O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA DAVLAT QO’MITASI

 

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

 

 

 

AKTSIM fakulteti

AKTSI kafedrasi

 

 

 

 

 

 

 

SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

 fanidan

amaliy mashg’ulotlari uchun

uslubiy qo’llanma

 

Barcha texnik yo’nalishi talabalari uchun

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent-2014

 

 

Soliq va soliqqa tortish  fanining amaliy mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma

 

Mazkur uslubiy qo’llanma kirish, mundarija, tayanch ma’ruza,  mavzularga doir masalalar, test savollari, tayanch atamalar va adabiyotlar ro’yhatidan tashkil topgan.

 

 

 

Uslubiy qo’llanma kafedraning 2014 yil 6- maydagi 23-sonli bayonnomasida muhokama qilindi va universitet ilmiy-uslubiy kengashida muhokama etishga tavsiya etildi.

 

Kafedra mudiri:                                        i.f.n. S.P.Achilova

 

 

Uslubiy qo’llanma fakultet ilmiy kengashida muhokama etildi va nashrga tavsiya qilindi (2014 yil 22 may 10 - sonli bayonnoma ).

 

Kengash raisi:                                                  i.f.n.Sh.Sh.To’rayev

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MUNDARIJA

 

 

 

Kirish

4

 

 

 

1.

“Soliqlar va soliqqa tortish” fanining predmeti va o‘rganish usullari ……………………………………………...……………..

 

5

 

2.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga umumiy tavsifnoma …..

8

 

 

 

3.

Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i …………………

24

 

 

 

4.

Soddalashtirilgan soliq tizimi …………..………………………..

39

 

 

 

5.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i ………………………………………..

63

 

 

 

6.

Aktsiz solig‘i …………………………………………….……….

81

 

 

 

7.

Mol-mulk solig‘i …………………………………………………

95

 

 

 

8.

Yer solig‘i ………………………………………………………

108

 

 

 

9.

Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqlar …………..

123

 

 

 

10.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq ………………......

136

 

 

 

11.

Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq ……………….………..

142

 

 

 

12.

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ……..……..........

149

 

 

 

13.

Byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga ajratmalar ………..

156

 

 

 

 

Test savollari

168

 

 

 

 

O’zbekcha soliq atamalarining  inglizcha va ruscha lug’ati

185

 

 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar

189


Kirish

 

Soliq va soliqqa tortishfani barcha yonalishlardagi talabalarni tayyorlashda o'tilishi lozim bo'lgan fanlardan  biri bo'lib, bu fan Obekiston Respublikasi soliq tizimi, Obekiston Respublikasi soliq  qonunchiligi va soliq ishini yuritish, Davlat soliq xizmati idoralari tizimi, yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni nazariy, ilmiy va amaliy jihatidan organish va talabalarda mazkur fan boyicha mustahkam bilim konikmalarini hosil qilishga xizmat qiladi.

Soliq va soliqqa tortish fanining boshqa fanlar singari o‘ziga xos predmet va vazifalari mavjud. Bu fanni o‘qitishning zarurligi bozor iqtisodiyoti munosabatlari ichida soliq munosabatlarining ahamiyati o‘sib borayotganligidan kelib chiqadi. “Soliq va soliqqa tortish” fani soliq voqe’liklarini (harakatlarini) chuqur o‘rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini o‘rgatadi.     

“Soliq va soliqqa tortish” fani O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi, yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va ularni undirish tartibi, umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlar hamda yigimlar tarkibi, ulrni hisoblash hamda byudjetga to’lash, soliq sohasidagi ishlarni yuitish, soliqlar bo’yicha imtiyozlar, ivojlangan chet el mamlakatlarining soliq tizimi va ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rgatadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-mavzu: “Soliq va soliqqa tortish” fanining predmeti

va o‘rganish usullari

 

1.                     Soliq va soliqqa tortish fanini o‘qitishning zarurligi, uning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.

 

      

“Soliq va soliqqa tortish” fani soliq amaliyotidagi eng to‘g‘ri, eng mukammal va eng progressiv voqeliklarni o‘rganib, amaliyot uchun xuddi bir dasturiy amalday yoritib boradi. Nazariya voqeliklarni amaliyotdan oladi va yana amaliyotga eng to‘g‘ri, ma‘qul va ilg‘or tajribalar olinib amaliyotga yo‘l ko‘rsatish uchun o‘rgatiladi. Demak, nazariya amaliyot uchun kerak va amaliyot uchun kompas, yo‘l boshlovchi vazifasini bajaradi. Nazariyani chuqur bilgan amaliyotchi har qanday o‘zgarishlarda ham ishlab keta oladi va yo‘ldan adashmaydi.

“Soliq va soliqqa tortish” fanini o‘qitishning zarurligi amaliyotda yo‘ldan adashmaslik, keraksiz soliqlar bo‘yicha o‘zgartishlarga yo‘l qo‘ymaslik, amaliyotda istiqbolli qadamlar tashlash uchun va katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun ham zarurdir. Soliq va soliqqa tortish fani soliq nazariyasi fani bilan chambarchas bog‘liqdir, uning maxsus bo‘limi, ya‘ni chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan bo‘limidir. Chunki soliq nazariyasi qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya qonuniyatlaridan chetga chiqib keta olmaydi, ularga asoslanadi va rivojlantiriladi.

Soliq munosabatlari moliya munosabatlarining tarkibiy qismi bo‘lganligi bois, soliqlar va soliqqa tortish fani ham moliya nazariyasi fani bilan chambarchas bog‘liq. Soliqlar va soliqqa tortish fanining o‘ziga xos xususiyatlari soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi majburiy xarakterga ega bo‘lgan pul munosabatlarini o‘rgatadi.

Soliqlar va soliqqa tortish fani davlat byudjeti fani bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. Chunki soliqlar oxir oqibatda byudjet daromadlarini shakllantiradi. Soliqlar (daromadlar) bo‘lmasa byudjet munosabatlarining o‘zi bo‘lmaydi. Bu fan chet mamlakatlar soliq tizimi, moliyaviy hisob, soliq qonunchiligi asoslari, soliqlarni prognoz qilish fanlari bilan ham chambarchas bog‘liqdir.

 

2.                     Soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti va funktsiyalari.

 

       Har qanday fan o‘zining predmetiga, ya‘ni izlanish obyektiga ega bo‘ladi. Masalan, texnologiya fanining predmeti bo‘lib kimyoviy moddalarning tarkibini o‘rganish hisoblansa, mashinasozlik fani uchun mashinalar mexanizmini xarakteristikasi bo‘lsa, soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti soliq munosabatlarini (harakatini), soliqlar mexanizmini har tomonlama o‘rganishdan iboratdir.

Fanning predmeti soliq voqe’liklari pul munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Bu pul munosabatlari soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi (soliq oluvchi) davlat o‘rtasidagi munosabatlardir. Fanning mohiyati shu o‘rtadagi munosabatni chuqur o‘rganish, ularni to‘g‘ri tashkil qilishni ta‘minlashdir. To‘g‘ri tashkil etish deganda soliq munosabatida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e’tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar adolatlik va insoflik tamoyiliga amal qilishi zarur. Tushunarliroq qilib aytsak, byudjetga soliqlarni olishda soliq to‘lovchilar bo‘yniga ortiqcha og‘irlik osmaslik, ularni o‘z ishlab chiqarishidan manfaatdorligini so‘ndirib qo‘ymaslik, ularning dasturlari va rejalarini tez - tez o‘zgartirishga olib bormaslik va hokazolarga e’tibor berish ko‘zda tutiladi. Bu erda tomonlarning do‘stona munosabatda bo‘lishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlar bo‘lishini o‘rgatadi. Fanning predmetini chuqur o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, munosabatlarda bir tomonlama zo‘ravonlik munosabati bo‘lguday bo‘lsa, ikkinchi tomon unga javoban o‘z daromadlari, boshqa soliq obyektlarini har xil yo‘llar bilan yashiradi. Bunday hollarda har qanday xuquqiy hujjatlarning ham kuchi etmay qolishi mumkin. Daromadlarni, soliq obyektlarini yashirish holati ham munosabatlarni buzadi. Demak, soliqlar va soliqqa tortish fanini chuqur o‘rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli bajarish vazifasiga ham erishish mumkin.

Fanning funktsiyalari soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari xodimlarini nazariy jihatdan qurollantirish hamda amaliyotda adashmaslik uchun yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatishdan iboratdir. Shuningdek, chet el soliq amaliyotini o‘rganish va taqqoslash asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish, ularning ish tajribalarini o‘zimizning amaliyotga moslab zarur joylarini tadbiq etishdan iboratdir. Demak, fanning asosiy funktsiyasi yuqori malakali soliq mutaxassislari tayyorlashda ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan uslubiy qo‘llanmalar bilan ta‘minlashdir.

 

3.                     Soliqlar va soliqqa tortish fanining mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi roli.

 

       Soliqlarning paydo bo‘lishi davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun hamda hozirgi O‘zbekistonda ijtimoiy himoyalangan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uni tashkilotchisi ekanligidan soliqlar va soliqqa tortish fani davlatning o‘ta zarur bo‘lgan xilma - xil vazifalari bilan chambarchas bog‘liq va ularga asoslanadi. Davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish uni taqsimlashning qonun - qoidalarini ishlab chiqadi. Bu taqsimlashdagi munosabat bozor iqtisodiyoti sharoitida pul orqali amalga oshirilganligidan davlat uni taqsimlashni ham pul munosabatlari orqali, ya‘ni soliq, pul va kredit orqali amalga oshiradi. Davlatning bunday faoliyatini o‘rganish - soliqlar va soliqqa tortish fanining diqqat - markazida turadi.

Bozor iqtisodiyoti talab va taklif, raqobat, qiymat va boshqa qonunlar orqali amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti - erkin iqtisodiyot, pulli munosabatlar iqtisodiyotidir. Soliqlar ham pul munosabatlarini ifoda etganligi uchun bozor iqtisodiyoti tarkibiga kiradi, uning ajralmas qismidir. Bozor iqtisodiyoti qonunlari - soliqlar va soliqqa tortish fanining asosini tashkil etadi. U qonunlarni chuqur anglamasdan turib soliqlar va soliqqa tortish mexanizmini tushunib bo‘lmaydi.

Bozor iqtisodiyoti qonunlarini o‘rganib chiqib, davlat yalpi ichki mahsulot qiymatini soliqlar orqali taqsimlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Shunday ekan, davlat to‘g‘risidagi ta‘limot - davlat iqtisodiyotni boshqarishda bosh rol o‘ynashi soliqlar va soliqqa tortish fanining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat bozor iqtisodiyotini boshqarishda etakchilik, boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi. Davlat soliqlarni iqtisodiy mohiyati va vazifalarini o‘rganib chiqib, uni amaliyotga tadbiq qilishni o‘z zimmasiga oladi.

Soliq xizmati xodimlari o‘zlariga qonuniy hujjatlarda yuklangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishlari uchun faqat amaliy jihatdan soliqlarni bilibgina qolmasdan, soliqlarning mohiyati, belgilari, ularning obyektiv zarurligiga, davlatning soliq siyosati, soliqlar tizimi, soliqqa tortish tizimi, soliq idoralari tizimi va boshqalar kabi nazariy masalalarni chuqur bilishlari zarur. Buning uchun esa soliqlar va soliqqa tortish fanini chuqur o‘rganish kerak. Shuni nazarda tutish zarurki, Leonardo da Vinchi aytganidek: «Nazariya qo‘mondon, amaliyot askarlardir» Nazariya amaliyotni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi kompasdir. Har qanday vazifalarni kadrlar hal qiladi. Shuning uchun, ular chuqur nazariy bilimga va kasb mahoratiga ega bo‘lishlari zarur.

Fanning mazmunini chuqur egallagan har qanday mutaxassis soliqlar va soliqqa tortish jarayonini o‘rganishda va ularni hayotga to‘g‘ri hamda to‘liq tadbiq etishda adashmaydi. Shunday ekan bu fan soliq xizmati xodimlari, soliq sohasi vakillari, ilmiy xodimlar uchun o‘zlarining ilmiy salohiyatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar

 

1.     “Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o‘qitish nima uchun kerak?

2.     “Soliqlar va soliqqa tortish” fani nimani o‘rgatadi uning qanday funktsiyalari bor?

3.     “Soliqlar va soliqqa tortish” fanining mazmunida nimalarni o‘rgatish maqsadi yotadi va uning mutaxassis kadrlar tayyorlashdagi roli qanday?

 


2-mavzu: Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga umumiy tavsifnoma

 

1.Umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar.

 

Iqtisodiy adabiyotlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi soliqlar tizimi deb tushuniladi. Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi xududida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi hamda ular O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan joriy etiladi va bekor qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi.

Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;

4) aktsiz solig‘i;

5) yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Umumdavlat soliqlari har yili O‘zbekiston Republikasi Prezidentining keyingi moliya yili uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va davlat byudjeti prognozi to‘g‘risidagi maxsus qarori asosida belgilangan normativlar bo‘yicha tegishli mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi.

7) ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar:

·        yagona ijtimoiy to‘lov;

Bu to‘lov o‘z navbatida quyidagi jamg‘armalarga taqsimlanadi: Pensiya jamg‘armasiga, bandlik jamg‘armasiga va kasaba uyushmasi jamg‘armasiga.  

·        fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;

·        byudjetdan tashqari Pesiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar;

8) Respublka yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar:

·        Respublka yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;

·        Respublka yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;

9) davlat boji;

10) bojxona to‘lovlari;

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan umumdavlat soliqlari:

11) yagona soliq to‘lovi;

12) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:

1) mol-mulk solig‘i;

2) yer solig‘i;

3) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;

4) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;

6) yagona yer solig‘i ( soddalashtirilgan tartibdaga soliq)

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lovchisi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Mol-mulk solig‘i va yer solig‘i O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan joriy etiladi va uning butun hududida undiriladi.

Ushbu soliqlar stavkalarining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari tomonidan joriy etiladi. Ushbu soliqlar va yig‘imlar stavkalarining eng yuqori miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ayrim mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni umumiy, qat’iy stavkalarda belgilashi mumkin.

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalari soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlarning miqdorlari, ularni undirish tartibi, ular bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Yuridik shaxslar tomonidan byudjet bilan hisob-kitoblar hisobi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar hisobi hisobvaraqlarida mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar har bir turi bo‘yicha yuritiladi.

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi uchun javobgarlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lovchilar zimmasiga yuklanadi.

Mahalliy soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lanishining tasdig‘i bo‘lib amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bank muassasasi yoki vakolatli organ bergan hujjat hisoblanadi.

Soliqlarning umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bo‘linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o‘z byudjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga va boshqa majburiy to‘lovlarga ega bo‘lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni, jumladan, sog‘liqni saqlash, maorif, fan, mudofaa, xavfsizlikni saqlash, aholini ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator  shu kabi strategik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham soliqlari ham salmoqli bo‘lishni talab etadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq,  jismoniy shaxslar daromadidan olingan soliqlar respublika byudjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushushi mumkin. Bordi-yu, ajratma etmasa subventsiya yoki subsidiya beriladi. Umumdavlat va mahalliy soliqlar yagona mohiyatga ega bo‘lib, ular byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar hisoblanadi.

Mahalliy soliqlar hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy xokimiyat organlari asosan fuqarolarga yaqin bo‘lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni, jumladan,  maktab, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ularning byudjet xarajatlarining 30-40 foizini qoplaydi, xolos. 

Shuning uchun ham mahaliy byudjetlar daromadlarini ko‘paytirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular faqat shu hududning byudjetiga tushadi va ulardan boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi.

Mahalliy byudjetlarning soliq va boshqa majburiy to‘lovlari kam bo‘lganligidan bu byudjetlarning daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. Bu masalani echishda umumdavlat soliqlaridan ajratmalar beriladi. (masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘idan, aktsiz solig‘idan va boshqalar).

 

2.Soddalashtirilgan soliq tizimiga o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslar.

 

O‘zbekiston soliq tizimida soddalashtirilgan (ixchamlashtirilgan) soliq tizimiga o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagi soliqlarni to‘laydilar:

1) Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi to‘lanishini nazarda tutuvchi soliq solish tizimi qo‘llanilishi mumkin. Aktsiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshirayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar Soliq kodeksida (350-modda) belgilangan tartibda aktsiz solig‘i va er qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar to‘laganlari taqdirda yagona soliq to‘lovi ularga tatbiq etilmaydi. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarda import qilinadigan tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘ini va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati ham saqlanib qoladi.

2) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i (tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bundan mustasno), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, er qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar, er solig‘i, obodonlashtirish va  ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, boshqa mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar (mol-mulk solig‘i, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im bundan mustasno) o‘rniga byudjetga 2007 yil 1 yanvarga qadar yalpi daromad solig‘i to‘lar edilar. 2007 yil 1 yanvardan boshlab esa savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yalpi daromad va mol-mulk soliqlarning o‘rniga soliq solishning boshqa tizimini tanlash huquqisiz yagona soliq to‘lovini to‘lash rejimiga o‘tkazildi.

3) Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari aktsiz solig‘ini va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilganlik uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini istisno etganda, amaldagi barcha umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar o‘rniga o‘zi etishtiradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha yagona er solig‘ini to‘laydilar. Yagona er solig‘ini to‘lash tartibi va stavkalari har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi.

4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha soliq solishning o‘zi belgilagan stavkalar bo‘yicha soliqning qat’iy belgilangan summasini to‘lashni nazarda tutuvchi alohida tartibini belgilashi mumkin.

5) Konchilik sanoati tarmoqlarining ayrim korxonalari uchun qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lanishini nazarda tutadigan foydaning bir qismiga soliq solishning alohida tartibi joriy etilishi mumkin. Qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lovchilar, uni to‘lash tartibi va soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

6) Lotereyalarlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, er solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq o‘rniga yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovini to‘laydilar. Yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovi stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida  belgilanadi.

 

3.Soliqlarning guruhlarga ajratilishi.

 

O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlarni obyekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha bir necha guruhlarga ajratib o‘rganish mumkin.

Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi:

1.     Oborotdan olinadigan soliqlar

2.     Daromaddan olinadigan soliqlar

3.     Mol-mulk  qiymatidan olinadigan soliqlar

4.     Er maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, bojxona boji va er qa‘ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o‘lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to‘lovi ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.

Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliqlari kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i ham kiradi.

Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‘i kiradi.

Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning yagona yer solig‘i va yuridik (noqishloq xo‘jalik) va jismoniy shaxslarning er soliqlarini kiritish mumkin.

Õususan, keyingi yillarda mamlakatimizdagi bir qator soliq stavkalari ahamiyatli darajada pasaytirilib borilmoqda.

2.1-jadval

O‘zbekistonda soliq stavkalarining o‘zgarish dinamikasi, (%)

¹

Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar turi

2008

yil

2009

yil

2010

yil

2011

yil

2012

yil

2013

yil

2014

yil

1

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

10

10

9

9

 

9

 

 

9

 

8

2

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

13,

 18,

  25

12,

 17,

22

11,

17,

 22

10,

 16,

 22

9,

 16,

22

8,

16,

22

7.5,

16,

22

3

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

20

20

20

20

20

20

20

4

Mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi

 

8

 

8/7

 

7

 

6

 

6/5

 

6

 

6

5

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

0,5

0,5

0,5

0,75,

0,9,

1,13

0,9,

1,1,

1,35

1.04,

1.25,

1.55

1.2

1.4

1.8

6

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

3,5

3,5

3,5

3,5

 

3,5

 

3.5

 

4

7

Yagona yer solig‘i

2,8

3,5

5

6

6

6

6

8

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i

8

8

8

8

 

8

 

8

 

8

9

Yagona ijtimoiy to‘lovi

24

24

25

25

25

25

25

10

Fuqarolarning Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari

 

2,5

 

3,5

 

4,0

 

4,5

 

5,5

 

6.0

 

6.5

11

Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar

0,7

1,0

1,5

1,6

 

1,6

 

 

1.6

 

1.6

12

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar

1,5

1,5

1,5

1,4

 

1,4

 

1.4

 

1.4

13

Òa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar

1,0

1,0

0,5

0,5

 

0,5

 

0.5

 

0.5

 

Jadvaldan ko‘rinadiki, keyingi o‘n yil mobaynida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 3,4 barobar, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 2,1 barobar, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,1 barobar, yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 1,6 barobar pasaytirilgan. Buning natijasida, mamlakatimizdagi umumiy soliq yuki ham yillar davomida sezilarli ravishda pasayib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish natijasi o‘laroq keyingi yillarda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda. Bunda makroiqtisodiy tartibga solish tizimining muhim vositalaridan biri bo‘lgan davlat byudjetining ahamiyati g‘oyat yuksakdir. Amalga oshirilgan byudjet-soliq siyosati birinchidan, iqtisodiyotning istiqbolli soha va tarmoqlarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimida muhim fiskal omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Qolaversa, amaldagi faol ijtimoiy siyosat va kuchli ijtimoiy himoya tizimlarini shakllantirishda davlat byudjetiga alohida vazifalar yuklatilgan bo‘lib, ushbu vazifalarni samarali ijrosi ta’minlanmoqda. Keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida davlat moliyasining barqarorligi kuzatildi.

Soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirishga qaratilgan islohotlar ustuvor ahamiyatga ega bo‘ldi. Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish,  foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi stavkalarini kamaytirish orqali iqtisodiyotdagi sog‘lom muhitni shakllantirish va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada jonlantirish ta’minlandi. 2012 yilda xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun foyda solig‘ining 9 foizga tushirilishi natijasida ushbu mablag‘lar ishlab chiqarishni kengaytirish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini yanada mustahkamlashga, xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi soliq yukini yanada yengillashtirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, fuqarolarning daromadlarini ko‘paytirish hamda aholining xarid qobiliyatining oshishiga zamin yaratildi. Soliq siyosatidagi ushbu jarayon kichik biznes subyektlari uchun yagona soliq to‘lovini kamaytirish orqali davom ettirilib, 2012 yil uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 6 foizdan 5 foizga tushirilishi belgilab berildi.

Õususan, iqtisodiyotdagi soliq yukini yanada qisqartirish va soliq ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar davom ettirildi. Buni quyidagi rasm ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.

 

2.1-rasm. Soliq yukining pasayishi va YaIMning o‘sishi[1]

Soliq yukini yengillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish keyingi yillarda soliqdan bo‘yin tovlash, daromadlarni yashirish holatlarini bartaraf etish, soliq solish bazasini kengaytirish imkonini berdi. Buning natijasida davlat byudjeti daromadlarida soliq tushumlarining o‘sishi kuzatildi. 2000 yilda soliq yuki 37,4%ni,  2011 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 22 %ni tashkil etdi.

2010 yilda ham soliq siyosatida yetakchi tarmoq korxonalarini moliyaviy vositalar orqali qo‘llab qo‘vvatlash mexanizmi davom ettirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 23 martdagi PQ-1306-sonli “2010 yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni  mahalliylashtirish Dasturi to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq  iqtisodiyotning 12 ta eng muhim bazaviy tarmoqlari bo‘yicha 180 dan ortiq korxonalarga soliq to‘lovlari bo‘yicha soliq imtiyozlari va  preferensiyalar berildi hamda ularning muddatlari uzaytirildi. Natijada, tadbirkorlik subyektlarining soliqdan bo‘shagan mablag‘lari hisobiga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha investitsiyalarni moliyalashtirish uchun maqsadli yo‘naltirish imkoniyatlari vujudga keldi.

Moliya tizimi barqarorligini ta’minlashdagi muhim qadamlardan biri bu 2010 yildan boshlab bir nafar o‘quvchiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib chiqqan holda, maktabgacha tarbiya bolalari muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibini Respublikaning barcha hududlaridagi mazkur muassasalarga tatbiq etildi. Natijada, yo‘naltirilgan byudjetlashtirishning ushbu elementi byudjet muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirilishini ta’minladi va xarajatlarning manzilli va maqsadli sarflanishi uchun sharoit yaratilishiga olib keldi. 

2010 yilda ish haqi va aholining turmush farovonligini izchil oshirib borish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yilgacha ish haqini 2,5 barobarga ko‘paytirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifasini ijrosini ta’minlash davom ettirildi va 2010 yilda byudjet sohasi muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar miqdori 32 foizga, aholining umumiy pul daromadlari esa jon boshiga 1,3 barobarga oshirildi.

 

4.To‘g‘ri va egri soliqlar­ning tarkibi va  ular­ning byudjet daromad­laridagi ahamiyati

 

Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosita soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya‘ni soliqni huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘g‘ri soliq yukini boshqalar zimmasiga  yuklatish holati bu erda bo‘lmaydi. Bu soliqlar tarkibiga barcha daromaddan to‘lanadigan soliqlar va mol-mulk (resurs) soliqlari kiradi.

To‘g‘ri soliqlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar  daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari oshirilsa, korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari kamaya boradi va oxir-oqibatda mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Demak, bu guruh tarkibiga kiruvchi soliqlarning stavkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bog‘liqdir. Egri soliqlarni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og‘irligini haqiqatdan ham byudjetga to‘lovchilari tovar (ish, xizmat)ni iste’mol qiluvchilardir, ya‘ni egri soliqlarning barchasi bevosita iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qo‘shimcha ravishda qo‘yiladi. Egri soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarni respublikadan tashqariga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob bo‘lishiga yordam beradi hamda inflyatsiya darajasini (muomaladagi ortiqcha pul massasini) birmuncha jilovlab turadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir etmaydi, ya‘ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi ilmiy asoslanmasdan  oshirib yuborilsa bunday holatda korxonalar o‘z tovarlarini sotish qiyinchiligiga duch kelishlari mumkin.

Jahon soliq amaliyotida Davlat byudjeti daromadlari tarkibida to‘g‘ri va egri soliqlarning nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga baho berish mumkin. Masalan. AQShda byudjet daromadlari tarkibida to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining 90 foizga yaqin bo‘lishi bu mamlakat iqtisodiyotining yuqori darajada rivojlanganligidan darak beradi.

Quyidagi 2.2-jadvalda O‘zbekiston Respublikasi byudjet amaliyotida soliqlarning tarkibi va undagi o‘zgarishlar ko‘rib chiqilgan.

 

2.2-jadval

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari

tarkibi[2]

 

Asosiy byudjet ko’rsatkichlari

2011 yil

(mlrd.so’m)

2012 yil

(mlrd.so’m)

2013 yil

(mlrd.so’m)

Byudjet daromadlaridagi salmogi,  %da

Davlat byudjeti daromadlari

16 178,5

20 614,1

25 104,9

100

Shu jumladan:

Bevosita soliqlar                       

4 238,7

5 196,4

6 583,1

26,2

Bilvosita soliqlar

8 656,8

11 187,8

13 039,4

51,9

Resurs to’lovlai va mol-mulk solig’i  

2 308,9

2 746,4

3 755,5

14,9

Boshqa daromadlar

974,0

1 233,5

1 432,4

5,7

Byudjet harajatlari

16 991,1

21 571,7

26 312,4

Byudjet defitsiti YaIMga nisbatan
1,0
%

 

Keltirilgan ma‘lumotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2011-2013 yillar mobaynida to‘g‘ri soliqlarning mamlakat davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmidagi salmog‘i pasayish tendentsiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa, xalqaro byudjet amaliyotida shakllangan tendentsiyalar nuqtai-nazaridan salbiy  holat hisoblanadi. Chunki, mazkur tendentsiyalarga muvofiq, bozor iqtisodiyoti sharoitida to‘g‘ri soliqlarning davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmidagi salmog‘i barqaror tarzda saqlab turilishi yoki o‘sish tendentsiyasiga ega bo‘lishi lozim.

Egri soliqlar tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, bojxona boji, jismoniy shaxslarning transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun soliqlari kiradi.

Mazkur tendentsiyaning mavjudligi davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning hozirgi holati nuqtai-nazaridan  ijobiy hisoblanadi. Buning sababi shundaki, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘i iqtisodiy kon’yunkturaning o‘zgarishlariga bevosita bog‘liq bo‘lmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo‘yicha tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti ijtimoiy xarajatlarini o‘sish tendentsiyasiga ega ekanligi davlat byudjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i kabi barqaror daromad manbalarini byudjet daromadlarining tarkibidagi yuqori salmog‘ini ta‘minlashni taqozo qiladi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘g‘ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langandir.

Evropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Evropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‘rsatkich 25-30 foizni tashkil qiladi. [3]

 

5.Yuridik va jismoniy shaxslar tulaydigan soliqlar va yig‘imlar.

 

O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlarning hal qiluvchi asosiy qismini yuridik shaxslarning  soliqlari  va  boshqa majburiy to‘lovlari tashkil etadi. Yuridik shaxslar quyidagi umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydilar (2.2-chizma).

Yuridik shaxslar soliq to‘lovchi bo‘lishi uchun yuridik shaxs maqomini olganidan tashqari, albatta biror ruxsat etilgan faoliyatdan daromad olgan bo‘lishlari zarur yoki tovarlar (ish, xizmatlar) sotishdan oborotga ega bo‘lishlari hamda statistika idoralarida, hokimiyatlardan ro‘yxatdan o‘tgan (kodga ega) bo‘lishlari shart.

Jismoniy shaxslar yuridik shaxs maqomini olmagan shaxslardir. Bunday shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmaganlar va chet el mamlakatlari fuqarolari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga binoan soliqqa tortish maqsadida soliq to‘lovchilar yuridik va jismoniy shaxslarga bo‘lingan. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining 20-25 foizini tashkil etadi.

Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarning xususiyati shundan iboratki, soliq jismoniy shaxsning to‘g‘ridan-to‘g‘ri  o‘z daromadidan olinadi. Ular to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar asosan byudjetga naqd pul to‘lash yo‘li bilan o‘tkaziladi (2.3-chizma).

 

2.2-chizma. Yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar[4]

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


2.3-chizma. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlar

 

Jismoniy shaxslar davlat byudjetiga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydi:

 - jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq;

 - mol-mulk solig‘i;

 - yer solig‘i;

 - jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganligi uchun soliq;

- jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganda daromadiga o‘rnatilgan qat’iy stavkadagi soliq;

- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliqlar va majburiy to‘lovlar.

6.Soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlari

 

O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Soliq Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida” gi qonuni va shu kabi bevosita soliqqa oid qonun hujjatlari orqali tartibga solib turiladi.

Soliq haqidagi qonun hujjatlarining boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan o‘rin olgan normalari soliq kodeksiga muvofiq bo‘lishi lozim. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Soliq Kodeksidan boshqacha qoidalar belgilangan yoki nazarda tutilgan bo‘lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalarida belgilangan shartlar amalda qo‘llaniladi.

Soliq solish – yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi.

Belgilanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) yoki pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yishi yoxud soliq to‘lovchining iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qo‘yishi yoki unga g‘ov bo‘lishi mumkin emas. Olingan manbalaridan qat’i nazar, barcha daromadlarga soliq solinishi lozim, soliq imtiyozlarini belgilashda esa albatta ijtimoiy adolat printsiplariga rioya etilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining pul birligi-so‘mda hisoblab chiqariladi.

Amaldagi soliq kodeksiga ko‘ra soliq to‘lovchilar ko‘yidagi huquqlarga egadirlar:

·  soliq organlaridan soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha axborot va maslahatlar olish.

Soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlari ro‘yxatdan o‘tgan quyi Davlat soliq xizmati organlariga borib, byudjet oldidagi o‘z majburiyatlarini xatolarsiz bajarish maqsadida tegishli axborotlarni yoki maslaxatlarni bepul olish imkoniyatlariga ega. 

·        Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda va asoslarda soliq imtiyozlaridan foydalanish.

Soliq to‘lovchilar nafaqat Soliq kodeksida balki, Vazirlar Mahkamasining yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaror va Farmonlarida ko‘zda tutilgan imtiyozlardan ham foydalanish huquqlariga egadirlar. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 13 noyabrdagi 390-sonli “ Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqaruvchi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar belgilangan foyda solig‘idan 20 foiz miqdorida imtiyozga egadirlar.

·        Byudjetga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini qaytarish to‘g‘risida yozma ariza bilan murojaat qilish.

 Amaliyotda shunday holatlar uchraydiki, gohida soliq to‘lovchilarning o‘zlari, gohida esa soliq idoralarining ongli xarakatlari tufayli soliqlar va yig‘imlardan ortiqcha to‘lovlarni undirish amalga oshiriladi, ayniqsa, chorak yakuni yoki moliyaviy yil yakunlanayotgan vaqtda ayrim soliq turlaridan prognoz-rejalarni bajarish maqsadida korxonalarning bankdagi xisob raqamlaridan inkassa topshiriqnomasi orqali qonunchilikka zid ravishda majburiy undirish holatlari ko‘p uchrashi mumkin. Byudjetga ortiqcha undirilgan soliqlar 30 kun muddat ichida soliq to‘lovchilarga qaytarilishi yoki boshqa soliqlar va yig‘imlardan qarzi mavjud bo‘lgan holda o‘sha qarzni qoplash imkoniyati paydo bo‘ladi.

·        Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha byudjet oldidagi o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud ma‘lumotlar bilan tanishish.

Ushbu bandga muvofiq soliq to‘lovchilar quyi soliq idoralariga berilgan soliq turlari bo‘yicha belgilangan prognoz-reja va shu kabi xo‘jalik va moliyaviy faoliyatlariga tegishli bo‘lgan soliqqa tortish masalalari bo‘yicha ma‘lumotlar bilan tanishish imkoniyatlariga egadirlar.

·        Soliq organlari o‘tkazgan tekshiruv materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish, tekshiruvlarning natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda soliq organiga o‘zining yozma e’tirozlarini o‘n kunlik muddat ichida taqdim etish.

Soliq to‘lovchilar faoliyati soliq organlari tomonidan tekshirilganda aniqlangan xato va kamchiliklar, qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, hisoblangan moliyaviy jarimalar to‘g‘risida tuzilgan dalolatnoma korxona mansabdor shaxslariga (bosh hisobchisiga) tanishtirilishi shart. Tekshirish natijalarini korxona rahbariyati noxaq deb hisoblashi hamda e’tiroz bildirishi ham mumkin. Bunday holatda, soliq to‘lovchi soliq idorasi rahbariyati nomiga yoxud yuqori soliq idoralariga yozma murojaat qilishlari mumkin. Soliq idoralarida ekspert komissiyasi tuzilgan bo‘lib, ushbu komissiya tomonidan soliq to‘lovchilarning yozma e’tirozlari bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi va natijasi arizachiga bildiriladi. Bunday holatda tekshirish natijasida soliq to‘lovchiga nisbatan qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda moliyaviy jarimalarni byudjetga undirish to‘xtatilmaydi.

·        Soliq organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining hatti-harakatlari ustidan yuqori soliq organlariga yoki sudga shikoyat qilish.

Soliq organlari o‘zlariga berilgan vakolot doiralarida qabul qilgan qarorlari ayrim hollarda soliq to‘lovchilarning  e’tirozlarini keltirib chiqarishi mumkin yoki ular mansabdor shaxslarining xatti-xarakatlarini soliq to‘lovchi qonunga zid deb hisoblashlari va ularga barham berish maqsadida yuqori soliq organlari(Davlat soliq boshqarmasi, Davlat soliq qo‘mitasi)ga yoxud sudga shikoyat bilan da‘vo qilishlari mumkin. Bunday holat amaliyotda ba‘zida uchrab turadi.

·        Soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish.

Soliq to‘lovchilar soliq hisob-kitobini quyi soliq idoralariga qonunchilikda belgilangan muddatlarda topshirgandan so‘ng, xato va kamchiliklarni aniqlashsa uni qayta tuzatib darhol soliq idoralariga qayta soliq hisob-kitoblarini topshirishlari lozim bo‘ladi. Aks holda, qonun oldida javob berishga to‘g‘ri keladi.

Soliq to‘lovchilar Soliq Kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.

Soliq kodeksiga ko‘ra soliq to‘lovchilar quyidagi majburiyatlarga egadirlar:

·        belgilangan tartibda va muddatlarda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish, pochta manzili o‘zgargan taqdirda esa (notijorat tashkilotlar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda ham), bu haqda soliq organlarini o‘n kunlik muddat ichida yozma ravishda xabardor etish.

Soliq to‘lovchilar amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng, albatta quyi soliq idoralaridan ham ro‘yxatdan o‘tishi va tegishli ravishda soliq to‘lovchining identifikatsion raqami  (STIR) ni olishi shart. STIR Davlat soliq  qo‘mitasi tomonidan markazlashgan tartibda ro‘yxatga olinadi va soliq to‘lovchilarga quyi soliq idoralari tomonidan etkaziladi.

·        Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tegishli summasini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lash.

Soliq to‘lovchilar hisobot davrida hisoblangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida, to‘liq miqdorda byudjetga to‘lab berishlari shart. Aksincha, soliq idoralari tomonidan o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilmagan soliqlar va yig‘imlar summasiga nisbatan har bir kechiktirilgan kun uchun 0,05 foiz miqdorida jarima (penya) hisoblanadi. Hisoblangan penya miqdori korxonaning sof foydasi hisobidan qoplanadi.

·        Buxgalteriya hisobini va hisob hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq yuritish.

Korxona o‘zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini yuritishda  qonunchilik bilan belgilab berilgan hisob va buxgalteriya hisobi xujjatlarini yuritishga majburdir. Korxonada buxgalteriya hisobini yuritish tegishli qonunchilik normalari asosida amalga oshiriladi.

·        Moliyaviy hisobotni, soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarni yoki daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etish.

Soliq to‘lovchilar har bir soliq turi bo‘yicha hisob-kitoblarini  belgilangan muddatlardan kechiktirmasdan  soliq idoralariga taqdim etadi. Aks holda, korxonaga va korxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan moliyaviy va ma‘muriy jazo choralari qo‘llaniladi.

·        Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq hujjatlar va ma‘lumotlarni, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yuzasidan imtiyozlar huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish.

Soliq to‘lovchilarga soliq kodeksida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida yoki boshqa qonun xujjatlarida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan imtiyozlar ko‘zda tutilgan holda, ular imtiyoz olish huquqini tasdiqlovchi tegishli qonun xujjatlarini quyi soliq idoralariga taqdim etishi shart. Imtiyoz huquqini tasdiqlovchi xujjat mavjud bo‘lgandagina ular imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.

·        Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash masalalarini tekshirish uchun soliq organlarining mansabdor shaxslarini daromad olish yoki soliq solish obyektlarining saqlanishi bilan bog‘liq binolar va joylarga kirishiga ruxsat berish.

Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining tekshiruv rejasiga asosan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyati tekshirilganda korxonalar soliqqa tortish obyekti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha obyektlarini ko‘zdan kechirishga va bundan tashqari tekshirishga sharoit yaratib berishlari lozim. Aks holda, soliq idoralarining qonuniy talablari bajarilmagan hisoblanadi va ularga nisbatan qonunchilikda ko‘zda tutilgan tegishli jazo choralari qo‘llaniladi.

·        Soliq organlarining soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini bartaraf etish to‘g‘risidagi talablarini bajarish.

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar

1.     Soliqqa tortish obyektiga qarab soliqlar qanday guruhlanadi?

2.     Oborotdan olinadigan soliqlarga qaysi soliqlar kiradi?

3.     Daromaddan olinadigan soliqlarga qaysi soliqlar kiradi?

4.     Mol-mulk va yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qaysi soliqlarni kiritish mumkin?

5.     Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga qarab qanday guruhlanadi?

6.     To‘g‘ri soliqlar tarkibiga qanday soliqlar kiradi va u nima uchun to‘g‘ri soliq deb ataladi?

7.     Egri soliqlar tarkibiga qanday soliqlar kiradi?

8.     Egri soliqlarning ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rsating?

9.     Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarning farqi nimadan iborat?

10.                 Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarning o‘ziga xos xususiyatlari nima?

11.                 Soliq to‘lovchilar qanday huquqlarga ega?

12.                 Soliq to‘lovchilar qanday majburiyatlarga ega?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-mavzu: Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i

 

1.Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.

 

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari 1991 yilga qadar asosan dalat korxonalari foydasidan ajratiladigan ajratmalar hisobidan shakllanar edi. Ushbu foydadan ajratma davlat tomonidan belgilangan majburiy to‘lov bo‘lib, u korxonalar balans foydasining 90 foizgacha bo‘lgan qismini byudjetga olib ketar edi. Qolgan mablag‘lar esa korxona tomonidan emas, balki yuqori tashkilot topshirig‘iga ko‘ra tegishli fondlarga taqsimlanar edi.

Respublikamiz ma‘muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishi tufayli mamlakatimiz xo‘jalik turmushida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Natijada mulkchilikning turli shakllari rivojlanishi, korxonalarning imkoniyatini oshishi, bozor infrastrukturasi rivojlanishi bilan  majburiy ajratmalarning avvalgi tizimi korxonalarning xo‘jalik yuritish samaradorligini ta‘minlay olmay qoldi hamda ular bevosita va bilvosita investitsiya dasturlariga to‘sqinliq qila boshladi. Chunki, foydadan ajratma o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra faqat davlat korxonalari foydasidan ajratilishi lozim edi.

Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan  iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solish xususan, foydadan ajratmalar o‘rniga daromad solig‘ini joriy etish zarurati paydo bo‘ldi va 1992 yildan boshlab barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar “Daromad” solig‘ini to‘lashga o‘tdilar.

O‘zbekiston Respublikasi rubl mintaqasida qolib turgan vaqtda daromad solig‘ini olishga o‘tish pul qadrsizlanishi tufayli ish xaqi o‘sishini cheklash uchun davlat tomonidan majburiy chora bo‘ldi. Bunday sharoitda ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy ahvoli yomonlasha boshladi. Natijada mahsulotga talab pasayib, sotishdan olingan tushum xajmi kamaygani holda, ular o‘z ishlab chiqarishlari yo‘nalishini o‘zgartirishga, foyda olmasalar ham juda kata miqdorda ishchilarga ish xaqi to‘lashga majbur bo‘ldilar. Bunday holatda amaliyotda korxonalar hisobot davrida foyda bilan faoliyatlarini yakunlamasada daromad solig‘ini ish xaqi fondidan belgilangan stavkada to‘lashga majbur edilar.

1995 yil yanvar oyidan boshlab soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda korxonalarning foydasidan olinadigan soliq joriy etildi. 2008 yil 1 yanvardan kuchga kirgan Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, u davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3.1-jadval.

2008-2011 yillarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining

davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i[5]

 

Ko‘rsatkichlar

2008 yil

2009 yil

2010 yil

2011 yil

mln.so‘m

%da

mln.so‘m

%da

mln.so‘m

%da

mln.so‘m

%da

Davlat maqsadli jamg‘armalar daromadlarisiz - jami

7108257.4

100

10421382,5

100

13116396,9

100

16178563,5

100

To‘g‘ri soliqlar

1798051.7

25.3

2769172,4

26,6

3420602,8

26,1

4238732,8

26,2

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

361178.5

5.1

542342,9

5,2

645476,1

4,9

825011,7

5,1

 

Jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining byudjet daromadlaridagi salmog‘i kamayish tendentsiyasiga ega. Ya‘ni, uning salmog‘i yillar bo‘yicha  tahlil qiladigan bo‘lsak, 2008 yilda jami daromadlarga nisbatan salmog‘i 5.1 foizni, 2009 yilda mos ravishda 5.2 foizni, 2010 yilda 4.9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilda 5.1 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.    

Bu holat yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalarini yildan-yilga pasayib borayotganligi bilan izohlanadi. Daromadning ko‘p qismi korxonalar ixtiyorida qolishi ularning investitsion faolligini oshiradi, yangi ishchi o‘rinlar ochish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish hamda ish va xizmatlar ko‘rsatish uchun yanada keng moliyaviy imkoniyat yaratadi.

 

2.Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi.

 

Soliq kodeksiga ko‘ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lovchilari bo‘lib, moliya yilida soliqqa tortiladigan foydaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi. Ammo soliqqa tortishning alohida tartibiga o‘tgan korxonalar, jumladan yagona soliq to‘loviga o‘tgan mikrofirma va kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari, yagona yer solig‘i to‘lovchi qishloq xo‘jalik tovari ishlab chiqaruvchilar bu soliqni to‘lovchisi hisoblanishmaydi. Ular o‘zlari uchun ixchamlashtirilgan soliqni to‘laydilar. Bulardan tashqari tadbirkorlik faoliyatining faqat alohida turlariga qat‘iy stavkada soliq to‘lovchilar ham bu soliqni to‘lovchilari hisoblanishmaydi.

Yuridik shaxslar foyda solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim iqtisodiyot tarmoq korxonalari byudjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin (misol uchun, energetika, neftegaz-xolding kabi tarmoq korxonalarida).

Soliqqa tortish maqsadida foydaga soliq to‘lovchilarni rezidentlar va norezidentlarga ajratiladi.

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb, O‘zbekistonda ta‘sis etilgan yoki ro‘yxatdan o‘tgan hamda bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashib, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar O‘zbekistonda va undan tashqaridagi faoliyatdan olgan daromadlaridan foyda solig‘iga tortiladilar.

O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari esa, faqat O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatishdan olgan daromadlari bo‘yicha soliqqa tortiladilar.

Rezidentlar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchilar bo‘lsa, norezidentlar faoliyati Respublikada vaqtinchalik harakterga ega bo‘ladi.

Yuridik shaxslar foyda solig‘i to‘lovchilari bo‘lishi uchun qo‘yidagi shartlarga javob berishi kerak:

·          ruxsat etilgan faoliyatdan foyda olishi (qonunchilik bilan ta‘qiqlangan faoliyatdan tashqari);

·          o‘zining mol-mulkiga ega bo‘lishi;

·          mustaqil tugallangan buxgalteriya balansiga ega bo‘lishi;

·          bankda hisob raqamiga ega bo‘lishi;

·          identifikatsion raqamga ega bo‘lishi.

·          mahalliy hokimiyat organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi.

Umumiy tartib bo‘yicha yuridik shaxslar qayd etilgan shartlarga javob bersagina foyda solig‘i to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar.

Soliq kodeksining 127-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining obyekti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining va norezidentlarining foydasi hamda rezident va norezidentlarning chegirmalar qilinmagan holda to‘lov manbaidan soliq solinadigan daromadlar hisoblanadi.

 

3.Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar.

 

Soliq solinadigan baza esa jami daromad bilan chegirib tashlanadagan xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi hisobga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi (Soliq kodeksining 128-moddasi).

Yuridik shaxslarning foyda solig‘i bo‘yicha soliqni to‘liq, to‘g‘ri aniqlash (hisoblash) uchun ularning jami daromadlari tarkibiga nimalar kirishini mukammal o‘rganish zarur bo‘ladi.

Yuridik shaxslarning jami daromadi tarkibiga ular tomonidan olinishi lozim bo‘lgan (olingan) ortilgan tovar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat haqlari kabi pul va bepul (pulsiz) qaytarmaslik sharti bilan olingan mablag‘lar kiradi. Demak, olingan kreditlar jami daromadga kirmaydi.

Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

§  tovardlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olinadigan daromadlar;

§  boshqa daromadlar.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, shu jumladan yordamchi xizmatlar tomonidan realizatsiya qilishdan qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘i chegirib tashlangan holda olingan tushum tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromaddir.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan tushum yuklab jo‘natilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymatidan kelib chiqqan holda tovarlarni jo‘natish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hollarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgilanadi.

Vositachilik faoliyatidan daromadlar oladigan yuridik shaxslar uchun tushum deyilganda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‘lgan haq summasi tushuniladi.

Qurilish, qurilish-montaj, ta‘mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar (xizmatlar) bo‘yicha, shuningdek obyektlarni foydalanishga tayyor qilib qurish chog‘ida shartnomaviy baholardan kelib chiqib haq to‘lash uchun hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan, buyurtmachilar tomonidan bajarilgan (ko‘rsatilgan) va tasdiqlangan ishlarning (xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i kiritilmagan qiymati daromadga qo‘shiladi.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan bahosidan past baholarda (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda) realizatsiya qilinganda, shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul topshirilganda soliq solish maqsadlari uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxi yoki tovarlar olingan baho asosida (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda) aniqlanadi.

Boshqa daromadlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi. Jumladan:

·        asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olinadigan daromadlar;

·        mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;

·        asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;

·        tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek ishlar va xizmatlar;

·        inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralar hamda boshqa mol-mulk qiymati tariqasidagi daromadlar;

·        hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar;

·     majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlar;

           Bunga da‘vo muddati o‘tgan hisobdan chiqarilgan majburiyatlar hamda sudning yoki vakolatli davlat organining qaroriga binoan hisobdan chiqarilgan majburiyatlar kiradi.

·        talablardan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan daromadlar;

·        jami daromaddan ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzida olingan daromadlar;

·        xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromadlar;

·        undirib olingan yoki qarzdor tomonidan tan olingan jarima va penyalar;

·        valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha kursdagi ijobiy farq;

·        dividendlar va foizlar;

·        royalti;

·        tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish Bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar.

Solik kodeksiga ko‘ra quyidagilar yuridik shaxs daromadi sifatida qaralmaydi:

-    ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar;

-    sotilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun boshqa shaxslardan dastlabki haq (bo‘nak) tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

-    byudjetdan berilgan subsidiyalar;

-    agar mablag‘larni (mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni) boshqa shaxsga o‘tkazish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo‘lsa, tekin olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;

-    olingan grantlar;

-    sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) tariqasida olingan mablag‘lar;

-    investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk;

-    va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan daromadlar.

Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan aniqlanadi va qo‘yidagi ketma-ketlikdagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi:

1) mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda.

YaF=SST-IT, bu erda:

YaF-yalpi foyda, SST-sotishdan olingan sof tushum, IT-sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;

2) asosiy faoliyatdan olingan foyda.

AFF=YaF-DX+BD-BZ, bu erda:

AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda, DX-davr xarajatlari, BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, B3-asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar.

3) umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar).

UF=AFF+MD-MX,

bunda: UF-umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD-moliyaviy faoliyatdan daromadlar; MX-moliyaviy faoliyat xarajatlari;

4) soliq to‘languncha olingan foyda.

STF=UF+FP-F3,

bunda: STF-soliq to‘laguncha olingan foyda; FP-favqulodda vaziyatdan olingan foyda; F3-favqulodda vaziyatdan ko‘rilgan zarar.

Yilning sof foydasi, korxona foyda solig‘ini va undan keyin obodonlashtrish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish  solig‘ini to‘lagandan so‘ng korxonanig o‘zida qoladi.

Jami daromaddan chegirmalar. Soliq to‘lovchining xarajatlari soliq solinadigan foydani aniqlash paytida chegirib tashlanadi. Xarajatlar xaqiqatda qaysi soliq davrida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha davrda chegiriladi. Soliqf kodeksiga ko‘ra (141-modda) xarajatlar chegiriladigan va chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga bo‘linadi.

Chegirib tashlanadigan xarajatlarga moddiy xarajatlar, mehnatga haq to‘lash xarajatlari, amortizatsiya xarajatlari hamda Soliq kodeksining 145-moddasida nazarda tutilgan boshqa xarajatlar kiradi.

