O’ZBEKISTON ALOQA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
«IQTISOD VA BOSHQARUV» FAKULTETI
«IQTISODIYOT NAZARIYASI» KAFEDRASI
«TADBIRKORLIK ASOSLARI»
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Tuzuvchi(lar): dots. Mirzaev F.R.
ass. Toxiri Sh.
ass. Asamxodjayev F.
TOSHKENT – 2012
Reja:
5. Tadbirkorlikning iqtisodiyotda tutgan o’rni
6. O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirish-ning asosiy omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir.
Xo’sh, «tadbirkor», «tadbirkorlik» tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi?
Bu tushunchalarning hozirgi ma’nosida XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ilk bor ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo’llagan edi. Uning fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat yurituvchi kishidir. Shu boisdan u er va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur franstuz iqtisodchisi J.B. Sey (1767-1832) «Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – er, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta’riflagan edi.
U Angliya sanoatining muvaffaqiyatini «ingliz tadbirkorlari iste’dodi» ta’minlaganligini ta’kidlagan edi. J.B. Seyning asosiy tezisida mahsulot ishlab chiqarishda tadbirkorlar asosiy faoliyat yuritadi deyiladi. J.B. Seyning fikricha, tadbirkor olgan daromad uning mehnati, ishlab chiqarishni tashkil etganligi, mahsulotni o’z vaqtida sotganligi uchun berilgan mukofotdir. Tadbirkor tavakkal qilib, biror-bir mahsulotni ishlab chiqarishni o’z bo’yniga oladi.
Qayd etish lozimki, iqtisodiyot fanining asoschilari tadbirkorlik shakliga kam e’tibor berganlar. Tadbirkorlik faoliyati ularning ilmiy - tadqiqot ishlarining tahlil ob’ekti bo’lmagan. Ingliz iqtisodchi olimlari A. Smit (1723-1790) va D. Rikardo (1772-1823) iqtisodiyotni o’z-o’zini muvofiqlashtiruvchi mexanizm deb qabul qilganlar. Ushbu mexanizmda ijodiy tadbirkorlikka o’rin yo’q edi. «Xalqlar boyliklarining mohiyati va sabablarini tadqiq etish» (1776 y.) kitobida A. Smit tadbirkor ta’rifiga alohida e’tibor bergan edi.
A. Smitning fikricha, tadbirkor – kapital egasi. U muayyan tijorat g’oyasini amalga oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki kapitalni biror-bir ishga sarflash doimo tavakkalchilik bilan bog’liqdir. Tadbirkorlikdan olingan daromad, A. Smitning fikricha, shaxsiy tavakkalchilik uchun olingan mukofot. Tadbirkor ishlab chiqarishni o’zi rejalashtiradi, tashkil etadi, ishlab chiqarish faoliyati natijalariga egalik qiladi. Bu ishlar, o’z navbatida, bozor tizimi bilan bog’liq.
Shu bois A. Smit bizlarni bozor tizimining markaziy mexanizmi – raqobat mexanizmi bilan tanishtiradi. O’z manfaatini ko’zlab yurgan har bir kishi bozorda shu maqsad bilan yurgan kishilarga duch keladi. Natijada, bozordagi har bir harakat qiluvchi sub’ekt raqobatchi taklif etgan narxlarga rozi bo’ladi. Bunday raqobatda o’xshash tovarlarga me’yordan ortiq narx qo’ygan ishlab chiqaruvchi xaridorni yo’qotishi hech gap emas.
A. Smitning qayd qilishicha, bozor jamiyat sotib olishni xohlagan va kerakli miqdordagi tovarlarni ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, A. Smit bozorning qudratli kuch ekanligini, u jamiyatni zarur tovarlar bilan doimo ta’minlashi va bu tizim o’z-o’zini muvofiqlashtirishini ko’rsatib berdi. Uning fikricha, o’z-o’ziga qo’yib berilgan bozor tizimi rivojlanadi va bunday tizimi bor xalqning boyligi ortaveradi.
XIX-XX asrlar chegaralarida tadbirkorlik institutining ahamiyati va rolini ko’pchilik anglay boshladi. Franstuz iqtisodchisi Andre Marshall (1907-1968 yy.) birinchi bo’lib ishlab chiqarishning uchta omiliga (er, kapital, mehnat) to’rtinchi – tashkillashtirish omilini qo’shdi. Shu vaqtdan boshlab, tadbirkorlik tushunchasi va shu sohada olib boriladigan ishlar ko’lami kengayib bormoqda.
Amerikalik iqtisodchi J.B. Klark (1847-1938) J.B.Seyning «uchlik formulasiga» bir oz o’zgartirish kiritdi. Uning fikricha, ishlab chiqarishda doim to’rt omil ishtirok etadi:
1) kapital;
2) ishlab chiqarish vositalari va er;
3) tadbirkorlik faoliyati;
4) ishchining mehnati.
Har bir omil ishlab chiqarishdan olinayotgan o’ziga xos foydani aks ettiradi: kapitaldan kapitalist qo’shimcha foiz oladi; er renta beradi; kapitalistning ishbilarmonlik faoliyati daromad keltiradi; ishchining mehnati uni maosh bilan ta’minlaydi. Boshqacha qilib, J.B. Klark so’zi bilan aytganda: «Erkin raqobat mehnatga mehnatdan kelgan narsani beradi, kapitalistlarga kapital yaratgan narsa tegadi, tadbirkorlar muvofiqlashtirish faoliyatidan kelgan narsani oladi»[1]. Tadbirkorlik faoliyatini u ana shunday tushungan.
Mashhur amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeter (1883-1950) o’zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi»[2] kitobida, tadbirkorni novator (yangilik bunyod qiluvchi odam) deb ta’riflagan. Olim tadbirkorlik faoliyatini kapitalistik iqtisodiyotning rivojlanishida, iqtisodiy o’sishni ta’minlashda katta rol o’ynaydigan yangiliklarni joriy etishdan iborat, deb biladi: «Vazifasi yangi kombinastiyalarni joriy etishdan iborat bo’lgan xo’jalik sub’ektlarini biz tadbirkor deb ataymiz». Ushbu muammoga iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan (1974) ingliz iqtisodchisi Fridrix Fon Xayn (1899-1984) boshqacha yondashgan. Uning fikricha, tadbirkorlik faoliyat bo’lmasdan, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish, xatti-harakatlarni ta’minlashdir[3]. Olim tadbirkorlikni faoliyat emas, deb talqin etadi.
Na xorijda, na bizda hali tadbirkorlikning umum tomonidan e’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas. Amerikalik olim R. Xizrich, «Tadbirkorlik o’z qiymatiga ega bo’lgan qandaydir yangi narsani yaratish jarayoni, tadbirkor esa buning uchun barcha zarur vaqti va kunini sarflaydigan, barcha moliyaviy, psixologik va ijtimoiy xavf-xatarni o’ziga olib, evaziga mukofot sifatida pul va erishilgan yutug’idan qanoatlanuvchi shaxs»[4], - deb ta’kidlaydi.
Ingliz professori A. Xoskin esa «ishni o’z hisobidan olib boruvchi, biznesni boshqarish bilan shaxsan shug’ullanuvchi va kerakli vositalar bilan ta’minlanish uchun shaxsiy javobgarlikka ega, qarorni mustaqil qabul qiluvchi shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo’ladi»[5], - deb izohlaydi.
Bugungi kunda tadbirkorlik nazariyasini rivojlantirishning to’rt bosqichi mavjud. XVIII asrdayoq vujudga kelgan birinchi bosqich – tadbirkorlik xavf-xatarini o’ziga olish, boshqacha qilib aytganda, tavakkalchilik bilan bog’liq. Tadbirkorlikning ikkinchi bosqichi esa innovastiya jarayoni bilan bog’liqdir.
Amerikalik iqtisodchi olim Y. Shumpeterning fikriga ko’ra, tadbirkorlikning novatorlik xarakteri quyidagilarda aks ettiriladi:
- bozor uchun yangi tovar ishlab chiqarish;
- ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etish;
- yangi sotish bozorlarini o’zlashtirish;
- xomashyoning yangi turlari va manbalarini topish.
Tadbirkorlik vujudga kelishining uchinchi bosqichi tadbirkorlikning alohida shaxsiy sifatlari: ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatning o’zgarishida to’g’ri yo’l topa bilish qobiliyati, boshqaruv qarorlarini tanlash va qabul qilishda mustaqillik, boshqaruv qobiliyatlarining to’la namoyon bo’lishi bilan ta’riflanadi.
Tadbirkorlik nazariyasining rivojlanishidagi hozirgi bosqichni to’rtinchi bosqichga kiritish mumkin. Uning paydo bo’lishini tadbirkor harakatini tahlil qilishdagi boshqaruv aspektiga ko’chirish bilan bog’laydilar. Bu hozirgi vaqtda nazariyada tadbirkorlik muammolari tahlili ko’plab o’zaro bog’liq fanlar doirasida olib borilishini anglatadi.
Hozirgi zamon nazariy tadqiqotlarida nafaqat tadbirkorlikka ishlarni mustaqil olib borish usuli sifatida, balki firma ichidagi tadbirkorlikka yoki intraprenerlikka e’tibor qaratiladi. «Intra-prener» atamasi amaliyotga amerikalik olim G. Pinsho tomonidan kiritilgan.
Intraprenerlikning paydo bo’lishi ko’pgina yirik ishlab chiqarish tuzilmalari, ularda ishlab chiqarishni tashkil etishning tadbirkorlik shakliga o’tishi bilan bog’liq,. Tadbirkorlik ishi ijod erkinligining mavjud bo’lishini ko’zda tutganligi sababli yaxlit ishlab chiqarish birikmalari bo’linmalari harakat qilish erkinligini oladilar, bu tadbirkorlikning asosida yotuvchi g’oyalarni amalga oshirish uchun zarur intrakapitalning mavjudligini nazarda tutadi.
Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, tadbirkorning o’z faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko’p qirralidir. Bu bozor siyosatining o’zgarishi bilan yoki korxonaning ichki va tashqi omillari ta’sirida aniqlanadi. Lekin tadbirkorning asosiy maqsadi manfaat (foyda) ko’rish bilan bir qatorda, bozorda samarali faoliyat yuritishni ta’minlaydigan ishlarni amalga oshirishdir. Buning uchun tadbirkorlikni boshqarish va unga ko’mak beruvchi zamonaviy menejment usullariga asoslangan mexanizmni yaratish va undan unumli foydalanishni ta’minlash zarurdir. Bozor sharoitida tadbirkorlikni boshqarishda uning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish kerak:
- tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e’tiborga olib ish ko’radi;
- tadbirkor samaradorlikni ta’minlovchi sa’y-harakatlar qilib, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo’llarini qidiradi;
- biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, o’z bizneslarini erkin shart-sharoitlarda olib borishiga etarli imkoniyatlar yaratadilar;
- kichik korxonaning pirovard natijalari, ya’ni uning oladigan foyda yoki zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma’lum bo’ladi;
- kichik biznes bilan shug’ullanuvchi tadbirkor o’z mablag’larini harakatga solib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija qanday bo’lishini aniq bilmaydi.
Shunday qilib, tadbirkorlik – iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo’lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g’oyasiga asoslangan, foyda olishga yo’naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyat yotadi.
Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo’lib, uning boshlang’ich bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog’langan bo’ladi, faqat u keyin moddiy shaklni oladi.
Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o’zgartirish yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta’riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimida ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tatbiq etishda o’z ifodasini topadi.
Tadbirkorning o’zi tadbirkorlik faoliyatining asosiy sub’ekti hisoblanadi. Ammo tadbirkor yagona sub’ekt emas, har qanday holda u ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatning iste’molchisi hamda har xil vaziyatlarda yordamchi yoki raqib sifatida bo’luvchi davlat bilan o’zaro hamkorlik qilishga majbur. Iste’molchi ham, davlat, ham, yollanma (ishchi) xodim ham tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari qatoriga kiradilar.
Tadbirkor va iste’molchining o’zaro munosabatlarida tadbirkor faol sub’ekt kategoriyasiga kiradi. Iste’molchi esa bunda passiv rol o’ynaydi. Bu o’zaro munosabatlarni tahlil qilishda iste’molchi tadbirkorlik jarayonining indikatori rolini bajaradi. Tadbirkor faoliyati predmetini tashkil etuvchi barcha narsa iste’molchining ijobiy bahosiga ega bo’lgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda iste’molchi tomonidan tovarga baho beriladi va keyin u yoki bu tovarni xarid qilishga tayyorligi aniqlanadi. Tadbirkor o’z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishda iste’molchining kayfiyati, istagi, manfaatlarini hisobga olishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor uchun iste’molchining manfaatlariga muvofiq harakat qilishdan boshqa iste’molchiga ta’sir qilishning yo’li yo’qdir. Ammo bu tadbirkor iste’molchining manfaatlariga muvofiq harakat qilishi kerakligini bildirmaydi. Tadbirkorning o’zi iste’molchining talabini shakllantirishi, yangi iste’mol ehtiyojlarini yaratishi (agar xaridor uchun zarur bo’lgan yangi tovar yaratilsa) mumkin. Shundan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning ikki usulini keltirish mumkin:
- iste’molchi manfaatini aniqlash usuli;
- iste’molchiga yangi tovar yoki xizmatlarni «majburan qabul qildirish» usuli.
Shunday qilib, tadbirkorning asosiy maqsadi o’z iste’molchilariga ega bo’lish yo’lida tovarga ehtiyojni aniqlashdan iboratdir. Tadbirkor o’z iste’molchilarini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak:
- tovarning yangiligi va uning xaridor manfaatiga mos kelishi;
- tovar yoki xizmatlarning sifati;
- tovar yoki xizmatlarning narxi;
- tovarning universallik darajasi;
- tovarning tashqi ko’rinishi, uning xaridor talabiga mosligi;
- sotuvdan keyingi servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyati;
- tovarning qabul qilingan umumiy yoki davlat standartlariga mosligi;
- tovarlar va xizmatlar reklamasining jozibaliligi, xaridor diqqatini o’ziga jalb etishi va hokazo.
Xulosa shundan iboratki, agar ijtimoiy ishlab chiqarish nuqtai nazaridan tadbirkor faol sub’ekt rolida bo’lsa, unda tadbirkorlik jarayonining o’zi, uning samaradorligi va mazmuni nuqtai nazaridan iste’molchi faol rol o’ynaydi va tadbirkor bu omilni inkor eta olmaydi.
Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo’ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
- birinchidan, bozorning tovar va xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish yo’li bilan iqtisodiy xo’jalik tizimida o’z o’rnini topishi;
- ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati;
- uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirishi;
- to’rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to’g’ri yo’lga quyish qobiliyati;
- beshinchidan, yangi texnik, texnologik g’oyani birinchi bo’lib hayotga tatbiq etish hamda ushbu g’oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur eta olishi.
Tadbirkorning ushbu ishbilarmonlik tamoyillari uning ijodkorligiga asoslanadi. Aynan ana shu ijodkorlik Y. Shumpeter fikriga asosan, tadbirkor boshqalar e’tibor bermagan va bilmagan ishlarga e’tibor berib, faoliyat yuritish imkonini beradi.
Ijodkorlik tadbirkorni ta’riflashda asosiy mezon bo’ladi, ammo u turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Tadbirkor boshqa ijodkor kishilar tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar, topilmalardan qanday samarali foydalanish mumkinligini biladi. Shu bilan birga, u bu yangiliklardan xaridorning qiziqishini uyg’otuvchi yangi, ajoyib narsa ishlab chiqarish sohasida foydalanish yo’llarini topa oladi.
Ammo kashfiyot va yangilik faqat tovar turining yangi tarkibiy qismini yaratishda emas, balki tovar ishlab chiqarishni yangilash jarayoniga jalb etishni talab qilmaydigan oddiyroq shakllarda ham namoyon bo’ladi. Masalan, u tovar o’ramining yangilanishi, an’anaviy tovarga yangi xususiyat va sifatlar berish ko’rinishida namoyon bo’lishi mumkin.
Tadbirkor faoliyatining boshqa tomonlarida ham kashfiyotchilik elementlarini qo’llashi mumkin. Masalan, u ishlab chiqarishning, mahsulotni sotishni boshqarishning yangi shakllarini topadi, sheriklik munosabatlarini o’rnatadi, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalaridan foydalanadi. Tadbirkorlikning yana bir muhim xususiyati ishlab chiqarish jarayonida yangi g’oyalarning amalga oshirilishi bozorda qanday qabul qilinishini oldindan ko’ra bilish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Shu jihatdan yangilikni bozorda tatbiq etish va iste’molchining javobini bitta jarayonga birlashtira olish tadbirkor muvaffaqiyatining garovidir.
Ko’pgina tadqiqotchilar jamiyatda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar soni ko’payib borayotganligini ta’kidlaydilar. Ma’lumotlarga ko’ra, mustaqil faoliyat yurituvchi aholining 8-10% qismi tadbirkorlik bilan shug’ullanishi mumkin. Tadbirkorlik har qanday boshqa kasb kabi ishbilarmonlik sifatlarini talab etadi.
Tadbirkor kishidan, avvalo, o’ziga va o’z qobiliyatiga ishonish talab etiladi. O’ziga, o’z kuchiga ishonmaydigan inson nafaqat tadbirkorlik, balki har qanday sohada ham ishni oxirigacha etkazishga qodir emas.
Tadbirkorning muvaffaqiyatini belgilovchi keyingi shart agressivlikdir. Bunda gap, birinchidan, tadbirkorga nimadadir birinchilikka ega bo’lish ishonchini beruvchi, ikkinchidan, tadbirkorning aniq maqsadga qaratilgan harakatlarni bajarishida tashabbusni tortib olishga harakat qiluvchi agressivlik haqida gap ketayapti. Shunday qilib, bu o’rindagi agressivlik amalda g’oyalar, loyiha va tashabbusni tortib olish va uni tez amalga oshirishni bildiradi. Bunday agressivlik atrofdagilarga (hammadan oldin raqiblarga) to’g’ridan-to’g’ri zarar keltirmaydi, u bevosita zarar keltirishi mumkin (agar birov qandaydir tovarni ishlab chiqarishda tashabbusni o’z qo’liga olsa, boshqa kishi bunday tovarni ishlab chiqara olmaydi, demak, tovar ishlab chiqarish bo’yicha tashabbusni birinchi bo’lib boshlagan tadbirkorning harakati u mo’ljallagan daromadni olishiga imkon bermaydi).
Tadbirkor ko’pgina hollarda o’z jamoasi bilan harakat qiladi, shuning uchun tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish jarayoniga samarali ta’sir etuvchi jamoani yaratgandagina, muvaffaqiyatga erishadi. Shu munosabat bilan tadbirkorning oldida murakkab muammolar turadi. Bular biznesning muvaffaqiyati uchun qanday ixtisosdagi mutaxassislar kerakligi, ular qanday sifatlarga ega bo’lishlari zarurligi, ularning tadbirkor shakllantirayotgan ruhiy muhitga kira olishlari mumkinligini aniqlash muammolaridir.
Har qanday faoliyatdan kutiladigan samara insonga, avvalo uning mehnat madaniyati darajasiga bog’liqdir. Masalan, yaponlar «iqtisodiy mo’’jizalari» asosida nafaqat ilm, fan-texnika va texnologiya yutuqlari, balki mehnat madaniyatining o’zgarishi yotganligini ta’kidlaydilar. Yaponiya ekspertlarining fikriga ko’ra, buning uchun yapon jamiyatiga 30 yil kerak bo’lgan.
Mehnat madaniyati deganda ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi, mehnatning yangi, samaraliroq usullarini qo’llash, hamkasblar va qo’l ostidagilar bilan muomalada samimiylik, yangi g’oyalar, texnologiyalarni izlash, mulkka va ishlab chiqarish munosabatlariga ehtiyotkorona yondashish tushuniladi.
Korxona faoliyatini boshqarishda to’g’ri qaror qabul qilish tadbirkorning eng muhim sifatlaridandir. Boshqacha qilib aytganda, bu tadbirkorning o’z faoliyati, o’z biznesi sohasida javobgarlikni o’z zimmasiga olishidir. Haqiqatan ham tadbirkor, qaror qabul qilib, uni amalga oshirishda nafaqat o’z sheriklari oldida, balki o’zining kelajakdagi qarorining oqibati uchun javobgarlikni ham o’ziga oladi. Binobarin, javobgarlikni o’ziga olish jarayoni, ayni bir vaqtda, xavf-xatarni o’ziga olishni ham bildiradi. Shunday qilib, xavf-xatarni ko’ra bilish va uni bartaraf etish uchun tayyorlik ham tadbirkorga xos muhim sifatdir.
Tadbirkorlik niyatini amalga oshirish belgilangan darajada tadbirkorning motivlashuvi (manfaatdor bo’lishi)ga bog’liq. Tadbirkorlik nazariyasining asoschisi Y. Shumpeter uchta asosiy motivni ajratgan:
- birinchidan, hokimlik qilish, hukmronlik, ta’sir qilishga ehtiyoj;
- ikkinchidan, aniq harakatlarni bajarish orqali erishish ehtimoli bo’lgan g’alabaga iroda, muvaffaqqiyat sari harakat;
- uchinchidan, mustaqil ish faoliyati beruvchi ijodkorlik quvonchi.
Ammo, Y. Shumpeter tomonidan taklif etilgan motivlashtirish nazariyasi g’arbiy mamlakatlar tadbirkorlarining fikrlash uslubini aks ettiradi. Tadbirkorlikning tarixiy tomirlariga ega O’zbekistonda tadbirkorlikning zamonaviy haqiqatlarga asoslangan o’z motivi bo’lishi kerak. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bir qator o’ziga xos alomat va xususiyatlar bilan birga bo’ladi. Mamlakatimizda tadbirkorlikni motivlashtirish xususiyatlari quyidagi alomatlarga ega:
- o’z salohiyatini amalga oshirishga harakat qilish;
- eng muhim, ijtimoiy va iqtisodiy samara keltiruvchi g’oyalar-ni amalga oshirish istagi;
- to’rachilik tuzilmalari bilan bog’liklikdan qochish, harakatlar erkinligi va faoliyat yuritish jarayonida mustaqil bo’lish;
- qiziqarli ish bilan mustaqil va erkin shug’ullanish;
- o’zining ijtimoiy maqomi va obro’sini oshirishga intilish hamda o’ziga va o’z yaqinlariga munosib turmush sharoitlarini ta’minlash.
Ko’rsatib o’tilgan istaklarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tadbirkor bir qator izchil harakatlarni amalga oshirishi kerak. Bu harakatlar tanlab olingan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish shakllariga bog’liq. Shu munosabat bilan tadbirkor o’z faoliyatini tashkil etishning quyidagi ikki tarkibiy qismini tahlil qilishi kerak:
- bozor va unda vujudga keladigan vaziyat;
- ishlab chiqarish tuzilmasi.
Ish muhitini tahlil qilishda tadbirkor bu qismlar o’rtasida o’zaro aloqalar o’rnatishning samarali usulini topishi kerak. Ammo, bunga erishish qiyin, chunki birinchidan, ikkala tarkibiy qismning sifati turlicha. Bozor dinamik o’zgaruvchan mexanizmdan iborat. Unga doimo kuzatiladigan talab, taklif, narx, raqobat sharoitlarining o’zgarishi xosdir. Shu bilan bir vaqtda ishlab chiqarish tuzilmasi konservativ, kam o’zgaruvchan. Ishlab chiqarish dasturlari kundalik o’zgarishlarni ko’zda tutmaydi. Ikkinchidan, bozor va ishlab chiqarish fazo va vaqtga bo’lingan. Fazoviy bo’linishga ko’ra, bozordagi o’zgarishlar ishlab chiqarish tuzilmasidagi xuddi shunday o’zgarishlarni keltirib chiqara olmaydi.
Bu holat vaqt bo’yicha bo’linish bilan ham chuqurlashadi, tadbirkor ishlab chiqarish dasturini shakllantiradi va uni bozordagi vaziyat haqidagi axborotlar bilan asoslaydi. Ammo dasturni bajarish ma’lum bir vaqtni talab etadi, shu vaqt ichida bozorda jiddiy o’zgarishlar ro’y berishi mumkin. Buning natijasida ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatlar bozorda kerak bo’lmay qolishi mumkin. Shuning uchun tadbirkor muhim qarorlarni qabul qilish uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi marketing tadqiqotlari bozorda vaziyatning rivojlanish bashoratiga asoslanishi kerak.
Qaror qabul qilish, mas’uliyatni zimmasiga olish kabi vazifalar tadbirkorlikni boshqarish faoliyati bilan bog’laydi. Shuning uchun ham tadbirkorni menejerdan ajratish zarur. Bularning har biri o’ziga xos vazifalarni bajaradi. Bir tomondan tadbirkorlik faoliyatining mazmuni boshqarish faoliyatidan kengroq bo’lsa, boshqa tomondan har bir ishbilarmon ham menejment vazifalarini bajara olmaydi. Menejment asoslariga bag’ishlangan kitobda bu haqda yaxshi fikr bildirilgan: «Shaxsiy tavakkalchilik, moliyaviy imkoniyatga bo’lgan munosabat, tinimsiz mehnat qilish kabi xususiyatlarga ega tadbirkor yiriklashib borayotgan korxonani boshqara oladi, degan gap emas»[6].
Menejerning «shakllanmagan tuzilmani shakllantirish» qobiliyati ishi yurishib ketayotgan ishbilarmonga doimiy xos bo’lavermaydi. Shu sababli yirik korxonalar rahbariyati tarkibiga menejerlar kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, bugungi sharoitda «tadbirkor» tushunchasi «menejer» tushunchasiga juda yaqin turadi. Shu bilan birga, tadbirkor mulkdor bo’lsa, menejer boshqaruvchidir. Amalda esa, aksariyat mulkdorlar menejer vazifasini bajaradi, qator menejerlar esa o’zlari boshqarib turgan ishlab chiqarish korxonalariga ega bo’lib qolmoqda.
«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning enstiklopedik lug’atida quyidagicha ta’riflanadi:
Tadbirkorlik – (ingl. enterprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. entrepreneur) qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo’jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi mumkin.
Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko’zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag’ bilan bog’liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan ushbu ta’rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta’rifda tadbirkorlik faqat ma’lum faoliyat bilan shug’ullanish emas, balki bevosita faoliyat yuritishdan iboratligi ta’kidlangan. Tadbirkorlikka berilgan qator ta’riflarda eng muhim holat, ya’ni shaxsiy daromad bilan ijtimoiy foydaning yaxlitlik xususiyati ko’rsatilmagan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tadbirkorlikning muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
- xo’jalik faoliyati olib borayotgan sub’ektlarning mustaqilligi va erkinligi. Huquqiy me’yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi mumkin;
- iqtisodiy manfaatdorlik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal darajada daromad olishni ko’zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o’z hissasini qo’shishdir;
- xo’jalik tavakkalchiligi va mas’uliyat. Har qanday hisob-kitobda ham noaniqlik va tavakkalchilik bo’lishi mumkin.
Tadbirkorlikni shakllantirish uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa muayyan sharoitlar yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: tovarga bo’lgan talab va taklif; xaridor sotib olishi uchun tovar turlarining mavjudligi; xaridor sotib olishi uchun zarur pul hajmining mavjudligi; ishchilarning maoshiga, ya’ni sotib olish imkoniyatiga ta’sir ko’rsatuvchi ishchi o’rinlari, ishchi kuchlarining ortiqchaligi yoki etishmovchiligi.
Pul resurslarining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, kiritilgan kapitaldan olinayotgan daromad miqdori va o’z ishbilarmonlik operastiyalarini moliyalashtirish uchun olinishi mo’ljallangan kredit miqdori iqtisodiy sharoitga ta’sir etadi.
Bu ishlar bilan bozor infratuzilmasini tashkil etgan turli tashkilotlar shug’ullanadi. Tadbirkorlar shunday tashkilotlar bilan aloqa o’rnatib, tijorat operastiyalarini amalga oshiradi. Moliya xizmatini ko’rsatuvchi banklar, xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, energiya, mashina va uskunalar, instrumentlar bilan ta’minlovchilar; tovarni xaridorga etkazuvchi ulgurji va chakana savdogarlar; kasbiy, yuridik buxgalteriya xizmatlari, vositachilik xizmatini ko’rsatuvchi firma va korxonalar; ishchilar kuchini yollashda yordam beruvchi ishga joylash agentliklari; ishchi va mutaxassis xizmatchilarni tayyorlayotgan o’quv yurtlari; reklama, transport, sug’urta agentliklari; aloqa va axborotni uzatish vositalari ushbu tashkilotlar tizimini tashkil etadi.
Tadbirkorlikning shakllanishi ijtimoiy va iqtisodiy sharoit bilan chambarchas bog’liq. Tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy sharoitiga ijtimoiy sharoit yaqin turadi. Ijtimoiy sharoit, avvalo, xaridorlarning didi va modaga javob bera oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi bilan belgilanadi. Turli bosqichlarda ushbu talab o’zgarib turishi mumkin. Bunga ijtimoiy-madaniy muhitga bog’liq axloqiy va diniy me’yorlar jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu me’yorlar xaridorlarning turmush tarziga va u orqali tovarlarga talabiga bevosita ta’sir etadi. Ijtimoiy sharoit shaxsning ishga munosabatiga o’z ta’sirini o’tkazadi, bu esa, o’z navbatida, biznes taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoitiga munosabatiga ta’sir etadi.
