O’ZBEKISTON ALOQA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
«IQTISODIYOT NAZARIYASI» KAFEDRASI
«ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI» fanidan
Magistratura ta’lim mutaxassisliklari uchun
MA’RUZA MATNLARI
«Iqtisodiyot nazariyasi»
kafedrasi mudiri
i.f.n., dots__________Mirzaev F.R
Toshkent – 2012
1-MAVZU. «ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI» KURSIGA KIRISH.
Reja:
1. Hozirgi zamonda fanning roli.
2. Fan ijtimoiy ongning alohida shakli va ijtimoiy amaliyotning alohida sohasi sifatida.
3. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» kursining predmeti va vazifalari.
1. Hozirgi zamonda fanning roli.
Hozirgi zamonda inson fan olamida yashab, uni bilimning moddiylashgan kuchini o’zida namoyon etuvchi ilmiy-texnikaviy yutuqlar natijalari qamrab olgan. Agar zamonamiz kishisi shunchaki passiv holda hayot kechirmay, balki ongli va faol tarzda harakat qilsa, u ilm-fan hamda uning amalga oshishi to’g’risida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishi lozim. Bu nafaqat olim yoki olimlikka da’vogar uchun, ilm sohasi mutaxassisi uchun, o’zining turli narsalarga qiziquvchanligini qondirishga harakat qiluvchi shaxs uchun, balki jamiyatning barcha a’zolari uchun zarur. Chunki, barchamiz o’z faoliyatimizni u yoki bu holda ilm-fan olamiga yo’naltirilishimiz hamda bu olam ichida amal qilishimizga to’g’ri keladi. Atrofimizdagi borliqni tushunishda ilmiy yondashuvga ega bo’lish muvaffaqiyatning garovi hisoblanadi.
Biroq, biz fan olamiga butkul tayanishimizga qaramay, ijtimoiy ongda unga nisbatan insonning aql-idrokidan yuqori turuvchi qandaydir kuch sifatida qarash mavjud. Olimlarni esa favqulodda sifat egalari, qandaydir odamlardan ajrab qolgan, o’z bilim muhitida bizning tushunchamizdan yiroq bo’lgan moddiyat to’g’risida fikr yurituvchi kishilar deb hisoblanadi. Fanni bunday g’ayri-tabiiy narsaga ayniylashtirish badiiy adabiyotlarda ham, ilmiy-ommabop nashrlarda ham uchraydi. Shunga qaramay, ilmiy ijodiyotda g’ayri tabiiy, mutlaq narsaning o’zi mavjud emas. Olimlar foydalanuvchi metodologiya, o’z mohiyatiga ko’ra, kundalik hayotda qo’llaniluvchi taomillardan iborat bo’lib, ular fanda nisbatan tashkillashgan va tizimga solingan tartibda amalga oshiriladi, bundan tashqari maxsus mushohada va tanqidiy tahlilga tayanadi. Fanni o’rganishning o’ziga xos sohasi sifatidagi metodologiya aynan shu bilan shug’ullanadi. Chunki, hayotiy muammolarni hal etishda ham muntazam ravishda ilmiy yondashuv qo’llaniladi. Ilmiy yondashuv – bu qat’iy, izchil va nazorat qilinuvchi taomillarning aniq majmui bo’lib, ular pirovardida ilmiy mummoga aylanadi, bu jarayonda olingan bilimlar esa puxta konstepstiya, nazariya, qonun shaklini oladi. Biroq ularga ega bo’lish uchun yaxshini yomondan ajratish chog’ida talab etiluvchi katta mehnat talab etiladi. Shu nuqtai nazardan ilmiy ijod shoirona ijodga o’xshab ketadi. Chunki eng mukammal she’riy asarlar ham aksariyat xolda dastlab ancha bo’sh satrlardan iborat bo’ladi.
Faoliyat sifatidagi fan eng keng holatda uchta xossa bilan tavsiflanadi:
1. U anglashga intilish, ya’ni voqelikning qandaydir jihatini qoniqarli darajada izohlash hissiga erishishni namoyon etadi.
2. Tushunish imkon qadar ko’proq hodisa va jarayonlarning mohiyatiga muvofiq tushuvchi umumiy qonunlar yoki tamoyillarni maxsus shaklga solish orqali amalga oshiriladi.
3. Qonunlar yoki tamoyillar tajriba orqali sinalgan bo’ladi.
Fanni bunday tushunishda nazariya ham, usul ham, metodologiya ham mavjud bo’ladi. Mazkur tushunchalar o’rtasidagi nisbatni mazkur mavzuning dastlabki savolida aniqlab olishimiz lozim bo’ladi.
Hozirgi zamonda jamiyatda fan juda muhim rol o’ynaydi. U nafaqat ishlab chiqaruvchi kuchlarni, balki boshqa ijtimoiy munosabatlarni ham o’zgartiradi. Jamiyatning ma’naviy hayotiga ham faol ta’sir ko’rsatib boradi.
2. Fan ijtimoiy ongning alohida shakli va ijtimoiy amaliyotning alohida sohasi sifatida.
Fan ijtimoiy ongning alohida shakli sifatida jamiyat taraqqiyotining nisbatan yuqori darajasida vujudga keladi. Insonning fan shakllangunga qadar bo’lgan ongi bundan 1 – 1,5 mln. yil oldin mehnat qurollarini yaratish qobiliyati hamda nutqning shakllanishi bilan paydo bo’ldi. So’ngra, 100-150 ming yil oldin ijtimoiy ongning din va diniy sig’inishlarni keltirib chiqaruvchi mifologik shakli paydo bo’ldi. Ijtimoiy ong ilmiy shaklining vujudga kelishi bir necha ming yilni o’z ichiga olib, uch bosqichdan iborat: birinchi – XVII asrga qadar bo’lgan davr, bunda fanning asosiy vazifasi bo’lib dunyoni tushuntirish uchun bilimlarni to’plash hisoblangan; ikkinchi bosqich – XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmiga qadar bo’lgan «texnologik» bosqich, ya’ni tabiatning ochib berilgan qonunlari asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mazkur qonunlarni faol qo’llash ro’y berib, yangi texnik vositalar va texnologiyalar paydo bo’ldi; fanning uchinchi, zamonaviy bosqichi XIX asrning so’nggi 1/3 qismidan boshlab o’zgartirish paradigmasi bilan birga bormoqda. XX asrning 50-yillaridagi zamonaviy ilmiy texnika inqilobining boshlanishi bilan fan jadal ravishda jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanib bormoqda.
Ijtimoiy ongning alohida shakli sifatida fan ijtimoiy borliqni aks ettiruvchi ob’ektiv bilimlar tizimidan iborat. Mazkur tizim quyidagi kichik tizimchalarni qamrab oladi: tabiat to’g’risidagi fanlar; texnikaviy fanlar (buyumlarning sun’iy tabiati); jamiyat to’g’risidagi fanlar va inson to’g’risidagi fanlar. Jamiyat to’g’risidagi fanlarning o’zi falsafa, iqtisodiyot, boshqaruv, pedagogika, til va madaniyat to’g’risidagi fanlarni o’z ichiga oluvchi murakkab tizimdan iborat.
Ijtimoiy amaliyotning alohida sohasi sifatida fan quyidagi kichik tizimchalarni o’z ichiga oluvchi tizim hisoblanadi:
1.Nazariyalar.
2.Metodologiyalar.
3.Olim va mutaxassis kadrlar.
4.Bilimlarni to’plash, saqlash, uzatish va ko’paytirishni ta’minlovchi axborot tizimchasi.
5.Ilmiy muassasalar tizimchasi: akademiyalar, oliy o’quv yurtlari, ilmiy-tekshiruv institutlari, laboratoriyalar, byuro, eksperimental bazalar va boshqalar.
3. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» kursining predmeti va vazifalari.
Mazkur «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» magistrlik kursining o’ziga xos xususiyati bo’lib unda iqtisodiy fanlarning metodologik muammolariga tayanilishi hisoblanadi. Shunga ko’ra, unda ilmiy ijodning umummetodologik masalalari bilan bir qatorda iqtisodiy tadqiqotlarning maxsus va xususiy usullariga asosiy e’tibor qaratiladi. Mazkur kursning maqsadi bo’lib tinglovchilarni bilishning ilmiy usullari tizimi bilan qurollantirish, ilmiy ijodga qiziqtirish hamda iqtisodiyot sohasida ilmiy tadqiqot ko’nikmalarini hosil qilish hisoblanadi. Bundan kursning quyidagi asosiy vazifalari kelib chiqadi:
1.Tinglovchilarni bilish nazariyasi bilan tanishtirish.
2.Ularni bilishning dialektik usullari bilan qurollantirish.
3.Ularning iqtisodiyot sohasidagi Ilmiy tadqiqot metodologiyasini bilishlarida ko’maklashish.
4.Tinglovchilarning bozor iqtisodiyoti jarayonlarini tadqiq etishning xususiy usullariga ega bo’lishlarini ta’minlash.
5.Ilmiy ijod texnologiyalarini o’zlashtirish.
Mazkur kurs maxsus metodologik adabiyotlarni o’rganishdan tashqari, Prezident I.Karimovning O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tish davri sharoitida ro’y beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning har tomonlama ilmiy tahlili keltirilgan asarlarini ham chuqur o’rganishni taqozo etadi .
Kursning umumiy vazifasi – bozor iqtisodiyoti xususiyatlarini puxta biluvchi, ilmiy tadqiqot ko’nikmalariga ega bo’lgan hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va O’zbekiston Davlat ta’lim standarti talablariga javob beruvchi iqtisodchilarni tayyorlash hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, uning predmeti — bu tadqiqotchining siush va ijodiy faoliyati bilan muttasnl nazorat qilinuvchi va yo’naltiriluvchi bilshining umumfalsafiy, umumilmiy ea maxsus ishlab chistilgan metodlari negizida yangi ilmiy bilim olish usullari xamda bu ilmiy bilshshing tuzshshshi prtstiplari xaqidagi xozirgi zamon falsafiy ta’limotidir. Fan metodologiyasining maqsadi yangi bilim olish, uni o’stirish uchun zarur ilmiy ijod negizi, prinstiplarini ishlab chiqishdan iborat. Yangi bilim olish uchun ob’ektiv haqqoniy bilimdan qurol sifatidafoydalanilganida, u ijodiy metodologik rol o’ynaydi, ilmiy metodning jihati, shakli, elementi bo’lib xizmat qiladi. Olimlar ilmiy metodologiya yordamida olingan bilim-larni tushuntiradi, talqin qiladi, shuningdek, ularni amalietga: texnika, texnologiya, amaliy tadqiqotlar va hokazolarga tatbiq etadi.
Bunda bilishning umumfalsafiy, umumilmiy metodlari: analiz va sintez, indukstiyava dedukstiya, abstrakstiyalashtirish, abstraktlikdan konkretlikka tomon yuqorilab borish va boshqalar olimlarning ko’plab avloddari ilmiy ijodining mahsulidir.
Ilmiy metod — bu ilmiy bilimni muttasil o’sgarishga yo’naltirilgan inson bilishining ob’ektiv jarayonlari, qonunlari va tendenstshgaarini aks etgiradigan shshiy bilimdir. Bu nuqtai nazardan ilmiy metod o’z mohiyatnga ko’ra ijodiy metoddir. Ilmiy ijod deganda avvalambor ilmiy bilishning har xil usullaridan yangi ilmiy bilim olish vositasi sifatida foydalanish tushuniladi.
Odatda, olim o’z ijodida metodlar, yondashuvlar va konstepstiyalarning tizimidan foydalanadi. Shuninguchun ham ilmiy ijod voqelikni ilmiy bilish va o’zgartirishning abadiy barhayot, o’zgaruvchan, har safar o’zgargan sharoitlarga moslashuvchan usuli hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezvdenti I. A.Karimovning faoliyati ijgamoiy taraqqiyogaing hozirgi bosqichida O’zbekistonni rivojlantirish muammolari va istiqbollarini ilmiy jihatdan chuqur, ob’ektiv ko’rib chiqishga nisbatan ijodiy yondashuvning yorrgn misolidir.
Adabiyotlar:
1. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. – T.: IPÖ «Yangi asr avlodi», 2004.
2. V poiskax novoy teorii: Kniga dlya chteniya po ekonomicheskoy teorii s problemnûmi situastiyami: Uchebnoe posobie/Pod red. A.G.Gryaznovoy i N.N.Dumnoy. – M.: KNORUS, 2004.
3. Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.E. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. T.: 2002.
4. Saifnazarov I.S. i dr. Metodologiya nauchnogo tvorchestva. T.: 2004.
2-MAVZU. NAZARIYa, USLUB VA USLUBIYaT, ULARNING ALOQADORLIGI, ILMIY BILISh VA IJODIY
JARAYoNDAGI ROLI
Reja:
1. Nazariya atrof-borliqqa ilmiy qarashlar tizimi sifatida.
2. Metodologiya bilish usullari haqidagi ta’limot.
3. Nazariya va usulning o’zaro bog’liqligi va mustaqilligi.
1. Nazariya atrof-borliqqa ilmiy qarashlar tizimi sifatida.
Fanning tarkibiy ichki tizim sifatida usul va nazariya insonni qamrab turgan ob’ektiv voqelikni o’zlashtirishning nisbata mustaqil shakllarini namoyon etadi.
Nazariya tadqiq etilayotgan ob’ektning mohiyatini, uning ichki aloqadorliklarini, amal qilish va rivojlanish qonunlarini aks ettiruvchi ideal obrazlar (tushunchalar) tizimidir. Nazariya tushuntirish vazifasini bajarib, u ob’ekt uchun qanday zarur xususiyat va aloqalar xosligini, u o’zining amal qilishi va rivojlanishida qanday qonunlarga bo’ysunishini ko’rsatib beradi.
Usul kishilarni bilish hamda atrof-muhitni o’zgartirish faoliyatiga yo’naltiruvchi o’zaro bog’liq prinstiplar, talablarning majmui hisoblanadi U regulyativ vazifani bajarib, sub’ekt o’rganilayotgan yoki o’zgartirilayotgan ob’ektga nisbatan o’zini qanday tutishi, oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun qanday taomillarni (bilish yoki amaliyotga oid) bajarishi lozimligini ko’rsatib beradi. Agar nazariya, ob’ektni tavsiflagan holda, ayni vaqtda ob’ektning qanday ekanligini ifodalasa, usul esa ob’ektga nisbatan ma’lum xatti-harakatlarni amalga oshirilishini belgilab beradi, sub’ektni ob’ektning qanday bo’lishi zarurligi tomon yo’naltiradi.
Ma’lum usullarga tayanish yoki usullarga ega bo’lish (metodichnost) inson hayot tarzining, uning maqsadga muvofiq faoliyatining zarur belgisi, tavsifi hisoblanadi. O’z harakatlarini instinktlar, shartli va shartsiz reflekslar asosida, avtomatik ravishda sodir etuvchi hayvonlardan farqli o’laroq, inson ongli ravishda harakat qiladi. U yoki bu harakatni amalga oshirishdan oldin u muayyan holatni tahlil etadi, tegishli maqsadni qo’yadi, uni amalga oshirish yo’l va vositalarini belgilab oladi. Shundan so’ng atrofdagi voqelikka rejali asosda ta’sir eta boshlaydi. Shunday qilib, maqsadga muvofiq faoliyat qo’yilgan maqsadni amalga oshirishga elituvchi hatti-harakatlarni bajarishning ma’lum yo’llari va usullarini bilishni taqozo etadi. U yoki bu amaliy vazifalarni hal etishning tanlab olingan va umumlashtirilgan usullari ko’zda tutilgan natijaga erishish uchun rioya etilishi lozim bo’lgan ma’lum me’yor, qoidalar orqali mustahkamlanadi. Ma’lum me’yor va qoidalarning majmui Ayni paytda usulni tashkil etadi. Usulni tashkil etuvchi bu me’yor va qoidalar insonning tabiat bilan o’zaro ta’siri jarayonida uzoq yillar davomida rastional tafakkurlash prinstiplari, bilish faoliyatini amalga oshirish shart-sharoitlari ko’rinishida tanlanib, mustahkamlanib va shakllanib kelgan. Natijada bilish va ta’sir ko’rsatish usulini o’rganish va nazariy jihatdan asoslashga, uning prinstiplarini ishlab chiqish va takomillashtirishga, unga nisbatan bo’lgan qator talablarni ilgari surishga yo’naltirilgan maxsus fan vujudga kelgan.
Usul ob’ektv voqelikda o’z-o’zicha mavjud bo’lmay, u inson ijodiy faoliyatining natijasi hisoblanadi. U inson tomonidan yaratilib, voqelikni bilish, uni anglash va o’zgartirish qonuniyatlari asosida shakllantirilgan qoidalar, talablar majmuini, takrorlanishlarni namoyon etadi. Usulni taqozo etuvchi mazmunning ob’ektiv tavsifga egaligi sharoitida uning o’zi hayotning sub’ektiv shaklini kasb etadi, sub’ekt faoliyati natijasi hisoblanadi.
2. Metodologiya bilish usullari haqidagi ta’limot.
«Metodologiya» atamasi ko’p mazmunli bo’lib, turli manbalarda turlicha talqin etiladi (usullar haqidagi nazariya, usullar majmui, falsafiy usul va h.k.). Mazkur kurs doirasida biz metodologiya – bu usul haqidagi ta’limotdir degan qarashlarga tayanamiz.
Metodologiya bilimning qaysi sohasida ishlab chiqilishidan qat’iy nazar, barchasida u yagona boshlang’ich prinstiplarga bo’ysunadi, o’z mohiyatiga ko’ra bir turdagi, ya’ni: mazkur fan uchun yaroqli bo’lgan usullarni qidirish va nazariy jihatdan asoslash, ular ustidan amallar bajarish tartibini ishlab chiqish, ularning bilish imkoniyatlarini va qo’llash sohalarini aniqlash muammolarni hal etadi, bir xildagi vazifalarni bajaradi. Biroq, metodologiya yagona, yaxlit fan bo’lmay, u qaysi muayyan fanga xizmat qilishi va qanday usullarni, ya’ni umumiy, umumilmiy yoki xususiy usullarni ishlab chiqishiga ko’ra alohida tur va ko’rinishlarga bo’linadi. Har bir fan o’zining maxsus predmetiga ega ekan, u muqarrar ravishda o’zining tadqiqot usulini yaratadi. Bu usul talablari orqali uning predmeti xususiyatlari o’z aksini topadi. Demak, o’zining metodologiyasi ham vujudga keladi. Bu metodologiya mazkur fan uchun ham, boshqa fanlar uchun ham yagona bo’lgan boshlang’ich prinstiplarga bo’ysunadi, umumiy metodologik muammolarni hal etadi, biroq bularning barchasini mazkur fanga nisbatan, uning predmeti xususiyatlarini hisobga olgan holda bajaradi. Bu xususiy ilmiy metodologiya hisoblanadi. U har bir alohida muayyan fanga muvofiq o’zining turli ko’rinishlariga ega bo’ladi. Xususiy ilmiy metodologiya mazkur fanga tegishli metodologik muammolarni hal etish orqali uzviy ravishda ushbu fanning mazmuni tarkibiga kiradi va mazkur bilim sohasi vakillari tomonidan ishlab chiqiladi.
Biroq, u yoki bu muayyan fanlar doirasida ishlab chiqilishiga qaramay, ayni paytda boshqa fanlarda ham foydalaniluvchi usullar ham mavjud. Masalan, kibernetika, matematika, fizika va boshqa fanlarning ba’zi bir usullari. Bu usullarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi metodologiya fanlararo metodologiya hisoblanmay, xususiy ilmiy metodologiya sifatida qoladi. Ammo bu xususiy ilmiy usul boshqa fanlar tomonidan qo’llana boshlanishi bilan uning mazkur fanlar doirasidagi nazariy mushohadalanishi ro’y beradi. Uni bu fanga qo’llashning imkoniyatlari, chegaralari va shakllari aniqlanib, bunday tadqiqot natijalari ushbu fan metodologiyasiga kiritiladi.
Barcha fanlarda qo’llaniluvchi bilishning umumilmiy usullaridan foydalanish ham xuddi shunday tarzda hal etiladi. Bu usullarga ideallashtirish, formallashtirish, aksioma usuli, matematik gipoteza usuli, induktiv usulni kiritish mumkin. Bu usullar nafaqat falsafa, balki bir qator maxsus fanlar doirasida ham nazariy jihatdan mushohadalanadi va ishlab chiqiladi.
3. Nazariya va usulning o’zaro bog’liqligi va mustaqilligi.
Falsafiy yoki umumiy metodologiyaning asosiy mazmunini bilishning dialektik usuli to’g’risidagi ta’limot, uning universalligi, barcha fan sohalari va ijtimoiy amaliyotda qo’llash mumkinligi, uning prinstiplarini ishlab chiqilishi, shuningdek, dialektik usulning umumilmiy va xususiy ilmiy usullar bilan nisbati tashkil etadi.
Nazariya va usul ma’lum mustaqillikka ega bo’lgan, turli vazifalarni bajargan holda bir-biri bilan zaruriy aloqada, o’zaro bog’liq hisoblanadi. Har qanday ilmiy usul ma’lum nazariya asosida ishlab chiqiladi. Usulning istiqbolli bo’lishi, haqiqatan ham kishilarni bilish va amaliy faoliyatga yo’naltirishi, qo’yilgan maqsadga erishishga imkon yaratishi uchun uning prinstiplarida ob’ektga xos bo’lgan zarur xususiyat va aloqalar o’z aksini topishi kerak. Bu xususiyat va aloqalar esa sub’ekt tomonidan faqat nazariya orqali anglab etiladi va namoyon etiladi. Shunday qilib, nazariyaning mavjudligi, ilmiy usulni yaratishning zarur sharti, asosi hisoblanadi. Shu bilan birga, u yoki bu usulning shakllanishiga ma’lum ta’sir o’tkazgan holda, nazariyaning o’zi usulga bog’liq bo’ladi. Nazariyaning paydo bo’lishi va ishlab chiqilishi bilishning tegishli usullarini qo’llash, ob’ektiv voqelikning u yoki bu sohasini ijodiy o’zgartirish bilan bog’liq. Natijada tutash doira vujudga keladi: u yoki bu ilmiy usulni ishlab chiqish uchun tegishli nazariya zarur, biroq, bunday nazariyani yaratish uchun tegishli usul zarur bo’ladi. Agar fanni uning tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan olib qaralsa, bu ziddiyat o’z echimini topadi. Usul va nazariya bir vaqtda paydo bo’ladi va rivojlanadi. Birgalikda shakllanar ekan, ular avval boshdanoq uzviy bog’liqlikda bo’lib, o’zaro bir-biriga ta’sir ko’rsatadi va bir-birlarida tegishli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. O’z prinstiplarida u yoki bu nazariyaning mohiyatini aks ettiruvchi usulni qo’llash tadqiq etilayotgan ob’ektda yangi zarur xususiyat va aloqalarning kashf etilishiga olib kelgan taqdirda, bu nazariyaning o’zgarishini, uning boyitilishini keltirib chiqaradi. Nazariyaning o’zgarishi, uning mazmunida yangi holatlarning paydo bo’lishi, o’z navbatida o’zi foydalanayotgan usulni takomillashtirilishini, unga yangi talab va qoidalar kiritilishini zarur qilib qo’yadi.
Nazariya ayni paytda usul bo’lib ham hisoblanib, metodologik vazifalarni ham bajaradi, degan fikr-mulohazalar bilan kelishish mumkin emas. Nazariya bunday vazifalarni bajarishi uchun, u fikrlovchi va harakat qiluvchi sub’ektga qo’yiladigan talablar tizimiga, tartibga soluvchi prinstiplar, qoidalar tizimiga aylanishi lozim. Biroq, bunday ko’rinishda u nazariya emas, balki usul bo’lib qoladi. Shuning uchun usul bo’lib dialektikaning qonun va kategoriyalari tizimi emas, balki uning asosida ishlab chiqilgan, bilishga intiluvchi va harakat qiluvchi sub’ektga nisbatan talablar tizimi, kishilarni bilish va o’zgartirish faoliyatiga yo’naltiruvchi, ob’ektiv reallikni anglashni qanday qilib va qaysi shakllarda amalga oshirish zarurligini ko’rsatuvchi prinstiplar tizimi hisoblanadi. Shuningdek, usul tadqiq etilayotgan ob’ektning mohiyatiga kirish, u haqida haqiqiy bilim olish uchun qanday talablarga, qoidalarga rioya etilishi zarurligini ham anglatadi. Dialektika nazariyasi va dialektik usul o’rtasida bog’liqlik mavjud bo’lib, bu qandaydir o’xshashlikni emas, balki aynan aloqani anglatadi. Ob’ektiv olam dialektik rivojlanishi nazariyasining dialektik usul bilan ayniylashtirilishi bilishning dialektik usullari prinstiplarini ishlab chiqilishi hamda ularning muayyan fanlar va amaliyotchi xodimlar tomonidan qo’llanishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Demak, xulosa o’rnida ta’kidlash mumkinki, nazariya va usul o’rtasida nazariy qoidalar usulning talablarini, uning prinstiplarini belgilab berishi, usul esa nazariyaning shakllantirilishi, tadqiq etilayotgan ob’ektning mohiyatiga kirishni ta’minlashi orqali namoyon bo’luvchi uzviy o’zaro bog’liqlik mavjud. Shu bilan birga nazariya va usul bir-biriga qo’shilib ketmaydi, balki voqelikni bilish va uni jamiyat manfaatlari yo’lida o’zgartirishning nisbatan mustaqil shakllarini namoyon etadi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Yusupov E. Falsafa (darslik). T.: 1999.
2. Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.X, Jo’raev T. Iqtisodiyot nazariyasi (o’quv qo’llanma) T.: 2002.
3. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. – T.: IPÖ «Yangi asr avlodi», 2004.
4. V poiskax novoy teorii: Kniga dlya chteniya po ekonomicheskoy teorii s problemnûmi situastiyami: Uchebnoe posobie/Pod red. A.G.Gryaznovoy i N.N.Dumnoy. – M.: KNORUS, 2004.
5. Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.E. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. T.: 2002.
3-MAVZU. DIALEKTIK USULNING ASOSIY BELGILARI VA UNING IQTISODIY HODISALAR VA JARAYoNLARNI BILIShDA QO’LLANILIShI
Reja:
1. Dialektika umumiy xususiyatlar va aloqadorlik haqidagi ta’limot.
2. Diaklektika usulining tanqidiy yo’nalishi va uning ijodiy jarayonda roli.
3. Dialektikaning umumilmiy tamoyillari va iqtisodiy jarayonlarni tahlil etishda ulardan foydalanish.
1. Dialektika umumiy xususiyatlar va aloqadorlik haqidagi ta’limot
Bugungi kunda, uchinchi to’lqin stivilizastiyasi, postindustrial, axborot jamiyati davrida fan va ilmiy-texnika taraqqiyoti jamiyat rivojlayushshni, shu jumladan uning modstiy, iqtisodiy negizi - ijtimoiy ishlab chiqaripshing rivojlanishini belgilovchi omillar hisoblanada.
«Falsafa fanlari enstiklopediyasi»da Gegel fan tizimli xususiyatga ega ekanligini ko’rsatar ekan, shu jumladan: «Fan mohiyat e’tibori bilan tizimdir, chunki haqiqiylik konkretlik kabi o’z ichida avj oluvchi birliqdir, ya’ni bir butunliqstir», deb qayd etadi Gegel.
Ilmiy fakt, g’oya, gipoteza, konstepstiya, nazariya, ilmiy qonun ilmiy bilish tizimining tarkibiy elementlaridir. Ilmiy ijod fan tizimidagi barcha tarkibiy elementlarning mazmunini rivojlantiradi va boyitadi. Bu erda ijod tizim sifatida shptirok etadi va fan tizimi osha nur taratib turadi. Ilmiy ijod - bu olim, gadqkstotchi, yaratuvchining qobiliyatlari va mahoratining, irodasi, tirishqoqpigi va qat’iyatining, yakuniy maqsad- yangi haqqoniy ilmiy bilim olishga intilishining ifodasidir. Chinakam olim borlig’ining mohiyati ijodiy intilishda, muttasil ilmiy chayastostlikda o’z aksini topadi.
Fon — bu rivojlonuvchi, o’suvchi bilim pshzimi, insonning atrof olomni surunkoli o’zloshtirishiga, o’zini sturshagan voqelikning borligi uaqida aniq va teran axborot olishi, bunday axbrotni saqlash, kayta tilash va undan foydalanishiga yo’naltirilgan ijtimoiy ongning alohida shaklidir.
Bugungi kunda fan ijtimoiy ong shakli sifatida hozirgi zamon postindustrial, axborot jamiyatining arxetipidan mustahkam o’rin olgan. Hozirgi zamon ijtimoiy borlig’vdaga jadal rivojlanayotgan ijtimoiy institutlardan biri sifatida fan ko’gshab ijtimoiy muxim rollar o’ynamoqsta, evristik, epistemologik, axborot, amaliy, texnikaviy-texnologik funkstiyalarni bajarmoqda.
Bozor iqtisodi rivojpangan, ilg’or texnologiya va infratuzilmali mamlakatlarda ilmiy tad’qiqot faoliyati bnlan shug’ullanish juda obro’li va fovdalidir: ilmiy bilishni o’stirishga intellektual va moddiy resurslarni joylashtirish juda katta divadendlar keltiradigan fovdali biznesdir.
Hozirgi zamon jamiyati uchun fan ulkan ijtimoiy qimmatga ega. Gap shundaki, turmushni tashkil qilishning ijtimoiy darajasi yuksak darajada rastionalligi bilan ajralib turadi. Butun insoniyat, tabiiy resurslari cheklanganligiga qaramay, fanga investistiyalarni muttasil oshirib borayotganligi kishilik jamiyatining ijtimoiy ongi ilmiy bilimni uzluksiz o’stirishdan manfaatdor ekanligini ko’rsatadi. Bugungi kuvda fan butun jamiyatni bilish faoliyati - ijodiy faoliyatga jipslashtiruvchi baynalmilal ijtimoiy institut ekanligi hech kimga sir emas.
Inson ilmiy tadqiqotlar yordamida o’zini qurshagan olamga epistemologik jihatdan muttasil ravishda chuqur va keng kirib boradi. O’sib boruvchi ilmiy bshshshning elistemologik jihatdan buvday faolligi murakkab, kompleks hodisadir. Bu hodisaning bir ma’noli talqinshsh bershp juda qiyin.
Fanning epistemologik sabablari orasida insoniyatning uz hayotiy faoliyatining tashqi sharoitlariga moslashish borasidagi faoliyatini tilga olish o’rinli bo’ladi. Insoniyat tabiat qo’ynida vujudga kelgan, yashaydi va rivojlanadi. Atrof-muhit, bir tomondan, insoniyat mavjudligining zarur va etarli sharti bo’lsa, ikkinchi tomondan, tabiatning o’zi eng makbul holatda insonga befarq, eng nomaqbul holatda esa unga nisbatan dushmanona kayfiyatdadir. Yashab qolish uchun insoniyat murakkab, ba’zan o’ziga nisbatan dushmanona kayfiyatdagi tashqi sharoitlarga moslashishi zarur, shuning uchun ham u ilmiy bilimni tabiatga ijtimoiy qalqon, tabiatning so’kir va ayovsiz kuchlaridan o’ziga xos himoya vositasi sifatida qarshi qo’yadi. Fan bu erda butun kishilik jamiyatining rivojlanish, moslashish va yashab qolish jarayonida himoya vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Ilmiy bipish ob’ektiga epistemologik jixatdan chuqur kirib borish uchun fan ijtimoiy institut sifatida ilmiy kadrlar bilan uzluksiz to’ldirilib borilshii kerak. Shuning uchun ham u jamiyatda ma’rifiy, o’qituvchilik funkstiyasini bajaradi, zotan, olimlarning o’sishi, shakllanshpi aynan ilmiy jamoalarda sodir bo’ladi. Bu erda, shuningdek, ilmiy xodimlarning qobiliyati, bilimi va ko’nikmalariga qarab saralab, tanlab olish ham sodir bo’ladi. M. Polani qayd etib o’tganvdek: «Fanni mahoratli odamlar yaratadi».
Jamiyatning ma’naviy madaniyati elementi sifatvda fanniet epistemologik funkstiyasi jamiyatning ilmiy bilim bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlari, maqsadlari, manfaatlarini jamlab borishni nazarda tutadi. Fan odamlarga o’z kuchiga, inson zakovatining bipshst qudratiga ishonch tuyg’usini beradi.
Fan ijtimoiy institut sifatida hozirgi zamon jamiya-ti hayotida muhim rol o’ynaydi va ko’plab funkstiyalarni bajaradi. Bu funkstiyalar orasidan quyidagilarni qayd etish mumkin:
- fanning moslashtiruvchi funkstiyasi hayotiy faoliyatning taoiiy va ijtimoiy sharoitlariga mosxpashish qobiliyatini shakllantiradi;
- fanning faollashtiruvchi funkstiyasi jamiyatda tabiatga nisbatan amaliy o’zgartiruvchi faoliyatga moyilliklarni shakllantiradi;
- fanning variativ funkstiyasi o’zini qurshagan muhitga nisbatan jamiyatning maqbul xulq-atvorini shakllantiradi;
- fanning monitoring funkstiyasi tabiatni kuzatish va nazorat qilish global tizimini, masalan, ekologik laboratoriyalar, meteorologik stanstiyalar va yo’ldoshlar, asgrofizik observatoriyalar, har xil qo’rshrsonalar va hokazolarni barpo etishni nazarda tutadi;
- fanning informativ funkstiyasi odamlarga atrof-olam haqida yangi ilmiy bilimlar, aniq ilmiy axborot beradi.
Insoniyat yangi-yangi ipmiy bilimlarni umuminsoniy madaniyat xazinasiga kiritib, K. Popper ta’biri bilan aytganda, «bilishdan lazzat oladi». Binobarin, fan gedonistik ijtimoiy fuyakstiyani ham bajaradi. Buning ustiga, har bir insonga bo’lgani singari, jamiyatga ham qiziquvchanlik xosdir. Fan mana shu ijtimoiy ezrnyojni qostdiradi.
Hozirgi zamon jamiyatida fan nafaqat odamlar, balki butun sayyoraning hayoti uchun ijtimoiy mas’uldir, zotan, ilmiy bilimningo’sishn qanday oqibatlarga olib kelishi hanuzgacha ko’p jihatdan mavhum va xatarlidir.
Jamiyat hayotining barcha sohalarvda globalizastiya jarayonlari sodir bo’layotgan hozirgi zamon sharoitlarida ilmiy bilimning notekis, eksponenstial o’sishi ilgari kuzatilmagan yangi bir paradigmani - fanning rivojlanish paradigmasini vujudga keltirdi. Ilgari ilmiy bilish jarayoni ozmi-ko’pmi bir maromda kechgan, ya’ni adiabatik xususiyatga ega bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda vaziyat butunlay o’zgardi. Fanning o’sishi jiddiy noadiabatik, sakrovchi, notekisxususiyatgaega bo’lib, epistemologik vaziyat keskin, qo’qqisdan, kutilmaganda o’zgaradi.
Bunday g’ayrioddiy sharoitlarda hozirgi zamon olimi nafaqat chuqur ilmiy bilim va ko’nikmalarga, balki teran va serqirra hayot tajribasiga ega o’tkir zehyuga odam bo’lishi kerak. Ilm-fan taravdiyoti - bu butun ijtimoiy taraqqiyotning ajralmas qismidir.
Ijod deganda keng ma’noda shaxs yoki jamiyatning tabiiy, ijtimoiy vama’naviy olamni tsonning maqsad va vazifalariga, uning eutiyojlari, istaklari va imkoshyatlariga muvofiq ravishda o’zgartirish borasidagi bunyodkor faolligi tushuniladi.
Sub’ektning borliqda faol va izchil tarzda yangilik yaratish irodasining ta’siri ijodiy faoliyatda o’z ajsini topadi. Odamlar ongi ijod orqali bizni qurshagan olamni kuzatibgina qolmay, balki uni faol yaratadi ham.
Shaxs erkinligi, ijodiy izlanshplar va ijod natijalarining tanqid uchun ochiqligi, ijod atrofida fikrlar va g’oyalar kurashi ilmiy, badiiy, texnikaviy ijod rivojlanishining zarur shartidir. Ijod - bu shakllangan stereotiplar, odatlar, an’analar va shartliliklar doirasidan ongli ravishda chiqish demakdir, zero, sub’ekt ijod jarayonida taraqqiyot yo’lida to’g’anok bo’lgan eski narsalarni ongli ravishda chetga uloqtiradi. Ijodiy faoliyat tufayli yangi g’oyalar, qarashlar, nazariyalar odamlarning qalbi va aqlida hukm sura boshpaydi, bu esa ijtimoiy taraqqiyotga olib keyaadi.
Har xil dogmatizm, stereotiplar, noxolislik, dunyoqarash-ning torligi ijodga mutlaqo yotdir. Eryashilgan taraqqiyot dara-jasining dogmalashishi taraqqiyot yo’lidagi, yangi hayotni erkin, ijodiy yaratish yo’lidagi to’siqdir. Har qanday shaxsning ichki ma’naviy salohiyati faqat sifat jihatidan yangi narsani vujudga keltiradigan ijod jarayonida o’zini to’liq namoyon etishi mumkin.
Inson ijodixilma-xildir. U badiiy, ilmiy tadqiqot, konstruktorlik, siyosat sohalarida namoyon bo’lishi mumkin. Bemorda o’ziga xos jarrohlik operastiyasini amalga oshirgan vrach ham, ristionalizatorlik taklifini kiritgan ishchi ham ijodkor shaxslardir. Shuningdek, laboratoriyada murakkab tadqiqotlar o’tkazgan olimni ham, yangi roman va she’rlar yozgan yozuvchi, shoirni ham, betakror musiqa asarlari yaratuvchi bastakorni ham ijodkor shaxslar deb atash mumkin.
2. Dialektika usulining tanqidiy yo’nalishi va uning ijodiy jarayondagi roli
Ijod - bu sub’ektning tafakkuri, aqli va idroki nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi, yo’naltiruvchi, shu bilan birga ijtimoiy amaliyotga muvofiq ravishda muttasil o’zgarib boruvchi ob’ektiv olamningsub’ekt ongidagifaol in’ikosndir.
Badiiy, texnikaviy va ilmiy ijod tafovut etiladi. Ilmiy ijod - bu olimning bilimlari, qobiliyatlarining oliy ifodasi, o’rganilayotgan hodisalarning o’zagiga, mohiyatiga chuqur kirib borishga bo’lgan uning istagidir.
Ilmiy faoliyat ijod bilan chambarchas bog’liq. Ilmiy xodimning bilimi, iste’dodi, qobiliyati, ko’nikmalari, ilmiy Haqiqatning tagiga etishga bo’lgan intashishlari ilmiy ijodda uz aksini topadi. Ilmiy kashfiyot, fanda yangi nazariya yoki yo’nalish yaratshp ijodning fandagi oliy ifodasidir. Ilmiy tadqiqotlar sohasida yuksak natijalarga erishgan olimlar daho deb atalishi bejiz emas.
Masalan, A. Eynshteynning ilmiy faoliyati ulkan darajada ilmiy faolligi bilan ajralib turadi. Uning ilmiy kashfiyotlari nafaqat xozirgi zamon fizikasining qiyofasini, balki du-nsning hozirgi zamon mayuarasini xam o’zgartirib yubordi. Eynshteynning kashfiyotlari natijasida hozirgi zamon olimlari ilmiy faoliyatining ruxi, xususiyati xam o’zgarib ketdi.
Ilmiy ijod ilmiy muammoni qo’yishdan boshlanadi. Ilmiy tadqiqotning maqsadi - yuzaga kelgan muammolarni hal qilish, olingan echimlardan voqelikni amaliy-ijodiy o’zlashtirishda, borlshrshng mohiyatshsh yanada teran bilish, tushunish va anglab etishda foydalanishdir.
Yangini kashf etshp, atrof-olam haqida shu paytgacha ma’lum bo’lmagan axborotni olish bilan bir qatorda, ilmiy Ijod mavjud ilmiy bilimni egallash, uni ijodiy o’zlashtirish, ilmiy kashfiyotlar, eksperimentlar, kuzatshplarning natijalaridan faol foydalanishni ham o’z ichiga oladi.
Olimning ijodiy fantaziyasi, olim aqlshshng faolligi ilmiy abstrakstiyalar yaratishda namoyon bo’ladi. Ilmiy abstrakstiyalar o’rganilastgan hodisalarning shu paytgacha ma’lum bo’lmagan yashirin moxiyati haqida to’g’ri bilimlar beradi. Il-miy abstrakstiyasiz o’rganilayotgan faktlar va jarayonlarning birorbir jihagani bilish, tushunib etish mumkin emas. Olim faqat ilmiy abstrakstiya yordamida ob’ektning mohiyatiga kirib borishi mumkin va lozimdir. Shuvda u ilmiy bilish jarayonvda mazkur ob’ektning mohiyatini ijodiy tiklaydi va unga xos bo’lgan qonunlarni, ob’ekt borlig’ining ichki mantig’ini kashf etadi.
Abstraktlashtirish yoki mavhumlashtirish ijodiy jarayon sifatida fanda ilmiy bilishning iazariy bosrmida yorqin namoyon bo’ladi. Bunda olimning tafakkuri ilmiy bilimni to’liq egallagandan so’ng uni yangilik yaratish uchun amalda ijodiy qo’llash maqsadida jonli mushohadadan abstrakt tafakkur darajasiga ko’tariladi.
Eksperiment ilmiy ijodning o’ziga xos vositalaridan biri hisoblanadi, zotan, u xam ilmiy ijod vositasi, ham uning real ifodasidir. Eksperiment o’tkazuvchi o’ziga xos eksperimental g’oyani ilgari suridsh uchun undan juda katta ilmiy quvvat, koshiflik, mehnat, sabrtoqat talab etiladi. Shundan so’ng u eksperimentni yo’lga qo’yish, kalibrlash, o’tkazish bo’yicha zah.mat chekadi va nih_oyat, uzoq kutilgan ilmiy natyajalarni oladi, ularni qayta ishlaydi, talqin qiladi va ilmiy maqola, hisobot, preprint va hokazo ko’rinishida e’lon qiladi.
Eksperimentning ijodiy xususiyati shunda namoyon bo’ladiki, u katiy ishlab chiqilgan rejaga ko’ra amalga oshiriladi, ma’lum maqsadga erishishga - mavjud farazlar va nazariyalarni tekshirishga yoki mavjud nazariy qovdalarni boyitishga yo’nal-tiriladi.
Ilmiy eksperiment - bu maxsus ilmiy asbob-uskunalardan mazkur fanning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib ijodiy foydalanshp jarayonidir. Eksperimentning ijodiy roli ilmiy faktlarni olish, jamlash, olimning ixtiyorida mavjud farazlar, konstepstiyalar va nazariyalarni tekshirishdan iborat. Eksperimentda olingan ma’lumotlar, faktlarnianglab etish il-miy ijodning muhim jihatlaridan biridir. Masalan, yapon eksperimentchi-fizigi L .Esaki o’zining yarim o’tkazgichlarni o’rganish borasidagi eksperimentlarining natijalarini to’g’ri tushunish va tavsiflashga muvaffaq bo’ldi hamda «tunnel diodlari» (yoki «Esaki dioddari») turkumini kashf etdi. Mazkur kashfiyoti uchun olim fizika sohasida Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
Yangi ilmiy bilimni ma’lum ilmiy tizimga kiritish ilmiy ijodning muhim jihatlarqdanbiridir. Ilmiy nazariyalar yordamida bilimlarni tizimga solish - bu yangi bilim elementlarini mexanik ravishda qo’shish emas, balki ularni ijodiy sintez qilish, dialsktik sakrash, bilishning yangi sifatiga, mazkur bilimni tushunishga o’gish demakdir.
Ilmiy nazariya ilmiy bilim tizimida ilmiy gipotezaning shakllanishi, rivojlanishi va tasdiqlanishi natijasidir. Ilmiy gipoteza ilmiy muammodan kelib chiqadi: ilmiy muammo — bu hali bilinmagan va bilish lozim bo’lgan narsa haqidagi bilim bo’lsa, gapoteza - bu ehtimol tutilgan bilim, bilimdan oldingi bilim, ilmiy muammoni hal qilishning ehtimol tutilgan yo’llari haqvdagi ozmi-ko’pmi asoslangan, dalillangan ilmiy farazdir. Olimning ijodi mana shu yo’llarni to’g’ri tanlashda namoyon bo’ladi. Agar gipoteza il-miy tadqiqot jarayonida tasdiqlangan, uning to’g’riligi va mavjud ilmiy faktlarga zid emasligi isbotlangan bo’lsa, u to’laqonli ilmiy nazariyaga aylanadi. Gipoteza va nazariyalar ishlab chiqish ilmiy ijodning muxim jihatidir. Olimlarning ijodiy qobiliyati mazkur fanning ichki mantig’iga va ilmiy izlanish ehtiyojlariga javob beruvchi asoslangan, teran, dalillangan gipotezalar yaratishga ular stay darajada qodirligi bilan tekshiriladi.
