O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TELEKOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“AKT SOHASIDA IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH”
FANIDAN
“SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH”
FANIDAN
TOSHKENT – 2016
Aksiya – aksionerlik jamiyatining kapitaliga hissa qo‘shilganligi to‘g‘risida guvoxlik beruvchi qimmatbaho qog‘oz. Aktsiya o‘zining egasiga dvident shaklida foydani bir qismini olish (o‘zlashtirish) huquqini beradi.
Amortizatsiya – kelgusida asosiy fondalarni to‘liq qayta tiklash uchun pul mablag‘larini jamg‘arish va ularning qiymatini tiklash maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatga asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymatining ularning eskirishiga qarab uzluksiz o‘tkazish jarayoni. Ishlab chiqarish jarayoni va tashqi muhitning ta’siri natijasida asosiy fondlar asta-sekinlik bilan eskiradi, ularning moddiy va ma’naviy eskirishi sodir bo‘ladi. Bunda mehnat vositalarining qiymati uzluksiz qismlarga bo‘linib, amortizatsiya hisoblash yo‘li bilan normativ xizmat qilish muddati davomida tayyor mahsulotga o‘tkaziladi.
Advalor soliq – tovar qiymatiga nisbatan qat’iy foiz stavkasida o‘rnatilgan to‘lov. Inflyatsiya sharoitida o‘zining funksiyalarini avtomatik ravishda saqlab qoladi. Bu soliqning tarkibiga savdo soliqlari, imoratga nisbatan ko‘pgina poshlinalar va boshqalar kiritilishi mumkin. Tovarlarni (import tovarlarni ham) jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini soliqqa tortishda qo‘llaniladi.
Balans qiymati - buxgalteriya balansida asosiy fondlar va aylanma mablag‘larning pulda ifodalangan bahosi.
Balans foyda – mahsulot tannarxiga kiritiladigan barcha harajatlar va chiqimlar hamda majburiy to‘lovlar chegirilganidan so‘nggi korxona yalpi daromadining qismi. Balans foyda soliqqa tortulguncha qadar bo‘lgan yalpi foydadir.
Budjetdan tashqari fondlar – a) ijtimoiy: ijitmoiy sug‘urta fondi; pensiya fondi; bandlik fondi; majburiy tibbiyot sug‘urtasi fondi; b) noijtimoiy: yo‘l fondi; ekologiya va boshqa fondlardan iborat bo‘lib, ularning barchasi budjet tizimida konsolidatsiyalanadi.
Budjet dotatsiyasi – o‘z daromadlari va budjet tomonidan tartibga solinadigan barcha mablag‘lar etishmagan holda quyi budjetning harajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga tekinga (haq olmay) ajratiladigan pul mablag‘lari.
Budjet profitsiti - muayyan davrda budjet daromadlarining budjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
Budjet ssudasi – yuqori budjetdan quyi budjetga yoki respublika budjetdan rezident – yuridik shaxsga yoki xorij davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘.
Budjet tizimi – turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, ularni tashkil etishni va tuzish printsiplarini, shuningdek budjet jarayonida paydo bo‘ladigan ular o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi.
Budjet subventsiyasi – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ma’lum maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga tekingi (haq olmay) ajratiladigan pul mablag‘lari.
Budjet tashkilotlari – Davlat budjetida unga zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq faoliyatni moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lgan budjetdan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkiloti.
Budjeti taqchilligi (defitsiti, kamomadi) – muayyan davrda budjet harajatlarining budjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
Budjet transferti – budjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoki vakolotli organ orqali haq olmay (tekinga) ajratiladigan pul mablag‘lari.
Boqimanda – belgilangan muddatda o‘tkazilmagan va so‘zsiz undirilishi lozim bo‘lgan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovning summasi.
Boj poshlinalari – iste’mol soliqlarining tarkibiga kiradi. Ularning maqsadi daromad olish bo‘lmasdan, balki ichki bozorni, milliy sanoatni va qishloq ho‘jaligini himoya qilishdir. Davlat iqtisodiy siyosatining instrumenti sifatida maydonga chiqadi. Import qilinadigan tovarlarning bahosi bilan ichki bozordagi xuddi shunga o‘xshash tovarlarning bohasini tenglashtirish lozim.