Tadbirkorlik faoliyatining shakllanishida ishbilarmon xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish masalalarini hal etish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritishning zamonaviy uslublarini o’rganishni tashkil etish, xodimlarni o’qitish va qayta o’qitish, ularni rivojlangan mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuborish, ishbilarmonlarni o’qitish uchun o’qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, tadbirkorlik sektori uchun xodimlarni tanlash bo’yicha maslahat markazlarini ochish kerak.
Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi. Shuning uchun kerakli huquqiy sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Bu birinchi navbatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi qonunlarning mavjudligi, ya’ni korxonalarni ro’yxatdan o’tish jarayonining qisqa va oddiy bo’lishi; tadbirkorlikni davlat byurokratizmidan himoya qilish; soliq qonunchiligini takomillashtirish; O’zbekiston va chet el ishbilarmonlarining hamkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Shu bilan birga bunga kichik tadbirkorlik ishlariga ko’maklashish hududiy markazlarini tashkillashtirish, statistika shakli va hisob-kitobini takomillashtirish kiradi. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy kafolati masalasi bilan bog’liq masalalarni hal etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
AQShning tadbirkorlik sohasida ko’p yillar mobaynida qo’llab kelayotgan qonunlar tizimi bunga misol bo’la oladi. Ulardan bir nechasiga e’tibor beraylik (1-jadval)[7]:
1-jadval
AQShda tadbirkorlik sohasida uzoq yillar mobaynida amal qilayotgan qonunlar tizimi
Qonunlar |
Qonunlarning asosiy mohiyati |
1 |
2 |
Trestlarga qarshi Sherman qonuni (1890 y.) |
a) monopoliya yoki monopoliyalashtirishni ta’qiqlash; b) shtatlararo yoki tashqi savdoni cheklashga qaratilgan turli xildagi shartnoma, kelishuv va birlashmalarni ta’qiqlash. |
Oziq-ovqat mahsulotlari va medistina preparatlarining sifatliligi haqidagi qonun (1906 y.) |
Shtatlararo savdo-sotiqqa qalbakilashtirilgan yoki marka yopishtirilmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, sotishni ta’qiqlash. Bu qonun 1938 yilda oziq-ovqat, dori-darmon va kosmetika vositalari haqidagi Federal qonuniga almashtirildi. 1958 va 1962 yillarda unga jiddiy o’zgartirishlar kiritildi. |
Federal savdo komissiyani ta’sis etish haqidagi qonun (1954 y.) |
«Savdoda raqobatning vijdonsizlik uslubi noqonuniyligi» ni tekshiruvchi idora - komissiyani ta’sis etishni nazarda tutadi. |
Kleyton qonuni (1914 y.) |
Amaliy faoliyatning ayrim turlarini ta’qiq etuvchi Sherman Qonuniga qo’shimcha kiritildi (narxlarni kamsitish turlarini aniqlash, shartnomaga hamkor harakatini cheklovchi moddani kiritish, sotishning cheklash tajribasini qo’llash, boshqa korporastiyalar akstiyalariga ega bo’lish, qo’shma direktorat tashkil etish). |
Uiler Li qonuni (1938 y.) |
Raqobatga zarar keltirish yoki keltirmaslikdan qatiy nazar nopok, firib harakat va usullarni ta’qiqlash; oziq-ovqat, dori-darmon reklamasi ustidan Federal savdo komissiyasining nazoratini ta’sis etish. |
Tovarning aslligi uning o’rami va markasida aks etishi haqidagi qonun (1966y.)
|
Keng iste’mol tovarlar o’rami va markalashiga qoida joriy etilishi o’ram ichida nima borligini, ishlab chiqargan shaxs nomi va o’ram ichidagi narsaning aniq miqdorini ko’rsatishni talab qiladi. |
Iste’mol tovarlarining xavfsiz bo’lishi haqidagi qonun (1972 y.) |
Iste’mol tovarlarining xavfsiz bo’lishi bilan bog’liq muammolar bo’yicha komissiya ta’sis etilishi va unga iste’mol tovarlariga nisbatan xavfsizlik standartlarini qo’llash va ushbu standartlarga rioya etmasligi uchun sankstiya qo’llash vakolati berildi
|
Qarzlarni vijdonan undirib olish haqidagi qonun (1978 y.) |
Qarzlarni undirib olishda odamlarni qo’rqitish, ta’qib qilish, ayovsizlarcha munosabatda bo’lish, tuhmat qilish noqonuniy deb e’lon qilindi. |
Davlatnint ishbilarmonlik faoliyatini tartibga solish kerakligini asoslab berar ekan, F. Kotler ushbu qonunlar paydo bo’lishining uch asosiy sababini ko’rsatib berdi:
- firmalarni bir-biridan himoya qilish zarurligi. «Tadbirkorlar bir ovozdan raqobatni maqtaydilar, lekin ularning manfaati raqobat bilan to’qnash kelganda uni bartaraf etishga harakat qiladilar[8]».
Shundan kelib chiqib, «g’irrom raqobat» ning oldini olish bo’yicha qonunlar paydo bo’ldi:
- nohaq amaliyotdan iste’molchilarni himoyalash zarurligi.
Shundan kelib chiqib, nazoratsiz qolib, sifatsiz tovar chiqarayotgan, reklamada yolg’on axborot berayotgan, o’rash va narx yordamida aldayotgan firmalarga qarshi qaratilgan qonunlar joriy etildi.
Har qanday tadbirkorlik ma’lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish uchun ma’lum bir ishchi muhiti bo’lishi kerak.
Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida mujassamlanib, o’zida ishbilarmonlikni amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to’rt omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning o’zaro bog’likligi natijasida amalga oshiriladi.
Ular ijobiy yoki rag’batlantirish ko’rinishida ham shakllanishi mumkin. Ushbu holda mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun mos bo’ladi. Chunki, bunday muhit tadbirkorga amalga oshirayotgan ishlarining natijalari qanday bo’lishini oldindan ko’ra bilishiga keng imkoniyat tug’diradi. Tadbirkorning o’z ishi natijalarini oldindan ko’ra bilishi tavakkallik tushunchasiga teskari holda ifoda etiladi. Agar tadbirkor ma’lum bir muhitda tavakkalchilik asosida faoliyat yuritayotgan bo’lsa, u holda u o’zgaruvchanlik, beqarorlik, tavakkalchilik bilan tavsiflanadi.
Bunday muhit yuqorida keltirilgan ijobiy muhitga to’g’ri kelmaydi. Amalda ko’p hollarda tadbirkorlik muhitining ma’lum bir omili tadbirkorning ish natijalariga asosiy ta’sir ko’rsatadi, deb bo’lmaydi. Chunki tadbirkorni ko’proq tadbirkorlik muhitini belgilovchi omillarning o’zaro bog’liqligi qiziqtiradi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan omillardan huquqiy omillar asosiy omil hisoblanadi, chunki tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun tadbirkorlik muhitida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan o’yinlar qoidasini ko’rsatib beradi. O’yinlar qoidasi tushunchasi ruxsat etilgan va amalga oshirilayotgan ish (harakat)larni o’z ichiga oladi. Ruxsat etilgan ish (harakat)larga nisbatan o’yin qoidalari turli shaklda namoyon bo’ladi. O’yin qoidalari nima qilish mumkin-u nima qilish mumkin emas tamoyili asosida ishlab chiqilishi mumkin.
Bu qoidalarda tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo’lidagi barcha chegara yoki cheklovlar yaqqol ko’rsatib berilishi kerak. Umuman, huquqiy omil – tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo’lidagi barcha qonunlar (soliq, er, mehnat munosabatlari) va yo’riqnomalar majmui bo’lib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladi hamda tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi boshqa sub’ektlar bilan munosabatini mujassamlantiradi.
Huquqiy bazaning to’liq yoki bir me’yorda yuritilmasligi tadbirkorlik faolligi darajasiga katta salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida amaliyotda tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini tashkil etayotgan bir butun huquqiy baza mavjuddir.
Huquqiy omilning tavsifiga «huquqiy madaniyat» tushunchasi ham kiradi. Buning ostida millatning qonunlarga to’liq rioya etishi, ya’ni insonlarning ongida qonunlar talabini bajarish kerak degan tushunchaning bo’lishi tushuniladi. Agar, barcha zarur qonunlar qabul qilinsa-yu, lekin ular amalda ishlamasa yoki tatbiq etilmasa, bunday jamiyatni qonunlarga bo’ysunuvchan deb bo’lmaydi va buni tadbirkor o’z faoliyatini yuritishda e’tiborga olishi shartdir.
Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida bo’layotgan barcha hodisalarga davlatning munosabati va ularga davlatning ta’sirini belgilab beradi. Davlatning tadbirkor faoliyatiga qay darajada ta’sir ko’rsatishi yoki aralashishi kerakligi ham siyosiy omil tushunchasiga kiradi. Bunday aralashish oldindan belgilanmagan yoki belgilangan bo’lishi mumkin. Umuman, tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning munosabati rag’batlantirish yoki betaraflik ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Har bir mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga undagi siyosiy tizimning barqarorligi katta ta’sir ko’rsatadi. Agar siyosiy tizim barqaror bo’lmasa, tadbirkorlar katta investistiyalarni jalb etmasdan yuqori darajadagi foyda olish maqsadida kichik muddatga mo’ljallangan turli operastiyalarni amalga oshirishga harakat qiladilar. Siyosiy ahvolning barqarorligi tadbirkorga o’z faoliyatini strategik jihatdan loyihalashtirish, ya’ni uzoq muddatga mo’ljallangan ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan tarkibi jihatidan anchagina murakkab hisoblanadi. Shuning uchun ham uning tarkibi ko’pgina elementlardan tashkil topadi. Agar tadbirkor ularni e’tiborga olmasa, bu salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi:
- jamiyatda mafkuraning holati;
- milliy urf-odatlar;
- millatning madaniy va maishiy odatlari;
- atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga munosabati;
- davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga munosabati.
Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o’zida aks ettiradi. Narx-navo tizimi, o’z navbatida, narxlarning darajasi, ishlab chiqarish jarayoniga tadbirkor tomonidan jalb etilayotgan ishlab chiqarish omillari, ishchi kuchi, kredit stavkasi miqdori hamda soliq va majburiy to’lovlarni o’z ichiga oladi. Bunda bozordagi raqobat shart-sharoitlari sifat va miqdor jihatdan tahlil qilib chiqiladi.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan ma’lum bir shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshirish mumkin. Uning tarkib topishi avvalambor jamiyatdagi ma’lum bir vaziyatning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lib, undagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat tadbirkorlik faoliyatini tarkib toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan zarur qonunlar, qarorlar, farmonlar va shu kabi huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo’lib, ular hayotga tatbiq etilmoqda. Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish maqsadida ikkita fond: tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznesni rivojlantirishga ko’maklashish fondlari tashkil etilgan.
Tadbirkorlik faoliyatining kelajagi tadbirkorlik muhiti bilan belgilanadi, u esa jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi, iqtisodiy aloqalarda bozorning ustuvorligi, tadbirkorlik kapitalini mujassamlantirish sharoitining mavjudligi va zarur resurslardan foydalanish kiradi.
Tadbirkorlikning ijtimoiy mustaqallik darajasi bozorda vujudga kelayotgan mustaqil korxona va tashkilotlar soni bilan tavsiflanadi. Tadbirkorlik muhitini shakllantirish boshqariladigan jarayondir. Lekin boshqarish usullari ma’muriy yoki direktiv ko’rinishda bo’lishi mumkin emas. Ularning asosiy tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga ta’sir etiladigan choralardan emas, balki shunday sub’ektlarning tarkib topishi yo’lida qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’lishi kerak.
Tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish ko’p jihatli jarayon bo’lib, u o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
- ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy falsafa hamda jamiyat a’zolari psixologiyasining ular bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishi;
- tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy o’sishining qo’shimcha manbai sifatida ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda katta rol o’ynaydi, bandlik muammolarini hal etish, milliy boylikni o’stirish va millatning farovonligi uchun xizmat qiladi. (1-rasm.)
Hozirgi sharoitlarda tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish nafaqat milliy, balki xalqaro muammolardan hisoblanadi. Mavjud mamlakatlararo guruhlarda, masalan, Evropa Ittifoqi miqyosida yagona tadbirkorlik muhiti vujudga kelmoqda. Bu tadbirkorlik faoliyatini yuritish Evropa jamiyatiga kiruvchi barcha mamlakatlarda bir-biriga o’xshab ketadi.
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy falsafaning shakllanishi |
|
Tadbirkorlik muhitini shakllantirish |
|
Iqtisodiy faollikning alohida shakli sifatida tadbirkorlikni shakllantirish |
|||
|
|
||||||
|
|
|
|
||||
|
|
||||||
Ijtimoiy muhitni tarkib toptirish |
|
Tadbirkorlik infratuzilmasini shakllantirish |
|
Milliy boylik va milliy faravonlikning o’sishi |
|||
|
|
||||||
1-rasm. Tadbirkorlik muhitining shakllanishi
Iqtisodiy faollik va mustaqillikning muhim shakli bo’lmish tadbirkorlik respublikamizda bandlikning aniq shakli va yangi ish joylarini barpo etish yo’lida eng rivojlangan davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlab kelinmoqda. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi bir necha yillar mobaynida maslahatlar berish, moliyaviy yordam ko’rsatish yoki soliqlar to’lashda tadbirkorlar uchun ma’lum imtiyozlar berilishida aks etmoqda.
Tadbirkorlik muhiti mamlakatning rivojlanish asosini tashkil etadi va ishbilarmon kishilarning faoliyat mazmunini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda tadbirkorlik muhiti turlichadir. Rivojlangan mamlakatlarda bunday muhit o’zining qulayligi hamda iqtisodiy jarayonlarning yuqori darajada unumli tashkil etilishi bilan ajralib turadi.
Iqtisodiy jarayonlar qanchalik unumli bo’lsa, jamiyat moddiy va ma’naviy jihatdan shunchalik yuqori darajada bo’ladi. Iqtisodiy jarayonlarning samarasi amalda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning soni va sifati hamda shu faoliyat bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan kishilar soni bilan belgilanadi. Bu, o’z navbatida, tadbirkorlik ishiga yangi tadbirkorlarni jalb etish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va tadbirkorlik muhiti darajalariga bog’liqdir. Oxirgisi tadbirkorlik faoliyatiga davlatning aralashishi darajasiga bog’liq. Davlat shunday shart-sharoitlar yaratib berishi kerakki, unda tadbirkorlar va tadbirkorlikka ishtiyoqi bo’lganlarning qiziqishi, xohishi va intilishlari maksimal darajada o’z ifodasini topsin. Jahon tajribasi ham iqtisodiy jihatdan rivojlanishga erishgan mamlakatlarda tadbirkorlik uchun barcha qulayliklar yaratib berilganligini ko’rsatmoqda.
Biznesni samarali yuritish unga tashqi muhitdan aralashishni yoqtirmaydi. Biznesni yuritishda tashqaridan ozgina aralashuv bo’lsa, uning emirilishiga olib kelmasa ham tadbirkorlik tarkiblarining faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham davlat iqtisodiyot uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratishi va tadbirkorlar uchun ko’proq erkinlik berishi kerak. Shunga asoslangan holda ish olib borayotgan O’zbekiston jahon iqtisodiyotida munosib o’rnini topmoqda.
Shularni nazarda tutgan holda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov shunday deb ta’kidlaydi: «Erkin tadbirkorlik uchun iqtisodiy va huquqiy shart-sharoit yaratish zarur. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun hamma yo’lni ochib berish kerak. Ularning xomashyo resurslaridan foydalanishlariga keng yo’l ochib berish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulot mamlakatning o’zida ham, uning tashqarisida ham sotiladigan bozorni kafolatlovchi tizimni barpo etish darkor»[9].
Yuqoridagilarni hisobga olib, tadbirkorlik muhitini yaratish bilan bog’liq omillar guruhlarga ajratilgan va shu asosda uning shakllanish va rivojlanish mexanizmining tashkiliy-iqtisodiy modeli yaratilgan. Tadbirkorlik muhitiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
- aniq bir mahsulotga iste’molchilarning to’lov qobiliyati. Bunda bozordagi mavjud hakiqiy talab bilan kutilayotgan talab farqlanadi.
Agar, mahsulot (tovar) xususiyatlari bilan avvalgilaridan ajralib tursa, unga talab marketing usullari bilan aniqlanadi:
- tavakkalchilik va bozordagi xatarlarni o’z zimmasiga olib, mulk javobgarligi asosida ish yurita oladigan tadbirkorlar. Ular o’z mulki, bilim va sarmoyasidan samarali foydalana oluvchi yuqori malakali va ma’lum bozor vaziyatlariga moslasha olish qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak;
- sarmoyaga ega investorlar. Bunga jismoniy shaxslar yoki erkin sarmoyaga ega korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar ham kiradi. Ular bir qancha toifani tashkil etadi: banklar, jamg’armalar, sug’urta kompaniyalari, davlat tashkilotlari, xorijiy investorlar va boshqalar;
- tadbirkorlik faoliyatini bir me’yorda olib borish imkonini beruvchi infratuzilmalar. Ular qatoriga moliya-kredit, audit, marketing, konsalting, axborot, sug’urta va shu kabi xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar kiradi;
- qaror qabul qilish tizimi. Bu tizim tarkibiga, avvalo, biznesning ishonchliligi va samarali bo’lishini baholash imkonini beruvchi mezonlar, usullar to’plami kiradi. Tadbirkor bu tizim orqali o’z ishi natijasini tekshirish imkoniga ega bo’lishi kerak.
Shu omillarning tizimli va o’zaro harakat qonuniyatlari tadbirkorlikni faollashtiradi va u xo’jalik mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Natijada, ayrim hudud va tarmoqlarda yangi korxonalar, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqa tadbirkorlik ob’ektlari vujudga keladi. Bunday faoliyatlar tadbirkorning bilimi, sarmoyalar, bozor talabi, davlat va boshqa tashkilotlarning o’zaro manfaatli harakati tufayli faollashadi va bozorga moslashadi.
Ishbilarmonlik muhitini tahlil qilish jarayonida tadbirkor har bir millatning an’analari, urf-odatlari, qanday oziq-ovqatlarni iste’mol qilishi va qanday buyumlarni kiyishini inobatga olishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari xalqning to’lov qobiliyatini bilish ham katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu omil iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etishda katta rol o’ynaydi. Tadbirkor shu omilni har tomonlama tahlil qilishda o’z mamlakatidagi bozor vaziyatini hamda ushbu mahsulotni kelajakda eksport qilish mumkin bo’lgan qo’shni mamlakatlar bozorini ham ko’rib chiqishi kerak.
Har bir tadbirkor atrof- muhitga qo’shilib ketishi uchun ishni uning tahlilidan boshlashi lozim. Tadbirkorlik muhitini tahlil qilishda tadbirkor ma’lum bir chegarada kasbiy faoliyat yuritish uchun qanday iqtisodiy manfaatni amalga oshirishi mumkinligini belgilab olishi kerak. Iqtisodiy manfaatni amalga oshirish, avvalambor tadbirkorning o’z ishini tashkil qilish darajasiga bog’liq bo’ladi. O’z ishini tashkil qilish esa tadbirkorning ma’lum ishbilarmonlik muhitiga mustaqil kirishi bilan belgilanadi.
Tadbirkor ma’lum tadbirkorlik muhitiga kirishar ekan, diqqat-e’tiborini faqat o’z g’oyalarini amalga oshirishga emas, balki qanday qilib investorlarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga ham qaratishi kerak. Tadbirkorning o’z ishini tashkil qilishidagi asosiy vazifa, avvalo, o’z g’oyalarini ma’lum bir muhitga tatbiq etish uchun zarur birlamchi kapitalni barpo etishdan iboratdir.
Tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi talab qilinadi. Tadbirkor ishbilarmonlik g’oya va maqsadlariga to’g’ri keladigan hamda jalb etilgan kapitalning hajmidan kelib chiqqan holda yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantiradi. Agar tadbirkor o’z g’oyasining tashabbuskori va investori sifatida ishtirok etayotgan bo’lsa, faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklini, korxona uchun qo’shayotgan o’z hissasini oldindan belgilab olishi kerak. Shunday qilib, tadbirkorning o’z ishini tashkil qilish tamoyili jamiyat uchun yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantirish va unda o’zining qay darajada ishtirok etishini belgilab olishdan iboratdir.
O’z ishini to’g’ri tashkil qilish tadbirkorlikning asosiy omil-laridan hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkor bu fenomenni hosil kiluvchi barcha qismlarni har tomonlama e’tiborga olishi kerak. Tadbirkor faoliyatining bu jihatlarini o’rganishda uning faoliyati jarayonini kuzatish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda tadbirkorning asosiy harakatlari ketma-ketligi quyidagicha bo’lishi mumkin:
- birinchidan, biznes g’oyasini ishlab chiqish;
- ikkinchidan, ishbilarmonlik muhitini chuqur o’rganib chiqish;
- uchinchidan, tadbirkorning iqtisodiy manfaati bilan biznes g’oyasining o’zaro to’g’ri kelishi, tadbirkorlik g’oyasi bilan tadbirkorlik muhitining o’zaro muvofiqligi;
- to’rtinchidan, g’oyani amalga oshirish uchun zarur kapital hajmini belgilab olish;
- beshinchidan, biznes g’oyani amalga oshirish uchun zarur korxona yoki tashkilotni tarkib toptirish.
Har bir tadbirkorlik faoliyatining asosini ma’lum bir g’oya tashkil etadi. Bu g’oyalar oddiyligi bilan ajralib turadi: kimdir tovarni yangicha jildlash g’oyasini beradi, bozorda mavjud tovarga yangiliklar kiritadi va shu asosida unga talab darajasini oshirishga harakat qiladi va hokazo.
Ishbilarmonlik g’oyasi ko’pincha o’z professional faoliyatida mustaqillikka erishish va qo’shimcha fonda olish ishtiyoqida bo’lgan kishilarda paydo bo’ladi. Buning uchun kishi iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama tahlil qilib, undagi mavjud etishmovchiliklarni aniqlab, unga o’z faoliyatini yo’naltirishi lozim.
Agar tadbirkorda o’z biznesini tashkil qilish yuzasidan biror- bir g’oya mavjud bo’lsa, u holda u ishbilarmonlik muhitini o’z g’oyasi va iqtisodiy manfaati bilan mutanosiblik darajasini tahlil qilishi kerak. Avvalo, tadbirkor ma’lum muhitda aniq g’oyani amalga oshirish shaklini belgilab olishi kerak. Bunday shakllarning turi juda xilma-xildir. Tadbirkorlik vazifalari yakka holda va guruh bo’lib amalga oshirilishi mumkin. Qanday shakllarni tanlash g’oyaga hamda tadbirkorlik muhitiga bog’liqdir.
Tadbirkorlik muhiti va g’oyasini har tomonlama tahlil qilish shu g’oyani amalga oshirish uchun zarur kapital miqdorini belgilab olishga yordam beradi. Bunda tadbirkor bank yoki biznes-fonddan kredit olishi uchun biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosni (TIA) ishlab chiqishiga to’g’ri keladi.
Biznes-rejada tadbirkor ishbilarmonlik g’oyasiga tayangan holda tovar yoki xizmatlar ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni amalga oshirishning barcha xarajatlari qancha qiymatni tashkil etishini aks ettiradi. Ushbu holda gap birlamchi kapital hajmini belgilash, tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish uchun jalb qilinishi lozim bo’lgan moliyaviy resurslarni aniqlash haqida ketmoqda.
Tadbirkorlik g’oyasini ma’lum bir muhitda amalga oshirish mumkinligi aniqlanib, ishni tashkil etish bo’yicha zarur moliyaviy mablag’larni olish manbai tanlangandan keyin tadbirkor o’z faoliyatini uch yo’nalishga qaratmog’i lozim.
Birinchi yo’nalish – ishlab chiqarish jarayonlari va tadbirkorlik tarkiblarini boshqarish. Tadbirkorlik faoliyatining ushbu yo’nalishi menejment tamoyillarining turi sifatida mustaqil rivojlanadi. Tadbirkor menejmentning asosiy tamoyillarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi va zamonaviy menejer bo’lmog’i lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarish tadbirkorning boshqa yo’nalishlaridan ajratilgan holda olib borilishi mumkin emas: u ishlab chiqarishni faqat iste’molchilar uchun tashkil etadi. Shuning uchun ham tadbirkor faoliyatining ikkinchi yo’nalishi bozorni har tomonlama o’rganishdir. Bozorda bo’layotgan jarayonlarni tahlil qilmay, tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish mushkul.
Sheriklar bilan bo’ladigan aloqalarni yaxshi yo’lga qo’yish tadbirkorlik faoliyatining uchinchi yo’nalishidir. Bunda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo’lida sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko’tarish va eski munosabatlardan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida zikr etilgan ilmiy asoslar, tamoyillar O’zbekistonda tadbirkorlik, uning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog’liq jarayonlarni tizimli tahlil qilish, bashoratlash hamda qaror qabul qilishga asos bo’ladi.
O’zbekistonda keng ko’lamli bozor o’zgarishlarini amalga oshirish jarayonida mulkdor shaxslar doirasi kengayib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «... amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy, eng katta maqsadi, ustuvor yo’nalishi O’zbekistonda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Bizning qabul qilgan barcha farmonu qarorlarimiz, qonunlarimiz, hamma ishimiz ana shu maqsadga qaratilgandir. Bu vazifalarni hal etmasdan kutilgan natijaga, hayotimizda, iqtisodiyotimizda istalgan o’zgarishlarga erishib bo’lmaydi»[10].
Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g’oyat muhim vazifa, avvalo, ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va ular negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qo’llab-quvvatlash orqali mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Jamiyatimiz uchun yangi bo’lgan mana shu ijtimoiy tur uning faoliyat sohalari shakllarini o’rganishni nazariya ehtiyojlarigina emas, balki amaliy zarurat ham shart qilib qo’ymoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 80 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizidan ortig’i, qishloq xo’jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektori ulushiga to’g’ri kelmoqda.
O’rta sinf davlatning asosi va jamiyatning eng barqaror qismidir. Bu sinfni vujudga keltirish vazifasini hal qilish, turmush darajasini oshirish va har bir insonning tadbirkorlik imkoniyatlarini ochish muammosini hal etib beradi. Ushbu masalaning iqtisodiy jihati shundan iboratki, mulkdorlar real, ularning faoliyati esa samarali bo’lishi kerak. Umuman, korxonaning barcha ishlovchilarini rasman akstiyadorlarga aylantirish uncha qiyin emas. Lekin ular haqiqatda boshqaruvda qatnashmasalar, dividendlar ola olmasalar va hatto, o’z akstiyalarini korxonadan tashqariga sota olmasalar, ularni real mulkdorlar deb bo’lmaydi.
Aholi shunday vaziyatni ko’rar ekan, bunday korxonaning akstiyalarini erkin bozordan ham sotib olmaydi, chunki korxona bilan bevosita bog’langan odamlar uning ishiga ta’sir ko’rsata olmasalar va qonunga muvofiq o’zlariga tegishli daromadni ola olmasalar, bu ish tashqaridagi mayda investorlar uchun yanada mushkul kechadi. Xulosa aniq: mulkdorlar huquqlarini amalga oshirish va ularni himoya qilishning real mexanizmlari bo’lmog’i kerak. Busiz mulk nomigagina mavjud bo’ladi. Bu mol-mulkning esa egasi bo’lmaydi. Bunday vaziyat iqtisodiyot uchun ham juda xavflidir. Chunki bu hozirgi paytda mol-mulkdan amalda foydalangan yoki hatto, undan foydalanish imkoniyatiga ega kishilarning noqonuniy ravishda boyishi uchun keng imkoniyat yaratib beradi.
Haqiqiy mulkdor o’z tabiatiga ko’ra, oqilona ish olib borishi va o’ziga qarashli mulkni ko’paytirishga harakat qilishi kerak. Bordi-yu, shunday bo’lmasa, demak, mol-mulkni tasarruf qiluvchi sub’ekt yo o’zini mulkdor deb hisoblamaydi, yoki o’zining huquqlarini zarur kafolatlarga ega emas deb hisoblaydi, yoki mol-mulk yangi egasiga saqlash va ko’paytirish tamoyillariga mutlaqo yordam bermaydigan shartlar bilan tekkan bo’ladi. Shu sababli, mulk huquqi qonun bilan himoyalangan bo’libgina qolmay, u jamiyatdagi barcha munosabatlar tizimi bilan amalda ta’minlangan bo’lishi kerak. Faoliyati o’ziga qarashli mulkni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va ana shu asosda yangi moddiy boyliklar yaratishga qaratilgan shaxslarni har tomonlama rag’batlantirish zarur. Mulkdorlar sinfi mavjud mol-mulk va daromadlar asosida, shu jumladan:
- jamg’armalarni qimmatli qog’ozlarga solish, shuningdek xususiy shaxslarga qarashli ko’chmas mulk va boshqa mol-mulklardan foydalanish yo’li bilan;
- davlatga qarashli mol-mulkni (aukstionlarda va tanlov asosida), shuningdek xususiylashtirilayotgan korxonalar akstiyalarini sotib olish orqali mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida;
- yuridik shaxs tashkil etmagan holda va korxonalar ochmagan holda yakka tartibdagi mehnat faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali shakllantiriladi.
