O’ZBEKISTON  ALOQA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI

 

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

 

 «IQTISOD VA BOSHQARUV»  FAKULTETI

 

«IQTISODIYOT NAZARIYASI»  KAFEDRASI

 

 

 

 

 

 

 

 

«RAQOBAT SIYOSATI»

fanidan

 

 

MARUZALAR MATNI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tuzuvchi(lar):                             dots. Mirzaev F.R.    

                                                               i.f.n. Quvondikova D.K.

                                                              ass. Saidrasulova X.B.

 

                                                      

 

                                          

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT – 2012

1-MAVZU. RAQOBAT NAZARIYASI EVOLYUTSIYASI

 

1.     Raqobatning tuzilishi.

2.     Raqobatning evolyutsion tuzilishi.

3.     M.Porter bo’yicha raqobat konsepsiyasi.

4.     Global strategiya yordamida raqobatli afzallikka erishish.

5.     Raqobatdagi yutukka milliy shart-sharoitlarni ta’siri.

6.     Mamlakat raqobatbardoshligini oshirish yo’llari.

 

 

1. Raqobatning tuzilishi

 

Raqobat umumijtimoiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy jarayonlar qatnashchilari o’rtasidagi yaxshiroq yashash sharoiti uchun bo’ladigan kurashni anglatadi. U kishilik jamiyati hayotining hamma jabhalariga xos bo’lib, odamlar o’rtasidagi o’z imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish, ayrim sohalarda o’z ustunliklarini namoyon qilish, farovonroq hayot kechirish, jamoa o’rtasida obro’liroq bo’lish uchun bo’lgan qurashni aks ettiradi. Kishilarning iqtisodiy faoliyati boshqa faoliyatlarning asosini tashkil qilgani uchun kishilik jamiyati hayotida iqtisodiy sohadagi raqobat muhim rol o’ynaydi. Iqtisodiy sohadagi raqobat ishlab chiqarish munosabatlarining sub’ektlari (ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar, tadbirkorlar, yollanma ishchilar va hokazolar) o’rtasida qulayroq ishlab chiqarish sharoiti (arzon ishlab chiqarish resurslari va ishchi kuchi)ga ega bo’lish unumliroq texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qo’lga olish, umuman, yuqori daromad olish imkoniyati uchun olib boriladigan kurashdan iborat.

Iqtisoddagi raqobat ko’p qirrali hodisa bo’lib, yaxshi daromad ko’rish, o’z qobiliyatini to’laroq ishga solish, o’zi mashg’ul ishni rivojlantirish, o’z sohasida imijga ega bo’lish uchun kurashni bildiradi.

 

2. Raqobatning evolyustion tuzilishi

 

Erkin raqobat davrida raqiblar kurashining ikki asosiy shakli amal qiladi: tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat.

Tarmoq ichidagi raqobat deganda bir tarmoqqa kiradigan firmalar o’rtasida tovarlarni ishlab chiqarish va sotishshng qulay sharoitlari va yaxshi foyda olish uchun kurashish tushuniladi. Har bir tarmoqda korxonalarniyag texnika darajasi va mehnat unumdorligi darajalari turlicha bo’lganligi sababli, ular chiqarayotgan tovarlarning individual qiymati ham har xil bo’ladi. Biroq, bizga ma’lumki, tovar xo’jaligida qiymat qonunining amal qilishi sababli turli individual qiymat ijtimoiy bozor qiymatiga keltiriladi. Bunga sabab tarmoq ichidagp raqobat kurashidir.

Tarmoqlararo raqobat. Tarmoqlararo raqobat deganda turli tarmoq firmalari o’rtasida eng yuqori foyda olish uchun olib boriladigan kurashni tushunamiz. Kapitalning xususiyati shuki, u doimo harakatda bo’lib, o’z sohibiga foyda keltirib turishi kerak. Kapital sohiblari esa ularni foydaliroq sohalarga joylashtirishga harakat qiladilar. Ular uchun nimani bozor ko’tarsa, shuni ishlab chiqarib ko’proq foyda olish muhimdir.

Tarmoqlararo raqobat kurashi kapitalni yaxshi foyda keltiradigan oohalarga joylashtirish uchun boradi. Qaerda foyda ko’p bo’lsa, shu erga resurslar oqib o’tadi, chunki shu erdagi tovarga talab ko’p bo’lib, u qondirilsa, yaxshi foyda ko’rish mumkin.

 

3. M. Porter bo’yicha raqobat konstepstiyasi

 

Porter tomonidan 1982 yili kiritilgan kengaytirilgan raqobat konstepsiyasining mazmuni shuki, firmaning asosiy bozordagi raqobatli afzallikdan foydalana olish qobiliyati faqatgina o’zi duch kelayotgan bevosita raqobatga emas, balki shu bozordagi potenstial raqiblar, o’rinbosar tovarlar, mijozlar va etkazib beruvchilar kabi kuchlarning ta’siriga ham bog’liqdir. Potenstial raqiblar va o’rinbosar tovarlar firma uchun bevosita xavf uyg’osta, mijozlar va etkazib beruvchilar esa o’zlarining talablari bilan bilvosita tahdid solib turadi (rasmga qarang). Mana shu kuchlarning o’zaro ta’sirii oxir‑oqibatda tovar bozorining rentabelligini belgilaydi. Tabiiyki, raqobat muhitini tashkil qiluvchi asosiy kuchlar turli bozorlarda turlicha bo’lishi mumkin (1.1-rasm).

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


1.1-rasm. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi

 

4. Global strategiya yordamida raqobatli afzallikka erishish.

 

Hozirgi kunda raqobat kurashida ustunlik bunday raqobatda emas, balki baholardan tashqari raqobatdadir. Chunki, hozirgi kunda iste’molchilar ko’pincha mahsulotning bahosiga emas, balki birinchi navbatda (tovarning) foydali fazilatlariga ahamiyat berishadi va shu fazilatlar ma’qul kelsa, tovar uchun ko’proq pul to’lashga ham tayyor bo’ladilar.

Marketing izlanishlari shuni ko’rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda xaridor tovar harid qilayotganda birinchi navbatda uning fazilatlari, tashqi ko’rinishiga, dizayniga ahamiyat beradilar. Shundan keyin tovarning texnik ko’rsatkichlariga e’tibor beradilar. Shunday ko’rsatkichlar ichida narx-navo 6-7 o’rinlarda turadi. Lekin bu boy, aholisining turmush darajasi yuqori bo’lgan davlatlariga xos xususiyatdir. Vaholanki, O’zbekiston kabi mamlakatlarda baho hozircha xaridor uchun muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Buni albatta hisobga olish zarur.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1.2.-rasm. Raqobatbardoshlik ustunliklari va raqobatning bazaviy strategiyasi

 

 

5. Raqobatdagi yutukka milliy shart-sharoitlarni ta’siri.

 

Globallashuv jahon bozorlari va mintaqaviy iqtisodiyotlarning tizimli integrastiyasi bilan tavsiflanadi, buning natijasida iqtisodiy o’sish kuzatiladi, zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv mexanizmlarining joriy etilishi jadallashadi.

Zamonaviy globallashuv jarayoni avvalgi integrastiya jarayonlaridan ma’lum qadar farq qiladi. Eng avvaalo, bu juda ko’p mamlakatlarning savdo, moliya, invbestistiya va axborotlar uchun o’z chegaralarini ochishida ko’rinadi.

Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati - integrastiya, buning ustiga umumiy, ya’ni kapital, ishlab chiqarish, mehnat integrastiyasi.

So’nggi yillarda integrastiya yangi mamlakat va mintaqalarni qamrab oldi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanmoqda:

·     ishlab chiqarish kuchlarining baynalmilallashuvi;

·     xalqaro mehnat taqsimotining baynalmilallashuvi;

·     moddiylashgan tovarlar bo’yicha an’anaviy xalqaro savdo xususiyatining sifat o’zgarishi va ko’lamining kengayishi;

·     turli mamlakatlarda iqtisodiy faoliyatning chatishib ketishi va o’zaro bog’liqligini ta’minlovchi moliyaviy va ishlab chiqarish resurslarining xalqaro miqyosda ko’chib yurishi;

·     xizmat ko’rsatish sohasining rivojlanishi;

·     ilmiy-texnik bilimlar bilan xalqaro almashinuv;

·     ishchi kuchining xalqaro migrastiyasi;

·     zamon talablaridagi global muammolar (tabiatni muhofaza qilish, Dunyo okeani, kosmosni o’zlashtirish, rivojlanayotgan mamlakatlarning och aholisiga yordam ko’rsatish va boshqalar)ni hal etishga yo’naltirilgan xalqaro hamkorlik.

 

6. Mamlakat raqobatbardoshligini oshirish yo’llari.

 

Globallashuv jarayonining asosi ayirboshlash emas, balki so’nggi o’n yillar ichida jadal sur’atlarda rivojlanayotgan transmilliy korporastiyalar (TMK)ning institustional shakli sifatidagi ishlab chiqarish bo’lib qoldi.

Etuk firmalar baholardan tashqari raqobatda quyidagi narsalarga ham e’tibor beradilar va evaziga firmaning bir tekis rivojlanishiga erishadilar:

·        tovarning texnik jihatdan yangiligi, uning avtomatlashtirilishi;

·        tovarlarning yangidan-yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari;

·        o’xshash tovarlarga nisbatan ishlab chiqarilayotgan tovarning chidamli, ishonchliligi, sifatining yuqorilik darajasi;

·        tovarlarni sotib olgan xaridorlarga ko’rsatiladigan xizmatlarning xilma-xilligi, holati;

·        tovarlarning tejamliligi, ixcham, foydalanishdagi samarasi;

Atrof-muhit uchun ekologik toza bo’lishi va hokazolar. Ularning har birining ahamiyati katta va kuchli firmalarda shu narsalarga ahamiyat berish faoliyat, turmush tarziga aylangan. Raqobatning noformal, jamiyat tomonidan qoralanadigan turi ham mavjud. Bu o’rinda g’irrom raqobat to’g’risida ham so’z yuritishimiz kerak bo’ladi. Raqobat firmalar uchun hayot-mamot masalasi bo’lgani uchun, ular ayrim hollarda raqobat kurashida g’ayriqonuniy usullardan foydalanadilar. Bunda ular davlat tomonidan raqobat kurashini tartibga soluvchi turli qonun va qoidalarga xilof ravishda ish ko’radilar. G’ayriqonuniy usullarga quyidagilarni kiritish mumkin:

·        baholar bo’yicha bir necha firmalarning o’zaro kelishib olishlari;

·        boshqa firmalar tovarlarining nomlari, tashqi ko’rinishi, tovar nishonasini o’zboishimchalik qilib ruxsastiz foydalanish;

·        raqobatchilar to’g’risida noto’g’ri axborot yoki to’g’ri bo’lsa ham ularning obro’siga ziyon keltiradigan ma’lumotlar tarqatish;

·        reklamada tovarlarni nojo’ya solishtirish, axborot berish;

·        raqobatchilarga nisbatan reket, shantaj va hokazolar yordamida zo’ravonlik qilish;

·        raqobatchining tijorat sirlarini pinhona bilib olish; konfedensial va maxfiy ma’lumotlarni ovoza qilish;

·        tovarning sifati, xususiyatlari kabi masalada xaridorlarni aldash, noto’g’ri axborot berish va reklama qilish.

 

 

 

 

 

 

2-MAVZU. RAQOBATNING IQTISODIY TABIATINI TIZIMLI TAHLILI

 

1.     Raqobat va raqiblik tabiati.

2.     Raqobatning paydo bo’lishi.

3.     Raqobat tipologiyasi va raqobat turlari tavsifnomasi.

4.     Raqobatli strategiyalarning turli xil darajasi.

5.     Raqobat evolyustiyasi  va unga ta’sir etuvchi omillar.  

6.     Texnologik o’zgarishlar.

 

 

1. Raqobat va raqiblik tabiati

 

Raqobat – mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar o’rtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni etkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat o’zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, er, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashagan sharoitda yaqqol namoyon bo’ladi.

Tovar bozorida to’g’ri raqobatchilar o’rtasida raqobatchilik kurashining jadalligi va aniq shakli raqobat holatining xarakteriga bog’liq holda o’zgaradi. Bu raqobatchilar harakati natijasida yuzaga keladigan ularning o’zaro bog’liqligi darajasini xarakterlaydi.

Aniq bozordagi tahlilni o’tkazishda iqtisobchilar tomonidan taklif etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish muhimdir. Odatda bunday tuzilishni to’rtga bo’lish mumkin: sof (yoki takomillashgan) raqobat, oligopoliya, monopolistik raqobat va monopoliya.

Sof raqobat modeli bozorda sotuvchilarning guruhi xaridorlarning katta guruhiga qarama-qarshi turishining mavjudligi bilan xarakterlanadi va bu guruhlarning hech biri baholarga ta’sir etishi uchun etarlicha kuchga ega emas. Tovarlar aniq belgilangan tavsifga ega. O’zaro o’rinbosar va faqatgina talab va taklif o’rtasidagi nisbat bilan belgilanadigan baholarda sotiladi. Bunday bozordagi sotuvchilar hech qanday bozor kuchiga ega emas va ularning harakati boshqa sotuvchilar harakatiga bog’liq emas. Bunday bozorning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:

·        sotuvchi va xaridorning katta miqdori;

·        differenstiallanmagan, to’la o’zaro o’rinbosuvchi tovarlar;

·        bozor kuchlarining to’laligicha mavjud bo’lmasligi.

Quyidagi 2.1- rasmdan ko’rinib turibdiki, raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

1) bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash;

2) tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniqlash;

3) tayanch raqobatchilarni baholash;

4) raqobatchilar xarakterini oldindan ko’ra bilish;

5) potenstial raqobatchilarni aniqlash.

Sof raqobatda talab va taklif o’yini deatamaant hisoblanadi. Baho va taklif etilayotgan son firma uchun o’zgaruvchilar hisoblanadi. Bunda talab funksiyasi quyidagicha teskari bog’liqlik yordamida ta’riflanadi:

 

P = F ( Q ) ,

bu erda: P - bozor bahosi - bog’liq o’zgaruvchi, Q esa taklif etilayotgan miqdor, bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchi. Bunda firma o’z holatini yaxshilash maqsadida yoki etkazish hajmini o’zgartirishi, yoki ishlab chiqarish hajmini o’zgartirishi kerak bo’ladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


2.1- rasm. Raqobatchilarning tahlili

 

 

Oligopoliya raqobatchilar soni kam yoki bozorda bir necha firmalar o’zaro kuchli bog’liqlikni yaratib hukmronlik qilish holatidir. Bunday bozorda har bir firma amal qilayotgan kuchlar bilan yaxshi tanish va istalgan raqobatchining qiyofasini qolgan firmalar his etadi. Strategik qiyofaning natijasi unga raqobatchilar ta’sir ko’rsatishi yoki ko’rsatmasligiga kuchli bog’liq.

