligining guvohi bo'lamiz. Temuriylar sulolasi davri jahon fani va madaniyatining Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband, Xoja Ubaydullox Axror kabi ulug vakillarni yetishtirib berdi. Bu davrda zamonasining iste'dodli shoirlari va adiblari Lutfiy, Bobur, Abdurahmon Jomiy va boshqa olimlar yashab ijod etishgan. Lutfiy nafis o’zbek tilida asarlar yozish bilan birga tojik tilida ham qasidalar bitdi. Lutfiyning "Zafarnoma", "Gul va Navruz" dostonlari shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridan biridir. Bu davr madaniyati taraqqiyotida ulug’ shoir Abduraxmon Jomiyning roli buyukdir. Jomiyning yirik va mashxur asari yettita katta dostondan iborat "Xaft avrang", "Bahoriston" kabilardir.

Alisher Navoiy homiyligida Mirxond, Xondamir, Vasifiy va boshqa tarixchilar ijod qildilar. Xondamir 63 yillik umri davomida taxminan 13 ta asar yozgan, ulardan bizgacha sakkiztasi yetib kelgan.

XIV - XVI asrlarda nafis kitob va xattotlik san'atining buyuk namoyandalari yetishadi. Bular Mir Ali Qilqalam, Sulton Ali Xandon, Halvoniy. Rafiqiy, Miroq Naqqosh, Behzod, Shoh Muzaffar va boshqalar.

Hattotlik san'atida o'ziga xos maktab yaratgan Sultonali Mashxadiy (1432-1520 yy.) nasta'lik xatining mislsiz ustozi, Alisher Navoiyning kotiblaridan biri sifatida tanilgan edi. U Nizomiy, Fahriddin Attor, Xo'ja Xofiz, Sa'diy, Xusrav Dehlaviy, Abduraxmon Jomiy, Xusayn Boyqaro va boshqa mualliflarning asarlarini kitobot qilgan.

Temur va temuriylar davrining ulkan muvaffaqiyatlaridan biri tasviriy san'atning gurkirab o'sganligi bo'ldi.  XIV-XVI asrlarda tasviriy san'atda Behzod, Mirok Naqqosh, Qosim Ali, Maqsud boshqalar barakali ijod qildilar. Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yoki jang tafsilotlari o'zining tabiiyligi, tiniqligi va sofliligi bilan kishini hayratga soladi.

O'z zamonasining mashhur rassomi va o'ta noyob qobiliyat egasi Kamoliddin Behzod taxminan 1455-yillarda Hirotda tug'iladi. Ota-onadan yoshlikda yetim qolgan Behzodni Husayn Boyqaro kitobdori Mirak Naqqosh o'z tarbiyasiga oladi. Alisher Navoiy qobiliyatli Behzodga har tomonlama yordam qo'lini cho'zadi. Kamoliddin Behzod o'zining hayratomuz rassomchilik san'ati bilan "Moniyi soniy"

(ikkinchi Moniy) va "Sharq Rafaeli" nomi bilan jahonga mashhur bo'lgan.

XIV - XV asrlar O'rta Osiyo xalqlarining musiqa san'ati taraqqiyotida ham yangi va mahsuldor bir bosqich bo'ldi. Bu davrda yangi kuy, qo'shiqlar, cholg'u asboblari va musiqa nazariyasiga doir nodir asarlar yaratildi.

Shunday qilib, Temur va temuriylar davrida o'lkamizda fan va madaniyat barq urib o'sdi, rivojlandi va kamol topdi. Fan, madaniyatning  qaysi bir sohasi, qaysi bir tarmog'ini ko'zdan kechirmaylik, ona diyorimiz XIV-XV asrlarda jahon sivilizatsiyasining eng oldingi saflaridan joy olganligining guvohi bo'lamiz.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5-mavzu: O’zbekiston hududlarining xonliklarga  bo’linib ketishi,

uning sabablari va oqibatlari.

        

     Reja:

1. Shayboniylar davlatining shakllanishi. Buxoro xonligi, amirligidagi ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayot.

2. Xiva  xonligi va undagi siyosiy-iqtisodiy ahvol.

3. Qo'qon xonligi. Undagi siyosiy - iqtisodiy va madaniy hayot.

 

Shaybon - bu Chingizxonning katta o'g'li Jo'jining beshinchi farzandi bo'lib, otasiga tegishli bo'lgan Dashti qipchoqda, hozirgi Qozog'istonning juda katta hududlarida hukmronlik qilgan. Shayboniylar sulolasining  kuchli rivojlangan va bevosita Movarounnahrga aloqador davri Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon nomi bilan bog'liq.

U 1451- yilda tug'ilgan. Bobosi, Abulxayrxon va otasi Shoh Budog' Sulton o'limidan so'ng boshlangan qirg'inlardan Movarounnahrga qochib qutulgan. Avval Samarqand, keyin Buxoro madrasalarida ta'lim olgan. Uzoq harakatlar natijasida nufuzli ruhoniy va O'rta Osiyoning zadagonlari yordamida XV asr oxirlariga kelib Muhammad Dashtu qipchoq nomi bilan mashhur bo'lgan yerlarda o'z hukmronligini o'rnatishga muvaffaq bo'ladi. Oldiga qo'ygan asosiy maqsadi Turkiston zaminidagi siyosiy beqarorlikni tugatish, kuchli markazlashgan davlat tuzish edi.

XV asrning 90-yillarida Temuriylarning o'zaro urushlari kuchaygan kezlarda Shayboniyxon Dashti Qipchoqning janubiy qismini, jumladan, O'tror, Sabron, Yassi (Turkiston) va boshqa shaharlarni ishg'ol qiladi. Shayboniyxon qo'shinlari 1499 yildan Movarounnahrni istilo qilishga kirishdi. U Qarshi va Shahrisabzga bosib boradi, katta o'lja va g'animatlar bilan Dashti qipchoqqa qaytadi. Oradan ko'p o'tmay Shayboniyxon katta kuch bilan Samarqandni qamalga oldi. Shu asnoda Dabusiya qal'asi yaqinida u samarqandliklarga yordamga kelayotgan Buxoro hokimi Muhammad Boqi Tarxon qo'shinlarini tor-mor qilib, avval Buxoroni, so'ngra Qorako'lni egallaydi. Shayboniyxon Buxoroga o'z dorug'asi (hokim)ni tayin etib, uni o'zining bosh qarorgohiga aylantiradi. Buxoro va Qorako'lda Shayboniyxonga qarshi ko'tarilgan qo'zg'olon shafqatsiz bostiriladi. Shayboniyxon yana Samarqand ustiga yurish qilib shaharni to'qqiz oy qamalda tutadi. Bu vaqtda Samarqandda Abu Saidning nabirasi Sulton Ali Mirzo hukmdorlik qilardi. Og'ir  iqtisodiy tanglik va taxt uchun kurashlardan bezor bo'lgan mehnatkash omma shahar zodagonlarining ma'lum qismi Temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Farg'ona hukmdori Boburga maktub yo'llab, Samarqandni ishg'ol qilishga da'vat etadilar. Bobur qo'shinlari bilan Samarqandga yetib kelgach, unga peshvoz chiqilib, shahar darvozalari ochib beriladi. Shayboniyxonning shahar himoyasi uchun qoldirgan 600 nafar askari qirib tashlanadi. Shayboniyxon katta kuch bilan yana Samarqandga yurish boshlaydi. 1501- yil aprelda Zarafshon bo'yidagi Saripul qishlog'i yaqinida bo'lgan jangda Bobur qo'shinlari yengiladi. Bobur Samarqandga chekinadi. Shahar yana qamalga olinib, u to'rt oy davom etadi. Qamalda qolgan shahar aholisining ochlikdan tinkasi quriydi. Noilojlikdan Bobur 1501- yilning 2-yarmida Samarqandni tark etib, Toshkentga tog'asi Mahmudxon huzuriga yo'l oladi. Shayboniyxon Samarqandni ikkinchi marotaba jangsiz egallab, mudofaachilarning aksariyatini qilichdan o'tkazadi.

1503-yilda Shayboniyxon Sirdaryo tomon yurish qilib, Toshkent xoni Mahmudxon,Bobur va Sulton Ahmadxonning birlashgan kuchlarini tor-mor keltiradi. Toshkent va Shohruxiya shaharlari zabt etiladi. 1504-yilda Farg'ona ishg'ol qilinadi. Shayboniyxon Samarqandni o'z davlatining poytaxti qilib, Buxoroga inisi Mahmud Sultonni hokim etib tayinlaydi. Toshkent xonligi va Sirdaryo bo'yidagi shaharlarni amakilari Ko'chkunchixon bilan Suyunchxo'jaxonga topshiradi.

Movarounnahrda siyosiy mavqeini mustahkamlab olgach, Shayboniyxon 1504-yilda  avval Hisor hukmdori Xusravshohni yengib Qunduzni bo'ysundiradi. So'ngra Xorazmga yurish qiladi, o'n oy davom etgan qamaldan keyin 1505-yilning avgust oyida Urganch taslim bo'ladi. Natijada butun Xorazm yerlari Shayboniyxon tasarrufiga o'tadi.

1507- yil may oyida Shayboniyxon Hirotga yo'l oladi. Jangda Hirot qo'shinlari tor-mor etiladi. Shayboniyxon shaharga 100 ming tanga, zodagon va suyurg'ol egalariga alohida yana 20 ming tanga tovon soladi. Temuriylarning mol-mulklari musodara qilinib, shahar aholisi ikki kun talanadi. Temuriylar davlati sakkiz yil mobaynida butunlay istilo qilinib, uning xarobalarida Shayboniyxon saltanati tashkil topadi. Bu saltanatga Kaspiy dengizidan Yettisuvgacha, Dashti Qipchoqdan Xurosonning janubiy chegaralarigacha bo'lgan yerlar kirdi. Temuriylar davlatining barham topishiga yuqori tabaqa vakillarining ma'lum qismi mamlkatda o'z mavqelari hamda mol-mulklarini saqlab qolish maqsadida Shayboniylar bilan kelishib, sotqinlik yo'liga o'tishlari ham sabab bo'ldi.

Movarounnahr va Xurosonda qozonilgan g'alabadan so'ng, Shayboniyxon shimolda kuchayib borayotgan Qozoq xonligi, janubda Eron Safaviylari bilan to'qnashadi.

1510-yilda Shayboniyxon janubdagi yurishlarni to'xtatib feruzko'h qabilasi isyonini bostiradi. Murg'ob daryosining narigi tomonida bo'lgan katta jangda qizilboshlilar Shayboniyxon qo'shinlarini qurshovga olib, butunlay tor-mor qiladilar. Muhorabada Shayboniyxon ham halok bo'ladi. Shayboniylar zudlik bilan Toshkent hokimi Suyunchxo'jaxonni sulola boshlig'i qilib saylaydilar, lekin shayboniylar o'rtasida nizolar to'xtamagach, xon avlodining yoshi ulug'i Ko'chkunchixonni yurtning yangi hukmdori qilib ko'taradilar. Shayboniyxondan keyin shoh Ismoilga qarshi kurashuvchi munosib sarkarda topilmaydi.

Hirotni qizilboshlilar jangsiz ishg'ol etdilar. Shoh Ismoil bilan Shayboniylar o'rtasida tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq  Amudaryo chegara qilib belgilandi. Ammo shoh Ismoil bu bilan qanoatlanmadi. Movarounnahrda o'z siyosiy ta'sirini o'rnatish uchun Boburdan foydalanishga harakat qiladi.

Qobulni egallab turgan Bobur shoh Ismoilning madadi bilan Movarounnahr tomon yurish boshlaydi. 1511-yilda u Qunduz orqali Amudaryodan o'tib, Puli Sangin ko'prigi yaqinida bo'lgan shiddatli jangda Shayboniylarni tor-mor qiladi. So'ngra Samarqandga tomon yo'l oladi. Qarshi, Samarqand va Buxoroni Shayboniylar jangsiz bo'shatib ketadilar. Bobur Movarounnahrni hech qanday qarshiliksiz egallaydi. Shu bilan bu o'lkada Shayboniylar hukmronligi vaqtincha to'xtaydi. Boburning qaytishi va g'alabasini Movarounnahr  aholisi xayrixohlik bilan qarshi olsa ham, ammo uning hukmronligi uzoqqa bormadi.

Shayboniyxonning jiyani Ubaydulla Sulton qulay fursatdan foydalanib 1512-yil bahorida Movarounnahrga yurish qilib, Buxorogacha bosib boradi. Jondor tumani yaqinidagi Malik ko'li yonida Bobur lashkari Ubaydulla Sultondan yengiladi. Bobur Hisorga chekinadi. Ubaydulla Samarqandni egallab, Shayboniylar hukmronligini qayta tiklashga muvaffaq bo'ladi.

Bobur garchi Movarounnahrni qaytarib olish niyatidan voz kechmagan bo'lsa-da, lekin Shayboniylar bilan bundan keyin kurash olib borish maqsadidan qaytadi. Qobulga qaytgach, u keyinchalik Shimoliy Hindistonni o'ziga bo'ysundirib, bu o'lkada Boburiylar saltanatiga asos soladi. Amudaryoning o'ng sohiligacha bo'lgan viloyatlarda yana Shayboniylar hukmronligi tiklandi.

Shayboniylar hokimiyati tepasida xon turgan. Viloyatlarni xonning o'g'illari, yaqin qarindoshlari (sultonlar) hamda ko'chmanchi qabila boshliqlari (biylar) idora qilgan. Jumladan, nayman qabilasi sardori Jon Vafobiy Hirot dorug'asi etib tayinlangan (1507). Turkistonni Ko'chkunchixon (1503-09), Toshkentni Suyunchxo'jaxon (1503-25) boshqargan. Buxoro va Qorako'l noibligi (1501-04) Muhammad Shayboniyxonning inisi Mahmud sultonga, Samarqand va uning viloyati to'ng'ich o'g'li Muhammad Temur sultonga berilgan.

Buxoro xonligi (amirligi) Shayboniylar sulolasi 100 yil hukm surgan. Poytaxt dastlab Samarqand, keyinchalik Ubaydullaxon davrida 1533-yil Buxoroga ko'chirilgan. Davlat shundan so'ng Buxoro xonligi deb atala boshlagan. Ubaydullaxon xonlikni tashqi va ichki dushmanlardan himoya qilishda, uni mustahkamlashda muhim rol o'ynagan. Biroq Ubaydullaxon vafoti (1540)dan so'ng xonlik mayda mustaqil mulklarga parchalanib ketgan. Xususan, Buxoroda Ubaydullaxonning o'g'li Abdulazizxon (1540-50), Samarqandda Ko'chkunchixonning o'g'li Abdullatifxon (1540-51), Balxda Pirmuhammadxon (1546-67), Toshkent va Turkistonda Baroqxon (Navro'z Ahmadxon; 1525-51; 1551-56 yillarda Movarounnahr xoni), Miyonqol va Karmanada (1529-61) Iskandarxon mustaqil hokim bo'lishgan.

1551-56-yillarda Movarounnahr uchun shayboniylar o'rtasidagi kurashda Abdullaxon II g'olib chiqib markaziy hokimiyatni mustahkamlagan, ayirmachilik harakatlariga chek qo'ygan kuchli qo'shin tashkil etilgan.

Uning davrida (1583-98) xonlik chegarasi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo'lgan yerlarni qamragan. Abdullaxon faol tashqi siyosat olib borgan. Buxoro xonligi Eron, Hindiston, Turkiya, Xitoy, Rossiya va b. mamlakatlar bilan keng diplomatik, iqtisodiy, savdo aloqalari olib borgan. Ichki siyosatda mamlakatda pul islohoti o'tkazilgan, ko'plab sug'orish inshootlari, ko'priklar, madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, timlar qurilgan. Hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-fan, madaniy hayot rivojlangan. Abdullaxon vafotidan so'ng taxt uchun kurashlar yana avj olgan. Abdullaxonning o'g'li Abdulmo'minxonning olti oylik hukmronligidan so'ng u muxolif kuchlar tomonidan o'ldirilgan. Taxtga Pirmuhammadxon II  chiqqan. Ammo uning hukmronligi ham uzoqqa bormay, 1601-yil taxtdan ag'darilgan.

Shayboniylar sulolasidan taxtga da'vogar qolmagani tufayli Movarounnahrdagi hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qo'liga o'tgan.

Bu sulola davrida (1601-1753) Buxoro xonligida siyosiy nizo va beboshliklar davom etgan. Dastlab asli astraxonlik (ashtarxonlik), Buxoroda qo'nim topgan shahzoda Jonibekning o'g'li Boqi Muhammad (1601-05), so'ngra uning ukasi Vali Muhammad (1605-11) taxtga o'tqazilgan. Imomqulixon davrida (1611-42) ko'chmanchi qozoqlarning Buxoro xonligi yerlariga talonchilik yurishlari kuchaygan, markaziy hokimiyatga qarshi isyonlar bo'lib o'tgan. Masalan, Toshkentga hokim etib tayinlangan Iskandar  (Imomqulixon  o'g'li)ga qarshi shahar aholisi qo'zg'olon ko'targan va uni o'ldirgan. Bunga javoban Imomqulixon qo'zg'olonni bostirib, Toshkent aholisini qatliom qilgan. Ashtarxoniylar davrida Xuroson va Xorazm qo'ldan chiqib xonlik chegarasi tobora qisqarib borgan. Ubaydullaxon II davrida iqtisodiy tanazzul va ichki nizolardan tashqari jung'orlar (qalmoqlar)ning harbiy bosqinlari vaziyatni yanada murakkablashtirgan. Ubaydullaxon II ma'muriy sohada islohotlar o'tkazib, davlatni boshqarishga o'rta tabaqa: hunarmandlar va savdogarlarni jalb qilgan, markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun yirik yer egalarining imtiyozlarini qisqartirgan. 1708-09- yillarda o'tkazilgan pul islohoti natijasida pul qiymati 4 marta tushib ketgan, bu esa xalq g'alayonlariga sabab bo'lgan. Nufuzli amirlar uyushtirgan fitna natijasida Ubaydullaxon II o'ldirilgan (1711). Taxtga uning ukasi Abulfayzxon nomigagina xon qilib o'tqazilgan (1711-47). Uning davrida mamlakat chuqur iqtisodiy-siyosiy tanazzulga yuz tutgan. Hokimiyatdagi muhim lavozimlar nufuzli amirlar qo'liga o'tib qolgan. Movarounnahrdagi siyosiy tanglikdan foydalangan Eron shohi Nodirshoh 1740-yil Buxoro va Xiva xonliklarini o'ziga tobe qiladi. 1747-yilda Nodirshoh Eronda o'ldirilgach, Buxoro xonligi o'z mustaqilligini tiklashga muvaffaq bo'lgan. Buxoro xoni Abulfayzxon 1747 - yilda mang'itlardan bo'lgan Muhammad Rahim otaliq boshliq fitnachilar tomonidan o'ldirilgan. 1747-56 yillar davomida taxtga "qo'g'irchoq" xonlar o'tqazilgan. Mamlakat yana ichki nizolar girdobiga tortilib, viloyat hokimlari isyon ko'targanlar. Muhammad Rahim ularni shafqatsiz suratda bostirgan. U arkoni davlat va ruhoniylar fatvosi bilan 1756-yil 16-dekabrda rasmiy ravishda Buxoro taxtini egalladi va o'zini amir deb e'lon qilgan.

Shunday qilib, Ashtarxoniylar sulolasi barham topib mang'itlar sulolasi hukmronligi boshlangan. Shu vaqtdan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb nom olgan. Mang'itlar markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qanchalik urinmasin, viloyat hokimlarining mustaqillikka intilishi davom etavergan. Ayniqsa, Shahrisabz va Kitob beklari bilan kurash shiddatli tus olgan. Faqat 1853-yildagina bu bekliklar Buxoroga bo'ysundirilgan. Amir Haydar davri (1800-1826) ham ichki va tashqi urushlardan xoli bo'lmadi. Buxoro bilan Xiva va Qo'qon xonliklari o'rtasida O'rta Osiyoda ustunlikka erishish uchun qirg'in-barot va talon taroj urushlar bo'lgan. Nasrullaxon (1827-60 yillarda hukmronlik qilgan) Xiva va Qo'qon xonliklarini Buxoro atrofiga birlashtirishga harakat qilgan. Xo'jand, O'ratepa, Toshkent, Jizzax va Zominni Buxoro amirligiga qaytargan (1840-1842 yillarda). Nasrullaxon davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urug' va qabila boshliqlaridan bo'lgan ko'plab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va g'ayratli kishilar bilan almashtirgan. 1837 yil harbiy islohot o'tkazib qo'shinning jangovarlik holatini yaxshilagan. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar bo'luki va 250 kishilik to'pchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qo'shin soni 40 ming kishidan oshgan.

Iqtisodiy va madaniy hayot. Buxoro xonligi aholisining katta qismi dehqonchilik bilan shug'ullangan. Yerning ko'p qismi davlatning qo'l ostida bo'lib, u "amloki podshohi" yoki "mulki sultoni" deb atalgan. Yerning 2-qismi odamlarning xususiy mulki hisoblanib, uning talay qismi boylarning qo'l ostida edi. Bunday yerlar "mulk yerlari" deb yurgizilgan. Yerning 3-qismi masjid, madrasa va mozorlarni moddiy jihatdan ta'minlash maqsadida vaqf nomi bilan berilgan. Davlat yerlarining ma'lum qismi amirlar tomonidan xizmat ko'rsatgan nufuzli kishilarga umr bo'yi foydalanish uchun in'om qilingan. Bu xildagi yerlar "suyurg'ol" yoki "tanxo" nomi bilan atalgan. Dehqonlar paxtachilik, ipakchilik, kanopchilik, polizchilik, sabzavotchilik, bog'dorchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganlar. Minglab kishilarni qamrab olgan hunarmandchilik keng ko'lamda rivojlangan. Uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarning muhim buyumlari sifatida juda qadrlangan. Buxoro, Samarqand, Xo'jand va Toshkent yirik hunarmandchilik markazlari sifatida shuhrat qozongan. Buxoro xonligida ichki va tashqi savdo yo'lga qo'yilgan bo'lib, Afg'oniston, Hindiston, Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan aloqalar o'rnatilgan. Xonlikning Rossiya bilan elchilik va savdo aloqalari rivojlangan. U xonlik uchun tayyor mahsulotlar bozori sifatida katta ahamiyat kasb etgan. Madaniyat sohasi boshqaruv tizimi va hokimiyatning ojizligi orqasida u zamon talabiga monand ravishda jadal rivojlanmadi. To'g'ri, madrasalar qurildi, lekin ularda, asosan, fors va arab tillari, diniy ta'limotlar o'qitildi. Dunyoviy fanlarga deyarli ahamiyat berilmadi. Ulug'bekning mashhur rasadxonasi yer qa'riga ko'milib ketdi. Ko'proq diniy va tarixiy asarlar yozildi. Ko'p shoirlar ham yetishib chiqdi. Bu borada Muhammad Solihning "Shayboniynoma", Kamoliddin Binoiyning ham shu nomdagi asarlarini ko'rsatish mumkin. Fayzulloh ibn Ro'zbexon "Mehmonnomayi Buxoro" va Zayniddin Vosifiy “Badoe' ul-vaqoe'” nomli asarlarni yozdilar. So'fi Olloyor, Muhammad Balxiy, Sayid Kamol (Fitrat), Saydo Nasafiy, Turdi va boshqa 100 dan ortiq shoirlar ijod qildilar. XVI-XVII asrlarda Buxoro miniatyura maktabi qaror topgan. XVIII asr o'rtalarida Buxoro saroyidagi sozanda, xonanda va bastakorlar ijodiy faoliyatida "Shashmaqom" shakllangan. Bu davrda me'morchilik san'atining bir qancha namunalari yaratilgan.

Umumiy xulosa shuki, XVI-XIX asrlarning 60-yillarida Buxoro xonligida o'rta asr boshqaruv tizimining saqlanishi, ichki va tashqi urushlar, qo'shinning zaifligi, diniy fanatizmning avj olishi, fan va madaniyatdagi turg'unlik mamlakatni inqirozga yo'liqtirdi.

Xiva xonligi. Temuriylar tasarrufida bo'lgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505- yilda bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510 yil)dan keyin Xorazm Eron safaviylari qo'l ostiga o'tgan. Ularga qarshi Vazir qal'asi qozisi Umar va Baqirg'on qishlog'idan mulla Said Hisomiddin boshchiligida qo'zg'olon ko'tarilgan. Ikki yil davom etgan kurash natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511-yil Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.

Elbarsxon davrida (1511-16) Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs, shuningdek, Orol va Mang'ishloq qo'shib olingan. Yangi yerlarni Elbarsxon o'g'illari va ukasi, qarindoshlariga bo'lib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo bo'lgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz o'zaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. Bu davrda xalq Elbarsxon avlodlari o'rtasidagi o'zaro qirg'inlardan tashqari Buxoro va Xiva o'rtasidagi urushlar azobini ham tortishga majbur bo'lgan. Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik davrlarida Buxoro xonligi Xorazmga hujum qilib, qisqa vaqt uni Buxoroga bo'ysundirgan. Bu urushlar hamda XVI asrning 70-yillarida Amudaryoning o'z o'zanini o'zgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qo'ygani ham Xorazm iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatgan.

XVII asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun bo'lgan sulolaviy kurashlardan so'ng taxtga o'tirgan Arab Muhammadxon davrida xonlikda davlat parokandaligi o'zining yuqori cho'qqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik yurishlari, Arab Muhammadxonning o'g'illari Habash va Elbarsning otasiga qarshi chiqishi parokandalikni avj oldirgan. Ular kurashda muvaffaqiyat qozonib, Qum qal'asida otasining ko'ziga mil tortib, so'ngra qatl ettirganlar. Ko'pgina padarkushlar kabi Elbars va Habash sultonlar (1621-23) akalari Asfandiyor (Isfandiyor, 1623-43) tomonidan taxtdan tushirilib, qatl qilingan.