Gipotezadan o’sib chiquvchi ilmiy nazariya- ilmiy ijodning yakuniy natijasi va shu bilan bir vaqgda, yangi ijodning, olimlarning kelgusi ijodiy faoliyatining boshlangach nuqtasidir.
Ilmiy ijod ham xuddi badiiy ijod singari, tadqiqotchi olimning ilhomi, fantaziyasi, umumiy madaniyati, shuningdek, ilmiy xodim ijodkor shaxs sifatida ega bo’yagan ma’naviyat darajasi bilan chambarchas bog’liq. Ichki erkinlik, shaxs dunyoqarashining dogmalardan xoliligi unumli ilmiy ijodning zarur shartidir. Ilmiy ijod sohasida erkin bo’lish - moneliksiz ijod qilish, birovning qolipiga tushmaslik, yangi ilmiy bilimlarni olish va qayta ishlashda ob’ektiv va xolis bo’lish demakdir. Fanda ijod erkinligi deganda tabiatda, jamiyatda va tafakkurda o’rganilayotgan xodisalarning teran moxiyatini ochib berishga muttasil intilish tushuniladi. Kon’yunktura, sub’ektivizm ilmiy ijod ruxiga batamom yotdir. Ilmiy bilish, ilmiy ijodga teranlik, realizm, ob’ektivlik va xar tomonlamao’rganshp, shuningdek, olingan yoki olinayotgan ilmiy bilimga tanqidiy yondashuv xosdir.
Ilmiy ijod ilmiy tadqiqotning ilmiy metodi, metodologayasiga ongli ravshpda tayanadi. Falsafa chinakam ilmiy ijod uchun mana shunday metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.
3. Dialektikaning umumilmiy tamoyillari va iqtisodiy jarayonlarni tahlil etishda ulardan foydalanish
Falsafa o’zining nazariy-bilish, gnoseologik funkstiyasida ijod jarayonining metodologik asooini tashkil etadi. Gnoseologiya ijodga sub’ektning faol, mutlaqo maqsadga yo’naltirilgan faoliyati deb qaraydi. Mazkur faoliyat ayni muayyan ijtimoiy-madaniy kontekstda mutlaqo yangi, ijtimoiy axamiyatga ega natijalarga erishadi va shaxsning o’zini o’zi ro’yobga chiqarishiga uning qobiliyati va yaratuvchilik salohiyatini rivojlantirishga har tomonlama ko’maklashadi. Ijod deganda falsafiy nuqtai nazardan eng unumli, ijtimoiy ahamiyat va qimmatga ega faoliyat usuli tushuniladi.
Bilishda ijod ma’naviy faoliyat xaqiqatning tagiga etishga ongli ravishda yo’naltirilgan paytda boshlanadi. O’rganilayotgan ob’ektning jihatlarini, xossalarini, uning teran mohiyatini to’liq, chuqur va to’g’ri bilish bunday ijodning mahsuli-dir. Bilishda ijod bu tadqiqotchining mutlaqo yangi bilimga erishishga etaklaydigan noan’anaviy tafakkur tarzi, bilish-ning ahamiyatli va haqqoniy natijalarini olishga ongli ravshnda qgoshngan mo’ljaldir.
Ilmiy bilishning tabiatini, bilimning voqelikka nisbatini, bilish jarayoniyushg umumiy (tabiiy va ijtimoiy) shart-sharoitlarini o’rganuvchi, uning haqqonishshgining zarur va etarli shartlarini aniqlovchi ilmiy bilishning metodologayasi va epistemologiyasi ijodni falsafiy o’rganishda alohida o’rin tutadi. Fan metodologiyasi ilmiy tadqiqotning tuzilishi, mantiqiy tashkiloti, metodlari, vositalari, usullari va algoritmlarini tadqiq qiladi, ilmiy bilish jarayonvda ijodiy faollikning ko’p qirrali tomonlarini o’rganadi va hozirgi zamon postklas-sik falsafa fanining muqim elementi hisoblanadi. Metodologiya ijodiy ilmiy tadqiqot faoliyatining falsafiy negizlari haqidagi tasavvurlar majmuini qamrab oladi, bilimning ijodiy tashkilotining ichki mexanizmini va harakat mantig’ini ko’rib chiqadi.
Kreativlikni, ya’ni bilish sub’ektining ham tabiatni, ham ijtimoiy tartibni, odamlarning ijodiy faoliyati jarayonida stivilizastiyamadaniyatini sifat jixatidan o’zgartirishga yo’naltirilgan ijodiy-yaratuvchi qobiliyatini o’rganish ilmiy bilish-ning hozirgi zamon falsafiy epistemologiyasining muhim jihatlaridan biridir.
Hozirgi zamon ilmiy ijod epistemologiyasi bilishda ijodning faoliyat ko’rsatish va rivojlanish mexanizmini, ilmiy tasavvurlar va nazariyalarning vorisiylik va almashish qonunlarini, ilmiy ijodga nisbatan har bir tarixiy davrda mavjud stereotiplar, paradigmalar, yondashuvlarni, post-klassik, postmodernistik stivilizastiyaning «uchinchi tulqini» (E. Toffler, S. Xantinggon), hozirgi zamon postindustrial axborot jamiyati sharoitlarida rivojlanayotgan hozirgi zamon ilmiy bilishining mstodologik xususiyatlarini ochib berishga harakat qiladi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Yusupov E. Falsafa (darslik). T.: 1999.
2. Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.X, Jo’raev T. Iqtisodiyot nazariyasi (o’quv qo’llanma) T.: 2002.
3. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. – T.: IPÖ «Yangi asr avlodi», 2004.
4. V poiskax novoy teorii: Kniga dlya chteniya po ekonomicheskoy teorii s problemnûmi situastiyami: Uchebnoe posobie/Pod red. A.G.Gryaznovoy i N.N.Dumnoy. – M.: KNORUS, 2004.
5. Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.E. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. T.: 2002.
Reja:
1. Iqtisodiyot nazariyasining predmeti va usuli – iqtisodiyot sohasidagi tadqiqotlarning metodologik asosi.
2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tizimi.
3. Iqtisodiy fanlar tizimi va ularning iqtisodiyot nazariyasi bilan o’zaro bog’liqligi.
1. Iqtisodiyot nazariyasining predmeti va usuli – iqtisodiyot sohasidagi tadqiqotlarning metodologik asosi
Har qanday fan singari iqtisodiy fan ham o’z vazifasi, predmeti va mazmuniga ega: vazifasi – tizimni modellashtirish; predmeti – tadqiqot ob’ekti; mazmuni – tadqiqot ob’ektining ichki tuzilishi. Iqtisodiyot nazariyasining predmetini o’rganishda quyidagilarni belgilab olish maqsadga muvofiqdir: tadqiqot sohasi – iqtisodiy hayot yoki xo’jalik faoliyati amalga oshiriluvchi muhit; tadqiqot ob’ekti – iqtisodiy hodisa; tadqiqot sub’ekti – inson, kishilar guruhi, davlat; tadqiqot predmeti – «iqtisodiy odam», kishilar guruhi va davlatning hayotiy faoliyati, ularning o’zlari mavjud bo’lgan iqtisodiy muhit bilan bog’liq holdagi iqtisodiy xulq-atvorlari. Bunda iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi iqtisodiy hodisalarni shunchaki bayon etish emas, balki ularning o’zaro bog’liqligi va o’zaro bir-birini taqozo etishini, o’zaro shartlanganligini ko’rsatib berish, ya’ni iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va qonunlar tizimini ochib berishdan iborat. Uning aniq iqtisodiy fanlardan farqi shunda namoyon bo’ladi.
K.Makkonnell va S.Bryuning «Ekonomiks» darsligida iqtisodiy tahlilning pirovard natijasi bo’lib prinstip (asosiy qoida) va nazariyalarning ishlab chiqilishi hisoblanishi ko’rsatib berilgan. Iqtisodiyot nazariyasining vazifasi bo’lib dalil (fakt)larni izohlash va umumlashtirish, ma’lum tizimga keltirish, ya’ni ular o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatib, yaxlit holga keltirish orqali dalillar to’plamiga tartib va mazmun baxsh etish hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan iqtisodiyot nazariyasi yaxlit fanni namoyon etadi. Biroq, u X1X asrning oxiriga kelib ikki oqimga – siyosiy iqtisod va ekonomiksga ajralib, ular tadqiqot vazifalarining qo’yilish xususiyatlari, predmeti va mazmuniga ko’ra farqlanadi.
Bu erda anatomiya i fiziologiya kabi tabiiy fanlar bilan taqqoslash o’rinlidir (Marks kapitalizm siyosiy iqtisodini burjua jamiyatining anatomiyasi va fiziologiyasi deb ataganini yodga olish mumkin). Anatomiya yagona predmetga (ichki tuzilish, tirik organizm tarkibiy tuzilmasi), yagona tadqiqot usuliga ega bo’lgan yaxlit fanni namoyon etadi. Shu bilan birga yaxlit fan bo’lgan anatomiya o’simliklar anatomiyasi va hayvonot olami anatomiyasiga ajralib, undan maxsus bo’lim – odam anatomiyasi ajratib berilgan. Bundan tashqari, bu fanning boshqa belgilar bo’yicha, masalan, tizimiy yoki tavsifiy anatomiya, turli hayvonlarning o’zaro va insonga nisbatan o’xshashlik va farqlarini ko’rsatib beruvchi qiyosiy anatomiya kabi bo’limlari ham mavjud. O’simliklar, hayvonlar va odam anatomiyasi bir xil predmet va usulga ega bo’lgan yagona fanni tashkil etsa ham, uning har bir yirik bo’limining predmeti va usuli, unda o’simlik, hayvonot yoki odam anatomiyasi to’g’risida so’z borishiga qarab, o’z xususiyatiga ega bo’ladi. Shunga o’xshab, tirik organizmdagi funkstiyalar va jarayonlar to’g’risidagi hamda tirik organizmning hayotiy faoliyati qonunlarini ochib beruvchi yaxlit fanni namoyon etuvchi fiziologiya ham hayvonlar fiziologiyasi va odam fiziologiyasiga bo’linadi. Anatomiya va fiziologiyaning predmeti va usulidagi tafovutlar har bir aniq fan o’rganuvchi tabiiy tizimlarning tafovutidan kelib chiqadi.
Xuddi shu kabi iqtisodiy fan ham iqtisodiy tizimning turli jihatlarini o’rganadi:
a) siyosiy iqtisod – ishlab chiqarish munosabatlari tizimini;
b) ekonomiks – ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bozor tizimini;
v) umumiy iqtisodiy nazariya iqtisodiy tizimni «tabiat – jamiyat» oqimi ko’rinishida tadqiq etadi. Uning «kirish» tomonidan tabiiy va mehnat resurslari kelib tushadi, «chiqish» tomonidan esa ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq keluvchi mahsulotlar chiqadi. Shuning uchun iqtisodiyot, bir tomondan, unda tabiiy jarayonlarning maqsadga muvofiq joylashtirilishi ro’y bergani sababli tabiat tizimining bir qismi hisoblansa, boshqa tomondan u ijtimoiy tizining bir qismi hisoblanadi. Chunki iqtisodiyot ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq amal qilib, inson stivilizastiyasining rivojlanishi uchun moddiy sharoitlar yaratadi. Har qanday jamiyatda iqtisodiy tizimning mohiyati tabiiy resurslarni jamiyat tomonidan iste’mol qilishga yaroqli bo’lgan moddiy ne’matlarga aylantirishdan iborat bo’ladi.
Iqtisodiy fanning turli yo’nalishlari tomonidan hal etiluvchi vazifalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadqiqot predmetining xususiyati belgilanadi:
a) siyosiy iqtisodning predmeti bo’lib moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol jarayonida kishilar o’rtasidagi munosabatlar hisoblanadi;
b) ekonomiksning predmeti bo’lib ishlab chiqarishni bozor jihatidan tashkil etish asosida resurslarni samarali taqsimlash maydonga tushadi;
v) umumiy iqtisodiy nazariyaning predmeti bo’lib resurslarning cheklanganligi sharoitida inson va jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishning rastional va samarali shakllarini tadqiq etish hisoblanadi, ya’ni har qanday «izm»lardan xoli bo’lgan jamiyatdagi dolzarb muammolarni hal etadi.
Bu uchta yo’nalish bir-biriga zid kelmasligi ma’lum. Ular o’rtasidagi farq yagona vazifa – iqtisodiy tizimni ochib berish vazifasi doirasida mavjud bo’ladi.
Iqtisodiy fanning turli yo’nalishlari predmetining xususiyatlari ularning quyidagi mazmunlari orqali yanada aniq namoyon bo’ladi:
1. Siyosiy iqtisod ishlab chiqarish munosabatlarini:
a) mulkchilik munosabatlarini;
b) ijtimoiy ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlarni;
v) jamiyat iqtisodiy rivojlanishi qonunlarini tadqiq etish orqaliochib beradi.
2. Ekonomiks:
a) tovarning bozor narxini belgilab beruvchi qonuniyatlar, sabab va omillarni;
b) narx tashkil topishining bozor mexanizmini;
v) o’zini o’zi tartibga soluvchi tizim sifatidagi bozorni tadqiq etish orqali asosiy masalani hal etadi, uni tashkil etishning asosiy prinstiplarini ishlab chiqadi.
3. Umumiy iqtisodiy nazariya o’z predmetini:
a) cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini;
b) moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini;
v) iqtisodiy o’sishning qonuniyatlari va omillarini tadqiq etish orqali o’rganadi.
Iqtisodiy nazariyaning umumiy vazifalari, predmet iva mazmuni doirasida har bir aniq iqtisodiy fan o’zining ma’lum vazifalarini hal etadi.
2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tizimi
Iqtisodiy fanning vazifasi, boshqa har qanday fanniki singari faktlarni to’plash, ularni tizimga solish va ulardan xulosa chiqarishdan iborat. «Kuzatish va bayon etish, aniqlash va turkumlash, deb yozadi Shmoller, bular faqat tayyorgarlik ishlari xolos. Biroq biz bular orqali erishishga intilayotgan narsa iqtisodiy hodisalarning o’zaro aloqadorliklarini bilishni namoyon etadi» (A.Marshall. «Prinstipû politicheskoy ekonomii», t.1, kn.1, s.85, «Progress» 1983g.). Boshqacha aytganda, iqtisodiy fanning vazifasi bo’lib iqtisodiy qonunlarni ochib berish hisoblanadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv bo’lib, bu ularning kishilar ongi va erkiga bog’liq emasligini anglatadi. Iqtisodiy fan tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar ob’ektiv mavjud bo’lgan iqtisodiy qonunlarning nazariy ifodasini namoyon etadi. Demak, ular o’rtasidagi farq qonunlarning ob’ektiv reallikni ilmiy ong prizmasi orqali sub’ektiv ifoda etilishida namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan shunisi bilan farq qiladiki, ularning amal qilishi faqat jamiyatga taalluqli bo’lib, ularning aksariyat qismi vaqtinchalik, o’tish tavsifiga ega bo’ladi.
Siyosiy iqtisod va ekonomiksdagi qonunlarni tushunishda tafovut mavjud. Agar siyosiy iqtisod iqtisodiy qonunlar yordamida ishlab chiqarish munosabatlarining mohiyatli jihatlarini ochib bersa (ya’ni, tadqiqot chuqur mohiyat darajasida amalga oshirilsa), ekonomiks yuzaki iqtisodiy jarayonlar bilan ish olib borib, qonunlarning o’zini emas, balki ularning namoyon bo’lish shakllarini tahlil qiladi, ya’ni rivojlanishning ma’lum tendenstiyalari va qonuniyatlarini aniqlab beradi. Jumladan, P.Samuelson shunday yozadi: «Bizning qonunlarimiz faqat o’rtacha holatda amal qiladi, bu o’rtacha atrofida ahamiyatli darajada tebranadi, ular ehtimollar qonuni hisoblanadi».[1] Bu erda so’z mohiyatiga ko’ra qonuniyatlar va tendenstiyalar haqida boradi.
K.Makkonnell ham «qonunlar», «prinstiplar», «nazariyalar» va «modellar» singari tushunchalar sinonim sifatida qo’llanilishi, chunki ular individ va institutlarning iqtisodiy xulq-atvoridagi qonuniyatlarni umumlashtirilishi va qayd qilinishini aks ettiradilar. Ekonomiks kamyoblik qonuni, samaraning pasayib borishi qonuni, talab qonuni, daromadning pasayib borishi qonuni, so’nggi qo’shilgan naflilikning pasayib borishi qonuni va shu kabi qonunlar bilan ishlaydiki, bularning barchasi tendenstiya sifatida namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotning chuqur jarayonlari bilan yuzaki jarayonlari tahlilining uyg’unlashuvi iqtisodiyot nazariyasini faqat boyitadi.
Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlarni quyidagi ko’rinishlari bo’yicha tizimga ajratadi:
1. Umumiy qonunlar – kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar tavsifi va rivojlanish darajasiga muvofiq kelishi qonuni va h.k.
2. Xususiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining bir necha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, qiymat qonuni.
3. Maxsus qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni.
4. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiluvchi qonunlar. Masalan, erkin raqobat qonunlari monopolistik raqobat qonunlaridan farq qiladi.
Bu qonunlar ichida tizimni tashkil etuvchi sifatida muayyan ishlab chiqarish munosabatlaridagi asosiy prinstipni aks ettiruvchi asosiy iqtisodiy qonun maydonga tushadi.
A.Marshall: «Fan o’z qonunlarining soni va aniqligini oshira borib, ularni tobora qattiq tekshiruv ostiga olib, oldinga intiladi. Bu holat to yagona, asosiy qonun uning qisman namoyon bo’lishini ifodalovchi bir qator nisbatan tor qonunlarni to’liq qamrab olgungiga va almashtirgunga qadar davom etadi»[2] deb yozadi.
Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy kategoriyalarni, ya’ni iqtisodiy hodisalarning alohida tomonlarini tavsiflovchi ilmiy tushunchalarni ishlab chiqadi. Masalan, qiymat qonunining amal qilishi qiymat, pul, tovar, kredit, moliya va h.k. singari bir qator iqtisodiy kategoriyalar orqali namoyon bo’ladi.
Ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni bilish va ulardan foydalanish iqtisodiyot nazariyasining tub muammosi hisoblanadi. Bu ko’p qirrali muammolar bir qator murakkab masalalarning hal etilishini taqozo etadi:
1. Jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi alohida iqtisodiy qonunlarning ochib berilishi va tadqiq etilishi, ular tizimining aniqlanishi. Iqtisodiy qonunlarni bilish jarayoni, har qanday boshqa bilish jarayoni singari, cheksizdir. U yangi qonunlarni ochib berish, aniqlangan qonunlar doirasini kengaytirish bilan birga ularning mazmunini yanada chuqurroq ochib berishga yo’naltirilgan. Ayniqsa, ularning ichki mantiqini, koordinastiya va subordinastiyasini ochib berilishi katta ahamiyat kasb etadi.
2. Iqtisodiy qonunlarning namoyon bo’lish shakli, ularning o’zaro aloqasi, harakati va o’zaro ta’sirining namoyon bo’lish shakllarini tadqiq etish. Busiz iqtisodiy qonunlar tizimini ochib berish, ulardan foydalanish yo’llari, shakllari va usullarini aniqlash mumkin emas. Bu, xususan, umumiy va maxsus qonunlarning nisbati to’g’risidagi masalaning aniqlab berilishini talab etadi.
3. Iqtisodiy jarayonlarda ob’ektivlik va sub’ektivlikning nisbatini to’g’ri tushunishni taqozo etuvchi ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning amal qilishi, ulardan ongli ravishda foydalanish mexanizmini ochib berish.
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar o’rtasidagi to’g’ri va teskari aloqalar qonunlarning amal qilish mexanizmi yoki iqtisodiy mexanizmni tashkil etadi. Iqtisodiy mexanizm iqtisodiy tizim tomonidan yaratilganligi sababli ob’ektiv hisoblanadi. Uning asosida ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilarining empirik yoki ongli ravishdagi harakatining natijasi sifatida jamiyatning xo’jalik mexanizmi tarkib topadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatidagi xo’jalik mexanizmining asosiy mazmunini tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Biroq, bu kategoriya ishlab chiqarish munosabatlari doirasidan tashqariga chiqib, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining o’zaro ta’sirida hosil bo’luvchi munosabatlarni (kooperastiya, mehnatning ixtisoslashuvi va taqsimoti va h.k.), shuningdek, iqtisodiy ustqurma (iqtisodiy ong; iqtisodiy vazifalarni bajaruvchi muassasalar; xo’jalik huquqi; iqtisodiy siyosat)ni ham o’z ichiga oladi. Jamiyat uchun samarali amal qiluvchi xo’jalik mexanizmi zarur. Buning mezoni sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar resurslaridan tejamli foydalanish maydonga tushadi. Iqtisodiyot nazariyasi rastional xo’jalik munosabatlarini tarkib toptirishga ko’maklashishga qaratilgan. Buni u individlar va jamoat tashkilotlari iqtisodiy xulq-atvori prinstiplarini ishlab chiqish yordamida amalga oshiradi.
3. Iqtisodiy fanlar tizimi va ularning iqtisodiyot nazariyasi bilan o’zaro bog’liqligi
Iqtisodiy fan o’z ichiga bir butun fanlar tizimini oladi. Mazkur tizimda fanlar differenstiastiyasi (tabaqalanishi) va integrastiyasining uzluksiz jarayoni boradi, ilmiy muassasa va olimlarning ixtisoslashuvi ro’y beradi.
Iqtisodiy fanlar tizimida markaziy o’rinni barcha boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va metodologik asosi hisoblangan iqtisodiyot nazariyasi egallaydi. Bu fanlar iqtisodiyot nazariyasining xulosa va qoidalaridan iqtisodiyot va tarmoq muammolarini hal etishga tatbiqan foydalanadilar. O’z navbatida, boshqa iqtisodiy fanlarning natijalaridan foydalangan holda, iqtisodiyot nazariyasi nazariy xulosalarning to’g’riligini tekshiradi va o’zining yanada rivojlanishi uchun zarur materiallarga ega bo’ladi.
Hozirda iqtisodiy fanlarni to’rtta guruhga ajratish mumkin:
1. Iqtisodiyot nazariyasi va uning asosiy yo’nalishlari: siyosiy iqtisodiyot, ekonomiks, umumiy (universal) iqtisodiyot nazariyasi.
2. Umumiy iqtisodiy fanlar: jamiyat iqtisodiy rivojlanishi tarixi, iqtisodiy geografiya (yoki ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish), iqtisodiy statistika, shuningdek, integrastiyalashgan fanlar – boshqarish va tartibga solish nazariyasi, demografiya (nufus to’g’risidagi fan).
3. Funkstional fanlar: mehnat iqtisodiyoti, prognozlashtirish, moliya, pul muomalasi, kredit, marketing.
4. Tarmoq fanlari: sanoat, transporta, qurilish, aloqa, qishloq xo’jaligi va h.k. iqtisodiyoti. Shuningdek, bu fanlar qatoriga nisbatan yangi hisoblangan quyidagi fanlarni ham kiritish mumkin: ta’lim, maishiy xizmat ko’rsatish, turizm iqtisodiyoti va boshqalar.
Siyosiy iqtisod rivojlanishi hali past darajada bo’lgan, sostial ixtiloflar kuchli o’rin egallagan jamiyatlar uchun zarur. Ekonomiks esa boy, postindustrial, sostial-sinfiy tuzilma doirasidan chiqib bo’lgan jamiyat uchun ko’proq foydalidir. Universal iqtisodiy nazariya jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarini qamrab oladi va ifodalaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi ta’riflab o’tilgan fanlar, shuningdek sostiologiya, psixologiya, taix va boshqa fanlarning yutuqlarini hisobga oladi.
Iqtisodiy fanlar tizimi va ularning turkumlanishi ilmiy bilimlarning vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashib borishi jarayonini aks ettiradi, jamiyat iqtisodiy munosabatlarining turli-tumanligi to’g’risida guvohlik beradi. Iqtisodiy fan tabaqalashuvining jadallashuvchi jarayoni ham iqtisodiyot nazariyasi, ham boshqa iqtisodiy fanlarga taalluqli bo’lgan bir qator metodologik muammolarni ilgari suradi. Ular qatoriga iqtisodiyot nazariyasi va tarmoq iqtisodiyoti fanlari predmetining farqlanishi, ularning mazmunini tashkil etuvchi iqtisodiy munosabatlarni aniqlash masalasi kiradi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Makkonnell K.R., Bryu S.L. Ekonomiks: prinstipû, problemû i politika. (perevod s angl.), T. 1 gl. I. M.: «Respublika», 1992.
2. Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.X, Jo’raev T. Iqtisodiyot nazariyasi (o’quv qo’llanma) T.: 2002.
3. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. – T.: IPÖ «Yangi asr avlodi», 2004.
4. V poiskax novoy teorii: Kniga dlya chteniya po ekonomicheskoy teorii s problemnûmi situastiyami: Uchebnoe posobie/Pod red. A.G.Gryaznovoy i N.N.Dumnoy. – M.: KNORUS, 2004.
5. Metodologiya, metodû ekonomicheskix issledovaniy. Dlya magistraturû ekonomicheskix spestialnosti. Filial REA. v g.Tashkente. T.: 2002.
5-MAVZU. IQTISODIY HODISALAR VA JARAYoNLARNI O’RGANIShNING ALOHIDA (MAXSUS) USULLARI
Reja:
1. Iqtisodiyot – ilmiy ijod va ob’ektiv reallikning ilmiy bilishni alohida (mahsus) usullarining alohida sohasidir.
2. Bilishning umumilmiy, maxsus va xususiy usullari, ularning o’zaro aloqadorligi.
3. Bilishning maxsus usullari va ularni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari.
1. Iqtisodiyot – ilmiy ijod va ob’ektiv reallikning ilmiy bilishni alohida (mahsus) usullarining alohida sohasidir.
Kishilik tarixi yangi ming yilligining boshlanishi stivilizastiya o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo’yishi bilan bir davrda sodir bo’ldi- kishilik taraqqietining uchinchi, postindustrial, axborot bosqichi boshlandi. Ikkinchi, industrial bosqich o’rnini postmodsrn bosqich egalladi.
Agar industrial jamiyagda ijtimoiy taraqqiyot ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi bilan belgilangan bo’lsa, XXI asr axborot jamiyatida inson hamjamiyatining axborot, bilim, ilmiy ijod kabi ijgimoiy resurspari muxim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning yangi, postindustrial paradigmasi fanning barcha sohalarida-ham fundamental, ham amaliy fan sohalarida ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni har tomonlama rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Yalpi kompyuterlashtirish, global axborot tarmog’ining rivojlanishi ilmiy axborotga Er kurrasidagi barcha ilmiy tadqiqot markazlari, institutlar va laboratoriyalar bo’ylab bir lahzada tarqalshp imkonini beradi. Internet va elektron pochta yordamida internastional (hozirgi zamon ta’biri bilan aytganda-virtual) ilmiy jamoalarni tashkil etshp imkoniyati tug’il-di. Bunda tadqiqot, eksperiment yoki kuzatish, yangi ilmiy fak-tlar olish Er kurrasining bir burchagida amalga oshirilsa, ularni qayta ishlash, talqin qilish, olingan faktlardan ilmiy ma’lumot va axborotlar olish butunlay boshqa joyda amalga oshirshshshi mumkin.
Yaqin davrgacha fanning vazifasi ishlab chiqarish extiyojlarini qondirishdan iborat bo’lgan bo’lsa, hozirgi zamon informatika va elektronika davrida ishlab chiqarishning o’zi ilmiy axborotga, ilmiy ijod natijalarigamuxtojdir. Fanning dunyo miqyosida jadal rivojlanishi fan-texnika taraqqiyoti oldida ulkan imkoniyaglar ochadi.
Postindustrial davrda ishlab chiqarish fan yutuqlariga tayanmasa, noraqobatbardosh, norentabel bo’lib qoladi. Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida chinakam kompyuter inqilobi sodir bo’ldiki, u ishlab chiqarish kuchlarining sifat ji^atidan o’zgarishiga olib kelmoqda. Buning natijasida jismoniy va avsliy mehnatning mazmuni va funkstiyalari ham o’zgarmohda.
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanilishi, ilmiy tadqiqotlarning matematizastiya, formalizastiya va algoritmizastiya qilinishi natijasida hozirgi zamon fanida ijodiy asoslarning roli kuchayib borayotir. Tabiatshunoslikda, avvalambor, mikroolam fizikasida, astrofizika, molekulyar biologiya, irsiy injeneriya va biotexnologiyada chuqur fundamental tadqiqotlar o’tkazipmoqda.
Amaliy fanlar va texnika fanlari: mikroelektronika, aerokosmik tadqiqotlar, harbiy-ilmiy tadqiqotlarda xam katta siljish ko’zga tashlandi. Butun dunyoda, ayniqsa, olimlar va tadqiqotchilar orasida fanning umumfalsafiy va epistemologik muammolari, Ilmiy tadqiqot metodologiyasiga bo’lgan qiziqish kuchaydi.
Hozirgi zamon postnoklassik falsafasining fan falsafasi, global muammolar falsafasi, madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar falsafasi singari bo’limlari hozirgi zamon postmodernizmi sharoitlarida ijodiy rivojlanish uchun katga turtki oldi. Rim klubigao’xshash internastional ilmiy jamoalar faoliyati ilmiy ijod va hamkorlikning yangi, zamonaviy shakllarini izlash natijalarining yorqin tasdig’idir.
Rim klubi vauning hozirgi zamon tadqiqotchilari bugungi kunning global muammolarini hal qilish soxasida falsafiy tadqiqotlar olib bormoqda, ijtimoiy, demografik, ekologik monitoring va prognoz qilishning falsafiy jihatlarini analizdan o’tkazmoqda, jahon ijtimoiy-iqtisodiy tartibining turli modellarini izlash bilan shug’ullanmovqda. Bu nuqtai nazardan A. Pechchei, D. Bell, E. Toffler, F. Fukuyama, S. Xantinggon kabi ijtimoiy faylasuflarning tadqiqotlari katta Qiziqish uyg’otadi.
Hozirgi zamon fan falsafasi XX asrning ikkinchi yarmida vujudga keldi. Uning shakllanishida fanning ijtimoiy-madaniy funkstiyalarini yalpi globalizastiya va fan-texnika taraq qiyoti nuqgai nazaridan tushunib etish exdiyoji hal qiluvchi rol o’ynadi. Masalan, Stiven Tulmin mazkur yo’nalishning yorqin vakillaridan biridir. U fanni tadqiq qilishning evolyustionistik dasturini ta’riflab berdi. «Ilmiy nazariyalar negizida yotgan rastionallik va tushunish standartlari»ni shakllantirish va ularning amal qilishi g’oyasi mazkur dasturning o’zagini tashkil etadi. S. Tulminshshg fnkricha, ilmiy bilimning rastionalligi darajasi unyng insoniy tushunish standartlariga muvofshrgagi bilan aniqlanadi, mazkur standartlar esa ilmiy nazariyalar evolyustiyasi jarayonida o’zgarib boradi. Ushbu konstepstiyaga muvofiq, ilmiy nazariyalar konsteptual yangiliklarni uzluksiz tanlab olishni nazarda tutadi. Ilmiy elita ilmiy rastionallikning o’ziga xos tashuvchisi hisoblanadi. Unga dogmatizm, konservatizmning har qanday shakllari yotdir. Ilmsty tadhiqotlarda tanqidiy tafakkur va chinakam ijod ruhi hukm suradi.
Ya. Xintikka asos solgan fin mantiqchilari va fan metodologlari maktabi hozirgi zamon fan falsafasida katta rol o’ynamoqda. Ya. Xintikka inson bilishining faoya va ijodiy xususiyatini belgilovchi teran va yuzaki axborot konstepstiyasini taklif qildi. Ya. Xintikkaning ustozi - atoqli fin olimi G.X. fon Vrigt ilmiy tadqiqotlarda indukstiya va ehtimollik, vaqt va o’zgarish kazualligi va determinizmi muammolarini ijodiy analizdan o’tkazdi. Fan falsafasining bu va boshqa namoyandalari ilmiy ijodga ilmiy ishlarni o’tkazish jarayonida har xil bilshp vaziyatlari, faoliyat shakllari va fikrlash usullarining tavsifi deb qaraydi.
Fanni ijtimoiylashtirish, ilmiy ijod jarayonida metodologik fikrlash tartibini ishlab chiqish va uning natijalaridan butun insoniyat manfaatlarida samarali foydalanish muammosi bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etdi. Fanni va inson xayotiy faoliyatining boshqa sohalarini ijtimoiylashtirish inson va ishlab chiqarish o’rtasidagi tafovutni engishga yordam beradi, shaxsning h.ar tomonlama ijodiy rivojlanishi negizi bo’lib xizmat qiladi. TTTu bilan birga, inson o’z ijoday yo’llarini erkin tanlash imkoniyatiga ega bo’lmasa, fan-texnika taraqqiyoti ham bo’lmaydi.
Shuning uchun ham davlatimizning iqtisod va fan sohasidagi siyosati ilmiy ijod, fan va ilmiy tadqiqotlar jadal taraqqiy etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yo’naltrilgan. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, etakchi universitetlar va oliy o’quv yurtlarining ilmiy xodimlari, olimlari ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shugullanmoqsta. O’zbekiston olimlari amalga oshirayotgan ilmiy tadqiqotlar doirasi juda ham keng bo’lib, xrzirgi zamon yadro fizikasi va yarim o’tkazgichlar mikroelektronikasining dolzarb muammolaridan tortib, vazifasi bozorga o’tishning O’zbek modelini ja^on iqtisodiga integrastiya qilishdan iborat bo’lgan iqtisod sohasidagi ilmiy tadqiqotlargacha bo’lgan sohani qamrab oladi.
2. Bilishning umumilmiy, maxsus va xususiy usullari, ularning o’zaro aloqadorligi.
Bozor iqtisodiga bosqichma-boskich o’tish bilan bog’liq iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan demokratik Uzbekiston hozirgi zamon jahon hamjamiyatiga qo’shilmoqsta. BMT hamda boshqa ko’plab xalqaro va mintaqaviy siyosiy va iqtisodiy tashkilotlarning to’la huquqli a’zosi bo’lgan mustaqil O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida va butun jahonda tobora muhim rol o’ynamoqda.
O’chinchi to’lqin stivilizastiyasiga mansub bo’lgan hozirgi zamon postindustrial jamiyati murakkab va ziddiyatli bo’lib, ijtimoiy va iqshsodiy rivojlanishning ko’p variantliligi bilan ajralib turadi. Unda AQSh, Yaponiya, Kanada singari industrial rivojlangan davlatlar, G’arbiy Evropa mamlakatlari, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari, shuningdek, totalitar tuzum inqirozgauchraganidan so’ng Sharqiy Evropada va sobiq SSSR hududida vujudga kelgan yangi demokratik davlatlar faoliyat ko’rsatmoi^sta. Maqsadi kelajagi buyuk davlat qurishdan iborat bo’lgan mustaqil O’zbekiston ham mana shunday yangi demokratik davlatlar jumlasiga kiradi.
O’chinchi to’lqin postindustrial, axborot jamiyati demokratiya prinstiplariga asoslangan bo’lib, fuqarolik jamiyatining rivojlanishi bilan bog’liq. Amerikalik taniqli sostiolog, Garvarduniversitetining professori Deniel Bell postindustrial jamiyat konstepstiyasining muallifidir. O’z konstepstiyasida D. Bell Umuminsoniy qadriyatlar va bozor iqtisodiga asoslangan idustrial tipga mansub klassik demokratik jamiyatning u postindustrial jamiyat deb nomlagan yangi ijtimoiy tizimgaijtimoiy transformastiyasi haqidagi prognozni asoslab berdi. Uchinchi to’lqin stivilizastiyasi posgandustrial jamiyati fan-texnika taraqqiyotining barcha yutuqlari jamiyat xayotining barcha sohalariga global miqyosda kirib kelishi natijasida vujudga keladi. U klassik kalitalistik jamiyatning chuqur qarama-qarshshshklaridan, shu jumladan mazkur jamiyat fuqarolarining ijtimoiy tabaqalari o’rtasidagi mafkuraviy ziddiyatlardan ham xolidir. Amerikalik olimning fikricha, postindustrial jamiyatni ijtimoiy va siyosiy boshqarish texnika va texnologiya sohasidagi ilmiy xodimlar va mutaxassislar qo’liga o’tadi, ular «yangi sinf»ni tashkil etadi. Buvda ilmiy, nazariy bilim innovastiyalar va siyosiy qarorlar manbai sifatida muhim rol o’ynaydi.
Postindustrial, axborot jamiyati o’zaro ta’sirga kirshpuvchi omillar- texnika, ijtimoiy tuzilma, siyosat, ma’naviy qadriyatlarning o’zini o’zi tashkil etuvchi va o’zini o’zi rivojlantiruvchi murakkab tizimidan tashkil topadi. Bunday jamiyatning iqtisodiy rivojlanish maqsadi ishlab chiqarishni sof miqdoriy o’stirshadan emas, balki tashqi iqtisodiy dasturlar sohasini jiddiy kengaytirish xisobiga «turmushning sifati»ni har tomonlama yaxshilashdan iborat.
Amerikalik sostiolog va futurolog Elvin Toffler uchinchi to’lqin stivilizastiyasi konstetpstiyasini rivojlantirib, o’zining «Uchinchi to’lqin» deb nomlangan fundamental asarida axborot jamiyatvda yashovchi odamlarning sifat jihatidan yangi yashash joyshshng teran modelini ko’rib chshuda. Bu model «elektron kottej» nomini oldi. Hozirgi zamon kompyuter va kommunikastiya texnikash bilan to’liq jihozlangan mazkur elektron kotgej unda isgaqomat qiluvchi fuqarolarning ham yashash, xam ish joyi xisoblanadi. Ish joylarini elektron kottejga ko’chirish transport yo’llarining ishini engillashtiradi, tabiatga jamiyagaing salbiy ta’sirini jiddiy kamaytiradi, bu tabiatni nazorat kralish va tiklash xarajatlarshsh qisqargaradi. Ish kuni va «uy-ish» yo’napishida qatnash vaqgining kisqarishi ma’naviy va jismoniy dam olshp uchun vaqgni ko’paytirish, odamlarning uy-ro’zg’or soxasini takomillappirish imkonini beradi, oilaviy aloqalar mustahkamlanadi va h.k.
Ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi umuminsoniy qadriyatlar, demografik institutlar hozirgi zamon axborot jamiyatyaning negizini tashkil etadi. Amerika demokratiyashnshp asoschilaridan biri Tomas Jefferson demokratiyaning maqsadi «Hayot, erkinlik va baxtga intilishdir. Jamiyatning demokratik tuzilishi - bu xalqni xalq yordamida boshqarish demakdir, bunda xalq o’z hayoti va taqdiri uchun mas’uliyatni erkin va mas’ul o’z qo’liga oladi», deb sta&d etgan edi.
Demokratiya va ijtimoiy adolat xalq va har bir shaxs ijodiy imkoniyatlarining to’liq va har tomonlama namoyon bo’lishining zarur shartidir. Demokratiya, erkinlik va adolatsiz badiiy, ilmiy, yaratuvchi ijod qilish mumkin emas.
O’zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining negizida mana shu tub qadriyatlar yotadi. Fuqarolik jamiyati - bu demokratiya, barcha fuqarolarning erkinligi, tengligi va adolat prinstiplarida o’zini o’zn tashkil etuvchi va rivojlantiruvchi, ixtiyoriylik asosida tashkil topgan nodavlat birlashmalar, tashkilotlar vauyushmalar bilan qamrab olingan odamlar jamiyatidir. Mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati fan, san’at, adabiyot va texnika sohalarida fuqarolar ijodiy faoliyatining boy hosili unadigan zamindir.
O’rta asrda buyuk Sharq mutafakkiri Abu Nasr al-Forobiy o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida adolatli, baxtli jamiyat qurish haqida bir qator teran fikrlar bildirgan. U shaxar-davlatlarni fazilatli yoki ideal hamda fazilatsiz shahardavlatlargaajratgan. Forobiyning fikricha, barkamollikka erishgan jamiyatlarda erkinlik va teng huquqlilik hukm surishi kerak. Fazilatli shahar aholisi o’z hokimini saylash va istagan paytda uni vakolatlaridan mahrum qilishga haqlidir. Fazilatli shahar hokimi o’z faoliyatida adolat, teng huquqlilik va umumning ravnaqi prinstiplariga tayanadi. «Fozil odamlar shah,ri» asarida shunday dohiyona so’zlar bor: «Odamlarning uyushishidan o’zaro yordam orqali baxtga erishish maqsadi ko’zlangan shahar fazilatli shahar, baxtga erishish yo’lida odamlar bir-biriga yordam ko’rsatadigan jamiyat fazilatli jamiyatdir. Saodatga erishish yo’lida barcha shaharlari bir-biriga ko’maklashadigan xalq fazilatli xalqstir. Basharti, xalqlar saodatga erishish yo’lida bir-biriga yordam qo’lini cho’zsa, kurrai zamin fazilat kasb etajak».
Bilimga, fanga, ilmiy ijodga izzat-ikrom va hurmat-e’tibor O’zbekiston xalqlarining hozirgi hayotiga asrlar osha etib kelgan. O’zbek xalqi barcha davrlarda donishmandlik, bilimga chanqovrshk, haqigqatning tagiga etishga intipshshsh ardoklab kelgan. Buyuk o’zbek shoiri, mutafakkiri, olimi va davlat arbobi Alisher Navoiy o’z asarlarvda bilim, mehnatsevarlik va ijodni kuylagan. «Bilim va donishmandlik insonning fazilatlaridir», deb yozadi u.
O’zbekiston o’z buyuk ajdodlarining o’gitlarini yodda tutib va xalqning asriy an’analarini ardoqlab, fan, ilmiy ijod va ilmiy muassasalar demokratik islohotlarda muhim o’rin tutadigan uchinchi to’lqin postindustrial, axborot jamiyatiga qadam qo’ydi. Mustaqil davlat va shakllanayotgan fuqarolik jamiyati ilmiy tadqiqotlarda ijodiy muh_it yaratish, mamlakatimizda fanning jadal taratfrsh etishi, O’zbekiston fani jaxon ilmiy muxitiga qo’shilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Iqtisod sohasida bozor munosabatlariga o’tish bu sohada ilmiy tadqiqotlarni yanada faollashtirdi. Bu munosabat bilan fan falsafasi va metodologiyasining O’zbekiston olimlari iqgasodiy ilmiy ijodining tamal toshi sifatvdagi ahamiyati ortdi. Iqtisod sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning vazifasi mam-lakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy isyaohotlarning tub asoslarini ochib berishdan iborat. Prezident I. Karimov qayd etib o’tganidek, «O’zbek modeli» chet ellik etakchi mutaxassislarning e’tiborini o’ziga jalb etdi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ayrim mamlakatlar uchun namunaga aylandi.
Bozor munosabatlariga o’tishning «O’zbek modeli» bugungi kuvda quyidagi asosiy muammolarni ijodiy va faol hal qilmoqda:
- iqtisodning chuqur inqirozga uchrashida o’z aksini topgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimining oqibatlarini tugatish, makroiqtisod tizimini barqarorlashtirish;
- respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlaridan kelib chiqib bozor munosabatlarining asoslarini shakllantirish.
O’zbekiston xalqining turmush tarzi, tabiiy-iqpimiy sharoitlari, tarixiy an’analari va mentalitetini e’tiborga olgan holda bozor munosabatlariga asta-sekin, bosqichma-bosqicho’tish yo’li tanlandi. «O’zbek modeli» bozor faoliyatining umumiy prinstiplaarini ham o’z ichiga oladi, bular: shaxsiy mulqdorlik, tadbirkorlik erkinligi, raqobat, erkin narx qo’yish.
Mamlakat Prezidenti I.A. Karimov 2002 yil 29 avgustda Oliy Majlisning to’qqizinchi sessiyasida qilgan teran va mazmunli ma’ruzasida O’zbekiston mustaqillik yillari davomida bosib o’tgan yo’lni analizdan o’taazdi hamda mamlakatda demokratik islohotlarni yanadachuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratishning ustuvor yo’nalishlarini ilgari surdi.
Birinchi ustuvor yo’nalish — bu mustaqillikni saqlash va ximoyaqilish. U xalq o’z taqdirini o’zi hal qilish, o’z kelajagini qurish huquqiga ega ekanligani, mamlakat boyliklarini, avvalambor, O’zbekiston xalqining manfaatlaridan kelib chiqib tasarruf etish, milliy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar, an’analarni avaylab-asrash va kelgusi avlodlarga qoldirish, o’z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarni bajarish, jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashni nazarda tutadi.
