O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYA VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
ÒOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FALSAFA (MANTIQ. ETIKA. ESTETIKA) FANIDAN
MUSTAQIL TA`LIMNI TASHKIL ETISH BO`YICHA
USLUBIY QO`LLANMA
Òoshkent 2017
Muallif: Abdullayeva Z. N.
“Falsafa (Mantiq. Etika.Estetika) fanidan mustaqil ta`limni tashkil etish bo`yicha uslubiy qo`llanma”. - Òoshkent: ÒUIÒ. 2017. – 89 b.
Ijtimîiy hayot o`zgarishlari, ilmiy-teõnik taraqqiyotning jadal îdimlari kishilar îldiga yangidan-yangi talablar qo`ymîqda. Hîzirgi davrda yetuk mutaõassis o`z ishining ustasi bo`lishining o`zi yetmaydi. Hîzirgi davr kishisi îldiga qo`yiladigan eng muhim talablardan biri îlamni, atrîfda kechayotgan vîqea-hîdisalarni to`g`ri tushunish, îlamga îngli munîsabatda bo`lishdir.
Ushbu uslubiy qo`llanma TATUning bakalavriyat yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalarga mo`ljallangan bo`lib, falsafa, mantiq, etika, estetika fanlarining asosiy tushunchalari hisoblangan inson, borliq, bilish, ong, tushuncha, mushohada, xulosa, axloq, go`zallik va h.k. tushunchalar haqida falsafiy taxlillar keltirilgan.
“Falsafa (Mantiq. Etika. Estetika) fanidan mustaqil ta`limni tashkil etish bo`yicha uslubiy qo`llanma” TATUning ilmiy-uslubiy Kengashida ko`rib chiqildi va chop etishga tavsiyalandi (2017 yil “ ” - ñîíëè áà¸ííîìà).
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. 2017y.
Kirish
“Falsafa” faniga yangicha yondoshish – insoniyatning ko`p asrlik tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan, inson aqli - zakovatining yetuk mahsuli bo`lgan falsafiy meros va qadriyatlarni chuqur, holisona o`rganish, ularni davrimizning dolzarb muammolari bilan bog`lab rivojlantirish, kishilarning yangi dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.
“Falsafa (Mantiq. Etika.Estetika) fanidan mustaqil ta`limni tashkil etish bo`yicha uslubiy qo`llanma” da fan to`g`risida yaxlit tasavvur hamda ma'lum yo`nalishlar haqida qisqacha ma`lumotlar bårildi. Unda ushbu fanning vazifalari va maqsadi bilan tanishtirish, kasbiy tayyorgarlik tizimida uning o`rni va rolini bålgilash, fanning yutuqlari va taniqli olimlar qarashlari bilan tanishtirib, kålajakdagi izlanishlarning yo`nalishini bålgilab olish uchun muhim ahamiyat kasb etishi ko`zda tutilgan.
Shu bilan birga mavzularning mustsqil mashg’ulotini tashkil etishning shakl va xususiyatlari, mavzular texnologik kartasi, fanga oid tayanch so`z va tushunchalarning falsafiy tahlili, slaydlar keltirilgan.
1-mavzu: Falsafaning mohiyati, rivojlanishning asîsiy bosqichlari
1.1. Mustaqil ta`lim mashg’ulotining o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Mustaqil ta`lim |
Mavzu råjasi |
1. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafa shakllanishining asîsiy bosqichlari. 2.Dunyoqarashning mohiyati. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. 3. Falsafaning jamiyatda tutgan o`rni va vazifalari.
|
Mustaqil ta`lim maqsadi: Falsafa fanining prådmåti, paydo bo’lish zaminlari, rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi to`g`risida bilimlarni hamda to’liq tasavvurni shakllantirish. |
|
Pådagogik vazifalar: - Falsafa atamasining mohiyati va mazmuni, uning tarixiy va zamonaviy talqinlari; - Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati, mazmuni; - Falsafaning bosh masalasi va uning asosiy funktsiyasi; |
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: - Falsafa fanining prådmåtini izohlaydi; - Falsafa atamasiga ta'rif båradi; - Falsafaning funktsiyalarini izohlaydi; - Falsafaning bosh masalasiga tavsif båradi; - Falsafa fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasini va uni fanlar ichida tutgan o’rnini tavsiflaydi. |
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Bayon qilish |
O’qitish vositalari |
Ma'ruza matni. |
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash. |
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
Mustaqil ta`limni tåxnologik kartasi
Bosqichlar |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, kutilayotgan natijalar ma'lum qilish.
|
1.1. Bayon qiladi. |
2-bosqich. Asosiy qism |
2.1. Talabalar e'tiborini jalb
etish va bilim - Falsafaning lug’aviy ma'nosini bilasizmi? - Dunyoqarash tushunchasi, uning tarixiy shakllari haqida nimalarni bilasiz? - Falsafaning asosiy muammolarga nimalar kiradi? 2.2. Talabaga mavzuning asosiy tushunchalariga e'tibor ta'kidlaydi. |
2.1. Mavzu mazmunini muhokama 2.2. Fan o`qituvchisi tomonidan har bir savolga javob bårishga harakat qiladi.
|
3-bosqich Yakuniy |
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talaba e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
|
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi. 3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Vizual matåriallar.
1-savol. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafa shakllanishining asîsiy bosqichlari.
Falsafa, falsafiy dunyoqarash ustida so’z yuritmoq uchun dastavval:
· Dunyoqarash nima?
· U qanday shakllanadi?
· Qanday ko’rinishlarga ega? kabi savollarga javob topish lozim.
2-savol. Dunyoqarashning mohiyati. Dunyoqarashning tarixiy shakllari.
Kishilarning olam haqidagi fikrlari dunyoqarash tushunchasida ifoda etiladi. Dunyoqarash umumiy tarzda olib qaralganda kishilarning olam haqida yaxlitlashgan, umumlashgan bilimlarini ifodalaydi. Dunyoqarash dunyoni anglash, inson tafakkurining eng muhim tomoni hisoblanadi. Dunyoqarash dåganda, birinchi navbatda kishilarning olam haqidagi umumlashgan bilimlari nazarda tutiladi.
Falsafa, uning prådmåti, o’rganish ob'åkti, falsafaning muammolari
olimlarni qadimdan qiziqtirib kålgan masalalar bo’lib hisoblanadi.
3-savol. Falsafaning jamiyatda tutgan o`rni va vazifalari.
Falsafiy oqim va tafakkur uslublari
Dialåktika-gråk tilida baxs va suhbatlashish san'ati dågan ma'noni anglatadi.
Måtafizika-gråkcha so’z bo’lib, luqaviy ma'noda «fizikadan kåyin» dågan mazmunni ifodalaydi.
Sofistika-qadimgi Yunoniston falsafasida vujudga kålgan tafakkur usulidir.
Ko’pgina darslik va qo’llanmalarda bu ibora yunon tilidagi «sopism» so’zi asosida, ya'ni ataylab hilma-xil ma'noga ega bo’lgan tushunchalarni ishlatish orqali kårakli, ammo haqiqatga to’qri kålmaydigan, ko’chma ma'no-mazmunga erishish usuli, dåb ta'kidlanadi.
Sinårgåtika-olamning o’z-o’zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa va voqåalarning azaliy kåtma-kåtligi, o’zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy bog`lanishlar asosida mavjudligini e'tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir.
Ontologiya - olam, inson va jamiyatning ob'åktiv-univårsal mohiyati to’qrisidagi falsafiy ta'limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to’qrisidagi, insonning olamga bo’lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim sohasidir.
Gnosåologiya - bilish falsafasi bo’lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to’g’risidagi ta'limotdir.
Aksiologiya - qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to’qrisidagi falsafiy ta'limot.
Praksiologiya - insonning prådmåtli-o’zgartiruvchan, amaliy faoliyati to’qrisidagi falsafiy ta'limot.
Måtodologiya - bilish va o’zgaruvchan faoliyat usullari to’qrisidagi ta'limot.
Logika - tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta'rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat'i nazar, holis o’rganuvchi ta'limot.
Etika - axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib-qoidalari to’g`risidagi fan.
Eståtika - nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go’zallikning o’rni, qonun-qoidalari to’g`risidagi qarashlar majmui.
1-mazu bo’yicha xulosa.
Falsafaning jamiyatda tutgan o’rni deganda eng avvalo uning inson dunyoqarashining shakllantirishi va taraqqiyotiga xizmat qilishni nazarda tutmoq lozim. Falsafa insonning olamni, voqelikni quyi anglashida muhim ahamiyatga ega. Inson dunyoqarashi birinchi navbatda uning ma'naviy dunyosida, fikrlash, voqelikning anglash madaniyatida nomoyon bo’ladi. Voqelikni anglash - tabiyat, jamiyat, unda ro’y berayotgan murakkab ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar, ma'naviy hodisalarni atroflicha tahlil va mushohada etishdir. Falsafiy dunyoqarash kishining jamiyat oldidagi hissini tarbiyalashga xizmat qiladi. Falsafa bevosita uning tafakkuri, ongini shakllantirishga qaratilgan fan. Bu hol uning tarbiyaviy funksiyasiga ega ekanligidan dalolat beradi. U insonni tarbiyalashning muhim omilidir deganda biz dastavval uning inson hayotiga, faoliyatiga ko’rsatiladigan ta'sirini, insonning jamiyatda o’ziga xos o’rnini topishga zamin yaratishni nazarda tutamiz.
Falsafa doirasida qo’yilgan inson muammosining muhim tomonini uning komilligi, barkamolligi tashkil qiladi. Masalaning bu tarzda qo’yilishi, ayniqsa, sharq, xususan, O’rta Osiyo falsafasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Falsafa jamiyatida ro’y berayotgan murakkab jarayonlarni mushohada etish orqali uning holat, ziddiyatlari, taraqqiyot istiqbollari to’g’risida fikr yuritishga, jamiyat, uning taraqqiyotiga zid, murakkab muammolarni aniqlashga yordam beradi, hozirgi zamon falsafiy muammolar bevosita hayotdan, jamiyat tahlilidan kelib chiqadigan umuminsoniy harakteriga ega bo’lgan muammolardir. Inson jamiyat, insoniyat hayotiga oid masalalarni qo’llashi, bu masalalarni davr nuqtai nazaridan hal etish falsafaning ijtimoiy hayotini o’rganishdagi ahamiyatidan dalolat beradi.
2-mavzu: Qadimgi va O`rta asr falsafasi. Yangi va eng yangi davr falsafasi
2.1. Mustaqil ta`lim mashg’ulotining o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Mustaqil ta`lim |
Mavzuning råjasi |
1. Qadimgi Sharq va G`arb falsafasining vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. 1. O`rta asr G`arb va Sharq falsafa rivojlanishining umumiy belgilari. 2. Yangi davr falsafasining rivojlanishida ijtimoiy-siyosiy sharoit.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Sharq - jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biri ekanligi. Qadimgi Sharq, Misr va Bobildagi falsafiy fikrlarni o’rganish va Antik dunyo falsafasi va undagi klassik davrining o’ziga xos xususiyatlari. Milåt va Elåy maktablari va namoyondalarning falsafiy qarashlari. Qadimgi Sharq va Antik dunyoda falsafiy fikrlarni o’rganishdagi zarurat, uning jahon madaniyati va fani uchun ahamiyati.
|
|
Pådagogik vazifalar: Qadimgi Sharq va Antik davrida falsafiy fikrni vujudga kålishi, uning madaniy tarixiy zaminlari, inson, olam, borliq, tabiat haqidagi falsafiy fikrlar.
|
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: Qadimgi Sharq va Antik davrida falsafiy fikrni vujudga kålishi, uning madaniy tarixiy zaminlari, inson, olam, borliq, tabiat haqidagi falsafiy fikrlar haqida tushinchaga ega bo’ladi.
|
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Bayon qilish |
O’qitish vositalari |
Ma'ruza |
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash |
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
Mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar, vaqti |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma'lum qilinadi.
|
1.1. Bayon qilish |
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Talaba e'tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tåzkor savol-javob o’tkazadi. «Våda»lar nima va qachon paydo bo`lgan? 1. Buddaviylik ta'limotining mohiyati nimadan iborat? 2. Konfutsiylik nima? 3. Suqrot qanday faylasuf bo’lgan? 2.2. Talabaga mavzuning asosiy tushunchalariga e'tibor qilishni va yozib olishlarini ta'kidlaydi. |
2.1. Navbat
bilan bir
- birini
takrorlamay Javob båradi va to`g`ri javobni eshitadi. 2.2. Sxåma
va jadvallar Savollar bårib, asosiy joylarini yozib oladi.
|
3-bosqich. Yakuniy |
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talaba e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
|
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi. 3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Vizual matåriallar.
Falsafiy g’oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta'sirida, ma'lum tarixiy-madaniy manbalar asosida shakllanadi.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari dåganda, ko’pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o’tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo’lgan Shumår davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o’ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi.
Falsafiy fikrlarning paydo bo’lish bosqichlari
Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya'ni astronomiya, kosmologiya, matåmatika, mifologiyaga oid qarashlar bir muncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kålishi ikki yo’nalishda borgan. Birinchi yo’nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog`liq ekanini, ikkinchi yo’nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan boqliq bo’lganini ko’rsatadi.
Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, xudolarga ishonch, ilohiy kuchlarning tabiat va jamiyatga ko’rsatadigan ta'sirini mutloqlashtirish xususiyati ustuvor bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida bo’lsa-da, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-såkin shakllana boshlagan. Umuman, bunday xususiyatni, qadim zamondagi barcha sivilizatsiyalarga xos dåyish mumkin.
Hindiston falsafasi. Vedalarni bo’linishi
Qadimgi Xitoy falsafasi.
Konfutsiy ta’limoti
Olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi - taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib Konfutsiy nuqtai nazariga ko`ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi bålgilaydi. U, ya'ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib - insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyatlaridan biridir. Konfutsiyning ta'kidlashicha, shaxs faqat o`zi uchun emas balki jamiyat uchun ham yashashi kårak.
Zardushtiylik ta'limoti.
Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo’lgan davr mahsuli bo’lgan diniy-falsafiy ta'limotlardan biri zardushtiylikdir. Uning bosh g’oyasi insonlardagi ezgu fukr, ezgu so’z, ezgu amalning ulug’lanishi. Zardushtiylikning bosh kitobi “Avåsto”. Unda qadimgi xalqlarning dunyo to`g`risidagi tasavvurlari, o`ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari- yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va o`lim borasidagi qarashlar o`z ifodasini topgan. “Avåsto”da, shuningdåk, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma'lumotlar ham bårilgan.
Qadimgi Yunoniston va Rim falsafasi.
Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tågishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar - antik davr falsafasi dåb yuritiladi. Unda Milåt falsafiy maktabi, Elåy falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy - ilmiy, ijtimoiy- axloqiy ta'limotlari o’rganiladi.
Arab bosqini va islom dini. Movorounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk qog`onoti tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo’lib, ular o’rtasida tinimsiz to’qnashuvlar ro’y bårib turar edi. Ayniqsa, Turk qog`onoti bilan sosoniylar o’rtasidagi to’qnashuvlar o’ta shiddatli tusda yuz bårar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu hudud arab halifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movorounnahr hududida yashovchi xalqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo’qligi, o’zaro qirg`in-barotlarning avj olishi sabab bo’ldi.
Abu Mansur Moturidiy (målodiy 944 yilda vafot etgan) kalom ilmining aql maqomiga alohida e'tibor qaratgan Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. Mu'taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka xudolikning adolatli ekanini, qur'onning tangri tomonidan yaratilganligini, iroda erkinligini yoqlab chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir (699-748 yillar). Uning oxirgi vakillaridan biri Zamahshariydir.
Tasavvuf va uning tariqatlari. Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma'naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko’pgina ichki sabablar va ba'zi tashqi unsurlar - buddaviylik va hinduylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, nåoplatonizm kabilarning ta'siri ostida) paydo bo’ldi. Tasavvuf uchun vahdoniyat - Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turishi, fano bo’lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib kåtishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini so’fiylar, dåb ataganlar va «so’fizm» atamasi shundan paydo bo’lgan. Ilk so’fiylar aholining kambag`al toifasi orasida shakllangan. Ularning qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy tångsizlikka qarshi norozilik bålgisi sifatida ham yuzaga kålgan.
Tasavvufda - kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqat-suluklari kång tarqalgan.
Kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubrodir (1154-1226 yy). Xivada tug`ilgan, yozgan asarlari orasida «Sharhus-sunna val-masoliq", «Usuli ashara», «Favoiqul-jamol» kabilar mashhurdir. Kubraviya tariqatining mohiyati o’nta usulda mujassamlashgan. Bular - tangriga o’z hoxishi bilan yuzlashish, zuhd fi dunyo - har qanday lazzatdan o’zini tiyish, tavakkul - Ollohga e'tiqodi pokligi uchun barcha narsalardan voz kåchish, qanoat, uzlat - xilvatni ixtiyor qilish, mulozamat az-zikr- uzluksiz zikr, tavajjuq - haqqa muhabbat qo’yish, nafs balosidan ozod bo’lish, muroqaba - tafakkurga g`arq bo’lish, rizo - tangri xushnudligini qozonishdan iborat.
Yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviydir (1166 yilda vafot etgan). Yassaviyning oddiy õalq tushunadigan uslubda yozilgan, tasavvufiy qarashlarini aks ettirgan hikmatlari dåvonida o`z aksini topgan. Unda ilohiy ishq, haq vasliga yåtishish, uning ishqida parvona bo`lish, undan boshqa narsaga ko`ngil qo`ymaslik haqida fikr yuritilgan.
Bahouddin Naqshband (1318-1389 yy) naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu ta'limotning mohiyati «Dil- ba yoru dast - ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson Olloh inoyati natijasi bo’lib, bu dunyoni unutib qo’ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda, qo’li esa måhnatda bo’lmog`i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat, ma'rifat va haqiqat maqomlarini e'tirof etadi.
Abu Rayhon Båruniy (973 – 1048 yy) dåyarli barcha fan sohalarida ijod etgan buyuk qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152ta asardan 28tasi bizgacha yåtib kålgan. Uning tabiatni o’rganishdagi xizmati kattadir. Uning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta'sirida shakllandi. U modda va zamon, qonuniyat, zaruriyat va tasodifiyat, harakat va rivojlanish, ziddiyat, sabab va oqibat kabi falsafiy muammolarga katta e'tibor bårgan.
Abu Ali ibn Sino (980-1037 yy) buyuk alloma va mutafakkir. Ibn Sinodan qolgan ma'naviy må'ros taxminan 280 nomdan ziyodroqdir. Ular tibbiyot, falsafa, mantiq, psihologiya, axloq, musiqa, farmakologiya va boshqa sohalarga bag`ishlangan. Olimning «Shifo kitobi», «Tib qonunlari», «Bilimlar kitobi», «Tabiat durdonasi» kabi asarlari mashhurdir.
Òåmur và tåmuriylàr dàvri mo’g’ul bîsqinchilàridàn îzîd bo’lgàn õàlqimizning milliy dàhîsi eng yuksàk cho’qqigà ko’tàrilgàn dàvrdir. Bu dàvr fàlsàfàsi õàlqimizning sîhibqirîn Òåmur bîshchiligidà îzîdlikkà erishgàn và mustàqillikni sàqlàsh hàmdà mustàhkàmlàsh uchun àmàlgà îshirgàn buyuk ishlàrining ifîdàsidir.
Gnîstiklàr - bu dàvr fàlsàfàsidà o’z o’rnigà egà bo’lgàn gnîstitsizm eràmizning 150 yillàridà o’zining yuksàk ràvnàqigà erishàdi. Ulàr shundày fàlsàfiy tà’limît yaràtdilàrki, ulàrning fikrichà Õudî ruh sifàtidà yovuzlikdà mutlàqî sîf, insîn esà o’z tàbiàtinnig ruhiy jihàti bilàn õudîgà mîslàshgàn.
Duàlizm - gnîstitsizmning àsîsiy yo’nàlishi, bu îqim tàràfdîrlàri mîddiy và ruhiy dunyo o’rtàsidà mustàhkàm chågàrà màvjud dåb tà’kidlàydilàr.
Realistlar - umumiy "universallar"- real narsalardan oldin va ulardan tashqarida xudo tarzida yoki xudo ongidagi g’oya tarzida yashaydilar, deb hisoblaydilar.
Nomenalistlar esa, aksincha ayrim buyumlarning borligini e'tirof qilib, "universaliyalarni" inkor etadilar.
Sõîlàstikà- so’zi yunînchà “shkîlà”dàn (“shoal”) îlingàn bo’lib, “o’qish jîy”, “màktàb” mà’nîlàrini ànglàtàdi.
Pàtristikà - so’zi “îtà” (“pàdrå”) so’zidàn kålib chiqqàn. Bu nîm bilàn îdàtdà G’àrbdà yåpiskîplàrni ulàrgà hurmàt sifàtidà àtàgànlàr.
Uyg’înish dàvri fàlsàfàsi. Bu insîniyat tàriõidà yuz bårgàn eng buyuk ilg’îr tàràqqiyot dàvrlàridàn biri edi. Uyg’înish dàvridà hàyotning hàmmà tàrmîg’idà muhim, ilg’îr, hàttî àytish mumkinki, inqilîbiy o’zgàrishlàr yuz bårgàn.
Yangi va eng yangi davr falsafasining o`ziga xos xususiyatlari
E.Òîrricheli havo bosimi ìàvjudligini eksperimental yo`l bilan aniqladi, simobli barometr va havo nasosini ixtiro qildi. I. Nyuton mexanikaning asosiy qonunlarini, shu jumladan butun olam tortishish qonunini ta`rifladi. R.Boyl kimyoda måõànikani qo`lladi, kimyoviy element tushunchasini ishlab chiqdi. Ingliz fizigi U.Gilbert magnit õîssalarini va uning amalda qo`llanilishini o`rgandi.
V. Garvey qon àylanishini kashf etdi va uning rolini empirik usulda tadqiq etdi. R. Dekart va G.Leybnits matematika, meõànika, fizika va fiziologiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo`shdi. Ijtimoiy fanlarda tabiiy huquq nazariyasi ishlab chiqildi (Àngliyada T.Gîbbs, Gollandiyada G.Grotsiy).
2-mashqulot bo’yicha xulosa.
Insîniyat tàriõida G’arbiy Yevropada o’rta asrlardan boshlab to hozirgi zamongacha falsafa tarixida turli ta’limotlar yaratildi, bu ta’limotlar inson, tabiat va olam haqidagi tasavvurlarni kengaytirilishida muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko’p xilligi va o’ziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo’nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko’zga tashlanadi. An'anaviy falsafada aql - inson mohiyatining belgilovchisi, deb talqin etilgan bo’lsa, endi ratsionalizmga qarshi insonning mavjudligi (ekzistensializm) muammolari, hamda uning noratsional mohiyati ilgari surila boshladi. Ya'ni ilgari ma'rifatparvarlik g’oyasi ustuvor bo’lsa, endilikda ko’proq inson huquqlariga e'tibor kuchayib ketdi. Falsafa go`yoki, mavhumlikdan aniqlik tomon bordi, umumiy emas, aniq-ravshan masalalarni hal qilish boshlandi. An'anaviy falsafada hodisalar mexanika qonunlari asosida tushuntirishga harakat qilingan bo’lsa, endi bunday tahlil doirasidan chetda qolgan muammolar o’rganila boshlandi. Bugungi kunga kelib ko’pgina falsafiy oqimlar o’zlarining an'anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini ta'kidlash maqsadida, nomlariga "neo", ya'ni yangi, zamonaviylashgan degan ma'noni anglatuvchi qo’shimchani qo’shganlar. Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Fanning jamiyat hayotidagi o’rnini belgilash va unga nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta'limotlarni asosan ikki yo’nalishga ajratish mumkin. Ulardan biri - ssientizm (lot scientia - fan) ya'ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni hal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Stsientizm g’oyalari, neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta'limotlarning asosini tashkil etadi. Ikkinchisi - antissientizm, ya'ni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta'sir ko’rsatishini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistensializm, Frankfurt ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator tarmoqlarini, ba'zi diniy-falsafiy oqimlarning fanga munosabatini ifodalaydi. Antissientizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini nazorat ostiga olish, bu masalada jamiyat hayotini xavf ostiga qo’ymaslik talabi bilan bog’liqdir. Antissientizmning ayrim o’ta ashaddiy namoyandalari fan-texnika taraqqiyotini tamoman to’xtatib qo’yish g’oyasini ham ilgari suradilar. Umuman olganda, XX asr falsafasida bir - biriga muqobil bo’lgan yo’nalishlar ratsionalizm va irratsionalizm, antropologizm va naturalizm, stsientizm va antissientizm, materializm va idealizm o’zo’rniga ega bo’lmoqda.
3-maruza: Borliq falsafasi
3.1. Mustaqil ta`lim mashg’ulotining o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Mustaqil ta`lim |
Mavzuning råjasi |
1. Bîrliq – falsafa kategîriyasi. 2. Falsafada substantsiya va materiya muammosi. 3. Makon va vaqt.Harakat va rivîjlanish. 4. Tabiat tushunchasi. Falsafa tarixida tabiatga munosabat. . |
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Abadiy dunyodagi barcha narsalar, turli-tuman jonsiz va jonli organizmlar, insonlar va ularning faoliyati hatto, bir butun jamiyat ham, shubhasiz vaqtincha o’tkinchi ekanligini bildirish. Borliq tushinchasi va uning ko’rinishlari haqida ma’lumotlar berish. |
|
Pådagogik vazifalar: Borliqning falsafiy mohiyati, borliq turlari haqida ma’lumot. Matåriya katågoriyasi. Dunyoning moddiy birligi. Matåriyaning mavjudlik shakillari. Harakat va rivojlanish. Fazo va vaqt matåriyaning yashash shakli ekanligini bildirish.
|
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: Borliqning falsafiy mohiyati, borliq turlari haqida ma’lumotga ega bo’ladi. Matåriya katågoriyasi va materiyaning yashash shakllari bo’lgan harakat va rivojlanish, fazo va vaqt haqida tushinchalarga ega bo’lish. |
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Ma'ruza |
O’qitish vositalari |
Ma'ruzalar matni |
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash |
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma'lum qiadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi. |
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Talaba
e'tiborini jalb etish va bilim 1. Borliq tushunchasi nimani ifodalaydi? 2. Matåriya tushunchasi to`g`risida nimalarni bilasiz? 3. Fazo va vaqt nima? 2.2. Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e'tibor qilishni va yozib olishlarini ta'kidlaydi. |
2.1. Eshitadi. O’ylaydi, javob båradi. Javob båradi va to`g`ri javobni eshitadi. 2.2. Har bir savolga javob bårishga harakat qiladi.
|
3-bosqich. Yakuniy |
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talaba e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
|
3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Vizual matåriallar.
3-mashqulot bo’yicha xulosa.
Borliq tushunchasi yordamida kishilar dunyoning ob'ektiv mavjudligi, uning cheksizligi, abadiyligi va bir butunligi haqida ilmiy va falsafiy tasavvurga ega bo’ladilar. Borliqning asosiy shakllarini tabiiy borliq yoki tabiat borlig`i, inson borlig`i, ma'naviy borliq tashkil etadi.
Jamiyat tabiat taraqqiyotining zaruriy oqibatidir. Jamiyatning moddiy texnika bazasi, iqtisodiy asoslari, siyosiy tashkilotlari: davlat va xokimiyat idoralari, armiya, politsiya, sud, prokuratura, siyosiy partiyalar, turli-tuman jamoat tashkilotlari maorif sistemasi, madaniyat, fan va texnika, ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriyalari, ommaviy axborot muassasalari,aloqa bo’limlari va h.k. ijtimoiy borliqning har xil ko’rinishlarini tashkil etadi. Borliq faqat moddiy shaklda emas, ma'naviy, ruhiy shaklda ham namoyon bo’ladi. Ma'naviy borliq inson tomonidan yaratilgan rang-barang madaniyat va san'at asarlari, til, ilmiy kashfiyotlar, g’oyalar, axloq-odob qoidalari, falsafiy, estetik, badiiy, siyosiy, tafakkurlash madaniyati, ruhiy kechinmalar, diniy tasavvurlar, tushunchalar va h.k. majmui kiradi. Kishilarning ichki holati, kechinmalari, his-tuyg’ulari, ruhiy ma'naviy dunyosi,o’y-fikrlari, maqsad va manfaatlari hamda kayfiyatlari ham ma'naviy borliqning ko’rinishlaridir. Ma'naviyat, jamiyat, shaxs, millat taraqqiyotining manbaidir. Shuni alohida qayd etish lozimki, mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ko’p asrlik boy tarixi, ilmiy, madaniy va diniy merosini o’rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo’l ochildi.
Ekologik madaniyat - umumjahon madaniyati rivojlanishining asosiy qismi va etapi bo’lib, insoniyat hayoti va rivojlanishida ekologik muammolarni hal etilishi muhimligini, dolzarbligini chuqur anglashni xususiyatlaydi. Ekologik madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi sifatida tasavvur etilib, u ijtimoiy madaniyatni alohida turi bo’lib,o’zining mohiyati va funksiyasiga egadir. Ekologik madaniyatning maqsadi tabiatni saqlash bo’lgan ochiq tizimli qadriyatlar sifatida, alohida qadriyatlar ko’rsatkichi deb aniqlanadi. Ekologik madaniyatga berilgan ta'riflar turlichadir. Masalan, ekologik madaniyat – tabiatning o’zlashtirishdagi ijodiy faoliyat bo’lib, bu jarayonda ekologik qadriyatlar bajariladi, taqsimlanadi va foydalaniladi. Hozirgi davrda ekologik madaniyatni rivojlantirish dolzarb muammolardan biridir. Ekologik madaniyat - bu tabiatga bo’lgan ijtimoiy, moddiy, amaliy, ruhiy-nazariy munosabatlarning alohida sifatli darajasidir. Bevosita hayotning qayta o’zlashtirish jarayonini o’z ichiga oladi va tasvirlaydi. Ekologik madaniyatni moddiy hamda madaniy yo’nalishlari mutanosib rivojlanishi zarur. Ekologik madaniyatni shakllantirish mafaatlardan kelib chiqqan ta'lim-tarbiya boshqa soxadagi ta'lim-tarbiyani mujassamlashtiruvchi bosh yo’nalishga aylanmoqda.
4-maruza: Rivojlanish falsafasi
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Mustaqil ta`lim |
Mavzuning råjasi |
1. O`zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. 2. Falsafa kategoriyalari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Odamzod qonunlar orqali olamning sir-asrorlarini bilish imkoniyatiga ega bo’lishi, falsafiy qonunlar esa dunyodagi o’zgarishlar, paydo bo’lish va yo`qolishlar, rivojlanish va taraqqiyot mexanizmlarini anglab olishga imkon beradi. |
|
Pådagogik vazifalar: Qonun tushunchasi va uning mohiyati, qonun va qonuniyat, miqdor va sifat tushinchasi va ularning o’zaro bog’liqligi. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Inkorni inkor qonuni.
|
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: Qonun tushunchasi va uning mohiyati, qonun va qonuniyat, miqdor va sifat tushinchasi va ularning o’zaro bog’liqligi tushinib etadi. Qarama-karshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor qonunlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi.
|
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Bayon qilish, "ha-yo’q" tåxnikasi |
O’qitish vositalari |
Mavzu matni. |
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash. |
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar vaqti |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma'lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi. |
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Talaba e'tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tåzkor savol-javob o’tkazadi. 1. Qonun nima? 2. Tabiat va jamiyat qonunnlarinig qanday xususiyatlari bor? 3. Miqdor va sifat nima? 4. Ziddiyat nima? Ziddiyatning qanday turlarini bilasiz? 2.2. Talabaga mavzuning asosiy tushunchalariga e'tibor qilishni va yozib olishlarini ta'kidlaydi. |
2.1. Eshitadi. Javob båradi va to`g`ri javobni eshitadi.Misollar kåltiradi. |
3-bosqich. Yakuniy |
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talaba e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: |
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi. 3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Vizual matåriallar.
Qonun - muayyan shart-sharoitda voqealar rivojining xususiyati va yo’nalishini belgilaydigan, ma'lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan ob'ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim zaruriy, umumiy nisbiy, barqaror munosabatlar ifodasidir.
Sifat - narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nisbiy barqarorligini, bir-biriga o’xshashligini ifodalaydi.
Miqdor - predmetning hajmi,o’lchovi, og’irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi
Me'yor - bu miqdoriy munosabatlar va ob'ektiv sifatga mos tuzilmalarning muvofiqligidir.
Sakrash - tabiat va jamiyatda sodir bo’ladigan miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tish jarayonini anglatadigan falsafiy tushunchadir. Sakrash taraqqiyotning uzluksiz ko’rinishiga qaraganda ancha tez o’tadigan shakldir. Sakrash miqdor o’zgarishlardan sifat o’zgarishlariga o’tishda uzluksizlikning uzilishini bildiradi.
Qarama-qarshilik - tabiatdagi narsa va hodisalardagi mavjud bo’lgan tomonlar, xossalar va yo’nalishlar bir-birini inkor qiladi, bir vaqtning o’zida bir-birini taqazo ham qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy qutblar, elektrning manfiy va musbat zaryadlar.
Kategoriya - yunoncha bo’lib, lug`aviy ma'nosi "guvoh", "ta'rif", "ifodalovchi" demakdir.
Yakkalik - alohida sifat va miqdor aniqligiga ega bo’lgan narsa, hodisa va jarayonlar.
Umumiylik - ob'ektiv reallikning barcha yoki bir qancha narsa yoki hodisalardagi ob'ektiv mavjud bo’lgan tomonlar, xossalar va belgilarning majmui, ular o’rtasidagi aloqa va munosabatlarning o’xshashligi tushuniladi.
Xususiylik - shunday narsa yoki hodisalar guruhidirki, ular ma'lum ma'noda umumiy bo’lsada, lekin undan ham umumiyroq bo’lgan boshqa bir guruhga kiradi va bu guruhda u alohidalik yoki yakkalikdir, butunning qismidir.
Mohiyat - hodisaning ichida yashiringan olamning turli-tuman hodisalarida yuz beradigan chuqur nisbiy barqaror aloqalarni ifodalaydigan voqelikning ichki tomonidir.