Mulkdorlar ixtiyoridagi barcha ob’ektlarni daromad olish maqsadida foydalanilmaydigan ob’ektlar va ishlab chiqarish resurslariga ajratish mumkin.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: mehnat, er, sarmoya:
a) moddiy aktivlar;
b) moliyaviy aktivlar, shu jumladan: pul mablag’lari; qimmatli qog’ozlar;
v) nomoddiy aktivlar – intellektual mulk ob’ektlari.
Ishlab chiqarish resurslaridan daromad olish va mulkni ko’paytirish uchun foydalaniladi. Biror- bir mol-mulkka ega shaxs mulkdordir.
Mulkdor moddiy va intellektual mulk ob’ektlariga ega, ularni tasarruf etish va ulardan o’z xohishiga qaratib, shu jumladan daromad olish maqsadida foydalanish huquqiga ega jismoniy shaxsdir.
Mulkdorlar sinfi uch guruhdan iborat:
- daromad keltirmaydigan va shaxsiy maqsadlarda foydalanishga mo’ljallangan mol-mulkka ega mulkdorlar;
- shaxsiy iste’molga mo’ljallangan mol-mulk bilan bir qatorda, qo’shimcha tadbirkorlik daromadi yoki kiritilgan sarmoyadan daromad olish uchun foydalaniladigan aktivlar (sarmoya)ga ega o’rta mulkdorlar;
- yirik xususiy korxonalar, firmalarga ega va ularning faoliyatidan katta daromad oladigan yirik mulkdorlar.
Ushbu guruhlarning shakllanishiga qanday omillar ta’sir etadi? Birinchi navbatda, psixologik xususiyatlar ta’sir ko’rsatadi. Odamni zo’rlab mulkdorga aylantirib bo’lmaydi. U bunga ruhan tayyor bo’lishi kerak. Bu esa juda qiyin narsa. Chunki odamlarga haddan tashqari uzoq vaqt mobaynida xususiy mulk va uning sohiblarini boshqalarga nisbatan tashabbuskorroq va tadbirkorroq bo’lganligi tufayli moddiy jihatdan yaxshiroq yashaganlarni yomon ko’rish va ularga ishonmaslik hissi singdirib kelindi.
Endi esa zamon o’zgardi, xususiy mulkka munosabat ham o’zgarmoqda, lekin eski tasavvurlar hali ham mavjud. Ko’pchilik davlatning g’amxo’rlik qilishiga umid bog’lab o’tirmasdan, o’z farovonligi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga hali tayyor emas. Ijtimoiy passivlik mulkdorlar sinfini shakllantirish yo’lidagi jiddiy to’siqdir.
Mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosiy yo’llaridan biri –tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakli rivojini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Akstiyalashtirish keng aholi ommasini mulkka egalik qilishga jalb etishning eng samarali vositasidir. Biroq, bu jarayon murakkab, ko’p qirrali bo’lib, u bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining manfaatlariga daxldordir. Hozir respublika iqtisodiyotida ochiq turdagi akstiyadorlik jamiyatlari keng yoyilgan.
Bu jamiyatlarning ustav sarmoyasini tashkil qilishda ishtirok etuvchi ulushlar, odatda, quyidagicha taqsimlanadi:
- davlat ulushi;
- mehnat jamoasi ulushi;
- xorijiy sherik ulushi;
- fond birjalari va qimmatli qog’ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet elda ham erkin sotish uchun ajratilgan ulushi.
Davlat va mehnat jamoalariga qarashli akstiya paketlari hajmini Davlat mulk qo’mitasi belgilaydi. Fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan yoki bepul olingan har qanday akstiyalar ularning mulkdorlari tomonidan qonun doirasida hech bir cheklovsiz sotilishi mumkin. Akstiyalarning qo’shimcha (ikkilamchi) emissiyasi va ularni joylashtirish akstiyadorlik jamiyati tomonidan amaldagi qonunlarga muvofiq olib boriladi.
Korxonani xususiylashtirishning yana bir shakli uni tanlov asosida yoki kimoshdi savdosida jismoniy yoki yuridik shaxslarga xususiy mulk qilib sotishdan iborat. Bunda xaridor sotib olingan ob’ektlarga nisbatan ma’lum talablarni bajaradi. Tanlov shartlari O’zbekiston Respublikasi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasidagi tartiblariga muvofiq belgilanadi va u quyidagi majburiy bandlarga ega bo’ladi:
- aukstionda xususiylashtirilgan davlat korxonalarining mulkdorlariga aylangan jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu korxonalar tasarrufida bo’lgan, sotib olingan mol-mulk tarkibiga kirmagan, turar joy bo’lmagan davlatga qarashli binolar, inshootlar va qurilishlarni ijaraga olish haqida uzoq muddatli (10 yilgacha) shartnomalar tuzish huquqi beriladi. Ijara shartlari ilgari tuzilgan shartnomalarga nisbatan (agar shartnomaning o’zida boshqacha tartib belgilangan bo’lmasa) faqat taraflarning kelishuviga muvofiq o’zgartiriladi. Xususiylashtirilgan savdo va xizmat ko’rsatish sohasi ob’ektlarining mulkdorlari shu korxonalar egallab turgan er uchastkalarini mulk qilib sotib olish huquqiga ega;
- korxona va tashkilotlar, shu jumladan, tugatilayotgan va tugatilgan korxona va tashkilotlarning mol-mulki Respublika ko’chmas mulk birjasi va uning filiallarida aukstion savdoda Davlat mulk qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq sotiladi;
- davlatga qarashli ishlab turgan korxona tashkilotlarning mol-mulki (aktivlari) faqat Davlat mulk qo’mitasi ruxsati bilan va belgilangan tartibda sotiladi.
Respublikada mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish asta-sekin, biridan ikkinchisiga o’tiladigan uch bosqichda amalga oshiriladi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida ijara korxonalari, kichik, xususiy korxonalar, akstiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar, fermer xo’jaliklari, kooperativlar va dehqon xo’jaliklari kabi tashkiliy-huquqiy shakllari tashkil topdi.
Erishilgan natijalar bilan birga, jiddiy yondashish va tez hal etishni talab qiladigan bir qancha muammolar ham mavjud:
- birinchidan, xususiylashtirishni amalga oshirishning past sur’atlari uning samaradorligini kamaytirmoqda. Jahon amaliyoti islohotlar bir vaqtda va muntazam amalga oshirilganida ijobiy samara berishini ko’rsatmoqda. Xususiylashtirish sustlashsa, odamlarning mos ravishda fikr yuritish jarayoni sekinlashadi, iqtisodiy xulq-atvorning eski stereotiplari uzoqroq saqlanib turadi;
- ikkinchidan, bir tarmoq (yoki soha)da xususiylashtirish amalga oshirilib, u bilan bog’liq boshqa sohada davlat mulki yoki uning monopoliyasi saqlanib qolishi xususiylashtirilgan korxonalarning manfaatlarini kamsitadi. Bu hol, avvalo, turli tarmoqlardagi narxlarning pariteti buzilishida namoyon bo’ladi. Masalan, agrar sektorda nisbatan tez amalga oshirilgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qishloq xo’jaligi manfaatlariga zarar keltiradi. Chunki qishloq xo’jaligiga texnika, o’g’itlar, elektr energiyasi, yoqilg’i etkazib beruvchi korxonalar ancha kech xususiylashtirildi va ular monopolistlar (yoki oligopolistlar) mavqeini saqlab qolib, o’z mahsulotlari narxini oshirdilar. Buning natijasida agrar sektor katta iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi;
- uchinchidan, xususiylashtirishning pulli bo’lishi xususiylashtirilayotgan ob’ektlar bozoriga munosib baholanishini taqozo etadi. Biroq mol-mulkni baholashning ilmiy usullari va islohotlarning dastlabki bosqichida tegishli mutaxassislarning bo’lmaganligi ko’pdan-ko’p tartibbuzarliklarni keltirib chiqaradi. Buning natijasida, mulk tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni istagan va shug’ullana oladigan kishilar qo’liga emas, balki tasodifiy kishilar qo’liga o’tib qoladi.
Umuman, keltirilgan muammolar murakkab bo’lishiga qaramay, O’zbekistonda mulkdorlar sinfini shakllantirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay vaziyat vujudga keldi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz tarkibida real mulkka ega, uni qadrlayotgan va ularni o’z moddiy farovonliklari uchun asos qilib olayotgan kishilarning katta guruhi shakllandi. Ushbu ijtimoiy qatlamni yanada mustahkamlash davlatning iqtisodiy qudrati oshishi, uning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi ta’minlanishi, demokratik qadriyatlar qaror topishiga olib keladi.
5. Tadbirkorlikning iqtisodiyotda tutgan o’rni
Inqirozga qarshi choralar dasturida iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes sub’ektlari yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2011 yilda 50 foizdan oshdi. Holbuki, 2002 yilda bu ko’rsatkich 30 foizni tashkil etgan edi. Bunday natija birinchi navbatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanayotgani samarasidir (2-rasm).
1.2-rasm. Kichik biznes va tadbirkorlikni YaIMdagi ulushi
2-jadval
O’zbekistonda kichik biznesning iqtisodiyot asosiy tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar hajmidagi ulushi, foizda
Ko’rsatkichlar |
2010 yil |
2011 yil |
Sanoat |
13,9 |
16,9 |
Qishloq xo’jaligi |
97,8 |
97,9 |
Qurilish |
48,3 |
41,6 |
Savdo |
48,1 |
46,5 |
Asosiy kapitalga investistiya |
23,1 |
23,7 |
Pullik xizmat |
48,5 |
48,7 |
Eksport |
12,4 |
14,6 |
Import |
35,7 |
42,5 |
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal rivojlanishida, avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari etarli darajadagi rag’batlantiruvchi rol o’ynayotganligi hisoblanadi. Jumladan, bu borada 2010 yilda kichik sanoat korxonalari uchun yagona soliq to’lovi 8 dan 7 foizga pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o’rtacha 1,3 barobar kamaytirildi (2-rasm).
2-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun belgilangan solik stavkalari
Chizmadagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, 1996-2010 yillar mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun belgilangan soliq stavkalari 38 dan 7 foizgacha, ya’ni 5,4 marta qisqargan.
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash tadbirlari kuchaytirildi. Xususan, 2011 yil davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 1 trln. 850 mlrd. so’mdan ortiq kreditlar ajratildi (3-rasm).
3-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ko’llab- kuvvatlash uchun ajratilgan kreditlar mikdori
2-jadval
O’zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi mavjud infratuzilma ob’ektlari (2011 yil 1 yanvar holatiga, birlikda)
Infratuzilma ob’ekti nomi |
Soni |
Tijorat banklari filiallari |
1042 |
Minibanklar |
2318 |
Axborot-maslahat markazlari |
262 |
Konsalting markazlari |
327 |
Auditor firmalari |
113 |
O’quv markazlari |
917 |
Baholash kompaniyalari |
138 |
Tovar xomashyo birjasining savdo maydonchalari |
204 |
Mikrokredit tashkilotlari |
32 |
Kredit uyushmalari |
103 |
Biznes-inkubatorlar |
34 |
Sug’urta tashkilotlari |
32 |
Brokerlik idoralari |
1424 |
Ma’lumotlardan ko’rinadiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga yo’naltirilayotgan kreditlar miqdori 2003-2011 yillar mobaynida deyarli 11 barobar o’sgan. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati jadal rivojlanishida unga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma muassasalarining tashkil etilishi va xizmat sifati darajasining yaxshilanib borishi sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda (2-jadval).
Jadvaldan ko’rinadiki, bugungi kunda mamlakatimiz kichik biznes sohasiga o’ndan ortiq turdagi 8 mingga yaqin infratuzilma muassasalari xizmat ko’rsatib, faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Buning natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mamlakatimizda yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo’lib bormoqda (3-jadval).
3-jadval
2011 yilda O’zbekistonda yaratilgan ish o’rinlari
Ko’rsatkich |
Soni, nafar |
2009 yilda yaratiladigan jami yangi ish o’rinlari |
940532 |
O’tgan yilga nisbatan, foizda |
142,3 |
Shundan quyidagi asosiy yo’nalishlarda yaratilgan ish o’rinlari: |
|
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida |
391809 |
o’tgan yilga nisbatan, foizda |
104,7 |
Uy mehnatining barcha shakllarini tashkil etish, jami |
196745 |
Shu jumladan, korxonalar bilan kooperastiyada (mehnat shartnomasi asosida) |
77466 |
Yangi ob’ektlarni ishga tushirish, mavjud ishlab chiqrishlarni qayta qurish va kengaytirish |
70587 |
Ish joylarini ko’paytirishning qo’shimcha chora-tadbirlari (Inqirozga qarshi dastur va boshqa qo’shimcha choralar) |
281391 |
Jadvaldan ko’rinadiki, mamlakatimizda 2011 yilda yaratilgan jami 940,5 mingdan ortiq yangi ish o’rinlarining 391,8 mingtasi (41,7 foizi) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga to’g’ri kelmoqda. Bu o’tgan yildagiga nisbatan 4,7 foizga ko’proq demakdir. Jami yangi ish o’rinlarining deyarli 21 foizi turli shakllardagi uy mehnatini yo’lga qo’yish, 7,5 foizi yangi ob’ektlarni ishga tushirish, mavjud ishlab chiqarishlarni qayta qurish va kengaytirish, deyarli 30 foizi ish joylarini ko’paytirishning qo’shimcha chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga tashkil etilgan. Natijada kichik tadbirkorlikda band bo’lganlarning jami iqtisodiyotdagi band bo’lganlarga nisbatan ulushi 2010 yilda 73,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2011 yilga kelib, 74,2 foizga etdi.
Bundan ko’rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatida amal qilmoqda.
6. O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik
O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o’tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko’maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O’zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.
Kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar davlatga bog’liq bo’lmagan holda, ya’ni katta kapital mablag’larsiz o’zlari ish joylarini joriy etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo’qotishlari mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning ehtiyojlarini qondirish sari yo’naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko’rsatish hamda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko’rinmoqda. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega.
Respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O’zbekistan Respublikasining «Korxonalar to’g’risida», «Mulk to’g’risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to’g’risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda.
Kichik korxonalar fan-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o’tishda tobora o’z o’rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish bilan ish jarayonini ta’minlovchi tizimning asosiy bog’lovchilik sifatini namoyon etmoqda.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq iste’moli mollarini, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqda. Kichik korxonalar ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq, ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hokazolardir.
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb etish va xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF-3305-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan «o’rta korxonalar» tushunchasi bekor qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab, quyidagilar kichik biznes sub’ektlari hisoblanadi:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni 20 kishi, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan tarmoqlarda 10 kishi, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar.
Quyidagi tarmoqlarda band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni:
- engil va oziq-ovqat sanoti, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash va mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatida – 100 kishidan;
- mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida – 50 kishidan;
- fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlannish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida – 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.
Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga tez moslashadi hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli o’tishini ta’minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki kichik korxonalar o’z faoliyatini tor ishlab chiqarish dasturlari, ilg’or texnologiya, kam turkumli ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar ishlab chiqarishga tezda moslaydi hamda bozor asoslarini tez o’zlashtirib boradi.
Mulkchilik shakllariga ko’ra kichik korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar.
2. Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar.
3. Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlaydigan kichik korxonalar.
4. Ijara korxonalari.
5. Kichik qo’shma korxonalar.
2009 yilda respublikada tadbirkorlik, uning kichik biznes shakli bilan band bo’lgan korxonalar soni 400 mingdan oshdi. Ularning yalpi ichki mahculotdagi ulushi 50,1 foizni tashkil etadi. Tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 392 mingta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Kichik biznes korxonalari faoliyatining tahlili ular qishloq xo’jaligi sohasida, ayniqsa jadal rivojlanayotganligini ko’rsatadi. 2009 yilda ular soni 100 mingdan oshib ketdi. Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqaruvchilarning asosiy hissasini fermer xo’jaliklari tashkil etadi, ularning soni 2000 yilga nisbatan 4 barobar oshdi. Bugungi kunda mamlakatimiz fermerlik xo’jaliklarida 1 milliondan ziyod kishi band bo’lib, 2009 yilgi paxta xomashyosining 66 foizi, g’allaning 55 foizdan ortig’i fermer xo’jaliklari tomonidan etishtirildi.
Respublikamizda kichik biznes korxonalari sonining izchillik bilan ortishi, iqtisodiyotning barcha sektorlarida, jumladan, transport, aloqa, sog’liqni saqlash va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida ham kuzatilmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ham asta-sekin rivojlanmoqda. Uning umumiy eksport hajmidagi ulushi 2009 yilda 14,7 foizni tashkil etdi. Kichik biznes korxonalarining asosiy eksporti qishloq xo’jaligi, to’qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnika ishlab chiqarish mahsulotlari hamda xalq amaliy san’ati buyumlaridir.
Yuqoridagi tahlillar shuni ko’rsatadiki, so’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. Shu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati ortib bormoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta’minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperastiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta’minlab bo’lmaydi;
- bozor uchun zarur raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o’zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o’zgartirib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;
- iste’molchilik sohasida yuzaga keladigan bo’shliqni tezda to’ldirishga qodir bo’lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnologiyadan foydalanib sarflangan sarmoyaning o’rnini juda tez qoplay oladi.
Kichik biznes va xususiy tabdirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo’lishi imkoniyatlarini yaratadi:
- izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o’zlashtirish, ularni talabning tez o’zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish;
- tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste’molchilar bilan mustahkam aloqalar o’rnatish;
- ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni bozor talablari hamda bozor vaziyatlari o’zgarishlariga muvofiq olib borish;
- ortiqcha ish kuchini o’ziga singdirish;
- boshqarishning oddiyligi, katta ma’muriy apparatning yo’qligi, qurilish va loyiha quvvatlarini o’zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o’zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik;
- xomashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to’liqroq va samaraliroq foydalanish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda u bilan bog’liq barcha narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va tarkibiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o’rin ajratilib, ularga davlat tomonidan madad berilmoqda.
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes fan-texnika rivojini jadallashtirish, sanoatning ilg’or tarmoqlarida yangi texnologiyalarga o’tish sharoitida o’z o’rnini topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalari, yangi g’oyalar va ishlab chiqarishni modernizastiyalash bilan ishlashni ta’minlovchi butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo’lgan sharoitlarda ishlab chiqarishning ma’qul shakllaridan hisoblanadi.
Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega. Yangi texnologik g’oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab chiqarishga nisbatan ishni tezroq yo’lga qo’yish mumkin. Bu esa bizning sharoitda fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirishga yordam berishi mumkin.
Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta’minlash, tovar va xizmatlar etishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik katta o’rin tutadi. Mehnat resurslari tez o’sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi o’ziga xoslik sharoitlarida O’zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga keltirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- erkin mehnat resurslari, yangi xo’jalik munosabatlarining joriy etilishi, yangi mulkchilik shakllarining paydo bo’lishi natijasida ishlab chiqarishda bo’shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko’proq jalb etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’lishi;
- aholining, birinchi navbatda, yoshlarning moddiy, ma’naviy va kasb darajasini ko’tarish;
- aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq iste’moli mollariga ehtiyojlarini to’laroq qondirish;
- milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek kichik va o’rta shaharlar, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko’rsatish, umuman, har bir mintaqa uchun g’oyat muhim iqtisodiyot samaradorligini oshirish.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijobiy ahamiyatini e’tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham to’g’ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko’rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun zarur sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg’armalarini tashkil etish kerak. Bu jamg’armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil bo’lishlari, subsidiyalar, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalarni rivojlantirish uchun) manba bo’lib xizmat qilishlari lozim.
O’zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat ko’rsatadigan banklar, fondlar, investiiyalar va sug’urta tashkilotlari faoliyatlarini rag’batlantirish yo’nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mamlakatlardagi kabi O’zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayotgan bo’lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me’yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi qarz berishdagi asosiy shartlar hisoblanadi.
Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko’rib bo’lmaydigan xilma-xil xatarli vaziyatlar katta ta’sir ko’rsatadi, kon’yunkturaning keskin o’zgarib ketishi, mijozlarning to’lovga qodir bo’lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni tang ahvolga tushirib qo’yadi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda sug’urtalar tizimi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Mamlakatimizda ham sug’urtalar barpo etilishi zarur. Bu tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa, tijorat xatarlari katta bo’lgan sohalarda) qulay sharoitlarni kafolatlashi, shaxsiy yoki qarz olingan kapital bilan tavakkal qilib ish boshlagan tadbirkorlarga ishonch va zarur barqarorlikni yaratishi kerak.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatning rivojlanishi, iste’mol bozorini tovar va xizmat turlari bilan to’ldirish, shuningdek xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda respublikada quyidagi masalalarni hal etish lozim:
- aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf etish, aholida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug’ullanish istagini uyg’otish;
- qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va fermer xo’jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo’li bilan vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo’shimcha ish joylari bilan ta’minlash;
- mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashtirish, iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- respublika aholisining ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini to’laroq qondirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni barpo etish;
- ko’rsatiladigan xizmatlar turi va miqyosini keskin oshirish, bank, auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta’minlash;
- korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lishlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish;
- joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko’ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste’mol bozorini tovar bilan to’ldirib, eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy etish.
Ma’lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65,3 foizi qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko’rsatish, qayta ishlash va shu kabi yo’nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlik, uning kichik biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog’liq turli boshqaruv pog’onalarida tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Tadbirkorlikning kelib chiqish tarixi va mohiyati to’g’risida gapirib bering.
2. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi to’g’risida nimalar deya olasiz?
3. Kichik biznesni rivojlantirishning qanday afzalliklari mavjud?
4. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asosini ta’minlovchi qanday qonunlarni bilasiz? Izohlang.
5. Tadbirkorlik muhitiga qanday omillar ta’sir etadi?
6. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
7. Mulkchilik shakllariga ko’ra korxonalarning necha turi mavjud?
8. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish yo’nalishlarini ko’rsatib bering.
9. Davlatning kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qanday siyosati amalga oshiriladi?
Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo’nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.
Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga bo’linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini chizma shaklida quyidagicha ifoda etish mumkin (1-rasm).
|
|
Tadbirkorlik faoliyati turlari |
|
|
|||||
|
|
|
|
||||||
|
|||||||||
Ishlab chiqarish |
|
Tijorat |
|
Moliyaviy |
|
Konsaltinglar |
|||
|
|
|
|
|
|
|
|||
Innovastion |
|
Savdo |
|
Bank |
|
Umumiy boshqarish |
|||
|
|
|
|
|
|
|
|||
Ilmiy-texnik |
|
Savdo-xarid |
|
Sug’urta |
|
Ma’muriy boshqaruv |
|||
|
|
|
|
|
|
|
|||
Tovar ishlab chiqarish |
|
Savdo-vositachilik |
|
Auditorlik |
|
Moliyaviy boshqarish |
|||
|
|
|
|
|
|
|
|||
Xizmat ko’rsatish |
|
Tovar birjalari |
|
Lizingli |
|
Xodimlarni boshqarish |
|||
|
|
|
|
|
|
|
|||
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish |
|
|
|
Fond birjalari |
|
Marketing |
|||
|
|
|
|
|
|
|
|||
Iste’mol xizmatlari ko’rsatish |
|
|
|
|
|
Ishlab ichqarishni boshqarish |
|||
|
|
|
|
|
|
|
|||
Axborot |
|
|
|
|
|
Axborot texnologiyasi |
|||
1-rasm. Tadbirkorlik faoliyati turlari tarkibi
Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo’lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko’rsatiladi, ma’lum ma’naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish hamda sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta’riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqtda daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil etsa, tijorat faoliyati esa bu ko’rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarning almashinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug’urta muassasalari shaklida ham faoliyat yuritadi.
Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga nisbatan kamroq samara beradi. Bu ko’rsatkich 5-10%ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko’p yo’nalishlardan iborat bo’lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.
Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo’lib, bir-birini to’ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.
Innovastion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug’ullanishi, qanday mahsulot ishlab chiqarishi, qanday xizmat ko’rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug’ullanadi. U tovarga talabni bilish maqsadida tovarning potenstial iste’molchilari, xaridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqa qiladi.
Muzokaralar ishbilarmon va bo’lajak xaridorlar o’rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olish imkonini beradi. Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og’zaki va’dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakatlarda og’zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo’lib, zarur hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og’zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Tadbirkorlik faoliyatining keyingi bosqichi ishlab chiqarish omillarini sotib olish yoki ijaraga olishdir.
Ishlab chiqarish omillari. Ma’lumki, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari o’z navbatida asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo’linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) inshootlar, uzatuvchi moslamalar, quvvatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va jihozlar, o’lchov uskunalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asbob-uskunalardan iborat. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga stex zavod va laboratoriya binolari kiradi.
Korxona hududi atrofidagi devorlar, ko’priklar, neft quduqlari, ko’mir koni qatlamlari va shunga o’xshash boshqa qurilmalar inshoot jumlasiga kiradi. Uzatuvchi moslamalarga quvvatli kabellar, elektr uzatkich liniyalari, turli uzatkich quvurlari, neft va gaz uzatkich quvurlari kiradi. Quvvatli mashinalarga turli dvigatellar, turbinalar, bug’ qozonlari va boshqalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining muhim elementi ishchi mashina va uskunalar hisoblanadi. Ularga yordamchi stexlarning barcha texnologik moslamalari, mashina va uskunalari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu mashina va uskunalarda mahsulotlarning asosiy qismi tayyorlanadi. Transport vositalari tarkibiga avtomobil, temir yo’l, havo yo’llari va boshqa transportlarning barcha turlari kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg’i va energetik resurslar, idish va idish moslamalar, chidamsiz va qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab chiqarish moslamalari, ta’mirlash uchun zarur ehtiyot va butlash qismlari tashkil etadi. Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, o’zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulot, kelajakdaagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi.
Qayta ishlov berilmagan sanoat mahsulotlari (ruda, neft, ko’mir, gaz va boshqalar), qishloq xo’jaligi mahsulotlari (paxta, jun, teri va boshqalar) xomashyoni tashkil etadi. Materiallar esa ma’lum qayta ishlash jarayonidan o’tib tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan mehnat mahsulotidir. Asosiy materiallar bo’lajak tayyor mahsulot (temir, yog’och, mato)ning asosini tashkil etadi, yordamchi materiallar (bo’yoq, tugma va boshqalar) asosiy materiallar uchun ishlatiladi yoki (moylash moylari) ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashadi.
Asbob-uskunalar narxi va ishlatish muddatiga qarab aylanma fondlarga kiritiladi. Asbob-uskunalarning xizmat muddati bir yildan oz bo’lsa, u aylanma fondlarga taalluqlidir. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olingan yoki o’zida tayyorlangan turlariga bo’linadi. Yarim tayyor mahsulotlar iste’molga tayyor bo’lmagan bo’lib, uni boshqa stex firma yoki korxonada tayyor holatiga keltirish lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish tugallanmagan mahsulot bo’lib, yarim tayyor mahsulotdan farqli ravishda o’z ishchi joyida turadi. Uni me’yoridagi ishlov berish uchun korxonaning boshqa bo’linmasiga berilmay, shu stexning o’zida qiyomiga etkaziladi.
Kelajakdagi xarajatlarga alohida to’xtalish lozim. Bu xarajatlar yangi mahsulotlarni tayyorlashdagi xarajatlar bo’lib, keyinchalik ishlab chiqarish xarajatlari jumlasiga kiritiladi. Ishchi kuchini tadbirkor e’lon, mehnat birjasi, ishga joylash agentligi, tanish-bilishlar orqali topadi. Ishga olishda nomzodning ma’lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi. So’ngra tadbirkor moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, tayyorlanadigan mahsulotlarni sotish bozori haqida axborot to’playdi.