Raqobatchilar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik ular tovarlari qanchalik kam differenstiyalangan bo’lsa, shunchalik kuchlidir. Oligopoliya vaziyati ko’proq tovarlar bozorida etilish darajasida bo’lgani uchraydi, bunda birlamchi talab kengaytirilib bo’lmaydigan hisoblanadi.

Narxlar urushi mexanizmi. Differensiallanmagan oligopoliyada hamma tovarlar asosiy deb qabul qilinadi va xaridor tanlovi asosan narx va ko’rsatiladigan xizmatlarga asoslanadi. Agar firma lider tartib o’rnatish kuchiga ega bo’lmasa va bozorni direktiv narx qabul qilishga majbur bo’lmasa, bunday shartlar narxlar bo’yicha raqobatga yo’l ochib beradi. Agar narx bo’yicha raqobat yuzaga kelsa, hamma raqobatchilarning rentabelligi yomonlashadi. Narxlar urushi ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:

·        bitta firma narxlarini pasaytirsa ko’proq xaridorlarni jalb etadi va bozor ulushining qayta taqsimlanishiga olib keladi;

·        shu firmaga tegishli bozor ulushi ortadi va uni ulushi kamayayotgan raqobatchilar darrov his qiladilar va bunday qayta taqsimlashga qarshi ular ham narxlarni pasaytiradilar;

·        tovar bozorida global talab kengaymasligi sababli narxlarning pasayishi bozor umumiy hajmining o’sishiga olib kelmaydi.

Raqiblarga nisbatan munosabat har qanday strategiyaning markazini tashkil qiladi. Bunday pozistiya batafsil tahlilga asoslangan bo’lishi kerak.

Porter raqobatni tahlil qilish vazifalarini quyidagicha tavsiflaydi: “Raqiblarni tahlil qilishdan maqsad har bir raqobatchi olib borishi mumkin bo’lgan strategiyadagi o’zgarishlarning xarakterini va muvaffaqiyat qozonish ehtimolini bilishdan iboratdir...”.

Monopolistik yoki nomukammal raqobat. Monopolistik raqobat sof raqobat bilan monopoliya o’rtasidagi holat bo’lib, u differenstiastiya strategiyasi tashqi raqobatli afzallikka asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, raqobatchilar juda ko’p bo’lib, ularning tovarlari differenstiyalangan, ya’ni xaridorlar nuqtai nazaridan ular ajralib turuvchi sifatlarga egadir.

Xaridorlarni doimiy mijozlarga aylantiruvchi va ularning narxga sezgirligini kamaytiruvchi differenstiastiya firmaning bozordagi mavqeini ma’lum darajada kuchaytiradi. Ayni paytda mijozning savdolashish imkoniyati ham qisman bartaraf qilinadi. Shuningdek, differenstiastiya firmani raqiblarning hujumlaridan ham himoyalaydi, chunki differenstiastiya elementining mavjudligi tovarlarning almashuvchanligini kamaytiradi. Monopolist firma raqiblarning xatti-harakatlariga bog’liq bo’lmaydi, balki mustaqil ish tutadi. Bundan tashqari, differenstiastiya firmaning etkazib beruvchilar va o’rinbosar tovarlarga nisbatan mavqeini mustahkamlaydi. Strategik marketing aynan mana shunday raqobatli vaziyatlarni vujudga keltirishga intiladi.

Monopoliya. Monopoliyada bozorda bittagina ishlab chiqaruvchi afzallik qiladi va u xaridorlarning katta qismiga xizmat ko’rsatadi. Natijada uning tovari qisqa muddat davomida bevosita raqobatchilarga ega bo’lmaydi. Bu - novatorning monopoliyasidir. Bunday vaziyat hayot siklining tovarning bozorga kirib kelishiga to’g’ri keladiga bosqichiga, endi vujudga kelayotgan, texnologik innovastiyalar bilan xarakterlanadigan sektorlarga to’g’ri keladi.

 

Raqobat jihatidan bozor modellarining xususiyatlari

 

Xarakterli  xususiyatlari

Raqobat modellari

Sof raqobat

monopolistik

Oligopoliya

Sof monopoliya

Firmalar soni

Juda ko’p

Ko’p

Bir necha

Bitta

Mahsulot turi

Standartlangan

Tabaqalashgan

Ixtisoslashgan yoki tabaqalashgan

Noyob o’rin bosuvchi tovar yo’q

Narx ustidan nazorat

Yo’q

Tor doirada bor

O’zaro bir-biriga bog’liq tufayli cheklangan yashirin kelishuvda sezilarli

Sezilarli

Tarmoqqa kirish

Juda oson

Nisbatan oson

Sezilarli to’siqlar mavjud

O’tib bo’lmaydigan to’siqlar mavjud

Ma’lumot olish imkoniyati

Ma’lumot olish imkoniyati hamma uchun teng

Ma’lum cheklashlar mavjud

Ma’lum cheklashlar mavjud

Ma’lum cheklashlar mavjud

Misollar

Qishloq xo’jaligi

Chakana savdo, kiyim-kechak, poyafzal ishlab chiqarish

Po’lat, avtomobil, qishloq xo’jaligi inventarlari, magnit, elektor asboblari ishlab chiqarish

Jamoat xizmatini qiluvchi mahalliy korxonalar

 

 

 

Monopoliya vaziyatida firma bozordagi mavqei juda yuqori bo’ladi. Biroq unga bozorning o’sib borayotgan potenstial ini va yuqori daromadlarini qo’lga kiritishga intilayotgan yangi firmalar tahdid sola boshlaydi. Natijada monopoliyaning kutilayotgan muddati muhim omilga aylanadi, bu omil innovastiyaning miqyosiga va yangi raqobatchilar uchun kirish to’siqlarining yuqoriligiga bog’liq bo’ladi. Texnologik yangiliklarning tez tarqalishi natijasida monopoliyalar tobora efemerlashib boradi. Monopolist firma bilan o’rinbosar tovarlar ham raqobatlashishi mumkin. Raqobatchilarni tahlil qilish chizmasi quyida berilgan (2.2-rasm).

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


2.2-rasm. Raqobatchilarning ta’sirchanligi

 

 

Davlat monopoliyasi esa ko’proq uchrab turadi, uning mantiqiy mazmuni xususiy firmalarnikidan farq qiladi. Bu erda asosiy e’tibor daromadga emas, balki ijtimoiy ne’matga qaratiladi. Bu holatning qiyinchilik tomoni shuki, unda jamiyat manfaatlariga xizmat qilishni nazorat qilib bo’lmaydi, natijada markazlashgan boshqaruv vujudga keladi va u o’zining ichki vazifalari konsentrastiyalanadi. Bu muammoni esa ijtimoiy marketing yoki daromadsiz tashkilotlar marketingi o’rganadi.

 

 

2. Raqobatning paydo bo’lishi

 

Bozor raqobati tarixan 4 bosqichdan o’tadi.

Birinchi bosqich – bu natural xo’jaliqdan bozor iqtisodiyotining dastlabki shakllariga o’tish bo’lib, bu davrda raqobat mayda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida boradi.

Ikkinchi bosqich – bu kapitalistik erkin raqobat bosqichidir. Bu bosqich tovar xo’jaligining ommaviy tus olishi bilan, mayda tovar ishlab chiqarish o’rniga yirik mashinalar tizimiga va yollangan mehnatga tayangan tovar ishlab chiqarishning kelishi bilan xarakterlanadi.

Uchinchi bosqich – bu monopol raqobat bosqichi bo’lib, u yakka hokimlikka intiluvchi yirik korxonalarning kurashidir. Raqobat iqtisodning monopollashgan va monopollashmagan sohalarida alohida boradi, ammo bu sohalar o’rtasida ham kurash ketadi.

To’rtinchi bosqich – yangicha erkin raqobat bosqichi bo’lib, u aralash iqtisodiyotga xosdir. Bu bosqichda raqobatchilar g’oyat ko’pchilik bo’lib, ular yirik korporastiyalar, o’rtacha, mayda va o’ta mayda korxonalardan iborat bo’ladi.

Raqobat bozor iqtisodiyotining g’oyat muhim xususiyati. U amal qilishi uchun ma’lum shart-sharoit muhayyo bo’lishi talab qilinadi. Raqobat faqat bozor iqtisodiyoti muhitida bo’lishi mumkin, chunki undagina u zarurat bo’ladi, shushingdek, unga yo’l ham ochiladi. Bas, shunday ekan bozor munosabatlarining yuzaga kelishi ayni bir vaqtda raqobatchilikning shakllanishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotining shakllanishidagi klassik yo’l G’arb mamlakatlarida bo’lib, u erda raqobatchilik muhiti uzoq yillar mobaynida, davlatning ishtirokisiz, o’z-o’zidan, ya’ni stixiyali yuz bergan. Shu yo’sinda erkin raqobat paydo bo’lgan. Iqtisodiyotda mopopollashuv tendenstiyalari paydo bo’lish munosabati bilan erkin raqobat cheklanadi, shu sababdan sog’lom rakobatchilik muhitini yaratishda davlat ham qatnashadi. Buni davlatnint antimonopol siyosatida ko’rish mumkin. Bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratishga emas, balki uni saklab qolishga, kezi kelganda qaytadan tiklashga, raqobatning madaniylashgan usullarini qaror toptirishga qaratiladi.

Davlatning xususiy monopoliyalarni jilovlashga qaratilgan tadbiri 1890 yilda AQShda qabul qilingan “Sherman qonuni” bo’lib, u tarixda antitrest qonuni deb nom olgan. Keyinchalik bu qonun bir necha marta monopoliyalarga qo’yilgan talablarni jiddiylashtirish uchun qayta ko’rib chiqilgan. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma’muriy choralar boshqa mamlakatlarda ham ular sharoitlari taqozo etgan shakllarda amal qiladi.

Antimonopol qonunchilik asosan quyidagi uch yo’nalish bo’yicha shakllanadi.

1. Ishlab chiqarish tizimi (tarkibi)ni boshqaruvchi qonunlar yoki ular moddalarini aniq belgilash. Ularga ko’ra odatda hech bir korporastiya u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat qilishga haqi bo’lmaydi..

2.  Barcha yirik korporastiyalarning ishtirokchilari boshqa korporastiyalarning akstiyalarini ma’lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasliklari kerak.

3.  Narxlarni talab va taklif muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turishni, narx xususida kelishib olishni man qiluvchi antikartel qonunlarni joriy etish.

 

3. Raqobat tipologiyasi va raqobat turlari tavsifnomasi

 

Raqobat klassifikastiyasi quyidagi rasmda aks ettirilgan:.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


·     Intensivlik darajasi bo’yicha:

1.Jalb etuvchi raqobat – raqobat sub’ekti mazkur segmentda oldingi segmentdagiga nisbatan ko’proq foyda oladi;

2.Chegaralangan raqobat  - mazkur raqobat  tovar bozorida raqobatni ushlab turadi;

3.Shafqatsiz raqobat   - raqobat nisbatan intensiv ,raqobatchilar bir- birini bozordan siqib chiqarishga ,ulushini tortib olishga harakat qiladi.

·     Ehtiyojlarni qondirish shakli bo’yicha:

1.Funkstional raqobat –bu raqobatning shunday turiki turli xil tovarlar shzaro bir-bir bilan raqobatlashadi. Bu tovar ayni o’sha ehtiyojni qondirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Masalan: mineral suv ishlab chiqarish o’rtasida raqobat gazli suv ishlab chiqarish ,kvas ishlab chiqarish,sok ishlab chiqarish va boshqalar.Bu turli xil maxsulotlar bitta va o’sha o’sha ehtiyojni qondiradi ,ya’ni chanqoqni qondiradi

2.Tur raqobat –mazmuniga ko’ra funkstional raqobatga yaqin turadi.Tur raqobat bitta maqsadga yo’naltirilgan lekin bir-biri bilan uncha katta farqga ega bo’lmagan o’xshash tovarlar ishlab chiqarish ishlari o’rtasidagi raqobatdir. Bu farqlar aniq bo’lishi mumkin va iste’molchilarga tovar tanlovida hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin. Masalan: tur raqobat analogik avtomobillar ishlab chiqarish ishlarini keltirish mumkin. Bunda dvigatel quvvati bo’yicha farqlanadi. Tur raqobat barcha firmalar faoliyatida amaliyotda ko’p uchraydi.

3. Predmet raqobati –bu raqobatda bir-xil tovar ishlab chiqarishlar o’rtasidagi faqat sifati bilan farqlanuvchi raqobat turi hisoblanadi. Bu farq umuman bo’lmasligi mumkin yoki minimal bo’lishi mumkin. Raqobatning ushbu turi qoidaga ko’ra raqobatning strategiyasini ishlab chiqarishga e’tiborini qaratadi. Predmet raqobati juda qattiq bo’lishi mumkin. Chunki ishlab chiqarishlar raqobatchining bozordagi ulushiga kurashadi. Bular turlicha bo’lishi mumkin. Narxdan tortib reklamagacha shuningdek shavqatsiz raqobatgacha bo’lishi mumkin.

·     Xarajatlar yo’nalishi  bo’yicha F. Kotler 4 ta turini ko’rsatib beradi.

Mazmunan extiyojni qondirish shakliga o’xshash bo’ladi.

1.Savdo markalari raqobati

2.Tarmoq raqobati

3.Formal raqobat

4.Umumiy raqobat

Savdo markalari raqobati-oldingi klassifikastiyadagi predmet raqobatchiga o’xshash bo’lib hisoblanadi. Bu ko’proq bir-xil ishlab chiqarish o’xshash tovarlar va bir-xil maqsadga yo’naltirilgan ishlab chiqarishlar o’rtasida kuzatiladi.

Formal raqobat-turli xil tovar ishlab chiqarishlar o’rtasidagi raqobat bo’lib bitta va o’sha ehtiyojni qondirishga yo’naltirilgandir. O’z o’rnida funkstional raqobatga to’g’ri keladi.