Hodisa - esa mohiyatning u yoki bu holda uchratilishini ifodalovchi
voqelikning o’zgaruvchan, harakat xususiyatlariga, belgilariga boy bo’lgan
tomonidar.
Element (tarkibiy qism) – bu o’zaro aloqada bo’ladigan bir butun tizimni tashkil etuvchi narsa va hodisalarning tarkibiy qismi.
Tuzilish (struktura) esa butunni tashkil qilgan elementlarning bog’lanish usuli, qonuni, butun doirasidagi munosabatlar tizimidar.
Butun turli-tumanliklarning birligi sifatida namoyon bo’ladi. Bo’laklarning turli-tumanligi, ularning tafovutlari, butunning sifati xususiyati bo’laklarning oddiy yig’indisi, ularning tashqi birlashmasi emas, balki bo’laklarning ichki o’zaro ta'siri va bir-biriga o’tishini ifodalaydi.
Sababiyat - ob'ektiv olamdagi hodisalar umumiy bog’lanishning alohida ko’rinishidir. Sababiyat hodisalar o’rtasidagi shunday ichki aloqadorlikki, har doim bir hodisa mavjud bo`lar ekan, uning ketidan muqarrar ravishda ikkinchisi ham keladi. Sabab–bu o’ziga muvofiq keladigan biror natija keltirib chiqaruvchidir. Sabab deb, muayyan shart - sharoitlarda boshqa bir narsa, hodisa yuzaga keltirgan yoki o’zgartirgan narsa yoki harakat ta'siriga aytiladi.
Oqibat - amalining natijasi. Sabab biror ta'sirning bog’lanishi bo’lib, u ma'lum bir natija, ya'ni oqibatni keltirib chiqaradi. Sababni bahonadan va sharoitdan farqlash lozim.
Zaruriyat - narsa, hodisa jarayonlarning taraqqiyoti bilan aniqlanadigan, ichki muhim bog’lanishlar orqali qonuniy kelib chiqadigan va shuning uchun yuz berishi muqarrar bo’lgan hodisadir.
Tasodif – hodisalar o’rtasidagi tashqi bog’lanishlardan hosil bo’ladi va shuning uchun u noaniqlik, majburiy emasligi bilan farqlanadi. Tasodif yuz berishi, yoki yuz bermasligi mumkin bo’lgan jarayonlarga xosdir.
Imkoniyat - hali amalga oshmagan lekin yuzaga chiqishi mumkin bo’lib voqelikka aylana oladigan hodisadir.
Voqelik-bu mavjud dunyo, mavjud narsalardir.
4-mashg’ulot bo’yicha xulosa.
Falsafa fani olamdagi narsa va hodisalarninig eng umumiy aloqadorlik va taraqqiyot qonunlari haqidagi fan bo’libgina qolmasdan, tafakkurlash, fikr yuritish, dunyoni bilish haqidagi ham fandir. Har bir inson o’z amaliy faoliyati va ilmiy bilish jarayonida falsafaning mazmun-mohiyati, uning rang-barangligi ko’p qirrali tomon va xususiyatlarini hisobga olib, ularga ongli ravishda amal qilishlari lozim.
U. Shingler jamiyat o’zinig rivojlanishida bunyod bo’lish, (1) gullab yashnash (2), inqirozga yuz tutish davrlarini boshdan kechiradi deydi. Uning fikricha insoniyat tarixining hozirgi bosqichi inqirozlar davridir, shunga ko’ra hozirgi zamon madaniyatining barcha yutuqlari butunlay yo’q qilinishi lozim emish. Ingliz tarixchisi Toynbining ta'biricha jamiyat tarixi qorong`i va o’zaro aloqada bo’lmagan sivilizatsiyadan iborat. Har qanday sivilizatsiya rivojlanish bosqichlarini bosib o’tadi: bahor, yoz, kuz, qish yoki bolalik, o’smirlik, yetuklik va qarilik. Uning ko’rsatishicha, g’arb sivilizatsiyasi yetuklik bosqichidadir va u kelajakda rivojlanish xususiyatiga ega. Amerikalik prof. Rayd esa jamiyat tarixi ma'lum bir bosqichlardan ya'ni qahramonlik asri, g`alayonlik vaqti va tiklanish davrining shu taxlidda takrorlanishidan iborat, deb ta'riflaydi. Uning fikricha, hozirgi sivilizatsiyadan keyin insoniyat faqat orqaga qaytish bilan rivojlanarmish. Eskining o’rniga yangining kelishi uning kundan kunga mustahkamlanishi, rivojlanishi va ularning ajralmasligi taraqqiyotning boshlanish xususiyatini belgilaydi. Yangi eskining o’rnini egallab borishida eskidan ijobiy, muhim tomonlarini o’zida mujassamlashtirib, yuqoriroq sifat xususiyatlariga aylanadi. Eskining o’rniga kelgan yangi dastlab, imkoniyat ko’rinishida bo’ladi. Bu imkoniyatning voqelikka aylanishi ma'lum shart-sharoitlardagina amalga oshadi. Ijtimoiy hayotda yangilikning g`alabaga erishuvini ta'minlashda kishilarning faoliyati zarurdir.
"Bizning tushunchamizda, qotib qolgan eski aqidalardan voz kechish o’z tarixiy o’tmishimizdan voz kechish degani emas, bu bir yoqlama tor fikrlashdan voz kechish demakdir",- deydi I.Karimov. Yuqorida biz uchta asosiy qonunlarni mazmun mohiyatini tafsiflab berishga harakat qildik, endi shuni eslatib o’tish kerakki, olamni anglashda mazkur qonunlarni e'tiborga olish, bularni talablarga mos ravishda fikrlash va amal qilish katta metodologik ahamiyatga ega.Falsafa olamidagi narsa va hodisalarninig eng umumiy aloqadorlik va taraqqiyot qonunlari haqidagi fan bo’libgina qolmasdan, taffakkurlash, fikr yuritish, dunyoni bilish haqidagi ham fandir. Har bir inson o’z amaliy faoliyati va ilmiy bilish jarayonida falsafaning mazmun-mohiyati, uning rang-barangligi ko’p qirrali tomon va xususiyatlarini hisobga olib, ularga ongli ravishda amal qilishlari lozim.
Fàlsàfà fànining kàtågîriyalàri hàqidàgi turli qàràshlàrni umumlàshtirib àytgàndà, ulàrning màntiqiy tushunchàlàr sifàtidàgi quyidàgi tàvsiflàri bîr va ular quyidagilar:
1) îb’åktiv vîqålikning in’ikîsi;
2) nàrsà và hîdisàlàrning o’zàrî bîg’lànish và àlîqàdîrligini màntiqiy umumlàshtiruvchi bilish usuli;
3) nàrsà và hîdisàlàrning rivîjlànishi bilàn o’zgàrib turuvchi màntiqiy tushunchà;
4) bîrliqning màvjudligidàn kålib chiqàdigàn tàriõiy — màntiqiy bilish dàràjàlàridàn biri ekanligini bildiradi.
"Falsafa mavjudotni - ya'ni barcha mavjud narsalarni, uning kelib chiqishi, tartibi, o’zaro munosabati, biridan ikkinchisiga o’tishini har tomonlama tekshirish uchun zaruriyat, voqelik, sababiyat tamoyillarini asos qilib oladi", deb yozadi Ibn Sino. Har bir fan o’zining kategoriya, ya'ni tushunchalar tizimiga ega bo’lib, u orqali olamdagi narsa va hodisalar taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rganadi. Falsafiy kategoriyalar, boshqa fanlar tushunchalaridan bir qator muhim xususiyatlari bilan farq qiladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Kategoriyalar ob'ektiv olamdagi eng umumiy aloqadorliklar in'ikosidir. Kategoriyalarning ob'ektiv mazmuni inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan voqelik harakatining eng umumiy qonunlaridir. Kategoriyalar inson tafakkurida voqelikning aks etish shakllaridir. Demak, kategoriyalarning mazmuni, ya'ni fikrlash shakli ob'ektiv dunyo taraqqiyotining eng umumiy qonunlaridan bo’lak narsa emas. Ma'lumki, sababiyat, zaruriyat, qonuniyat va hokazolar g’oyasi tabiat, voqelik olam qonunlarining kishi miyasida in'ikos etishidir.
2. Kategoriyalar eng umumiy tushunchalar sifatida inson fikri shakllari bo’lib va shu taxlitda ular mantiqiy mazmunga ham egadirlar. Kategoriyalarning mantiqiy mazmuni deganda inson tafakkuri hodisalarning mohiyatiga kirib borishi, uning chuqurlashuvi darajasi ko’zda tutiladi. Kategoriyalar ob'ektiv dunyoning eng umumiy va muhim tomonlarini ifodalabgina qolmay, bilishning pog`onalari va tayanch nuqtasi hisoblanadi. Ularni bila borish orqali insonning nazariy va amaliy faoliyati uchun muhim bo’lgan dunyodagi narsa, hodisalarning eng umumiy qonuniyatlari ochib beriladi.
3. Kategoriyalar ilmiy bilishda muhim metodologik rolni bajaradilar. Ob'ektiv dunyo hodisalarining eng umumiy qonunlari harakatini o’rganib, falsafa kategoriyalari, bir tomondan, narsalarning mohiyatini chuqurroq bilishga yordam beradilar, ikkinchi tomondan, ob'ektiv dunyodagi narsa va hodisalar haqidagi yangi bilimlar olishga va to’plashga sababchi bo’ladilar. Falsafiy kategoriyalar - ilmiy bilish metodologiyasi, ma'lum narsadan noma'lum narsaga o’tishini natijalarini izlab topish usulidir, ular tashqi olamdagi narsa va hodisalarni quyi aks ettirganliklari hamda ularni o’zaro bog’liq va rivojlanishda deb bilganliklari uchun bilish jarayonining eng umumiy metodi rolini bajaradi.
4. Falsafa kategoriyalarining shakllanishi va rivojlanishi asosida inson moddiy-hissiy faoliyatining yig’indisi bo’lgan amaliyot yotadi. Shuning uchun ham falsafa kategoriyalari ijtimoiy amaliyot mahsuli hisoblanadi. Bu yerda inson nazariy va amaliy faoliyatining birligi yaqqol namoyon bo’ladi. Sub'ekt bilan ob'ekt o’rtasidagi munosabatning o’zaro ta'siri jarayonida mantiqiy kategoriyalar vujudga keladi. Inson amaliyoti mantiq kategoriyalari orqali olingan bilimlar haqiqiyligini tekshirib ko’radi. Shunday qilib, tafakkurimiz mazmuninig ob'ektivligi tafakkur qonunlariga mos kelishi amaliyot asosida bo’ladi va uning yordamida isbotlanadi.
5- mavzu: Gnoseologiya bilish falsafasi
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Kirish, vizual ma'ruza |
Mavzuning råjasi |
1. Bilishning mazmun va mohiyati. 2. Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari. 3. Falsafada haqiqat muammosi.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Ongning mohiyatini ochib berish unga har tomonlama, ya'ni ontologik, gnoseologik va ijtimoiy jihatdan yondoshish, uni mehnat, til, axborot, ruhiyat va iroda bilan bog’liqligini anglash |
|
Pådagogik vazifalar: Ong tushunchasi va uning falsafiy mohiyati, ong va ruhiyat, ong va til, ijtimoiy ong va uning tuzilishi, shakllari haqida ma’lumot berish.
|
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: Ong tushunchasi va uning falsafiy mohiyati, ong va ruhiyat, ong va til, ijtimoiy ong va uning tuzilishi, shakllari haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. Ongni iroda, til, tafakkur, mehnat bilan o`zaro aloqadorligini anglab yetish uchun kerakli ma`lumotlarga ega bo`ladi. Bilish ko`rinishlari va darajalari haqida ilmiy tushunchalar bilan tanishadilar. Haqiqat va uning falsafiy tahlili, uning ko`rinishlari, inson hayotidagi ahamiyati haqida bilimga ega bo`ladilar. |
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Ma'ruza |
O’qitish vositalari |
Mavzu matni |
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash |
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar, vaqti |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, O’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma'lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi. |
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Talaba e'tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tåzkor savol-javob o’tkazadi. 1. Ong nima? Uning ijtimoiy-tarixiy xaraktåri nimada? 2. In'ikos nima? In'ikosni qanday shakllarini bilasiz? 3. Ong va tilning birligi dåganda nimani tushunasiz? 4. Ijtimoiy ong nima? 5. Bilish nima? 6. Bilish shakllari va darajalarini ajratib bering. 7. Haqiqat nima? 2.2. Talabaga mavzuning asosiy tushunchalariga e'tibor qilishni va yozib olishlarini ta'kidlaydi. |
2.1.O’ylaydi, javob båradi. Javob båradi va to`g`ri javobni eshitadi. 2.2. Har bir savolga javob bårishga harakat qiladi.
|
3-bosqich. Yakuniy
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talaba e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
|
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi. 3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Vizual matåriallar.
Iroda - insonning o’z xatti-harakatlarini ongli ravishda tartibga solish va ko’zlangan maqsadni amalga oshirishda uchraydigan jami to’siqlar (qo’rqinch, jur`atsizlik, shubxa)larni yengishga bo’lgan qobiliyatdir.
Tafakkur - alohida tarzda tuzilgan materiya-miyaning oliy mahsuli, ob'ektiv olamning tushunchalari, muxokamalari, nazariyalari va h.k. in'ikosining faol jarayonidir.
Til - tafakkur bilan chambarchas bog’liqdir. Inson nutqi bo’lmasa, til vositalari bo’lmasa, fikrlash ham bo’lmaydi. Nutq fikrlash qurolidir tafakkur bo’lmasa nutq, tilning ham bo’lishi mumkin emas. Til va tafakkur bir-birisiz mavjud bo’lmasa ham, biroq, ular aynan bir xil narsa emas. Tafakkur-ob'ektiv reallikning in'ikosidir, til esa fikrni ifoda etish quroli.
Mafkura - ijtimoiy guruhlar, millatlar va elatlar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, jamoat tashkilotlari davlat hokimiyatining, ijtimoiy sinflarning manfaatlarini ifodalaydigan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, falsafiy kabi qarashlarning sistemalashtirilgan ilmiy bilimlar yig’indisidir va ularni amalga oshiradigan usul va vositalardir.
Siyosiy ong - turli ijtimoiy guruhlarning davlat hokimiyatiga, siyosiy tashkilotlarga, ularning jamiyat hayotidagi roliga, boshqa davlatlar va millatlar bilan munosabatlar va shu kabilarga qarashlarning sistemalashtirilgan nazariy ifodasidir.
Huquqiy ong davlat tomonidan belgilagan huquqiy normalar va munosabatlarga, qonunlarga, sud, prokuratura masalalari va h.k. bo’lgan qarashlarning sistemalashtirilgan nazariy ifodasidir.
Estetik ong fandan shu bilan farq qiladiki, unda voqelik, ijtimoiy borliq inson miyasida xulosalar, tushunchalar vositasi bilan emas, balki badiiy obrazlar vositasida aks etadi. Badiiy obraz ilmiy va falsafiy tushunchalardan aniq hissiy dalilda ko’rinishi, hayotning muhim tomonlari umumlashgan tarzda aks etishi bilan farq qiladi.
5 - mashg’ulot bo’yicha xulosa.
Umumlàshtirib àytgànimizdà, îngning mîhiyatini, uning kîinît evîlyutsiyasining tàbiiy nàtijàsi ekànligini tushunish, u bilàn bîg’liq bo’lgàn jàràyonlàrni ilmiy tàlqin etish îlàm và îdàm birligini ànglàsh imkînini båràdi. Àyni pàytdà, îngning mîhiyatini ànglàsh insînning o’zligini, yashàshdàn màqsàdi, hàyotining mà’nî-màzmuni kàbi màsàlàlàrni chuqurrîq tushunishgà yo’l îchàdi. Bu îng và u bilàn bîg’liq màsàlàlàr àmàliy àhàmiyatgà egà ekànligidàn dàlîlàt båràdi.
Inson bilimini, unda borliq qanday holda in'ikos etganligiga qarab, oddiy (kundalik) va ilmiy bilimlarga ajratish mumkin. Oddiy (kundalik) bilish - kishilarning odatdagi o’z kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita o’z sezgi a'zolari va tafakkurlari orqali bilishdir. Ilmiy bilish oddiy (kundalik) bilishdan farqlanib, u borliqdagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, ularning mohiyatini bilishdir. Ilmiy bilish, fanda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish asosida amalga oshadi. Ilmiy bilish uchun tadqiqotchi o’rganayotgan predmet va hodisalarning hamma tomonlarini, aloqadorlik va bog’lanishlarini birga olib o’rganishi lozim bo’ladi. Garchi bunga u hech qachon to’la - to’kis erisha olmasa ham, lekin bu har tomonlama o’rganish talabi uni xatoliklardan va bir tomonlamaliklardan saqlab qoladi. Ular esa tarixiy aniq bilish jarayonida vujudga keladi, rivojlanadi. Ilmiy bilimning bir - biri bilan uzviy bog’langan, biri ikkinchisini to’ldiradigan ikkita darajasi mavjud, ularga empirik va nazariy darajalar kiradi. Ilmiy bilimning empirik darajasi kishilarning ehtiyojlarini qondirish jarayonini ularning kundalik tajribalari asosida qo’lga kiritilgan ma'lumotlarga tayangan holda olamda ro’y berayotgan hodisalarni bilishga qaratilgan.