Moliyaviy mablag’ga bo’lgan talab va uning hisobi. Tadbirkorlik bitimini tuzish moliyaviy xarajatlar bilan bog’liq. Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati uchun zarur pul miqdorini (Pp) quyidagi formula asosida hisoblash mumkin:
Pp = Pi + Pm + Pv + Pa + Ph ;
Bu erda:
Pi – yollanma ishchilarga maosh to’lash uchun zarur pul mablag’lari;
Pm – sotib olinadigan material, xomashyo, yarim tayyor mahsulot, butlash qismlar, yonilg’i, energiya uchun to’lovlar;
Pv – mehnat vositalari (asosiy ishlab chiqarish fondlari) – bino, inshoot, uzatish moslamalari, mashina, hisoblash texnikasi, asbob-uskunalar, transport vositalarini sotib olishga ketgan mablag’lar;
Pa – axborot uchun sarflangan mablag’lar;
Ph – boshqa tashkilotlar xizmatiga (qurilish ishlari, transport xizmatlari va boshqalarga) ketgan to’lovlar.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanish uchun tadbirkor boshlang’ich kapitalga ega bo’lishi kerak. Har qanday kishining bunga imkoni bo’lmasligi mumkin. Ushbu holatda ishbilarmon tijorat banki yoki mablag’i bor shaxsga kredit olish uchun murojaat qiladi. Buning boshqa yo’li ham bor – tadbirkor ishlab chiqarish omillari (bino, uskuna, xomashyo, material, axborot va boshqalar)ni kreditga ham olishi mumkin. Tadbirkor kredit bergan shaxsga olingan pul mablag’i yoki kreditga olingan ishlab chiqarish omillarining qiymatini qo’shimcha foizlar bilan qaytarishi kerak.
Mablag’larni imtiyozli asosida davlat tuzilmalari ajratishi mumkin. Buning uchun O’zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida maxsus jamg’armalar tuzilib, kredit berishga imtiyozlar yaratilgan. Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatida bilvosita ishtirokchi bo’lib, unda moliya soliq organlari ishtirok etadi. Ular tadbirkorlik faoliyati hisobidan mahalliy byudjetga majburiy to’lovlar, ajratmalar va jarimalar o’tkazish bilan shug’ullanadilar.
Ishlab chiqarish faoliyati natijasi. Mahsulotni sotish, biror- bir ishni bajarish, xaridorga, iste’molchiga xizmat ko’rsatish va ma’lum hajmda foyda olish tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatining natijasidir.
Tadbirkor foydasi yalpi va sof foydaga bo’linadi. Ishlab chiqarish va sotishga ketgan xarajatlardan keyin qolgan tushum yalpi foyda deyiladi. Yalpi foydadan soliqlar to’lanadi. Yalpi foyda hisobidan soliqlar, jarima va boshqa to’lovlar to’langandan keyin qolgan pul sof foyda hisoblanadi. Tadbirkorning umumiy moliyaviy bahosini rentabellik ko’rsatkichi belgilaydi. U sof foydaning jami xarajatlarga nisbati shaklida aniqlanadi.
Venchur biznesi. Gap innovastion tadbirkorlik haqida ketganda, venchur biznesi haqida tasavvur hosil qilish katta ahamiyatga ega. Venchur biznesi keyingi vaqtda ancha rivojlandi va u tavakkal biznesi turiga kiradi. Biznesning bu turi yangi texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog’liq. Venchur biznesi yuqori texnologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish bilan bog’langan. Bu sohalarda samara olinishi kafolatlanmagan. Ya’ni ma’lum tavakkalchilik mavjud. Yangi va eng yangi texnologiyalarni joriy etish bilan shug’ullanuvchi fan-texnika firmalari venchur firmalar deyiladi. Ularning daromadi kafolatlanmagan bo’lib, faoliyati tavakkal kapital bilan bog’liq.
Shuni ta’kidlash kerakki, kichik korxonalar innovastion tadbirkorlikni rivojlantirishda katta rol o’ynaydi. Venchur biznesi egiluvchanligi bilan innovastion ishbilarmonlikning boshqa shakllariga nisbatan qator ustuvorlikka ega. Venchur biznesi tavakkalni o’zaro bo’lish tamoyiliga asoslanadi. Bu esa mablag’i bo’lmagan g’oya mualliflariga o’z g’oyalarini amalga oshirishga imkon tug’diradi.
Venchur biznesi dastlab AQShda yuzaga kelib, keyinchalik keng rivojlanib ketdi. Har bir kichik innovastion biznesning moddiy va moliyaviy imkoniyati fan-texnika bazasi jihatdan cheklangan bo’lib, davlat ko’magiga muhtojdir. AQShda kichik innovastion biznesga davlat tomonidan yordam ko’rsatish dasturi ishlab chiqilgan. Dasturga asosan kichik biznes bevosita federal byudjetidan moliyalashtiriladi, vazirlik va muassasalar doimiy ravishda ular bilan shartnoma tuzadilar. AQShda venchur biznesida tuzilgan kompaniyalarning akstiyalari imtiyozli narxlarda innovastion firmalarga sotilib, olingan mablag’lardan g’oyalarni joriy etish uchun foydalaniladi.
O’zbekistonda ham venchur biznesi rivojlanishiga barcha imkoniyatlar yaratilgan. Birinchi navbatda, bu qimmatbaho qog’ozlar bozori mavjudligidir. Keyinchalik, intellektual mulk bozoriga xorijiy firmalar kirib keldi. O’zbekiston ishbilarmonlari ham o’z navbatida Venchur biznesiga katta qiziqish bilan qaramoqdalar.
Bular Venchur biznesi mamlakatimizda endi rivojlanayotganligidan dalolat berib, kelajakda innovastion biznes rivojlanib ketishiga turtki bo’ladi.
Tijorat tadbirkorligi. Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan bog’liq.
Tovar birjasi – tovar namunalari xaridor tomonidan oldindan ko’zdan kechirilmagan va tovarlarni minimal partiyasi belgilangan ulgurji tovar bozori turi. Tovar birjasida o’zaro kelishilgan va rioya qilingan qoidalar asosida savdo operastiyalarini amalga oshirish uchun tijorat vositalari va ularning xizmatchilari o’z xohishlari bilan birlashadi. Ushbu birjaning maqsadi erkin raqobatning boshqarish mexanizmini tashkil etish va shu orqali talab va taklifni hisobga olgan holda haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birjasi standartlar bo’yicha sotiladigan tovarlar (don, ko’mir, metall, neft, yog’och)ning doimo faoliyat yurituvchi ulgurji savdo bozoridir. Shunga o’xshash birjalar barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Misol sifatida London (rangli metall), Liverpul (paxta), Singapur (kauchuk) va boshqa tovar birjalarini ko’rsatish mumkin.
Tovar birjalarida tovar egalari bilan oddiy savdo qilishdan tashqari f’yuchers bitimlari ham tuziladi. Bu bitim bo’yicha sharnomada ko’rsatilgan tovar uchun to’lovni ma’lum vaqtdan keyin amalga oshirish mumkin.
Tovar birjalari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- savdo bitimlarini tuzishga vositachilik xizmati ko’rsatadi;
- tovar savdosini tartibga soladi, savdo jarayonlarini boshqaradi va savdo mojarolarini hal etadi;
- narxlar to’g’risida, shuningdek ishlab chiqarish va narxlarga ta’sir qiluvchi turli omillar haqida axborotlar yig’adi va e’lon qiladi.
Tovar birjalari aylanmasining aksariyat qismi bor tovarlar (kassa bitimlari) bilan emas, balki kelajakdagi tovar yoki tovar etkazib berish bitimi asosida (vaqtli bitim) amalga oshiriladi. Tovar birjalari ochiq yoki yopiq shaklda bo’ladi. Yopiq birjalardagi savdoda faqat brokerlar – sotuvchi va xaridor o’rtasidagi vositachilar ishtirok etadi. Ochiq birjalarda esa xohlagan kishi ishtirok etishi mumkin.
Respublika tovar-xomashyo birjasi 1994 yili ochiq hissadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi. U sanoat, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat tovarlari va xomashyo mahsulotlarini erkin ulgurji savdosini uyushtiradi. Birja savdolarida brokerlar orqali xarid qilingan mahsulotlar respublikadan tashqariga listenziyasiz va bojxona to’lovisiz chiqariladi. Tovar-xomashyo birjasining bo’linmalari barcha viloyatlarda va Qoraqalpog’iston Respublikasida tashkil etilgan.
Tovar-xomashyo birjasi XORIJIY davlatlar (Angliya, Polsha, Turkiya) hamda MDH mamlakatlari (Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston)ning tovar xomashyo birjalari, Kiev, Belarus universal birjalari bilan birjalararo aloqalarni yo’lga qo’ygan.
«O’zulgurjibirjasavdo» respublika tovar resurslari bozorini shakllantirishda zarur infratuzilmani yaratish maqsadida 1994 yili O’zbekiston shartnomalar va savdo bo’yicha davlat akstiyadorlik uyushmasi negizida tashkil etilgan. Ilgari xalq xo’jaligi ta’minotini respublika moddiy-texnika ta’minoti idorasi boshqargan. O’zbekistonda o’tkazilayotgan chuqur iqtisodiy islohotlar moddiy-texnika ta’minoti tizimini ham tubdan o’zgartirdi. «O’zulgurjibirjasavdo» xo’jalik mexanizmini rejaviy moddiy-texnika ta’minoti tizimidan erkin xo’jalik aloqalariga o’tishi, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot etkazib berish, ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish yo’li orqali amalga oshirishni ta’minlaydi. Moddiy-texnika ta’minoti va sotish bozor usullari bo’yicha oldi-sotdi, ulgurji savdo, yarmarka, birja va kimoshdi savdolari yo’li bilan amalga oshiriladi.
Ta’minotchi va iste’molchilar o’rtasida bevosita o’zaro manfaatli aloqalar moddiy-texnika ta’minotining etakchi shakli bo’lib qoldi. «O’zulgurjibirjasavdo» uyushmasi respublikada ishlab chiqarish vositalari bozorini vujudga keltirish, tovar resurslarini oldi-sotdisini uyushtirish, korxonalar, muassasalar va tadbirkorlarga xizmat ko’rsatishni kengaytirish hamda rivojlantirishga ko’maklashadi.
Uyushma tarkibida 13 ta respublika akstiyadorlik ulgurji vositachilik firmasi, «Sanoatanjomkartonsavdo» akstiyadorlik ishlab chiqarish savdo birlashmasi, respublika viloyatlari va Qoraqalpog’istondagi 14 ta hududiy tijorat-vositachilik akstiyadorlik kompaniyalari, akstiyadorlik transport ekspedistiya agentligi, akstiyadorlik tovar xomashyo birjasi, «Trastbank» akstiyadorlik birja banki, doimiy ishlaydigan yarmarka va kimoshdi bozorlari direkstiyasi mavjud.
Tovar olib-sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha operastiyalar. Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini tovar olib-sotish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Tijorat tadbirkorlik faoliyati umumiy shaklda ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyatiga o’xshab ketadi. Tijorat tadbirkorligida iste’molchiga moddiy resurslar o’rniga tayyor tovarlar sotiladi. Tijorat tadbirkorligida mahsulot ishlab chiqarish o’rnini tayyor tovar egallaydi. Tijorat bitimi tuzishdan oldin bozor tahlilini o’tkazish zarur.
Umumiy ko’rinishda marketing-tijorat korxonalari va firmalari xo’jalik faoliyatining barcha tomonlarini boshqarish va tashkil etish tizimidir. Marketing yordamida savdo korxonasining hayotiy faoliyati amalga oshiriladi, ya’ni bozor o’rganiladi, tovar iste’molchiga etkaziladi, moliyaviy ta’minot va foyda olish yo’lga qo’yiladi. Shu erda savdo korxonasiga o’zaro bog’liq ikki talab qo’yiladi, ya’ni iste’molchilarning o’zgaruvchan harakatiga o’rganish va raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatish.
Savdo sohasida marketingni amalga oshirishning eng muhim sharti uni rejalashtirishdir. Marketing rejasi natura va qiymat ifodasidagi sotish hajmini belgilaydi. Tovarlar talabga qarab farqlanadi. Birinchi guruhga bozorni hali egallamagan tovarlar kiradi, ikkinchi guruhni esa keng talabga ega an’anaviy tovarlar tashkil etadi.
Marketing tuzilmasi tezkor boshqarish ishlari bilan birga bozorni o’rganish, bashorat qilish, rejalashtirish, maqsadlarni amalga oshirish va ularni nazorat qilishni o’z ichiga oladi.
Savdo firmasidagi marketing faoliyatining model-dasturini oddiy chizma ko’rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin (2-rasm). Agar bozorning dastlabki tahlili va bashorati tijorat bitimini tuzish foydasiga hal bo’layotgan bo’lsa, tijoratchi shu bitim aks etilgan biznes-rejani va bo’lajak xarajat va kutilayotgan natijalarni ishlab chiqishi lozim.
Har bir tijorat bitimi umumiy holatda quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- savdo-vositachi xizmatlarni bajarish uchun ishchilarni yollash (tovarni sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini olib borish, kerakli xizmatlarni rasmiylashtirish);
- tovarni caqlash va sotish uchun kerak bo’lgan omborxona, baza, savdo do’konlarini sotib olish yoki ijaraga olish;
- tovarni keyinchalik sotish uchun sotib olish;
- amalga oshiriladigan ishni moliyalashtirish uchun pul mablag’larini kreditga olish va keyinchalik kredit va uning foizini qaytarish;
- vositachilik faoliyati ko’rsatayotgan boshqa tashkilot yoki shaxslarning xizmatlaridan foydalanish va ularga pul to’lash;
Marketing axborotini yig’ish va ma’lumotlar bankini shakllantirish |
|
Marketing boshqaruv bo’yicha qarorlar qabul qilish |
|
||
|
|
|
Ichki va tashqi muhit omillarini tadqiq qilish |
|
O’z bozor imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo’lish |
|
||
|
|
|
Tovar bozori holati va rivojlanishini o’rganish |
|
Tovar ishlab chiqarish bo’yicha xolisona qaror qabul qilish |
|
||
|
|
|
Talab va taklifga ta’sir etuvchi omillarnn aniqlash va ularni tahlil qilish |
|
Sotish va narx siyosatini shakllantirish |
|
||
|
|
|
Kerakli assortiment va tovar sifatiga talablarni aniqlash |
|
Iste’molchilar qiziqishi va talablarini qondirish |
|
||
|
|
|
Tovar ta’minotchilari bilan doimiy va ishbilarmonlik aloqalari o’rnatish |
|
Tovar bilan ta’minlashning tranzit va ombor shakllarini tashkil qilish |
|
||
|
|
|
Bozor munosabatiga qaratilgan savdo-texnologik jarayonni tashkil etish |
|
Tovar sotishda izchillik, rejalilik va barqarorlikni ta’minlash |
|
||
|
|
|
Reklama tadbirlarini amalga oshirish |
|
Sotilayotgan tovarlarga qiziqishni oshirish |
|
||
|
|
|
Firma obro’sini shakllantirish |
|
Do’konlarda o’ziga xoslik yaratish |
|
2-rasm. Savdo firmasida marketing faoliyatining
model-dasturi
- bitimda ko’rsatilgan ishni rejalashtirish, rasmiylashtirish va tartiblashtirish uchun zarur bo’lgan axborotni to’plash yoki sotib olish;
- tovarni xaridorga sotish;
- bitimni rasmiylashtirish, barcha soliq va to’lovlarni to’lash.
Tijorat bitimining barcha muhim tadbirlari muddat jihatidan o’zaro bog’liqdir. Bitim yakunida biznes-reja va harakatlarning yiriklashtirilgan muvofiqlashtiruvchi rejasi ishlab chiqiladi. Agar bitim yirik bo’lib, ko’p muddatga cho’zilsa, ishni bajarish reja jadvalini tuzish tavsiya etiladi.
Moliyaviy tadbirkorlik. Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko’rsatuvchi maqom bo’lib xizmat qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki – akstiyadorlik turidagi moliyaviy-kredit muassasasi bo’lib, asosan pul omonatlarini (depozitlarni) qabul qiluvchi va mijoz ko’rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operastiyalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat ko’rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag’lari o’rtasidagi farqlardan shakllanadi.
Tijorat banklari operastiyalari passiv (mablag’larni jalb etish), aktiv (mablag’larni joylashtirish), komission-vositachi (komission to’lovlari bo’lgan mijozlarning topshiriqlarini bajarish) kabi uch guruhga bo’linadi.
Tijorat banklari mablag’larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga beradi. Bu banklar kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni to’lash bilan bog’liq tijorat tavakkaliga uchraydi. Shu sababli bank berilgan qarzlari turli sabablarga ko’ra o’z vaqtida qaytmasligini hisobga olib, ma’lum pul zaxirasiga ega bo’lishi kerak.
1996 yil 25 aprelda qabul qilingan O’zbekistan Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunida tijorat banklari faoliyatining barcha huquqiy asoslari aniq belgilab berilgan. 1996 yilning birinchi choragida tijorat banklari vakillik hisob raqamlarini Markaziy bank hisob-kitoblar markaziga o’tkazish to’liq tugallandi va kliring markazlari tugatildi. Bu hudud ichidagi banklar o’rtasida operastiyalarning sanoqli soatlarda o’tkazilishiga imkon beradi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida bir qancha tijorat akstionerlik banklari faoliyat yuritmoqda. Tijorat banklari milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari, korxona va tashkilotlari, xo’jalik va tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisob-kitob xizmati ko’rsatishni amalga oshiradi. Banklar faoliyati to’la mustaqildir. O’z resurslari etmay qolganda ular boshqa banklardan yoki Markaziy bankdan kredit olishi mumkin.
Fond birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir. Kapitalning ko’payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatbaho qog’ozlar bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor tartiblashtirishdan iboratdir. Fond birjalarida qimmatbaho qog’ozlarning kopirovkasi o’tkaziladi. Bunga muvofiq birjaning kopirovka bo’limi mutaxassislari birja orqali o’tayotgan barcha qimmatbaho qog’ozlarning xarid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar. Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byulletenda chop etiladi.
Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu birjada ma’lum akstiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narxlar maxsus formula yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bo’ladi. Birja faolligi iqtisodiyotda sodir bo’layotgan ahvolni o’ziga xos ravishda aks ettiradi.
Shu bilan birga, davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho qog’ozlar savdosida birja roli ancha pasaydi. Buning asosiy sababi kuchli kredit-moliya institutlarining yuzaga kelishidadir. Ular qimmatbaho qog’ozlar savdosini birjalarsiz olib boradilar. Qimmatbaho qog’ozlar savdosida birjalar roli tushib ketganiga sabab, davlat obligastiyalarining qimmatbaho qog’ozlar umumiy hajmidagi salmog’i oshganligidadir.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda ham fond birjalari o’z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. «Toshkent» respublika fond birjasi erkin sotuvga chiqarilgan akstiyalar savdosi bilan shug’ullanuvchi yopiq akstiyadorlik jamiyati, 1994 yil aprelda «Toshkent» respublika universal tovar-fond birjasi tarkibidagi fond bo’limi asosida tashkil etildi.
Birja qimmatli qog’ozlarning bir maromda muomalada bo’lishini ta’minlaydi, ularning bozor bahosini belgilaydi va ularga doir ma’lumotlarni tarqatadi. Birjaning 81 brokerlik idorasi bo’lib, ularda jami 240 broker ishlaydi.
Respublikaning qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish borasida hukumat tomonidan bir qancha tadbirlar ko’rildi. Bunday bozorlar respublikada ilgaridan ma’lum bo’lib, 20-30 yillarda veksellar, depozitli sertifikatlar, obligastiyalar muomalada bo’lgan. 1995 yildan esa bunday qimmali qog’ozlar «Toshkent» respublika fond birjasi orqali sotila boshladi.
Respublika fond bozoriga Markaziy bank tomonidan veksellar bilan birga depozit va jamg’arma sertifikatlari chiqarildi. Qimmatli qog’ozlar bozorini kengaytirish maqsadida fond do’konlari tarmog’i vujudga keltirildi. Ularning soni 55 taga etdi.
1995 yilda «Toshkent» fond birjasi Evropa-Osiyo fond birjalari federastiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
Maslahat tadbirkorligi. Maslahat xizmatlarining mohiyati va bosqichlari. Ma’lum bir sohada o’z mutaxassisligi bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. Chet ellarda boshqaruv bo’yicha pulli maslahat konsalting deb yuritiladi. Iqtisodiyot va boshqaruv bo’yicha Evropa Federastiyasi Maslahatchilar Assostiastiyasining ta’rificha, menejment-konsalting boshqaruv bo’yicha muammo va imkoniyatlarni aniqlash, ularga baho berish, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda xolisona maslahat berish hamda yordam ko’rsatishdir.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda mablag’larni maslahatli xizmat shaklida intellektual kapitalga kiritish yangi uskuna yoki ilg’or texnologiyalarni sotib olishga ketgan mablag’lar bilan tengdir. Mablag’lar ishlatishning ushbu ko’rinishi mamlakatimizda endi amalga oshirilmoqda. Bu yo’nalishda intellektual imkoniyatlardan iqtisodiyot va boshqaruv sohalarida to’laligicha foydalanish yaxshi samara beradi. Ko’p korxonalar intellektual imkoniyatlaridan to’la va samarali foydalana olmasliklari sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida qiyin ahvolga tushib qolgan. O’z vaqtida maslahatchilar yordamidan foydalangan rahbarlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatida iqtisodiy samaraga erishganlar.
Germaniyaning mashhur «Porshe» avtomobil firmasi 1991 yilga kelib, tanazzulga uchrash arafasida edi. Korxona rahbarlari ahvolni tuzatish uchun Yaponiyaning «Sin gidzyustu» (bu «Yangi texnologiya» ma’nosini bildiradi) konsalting firmasiga murojaat etishdi. Firma «Touota»ning malakali mutaxassislarini yig’ib, ishga kirishdi. Chet ellik maslahatchilar sharoitni o’rganib chiqib, «Porshe» zavodida konveyer ish usulini joriy etdi. Ishlab chiqarishning barcha bo’g’inlarida xarajatlar keskin ravishda kamaytirildi. Konveyer tizimi o’zgartirilmasa-da mahalliy tajriba va an’analar hisobga olinmadi. Faqat yapon maslahatchilari taklif qilgan tizim ishlay boshladi.
Yaponiya texnologiyasi joriy etishdan uch yildan keyin «Porshe»da birinchi real natijalar yuzaga keldi: kompaniya kam xarajat qilib, ko’proq avtomobil ishlab chiqara boshladi. 19% ga kamaytirilgan ishchilar tezroq va sifatliroq ishni bajara boshladi. Yapon maslahatchilarining tavsiyalari tufayli yig’uv konveyer uzunligi qisqardi, ko’p miqdordagi yordamchi omborxonalarga hojat qolmadi, natijada zavod hududi 30% ga qisqardi. Ishlab chiqarishdagi kamchiliklar ikki barobar kamaydi. Avtomobil yig’ish tezligi 40% ga oshdi. Bu ishlarni o’sha eski jihozlarda, shu zavodda ishlab kelgan ishchi va muhandislar amalga oshirdi. Ular ixtiro sohasida ham faollashib, har oyda ishlab chiqarishni yaxshilashga qaratilgan ikki yarim mingdan ortiq yangi takliflar bermoqda.
Konsalting xizmatlari bir martali maslahat ham bo’lishi mumkin. Lekin ular konsalting loyiha shaklida bo’lib, quyidagi asosiy bosqichlarni qamrab oladi:
- muammolarni aniqlash (diagnostika);
- loyihani ishlab chiqish;
- loyihani amalga oshirish.
Loyihaning hajmiga ko’ra, yakuniy bosqich bir necha kundan bir necha oygacha cho’zilishi mumkin. Ba’zida mijozlar bilan ish olib borish ko’p yillar davom etadi.
Maslahat uslublari. Maslahat uslublari turli xil bo’lishi mumkin. Maslahatning uch turi – ekspertli, jarayon va o’rgatuvchi maslahatlar keng qo’llaniladi.
Ekspertli maslahat konsaltingning eng passiv shaklidir. Maslahatning bu turida maslahatchi diagnostika, qaror qabul qilish va ularni joriy etishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mijoz esa bunday hollarda maslahatchiga kerakli axborot etkazib berishi zarur.
Jarayon maslahatida – loyihani ishlab chiqish bosqichlarida konsalting firma maslahatchilari mijoz bilan faol ish olib borib, yuzaga kelgan muammolarni hamkorlikda tahlil qiladi va zarur takliflar beradi.
O’rgatuvchi maslahatida – mutaxassislarning asosiy maqsadi g’oyalarning yuzaga kelishi, echimlar qabul qilish uchun asos tayyorlashdir. Shu maqsadda mijozlar uchun ma’ruzalar o’qiladi, seminarlar o’tkaziladi, o’quv qo’llanmalari ishlab chiqiladi. Umuman, mijozlar zarur nazariy va amaliy axborotlar bilan ta’minlanadi. Amalda esa yuqoridagi har bir maslahat turlari sof holda qo’llanilmaydi, ular kombinastiyalashgan shaklda uchraydi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko’p yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan hisoblanadi. Konsalting xizmati statistikada maxsus tarmoq deb tan olingan. AQSh da ushbu tarmoqda 700 ming kishi band bo’lib, uning bir yillik xizmat hajmi 50 mlrd. dollarni tashkil etadi.
Har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda maslahatchilar fikrisiz iqtisodiyot va boshqaruvga oid jiddiy qarorlar qabul qilinmaydi.
O’zbekistonda hozirgi vaqtda xususiy konsalting firmalar soni juda kam (qiyoslash uchun Gollandiyada ularning soni 2000 dan oshiqdir).
Xususiy firmalardan tashqari maslahatli xizmatlarni davlat, o’quv, axborot, ilmiy tekshirish muassasalari tijorat asosida bajaradi. Mamlakatimizda hozirgi iqtisodiy sharoitni yaxshi biladigan, yuqori salohiyatga ega, yuqori intellektual, bozor iqtisodiyoti mexanizmini tushunadigan malakali maslahatchilar soni yildan-yilga ko’payib bormoqda. Ular chet el konsalting firmalarining vakillari bilan hamkorlikda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda katta ish olib bormoqda. Aytish lozimki, chet el konsalting firmalarining xizmati juda qimmat. Masalan, chet el konsalting firmasi xodimining bir kunlik o’rtacha ish haqi 300 dollarni tashkil etadi.
Konsalting xizmatlari turli xil bo’lishi mumkin. Menejment bo’yicha Evropa maslahatchilar ma’lumot ko’rsatikichida 84 turdagi konsalting xizmatlari ko’rsatilgan. Ular quyidagi 8 ta guruhga bo’lingan: umumiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqaruvi, marketing, ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, maxsus xizmatlar.
Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish. Mijoz firma bilan aloqa o’rnatgandan keyin taklif ishlab chiqarishga kirishiladi. Taklif ishlab chiqish loyihani muhokama qilishdan boshlanadi. Bundan oldin mijoz-firma haqida batafsil axborot olishi lozim. Maslahatchi firma nima bilan shug’ullanishi, nimalarni ishlab chiqarishi, ishchilar soni, malakasi, boshqaruv xodimlar soni, ish hajmi, xarajat va daromad miqdori, firmaning moliyaviy ahvoli, shartnomalarning bor-yo’qligi, hamkorlarning ishonchliligini bilishi kerak. Undan keyin shart-sharoit, uning o’zgarish dinamikasi va muammolari aniqlanadi. So’ng bajarilishi zarur ishlarning reja-grafigi tuzilib, tegishli yuridik qog’ozlar rasmiylashtiriladi. Ishning bajarilishiga alohida e’tibor berish lozim. Maslahatchining obro’si ishning o’z vaqtida yoki muddatdan oldin bajarilishi bilan belgilanadi.
Ishning qanday shaklda tugatilishini ham aniqlab olish zarur, ya’ni ish yoki xizmat muayyan natijaga erishishdan iborat ekanligini belgilash lozim. Bularning barchasi ishning reja grafigida aks etilishi kerak. Buyurtmani bajarish jarayonida buyurtmachi firmaning psixologiyasini o’rganishi kerak. Ishning bajarilish jarayonida mijozning qiziqishi susayishi mumkin, shu sababli qiziqishni susaytirmaslik uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak. Buning uchun qiziqishning eng yuqori pallasida biror-bir kichik tadbirni amalga oshirish kerak.
Bu tadbir mijoz-firma rahbariyatiga qaratilgan muayyan takliflar, maslahatchining taklifini majlisda muhokama qilish, ba’zi takliflarni bajarish haqidagi qarorni tayyorlashdan iborat bo’lishi mumkin. Oxirida loyiha yoki ba’zi takliflarni amalga oshirish haqida yozma hisobot rasmiylashtiriladi. Oldindan kelishilgan maslahat turlari bundan mustasno emas.
Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari. Maslahat beruvchi bozorning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu faoliyat bilan shug’ullanuvchi firmalar o’z tovari, o’z xizmat namunasini ko’rsatish imkoniga ega emas. Shuning uchun ular faoliyatida mijozlarni jalb etish muammosi turadi.
Mijozlarni jalb etish usullari turli-tumandir. Bunga o’z imkoniyatlarini targ’ibot qilish, reklama qilish, vositachilar yordamida mijozlarni jalb etish, firma haqida ijobiy fikr bildirgan oldingi mijozlar takliflaridan foydalanish kiradi.