XVII asrning oxiri - XVIII asr boshlarida Xiva xonligida o'nlab xonlar almashgan. Bu esa mamlakat ahvolini yanada og'irlashtirgan. XVIII asrning 60-yillaridan badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qo'llab-quvvatlashiga erishgan qo'ng'irot urug'lari Xiva xonligida hokimiyatni qo'lga ola boshlagan. Inoq Muhammad Amin 1770-yilda turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782-yilda Buxoro amirligi hujumini qaytarib, xonlikda qo'ng'irotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad inoq davrida Xivada markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan. Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. 1811-yilda bir qancha yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham xonlik tarkibiga qo'shib olgan. U o'tkazgan siyosiy, ma'muriy, iqtisodiy islohotlar natijasida boshqaruv tizimi takomillashib, soliqlar tartibga tushgan. Xazina daromadlari ko'paygan.

Xiva xonligi boshqaruv tizimi, asosan, Buxoro va Qo'qon xonliklaridagidek bo'lib, asosiy farqi  XIX asr boshlaridan xon huzurida Kengash (Devon) faoliyat ko'rsatganligidir. Eng yuqori amaldorlardan tashkil topgan Kengash vakolati cheklangan edi. Asosiy qarorlar xon tomonidan qabul qilingan bo'lsa-da, amaldorlarning xonlik boshqaruvidagi mavqei baland bo'lgan. Mansab va unvonlar harbiy-ma'muriy, harbiy va diniy toifalarga bo'lingan. Inoq, otaliq, biy, amir ul-umaro, mehtar, qushbegi, beklarbegi, devonbegi va boshqa unvon va mansablar xonlik iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, harbiy hayotida muhim o'rin tutgan. Xonlik sud ishlari asosan, diniy ulamolar qo'lida bo'lib, ularning mamlakat hayotida ta'siri kuchli bo'lgan.

Xonlikda davlat tili o'zbek tili bo'lib barcha farmonlar, davlat hujjatlari o'zbek tilida yozilgan.

XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining ma'muriy jihatdan bo'linishi viloyat deb atalgan bo'lsa, XVIII asrdan bekliklar deb atala boshlagan. Dastlab xonlikda 16 ta viloyat, 2 ta noiblik bo'lgan bo'lsa, keyinchalik viloyatlar soni  22 taga yetgan. Ularni xon  tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva shahri esa xon va  bosh vazir tomonidan boshqarilgan.

Ijtimoiy hayotda xon va uning  amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei yuqori bo'lib,  iqtisodiy hayotning asosini tashkil qiluvchi yer ham, asosan, ular qo'lida bo'lgan. Kam yerli va yersiz dehqonlar ulardan ijaraga yer olib ishlagan va ularning ahvoli juda og'ir bo'lgan. Sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik mamlakat iqtisodida muhim o'rin tutgani uchun Amudaryodan chiqarilgan kanallarni qazish davlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. Shuningdek, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sodiq ham iqtisodiy hayotda muhim o'rin tutgan.

Xonlik harbiy qo'shini zarur qurol-aslahaga ega bo'lmagan. Qo'shinni ko'proq yarim ko'chmanchi turkmanlar tashkil etgan.

Xiva xonligi Buxoro, Qo'qon, Eron va Rossiya kabi qo'shni davlatlar bilan savdo-sotiq olib borgan. Soliqlar barcha musulmon davlatlaridagidek xiroj, zakot, boj va juz'yadan iborat bo'lgan. Shu bilan majburiy mehnatning ba'zi turlari amalga oshirilgan. Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik, me'morlik ancha rivojlangan bo'lsa ham, tabiiy va texnika fanlariga, dunyoviy ilmlarga e'tibor deyarli qaratilmagan.

Boshlang'ich maktabda o'qish, yozishni o'rgangan bolalar madrasalarda o'qitilgan.   XIX asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang'ich maktab va 103 ta madrasa mavjud bo'lgan. Xiva shahrining o'zida 22 ta madrasa faoliyat ko'rsatgan. Bu davrda Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik, xattotlik, musiqa san'ati, me'morlik va madaniyatning boshqa sohalarida muayyan yutuqlar qo'lga kiritilgan.

Qo'qon xonligi. XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida Buxoro xonligida ichki nizolar tufayli markaziy hokimiyat zaiflashgan. Xonlik tarkibiga kirgan viloyatlarda mustaqillikka intilish kuchaygan. Natijada 1709-yil Farg'ona vodiysida Qo'qon xonligi vujudga kelgan. Unga minglar urug'idan bo'lgan Shohruxbiy asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qo'qon, Namangan, Marg'ilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Xo'jand (1725), O'ratepa (1726), Samarqand (1732) egallanadi. Abdulkarimbiy davrida 1746 yil qalmoqlar Farg'ona vodiysiga hujum qilib, O'sh, Andijon, Marg'ilon kabi shaharlarini egallab, Qo'qonni qamal qilgan. Qo'qonliklarga yordamga kelgan O'ratepa hokimi Fozilbiy qo'shinlari bilan birgalikda ularni Farg'ona vodiysidan quvib chiqarishgan. Norbo'tabiy davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik uchun ko'targan g'alayonlari bostirilgan. Bu davrda mamlakatda sug'orish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, qishloq xo'jaligi rivoj topadi va mamlakatda arzonchilik bo'ladi.

Norbo'tabiyning o'g'li Olimbek hukmronligi davrida Qo'qonning siyosiy mavqei yanada kuchaygan, harbiy islohot o'tkazilgan, Ohangaron vohasi,  Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham e'tibor kuchaytirilgan. 1805- yil davlat rasman Qo'qon xonligi deb e'lon qilinib, Olimbek "xon" unvonini olgan. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari ayrim zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. Natijada, ular Olimxonning safardaligidan foydalanib, 1810-yil Qo'qonda "Olimxon Toshkentda o'ldi", degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qo'qonga yo'l oladi, biroq u Oltiqush mavzesida otib o'ldiriladi.

Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari ko'rilgan. 1815-yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817-yil esa O'ratepa bosib olingan. Sirdaryo bo'yida bir qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan; sug'orish inshootlarini kengaytirish, kanallar qazish, masjid va madrasalar qurishga e'tibor berilgan. Xususan, Qo'qon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, Avliyoota (hoz. Taroz sh.)da masjid va madrasalar qurilgan. 1821-yilda Chimkent va Sayramda ko'tarilgan qo'zg'olon bostirilgan. Umarxon hukmronligi davrida Qo'qon xonligida fan, adabiyot, san'at rivojlangan. Bunda uning sevimli xotini - mashhur o'zbek shoirasi Nodirabegimning xizmati katta bo'lgan. Umarxonning o'zi ham o'qimishli kishi bo'lib, "Amiriy" taxallusi bilan o'zbek va tojik tillarida g'azallar yozgan. Umarxon vafotidan so'ng uning 12 yoshli o'g'li Muhammad Alixon taxtga o'tirgan. Xon yosh bo'lganligi uchun davlatni dastlabki davrda onasi Nodirabegim boshqargan. Nodirabegim madaniyat va san'atni rivojlantirishga alohida e'tibor bergan.

1829- yil Sharqiy Turkistonda xitoylarga qarshi bosh ko'targan musulmon aholiga yordam berish uchun Muhammad Alixon qo'shin tortib borgan. Natijada Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonning 6 ta shahridan soliq olish huquqini berishga majbur bo'lgan.

Muhammad Alixon xonlik hududini kengaytirishga intilib, Janubiy Oloy tog' etagidagi Qorategin, Darvoz, Shug'non, Ro'shon, Vohon bekliklarini bo'ysundirgan. Bu davrda xonlikda sug'orish ishlari kengaytirilgan. Toshkent yaqinida Xonariq kanali qazilgan. Tashqi iqtisodiy-savdo aloqalari ham yaxshilangan.

1840-yil Buxoro amiri Nasrulla bilan yuz bergan urushda  Muhammad Alixon yengilib, Xo'jandni amir Nasrullaga topshirishga va o'zini uning noibi deb tan olishga majbur bo'lgan. Ammo Buxoro - Qo'qon munosabatlari bundan keyin ham keskinlashgan. Natijada 1841-yil noyabr oyida Muhammad Alixon o'z ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechgan. Bu voqeadan xabar topgan amir Nasrulla Qo'qonga bostirib kelib, uni talon-toroj qiladi. U shu qirg'inbarot davomida Muhammad Alini, uning ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodirabegimni va boshqa yuqori mansabdorlarni qatl ettiradi. Amir farmoni bilan Qo'qon xonligi Buxoro noibi tomonidan boshqarila boshlangan. Amir noibi xonlik aholisiga og'ir soliqlar yuklaydi. Natijada 1842-yil yozida qo'qonliklar qo'zg'olon ko'tarib, amir Nasrullaga sodiq kishilarning ko'pchiligini o'ldiradi va Norbo'tabiyning ukasi Hojibekning o'g'li Sheralini xon qilib ko'tarishadi. Buni eshitgan Buxoro amiri Qo'qonga qo'shin tortib  o'z hukmronligini qayta o'rnatish uchun uni qamal qiladi. Biroq qamalning qirqinchi kuni Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududiga qilgan hujumi haqidagi xabarni eshitib, orqaga qaytishga majbur bo'lgan. Natijada, Xo'jand, Toshkent kabi ko'pgina hududlari  yana Qo'qon xonligi ixtiyorida qoladi.

Sheralixonning (1842-45) taxtga o'tirishida ko'makchi va xayrixoh bo'lgan qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi qilib tayinlangan. Musulmonqul, asosan, harbiy ishlar bilan shug'ullangan va xon qo'shinlarining tarkibini ko'proq qipchoq yigitlari bilan to'ldirgan. Musulmonqul o'z mavqeidan foydalanib, Sheralixonga o'z ta'sirini o'tkazishga intilgan, ammo xon bunga yo'l qo'ymagan. Musulmonqul xondan norozi bo'lib, boshqalarning qo'li bilan suiqasd uyushtirishga harakat qiladi. 1845-yil O'shda xonning soliq siyosatiga qarshi qo'zg'olon boshlanadi. Musulmonqul tarafdorlari Olimxonning o'g'li Murodbekni Qo'qonga taklif qilib taxtga o'tqazganlar. Sheralixon esa o'ldirilgan. Musulmonqul O'shdan Namanganga kelib qizini Sheralixonning o'g'li Xudoyorga turmushga beradi va u bilan Qo'qonga kelib, Murodxonni o'ldirib, yosh Xudoyorni xon deb e'lon qiladi. Musulmonqul xonning yoshligidan foydalanib, xonlikni deyarli mustaqil ravishda o'zi boshqaradi, katta lavozimlar qipchoqlarga ulashib beriladi. Xudoyorxon taxtda mustahklanib olgach, Musulmonqulga qarshi xonlik hududida norozilik harakati kuchaydi va u mingboshilikdan bo'shatiladi. Zodagonlar qipchoqlardan qutulish yo'lini axtarib Xudoyorxonni o'zlari tarafiga og'dirib, 1853-yil qipchoqlar qirg'inini boshlab yuborishgan. Musulmonqul asirga olinib, qatl qilingan.

Biroq Qo'qon xonligida o'zaro taxt uchun kurashlar tinchimagan, qisqa vaqt ichida xonlar bir necha marta almashganlar.

Qo'qon xonligida quyidagi mansablar mavjud bo'lgan: mingboshi, otaliq, shayxulislom, qozikalon, qushbegi, mehtar, parvonachi, naqib, dodxoh, eshik og'asi, inoq, shig'ovul, to'qsoba, miroxur, qorovulbegi va boshqalar.

Qo'qon xonligida quyidagi harbiy unvonlar mavjud bo'lgan: mingboshi - odatda, u vazirlik vazifasini birga olib borgan. Keyin ponsadboshi, yuzboshi, ellikboshi, o'nboshi, zambarakchi va bulardan tashqari boshqa turli harbiy mansablar ham bo'lgan. Qo'qonda yashagan sarboz va to'pchilar faqat alohida vazifadagi noib, dodxohning doimiy tasarrufida bo'lganlar. Urush davrida noib, dodxoh o'z qismiga harakatdagi qo'shinning hamma sarbozlarini qabul qilgan, unga vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan amiri lashkar (bosh qo'mondon)ga topshirardi.

XIX asrning 1-yarmida Qo'qon xonligi shimolda Rossiya bilan (ular o'rtasida katta cho'l zonasi bor edi); g'arbda Xiva va Buxoro bilan; janubda Qorategin, Darboz va Ko'lob; sharqda Sharqiy Turkiston bilan chegaradosh edi.

Qo'qon xonligi aholisining soni 3 mln.ga yaqin edi. Chorizm qo'shinlari uning shimol-g'arbiy viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi ancha qisqarib, asosan, Farg'ona vodiysi bilan cheklanadi va aholi soni taxm. 2 mln.ga tushib qoladi. Qo'qon xonligining aholisi, asosan, o'zbeklar, tojiklar, qirg'izlar, qozoqlar, uyg'urlar, qoraqalpoqlardan iborat edi.

Qo'qon xonligida ham yerga egalik qilish va undan foydalanish turli xil bo'lgan. Xonlikka qarashli bo'lgan yerlar amlok yerlar, vaqf yerlari, mulki xiroj va mulki ushriyaga taqsimlangan.

Dehqonlar o'rtasida yakka dehqon xo'jaligi ham rivojlangan. O'z yerlaridan ajralgan kambag'al dehqonlarning ko'pchiligi yirik yer egalari qo'lida chorakorlik qilgan. Yerning bahosi uning unumdorligi va qanchalik suv bilan ta'minlanganligiga qarab belgilangan.

Qo'qon xonligi hayotida savdo-sotiq muhim o'rin egallagan. U ichki va tashqi savdoga bo'lingan. Aholi o'zining ehtiyojlarini asosan o'z xonligidagi mahsulotlar bilan qondirishgan.

Qo'qon, Marg'ilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi, beqasam, adras, chit, bo'z va boshqalar to'qilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik tarmoqlarida xo'jalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-yarog'lar, zargarlik buyumlari, qog'ozlar ishlab chiqarilgan.

Qo'qon xonligidan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak, gilam, paxta va ipak matolar chiqarilgan. Tashqi mamlakatlardan esa turli metall rudalari, metall buyumlar, qand va boshqa mahsulotlar keltirilgan.

Qo'qon xonligining XVIII-XIX asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham birmuncha ijobiy o'zgarishlar yuz bergan. XIX asrda xonlikda tarixnavislik rivojlangan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan o'zbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi.

XIX asr boshlarida shakllangan Qo'qon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida katta o'rin tutgan. Qo'qon hukmdorlarining bir qancha namoyandalari temuriylar an'anasini davom ettirib, o'zlari ham ilm-ma'rifat bilan shug'ullanib, bu sohani ravnaq toptirishga katta sa'y-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qo'qon xonlaridan Umarxon (1810-22) va Muhammad Alixon (1822-41) davrlari yaqqol ajralib turadi.

Umuman olganda,  XIX asrning o'rtalariga kelib, O'rta Osiyo xonliklarida adabiyot va tarixshunoslik bilan bir qatorda matematika, tibbiyot, geografiya, astronomiyaga oid hamda diniy asarlar yaratilgan. Bu xonliklarda rassomchilik va xattotlik ham o'z o'rniga ega bo'lgan. Bu davrning madaniy hayotida dorbozlik, askiya, qo'g'irchoq teatri, masxarabozlik ayniqsa, bastakorlik rivojlangan.

Qo'qon xonligining barcha bekliklarida madrasa, maktabxonalar mavjud bo'lgan.

Xonlikda me'morlik ayniqsa rivojlangan. 1842- yil Qo'qon shahri atrofi yangi mudofaa devori bilan o'rab olingan. Uning 12 ta darvozasi bo'lgan. Shuningdek, Toshkent, Andijon, Namangan kabi shaharlardagi shu davr me'moriy yodgorliklarini ko'rsatish mumkin.

     

            

           

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6-mavzu: O’zbek xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati. Jadidchilik.

 

Reja:

1.     Chor Rossiyasinin g O‘rta Osiyoni bosib olishi va uning mustamlakachilik mohiyati.

2.     Turkiston xalqlarining chorizm zulmiga qarshi ozodlik kurashlari. 1916-yil qozg‘oloni.

3.     Turkistondagi ma'naviy hayot. Jadidchilik harakati va uning mazmun, mohiyati.

 

 Uzoq muddat davomida shakllangan, rivojlangan Movarounnahrning uch mustaqil, alohida davlatlarga bolinib ketishi bir xalq, yagona iqtisodiy xo‘jalik uchun salbiy voqea edi. Xonliklar o‘rtasidagi tinimsiz ozaro urushlar barcha mamlakatlar uchun birdek og‘ir siyosiy vaziyatni yuzaga keltirgandi. Bu holat o‘lkaga yangi, navbatdagi dushmanning kirib kelishi uchun yaxshi omil edi. Markazlashgan rus davlati XVI asrning 50-yillarida tashkil topa boshladi. Dastlab oz atrofidagi unga doimo tahdid solib kelgan davlatlarga zarba berdi va bosib ola boshladi. Keyinchalik o‘z qoshnilarining yerlarini turli sabablar bilan bosib olish siyosatini yurgizdi.

XIX asrning 30-40-yillarida jahonning yirik kolonial davlatlari tomonidan bo‘lib olingan dunyoni qayta bo‘lib olishga intilishlari natijasida Angliya va Rossiya Markaziy Osiyodagi manfaatlari toqnashishiga olib keldi. Angliyaning asosiy maqsadi xonliklarni bosib olishga chog‘lanayotgan Rossiyaning rejalarini barbod qilish, O‘rta Osiyo bozorlarini egallash edi. Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishini tezlashtirgan quyidagi omillarni eslaylik:

1. Rossiya yengil sanoatini ta'minlab beruvchi arzon xomashyo bazasining O‘rta Osiyoda mavjudligi.

2. Qrim urushi (1853-1856 yy.) tufayli Qora dengiz bandargohlarining qolidan ketishi va uning ornini O‘rta Osiyoni egallash orqali to‘ldirish. Shu orqali janubdagi muzlamaydigan dengizlarga chiqish va Turkiston bu bosqinchiiik yurishlarida platsdarm vazifasini otashi.

3. Rossiyaning Evropa bozorlari bilan raqobat qila olmasligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun O‘rta Osiyo bozorlarini egallash.

4. Rossiyada o’tkazilgan yer islohotlari tufayli qashshoqlashib qolgan aholini bu yerga ko’chirib keltirish va ularni yer bilan ta'minlash.

Yuqoridagi iqtisodiy va siyosiy sabablardan kelib chiqib, Chor Rossiyasi jiddiy harakatlarni boshlab yubordi. Turkistonning Rossiya - imperaryasi tomonidan bosib olinishi tort bosqichda roy berdi.

I bosqich- 1847-1864-yillar bo‘lib, bu davrda chorizm armiyasi 1847-yili Sirdaryoning quyi oqimini bosib oldi. 1853-yilda Qoqon xonligining Oqmasjid qal'asi bosib olindi va uning o’rnida Perovsk istehkomi qurildi. 1864 - yilda chor qo‘shinlari Pishpek va Toqmoqni bosib oldilar.

II bosqich- 1865-yildan boshlanib, 1868-yilga qadar davom etadi. 1865 yilda Toshkent, 1866-yilda Xojand, Oratepa, Jizzax, 1968-yilda Samarqand va Kattaqorg‘on shaharlari bosib olindi.

III bosqich 1873-yili fevralidan  to 1879-yil avgust oyigacha davom etadi. 1873 yili  Xiva, 1876-yil Namangan bosib olindi. Biroq Goktepa qal'asini qamal qilayotganida chor qoshinlari mag‘lubiyatga uchradi.

IV bosqich-1880 yil oxiridan to 1885-yilga qadar davom etadi. 1881-yilda Goktepa (Ashxobod) qal'asi bosib olindi, 1885-yilda esa ingliz ofitserlari qo’mondonlik qilgan afg‘on otryadlari tor-mor etildi. Chorizm bosqinining ayrim tafsilotlariga to’xtalamiz. 1859 - yilda Aleksandr  II Qoqon xonligini bosib olish tog‘risida qaror qabul qildi. Qoqon xonligining hali 1853-yildayoq bosib olingan sobiq Oqmasjid qal'asi bolmish «Perovskiy istehkomi» hujumning tayanch manziliga aylandi. Qoqonliklar qahramonlarcha mudofaa qilishiga qaramasdan, Oqsuv, Peshtepa va Chordevor qal'alari ham bosib olindi.

1864-yil iyun oyida Turkiston, oktyabrda esa Chimkent shaharlari bosib olindi. 1864-yil oktabrda general Chernyayev Toshkent shahrini egallash maqsadida hujum boshladi. Toshkent aholisiga yordamga lashkarboshi Mulla Alimqul Qoqondan yetib keldi va shahar mudofaasini tashkil etishga kirishdi. Shahar mudofaachilari bu hujumni qaytardi va chor qoshinlari Chimkentga chekinishga majbur bo‘ldi. Bu og‘ir mag‘lubiyat chorizmni to’xtatib qololmadi. 1865 yilning bahoridan general Chernyayev Toshkentga qarshi yangi hujum harakatlarini boshlab yubordi.

Chernyayev 1865-yil 7 mayida Toshkentga yaqinlashib keladi. Jang dahshatli tus olib, ikki tomondan ko‘p qurbonlar va yaradorlar boladi. Jangda Mulla Alimqul og‘ir yarador bo‘lib, Toshkentda vafot etadi. Chernyayevning buyrug‘i bilan uylar yondirildi, egalari otib tashlandi, bir o‘rta ham yoshu qariga shafqat qilinmadi. 1865 yil iyun oyida Toshkent taslim bo‘ldi. Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tuzildi, uning harbiy gubernatori etib M. Chernyayev tayinlandi.

Chernyayev 1866-yil yanvarida Jizzaxga hujum qiladi va mag‘lubiyatga uchraydi, oqibatda Chernyayev Sankt-Peterburgga chaqirib olinadi, orniga general D.Romanovskiy tayinlandi. U Sibir va Orenburgdan yordam olib Buxoro amirligiga qarshi yurish boshladi. 1866 - yil may oyida bo‘lgan jangda amir Muzaffar qo‘shinlari yengildi. Romanovskiy Xojandni egalladi. 1866-yil avgustda Orenburgdan general-gubernator Krijanovskiy Toshkentga keldi va Romanovskiy bilan birgalikda Buxoro amirini tobe qilish harakatini boshlashdi. Katta qo’shin tortib 1866-yil oktabrda O’ratepa viloyati, Zomin qal'asini bosib oldi, so‘ng Jizzaxni egalladi.

Podsho Aleksandr II 1867-yil 14-iyulda Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugini tuzish tog‘risida Farmon berdi. General-gubernator va okrug qo’mondoni etib general-ad'yutant Fon Kaufman tayinlandi. Unga keng vakolat berilib harbiy-ma'muriy, moliyaviy-iqtisodiy, fuqarolik ishlarini mustaqil hal qilish huquqlari berilgan edi, shu boisdan u «Yarim podshoh» deb atalardi. Bu tadbir Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish yolidagi harakatida yangi bosqich bo‘ldi.

1868-yil Buxoro amiri qo‘shinlari bilan chorizm qo‘shinlari o‘rtasida Choponota tepaligida jang bo‘ldi. Bu hujumga Turkiston general-gubernatori Kaufmanning shaxsan ozi boshchilik qildi va Samarqand egallandi. Amir Muzaffar 1868-yilda Fon Kaufman bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi va Rossiya imperatorining vassaliga, ya'ni xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil aloqalar qila olmaydigan qaram davlatga aylantirildi. Sulhga binoan Xojand, Oratepa, Jizzax, Samarqand, Kattaqorg‘on Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi, amir 500 ming som tovon tolash majburiyatini oldi.

Fon Kaufman 1873-yil bahorida Xiva xonligiga yurish boshladi. Amudaryo boylarida qirg‘inbarot janglar bo‘1di. 1873-yil Kaufman otryadlari Amudaryodan otib Xazoraspni egalladi, Qong‘irot va Xo‘jayii shaharlari, Mang‘it qal'asi zabt etildi, talandi. Istilochi qoshinlar Xivani zabt etadi. 1873-yil 12-avgustda Kaufman bilan Rahimxon uchrashuvi bo‘ldi va Gandimiyon shartnomasi imzolandi. Shartnomaga muvofiq, Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylantirildi, Amudaryo quyi oqimining ong tomonidagi yerlar Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi, xonlikka 2 million 200 ming som tovon tolash yuklatildi, Rossiya savdo-sanoatchilari Xiva xonligida boj va majburiyatlarni bajarishdan ozod etildi.

Kaufman Xiva xonligi taqdirini hal qilgach, Qoqon xonligini tugatishga kirishdi. Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman Qoqon xonligidan bosib olingan yerlarni Rossiya tarkibiga kiritilganligini rasmiy qonunlashtirib olish maqsadida polkovnik Shaufusni Xudoyorxon huzuriga yubordi va xon 1868-yil uni qabul qilib, shartnomaga muhr bosdi. Unga kora, rus savdogarlariga katta imtiyozlar berildi. Xonlik tashqi olamdan uzib tashlandi va Rossiyaning siyosiy qaramligiga tushib qoldi. Qoqon xonligi bosib olinishiga qarshi katta g‘alayon yuz berdi. Bu qozg‘olon 1873-1876-yillarda bo‘lib otib, unga Abdurahmon oftobachi va Po‘latxon rahbarlik qilgan. Podsho armiyasining toplari bilan yakson qilingan xalq harakati qonga botirildi. Birgina Andijonning topga tutilishi natijasida yigirma mingga yaqin kishi halok bo‘ldi. Qoqon xonligi tugatilib, uning o‘rnida Farg‘ona viloyati tuzildi va Turkiston general-gubernatorligiga qo‘shib olindi. Viloyatga general Skobelev gubernator etib tayinlandi. Qoqon xonligining aholisi uch million som tovon tolashga majbur qilindi. Chor Rossiyasi O‘rta Osiyoda mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Milliy davlatchilik tugatildi. O‘lkada mutlaq hokimiyat general-gubernator qo‘lida to’plandi. General-gubernatorlik kengashi va to‘rt bolimdan iborat mahkama tuzildi.