       Soliq solinadigan bazaga kiritiladigan, ya‘ni chegirilmaydigan xarajatlarga quyidagilar kiradi:

-    moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha yo‘qotishlar va buzilishlar;

-    xodimlarga beriladigan yoki soliq to‘lovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun yordamchi xo‘jaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha narxdagi farqlar (zararlar);

-    xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha ajratmalar bo‘yicha belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar;

-    nodavlat pensiya jamg‘armalariga ajratmalar;

-     xo‘jalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar;

-    umumiy ovqatlanish korxonalari yoki boshqa chet tashkilotlarga joylarni bepul berish xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlar ko‘rsatish qiymatini to‘lash;

-    yillik moliyaviy hisobotni bir hisobot davrida bir martadan ortiq auditdan o‘tkazish xarajatlari;

-    soliq to‘lovchining faoliyatida talab etilmaydigan kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash xarajatlari;

-    xodimlarga bepul ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, beriladigan oziq-ovqatlar, tovarlar, mahsulotlar va boshqa qimmatliklar yoki soliq to‘lovchining xodimlari uchun ishlar hamda xizmatlarni bajarish qiymati, ularga bepul beriladigan uy-joy haqini to‘lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summalari);

-    xodimlarga qo‘shimcha berilgan ta‘tillarga to‘langan haq va ular yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalardan ortiqcha kompensatsiyalar, bundan noqulay va o‘ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek og‘ir va noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan qo‘shimcha  ta‘tillar uchun to‘langan haq mustasno;

-    xodimlarning ovqatlanishi, yo‘l haqi, davolanishi uchun, davolanish va dam olishi uchun yo‘llanmalar, ekskursiyalar va sayohatlar uchun, sport sektsiyalari, to‘garaklari, klublaridagi mashg‘ulotlarga, madaniy-tomosha, jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga borishi uchun, obunaga hamda xodimlarning shaxsiy foydalanishi uchun tovarlarga qilingan xarajatlarning o‘rnini qoplash yoki to‘lash va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;

-    pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga biryo‘la to‘lanadigan nafaqalar;

-    xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam (xodimning mehnatda jarohatlanishi yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast etkazilishi yoxud xodim oila a‘zosining vafoti munosabati bilan beriladigan yoki xodimning vafoti munosabati bilan oila a‘zolariga beriladigan moddiy yordam bundan mustasno);

-     ishlab chiqarishda shikastlanganlik tufayli mehnat layoqatini yo‘qotganlik munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlarisiz haqiqatdagi ish haqigacha to‘lanadigan to‘lovlar;

-    ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda boshqa xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, xalq ta‘limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga badallar kiritish;

-    ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan sog‘liqni saqlash va dam olishni tashkil qilish tadbirlariga xarajatlar;

-    mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni (xizmatlarni) (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish va boshqa turdagi ishlar) bajarishga sarflangan xarajatlar;

-    atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha bo‘lganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari;

-    kredit shartnomasida muddatli qarzlar uchun nazarda tutilgan stavkalardan ortiqcha to‘lov muddati o‘tgan hamda uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) bo‘yicha foizlar;

-    bayram sanalari va muhim sanalar, jamoat faoliyatidagi yutuqlar munosabati bilan xodimlarni rag‘batlantirish hisoblanadigan bir yo‘la mukofotlar;

-    sud chiqimlari;

-    aybdorlari aniqanmagan o‘g‘irliklar va kamomaddan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summalarning o‘rnini qoplash mumkin bo‘lmaganda ko‘rilgan zararlar;

-    soliq to‘lovchining asosiy vositalari va boshqa mol-mulkining (aktivlarining) chiqib ketishidan (balansdan chiqarilishidan) ko‘rilgan (buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun  hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan) zararlar. Quyidagi zararlar bundan mustasno:

       a)O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida mol-mulkni bepul topshirishdan ko‘rilgan zararlar,

       b) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini bepul topshirishdan hamda ulardan bepul foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatishdan ko‘rilgan zararlar;

       v) uch yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalarni realizatsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar;

-    xo‘jalik shartnomalari shartlarini va qonun hujjatlarini buzganlik uchun to‘langan yoki tan olingan jarimalar, penya hamda boshqa turdagi sanktsiyalar;

davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha boshqaruvchi kompaniyalar, davlat ishonchli boshqaruvchilari va ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini hamda ularga mukofotlar to‘lash, shuningdek kompaniyalarning boshqa professional boshqaruvchilariga mukofotlar to‘lashga doir xarajatlar.

 

4.Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar

 

Yuridik shaxslarning foyda solig‘i stavkalari har yili O‘zbekiston Respublika­si Prezidentining keyingi yil uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlanadi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i  stavkasi 1998 yilda 36 foizni tashkil etgani holda 2001 yilda 26 foizga tushgan. 2002 yilga esa 24 foiz, 2003 yilda 20 foiz, 2004 yilda 18 foiz, 2005 yilda 15 foiz, 2006 yilda 12 foiz va 2007 yilda 10 foiz, 2010 yildan boshlab 9 foiz qilib belgilangan, 2011 yilda mazkur miqdor saqlanib qolgan.

Quyidagi jadval ma‘lumotlarida 2014 yilda yuridik shaxslarning foydasiga soliq stavkalari keltirilgan.

3.2-jadval

Yuridik shaxslar foydasiga solinadigna soliq

stavkalari[6]

 

¹

To‘lovchilar

Soliq solina­digan bazaga nisbatan %da soliq stavkalari

1

Yuridik shaxslar (2-3 bandlardagidan tashqari)

8

2

Tijorat banklari

15

3

Auktsionlar o‘tkazishdan, gastrol-kontsert faoliyati bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik va jismoniy  shaxslarni (shuningdek, norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar

35

4

O‘zi ishlab chiqargan tovarlar (ish, xizmatlar) eksportining erkin almashtiriladigan valyutadagi hissasi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksport qiluvchi korxonalar uchun (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 12 oktyabrdagi PF-1871 soni farmoni bilan tasdiqlangan xom-ashyo tovarlari ro‘yxatidagilar bundan istisno):

 

sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha

belgilangan stavka 30% ga pasaytiriladi

sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori

belgilangan stavka 50% ga pasaytiriladi

5

1-bandda ko‘rsatilgan xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari uchun, plastik kartalar qo‘llab haq to‘langan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi bo‘yicha

belgilangan stavka 10% ga pasaytiriladi

 

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini 2006 yildagi 12 foizdan 2010 yilda 9 foizga  hamda 2014-yilda bu stavka 8 foizga tushirilishi korxonalar ixtiyorida taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra qo‘shimcha 37 mlrd. so‘mni tejash imkonini beradi va u korxonalarning investitsion faolligini yanada aktivlashtirishga xizmat qiladi.

Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra norezident soliq to‘lovchining daromadini chet elga o‘tkazilayotganda 10 foiz miqdorida foydaga soliq undiriladi.

Doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borgan norezidentning daromadi hech qanday chegirmasiz daromad manbaida quyidagi stavkalarda soliqqa tortiladi:

·  dividendlar va foizlardan – 10 foiz;

·  sug‘urta mukofotlari, sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash – 10 foiz;

·  O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar bilan Xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiya va transport xizmati (fraxta daromadi) – 6 foiz;

·  royalti, ijara daromadlari, xizmat ko‘rsatish, shu jumladan boshqaruv xizmati, maslahatlar va boshqa daromadlar – 20 foiz.

Yuridik shaxslarga to‘lanadigan dividendar va foizlar to‘lov manbaida 10 foizli stavka bilan soliqqa tortiladi.

Soliqqa tortish maqsadida dividend deb, aktsiyalardan va boshqa xo‘jaliklar subyektlarining ustav kapitalidagi qatnashish ulushidan olgan daromadlari tushuniladi.

Foizlarga esa depozit qo‘yilmalar, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlardan olgan daromadlar kiradi.

Manbaida soliqqa tortilgan va dividend, foiz olgan norezident jami daromadidan tegishli tartibda belgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda chegirma olish huquqiga ega bo‘ladi.

Soliq kodeksining 158-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod etiladi:

1) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta‘minlash-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqini belgilayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda turgan xodimlar kiritiladi;

2) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari;

3) jazoni ijro etish muassasalari;

4) ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari.

Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi:

1) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatishdan, nogironlar uchun mo‘ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta‘mirlash hamda ularga xizmat ko‘rsatishdan olingan foydasi;

2) shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foydasi;

3) tarix va madaniyat yodgorliklarini ta‘mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi;

4) investitsiya fondlarining xususiylashtirilgan korxonalar aktsiyalarini sotib olishga yo‘naltiriladigan foydasi;

5) Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olingan foydasi.

Soliq kodeksining 159-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi quyidagi summaga kamaytiriladi:

1) ekologiya, sog‘lomlashtirish va xayriya jamg‘armalari, madaniyat, xalq ta‘limi, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga beriladigan badallar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning ikki foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha tarbiya ta‘lim muassasalari qurilishiga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga, lekin soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

3) asosiy ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruktsiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

4) ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihozlar xarid qilishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga, lizing obyekti qiymatining o‘rnini qoplashga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirgan holda yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga.

Soliq solinadigan bazani kamaytirish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan e‘tiboran, texnologik jihozlar bo‘yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan e‘tiboran uch yil ichida amalga oshiriladi. Yangi texnologiya jihozlari ular olingan (import qilingan) paytdan e‘tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi foydadan olinadigan soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda, imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun bekor qilinadi;

5) yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari badallari to‘lashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy olishga tekin yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda;

6) diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya jamg‘armalarining mulkida bo‘lgan korxonalar foydasidan shu birlashmalar va jamg‘armalarining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan ajratmalari summasiga.

 

5.Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni byudjetga to‘lash muddatlari

 

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ortib boruvchi yakun bilan chiqarilgan foyda solig‘i bo‘yicha soliq  hisobini ro‘yxatdan o‘tgan joydagi soliq  idoralariga yilning  har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.

Yuridik shaxs tugatilgan taqdirda soliq  organi soliq  to‘lovchidan kamroq bo‘lgan davr uchun hisobotlar, soliq  hisobini taqdim etishni yozma xabarnoma topshirish yo‘li bilan talab qilib olishi mumkin. Xabarnomada buning sababi hamda hisobotlar, soliq  hisobi qachon va qaysi davr uchun taqdim etilishi lozimligi ko‘rsatiladi.

Yuridik shaxsni tugatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) 5 kunlik muddatda bu haqda soliq  organini yozma ravishda xabardor qiladi.

Yuridik shaxsni tugatish xaqida qaror qabul qilingandan so‘ng soliq  to‘lovchi 15 kun ichida soliq  organiga hisobotlar, soliq  hisobini taqdim etishi shart.

Foyda solig‘i bo‘yicha hisobotlar, hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan shakl (1-ilova) va tartibda taqdim etiladi.

Yuridik shaxslar foyda solig‘ini foyda solig‘i bo‘yicha hisoblarni topshirish uchun belgilangan kundan boshlab 5 kun ichida to‘laydilar.

Yilning hisobot choragida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan eng kam ish xaqining 200 barobaridan ko‘proq miqdorda foyda olgan yuridik shaxslar foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni har oyning 15-kunida yilning choragi bo‘yicha foyda solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘laydi.

Yuridik shaxslar avans to‘lovlar summasini hisoblab chiqarish uchun yilning joriy choragi birinchi oyining 5-kunigacha soliq  ro‘yxatdan o‘tgan joydagi soliq  organiga yilning tegishli choragida taxmin qilinayotgan foyda hamda belgilangan foyda solig‘i stavkasi asosida ma‘lumotnoma (2-ilova) taqdim etadilar.

Joriy to‘lovlar belgilangan muddatlargacha byudjetga to‘lanmasa ularga nisbatan soliq qonunchiligida ko‘zda tutilgan har bir kechiktirilgan kun uchun hisoblangan soliq summasiga nisbatan 0,05 foiz miqdorida penya (moliyaviy jarima) qo‘llaniladi.

Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisobot davri uchun byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan tahdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni foyda solig‘ining xaqiqiy summasidan kelib chiqib penya (0.05 foiz) hisoblagan holda qayta hisoblab chiqadi.

Hisobot davrida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olgan foyda 200 karrali minimal ish haqidan kam bo‘lgan korxonalar chorakda bir marta soliq to‘laydilar. Ular avans (joriy) to‘lovlarni to‘lamaydilar. Avvalgi choraklarda to‘lagan soliqlari esa hisobga olib boriladi.

Soliq  to‘lovchilar birinchi chorak, yarim yil va yil o‘tishi bilan yil boshidan hisoblangan yakun bilan soliqni haqiqiy olingan foydadan kelib chiqib foydaga soliqni mustaqil o‘zlari hisoblab chiqadilar. Yil mobaynida to‘lagan soliqlari hisobot yilida hisoblangan soliq  summasidan hisobga olinadi.

Haqiqiy olingan foydaga qarab hisoblangan soliq  summasi (farqi) byudjetga choraklik va yillik moliya hisoboti topshirish mo‘ljallangan kungacha to‘lanadi.

Ortiqcha to‘langan soliq  summasi kelgusi to‘lovlarga o‘tkaziladi yoki soliq  to‘lovchiga boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan qarzi bo‘lmasa undan yozma ariza olgan kundan boshlab 30 kun ichida korxonaga qaytariladi.

Foydadan soliqni hisoblash va byudjetga o‘tkazish javobgarligi foydalaridan soliq  to‘lashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar zimmasiga tushadi.

Dividend va foizlar to‘lovchi yuridik shaxslar qo‘yidagi shaklda (5-jadval) soliq hisobini topshiradilar va to‘lov amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 5 kuni ichida soliq  summasini byudjetga o‘tkazadi.

3.3-jadval

Dividend va foizlarga soliq hisobi[7]

 

Ko‘rsatkichlar

To‘lovchi ma‘lumoti bo‘yicha

Soliq  inspektsiyasi ma‘lumoti bo‘yicha

Hisoblangan dividendlar va foizlar

2500

2500

Soliq  stavkasi

10

10

Byudjetga to‘lashi lozim bo‘lgan soliq  summasi-jami

250

250

 

Daromadlarni manbaida to‘lovchi yuridik shaxslar moliya yili tugashi bilan 30 kun ichida davlat soliq  xizmati idoralariga hamda daromad olgan yuridik shaxslarga ularning talablari bo‘yicha dalolatnoma topshiradilar. Unda shu shaxslarning ro‘yxat raqamlari, nomlari, umumiy olingan daromad va jami to‘langan soliq  summasi hisobot yili uchun ko‘rsatilgan bo‘ladi.

 

Mavzuga doir masalalar:

 

1-masala. Quyidagi ma‘lumotlarga asosan foyda solig‘ini hisoblang. (ma‘lumotlar ming so‘m hisobida keltirilgan)

1.    Mahsulot (ish, xizmatlar) sotishdan tushgan tushum – 4380

2.    Qo‘shilgan qiymat solig‘i – 688

3.    Aktsiz solig‘i – 500

4.    Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi – 2695

5.    Sotish xarajatlari – 35

6.    Ma‘muriy xarajatlar – 83

7.    Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad – 35

8.    Olingan dividendlar – 75

9.    Valyuta kursi bo‘yicha musbat farq - 29

10.  Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar – 15

11.  Favqulotda foyda – 5

12.  Chegirilmaydigan xarajatlar - 312

13.     Soliq imtiyozi - 100

Yechilishi:

1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining obyekti “Mahsulot (ish, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomga muvofiq aniqlanib, unga muvofiq soliq obyektini aniqlash quyidagi tartibda olib boriladi. 

YaF = SST - IT = 3192 - 2695 = 497

(bu erda, YaF - yalpi foyda; SST - sotishdan olingan sof tushum; IT- sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi).

AFF = YaF – DX + BD – BZ = 497 – 118 + 35 = 414

(bu erda, AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX - davr xarajatlari; BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar).

UF = AFF + MD – MX = 414 + 104 – 15 = 503

(bu erda, UF - umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari).

STF = UF + FP – FZ = 503 + 5 = 508

(bu erda, STF- soliq to‘langungacha olingan foyda; FP-favqulotda foyda; FZ- favqulotda zarar).

2. STFga xarajatlarning farqi tiklanadi, ya‘ni bizning misolimizda:

508 + 312 = 820 ming so‘mni tashkil etadi.

Ushbu summadan aktsiyalar va qimmatli qog‘ozlardan dividendlar (foizlar) to‘lov manbaida soliqqa tortilganligi bois  chegiriladi, ya‘ni:

820-75=745 ming so‘mni tashkil etadi.

Shundan soliq bo‘yicha imtiyozlar chegiriladi, ya‘ni

745-100=645 ming so‘mni tashkil etadi.

3. 2014 yil uchun foyda solig‘i stavkasi 8 foizligini hisobga olgan holda soliq summasi:

D(f)s = 645 x  8 / 100 = 51,6 ming so‘mni tashkil etadi.

 

2-masala. Quyidagi ma‘lumotlar asosida foyda solig‘ini hisoblang (ming so‘m):

1.  Sotishdan olingan  sof tushum – 3192

           - shundan eksport faoliyatidan – 670

2.  Soliq to‘langunga qadar olingan foyda – 508

3.  Olingan dividendlar – 75

4.  Soliq bo‘yicha imtiyozlar – 100

Yechilishi:

1. Respublikamiz soliq qonunchiligiga muvofiq yuridik shaxslarning erkin almashtiriladigan valyutadagi eksportiga imtiyozli stavkalar belgilangan. Demak, imtiyozli stavkalarning qaysi birini qo‘llashni aniqlash uchun eksport mahsulotining umumiy sotish hajmidagi salmog‘i aniqlanadi, ya‘ni:

(670 / 3192) x 100 = 20.9

Ushbu misolda eksport mahsulotining umumiy sotish hajmidagi salmog‘i 20.9 foizni tashkil etadi. Bunday holda belgilangan foyda solig‘i stavkasi 30 foizga kamayadi, ya‘ni:

12 x 30 / 100 = 3.6  ga, demak korxona foyda solig‘ini 5.3 foizda (82.7) to‘laydi.

 2. 508 + 312 – 75 – 100 = 645 ming so‘m.

645 x 5.3 / 100 = 34,185 ming so‘m.

 

3-masala. Ishlab chiqarish korxonasi ikkinchi yil faoliyat yuritmoqda, uning foyda solig‘i to‘lagungacha bo‘lgan daromadi (2-son, 170-satr) 150 ming so‘m bo‘lgan.

Hisobot davri uchun qo‘shimcha ravishda quyidagi ma‘lumotlar mavjud:

Xokimiyatga homiylik yordami ko‘rsatilgan-18 ming so‘m;

qariyalar uyiga yordam ko‘rsatish uchun –9 ming so‘m;

ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun-249 ming so‘m (yil davomida to‘plangan  eskirish-281 ming so‘m);

Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i necha so‘mga teng?

 

4-masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda soliqlari to‘lovchi ishlab chiqaruvchi korxona 2011 yil hisobot davri uchun quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:

Ichki bozorda mahsulotni sotishdan tushgan tushum-12800 ming so‘m;

Chet el valyutasiga sotilgan mahsulot 14 ming AQSh dollari miqdorida (yuk ortilgan vaqtda 1 AQSh dollari-1607 so‘m)

Omborxonalarni ijaraga berishdan  olingan sof daromad-2700 ming so‘m;

Uskunalarni o‘z vaqtida olib kelib o‘rnatilmagani uchun sotuvchi korxonadan tushgan jarima va  shartnomada ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lov-998 ming so‘m;

Yordamchi korxonadan olingan dividendlar (dividenddan undirlgan soliq xaqidagi ma‘lumot mavjud)-1339 ming so‘m;

«Ishonch» firmasi tomonidan xodimlar bo‘limiga  tegishli 1751 ming so‘mlik kompyuter datsuri yaratilgan va tekinga o‘rnatib berilgan.

2012 yilda qonunchilikka asosan chegirmaga olib berilgan 3005 ming so‘mlik sotilgan mahsulotning puli kelib tushgan.

Sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi-11375 ming so‘m,shu jumladan ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy vositalarning eskirishi belgilangan me’yorga nisbatan 2 koeffitsient qo‘llanilgan bo‘lib, 2100 ming so‘mni tashkil etgan.

O‘tgan davr uchun quyidagi xarajatlar amalga oshirilgan:

Me’yor chegarsida o‘zining mahsulotini reklama qilish uchun –125 ming so‘m sarflangan;

Boshqaruvda ishlovchilar uchun ish haqi bo‘yicha xarajat-4495 ming so‘m;

Xizmat safari xarajatlari, me’yordagisi-392 ming so‘m, me’yordan yuqori-85 ming so‘m;

Xizmat avtomobili saqlash uchun xarajatlar-145 ming so‘m;

Uyali telefon-1345 ming so‘m;

Ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy vositalar eskirishi-895 ming so‘m;

Hisobot davrida hisobvaraqlar bo‘yicha olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i-925 ming so‘m.

Aniqlang:

1.Hisobot davrida davlat byudjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i summasini.

2.Davlat byudjetiga to‘laniishi lozim bo‘lgan ko‘shilgan qiymat solig‘ini.

3.Korxonaning moliyaviy natijlari bo‘yicha hisobotni (2-shakl) tuzing.

4.Hisobot davri uchun foyda solig‘ining shaklini to‘ldiring.

Masalani echish davrida mol-mulk solig‘i, yer solig‘i hamda boshqa soliqlar va majburiy to‘lovlarga ahamiyat bermaslikka ruxsat etiladi.

 

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.      O‘zbekistonda foyda solig‘i qachon joriy qilingan?

2.      Yuridik shaxslar foyda solig‘ini to‘lovchilari kimlar?

3.      Rezident va norezident kimlar va ular qandan tartibda soliqqa tortiladi?

4.      Soliq  obyekti va soliqqa tortish bazasi qanday aniqlanadi?

5.      Korxonaning moliyaviy faoliyat natijalari fanday aniqlanadi?

6.      Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari qaysi mezonlar asosida tabaqalashtirilgan?

7.      Mahsulotini eksport qiluvchi korxonalar uchun qanday stavkalar belgilangan?

8.      Qanday yuridik shaxslar foyda solig‘idan to‘liq ozod etiladi?

9.      Yuridik shaxslarning qanday foydasi yuridik shaxslar foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi?


4-mavzu: Soddalashtirilgan soliq tizimi

 

4.1. Yagona soliq to‘lovi

 

1. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini soliq amaliyotiga tadbiq etilishi, uning iqtisodiy mohiyati. Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayonida kichik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlarni tovarlar bilan to‘ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Soliqqa tortish tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kichik  biznes subektlarini soliqqa tortish mexanizmini  takomillashtirish hisoblanadi.    

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 159-son “Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida” gi qaroriga asosan mikrofirma va kichik korxonalar soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibidan soddalashtirilgan, ya‘ni ixchamlashtirilgan soliq rejimiga o‘tkazildi. Bunda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash yoki umumbelgilangan tartibda soliq majburiyatlarini bajarish ixtiyoriy ekanligi qat‘iy belgilandi. Kichik korxonalar uchun yagona soliqning o‘rnatilishi soliq hisob-kitobini tuzishni osonlashtiradi hamda ular bir nechta soliq turi o‘rniga faqatgina bitta yagona soliq bo‘yicha soliq idoralariga soliq hisob-kitobini topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Natijada korxona hisobchilarining ishi birmuncha osonlashdi.

 2.Yagona soliq to‘lovi, uning to‘lovchilari va to‘lovchilar tarkibiga kiritish mezoni. Mikrofirmalar va kichik korxonalarni jadal rivojlantirishni yanada rag‘batlan­tirish hamda uning mamlakat iqtisodiyotida ahamiyati va ulushini tubdan oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq 2005 yilning 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston soliq tizimida kichik biznes subyektlarining ba‘zi toifalari uchun yagona soliq to‘lovi joriy qilindi.

U birxillashtirilgan bo‘lib, quyidagi majburiy to‘lovlarni to‘lash o‘rniga joriy qilingan:

- yagona soliq;

- byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;

- Respublika yo‘l jamg‘armasi;

- Maktab ta‘limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajrat­malar.

Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar uning summasini soliq solinadigan baza va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda soliq organlariga davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bo‘yicha hisob-kitoblar alohida taqdim etilmaydi, shuningdek pensiya, yo‘l va maktab ta‘limini rivojlantirish jamg‘armalariga majburiy ajratmalar summalari alohida to‘lanmaydi.

Yagona soliq to‘lovi faqat kichik biznes subyektlari - mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etiladi.

Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar ro‘yxati 2007 yil 1 yanvardan boshlab kengaydi. Jumladan, ular tarkibiga soliq solishning boshqa tizimini tanlash huquqisiz savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza – kontoralari va ularning xududiy bazalari bundan mustasno. Ular uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 8 iyundagi “Ixtisoslashtirilgan ulgurji baza – kontoralarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” gi PQ-374-son qarori bilan nazarda tutilgan soliq solish tartibi saqlab qolinadi); mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga tegishli bo‘lgan tayyorlov va ta‘minot – sotish tashkilotlari, brokerlik firmalari, komissiya shartnomasi (topshirig‘i) bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar; soliq solishning boshqa tizimini tanlash huquqisiz lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun yuridik shaxslar kiritildi.

2007 yil 1 yanvardan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari hisoblangan alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqisiz, soliqlar va majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda to‘lashga o‘tkazildi. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovi tadbiq etilmaydi. Bundan tashqari Soliq kodeksining 350-moddasiga ko‘ra yagona yer solig‘ini to‘lovchilarga, qat‘iy belgilangan soliqni to‘lash nazarda tutilgan mikrofirma va kichik korxonalarga hamda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalarga ham yagona soliq to‘lovi tatbiq etilmaydi.

Soliqlar va majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda to‘lovchilar hisoblangan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanadigan notariuslar esa soliq solishning boshqa tartibini tanlash huquqisiz yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi “1998 yil 9 apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida”gi PF-3305 sonli farmoniga ko‘ra 2004 yilning 1 yanvaridan boshlab kichik biznes subyektlari tarkibiga quyidagilar kiritilgan:

·     yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar;

·     xodimlarining o‘rtacha yillik soni:

    - ishlab chiqarish tarmoqlarida 20 kishidan;

    - xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga bevosita aloqasi  bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan;

    - ulugurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar;

·     quyidagi tarmoqlarning o‘rtacha yillik xodimlari soni:

   - engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati 100 kishidan;

   - mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari 50 kishidan;

   - fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalar 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.

Kichik biznes subyektlariga amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra tadbiq etiladigan soliq imtiyozlari va preferentsiyalar faqat yuqoridagi sanab o‘tilgan subyektlarga taalluqli bo‘ladi.

U yoki bu korxonaning yuqorida aytilgan subyektlar toifalarining birortasiga kiritilish mezoni bo‘lib xodimlarning yillik o‘rtacha soni, shu jumladan unitar (sho‘‘ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlaydiganlar soni hisoblanadi.

3.Soliq obyekti, yalpi tushum tarkibi va soliq bazasi.  Yagona soliq to‘lovi obyekti (soliq solinadigan aylanma) bo‘lib, yalpi tushum hisoblanadi.

Quyidagilar yalpi tushum tarkibiga kiritiladi:

1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qo‘shilgan qiymat solig‘ini chegirgan holda (qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun) sotilishidan tushgan tushum summasi.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotilishidan tushgan tushum deganda quyidagilar tushuniladi:

- qurilish, qurilish-montaj, ta‘mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyihalash-qidiruv va ilmiy-tadqiqot korxonalari uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushum summasi deganda o‘z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblangan yalpi tushum tushuniladi;

- lizing kompaniyalari uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushum summasi deganda lizing bo‘yicha foizli daromadlar tushuniladi;

- vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun – ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul mukofoti summasi;

- tayyorlov, ta‘minot-sotish tashkilotlari uchun realizatsiya qilingan tovarlarning xarid qiymati bilan sotish qiymati o‘rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqarilgan yalpi daromad;

- lotereya o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun – o‘yin chiptalarini ularda ko‘rsatilgan narx bo‘yicha tarqatishdan tushgan tushum.

2) asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar.

Quyidagilar asosiy faoliyatdan boshqa daromadlarga kiritiladi:

a) undirilgan yoki qarzdor e‘tirof etgan jarimalar, penyalar hamda xo‘jalik shartnomalarining shartlarini buzganlik uchun boshqa jazo turlari, shuningdek etkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha daromadlar;

b) hisobot yilida aniqlangan, o‘tgan yillardagi daromadlari;

v) mikrofirma va kichik korxonalar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar singari bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘lanmagan operatsiyalardan boshqa daromadlar;

g) mikrofirma va kichik korxonaning asosiy fondlari va boshqa mol-mulkini sotishdan daromadlar;

d) kreditorlik va debetorlik qarzini qonun bilan belgilangan tartibda hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;

e) tovar-moddiy boyliklarni qo‘shimcha baholash.

Tovar-moddiy boyliklarni qo‘shimcha baholash summasi mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishiga qarab soliq solinadigan yalpi tushumga kiritiladi;

j) tekin moliyaviy yordam, shu jumladan tekinga olingan mol-mulk;

z) boshqa operatsion daromadlar.

3) moliyaviy faoliyatdan daromadlar.

Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar tarkibiga quyidagi daromadlar kiritiladi:

a) olingan royalti;

b) O‘zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulushli ishtirok etishdan olingan daromadlar, aktsiyalar bo‘yicha dividendlar hamda mikrofirma va kichik korxonaga tegishli bo‘lgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar;

v) mol-mulkni uzoq muddatli ijara (lizing)ga berishdan daromad (marja);

g) chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha kursdagi farqdan daromadlar.

d) qimmatli qog‘ozlar, shu’ba korxonalar va hokazolarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholashlarni o‘tkazishdan daromadlar;

e) moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar.

4) favqulodda daromadlar.

Tovarlar (xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish) bepul berilganda soliq solish obyektiga ularning qiymati ham kiritiladi, bu qiymat ularni ishlab chiqarishga ketgan amaldagi xarajatlardan, mol-mulk bepul berilganda esa balansda qayd etilgan qoldiq qiymatdan kelib chiqib belgilanadi.

Soliq kodeksiga ko‘ra soliq solinadigan yalpi tushum hisoblab chiqilayotganda quyidagilar yalpi tushum sifatida qaralmaydi:

1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aktsiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablag‘lar;

2) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda), shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar doirasida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

3) shartnoma muassislari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi hissasi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk bo‘lingan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) tomonidan hissasi miqdorida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

4) realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oldindan haq to‘lash (bo‘nak) tariqasida boshqa shaxslardan olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

5) mulk huquqi ularga o‘tgan paytga qadar majburiyatlarni qonun hujjatlariga muvofiq ta‘minlash sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

6) byudjetdan berilgan subsidiyalar;

7) agar mablag‘larni (mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni) o‘tkazish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshirilsa, tekin olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy    huquqlar), ishlar va xizmatlar;

8) olingan grantlar;

9) aktsiyador – yuridik shaxsning o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga yo‘naltirilganda qo‘shimcha aktsiyalarning qiymati yoki aktsiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tariqasida olingan daromadlari;

10) sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) tariqasida olingan mablag‘lar;

11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik va topshiriq shartnomalari yoki vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan komitent yoxud o‘zga ishonchli shaxs uchun amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash hisobiga tushgan mol-mulk (pul mukofoti bundan mustasno);

12) obyekt qiymatining ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing) to‘lovining bir qismi tarzida qoplanishi;

13) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlar;

14) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektining muassislaridan (ishtirokchilaridan) ularning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablag‘lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu mablag‘lar soliq solish obyektiga kiritiladi va ularga soliq solinishi lozim;

15) investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.

Balansning valyuta moddalarini qayta baholash chog‘ida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar o‘rtasidagi saldo soliq solish obyekti hisoblanadi. Salbiy kurs farqi summasi ijobiy kurs farqi summasidan ortiq bo‘lgan taqdirda oshib ketgan summa yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.

Soliq kodeksining 356-moddasiga ko‘ra soliq solinadigan bazani aniqlash uchun yalpi tushum summasidan quyidagilar chegirib tashlanadi:

1) davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar;

2) to‘lov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar tariqasida olingan daromadlar;

3) dividendlar tariqasida olingan va qaysi yuridik shaxsdan olingan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar. Muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqib ketganda) yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki imtiyoz qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanganda ilgari soliq solinadigan bazadan chegirilgan daromadlarga to‘lov manbaida umumiy asoslarda soliq solinadi;

4) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular qaysi davrda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda soliq solinishi kerak;

5) ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa;

6) mahsulot etkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va asosiy vositalarni tugatish (hisobdan chiqarish) natijasida olingan boshqa daromadlar.

Chegirmalardan tashqari soliq solinadigan baza quyidagilar uchun kamaytiriladi:

1) avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun:

jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasiga;

benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarining belgilangan eng yuqori ustamadan oshadigan chakana narxi bilan olish narxi o‘rtasidagi mahalliy byudjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan farq summasiga;

2) lotereya o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun – yutuq (mukofot) fondining summasiga, biroq tarqatilgan chiptalarga chiqqan yutuqlarning (mukofotlarning) umumiy summasidan ortiq bo‘lmagan miqdoriga;

3) brokerlik tashkilotlari uchun – bitim summasidan birjaga o‘tkaziladigan vositachilik yig‘imi summasiga;

4) vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun – realizatsiya qilingan tovar ulushida tovarlarni import qilishda to‘langan bojxona to‘lovlari summasiga.

5) yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, lekin soliq solinadigan bazaning ko‘pi bilan 25 foiziga. Soliq solinadigan bazani kamaytirish texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga joriy etilgan soliq davridan boshlab besh yil mobaynida amalga oshiriladi;

6) yosh oilalar jumlasidan bo‘lgan xodimlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha badallar to‘lashga va (yoki) mulk qilib uy-joy olishga tekin yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga, lekin soliq solinadigan bazaning ko‘pi bilan 10 foiziga.

4.Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar. Yagona soliq to‘lovini yuridik shaxslar mustaqil ravishda belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqib hisoblaydilar. Yagona soliq to‘lovi stavkalari 2012 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, u quyidagicha tabaqalashtirilgan:

Bundan tashqari, alohida toifadagi korxonalar jumlasiga kiruvchi loteriyalar o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar soliq solinadigan bazaga nisbatan 33 foiz miqdorida soliqqa tortiladilar.

Quyidagi mikrofirma va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lashdan to‘liq ozod etiladi:

- nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg‘armasi va "O‘zbekiston chernobilchilari" uyushmasining mulki bo‘lgan, ishlovchilar umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mexnat fronti faxriylari tashkil etgan korxonalar (savdo, vositachilik, ta‘minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalardan tashqari);

2005 yil 1 iyuldan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar hisoblangan mikrofirmalar va kichik korxonalarga quyidagi preferentsiyalar nazarda tutiladi:

1) ilgari kichik biznes subyektlariga yagona soliq bo‘yicha berilgan imtiyozlardan foydalanish huquqi. Bu uni to‘lashdan to‘liq ozod qilishga nisbatan ham, soliq stavkasini pasaytirishga nisbatan ham belgilanadi;

2) yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oy davomida to‘lash huquqi. Ushbu qoida faqat yangi tashkil etilayotgan (2005 yilning 1 iyulida va undan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan) mikrofirmalar va kichik korxonalarga tadbiq etiladi.

3) qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun byudjetga ijara haqini to‘lamaslik huquqi.

Soliq amaliyotiga yagona soliq to‘lovining kiritilishi kichik biznes subyektlarini va mikrofirmalarni soliqqa tortish uslubiyatini yanada soddalashtirdi.

5. Soliq hisobini taqdim etish va soliqni byudjet­ga to‘lash muddatlari.

Mikrofirma va kichik korxonalar, asosiy faoliyati bilan bir qatorda, boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ushbu faoliyat turlari bo‘yicha ular alohida hisob yuritishlari hamda soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi uchun qonunda nazarda tutilgan soliqlar, yig‘imlar va davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Maktab ta‘limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashlari shart.

Birinchi chorak, yarim yil va 9 oy yakunlari bo‘yicha soliq to‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tish joyidagi tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasiga hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa - yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida belgilangan shaklda yagona soliq to‘lovi bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etadilar.

Mikrofirma va kichik korxonalar tarkibiga kirmaydigan korxonalar tomonidan – har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

Yagona soliq to‘lovini to‘lash har chorakda o‘sib boruvchi yakun bilan hisobot choragidan keyingi oyning 25-kuniga qadar amalga oshiriladi.


4.1.1-jadval

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona

soliq to‘lovi stavkalari (2014-yil)

 

¹

Soliq to‘lovchilar

Soliq stavkasi yalpi tushumga nisbatan %larda

1

2

3

1

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari, 2-6-bandlarda ko‘rsatib o‘tilganlari bundan mustasno

6*

2.

Sanoat ishlab chiqarish korxonalari

5

3

Kompyuter dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish tovarlar (ish, xizmatlar) realizatsiyasi umumiy hajmining kamida 80 foizini tashkil etadigan korxonalar

5

4.

Bojxona hizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar

6

5

Lombardlar

30

6

Gastrol-kontsert faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norzidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oladigan korxonalar

30

7

Tayoyrlov va ta‘minot-sotish tashkilotlari, brokerlik idoralari (6-bandda ko‘rsatilganlaridan tashqari), shuningdek vositachilik (topshiriq) shartnomalari bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatilgan korxonalar

33**

8.

Qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar

13**

9.

Oziq-ovqat va nooziqovqat tovarlarini sotish uchun turg‘un savdo shahobchalarini ijaraga berishga ixtisoslashgan (ijaraga berishdan olinadigan daromadlar 60 foizdan ortig‘ini tashkil etadigan) korxonala

30

10

O‘zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining ulushi (ishlar bajarilgan va xizmatlar ko‘rsatilgan joydan qat’i nazar) erkin almashtiriladigan valyutada quyidagilarni tashkil etadigan korxonalar uchun (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-sonli farmonida ro‘yxati keltirilganlar bundan mustasno):

 

sotishning umumiy hajmidan 15 foizdan 30 foizgacha

belgilangan stavka 30%ga pasaytiriladi

sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ortiq foizni

belgilangan stavka 50%ga pasaytiriladi

11

Maishiy xizmatlar sohasi korxonalari uchun plastik kartalarni qo‘llagan holda to‘langan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi bo‘yicha

belgilangan stavka 10%ga pasaytiriladi

 

 *) lizing kompaniyalari uchun lizing beruvchining daromadiga nisbatan foizlarda (marja).

**) haq (yalpi daromad) summasiga nisbatan foizlarda.

 

 

 

6.Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha to‘lovni kechik­tirish tartibi hamda uning ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning 2005 yil 20 iyundagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-3620-son Farmoniga muvofiq yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi belgilangan. To‘lashni kechiktirish yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq majburiyatini to‘lash muddatini muayyan muddatga ko‘chirishni anglatadi.

To‘lash muddatini kechiktirish huquqini olish uchun korxona, yagona soliq to‘lovini to‘lashning birinchi muddati boshlanishiga ko‘pi bilan 15 kun qolganda, unga to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasiga belgilangan shaklda ariza topshiradi.

Tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasi to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risidagi arizani ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi, so‘ngra to‘lash muddatini kechiktirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror chiqarib, korxonaning taqdim etilgan arizasiga qabul qilingan qaror natijasining tegishli belgisini qo‘yadi.

Tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasining rad etish to‘g‘risidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:

·        to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risidagi ariza belgilangan shaklda taqdim etilmagan bo‘lsa;

·        to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risidagi ariza belgilangan muddatdan keyin topshirilsa;

·        korxona yagona soliq to‘lovining to‘lovchisi hisoblanmasa.

Yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Korxona arizada ko‘rsatilgan ma‘lumotlarning to‘g‘riligi (haqqoniyligi) uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

To‘lash muddatini kechiktirish huquqi korxonaga korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning 1-kunidan boshlab bir yilga beriladi.

Misol uchun, agar korxona davlat ro‘yxatidan 15 yoki 25 yanvarda o‘tkazilgan bo‘lsa, mazkur korxonaga soliqni to‘lash muddatini kechiktirish huquqi joriy yilning 1 yanvaridan keyingi yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan davrga beriladi.

Korxonaning xohishiga ko‘ra soliqni to‘lash muddatini kechiktirish huquqi uning yozma arizasiga asosan bir yildan kam bo‘lgan muddatga berilishi mumkin. Korxona to‘lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan davrda boshqa soliq rejimiga o‘tganida, o‘tgan paytidan boshlab korxona to‘lash muddatini kechiktirish huquqidan mahrum bo‘ladi va unda qonunga muvofiq soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar vujudga keladi.

To‘lash muddatini kechiktirish yoki muddati kechiktirilgan to‘lov summasini so‘ndirish huquqi berilgan davrda korxona tugatilsa, to‘lash muddati kechiktirilgan to‘lov summasi qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.

To‘lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan korxona tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasiga belgilangan tartibda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kuniga qadar yagona soliq to‘lovining hisob-kitobini taqdim etadi. Bunda korxona yagona soliq to‘lovi hisob-kitobining o‘ngdagi yuqori burchagiga “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-son Farmoniga muvofiq to‘lash muddati kechiktirilgan” belgisini qo‘yadi.

Agar to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish muddati chorak oxiriga qadar tugasa, ushbu davrlar uchun yagona soliq to‘lovining summasini aniqlash uchun korxona davlat soliq xizmati organlariga yagona soliq to‘lovi hisob-kitobining belgilangan shakli bo‘yicha yagona soliq to‘lovi bo‘yicha ma‘lumotnoma-hisob-kitobni taqdim etadi.

Misol uchun, agar to‘lash muddatini kechiktirish huquqining muddati 1 iyunda tugasa, korxona tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasiga aprel va may oylari uchun yagona soliq to‘lovining ma‘lumotnoma-hisob-kitobini taqdim etadi, iyun oyi uchun yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi esa 25 iyulga qadar taqdim etadi.

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.       Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini soliq amaliyotida tatbiq etishning zarurligi nimada?

2.       Soliq amaliyotida ilk bor qachon soddalashtirilgan soliq  rejimi joriy qilingan va qaysi me‘yoriy xujjat asosida?

3.       Kichik biznes subyektlari tarkibi qaysi mezonlar asosida belgilanadi?

4.       Yagona soliq to‘lovi qachon joriy etildi?

5.       Yagona soliq bilan yagona soliq to‘lovining farqi nimada?

6.       Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilari kimlar?

7.       Yagona soliq to‘loviga soliq stavkalari qaysi mezon asosida belgilanadi?

8.       Qanday yuridik shaxslar yagona soliq to‘lovidan imtiyozga ega?

9.       Yagona soliq to‘lovi byudjetga qaysi muddatlarda to‘lanadi?

10.  Yagona soliq to‘lovini byudjetga kechiktirib to‘lash tartibi qanday?

11.  Qanday holatlarda yagona soliq to‘lovini byudjetga kechiktirib to‘lashni soliq organlari rad etish mumkin?

 


4.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish

 

1.Savdo va umumiy ovqat­lanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovining joriy etilishi. Ma‘lumki, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 2007 yil 1 yanvarga qadar byudjetga to‘lab kelgan yalpi  daromadidan yalpi daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, tovarlar aylanmasidan Pensiya jamg‘armasiga, Respublika Yo‘l jamg‘armasiga hamda Maktab ta‘limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar to‘lash o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 18 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjetining parametrlari to‘g‘risida” gi PQ-532-sonli qaroriga muvofiq 2007 yil 1 yanvardan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tkazildi.

2006 yil yakuni bo‘yicha asosiy (profil) faoliyat turi savdo faoliyati (umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat) hisoblangan yuridik shaxslar belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq to‘lovlarini to‘lashlari shart qilib belgilandi.

Shu bilan birga savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun:

-        bojxona to‘lovlari (bojxona bojlari va yig‘imlari, aktsiz solig‘i va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i);

-        davlat bojlari;

-        ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.

Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakuni bo‘yicha savdo (umumiy ovqatlanish) korxonasiga mansub bo‘lmasa, kelgusi yil boshidan boshlab umumbelgilangan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashga o‘tishlari shart, soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Yagona soliq to‘lovi to‘lashga o‘tish savdo (umumiy ovqatlanish) korxonalari umumbelgilangan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashga o‘tgan birinchi hisobot choragi uchun foyda solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni to‘lamaydilar. Ishchilar sonidan qat‘iy nazar ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (shu jumladan kichik korxonalar va mikrofirmalar) yagona soliq to‘lovini to‘lovchilari hisoblanadi.

Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisini aniqlashda asosiy mezon bo‘lib, yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan korxona faoliyatining kodi hisoblanadi. Bunda korxonaning ixtisoslashishi XXTUT asosiy kodga to‘g‘ri kelishi kerak. Agar korxonaning faoliyati XXTUT kodiga to‘g‘ri kelmasa, o‘z faoliyati kodini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistika organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga va ushbu toifadagi korxonalar (faoliyati turlari) uchun belgilangan tegishli soliqlarni to‘lashga majbur.

Yagona soliq to‘lovida realizatsiya (tovaroborot) umumiy  yillik hajmida tushum ulushi aksariyat qismini tashkil etgan faoliyat turi, asosiy (profil) faoliyati turi hisoblanadi.

Agar joriy yil yakuni bo‘yicha realizatsiya (tovaroborot) ning umumiy yillik hajmida tushum ulushi faoliyati turlari bo‘yicha bir xil miqdorni tashkil etsa, asosiy (profil) faoliyat turi o‘tgan hisobot yil yakuni bo‘yicha aniqlanadi.

Savdo (umumiy ovqatlanish) korxonalariga, soliq solish maqsadida, o‘tgan hisobot yili yakuni bo‘yicha asosiy (profil) faoliyat turi savdo faoliyati (umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyati) hisoblanadigan yuridik shaxslar kiradi.

Savdo faoliyati deganda - qayta sotish maqsadida xarid qilingan tovarlarni sotish bo‘yicha faoliyat tushuniladi.

Quyidagilar savdo faoliyati sifatida qaralmaydi:

- o‘zi ishlab chiqargan mahsulot hisoblanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, jumladan ularni mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan firma do‘konlari orqali realizatsiya qilish;

- komissioner (ishonchli vakil) tomonidan komissiya (topshiriq) shartnomalari bo‘yicha tovarlarni realizatsiya qilish, jumladan davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish;

- tayyorlov va ta‘minot-sotish faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish.

Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularni is’temol qilishni tashkil etish bo‘yicha faoliyat tushuniladi.

Yagona soliq to‘lovini hisoblashda soliq solish obyekti bo‘lib, aksariyat hollarda yalpi tushum hisoblanadi, lekin savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi tushum bo‘lib tovarlar aylanmasi hisoblanadi. Bundan tashqari, savdo korxonalarining asosiy faoliyatdan tashqari boshqa daromadlari, moliyaviy faoliyatdan daromadlari va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar yalpi tushum tarkibiga kiritiladi.

Shuningdek, yagona soliq to‘lovi hisob-kitob bazasini aniqlashda tushumdan quyidagilar chegirib tashlanadi:

a) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini;

b) davlat subsidiyalarini;

v) davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar;

d) to‘lov manbaida ushlab qolinishi lozim bo‘lgan dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar;

e)  o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirishda aktsiyador qo‘shimcha aktsiyalarining qiymati yoki aktsiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish  tarzida olingan daromadlari;

j) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda. Mazkur daromadlar qaysi davrda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq shu davrdagi soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘tkazishni hisobga olgan holda soliqqa tortiladi.

z) olingan grantlar. Grant deganda – ijtimoiy ahamiyatga ega maqsadni ko‘zlagan, iqtisodiyotni rivojlantirish, ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish uchun korxonaga davlat (hukumat), shuningdek nodavlat, xorijiy, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar tomonidan ko‘rsatiladigan tekin, gumanitar mablag‘li yoki moddiy-texnik yordam tushuniladi. Grant mablag‘lari qat‘iy ravishda belgilangan maqsadlarga ishlatiladi.

i) ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilishdan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa;

k) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chegirmalar.

2.Savdo va umumiy ovqat­lanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari va soliqni hisoblash muddatlari. Yagona soliq to‘lovi uchun soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yildagi qaroriga muvofiq 2014 yildan boshlab savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun ishchilari sonidan qat‘iy nazar yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) quyidagi stavkalarda yagona soliq to‘lovi to‘lash joriy qilindi:

 

4.2.1-jadval

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining stavkalari

 

¹

To‘lovchilar

Soliq solinadigan bazaga nisbatan soliq stavkalari, foizda

1.

Umumiy ovqatlanish korxonalari

10

ulardan:

 

umumiy ta‘lim maktablari, maktab-internatlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlariga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari

8

2.

Chakana savdo korxonalari (4-bandda ko‘rsatilganlaridan tashqari), ularning joylashgan joyi:

 

aholisi soni 100 ming va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda

4

boshqa aholi punktlarida

2

borish qiyin bo‘lgan va tog‘lik tumanlarda

1

3.

Ulgurji savdo korxonalari (4-bandda ko‘rsatilganlaridan tashqari)

5

4.

Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari, joylashgan joyi:

 

aholisi soni 100 ming va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda

3

boshqa aholi punktlarida

2

borish qiyin bo‘lgan va tog‘lik tumanlarda

1

5.

1, 2 va 4-bandlarda ko‘rsatilgan korxonalar uchun (ulgurji dorixona tashkilotlaridan tashqari), sotilgan tovarlari (ko‘rsatilgan xizmatlar)ini plastik kartalar qo‘llanilgan holda to‘langan hajmi bo‘yicha

belgilangan stavka 10%ga pasaytiriladi

 

Izoh:

Agar chakana savdo korxonalari mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan va yagona soliq to‘lovining turli stavkalari belgilangan turli aholi punktlarida joylashgan bir necha savdo nuqtalariga ega bo‘lsa, unda ular har bir savdo nuqtasi bo‘yicha tovar oborotining alohida hisobini yuritishlari hamda mazkur aholi punktlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashlari lozim.

 

Agar savdo korxonalri, jumladan ulgurji va chakana dorixonalar, yagona soliq to‘lovining turli stavkalari o‘rnatilgan aholi punktlarida mustaqil yuridik shaxslar hisoblanmagan bir necha savdo shahobchalariga ega bo‘lsalar, ular har bir savdo shahobchasi bo‘yicha tovarlar aylanmasini alohida-alohida hisobini yuritishlari va shu aholi punktlari uchun o‘rnatilgan soliq stavkalari bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashlari shart.

Bunda savdo korxonalarining asosiy faoliyatdan tashqari boshqa daromadlari, moliyaviy faoliyatdan daromadlari va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlari savdo korxonasi davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan joy uchun o‘rnatilgan stavkasi bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘laydilar.

Agar savdo korxonalari balansida qayd etilgan asosiy vositalarni ijaraga topshirsalar, ular ijaraga berilgan ushbu aktivlar qiymatidan umumbelgilangan tartibda mol-mulk solig‘ini to‘laydilar hamda ularga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Savdo korxonalari yagona soliq to‘lovini mustaqil ravishda soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqadilar va byudjetga to‘laydilar.

Yagona soliq to‘lovini hisob-kitobi ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot oydan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatlarda davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shaklda taqdim etiladi.