Eng sodda va eng keng qo’llaniladigan usul reklamadir. Firma o’z imkoniyati, xizmat ko’rsatishning taxminiy narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar haqida turli xil reklama ma’lumotlari va reklama e’lonlarini tarqatadi. Mijozlarni jalb etishda vositachilar yordamidan keng foydalaniladi. Vositachilar rahbarning ishonchini qozongan firma xodimlari bo’lishi mumkin. G’arb mamlakatlarida bunday vositachilarni topish uchun maxsus uslublar ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun alohida mablag’lar ajratiladi.
Albatta, maslahatchi firmaning obro’sini belgilab beruvchi omil o’tmishda muvaffaqiyatli yuritilgan faoliyatdir. Yirik, hatto o’rtamiyona firmalarning ijobiy tavsiyasi eng yaxshi reklamadir.
Umuman firmaga maslahatchilar kerakmi? O’zbekiston iqtisodiyotini tiklanish vaqtida, ba’zi korxonalarda tubdan islohotlar olib borilayotgan davrda, nihoyatda ko’p muammolar yuzaga kelmoqda. Shu muammolarni oqilona hal etish uchun maslahatchilar salohiyati oshib borishi aniq. Shu bilan birga moliyaviy imkoniyat cheklanganligi tufayli maslahatchilarni firmaning ba’zi muammolarini hal etish uchun taklif etish maqsadga muvofiqdir. Muammolarni hal etishni korxonaning strategik rivojlanish muammosini echishdan boshlash kerak. so’ngra marketing, innovastion imkoniyat va boshqa muammolarni hal etishga o’tish kerak.
O’zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to’g’risida»gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
- yakka tartibdagi tadbirkorlik;
- xususiy tadbirkorlik;
- jamoa tadbirkorligi;
- aralash tadbirkorlik.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo’lib, uni tashkil qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o’z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug’ullanadilar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik o’z navbatida ikki turga bo’linadi:
- shaxsiy tadbirkorlik;
- birgalikdagi tadbirkorlik.
Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o’zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga mulkiy huquq tufayli o’ziga tegishli mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».
Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka quyidagilar kiradi:
- er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
- dehqon xo’jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga oshiriladigan dehqon xo’jaligi;
- o’zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo’lgan umumiy mulk negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo’jaligi.
Yuridik shaxs tashkil qilmay, o’z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqidagi guvohnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish reestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag’i ochish, soliq organlaridan ro’yxatdan o’tish, muhr va boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun asos hisoblanadi.
O’zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Nizom»da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Xususiy tadbirkorlik fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o’z tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir.
Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu erda faoliyat yurituvchilar o’z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko’radilar va o’z korxonalarini davlat ro’yxatidan o’tkazishga majburdirlar.
Jamoa tadbirkorligi bir guruh fuqarolarning o’zlariga ma’qul bo’lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil etishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.
Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o’z ifodasini topadi. Firma muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli, yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat yuritadigan korxona tushuniladi.
Firmalarning turlari juda ko’p, ularni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin (3-rasm).
Shirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko’rishga asoslangan sherikchilik korxonasidir.
Shirkat firmalarining ikki turi mavjud:
- mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar;
- mas’uliyati cheklangan jamiyatlar.
|
|
Firma (korxona) turlari |
|
|
||||||||||||
|
|
|
|
|||||||||||||
|
|
|
||||||||||||||
Xususiy firmalar |
|
Shirkat firmalar |
|
Davlat korxonalari |
|
Aralash firmalar |
||||||||||
|
|
|
|
|
||||||||||||
|
|
|
|
|
||||||||||||
Mas’uliyati cheklanmagan jamiyat |
|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat |
|
-qo’shma korxonalar -konstern -konsorstium -konstessiya -kooperativ
|
-kartel -sindikat -venchur -ijara -konsalting -injiniring |
|||||||||||
|
|
|
|
|||||||||||||
Akstiyadorlik jamiyatlari |
|
Korporastiya-lar |
|
|||||||||||||
3-rasm. Firma (korxona) larning turlari
Mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar ikki yoki undan ko’proq kishilarning mulki asosida yuzaga keladi. Sheriklarning dastlabki mulki firmaning ustav kapitali deyiladi. Bu kapitalga har bir sherik o’z hissasini qo’shadi. Ular ustav fondiga qancha pul qo’ysa, shu hissaga binoan foyda olishadi. Bordi-yu firma sinsa, sheriklar zararni hamjihatlikda ko’taradi, ya’ni bir sherik boshqasining javobgarligini ham zimmasiga oladi.
Shirkat a’zolari o’rtasida tuzilgan bitim shirkatning huquqiy asosi hisoblanadi. Bu bitim quyidagi bandlarni o’z ichiga oladi:
- har bir hamkorning vakolati;
- bitimning muddati;
- har bir vakilning umumiy ishga qo’shgan ulushi;
- daromadlar va yuz berishi mumkin bo’lgan zararlarni o’zaro bo’lish yo’l-yo’riqlari;
- uyushma mablag’laridan har bir hamkorning olishi mumkin bo’lgan aniq va belgilangan pul hajmi;
- uyushmada amalga oshirish zarur bo’ladigan moliyaviy ishlar tartibi;
- yangi hamkorni qabul qilish tartibi;
- shirkatni tarqatib yuborish tartibi.
Shirkatga davlat, kooperativ, jamoa va boshqa tashkilotlar, shuningdek xorijiy tashkilotlar va fuqarolar ham qonun yo’l qo’ygan hollarda a’zo bo’lishi mumkin.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalarning ustav fondi faqat ta’sischilar mablag’ (akstiya)lari hisobiga barpo etiladi. Jamiyat qatnashchilari qo’shgan ulushlari doirasida javobgar bo’ladi. Shirkat o’z faoliyati uchun ustav fondi miqdorida javobgar hisoblanadi.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalar nomiga «limited» so’zi qo’shiladi, bu inglizcha so’z bo’lib, «cheklangan» ma’nosini bildiradi.
Mas’uliyati cheklangan firmaning bir qator turlari mavjud. Ularning eng keng tarqalgan shakli akstiyadorlik jamiyatlari va korporastiyalardir. Akstiyadorlik jamiyatlarini tuzish va faoliyatini tashkil qilish tartibi O’zbekiston Respublikasining «Akstiyadorlik jamiyatlari va akstiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunda ifodalangan. Ushbu qonunning 2-moddasiga muvofiq:
Akstiyadorlik jamiyati jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bo’lib, u akstiyalar chiqarish yo’li bilan tashkil etiladi.
Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qog’oz – akstiya chiqaradi. Akstiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanadi va foydadan o’z hissasi – divedendni olib turadilar. Akstiyadorlik jamiyati o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar hisoblanadi. Akstiyadorlar jamiyati majburiyatlari bo’yicha javobgar emas va uning faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun faqat o’zlariga tegishli akstiyalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi.
Akstiyadorlik jamiyatining ustav fondi akstiyadorlar sotib olgan akstiyalarning nominal qiymatlaridan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha akstiyalarning nominal qiymati bir xil bo’lishi lozim. Akstiya bo’linmas hisoblanadi.
Akstiyadorlik jamiyatini ta’sis etishda uning jami akstiyalari ta’sischilar orasida tarqatilishi kerak.
Akstiya fond birjalarida muomalada bo’ladi, bir shaxsdan boshqasiga erkin o’tadi va akstiyalar uchun uning hissasi to’g’risidagi hujjat hisoblanadi. Akstiyadorlik jamiyatini:
- akstiyadorning umumiy majlisi;
- kuzatuv kengashi;
- ijro organi boshqaradi.
Akstiyadorlarning umumiy majlisi oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, u akstiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog’liq barcha masalalarni hal qilish huquqiga ega. Akstiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Akstiyadorlik jamiyatining joriy (kundalik) faoliyatiga yagona ijro organi (direktor) yoki kollegial (maslahat) ijro organi (boshqaruv, direkstiya) rahbarlik qilishi mumkin.
Akstiyadorlik shaklidagi tadbirkorlikning quyidagi afzalliklari bor:
- akstiyadorlik jamiyati biznesning ko’proq demokratik shaklidir. Unga xohlagan kishi bevosita yoki obuna bo’lish yo’li bilan akstiyani sotib olib, a’zo bo’lishi va mulk egasiga aylanishi mumkin;
- vaqtincha bekor turgan sarmoyalar markazlashuviga erishiladi;
- nisbatan samarali sohalarga kapital oqimini tashkil qilish imkoniyati tug’iladi;
- davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlari kengayadi;
- moliyaviy barqarorlikka erishiladi;
- tadbirkorlikda tavakkalchilik xavfi kamayadi (hissador o’z akstiyasi miqyosida ziyon ko’rsa, korxona egasi butun mulkidan ajraladi);
- bir vaqtning o’zida ishlab chiqaruvchilar, tovar etkazib beruvchilar, xaridorlar va mahalliy davlat organlari manfaatlarining o’zaro muvofiqlashuviga erishiladi.
Akstiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq turda bo’lishi mumkin.
Ochiq turdagi akstiyadorlik jamiyati akstiyadorlari o’zlariga tegishli akstiyalarni boshqa akstiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf eta oladigan jamiyat. U chiqaradigan akstiyalariga ochiq obuna o’tkazish va ularni erkin sotish huquqiga ega. Ta’sischilarning eng kam soni ham cheklanmagan. Ochiq turdagi AJ uchun ustav fondining eng kichik miqdori AJ ro’yxatidan o’tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining ikki yuz barobari miqdoriga teng bo’lishi kerak.
Yopiq turdagi akstiyadorlik jamiyati akstiyalari nomlangan (egasi yozilgan) va ular faqat AJ ta’sischilari o’rtasida taqsimlangan jamiyatdir. Uning akstiyalari qimmatli qog’ozlar bozorida muomalada bo’lishi jamiyat Nizomiga binoan man etilgan yoki cheklangan bo’ladi. Yopiq turdagi AJ uchun ustav fondining eng kam miqdori – AJ ro’yxatdan o’tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining kamida yuz barobari miqdoriga teng bo’lishi kerak.
Ochiq turdagi AJni boshqa turdagi jamiyatlarga aylantirish mumkin emas. Yopiq turdagi AJ esa o’z akstiyalariga ochiq obuna o’tkazish yoki ularni fond bozorida sotish uchun chiqarish yo’li bilan ochiq turdagi AJga aylanishi mumkin. Boshqa turdagi jamoa korxonalari va shirkat xo’jaligi o’z akstiyalarini chiqarish yo’li bilan ikkala turdagi akstiyadorlik jamiyatlarga ham aylantirilishi mumkin.
Ochiq turdagi akstiyadorlik jamiyati har yili ommaviy axborot vositalarida:
- yillik hisobot;
- buxgalterlik balansi;
- foydalar va zararlar schyoti;
- jamiyat akstiyalari emissiyalari prospekti;
- umumiy majlisni o’tkazish sanasi va joyini ma’lum qilib turishi shart.
Akstiyadorlik jamiyatini tashkil etish uchun quyidagilar zarur:
- jamiyatni tashkil etish va birgalikda faoliyat yuritish hamda bir yoki bir necha shaxsga jamiyatni tashkil etish uchun vakolat berish to’g’risida shartnoma tuzish;
- akstiyalarga obuna o’tkazish;
- ta’sis konferenstiyasini o’tkazish;
- jamiyat va uning akstiyalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish.
Jamiyatni tashkil etishdagi xarajatlar shartnomaga imzo chekkan shaxslarga taqsimlanadi. Davlat mulkini xususiylashtirish orqali quyidagi usullarda AJ tashkil etilishi mumkin:
- oddiy yo’l bilan, ya’ni bunda fuqarolar yopiq yoki ochiq AJ larining ob’ektlarini aukstion orqali yoki konkurs yo’li bilan sotib olishadi;
- davlat korxonasi mehnat jamoasi tomonidan yopiq AJ ni tashkil etadi va ma’lum yuridik shaxs tomonidan korxona sotib olinadi;
- davlat yoki ijara korxonalari ochiq AJ lariga aylantiriladi.
Barcha jamoa korxonalari uchun quyidagi umumiy jihatlar mavjud:
- nizom kapitalining tegishli qismlar yoki akstiyalarga majburiy bo’linishi;
- jamiyatning o’z majburiyatlari va faqat o’zining mulki bo’yicha cheklangan javobgarligi;
- akstiyador (sherik)lar orasidagi o’zaro munosabatlar, daromad va mulkni taqsimlash, korxonani boshqarish bo’yicha munosabatlar ularning kiritgan ulushlari miqdoriga qarab taqsimlanadi;
- jamiyat a’zolari uning kapitaliga o’z ulushlarini kiritishlari zarur, ammo o’z mehnatlari bilan uning faoliyatida ishtirok etishlari majburiy emas.
Akstiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish jarayonlari «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish», «Hissadorlik jamiyatlari», «Korxonalar to’g’risida», «Qimmatli qog’ozlar bozori va fond birjalari» to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida boshqariladi.
Korporastiya atamasi lotincha «corporatio» so’zidan olingan bo’lib, birlashma, hamjamiyat ma’nosini beradi. Korporastiya yirik akstioner jamiyatlar birlashmasi hisoblanib, bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Natijada ishlab chiqarish monopollashadi.
Korporastiya investistiya kapitalining markazlashuvini, ilm-fan taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardosh bo’lishi va uzoq hayotiy davrini ta’minlaydi. Korporastiyalar tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi akstioner jamiyatlarining xohish-ixtiyori bilan paydo bo’ladi. Har bir korxona faoliyatini yuritish uchun o’z holicha turli vazifalarni, ya’ni:
- xomashyo, materiallar, energiya, uskuna qidirib topish, sotib olish va texnologik takomillashtirish;
- mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash;
- tayyor mahsulotni sotish bo’yicha qator ishlarni bajarishi lozim bo’ladi.
Bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi bir qancha korxonalar birlashib, barcha uchun umumiy korxonalar faoliyatini ta’minlovchi vazifalarni bajaradigan bir idora, muassasa tuzishni rejalashtirgan. Natijada shunday birlashma yuzaga kelganki, unda korxonalar o’z mulki va iqtisodiy mustaqilligini saqlagan holda umumiy vazifalarni bajarishdan ozod bo’lib, mazkur vazifalarni bajarish uchun umumiy idora-muassasaga xaq to’langan.
O’z tarkibidagi akstiyadorlik jamiyatlari nazorat paketlarini egallash bilan korporastiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi.
Xolding iborasi inglizcha «holding» so’zidan olingan bo’lib, ega ma’nosini beradi. Xolding kompaniya mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil akstiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan hissadorlik jamiyatidir. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi akstiyadorlik jamiyatlari «akstiyalarining nazorat paketi» kompaniyaning ixtiyorida bo’ladi. Bundan maqsad akstiyadorlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o’rnatish va dividendlar ko’rinishida foyda olishdir.
Xolding kompaniyalarning mohiyati shundaki, ular biror-bir ishlab chiqarish vazifalarini bajarmaydi. Ularning vazifasi sof boshqaruvchilik, ya’ni ishonchli mulk egasi sifatida ularga o’z akstiyalari yoki akstiyalar nazorat paketini beruvchi kompaniyalarning faoliyatiga umumiy xo’jalik rahbarligini bajarishdan iboratdir. O’zbekistan Respublikasida xolding kompaniyalarning huquqiy maqomi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 12 oktyabrdagi 398-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom (xoldinglar to’g’risidagi Nizom) asosida belgilanadi. Bu Nizomga muvofiq, aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning akstiyalar nazorat paketi kiruvchi ochiq turdagi akstiyadorlik jamiyati xolding hisoblanadi.
Xolding birlashgan korxonalar, ya’ni xolding aktivlari tarkibiga kiruvchi, akstiyalar paketini nazorat qiluvchi korxonalar shu’ba korxonalar deb ataladi. Ular mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi. Shu’ba korxona, ko’pincha, korxonaning rivojlanib borishi davomida bosh korxona (xolding kompaniyasi) tomonidan tashkil etiladi.
Xoldinglar davlatga qarashli yoki xususiy bo’lishi mumkin. Davlat xoldingida akstiyalar nazorat paketi davlat mulkiga, shu’ba korxonalar akstiyalari esa bosh xolding kompaniyasining mulkiga aylanadi. Shu’ba korxonalar o’z majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli mulk, shu jumladan, asosiy korxona, ya’ni xoldingga tegishli akstiyalar nazorat paketining qiymati bilan ham javob beradi. Xolding shu’ba korxona qarzi bo’yicha uning ta’sis shartnomasida aytilgan shartlarda javobgar bo’ladi.
Xolding kompaniyalari ikki turda bo’lishi mumkin:
- moliyaviy xolding;
- aralash xolding.
Moliyaviy xolding faqat maxsus nazorat va boshqaruv maqsadlarida tuziladi. Sarmoyasining 50 foizidan ko’pini boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlari va boshqa moliyaviy aktivlar tashkil etadigan xolding moliyaviy xolding hisoblanadi. Moliyaviy xoldinglar avktivlari tarkibiga faqat qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar, shuningdek xoldingni boshqarish apparati faoliyatini ta’minlash uchun bevosita zarur mol-mulk kirishi mumkin.
Moliyaviy xoldinglar faqat investistiya faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega, faoliyatining boshqa turlari bilan shug’ullanishga ruxsat berilmaydi. Ular shu’ba korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatlariga aralashish huquqiga ega emas. Moliyaviy xolding vakillari faqat shu’ba korxonalarning akstiyadorlari yig’ilishlarida qatnashishi mumkin. Ularga kuzatuv kengashi, boshqaruv va shu’ba korxonalarini boshqaradigan boshqa organlarga kirishga ruxsat berilmaydi.
Moliyaviy xoldinglar tegishli akstiyalar bilan faqat tashkil qilingan qimmatli qog’ozlar bozorida, ya’ni fond birjalarida bitimlarni amalga oshiradi. Bu talabni bajarmaslik amalga oshirilgan bitimlarning bekor qilinishiga sabab bo’ladi.
Aralash xolding – nazorat va boshqaruv vazifalari bilan bir qatorda sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug’ullanish maqsadlarida tuziladi.
O’zbekistan Respublikasi qonunchiligiga binoan xolding kompaniyalari quyidagi yo’llar bilan tashkil etiladi:
- yirik korxonalarni qayta tashkil qilishda ularning tarkibiy bo’linmalarini mustaqil yuridik shaxs (shu’ba korxonalar) sifatida bunyod etish yo’li bilan;
- yuridik jihatdan mustaqil korxonalarning akstiya paketlarini birlashtirish yo’li bilan;
- yangi akstiyadorlik jamiyatlarini ta’sis etish yo’li bilan.
Xoldinglar monopoliyaga qarshi organning ruxsati bilan tashkil etiladi. Xoldingni tashkil etishga ruxsat olish uchun monopoliyaga qarshi organga boshqa hujjatlar bilan birga:
- nizom loyihasi;
- xoldingni tuzishga xohish haqida bayonnoma yoki ta’sischilar shartnomasi;
- tuziladigan xoldingga kiritish uchun tavsiya etilayotgan korxonalar ro’yxati;
- shu korxonalardan har qaysisining xo’jalik faoliyati turlari va hajmi haqidagi ma’lumotlar topshiriladi.
Agar xoldingni tuzish biror-bir mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish monopoliyasiga olib keladigan bo’lsa, bunday xoldingni tuzishga ruxsat berilmaydi.
Davlat korxonalari davlat mulki bo’lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonalar bo’lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va mas’uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar)ni bajaradi.
Qo’shma (aralash) korxonalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag’lariga tayanadi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi.
Qo’shma korxona tuzishga hamkorlarni nima majbur qiladi? AQSh olimlari quyidagi omillarni keltiradilar:
- kapital xarajatlar hajmining qisqarib ketishi va yangi quvvatlarni barpo etishdagi xavotirlik;
- aniq geografik bozorga o’tish;
- yangi faoliyat sohasiga o’tish;
- ishlab chiqarish sohasining bazasi yoki xomashyo manbaini qo’lga kiritish;
- ishlayotgan ishlab chiqarish liniyalarining kengayganligi;
tovar yoki xizmatlarni sotishning yangi tarmoqlari paydo bo’lganligi;
- mavjud marketingning samaradorligi oshganligi;
- takrorlanib turuvchi yoki mavsumiy beqarorlikni bartaraf etish imkoniyati;
- qo’shma korxonadagi hamkorlar yordamida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati.
Qo’shma korxonalar o’zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va boshqa vazifalarni echishga qaratilgan. Ular sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, savdo, fan va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida tarkib topishi mumkin.
Qo’shma korxonalar, asosan, chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xomashyo va ish kuchi hisobiga ishlaydi. Korxona mustaqil balansiga ega bo’ladi va xo’jalik hisobi asosida faoliyat yuritadi. Respublikamizda AQSh, Italiya, Turkiya, Franstiya, Germaniya, Angliya, Koreya, Yaponiya kabi qator davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar qurilib, ishga tushirilgan.
Konstern ishlab chiqarish diversifikastiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko’p tarmoqli korporastiya. Konstern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida joylashgan o’nlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi.
Konstern tarkibiga kirgan korxona va tashkilotlar orasida o’zaro korporastiyalangan turg’un aloqalar mavjud bo’lib, ular konstern rivoji yo’lida umumiy moliyaviy resurslar va yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar.
Konsorstium aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning muvaqqat birlashmasidir. Konsorstium a’zolarining huquq va majburiyatlari konsorstium to’g’risidagi bitimda belgilab qo’yiladi. Konsorstium ishtirokchilari qo’yilgan vazifani bajarish uchun badallari hisobidan yagona moliyaviy va moddiy fondlar barpo etadilar, byudjet mablag’lari va davlat bankidan kreditlar oladilar. Vazifa bajarilgach, konsorstium tarqaladi. Konsorstiumlarga boshqaruv bo’yicha qo’mitalar, direktorlar kengashi kabilar boshchilik qiladi. Konsorstiumlar aviastiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta miqdordagi sarmoyali sohalarda keng tarqalgan.
Konstessiya lotincha so’zdan olingan bo’lib, ruxsat, yon berish ma’nosini anglatadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni o’zlashtirish maqsadida davlat yoki munistipalitetga qarashli er uchastkalari, qazilma boyliklar, mol-mulk, korxonalar va boshqa xo’jalik ob’ektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet ellik investorga davlat nomidan beriladigan ruxsatnoma, ular bilan tuziladigan shartnoma yoki kelishuv. Konstessiyachilik faoliyatida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining «Konstessiyalar to’g’risida»gi qonuni bilan tartibga solib turiladi.
Kooperativ kooperastiyaning birlamchi bo’g’ini. Kooperastiya esa:
- mehnatni tashkil etish shakllaridan biri, ko’pchilik xodimlar bir mehnat jarayonida yoki o’zaro bog’liq turli mehnat jarayonlarida hamkorlikda ishtirok etadilar;
- guruh mulkchiligiga asoslangan xo’jalik yuritish sharti;
- ma’lum bir mahsulotni o’zaro hamkorlikda tayyorlash bilan band bo’lgan korxonalar o’rtasidagi uzoq muddatli va barqaror aloqalar shakli.
Kooperativ yuridik shaxs huquqiga ega, xo’jalik yurituvchi sub’ekt. U jamoa mulki huquqidagi mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi.
Kartel monopolistik birlashma shakli. Bir tarmoqdagi mustaqil korxonalar narxlar, bozor, ishlab chiqarishning umumiy hajmida har bir ishtirokchining hissasi, ish kuchi yollash, patentlar va boshqa masalalarda o’zaro bitim tuziladi. Bu tuzilmaning maqsadi monopol foyda olishdir.
Sindikat monopolistik birlashmaning bir turi. Ular bir tarmoq korxonalari huquqiy va ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab qolgan holda:
- buyurtmalarni taqsimlash;
- xomashyo sotib olish;
- ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun tijorat faoliyatini birlashtirib, yagona idora tuzadi.
Venchur korxonalar kichik biznesning bir turi bo’lib, ular:
- ilmiy muhandislik ishlarini bajarish;
- yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish;
- ishlab chiqarishni boshqarish;
- tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- yirik firmalar va davlat ijara shartnomasi buyurtmalarini bajarish kabi ishlarni amalga oshiradilar.
Bu vazifalarni ular davlat va yirik firmalar buyurtmasiga binoan shartnoma-bitimlar asosida bajaradi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yo’nalishlarida faollik ko’rsatadi va bu bilan fan-texnika taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shadi.
Ijara korxona mol-mulkni yollash bo’yicha mulk egasi bilan tadbirkor o’rtasidagi iqtisodiy munosabat. Ijara shartnomasiga asosan bir tomon (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomonga (ijarachi) ma’lum to’lov evaziga va ma’lum shartga ko’ra mol-mulkini vaqtincha foydalanish uchun beradi.
Ijara haqi mulk egasi mol-mulkining qiymati va keltiradigan daromadga bog’liq bo’lib, o’zaro kelishuv bilan belgilanadi. Er, uy-joy, savdo-sanoat binolari, sanoat va savdo korxonalari, mashina va uskunalarni ijaraga berish va olish jahondagi ko’pgina mamlakatlar uchun xosdir.
Bugungi kunda sanoat va boshqa sohalarda ijara korxonalari paydo bo’la boshladi va mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning bir ko’rinishi bo’lib, ijara muddati davrida korxona jamoasi shu korxona mulkining egasi bo’lib qoladi.
Konsalting ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko’rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o’z mijozlariga maslahat xizmati ko’rsatish va texnik loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog’liq iqtisodiy faoliyatdir.
Konsalting firmalarining asosiy vazifalari quyidagilardir:
- tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun sheriklar tanlash;
- maslahatchilik tashkilotlarining taraqqiy topishi va xorijiy investistiyalarni jalb etishga ko’maklashish;
- yagona axborot-so’rovnoma fondini yaratish va yagona reklama strategiyasi (yo’nalishi)ni amalga oshirish yo’li bilan ularning a’zolari faoliyatini umummaqsadlar yo’lida jamlash va hokazo.
Konsalting firmalarining kichik biznes sohasida keng tarqalgan maslahat xizmatlari quyidagilardan iborat:
- barcha mulk shakllaridagi korxonalarni ro’yxatga olish uchun ta’sis hujjatlarni tayyorlash bo’yicha maslahatlar berish;
- marketing bo’yicha izlanishlar o’tkazish;
- xususiylashtirish, akstiyadorlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
- tashqi iqtisodiy faoliyat bo’yicha maslahat berish;
- reklama strategiyasini ishlab chiqish, reklama materiallarini tayyorlash va ularni tarqatish;
- huquq, moliya va boshqaruv masalalari bo’yicha maslahatlar berish;
- intellektual mulkni himoya qilish masalasi bo’yicha maslahatlar berish;
- ishchi xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish;
- tadbirkorlik va kichik biznesni taraqqiy toptirishga xizmat qiluvchi tadbirlarni o’tkazish;
- firma ish uslubini ishlab chiqish;
- xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, madaniyat, atrof-muhitni himoya qilish masalalari bo’yicha maslahatlar berish;
- investistiyalarni jalb qilish, imtiyozli kredit olish, zaruriy resurs va kapitallarni sotib olish bo’yicha maslahatlar berish va h.k.
Injiniring korxonasi – muxandislik-maslahat xizmatlarni tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradi. Bunday korxona (firma):
- ishlab chiqarishni ta’minlash;
- mahsulot sotishni uyushtirish;
- ishlab chiqarish ob’ektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan maslahat berish bilan shug’ullanadi.
Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko’rsatadi, chet eldagi ilmiy g’oyalar va texnik ishlanmalarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi. Injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, etkazib beradi.
O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliya va maslahat tadbirkorligi kabi turlari keng rivoj topmoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlikning yakka tartibdagi, xususiy, jamoa va aralash shakllari faoliyat yuritadi. Jamoa tadbirkorligi firmalar faoliyatida o’z ifodasini topadi. Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga ko’ra ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turlari ko’p. Ularni
- xususiy firmalar;
- shirkat firmalari;
- davlat korxonalari;
- aralash firmalarga ajratish mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Tadbirkorlikning qanday turlarini bilasiz?
2. Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati nimadan iborat?
3. Tijorat tadbirkorligining mohiyatini tushuntirib bering.
4. Moliyaviy tadbirkorlikning faoliyat mohiyati nimadan iborat?
5. Konsalting nima? Uning istiqboli haqida gapirib bering.
6. Tadbirkorlikning qanday shakllarini bilasiz?
7. Yakka tadbirkorlik nima? U qanday turlarga bo’linadi?
8. Xususiy tadbirkorlik yakka tadbirkorlikdan nima bilan farq qiladi?
9. Akstiyadorlik jamiyatlari qanday turlarga bo’linadi?
10. Xolding kompaniyalari faoliyati to’g’risida gapirib bering?
11. Qanday korxonalar injiniring korxona hisoblanadi, ularning asosiy faoliyati nimalardan iborat?
Reja:
1. Tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi
2. Tadbirkorlik korxonalariga listenziya berish tartibi
3. Tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning maqsadi va vazifalari
4. Tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari
5. Tadbirkorlikda rahbarning boshqaruv uslubi
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish bir necha bosqichdan iborat. Ushbu bosqichlarning ketma-ketligi 1-rasmda aks ettirilgan.