6- mavzu: Jamiyat falsafasi.
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Mustaqil ta`lim |
Mavzu mashg’ulotining råjasi |
1.Jamiyatning falsafiy tahlili. Jamiyat haqidagi falsafiy ta`limotlar tarixi. 2.Jamiyatning ijtimoiy asoslari. Ijtimoiy jamoa va guruhlar. 3.Madaniyat va uning tuzilishi va funktsiyalari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Jamiyat nima?, uning mohiyati qanday?, jamiyat taraqqiyoti qanday tarzda kechgan? degan savollarga javob beriladi. |
|
Pådagogik vazifalar: Jamiyat tushunchasi, jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar, jamiyatning shakllanishi va davlatning jamiyat hayotidagi o`rnini tushuntirish.
|
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: Jamiyat tushunchasi, jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar, jamiyatning shakllanishi va davlatning jamiyat hayotidagi o`rnini tushunib oladilar. Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar haqida ma`lumotga ega bo`ladilar.
|
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Bayon qilish, "ha-yo’q" tåxnikasi |
O’qitish vositalari |
Mavzu matni |
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash. |
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar, vaqti |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma'lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi. |
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Talaba bilim darajalarini aniqlash uchun tåzkor savol-javob o’tkazadi. 1. Jamiyat dåganda nimani tushunasiz? Jamiyatni kålib chiqishi to’g’risidagi qanday nazariyalarni bilasiz? 2. Jamiyatning tadrijiy rivojlanishi dåganda nimani tushunasiz? 3. Fuqarolik jamiyati dåganda qanday jamiyatni tushunasiz?
|
2.1. Eshitadi. O’ylaydi, javob båradi. Javob båradi va to`gri javobni eshitadi, misollar kåltiradi. |
3-bosqich Yakuniy |
3.1. Talaba e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
|
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.
|
Vizual matåriallar.
Jamiyat - o’z -o’zidan shakllangan va uzluksiz taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy organizmdir. Jamiyatning shakllanishi, o’zgarishi, taraqqiyoti tabiat singari qonuniy jarayon.
Davlat - jamiyatni boshqarish tartibga solish ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. U umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma'naviy taraqqiyotining muhim yutuqidir. Jamiyat ma'naviy saloqiyotining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham tokomillashib boradi.
Fuqarolik jamiyati - mamlakatning har bir fuqarosiga iqtisodiy va siyosiy turmushini o’z ixtiyori asosida qurishga to’la erkinlikni ta'minlovchi jamiyat. Fuqarolik jamiyatini xususiyatlari:
1. Fuqarolik jamiyati murakkab tarkibiy elementlardan tashkil topgan.
2. Bu jamiyatda davlat faoliyati yuzasidan fuqarolarning to’la nazorati o’rnatiladi.
3. Davlatning ko’pgina vazifalari mahalliy joylarda fuqarolarning o’z -o’zini boshqarish organlari, jamoat birlashmalariga, nodavlat tashkilotlariga o’tkaziladi. Bunday jamiyat asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy - siyosiy faoliyatiga tayanadi.
6-mashg’ulot bo’yicha xulosa.
Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko’rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jam harmalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, mahalla qo’mitalari va boshqalar kiradi. mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir. Demokratik jamiyatni barpo etish - O’zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Demokratik jamiyat iqtisodiy bozor munosobatlari orqali boshqariladi. Ijtimoiy raqobat, manfaatdorlik iqtisodiy rivojlanish qonuniyati. Demokratik jamiyat demokratik ma'rifatli huquqiy davlatsiz shakllana olmaydi. "Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustivor bo’lib, u insonning o’z - o’zini kamol topshirishiga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlariga, uning huquq va erkinliklarining to’la darajada ro’yobga chiqishiga ko’maklashadi". (Islom Karimov)
7-mavzu: Inson falsafasi.
Mustaqil mashg’ulotining o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Mavzu bayoni |
|
Mavzuning råjasi |
1. Insîn falsafaiy muammî sifatida. Falsafa tarixida insonni kelib chiqishi haqidagi ta`limotlar. 2. Sharq va g`arb falsafasida inson muammosi. 3. Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi.
|
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Inson mohiyati, uning hayotidagi o’rni va qadr-qimmati, iymon-e’tiqodi, odob-axloqi masalasini o’rganish |
||
Pådagogik vazifalar: Falsafada inson muammosi, uning mohiyati, insondagi biologik va ijtimoiy jixatlar va ularnning birligi haqidaga ma’lumotlarni berish.
-
|
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: Falsafada inson muammosi, uning mohiyati, insondagi biologik va ijtimoiy jixatlar va ularnning birligi haqidaga ma’lumotlarni o’rganish.
|
|
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Bayon qilish, "ha-yo’q" tåxnikasi |
|
O’qitish vositalari |
Mavzu matni |
|
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash. |
|
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
|
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar, vaqti |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, kutilayotgan natijalar ma'lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi. |
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Talaba e'tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tåzkor savol-javob o’tkazadi. 1. Inson nima uchun falsafaning bosh mavzui dåb karaladi? 2. Shaxs dåganda nimani tushunasiz? 3. Inson tanasi va ruhining o`zaro bog`liqligi va ular o`rtasidagi farqlar nimada namoyon bo`ladi? 4. Inson ma'naviyatining jamiyat taraqqiyotidagi o`rni qanday? 2.2. Talabalarga mavzuning
asosiy tushunchalariga |
2.1. Fan o`qituvchisi tomonidan berilganjavob båradi. Javob båradi va tugri javobni eshitadi. 2.2. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob bårishga harakat qiladi. Ta'rifni yozib oladi, misollar kåltiradi. |
3-bosqich. Yakuniy aq.) |
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “falsafa” so’ziga klastår tuzishni vazifa qilib båradi. |
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi. 3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Vizual matåriallar.
A.Navoiy o’zining "Vaqfiya" asarida, "Butun osmon va osmondagi jami narsalar, butun yer yuzi va yer yuzidagi jami narsalar, hamma dengizlar va unda mavjud bo’lgan hamma narsalar hamma mamlakatlar va ularda bor jami ne'matlar-bari, eng yaxshi narsalar inson uchun, uning baxt-saodati uchun yaratilgan, bularning jami inson uchun xizmat qilmog’i kerak", deb yozgan edi.
Ma'naviyat insonga muayyan maqsad, kelajakka ishonch bilan borish uchun qayta umid, kuch va qudrat baxsh etadi. Jamiyatning, davlat, xalq va millatning, jamiyat a'zosi bo’lgan inson shaxsining ma'naviyatga bo’lgan ehtiyoji shu qadar kattaki , uni hech qachon ikkinchi o’ringa surib qo’yish ham, shuningdek, ma'naviyat masalasiga iqtisodiy muammolarni hal qilib bo’lgandan keyin o’tish mumkin, deb o’ylash ham, tamomila xatodir.
7-mashg’ulot bo’yicha xulosa.
Shaxs manfaati bilan jamiyat o’rtasidagi ziddiyat keskinlashar ekan, odam mehnatga majburiy bajarish kerak bo’lgan faoliyat sifatida qaray boshlaydi. Shuni aytish kerakki, bizning jamiyatimizda ham markazlashgan-buyruqbozlik tuzumi hukmronligi davrida mehnatga mana shunday munosabat keng tarhala boshladi. Bunday munosabatlarni bartaraf qilish, ularning o’rniga mehnatga ijodiy munosabatlarni qaror toptirish jamiyatimiz bozor munosabatlarini shakllantirish yo’lidagi islohotlarni amalga oshirishni, barcha sohalarda tub o’zgarishlar yasashni taqazo qildi. Falsafa fani insonning ma'naviyatga ega ekanligiga ham alohida e'tibor beradi. Ma'naviyat insonning asosiy fazilatlaridan bo’lib hisoblanadi. Insonda ma'naviy asosda yashash va faoliyat ko’rsatishgina emas, balki, shu bilan birga uni egallash, rivojlantirish va takomillashtirish qobiliyati va iste'dodi ham mavjuddir. Ma'naviyat o’z - o’zidan paydo ham bo’lmaydi, rivojlanmaydi ham. Ma'naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o’giti bilan birga singadi. Ma'naviyat insonning o’z xalqi tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqurroq bilish va tushunib yetishiga yordamlashadi.
Ma'naviyat insonga muayyan maqsad, kelajakka ishonch bilan borish uchun qayta umid, kuch va qudrat baxsh etadi. Jamiyatning, davlat, xalq va millatning, jamiyat a'zosi bo’lgan inson shaxsining ma'naviyatga bo’lgan ehtiyoji shu qadar kattaki , uni hech qachon ikkinchi o’ringa surib qo’yish ham, shuningdek, ma'naviyat masalasiga iqtisodiy muammolarni hal qilib bo’lgandan keyin o’tish mumkin, deb o’ylash ham, tamomila xatodir.
Xulosa qilib aytganda, ma'naviyat, jamiyat, shaxs, millat taraqqiyotining manbaidir. Shuni alohida qayd etish lozimki, mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ko’p asrlik boy tarixi, ilmiy, madaniy va diniy merosini o’rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo’l ochildi. Ma`naviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Ma`naviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli o`tkazish yo`lini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi.
Vatanni sevish, vatanparvarlik inson ma`naviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Ma`naviyatli jamiyatda aql, sog`lom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Shuning uchun ham xalqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O’zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasi bo’lib hisoblanadi.
8-mavzu: Aksiîlîgiya - qadriyatlar falsafasi
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Mustaqil ta`lim |
Mavzuning råjasi |
1. Qadriyatlar tushunchasi va uning umumiy tavsifi. 2. Qadriyat kategoriyasining mazmuni: qadriyatning ijtimîiy mîhiyati. 3. Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Qadriyat tushinchasi, qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo’lishi, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanishi va rivojlanishi haqida tushunchalar berish. Qadriyatlar kishilarning turli soxadagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat soxasidagi faoliyat uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bog’liqligini bildirish. |
|
Pådagogik vazifalar: Madaniyat tushinchasi va uning turlari. Qadriyatlar va ularning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o’rni.
-
|
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: Madaniyat tushinchasi va uning turlarini o’rganadi. Qadriyatlar va ularning turlarini inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi anglaniladi.
|
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Bayon qilish, "ha-yo’q" tåxnikasi |
O’qitish vositalari |
Ma'ruza matni |
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash. |
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar, vaqti |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, kutilayotgan natijalar |
1.1. Eshitadi, yozib oladi. |
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Talaba e'tiborini jalb
etish va bilim 1. Madaniyat nima? 2. Sivilizatsiya nima? 3. “Qadriyat” tushunchasining mazmun-mohiyatini qanday t ushunasiz? 2.2. Talabaga mavzuning asosiy tushunchalariga e'tibor qilishni va yozib olishlarini ta'kidlaydi. |
2.1. Eshitadi. O’ylaydi, javob båradi. Javob båradi va tugri javobni eshitadi. Har bir savolga javob bårishga harakat qiladi.
|
3-bosqich. Yakuniy |
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “Madaniyat, qadriyat” so’ziga klastår tuzishni vazifa qilib båradi. |
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi. 3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Vizual matåriallar.
Madaniyat - bu "insonlashtirilgan tabiat" jamiyatning moddiy, sotsial, siyosiy va ma'naviy hayoti soxasida yaratilgan kishilar faoliyatining mahsuli. Madaniyat - bu insoniyat tomonidan o’zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan boyliklar sistemasi.
Ziyolilar-aqliy mehnatning hilma-xil murakkab turlari bilan shuqullanuvchi (fan va madaniyat xodimlari, muallimlar, muxandislar, texniklar, shifokorlar, xizmatchilar) qatlamidir.
"Sivilizatsiya" - tushunchasi alohida olingan bir xalq, hudud, jamiyat, davlat va hatto jahonga, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan ham qo’llaniladi. "Sivilizatsiya" lotincha "sivilius" so’zidan olingan bo’lib, aynan "fuqarolikga oid" degan ma'noni anglatadi.
Qadriyatlar - jamiyat taraqqiyoti asosiy omillaridan hisoblanadi. Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne'matlari, hodisalari majmuini tushunmog`imiz lozim.
8-mashg’ulot bo’yicha xulosa.
Qadriyatlar mustaqillikni mustahkamlash borasidagi ijobiy jarayonlar, ularga nisbatan mas'uliyatni yanada oshirishni taqozo qilmoqda. Mustaqillik tufayligina mamlakatning qadriyatlar majmuasini jahon tizimining teng huquqli va haqiqiy qismiga aylantiradi. Shu sababdan ham istiqlol yangi qadriyatlar tizimini shakllantirishni taqozo qildi. Bu zaruriyat esa qadriyatlarni qayta baholash, yurtimizda sharqona, azaliy va umuminsoniy qadrlash mezonlari ustivor bo’lgan hayot tarzini shakllantirish jarayoni bilan uyg’unlashib ketdi.
Millatlarning o’zligini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlar ham, milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi. Mintaqaviy qadriyatlar - iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, urf-odat va an'analari mushtarak bo’lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuini tashkil etadi. Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida O’rta Osiyo hududida istiqomat qiluvchi o’zbek, qozoq, tojik, qirqiz, turkman xalqlariga xos bo’lgan qadriyatlarni eslatib o’tishimiz mumkin.
Umuminsoniy qadriyatlar jahondagi barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va initilishlariga muvofiq keladi. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyot bilan bog’liq bo’lgan umumbashariy muammolari kiradi. Ulardan eng asosiylari yer yuzida ilm-fanni taraqqiy ettitirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollanish poygasini to’xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta'minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muxofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari va boshqalar bilan ta'minlash.
Qadriyatlarning barcha turlari insonning farovon hayot kechirishi, erkin yashashi, ma'naviy - axloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan vositalar bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham qadriyatlarni avaylab asrash, ularni qo’riqlash, yuksaltirish har bir shaxs hayotida ham jamiyat taraqqiyotida ham albatta katta ahamiyat kasb etadi. Istiqlol yillarida O’zbekistonda qadriyatlarga umuminsoniy tamoyillar asosida yondoshish shakllandi. Bunday qarashning vujudga kelishi, qadriyatlarning ijtimoiy va ma'naviy yangilanishi, jamiyat a'zolarining kamoloti hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati masalalariga davlat miqyosida yuksak e'tibor ko’rsatilayotganligi mazkur soha rivojining bosh yo’nalishidir.
9-mavzu: Glîballashuvning falsafiy muammîlari
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Kirish, vizual ma'ruza |
Mavzuning råjasi |
1. Ijtimoiy bashorat tushuncasi: uning tiplari, metodlari. 2. Ijtimoiy bashoratning sub`ektiv va ob`ektiv asosi. 3. Kelajakni prognozlashtirishning o`ziga xos xususiyatlari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Hozirgi zamon global muammolarini o’rganish, ularni hal qilish va insoniyat taqdiri haqidagi falsafiy fikrlarni anglatish. |
|
Pådagogik vazifalar: Jamiyat taraqqiyotini oldindan ko’ra bilish va u haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish .
|
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: Jamiyat taraqqiyotini oldindan ko’ra bilish va u haqidagi ma’lumotlar bilan tanishadilar va hozirgi zamon global muammolari va ularni hal qilish yo’llari haqida ma’lumotga ega bo’ladilar.
|
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Bayon qilish, klastår, "ha-yo’q" tåxnikasi |
O’qitish vositalari |
Mavzu matni. |
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash. |
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar, vaqti |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, O’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma'lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi. |
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Talaba e'tiborini jalb
etish va bilim 1) Hozirgi davr tarixiy jarayonining o`ziga xos xususiyatlari haqida so`zlab båring. 2) Hozirgi zamon umumbashariy muammolari, ularni hal etish yo`llari va istiqbollari qanday? 3) Inson va insoniyat, ular taqdirining mushtarakligi haqida nimalar dåya olasiz?
2.2. Talabalarga mavzuning
asosiy tushunchalariga |
2.1. Eshitadi. O’ylaydi, javob båradi. Javob båradi va to`g`ri javobni eshitadi.
|
3-bosqich. Yakuniy |
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: |
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi. 3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Vizual matåriallar.
Bashorat qilish - inson hayotida ro’y bermagan, fan uchun hozircha noma'lum hisoblangan, imkoniyat tariqasidagina mavjud bo’lgan biron-bir ijtimoiy, siyosiy voqea yoki hodisaning kelajakda qanday ro’y berishini, uning holati, rivojlanish qonunlari, va oqibatlari muayyan ilmiy dalillar, nazariy xulosalar va ma'lumotlarga asoslangan holda oldindan aytib berish - bashorat qilishdir.
Fan va amaliyot - kelajakni oldindan ko’ra bilishning eng ishonchli qurolidir.
9 - mashg’ulot bo’yicha xulosa.
Jamiyat taraqqiyoti qonunlarini oldindan ko’ra bilishning ekstropolyatsiya (muayyan sharoitda ro’y beradigan qonuniyatlarni hozirgi davr va kelajakka moslash), tarixiy analogiya (o’tmish hodisalariga qarab xulosa chiqarish), ijtimoiy hodisalarni kompyuter orqali namunalashtirish, kelajak hodisalarini tasvirlash, ekspremental baholash (tarixiy ilmiy tajribaga asoslangan ishlarga) baho berish singari asosiy usullari mavjud. Bularning hammasi birgalikda jamiyat taraqqiyotining oldindan ko’rishga imkon beradi. Ijtimoiy hayot hodisalarini oldindan bilish va keng mushohada etish kishilarning orzu-istaklariga emas, balki jamiyat tarqqiyotining qonunlarini puxta bilishga asoslanadi.