Yagona soliq to‘lovini to‘lash ortib boruvchi yakun bilan hisob-kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.       2007 yil 1 yanvarga qadar savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qanday soliq rejimida ishlagan?

2.       Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar tarkibiga o‘tishning ahamiyati va zarurligi nimada?

3.       Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan tashqari yana qanday to‘lovlar, yig‘imlar saqlab qolingan?

4.       Savdo faoliyati deganda nimani tushunasiz?

5.       Umumiy ovqatlanish faoliyati deganda nimani tushunasiz?

6.       Yagona soliq to‘lovini to‘lovchi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining soliqqa tortish obyekti qanday aniqlanadi?

7.       Yagona soliq to‘lovini hisoblashda yalpi tushum tarkibi qanday aniqlanadi?

8.       Yalpi tushum tarkibidan nimalar chegiriladi?

9.       Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 2011 yilda qanday belgilangan?

10.  Soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida tabaqalashtirilgan?

11.  Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yagona soliq to‘lovi qaysi muddatlarda to‘lanadi?


4.3. Yagona yer solig‘i

 

1. Yagona yer solig‘ining joriy etilishi va ahamiyati. 1999 yilda qishloq xo‘jalik korxonalarini soliqqa tortish tizimida  tub o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig‘ini joriy etish to‘g‘risida” gi PF-2086-sonli Farmoniga muvofiq 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘i joriy etildi.

Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ini joriy etilishi, o‘z navbatida ularni quyidagi soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan ozod qildi:

-   foyda solig‘i;

-   qo‘shilgan qiymat solig‘i;

-   suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

-   yer solig‘i;

-   yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;

-   mol-mulk solig‘i;

-   obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;

-   boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar.

Yagona yer solig‘i to‘lovchilari hisoblangan qishloq xo‘jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona to‘lovlari, davlat boji, litsenziya yig‘imlari, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, shuningdek aktsizosti mahsulotlarga aktsiz solig‘ini to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolindi.

Yagona yer solig‘ini joriy qilishdan maqsad qishloq xo‘jalik erlaridan foydalanish samaradoriligini oshirish, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarini mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish, qishloq xo‘jalik korxonalarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va birxillashtirishdan iboratdir.

Mazkur soliqning amalga kiritilishi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarni tasarrufidagi erlaridan yanada oqilona foydalanishga da‘vat etadi, chunki har bir gektar er maydoni uchun undan daromad olish yoki daromad olmaslik holatidan qat‘iy nazar belgilangan miqdordagi soliq summasini to‘lash lozim bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ining joriy etilishi soliqqa tortish tizimida uning amal qilishi jarayonini yanada takomillashtirishdan dalolat beradi. Soliqqa tortishning ushbu tizimi xo‘jaliklar hisobchilarining soliqlarni hisoblash va to‘lash borasidagi ishlarnini keskin kamaytirdi. Ilgari qishloq xo‘jalik korxonalari o‘nlab turdagi soliqlar va yig‘imlarni to‘lashardi. Agar ayrim soliq turlarining har oyda va har yilning har choragida to‘lanishini hisobga oladigan bo‘lsak, unda ayrim xo‘jaliklar davlat soliq organlariga soliqlar bo‘yicha 30 dan ortiq hisob-kitoblarni taqdim etishi, 1 yilda ana shuncha to‘lov topshiriqnomalarini  to‘ldirishi kerak bo‘lar edi. Endilikda esa xo‘jaliklar 1 yilda 1 marta bir turdagi soliq summaini hisoblab chiqishadi.

 

2.Yagona yer solig‘i to‘lov­chilari, soliq obyekti va soliq bazasi. Qishloq xo‘jaligi tovari ishlab chiqa­ruvchi korxonalar hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilot­larining tajriba-eksperimental xo‘jalik­lari va ta‘lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari yagona yer solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadi.

Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar – soliq solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar tarkibiga kiradi:

- yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va o‘zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar;

- qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;

- qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va o‘zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar.

O‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari yagona yer solig‘ini to‘lovchilar hisoblanishmaydi.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‘zlari ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha mazkur faoliyat turidan yagona yer solig‘ini to‘laydilar va ular boshqa soliqqa tortish tizimini tanlash huquqiga ega emaslar.

Yagona yer solig‘ini to‘lovchi hisoblangan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona bojlari, davlat bojlari, litsenziya yig‘imlari, davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalarni to‘lashning amaldagi tartibi saqlanadi.

Agar yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‘zlari ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va boshqa faoliyat turlari bo‘yicha shu toifadagi to‘lovchilar uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan soliqlarni to‘lashga majburdirlar. Bunda, agar qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kirsa, faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan soliqlar va yig‘imlar to‘lanadigan savdo va umumiy ovqatlanishdan tashqari) ular faoliyatning mazkur turi uchun nazarda tutilgan yagona soliq to‘lov yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar to‘laydilar.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan erlar ijaraga (shu jumladan ichki xo‘jalik pudratiga) berilganda ijaraga beruvchida ijaraga berilgan erlar bo‘yicha yagona yer solig‘ini to‘lash majburiyati saqlanib qoladi.

Qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilish, foydalanishga yoki ijaraga berilgan er uchastkasi maydoni yagona yer solig‘i solish obyekti hisoblanadi.

Soliq solinadigan er uchastkalarining normativ qiymati soliq solinadigan baza hisoblanadi. Agar normativ qiymat belgilanmagan bo‘lsa, unda soliq solinadigan baza bo‘lib qishloq xo‘jaligi tovari ishlab chiqaruvchilarning soliq solinadigan yer uchastkalari maydoni hisoblanadi.

Soliq solinadigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari, yer uchastkalarining joylashishi, tuproq boniteti va yer mulkining boshqa tavsiflari yer kadastri ma‘lumotlari bo‘yicha qabul qilinadi.

3. Soliqdan imtiyozlar. Soliq qonunchiligiga ko‘ra soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi:

a) qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;

b) ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;

v) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suv havzalari, sportning texnik turlari obyektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish komplekslari, onalar va bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirish joylari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar;

g) yangi o‘zlashtirilayotgan erlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib borilayotgan sug‘oriladigan yerlar - loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan e‘tiboran ko‘pi bilan besh yilga. Agar loyihada yerlarni o‘zlashtirish va meliorativ ishlarni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilmagan yoki yer uchastkasi boshqa muddatlarda topshirilgan bo‘lsa, yer uchastkasi uchun soliq meliorativ ishlar va yangi yerlarni o‘zlashtirish ishlari bajarilgan yillar uchun to‘lanmaydi, lekin u 5 yildan oshmasligi kerak;

d) ta‘lim, madaniyat va sog‘liqni saqlash obyektlari band etgan yerlar;

e) yangi tut ko‘chatlari ekilgan yerlar, qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil muddatga. Shu munosabat bilan bahorda ekilgan tut ko‘chatlari ekilgan yilni hisoblaganda uch yilga soliq to‘lashdan ozod etiladi, kuzda ekilgan ko‘chatlar esa ularni ekishdan keyingi yildan boshlab uch yilga soliq to‘lashdan ozod etiladi;

j) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik va o‘rmon fondidagi erlari, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari;

z) yangi barpo etilgan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, shu jumladan fermer xo‘jaliklari, davlat ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil muddatga;

k) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq soliq solinmaydigan boshqa yerlar.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga soliqdan imtiyoz belgilanganda ular soliqni ushbu huquq paydo bo‘lgan oydan boshlab to‘lashni to‘xtatadilar. Soliq imtiyozlari bekor qilingan taqdirda ular yer solig‘ini ushbu huquq bekor qilingan oydan keyingi oydan boshlab to‘lashni boshlaydilar.

4.Soliqni hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash tartibi. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yagona yer solig‘i summasini belgilangan shakl bo‘yicha soliq solinadigan bazaga qarab yer uchastkalarining normativ qiymati hamda er uchastkalarining maydonidan (yer uchastkasi joylashgan yer va yer uchastkasining ball bonitetini nazarda tutadigan tuzatish koeffitsienti e‘tiborga olingan holda belgilangan stavkadan) kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yagona yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi.

Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig‘i er uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. Yer uchastkasi olib qo‘yilgan taqdirda, yagona yer solig‘ini to‘lash yer uchastkasi olib qo‘yilgan oydan boshlab to‘xtatiladi.

Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o‘zgargan, shuningdek yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to‘lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona yer solig‘ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari lozim bo‘ladi.

Yagona yer solig‘ini byudjetga to‘lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

- hisobot yilining 1 iyuligacha – yillik soliq summasining 20 foizi;

- hisobot yilining 1 sentyabrigacha – yillik soliq summasining 30 foizi;

- hisobot yilining 1 dekabrigacha – soliqning qolgan summasi.

  Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari buxgalteriya hisobida yagona yer solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitobni byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ida yuritadilar.

5. Qishloq xo‘jalik korxonalarini soliqqa tortishda xorijiy davlatlar tajribasi. Globallashuv sharoitida jaxon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agrar tarmoqning jadal o‘sishi mamlakatda iqtisodiyotning yuksalishi uchun asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining soliqqa tortish tizimi yanada soddalashtirilishga qarab ketmoqda. Xorijiy mamlakatlar amaliyotida soliqlar tabaqalashtirilgan bo‘lib, o‘rnatilgan soliqlar soliq obyektidan yoki daromad olish darajasidan kelib chiqib byudjetga to‘lanadi. Agrar sektorga ma‘lum bir imtiyozlar  hamda maxsus soliq rejimi qo‘llaniladi va ular albatta ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu xususiyatlarga fasllar almashinuvi, tabiiy ob-havo sharoitlarini misol qilish mumkin. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari to‘laydigan soliqlar tarkibiga nazar tashlanganda, ularning turli mamlakatlar miqyosida soliq turlariga qarab soliqlarni tabaqalashganini ko‘rish mumkin. 

                                                                                                      

 

 

 

4.3.1-jadval

Ayrim rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jalik subyektlari

to‘laydigan asosiy soliq turlari

 

Soliq turlari

AQSh

Frantsiya

Italiya

Buyuk Britaniya

Germaniya

Daromad solig‘i

+

+

+

+

+

Korporativ soliq

+

+

+

+

+

Mol-mulk solig‘i

-**

+

-

+

-**

Yer solig‘i

+

+

-*

-

+

Mahalliy soliqlar (er solig‘idan tashqari)

+

+

+

+

+

QQS

-

+

+

+

+

Sotuvga soliq

+

-

-

-

-

Ijtimoiy to‘lovlar

+

+

+

+

+

 

* - daromad solig‘iga kiritilgan.

** - yer solig‘iga kiritilgan.

 

Germaniya, Frantsiya, Italiyada qishloq xo‘jalik subyektlari hisoblangan fermerlik kooperativlariga korporativ soliqni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar keng tarqalgan. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari to‘laydigan er solig‘i boshqa yuridik shaxslarga nisbatan ancha past miqdorda belgilangan.

Gollandiyada bevosita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnatga qobiliyatli aholining  4 foizigina ishlaydi. Bu davlatning xududi va aholisi O‘zbekiston bilan solishtirganda bir necha barobarga kam. Tabiiy sharoiti esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi uchun anchagina noqulay. Shunga qaramasdan ushbu mamlakat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Eksportning yillik hajmi taxminan 35 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.

Jahonda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari AQSh davlatida mukammal shakllangan deb atash mumkin. Buning asosiy sabablari, fermer xo‘jaliklariga yordam dasturlarini mablag‘ bilan ta‘minlashda federal xukumat etakchilikni o‘zida saqlab turganligi bilan  izohlanadi.

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.       Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘i qachon joriy etilgan. Uning ahamiyati qanday?

2.       Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tishlari bilan ular qanday soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan ozod etildi?

3.       Qanday yuridik shaxslar yagona yer solig‘ining to‘lovchilari hisoblanadi?

4.       Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari asosiy faoliyatdan tashqari boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullanganda ham yagona yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadimi?

5.       Yagona yer solig‘ining obyekti va bazasi qanday aniqlanadi?

4.4. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha

 qat’iy belgilangan soliq

 

1.Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartibi. Yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuv­chi jismoniy shaxslar qat‘iy belgilangan soliq to‘lovchilar hisoblanadilar. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qat‘iy belgilangan soliqni to‘lovchi jismoniy shaxslar soliq qonunchiligiga ko‘ra ijtimoiy sug‘urta badallarini, eksport-import operatsiyalarini bajarganda yagona bojxona to‘lovi, savdo qilish huquqi uchun yig‘imni, agarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda suv resurslaridan foydalanilsa, unda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni, bozorlarda faoliyatini amalga oshirishda savdo joyi uchun to‘lov (patta)ni, davlat bojlarini to‘laydilar.

Yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun qat‘iy belgilangan soliq stavkalarining aniq miqdorlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tadbirkorlik faoliyatining turi va faoliyat joyiga (viloyatlardagi shaharlar, tumanlar, shu jumladan qishloq joylarga) bog‘liq ravishda belgilaydi.

Bunda faoliyatning turli xillari uchun tabaqalashtirilgan yondashuvni ta‘minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tomonidan mahalliy sharoitlar va boshqa mezonlarni hisobga olgan holda qat‘iy belgilangan miqdorlarda daromad solig‘i stavkalari belgilanishi mumkin.

Qat‘iy belgilangan soliqning bazaviy stavkalari va yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan qat‘iy belgilangan soliq summasining hisob-kitobi uchun tuzatuvchi koeffitsientlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.

Qat‘iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig‘ini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar har oyda, mustaqil ravishda faoliyat amalga oshiriladigan oyning 25-kunigacha to‘laydilar.

Qat‘iy belgilangan soliq yuridik shaxsni tashkil etmagan tadbirkor tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyda, agar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘lanadi.

Tadbirkorlik faoliyati bilan endi shug‘ullana boshlagan jismoniy shaxslar qat‘iy belgilangan stavkalar bo‘yicha daromad solig‘ini belgilangan tartibda, ro‘yxatga olish paytida mustaqil  to‘laydilar. Qat‘iy belgilangan soliq faoliyat boshlangan kundan qat‘i-nazar bir oy uchun to‘lanadi. Misol uchun, oyning boshida emas, balki ikkinchi yarmida boshlasa ham to‘liq oy uchun to‘lanadi. 2012 yil 1 yanvardan yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘laydigan qat‘iy belgilangan soliq stavkasi quyidagicha:


4.4.1-jadval

Yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyat bilan shug‘ul­lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan qat‘iy belgilangan soliq

 stavkalari[8]

 

¹

Faoliyat turi

Qat‘iy belgilangan soliqning bir oydagi stavkasi (eng kam ish haqiga karrali miqdorlarda)

Toshkent shahri

viloyatlar­dagi shaharlar

tumanlar, shu jumladan qishloq joylari

1

2

3

4

5

1.

Chakana savdo:

-    oziq-ovqat tovarlari bilan;

-    dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan *)

-    nooziq-ovqat tovarlar bilan;

-    oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan (turg‘un shaxobchalardagi aralash savdo).

 

9,0

 

5,0

10,0

 

 

10,0

 

6,0

 

4,0

6,5

 

 

6,5

 

3,0

 

2,0

3,0

 

 

3,0

2.

Maishiy xizmatlar, 3-bandda ko‘rsatilganlaridan tashqari

3,5

1,5

0,5

3.

Sartaroshlik xizmatlari ko‘rsatish, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va boshqa shunga o‘xshash  xizmatlar

 

 

 

4,0

 

 

 

2,0

 

 

 

1,0

4.

O‘z mahsulotini ishlab chiqarish va sotish, shu jumladan milliy shirinliklar va non-bulka mahsulotlari tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki davlat xokimiyati organlarining qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda o‘tirish joylari tashkil qilmasdan donalab sotiladigan ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish

 

 

 

 

 

 

2,0

 

 

 

 

 

 

1,5

 

 

 

 

 

 

1,0

5.

Boshqa faoliyat turlari, mol-mulkni ijaraga berishdan tashqari

2,0

1,5

1,0

6.

Avtomobil transportida yuk tashishga doir xizmatlar:

 

 

 

 

3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

2,0

2,0

2,0

 

8 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

3,0

3,0

3,0

 

8 tonnadan ortiq  yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

4,0

4,0

4,0

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekbrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida» gi qaroriga asosan yuridik va jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha olinadigan qat‘iy belgilangan soliq stavkalari quyidagicha o‘rnatilgan.

4.4.2-jadval

Yuridik va jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha olinadigan qat‘iy belgilangan soliq

stavkalar[9]

 

¹

Faoliyat turi

Soliq to‘lovchilar

Mazkur faoliyat turini xarakterlovchi fizik ko‘rsatkichlar

Fizik ko‘rsatkich birligiga har oyda qat‘iy belgilangan soliq stavkasi (eng kam ish haqiga birlik uchun karrali miqdorlarda)

Toshkent shahri

viloyatlardagi shaharlar

tumanlar, shu jumldan qishloq joylari

1.

Avtotransportni qisqa muddat saqlash joylari

yuridik  shaxslar

Egallagan may­don (1 kv.metr)

0,1

0,09

0,06

2.

Bolalar o‘yin avtomatlari

yuridik va jismoniy shaxslar

Jihozlanagn o‘rinlar soni (bir birlikda)

3,0

2,0

1,0

 

Taqdim etilgan qat‘iy belgilangan soliq hisob-kitobida hisobga olinmagan fizik ko‘rsatkichlar aniqlangan holatda bu hol soliqqa tortish obyektini yashirish sifatida qaraladi.

 Tadbirkor o‘z faoliyatini muayyan oyga (oylarga) turli sabablar (oilaviy ahvoli, kasallik, vaqtincha boshqa yerga ketish va hokazo) bilan to‘xtatgan hollarda, u faoliyatini to‘xtatishgacha davlat soliq xizmati organlariga faoliyatni vaqtincha to‘xtatishi haqida ariza taqdim etishi va davlat ro‘yxatidan o‘tganlik  to‘g‘risida  guvohnomasini topshirishi kerak.

Hokimiyatlar tomonidan berilgan yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tganlik  to‘g‘risida  guvohnomasi topshirilgandagina  faoliyat vaqtincha to‘xtatilgan deb hisoblanadi. Bunda tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganlik  to‘g‘risida  guvohnomasini topshirgandan keyin qat‘iy belgilangan soliqni o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan oyda to‘lashdan ozod etiladi.

Davlat soliq xizmati organlariga kelib tushgan ariza va davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risida  guvohnoma majburiy tartibda, kelib tushgan kunida kelgan xat-xabarlar daftarida ro‘yxatga olinishi kerak.

 Yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan va daromadidan qat‘iy belgilangan stavkalar bo‘yicha soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarga jami daromadni belgilash va undan tegishli chegirmalar qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq tatbiq etilmaydi.

Jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uyushmalar, ittifoqlar va shu kabilarga birlashish, ishlarni o‘z transportida bajarishga doir fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzish yo‘li bilan amalga oshirilgan taqdirda ushbu jismoniy shaxslar qat‘iy soliqni belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘laydilar.

Jismoniy shaxs:

faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullansa, soliqni faoliyatning har bir turi uchun alohida to‘laydi;

tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskuna va xonada, shu jumladan ishonchnoma bo‘yicha transportda amalga oshirsa, ijaraga beruvchilar to‘g‘risida yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga axborot taqdim etishi kerak, unda ijaraga beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma‘lumotlari, shuningdek ijara to‘lovining summasi va ijara muddati ko‘rsatiladi. Mazkur axborot ijaraga olingan uskuna va xonada, shu jumladan ishonchnoma bo‘yicha transportda faoliyatni amalga oshirishga qadar taqdim etiladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlari, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga binoan jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqqa tortish tartibi asosida  soliqqa tortiladi.

Avtotransport vositalarini shu jumladan birlashmalar, uyushmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ijaraga topshiradigan jismoniy shaxslar qat‘iy belgilangan soliqni jismoniy shaxslar uchun yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bo‘yicha xizmatlarni amalga oshirishdan kelib chiqib belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘laydilar.

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar

 

1.     Qat‘iy  belgilangan soliqning to‘lovchilari kimlar?

2.     Qat‘iy  belgilangan soliqning to‘lovchilari qanday holatda boshqa to‘lovlarni to‘lashi mumkin?

3.     Qat‘iy  belgilangan soliqning stavkalari qaysi mezon asosida tabaqalashtiriladi?

4.     Qat‘iy  belgilangan soliqning stavkalari qaysi davlat organi tomonidan belgilanadi?

5.     Qat‘iy  belgilangan soliq miqdorini byudjetga to‘lash davri qanday?

6.     Qanday holatda dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qilinganda qat‘iy  belgilangan soliqni to‘lashmaydi?

7.     Soliq davrida tadbirkor kasal bo‘lganda yoki oilaviy sharoit tufayli ishlamaganda soliqni to‘lashi qanday tartibda amalga oshadi?

8.     Tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‘xtatganda qanday tartibda xujjatlarni rasmiylashtiradi?

9.     Jismoniy shaxs bir nechta faoliyat turi bilan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirganda qanday tartibda soliq to‘laydi?

10.                       Tadbirkor ijaraga olingan vositalar bilan faoliyatni amalga oshirganda mol-mulkini ijaraga beruvchilar to‘g‘risida soliq idoralariga qanday tartibda ma‘lumotnoma taqdim etadi?

5-mavzu:  Qo‘shilgan qiymat solig‘i

 

1.Qo‘shilgan qiymat solig‘i haqida tushuncha. Soliq­ning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi.

 

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston va xalqaro soliq amaliyotida egri soliqlarning asosiy turlaridan biri – qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i – har bir ishlab chiqarish bosqichida  va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot etkazib beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar ishlab chiqaradi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda   qo‘shilgan qiymat yaratiladi.

Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat byudjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya byudjet amaliyotida joriy etishni 1919 yilda  Vilgelm fon Simens ilgari surdi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish  mexanizmi birinchi marta frantsuz moliyachisi M.Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i M.Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan  10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan shaklda qo‘llanildi. Frantsiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i haqiqatda 1968 yildan boshlab joriy etildi.

XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Evropaning qator mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiy asosi bo‘lib, Evropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a‘zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me‘yorlarini umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e‘tirof etildi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘iga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri shundaki, soliqqa tortishning obyekti bo‘lib, nafaqat ichki bozordagi tovaroborot, balki mamlakat korxonalarining tashqi bozorlaridagi tovaroboroti  ham hisoblanadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda, ko‘pchilik hollarda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini «Evropacha» soliq deb ham atashadi. Buning asosiy sabablari shundaki, birinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i dunyoda birinchi marta Evropa davlati bo‘lgan Frantsiyada joriy etildi; ikkinchidan, 1977 yilda qabul qilingan Direktivaga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘i bir vaqtning o‘zida Evropaning bir necha davlatlarida joriy etildi; uchinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Evropadagi integratsion jarayonlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.

Hozirgi vaqtda qo‘shilgan qiymat solig‘i Evropa Ittifoqiga a‘zo bo‘lgan mamlakatlarning davlat byudjetlarining daromadlarini shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi. Evropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Evropa mamlakatlarida jami  soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa  ushbu ko‘rsatkich 25-30 foizni tashkil qiladi.

Evropa Ittifoqiga a‘zo bo‘lgan mamlakatlarda soliq tushumlarining tarkibida egri soliqlarni yuqori salmoqqa ega ekanligining asosiy sabablaridan biri, bu mamlakatlarda soliq stavkalarini umumlashtirilganligi va soliqqa tortish bazasini o‘zaro uyg‘unlashtirilganligi hisoblanadi. Bu masalaning O‘zbekiston Respublikasi uchun amaliy ahamiyatga ega ekanligi shundaki, mamlakatimiz tovaroborotining sezilarli qismi Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Qozog‘iston Respublikalariga to‘g‘ri keladi. Hozirga qadar mazkur mamlakatlar o‘rtasida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalarini umumlashtirish va soliqqa tortish bazasini uyg‘unlashtirish masalasi hal qilinmagan. Bu esa, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo munosabatlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi.

O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992 yildan buyon amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga aktsiz solig‘i bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot solig‘idan farqli ravishda faqat qo‘shilgan qiymatdan undiriladi. Oborot solig‘i esa bir marotaba umumiy oborotdan olinar edi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i esa ishlab chiqarish va muomala jarayonining har bir bosqichidan olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromad manbai sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelayapdi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi PQ-1024-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2009 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra 2009 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi salmog‘i 29 foizni, egri  soliqlar tarkibida esa 57 foizni tashkil etishi prognozlashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini byudjet daromadlarining asosiy manbai ekanligini bildiradi.

 

2.Soliq to‘lovchilar tar­kibi, soliq obyekti va soliq stavkalari.

 

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi qonun xujjatlariga asosan ushbu soliqni byudjet oldida hisob-kitobini amalga oshiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik  shaxslar tushuniladi. Jumladan:

1) soliq solinadigan oborotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;

2) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar;

3) tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar (o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno);

4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi).

Notijorat tashkilotlar (tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlari mustasno) hamda soliq solishning  soddatlashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib  hisoblanishmaydi.

Soliq qonunchiligida nazarda tutilgan holda yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar taqdim etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashi mumkin.

Amaldagi soliq kodeksining 198-moddasiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘ining obyekti bo‘lib, tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilish oboroti hamda tovarlarning importi hisoblanadi.

Tovarlarni (ish va xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deganda – yuklab jo‘natilgan tovarlar (ish va xizmatlar) qiymati tushuniladi, ya‘ni yuklab jo‘natilgan tovarlar (ish va xizmatlar) uchun mablag‘i kelib tushishi davridan qat‘iy nazar korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha byudjet oldida hisob-kitoblarni amalga oshirishi shart.

Soliq solinadigan import deganda esa – O‘zbekiston Respublikasining bojxona xududiga olib kirilayotgan tovarlar hisoblanadi (qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan import tovarlardan tashqari).

Tovarlar natural haq tarzida berilganda yoki kassa orqali o‘z xodimlariga tannarx bahosidan past qilib sotilganda soliqqa tortiladigan oborot tovarlar (ish va xizmatlar)ni ishlab chiqarishning haqiqiy xarajatidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti hisoblanmaydi:

1) soliq to‘lovchining xarajatlari sifatida qaraladigan uning o‘z ehtiyojlari uchun tovar berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish (yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan xarajatlar bundan mustasno);

2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo‘linmasi tomonidan boshqa tarkibiy bo‘linmasiga ishlab chiqarish ehtiyojlari (zavod ichki oboroti) uchun, agar tarkibiy bo‘linmalar soliq kodeksiga muvofiq mustaqil soliq to‘lovchilar bo‘lmasa, mol-mulk berilishi, ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi;

3) soliq to‘lovchining o‘z ehtiyojlari uchun o‘z kuchi bilan qurilish, montaj, qurilish-montaj ishlarini bajarishi;

4) garov qiymatiga ega bo‘lgan qaytariladigan tarani, shu jumladan shisha idishni jo‘natish. Qaytariladigan tara mahsulot solib jo‘natilgan, qiymati ushbu mahsulot qiymatiga kiritilmaydigan hamda shu mahsulotni etkazib berish uchun tuzilgan shartnomada (kontraktda) belgilangan shartlarda va muddatlarda mahsulot etkazib beruvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan taradir. Agar tara belgilangan muddatda qaytarilmasa, bunday tarani berish soliq solinadigan oborotga kiritiladi;

5) yuridik shaxsning ishtirokchisi (muassisi) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqqanda (chiqib ketganda), shu jumladan tugatilganlik (bankrotlik) yoki qayta tashkil etilganlik munosabati bilan chiqqanda (chiqib ketganda) unga dastlabki hissa doirasida mol-mulkni berish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikka (ishtirokchiga) uning mazkur shartnoma bo‘yicha sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkida bo‘lgan ulushi qaytarilayotganda yoki bunday mol-mulk taqsimlanganda mol-mulkni berish;

6) tugallanmagan qurilishning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va obyektlarini bepul asosda berish;

7) banklarning mol-mulkni o‘z filiallariga berishi;

8) oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) ulushi sifatida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), boshqa mol-mulk va mulkiy huquqlarni berish;

9) tovarlarni va boshqa mol-mulkni qayta ishlash asosida berish;

10) ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida mol-mulkni mulkdordan ishonchli boshqaruvchiga berish;

11) ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, mol-mulkni mulkdorga berish;

  12) obyekt qiymatini ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) oladigan ijara (lizing) to‘lovining bir qismi tarzida qoplash.

Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish oboroti hisoblanmaydi:

·    soliq to‘lovchining xarajatlari sifatida qaraladigan uning o‘z ehtiyojlari uchun tovar berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish (yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan xarajatlar bundan mustasno);

·    bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo‘linmasi tomonidan boshqa tarkibiy bo‘linmasiga ishlab chiqarish ehtiyojlari (zavod ichki oboroti) uchun mol-mulk berilishi, ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi;

·    soliq to‘lovchining o‘z ehtiyojlari uchun o‘z kuchi bilan qurilish, montaj, qurilish-montaj ishlarini bajarishi;

·    garov qiymatiga ega bo‘lgan qaytariladigan tarani, shu jumladan shisha idishni jo‘natish. Qaytariladigan tara mahsulot solib jo‘natilgan, qiymati ushbu mahsulot qiymatiga kiritilmaydigan hamda shu mahsulotni etkazib berish uchun tuzilgan shartnomada (kontraktda) belgilangan shartlarda va muddatlarda mahsulot etkazib beruvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan taradir. Agar tara belgilangan muddatda qaytarilmasa, bunday tarani berish soliq solinadigan oborotga kiritiladi;

·    tugallanmagan qurilishning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va obyektlarini bepul asosda berish;

·    banklarning mol-mulkni o‘z filiallariga berishi;

·    va boshqa qonunchilikda ko‘zda tutilgan oborotlar.

O‘zbekiston Respublikasida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 1992 yilda 30 foizni tashkil qilgani holda,  bugunga qadar bir-necha marta o‘zgartirildi. Jumladan, 1996 yilda 17 foizni,  1997 yilda 18 foizni, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari turlariga (un, non, go‘sht, sut va sut mahsulotlari) esa kamaytirilgan 10 foizli stavka belgilandi. 1999 yilda respublikada qo‘shilgan qiymat solig‘ining 3 xil stavkasi (20%, 15%, va 0%) amalda qo‘llanildi. Faqat 3 ta  band, ya‘ni eksport, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik korxonalariga beriladigan mineral o‘g‘it va yoqilg‘i moylash materiallari hamda diplomatik vakolatxonalar va unga tenglashtirilgan vakolotxonalarga realizatsiya qilinadigan tovar (ish va xizmat)lar “0” stavkasi bo‘yicha soliqqa tortildi. 15% li qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi esa un, non, go‘sht, sut va sut mahsulotlari hamda import qilinadigan tirik mol va bug‘doy kabi mahsulotlarga nisbatan belgilandi.

2000 yildan hozirgi kungacha soliq Kodeksiga ko‘ra respublikamizda 20 foizli va “0” foizli stavka qo‘llanilib kelinmoqda. Umuman olganda “0” stavka deganda korxona ishlab chiqarayotgan tovarlarning (bajarilgan ish, xizmatlarning) qiymatiga qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘llanilmaydi, ya‘ni “nol” ga teng degani.

Quyidagilarga “0” darajali stavka bo‘yicha soliq solinadi:

·        Tovarlarning, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajariladigan ishlarning (ko‘rsatiladigan xizmatlarning) erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi eksportiga, shu jumladan,  mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlariga etkazib berilishiga, agar O‘zbekiston Respublikasining halqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa.

Ayrim MDH davlatlarida bu tartib boshqacha. Masalan: Armanistonda Tojikistonda, Turkmanistonda MDH davlatlaridan tashqariga eksport soliqqa tortilmaydi, “0” stavka ham qo‘llanilmaydi. Qozog‘istonda esa MDHdan tashqariga eksport “0” stavkada soliqqa tortiladi.

Eksport qilingan tovarlarni qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish masalasida O‘zbekiston bilan boshqa davlatlar o‘rtasida davlatlararo bilvosita soliqlarni undirish printsiplari bo‘yicha shartnomalar tuzilgan bo‘lib, ammo ratifikatsiya qilinmagan (tasdiqlanmagan) holatlarda imtiyozni qo‘llashning iloji bo‘lmaydi, ya‘ni imtiyoz qo‘llash uchun qonuniy asos bo‘lmaydi.

Hozirgi vaqtda Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Moldova, Rossiya, Qozog‘iston bilan ham bilvosita soliqlarni undirish printsiplari bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Shartnomada kelishilgan davlatlar bojxona hududlarida tovarlar (ish va xizmatlar) eksport qilinganda “0” stavkadagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘llash ko‘zda tutilgan.

·        Chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovar (ish va xizmat)larga.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati tomonidan keyinchalik chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga realizatsiya qilish uchun olinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda nol darajali stavka qo‘llanilishi tatbiq etiladigan O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan chet el diplomatik vakolatxonalarining va diplomatik vakolatxonalariga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

·        suv ta‘minoti, issiqlik ta‘minoti, kanalizatsiya va gaz ta‘minoti bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarga;

·        xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tiladigan tranzit yuklarini tashish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarga, jumladan yo‘lovchilar, bagajlar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish.

2006 yildan boshlab qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik korxonalariga etkazib beriladigan mineral o‘g‘itlar va yonilg‘i-moylash materiallariga “0” stavka bekor qilindi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod bo‘lgan (imtiyozli) oborotlardan farqli “0” stavka qo‘llanilganda qo‘shilgan qiymat solig‘i tovarlarning tannarxiga olib borilmasdan, hisobga kiritiladi.

Agarda hisobot davrida hisobga kiritilishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasidan “0” stavkada hisoblanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining summasi qiymati jihatidan ko‘p bo‘lsa, u holda oshiqcha summa soliq to‘lovchining boshqa soliq va to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirda, unga belgilangan tartibda qaytariladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash (ya‘ni qaytarish) tartibi 2003 yil 13 maydagi hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga undiriladigan to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (30-sonli bayonnoma) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha yuzaga kelgan manfiy farqni qoplash to‘g‘risida” gi Nizom asosida olib boriladi. Ushbu Nizom adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 6 iyunda 1246-son bilan tasdiqlangan.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha salbiy qoldiqni paydo bo‘lishi muammosi asosan mahsulotini eksport qiluvchi yirik korxonalarda kuzatiladi. Masalan: Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatining – 1 oylik ortiqcha to‘lovi 100 mln. so‘m, Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinatida – 200 mln.so‘m, Qabul Tekstaylz – O‘zbek qo‘shma korxonasida – 30 mln. so‘m (bu korxonada eksport jami sotilgan tovarlarning 90 foizni tashkil qiladi). Bu muammo “0” stavkada soliqqa tortish natijasida ortilgan mahsulotga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmasligini va olingan materiallarga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinishi oqibatida yuzaga keladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining vatani hisoblangan Frantsiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha  to‘rtta stavka amal qiladi, ya‘ni standart stavka, qisqartirilgan stavka, oraliq stavka va oshirilgan stavka.

Standart soliq stavkasi 19,6 foiz qilib belgilangan. Bu stavka o‘zgacha stavkalar qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan operatsiyalardan tashqari barcha operatsiyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Pasaytirilgan stavka (2,2; 5,5%) oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘pchiligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun, kitoblar va dori-darmonlar uchun amal qiladi. Shunday pasaytirilgan stavka ayrim xizmat turlariga: turizm va mehmonxona xizmatlari, yuk va yo‘lovchi tashish, tomosha tadbirlari, korxonalarning xodimlariga beriladigan ovqatlarga tegishlidir. Oraliq stavka gaz, elektr, issiqsuv, ko‘mir, neft mahsulotlari, spirt, kofe kabi tovarlarni soliqqa tortish uchun qo‘llaniladi. Oshirilgan stavka (22,0%) ayrim mahsulot turlariga, jumladan, avtomobillar, kino-foto tovarlar, tamaki mahsulotlari, parfyumeriya, qimmatbaho mo‘ynalarga nisbatan qo‘llaniladi.

Buyuk Britaniyada qo‘shilgan qiymat solig‘ining uchta stavkasi amal qiladi: 0, 8,0 va 17, 5 foiz. Nol darajasidagi soliq stavkasi tovarlarning 17 ta guruhiga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, suv ta‘minoti va kanalizatsiya, ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan kitoblar va qo‘llanmalar, yoqilg‘i va isitish, transport vositalari, xalqaro xizmatlar, kiyim-kechak va poyafzal, xayr-ehsonlarga nisbatan qo‘llaniladi. 8 foizli stavka ta‘minotning kommunal turlari borasidagi xizmatlarga nisbatan qo‘llaniladi. 17,5 foizli stavka tovarlar (ish va xizmatlar) ning barcha boshqa turlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Ispaniya Qirolligi mamlakatida qo‘shilgan qiymat solig‘ining standart stavkasi 16 foizni tashkil etadi. Pasaytirilgan stavkalar, ya‘ni 0 foizli stavka – eksport bilan bog‘liq tovar va xizmatlar uchun; 4 foizli stavka – birinchi navbatdagi zarur tovarlar uchun (non, g‘alla, sut, tuxum, mevalar, sabzavotlar, kitoblar, gazetalar, dori-darmonlar, munitsipial uylar, nogironlar uchun mashinalar va h.k.); 7 foizli stavka – oziq-ovqat mahsulotlari, uy-joy qurilishi, transport, turizm uchun, 28 foizli stavka esa zeb-ziynat buyumlari va avtomobillar bo‘yicha belgilangan.

 Rossiya Federatsiyasida qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foiz, 10 foiz va 0 foizli qilib belgilangan. 0 foizli stavka tovarlar (ish va xizmatlarning) ayrim turlariga, 10 foizli stavka – oziq–ovqat va bolalar tovarlariga, 20 foizli stavka esa tovarlar (ish va xizmatlar)ning boshqa turlariga nisbatan qo‘llaniladi.[10]

 

3.Soliq imtiyozlari.

 

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan boshqa soliq turlariga nisbatan ko‘proq imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular soliq kodeksida to‘rt guruhga bo‘lib berilgan. Ular:

1) soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti (208-modda);

2) soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar (209-modda);

3) soliqdan ozod etiladigan sug‘urta xizmatlari (210-modda);

4) soliqdan ozod etiladigan import.

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan quyidagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlari ozod etiladi:

-       davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan, davlat boji va yig‘imlar undiriladigan xizmatlar;

-       maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar;

-       bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;

-       dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari, diniy ashyolarni realizatsiya qilish, diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar o‘tkazishga doir xizmatlari;

-       protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo‘ljallangan inventarlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan buyumlar va inventarlar, shuningdek nogironlarga ko‘rsatilayotgan ortopedik protezlash xizmatlari, protez-ortopediya buyumlari va nogironlar uchun mo‘ljallangan inventarlarni ta‘mirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar bo‘yicha xizmatlar;

-       davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mazkur muassasalar tomonidan realizatsiya qilinadigan mahsulotlari;

-       pochta markalari (kollektsiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar, konvertlar;

-       aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to‘lash bo‘yicha xizmatlari;

-       byudjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari. Ushbu imtiyozni olish uchun tegishli moliya organining byudjetdan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi xulosasi asosdir;

-       shahar yo‘lovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari), shuningdek temir yo‘l va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish xizmatlari.;

-       oliy, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida, shuningdek kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda ta‘lim berishning haq evaziga o‘qitishga doir qismi bo‘yicha xizmatlar;

-       vakolatli davlat organiga saqlab turish uchun topshirilgan qimmatbaho metallar;

-       chet el havo kemalariga xizmat ko‘rsatish yuzasidan bevosita O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida va O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida amalga oshiriladigan xizmatlar, shu jumladan aeronavigatsiya xizmati;

-       sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari va bolalar dam olish oromgohlarining xizmatlari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport muassasalarining tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xizmatlari.

-       gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;

-       geologiya va topografiya ishlari;

-       O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulot va xizmatlar;

-       O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport qilinayotgan tovarlarni tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ekspeditsiya qilishga doir xizmatlar, ishlar;

-       nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etuvchi yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), bundan vositachilik, savdo, tayyorlov, ta‘minot-sotish faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha realizatsiya qilish oborotlari mustasno;

-       O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) yuridik shaxslar oladigan, shuningdek grantlar hisobiga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar);

-       uy-joy fondini saqlash va ta‘mirlash yuzasidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar;

-       aholini elektr energiyasi bilan ta‘minlash;

-       davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o‘rgatish xizmatlari;

-       o‘zi etishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti;

-       ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlov bo‘linmalari xizmatlari;

-       va boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan oborotlar.

Moliyaviy xizmatlarning quyidagi turlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan:

-       to‘lovlar, o‘tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va to‘lov vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar, inkasso bo‘yicha operatsiyalar;

-       milliy valyuta va chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalar;

-       qimmatli qog‘ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar) bilan bog‘liq operatsiyalar;

-       akkreditivlar ochish va ularga xizmat ko‘rsatish;

-       pul mablag‘larini konvertatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalar;

-       chet el valyutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish;

-       kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, berish, qayta hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash va saqlash);

-       forfeyting va faktoring operatsiyalari;

-       lombard operatsiyalari (garovga qo‘yilgan mol-mulkka qisqa muddatli kreditlar berish);

-       jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining oboroti.

va boshqa oborotlar.

 

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan sug‘urta xizmatlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

1) sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:

a) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari;

b) qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha vositachilik haqi va tantemalar;

v) sug‘urta agenti, sug‘urta va qayta sug‘urta brokeri, syurveyer hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi;

g) qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari ulushining qayta sug‘urtalovchilar tomonidan to‘lanadigan to‘lovini;

d) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha uchinchi shaxslardan subrogatsiya (regress) tartibida talab qilish bo‘yicha daromadlar;

e) sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) ko‘rsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;

j) qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha depo mukofotlariga hisoblangan hamda qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan qayta sug‘urtalovchiga o‘tkazilgan foizlar;

z) hayotni sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qildiruvchilar taqdim etgan zayomlardan olinadigan daromadlar;

i) sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyatidan olinadigan daromadlar, shu jumladan sug‘urta rezervlari va sug‘urta fondlari mablag‘larini investitsiyalashdan olinadigan daromadlar;

k) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha franshizlarni qoplashdan olinadigan daromadlar;

l) qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchiga o‘tgan, sug‘urta qildiruvchining (naf oluvchining) etkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;

m) qayta sug‘urta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari;

n) bevosita sug‘urta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar;

2) sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:

a) sug‘urta to‘lovi (sug‘urta tovoni);

b) preventiv tadbirlar o‘tkazish uchun beriladigan mablag‘lar;

v) sug‘urta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sug‘urtalovchi to‘laydigan mablag‘lar;

g) sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablag‘lar.

 

Tovarlarni import qilishda quyidagi hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi:

1)  jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;

2) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va ma‘muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a‘zolari shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar;

3) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan tovarlar;

4) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida olib kirilayotgan tovarlar;

5) davlatlar, hukumatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablag‘lari hisobidan olib kirilayotgan tovarlar;

6) dori vositalari va tibbiy (veterinariya) buyumlari, shuningdek dori vositalari va tibbiy (veterinariya) buyumlari ishlab chiqarish uchun olib kirilayotgan xom ashyo;

7) O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni etkazib berish texnologik asbob-uskunalarni etkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa. Import qilingan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan paytdan e‘tiboran uch yil mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi;

8) investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida olib kiriladigan mol-mulk;

9) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;

10) bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o‘z ishlab chiqarishida foydalanish uchun olib kirayotgan xom ashyo, materiallar va yarim mahsulot.

 

4.Qo‘shilgan qiymat soli­g‘ini hisoblash tartib­larining o‘ziga xos xususiyatlari.

 

Soliq qonunchiligiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblanishi soliq to‘lovchilarning olib borayotgan xo‘jalik operatsiyalariga bog‘liq ravishda soliqqa tortiladigan bazani aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.

Tovarlar sotilganda, ish va xizmatlar bajarilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblanishi. Respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilgandan buyon soliqni hisoblashning ikki turdagi usuli amal qilgan, ya‘ni ishlab chiqarilgan tovarlarni jo‘natish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hisobga olish usuli yoki hisobvaraq-faktura usuli hamda ulgurji va chakana savdo, vositachilik xizmati ko‘rsatish  sohalarida hisobdan chiqarish usuli qo‘llanilgan. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan baza narxlar farqi sifatida, ustama va mukofot xaqi summasi sifatida aniqlanib shu summadan soliq hisoblangan.

1992 yildan 1994 yilga qadar savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lib hisoblanar edi. 1994 yildan ular byudjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i o‘rniga yalpi daromad solig‘i hamda  mol-mulk solig‘ini to‘laydigan bo‘lishdi. Keyingi davrlarda soliq hisoblashning “yalpi foyda” (chegirish) usuli asta-sekin “hisobga olish-xisobvaraq” usuliga aylanib bordi. Soliq kodeksi kuchga kirgandan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning “yalpi foyda” (chegirish)  usuli faqat vositachilik va “O‘zdonmaxsulot” DAK tizimi tarkibiga kiradigan, birlamchi ishlovdan keyingi don, qo‘shimcha mahsulot va chiqindilarni sanoatdan donni qayta ishlashga sotishni amalga oshiradigan korxonalar uchun qo‘llaniladi. Boshqa holatlarda “hisobga olish hisob-faktura” usuli qo‘llaniladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashning “hisobga olish hisob-faktura” usulining mohiyati shundaki, korxona byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi ishlab chiqarilgan mahsulotlarga (xizmatlarga) hisoblangan soliq miqdoridan shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sotib olingan xom-ashyo, materiallar uchun to‘langan soliq miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Chegirishga hisobot davrida hisob-faktura bilan qabul qilingan xom-ashyo, materiallar, shu jumladan import qilingan tovarlarga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qabul qilinadi.

Quyidagi shartlarni bajargan holda hisobga olish amalga oshiriladi:

·  birinchidan, bu hisobot davrida tovar va xizmatlar xaqiqatda sotib olingan bo‘lishi kerak;

·  ikkinchidan, ular bo‘yicha tovar etkazuvchidan hisob-faktura to‘ldirilgan bo‘lishi;

·  uchinchidan, ular soliqqa tortiladigan faoliyatda ishlatilgan bo‘lishi kerak.

Asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash. Korxonaning o‘z ehtiyoji uchun olingan asosiy vosita va nomoddiy aktivlari korxonaning buxgalteriya balansida mol etkazib beruvchiga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi bilan birga yozilib kirim qilinadi. Agar balansdagi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar sotilsa, u holda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha soliqqa tortish obyekti bo‘lib, sotish bahosi bilan qoldiq qiymat o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Bunda, agar korxona asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qoldiq qiymatida sotsa, u holda soliqqa tortiladigan obyekt bo‘lmaydi va byudjetga soliq to‘lanmaydi. Shuningdek, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni ishlab chiqaruvchi va uni oldi-sotti faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashning alohida tartibi mavjud.

Vositachilik xizmatlari ko‘rsatilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblanishi. Vositachilik xizmatlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashda “yalpi foyda” (chegirish) usuli qo‘llaniladi. Ushbu usulning mohiyati shundaki, soliq baho farqi, ustama va mukofotlar sifatida olingan daromaddan hisoblanadi. Byudjetga soliq to‘lashda hisoblangan soliq summasi ushbu daromadni olishga sarflanadigan xizmatlarning qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga kamaytiriladi. Demak, qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini vositachilik korxonalari mukofotlar summasidan hisoblaydilar.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish. Umumdavlat soliqlarini to‘lovchi korxonalarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning amaldagi mexanizmi soliqni ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘lgan yangidan yaratilgan qiymatdan to‘lanishini ko‘zda tutadi. Qo‘shilgan qiymat ikki marotaba soliqqa tortilmaydi.

Respublikamizda 1998 yildan soliq kodeksi joriy etilishi bilan birga hisobvaraq-fakturalar kiritilgan bo‘lib, u kirimdagi soliq summasini hisobga olish uchun asosiy xujjat hisoblanadi. Ammo, amaliyotda bu tartib  o‘zining vazifasini to‘laqonli bajara olmadi, chunki bu davrda byudjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi – etkazib beriladigan mahsulotga hisoblangan soliq summasi bilan bevosita ishlab chiqarishga sarflangan material resurslarga hisoblangan soliq summasi o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanar edi. Bu tartibdagi hisoblash mexanizmi 1999 yilga qadar amaliyotda qo‘llanilib kelindi va uning ayrim kamchiliklari mavjud edi. Jumladan:

·  ishlab chiqarishga sarflangan paytda xom-ashyo va materiallarga hisoblangan soliq summasini byudjet bilan hisob-kitobda chegirilishi – korxonalarning oborot mablag‘larini cheklanishiga olib keldi;

·  qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq faktura asosida hisoblanish mexanizmi ishlamadi, chunki amalda hisobvaraq fakturada ko‘rsatilgan soliq summasi  byudjetga hisobga olib borishda asos bo‘lmadi;

·  bunday hisoblash tartibi halqaro soliq amaliyotidagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tamoyillariga zid kelardi.

Ushbu holatlar tahlil qilinib 1999 yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash mexanizmi o‘zgartirildi va halqaro amaliyotga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tamoyillariga moslashtirildi. Quyida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning taqqoslama usuli keltirilgan (5.4.1-jadval).

5.4.1-jadval

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning 1999 yildan joriy etilgan

usulining taqqoslama tahlili (raqamlar shartli)

 

¹

Ko‘rsatkichlar

1999 yilga qadar

1999 yildan keyin

Oborot

qo‘shilgan qiymat solig‘i

oborot

qo‘shilgan qiymat solig‘i

1.       

Hisobot davrida sotib olingan xom-ashyo, materiallar

100

20

100

20

2.       

Ishlab chiqarishga ishlatilgan xom-ashyo, materiallar

50

10

50

10

3.       

Tovarlar (ish va xizmatlar)ni sotish oboroti, ya‘ni soliqqa tortiladigan oborot

200

40

200

40

4.       

Byudjetga hisoblangan soliq summasi

X

30 (40-10)

X

20 (40-20)

 

1999 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning yangi tartibini joriy etilishi uni hisoblashning soddalashtirilgan mexanizmini qo‘llanilishiga olib keldi, ya‘ni hisobvaraq faktura usulining ishlab ketishini ta‘minladi va bunda material resurslarining ishlab chiqarishga sarflanishidan qat‘iy nazar, hisobot davrida sotib olingan material resurslarga to‘langan soliq summasi hisobvaraq faktura asosida byudjet bilan hisob-kitobga olib boriladigan bo‘ldi. Bu tartibdagi hisoblash mexanizmi korxonalarning oborot mablag‘larini chetlanishini keskin kamaytiradi.

 

5.Qo‘shilgan qiymat soli­g‘ini byudjetga to‘lash va hisob-kitoblarni taq­dim etish muddatlari. Hisobvaraq faktura va uni to‘ldirish tartibi.

 

Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni (5-ilova) korxona ortib boruvchi yakun bilan ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi Davlat soliq idoralariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan va yil yakunlari bo‘yicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatida qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilari hisoblangan mikrofirma va kichik korxonalar yilning har choragida  hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hiobot topshirilgan muddatda taqdim etadi.

Soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitoblari bilan bir vaqtda hisobot davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reestrini ham taqdim etadilar. Hisobvaraq-fakturalar reestrining shakli davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

Hisobotlarni o‘z vaqtida topshirmaslik korxona va korxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan Davlat soliq idoralari tomonidan moliyaviy va ma‘muriy jazo – choralarini qo‘llanishiga olib keladi.

Korxonalar qo‘shilgan qiymat solig‘ini soliq hisobini topshirgan kundan kechiktirmay tegishli davrdagi haqiqiy sotish oborotidan kelib chiqib to‘laydi. Agar korxona hisoblangan soliq summasini byudjetga o‘z vaqtida o‘tkazib bermasa, bunday holatda Davlat soliq idoralari mas’ul xodimlari tomonidan hisoblangan soliq sumasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kun uchun 0,05 foiz miqdorida penya (moliyaviy jazo) qo‘llanilishiga olib keladi. Bunda korxona rahbariyatiga nisbatan ma‘muriy chora qo‘llanilmaydi.

1998 yil 1 yanvardan O‘zbekistondagi barcha korxonalar va tashkilotlar uchun, shu jumladan soliqqa tortishning alohida tartibi o‘rnatilgan kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod bo‘lgan korxonalar ham tovarlarni sotganda, ish va xizmatlar ko‘rsatganda hisobvaraq fakturani to‘ldirishi qonun asosida shart qilib belgilandi.

Hisobvaraq-faktura mahsulot etkazib beruvchi tomonidan tovarlarni yuklab jo‘natilishi, ish va xizmatlar ko‘rsatilishi sanasi (kuni)dan kechiktirmasdan yoziladi.

Hisobvaraq-fakturada - uning tartib raqami va yozilgan sanasi, jo‘natiladigan tovarlar bo‘yicha shartnomalar raqami va sanasi hamda soliq to‘lovchi va xaridorning nomi, manzili STIRi va shu kabi rekvizitlari ko‘rsatiladi.

Jadvalli shaklni to‘ldirishda quyidagilarni qayd etish kerak (6-ilova):

·    1-ustunda, tovarlar (ish va xizmatlar) nomi;

·    2-ustunda tovarlarning o‘lchov birligi (dona, metr, kg, va xokazo);

·    3-ustunda yuklab jo‘natiladigan tovarlarning miqdori yoki soni;

·    4-ustunda tovarlarning shartnoma bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘isiz narxi;

·    5-ustunda tovarlarning jami etkazib berish qiymati (qo‘shilgan qiymat solig‘isiz);

·    6-ustunda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi, agar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod bo‘lsa chiziqcha tortib qo‘yiladi;

·    7-ustunda jo‘natilayotgan tovarlar bo‘yicha tegishli stavkalarga ko‘ra hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi;

·    8-ustunda, jo‘natilayotgan tovarlarning qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan hisoblangan summasi.

Soliq kodeksiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan  ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar 6- va 7- ustunga “Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiz” degan shtampini qo‘yishadi, agar shtamp bo‘lmasa qo‘lda yozib qo‘yishadi va 8 ustunni to‘ldirishmaydi.

Agarda korxona aktsiz osti tovarlar ishlab chiqarsa unda hisobvaraq-fakturaga qo‘shimcha ustunlar kiritiladi va ushbu ustunlarda  aktsiz stavkasi va summasi aks ettiriladi (chunki aktsiz summasi ham qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladi).

Hisobvaraq-faktura korxona rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.

Hisobvaraq-faktura etkazib beruvchi korxona tomonidan 2 nusxada to‘ldiriladi, 1-nusxasi xaridorga beriladi va u xaridorga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini belgilangan tartibda hisobga kiritish uchun huquq beradi, 2-nusxasi esa korxonaning o‘zida qoladi.

Ta‘kidlash joizki, bevosita aholiga pullik xizmatlar (ishlar)ni ko‘rsatadigan korxonalar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishda kassa cheki yoki xizmatlar ko‘rsatilishi (ishlar bajarilishi)ni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar hisobvaraq-faktura hisoblanadi. Bunda bu hujjatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i ajralib turishi lozim.

O‘z mahsulotlarini (tovarlarini, ishlarini, xizmatlarini) uzluksiz etkazib beradigan korxonalar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar iste‘molchi­larga hisobvaraqni rasmiylashtirish bilan bir vaqtda, lekin bir oyda bir martadan kam bo‘lmagan tarzda yoziladi. Bunda hisobvaraq-fakturalarning yozilishi mahsulot sotilgan hisobot davrida amalga oshiriladi.

Banklar uchun, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan operatsiyalar bajarilganda, hisobvaraq-faktura bo‘lib mijoz shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma hisoblanadi.

Lizing operatsiyalari bo‘yicha lizing beruvchilar uchun hisobvaraq-faktura bo‘lib lizing obyektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi hisoblanadi. Bunda tegishli hujjatlar (lizingning tarkibiy qismi hisoblanadigan lizing to‘lovlari jadvali; hisobvaraq; lizing to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha lizing oluvchiga taqdim etiladigan bildiruvnoma va hokazo) bilan rasmiylashtiriladigan har bir lizing to‘loviga qo‘shimcha hisobvaraq-faktura yozilmaydi.

Agar lizing shartnomasi lizing beruvchiga qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutsa, bunda mazkur xizmatlarga belgilangan tartibda hisobvaraq-faktura yoziladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda, hisobvaraq-faktura o‘rniga birlamchi hujjat bo‘lib quyidagi hujjatlar:

- sug‘urta korxonalari uchun - sug‘urta polisi;

- sug‘urta agentlari uchun - sug‘urta polisi va shartnoma topshirig‘i (agentlik bitimi);

- sug‘urta brokerlari uchun - sug‘urta polisi va shartnoma topshirig‘i hisoblanadi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan elektr energiyasi, suv, gaz, aloqa xizmatlari, kommunal xizmatlar, temir yo‘lda tashishlar, bank operatsiyalari, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) uzluksiz etkazib berishni amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar hisobot davrining oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozadi.

Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish uchun taqdim etiladigan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risidagi ma‘lumotnoma - hisobvaraq-fakturada yoki hujjatda hisobvaraq-fakturaning belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha majburiy rekvizitlar ushbu hujjatda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi ko‘rsatilgan yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmaganlar uchun "Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz" yozuvi (shtampi) qo‘yilgan holda mavjud bo‘lsa, bunda mazkur hujjatlar hisobvaraq-fakturaga tenglashtiriladi va bunday korxonalar qo‘shimcha ravishda hisobvaraq-faktura yozmasligi mumkin.

 

6.     Import tovarlarga nis­batan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartibi

 

Import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari bo‘lib, tovarlarni import qiladigan yuridik shaxslar, shuningdek boj to‘lamasdan o‘z ehtiyojlari uchun me‘yoridan ortiqcha tovarlar olib kiradigan jismoniy shaxslar hisoblanadi (demak, jismoniy shaxslar ham bevosita qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lishi mumkin).

Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan obyekt bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining bojxona qonunlariga binoan belgilangan bojxona rejimlariga muvofiq O‘zbekiston hududiga import qilinadigan tovarlar hisoblanadi.

Tovar deganda iste‘molga mo‘ljallangan va qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi.

Import tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lib, bojxona qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati hisoblanadi.

Tovarlar importi bo‘yicha soliq solinadigan oborot hajmiga bojxona qiymati bilan bir qatorda bojxona boji summasi va aktsiz solig‘i summasi (aktsiz osti tovarlar bo‘yicha) kiritiladi.

Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i quyidagi formula orqali hisoblanadi:

 

SQQS =   (IQTBQ + BBS + AS) x QQSST  ;

100

Bu erda:

SQQS – qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi

IQTBQ – Import qilinadigan tovarlarning bojxona qiymati;

BBS – Bojxona boji summasi;

AS – aktsiz solig‘i;

QQSST – qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi.

Import qilinadigan  tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizli stavka bo‘yicha to‘lanadi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:

§  xorijiy diplomatik vakolatxonalar va ularga tenglashtirilgan vakolotxonalar rasmiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar;

§  jismoniy shaxslarning boj to‘lamasdan olib kirish me‘yorlar doirasida import qilinadigan tovarlar (tovarlarni olib kirish me‘yori Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori asosida belgilanadi);

§  O‘zbekiston Respublikasi hududiga tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalar yuz berganda olib kiriladigan tovarlar, shuningdek davlatlar, halqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlarida olib kiriladigan tovarlar;

§  O‘zbekiston Respublikasi hududiga investitsiya dasturiga kiritilgan ustuvor obyektlarni jihozlash uchun hamda hukumat kafolati bilan xorijiy kreditlar hisobiga moliyalanadigan investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun olib kiriladigan texnologik uskunalar;

§  import bo‘yicha olib kelinadigan dori-darmonlar va tibbiy buyumlar;

§  chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitaliga chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida olib kirilayotgan texnologik jihozlar;

§  va boshqa qonunchilikda ko‘zda tutilgan import tovarlar.

Tovarlar respublika hududiga import qilinishida qo‘shilgan qiymat solig‘i bojxona deklaratsiyasi qabul qilinishiga qadar yoki u bilan bir vaqtda to‘lanadi. Agar bojxona deklaratsiyasi belgilangan muddatda topshirilmasa qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatlari bojxona deklaratsiyasi topshirish muddati tugagan kundan boshlab hisoblab chiqariladi.

Jismoniy shaxslar soliqni naqd pul bilan bojxona organi posti kassasiga belgilangan tartibda to‘lashlari mumkin.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘langan summalari hududiy bojxona organlarining depozit hisobvaraqlariga kirim qilinib, keyin ular respublika byudjeti daromadlariga qayd etiladi. Bojxona organlari 3 kun muddat ichida undirilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini respublika byudjetiga o‘tkazadilar.

 

Mavzuga doir masalalar:

 

1-masala. Quyidagi ma‘lumotlarga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblang (ming so‘m).

1. Hisobot davrida xarid qilingan xom-ashyo va materillar – 6500

2. Hisobot davrida jo‘natilgan tovarlar qiymati – 13200

Yechilishi:

1. Korxona hisobot davrida jo‘natilgan tovarlari buyicha imtiyozga ega bo‘lmaganligi bois jami realizatsiyadan soliq tulaydi, ya‘ni:

Sqqs = Stob x SS / 100 = 13200 x 20 %= 2640 ming so‘m.

(bu erda, Sqqs – iste‘molchilardan undiriladigan soliq summasi; Stob – soliqqa tortiladigan oborot; SS – soliq stavkasi).

2. Byudjetga o‘tkazilishi lozim bulgan soliq summasini aniqlash uchun hisobot davrida qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan xarid qilingan xom-ashyo va materiallar uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini ayirishimiz lozim, ya‘ni:

 Tqqs = 6500 x 20 % =1300 ming sum

3. Byudjetga o‘tkazilishi lozim bulgan soliq summasi hisobot davrida jo‘natilgan tovarlar bo‘yicha hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘idan xarid qilingan xom-ashyo va materiallar uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining chegirmasiga teng, ya‘ni:

SBqqs = Sqqs – Tqqs = 2640 – 1300 = 1340 ming so‘m.

 

2-masala. Quyidagi ma‘lumotlarga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblang (ming so‘m).

1. Hisobot davrida xarid qilingan xom-ashyo va materillar - 2500

2. Xarid qilingan asosiy vositalar - 4500

3. Hisobot davrida jo‘natilgan tovarlar qiymati - 13000

4. Asosiy vositalar realizatsiyasi - 900

5. Asosiy vositalarning eskirish qiymati - 400

Yechilishi:

1. a) Sqqs = Stob x SS/100 = 13000 x 20 % = 2600 ming so‘m;

    b) Asosiy vositalar realizatsiyasida qo‘shilgan qiymat solig‘i asosiy vositalarning realizatsiyasi va eskirish qiymati o‘rtasidagi farqdan hisoblanadi, ya‘ni:

Sqqs = Tq x SS / (SS+100) = 500 x 20 / (20+100) = 83.3 ming so‘m.

(bu erda. Tq – qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan tovar qiymati).

Sqqs = 2600 + 83.3 = 2683.3 ming so‘m;

2.Tqqs = 2500 x 20 % = 500 ming so‘m.

O‘z iste‘moli uchun xarid qilingan asosiy vositalar uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi hisobga olinmaydi, balki asosiy vositaning qiymati sifatida kirim qilinadi, shuning uchun 3500 ming so‘mga xarid qilingan asosiy vositalar qiymatidagi qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmaydi.

3.Bqqs = Sqqs – Tqqs = 2683.3 – 500 = 2183.3 ming so‘m.

 

3-masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi  korxona 1200 ming so‘mga qo‘shilgan qiymat solig‘i  bilan 400 kg bo‘yoq sotib  olgan. Sotib olingan bo‘yoqdan:

· 50 kg  sifati yomon bo‘lganligi uchun sotuvchiga qaytarib berilgan;

· 100 kg tekinga bolalar bog‘chasiga berilgan;

· 20 kg korxona klubini ta‘mirlash uchun ishlatilgan;

· 180 kg ming ishlab chiqarish uchun ishlatilgan;

Aniqlang: korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i qaysi qismini hisobga kiritish huquqiga ega?

 

4-masala. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan korxona huquqiy xizmat ko‘rsatilishi uchun Germaniyaning yuridik korxonasi bilan shartnoma tuzdi.

Germaniya yuridik korxonasi 12000 AQSh dollariga huquqiy xizmat ko‘rsatdi, xizmat ko‘rsatilganlik haqidagi dalolatnoma imzolaniyotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasida dollarning kursi 1 AQSh dollari uchun 1607 so‘mni tashkil etgan.

Aniqlang: import qilingan xizmat uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblang?

 

5-masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan  qayta ishlash korxonasi joriy yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:

·                        mahsulotni sotishdan tushgan tushum-2400 ming so‘m;

·                        bunda qaytarib berilishi lozim bo‘lgan idishning narxi-150 ming so‘m;

·                         tekinga tannarxi bo‘yicha 100 ming so‘mlik maxsulot berilgan.

·                        Olingan jarima summasi-30 ming so‘m;

·                        Bankdan olingan foizlar-12 ming so‘m;

·                        200 ming so‘mga korxona tomonidan nomoddiy aktivlar sotilgan(boshlang‘ich narxi-600 ming so‘m, to‘plangan amortizatsiya-420 ming so‘m);

·                        nolikvid xom-ashyo zaxiralari sotishdan tushgan tushum-96 ming so‘m, ularning tannarxi-85 ming so‘m;

Hisobvaraq-fakturada olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i:

·                        xom ashyo uchun-480 ming so‘m;

·                        ishlab chiqarish inshootlarini ijaraga berishdan-150 ming so‘m;

·                        uyali aloqadan-60 ming so‘m;

Aniqlang: Joriy davrda davlat byudjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i necha so‘mga teng?

 

6-masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi korxona ko‘rpa tikib chiqaradi. 

Bitta ko‘rpaning tannarxi-5ming so‘m. Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz bitta ko‘rpaning sotish narxi –9 ming so‘m.

2012 yil joriy davrda sotilgan ko‘rpalar:

· 300 ta – ichki bozorda;

· 500 ta – erkin valyutaga eksport qilingan (9 ming so‘mga ekvivalent bo‘lgan narxda).

Bundan tashqari 10 tasi bolalar bog‘chasiga tekinga berilgan.

40 ta-korxona ishchi-xizmatchilarga 4 ming so‘mdan sotilgan.

5ta-xodimlar bo‘limi boshlig‘ining tug‘ilgan kunida (yubiley) xadya qilingan.

Aniqlang: sotuv aylanmalari bo‘yicha hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘ini?

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.       Qo‘shilgan qiymat qanday tarkib topadi?

2.       Qo‘shilgan qiymat solig‘i ilk bor qaysi davlatda kim tomonidan joriy etilgan?

3.       Qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati qanday?

4.       Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qanday shaxslar to‘laydi?

5.        Qo‘shilgan qiymat solig‘i obyekti qanday aniqlanadi?

6.       Soliqqa tortiladigan oborot deganda nimani tushunasiz?

7.       Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari va ularni qo‘llash tartibi qanday?

8.       Nollik stavka qaysi tovarlar (ish va xizmatlar)ga nisbatan qo‘llaniladi?

9.       Hisobvaraq-fakturalar qanday to‘ldiriladi va unda qo‘shilgan qiymat solig‘i qaysi punktlarda ko‘rsatiladi?

10.  Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va hisobotni taqdim etish tartibi qanday?

11.  Import tovarlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i qaysi formula orqali aniqlanadi?


6-mavzu: Aktsiz solig‘i

 

1.Aktsiz solig‘ining iqti­sodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o‘rni.

 

 O‘zbekistonda aktsiz solig‘i 1992 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda oborot solig‘i va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy qilingan. Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u  bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Aktsiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat aktsiz osti tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Aktsiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida byudjetga undirish shakli hisoblanadi. Aktsiz solig‘i Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda salmoqli o‘rin egallaydi,  jumladan, davlat byudjetining soliqli daromadlari tarkibida 2000 yilda 22,8 foizni, 2001 yilda 26,3 foizni, 2002 yilda 28,8 foizni, 2003 yilda 31,1 foizni tashkil etgani holda 2006 yilgi dalat byudjeti daromadlarida uning ulushi 19 foizni, 2008 yilda esa 16,5 foizni tashkil etgan.

6.1.1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari

tarkibida aktsiz solig‘ining salmog‘i to‘g‘risida ma‘lumot[11]

 

Ko‘rsatkichlar

2008 yil

2009 yil

2010 yil

2011 yil

mln.so‘m

%da

mln.so‘m

%da

mln.so‘m

%da

mln.so‘m

%da

Davlat maqsadli jamg‘armalar daromadlarisiz - jami

7108257.4

100

10421382,5

100

13116396,9

100

16178563,5

100

Egri soliqlar

3571023.6

50.2

5162093,6

49,5

6973809,5

53,1

8656853,1

53,5

Aktsiz solig‘i

1170405.2

16.5

1503827,0

14,4

2191092,1

16,7

2481794,0

15,3

 

Yuqorida keltirilgan jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Davlat byudjeti daromadlari umumiy summasi yildan-yilga o‘sib bormoqda. Bunga albatta bir qancha omillar ta‘sir kiladi. Masalan, soliq stavkalarining oshirilishi, yangi soliq turlarining joriy etilishi, inflyatsiya, yangi daromad manbalarining yaratilishi va xokazolar. Jadval ma‘lumotlarini tahlil etar ekanmiz, oxirgi yillarda aktsiz solig‘i salmog‘ining kamayish tendentsiyasiga egaligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, 2008 yilda aktsiz solig‘ining byudjet daromadlaridagi ulushi 16.5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2009 yilda 14.4 foizni tashkil etgan, 2010 yilda ularning salmog‘ini o‘sishini ko‘rish mumkin (16.7 foiz), 2011 yil reja ko‘rsatkichlarida esa uning ulushi 15.3 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Aktsiz solig‘ini davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushining pasayish tendentsiyaga ega ekanligi shu bilan izohlanadiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2002 yil 13 noyabrdagi 390-son “Bozorni iste‘mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarini o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaroriga asosan “O‘zJMAvto” aktsionerlik jamiyatining ishlab chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya, Damas, Matiz), billurdan qilingan mahsulotlar, mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq va sanchqilarga hisoblangan aktsiz soliqlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, iste‘mol tovarlarining assortimentini ko‘paytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish uchun korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi. Shuning hisobiga hozirgi vaqtda aktsiz solig‘ining ulushi davlat byudjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda. Aktsiz solig‘i to‘liq respublika byudjetining daromadlar qismiga kelib tushadi va uning soliq yuki iste‘molchilar zimmasida bo‘ladi.

 

2.Aktsiz solig‘i to‘lovchi­lar. Soliq obyekti va bazasi.

 

Aktsiz solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib, mulk shaklidan va soliqqa tortishning qanday tartibi o‘rnatilganligidan qat‘iy nazar aktsizosti tovarlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Bundan tashqari, oddiy shirkat aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarganda oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi aktsiz solig‘ini to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.

Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan alohida korxonalar tushuniladi.

Soliq kodeksining 230-moddasiga ko‘ra quyidagi operatsiyalar aktsiz solig‘i solinadigan obyekt hisoblanadi:

1) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:

tovarni sotish (jo‘natish);

garov bilan ta‘minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirish;

aktsiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish;

aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;

aktsiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;

2) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;

3) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;

4) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek ulush qo‘shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aktsiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish;

5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun topshirish;

6) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish.

Tekinga beriladigan aktsizlanadigan mahsulot bo‘yicha quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lib hisoblanadi:

-aktsiz solig‘ining qat‘iy stavkalari belgilangan alkogolli mahsulot, tamaki mahsulotlari, o‘simlik (paxta) yog‘i, etil spirti, pivo, vino bo‘yicha - sotilgan mahsulot hajmi natura ifodasida;

-boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo‘yicha  soliq to‘lovchida tovarni berish paytida shakllangan narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan, biroq mazkur aktsizlanadigan tovarni ishlab chiqarish bo‘yicha haqiqatda shakllangan xarajatlardan past bo‘lmagan qiymat.

Quyidagi aktsizosti tovarlarga aktsiz solig‘i solinmaydi:

1) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aktsiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;

2) keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;

3) tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki avariyalar yuz berganda yordam ko‘rsatish uchun, insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida, shuningdek xayriya maqsadlari uchun aktsiz to‘lanadigan tovarlarni davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilishga;

4) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga;

5) vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.

 

 

Aktsizlanadigan tovarlar uchun soliq solish bazasi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

·  aktsiz solig‘ining qat‘iy stavkalari belgilangan tamaki mahsulotlari, o‘simlik (paxta) yog‘i, etil spirti, pivo, kon’yak, aroq va boshqa alkogolli aroq mahsulotlari, filtrli va filtrsiz sigaretalar,  neft mahsulotlari (benzin, dizel yoqilg‘isi va aviakerosin) bo‘yicha - sotilgan mahsulotning  natural ko‘rinishidagi xajmi;

·  aktsiz solig‘i to‘lanadigan boshqa mahsulotlar (zargarlik buyumlari, kumushdan qilingan oshxona buyumlari, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, “GM Uzbekistan” aktsionerlik jamiyati avtomobillari) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘i hisobga olmagan holda, shartnomaviy narxlar bo‘yicha yuklab jo‘natilgan tovarning qiymatiga foiz hisobida.

Buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyodan mahsulotga aktsiz solig‘ini hisoblash chog‘ida aktsiz solig‘i solinadigan mahsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi:

-aktsiz solig‘ining qat‘iy stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha  tayyor mahsulotning fizik hajmidan kelib chiqib;

-boshqa mahsulotlar bo‘yicha  tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatidan va buyurtmachi tomonidan beriladigan xom-ashyo qiymatidan kelib chiqib.

 

3.Aktsiz solig‘i  stavka­lari, xorijiy davlatlar tajribasi.

 

Aktsiz solig‘i stavkalari va aktsizosti tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi. 2014 yilda aktsizosti tovarlarga belgilangan soliq stavkalari quyidagilardan iborat:

6.2.1-jadval

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aktsizli tovarlarga nisbatan aktsiz solig‘i stavkalari

 

Tovarlar nomi

Soliq stavkasi

aktsiz solig‘ini hisobga olgan holda sotish narxlarida tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda

bir o‘lchov birligiga so‘mlarda

1

2

3

1. Etil spirti (1 dal. uchun)

 

3637

2. Vino (1 dal. tayyor mahsulot uchun)1

 

4981

3. Konyak, aroq va boshqa alkogoli mahsulotlar  (1 dal. tayyor mahsulot uchun) 1

 

32700

4. Ïèâî (1 dal. tayyor mahsulot uchun)

 

3570

5. O‘simlik (paxta) yog‘i (1 tonna uchun): 1

 

 

- oziq-ovqat yog‘i (salomas va  “O‘zbekiston” yog‘ini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yog‘dan tashqari);

 

875665

- texnik moy (kislota miqdori 0,3 mg KON/g dan yuqori, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo‘shishga yaroqsiz bo‘lgan)

 

481689

6. Sigaretalar (1000 dona uchun): 1

 

 

- filtrli

 

17451

- filtrsiz, papiroslar

 

8423

7. Zargarlik buyumlari

25

 

8. “O‘zDEUAvto” AJ ishlab chiqargan avtomobillari2

29

 

9. Kumushdan ishlangan oshxona anjomlari

11

 

10. Qimmatbaho metallar2

 

 

11. Neft mahsulotlari:

 

 

- benzin AI-80 (1tonnasiga)

 

292250

- benzin AI-91, AI-92, AI-93 (1 tonnasiga)

 

353430

- benzin AI-95 (1 tonnasiga)

 

408890

- dizel yoqilg‘isi (1 tonnasiga)

 

322000

- dizel yoqilg‘isi EKO (1 tonnasiga)

 

284250

12. Tabiiy gaz2 (aholiga sotiladigan tabiiy gaz xajmi bundan mustasno), eksport bilan birga

25

 

13. Ishlab chiqarish korxonalari tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz (“Uztransgaz» AK mintaqalararo unitar korxonalari tomonidan aholiga sotiladigan gaz hajmi bundan mustasno)2, eksport bilan birga

26

 

14. Paxta tolasi

 

 

 

Izohlar:

1) Qat‘iy miqdorda belgilangan aktsiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilishi  hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

2) “GM Uzbekistan” AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gazga hamda qimmatbaho metallarga aktsiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

 

Ayrim rivojlangan davlatlarda, masalan, Frantsiyada aktsizlar  tovarlarning natural birligiga nisbatan qat‘iy stavkalarda belgilab qo‘yilgan. Jumladan, 1 litr vino uchun aktsiz solig‘ining stavkasi 22 santimni, 1 litr shampan vinosi uchun 55 santimni, 1 litr pivo uchun esa 19,5 santimni tashkil qiladi.[12]

AQShda aktsiz soliqlari Federal ahamiyatga ega bo‘lgan soliq hisoblanadi. Lekin ularning davlat byudjeti daromadlarining hajmidagi salmog‘i nisbatan kichik. Aktsiz solig‘i tamaki va alkogolli mahsulotlarga, transport xizmatlariga nisbatan joriy qilingan. Aktsiz solig‘ining stavkasi 10 foizni tashkil etadi.

Buyuk Britaniyada aktsiz soliqlari egri soliqlarning tarkibida salmog‘iga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘idan  keyingi o‘rinni egallaydi. Aktsiz solig‘i yoqilg‘i, alkogol va tamaki mahsulotlariga, transport vositalari va xizmatlariga nisbatan joriy qilingan. Uning stavkalari 10 foizdan 30 foizgacha oraliqda tebranadi.

Germaniyada aktsiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning asosiy qismi Federal byudjetga o‘tkaziladi, faqat pivoga nisbatan joriy qilingan aktsiz solig‘i bo‘yicha tushumlar federal byudjetga kelib tushmaydi. Aktsiz solig‘ining stavkalari  tovarlarning noto‘g‘ri birligiga nisbatan foizlarda va evroda belgilangan. Masalan, sug‘urta bitimlari bo‘yicha aktsiz solig‘ining stavkasi sug‘urta polisi summasining 12 foiz miqdorida belgilangan. Shampan vinosiga nisbatan belgilangan soliq stavkasi 0,75 litr uchun 2 evroni tashkil qiladi.

Rossiya Federatsiyasida 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab, soliq kodeksining 2-qismini kuchga kiritilishi munosabati bilan aktsizlarni qo‘llash doirasi sezilarli darajada kengaytirildi, ya‘ni an’anaviy aktsiz solig‘i to‘lovchilar qatoriga ulgurji savdo tashkilotlari ham kiritildi.

Rossiya Federatsiyasida aktsiz solig‘ining davlat byudjeti daromadlarining manbai sifatidagi roli juda muhim bo‘lib, u aktsiz soliqlari bo‘yicha tushum summalarini Federal byudjet daromadlari tarkibidagi salmog‘ini yuqori ekanligida namoyon bo‘ladi. Masalan, 2003 yilda aktsiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning Rossiya Federal byudjeti daromadlari tarkibidagi salmog‘i 9,6 foizni tashkil qildi.[13]

5.Aktsiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar.

 

Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagilarga aktsiz solig‘i solinmaydi:

1) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aktsiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;

2) keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;

3) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;

davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag‘lari hisobiga, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aktsiz to‘lanadigan tovarlarni import qilishga.

4) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi qonun hujjatlarida belgilanadi;

5) vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.

 

6.Aktsiz solig‘ini to‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, muddatlari

 

To‘lovchilar tomonidan sotishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan aktsiz solig‘i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi:

- joriy oyning 13-kunidan kechiktir­may - joriy oyning birinchi o‘n kunligi uchun;

- joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay - joriy oyning ikkinchi o‘n kunligi uchun;

- keyingi oyning 3-kunidan kechiktirmay - hisobot oyining qolgan kunlari uchun.

Tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda ko‘rsatilgan mahsulot yuklab jo‘natilgan kun sotish kuni bo‘lib hisoblanadi.

O‘n kunlik to‘lovlar bo‘yicha aktsiz solig‘ining kelib tushgan summasi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarida bir vaqtda soliqni “Hisoblab yozish” va “To‘lash” ustunlarida aks ettiriladi.

Aktsiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitob ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi:

·     korxonalar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) - hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan har oyda, belgilangan shaklda, unga soliq solinmaydigan aylanmalar summalari rasshifrovkasi ilova qilingan holda;

·     mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - birinchi chorak, yarim yillik va 9 oy yakunlari bo‘yicha, o‘n kunliklarga taqsimlagan holda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan, yil yakunlari bo‘yicha esa belgilangan shaklda, yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida.

Dam olish (ishlanmaydigan) yoki bayram kuniga to‘g‘ri keladigan aktsiz solig‘ini to‘lash muddatlari, tegishincha, hisob-kitobni taqdim etish muddatlari ham dam olish yoki bayram kunidan keyingi birinchi ish kuniga ko‘chiriladi.

Hisobot davri mobaynida o‘n kunlik to‘lovlar bilan kiritilgan aktsiz solig‘i summalari tegishli hisobot davri uchun hisob-kitob bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasida hisobga olinishi kerak.

Ortiqcha kiritilgan aktsiz solig‘i summalari bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga kiritiladi yoki uning yozma arizasi olingan kundan boshlab Davlat soliq xizmati organi tomonidan 30 kun ichida to‘lovchiga qaytariladi (agar byudjetga boshqa soliq turlari bo‘yicha qarz mavjud bo‘lmasa).

 

 

 

7.     Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘ini to‘lash tartibi.

 

O‘zbekiston Respublikasi hududiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan, aktsiz to‘lanadigan tovarlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra ro‘yxatlar va stavkalar bo‘yicha aktsiz solig‘i solinadi.

Aktsiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘i bojxona xizmatlari tomonidan so‘mlarda undiriladi va har 5 kunda respublika byudjetiga kirim qilinadi.

Olib kiriladigan, aktsiz to‘lanadigan tovarlarga aktsiz solig‘ining hisobi va uning byudjetga kelib tushishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmatining hududiy boshqarmalari amalga oshiradi.

Respublika xududiga aktsiz to‘lanadigan tovarlarni olib kiruvchi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy shaxslar aktsiz solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq solish obyekti bo‘lib bojxona yuk deklaratsiyasining 45-ustunida ko‘rsatilgan, tovarning bojxona rasmiylashtiruvi paytida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha so‘mlarda qayta hisoblangan tovarning bojxona qiymati hisoblanadi.

Aktsiz solig‘i summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

 

S x A/100,

bu erda:

S - bojxona qiymati;

A - aktsiz solig‘i stavkasi.

Olib kiriladigan, aktsiz to‘lanadigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘i summasi tovarning bojxona qiymatidan foizlarda yoki bir birlik o‘lchovi uchun AQSh dollarlarida belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga aktsiz solig‘i olinmaydigan tovarlarning jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi bo‘yicha belgilangan normalarga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan, aktsiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga nisbatan aktsiz solig‘i tatbiq etilmaydi.

Majburiy ravishda markalanadigan, olib kiriladigan aktsiz to‘lanadigan tovarlarga aktsiz solig‘ini to‘lovchilar aktsiz markalarini xarid qilish chog‘ida kontrakt (bayonot berilgan) qiymatidan hisoblangan aktsiz solig‘i summasining 100 foizini to‘laydilar, bunda aktsiz markalarining nominal qiymati aktsiz solig‘i summasidan ortiq miqdorda to‘lanadi, mablag‘lar belgilangan tartibga ko‘ra respublika byudjetiga kirim qilinadi.

Markalangan, aktsiz to‘lanadigan tovarlar olib kirilganda aktsiz solig‘i summasi bojxona qiymatidan kelib chiqib qayta hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarga aktsiz solig‘ining summasi respublika byudjetiga 26-bo‘limining 11-paragrafiga kirim qilinadi.

Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy bojxona boshqarmalarining qaroriga ko‘ra to‘lovchiga, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi sanasidan boshlab 2 oydan oshmaydigan muddatga aktsiz solig‘ini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash taqdim etilishi mumkin.

Ortiqcha kelib tushgan aktsiz solig‘i summasi o‘ttiz kun ichida qaytarilishi yoki kelgusi to‘lovlar hisobiga kiritilishi kerak.

Ular to‘langan yoki undirilgan paytdan boshlab bir yil davomida to‘lovchi ortiqcha to‘langan yoki undirilgan aktsiz solig‘i summalari qaytarilishini talab qilib, murojaat etishi mumkin.

Ortiqcha to‘langan aktsiz solig‘i summalarini qaytarish bojxona organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etish bilan amalga oshiriladi:

§ to‘lovchining yozma arizasi, unda ortiqcha to‘lash yoki undirish sabablari ko‘rsatiladi, shuningdek pul mablag‘lari qaytarilishi kerak bo‘lgan to‘lovchining bank rekvizitlari beriladi;

§ aktsiz solig‘ini hisoblab chiqarish va undirish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi;

§ ijrosi to‘g‘risida bank belgisi qo‘yilgan, aktsiz solig‘ining tegishli summalarini to‘lashga oid to‘lov hujjati;

§ tovarlar (ishlar, xizmatlar) chegaradan haqiqatda olib o‘tilgani to‘g‘risida chegara bojxonasining belgisi qo‘yilgan (zarur hollarda) tovarga ilova qilinuvchi hujjatlar.

Ortiqcha to‘langan aktsiz solig‘i summalarini qaytarish umumiy tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.

 

8.     Aktsiz markalari

 

Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarilishi, import qilinishi, saqlanishi, tashilishi va sotilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, shuningdek aktsiz solig‘i to‘liq undirilishi, ko‘rsatilgan tovarlarni yashirincha ishlab chiqarish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelishning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi 285-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aktsiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 1996 yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kelinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni, pivodan tashqari, majburiy tarzda belgilangan namunadagi aktsiz markalari bilan  markalash joriy etildi va ularni aktsiz markalarini yopishtirmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish, tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotish ta‘qiqlandi.

Aktsiz tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar respublika byudjetiga nominal qiymati bo‘yicha buyurtma berilayotgan aktsiz markalari miqdorining  butun summasini to‘lagach, davlat soliq inspektsiyalariga turlari bo‘yicha aktsiz markalarining zarur miqdorini xarid qilishga buyurtmanoma topshiradilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari soliq inspektsiyalarining aktsiz markalariga doir kelib tushgan buyurtmanomalarini hudud bo‘yicha umumlashtiradilar va qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etadilar, bunda ishlab chiqaruvchi korxonalar ular buyurtirgan miqdorda aktsiz markalarining nominal qiymatini to‘plashganini tasdiqlaydilar. Kelayotgan yilga buyurtmanoma umuman yil bo‘yicha, choraklarga taqsimlagan holda beriladi.

Aktsiz markalarini bosish uchun buyurtmanomani “Davlat belgisi”  Davlat ishlab-chiqarish birlashmasi (DIChB)ga joylashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi amalga oshiradi.

Importchilar, shu jumladan aktsiz tovarlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib keladigan jismoniy shaxslar buyurtmanomani Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlariga topshiradilar. Bu organlar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshab, aktsiz tovarlari uchun aktsiz markalariga yig‘ma buyurtmanoma tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etadilar.

Davlat soliq inspektsiyalari va Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari aktsiz markalarini sotishni belgilangan shaklga binoan ana shu markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma – hisob-kitobga muvofiq Paxtabankning mintaqaviy bo‘linmalari orqali amalga oshiradilar.

Paxtabankning mintaqaviy bo‘linmalari aktsiz markalarini:

·        tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aktsiz markalarining nominal qiymati to‘langanidan keyin;

·        tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga – nominal qiymati bo‘yicha aktsiz markalari to‘liq to‘langanidan va aktsiz solig‘i to‘liq hajmda to‘langanidan keyin beradilar.

Ishlab chiqaruvchilar va importchilar nominal qiymati bo‘yicha xarid qiladigan aktsiz markalari uchun pul mablag‘lari respublika byudjetiga kiritiladi va aktsiz solig‘ini to‘lash chog‘ida aktsiz markalarining qiymati hisobiga olinmaydi.

Aktsiz markalarining nominal qiymatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Davlat belgisi” DIChB hisob-kitoblari bo‘yicha tasdiqlaydi.

“Davlat belgisi” DIChBning aktsiz markalarini ishlab chiqarishga doir xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika byudjeti mablag‘lari hisobiga ularning nominal qiymati doirasida qoplaydi.

Respublikadan tashqariga eksport qilinadigan:

·   respublika hududiga bojsiz savdo do‘konlari uchun olib kelinadigan;

·   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bo‘lganda ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelinadigan;

·   O‘zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro tranzit bo‘yicha olib kelinadigan va olib chiqish uchun mo‘ljallangan;

·   Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan aktsizsiz olib kelish me‘yorlari doirasida olib kelinadigan (jo‘natiladigan) aktsizosti tovarlari majburiy tarzda markalanmaydi.

Respublika hududida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan pivo O‘zbekiston Respublikasining aktsiz markalari bilan markalanmaydi.

Respublikaga ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelingan aktsiz tovarlari, ular ko‘rgazmalar yakunlanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi aktsiz markalari bilan majburiy tarzda markalanishi kerak va ular bo‘yicha umumiy belgilangan tartibda aktsiz solig‘i to‘lanadi.

Aktsiz markalari ishlab chiqariladigan va import qilinadigan aktsiz tovarlarining turlariga bog‘liq ravishda harfiy va raqamli belgilar bilan markalanadi hamda quyidagi turlarga bo‘linadi:

-           IM – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududiga import bo‘yicha olib kelingan;

-           O‘Z – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududida ishlab chiqarilgan;

-           98 – dastlabki ikki belgi – aktsiz markasi bosib chiqarilgan yil;

-           01 yoki 001 – keyingi ikki yoki uchta belgi – ishlab chiqaruvchi korxonalarga (importchilarga) tegishlicha tamaki mahsuloti yoki alkogolli ichimlik bo‘yicha beriladigan kod raqamlari;

-           4 raqam belgisi aktsiz markalarida tamaki mahsuloini bildiradi;

-           5 raqam belgisi aktsiz markalarida alkogolli mahsulotni bildiradi;

-           98 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga aktsiz tovarlari mayda turkumlar bilan olib kelinganligini anglatadi;

-           99 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar musodara qilingan aktsiz tovarlari anglatadi.

Mavzuga doir masalalar:

 

1-masala. Quyidagi ma‘lumotlarga asosan aktsiz solig‘ini hisoblang (ming so‘m).

1. Korxonaning hisobli bahosi – 2200

2. Mahsulot uchun belgilangan soliq stavkasi – 25 %.

Yechilishi:

Aktsiz solig‘i quyidagicha aniqlanadi:

As = O x A / 100 = (2200 x 25) / 100 = 550  ming so‘m

                              yoki

As = 2750 – 2200 = 550 ming so‘m

 

2-masala. 20 ming butilka (0,5 dan) aroqni sotishda aktsiz solig‘i summasini hisoblang, agarda aroqda spirtning hajmi 40 % ni tashkil etsa.

Aktsiz solig‘i summasini hisoblang?

 

3-masala. Aktsiz osti tovari bo‘lgan kir sovuni bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan aktsiz solig‘ini hisoblang, agarda korxonaning bir dona kir  sovun ishlab chiqarishi uchun barcha xarajatlari-180 ming so‘mni, foyda me’yori – 25 % ni, aktsiz solig‘i stavkasi –20%ni tashkil etsa.

Aktsiz solig‘i summasini hisoblang?

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.       Aktsiz solig‘i qachon joriy etildi?

2.       Aktsiz solig‘i to‘lovchilar qanday guruhlanadi?

3.       Aktsiz osti tovarlarini aniqlash mezonlari qanday?

4.       Aktsiz solig‘i obyekti nimalardan iborat?

5.       Aktsiz solig‘ining bazasi qanday aniqlanadi?

6.       Aktsiz solig‘ini to‘lashdan kimlar ozod etilgan?

7.       Aktsiz solig‘i stavkalari va aktsizosti tovarlar ro‘yxati kim tomonidan belgilanadi?

8.       Aktsiz solig‘ini hisobga olish tartibi qanday?

9.       Alohida tovarlar bo‘yicha byudjetga to‘lanadigan aktsiz solig‘ini hisoblab chiqishning xususiyatlari nimada?

10.  Aktsiz solig‘i hisobini taqdim etish va soliqni to‘lash muddatlari qanday?

11.  Aktsiz markalari nima va u qachon joriy etilgan?

12.  Qanday holatda aktsizga tortiladigan tovarlar markalanmaydi?

13.  Markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma qaysi bank orqali amalga oshiriladi?

 


7-mavzu: Mol-mulk solig‘i

 

7.1.        Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

 

1. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig‘ining joriy etili­shi va uning iqtisodiy mohiyati. O‘zbekistonda korxonalar faoli­yatini soliqqa tortish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliqning joriy qilinishi bo‘ldi. Mol-mulk solig‘i dastlab, O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan joriy etildi va shu bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish fondlariga to‘lov hamda transport vositalariga solinadigan soliq bekor qilindi. Hozirgi vaqtda ushbu soliqning huquqiy asosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida” gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari hamda boshqa soliq qonunchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan me‘yoriy xujjatlar hisoblanadi. O‘zbekiston soliq tizimida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘g‘ri soliqlar tarkibiga kiradi va mohiyatiga ko‘ra bu soliq asosiy fondlar shaklidagi resurslarga nisbatan belgilangan soliq hisoblanadi. Mazkur soliq bo‘yicha tushumlar summasi to‘liq mahalliy byudjetlarga tushadi va u byudjetning barqaror daromad manbalaridan biri hisoblanadi.

Mamlakat soliq tizimida mol-mulk solig‘ini joriy qilishdan ko‘zlangan maqsad birinchidan, korxonalar o‘zlarining xo‘jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishini uyg‘otish bo‘lsa, ikkinchidan, korxonalar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‘batlantirishdan iborat. Chunki, korxonalarning ma‘naviy va jismoniy tomondan eskirgan  asosiy vositalarini yangi, ilg‘or texnologiya-uskunalar bilan yangilashi ishlab chiqarilayotgan tovarlarning bahosini arzonlashtiradi va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga imkon beradi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning balansidagi barcha mulklardan soliq to‘lashga majbur qilish uni ortiqcha bino, inshootlar, mashina va uskunalardan qutilishiga undaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, mol-mulk solig‘i daromad va mulk taqsimotidagi nomutanosiblikni bartaraf etishning muhim vositasi hisoblanadi.

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushi yuqori salmoqqa ega emas. Hozirgi vaqtda ushbu soliqning tushumi O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining soliqli daromadlarida 2,3 – 4,5 foiz oralig‘ini tashkil etmoqda.


7.1.1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari tarkibida

mol-mulk solig‘inining ulushi, (foizda)[14]

 

Ko‘rsatkichlar

2008 yil

2009 yil

2010 yil

2011 yil

mln.so‘m

 %da

mln.so‘m

%da

mln.so‘m

%da

mln.so‘m

%da

Davlat maqsadli jamg‘armalar daromadlarisiz - jami

7108257.4

100

10421382,5

100

13116396,9

100

16178563,5

100

Mol-mulk solig‘i va resurs to‘lovlari

1218873.5

17.1

1662498,0

16,0

1974143,8

15,1

2308908,7

14,3

Mol-mulk solig‘i

234048.9

3.3

319045,7

3,1

354128,5

2,7

490536,2

3,0

 

Yuqoridagi jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari yil sayin o‘sib borganligiga amin bo‘lamiz. Zero, 2008 yilda byudjet daromadlari jami 7108257.4 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib 16178563,5 mln. so‘mga etishi kutilmoqda.

Jadval ma‘lumotlari ko‘ra mol-mulk solig‘i tushum summasining absolyut miqdorlari yillar bo‘yicha oshib borgan bo‘lib, foizdagi salmog‘i esa nobarqarorlik tendentsiyasiga ega. Jumladan, 2008 yilda bu miqdor 3.3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2009 yilga borib 3.1 foizni tashkil etgan holda 0.2 punktga kamaygan hamda 2010 yilda bu ko‘rsatkich 2.7 foizni tashkil etgan va kamayish tendentsiyasiga ega. Shuni ta‘kidlash lozimki, jami soliqlar tushumida mol-mulk solig‘ining ulushi 2011 yilda 2008 yilga nisbatan 0.3 punktga kamayganini ko‘rish mumkin. Bu holatni soliqqa tortish tartiblarini yanada takomillashib borayotganligi bilan izohlamoq kerak. 

2.Mol-mulk solig‘i to‘lovchilar, soliqqa tortish obyekti va mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatini aniqlash tartibi. Soliq qonunchiligiga asosan mol-mulk solig‘ining to‘lovchi­lari bo‘lib, soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.

Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda, mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulkka ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha mol-mulki bilan javob bera oladigan hamda mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tushuniladi.

Soliqqa tortishning alohida rejimi o‘rnatilgan ayrim toifadagi korxonalarga, jumladan yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi miqrofirma va kichik korxonalar hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda notijorat tashkilotlar uchun ularning asosiy faoliyati bo‘yicha mol-mulk solig‘ini to‘lash tatbiq etilmaydi.

Agar soliqqa tortishning alohida rejimi o‘rnatilgan yuridik shaxslar faoliyatning asosiy turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulk solig‘ini to‘lashlari zarur bo‘ladi.

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining obyekti bo‘lib, asosiy vositalar (shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar), nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish obyektlari hamda belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar qiymati hisoblanadi.

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliqqa tortish bazasi  bo‘lib esa:

a) asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (shu jumladan moliyaviy ijara (lizing)shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar);

b) nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati;

v) belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektining o‘rtacha yillik qiymati;

g) me‘yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalarning o‘rtacha yillik qiymati hisoblanadi.

Soliq solish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) hisobot davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

 

O‘rtacha yillik qoldiq qiymati

 

31 yanvar

+

28 (29) fevral

+

+

30 noyabr

+

31 dekabr

=

---------------------------------------------------------------------------

12

 

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha soliq solinadigan baza mazkur ob’ektlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi.

Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar bir oydan kam muddatga ijaraga berilgan mol-mulk bo‘yicha soliq solinadigan bazani bu mol-mulkning mazkur oyning oxirgi kunidagi holatga ko‘ra hisoblab chiqilgan qoldiq qiymatini o‘n ikkiga va shu oydagi kalendar kunlar soniga bo‘lishdan olingan, mazkur mol-mulk ijarada turgan kunlar soniga ko‘paytirilgan bo‘linma sifatida aniqlaydilar. Binoning bir qismi ijaraga berilgan taqdirda, soliq solinadigan baza umumiy maydoni bir kvadrat metrining qoldiq qiymatini ijaraga berilgan maydonning o‘lchamiga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchi tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmog‘idan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliqqa tortiladigan bazasini aniqlash uchun korxona balans aktivida aks ettiriladigan asosiy vositalarning eskirishini chegirgan holda, buxgalteriya hisobining quyidagi hisobvaraqlari bo‘yicha summalar qabul qilinadi:

1. Asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari (0100);

2. Uzoq muddatga ijaraga olinadigan asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari (0300);

3. Nomoddiy aktivlarni hisobga olish hisobvaraqlari (0400);

4. Tugallanmagan qurilishni (belgilangan muddatlarda qurilishi tugallanmagan obyekt qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0800);

5. O‘rnatishga mo‘ljallangan uskunani (me‘yoriy muddatlarida o‘rnatilmagan uskuna qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0700).

3.Mol-mulk solig‘i stavka­lari, soliqdan imtiyoz­lar.Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining stavkalari har yili keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi. 2012 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilangan.

7.1.2-jadval

Yuridik shaxslardan olinadigan  mol-mulk solig‘i

stavkalari[15]

 

T/r

To‘lovchilar

Soliq solinadigan bazaga nisbatan %larda soliq stavkasi

1.

Yuridik shaxslar     

4

2.

O‘zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining erkin almashtiriladigan valyutadagi hissasi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksportchi korxonalar uchun (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 12 oktyabrdagi PF-1871 soni farmoni bilan tasdiqlangan xom-ashyo tovarlari ro‘yxatidagilar bundan istisno):

 

sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha

belgilangan stavka 30%ga pasaytiriladi

sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori

belgilangan stavka 50%ga pasaytiriladi

 

Izoh: Me‘yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‘i ikki baravar miqdorda to‘lanadi.

 

Eksport mahsulot ishlab chiqaradigan va uni mustaqil ravishda sotadigan yoki ixtisoslashgan tashqi savdo birlashmalari va firmalari orqali sotadigan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy bo‘linmalari hisoblangan korxonalar uchun sotishning umumiy xajmida o‘zi ishlab chiqargan mahsulot (ish, xizmatlar) ning eksportdagi ulushiga bog‘liq holda mol-mulk solig‘ining tabaqalashtirilgan stavkalari belgilangan.

Mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga berilgan imtiyoz savdo-vositachi korxonalarga, shuningdek, erkin almashtiriladigan valyutaga xom-ashyo tovarlari – paxta tolasi, ip gazlama, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kondentsati, rangli va qora metallarni eksport qiladigan ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq etilmaydi.

Soliq stavkasi mol-mulkning qayta baholash natijasidagi qoldiq narxiga qo‘llaniladi. Qayta baholash maqsadida korxonalarning asosiy vositalari deganda quyidagilar tushuniladi:

- o‘zining asosiy vositalari;

- o‘rnatiladigan uskunalar;

- tugallanmagan qurilish obyektlari;

- uzoq muddatga ijaraga olinadigan, shu jumladan uzoq muddatli lizing bo‘yicha olingan asosiy vositalar.

Asosiy vositalar qiymati har yili 1 fevralga qadar asosiy vositalarning 1 yanvar holatiga qarab qayta baholanadi. Qayta baholash chog‘ida  korxona mutaxassis ekspertlarini jalb qiladi.

Yer uchastkalari va tabiatdan foydalanish obyektlarining qiymati qayta baholanmaydi.

Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra quyidagi yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq solinmaydi:

a) notijorat tashkilotlarning mol-mulkiga (tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan mol-mulkdan tashqari).

