O’ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
«iqtisodiyot nazariyasi»
fanidan
KURS ISHINI BAJARISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMA
Bilim sohasi: 200000 – “Ijtimoiy soha, iqtisodiyot va huquq”
Ta’lim sohasi: 200000 – “Iqtisod”
Ta’lim yo’nalishi: 5230100 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)”
5230200 – “Menejment(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)”
TOSHKENT-2012
Êurs ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida ¹____________ raqam bilan 20___ yil “____”________da ro’yhatda olingan namunaviy o’quv dasturi asosida tuzilgan.
Êurs ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma «Iqtisod va boshqaruv» fakulteti o’quv – uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
Kengash raisi ___________ Bobomurodov X.M.
(Kengash majlisining _______ sonli bayonnomasi
“____” _____________________ 2012 yil.)
Êurs ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasining majlisida muxokama qilingan va tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri ___________ dots. Mirzaev F.R.
(kafedra majlisining ______ sonli bayonnomasi
“_____” ___________________ 2012 yil.)
Tuzuvchi(lar): dots. Mirzaev F.R.
i.f.n. Quvondikova D.K.
ass. Saidrasulova X.B.
ass. Dexqonov G’.R.
kirish
Kurs ishi talabalarning dastlabki ilmiy ishi hisoblanadi. Kurs ishlari talabalar mustaqil ishlarining bir shakli bo’lib, uni muvaffaqiyatli bajarish uchun fan to’g’risida aniq tassavurlarga ega bo’lishlari kerak. Talabalar kurs ishining ilmiy, nazariy, g’oyaviy darajasiga, shuningdek, uning yozilishi va rasmiylashtirish tartibiga e’tibor berishlari lozim.
Talabalar kurs ishlarini bajarish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlaridan, mahalliy va chet el etakchi iqtisodchi olimlarning asarlaridan, ularning iqtisodiy g’oyalaridan, O’z.R Prezidenti farmonlari, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar mahkmasining qarorlari, Vazirliklarning me’yoriy hujjatlari, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlaridan, fanga tegishli bo’lgan darslik va o’quv qo’llanmalardan, internet ma’lumotlaridan keng foydalanishi hamda ularni mustaqil tahlil etishi va o’zlarining fikrlarini bayon etishi kurs ishining mazmunini yanada boyitadi.
1. Kurs ishini bajarishning maqsadi va vazifasi
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo’yicha KIni bajarish o’quv rejada ko’rsatilgan bo’lib, taklif etilayotgan mavzular o’rganilayotgan muammolarning dolzarbligi va muximligiga asoslanadi. KIni yozish talabalarga fanni o’rganish davrida olgan amaliy bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtirishga hamda mustahkamlashga yordam beradi.
Kurs ishining maqsadi: “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni kengaytirish hamda mustahkamlash.
Kurs ishining vazifalari:
Ø iqtisodiy jarayonlarni taxlil qilish va xulosa chiqarish;
Ø iqtisodiy muammolarini xal etish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar to’plash va ulardan foydalanish;
Ø iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarni (kategoriyalarni), iqtisodiy muammolar bo’yicha echimlar qabul qilish;
Ø bozordagi talab va taklif to’g’risidagi statistik ma’lumotlar asosida bozor xolatini taxlil qilish va xulosalar chiqarish;
Ø raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorda korxonalar faoliyatini taxlil qilish asosida xulosalar chiqarish;
Ø davlatning iqtisodiyotga ta’siri natijalarini taxlil qilish asosida xulosalar chiqarish.
2. Kurs ishiga qo’yiladigan talablar
Kurs ishi 5230100 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” yo’nalishi va 5230200 – “Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishida taxsil olayotgan 1 bosqich talabalari tomonidan 1 – semestrda yozilishi va himoya qilinishi lozim. KI mavzulari “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo’yicha namunaviy va ishchi dasturga muvoffiq ishlab chiqiladi. Kurs ishlarining tematikasi (1-ilova) kafedra o’qituvchilari tomonidan butun kursni qamrab oluvchi mavzular ketma-ketligi tartibida tuziladi. Bunda guruhdagi har talabaga kamida 4-5 ta mavzu to’g’ri kelishiga e’tibor qaratiladi, chunki talaba kurs ishi mavzularini tanlay olish imkoniyatiga ega bo’lsin. Buning uchun talabalar ismi shariflarining birinchi harfiga mos keladigan mavzulardan birini tanlaydi. Bunda professor-o’qituvchilarning asosiy vazifasi talabalarga kurs ishi bo’yicha mustaqil ishlashlarining yo’l-yo’riqlarini ko’rsatish va kurs ishini yozish bo’yicha umumiy tasavvurga ega bo’lishi haqida maslahatlar berishdan iboratdir.