Boj poshlinalarinig stavkalari – hukumat tomonidan o‘rnatilib, yagona hisoblanadi va chegaradan tovarlarni olib o‘tuvchi shaxslarga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zarmasdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni operativ ravishda tartibga solishning instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. Ularning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin:
a) advalor stavkalar (boj undiriladigan tovarning boj qiymatiga nisbatan foizda o‘rnatiladi);
b) maxsus stavkalar (boj undiriladigan tovarning birligiga nisbatan aniqlanadi);
v) kombinatsiyalashtirilgan stavkalar (boj undirishning dastlabki ikki varianti qo‘llaniladi).
Boj deklaratsiyasi - milliy qonunchilikning talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan, o‘ziga chegaradan o‘tayotgan yuklar (eksport yoki import qilinayotgan tovarlar, passajir yukki, uning qo‘lidagi yuki, boyliklar va valyutalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan hujjat. Bu hujjat yukni davlat chegarasi orqali o‘tkazib yurishda asos bo‘lib hisoblanadi.
Davlat budjeti daromadlari – o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: 1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar, shuningdek majburiy to‘lovlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa tushumlar; 2) davlatning moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotishga berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek xorijiy davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarsha va xorijiy davlatlarga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Davlat budjetining kassa ijrosi – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Davlat budjetining kassa ijrosi operatsiyalarini banklar Markaziy bankning topshirig‘iga binoan bajaradi.
Davlat byudjeti – davlat pul mablag‘larining (shu jumladan, davlat maqsadli fondlari mablag‘larining) markazlashtirilgan fondi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Davlat ichki qarzlari - davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish natijasida paydo bo‘lgan humumat majburiyatlarining yig‘indisi.
Davlat soliq inspeksiyalarining vazifalari va funksiyalari – 1) soliq to‘lovchilarning (xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ham qo‘shib hisoblanganda) to‘liq hisobga olinishini ta’minlash; 2) soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya hisoboti va balanslarini, soliq hisob-kitoblarini, hisobotlarni, deklaratsiyalar va to‘lovlarni hisoblash va to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish, shuningdek foyda, daromad, soliqqa tortishning boshqa obyektlarini to‘g‘ri aniqlanganligi va hisoblanganligi bo‘yicha bu hujjatlarning to‘g‘riligini tekshirish; 3) budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaganlarga nisbatan moliyaviy sanktsiyalar (jazolar) qo‘llanilishining to‘g‘riligini ta’minlash; 4) korxona, tashkilot va muassasalardan foyda (daromad)ning yoki soliqqa tortishning boshqa obyektlari pasaytirilganligidan (kamaytirilganligini) dalolat beruvchi hujjatlarni ko‘rish, ularning mazmunini qayd etish va olib qo‘yishni amalga oshirish (tegishli hujjatlarni olib qo‘yish uchun asos bo‘lib soliq inspeksiyasi mansabdor shaxsining asoslangan qarori xizmat qiladi); 5) musodara qilingan va egasiz mulklarni, shuningdek, meros qilish huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tkazilgan mulklarni hamda topilmalarni hisobga olish, baholash va relizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish; 6) budjetga tushishi lozim bo‘lgan va haqiqatda tushgan soliqlar va boshqa to‘lovlarning operativ – buxgalteriya hisobi yurgiziladigan hujjatlarni banklar, moliya organlari, korxona, tashkilot va muassasalardan olish; 7) davlat soliq inspeksiyalariga va ularning mansabdor shaxslariga buxgalteriya hisobotlari, balanslar, hisob-kitoblar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va budjetga soliqlar hamda majburiy to‘lovlarni hisoblash, shuningdek, to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlar taqdim etilmaganda yoki ularni taqdim etishdan bo‘yin tovlangan hollarda korxona, tashkilot, muassasalar va fuqarolarning bank hamda boshqa moliya-kredit tashkilotlaridagi hisob-kitob va boshqa schyotlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish; 8) ortiqcha to‘langan yoki undirilgan soliq va yig‘imlarni qaytarishni amalga oshirish; 9) yuqori soliq organlariga budjetga haqiqatda kelib tushgan soliq va boshqa to‘lovlarning summasi haqidagi ma’lumotni tuzish, tahlil qilish va taqdim etish; 10) xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pul muomalasi va nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanilishiga nisbatan qonunchilik talablarining bajarilishini nazorat qilishdan iborat.
Davlat tashqi qarzi – davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida paydo bo‘lgan hukumat majburiyatlarining yig‘indisi.
Davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida paydo bo‘lgan hukumat majburiyatlarining yig‘indisi.
Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya – Dvidentlar – taqsimlashga mo‘ljallangan aksionerlarning sof foydasi (daromadi); aksionerlik jamiyati yoki korxona sof foydasidan har bir aksiya uchun aksionerlarga ma’lum davrdan so‘ng (har yili, ayrim hollarda – har chorakda) to‘lanadigan daromad.
Dotatsiya – davlat budjetidan qaytarilmaydigan tartibda beriladigan pul mablag‘lari, (ziyon) larni qoplash uchun korxona va tashkilotlarga beriladigan davlat nafaqalari. Zarar (ziyon)lar korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabalarga ko‘ra vujudga kelgan paytda istisno tariqasida dotatsiya berilishi mumkin.
Daromad solig‘ining shedulyar shakli – Buyuk Britaniya soliq tizimida qabul qilingan. Daromadning manbaini inobatga olgan holda uning qismlarga (shedulyarga) bo‘linishini taqozo etadi. Har bir shedul o‘ziga manbai oldida “tutish”ni maqsad qilib qo‘yadi. Mamlakatda bu sohada olti shedul amal qilib, ularning ayrimlari Yana ichki taqsimlanishga ham egadir. Masalan, “A” shedul o‘z tarkibiga mulkdan olinadigan daromadlarni (yerga mulkchilikdan, bino va inshootlarga egalikdan, uy yoki xonani ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni), “V” shedul tijoriy maqsadlar uchun foydalaniladigan o‘rmon massivlaridan olinadigan daromadlarni, “S” shedul davlat qimmatbaho qog‘ozlaridan olinadigan daromadlarni, “D” shedul tijoriy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlarni (bu shedulning tarkibiga daromadlarning juda ko‘p turlari kirganligi uchun uning o‘zi yana olti qismga bo‘lingan), “E” shedul ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqa mehnat daromadlarni va nihoyat, “F” shedul Buyuk Britaniya kompaniyalari tomonidan to‘lanadigan dividendlar va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga olinadi.
Daromad solig‘i bo‘yicha jarimlar – Ushbu soliq to‘lanmaganda, noto‘liq to‘langanda yoki to‘lash tartibi buzilganda (rioya qilinmaganda), pulni undirish, moddiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat. O‘z vaqtida ushlab qolinmagan, noto‘liq ushlangan yoki tegishli budjetga o‘tkazilmagan soliq summalari jismoniy shaxslarga daromad to‘laydigan korxona, tashkilot va muassasalardan undirishga mo‘ljallangan summaning 10% hajmidagi jarimani birgalikda qo‘shib, soliq organlari tomonidan so‘zsiz undirib olinadi. Korxona, tashkilot, muassasalar va tadbirkor sifatida qayddan o‘tgan jismoniy shaxslardan soliq o‘z vaqtida tegishli budjetga o‘tkazilmasa, har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lov muddatidan keyingi kundan boshlab to‘langan kungacha (bu kun ham qo‘shiladi) 0,5% miqdorida penya undiriladi. Penyaning undirilishi ularni javobgarlikning boshqa turlaridan ozod etmaydi.
Daromadlardan olinadigan soliq – foyda solig‘idan tashqari aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha (davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha olingan daromadlardan tashqari) olingan dividentlar va foizlardan, kazinolar, videosalonlarning daromadlaridan, o‘yin avtomatlarining daromadlaridan, ommaviy kontsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazishdan olingan daromadlardan korxona va tashkilotlar tomonidan to‘lanadi.
Ikki marta soliqqa tortish – 1. Turli soliqlarni daromad (kapital)ning yagona manbaidan olinishi; 2. Qo‘shma korxona xorijiy ishtirokchisining foydasini xorijga o‘tkazilayotgan paytda soliqqa tortish va xudi shu foydani xorijiy ishtirokchi mamlakatida soliqqa tortilishi; 3. Sof foyda (daromad) (korporatsiyalar foydasi) v undan to‘lanadigan dividentlarni ular shaxsiy daromadga aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda to‘langan soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi soliqqa tortish manbaini ikkinchi mamlakatda oliqqa tortishdan ozod qilish yo‘li bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutilish mumkin. 1979 yilda BMT tomonidan manfaatdor davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ikki marta soliqqa tortishga barham berish uchun maxsus konventsiya ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi. Ular tomonidan o‘rnatilgan soliqqa tortish tartibiga ko‘ra qo‘shma korxona xorijiy ishtirokchisi o‘z foydasini xorijga o‘tkazayotgan paytda qo‘shimcha soliqdan ozod qilinadi.