Soliqqa tortish maqsadida notijorat tashkilotlar deganda quyidagilar tushuniladi:

·  faqat davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalanadigan, tasdiqlangan smetalar doirasida xarajatlarni qoplashga byudjetdan dotatsiyalar oladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar;

·  xayriya birlashmalar, uyushmalar va jamg‘armalar, xalqaro tashkilotlar, diniy birlashmalar va boshqa tashkilotlar:

1) ijtimoiy-xayriya yoki boshqa maqsadlar uchun barpo etilgan, tadbirkorlik faoliyati uchun daromad olishni ko‘zlamasligi ta‘sis hujjatlarida qayd etilganlari;

2) moliyaviy va boshqa mablag‘larni mazkur tashkilotning xodimlari, muassislari yoki a‘zolarining shaxsiy manfaatlari uchun taqsimlamaydigan va investitsiyalamaydiganlari (mehnat uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdirlashlardan tashqari);

b) xalq ta‘limi va madaniyat muassasalari ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mol-mulkka;

v) uy-joy-kommunal xo‘jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaligining mol-mulkiga.

g) nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg‘armasi va "O‘zbekiston chernobilchilari" uyushmasining mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga;

d) yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, ro‘yxatdan o‘tgan paytidan e‘tiboran ikki yil mobaynida. Mazkur imtiyoz tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy bo‘linmalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlari negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek korxonalar huzurida tashkil etilgan yuridik shaxslarga nisbatan, basharti ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalarda ishlayotgan bo‘lsalar, qo‘llanilmaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan (o‘z hududida mol-mulk joylashgan soliq to‘lovchilarga nisbatan) yuridik shaxslarga qo‘shimcha imtiyozlar berilishi ham mumkin.

Mol-mulk solig‘i hisoblab chiqarilayotganida soliq solinadigan baza quyidagilarning qiymatiga kamaytiriladi:

§  soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan uy-joy-kommunal va ijtimoiy-madaniy soha obyektlarining;

§  tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadida va yong‘inga qarshi xavfsizlik uchun foydalaniladigan obyektlarning;

§  mahsulot o‘tkazgichlar, aloqa yo‘llari (shu jumladan avtomobil yo‘llari), aloqa va energiya uzatish liniyalarining, shuningdek ularni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadida qurilgan inshootlarning.

Mahsulot o‘tkazgichlarga quyidagilar kiradi:

- neft, neft mahsulotlari, kondensat quvurlari va quvur transporti­ning boshqa turlari, nasos, kompressor hamda taqsimlash stantsiyalari bilan birga;

- uy-joy-kommunal obyektlari bo‘lmagan mintaqaviy gaz, bug‘ quvurlari, issiqlik trassalari, suv quvurlari, kanalizatsiya kollektorlari;

- buxgalteriya hisobotida alohida obyektlar sifatida hisobga olinadigan alohida joylashgan tsexlar, konlar va karerlarning ayrim uchastkalari orasidagi mahsulotlarni harakatlantirish uchun ishlatiladigan yer osti, yer usti va havoda joylashtirilgan har xil ko‘rinishdagi quvurlar va transportyorlar.

Aloqa liniyalariga havo aloqa liniyalari, ularga ilib qo‘yilgan simlar va aloqa kabellari, ustunli radiofikatsiya aloqa liniyalari, ularni belgilaydigan signal va o‘lchov ustunlari (qoziqlari), radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyasi, er usti va er ostidagi ularga xizmat qilinmaydigan kuchaytirish punktlari, taqsimlovchi shkaflar, qutilar, erga ulangan sim konturlari va boshqa aloqa inshootlari kiradi.

Energiya uzatish liniyalariga havo va kabelli elektr uzatish liniyalari kiradi.

Soliq solish maqsadida ularni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadida qurilgan inshootlarga ustunlar, tabiiy va sun’iy to‘siqlardan o‘tishlar va boshqa muhofaza inshootlari kiradi.

§ aloqa yo‘ldoshlarining;

§ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra to‘xtatib qo‘yilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining;

§ shahar yo‘lovchilar transportining (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari), shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashiydigan umumiy foydalanishdagi avtomobil transportining (taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari);

§ yo‘l xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining yo‘llarni ta‘mirlash va saqlash ishlarida band bo‘lgan transport vositalarining;

§ soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlarning;

§ lizingga olingan mol-mulkning, lizing shartnomasining amal qilish muddatiga;

§ xorijiy kredit hisobiga xarid qilingan asbob-uskunalarga, ushbu kreditni so‘ndirish muddatiga, lekin u besh yildan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Mazkur imtiyoz quyidagilarga tatbiq etiladi:

          a) soliq to‘lashga doir majburiyatlar yuzaga kelgan paytdan boshlab ushbu kreditni so‘ndirish muddatiga, lekin besh yildan oshirmagan holda, mazkur asbob-uskuna bo‘yicha mol-mulkka;

          b) buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘lovchining balansida qayd etilgan etkazib berish, montaj qilish va ishga tushirish-sozlash xarajatlarini o‘z ichiga oladigan asbob-uskunalarning butun qiymatiga.

Soliq to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi amalga kiritilishiga qadar qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga qadar saqlanadi.

4. Soliq hisobini taqdim etish va hisoblangan so­liq summasini byudjetga to‘lash muddatlari. Yuridik shaxslar byudjetga joriy to‘lovlar summasini hisobot yili mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib mustaqil ravishda hisoblaydilar.

Byudjetga joriy to‘lovlarni to‘lash har oyning 20-kunidan kechiktirmay, yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lanadi.

Birinchi chorak, yarim yil, 9 oy va yil tugaganda to‘lovchilar mustaqil ravishda mol-mulk solig‘ini o‘sib boruvchi yakun bilan, hisobot davrida mol-mulkning o‘rtacha qoldiq qiymatidan kelib chiqib, hisoblab chiqadilar va hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasidan, yil yakunlari bo‘yicha  yillik moliya hisobotlarini taqdim etish muddatidan kechiktirmay obyekt joylashgan joydagi davlat soliq organlariga belgilangan shaklda taqdim etadilar. Mol-mulk solig‘ining hisoblangan summasi hisob-kitobni taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay to‘lanadi. Aks holda har bir kechiktirilgan kun uchun hisoblangan soliq  summasiga nisbatan 0,05 foiz miqdorida penya (moliyaviy jarima) qo‘llaniladi.

Mol-mulkning qoldiq qiymati va imtiyoz taqdim etish muddatini ko‘rsatgan holda korxona mol-mulki o‘rtacha qoldiq qiymatining hisob-kitobi va soliq undirilmaydigan mol-mulk ro‘yxati mol-mulk solig‘ining hisob-kitobiga majburiy ilovalar hisoblanadi.

Mahsulot eksportini amalga oshiradigan eksportchi korxonalar mol-mulk solig‘i hisob-kitobini taqdim etayotganlarida eksport qilinadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga doir ma‘lumotnomani taqdim etadilar.

Ortiqcha to‘langan soliq summalari, agar soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha byudjetga qarz mavjud bo‘lmasa, to‘lovchining yozma arizasiga ko‘ra bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga qayd etiladi yoki 30 kun ichida korxonaga qaytariladi.

Byudjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga olish hisobvarag‘i bo‘yicha yuritiladi.

Mol-mulk solig‘i hisoblanganda buxgalteriyada davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘i debitlanadi, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i kreditlanadi. Soliq byudjetga o‘tkazilganda  byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i debitlanadi, pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘i kreditlanadi.

5.Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektlari va me‘yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskuna uchun mol-mulk solig‘ini to‘lash tartibi. Belgilangan muddatlarda tugallanma­gan qurilish obyekti uchun mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib qurilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, ya‘ni buyurtmachilar hisoblanadi.

Soliqqa tortish obyekti bo‘lib, belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektining qiymati, ya‘ni buyurtmachi tomonidan F-3 shaklida (bajarilgan ishlar va xarajatlar hajmi to‘g‘risida ma‘lumotnoma) rasmiylashtirilgan statistika hisobiga obyekt bo‘yicha kiritilgan va tugallanmagan qurilish hisobvarag‘ida hisoblanadigan barcha ishlar va xarajatlar xajmi hisoblanadi.

Qurilishning belgilangan muddati deb qurilishni tashkil qilish loyihasi (QTQL) tarkibida 1.04.03-85-son QMQ “Korxonalar, binolar va inshootlarni qurish muddati me‘yorlari”ga muvofiq loyihalash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan obyekt qurilishining me‘yoriy muddati hisoblanadi.

Loyihalash tashkilotlari loyiha-smeta hujjatlarida tayyorlash muddatlarini ajratgan holda qurilish muddati me‘yorini ko‘rsatishlari shart. Loyiha-smeta hujjatlarida qurilish muddati me‘yori ko‘rsatilmagan taqdirda, buyurtmachi loyihalash tashkilotidan muayyan obyekt bo‘yicha qurilish muddatining me‘yori to‘g‘risida xulosa olishga majbur.

Me‘yordagi muddatda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib kapital mablag‘lar hisobiga qayta jihozlanadigan obyektlarda montaj qilish talab qilinadigan va o‘rnatishga belgilangan texnologik, energetik va ishlab chiqarish uskunalari bo‘lgan  yuridik shaxslar hisoblanadi.

Me‘yordagi muddatda o‘rnatilmagan uskunalar uchun soliq solish obyekti bo‘lib o‘rnatishga belgilangan uskunalar qiymati hisoblanadi, ular qatoriga montaj qilishni talab qiladigan, faqat qismlarini yig‘ish va poydevorga yoki ustunlarga, polga, qavatlararo to‘siqlarga va boshqa bino va inshootlarni ko‘tarib turuvchi konstruktsiyalarga o‘rnatiladigan uskunalar hamda uskunalarni hisobga olish hisobvarag‘ida hisoblanadigan shunday uskunalarning ehtiyot qismlar to‘plami (me‘yordagi muddatda o‘rnatilmagan uskunalar qismida) hisoblanadi. Ushbu uskunalar tarkibiga o‘rnatiladigan uskunalar qatorida montaj qilish uchun belgilangan nazorat-o‘lchov apparaturasi yoki boshqa asboblar ham kiradi.

Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida tasdiqlangan qurilish muddati va tayyorlab qo‘yilgan zaxiralar me‘yoriga muvofiq har bir obyekt bo‘yicha texnologik yoki boshqa uskunalarni etkazib berish va montaj qilish jadvali belgilangan bo‘lishi lozim.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarni etkazib berish va montaj qilish jadvalida quyidagi muddatlarda topshirish hisobga olinadi:

·     yirik texnologiya va energetika uskunalari - ularni nomma-nom ro‘yxatlari bo‘yicha montaj qilish va etkazib berish jadvallarining rejadagi muddati o‘tib ketgandan keyin;

·     texnologiya uskunalari, texnologiya liniyalari, qurilmalar va boshqa umumzavod uskunalari - uskunalarni montajga topshirishining rejadagi muddati o‘tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda;

·     komplekt import uskunalari - ularni montajga topshirishning rejadagi muddati o‘tib ketgandan keyin, lekin bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga, agar texnik shart-sharoitlariga ko‘ra uskunani qismlar bo‘yicha montaj qilish mumkin bo‘lmasa, ularni montajga topshirish muddati uskunalar butun komplektining kelib tushishi paytidan hisoblanadi;

·     qismlarga ajratilgan import uskunalari, shuningdek kabel mahsulotlari, simlar va troslar - ularni montajga topshirishning rejadagi muddati o‘tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda.

Uskunalarni montaj qilish va o‘rnatish uchun me‘yorlar va jadvallar bo‘lmaganida soliq quyidagi muddatlarda to‘lanadi:

- ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo‘yicha mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarning o‘rnatilmaganligi uchun - sotib olinganiga bir yillik muddat to‘lganidan keyingi oydan boshlab;

- noishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo‘yicha - sotib olinganiga olti oy tugagandan keyin;

Uskunalarni etkazib berish va montaj qilishning yuqorida ko‘rsatilgan muddatlarini buzganligi uchun korxona va tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, mol-mulk solig‘ini ikki baravar ko‘paytirilgan stavka bo‘yicha to‘laydilar.

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.            Mol-mulk solig‘i  qachon joriy etilgan va uni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad nima?

2.            Mol-mulk solig‘ini davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ahamiyati qanday?

3.            Mol-mulk solig‘ini to‘lovchilari kimlar?

4.            Soliqqa tortishning alohida tartibi o‘rnatilgan korxonalar asosiy faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat bilan shug‘ullanganlarida mol-mulk solig‘ini to‘lashadimi?

5.            Mol-mulk solig‘ining obyekti va bazasi qanday aniqlanadi?

6.            Korxona mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati qanday tartibda topiladi?

7.            Mol-mulk solig‘i stavkalari qanday belgilangan?

8.            Mahsulotini eksport qilayotgan korxonalarga mol-mulk solig‘ini hisoblanishi qanday tartibda amalga oshiriladi, agarda eksport hajmi mahsulotni sotishda 40 foizni tashkil etgan bo‘lsa?

    7.2.Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

 

1.Soliq to‘lovchilar, soliq obyekti va bazasi. Soliq kodeksiga ko‘ra soliq solinadigan mol-mulkga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, chet el fuqarolari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadi.

Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylari, kvartiralari, chorbog‘ va bog‘ uylari, garajlar va boshqa imoratlari, binolar va inshootlari qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini inventarizatsiya qilish qiymati soliq solish baza bo‘lib hisoblanadi. Agar jismoniy shaxslarning mol-mulkini bahosi tegishli vakolatli idoralar tomonidan aniqlanmagan bo‘lsa, bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan mol-mulkning shartli qiymati belgilanadi hamda o‘rnatilgan stavkalar asosida soliqqa tortiladi.

2.Soliq stavkalari va soliq imtiyozlari. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi, ularni soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda bildiriladi. Soliq stavkalari har yili keyingi moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidaga qarori asosida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

2014 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ining stavkalari quyidagicha belgilangan:

7.2.1-jadval

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i stavkalari

 

Soliqqa

tortish obyekti

Mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan soliq stavkasi

Turar joylar, kvartiralar (shaharda joylashgan umumiy maydoni 200 kv. metrdan yuqori bo‘lganlardan tashqari), dala hovli, garajlar va boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar ularning qiymatidan kelib chiqib

1.2

Shaharda joylashgan turar joylar, kvartiralarning umumiy maydoni:

 

200 kv. metrdan 500 kv. metrgacha bo‘lgan

1,4

500 kv. metrdan yuqori bo‘lgan

1,8

 

Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo‘yicha tegishli organlar tomonidan belgilangan inventarizatsiya qiymati bo‘lmasa soliq undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida – 18480,0 ming so‘m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 8030,0 ming so‘m miqdoridagi mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi. Jismoniy shaxslarning mol-mulklari texnik inventarizatsiyalash byurosi (TIB) xodimlari tomonidan baholanadi.

Mulkida soliq solinadigan mol-mulk bo‘yicha pensionerlar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigan eng kam miqdor umumiy maydonining 60 kv.metri hajmida belgilanadi.

Soliq qonunchiligiga ko‘ra quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan imoratlari, binolari va inshootlariga soliq solinmaydi:

a) "O‘zbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning;

b) 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va partizanlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlari tarkibida xizmat qilgan shaxslarning, harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda shtatdagi lavozimlarni egallagan shaxslar, Leningrad shahri qamalida bo‘lganlarning va kontsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari, xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning;

v) o‘n nafar va undan ortiq farzandi bor ayollarning;

g) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar olayotgan fuqarolarning (shu jumladan, u erga vaqtincha yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolarning);

d)  soliq solinmaydigan maydon o‘lchami doirasida pensionerlarning, shuningdek I va II guruh nogironlarining;

e) muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila a‘zolarining - xizmatni o‘tash davrida;

j) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya bo‘lganlik yoki shikastlanganlik oqibatida yoki frontda bo‘lish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (erlarining);

Yuqorida nazarda tutilgan imtiyozlar mol-mulk egasining tanlashiga binoan, imtiyoz olish huquqini beruvchi zaruriy hujjatlar soliq organlariga taqdim etilganda, mol-mulkning faqat bir obyektiga taalluqli bo‘ladi. Bunda mol-mulk imtiyoz oluvchining mulki bo‘lgan hollardagina taqdim etiladi.

Yil davomida to‘lovchilarda mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lish huquqi paydo bo‘lgan taqdirda ular ko‘rsatilgan to‘lovlardan ana shu huquq paydo bo‘lgan oydan boshlab ozod etiladilar.

Yil o‘rtasida mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqini yo‘qotganda soliq solish ushbu huquq yo‘qolgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.

3.Soliqni hisoblab chiqa­rish va byudjetga to‘lash tartibi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqarila­di.

Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar huquqiga ega bo‘lgan shaxslar zarur hujjatlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadilar.

Imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i ularning har yil 1 yanvardagi holati yuzasidan texnik inventarizatsiyalashning hududiy kadastr byurolari taqdim etadigan inventarizatsiya qiymatiga doir ma‘lumotlar asosida hisoblab chiqariladi, bunday ma‘lumotlar bo‘lmagan taqdirda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi. Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi umumiy mulki bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i har bir mulkdor tomonidan ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi. Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha soliq ular barpo etilgan yoki olingan yildan keyingi yilning boshidan e’tiboran to‘lanadi.

Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulkdan soliq merosxo‘rlardan meros ochilgan paytdan boshlab undiriladi. Mol-mulk yo‘q qilingan, butunlay vayron bo‘lgan hollarda mol-mulk solig‘i undirish ular yo‘q qilingan yoki butunlay vayron bo‘lgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi. Mol-mulkka mulk huquqi taqvimiy yil davomida bir mulkdordan boshqasiga o‘tganda soliqni birinchi mulkdor o‘sha yilning 1 yanvaridan bu mol-mulkka mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshigacha to‘laydi, yangi mulkdor esa - mulk huquqini qo‘lga kiritgan oydan e’tiboran to‘laydi.

Taqvimiy yil davomida imtiyozga ega bo‘lish huquqi paydo bo‘lgan taqdirda mol-mulk solig‘i ana shunday huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran qayta hisoblab chiqiladi. Mol-mulk solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomalari to‘lovchilarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi. Hisoblangan yillik soliq miqdori 15 oktabrdan kechiktirmay mahalliy byudjetga to‘lanadi. Agar soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha summalar to‘langan bo‘lsa, soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzlar mavjud bo‘lmasa, ushbu summalar uning yozma arizasiga ko‘ra o‘ttiz kun ichida soliq to‘lovchiga qaytariladi yoki bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga qayd etiladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilari hisobi davlat soliq xizmati organlari tomonidan har bir yilning 1 yanvaridagi holat bo‘yicha shahar va tumanlar bo‘yicha, texnik inventarizatsiyalash hududiy kadastr byurosida mavjud bo‘lgan imoratlar egalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarga binoan o‘tkaziladi.

 

Mavzuga doir masala:

 

1-masala.  2013 yil 1 yanvar  holatiga  mol-mulk solig‘i to‘lovchi korxonada asosiy vosita va nomoddiy aktivlari bo‘lmagan. 13 yanvarda korxona 580 ming so‘mga kompyuter, 25 martda esa 220 ming so‘mga printer sotib olgan.

2014 yil  birinchi chorak uchun mol-mulk solig‘ini hisoblang?

 

2-masala. Korxona mol-mulkining o‘rtacha qoldiq qiymati 8004 ming so‘mni tashkil etadi, bundan:

· Me’yoriy muddatlarda tugatilmagan  qurilishning qiymati –2000 ming so‘m;

· 2035 ming so‘mni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan konservatsiya qilingan.

Joriy davr uchun umumiy tushum 25300 ming so‘m, bundan 5400 ming so‘mligi korxona o‘z mahsulotini erkin valyutaga sotgan.

Joriy davr uchun mol-mulk solig‘i necha so‘mni tashkil etadi?

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar

1.     Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘ining to‘lovchilari kimlar?

2.     Jismoniy shaxslarning qanday mol-mulklari soliq solish obyekti va bazasi hisoblanadi?

3.     Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari kimning qarori bilan belgilanadi?

4.     Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i stavkasi 2011 yilda necha foiz qilib belgilangan?

5.     Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo‘yicha inventarizatsiya qiymati bo‘lmasa soliq undirish qandan tartibda amalga oshiriladi?

6.     Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i summasi qaysi davlat organi tomonidan  hisoblab chiqariladi?


8-mavzu: Yer solig‘i

 

8.1.Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘i

 

1.Yer solig‘ining huquqiy asoslari, iqtisodiy mohiyati. 1990 yilda O‘zbekistonda “Yer to‘g‘risida” qonun qabul qilindi va ushbu qonunga ko‘ra yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning pullik bo‘lishi belgilandi hamda er uchun haq yillik er solig‘i sifatida undiriladigan bo‘ldi.

1991 yilda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”, 1993 yilda “Yer solig‘i to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda er solig‘ini undirishda soliqqa tortish obyekti, subyektlari, soliq bo‘yicha imtiyozlar, soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash tartiblari ko‘rsatib berildi. 1997 yilda “Soliq kodeksi”ning qabul qilinishi hamda 1998 yildan uning kuchga kiritilishi bilan yer solig‘ining to‘laqonli huquqiy asoslari yaratildi. Yer solig‘i O‘zbekiston soliq tizimida mahalliy soliqlar va yig‘imlar tarkibiga kiradi hamda mahalliy byudjetlarning barqaror daromad manbai hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida jami er fondi 2008 yilda 44410,3 ming gektarni tashkil etib, shundan 57,8 foizi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ixtiyoridagi er maydonlariga to‘g‘ri kelgan. 2009 yilda esa 57,9 foizi, 2010 yilda 58,2 foizini tashkil qilgan (8.1.1-diagramma).

8.1.1-diagramma. O‘zbekiston Respublikasi er fondi va uning

foydalanuvchilar o‘rtasidagi taqsimoti (ming ga.)

 

Yer solig‘i boshqa soliq turlaridan farqli o‘laroq, o‘ziga hos xususiyatlarga ega. Jumladan, o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra u renta to‘lovidir yoki boshqacha qilib aytganda ushbu  soliq er egalari va erdan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatining natijalari bilan bog‘liq emas. Demak, ushbu soliqni joriy etilishidan maqsad – yerdan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, sifati turlicha bo‘lgan erlarda xo‘jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tenglashtirish, aholi yashaydigan joylarda infrastruktura rivojlanishini ta‘minlash hamda erni talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi.

Yer fondi hajmida qishloq ho‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yer maydonlarining o‘sishi fermer xo‘jaliklari sonining yildan-yilga ko‘payib borayotganligi va o‘rmon xo‘jaliklari ixtiyoridagi er maydonlarining bir qismining ular tasarrufiga o‘tkazilishi hamda zaxira erlarning o‘zlashtirilishi bilan izohlanadi.

2.Yer solig‘ini to‘lovchilar. Soliq qonunchiligiga ko‘ra o‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi­ning norezidentlari yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadi. Agarda soliqqa tortishning alohida tartibi o‘rnatilgan yuridik shaxslar (mikrofirma va kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq ho‘jalik korxonalari, tadbirkorlik faoliyatining qat‘iy soliq to‘lanishi belgilangan yuridik shaxslar, audio va video kassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar) hamda notijorat tashkilotlar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, unda ular shu faoliyatda foydalaniladigan erlari uchun er solig‘ini to‘lovchilari hisoblanishadi.

Yer uchastkasidan foydalanganlik uchun soliq solish maqsadlarida mashina-traktor parklari (shu jumladan qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jalik korxonalari hududida barpo etiladigan muqobil mashina-traktor parklari), pilla urug‘i tayyorlash, pilla tayyorlash va birlamchi ishlov berish korxonalari qishloq xo‘jaligi korxonalariga tenglashtiriladi.

Ko‘chmas mulk ijaraga berilganda ijaraga beruvchi yer solig‘ini to‘lovchisi hisoblanadi. Qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslar (savdo korxonalari bundan mustasno) er solig‘i o‘rniga byudjetga ijara haqi to‘laydilar. Ijara haqi taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi, lekin bu haq qonun hujjatlarida belgilangan yer solig‘ining bir stavkasidan kam va uch stavkasidan ko‘p bo‘lmasligi, erlardan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda esa - bir stavkasi miqdorida bo‘lishi lozim.

Yer ijarachilarining hisobi, ijaraga olingan er uchun ijara haqi hisob-kitoblarini taqdim etish, ijara haqini hisoblab chiqarish va to‘lash yer solig‘i uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

3.Yer solig‘i obyekti, bazasi va soliq stavkalari. Soliq kodeksiga ko‘ra mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari soliq solish obyekti hisoblanadi. Soliq kodeksining 280-moddasiga ko‘ra quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:

a) aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi erlari jumlasiga maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari va boshqa shu kabi yerlar;

b) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);

v) kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsiz­lantirish va ularni utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar);

g) zahira yerlar.

Mavjud yer uchastkalaridan qonun xujjatlariga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlarini chegirib tashlash orqali soliq solinadigan baza aniqlanadi.

 Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi va ularning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi.

Yer solig‘i stavkalari jahon amaliyotida qabul qilinganidek, yer qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasida yerning bozor qiymati shakllanmaganligi sababli,      1 gektar sug‘oriladigan yerdan olinadigan dehqonchilik yalpi mahsulotining o‘rtacha qiymatidan kelib chiqib, uni shartli baholash amalga oshiriladi.

Jahon soliq amaliyotida yer solig‘i stavkalari turli mamlakatlarda turlicha belgilanadi, lekin o‘rtacha olganda yer qiymatining 5 foizidan oshmaydi. Soliq stavkalarini belgilashda tuproq boniteti (sifati) hisobga olinadi. Bonitetni aniqlashda tuproqning genetik kelib chiqishi, mexanik tarkibi, sho‘rlanganlik darajasi, tuproq qatlamining suv o‘tkazaolishi, zichligi kabi boshqa tabiiy xossalari hisobga olinadi. Tuproq boniteti 100 balli tizim bo‘yicha aniqlanadi. 100 ball 10 ta klassga bo‘linadi, ya‘ni 1 klass erlar nol balldan 10 ballgacha, 2 klass erlar 11 balldan 20 ballgacha, 3 klass erlar 21 balldan 30 ballgacha va h.k. 10 klass erlar 91 balldan 100 ballgacha baholanadi. Bunda erning ball boniteti qancha yuqori bo‘lsa soliq stavkasi ham shuncha yuqori belgilanadi.

Yerlardan noqishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanadigan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” gi PQ-1449-sonli qaroriga asosan quyidagicha guruhlanadi:

1. Sug‘oriladigan jamoat qishloq xo‘jaligi yerlari uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.

2. Lalmi ekinzorlar, bo‘z erlar  va ko‘p yillik ko‘chatlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.

3. Sug‘orilmaydigan pichanzorlar va yaylovlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.

4. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa erlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.

5. Toshkent shahrida er uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig‘i stavkalari.

6. Shahar va posyolkalardagi er uchastkalaridan olinadigan yer solig‘i stavkalari.

7. Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan undiriladigan er solig‘i stavkalari.

8. Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun fuqarolardan undiriladigan  er solig‘i stavkalari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroridan kelib chiqib, mahalliy xokimiyat idoralari ham o‘zlarining xududiy territoriyasiga qarab qaror chiqarishadi va unda tegishli koeffitsientlar hisobga olinadi.      

Qishloq xo‘jalik erlarining sifati yer uchastkasi mulkdori, yer egasi yoki erdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan) taqdirda, yer solig‘i erning sifati yomonlashuviga qadar belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.

Shaharlar va shahar qo‘rg‘onlarining ma‘muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jalik ahamiyatiga molik erlar uchun yer solig‘i qishloq xo‘jalik erlariga belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida undiriladi.

Yuridik shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan), davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha er uchastkalari uchun yer solig‘i yuridik shaxslar uchun 2,0 koeffitsientini qo‘llagan holda to‘lanadi. Davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha foydalaniladigan yerlar uchun yuqorida ko‘rsatilgan koeffitsientni qo‘llagan holda yer solig‘i to‘lanmagan taqdirda soliq to‘lovchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazo choralari qo‘llanadi.

Ma‘muriy va sanoat markazlariga nisbatan olganda yer uchastkalarining joylashish joyiga bog‘liq holda qishloq joylari uchun belgilangan yer solig‘i stavkalariga quyidagi koeffitsientlar qo‘llanadi:

-Toshkent shahri atrofida 20 km lik aylanada - 1.30;

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti va viloyat markazlari atrofida 15 km lik aylanada - 1.20;

-tuman markazlari atrofida 10 km lik aylanada - 1,15;

-boshqa shaharlar atrofida 5 km lik aylanada - 1,10.

Yer uchastkalarigacha masofa shaharlar va tuman markazlarining ma‘muriy chegaralaridan boshlab avtomobil yo‘llari bo‘ylab belgilanadi. Yer uchastkasi ikki shahar yaqinida joylashgan taqdirda shaharning yuqoriroq funktsional vazifasiga muvofiq keladigan koeffitsient qabul qilinadi.

Bir qishloq aholi punkti doirasida yagona stavkalarni belgilash maqsadida soliq to‘lovchilarga berilgan yerlar, erlarning qanday qismi ushbu zonaga kirishiga bog‘liq holda, butunlay shahar atrofi zonasiga kiritiladi yoki ushbu zonadan butunlay chiqariladi.

 Dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida er solig‘i stavkalariga, yer sifatiga bog‘liq holda quyidagi koeffitsientlar qo‘llaniladi:

-tuproq boniteti 40 ballgacha bo‘lsa - 0,75;

-tuproq boniteti 41 dan 70 ballgacha bo‘lsa - 1,0;

-tuproq boniteti 70 balldan ortiq bo‘lsa - 1,25.

Shahar va qo‘rg‘onlarning ma‘muriy chegaralarida joylashgan kon va karerlar band etgan yerlar uchun soliq korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun belgilangan stavkalarga 0,1 koeffitsientini qo‘llagan holda to‘lanadi.

O‘rmon xo‘jaliklarida mollarni o‘tlatish uchun foydalanilmaydigan yaylov yerlar uchun yer solig‘i boshqa erlar uchun stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.

4.Yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz­lar. Soliq kodeksining 282-moddasiga ko‘ra soliq solinmaydigan er uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi:

a) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligining, jamoa garajlarining umumiy foydalanishdagi erlari. Ularga borish yo‘llari, ariqlar, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar kiradi;

b) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik yerlar (davlat qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, zakazniklar, ov qilishga mo‘ljallanganlari bundan mustasno, tabiat yodgorliklari), korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda maxsus maqsadlar uchun berilgan, ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;

v) tarixiy-madaniy  ahamiyatga molik yerlar (tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar);

g) suv fondi yerlari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, dengizlar, muzliklar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallagan erlar, shuningdek suv havzalari sohilidagi suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar);

d) elektr uzatish liniyalari, podstantsiyalar, umumdavlat aloqa liniyalari va ularning inshootlari egallagan yerlar.

e) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ularning inshootlari egallagan yerlar. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda ularning indekslari va tartib raqamlarini ko‘rsatgan holda tegishli ro‘yxatlarga kiritilgan avtomobil yo‘llari taalluqlidir.

Avtomobil yo‘llarining inshootlariga ko‘priklar, yo‘l chetidagi ariqlar, yon tomondagi zaxira erlar, ko‘tarma ortidagi ariqlar va ko‘tarmalar, tog‘dagi suv ajratish kanallari, avtobus bekatlari, tushishlar, traktor yo‘llari, piyodalar va velosiped yo‘laklari, o‘pirilish, sel, ko‘chkiga qarshi va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan erlarda joylashtirilgan boshqa himoya inshootlari kiradi;

j) temir yo‘llarning umumiy tarmog‘i va ularning inshootlari egallagan yerlar.

Sanoat va boshqa korxonalarga o‘tkazilgan temir yo‘llar egallagan yerlar uchun soliq belgilangan tartibda to‘lanadi.

Temir yo‘llarning inshootlari tarkibiga zaxiralar, tuproqtepalar, yo‘ldagi suv ajratish, mustahkamlash va tutib turish inshootlari, yo‘llar bo‘ylab qordan himoyalash va qumni mustahkamlash polosalari, tortish podstantsiyalari, tonnellar va shu singari sun’iy inshootlar va yo‘l qurilmalari kiradi;

z) umumiy foydalanishdagi shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari (shu jumladan, metropoliten bekatlari egallagan erlar) va ularning inshootlari egallagan yerlar. Mazkur imtiyoz tramvay yo‘llari va trolleybus liniyalari, metropoliten liniyalari, tramvay va trolleybus bekatlari, shu jumladan dispetcherlik punktlari, metropoliten bekatlari va shahar elektr transporti yo‘llaridagi boshqa inshootlar egallagan yerlarga tatbiq etiladi. Ma‘muriy va boshqa yordamchi binolar, depolar (depo hududida joylashgan elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari egallagan erlardan tashqari), qurilish va ta‘mirlash obyektlari egallagan erlar uchun soliq belgilangan tartibda to‘lanadi;

i) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suzish havzalari, sportning texnik turlari obyektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish komplekslari, onalar va bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirish joylari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar;

k) magistral suv quvurlari, magistral kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, suv olish va tozalash inshootlari, shuningdek suv ta‘minoti va kanalizatsiyaga tegishli boshqa obyektlar egallagan yerlar. Suv ta‘minoti va kanalizatsiyaga tegishli boshqa obyektlar tarkibiga aholi punktlarida suv quvuri va kanalizatsiya tarmog‘idagi nasos stantsiyalari, kuzatish quduqlari va dyukerlar, suv minoralari va shu singari inshootlar kiradi;

l) magistral gaz va neft quvurlari va ularning inshootlari egallagan yerlar;

m) magistral issiqlik trassalari va ularning inshootlari egallagan yerlar. Issiqlik trassalarining inshootlariga nasos stantsiyalari, issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlar, issiq suv ta‘minotining tsirkulyatsiya nasoslari kiradi;

n) samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, shu jumladan ularni erda boshqarish yo‘laklari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari joylashgan yerlar;

o) O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan erlar - qurilishning me‘yoriy muddati davriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qurilish ishlari to‘xtatib qo‘yilgan obyektlar egallagan erlar. Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishining me‘yoriy muddati tugagach, shuningdek to‘xtatib qo‘yilgan obyektlarni qurish davom etilgan yoki ular faoliyat ko‘rsata boshlagan hollarda er solig‘i qurilishning me‘yoriy muddati tugashidan yoki obyekt qurilishi yoxud undan foydalanish boshlanganidan keyingi oydan boshlab to‘lana boshlaydi.

Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishiga ajratilgan er uchastkalariga soliq solinmaydi. Agar Investitsiya dasturiga ko‘ra korxona, uning alohida tsexlarini ta‘mirlash yoki qayta jihozlash nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday hollarda mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi;

p) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stantsiyalari hamda postlari egallagan yerlar;

r) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik va o‘rmon fondidagi erlari, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan erlari. Ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlar selektsiyasini amalga oshirish hamda mavzu doirasi tasdiqlangan boshqa ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar va ko‘chatlar egallagan yer uchastkalari soliq to‘lashdan ozod etiladi;

s) yangi o‘zlashtirilayotgan erlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib borilayotgan sug‘oriladigan yerlar - loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan e‘tiboran ko‘pi bilan besh yilga;

t) rekreatsion ahamiyatga molik erlar (aholining ommaviy dam olishi va turizmni tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yerlar: o‘rmon bog‘lari, bog‘lar, xiyobonlar, plyajlar va hokazolar).

Bunda muassasa deganda mulkdor tomonidan boshqarish, ijtimoiy-madaniy yoki notijorat tusidagi boshqa funktsiyalarni bajarish uchun tashkil etilgan holda u tomonidan to‘liq yoki qisman moliyalanadigan tashkilot tan olinadi;

u) sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (kasalliklarning oldini olish va odamlarni davolash ishini tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga ega bo‘lgan erlar);

f) qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari hamda tashkilotlarining o‘rmonlar va ihotazorlar, ta‘lim, madaniyat va sog‘liqni saqlash obyektlari, shuningdek sport inshootlari egallagan yerlari;

x) qishloq xo‘jalik korxonalarining yangi o‘tqazilgan bog‘ va uzumzorlari - ular meva qilish davriga kirishigacha, qishloq xo‘jalik ekinlari ekish uchun qator oralaridan foydalanilishidan qat’i nazar.

Yangi tut ko‘chatlari o‘tqazilgan er uchastkalari - qator oralaridan qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, 3 yil muddatga. Shu munosabat bilan bahorda o‘tqazilgan tut ko‘chatlari soliq to‘lashdan uch yilga ozod qilinadi, bunga ko‘chat o‘tqazilgan yil ham kiradi. Kuzda o‘tqazilgan ko‘chatlar o‘tqazilgan yildan keyingi yildan boshlab uch yilga soliq to‘lashdan ozod qilinadi;

ch) soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar egallagan erlar. Fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar egallagan erlar maydoni haqiqatda egallagan maydondan kelib chiqib qabul qilinadi.

Agar soliq solinmaydigan er uchastkasi maqsadga ko‘ra foydalanilmasa, ushbu maydon uchun er solig‘i belgilangan tartibda to‘lanadi. Bunday er uchastkasidan qishloq xo‘jalik ekinlari va ko‘chatlarni parvarishlash uchun foydalanilsa, soliq qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik erlar uchun stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.

Quyidagi yuridik shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadilar:

a) madaniyat, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’i nazar, ular zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkalari uchun.

Ularga quyidagilar kiradi:

1) madaniyat va san’at muassasalari (kutubxonalar, muzeylar, ko‘rgazmalar, klub muassasalari, maktabgacha tarbiya muassasalari, madaniyat va istirohat bog‘lari, botanika bog‘lari va hayvonot bog‘lari, televidenie va radioeshittirish tahririyatlari, teatrlar, kinoteatrlar, kontsert tashkilotlari va jamoalari, tsirklar, kinostudiyalar va ovoz yozish studiyalari, va boshqalar);

2) maorif muassasalari (oliy va o‘rta maxsus ma‘lumotli kadrlar tayyorlash, oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlash, o‘rta maxsus ma‘lumotli kadrlar tayyorlash, ishchilar va boshqa xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish, umumiy ta‘lim bolalar maktablari, maktabgacha tarbiya, ota-onalar qarovsiz qolgan bolalarni tarbiyalash muassasalari);

3) sog‘liqni saqlash muassasalari (kasalxona muassasalari, dispanserlar, ambulatoriya-poliklinika muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam hamda qon quyish muassasalari, onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, sanatoriy-kurort muassasalari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya muassasalari, sanitariya maorifi muassasalari, sud-tibbiy ekspertiza muassasalari);

4) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari (vrachlik-mehnat ekspertiza komissiyalari, qariyalar va nogironlar uchun internet uylar).

b) dehqon xo‘jaliklari - davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e‘tiboran ikki yil muddatga;

v) nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg‘armasi va "O‘zbekiston chernobilchilari" uyushmasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, ta‘minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno.

Xodimlarning umumiy soniga korxona shtatida bo‘lgan, shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha ishlovchilar, shuningdek korxona shtatida bo‘lmagan (pudrat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy tusdagi boshqa shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajaradigan) xodimlar kiritiladi.

5.Yer solig‘ini hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lash muddatlari. Yer solig‘i yuridik shaxslar tomonidan har yili 1 yanvargacha bo‘lgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi va soliq bo‘yicha hisob-kitoblar er uchastkasi joylashgan hududdagi davlat soliq organiga joriy yilning 15 fevraligacha qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lmagan hamda qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik erlar uchun belgilangan shakllar bo‘yicha taqdim etiladi.

Bo‘shatib olinayotgan mablag‘lardan muayyan maqsadlar uchun foydalanish sharti bilan imtiyozlar olgan yuridik shaxslar soliq to‘lovchilar uchun belgilangan shakl bo‘yicha va muddatlarda er solig‘i hisob-kitobini taqdim etadilar.

Yuridik shaxs hisoblangan dehqon xo‘jaliklari hisoblab yozilgan yer solig‘i umumiy summasining 95%ini byudjetga, 5%ini esa Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga to‘laydilar. Hisob-kitoblarda Jamg‘armaga to‘lanadigan summa alohida satrda aks ettiriladi.

Yer solig‘ini hisoblab chiqarish yer uchastkasi haqiqatda egallagan maydondan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Yer uchastkalarining umumiy maydonlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar yoki yerlarni inventarizatsiyalash dalolatnomalari bo‘yicha qabul qilinadi.

Yil davomida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga mulk huquqi, yerga egalik qilish huquqi, yerdan foydalanish huquqi vujudga kelgan (bekor bo‘lgan) taqdirda, shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni kengaygan (kamaygan) yoki yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqlari to‘xtatib qo‘yilgan (paydo bo‘lgan) hollarda ular yer uchastkasi ajratilgan (olib qo‘yilgan) yoki imtiyozlar to‘xtatilgan (paydo bo‘lgan) kundan e‘tiboran bir oydan kechiktirmay davlat soliq organlariga yer solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishlari shart.

Hisobot yili davomida yer mulklari tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar davlat soliq organlariga yer solig‘i to‘lanadigan hisobot yilining 1 noyabriga qadar yer solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etadilar.

Agar alohida bino bir necha yuridik shaxsning balansida bo‘lsa, yer solig‘ini har bir yuridik shaxs alohida, egallagan ishlab chiqarish xonalariga mutanosib ravishda to‘laydi.

Ko‘p qavatli turar joylarning bir qismini egallagan yuridik shaxslar yer solig‘ini turar joy egallagan umumiy maydondan va mazkur yuridik shaxs tomonidan foydalaniladigan ishlab chiqarish xonalarining hissasidan kelib chiqib hisoblab chiqaradilar.

Yuridik shaxslar (qishloq xo‘jaligi korxonalaridan tashqari) soliqni har chorakda, chorak ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlar bilan to‘laydilar (15 fevral, 15 may, 15 avgust, 15 noyabr).

Agar yuridik shaxs yer uchastkasini hisobot choragi uchun to‘lash muddati tugaganidan keyin olgan bo‘lsa, ushbu davr uchun soliqni to‘lash muddati bo‘lib keyingi chorak uchun soliq to‘lash muddati hisoblanadi.

Yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari yer solig‘ini hisobot yilining 1 iyuliga qadar – yillik soliq summasining 20 foizini, hisobot yilining 1sentyabriga qadar – yillik soliq summasining 30 foizini va hisobot yilining 1 dekabriga qadar – hisoblangan soliqning qolgan (50 foizi) summasini to‘lashni amalga oshiradi.

Yil davomida ajratilgan er uchastkalari uchun soliq er uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. (Masalan, vakolatli hokimiyat organining 15 avgustdagi qarori bilan korxonaga er ajratilsa, u er solig‘ini 1 sentyabrdan boshlab to‘laydi).

Yuridik shaxslarga yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz belgilansa, ular ushbu huquq paydo bo‘lgan oydan boshlab soliq to‘lashni to‘xtatadilar. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqi to‘xtatilgan taqdirda ular yer solig‘ini ushbu huquq to‘xtatilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘laydilar.

Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to‘langan taqdirda, agar boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarz mavjud bo‘lmasa, ushbu summalar soliq to‘lovchiga o‘ttiz kun ichida uning yozma arizasi bo‘yicha qaytariladi yoki bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga qayd etiladi. Yer solig‘i, soliq to‘lovchining joylashgan eridan qat’i nazar, hududida er uchastkasi joylashgan tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga to‘lanadi. Agar er uchastkasi ham tuman, ham shahar hududida joylashgan bo‘lsa, soliq xuddi shu tartibda to‘lanadi. Yuridik shaxslarning byudjet bilan er solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblari buxgalteriya hisobi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ida yuritiladi.

 

Mavzuga doir masalalar:

 

1-masala.  “Mingbuloq” hissadorlik jamiyatining yer solig‘i summasi 75 mln. so‘mni tashkil etadi. Soliqning yig‘imi darajasi 97%, kelgusi yil indeksatsiyasi 1.5 ni tashkil etadi. Korxonaning 2014 yilda kutilayotgan soliq summasini hisoblang:

Yechilishi:

75000.0 x 1.5 x 97%= 109125.0

 

2-masala. Toshkent shaxrining 8 zonasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasiga shahar hokimi qarori bo‘yicha ajratilgan yer maydoni 5.5 ga ni tashkil etadi. Korxonaning hisobot yilida to‘lashi lozim bo‘lgan yer solig‘i summasini  hisoblang va to‘lash muddatlarini belgilang.

Yechilishi:

1. Toshkent shahrida yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig‘i stavkalari 14ta zonaga ajratilgan holda belgilangan. Shunga muvofiq 2010 yil 8 zona uchun har bir ga uchun 15230403 so‘m belgilangan.

2. Yerning maydoni va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib soliq summasini hisoblaymiz:

5.5 x 15230403 = 83767216.5 so‘m

 3. Yer solig‘i byudjetga har chorakning ikkinchi oyi 15 kuniga qadar yillik summaning to‘rtdan bir qismi miqdorida to‘lanadi, ya‘ni:

1 chorak uchun -15 fevralgacha – 23434203 sum;

2 chorak uchun -15 maygacha – 25134203 sum;

3 chorak uchun -15 avgustgacha – 26134203 sum;

4 chorak uchun -15 noyabrgacha – 27134203 sum.

 

3-masala. Zarafshon shahrining 3 zonasida joylashgan korxonaga shahar hokimi qarori bo‘yicha ajratilgan yer maydoni 3.75 ga, haqiqiy foydalanilanishdagi yer maydoni esa 4.5 ga ekanligi aniqlandi. Korxonaning hisobot yilida to‘lashi lozim bo‘lgan yer solig‘i summasini hisoblaymiz.

Yechilishi:

1. Shahar joylarda yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig‘i stavkalari 4 ta zonaga ajratilgan holda belgilangan. Shunga muvofiq 2011 yil Zarafshon  shahrining 3 zonasi uchun har ga uchun 716405 so‘m belgilangan.

2. Foydalanishdagi yer maydoni va soliq stavkasidan kelib chiqib soliqni hisoblaymiz:

a) hokim qarori bo‘yicha ajratilgan yer maydoni uchun:

 3.75  x  716405 =  2686518,75 so‘m;

b) hokim qarori bo‘yicha ajratilgan yer maydonidan ortiq foydalanishdagi yer uchun 2 koeffitsientda to‘lanishi belgilangan:

0.75 x 716405 x 2 = 1.074.607 so‘m

Demak, =  2686518,75  + 1074607 =3761125,75  so‘m.

 

4-masala. Fermer xo‘jaligi foydalanish uchun 80 gektar yer uchastkasi Jizzax viloyati Arnasoy tumanining sug‘oriladigan yerlarida joylashgan bo‘lib, sifati jihatidan ball-boniteti 61-70 ga to‘g‘ri keladi.

Soliqning bazaviy stavkasi bir gektar uchun 1476,2 so‘m 61-70 ball-bonitet uchun koeffitsent 9,00 ga teng.

Aniqlang: Fermer xo‘jalikning faoliyati natijasiga bog‘liq bo‘lmagan holda fermer xo‘jaligi qancha yagona yer solig‘i to‘lashi lozim?

 

5-masala. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona 2005 yil 18 dekabrda ro‘yxatdan o‘tgan, ushbu korxonaga 2007 yil 15 mart qabul qilish dalolatnomasiga asosan O‘zbekiston tomoni korxonaning ustav jamg‘armasiga jamg‘arma sifatida ishlab chiqarish tsexini bergan.

Ishlab chiqarish tsexi egallagan er uchastkasi uchun qaysi davrdan boshlab va kim tomonidan yer solig‘i to‘lana boshlanishi kerak?

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.      Yer solig‘ini yuridik shaxslardan undirishning sababi nimada?

2.      Yer solig‘ining huquqiy asoslari  O‘zbekistonda qachon shakllangan?

3.      O‘zbekistonda er fondi qanday tarkib topgan?

4.      Kimlar yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadi?

5.      Alohida soliq rejimiga o‘tgan yuridik shaxslar yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadimi?

6.      Yer solig‘ini undirish obyekti nima?

7.      Soliq stavkalari qanday mezonlar asosida belgilanadi?

8.      Qanday yerlar soliq solinmaydigan er uchastkalari hisoblanadi?

9.      Qanday yuridik shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadi?

10. Yer solig‘ini  hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lash muddatlari qanday belgilangan?


8.2.Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i

 

1.Yer solig‘ini to‘lovchilar, soliq obyekti va bazasi. Soliq kodeksiga ko‘ra o‘z mulkida, egaligida, foydalanishida yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari yer solig‘ining  to‘lovchi­lari bo‘lib hisoblanishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi tatbiq etiladi.

Jismoniy shaxslarning quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan obyekt hisoblanadi:

·        dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

·        yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

·        jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari;

·        xizmat yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq berilgan chek yerlar;

·        meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy, dala hovli bilan birgalikda egalik qilish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;

·        qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;

·        tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Soliq kodeksiga ko‘ra ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma‘lumotnomalari soliq solinadigan baza bo‘lib hisoblanadi.

2. Yer solig‘i stavkalari va soliqdan imtiyozlar. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezident qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi,  Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda xabar qilinadi.

Berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy shaxslardan yer solig‘i uch baravar miqdorida undiriladi.

Jismoniy shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan), davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha yer uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy shaxslar uchun 1,5 koeffitsientini qo‘llagan holda to‘lanadi. Davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha foydalaniladigan yerlar uchun yuqorida ko‘rsatilgan koeffitsientni qo‘llagan holda yer solig‘i to‘lanmagan taqdirda soliq to‘lovchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazo choralari qo‘llanadi.

Davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan yer uchastkalari maydoni yer berish to‘g‘risida davlat hokimiyati organlarining qarori, yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi uchun davlat dalolatnomasi, yerni ijaraga olish shartnomasi, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan boshqa hujjatlarga ko‘ra belgilanadi.

Yer uchastkasiga nisbatan mulk, egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, soliq butun maydon uchun yuqorida ko‘rsatilgan oshirish koeffitsientlarini qo‘llagan holda to‘lanadi.

Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalaridan soliq korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha undiriladi. Jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ini hisoblab chiqarish do‘konlar, oshxonalar, ustaxonalar va tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan boshqa obyektlar uchun foydalaniladigan yer uchastkalari uchun amalga oshiriladi.

Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagi jismoniy shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadilar:

§ yaylov chorvachiligining cho‘ponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari, veterinar vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari;

§ "O‘zbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan shaxslar, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlar, 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari;

§ xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida  o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;

§ haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarning oilalari - xizmat muddatiga;

§ I va II guruh nogironlari;

§ yolg‘iz pensionerlar. Soliq solish maqsadlari uchun yolg‘iz pensionerlar deganda bir o‘zlari yoki voyaga etmagan bolalari yoki nogiron bolasi bilan birgalikda alohida uyda, kvartira yoki yotoqxonada yashaydigan pensionerlar tushuniladi;

§ boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Soliq solish maqsadlarida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar deganda ota-onadan biri yoki ikkalasi vafot etgan hamda oilada 16 yoshga etmagan 5 va undan ortiq bola bo‘lgan oilalar tushuniladi;

§ Chernobil AESdagi falokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar;

§ ko‘chirib keltirilgan fuqarolar kelib joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha - yer uchastkalari berilgan vaqtdan e’tiboran besh yilga;

§ shaxsiy pensiya tayinlangan shaxslar;

Yuqorida ko‘rsatilgan imtiyozlar yer uchastkalari yakka tartibda uy-joy qurilishi va shaxsiy yordamchi xo‘jalik (dehqon xo‘jaligi) yuritish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan me’yorlar doirasida taqdim etilgan jismoniy shaxslargagina tatbiq etiladi.