Umumiy raqobat-bu raqobatda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari barchasi o’rtasidagi raqobat kuzatiladi.

·     Ta’sir qilish usullari bo’yicha:

1.Narxli raqobat

2.Narxsiz raqobat

Narxli raqobat-xaridorlarni o’ziga narx usuli orqali jalb etishda foydalaniladi. Bu raqobatning turi amalga oshirilgan raqobatga mos keladi. Bugungi kunda narxli raqobat juda kam tarqalgan. Chunki iqtisodiyotning hozirgi rivojlangan bosqichda narxning pasayishi yuqori natijalar bermaydi va firmani bozorda shunaqa strategiya qo’llab lider qilolmaydi.

   Narxsiz raqobat-narxni pasaytirish yordamida emas balki boshqa omillar hisobiga kurash olib borishni talab etadi.

 

4. Raqobatli strategiyalarning turli xil darajasi

 

F. Kotler firmaning bozordagi ulushidan kelib chiqqan holda raqobatchilik strategiyasini 4 ta turga ajratib ko’rsatadi:

1. Lider strategiyasi.

2. “Kurashga chaqiruvchi” strategiya.

3. “Lider orqasidan boruvchi” strategiya.

4. Mutaxassis strategiyasi.

Odatda lider bu asosiy bozorni rivojlantirishga katta hissa qo’shuvchi firmadir. Liderning javobgarligini aniqlovchi eng tabiiy strategiya bo’lib, yangi iste’molchilarni egallashga, mavjud tovarlarni qo’llashda yangi tashviqotga yoki tovarlarni bir marta iste’molini o’stirishga yo’naltirilgan global talabni kengaytirish strategiyasi bo’lib hisoblanadi.

Mudofaa strategiyasi - bu bozor liderining strategiyasi bo’lib, u orqali korxona bozorda raqobat kurashida qo’lga kiritgan yutuqlarini, pozistiyalarini (masalan, bozorda katta ulushni saqlab qolish, mahsulot markasini obro’sini ko’tarish, tovar harakati kanallarini ustidan nazoratni saqlab qolish)ga intiladi.

Mudofaa strategiyasi - bu bozor sardori tomonidan o’zining biznesini raqobatchilar tajovuzidan doimo him oya qilish maqsadida tanlanadigan strategiyadir. Mudofaa strategiyasining quyidagi turlari mavjuddir: pozistiyali mudofaa, qanot mudofaasi, mudofaa qayta hujumga o’tish yo’li bilan, mobil mudofaa va qisilib qolayotgan mudofaa.

Hujum strategiyasini qo’llash natijasida firma bozorda o’z ulushini oshirishga harakat qiladi. Bundan maqsad tajriba samarasini keng ishlatish hisobiga rentabellikni oshirishdan iboratdir.

Demarketing strategiyasi esa bozor liderining to’rtinchi strategiyasi bo’lib, lider firma monopolizmda ayblanishdan qochish uchun bozordagi o’z ulushini qisqartirishni ko’rib chiqishi mumkin. Unga erishish yo’llarini bittasi ko’rsatilayotgan hizmatlarni, reklama va talabni rag’batlantirish maqsadida qisqartirish, ayrim segmentlarda narxni oshirish hisobiga talab darajasini pasaytirish maqsadida demarketing tamoyillarini qo’llash hisoblanadi.

“Kurashga chaqiruvchi” strategiyasining maqsadi - lider o’rnini egallashdir. Bu erda 2 ta muammo muhim hisoblanadi:

1. Liderga hujum qilish uchun vaziyatni tanlash.

2. Uning imkoniyatlarini va himoyasini baholash.

Hujum strategiyasi - bu raqobat strategiyasi bo’lib,  u bozor da’vogari tomonidan sotuv bozorlarini egallash kurashida qo’llaniladi.

Front bo’yicha hujum - bu raqobatchi korxonaning kuchsiz tomonlaridan kura kuchli tomonlaridan ustun kelish bo’yicha faol harakatlar orqali uning pozistiyasiga ( mahsulotlar, reklama, narxlar va boshqalar bo’yicha) hujum qilish tushuniladi. Uni amalga oshirish uchun korxona raqobatchiga nisbatan ko’p resurslarga ega bo’lishi hamda uzoq muddatli “jang harakatlari”ni olib borish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.

Qanot hujumi - bu raqobatchilar faoliyatini kuchsiz joylariga yo’naltirilgan bo’lib, bu joylarda ustunlikka erishish uchun asosiy kuchlar tashlanadi; u shunga asoslanganki raqobatchi ko’pincha o’z resurslarining eng kuchli pozistiyalarini saqlab qolish uchun yo’naltiradi, masalan sifati bo’yicha sardorlik (liderlik) pozistiyasini saqlab turishi mumkin, ayni vaqtda esa o’z faoliyatida kuchsiz joylarga ega bo’lishi mumkin, masalan vositachilar bilan ishlashga uncha ahamit berishmaydi. Ushbu strategiya bozor da’vogari raqobatchiga nisbatan kam resurslarga ega bo’lsa yaxshi natija berishi mumkin. U ko’pincha  raqobatchilarga qarshi kutilmaganda ishlatiladi.

O’rab olish orqali hujum - bu raqobatchini barcha pozistiyalarga birdaniga hujum qilinib, uni bir vaqtning o’zida hamma  yo’nalishdar bo’yicha mudofaa olib borishga majbur etadi; bu esa bozor da’vogari juda katta resurslarga ega bo’lganda qo’llaniladi hamda qisqa vaqt ichida raqobatchini bozordagi pozistiyasini emirilishiga imkoniyat yaratadi. U Kuyidagi variantlarida amalga oshirishi mumkin, ya’ni mahsulot modifikastiyasi (turlari) sonini ancha ko’paytirib, raqobatchi harakat qilayotgan barcha bozorlarda o’z mahsulotini sotishi.

Chetlab o’tish hujumi -  bu tug’ridan-to’g’ri bo’lmagan hujum turi bo’lib, ko’pincha quyidagi yo’nalishlardan birida amalga oshiriladi: ushbu korxona uchun mutlaqo yangi bo’lgan mahsulot turini ishlab chiqarishni o’zlashtirish, yangi geografik bozorlarni o’zlashtirish, texnologiyada yangi bosqichni o’zlashtirish, bozor da’vogari uchun dastlab eng “engil” bozorlarda amalga oshirilib, u erlarda ustunlikka erishilgandan so’ng esa, raqobatchining asosiy faoliyati sohalarida hujum uyushtiriladi.

Partizan hujumi - bu raqobatchni tushkunlikka tushurish maqsadida, har zamonda uncha katta bo’lmagan hujumlarni uyushtirib, unda o’ziga nisbatan ishonchsizlik tuyg’usini rivojlantirishdir (narxlarni  har zamonda pasaytirish va mahsulotni jaddal sur’atlar bilan siljitish, oqibatda esa raqobatchini o’zi uchun zararli bo’lgan qarshi harakatlarni qilishga majbur etish va x.k.). Bunday strategiyani ko’pincha uncha katta bo’lmagan cheklangan resurslarga ega firmalar, ancha yirik bo’lgan raqobatchilarga nisbatan qo’llaydilar. Biroq tez-tez amalaga oshiriladigan partizan hujumlari- bu katta harajatlarga olib keladigan tadbirlar, uning ustiga raqobatchilar ustidan g’alaba  qozonish uchun, unga boshqa turdagi hujum harakatlari bilan qo’llab-quvvatlab turish kerak.

“Lider orqasidan boruvchi” - bu bozorda ulushi uncha katta bo’lmagan raqobatchidir. Ushbu xulq-atvor ko’proq oligapoliya holatidagi o’rinlarga ega bo’lib, unda differenstiastiya imkoniyatlari kam, har bir raqobatchi barcha firmalarga zarar keltirishi mumkin bo’lgan kurashdan qochadi.

Mutaxassis strategiyasida mutaxassis butun bozor bilan emas, balki bir yoki bir necha sengment bilan qizikadi. Uning maqsadi katta daryoda kichik baliq bo’lish emas, balki kichik daryoda yirik baliq bo’lishdan iborat. Bu raqobatchilik strategiyasi asosiy strategiyalardan biri bo’lgan konstentrastiya strategiyasiga mos keladi. Mutaxassis e’tibor berayotgan chuqurcha rentabellik bo’lishi uchun u beshta shartni qondirishi lozim:

1. etarli potenstial foydaga ega bo’lishi kerak.

2. potenstial o’sishga ega bo’lishi.

3. raqobatchilar uchun kam jalb etuvchi bo’lishi kerak.

4. firmaning maxsus imkoniyatlariga mos kelishi kerak

5. kirishni barqaror to’siqlariga ega bo’lishi kerak.

 

5. Raqobat evolyustiyasi  va unga ta’sir etuvchi omillar

 

Raqobat kurashiga quyidagi asosiy omillar ta’sir etadi:

·     Bozor razmeri -  qancha ko’p bo’lsa, raqobatchilar kuchli bo’ladi;

·     Bozorning o’sish surati - tez o’sishi bozorga kirishni engillashtiradi ;

·     Quvvati - ortiqcha quvvatlilik narxni pasayishiga olib keladi;

·     Bozordan chiqish yoki kirish uchun sharoitlar firma pozistiyasini himoya qiladi;

·     Narx;

·     Xaridor tovarlarni standartlashtirish darajasi ustunlikka ega chunki ularga bir tovardan ikkinchi tovarga o’tish osondir;

·     Mobil texaalogik modullar;

·     Zarur kapital qo’yilmalar  razmeriga talablar – qattiq talab tavakkalchilikni oshiradi, kirish va chiqishning qo’shimcha to’siqlarini yaratadi;

·     Vertikal integrastiya kapital razmeriga talabni oshiradi, integrastiyalashgan  va qisman integrastiyalashmagan firmalarning ishlab chiqarish xarajatlari va raqobatbardoshligidagi kuchli farqlanishga olib keladi;

·     Miqyosdagi iqtisod - zaruriy tovar,raqobatbardoshligiga erishish uchun bozor ulushini oshiradi,

·     Mahsulot assortimentini  tez yangilash.

 

3-MAVZU. RAQOBATBARDOSHLIK: MAZMUNI VA SHAKLLARI

 

1.       Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari.

2.       Raqiblikni muvaffaqiyatli olib borish usullari.

3.       Mahsulot raqobatbardoshligi tavsifnomasi.

4.       Narx va narxsiz raqiblik usullari.

5.       Mahsulot raqobatbardoshligining ko’rsatkichlari.

6.       Firmaning raqobatbardoshligini tashkil etuvchi ko’rsatkichlari.

7.       Tarmoqni raqobatbardoshligini mazmuni.

 

 

1. Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari.

 

Makrodarajadagi raqobatbardoshlikni baholash. Mamlakatning raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning jahon bozori talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin.

Mamlakatning raqobatbardoshlik ko’rsatkichi, birinchi galda mamlakatning jahon bozoridagi mavqeini tavsiflovchi, shuningdek, tovar va tovar ishlab chiqaruvchining hamda tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy ko’rsatkich hisoblanadi.

Mezodarajadagi raqobatbardoshlikni baholash. Firmaning raqobatbardoshligini baholash. Iqtisodiyotni globallashtirish va baynalmilallashtirish davrida uning samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot talabgirligining yagona mezoni bo’lib raqobatbardoshlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda "raqobatbardoshlik" tushunchasining yagona ta’rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko’p bo’lishi ehtimolini belgilab beruvchi asosiy omillar - bu iqtisodchilarning turli xil boshlang’ich pozistiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyotning ko’rib chiqilishidir. Raqobatbardoshlik - nisbiy tushuncha, chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi tovar boshqa bozorlarda umuman raqobatbardosh bo’lmaydi. Bu hol tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi.

Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy konstepstiyani shakllantirish uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim. Biroq qator mamlakatlar tajribasiga ko’ra ichki bozordagi raqobat xalqaro raqobatning asosi hisoblanadi.

Raqobat munosabatlarining barcha xili uchta bosqichda amalga oshiriladi:

·        mahsulot, ishlab chiqarish va korxonaning muayyan mikro turlari;

·        mezotarmoqlar, korxonalarning tarmoq korporativ birlashmalari va gorizontal integrastiyalashgan firmalar;

·        tarmoqlararo integrastiyalashgan makroiqtisodiy majmualar.

Har qanday sanoat firmasi, har qanday tovar ishlab chiqaruvchi u tashkil etilgan vaqtdan boshlab va butun faoliyati davomida o’zi uchun zarur bo’lgan raqobatbardoshlik muammolarini hal etishiga to’g’ri keladi. Jahonning ko’plab mamlakatlari iqtisodiyoti jahon xo’jaligi aloqalariga jalb etilgan, milliy bozor va uning talablari esa jahon bozori va xalqaro raqobatbardoshlikning faol ta’siri ostida shakllanadi.

O’zi uchun yangi hisoblangan bozorga kirib borish, ishlab chiqarishni kengaytirish yoki uni qisqartirish, texnologik jihozlarni modernizastiya qilish, yoxud ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash maqsadida investistiyalarni amalga oshirishda, albatta, ishlab chiqaruvchi yoki korxonaning raqobatbardoshligini baholash talab etiladi.

Korxona strategiyasi, ya’ni oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’llarini belgilab beruvchi asosiy omillarni aks ettirishdan iborat:

1. Qo’llaniladigan ilmiy yondashuvlar va boshqaruv usullarining soni va chuqurligi nuqtai nazaridan boshqaruv tizimining kuzatuvi sifatini tahlil qilish:

·     o’z fan-texnika taraqqiyoti tizimi;

·     ITTKIning moddiy-texnika bazasi;

·     mutaxassislarning ijodiy salohiyati;

·     yangiliklarni joriy etishga undash;

·     raqobat va kooperastiya motivlari;

·     o’zgartirishlar kirituvchi yangiliklar;

·     o’zgartirish kiritmaydigan yangiliklar;

·     bozor talablariga moslashish;

·     mahsulot tizimini rivojlantirish;

·     texnologiyani rivojlantirish;

·     binolar va inshootlarni loyihalashtirish.

2. Tizimning chiqish komponentlarini, ya’ni tashkilot strategiyasining sifatini tahlil qilish, uning ichki zaif va kuchli tomonlari, tashqi tahdidlar va imkoniyatlardan kelib chiqib maqsadni aniqlashtirishdan iborat ("SWOT-tahlil").