Turkiston general-gubernatorligi tarkibida XIX asr oxirlariga kelib besh viloyat tashkil etildi. Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand, Ettisuv, Kaspiyorti viloyatlarini shaxsan imperatorning o’zi tayinlagan harbiy gubernatorlar boshqarardi. General-gubernator ayni bir vaqtda podshoh noibi, harbiy okrug qoshinlari qomondoni, bosh mirshab, bosh prokuror bo‘lgan . U Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperator agentligi orqali, Xiva xonini esa Amudaryo bolimi boshlig‘i orqali nazorat qilib turgan. Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarga, viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar esa volostlarga, volostlar uchastkalarga, uchastkalar esa oqsoqollar boshqaradigan hududlarga bolingan.

Mustamlakachilar Toshkent shahrini Turkiston general-gubernatorligining ma'muriy markazi etib tanlashdi. Bosqinchilar Toshkentning sharqiy qismidan joy tanlab, tanlangan joydagi mahalliy aholini ko‘chirib, Rossiyadan kelganlar yashaydigan uylar, kochalar, oromgohlar qurdilar. Shaharning bu qismi yangi shahar deb ataldi (shaharni hokim boshqargan). Eski shaharning, ya'ni mahalliy aholi yashaydigan qism aholisining rus mustamlakachilari yashaydigan shahar qismiga otishi ta'qiqlangan edi. Rus mustamlakachiligining Turkistondagi asosiy tayanch ma'muriy va majbur qiluvchi tashkiloti politsiya idorasi bo‘lib, u katta vakolatlarga ega edi.

Mustamlakachilik ma'muriyatining muhim huquqiy bog‘ini sud organlari hisoblangan. Sudlar ikki xil ko‘rinishga ega bo‘lib, ular sudlar va xalq sudlari deb atalgan. Ularning birinchisi sof mustamlakachilik shaklida bolsa, xalq sudlari shariat asosida ish yurituvchi qozilik idorasi edi.

Rossiya imperiyasining 1886-yilgi «Nizom»i o‘lkaga rus aholisini ko’chirib keltirish yoli bilan o‘lkani ruslashtirish harakatini qonunan mustahkamlab, unga siyosiy tus berdi. Ko’chib keluvchi har bir oilaga 10 tanobdan kam bo‘lmagan yer ajratish belgilandi. Imperiyaning qora tuproqli markaziy hududlaridan yer taqchilligidan qutulish siyosati oqibatida mustamlaka Turkistonda boyish uchun rus mujiklari ko‘plab kela boshladi. 15 yil davomida (1875-1890 yy.) Turkistonga 1300 oila kochib kelib joylashdi.

Turkiston aholisining 5 foizini tashkil etuvchi rus mustamlakachilari qoliga hosildor yerlarning 60 foizi berib qoyilgan edi. Turkistonni paxta xomashyosi yetishtiradigan bazaga aylantirish Rossiya agrar siyosatining bosh maqsadi deb belgilandi. Rossiya Turkistonni qisqa muddatda o‘z sanoati uchun xomashyo manbaiga aylantirdi. 1885-1915- yillar davomida paxta maydoni 13 barobarga osdi. O‘lka Rossiyaning asosiy paxta bazasiga aylandi. Rus toqimachilik sanoati Turkiston paxtachiligining rivoji tufayli jahon bozorida mustahkam  marrani egalladi. 1900 yilda Turkiston paxtasi rus sanoati ehtiyojining 25% ni tashkil qilib, bu raqam yil sayin oshib bordi va 1913-yilga kelib 50% ga oshdi. Xonliklar davrida davlat mulki hisoblangan katta yer maydonlari Rossiya davlat xazinasiga tegishli deb e'lon qilindi. Vaqf mulklari ham asta-sekin davlat ixtiyoriga olindi. Chor ma'muriyati Turkistonni Rossiyaning bir qismiga aylantirish, uning janubiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, boyliklarni va yetishtirilayotgan xomashyoni tashib ketish maqsadida temir yo’l qurilishini boshlab yubordi. 1880-1889 yillarda Krasnovodsk, Ashxabod, Marv, Chorjoy, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qoqon, Andijon shaharlarini bog‘lovchi O‘rta Osiyo temir yo‘li qurildi. Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma'naviy-madaniy jihatdan tutqunlikka solish, uzoqqa moljallangan manfaatiga boysundirish siyosatini yuritdi. Uning mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma'naviy, madaniy, tarixiy merosini yoq qilish, ruslashtirishdan iborat edi.

1884-yilda Toshkentda dastlabki «rus-tuzem maktabi» ochildi. Shunday maktablarda rus va o‘zbek muallimlari dars mashg‘ulotlarini otadigan bo‘ldi. Maqsad o‘zbek yoshlariga rus tilini orgatish va rus turmush tarzini singdirish edi.

Chor mustamlakachilari o‘lkaning yer osti va yer usti boyliklarini ko‘proq ozlashtirish maqsadida Turkistonning tabiiy va geografik dunyosini tekshirishga alohida e'tibor berdilar. 1867-yilda Toshkentda meteorologik stansiya ochildi. U o‘lka iqlimini o’rganish bilan shug‘ullandi. 1870- yilda Toshkentda kutubxona tashkil qilindi. 1874-yilda observatoriya ochildi. 1870-yil O‘rta Osiyo olimlari jamiyati tuzildi.

II

Rossiya Turkistonni o‘z mustamlakasiga aylantirgach, uning siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi. Chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi xalqning noroziligi oshib bordi, isyon va qo’zg‘olonlar ko’tarishga sabab bo‘ldi. 1880-1883 yillarda Ho‘jand, Oratepa, Namangan, O‘sh va Chustda ko‘tarilgan qo’zg‘olonlar bunga misol bola oladi. Manbalarda 1885-1892 yillarda Farg‘ona viloyatida xalqning 205 marta siyosiy chiqishlari qayd etilgan. Qo’zg‘olonlarning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblari, kambag‘allar bo‘ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g‘ururini yoqotmagan boy zamindorlar ham ishtirok etdilar.

1892-yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda rus mustamlakachilarini talvasaga solgan va tarixga «Vabo isyoni» yoki «Toshotar voqeasi» sifatida kirgan qo’zg‘olon bo‘ldi. lyun oyida Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma'muriyati shoshilinch choralar ko’rdi. Mustamlaka ma'muriyati tibbiyot nuqtai nazaridan tog‘ri bo‘lgan  tadbirlar haqida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari, marosim, qonun-qoidalarini hisobga olmadi. Va'da qilingan 4 ta yangi qabriston o‘rniga faqat bittasi ochildi. Shaharning taniqli kishilaridan hisoblanmish Aziziyor Eshon, Abdulqosim xoja,  bozor oqsoqoli Ziyomuhammad boshchiligidagi mingga yaqin kishi shahar boshlig‘i polkovnik S.R Putinsev va eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub to’qnash kelishdi. Qamchisini oynatib kelgan oqsoqol xalqning so‘zlarini, arz-dodini tinglash o‘rniga unga dag‘dag‘a qila boshladi. Mashhur «Toshotar» voqeasi boshlanib ketdi. Oqsoqol otdan tushib hokimning idorasiga qochib yashirindi. Polkovnik Putintsev esa ozining sodiq qulini panohiga olib., xalqni tinchitishga urindi. Xalq undan oqsoqolni berishni talab qildi. Putintsev ham muzokara orniga kuch ishlatishni afzal korib, to’pponchasini g‘ilofdan chiqarib dag‘dag‘aga otdi. Sabr kosasi tolgan olomon, uzoq oylab o‘tirmay, hokimga hujum boshladi. Qurollangan soldatlar etib kelgach, xalq ayamay o’qqa tutildi. Natijada ko‘p kishi halok bo‘ldi va yaralandi. Qo‘lga olingan 60 kishi turli muddatlarga qamoq jazosi va surgunga hukm qilindi.

Turkistonda kotarilgan ozodlik harakatining yana biri 1898-yilgi Andijon qozg‘olonidir. Qozg‘olonga Andijon yaqinidagi Mingtepa qishlog‘ida yashovchi Muhammad Ali Eshon boshchilik qildi. Qozg‘olonchilar Andijondagi mustamlakachilarning harbiy gornizoniga bostirib kiradi va kazarmaning piramidalarida 30 ga yaqin turli miltiqni olja qilib olib, birinchi qatordagi soldatlar ustiga tashlanishadi. Ularga ichkaridagi soldatlar qarshilik korsatadilar. Harbiy qoshinlar shaharni o‘rab olib, qo‘zg‘olonni harbiy kuch bilan shafqatsizlarcha bostiradi. Mustamlakachilar Muhammad Ali Eshonni tutish uchun Mingtepaga bostirib kirdilar, uch soatcha otishma va tintuv o‘tkazdilar. Nihoyat, Eshon Arslonbob yaqinidagi Toshko‘prikda qo‘lga tushirildi. Eshon va uning muridlari, tanish-bilishlari, maslakdoshlariga nisbatan dahshatli qatag‘on uyushtirildi. Dukchi Eshon osib o‘ldirildi, uning 45 nafar yordamchilari qatl etildi, 208 kishi Sibirga surgun qilindi. Dukchi Eshon qozg‘oloni izsiz ketmadi. Butun Farg‘ona vodiysida mustamlakachilarga qarshi harakat davom etdi. Yakkatut, Namangan, Beshariq, Marg‘ilon va boshqa tuman, qishloqlarda bosqinchilarga qarshi harakatlar bo‘ldi.

Rossiya imperatori Nikolay II 1916-yil 25-iyunda Turkiston, Sibir va Kavkazdagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan  erkaklarni front orqasidagi xizmatlar uchun safarbar qilish tog‘risida farmon chiqardi. Turkiston general-gubernatoriga zudlik bilan farmonni amalga oshirish buyurilib, Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming, Samarqandga 38 ming, Farg‘ona zimmasiga 50 ming kishi yuborish majburiyati yuklandi. O‘lkada safarbar qilinuvchilarning ro‘yhatlari tuzila boshlandi. Xalq bu tadbirga «mardikorlikka» olish deb nom berdi. Mahalliy ma'muriyat mardikorlikka chaqirishni boylik orttirish vositasiga aylantirdi. Boylarning o‘g‘illari pul bilan qutulib qolar, kambag‘al oilalar esa yolg‘iz og‘ildan, boquvchisidan ayrilar edi. Bu hol xalqning kuchli noroziligiga olib keldi. Iyul oyida Xojand shahrida norozilik namoyishi boshlanib ketdi. Unga dehqonlar, mardikorlar, chorakorlar, ayollar-jami 3000 dan ortiq kishi qatnashib, namoyish «Mardikor bermaymiz!» shiori ostida o‘tdi. Politsiya namoyishni bostirishga kirishdi, ular ustiga tosh yog‘ildi. Harbiy qismdan soldatlar etib kelib politsiyachilar bilan birgalikda namoyishni bostirdi. Samarqand uezdining Urgut qishlog‘ida g‘azabga kelgan 2000 kishilik dehqonlar olomoni volost boshqaruvining mahkamasi oldiga toplandi. Mahkama xodimlari kaltaklandi. O‘sha kuni Samarqand uezdining Siyob, Mahalla, Ho‘ja Ahror va Angor volostlarida ham namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

11-iyulda Toshkentda hunarmandlar, ishchilar, shahar kambag‘allari va shahar atrofidagi dehqonlar Beshyog‘ochdagi politsiya boshqarmasi tomon yo‘l oldilar. Namoyishchilar «bolalarimizni bergandan kora ozimiz olganimiz yaxshiroq, podshoh o‘ lib ketsin» deya maydonni larzaga keltirib qichqirdilar. Mahalliy aholi faollaridan Yolchi Ibrohimov (konchi), G‘ulom Kamolov (g‘isht teruvchi), ishchi ayol Zuhrabibi Musayeva va boshqalar xalqni podshoh hukumatiga qarshi qat'iy kurash boshlashga da'vat etdilar. Tez orada jazo qo’shini yetib keldi. Natijada ular 5 kishini otib oldirishdi, 15 kishi yarador bo‘ldi. Noroziliklar Farg‘ona vodiysida tobora kuchaya boshladi. G‘alayonlar Qoqon shahri, Kattaqorg‘on, Rishton qishloqlarida ham bo‘lib otdi. Ularning barchasi ayovsiz bostirildi. 9 iyul kuni Andijon jome masjidida podshoh farmoni o’qib eshittirildi. Aholi yashin tezligida maydonni to’ldirdi. Xalq safarbarlikni bekor qilishni talab etdi. Politsiya va kazaklarga hujum boshlandi. Jazolovchilar qo’zg‘olonchilarga o‘t ochib 3 kishini oldirib, 12 kishini yarador qildilar.

1916-yildagi qozg‘olonning eng kuchli nuqtasi Jizzaxda bo‘ldi. Shahar aholisi 13 iyul kuni safarbarlikka chaqirilganlar royxatini talab qilib oqsoqol va mingboshi mahkamasiga to’plandilar. Oqsoqolni o‘ldirib, mingboshi mahkamasini vayron qildilar, ro’yxatni topib olib yondirib tashladilar. Iyul oyiga kelib butun Turkiston o‘lkasida harbiy holat e'lon qilindi. Jazo otryadlari va mustamlakachi ma'murlarga juda katta huquq berildi. Qo’zg‘olonchilar safi kengayib bordi. 18 iyul kuni Nazirxo‘ja Eshon boshchiligida yangi shahar tomon yurdilar. Jazo otryadi bilan qozg‘olonchilar o‘rtasida bo‘lgan  to’qnashuvda ikkala tomondan ham qurbonlar bo‘ldi. Turkiston general-gubernatori Jizzax qo’zg‘olonini bostirish uchun polkovnik Ivanov boshchiligida oltita topi bor 13 ta rota askar, 300 kishilik kazak otryadi va 3 rota sapyorlarni safarbar etdi. Jazo I otryadi qozg‘olonni shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan Jizzax aholisi jazirama cho‘lga haydaldi. Jizzax ishi bo‘yicha 1000 dan ortiq kishi hibsga olindi, 151 kishi sud qilinib, turli muddatlarga qamaldi. 1916 - yilgi qo’zg‘olon butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar va kambag‘allar qozg‘olonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘ldi. Qo’zg‘olon bostirilgan bo‘lsa-da, mustamlakachilar ham anchagina kuchlaridan ajraldilar. Shuning uchun ham, A.F Kerenskiy «Urush frontlariga yangi bir front-Turkiston fronti qo‘shildi», -deb vaziyatga jiddiy baho bergan edi. 1916-yil qo’zg‘oloni o‘lkadagi Chor Rossiya mustamlakachilik tizimining tagi bosh zaminda ekanligi va uning ustunlari qimirlay boshlaganini hamda Turkiston xalqlarining vatanparvarligi, g‘ururi so’nmasligini ko’rsatdi.

 

III

Sharq bilan G‘arbni taqqoslab, xususan Rossiya tasarrufiga olingan musulmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi Ismoil Gaspirali birinchi bo‘lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo‘q qilish, ma'naviyat-ma'rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga ko‘tarilish harakatini boshlab berdi. Ismoil Gaspirali maorifni isloh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni o’qitish masalasini ko‘tardi. U 1884-yiida Qrimdagi Bog‘chasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi.

"Jadid" arabcha so‘z bo‘lib, "yangi" degan ma'noni bildiradi. Ismoilbek g‘oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari "jadidlar", uning g‘oyalari esa jadidchilik nomini oldi. Ismoilbek Gaspirali darslik yaratdi, ozining "Tarjimon" (1883-1914 yy.) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida targ‘ib qildi. Bu gazeta Turkiston o’lkasi shaharlarida, shuningdek Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham tarqala boshladi.

1892-yilda Ismoil Gaspirali Turkistonga tashrifi ham jadidchilik g‘oyalarining keyingi rivojiga ta'sir ko’rsatdi. U chor ma'murlari hukmdorlari va Buxoro amiri Abdulaxadxon qabulida bo‘ldi. U Buxoro amirini qiyinchilik bilan amirlik poytaxtida yangi usul maktabi ochishga ko’ndirishga erishdi. Bu maktabga "Muzaffariya" nomi berildi. 1899-yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901-yilda Qoqonda Salohiddin domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo‘lib jadid maktablari ochdilar. 1903-yilga kelib birgina Turkiston o‘lkasida 100 dan ziyod boshlang‘ich jadid usuli maktablari ochilgan edi. Turkiston jadidlariga Mahmudxo‘ja Bexbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa o’nlab milliy ziyolilar rahnamolik qildilar. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar ham yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning "Ustozi avval" (1903), Munavvarqorining "Adibi avval" (1907), Abdulla Avloniyning "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim" (1912) darsliklari alohida e'tiborga molikdir. Jadidlar yoshlarni chet ellarga oqishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg‘or vakillari jadidlarning bu harakatini ma'qullab tegishli mablag‘ bilan ko’maklashdilar. Ko‘pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga oqishga yuborildi. 1910-yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy va boshqalar "Bolalar tarbiyasi" xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911-yilda 15 ta, 1912-yilda 30 ta talabani Turkiyaga oqishga jonatdi. Jadidchilik Turkistonda madaniy-ma'rifiy harakat sifatida rivojlandi va asosiy maqsadi milliy hayotni zamonaviylashtirishga qaratildi. Bu jumladan quyidagilarni anglatar edi:

-xalq ta'limini isloh qilish;

-adabiyotni rivojlantirish;

-zamonaviy matbuotni yaratish;

-islom aqidaparastligi va mutaassibiikni rad etish;

-zamonaviy teatr va dramaturgiyani yaratish;

-tarix fanini rivojlantirish va o‘zbek xalqining yangi tarixini yozish.

Jadidlar e’tiqodli, izchil va chinakam musulmonlar bo‘lib, hech mahal Turkistonda islom dini arkonlarini taftish qilishni istamaganlar. Jadidlar islomni har xil sohtaliklardan tozalab, haqiqiy dinni qaror toptirish va dunyoviy bilimlarni egallash yoli bilan jamiyatda uning ta'sirini mustahkamlashga erishmoqchi edilar. Jadidlarga mutaassib ruhoniylar qarshilik ko’rsatdilar. Ular jadidlarni padarkushlar, maktablari haqida esa «bu xil maktabda o‘quvchi-talabalar birinchi yili gazeta oqiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarni taxtdan ag‘darib turmaga tiqib qoyishadi», -der edilar. Aholini tarbiyalash, mafkurasini belgilashda Jadidlar tarix va o‘z milliy qadriyatlarini ishlab chiqish masalalariga katta e'tibor berishgan.

Jadidlarning xalqaro aloqalari keng qamrovli bo‘lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo‘lganlar. Shu bilan birga, jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munavvar qori rahnamoligida 1913-yilda musulmon drama san'ati havaskorlari jamiyati - «Turon» truppasi tuzildi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatr binosida o‘zbek milliy teatrining 1-rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi. O‘sha kuni sahnada M.Behbudiyning «Padarkush» pyesasi namoyish etildi. Milliy teatr sar. odamlarga millatda mavjud bo‘lgan qusurlar va ijobiy tomonlarni tushuntiruvchi oyna bo‘lib xizmat qildi.

Abduqodir Shukuriy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori va boshqalar kuch-g‘ayratlarini o‘z islohotchilik g‘oyalarini aholi orasida targ‘ib etishga qaratishdi. Qattiq qo’l senzuraga qaramasdan, ular o‘z gazeta va jurnallarini nashr eta boshlashdi. Turkistonda 1906-1908-yillarda jadidlarning «Taraqqiy», «Shuxrat», «Xurshid», 1913-1917-yjllarda «Sadoi Turkiston», «Samarqand», «Oyina», «Turon», «Buxoroi Sharif», «Sadoi Farg‘ona» va boshqa gazetalari bosmadan chiqa boshladi.

Mustamlakachi ma'murlar jadidlar harakatini jilovlash choralarini ko’rdilar. Ular ustidan nazorat ornatar, gazeta va jurnallarini man etib, nashriyotlarni buzib tashlar, kitob dokonlari, qiroatxonalarni yopib tashlar edi. Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qollagan zoravonlik choralari ularni ma'naviy-ma'rifiy islohotdan siyosiy qarshilik korsatish darajasiga kotarilishga olib keldi. Jadidlar boy tarixiy merosida milliy g‘oya va milliy mafkura alohida orin tutadi. Jadidchilik faqat madaniy hodisa bo‘lib qolmasdan, u, avvalo, siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar o‘z faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma'naviy hayotigacha bo‘lgan barcha masalalarni qamrab olishgandi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan Jadidchilik madaniy-ma'rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U osib mustamlakachilarga qarshi kotarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi. Xulosa qilib aytganda, XIX asrdagi parokandalik, uch xonlikdagi ozaro notinchlik va mahalliychilik yurtimizni jahongir davlatlar iskanjasiga soldi. Bosqinchilar uchun qulay zamin yaratdi. Natijada, XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston xalqlarini asoratga soldi. U olkani siyosiy-hududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xalqni ma'naviy-ruhiy boysundirishga erishdi.

Rossiya imperiyasi o‘lkani Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligidan iborat uch qismga bo‘lib, tub aholi birligi va siyosiy qudratini sindirish yolida barcha vositalardan foydalandi. Mustamlakachilar Turkiston xalqlari turmushida nimaiki ularning istiqboliga to‘g‘anoq bo‘lsa, ularni ozodlik uchun kurashdan chalg‘itsa, hammasini qo‘llab-quvvatlagan holda, istiqlolga xizmat qiluvchi barcha intilishlarning payini qirqdilar.

Rossiya mustamlakachilarining og‘ir asorati sharoitida ham xalqimiz o‘zligini, milliy qadriyatlarini, ma'naviyatini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlab qola oldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

7-mavzu: TURKISTONDA SOVET HOKIMIYATINING O‘RNATILISHI. SOVET HOKIMIYATINING SIYOSATIGA QARSHILIK KO‘RSATISH HARAKATI

        Reja:

1.     Rossiyada 1917-yil fevral burjua demokratik inqilobi va uning o‘lkamiz ga ta'siri. Turkistonda siyosiy hayotning faollashuvi.

2.      Petrogradda oktabr to‘ntarilishi. Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi va totalitar tuzumning qaror topishi.

3.      Turkiston Muxtoriyatining tashkil etilishi va uning fojeali taqdiri.Turkistonda sovetlar siyosatiga qarshilik korsatish harakati, uning mazmun va mohiyati.

4.      Xiva xonligi va Buxoro amirligining ag‘darilishi.

 

Rossiyaning birinchi jahon urushida qatnashishi, frontdagi mag‘lubiyatlar, jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklar, ijtimoiy - siyosiy inqiroz tub o’zgarishlarga olib keldi. Petrograd, Moskva va boshqa ko‘plab sanoat rayonlarida ommaviy ish tashlashlar boshlanib ketdi. Podsho va uning vazirlari mamlakatni boshqara olmay qoldilar. Natijada, IV Davlat dumasi deputatlari fevral oyi oxirlarida podsho Nikolay II ni taxtdan voz kechishga majbur etdilar. Shu tariqa Rossiyada fevral burjua demokratik inqilobi g‘alaba qozondi va monarxiya tugatildi. Hokimiyat tepasiga IV Davlat dumasi tuzgan Muvaqqat hukumat keldi. Jahon urushi qiyinchiliklari, Rossiyadagi 1917-yil fevral voqealari Turkiston xalqlari hayotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi, xususan, Muxtoriyatga umid uyg‘otdi. Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakatlar kuchayib ketdi. O‘lka ijtimoiy - siyosiy hayotida Muxtoriyat g‘oyasi asosiy masala bo‘lib qoldi.

1917 yilning mart- aprel oylari o‘lkaning siyosiy uyg‘onishida burilish davri bo‘ldi. Turkiston jadidlari, milliy ziyolilar hamda islom ulamolarining yetakchilari bo‘lgan  Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919 yy.), Munavvar qori Abdurashidxon og‘li (1878-1931 yy.), Ubaydulla Xojaev (1882-1938 yy.), Abdurauf Fitrat (1886-1938 yy.), Mustafo Cho’qayev (1890-1941 yy.) va boshqalar o‘lkada yangi tashkil qilingan "Shoroi Islomiya" (1917-yil, mart), "Shoroi Ulamo" (1917-yil, iyun), "Turon" jamiyatlari va "Turk odami markaziyat firqasi" (1917 yil, iyul), "Ittifoqi muslimin" (1917-yil, sentyabr) siyosiy partiyalarining tuzilishida muhim rol o‘ynadilar. Turkistonning bu ilg‘or ziyolilari Turkistondagi idora usuli, boshqaruv shakllari, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti bilan faol shug‘ullandilar. Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar, «Shoroi islomiya», «Shoroi Ulamo», «Turon» va boshqa jamiyatlarning dasturlarida davlatchilik masalalariga alohida e'tibor berilgan edi.

Jadidchilik 1917-yilda ma'rifatchilik harakatidan allaqachon siyosiy harakat darajasiga kotarilib bo‘lgan edi. O’sha 1917-yilning ozida tort marta Butunturkiston musulmonlari qurultoyi o’tkazildi. 16-23 aprelda Toshkentda bo‘lgan I qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g‘oyasi olg‘a surildi. Bu g‘oya Turkiston xalqlarining o‘z milliy davlatchiligini tiklash yo‘lidagi dastlabki qadami edi. Butun Turkiston musulmonlar qurultoyi majlisida Markaziy rahbar organ - Turkiston o‘lka musulmonlar Kengashi (Kraymussovet) tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. Uni tuzishdan asosiy maqsad milliy - ozodlik harakatiga tashkiliy va markazlashtirilgan xususiyat kasb etish uchun bir - biri bilan tarqoq aloqada bo‘lgan jamiyat, qomita va ittifoqni birlashtirishdan iborat edi.