Talabalarga kurs ishlari mavzularini kursning boshida e’lon qilish maqsadga muvofiqdir, chunki kafedra o’qituvchilari kurs ishi ustida har bir talaba bilan mustaqil ishlashlari kerak, qisqa davrda berilgan mavzularni esa kurs ishi sifatida bajarish mazmun jihatidan talabga javob bermaydi. Bunday holatda tegishli adabiyotlardan, oldingi yillardagi ijobiy baholangan kurs ishlaridan ko’chirib kelishlik holatlari yuzaga kelishi mumkin.
3. Kurs ishi mavzusini tanlash, uning rejasini tuzish, adabiyotlar to’plash va ulardan foydalanish
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzusini tanlab olish va uning rejasini tuzish talabaning mustaqil ravishda bajaradigan ilmiy ishining dastlabki bosqichidir. Ishning darajasi va sifati ko’p jihatdan mavzuni to’g’ri tanlashga bog’liqdir. Binobarin bu ishga jiddiy, ma’suliyatni sezgan holda yondoshish zarur. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda dastlab shu fan bo’yicha professor-o’qituvchining ma’ruzalarini diqqat bilan tinglab, hozirgi zamon iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni hamda Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarini chuqur o’rganib chiqishi lozimdir.
Talaba kurs ishi mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yishi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o’rganishi, o’zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashi uchun amaliyotga tadbiq qila olish imkoniga ega bo’lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o’z mutaxassisiligi yo’nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega bo’ladi.
Talabalar kurs ishi mavzusini tanlagandan so’ng, mavzuga tegishli bo’lgan adabiyotlarni, ilmiy maqolalarni va turli xil manbalarni qidirib topib o’rganishlari kerak. Shuningdek, talaba kurs ishi mavzusiga tegishli bo’lgan rus tili va boshqa xorijiy tillardagi adabiyot hamda materiallardan mustaqil ravishda keng foydalanishlari lozim. To’plangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda talabalar kurs ishi mavzusini to’liq yoritib berishga qaratilgan kurs ishi rejasini tuzishlari kerak va shu reja asosida kurs ishining mohiyatini yoritishlari zarur. Kurs ishini yozish bo’yicha tavsiya etilgan yo’riqlarga rioya qilish mavzu mazmunini to’g’ri yoritib berish va uning mohiyatidan chetga chiqmaslik imkonini beradi.
Kurs ishi rejasini o’qituvchidan maslahat olib tuzish maqsadga muvofiq. Reja – kirish qismidan, mavzuning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ochib beruvchi 4-5 ta savollardan va xulosa qismidan iborat bo’ladi. Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bog’langan bo’lishi, har bir keyingi savol o’zidan oldingi savolning mantiqan davomi bo’lib, bir butunni tashkil etishi kerak. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va uning iqtisodiy ahamiyati to’g’risida so’z yuritilsa, xulosaviy qismida esa tahlil qilingan masalalarni hal etish bo’yicha muallifning tavsiyalari berilishi kerak. Kurs ishining asosiy qismida mavuning mohiyatini aks ettiruvchi nazariy fikrlar, tahlillar va ushbu mavzu bo’yicha muammolarni bartaraf etish hamda shu sohani rivojlantrish chora tadbirlari yoritib berilishi kerak. Shuningdek, foydalanilgan adabiyotlarning va statistik ma’lumotlarning yangiligi e’tiborga olinishi zarur. Kurs ishi rejasi tuzilgandan so’ng uni bajarish muddatini aniq belgilash kerak. Kurs ishining oxirgi rejasida tahlil qilingan mavzuga oid bo’lgan muammolarni kelajakda hal etish yo’l-yo’riqlari va uni rivojlantirish imkoniyatlari berilishi zarur. Har bir kurs ishi ana shunday talablarga javob berishi zarur.