3.  Tashkilot chiqishidagi asosiy raqobatchilar faoliyat ko’rsatishining raqobatbardoshligi, samaradorligi va barqarorligi, tashqi tahdidlar va imkoniyatlar, raqobatchilarning ichki kuchli va zaif tomonlari.

4. Tarmoqda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari amal qilishi mexanizmi, tarmoqda raqobat shakli va kuchining tahlili.

5. Tashkilotga ijobiy va salbiy ta’sir ko’rsatuvchi mamlakat makro muhiti omillari.

6. Tizimga kirishda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari amal qilishi mexanizmi, tashkilot etkazib beruvchilari o’rtasida raqobat kuchining tahlili.

7. Boshqaruv tizimining boshqariladigan kichik tizimi sifatini tovarlar sifati va resurs talab qilishi, ularga servisning sifati, bozor infratuzilmasi, faoliyatning ushbu yo’nalishlari samaradorligi tahlilini tashkil qilish.

8. Tashkilotni boshqarish tizimining boshqaruvchi kichik tizimlarini strategik va taktik boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha xodimlarni boshqarish nuqtai nazaridan tahlil qilish.

9. Strategik marketing, innovastion va ishlab chiqarish menejmenti, taktik marketing tizimida aloqalar tarkibi, mazmuni va sifatini tahlil qilish, uning zaif va kuchli tomonlarini aniqlash.

10. Ishlab chiqariladigan tovarlar, yangiliklar va bajariladigan xizmatlar, xodimlar va texnologiyalar, umuman, tashkilotning raqobatbardoshligini tahlil qilish.

11. Resurslardan foydalanish samaradorligi va ishlab chiqarish rentabelligini tahlil qilish.

12. Tashkilot faoliyat ko’rsatishining barqarorligini tahlil qilish.

13. Tovarlar raqobatbardoshligi, ular asosida tashkilot strategiyasini ishlab chiqish uchun uning faoliyat ko’rsatishi samaradorligi va barqarorligining strategik va taktik omillarini belgilash.

Mintaqaning raqobat jihatdan ustunliklari quyidagilar bilan aniqlanadi:

·        birinchi bosqichda - ishlab chiqarish omillari: tabiiy resurslar, tovarlar ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar, malakali ishchi kuchi hisobidan;

·        ikkinchi bosqichda - ta’lim, texnologiya, listenziyaga tajovuzkor investistiyalash asosida;

·        uchinchi bosqichda - "romb"ning barcha tarkibiy qismlarining amal qilishi yo’li bilan mahsulotning yangi turlarini, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, tashkiliy qarorlar va boshqa innovastiyalar hisobidan;

·        to’rtinchi bosqichda - tashkil etilgan boylik hisobidan va to’liq foydalanmayotgan barcha determinantlarga tayanadi.

 

2. Raqiblikni muvaffaqiyatli olib borish usullari

 

Raqobatni kuzatib borish tizimi quyidagi to’rt asosiy savolga javob topishga asoslanadi:

·        raqobatchining asosiy maqsadlari nimadan iborat?

·        ushbu maqsadlarga erishish uchun ayni paytdagi joriy strategiya qanday?

·        raqiblar o’z strategiyasini amalga oshirish uchun qanday vositalarga egalar?

·        ular kelgusida qanday strategiyalarni ilgari surishlari mumkin?

Dastlabki uch savolning javobi kelgusi strategiyalarni avvaldan prognozlashga imkon beradi. To’rtta savolning barchasi bo’yicha to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida raqiblarning faoliyati to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lish mumkin. Ko’plab yirik firma va kompaniyalar raqobatni kuzatishga katta e’tibor berib, kerakli ma’lumotlarni to’plash uchun katta mablag’larni sarflaydilar.

 

3. Mahsulot raqobatbardoshligi tavsifnomasi

 

Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi  unsurlar quyidagi rasmda keltirilgan:

 

4. Narx va narxsiz raqiblik usullari

 

Raqobatning ikki usuli bor: narx vositasida raqobatlashuv, narxdan foydalanmay raqobatlashuv. Erkin raqobat davrida raqobat kurashning bosh usuli tovarni raqibinikidan pastroq narxda sotish bo’lgan. Bu usulni qo’llash uchun korxona boshqalarnikidan ko’ra unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va mehnatni yaxshiroq tashkil etishi kerak. Faqat shu holdagina, uning tovarini individual qiymati bozor qiymatidan past bo’lib, bu narxni tushirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning monopollashuvi raqobat kurashi usullarini ham o’zgartiradi. Endi narx vositasida amalga oshiriluvchi raqobat usullari o’rnini narx bilan bog’liq bo’lmagan usullar egallay boshlaydi. Raqobat kurashida mahsulot sifati, mahsulotni sotish shart-sharoitlarini yaxshilash va reklama qilishning ahamiyati ortib boradi.

Yirik korporastiyalar narxni tushurish yordamida raqobatchisini bozordan o’zi ziyon ko’rmagan holda siqib chiqarishi amrimahol bo’lganidan, u bozordagi vaziyatni o’zgartirish uchun o’zining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli, hatto inqiroz davrlarida ham, narxlar barqarorligicha qolaveradi.

Narxsiz raqobat monopoliyalar bor joyda ham muhim o’rin egallaydi, chunki:

1) narxni pasaytirish tovar sotishni ko’paytirish imkonini bermaydi, chunki raqib ham narxni pasaytirishya mumkin, bundan hech kim yutmaydi. Bas, shunday ekan, tovar sifatini oshirish, savdo xizmatini yaxshilash yo’liga o’tiladi, bu bilan tovar sotishni ko’paytirish mumkin;

2) yirik firmalar kuchli bo’lganligi sababli mahsulotyai yangilash, uni modernizastiyalash va reklamaga katta pul sarflay oladilar.

Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarining qo’llanishi o’zaro kurashda narxdan foydalanilmaydi degan gap emas. U ko’proq yashirin tus olmoqda, ya’ni tovarlar e’lon qilingan narxlardan arzonga sotiladi, bundan boshqalar ogoh etilmaydi. Bu, ayniqsa, mavsumiy tovarlar sotishda qo’llanadi. Narx vositasidagi raqobat jahon bozoriga ham kirib borgan. U erda narx bilan raqobat qilish po’lat, gazlama, elektronika, kimyoviy va qishloq xo’jalik mahsulotlari bozorlariga xosdir.

 

5. Mahsulot raqobatbardoshligining ko’rsatkichlari

 

Tovarning sifati uning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlardandir. Tovarning sifati o’z ichiga ko’plab elementlarni oladi. Bular birinchi navbatda mahsulot tayyorlash jarayoni va foydalanish xususiyatlari. Bular o’z navbatida tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond sig’imi kabi ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi. Keyingi vaqtlarda tovarlarning ekologik tozaligi, xususiyatlari, estetik ko’rsatkichlari ko’proq ahamiyat kasb etmoqda. Tovarning sifat darajasini aniqlashda normativlar, sifat standartlariga javob berishi nazarda tutiladi. Tovar siyosatini aniqlash mezoni, hamda uning raqobatbardoshligini ta’minlovchi mezoni, bu uning patent bilan himoyalanganligidir. Bunda ixtirochi - korxonaga shu tovarni ishlab chiqarishga huquqni saqlab qoladi, qachonki, boshqa korxona ushbu tovarni ishlab chiqarmoqchi bo’lsa, listenziya (ruxsatnoma) olishi lozim. Tovarlar sifatini ifodalovchi umumiy ko’rsatkichlar quyidagilardir: ishlab chiqarilgan tovarlar tarkibida ayrim sifatli tovarlarning ulushi va mikdori, ilg’or tajriba natijalariga javob beruvchi va alohida xususiyatlari.

O’z tovarini raqobatchi tovari bilan taqqoslash chizmasi quyida keltirilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


3.2-rasm. O’z tovarini raqobatchi tovari bilan taqqoslash

 

Tovar sifatini oshirish - milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, korxona raqobatbardoshligini oshirishning asosiy talabi. Bu vazifani hal qilish ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish, umumdavlat boyligini ko’paytirish va mehnatkashlarning ehtiyojini qondirishga imkon beradi. Tovar sifatini oshirish har bir tashkiliy korxona va uning bo’limlarining muhim vazifasidir. Reslublikamizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar jahon standartlari talablarini qondira olishi zarur. Mashina va mexanizmlarning texnikaviy darajasini oshirish, mamlakatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida fan va texnika yutuqlarini tobora kengroq, qo’llashning asosidir.

 

6. Firmaning raqobatbardoshligini tashkil etuvchi ko’rsatkichlari

 

Firmalar o’rtasida quyidagi raqobatni o’zgartirish variantlari mavjud:

·     Raqib firmalar sonini o’sish bilan raqobat kuchayadi.

·     Ko’pgina katta firmalar boshqa firmaga birlashib lider darajasiga chiqish uchun aniq choralar qabul qilishi asosida raqobat kuchayadi.

·     Tovarga bo’lgan talab sekin o’sganda raqobat kuchli bo’ladi.

·     Qachon tarmoqda xo’jalik yuritish sharoitlari firmani narxini pasaytirishga olib kelsa yoki sotish hajmini oshirishdan boshqa vositalari qo’llanilsa raqobat kuchayadi.

·     Qachon xaridor xarajatlari bitta marka iste’molidan uncha katta bo’lmagan boshqasiga o’tayotganda raqobat kuchayadi.

·     Qachon bitta yoki bir necha firmalar o’zining bozor ulushidan qoniqmagan bo’lsa raqobat kuchayadi.

·     Muvaffaqiyatli strategik qarorlarning foydaning o’sishi bilan proporstional holda raqobat kuchayadi.

·     Qachon bozordan chiqish xarajatlari katta bo’lganda to’siqlar yuqori bo’lganda raqobat kuchayadi.

·     Qachon strategiyalar, resurslar,tashkiliy xususiyatlar, firma missiyalari yuqori darajada farq qiladagan bo’lsa raqobatning borishini aytish mumkin.

Raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi omillar:

·     Raqobatchi firmalar soni

·     Raqiblar xarakatlarining diversifikastiyalashuvi darajasi

·     Bozordagi talab hajmini o’rganish

·     Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi

·     Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko’chish xarakatlari

·     Bozordan chiqib ketish to’siqlari va ularning darajasi

·     Bozorga kirib kelish va uning darajasi

·     Yondosh  tarmoq bozorlaridagi vaziyat

·     Raqiblar strategiyasidagi farqlar

 

7. Tarmoqni raqobatbardoshligini mazmuni

 

Tarmoq raqobatbardoshligini baholash. Tarmoq raqobatbardoshligi mazkur tarmoqda ishlab chiqariladigan tovarning raqobatbardoshligiga bevosita bog’liq. Korxonalar raqobatbardoshligi tarmoqdagi holatga va uning mavqeiga ta’sir ko’rsatadi, lekin aynan tovarning raqobatbardoshligi, o’z navbatida, korxonalarning raqobatbardoshligiga bevosita ta’sir ko’rsatgan holda ular uchun ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tarmoq va korxona (firma)ning raqobat jihatdan ustunliklari bir-biriga o’xshash bo’lib, ular tashqi va ichki ustunliklarga bo’linadi.

Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:

·        mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi;

·        kichik va o’rta biznesning davlat tomonidan faol qo’llab-quvvatlanishi;

·        mamlakat iqtisodiyoti faoliyat ko’rsatishining sifatli huquqiy tartibga solinishi;

·        jamiyat va bozorlarning ochiqligi;

·        mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi;

·        standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim bilan uyg’unlashuvi;

·        fan va innovastiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qo’llab-quvvatlanishi;

·        mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta’minlashning yuqori sifati;

·        mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integrastiyalashuvning yuqori darajasi;

·        mamlakatda past soliq stavkalari;

·        qulay va arzon resurslarning mavjudligi;

·        mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning sifatli tizimi va boshqalar.

Tarmoq (firma)ning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:

·        tovarga bo’lgan yuqori zhtiyoj;

·        jamlash, ixtisoslashuv va kooperastiyaning optimal darajasi;

·        boshqaruvning yuqori sifatli axborot va me’yoriy-uslubiy asosi;

·        etkazib beruvchilarning raqobatbardoshligi;

·        sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;

·        resurslardan foydalanish samaradorligini optimallashtirish ishlarining bajarilishi;

·        tub yangiliklarning yuqori darajasi (patentlangan tovar, texnologiyalar, axborot tizimlari va h.k.);

·        menejerlarning raqobatbardoshligi;

·        tovarning eksklyuzivligi;

·        ko’p ilm talab qiluvchi tovarlar eksportining yuqori ulushi;

·        raqobatbardosh tashkilotlar va tovarlarning yuqori salmog’i va boshqalar.

 

 

 

 

 

 

 

 

4-MAVZU. MILLIY IQTISODIYOTNING RAQOBATBARDOSHLIK OMILLARI  VA UNI OSHIRISH STRATEGIYASI

 

1.  Iqtisodiyotni globallashuvi va global raqobat.

2.  Yagona jahon bozorini shakllanishi.

3.  “Raqobatbardoshlikning milliy rombi”: determinantlari, mamlakat raqobatbardoshligini aniqlovchi omillar.

4.  Milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish strategiyasi.

5.  Investistiyalash asosidagi raqabat.

6.  Yangilik kiritish bo’yicha raqobatlashish.

 

 

1. Iqtisodiyotni globallashuvi va global raqobat.

 

Har qanday mamlakatda ichki bozorda raqobatning mavjudligi bozor xo’jaligi muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi.

Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi - bu iqtisodiyotning muhim ko’rsatkichlari holatini tashqi parametrlarga nisbatan yalpi baholashni o’zida mujassam etgan qiyosiy tavsif hisoblanadi, shu sababli milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi xalqaro raqobatda namoyon bo’ladi.

Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi namoyon bo’lishning ko’p darajali shakllariga ega:

·     tovarning raqobatbardoshligi;

·     xodimning raqobatbardoshligi;

·     tovar ishlab chiqaruvchisining raqobatbardoshligi;

·     tarmoqning raqobatbardoshligi;

·     mamlakatning raqobatbardoshligi (yoki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi).

Bunda raqobatbardoshlikning barcha darajalari o’rtasida jips ichki va tashqi o’zaro bog’liqlik mavjud. Mamlakat va tarmoqning raqobatbardoshligi pirovardida muayyan tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish qobiliyatiga bog’liq.