Yer soligi tolanmaydigan yer uchastkalarining maydonlari yer uchastkasiga huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarga binoan qabul qilinadi.

Imtiyoz huquqi yer soligini tolashdan ozod etilgan shaxslar yashaydigan va birgalikda xojalik yuritadigan butun oilaga tatbiq etiladi.

3. Yer solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi. Jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ini davlat soliq organlarining xodimlari hisoblab chiqaradi. Davlat soliq xizmati organlari yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilar yoki ijarachilar bo‘lgan jismoniy shaxslarning muntazam hisobini yuritadilar.

Dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxsni tashkil etmaganlari) hisoblab yozilgan yer solig‘i umumiy summasining 95 foizini byudjetga va 5 foizini Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga to‘laydilar. Shu munosabat bilan davlat soliq organlari dehqon xo‘jaliklariga yoziladigan to‘lov xabarnomalarida byudjetga to‘lanadigan yer solig‘i summasi va Jamg‘armaga to‘lanadigan yer solig‘i summasini alohida ko‘rsatadilar.

Soliq to‘lanishi to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomalari jismoniy shaxslarga davlat soliq organlari tomonidan har yili, joriy yilning 1 mayidan kechiktirmay topshiriladi.

Yer uchastkalarining maydoni o‘zgarganda va yil davomida imtiyoz huquqi paydo bo‘lganda yoki bekor qilinganda davlat soliq organlari bir oy davomida soliqni qayta hisob-kitob qilishlari va soliq to‘lovchiga to‘lash muddatlari o‘zgarganini hisobga olgan holda yangi yoki qo‘shimcha to‘lov xabarnomasini taqdim etishlari shart.

Jismoniy shaxslarga shahar va qo‘rg‘onlarda yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yer uchastkalarining maydonlari yakka tartibdagi uy-joylarni hisobga olish va nazorat qilish shahar yoki tuman boshqarmasi yoxud ishlab chiqarish uy-joy inspektsiyasining mavjud materiallari bo‘yicha hisobga olinib, har yili naturada aniqlashtiriladi.

Jismoniy shaxslarga qishloq joylarda shaxsiy yordamchi xo‘jalik (dehqon xo‘jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkalari tomorqa yerlardan va jamoat yerlarida qo‘shimcha ajratilgan yer uchastkalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Bunday holda tomorqa yerlar maydoni yer kadastri ma‘lumotlari bo‘yicha qabul qilinib, yuz bergan o‘zgarishlar har yili naturada aniqlashtiriladi. Jamoat yerlarida qo‘shimcha ajratilgan yer uchastkalari maydoni xo‘jaliklarning ma‘lumotlari bo‘yicha hisobga olinib, har yili aniqlashtiriladi.

Agar jismoniy shaxs yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki shaxsiy yordamchi xo‘jalik (dehqon xo‘jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullansa yoki yerdan maqsadli foydalanishni o‘zgartirmasdan o‘z uyini ofis sifatida rasmiylashtirsa, bunda undan yer solig‘i yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yerlar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.

Ko‘p xonadonli turar joylarda yashaydigan jismoniy shaxslardan yer solig‘i undirilmaydi. Xonadondan yoki ko‘p xonadonli turar joylarning bir qismidan odamlarning yashashi bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanilganda, belgilangan tartibda xonadonning umumiy maydonidan kelib chiqib, yer solig‘ining tegishli hissasi undiriladi.

Egalik qilish huquqi meros bo‘yicha turar joy, noturar imorat va inshootlar, bog‘ uychasi o‘tishi bilan birga o‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i merosxo‘rlardan, meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini hisobga olgan holda undiriladi.

4. Yer solig‘ini byudjetga to‘lash muddatlari. Jismoniy shaxslar hisoblangan yillik yer solig‘ini 15 oktabrdan kechiktirmay to‘laydilar. To‘langan soliq summasi belgilangan tartibda mahalliy byudjetga tushadi.

Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. Masalan, vakolatli hokimiyat organining 15 sentyabrdagi qarori bilan korxonaga yer ajratilsa, u yer solig‘ini 1 oktyabrdan boshlab to‘laydi.

Yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslar davlat soliq xizmati organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari ustidan davlat soliq xizmatining yuqori organlari yoki sudga shikoyat qilish huquqiga egadirlar. Davlat soliq xizmati organlari soliqning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan belgilangan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar

 

1.     Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ining to‘lovchilari kimlar?

2.     Jismoniy shaxslarning qanday yerlari soliq solish obyekti bo‘laoladi?

3.     Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari qanday belgilanadi?

4.     Jismoniy shaxslar berilgan yerlardan foydlanmagan holatda qanday tartibda ulardan soliq undiriladi?

5.     Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalaridan qanday tartibda soliq undiriladi?

6.     Qanday toifadagi fuqarolar yer solig‘idan ozod etiladi?

7.     Jismoniy shaxslarning yer solig‘i qaysi davlat organi tomonidan  hisoblab chiqariladi?

8.     Dehqon xo‘jaliklari yer solig‘ini byudjetga to‘lash tartibi qanday amalga oshiriladi?

9.     Yer solig‘i bo‘yicha to‘lov xabarnomalari soliq to‘lovchilarga qaysi muddatgacha etkaziladi?

10.                Yer solig‘i qaysi muddatda mahalliy byudjetga to‘lanadi?


9-mavzu: Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq

 

1.                    Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyati, soliq to‘lovchilar, soliq obyekti va bazasi.

 

          Ma‘lumki, soliq qonunchiligida soliqqa tortish maqsadida soliq to‘lovchilar ikkiga bo‘lingan, ya‘ni yuridik va jismoniy shaxslarga. Jismoniy shaxslarga – yuridik shaxs maqomini olmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi.

Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida byudjet tushumlaridan salmoqli o‘rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idir. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – davlat  byudjeti daromad manbalaridan biri bo‘lib, u umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi. Bugungi kunda jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar va yig‘imlar byudjet daromadlarining qariyib 15-20 foizini tashkil etmoqda. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 1991 yilda byudjet tushumlarining 6,7 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2009 yilda 13,1   foizni tashkil etgan. 2011 yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat byudjeti daromadlarining 15 foizini, to‘g‘ri soliqlar ichida esa 57,7 foizini tashkil etishi prognozlashtirilgan.

9.1.1-diagramma. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini davlat byudjeti daromadlarida tutgan o‘rni[16]

 

Bu ko‘rsatkichlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini byudjet daromadlari tarkibida ahamiyatli ekanligidan darak beradi. Soliq kodeksiga ko‘ra moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni to‘lovchilar hisoblanadi. Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoxud tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari bo‘yicha soliq solinadi.

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi.

Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi soliq solish obyekti hisoblanadi. Soliqqa tortiladigan baza bo‘lib, jismoniy shaxslarning jami daromadidan soliq qonunchiligiga ko‘ra belgilangan chegirmalarni ayirib tashlagandan keyingi qoldiq summa hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida soliqni to‘lashda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi.

Hisobga olinadigan summalarning miqdori jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan daromad solig‘i summasidan oshmasligi lozim.

 

2.Jismoniy shaxslarning jami yillik daromad­lari tarkibi.

 

Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar kiradi. Jumladan:

1) mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar (172-modda);

2) jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari (176-modda);

3) jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadlari (177-modda);

4) boshqa daromadlar (178-modda).

Mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy shaxslarning mehnat shartnomasi bo‘yicha qilingan ishlardan va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha oladigan daromadlari kiradi. Bundan tashqari mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan to‘lovlar (yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofot, bir yo‘la beriladigan mukofotlar, maoshlarga ustamalar, ta‘tilga har yilgi qo‘shimcha haqlar, ko‘p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va boshqalar), kompensatsiya to‘lovlari (tabiiy iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylardagi ishlar bilan bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlar, og‘ir, zararli, o‘ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, dam olish kunlarida va bayram kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamala va boshqalar) hamda ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash (xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lash, mehnatga layoqatini vaqtincha yo‘qotgan xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash, yuridik shaxsning qarori bilan majburiy progul vaqti uchun haq to‘lash, oliy o‘quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta‘til vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan to‘lanadigan nafaqalar va boshqa shu kabilar) tarzidagi daromadlar ham kiradi.

Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga foizlar, dvidentlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar, royalti va shu kabi qonunchilikda ko‘zda tutilgan daromadlar kiradi.

Moddiy naf tarzidagi daromadlar jumlasiga yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni to‘lash, shu jumladan: jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta‘lim muassasalarida o‘qitish, tarbiyalash; kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlari yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash; oziq-ovqat, oylik yo‘l chiptalari yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash; sanatoriy-kurortlarda davolanish yo‘llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash kabilar kiradi.

Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga esa  davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar; stipendiyalar; donorlik uchun pul mukofotlari;  alimentlar; musobaqalarda, ko‘riklarda, tanlovlarda sovrinli o‘rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari; yutuqlar; grantlar; jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘yicha olingan foizlar va boshqa daromadlar kiradi.

 

3.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari.

 

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ko‘pgina mamlakatlardagi singari O‘zbekistonda ham progressiv soliq hisoblanadi. Har yili belgilangan stavkalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoki O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti qarori bilan qaytadan ko‘rib chiqilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga ko‘ra jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

·  jismoniy shaxslarning ish xaqi, mukofotlar va boshqa daromadlariga solinadigan tabaqalashgan progressiv soliq stavkalari;

·  jismoniy shaxslarning dividend va foiz tariqasida oladigan daromadiga soliq stavkasi;

·  norezident jismoniy shaxslarning daromadlariga to‘lov manbaida solinadigan soliq stavkalari;

·  imtiyozli soliq stavkalari.

Soliq qonunchiligiga binoan 1998 yildan respublikamizda jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlaridan soliq stavkasi 15, 25, 35, 40, 45 foiz, ya‘ni 5 pog‘onali qilib belgilangan edi. 2000 yildan boshlab 4 pog‘onali, ya‘ni 15, 25, 36, 40 foiz, 2001 yildan esa 3 pog‘analiga o‘tib, uning stavkasi  12, 25, 30 foizni, 2002 yildan 13, 23, 33 foiz qilib belgilangan edi.

2014 yildan jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlaridan soliq stavkasi quyidagi jadval ma‘lumotlari asosida hisoblanadi       (9.3.1-jadval). Soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining miqdori yil boshidan e’tiboran ortib (o‘sib) boruvchi yakun tarzida hisoblanadi.


9.3.1-jadval

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

stavkalari

 

Jami daromad miqdori

Soliq summasi

eng kam ish haqining besh baravari miqdorigacha

daromad summasining 7.5 foizi

eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan (+1 so‘m) o‘n baravari miqdorigacha

eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan olinadigan soliq + besh baravardan oshadigan summaning 16 foizi

eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan (+1 so‘m) va undan yuqori summadan

eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan olinadigan soliq + o‘n baravardan oshadigan summaning 22 foizi

 

Norezident jismoniy shaxslarning doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda O‘zbekiston Respublikasidagi manbadan olgan daromadlariga ularni to‘lash manbaida chegirmalarsiz, quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:

·   dividend va foizlar - 10 foiz;

·   xatarni sug‘urtalash yoki qayta sug‘urtalashga to‘langan sug‘urta mukofotlari - 10 foiz;

·   O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar o‘rtasida harakat qatnovida xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar yoki transport xizmatlari (fraxtdan daromadlar) - 6 foiz;

·   royalti, ijaradan kelgan daromadlar, xizmatlar ko‘rsatishdan kelgan daromadlar, shu jumladan boshqaruv bo‘yicha xizmatlar, maslahatlarga oid va boshqa daromadlar - 20 foiz;

To‘lov manbaida soliq solish, to‘lov O‘zbekiston Respublikasi ichida yoki undan tashqarida amalga oshirilganidan qat‘i nazar, qo‘llaniladi.

Jismoniy shaxslarga to‘lanadigan dividendlar va foizlarga 10 foizlik stavka bo‘yicha to‘lov manbaida soliq solinadi.

Bunda soliq solish maqsadida dividendlarga aktsiyalar bo‘yicha hamda qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar kiradi. Foizlarga qarz majburiyatlari va xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav sarmoyasida ulushbay ishtirokidan keladigan daromadlar va boshqalar kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 1, 2 va 3-son ro‘yxatlariga kiritilgan o‘ta zararli, o‘ta og‘ir, zararli va og‘ir sharoitli ishlarda band bo‘lgan xodimlarning daromadlariga belgilangan stavkalar bo‘yicha soliq solinadi. Bunda yuqorida aytib o‘tilgan fuqarolar toifalaridan daromad solig‘i olish darajasi 20 foizdan oshmasligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko‘rsatib o‘tilgan qarori bilan tasdiqlangan 1-son ro‘yxatning 3-qismi hamda 2-son ro‘yxatning 1-qismida qayd etilgan ishlarda band bo‘lgan ayollarning daromadidan soliq olish darajasi ham 20 foizdan oshmasligi lozim.

O‘ta zararli, o‘ta og‘ir, zararli va og‘ir sharoitli ishlarda band bo‘lgan xodimlarning daromadlariga solinadigan soliqni  hisoblab chiqarish belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlarga (ish stajiga ustamalar, baland tog‘lik, dasht va suvsiz tumanlardagi ishlar uchun belgilangan koeffitsientlar bo‘yicha to‘lovlarga) eng kam stavka bo‘yicha soliq solinadi. Bundan tashqari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik qishloq xo‘jaligi ishlariga yuborilgan jismoniy shaxslarning shu ishlarni bajarishdan olingan daromadlariga ham eng kam stavka miqdorida soliq solinadi.

Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarishda dividendlar va foizlar bo‘yicha daromadlar, qo‘shimcha to‘lovlar jami daromad tarkibidan hisobdan chiqariladi.

 

4.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar

 

Soliq qonunchiligiga ko‘ra jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadiga quyidagilar kiritilmaydi:

§ mehnat shartnomasi bekor qilinganda to‘lanadigan, eng kam ish haqining o‘n ikki baravari miqdori doirasidagi ishdan bo‘shatish nafaqasi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi va davlat ijtimoiy ta‘minoti bo‘yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, shu jumladan oilaning bemor a‘zosini parvarishlash nafaqalari bundan mustasno), shuningdek xayriya va ekologiya jamg‘armalari mablag‘laridan fuqarolarga pul va natura shaklida beriladigan nafaqalar va boshqa yordam turlari.

Bunda eng kam ish haqi hisobi uchun mehnat shartnomasi to‘xtatilgan kunda amal qilgan (oxirgi ishlagan kundagi) oylik eng kam ish haqining miqdori qabul qilinadi;

§ olinadigan alimentlar;

§ oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus hamda hunar-texnika o‘quv yurtlari hamda ular bazasida tashkil etilgan biznes maktablari, shu jumladan oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlari tomonidan o‘z talabalariga va o‘quvchilariga tayinlanadigan stipendiyalar, shuningdek xayriya va ekologiya jamg‘armalari mablag‘laridan ta‘sis etiladigan stipendiyalar;

§ davlat pensiyalari, shuningdek ularga ustamalar (ustamalarning qonun xujjatlarida chegaralangan miqdorigacha);

§ shaxslar qon topshirganlik uchun, donorlikning boshqa turlari uchun, ona suti topshirganlik uchun oladigan summalar, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari qon yig‘ib topshirganliklari uchun oladigan summalar;

§ fuqarolarning xorijda ishlashga yuborilishi munosabati bilan davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlardan chet el valyutasida oladigan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida;

§ jismoniy shaxslarning xususiy mulk huquqi asosida o‘zlariga qarashli bo‘lgan mol-mulkni sotish natijasida oladigan summalari, tadbirkorlik faoliyati doirasida amalga oshiriladigan mol-mulkni sotish natijasida oladigan daromadlardan tashqari;

§ jismoniy shaxslarning uy xo‘jaligida yoki dehqon xo‘jaligida etishtirgan qoramol, quyon, nutriya, baliq, parrandalarni ham tirik holatda, ham ularni so‘yib mahsulotlarini xom va qayta ishlangan holda, shuningdek asalarichilik mahsulotlarini va bunday xo‘jalikda etishtirilgan tabiiy yoki qayta ishlangan dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlari summasi. Fuqaroda shaxsiy yordamchi xo‘jalik mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma‘lumotnomasi bilan tasdiqlanadi;

§ bir yil mobaynida yuridik shaxslardan olingan eng kam ish haqi miqdorining olti baravarigacha bo‘lgan summadagi qimmatli sovg‘alar qiymati, shuningdek xalqaro hamda respublika tanlov va musobaqalarida olingan sovrin buyumlar qiymatining summasi;

§ meros qilib qoldirish va hadya qilish natijasida olingan summalar va mol-mulk qiymati, fan, adabiyot va san’at asarlari mualliflarining merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) oladigan mualliflik haqi summalari bundan mustasno;

§ davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar bo‘yicha yutuqlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizlar;

§ fuqarolarning sug‘urta bo‘yicha oladigan summalari;

§ bir yil mobaynida berilgan moddiy yordam summalari:

- tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari - to‘laligicha;

- vafot etgan xodimning oila a‘zolariga yoki oila a‘zolari vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari - eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda;

- boshqa hollarda - eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha miqdorda;

§ depozit sertifikatlar bo‘yicha daromadlar, banklardagi omonatlar va davlat xazina majburiyatlari bo‘yicha foizlar va yutuqlar;

§ patent egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishdan yoki foydalanish boshlangan sanadan e’tiboran amal qilish muddati doirasida ularga litsenziyalar sotishdan, shuningdek litsenziat sanoat mulki obyektlaridan foydalana boshlagan sanadan e’tiboran ushbu foydalanishdan olgan daromadi summasi:

- ixtirolar va selektsiya yutug‘idan - besh yil davomida;

- sanoat namunasidan - uch yil davomida;

- foydali modeldan - ikki yil davomida

§ bolalar lagerlari va boshqa sog‘lomlashtirish lagerlariga, ota-onalarning bolalari bilan dam olishiga maxsus mo‘ljallangan sanatoriy-kurort muassasalariga borish uchun bolalar va o‘smirlarga beriladigan yo‘llanmalar qiymatini, shuningdek o‘z xodimlarining ambulatoriya yoki statsionar tibbiy xizmatdan foydalanish qiymatini to‘liq yoki qisman kompensatsiyalash tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘z xodimlariga yoki ular uchun to‘lagan summalar. Ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlar jumlasiga nogironlarning sog‘lomlashtirish va sanatoriy-kurort muassasalariga berilgan yo‘llanmalari qiymatini, davolanish va tibbiy xizmatdan foydalanish, nogironlikning oldini olish maqsadida texnika vositalari sotib olish uchun hamda nogironlarning salomatligini tiklash uchun qilingan xarajatlarni to‘liq yoki qisman to‘lash tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar to‘lagan summalar ham kiradi;

§ fuqarolarning ish haqi va soliq solinadigan boshqa daromadlarining davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarini olish uchun yo‘naltiriladigan summalari;

§ vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, basharti bunday ishlar vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta‘minlash markazlari ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lsa;

§ xususiy korxona va fermer xo‘jaligi tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin xususiy korxona mulkdori va fermer xo‘jaligining boshlig‘i ixtiyoriga kelib tushadigan foyda summasi;

§ O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofotlari yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati;

§ Olimpiya o‘yinlarida va boshqa xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofotlari;

§ jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘yicha foizli daromadlar, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari;

§ jismoniy shaxslar tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ularga hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltiriladigan ish haqining va soliq solinadigan boshqa daromadlarining summalari.

Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lashdan quyidagilar to‘laligicha ozod qilinadilar:

§ xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining boshliqlari va a‘zolari hamda konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a‘zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa, - O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha;

§ xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ma‘muriy-texnik xodimlari va ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a‘zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, - O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha;

§ xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, - o‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo‘yicha;

§ xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, - o‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo‘yicha;

§ hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslari - agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa, ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bo‘yicha;

§ Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari va bojxona organlarining oddiy xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga mansub shaxslar, shuningdek o‘quv yoki sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar - xizmatni o‘tash (xizmat vazifasini bajarish) munosabati bilan olgan pul ta‘minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lov summalari bo‘yicha;

§ gastrol-kontsert faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bo‘lgan shaxslar gastrol – kontsert faoliyatidan olingan daromadlari bo‘yicha;

§ mansab darajalari bor prokuratura organlari xodimlari.

Quyidagi soliq to‘lovchilarning daromadlari jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni har bir to‘liq oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida to‘lashdan ozod etiladi:

a) "O‘zbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar, urush nogironlari yoxud 1941-1945 yillardagi urush davrida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanish, kontuziya bo‘lish yoki shikastlanish oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan boshqa nogironlar, sobiq partizanlar jumlasidan bo‘lgan nogironlar, shuningdek pensiya ta‘minoti bo‘yicha mazkur toifadagi harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan boshqa nogironlar;

b) xizmatni harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda o‘tagan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan bo‘lib, fuqarolar urushi va 1941-1945 yillardagi urush, sobiq SSSRni himoya qilish bo‘yicha boshqa jangovar operatsiyalarning qatnashchilari, 1941-1945 yillardagi urush davri mehnat frontining faxriylari va kontsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;

v) Leningrad qamali paytida 1941 yil 8 sentyabrdan 1944 yil 27 yanvargacha bo‘lgan davrda Leningrad shahrida ishlagan fuqarolar;

g) ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari jumlasidan bo‘lib, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaralanish, kontuziya bo‘lish va shikastlanish oqibatida nogiron bo‘lib qolganlar;

d) bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari;

e) o‘n va undan ortiq bolasi bo‘lgan ayollar;

j) sobiq SSSRni himoya qilish yoxud harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanish, kontuziya bo‘lish yoxud shikastlanish oqibatida yoki frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarining ota-onalari va rafiqalari.

"Halok bo‘lgan jangchining bevasi (onasi, otasi)" shtampi bosilgan yoki pensiya guvohnomasini bergan muassasa muhri va rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan tegishli yozuv qayd etilgan pensiya guvohnomasi asosida imtiyoz taqdim etiladi.

Sobiq SSSRni himoya qilish yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning rafiqalariga faqat ular ikkinchi marta turmush qurmagan taqdirda, imtiyoz taqdim etiladi;

z) xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar.

i) Chernobil AESdagi falokat oqibatida jabr ko‘rgan shaxslar.

Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ma‘lumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek imtiyoz taqdim etilishida asos hisoblanadigan boshqa vakolatli organlar tomonidan berilgan hujjatlar asosida imtiyoz beriladi;

k) ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar.

Mehnat va ijtimoiy ta‘minot organlari tomonidan beriladigan "yolg‘iz onaning shaxsiy daftarchasi" asosida imtiyoz beriladi;

l) ikki va undan ortiq bolasi bor va boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar.

Turmush o‘rtog‘i (ayoli) vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va bolalarining mavjudligini hamda qayta nikohdan o‘tmaganligini tasdiqlovchi pasport, boquvchisini yo‘qotganligi tufayli pensiyasining tayinlanmaganligi to‘g‘risida mehnat va ijtimoiy ta‘minot organlarining ma‘lumotnomasi imtiyoz berilishida asos hisoblanadi;

m) bolaligidan nogiron bo‘lgan va doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onasidan biri.

Pensiya guvohnomasi yoki doimiy parvarish talab etilishini tasdiqlovchi sog‘liqni saqlash muassasasining tibbiy ma‘lumotnomasi, birga yashashligi haqida - fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining ma‘lumotnomasi asosida imtiyoz taqdim etiladi.

Jismoniy shaxslarning imtiyozlarga bo‘lgan huquqi ular hisobot yili uchun tegishli hujjatlarni taqdim etganida vujudga keladi.

Hisobot yili uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdoridagi imtiyoz imtiyozlarga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oy boshidan taqdim etiladi.

Eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdoridagi imtiyoz jismoniy shaxslarning asosiy ish joyida, agar asosiy ish joyi mavjud bo‘lmasa, unda yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jami yillik  daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq hisoblab chiqarishda qo‘llaniladi.

Fuqaro imtiyozlarga bo‘lgan huquqni yo‘qotganligini 15 kundan kechiktirmay, undan soliq ushlab qoladigan korxona, muassasa, tashkilot, shuningdek  jismoniy shaxslarni yoxud soliq organini (agar mazkur organ hisob-kitobni amalga oshirsa) ma‘lum qilishi lozim.

 

5.Chet ellik jismoniy shaxslarning daromadiga soliq solishning

 xusu­siyatlari.

 

Chet ellik jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq solinadi.

Rezident - chet ellik jismoniy shaxsdan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi singari jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq undiriladi.

Norezident - chet ellik jismoniy shaxslardan to‘langan joyidan qat‘i nazar O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq undiriladi.

Soliq solish maqsadida norezident jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshiradigan norezident sifatida yoki doimiy muassasa bilan bog‘liqlikda bo‘lmagan norezident shaxs sifatida qaraladi.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshiradigan norezident jismoniy shaxs doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari bo‘yicha soliq to‘lovchi hisoblanadi.

Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirish tegishli chet davlatda O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslariga nisbatan ham xuddi shunday chora-tadbirlar ko‘rilgan hollarda o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin.

Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‘ida, bunday bitimlarning shartlariga O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik jismoniy shaxslarning soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlarini o‘z zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi izohlarning kiritilishiga ruxsat berilmaydi.

 

6.Soliqni hisoblab chiqarish tartibi.

 

Asosiy ish joyidan olinadigan mehnat haqi to‘lovlari va boshqa to‘lovlardan jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish yil boshidan o‘sib boruvchi yakun bilan ularni hisoblab yozishning borishiga qarab soliq solinadigan jami daromad summasidan amalga oshiriladi.

Fuqaro bir yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyini o‘zgartirsa, u yangi ish joyidagi buxgalteriyaga dastlabki ish haqi olguniga qadar belgilangan shakl bo‘yicha joriy yilda to‘langan daromadlar hamda ushlab qolingan soliq summasi haqidagi ma‘lumotnomani taqdim etishi shart.

Yangi ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish taqvim yili boshidan ilgarigi va yangi ish (xizmat, o‘qish) joyida olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Avvalgi ish joyidan ma‘lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan hollarda soliq solinadigan daromaddan eng yuqori stavka bo‘yicha soliq undiriladi. Ma‘lumotnoma keyinroq taqdim etilsa, u holda undirilgan umumbelgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilinadi.

Avvalgi asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarining xodim tomonidan bajarilishi bilan bog‘liq mukofot va boshqa to‘lovlar unga ishdan bo‘shatilganidan so‘ng to‘langan bo‘lsa, mazkur mukofot va to‘lovlar umumbelgilangan tartibda ularni to‘lash chog‘ida jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqqa tortiladi. Bu fuqarolarga to‘langan daromadning hamda ushlab qolingan soliqning umumiy summasi haqida korxona, muassasa, tashkilot bir oy muddatda istiqomat joyidagi davlat soliq xizmati organiga ma‘lum qilishi shart.

Asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan mehnat haqi to‘lovlari va boshqa to‘lovlardan jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish yil boshidan o‘sib boruvchi yakun bilan soliq solinadigan jami daromad summasidan ularni hisoblab yozishning borishiga qarab (agar bunday daromadlar to‘langan bo‘lsa), belgilangan stavkalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Agar asosiy bo‘lmagan ish joyidagi mehnat to‘lovi bo‘yicha daromad oluvchi jismoniy shaxs buxgalteriyaga eng yuqori stavka bo‘yicha daromadidan soliq ushlab qolinishi haqida ariza topshirsa, daromadlarni to‘lovchi yuridik shaxslar soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra soliqni ushlab qoladilar.

Asosiy bo‘lmagan ish joyidan daromad  olgan jismoniy shaxslar daromadidan olingan daromadlar, qilingan xarajatlar va ushlangan soliq summasi to‘g‘risidagi taqdim etilgan deklaratsiya ma‘lumotlari bo‘yicha soliq xizmati organi tomonidan daromad solig‘i yakuniy summasi hisoblab chiqariladi. Rezident  jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida (shu jumladan, asosiy ish joyidan) olgan daromadlaridan daromad solig‘i yakuniy summasini hisoblab chiqarish ham xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va byudjetga o‘tkazish uchun yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bog‘liq jarima va penyalarni byudjetga to‘lashi shart.

 

7.Hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi.

 

Yuridik shaxslar quyidagilarni bajarishi shart hisoblanadi:

1) soliq davri tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida (asosiy ish joyi bo‘yicha daromadlar olgan jismoniy shaxslardan tashqari) belgilangan shaklda ma‘lumotnoma taqdim etishi shart, unda quyidagilar aks ettiriladi:

- soliq to‘lovchining – jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami;

- soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili;

- o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha daromadlarning umumiy summasi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan umumiy summasi;

- soliq agentining identifikatsiya raqami;

- soliq agentining nomi, joylashgan eri (pochta manzili);

2) yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kuniga qadar, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati organlariga hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni belgilangan shaklda taqdim etishi shart.

Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq to‘lov manbaida ushlab qolinganda soliq jamg‘arib boriladigan tizimda qatnashuvchi fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga belgilangan tartibda hisoblab yozilgan badallar chegirilgan holda quyidagi muddatlarda to‘lanadi:

a) daromad to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi shu maqsadlarda pul mablag‘lari olish uchun bankka hujjatlar taqdim etish bilan bir vaqtda byudjetga o‘tkaziladi;

b) to‘lovni natura holida yoki mahsulotni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarish yoxud xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushumdan to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi to‘lov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida byudjetga o‘tkaziladi.

Bankda hisobraqamiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni to‘lash sanasi soliq to‘lovchi hisobraqamidan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun, boshqalar, shu jumladan jismoniy shaxslar uchun esa - mablag‘lar kredit muassasasining kassasiga o‘tkazilgan kun hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning hisob-kitob varag‘idan soliq summasi jismoniy shaxs tomonidan to‘langanda, to‘lov sanasi jismoniy shaxs hisobraqamidagi mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun hisoblanadi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqning yil mobaynida to‘lab borilgan summalari tegishli hisobot yili uchun soliq to‘lovchiga hisoblab chiqarilgan soliq hisobiga o‘tkaziladi.

 

 Mavzuga doir masalalar:

 

1-masala. Quyidagi aloqa hodimlari uchun daromad solig’I va ish haqi hisoblang.

 

Lavozim nomi

Lavozim okladi

DS

Ish haqi

Operator

1120000

 

 

Mutaxassis

1140000

 

 

Bosh hisobchi

1810000

 

 

 

 

 

2-masala. Quyidagi aloqa hodimlari uchun daromad solig’I va ish haqi hisoblang.

 

Lavozim nomi

Lavozim okladi

DS

Ish haqi

Operator

1030000

 

 

Mutaxassis

1500000

 

 

Bosh hisobchi

1080000

 

 

 

3-masala. Quyidagi aloqa hodimlari uchun daromad solig’I va ish haqi hisoblang.

 

Lavozim nomi

Lavozim okladi

DS

Ish haqi

Operator

1025000

 

 

Mutaxassis

1045000

 

 

Bosh hisobchi

1085000

 

 

 

4-masala. Quyidagi aloqa hodimlari uchun daromad solig’I va ish haqi hisoblang.

 

Lavozim nomi

Lavozim okladi

DS

Ish haqi

Operator

1028000

 

 

Mutaxassis

1048000

 

 

Bosh hisobchi

1082000

 

 

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.       Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyatini tushuntirib bering?

2.       Qanday shaxslarni jismoniy shaxslar deb atashadi?

3.       Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?

4.       Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i byudjet daromadlari tarkibida qanday ahamiyatga ega?

5.       Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining to‘lovchilari kimlar?

6.       Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlariga qaysi daromad turlari kiradi?

 

 


10-mavzu: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

 

1.     Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etilishi.

 

       O‘zbekiston sharoitida suv qadrli hisoblanadi. Chunki, respublikamizda qishloq ho‘jaligi asosan sug‘oriladigan erlardan iborat. Suv har qanday davlat uchun asosiy boylik hisoblanadi.

1998 yilga qadar suvdan foydalanayotgan korxonalarsuv uchun to‘lov” to‘lashar edi. Iste‘molchilarning suvdan samarali, tejab foydalanish maqsadida respublikamiz soliq qonunchiligiga hamda  O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra 1998 yil 1-yanvardan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etildi. Ushbu soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, respublika byudjetining asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi. 2008 yilda  Davlat byudjetiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumi 34920 mln. so‘m tushishi prognozlashtirilgan bo‘lib, bu byudjet daromadlarining 0,5 foizini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi 1024-sonli qaroriga asosan ushbu soliq tushumi mahalliy byudjetlarning Davlat byudjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida to‘liq miqdorda mahalliy byudjetlar  daromadiga o‘tkazildi.

 

2.Soliq to‘lovchilar tarkibi.

 

 O‘z faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar, dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va yuridik shaxs tashkil etmaydigan) hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilardir. O‘zbekistonda asosiy, davlat byudjeti daromadlarini ushbu manba bo‘yicha ob-havo qiladigan, ya‘ni ta‘minlab beradigan soliq to‘lovchilar bo‘lib, Shirin GRES, Taxiyatosh GRES, Toshkent GRES va boshqa shu kabi GESlar hisoblanishadi.

Soliqqa tortishning alohida tartibi o‘rnatilgan to‘lovchilar hamda notijorat tashkilotlar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ular alohida hisob olib borishlari va shu faoliyatda foydalaniladigan suv hajmidan kelib chiqib suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashlari kerak.

Yuridik shaxslar suvdan foydalanish joyida davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinish joyidan qat’i nazar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydilar.

Aholi punktlarining suv ta‘minoti uchun suv etkazib beruvchi yuridik shaxslar o‘z faoliyatida ishlatiladigan suv uchungina soliq to‘lovchilar hisoblanadi.

Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan binolar bir qismi, ayrim xonalar boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga topshirilganida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni "Suvoqava" tizimi korxonalari yoki suv xo‘jaligi organlari yoxud boshqa korxonalar bilan suv etkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzgan ijaraga beruvchilar to‘laydilar.

Bino (xona)ni ijaraga olgan va o‘zlari suv etkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzgan yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mustaqil ravishda to‘laydilar.

Amaldagi korxonalar va tashkilotlar hududida ta‘mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaradigan yuridik shaxslar ushbu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun soliq to‘lamaydilar. Ta‘mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarish chog‘ida foydalaniladigan suv hajmi uchun soliqni ular uchun ushbu ishlar bajariladigan korxona va tashkilotlar to‘laydilar. Yangi qurilish maydonchasida qurilish ishlarini bajarish chog‘ida qurilish paytida foydalaniladigan suv hajmi uchun soliqni qurilish tashkiloti to‘laydi.

Mulkchilik va bo‘ysunish shaklidan qat’i nazar issiq suv va bug‘ uzatuvchi korxonalar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni ular tomonidan yuzadagi va er osti manbalaridan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun ishlatilgan suv resurslari hajmi uchun to‘laydilar.

 

3.Soliq solish obyekti, bazasi va soliq stavkalari.

 

Yer usti va yer osti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslari soliq solish obyekti hisoblanadi.

Yer usti manbalariga daryolar, ko‘llar, suv omborlari, yer yuzasidagi boshqa havzalar va suv manbalari, turli xil kanal va hovuzlar kiradi.

Yer osti manbalariga artezian quduqlar va skvajinalar, vertikal va gorizontal zovur tarmog‘i kiradi.

Foydalanilgan suv resurslarining xajmi soliq solish bazasi hisoblanadi.

Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.

Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suvdan foydalanish limitlaridan, suv iste‘molining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‘orish normalaridan yoki ma‘lumotlarning to‘g‘riligini ta‘minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadilar.

Yuridik shaxslarning hududida ta‘mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lamaydi. Ta‘mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydi.

Yagona yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug‘oriladigan erlarni sug‘orish uchun sarflanadigan suvning butun xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.

2014 yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari quyidagi jadval ma‘lumotlarida keltirilgan.

 

10.3.1-jadval

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

stavkalari

 

 

Ko‘rsatkichlar      

       

     

1 kub. metr uchun stavka (so‘m)

Yer usti suv resurslari manbalari

Yer osti suv resurslari manbalari

1.Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar        (2-4-bandlarda ko‘rsatilganlaridan tashqari)

35.8

45.5

2. Elektrostantsiyalar       

10.3

15.4

3. Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari      

19.7

25.4

4. Yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jalik korxonalari, dehqon xo‘jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar) hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida suvdan foydalanadigan jismoniy shaxslar                 

1.9

2.2

 

Suvdan qishloq xo‘jalik ekinlari va ko‘chatlarini sug‘orish uchun foydalanadigan yordamchi xo‘jaliklarga ega yuridik shaxslar, shuningdek ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari soliqni qishloq xo‘jalik korxonalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘laydilar.

 

4.Soliq bo‘yicha imtiyozlar.

 

Soliq kodeksiga ko‘ra suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod etiladi. Jumladan, nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan korxonalar. Ushbu imtiyoz savdo, vositachilik, ta‘minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan tadbiq etilmaydi; suv uchun byudjetga soliq o‘tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan iste‘molchilar; birlamchi foydalanilgan suv uchun to‘lov amalga oshirilgan suvdan ikkilamchi foydalanuvchi suv iste‘molchilari; ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar – tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e‘tiboran.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza quyidagi hajmlarga kamaytiriladi. Jumladan, sog‘liqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida foydalaniladigan er osti mineral suvlari hajmiga; dori vositalarini tayyorlash uchun foydalaniladigan suv hajmiga; atrof muhitga zararli ta‘sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqazib olinadigan yer osti suvlari hajmiga; shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa‘riga qaytarib quyiladigan yer osti suvlari hajmiga; gidroelektr stantsiyalari gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv hajmiga; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan erlarni yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmiga.

 

5.Soliqni hisoblab chiqa­rish tartibi va to‘lash muddatlari.

 

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar tomonidan, dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va tashkil etmaydigan)dan tashqari, tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha amalda olingan soliqqa tortiladigan suv hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.

Dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va yuridik shaxs tashkil etmaydigan) uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq davlat soliq xizmati organlari tomonidan umuman xo‘jalik bo‘yicha o‘tgan yilda 1 ga sug‘oriladigan erga sarflangan suv hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:

1) suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqning umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan ko‘pni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo‘jaligi korxonalari, mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) – har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunigacha;

2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqning umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan kamni tashkil etadigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;

3) yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan – yilda bir marta hisobot davrining 15 dekabrigacha;

4) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – yilning har choragida yilning hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobot davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq byudjetga quyidagi muddatlarda  to‘lanadi:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilar tomonidan - hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi;

- yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha amalga oshiriladi.

Soliq to‘lovchilar joriy yilning 15 yanvariga qadar suvdan foydalanish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliqni belgilangan limitdan kelib chiqib yoki suv etkazib berish shartnomasiga ko‘ra har oyda yoki har chorakda to‘lashlari to‘g‘risida bildiruvnoma yuboradilar.

 

6.Soliqni hisobga olish tartibi.

 

Yuridik shaxslarning byudjet bilan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarining buxgal­teriya hisobi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha (turlar bo‘yicha) qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ida yuritiladi.

Hisoblab yozilgan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi:

-davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘i debeti;

-byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i krediti.

Byudjetga o‘tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi:

-byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i debeti;

-pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘i krediti.

 

Mavzuga doir masalalar:

 

1-masala. Sanoat korxonasi hisobot davrida jami 60000 kub. metr suv resurslaridan foydalangan bo‘lib, shundan 35 foizi er osti manbalaridan, qolgan qismi esa yer usti manbalaridan olingan. Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.

Yechilishi:

Sanoat korxonalari uchun ushbu soliq stavkalari er usti manbalaridan olingan suv uchun bir kub metrga 640.0 tiyin, er osti manabalaridan foydalanilgan suv uchun bir kub metrga 820.0 tiyin belgilangan.

Korxona 15000 kub metr (60000 x 35%) er osti suvlaridan; 21000 kub metr (60000 - 15000) er usti suvlaridan foydalangan.

Soliq summasi:

21000 x 640 (6.4 so‘m) = 134400 so‘m

15000 x 820 (8.2 so‘m) = 123000 so‘mni tashkil etadi.

2-masala. Elektrostantsiya hisobot davrida 450000 kb.metr er usti suv resurslaridan, 50000 kub.metr er osti suv resurslaridan foydalangan. Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.

Yechilishi:

1. Elektrostantsiyalar  uchun ushbu soliq stavkalari er usti manbalaridagi suv resurslaridan foydalanganlik uchun 1 kub.metrga 183.0 tiyin, er osti manabalaridan foydalanilgan suv uchun 1 kub metrga 273.0 tiyin belgilangan.

2. Foydalanilgan suv hajmidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib soliq summasini hisoblaymiz:

450000 x 183.0 (1.83 so‘m) = 823500 so‘m

         50 000 x  273.0 (2.73 so‘m) = 136500 so‘m

Jami: 823500 + 136500 = 960000 so‘m.

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.      Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etishdan ko‘zda tutilgan maqsad nima?

2.      Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilari kimlar?

3.      Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni davlat byudjetiga ta‘minlab beradigan asosiy soliq to‘lovchilarni bilasizmi?

4.      Soliqqa tortish obyekti qanday tartibda aniqlanadi?

5.      Soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida o‘rnatilgan?

6.      Qanday yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliqdan ozod etiladi?

7.      Dehqon xo‘jaliklari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni byudjetga to‘lash tartibi qanday amalga oshiriladi?


11-mavzu: Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq

 

1.     Yer qa‘ridan foydalanganda soliqqa tortish zarurligi.

 

        Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta‘minlashga qaratilgan muhim vosita – bu davlat tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq turli xil to‘lovlardir. Jaxon amaliyotida tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar tizimini bonuslar, rentals, royalti va soliqlar tashkil etadi. Bonuslar – bir martalik to‘lov bo‘lib, davlat uchun soliqlar kabi unchalik muhim moliyaviy resurs bo‘lmasada, davlat byudjeti daromadlarini oshirishning zarur elementlaridan biri hisoblanadi.  Bonuslar xajmi har bir mamlakatning qonunchiligi bilan belgilanib, ular tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha kelishuvlar predmeti hisoblanadi.

O‘zbekistonda ham xo‘jalik yurituvchi subyektlar tabiiy resurslardan foydalanishi jarayonida bonuslar to‘laydi. Respublikamiz qonunchiligiga muvofiq, bonuslar – bu bitim tuzilgan vaqtda yoki muayyan natijaga erishilgach bitim shartlariga muvofiq belgilangan bir martalik to‘lovlar hisoblanadi.[17]

O‘zbekistonda yer qa‘ridan foydalanuvchilar ikki xil bonusni to‘laydilar. Bular imzoli bonus hamda tijoratbop topilma bonusi. Rentals tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlarning ikkinchi ko‘rinishi hisoblanib, davlat tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish vaqtida undiriladigan to‘lov hisoblanadi. Rentals kelishuv davri davomida yoki qazib olish boshlanishidan avval undiriladi. Royalti tabiiy resurslardan foydalanuvchining yalpi daromadidan foiz ko‘rinishida undirilib, davlat tomonidan tabiiy resurslarning egasi sifatida ishlab chiqarilgan mahsulotning qat‘iy ulushi o‘zlashtiriladi. Respublikamiz qonunchiligiga muvofiq, royalti – bu mineral xom-ashyoni qazib olish xajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foiz hisobida bitim shartlariga muvofiq belgilangan va investor tomonidan pul shaklida yoki qazib olingan mineral xom-ashyoning bir qismi tarzida to‘lanadigan muntazam to‘lovlardir.[18]

Jahon amaliyotida tabiiy resurslardan foydalanishni soliqqa tortish odatda foyda solig‘i va tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun maxsus soliqlar, ya‘ni renta soliqlari sifatida undiriladi. Shuningdek, ayrim xorijiy mamlakatlar soliq amaliyotida tabiiy resurslardan foydalanish hisobiga yuqori rentabellikka erishadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun aktsiz soliqlari ham amal qiladi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin respublikamiz hududidagi barcha tabiiy, er osti boyliklari davlatimiz tasarrufiga o‘tdi. O‘zbekiston zaminida juda ulkan va noyob, hali ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral xom-ashyo resurslari to‘plangan. O‘zbekistonda 100 ga yaqin, aniqrog‘i 95 turdagi mineral xom-ashyoni o‘zida mujassam etgan 2700 ta kon aniqlangan. Amalda Mendeleev davriy jadvalidagi barcha elementlar respublikamizda mavjud. Mamlakatning umumiy xom-ashyo salohiyoti 3,3 trillion AQSh dollari miqdorida baholanmoqda. Mavjud konlardan har yili 5,5 mlrd. AQSh dollariga teng foydali qazilmalar qazib olinmoqda.

Respublikamiz qonunchiligiga ko‘ra mavjud er osti boyliklari umumdavlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrdagi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida” gi Qonuniga muvofiq 1995 yildan boshlab yer osti boyliklaridan foydalanilganlik uchun soliq joriy etildi va yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar ularning xajmidan kelib chiqqan holda maxsus soliq to‘lay boshladilar.

Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etilishidan asosiy maqsad – umumdavlat mulki hisoblangan yer osti boyliklaridan oqilona tarzda butun jamiyat a‘zolarini va kelajak avlod manfaatlarini hisobga olgan holda foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.

O‘zbekistonda 2002 yil 13 dekabrda “Yer osti boyliklari to‘g‘risida” gi Qonunning yangi taxriri tasdiqlandi va ushbu qonunning asosiy vazifasi bo‘lib, er osti boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi belgilandi.

Soliq kodeksiga ko‘ra yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Ushbu soliq tabiiy boyliklardan foydalanishning samaradorligini ta‘minlash bilan birga sof fiskal vazifani ham bajaradi.

Respublikamizda yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq yer osti boyliklarining 53 turiga nisbatan belgilangan bo‘lsada,  byudjetga soliq tushumi faqatgina 4-5 turdagi er osti boyliklariga mutloq ravishda bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

2008 yilda yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning tushumlari tarkibida oltin 42,4 foizni, tozalangan mis 39,5 foizni, neft 4,2 foizini, tabiiy gaz va gaz kondentsati 10,1 foizini kumush 1,9 foizni tashkil etadi.

Agarda hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda jami yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq tushumining 39,9 foizi Toshkent viloyatiga, 45,2 foizi Navoiy viloyatiga, 13,0 foizi Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri kelgani holda qolgan 1,9 foizi respublikamizning boshqa xududlari zimmalariga to‘g‘ri keladi.

 

2.Soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish obyekti va bazasi.

 

Yer qa‘ridan foydalangan­lik uchun soliqni to‘lovchilari bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilma­larni qazib olish, texnogen mineral  hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olayotgan, shuningdek, foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan  yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanishadi.

Soliqqa tortish maqsadida yer osti boyliklari deganda yer qobig‘ining yuqori qismini qamrab oladigan hamda foydali qazilmalarni tadqiq qilish va qazib olish mumkin bo‘lgan makon, foydali qazilmalar deganda - iqtisodiy va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega geologik hosilalar qaraladi. Tarkibida rangli, nodir, asl, qora metallar va boshqa mineral xom ashyo bo‘lgan rudalarni bir korxona qazib olib, uni bundan keyin qayta ishlash uchun boshqa korxonalarga bersa (eksport bundan mustasno), qazib olinadigan rudani qayta ishlaydigan va soliq stavkasi belgilangan tayyor mahsulot chiqaradigan korxona soliq to‘lovchi hisoblanadi. Masalan, Olmaliq mis qazib olish korxonasi tarkibida mis bo‘lgan, qazib olingan rudani boyitish fabrikasiga beradi, fabrika boyitilgan rudani Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatining mis eritish zavodiga topshiradi. Kombinat tayyor mahsulot - tozalangan mis chiqaradi, soliq stavkasi ham unga belgilangan. Mazkur holatda rudani qazib oluvchi korxona emas, balki tozalangan misni olganlik uchun kombinat soliq to‘lovchi hisoblanadi.

Respublikamizda ushbu soliqni davlat byudjetiga ta‘minlab beruvchi (ob-havo qiluvchi) eng yirik soliq to‘lovchilar bo‘lib, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati, Farg‘ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari, Sho‘rtan va Muborak gazni qayta ishlaydigan zavodlari, Navoiy oltinni qayta ishlaydigan korxona shuningdek, Angren ko‘mir qazib oluvchi korxona va boshqa shu kabi er osti boyliklarini qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi yirik korxonalar hisoblanadi. Ruda qayta ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yuklab jo‘natilgan yoki eksport qilingan taqdirda rudani qazib olgan korxona soliq to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. 

Quyidagilar yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqqa tortish obyektlari hisoblanadi:

a) foydali qazilmalarni qazib olish hajmi (shu jumladan yo‘l-yo‘lakay olinadigan foydali qazilmalar va qimmatli komponentlar) ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotning haqiqatda sotilish qiymati bo‘yicha, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘ini chegirgan holda. Qazib olingan ruda tarkibidan, asosiy foydali qazilmadan tashqari, unga doir stavkalar belgilangan boshqa xom ashyo ajratib olingan taqdirda yo‘l-yo‘lakay olinadigan foydali qazilmalar va qimmatli komponentlar soliqqa tortish obyekti bo‘lib hisoblanadi. Qazib olingan foydali qazilma yoki uning bir qismi korxona tomonidan boshqa materiallarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash uchun xom ashyo hisoblangan taqdirda soliq ushbu xom ashyoni qazib olishning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqib, tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.

Hisobot oyida qazib olingan, lekin to‘laligicha yoki qisman sotilmagan foydali qazilmalar hajmi uchun soliq sotilgan mahsulotning hisobot oyi yoki sotish amalga oshirilgan bundan oldingi oy uchun o‘rtacha hisoblangan qiymatidan kelib chiqib to‘lanadi. Gaz qazib chiqaruvchi korxonalar uchun soliqqa tortish obyekti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan sotish bahosi bo‘yicha, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘i chegirilgan holda, birlamchi tayyorgarlikdan o‘tgan qatlamdan qazib olingan tabiiy (tozalanmagan) gaz hajmi hisoblanadi.

b) texnogen hosilalar hajmi (mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash chiqindilari) ajratib olingan asosiy foydali qazilmaning qonun hujjatlariga muvofiq haqiqiy sotilish qiymati bo‘yicha, bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘i chegiriladi. Texnogen hosilalarga shu jumladan texnologik yoki boshqa sabablarga ko‘ra vaqtincha ishlatilmayotgan mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash chiqindilari kiradi.

v) to‘plangan chaqnoq tosh xom ashyosi namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kollektsiya materiallarining hisob qiymati.

Yig‘ish deganda chaqnoq tosh xom ashyosi namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kollektsiya materiallarini tabiiy ochiq joylar, tabiiy er osti bo‘shliqlari (g‘orlar), ishlatib bo‘lingan karerlar, kon qazish sanoati buyumlari, daryo qayirlarida konchilik va boshqa maxsus ish turlarini bajarmasdan, er ostining bir butunligini buzmasdan olib to‘plash tushuniladi.