Ikkinchv ustuvor yo’nalish - mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni, hududiy yaxlitlikni, davlat chegarasining daxlsizligini, O’zbekiston fuqarolarining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, ekstremizm, radikalizm, xalqaro terrorizm va narkobiznesga qarshi kurash; millatlararo, elatlararo va fuqarolar o’rtasida tinchliktotuvlikni mustahkamlash; korrupstiya, millatchilik, mahalliychilik unsurlariga qarshi kurashni davom ettirish.
Uchinchi ustuvor yunalish - bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va kuchli bozor infratuzilmasini vujudgakeltirish, barqaror, muvoziy iktisodni shakllantirishning muhim sharti sis|)atida erkin iqtisod prinstiplarini amalga oshirish; xususiy sektor marralarini mustahkamlash, kichik va o’rta biznesni hamda tadbirkorlikni jadal rivojlangirish; tashqi iktisodiy faoliyat va valyuta bozorini erkinlashtirish, milliy valyuta kursini mustaxkamlash; chet el investistiyalarini jalb etish, oltin-valyuta resurslarining barqaror o’sishini ta’minlash, Jahon iqtisodiy tizimiga integrastiya qilish.
To’rtinchi ustuvor yo’nalish - fuqarolarning HUQUQ va erkinliklarini ta’minlovchi demokratik prinstiplarni so’zda, qog’oz da emas, real hayotda ro’yobga chiqarish; ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish fuqarolik jamiyati negizlarini shakllantirish jarayonining majburiy shartiga aylanishi kerak; jamoatchilik fikrini o’rganish; chinakam ko’p partiyali tizim va demokratik parlamentarizmni shakllantirish.
Beshinchi ustuvor yo’nalish va fuqarolik jamiyatini barpo etishning mu^im sharti — ijtimoiy taraqqiyotda nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish, «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga» prinstipini amalga tatbiq etish; davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va ularning funkstiyalarini jamoat tashkilotlarigao’tkazish; iqtisod sohasiga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalarning, avvalambor, xususiy sektorning faoliyat sohasiga davlatning aralashishini cheklash.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari - mahalla institutini rivojlantirish va mustahkamlash uchun huquqiy, tashkiliy-texnikaviy va modstiy shart-sharoitlar yaratish muhim vazifadir.
Oltinchi ustuvor yo’nalshp - bu sud-huquq tizimining mustaqilligini so’zda emas, amalda ta’minlashga yo’naltirilgan sudhuquq islohotidir; qabul qilinayotgan qonunlarni hayotga tatbiq etish; qonunning ustuvorligi prinstipiga amal qilish, fuqarolarning h_uquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash; yurvdik normalar, huquq normalarini yangilash va liberalizastiya kilish; sud hokimiyati va ommaviy axborot vositalari o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, bu orqali huquqiy ongga va huquqiy madaniyatning o’sishiga ta’sir ko’rsatish.
Ettinchi ustuvor yo’nalish - bu o’tkazilayotgan barcha islohotlarning bosh yo’nalishi va masuldorligini belgilaydigan inson omili, inson mezonlaridir. Bu aholining demografik va boshqa o’ziga xos milliy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish demakdir.
Yuqorida sanab o’tilgan ustuvor yo’nalishlar O’zbekiston jamiyati, xalqining jamiyat hayotini Manaviyat, Axloq va Marifat prshvdiplari asosvda bosqichma-bosqich isloh qilishni o’zining kundalik hayotida ijodiy amalga oshirishi demakdir. Bu uch buyuk qadriyat asosida tarbiyalangan, ularni faol va ijodiy hayotga tatbiq etayotgan inson shunchaki ne’matlardan foydalanuvchi emas, balki ularning faol bunyodkori va himoyachisidir.
3. Bilishning maxsus usullari va ularni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari.
Gipoteza ehtimol tutilgan, haqiqatnamo bilimni ilgari surish usuli sifatida ijtimoiy bilishda, shu jumladan iqtisodda ham keng qo’llanadi. Atoqli hozirgi zamon ingliz iqtisodchisi, bozor iqtisodshsh davlat tomonidan tartibga solish nazariyasining asoschisi J. Keyns o’zining «Bandlik, foiz va pul umumiy nazariyasi» asarida shunday deb yozgan edi: «Chinakam iqtisodchi, o’z ishining bilimdoni har xil qobiliyatlarga egama’lum darajada matematik, tarixchi, davlat arbobi, faylasuf bo’lishi kerak. U umumiy tushunchalarda xususiy narsalar haqida mushohada yuritib, mavhum va muayyanga o’z e’tiborini bir xil darajada qarata olipsh lozim. U kelajak uchun hozirgi zamonni o’tmish nuqtai nazaridan o’rganishi kerak».
«Umumiy tushunchalardaxususiy narsalar haqida mushohada yuritish»— bu iqtisodiy tadqiqotlarda gapotetik-deduktiv me-todni qo’llash demakdir.
Xilma-xil loyihalar va farazlarning negizida jamiyat iqgisodiy hayotiga doir faktlar yotadi. Iqtisodiy hayot sinovidan o’tgan iqtisodiy gipotezalar iqtisod nazariyasi tarkibidan o’rin oladi. Iqtisod nazariyasi odamlarning ehtiyojlarini to’laqonli qondirish uchun cheklangan tabiiy resurslardan samarali va okilona foydalanish yo’llarini tanlash sharoitlarida ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Menejer, firma, korporastiya yoki korxona ishini boshqarish tashkilotchisi ularni rivojlantirish biznes-rejasini ishlab chiqar ekan, u, mohiyat e’tibori bilan, mazkur korxonaning iqtisodiy ravnaq topishi tendenstiyalari haqida ozmi-ko’pmi asoslangan iqtisodiy gipotezani ilgari suradi.
F. fon Xayek o’zining «katallaktika»ni rivojlantirish haqidagi teran va o’ziga xos gipotezasiga bozor iqtisodiga xos bo’lgan jo’shqin, immanent hodisa—raqobatni asos qilib oldi.
Iqtisodiy raqobat - bu xo’jalik yuritishning yaxshi sharoitlari, mahsulot ishlab chiqarish va uni realizastiya qilishning eng foydali shartlari, maksimal daromad olish uchun tadbirkorlarning raqobati, kurashi demakdir. F. fon Xayekning gipotezash raqobatga jamiyatning asosiy iqgisodiy kuchi deb qaraydi, chunki raqobatga tayangan jamiyat o’z maqsadlariga boshqalarga qaraganda muvaffaqiyatliroq erishadi. Demokratik jamiyatda raqobat bu jadal o’zgaruvchi yashash sharoitlariga jamiyatda muttasil, uzluksiz o’zini o’zi moslashtirish demakdir. Bozor yoki katallaktika tadbirkorlar ijodiy faoliyatini jadallashtiradi, raqobat esa bozor iqtisodining rivojlanishini butun jamiyat uchun zarur tomonga yo’naltiradi. Raqobat sharoitlari-da biznesmen, menejer har qanday kutilmagan hodisalarga tayyor turishi kerak, zotan, muammolar va qiyinchiliklarni tan olish o’ziga, o’z kuchiga ishonch, ulardan o’zini olib qochish - zaiflik va qo’rqoklik alomatidir. Bozor raqobat mexanizmi orkali tovar va xizmatlar harakatini tartibga soladi, resurslar, g’oyalar va texnologiyalardan foydalanishni maqbullashtiradi. Binobarin, bozor iqtisodida raqobat fandagi tadqiqot va kashfiyotga o’xshaydi—u bozor resurslarini jamiyat uchun muhim maqsaddarga yo’naltiradi.
F. fon Xayek bozor raqobati negiziga qurilgan iqtisodiy katallaktika xaqvdagi gipotezani hozirgi zamon liberalizmi yo’nalishida rivojlantirdi. Hozirgi zamon liberalizmi g’oyalarining konsteptual o’zagini to’rt asosiy element tashkil etadi:
• qonun oldida barchaning tengligi g’oyasi;
• rastionallik g’oyasi (fon Xayek o’z gipotezasshsh ilgari surishda mana shu g’oyaga tayangan);
• bag’rikenglik (tolerantlik) g’oyasi;
• tarixiylik g’oyasi, ya’ni muammolarni kelajakda (kommunizm) yoki o’tmishda (tradistionalizm) emas, shu bugun, xozir hal qilishga intilish.
Hozirgi zamon liberalizmining klassik namoyandasi R. Dvorkin kxqorida sanab o’tilgan liberal g’oyalar majmui, shu jumladan bozor shrtsodi (yoki «katallaktika»)ni «liberal dasturlar o’zagining tub prinstipi» xisoblanuvchi tenglik konstepstiyasi (yoki gipotezasi)ning xosilasi deb e’tirof etadi.
F. fon Xayekning mashhur ustozi Lyudvig fon Mizes iqtisodiy liberalizmning bosh nazariyotchisidir. U iqgisodiy liberalizm nazariyasida ilgari surgan teran gipotezaga asosan, kishilik jamiyatida ijtimoiy borliqning iqgisod sohasidagi absolyut asoslari quyidagilardir:
-mehnatning bo’linishi;
-shaxsiy mulqstorlik;
-erkin ayirboshlash.
L. fon Mizesning fikricha, liberalizmgina birdan-bir aqlga muvofiq iqtisodiy siyosatdir. Bozor xo’jalik yuritishning eng samarali tizimi sifatida iqtisodiy o’sish uchun eng qulay sharoitlar yaratadi.
Klassik iqtisod nazariyasi foydalilikning eng katta darajasini ko’rib chshdnshda tovar qiymatini aniqpash uchun insonning buyumga munosabatini, har xil ne’matlarning foydaliligiga shaxs tomonidan berilgan sub’ektiv bahoni tanladi. Iqtisod nazariyasida bunday yondashuv marjinalistik metod deb ataladi. U iqtisod nazariyasiga oid zamonaviy darsliklarda «Robinzon va iqtisod» deb atalgan ajoyib gipoteza asosiga qurilgan.
Bu qiziqarli gipotezaga asosan, biron-bir ne’mat birligining qimmati mazkur birlik yordamida qondiriluvchi ehtiyojning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi. Masalan, Robinzon - sof gipotetik nuqtai nazardan — chuchuk suv manbai bo’lgan odam yashamaydigan orolga tushib qoldi, deb faraz qilaylik. Ichish va ovqat pishirish uchun Robinzonga har kuni 3 l suv kerak bo’lsin. Yuvinish, idish-tovoq, kir-chir yuvish, tomorqani sug’orish uchun unga tagin 12 l suv kerak. Binobarin, Robinzon har kuni 15 l suv iste’mol qiladi. Manba har kuni 100 l suv chiqaradi deb faraz qilsak, 85 l suv ortib qoladi. Xo’sh, Robinzon uchun 1 l suvning qimmati qanchaga teng? Ko’rsatilgan shartlarda u nolga yaqin, chunki 1 l suv ishlatilganidan so’ng tag’in 99 l suv qoladi, bu esa unga kerak bo’lgan miqdordan ancha ko’pdir. Endi suvning qurishi natijasida manba xar kuni atigi 15 l suv bera boshladi, deb faraz qilaylik. Robinzon bu holda ham o’z ehtiyojlarini to’la qondiradi, ammo endi 1 l suvning yo’qolishi ham ma’lum muammolar tug’dirishi mumkin. Manba qurib borgani sari Robinzonuchun har bir litr suvning qimmati ortib boradi.
Birinchi birlik (bizning misolda—bir litr suv) cheksiz baland qimmatga ega. Tabiiyki, manbadagi bor suv ham yaxlit bir butun narsa sifatida xuddi shunday baland qimmatga ega. Keyingi bir necha birliklarning qimmati ham juda baland, ammo keyin suvning yangi-yangi litrlarining qimmati kamayib boradi. Shu bilan birga, ichilgan suv qolgan suvdan sira farq qilmasligi xam oydek ravshan. Shuning uchun ham Robinzonning chanqovini bostiradigan bir litr suvni alohida turkumga ajratish va uni behad cheksiz qimmatga ega deb e’tirof etish mumkin emas. Ne’matlarning bir xil birliklari har xil kimmatga ega bo’lishi mumkin emas, zero, har qaysi birlikni boshka birlik bilan osongina almashtirish mumkin.
Mamlakatning yaqin istiqbolga (kelgusi yilga yoki yakin bir necha yilga) mo’ljallangan byudjeti ham iqtisodiy gipotezaga qizikarli misol bo’la oladi: u yoki bu demokratik mamlakatning hukumati byudjet loyihasini parlamenttaqonun sifatida ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etar ekan, u, mohiyat e’tibori bilan, ehtimol tutilgan iqtisodiy rivojlanish hakida gipotezani ilgari suradi. Bunday loyiha da keltirilgan raqamlar, hisob-kitoblar, grafiklar, foizlar, sxemalar gipotetik, ehtimoliy, taxminiy xususiyatga egadir. Loyiha bir necha marta qayta ishlanib, maromiga etkazilganidan so’ng parlament byudjetni tasdiqlaydi. Ammo, davlat qonuniga aylanganidan keyin ham byudjet haqiqatnamo gipoteza bo’lib qoladi. Zotan, biron-bir, hatto eng mufassal loyihada xam barcha omillarni e’tiborga olish mumkin emas, shuning uchun ^am bu gipoteza iqtisoddagi real ahvolga qay darajada yaqin kelganini faqat hayotning o’zi, iqtisodiy-xo’jalik faoliyati amaliyoti ko’rsatib berishi mumkin. Bunday gipotezalarning evristik qimmati oydek ravshan ko’rinib turadi.
Har qanday inson o’zining kundalik xayotida, bozorga muttasil bog’liqpik sharoitlarida maxalliy iqtisodiy gipotezalarini ilgari suradi: oila byudjetini qay yo’l bilan oqilona va samarali sarflasa bo’ladi, o’z shaxsiy jamgarmalarini nimaga joylashtirgan ma’qul — akstiyalargami, ko’chmas mulkkami yoki biror qimmatbaho buyumgami va h.k. Bunday ko’p sonli gipotezalar negizida hayotiy tajriba va sog’lom fikr, Maykl Polani shaxs bilimi deb atagan bilim yotadi. Shaxsning yuqorida zikr etilgan gipotezalarida o’z farovonligini oshirishga bo’lgan umid, a^lga muvofiq tavakkal elementi ko’rinadi, mazkur gipotetik bilimni ro’yobga chiqarish esa shaxsning qobiliyati, mehnatsevarligi, tirishqokligi, ijodiy salohiyatiga bog’liqdir.
Iqtisod fanida olim gipotezalarni ko’rib chiqishdan iqtisodiy nazariya tuzishga o’tar ekan, u ma’lum konsteptual sxemadan - o’rganilayotgan ob’ektlarning tabiati haqidagi gipoteza va farazlar majmui hamda mavjud nazariy xulosalardan foydalanadi. Gipotezadan nazariyaga o’tishda konsteptual sxemadan to’g’ri foydalanish tadqiqotchilarning ijodiy qobiliyati namoyon bo’lishi uchun real imkoniyat yaratadi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Bor M.Z. Osnovû ekonomicheskix issledovaniy. Logika, metodologiya, organizastiya, metodika. M.: «DIS», 1998.
2. Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.X, Jo’raev T. Iqtisodiyot nazariyasi (o’quv qo’llanma) T.: 2002.
3. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. – T.: IPÖ «Yangi asr avlodi», 2004.
4. V poiskax novoy teorii: Kniga dlya chteniya po ekonomicheskoy teorii s problemnûmi situastiyami: Uchebnoe posobie/Pod red. A.G.Gryaznovoy i N.N.Dumnoy. – M.: KNORUS, 2004.
5. Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.E. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. T.: 2002.
6-MAVZU. BOZOR IQTISODIYoTI NAZARIYaSI SIFATIDAGI «EKONOMIKS»NING XUSUSIY USULLARI
Reja:
1. Bozor munosabatlarini tahlil qilishning boshlang’ich tamoyillari.
2. So’nggi qo’shilgan miqdor usuli.
3. Mikro- va makroiqtisodiy tahlil.
4. Miqdoriy tahlil usullari.
1. Bozor munosabatlarini tahlil qilishning boshlang’ich tamoyillari.
Har qanday iqtisodiy tizim iqtisodiy tashkil etishning umumiy muammolari, ya’ni nima, qanday qilib va kim uchun ishlab chiqarishni hal etishga yo’naltirilgan. Biroq har bir iqtisodiy tizim bu muammolarni o’z holicha, mazkur tizimning amal qilishi uchun xos bo’lgan usul va tamoyillardan kelib chiqqan holda hal etadi.
Bozor tizimi uchun talab va taklif, narxning tashkil topishi, erkin raqobat mexanizmlari vositasida amalga oshiriladigan iqtisodiy jarayonlarning o’zini-o’zi tashkil etishi va o’zini-o’zi tartiblashi xosdir. Bu mexanizmlar bozor iqtisodiyotining asosini tashkil etuvchi tamoyil va institutlar bilan bevosita bog’liqdir. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) xususiy mulkchilik; 2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 3) xulq-atvorning bosh motivi sifatidagi xususiy manfaat; 4) raqobat; 5) narx tashkil topishining bozor tizimi; 6) davlat rolining cheklanishi.
«Sof kapitalizm» (laissez faire) bozor tizimining mazkur belgilari real hayotda, ayniqsa hozirgi davrda hech qachon mavjud bo’lmagan. Shunga ko’ra, bu model ma’lum darajada ideal hisoblanadi, biroq uni ko’rib chiqmay turib, bozor tizimining amal qilish mexanizmini ochib berib bo’lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi sifatida «Ekonomiks» aynan bozor tizimning tashkil topish modellari, tamoyillari va amal qilish mexanizmlarini tadqiq etadi. Bunda «ekonomiks» iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etishda funkstional yondashuvni amalga oshiradi, ya’ni yuzaki iqtisodiy shakllarni, ular o’rtasidagi funkstional aloqalarni tahlil etishga e’tiborni jamlaydi. Bu bozor aloqalarini tahlil qilishning boshlang’ich tamoyillarini hamda tadqiqotning xususiy usullari majmuini belgilab beradi.
Bozor munosabatlarining boshlang’ich tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Tahlil tashqi iqtisodiy shakllar bilan cheklanib, ular ortida yashiringan chuqur aloqalar o’rganilmaydi.
2. Iqtisodiy qonunlarning ob’ektiv tavsifi inkor etilib, ularning talqini sub’ektiv-psixologik nuqtai nazardan amalga oshiriladi. «Abadiy» va «tabiiy» deb izohlanuvchi iqtisodiy qonunlarning tarixiy tavsifi inkor etiladi.
3. Iqtisodiy qonunlarning ijtimoiy tavsifi inkor etiladi, ularni faqat muayyan individ, korxona yoki firma uchun ahamiyatga ega bo’lgan sabab-oqibat aloqalari orqali tushuntiriladi.
4. Bozorning tahlili mikroiqtisodiy nazariya nuqtai-nazaridan amalga oshirilib, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar esa mikro- ko’rsatkichlarning shunchaki yig’indisi sifatida ko’rsatiladi.
5. Muomala sohasining jamiyat iqtisodiy hayotidagi belgilovchi roli to’g’risidagi ayirboshlash konstepstiyasi ilgari suriladi. Iqtisodiy qonun tushunchasi faqat muomala sohasi doirasi bilan chegaralanadi.
6. Neoklassik maktab klassik maktab (A.Smit va D.Rikardo) bilan aloqani uzib, o’zining shaxsiy nazariy asosini ishlab chiqadi, noiqtisodiy hodisalar (psixologik, biologik, ahloqiy, tarixiy, huquqiy va h.k.)ni keng jalb etadi.
7. Bozor vositasida tartibga solish kapitalistik iqtisodiyotni inqirozsiz rivojlanishini ta’minlay oladi, degan qoidani ilgari suradi.
8. Kapitalizmning iqtisodiy inqirozlar, ishsizlik, ishlab chiqarish anarxiyasi, jamiyatning boylar va qashshoqlarga tabaqalanishi kabi ziddiyatlarini tabiiy deb hisoblanadi. Ularni kapitalizmni takomillashtirish orqali bartaraf etish mumkin, deb hisoblanadi («xalq», «rejali», «tashkil etilgan», «demokratik» kapitalizm konstepstiyalari).
9. Ham kapitalistik, ham sostialistik tuzumlardan farqlanuvchi kapitalizm transformastiyasi konstepstiyasi ilgari suriladi («industrial», «postindustrial», «superindustrial», «texnotron», «programmalashtirilgan», «poststivilizastion», «postburjua», «umumiy iste’mol jamiyati» nazariyalari).
Mazkur tamoyillarni amalga oshirishning misoli sifatida qiymat muammosini keltirish mumkin. Eng keng tarqalgani qiymat nazariyasining neoklassik yo’nalishi hisoblanadi. Bu yo’nalishning asoschisi bo’lib Kembridj universiteti iqtisodiyot fanlari professori A.Marshall, taniqli namoyondasi bo’lib amerikalik iqtisodchi P.Samuelson hisoblanadi.
Marshall qiymat muammosi bo’yicha cheksiz bahslashuvni samrasiz deb hisoblab, mehnatning qiymat nazariyasini so’ngi qo’shilgan foydalilik nazariyasi bilan, shuningdek, talab va taklif nazariyasini ishlab chiqarish xarajatlari bilan birlashtirishga urindi. Natijada narxning kengaytirilgan nazariyasini ishlab chiqdi. Tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan abstrakt mehnati sifatidagi qiymatning mavjudligini inkor etgan holda, Marshall haqiqatda faqat narxlar, bir tovarlarning boshqalari yoki pulga ayirboshlash mumkin bo’lgan nisbatlar mavjud bo’lishini ta’kidlagan. Shunday tarzda, «qiymat» kategoriyasining mohiyatini tashkil etuvchi kishilar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ayirboshlashdagi narsalar o’rtasidagi munosabatlar bilan almashtirib, u asosiy e’tiborni mazkur iqtisodiy kategoriyaning mazmuni hamda boshqa kategoriyalar bilan sabab-oqibat bog’liqliklarini tushuntirishga emas, balki turli hodisalar o’rtasidagi tashqi funkstional bog’liqliklarni o’rnatishga qaratdi. Agar klassik iqtisodiyot nazariyasining diqqat markazida qiymat tursa, ekonomiksning mantiqiy sxemasi markazida narx va narxning tashkil topishi turadi.
Xuddi shunday tarzda «pul» kategoriyasini ta’riflashda g’arb iqtisodchilari umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovar sifatidagi mohiyatdan emas, balki «likvidlilik» darajasidan, ya’ni bevosita tovarlarga ayirboshlana olish qobiliyati darajasidan kelib chiqadilar. Natijada hosil bo’lgan pul agregatlari faqat to’lov vositalarini emas, balki «potenstial» pullarning turli elementlari – jamg’arma, qimmatli qog’ozlar va h.k.larni ham o’z ichiga oladi. Shu bilan birga, pulning qaysi vazifasini asosiy deb hisoblashdaridan kelib chiqqan holda uni turli mualliflar turlicha ta’riflaydilar.
Ekonomiks «kapital» kategoriyasining mohiyatiga ham chuqur kirmaydi. Agar klassiklar kapitalni kishilar o’rtasidagi munosabat asosida o’z-o’zidan o’suvchi qiymat sifatida ta’riflasa, ekonomiks kapitalning yaqqol namoyon bo’luvchi xossasi – uning foiz ko’rinishida pul daromadi keltirish qobiliyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun diqqat markazida foyda (ishlab chiqarish) turuvchi klassik siyosiy iqtisodga qarama-karshi o’laroq, kapitalning zamonaviy nazariyalari asosini foiz tashkil etadi. Kapitalning g’arbga oid konstepstiyasining mohiyati shundaki, ishlab chiqarish va kapitalistik daromadni o’zlashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari kapitalning buyumlashgan shaklini tashkil etuvchi ob’ektlarning fizik yoki texnik-iqtisodiy xossalaridan keltirib chiqariladi. Kapital umumiy, tarixdan tashqaridagi kategoriya sifatida namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, ekonomiks ishlab chiqarish munosabatlarining ijtimoiy jihatlaridan ko’z yumib, diqqat e’tiborni funkstional aloqalar va miqdoriy tahlilga qaratadi.
Ekonomiks nazariy tuzilishining asosiy metodologik tamoyillarini ko’rib chiqamiz.
2. So’nggi qo’shilgan miqdor usuli.
So’ngi qo’shilgan foydalilik (ekonomiks barcha yo’nalishlarining asosiy metodologik tamoyillaridan biri hisoblanuvchi marjinalizm – fr. marginal – chegaraviy ma’nosini anglatadi) nazariyasining asoschisi bo’lib nemis iqtisodchisi G.Gossen (Genrix) (1810-1858 gg.) hisoblanadi. U mazkur nazariyaga matematik ifoda bergan matematik maktabning ilk namoyandalaridan biridir. Biroq bu nazariya Avstriya maktabi iqtisodchilari K.Menger, F.Vizer, E.Bem-Baverklarning asarlarida to’laroq bayon etilgan. So’ngi qo’shilgan naflilik nazariyasi matematik yo’nalishining rivojlanishiga shuningdek ingliz olimi U.Djevons va franstuz olimi L.Valras katta hissa qo’shgan.
Bu nazariyaga ko’ra, har qanday moddiy ne’matning qadri tovarda gavdalangan ijtimoiy-zaruriy mehnatning ifodasi sifatidagi qiymat bilan emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tavsifidan qat’iy nazar bu ne’mat keltiradigan naf orqali aniqlanadi.
Shu bilan birga, buyumlarning nafliligi deganda ularning u yoki bu ijtimoiy ehtiyojni qondirishdan iborat ob’ektiv xususiyati emas, balki har bir iste’molchi tomonidan sub’ektiv ravishda aniqlanuvchi so’ngi qo’shilgan, chegaraviy, ya’ni muayyan turdagi buyumlar zaxirasidagi so’ngi nusxasi keltiruvchi eng kam nafliligi tushunilanadi. Sub’ektiv naflilik inson va buyumlar o’rtasidagi munosabatni aks ettiradi.
K.Makkonnell shunday deb yozadi: «Naflilik - bu sub’ektiv tushuncha. Bir shisha arzon vino daydi-alkogolik uchun nisbatan katta naflilikka ega bo’lishi va ayni paytda hushyorlar jamiyati mahalliy bo’linmasining prezidenti uchun nol yoki manfiy naflilikka ega bo’lishi mumkin».[3]
yoki
bu erda (MU – marginal utility).
So’ngi qo’shilgan naflilik miqdorini o’lchash vositasini izlab, Bem-Baverk besh qop doni bo’lgan alohida «xo’jalik yurituvchi sub’ekt»ga murojaat qiladi. Bu qopdagi donlardan birinchisi unga ochlikdan o’lmaslik uchun, ikkinchisi – ovqatlanish sifatini yaxshilash uchun, uchinchisi – chorvani boqish uchun, to’rtinchisi – aroq tayyorlash uchun, beshinchisi – vaqtichog’likda to’tiqushlarni boqish uchun zarur bo’ladi. Eng oxirgi, egasi uchun eng oz naflilik keltiruvchi beshinchi qop har bir qopdagi donning qadrini belgilab beradi. Beem-Baverk shunday xulosa qiladi: «Buyumning qadri mazkur buyumning so’ngi qo’shilgan nafliligi miqdori orqali o’lchanadi. Bu qoida bizning qiymat nazariyamizning markaziy nuqtasi hisoblanadi». (E. Bem-Baverk. Osnovû teorii stennosti xozyaystvennûx blag. L., 1929, s. 30).
Shunga ko’ra, tovarlar qanchalik ko’p bo’lsa, ularga bo’lgan ehtiyojning «qondirilish darajasi» shunchalik yuqori, konkret naflilik va qiymat shunchalik past bo’ladi va aksincha.
Shu o’rinda, mazkur sub’ektiv o’zgaruvchi tovar qiymatini qanday aniqlaydi, degan savol tug’iladi. Beem-Baverk sub’ektiv va ob’ektiv qiymatni farqlaydi. Sub’ektiv qiymat – bu tovarni iste’molchi va sotuvchi tomonidan shaxsiy baholash hisoblansa, ob’ektiv qiymat – bu bozordagi sub’ektiv baholarning o’zaro ta’siri ko’rinishidagi raqobat davomida shakllanuvchi ayirboshlash nisbatlari, narxlardir.
So’ngi qo’shilgan naflilikning asosiy modeli – Menger shkalasi qiymatning paydo bo’lishi mexanizmida ne’matlarning umumiy va konkret nafliligini birlashtiradi. Rim raqamlari – umumiy naflilikni, arab raqamlari – aniq naflilikni ifodalaydi.
10 9 8 7 6 5 4 3 2 1
9 8 7 6 5 4 3 2 1 -
8 7 6 5 4 3 2 1 - -
7 6 5 4 3 2 1 - - -
6 5 4 3 2 1 - - - -
5 4 3 2 1 - - - - -
4 3 2 1 - - - - - -
3 2 1 - - - - - - -
2 1 - - - - - - - -
1 - - - - - - - - -
Kamayib boruvchi naflilik tamoyili (Gossenning birinchi qonuni) bo’yicha tuzilgan bu shkala nima uchun nisbatan kam umumiy naflilik ko’proq qiymatga ega bo’lishini (har bir ne’matning naflilik shkalasidagi o’rni va undagi ehtiyojlarning to’yinish darajasi bilan izohlanadi) tushuntirib beradi. Shuningdek, bu shkala turli ko’rinishdagi ne’matlar so’ngi qo’shilgan nafliligini baravarlashtirish tamoyili (Gossenning ikkinchi qonuni) bo’yicha iste’molchining optimal tanlovini ko’rsatadi. Zero, shkalaga kiritilgan barcha ne’matlar bir xil narxga ega bo’lib, cheklangan xarid fondiga ega bo’lgan iste’molchi so’ngi qushilgan nafliklarning tengligi sharoitida o’z ehtiyojlarini qondirishning yuqori darajasiga erishadi.
Amerikalik iqtisodchi P.Samuelson iste’mol qiymatlarini o’zaro taqqoslab bo’lmasligini tan olgan holda, turli tovarlarning so’ngi qo’shilgan nafliligini ularning narxiga nisbatini taqqoslaydi va bu orqali 1 dollarlik daromadga to’g’ri keluvchi o’rtacha so’ngi qo’shilgan naflilikni keltirib chiqaradi. Bu «bir dollarga to’g’ri keluvchi so’ngi qo’shilgan nafliliklarning tengligi qonuni»ni ham anglatadi. Bu qonunning mohiyatini Samuelson iste’molchi o’z daromadiga turli tovarlarni xarid qilish orqali o’z iste’moli tarkibini shunday shakllantiradiki, bunda har bir xarid qilingan tovar unga o’z narxiga mutanosib bo’lgan so’ngi qo’shilgan naflilik keltiradi. Iste’molchi muvozanatining bu muhim sharti so’ngi qo’shilgan naflilik va narxning quyidagi ifodalarida namoyon bo’ladi:
bu erda MU – marginal utility (so’ngi qo’shilgan naflilik), P – price (narx)
«So’ngi qo’shilgan naflilik» nazariyasi tovarlar qiymatini ularning foydali xossalari, ya’ni iste’mol qiymatlari bilan ayniylashtiradi. Biroq naflilik (shu jumladan so’ngi qo’shilgan naflilik ham) qiymatning asosi bo’la olmaydi, chunki tovarlarning iste’mol qiymatlari sifat jihatidan turlicha hisoblanadi va taqqoslab bo’lmaydi.
So’ngi qo’shilgan naflilik nazariyasining yana bir ko’rinishi bo’lib boshqa chegaraviy miqdorlar – ishlab chiqarish omillarining so’ngi qo’shilgan unumdorligi, so’ngi qushilgan xarajatlar, so’ngi qo’shilgan daromad va h.k.lar bo’lib, ular yagona metodologik prinstip – marjinalizmga birlashtirilgan.
Marjinalizm o’zining chegaraviy tahlili bilan firma strategiyasini optimallashtirish doirasida ishlab chiqarishning muhim texnikaviy-iqtisodiy proporstiyalarini aks ettirib, ishlab chiqarish xarajatlarining rastional tarkibini aniqlashning samarali usuliga aylandi. Qiymatdan farqli o’laroq, narxlarga barcha omillar ta’sir ko’rsatadi. Anna shu «barcha» omillar ekonomiksning tadqiqot predmeti hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi ekonomiks, shu jumladan marjinalizmning metodologiyasidan foydalana olishni taqozo etadi. Bu metodologiyaning mazmuni har qanday iqtisodiy qarorni qabul qilish asosida rastional tanlov yotishi, bu tanlovni mazkur qarorni amalga oshirish natijasida kelib chiquvchi zaruriy chegaraviy sarflar va chegaraviy daromadlar belgilab berishida namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, funkstional aloqalarni xar tomonlama o’rganib turib, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyati to’g’risida unutmaslik kerak. Ya’ni, mazkur funkstional aloqalar ortida yashiringan sabab-oqibat bog’liqliklarini ham ochib berish lozim.
3. Mikro- va makroiqtisodiy tahlil.
Iqtisodiy fanda iqtisodiy tizimning quyidagi darajalari farqlanadi: mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, global iqtisodiyot. Muvofiq ravishda iqtisodiy tahlil usullari ham farqlanadi.
Mikroiqtisodiy tahlil firmalar amal qilishining ichki jarayonlarini, alohida iqtisodiy sub’ektlarning xulq-atvorini tadqiq etishga qaratilgandir. Mazkur tahlilning diqqat markazida alohida tovarlarning narxlari, sarf-xarajatlar, kapital, narx va mehnat motivastiyasining vujudga kelishi shakl va mexanizmlari yotadi. Bu tahlil minimum va maksimumni o’rnatish usuli, ya’ni chegaraviy tahlildan foydalanishni taqozo etadi. Mikroiqtisodiy tahlilning boshqa bir jihati – ishlab chiqarish agentlarining o’zaro munosabatlarini tavsiflovchi tashqi aloqalarni tadqiq etish hisoblanadi. Bu erda muvozanat kategoriyasi ustun hisoblanadi.
Makroiqtisodiy tahlil tarkib topgan makroproporstiyalar asosida yaxlit milliy iqtisodiyotning amal qilishini tadqiq etish bilan shug’ullanadi. Bu tahlilning ob’ekti bo’lib milliy mahsulot, narxlarning umumiy darajasi, inflyastiya, bandlik hisoblanadi.
Amerikalik iqtisodchi F.Maklup mikroiqtisodiyotni muvozanat nazariyasi, makroiqtisodiyotni esa dinamika va o’sish nazariyasi sifatida baholaydi. Biroq, mikro- va makroiqtisodiyotga ajratish tadqiqot predmetiga taalluqli ekanligi, yoki bunday bo’linish tadqiqotning ikkita turli usullarni ifoda etishi to’g’risida munozaralar ketadi. Keyingi holatda alohida firmalarning faoliyatini o’rganishga yo’naltirilgan tahlil jamiyatdagi yaxlit holda ro’y berayotgan barcha iqtisodiy jarayonlarni ko’rib chiqish uchun boshlang’ich punkt bo’lib xizmat qiladi. Jamiyat firmalarning yig’indisi, majmui sifatida ifodlanib, unga alohida firmalarni o’rganish (mikrotahlil) asosida chiqarilgan xulosalar tegishli bo’ladi. Shunga ko’ra, agregirlash muammosi katta rol o’ynaydi, chunki makroo’zgaruvchilar mikroo’zgaruvchilarning agregati sifatida qaraladi.
Mikrotahlil asosan «tadbirkorlik erkinligi» tarafdorlari, neoliberallar va neoklassiklar tomonidan boshlang’ich tahlil sifatida qo’llaniladi. Masalan, muhim makroiqtisodiy kategoriya bo’lgan YaMM individual daromadlarning summasi sifatida ifodalanadi. Bunda har qanday faoliyat daromad manbai sifatida qaraladi. Mikronazariya qiymat nazariyasi (so’ngi qo’shilgan naflilik nazariyasi) va taqsimot nazariyasi (ishlab chiqarish omillari nazariyasi va zimmasiga tushuvchi xarajatlar nazariyasi)da etkachi o’rin tutadi.
Biroq, kapitalistik iqtisodiyotda ro’y berayotgan o’zgarishlar mikrotahlilning ma’lum evolyustiyasini, ya’ni – alohida firmalarni tadqiq etishdan tortib nafaqat bir mamlakat ichida, balki uning tashqarisida ham chambarchas bog’langan yirik monopoliyalar, gigant korporastiyalarning tahliliga qadar bo’lgan evolyustiyasini keltirib chiqaradi. Mikrotahlil doirasida iqtisodiyot nazariyasining yirik biznes uchun tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat bo’lgan amaliy funkstiyasi rivojlanadi.
Tadqiqotlarning mikro- va makroiqtisodiyotga ajratilishi J.M.Keynsning «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 y.) asaridan keyin g’arb adabiyotlarida umume’tirof etildi. Keyns makroiqtisodiyotning asoschisi hisoblanadi. Biroq, makroiqtisodiy yondashuvni Keynsga qadar ko’plab iqtisodchilar qo’llaganlar. Franstuz iqtisodchisi F.Kenening mashhur iqtisodiy jadvali makroiqtisodiy modelning dastlabki yakunlangan namunasi hisoblanadi. Shuningdek, K.Marks ham ko’plab makromodellar – takror ishlab chiqarish sxemasi, yalpi kapitalning doiraviy aylanishi, ishlab chiqarish narxi sxemasi va boshqalardan foydalangan. X1X asrda paydo bo’lgan stikllar nazariyasi ham makroiqtisodiy yondashuv to’g’risida guvohlik beradi. Shunga ko’ra, Keyns faqat mazkur nazariy yo’nalishning rivojlanishiga impuls bergan xolos.
Ishlab chiqarish ijtimoiy tavsifining kuchayishi va kapitalistik takror ishlab chiqarish ziddiyatlarining chuqurlashuvi aynan makroiqtisodiy yondashuvni taqozo etadi. Iqtisodiy tahlilda makro ko’rsatkichlardan foydalanishning samaradorligi ularning vaqt davomida sekin-asta o’zgarib borishga nisbatan barqarorligi bilan izohlanadi. Faqat makroko’rsatkichlar yordamidagina asosiy iqtisodiy nisbatlar va qonuniyatlarni shakllantirish mumkin. Makroiqtisodiyot o’zining qonunlariga ega bo’lgan maxsus fan sifatida shakllandi. Makroiqtisodiyotning kengayishi iqtisodiyot nazariyasi amaliy funkstiyasining rivojlanishi, ya’ni iqtisodiy siyosatning ishlab chiqilishi, uning natijalarini o’rganish va umumlashtirish, iqtisodiy rivojlanish prognoz va dasturlarining ishlab chiqilishi bilan bog’liq. Makro tahlil «tartibga solinuvchi kapitalizm»ning barcha zamonaviy nazariyalari – neokeynschilik, dirijizm, «rejali kapitalizm» va boshqalar uchun xosdir. Makrotahlilning qo’llanilishi bilan iqtisodiy tadqiqot sohalari kengayib, statistik ma’lumotlar keng qo’llanila boshladi. Matematik usullardan foydalanish, iqtisodiy-matematik model va prognozlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
Makroiqtisodiy modellar, iqtisodiy modellarning bir ko’rinishi bo’lib, iqtisodiy tizimning tarkibi va dinamikasini sintetik umumlashtiruvchi, asosan qiymat tavsifiga ega bo’lgan ko’rsatkichlar orqali tahlil qilishga mo’ljallangan. Makroiqtisodiy modelning klassik namunasi bo’lib Xarrod-Domarning o’sish modeli hisoblanadi.
Mikroiqtisodiy modellar – yaxlit iqtisodiyot yoki uning alohida qismlarining rivojlanishini aks ettiruvchi hamda boshlang’ich ko’rsatkichlar va o’zgaruvchilar sifatida mikroiqtisodiy tavsifdagi (resurs va mahsulotlar alohida turlarini ishlab chiqarish miqdori va xarajatlari, ularning shaxsiy va ijtimoiy iste’moli hajmi va h.k.) ko’rsatkichlarga ega bo’lgan model. Mikroiqtisodiy modellar ham xo’jalik jarayonlarini boshqarishning amaliy vazifalarini hal etishda, ham nazariy jihatdan tahlil qilishda qo’llanilishi mumkin. Nazariy tadqiqotlarda qo’llaniluvchi eng keng tarqalgan mikroiqtisodiy modellardan quyidagilarni ko’rsatish mumkin: xalq xo’jaligini optimallashtirish modellari, muvozant modellari, imitastion modellar va h.k.
Keyingi yillarda mikro- va makroiqtisodiy tahlilning yaqinlashuvi kuzatilmoqda. Shunday urinishlardan biri P.Samuelsonning neoklassik sintezi hisoblanadi. K.Makkonnell shunday yozadi: «Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotga ajratilgan tushunchalarni iqtisodiy fan alohida qismlarga aniq ajratib qo’yilgan, uning har bir mazusmni yoki mikro yoki makroiqtisodiyotga kiritish mumkin, deb tushunmaslik kerak. Iqtisodiyotning ko’plab mavzu va bo’limlari bir vaqtning o’zida har ikkala sohaga ham taalluqli bo’lishi mumkin».[4] Masalan, bundan 15-20 yil oldin ishsizlikka ustun ravishda makroiqtisodiy muammo sifatida qaralar edi (ishsizlik ko’proq yalpi sarflarga bog’liq). Endilikda iqtisodchilar ishsizlik darajasini aniqlashda muayyan tovar bozori va ishchi kuchi bozorining amal qilish usuli hamda ishchilarning o’z ishlarini o’zgartirishlari borasida yakka tartibda chiqargan qarorlari muhim ahamiyatga egaligini tan oladilar.
Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o’zaro shartlangan va uzviy jihatdan o’zaro bog’liq hisoblanadi.
4. Ekonomiksning boshqa usullari.
Agregatlash usuli. Makrodarajadagi bozor iqtisodiyoti narsalar to’plami, majmui yoki agregatlar bilan ish ko’radi. Agregatlash usulini qo’llamasdan makroiqtisodiy tahlilni amalga oshirish mumkin emas.
Agregatlash – bu alohida qismlarni yaxlit bir butun holda birlashtirish jarayonidir. Masalan, mamlakatning alohida bozorlari milliy bozorga birlashadi, tovar va xizmatlarning barcha narxlari narx darajasida, barcha tovar va xizmatlar majmui esa milliy ishlab chiqarishning real hajmida mujassamlashadi.
Agregatlash yordamida hosil qilingan to’plamlar – bu shunchaki iqtisodiy birliklarning yig’indisi emas, balki o’z tavsiflari va qonuniyatlariga ega bo’lgan mustaqil iqtisodiy kategoriyalarni ifoda etuvchi yaxlit tuzilmalar hisoblanadi. Masalan, jami kapitalni tavsiflab, K.Marks bu individual kapitallarning oddiy yig’indisi emas, balki ular doiraviy aylanishining uzviy bog’liqligini anglatuvchi yangi sifat ekanligini ta’kidlagan. Doiraviy aylanishsiz esa kapitallar mavjud bo’la olmaydi. Individual kapitalni tahlil qilishda mahsulotni sotish shartlarini e’tiboga olmay turish mumkin. Jami kapitalni tahlil qilishda esa alohida korxonalar o’rtasidagi aloqalar birlamchi ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish jarayoni faqat quyidagi shart-sharoitlar doirasida amalga oshishi mumkin:
- agar xar bir tadbirkor o’z tovarini sota olsa;
- agar barcha tadbirkorlar bozorda zarur bo’lgan ishlab chiqarish omillari – ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini topa olsalar;
- agar barcha ishchi va tadbirkorlar bozorda iste’mo buyumlarini topa olsalar. Shunga ko’ra, ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish sharti bo’lib eng avvalo jami ijtimoiy mahsulotni sotish shartlari hisoblanadi.
Oddiy takror ishlab chiqarishda |
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda |
I (c+v+m) = Ic + IIc II (c+v+m) = I (v+m) + II (v+m) I (v+m) = IIc |
I (c+v+m) > Ic + IIc II (c+v+m) < I (v+m) + II (v+m) I (v+m) > IIc |
Iqtisodiy aloqalar tizimini tashkil etgan holda makroiqtisodiyot o’zining o’lcham va ko’rsatkichlari yordamida mazkur tizimdagi har bir muayyan elementning sifat va miqdor jihatidan tavsifiga ehtiyoj sezadi. Asosiy makroiqtisodiy o’lchamlarga ijtimoiy mahsulotning yillik hajmi va milliy boylikning jamlangan hajmi kiradi.