Shunday qilib, Turkistonning birligi va yaxlitligi tomon muhim qadam tashlandi. Tarixda ilk marta butun Turkiston miqyosida musulmonlar qurultoyi chaqirilib, unda tub xalqlarning muxtoriyat tomon qat'iy intilishi, o‘z an'analari, urf - odatlari va turmush tarzlarini izchil turib himoya qilishi aytildi. Bu manfaatlarning ifodachisi bo‘lgan  Milliy Markaz - Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi tashkil etildi. Afsuski, birlashish jarayonlari har doim ham bir tekis rivojlanmadi. Asr boshidan buyon davom etib kelayotgan "Jadidi -qadim" nizolari demokratik harakat saflarida parchalanish yuz berishiga olib keldi. Yuqorida qayd qilingan "Sho’roi Islomiya" tashkiloti vakillari asosan jadidlardan iborat edi. 1917-yil iyun oyida bu tashkilotdan "Shoroi Ulamo" ajralib chiqdi. Sherali Lapin uning Toshkent sho’basiga asos soldi, ko‘p otmay Qo‘qonda ham "Shoroi Ulamo" jamiyati tuzildi. Bu ikki jamiyat o‘rtasida g‘oyaviy kelishmovchiliklar mavjud bo‘lib, umumiy kurashga rahna solib turardi. 1917-yil 7-11-sentyabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi ochildi. Qurultoy hokimiyatni ishchi, soldat va dehqon deputatlari sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Faqat Miliiy Markaz-Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi mintaqadagi tub erli aholi manfaatlarini himoya qilishi mumkin, degan fikr qat'iy qilib qo’yildi.

Shuningdek, 17-20-sentabrda Toshkentda bo‘lib otgan Turkiston va Qozog‘iston musulmonlarining navbatdagi qurultoyida "Shoroi Islomiya", "Shoroi Ulamo", "Turon" va boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirib, Turkiston mintaqasi uchun umumiy bo‘lgan  "Ittifoqi muslimin" degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi. Qurultoy ishidagi asosiy masala Turkiston o‘lkasining bolajak ma'muriy - siyosiy tuzumini belgilash bo‘lgan . Qurultoy bolajak davlatga «Turkiston Federativ Respublikasi» degan nomni qoyib, parlament asosida boshqariladigan davlat tuzumining bosh tamoyil va me'yorlarini belgilab berdi. Shu tarzda Turkistonda Muxtoriyat hukumati yuzaga kelmasdan ancha oldin uning poydevorini yaratishga zamin hozirlangan.

1917-yil voqealari Turkistondagi Yevropalik siyosiy guruhlarning ham jonlanishiga sabab bo‘ldi. Petrograddagi Rossiyaning Muvaqqat hukumati o‘lkani boshqarish uchun Turkiston Komitetini tashkil qildi. Ikkinchi hokimiyat bo‘lib ishchi-soldat sovetlari tuzildi, ularda rahbarlikni qo‘lga olish uchun bolsheviklar kurash boshladilar. Lekin 1917-yil aprel oyi boshidan noyabrgacha Turkiston Komiteti hokimiyatni boshqarib turdi. Shunday qilib, 1917-yilning oktyabr oylariga kelib Turkistonda hokimiyat masalasida ikki muqobil yonalish yuzaga keldi. Birinchisi-milliy yonalish, uni islom dini ulamolari va jadidlar boshqardilar. Mahalliy tub yerli musulmonlar asosan shu yonalishga ergashdilar. Chunki musulmon ulamolari va jadidlar o‘z oldiga Turkistonning milliy mustaqilligi, erk va ozodlik uchun mustamlakachilarga qarshi kurashni maqsad qilib qoygan edilar. Ikkinchisi-nomilliy yonalish bo‘lib, uning asosiy yo’naltiruvchi kuchlari Turkistonga chetdan kelgan Evropa xalqlarining vakillari edilar. Ularga rus sotsial-demokratlari, eserlar, kadetlar va shuning singari firqalarning Turkistondagi vakillari boshchilik qildilar.

 

II

1917-yil 25-26-oktabrda V.I.Lenin boshchiligidagi bolsheviklar Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag‘darib tashlab, davlat tontarishi amalga oshirdilar. Bu haqdagi xabar Toshkentga 28-oktabrda yetib keldi. Turkiston bolsheviklari rahbarlik qilgan Toshkent soveti ishchi va soldatlarni qo’zg‘olon ko‘tarishga da'vat qildi. Lekin general Korovichenkoga sodiq qolgan qismlar bunga qarshilik korsatdilar. 1917-yil 28-oktyabrda Toshkentning yangi shaharida qurolli toqnashuvlar avj oldi. 1- noyabrda Toshkent harbiy qal'asi taslim bo‘ldi, shu kuni qurolli qozg‘olon g‘alaba qo’zondi, deb e'lon qilindi. Qurolli qozg‘olon natijasida Muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasi ag‘darildi, yangi hokimiyatning o‘lka organi esa darhol tuzilmadi. Uning vazifasini dastlabki paytlarda Toshkent Soveti bajarib turdi. U 1-noyabrda o‘lkadagi barcha Sovetlarga telegramma yuborib, unda «Butun hokimiyatni sovetlar qabul qildi. Hokimiyatni o‘z qo‘lingizga olingiz» deyilgan edi.

12-15-noyabrda Toshkent shahrida Sherali Lapin raisligida butun Turkiston o‘lka musulmon tashkilotlarining qoshma majlisi bo‘ldi. Unda Butunrossiya miqyosida hokimiyat tuzish masalasi hal qilinguncha «Turkiston hokimiyatini tashkil etish» muammosi muhohama qilindi. Mazkur anjumanda Mahalliy aholi manfaatlari bilan bir qatorda yevropalik aholi manfaatlari ham kamsitilmadi. Anjumanda qabul qilingan rezolyutsiyada «Turkiston hukumati qomitasi» 12 kishidan iborat vakillardan tashkil topishi va uning organi bo‘lgan  «Turkiston o‘lka kengashi»ni nazorat qilishi lozim edi. Hukumat tarkibiga ishchi va soldat deputatlari kengashlaridan 3 tadan, o‘z-o‘zini boshqarish idoralaridan 3 tadan, o‘lka musulmon syezdi dan 6 vakil kiritilishi ko’zda tutilgan. Mazkur rezolyutsiya mazmunini sovetlarning III syezdi  delegatlari e'tiboriga yetkazish Sherali Lapin boshchiligidagi komissiyaga yuklatildi.

Sovetlarning III syezdi 1917-yil 15-noyabrda o‘z ishini boshladi, 18 noyabrda Sherali Lapin sovetlarning III o‘lka syezdida musulmon tashkilotlari kengashining rezolyutsiyasini e'lon qildi. U aytdiki: «Musulmonlarning tutgan yo‘li mustaqil yo‘ldir, bu yo‘lni ularga Qur'on va shariat qoidalari ko‘rsatib bergan. Shuning uchun ular rus siyosiy partiyalaridan birortasiga ham qo’shila olmaydilar, lekin barcha xalq tashkilotlariga tayanib, Ta'sis majlisiga olib keladigan hokimiyatni qo’llab-quvvatlaydilar... Musulmonlar rus inqilobining xalqlarni o‘z  taqdirini ozi belgilashi to‘g‘risidagi va'dasiga ishonadilar». Shundan so‘ng Sherali Lapin musulmonlar kengashi nomidan o‘lkani idora qilishni tashkil etish haqidagi takliflarni ma'lum qiladi. Biroq Sovetlarning III o‘lka syezdi  bu taklifni butunlay rad etdi. Bunga sabab qilib «Sezdda mahalliy ishchilar va boshqa «mehnatkash aholi» qatlamlarining juda ozchilikni tashkil etganligi» deb ko‘rsatdilar. Shunga qaramasdan, syezddagi ayrim fraksiyalarning rahbarlari o‘lkaning rahbar organlari tarkibiga mahalliy aholi vakillaridan ozroq miqdorda bo‘lsa-da kiritish haqidagi takliflar bilan chiqdilar. Ammo bolsheviklar boshqa fraksiyalarning fikrini inobatga olmadilar. O‘lka ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarning III qurultoyida "Xalq komissarlari soveti" deb nomlangan Yevropaliklardan iborat bo‘lgan  hukumat tashkil topdi. Unda 8 o‘rin so’l eserlarga, 7 o‘rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berildi. Turkiston XKS raisi lavozimini kasbi chizmachi bo‘lgan  bolshevik F.Kolesov egalladi, harbiy komissar qilib aravakash Perfilev, boshqa komissarlik lavozimiga o‘rtamiyona yurist va shunga oxshaganlar tayinlandilar. Bu syezdda qonun chiqaruvchi organ Markaziy Ijroiya Qo‘mita ham saylanmadi. Hukumat a'zolari qatoriga tub aholi vakillari kiritilmadi. Bolsheviklar Turkistonga muxtoriyat berish u yoqda tursin, ozlarini musulmon aholiga mutlaqo ishonmaydigan, uning manfaatlari va orzu-umidlarini nazar-pisand qilmaydigan shovinistlar sifatida korsatdilar.

Turkistondagi bu hukumat, birinchi galda bolsheviklar mohiyatan chorizm mustamlakachilik siyosati asosida ish boshladilar. Shu bilan birga, oktyabr tontarishidan keyin Rossiyada bo‘lgani singari, Turkistonda ham inqilobiy aqidalarga, eng avvalo sinfiylik tamoyillariga amal qilindi, Mulkdorlar - ekspluatator, ezuvchilar: milliy ziyolilar, o’qimishli, obro-e'tiborli xalq vakillari-milliy burjuaziya korchalonlari va malaylari: islom dini rahnamolari reaktsion oqim deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi. Rusiyzabon hukumat o‘lkadagi harbiy qismlari, qurollangan ishchi gvardiyasiga tayanib ish ko‘rdi. Bu hokimiyat faoliyati zo‘rlikka, buzg‘unchilikka, qon to’kishga qaratildi. Ong saviyasi past, ko‘pincha jinoiy unsurlar bo‘lgan  soldatlar, ishchi gvardiyachilar yerli aholi, ayniqsa, dehqonlarni shafqatsizlik bilan talay boshladilar. Erli aholi jamoatchiligining demokratik yo’nalishidagi sa'y-harakatlari, milliy davlatchilikni joriy qilish sari tashlagan qadamlariga ashaddiy qarshilik ko‘rsatildi. Shu tariqa, bolsheviklar so’l eserlarning qo‘llab - quvvatlashi bilan ko‘p millionli mahalliy aholining amaliy ishtirokisiz, uning fikri va manfaatlarini hisobga olmasdan turib, Turkistonda oktabr to’ntarishini amalga oshirdilar, sovet hokimiyatini e'lon qilib, bolsheviklar tuzumini o‘rnatdilar. Lekin Turkistondagi milliy siyosiy tashkilotlar siyosiy kurashni to’xtatmadilar. 1917-yilning oxiriga kelib o‘lkadagi mavjud ijtimoiy siyosiy vaziyat shundan dalolat berar ediki, Turkiston amaliy jihatdan muxtoriyatga erishish arafasida turgan edi.

 

III

Toshkentdagi Xalq Komissarlari Kengashi Turkiston musulmonlari vakolati syezdining mamlakatni idora qilishni yerli xalq qo‘liga topshirish haqidagi qarorini rad etgandan song, "Markaziy Shoroi Islom" tashkiloti hokimiyat masalasini hal etish uchun mustaqil harakat boshlashga majbur bo‘ldi.

1917-yil 26-28-noyabrda Qoqon shahrida Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoy ishining butun tafsilotlari o‘sha davr gazetalariga tarix uchun muhrlab qo’yilgan bo‘lsa, hozirgi talabalarimizga, o‘quvchilarimizga "O‘zbekiston  sovet mustamlakachiligi davrida" (T., "Sharq", 2000) kitobi atroflicha ma'lumot beradi. Turkistonni boshqarish shakli tog‘risidagi masala qurultoyning diqqat markazida bo‘lgan. Qurultoyda o‘lkaning barcha mintaqalari va ko‘pgina jamoat tashkilotlaridan 200 nafardan ortiq vakil hozir bo‘ldi. Mandat komissiyasining a'zosi T.Norbotabekov qurultoy qatnashchilarining tarkibi haqida axborot berdi. Unga kora qurultoyda Farg‘onadan-100, Sirdaryodan-22, Samarqanddan-21, Buxorodan-4 va Kaspiyortidan 1 vakil: shuningdek, "Shoroi Islom", "Shoroi Ulamo" musulmon harbiylari kengashi, o‘lka yahudiylar jamiyati, mahalliy yahudiylar vakillari qatnashdilar. Ochiq ovoz bilan hay'at a'zoligiga quyidagilar: M.Cho‘qaev, U.Xojaev, Yu.Agaev, S.Akaev, S.Gertsfeld, O.Mahmudov, A.O‘razaev va boshqalar saylandilar. Qurultoyda 1917-yil 27-noyabr kuni qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: "Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da'vat etgan xalqlarning o‘z  huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e'lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topishi shakllarini Ta'sis majlisiga havola etadi". Qurultoy Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik huquqlarining muttasil himoya qilinishini e'lon qildi. Mazkur davlatning nomi Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo‘ldi. Ta'sis majlis chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi qo’lida bo’lishi kerak, deb qaror qabul qildi. Xalq majlisi tarkibiga saylanadigan 54 o’rindan 18 o’rin o‘lkadagi turli Yevropalik aholi tashkilotlarining vakillari uchun ajratildi, bu esa uchdan bir o‘rin Yevropalik aholi vakillariga tegishini bildirar edi. Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi a'zolaridan 8 kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi, yana 4 kishi Yevropalik aholi vakillari ichidan nomzodlar ko‘rsatilgach, qayd qilinishi kozda tutildi. Hukumatning Bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri etib Muhammadjon Tanishboev saylandi. Islom Sulton o‘g‘li Shoahmedov - Bosh vazir o’rinbosari, Mustafo Choqayev-tashqi ishlar vaziri, Ubaydulla Xojaev harbiy vazir, Hidoyatbek Yurg‘uli Agaev- yer va suv boyliklari vaziri, Solomon Abramovich Gertsfeld-moliya vaziri lavozimlarini egallashdi. hukumat tarkibida keyinchalik ayrim o‘zgarishlar yuz berib, M.Choqaev Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. Vazirlardan uch kishi oliy ma'lumotli huquqshunos, ikki kishi o‘rtacha malakali huquqshunos hamda agronom va muhandislardan iborat bo‘lganligi Muxtoriyat hukumati a'zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Qurultoy tugagach, 1-dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumat a'zolari (8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e'lon qilindi. Ushbu Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy e'tiqodlaridan qat'i nazar, yakdillik va hamjihatlikka da'vat etilgan edi. Oradan ko‘p o’tmay, Millat Majlisi tamonidan tasdiqlangan qonunlar e'lon qilindi, shuningdek, yangi hukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi.

Turli tillarda gazetalar nashr qilina boshlandi. Muxtoriyat hukumati milliy qo’shin tashkil qilishga kirishdi. 1918-yil boshida harbiy vazir Ubaydulla Xojayev ishtirokida o‘tkazilgan ko‘rik - parad vaqtida askarlar soni 2000 kishiga etgan. Hukumat iqtisodiy sohada 30 million so’m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo’lga qo‘ydi va Turkiston aholisiga Orenburg orqali g‘alla keltirish muammosini hal qilish uchun amaliy qadamlar tashlandi. Yangi hukumat qisqa vaqt ichida omma o‘rtasida e'tibor qozonib, butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. Turkiston o‘lkasining turli shahar va qishloqlarida muxtoriyatni olqishlab, ko‘p ming kishilik namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Turkiston xalqining muxtoriyat uchun olib borgan kurashida 1917-yil 13 dekabrda bo‘lib o’tgan voqealar alohida o‘rin tutadi. O‘sha kuni Toshkentda eski shahar aholisi "Muxtor Turkiston uchun!" shiorlari ostida tinch bayram namoyishini o‘tkazdilar. Ammo Toshkent sovetidagi bolsheviklar shaharda qurolli kuch bilan tartib o’rnatishga buyruq berdilar. Oqibatda tinch namoyish qatnashchilari pulemyotdan o‘qqa tutildi, 16 kishi ana shu to‘qnashuv qurboni bo‘ldi. Bolsheviklar rejimining bunday tazyiqlariga qaramay, Muxtoriyat hukumatini qo‘llab - quvvatlash butun o‘lka bo‘ylab davom etaverdi. Afsuski, ilk demokratik va xalqchil hukumat bo‘lgan Turkiston Muxtoriyatining faoliyati uzoqqa chozilmadi. Muxtor hukumatning obro-e'tibori va nufuzi bolsheviklarni jiddiy tashvishga solib qo‘ydi. Natijada, 1918-yil 19-26 yanvarda Toshkentda bo‘lgan Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarning favqulodda IV qurultoyida Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning a'zolarini qonundan tashqari holatda deb, hukumat a'zolarini qamoqqa olish tog‘risida qaror chiqardi. 30 yanvardan Turkiston XK.S Muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Buning uchun armanlarning "Dashnoqtsutyun" partiyasi a'zolaridan tuzilgan qurolli to‘dalardan ham keng foydalanildi.

Shu kunlarda Muxtoriyat hukumati ichida ham ziddiyatlar kuchayib, 18 fevralda M.Choqayev hukumati ulamochilarning tazyiqi bilan iste'foga chiqdi. Shu kundan Qo‘qon shahar mirshablari boshlig‘i Ergash (kichik Ergash) amalda Muxtoriyat hukumatining rahbariga aylandi.

18-fevralda Turkiston o‘lkasi harbiy komissari E.Perfilev boshchiligidagi piyoda, otliq va artilleriya qismlaridan iborat 11 eshelon Qo’qonga keldi, Qizil askarlar shaharda bosqinlar uyushtirib, uni talon-taroj qilishga kirishdilar. Shahar ustiga uch kun davomida to‘plardan yondiruvchi snaryadlar otildi. Muxtoriyat qoshinining tirik qolgan qismi shahardan chiqib ketdi. Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklarning qonli hujumlari oqibatida ag‘darib tashlandi. Qoqon va uning atrofidagi tinch aholini talash, oldirish avjga chiqdi. Shahar butkul vayronaga aylantirildi. O‘qqa tutilgan, oldirilgan, talangan va taxqirlangan qo’qonliklarning tirik qolgan qismi sovet hokimiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko’rgan bo‘lsa-da, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga da'vat etdi. Vatan tuyg‘usidek muqaddas tuyg‘u qalbining to’ridan joy olgan Turkiston munavvarlarining muxtoriyat uchun olib borgan kurashlari izsiz ketmadi.

1918-yil 20 aprel, 1 may kunlari Turkiston sovetlarining V qurultoyida Rossiya Federatsiyasi tarkibida Turkiston avtonom sovet respublikasini tuzish tog‘risida qaror qabul qilindi. TASRning Markaziy Ijroiya komiteti (MIK) va XKS saylandi, bular tarkibiga oz bolsa-da, tub millatlar vakillari kiritildi. Qurultoyda, shuningdek, sanoat korxonalarini milliylashtirish qilish va ba'zi boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi. 1918-yil iyun oyida Turkiston Kompartiyasi ta'sis etildi.

Shunday qilib, Rossiyada bo‘lgani kabi, Turkistonda ham mulkdorlarni tugatish avj oldirib yuborilgani, aholi, xususan dehqonlarga og‘ir soIiqlar solinishi, iqtisodiy va ma'naviy tahqirliklar bolsheviklar hukumatidan, ularning olib borgan siyosatidan xalqning norozi bolishiga olib keldi. 1918-yil fevralida «Turkiston Muxtoriyati»ning qonga botirilishi, sovetlar olib borgan notog‘ri iqtisodiy va madaniy-ma'naviy siyosat Turkistonda sovet hokimiyati va bolshevikcha rejimga qarshi istiqlolchilik harakatining boshlanishiga sabab bo‘ldi. Dastlabki guruhlarning tuzilishi Qo’qon atrofidagi Bachqir qishlog‘idan bo‘lgan  kichik va katta Ergashlarning nomlari bilan bog‘liq. 1918-yil 27-fevraldagi janglarning birida kichik Ergash shahid bolgach, uning o‘rniga katta Ergash Farg‘ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik siyosatiga qarshi ozodlik bayrog‘ini kotardi. Marg‘ilonda esa militsiyaning sobiq boshlig‘i Muhammad Aminbek Ahmadbek o‘g‘li Madaminbek (1892-1920 yy.) kurash boshladi. Qarshilik ko‘rsatish harakati Qoqon fojealaridan keyin boshlangan bolishiga qaramay, uning ildizlari chor Rossiyasi tomonidan Turkiston bosib olingan XIX asrning 60-70-yillariga borib taqaladi. "Turkistonning mustaqilligi uchun kurash!", "Turkiston -turkistonliklar uchun!" degan shiorlar hech qachon kun tartibidan olib tashlanraagan. Faqat bu harakatning shakllari va taktikasi Szgarib turgan. 1918-yil fevralida Turkiston xalqlarining milliy hukumati yoq qilinganda ularning milliy g‘ururi ham toptalgan edi. Turkistonda qarshilik korsatish harakati vujudga kelishning bosh sababi sovet hokimiyatining o‘lkada yuritgan mustamlakachilik va buyuk davlatchilik siyosati bo‘ldi. Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan, yuqorida qayd etib otilgan dastlabki sotsialistik tadbirlari, "harbiy kommunizm" siyosati hamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchlliklari harakatga alohida keskinlik va ko‘lam bag‘ishladi, uning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi.

Bu harakatning o‘ziga xos milliy ko‘rinishi va Turkistonga xos xususiyatlari bo‘lgan. Harakatda ustuvor fikr butun Turkistonning milliy istiqloli va mustaqilligi g‘oyasidir. Bu qarshilik ko‘rsatuvchilarning "Yoqolsin sovet hokimiyati!" va "Mustaqil bir musulmon davlati tuzamiz!" shiorlarida ham yaqqol ifodalanadi. Bu kurashning asosiy harakatlantiruvchi kuchlarini dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar tashkil qilgan. Ularning milliy tarkibi asosan tubjoy aholisi-o‘zbek, tojik, qirg‘iz, qozoq, turkman, qoraqalpoq va uyg‘urlardan iborat bo‘lgan . Xalq harakatining uyushgan bir shaklida namoyon bo‘lishida qo’rboshilar ko‘rsatgan g‘ayrat-shijoatni alohida ta'kidlab otish kerak. Qo’rboshilar istiqlolchilarning harbiy rahbarlari bo‘lib, ular o‘z jangovarliklari bilan mashhur edilar. O‘z vaqtida Farg‘ona vodiysida Kichik va Katta Ergashlar, Madaminbek, Shermuhammadbek, Samarqand viloyatida Ochilbek, Bahrombeklar harakatga rahbarlik qildilar.

Buxoroda Ibrohimbek, Jabborbek, Doniyorbek va boshqalar, Xorazmda Junaidxon, G‘ulomalixon, Qoshmamedxon kabi qorboshilar milliy istiqlol tarixida o‘z  o‘rinlariga ega bo‘ldilar. Qarshilik korsatish harakatini tashkiliy jihatdan uyushtirishda Farg‘ona vodiysi, Buxoro va Xorazmdagi qo’rboshilarning mazkur davrda bo‘lib o’tgan o’ttizdan ortiq qurultoylarining ahamiyati katta bo‘lgan. Ularda rahbarlar saylangan, qo’rboshilar yagona qo’mondonlik ostiga birlashtirilgan. Ammo bunga doim ham amal qilinmas edi. Turkistondagi qarshilik korsatish harakatining g‘oyaviy rahnamolari asosan jadid munavvarlari va islom ulamolari edi. Harakatga g‘oyaviy rahbarlik qilish uchun jadidlar bilan ulamolar o‘rtasida ozaro raqobat mavjud bo‘lgan . Zulm va istibdodga qarshi olib borilgan istiqlol janglari tafsilotlarini talabalarga 1991-2006-yillarda chop qilingan yangi tarixiy adabiyotlardan o’qib o’rganib olishni tavsiya qilamiz.

Shunday qilib, 1918-yil bahorida Farg‘ona vodiysida boshlangan sovet hokimiyatining siyosatiga qarshilik ko’rsatish harakati 1920-yilga kelib tashkiliy jihatdan shakllandi. U yirik harbiy kuchga aylanib, Farg‘ona vodiysidagi bolsheviklar tuzumini larzaga keltirdi va qariyb ikki yil davomida Farg‘onadagi vaziyatni boshqarib turdi. Bu va bundan keyingi davr ichida kurashchilar harbiy tashkiliy jihatdan birlashishga harakat qildilar. Biroq torn ma'nodagi birlashish amalga oshmadi. Qorboshilarning ko‘pchiligi ongiga o’rnashib qolgan faqat o‘zini o’ylash, manmansirashlik, shuhratparastlik illati ularni bir-biriga yon berishga qo’ymasdi. Bu holatdan esa bolsheviklar ustalik bilan foydalandi. Ular dabdabali shiorlari bilan qarshilik korsatuvchilar qatoriga rahna solishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga asosiy sabab, Farg‘ona vodiysida harakat qilayotgan 150ga yaqin qo’rboshilar dastalarining maqsadlarini birlashtira oladigan yagona milliy dasturning yoqligida edi.

Shuningdek, Farg‘ona vodiysiga 1919-yilning oxirlarida tashlangan katta miqdordagi harbiylar kuchlar nisbatini sovetlar tomoniga burib yubordi. Shunga qaramasdan, Turkiston o‘lkasida qarshilik ko’rsatayotgan guruhlar yomon qurollangan, harbiy tayyorgarlik ko’rmagan va katta talofot ko’rayotgan bo’lsalar-da, bosqinchi qizil armiya qismlariga qarshi kurashib turdilar. Ammo, tinimsiz davom etgan etti yillik kurashdan ular ham, Farg‘ona xalqi ham charchagan edi. Shuning uchun qasoskorlarning ko‘pchiligi 1924-yil davomida qarshilikni toxtatib bordilar. Shu tariqa bu kurash Farg‘ona vodiysida 1925-yilgacha davom etib, istiqlolchilik harakatining birinchi davri yakunlandi. Xorazm va Buxoroda esa bu harakat 1935-yillargacha davom etdi. Bu qarshilik korsatish harakatining ikkinchi davri bo‘lib, ozining harakteri va kuchlar nisbati jihatidan birinchi davrdan farq qiladi. Harakatning ikkinchi davrida Buxoro va Xorazmdagi qarshilik korsatuvchi kuchlar sovetlar siyosatiga qarshilik ko‘rsatish bilan birga eski boshqaruv va hokimiyatni tiklashni ko‘zladilar. Holbuki, eskilikka qaytish xalq manfaatlari va demokratiyaga zid edi. Bu esa o’zining salbiy ta'sirini korsatmay qolmadi.