Ta’sischilar tarkibini aniqlash va ta’sis hujjatlari-ni ishlab chiqish |
|
Korxonani tashkil etish va uning faoliyati haqida ta’sischilar tomonidan shartnoma tuzish |
|
Korxona nizomini tasdiqlash va bayonnomani rasmiylash-tirish |
|
Bankda vaqtincha hisob raqamini ochish |
|
Korxonani ro’yxatdan o’tkazish |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Davlat reestriga kiritish uchun korxona haqidagi ma’lumot-larni tayyorlash |
|
Korxona ishtirokchi-lari omonatlarini bankka to’la kiritish |
|
Bankda doimiy hisob raqamini ochish |
|
Korxonani tuman soliq inspekstiya-sida ro’yxatdan o’tkazish |
|
Dumaloq muhr va burchakli shtamp tayyorlashga ruxsatnoma olish va ularni tayyorlash |
1-rasm. Tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish tartibi
Yangi korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tarkibi belgilanib, ta’sis hujjatlari, ya’ni korxona Nizomi, korxonani tashkil etish haqidagi ta’sischilar shartnomasi va boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Shu bilan bir qatorda korxona rahbari va taftish komissiyasi raisini tayinlash haqida ishtirokchilar majlisining 1-sonli bayonnomasi rasmiylashtiriladi. So’ngra bankda vaqtinchalik hisob raqami ochiladi. Bu hisob raqamiga korxona ro’yxatdan o’tgandan keyin 30 kun ichida Nizom kapitalining 50 foizi kelib tushishi lozim. Keyin korxona ta’sis etilgan joyidagi mahalliy hukumat idoralari tomonidan davlat ro’yxatidan o’tadi.
Birja, auditorlik firmalari va chet el sarmoyasiga ega korxonalar esa O’zbekistan Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tadi. Korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun ro’yxatdan o’tkazuvchi vakolatli organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- korxonani ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida ta’sischilarning arizasi;
- notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi ta’sis hujjatlari (korxona Nizomi, korxonaning ta’sis shartnomasi);
- korxona manzilini tasdiqlovchi hujjat;
- davlat bojini to’laganligi to’g’risida bankdan berilgan hujjat;
- hokimiyatning vakolatli organlari tomonidan korxonaning nomlanishi to’g’risida berilgan guvohnoma;
- muhr va tamg’aning uch nusxadagi namunasi.
Yangi korxonani tashkil etishda qonun tomonidan belgilangan tartibning buzilishi yoki uning ta’sis hujjatlarining qonun talablariga mos kelmasligi davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad etilishiga olib keladi.
Korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad etish sabablari asoslanmagan yoki korxonani ro’yxatdan o’tkazish belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa, sudga murojaat etish mumkin.
Korxona mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga zarur hujjatlarni ilova qilib, ariza topshirgan paytdan boshlab, 7 ish kunidan 30 ish kunigacha bo’lgan muddatda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak. Korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi yagona davlat reestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida Davlat statistika qo’mitasiga xabar qilinadi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi qaroridan ko’chirma nusxasi, hokimiyat ro’yxatidan o’tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda korxonaning ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi davlat orderi topshiriladi.
Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat etilgandan so’ng korxona rahbariyati:
- dumaloq muhr va tamg’aga buyurtma berishi;
- bankda hisobvarag’i ochishi;
- soliq inspekstiyasidan ro’yxatdan o’tkazishi;
- aholini ijtimoiy himoyalash fondidan ro’yxatdan o’tkazishi;
- bandlik markazidan ro’yxatdan o’tkazishi kerak.
Dumaloq muhr va tamg’ani tayyorlatishga buyurtma berishdan oldin korxona rahbari korxona joylashgan tumandagi ichki ishlar bo’limi, korxonaning ro’yxatdan o’tkazilganligi haqidagi hokimiyat qaroridan ko’chirma, hokimiyat tasdiqlagan ikki nusxadagi muhr va tamg’a chizmalarini taqdim etishi kerak.
Ichki ishlar bo’limi ruxsatni alohida xat ko’rinishida beradi. Chizmalar esa kerakli yozuvlar bilan ma’qullanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Bankda hisob raqami ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- korxona rahbarining arizasi;
- hokimiyat tasdiqlagan ta’sis hujjatlari;
- notarius tasdiqlagan imzo namunalari;
- muhr va tamg’a bilan tasdiqlangan kartochkalar;
- hokimiyatning mahalliy kengashi korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqidagi qaroridan ko’chirma yoki notarius tasdiqlagan ma’lumotnoma;
- soliq organidan ro’yxatdan o’tganligi haqidagi ma’lumotnoma.
Shundan so’ng bank muassasasi arizachiga hisob raqami ochadi, uning raqamini korxona Nizomining asl nusxasiga yozadi va bosh hisobchining imzosi qo’yilib, bankning gerbli muhri bosiladi.
Davlat ro’yxatidan o’tgandan keyin barcha tabdirkorlik sub’ektlari soliq organiga ro’yxat (identifikastiya) raqami olish uchun davlat ro’yxatidan o’tgan vaqtdan e’tiboran 10 kun mobaynida murojaat etishlari lozim.
Soliq to’lovchining identifikastiya raqami soliq to’lovchilar va yuridik shaxslarga soliq organi tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ro’yxatdan o’tish shaklini to’ldirgan ma’lumotlar asosida beriladi.
Davlat soliq inspekstiyasida tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish bir marta amalga oshiriladi va tadbirkorlik faoliyatini to’xtashi munosabati bilangina bekor qilinadi.
Tadbirkorlik sub’ektlari o’z identifikastiya raqamini O’zbekistan Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq qo’llaniladigan barcha hujjatlarda ko’rsatishi shart.
Yangi korxonani tashkil etishning yakunlovchi bosqichida ishtirokchilar o’z omonatlarini to’laligicha kiritadilar (ro’yxatdan o’tgandan keyin bir yildan kechikmaslik kerak), bankda doimiy hisob raqamini ochadilar, korxona tuman soliq inspekstiyasida ro’yxatga olinadi, o’zining dumaloq muhri va burchakli shtampiga ega bo’ladi. Shu vaqtdan boshlab, korxona mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyat yurita boshlaydi.
Agar korxona akstiyadorlik jamiyati sifatida shakllanayotgan bo’lsa, uning ta’sischilari akstiyalarni sotib olish uchun unga obuna bo’lishi lozim. Akstiyalarni sotib olish uchun obuna ochiq bo’lganda ta’sischilar kelajakda akstiyalarga obuna bo’lish haqida xabarnoma chiqaradi. Xabarnomada akstiyadorlik jamiyatining predmeti, maqsadi va muddati, ta’sis majlisining vaqti, Nizom jamg’armasining hajmi, akstiyalarning miqdori va turi, ularning qiymati, akstiyalarga yozilish muddati va boshqa ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’ladi.
Akstiyaga obuna bo’lganlar ta’sis majlisi bo’lgan kuniga qadar akstiyalar qiymatining 30 %ini kiritishi lozim. Agar akstiyalar ta’sischilar o’rtasida bo’linadigan bo’lsa, badal miqdori 50 %dan kam bo’lmasligi lozim. Akstiyador barcha akstiyalarni akstiyadorlik jamiyati ro’yxatidan o’tkazgandan so’ng bir yildan kechiktirmasdan sotib olishi lozim. So’ngra ta’sis majlisi o’tkaziladi. U quyidagi masalalarni hal etishi kerak:
- akstiyadorlik jamiyatini tuzish;
- akstiyadorlik jamiyati nizomini tasdiqlash;
- akstiyalarga obuna tugagandan so’ng nizom jamg’armasi miqdorini aniqlash;
- akstiyadorlik jamiyati boshqaruv organini saylash;
- jamiyatnin faoliyat yo’nalishlarini belgilash va boshqalar.
Ta’sis majlisi muvaffaqiyatli o’tkazilgandan keyin yangi tashkil etilgan akstiyadorlik jamiyati ro’yxatdan o’tkaziladi va ro’yxatdan o’tkazilgan jamiyat o’z faoliyatini yuritishga kirishadi.
2011 yilda ham tadbirkorlarning o’z ishini tashkil etish bilan bog’liq sarf-xarajatlarini qisqartirish ishlari davom ettirildi. Masalan:
- arxitektura-rejalashtirish topshiriq to’plamlarini olish qiymati – 4 barobar;
- loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish – 2,5 barobar;
- kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish qiymati – 2 barobarga pasaytirildi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat berish jarayonlarining qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi bilan bog’liq tadbirlar natijalarini quyidagi jadval orqali yaqqolroq ko’rish mumkin (1-jadval).
1-jadval
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ruxsat berish jarayonlarini qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi
Ruxsat berish bilan bog’liq jarayonlar turlari |
To’lov miqdori |
To’lov miqdorining qisqarishi, foizda |
|||
Avval amalda bo’lgan |
Yangi kiritilgan |
||||
eng kam ish haqi miqdori bo’yicha |
so’mda* |
eng kam ish haqi miqdori bo’yicha |
so’mda* |
||
Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish |
5 |
140200 |
2 |
56080 |
- 60 |
Bankda hisob raqamini ochish |
1 |
28040 |
0,5 |
14020 |
- 50 |
Arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish |
40 |
1120000 |
10 |
280400 |
- 75 |
Er uchastkasini rasmiylashtirish |
- |
130000 |
- |
58000 |
- 56 |
Ekologik ekspertiza |
25 |
701400 |
1 |
28040 |
- 96 |
Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish |
10 |
280400 |
3 |
84120 |
- 70 |
Qurilish davomida nazorat-ijro s’emkalari o’tkazish |
5 |
140200 |
3 |
84120 |
- 40 |
Normativlar loyihalarining ekologik ekspertizasini o’tkazish |
75 |
2103000 |
1 |
28040 |
- 98,7 |
Gigienik sertifikatlar olish |
10 |
280 400 |
3 |
84 120 |
- 70 |
Jami to’lovlar qiymati (listenziya va ruxsatnomalarsiz) |
- |
5037660 |
- |
830960 |
- 83,5 |
* Izoh: eng kam ish haqi miqdori to’lovlarni qisqartirishga oid me’yoriy hujjatlar qabul qilingan davrga tatbiqan olingan.
2011 davomida inventarizastiya natijasida aniqlangan qariyb 2 mingta bo’sh bino kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi. Bunda binolarni ijaraga berish tariflari tadbirkorlik sub’ektlarining qaerda joylashgani va ularning faoliyat turiga qarab 3 barobardan 10 barobarga qadar kamaytirildi. Shuningdek, o’tgan davr mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun quyidagi imtiyoz va qulayliklar yaratildi:
- mahsulotlarning gigienik sertifikatini amal qilish muddati ilgarigi 3 yildan endilikda cheklanmagan muddatga o’tkazildi;
- fitosanitariya xulosalarini berish muddatlari qisqartirildi;
- elektr va issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni bajarish muddatlari 1 oydan 3 kungacha qisqartirildi;
- binolarni turar joydan noturar joy toifasiga o’tkazish jarayoni soddalashtirildi;
- davlat mulkidagi bo’sh binolar ijara haqlari 10 va undan ko’p barobargacha tushirilishi natijasida ularning 81 foizi (aniqlangan 3650 tadan 2939 tasi) tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi;
- tashqi reklamani joylashtirish tariflari o’rtacha 20 dan 30 foizgacha pasaytirildi hamda ayrim hududlarning qishloq joylarda haq olish bekor qilindi. Buning natijasida tashqi reklama beruvchi tadbirkorlarning ulushi 34 foizgacha oshdi;
- tashqi reklamani joylashtirish qiymati Toshkent, Farg’ona, Jizzax, Namangan va Navoiy viloyatlarining qishloq joylari uchun 50 foizgacha pasaytirildi;
- elektr energiyasining oldi-sotdi shartnomasida belgilangan hajmga nisbatan kam sarflanishi uchun jarimalar bekor qilindi va ortiqcha sarflash bo’yicha jarimalar 50 foizga qisqartirildi.
2. Tadbirkorlik korxonalariga listenziya berish tartibi
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun davlat tomonidan vakil qilingan organlardan listenziya olgandan keyingina ijozat beriladi.
Listenziya beruvchi organlar 2-jadvalda keltirilgan.
Listenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bo’lgan shaxsning ta’sis hujjatlari nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjatlar va ariza berilgandan so’ng, 30 kun ichida listenziya berish haqida qaror qabul qilinadi.
Agar listenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa, bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat davlat organlari amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan so’ng, 15 kun mobaynida ariza va zarur hujjatlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza o’tkazish uchun ketgan xarajatlarni ariza beruvchi to’laydi.
Listenziya ikki nusxada bo’lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qo’l qo’yilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga topshiriladi.
2-jadval
Listenziya beruvchi organlar
Listenziya beruvchi organlar |
Faoliyat turi |
Vazirlar Mahkamasi |
-raketa-kosmik majmui; -aloqa tizimlari; -qimmatbaho metallar; -qimmatbaho toshlar qazib olish; -qimmatbaho toshlar va mettallardan zargarlik buyumlari yasash; -havo taransporti va boshqa faoliyat turlari. |
Adliya vazirligi |
-yuridik shaxslarning yuridik faoliyat bilan shug’ullanishga, masalan, advokatlik maslahati, notarial idora va boshqalar. |
Moliya vazirligi |
-qimmatli qog’ozlarni chiqarish; -lotereya o’yinlarini o’tkazish va boshqalar. |
Markaziy bank |
-valyuta qiymatliklari bilan operastiyalar o’tkazish; -tijorat banklari ochish va boshqalar. |
Ichki ishlar vazirligi |
-ovchilik va sport o’qotar qurollari va ularga o’q-dorilar ishlab chiqarish, tuzatish va sotish; -sovuq qurollar ishlab chiqarish va sotish; -tarkibida narkotik moddalar bo’lgan ekinlarni ekish, qayta ishlash va sotish; -narkotik moddalar tayyorlash, sotish va boshqalar. |
Sog’liqni saqlash vazirligi |
-farmakologik preparatlar ishlab chiqarish va sotish; -tibbiy xizmat ko’rsatish; -parfyumeriya va kosmetika buyumlari, maishiy kimyo tovarlarini tayyorlash va boshqalar. |
Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari |
-sog’lomlashtirish va bolalar, o’smirlar hamda yoshlar lagerlarini tashkil qilish; -xususiy o’quv muassasalarini ochish va boshqalar. |
O’zbekiston pochta va telekommunikastiyalar agentligi |
Aloqa xizmati ko’rsatish. |
Listenziyada quyidagilar ko’rsatilgan bo’ladi:
- listenziya berayotgan muassasa nomi;
- yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning ismi-sharifi, turar joyi;
- listenziya berilayotgan faoliyat turi;
- faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari;
- listenziyaning ro’yxat raqami, berilgan vaqti va muddati.
Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda listenziyada belgilangan qonun-qoidalar yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek aholi hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullansa, u holda listenziya bergan muassasa tadbirkorni listenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqlidir.
Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor listenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilinsa, u holda listenziya bergan muassasa listenziyani bekor qiladi.
Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish tadbirkor hal etishi kerak bo’lgan muhim vazifalardan biridir.
Korxonaning boshqaruv tarkibi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va vazifalarini bajaruvchi, o’zaro bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
Boshqaruv tarkibi ishlab chiqarish tarkibi deb ham yuritiladi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi hamda xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab etadi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos boshqaruv apparati tuziladi. Bo’linmalar yig’indisi, ularninng tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish tarkibini tashkil etadi.
Boshqaruvning maqsadi, vazifasi, ob’ekti va organlari uning tashkiliy tarkibini belgilab beradi. Tashkiliy tarkiblarni hosil qiladigan boshqaruv organlari boshqaruv bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi.
Boshqaruv bo’g’ini boshqaruvning ayrim yoki qator vazifalarini bajaruvchi mustaqil bo’limlardir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega bo’ladi.
Boshqaruv bosqichi ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo’g’indir. Masalan:
Vazirlik → birlashma → korxona → stex → uchastka
Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi bo’g’inning yuqori bo’g’iniga izchillik bilan bo’ysunishini ko’rsatadi. Bu vertikal bo’yicha bo’linishdir.
Barcha bo’g’in hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o’zaro bo’ysunish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo’g’inining huquq hamda burchlari, ular o’rtasidagi munosabatlar boshqaruv tizimini tashkil etadi.
Boshqaruv tizimini turli jabhalarga bo’lish mumkin: butun tarmoqni boshqarish; har bir tarmoq tasarrufidagi korxonalarni boshqarish; korxonalar ichidagi bo’limlarni boshqarish va h.k.
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvi tashkiliy tuzilmalarining quyidagi turlari mavjud (2-rasm).
|
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruv tuzilmalarining tashkiliy turlari |
|
|||||||||||||||
|
|
|
|
||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|||||||||||
Chiziqli pog’onali |
|
Chiziqli-shtabli |
|
Funk-stional |
|
Chiziqli-funksti-onal |
|
Dasturli maqsadli |
|
Matrista- li |
|||||||
2-rasm. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi
Har bir tarkibda rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar, avvalo, vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo’ysunishning turiga ko’ra, bir-biridan farq qiladi.
Agar rahbarlik to’laqonli bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo’lsa, u holda bu xildagi aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi.
Agar rahbarlik cheklangan bo’lib, quyi organ faoliyatiga doir masalalarga daxldor bo’lsa, u holda bu xildagi aloqa funkstional rasmiy aloqa deb ataladi.
Organlar o’rtasida vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo’lib, ular muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.
Boshqaruv tarkibida rasmiy aloqalar asosiy o’rinni egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhim ahamiyatga ega. Ba’zan ular tashkilotning ishini yo’lga qo’yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Norasmiy aloqalar turlicha bo’lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport bilan shug’ullanish yoki do’stona munosabatlar kiradi.
Norasmiy aloqalarga ham e’tibor berish kerak. Chunki:
- norasmiy aloqalar rasmiy tarkibning barcha bo’g’inlari bilan bog’langan bo’ladi;
- qator munosabatlar ishdan tashqarida paydo bo’ladi va korxonaning barcha ishiga ta’sir ko’rsatadi;
- norasmiy tizim ko’pgina ko’rsatkichlari bo’yicha korxona faoliyatining samarali tashkil qilinishiga imkon beradi.
Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham yo’q emas. Ehtiyotkorlik, sezgirlik yo’q bo’lgan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindosh-urug’chilik va shunga o’xshash ko’rinishlar paydo bo’lishi mumkin.
Chiziqli (pog’onali) tuzilma. Chiziqli (pog’onali) tarkib boshqaruv tarkibining eng sodda turi hisoblanadi. Bunda boshqaruvning hamma vazifalari korxona rahbari qo’lida to’planib, barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish yacheykalari unga bo’ysunadi. Har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo’ysunuvchi xodimlar faqat bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga bevosita boshlig’ini «chetlab» murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori stex boshlig’ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak.
Chiziqli tarkibning o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor.
Chiziqli tarkibning ijobiy tomonlari:
- o’zaro zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi:
- yakkaboshchilik va shaxsiy javobgarlik mustahkamlanadi;
- bu tarkib oddiy, puxta va tejamlidir;
- bosqichlar soni kam bo’ladi;
- boshqariluvchi ob’ekt ishiga kam kishi aralashadi;
- vazifalar tez hal etiladi;
- butun tizim samarali ishlaydi;
- xodimlar faqat o’z rahbariga hisobot beradilar.
Chiziqli tarkibning salbiy tomonlari:
- bunday tarkib oddiy masalalarni hal etishga mo’ljallanganligi sababli uning borasida kompleks masalalarini hal etish ancha qiyin kechadi;
- bunday sharoitda rahbarlar ko’proq tezkor ishlar bilan band bo’lib, strategik muammolarni e’tibordan chetda qoldiradilar;
- bunday boshqaruv sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilikning paydo bo’lish xavfi kuchli bo’ladi, bunga sabab, tarkibning har bir bo’g’inida rahbar o’z lavozimi bo’yicha farmoyish berish huquqiga ega bo’lishidir.
Boshqaruvning chiziqli tarkibi uncha murakkab bo’lmagan ishlab chiqarish sharotida ijrochilarning vazifalari oddiy, buyruq va axborotlar hajmi kam bo’lganda o’zini oqlashi mumkin. Ishlab chiqarish tobora murakkablashib, ish ko’lamining kengayib borishi boshqaruv vazifalarini tabaqalashtirishni talab etadi, chiziqli tarkibning o’rniga chiziqli-shtabli tarkibning vujudga kelishini taqozo etadi.
Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarlarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo’lishiga sabab korxonalarda vazifalarning murakkabligidir.
Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo’lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga mas’ul bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslaxat berish vazifasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlardan maqsadga muvofiqlarini aniqlash va uni qabul qilishdan iboratdir.
Bu tarkibning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o’z diqqatlarini ilmiy tadqiqot ishlariga emas, balki, asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar. Kamchiligi boshqaruv tizimida ortiqcha bo’g’inlarning paydo bo’lishi, natijada boshqaruv tezkorligining susayishi, boshqaruv xarajatlarining o’sishiga olib kelishidir.
Boshqaruv apparatini funkstional ixtisoslashtirish samaradorligini ancha oshiradi. Boshqaruvning hamma vazifalarini bajarishi lozim bo’lgan universal rahbarlar o’rniga o’z sohasini puxta biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan, o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo’ladi.
Funkstional bo’linmalar bevosita barcha quyi tarkib bo’linmalarining faoliyatini boshqaradi. Funkstional boshqarish u yoki bu vazifa vakolatiga taaluqli tor doiradagi masalalar bo’yicha quyi bosqichning organ va bo’linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo’limi stexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi.
Bunda ham funkstional bo’limlar rahbarlarining vertikal bo’yicha ierarxiyasi va bo’ysunishi mavjud. Ammo chiziqli tarkibdan farqli o’laroq, bunday bo’ysunish ma’muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo’ysunishdir. Masalan, korxona reja bo’limining boshlig’i stex reja byurosi boshlig’iga, hatto aynan shu vazifaga doir masala bo’yicha ham buyruq berish huquqiga ega emas. Biror ma’muriy buyruqni korxona direktori stex boshlig’iga berishi mumkin, stex boshlig’i esa stex reja byurosi boshlig’iga shunday buyruq bera oladi.
Funkstional tarkib ham ijobiy va salbiy tomonlarga ega.
Funkstional tarkibning ijobiy tomonlari:
- bu tarkibda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv samaradorligining kasb mahorati darajasining o’sishini ta’minlaydi. Masalan, marketing bo’yicha mutaxassis shu sohani boshqa yuqori organlar rahbarlaridan yaxshi biladi va bu ishni yuqori saviyada bajaradi;
- funkstional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xodimlar bunga tez ko’nikma hosil qiladilar;
- moddiy xarajatlarni kamaytiradi, boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo’yadi va hokazo.
Funkstional tarkibning salbiy tomonlari: funkstional organlar o’ziga topshirilgan vazifalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo’lib, «begona» vazifalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar o’z vazifasi bo’yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega. Binobarin, bu narsa yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishi, ijrochilarning mas’uliyati kamayib, intizomning bo’shashiga olib keladi. Chunki har bir ijrochi bir boshliqqa emas, ayni vaqtda, bir necha boshliqqa bo’ysunadi, ko’pincha ulardan bir-biriga zid ko’rsatmalar oladi.
Chiziqli-funkstional tarkibda asosiy boshqaruv chiziqli boshqaruv hisoblanadi. Hamma boshqaruv bosqichlari va uchastkalarni mustaqil boshqarishda chiziqli rahbarlar tayinlanadi. Ularga ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini yakkaboshchilik tamoyillariga ko’ra boshqarish huquqi berilgan bo’lib, ular olingan natijalarga to’liq javob beradilar.
Boshqaruvnig chiziqli-funkstional tarkib sharoitida ishlaydigan rahbarlarga malakali yordam ko’rsatish uchun funkstional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi. Bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash hamda rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat bo’ladi.
Mazkur tarkibning kamchiliklari:
- chiziqli va funkstional xodimlar o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’ladi;
- tadbirkorga funkstional xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish qiyinroq kechadi.
- materiallarini sarflashning yangi me’yorini ishlab chiqish;
- mehnat me’yorlarini qayta ko’rib chiqish;
- turli kasbdagi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
- yangi materiallarga ehtiyojni aniqlash;
- etkazib beruvchilar bilan aloqa o’rnatish;
- yangi texnologiyalarni joriy etish va hokazolar talab qilinadi.
Yuqoridagi vazifalarni turli xizmat bo’linmalari bajaradi, ular bajaradigan ishlarning mazmuni va muddatlarini kelishib olishi, ishlab chiqarishning ko’pgina elementlarini tutashtirishi lozim. Goho funkstional xizmatlar o’rtasidagi aloqalarda buzilish vujudga keladi, xizmatlar esa bahs va munozaralar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli-tarkib rahbari esa ko’p sonli bo’linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muomalalarini yangi tashkiliy boshqaruv tarkiblarini tuzish yo’li bilan, aniqrog’i, chiziqli-funkstional boshqaruv tarkiblariga tuzatishlar kiritish yo’li bilan hal etiladi. Bunday tarkib dasturli-maqsadli tarkib deb ataladi. Boshqaruvning dasturli-maqsadli tarkibi quyidagi ikki ko’rinishda bo’ladi: loyiha bo’yicha va mahsulotga ko’ra boshqaruv.
Loyiha bo’yicha boshqaruv qisqa muddatda yangi texnika va texnologiyani joriy etish zarurati tug’ilgan hollarda qo’llaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus xizmat bo’limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo’lim loyiha tuzadi va uning joriy etilishini nazorat qiladi.
Loyiha bo’yicha boshqaruv muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi, kichik bo’laklarga ajratadi yoki to’ldiradi. U loyihani bajarish uchun korxonaning barcha funkstional xizmatlari va bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Bu organga tegishli huquqlar beriladi. U vazifalarning bajarilishi uchun to’la javobgar bo’ladi.
Bunday boshqaruv ko’p nomenklaturali ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Loyiha rahbari maxsus vakolatga ega bo’lib, texnologik ishlarni zvenolar bilan ishchilar o’rtasida taqsimlaydi, uning bajarilishini o’z loyihasi doirasida nazorat qilib boradi. Chiziqli rahbarning shu ishlarga oid buyruqlari loyiha rahbari bilan kelishiladi. Bunda bajaruvchi kishi ikki va undan ortiq rahbarga ega bo’lib, ularga bo’ysunadi.
Mahsulotga ko’ra boshqaruv tarkibining afzalligi axborotlarning kelish yo’llari va oqimining qisqarishi, yakkaboshchilik tamoyiliga to’la rioya qilinishi, boshqaruvning yuqori bosqichlarini kichik joriy vazifalardan xalos etishda namoyon bo’ladi. Bunday tarkib bozorda talabning o’zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodirdir.
Boshqaruvning matristali tarkibining mohiyati shundaki, unda har bir xodim, ayni bir vaqtning o’zida, loyiha bo’yicha boshqarish, shuningdek funkstional organida xizmatda bo’ladi hamda ikki yoqlama bo’ysunadi. Bu tarkibning o’ziga yarasha afzalliklari bor. Bular quyidagilardir:
- boshqaruv jarayonidagi (gorizontal) aloqalarning uzunligini keskin qisqartiradi va tartibga soladi;
- qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi va ularning mazmuni hamda natijalari uchun mas’uliyatni oshiradi;
- korxonaning ichki va tashki sharoitlariga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarishiga tezda ko’nikma hosil qiladi va shunga muvofiq ravishda amal qiladi;
- chiziqli bo’ysunish vositasida bo’lim ichida byurokratiyaga bo’lgan moyillikni bir qadar so’ndiradi va hokazo.
Shu bilan bir qatorda, matristali tarkibning ham ayrim kamchiliklari bor. Bular tarkibning murakkabligi va boshqaruv organlarining real vakolatiga ega emasligidir.
Boshqaruvning tashkiliy tarkiblari to’g’risida yakuniy xulosalarga kelar ekanmiz, boshqaruvning qarab chiqilgan tashkiliy tarkiblaridan birortasini ham rasmiy tarkib deb bo’lmaydi. Shu bois har bir korxona (firma) o’z oldidagi maqsad va iqtisodiy muhitining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning talablarini yuqori darajada qondiradigan tashkiliy tarkib turini tanlashi kerak.
Rahbarning boshqaruv uslubi deganda, boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarini hal qilish usullari majmui tushuniladi.
Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarlikning quyidagi boshqaruv uslublaridan foydalaniladi:
1. Xo’jalik ishlaridagi kamchiliklarga murosasiz bo’lish.
2. Jamoa va uning har bir xodimi to’g’risida qayg’urish.
3. Yuqori madaniyatli boshqaruvni tashkil etish.
4. Rahbarning yangilikni his etish qobiliyati.
Kichik biznes faoliyatini boshqarishning bir necha pog’onalari mavjud. Ularga ikki pog’onali, uch pog’onali va ko’p pog’onali boshqaruvni misol qilib ko’rsatish mumkin. Kichik biznes faoliyatini boshqarishda jahon amaliyotidan olingan va eng samaralisi hisoblangan ikki pog’onali usul, ya’ni rahbar-bajaruvchi usulidan keng foydalaniladi.