 

3.Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar.

 

Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda qazib olinadigan xom-ashyo turlari bo‘yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning tabaqalashtirilgan stavkalari belgilangan. Foydali qazilmalarni qazib olishning tabiiy noqulay sharoitda ishlaydigan konlar davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda qo‘llab quvvatlanadi. Ularga nisbatan pasaytirilgan soliq stavkalarni joriy etish orqali bunday korxonalar ishlab chiqarishini rivojlantirish va zamonaviylashtirishga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi vaqtda jami 53 turdagi foydali qazilmalarga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda soliq stavkalari o‘rnatilgan.

2014 yil 1 yanvardan boshlab yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilangan.

11.3.1-jadval

Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq

stavkalari

 

Soliq solinadigan ob’ekt nomi

Soliq solinadigan bazaga nisbatan soliq stavkasi, foizda

Asosiy va qo‘shimcha foydali qazilmalar kavlab olish uchun

 

Energiya manbalari:

 

Tabiiy gaz

30,0

Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz

9,0*

Er ostidan kavlab olingan gaz

2,6

Nostabil gaz kondensati

20,0

Neft

20,0

Ko‘mir

4,0

Rangli va noyob metallar:

 

Tozalangan mis

8,1

Molibdenli sanoat mahsuloti

4,0

Kontsentratlangan qo‘rg‘oshin

4,0

Metall rux

4,0

Volfram kontsentrati

10,4

Uran

10,0**

Asl metallar:

 

Oltin

5,0

Kumush

8,0

Qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb-ziynat uchun toshlar xom ashyosi

24,0

Qora metallar:

 

Temir

4,0

Kon-kimyo xom ashyosi:

 

Tosh tuz (ovqatga ishlatiladigan)

3,5

Kaliy tuzi

3,5

Natriy sulfat

3,5

Fosforitlar (grafitlarga)

5,0

Karbonat xom ashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar)

3,5

Glaukonit

3,5

Mineral pigmentlar

4,8

Kon-ruda xom ashyosi:

 

Plavik shpatli kontsentrat

21,2

Tabiiy grafit

8,0

Ikkilamchi boyitilmagan kulrang kaolin

7,9

Kvarts-dala shpati xom ashyosi

6,5

Shisha xom ashyosi

3,0

Bentonitli loy

4,8

Talk va talk toshi

4,0

Talkomagnezit

4,0

Mineral bo‘yoqlar

5,7

Vollostanit

4,0

Asbest

4,0

Mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt

4,0

Barit kontsentrati

4,0

Metallurgiya uchun noruda xom ashyo:

 

O‘tga chidamli, qiyin eruvchan, qoliplash gilmoyasi

4,0

Ohaktoshlar, dolomitlar

4,0

Kvarts va kvartsitlar

6,5

Qoliplash qumlari

4,0

Vermikulit

4,0

Noruda qurilish materiallari:

 

Tsement xom ashyosi

3,5

Tabiiy bezaktoshdan bloklar

3,5

Marmar ushog‘i

3,8

Gips toshi, ganch

5,3

Keramzit xom ashyosi

3,5

G‘isht-cherepitsa xom ashyosi (qumoqsimon, lyossimon jinslar, zichlovchi sifatida lyosslar, qumlar va boshqalar)

3,5

Gips va angidrit

4,0

Arralanadigan, xarsangtosh va shag‘al uchun toshlar

3,8

Qurilish qumlari

4,0

Tosh-shag‘al aralashmasi, shag‘al aralashmasi, mayda toshlar, shag‘al

4,0

Qumtoshlar

3,5

Chig‘anoq

3,5

Slanetslar

3,5

Boshqa keng tarqalgan foydali qazilmalar (mergellar, argelitlar, amvritlar va boshqalar)

3,5

2. Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar

Asosiy foydali qazilma boyligini kavlab olganlik uchun stavkaning 30 foizi

 

Izoh:

*) Belgilangan stavka bo‘yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi belgilagan tartibda utilizatsiya qilingan mash’al gazini realizatsiya qiladigan korxona tomonidan to‘lanadi.

*) “Navoiy KMK” DK uranni kavlab olganlik bo‘yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda to‘laydi.

 

4.Soliqni xisoblab chiqarish va byudjetga to‘lash tartibi.

 

Yuridik va jismoniy shaxslar er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni soliq organlariga yil boshidan o‘sib boruvchi yakun bo‘yicha belgilangan shaklda soliqni to‘lash uchun belgilangan muddatda taqdim etadilar.

Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqni yuridik shaxslar quyidagi tartibda to‘laydilar:

a) mikrofirma va kichik korxonalar – yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25 kunidan kechiktirmay;

b) mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan boshqa soliq to‘lovchi yuridik shaxslar – har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25 kunidan kechiktirmay.

Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar yiliga bir marotaba, keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay davlat soliq xizmati organlarining xabarnomasi bo‘yicha hisob-kitobni ularga taqdim etadilar va yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘laydilar.

 

5.Soliqni buxgalteriyada xisobga olish tartibi.

 

Yuridik shaxslarning er qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblari buxgalteriya hisobi byudjetga to‘lovlar (turlari) bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ida yuritiladi.

Hisoblab yozilgan soliq summasi  buxgalteriyada quyidagicha aks ettiriladi:

-davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘ining debeti;

-byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ining krediti.

Byudjetga o‘tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi:

-byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ining debeti;

-pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘ining krediti.

Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to‘langan holda, boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarz bo‘lmagan taqdirda, ushbu summalar soliq to‘lovchiga uning yozma arizasiga ko‘ra o‘ttiz kun ichida qaytariladi yoki bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga qayd etiladi.

 

Mavzuga doir masalalar:

 

1-masala. Neft qazib oluvchi korxona hisobot davrida 1600 tonna neft qazib olgan. Korxona qayta ishlash uchun 1600 ming so‘mga (QQS va aktsiz solig‘isiz) realizatsiya qilgan. Korxonaning hisobot davrida to‘lashi lozim bo‘lgan yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq summasini aniqlang?

 

Yechilishi:

1. Neft mahsulotlarini qayta ishlashdan olingan haqiqatda sotilish qiymatidan 20,0 % da to‘lanishi belgilangan;

2. Neft mahsulotlarining qayta ishlashdan olingan mahsulotning haqiqatda sotilish qiymati va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib er qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblaymiz.:

1600 x 20 % = 320,0 ming so‘m

 

2-masala. Ko‘mir qazib oluvchi korxona hisobot davrida 1900 tonna ko‘mir qazib olgan va uning 45 foizini 8400 ming so‘mga realizatsiya qilgan. Korxonaning to‘lashi lozim bo‘lgan yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang?

 

3-masala. Korxona hisobot davrida 2500 tonna temir rudasini qazib olib, uning bir qismini 1300 ming so‘mga QQS bilan realizatsiya qilgan. Korxonaning to‘lashi lozim bo‘lgan yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang?

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.     Yer qa‘ridan foydalanganda soliqqa tortishning zarurligi nimada?

2.     Bonuslar nima?

3.     Rentals nima?

4.     Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq tushumi asosan qaysi yer osti qazilma boyliklari hissasiga to‘g‘ri keladi?

5.     Respublikamizda eng yirik soliq to‘lovchilar jumlasiga qaysi korxonalar kiradi?

6.     Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq tushumining asosiy qismi respublikamizning qaysi xududlari hissasiga to‘g‘ri keladi?

7.     Yer qa‘ridan foydalanganda soliqqa tortish obyekti va bazasi qanday aniqlanadi?

8.     Qaysi mezonlar asosida soliq stavkalari tabaqalashtiriladi?

9.     Hozirgi vaqtda yer osti qazilma boyliklarning nechta turiga nisbatan soliq stavkalari belgilangan?

10.       Soliq kodeksida yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqdan imtiyozlar ko‘zda tutilganmi?

11.      Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar qanday tartibda soliq majburiyatlarini amalga oshiradilar?

 


12-mavzu: Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar

 

12.1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i

 

1.Soliq to‘lovchilar. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lovchisi hisoblanadilar.

Soliqqa tortishning alohida tartibi belgilangan yuridik shaxslar hamda notijorat tashkilotlar asosiy faoliyat turi bo‘yicha bu soliqni to‘lamaydilar, ular faoliyatning boshqa turlari bilan shug‘ullansalar, ular ushbu faoliyat bo‘yicha alohida hisob yuritishlari va byudjetga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliqni to‘lashlari lozim.

Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob raqamiga ega bo‘lgan alohida bo‘linmalar ham tushuniladi.

2.Soliq solish obyekti, bazasi, soliq stavkalari va imtiyozlar. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘langanidan keyin korxonalar tasarrufida qoladigan foyda (2-son "Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot" shaklining 240 satri – 250 satri) obodonlash­tirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida soliq solish obyekti va bazasi hisoblanadi. Byudjetga to‘lanadigan soliq summasi yuqorida ko‘rsatilgan hisobot shaklining 260-satrida aks ettiriladi.

Balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari bo‘lgan soliq to‘lovchilar soliq solinadigan bazani foyda solig‘i to‘langanidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foydani va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini ta‘minlash uchun haqiqatda sarflangan xarajatlarning mazkur xarajatlar summasidan hisoblab chiqilgan foyda solig‘i summasiga kamaytirilgan summasini qo‘shish orqali aniqlaydi.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining eng yuqori stavkasi soliq solish obyektining 8 foizi miqdorida belgilangan.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar ozod qilinadi. Ushbu imtiyoz savdo, vositachilik, ta‘minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarga qo‘llanilmaydi.

3.Soliqni hisoblash, hisobotlarni taqdim etish va byudjetga to‘lash tartiblari.  Soliq kodeksining 300-moddasiga ko‘ra balansida ijtimoiy infratuzilma obyekt­lari bo‘lgan soliq to‘lovchilar byudjetga to‘lanadigan soliq summasini quyidagi tartibda aniqlaydi:

·          agar ijtimoiy infratuzilma obyektlarini ta‘minlash uchun xarajatlar summasi hisoblab chiqarilgan soliq summasiga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, soliq to‘lanmaydi;

·          agar ijtimoiy infratuzilma obyektlarini ta‘minlash uchun xarajatlar summasi hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam bo‘lsa, byudjetga to‘lanadigan soliq hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan haqiqatda sarflangan xarajatlar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Soliq to‘lovchilar hisobot davri mobaynida obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar to‘laydi.

Joriy to‘lovlar taxmin qilinayotgan sof foyda summasidan hisobot davrining birinchi oyi 10-kuniga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining joriy to‘lovlari to‘g‘risidagi ma‘lumotnomada ko‘rsatilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Joriy to‘lovlar hisoblab chiqarilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining yil choragidagi summasining uchdan bir qismi miqdorida har oyning 15-kunidan kechiktirmay to‘lanadi.

Quyidagilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi:

·          hisobot davrida coliq solinadigan bazasi eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda bo‘lgan soliq to‘lovchilar;

·          ilgarigi hisobot davrida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlash xarajatlari summasi soliq solinadigan baza summasiga teng yoki undan ortiq bo‘lgan soliq to‘lovchilar;

·          yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tmagan mikrofirmalar va kichik korxonalar.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchilar tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lash soliq bo‘yicha hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

 

Mavzuga doir masalalar:

 

1-masala. Hisobot davrida bolalar bog‘chasini tutib turish xarajatlari 300 ming so‘mni tashkil etadi. 170-satr bo‘yicha soliq solinadigan  daromad 700 ming so‘mdan iborat. Foyda solig‘i summasi: 180-satr 250 ming so‘m. Foyda solig‘i stavkasi 9%. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini hisoblang.

Yechilishi:

1.Soliq solinadigan daromaddan foyda solig‘i summasini ayiramiz:

700 – 250 =450 ming so‘m

2. Bolalar bog‘chasini tutib turish xarajatlari summasini foyda solig‘i stavkasiga ko‘paytiramiz: 300 x 9% = 27 ming so‘m

Ya‘ni, biz daromad solig‘i summasining bolalar bog‘chasini tutib turish hisobiga qanday summaga kamayganligini bilamiz.

1.  Teskari hisob-kitobni amalga oshiramiz.

450 (1-band saldosi) + 300 (bolalar bog‘chasini tutib turish xarajatlari) - 27 (ana shu xarajatlarga to‘g‘ri keladigan soliq summasi) = 723 ming so‘m

2.  So‘ngra biz 723 ni obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i stavkasiga ko‘paytiramiz

723 x 8% = 57,8 ming so‘m

Ya‘ni, korxona 57,8 ming so‘m obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashi kerak edi. Lekin  u amalda 100 ming so‘m infratuzilmani tutib turish uchun sarflagan edi. Shuning uchun korxona obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lovchi hisoblanmaydi.

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.      Qanday yuridik shaxslar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilma­ni rivojlantirish solig‘ining to‘lovchilari hisoblanishadi?

2.      Korxona bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullansa ushbu soliqning to‘lovchisi bo‘la oladimi?

3.      Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soli­g‘ining obyekti va bazasi qanday aniqlanadi?

4.      Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soli­g‘i stavkasi necha foizni tashkil etadi?

5.      Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soli­g‘i stavkasini qanday holatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi?

6.      O‘zR Vazirlar Mahkamasining 453-son qaroriga ko‘ra obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i qanday tartibda to‘lanadi?

7.      Qanday holatda korxona obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini  byudjetga to‘lamaydi?

8.      Tabaqalashtirilgan stavkalarni belgilash uchun nimalarni oldindan belgilab olish lozim?

9.      Soliq hisobotlari qachon soliq organlariga topshiriladi?

10.  Soliqni byudjetga to‘lash muddatlari qachon amalga oshiriladi?

 

 

 

 

 

 


12.2. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin,

dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga soliq

 

1.Soliq to‘lovchilar,  soliq obyekti va bazasi. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga olinadigan soliq to‘lovchilari bo‘lib, jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gazni chakana sotadigan, mulkchilik shaklidan qat’i–nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisoblanadi. Bunda ularning joylashgan joyidan qat’i–nazar avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchalariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soliq to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.

Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gazni chakana sotish soliq solish obyekti hisoblanadi.

Jismoniy shaxslarga sotilgan o‘zi ishlab chiqargan hamda chetdan xarid qilingan benzin, dizel yonilg‘isi va gazning natural hajmi soliq solish baza hisoblanadi.

Benzin, dizel yonilg‘isi va gazni sotish deganda ularni jismoniy shaxslarga amalda berish tushuniladi.

2.Soliq stavkasi va hisoblash tartibi. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga olinadigan soliq stavkalari har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezident qarori bilan belgilanadi, uning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi. 2014 yilda 1 litr benzin va dizel yonilg‘isi uchun 265 so‘m, 1 kub.m. siqilgan gaz uchun 220 so‘m, 1 litr suyultirilgan gaz uchun 180 so‘m miqdorida soliq stavkalari belgilangan.

Soliq summasi chakana narxga qo‘shimcha ravishda belgilanadi va jismoniy shaxs - xaridorga beriladigan chekda alohida satr bilan ko‘rsatiladi.

Soliq summasi jismoniy shaxslarga sotiladigan benzin, dizel yonilg‘isi va gaz uchun mablag‘ to‘lanishi bilan bir vaqtda undiriladi.

Soliq summasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

 

N = V x St,

bu erda:

N - hisoblab yozilgan soliq;

V - jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yonilg‘isi yoki gazning natural ifodadagi hajmi;

St – soliq stavkasi.

Hisoblab chiqarilgan va ushlangan soliq summasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun tushum deb hisoblanmaydi hamda boshqa to‘lanadigan soliqlar, yig‘imlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq solish obyekti yoki bazasi bo‘lmaydi.

3.Soliq hisobini yuritish va uni byudjetga to‘lash muddatlari. Soliq to‘lovchilar sotilgan benzin, dizel yonilg‘isi, gaz hisobi hamda hisoblangan soliq summalari hisobini alohida yuritadilar.

Byudjet bilan hisob-kitoblar hisobi "Byudjet bilan hisob-kitoblar" hisobvarag‘i bo‘yicha - "Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga soliq" ilova hisobvarag‘ida yuritiladi, soliqni o‘tkazish "Hisob-kitob varag‘i" hisobvarag‘i bo‘yicha aks ettiriladi.

Undirilgan soliq mahalliy byudjetga O‘zbekiston Respublikasi byudjetlari daromad va xarajatlarining tegishli tasnifiga ko‘ra bo‘lim va paragrafga to‘lanadi.

Joriy o‘n kunlik to‘lovlar hisobga olingan soliq bo‘yicha hisob-kitob (13-ilova) avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga:

-korxonalar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) – har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi;

-mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa - yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida, belgilangan shaklda taqdim etiladi.

Soliq bank muassasalari orqali har o‘n kunda, benzin, dizel yonilg‘isi va gaz jismoniy shaxslarga sotilgan oy o‘n kunligi tugaganidan so‘ng uchinchi kundan kechiktirmay to‘lanadi.

Soliq hisobotida ko‘rsatilgan ma‘lumotlarning xaqqoniyligiga javobgarlik soliq to‘lovchining zimmasiga yuklanadi.

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.    Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga soliqni byudjetga  bevosita to‘lovchilar kimlar?

2.    Soliq solish obyekti va bazasi qanday aniqlanadi?

3.    Benzin, dizel yonilg‘isi va gazni sotish deganda nima tushuniladi?

4.    Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga soliq stavkalari qaysi davlat organlari tomonidan belgilanadi?

5.    Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida belgilanadi?

6.    Soliq summasi qaysi formula yordamida topiladi?

7.    Soliq summasi jismoniy shaxslardan qaysi vaqtlarda undiriladi?

8.    Soliq to‘lovchilar soliq idoralariga jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga solig‘i bo‘yicha qaysi muddatda hisobot topshiradi?

9.    Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moliga soliq tushumi qaysi byudjetga tushadi?

10. Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlaridagi ma‘lumotlarning xaqqoniyligiga kim javobgar hisoblanadi?

 

 


12.3. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish  va ayrim

turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im

 

Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish  va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarkibiga kiradi va u mahalliy byudjet daromadlaridan biri hisoblanadi.

Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish  va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning to‘lovchilari bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi xududida ushbu tovarlar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda chakana savdoni  amalga oshiradigan va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. 

Ushbu yig‘im ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdoni amalga oshirish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqini olish uchun to‘lanadi. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi ruxsat guvohnomasi bilan tasdiqlanadi. Ruhsat guvohnomasi joylardagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. Ayrim tovar turlarining va xizmatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi.

Ayrim turdagi tovarlar bilan  chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi yuridik shaxs yoki yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga o‘z arizalarida ko‘rsatilgan muddatlarga, lekin ushbu muddat qonunchilikda nazarda tutilgan muddatdan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Jumladan, yuridik shaxslarga ko‘pi bilan -3 yil, jismoniy shaxslarga -2 yil.

Yig‘imlar o‘rnatilgan minimal ish haqi miqdoriga nisbatan belgilanadi. 2012 yil 1 yanvardan boshlab ayrim tovar turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im alkogolli mahsulotlar uchun -1 oylik savdo uchun eng kam oylik ish haqi miqdorining 5 baravari miqdorida, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar uchun -1 oylik savdo uchun eng kam oylik ish haqi miqdorining 3,5 baravari miqdorida belgilangan. Avtotransport vositalarini parkovka qilish (saqlash) bo‘yicha pullik xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun yig‘im har oyda 8 minimal ish xaqi miqdorida undiriladi. Ushbu yig‘imlar har oyda hisobot oyining 25 kuniga qadar byudjetga to‘lanadi.

Mahalliy yig‘imni o‘z vaqtida to‘lanishi, qonun hujjatlariga rioya qilinishi uchun javobgarlik yig‘imni to‘lovchilar zimmasiga yuklanadi.

Davlat soliq xizmati organlari esa o‘zlariga berilgan vakolot doirasida qonun hujjatlariga muvofiq yig‘imni to‘lovchilarning byudjet oldidagi majburiyatlarini bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.     Mahalliy yig‘im deganda nimani tushunasiz?

2.     Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish  va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im soliq kodeksining qaysi moddasiga tegishli?

3.     Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish  va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imni to‘lovchilari kimlar?

4.     Ayrim tovar turlarining va xizmatlarning ro‘yxati qaysi davlat organi tomonidan belgilanadi?

5.     Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish  va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi qancha muddatga beriladi?

6.     Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish  va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im qancha miqdorda undiriladi?

7.     Mahalliy yig‘imni o‘z vaqtida to‘lanishi usutidan javobgarlik kimlarning zimmasiga yuklangan?

 


13-mavzu: Byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga ajratmalar

 

13.1.Yagona ijtimoiy to‘lov va Pensiya jamg‘armasiga

sug‘urta badallari

 

1.Yagona ijtimoiy to‘lovni  to‘lovchilari, to‘lov obyekti, bazasi hamda to‘lovdan chegirmalar. Yagona ijtimoiy to‘lov O‘zbekistonda 2004 yildan amal qilib kelinmoqda. Soliq kodeksining 305-moddasiga binoan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lovchilar bo‘lib, yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hamda jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi va ishlovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari (bundan keyin matnda sug‘urta badallari deb yuritiladi) to‘lovchilardir.

Sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek ularning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi uchun javobgarlik ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.

Yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarini hisoblash uchun obyekt bo‘lib, ish haqi tarzidagi daromadlar hisoblanadi.

Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish uchun baza imtiyoz sifatida belgilangan to‘lovlar chegirib tashlangan ish haqi tarzida to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi.

Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari bazasi hisoblanayotganda  quyidagi to‘lovlar chegirib tashlanadi:

1) amaldagi Soliq kodeksining 174-moddasi 5, 8, 9, 11 va 12-bandlarida ko‘rsatilgan kompensatsiya to‘lovlari;

2) xodimga hisoblanadigan va uning roziligi bilan tegishli byudjet yoki xayriya jamg‘armalarga (shanbaliklar, yakshanbaliklar va shu kabilar uchun) o‘tkaziladigan ish haqi tarzidagi daromadlar;

3) xodimning muhim sanasi, uzoq yillik xizmati, jamoat faoliyatida erishgan yutuqlari munosabati bilan unga beriladigan rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar;

4) xodimga tabiiy ofat, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan to‘lanadigan to‘lovlar;

5) yosh mutaxassislarga oliy o‘quv yurtini tamomlaganlaridan so‘ng ta‘til vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan to‘lanadigan nafaqalar.

2.Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi. Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 2014 yil 25 foiz miqdorida belgilangan.

Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o‘rtasida belgilangan tartibga muvofiq quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi:

- byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga      - 24,8 %;

- davlat bandlikka ko‘maklashish fondiga           - 0,1 %;

- kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga   - 0,1 %.

Sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqiga nisbatan 6,0 foiz miqdorida belgilangan.

Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan jamg‘armaga o‘tkaziladi.

Yagona ijtimoiy to‘lovning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan:

- korxonalar tomonidan – yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda.

Sug‘urta badallarining hisob-kitobi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari yuridik shaxslar tomonidan quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

- yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari – har oyda, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay.

 

7.2.         Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma

 

1.Majburiy ajratma to‘lovchilari, obyekti, bazasi va stavkalari. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pensiya yoshiga etganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy yordam olish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqga egadirlar. Ushbu huquqiy me‘yorlar O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul kilgan  “Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minot to‘g‘risida”gi Qonunida ham belgilab berilgan.

Pensiya ta‘minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar to‘liq yig‘ilishini samarali tashkil qilish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta‘minotini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi      444-sonli qarori bilan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash va mablag‘ to‘liq tushishi ustidan nazorat qilish funktsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklatildi va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar soliqlarga tenglashtirildi. Pensiya jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari har yili O‘zbekiston Respublikasining yig‘ma byudjeti tarkibiga kiritiladigan bo‘ldi hamda Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jazolar qo‘llanilishi, shu jumladan to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penya hisoblanishi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yildi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘lar to‘plash tartib qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 dekabrdagi "Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi  498-sonli qarori bilan tasdiqlangan  Nizom asosida 2004 yilgacha amalga oshirilib keldi.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qarori bilan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartiblarini soddalashtirish maqsadida, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va kasaba uyushmalari jamg‘armasiga ajratmalar birgalikda yagona ijtimoiy to‘lov nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi.

Soliq kodeksining 312-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmani to‘lovchilari hisoblanadi.

Quyidagilar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmaning to‘lovchilari bo‘lmaydi:

- umumbelgilangan soliqlarni tolovchi mikrofirma va kichik korxonalar, akstiz va yer qari tolovchilari mustasno;

-notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;

- yagona soliq to‘lovini to‘lovchi yuridik shaxslar.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmaning obyekti va bazasi quyidagicha belgilangan.

13.2.1-jadval

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy

ajratmaga tortish obyektlari

 

¹

To‘lovchilar

Ajratmaga tortish obyekti

1.

Vositachilik, topshiriq shartnomalari va vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishga doir boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar

QQS chegirilgan holda, vositachilik haqi summasi

2.

Tayyorlov, ta‘minot-sotish tashkilotlari

QQS chegirilgan holda tovar aylanmasi hajmi

3.

Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiradigan respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalari

yalpi daromad

4.

“O‘zdonmahsulot” AK korxonalari (g‘alla qabul qilish korxonalari va don qabul qilish faoliyatini amalga oshiruvchi donni qayta ishlash korxonalari)

QQS chegirilgan holda ta‘minot-sotish ustamasi va chegirmasi

5.

Kredit va sug‘urta tashkilotlari

Daromad

6.

Moliyaviy ijara (lizing) xizmatlarini ko‘rsatadigan korxonalar

foizli daromad

7.

Kommunal xo‘jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta‘minoti korxonalari

 

mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi hajmi, QQSni va tegishincha issiqlik ta‘minoti korxonalari uchun - issiqlik energiyasi, suv ta‘minoti korxonalari uchun - suv, gaz ta‘minoti korxonalari uchun - tabiiy gazning xarid qiymatini chegirgan holda

8.

Qurilish, qurilish-montaj, ta‘mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari

QQSni chegirgan holda o‘z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmi

 

9.

Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari korxonalari

mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi hajmi, QQS va aktsiz solig‘ini chegirgan holda

 

 

Yuridik shaxslar bir necha xil obyektlarga ega bo‘lgan hollarda, ular obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli obyektlar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli qaroriga asosan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma 2013 yil 1 yanvardan 1,6 foiz miqdorida belgilandi.

 

2.Byudjetdan tashqari Pen­siya jamg‘armasiga majbu­riy ajratmalarni hisob­lab chiqarish, ularning hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘ar­masiga majburiy ajratmalar har oyda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:

-korxonalar tomonidan – yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lash hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

 

 

 


13.3.Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lovlar

 

1.Majburiy ajratmalar to‘lovchilari, obyekti va stavkalari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning 2003 yil 19 avgustdagi PF-3292-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi 361-sonli “O‘zavtoyo‘l davlat aktsiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatni tashkil etish masalalari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan 2003 yil 1 oktyabridan boshlab yo‘l xo‘jaligini boshqarish tuzilmasidagi Respublika, viloyat va mahalliy yo‘l jamg‘armalari tugatildi va ularning o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Respublika yo‘l jamg‘armasi tuzildi. Ushbu jamg‘armaga  mablag‘larni yig‘ish va uni nazorat qilish vazifasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi zimmalariga yuklatildi.

Soliq kodeksining 316-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi.

Yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning to‘lovchilari bo‘lib quyidagi yuridik shaxslar hisoblanmaydi:

- notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;

- yagona soliq to‘lovi to‘lovchi yuridik shaxslar;

- ixtisoslashtirilgan yo‘l xo‘jaligi boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan korxonalar, Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta‘mirlash, rekonstruktsiya qilish va qurish bo‘yicha ishlarni bajarganlik uchun olingan daromadlari bo‘yicha.

Sof tushum yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasi qilib belgilangan.

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasi quyidagilardir:

1) kommunal xo‘jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta‘minoti korxonalari uchun – mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i va tegishincha issiqlik ta‘minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta‘minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta‘minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;

2) qurilish, qurilish-montaj, ta‘mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun – o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta‘mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi qiymati;

3) vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo‘yicha, vositachilik va topshiriq shartnomasi bo‘yicha hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun – ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi mukofot summasi;

4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun – tovar oboroti;

5) kredit tashkilotlari va sug‘urta tashkilotlari uchun – soliq kodeksining 148- va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromadlari;

6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo‘lgan yuridik shaxslar uchun – moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi.

Yuridik shaxslar turli xil obyektlarga ega bo‘lgan hollarda, ular obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli obyektlar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashi lozim.

 

2.Majburiy ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartibi. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar soliq solinadigan bazadan va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:

- korxonalar tomonidan – yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda.

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lash hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Soliq kodeksining 54-bobiga asosan Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan tashqari yig‘imlar ham to‘lanadi.

3.Yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarni to‘lovchilar, obyekti va bazasi. Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘im­lariga quyidagilar kiradi:

- avtotransport vositalarini olgan­lik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im;

- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respubli­kasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im.

Amaldagi soliq kodeksining 321-moddasiga binoan avtotransport vositalarini oluvchi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi. Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘imi to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi.

Yig‘imlar uchun obyekt quyidagilardir:

- avtotransport vositalarini olish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish;

- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tish.

Yig‘imlar undiriladigan baza sifatida quyidagilar belgilangan:

- olingan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalarining qiymati;

- O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganida chet davlatlarning avtotransport vositalari.

4.Yig‘imlar stavkasi, imtiyozlar va yig‘imlarni to‘lash tartibi. Avtotransport vositalarini olish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadilar:

1) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo‘l bilan boshqarishga moslashtirilgan engil avtomobilni yoki motoaravachani oluvchi barcha guruhlardagi nogironlar;

2) ixtisoslashtirilgan savdo tarmog‘idan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi avtomobil oluvchi fuqarolar, shuningdek yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalarni oluvchi fuqarolar;

3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta‘mirlash, rekonstruktsiya qilish va qurishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan yo‘l xo‘jalik boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan korxonalar – mazkur ishlarni amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan avtotransport vositalari bo‘yicha;

4) faoliyatining asosiy turi yo‘lovchilar tashish bo‘lgan, qonun hujjatlariga muvofiq yo‘lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega bo‘lgan avtotransport korxonalari – yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bo‘yicha (engil avtomobillar va yo‘nalishli taksilardan tashqari);

5) yuridik shaxslar – qirq tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan, olingan kon avtosamosvallari bo‘yicha;

6) homiylik (beg‘araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;

7) yuridik shaxslar – avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul o‘tkazishda;

8) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris;

9) avtotransport vositalarini 3–5-bandlarida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar.


13.3.1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi hududiga xorijiy va chegaradosh

Davlatlardan avtotransport vositalarini olib

kirish, olib chiqish va tranzit qilishdan

yig‘imlar stavkalari

 

¹

Yig‘imlar turlari

Yig‘imlar stavkalari (AQShdollarida)

1.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga chet el davlatlaridan avtotransport vositalarini olib kirganlik uchun to‘lov, bir avtotashuvchini olib kirganlik uchun (2-5-bandlarda ko‘rsatilgan mamlakatlar bundan mustasno)

400

2.

O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali Tojikiston Respublikasining har bir yuk avtotransport vositasi va avtobusini olib kirganlik va tranzit qilganlik uchun yig‘im:

 

bitta yuk avtotransport vositasi va avtobusdan

130

yuk avtotransport vositasi va avtobus O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan 8 sutkadan oshgan har bir kun uchun

70

yuk avtotransport vositalari va avtobuslarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali uchinchi mamlakatlarga (MDH mamlakatlaridan tashqari) tranzit olib o‘tganlik uchun

90

3.

Qozog‘iston Respublikasining yuk avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik yoki olib chiqib ketganlik uchun yig‘im, O‘zbekiston Respublikasi hududiga tranzit qilish bundan mustasno, bitta yuk avtotransport vositasini olib kirganlik va olib chiqib ketganlik uchun yig‘im

300

4.

O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali Qirg‘iziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslarini olib kirish va tranzit qilish uchun yig‘im

300

5.

O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab avtotransport vositalari turlari bo‘yicha Turkmaniston Respublikasi avtotransport vositalarini olib kirish va tranzit qilish uchun yig‘im:

 

- quyidagi hajmdagi yuklarni ko‘taradigan yuk avtotransport vositalari:

 

10 tonnagacha

50

10 tonnadan 20 tonnagacha

100      

20 tonnadan ko‘p

150

o‘rindiqlar soni quyidagicha bo‘lgan avtobuslar:

 

12 o‘rindiqqacha

25

13 o‘rindiqdan 30 o‘rindiqqacha

50

30 o‘rindiqdan ko‘p

100

tranzit yo‘nalishli engil avtotransport vositalari

30

tranzit yo‘nalishli mototsikllar

15

 

Avtotransport vositalarini olganlik yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im ular O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda quyidagi hollarda undiriladi:

1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida ta‘qiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;

2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar sifatida olinganda;

3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda. Yig‘im taraflarning yozma kelishuviga ko‘ra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan taqdirda, yig‘im lizing oluvchidan undiriladi. Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi predmeti bo‘lgan avtotransport vositasi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganida takroran yig‘im undirilmaydi;

4) avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda.

Avtotransport vositalarini olish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat taqdim etilmagan holda avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yoki texnik ko‘rikdan o‘tkazish amalga oshirilmaydi.

Chet davlatlar avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im chet davlatning avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida undiriladi.

13.3.2-jadval

Respublika yo‘l jamg‘armasiga undiriladigan

yig‘imlarning 2014 yildagi stavkalari

 

¹

Yig‘imlar va ajratmalar turlari

Stavka

1.

Avtoransport vositalari olinganligi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganligi uchun ushbu vositalarning egalari (foydalanuvchilari) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida to‘lanadigan yig‘imlar (foydalanish muddatiga qarab har bir ot kuchi uchun eng kam ish haqiga nisbatan foizda)*:

 

 

foydalanish muddati 3 yilgacha

10

 

foydalanish muddati 3 yildan 7 yilgacha (o‘z ichiga oladi)

7

 

foydalanish muddati 7 yildan ortiq

5

2.

"O‘zavtoyo‘l" DAK korxona va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan tushgan mablag‘larning byudjetga tushishi lozim bo‘lgan umumiy summasidan ajratmalar (foizda)

50

 

Izoh:

*) yig‘im miqdori quyidagi miqdordan kam bo‘lmasligi kerak:

- o‘rinlar soni 40 tagacha bo‘lgan avtobuslar va yuk ortish hajmi 20 tonnagacha bo‘lgan yuk avtotransport vositalari bo‘yicha xarid qiymatining 20 foizidan;

- qolgan avtotransport vositalari bo‘yicha xarid qiymatining 6 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

 

 

 

 

 

 

13.4.Ta‘lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini

rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar

 

1.Majburiy ajratmani to‘lovchilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning 2004 yil 21 maydagi Farmoniga muvofiq maktab ta‘limini 2004-2009 yillar davomida rivojlantirish maqsadida Byudjet­dan tashqari maktab ta‘limi jamg‘armasi tashkil etildi.

Maktab ta‘limi jamg‘armasiga majburiy ajratma maktab ta‘limini rivojlantirishning 2004-2009 yillar Davlat umummilliy dasturiga kiritildi va ular davlat soliqlariga tenglashtirildi. Mazkur jamg‘arma nomi 2011 yil 1 yanvardan boshlab Ta‘lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg‘armasi deb o‘zgartirildi.

Qonunchilikka asosan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar yuridik shaxslar maktab ta‘limini rivojlantirishga majburiy ajratmalar to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi.

Soliq solishning alohida tartibiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek ko‘rsatilgan ajratmalar to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi.

Yuridik shaxslar deb o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob raqamiga ega bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalarning barcha turlari hisoblanadi.

2.Majburiy ajratmalarga tortish obyekti. Ta‘lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash uchun majburiy ajratmalarga tortish obyekti bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

a) yalpi daromad - ulgurji va chakana savdo qiluvchi dorixona muassasalari uchun;

b) komission taqdirlash summasi – vositachilik xizmatini ko‘rsatuvchi dilerlar va dallollik korxonalar uchun;

v) qo‘shilgan qiymat solig‘ini chegirgan holda, o‘z kuchlari bilan amalga oshirgan ishlar hajmi - qurilish, qurilish-montaj, qurilish-ta‘mirlash,  loyiha qilish, izlanish va va ilmiy-tekshirish tashkilotlari uchun;

g) daromad – tijorat banklari, kredit uyushmalari, sug‘urta tashkilotlari, videosalonlar (videoko‘rsatuv shoxobchalari), kim oshdi savdolari, kazinolar, nusxa olish hisobiga daromad oladigan korxonalar, video- va audio manbalarni ijaraga beruvchilardan, pullik yutuqlar o‘tkazadigan o‘yin avtomatlarini ekspluatatsiya qiluvchilar, lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni hamda ommaviy kontsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazuvchi tashkilotlar uchun;

d) lizingga beruvchining daromadi (marja) – lizing kompaniyalari uchun;

e) tovar aylanmasi hajmi – savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, tayyorlov, ta‘minlov-savdo tashkilotlari uchun;

j) mahsulotning (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi hajmidan, bunda issiqlik ta‘minlovchi korxonalari–issiqlik energiyasi, suv, gaz bilan ta‘minlovchi tabiiy gazlarning sotib olish narxi chegirib tashlanganda – kommunal xo‘jaligining issiqlik, suv va gaz ta‘minoti korxonalari uchun;

z) qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘i chegirib tashlanganda, realizatsiya qilingan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmi – iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi korxonalar uchun.

3.Majburiy ajratma stav­kasi va imtiyozlar, uni hisoblash hamda to‘lash tartibi. Ta‘lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlashga majburiy ajratmalar stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ta‘lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlashga majburiy ajratmalar to‘lashdan notijorat tashkilotlar ozod etiladi, ularning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadi va tushumlari bundan mustasno.

Jamg‘armaga to‘lanishi lozim bo‘lgan maktab ta‘limini rivojlantirishga majburiy ajratmalar summasi belgilangan majburiy ajratmalarga tortish obyekti va stavkasidan kelib chiqqan holda to‘lovchilar tomonidan aniqlanadi.

Majburiy ajratmalarning hisob-kitoblari to‘lovchilar tomonidan davlat soliq xizmatining organlariga belgilangan tartibda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay, o‘sib boruvchi yakun bilan har oyda taqdim etiladi.

Ta‘lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlashga majburiy ajratmalar har oyda hisob-kitoblar taqdim qilish muddatidan kechiktirmay to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, jamg‘armaning Ijro etuvchi direktsiyasiga hisobot oyidan keyingi oyning 1-kunidagi holat bo‘yicha hisoblangan va tushgan majburiy ajratmalar summalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha mazkur ajratmalar bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi tezkor hisobotni taqdim etadi.

Jamg‘armaning Ijro etuvchi direktsiyasi majburiy ajratmalar to‘lovlaridan tushgan mablag‘larga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha ma‘lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasidan so‘rash huquqiga ega.

Ta‘lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlashga majburiy ajratmalar to‘lovchilari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mazkur to‘lovning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javob beradilar.

Jamg‘armaning ijro etuvchi direktsiyasi majburiy ajratmalarning kelib tushgan summalarning maqsadli ishlatilishi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

Majburiy ajratmalarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmatining organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, davlat soliq xizmatining organlari qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy sanktsiyalar qo‘llash huquqiga

Mavzuga doir masalalar:

 

1-masala: 2012 yil yanvar oyi uchun ishchi va xizmatchilarning mehnatga haq to‘lash fondidan Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan yagona ijtimoiy to‘lov summasini aniqlang?

- ish haqi hisoblangan – 11600 ming so‘m;

- ishchi va hizmatchilarning yo‘l pattalariga ajratilgan xarajatlar – 600 ming so‘m;

- ishchilarga moddiy yordam ajratilgan – 10600 ming so‘m;

- ishchilarning tushlik ovqatlariga – 930 ming so‘m;

- kunlik xarajatlar berilgan:

me‘yor chegarasida – 8950 ming so‘m;

me‘yordan yuqori – 7500 ming so‘m;

- yarim yil yakuniga asosan mukofot puli hisoblangan – 250 ming so‘m.

Eng kam minimal ish haqi miqdori – 62920 so‘m.

 

2-masala: Fuqaro O‘.Rasulovga ish joyidan uning yubileyi munosabati bilan mukofot puli berildi. Bunday mukofot puliga sug‘urta ajratmalari to‘lanadimi?

 

3-masala: Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiradigan respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralariga qarashli tumanlararo baza 2008 yil birinchi chorakda 52,5 mln. so‘m yalpi daromadga ega bo‘ldi. Baza qancha miqdorda  Pensiya jamg‘armasiga ajratma to‘lashi lozimligini aniqlang?

 

4-masala: Alskom sug‘urta kompaniyasi 2008 yil 1 chorakda sug‘urta xizmatlaridan 32 mln. so‘m miqdorida daromadga ega bo‘ldi. Ushbu daromaddan kompaniya qancha miqdorda jamg‘armaga ajratmaga to‘lashi lozim?

 

5-masala: Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi korxona asosiy faoliyatidan tashqari ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug‘ullanadi. 2008 yil 1 chorak  uchun tovarlarni sotishdan tushgan tushum  - 12000 ming so‘m, korxona o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini sotish natijasida  tushgan tushumi -6600 ming so‘m. Yuk avtomobili sotib olingan -11000 ming so‘m.

Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summani aniqlang?

 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:

 

1.      Yagona ijtimoiy to‘lov to‘lovchilari bo‘lib kimlar hisoblanishadi?

2.      Fuqarolarning ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallarining to‘lovchilari kimlar?

3.      Yagona ijtimoiy to‘lov mablag‘lari qanday tartibda jamg‘armalarga taqsimlanadi?

4.      Yagona ijtimoiy to‘lov va Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badalini obyekti va bazasi qanday aniqlanadi?

5.      Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi qachon va nima maqsadda tashkil etilgan?

“Soliq va soliqqa tortish” fanidan

TEST SAVOLLARI

 

1. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari to‘laydigan soliqlarni ko‘rsating.

A. Qo‘shilgan qiymat solig‘i

B. Yagona soliq to‘lovi

C. Yalpi tushumdan yagona soliq va er solig‘i

D. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i

 

2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qisqa muddatli tekshirishga ruxsat beruvchi vakolatli organni ko‘rsating.

A. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hududiy Kengashi

B. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi

C. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

D. O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik sudi

 

3. Yuridik manzilgohi o‘zgarganda korxona necha kun ichida soliq idoralarini xabardor qilish kerak?

A. 3 kun ichida

B. 1 oy ichida

C. 10 kun ichida

D. O‘sha kuni

 

4. Yuridik shaxslarning foyda solig‘i solish obyektini aniqlashda jami daromaddan moliyaviy jarima va penya summalari chegirib tashlanadimi?

A. Chegirib tashlanadi

B. Chegirib tashlanmaydi

C. Faqat moliyaviy jarima summasi chegirib tashalandi

D. Faqat penya summasi chegirib tashlanadi

5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning alohida tartibi qaysi davlat idorasi tomonidan belgilanishi mumkin?

A. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

B. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

C. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

D. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

 

6. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish obyektini ko‘rsating.

A. Foyda 

B. Daromad

C. Yalpi tushum

D. Yalpi daromad

 

7. O‘zbekiston Respublikasida yagona ijtimoiy to‘lov qachon joriy qilingan?

A. 1998 yil 1 yanvar

B. 1995 yil 1 yanvar

C. 1992 yil 1 yanvar

D. 2004 yil 1 yanvar

 

8. Quyida qayd etilgan soliqlarning qaysi biri mahalliy soliq hisoblanadi?

A. Aktsiz solig‘i

B. Er solig‘i

C. Suv resurslaridan foydalanganlik soliq

D. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

 

9. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar qanday manbalaridan soliq to‘laydilar?

A. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi faoliyatlari manbalaridan

B. O‘zbekiston Respublikasida olgan manbalaridan

C. O‘zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi faoliyatlari manbalaridan

D. Soliq to‘lovchining hohishiga ko‘ra to‘lanadi

 

10. Qaysi javobda korxonaning maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazadigan to‘lovlari berilgan?

A. Qo‘shilgan qiymat solig‘i

B. Yagona ijtimoiy to‘lov

C. Davlat bojlari

D. Er solig‘i

 

11. 1-2 guruh nogironlari uchun daromad solig‘i bo‘yicha qanday imtiyoz ko‘zda tutilgan?

A. Soliqqa tortiladigan daromad 30 foizga kamaytiriladi.

B. Soliqqa tortiladigan daromad 50 foizga kamaytiriladi

C. Soliqqa tortiladigan daromad 30 foiz, agar 16 yoshgacha ikkita bolasi bor bo‘lsa kamaytiriladi

D. Har bir to‘liq oy uchun eng kam ish haqining 4 baravari miqdorida kamaytiriladi

 

12.O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslarning oladigan dividend va foiz daromadlari qanday stavkada soliqqa tortiladi?

A. 12 %  

B.13 %

C.15 %

D.10 %

 

13. Yer solig‘i stavkalari 2012 yil uchun necha martaga indeksatsiya qilindi?

A.1

B. 1,5

C. 2

D. 1,2

14. Jismoniy shaxslar soliqlarni qanday shaklda to‘laydilar?

A. Naqd pul shaklida

B. Naqd pulsiz shaklida

C. Natura shaklida

D. Naqd pul va naqd pulsiz shaklda

 

15. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etishdan maqsad nima?

A. Davlat byudjetini moliyaviy resurs bilan ta‘minlash

B. Davlat byudjetini moliyaviy mablag‘lar bilan ta‘minlash va suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni rag‘batlantirish

C. Suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni rag‘batlantirish

D. Mahalliy byudjet daromadlarini moliyaviy resurs bilan ta‘minlash

 

16. Soliq stavkalarini qaysi vakolatli davlat organi belgilaydi?

A. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

B. O‘zbekiston Respublikasi  Davlat soliq qo‘mitasi

C. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

D. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi

 

17. Quyidagilarning qaysi biri soliq obyekti bo‘la oladi?

A. Korxona va tashkilotlarning smeta rejasi

B. Korxona va tashkilotlarning moliyaviy natijasi

C. Kreditorlik qarzlari

D. Byudjet subsidiyalari

 

18. Agar amalga oshirilgan xarajat xarajatlarning bir necha toifasiga kiritilgan bo‘lsa:

A. U faqat bir marta daromaddan chegiriladi

B. Har bir toifasi bo‘yicha alohida chegiriladi  

C. Chegirma qilinmaydi

D. Xarajatlar belgilangan me’yor darajasida chegiriladi

 

19. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish obyekti nima?

A. Tovar (ish, xizmatlar) sotilishiga doir oborotlar hamda tovar (ish, xizmatlar) importi 

B. Muomala xarajatlari

C. Ishlab chiqarish tannarxi

D. Soliq to‘langunga qadar moliyaviy natija

 

20. Yuridik shaxs o‘z faoliyatida ro‘yxatdan o‘tgan tumandan boshqa tumandagi suv resurslaridan foydalanganida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qaysi soliq organiga to‘laydi?

A. Ro‘yxatga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga

B. Davlat soliq qo‘mitasiga

C. Davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinish joyidan qat’iy nazar suvdan foydalanish joyidagi soliq xizmati organiga

D. Ro‘yxatdan o‘tgan davlat soliq xizmati organi bilan suvdan foydalanish joyidagi soliq xizmati organiga kelishuviga muvofiq

 

21. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga qanday daromadlar kiradi?

A. Foiz, dividend, mol-mulkni ijaraga berishdan kelgan daromadlar

B. Mehnatga haq to‘lash shaklida olingan daromad

C. Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad

D. Tekinga olingan pul mablag‘lari

 

22. Pochta markalari, markali otkritkalar va konvertlar sotish qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladimi?

A. Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi

B. 20 foizli stavkada solqqa tortiladi

C. Nollik stavka bo‘yicha tortiladi

D. Kamaytirilgan stavkalar qo‘llaniladi

 

23. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2012 yil uchun necha martaga indeksatsiya qilindi?

A. 1,5 martaga

B.1 martaga

C. 1,2 martaga

D. 2 martaga

 

24. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilarni aniqlang.

A. Yuridik shaxslar

B. Jismoniy shaxslar

C. Yuridik va jismoniy shaxslar

D. Foydali qazilmalar qazib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar

 

25. Qaysi javobda mol-mulk solig‘ining soliqqa tortish obyekti berilgan?

A. Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar  

B. Nomoddiy aktivlar

C. Kapital qo‘yilmalar

D. Pul mablag‘lari

 

26. Aktsiz markalarining nominal qiymati aktsiz solig‘i to‘lovi hisobiga

A. Kiritiladi

B. Faqat alkogolli mahsulotlar uchun kiritiladi

C. Kiritilmaydi

D. Faqat tamaki mahsulotlari uchun kiritiladi

 

      27. Aktsiz markalarining joriy etilish yilini ko‘rsating.

A. 1992 yil 1 yanvar

B. 1993 yil 6 may

C. 1995 yil 1 yanvar

D. 1996 yil 1 oktyabr

 

28. Soddalashtirilgan soliq tizimiga o‘tgan kichik korxonalar va mikrofirmalar mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadimi?

A. Mol-mulk solig‘ini belgilangan tartibda to‘laydilar  

B. Mol-mulk solig‘ini pasaytirilgan stavkalar asosida to‘laydilar

C. Ijaraga berilgan mol-mulklari qiymatidan soliq to‘laydilar

D. Faqat asosiy vositalari bo‘yicha to‘laydilar

 

29. Quyidagi yuridik shaxslardan qaysi biri obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘laydi.

A. Savdo korxonalari

B. Umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchi korxonalar

C. Ixchamlashtirilgan soliq tizimiga o‘tgan kichik korxonalar

D. Ixchamlashtirilgan soliq tizimiga o‘tmagan kichik korxonalar

 

30. Agar infratuzilma obyektlarini saqlash xarajatlari summasi obodonlashtirish ishlari va infratuzilmani rivojlantirish solig‘i summasidan oshib ketsa, korxona:

A. Soliqni to‘laydi

B. Soliqni to‘lamaydi

C. Past stavkalarda to‘laydi

D. Xarajatlarning oshgan summasiga kamaytirgan holda to‘laydi

 

31. O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar deklaratsiya bo‘yicha hisoblangan daromad solig‘ini qaysi sanagacha to‘lashlari lozim?

A. 1 aprel

B. 1 may

C. 1 iyun

D. 1 sentyabr

 

32. Quyida qayd etilgan soliqlarning qaysi biri umumdavlat solig‘i hisoblanadi?

A. Er solig‘i

B. Qo‘shilgan qiymat solig‘i

C. Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish uchun  soliq

D. Mol-mulk solig‘i

 

33. Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan korxonalar foyda solig‘idan qancha muddatgacha ozod qilinadi?

A. 3 yil

B. 5 yil

C. 7 yil

D. 9 yil

 

34. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibini buzish ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning qaysi moddasida ko‘zda tutilgan?

A. 176/1

B. 175

C. 168

D. 174

 

35. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining asosiy stavkasi 2012 yil 1 yanvardan  qancha qilib belgilangan?