Investitsion soliq krediti – Soliq to‘lovchi tomonidan ma’lum bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha juda muhim buyurtmani bajarganligi yoki shu hudud aholisiga juda muhim xizmatni taqdim etganligi uchun unga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan soliq summasi doirasida beriladigan engillik, imtiyoz (soliq to‘lovini kechiktirilish). Bu kredit soliq to‘lovi va mahalliy ma’muriyat o‘rtasida tuziladigan soliq bitimi bilan rasmiylashtirladi. Investitsion soliq kreditini taqdim etish (berish), rasmiylashtirish va qaytarish tartibi “Investitsion soliq kredit to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq belilanadi.
Imtiyoz - ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki to‘liq) ozod etish, ma’lum bir afzalliklarga (qulayliklarga) ega bo‘lish, masalan, soliq imtiyoziga.
Import-eksport solig‘i – soliqqa tortishning ko‘rinishlaridan biri; tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish vositasi (chorasi). Soliqqa tortish obyekti bo‘lib belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada hisoblangan tovarlarning boj qiymati yoki og‘irlik va miqdor birliklarida ifodalangan tovarlarning soni hisoblanadi.
Import solig‘i – bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad sarf qilinayotgan paytda olinadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizlar ana shunday soliq tarkibiga kiradi. Boj poshlinalarini ham iste’mol soliqlari qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat foydasiga olinsa, boshqa bir qismi mahalliy budjetlarga borib tushadi.
Yig‘imlar – qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibda va shartlarda to‘lovchilar tomonidan tegishli darajadagi budjetlarga yoki budjetdan tashqari fondlarga o‘tkaziladigan majburiy badallar. Ularning tarkibiga savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im, avtotrasport to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im, obodonchilik ishlari uchun yig‘im va boshqalar kiradi.
Kvotativ soliqlar - daromad yoki mulk qiymatining puldagi ifodasiga nisbatan stavkasi foizlarda o‘rnatiladigan soliqlar.
Moddiy xarajatlar - xom ashyo va asosiy materiallar, yordamchi materillar, yoqilg‘i, energiya va boshqa xarajatlardan iborat. Moddiy resruslarning qiymati ularni sotib olish bahosi (qo‘shilgan qiymat solig‘isiz), ta’minot va tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to‘lanadigan ustamalar, komission mukofotlar, boj to‘lovlari, tovarlar birjasining xizmat qiymatlari, tashish, saqlash va etkazib berish haqlarining yig‘indisidan tashkil topadi.
Muomala xarajatlari – tovarlar muomalasi jarayoniga xizmat qiluvchi xarajatlardan iborat. Bu xarajatlarlar ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin; 1) oldi-sotdi jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar (sof muomala xarajatlari); 2) ishlab chiqarish jarayonining muomala sohasida ham davom etishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar (tovarlarni saqlash, ortib jo‘natish, qadoqlash va boshqalar). Muomala xarajatlari absolyut summalarda va tovar-oborotga nisbatan foizda ijtimoiy zaruriy xarajatlar chegarasida (doirasida) rejalashtiriladi.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar – mahalliy budjetga olinadigan jismoniy va yuiridk shaxslarning majburiy to‘lovlari. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, savdo-sotiq qilish huquqi uchun qig‘im, shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im, avtotransport to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im, obodonchilik ishlari uchun yig‘im va boshqalar.
Mahalliy budjet - Davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromad manbalari va ularning tushumlari miqdori, shuningdek, moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Ma’muriy javobgarlik – ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar yuridik javobgarligining shakllaridan biri.
Ortiqcha to‘lovlar – to‘lovning budjetga tushgan ortiqcha summasi. Odatda soliq to‘lovchining boshqa to‘lovlar bo‘yicha mavjud bo‘lgan boqimondalarini uzish uchun hisobga olinadi va bu to‘g‘rida unga ma’lum qilinadi yoki moliya organining qarori nusxasi va bankning tegishli ko‘chirmasi asosida soliq to‘lovchiga qaytariladi.
Progressiv soliq - soliqqa tortish bazasining oshishi bilan soliq stavkasining ko‘tarilishi xarakterlidir. Progressiv soliqlarning orasida eng ko‘p uchraydigan daromad solig‘idir.