Bu usulning samarasi uning oddiyligida, bajaruvchi va rahbar o’rtasidagi munosabatlarning to’g’ridan-to’g’ri bog’langanligidadir. Bu erda nazoratning yuqori samarasiga erishiladi. Pog’onalar soni ortib borgan sari boshqaruv samarasi kamayib boradi.
Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish tadbirkor hal etishi kerak bo’lgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Kichik biznes korxonalari boshqaruv tarkibining chiziqli-pog’onali, chiziqli-shtabli, funkstional, chiziqli-funkstional, dasturli-maqsadli, matristali turlari mavjud.
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda jahon amaliyotidan olingan va eng samarali usul bo’lib, ikki pog’onali usul, ya’ni rahbar-bajaruvchi usuli hisoblanadi. Bu usulning samarasi uning oddiyligi hamda rahbar va bajaruvchi o’rtasidagi munosabatlarning to’g’ridan-to’g’ri bog’langanligidadir.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Boshqaruvning tashkiliy tuzilma nima?
2. Boshqaruv bo’g’ini va bosqichlari to’g’risida so’zlang.
3. Korxonada samarali boshqaruv deganda nimani tushunasiz?
4. Chiziqli (pog’onali) tuzilmaning mohiyati nimada?
5. Chiziqli-shtabli tuzilma nima?
6. Funkstional tuzilmaning o’ziga xos xususiyati nimada?
7. Dasturli-maqsadli tuzilmaning mohiyati nimada?
8. Matristali tuzilma nima?
9. Boshqaruv tuzilmalarining o’zaro farqi nimada?
10. Rahbarning boshqaruv uslubi deganda nimani tushunasiz?
11. Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarlikning qanday boshqaruv uslublaridan foydalaniladi?
Reja:
1. Tadbirkorlik faoliyatida marketingning ahamiyati
2. Tadbirkorlik faoliyatida bozor segmentastiyasining mohiyati va ahamiyati
3. Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari
4. Tadbirkorlik faoliyati uchun marketing dasturini ishlab chiqish
1. Tadbirkorlik faoliyatida marketingning ahamiyati
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda kichik biznes va tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo’lib marketing hisoblanadi hamda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» konsterni boshqaruvi raisi Djon Harvi Djons kichik biznes va tadbirkorlikda marketingni o’rnini tavisiflab shunday deydi, ya’ni «Marketing kichik biznes va tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg’i, balki kema komandasidir»[11].
Marketing elementlarining paydo XVII asrning o’rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashning turli shakllari paydo bo’ladi, keyinchalik marketing faoliyatining birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarning rivojlanishi kuzatildi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog’liqdir, shu bois marketing so’zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market – bozor, ing – faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo’nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo’yicha amaliyot faoliyati hamdir.
Talab bilan taklifning o’zaro ta’siri alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o’zluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarning o’zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarning iste’moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
Quyida marketingning asosiy kategoriyalari berilgan (1-rasm).
Muhtojlik kishining biror-bir narsa etishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir.
Talab xarid quvvatiga ega ehtiyoj.
1-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari
Talab – mavjud, potenstial hamda xohish talabga bo’linadi.
Tovar – ehtiyoj yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketingning mohiyati iste’molchilar talabiga mos tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hamda unga talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo’ljallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek “...Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotida imkon qadar tezroq qutilish, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar etkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak. Bu borada yangi bozorlar, yangi transport yo’laklarini topish, bir so’z bilan aytganda, faol marketingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yuritish zarur”[12].
Marketing falsafiy ma’noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi. Umuman, marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: marketing ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyati turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko’payishi va tadbirkorlar o’rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni har tomonlama o’rganish yo’nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish zarur:
Marketing quyidagilarni o’rgatadi:
· yuksalish, qo’shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, etkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin).
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo’lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o’rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni etkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Marketing tamoyillari marketing asosi va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo’ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi. Marketingning asosiy tamoyillari:
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
· istiqbolga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni sub’ekt faoliyati istiqbolga yo’naltirilgan bo’lishi zarur;
pirovard ko’rsatkichga erishishga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor hissasi, foyda oshishi va hokazolar.
Marketing konstepstiyasining mazmuni uning vazifalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing vazifalari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
· marketing tadqiqotlari;
· mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
· sotish va taqsimot vazifasi;
· tovarni siljitish;
· narxni tashkil etish vazifasi;
· marketing-menejment vazifasi.
Marketing vazifalari firmaning boshqa vazifalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funkstiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning vazifalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa vazifalaridan farqi shundan iboratki, marketing vazifalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgan. Shuning uchun ham marketing vazifalari doimo o’zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabning shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
2. Tadbirkorlik faoliyatida bozor segmentastiyasining
mohiyati va ahamiyati
Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentastiyasi muhim ahamiyatga ega va bozorda talabni o’rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste’molchini tahlil etish»- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo’linadi: bozor segmentastiyasi; iste’molchi talabi sabablarini o’rganish; qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash. Bozor segmentastiyasi talabni qondirishga tabaqalangan holda yondashuv, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko’ra har xil talab qo’yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo’llashga asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o’ziga xos bir talab namoyon bo’ladigan hodisa tarzida olib qaraladi.
Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga talablari xilma-xildir, har bir xaridorning o’z didi bor. Xaridorning talabi, xohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar samarali marketing tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni bozor segmentastiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq tovarning taklif etilishi va tovarga talabning qat’iyligini ta’minlaydi.
Demak, xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentastiyasi deyiladi.
Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko’p jihatlardan tovar yoki xizmatning turiga, shuningdek korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi bo’lgan masalaga bog’liq.
Sanoat tovarlari va keng iste’mol tovarlari uchun tanlov mezonlari bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan maqbul mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman to’g’ri kelmasligi mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o’rtasida paydo bo’lgan farqlarni izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu farqlarni ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim.
Bozorni segmentlash orqali, xo’jalik yurituvchi sub’ekt quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi:
· iste’molchilarni xohish va talabini maksimal ravishda hisobga olish;
· tovarni (xizmatni) va xo’jalik yurituvchi sub’ektni raqobatbardoshligini ta’minlash;
· xo’jalik yurituvchi sub’ekt xarajatlarini optimallashtirish;
· xo’jalik yurituvchi sub’ektning marketing strategiyasi samaradorligini oshirish;
· raqobatchilardan xolis bo’lgan segmentlarga ketish.
Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi xatti-harakatlarni o’rganib, ularning obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj talablarni tasavvur qilishdan iborat. Hozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti yangi, yuqori sifatli tovar va kompleks servis texnika xizmatlar hamda samarali sotish usullarini qo’llashdan iborat bo’lib qoldi. Ana shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining ustuvor turi iste’molchilarni o’rganish va navbatida bozorni segmentlashdan boshlanadi, chunki bozor bir xil sub’ektlardan tashkil topgan emas.
Bozorni segmentlarga bo’lish xaridorlarning tovarga talablari va xaridorlar tavsiflari to’g’risidagi eng muvofiq bilimlarni talab qiladi. Quyidagi 2-rasmda bozorni segmentlash turlari berilgan.
Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo’yicha ularning sanoatlashuviga qarab bo’lishni ko’zda tutadi. Mikrosegmentlash esa bir mamlakat iste’molchilarini yanada batafsilroq mezonlar bo’yicha guruhlarga bo’ladi.
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi guruhlari bilan boshlanib, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari klassifikastiyasiga bog’liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi.
Chuqurda segmentlash tor iste’molchi guruhlari (segmentlari) bilan boshlanib, keyin tovarni ishlatish va qo’llanish sohasidan bog’liqligiga qarab kengaytirishni nazarda tutadi. Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o’rganishga mo’ljallangan marketing tadqiqotining boshlang’ich bosqichidir.
2-rasm. Bozorni segmentlash turlari
Yakuniy segmentlash bozor muhiti sharoitlari va firmaning o’z imkoniyatlarini tartibga solib o’tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi bosqichidir.
Quyidagi rasmda bozorni segmentastiyalash mezonlari berilgan.
Bozor segmentastiyasining tamoyillari quyidagilardir:
· geografik tamoyil;
· psixografik tamoyil;
· demografik tamoyil;
· xulq-atvor tamoyili;
· holat tamoyili.
Geografik tamoyil orqali bozorning joylashuvi, aholi soni va zichligi, tijorat faoliyatining tuzilishi, mintaqaviy rivojlanish dinamikasi, inflyastiya darajasi, huquqiy cheklashlar hisobga olinadi.
Psixografik tamoyil natijasida hayot tarzi, shaxsning tipi, jamoat holati kabi hisobga olinib, turmush tarzi shaxsning o’z faoliyati, qiziqishlari, kat’iyati va e’tikodlarida o’z aksini topadi. Shaxsning turi esa hayotdan mamnun, melanxolik, o’zgalardek ish ko’ruvchi, o’zbilarmon va boshqa hislatlarda bo’lishi mumkin.
3-rasm. Xaridorlarga qarab bozorni segmentastiyalash
mezonlari
Demografik tamoyillarda oilani soni va sifat tarkibi, oilaning hayotiylik davri bosqichi, daromadlilik darajasi, mashg’ulot turi, ma’lumoti, millati kabilar inobatga olinadi hamda bozor segmentastiyasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo’l, foydalanuvchi maqomi, iste’mol jadalligi, bog’lanib qolish darajasi, tovar haqida ma’lumot berish, tovarga bo’lgan munosabati hisobga olinadi.
Segmentastiya jarayonining muhim bosqichi bozorning maqsadli segmentini tanlash hisoblanadi. Maqsadli segmentni tanlash muammosi etarli darajada murakkab bo’lib, uni hal etish uchun quyidagi ketma-ketlikda turishi tavsiya etiladi:
· segment o’lchami va uning o’zgarish (o’sish, kamayish) tezligini o’rnatish;
· segmentning jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish
· o’zlashtirayotgan segment maqsadi va tashkilot resurslarini aniqlash
Segment o’lchami uning miqdoriy o’lchamlari va birinchi navbatda sig’imi bilan tavsiflanadi. Segment sig’imini aniqlash uchun tovarlar hajmi, ushbu segmentda ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu tovarning potenstial iste’molchilari sonini aniqlash zarurdir.
Bozor sig’imini o’rganish asosida ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish uchun va tovar sotish bo’yicha taqsimlash tarmog’i tuzilishi uchun asos hisoblanuvchi uning o’sish dinamikasi baholanadi. Shuni hisobga olish kerakki, ya’ni bozor faoliyati natijalarini qo’llash, bozorda ishlash bog’liq xarajatlarni qoplab, rejalashtirilgan foydani olishga kafolat berishi kerak.
Segmentning jalb etuvchanligi tuzilishni tadqiq etish raqobat darajasini o’rganish, mavjud mahsulotlar raqobatbardoshligi, xaridorlarga munosabati, taklif etilayotgan va mavjud tovarlarga bo’lgan segment ehtiyoji barqarorligi, mavjud xaridor ehtiyojlarini qondiruvchi mutlako yangi mahsulotni bozorga kiritish zarurligi va imkoniyatini o’z ichiga oladi.
O’zlashtirayotgan segment maqsadlariga erishish uchun zarur tashkilotning maqsad va resurslarini aniqlash strategik muhim ahamiyatga ega bo’lib, tashkilotning uzoq muddatli maqsadlariga mos holda joriy maqsadlari bilan amalga oshirish hamda shunga mos holda maqsadli bozorda ishlash uchun potenstial imkoniyat resurslarini etarlimi yoki yo’qligini o’rnatish uchun zarurdir. Buning uchun tavakkalchilikni hisoblash maqsadga muvofiq. Tashkilotning tavakkalchiligini hisoblash uchun maxsus marketing, konsalting kompaniyalarini taklif qilish mumkin.
Maqsadli segmentlarni tanlashda quyidagi strategiyalardan foydalanish mumkin:
· differenstiallanmagan marketing strategiyasi;
· differenstiallangan marketing strategiyasi;
· konstentrlangan marketing strategiyasi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, bozor munosabatlari tiklanishi va shakllanishi davrida tadbirkorlik tuzilishida ko’plab korxonalar differenstiallanmagan marketing strategiyasini saqlab turdi. Bu strategiya firmaning xaridorlarni xarid jarayoni va tovarga munosabat hamda motivastiyasidagi turli-tumanlikka emas, balki xaridor ehtiyojlarida qiziqish umumiyligini ko’zlaydi.
Bunday tovarlar va marketing dasturlarini ishlab chiqish orqali firma o’z maqsadiga xaridorlarni o’rtacha massasini qondirib erishishi mumkin. Strategiyadan foydalanuvchi firmalar muvaffaqiyatining muhim omili standartlashtirish va tovar ishlab chiqarish umumiyligi hisoblanadi. Differenstiallanmagan marketing strategiyasi mahsulot ishlab chiqarish va sotishda kam xarajatlarni ta’minlaydi. Biroq X. Meffert ta’kidlaganidek, «bu strategiya zamonaviy marketing tamoyillariga qarama-qarshi turadi».
Marketingning zamonaviy konstepstiyasida ikkita strategiya ko’riladi: differenstiallangan va konstentrlangan marketing strategiyasi.
Differenstiallangan marketing strategiyasida firmadan uning faoliyatini bir necha segmentda ular uchun maxsus ishlab chiqarilgan tovarlar va marketing dasturlari bo’lishini talab qiladi. Bu strategiya xaridorlarning motivlari va tushunchalariga mos keluvchi marketing dasturi va xaridorlarga mo’ljallangan marketingning asosiy tamoyiliga mos keladi. Bu strategiya xaridorning bozordagi holatini to’liq ifodalaydi, shuning uchun, odatda, yuqori sotish hajmi va konstentrlangan marketing strategiyasiga nisbatan kichik tavakkalchilik darajasini ta’minlaydi.
Differenstiallangan marketing strategiyasi yuqori investistiya, ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar uchun zarurdir.
Mahsulot differenstiastiyasi turli bozorga chiqishning keyingi imkoniyatidir. Bu birinchi navbatda tovar taqsimoti diversifikastiya strategiyasini olib borishga asoslanadi.
Konstentrlangan marketing strategiyasi korxonalardan bozorning foyda segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tibor qaratishni talab etadi. Bu bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda maqsadli marketing dasturi bilan yondashadi. O’z mazmuniga ko’ra bu strategiya bozor chuqurchasi konstepstiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor segmentida ishlash kerakki, tovar ushbu firma va uning etkazib berish imkoniyatlari uchun ko’proq mos keluvchi hisoblanadi. Konstentrlangan marketing strategiyasi ko’proq kichik va o’rta korxonalarga mos keladi, chunki bozorning barcha segmentlarida ishlash uchun etarli moliyaviy vositalar bo’lishi talab etilmaydi.
3. Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari
Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, xamda uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga karatilgan. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifning muvozanatiga erishgan xolda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing kuyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:
· xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o’rganish;
· tovarlarga ichki va tashqi talablarni o’rganish;
· korxona faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
· talab va taklif to’g’risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish;
· tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarning tovarlarni sotib olishga qiziqishini oshirish;
· tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish;
· tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish;
· to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar yig’ish.
Tovarlarga talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iborat.
G.L. Bagiev va boshqalar “Zamonaviy marketing tadqiqotlari, tadbirkorlik tizimidagi axborot topish, to’plash, qayta ishlash va joriy hamda strategik qarorlar qabul qilish jarayoni”[13]- deb ta’rif berganlar.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi mavjud bozor segmentini mustahkamlash, yangi xaridorlarni jalb etish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati – uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir.
Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur ma’lumotlar va axborotlarni to’plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov o’tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumot va manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta ishlash mumkin.
Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so’rov, guruhli baxs eng ko’p qo’llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli bosqichlarida samarali axborot to’plash, uni qayta ishlash, texnika vositalaridan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida keltirilgan radio telefonli va bort-kompyuterli avtomobilga boshlag’ich talabni baholash tadqiqotini olib ko’raylik. Kuzatish uslubi vositasida xaridorlarning joriy davrda va avtomobil bozoridagi munosabatlari, ko’nikmalarini baholash mumkin. So’rov uslubida esa aniq bir xaridorning «yangi jihozlarga» qiziqishlari, ularga qo’yadigan talab va istaklarni baholash mumkin. Eksperiment uslubida esa sinov tarzida avtomobillarning kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini kuzatish mumkin.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o’zaro bog’liqlik, aniqlik, takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan reja mohiyatan quyidagi savollarga javob berishi lozim.
1. Qanday ma’lumotlar to’planishi kerak?
2. Ma’lumotlarni kim to’playdi?
3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?
4. Ma’lumotlarni to’plashda qanday uslublar qo’llaniladi?
5. Ma’lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim etiladi?
6. Ma’lumotlarni to’plash qachon va qaerda amalga oshiriladi?
7. Ma’lumotlarni to’plash uchun qanday xarajatlar ko’zda tutiladi?
Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi, mazmunan va mantiqan bog’liqligi ta’minlanadi. Bu o’z navbatida tadqiqotning keyingi bosqichlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan kamchilik va xatoliklarning vujudga kelishiga yo’l qo’ymaydi. Ma’lumotlarni to’plash bosqichi tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar yordamida ularni qayta ishlash, tayinli tartibga solish vazifasini ham bajaradi. Chunki jamlanadigan ma’lumotlar qaerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor beriladi.
4. Tadbirkorlik faoliyati uchun marketing dasturini ishlab chiqish
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo’g’ini uchun qaror qabul qilish asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni korxonani o’tgan davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozor rivojlanishining qisqa tahlili va bashorati, firma rivojlanishining asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorining strategik yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlari mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo’yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmaning imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo’lsa-da, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko’riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyaning yuqori boshqaruv bo’g’ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturining strategik yo’nalishi bozordagi mavqei va korxona holatining bog’ligiga ko’ra, o’z ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar diversifikastiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentlash, hujum va ximoya strategiyalari bo’lishi mumkin.
Marketing dasturini ishlab chiqarishda ko’p variantlilik tamoyillaridan foydalaniladi. Xizmatning tuzilishiga binoan marketing dasturi va rejasining bir necha varinatlari: ikki yoki uch, ya’ni minimal, optimal va maksimal turlari bo’ladi. Dasturning minimal varianti, dasturni og’ir (yomon) sharoitlarda rivojlantirish, maksimal variantida esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni ko’zda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasining minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda haqiqiy muvaffaqiyatga ijtimoiy va iqtisodiy hamda psixologik samarani olishni maqsad qilib erishadi. Shuningdek dasturning o’rtacha yoki optimal variantlari keng tarqalgan.
Quyidagi 4-rasmda marketing dasturi majmui jarayoni keltirilmoqda.
4-rasm. Marketing dasturi majmui
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo’nalishiga qarab markekting dasturi yuqori va pastki bo’g’in uchun bo’lishi mumkin. Agar dastur yuqori bo’g’in uchun bo’lsa, u qisqa va aniq tuzilgan bo’lishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko’rsatiladi, pastki bo’g’in uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir savol yoritib beriladi.
Muddatiga ko’ra, marketing dasturlari qisqa, o’rta va uzoq muddatli turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni uzoq va qisqa muddatli dasturlar.
Qamrab olinayotgan vazifasiga ko’ra, oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo’linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmaning ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha masalalarni hal etishga yo’naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o’zlashtirish, firma siyosatini rag’batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.
Ob’ektiga bog’ligiga ko’ra, marketing dasturlari mahsulotlar va ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga ega:
· tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotning zaruriy nomenklaturasini aniqlash;
· innovastiya bo’yicha qarorni asoslash;
· chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo’yicha qaror qabul qilish;
· tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o’rnatish;
· ishlab chiqarishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha xarajatlarning umumiy hajmi va tuzilishini hisoblash;
· moliyalashtirish manbalarini topish;
· ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;
· ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;
· ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi firmaning to’liq ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan ko’rsatkichlarni o’z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish bo’yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo’limining xo’jalik faoliyatining jami ko’rsatkichlari to’plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
Mahsulot bo’yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega:
· mahsulotning optimal texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;
· mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligining ko’p variantli hisob-kitobini o’tkazish;
· yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligi va zarurligini asoslash;
· chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash;
· iste’molchilarning maqsadli bozorda ko’zlagan maqsadlarini hisobga olgan holda, har bir tovar bo’yicha sifat ko’rsatkichlarini o’rnatish;
· har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani solishtirish);
· maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o’xshash tovarlarini hisobga olgan holda, har bir tovar bo’yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.
Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan korxonaning mo’ljallangan maqsadiga erishish va uning bajarilishini nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.
Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagicha:
1. Korxonaning imkoniyatlari tahlili (holatli tahlil).
Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yo’nalishlari. Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish.
2. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(Marketing sintezi).
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda foydaga erishish yo’llarini aniqlash.
3. Strategiyani ishlab chiqish.
Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni ko’zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor segmentlari, marketing vositasi, bozorga kirish vaqti va boshqalarni tanlash).
4. Rejani ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi.
5. Nazorat qilish.
Strategik nazorat (tanlangan tamoyilning aniq bozor holatiga to’g’ri kelishi). Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati.
Qisqa xulosalar
Marketing ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir.
Marketing firmani uzoq muddatli, yuqori darajani foyda olishi niyatida faqat iste’molchiga qaratilgan maqsadli ishlab chiqarish va sotish faoliyati hisoblanadi.
Bozorni o’rganish, bilish va ishlab chiqarishni boshqarish bugungi kunga kelib, har bir tadbirkorning eng asosiy vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan tadbirkorlikka keng yo’l ochib berilganligi, yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan ko’plab firma va korxona uchun, ishlab chiqarishni boshqarish, mahsulot sotish yo’llarini, maqsad va vazifalarini marketing asosida tashkil etishi uchun sharoitlar yaratildi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar:
10. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi nimadan iborat?
8-MAVZU. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI REJALASHTIRISH
Reja:
Texnik-iqtisodiy asoslash. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq korxonani tashkil etishda korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Texnik-iqtisodiy asoslashga quyidagilarni kiritish lozim:
1. Ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlarga talabni tahlil qilish.
2. Ishlab chiqarish ko’rsatkichlari:
a) talab qilinuvchi konstruktorlik, texnologik va boshqa hujjatlarning mavjudligi;
b) ishlab chiqarish dasturi;
v) dasturni bajarish zarur mashina, asbob-uskuna va jihozlarning mavjudligi;
g) ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligi yoki ularning loyihasi;
d) asosiy ishlab chiqarish fondlarining mavjudligi;
e) ayrim turdagi mahsulot yoki xizmatlarning samaradorligi;
yo) amortizastiya to’lovlarining miqdori.
3. Moliyaviy ko’rsatkichlar:
a) mahsulot sotish yoki xizmat ko’rsatishdan olinishi mo’ljallangan daromad;
b) moddiy va unga tenglashtirilgan boshqa sarf-xarajatlar;
v) byudjetga o’tkaziladigan to’lovlar;
g) sof daromad;
d) ish haqi jamg’armasi;
g) tashkil etilayotgan boshqa jamg’armalar miqdori.
4. Ijtimoiy ko’rsatkichlar:
a) ishchilarning taxminiy soni;
b) kutilayotgan ish haqi miqdori;
v) bir ishchiga to’g’ri kelayotgan sotish miqdori;
g) nogironlar va pensionerlar mehnatidan foydalanish imkoniyati.
Biznes-rejaning mazmuni. Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda biznes-reja muhim rol o’ynaydi. Biznes-rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan. Fikrimizcha, etti bo’limdan iborat biznes-reja eng maqbuldir (1-rasm).
Ushbu biznes-rejani batafsil ko’rib chiqamiz:
Birinchi bo’lim. Biznes-rejada «Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari» markaziy o’rinni egallaydi.
|
Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari |
|
|||
|
|
|
|
||
|
|||||
Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametr va ko’rsatkichlari |
|
Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlari |
|||
|
|
|
|||
Tadbirkorning iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tasnifi |
|
Bitimning resurslar ta’minoti |
|||
|
|
|
|||
Bozor kon’yukturasi, talab va sotuv hajmi tahlili |
|
Bitimning samaradorligi |
|||
1-rasm. Tadbirkorlik faoliyatining biznes-rejasi
Tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalashtirilayotgan bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag’ sarflash va shu mablag’ qancha foyda keltirishini hisoblab chiqish lozim. Bunda va umuman, biznes-reja tuzishda vaqt omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib aytganda, keladigan foyda vaqtga qarab qanday taqsimlanadi va inflyastiyaga nisbatan uning samaradorligi qanday bo’lishlishini hisoblab chiqish lozim.
Biznes-loyihani amalga oshirishdan avval shuni e’tiborga olish kerakki, olinadigan foyda omonat bankka qo’yilgan shu miqdordagi mablag’ keltiradigan foizdan ko’p bo’lishini ta’minlashi lozim.
Biznes-reja tuzuvchilarning diqqat markazida, markaziy, ustuvor masaladan tashqari, boshqa maqsad va vazifalar ham turishi kerak. Masalan, ijtimoiy maqsadlar, tadbirkorlik maqomini ko’tarish, maxsus maqsad va vazifalar, homiylik tadbirlari va boshqalar.
Ikkinchi bo’lim. «Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametr va ko’rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo’lib, biznes-reja asosiy g’oya va mazmunining qisqacha ko’rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib, aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi.
Umumlashtiruvchi bo’limda quyidagilar taqdim etiladi: bosh maq-sadning loyihasi (bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayotgan reja yakunining qisqacha tavsifi va ularning o’zaro farqi; qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’l va usullari; loyihani amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bog’liq sarf-xarajatlar; kutilayotgan samara va natija; olingan foydani qo’llash sohasi.
Umumlashgan natija ko’rsatkichlari: umumiy yakunlovchi ko’rsatkichlar (ishlab chiqarish hajmlari, mahsulotning sotilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi; sotishdan tushgan mablag’; shaxsiy va zayom sifatida olingan vositalar (samaradorlik); maxsus ko’rsatkichlar (sotilayotgan tovar va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning o’ziga xos xususiyati, iste’molchilarnint talabi va didini qoniqtirishi; qilingan xarajatlarning qoplanishi; tavakkalning past darajaliligi; rejalashtirilayotgan natijani olish kafolati).
Uchinchi bo’lim. «Tadbirkorning iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tavsifi» deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi: tadbirkor ishlab chiqargan mahsulot ko’rsatkichlari yoki uning tavsifi: ta’rifi, modeli, sur’ati va boshqalar; ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste’molchilari va u qoniqtirmoqchi bo’lgan iste’mollar (xaridorning tovarni sotib olishga qodirligi haqida bashorat; tovar sotib oluvchi hudud, aholi guruhi, tashkilotlar haqida ma’lumot; tovarlarni ma’lum vaqt doirasida iste’mol qilishi haqida ma’lumot, tovarga nisbatan talabga ta’sir etuvchi omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini bashorat qilish.
To’rtinchi bo’lim. «Bozor kon’yunkturasi, talab va sotuv hajmining tahlili» bo’limida talabni o’rganish va narxlarni bashorat qilishning davomi bo’lib, bu bo’limda ishlab chiqarishning hajmi va tovarning sotilishi vaqt mobaynida belgilab beriladi.
Biznes-rejani tayyorlash jarayonida bozorning tadqiqoti, tahlili va baholanishi bir tomondan, oldindan taxmin qilishga asoslansa, ikkinchi tomondan, bo’lajak xaridor yoki savdo tashkiloti bilan bo’lgan dastlabki bitimga tayanadi.
Loyihalarning o’lchami va muddatiga qarab, turli xil sharoitlar yuzaga keladi. Kichik va qisqa muddatli loyihalar amalga oshirilganda mahsulot iste’molchilari doirasini aniqlash mumkin. Bu esa, o’z navbatida, sotuv hajmi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Bozorga tahliliy baho berish bilan birga, biznes-reja bozorni marketing va boshqa faoliyat turlari bilan jadallashtirish yo’llarini ham belgilab berishi lozim.
Ushbu bo’limni ishlab chiqishda boshqa ishbilarmonlar mavjudligi, raqobatchilar, ularning imkoniyati va qobiliyati, shuningdek narx siyosatini bilish lozim. Bundan tashqari, biznes-rejaga raqobatni hisobga olgan holda tovarning sotilish hajmi kiritiladi.
Beshinchi bo’lim. «Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlar» bo’lib, bu bo’limning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish, tijorat, moliya) bog’liq. Ishbilarmonlik harakat dasturi quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) marketing harakatlari (reklama, sotish bozorini aniqlash, iste’molchilar bilan aloqa bog’lash, ularning talabini hisobga olish); b) mahsulotni ishlab chiqarish; v) tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish (asosan, tijorat tadbirkorligiga oid); g) tovarni sotish jarayoni va sotgandan keyin xaridorga xizmat ko’rsatish.