Ijtimoiy mahsulotning yillik hajmi turli agregatlar orqali ifodalanishi mumkin: yalpi ijtimoiy mahsulot, sof ijtimoiy mahsulot, pirovard ijtimoiy mahsulot.
Jami ijtimoiy mahsulotning o’lchanishi milliy boylik balansiga asoslanadi. Uning o’ziga xos tomoni u shakllanuvchi iqtisodiy jarayonlarning ob’ektiv xususiyatlaridan kelib chiqadi. Mahsulot iste’molga yaroqli holga kelishidan oldin ijtimoiy mexnat taqsimoti tizimida iqtisodiy aylanishni amalga oshiradi. Bu sharoitda iqtisodiyotning bir bo’g’inidagi ishlab chiqarish natijalari boshqa bo’g’indagi boshlang’ich material sifatida maydonga tushadi. Oldingi bo’g’inlardagi mehnat sarflari bu o’rinda yangidan yaratilgan mahsulotlar moddiy sarfining bir qismi sifatida maydonga tushadi.
Jami ijtimoiy mahsulot iqtisodiy kategoriya sifatida butun iqtisodiyot miqyosida jamiyat tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlarning barcha yig’indisini namoyon etadi. Unda korxona va tarmoqlar o’rtasidagi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste’moli bo’yicha iqtisodiy munosabat negizida vujudga keluvchi aloqalarning butun majmui moddiylashadi. Bu ko’rsatkichsiz ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini asosiy iqtisodiy nisbatlarni hamda tarmoqlararo balans yordamida aniqlanuvchi ijtimoiy mahsulot qismlari tarmoqlararo oqimlarining o’zaro aloqalarini ochib berish va prognozlash nuqtai nazaridan tahlil qilish mumkin emas. G’arb mamlakatlarida «sarflar-natijalar» modelini ishlab chiqishga o’tilishi bilan mazkur mamlakatlarning xalq xo’jaligi amaliyoti jami mahsulot ko’rsatkichining kiritilishini taqozo eta boshladi.
w = c+v+m; JIM = O’Q+ZMQ+QMQ,
bu erda: JIM – jami ijtimoiy mahsulot;
O’Q – o’tkazilgan qiymat;
ZMQ – zaruriy mahsulot qiymati;
QMQ – qo’shilgan mahsulot qiymati.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish darajasi va aholining turmush darajasini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkich yalpi milliy mahsulot – YaMM hisoblanib, barcha pirovard tovar va xizmatlarning agregatlashgan hajmini namoyon etadi.
PIM=JIM – MS + A; PIM= (v + m) + A = SIM + A
Bu erda PIM – pirovard ijtimoiy mahsulot;
MS – moddiy sarflar;
A – amortizastiya;
SIM – sof ijtimoiy mahsulot.
YaMMni hisoblash milliy hisoblar tizimida ikkita qarama-qarshi oqim usullariga asoslanadi:
a) «tovarlar oqimi» usuli pirovard mahsulot oqimini pul orqali baholashdan kelib chiqqan holda YaMMni hisoblashni o’z ichiga oladi: shaxsiy iste’mol sarflari + tovar va xizmatlarning davlat xaridi + yalpi investistiyalar + sof eksport.
YaMM = S + G + Ig + Xn.
b) daromad yoki xarajatlar oqimi usuli: ish haqi + foyda + renta + foiz + bilvosita soliqlar + amortizastiya, qaysiki ular yig’indi holda jamiyat tomonidan pirovard mahsulotni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisoblanadi.
Birinchi usuldan ko’rinadiki, YaMMni hisoblashda oraliq tovarlar, ya’ni boshqa tovarlarni ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tovarlar inobatga olinmaydi. Bu ikkinchi usulda yanada yaqqolroq namoyon bo’lib, unda daromadlar summasi firma tomonidan sotilgan hamda boshqa firmalardan xarid qilgan material va xizmatlar o’rtasidagi farqni namoyon etuvchi qo’shilgan qiymatni tashkil etadi. O’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra qo’shilgan qiymat yangidan yaratilgan qiymatni namoyon etadi (v + m). G’arb iqtisodchilarining fikriga ko’ra, bunday usul mahsulotni agregatlashda ro’y beruvchi takroriy hisob muammosini hal etadi, chunki oraliq mahsulot hisobga olinmaydi. Biroq, barcha daromadlarning (ham asosiy, ham ularniqayta taqsimlash natijasida olingan hosilaviy daromadlarning) jamlanishi endilikda daromad tomonidan muqarrar ravishda takroriy hisobning paydo bo’lishiga olib keladi. Bu daromadlari YaMM tarkibiga kiruvchi tarmoqlar ro’yxatidan ko’rinadi. Masalan, P.Samuelson, YaMM tarkibiga moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi daromadlar bilan bir qatorda turar joylar egalarining daromadlarini, xizmat ko’rsatish, san’at sohasidagi daromadlarni, erkin kasb egalari, uy xizmatlari, manikyurchilar, hukumat a’zolari, cherkov, homiylik asosida faoliyat ko’rsatuvchi muassasalar daromadlarini, ya’ni hosilaviy daromadlarni ham kiritadi (qaralsin: Samuelson P. Op. cit. p. 191)
Ekonomiks quyidagi boshqa agregatlashgan ko’rsatkichlardan ham foydalanadi: yalpi talab – AD, yalpi taklif – AS, pul agregatlari – M0, M1, M2, M3 va boshqalar.
7-MAVZU. IJODIY BILISh JARAYoNIDA IQTISODIYoT NAZARIYaSINING TURLI YO’NALIShLARINI SINTEZ QILIShNING USLUBIY AHAMIYaTI
Reja:
1. Mehnat jarayoni va mehnat munosabatlarini tadqiqotining uslubiy muammolari.
2. Qiymat tushunchasining uslubiy muammolari.
3. Pul tushunchasining uslubiy muammolari.
1. Mehnat jarayoni va mehnat munosabatlarini tadqiqotining uslubiy muammolari.
Ilmiy tadqiqot jidstiy ijodiy, kreativ xususiyatga ega, zotan, u hamisha sirli, yangi va noma’lum soxaga yo’naltirilgan, ijod esa har qavday soxada odamlar hayotida yangi, ilgari ko’rilmagan narsalarni yaratishni nazarda tutadi. Ilmiy tadqiqot ijod sifatida izlash, razvedka qilish xususiyatiga ega bo’lib, yangi bilim olish va uni anglab etshpga yo’naltirilgandir. Ijodiy faollik, bilimgachanqsirshk, xaqiqatga, yangi, ob’ektiv bilimga intilish faol xayot pozistiyasiga ega bo’lgan yaratuvchi-olimning mohiyat-mazmunini tashkip etadi. Qobiliyati, xotirasi va ipgari olgan bilimlarinichinakam olim ilmiy izlanish, ijodga ongli ravshpda yo’naltiradi.
Ijodiy ilmiy izlanish izchil xususiyatga ega bo’lib, olimning tirishqoq aqliga noma’lum bo’lgan yangi bilimni anglab etishga yo’naltirilgandir. Ilmiy ijod ilmiy bilish metodlari, vositalari va shakllarining to’liq majmuiga asoslangan bo’lib, sistematik, professional xususiyatga ega. Yakka iste’dodlar davri o’tib ketdi - kompyuter inqilobi davrida ilmiy ijod bilan olimlar, mutaxassislar, fanning u yoki bu sohasi ekspertlarining ko’p sonli jamoalari profesoional shug’ullanadi.
Mehnatkash va bunyodkor insonning qobiliyatlari, iste’dodi va hatto dahosi ijodda o’zini o’zi ro’yobga chiqaradi. Yangi bilimni yaratish, o’stirish, haqqoniy ilmiy bilimni rivojlantirish ijodiy ilmiy izlanishning natijasidir. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi bilish, sub’ekt tomonidan o’rganilayotgan ob’ektning jihatlari, xossalari va qirralarini tadqiq qilish jarayonining falsafiy, umumilmiy vositalari, usullari, metodlari tizimini tashkil etadi. Fan va kishilik amaliyoti taraqqiyotining muxim sharti sifatida ilmiy ijodning vositalari, usullari va metodlarini antrtash ilmiy bilish va ijod epistemologiyasi va metodologiyasining muhim vazifasidir.
Olimning tanqidiy tafakkuri, ilmiy izlanishda tor pragmatik yondashuv, dogmatizm va relyativizmning mavjud emasligi ilmiy ijodning muxim komponenti, metodologik mo’ljalidir. Tanqidiy fikrlash ilmiy ijodning zarur elementi sifatida ilmiy g’oyalar, gipotezalar, faktlarni xar xil nuqtai nazardan, ilmiy tadqiqotning ichki mantig’i kontekstida va o’rganilayotgan ilmiy muammoga nisbatan barcha muqobil yondashuvlarga qiyosan faol ko’rib chiqish jarayoni demakdir. Ijodkor ilmiy xodim o’z ilmiy ishida tanqidiy fikrlash elementlaridan ongli ravishda foydalanib, u yoki bu g’oyalar, metodlar va yondashuvlar bilan tanishadi, ularni tanqidiy taqqoslaydi va ularni amalga oshirishning real oqibatlarini prognoz qiladi. Bunday yondashuv fanda ilmiy izlanish va kashfiyotning maqbul va eng samarali strategiyasini ishlab chiqishga ko’maklashadi.
Tanqidiy fikrlash g’oyalarni va to’plangan bilimni integrastiya va sintez qilish hamda qayta tushunib etish, yangi bilimni rivojlantirish bilan bog’liq murakkab ijodiy-kreativ jarayondir. Yangi ilmiy qarashlar va faktlarni baholashda ham tanqidiy fikrlash nuqtai nazaridan kelib chiqish ksrak: fanda ishonchga o’rin yo’q, ilmiy bilim dalil-isbotga tayanadi.
Karl Raymund Popper, ayniqsa, ilmiy ijod sohasida tanqidiy fikrlashning zarur elementi sifatida falsifikastii prostedurasi yoki fallibilizmni kiritdi. Falsifikastiya qilish (fallibilizm) prinstipini Popper fanni soxta fandan, aniq bilim va haqiqatni sub’ektning fikri yoki istagidan ajratish, demarkastiya qilish mezoni sifatida taklif qildi. Masalan, fallibilizm nuqtai nazaridan Evklid geometriyasi ilmiy nazariyadir, zotan, Lobachevskiy, Bolyan, Gauss va Riman tomonidan yaratilgan noevklstd geometriyalarining ko’p sonli variantlari Evklid geometriyasini inkor etdi.
Hozirgi zamon epistemologiyasi fallibilizm bilan bir qatorda, fanda tanqidiy va ijodiy fikrlashning qudratli vositasi - verifikastiyaga xam ega. Verifikastiya deganda ilmiy Qarashlarni sinovdan o’tkazish natijasidaularning haqqoniyligini aniqlash jarayoni tushuniladi. Verifikastiya prynstipiga ko’ra, ilmiy anglab etilgan har qanday qarashni (fakt, gipoteza, nazariya, teorema, lemma va hokazolarni) matematika va mantiq v ositalari bilan formalizastiya qilsa bo’ladigan protokolda belgilangan gaplar majmuiga bog’lash mumkin. To’g’ri ve rifikastiya - kuzatish va eksnerimentlarning ma’lumotlarini ta’riflovchi ilmiy qarashlarni bevosita tekshirish. Egri verifikastiya - ilmiy qarashlar, gapotezalar va nazariyalar o’rtasida formal-mantiqiy munosabatlar o’rnatish. Hozirgi zamon epistemologiyasi nuqtai nazaridan, verifikastiya ilmiy nazariyalarning raqobati va o’zaro ta’siri natijasidir. Masalan, hozirgi zamon kvant nazariyasi Lui de Broyl va Ervin Shredingerning to’lqinli mexanikasi, Verner Geyzenbergning matristali mexanikasi va Richard Feynmanning traektoriyalardagi integrallar nazariyasining sintezi bo’lgani uchun ham uni verifikastiya qilish mumkin.
Falsifikastiya vaverifikastiya bir-birini to’ldirib, olimning tanqidiy tafakkuriga, Ilmiy tadqiqot metodologiyasining negaziga kirib boradi. U ilmiy izlanigvda qaror qabul qilish va ilmiy bilish yo’llarini tanlashda mustaqil bo’lishga, avtoritetlar va dogmalarga e’tibor bermaslikka, ilmiy muammoni hal qilishga nisbatan o’z pozistiyasi va yovdashuvshsh ishlab chiqishga, o’z g’oyalari, fikrlari va qarashlarini ta’riflashga, ularni asosyai dalillash va isbotlashgao’rgatadi. Tanqidiy tafakkur ilmiy ijod jarayoniga ishonchli, aqlga muvofiq dalillarni kiritadi. Tanqidiy fikrlash olimlar o’rtasida ijodiy axborot almashishga ko’maklashadi, chunki unumli fikr almashish, ijodiy munozara qilshp, bag’rikenglik, boshqaning fikrini eshshshp, o’z ilmiy natijalarini tayuradiy baholashga o’rgatadi. Tanqidiy fikrlaydigan olim o’zi o’rganayotgan ilmiy muammoga nisbatan uning shaxsiy yondashuvvdan tashqari, mazkur muammoning boshqa echimlari ham bo’lishi mumkinligini yaxshi tushunadi.
Ilmiy muammoni to’gri qo’yish, tadqiqot vazifasi va maqsadini hamda mo’ljallanayotgan natijani aniq va qat’iy ta’riflash ilmiy ijodning negizi va xarakatlantiruvchi kuchvdir. Muammosiz, to’g’ri qo’yilgan, aniq ta’riflangan va tanqidiy tushunib etilgan vazifasiz ilmiy ijod, ilmiy izlanish va ilmiy bilimning o’sshpi mumkin emas.
Bilim bilan ob’ektning noma’lum qismi o’rtasidagi anglab etilgan ziddiyat, olimning ijodi xal qilish uchun yo’naltirilgan ixtilof muammo deb ataladi. Ilmiy muammoni qo’yish fanda izlanishning boshlanishidir. Ilmiy kashfiyot sodir bo’lgan va ilmiy tadqiqot jarayonida avval egallangan bilim asosida tushunib, talqin qilib va tushuntirib bo’lmaydigan bilim olingan hollarda fanda muammoli vaziyat yuzagakeladi; shuninguchun ham yangi bilimga extiyoj tug’iladi, ya’ni bilimning o’zi fanda muammolar va muammoli vaziyatlarni vujudga keltiradi. Bunday hollarda tanqidiy fikrlashning barcha usullari va vositalaridan ijodiy foydalanish, yangicha tushuntirish, tavsiflash yoki gipoteza taklif qilish, yangi nazariya yaratish, mavjud bilimning chegaralarini kengaytirish va chuqurlashtirishga harakat qilish zarur. Ilmiy muammoda yangi bilim olish masalasi, talabi o’z ifodasini topadi. Ilmiy muammo-bu bilimsizlikdan bilimga, gipotezadan nazariyaga, ilmiy faraz yoki prognozdan haqqoniy bilimga dialektik o’tish demakdir.
Ilmiy muammolarni ijodiy qo’yish va ularni mahorat bilan tanqidiy hal qlish haqiqiy olimgaxosbo’lgan xususiyatdir. Boshlovchi, yosh ilmiy xodim, magasgr, aspirang o’z ilmiy faoliyatining boshidan o’zida yuqorvda zikr etilgan sifatlarni tarbiyalab borishi kerak. Ular fanda har bir haqiqiy olimning ilmiy fikrlash tarzi, o’ziga xos «uslubi» negizida yotadi. Mana shu o’ziga xos, betakror usyaubga qarab bir olimni boshqa olimdan, bir ilmiy maktabni boshqa ilmiy maktabdan ajratash mumkin. Ilmiy muammoni qo’yish va uni xal qiliishi tanqvdiy fikrlash nuqgai nazarvdan uyidagi algoritm ko’rinishvda ifodalash mumkin: muammoning da’vati-muammo mazmushshing olim tomonvdan anglab etilishi-muammo ustida mushoxada yuritish va uning echimini topish.
Ilmiy muammoni ijodiy hal ^ilish negizida olimning tizimli, analiziy (tanqidiy) fikrlash madaniyati, dunyoqarashi, qadriyatlari olami, etikasi, axloqi, tarbiyasi va umumiy madaniyati, uning iste’dodli va o’ziga xos shaxs sifatidagi mentaliteti yotadi. Shuning uchun ham boshlovchi yosh tadqiqotchi fandaishga kirishayotib o’zi tanlagan fan sohasida yuksak darajada professionalizmgagina emas, o’zining umumiy madaniyati vabilimini muttasil oshirib borishga, teran, har tomonlama rivojlangan shaxsga aylanishga ham harakat qilishi kerak. Stivilizastiyaning uchinchi to’lqiniga mansub postmodernistik axborot jamiyati davrining hozirgi zamon postnoklassik fanida yuksak ma’naviyat, ijtimoiy mas’uliyat va insonparvarlikni shakllantirish ijod jarayonining zarur tarkibiy qismidir.
2. Qiymat tushunchasining uslubiy muammolari.
Iqtisodiyot nazariyasi fanida tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo’nalish mavjud hamda ular o’rtasida doimiy ravishda tortishuvlar va munozaralar bo’lib kelmoqda. Biz quyida shu ikki xil yo’nalishdagi nazariyalarning mazmunini o’quvchiga havola qilamiz.
Qiymatning mehnat nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari bo’lib Uilyam Petti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.
U.Petti – qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo’lib, u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko’rsatib o’tgan. Biroq, U.Petti tovarning iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U tovarning qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan.
A.Smit o’zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqotlar» (1776 y.) nomli asarida tovarning iste’mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo’lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo’lgan o’rtacha mehnat belgilab berishini ko’rsatib o’tgan.
D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo’lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbotlab bergan. U tovarning iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni aniq ko’rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini ta’kidlagan.
Demak, yuqorida ta’kidlanganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o’lchanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasiga ko’ra ijtimoiy zarur ish vaqti o’ziga xos ijtimoiy mehnat me’yori rolini o’ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarurdir. Keragidan ortiqcha mehnat sarflari qiymat yaratmaydi, ya’ni jamiyat tomonidan e’tirof etilmaydi, rad etiladi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to’lamaydi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tushuntiradiki, tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. Oddiy mehnat darajasi turli mamlakatlarda va turli davrlarda bir xil bo’lmay, turlicha va o’zgaruvchan bo’ladi. Lekin qiymat namoyon bo’ladigan har bir muayyan bozorda (u xoh ichki, xoh tashqi bozor bo’lsin) oddiy mehnat ma’lum bir darajadagi mavjud mehnatdir. U shunday boshlang’ich negizki, malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab va malakali mehnat ko’paytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo’ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag’batlantirishni tartibga soluvchi, ob’ektiv qiymat qonunini mavjud bo’lishini tan oladi. Ular fikriga ko’ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy zaruriy sarflarning yuqorida keltirilgan ta’riflaridan kelib chiqsak, qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan ozroq bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni, ya’ni ma’lum vaqt ichida ko’proq miqdorda iste’mol qiymatlarini yaratuvchi yoki yuqoriroq mehnat unumdorligini ta’minlaydigan ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantiradi. Qiymat qonuni individual mehnat unumdorligi ijtimoiy me’yordagi mehnat unumdorligidan past bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni jazolaydi. Bu bilan iqtisodiy sharoitlar tovar ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirish yoki boshqa xil tovarlarni ishlab chiqarishga o’tishini rag’batlantiradi. Aks holda ular bozordan siqib chiqarilish, xonavayron bo’lish xavfi ostida qolishlari mumkin.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o’trasidagi farq tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag’batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo’yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati ko’proq kafolatlangan deb bo’lmaydi. Chunki ular texnik va tashkiliy jihatdan yangiliklarni ishlab chiqarishga o’z vaqtida qo’llab turmasalar, yuqoriroq samara beradigan ishlab chiqarish usullarini qidirib topmasalar, ma’lum vaqtdan so’ng o’z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi rakobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif bo’lgan holda: narx = qiymat.
Talab > taklif bo’lgan holda: narx > qiymat.
Talab < taklif bo’lgan holda: narx < qiymat.
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xoxishi bilan sodir bo’lmay, balki ob’ektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida bo’ladi.
Qiymat qonuni resurslarning turli ishlab chiqarish sohalari o’trasida taqsimlanishini tartibga solib turish vazifasini bajarayotganda ham narxlar dinamikasi muhim rol o’ynaydi. Agar u yoki bu aniq tovar ijtimoiy ehtiyojini qondirish uchun zarur bo’lganidan kamroq ishlab chiqarilsa, bu talabning taklifdan oshib ketishiga sabab bo’ladi. Tovar narxi oshib ketadi. Narxlar, shu bilan birga daromadlar kamayadi, bu tarmoqdagi ishlab chiqarish resurslari daromad yuqori bo’lgan boshqa tarmoqlarga o’tib ketadi. Qiymatning mehnat nazariyasi modellarida qiymat qonuniga asoslangan ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga soluvchi bozor mexanizmi ana shunday tavsiflanadi.
Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. Yuqorida qarab chiqqanimizdek, qiymatning mehnat nazariyasiga ko’ra, mehnat sarflarining ijtimoiy zaruriy darajasi faqat bozorda, ayirboshlashda yuzaga chiqadi. Qiymat faqat bozorda almashuv qiymat ko’rinishida o’zining ifodalanish shaklini oladi. Qisqacha aytganda, qiymat ishlab chiqarishda yaratiladi, biroq bozorda, ya’ni ayirboshlash vaqtida namoyon bo’ladi. Shu erda qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyotchilari qarashlari bilan qarama-qarshilik paydo bo’ladi. Uning mohiyati nimadan iborat? Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi sababli emas, balki mazkur tovar xaridor uchun naflilikka ega bo’lishi sababli ro’y beradi, xaridor ma’lum naflilikka ega bo’lgan tovarni qadrlaydi.
Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining asoschilari bo’lib avstriya maktabi vakillari K.Menger(1840-1921), F.Vizer(1851-1926), E.Bem-Baverk(1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Hozirda bu nazariya g’oyalarini bir qator olimlar qo’llab-quvvatlab, rivojlantirib kelmoqdalar. Mazkur nazariyaga ko’ra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy ne’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo’lishi sababli qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. U yoki bu mehnat sarflarining ijtimoiy zarurligi kim tomonidan yoki nima bilan aniqlanadi, degan savolga oddiy tarzda bozor tomonidan, deb javob berish to’g’ri bo’ladi, biroq bu javob umumiy va to’liq emas. Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari fikrlariga ko’ra, faqat tovarning nafliligi mehnat sarflariga «ijtimoiy zaruriy» deb nomlanadigan tavsif berishi mumkin.
Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to’g’ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki nafliligini hisobga olish muammosi bilan bog’liq. Chunki, turli ko’rinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o’zaro taqqoslash mumkin emas. E’tibor berilsa, masalaning bu tarzda qo’yilishining o’zi keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasiga zidligini ko’rish mumkin. Masalan, kitob yoki tanburdan qaysi birining nafliligi yuqori, degan savolga javob borish mumkin emas. Albatta, savol bunday aniq qo’yilganda unga javob berib bo’lmaydi. Ammo har bir aniq holatda iste’molchi tomonidan ne’matlarning nafliligini taqqoslash doimo ro’y beradi. Masalan, kitobsevar inson uchun kitobning, musiqashunos uchun tanburning nafliligi yuqori bo’lishi mumkin. O’z navbatida, kitob o’qishni yoqtirmayligan inson uchun kitobning, cholg’u asboblarida o’ynashni bilmaydigan yoki musiqaga umuman qiziqmaydigan inson uchun tanburning nafliligi juda past yoki umuman nolga teng bo’lishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, tanbur bilan kitobni ayirboshlash zarur bo’lsa, ularni nafliligi bilan o’zaro taqqoslab bo’lmaydi. Shunga ko’ra, iqtisodiy hayotda ham xo’jalik qarorlari qabul qilish chog’ida umuman ehtiyojlarni taqqoslamasdan, u yoki bu moddiy va ma’naviy ne’matlarning foydali samarasiga baho bermasdan turib hech qanday iqtisodiy faoliyatni boshlash mumkin bo’lmaydi.
Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko’rsatish zarur deb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining sub’ektiv narxini bildiradi. Bu sub’ektiv narx ikki omilga bog’liq: mazkur ne’matning mavjud zahirasi va unga bo’lgan ehtiyojning to’yinganlik darajasi.
Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari sub’ektiv naflilik miqdorini hisoblashda G.Gossen (nemis iqtisodchisi, 1810-1858 yy.) qonunidan foydalanadilar. Bu qonun so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligining pasayib borishini ifodalab, Gossenning birinchi qonuni deb ataladi. Mazkur qonunga binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan «to’yinganlik darajasi» o’sadi, aniq qo’shilgan miqdor nafliligi esa pasayadi («zaruriy ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi qo’shimcha ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo’lishini bildiradi, ne’matlar zahirasi cheklangan bo’lganda esa uning «zaruriy ehtiyojni» qondiruvchi keyingi nusxasi mavjud bo’ladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, mazkur turdagi barcha ne’matlarning qiymati ularning eng so’nggi qo’shilgan miqdorining nafliligi bilan aniqlanadi.
O’zining birinchi qonunidan kelib chiqqan holda, Gossen ikkinchi qonnuni ham ishlab chiqadi. Unga ko’ra, «iste’mol qilinayotgan turli ne’matlarning umumiy miqdori shunday tarzda aniqlanadiki, bunda sotib olingan bir necha turdagi ne’matning so’nggi qo’shilgan miqdori nafliligi o’zaro bir-biriga teng bo’ladi».[5] Boshqacha aytganda, har bir iste’molchi bir vaqtning o’zida ko’plab turdagi ne’matlarni iste’mol qilish uchun ularning shunday to’plamini sotib oladiki, bu to’plamdagi har bir ne’matning so’nggi qo’shilgan miqdori nafliligi o’zaro teng bo’ladi yoki iste’molchida bir xil miqdordagi qoniqish hosil qiladi.
Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi muammosini o’rmonda yashovchi chol ega bo’lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo’lgan psixologik hayol orqali tasvirlab ko’rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun iste’mol qilinadi, ikkinchisi – ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, to’rtinchisi – pivo tayyorlash, beshinchisi – cholning o’z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, ko’ngilxushlik qilishi uchun.
Bundan ko’rinadiki, beshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahrum bo’lsa u faqatgina ko’ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq, to’rtinchi qopdagi donning yo’q bo’lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga etadi, ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tenglashadi.
Shu o’rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi, degan savol tug’iladi. Xolbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo’q ekan, chol uchun ularning nafliligi beshinchi, so’nggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi.
Demak, har bir ne’matning so’nggi qo’shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo’lmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo’nalishni boshlab bergan kishi mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda mehnat nazariyasi ham, qo’shilgan naflilik nazariyasi ham etarli asosga ega emas, deb hisoblagan A.Marshall bir nechta nazariyalarni sintez qilish yo’li bilan aniqlik kiritishga harakat qildi. Qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlamaligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko’rdi. A.Marshall keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog’lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo’shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bog’liq. Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbai, narxning yagona asosi va bozor xo’jaligida jamiyat daromadlarining yagona manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, marjinalistlarda qo’shilgan miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo’shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o’zaro ta’siri orqali aniqlanadi.
A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintez qilishga o’tildi.
Lekin A.Marshall ushbu sintezni oxirigacha etkaza olmadi. U ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq ko’ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy naflilik o’rniga qo’shilgan naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o’rniga ishlab chiqarish xarajatlarini qo’ydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to’liq hisobga olinmadi. Umuman aytganda uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo’lgan narsa tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bo’ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo’lishini inobatga olmaslikdir. Mehnat nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy e’tiborni qaratgan bo’lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor berib keladilar. Ularning biri ko’proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan bo’lsa, ikkinchisi iste’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan qaraydilar. Xolbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda uning ikki tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to’qnashgan tugunga e’tibor qaratish zarur.
3. Pul tushunchasining uslubiy muammolari.
Ilmiy muammoni ijodiy o’rganishga kirishar ekan, olim uni hal qilish, bilish, ya’ni tushuntirish mumkinligiga ishonchi komil bo’ladi. Buvday tushuntirish mukammal, mantiqiy va shu bilan birga mazkur fan so^asi mutaxassislariga aniq, tushunarli bo’lishi kerak. Faqat shundagina ilmiy hamjamiyat ilmiy ijod natijasini tanqidiy o’zlashtirishi va u o’sib borayotgan ilmiy bilim tizimvdan o’rin olishi mumkin.
Sintetik, dialektik xususiyatga, yaqqol ko’zga tashlanadigan amaliy yo’nalishga egalik, oshib borayotgan ijtimoiy talablar va exdiyojlarga bog’liqlik hozirgi zamon postindustrial davrining ilmiy fikrlash uslubiga xosdir. Mamlakatimizdagi hayot, ijtimoiy islohotlar, fuqarolik jamiyati asoslaryushng shakllantirilishi, ilmiy bilimni o’sgirshpgagina emas, fan yutuqlarini kundalik hayot va ijtimoiy ipshab chiqarishga tatbiq etishga ham e’tiborni qaratish hozirgi zamon ilmiy xodimlarining ilmiy fikrlash uslubi va ilmiy ijodini bir-biriga bog’laydi.
Ilmiy fikrlash uslubingogg ijodiy xususiyaga uning quyidagi tarkibiy elementlarvda o’z ifodasini topadi:
tushuntirish prinstnpi yangi ilmiy bilim, axborot, faktlar va hodisalar majmuini ijodiy o’zlashtiryup va tushunib etish imkonini beradi;
soddalik prinstipi yordamida olimning ijodiy tafakkuri o’rganilayotgan ob’ektning ikkinchi darajali omillari, ahami-yagsiz aloqalarini mavhumlashtiradi, o’rganilayoggan hodisa yoki faktning soddalashtirilgan modeli, vdeal obrazi yaratiladi;
saqlash prinstipi ilmiy bilish va ijodning turli bosqichlarining vorisiyligini ifoda etadi, bunda tadqiqot predmeti, ob’ekti, uning mavjudlik qonuniyatlari va atrof-muhit sharoitlari bilan o’zaro ta’sirlari, shuningdek, bilish vositalari, metodlari va usullari, uning tili saqlab qolinadi;
yangi bilim bilan ilgari olingan ma’lumotlar, qonunlar va nazariyalaro’rtasidagi muvofiqlik prinstipi yangi bilimdan eski bilimga o’tish algoritini ko’rsatadi;
kuzatish prinstipi o’rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning kiyofasini yaratish imkonini beradi. Bu erda til muhim rol o’ynaydi. Olim til yordamida yangi ilmiy faktlarni ilmiy hamjamiyat tomonvdan to’g’ri tushuniladigan va ob’ektiv baho beri-ladigan qilib bayon etadi.
Ilmiy fikrlash uspubining mazkur prinstiplari ilmiy ijodda o’ziga xos metodologik mo’ljal bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarida: boshidan-o’rganish ob’ektyaga yondashuv strategiyasini ishlab chiqishdan, oxirigacha - maqola, monografiya, dissertastiya yozishgacha yuqorida ko’rsatilgan prinstiplarga rioya qilish kerak. Yosh, boshlovchi olimlarga bunday metodologik mo’ljallar, masalan, magistrlik dissertastiyasi yoki ilmiy maqola yozishda, ayniqsa, qo’l keladi.
Ilmiy muammoni topish, ilmiy tadqiqot ob’ekti (mavzusi)ni tanlash, tadqiqotning maqsad va vazifalarini ta’riflash, tadqiqot metodologiyasini va tadqiqot vositalari (asbob-uskunalar, apparatura va hokazo)ni tanlash qobiliyati hal qilinayotgan vazifaga butun e’tiborni qaratish, o’rganilayotgan ob’ektga «sho’ng’ish»ga yordam beradi. Shundan so’ng ilmiy ijodga samaradorlik — ob’ektning noaniq aloqalari va jihatlarini aniqlash, mobillik—tadqiqotlarning qo’shni sohalariga o’tish qobiliyati, simultanlik — ob’ektni o’z tadqiqoti bilan to’liq qamrab olish qobiliyati, prediktorlik — ob’ektning bo’lg’usi holatini oldindan aniqpash ko’maklashadi. Erkin, tanqidiy fikrlash, o’z tadqiqoti natijalarini tanqidiy tushunib etish ijod jarayonining ajralmas jihatlaridir: ilmiy ijod olimdan ishga bor kuchini berishni, juda katta shijoat, iroda, quvvai hofiza va haqiqatga intilishni talab etadi.
«Ilmiy-texnikaviy ijodning falsafiy jihatlari» deb nomlangan sermazmun asarning mualliflari S.S. Pigrov va L.V. Yastenko ijodga shunday ta’rif beradi: «Eng umumiy shaklda ijodga yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratishga olib boruvchi, ijtimoiy belgilangan ma’naviy-amaliy faoliyat, deb ta’rif berish mumkin. Bu faoliyat insonning yashash sharoitlarini yaratibgina qolmay, insonning o’zini o’zi rivojlantirish, uning bunyodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish usuliga va shaxsning o’zini o’zi ro’yobga chiqarish vositasiga ham aylanadi».
Ijodga bergagan mazkur ta’rif ijtimoiy-aksiologik xususiyat va antropologik yo’nalishga ega bo’lib, insonning har qanday ijodiy faoliyatini, shu jumladan ilmiy ijodni ta’riflaydi.
XX asrda yashab o’tgan atoqli rus faylasufi Nikolay Aleksandrovich Berdyaev ijod muammosiga katta e’tibor bergan edi. Uning fikricha, inson ijodi quyidagi elementlarni nazarda tutadi:
erkinlik, zotan, faqat erkinlik yangi, ilgari mavjud bo’lma-gan bilimni yaratish imkonini beradi;
u yoki bu soxada insonga berilgan ijodiy qobiliyag elementi;
ijod jarayoni sodir bo’layotgan va inson o’z ijodi uchun material olayotgan yaratilgan olam elementi.
«Haqiqiy ijodda hamisha katarsis, ruxning ruxiy-jismoniy stixiyadan tozalanishi, xalos bo’lishi yoki ruxning ruhiy-jismoniy stixiyani engish jarayoni sodir bo’ladi», deb qayd etgan edi N. Berdyaev. Uning fikricha, ijod insonning genial tabiatini namoyon etadi, zero, xar bir inson genialdir. Ijod, o’z hayoti va ilmiy tadqiqot faoliyatiga ijodiy yondashish inson, ijodkor olimning xuquqi emas, balki burchidir.
Amerikalik ilmiy ijod tadqiqotchisi, Garvard universitetining professori U. Gordon ilmiy ijodni sinektika nuqtai nazaridan ko’rib chiqdi. Sinektika - xozirgi zamon ilmiy epistemologiyasining turli soxa mutaxassislaridan guruxlarni izchil shakllantirish yo’li bilan yakka tartibdagi ilmiy ijodni emas, balki jamoaviy ilmiy ijodni maqbullashtirishni nazarda tutadigan yo’nalishidir. Bunday ilmiy-ijodiy jamoaning xar bir a’zosi o’z bilimi, qobiliyati va yondashuvlari bilan xamkasblarini to’ldiradi va shu asno tadqiqot ob’ekti xar tomonlama, kompleks o’rganiladi. Bunda tadqiqot guruxi barcha a’zolarining ijodiy qobiliyati qo’shilib, butun jamoa fanning ijodiy saloxiyatini oshiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. U. Gordonning fikricha, ijod jarayonida intuistiya katta rol o’ynaydi, ilmiy kashfiyotlar qilish, ilmiy bilishni o’stirishga ko’maklashadi. P. Uorfning sinektikasi quyidagi asosiy prinstiplarga asoslanadi:
- irrastional, intuitiv omillar rastional, mantiqiy-diskursiv omillarga qaraganda katta rol o’ynaydi, emostional komponentlar intellektual komponentlardan muhim-roqdir;
- insonijodiyqobiliyatlarbipantupshmaydi, ularnimaxsus ta’lim jarayonida shakllantirish va mashq qildirish kerak;
- ilmiy ijod jarayonini jamoaviy izlanish shaklida amalga oshirish zarur;
- umuman jamoaning va uning xar bir a’zosining ijodiy faolligani psixologik omillardan ongli ravishda foydalanish yo’li bilan oshirish mumkin.
Bunday yondashuvda ongsiz soxani, tadqiqotchining spontan fikrlashi va intuistiyasini izchil boshqarish mumkinligini faraz qilish muhimdir. Bunday boshqaruvda metaforalar, assostiastiyalar, madaniyat maydonida fikrning kezishi va hokazolar katta rol o’ynaydi, ular shaxsning ijodiy qobiliyatini kuchaytiradi, unga «turtki beradi» (U. Gordon).
Yuqorida ko’rib chiqilgan ijodga nisbatan N.A. Berdyaev va U. Gordonning yondashuvlari bir-biridan ko’p jihatdan farq qiladi, ammo ular bir-birini to’ldiradi va ijod faoliyatini shaxsning va hamfikrlar ijodiy jamoasining ma’naviy faolligi bilan bevosita bog’laydi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Makkonnell K.R., Bryu S.L. Ekonomiks: prinstipû, problemû i politika. (perevod s angl.), T. 1 gl. I. M.: «Respublika», 1992.
2. Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.X, Jo’raev T. Iqtisodiyot nazariyasi (o’quv qo’llanma) T.: 2002.
3. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. – T.: IPÖ «Yangi asr avlodi», 2004.
4. V poiskax novoy teorii: Kniga dlya chteniya po ekonomicheskoy teorii s problemnûmi situastiyami: Uchebnoe posobie/Pod red. A.G.Gryaznovoy i N.N.Dumnoy. – M.: KNORUS, 2004.
5. Metodologiya, metodû ekonomicheskix issledovaniy. Dlya magistraturû ekonomicheskix spestialnosti. Filial REA. v g.Tashkente. T.: 2002.
8-MAVZU. O’ZBEKISTONDA BOZOR IQTISODIYoTIGA O’TISh MUAMMOLARINI HAL QILIShGA IJODIY YoNDAShUV
Reja:
1. O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilarini ilmiy tahlil qilishning xususiyatlari.
2. O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tishining ilmiy konstepstiyasining ishlab chiqilishi.
3. Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari, vazifalari va ustuvor yo’nalishlari, ularni hal qilish yo’llari va usullari.
1. O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilarini ilmiy tahlil qilishning xususiyatlari
O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari, boshqa barqaror bosqichdagi u yoki bu iqtisodiyotning holatidan farqli o’laroq, mazkur davrdagi o’zgarishlarning tavsifi bilan shartlanadi. Sen-Simonning ta’kidlashicha, bunday o’zgarishlar har bir barqaror tizim yoki tarkibiy davr (bosqich) uchun amal qiladigan o’zgarishlar hisoblansa, o’tish davri uchun esa bu ustun ravishda rivojlanish o’zgarishlari demakdir. Mazkur belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Birinchi belgi - o’ziga xos beqarorlikning mavjudligi. Ma’lumki, har qanday tizimning amal qilish jarayonida doimiy ravishda turli o’zgarishlar yuz berib turadi. Biroq bu o’zgarishlar mazkur iqtisodiyotga xos bo’lgan maqsadli faoliyatni amalga oshirishning erkin vositasi sifatida maydonga chiqadi. Ushbu mexanizmning yaqqol misoli bo’lib kapitalistik bozor iqtisodiyotining stiklli rivojlanish manzarasi xizmat qilishi mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi o’zining dastlabki qadamlaridayoq bu holatni, ya’ni tizimning barqarorligini o’zgarishlar predmeti tarkibiga kiritadi. O’tish davri iqtisodiyoti uchun boshqa tartibdagi o’zgarishlar xos bo’lib, bu o’zgarishlar tizimdagi boshqa o’zgarishlar orqali muvozanatli barqaror holatga qaytish uchun tizimning barqarorligini vaqtincha buzishga o’xshamaydi.
O’tish davri iqtisodiyoti rivojlanishidagi o’zgarishlar qayta tiklanmaydigan xususiyatga ega. Ular mavjud tizimdagi beqarorlikni kuchaytirish orqali pirovardida uning yangi iqtisodiy tizimga o’tishiga yo’naltirilgan.
2. Ikkinchi belgisi - o’tish davri iqtisodiyoti rivojlanishining muqobillik xususiyatga egaligidir. Muqobillik shuni anglatadiki, o’tish davri iqtisodiyotining rivojlanish yakunlari turli variantlarda namoyon bo’lishi mumkin. Bu holat o’tish davri iqtisodiyotining o’zgarishlari ichiga eski va yangi holatlarni unsurlarini aralash holatda qamrab oluvchi tabiatidan, shuningdek bu davrdagi rivojlanish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillarning turli-tumanligidan kelib chiqadi.
3. Uchinchi belgisi - maxsus oraliq iqtisodiy shakllarning paydo bo’lishi va amal qilishi. Bunda bu davrdagi eski va yangi jihatlarning aralashuvi namoyon bo’ladi. Mazkur omillar shuningdek bu davrning oldinga yo’naltirilganligini ko’rsatadi hamda uning ortga qaytmasligini ifodalaydi.
4. To’rtinchi belgisi - o’tish davri iqtisodiyotdagi ziddiyatlarning maxsus tavsifi. Bu ziddiyatlar tizimning amal qilish holatiga emas, balki rivojlanish holatiga xosdir. Ya’ni bu ziddiyatlar jamiyatning turli sub’ektlari, tabaqalari orasida yangilik bilan eskilik o’rtasidagi ziddiyat ko’rinishida namoyon bo’ladi. O’tish davri yo’naltirilgan o’zgarishlar iqtisodiy jihatdan doimo inqilobiy xususiyatga ega. Bu erda gap iqtisodiy tizimlarning almashuvi to’g’risida boradi. Biroq, ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan o’tish davri shunday keskin to’qnashuvlar bilan boradiki, natijada ziddiyatlar inqilobiy va ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ladi. Davrning o’tkinchi ekanligi ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi orqali muqarrar bo’lib, bu holat iqtisodiy adabiyotlarda turlicha ifodalanadi. Masalan, fiziokrat Mirabo uchun o’zgarishlar davridagi ziddiyatlardan chiqishning ijobiy yo’li uning uchun ideal hisoblangan o’tmishdagi feodal tartiblarga qaytishdan iborat bo’lgan. S.Sismondi vujudga kelayotgan kapitalizmning illatlarini tanqid qilgan holda mayda tovar ishlab chiqarishga qaytishga chaqirgan.
5. Beshinchi belgisi - o’tish davri iqtisodiyotining tarixiyligi. Bu tarixiylik ikki holat bilan bog’liq: birinchidan, o’tish davri iqtisodiyoti shart-sharoitlarining tarixiy tavsifi; ikkinchidan, mazkur tarixiylikning alohida mamlakat mintaqasi xususiyatlariga bog’liqligi. Masalan, o’tish jarayonlari sharq va g’arb stivilizastiyasi sharoitlarida bir holda kechmay, har bir mamlakat taraqqiyotining muayyan darajasiga bog’liq bo’ladi. Bularning barchasi esa o’tish davri iqtisodiyoti uchun ma’lum bo’lgan umumiy qonuniyatlarning ham turli sharoitlarda namoyon bo’lishida muayyan shakllarga egaligini anglatadi. Xattoki o’tish davri iqtisodiyotining maxsus tahlili ham har qanday holatlarda qo’llash mumkin bo’lgan aniq modellarni keltirib chiqara olmaydi.
Mahalliy o’tish iqtisodiyoti miqyosi bo’yicha qandaydir bir mintaqa yoki alohida mamlakatdagi yangi holatga o’tishni tavsiflaydi. O’tish davri iqtisodiyotining miqyos bo’yicha ikkinchi turi – bu global o’tish davridir. U o’zgarishlarning butun jahon xo’jaligi miqyosida yoki stivilizastiyalar doirasida yagona jarayon sifatidagi tavsifini namoyon etadi. Global o’tish jarayonlarning rivojlanishiga mahalliy darajadagi o’zgarishlar muayyan ta’sir ko’rsatib, buning natijasida ma’lum global tendenstiyalar qaror topadi.
Global jarayonlar mustaqil omillarning ta’siri ostida ham rivojlanadi. Jumladan, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ishlab chiqarishning baynalminallashuviga olib keladi. Global o’tish jarayonlari insoniyatning butun tarixi uchun xosdir. Masalan, insoniyat eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda yagona stivilizastiyadan ikkita sharq va g’arb stivilizastiyasiga ajraldi. Hozirgi vaqtda esa yana kelajakda yagona jahon stivilizastiyasining vujudga kelish tendenstiyasi kuzatilmokda. Biz tomondan tanlangan mezon doirasida bozor iqtisodiyotiga o’tish, undan esa istiqboldagi iqtisodiyotga o’tish ham shunday tavsifga ega. Mazkur istiqbol tendenstiyasi bugun turli mamlakatlarda mahalliy o’zgarishlarda turli darajada namoyon bo’lmoqda. Biroq shuni ta’kidlash muhimki bu tendenstiyalar hozirgi vaqtda ma’lum darajada mahalliy darajaga qadar belgilovchi rol o’ynamoqda, chunki ular mazkur darajalardagi global istiqbollarni tavsiflaydilar. Buning oqibatida iqtisodiyot tendenstiyasini nisbatan, to’la hisobga olish u yoki bu mamlakatdagi o’tish jarayonlarini tezlashtirmoqda.