Proportional soliq – soliq shaklida olinishi mumkin bo‘lgan summa soliqqa tortish bazasining o‘lchamiga (miqdoriga, hajmiga) proportsionaldir. Bu soliq yagona stavkali soliqlar jumlasiga kiradi.
Proporsional soliqqa tortish – soliqning stavkasi soliq to‘lovchi daromadining hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda uning daromadiga nisbatan foizda o‘rnatiladi.
Progressiv soliqqa tortish – soliqqa tortiladigan summaning o‘sishiga mos ravishda soliq stavkasi ham ortadigan soliqqa tortish tizimi. Ular qkuyidagi shakllarda mavjud bo‘ladi: 1) oddiy progressiya – daromadning barcha summasi uchun soliqning stavkasi daromadning o‘sishiga muvofiq o‘sadi (ortadi); 2) murakkab progressiya – daromad qismlarga bo‘linadi va ularning har biri o‘z stavkasi bo‘yicha soliqqa tortiladi. Daromadning har bir keyingi qismi uchun soliqning stavkasi oldingisiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.
Penya – fuqarolik huquqida jazo choralarining (jarimalarning) ko‘rinishlaridan biri, qonun yoki shartnomaga muvofiq to‘lovlar muddatini buzganlik uchun undiriladigan moliyaviy jazoning shakli. Uning miqdori qonunga ko‘ra to‘lovning har bir kechiktirligan kuni uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan summaga nisbatan foizda belgilanadi. Korxona tomonidan to‘langan penya summasi noishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiga kiritiladi.
Preferentsiya – investitsion va innovatsion xarajatlarni moliyalashtirish uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq imtiyozi ko‘rinishida belgilangan (o‘rnatilgan) imtiyoz, afzallik.
Regressiv soliq – soliqqa tortiladigan daromadning oshishi bilan soliq stavkasining pasayishi xarakterlidir. Bunday soliqlar toifasiga, xususan, egri (bilvosita) soliqlarni kiritish mumkin. Regressiv soliqlarning yuki (og‘irligi) boylarga nisbatan kambag‘al qatlamlar uchun og‘irroq deb sanaladi. Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash uchun kambag‘allar boylarga nisbatan o‘z daromadlarining ko‘proq qismini (hissasini) sarflaydilar. Proportsional soliq ham regressiv bo‘lishi mumkin.
Regressiv soliqqa tortish - soliq asosi (bazasi)ning o‘sib borishi bilan soliq stavkasining pasayishini taqozo etadi. Soliq undirish og‘irligi daromadga teskari proportsionaldir: daromad qancha kam bo‘lsa, soliq to‘lovchi uchun soliqning og‘irligi shuncha og‘irdir. Hozirgi paytda qo‘shilgan qiymat solig‘ining joriy etilishi bilan egri (bilvosita) soliqlarning regressivligi kuchayib bormoqda.
Real soliq - soliqto‘lovchining ayrim mulklarini soliqqa tortadigan to‘g‘ri soliqlardan iboratdir.
Rezidentlar – kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam bo‘lmagan muddatda yashagan, O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va bo‘lmagan soliq to‘lovchilar (shu mamlakat hududida va undan tashqarida olinganlari ham) shu mamlakatda soliqqa tortilishi shart.
Respublika budjeti - Davlat budjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda adromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Soliqlar – qonunda beliglangan tartibda stavka bo‘yicha xo‘jalik brituvchi subyektlardan va fuqarolar (yuridik va jisoniy shaxslar)dan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy budjetga olinadigan majburiy to‘lovlar. Soliq, yig‘im, poshlina va boshqa to‘lovlar deyilganda qonuniy aktlar asosida beliglangan tartibda va shartlarda to‘lovchilar tomonidan tegishli darajadagi budjetlarga yoki budjetdan tashqaridagi fondlarga majburiy badallarning to‘lanishi tushuniladi. Belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig‘imlar, poshlinalar va boshqa to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi.
Soliq organlari – soliq qonunchiligiga rioya qilish, mamlakatning qonunlariga muvofiq belgilangan (o‘rnatilgan) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, ularning to‘liq va o‘z vaqtida budjetga o‘tkazilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi yagona mustaqil markazlashtirilgan tizim. Davlat soliq qo‘mitasining yagona tizimiga kiruvchi soliq organlari davlat boshqaruvining markaziy organi (Davlat soliq qo‘mitasi), viloyat, tuman va shahar soliq inspeksiyalaridan iboratdir. Soliq organlari yuridik shaxs hisoblanib, o‘z nomiga o‘zlarining mustaqil xarajatlar smetasiga, banklardagi joriy schyotiga va o‘z muhriga egadir.