Kurs ishi quyidagi tartibda yozilishi lozim:
· Titul varaqasi;
· Kurs ishini bajarish uchun topshiriq;
· Mundarija;
· Kirish (2-5 bet);
· Nazariy qism (10-15 bet);
· Taxliliy qism (10-15 bet);
· Xulosa va natijalar (2-5 bet);
· Foydalangan adabiyotlar ro’yxati (Kamida10 ta axborot manbasi);
· Taqriz.
Kurs ishining umumiy xajmi 30-45 bet bosma matndan iborat bo’lishi kerak.
Titul va topshiriq varaqasi uslubiy qo’llanmaga muvoffiq to’ldirilishi lozim. (2,3- ilova)
Mundarija. Barcha bo’lim va sarlavxa nomlari raqamlangan betlari bilan ko’rsatilishi lozim. (4- ilova)
Kirish. Kurs ishi mavzusining dolzarbligini asoslagan bo’lib, aniq maqsad va vazifalar ko’rsatilishi lozim.
Nazariy bo’lim. O’rganilayotgan muammolarni zamonaviy xolati baxolanadi, o’quv – uslubiy, mahsus va normativ adabiyotlar bo’yicha taxlil amalga oshiriladi.
Taxliliy bo’lim. O’rganilayotgan ob’ektning moliyaviy, tijorat, ishlab chiqarish xo’jaligi ko’rsatkichlari bo’yicha qisqacha tavsif amalga oshiriladi.
Xulosa va natijalar. Kurs ishida ko’rilgan masalalarning echimi aniq va ravshan ifodalanishi talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar. Ish jarayonida foydalanilgan axborot manbalari, tarmoqning xuquqiy - normativ xujjatlari, uslubiy va maxsus adabiyotlar, internet saytlari ko’rsatilishi lozim. (5 - ilova)
Kurs ishi topshirilgan vazifa asosida talaba tomonidan bajariladi. Kurs ishining taxliliy qismida grafik va jadvallar aks ettirilishi kerak.
Adabiyot tanlash, uni o’rganish, qayta ishlash va kurs ishi matnining xomaki hamda oxirgi variantlarini tayyorlash uchun sarf qilinadigan vaqt miqdori va bajarish muddatini aniq belgilab olishlari maqsadga muvofiqdir. Belgilangan muddatga qarab ishni bajarish shoshma-shosharlikga yo’l qo’ymaydi, balki talabaning pishiq-puxta ish olib borishini ta’minlaydi va unga kurs ishini o’z vaqtida nihoyasiga etkazib topshirishiga imkon beradi.
4. Kurs ishini rasmiylashtirish va ximoyaga tayyorgarlik ko’rish
Kurs ishi matni kompyuterda Word redaktorida quyidagi talablarga muvoffiq bajarilishi lozim:
- shrift - Times New Roman;
- shrift kattaligi -14.
- interval 1.5.
- betlarni ulchamlari: chap tomondan 30mm, yukoridan 20 mm, o’ng tomondan 10mm, pastdan 20mm.
Kurs ishining kirish, xar bir bo’limi, xulosa va natijalar, foydalanadigan adabiyotlar yangi betdan boshlab yoziladi.
Bo’limlar sarlavxalarga ega bo’lishi kerak. Sarlavxalar xar bir betning o’rtasidan katta xarflar bilan yoziladi. Sarlavxalarning oxiriga nukta ko’yilmaydi. Bo’lim sarlavxalari betning oxirigi pastki qismiga joylashtirilishi man etiladi.
Diagramma, sxemalarning raqamlari rasmning pastki qismida aks ettiriladi. Jadvallarning nomlanishi yukori qismida aks ettiriladi. Xamma betlarga titul varag’idan boshlab oxirgi betgacha ketma-ket tartibda raqamlar qo’yiladi. Talaba kurs ishining mazmuni mos qisqacha doklad tayyorlashi lozim.
Tugatilgan kurs ishitarkibida to’liq rasmiylashtirilgan titul varaqasi, topshiriq blankasi bo’lishi shart. Tugatilgan kurs ishi raxbar va talaba tomonidan imzolanadi. Imzolar titul varaqasida bo’lishi lozim. kurs ishi «Delo» papkasiga tikiladi.
Kurs ishlari himoyasini hay’at a’zolari qabul qilishlari kerak. Talabalarning dokladlari 5-7 daqiqaga mo’ljallanishi lozim. Talaba kurs ishining dolzarbligi, maksadi va vazifalarini tavsiflab berishi kerak.