O’tish jarayonlari tavsifiga ko’ra o’tish davri iqtisodiyotining ikki turi farqlanadi. Birinchi turi yuqorida ko’rib chiqilgan omillar ta’siri ostida rivojlanuvchi jarayonlarni tavsiflaydi. U tarixiy evolyustiyaning tabiiy tarzda borishini ifoda etib shartli ravishda tabiiy evolyustion tur deb atalishi mumkin. Bunday turga misol qilib Franstiyadagi 1789 yil revolyustiya davridagi o’tish jarayonlarini keltirish mumkin.
O’tish davri iqtisodiyotining tabiiy evolyustion turi global o’tish jarayonlari uchun ayniqsa xarakterli bo’lib, biroq yuqorida ta’kidlanganidek mahalliy o’tish iqtisodiyotlari ham evolyustiyaning ob’ektiv jarayonlari davomida etarli darajadagi natijalarga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun evolyustiyaning bu turi asosiy hisoblanadi. Tarixiy evolyustiyaning borishi davomida ijtimoiy taraqqiyot doirasida bosqichdan-bosqichga o’tish asosida aynan tabiiy evolyustion tur yotadi. U shuning uchun ham asosiy hisoblanadiki, o’tish davri iqtisodiyoti boshqa turining asosini tashkil etadi. O’tish iqtisodiyotini boshqa turining mohiyati uning jarayonlarini jamiyatni isloh qilish bo’yicha ongli ravishda ishlab chiqarish dasturlari asosida ma’lum yo’nalishlarda tartibga solish boshqarishda namoyon bo’ladi. Shuning uchun bu turni shartli ravishda islohotga asoslangan evolyustion tur deb ataladi. Bunga misol tariqasida ijtimoiy yo’naltirilgan ochiq tashqi siyosatga ega barqaror bozor iqtisodiyotiga ega fuqarolik jamiyatining huquqiy davlatini qurish o’zbek modelini keltirish mumkin. Albatta o’tish davri iqtisodiyotining bu turida ham taraqqiyotning ob’ektiv omillari hatti-harakatini chetlab evolyustiyaning jarayonlari qonunlarini inkor etib bo’lmaydi. Biroq evolyustiyani o’tish jarayonlariga tegishili ta’sir ko’rsatish orqali jadallashtirish mumkin. Bunday ta’sir ko’rsatishlar ham islohotlarning u yoki bu dasturlari orqali amalga oshiriladi. O’tish jarayonlarini jadallashtirishning muvaffaqiyati agar islohotlar o’zboshimchalik bilan emas, balki evolyustiyaning qonuniyatlarini anglagan, harakatlar tizimini kerakli yo’nalishlar asosida tarkib toptirgan holda ta’minlanadi. Tabiiyki, o’tish davri iqtisodiyotining mazkur turi ijtimoiy taraqqiyotning nisbatan yuqori bosqichlarida paydo bo’lib, bu bosqichda ijtimoiy-madaniy omil kuchli ahamiyat kasb etadi. Aynan mana shu ijtimoiy omillar harakati bilan u yoki bu dasturlarning tuzilishi bog’liq bo’ladi. Shuningdek o’tish davri iqtisodiyotining mazkur turi bugungi kunda u yoki bu mamlakatdagi mahalliy jarayonlar uchun xarakterlidir. Bunday ko’rinishdagi yangi iqtisodiyotni va yangi sostialistik jamiyatni qurishning xarakterli misoli sifatida 1917 yildan keyingi Rossiyani ko’rsatish mumkin. Shunga, o’xshash dasturlar orkali shunday yo’lni Evropa va Osiyoning bir qator mamlakatlari ham bosib o’tishga urinib ko’rdilar. Keyingi yillarda zamonaviy tipdagi bozor iqtisodiyotiga o’tishning maxsus dasturlarini bir qator Yangi industrial mamlakatlar amalga oshirdilar. Ma’lum ma’noda urushdan keyingi Germaniyada L.Erxard dasturining qo’llanishi tajribasini ham isloh qilish evolyustion o’tish iqtisodiyotiga kiritish mumkin.
2. O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tishining ilmiy konstepstiyasining ishlab chiqilishi
Sobiq ittifoq parchalanib ketgandan so’ng mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o’z taraqqiyot yo’lini qidirib, yangi jamiyat qurishning o’ziga xos modelini ishlab chiqdi. Bunda ilk asos vazifasini kishilarning o’z qadriyatlari tizimi va aniq maqsadni ko’zlab tutilgan yo’l, milliy an’analar va tarixiy shart-sharoit, real ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhit, odamlarning tarkib topgan turmush tarzi va dunyoqarashi o’tagan.
Natijada hozirgi dunyo ijtimoiy taraqqiyotining g’oyat xilma-xil betakror yo’llarini, milliy iqtisodiyotlarning shakllanishini, sifat jihatidan yangi turmushga erishish usullarini o’rganish va bilish uchun nihoyatda qulay imkoniyat beradi.
Jamiyatni taraqqiy ettirish va iqtisodiyotni isloh qilish yo’llarining xilma-xilligi bir qancha omillarga bog’liq. Avvalambor, bunga ularning aniq maqsadni ko’zlab yo’naltirilishi va iqtisodiyotning amal qilish prinstiplari sabab bo’ladi. Rivojlanayotgan yosh mamlakatlar o’z oldilariga erishish osonroq bo’lgan maqsadlarni qo’yib, «muqobil rivojlanish» nazariyasining turli konstepstiyalariga tayanib, o’z yo’llarini mana shu konstepstiyalar doirasida izlashga majbur edilar. Bu konstepstiyalarning asosiylari quyidagilar:
- «Asosiy ehtiyojlar» konstepstiyasi. Aholining eng kam tirikchilik ehtiyojini kafolatli tarzda ta’minlash va ish bilan band qilish muammolarini hal etish ushbu konstepstiyaning asosiy maqsadidir;
- «Maqbul yoki tegishli texnologiya» konstepstiyasi. Bu konstepstiya aholi bandligini ta’minlaydigan va mahalliy xom ashyoni, avvalo qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlashga qaratilgan sermehnat texnologiyani rivojlantirish zarurlishgiga asoslanadi;
- «O’z kuchiga jamoa bo’lib tayanish» konstepstiyasi. Bu konstepstiya mavjud zahiralardan to’liqroq foydalanishga va rivojlanayotgan mamlakatlarning taraqqiy etgan mamlakatlarga qaramligini kamaytirish maqsadida ular o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan;
- «Yangi xalqaro iqtisodiy tartib» konstepstiyasi. Bu konstepstiya rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy jixatdan mustamlaka holatidan qutilishga va iqtisodiy qoloqligini tugatishga, teng huquqli sheriklar sifatida tan olinish, xom ashyo va sanoat mollariga o’z manfaatlariga muvofiq keladigan yangi narxlarni, xalqaro savdo me’yorlarini, valyuta kursini belgilashga, zamonaviy texnologiyalarni sotib olish imkoniyatlarini kengaytirishga bo’lgan umumiy intilishlarini aks ettiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’pgina andozalari, iqtisodiy yo’llari yuqorida ko’rsatilgan konstepstiyalar va nazariyalarning o’ziga xos qo’shilmasidan iboratdir.[6]
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishda maqsad bir xil bo’lsa-da, turli mamlakatlar turli yo’llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma’lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishda ikki yo’l, ya’ni revolyustion va evolyustion yo’llar mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyustion yo’lini, birdaniga katta to’ntarishlar qilish yo’lini tanladilar. Boshqacha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan usulni qo’lladilar. Bu yo’lni amalga oshirish uchun Rossiyada «300 kun», «500 kun» degan o’tish dasturlari ishlab chiqildi. Bu dasturlarni tezkorlik bilan amalga oshira boshladilar. Bunda ular bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishda ancha uzoq muddatli o’tish davri bo’lishini unutdilar. Natijada bu mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketdi, ko’plab korxonalar yopilib, ishsizlar soni ko’paydi, pulning qadri keskin pasayib ketdi, iqtisodiyot esa hamon karaxtlikdan chiqqani yo’q, odamlarning ahvoli og’irlashdi.
Shuning uchun O’zbekiston bu yo’ldan bormay boshqa yo’l tanladi. Bu yo’l O’zbekistonning o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyustion to’ntarishlarsiz, ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iboratdir.
«Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso’naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi»[7], deb yozadi mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy-yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan.
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash.
Ikkinchidan, o’tish davrida davlatning o’zi bosh islohotchi bo’lishi.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog’i, qonunlarning ustunligi ta’minlanmog’i lozim.
To’rtinchidan, bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o’tishda bu prinstiplarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish prinstipi alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo’ladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o’tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o’zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o’zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyustion yo’l bilan o’tish haqidagi g’oya juda muhim va afzal ekanligini ko’rsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo’yilganligi ta’kidlanadi:
- totalitar tizimning og’ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.[8]
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va bajarildi.
Birinchidan, o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;
Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish.
Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.
Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tkazish bo’yicha birinchi bosqichda qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida iqtisodiyot sohasiga tegishli bo’lgan, iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun – hujjatlar qabul qilindi.
Birinchi bosqichda kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun zarur bo’lgan muassasalar tizimi tuzildi.
Qishloq xo’jaligida agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan yangi xo’jalik tizimi shakllandi va iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan qismi keng rivojlandi.
Xalq xo’jaligini, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va mavjud sharoitlarga mos bo’lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to’liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy qirralari shakllantirildi, aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshladi, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi.
Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo’nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investistiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifalar ajratib ko’rsatiladi.[9]
Birinchi vazifa – davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga etkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo’llab-quvvatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag’batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo’lmagan qismning ulushini oshirish ko’zda tutiladi.
Ikkinchi vazifa – ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi.
Uchinchi vazifa – milliy valyuta-so’mni yana ham mustahkamlashdan iborat.
Bu esa so’mning konvertastiyasi, qat’iy valyutalarga erkin sur’atda almashtirish layoqati demakdir, unga pulning qadrsizlanishiga qarshi ta’sirchan choralarni qo’llash, iste’mol mollari ishlab chiqarishni ko’paytirish hamda ichki bozorni shunday mollar bilan to’ldirish, korxonalarning chetga mol chiqarishini kengaytirish hisobiga valyuta zahiralarini mustahkamlash yo’li bilan erishiladi.
To’rtinchi vazifa – iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xom ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish.
Bunda tarkibiy o’zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisoblangan tarmoqlarni, jumladan yoqilg’i, energetika va g’alla komplekslarini rivojlantirish nazarda tutiladi.
O’tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko’rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo’l davom ettiriladi.
Shunday qilib, O’zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat sektori va bozor xo’jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to’liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish tugallanadi, narxlar erkin qo’yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqei tugatiladi.
Lekin bundan Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish maqsadiga to’liq erishildi va bu sohada qo’yilgan vazifalar to’liq bajarildi degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish har bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo’yadi.
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, hozirgi bosqichda «erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir»[10]. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutadi:
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o’tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo’naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;
- kichik va o’rta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustivor o’rin olishiga erishish;
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integrastiyalashuvini ta’minlash;
- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish.
3. Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari, vazifalari va ustuvor yo’nalishlari, ularni hal qilish yo’llari va usullari
O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o’tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transakstion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu yo’nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to’siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to’siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish va boshqalar.
3. Institustional o’zgarishlar. Mazkur o’zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o’zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investistiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo’jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.
4. Tarkibiy o’zgarishlar. Tarkibiy o’zgarishlar birinchi navbatda xalq xo’jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo’naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad – ichki va tashqi bozorlarda to’lovga qodir talabga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o’tkazilib turadi. Bu yo’nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyastiya shaklida namoyon bo’ladi. Inflyastiyaning uzoq vaqt mavjud bo’lishi bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to’sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o’tish davri iqtisodiyoti uchun o’ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.
6. Bozor xo’jaligiga mos bo’lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga o’tishga yo’naltirilgan.
Bozor tizimining ko’rsatib o’tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga etishi o’tish davri tugaganligidan darak beradi.
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishda maqsad bir xil bo’lsa-da, turli mamlakatlar turli yo’llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma’lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishda ikki yo’l, ya’ni revolyustion va evolyustion yo’llar mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyustion yo’lini, birdaniga katta to’ntarishlar qilish yo’lini tanladilar. Boshqacha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan usulni qo’lladilar. Bu yo’lni amalga oshirish uchun Rossiyada «300 kun», «500 kun» degan o’tish dasturlari ishlab chiqildi. Bu dasturlarni tezkorlik bilan amalga oshira boshladilar. Bunda ular bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishda ancha uzoq muddatli o’tish davri bo’lishini unutdilar. Natijada bu mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketdi, ko’plab korxonalar yopilib, ishsizlar soni ko’paydi, pulning qadri keskin pasayib ketdi, iqtisodiyot esa hamon karaxtlikdan chiqqani yo’q, odamlarning ahvoli og’irlashdi.
Shuning uchun O’zbekiston bu yo’ldan bormay boshqa yo’l tanladi. Bu yo’l O’zbekistonning o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyustion to’ntarishlarsiz, ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iboratdir.
«Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso’naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi»[11], deb yozadi mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy-yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan.
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash.
Ikkinchidan, o’tish davrida davlatning o’zi bosh islohotchi bo’lishi.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog’i, qonunlarning ustunligi ta’minlanmog’i lozim.
To’rtinchidan, bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o’tishda bu prinstiplarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish prinstipi alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo’ladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o’tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o’zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o’zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyustion yo’l bilan o’tish haqidagi g’oya juda muhim va afzal ekanligini ko’rsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo’yilganligi ta’kidlanadi:
- totalitar tizimning og’ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.[12]
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va bajarildi.
Birinchidan, o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;
Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish.
Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.
Ikkinchi bosqichda investistiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifalar ajratib ko’rsatiladi.[13]
Birinchi vazifa – davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga etkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo’llab-quvvatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag’batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo’lmagan qismning ulushini oshirish ko’zda tutiladi.
Ikkinchi vazifa – ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
Uchinchi vazifa – milliy valyuta-so’mni yana ham mustahkamlashdan iborat.
To’rtinchi vazifa – iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xom ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish.
Bunda tarkibiy o’zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisoblangan tarmoqlarni, jumladan yoqilg’i, energetika va g’alla komplekslarini rivojlantirish nazarda tutiladi.
O’tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko’rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo’l davom ettiriladi.
Shunday qilib, O’zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat sektori va bozor xo’jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to’liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish tugallanadi, narxlar erkin qo’yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqei tugatiladi.
Lekin bundan Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish maqsadiga to’liq erishildi va bu sohada qo’yilgan vazifalar to’liq bajarildi degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish har bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo’yadi.
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, hozirgi bosqichda «erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir»[14]. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutadi:
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o’tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo’naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;
- kichik va o’rta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustivor o’rin olishiga erishish;
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integrastiyalashuvini ta’minlash;
- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. «O’zbekiston – buyuk kelajak sari», T.: - O’zbekiston, 1998 yil.
2. Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.X, Jo’raev T. Iqtisodiyot nazariyasi (o’quv qo’llanma) T.: 2002.
3. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. – T.: IPÖ «Yangi asr avlodi», 2004.
4. V poiskax novoy teorii: Kniga dlya chteniya po ekonomicheskoy teorii s problemnûmi situastiyami: Uchebnoe posobie/Pod red. A.G.Gryaznovoy i N.N.Dumnoy. – M.: KNORUS, 2004.
5. Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.E. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. T.: 2002.
9-MAVZU. ILMIY BILISh IJODIY FAOLIYaTINING EMPIRIK VA NAZARIY TURLARI
Reja:
1. Ilmiy bilish faoliyatining asosiy turlari.
2. Ilmiy nazariya ijodiy jarayoning shakli va natijasi sifatida.
3. Iqtisodiy fanda empirik va nazariy tomonlarining o’zaro aloqasi.
1. Ilmiy bilish faoliyatining asosiy turlari.
Avvalgi ma’ruzalarda insoniyatning ma’naviy madaniyatida ijodning rolini batafsilanalizdano’tkazib, bizijodgaob’ek-tning mutlaqo yangi, ilgari ko’rilmagan holatini (yangi narsalar, xrdisalar, jarayonlarni) vujudgakeltiruvchi inson-insoniyatning atrof-olam bipan faol o’zaro ta’sirga kirishishi shakli deb ta’rif berdik.
Insonning ijodiy faollvga uning xaetiy faoliyatining rangbarang, ba’zan kutilmagan, bir qarashda jumboqli sohalarida namoyon bo’ladi.
Kundalik xayot, oddiy ong darajasida insonning ro’zg’orda, uyda, chorbog’da, dala xovlidagi ijodi xaqida gapirish o’rinli bo’ladi, zotan, inson bu erda o’zining hayotiy faoliyati maydonini ijodiy o’zlashtiradi, o’zgartiradi, qayta tuzadi.
Ishlab chiqarishda, o’z mehnati predmetiga izchil ta’sir ko’rsatish borasidagi mexnat faoliyati jarayonida insonning ijodiy qobiliyati har xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarishdagiijod jarayonixipma-xildir. Masalan, stexda, zavodda yangi texnologik jarayon, yangi ishlab chiqarish stiklini yaratish - ijod, yangi mexanizmlar va mashinalarni loyihalash xam - ijod, yangi binolar, xatto shaxarlar va posyolkalarni loyixalash, qurish - bu ijodning qurilish va me’morchilikda-gi ko’rinshplaridir.
Agar vrach bemorni davolashga o’ziga xos tarzda, tibbiyotning eng yangi yutuqlarini jalb etgan holda yondashgan bo’lsa, bu erda tibbiyotdagi ijod xaqida gapirish o’rinli bo’ladi. Ishchi, muhandis, konstruktor kattaiqtisodiy samara beradigan, ishlab chiqarishunumdorligini oshiradigan rastionalizatorlik tak-lifini kiritgan bo’lsa, bu erda biz o’z kasbiga tom ma’noda ijodiy yondashuvning guvoxi bo’lamiz.
Qishloq xo’jalik ekinlarining yukori hosil beradigan yangi navlarini, qoramol va parrandalarning mahsuldor zotlarini agrosanoat kompleksiga joriy etish - bu ham odamlarning qishloq xo’jaligidagi ijodidir.
Badiiy ijodning turlari juda xilma-xildir. Bastakorning ijodi - bu yangi musiqa - qo’shiqlar, simfoniyalar, operalar va hokazolar yaratish demakdir. Yozuvchi, shoir, dramaturgning ijodi — bu talant bilan yozilgan qissalar, romanlar, xikoyalar, dostonlar, she’rlar, pesalardir. Rassom va haykaltaroshning ijodi — bu ajoyib rasmlar, freskalar, ofor-lar, haykallar, bareleflar va hokazolardir. Aktyorning ijodi - bu teatrda, kinoda, televidenieda maromiga etkazib o’ynalgan roldir.
Insonning faoliyati bir qolipga tushib qolgan, bir yoqlama xususiyat kasb etgan joyda ijodga o’rin ham bo’lmaydi. Inson o’z ishiga, o’z kasbiga butun qalbini, iste’dodini, qobiliyatini baxsh etgan, odamlarga imkon qadar ko’proq foyda keltirshpga intilgan joyda esa, aksincha, ijodiy, norasmiy, ilhom bilan yonda-shish hollariga duch kelamiz. Ijodkor shaxs g’ayrat-shijoat, bilan, ba’zan dam olish va uyquni unutib, o’zi haqida, o’zining foydasi va manfaati haqida emas, boshqalar, o’z iste’dodi va ijodini kimga baxshida etayotgan bo’lsa, o’sha odamlar haqida o’ylab ijod qiladi.
Insonning tabiatni bilish jarayonida, biluvchi sub’ekt tabiatning jozibali, sirli, jumboqli, ba’zan hatto xavfli kuchlari bilan yakkama-yakka qolganida odamlarning ijodiy qobiliyatlari, ayniqsa, yorqin namoyon bo’ladi. Bilish jarayonidagi ijodda insonning barcha ma’naviy kuchlari: ong, aql-idrok, ta-savvur, fantaziyalar, xotira, intuistiya, sog’lom fikr va hayotiy tajriba bevosita faol ishtirok etadi.
Borliqning sirini bilishga intilishda insonning mahorati, topqirligi, ustomonligi va uddaburonligi bilish jarayonidagi ijodningko’rinishlarini tavsiflaydi. Odamlar ob’ektning u yoki bu jihatlari va xossalari haqida yangi bilim olib, bilish jarayonidan va uning natijalaridan behad lazzatlanadilar, ularda bilish jarayonining natijalarini ijodiy analizdan o’tkazib, tushunib etib va ulardan o’z amaliy faoliyatida faol fovdalanib, olg’a harakatlanish istagi tug’iladi. Sub’ektning bilish qobiliyatining ijodiy salohiyati cheksiz, ijodiy bilish jarayonining o’zi esa ko’pgina odamlar, ayniqsa, ijodkor, faol yoshlar uchun behad qiziqarlidir.
Bilish jarayonidagi ijodda odamlarning qobiliyati, iste’dodi, hatto dahosi yorqin namoyon bo’ladi, yangi bilim olish jarayonining o’zi xam, bilish faoliyatining natijalarini mushoxada qilish, teran va aniq tushunib etish ham ijodiy jarayondir.
Sub’ektning ijodiy-bilish bilan bog’liq faolligidan bilim olish, uni o’zlashtirish, oshirish, inson ehtiyojlari uchun undan foydalanshp tizimiga o’tadigan bo’lsak, ijodning son jixatidan yangi bosqnchiga ko’tarilamiz — bu fan emas, balki ilmiy bilishdir. Fan deganda mutgasil, faol va ijodiy ravishda yangi bilimlar ishlab chiqaradigan ijtimoiy institut tushuniladi, olimlar, ilmiy xodimlar, oliy ma’lumotli mutaxassislar esa — bu ilmiy bilish bilan shug’ullanuvchi odamlardir. Muttasil ijodiy izlanish, bilimga intilish, o’z ilmiy tadqiqot faoliyatida halollik va xolislik chinakam olimning zarur sifatidir. Chinakam olim, ijodkor fanda bitta maqsadga - ob’ektiv haqiqatga, aniq, to’g’ri, mukammal va teran bilimga erishishga xizmat qiladi.
3. Ilmiy nazariya ijodiy jarayoning shakli va natijasi sifatida.
Ijodiy ilmiy bilish jarayoni sinov, kuzatish yoki eksperiment jarayonida ilmiy faktlar olishning empirik darajasida bostshanib, so’ng keyingi, yanada teran, nazariy darajada davom etadi.
Ilmiy bilish va ijodning nazariy darajasi ilmiy izlanish avvalgi — empirik darajada aniqlagan ilmiy axborotni har tomonlama analizdan o’tkazish, anglab etish va talqin qilishdan boshlanadi. Ilmiy ijod nazariy darajada alohida faktlar, hodisalarni bilishdan ularningteran mazmuni, mohiyatini, ob’ekt mavjudligining immanent ichki mantig’ini anglab etishga o’tadi.
Nazariy darajada dastlab olimning ijodiy tafakkuri olingan empirik bilimning mohiyatini to’liq va teran tushunish imkonini beradigan ozmi-ko’pmi haqkqatnamo farazlar, taxminlar, gshyutezalarni ilgari suradi. So’ng olimning tirishqoq aqli sinovdan o’tmagan farazlar va gipotezalarni yaroqsizga chiqaradi, o’rganilayotgan ob’ektning xossalari bilan uning rivojlanishining ichki va tashqi shartlari o’rtasida ma’lum bog’lnqlik va qonuniyatlarni aniqlashga harakat qiladi. Masalan, fizik tadqiqotlarda quyidagi omillar: o’zgarishi fizik ob’ektning xulq-atvori xususiyatiga bevosita ta’sir etadigan aaqt, temperatura, bosim bunday shartlar vazifasini bajaradi. Biologik tadqiqotlar bilan bog’liq holda, masalan, populyastion genetikada atrof-muhit omillari mana shunday shartlar bo’lib xizmat qilishi mumkin. Etolog olimlar (xayvonlarning xulq-atvorini o’rganuvchi biologlar) Kanadaniag shimolidagi qo’riqxonada silovsin va quyonlarning hayotshsh bir necha o’n yillar mobaynida kuzatib, quyidagi muhim qonuniyatni aniqladilar: «yirtqichlar» (silovsinlar) vaularning «qurbonlari» (quyonlar) populyastiyalarining bir hududda yashashi ularning birining soni ikkinchisining soniga o’zaro moslashishiga olib kelgan. Quyonlar tez va geometrik progressiyada ko’payadi. Bu silovsinlar ko’payishi uchun qulay tashqi sharoit yaratadi - em ko’p bo’lgani uchun silovsinlar soni ham tez ko’payib boradi. Silovsinlar populyastiyasi sonining ko’payishi - bu quyonlar uchun noqulay tashqi omildir. Shuning uchun h_am ularning soni kamaya boshlaydi, bu esa, oqibat natijada, silovsinlar sonining ham kamayishiga olib keladi. Silovsinlar sonining kamayishi quyonlarning tez ko’payishi uchun juda qulay omildir, shuning uchun ham ularning populyastiyasi tez ko’paya boshlaydi va «yirtqich-qurbon» sxemasi bo’yicha murakkab o’zaro ta’sir stikli yana takrorlanadi. Mazkur qonuniyatning aniqlanishi natijasida italiyalik matematik Vito Volterra bunday hodisaning izchil matematik modelini yaratish hamda mazkur modelni va uni tavsiflovchi tenglamalarni matematik analizdan o’tkazish asosida populyastion genetikada yashash uchun kurash matematik nazariyasini ta’riflashga muvaffaq bo’ldi.
Ilmiy farazlar va gipotezalarni verifikastiya (M.Shlik, G.Reyxenbax, R.Karnap, F.Frank, A.Tarekiy va boshqalar) yoki falsifikastiya (K.Popper, T.Kun, I.Lakatos, P.Feyerabend, J.Agassi, L. Laudan va boshqalar) tartib-qoidalari yordamvda tekshirish yaroqsiz gipotezalarni chetga surish va ularning orasidan haqi^atga yaqinlarini tanlab olish imkonini beradi. Sinovdan o’tgan gipotezalar nazariy bilish tuzilishida o’z maqomini o’zgartiradi: ehtimol tutilgan bilimdan ular haqqoniy bilimga aylanadi va ilmiy qonun yoki qonuniyat maqomiga ega bo’ladi. Qonun - bu ilmiy bilish tuzilishidagi barqaror, takrorlanuvchi, zarur, bir variantli, muhim hodisadir.Ilmiy qonunni o’rganish o’rganilayotgan hodisaning mohiyati va sabablarini analizdan o’tkazish va tushunib etish imkonini beradi.
Fanda nazariy bilish gipotezalarni ilgari surish hamda qonunlar va qoidalarni ta’riflash bilan kifoyalanmaydi. Aniq, teran va haqqoniy ilmiy nazariyani yaratish ilmiy ijodning cho’qqisi, mantiqiy yakuni hisoblanadi. Ilmiy nazariya tuzish— bu teran va sermazmun ilmiy abstrakstiyalarni aniqlash va ularni o’rganish bilan bog’liq murakkab, dialektik jihatdan ziddiyatli jarayon, ilmiy bilishning nazariy darajasvda abstrakstiyalashtirish jarayonidir. Matematikada «moddiy nuqta», mexanikada «mutlaqo tekis yuza», «ishqalanish va sirpanishsiz Harakat», fizikada «ideal gaz», «mutlaqo qora jism» va bosh qalar buvday teran va noyob ilmiy abstrakstiyalarga misol bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy abstrakstiyalar teran evristik, ijodiy-ma’rifiy kuchga ega. Ilmiy qonun, ilmiy nazariya mana shunday mavxum ob’ektlarga tayanadi. Bu ularga real tizimlarning xulqatvori va hayotini yaxshirsxq va mufassalroq tushuntirish imkonini beradi. Iqtisod nazariyasida mahsuldor, sermazmun abstrakstiyalarga misollar: tovar, ayirboshlash va iste’mol qiymati, bozorvah.k.
Mazkur nazariya ob’ektlarini yoki ijodiy ob’ektlarni shakllantirish nazariy analiz va abstraktlashtirish mahsulidir. Nazariy ob’ektlar — bu bilish ob’ekti aks etuvchi fikriy konstrukstiyalar, abstrakstiyalardir. Masalan, real fizik jismning xususiyatlari va o’ziga xos jihatlarini mavxumlashtirib, bu jismga abstrakt «matematik mayatnik» deb qarab, uning tebranishlari haqidaga masalani echish mumkin.
Ideallashtirish - nazariy mavhumlashtirishning muhim shaklidir. Ideallashtirish deganda predmetning ajralmas mu-him jihatlari yoki mavjudlik shartlarini mavhumlashtirish tushuniladi. Masalan, optikada ideal aks ettiruvchi va yorug’likni ideal yutuvchi yuzalar, termodinamikada ideal gazlar va shu kabilar haqida so’z yuritiladi. Bunday ilmiy ideallashtirish ba’zan amalga opshrish mumkin bo’lmagan shartlarni kiritish (masalan, bozor iqtisodida inflyastiyaning mutlaqo yo’qligi) deb ataladi.
Har qanday ilmiy ideallashtirish ma’lum muammoni hal qilish uchun yaratiladi. Ideallashtirishning xususiyati mazkur muammoning mazmuni bilan beyagilanadi. Masalan, maxsus nisbiylik nazariyasini yaratayotib, A. Eynshteyn fizika nazariyasidan klassik fizikaning «absolyut makon» va «absolyut vaqt» singari fundamental idealizastiyalarini chiqarib tashladi. Bu unga dunyoning hozirgi zamon relyativistik manzarasini shakllantirish imkonini berdi. Daho olimning ijodi fanda buyuk kashfiyot qilibgina qolmay, butun insoniyat dunyoqarashiyushg, ob’ektiv borliqqa inson munosabatiningo’zgarishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Harakat, makon, vaqt tushunchalari xossalari fizikjismlar va maydonlarningxulq-atvori bilan belgilana-digan 4 darajali zamon va makon kontinuumi haqidagi yagona ilmiy tushunchaga birlashtirildi.
Ilmiy ideallashtirishlar, abstrakstiyalarning evristik qimmati ularga asoslangan nazariyalarning sinov malumotlarini tushuntirish, shuningdek, ob’ektning ilgari ma’lum bo’lmagan yangi xususiyatlari va xossalarining mavjudligini bashorat qilish imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Nazariya - bu ob’ektiv voqelikning ayrim parchasining tuzilishi, mazmuni, faoliyati va rivojlanishini aks ettiruvchi konsteptual, kategorial, mantiqiy bilim tizimidir. Fanda teran, sermazmun, evristik nazariyalarning mavjudligi fanning etukligi belgisidir. Bilishning nazariy darajasida ilmiy ijod ilmiy bilimni analizdan o’tkazishdan sintez qilishgao’tadi.
Ilmiy nazariya - bu predmetni to’la va qisman qamrab oluvchi biron-bir predmet sohasi haqidagi haqqoniy bilimdir. U bir-biri bilan mantiqiy va mazmunan bog’langan faktlar, g’oyalar, tushunchalar, ta’riflar, gipotezalar, qonunlar, teoremalar, aksiomalar va hokazolarning ierarxik tizimini tashkil etadi. Bunda nazariy bshshmning bir qismi asosiy, boshlang’ich bilim, ikkinchi qismi esa mantiqan keltirib chiqarilgan bilim hisoblanadi.
Epistemologiyada ko’pincha ilmiy nazariyalarning quyidagi asosiy tiplari tafovut etiladi:
- tajriba fanlarining mazmunli nazariyalari;
- gipotetik-deduktiv yoki yarim aksiomatik nazariyalar;
- aksiomatik (matematik yoki matematiklashtirilgan) nazariyalar;
- matematika va mantiqning rasmiylashtirilgan nazariyalari.
Ilmiy nazariya- ilmiy ijodning negizi- vohelikning ma’lum sohasi xossalarini tizimga soladi, umumlashtiradi va tushuntiradi, bundan tashqari, yangi, noma’lum effektlar va hodisalarni bashorat qiladi. Ilmiy nazariya ilmiy materialni tizimga soladi, muvofiqlashtiradi va subordinastiya qiladi. Har qanday ilmiy nazariyaning o’zagini uning qonunlari, prinstiplari, boshlang’ich farazlari va gipotezalari tashkil etadi. Nazariyaning faktlarni tushuntirish va bashorat qilish ijodiy salohiyati mana shu o’zaqstajamlanadi.
Eng teran ilmiy nazariyalar, jumladan, Ch. Darvinning evolyustiyanazariyasi, I.P. Pavlovning oliynerv faoliyati nazariyasi, E. Shredinger, V. Geyzenberg, N. Borning kvalt nazariyasi va boshqa ko’ppab nazariyalar hozirgi zamon fani salaflari ijodiy tafakkurining maxsuli bo’lgan holda xam juda katta faktik materialga, xam keng, dadil umumlashtirishlar va g’oyalarga tayanadi. Hozirga zamon fanyushng nazariy poydevorini tashkil etuvchi ko’pgina evristik, ijodiy, unumli g’oyalarni daniyalik buyuk olim Nils Bor «telbanamo» deb atagan edi. U o’z shogirdlariga ko’pincha: «G’oyangiz haqqoniy bo’lish uchun etarli darajada telbanamo emas», deb aytardi. Hozirgi zamon buyuk fizigining bu galini shu ma’noda tushunish kerakki, nazariyotchining ijodiy dadilligi ilmiy tafakkurda yuzaga kelgan qol iplarni buzishi, eskirgan nazariyaparni inkor etishi, o’rganilayotgan hodisaga chuxur kirib borishi, uning ichki teranligi va yashirin sirlarining tagiga etishi lozim.
Fan tarixi va epistemologiyasida teran mazmunli ilmiy nazariya tuzishning dastlabki muvaffaqiyatli tajribasini aksiomalar, yani mazkur nazariada isbot talab qilmaydigan asos qovdalar hamda ularga asosan isbotlanadigan geometrik jismlar-tekis (planimetriya) va hajmli (stereometriya) geometrik jismlarningxossalari xaqidagi teoremalarning izchil, mantiqan ziddiyatsiz tyuimi asosiga qurilgan Evklidning elementar geometriyasi misolvda ko’rish mumkin. Shundan so’ng ko’pgina atoqli matematik olimlar o’z ijodida geometriya tuzilishining aksiomatik metodidan foydalanib, noevklid geometriyalarining katga bir turkumyush kashf etdi. Amal qiluvchi tushunchalar o’zi-ning barqarorligi bilan ajralib turuvchi fan sohalarida aksiomatik nazariyalardan keng foydalaniladi. Nazariyaning turli komponentlari o’rtasvdagi mazmunli va rasmiy-mantiqiy aloqalarni aynan mana shunday sharoitlarda aniqlash mumkin. Ilmiy ijodning nazariy darajasi — bu to’plangan bilimning moxiyatiga biluvchi aql-zakovatning chuqur kirib borishi, uni zichlashtirishi, boyitishi va uning unumdorligini oshirishidir.
Amaldagi ilmiy nazariya—bu yanga ilmiy axborotni o’stirishga yo’naltirilgan ilmiy ijodning samarali metodidir. Ilmiy bilishdametod bu xam tadqiqot usuli, ham nazariya ko’rinishida to’plangan bilimni ro’yobga chiqarishdir.
Ilmiy bilimlar (faktlar), nazariya va metod shaklan tafovut qilgani holda, mazmunan o’xshashdir — ularning maqsadi ob’ektni u amalda qanday bo’lsa, xuddi o’shanday aks ettirishdan iborat. Hozirgi zamon fanida tadqiqot ob’ekti rivojlanishda, har xil tomonlardan, barcha aloqalari va munosabatlari bilan ko’rib chiqiladi. Shuning uchun ham ob’ektga nisbatan yondashuv tizimli, kompleks xususiyatga ega bo’ladi, binobarin, bilish ob’ektini metoddar, nazariyalar, qonunlar vagipotezalar tizimigina mukammal tavsiflashgaqodir.
Bilimni uyushtirish va olishning oliy shakli sifatida ilmiy nazariyaga qarama-qarshi tendenstiyalar—tizimlilik va elementlilik xosdir. Ilmiy nazariya o’sib boruvchi bilimning integral, yaxlit, jo’shqin tizimi sifatida tashqi olamdagi hodisalar va predmetlar, ularning ichki tuzilishi va borliq qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvur beradi. Nazariya faktlar o’rtasidagi sababiy aloqani aniqlaydi, ilmiy qonunlarni ta’riflaydi va real qonuniyatlarni ochib beradi. Mavjud ilmiy nazariyalar, paradigmalar (Tomas Kun) va tadqiqot dasturlari (Imre Lakatos) o’rniga yanada mazmunli, teran, axborotga boy g’oyalar va nazariyalar kelgan taqdirda ilmiy inqilob sodir bo’ladi.
3. Iqtisodiy fanda empirik va nazariy tomonlarining o’zaro aloqasi.
Insonning o’zini qurshagan olamni bilishi - bu sub’ekt (inson, kishilik jamiyati) va ob’ekt (butun atrofolam yoki uning bo’lagi)ning murakkab, dialektik jixatdan ziddiyatli faol o’zaro ta’sirga kirishish jarayoni, butun borliqning mavjudligi, rivojlanishi va o’zgarishi qonuniyatlarining odamlar ongida aks etishidir. Hozirgi zamon nemis ekzistenstialist-faylasufi va germenevtigi Martin Xaydegger: «Bilish tadqiqot sifatida borliqni xisobot berishga chorlaydi», deb juda o’xshatib aytgan.
Sub’ektning ob’ektni, uning tomonlari, sifatlari va xossalarini bilishi ikki darajada-empirik va nazariy darajalarda sodir bo’ladi. Ilmiy bilish xam ayni holda bundan mustasno emas. Bilishning vazifasi va maqsadi xaqiqatning tagiga etishdan, turli xodisalarni o’rganish yo’li bilan ularning moxiyatini, teran, barqaror va muxim tomonlari va jihatlarini tushunib etishdan iborat. Antik falsafada sofistlar va Sukrot dunyoni tushunishning bosh masalasini insonning tabi-atga, sub’ektning ob’ektga, tafakkurning borliqqamunosabati deb ta’riflab bergan edi.
Voqelikning xodisalari va jarayonlarini bilish jarayonida olimning tafakkuri xodisa haqida dastlabki taassurot, hodisani hissiy idrok etishdan hodisani, uning asoslari va mohiyatini yanada teran tushunish sari xarakat qiladi. Amalda bu sub’ektning bilish faoliyati dastlab empirik darajada boshlanishi, shundan keyingina ko’rib chiqilayotgan ob’ektning mohiyatini bshgashning nazariy darajasida ilmiy umumlashtirish va tushuntirish bosqichiga ko’tarilishini anglatadi.
Tadqiqotning empirik darajasi bevosita ob’ektga yo’naltiriladi xamda kuzatishlar, tajribalar va eksperimentlarning natijalariga tayanadi.
Ilmiy tadqiqotning navbatdagi, yanadateran bosqichi nazariy darajada sodir bo’ladi. Bunda sub’ektning aql-idroki mantikiy mushoxada yuritish, empirik bilimlarni teran analizdan o’tkazish, hodisaning barchaikkinchi darajali va axamiyatsiz tomonlarini mavxumlashtirish yordamida mazkur bilish ob’ektining moxiyatini teran tushunib etishga yaqinlashadi.
Empirik bilish kuzatishdan, ya’ni sub’ektning tashqi olamni maxsus analizdan o’tkazilgan, maqsadga muvofiq va anglangan tarzda, izchil idrok etishdan boshlanadi. Bu ob’ekt, uning tomonlari va xossalari haqida dastlabki, «xomaki» axborot beradi. Ilmiy tadqiqot kuzatishlardan boshlanadi. Kuzatuvchi mo’ljallangan kuzatish ob’ekti haqida aniq va qat’iy tasavvurga ega bo’lishi, bor diqqatini ob’ektni kuzatishga qaratishi, ishga ijodiy yondashishi, kuzatuvni rejalashtirish va uni bevosita amalga oshirishda o’zining bor maxorati va iste’dodi-ni ishga solishi kerak. Masalan, kosmik ob’ektlar, quyosh tutilishi, yulduzlar, asteroidlar va shu kabilarni o’rganishda kuzatuvchi teleskop bilan qurollanishi, mikroblar, viruslar, bir hujayrali organizmlarni kuzatishuchun esa mikroskopdan foydalanishi shart. Kuzatish asboblari, uskunalari va mexanizmlari ko’pincha olimning kuzatishga nisbatan ijodiy yondashuvi maxsuli bo’lib, o’zining murakkabligi bilan ajralib turadi. Masalan, G. Galiley bir xil radius va xajmli, ammo har xil materiallar (suyak, gips, bronza, temir va xokazo)dan yasalgan sharlarning tushipshni kuzatib, jismlarning erkin tushishi qonunini kashf etdi va klassik mexanikaning empirik asosla-rini yaratdi.
Kuzatish — bu bilishning shuvday bir metodiki, bunda sub’ekt (tadqiqotchi) ob’ektning tuzilishi va rivojlanishiga aralash-maydi. U tadqiqot ob’ekti mavjud bo’lgan sharoitlarni o’zgartirmaydi, chunki unga xech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Asboblar, ilmiy moslamalar va mexanizmlar olimlarga ularning kuzatishlarida yordam beradi xamda extimol tutilgan kuzatishlar doirasini kengaytiradi, masalan, infraqizil teleskoplar va radioteleskoplar yordamida astrofizik olimlar yulduzli osmonni nafaqat ko’rinadigan holatda, balki elektromagnit to’lqinlar doirasining infraqizil va radiochastotali soxalarida xam ko’rishga muvaffaq bo’ldilar.
Kuzatishning ilmiy bilish metodi sifatida afzalligi shun-daki, u o’rganilayotgan xodisaning ancha ob’ektiv manzarasini berishi mumkin. Ilmiy kuzatish - bu chinakam ijod, xaqiqiy maxorat va san’atdir, zotan, kuzatish ob’ekti o’zining barcha xossalari va sirlarini kuzatuvchiga oshkor etishga intilmaydi. Shuning uchun xam olim kuzatish jarayonida yangi, qiziqarli va xali bilinmagan narsani ko’rish uchun o’z aql-idroki, xotirasi, intuistiyasi va sezgisining bor ijodiy imkoniyatlarini safarbar etadi. Har bir fanda ob’ekt haqida imkon qadar ko’proq haqqoniy ma’lumotlar va faktlar to’plash uchun o’z kuzatish me-todlari ishlab chiqiladi. Kuzatish jarayonida olimning faoliyati ikki yoqlama xususiyat kasb etadi: u ob’ektga nisbatan passiv, kuzatish jarayonini tashkil etish, buning uchun muvofiq shart-sharoitlar yaratishga nisbatan esa faol, ijodiy bo’ladi.
Eksperiment va tajriba - ob’ektni va uning xulq-atvorini kuzatishni zarur komponent sifatida o’z ichiga oluvchi, ammo ob’ektning belgilari, tuzilishi va funkstiyalarini o’rganish maqsadida unga faol ta’sir ko’rsatishni nazarda tutuvchi ilmiy bilish metodlari. Tajriba va eksperimentlar jarayonida olimlar eksperimental moslamalarda ilmiy tadqiqot maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ongli ravishda yaratadi, modellashtiradi, o’rganilayotgan hodisaning oqimini o’zgartiradi va mazkur tajriba uchun zarur yo’nalishga buradi. Eksperiment jarayonida ob’ektning mavjudlik shart-sharoitlari faol o’zgarib boradi.
Eksperiment tadqiqotchiga bilish uchun kuzatishga qaraganda kengroq imkoniyatlar ochadi. Olimlar eksperiment o’tkazib, ob’ektga dadil vaijodiy yondashib, tajriba ob’ektini teran tushunib etadi, uning xossalarini va ob’ekt mavjud bo’lgan muhitni o’zgartiradi.
Kuzatishlar, tajribalar va eksperimentlar jarayonida olingan ob’ekt xaqida ma’lumotlar puxta qayta ishlanadi va saralab olinadi, shundan so’ng olingan ma’lumotlarni tavshflash bosqichi boshlanadi. Olingan empirik axborotni tavsiflash - bu ilmiy ijodning o’ta mas’uliyatli va qiziqarly bosqichidir. Xo’sh, ob’ektning xossalarini qanday tavsiflash, tavsiflashga qanday yondashish kerak, tavsiflashda tadqiqotchi qaysi mezonlarga tayanadi? Bu erda olimning ijodiy faolligi, fikrlash uslubi, yuksak darajadagi ilmiy mahorati va umumiy madaniya-ti, uning xolisligi va ob’ektivligi katta rol o’ynaydi.