1917-yil 9-dekabrda Turkiston XKS yerni sotish va sotib olishni man qiluvchi, erni ijaraga berishni cheklovchi qaror qabul qildi. Ammo u qog‘ozda qolib ketdi, yirik dehqonlar yer egaligini surunkali tugatishga qaratilgan harakatlar natija bermadi. Xususiy mulk yoq qilinib, egasiz qolgan iqtisodiyot shiddat bilan talon-taroj bo‘ldi. O‘lkada savdo-sotiq buzildi, oziq-ovqat tanqisligi natijasida bozorlar yopildi, non bilan ta'minlash, g‘alla davlat idoralari ixtiyorida markazlashtirildi.

1919-yil noyabr oyida Rossiya markazidan Turkistonga RSFSR MIK va hukumatining Turkiston ishlari boyicha komissiya-Turkkomissiya keldi. Uning raisi Sh.Eliava, a'zolari boshqa kozga koringan bolsheviklar edi. Turkkomissiya bu yerda favqulodda va cheklanmagan vakolatlarini amalga oshirdi. U Turkiston Kompartiyasi MK Turkiston MIK va XKS ustidan qattiq nazorat o’rnatdi, lozim topganda ularni tarqatib yubordi, tarkibini ozgartirdi. Ichki va tashqi siyosat, iqtisodiyot, armiya, kadrlar masalasini o‘z qo‘liga" markazlashtirdi. Vaqf mulklarining davlat ixtiyoriga olinishi e'lon qilindi va qoziliklar yopildi.

1919-yil iyunga kelib esa oziq-ovqat razvyortkasi joriy qilindi, ya'ni oziq-ovqatlar davlat tomonidan majburiy tortib olinadigan bo‘ldi. Majburiy jismoniy mehnat joriy qilindi. Bu tadbirlar tarixda "harbiy kommunizm" siyosati nomini oldi. Bu siyosat xo‘jalik faoliyatining moddiy manfaatdorlik tamoyilini yoqqa chiqardi.

Shu bilan birga, o‘lkada milliy-etnik ajralish chuqurlashdi, boisheviklar qo‘l ostidagi ishchi, soldat sovetlari aksariyat ruslar joylashgan erlarda ish kordilar. Tub yerli aholi bu sovetlarni tan olmas edi. Ko‘pchilikni tashkil qilgan yerli aholi urf-odatlari, e'tiqodi, qadriyatlariga dushmanlik munosabati qat'iy noroziliklarni keltirib chiqardi.

 

IV

O‘rta Osiyoda jadidchilik harakati o‘lkaning barcha hududlarida bir vaqtda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘z oldiga qo’ygan kurash maqsadlari jihatidan ikki xil yo’nalish kasb etgan. Jumladan, Turkiston jadidlari o‘z oldilariga bosh maqsad qilib Turkiston o‘lkasini Rossiya mustamlakachilaridan ozod qilish va milliy mustaqil davlat tuzishni qo’ygan bo’lsalar, Buxoro va Xiva jadidlari amir va xon zulmiga qarshi kurashni bosh maqsad deb bildilar. Chunki ular mustamlakachilik zulmini o‘z boshidan to‘liq kechirmagan edilar. Xalq ommasi amir va xon orniga insofliroq va adolatliroq hukmdorga ega bo‘lishni istar edilar. Xalqning bu istagini idrok eta olgan Buxoro va turklar»ga taqlid etib, o‘zlarini «Yosh buxoroliklar» va «Yosh xivaliklar» deb atay boshladilar. Ular konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi doirasida islohotlar o‘tkazish yo’li bilan adolatli va insonparvar jamiyat qurish mumkin, deb ishondilar. 1917-1920-yillar davomida Xiva xonligi va Buxoro amirligida rivojlanib kelgan demokratik harakatlar kengaydi, islohotchilik talablari amaliyotda mujassamlashdi. Yosh buxoroliklar va yosh xivaliklar avvalo yuqoridan turib demokratik islohotlar o’tkazish yo‘li bilan xonliklarning ijtimoiy taraqqiyot yo‘lida rivojlanishini ta'minlashga harakat qildilar.

«Yosh xivaliklar» xon oldiga qo’yilajak talablarni ishlab chiqdilar va bu manifest matni 1917-yil 5-aprelda e'lon qilindi. Xon Majlis chaqirishga va boshqa islohotlar qilishga rozilik bildirdi. Xon hokimiyati cheklab qo’yildi. Natijada, Xiva xonligida ahvol murakkablashdi, Asfandiyorxon Junaidxonga xonlikni birgalikda boshqarish va bolsheviklarga qarshi kurash olib borishni taklif etdi. Xon Junaidxonni qo’shinlar qo‘mondoni qilib tayinladi va mamlakatdagi butun hokimiyatni unga topshirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Asfandiyorxon o‘ldirildi va taxtga Said Abdullaxon o‘tirdi. TASSR bilan Xiva xonligi o‘rtasida qurolli toqnashuv kuchayib bordi. Xorazmga qarshi fitna-hujumlarni to‘xtatish uchun Junaidxon 1919-yil aprelida sovet hokimiyati vakillariga murojaat qildi. 9 aprelda Xiva yaqinidagi Taxtada bitim imzolandi. Unda, chunonchi, sovet hukumati (Rossiya) Xorazm aholisining mustaqilligini tan oladi, deyilgan edi. Ammo Xorazmga qarshi tajovuzkorliklar toxtamadi, bolsheviklar Xorazm xalqi inqilob uchun yetildi, deb yordamga shoshildilar. Oqibatda, 1919-yil 23-dekabrda sovet qo‘shinlarining xonlik hududiga bostirib kirishi boshlandi, 1920-yil fevralida Xivani oldilar va qizil askarlar qismlari hamda yosh xivaliklar tazyiqi ostida Said Abdullaxon taxtdan voz kechdi. Shu tariqa, qizil armiya qismlari yordamida Xivada davlat tontarishi amalga oshirilib, monarxiya tuzumi ag‘darib tashlandi.

1920-yil aprelida Xivada bo‘lib o‘tgan xalq vakillarining I Butunxorazm qurultoyi Xiva xonligini bekor etilgan deb e'lon qildi va mamlakatni Xorazm Xalq Sovet Respublikasi deb e'lon qildi. Qurultoy sobiq yosh xivaliklar a'zosi bo‘lgan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligida Xalq Nozirlari Kengashini sayladi. Hukumat sobiq yosh xivaliklar, turkman urug‘lari rahbarlari va kommunistlardan tashkil topdi.

Buxoroning ichki siyosiy hayoti 1917-yil bahorida yangi pallaga kirdi. Islohotlar, ozgarishlar zarurligi aniq bo‘lib qoldi. Mamlakatda ikki oqim liberal-demokratik («Yosh buxoroliklar») va konservativ oqim harakat boshladi. Natijada, 1917-yil 7-aprelda amir farmoni (manifest) e'lon qilindi. Unda amaldorlar ustidan nazorat ornatish, soliqlar tizimini tartibga solish, davlat byudjetini joriy qilish, sanoat, tijorat, ma'rifat rivojlanishi uchun qayg‘urish va'da qilingan edi. Ammo konservativ kuchlarning bosh ko‘tarishi natijasida bu islohotlar amalga oshmadi.

1918-1920-yillarda «Yosh buxoroliklar» dasturlari, siyosiy qarashlari, taktikasida Buxoroda islohotlar o‘tkazish uchun kuch, zo‘rlik ishlatish zarur bo‘lib qolgani tan olindi, ikkinchi tomondan, aholining diniy e'tiqodi e'tirof etildi. Shunga qaramay, ular bolsheviklarga yordam so’rab murojaat qildilar.

Buxoro bilan Rossiya davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib bordi. RSFSR hukumati Buxoroni o‘z  ta'sir doirasiga olish uchun barcha chora-tadbirlarni kora boshladi. 1920-yil avgust oyi oxirlarida Turkiston fronti qo’mondoni Frunze buyrug‘i bilan Buxoro hududlari chegaralarida katta harbiy kuchlar: zambaraklar, bronepoezd, ayeroplan jangovor holatga keltirildi. Endi bolsheviklarning "Sharqqa doir siyosati" ning rejasida Buxoro amirligini qulatish vazifasi turardi. 1920-yil 29-avgustda qizil askar qoshinlari amirlikka bostirib kirdilar. Lekin bu yerda bosqinchilar amir qoshinlarining va aholining qat'iy qarshiligiga duch keldilar. Turkfront qo’mondonligi buyrug‘i bilan Eski Buxoro samolyotlardan bombardimon qilindi, to’plar va bronepoezdlardan turib qattiq o’qqa tutildi. Dahshatli janglardan so‘ng 2 sentyabrda Buxoro mag‘lub bo‘ldi, amirlik ag‘darildi. 6 oktyabrda amirning yozgi saroyi-Sitorai Mohi Xosada xalq vakillarining 1 Umumbuxoro qurultoyi ish boshladi. Qurultoy Buxoroni Xalq Sovet respublikasi deb e'lon qildi. Fayzulla Xojaev xalq Nozirlar Kengashining raisi bo‘ldi. Buxoro respublikasining xo‘jaligi sezilarli zarar korib, ziddiyatli ahvolni boshdan kechirdi. Qizil qo‘shinlar qomondonligi mamlakatning turli joylarida, chunonchi, Xatirchi, Qarshi va Shahrisabzda katta boylik, mol - mulklarni qo‘lga kiritdilar. Buxoro xazinasidagi oltin va javohirlar, boshqa qimmatbaho boyliklar vagonlarga ortilib, Turkkomissiya buyrug‘iga binoan Rossiyaga olib ketildi. Shu bilan birga, qizil qoshinlarning respublikalarda qoldirilishi, rusiyzabon siyosatchilarning ekstremistik xatti - harakatlari ijtimoiy - siyosiy vaziyatga salbiy ta'sir ko’rsatdi.

Shunday qilib, 1920-yilda Buxoro amirligi va Xiva xonligida amalga oshiriJgan harbiy tontarish Markaz va Toshkentda oldindan ishlab chiqilgan reja asosida sun'iy ravishda mavjud jamiyat taraqqiyotiga majburan kuch ishlatish yo‘li bilan amalga oshirildi. O‘rta Osiyo xonliklarida ro’y bergan bu tontarish bolsheviklarning "jahon inqilobi" deb nom olgan xayoliy va g‘ayri ilmiy g‘oyasini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Bu maqsadga erishish uchun bolsheviklar rejimi suveren Xiva va Buxoroning "qo’zg‘olon ko‘targan xalqi" ga yordam ko‘rsatish bahonasi bilan ularga qurolli bosqinchilik qilishdan ham tap tortmadilar. Qizil armiya qismlari yordamida amalga oshirilgan to‘ntarish oqibatida bu mamlakatlar ijtimoiy rivojlanishning tabiiy evolyutsion jarayoni sun'iy ravishda uzib qoyildi, dastlabki bosqichda xalq - demokratik ko’rinishda bo‘lgan  sovet tuzumi bu mamlakatlar xalqlariga majburan tiqishtirildi. Garchi BXSR va XXSR rasman suveren davlatlar bolsalar-da, haqiqatda esa ular avvalboshidanoq Sovet davlatiga qaram bo‘lib qo’lgan edilar.

Xullas, 1917-1920-yillar Turkiston o‘lkasi tarixida eng jiddiy burilish yuz bergan davrlardan biriga tog‘ri keldi. O‘tgan o’n yilliklar mobaynida yetilgan jarayonlar ijtimoiy hayot yuzasiga qalqib chiqdi. Uning negizini qamrab olgan chuqur tanglikni ochib tashladi. Tashqi va ichki omillar tufayli vujudga kelgan bu jarayonlar o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil emas, lekin yemiruvchilik ta'siri jihatidan yaxlit edi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8-mavzu: Sovet hokimiyatining O’zbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy tadbirlarining mustamlachilik mohiyati. Sovet hokimiyatining  yuritgan qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari.  (ÕÕ asrda 20-30 yillar).

 

Reja:

1. 20-yillardagi ijtimoiy siyosiy vaziyat. O‘rta Osiyoda milliy - hududiy chegaralashning   o‘tkazilishi. O‘zbekiston  SSRning tashkil topishi.

2. O‘zbekistondagi iqtisodiy ahvol. O‘lkani sanoatlashtirish. Qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish siyosati va uning oqibatlari.

3. 20 - 30 - yillarda O‘zbekiston  madaniy hayotidagi qaramlik va uning oqibatlari. Madaniy hayotdagi islohotlar.

4. Sovet hokimiyatining o‘lkamiz da yuritgan qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari. Qonun va inson huquqlarining poymol etilishi.

 

20-yillarda Turkistonda sodir bo‘lgan  hokimiyat o’zgarishlari, siyosiy beqarorliklarga qaramasdan tub aholi o‘lkada ijtimoiy hayotni yolga qoyishga intildilar. Qishloqlar, daha-mahallalarda oqsoqollar, miroblar jamoat ishlariga rahbarlikni davom ettirdilar. Ammo qozixonalar yopilgan, fuqarolarning nizoli ishlari chiqib qolganda, ular yangi shaharlarga borib sudga murojaat qilishlari kerak edi. Bu bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqarardi. Aholi boshqaruv idora-mahkamalarni tuzishga asosan manfaatdorlik bilan yondashdi. Mahalliy boshqaruv idoralariga faol, obro-e'tiborli, savodli vakillarni korsatib sayladilar. Bularga: Turor Risqulov Turkiston MIK raisi, keyinchalik Turkiston XKS raisi, Nazir Toraqulov Turkiston kompartiyasi MK kotibi, Qayg‘usiz O‘taboev Turkiston XKS raisi, songra Buxoro respublikasi nozirlar shorosi raisi muovini, Abdulla Rahimboev Turkiston MIK raisi, Inomjon Xidiraliev Turkiston MIK raisi, O‘zbekiston  yer ishlari komissari kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Ular xalq ommasi manfaatlari uchun astoydil xizmat qildilar. Sovet hokimiyati bilan hamkorlik qilgan yerli xalq vakillari ijtimoiy adolat, erkinlik shiorlariga ishondilar. Zo‘ravonliklar, xalqni talashga barham berishga bel bog‘ladilar va bu yolda kurash olib bordilar. Tub erlik xodimlar, jumladan yuqori lavozimlardagi arboblar faoliyati markaz tomonidan qattiq nazorat qilinar edi. O‘lkaning tobeligini kuchaytirish uchun Markazdan bolshevik kadrlar yuborildi. 1920-1932 yillarda Turkistonga 1400 rusiyzabon bolshevik keldi. Markaz O‘lkada hukmronlik qiluvchi organ sifatida RKP(b) Turkiston byurosi (Turkbyuro)ni ham tashkil qildi. Tez orada bu byuro O‘rta Osiyo byurosiga aylantirildi. Xorazm, Buxoro Kompartiyalari O‘rta Osiyo byurosi tarkibiga kiritilib, uning korsatmalari boyicha ish olib bordilar.

20-yillarga kelib markazda Turkistonni bo‘lib yuborish, uni yagona davlat tuzilmasi sifatida yo’q qilish g‘oyasi ustuvor bo‘lib qoldi. Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib, ularning o’rniga yangi davlatlar tuzish fikrini Turkkomissiya raisi Ya.E.Rudzutak 1920-yillarning boshlaridayoq o‘rtaga tashlagan edi. 1921-yiI boshiga kelib O‘rta Osiyoda TASSRdan tashqari Buxoro va Xorazm Xalq Sovet respublikalari ham bor edi.

Hududlarni qaytadan belgilash va chegaralash tarafdorlari til tafovutlari, milliy tafovutlarga diqqatini ko‘proq qaratib, xo‘jalikka oid iqtisodiy omillarni, mavjud suv resurslari, sug‘orish tizimlarining umumiy ekanligini kamroq hisobga oldilar. Rahbar xodimlar orasida rusiyzabonlar bilan tub xalqlar vakillari o‘rtasidagi ixtiloflar, ayrim guruhbozlik ko’rinishlarini Rudzutak va boshqalar O‘rta Osiyodagi milliy mojaro deb, davlatlar hududini tubdan qayta belgilash uchun hal qiluvchi asosiy dalil sifatida ilgari surdilar.

1924-yildan O‘rta Osiyoni chegaralab bo’lish va milliy respublikalar tuzish g‘oyasi amalga oshirila boshlandi. Bu g‘oyani amalga oshirishda turli loyihalar, takliflar kiritildi va ular astoydil himoya qilindi, o‘zaro ziddiyatlar, g‘oyaviy kurashlar avj oldi. Shunga qaramay, milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilishini ma'qullab rezolyutsiyalar qabul qilindi. 1924-yil 31-oktyabrda O‘zbekiston  SSR Inqilobiy Komiteti (revkom) tuzildi, u O‘zbekiston  Respublikasi tuzishni boshqarib bordi. 1925-yil 13-fevralda Buxoroda Sovetlarning I umumo‘zbek qurultoyi ochildi. Unda Deklaratsiya qabul qilinib, «O‘zbekiston  Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgani» e'lon qilindi. O‘zbekiston  hukumatining raisi qilib Fayzula Xojaev saylandi. Respublika Markaziy Ijroiya Komiteti raisi etib Farg‘ona vodiysidan chiqqan dehqon, «Qo‘shchi» uyushmasining rahbari Yo’ldosh Oxunboboev saylandi. Shuningdek, O‘zbekiston  kommunistlar partiyasi tashkil topdi. Uning Markaziy qomitasining birinchi sekretari etib V.I.Ivanov, II sekretari lavozimiga Akmal Ikromov saylandilar. 1927-yilda esa A. Ikromov birinchi sekretar lavozimiga ko’tarildi. O‘zSSRning poytaxti qilib Samarqand shahri belgilandi. 1930-yilda poytaxt Toshkentga ko‘chirildi. 1925-yil mayda O‘zbekiston SSR SSSR tarkibiga kirdi.

Shunday qilib, milliy hududiy chegaralash xalqning ijtimoiy - siyosiy hayotiga, madaniyatiga, an'analariga katta ta'sir ko‘rsatdi. Mintaqa kartasi qaytadan tuzilib, ikkita mustaqil davlat XXSR, BXSR tugatildi. Millatning bir qismi o‘z ota - bobolari yerida yashab, mehnat qilsa-da, rasmiy ta'rifga kora, «oz sonli millatga» aylanib qoldi. Shuningdek, bu tuzumalarni O‘rta Osiyo xalqlarining «milliy davlatchiligi» deb ham bo’lmaydi. O‘rta Osiyoda tashkil qilingan bu tuzilmalar davlat bo‘lib shakllanmagan tuzilmalar edi. Mazkur tuzilmalar suverenitet va mustaqillikdan mahrum edilar. Etar SSSRning ma'muriy - iqtisodiy rayonlari darajasiga tushirilgan bo‘lib, asosan Markazning manfaatlariga xizmat qilish, xomashyo etishtirish kabi vazifalar belgilab berilgan edi.

1936-yil 5-dekabrda SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilinib, unda Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston  SSR hududiga kirishi qayd qilindi.

Mamlakat 1921 - yil boshlariga kelib qator muhoqamal ar natijasida iqtisodiyot sohasida bir qator ko’nikmalarni e'lon qildi, bu sovet mamlakatida yangi iqtisodiy siyosat (YalS) nomini oldi. Uning asosiy mazmun mohiyati «harbiy kommunizm» siyosati, oziq-ovqat razvyortkasi, dehqon mahsulotlarini tartib olishni yo’q qilish, soliqlar tizimini joriy etishdan iborat edi. Buning natijasida Turkistonda mayda korxonalar, do’konlar, bozorlar, karvon-saroylar va boshqalar qisqa vaqt ichida ishga tushirilib, xizmat ko’rsata boshladi. Hunarmandchilik tez tiklandi. Davlat iqtisodiyotni boshqarish tizimini yangi sharoitlarga moslashtirish choralarini ko‘rdi. 1921-yil mart oyida Turkiston Iqtisodiy Kengashi (Turk EKOSO) tuzilib, mahalliy iqtisodiy kengashlar uning tasarrufiga o’tkazildi. Shuningdek, Turk EKOSO tarkibida Daviat Planlashtirish Komissiyasi (Gosplan) tuzildi. RSFSR rahbariyati, bolsheviklar mintaqani siyosiy-ma'muriy qaramlikda tutish bilan birga, bundagi boyliklarga egalik qilishga asosiy e'tiborini qaratdilar.

Paxtachilikni rivojlantirishga Markaz alohida ahamiyat berdi. Paxtani soliqdan ozod qildi, uning harid narxini oshirdi. Dehqonlarni paxta etishtirishga rag‘batlantirish maqsadida byudjetdan mablag‘ bilan ta'minlash, qishloq xo‘jalik qurollarini olib kelish, hamquvvatli xo‘jaliklarni ish hayvonlari bilan ta'minlash choralarini kordi. Irrigatsiyani qayta tiklash, sug‘orish tarmoqlarini ta'mirlash ishlariga dehqonlar ommasini majburan jalb qilishga e'tiborini qaratdi. 1923-yili Toshkentda qishloq xo‘jalik banki ta'sis etildi, shirkatchilik uyushmalari (kooperatsiya) tashkil qilindi. Davlat - bank mablag‘lari shular orqali dehqon xo‘jaliklariga kredit qilib beriladigan bo‘ldi. Kreditdan foydalangan dehqon xo‘jaliklari paxta maydonini kengaytirib bordilar. Moskvada glavxlopkom (paxtachilik qo‘mitasi), shelkotrest (pillachilik tresti) va shu kabi tashkilotlar tuzilibdi, ular O‘rta Osiyo paxtachilik va pillachiligi ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdilar. 1923-yilda O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tashkil qilinib, uning I-qurultoyida rasman uchta respublika iqtisodiyotining hamkorlik yo’lida birlashuvi e'lon qilindi. Bu mintaqa xo‘jaligi ustidan Markaz nazorati ornatildi, boyliklariga amaliy egalik qilish yo‘li ochildi, degan edi.

Shunday qilib, 20-yillarda jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan erkin faoliyat jarayoni, yangi iqtisodiy siyosat printsiplari va tarkibiy qismlarining birgalikdagi sa'y-harakatlari vayronagarchilikni, qahatchilikni asta-sekin tugatishga va xo‘jalik hayotining birmuncha tiklanishiga olib keldi. Ammo, 20-yillarning II yarmidan O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotining hamma jabhalarida ma'muriy - buyruqbozlik usuli borgan sari zorayishi natijasida yangi iqtisodiy siyosat o‘zining bor mohiyatini, mavqeini yo‘qota bordi. Sanoat va qishloq xo‘jaligida qiyinchiliklar ko‘payib bordi. Tovar tanqisligining kuchayib borishi narx-navoning oshib ketishiga, so’mning qadrsizlanishiga olib keldi. Sanoat mollari va qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxlari o‘rtasida katta farq bolishi, sanoat bilan bolayotgan iqtisodiy munosabatlar dehqonlarning noroziligiga olib keldi. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda ro‘y berayotgan keskin qiyinchiliklarni adolat yuzasidan, aql-idrok bilan emas, balki ma'muriy-buyruqbozlik yo‘li bilan, zoravonlik usuli bilan bartaraf qilish uchun Markaz siyosiy hokimligining harakati kuchayib bordi.

O‘zbekistonni sanoatlashtirish eng boshdanoq Ittifoqni sanoatlashtirishning tarkibiy va ajralmas bir qismi deb belgilandi. Undagi bor resurslardan tez vaqt ichida bahramand bolish asosiy maqsad qilib qoyildi, Paxta ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligini qayta tiklash dasturida Markaz tomonidan kondalang qilib qo’yilgan vazifalarga muvofiq paxta bilan bog‘liq sohalarning rivojiga, ya'ni qishloq xo‘jalik mashinasozligi, irrigatsiya qurilishi, metall konstruktsiyalar, mineral og‘itlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik xomashyosi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoatga qaratildi. Mahalliy resurslar: mis, azot va boshqalarni ishlab chiqarishni tezlashtirish, ipakchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, qorako‘lchilik va boshqalarni ostirish sur'atlarini jadallashtirish mo‘ljallandi. Shuningdek, rangli metall, neft, toshko‘mir, tuz, grafit konlarini ochishga kirishildi. O‘zbekiston  xalqi o‘z kuch-quvvati, idroki va mahoratini Vatan ravnaqi uchun safarbar qildi. Korxonalar yangi texnika asosida tiklandi, yangi sanoat sohalari (ip-gazlama, trikotaj, shohi va hokazo) barpo etildi, avval mavjud bo‘lgan sanoat korxonalari qayta qurilib kengaytirildi. Natijada sanoat yalpi mahsuloti ancha ko‘paydi, tannarxi hamaytirilib, sifati esa oshirildi. Uch yil mobaynida yirik sanoat korxonalarining soni 48 taga ko‘paydi, 1928-yilga kelib ular 166 taga etdi. Jumladan, Farg‘ona to’qimachilik kombinati (1926), Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi (1934), Quvasoy sement va ohak zavodi (1932), Toshkent to’qimachilik kombinati (1934), Chirchiq elektr kimyo kombinati (1937) va boshqalar qurildi. Respublika neft sanoatida ochilgan konlar soni 31 taga etdi. Angren qong‘ir komir, Sharg‘un, Boysuntog‘ (Surxondaryo) toshko‘mir konlari ishga tushdi.