 

3. “Raqobatbardoshlikning milliy rombi”: determinantlari, mamlakat raqobatbardoshligini aniqlovchi omillar.

 

Raqobatbardoshlikni barpo etish va rivojlantirishning M.Porter konstepstiyasiga asoslangan zamonaviy modeli mamlakatning umumiy xususiyatga ega bo’lgan va unda ishlab chiqaruvchilar raqobatlashadigan raqobat muhitini shakllantiruvchi to’rtta xususiyatidan iborat. Ushbu muhit raqobat ustunliklarini shakllantirishga ko’maklashishi ham yoki unga to’sqinlik qilishi ham mumkin (4.1-rasm).

 

 

 

 

 

 

 


4.1. - rasm. Mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari determinantlari

(M.Porterning ta’riflashicha - milliy romb)

 

 

 

 

4. Milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish strategiyasi

 

Milliy iqtisodiyotni takomillashtirish va xo’jalik yuritishning innovastion shakllariga o’tishga yo’naltirilgan faol sanoat siyosati dunyoning rivojlangan mamlakatlariga nisbatan iqtisodiy o’sishdagi uzilishni kamaytirish uchun hal etuvchi zamin bo’lib hisoblandi.

Sanoat siyosati - bu ichki va tashqi bozorlarda talab katta bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlab bera oladigan, zamonaviy jihozlar va ilg’or texnologiyalarga asoslangan raqobatbardosh sanoat yaratishga yo’naltirilgan mexanizm va tadbirlarni qo’llab-quvvatlovchi tizimdir.

Sanoat siyosatining asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:

1. Innovastiya siyosati, ya’ni innovastiya jarayonlarining jadallashuvini ta’minlab berish, yangi texnologik tartibni joriy etish va h.k.

2. Tarkibiy siyosat, sanoat siyosati maqsadlariga muvofiq bo’lgan sanoatning tarmoqlararo va hududiy tuzilmasini maqbullashtirishni moliyaviy ta’minlash uchun kapitalning sektorlararo, tarmoqlararo va mintaqalararo oqimini kuchaytiruvchi siyosat. Tarkibiy siyosat ishlab chiqarishning tarmoqi tarkibi bilan bir qatorda sanoatni joylashtirish (hududiy jihatlari) muammolarini ham o’z ichiga oladi.

3. Investistiya siyosati, ishlab chiqarish va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga kapital qo’yilmalarni ta’minlovchi va rag’batlantiruvchi siyosat.

Sanoat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, odatda, uch darajada amalga oshiriladi.

Makrodarajada sanoat rivojlanishining umummilliy maqsadlari belgilanadi, sanoat siyosatining me’yoriy asoslari va maqsadli dasturlari (ularning resurs ta’minoti bilan birgalikda) shakllanadi, sanoat siyosatining shakllanishi va amalga oshirilishida sanoat biznesi va davlatning o’zaro munosabatlari yo’lga qo’yiladi.

Mezodarajada yakuniy mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha o’zaro bog’liq vertikal va gorizontal ishlab chiqarish-texnologik majmualarning va hududiy-sanoat majmualarining shakllanishi va faoliyat yuritishi boshqarib turiladi.

Mikrodarajada korxonalarning mustaqil bozor sub’ektlari sifatidagi faoliyatini muqobil va maqsadli asoslab beruvchi shart-sharoitlarini davlat tomonidan boshqarish (sanastiyalar)

 

6. Yangilik kiritish bo’yicha raqobatlashish.

 

5-MAVZU. RAQOBATLI USTUNLIKLAR VA UNI EGALLASH KONSEPSIYASI

 

1.  Raqobatli ustunlik tushunchasi.

2.  Tashqi va ichki ustunlik.

3.  Firmaning o’sishini optimallashtirish bo’yicha raqobat strategiyasi.

4.  Raqobat bo’yicha strategik matristalar.

5.  Mamlakatning raqobat ustunliklari

6.   Raqobatli ustunlikni integral baholash metodikasi

 

1. Raqobatli ustunlik tushunchasi

 

Raqobatli afzallik - tovar yoki markaning firmaga o’zining bevosita raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir afzallik beradigan xarakteristikasi va xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar (atributlar) g’oyatda xilma-xil bo’lishi va tovarning o’ziga (asosiy xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo’shimcha xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo’lishi, hamda firma yoki tovarga xos bo’lishi mumkin. Demak, bunday afzallik nisbiy bo’ladi va tovar bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega bo’lgan raqobatchiga nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi.

 

 

2. Tashqi va ichki ustunlik

 

Raqobatchining nisbiy afzalligi turli omillar bilan belgilanadi. Umuman olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi afzalliklardan kelib chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin

Agar raqobatli afzallik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan bo’lsa, u “tashqi” afzallik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi yoki samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun qiymatli bo’ladi.

Binobarin, tashqi raqobatli afzallik firmaning “bozor qudratini” oshiradi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib turuvchi sifatlarni taklif eta olmaydi.

Tashqi raqobatli afzallikdan kelib chiqadigan strategiya differenstiastiya strategiyasi bo’lib, bu strategiya firmaning marketing sohasidagi nou-xausiga, uning mavjud tovarlardan norozi bo’lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalligiga tayanadi.

Agar raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani boshqarishdagi afzalligiga yoki raqobatchidan ko’ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va “ishlab chiqaruvchi uchun qiymat” hosil qiluvchi tovarga asoslangan bo’lsa, bunday afzallik “ichki afzallik” deb ataladi.

Ichki raqobatli afzallik - firmaga ko’proq rentabellik keltiruvchi va uni sotuv narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko’proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq “unumdorlik” oqibatidir. Ichki raqobatli afzallikka asoslangan strategiya xarajatlar bo’yicha afzallik strategiyasi bo’lib, u asosan firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish “nou-xau”siga asoslanadi.

Raqobatli afzallikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo’lgan bu ikki turi ko’pincha bir-biriga to’g’ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko’nikma va madaniyatni talab qiladi.

Raqobatbardoshlikni tahlil qilishning vazifasi strategik xulosalar chiqarish va ustuvor maqsadlarni belgilash uchun firmaga shu o’qlarda joylashishga imkon berishdan iboratdir. “Bozor kuchi” o’qidagi o’rinni tanlash uchun avvalgi boblarda ko’rib chiqilgan markaning imijini tadqiq qilishda olingan ma’lumotlardan foydalanish kerak. Bu tadqiqotlar bozor qabul qiladigan qiymatni o’lchash va narx bo’yicha egiluvchanlikni baholashga imkon beradi. “Unumdorlik”ni tahlil qilishda tajriba egri chizig’idan kelib chiqish yoki “bozorni razvedka qilish” xizmati ma’lumotlarini hisobga olish lozim, bu xizmat raqobatchilar ustidan kuzatuv o’rnatish vazifasini bajaradi.

 

3. Firmaning o’sishini optimallashtirish bo’yicha raqobat strategiyasi

 

Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:

·        mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi;

·        kichik va o’rta biznesning davlat tomonidan faol qo’llab-quvvatlanishi;

·        mamlakat iqtisodiyoti faoliyat ko’rsatishining sifatli huquqiy tartibga solinishi;

·        jamiyat va bozorlarning ochiqligi;

·        mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi;

·        standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim bilan uyg’unlashuvi;

·        fan va innovastiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qo’llab-quvvatlanishi;

·        mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta’minlashning yuqori sifati;

·        mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integrastiyalashuvning yuqori darajasi;

·        mamlakatda past soliq stavkalari;

·        qulay va arzon resurslarning mavjudligi;

·        mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning sifatli tizimi va boshqalar.

Tarmoq (firma)ning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:

·        tovarga bo’lgan yuqori zhtiyoj;

·        jamlash, ixtisoslashuv va kooperastiyaning optimal darajasi;

·        boshqaruvning yuqori sifatli axborot va me’yoriy-uslubiy asosi;

·        etkazib beruvchilarning raqobatbardoshligi;

·        sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;

·        resurslardan foydalanish samaradorligini optimallashtirish ishlarining bajarilishi;

·        tub yangiliklarning yuqori darajasi (patentlangan tovar, texnologiyalar, axborot tizimlari va h.k.);

·        menejerlarning raqobatbardoshligi;

·        tovarning eksklyuzivligi;

·        ko’p ilm talab qiluvchi tovarlar eksportining yuqori ulushi;

·        raqobatbardosh tashkilotlar va tovarlarning yuqori salmog’i va boshqalar.

Firmaning raqobat strategiyalari bilan quyidagi rasm orqali tanishish mumkin:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


4. Raqobat bo’yicha strategik matristalar

 

Raqobat bo’yicha strategik matristalar bilan quyidagi rasm orqali tanishish mumkin:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


5. Mamlakatning raqobat ustunliklari

 

Mamlakatlarning raqobatbardoshligi konstepstiyasi milliy iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimoti va har bir mamlakatning xalqaro savdodagi rolini asoslab beruvchi qiyosiy ustunliklari (arzon mehnat, boy tabiiy resurslar, qulay geografik, iqlim, infratuzilma omillari va h.k.) nazariyasiga asoslangan.

Mamlakatning qiyosiy ustunliklari va raqobat jihatdan ustunliklarini aniq farqlash lozim.

O’zbekiston haqida to’xtaladigan bo’lsak, milliy iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi bosqichida biz respublikamiz eksport salohiyatining asosini tashkil etuvchi qiyosiy ustunliklarga egamiz.

Shu o’rinda O’zbekiston ega bo’lgan quyidagi qiyosiy ustunliklarni ajratish mumkin:

 I. Kam xarajatlar evaziga qimmatbaho qishloq xo’jaligi ekinlarini etishtirishni rivojlantirish imkonini beruvchi qulay tabiiy-iqlimiy sharoitlar.

II. O’zbekistonning tabiiy resurslari

III. Boy madaniy-tarixiy meros.

IV. O’zbekistonning qulay geografik holati.

V. O’zbekiston aholining tug’ma mehnatsevarlik va tadbirkorlik qobiliyatlari.

Bir mamlakatda qiyosiy va raqobat jihatdan ustunliklarning integrastiyalashuvi uning global iqtisodiy kenglikdagi raqobatbardoshligini kuchaytiradi.

Mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari quyidagilar bo’lishi mumkin:

1)davlat byudjetidan ITTKI (ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari) uchun katta xarajatlar;

2)insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta qo’yilmalar;

3)mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;

4)aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM ulushi;

5)aholi hayot kechirishining uzoqligi;

6)resurslardan foydalanishning yuqori samaradorligi;

7)optimal eksport;

8)past inflyastiya;

9)raqobatbardosh firmalarning katta ulushi;

10) mehnat resurslarining raqobatbardoshligi;

11) moliyaviy tizimning qayishqoqligi;

12) ichki bozorning o’zgaruvchanligi;

13) me’yordan ortiq davlat qarzlarining mavjud emasligi;

14) mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi;

15) faoliyatning barcha sohalarida bilimlar asosidagi kuchli raqobat;

16) mamlakatning ochiqligi, xalqaro integrastiya va kooperastiyalashning yuqori darajasi;

17) bozorlar va mintaqalar infratuzilmasining yuqori sifati;

18) past soliq va bojxona stavkalari;

19) mamlakatda biznesning yuqori madaniyati.

O’zbekistonning raqobat jihatdan ustunliklari tahlil qiladigan bo’lsak, quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:

·        insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta qo’yilmalar;

·     mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;

·     aholi hayot kechirishining uzoqligi;

·      mehnat resurslarining raqobatbardoshligi;

·      mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi.

 

6. Raqobatli ustunlikni integral baholash metodikasi

 

Raqobatli ustunlikni integral baholashda: tizimli, kompleks va normativ yondashuvlarni qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

 Raqobatli ustunlikni integral baholashning tizimli yondashuv pozistiyasida tizimni ichki tuzilishi va tashqi omillarini alohida baholash talab qilinadi .

Kompleks yondashuvda quyidagi omillarni hisobga olish talab etiladi:

·     texnik (chiqarilayotgan mahsulotni va ishlab chiqarishni texnik darajasi)

·     huquqiy(demokratik o’zgarishlarni stabilligi)

·     bozor (bozor salohiyati ,raqobat kuchi,ochiqligi,marketing)

·     ilmiy (ilmiy yondoshuvni kqlamini kengligi va chuqurligi ,iqtisodiy qonunlarni tahlilini chuqurligi )

·     iqtisodiy(rentabellik, barqarorlik, resurslar bilan ta’minlanganligini , moliyaviy instrumentlari)

·     tashkiliy (ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatni tashkil etish va menejment,logistika ,bozor infrastrukturasini tashkil etish)

·     psixologik va raqobatbardoshlikni ta’minlashning boshqa jihatlar.

 Baholashda normativ yondashuvni qo’llanilishi aniq omillarni monitoringi va normallashtirishni tashkil etishni talab etadi.

Raqobatbardoshlikni baholash aniq iste’molchini aniq tovarga reakstiyasini oxirgi natijasi bo’yicha amalga oshiriladi, raqobat ustunligini baholash esa investistiyalashning boshlang’ich bosqichida, biznesni boshlanishida innavastion va investistion loyihalarni texnik – iqtisodiy asoslashda amalga oshiriladi. Raqobatli ustk\unlikni keyingi onitoringini amalga oshishi ishlab chiqarish jarayoni bosqichida va tovarni sotishgacha bo’lgan logistikasida amalga oshiriladi .Shuning uchun asoslangan qattiq va tartibni siyosat olib borish muhimdir. Ushbu siyosatni amalga oshirish metodlari bo’lib ,hisobga olish ,tahlil,raqobatli ustunlikni baholash va normallashtirish hisoblanadi.

Loyixalashtirish bosqichida.