Tavsiflash turlari xilma-xildir. Har bir fan o’z tavsiflash turlariga ega bo’lib, bunda o’z tushunchalar apparati va metodologiyasiga tayanadi. Jumladan, tavsiflashning quyidagi turlarini ajratish mumkin: tartibsiz va izchil; to’liq va noto’liq; sifati va soniga qarab tavsiflash; tuzilishiga qarab tavsiflash; funkstional, genetik tavsiflash va h.k.
Tavsiflash tavsiflanuvchi xossalarni tizimga solish va turkumlashni nazarda tutadi. Bunda ob’ektning o’rganilgan xossalarini qabul qilingan tadqiqot dasturi va tamoyillariga muvofiq tartibga solish va dastlabki anglab etish amalga oshiriladi. Bundan empirik darajada olingan ilmiy ma’lumotlarni yaxshiroq va teranroq tushunib etish maqsadi ko’zlanadi. Tizimga solish deganda, masalan, botanikadao’simliklarning xossalarini, kimyoda kimyoviy elementlarning xossalarini (D.I. Mendeleevning kimyoviy elementlar sistemasi), mikroolam kvant fizikasida elementar zarralarning xossalarini tartibga solish tushuniladi.
Shundan so’ng ob’ektning tavsiflangan xossalari va belgi-lari turkumlanadi. Mazkur xossalar va belgilar tanlangan endashuvgamuvofiq guruxlarga, turkumlarga ajratiladi. Turkumlash tavsiflash usuli sifatida voqelik haqida oddiy tizimga solishga qaraganda ko’prok bilim beradi.
Tushuntirish ilmiy bilish va ijodning tavsiflashga qara-ganda yuqori boskichidir: tavsiflash ob’ekt qanday, qanday tuzilishga ega va qay tarzda mavjud degan savollarga javob bersa, tushuntirish ob’ektga yanada chuqurroq kirib boradi va ob’ekt nega shunday, u yoki bu hodisaning sababi nimada, degan savollarni qo’yadi. Ijodiy fikrlaydigan tadqiqotchi odatda ob’ektni tavsiflash bilan cheklanmaydi, balki ilmiy tadqiqot ob’ektini tushuntirish va tushunishga yanada chukurroq kirib boradi.
XX asrning mashhur faylasufi, postpozitivizmdagi tan-qidiy rastionalizm asoschisi Karl Popper tushuntirishning o’z notrivial, ijodiy original sxemasini taklif qilgan. Boshqa ko’pgina neopozitivistlar va postpozitivistlar qatori K. Popper ham ilmiy va noilmiy bilimni chegaralash yoki demarkastiya qilish muammosi bilan faol shug’ullangan. Neopozitivistlar bunday demarkastiya qilishda verifikastiya (lotincha verus - haqiqiy va Gasege - qilish) atamasidan foydalanadi. Tushuntirish, basharti u faktlar bilan qo’llab-quvvatlangan bo’lsa, haqqoniydir. Neopozitivistlarning Vena to’garagi vakillari M. Shlik, O. Neyrat, G. Reyxenbax, R. Karnap ilmiy bilishning haqqoniyligi va to’g’riligini tajriba, eksperiment tekshiradi, verifikastiya qiladi, deb hisoblagan. Analitik falsafa vakillari J. Mur, G. Frege, B. Rassel, L. Vitgenshteyn ham fanda tushuntirish muammosiga shunga yaqin nuqtai nazardan qaragan. Ammo postpozitivist K. Popper ilmiy bilishni «Verifikastiya qshshsh imkoniyatiga emas, balki falsifikastiya qshgash imkoniyatiga demarkastiya mezoni deb qarash kerak», deb hisoblaydi.
K. Popper epistemologiyaga ilmiy bilimni boshqa har qan-day bilimdan ajratishni nazarda tutadigan falsifikastiya (lotincha falsificare — qalbakilashtirish) tushunchasini kiritadi. Uning fikricha, eksperiment yo nazariyani tasdiqlash, mustahkam-lashga, yo uni falsifikastiya qilish, bilimning asossizligi, xatoligini ko’rsatishga qodir. Ilmiy bilimning noilmiy bilimdan farqi mana shuvdadir, zotan, noilmiy bilim ishonch va sog’lom fikrga asoslanadi, demak, uni falsifikastiya qilish mumkin emas. Binobarin, falsifikastionizm sub’ektgahaqqoniy ilmiy bilimni ko’rsatib beradi, ilmiy bilim bilan noilmiy bilim o’rtasida chegara o’tkazadi.
K. Popperning ilmiy tushuntirish sxemasiga ko’ra, falsifikastiya qilish metodi fanga bir muammodan ikkinchi muammoga, teran muammodan yanada teranroq muammoga rivojlanish imkonini beradi. K. Popper konstepstiyasi bo’yicha tuzilgan bilimning o’sishi modeli quyidagi ko’rinishga ega:
-fan muammodan boshlanadi;
-gipotezalar muammolarni ilmiy tushuntirishga xizmat qiladi;
-gipoteza, basharti uni falsifikastiya qilish mumkin bo’lsa, ilmiydir;
-gipotezalarni falsifikastiya kilish anikpangan xatolarni bartaraf etish imkonini beradi;
-tanqidiy munozara jarayonida yangi va yanada teran muammolar va gipotezalar ilgari suriladi;
-muammolar va gipotezalar (nazariyalar)ning teranlashishi ilmiy bilimning barqaror o’sishini ta’minlaydi.
Popperning ilmiy tushuntirish modeli, mohiyat e’tibori bilan, ilmiy bilishni ob’ektiv haqiqatga asta-sekin, qadambaqadam (step by step), izchil yaqinlashtirish metodi va an’anasi-ni ilmiy ijod epistemologiyasida qo’llash demakdir.
Fanda empirik bilimlarni tushuntirish tushunishning epi-stemologik muammosining qo’yilishiga olib keladi. XX asrda falsafiy germenevtika vakillari V. Diltey, G. Gadamer va M. Xaydegger mana shu muammoni chuqur ishlab chiqish bilan shug’ullangan.
Ilmiy bilishda tushunish muammosi Ilmiy tadqiqot metodologiyasini ilmiy tadqiqotning yanada yuqori pog’onasiga, fanda kuzatish, tajriba, eksperimentdan bilishning nazariy darajasiga ko’taradi. Agar empirik darajada biz predmet hodisasini, ya’ni yuzada turgan narsani o’rgansak, nazariy bilish predmet va hodisaning mohiyatini tushunib etishni nazarda tutadi. Mohiyat esa hodisaning tubida yotadi, tashqi nigohlardan yashirin bo’ladi.
Nazariy bilishning maksadi o’rganilayotgan ob’ektning konu-ni, qonuniyatlarini ochib berishdir. Ilmiy eksperimentlarning natijalarini tavsiflash, tushuntirish, talkin qilish nazariy umumlashtirishlarga olib boradi, bilishni hodisalarni kuzatishdan ularning mohiyatini tushunib etish va analizdan o’tkazishga yo’naltiradi. Hodisalarning mohiyatini bilish - bu ilmiy bilishdagi tushunish demakdir, ya’ni biluvchi sub’ekt tomonidan voqelikni o’zlashtirishning bilish predmeti yoki ob’ektining ma’no-mazmunini ochib berish va aks ettirishni nazarda tutadigan shaklidir. Tushunish tufayli insonni qurshagan predmetlar va hodisalar ma’no va mazmun kasb etadi.
Fanda nazariy bilish bilishning umumfalsafiy metodlari: indukstiya va dedukstiya, analiz va sintez, umumlashtirish va taqqoslash, abstrakstiya, analogiya, modellashtirish bilan chambarchas bog’liqstir.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Bor M.Z. Osnovû ekonomicheskix issledovaniy. Logika, metodologiya, organizastiya, metodika. M.: «DIS», 1998.
2. Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.X, Jo’raev T. Iqtisodiyot nazariyasi (o’quv qo’llanma) T.: 2002.
3. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. – T.: IPÖ «Yangi asr avlodi», 2004.
4. V poiskax novoy teorii: Kniga dlya chteniya po ekonomicheskoy teorii s problemnûmi situastiyami: Uchebnoe posobie/Pod red. A.G.Gryaznovoy i N.N.Dumnoy. – M.: KNORUS, 2004.
5. Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.E. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. T.: 2002.
10-MAVZU. IQTISODIY EKSPERIMENT - ILMIY TADQIQOT VA IJODIY IZLANIShNING USLUBI
Reja:
1. Eksperiment ilmiy tadqiqotning empirik usuli sifatida.
2. Eksperimentning turlari.
3. Iqtisodiy tadqiqotlarda ilmiy-eksperimental usuldan foydalanish.
1. Eksperiment ilmiy tadqiqotning empirik usuli sifatida.
Ilmiy ijod ilmiy bilimning o’sishi negizida yotuvchi haqqoniy faktlar olishdan boshlanadi. Fanda empirik bilishning umumilmiy metodi – eksperiment ilmiy faktlarni topish, olish, ularni tushunib etish va qayta ishlashga xizmat qiladi. Olimning laboratoriya, eksperimental moslama, sinov stendi yoki o’rganilayotgan ob’ekt modelidagi ijodiy faoliyati o’rganilayotgan hodisa haqida ilmiy faktlar, haqiqiy bilim, haqqoniy axborotlarni to’ldirishning doimiy manbaidir.
Lotincha «exrerience» so’zi o’zbekchada «sinab ko’rish» yoki «sinov» degan ma’noni bildiradi, binobarin, eksperiment ilmiy bilish metodi sifatida o’rganilayotgan predmetlar va jarayonlarni nazorat qilinuvchi va boshqariluvchi sharoitlarda sinab ko’rish demaqstir.
Tadqiqotchi ilmiy eksperiment o’tkazishda o’rganilayotgan hodisani «sof» ko’rinishda ajratishda izlanayotgan axborotni olishga imkon qadar kam monelik bo’lishi uchun o’zining bor ijodiy qobiliyati va ko’nikmalarini ishga soladi.
Qatiy ilmiy eksperiment o’tkazishdan oldin juda katta ijodiy ish amalga oshiriladi:
- eksperiment dasturi, uni o’tkazish va yakunlash algoritmi puxta ishlab chiqiladi;
- zarur apparatura tayyorlanadi, eksperiment o’tkaziladigan maxsus eksperimental moslamalar va namunalar yaratiladi;
- eksperimentni o’tkazish shart-sharoitlariga aniqlik kiritiladi;
- eksperimentni o’tkazishda foydalanish uchun ilmiy gipotezalar, nazariyalar, asoslar tanlab olinadi;
- tadqiqot ob’ekti aniqlanadi;
- eksperimentni o’tkazishga monelik qiluvchi omillar bartaraf etiladi yoki eksperiment natijalariga bunday salbiy omillarning ta’siri minimumga keltiriladi.
Eksperiment o’tkazishning ko’rsatilgan har bir bosqichiga ijodiy yondashish, topqirlik, tirishqoqlik, o’z kuchiga ishonch talab etilishi tabiiydir.
Ilmiy eksperimentlarning natijalari ilmiy farazlar, taxminlar va nazariyalarning haqqoniyligi mezonidir. Bugungi kunda, postindustrial axborot jamiyati davrida tabiiy, texnikaviy, gumanitar va ijtimoiy fan sohalarida eksperimenglar doirasi tobora kengayib bormoqda. Hozirgi zamon sharoitlarida ilmiy tekshirish institutlari va laboratoriyalarda eksperimentlar ko’pincha bir guruh olimlar tomonidan o’tkaziladi. Ular o’zaro kelishib, o’z kuchi va qobiliyatini birlashtirib ish olib boradi. Hozirgi zamon ingliz epistemolog-faylasufi, kvant kimyosi sohasida yirik mutaxassis Maykl Polani «Fanni mahoratga ega odamlar yaratadi», deb qayd etgan edi. Biz bunga o’zimizdan «Ijodkorlik, qiziquvchanlik va yuksak professionalizmga ega bo’lgan odamlar yaratadi», deb qo’shimcha qilmoqchimiz.
To’laqonli ilmiy eksperiment quyadagilarning bo’lishini nazarda tutadi:
- eksperimentchi yoki tadqiqotchilar guruhi;
- laboratoriya (bu eksperimentchining zamon va makon chegaralari bilan belgilanuvchi predmetlar olamidir);
- laboratoriya sharoitlariga joylashtirilgan o’rganiluvchi ob’ektlar (ba’zan butun Olam bunday laboratoriyaga aylanishi mumkin);
- o’rganilayotgan ob’ektning eksperimental o’lchanuvchi kattaliklari va o’lchamlari natijalarini qayd etuvchi asbob-uskunalar, o’lchash uskunalari;
- tadqiqotchining hissiy va rastional imkoniyatlarini oshiruvchi yordamchi texnikaviy moslamalar (masalan, kompyuter tajriba va eksperimentlarning natijalarini qayta ishlashga yordam beradi, elektron va tunnel mikroskoplari mikroolam ob’ektlarini, infraqizil, radioteleskoplar esa makrokosmosni o’rganish imkonini beradi).
Tadqiqotchi olim eksperimental vaziyatning markazidir. U eksperiment maqsadini qo’yadi, eksperimentni o’tkazadi, uning natijalarini analizdan o’tkazadi va baholaydi. Hozirgi zamon eksperimentlarini o’tkazish uchun tayyor standart asbob-uskunalarning o’zi kifoya qilmaydi. Tadqiqotchi-mutaxassislarning ijodiy faolligi murakkab, o’ziga xos eksperimental moslamalarni, yaratuvchilaridan fan va texnikaning turli sohalarini chuqur bilishni talab etadigan komplekslarni (masalan, elementar zarralarning har xil tezlatgichlarini) yaratishga yo’naltirilgan. Ilmiy eksperimentda ishtirok etishdan boshqa hech narsa ijodiy yondashishga yaxshiroq o’rgata olmaydi.
Xozirgi zamon ilmiy eksperimenti ijodiy barkamollikni, natijalarni baholashda xolislik va ob’ektivlikni, ko’pincha betakror va qimmatbaho eksperimental apparaturada ishlash madaniyatiga ega bo’lishni talab etadi. Eksperimentchining ijodiy, zaxmatli mehnatigina tadqiqotchining zarur sifatlarini shakllantiradi, chunki buzilgan, ishdan chiqqan eksperimental moslama bu erda harakatsizlikka mahkumdir, noto’g’ri natija esa ilmiy xodimning obro’siga ta’sir eta olmaydi, zotan, xatolardan hech kim himoyalanmagan.
Eksperimental tadqiqotchilik ishida ijodiy faollik olimda muhim sifat – rastionalizmni shakllantiradi. Hozirgi zamon ilmiy eksperimentlari katta vaqt sarfi va moddiy xarajatlarni talab etadi. Shuning uchun ham tadqiqotlarga kirishayotib mutaxasjis rejalashtirilgan eksperiment qo’yilgan savolga javob berish-bermasligi, amalga oshiriluvchi o’lchashlarning aniqligini ta’minlash-ta’minlamasligi, ishonchli xulosa va echimlarga ega bo’lish imkonini berish-bermasligini oldindan aniq nazarda tutishi kerak.
Eksperimentchining bosh ijodiy vazifasi quyidagilardan iborat:
- eksperimentni kuzatishlar va o’lchashlarning aniqligi qo’yilgan maqsadga muvofiq keladigan qilib rejalashtirish;
- surunkali xatolar va nuqsonlar bo’lishi mumkinligini e’tiborga olshi, ularni bartaraf etish choralarini ko’rish;
- eksperiment natijalarini tanqidiy analizdan o’tkazish va to’g’ri xulosalar chiqarish;
- sinov tajribalarining aniqligini baholash;
- qayta ishlangan natijalarni qisqa va ko’rgazmali (jadval, grafik, sxema va hokazo) shaklda taqdim etish.
Eksperimental ijod bilan shug’ullanar ekanmiz, biz o’rganilayotgan hodisaning muhim jihatlarini ajratamiz. So’ng ularni umumlashtirib, ishchi gipoteza tuzamiz va undan u yoki bu xulosalar chiqaramiz. Xulosalarni ham eksperiment yo’li bilan tekshirib ko’ramiz. Ularni tekshirish uchun murakkab, tartibsizlikka to’la atrof-olamda «sof», sodda modelni yaratish zarur. Tadqiqotchining ijodiy qobiliyati o’z eksperimentlarini o’tkazish uchun mana shunday aniq, ilmiy jihatdan benuqson vaziyatni yaratishda to’laqonli ro’yobga chiqadi, Bu erda tadqiqotchi-olimning iste’dodi, sezgisi, xotirasi, butun bilimi va hayotiy tajribasi namoyon bo’ladi. Ko’pincha eksperimentlar olimning sog’lig’i va hayotiga xavf soluvchi sharoitlarda o’tkaziladiki, bu undan mardlik, jasorat va tavakkal qilishni talab etadi.
Franstuz olimlari Mariya va Per Kyuri radioaktivlikni o’rganish bo’yicha xavfli eksperimentlar o’tkazishda ongli ravishda o’z hayotlarini xavf ostiga qo’yganlar. Ko’pgina mikrobiolog va tibbiyotchi olimlar yangi tibbiy dori-darmonlarning ta’sirini o’zida sinab ko’radi. Yangi ilmiy bilimga erishish yo’lida beg’araz va sadoqat bilan xizmat qilishga bunday misollarni fan tarixidan ko’plab keltirish mumkin.
Puxta o’tkazilgan eksperiment ob’ektning yashirin, ichki xossa va aloqalarini aniqlash, hodisaning analizidan o’rganilayotgan jarayonning mohiyatini ko’rib chiqishga o’tish imkonini beradi. Odatda, ilmiy eksperiment ko’p karra takrorlanadi. Bu eksperimental ma’lumotlarni to’g’ri talqin qilish uchun zarur statistikani to’plash imkonini beradi. Agar turli eksperimentlar majmuining natijalari bir-biriga mos kelmasa yoki bir-biriga yaqin bo’lmasa, bunday tafovutning sabablarini topish talab etiladi. Agar buning sababi eksperimental moslamada bo’lsa, uni bartaraf etish, o’rganilayotgan ob’ektning xossalari haqida bilimlarimiz va tasavvurlarimiz etarli emasligida bo’lsa, boshlang’ich asoslar, gipotezalar va nazariyalarni qayta ko’rib chiqish kerak. Ikkala holda ham ijod uchun keng maydon ochiladi.
Eksperimentni o’tkazish jarayonida eksperimentchi o’zining asosiy kuchi va e’tiborini haqiqatning tagiga etish, haqqoniy ilmiy faktlar olishga ko’maklashadigan metod, usul, yondashuv, asos konstepstiyani tanlashga yo’naltiradi. Ko’pgina hollarda bu tom ma’noda ijodiy vazifadir.
Fizika, kimyo, biologiya va boshqa fanlardagi buyuk kashfiyotlarning ko’pchiligi o’ziga xos tarzda tuzilgan va o’tkazilgan eksperiment bilan bog’liq. Masalan, 1894 yilgacha atmosfera havosi kislorod va azotdan tashkil topgan (suv bug’i, uglerod ikki oksidi va vodorodning oz miqdorda aralashmasi mavjud) deb hisoblanib kelingan. Ammo, Reley atmosfera gazining zichligini o’lchash bo’yicha o’tkazgan puxta eksperimentlar uni va Ramseyni 1895 yilda er atmosferasining 1% ni tashkil etuvchi argon inert gazining kashf etilishiga olib keldi.
Ba’zan turli eksperimental metodlarning natijalarini taqqoslash foydali bo’ladi. 1927 yili Aston fizika metodi yordamida massa-spektrometr bilan eksperiment o’tkazish jarayonida vodorod massasi 1,00778 ga teng ekanligini aniqladi. 1929 yili kimyoviy metodlar boshqa natija berdi – 1,00799. Bu eksperimental tafovutlarni taqqoslab, Byorg va Menzel 1931 yili vodorod-deyteriyning og’ir izotopi mavjudligini asoslab berdi.
Maykelson va Morli tomonidan 1881-1887 yillarda o’tkazilgan turli yo’nalishlarda tarqaluvchi yorug’lik tezligini aniq aniqlash bo’yicha eksperimentlar XX asr boshida A.Eynshteyn tomonidan maxsus nisbiylik nazariyasining yaratilishiga ko’maklashdi.
1860 yillarda G.Mendel no’xat donalari bilan eksperiment o’tkazib, irsiy genetikaning asosiy qonunlarini kashf etdi. Dunyoning hozirgi zamon ilmiy manzarasi mohiyat e’tibori bilan mustahkam eksperimental zaminga egadir. Eksperimentchining ijodiy qobiliyati qarashda emas, balki ko’rishda namoyon bo’ladi. Tabiat o’z sirlarini insonga o’zi ochib bermaydi. Inson tabiatda tirishqoqlik va chidam bilan izchil eksperimentlar o’tkazish orqaligina haqqoniy bilimlarni tomchilab yig’adi hamda borliqning yanada teran sirlarini bilishga yaqinlashadi. Bunda xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilishi muqarrar, ammo eksperiment o’tkazish yo’li bilangina biz xaqiqatning tagiga etishimiz mumkin. Fanda bundan boshqa yo’l yo’k.
O’tkazilgan ko’pgina eksperimentlarning aniqligi aklni lol qoldiradi. Masalan, ko’pgina fizik kattaliklar milliondan bir ulushigacha va hatto undan ham aniq hisoblangan. Eksperimentlar o’tkazishda aniq o’lchashlar muhim maqsadni ko’zlaydi. Ular bizning nazariy tasavvurlarimizni tekshirish imkonini beradi. Tafovutlar vujudga kelgan taqdirda ular yangi nazariyalar va kashfiyotlarga olib keladi. K.Popper o’zining ilmiy bilimning o’sishi haqidagi epistemologik konstepstiyasida aynan eksperimental metodni birinchi o’ringa qo’yadi: sinov va xatolarning eksperimental metodigina insonga ilmiy bilish, haqiqat sari yo’l ochish imkonini beradi. Ilmiy eksperiment natijasida yangi, ilgari ma’lum bo’lmagan xossalar yoki hodisalar aniqlanadi. Bu tom ma’nodagi ijod, ya’ni yangilik yaratishdir, binobarin, ilmiy bilishda eksperiment olim aql-idroki ijodiy faoliyatining, uning qobiliyatlari va bilimining moddiy ifodasidir.
2. Eksperimentning turlari.
Ilmiy eksperimentning istalgan turi hodisalarning o’rganilayotgan sohasiga olimlarning ijodiy, faol, izchil aralashishi, narsalarning tabiiy holatini ataylab, rejaga binoan o’zgartirish, eksperiment ob’ektini maxsus nazarda tutilgan sharoitlarga qo’yish bilan bog’liq. Bu bilan tadqiqotchilar ob’ektni o’zining yangi, tabiiy xolatda kuzatilmaydigan xossalarini namoyon etishga majbur qiladi. Eksperiment shartlarini u yoki bu yo’nalishda o’zgartirib, eksperimentchi kuzatilayotgan xossalarning o’zgarish tendenstiyasini aniqlaydi va shu asno ob’ektning turli vaziyatdagi xulq-atvorini tavsiflovchi boy material oladi.
Olim u yoki bu eksperimentni o’tkazib, atrof-olam parchalari – ilmiy tadqiqot ob’ektlari bilan ijodiy eksperiment o’tkazib, hodisalarning mazkur sohasi haqida o’zida mavjud axborotga tayanadi, eksperiment o’tkazish usullari va muayyan yo’llarini tanlashda ana shu axborotdan kelib chiqadi. Har bir muayyan eksperiment ma’lum vazifani, ilmiy muammoni hal qilish maqsadida o’tkaziladi. O’tkazish shartlariga va qo’yilgan maqsadlarga qarab tabiiy va fikriy, real va ideal, parallel va izchil, ko’p karra o’tkaziladigan, modelli eksperimentlar tafovutlanadi.
Jumladan, ovqat kelishidan oldin jiringlagan qo’ng’iroqqa itning reakstiyasini o’rgangan I.P.Pavlovning tadqiqotlari real, tabiiy eksperimentga misol bo’lib xizmat qiladi. Olim hayvonlarda shartli refleks hosil bo’lishi mexanizmini aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi.
Kosmik stanstiya bortida va er sharoitlarida bir xil ob’ektlar ustida birvarakay o’tkaziladigan sinovlar parallel eksperimentlarga misol bo’lib xizmat qilishi mumkin. Mazkur sinovlarning natijalarini taqqoslash ob’ektning xossalari va xulq-atvoriga kosmos sharoitlari (vaznsizlik, radiastiyaning kuchayishi, chuqur vakuum, temperaturalarning keskin o’zgarishi va boshqalar)ning ta’sirini aniqlash imkonini beradi.
U yoki bu sabablarga ko’ra, masalan, iqtisodiy sabab — sarf-xarajatlar qiymatining yuqoriligi tufayli ob’ektning o’zi bilan eksperiment o’tkazishning iloji bo’lmasa, u ob’ektning real yoki nazariy modeli ustida eksperiment bilan almashtiriladi. So’nggi vaqtda kompyuterda modellashtirish usuli, ayniqsa, keng tarqaldi.
Fikriy, ideal eksperimentlar modelli eksperimentlarning alohida turidir. Matematikada, tabiiy, texnikaviy, iqtisodiy va gumanitar fanlarda fikriy eksperiment metodidan keng foydalaniladi. U fikriy eksperimental vaziyatlar (real eksperiment shartlarining analoglari, modellari)ni tadqik qilishning o’ziga xos umumilmiy usulidir. Fikriy eksperimentga nisbatan ijodiy yondashuv shundan iboratki, eksperimental vaziyat fikriy, ideal eksperiment jarayonida o’rganilayotgan ob’ektning noma’lum yoki yaxshi o’rganilmagan xossalari va jihatlari namoyon bo’ladigan tarzda yuklanadi. Fikriy eksperimentning maqsadi - o’rganilayotgan ob’ektning yangi jihatlari va xossalarini kashf etish. Bunday eksperimentlarda olimning tasavvuri, fantaziyasi katta rol o’ynaydi, ular eksperimental laboratoriyalarning real sharoitlarida yaratish mumkin bo’lmagan ideal, xayoliy sharoitlarni ijodiy yaratish imkonini beradi.
Pul miqdoriy nazariyasi iqgisodiy tadqiqotlarda o’tkaziladigan fikriy eksperimentga misol bo’la oladi. Fikriy eksperiment o’tkazib, mazkur jamiyatda ma’lum davrda M o’rtacha pul miqdori muomalada bo’lishining har xil ijtimoiy-iqtisodiy shartlarini modellashtirib va o’zaro taqqoslab, u quyidagi bog’liqlikni keltirib chiqaradi:
,
bu erda: M – pulning o’rtacha miqdori; V – aholining daromadlari aylanmasida pulning muomalada bo’lishi tezligi; R – tovar va xizmatlar narxlarining indeksi; Q – yalpi yoki sof milliy maxsulot jismoniy xajmining ko’rsatkichi. Bu fikriy eksperiment iqtisodiyotda ob’ektning (bu erda ob’ekt – butun jamiyat) M, V, R, Q iqtisodiy o’lchamlari o’rtasidagi muntazam, takrorlanuvchi, qonuniy (aynan - chiziqli) bog’liqlikni aniqlash imkonini berdi.
Ideallashtirilgan eksperiment har xil shartlar qo’yish yo’li bilan o’rganilayotgan hodisani turli murakkab holatlardan ajratish va hodisani «sof ko’rinish»da o’rganish imkonini beradi. Buning natijasida yangi bilim olinadi va empirik qonuniyatlar aniqlanadi.
Insonning ham ijodiy-amaliy, ham bilish faoliyatiga mansubligi eksperimentning muhim epistemologik xususiyatidir. Eksperimentning maqsadi – ilmiy bilimni o’stirish. Eksperimentni rejalashtirish va o’tkazish, uning natijalarini analizdan o’tkazish va qayta ishlash - olimlarning ijodiy, amaliy faoliyatining yorqin misolidir. Eksperimentning ijodiy-amaliy va bilishga oid jixatlari bir-biri bilan chambarchas bog’liq, bir-birini belgilaydi, nazarda tutadi va to’ldiradi, uzviy birlik-eksperimental vaziyatni vujudga keltiradi. Hozirgi vaqtda eksperimental metoddan sostiologik va iqtisodiy tadqiqotlarda keng foydalaniladi. Bu erda u ham bilish metodi, ham murakkab, jo’shqin ijtimoiy-iqgisodiy tizimlarni maqbullashtirish metodi bo’lib xizmat qiladi.
3. Iqtisodiy tadqiqotlarda ilmiy-eksperimental usuldan foydalanish.
Iqtisodiyot – odamlarning tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va taqsimlash borasidagi xo’jalik faoliyatini o’rganuvchi fan. «Iqtisod» atamasi (grekcha oikonomike), yuqorida kayd etib o’tganimizdek, Aristotel tomonidan kiritilgan va so’zma-so’z tarjimada «uy xo’jaligi yuritish qonunlari» degan ma’noni bildirgan. Ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy maqsadlari jamiyat barqarorligi va ravnaqini ta’minlashi zarur. Bozor buning samarali vositalaridan biri bo’lib, uning ijtimoiy-iqtisodiy roli tovarlar, xizmatlar va pullarni ayirboshlash yo’li bilan odamlarning ehtiyoj va talablarini qondirishdan iborat. Iqtisod nazariyasi jamiyatni rivojlantirish usullari va yo’llarini ishlab chiqadi. Jamiyat insonning o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan tabiiy xom ashyo resurslaridan puxta va samarali foydalanishi kerak.
Iqtisodiy tadqiqotlar o’tkazish ilmiy tadqiqotning har xil usullari, shu jumladan iqgisodiy eksperimentdan ijodiy foydalanish va ularni uyg’unlashtirishni nazarda tutadi.
Kembrijlik iqtisodchi Jon Meynard Keyns 1929 yilgi Buyuk iqtisodiy depressiyaning ayanchli tajribasini analizdan o’tkazib, o’zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli mashhur kitobida (1936 yil) iqtisodiy hayotga davlatning faol aralashishi orqali iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun bozor iqtisodini safarbar etish yo’llarini taklif qildi. Keynsning fikricha, davlat iste’mol va investistiyalarni - hatto sun’iy yo’l bilan bo’lsa ham - rag’batlantirishi kerak. Odamlar tovarlar sotib olishi va pullarini sarflashi lozim, shunda talab ishlab chiqarishning o’sishiga olib keladi, bu esa ish joylari va investistiyalarning ko’payishiga olib keladi, bu, o’z navbatida, iste’mol qilish va ishlab chiqarishning yanada o’sishiga ko’maklashadi. Iste’molchilarga kreditlar berish, iqtisodga davlat tomonidan investistiyalar qilish o’layotgan iqtisodga jon baxsh etishga, bandlik darajasini ko’tarishga qodirdir.
Keyns g’oyalari, mohiyat e’tibori bilan, ulkan iqtisodiy eksperiment edi. Iqtisod va siyosatdagi «yangi kurs» muallifi AQSh prezidenti F.D.Ruzvelt mazkur g’oyalarni 1930-40 yillarda ro’yobga chiqardi va mamlakatni inqirozdan olib chiqdi.
Boshqa bir hozirgi zamon iqtisodchisi Fridrix fon Xayek J.Keynsga opponentlik qildi. Keynsdan farqli o’laroq, fon Xayek iqtisodiy liberalizm g’oyalarini himoya qildi: davlat iqtisodni nazorat qilishdan to’liq bosh tortishi, bozorning faoliyatiga aralashmasligi kerak. Fon Xayekning fikricha, qattiq bozor raqobati sharoitlarida mustaqil iqtisodiy qarorlar qabul qilish, bu qarorlar uchun to’la moliyaviy va xuquqiy javobgar bo’lish - xar qaysi tadbirkor, biznesmen, firma yoki korporastiya ongli ravishda amalga oshiruvchi iqtisodiy eksperimentning moxiyati ana shunda. Bunday eksperiment negizida tadbirkorning tavakkali, uning irodasi, bilimlari, muvaffaqiyatga ishonchi yotadi, kimning biznesi qolishi, kim raqobatga dosh berolmay, kasodga uchrashini bozor va raqobat xal qiladi. Nima bo’lganda ham, bozor sharoitlarida shaxs tavakkaliga ish yuritadi, bunda uning xarakatlarining ijobiy oqibatlari xam, salbiy oqibatlari xam bevosita uning o’ziga ta’sir etadi. Shuning uchun xam u mavjud barcha axborotni e’tiborga olishi, o’z bilimi, tajribasi, qobiliyatidan raqobat kurashida g’alaba qozonish va bozorda ravnaq topish uchun foydalanishi kerak.
Iqtisodiy tadqiqotlarda pragmatik metod asosiy metod xisoblanadi. Qiymatning mexnat nazariyasiga asosan (A.Smit, D.Rikardo), tovar qiymati unda mujassamlashgan mehnat demakdir. Mexnatning tabiati qanday talqin qilinmasin, tovarlarda ularning o’zini o’rganib, tovar ishlab chiqaruvchilarning maqsadlari, manfaatlari, ehtiyojlariga murojaat etmasdan, u yoki bu usulda aniqlash mumkin bo’lgan nimadir borligi nazarda tutiladi. Ammo bu nimanidir aniqlashga bo’lgan barcha urinishlar natija bermaydi. Tovar qiymatiga nisbatan pragmatik yondashuvgina qiymat haqida qimmatning tur xili sifatida gapirish, bu bilan qiymat muammosini muayyan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasidan falsafiy aksiologiya abstrakstiyalari darajasiga ko’tarish imkonini beradi.
Iqtisodiy eksperimentda tovarlarning qiymatini hisoblashda pragmatik yondashuv, ayniqsa, katta samara beradi. Tovar qiymati dialektik qarama-qarshiliklar tajassumidir: unda tovar ishlab chiqaruvchining o’z tovarini sotib, undan imkon qadar katga daromad ko’rishga intilishi va iste’molchining mazkur tovar uchun imkon qadar kam mablag’ to’lashga intilishi o’z ifodashni topadi. Shuning uchun ham tovar qiymati va narxi eksperiment mohiyati va qarama-qarshiliklar birligining amaliy faktidir.
Hozirgi zamon mustaqil, demokratik O’zbekiston jamiyatida respublika 1991 yilda o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan paytdan e’tiboran sovet davridagi ma’muriy-buyruqbozlik, taqsimlovchi, rejali iqtisoddan erkin bozor iqtisodiga o’tish bo’yicha qiziqarli iqtisodiy eksperiment o’tkazilmoqda. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov o’z asarlarida iktisodiy islohotlarning asosiy maqsadi kelajagi buyuk davlat qurish ekanligini e’lon qildi va asoslab berdi. Mazkur ulug’vor vazifani muayyanlashtirib, u Oliy Majlisning IX sessiyasida qilgan «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari» nomli ma’ruzasida shunday deb qayd etdi: «O’tgan davrda xayotning muhim tomonlarini erkinlashtirishning qonunchilik negizini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari sohasida zarur kafolatlarni muvofiq ravishda ta’minlash, davlat tuzilishini demokratlashtirish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish, shaxsiy mulkni va tadbirkorlarning manfaatlarini, o’rta va kichik biznesni ximoya qilish bo’yicha muayyan chora-tadbirlar amalga opshrildi»1.
O’zbekiston iqtisodini bozor munosabatlarigaasta-sekin, bosqichma-bosqich, tadrijiy o’tkazish bo’yicha ulkan iqtisodiy eksperiment iqtisod sohasida insonga, uning extiyojlarini qondirishga, turmush darajasini yaxshilashga yo’naltirilgan sinovlar, eksperimentlar majmuini tashkil etadi.
Iqtisodiy eksperimentlar va islohotlarning bu tizimiga shu jumladan quyidagi elementlar kiradi:
- iqtisodiyotning agrar sektorida fermer xo’jaliklarini tashkil etish;
- ishlab chiqarish sektorini xususiylashtirish;
- korxonalarni akstiyalashtirish;
- samarali ishlaydigan xususiy banklar tarmog’ini tashkil etish;
- iqtisodiyotning real tarmoqlariga chet el sarmoyasi va investistiyalarini jalb etish;
- chet ellik xamkorlar bilan qo’shma korxonalar tashkil etish (engil avtomobillar ishlab chiqaruvchi «O’zDEU» korxonasi buning yorqin misolidir);
- kichik va o’rta biznes sohasida MChJ (masuliyati cheklangan jamiyatlar), YoAO va OAO (yopiq va ochiq akstiyadorlik jamiyatlari) tashkil etish;
- raqobatbardosh maxsulotlar (oltin, samolyotlar, avtomobillar, televizorlar, kompyuterlar, tamaki, oziq-ovqat maxsulotlari va hokazolar) bilan jahon bozoriga chiqish.
Ko’rsatilgan elementlar va sxemalarning xar biri, mohiyat e’tibori bilan, iqgisoddagi eksperiment shaklidir.
Iqtisodiy, ijtimoiy eksperimentlarning o’ziga xos xususiyati shunday bir gnoseologik vaziyatda mujassamlashganki, bunda jamiyat ijtimoiy bilishning ham ob’ekti, ham sub’ekti sifatida o’zini o’zi anglab etadi.
Iqgisodiy eksperiment jarayonida inson atrof-olamni, iqtisodiy turmush sharoitlarini o’zgartiradi, shu bilan bir vaqtda, bozor iqtisodiyotining jo’shqin, muttasil o’zgaruvchi turmush sharoitlariga moslashib, o’zi ham o’zgaradi. Bunday sharoitlarda eksperimentchidan iqtisodiyotda eksperiment o’tkazish va uning natijalarini o’rganishda halollik, vijdonlilik, prinstipiallik va to’la ob’ektivlik kutish kerak. Iqtisodiy eksperiment ma’lum ijtimoiy buyurtmani bajaradi - u jamiyatimiz fuqarolarining turmush darajasi va iqtisodiy farovonligini real oshirishga nisbatan u yoki bu nazariy qarashlarni tasdiqlashi yoki inkor etishi lozim.
11-MAVZU. IQTISODIY JARAYoNLARNI MODELLAShTIRISh ILMIY IJOD USULIDIR
Reja:
1. Funkstional aks ettirish usuli vositasida murakkab tizimlarni modellashtirish.
2. Funkstional yopiq tizimlar va teskari aloqalar tamoyili.
3. Muammoli holatlarni funkstional modellashtirish.
1. Funkstional aks ettirish usuli vositasida murakkab tizimlarni modellashtirish.
Insoniyatning XXI asrga va o’z tarixiy taraqqiyotining yangi ming yilligiga qadam qo’yishi ijtimoiy bilshstda qisqa va qamrovli qipib «globalizastiya» deb nomlangan mutlaqo yangi ijtimoiy vaziyat bilan bog’liq. Jamiyat xayotining barcha sohalari, tomonlari va darajalarining globallashishi hozirgi zamon postivdustrial axborot jamiyatining murakkab, dialektik qarama-qarshiliklarga to’la o’zini o’zi tashkil etish jarayonidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov murakkab siyosiy va ilmiy ijod va bunyodkorlik faoliyatining tadrijiy juni xisoblangan «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida shunday deb yozadi: «Men mamlakatimiz XXI asrda jaxon iqtisodi, madaniyati va siyosatida munosib o’rin egallash tarixiy imkoniyagaga ega ekanligiga shponchim komil. Biz o’zimiz, eng muximi-farzandlarimiz vanabiralarimizga jaxondaxamkorlik qilshpimkoniyatlarini yaratmoqdamiz. O’zbekistonni, uning salohiyatini chuqurroq tushunib etishni isgagan barcha biz bipan xamkorlik qilish istiqbollaridan beg’araz manfaat ko’rishini istaymiz.
Yangi ming yshshikka yo’l ochar ekanmiz, biz hammaga do’stlik va birodarlik 1$o’linicho’zmoqstamiz, buni xavfsizlik, barqarorlik so’zlari bilan ramziy ifoda etmoqstamiz. Zero, xar bir mamlakat, xalqning tinchligi, farovonligi va ravnaqining mustahkam poydevorini mana shu tushunchalar tashkil etadi, sayyorada jug’rofiy-siyosiy muvozanatni saqlashning zarur sharti hisoblanadi, har bir insonga kelajakka dadil va ishonch bilan qarash huquqini beradi».
Barcha odamlar, butun insoniyat taqdirining global, tarixiy birligini tushunib etish, taraediyotning xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida sodir bo’layotgan globallashtirish jarayonining moxiyatini tashkil etadi. Globallashtirish jarayoni insoniyatning er kurraszda yashovchi barcha millatlar va xalqlarning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy salohiyatlarini evolyustion yaqinlashtirish, ularni yagona jahon hamjamiyatiga birlashtirishga asoslangan yangi stivilizastiya sari harakatini ifoda etadi.
Hozirgi zamon O’zbekiston jamiyatida sodir bo’layottan demokratik islohotlar ham yalpi globallashtirish jarayoni o’zanida amalga oshirilmoqsta. Prezident I. Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida so’zlagan ma’ruzasida shunday deb qayd etgan edi: «Biz xalqimizning asriy orzu-niyatlariga javob beruvchi, mamlakatimiz, kelgusi avlodlar uchun ulkan imkoniyat va istiqbollar ochuvchi yo’lni tanladik va unga qadam qo’ydik. Biz o’z oldimizga qo’ygan murakkab, ta’bir joiz bo’lsa, ulug’ maqsadlarga erishish qay darajada og’ir ekanligini yaxshi tushunar edik va bugun buning guvohi bo’lmoqdamiz.
Eng muximi, bu maqsadlar - mustaqil davlat, erkin jamiyat qurish, xalqimizning munosib turmush darajasini ga’minlash, sodda qilib aytganda, rivojlangan demokratik mamlakatlarda odamlar qanday yashasa, shunday xayot kechirish maqsadlari odamlar ongidan tobora chuqur kirib bormoqda, ularning amaliy ishlarida tobora keng o’rin egallamoqsta».
Hozirgi zamon ijtimoiy hayotini globallashtirish fan-texnika taraqqiyogi natijasida axborot jamiyatini vujudga keltirish bilan bog’liq bo’lgan murakkab, kompleks xrdisadir. Yangining vujudga kelishi odamlarning ijodiy-bunyodkorlik faoliyati mahsulidir, shuning uchun ham bugungi kunning murakkab ijtimoiy muammolarini hal qilishga kreativ, ijodiy yondashish sodir bo’layotgan globallashish jarayonining mohiyat-mazmunini tashkil etadi.
Globallashish jarayoni bilan chambarchas bog’liq bo’lgan fantexnika taraqqiyoti deganda fan va texnikada sodir bo’lgan tub sifat o’zgarishlari majmui tushuniladi. Bu o’zgarishlar «inson-jamiyat-texnika» tizimida yondashuvlar paradigmalarining almashishida, avvalambor, eskirgan ilmiy-texnikaviy prinstiplar, nazariyalar va qonuyalardan mutlaqo yangi, kishiliktarixida ilgari ko’rshshagan prinstiplar, nazariyalar va qonunlarga o’tishda aks etadi. Insonning o’z mantshrsh, intellektual va ishlab chiqarish funkstiyalarvdan har xil texnikaviy sistemalar va moslamalar, masalan, shaxsiy kompyuterlar, INTERNET global axborot tarmog’i va hokazolar yordamida har tomonlama ongli, ijodiy foydalanishi hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyotining ijtimoiymohiyatini tashkil etadi.
Fan-texnika taravdiyotining mazmuni ilmiy va texnikaviy ijodning hujumkor progressiv rivojlanshpining asosiy yo’nalishlari va o’ziga xos xususiyatlarini o’z ichiga oladi. Bu elektr va elektronikadan keng foqstalanishni, muqobil elektr manbalarini izlash va o’zlashtirishni, yadro va 1dgyosh energiyasidan iqgisodda keng foydalanishni, fanni bunyodkor, ishlab chiqarish kuchiga aylantirshpninazarda tutadi. Globalizastiya sharoitlarida fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarida tom ma’noda burilshp yasaladi, jismoniy va aqliy mehnatning ma’nosi, mazmuni va ijtimoiy samaradorligi o’zgaradi, bunyodkor mehnat odamlarning ilmiy-texnikaviy va badiiy ijodining tur xyushga aylanadi.
Globalizastiya va fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishda teran sifat o’zgarishlari sodir bo’lishi, ishlab chiqarishda yuksak texnologiyalardan, avvalambor, mikroelektronika, informatika, biotexnologiya, irsiy injeneriyaning yuksak texnologiyalaridan foydalanish, termoyadro sintezini o’zlashtirish istiqbollari, ishlab chiqarishni kompleks mexanizastiyalashtirish va avtomatlashtirishda qo’lga kiritilgan yangi yutuqlar bilan bog’liq.