Umumbashariy muammolarga, yangi rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiyot darajasini oshirish, aholining qashshoqligi va savodsizligiga barham berish, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari va oziq-ovqat bilan ta'minlash, koinotni va jahon okeani manbalarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolar kiradi.
Ma'lumki, umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizligiga erishishdan, muayyan mintaqadagi davlatlarning hamjihatligi va birlikdagi harakatidan boshlanadigan jarayon. Hozirgi o’ta murakkab va ziddiyatli jarayon vaqtida hukumatimiz tomonidan uzoqni ko’zlab olib borilayotgan insonparvarlik siyosati tufayli, yurtimizda osoyishtalik, tinchlik va totuvlik fuqarolarning kundalik turmush tarziga aylanib ketgan. Bu esa o’z navbatida respublikamizni jahon hamjamiyatiga qo’shilishiga katta zamin yaratmoqda. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o’z doirasida chegaralanib qolmasdan, boshqa xalqlar bilan do’stona bo’lgan taqdirdagina taraqqiyot yo’liga tusha oladi. Buni biz o’z hayotimizda yaqqol ko’rib turibmiz.
2-BO’LIM: MANTIQ
10-mavzu: Mantiqning tadqiqot ob'åkti, prådmåti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Mustaqil ta`lim |
Mavzuning råjasi |
1.Tafakkur mantiq ilmining o`rganish ob'åkti sifatida. 2.Tafakkur shakllari va qonunlari haqida tushuncha. 3.Formal mantiqning asosiy qonunlari. 4. Mantiqni o`rganishning ahamiyati.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Mantiq fanining prådmåti, paydo bo’lish zaminlari, rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi to`g`risida bilimlarni hamda, to’liq tasavvurni shakllantirish. |
|
Pådagogik vazifalar: - Mantiq faninig mohiyati va mazmuni; - Tafakkur tushunchasi, uning mohiyati, mazmuni; - Tafakkur shakllari va qonunlari haqida to`liq axborotlar berish; |
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: - Mantiq fanining prådmåtini izohlaydi; - Mantiq atamasiga ta'rif båradi; Falsafaning bosh masalasiga tavsif båradi; - Tafakkur shakllari va qonunlari haqida to`liq axborotlar berish; -“Mantiq” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasini va uni fanlar ichida tutgan o’rnini tavsiflaydi. |
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Bayon qilish, "xa-yo’q" tåxnikasi |
O’qitish vositalari |
Mavzu matni. |
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash. |
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar vaqti |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma'lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi. |
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Talabalar e'tiborini jalb
etish va bilim - Tafakkurning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? - Tafakkur shakli nima? - Tafakkur qonuni nima? - Formal mantiq nimani o`rganadi?
2.2. Talabalarga mavzuning
asosiy tushunchalariga |
2.1. Eshitadi. 2.2. Savollar bårib, asosiy joylarini yozib oladi, misollar kåltiradi. |
3-bosqich. Yakuniy |
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talaba e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
|
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi. 3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Vizual matåriallar.
Tafakkur shakllari - fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog’lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Tushuncha, hukm, xulosa chiqarish tafakkur shakllari hisoblanadi.
Tafakkur qonuni - muhokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari)o’rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to’g’ri qurish uchun zarur bo’lgan talablar fikrning aniq, izchil, yetarli darajada asoslangan bo’lishidan iborat. Fikrni to’g’ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina Yerishish mumkin. Ayniyat, nozidlik, uchinchisi istisno, yetarli asos qonunlari tafakkur qonunlaridir. Hukm. Oddiy hukmlar. Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi.
Oddiy hukm - tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi.
Xulosa chiqarish - bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma'lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi.
10 - mashg’ulot bo’yicha xulosa.
Mantiq fan va inson amaliy faoliyati taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Bizning fikrlarimiz muayyan shakllarda namoyon bo'ladi va mantiq qonunlariga bo'ysunadi. Tafakkur qonunlarini bilish va ulardan foydalanish kishilarda fikrlash madaniyati takomillashuvining muhim omillaridan hisoblanadi. Keng qamrovli fikrlash, o'z fikrini ixcham, to'g'ri, Yerkin bayon eta olish, o'zi va boshqalar fikriga tanqidiy ko'z bilan qarash tafakkur madaniyatini ifodalovchi muhim hislatlar hisoblanadi. Mantiq insonning olamni to'g'ri tuShunishida muhim ahamiyat kasb etadi, zotan mantiqiy fikrlash olamni qanday bo'lsa, shundayligicha har tomonlama o'rganish, barcha tomonlari va ziddiyatlari bilan birgalikda tuShunish, u haqda to'g'ri bilimlarni hosil qilishni nazarda tutadi.
Mantiq to'g'ri, ziddiyatsiz, izchil, asosli fikr yuritish yo'llarini o'rgatadi. To'g'ri, izchil, asosli fikr yuritish, fikrda ziddiyatga yo'l qo'ymaslik inson ilmiy va amaliy faoliyatining barcha sohalarida muhim ahamiyatga ega.
Tafakkur shakllari, qonunlari haqida bilimga ega bo'lish pedagogik faoliyat uchun ham zarurdir.
Mantiq ilmiy ijodda muhim o'rin tutadi. Fikrlarning mohiyati, ular orasidagi aloqa va munosabatlarni to'g'ri aniqlash ilmiy ijod muvaffaqiyatini ta'minlaydi, tadqiqot ob'ektini har tomonlama, chuqur o'rganish, ularga xos bo'lgan qonuniyatlarni ochish imkoniyatini beradi.
Mantiq ilmiy axborotlar mohiyatini tushunib yetish, ularni muayyan tartibga olish, o'zlashtirish asosida ilmiy muammolarni aniqlash va muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi.
11-mavzu: Mantiqning umumnazariy masalalari
Mustaqil ta`limning o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Mustaqil ta`lim |
Mavzuning råjasi |
1. Tushunchalarning mohiyati, paydo bo`lish usullari va turlari. 2. Mushohada – mantiqiy bilish shakli sifatida va uning asosiy turlari. 3. Xulosa chiqarishning mohiyati. Xulosaning tuzilishi va uning turlari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Tafakkur shakllari – tushuncha, mushohada, xulosa chiqarishning mohiyati va ularning turlari haqida tasavvurga ega bo`lish. |
|
Pådagogik vazifalar: - Tushunchaning mohiyati va mazmuni, uning o`ziga xos turlari, tushuncha o`rtasidagi amallar; - Mushohada, uning mohiyati, mazmuni va turlari; - Xulosa chiqarish uning o`ziga xosligi; |
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: - Tushuncha haqida ma`lumotga ega bo`ladi va uni to`liq izohlaydi; - Mushohadaga ta'rif båradi uni turlari bilan to`liq tanishadi; - Xulosa chiqarish: induktiv, deduktiv va analogaya bo`yicha xulosa chiqarish haqida to`liq ma`lumotga ega bo`ladi va izohlaydi; |
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Bayon qilish, "xa-yo’q" tåxnikasi |
O’qitish vositalari |
Mavzu matni. |
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash. |
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar, vaqti |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma'lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi. |
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Talaba
e'tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tåzkor savol-javob 1. Tushuncha nima? Uning mohiyatini qanday tushunasiz? 2.Mushohadaning mohiyati. 3.Xulosa chiqarish qanday usul? Xulosa chiqarishning mohiyatini tushuntiring . 2.2. Talabalarga
mavzuning asosiy tushunchalariga |
2.1. Eshitadi. O’ylaydi, javob båradi. Javob båradi va to`g`ri javobni eshitadi. 2.2. Savollar bårib, asosiy joylarini yozib oladi.
|
3-bosqich. Yakuniy |
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
|
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.
|
Vizual matåriallar.
Tushuncha - tafakkurning murakkab shakli bo'lib, u hissiy bilishning asosiy shakllari: sezgi, idrok, tasavvurdan farq qiladi. Agar biz hissiy bilishda ob'ektiv olamdagi alohida (yakka) narsa, hodisalarni ongimizda in'ikos ettirsak, tushunchalarda esa yakka belgilardan uzoqlashiladi va narsa, hodisalarning umumiy tomonlari ongimizda aks etadi.
Tushuncha narsa, hodisalar ularning muhim, umumiy va o'ziga xos belgilarini inson ongida yaxlit aks ettiradigan tafakkur shaklidir. Inson kundalik hayotda turli tushunchalardan foydalanadi. Bu tushunchalar voqelikni inson ongida aks etishi, asosida shakllangan. «Uy», «daraxt», «inson», «quyosh», «suv» va hokazo tushunchalar kundalik hayotda ko'zga tashlanib turgan belgilar asosida hosil qilingan. Ilmiy tushunchalar esa narsa va hodisalarning ob'ektiv qonuniyatlarini, zaruriy tomonlarini ochib beradi.
Tushunchalar orasidagi munosabatlarni quyidagi grafik usulda ifodalash mumkin.
Hajmiga ko’ra
Sig’ishadan Sig’ishmaydigan
ayniyat bo’ysunish birga zidlik
bo’ysunish
qisman moslik qarama-qarshilik
Sig'ishadigan tushunchalar o'rtasida: a)ayniylik (moslik); b) qisman moslik; v) bo'ysunish munosabatlari bor.
A) ayniyat munosabati.
Ayniyat munosabatidagi tushunchalar hajmi jihatdan aynan teng bo'lib, bir predmetni ikki tomondan ifodalaydi va ular mos tushunchalar deb nomlanadi.
Ayniyat munosabatini EylYer doirasi yordamida quyidagicha grafik usulda ifodalash mumkin. Bu bir xil 2 doiraning ustma-ustligini bildiradi.
B) Tushunchalar o'rtasidagi qisman moslik munosabati. Bunda ikki guruh predmetlari o'rtasidagi munosabat aks etadi, birinchi guruh predmetlarining ma'lum bir qismi ikkinchi guruh predmetlarining ma'lum bir qismiga mos keladi.
V) Bo'ysunish munosabati - keng hajmli tushuncha bilan tor hajmli tushunchalar orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bunda keng hajmli tushuncha-bo'ysundiruvchi, tor hajmli tushuncha bo'ysunuvchi, deb yuritiladi.
Sig'ishmaydigan tushunchalar o'rtasida: a) birga bo'ysunish; b) qarama-qarshilik; v) zidlik munosabatlari mavjud.
A) Birga bo'ysunish munosabatida tushunchalar o'zaro bir-birini istisno qiladi, lekin ular birgalikda hajmi keng boshqa tushunchaga bo'ysunadi.
B) Qarama-qarshilik munosabatida tushunchalar predmetlarda ikki qarama-qarshi tomon mavjudligini ifodalaydi, qarama-qarshi munosabatdagi tushunchalar odatda bir-birini inkor etadi. Bir tushunchaning to'g'riligidan ikkinchisining xatoligi kelib chiqadi. Lekin qarama-qarshilik munosabati orasida uchinchi bir tushuncha bo'lishiga imkon qoldiradi.
V) Zidlik munosabatidagi tushunchalar ham qarama-qarshi munosabatidagi tushunchalar kabi o'zaro bir-birini inkor qiladi. Qarama-qarshi munosabatda ikkinchi tushuncha aniq ifodalanadi. Zidlik munosabatida inkor etilayotgan tushuncha noaniq bo'lib qolavYeradi.
Mushohada - predmetlar, hodisalar, ularning belgilari, xususiyatlari, munosabatlarini tasdiq yoki inkor shaklida ifodalaydigan fikr shaklidir. Inson olamni o'rganish jarayonida undagi narsa va hodisalar o'rtasidagi aloqa va munosabatlarni payqaydi. Mazkur aloqa va munosabatlar inson tafakkurida mushohada shaklida aks etadi. Mushohada tushunchalar orasidagi munosabatlardan kelib chiqadi.
Xulosa chiqarish - shunday mantiqiy usulki, uning natijasida insonning olam haqidagi, bilimlari uzluksiz ravishda boyib, kengayib, chuqurlashib boradi. Xulosa chiqarishda olamni bevosita bilish bilan bir qatorda mantiqiy fikrlash usullarini egallash talab qilinadi.
Xulosa chiqarish uchun har safar olam, undagi predmetlarga murojat qilish shart emas. Mavjud narsalar haqida qo'lga kiritilgan bilim asosida yangi bilim hosil qilish mumkin.
Xulosaning mazmuni turlicha ifodalanishi mumkin. Ayrim xulosalarda narsa va hodisalar orasidagi sabab - oqibat aloqadorligi aks etadi. Xulosa chiqarish turlari:
a) Deduktiv xulosa chiqarish
b) Induktiv xulosa chiqarish
v) Analogiya bo'yicha xulosa chiqarish
11 - mashg’ulot bo’yicha xulosa.
Tushunchalarning muhim va muhim bo'lmagan belgilari nisbiy xarakterga ega, chunki vaqt o'tishi bilan ilgari muhim hisoblangan belgi nomuhim belgiga aylanishi yoki aksincha bo'lishi mumkin. Biz hayotda qo'llaydigan turli xil tushunchalarni hosil qilish uchun ularning muhim va umumiy belgilarini topishimiz lozim. Bunda turli mantiqiy usullardan foydalaniladi. Mantiqiy usullarga: taqqoslash, analiz va sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish kabilar kiradi. Kishilar qadim davrlardan ushbu mantiqiy usullardan foydalanib, tushunchalar hosil qilganlar.
Taqqoslash - tushuncha hosil qilishning mantiqiy usulidir. Olamdagi narsa va hodisalarni bilish, tuShunish dastlab taqqoslash asosida boradi. Taqqoslash shunday mantiqiy usulki, uning yordamida ob'ektiv dunyodagi narsa va hodisalar orasidagi o'xshashlik yoki farqlar aniqlanadi. Taqqoslash natijalari chin bo'lishi uchun quyidagilarni hisobga olish lozim:
a) hamma vaqt ham haqiqatda, bor o'zaro real bog'lanishda bo'lgan buyumlarni taqqoslash lozim;
b) taqqoslash chin bo'lishi uchun, qanday belgiga ko'ra taqqoslashimiz oldindan ma'lum bo'lishi shart;
v) hamma vaqt ikki yoki bir necha buyumni bir umumiy belgi asosida, aynan bir nisbatda taqqoslash kerak;
g) har qanday taqqoslash tasodifiy, duch kelgan belgilarga qarab emas, balki taqqoslanadigan buyumlar uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan belgilar asosida bo'lishi lozim.
3-BO’LIM: ETIKA
12-mavzu: Axloqshunoslik fani, uning prådmåti, tadqiqot dolirasi va vazifalari. Axloqiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari
Mustaqil ta`limning o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Mustaqil ta`lim |
|
Mavzuning råjasi |
1.Etika, etika, odob tushunchalarining ma'nosi va mohiyati hamda ahamiyati. Buyuk mutafakkirlar va Pråzidåntimiz Karimov I.A.ning etikaqa bårgan ta'rif va tavsiflari. 2.Etika (etika) fanining baqs mavzui (prådmåti), uning asosiy vazifalari, falsafa va gumanitar bilimlar tizimida tutgan o`rni. Etikaning asosiy so`nalishlari va bo`limlari. 3.Etikaning ijtimoiy, tarixiy qodisa ekanligi va ijtimoiy ongning o`ziga xos shakli sifatidagi o`rni hamda ahamiyati.
|
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Odob, hulq, axloq tushunchalarining ma'nosi va mohiyati hamda ahamiyati, etikaning O`zbåkiston Råspublikasi mustaqilligini mastaqkamlashdagi o`rni va ahamiyati. haqida ma`lumotlarni yangi pedodogik texnologiyalar asosida yetkazish. |
||
Pådagogik vazifalar: - Etika atamasining mohiyati va mazmuni, uning tarixiy talqinlari; - Odob, xulq, axloq tushunchasi, uning mohiyati, mazmuni; - Etika fanining boshqa fanlaar billan aloqadorligi; |
Oquv faoliyatining natijalari: Talaba: - Etika fanining prådmåtini izohlaydi; - Etika atamasiga ta'rif båradi; - Etikaning bosh masalasiga tavsif båradi; -“Etika” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasini va uni fanlar ichida tutgan o’rnini tavsiflaydi. |
|
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Bayon qilish, "xa-yo’q" tåxnikasi |
|
O’qitish vositalari |
Mavzu matni. |
|
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash. |
|
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
|
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, kutilayotgan natijalar.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi. |
2-bosqich. Asosiy
|
2.1. Talaba e'tiborini jalb etish va
bilim
darajalarini
aniqlash uchun tåzkor savol-javob 2. «Pxatotåp o`gitlari»da qanday axloqiy muammolar o`rtaga tashlanadi? 3. «Avåsto»ning axloqiy aµamiyati nimalarda ko`rinadi? 4. Vådachilik axloqshunosligida asosiy e'tibor nimalarga qaratiladi? 2.2. Talabaga mavzuning asosiy tushunchalariga e'tibor qilishni va yozib olishlarini ta'kidlaydi. |
2.1. Eshitadi. 2.2. O’ylaydi, javob båradi. Javob båradi va tugri javobni eshitadi.
|
3-bosqich. Yakuniy |
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
|
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi. 3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Vizual matåriallar.
Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, låkin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.
Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga såzilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig’indisidir.
12 - mashg’ulot bo’yicha xulosa.
Ilm dunyosidagi, har qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo’lmaydi, dågan hikmat, ayniqsa, axloqshunoslikka taalluqli. Zåro axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakkurning vujudga kålishi hamda uning taraqqiyoti qonunlarini o’rganadi, ma’naviy mårosning ulkan qismi bo’lmish axloqiy ta’limotlar, hikmatlar, pand-o’gitlarni zamonaviy jamiyat hayotiga tadbiq etish va targ’ib qilish yo’llarini tahlil etadi. Garchand har bir axloqiy konöåpöiya ma’lum bir mutafakkir mulohazalari va faoliyatining måvasi bo’lsa-da, u, mohiyatan, muayyan tarixiy davr talablaridan kålib chiqadi. Ayni paytda, turli odob va etikåt qonun-qoidalarini o’z ichiga oladigan axloqiy targ’ibot muammolari, axloqiy pand-o’gitlar va må’yorlar talablarini bajarish, axloqiy boshqarish sohasiga kiradi hamda axloqshunoslikning odatda «amaliy axloq» dåb ataladigan qismini tashkil etadi.
13-mavzu: Axloqning kålib chiqishi, ixtiyor erkinligi va axloq tuzulmasi. Etikaning asosiy tushunchalari
Mustaqil ta`limning o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Mustaqil ta`lim |
Mavzuning råjasi |
1. Axloqning kålib chiqish tarixi insoniyat tarixining ajralmas qismi. 2. Axloqiy erkinlik va axloqiy tarbiya tushunchalarining uzviy bog`liqligi. 3. Etika tuzulmasi axloqiy ong kishilarning kundalik xatti-harakatlari, ularning xulqida va amaliy hayotida namoyon bo`lishi. 4. Axloqiy munosabatlar va ularning asosiy vazifalari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Etikaning kålib chiqish tarixi insoniyat tarixining ajralmas qismi ekanligi, axloqiy Erkinlik va axloqiy tarbiya tushunchalarining uzviy bog`liqligi haqida ma`lumotlar berish.
|
|
Pådagogik vazifalar: - Axloqning kålib chiqish tarixi haqida ma`lumotlar; - Axloqiy Erkinlik va axloqiy tarbiya tushunchalarining uzviy bog`liqligi; - Axloqiy munosabatlar va ularning asosiy vazifalari haqida ma`lumotlar berish;
Axloqiy munosabatlar va ularning asosiy vazifalari.
|
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: - Axloq tushunchasi va uning kålib chiqish tarixi haqida izohlar keltirish; - Erkinlik va axloqiy tarbiya tushunchalarining mohiyatini to`liq tushuntirish; - Axloqiy munosabatlar haqida batafsil ma`lumotlar berish;
|
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Bayon qilish, "xa-yo’q" tåxnikasi |
O’qitish vositalari |
Mavzu matni |
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash. |
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, natijalar ma'lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi. |
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Talaba
e'tiborini jalb etish va bilim
darajalarini aniqlash uchun tåzkor savol-javob 1. Axloqning kålib chiqishi haqidagi ikki xil fikrning asosiy mohiyati nimada? 2. Ixtiyor erkinligi nima? 3. Axloqiy tanlov nimalarga asoslanadi? 4. Axloqiy taraqqiyot, umuman, bormi?
2.2. Talabalarga mavzuning
asosiy tushunchalariga |
2.1. Eshitadi. 2.2. O’ylaydi, javob båradi. Javob båradi va tugri javobni eshitadi.
|
3-bosqich. Yakuniy |
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talaba e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa |
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.
|
Vizual matåriallar.
Axloq - inson ko’zi oldida gavdalantiruvchi axloqiy munosabatlarning his etish va axloqiy anglashsiz yuzaga chiqishi, ya’ni mavjud bo’lishi mumkin emas. Bunday holat axloqiy his etishga ham, axloqiy anglashga ham taalluqli. Zåro tuzilmadagi bu uch unsur-omil bir-birisiz kamdan-kam mavjud bo’ladi, doimo bir-birini taqozo qiladi.
Axloqiy his etish - axloqiy anglash uchun matårial vazifasini o’taydi.
13 - mashg’ulot bo’yicha xulosa.
Xulosa qilib aytganda, bizning axloqiy hayotimiz, barcha axloqiy tajribalarimiz, axloqiy faoliyatimiz ana shu uch omil asosida ro’yobga chiqadi. Axloqiy kodåkslarimiz, må’yorlarimiz va tamoyillarimiz ularga asoslanadi. Låkin aldov, yolg’on, soxtalik va totalitar axloqiy zug’um hukmronlik qilgan davrlarda yoki mamlakatlarda axloqiy hissiyot, axloqiy anglash, axloqiy munosabatlar qabul etilgan kodåkslar, må’yorlar hamda tamoyillarga ko’pincha to’g’ri kålmaydi. Rasmiy axloqiy qonun-qoidalar bilan haqiqiy axloqiy intilishlar orasida ma’naviy jarlik paydo bo’ladi. Tilda bu qonun-qoidalar ko’klarga ko’tarilgani holda, dilda, ich-ichdan ularga qarshilik hukm suradi. Natijada jamiyat uchun fojåa bo’lgan axloqiy so’z bilan axloqiy faoliyatning alohida-alohida mavjudligi ro’y båradi. Buni biz sho’rolar davridagi «kommunizm quruvchisining axloqiy kodåksi» bilan shu kodåksni hayotga tatbiq etishga yo’naltirilgan guruhlarning, «shu kodåks asosida yashayapmiz» dågan odamlarning poraxo’rligida, tashmachiligida, xudbinligida, yolg’onchiligida ko’rganmiz.
Bunday nomutanosiblik, o’rtadagi ma’naviy jarlikning kålib chiqishini agar aniqlashtiradigan, ya’ni «maydalab» tahlil qiladigan bo’lsak, u maqsad bilan vositalar muammosiga borib taqaladi. «Hamma baxtli yashaydigan», «kommunistik jannat»ni go’zal maqsad dåb bilguvchilar o’z maqsadlariga jamiyatning bir qismini qirib tashlash, ta’qib etish, aldov, zo’rlik vositasida åtishishga urindilar. Odamlarni zo’rlab baxtli qilmoqchi bo’ldilar va muvaffaqiyatsizlikka uchradilar. Iflos, nopok, qonli vositalar, shubhasizki, har qanday pokiza maqsadni ham nopoklashtiradi, undan kishilarning ko’nglini qoldiradi. SHu bois maqsad va vositalar uyg’unligi, sifat nuqtai nazaridan mosligi jamiyat hayotida, inson hayotida nihoyatda muhimdir.
Biz shu o’ringacha, e’tibor qilsangiz, axloqni butun insoniyat uchun umumiy hodisa sifatida talqin etib kåldik. Zotan axloq eng avvalo, umuminsoniy an’anaviy hodisadir. Asosiy axloqiy qadriyatlar, mushtarak axloqiy tushunchalar, axloqiy tamoyil va må’yorlar barcha mintaqalar hamda millatlar uchun bir xil ma’no kasb etadi. Chunonchi, muhabbat, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, vijdon, burch, insonparvarlik, odamiylik, baxt, to’g’rilik, rostgo’ylik, saxiylik va baxillik singari fazilat hamda illatlar tom ma’noda umuminsoniy hodisalardir. Zåro o’zbåkcha ezgulik yoki yovuzlik, inglizcha vijdon, franöuzcha insonparvarlik, arabcha yolg’on, dåyish mumkinmi? Albatta, yo’q.
Låkin, ayni paytda, axloqda umuminsoniylik xususiyatidan tashqari, mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari axloqning nisbatan kichikroq qamrovga ega bo’lgan ko’rinishlarida – xulqiy xatti-harakatlar, odob va etikåtda yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunonchi, musulmon mintaqasida dasturxon ustida bosh kiyimsiz o’tirish båodoblik hisoblanadi. Buning odobdan tashqari gigiånik-ozodalik nuqtai nazaridan ham ahamiyati bor: ovqatlanish paytida ro’molsiz ayol yoki do’ppisiz Yerkak boshidan soch tolasi, kåpak, chang-gard taomga yoki dasturxonga tushishi mumkin. Nasroniylar mintaqasida esa aksincha dasturxon ustida bosh kiyimni åchmaslik Xudo in’om etgan taom va dasturxonga hurmatsizlik sanaladi. Yoki amårikalik yigit o’zi kråsloda o’tirib, oyoqlarini kuldon va ichimlik ashyolari turgan stolchaga chalkashtirib tashlab, orom oladi va uning uchun bu tabiiy hol hisoblanadi. O’zbåk uchun esa, stolga yoki xontaxtaga oyoq qo’yib o’tirish – o’ta odobsizlik.
G’arbu Sharq mintaqalari odobida yana bir katta farq borki, bu hozirgi paytda G’arbda huquqning axloqdan, Sharqda axloqning huquqdan ustuvorligi masalasi. G’arb yoshlari, balog’atga åtgach, ota-onaga tång huquqli fuqarolar sifatida munosabat qiladi, o’zining qarshi fikrini to’ppa-to’g’ri, ota yo onasining yuziga tik qarab, bayon qiladi va buni inson huquqlaridan, shaxs Yerkinligidan foydalanish dåb biladi SHarq yoshlari masalan, yapon yoki o’zbåk ota-onaga tik gapirishni, to’g’ridan-to’g’ri qarshi chiqishni an’anaviy axloqiy qoidalarning oyoq osti qilinishi dåb tushunadi, padari yo volidasiga ko’zini årga tikib, muloyim, o’z fikrini tovush ko’tarmay aytishni, ba’zan esa sukut saqlashni afzal dåb biladi, ularga bo’ysunishni burch sifatida olib qaraydi.
4-BO’LIM: ESTÅTIKA
14-mavzu: Eståtika prådmåti, tadqiqot doirasi va vazifalari. Eståtik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari.
Mustaqil ta`limning o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Mustaqil ta`lim |
Mavzuning råjasi |
1. Eståtika fani prådmåti, kålib chiqishi va asosiy tushunchalari. 2. Eståtika va boshqa fanlar. 3. Eståtik tafakkur tarixi va uning asosiy bosqichlari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Estetika fanining prådmåti, paydo bo’lish zaminlari, rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi to`g`risida bilimlarni hamda, to’liq tasavvurni shakllantirish. |
|
Pådagogik vazifalar: - Estetika atamasining mohiyati va mazmuni, uning tarixiy va zamonaviy talqinlari; - Nafosat va go`zallik tushunchasi, ularning mohiyati, mazmuni; - Estetikaning bosh masalasi va uning asosiy funktsiyasini tushuntirish; |
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: - Estetika fanining prådmåtini izohlaydi; - Estetika atamasiga ta'rif båradi; Estetikaning funktsiyalarini izohlaydi; - Estetikaning bosh masalasiga tavsif båradi; -“ Estetika” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasini va uni fanlar ichida tutgan o’rnini tavsiflaydi. |
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Bayon qilish, "xa-yo’q" tåxnikasi |
O’qitish vositalari |
Mavzu matni. |
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash. |
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar, vaqti |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi. |
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Talaba
e'tiborini jalb etish va bilim
darajalarini aniqlash uchun tåzkor savol-javob 2.2. Talabaga mavzuning asosiy tushunchalariga e'tibor qilishni va yozib olishlarini ta'kidlaydi. |
2.1. Eshitadi. 2.2.O’ylaydi, javob båradi. 2.3. Javob båradi va to`g`ri javobni eshitadi.
|
3-bosqich. Yakuniy |
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talaba e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “falsafa” so’ziga klastår tuzishni vazifa qilib båradi. |
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.
|
Vizual matåriallar.
"Estetika" atamasi - yunoncha "estezis", ya'ni hissiyot, sezish, hayajon, qo’zg’ash ma'nolariga ega bo’lgan so’zdan olingan. Lekin bu so’z tor mazmun doiradan allaqachonlar chiqib ketgan. Aslini olganda estetika fani va o’quv darsi falsafiy bilimlar majmuida o’ziga xos, alohida ahamiyatga molik bo’lib, u bir tomondan insonning atrof-muhit, voqelikka, go’zallik va xunuklik qadriyatlari doirasidagi olamni yaratish jarayonidagi faoliyatini namoyon etadi.
Insonning estetik faolligi - badiiy faoliyati bilan, aksincha, uning badiiy faoliyati estetik faolligi bilan bab-barobar degan aqida tarixiy taraqqiyot tajribasida o’zini oqlamadi. Aslida bu ikki nisbiy mustaqil maqomga ega bo’lgan inson faoliyati sohalari o’zaro shu qadar chirmashib ketganki, ularni bir-birisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Uning estetik faolligi jarayonida tabiat va jamiyat qadriyatlari munosabatlari tizimidagi estetik xususiyatlar (go’zallik va xunuklik, ulug’vorlik va pastkashlik, fojealilik va kulgililik) qonuniyatlari namoyon bo’ladi.
Estetika fani - voqelikni estetik mushohada etish va badiiy ijod jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, estetika - bu nafosat olami, san'at va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg’u, sezgi, idrok qilish vositalari orqali o’rganadigan va o’rgatadigan fandir. Estetikaning borliqni estetik o’zlashtirish mohiyati va qonuniyatlari haqidagi fan sifatidagi o’ziga xos bir qator fazilatlari ham bor. Estetika fani inson tevarak-atrofidagi moddiy va ma'naviy boyliklarning barchasini qamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi nafosat olamni san'at barcha turlari vositasida chuqur o’rganishga da'vat etadi.
San’at - estetik boyliklarni yaratish manbaidir.
14 - mavzu bo’yicha xulosa.
Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida o’ziga xos o’rin egallaydi. U eng avvalo, falsafiy bo’lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur nazariyasi va tarixi tashkil qiladi. Masalan, voqelikni estetik va badiiy o’zlashtiradi jarayonlarini, o’rganishda xolislik, tarixiy yondashish, bilish jarayonida amaliy tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo’llash ijobiy samaralarga olib kelishi mumkin.
Bilish nazariyasi vositasida san'atning bilish tabiati, voqelikni badiiy-ramziy ifodalash bilan ilmiy tadqiq etish o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va o’zaro farazlar, voqelikni badiiy vositalar orqali tasvirlashning ijodiy tabiati, san'at asarlaridagi shartlilik va badiiy xaqiqat kabi estetika fanining juda ko’p nazariy hamda uslubiy asoslari muammolarini yechish, ularga javob izlab topish mumkin.
Bilish nazariyasining boshqa aqidalari - ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi, ma'naviy hayot hilma-xil shakllarining o’zaro bir-biriga ta'sir o’tkazishi, iqtisodiy zamin bilan ijtimoiy ong turli shakllari o’rtasidagi bilvosita aloqadorlik va bog’liqlik kabi masalalar ham estetik ong, badiiy ijod va san'at tabiati hamda xususiyatlarini ilmiy tushunishga yordam beradi.
Ayni mahalda estetika fani mustaqil bilim sohasini tashkil etgan qolda u falsafaning ravnaq topib borishiga ham o’zining xissasini qo’shadi. Masalan, bilish nazariyasining yanada rivojlanib, mazmunan boyib borishida badiy bilish ham muhim o’rin tutadi. Bilish nazariyasi, badiiy madaniyat qadriyatlari, voqelikka estetik munosabat, estetik tushunchalar, ayniqsa ijtimoiy ong, uning nisbiy mustaqilligi haqidagi fikr-mulohazalar ham ko’p jihatdan san'at bilan bog’liqdir.
Estetika nafaqat san'at, balki voqelikni estetik o’zlashtirishning barcha shakllariga taalluqli bo’lgan sotsiologik masalalar yechimi bilan xam shug’ullanadi. Yana bir farq shuki, estetik mo’ljal hamisha san'atning xususiyatlarini ochishga qaratilgan bo’ladi. San'at sotsiologayasining asosiy vazifasi esa umumsotsiologik qonunlarning san'at sohasida amal qilishidir. Shuningdek, san'at sotsiologiyasining tushuncha vositalari ham o’ziga xosdir.
Estetika san'at va badiiy faoliyat turli shakl ko’rinishlarni o’rganadigan bilim sohalari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qilar ekan, ayni mahalda u adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, teatrshunoslik, Etika kabi fanlar bilan hamkorlik qilish jarayonida rivojlanib boradi. Bu hamkorlik eng avvalo mazkur fanlarning ham san'at umumiy nazariyasiga amal qilishida ko’rinadi.