Soliq inspeksiyalari – Davlatsoliq qumitasiing yagona tizimi tarkibiga kiruvchi tuzilmaviy birlik. Ularning tarkibiy tuzililishi funktsional belgigako‘ra aniqlanadi. Buning asosi sifatida turli belgilar: mulkchilik shakli, xo‘jalik faoliyatining turli, to‘lovlar hajmi, soliqlarning turlari va o‘.k.lar olinishi mumkin. Fuqarolarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun soliq inspeksiyasi nazorati ostida bo‘lgan hudud uchastkalarga bo‘linadi.
Soliq stavkasi – soliqqa tortish birligiga to‘g‘ri keluvchi soliqning hajmi (miqdori, darajasi). Qat’iy soliq stavkalari daromadlarga bog‘liq bo‘lmagan holda soliqqa tortish birligiga nisbatan absolyut summalarida o‘rnatiladi.
Soliq tizimi - mamlakat doirasida (hududida) to‘lovlardan (yuridik va jisoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar,yig‘imlar va boshqa to‘lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakli va uslublari yig‘indisi.
Soliq qonunchiligi – davlatda soliqlarning turi, ularni undirish mexanizmi va soliq majburiyatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtatishini tartibga solib turuvchi yuridik me’yorlar yig‘indisi; moliyaviy huquq instituti. Soliq huquq davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi (qurilishi), uning vazifa va funksiyalari bilan belgilanadi.
Soliq badallari (to‘lovlari) – soliq qonunchiligi bo‘yicha belgilangan tartibda va muddatda soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan, hisoblangan yoki qat’iylashtirilgan summalardir. Ularni hisoblash tartibi har bir soliq turi bo‘yicha qonunga binoan aniqlanadi.
Soliq tushumlari - Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan budjet daromadlari va xarajatlari klassifikatsiyasining daromadlari qismidagi ha rbir soliq va boshqa majburiy to‘lovlarga mo‘ljallangan qism, band, kod va moddaga muvofiq vakolotli banklarning hisob-kitob schyotiga yoziladigan, hisoblangan va haqiqatda kelib tushgan soliq badallari (to‘lovlari) va moliyaviy sanktsiyalar.
Soliq hisob-kitoblari – yuridik shaxslar tomonidan qonunda ko‘zda tutilgan muddatlarda buxgalteriya hisoboti bilan birgalikda soliq organlariga taqdim etilib, o‘zida ma’ulm hisobot davri mobaynida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan to‘lovlar summasini aks ettiradi. Soliq summalarini hisoblash tartibi soliq qonunchiligiga ko‘ra har bir soliq turi bo‘yicha alohida-alohida belgilangan.
Soliq nazorati - yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash ustidan nazorat.
Soliq to‘lovchilar – qonun hujjatlariga ko‘ra soliq to‘lash majburiyati yuklangan jismoniy va yuridik shaxslar hamda to‘lovchilarning boshqa toifalari.
Soliqqa tortilmaydigan oborot - qonunga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydigan oborot.
Soliqqa tortish obyektlari – qonunga muvofiq foyda (daromad), ma’lum bir tovarlar qiymati, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, mol-mulkni berish, (meros, taqdim etish), qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar, faoliyatning ayrim turlari va boshqalardan iborat. Soliqqa tortishning bir obyekti bir turdagi soliq bilan belgilangan muddatda (oy, chorak, yarim yil, yil) bir marta soliqqa tortilishi mumkin.
Soliqqa tortish printsiplari – soliq siyosatini amalga oishirshini belgilab beradigan va soliqlar bo‘yicha budjet topshiriqlarini tuzish orqali realizatsiya qilinadigan mustahkam o‘rnashib qolgan qoidalar yig‘indisi.
Soliq elementlari – davlatning qonun aktlari asosida aniqlangan soliqlarning tuzilishi (qurilishi) prinsiplari va ularni undirishni tashkil qilish, soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini o‘zida aks ettiradi.
Qo‘shilgan qiymat – sotilgan (realizatsiya qilingan) tovarlar, ishlar va xizmatlar qiymati bilan ishlab chiqarish va muomala xarajatlarining tarkibiga kiritilgan moddiy xarajatlarining qiymati o‘rtasidagi farq.