Globalizastiya - bu jamiyat taraqqiyotining agrar (birinchi to’lqin) va sanoat (ikkinchi to’lqin) bosqichlari o’rnini egallagan uchinchi to’lqin stivilizastiyasidir (D. Bell, E. Toffler, S. Xantington). Globalizastiya, hozirgi zamonpostivdustrial axborot jamiyati sharoitlarida fan-texnika taraqqiyotiga bugungi kuvda jamiyat ekologiya, yurtsod, siyosat, mafkura orqali kuchli ta’sir ko’rsatmoqda, zotan, ular mazkur taraqqiyotni jadallashtirishi, unga rag’bat bershpi yoki aksincha, uni sustlashtirishi mumkin.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti dunyoda elektron-kompyuter va biotexnologik inqilob yasadi. Bu jamiyatning bugungi xayotida ilmiy bilish va ijodning o’rni va axdashyatyush ham tubdan o’zgartirib yubordi. Agar X1X-XX asrlarda ijtimoiy falsafa va epistemologiyada ijtimoiy ishlab chiqarish, avvalambor, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga fanning bog’liqligini uqtiruvchi paradigma hukm surgan bo’lsa, globalizastiya va faya-texnika taraqqiyoti bilan bog’liq bugungi paradigma hozirgi zamon posgindustrial, axborot jamiyatvda fanning taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishidan ham ko’ra ko’proq ilmiy bilish, ilmiy ijodning rivojlanish darajasi bilan belgilanishini ko’rsatadi, zotan, ilmiy bilshp va ijod ishlab chiqarish kuchlari va butun ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishini belgilaydi va yo’naltiradi. Bu erda fan-texnika taraqqiyoti barcha ijtimoiy muammolarni hal qilish imkonini beradi, deb texnokratizmga berilmaslik kerak. Fan va texnikaning global taraqqiyoti sharoitlarida atrof-olamga nisbatan sub’ektning bilish faolligvda antropo-stentrizmdan voz kechish hayotiy zarurdir. Inson o’z noosferasini, o’zining aql-zakovati sohasini xalos etib, tabiatni, Er kurrasidagi hayotni texnokratik hukmronlikdan qutqaradi. O’zini va o’z sayyorasini qutqarish va saqlab qolish uchun inson biluvchi, yaratuvchi, ijodiy faol sub’ekt sifatida bugungi kunda tabiatga-o’zining bilshp ob’ektiga o’ta oqilona va ehtiyotkorona munosabatda bo’lishi kerak. Davolovchi vrachning birinchi vazifasi kasal organizmga zarar etkazmaslik bo’lsa, ijodkor shaxs, olimning birinchi vazifasi atrof-muhitga zarar etkazmaslik bo’lishi kerak.
Inson stivilizastiyasining postindustrial, uchinchi to’lqinida yashovchi odamlar hozirgi zamon fani va fan-texnika taraqqiyotining yutuqlarini mukammal bilishlari, fundamental va amaliy fanlarning turli sohalari haqida mufassal bilimga ega bo’lishlari, kompyuter texnikasi, axborot tizimlari va yuksak texnologiyalardan erkin foydalana olishlari kerak. Ular dunyoqarashining kengligi, yuksak ma’naviyati, ilmiy ijod va bunyodkorlikka intilishi bilan ajralib turishi lozim. Hozirgi zamon ilmiy xodimi jamiyat ega bo’lgan bilim, ilmiy axborot yuki uchun ongli ravishda ijtimoiy mas’ul bo’lishi kerak.
2. Funkstional yopiq tizimlar va teskari aloqalar tamoyili.
Hozirgi zamon kompyuterlashtirilgan, axborot jamiyati o’zining asosiy resursi: butun kishilik jamiyati uchun ulkan qimmatga ega bo’lgan ob’ektiv, sermazmun axborotga asoslanadi. Kompyuter inqilobi negizida axborot jamiyatining vujudga kelipsh inson va texnika nisbatini tubdan o’zgartiradi, inson ipshab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni tartibga soluvchi, o’ziga xos menejer vazifasini bajaradi.
Axborot hozirgi zamon axborot jamiyatining asosiy ijtimoiy manbasi, bosh ijtimoiy boylpgidir. Bu tushuncha kibernetika, genetika, informatika singari muayyan fanlarda, shuningdek, ilmiy bilish va ijod epistemologiyasida keng qo’llanadi.
Axborot ilmiy tushunchasi o’zida u yoki bu axborotni tashuvchi xabarning mazmun jihatidan ko’p jixatdan farq qiladi va uning son jihatini oladi. Axborotning soni tushunchasiga favda «Xabarda aytilgan hodisaning extimolligi darajasiga teskari proporstional kattalik» deb ta’rif berilgan. Hodisaning extimolligi darajasi qancha yuqori bo’lsa, xabarda uning sodir bo’lishi haqida axborot shuncha kam bo’ladi va aksincha.
Axborot umumilmiy tushunchasi dunyoning moddiy birligining muhim jihatini- hodisalarning axborotga boyligini namoyon etadi. Bu ilgari mutlaqo har xil bo’lib tuyulgan jarayonlar: texnik aloqa kanallari orqali xabarlarni uzatish, asab sistemasining faoliyati, kompyuterlarning ipshashi, boshqaruv jarayonlari va hokazolarga yagona nuqgai nazardan qarash imkonini beradi. Bularning barchasi axborotni uzatish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari bilan bog’liq.
Axborot tushunchasida ikki jihatni tafovut etish kerak:
birinchidan, axborot tyuimnyup1 tashkil toshshsh mezoni bo’lib xizmat qiladi;
ikkinchidan, axborot ikkijarayon-xabarning ma’nosi, mazmunini uzatyup va qabul qilishning o’zaro nisbatidir.
Falsafada va fan epistemologiyasida axborot tushunchasining quyidagi jihatlari tafovut etiladi:
a) semantik jihat - axborotning mazmuni, ma’nosi, ahamiyati;
v) aksiologik jihat - amaliyotda, ilmiy bilishda va ijodda kelgusida foydalanish uchun axborotning qimmati;
s) semiotik jixat - muayyan axborotni ma’lum belgilar tizimyada ifodalash;
d) kommunikativ jihat- axborot aloqasi;
e) nazariy aks ettirish jihati - aks ettirish jarayonlarida (masalan, «sun’iy intellekt» tizimlarida yoki kompyuterning operativ xotirasida) axborotning roli;
f) gnoseologik jihat - axborot bilish vositasi sifatida;
g) jismoniy jihat - axborot tarqatish moddiy vositalari (papirus, qog’oz, kitob, disketa, vinchester va h.k.).
Mazkur atamaning amal qilish sohalari ro’yxatini cheksiz davom ettirish mumkin. Kibernetika asoschisi, hozirgi zamon matematigi Norbert Viner o’zining «Kibernetika va jamiyat» deb nomlangan mapstur asarida: «Axborot-bu biz tashqi olamga moslashish va o’z tafakkurimizni unga moslashtirish jarayonida mazkur olamdan oladigan mazmunning ifodasidir», deb qayd etadi1. Binobarin, axborot - bu voqelik hodisalarining rang-barangligini aks ettiruvchi tizimning maqsadlariga muvofiq ravishda va mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur yo’sivda ifoda etshp demakdir.
Axborot aks ettirishning mustaqillik, faollik, maqsadga muvofiqlik, tanlash, tartibga solish va funkstionallik singari jihatlari bilan bog’liq. Hozirgi zamon ijtimoiy hayotida axborotning qimmati shundaki, u moddiy ishlab chiqarishni oshirish, transformastiya qilish, o’zgartirish, modernizastiya qilish, shuningdek, boshqaruv va menejment, amaliyot, siyosat va ma’naviy-madaniyat sohalarida maqbul qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Hozirgi zamon postindustrial jamiyatida axborot- bu insoniyatning iste’mol qilishda kamaymaydigan, balki ko’payib boradigan strategik resursvdir.
Axborotning soni nazariyasini 1948 yilda amerikalik mashhur matematik, sistemachi, kibernetik Yuyud Shennon yaratdi. O’zining «A Mathematical Theory of Communication» nomli ishida u axborot soni formulasini keltirib chiqardi:
bu erda axborot R,, R2,... Rp ehtimolliklar p to’plamining manfiy entropiyasini (negentropiyani) tashkil etadi. Mazkur formula «axborot miqstori»ni, ya’ni tizimda tanlash imkoniyatini, noaniqlikni son ko’rinishida ifoda etadi.
Shennon formulasidan ehtimolliklardan biri birga, qolgan barcha ehtimolliklar esa nolga teng bo’lgan taqdirdagina N=0 bo’lshpi kelib chiqadi. Bu haqqoniy hodisa, aniqlik yoki ishonchlilik holatidir.
Shunday qilib, har biri ma’lum ehtimollik bilan sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalar to’plamidan biri haqiqatda sodir bo’ldi, degan fikr tizimyushg noanshdshgi, betartibligini nolga tenglashtiradi, bu, K. Shennonning ta’biri bilan aytganda, N kattalikka «tannash imkoniyatining aqpga muvofiq miqdoriy o’lchovi yoki axborotning mnroriy o’lchovi» deb qarash imkonini beradi.
Axborot soni maxsus kattalik - «bit» bilan o’lchanadi. U barcha ehtimolliklar o’zaro teng bo’lgan holda
Shennon formulasidan keltirib chiqariladi.
Bunda N maksimal ifoda N = log2 kasb etadi va bu axborot sonini «bit»larda ifoda etadi. Mazkur formula axborot soni nazariyasida Xartli formulasi nomini olgan.
Polshalik axborotshunos olim Marian Mazur Shennon nazariyasi asosida ahamiyatli, mazmunli axborotning har xil turlariniajratib berdi:
Notrivial axborot;
Trivial axborot;
Ayniy axborot;
Teng ahamiyatli axborot;
Teskari axborot;
Natijali axborot;
Operastion axborot;
Teskari operastion axborot;
Asosiy axborot;
Teskari asosiy axborot;
Assostiastion axborot.
Axborotning xar bir turi ilmiy ijod jarayonida, kompyuterlar va hozirgi zamon axborot tarmoqlari yordamida axborotni yaratish, saqlash va uzatishda ma’lum rol o’ynaydi. Shennonning fikricha, axborot tasodifiy yakunli tajribaning har qanday natijasini, tasodifiy jarayon ifodasidagi har qanday o’zgarishni o’zida tashiydi.
Bozor iqgisodida axborotning ijtimoiy qimmati yuounday o’z ifodasini topadiki, axborot bu erda o’ziga xos tovar sifatida ishtirok etadi; ilmiy axborot olim ijodining mahsuli bo’lib, uni olim o’zi foydalanish uchun emas, balki boshqa olimlar va jamiyat a’zolari uchun yaratadi, shu asno mazkur axborot jamiyat mulkiga aylanadi. Bunda axborot — tovar ijtimoiy iste’mol qiymatiga ega bo’lipsh kerak.
Mazkur o’ziga xos tovar sotilganidan keyin ham uning egasi bu tovarga nisbatan mulkdorlik huquqini saqlab qoladi. Ko’p karra foydalanilganidan so’ng ham axboroto’z iste’mol qiymatini yo’qotmaydi, faqat vaqt o’tishi bilan ilmiy axborot eskiradi va yangi axborotga almashtiriladi.
Uchinchi to’lqin stivilizastiyasi hozirgi zamon jamiyatining qiyofasini shakllantirishda axborotning roli haqida gapirganda axborot hajmlari va oqimlarining ko’payishi ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, jamiyat xayotining barcha sohalari o’ta darajada murakkablashshpi bilan bog’lshdshgini e’tiborga olish kerak. Axborot jamiyati vauning tarkibiy elementlari o’ta murakkab jo’shqin ijtimoiy tizimlardir. Tizimning yaxlitligini, uning sifat jihatidan aniqligini saqlash, uning faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini ta’minlashni axborot jarayonlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Tizim qancha murakkab, ko’p komponentli va ko’p aloqali bo’lsa, ijtimoiy boshqarishda foydalaniladigan axborot oqimlarining hajmi ham shuncha katta va xshsha-xip bo’ladi. Jamiyat taraqqiyoti yakuniy hisobda uning modstiy-texnikaviy, energetik va axborot ta’minotiga bog’liqdir. Axborot odamlar, ijtimoiy guruhlar va tabaqalar o’zaro aloqa bog’lashiga yordam beradi, fan, madaniyat va ta’lim saviya sini ko’taradi, ma’naviyatning o’sipshga, qonun, ma’naviyat va de-mokratiyaning ustuvorligini ta’minlashga ko’maklashadi. Shun-day qilib, bugungi kunda axborot - bu umuminsoniy qadriyat, fuqarolik jamiyatining ajralmas elementvdir.
3. Muammoli holatlarni funkstional modellashtirish.
Hozirgi zamon axborot jamiyatining yirik tadqiqotchisi T. Stouner: «Moddiylashtirilgan mexnat bo’lgan asbob-uskuna va mashinalar shu bilan bir vaqtda modstiylashtirilgan axborot hamdir», deb ^ayd etgan edi. Bu g’oya kapitalga, erga va iqtisodning mehnat moddiylashtirilgan boshqa har qanday omiliga nisbatan o’rinlidir. Mehnat bor joyda axborot ham mavjud. Buning ustiga, axborotni xam kapital singari jamg’arish va kelgusida foydalanit uchun saqlash mumkin. Postindusgrial jamiyatda migotay axborot resurslari uning asosiy iqtisodiy grnmmati, eng katta potenstial boylik manbaidir. Axborot hechtortinmayo’rtssqlashish mumkin bo’lgan resursdir. Axborotdan foydalanishning boshqa bir o’ziga xos jihati shundaki, jaxondaentropiyaning kuchayishiga olib keluvchi materiallar yoki energiyadan foydalanishdan farqli o’laroq, axborotdan foydalanish qarama-qarshi samara beradi - u inson bilimini oshiradi, atrof-muhitdagi uyushqoqlikni kuchaytiradi vaentropiyani kamaytiradi. O’zining boshlang’ich shaklidan - matnmi u, musiqami, tasvirmi, og’zaki nutqmi, qat’i nazar, axborot yagona, kompyuterlashtirilgan shaklga keltiriladi. Qayta ishlash va saqlash uchun axborotni ifodalashni unifikastiya qilish uni taqqoslash, baholash va integrastiya qilish imkoniyatini yaratadi. Yakuniy maqsad -jamiyatda sodir bo’layotgan barcha jarayonlar haqida to’liq ma’lumot olishdir.
Barcha axborot oqimlari majmuvdan tarkib topgan axborot muhiti insonning bevosita hayoti, uzluksiz yashash va faoliyat ko’rsatish sharoitlarining ijtimoiy matristasini yaratadi. Ijtimoiy hayot axboroti - bu bilimning o’sishi, inson faoliyatining ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan barcha sohalarida mazkur bilimning ijodiy qo’llanishi uchun axborot resurslaridan to’laqonli foydalanishni ta’minlashga yo’naltirilgan choratadbirlar majmuidir. Axborotning maqsadi-yangi bilim turlarini olish, ularni tarqatshp va jamiyat xayotining turli sohalarida ulardan foydalanish uchun imkoniyat yaratishdir.
Axborot jamiyati har xil tabiat va tashkilotga ega axborot tizimlarining samarali, o’zaro muvofiqlashtirilgan aloqasiga asoslanadi. Bu tizimlar ijtimoiy ierarxiyalarning turli pog’onalarida: ishlab chiqarishda alohida ishlab chiqarish uchastkasi, stexi, muassasada bo’limdan tortib, milliy, umumdavlat va davlatlararo, internastional, global kompyuter tarmoirari va ma’lumotlar bazalarigacha bo’lgan pog’onalarda faoliyat ko’rsatadi.
Ijtimoiy boshqaruv qonunlarining ob’ektiv mohiyati insoniyatdan inson faolligining barcha bosqichlarvda o’z rivojlanishini ogohlantiruvchi dinamik, sinergetik tartibga soluvchi axborot tizimlarini ishlab chiqishni talab etadi. Insoniyatda olamning yangi, axborot modeli zoxir bo’lib, u ijtimoiy ong osti sohasidan ijtimoiy borliq darajasiga «globalizastiya» degan qisqacha va qamrovli nom olgan ijtimoiy o’zini o’zi tuzish arxetipi shaklida ko’tariladi.
Aholi yalpi axborot bilan ta’minlangan, axborotga egalik qilish va undan foydalanishga monopoliya taqiqlangan bo’lmasa, fuqarolarning shaxsiy erkinligini, demokratik, fuqarolar jamiyati elementlari samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash mumkin emas. U yoki bu ijtimoiy birlikning axborot resurslari o’sishi ko’rinishida ro’ebga chiqariladigan tashabbus va ijod erkinligi demokratiya va erkinlikning muhim elementidir.
Axborot jamiyatining vujudga kelshpi va rivojlanishi jamiyatyushg o’ziga o’zi ta’sir ko’rsatishi, ijtimoiy o’zini o’zi uyujtirish mahsulvdir. Shuning uchun ham A. Turen mazkur qiziqarli ijtimoiy hodisani o’rganib, uni ishlab chiqarishni tashkil etish, taqsimlash va isge’mol qshshsh modellarini tuzishga hodir bo’lgan dasturlashtiriluvchi jamiyat deb atadi. Dasturlashtiriladigan, axborot jamiyati sharoiglaridaishlab chiqarish tashkilotchisi, menejerning roli keskin ortadi - muttasil o’zgaruvchi axborot sharoitlaridaboshqaruv mehnati mehnatning, uzluksiz ijodning mustaqil turi sifatida shakllanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy boshqaruv barcha pog’onalarda shu Darajada murakkablashib ketdiki, boshqaruvda band etilgan barcha odamlarning jami imkoniyatlari boshqaruv uchun zarur axborotni qayta ishlashga qodir bo’lmay qoldi. Mazkur murakkab vazifa avtomatlashtirilgan axborot va boshqaruv tizimlari (AABT)ni yaratish yo’li bilan xal qilinmoqpa. Bu tizimlarda kompyuter tarmoqlari, ma’lumotlar banki, Internet yordamida axborot bipan ish olib boriladi. Bu menejerning ish qamrovini 95% ga, qiymatini esa 80-85% ga kamaytirish imkonini beradi. Boshqaruvda axborot tizimlarining paydo bo’lshii qonuniy hodisa, davr talabidir.
U yoki bu menejerning ish hajmi va xususiyatiga qarab, axborot tizimlarining qyidagi turlari tafovut etiladi:
A. Ma’lumotlarni qayta ishlash xizmati;
B. Axborot markazi;
V. Mashinada hisoblash stanstiyasi;
D. Avtomatlashtirilgan axborot boshqaruv tizimi (AABT).
AABT- axborot tarmoqlarining oliy, eng samarali shakli, ijtimoiy boshqaruv jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish bo’lib, u axborot jarayonlarini tubdan o’zgartiradi, ularning oqimini bir tomondan mavjud boshqaruv vositalariga, ikkinchi tomondan esa boshqariluvchi tizimda sodir bo’layotgan jarayonlar bilan muvofiqlashtiradi. Tizimning holati, uning normal faoliyatidagi nosozliklar haqida axborot tizimga avtomatik ta’sir ko’rsatadi, tizimning belgilangan maqsad sari muvofiq ravishda harakat qshshshini ta’minlaydi. Inson-boshqaruvchi, operator, menejerning vazifasi bu holda qarorlarni tanlash va qabul qilish, dasturlar ishlab chshrpp, butun tizimning hamdauning barcha bo’g’inlari va kichik tizimlarining normal ishlashini nazorat qilishdan iborat. Ishlab chyurshadigan dasturlar tizimning ish rejimini maqbullashtirish va tizimni o’zgarayotgan tashqi sharoitlarga moslashtirish, muqarrar sarf-xarajatlar va salbiy omillarni minimallashtirish imkonini berishi kerak. Bu erda axborotni qayta ishlash, tizimning holati haqida haqqoniy ma’lumotlar olish avtomatlashtiriladi va kompyuterlashtiriladi. Qayta ishlangan axborotdan AABTning barcha bo’ganlari o’z funkstiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan hajmda foydalanadi. Axborotlashtirish va avtomatlashtirish tizimning barcha bo’g’inlariga, boshqaruvning barcha jarayonlariga kirib boradi. Mohiyat e’tibori bilan bu erda boshqaruv, menejment uchun zarur axborotni tizimli tayyorlash va bunday axborotdan foydalanish haqida gap borayotir. Mazkur tizimlarning afzal jizhatlari shundaki, ular:
tizim va uning qismlari uchun kim javobgarligi;
ijtimoiy boshqaruv ob’ekti sifatida tizimning xususiyatlari, uning tarkibiga qanday kichik tizimlar kirishi;
mazkur tizimni boshqarishning yakuniy yoki oraliq natijasiga qachon erishilishi;
muammo va uning istalgan qismi qanday, qaysi usulda hal qilinishi;
natijaga qaerda erishilishi;
natijaga erishish uchun qancha kuch va vositalar talab etipishi haqida istalgan payt axborot olish imkonini beradi.
Boshqaruv axborot tizimlari boshlang’ich axborot asosida yangi axborot olishda amalga oshiriladigan operastiyalar, metodlar, prosteduralar, yondashuvlar majmuidan tashkil topadi; bu boshqaruv uchun zarur axborotlar majmuidir; bu ma’lumotlarni qayta ishlaydigan vositalar va xizmatchilar majmuidir.
Inson, uning ijtamoiy jarayonlarni boshqarish vazifalarini hal qilishga yo’naltirilgan ijodi, irodasi, mehnati axborot tizimining negizini tashkil etadi.
Insonning mehnat va ijod predmeti- axborotga, kompyuter va boshqa texnika vositalaridan foydalanib, axborotni qaror qabul qilish va samarali boshqarish uchun zarur shaklga solshnga yo’naltirilgan maqsadga muvofiq, ijodiy mehnati axborot tizimining mohiyatidir.
Axborot tizimining bosh vazifasi boshlang’ich ma’lumotlar bazasi asosida qarorlar qabul qilishning negizi bo’lib xizmat qiladigan ijtimoiy muhim, qtshatli axborotni olgastdan iborat. Boshlang’ich axborot samarali, maqbul boshqarishni ta’minlash uchun axborot tizimini ishga solish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Axborot tizimi axborotni to’playdi, qayd etadi, qayta ishlaydi va saralaydi. U yuklangan dasturga muvofiq hisob-kitoblarni amalga oshiradi, boshqarilayotgan tizimda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan turli vaziyatlarni baholaydi, ma’lumotlarni taqkoslaydi, talqin qiladi, ularni interpolyastiya va ekstrapolyastiya qiladi.
Axborotni integrastiya qilish axborot tizimining yana bir vazifasidir. Integrastiyaning mohiyati axborotdan kompleks, har tomonlama foydalanish, imkon qadar ko’p vazifalarni xad qilish uchun maksimum qimmatli axborot olishdadir. Axborot tizimi minimum birlamchi, boshlang’ich axborotdan qarorlar qabul qilish, jarayonlarni oqilona boshqarish uchun maksimum ikkilamchi, hosila, sintez qilingan axborot olish imkonini beradi. Integrastiyaning maqsadi- axborotni tizimning samarali ishlashi va rivojlanishini ta’minlaydigan boshqaruvni amalga oshirish imkonini beruvchi xajm, assortiment va shakllarda taqdim etshpdan iborat.
Hozirgi zamon axborot jamiyatida axborot global va mintaqaviy, sohaviy va shu kabi ma’lumotlar banklarida ijtimoiy borliqning barcha soxalarida integrastiyalashadi.
Hozirgi zamon axborot jamiyati - bu negazini aloxida substanstiya insonning moddiy va ma’naviy olami bilan o’zaro ta’sirga kirishadigan axborot tashkil etuvchi stivilizastiyadir. Axborot yangi texnologiyalar, kompyuter dasturlari, telekommunikastion protokollar rolini bajarib, xozirgi zamon odamining moddiy muxitini shakllantiradi, muttasil vujudga kelib, bir odamdan boshqa odamga o’tishda shaklini o’zgartirib, shaxslar o’rtasidagi munosabatlarning asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Hozirga zamon jamyuggida axborot oqimlari jamiyat xayotining barcha sohalarini, uning ma’naviy, ijtimoiymadaniy hayotini, moddiy hayoti: iktisod, moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy boshqarish va xokazolarni qamrab oladi.
Hozirgi zamon O’zbekiston jamiyati o’zining original, ijodiy ishlab chiqilgan demokratik islohotlarni amalga oshirish va fuqarolik jamiyati qurishning «O’zbek modeli»ni bosqichmabosqich amalga oshirish jarayonida axborot stivilizastiyasiga qo’shilar ekan, Prezvdent I. Karimovning quyidagi g’oyasiga tayanmoqda: «Demokratik jamiyat qurish ijtimoiy haetning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga o’zining erkinlik, baxt-saodat, farovonlik haqidagi orzu-umidlarini bog’layotgan ko’p millatli O’zbekiston xalqining manfaatlariga to’la javob beradi. Biz bu umidlarni oqlashimiz, chinakam erkin odamlar davlatini qurishga intilishimiz kerak».
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Bor M.Z. Osnovû ekonomicheskix issledovaniy. Logika, metodologiya, organizastiya, metodika. M.: «DIS», 1998.
2. Metodologiya, metodû ekonomicheskix issledovaniy. Dlya magistraturû ekonomicheskix spestialnosti. Filial R.E.A. im Plexanova v g.Tashkente. T.: 2002.
12-MAVZU. ILMIY PROGNOZ QILISh IJODIY JARAYoN SIFATIDA
Reja:
1. Ilmiy bilishda prognoz qilishning o’rni.
2. Fanda bashorat ijod shakli sifatida.
3. Iqtisodiy tadqiqotlarda ilmiy ijod va bashorat metodologiyasidan foydalanish.
1. Ilmiy bilishda prognoz qilishning o’rni
Kursimizning avvalgi mavzularini ko’rib chiqishda biz inson ijodiga jamiyatda va tabiatda yangi, ilgari ko’rilmagan narsalarni yaratish borasidagi faol o’zgartirish faoliyati deb ta’rif berdik,
Bilishning ijodiy faolligi, bizningcha, ikki o’zaro bog’langan intenstiyaga, bilish jarayoni sub’ekti bo’lgan insonning ijodiy va bilish qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishning ikki yo’nalishiga ega. Birinchidan, bilish jarayonidagi ijod ilmiy bilimni muttasil to’ldirish, oshirishga yo’naltirilgan, ikkinchidan, ijodiy faollik mavjud haqqoniy bilim asosida tabiat va jamiyatning bo’lg’usi rivojlanishini ozmi-ko’pmi aniq bashorat qilish imkonini beradi.
Inson aql-idrokining kelajakni bashorat qilish qobiliyatida inson aqlining evristik, ijodiy-bunyodkor qudrati to’laqonli namoyon bo’ladi.
Insoniyat hamisha kelajakni bashorat qilishga ehtiyoj sezgan. Hozirgi zamon postindustrial axborot jamiyati jadal va ziddiyatli rivojlanayotgan bugungi kun sharoitlarida bunday extiyoj yanada ortdi. Hayotning o’zi, ijtimoiy taraqqiyot, fan, texnika, zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarishlarning hozirgi zamon darajasi kelajakni har xil tomondan o’rganish, tadqiq qilishga majbur etmoqda.
Tabiat va jamiyat rivojlanishining ob’ektiv qonunlari va tendenstiyalarini ijodiy bilish asosidagina kelajak xodisalarini to’g’ri bashorat qilish mumkin. Tabiat va jamiyat qonunlarini ijodiy o’zlashtirish olam va inson haqidagi bilimlarimizdan ijtimoiy taraqqiyot manfaatlarida foydalanish imkonini beradi.
Moddiy olamning kelajakdagi taraqqiyotini prognoz qilib biz insonning o’tmish va bugungi kun haqidagi mavjud xaqqoniy bilimini noma’lum kelajakka ongli ravishda ekstrapolyastiya qilamiz. Bunga bizning bilish sohasidagi ijodiy qobiliyatimiz, kuzatuvchanligimiz, mantiqiy fikrlash hamda kuzatish va mushohada yuritish orqali to’g’ri va teran xulosalar chiqarish qobiliyatimiz ko’maklashadi.
Masalan, ko’p asrlik hayotiy tajriba asosida odamlar u yoki bu tabiiy hodisalar kundalik xayotda qonuniy takrorlanishini anglab etdilar hamda ularni bir-biriga taqqoslashni o’rgandilar. Jumladan, qaldirg’ochlar er bag’irlab uchsa, ob-havo tez orada yomonlashishini kutish kerakligi ma’lum. Oddiy odamlarning kuzatuvchanligi, ijodiy zehni kelajakni prognoz qilishning o’ziga xos shakli – xalq alomatlarida o’z ifodasini topadi. Odamlar ob-havodagi o’zgarishlarni va ularning hosilga ta’sirini asrlar osha kuzatib keladilar, hayvonlar, qushlar, qurt-qumursqalarning ma’lum xulq-atvoriga, kunchiqar va kunbotar mahallarda quyoshning tusiga, bulutlarning shakli, shamol yo’nalishi va hokazolarga qarab ob-havoni bashorat qilishga odatlanganlar. Tabiiyki, bunday prognozlarning aniqlik darajasi uncha katta emas, ammo fanning prognostik funkstiyasi, ilmiy bashorat aynan insonning kundalik hayotiy tajribasidan va kuzatuvchanligidan, sodir bo’layotgan hodisalarni ijodiy analizdan o’tkazish, tushunib etish qobiliyatidan kelib chiqadi.
Antik Grestiya falsafasi va fanining asoschisi Fales miloddan avvalgi VI asrda quyosh tutilishini to’g’ri bashorat qilgan. O’rta asrlarning buyuk astronomi al-Farg’oniy uzoq kuzatishlar va hisob-kitoblar asosida o’zining «Zij» asarida samo sohasidagi yuzlab yulduzlarning holatini to’g’ri aytib bergan. Fan tarixidan bunday aniq va to’g’ri prognoz qilishga misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil jarayonlari ziddiyatli rivojlanishini kuzatib, ijodkor inson asrlar osha jamiyatning, uning turli sohalari: siyosat, iqtisod, ma’naviyat va madaniyatning kelgusi rivojlanishini bashorat qilishga intilib kelgan. Masalan, hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy prognoz qilishda matematika, ehtimollik nazariyasi, matematik va iqtisodiy statistika, kompyuterlarda murakkab hisob-kitoblar qilish va hokazolarning kuchli tadqiqot apparatidan foydalanadi.
Ijtimoiy tizimlarning rivojlanishini ilmiy prognoz va bashorat qilish o’zining teranligi, murakkabligi va betakrorligi bilan ajralib turadi. Jamiyat tarixida ikkita mutlaqo bir xil hodisa bo’lishi mumkin emas. Har bir tarixiy hodisa o’ziga xos va betakrordir. Kishilik jamiyatining tarixiy taravdiyotini prognoz qilishda ilmiy ijodning vazifasi tarixiy faktlarning tartibsiz uyumi orasidan takrorlanuvchi holatlar, qonuniyatlarni aniqlash, ajratib olish, hodisaning mohiyat-mazmunini aniqlash va tushunshpga harakat qilish, so’ng to’g’ri va teran ijtimoiy prognoz qilishdan iboratdir. To’g’ri bashorat va prognoz qilish uchun to’g’ri axborotga ega bo’lishning o’zi kifoya emas, axborotni mahorat bilan, ijodiy qayta ishlash, uni umumlashtirish, abstraktlashtirish, analiz va sintez, indukstiya va dedukstiya, kuzatish va tizimga solish singari umumilmiy metodlar bilan olingan ma’lumotlar bilan to’ldirish zarur.
Ilmiy bilishning barcha shakllari, usullari va vositalaridan foydalanib fanda ilmiy bashorat qilish ilmiy bilishning zarur jihatlaridan biridir. Shu bilan bir vaqtda, tabiat va jamiyat rivojlanishining teran mohiyati, qonuniyatlarini bilmasdan to’g’ri, unumli ilmiy bashorat qilish mumkin emas.
U yoki bu hodisaning mohiyatini, uning mavjudligi va rivojlanishini boshqaruvchi qonunlarni bilish ilmiy prognoz va bashorat qilishning epistemologik negizini tashkil etadi. Ilmiy bashoratning teranligi va to’g’riligi darajasi predmetlar, jarayonlar, hodisalarni bilishning teranligi darajasiga bevosita borliqdir. Hozirgi zamon postpozitivistik falsafasidagi tanqidiy rastionalizm yo’nalishining yirik vakili K.Popper kelajak bizga qay darajada bog’liq bo’lsa, uni shu darajada bashorat qilish mumkin, degan edi. U yoki bu jarayonning mohiyatini va sodir bo’lishi qonuniyatlarini, muayyan tarzda—jarayon sodir bo’lishining tarixiy shart-sharoitlarini bilgan holda, uning rivojlanish tendenstiyalari va yakuniy natijalarini bashorat va prognoz qilish mumkin.
Fanda yangi bilimni ijodiy, teran bashorat qilishning yorqin misollarini ko’rish mumkin. Masalan, buyuk ximik D.I.Mendeleev kimyoviy elementlarning davriy sistemasini kashf etib, o’sha davrda fanga ma’lum bo’lmagan ko’pgina elementlarning xossalarini tavsiflab berdi. «Davriy qonun ma’lum voqelikka javob beribgina qolmay, kimyoviy elementlarning noma’lum mohiyatini ozgina bo’lsa ham tushunish imkonini beradi», deb yozgan edi u.
Yangi elementlarning xossalarini ilmiy bashorat qilishda D.I.Mendeleev ilmiy bilishning taqqoslash metodidan ijodiy va juda samarali foydalandi.
Elementlarning xossalarini davrlar bo’yicha taqqoslab, u galliy, germaniy kabi elementlarning mavjudligini bashorat qildi, uranning atom ogarligini ikki baravar oshirdi, indiy va steriyning atom og’irliklariga aniqlik kiritdi, kimyo fanining keyingi rivojlanishi jarayonvda to’la tasdiqlangan boshqa bir qator bashoratlar qildi.
Fanda bir olim tomonvdan qilingan prognoz ko’pincha boshqa olimlarning tajribasi va eksperimentida o’z tasdig’ini topadi. Masalan, XIX asrning o’rtalarida ingliz fizigi D.K. Maksvell o’zi yaratgan elektrodinamika negizida radioto’lqinlarning hamda qattiq jismlar va gazlarga yorug’lik bosimining ta’siri hodisasi mavjudligini bashorat qildi. Oradan bir necha o’n yil o’tgach, boshqa fiziklar Maksvellning mazkur bashoratini tasdiqladi. G.Gerst radioto’lqinlarni kashf etdi, P.N.Lebedev esa yorug’lik bosimini eksperimental aniqladi. Natijada Maksvellning bashoratlari aniq tasdiqlangan ilmiy faktlarga aylandi va ilmiy bilim tizimidan o’rin oldi.
XX asrning boshida E.Rezerford atomning yadrolar va ular atrofida aylanuvchi elektronlardan iborat tuzilishi modelini yaratdi. O’z modeli asosida u 1920 yili yangi elementar zarra - neytronning mavjudligini bashorat qildi. Oradan 12 yil o’tgach, bu zarralarni D.Chedvik va F.Jolio-Kyuri eksperimental aniqladi.
Ilmiy bashorat prognozlar va fanda prognoz qilish bilan chambarchas bog’liq. «Prognoz» tushunchasi grekcha «prognosis» atamasidan kelib chiqqan bo’lib, bashorat qilish, biror narsani oldindan ko’ra bilish degan ma’noni bildiradi. Maxsus fan sohasi — prognostika haqqoniy ilmiy prognozlar tuzish metodlarini o’rganadi.
Ilmiy bilishda prognoz qilish - o’rganilayotgan ob’ektning rivojlanish istiqbollarini maxsus o’rganuvchi ilmiy bashorat Shakli prognoz bilan bog’liq. Ijtimoiy fan sohalari: sostiologiya, poligologiya, iqtisod nazariyasida progaoz qilish ijtimoiy boshqaruvning fundamental negizini tashkil etadi va har xil ijtimoiy tizimlarning ehtimol tutilgan rivojlanishi sstenariylarini rejalashgirshst, dasgurlashtirish, loyihalashtirishni o’z ichiga oladi. Masalan, mintaqani iqgisodiy vaijtimoiy rivojlantirishning prognostik modelini tuzish dolzarb vazifadir. Ijtimoiy-iqtisodiy ilmiy prognozlar qisqa va o’rta muddatli istiqbolga tuziladi hamda asosan sanoat, qishloq xo’jaligi, infratuzilma, yonilg’i-energetika kompleksi va hokazolarni optimal boshqarish yo’llarini aniqlash bo’yicha taktik xususiyatga ega bo’ladi.
Uzoq muddatli prognoz qilish davlat yoki mamlakatlar guruhini rejalashtirish va boshqarish bo’yicha strategik vazifalarni olis istiqbolga belgilaydi. Hozirgi globallashuv davrida demografik jarayonlar, ekologik istiqbollar, oziq-ovqat ta’minoti va shu kabilarni, umumbashariy miqyosdagi ijtimoiy hodisalarni global prognoz qilish haqida gapirish o’rinli bo’ladi. Jumladan, 2002 yilning sentyabrida Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida BMT homiyligida sayeramizdagi ekologik ahvolni yaqin 10 yilga prognoz qilish bo’yicha barcha davlatlarning sammiti bo’lib o’tdi.
Ilmiy ijodsta izlanish yo’sinida prognoz qilish va normativ prognoz qilish tafovut etiladi.
Izlanish yo’sinvda prognoz qilish rivojlanishda kuzatilayotgan tevdenstiyalarni davom etgirish, kelajakka ekstrapolyastiya qilishga asoslangan. Bunda ijtimoiy boshqaruv vositalari mazkur tendenstiyalarni yaqin kelajakda o’zgartirmaydi, deb shartli ravishda faraz qilinadi. Izlanish yo’sinida progaoz qilish, ilmiy izlanish, o’rganilayotgan ob’ektaing monitoringini yuritishning maqsadi istiqbolli muammolarni hamda ularni hal qilishning maqbul, eng samarali va tejamli yo’llarini aniqlashdan iborat.
Ijtimoiy fanlarda normativ prognoz qilish oldivdan yuklangan mezonlar asosida ob’ektning maqbul holatiga erishish maqsadida muammolarni hal qilishning yo’llarini aniqlashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy hodisalarni prognoz qilshining mazkur shakllarini taqqoslash boshqaruvning samaradorligani oshirish uchun tavsiyalar va metodik ko’rsatmalar ishlab chiqish imkonini beradi.
2. Fanda bashorat ijod shakli sifatida
Ilmiy bashoratni sub’ektning borliq sirlarini vao’rgani-layotgan ob’ektning rivojlanish mexanizmlarini o’zlashtirish borasidagi ijodiy faolligining shakli sifatida ko’rib chiqmasdan ilmiy ijod metodologijini tadqnq qilish mumkin emas. Epistemologik va gaoseologik jihatlardan bashorat tuzshshshini ilmiy bilish shakli sifatida, bashorat metodlarining xususiyatlarini va ilmiy bilishning o’sishiga ularning ta’sirini falsafiy analizdan o’tkazish e’tiborga molikdir.
Bugun, insoniyat qadam qo’ygan yangi ming yillik va yangi XXI asrning boshida kishilik jamiyatining progressiv taraqqiyotini ilmiy tushuntirish va ilmiy progaozsiz tasavvur qilish xam mumkin emas. Olim ilmiy bashorat sohasida ijodiy faoliyat bilan shug’ullanar ekan, ijtimoiy taraqqiyot qaerga, qay yo’nalishda harakat qilyapti, bu xarakatning sur’atlari qanday, ularni qanday yaxshilash, jadallashtirish (yoki, aksincha, sustlashtirish), maqbullashtirish kerak va nixojt, mazkur rivojlanishning yaqin tarixiy istiqboldagi yakuniy maqsadi qanday, degan savollarga javob topishga harakat qiladi.
Hozirgi zamon olamining qiyofasi shu qadar jadal o’zgarmoqdaki, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida yalpi globalizastiya jarayonlari sodir bo’layotgan bugungi kun sharoitlarida har qanday ilmiy prognozlar qilish alohida olimlar hamda ilmiy jamoalar, maktablar va institutlar ijodining qiziqarli o’yiniga aylanadi.
Ilmiy bilishshshg hozirgi zamon epistemologiyasi ilmiy ba-shoratga bizni qiziqtirayotgan hodisalar va jarayonlarning mohiyati hamda ularning kelgusida rivojlanish tendenstiyalari haqidagi to’g’ri bilimga asoslangan noma’lum narsa to’g’risida bilim deb qaraydi. Ilmiy bashorat bu bo’lg’usi hodisalarni, shuningdek, u yoki bu hodisalar, voqealar, jarayonlarning oqibatlari xususiyatini (qaytariladigan yoki qaytarilmas, foydali yoki zararli, xavfli va h.k.) oldindan aytib berish real imkoni-yatidir. Ilmiy prognoz hisoblangan fanda bashorat ilmiy faktlarga, barcha holatlar va shart-sharoitlarni qat’iy e’tiborga olish negiziga quriladi. Ilmiy bashorat jarayoni kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan voqealar, hodisalarni oldindan aytib berishni o’z ichiga oladi.
Ilmiy bashorat bilishning o’ziga xos shayushdir. O’tmish yoki bugungi kunning voqea-hodisalari haqidagi ma’lumotlardan iborat oddiy bilimlardan farqli o’laroq, ilmiy bashorat kelajaqda sodir bo’lishi yoki kashf etilishi mumkin bo’lgan narsalar xaqidagi axborotni ifoda etadi. Binobarin, u ehtimoliy xususiyatga egadir. Bu bilish ob’ekti- xali kelmagan kelajak-ning xususiyati bilan belgilanadi. Kundalik xayogiy tajribaga, sog’lom fikrga, har xil xodisalarni oddiy kuzatishga yoki diniy e’tiqodga asosyaangan diniy bashoratlar va empirik farazlar-dan farqli o’laroq, ilmiy bashorat tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimni ob’ektiv, teran va har tomonlama analizdan o’tkazishga asoslanadi.
Tabiiy va ijtimoiy xodisalarni o’rganishda ilmiy bashoratni tafovut etish zarur. Tabiat insonga xam, insoniyatga xam bogliq bo’lmagan qonunlarga ko’ra, ob’ektiv rivojlanadi, shuning uchun ham bu erda bashorat ozmi-ko’pmi bir ma’noli xususiyatga ega bo’ladi. Ijtimoiy jarayonlar sohasida ilmiy bashorat-da butunlay boshqa vaziyatga duch kelish mumkin. Birinchidan, ijtimoiy taraqiyotning ob’ektiv qonuniyatlari muayyan odam-larning sub’ektiv niyatlari bilan to’qnashadi va ixtilofga kirishadi xamda bunday to’qnashuv jarayonida bu niyatlarga tuzatish kiritiladi, binobarin, ilmiyprognozning ro’yobgachiqishi imkoniyatlari bu erda omonat, muttasil o’zgaruvchandir. Ikkinchidan, jamiyat xayotini o’rganayotgan shaxs o’zi bu jamiyagaing a’zosi bo’lib, o’rganilayotganjarayonlar, ob’ektiv va sub’ektiv omiplarning bevosita ta’sirini o’zida muttasil xis etadi, bu esa unga o’z tadqiqotchilik va prognostik ijodiy faoliyatida to’liq ob’ekgiv bo’lishiga xalaqit beradi.
Ilmiy ijodda bashorat gipotezalarni va ularni tekshirish metodini shakllantirish usuli sifatida ishtirok etadi, zotan, bu gipotezalarning to’g’ri yoki noto’g’riligini kelajakning o’zi tasdiqlaydi. Birinchi holda gipoteza ilmiy nazariyaga, ikkinchi xolda esa yanglishish va xatoga aylanadi.
Ilmiy bashorat bugungi kunda informatika va elektronika, global kompyuter tarmog’i va globalizastiya asri insoniyat oldiga qo’yayotgan ko’pgina muammolarni xm qilishga qodir. Ilmiy bashorat va prognoz yordamida inson xayotiy faoliyati rivojla-nishining nomaqbul, zararli, xavfli, boshi berk yo’nalishlarini oldindan aytib berish, shuningdek, ularning oqibatlarini yumshatish yoki to’liq bartaraf etish mumkin. Hodisalarni bashorat qilish, ularni ilmiy tushuntirish, hodisalarning teran aloqasi va mohiyatini ochib berish, ijtimoiy amaliyotgaxizmat kilish qobiliyati—bu fanning ijodiy, prognostik imkoniyatla-rining ko’rinipsharidir, zero, ilmiy bilishning asosiy vazifasi tabiiy va ijtimoiy muhitda insonga yo’l ko’rsatish va uni bu muhitga moslashishiga yordam berishdan iborat. Bashorat - bu odamlarning bilish va amaliy o’zgartirish faoliyati o’rtasida bog’lovchi bo’g’in, jamiyat hayotini tashkil etish va boshqarish vo-sitasi bo’lib xizmat qiladi.