15-mavzu: Eståtikaning asosiy tushunchalari. Etåstik ong va eståtik faoliyat
Mustaqil ta`limning o’qitish tåxnologiyasi
O’quv mashg’ulotining shakli |
Mustaqil ta`lim |
Mavzuning råjasi |
1. Eståtikaning asosiy tushunchalari. 2. Eståtik ong va uning tarkibiy qismlari. 3. Eståtik tafakkur tarixi va uning asosiy bosqichlari. |
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Eståtikaning asosiy tushunchalari, eståtik ong va uning tarkibiy qismlari, eståtik tafakkur tarixi va uning asosiy bosqichlari haqida to’liq tasavvurni shakllantirish. |
|
Pådagogik vazifalar: - Estetik ong, estetik xis - tuyg’u, estetik did tushunchalari, ularning mohiyati, mazmuni; - Eståtik tafakkur tarixi va uning asosiy bosqichlari haqida ma`lumot berish; |
O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: - Estetik ong, estetik xis - tuyg’u, estetik did tushunchalari, ularning mohiyati, mazmuni izohlaydi; - Eståtik tafakkur tarixi va uning asosiy bosqichlari haqida ma`lumot beradi; |
O’qitish uslubi va tåxnikasi |
Bayon qilish, "xa-yo’q" tåxnikasi |
O’qitish vositalari |
Mavzu matni |
O’qitish shakli |
Yakka tartibda ishlash. |
O’qitish shart-sharoiti |
Auditoriya |
Mustaqil ta`lim mashg’ulotining tåxnologik kartasi
Bosqichlar vaqti |
Faoliyat mazmuni |
|
|
O’qituvchi |
Talaba |
1-bosqich. Kirish |
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma'lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi. |
2-bosqich. Asosiy qism
|
2.1. Talabalar e'tiborini jalb
etish va bilim 2.2. Talabalarga mavzuning
asosiy tushunchalariga |
2.1. Eshitadi. 2.2. O’ylaydi, javob båradi. Javob båradi va tugri javobni eshitadi.
|
3-bosqich. Yakuniy |
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “falsafa” so’ziga klastår tuzishni vazifa qilib båradi. |
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi. 3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Vizual matåriallar.
Estetik ong - ma'naviy-ruxiy voqea-xodisalar majmui bo’lib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan estetik fikr, estetik xis, estetik did, estetik orzu, estetik qarash, estetik nazariya tizimini yaratadi. Estetik ong ijtimoiy hayot zaminida uning bilan mutanosib tarzda o’zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi. Estetik ong ijtimoiy hayot in'ikosi bo’lib, jamiyat hayotida muxim o’rin tutadi, jamiyat hayotiga har tomonlama ta'sir o’tkazadi. Estetik ong ijtimoiy ongning maxsus shakli sifatida estetik faoliyat bilan uzviy bog’liq bo’lib, estetik faoliyat jarayonida shakllanadi, qaror topadi. Estetik ong aslida estetik faoliyat maxsulidir.
Estetik xis tuyg’u - bizni o’rab turgan voqeani estetik jixatdan xis etish qobiliyatidir. Uning go’zalligini uyg’unligi sezishidir. Estetik xis tuyg’uning asosiy organlari ko’rish va eshitishdir
Estetik did - olamni go’zalligini tezda anglashadi. Estetik did zamirida estetik did zamirida estetik xis tuyg’u yotadi. Estetik did deganda biz biror soxaga moyilligini sezamiz. Estetik did voqea hodisalarning estetik sifatlarini inson tomonidan idrok etmoq va baholash jarayonidir. Estetik did deganda biz haqiqiy go’zal narsalarni tabiat ijtimoiy hayot va san'at hodisalarini haqiqiy estetik xislatlarini bevosita dastlabki ko’rishda chuqur taxlil qilib o’tirmay xis etish, ajrata bilishni tushunamiz. Estetik xis va estetik didni tarbiyalash mumkin.
Estetik orzu - mavjud narsa xodisalarni emas, go’zallik haqidagi eng yuksak orzulari, o’ylagan rejalari. Jamiyat ravnaqi bilan chambarchas bog’liq. Har bir davrning o’z estetik orzuga ega bo’lgan insonlari bo’ladi. Estetik orzu bu insonning go’zallik haqidagi tasavvurlarining eng yuksak ifodasidir.
Estetik fikr - insonni ma'lum bir estetik prinsip, bilimlarga asoslangan estetik fikrlari bo’ladi. Estetik fikrlar estetik did va muloxaza emas, balki uning og’zaki formasidir. Estetik fikr oddiy sezgi kechinmalari emas, balki ma'lum estetik prinsiplarga, estetika soxasini mohiyatini chuqur tushunishga asoslangan baho berishdir.
15 - mavzu bo’yicha xulosa.
Estetik qarash va nazariyalar estetikani g’oyaviy asosini tashkil etadi. Estetik qarashlar deganda biz ilmiy jixatdan asoslangan nazariy jixatdan asoslangan hamda ozmi-ko’pmi izchillik bilan olib boriladigan metodologiya falsafiy baza bilan bog’liq bo’lgan bilimlar tushunchalar prinsiplarning ozmi–ko’pmi mukammal va izchil sistemasini tushunamiz. Keng, tugal va mustaqil sistema xarakteriga ega bo’lgan estetik qarashlarni estetik nazariya deb ataymiz.
Fojealilik va kulgililik o’zaro bog’liqligini hayotning murakkabligi, ziddiyatligi, harakatchanligidan kelib chiqib, ularni san'at yordamida yaxshiroq anglaymiz.
San'at asarlarida fojealilik va kulgililik yaxlit namoyon bo’lidi. Fojeali yoki kulgili xolat insonning u yoki bu xatti-harakati natijasida paydo bo’ladi, bu xatti-harakat turli -tuman hayotiy kuchlar to’qnashuvi jarayonida vujudga keladi, rivojlanadi. Shu tariqa ular voqelik va inson orzulari o’rtasidagi nizoli munosabatlarni ochib beradi.
Fojealilik va kulgililik boshqa estetik tushunchalardan qanchalik farq qilmasidan, ularni g’o’zallik va xunuklik kabi ijtimoiy estetik orzular bilan bog’liq xolda, ularning tarixiy va nisbiy tabiatini inobatga olgan xolda mushohada qilish zarur bo’ladi.
TAYANCH SO`ZLAR
Aa
Abstraktlik (lot. abstractio – mavhumlik) – tafakkurning asosiy metodlaridan biri. Abstraktlik ikki ma`noda qo`llaniladi. Birinchidan, abstraktlik deyilganda, aqliy bilish jarayoni anglashiladi, ya`ni buyumning ko`pgina tomonlari, xususiyatlari va ularning o`zaro aloqalari hayolan tasavvur qilinadi; ayni paytda, ular bir-biridan fikran ajratiladi, qandaydir bizni qiziqtirgan tomonlari, xususiyatlari alohida-alohida tartibda farqlanadi.
Ikkinchidan, abstraktlik so`zi inson bilish jarayonining natijasi degan ma`noda ham angalashiladi. Ushbu ma`nodagi abstraktlik inson miyasida bilish jarayonida vujudga kelgan iboralardir. Shunday qilib, abstraktlik buyumning qandaydir muhim, umumiy tomonini sof ko`rinishda qamrab oladi, ya`ni buyumning borliqda muayyan alohida ko`rinishda mavjud bo`lmagan tomonlarini ifodalaydi.
Agnostitsizm (yun. a – inkor qo`shimchasi, gnosis - bilish) – moddiy sistemalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlari mohiyatining bilish imkoniyatlarini rad etib, bilimni voqealikka muvofiqligini isbotlash mumkin emas, deb hisoblovchi falsafiy ta`limot. Agnostitsizm antik skeptitsizm va o`rta asr nominalizmidan kelib chiqqan bo`lib, agnostitsizm atamasi 1869 yili ingliz tabiatshunos olimi T. Geksli tomonidan kiritilgan.
Adekvat (lot. adaeguatus – aynan bir, o`xshash, tenglashgan) – bilish nazariyasida narsa va hodisalarning xossa va aloqalarini ularning ob`ektiv mazmuniga to`g`ri keladigan, aniq mos qilib olish. Adekvatlik darajasi, ya`ni ob`ektni aks ettirishning aniqligi, chuqurligi va to`laligi haqidagi masala nisbiy va absolyut haqiqatlar bilan bilimning to`g`riligi, mezoni o`rtasidagi o`zaro munosabat muammosiga bog`liq bo`ladi.
Akmeologiya (yun. acme – yetuklik, cho`qqi, kamolot, yuksalish, logos – ta`limot, so`z) – insonning kasb-hunarni egallashda eng yuksak bosqichlarga yetish muammolarini o`rganuvchi fan. Asosan, insonning yetuklik, ijod cho`qqisi, kamolot va mukammallik darajasiga yetgan davri hamda rivojlanish jarayonini o`rganadi.
Antropologizm (yun. anthropos - inson va logos – ta`limot) – falsafiy nazariya; falsafaning birinchi va asosiy maqsadi sifatida insonni e`tirof etadi. Inson falsafaning tizim hosil qiluvchi tamoyilidir deb qaraladi. Antropologik falsafa mavjudlikni asosiy reallik bo`lgan insondan kelib chiqib talqin etadi. Bu nazariyaga ko`ra, inson butun borliq, tabiat, jamiyat, haqiqat, go`zallik, burch va xudo haqidagi tasavvurlarning asosi hisoblanadi.
Antropotsentrizm (yun. anthropos – inson va lot. cetrum – markaz) – inson olam, koinotning markazi va uning pirovard maqsadi ekanligi to`g`risidagi qarash. Antropotsentrizm narsa va hodisalarni faqat maqsadga muvofiqligi, ya`ni teleologik nuqtai nazardan kelib chiqib ko`rish, o`rganish bilan bog`liqligini ifodalaydi.
Atribut (lot. attribuo – bag`ishlayman) – 1) narsa va hodisaning ularning tasodifiy xususiyatlaridan farqli o`laroq, eng muhim tub belgisi, xossasi (mas., falsafada materiya atributi - harakat); 2) tilshunoslikda – aniqlovchi.
Affekt (lot. affectus – ruhiy hayajon) – kayfiyat va ehtirosdan farqli o`laroq, insonning kuchli, shiddat bilan kechadigan va nisbatan qisqa muddatda o`tib ketadigan hissiy holati. Affekt keskin ifodali harakat (badan va qo`lning o`ziga xos harakatlari) va baland ovozlar (yig`i, baqiriq) bilan birga yuz beradi. Ba`zan odam indamasdan odam qotib qoladi. Tashqi ifoda shakllari ichki affekt singari, ko`p jihatdan odamning shaxsiy xususiyatlariga, jumladan uning irodasi, tarbiyasi, oliy asab sistemasi faoliyatining tipologik xususiyatlariga bog`liq. Affektning yo`qligi ma`lum darajada insonning hayotga moslashmaganligidan darak beradi. Affekt mavjudligi esa insonning hayotga moslashganligini bildiradi. Affekt tushunchasi yunon, Sharq mutafakkirlarining asarlarida qayd etilgan. Affektni to`xtatish uchun kuchli iroda kerak bo`ladi.
Bb
Bashorat (arab. - xushxabar) – ilmiy bilishning bir shakli, hali fanga to`la ma`lum bo`lmagan, imkoniyat tariqasidagi hodisalar, turli jarayonlar to`g`risida oldindan fikr aytish. Bashoratning qadimgi dunyoda mavjud unsurlari 15-17 asrlarda fanlar rivoji bilan ma`lum bir tizimga solingan.
Bilim – borliqning ideal obrazi. Bilim ijtimoy – tarixiy amaliyotda tekshirilgan va mantiqan tasdiqlangan, voqealikning bilish jarayonida erishilgan natijasi; shu voqealikning inson ongida tasavvur, tushuncha, muhokama, idrok va nazariyalar orqali ifodalangan in`ikosi. Kishilarning tabiat va jamiat hodisalari haqida hosil qilgan ma`lumotlari; voqealikning inson ongida aks etishidir. Bilim ma`noda tasavvur, tushuncha, nazariyalar yig`indisi. Tor ma`noda bilim biror predmet haqida tushunish va qo`yilgan maqsadga yetish imkonini beruvchi axborotdan iborat.
Bilish – inson faoliyatining ob`yektiv voqealikni ongida aks ettirishga qaratilgan ijtimoiy-tarixiy jarayoni. Jamiyat aql-idrokka ega ega bo`lgan kishilar o`rtasidagi moddiy va ma`naviy munosabatlar hamda bog`lanishlarga asoslangan murakkab tizim bo`lib, u doimo rivojlanishda bo`ladi.
Bilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya) – falsafa bo`limi bo`lib, insonning dunyoni bilish imkoniyati, o`zligini anglash jarayoni, bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o`zaro nisbatini o`rganadi, bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi tadqiq qilinadi. Qadimgi yunon faylasufi Demokrit olamni bilish mumkinligini ta`kidlaydi. U bilish jarayonida hissiy bilimlar va tafakkurning o`rnini oddiy va sodda holda ko`rsatadi. O`rta Osiyo mutafakkirlari – Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy borliqni bilish, bilish jarayonida hissiy bilish va aqlning roli haqida o`z g`oyalarini ilgari surganlar.
Vv
Vedalar (sankskritcha veda - bilim) – veda tilidagi qadimgi hind adabiyoti yodgorliklari. Miloddan avvalgi 2- ming yillikning oxiri – 1 – ming yillikning boshida yaratilgan. Mutaassib dindor kishi uchun vedalar oliy muqaddas bilim, bashoratdir. Vedalarda qadimgi hindlarning tarix, iqtisod, din, falsafa, axloq-odob kabi turli sohalarga taalluqli dastlabki fikrlari o`z ifodasini topgan. Bu madaniy yodgorlikdan bizgacha 4 ta qism (samhita): “Rigveda” (qasida, madhiya, duolar to`plami), “Samaveda” (qo`shiqlar to`plami), Ayuraveda yoki Yajurveda (qurbonlik qilish yo`llari), Atharvaveda (sehrli duolar to`plami) yetib kelgan.
Vijdon – axloqiy tushuncha, yaxshilik nima-yu, yomonlik nimaligiga javob beradigan ichki ishonch, o`z xatti-harakatlari uchun axloqiy mas`uliyatni anglash. Vijdon shaxsning axloqiy jihatdan o`z – o`zini nazorat qila olish, o`zida axloqiy burchni mustaqil shakllantirish hamda o`zidan uni ado etishni talab qilish va o`z xatti-harakatlariga baho berish qobiliyatini ifodalaydi.
Voqelik – tabiiy va ijtimoiy – tarixiy hodisalarni ifodalovchi ob`yektiv reallik. Voqelik tushunchasi “borliq” tushunchasiga yaqin, lekin ular orasida muayyan farq mavjud. Voqelik mavjud bo`lgan va bo`lishi mumkin bo`lgan alohida narsa, hodisa, jarayonlarni ifodalasa, borliq bir butun yaxlit, bir-biri bilan bog`langan va bir-birini taqozo etadigan olamni ifodalaydi.
Gg
Geosentrizm (yunon. geos – yer, lot. centrum – markaz) – olamning markazida Yer bo`lib, uning atrofida boshqa barcha osmon jismlari harakatlanadi, degan qadimgi dunyoqarash. Yunon olimi Klavdiy Ptolomey (taxm. 90 – taxm. 160)ning geotsentrik nazariyasiga ko`ra, Yer butun cheksiz koinotning markazi hisoblanadi. Uyg`onish davrining yirik olimi, astronom N. Kopernik (1473 - 1543) geliotsentrik nazariyani ilmiy jihatdan asoslab berdi. Bu ta`limotga ko`ra, koinotning markazi – Quyosh. Yer Quyosh va o`z o`qi atrofida aylanadi.
Gumanizm ( lot. humanus – insoniylik, insonparvarlik) – shaxs sifatida inson qadriyatini, uning erkin kamol toppish va o`z qobiliyatlarini namoyon qilish huquqlarini e`tirof etish, ijtimoiy munosabatlarning baho mezoni sifatida kishi baxt – saodatini qaror toptirish.
Go`zallik – estetika tushunchasi. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning, inson faoliyatining kishida mehr – muhabbat, quvonch, zavq, erkinlik tuyg`ulari hosil qilishga qodir bo`lgan xususiyatlarini ifodalaydi. Xunuklikning aksi.
Dd
Determinizm (lot. determine - aniqlayman) – barcha hodisalarning o`zaro ob`yektiv qonuniy aloqadorligi va sababiy bog`lanishi to`g`risidagi falsafiy ta`limot. Bu ta`limotga ko`ra, borliqdagi barcha (moddiy va ruhiy) narsa va hodisalar bir – biri bilan bog`liq va o`zaro bir – birini taqazo etadi. Determinizm ta`limoti mazmunini bir hodisa (sabab) boshqa hodisa (oqibat yoki natija)ga zaruriy bog`liq ekanligi haqidagi g`oya tashkil etadi.
Dialektika [yun. dialektike (techne) – suhbat olib boorish, bahslashish san`ati] – borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy ta`limot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi.
Din (arab. – e`tiqod, ishonch, itoat) – xudo yoki xudolar, g`ayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishioish. Din muayyan ta`limotlar, his-tuyg`ular, toat – ibodatlar va diniy faoliyatlari orqali namoyon bo`ladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarsi, uni idrok etishning o`ziga xos usuli.
Jj
Jamiyat – kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va ma`naviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur bo`lgan shart – sharoitlarni yaratish va b.) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlar jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi.Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga mos keluvchi munosabatlardir.
Jarayon – muayyan vaqt oralig`ida bo`lib o`tgan hodisaning davomiyligi. Jarayonlar uzlukli va uzluksiz, tabiiy va sun`iy, takrorlanuvchi va betakror, boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo`lishi mumkin. Tabiatda ro`y beruvchi jarayonlar va jamiyatda ro`y beruvchi jarayonlarga bo`linadi.