Sanoatlashtirish davomida respublikaning energetika bazasi kengaytirildi va mustahkamlandi. Umum foydalanadigan va sanoatni ta'minlaydigan elektr stantsiyalari soni uch yil mobaynida 17 taga ortdi, elektr energiyasi ishlab chiqarish 3 barovarga ko‘paydi. Elektr stantsiyalari quvvati 482 mln. kilovattga etdi. 30-yillarda Chirchiq-Bozsuv GESlari majmuasi barpo etildi. Turkiston - Sibir temir yo‘li qurildi. Respublikada oltin, mis, qorg‘oshin, ruh, volfram, molibden, oltingugurt, simob konlari ochildi. 30-yillar boshida Ohangaron, Chirchiq daryolari vodiylarida, Qurama tog‘larida oltin konlari topildi. Qoytosh volfram-molibden (Jizzax, 1937) konlari ishga tushirildi. Shular qatorida onlab paxta tozalash zavodlari, toqimachilik va ipakchilik fabrikalari, oziq-ovqat sanoati korxonalari barpo etildi. Bu ishlarning hammasi juda katta miqdordagi mablag‘larni talab qilar, bu esa mehnatkash kishilar yelkasiga og‘ir yuk bo‘lib tushar edi. Xalq ommasining ijtimoiy ehtiyojlari sovet davlatining byudjet siyosatida ikkinchi oringa tushib qolgan edi. Respublikada mahalliy malakali ishchilar, muhandislar va texnik xodimlar tayyorlash masalasiga etarli e'tibor berilmadi. Sanoatni mustahkam lash uchun sobiq Ittifoqning boshqa joylaridan rusiyzabon aholi ko’chirib keltirilib, turar - joy va ish bilan ta'minlandi.

Shunday qilib, sanoatni jadal rivojlantirish natijasida O‘zbekiston  Markazga rangli va nodir metallar, oltingugurt, azoperit, volfram, molibden, paxta tolasi, xom ipak va boshqa strategik xomashyo etkazib, SSSRni chet el xomashyosiga qaramlikdan qutqardi. Respublikaning markaziy hokimiyat balansini mustahkam lashda katta madad bo‘ldi. O‘zbekiston  sobiq Ittifoqning iqtisodiy mustaqilligiga katta hissa qoshgan bo‘lsa-da, u Markazga muttasil xomashyo etkazib beruvchi bazaga aylanib qolaverdi. Respublikaning ichki imkoniyatlari va manfaatlari hisobga olinmadi, aholining ijtimoiy ehtiyojlari nazar-pisand qilinmadi. 20-yillarning boshlariga kelib o‘zbek qishlog‘ini rivojlantirishda ba'zi siljishlar ro’y berdi. Yangi iqtisodiy siyosatga otilishi natijasida oziq-ovqat razvyortkasi oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirildi, dehqonga ortiqcha mahsulotni sotishga, shuningdek, g‘oza va boshqa ekinlar maydonini kengaytirishga imkon yaratildi. Mintaqada 1921-1922-yilLarda yer-suv islohoti qisman amalga oshirildi. Islohot asosan Ettisuv, Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilib rus krestyanlarining yerlari natsionalizatsiya qilindi. Ko‘chirib keftirilgan bu krestyanlarning asosiy qismi quloqlar deb e'lon qilindi. Turkiston o‘lkasi boyicha davlat yer fondiga olingan 230 ming desyatina yerdan 26 ming desyatinasi o‘troq dehqonlarga bo‘lib berildi. Bu davrlarda Turkistonda «Qo‘shchi» uyushmasi tashkil topib, bu ittifoq 90 mingdan ortiq qishloq aholisini birlashtirgan edi. Ular tadbirlarda faol qatnashib, sovet hokimiyatining qishloqdagi siyosatiga yordam berib turdi. Ammo bu jarayon uzoqqa cho’zilmadi, sovet hukumati mulk egalarini asta-sekin cheklash va tugatish siyosatini olib bordi. Qishloqlarda shu siyosatni amalga oshirishga qaratilgan chora- tadbirlardan biri 1925-1929-yillardagi yer-suv islohoti bo‘ldi. O‘zbekiston  sovetlarning Markaziy Ijroiya Komiteti 1925-yil 1-2-dekabr kunlari ozining favqulodda sessiyasiga toplanib, yer-suv islohoti o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi. 2-dekabrda sessiya «Yer va suvni musodara qilish tog‘risida», «Yer-suv islohoti o‘tkazish tog‘risida»gi dekretlarni qabul qildi. Shunga ko‘ra bu islohotlar Farg‘ona, Toshkent, Samarqand viloyatlarida 1925-1926-yillarda, Zarafshon viloyatida 1927-yili o’tkazildi. Islohot Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 1928-1929-yillarda amalga oshirildi. Bunda xalqning yer bilan barcha ishchi ot-ulovlari, dehqonchilik asbob-uskunalari ham musodara qilindi. Islohot davomida alohida tortib olingan yer fondi 475 ming desyatina bo‘lib, uning 10% hambag‘al va ham erli xo‘jaliklarga taqsimlab berildi. Qolgan er davlat tasarrufiga o‘tdi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 1925-1929-yillarda amalga oshirilgan yer-suv islohoti mulkdorlarni tugatishga qaratilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligini zo‘ravonlik yo‘li bilan yalpi jamoalashtirish jarayonini tezlashtirish uchun qulay shart-sharoit hozirladi. Sovet davlati tortib olingan yer-suvlar hisobiga kooperatsiyalar, so‘ng jamoa xo‘jaligi tuzish siyosatini olib bordi. Jamoa xo‘jaligi tuzilishining boshidan qishloq xo‘jalik artellari mulklarini davlat tasarrufiga o’tkazish boshlandi. Jamoa xo‘jaligi dehqonlarning yerlari va ishlab chiqarish vositalarini birlashtirish asosida tuzildi, bu vositalar yagona bolinmas fondga qo‘shildi. Bu dehqonlarning mulkdan ajralishini boshlab berdi. Jamoa xo‘jaliklari iqtisodiy jihatdan butunlay davlatga qaram bo‘lib qoldi. Uning mustaqilligi va tashabbusv cheklandi. Jamoa xo‘jaligiga kirmagan yakka xo‘jaliklarga nisbatan taz'yiq o‘tkazila boshlandi.

1930-yil fevralda O‘zbekiston  Kompartiyasi MK "quloq xo‘jaliklarini tugatish tog‘risida" qaror qabul qildi. Bu qaror jamoalashtirish siyosatini va jamoalashtirish jarayonida taz'yiq va qatag‘onlik o’tkazishni qonunlashtirib berdi. Respublika yalpi jamoalashtiriladigan o‘n etti tumanga bo‘lindi. Mahalliy rahbarlar raqamlar orqasidan quvib, qonunni buzishgacha bordilar. Natijada, ko‘pchilik tumanlarda jamoalashtirish bir necha hafta ichida tugallandi. Bu ishlar amalda o‘ziga to‘qroq xo‘jaliklarni tugatish, ya'ni xo‘jalik mulklari va imoratlarini musodara qilishga aylanib qoldi. Shuningdek, quloq xo‘jaliklarini tugatish kompaniyasi avj oldi. 1930-yili 264 ta quloq va boylar xo‘jaliklari deb atalgan xo‘jaliklar tugatildi. 1939-yilga kelib respublikada yakka xo‘jaliklarga butkul barham berildi. Jamoalashtirish qishloq xo‘jaligini ma'muriy buyruqbozlik asosida boshqarishni mustahkamladi. Yirik ishlab chiqarish vositalari mashina traktor stantsiyalari (MTS) korinishida davlat qo’lida to‘planib bordi. MTSlar jamoa xo‘jaliklari dalalarini natural haq evaziga ishlab berar, bu haqning miqdori esa yuqoridan belgilab berilardi. Korilgan turli choralarga qaramay, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida biror yirik o‘zgarishlar bo‘lgani yoq. Chorvachilik qishloq xo‘jaligining muhim sohasi bo‘lib qoldi. Paxtachilikni rivojlantirish uchun xashar usuli bilan 1939-yilda Katta Farg‘ona kanali va boshqa suv inshootlari qazildi. Natijada, sug‘oriladigan erlar maydoni kengaydi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish asosan Markaz sanoatining ehtiyojini qoplashga qaratildi. Jamoalashtirish natijasida dehqonlarga xos turmush tarzi buzildi, ma'naviy-ahloqiy qadriyatlar zavol topdi va dehqonning davlat tomonidan asoratga solinishiga olib keldi. Oxir oqibat kolxozlarda zo‘rlik bilan olib qolingan dehqonlar asosiy fuqarolik huquqlaridan mahrum bo‘ldilar. Dehqonlar yerga va ishlab chiqarishga egalik tuyg‘usini, mehnatsevarlik fazilatlarini yoqotib bordilar, ulardagi mehnatga, kasb mahoratiga bo‘lgan mehr soviy boshladi.

III

20-30-yillardagi murakkab ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga ta'sir o‘tkazdi. Taraqqiyotning zamonaviy rivojlangan darajasiga o‘tish katta qiyinchiliklarni yengish bilan bog‘iiq bo‘lib, keskin mafkuraviy kurashlar asosida kechdi. 1929-yil avgustida arab yozuvini lotin grafikasiga almashtirish haqida qaror qabul qilindi. 1940-yil may oyida esa navbatdagi islohot amalga oshirilib, yozuvni kirill grafikasiga o’tkazish haqida ko’rsatma berildi. Bolsheviklarning ta'biriga ko’ra arab yozuvi dindorlarga, ulamolarga "xizmat qilar" edi. Aslida esa bu bilan ko‘p millatli O‘rta Osiyo xalqlarini Sharq musulmon mamlakatlaridan sun'iy ravishda ajratib olib, ular uchun alohida yangi madaniyat, yangi tarix yaratishni maqsad qilib qo’ygan edilar. O‘zbek xalqining azaldan bilimga intilishi, madaniy merosni qadrlashi olaroq milliy ziyolilar xalqqa yordam berish uchun maorif sohasi, maktablarda ishlab, oz faoliyatini davom ettirdilar. Shu bilan bir vaqtda katta yoshli aholi o‘rtasida savodsizlikni tugatish uchun shahar va qishloqlarda maktablar, savodsizlikni tugatish tarmoqlari faoliyat ko’rsatdi. Shu yillarda Markaz siyosiy rahbariyati sovet tuzumiga sodiq bo‘lgan  pedagog kadrlarni tezkorlik bilan tayyorlab, ular orqali aholini, ayniqsa yosh avlodni kommunistik g‘oyalar asosida tarbiyalash maqsadida mablag‘ni ayamadi, bor ma'rifatchilarni hamda partiya, sovet, jamoat tashkilotlarining kuch-quvvatini safarbar qildi. Afsuski, Xalq ta'Iimiga buyruqbozlik nuqtai nazaridan yondashish natijasida ochilgan ko‘plab maktablarda oqitish sifati past bo‘lib, talab darajasiga javob bermasdi.

20-yillarning ikkinchi yarmida maxsus va oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaydigan turli o’quv yurtlari ochildi. O‘rta Osiyodagi birinchi oliy oquv yurti-1918-yili ochilgan Turkiston davlat universiteti-bu vaqtga kelib oliy ta'limning eng yirik markaziga aylandi. Mavjud institutlar va texnikumlarning bazalarida yangi oquv yurtlari, jumladan, paxtachilik-irrigatsiya, politexnika, kon qidirish, to’qimachilik, tibbiyot va boshqa institutlar ochildi. 30-yillarning oxirida 30 ta oliy o’quv yurti va 98 ta texnikumlar faoliyat ko’rsatgan. Shuningdek, bu davrlarda dastlabki ilmiy-tadqiqot muassasalari ochildi. Irrigatsiya, paxtachilik va tibbiyot sohalaridagi muammolarni ilmiy jihatdan ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi, ilm-fan qaror topdi, jiddiy yutuqlar qo‘lga kiritildi. Natijada, iste'dodli tadqiqotchilar etishib chiqdi, jumladan, geolog olim H.AbduIlaev, matematik T.Qori - Niyoziy, biolog T.Zohidov, kimyogar O.Sodiqov, arxeolog Ya.G‘uIomov va boshqalar yangi ilmiy yo’nalishlar hamda ilmiy maktablarning asoschilari bo‘lib qoldilar.

Ilmiy ishlarni uyg‘unlashtirib tartibga solib borish uchun O‘zSSR MIK qoshida 1932-yili fanlar komiteti tuzildi. Bu koraitet 1940-yili SSSR Fanlar akademiyasining O‘zbekiston  filialiga aylantirildi. Bu davrlarda xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquqliligi boyicha bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Ularning amalga oshishini sun'iy ravishda tezlashtirish maqsadida 1927-yil bahorida "Hujum" hampaniyasi boshlab yuborildi. Bunga kora bolsheviklar zo‘ravonlik, ma'muriy yol bilan ayollarning paranjisini tashlattirishga harakat qildilar. Ijtimoiy hayotda shiddatli ziddiyatlar hukm surgan bu murakkab davrda adabiyot va san'at milliylik, insonparvarJik, xalqchillik kabi tamoyillarga sodiqligini saqlab qoldi. 20-yillarning boshlarida Abdurauf Fitrat boshchiligida Toshkentda tuzilgan "Chig‘atoy gurungi" uyushmasi a'zolari yangi o‘zbek milliy adabiyoti, till va madaniyatini yaratish, adabiy-madaniy merosini to’plash va o’rganish, talantlarga har tomonlama ko’mak berishga harakat qildilar. Shuningdek, bu davrda sovet hokimiyati va bolsheviklarning g‘oyaviy-sinfiy qarashlari ta'sirida turli - tuman ijodiy tashkilotlar, guruhlar va oqimlar yuzaga keldi. ChoIpon, Abdulla Qodiriy, Fitrat, G‘ulom Zafariy va boshqalar milliy qadriyatlarni yoqlab, xalqning tarixiy o‘tmishi, ozodlik uchun kurashini, ijtimoiy o‘zgarishlarni aks ettirgan bir qancha nazariy, she'riy va dramatik asarlar yaratdilar.

1934-yilning mart oyida Toshkentda O‘zbekiston  yozuvchilari qurultoyi bo‘lib otdi, unda respublika yozuvchilari uyushmasi tuzildi. O‘zbek milliy dramaturgiyasi va musiqasi, teatr va kino, tasviriy va amaliy san'at ham xalqimiz ma'naviy madaniyatining hayotbaxsh manbai bo‘lib qoldi va unga xizmat qildi. 1936-39 - yillarda Toshkentda ochilgan davlat konservatoriyasi, opera va balet teatrlari o‘zbek musiqa va vokal madaniyatining rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. 20-30-yillar ateistik (dinga qarshi) harakatning kuchayishi bilan ta'riflanadi. Partiya organlari yoshlar orasida dinga qarshi keng kolamda tashviqot-targ‘ibot ishlari olib bordilar. Dinni, ruhoniylar va dindorlarni siyosiy va jismonan ta'qib qilish xalqning ma'naviy madaniyatiga zavol etkazdi. Masjid, madrasalarning yopilishi ahofi orasida umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni, milliy ma'naviyatni targ‘ib qilish, qaror toptirish ishiga ziyon etkazdi. Yosh avlod islom dini qoldirgan ulkan ma'naviy merosdan mahrum bo‘ldi.

Shunday qilib, bu davr respublika madaniy hayotida ijobiy o‘zgarishlar bilan ham e'tiborli bo‘ldi. Biroq 20-yillarning ikkinchi yarmidan qaror topgan ma'muriy buyruqbozlik tizimi respublika ijtimoiy-madaniy sohalarining yangidan barpo bolishini sekinlashtirib qo‘ydi. E'lon qilingan sotsialistik insonparvarlik, adolat haqidagi g‘oyalar bilan haqiqiy voqelik o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘ldi. Ular milliy ma'naviy hayotning asl mohiyatini notog‘ri tushunish, uni ruslashtirish va ko‘p asrlik ma'naviy qadriyatlardan voz kechish bilan ifodalandi, bu narsa ayniqsa qatag‘onlik xatti-harakatlarinig ta'siri ostida yanada kuchayib bordi.

 

IV

20-yillarning oxiridan boshlab mamlakat va respublikada tarkib topib kelayotgan totalitar jamiyatga xos xususiyatlar tobora oshkora namoyon bola boshladi. Muhim qarorlarning hammasi tor partiya doirasida qabul qilinar va butun mamlakat uchun majburiy bo‘lib qolardi. Demokratiyani bog‘ish, haq-huquqlarning, qonunchiliklarning ommaviy ravishda buzilishiga olib keldi. Natijada milliy madaniyatni qayta tiklash, xalq turmushini yaxshilashga e'tibor qaratmoqchi bo‘lgan  rahbar xodimlar Akmal Ikromov, Turar Risqulov, Fayzulla Xo‘jaev, Nazir Toraqulov va boshqa arboblar millatchilikda ayblandi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muqobil yo’llarini amalga oshirishga uringan kishilar guruhbozlikka qarshi kurash shiori ostida tazyiqqa uchradi. Keyinchalik "inog‘omovchilik", "O‘n sakkizlar guruhi", "qosimovchilik" deb nom olgan ishlar o‘sha paytlarda to‘qilgan edi. "O’n sakkizlar guruhi" bolsheviklar tomonidan boy-quloq deb nomlangan o’ziga to’q xo‘jaliklarning yer-suv islohoti jarayonida belgilangan me'yordan ortiqcha mol-mulkni tortib olinishiga qarshi chiqdilar. O‘zbekiston  yer ishlari xalq komissari I.Xidiraliev boshchiligida 18 nafar mas'ul partiya va sovet xodimlari dehqonlarni iqtisodiy jihatdan himoya qilinganliklari uchun jazolandilar. Shu davrda O‘zbekiston  Kompartiyasi MKning matbuot bolimi mudiri R.Inag‘omov, O‘zbekiston  Oliy sudi raisi S.Qosimov va ularning tarafdorlari partiyani O‘zbekistonda mustamlakachilik siyosati olib borayotganlikda aybladilar, iqtisodiyot, madaniyatning mustaqil rivojlanishiga yo‘l ochib berishni talab qildilar. Natijada nohaq ayblanib, qatag‘on qilindilar. 1929-yil oxirlarida Munavvar Qori Abdurashidxonov boshchiligidagi "Milliy istiqlol" tashkilotining a'zolari qamoqqa olindilar. Ular sovet hokimiyatining siyosatiga qarshi chiqqan reaktsion tashkilotlarning a'zosi sifatida qoralandilar. Toshkentda qamalgan tashkilotning 85 nafar a'zosidan 15 nafari otib tashlandi (Munavvar Qori Abdurashidxonov 1931-yil Moskvada otilgan), qolganlari ahloq tuzatish mehnat lagerlariga jonatildilar, 30-yillarda qonunbuzarlik va qatag‘onlar yanada avjga chiqdi, inson qadr - qimmati poymol etildi. Buning oqibatida 1937-yil ikkinchi yarmidan song A.Qodiriy, Cholpon, Fitrat, Elbek, Usmon Nosir va boshqalar, matbuot va adabiyot xodimlari, tarjimonlar va olimlar, ruhoniylar nohaq ravishda xalq dushmani sifatida ayblanib, qatag‘on qilindilar. Ular yaratgan asarlar va badiiy tarjimalarni oqish ta'qiqlab qo’yildi. Islomga oid noyob qo’lyozma kitoblar yo’q qilindi. O‘zbekistonda yalpi qatag‘on partiya va davlatga xizmat qilgan atoqli arboblarni qamoqqa olishdan boshlandi. Siyosiy boshqarma U.Xojaev. A.Ikromov, S.Segizboev va boshqalar ustidan "sovetlarga qarshi qoporuvchilik" degan uydirmalarni toqib chiqardilar. Chunki ular bahs va munozaralarda o‘z dunyoqarashlarini sobit turib himoya qila oladigan xalq etakchilari edi, 1931-1939-yilLarda O‘zbekiston  jamiyatning hamma tabaqalariga yoyilgan hibsga olish tolqini ostida qoldi. Olimlar, muhandislar, shoiru - yozuvchilar, maorifchilar, san'atkorlar, jurnalistlar, hattoki ishchi va dehqonlar ham ta'qib ostiga olindi va qatag‘on qilindi. O‘zSSR Ichki ishlar xalq komissarligining ichki turmasi va boshqa qamoqxonalarida mahbuslar jismoniy jazolarga mahkum bo‘ldilar. Mahbuslarning ko‘plari bu holatdan chiqish, qutulishning yagona yo‘li o‘z joniga qasd qilish deb bildilar. Ayrimlari esa qilmagan jinoyatlarini bo‘yniga olishga majbur bo‘lganlar. Xullas, 1937-1939-yillarda sohta ayblovlar bo‘yicha O‘zbekistonda hammasi bo‘lib, 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan, ulardan 37 mingdan ortiq kishi jazolangan, ularning ichidan 6 ming 920 kishi esa otib tashlangan. («Pravda Vostoka» 1991, 15 sentyabr). Natijada, respublika o’zining kuchli kadrlaridan ayrildi, ziyolilar avlodlarining payvastaligi vahshiyona buzildi. Shunday qilib, 30-yillarning oxirida O‘zbekistonda insoniylik va demokratiya printsiplarini oyoq osti qiladigan, har qanday o‘zgacha fikr yuritishni kuch bilan bog‘adigan, ommaviy o’zboshimchalik va zo‘rlik bilan Vatanga sodiq ming - minglab kishilarni qirib tashlagan totalitar tartibot qaror topdi va kuchaya bordi. Bu xalqning boshiga chinakam fojea bo‘lib tushdi hamda unga nihoyatda og‘ir urush sinovlari arafasida ulkan ziyon va talofat yetkazdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

9-mavzu: Sovet davlatida ma’muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi davrida O’zbekiston (1946-1991 yy.).

O’zbekistonda davlat mustaqilligining  qo’lga kiritilishi.

 

     Reja:

1.Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti.

2.Siyosiy qatag‘onliklarning yangi to‘lqini.

3.Respublikaning qaramligi va uning oqibatlari.

4.  O‘zbekiston  Mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.

5.  Demokratik huquqiy davlatning barpo etilishi.

6.  Fuqarolik jamiyat asoslarining yuzaga kelishi.

7.  Islohotlar zaruriyati va uning nazariy-huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi.

8.  Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy  taraqqiyoti.

9.  O‘zbekiston  va  jahon hamjamiyati

 

 

Urushdan keyingi yillarda Sho’rolar hukumati Kommunistik partiya rahnamoligida boshqa mustamlaka o‘lkalari qatori O‘zbekistonda ham ulug‘ saltanatchilik, shovinistik va milliy zulm siyosatini yanada avjiga chiqardi. Natijada, O‘zbekiston  va o‘zbek xalqi ijtimoiy hayotining barcha sohalarida o‘zining milliy haq-huquqlari kamsitildi. Bu hol 80-yillarning ikkinchi yarmida mamlakatda totalitar tuzumga qarshi harakatning asosiy sabablaridandir.

O‘zbekistonda qurilgan va ma'lum darajada ahamiyatliroq bo‘lgan  sanoat korxonalarining ko‘pchiligi batamom Markazga bo‘ysinar edi. Faqat 10 foizigina bevosita O‘zbekistonga boysingan va respublika iqtisodiyotida hal qiluvchi o‘rin tutmagan. Respublika o‘zi ter to‘kib etishtiradigan va Markazga yetkazib beradigan juda qimmatli xomashyo mahsulotlari-paxta, nitron, kaprolaktam va boshqalarai o‘zida tayyor mahsulot tarzida ishlab chiqarish imkoniyati bo’lmaganligidan, uni tayyor mahsulot tavarlari shaklida bir necha barobar qimmat narxlarda Markazdan sotib olishga majbur bo‘ldi. Natijada hayot uchun zarur va qimmatli xomashyolarni ishlab chiqarayotgan O‘zbekiston bu mahsulotlarni yetishtirishda foyda emas, zarar ko‘rdi. Markazdan dotatsiyalar olib yashaydigan «boqimanda» respublikaga aylantirildi. Va aksincha, bunday xomashyo mahsulotlari tarzida sotuvchi Rossiya bundan behisob boyliklar olib, foyda orttirdi.

1946-1991-yillar mobaynida shorolar hukumati O‘zbekiston  qishloq xo‘jaligini ilgarigi yillardagidek bir tomonlama rivojlantirish yo’lidan olib bordi va asosan paxtachilik taraqqiyotiga e'tibor berdi. Kommunistik partiya va sho’rolar hukumati paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan o’nlab qarorlar qabul qilindi. Uni rivojlantirish bilan bog‘liq rejalar Moskvada Davlat reja qo‘mitasida ishlab chiqilar va xalq xo‘jaligini rivojlantirish direktiv hujjatlariga asos qilib olinar edi. O‘zbekistonda Amudaryo va Sirdaryo havzasi suvlari hisobidan 20 dan ortiq suv omborlari, o’nlab kanallar barpo etildi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga etkazib beriladigan mineral og‘itlar yildan-yilga oshirildi. Paxta maydonlari kengaytirildi. 1940-yilda 923,5 ming gektar erga chigit qadalgan bo‘lsa, 1987-yilda 2007,7 ming gektarga ekildi, ya'ni 2 barobardan ziyodroq oshdi. Paxta yakkahokimligining kuchayishi qishloq xo‘jaligining boshqa sohalarini qoloqlikka olib keldi, g‘alla, chorvachilik mahsulotlari, sabzavot-mevaga aholining talabi qo’ndirilmadi.

Urushdan keyingi yillarda dunyo xalqlari ortasida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashga O‘zbekiston  o’z hissasini qo’shdi, uning xorijiy mamlakatlar bilan savdo va madaniy aloqalari kengaydi. Chet davfatlarga mahsulot chiqarishida O‘zbekiston  sobiq ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi o’rinda turdi. Qorako’l teri va paxta tolasidan boshlab, mashinasozlik mahsulotlarining 250 turi tort qit'aning deyarli hamma mamlakatlariga chiqarildi. Ming afsuski, bu mahsulotlar O‘zbekiston  nomidan emas «SSSRda ishlangan» degan tamg‘a bilan dunyoga tanildi. 1958-yilda O‘zbekiston  dunyoning 32 mamlakatiga sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chiqargan bo’lsa, 1970-yiida 76 mamlakat bilan savdo aloqalarini olib bordi.