Agar kurs ishi boshqa bir chet tilida yozilgan bo’lsa, talabaga ana shu tilda ximoya qilishga ruxsat beriladi.
5. Kurs ishlarini baholash tartibi
Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg’otish, ularga to’g’ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur.
Kurs ishlari sifat darjasiga qarab tabaqalangan holda baholangani maqsadga muvofiqdir. Yangi reyting tizimi bo’yicha talabaning kurs ishini 100 ballik tizim asosida baholanadi.
Shuning uchun kurs ishini quyidagicha baholash maqsadga muvofiqdir:
¹ |
Belgilangan ball |
Baholash mezonlari |
1 |
86-100 “A’lo” |
Rejadagi savollarning mazmuni ijodiy yondoshilgan holda yoritilgan bo’lsa, foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga snoskalar (ilovalar) berilib, adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan bo’lsa va ish bo’yicha berilagan savollarga aniq va to’liq javob berib, o’zining fikrini erkin bayon etsa bunday tayorlangan ishlarga «a’lo» baho qo’yish mumkin. |
2 |
71-85 “Yaxshi” |
Agar rejadagi 4-5 savolning 3-4 tasiga to’liq javob yozilgan bo’lib, bittasiga etarlicha javob berilmagan bo’lsa, himoyada talabaning javob berishiga qarab «yaxshi» baho qo’yish mumkin. |
3 |
55-70 “Qoniqarli” |
Rejadagi 4-5 ta savolning bita yoki ikkitasining mazmuni yoritilib, qolgan savollarga javob berilmagan bo’lsa, to’g’ri yozilgan javoblar ham darslik va kitoblardan ko’chirilgan, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati yo’q, ilovalar berilmagan va boshqa shu kabi kamchiliklar bo’lsa, ko’rsatilgan kamchiliklar himoyagacha bajarilsa, talabaning javobini hisobga olib bu kabi ishlarni «qoniqarli» baholash mumkin. Agarda talaba yuqoridagi kamchiliklarni yozma ravishda bartaraf etmasa, kurs ishi «qoniqarsiz» baholanadi. |
4 |
0-54 “Qoniqarsiz” |
Kurs ishida quyidagi kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, u taqriz yozish davridayoq «qoniqarsiz» baholanadi: - reja noto’g’ri va umuman qoniqarsiz tuzilgan bo’lib, mavzuning mazmuniga mos tushmasa; - kurs ishi e’tiborsizlik bilan pala-parish bajarilsa; - javoblar asosan o’quv adabiyotlaridan ko’chirilgan bo’lsa; - foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bo’lmasa; - foydalanilgan adabiyotlarga va ma’lumotlarga ilovalar berilmagan bo’lsa; - rejadagi savollar mohiyati biri ikkinchisidan ajratilmagan holda berilsa: - kurs ishini talabaning o’zi xusni xati bilan bajarmagan bo’lsa. |
Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, qoniqarsiz baholashga yo’l qo’yish mumkin emas, aks holda, bu ularning xafsalasini pir qilib, o’qishga bo’lga ishtiyoqini so’ndiradi, ya’ni talabaning ijodiy faoliyatiga ta’sir qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kurs ishini yozish natijasida talabalar ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi ilmiy ishlarini yozishida katta yordam beradi.
1 - Ilova
Kurs ishi mavzulari.
1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida I.A.Karimov asarlarining axamiyati.
2. I. A. Karimov asarlarida o’tish davri va uning xususiyatlarining yoritilishi.
3. I. Karimov asarlarida O’zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari to’g’risida.
4. I. A. Karimov O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrastiyalashuvining zarurligi.
5. I. A. Karimov mamlakat iqtisodiyotiga chet el investistiyalarini jalb qilish to’g’risida.
6. I. A. Karimov O’zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish to’g’risida.
7. I. A. Karimovning jamiyatni isloh qilishning yangi bosqichida ustuvor yo’nalishlar va vazifalari to’g’risida.
8. I. A. Karimov O’zbekistonda qishloq xo’jaligi isloh qilish va rivojlantirish to’g’risida.
9. I. A. Karimov asarlarida milliy valyutaning ahamiyati va konvertastiyalashuvi masalalari.
10. I. A. Karimov bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida kuchli adolatli ijtimoiy himoyaning zarurligi to’g’risida.