Tashkiliy tadbirlar dasturiy harakatlarning uzviy qismi bo’lib, biznes-reja bajarilishining boshqaruv uslubi; loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzilmalarini; ijro etuvchi harakatlarni muvofiqlashtirish uslubini qamrab oladi. Mehnat haqining maxsus shaklini o’rnatish, rag’batlantirish, kadrlarni tanlab olish, ularni tayyorlash, hisob, nazorat ishlari tashkiliy tadbirlarga kiradi.
Oltinchi bo’lim. «Bitimning resursli ta’minoti». Bu bo’limda tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun zarur resurslar turi va hajmi, resurslarni olish manbai va uslubi haqida ma’lumotlar beriladi.
Resursli ta’minot quyidagilarni qamrab oladi: moddiy resurslar (materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, xomashyo, energiya, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqalar); mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (joriy pul mablag’lari, kapital qo’yilmalar, kreditlar, qimmatbaho qog’ozlar); axborot resurslari (statistik, ilmiy-texnik axborot).
Ettinchi bo’lim. «Bitimning samaradorligi». Bu bo’lim biznes-rejaning yakunlovchi qismi bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko’rsatkichlari orasida foyda va rentabellik ko’rsatkichlari ustuvor mavqega ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy samaradorlik (yangi ilmiy natijalarni qo’lga kiritish) ham hisobga olinadi. Ushbu bo’limda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Loyihalarni asoslash jahon amaliyotida mablag’larning qo’yilishi haqidagi qarorni tayyorlashda bir necha umumiy ko’rsatkichlar qo’llaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
- sof joriy qiymat;
- rentabellik;
- samaradorlikning ichki koeffistienti;
- kapital qo’yilmalarning qaytarilish davri;
- pulning maksimal sarf-xarajati;
- zararsizlik me’yorlari.
Sof joriy qiymat ba’zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi.
Rentabellik foydaning kapital qo’yilmalar yoki akstioner kapitaliga nisbati shaklida aniqlanadi. Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir yilga hisoblab chiqiladi. Bu erda soliqlar hisobga olinadi.
Integral samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning dastlabki sath mazmuni samaradorlikning ichki koeffistienti hisoblanadi. Agar samaradorlikning ichki koeffistienti dastlabki sath mazmunidan past bo’lmasa, loyiha samarali hisoblanadi.
Kapital qo’yilmalarning qaytarilish davri. Bu ko’rsatkich kapital qo’yilmalarning o’z-o’zini qoplash muddati sifatida amalda keng qo’llaniladi. Bu davrda funkstional-ma’muriy zararlar hisobdan chiqarilgandan keyin asosiy kapital qo’yilmalar qoplanadi.
Pulning maksimal sarf-xarajati. Bu sof joriy qiymatning eng katta salbiy moliyalashtirish o’lchamlarini aks ettiradi va sarf-xarajatlarni qoplash manbalari bilan bog’lanishi lozim.
Zararsizlik me’yorlari. Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot partiyalarining minimal o’lchovi, «nol daromad» olinadi, ya’ni sotuvdan kelgan daromad ishlab chiqarishdagi xarajatga teng bo’ladi.
G’arb mamlakatlari banklaridan kredit olishda biznes-rejaning boshqacha tuzilmasi qo’llaniladi. Bu holatda biznes-reja quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
Kirish va umumiy ma’lumot. Bu bo’limda yuridik shakl ko’rsatiladi, korxona faoliyati tarixi va muhim tadbirlarning kisqacha ta’rifi beriladi.
3. Korxona faoliyatini baholash. Bu erda korxonaning ba’zi muhim xususiyatlari ko’rsatiladi, ya’ni uning bozorda egallagan o’rni, mavqei, sotuv tizimi va boshqalar.
4. Mahsulotni va sotish bozorini ta’riflash.
5. Tadqiqotlar va ishlanmalar. Bu bo’limda tadqiqotlar, dastur va tashabbuslarning asosiy yo’nalishlari aks ettiriladi.
6. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati. Korxonaning ishlab chiqarish holati, ishlab chiqarish quvvatlarining holati ta’riflanadi.
7. Xodimlar va mehnat munosabatlari.
8. Tashkil etish va boshqarish. Umumiy-tashkiliy ko’rsatkichlardan tashqari, oliy lavozimli shaxslar va rahbar xodimlarining qisqacha biografik ma’lumotlari beriladi.
9. Yuridik ma’lumotlar. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq o’tmishdagi hamda hozirgi sud va arbitraj ishlari qisqacha ta’riflanadi.
10. Moliyaviy ma’lumotlar. Keyingi 5 yil ichidagi moliyaviy hisobotlar ko’rib chiqiladi. 5 yillik istiqbolli moliyaviy ahvol ta’riflanadi.
11. Likvidlik. Qarzlar, aylanma mablag’lar holatining tahlili, kompaniyaning soliqlari, qarzlari ko’rsatiladi.
12. Shartnomalar. Korxona ishtirok etgan barcha shartnoma va bitimlar ta’rifi beriladi.
13. Buxgalteriyaning boshqa hisob-kitoblari. Ro’yxatga olinmagan mulk (kvartira, mehmonxona, shifoxona, profilaktoriy va boshqa-lar)ning qisqacha bayoni beriladi.
Bundan ham qisqacha biznes-rejaning chizmasi G.Berl tomonidan taqdim etilgan.[14] U quyidagi bo’limlardan iborat:
Shaxsiy vositalar. Bu erda ish asoschisi, uning hamkorlari, oila a’zolarining qo’shgan shaxsiy hissasi ko’rsatiladi.
Biznesning ta’rifi. Firmaning miqdoriy ko’rsatkichlari, tashkiliy-huquqiy shakli, joyi, manzili va ishlovchilar sonini ko’rsatish lozim. Ishlab chiqarilmoqchi yoki bajarilmoqchi bo’lgan tovar va xizmatlar, korxonaning qisqacha tarixi, istiqboli, marketing hududi, iste’molchi va ta’minotchilarni ko’rsatish lozim.
Boshqaruv. Har bir mulk egalari va korxonaning boshqa boshqaruvchilarining ma’lumoti, tajribasi haqidagi ma’lumotni o’z ichiga oladi.
Korxonaning moliyaviy istiqboli va ko’rsatkichlari. Agar korxona yangi tashkil etilgan bo’lsa, unda korxona egasining shaxsiy kapitalini ko’rsatish, rejali balans tuzish, istiqbolini baholash keltirilishi lozim. Shu bilan birga kutilmagan sarf-xarajatlar uchun muayyan mablag’larni ajratib qo’yish kerak. Agar korxona jamoasi harakatda bo’lsa, unda oxirgi ikki-uch yil ichidagi daromad va zararlar haqida balansli hisobot va bugungi holati haqidagi ma’lumotni taqdim etish lozim.
Ko’rsatilgan beshta bo’lim uchun 11 yordamchi shakl tuziladi.
1-shakl. Qarz olish uchun berilgan arizaning maqsadi va uning asoslanishi.
2-shakl. Shaxsiy moliyaviy deklarastiya.
3-shakl. Korxonaning batafsil ta’rifi.
4-shakl. Bozorning tahlili.
5-shakl. Raqobatchilar.
6-shakl. Korxonaning joylashtirilishi.
7-shakl. Korxonaning xodimlari.
8-shakl. Boshqaruv.
9-shakl. Tashkil etilayotgan yoki kengaytirilayotgan korxona uchun moliyaviy ma’lumot.
10-shakl. Harakatdagi korxonani sotib olish uchun moliyaviy ma’lumot.
11-shakl. Rahbar uchun qiskacha xulosa.
Qator xorij mualliflari biznes-rejaning rasmiylashtirilishi shakliga e’tiborni qaratmoqdalar. Qog’oz, papka, yozuv, varaqlarning sifati, ya’ni tashqi ko’rinishi hujjatni o’kiyotganda ma’lum taassurot qoldirishi mumkin. Xatosiz, toza yozilgan hujjat ishonch va hurmat uyg’otadi.
G. Berl AQSh turli shtatlarining to’qqiz rayonlari tadbirkor boshqaruvchilarining tresti hisoblanmish ishbilarmonlar forumi ma’qullagan namunali biznes-rejaning ta’rifini keltiradi. Bu quyidagilardan iborat: Hajmi 40 betgacha. Spiral mahkamlagich bilan mahkamlangan. Muqovada kompaniyaning nomi yozilgan. Titul varag’ida esa kompaniyaning nomi va manzili yozilgan. Reja ikki betda yozilgan kompaniyaning bugungi operastiya va rejalari haqidagi qisqacha axborotdan boshlanadi. Bo’linmalarning nomlari ilova qilingan. Matnda etakchi xodim va investorlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Buxgalteriya hisoboti bo’yicha maslahatchilarning va maslahatchi-yuristlarning taqrizlari keltiriladi.
Biznes-rejani ishlab chiqishda undagi bo’limlar ta’rifi qisqa, tushunarli bo’lishiga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bular biznes-rejaga qiziquvchi shaxs yoki bank xodimining undagi materiallarni o’qish-o’qimasligini belgilab beradi. Xulosa qisqa bo’lib, biznes-rejaning barcha bo’limlarini qamrab olishi lozim. Xulosada quyidagi ma’lumotlar mavjud bo’lishi tavsiya etiladi:
- korxonaning nomi, uning yuridik manzili;
- aloqa qilish uchun shaxs, uning telefoni;
- biznes turi;
- kerakli qarz;
- qarzning maqsadi;
- mavjud aktivlar;
- mahsulot va bozor (mahsulotning qisqacha ta’rifi, uning real sotish imkoniyatlari);
- boshqaruv (asosiy mulk egasi va uning yordamchilari ta’rifi);
- moliyaviy rejalar;
- sotish va daromad hajmining o’sish imkoniyatlari ko’rsatiladi.
Korxona (firma)ning rivojlanish bosqichlari. Faoliyatining dastlabki bosqichlarida ishbilarmon qator muammolarga duch keladi. Shulardan biri o’z xo’jalik yuritish maqomiga ega bo’lishidir. Shu bilan birga ishbilarmon bozor holati, talab va taklifni o’rganishi lozim. Bundan tashqari, oldida qanday to’siq va chegaralar uchrashi, qanday imtiyozlar olishi mumkinligini bilishi zarur. Shu tariqa investistiya kiritishning umumiy shartlari belgilanadi.
Bunday ma’lumotlar ochiq va ular matbuotda, statistik axborotlarda, qonunchilik hujjatlarida mavjuddir. Mutasaddi shaxslardan ham bunday ma’lumotlarni olish mumkin.
Ishbilarmon xo’jalik yuritish yo’nalishini aniqlab olgach, o’z korxonasining ixtisoslanishini belgilaydi. Buning uchun bo’lajak iste’molchilarning imkoniyatini aniqlash, raqobatchilar haqida barcha ma’lumotlarga ega bo’lishi lozim.
Faoliyat shakli, ya’ni individual yoki jamoa ishbilarmonligidan birini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Individual shakl tanlaganda ishbilarmon ixtiyoriy ravishda tavakkalga qo’l uradi. Ish muvaffaqiyatsiz tugaganda mulkdor korxona majburiyati uchun o’zi javob beradi va o’z mulki hisobidan zararni qoplaydi.
Jamoa shakli tanlanganda ishbilarmon mas’uliyatni korxonaning boshqa ishtirokchilari bilan bo’lishadi. Ushbu shakl qo’llanganda tavakkal kamayadi, bundan tashqari, qo’shimcha resurslarni jalb etish mumkin bo’ladi.
Keyingi bosqichda ishlab chiqarish bazasi shakllanadi. Ishbilarmon ishlab chiqarish va omborxona, asbob-uskunalarni ijaraga olishi, xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tublash qismlarini sotib olishi, ishchi kuchini jalb etishi kerak. Korxona asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar, xomashyo va materiallar ta’minotchilari, vositachi firmalar bilan munosabat o’rnatadi. Kerakli ishchilarni mehnat birjalari, e’lonlar yordamida jalb etishi mumkin.
Moliyaviy vositalarni jalb qilish muhim bosqichlardan hisoblanadi. Faoliyatining dastlabki paytlarida ishbilarmonning ishni boshlashi uchun moddiy mablag’lari etarlicha bo’lmaydi. Pul mablag’lari kamchiligini akstiyalarni chiqarish, ya’ni korxona kapitali va daromadiga huquqni qisman boshqalarga berish, tijorat banklaridan qarzlar olish yo’li bilan bartaraf etishi mumkin. Bunda korxona akstiya yoki qarz majburiyatlarini sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, tijorat banklari bilan o’zaro aloqa qila boshlaydi. Bank kreditlari qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida banklar tomonidan qisqa muddatli kredit berish shakli keng qo’llanilmoqda.
Banklarning korxonalarga kredit berishi turli sug’urta operastiyalari bilan bog’liqdir. Inshoot, moddiy zaxiralar va korxonaga qarashli boshqa mulklar sug’urta qilinishi mumkin. Bu hollarda korxonalar sug’urta kompaniyalar bilan munosabat o’rnatadi.
Akstiya, obligastiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish yoki ularni sotishda korxonalar jamg’arma bozori, ya’ni qimmatbaho qog’ozlar bozoriga murojaat etadi. Korxona aloqa qilayotgan tashkilotlar soni juda ko’p bo’ladi. Ular ichida turli xil fond birjalari, kredit-moliya institutlari, investistion jamg’armalar, individual investorlar etakchi o’rinni egallaydilar.
Korxonaning boshqaruv organini tashkil etish. Yangi tashkil etilgan korxonaning asosiy muammolaridan biri faoliyatli organizmni bunyod etishdir. Uning doirasida ishchilar o’z faoliyat maqsadlari va unga erishish yo’llarini aniq anglashlari lozim. Agar yangi tashkil etilgan korxona yaxshi ishlaydigan va yaxshi boshqariladigan ishlab chiqarishga aylanmasa, u tanazzulga duch kelib, jalb etilgan katta kapital ham, mahsulotning yuqori sifati ham, hatto unga talab ham yordam bermaydi.
Nyu-York universiteti Biznes maktabining professori Piter Drukerning fikricha, yangi korxonadagi boshqaruv quyidagilarni talab qiladi:
- bozorda diqqatni biror narsaga qaratishi;
- naqd pullarni rejalashtirish va tartiblashtirish bilan bog’liq jarayonlar rivojini oldindan ko’ra bilishni;
- oliy boshqaruv bo’g’inini unga muhtojlikdan oldin tuzishni.
Agar mahsulot muayyan maqsadlarda uchun foydalanishga mo’ljallab chiqarilgan bo’lsa, u bozorda o’z o’rnini topadi. Shu bilan birga, kiritilayotgan yangiliklar yangi turdagi bozorlarni shakllantiradi. Masalan, ko’p yil mobaynida barcha ishlarda nusxa ko’chirish qo’llanilmas edi. «Kseroks» firmasi nusxa ko’chirish apparatini ixtiro qilib, bozorga chiqargandan keyin nafaqat AQSh, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham ushbu yangilik juda keng tarqalib ketdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, «bozorni o’rganish» atamasi dinamik jarayon tushunchasi bilan bog’liqdir. P.Druker «Yunivem» kompaniyasi bilan bog’liq bir misolni keltiradi. Taxminan 1950 yillarda bozorni ilmiy tahlil qilish asosida 2000 yilga kelib, kompyuterlar soni 1 mingga etadi, degan faraz qilingan. Lekin 1984 yilning o’zidayoq 1 milliondan ortiq kompyuter sotilgan edi. O’sha davrda o’tkazilgan tadqiqotlarda kompyuterlar faqat jiddiy ilmiy ish olib borish uchun qo’llaniladi, degan fikr ustuvor edi. Shu voqea «Kseroks» kompaniyasi bilan ham sodir bo’ldi. Chunki o’tkazilgan tadqiqotlarda poligrafiya korxonalari nusxalash avtomatlariga muhtoj emas, degan fikr asosiy o’rin egallagan edi. Lekin hech kim bu asboblar idora, maktab, universitet, kollejlarga ham kerak bo’ladi, deb o’ylamagan.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, yangi korxona tashkil etilganda uning mahsuloti yoki xizmati rejalashtirilmagan bozorlarda yangi iste’molchilarini topadi. Faqat an’anaviy qotib qolgan ishbilarmonlik dunyoqarashni o’zgartirish kerak, xolos. Agar ma’lum maqsad uchun chiqarilayotgan mahsulotga yangi iste’molchilar tomonidan qiziqish bildirilsa, kompaniya shu qiziqishga jiddiy e’tibor berib, tahlil qilib chiqishi lozim.
Agar bozordan uzilish yangi korxonalar uchun dastlabki vaqtda «kasallik» bo’lsa, moliyaviy omil, ya’ni noto’g’ri moliyaviy siyosat olib borish bunday korxonalar taraqqiyotining keyingi bosqichlarida jiddiy xavf tug’diradi. Muammo shundan iboratki, ishbilarmonlar yangi korxonalarni tashkil etganda, birinchi navbatda, katta daromad olishga intiladi. Lekin dastlabki vaqtda, asosiy e’tiborni ishlab chiqarish, rivojlanish, faoliyat, pul oqimini tartiblashtirish uchun moliyalashtirish manbaini topish lozim. Yangi korxona qo’shimcha kapital bilan ta’minlangandagina rivojlanishi mumkin, ya’ni ishbilarmonlik moliya boshqaruvisiz bo’lmaydi.
Korxonaning rivojlanishi va muvaffaqiyatida oliy boshqaruv tizimi yoki maxsus boshqaruv guruhi tuzish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu guruh ishni o’z korxonasining ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini tahlil qilishdan boshlashi lozim. Ular korxona muvaffaqiyatini belgilab beruvchi yo’nalishlarni aniqlab, maqsad va vazifalarini belgilashi zarur. Korxona rahbari o’z xodimlari bilan hamkorlik qilib, talabni bo’shashtirmasdan, ularga ishonch bildirib, faoliyat yuriishi lozim. Rahbar doimo etakchi bo’lishi kerak.
O’z kuch va qobiliyatini samarali ishlatish sohalarini aniqlash yangi korxonaning boshqaruv omillaridan biridir. Yangi korxona rivojlanib, taraqqiy etishi bilan birga tadbirkorlarning vazifalari ham o’zgarib boradi. Ko’p ishbilarmonlar sodir bo’layotgan o’zgarishlarni doimo anglay ololmay, yangi sharoitda nima qilishini bilmay qoladilar. Mana shu sharoitda tadbirkor o’ziga: «Mening qobiliyatim va qiziqishim nimalarga moyil?», «Qaysi ishda men o’zimni ko’rsata olaman?», «Korxonaning qaysi bir ish yo’nalishida men foyda keltiraman?» kabi savollar berib, tegishli qaror qabul qilishi muhim ahamiyatga ega.
Masalan, «Polaroid» fotokamerasining ixtirochisi Edvin Lend o’z kompaniyasiga 13 yil rahbarlik qilgan. Uning rahbarligida kompaniya nihoyatda tez rivojlanib ketgan. Sharoitni tahlil kilgach, E. Lend ma’lum vaqtdan keyin o’zi kompaniyaga rahbarlik qilolmasligi, bu ishni professional mutaxassislar boshqarishi kerakligini tushundi. O’zi esa ilmiy izlanishlar bilan shug’ullana boshladi, ya’ni ko’proq samara keltiradigan sohada faoliyat yuritishga o’tib ketdi. E. Lend o’ziga laboratoriya qurib, kompaniyada olib boriladigan fundamental tadqiqotlarni boshqardi, firmaning tezkor boshqaruvini maxsus tayyorlangan mutaxassislarga topshirdi. Bu kabi misollar ishbilarmonlik sohasida talaygina.
Franchayzingning mohiyati va ustuvorligi. Oxirgi yillari imtiyozli tadbirkorlikda franchayzing keng qo’llanila boshladi. Ishbilarmonlikning ushbu shaklida franchayzer (odatda, yirik bosh kompaniya) kichik firma yoki biznesmenni belgilangan ma’lum hududda tovar, reklama xizmati, biznes texnologiyalari bilan ta’minlashni o’z zimmasiga oladi.
Buning evaziga firma (franchayzi) kompaniyaga (franchayzerga) menejment va marketing sohasida xizmat ko’rsatish va shu kompaniyaga o’zining ma’lum kapitalini qo’yish majburiyatini oladi. Odatda, franchayzing faqat kompaniya – franchayzer bilan ish olib borish majburiyatini olib, biznesda uning ko’rsatmalariga bo’ysunishga harakat qiladi.
Franchayzi korxonasi franchayzer tomonidan tashkil qilingan tizimning bir qismi sifatida faoliyat yuritadi. Hozirgi vaqtda AQShda yarim milliondan ortiq korxona imtiyozli ishbilarmon faoliyati bilan shug’ullanadi. Ularning ulushi mustaqil korxonalarga nisbatan oshib bormoqda.
Franchayzingni yoymoq uchun yirik firma egalari vaqt-vaqti bilan ko’rgazma o’tkazishadi. Bundan maqsad kishilarni imtiyozli ishbilarmonlik bilan shug’ullanishga jalb etishdan iborat.
Ishbilarmonlikning bu turi yoqilg’i quyish shoxobchalari (32%), engil va yuk mashinalari bilan savdo-sotiq qilish (6%), restoran va ovqatlanishda tez xizmat ko’rsatish (7%) biznesida keng quloch yoygan.
Franchayzingning asosiy ustuvorligi bitim tuzgan korxonalarning aniq ixtisoslashishidir. Yirik firmaning ko’mak berishi franchayzingni tijorat tavakkalini kamaytiradi. Bosh firma o’qitish ishlari olib boradi va franchayzi-korxona ish faoliyatini doimo nazorat qilib turadi.
Shu bilan birga tizim ba’zi kamchiliklardan xoli emas. Uning eng asosiy kamchiligi qisman mustaqillikni yo’qotishdir. Franchayzi korxonasi bosh firma bilan yuridik bitim orqali bog’langan bo’lib, uning qonun-qoidalari talabiga bo’ysunadi, franchayzer kompaniyasining ko’rsatmalarida bayon etilgan biznesni olib borish uslublariga rioya qiladi. Bu esa, o’z navbatida, tashabbuskorlikni yo’qotishga olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritishlarini mablag’ bilan ta’minlash iqtisodiy muammolardan biri bo’lib, katta tavakkalchilikni talab etadi. Sarflangan mablag’larni qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq bo’lsa, bu xavf darajasi ham shunchalik oshib boradi. Chunki, bu muddat ichida bozor kon’yunkturasi ham, narx-navolar ham, ish haqi to’lovlari ham zimdan oshib boradi. Shuning uchun, iqtisodiyot barqaror bo’lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu holat nafaqat ayrim tovar bozori, balki butun mamlakatga xos bo’lsa) xarajatlari tezroq qoplanadigan samarali loyihalarga mablag’ sarflash maqsadga muvofiqdir.
Bunday yondashuv fan-texnika taraqqiyotining sur’ati eng yuqori bo’lgan va yangi texnologiya yoki mahsulotlarning kirib kelishi oldingi investistiyalarni tezda qadrsizlantirib yuborishi mumkin bo’lgan tarmoqlar uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, pulni oluvchi etarli obro’ga ega bo’lmasa va mablag’ egasi uzoq muddatga unga pulni ishonishni xohlamasa ham mablag’ning o’zini qoplash muddatiga qarab ish ko’riladi.
Misol tariqasida, «Jahongir» kichik korxonasining mablag’ bilan ta’minlanish va uni o’zlashtirish tartibini ko’rib chiqamiz. Korxona ixtiyorida o’zlashtirish uchun 120 ming so’mlik xomashyo resurslari va tayyor mahsulotlar mavjud. Mazkur resurslardan foydalanish natijasida korxona 35 ming so’m daromad olishni ko’zda tutmoqda. Shu asnoda korxona rivojlanish fondidan ajratilgan pullar va bankdan olingan kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalashtirilgan. Xo’sh, ushbu loyiha talabni qondira oladimi?
Buning uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz.
Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Xarajatlarni qoplash muddati |
= |
Boshlang’ich investistiyalar |
= |
120000 |
= |
3,4 yil |
(1) |
Har yilgi pul daromadlari |
35000 |
Mazkur hisob-kitobdan ko’rinadiki, hisoblab chiqilgan xarajatlarning qoplanish muddati belgilangan muddatdan ancha kam (8 oyga). Demak, investistiya ajratishning ushbu varianti qulaydir.
Ammo amalda pul daromadlari har yili har xil bo’ladi. Odatda, ular ish boshida kamroq bo’lib, keyinchalik o’sib borishi mumkin (agar loyiha biror-bir aniq maqsadni ko’zlagan bo’lsa va ishlab chiqaradigan mahsulot xaridorgir bo’lsa). Bunday holatda xarajatlarni qoplash muddati ancha boshqacha bo’ladi.
Faraz kilaylik, investistiya miqdori misolimizdagi kabi bo’lib, yillar bo’yicha ko’zda tutiladigan tushumlar quyidagicha bo’lsin:
birinchi yilda – 25 ming so’m;
ikkinchi yilda – 35 ming so’m;
uchinchi yilda – 48 ming so’m;
to’rtinchi yilda – 54 ming so’m.
Bulardan ko’rinadiki, 3 yilda daromadlar hajmi 108 ming so’mni tashkil etadi. Demak, investistiyaning to’liq qoplanishi uchun to’rtinchi yili davomida atigi 12 ming so’m talab etiladi. Bu summani to’rtinchi yilda ko’zda tutilgan daromadlar summasi (54 ming so’m) ga teng bo’lib, shu yil uchun xarajatlarning qoplanish muddati – 0,22 yilga ega bo’lamiz. Shunday qilib, xarajatlarni qoplash muddati 3,22 yilni (3,0 + 0,22) tashkil etadi.
Investistiyalarni tahlil qilishning bunday usuli oddiyligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Uning qulayligi yana shundaki, agar investistiya yo’l qo’yiladigan muddatda qoplanishi nuqtai nazaridan baholanganda, u investistiyaning qaltisligi haqida ham aniq tasavvurga ega bo’lishga yordam beradi. Shu boisdan, bunday hisob-kitob investistiyani baholashning eng mukammal usullariga foydali qo’shimcha bo’la oladi. Chunki ular, ko’pincha, kutilishi mumkin bo’lgan iqtisodiy inqiroz xavfini unchalik yaqqol ifodalay olmaydi.
Bu usulning ham o’ziga yarasha kamchilik va nuqsonlari bor, albatta. Birinchidan, u pulning vaqt davomida qiymat o’zgarishini hisobga olmaydi. Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan formulada investistiya to’liq qoplangandan keyin tushadigan daromadlar ham ko’rsatilmagan. Zero, yangi fondlar undan keyin ham ishlatiladi. Shu sababli, ushbu kamchiliklarni hech bo’lmaganda qisman bartaraf etish uchun, xarajatlarni qoplash muddatini so’mning bugungi va kechagi qiymati o’rtasidagi farqni hisobga olgan holda qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Pullar yoki sarflangan mablag’larning bugungi va kechagi qiymatlari o’rtasidagi farqni hisobga olish uchun investistiyalarning qoplanishi hisob-kitob qilinayotganda kelgusidagi daromadlar diskontlash koeffistientlariga ko’paytiriladi. Diskont koeffistientlari quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Kd = 1 / 1 + K*T ; (2)
bu erda, Kd – diskont koeffistienti yoki pul qiymatining o’zgarish sur’ati (odatda, bank kreditlari bo’yicha o’rtacha foiz darajasida qo’llaniladi);
K – foiz stavkasi, %;
T – investistiya ajratilgandan boshlab o’tgan vaqt, yil;
Masalan, bank stavkasi 10% ga teng bo’lsa, uchinchi yil uchun diskontlash koeffistenti:
K = 1/ 1 + 0,1*3 = 0,769 ni tashkil etadi.
Bundan foydalanib, yuqorida ko’rib chiqqan misolimiz uchun investistiyaning qoplanish muddatini aniqlaymiz. Buning uchun (1) formuladan foydalanib, investistiyaning qoplanish davrida pul qiymatining farqini aniqlab olamiz.
|
Diskontlanish koeffistenti: |
Diskontlanish daromadari: |
|
1-yilda |
1/ 1+0,1*1 = 0,9091; |
25000 x 0,9091=22728 |
so’mni |
2-yilda |
1/ 1+0,1*2 = 0,8333; |
35000 x 0,8333=29166 |
so’mni |
3-yilda |
1/ 1+0,1*3 = 0,7692; |
48000 x 0,7692=36922 |
so’mni |
Shunday qilib, bank stavkasi 10% bo’lgan holda, tashkil etadi. Jami bo’lib, uch yilda diskontlangan, ya’ni so’mning bugungi kundagi xarid qilish qobiliyatida ifodalangan daromadlar hajmi 88816 so’m (22728+29166+36922) ni tashkil etadi. Demak, firma bo’yicha investistiyaning to’liq summasini qoplash uchun firmaga 31184 (120000-88816) so’m etishmayapti. Endi, to’rtinchi yilda investistiya umumiy hajmining etishmayotgan qismini yanada aniqroq qilib hisoblab chiqishimiz mumkin. Demak, to’rtinchi yilda diskontlangan daromadlar:
1 / (1+0,1*4) = 0,7142; 54000x0,7142 =