O‘zbekistonda fan va texnikaning hamma sohalarida yirik olimlar yetishib, fan nomzodlarini va doktorlarini tayyorlash bo’yicha sobiq SSSRda oldingi qatorlarga chiqdi. 1950-yil O‘zbekistonda 1760 fan nomzodi, 380 fan doktorlari ilmiy ish olib borar edi. 1965-yilda esa fan nomzodlarining soni 4000 va fan doktori 324 kishiga yetdi. Partiyaviy-g‘oyaviy tizimga qaramasdan adabiyot va san'at sohasida ko‘zga ko’rinarli asarlar yaratildi. G‘afur G‘ulom, Uyg‘un, Zulfiya, Mirmuhsin va boshqalarning tinchlik mavzusiga bag‘ishlangan she'rlari vujudga keldi. 60-yillarda adabiyotga yangi avlod kirib keldi. Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, O‘lmas Umarbekov, Ozod Sharafiddinovlar bilan birga iste'dodli Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘tkir Xoshimov, Muhammad Ali kabi yosh adabiyotchilar maydonga chiqdi.

 

II

1949-1952-yillarda ko‘pgina mashhur o‘zbek ijodiy ziyolilari asossiz ravishda ayblanib, qatag‘on qilindi. Bir guruh yozuvchilar millatchilikda, eski feodal madaniyati oldida bosh egishda, o’tmishni ideallashtirishda ayblandi. Bular orasida Oybek, Abdulla Qahhor, Mamarasul Boboev, Mirtemir, Shayxzoda kabi adiblar bor edi. Xurshid, Chustiy, G‘ayratiy va boshqalar yozuvchilar uyushmasidan haydaldi. Buni eshitgan G‘afur G‘ulom kuyinib «Tokaygacha O‘zbekning aqli kirganda boshini chopib tashlaydilar», -degan edi.

Qatag‘onliklar bu bilan to’xtab qolmadi. 1983-yildan boshlab sobiq KPSS Markaziy qo’mitasi rahbarligida O‘zbekistonda navbatdagi oshkora qatag‘onga yo’l ochildi. «Paxta ishi», «O‘zbeklar ishi» deb atalgan mash'um siyosat niqobi ostida minglab insonlar jinoiy javobgarlikka tortildi.

1990-yil 13-iyun kuni Moskva shahriga O‘zbekistonda tuzilgan komissiya tomonidan yozilgan xatda komissiya xulosasi batafsil ko’rsatildi. Bu xatda «Paxta ishlari» chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo’yilgan edi. Biroq yuqoridagi tashkilotlar ko’mak o’rniga tazyiqni kuchaytirdilar. Respublika rahbarining qat'iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. SSSRning inqirozga uchrashini seza boshlagan KPSS rahbariyati 1985-yil aprelida sovet jamiyatini «qayta qurish», jamiyat hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo’lini e'lon qildi. Bunda avvalo ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, oshkoralik, iqtisodiy osishni fan-texnika yutuqlariga tayanib, jadallashtirishga qaror qilindi. Biroq uzoq yillar totalitor rejimga moslashgan davlat monopoliyasi, idoralari, byurokratik apparat ko’zda tutilgan rejalarni amalga oshirishga yo’l qo’ymadi. Bu davrga kelib respublikada ko‘plab muammolar to’planib qo’lgan edi. Ushbu muammolardan xalq e'tiborini chalg‘itish uchun ko‘p yillar davomida yig‘ilib qo’lgan milliy norozilikdan foydalanildi. Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun hatto ayrim respublikalarda millatlararo nizolarni uyushtira boshladi. 1989-yilda Toshkent, Farg‘ona, Andijonda ro’y bergan millatlararo mojarolar, quvg‘in qilingan xalqlarning noroziligidan razilona manfaat yolida - respublikalarda, shu jumladan O‘zbekistonda paydo bolayotgan hurlik ovozini bog‘ish uchun foydalandilar.

80-yillarning oxirlaridan boshlab sobiq ittifoqqa kirgan ko‘pgina respublikalar mustaqilligi uchun qat'iy kurashga o‘tdilar. Ittifoq shartnomasini yangilab, respublikalar huquqini kengaytirishni talab qila boshladilar. 1990-yiI bahorida Boltiqboyi respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e'lon qildi, 1991-yil 18-avgustda SSSR vitse-prezidenti G.I. Yanaev boshchiligida Favqulodda holat davlat qo’mitasi tuzdilar. Mazkur qo’mita SSSR Prezidenti M.S. Gorbachevni hokirniyatdan noqonuniy yo’l bilan chetlashtirdi. Fitnachilarning davlat to’ntarishi qilishga urinishi natijasida 19-21-avgust kunlari Moskvada fojeali hodisalar ro’y berdi. Fitna Rossiya Federatsiyasi rahbariyati boshchiligida demokratik kayfiyatdagi kuchlar tomonidan bostirildi. Endilikda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. KPSS halokatga uchradi. Respublikalar birin-ketin SSSR tarkibidan chiqqanligini e'lon qildilar. SSSR parchalanib tarix sahnasidan tushdi.

 

III

80-yillarning boshidan boshlab SSSRda inqirozli vaziyat vujudga keldi. Mustabid tuzum sharoitida davlat mulki monopoliyasi, boshqaruvdagi ma'muriy-buyruqbozli tizimi KPSSning yakka hukmronligi, inson huquqlarining buzilishi, milliy siyosatdagi xatolarning tobora kuchayishi o’z salbiy oqibatlariga olib keldi: ishlab chiqarishning o’sish sur'atlari, yalpi mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi shiddat bilan pasayib bordi, mehnatkashlarning o‘z mulkidan begonalashishi yanada ortib bordi. Xalq xo‘jaligini «turg‘unlik»ka olib kelgan chuqur izdan chiqish jarayonlari, xalq ijtimoiy manfaatlarining nazar-pisand qilimnasligi kabi boshqa omillar bilan birgalikda KPSSning ulkan, lekin kutilayotgan natijalarni bermayotgan siyosat butun ijtimoiy-siyosiy tizimning inqirozini oldindan belgilab berdi. Ammo Sovet tizimining asosiy xavfi shundan iborat ediki, mehnatga nisbatan qiziqtirish, tizimning nuqsonlari boqimandalik kayfiyatlarini avj olishiga olib keldi.

Markazdan boshqarishning amaldagi tizimi, uning idoralari, xo‘jalik yuritish uslub va usullari iqtisodiyotning yanada rivojlanishiga sezilarli turtki bolishga, keskin ijtimoiy muammolarni hal qilishga qodir emasligi yaqqol ayon boiib qoldi. Ijtimoiy hayotda jiddiy ozgarishlar yasash zarurligini butun jamiyat aniq-ravshan anglab yetdi. 1985-yilning aprel oyida KPSS MQning Plenumi sovet jamiyatini tubdan qayta qurish, uning barcha sohalarini chuqur isloh qilish yolini e'lon qildi. 1985-1986-yillarda SSSRda «mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rvojlantirishni jadallashtirish» siyosati olib borildi. Uning maqsadi - ilm-fan va texnika taraqqiyotidagi yutuqlarga asoslanib, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yaxshilash edi. Ammo bu siyosatda ilgari surilgan vazifalarni bajarish borasida dastlabki urinishlar jiddiy natija bermadi. Hayot korsatdiki jamiyatning iqtisodiy sohada tub o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan, yaxshi natijalarga erishib bolmaydi. 1987-yildan boshlab yangi «qayta qurish» siyosati e'lon qilindi. Uning maqsadi -iqtisodiy sohalarni erkinlashtirib, jamiyatda demokratlashtirish jarayonini amalga oshirib, sotsiyalistik jamiyatni yangilashtirish edi. Iqtisodiy islohotlarni olib borish uchun boshqarishning ma'muriy usullaridan ko‘proq iqtisodiy usullariga otish, korxonalarni xo‘jalik hisobiga otishi, ularga ko‘proq mustaqillik berish, mehnat jamoalarning boshqaruvida ishtirok etishi choralari nazarda tutilgan edi.

Sovet iqtisodiyotini «qayta qurish» uchun bir qator hujjatlar qabul qilingan edi. Ammo boshqa qonunlarni tuzib chiqishdagi uslubiy yondashuvlarning o‘zi «sotsialistik xo‘jalik yuritish», direktiva asosida rejalashtirish va davlat mulkining barcha shakllariga hukmron bolishi zarurligi kabi avvalgi eski tasavvurlarga asoslangan edi. Korxonalarning cheklangan mustaqilligi ob'ektiv iqtisodiy qonunlar amal qilishiga imkon bermas edi. Korxonalarni toliq xo‘jalik hisobiga va o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta'minlashga o‘tkazish ham o‘zini oqlamadi, chunki «sotsialistik xo‘jalik yuritish» tizimi, rahbarlarning buyruqbozlik usullari ob'ektiv jihatdan sog‘lom tovar-bozor munosabatlarning namoyon bolishiga tosqinlik qilardi.

Odat bo‘lib qolgan kompaniyabozlik xo‘jalikni boshqarish mexanizmni qayta qurishga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Ko‘pgina tarmoqlarda xo‘jalik hisobini tashkil etish xoja ko‘rsinga qilindi. Eskicha uslubda yondashuvlar ta'siri shunga olib keldiki, hatto amaldagi xo‘jalik yuritish oddiy bir kontseptsiyasi taklif qilinmagan edi. Mo‘ljallangan islohotlarning tub mohiyati va xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvur ham qaror topmagan edi. «Qayta qurish» islohotlari turkumi sub'ektiv tarzda, faqat ichki his-hayajonga asoslanib, sinovlar va xatolar usul-amal bilan bir taraflama ish olib borildi. Sovet rahbariyati aniq ilmiy jihatdan savodli ishlab chiqilgan, siyosiy jihatdan asoslab berilgan dasturga ega bolmagan. Shuning uchun ham SSSR iqtisodiyoti kutilgan natijalarni bermadi.

O‘zbekiston  rahbari I.A.Karimov qayta qurish siyosati davrida iqtisodiyotda ro‘y bergan buzilishlarni ta'riflar ekan, bunday deb ta'kidlagan edi: «Inqiroz sabablari va omillarni toliq tasavvur etmagan, islohotlarning aniq-ravshan dasturiga ega bolmagan butun-butun iqtisodiy siyosat empirik harakterda bo‘lib, avantyuradan iborat tajribalardan, har tomonga og‘ishlardan boshqa narsa emas edi».

Shu bilan birga, Markaz ozining ko‘pgina nuqsonlarini respublikalar zimmasiga yuklashga intilardi, hatto ularni ishlab chiqarishning umumiy inqirozi, pulning qadrsizlanishi sharoitida ham oziq-ovqat bilan, xalq iste'mol mollari va moddiy resurslar bilan o‘zlarini ta'minlashga majbur qildi. Bu hol vujudga kelgan xo‘jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (barter) shakliga otishiga olib keldi. Respublikalar ortasidagi xo‘jalik aloqalar buzilib, mahalliy sanoat ishlab chiqarishi pasayib bordi, tovarlar taqchilligi kuchayib bordi va aholining yashash darajasi pasaydi. Iqtisodiy inqirozning chuqurlashishi SSSR va KPSS rahbariyatni siyosiy islohotlarni boshlashga majbur qildi. Qayta qurishning uchinchi davri boshlandi. Bu davrda asosiy masala-sovet jamiyatining siyosiy tizimini isloh qilish edi. Mavjud bo‘lgan  ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruv apparatni buzib, siyosiy tizimni liberallashtirish lozim edi, ya'ni KPSS monopoliyani bartaraf qilish, siyosiy plyuralizmga erishish, hokimiyatni partiya qomitalaridan Sovetlarga topshirish. Respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan eski siyosiy tizimni bartaraf etish uchun 1990-yil 6-avgustda mamlakat Prezidenti M.S. Gorbachevning «Yangi Ittifoq Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga otishning Ittifoq dastur- Konseptsiyasini tayyorlash haqida» farmoyishi e'lon qilindi.

80-yillarning oxiriga kelib SSSRda e'lon qilingan oshkoralik siyosati natijasida sovet kishilarining siyosiy ongi, ularning siyosiy faolligi kuchayib bordi, norasmiy jamoa tashkilotlari paydo bo‘lib, yangi oliy organ- Xalq deputatlari syezdi  o‘tkazila boshlangan edi. Markaz bilan ittifoqdosh respublikalar ortasida vakolatlarni bo‘lib olish yuzasidan muzokaralar boshlangan edi.

 

1990-yil oxirida SSSRning davlat yaxlitligiga ancha tahdid solgan voqea roy berdi. Litva, Latviya, Estoniya, Gruziya, Ozarbayjon uning tarkibidan chiqib ketdi. Bu esa Markaz bilan qolgan ittifoqdosh respublikalar bilan Yangi Ittifoqdosh Shartnomasi tuzib, imzolashga majbur qildi. 1991-yil iyun oyiga kelib Ittifoqdosh Shartnomaning loyihasi ishlab chiqilib, 20-avgustda uning imzolanishi rejalashtirilgan edi. Lekin KPSS MKi va ittifoq idoralari (Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari, KGB va boshqalar)ning bir qancha rahbarlari vitse-prezidenti G.Yanaev boshchiligida SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevni zo‘ravonlik bilan o‘z  vazifasidan chetlashtirib, 1991-yil 19-avgust kuni favqulodda holat davlat qo‘mitasini tuzib (GKChP), hokimiyatni o‘z  qo‘liga olishdi. Bu davlat tontarishini amalga oshirish harakati edi. Ularning maqsadi Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo‘lga kiritishlariga, o‘z taqdirini ozlari hal qilishlariga yol qoymaslik edi. Ammo qayta qurish yillarida ko‘zi ochilgan xalqni endi eski tuzum doirasida qoldirishga, unga eskicha buyruqbozlik qilishga urinish behuda edi. 1991-yil 21-avgustda xalqning qarshiligiga uchragan fitnachilar taslim bolishga majbur bo‘ldi. SSSRning iqtisodiyotida o‘rnashib qolgan illatlar O‘zbekiston  iqtisodiyotiga ham zarar etkazgan edi. 80-yillarga kelib O‘zbekiston  asosiy ijtimoiy-iqtisodiy korsatkichlar boyicha ittifoqda oxirgi orinlardan birini egallar edi. O‘zbekiston  iqtisodiyoti bir tomonlama rivojlanib borgan. U asosan SSSRning xomashyo bazasiga aylangandi. Natijada respublikada sanoatning xomashyoga birlamchi ishlov berish bilan bog‘liq tarmoqlari ko‘proq rivoj topgan. Paxta bo‘yicha rejalarning bajarilishi partiya va Sovet organlari rahbarlarining ustivor vazifasi hisoblangan. Paxta yetishtirishning salmog‘i, hatto chor Rossiya davrida (1913 yilda) 33,2% tashkil etgan. Sovet davrida esa umumiy yer maydonlarining 75 foizini paxta tashkil qilgan. O‘zbekistonning amalda paxta etishtirishni ko‘paytirish imkoniyati tugagan bir sharoitda Markaz O‘zbekistonda 2000 yilga borib paxtaning yalpi hosilini 8 mln. tonnaga etkazish dasturini ishlab chiqdi. Adolatsiz narx siyosati ham O‘zbekiston  xalqining turmush darajasiga putur etkazar edi. Bunga SSSRdagi ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va respublikaning o‘z manfaatlari, xalqining manfaatlari bilan hisoblashmaydigan siyosati sabab edi. Bu siyosat orqali SSSRda ko‘zboyamachilik, poraholik, laganbardorlik kabi illatlar kuchayib bordi. Barcha darajadagi ba'zi xo‘jalik rahbarlari hokimiyatni, xizmat lavozimini suiste'mol qilar, g‘arazli manfaatlarini oylab yashar edi. Ammo bu nuqsonlar Markaz tomonidan olib borilgan ma'muriy-buyruqbozlik siyosatning oqibati edi.

1984-yildan boshlab KPSS MK rahbarligining topshirig‘i bilan O‘zbekistonga General prokuratura xodimlari T.Gdlyan va Ivanov boshchiligida katta guruh tergovchilar yuborilib, «paxta ishi» nomini olgan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. Markaziy matbuotda bu «O‘zbek ishi» degan nom olgan. Jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida Moskvadan va boshqa respublikalardan O‘zbekistonga ketma-ket turli tergov guruhlari yuborildi. Respublihamizga har xil joylaridan rahbar kadrlar kela boshladi. 1985-yilda boshlangan «qayta qurish» siyosati xalqimizda o‘z hayotini yangilashga, uni yaxshilashga bo‘lgan  umidni uyg‘otgan edi. Biroq puxta oylab korilmagan qarorlar, ularni joriy qilishdagi jiddiy nuqsonlar, ma'muriy siquvning davom etishi, «qayta qurish»ning puxta ishlab chiqilgan kontseptsiyasining yoqligi, xoja -korsinga olib borilayotgan tadbirlar, markaz tomonidan oylab topilgan «paxta ishi» tufayli yuz berayotgan qonunbuzarliklar respublikaning ijtimoiy-siyosiy ahvolini yanada murakkablashtirdi. Ziddiyatli «qayta qurish» siyosati oqibatda republikalar orasida iqtisodiy aloqalarning buzilishiga olib keldi, O‘zbekiston  iqtisodiyotidagi tangchilik holati chuqurlashib bordi, sanoat ishlab chiqarishining va qishloq xo‘jaligi samaradorligi pasayib bordi.

1989-yil 23-iyun oyida O‘zbekiston  MQning birinchi kotibi lavozimiga I.A.Karimov saylandi. Uning tashabbusi biian 1989-yil avgust oyida qishloq aholiga 90,7 ming gektar yer ajratildi, shu bilan 1,5 mln. ko‘proq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, 580 ming oila unga ega bo‘ldi. O‘z mustaqilligiga intilayotgan O‘zbekistonning keyingi qadami 1989-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Oliy Kengashning XI sessiyasida "O‘zbekiston ning Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi edi. Partiya yakka xukmdorligini bartaraf etish va hokimiyatni xalq deputatlariga qaytarib berish uchun 1990-yil 24-martda XII chaqiriq O‘zbekiston  SSR Oliy Kengashning I sessiyasida boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, prezidentlik lavozimini joriy qilish tog‘risidagi qaror qabul qilindi va I.A.Karimov ittifoqdagi respublikalar orasida birinchi bo‘lib Prezident bo‘lib saylandi. O‘z suverenitetini tiklashda 1990-yil 20-iyun kuni respublika Oliy Kengashining II sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston  SSR «Mustaqillik Deklaratsiyasi» muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqeadir. Deklaratsiya 12 moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida «O‘zbekiston  SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir», deb yozib qoyilgan. Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Shunga muvofiq, 1991-yil 22-iyul kuni O‘zbekiston  SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qaroriga binoan respublikada joylashgan ittifoqqa boysinuvchi davlat korxonalari va muassasalari O‘zbekiston  SSR huquqiy tobeligiga o‘tkazildi.

Mazkur mavzuni yoritishda talabalarning diqqat-e'tiborini shunga qaratish kerakki, 1990-yil 20-iyun kuni qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiyasi» va 1991-yil 31-avgustda e'lon qilingan "O‘zbekiston  Respublikasining davlat mustaqilligi tog‘risida"gi qonun bir-biridan farq qiladi. "Mustaqillik Deklaratsiyasi"da yangilangan SSSR tarkibida qolgan, o‘z  suverenitetini tiklagan O‘zbekiston  haqida gap ketgan. 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan Qonunda esa SSSR parchalanib ketganligi va mustaqil davlatga aylangan O‘zbekiston haqida gap ketgan. Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Oliy Kengash O‘zbekiston  Konstitutsiyasini tayyorlash komissiyaga O‘zbekistonning yangi Davlat bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasini tayyorlash vazifasini topshirdi. Shu tariqa xalqimiz azaliy, asriy maqsadiga- Vatanimiz Mustaqilligiga erishdi. Dunyo haritasida yangi mustaqil davlat-O‘zbekiston  Respublikasi paydo bo‘ldi.

 

II

O‘zbekiston  mustaqillikka erishganidan song kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkam laydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turardi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfatlariga mos kelmas edi. O‘zbekiston o‘z  rivojlanishida qo‘ygan asosiy maqsadi-bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat va fuqarolik jamiyat asoslarini barpo etishdir.

E'lon qilingan maqsadlarga avvalgi tuzumni tubdan buzib tashlamasdan, otmish odatlaridan voz kechmasdan erishib bolmasdi. Shu tufayli o‘z maqsadiga erishish uchun biz quyidagi asosiy vazifalarni hal etishimiz lozim edi:

l. Eski ma'muriy-buyruqboziik tizimini, unga muvofiq bo‘lgan  hokimiyat va boshqaruv organlarini tugatish.

2. Yangi davlatchilikning siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish. O‘zbekiston  o‘z  taraqqiyot yolini, avvalo, mamlakatda yaratilayotgan jamiyat qanday mazmun kasb etishga e'tibor berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning fikriga ko‘ra: «Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyat bunyod etish-bosh vazifadir.

O‘zbekistonda yangi demokratik davlatni barpo qilish rejalarini ishlab chiqishda O‘zbekiston  Prezidenti I.A.Karimovning hissasi katta. O‘z  asarlarida u demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini chuqur tahlil qildi. Masalan, «O‘zbekiston  - o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» (1992); «O‘zbekiston -bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» (1993); «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» (1995); «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997); «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999) va boshqalar. Ushbu asarlarida O‘zbekiston  istiqlolining ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan o’rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma'naviy poklanishning asosiy yo’l-yo’riqlari yangicha mushoxada va yondashuv bilan ko’rsatib berildi.

Yangi siyosiy, iqtisodiy tizimni barpo qilishda, yangi davlatni tashkil etishda asosiy vazifalardan biri uning huquqiy poydevorini yaratishdir. Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri, uning asosiy Qonuni-Konstitutsiyasi hisoblanadi.

O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990-yil 20-iyunda "Mustaqillik deklaratsiyasi"ning qabul qilinishi munosabati bilan ilgari surilgan edi. Buning uchun Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha komissiya tuzilgan edi.

1991-yil oktyabr-noyabrda Konstitutsiya loyihasining birinchi varianti tayyorlandi. Ammo 1991-yil 31 -avgustda O‘zbekiston  Mustaqilligi e'lon qilinishi bilan, vaziyat o‘zgarib loyihaning ikkinchi varianti ustida ish boshlandi. 1992-yil bahorida loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi va shu yilning 26-sentyabrida umumxalq muhohamasi uchun matbuotda e'lon qilindi. Tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olib, Konstitutsiyaviy komissiya loyihani qaytadan tuzib, 1992-yil 21 -noyabrda muhohamani davom ettirish uchun ikkinchi marotaba matbuotda e'lon qildi.

1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq O‘zbekiston  Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida «O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi» qabul qilindi. U 128 moddadan, 6 bo’limdan iborat edi. Faqat milliy istiqlol, davlat mustaqilligiga erishish tufayli O‘zbekistonning tamomila yangi, inson manfaatlarini, haq-huquqlarini himoya qiluvchi chinakam demokratik Konstitutsiyasini yaratishga tarixiy imkoniyat vujudga keldi.

O‘zbekiston  Konstitutsiyasi quyidagi tamoyillarga tayanadi;

Davlat suvereniteti;

Xalq hokimiyatchiligi;

Fuqarolar huquqlari va erkinliklari;

Davlat hokimiyatining bo‘linishi;

Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishi.

O‘zbekiston  Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan  voqea bo‘ldi. U mamlakatda huquqiy, siyosiy, iqtisodiy islohotlar uchun asos bo‘ldi. Konstitutsiya barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta'minlash maqsadida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Demokratik huquqiy davlatni tuzish uchun eng avvalo davlat boshqaruvining hozirgi zamonaviy tizimini shakllantirish talab qilinadi. Davlat boshqaruvi xususida tuzilayotgan tizimning asosi Prezident boshqaruvi bo‘ldi. Prezidentlik boshqaruvi, mustaqil davlat va respublikadagi ijrochi hokimiyatning boshlig‘i bo’lmish Prezidentning haq-huquqlari va vakolatlari Prezidentni umumxalq tomondan saylanishida tasdiqlanadi (Konstitutsiya, XIX bob, 89-90 modda).

Konstitutsiyaga ko’ra, O‘zbekiston  Respublikasi ijroiya hokimiyati Prezidentlik hokimiyati va Vazirlar Mahkamasidan iborat Respublika Prezidenti qoshida ijro etuvchi hokimiyat devoni tuzilgan bo‘lib, unga Prezident rahbarlik qiladi. Vazirlar Mahkamasi Prezident tomonidan tuzilib, parlament tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi 1990-yil noyabrda tashkil topib, mustaqillikka erishgandan song davlat mustaqilligini ta'minlovchi organlardan iborat: Mudofaa Vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki Ishlar Vazirligi, davlat bojxona va soliq qo’mitasi, shuningdek tashqi aloqalarni ta'minlovchi organlar vujudga keldi: Tashqi ishlar Vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi Milliy Bank, Iqtisodiy rivojlanishni ta'minlovchi organlar: Davlat statistika qo’mitasi, Respublika ulgurji va birja savdosi aktsionerlik assotsiatsiyasi, Respublika xomashyo birjasi, Moliya Vazirligi va boshqalar.