Masalan: tovarning raqobatli ustunligini integral baholash quyidagi formula orqali aniqlanadi:

 

Bu erda: aniq tovarning raqobatli ustunligining integral ko’rsatkichi;

i= 1, 2, ..., n-aniq tovarning raqobatli ustunlik nomeri;

J=1, 2, ..., m-i-tovarning raqobvtli ustunligi omilining nomeri;

 - I – raqobatli ustunlikning obro’si (vesomost),

 = 1;

 – i – raqobatli ustunlikning j- omilning obro’si (vesomost), 

Pi – i – raqobatli ustunlikning nisbiy yoki normativ ahamiyati;

Fij – i- raqobatli ustunlikning j-omilini nisbiy yoki normativ ahamiyati.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6- MAVZU. RAQOBAT KUCHLARI NAZARIYASI

 

1.  Raqobatning besh kuchi va uning uning uslubiy asosi.

2.  Raqobat strategiyasini aniqlovchi omillar.

3.  Raqobat kuchlarini bilish - raqobatbardoshlikning asosiy omili.

4.  Potenstial raqobatchilarning raqobat kuchi.

5.  Tarmoqda faoliyat yuritayotgan firmalarning ta’sirchanligi.

6.  Tovar o’rinbosarlarining raqobat kuchi.

 

 

1. Raqobatning besh kuchi va uning uning uslubiy asosi

 

Porter tomonidan 1982 yili kiritilgan kengaytirilgan raqobat konstepsiyasining mazmuni shuki, firmaning asosiy bozordagi raqobatli afzallikdan foydalana olish qobiliyati faqatgina o’zi duch kelayotgan bevosita raqobatga emas, balki shu bozordagi potenstial raqiblar, o’rinbosar tovarlar, mijozlar va etkazib beruvchilar kabi kuchlarning ta’siriga ham bog’liqdir. Potenstial raqiblar va o’rinbosar tovarlar firma uchun bevosita xavf uyg’osta, mijozlar va etkazib beruvchilar esa o’zlarining talablari bilan bilvosita tahdid solib turadi (rasmga qarang). Mana shu kuchlarning o’zaro ta’sirii oxir‑oqibatda tovar bozorining rentabelligini belgilaydi. Tabiiyki, raqobat muhitini tashkil qiluvchi asosiy kuchlar turli bozorlarda turlicha bo’lishi mumkin ( 6.1-rasm).

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


6.1-rasm. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi

 

 

 

3. Raqobat kuchlarini bilish - raqobatbardoshlikning asosiy omili.

 

Raqobatning besh kuchi quyidagilar:

·     Mavjud kompaniyalar uchun yangi raqobatchilar, yangi qatnashuvchilarni bozorda paydo bo’lishi imkoniyati;

·     Iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilariga ta’minotchilaning ta’sir etish imkoniti;

·     Xaridorlarning bozorda hukmronligi (rûnochnaya vlast);

·     Ma’lum tovar o’rinbosarlarining bozorda paydo bo’lish imkoniyati;

·     Bozorda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar o’rtasidagi raqobat.

Birinchi kuch, bozorda mavjud kompaniyalar tomonidan to’siqlar mavjud bo’ladi.Tarmoqqa kirishdagi to’siqlar turli sabablarga ko’ra tug’ilishi mumkin va turli xarakterga egadir.

Tarmoqqa raqobatchilarni kirishini cheklash, to’siqlarni tug’dirish , yaratish uchun 6 ta shart-sharoit ko’rsatiladi:

·     Ishlab chiqarishning yuqori masshtabi,tejashni yaratadi,qachonki bozorda yangi kompaniya xulq atvoriga juda ta’sir etadi.Masshtab hisobiga tejash yangi firma uchun uncha qat’iy bo’lmagan sharoitdir.

·     Maxsulot differenstiastiyasi

·     Nisbatan yuqori xarajatlar

·     Kapitalga ehtiyoj

·     Taqsimot kanallari.

Masalan: Mobil aloqa bozorida yangi raqiblarni kelish imkoniyati uncha katta emas.Bu shu bilan tushuntiriladiki,bozor shakllangan faoliyatni amalga oshirishi uchun katta xarajatlar talab etiladi,shuningdek tarmoqqa kirishdagi yuqori to’siqlar bilan birgalikda. Bu ushbu tarmoqning faoliyatida raqobat kuurashida aks etadi va uning xususiyatlarini yaratadi. Bozor ishtirokchilari yangi kompaniyalar tamonidan raqobatdan qo’rqmaydi.

Ikkinchi kuch ta’minotchilarni bozor kuchi.

U ular taklif etayotgan tovarlavr yoki xizmatlarni narxini  va sifatini o’zgarishi imkoniyati bilan ifodalanadi.

Ta’minotchilar imkoniyatini raqobatga ta’sirini ta’minlaydigan bir qator omillar ajratiladi:

·     Agar tarmoqda uncha ko’p sonli bo’lmagan kompaniyalar bo’lsa va ular cheklangan sonli xom-ashyo  ta’minotchilari bilan ishlasa, ularning raqobat holatiga ta’siri aniq bo’ladi;

·     Agar maxsulot nodir (unikalnûy) bo’lsa, ta’minotchi tarmoqdagi raqobatga ta’sir ko’rsatadi;

·     Ta’minotchilar tarmoqdagi raqobatga ta’sir etishi mumkin;

·     Ta’minotchilar tarmoqqa kirishga aniq xarakatlar yordamida xalaqit berishi mumkin;

·     Ta’minotchilar tarmoq holati bilan xavotirlanmaydi.

Bu juda xavfli holat ,ta’minotchi o’z narxini qo’yib,xaridor qiziqishlarini hisobga olmay,istimolchilar tamonidan o’tkazilgan tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlamaydi.

Uchinchi kuch, xaridorlar kompaniya faoliyatida muhim hisoblanadi.

Xaridorlar tarmoqqa 7 ta asosiy holatda ta’sir ko’rsatadi:

·     Tarmoq maxsuloti xaridorlari uncha katta bo’lmagan sonda, lekin ular katta miqiyosdagi xaridna amalga oshiradi;

·     Agar tarmoqda ishlab chiqarilayotgan maxsulot standart yoki differenstiallanmagan bo’lsa, xaridorlar raqobatga ta’sir etish imkoniyatiga ega bo’ladi;

·     Agar xaridorlar maxsulotni o’zi ishlab chiqarish faoliyati uchun xarid qilayotgan bo’lsa, bu maxsulot xarajatda oxirgi o’rinni egallamaydi, xaridorlar o’z xarajatlarini qisqartirishga xarakat qiladi va ta’minotchini boshqa tovar olayotganga nisbatan aniq tanlaydi;

·     Tarmoqda ishlab chiqriluvchi maxsulot xaridorlari o’z faoliyati davomida uncha katta foyda olmaydi. Bu xarajatlarni kamaytirilishini talab etadi;

·     Xaridorlar tarmoqdagi raqobatga ta’sir etish qobiliyatiga egadir;

·     Tarmoqda maxsulot tezda sotib olinadi;

·     O’z ishlab chiqarishini yaratish imkoniyati tug’iladi, ta’minotchi bilan xaridor o’rtasida shartnoma tuziladi.

 To’rtinchi kuch , tovar o’rinbosarlari –mahsulot differensiyastiyasi va doimiy tarzda taklif etilayotgan mahsulot sifatini oshirish kerak .

Beshinchi kuch tarmoqdagi raqobatchilar ko’p omillariga bog’liq:

·     Tarmoqda ko’p sonli raqobatchilar mavjud;

·     Tarmoq sekin o’sish sur’ati bilan o’smoqda;

·     Kompaniyani tarmoq chiqish to’siqlari yuqori;

·     Tarmoqda raqobat kuchayadi,qochonki ishlab chiqarish quvvati tez sur’at bilan o’ssa;

·     Tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uncha katta bo’lmagan xarajatlarga ega;

·     Tarmoq ishlab chiqarayotgan tovarlar tez buzuluvchiga kiradi;

·     Ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lgan kompaniyaning tarmoqdagi doimiy xarajatlari yuqori;

·     Raqobatchilar turli xil strategiyalar tanlaydi,har xil usullar bilan harakat qiladi.

4. Potenstial raqobatchilarning raqobat kuchi

 

Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi. Bozorga kirib kelish ehtimoli katta bo’lgan potenstial raqiblar firma uchun jiddiy xavf-xatar bo’lib, firma bu xatarni kamaytirishga urinishi, undan o’zini himoya qilishi, kirish to’siqlarini vujudga keltirishi lozim.

Ushbu xavfning qay darajada jiddiyligi kirish to’siqlarining balandligiga va potenstial raqibga qaratilgan reaksiya kuchiga bog’liqdir. Kirish to’siqlari quyidagicha bo’lishi mumkin:

·        miqyosdan tejash, ya’ni kirib kelayotgan firmani keng ko’lamli ishlab chiqarishni tashkil qilishga majbur qilish yoki unga xarajatlar bo’yicha zarar ko’rish xavfini vujudga keltirish;

·        “Kodak” va “Polaroid” firmalari o’rtasidagi nizodagi kabi patentlar yordamidagi huquqiy himoya;

·        xaridorlarni yangi firmaning tashviqotlariga e’tibor bermaslikka undaydigan marka imijining kuchi;

·        faqat ishlab chiqarishni o’zlashtirish emas, balki reklama xarajatlarini qoplash uchun zarur bo’lgan kapitalga bo’lgan ehtiyojlar;

·        xaridordan mashhur ishlab chiqaruvchining tovaridan yangi firmaning tovariga o’tishda talab qilinadigan real yoki ruhiy qayta qurishga sarflanadigan o’tish xarajatlari;

·        sotuv tarmoqlariga kirish: ulgurji sotuvilar yangi tovarlarni olishda juda ehtiyotkor bo’lishlari kerak, shunda yangi firma yangi tovar uchun yangi sotish kanalini tashkil qilishga majbur bo’ladi;

·        bozorda oyoqqa turib olgan firma ega bo’lgan tajriba samarasi va xarajatlar bo’yicha afzallik ayniqsa qo’l mehnati sektorlarida juda katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.

 

5. Tarmoqda faoliyat yuritayotgan firmalarning ta’sirchanligi

 

Firmalar o’rtasida quyidagi raqobatni o’zgartirish variantlari mavjud:

·     Raqib firmalar sonini o’sish bilan raqobat kuchayadi.

·     Ko’pgina katta firmalar boshqa firmaga birlashib lider darajasiga chiqish uchun aniq choralar qabul qilishi asosida raqobat kuchayadi.

·     Tovarga bo’lgan talab sekin o’sganda raqobat kuchli bo’ladi.

·     Qachon tarmoqda xo’jalik yuritish sharoitlari firmani narxini pasaytirishga olib kelsa yoki sotish hajmini oshirishdan boshqa vositalari qo’llanilsa raqobat kuchayadi.

·     Qachon xaridor xarajatlari bitta marka iste’molidan uncha katta bo’lmagan boshqasiga o’tayotganda raqobat kuchayadi.

·     Qachon bitta yoki bir necha firmalar o’zining bozor ulushidan qoniqmagan bo’lsa raqobat kuchayadi.

·     Muvaffaqiyatli strategik qarorlarning foydaning o’sishi bilan proporstional holda raqobat kuchayadi.

·     Qachon bozordan chiqish xarajatlari katta bo’lganda to’siqlar yuqori bo’lganda raqobat kuchayadi.

·     Qachon strategiyalar, resurslar,tashkiliy xususiyatlar, firma missiyalari yuqori darajada farq qiladagan bo’lsa raqobatning borishini aytish mumkin.

 

6. Tovar o’rinbosarlarining raqobat kuchi.

 

O’rinbosar tovarlar - muayyan iste’molchilar guruhi uchun muayyan funksiyani bajaruvchi, biroq boshqa texnologiya asosida ishlab chiqarilgan tovarlardir. O’rinbosar tovarlarning bozorga kirib kelishiga, masalan, fan-texnika taraqqiyoti yoki narx siyosatining o’zgarishi sabab bo’lishi mumkin - mikrokompyuterlar narxining pasayib borishi an’anaviy pochtaning elektron aloqa tomonidan siqib chiqarilishiga sabab bo’ldi. O’rinbosar tovarlarning narxi tovar bozoridagi firmalar belgilashi mumkin bo’lgan eng yuqori chegara vazifasini o’taydi. O’rinbosar tovarning narxi xaridorlar uchun qanchalik foydali bo’lsa, tovar bozorida narxni ko’tarish imkoniyatlari shunchalik cheklangan bo’ladi (Porter).

Bu qonuniyat ayniqsa energiya bozorida yaqqol namoyon bo’ldi va energiya manbalarining yangi turlarini ishlab chiqishga katta ta’sir ko’rsatdi. Neft bozorlarida narx-navoning ko’tarilib borishi atom va quyosh energetikasining rivojlanishiga turtki bo’ldi.

O’rinbosar tovarlar o’sha xaridorlar guruhi uchun xuddi shu funksiyani bajaruvchi tovarlar, lekin boshqa texnologiyaga asoslangan. Bu permanent xavf yaratadi, chunki o’rnini bosish xavfi doimo majud. Ushbu xavflar texnologik yutuqlar natijasida o’sishi mumkin. O’rinbosar tovarlarga bo’lgan haqiqiy narxlar tovar bozorida harakat qiluvchi firmalar belgilashi mumkin bo’lgan eng yuqori baholarni aniqlaydi. O’rinbosar tovarlar foydalanuvchilarni qanchalik qoniqtirsa, tovar bozorida narxlarning o’sish imkonyati shunchalik chegaralangandir.

Energoresurslar bozoridagi bunday holat energiyaning yangi manbalarini ishlab chiqarishga katta ta’sir ko’rsatadi. Neft bahosining oshib ketishi atom va quyosh energetikasining rivojlanishiga keng yo’l ochib beradi.

Mijozlar o’z ta’minotchilari bilan ma’lum miqdorda savdolashish qobiliyatiga egadir. Ular firmani narxlarni pasaytirishga majbur qilib, keng xizmatlar kompleksini va yanada yaxshi to’lov sharoitlarini talab qilib, firma u yoki bu harakatining potenstial rentabelligiga ta’sir etishlari mumkin. Yaxshi sharoitlarga erishish qobiliyati darajasi qator omillarga bog’liq:

·        markazlashgan mijozlar guruhi yoki uni haridining hajmi ta’minotchi savdosining anchagina qismini tashkil: bu yirik sotish tarmoqlari va savdo markazlari holatidir;

·        mijoz tomonidan harid qilinadigan tovarlar uning o’z xarajatlarining muhim qismini tashkil etadi, bu esa uni yanada ko’proq savdolashishga undaydi;

·        sotish tarmoqlariga kirish: yangi tovarlarni kiritishda ehtiyotkor bo’lish kerak, ko’pincha yangi firmalar yangi sotish kanalini tashkil etishga majbur bo’ladi;

·        tajriba samarasi va harakatlar bo’yicha afzalliklar;

·        tovarlar kuchsiz differenstiyalangan va mijozlar boshqa ta’minotchilarni topishga ishonadilar;

·        ta’minotchilar almashinuvi bilan bog’liq o’tish xarajatlari mijoz uchun muhim emas;

·        mijoz talab, bozordagi haqiqiy narx va ta’minotchining xarajatlar to’g’risida etarli ma’lumotlarga ega.