11. I. A. Karimov iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish to’g’risida.
12. I. A. Karimov asarlarida islohotlr strategiyasi va bozor iqtisoldiyotiga o’tishning o’zbek modelining yoritilishi.
13. I. Karimov O’zbekistonda pirovard maqsadga erishishning vazifalari to’g’risida.
14. I.Karimov asarlarida “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining rivojlantirilishi va boyitilishi.
15. Mustaqillik yillarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi.
16. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining O’zbekiston Respublikasininng ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi muammolarini bilish va xal etishdagi axamiyati.
17. “Iqtisodiyot nazariyasi”ning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi.
18. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti, iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o’rganish usullari.
19. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Ularning turlari va amal qilish mexanizmi.
20. O’zbekistonda iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirish jarayonida akstionerlashtirishning xususiyatlari.
21. Iqtisodiy faoliyatdagi monopoliyalar, ularning faoliyat qilishi va iartibga solinish xususiyatlari
22. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining nazariy va amaliy vazifalari.
23. Milliy g’oyaning shakllanishida “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining roli.
24. Ehtiyojlar va ularning turlari.
25. Iqtisodiy faoliyatning mohiyati va turlari.
26. O’rta Osiyo mutaffakirlarining iqtisodiy ta’limotlari.
27. Moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish xamda ularning o’zaro bog’laqligi.
28. Ishlab chiqarish va muvozanatli xajmini aniqlash usullari. Ularning klassik va keyingi modellari
29. Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishiga turlicha yondashuvlar.
30. Ishlab chiqarish samaradorligi va ularning ko’rsatkichlari.
31. O’zbekistonning iqtisodiy resurslari va undan ishlab chiqarish jarayonida samarali foydalanish muammolari.
32. Ijtimoiy taraqqiyot bosqicharini bilishga farmatsion, texnologik va madaniylashgan yondoshuvlar.
33. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va uning andozalari.
34. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari.
35. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidanchiqarish va xususiylashtirish yo’llari, usullari va bosqichlari.
36. Madaniylashgan, ijtisoiy-adolatli jamiyatga o’tish yo’llarning muqobilligi va ko’p variantligi.
37. Mulkchilik munosabatlarining moxiyati, iqtisodiy va xuquqiy jixatlari.
38. Bozor iqtisodiyotidan mulkchilikning turli-tuman shakllari.
39. Mulkchilik shakllarini o’zgartirish usullari va yo’llari.
40. Natural va tovar ishlab chiqarish.Ularning asosiy belgilari.
41. Tovarning istemol va almashuvi qiymati.
42. Qiymatning miqdori va unga ta’sir etuvchi omillar.
43. Pulning moxiyati va uning vazifalari.
44. O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti va uning xususiyatlari.
45. O’zbekistonda milliy bozorni shakllantirish vazifalari.
46. Klassik va xozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, ularning umumiy tomonlari va farqli jixatlari.
47. O’zbekistonda milliy bozorning to’yinganlik xolati.
48. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistondagi xususiyatlari.
49. Bozor iqtisodiyotining moxiyati va asosiy belgilari.
50. Bozor iqtisodiyoti mexanizining amal qilishi.
51. Bozorning moxiyati va turkumlanishi.
52. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.
53. O’tish davrining moxiyati va zarurligi
54. O’tish davri iqtisodiyotida davlatning pul- kredit siyosati.
55. O’zbekistonda o’tish davrining xususiyatlari.
56. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining o’tish sharoitida ijtimoiy adolat muammolari.
57. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning turli yo’llari
58. Bozor munosabatlariga o’tishda agrar isloxatlar va ularning yo’nalishlari
59. Boshqarishning mamuriy usullariga asaslangan iqtisodiyotdan bozor tqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos xususiyatlari
60. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiy mutanosiblik va muvozanatlikning buzilish sabablari
61. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida raqobatchilik muxitini vujudga keltirish vazifalari
62. O’zbekistonda ko’p ukladli iqtisodiyotning va mulkdorlar sinfining shakllanishi
63. Respublikada iqtisodiy isloxatlar bosqichlari, asosiy yakunlari va vazifalari
64. Talab va taklif. Uning miqdoriga ta’sir etuvchi omillar
65. Talab va taklifning elastikliligi
66. O’zbekistonda talab va taklifni muvozanatlashtirish muammolari
67. Talab va taklifning o’zgaruvchanligi xamda uning tamoyillari
68. Talab va taklifning mos kelishi . Bozor muvozanati
69. Raqobatning moxiyati va turlari
70. Raqobat kurashining shakllari va usullari
71. Raqobatning turli modellarida narxning shakllanishi
72. Monopolistik faoliyatini cheklash bo’yicha davlatning chora-tadbirlari
73. Narxning moxiyati, vazifalari va turlari
74. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning shakllanishi
75. O’zbekistonda davlatning nirx siyosati va uning yo’nalishlari
76. O’zbekistonda kichik va o’rta tadbirkorlikni qo’llab quvatlash va rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari
77. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllanishi
78. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi
79. Tadbirkorlik xarakati va uning bosqichlari
80. Korxonaning tashkiliy –xuquqiy shakllari (yakka xo’jalik, sherikchilik, korparatsiyasi) va ularning uyushmalari
81. O’zbekistonda davlat korxonalarini akstionerlashtirish.
82. Menejment nazariyasining evolyustion rivojlanishi
83. Menejment, uning vazifalari va tamoyillari
84. Bozor iqtisodiyotiga sharoitida marketing roli
85. Marketing tushunchasi va uning moxiyati
86. Korxonaning xarajatlari va uning turlari.
87. O’zbekiston Respublikasining bankrotlik va sanastiyasi to’g’risidagi qonunlaning moliyaviy sog’lomlashtirishdagi axamiyati
88. Meyordagi foyda iqtisodiy xarajatlar tarkibi sifatida.
89. Foyda turlari va ularning tavsifi.
90. Foyda va unga ta’sir etuvchi omillar.
91. Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi.
92. O’zbekistonda davlatning ish xaqi siyosati. Yagona tarif koeffistientlari va uni qo’llash amaliyoti
93. Ish xaqi ishchi kuchining baxosi sifatida.
94. Fan- texnika taraqqiyotining ishchi kuchini takror xosil qilishdagi ta’siri
95. Ishchi kuchiga talab va taklif, uni aniqlovchi omillar
96. Ish to’g’risidagi turlicha nazariyalar.
97. Mexnat nizolari va ularni bartaraf qilish yo’llari
98. Mexnat taqsimoti, uning kooperastiyasi va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi.
99. Mexnat unumdorligi—iqtisodiy o’sish omillari sifatida.
100. Mexnat munosabatlari va ularning O’zbekistonda tartibga solinishi
101. Agrar munosabatlari va ularning xususiyatlari
102. O’zbekiston dexqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirishning davlat dasturlari
103. Er rentasi va uning turlari
104. Erlarning iqtisodiy baxolash va uning qishloq xo’jaligida samarali xo’jalik yuritishdagi axamiyati.
105. Agrar soxasining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni.
106. Qishlaq xo’jaligini eksiensiv ravojlantirishning mazmuni. O’zbekistonda ularning nisbati.
107. Qishloq xo’jaligida tadbirkorlikning ravojlanishi
108. Milliy iqtisodiyot va uning mikroiqtisodiy ko’rsatkichlari.
109. YaMM va YaIM, ularning xisoblash usullari
110. Mikroiqtisodiyot, unig maqsadlari va vazifalari
111. O’zbekistonda milliy xisoblar tizimiga o’tishning axamiyati.
112. O’zbekistonda yalni milliy maxsulotni ko’paytirish omillari va yo’llari.
113. Yalpi ichki maxsulotning miqdor va sifat o’lchamlari xamda uni taqsimlash nisbatlari
114. Yalpi talab va unga ta’sir etuvchi omillar.
115. Yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillar.
116. Yalpi talab va taklif nisbatlari
117. Yalpi talabning qiymat-pul va moddiy –ashyoviy tomonlari.
118. Yalpi talab va taklif egri chiziqlarining kesishi xamda o’zgarish qonuniyatlari.
119. Xufyona iqtisodiyot, uning belgilari va ijtimoty-iqtisodiy oqibatlari.
120. Iste’mol va unga ta’sir etuvchi omillar.
121. Jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar.
122. Investitstiya va unga ta’sir etuvchi omillar.
123. Investitstiyalarning o’zgaruvchanligi va investitstion muxidda xaf-xatarni xisobga olishning axamiyati.
124. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishda investitstion faollikni ta’minlash vazifalari.