Ijro etish hokimiyatining faoliyati parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan belgilanadi. Huquqiy demokratik davlatning asosoiy tamoyillaridan biri-Qonun ustuvorligidir. Demokratik jamiyat hayotida qonunning o‘rni beqiyos. Qonunlarning sifati ularni qabul qilayotgan parlament a'zolariga bog‘liq. Ma'lumki, 1990-yil 18-fevralda O‘zbekiston  Oliy Kengashining navbatdagi yangi tarkibi saylandi va u 1990-1994-yillarda faoliyat ko’rsatdi, Oliy Kengash sovet davrining koldigi bo‘lib, shu bilan birga O‘zbekistonning mustaqilligini ta'minlashda yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirishda muhim ro’l o’ynadi. Oliy Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor Prezidentni sayladi: «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni, «Davlat mustaqilligi asoslari to’g‘risida» qonunni, O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyani ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990-1994-yillarda Oliy Kengash 200ga yaqin qonun, 500dan ziyod qaror qabul qildi. Ammo yangi demokratik davlat, Fuqarolik jamiyatini barpo qilish uchun yangi turdagi, zamon talabiga javob beradigan parlamentni tashkil qilish kerak edi.

1993-yil 28-dekabrda bo‘lib o’tgan Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida «O‘zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g‘risida»; 1994-yil 22-sentyabrda bo‘lib o’tgan XVI sessiyada «O‘zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisi tog‘risida» Qonunlar qabul qilindi.

1994-yil 25-dekabrda yangi parlamentga-Oliy Majlisga saylov bo‘lib o’tgan edi. Birinchi marta bu saylov, Konstitutsiya talabiga ko’ra, (Konstitutsiya; 77 modda) ko‘ppartiyaviylik asosida o’tkazildi. Saylovda ikki partiya, Xalq-demokratik partiyasi va «Vatan taraqqiyoti» partiyalari ishtirok etishdi.

Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Bu yangi parlamentni demokratik yo’l bilan shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi bo‘ldi. Oliy Majlis o’zining shakllanishi, faoliyat korsatishi, ish yuritish tartiblari bilan avvalgi Oliy Kengashdan farq qiluvchi Oliy davlat o‘rganidir:

1.     Oliy Majlis deputatlar saylovi ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tkazildi.

2.      Saylovlar tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi.

3.      Oliy Majlis doimiy amal qiluvchi parlament sifatida faoliyat yuritmoqda, ya'ni deputatlarning bir qismi parlament tarkibida doimiy ishlamoqda.

O‘tgan yillar mobaynida erishgan yutuqlar bilan birga yangi-yangi muammolar vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov aytganidek: «Qonunchilik faoliyatimizdagi kamchiliklarni tanqidiy baholab, bartaraf etish, qonunlarimizning mukammal  va izchil bolishiga erishmog‘imiz va eng muhimi, barcha huquqiy davlatlar qatorida qonun asosida yashashni organishimiz zarur. Shu bilan birga, qonunchilik va meyoriy asoslarni shakllantirish jamiyatni o’zgartirish va isloh qilish jarayonidan oldinroq yurishi kerak». Shuni tan olishimiz kerakki:

1. Aholimizning siyosiy faolligi hali zamon talablari darajasida emas, balki eski andozalardan to’liq qutula olmadik.

2. Siyosiy partiyalar va harakatlar jamiyatimizning turli sohalarida o’ziga munosib o’rin egallab olishmagan. Buning uchun ular aniq maqsadlariga, puxta ishlab chiqilgan dasturlarga ega bo’lish lozim.

3. OAV shu paytgacha demokratik qadriyatlarni himoya qiladigan, davlat va mansabdor shaxslarning faoliyatini nazorat qiluvchi to’rtinchi hokimiyatga aylanmagan.

Bu va boshqa dolzarb muammolarni yechish uchun oldimizda quyidagi vazifalar turibdi:

a. Jamiyat va davlatning turli sohalarini yanada erkinlashtirish;

b. aholining siyosiy madaniyatini, siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmni shakllantirish.

Bu vazifalarni bajarish uchun Oliy Majlisning qonunchilik faoliyatini takomillashtirish zarur edi. 2002-yil 27-yanvar kuni O‘zbekistonda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijasida siyosiy tizimni takomillashtirish masalasi hal qilindi, ya'ni ikki palatali Oliy Majlisga o’tish va Prezident vakolatlarini 5-yildan 7-yilga o’zgartirishga qaror qilindi.

Referendum natijasiga tayanib ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning X sessiyasida «O‘zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi to’g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritildi (Konstitutsiya: XVIII-XX: XXIII boblar). 2004-yil 26-dekabrda ikki palatali Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov bo‘lib o’tgan. Unda beshta partiya (XDP: «Adolat»: «Milliy tiklanish»: «Fidokorlar»: Lib.DP) ishtirok etgan.

Ikki palatali Oliy Majlisga bo‘lgan  saylovdan quyidagi xulosa kelib chiqadi:

-saylovlar biz uchun chinakam demokratiya maktabi, xalqimizning siyosiy saviyasini oshirish uchun sinov bo‘lgan;

-ikki palatali parlamentga saylovlar o‘tkazish tizimi va jarayonining o‘zi mavjud siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari faolligi va mas'uliyatining ortishiga olib keldi;

-saylovlar saylovchilarning siyosiy va fuqarolik saviyasining yetukligini namoyon qildi;

O‘zbekistonda ikki palatali parlamentni shakllantirishdan ko’zlangan maqsadlar quyidagidan iborat:

-parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama asosli va puxta qonunlar, qarorlar qabul qilinishi uchun zarur bo‘lgan  o‘zaro muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish;

-parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish;

-siyosiy partiyalarning faolligini, jamiyatdagi tutgan orini oshirish uchun;

-senat tarkibining asosan mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bolishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish;

-aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko’lami va faolligini yanada kengaytirish. Markaziy hokimiyat organlarini isloh qilish bilan birga yangi mahalliy hokimiyat tizimi tashkil etildi, ya'ni viloyat, tuman, shaharlar tarkibidagi tumanlar, shahar, qishloq doirasidagi hokimiyat muassasalari tuzildi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi (XXI bob) «Mahalliy davlat hokimiyat tog‘risida»gi qonun (1993-yil sentyabr), «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari haqida»gi qonun (1993-yil sentyabr), «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g‘risida»gi qonun (1994-yil may) kabilar muhim orin egallaydi. Shu qonunlarga tayanib viloyat, shahar va tumanlarda hokim lavozimi ta'sis etildi. Viloyat, tuman, shahar hokimi mahalliy hududni oliy mansabdor shaxs sifatida tegishli hudud ijroiya hokimiyatni boshqaradi.

O‘rta Osiyoda kishilarning hayoti mahallada otib boradi. O‘zbekistonda o‘z-o‘zini boshqarish organlarining asosiy elementi fuqarolarning yig‘inlari hisoblanadi. Mahalla esa o‘zini-o‘zi boshqarishning asosiy bog‘inidir. Mahallada har bir kishining taqdiri, orzu-umidi, hayotga va odamlarga munosabati qat'iy nazoratda turadi. Shu bilan birga mahallachilik uzoq an'analarga va xalqimiz tarixiga, uning boy ma'naviy-axloqiy udumlariga bog‘liq bo‘lgan  ulkan hayot maktabidir. Demokratik davlatni qurishda sud hokimiyati muhim o‘rin egallaydi. Faqat odil sudlov tizimi mavjud bo‘lsa, jamiyatdagi tartib, intizom, barqarorlik, qonunga bo‘lgan ishonch, hurmat mavjud bo‘ladi. Shuning uchun Mustaqillik yillarida sud islohotlarini izchillik bilan o‘tkazishga alohida e'tibor berildi.

O‘zbekiston  Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi, Oliy Sudi, Oliy xo‘jalik Sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, xo‘jalik sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar xo‘jalik sudlaridan iborat (Konstitutsiya XXII bob). Sud tizimini isloh qilish uchun bir qator qonunlar qabul qilingan: «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun (1993, sentyabr), «Jatniyat kodeksi» va «Jamiyat-ijroiya kodeksi» (1996-yil dekabr). O‘zbekistonda mustaqillik yillari davomida o‘tkazilgan siyosiy, sud islohotlari yangi demokratik davlat poydevorini qurish imkonini berdi.

III

O‘zbekiston  demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan, fuqarolik jamiyat asoslarini qurishga intilmoqda. Buning ma'nosi shuki, boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqqa topshiriladi, o‘zini-o‘zi boshqarish o‘rganlari rivojlanib boradi. «Fuqarolik jamiyati» va «jamiyat» tushunchalari aynan bir narsa emas. Jamiyat- bu kishilar umumiyligi, davlatning barcha belgilarini ham o‘z  ichiga oladigan birligi. «Fuqarolik jamiyati» -bu jamiyatning bir qismi bo‘lib, hokimiyatning davlat o‘rganlari va boshqaruvidan tashqari qismidir. Fuqarolik jamiyatning yetuklik darajasi fuqarolarning siyosiy va jamoat tashkilotlariga birlashish darajasi, siyosiy va jamoat tashkilotlarining ta'siri va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. «Fuqarolik jamiyati, -deb yozadi I.A. Karimov, -ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini-o‘zi hamol toptirishiga mone'lik qilmaydi, aksincha, yordam beradi».

Fuqarolik jamiyati huquqiy davlatga asoslanib, shakllanadi va rivojlanadi. Faqat inson huquqlari va erkinligi ta'minlangan va kafolatlangan holda fuqarolik jamiyati shakllanadi. Huquqiy demokratik jamiyatni barpo etish aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyati, odamlarning yangi demokratik qadriyatlarni idrok etish masalalari bilan bog‘liq. Shu jihatdan, fuqarolik jamiyatning asosiy belgilaridan biri-ko‘p partiyaviylik. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning faoliyati demokratik jamiyat uchun zarur bo‘lgan  siyosiy muxolifatni shakllantirdi.

«Shuni yaxshi uqib olishimiz kerak, -degan edi I.A.Karimov. - Jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan, kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bolmas ekan, davlat hokimiyatning barcha bog‘inlarida o‘zboshimchalik, volyuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining komiptsiyasi singari illatlar bo‘lmasligiga jiddiy kafolat ham bolmaydi». Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi: «O‘zbekistonda jamoat tashkilotlari to’g‘risida» (1991-yil 15-fevral), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g‘risida» (1998-yil 28-aprel), «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari tog‘risida» (1992-yil 2-iyul), «Siyosiy partiyalar tog‘risida» (1996-yil dekabr)gi Qonunlari. Nodavlat, jamoat tashkilotlari orasida eng muhim ro’lni siyosiy partiyalar o’ynaydi.

Partiya-tashkiliy-siyosiy kuch bo‘lib, o‘zida ma'lum masala xususida jamiyat fikrini jamlovchi va biror muammoni echish uchun hokimiyatda ishtirok etish yoki unga ta'sir o‘tkazish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan, bir xil siyosiy qarashga ega bo‘lgan insonlarni o‘zida jam qiladi. Konstitutsiyamiz ko‘ppartiyaviylik tizimini qonun bilan mustahkamlab qo‘ygan (Konstitutsiya: 60-modda).

O‘zbekistonda 5 siyosiy partiya, 1 ta jamoatchilik harakati faoliyat ko‘rsatmoqda. 1991-yil 1-noyabrda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining (XDP) ta'sis kengashi bo‘lib o’tdi. XDP «O‘zbekiston  ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalari hamda «Muloqot» jurnali nashr etmoqda. 1992-yil 24-mayida «Vatan taraqqiyoti» partiyasining ta'sis qurultoyi o‘tkazilib, unda partiya dasturi va nizom qabul qilingan, «Vatan» gazetasini nashr etgan.

1995-yil 18-fevralda «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib otdi. Unda Dastur va Nizom tasdiqlandi, «Adolat» nomli xaftalik gazetani nashr etadi. 1995-yil 3-iyun kuni «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi, unda Dastur va Nizomi qabul qilindi. «Milliy tiklanish» gazetasi nashr etildi. 1998-yil 28-dekabrda «Fidokorlar» Milliy demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi, unda Dastur va Nizomi qabul qilindi. «Fidokor» gazetasi nashr etildi.

2001-yil 14-apreldan «Vatan taraqqiyoti» va «Fidokorlar» partiyalarining qo’shma kengashi bo‘lib o‘tdi, unda fikr va maqsadlar mushtarakligini hisobga olgan holda birgalikda faoliyat olib borish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, mazkur partiyalarning parlament fraktsiyalari ham birlashdi. 2003-yil 15-noyabrda Liberal-demokratik partiyasining ta'sis majlisi bo‘lib otdi. U tadbirkorlar va ishbilarmonlarni birlashtiruvchi partiya bo‘lib, O‘zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlantirishda muhim ro’l o’ynashga qaratilgan. Partiya «XXI asr» gazetsiani nashr etadi.

Jamiyat barqarorligini saqlashda, fuqarolarning huquqlarini, ularning manfaatini ifodalashda muhim rolni muxolifat o’ynaydi. Muxolifatning mavjud bo’lishi demokratik jamiyat uchun shart bo‘lgan  va normal holdir. Shunisi muhimki, u tashkiliy jihatdan rasmiylashgan, tegishli yuridik maqomga ega bo‘lishi, konstitutsiya va qonun normalarini hurmat qilishi, o‘z  harakatlari bilan mamlakatdagi davlat va ijtimoiy tuzumning barqaror holati uchun mas'ul bo‘lishi, davlat qurilishning muqobil loyihalariga ega bo‘ishi lozim. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Demokratiya ustun bo‘lgan jamiyatda konstruktiv, sog‘lom muxolifat jamiyatning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy rivojiga hissa qoshadi. Biz rasmiy hokimiyat bilan g‘oyaviy va amaliy jihatdan raqobatlasha oladigan, amaliy takliflar kirita biladigan, jamiyatimizning turli siyosiy qatlamlari manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan muxolifatga muhtojmiz». Siyosiy partiyalar bilan birga O‘zbekistonda «Xalq birligi» harakati faoliyat yuritmoqda. U 1995-yil iyun oyida tashkil bo‘lib, uning maqsadi O‘zbekiston  xalqlari birligini mustahkamlashdir. Jamiyatda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ta'minlanganda u chinakam huquqiy, fuqarolik jamiyati bo‘ladi. Bu boradagi muammolarni hal qilishda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashda, jamoatchilik fikrini shakllantirishda-ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi. Ularning turli davlat va siyosiy institutlar hamda jamiyat kayfiyatiga ta'siri natijasida OAVni to‘rtinchi hokimiyat deb ham yuritishadi.

Mamlakatimizda OAVning rivojlanishiga huquqiy asos yaratilgan: «Noshirlik faoliyati tog‘risida» (1996-yil 2-avgust): «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tog‘risida» (1996-yil 2-avgust): «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida» (1997 yil 24 aprel): «Jurnalistika faoliyatini himoya qilish tog‘risida» (1997-yil 26- dekabr), «Ommaviy axborot vositalar tog‘risida» (1997-yil 26-dekabr). O‘zbekistonda matbuot erkinligi, soz va fikr daxlsizligi qonun bilan kafolatlangan. (Konstitutsiya: XV bob). 2005-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston  Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida LA.Karimov jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilashda, mamlakatni modernizatsiya qilishda OAV haqida gapirganda, ularning hayotmizda tutgan o‘rniga alohida e'tibor qaratib, OAVni isloh qilish yonalishlarini ko‘rsatib berdilar. Ular:

1.     OAVning iqtisodiy erkinligini ta'minlash.

2.     Jamoatchilik fondi, jamoatchilik televideniyasini tuzish.

3.      Yangi, mustaqil fikrga ega bo‘lgan  jurnalist kadrlarni tarbiyalashdir.

OAVning erkinligini ta'minlamasdan, radio, televidenie, gazeta va jurnallarni fuqarolarning o‘z  mustaqil qarashlari, o‘z -fikrlari, voqealarga munosabatini dadil, qorqmasdan ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib mamlakatimizda bo’layotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning faolligini oshirish mumkin emas. Xulosa qilish mumkinki, mustaqillik davrida siyosiy tizim islohoti borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi:

1.     Eski tizim barham topdi.

2.     Huquqiy, demokratik davlatni qurish uchun konstitutsiyaviy, qonuniy asos yaratildi.

3.     Yangi demokratik davlatga xos bo‘lgan yangi siyosiy tizim yaratildi.

4.     Ko‘ppartiyaviy tizim asoslari shakllandi.

5.     Xalqimiz o‘z  xohish-irodasini erkin ifoda etishini ta'minlovchi saylov tizimi barpo etilib, saylovlar muqobillik asosida otkazilayapti.

Boshqacha so’z bilan aytganda, mamlakatimizda shaklan demokratik davlat barpo qilingan, endi asosiy vazifa shu shaklni demokratik mazmun bilan to‘ldirishdan iboratdir.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati

Raxbariy adabiyotlar:

 

1. O’zbekiston  Respublikasining  Konstitusiyasi. -T.: O’zbekiston, 2012.

2.  Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon turmush-pirovard

    maqsadimiz. T.8.. -T.: O’zbekiston, 2000.

3. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz. T.9. -T.:

O’zbekiston, 2001.

4. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq  kerak. T.10. -T.:

O’zbekiston. 2002.

5. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l-demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo

bilan hamkorlik yo’li. T.11. -T.: O’zbekiston, 2003.

6. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz  o’z kuch-qudratimizga,

hamjihatligimiz  va qat'iy irodamizga bog’liq. T.12. -T.: O’zbekiston, 2004.

7. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat.  Tom.14. - T.: O’zbekiston, 2006.

8.Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma'naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish - barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. Tom. 15. - T.: O’zbekiston, 2007.

9. Karimov I.A. Mamlakatni modernizasiya qilish va iqtisodiy tizimni

Barqaror  rivojlantirish yo’lida. Tom 16. - T.: O’zbekiston, 2009.

10. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta'minlash - bizning oliy maqsadimizdir. Tom 17.T.: O’zbekiston, 2009.

11. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T.: Ma'naviyat, 2008.

12. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz

farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.: O’zbekiston, 2010.

13. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T.: O’zbekiston, 2011.

14. Karimov I.A."Inson xotirasi boqiy  qadr qimmati ulug’". 09.05.2012y.

      Toshkent.

15. Karimov I.A. 2012-yil Vatanmiz taraqqiyotini  yangi bosqichga  ko’taradigan yil bo’ladi. 19.01.2012

16. Karimov I.A.  O’zbekiston  Respublikasi Konstitusiyasi qabul   qilinganining 21  yilligiga bag’ishlangan tantanali  marosimidagi ma'ruzasi.  08.12.2013.

17. Karimov I.A. "O’rta  asrlar sharq allomalari  va  mutafakkirlarining  tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizasiyasi rivojidagi  ro’li va  axamiyati" mavzusidagi  xalqaro  kanferensiyaning  ochilish marosimidagi nutqi. 16.05.2014.

18. Karimov I. A.  Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. –  T.: O’zbekiston, 2015.

 

Darslik va o’quv qo’llanmalar:

1.  Oblomurodov N., va boshqalar. O’zbekiston tarixi. O’quv qo’llanma. T.: Yangi   asr avlodi. 2011.

2. Usmonov Q.  va boshqalar. O’zbekiston tarixi. Darslik. - T.: Sharq,  2007..

3.   Ìóðòàçàåâà Ð.Õ., Äîðîøåíêî Ò.È è äð. Èñòîðèÿ Óçáåêèñòàíà.

Ýëåêòðîííûé ó÷åáíèê äëÿ âóçîâ. – Òàøêåíò. 2010.

4. Murtazaeva R.X. va boshqalar. O’zbekiston tarixi. O’quv qo’llanma. -T.:

Akademiya, 2010.

5.  Sa'dullaev A. va boshqalar. O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat

taraqqiyoti. O’quv qo’llanma -T.: Akademiya, 2000.

6. Eshov B.J. O’rta Osiyo qadimgi shaharlari tarixi. O’quv qo’llanma.-

Toshkent, 2006.

7. Eshov B.J. Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi. Darslik. -T., Fan va texnologiya, 2008.

8. Eshov B.J. O’zbekiston davlatchiligi tarixi. O’quv qo’llanma.- Toshkent,

Ma'rifat. 2009.

9. Narzulla  Jo’raev. "O’zbekiston tarixi". O’quv qo’llanma. Toshkent 2011. 

10. Ý.Â.Ðåòâåëàäçå, Ä.À.Àëèìîâà.  Èñòîðèÿ ãîñóäàðñòâåííîñòè Óçáåêèñòàíà.  

      Òîì 1. Òîøêåíò 2009.

11. Eshov B. O’zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari. // O’zbekiston  tarixi  fanidagi innovasiyalar. - Toshkent:  Nashr.2012. B.278-385.

12. Eshov B.J. O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. - Toshkent: Yangi asr avlodi. 2012.

13. Matyoqubov X.H. O’zbek  davlatchiligining ilk bosqichida  qadimgi Xorazm. Nom. Diss.avtoref. -Toshkent: 2012.

14. Mavlonov  U. Markaziy Osiyoning  qadimgi  yo’llari: shakllanishi va rivojlanish bosqichlari. - Toshkent: Akademiya, 2008.

 

 

Axborot - resurs  manbalari

1.     Abdunabiev A.G., Markaziy Osiyoda yuz bergan uygonish (renessans). Ajdodlarimizning jahon sivilizasiyasiga qushgan xissasi. T. 1998.

2.     Abdunabiev A.G. "Avesto" - ulkan ma'naviy meros. T. 2001.

3.     Abdunabiev A.G. Milliy istiqlol g’oyasining tarixiy sarchashmalari. T. 2002.

4.     Abdunabiev A.G. Ilm egallash ibrati (tarixiy nigoh). T. 2006.

5.     Shirinova F.N. O’zbekiston tarixi fanidan "Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan ravnaqi" mavzusida ilmiy-metodik qo’llanma. T. 2003

6.     Yusupova G.V., Shirinova F.N., Ziyaeva D.S. O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish vazifalari. T. 2007.

7.     Yusupova G.V., Shirinova F.N. Talabalarning "O’zbekiston tarixi" fanini mustaqil  o’rganishlari uchun o’quv-uslubiy qo’llanma. T.: 2009.

8.     "O’zbekiston tarixi"fanidan o’quv - uslubiy qo’llanma T.: 2010.

9.                ¹467 Ó÷åáíî-ìåòîäè÷åñêîå ïîñîáèå ïî îðãàíèçàöèè ñàìîñòîÿòåëüíîé  ðàáîòû ñòóäåíòîâ â èçó÷åíèè êóðñà «Èñòîðèÿ Óçáåêèñòàíà».-Ò, ÒÓÈÒ, 2003 ã.

10.           ¹479 «Î÷åðêè èñòîðèè Óçáåêèñòàíà», ÷ 1, 2004 ã.

11.           Yusupova G.V., Shirinova F.N. O’zbekiston tarixi fanidan talabalari uchun uslubiy ko’rsatma. T. 2009.   

12.           Shirinova F.N., Yusupova G.V., Ziyaeva D.S. "O’zbekiston tarixi" fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma 1-qism T.2010

13.           Shirinova F.N., D.S.Ziyaeva "O’zbekiston tarixi" fanidan ta'lim texnologiyalari 1 qism. T. 2011

14.           Ìàíäðàëüñêàÿ Í.Ð., Ìàõêàìîâà Í.Ð., Àðèôõàíîâ Á.À. Èñòîðèÿ Óçáåêèñòàíà  ÷àñòü 1. ÒÓÈÒ 2011.

15.           Shirinova F.N., D.S.Ziyaeva "O’zbekiston tarixi" fanidan ta'lim texnologiyalari 2 qism. T. 2012

16.           Ìàíäðàëüñêàÿ Í.Ð., Ìàõêàìîâà Í.Ð., Àðèôõàíîâ Á.À. Èñòîðèÿ Óçáåêèñòàíà  ÷àñòü 2. ÒÓÈÒ 2012.

17.           Ìàõêàìîâà Í.Ð. Ãëîññàðèé ïî  ïðåäìåòó “Èñòîðèÿ Óçáåêèñòàíà” ÒÓÈÒ 2012.

18.           F.N.Shirinova, D.S.Ziyaeva, "O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish vazifalari". O’quv uslubiy qo’llanma. T.2013   

19.           D.S.Ziyaeva "O’zbekiston tarixi" fanidan  "Markaziy Osiyoda yuz bergan  uyg’onish (renessans). Ajdodlarimizning  jahon sivilizasiyasiga qo’shgan xissasi" mavzusida ma'ruza.  O’quv – uslubiy ko’rsatma. 2014

20.            Ìàíäðàëüñêàÿ Í.Ð., Ìàõêàìîâà Í.Ð., Àðèôõàíîâ Á.À. Ó÷åáíî-ìåòîäè÷åñêîå ïîñîáèå ïî îðãàíèçàöèè ñàìîñòîÿòåëüíîé ðàáîòû ñòóäåíòîâ â èçó÷åíèè êóðñà «Èñòîðèÿ Óçáåêèñòàíà» 2014.

21.           Ìàíäðàëüñêàÿ Í.Ð., Ìàõêàìîâà Í.Ð., Àðèôõàíîâ Á.À. ÈÑÒÎÐÈß ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍÀ (íàó÷íî-ìåòîäè÷åñêîå ïîñîáèå, ÷àñòü II). 2014.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“O’zbekiston tarixi” fanidan

(o’quv-uslubiy qo’llanmasi)

 

 

 

“Gumanitar fanlar” kafedrasi majlisi muhokamasida nashrga tavsiya etilgan

 

(2014  yil ,  26.11.     13.- sonli bayonnomasi)

 

 

AKTSKTF  ilmiy - uslubiy  kengashi tomonidan nashrga  tavsiya etilgan

 

(2015  yil  20.015- sonli bayonnomasi)

 

 

Ilmiy –uslubiy  kengash tomonidan nashrga  tavsiya etilgan

 

(2015  yil  22.015(76)- sonli bayonnomasi)

 

 

Mualliflar:  F.N.Shirinova, D.S.Ziyayeva.

 

 

Taqrizchi: O’zRFA tarix instituti  katta  ilmiy xodimi t.f.n. Mamadaliev X.M.

 

Muharrir: Gayupova K.A.

 

 

Muharrir:  t.f.d.dots., Mahkamova N.R.

 

 

 

 

 

 

 

Bichimi  60x84 1/16 Adadi ______ Buyurtma ______

 

"Aloqachi " Nashriyot-matbaa markazida chop etildi

 

Toshkent  shahar, Amir Temur ko’chasi, 108 uy