Bundan kelib chiqadiki, xaridorlarni tanlash muhim strategik qarordir. Firma mijozni tanlash siyosatiga amal qilgan holda o’z raqobat sharoitini anchagina yaxshilab olishi mumkin.

Ta’minotchilarning mijozlardan manfaatli shartlarga erishish qobiliyati shundan iboratki, ular o’z ta’minoti uchun narxni oshirishi, ma’lum mijozga etkazib beradigan tovarlar sifatini pasaytirish yoki hajmini chegaralash imkoniyatiga ega. Shu yo’l bilan kuchli ta’minotchilar mijozlar harakati rentabelligiga ta’sir etishlari mumkin.

Ta’minotchilarga tijorat tomonidan yordam beruvchi sharoitlar quyidagilardir:

·        ta’minotchilar guruhi mijozlar guruhiga qaraganda ko’proq markazlashgan;

·        ta’minotchilar o’rinbosar tovarlar tomonidan xavfni his etmaydilar;

·        firma ta’minotchi uchun muhim mijoz sanalmaydi;

·        tovar mijoz uchun muhim ishlab chiqarish vositasi bo’lib hisoblanadi.

Raqobatchi kuchlarni tahlil qilishni yakunlar ekanmiz, shuni ham qayd qilib o’tish mumkinki, bozor kuchi va potenstial daromad bozordagi vaziyatga qarab juda keng diapazonda o’zgarib turishi mumkin.

Biz daromad potenstial i juda kichik bo’lganda va aksincha, juda yuqori bo’lgandagi holatlarni ko’rib chiqamiz. Birinchi holatda quyidagi vaziyat vujudga keladi:

·        tovar bozoriga kirish erkin bo’ladi;

·        mijozlar va etkazib beruvchilarga nisbatan bozordagi firmalar hech qanday savdolashish imkoniyatiga ega bo’lmaydilar;

·        raqobatchi firmalar juda ko’p bo’lganligi tufayli raqobat cheklanmagan bo’ladi;

·        barcha tovarlar bir-biriga o’xshash bo’lib, o’rinbosar tovarlar ham juda ko’p bo’ladi.

Bu iqtisodchilar uchun juda qadrli bo’lgan mukammal raqobatning ideal shaklidir. Daromad potenstial i juda yuqori bo’lgan ikkinchi holat uchun esa, vaziyat mutlaqo teskari bo’ladi:

·        yangi raqobatchilarning kirib kelishiga yo’l qo’ymaydigan qudratli to’siqlar mavjud bo’ladi;

·        raqobatchilar bo’lmaydi yoki ular juda kam va kuchsiz bo’ladi;

·        xaridorlar o’rinbosar tovarlarga murojaat qila olmaydilar;

·        xaridorlar bosim ko’rsata olmaydilar va narxning pasaytirilishiga erisha olmaydilar;

·        etkazib beruvchilar yuqori xarajatlarning tan olinishiga erishish uchun bosim ko’rsata olmaydilar.

Firma uchun ideal bo’lgan ushbu vaziyatda firma bozorda o’ta yuqori mavqega ega bo’ladi. Hayotiy voqelikda uchraydigan real bozor vaziyatlari esa ushbu ikki holatning oralig’ida joylashadi va raqobatchi kuchlarning o’zaro ta’siri goh u, goh bu vaziyatga tomon yaqinlashib turadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

7- MAVZU. NARX BO’YICHA LIDERLIKNING RAQOBATLI STRATEGIYASI

 

1.  Past narxlar bo’yicha liderlik strategiyasining mazmuni.

2.  Narx bo’yicha raqobatlashuv bozori.

3.  Mahsulotni standartlashtirishning yuqori darajasi.

4.  Nisbatan past iqtisodiy xarajatlar bo’yicha ishlab chiqarish.

5.  Xarajatlarni boshqarishning samaradorligi.

6.  Ishlab chiqarish texnogiyasini oshirish.

 

 

1. Past narxlar bo’yicha liderlik strategiyasining mazmuni.

 

Raqobatli afzallikka erishishning yo’llaridan biri tovarni muvaffaqiyatli differenstiastiyalash bo’lsa, ikkinchi yo’l - unumdorlikni yaxshilash va xarajatlarni to’g’ri boshqarish vositasida xarajatlar bo’yicha afzallikka erishishdir. Xarajatlarni kamaytirishning bir necha yo’llari bor bo’lib, ulardan biri shuki, qo’l mehnatidan ko’p foydalaniladigan sohalarda, ya’ni qo’shilgan qiymat jami xarajatlarning katta qismini tashkil qilgan tarmoqlarda tovarni ishlab chiqarish bo’yicha tajriba oshgan sari, xarajatlarni kamaytirish imkoniyati vujudga keladi. Bunda xarajatlarning kamayishiga ishchilarning o’z ish usullarini tinimsiz takomillashtirib borishi, firmaning yangi ishlab chiqarish jarayonlarini o’zlashtirishi, tovar konstepsiyasini takomillashtirishi sabab bo’ladi.

Bunday “o’rganish jarayoni”ning mavjudligini birinchi bor Rayt va Boston konsalting guruhi (BKG, Boston consulting group) tomonidan aniqlangan edi. 60-yillarning oxirida BKG turli xil tovarlarning juda katta guruhiga nisbatan tajriba samarali ekanini tasdiqladi va tajriba qonuni deb atalgan qonunni kiritdi. Bir qator firmalar tomonidan tanlab olingan strategiyalarga katta ta’sir ko’rsatgan ushbu qonun iqtisodchilar umumlashgan holda o’rganadigan masalalarni - mehnat unumdorligini oshirish muammosini tasvirlaydi va shakllantiradi.

Tajriba qonunining ta’rifi. Tajriba qonunining strategik ahamiyati shundaki, u firmaning o’z tovarlarigagina emas, balki raqobatchilarning tovarlariga sarflanadigan xarajatlarning evolustiyasini ham oldindan bilishga imkon beradi. Tajriba qonuniga ko’ra, “standart tovardan qo’shilgan qiymat olishda doimiy pul birliklarida o’lchangan birlik mahsulotga sarflanadigan xarajatlar mahsulot miqdori ikki baravarga oshganda ma’lum bir foiz miqdorida kamayadi”.

Ushbu ta’rifga bir necha izohlar kiritamiz:

·        “tajriba” tushunchasining bu erdagi ma’nosi tovarning necha yildan buyon ishlab chiqarilayotganligini emas, balki ishlab chiqarilgan barcha tovar birliklarining sonini anglatadi;

·        shu sababli ishlab chiqarish miqdorining ma’lum davr ichidagi o’sishini tajribaning ortishi bilan adashtirib yubormaslik kerak;

·        tajriba qonuni tabiat qonunlari tarkibiga kirmaydi va u qaytmas jarayon emas, ya’ni u bir necha vaziyatlardagina (hamma uchun bir xil emas) statistik jihatdan tasdiqlangan oddiy kuzatuvdir.

Past narxlar bo’yicha etakchilikning raqobat strategiyasining mazmuni bilan 7.1.-rasm orqali tanishish mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


7.1.-rasm. Past narxlar bo’yicha etakchilikning raqobat strategiyasining mazmuni

 

 

2. Narx bo’yicha raqobatlashuv bozori

 

  Narxli raqobat korxonalar uchun xaridorlarni jalb qilishda asosiy vosita bo’lib narx hisoblanadi .

    Narx o’z navbatida bir necha omillar natijasida shakillanadi . Eng asosiysi ishlab chiqarish xarajatlari sifatida hisoblanadi . Ko’pgina kompaniyalar hozirgi kunda xarajatlarni strategik boshqaruvi  keng qo’llaniladi. Ya’ni bu korxonalarga o’z xarajatlarini optimallashtirishga va o’z navbatida maxsulotga bo’lgan narxni pasaytirishni  talab etadi. Narxli raqobat sharoitida bu muhim maqsad bo’lib hisoblanadi.

Bugun amaliyotda xarajatlarni strategik boshqaruv keng qo’llaniladi ,bu narxga o’z xarajatlarini optimal qilishni va o’z mahsulotiga narxni tushirishga olib keladi.

Bugun xarajatlani boshqarish oldingi usul va uslublarda yuoshqarishdan farq qiladi. Avvallari xarajatlani turli usullar bilan pasaytirish qabul qilingan  .  Bu kompaniya qiziqishlariga to’liq javob bermagan.

 

3. Nisbatan past iqtisodiy xarajatlar bo’yicha ishlab chiqarish.

 

Xarajatlarni boshqarishga alohida yondashuvda xarajatni pasaytirishga narx strategiyasiga mos holda uning maqsadiga mos holda olib boriladi.

Xarajatlarni boshqarishda hozirda 3ta asosiy elementni olishi tushuniladi:

·     Xarajatlarni boshqarish jarayonida Porter bo’yicha qadriyatlar zanjiridan foydalanish;

·     Strategik pozistiyalashtirish;

·     Xarajatlarga ta’sir etuvchi omillarni ko’rib chiqish.

Ø Qadriyatlar zanjiri mashhur iqtisodchi M.Porter tamonidan taklif etilgan.U oltita elementlar yig’indisidan tashkil topgan:

·     Xom–ashyo va materiallar;

·     Tadqiq etish va ishlab chiqarish;

·     Ishlab chiqarish ;

·     Marketing ;

·     Taqsimlash ;

·     Xizmat ko’rsatish.

  Shuning uchun kompaniya foydasini o’stirishga yordam beruvchi 4ta harakat yo’nalishini ajratish mumkin.

·     Xaridorlar;

·     Ta’minotchilar;

·     Qadriyatlar zanjiri darajasida aniq bo’linmalaruchun aloqalar;

·     Korxona darajasida qadriyatlarni turli tuman zanjiri aloqalari.

Ø Strategik pozistiyalash xarajatlarni boshqarishni eng muhim qismi bo’lib hisoblanadi. Kompaniya raqiblardan mahsulotni differenstiyastiyalash yoki xarajatlar bo’yicha liderlik qilish strategiyasi bilan ajralib turadi.Past tannarx mahsulot sifati pastligini bildiradi. Xarajatni kamayish bo’yicha lider bo’lish uchun narx imkoniyatlarini baholash zarur.

 

4. Xarajatlarni boshqarishning samaradorligi.

 

Ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishining bir necha variantlari mavjud:

1.  Ishlab chiqarish masshtabida tejash samarasi .Bu ishlab chiqarish masshtabini oshirish hisobiga bitta mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi .Lekin ishlab chiqarish masshtabi hisobiga tejash ishlab chtqarishni o’zini oshishini ko’zlaydi .Agar narx bunday kengayishini rejalashtirmasa ,unda bu yo’l unga mos kelmaydi .Boshqa strategiya tanlash kerak .

2.  Xarajatlar ustidan nazorat.Nazorat juda kuchli bo’lishni talab etadi.Bu uslub har doim ham to’g’ri kelavermaydi.

3.  Bisnes yuritish jarayonida tan narxga ta’sir etuvchi omillardan chiqarilayotgan mahsulot tannarxi darajasi ga bog’liqligini aniqlash .

4.  Narxning ayrim faoliya sohasida xarajatlarini kamaytirish. Bu reklama xarajatlarini kamaytirishni va shz mahsulotini siljitshga xarajatlarni kamaytirishni nazarda tutadi.Shuningdek mijozlarga servis ko’rsatish darajasi pasayadi ,yangi tovar yaratishda yoki eski tovarni takomillashda xarajatlar to’xtatiladi.Bu yo’l ham hardoim  ham samarali bo’lmaydi.

Ø Korxonaning xarajatlarini va ularni paydo bo’lish sabablarini ko’rish.Bu uchinchi element xarajatlarni boshqarishda hisobga olinadi.Ko’pincha xarajatlar narx qanaqa strategiyani tanlaganiga bog’liq bo’ladi.

Narxli raqobat sharoitida xarajatlarni boshqarish raqobatchilar oldida raqobatli ustunlikka erishishdagi asosiy omillardan biri hisoblanadi .Shuning uchun korxonada zaruriy brshqaruv tizimini qo’llash kerak.

   Narxlar jangi narxli raqobatga misol bo’lib hisoblanadi.

  Tovar ishlab chiqarish o’rtasidagi jangi bir necha omillarni ajratib ko’rsatish mumkin:

 1. Bitta ishlab chiqaruvchi taklif etayotgan tovarga talab pasayadi.Shuning uchun iste’molchini jalb etish maqsadida ishlab chiqaruvchi narxni kamaytirishga boradi.Bozorda bir necha sotuvchilar mavjut bo’lgani uchun ular o’xshash tovarlar taklif etadi.

2.  Kompaniyalarni birida ortiqcha mahsulot hosil bo’ladi .Ayrim choralar ishlab chiqari hisobiga undan qutilish yo’llarini ishlab chiqish .Ortiqcha zaxiradan qisqa muddatda yo’qotish uchun narx jangi orqali optimal chiqiladi.

3. Ayrim hollarda narx jangi bozorda uncha katta rol o’ynamaydigan kompaniyalarda boshlanadi, lekin o’zi uchun xulq-atvorni agressiv strategiyasini oladi.Aynan shunday kompaniyalar uchun narx jangi juda yomon kechadi.

4.     Tovarlarda birinchi “Sotish va lider zarari ” hisoblanadi.

5.   Bozorda mahsulot ishlab chiqarishda xarajatlarni pasaytiruvchi yangi texnalogiyalar paydo bo’ldi. Ushbu sabab narx jangini amalga oshirishda ahamiyatga ega .Ushbu holda yangi texnologiyalarni qo’llovchi qo’llovchi sotuvchilarda xarajatlar kamayadi,ularga o’z maxsulotiga narxni pasaytirishga olib keladi.Agar bozorda faqat bitta kompaniya shunday texnalogiyani qo’llasa narx jangining g’olibi bo’ladi.Agar yangi texnalogiyani qo’llash bo’yicha bir necha kompaniyalar shug’ullansa , unda nax jangi juda og’ir o’tadi . Yangi texnalogiyani qo’llanilishi kompaniyani narx jangida hal qilishi bo’lgan sabab bo’ladi.