125. O’zbekistonda istemol fondlarining shakllanishi va iaqsimlanishi xususiyatlari.
126. O’zbekistonda davlaining investitsion siyosati va uning yo’nalishlari.
127. O’zbekistonning iqtisodiy saloxiyati va unidan samarali foydalanish muomolari.
128. Fan-texnika taraqqiyotining xozirgi bosqichida iqtisodiy o’sishda intensiv omillarni o’sishi.
129. Iqtisodiy o’sish samaradorligi va ijtimoiy yo’nalashi.
130. Iqtisodiy o’sish va uni aniqlash mezonlari.
131. Miqdor va sifatdan iqtisodiy o’sish.
132. Milliy boylik va milliy daromad.
133. Makroiqtisodiy nisbrilar va unga ta’sir etivchi omillar.
134. Iqtisodiy muvozanailikning moxiyati va unga erishish yo’llari.
135. Iqtisodiyotning stiklligi to’g’risidagi turlicha nazariyalar.
136. Siklli tebrinishlar va ko’rinishlar: milliy daromad, investitstiyalar va bozor konyunkturasidagi tebrinishlar.
137. Milliy va jaxon xo’jaligidagi stikllar xamda ularning xususiyatlar
138. Iqtisodiy stikl to’g’risidagi tarlicha nazriyalar.
139. Davlatning inqrozga qarshi siyosati.
140. Makroiqtisodiy barqarorlik va uning oqibatlari.
141. O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifalari.
142. Yalpi ishchi kuchi va uning takror xosil etilishi.
143. Bandlik, uning darajasi va turlari.
144. O’zbekistonda ishsizlik va uni ijtimoiy-iqtisodiy ximoyalash usullari.
145. Ishsizlik to’g’risidagi turli xil nazariyalar.
146. Ishsizlik, uning darajasi va iurlari.
147. O’zbekistonda ishchi kuchi bozori.
148. Davlat byudjetining milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashdagi roli.
149. Davlat tomonidan daromadlarning qayta taqsimlanishi va ijtimoiy fondlarning shakllanishi
150. Ijtimoiy tenglik va davlatning mexnat faoliyatini rag’batlantirish tadbirlari.
151. Moliya tizimida sug’urta, ijtimoiy va xayr-exson fondlarining o’rni.
152. Moliyaviy inqiroz, uning sabablari. Namoyon bo’lish shakllari va milliy iqtisodiyotni moliyaviy solomlashtirish yo’llari.
153. Moliyaning moxiyativa vazifalari.
154. Moliya bozori tizimida bank xizmatlarining o’rni.
155. O’zbekistonda moliya tizimi.
156. O’tish davrida davlatning moliyaviy siyosati.
157. O’zbekiton Respublikasining soliq kodeksi, uning mazmuni va axamiyati.
158. Soliqlar, uning vazifalari va turlari
159. O’zbekistonda moliya bozorining shakllanishi va amal qilishi.
160. Pul tizimi va uning amal qilishi.
161. Banklar bozor iqtisodiyotini xarakatlantiruvchi kuch sifati.
162. Iflyastiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Davlatning iflayastiyaga qarshi siyosati.
163. O’zbekistonda inflyastion jarayonlaning nomoyon bo’lish xususitlari.
164. O’zbekistonning pul- kredit siyosati.
165. O’zbekistonda kredit tizimini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari.
166. O’zbekistonda bank tizimini takomillishtirishning asosiy yo’nalishlari.
167. O’zbekistonda tijorat banklarni rivojlantirish vazifalari.
168. O’zbekistonda milliy valyuta-so’mning qadrini oshirish va barqarorligini ia’minlash vazifalari.
169. O’zbekistonda milliy valyutaning kiritilishi va konvertastiya kilinishi.
170. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tarbiyaga solishning moxiyati va zarurligi.
171. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli.
172. O’zbekitonda davlat iqtisodiyotining bosh isloxatchisi.
173. Maxalliy o’z-o’zini boshqarishga o’tilishi.
174. Iqtisodiyotgi davlat aralashuvining chegaralari.
175. Axoli daromadlarining mazmuni, turlariva vazifalari.
176. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizlagi.