Jon – insonning ichki dunyosini ifoda etuvchi tushuncha. Din va diniy – idealistic falsafiy sistemalarda u tandan alohida, mustaqil holda mavjud nomoddiy substantsiyani aks ettiruvchi tushunchani bildiradi. Jon haqidagi tasavvurlar falsafa taraqqiyoti davomida o`zgarib borgan.
Zz
Zaruriyat va tasodif – borliqdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi aloqadorlikni ifodalovchi falsafiy kategoriya. Kishilarning ob``ektiv reallikdagi sabab – oqibat bog`lanishlari haqidagi tasavvurlari yanada chuqurlashishi oqibatida shakllanadi.
Zaruriyat hodisalarning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va ularning qonuni, tartibi, tuzilishini bildiradi. U muayyan sharoitda, albatta yuz berishi lozim bo`lgan voqea yoki hodisadir. Tasodifning asosi esa hodisaning mohiyatida emas, balki muayyan hodisalarning bir-biriga ko`rsatadigan o`zaro ta`siridadir, binobarin u bo`lishi ham, bo`lmasligi ham yoki boshqacha tarzda ham uyz berishi ham mumkin.
Ziddiyat (dialektikada) – predmet va hodisalarga ob`ektiv ravishda xos bo`lgan bir butunning qarama – qarshi (musbat va manfiy, tug`ilayotgan va o`lib borayotgan, yangi va eski) tomonlari, belgilari, yo`nalishlari o`rtasidagi muhim munosabatlar. Shu munosabatlar kurasi tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining manbaini, harakatga keltiruvchi kuchini va ichki mazmunini tashkil etadi.
Ii
Ideal (uyn. idea – timsol, g`oya, tushuncha) – orzu – intilishning oily maqsadi. Ideal keng ma`noda u yoki bu narsa, hodisaning eng yaxshi, eng qadrli, eng mukammal holati; tor ma`noda shaxs (inson) qobiliyatlarini ifodalovchi tushuncha.
Ijod – insonning yangilik yaratishga qaratilgan konstruktiv faoliyati.
Ijtimoiy falsafa – falsafa fanining jamiyat, uning hayoti va taraqqiyoti qonuniyatlarini, undagi hodisa va jarayonklarni o`rganuvchi sohasi.
Kk
Kamtarlik – shaxsning atrofdagilarga va o`z – o`ziga munosabatini ifodalashda, o`ziga nisbatan ortiqcha izzat – ikrom, e`tabor talab qilmaslik, maqtashni istamaslik, o`zini boshqalardan ustun qo`ymaslik, mag`rurlanmaslik, soddalik, kamsuqumlikda namoyon bo`ladigan axloqiy tushuncha, fazilat.
Kibr, kibr – havo, dimog`dorlik, manmanlik – o`z qobiliyati, shaxsiyatiga ortiqcha baho berish, o`zin boshqalardan yuqori qo`yish, kalandimog`lik oqibatida namoyon bo`ladigan salbiy axloqiy sifat.
Kuzatish - narsa va hodisalar xossalari hamda ular o`rtasidagi bog`lanishlarni o`rganishda qo`llaniladigan hissiy bilish uslubi.
Mm
Måtod (yunoncha metods- usul) kång ma'noda bilishga erishish yo`li, ijodiy faoliyatning har qanday shakli usuli kabi ma'nolarni anglatadi. Måtod bilish usuli sifatida o`rganilayotgan ob'åktning jihatlari va xossalarini laboratoriyada, ilmiy tadqiqot moslamasida, sinov ståndida, shuningdåk, tadqiqotchining miyasida aks ettirish usulidir.
Måtodologiya – (yun. metodos – bilish yoki tadqiqot yo`li, nazariya, ta`limot va logos – so`z) – tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta`limot. Fanda foydalanadigan bilish vositalari, usullarining majmui, shuningdåk, fanning ijodiy bilish va amaliy - o`zgartirish faoliyatini tashkil etish vositalari, shart- sharoitlari va printsiplarini o`rganuvchi ilmiy- falsafiy bilim sohasidir.
Måtafizika – (yun. meta ta physika - fizikadan so`ng) – borliqning sezgilardan yuqori turuvchi printsiplari va umumiy asoslari to`g`risidagi fan. Måtafizik usul dastlab tabiatshunoslik zaminida tarkib topa boshladi. Tabiat prådmåtlarini mukammal o`rganish, ularning mohiyatini chuqurroq ochib bårishga intilish- måtafizik tafakkur uslubining ijobiy tomonini tashkil etadi. Uning ulkan tarixiy haqiqatligi ham shundadir. Måtafizik tafakkur uslubidan faqat tabiatshunoslargina emas, balki XVII- XIXasr faylasuflari ham unumli foydalanganlar.
Nn
Nazariya – ilmiy bilimni yetuk shakli. Borliqning muayyan jabhasidagi qonuniy va muhim bog`lanishlarni yaxlit holda aks ettiradi. Nazariyada borliq qonunlari, dunyoda mavjud real voqelik to`g`risidagi aniq, ishonchli va muvofiqlashtirilgan bilimlar ifoda etiladi.
Oo
Oila – nikohga yoki tug`ishganlikka asoslangan kichik guruh.Uning a`zolari ro`zg`orining birligi, o`zaro yordami va ma`naviy mas`uliyati bilan bir-biriga bog`langan.
Olam – borliqning odam nazarda tutgan unsurlardan tashkil topgan qismi.
Pp
Panteizm (yun. pan – hamma, theos - xudo) – tarixan shakllangan diniy va falsafiy ta`limot. Xudo bilan tabiat tamoman bir - biriga mos bo`lib tushadi, ular aynan birdir, ularni bir – biriga qarama – qarshi qo`yish falsafiy tafakkur rivojiga putur yetkazadi deb hisoblaydi.
Rr
Reallik (lot. realis - haqiqiy) – borliqning voqelikda haqiqatda mavjud bo`lgan qismi.
Regress (lot. regressus – orqaga qaytish) – rivojlanishning yuqori darajadan quyi darajaga o`tish davri, tanazzuli. Progressning ziddi.
Rivojlanish - olam ob`ektlaridagi yangi shakllarini vujudga kelishi, ilgarilama harakat, oddiydan murakkablikka o`tishni ifodalovchi falsafiy kategoriya.
Ss
Sabab va oqibat – narsa va hodisalar o`rtasidagi umumiy zaruriy aloqani ifodalovchi tushunchalardir. Hodisalar zanjirida o`zidan boshqa yana bir hodisani keltirib chiqaradigan sabab, paydo bo`lgan hodisa esa oqibat deyiladi.
Sistema (yun. sustema – yaxlit, qismlardan tarkib topgan) – muayyan tarzda o`zaro bog`langan va bir qadar yaxlitlikni hosil qiluvchi unsurlar majmui.
Sifat – ob`ektning muhim belgilarini ifodalaydigan falsafiy tushuncha.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Raxbariy adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2015.
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1-23 jildlar.- T.: O’zbekiston, 1996-2015.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008.
4. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharotida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbekiston, 2009.
5. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. –T.: O’zbekiston, 2010. -78 b.
6. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruza. 12 noyabr. – T.: O’zbekiston, 2010.
7. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O’zbekiston, 2011. -370 b.
8. Karimov I. A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yolida xizmat qilish eng oliy saodatdir. T.: O’zbekiston, 2015.
9. Êàðèìîâ È.À. “Αrta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi. 16.05.2014. www.press-service.uz
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” ma’ruzasi (16.01.2016 y.)
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha brifingda so‘zlagan nutqi. 30.06.2016.
12. I.A. Karimov. Ozodlik havosidan to‘yib nafas olgan xalq o‘z yo‘lidan hech qachon qaytmaydi –T.: O‘zbekiston, 2016.
13. I.A. Karimov. Hayot sinovlarida toblangan Qashqadaryo eli har qanday yuksak marrani egallashga qodir. –T.: O‘zbekiston, 2016.
14. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: O‘zbekiston, 2016.
15. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.- T.: O‘zbekiston, 2017
16. Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.- T.: O‘zbekiston, 2017.
17. Mualliflar jamoasi. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o`rganibsh bo`yicha ilmiy uslubiy risola. T.: Ma`naviyat, 2017.
Darslik va o’quv qo’llanmalar:
1. Nazarov Q. Aksiologiya – qadriyatlar falsafasi. –T.: O’FMJ, 2004.
2. Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. – T.: Universitet, 2005.
3. Nazarov Q. G’oyalar falsafasi . – T.: Akademiya, 2011.
4. Soifnazarov I. Kurs lektsiy po filosofii. – T.: 2004.
5. To’ychiev B.T. Sotsialnaya filosofiya. Albom sxema –T.: 2009.
6. Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.
7. Falsafa. Mamashokirov S. Tahriri ostida. -T.: Sharq, 2005.
8. Falsafa. Axmedova M. tahriri ostida.-T.: UFMJ, 2006.
9. Xayitov SH., Xayitova K., Ziyautdinova X. Falsafa asoslari. Albom
sxema. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, 2009.
10. Shermuxamedova N. Falsafa va fan metodologiyasi.-T.: Universitet, 2005.
11. Shermuxamedova N. Falsafa va fan metodologiyasi – T.: Axborot texnologiyalari, 2008.
12. Shermuxamedova N.A. Gnoseologiya – bilish falsafasi. -T.:“Noshir”, 2011.
13. Emirova Ye., Streltsova A. Vvedenie v filosofiyi. – T.: Universitet, 2008
14. Abdullaeva Z.N. Etika (lotin). - TATU,2007.
15. Abdullaeva Z.N., Azizova M.A. “Falsafa” fanidan o`quv-uslubiy qo`llanma. - T.: TATU, 2009.
16. Abdullaeva Z.N., Sagdullaeva D.Sh. “Falsafa” fanidan o`quv-uslubiy qo`llanma
(2 qism). - T.: TATU, 2010.
17. Azizova M.A. Estetika (lotin). - TATU., 2007.
18. Sanginov S.S., Bitson G.F. Uchebnoe posobie po kursu “Filosofiya (Etika, Estetika, Logika)” po razdelu “Logika”. - T.: TATU, 2009.
19. Sanginov S.S., Bitson G.F. Sbornik lektsiy po kursu “Filosofiya (Etika, Estetika, Logika)”
( razdel “Filosofiya”) - T.: TATU, 2010.
Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Aristotel. Sochineniya V 4-x tomax. -M.: 1975. ch.1.
2. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. Nazarov Q. tahriri ostida. – T.: Sharq, 2004.
3. G’arb falsafasi. Nazarov Q. tahriri ostida. – T.: Sharq, 2005.
4. Falsafa entsiklopedik lug’at. Nazarov Q.tahriri ostida. –T.: Sharq, 2011.
5. Jo’raev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari. – T.: Ma’naviyat, 2008.
6. Karimov B.R. Dialektika ob’ektivnogo i sub’ektivnogo v metode vosxojdeniya ot abstraktnogo k konkretnomu. -T.: 1998.
7. Shpengler O. Zakat Yevropû. Rostov na-Donu. 1998.
8. Asmus V. Antichnaya filosofiya. -M.: 1999.
9. Klassicheskaya nauka Sredney Azii i sovremennaya mirovaya tsivilizatsiya
pod redaktsiey Fayzullaeva O. - T.: Sharq, 2000.
10. Noveyshiy filosofskiy entsiklopedicheskiy slovar. -M.: 2001.
11. Gurevich P.S.Osnovi filosofii – M.: 2002.
12. Xotamiy S.M. Islom tafakkuri tarixidan. – T.: “Minxoj”, 2003.
13. Ochildiev A. Milliy g’oya va millatlararo munosabatlar. – T.: O’zbekiston, 2004.
14. Plutarx. Saylanma. Z.A’lam va Urfon Otajon tarjimasi. – T.: Yangi asr avlodi, 2006.
15. Choriev A. Inson falsafasi. –Toshkent.: O’FMJ, 2006.
16. Yoqubova M. Jamiyat axborotlashuvning falsafiy asoslari. Fals.fan. nomz. Diss. –T.: Universitet, 2007.
17. Madaeva SH. Milliy mentalitet va demokratik tafakkur. –T.: Falsafa va huquq, 2007.
18. Musaev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy huquqiy asoslari. –T.: O’zbekiston, 2007.
19. Tsitseron. Notiqlik san’ati haqida ikki risola. Tarjimon Urfon Otajon. –T.: Yangi asr avlodi, 2007.
20. Haqiqat manzaralari. S.Jo’raeva tarjimasi.– T.: Yangi asr avlodi, 2007.
21. Qurbonova L. Ijodiy tafakkurning falsafiy metodologik tahlili. Fals.fan. nomz. Diss. –T.: Falsafa va huquq, 2007.
22. Yoqubova M. Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari. –T.: Universitet, 2008.
23. Otamurodav S. Globallashuv va millat. – T.: Yangi asr avlodi. 2008.
24. Yunusov A. Huquq ma’naviyati. – T.: Adolat, 2008.
25. Mamashokirov S., Usmanov E. Barqaror taraqqiyotning ekologik xavfsizlik masalalalari. –T.: Fan, 2009.
26. Ochilova B. Milliy-ma’naviy yuksalishda meros, qadriyatlar va vorisiylik. –T.: Istiqlol, 2009.
27. Qurbonova L. Borliq falsafasi. –Andijon: ADU, 2009
28. Qurbonova L. Inson falsafasi. –Andijon: ADU, 2009
29. Qahhorova SH. Global ma’naviyat – globallashuvning g’oyaviy asosi. –
T.:Tafakkur, 2009.
30. Allayarova S.N. Falsafiy germenevtikaning metodologik jihatlari. Fals.fan. nomz. Diss. –T.: Universitet, 2010.
31. Bozarov D. Sinergetik paradigma –T.: Tafakkur, 2010.
32. Sagdullaeva D. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik taraqqiyot omili. T.:Fan va texnologiyalar, 2012.
Intårnåt và Ziyonåt sàytlàri
1.www. Ziyonet.uz.
2.http://library.tuit.uz
3.www.intuit.ru
MUNDARIJA:
Kirish……………………………………………………………………………..3 b
1-mavzu: Falsafaning mohiyati, rivojlanishning asîsiy bosqichlari...................4-9 b
2-mavzu: Qadimgi va O`rta asr falsafasi. Yangi va eng yangi davr falsafasi.9-19 b
3-mavzu: Borliq falsafasi………………………………………………….19-23 b
4-mavzu: Rivojlanish falsafasi………………………………………………23-30 b
5- mavzu: Gnoseologiya bilish falsafasi...…………………………………..30-34 b
6- mavzu: Jamiyat falsafasi…………………………………………………. 35-38 b 7-mavzu: Inson falsafasi………………………………………………….. 38-42 b
8-mavzu: Aksiîlîgiya - qadriyatlar falsafasi………………………………..42-46 b
9-mavzu: Glîballashuvning falsafiy muammîlari…………………………46-49 b
10-mavzu: Mantiqning tadqiqot ob'åkti, prådmåti, vazifalari va rivojlanish
bosqichlari……………………………………………………….50-53 b 11-mavzu: Mantiqning umumnazariy masalalari..............................................53-60 b 12-mavzu: Axloqshunoslik fani, uning prådmåti, tadqiqot dolirasi va vazifalari.
Axloqiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichari………...…60-63 b 13-mavzu: Axloqning kålib chiqishi, ixtiyor erkinligi va axloq tuzulmasi. Etikaning
asosiy tushunchalari……………………………………………..64-68 b 14-mavzu: Eståtika prådmåti, tadqiqot doirasi va vazifalari. Eståtik tafakkur
taraqqiyotining asosiy bosqichlari……………………………....68-71b 15-mavzu: Eståtikaning asosiy tushunchalari. Etåstik ong va eståtik
faoliyat............................................................................................72-75 b
Tayanch so`zlar..................................................................................................75-83 b
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………...83-87 b
Falsafa (Mantiq. Etika. Estetika) fanidan
Mustaqil ta`limni tashkil etish bo`yicha
uslubiy qo`llanma
“Gumanitar fanlar” kafedrasining
2017 yil “15.03 ”,
(32–sonly bayonnoma) majlisida
ko`rib chiqildi va chop etishga tavsiyalandi
KÒ fakultetining ilmiy-uslubiy Kengashida
ko`rib chiqildi va chop etishga tavsiyalandi
2017 yil “16.05 ” 9 - ñîíëè áà¸ííîìà
ÒÀÒU ilmiy-uslubiy Kengashida
ko`rib chiqildi va chop etishga tavsiyalandi
2017 yil “ ” - ñîíëè áà¸ííîìà
Òuzuvci: Z.N.Abdullayeva
Òàqrizchilar: Yuldasheva L.S.
Xamdamova A.R.
Màs`ul muxarrir: N.R.Maxkamova.
Korrektor: S.Õ. Àbdullayeva
Ôîðìàò 60x84 1/16
Çàêàç ¹ - Tèðàæ - _____
Îòïå÷àòàíî â Èçäàòåëüñêî ïîëèãðàôè÷åñêîì
öåíòðå “Aloqachi” ïðè ÒÓÈÒ
Òàøêåíò óë. Àìèðà Òåìóðà, 108