5. Ishlab chiqarish texnogiyasini oshirish

 

Tajriba samarasining manbalari. Ko’pchilik omillar tajriba egri chizig’i bo’ylab harakat mobaynida xarajatlarning kamayishiga o’z hissasini qo’shadi. Bu erda gap jami ishlab chiqarish hajmi o’sib borgan sari ko’nikish natijasida ishlab chiqarish jarayonining yaxshilanib borishi to’g’risida ketmoqda. Eybell (Eybell) va Xemmond (Xemmond) tajribaning olti xil manbaini aniqlaganlar:

 1) qo’l mehnatining samaradorligi: ma’lum bir vazifani ko’p martalab takrorlaydigan ishchilar ma’lum bir ko’nikma hosil qilib, samaradorlikni oshiradigan oson va qulay usullarni o’rganib oladilar va o’z ishlarining ustasiga aylanadilar;

2) ishning turlari va usullariga ixtisoslashish: ixtisoslashuv topshiriqni bajarish unumdorligini oshiradi;

3) yangi ishlab chiqarish jarayonlari: texnologik innovastiya, masalan, robotlashtirish yoki kompyuter orqali boshqaruv xarajatlarini kamaytirishning muhim manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin;

4) jihozlarni samarali ishlatish;

5) resurslardan foydalanishdagi o’zgarishlar: ishlab chiqaruvchining tajribasi ortib borgan sari, u arzonroq resurslarni topishi, malakasizroq ishchilarni yollashi yoki ishlab chiqarishni avtomatlashtirishi mumkin;

6) tovarning yangi konstepsiyasi: iste’molchilarning tovardan qanday xususiyatlarni kutayotganliklarini bilgan firma uni, aytaylik, kamroq resurs talab qiladigan shaklda o’zgartirishi mumkin.

Ushbu omillarning barchasi firmaning bevosita nazorati ostida bo’ladi. Bu ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga qaratilgan umumiy siyosatning tarkibiy qismi bo’lib, uning maqsadi ayni shu tovarni kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqarish yoki shu xarajatlar bilan yanada yaxshiroq tovarni ishlab chiqarishdan iboratdir. Tajribaning faqat o’zi xarajatlarni kamaytirmaydi, balki ularni kamaytirish uchun imkoniyatlarni yaratadi.

Xarajatlarni kamaytirish oqibatida raqobatbardoshlikni oshirishning tahlili 7.2-rasmda o’z aksini topgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


7.2-rasm. Xarajatlarni kamaytirish oqibatida raqobatbardoshlikni oshirishning tahlili

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8 - MAVZU. TURLI BOZORDAGI RAQOBATLI STRATEGIYALAR VA FIRMANING RAQOBATLI POZITSIYALARI

 

1.  Aniq lider bo’lmagan bozorda firmaning raqobat strategiyasi.

2.  Faol narxsiz raqobat.

3.  Raqobatchilar narxini tushirishga agressiv ta’sir etish.

4.  Raqobatbardoshlikning asosiy yo’nalishlari.

5.  Daromadni oshirish siyosati.

6.  Tarmoq ledirining raqobat strategiyasi.

 

 

1. Aniq lider bo’lmagan bozorda firmaning raqobat strategiyasi

 

Raqobat bozor iqtisodiyotining g’oyat muhim xususiyati. U amal qilishi uchun ma’lum shart-sharoit muhayyo bo’lishi talab qilinadi. Raqobat faqat bozor iqtisodiyoti muhitida bo’lishi mumkin, chunki undagina u zarurat bo’ladi, shushingdek, unga yo’l ham ochiladi. Bas, shunday ekan bozor munosabatlarining yuzaga kelishi ayni bir vaqtda raqobatchilikning shakllanishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotining shakllanishidagi klassik yo’l G’arb mamlakatlarida bo’lib, u erda raqobatchilik muhiti uzoq yillar mobaynida, davlatning ishtirokisiz, o’z-o’zidan, ya’ni stixiyali yuz bergan. Shu yo’sinda erkin raqobat paydo bo’lgan. Iqtisodiyotda mopopollashuv tendenstiyalari paydo bo’lish munosabati bilan erkin raqobat cheklanadi, shu sababdan sog’lom rakobatchilik muhitini yaratishda davlat ham qatnashadi. Buni davlatnint antimonopol siyosatida ko’rish mumkin. Bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratishga emas, balki uni saklab qolishga, kezi kelganda qaytadan tiklashga, raqobatning madaniylashgan usullarini qaror toptirishga qaratiladi.

Aniq lider bo’lmagan bozorda raqobat strategiyasining muhim xususiyatlari va uni amalga oshirish yo’o’lari 8.1-rasmda keltirilgan:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Barqaror foyda olish

 

Maqsad

 

Raqobat strategiyasi

 

 
 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


8.1.-rasm. Aniq lider bo’lmagan bozorda raqobat strategiyasi

 

 

 

2. Faol narxsiz raqobat

 

Faol narxsiz raqobatning asosiy tarkibiy qismlari quyidagi rasmda keltirilgan:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


3. Raqobatchilar narxini tushirishga agressiv ta’sir etish.

 

Har qanday firma, kompaniyaning kuchli tomonlari:

Ø Kerakli moliyaviy resurslarning mavjudligi;

Ø Raqobat kurashini mahorat bilan olib borish ko’nikmasi;

Ø Tan olingan etakchi statusi;

Ø Ishlab chiqarish va marketing miqyosi samaralarini to’la ravishda foydalanishi;

Ø O’z texnologiyasiga ega bo’lishi;

Ø Nisbatan kam harajatlarni amalga oshirish;

Ø Samarali reklama;

Ø Mahsulotga innovastiyalarni amalga oshirish tajribasi;

Ø Ishonchli, professional menejmentga ega bo’lish;

Ø Samarali ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo’lish va boshqalar.

Firma, kompaniyalarning zaif tomonlari:

Ø Aniq strategiyaning yo’qligi;

Ø Eskirgan ishlab chiqarish quvvatlari;

Ø Past darajadagi foydalilik;

Ø Talab etiladigan ko’nikma va mahsulotlarning yo’qligi;

Ø Operastiyalarning boshqarishda muammolarning mavujdligi;

Ø Tovarlarni yangilashda orqada qolib ketish;

Ø Mahsulot liniyasining juda tor bo’lishi;

Ø Firma nufuzini etarli darajada shakllanmaganligi;

Ø Sotuv kanallarining zaifligi;

Ø Raqobatchilarga qaraganda mahsulot tannarxining yuqori bo’lishi va hokazolar. 

Firma imkoniyatlariga quyidagilar kiradi:

Ø Iste’molchilarning qo’shimcha guruhlariga xizmat ko’rsatishi;

Ø Yangi bozorga yoki segmentga chiqish;

Ø Mijozlarning ko’proq extiyojini qondirish maqsadida mahsulot turini ko’paytirish;

Ø Bog’langan diversifikastiya;

Ø Vertikal integrastiyalashuv;

Ø Jozibali xalqaro bozorga kirish uchun qo’yilgan to’siqlarning barbod bo’lishi;

Ø Bozor sur’atlarining o’sishi va hokazolar.

 

 

3. Daromadni oshirish siyosati.

 

Daromadni oshirish siyosatining asosiy tarkibiy qismlari quyidagi rasmda keltirilgan:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


4. Tarmoq liderining raqobat strategiyasi

 

Tarmoq bozori etakchi-firmasining faoliyat strategiyasi bilan 9.2-rasm orqali yaqindan tanishib chiqish mumkin.

 

Raqobat ustunligini saqlab turish strategiyasi

 
 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


8.2.-rasm. Tarmoq bozori etakchi-firmasining faoliyat strategiyasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

9 - MAVZU. JAHON BOZORIDAGI RAQOBAT

 

1.  Iqtisodning globallashuvi va global raqobat.

2.  Firmaning xalqaro bozorga chiqish sabablari.

3.  Jahon bozoridagi raqobatlashishning xususiyatlari.

4.  Xalqaro bozor raqobatiga kirish usullari.

5.  Global raqobat strategiyasiga tusqinlik qiluvchi omillar.

 

 

1. Iqtisodning globallashuvi va global raqobat

 

 Globallashuv jahon bozorlari va mintaqaviy iqtisodiyotlarning tizimli integrastiyasi bilan tavsiflanadi. Buning natijasida iqtisodiy o’sish kuzatiladi ,zamonaviy texnalogiyalar va boshqaruv mexanizmlarining joriy etilishi jadallashadi.

  Zamonaviy globallashuv jarayoni avvalgi integrastiya jarayonlaridan farq qiladi. Eng avvalo, bu juda ko’p mamlakatlarning savdo,moliya,investistiya va axborotlar uchun o’z chegaralarini ochishida ko’rinadi.

   Jahon bozorlarida raqobatning iqtisodiy belgilanganligi qanday omillarga bog’liq ekanligi 9.1-rasmda ko’rsatilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


9.1-rasm. Jahon bozorlarida raqobatning iqtisodiy belgilanganligi

 

 

2. Firmaning xalqaro bozorga chiqish sabablari.

 

 Hozirgi zamon jahon iqtisodiyoti o’ziga xos xususiyati – integrastiya buning ustiga  umumiy, ya’ni kapital, ishlabchiqarish, mehnat integrastiyasi .

     So’ngni yillarda integrastiya yangi mamlakat va mintaqalarni qamrab oldi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanmoqda:

·     Ishlab chiqarish kuchlarining integrastiyalashuvi ;

·     Xalqaro mexnat taqsimotining integrastiyalashuvi ;

·     Moddiylashgan tovar bo’yicha an’anaviy xalqaro savdo xususiyatining sifat o’zgarishi va qo’llashning kengayishi;

·     Turli mamlakatlarda iqtisodiy faoliyatning chatishib ketishi va o’zaro bog’liqlikni ta’minlovchi moliyaviy va ishlab chiqarish resurslarining xalqaro miqyosda ko’chib yurishi

·     Xizmat ko’rsatish sohasining rivojlanishi;

·     Ilmiy - texnik bilimlar bilan xalqaro almashinuv;

·     Ishchi kuchining xalqaro migrastiyasi;

·     Zamon talabidagi global muommolar.

Globallashuv jarayoni asosi ayirboshlash emas, balki so’ngi o’n yillar ichida jadal sur’atlarda rivojlanayotgan TMKning institustional shakli sifatidagi ishlab chiqarish bo’lib qoldi.

 

3. Jahon bozoridagi raqobatlashishning xususiyatlari

 

Globallashuv jahon bozorlari va mintaqaviy iqtisodiyotlarning tizimli integrastiyasi bilan tavsiflanadi, buning natijasida iqtisodiy o’sish kuzatiladi, zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv mexanizmlarining joriy etilishi jadallashadi.

Zamonaviy globallashuv jarayoni avvalgi integrastiya jarayonlaridan ma’lum qadar farq qiladi. Eng avvaalo, bu juda ko’p mamlakatlarning savdo, moliya, invbestistiya va axborotlar uchun o’z chegaralarini ochishida ko’rinadi.

Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati - integrastiya, buning ustiga umumiy, ya’ni kapital, ishlab chiqarish, mehnat integrastiyasi.

So’nggi yillarda integrastiya yangi mamlakat va mintaqalarni qamrab oldi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanmoqda:

·     ishlab chiqarish kuchlarining baynalmilallashuvi;

·     xalqaro mehnat taqsimotining baynalmilallashuvi;

·     moddiylashgan tovarlar bo’yicha an’anaviy xalqaro savdo xususiyatining sifat o’zgarishi va ko’lamining kengayishi;

·     turli mamlakatlarda iqtisodiy faoliyatning chatishib ketishi va o’zaro bog’liqligini ta’minlovchi moliyaviy va ishlab chiqarish resurslarining xalqaro miqyosda ko’chib yurishi;

·     xizmat ko’rsatish sohasining rivojlanishi;

·     ilmiy-texnik bilimlar bilan xalqaro almashinuv;

·     ishchi kuchining xalqaro migrastiyasi;

·     zamon talablaridagi global muammolar (tabiatni muhofaza qilish, Dunyo okeani, kosmosni o’zlashtirish, rivojlanayotgan mamlakatlarning och aholisiga yordam ko’rsatish va boshqalar)ni hal etishga yo’naltirilgan xalqaro hamkorlik.

Globallashuv jarayonining asosi ayirboshlash emas, balki so’nggi o’n yillar ichida jadal sur’atlarda rivojlanayotgan transmilliy korporastiyalar (TMK)ning institustional shakli sifatidagi ishlab chiqarish bo’lib qoldi.

 

4. Xalqaro bozor raqobatiga kirish usullari

 

Jahon bozorlaridagi raqobatga kirishish usullari bilan 9.2-rasm orqali tanishish mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


9.2-rasm. Jahon bozorlaridagi raqobatga kirishish usullari

 

 

Keyingi o’n yilliklarda xizmatlar sohasidagi ortib borayotgan xalqaro raqobat quyidagi bir qator holatlar tomonidan rag’batlantirilgan:

 

·     Servis ehtiyojlarining o’xshashligi.

·     Ko’proq safarbar va ko’proq axborotga ega bo’lgan xizmatlar  xaridorlarining paydo bo’lishi.

·     Yirik korxonalarni oyoqqa turg’azish va jo’g’rofiy ko’lamlar.

·     Xodimlarning o’sib borayotgan safarbarligi.

·     Uzoqda joylashgan xaridor bilan aloqa qilishning katta imkoniyatlari.

·     Mahalliy firmalr tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar

·     qiymati, sifati va turlari bo’yicha mamlakatlar o’rtasida saqlanib

·     qolayotgan  katta farqlar.

·     Xaridor-etkazib beruvchi munosabatlari.

·     Tayyor mahsulotlar sotish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar.

·     Xizmatlar sotish bilan bog’liq bo’lgan tayyor mahsulotlar.

 

5. Global raqobat strategiyasiga tusqinlik qiluvchi omillar

 

Global raqobat strategiyasini amalga oshirishga to’sqinlik qiladigan omillar bilan yaqindan tanishish uchun 9.3-rasmga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


9.3-rasm. Global raqobat strategiyasini amalga oshirishga to’sqinlik qiladigan omillar

 

 

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida hukumat tomonidan iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish masalasiga alohida e’tibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlarda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham raqobat bo’yicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996 yil 16 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qo’mitasiga aylantirildi. O’zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qo’yib yuborildi.