A. 18

B. 9

C. 7

D. 12

 

36. 2012 yilda jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq stavkalari necha foiz qilib belgilangan?

A. 13, 23, 33

B. 9, 16, 22

C. 13, 20, 32

D. 13, 21, 33

 

         37. Da‘vo qilishning umumiy muddati qancha?

A. 1 yil

B. 2 yil

C. 5 yil

D. 4 yil

38. Yo‘l fondiga qilinadigan ajratmalar qachondan boshlab soliq xizmati idoralari nazoratiga berilgan?

A. 2003 yil 1 oktyabrdan

B.2002 yildan 1 iyuldan

C. 2004 yil 1 yanvar

D. 2001 yil 1 yanvar

 

39. Yer solig‘ini joriy etishdan maqsad nima?

A. Davlat byudjetini moliyaviy mablag‘lar bilan ta‘minlash

B. Davlat byudjetini moliyaviy mablag‘lar bilan ta‘minlash va er resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni rag‘batlantirish

C. Er resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni rag‘batlantirish

D. Mahalliy byudjet daromadlarini moliyaviy mablag‘lar bilan ta‘minlash

 

40. Qaysi toifadagi fuqarolar jami yillik daromad to‘g‘risida deklaratsiya topshiradi?

A. Hamma toifadagi fuqarolar

B. Ikki va undan ortiq daromad  manbaiga ega bo‘lgan hamma toifadagi fuqarolar 

C. Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar

D. Faqat o‘rindoshlik bo‘yicha ishlovchilar

 

41. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarning dividend va foiz ko‘rinishidagi oladigan daromadlari qanday stavkada soliqqa tortiladi?

A. 12 %  

B. 13 %

C. 14 %

D. 10 %

 

42. Yuridik shaxslarning mahsulot (ish, xizmat)larni eksporti hajmi umumiy ishlab chiqarish hajmida 30% va undan yuqorini tashkil etsa, mol-mulk solig‘ini qanday stavkada to‘laydilar?

A. Belgilangan stavkadan 20 % ga kamaytiriladi

B. Belgilangan stavkadan 25 % ga kamaytiriladi

C. Belgilangan stavkadan 35 % ga kamaytiriladi

D. Belgilangan stavka 2 baravarga kamaytiriladi

 

43. Berilgan yer uchastkalaridan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy shaxslarga qanday chora belgilangan

A. Yer solig‘i uch baravar miqdorida to‘lanadi

B. Yer solig‘i ikki baravar miqdorida to‘lanadi

C. Moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi

D. Ma‘muriy jazo choralari qo‘llaniladi

 

          44. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni kimlar to‘laydi? 

A. O‘z faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar

B. O‘z faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar

C. O‘z faoliyatida suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga  oshiruvchi jismoniy shaxslar

D. Barcha yuridik va jismoniy shaxslar

 

45. Qo‘shilgan qiymat solig‘i O‘zbekiston Respublikasida qachon joriy etilgan?

A. 1991 yil 15 fevraldan

B. 1992 yil 1 yanvardan

C. 1993 yil 6 maydan

D. 1997 yil 24 apreldan

 

      46. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qachon qabul qilingan va joriy etilgan?

A. 1996 yil 15  fevral – 1996 yil 1 mart

B. 2007 yil 23 noyabr- 2008 yil 1 yanvar

C. 1997 yil 15 dekabr – 1998 yil 1 yanvar

D. 1998 yil 24 aprel – 1999 yil 1 yanvar

 

47. Yer solig‘i jismoniy shaxslar tomonidan qachon to‘lanadi?

A. Joriy yilning 15 iyun va 15 dekabriga qadar

B. Joriy yilning25 iyuniga qadar

C. Joriy yilning 31 dekabriga qadar

D. Joriy yilning 1 apreliga qadar

 

48. Yuridik shaxslar soliqlarni qanday shaklda to‘laydilar?

A. Naqd pul shaklida

B. Naqd pulsiz shaklida

C. Ayrim hollarda har ikkalasidan ham foydalanish mumkin

D. Ham natura ham naqd pul shaklda 

 

49. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashda nollik stavka qachon qo‘llaniladi?

A. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga

B. Stenografiya xizmatlariga

C. Geologiya va topografiya ishlariga

D. Ma‘lumotlarni ishlash va axborot ta‘limotiga doir xizmatlariga

 

50. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq obyektini aniqlang?

A. Yer usti manbalaridan foydalanilgan suv resurslarining hajmi

B. Yer osti manbalaridan foydalanilgan suv resurslarining hajmi

C. Yer usti va yer osti manbalaridan foydalanilgan suv resurslarining hajmi

D. Chuchuk suv manbalaridan foydalanilgan suv resurslarining hajmi

 

51. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining qanday stavkalari qo‘llaniladi?

A. 20 va 10

B. 20 va 15

C. 20 va nollik

D. 10 va nollik

 

52. Jismoniy shaxslarning mol-mulklari qanday stavkada soliqqa tortiladi?

A. 10 va 5

B. 3,5 va 7

C. 0.9, 1.1, 1.35

D. 0,2 va 7

 

 

53.Sîliq to’lîvi ....................... îrqàli àmàlgà îshirilàdi.

A)Sîliq obyektlàri

B)Sîliq subyektlàri

D)Sîliq idîràsidàn ro’yõàtdàn o’tgàn shàõslàr

E)Sîliq mànbài

 

54.Quyidà kåltirilgànlàrning qàysi sîliq stàvkàlàri màmlàkàt iqtisîdiyotini bàrqàrîrlàshtirishdà muhim àhàmiyatgà egà?

A)Nîlli và rågråssiv

B)Prîgråssiv và prîpîrtsiînàl

D)Prîpîrtsiînàl và nîlli

E)Prîgråssiv và rågråssiv

 

53.Sîliq stàvkàlàri turlàri qàysi jàvîbdà àks ettirilgàn?

A)Qàt’iy và nisbiy

B)Prîgråssiv, rågråssiv, nîlli, prîpîrtsiînàl

D)Màjburiy o’rnàtilish, dîimiy àmàl qilishi

E)Prîpîrtsiînàl, prîgråssiv, rågråssiv

 

55.Sîliqlàrning iqtisîdiy mîhiyatigà ko’rà turlàri qàysi jàvîbdà o’z àksini tîpgàn?

A)Sîliq, yig’im và to’lîvlàr

B)Umumdàvlàt sîliqlàri và màhàlliy sîliqlàr

D)To’g’ri và egri sîliqlàr hàmdà yig’imlàr

E)To’g’ri và egri sîliqlàr

 

56.Ushbu sîliq stàvkàlàri îshirilsà, biznås imkîniyatlàri kàmàyib, iqtisîdiy rivîjlànish susàyadi. Bu qànàqà sîliq turi?

A)To’g’ri sîliqlàr

B)Umumdàvlàt sîliqlàri

D)Umumdàvlàt và to’g’ri sîliqlàr

E)Egri và màhàlliy sîliqlàr

 

57.O’zbåkistîndà qàysi turdàgi sîliq stàvkàlàri àmàl qilmîqdà?

A)Qàt’iy  và nisbiy

B)Prîgråssiv, rågråssiv, nîlli, prîpîrtsiînàl

D)Prîgråssiv và rågråssiv

E)Prîpîrtsiînàl và prîgråssiv

 

58.Qàysi qàtîrdà dàrîmàd sîlig’ini to’lîvchilàr àks ettirilmàgàn?

A)Dàrîmàdgà erishmàgàn shàõslàr, yagînà sîliq to’lîvchi chàkànà sàvdî kîrõînàlàri (kichik và mikrîfirmàlàr), yagînà år sîlig’i to’lîvchi qishlîq xo’jàlik tîvàri ishlàb chiqàruvchilàr

B)Yuridik shàõslàr, jismîniy shàõslàr, yagînà sîliq to’lîvchi chàkànà sàvdî kîrõînàlàri (kichik và mikrîfirmàlàr), ishlàb chiqàrish kîrõînàlàri

D)Yuridik shàõslàr, tàdbirkîrlik subyektlàri, yagînà sîliq to’lîvchi chàkànà sàvdî kîrõînàlàri (kichik và mikrîfirmàlàr), õizmàt ko’rsàtish kîrõînàlàri

E)Dàrîmàdgà egà bo’lmàgàn yuridik và jismîniy shàõslàr hàmdà nîråzidåntlàr

 

59.Yer sîlig’i stàvkàsini kim và qàchîn bålgilàydi?

A) O’zbåkistîn Råspublikàsi Mîliya Vàzirligi tîmînidàn yangi yil uchun byudjåt tàsdiqlànàyotgàndà bålgilànàdi

B) O’zbåkistîn Råspublikàsi Dàvlàt Sîliq Qo’mitàsi tîmînidàn yangi  yil uchun byudjåt tàsdiqlànàyotgàndà bålgilànàdi

D)O’zbåkistîn Råspublikàsi Vàzirlàr Màhkàmàsi tîmînidàn yangi yil uchun byudjåt tàsdiqlànàyotgàndà bålgilànàdi

E)O’zbåkistîn Råspublikàsi  Mîliya Vàzirligi và Sîliq Qo’mitàsi tîmînidàn yangi  yil uchun byudjåt tàsdiqlànàyotgàndà bålgilànàdi

 

60.Kimlàr QQS to’lîvchilàri bo’lib hisîblànàdi?

A)Råzidånt và nîråzidånt shàõslàr

B)Fàqàt yuridik shàõslàr

D)Fàqàt jismîniy shàõslàr

E)Tàdbirkîrlik fàîliyati bilàn shug’ullànuvchi yuridik và jismîniy shàõslàr

 

61.Qàysi jàvîbdà år sîlig’i to’làydigàn shàõslàr ko’rsàtilmàgàn?

A)Fîydàlànishidà, egàligidà år uchàstkàlàri bo’lgàn shàõslàr

B)Yagînà sîliq to’lîvchi và ijàràdà år uchàstkàlàri bo’lgàn shàõslàr

D)Egàligidà và ijàràdà år uchàstkàlàri bo’lgàn shàõslàr

E)Dåhqîn– fårmår ho’jàliklàri

 

62.Bir  nåchtà mànbàdàn dàrîmàd îlàdigàn shàõslàr yalpi dàrîmàd to’g’risidàgi dåklàràtsiyani tîpshirish muddàti qàysi  jàvîbdà ko’rsàtilgàn?

A)Jîriy yilning  1 màrtigàchà

B)Jîriy yilning 1 màyigàchà

D)Jîriy  yilning 1 àpråligàchà

E)Jîriy yilning 1 iyunigàchà

 

63.Yagînà sîliq to’lîvchi kichik kîrõînàlàr  qàysi sîliq turini to’làydilàr?

A)Dàvlàt bîji, àktsiz sîlig’i và byudjåtdàn tàshqàri fîndlàrgà to’lîvlàr

B)Dàrîmàd sîlig’i và år sîlig’i

D)Suv råsurslàridàn fîydàlàngànlik uchun sîliq

E)Dàrîmàd sîlig’i và råklàmà uchun sîliq

 

64.Yagînà år sîlig’i to’lîvchi qishlîq ho’jàlik tîvàrlàri ishlàb chiqàruvchilàri qàysi turdàgi sîliqlàrni hisîblàshdàn îzîd etilgàn?

A)Dàrîmàd (fîydàgà) sîlig’i

B)Qo’shilgàn qiymàt sîlig’i

D)År sîlig’i

E)Hàmmàsi to’g’ri

 

65.Yalpi dàrîmàdgà sîliq obyekti qàysi jàvîbdà ko’rsàtilgàn?

A)Tîvàrlàrni sîtib îlishvà sîtish qiymàti o’rtàsidàgi fàrqi

B)Hàmmàsi to’g’ri

D)Îpåràtsiîn dàrîmàdlàr và fàvqulîddà dàrîmàdlàr

E)Qimmàtli qîg’îzlàrni chiqàrish và tàrqàtish bilàn bîg’liq hàràjàtlàr

 

66. Àktsizgà tîrtilàyotgàn kîrõînà màhsulîtining hisîbli bàhîsi 500 so’m và àktsiz sîlig’i stàvkàsi 75% ni tàshkil qilsà, àktsiz sîlig’i summàsini àniqlàng.

A)375

B)315

D)318,75

E)398,6

 

67.Sîliq bålgilàri qàysi jàvîbdà to’g’ri àks ettirilgàn?

A)Màjburiyligi, qàt’iyligi, dîimiyligi, byudjåtgà tushishi

B)Màjburiyligi, byudjåtgà  tushishi, bàrqàrîrligi, ekvivàlåntsizligi

D)Màjburiyligi, byudjåtgà  tushishi, qînunlàrgà bo’ysunuvchànligi, ekvivàlåntsizligi

E)Màjburiyligi, byudjåtgà tushishi,  ekvivàlåntsizligi

 

68.Yillik  jàmi to’làngàn sîliqlàr và yig’imlàrning YAIMdàgi sàlmîg’i ..........ni ifîdàlàydi

A)Yillik sîliq hàjmi

B)Sîliq yuki

D)Sîliq mànbài

E)Sîliq stàvkàlàri

 

69.Sîliq stàvkàlàri usullàri qàysi jàvîbdà àks ettirilgàn?

A)Qàt’iy và nisbiy

B)Prîgråssiv, rågråssiv, nîlli, prîpîrtsiînàl

D)Màjburiy  O’rnàtilish, dîimiy àmàl qilishi

E)Prîpîrtsiînàl, prîgråssiv, rågråssiv

 

70.Qàysi jàvîbdà îbîrîtdàn îlinàdigàn sîliqlàr kåltirilgàn?

A)QQS, yagînà år sîlig’i, ekîlîgiya sîlig’i bîjõînà và år îsti bîyliklàri qiymàtidàn îlinàdigàn sîliq

B)Àktsiz sîlig’i, ekîlîgiya sîlig’i, år sîlig’i, bîjõînà và år îsti bîyliklàri qiymàtidàn îlinàdigàn sîliq

D)QQS, àktsiz sîlig’i, ekîlîgiya sîlig’i, år sîlig’i, bîjõînà, sàvdî- sîtiq uchun yig’im

E)QQS, àktsiz sîlig’i, bîjõînà và år îsti bîyliklàri qiymàtidàn îlinàdigàn sîliq

 

71.O’zbåkistîn sîliq tizimi tàrkibi qàysi jàvîbdà kåltirilgàn?

A)To’g’ri và egri sîliqlàr

B)Umumdàvlàt sîliqlàri và màhàlliy sîliqlàr

D)Sîliqlàr và yig’imlàr

E)Sîliq, yig’im và to’lîvlàr

 

 72...................dà sîliqlàrning  hàqiqiy và huquqiy  to’lîvchisi bittà shàõs bo’làdi.

A)To’g’ri sîliqlàr

B)Umumdàvlàt sîliqlàr

D)Egri sîliqlàr

E)Umumdàvlàt và to’g’ri sîliqlàr

 

73.Ushbu sîliqlàr muîmàlàdàgi îrtiqchà pul màssàsini kàmàytirib, iqtisîdiy inqirîzni jilîvlàb bîràdi, låkin bu sîliqlàr àhîlining råàl dàrîmàdini pàsàytiràdi. Bu tà’rifdà qàysi sîliqturi to’g’risidà so’z yuritilmîqdà?

A)Umumdàvlàt sîliqlàri

B)Egri và màhàlliy sîliqlàr

D)Umumdàvlàt và to’g’ri sîliqlàr

E)Egri sîliqlàr

 

74.Yuridik và jismîniy shàõslàrning  to’làydigàn sîliqlàri mîs ràvishdà    ......  và  ......   sîliq stàvkàlàri àsîsidà àmàlgà îshirilàdi.

A)Prîgråssiv và nîlli

B)Prîgråssiv và rågråssiv

D)Prîpîrtsiînàl và prîgråssiv

E)Prîpîrtsiînàl và nîlli

 

75.Yer sîlig’ini to’làshning îõirgi muddàti qàchîn?

A)Jîriy yilning 1 màyigàchà

B)Jîriy yilning 1 nîyabrigàchà

D)Jîriy yilning 1 àvgustigàchà

E)Jîriy yilning 1 iyunigàchà

 

76.QQSning ob’ektlàrini ko’rsàting

A)Tîvàrlàr (ishlàr, õizmàtlàr) sîtish và  impîrt tîvàrlàr îbîrîti

B)Qo’shilgàn qiymàt hàjmi

D)Umumiy îbîrît hàjmi

E)Tîvàrlàr (ishlàr, õizmàtlàr) uchunqo’shilgàn qiymàt

 

77.Yagînà yår sîlig’i to’lîvchilàr qàysi turdàgi sîliqlàrni to’làmàydilàr?

A)Dàrîmàd (fîydàgà) sîlig’i và år sîlig’i

B)Bàrchà jàvîblàr to’g’ri

D)Qo’shilgàn qiymàt sîlig’i và  ekîlîgiya sîlig’i

E)Mîl-mulk sîlig’i và år îstidàn fîydàlàngànlik uchun sîliq

 

78.Màhsulît, ishlàr và õizmàtlàr îbîrîti uchun iståmîlchilàrdàn undirilàdigàn qo’shilgan qiymàt sîlig’i summàsini hisîblàsh qàysi jàvîbdà  ko’rsàtilgàn?

A)QQS= sîliq îbîrîti*100/ sîliq stàvkàsi

B)QQS= sîliq îbîrîti – sîliq stàvkàsi/ sîliq îbîrîti

D)QQS=sîliq îbîrîti*sîliq stàvkàsi/100

E)QQS= sîliq stàvkàsi*100/ sîliq îbîrîti

 

79.Yagînà sîliq to’lîvchi kichik kîrõînàlàrning sîliq obyekti qàysi jàvîbdà  ko’rsàtilgàn?

A)Îlingàn dàrîmàdlàri và hàràjàtlàri o’rtàsidàgi fàrqni ifîdàlàydigàn qiymàt

B)Àsîsiy fàîliyatdàn îlingàn tushum

D)Àsîsiy fàîliyatdàn îlingàn tushum bilàn tànnàrõ o’rtàsidàgi fàrq

E)Kîrõînàning îlgàn yalpi tushumi

 

80.Sàvdî và ijtimîiy îvqàtlànish kîrõînàlàri qàysi jàvîbdàgi sîliq turini to’làshdàn îzîd etilgàn?

A)Ijtimîiy infràtuzilmàni rivîjlàntirish sîlig’i

B)Dàvlàt bîji

D)Dàrîmàd sîlig’i

E)Mîl- mulk sîlig’i

 

81.Sîliq tàmîyili dågàndà nimà tushunilàdi?

A)Sîliqlàrning vàzifàlàri

B)Sîliq tizimi.

D)Sîliqlàrni jîriy etish, undirishvà tàkîmillàshtirishning umumiy yo’nàlishlàri usullàri bàrqàrîr qînuniyatlàri.

E)Sîliq imtiyozlàrini bålgilàsh.

 

82.Sîliqlàrni yåtàrlilik tàmîyili nimàni ifîdàlàydi?

A)Sîliqlàrning byudjåtgà o’z vàqtidà  tushishi

B)Byudjåtning dàrîmàdlàri và sîliq turlàrinig miqdîri birligini

D)Sîliqlàrni mîddiy àsîsgà qàràb undirilishini

E)Dàvlàtning o’z vàzifàsini minimàl dàràjàdà bàjàrishni mîliyasi imkîniyatini màvjud bo’lishligini

 

83.Sîliqqà tîrtishning umumiy tàmîyillàri  nimàlàrdàn ibîràt?

A)Àdîlàtlik, åtàrlilik, to’lîvgà qîbillik

B)Invåstitsiyani  ràgbàtlàntirish, qiyoslàsh, àniqlilik, to’lîvgà  qîbillik

D)Sàmàràdîrlik, àniqlik, o’zàrî tånglik, àdîlàtlilik

E)To’lîvgà qîbillik, àniqlilik, àdîlàtlilik, o’zàrî tånglik

 

84.Dàrîmàd îlishning turli sîliq tulîvchilàrgà nisbàtàn sîliq tîrtishning tång shàrtlàrni kuzdà tutish sîliqqà tîrtishning qàysi tàmîyili hisîblànàdi?

A)Åtàrlilik tàmîyili

B)To’lîvgà qîbillik

D)Gîrizîntàl àdîlàt tàmîyili

E)Vårtikàl àdîlàt tàmîyili

 

85.Yakkà tàrtibdàgi tàdbirkîr bu

A)Tàdbirkîrlik fàîliyatini yuridik shàõs tàshkil etmàgàn hîldà, mustàqil ràvishdà fàîliyat yurituvchi shàõs

B)Õîdimlàrni yollàsh huquqisiz, o’zigà mulk huquqi àsîsidà tågishli bo’lgàn mîl-mulk någizidà fàîliyat yurituvchi shàõs

D)Mîl-mulkkà egàlik qilishvà (yoki) undàn fîydàlànishgà yo’l qo’yadigàn o’zgà àshyoviy huquq àsîsidà àmàlgà îshiruvchi jismîniy shàõsdir.

E)Bàrchà jàvîblàr to’g’ri

 

86.Sîliqlàr dågàndà nimàni tushunàsiz

A)Sîliq Kîdåksdà bålgilàngàn, muàyyan miqdîrlàrdà undirilàdigàn, và byudjåtgà yo’nàltirilàdigàn màjburiy pul to’lîvlàri tushunilàdi

B)Sîliq Kîdåksdà bålgilàngàn muntàzàm, qàytàrib bårilmàydigàn và byudjåtgà yo’nàltirilàdigàn màjburiy pul to’lîvlàri tushunilàdi

D)Sîliq Kîdåksdà bålgilàngàn, båg’àràz õususiyatgà egà bo’lgàn, byudjåtgà yo’nàltirilàdigàn màjburiy pul to’lîvlàri tushunilàdi

E)Bàrchà jàvîblàr to’g’ri

 

87.Bîshqà  màjburiy to’lîvlàr dågàndà nimàni tushunàsiz?

A)Sîliq Kîdåksdà bålgilàngàn dàvlàt màqsàdli jàmg’àrmàlàrigà màjburiy pul to’lîvlàri, bîjõînà to’lîvlàri tushunilàdi

B)Vàkîlàtli îrgànlàr hàmdà mànsàbdîr shàõslàr tîmînidàn yuridik àhàmiyatgà mîlik hàràkàtlàrni to’lîvchilàrgà nisbàtàn àmàlgà îshirish uchun to’lîvlàri tushunilàdi

D)Muàyyan huquqlàrni yoki litsånziyalàr và bîshqà ruõsàt båruvchi hujjàtlàrni bårish uchun to’lànishi lîzim bo’lgàn yig’imlàr, dàvlàt bîji tushunilàdi.

E)Bàrchà jàvîblàr to’g’ri

 

88.Sîliq Kîdåksgà muvîfiq sîliq to’lîvchilàr kimlàr?

A)Zimmàsigà sîliqlàr và bîshqà màjburiy to’lîvlàrni to’làsh màjburiyati yuklàtilgàn jismîniy shàõslàr

B)Zimmàsigà sîliqlàr và bîshqà màjburiy to’lîvlàrni to’làsh màjburiyati yuklàtilgàn yuridik shàõslàr và ulàrning àlîhidà bo’linmàlàridir.

D)Zimmàsigà sîliqlàr và bîshqà màjburiy to’lîvlàrni to’làsh màjburiyati yuklàtilgàn yuridik shàõslàr và ulàrning àlîhidà bo’linmàlàridir.

E)Bàrchà jàvîblàr to’g’ri

 

89.Sîliq àgåntlàri kimlàr hisîblànàdi

A)Sîliq Kîdåksgà muvîfiq zimmàsigà sîliqlàr và bîshqà màjburiy to’lîvlàrni hisîblàb chiqàrish, sîliq to’lîvchidàn ushlàb qîlish hàmdà byudjåtgà và dàvlàt màqsàdli jàmg’àrmàlàrigà o’tkàzish màjburiyati yuklàtilgàn shàõslàrdir

B)Zimmàsigà sîliqlàr và bîshqà màjburiy to’lîvlàrni to’làsh màjburiyati yuklàtilgàn yuridik shàõslàr và ulàrning àlîhidà bo’linmàlàridir

D)Qînungà yoki tà’sis hujjàtigà muvîfiq sîliq to’lîvchining vàkili bo’lishgà vàkîlàtli shàõslàrdir

E)Tug’ri jàvîb kåltirilmàgàn

 

90.Sîliq to’lîvchilàri vàkillàri kimlàr hisîblànàdi

A)Sîliq Kîdåksgà muvîfiq zimmàsigà sîliqlàr và bîshqà màjburiy to’lîvlàrni hisîblàb chiqàrish, sîliq to’lîvchidàn ushlàb qîlish hàmdà byudjåtgà và dàvlàt màqsàdli jàmg’àrmàlàrigà o’tkàzish màjburiyati yuklàtilgàn shàõslàrdir

B)Zimmàsigà sîliqlàr và bîshqà màjburiy to’lîvlàrni to’làsh màjburiyati yuklàtilgàn yuridik shàõslàr và ulàrning àlîhidà bo’linmàlàridir

D)Qînungà yoki tà’sis hujjàtigà muvîfiq sîliq to’lîvchining vàkili bo’lishgà vàkîlàtli shàõslàrdir

E)Tug’ri jàvîb kåltirilmàgàn

 

91.Sîliq munîsàbàtlàrining subyektlàri qàysi jàvîbdà kåltirilgàn

A)Sîliqto’lîvchilàr và sîliq îrgànlàr

B)Sîliq to’lîvchilàr và vàkîlàtli îrgànlàr

D)Sîliq to’lîvchilàr và bîjõînà îrgànlàr

E)Sîliq to’lîvchilàr và mîliya îrgànlàr

 

92.O’zbåkistîn Råspublikàsining råzidånti dågàndà nimàni tushunàsiz

A)O’zbåkistîn Råspublikàsidà dàvlàt ro’yõàtidàn o’tmàgàn chåt ellik yuridik shàõs

B)O’zbåkistîn Råspublikàsidà dîimiy yashàb turgàn yoki jîriy sîliq dàvridà yakunlànàyotgàn hàr qàndày  kåtmà-kåtlikdàgi o’nikki îylik dàvr ichidà jàmi bir yuz sàksînuch kunvà undàn îrtiq muddàt O’zbåkistîn Råspublikàsidà turgàn jismîniy shàõs

D)Diplîmàtik yoki kînsullik màqîmigà egà bo’lgàn shàõs

E)O’zbåkistîn Råspublikàsining õàlqàrî shàrtnîmàsigà ko’rà tuzilgàn õàlqàrî tàshkilîtning õîdimi

 

93.O’zbåkistîn Råspublikàsining nîråzidånti dågàndà nimàni tushunàsiz?

A)Diplîmàtik yoki kînsullik màqîmigà egà bo’lgàn shàõs

B)O’zbåkistîn Råspublikàsining õàlqàrî shàrtnîmàsigà ko’rà tuzilgànõàlqàrî tàshkilîtning õîdimi

D)Fàqàt bir chåt dàvlàtdàn bîshqà chåt dàvlàtgà O’zbåkistîn Råspublikàsi hududi îrqàli o’tuvchi shàõslàr

E)Bàrchà jàvîb to’g’ri

 

94. Mîl-mulk sîlig’i obyekti

A)Egàlik qilish, fîydàlànish, tàsàrruf etish prådmåtlàri bo’là îlàdigànmîddiy obyektlàr pul màblàg’làri

B)Egàlik qilish, fîydàlànish, tàsàrruf etish prådmåtlàri bo’là îlàdigàn mîddiy obyektlàr, shu jumlàdàn pul D)Màblàg’làri và qimmàtli qîg’îzlàr hàmdà nîmîddiy obyektlàr

E)Qimmàtli qîg’îzlàr hàmdà nîmîddiy obyektlàr

 

95.Îpåràtiv ijàrà bu

A)Mîliyaviy ijàrà shàrtnîmàsining muddàti tugàgàch, mîliyaviy ijàrà obyekti ijàrà îluvchining mulkigà o’tgàn munîsîbàt

B)Mîliyaviy ijàrà shàrtnîmàsi bo’lmàgànmulkiy ijàrà shàrtnîmàsi àsîsidà mîl-mulkni vàqtinchà egàlik qilishvà fîydàlànishgà bårish

D)SHàrtnîmà àsîsidà fîydàlànishgà o’nikki îydàn îrtiq muddàtgà tîpshirishdà vujudgà kålàdigàn munîsîbàt

E)Shàrtnîmà àsîsidà egàlik qilishgà o’nikki îydàn îrtiq muddàtgà tîpshirishdà vujudgà kålàdigàn munîsîbàt.

 

96.O’zbåkistîn Råspublikàsi yangi sîliq kîdåksi qàchîn qàbul qilingàn

A)25 dåkàbr 2007 y.

B)25 nîyabr 2007 y.

D)20 dåkàbr 2007 y.

E)22 îktyabr 2007 y.

 

97.O’zbåkistîn Råspublikàsi yangi sîliq kîdåksini umumiy qismi tàrkibi qàysi jàvîbdà kåltirilgàn

A)3 bo’lim, 8 bîb  105 mîddà

B)4 bo’lim, 18 bîb  125 mîddà

D)7 bo’lim, 28 bîb 225 mîddà

E)6 bo’lim, 28 bîb  225 mîddà

 

98.O’zbåkistîn Råspublikàsi yangi sîliq kîdåksini tàrkibi qàysi jàvîbdà kåltirilgàn

A)21 bo’lim, 64 bîb  392 mîddà

B)20 bo’lim, 44 bîb  292 mîddà

D)25 bo’lim, 60 bîb  282 mîddà

E)22 bo’lim, 74 bîb  392 mîddà

 

99.Dàrîmàdning o’sib bîrishi bilàn stàvkàlàrni o’zgàrmàsdàn qîlishi qanday  stàvkà dåyilàdi?

A)Prîgråssiv

B)Rågråssiv

D)Nîlli

E)Prîpîrtsiînàl

 

100.Dàrîmàdni usib bîrishi bilàn stàvkàlàrni kàmàyib bîrishi   stàvkà dåyilàdi

A)Prîgråssiv

B)Rågråssiv

D)Nîlli

E)Prîpîrtsiînàl

 

 

 

O’zbekcha soliq atamalarining  inglizcha va ruscha lug’ati

English

O’zbekcha

Ðóññêèé

Actual weight

 

Sof og‘irligi

Ôàêòè÷åñêèé âåñ

Agencies working in close contact with Tax authorities

 

Soliq organlari bilan hamkorlik

qiluvchilar

Âçàèìîäåéñòâóþùèå ñ

íàëîãîâûìè îðãàíàìè

Advice of collection

Inkassa bildirishi

Èíêàññîâîå èçâåùåíèå

Alteration in taxation law

 

Soliqqa tortish qonunidagi

ozgarishlar

Èçìåíåíèÿ â çàêîíå î

íàëîãîáëîæåíèè

Amenability

 

Yuridik shahslar javobgarligi

Îòâåòñòâåííîñòü

þðèäè÷åñêèõ ëèö

backing

 

Moliyalashtitrish

Ïîääåðæêà;

ñóáñèäèðîâàíèå,

ôèíàíñèðîâàíèå; ïîêðûòèå

Balance in hand

 

Naqd pul

Äåíåæíàÿ íàëè÷íîñòü,

íàëè÷íîñòü êàññû

Basic tax

Asosiy soliq

Îñíîâíîé íàëîã

Be subject to Tax control

 

Soliq nazorati ostida bo’lmoq

Íàõîäèòüñÿ ïîä íàëîãîâûì

êîíòðîëåì

Be Tax – free

 

Soliqqa tortilmaydigan

Íå ïîäëåæàòü îáëîæåíèþ

íàëîãàìè

Be Taxable, be liable to Tax

Soliqqa tortish

Ïîäëåæàòü îáëîæåíèþ

íàëîãàìè

Before tax

 

Soliq to`lagunga qadar

Äî âû÷åòà íàëîãà

 

Before-tax income

 

 

Soliq to`lashdan oldingi

daromad

Äîõîä äî óïëàòû íàëîãîâ

Bonded, in bond

Soliq to’langunga qadar

Çàëîæåííûé íà ñêëàäå äî

Break Tax regulations

 

Soliq qoidalarini buzmoq

Íàðóøàòü íàëîãîâûå

ïðàâèëà

Budget

Byudjet

Áþäæåò, ôèíàíñîâàÿ ñìåòà

Budgeting

Moliyaviy rejalashtirish

Ôèíàíñîâîå ïëàíèðîâàíèå

burden of taxation

Soliq yuki

Áðåìÿ íàëîãîâ

 

Cadastre

 

Kadastr (yer mulki ma'lumotlari

to'plami)

 

Êàäàñòð (ñâîä ñâåäåíèé î

çåìåëüíîì èìóùåñòâå)

Calculate a fine

Jarima solmoq

Èñ÷èñëÿòü øòðàô

Calculation of payments

 

Soliq to’lovlarini hisoblash

Èñ÷èñëåíèå íàëîãîâûõ

ïëàòåæåé

Cargo and other operations

without Tax authorization

 

Soliq organlari ruhsatisiz o’tkazilayotgan

yuk va boshqa

operat-siyalari

 

Ãðóçîâûå è èíûå îïåðàöèè,

ïðîâîäèìûå áåç ðàçðå-

øåíèÿ íàëîãîâîãî îðãàíà

Carry out

Bajarmoq

Èñïîëíÿòü, âûïîëíÿòü

Chairman of State Tax

Comittee

 

Davlat Soliq Qo`mitasi raisi

Ïðåäñåäàòåëü

Ãîñóäàðñòâåííîãî

Hàëîãîâîãî Êîìèòåòà

Claim 

Da’vo

Àêò

Collection of Tax

Soliq undirish

Âçèìàíèå íàëîãà

Collections from enternal

activity on sold production

Mahsulot sotishdan tashqari

faoliyati uchun olinadigan yig’imlar

 

Ñáîðû, âçèìàåìûå çà

âíåøíþþ äåÿòåëüíîñòü ïî ïðîäàæå ïðîäóêöèè

Compound duty

Murakkab boj

Ñëîæíàÿ ïîøëèíà

Compromiseful settletment of

tax breaking

 

Soliqdagi huquqbuzarlikni

kelishilgan tarzda

muvofiqlashtirish

 

Êîìïðîìèññíîå óðåãóëè-

ðîâàíèå íàëîãîâîãî

ïðàâîíàðóøåíèÿ

Confiscation

Musodara

Êîíôèñêàöèÿ

Counteracting tax Related

Offences

 

Soliq organlariga tegishli

jinoyatlar bilan kurashish

 

Áîðüáà ñ ïðåñòóïëåíèÿìè,

îòíåñåííûìè ê êîìïå-

òåíöèè íàëîãîâûõ îðãàíîâ

 

Counteracting violations of Tax

rules

 

Soliq qoidalarini buzish bilan

kurashish

 

Áîðüáà ñ íàðóøåíèÿìè

íàëîãîâûõ ïðàâèë

Current rate

Joriy tarif

Òåêóùèé òàðèô

Custom identification of goods

Tovarlarni bojxona aniqlovi

Òàìîæåííàÿ

èäåíòèôèêàöèÿ òîâàðîâ

 

customs agency

 

Bojhona agentligi

Òàìîæåííîå àãåíòñòâî

customs bond

 

Bojxona garovi, mukofot

Òàìîæåííàÿ çàêëàäíàÿ

Customs payments

Bojxona to’lovlari

Òàìîæåííûå ïëàòåæû

 

Cut down a tax, abate a tax

Soliqni kamaytirmoq

Óìåíüøåíèå ñòàâêè íàëîãà

Debt

Qarz

Äîëã, çàäîëæåííîñòü

To deduct 3% from (out of)

smb’s pay

Ish haqidan 3 % ushlab qolmoq

Óäåðæàòü 3 % èç ÷üåé-ë.

çàðïëàòû

Income deduction in the yearly

Foydadan olinadigan to`lov

Âû÷åòû èç ïðèáûëè

To levy duties

Bojxona to`loviga tortmoq

Îïëà÷èâàòü ñáîðû íàëîã íà

ñâåðõïðèáûëü

To pay duties

Soliq to`lamoq (ortiqcha foyda

uchun)

Íàëîã íà ñâåðõïðèáûëü

Ecology tax

Ekologiya solig’i

Íàëîã çà ýêîëîãèþ

 

Economic growth

Iqtisodiy o’sish

Ýêîíîìè÷åñêèé ðîñò

Effectivenes of Tax system

 

Soliq tizimini samaradorligi

Ýôôåêòèâíîñòü íàëîãîâîé

ñèñòåìû

Embargo

 

Embargo (kiritishga ruhsati yo’qligi)

 

Ýìáàðãî (çàïðåùåíèå

ââîçà)

Evasion from paying tax

 

Soliq to’lovlaridan bosh tortish

Óêëîíåíèå îò óïëàòû

íàëîãîâûõ ïëàòåæåé

Excise tax Aktsiz solig’i

Aktsiz solig’i

Àêöèçíûé íàëîã

Exemption from tax payments

Soliq to’lovlardan ozod qilish

Îñâîáîæäåíèå îò íàëîãà

Single land tax

 

Yagona yer solig’i

Åäèíûé çåìåëüíûé íàëîã

Single tax rates

Yagona soliq stavkalari

Åäèíûå íàëîãîâûå ñòàâêè

To impose a fine

Jarima solmoq

Íàëîæèòü øòðàô

Fiskal\ Financial function

Fiskal vazifasi

Ôèñêàëüíàÿ ôóíêöèÿ

To impose a tax

Soliq solmoq

Íàëîæåíèå;

In-bond price

Soliq hisobga olinmagan baho

Öåíà áåç âêëþ÷åíèÿ íàëîãà

Influence of Tax receipts on

economic growth

 

 

Soliq tushumining iqtisodiy

o’sishga ta’siri

Âëèÿíèå íàëîãîâîãî

ïðèõîäà íà ðîñò ýêîíîìèêè

Leviable

 

Soliq solinadigan

Îáëàãàåìûé; ïîäëåæàùèé

îáëîæåíèþ íàëîãîì;

ìîãóùèé áûòü âçûñêàííûì

(î íàëîãå, ñáîðå è ò.ï.)

Liability to pay taxes

 

Soliq to`lash majburiyati

Îáÿçàííîñòü ïëàòèòü

íàëîãè

Methods of calculating Tax value

 

Soliq qiymatini aniqlash

usullari

 

Ìåòîäû îïðåäåëåíèÿ

íàëîãîâîé ñòîèìîñòè

Non- taxable

 

Soliq to’lashdan ozod

Íå ïîäëåæàùèé

îáëîæåíèþ íàëîãîì

Period of tax payment

Soliq to'lash davri

Ïåðèîä óïëàòû íàëîãà

Tax privelege

Soliq imtiyozi

Íàëîãîâàÿ ëüãîòà

Ratepayer

 

Soliq to`lovchi

Íàëîãîïëàòåëüùèê;

ïëàòåëüùèê êîììóíàëüíûõ

íàëîãîâ

Tax rebate

Soliq stavkasining kamayishi

Ñíèæåíèå íàëîãîâûõ

ñòàâîê; ñêèäêà ñ íàëîãà,

íàëîãîâàÿ ëüãîòà

Source of tax payment

Soliq to'lash manbai

Èñòî÷íèê óïëàòû íàëîãà

Tax Structure

Soliq solish strukturasi (tizimi)

Ñòðóêòóðà

íàëîãîîáëîæåíèÿ

Surveyor of the port

Soliq inspektori

Íàëîãîâûé èíñïåêòîð


FOYDALANILGAN ADABIYOÒLAR RO‘YÕAÒI

 

I. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident  Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari.

 

1.      O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -Ò.: O‘zbekiston, 2008.

2.      O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi.-Ò.: Adolat, 2012 y.-198 bet

3.      «Davlat soliq xizmati to‘g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.  «Õalq so‘zi» gazetasi, 1997 yil 29 avgust.

4.      O‘zbekiston Respublikasining1998 yil 24 dekabrdagi «Õo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g’risida»gi 717-I sonli  Qonuni.

5.       O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi «Fermer xo‘jaligi to‘g’risida»gi   Qonuni.

6.      O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi «Òadbirkorlik faoliyati erkinligi  kafolatlari to‘g’pisida»gi  Qonuni (2012 yil 2 maydagi O’RQ-328-sonli qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri).

7.      O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrdagi «Byudjet tizimi to‘g’risida»gi Qonuni.

8.      O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi  «Õususiy korxona to‘g’risida»gi  558-II-sonli Qonuni.

9.      O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 21 sentabrdagi «Soliq maslahati to‘g’risida»gi O‘ZR-55-sonli Qonuni.

10.  O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2012 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g’risida»gi O‘RQ-313-sonli Qonuni.

11.  O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 4 yanvardagi «Soliq maslahati to‘g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘RQ-316-sonli Qonuni.

12.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil  9 apreldagi  «Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’ini joriy etish to‘g’risida»gi PF-2086-sonli Farmoni

13.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 19 noyabrdagi «Õo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g’risida»gi
PF-2114-sonli Farmoni.

14.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi «Òadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya Qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi PF-3619-sonli Farmoni.

15.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 oktabrdagi «Òadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi PF-3665-sonli Farmoni.

16.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g’risida”gi  PF-4058-sonli Farmoni.

17.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 28 iyuldagi “Òa’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g’risida”gi  PF-4232-sonli Farmoni.

18.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 apreldagi “Òadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi  PF-4296-sonli Farmoni.

19.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2011 yil 24 avgustdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida»gi PF-4354-sonli Farmoni.

20.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g’risida»gi PF-4399-sonli Farmoni.

21.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi «Òo‘g’ridan-to‘g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida»gi PF-4434-sonli Farmoni.

22.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi «Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi PF-4453-sonli Farmoni.

23.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi «Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi  PF-4453-sonli Farmoni.

24.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi «Òadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g’risida» gi PQ-100-sonli Qarori.

25.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-1257-sonli Qarori.

26.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yilda 19 apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-1325-sonli Qarori.

27.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi  PQ-1326-sonli Qarori.

28.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g’risida”gi PQ-1449-sonli Qarori.

29.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil  7 fevraldagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi to‘g’risidagi PQ-1474-sonli Qarori.

30.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil  11 martdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko‘paytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi  PQ-1501-sonli Qarori.

31.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil  23 martdagi “Iste’mol tovarlari importini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-1507-sonli Qarori.

32.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil  28 martdagi “Òadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g’risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g’risida”gi PQ-1513-sonli Qarori.

33.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 12 maydagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-1529- sonli Qarori.

34.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil  31 maydagi ”Sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-1544-sonli Qarori.

35.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil  24 avgustdagi ”Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi  PQ-1604-sonli Qarori.

36.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28 noyabrdagi «Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi PQ-1652-sonli Qarori.

37.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g’risida”gi PQ-1675-sonli Qarori.

38.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30  dekabrdagi        «Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g’risida «gi PQ-1672-sonli Qarori.

39.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi «Eksport qiluvchi korxonalarni rag’batlantirishni kuchaytirish va  raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib  berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida»gi PQ-1731-sonli Qarori

40.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28 martdagi «Òadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatiga   olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish  tartibi to‘g’risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g’risida»gi PQ-1513-sonli Qarori.

41.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 apreldagi ««Angren» maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g’risida»gi PF-4436-sonli Farmoni.

42.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 apreldagi «Oilaviy tadbirkorlik to‘g’risida»gi PQ-327-sonli Qarori.

43.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi «2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida  xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish  dasturi to‘g’risida»gi PQ-1754-sonli Qarori.

44.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 12 maydagi «Òadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishtartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi PQ-1529-sonli Qarori.

45.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 maydagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g’risida”gi 98-sonli Qarori.

46.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi “Õususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug’ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g’risida”gi 6 sonli Qarori.

47.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2011 yil 1 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g’risida»gi 25-sonli Qarori.

48.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 apreldagi “Òadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining quvvati 50 kvt.gacha bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish to‘g’risida”gi 103-sonli Qarori.

49.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 maydagi «Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida»gi 125-sonli Qarori

50.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat - kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi 306-sonli Qarori.

 

II. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari.

 

1.             Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari / I.A.Karimov. – Ò.:O‘zbekiston, 2009. - 56 b.

2.             Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – Ò.: «O‘zbekiston», 2010. -80 b

3.           Karimov I.A. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. . – Òoshkent.: Õalq so‘zi gazetasi,  2010, 9 dekabr.

4.           Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Ò. Õalq so‘zi. 13.11.2010 y

5.           Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.– Òoshkent.: Õalq so‘zi gazetasi,  2011, 22 yanvar

6.           Karimov I.A. Bizning yo‘limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir. – Òoshkent.: Õalq so‘zi gazetasi,  2011, 9 dekabr.

7.            Karimov I.A. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag’ishlangan majlisi ma’ruzasi. – Òoshkent.: Õalq so‘zi gazetasi,  2012, 20 yanvar.

 

III. Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar

 

8.   Aleksadrov I.M.  «Nalogi i nalogooblojeniye»: Uchebnik.–7-ye. izd., pererab. i dop..- Izdatelsko-torgovaya korporatsiya «Dashkov i Ko», 2007 – 314 s.

9.  Vahobov A.V, Jo’rayev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik- Ò:.Sharq, 2009.  448 bet.

10.      Milyakov N.V.   Nalogi i nalogooblojeniye: Uchebnik. — 7-ye izd., pererab. i dop. — M.: INFRA-M, 2008. - 520 s.

11.      Nalogi i nalogooblojeniye: Uchebnik. / Pod red. I.A. Mayburova. — 2-ye izd., pererab. i dop. - M.: YuNIÒI-DANA, 2008. - 511 s.

12.      Nalogi i nalogooblojeniye: Uchebnik. / Pod. red. I.A. Mayburova. 2-ye izd., perer i dop. – M.: YuNIÒI-DANA, 2008.-511s.

13.      Nalogi i nalogooblojeniye: Uchebnik. – 5-ye izd., pererab. i dop. – M.: INFRA-M, 2006. – 509 s.

14.       Selezneva N.N. Nalogovûy menedjment. Uchebnoye posobiye. M.2007 g.

15.                        Yutkina Ò.F. «Nalogi i nalogooblojeniya»: Uchebnoye posobiye – M.: Infra – M, 2001- 240 s.

16.                        Nalogi: Uchebnoye posobiye – 5-ye izd., pererab. i dop. / pod. red. O.G.Chernika.- M.: Finansq i statistika, 2001 - 656 s.

17.          Dernberg R.L. Mejdunarodnoye nalogooblojeniye: Uchebnik. –M.: Per. s angl. 2002 g.

18.          Yahyoev Q.A. “ Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti” Darslik. Òoshkent  «Moliya», 2003 yil.

19.          K.B.Urazov Savdoda buxgalteriya xisobi va soliqqa tortish.O’quv qo’llanma. Òoshkent-2004 yil. Iqtisodiyot va xuquq dunyosi nashriyoti.

20.          «Nalogooblojeniye yuridicheskix. i fizicheskix lits», Nezamaynin V.N., Yurzinova I.L. Uchebnik: 2-ye izd., per. i  dop. – Moskovskoye izdatelstvo «Ekzamen», 2004 – 464  s.

21.          Jo’rayev A.S, Artikov N.A. Soliq qonunchiligi asoslari: O’quv qo’llanma. Ò.: ÒMI, 2004 y.

22.   Guskov S.V. «Nalogi v ekonomike predpriyatiy» Uchebnoye posobiye – M.: izd. dom  «Dashkov i Ko», 2005 – 314 s.

23.   Latipov.A. Yerdan foydalanishva soliqqa tortish: O’quv qo’llanma Òoshkent-2005 yil. Iqtisodiyot va xuquq dunyosi nashriyoti.

24.   Zavalishina I.A. Soliqlar nazariyasi va amliyoti o’quv qo’llanma Òoshkent-2005 yil. Iqtisodiyot va xuquq dunyosi nashriyoti.

25.   O’lmasov A., Sharifxo’jayev M. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. –Ò.: Mehnat, 1995.

26.   Kislov D.V. «Malûy biznes, uchyot i nalogi» Uchebnoye posobiye –M izdatelstvo «Nalog-Info» 2007 god-96 s.

27.  Vahobov A.V., Malikov Ò.S. Moliya. Darslik / Òoshkent Moliya Instituti. – Òoshkent: “Noshir”, 2011. 712-bet.

28.  Gadoyev E. i dr. Upraùyonnaya sistema nalogooblojeniya. Uchebno-prakticheskoye posobiye. - Ò.: Norma, 2011.- 324 s.

29.  Gadoyev E. i dr. Kosvennûe nalogi.  Uchebno-prakticheskoye posobiye. - Ò.: Norma, 2011.- 220 s.

30.  Gadoyev E. i dr. Nalog na pribûl.  Uchebno-prakticheskoye posobiye. - Ò.: Norma, 2011.- 356 s.

31.  Malikov Ò.S., Jalilov P.Ò. Byudjet-soliq siyosati. O‘quv qo‘llanma. – Ò.: “Akademnashr», 2011. - 472 b.

 

IV. Internet saytlari

 

1.    http://www.soliq.uz// - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy sayti.

2.    http://www.mf.uz// - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti.

3.    http://www.stat.uz// - O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy sayti

4.    http://www.norma.uz//- Soliqlar va bojxona habarlari gazetasi rasmiy sayti.

5.    http://www.nalog.ru//- Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati rasmiy sayti

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tuzuvchilar:                                                                               D.A.Nasrullayeva

                                                                                                     G.A.Akramova

 

Muharrir:                                                                                   i.f.n. S.P.Achilova

 

Tahrirchi:                                                                                    S.X.Abdullayeva

 



[1] O’zbekiston Respublika Statistika qo’mitasining statistik ma’lumotlri asosida tuzildi

 

[2] O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yillik hisobot ma’lumotlari asosida hisoblangan.

[3] Panskov V.P., Knyazev V.G. Nalogi i nalogooblojeniya. –M.: MTSFER, 2003. –s. 57-59.

[4] Soliq kodeksi asosida ishlab chiqildi.

[5] O’zbekiston Respublikasining 2008-2011 yillaridagi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida tayyorlangan.

[6] O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yildagi PQ  qarori.

[7] O’zR.Soliq kodeksiga asosan ishlab chiqildi.

[8] O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli Qaroridan olingan.

[9] O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli qaroridan olingan.

[10] Abduraxmonov O. Xorijiy mamlakatlarda soliq tizimlari. O’quv qo’llanmasi.  –T.: TDIU nashr., 2003.

[11] O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga ilovalar

[12] T.Malikov. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. –T.: 2002. -15 b.

[13] Íàëîãè è íàëîãîîáëîæåíèå. Ó÷åáíèê. //ïîä ðåä. ïðîô. Ì.Â.Ðîìàíîâñêîãî è ïðîô. Î.Â.Âðóáëåâñêîé. Ñàíêò-Ïåòåðáóðã: ÏÈÒÅÐ, 2003. –Ñ. 190

[14] O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining ma’lumotlari asosida tuzilgan.

[15] O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-son qarori

[16] Moliya vazirligi yillik hisobot materiallari asosida tuzilgan.

[17] O’zbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to’g’risida” gi Qonuni, 20-modda.

[18] O’sha erda.