177. Axolini ijtimoiy ximoyalash ximoya qilish tizimi.
178. Iqtisodiyotning baynalmillashuvida fan-texnika taraqqiyoti va transmilliy kompaniyalarning roli.
179. O’zbekistonning jaxoni rivojlangan davlatlari bilan iqtisodiy xamkorligi.
180. O’zbekistonning jaxon bozoriga qo’shilishi shartlari va muammolari.
181. Jaxon xo’jaligining shaklanishi va rivojlanishi .
182. Markaziy Osiyo xududi, MDH va butun xo’jaligi doirasida integrastion tamoyillirning kuchayishi.
183. Evropa iqtisodiy xamkorligi va uning vazifalari.
184. Halqaro iqtisodiy integrastiya va uning zarurligi.
185. Halqaro iqtisodiy tashkilotlar va ularning faoliyati.
186. Jaxon bozori va uning kurinishi.
187. O’zbekitonning tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlishtirish.
188. Mamlakat iashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish va rivojlantirishda davlatning roli.
189. Erkin savdo va protekstionizm siyosati.Erkin savdo yo’lidagi to’siqlar.
190. Halqaro savdo tashkiloti va uning amal qilish tamoyillari.
191. Halqaro moliya tashkilotlari ularning jaxon xo’jaligini rivojlantirish yo’li.
192. Halqaro kapital bozori.
193. Jaxonning iqtisodiy global muamolari.
194. Jaxon bozori. Halqaro valyuta va kredit munosabatlari.
195. Halqaro valyuta fondining vazifalari va O’zbekitonning uning bilan xamkorlik istiqbollari.
196. Iqtisodiyotda “ko’rinmas qo’l” konsipstiyasi
197. Soliq siyosatining xuquqiy asoslari.
198. Pul to’g’risidagi turli xil nazariyalar va pulning vazifalari.
199. Menejment maqsadi va bozor munosabatining sharoitidagi vazifalari.
200. Bozor iqtisodiyotida mulkchilik munosabatlarining moxiyati va iqtisodiy mazmuni.
2 – Ilova
O’ZBEKISTON ALOQA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
«IQTISOD VA BOSHQARUV» FAKULTETI
«IQTISODIYOT NAZARIYASI» FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish»
Bajardi: 1-kurs 110-12 guruxi talabasi Raximov E.N.
Qabul qildi: dots. Mirzaev F.R.
TOSHKENT – 2012
4 - Ilova
REJA:
Kirish………………………………………………………………….. |
3 |
|
|
1 – Bob. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchasi, mohiyati va uni me’yoriy-huquqiy asoslari............................................ |
5 |
1.1. Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati va roli………………………………………... |
5 |
1.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va rivoshlanish tarixi………………………………………... |
10 |
1.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik me’yoriy-huquqiy asoslari.................................................................................................... |
15 |
|
|
2 – Bob. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshirish yo’llari va istiqbollari................................... |
20 |
2.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoshlanishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash…………………………………………… |
20 |
2.2. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning zamonaviy ahvoli………………………………………………………… |
30 |
|
|
Xulosa………………………………………………………………… |
31 |
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….. |
35 |
5 - Ilova
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruzasi // Xalq so’zi 2012 yil 20 yanvar.
2. Prezident Islom Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizastiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferenstiyaning ochilish marosimidagi nutqi // Xalq so’zi, 2012 yil 18 fevral.
3. I.Karimov. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent: O’zbekiston, 2011.
4. I.A.Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konstepstiyasi: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. T.: O’zbekiston, 2010. – 56 bet.
5. I.A.Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 yilda mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zR Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. – T.: O’zbekiston, 2011. – 48 bet.
6. “Mamlakatimizni modernizastiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir”. – Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2010 yil 28 yanvar.
7. Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T., «Iqtisod-moliya» nashriyoti, 2010 – 726 b
8. Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T., «Iqtisod-moliya» nashriyoti, 2010. – 646 b.
9. Xodiev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G’afurov U.V. va boshqalar O’zbekiston iqtisodiyoti mustaqillik yillarida. T.: TDIU, 2007.
10. Bekmurodov A.Sh., G’afurov U.V. O’zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizastiyalash: natijalar va ustuvor yo’nalishlar. O’quv qo’llanma. T.: TDIU, 2007.
11. Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi:
11.1. www.stat.uz.
11.2. www.gov.uz.
11.3. www.norma.uz.