Ilmiy bashorat bugungi kundan kelajakka, ma’lumdan no-ma’lumga yo’naltirilgan bo’lib, bu gnoseologik noaniqlikni vujudga keltiradi, binobarin, ilmiy ijod jarayonida ilmiy bilish va prognoz qilish amalga oshiriladigan tizimlarning rivojlanish yo’llari prinstipial xilmaxil bo’lishini nazarda tutadi. Shuning uchun ham bashorat ilmiy bilishda kelajakni mutlaqo aniq bilishni da’vo qilmaydi. Hodisalarning jo’shqinligi, o’zgaruvchanligi, rivojlanishning yo’nalishi va sur’atlarini u yoki bu tomonga og’diruvchi fluktuastiyalarning mavjudli-gi ilmiy bashorat aytilgan mudstatdan oldin yoki keyin sodir bo’lishi, yo umuman sodir bo’lmasligiga sabab bo’lishi mumkin.
Ilmiy bashoratning ro’yobgachiqish yo’llari har xil bo’lishi mumkin. Bu erda ilmiy prognoz qiluvchi tadqiqotchilar tafakkurining o’ziga xosligi, ularning ijodkor shaxs sifatidagi xususiyatlari yorqin namoyon bo’ladi. Bu erda umumiy mushohadalardan xususiy mushohadalarga (dedukstiya) va xususiydan umumiyga (indukstiya) o’tish, taqqoslash, solishtirish, ekspert baho-lash, analiz va sintez qilish mumkin. Ilmiy rejalar va prognozlar to’liq yoki qisman o’z ifodasini topadigan odamlar ama-liyoti ilmiy bashorat va prognozning to’griligi mezoni bo’lib xizmat qiladi.
Ilmiy bilishning evrisgik-prognostik funkstiyasi mavjud ilmiy bilimning qimmatini va butun insoniyat uchun ahamiyatini oshiradi, zotan, ilmiy bashoratning ro’yobga chikarish, uni potenstial imkoniyatdan dolzarb voqelikka aylantirish inson aql-zakovati ijodiy faoliyati imkoniyatlarining cheksizligi va bitmas-tuganmasligiga bo’lgan insonning ishonchini mustahkamlaydi.
3. Iqtisodiy tadqiqotlarda ilmiy ijod va bashorat metodologiyasidan foydalanish
Insonning ongi, aql-idroki vazakovati hayotning barcha sohalaridagi, ayniqsa, evristik-bilish sohasidagi serqirra ijodiy faoliyati ular onganing xossalaridan biri-xotira bilan chambarchas bog’liq.
Xotira - bu bizning o’tmish haqida bilimimiz, sub’ektning tashqi olam va o’zining ichki holati xaqidagi axborotlardan kel-gusida o’zining hayotiy faoliyatida faol, ijodiy foydalanish uchun ularni saqlab qolish va ifoda etish qobiliyatidir. Inson xotirasi tarixiy tabiatga ega, ijtimoiy belgilanadi, uning ijodi xususiyati bilan uzviy bog’liq, insonning ichki, ma’naviy olamining boshqa elementlari bilan bir qatorda, u inson shaxsini faol shakllantiradi. Ijodiy qobiliyat, bilim, ko’nikmalar va usullar yaratuvchi shaxsning, yangilik bunyodkorining xotirasida saqlanib qoladi.
Xotira funkstiyasiga odatda o’tmishga murojaat deb qaraladi. Ammo bugunga kunda inson aqlining ijodiy faolligi xaqida gapirganda xotiraning progaostik funkstiyasini, uning kelajak-ka murojaatini xam qayd etib o’tish kerak. Xotiraning kelajakka yo’naltirilganligi o’tmish xaqidagi bilimlarimizni bo’lg’usi voqea-hodisalarga tatbiq etish, ekstrapolyastiya qilish, kelajakni ijodiy bashorat, prognoz qilish, yaratish imkonini beradi. Kelajakni oldindan ko’ra bilish- inson ongi va xotirasining o’ziga xos jixatidir.
Insonning kelajakka qnziqishi odamlarning aqlga va maqsadga muvofiq faoliyati, bu faoliyatni kelajakka fikran ekstrapolyastiya qilish bilan uzviy bog’liq. Kelajakni ilmiy bashorat, prognoz qilish vositalari xali barkamollikdan ancha yiroq bo’lsada, odamlar o’z ijodi, xotirasi, intuistiyasi va xayotiy tajribasiga tayanib, ozmiko’pmi olis istiqbolga prognozlar qiladilar.
Kelajak haqida bilim, prognoz bugungi kundan uzoqlashishiga qarab nomuayyan, noaniq, umumiy, taxminiy va extimoliy bo’lib boradi. Jamiyat aqlga muvofiq iqtisodiy va xo’jalik faoliyatini yuritishi uchun kelajakni prognoz qilish zarur. Tartib, tuzilma, ichki ob’ektiv mantiq, rivojlanish qonuniyatlari va algoritmlariga ega bo’lgan (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa) tizimlarning rivojlanishini rastional bashorat qilish mumkin. Tizimlarning tuzilishi va rivojlanish prinstiplarining betartibligi ularning rivojlanishini tushunishga, binobarin, bashorat qilishga monelik qiladi.
Ilmiy bashorat kelajakni oldindan taxmin qilish, kelajak haqida mushohada yurigish demakdir. Masalan, mintaqa, viloyat yoki mamlakat iqtisodining rivojlanishini ilmiy bashorat qilish amalda prognoz qilish va oldindan aytib berish shakllarida amalga oshiriladi.
Prognoz qilish degandabiron birhodisaningrivojlanish istiqbollarini maxsusilmiy o’rganish tushuniladi. Oldindan aytib berish - bu mahalliy hodisani, masalan, quyosh yo oy tutilishini, ertangi kun ob-havosini, harbiy harakatlar paytida dushmanning o’zini tutishini zamon va makovda mahalliylashti-rilgan muayyan bashorat qilish demakdir.
Ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy istiqbollarini o’rganishda bilishning ilmiy metodlari, maxsus metodikalari, mantiqiy va texnikaviy vositalarining keng va xilmaxil arsenalidan foydalaniladi. Iqtisodiy prognoz qilish-ning asosiy metodlari quyidagilardir: ekstrapolyastiya; tarixiy analogiya; modellashtirish; kelajakning iqtisodiy sstenariylarini tuzish; ekspert baholash. Qolgan metodlar esa mazkur metodlarning xar xil uyg’unliklari va variantlaridir. Tabiiyki, bu metodlarning har birining o’z kuchli va kuchsiz, ijobiy va salbiy tomonlari bor, shunga qaramay, hozirgi zamon iqtisod nazariyasi, futurologiya (kelajakni o’rganuvchi fan), ekologiya va boshqa ijtimoiy fanlar prognoz qilishdan ilmiy bilish metodi sifatida ilmiy ijodda muvaffaqiyatli foydalanmoqda.
Amerikalik taniqli iqtisodchi J. Gelbreyt uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy prognozlar asosida yangi industrial jamiyat nazariyasini, D. Bell—postindustrial jamiyat nazariyasini, R. Aron - yagona industrial jamiyat nazariyasini, U. Rostou — o’sish bosqichi nazariyasini yaratdi. Mazkur hozirgi zamon olimlari ijodining asosida XX asrning oxiri XXI asrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini aniq va qat’iy prognoz Qilishyotadi.
Ilmiy ijod va prognoz qilish metodologiyasidan iqtisod, demografiya, sostiologiyada bozor iqtisodining rivojlanish tedenstiyalarini hamda hozirgi kun jarayonlari va bo’lajak jarayonlarni iqtisodiy o’rganishning muayyan metodlariga tatbiqan foydalaniladi. Masalan, D.Medouz iqtisodiy prognoz qilish yordamida insoniyatning global muammolarini analizdan o’tkazdi, xuddi shunday tadqiqotlarni J. Forrester ham o’tkazdi, amerikalik taniqli siyosat arbobi Z.Bjezinskiy ilmiy prognoz qilish asosida demokratiya, siyosat institutlari, erkin bozor iqtisodi, hozirgi zamon axborot, kompyuter texnologiyalariga asoslangan hozirgi zamon va kelajak texnotron jamiyati nazariyasini yaratdi.
E.Tofflerning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning uchinchi to’lqiniga mansub yuksak darajada sanoatlashgan jamiyatni shakllantirish borasidagi tadqiqotlari, F. Fukuyamaning «tarix yakuni» va taraqqiyotning tarixdan keyingi bosqichiga bugun insoniyatning o’tishi konstepstiyasi asosiga qurilgan prognozlari, S. Xantingtonning G’arb (xristianlik) va Sharq (islom, buddizm, lamaizm va boshqalar) qadriyatlari bir-biriga to’la nomuvofiqligi negizida kelajakda ikki stivilizastiya—G’arb va Sharqning muqarrar to’qnashuvi sodir bo’lishi haqidagi prognozi katta ijodiy va prognostik qiziqish uyg’otadi.
Rim klubining yaqin tarixiy istiqbolda butun insoniyagaing global rivojlanishi jarayonlarini prognoz qilish borasidagi faoliyatini alohida qayd etib o’tish kerak. Italiyalik iqtisodchi va tadbirkor A.Pechcheining tashabbusi bilan 1968 yilda tashkil etilgan Rim klubi olimlar, iqtisodchilar, biznesmenlar va siyosatchilarni birlashtirgan xalqaro nohukumat tashkilotidir. Rim klubining faoliyati hozirgi davrning global muammolarini muttasil kuzatib borish va prognoz qilish, ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ekologik, oziq-ovqat, xom ashyo, demografik va boshqa komponentlarining rivojlanish yo’llari va tendenstiyalarini aniqlashga yo’naltirilgan. Rim klubi XX asrning oxiridayoq o’z ilmiy prognozlari asosida iqtisod, aholi va hokazolar o’sishining «eng yuqori chegarasi» haqida global xulosalar chiqardi va shu bilan bir vaqtda, bu iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va demografik muammoning echimini topishga harakat qildi.
Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ilmiy prognoz qilishning ulkan evristik va prognostik ahamiyatini qayd etgan holda, ilmiy prognoz qipipshing real imkoniyatlaridan kelib chiqish kerakligini uktirib o’tmoqchimiz, zero, har qanday, hatto juda aniq va ishonchli prognoz ham haqqoniy emas, balki ehtimol tutilgan bilimdir. Ehtimol darajasi juda baland bo’lgan taqdirda ham prognoz amalda ro’yobgachiqishi yoki qog’ozda amalga oshirilmay qolib ketishi mumkin.
Masalan, prognoz qilishning turlaridan biri – ekstrapolyastiya qilish afzal jihatlari bilan bir qatorda quyidagi jiddiy kamchiliklarga ega: kelajak sari harakatlanishga qarab ekstrapolyastiyaning aniqlik darajasi pasayib boradi. Binobarin, o’tmish va kelajak o’rtasida analogiya o’tkazishning prognostik qimmati juda kam, zero, kelajakning asosiy jihatlarini o’tmishni takrorlash bilan bog’lash mumkin emas. Buni yaxshi tushungan Gegel shunday deb yozgan edi: «Hukmdorlar, davlat arboblari va xalqlarga tarix tajribasidan ibrat olishni maslahat beradilar. Ammo tajriba va tarix xalqlar va hukumatlar tarixdan hech narsani o’rganmaganliklarini ko’rsatadi. Har bir davrda shunday alohida shart-sharoitlar vujudga keladi, har bir davr shunday individual holatga ega bo’ladiki, bu davrda faqat mana shu holatdan kelib chiqib qarorlar qabul qilish zarur va mumkindir».
Iqtisodiy ilmiy tadqiqot faoliyatida modellashtirish haqida ikki og’iz gapirib o’tmoqchimiz. Prognostik model — bu progaoz ob’ektining iqtisodiy modeli (yoki sxemasi) bo’lib, uni o’rganish ob’ektning kelajakdagi (iqtisodiy) holatlari, shuningdek, bu holatlarga erishish yo’llari haqida axborot olish imkonini beradi.
Sstenariy yozish deganda mavjud vaziyatdan kelib chiqib kelajak holati qadam-baqadam qanday shakllanishi mumkinligini ko’rsatish maqsadida hodisalarning mantiqiy izchilligini aniqlash metodi tushuniladi. Bu ta’rifni amerikalik taniqli prognozchi G. Kan bergan. Mohiyat e’tibori bilan bu metod ekspert baholash metodiga yaqin, ammo bunda u iqtisodiy modellashtirishga xos bo’lgan tizimli yondashuvni o’zida mujas-samlashtirgan.
Hozirgi zamon iqtisod fanida qaysi iqtisodiy vazifa birinchi navbatda hal etshshshiga qarab ilmiy progaoz qilishning ikki turi: tadqiqotchilik progaozi (izlanshp yo’sinida prognoz qilish) va normativ prognoz qilish tafovut etiladi. Tarixiy tendenstiyalarni analizdan o’tkazish asosida iqgisodiy rivojlanishning ob’ektiv mavjud tendenstiyalarini prognoz qilish tadqiqotchilik prognozi deb ataladi. Mazkur prognoz turi rivojlanishning inerstiyalilik belgisidan foydalanishga asoslana-di. Bunda zamonda mo’ljal olish «hozirgi zamondan kelajakka» sxemasi bo’yicha amalga oshiriladi. Iqtisodiy prognoz - bu hozirgi zamondan prognoz sarhadiga tomon inerstiya bo’yicha harakatlanishda iqtisodiy rivojlanishni ko’rib chiqish natijasida olingan prognoz ob’ektining kelajakning ma’lum davridagi holati manzarasvdir. Kelajakning ma’lum belgilangan davrida muayyan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa maqsadlarga eripshsh imkonini beradigan iqgisodiy rivojlanish tendenstiyalarini prognoz qilish normativ prognoz qilish deb ataladi. Bu holda zamonda mo’ljal olish «kelajaqdan hozirgi zamonga» sxemasi bo’yicha amalga oshiriladi.
Iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni prognoz qilish metodologiyasi tadqiq qilishning quyidagi asosiy bosqichlarini o’z ichiga oladi: prognoz qilishdan oldin mo’ljal olish (prognoz ob’ektini, predmetini, tadqiqot maqsadlari, vazifalari, ishchi gipotezalari, metodlari, tuzilishi va tashkilotini aniqlash); prognoz muddati (ma’lumotlar to’plash, ob’ektning jqtisodiy rivojlanishigaularning ta’sirini o’rganish, olingan ma’lumotlarni qayta ishlash); ob’ektning xususiyati va tuzilishini aks etshruvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar va o’lchamlar tizimini o’z ichiga oluvchi bopshangich modeya; tadqiqotchilik prognozi (istiq-bollar va muammolarni aniqlash uchun prognoz fonidagi omillarni e’tiborga olgan holda boshlang’ich modelni kelajakka proekstiya qilish); normativ prognoz, ya’ni boshlang’ich modelni kelajakka proekstiya qilish; progaostik modellarning haqqoniylik darajasini baholash va ularga aniqlik kiritish; ekspertlarni so’rovdan o’tkazish; prognostik modellar asosida qabul qilinadigan qarorlarni maqbullashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Iqtisod sohasida prognoz va ilmiy bashorat qilishning vazifasi o’rganilayotgan ob’ektning iqtisodiy rivojlanishi sabablari, qonunlari va harakatlantiruvchi kuchlarini ochib berish, ular asosida kelajak haqida axborot olishdan iborat. Iqtisodiy rivojlanishni prognoz qilish natijalaridan ijtimoiy jarayonlarni maqbul boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Ilmiy bilish va ijod nafaqat kelajakni bashorat va prognoz qilish, balki uni ongli ravishda shakllantirish imkonini ham beradi. Fanning evristik ma’nosini «Bashorat qilshp uchun bilish, bilish uchun bashorat qilish», deb ta’riflash mumkin. Ilmiy ijod tarixi ko’p jihatdan ilmiy bashorat tarixidir. Uning kuchi va qamrovi fanning ijodiy, bilish salohiyatining etuklikdarajasini ko’rsatadi.
O’zbekiston Prezvdenti I.A. Karimov ishlab chiqqan «Bozorga o’tishning o’zbek modeli» demokratiya, bozor iqtisodiga o’tish va fuqarolik jamiyati qurish sharoitlarida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanshshshi teran ijodiy-ilmiy bashorat qilishning yorqin namunasvdir. Bu model iqtisod, sostiologiya, politologiya, ijtimoiy prognoz sohasidagi jahonga mashhur mutaxassislarning olqishiga sazovor bo’ldi.
Mazkur model iqtisodiy rivojlanish sohasida iqgisodiy-xo’jalik faoliyatini har tomonlama analizdan o’tkazish va bu faoliyatning barcha omshsharini e’tiborga olish vazifasini hal qiladi. Bunday analiz jamiyat taraqqiyotining ijtimoiych; iyosiy va ilmiy-texnikaviy omillarida sodir bo’lgan o’zgarishlarni e’tiborga olgan holda iqtisxediy rivojlanish jarayonlarini tushuntirish, bashorat qilish va boshqarish uchun zarurdir. «O’zbek modeli» ilmiy ishlab chiqilgan va hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan ijodiy bashorat namunasi sifatida bo-zor, fuqarolik jamiyati va har tomonlama rivojlangan demok-ratiya sari O’zbekistonning harakatini ijtimoiy boshqarishning ilmiy va metodologik negizini tashkil etadi.
«Mohiyatni tushunib etmasdan, yumuq ko’z va shoshma-shosharlik bilan maqsad sari erkin suzishgachiqish mumkin emasligini biz hammamiz yaxshi tushunishimiz kerak, - deb qayd etadi I.A. Karimov. - Buning uchun avvalambor aniq yo’nalishni belgilash, mustahkam kemani tanlash, ishonchli jamoani to’plash, uni og’ir sharoitlarda suzishga o’rgatish va faqat shundan keyin yo’lga chiqish kerak. Bu esa juda ogir va murakkab vazifadir. Bularning barchasini e’tiborga olib, biz mustaqillikni qo’lga kiritgan paytimizdan boshlab iqtisodiy ishoxotlarni amalga opshrishning nazariy va amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish bilan shug’ullanyapmiz».
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Bor M.Z. Osnovû ekonomicheskix issledovaniy. Logika, metodologiya, organizastiya, metodika. M.: «DIS», 1998.
2. Yusupov E. Falsafa (darslik). T.: 1999.
3. Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.E. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. T.:2002.
4. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. – T.: IPÖ «Yangi asr avlodi», 2004.
5. V poiskax novoy teorii: Kniga dlya chteniya po ekonomicheskoy teorii s problemnûmi situastiyami: Uchebnoe posobie/Pod red. A.G.Gryaznovoy i N.N.Dumnoy. – M.: KNORUS, 2004.
13-MAVZU. IQTISODIY HODISALAR VA JARAYoNLARNI O’RGANIShDA KOMPLEKS YoNDAShUV ILMIY IJODIY FAOLIYaT INTEGRAÖIYaSINING IFODASIDIR
Reja:
1. Iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda kompleks yondashuv - tizimiylik tamoyilining namoyon bo’lishidir.
2. Ilmiy tadqiqotlarning tarmoqlararo va fanlararo integrastiyasi.
3. Kompleks yondashuv iqtisodiy jarayonlarni samarali tashkil etish va boshqarishning shakli sifatida.
1. Iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda kompleks yondashuv - tizimiylik tamoyilining namoyon bo’lishidir.
Ilmiy tadqiqot jidstiy ijodiy, kreativ xususiyatga ega, zotan, u hamisha sirli, yangi va noma’lum soxaga yo’naltirilgan, ijod esa har qavday soxada odamlar hayotida yangi, ilgari ko’rilmagan narsalarni yaratishni nazarda tutadi. Ilmiy tadqiqot ijod sifatida izlash, razvedka qilish xususiyatiga ega bo’lib, yangi bilim olish va uni anglab etshpga yo’naltirilgandir. Ijodiy faollik, bilimgachanqsirshk, xaqiqatga, yangi, ob’ektiv bilimga intilish faol xayot pozistiyasiga ega bo’lgan yaratuvchi-olimning mohiyat-mazmunini tashkip etadi. Qobiliyati, xotirasi va ipgari olgan bilimlarini chinakam olim ilmiy izlanish, ijodga ongli ravshpda yo’naltiradi.
Ijodiy ilmiy izlanish izchil xususiyatga ega bo’lib, olimning tirishqoq aqliga noma’lum bo’lgan yangi bilimni anglab etishga yo’naltirilgandir. Ilmiy ijod ilmiy bilish metodlari, vositalari va shakllarining to’liq majmuiga asoslangan bo’lib, sistematik, professional xususiyatga ega. Yakka iste’dodlar davri o’tib ketdi - kompyuter inqilobi davrida ilmiy ijod bilan olimlar, mutaxassislar, fanning u yoki bu sohasi ekspertlarining ko’p sonli jamoalari profesoional shug’ullanadi.
Mehnatkash va bunyodkor insonning qobiliyatlari, iste’dodi va hatto dahosi ijodda o’zini o’zi ro’yobga chiqaradi. Yangi bilimni yaratish, o’stirish, haqqoniy ilmiy bilimni rivojlantirish ijodiy ilmiy izlanishning natijasidir. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi bilish, sub’ekt tomonidan o’rganilayotgan ob’ektning jihatlari, xossalari va qirralarini tadqiq qilish jarayonining falsafiy, umumilmiy vositalari, usullari, metodlari tizimini tashkil etadi. Fan va kishilik amaliyoti taraqqiyotining muxim sharti sifatida ilmiy ijodning vositalari, usullari va metodlarini antrtash ilmiy bilish va ijod epistemologiyasi va metodologiyasining muhim vazifasidir.
Olimning tanqidiy tafakkuri, ilmiy izlanishda tor pragmatik yondashuv, dogmatizm va relyativizmning mavjud emasligi ilmiy ijodning muxim komponenti, metodologik mo’ljalidir. Tanqidiy fikrlash ilmiy ijodning zarur elementi sifatida ilmiy g’oyalar, gipotezalar, faktlarni xar xil nuqtai nazardan, ilmiy tadqiqotning ichki mantig’i kontekstida va o’rganilayotgan ilmiy muammoga nisbatan barcha muqobil yondashuvlarga qiyosan faol ko’rib chiqish jarayoni demakdir. Ijodkor ilmiy xodim o’z ilmiy ishida tanqidiy fikrlash elementlaridan ongli ravishda foydalanib, u yoki bu g’oyalar, metodlar va yondashuvlar bilan tanishadi, ularni tanqidiy taqqoslaydi va ularni amalga oshirishning real oqibatlarini prognoz qiladi. Bunday yondashuv fanda ilmiy izlanish va kashfiyotning maqbul va eng samarali strategiyasini ishlab chiqishga ko’maklashadi.
Tanqidiy fikrlash g’oyalarni va to’plangan bilimni integrastiya va sintez qilish hamda qayta tushunib etish, yangi bilimni rivojlantirish bilan bog’liq murakkab ijodiy-kreativ jarayondir. Yangi ilmiy qarashlar va faktlarni baholashda ham tanqidiy fikrlash nuqtai nazaridan kelib chiqish ksrak: fanda ishonchga o’rin yo’q, ilmiy bilim dalil-isbotga tayanadi.
Karl Raymund Popper, ayniqsa, ilmiy ijod sohasida tanqidiy fikrlashning zarur elementi sifatida falsifikastii prostedurasi yoki fallibilizmni kiritdi. Falsifikastiya qilish (fallibilizm) prinstipini Popper fanni soxta fandan, aniq bilim va haqiqatni sub’ektning fikri yoki istagidan ajratish, demarkastiya qilish mezoni sifatida taklif qildi. Masalan, fallibilizm nuqtai nazaridan Evklid geometriyasi ilmiy nazariyadir, zotan, Lobachevskiy, Bolyan, Gauss va Riman tomonidan yaratilgan noevklstd geometriyalarining ko’p sonli variantlari Evklid geometriyasini inkor etdi.
Hozirgi zamon epistemologiyasi fallibilizm bilan bir qatorda, fanda tanqidiy va ijodiy fikrlashning qudratli vositasi - verifikastiyaga xam ega. Verifikastiya deganda ilmiy Qarashlarni sinovdan o’tkazish natijasidaularning haqqoniyligini aniqlash jarayoni tushuniladi. Verifikastiya prynstipiga ko’ra, ilmiy anglab etilgan har qanday qarashni (fakt, gipoteza, nazariya, teorema, lemma va hokazolarni) matematika va mantiq v ositalari bilan formalizastiya qilsa bo’ladigan protokolda belgilangan gaplar majmuiga bog’lash mumkin. To’g’ri ve rifikastiya - kuzatish va eksnerimentlarning ma’lumotlarini ta’riflovchi ilmiy qarashlarni bevosita tekshirish. Egri verifikastiya - ilmiy qarashlar, gapotezalar va nazariyalar o’rtasida formal-mantiqiy munosabatlar o’rnatish. Hozirgi zamon epistemologiyasi nuqtai nazaridan, verifikastiya ilmiy nazariyalarning raqobati va o’zaro ta’siri natijasidir. Masalan, hozirgi zamon kvant nazariyasi Lui de Broyl va Ervin Shredingerning to’lqinli mexanikasi, Verner Geyzenbergning matristali mexanikasi va Richard Feynmanning traektoriyalardagi integrallar nazariyasining sintezi bo’lgani uchun ham uni verifikastiya qilish mumkin.
Falsifikastiya vaverifikastiya bir-birini to’ldirib, olimning tanqidiy tafakkuriga, Ilmiy tadqiqot metodologiyasining negaziga kirib boradi. U ilmiy izlanigvda qaror qabul qilish va ilmiy bilish yo’llarini tanlashda mustaqil bo’lishga, avtoritetlar va dogmalarga e’tibor bermaslikka, ilmiy muammoni hal qilishga nisbatan o’z pozistiyasi va yovdashuvshsh ishlab chiqishga, o’z g’oyalari, fikrlari va qarashlarini ta’riflashga, ularni asosyai dalillash va isbotlashgao’rgatadi. Tanqidiy tafakkur ilmiy ijod jarayoniga ishonchli, aqlga muvofiq dalillarni kiritadi. Tanqidiy fikrlash olimlar o’rtasida ijodiy axborot almashishga ko’maklashadi, chunki unumli fikr almashish, ijodiy munozara qilshp, bag’rikenglik, boshqaning fikrini eshshshp, o’z ilmiy natijalarini tayuradiy baholashga o’rgatadi. Tanqidiy fikrlaydigan olim o’zi o’rganayotgan ilmiy muammoga nisbatan uning shaxsiy yondashuvvdan tashqari, mazkur muammoning boshqa echimlari ham bo’lishi mumkinligini yaxshi tushunadi.
2. Ilmiy tadqiqotlarning tarmoqlararo va fanlararo integrastiyasi.
Ilmiy muammoni to’gri qo’yish, tadqiqot vazifasi va maqsadini hamda mo’ljallanayotgan natijani aniq va qat’iy ta’riflash ilmiy ijodning negizi va xarakatlantiruvchi kuchvdir. Muammosiz, to’g’ri qo’yilgan, aniq ta’riflangan va tanqidiy tushunib etilgan vazifasiz ilmiy ijod, ilmiy izlanish va ilmiy bilimning o’sshpi mumkin emas.
Bilim bilan ob’ektning noma’lum qismi o’rtasidagi anglab etilgan ziddiyat, olimning ijodi xal qilish uchun yo’naltirilgan ixtilof muammo deb ataladi. Ilmiy muammoni qo’yish fanda izlanishning boshlanishidir. Ilmiy kashfiyot sodir bo’lgan va ilmiy tadqiqot jarayonida avval egallangan bilim asosida tushunib, talqin qilib va tushuntirib bo’lmaydigan bilim olingan hollarda fanda muammoli vaziyat yuzagakeladi; shuninguchun ham yangi bilimga extiyoj tug’iladi, ya’ni bilimning o’zi fanda muammolar va muammoli vaziyatlarni vujudga keltiradi. Bunday hollarda tanqidiy fikrlashning barcha usullari va vositalaridan ijodiy foydalanish, yangicha tushuntirish, tavsiflash yoki gipoteza taklif qilish, yangi nazariya yaratish, mavjud bilimning chegaralarini kengaytirish va chuqurlashtirishga harakat qilish zarur. Ilmiy muammoda yangi bilim olish masalasi, talabi o’z ifodasini topadi. Ilmiy muammo-bu bilimsizlikdan bilimga, gipotezadan nazariyaga, ilmiy faraz yoki prognozdan haqqoniy bilimga dialektik o’tish demakdir.
Ilmiy muammolarni ijodiy qo’yish va ularni mahorat bilan tanqidiy hal qlish haqiqiy olimgaxosbo’lgan xususiyatdir. Boshlovchi, yosh ilmiy xodim, magasgr, aspirang o’z ilmiy faoliyatining boshidan o’zida yuqorvda zikr etilgan sifatlarni tarbiyalab borishi kerak. Ular fanda har bir haqiqiy olimning ilmiy fikrlash tarzi, o’ziga xos «uslubi» negizida yotadi. Mana shu o’ziga xos, betakror usyaubga qarab bir olimni boshqa olimdan, bir ilmiy maktabni boshqa ilmiy maktabdan ajratash mumkin. Ilmiy muammoni qo’yish va uni xal qiliishi tanqvdiy fikrlash nuqgai nazarvdan uyidagi algoritm ko’rinishvda ifodalash mumkin: muammoning da’vati-muammo mazmushshing olim tomonvdan anglab etilishi-muammo ustida mushoxada yuritish va uning echimini topish.
Ilmiy muammoni ijodiy hal ^ilish negizida olimning tizimli, analiziy (tanqidiy) fikrlash madaniyati, dunyoqarashi, qadriyatlari olami, etikasi, axloqi, tarbiyasi va umumiy madaniyati, uning iste’dodli va o’ziga xos shaxs sifatidagi mentaliteti yotadi. Shuning uchun ham boshlovchi yosh tadqiqotchi fandaishga kirishayotib o’zi tanlagan fan sohasida yuksak darajada professionalizmgagina emas, o’zining umumiy madaniyati vabilimini muttasil oshirib borishga, teran, har tomonlama rivojlangan shaxsga aylanishga ham harakat qilishi kerak. Stivilizastiyaning uchinchi to’lqiniga mansub postmodernistik axborot jamiyati davrining hozirgi zamon postnoklassik fanida yuksak ma’naviyat, ijtimoiy mas’uliyat va insonparvarlikni shakllantirish ijod jarayonining zarur tarkibiy qismidir.
3. Kompleks yondashuv iqtisodiy jarayonlarni samarali tashkil etish va boshqarishning shakli sifatida.
Ilmiy muammoni ijodiy o’rganishga kirishar ekan, olim uni hal qilish, bilish, ya’ni tushuntirish mumkinligiga ishonchi komil bo’ladi. Buvday tushuntirish mukammal, mantiqiy va shu bilan birga mazkur fan so^asi mutaxassislariga aniq, tushunarli bo’lishi kerak. Faqat shundagina ilmiy hamjamiyat ilmiy ijod natijasini tanqidiy o’zlashtirishi va u o’sib borayotgan ilmiy bilim tizimvdan o’rin olishi mumkin.
Sintetik, dialektik xususiyatga, yaqqol ko’zga tashlanadigan amaliy yo’nalishga egalik, oshib borayotgan ijtimoiy talablar va exdiyojlarga bog’liqlik hozirgi zamon postindustrial davrining ilmiy fikrlash uslubiga xosdir. Mamlakatimizdagi hayot, ijtimoiy islohotlar, fuqarolik jamiyati asoslaryushng shakllantirilishi, ilmiy bilimni o’sgirshpgagina emas, fan yutuqlarini kundalik hayot va ijtimoiy ipshab chiqarishga tatbiq etishga ham e’tiborni qaratish hozirgi zamon ilmiy xodimlarining ilmiy fikrlash uslubi va ilmiy ijodini bir-biriga bog’laydi.
Ilmiy fikrlash uslubingogg ijodiy xususiyaga uning quyidagi tarkibiy elementlarvda o’z ifodasini topadi:
tushuntirish prinstnpi yangi ilmiy bilim, axborot, faktlar va hodisalar majmuini ijodiy o’zlashtiryup va tushunib etish imkonini beradi;
soddalik prinstipi yordamida olimning ijodiy tafakkuri o’rganilayotgan ob’ektning ikkinchi darajali omillari, ahami-yagsiz aloqalarini mavhumlashtiradi, o’rganilayoggan hodisa yoki faktning soddalashtirilgan modeli, vdeal obrazi yaratiladi;
saqlash prinstipi ilmiy bilish va ijodning turli bosqichlarining vorisiyligini ifoda etadi, bunda tadqiqot predmeti, ob’ekti, uning mavjudlik qonuniyatlari va atrof-muhit sharoitlari bilan o’zaro ta’sirlari, shuningdek, bilish vositalari, metodlari va usullari, uning tili saqlab qolinadi;
yangi bilim bilan ilgari olingan ma’lumotlar, qonunlar va nazariyalaro’rtasidagi muvofiqlik prinstipi yangi bilimdan eski bilimga o’tish algoritini ko’rsatadi;
kuzatish prinstipi o’rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning kiyofasini yaratish imkonini beradi. Bu erda til muhim rol o’ynaydi. Olim til yordamida yangi ilmiy faktlarni ilmiy hamjamiyat tomonvdan to’g’ri tushuniladigan va ob’ektiv baho beri-ladigan qilib bayon etadi.
Ilmiy fikrlash uspubining mazkur prinstiplari ilmiy ijodda o’ziga xos metodologik mo’ljal bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarida: boshidan-o’rganish ob’ektyaga yondashuv strategiyasini ishlab chiqishdan, oxirigacha - maqola, monografiya, dissertastiya yozishgacha yuqorida ko’rsatilgan prinstiplarga rioya qilish kerak. Yosh, boshlovchi olimlarga bunday metodologik mo’ljallar, masalan, magistrlik dissertastiyasi yoki ilmiy maqola yozishda, ayniqsa, qo’l keladi.
Ilmiy muammoni topish, ilmiy tadqiqot ob’ekti (mavzusi)ni tanlash, tadqiqotning maqsad va vazifalarini ta’riflash, tadqiqot metodologiyasini va tadqiqot vositalari (asbob-uskunalar, apparatura va hokazo)ni tanlash qobiliyati hal qilinayotgan vazifaga butun e’tiborni qaratish, o’rganilayotgan ob’ektga «sho’ng’ish»ga yordam beradi. Shundan so’ng ilmiy ijodga samaradorlik — ob’ektning noaniq aloqalari va jihatlarini aniqlash, mobillik—tadqiqotlarning qo’shni sohalariga o’tish qobiliyati, simultanlik — ob’ektni o’z tadqiqoti bilan to’liq qamrab olish qobiliyati, prediktorlik — ob’ektning bo’lg’usi holatini oldindan aniqpash ko’maklashadi. Erkin, tanqidiy fikrlash, o’z tadqiqoti natijalarini tanqidiy tushunib etish ijod jarayonining ajralmas jihatlaridir: ilmiy ijod olimdan ishga bor kuchini berishni, juda katta shijoat, iroda, quvvai hofiza va haqiqatga intilishni talab etadi.
«Ilmiy-texnikaviy ijodning falsafiy jihatlari» deb nomlangan sermazmun asarning mualliflari S.S. Pigrov va L.V. Yastenko ijodga shunday ta’rif beradi: «Eng umumiy shaklda ijodga yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratishga olib boruvchi, ijtimoiy belgilangan ma’naviy-amaliy faoliyat, deb ta’rif berish mumkin. Bu faoliyat insonning yashash sharoitlarini yaratibgina qolmay, insonning o’zini o’zi rivojlantirish, uning bunyodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish usuliga va shaxsning o’zini o’zi ro’yobga chiqarish vositasiga ham aylanadi».
Ijodga bergagan mazkur ta’rif ijtimoiy-aksiologik xususiyat va antropologik yo’nalishga ega bo’lib, insonning har qanday ijodiy faoliyatini, shu jumladan ilmiy ijodni ta’riflaydi.
XX asrda yashab o’tgan atoqli rus faylasufi Nikolay Aleksandrovich Berdyaev ijod muammosiga katta e’tibor bergan edi. Uning fikricha, inson ijodi quyidagi elementlarni nazarda tutadi:
erkinlik, zotan, faqat erkinlik yangi, ilgari mavjud bo’lma-gan bilimni yaratish imkonini beradi;
u yoki bu soxada insonga berilgan ijodiy qobiliyag elementi;
ijod jarayoni sodir bo’layotgan va inson o’z ijodi uchun material olayotgan yaratilgan olam elementi.
«Haqiqiy ijodda hamisha katarsis, ruxning ruxiy-jismoniy stixiyadan tozalanishi, xalos bo’lishi yoki ruxning ruhiy-jismoniy stixiyani engish jarayoni sodir bo’ladi», deb qayd etgan edi N. Berdyaev. Uning fikricha, ijod insonning genial tabiatini namoyon etadi, zero, xar bir inson genialdir. Ijod, o’z hayoti va ilmiy tadqiqot faoliyatiga ijodiy yondashish inson, ijodkor olimning xuquqi emas, balki burchidir.
Amerikalik ilmiy ijod tadqiqotchisi, Garvard universitetining professori U. Gordon ilmiy ijodni sinektika nuqtai nazaridan ko’rib chiqdi. Sinektika - xozirgi zamon ilmiy epistemologiyasining turli soxa mutaxassislaridan guruxlarni izchil shakllantirish yo’li bilan yakka tartibdagi ilmiy ijodni emas, balki jamoaviy ilmiy ijodni maqbullashtirishni nazarda tutadigan yo’nalishidir. Bunday ilmiy-ijodiy jamoaning xar bir a’zosi o’z bilimi, qobiliyati va yondashuvlari bilan xamkasblarini to’ldiradi va shu asno tadqiqot ob’ekti xar tomonlama, kompleks o’rganiladi. Bunda tadqiqot guruxi barcha a’zolarining ijodiy qobiliyati qo’shilib, butun jamoa fanning ijodiy saloxiyatini oshiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. U. Gordonning fikricha, ijod jarayonida intuistiya katta rol o’ynaydi, ilmiy kashfiyotlar qilish, ilmiy bilishni o’stirishga ko’maklashadi. P. Uorfning sinektikasi quyidagi asosiy prinstiplarga asoslanadi:
- irrastional, intuitiv omillar rastional, mantiqiy-diskursiv omillarga qaraganda katta rol o’ynaydi, emostional komponentlar intellektual komponentlardan muhim-roqdir;
- insonijodiyqobiliyatlarbipantupshmaydi, ularnimaxsus ta’lim jarayonida shakllantirish va mashq qildirish kerak;
- ilmiy ijod jarayonini jamoaviy izlanish shaklida amalga oshirish zarur;
- umuman jamoaning va uning xar bir a’zosining ijodiy faolligani psixologik omillardan ongli ravishda foydalanish yo’li bilan oshirish mumkin.
Bunday yondashuvda ongsiz soxani, tadqiqotchining spontan fikrlashi va intuistiyasini izchil boshqarish mumkinligini faraz qilish muhimdir. Bunday boshqaruvda metaforalar, assostiastiyalar, madaniyat maydonida fikrning kezishi va hokazolar katta rol o’ynaydi, ular shaxsning ijodiy qobiliyatini kuchaytiradi, unga «turtki beradi» (U. Gordon).
Yuqorida ko’rib chiqilgan ijodga nisbatan N.A. Berdyaev va U. Gordonning yondashuvlari bir-biridan ko’p jihatdan farq qiladi, ammo ular bir-birini to’ldiradi va ijod faoliyatini shaxsning va hamfikrlar ijodiy jamoasining ma’naviy faolligi bilan bevosita bog’laydi.
Ijod qilishga moyil, faol olim, aytashshk, magistrant iqtisodiy tadqiqotga kirishar ekan, o’zining bor qobiliyati va bilimini o’zi ko’rib chiqayotgan iqgisodiy muammoni chuqur o’rganishga yo’naltiradi. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi yosh olimga uning individual ilmiy ijodini to’g’ri, rastional va oqilona tashkil etishga yordam beradi.
Magistraturada o’qish tanlangan iqtisodiy mutaxassislik (buxgalteriya xisobi, audit, logistika, xalqaro iqtisodiy munosabatlar va h.k.) bo’yicha magistrlik dissertastiyasini muvaffaqiyatli yoqpash bilan yakunlanadi.
Magistrning dissertastiya ishiga qo’yiladigan talablar yosh tadqiqotchining ijodiy imkoniyatlarini, unshvg iqtisod sohasida ilmiy ijod bilan shug’ullanish istagi va imkoniyatlarini ochib berishi kerak.
Ilmiy ishga qo’yiladigan metodologik talablar deganda ilmiy ishni amalga oshirish jarayonida rioya qilish kerak bo’lgan mazmunli (norasmiy) qoidalar tushuniladi. MGU professori Yu.A. Petrov o’zining «Ilmiy ishga qo’yiladigan metodologik talablar» asarida mazkur qoidalarni teran analizdan o’tkazgan. Quyida iqtisodiy tadqiqotlarda ilmiy ijodning texnologik usullarini tavsiflashda biz mana shu asar mazmuniga murojaat etamiz.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Bor M.Z. Osnovû ekonomicheskix issledovaniy. Logika, metodologiya, organizastiya, metodika. M.: «DIS», 1998.
2. Metodologiya, metodû ekonomicheskix issledovaniy. Dlya magistraturû ekonomicheskix spestialnosti. Filial REA im Plexanova v g Tashkente. T.: 2002.
3. Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.E. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. T.: 2002.
4. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. – T.: IPÖ «Yangi asr avlodi», 2004.
14-MAVZU. IQTISODIY TADQIQOT SOHASIDA ILMIY IJODIYoTNING TAShKILIY USLUBIYaT TOMONLARI
Reja:
1. Tadqiqot yuritishning tashkiliy masalalari.
2. Tadqiqotning uslubiy masalalari.
3. Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish.
1. Tadqiqot yuritishning tashkiliy masalalari.
Ilmiy daraja – bu muayyan fan sohasidagi ilmiy xodimlarning malaka darajasidir.
O’zbekiston Respublikasida ikkita – fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajalari berish belgilangan. Oliy ma’lumot yoki magistr darajasiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi o’zining ilmiy ishini ochiq himoya qilgan taqdirda fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini olish huquqiga ega.
Tadqiqotchi o’zining ilmiy ishini dissertastiya (lot. – dissertatio – fikrlamoq, tadqiqot) deb nomlanuvchi maxsus tayyorlangan qo’lyozma ko’rinishida rasmiylashtiradi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijiy fuqarolar aspiranturaga quyidagi tarzda qabul qilinishi mumkin:
- umumiy asosda;
- shartnoma asosida;
- xalqaro kelishuvlarga muvofiq holda.
Fan ta’rifini aniqlash bo’yicha bir qancha yondashuvlar mavjud. Eng umumiy va keng ma’noda «fan» tushunchasi inson faoliyatining tarixan tarkib topgan shaklini anglatadi. Inson faoliyati shakli sifatida – bu yangi, ilgari hech kimga ma’lum bo’lmagan, ishonchli bilimni yaratish jarayonidir.
Dissertastion tadqiqot ilmiy tadqiqotning eng yaqin turdosh shakli yoki prototipi hisoblanib, shu bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ma’lum bosqichining yakunlanishi bilan ochiq himoya qilish uchun ilmiy ish – qo’lyozma ko’rinishidagi dissertastiyaning tayyorlanishini taqozo etadi.
Bundan tashqari, «fan» tushunchasi aniq bilimlar shaklida ifodalangan bilish faoliyatining natijasini ham o’z ichiga oladi. Bu bilimlar tabiat, jamiyat va tafakkur ob’ektlari o’rtasidagi haqiqiy aloqalarni ochib berish orqali doimiy ravishda tekshirib va to’ldirib boriladi. Bilimlar inson tomonidan uning barcha faoliyat shakllarida – kundalik hayot, siyosat, iqtisodiyot, san’atda shakllansada, biroq ular faqat fandagina faoliyatning asosiy maqsadini tashkil etadi.
Fanning mahsuli bo’lib faqatgina ilmiy bilimlar hisoblanmaydi. Ilmiy bilimni olish uchun kuzatish va eksperiment o’tkazishning turli usullarini ishlab chiqish, shuningdek, ular amalga oshiriladigan ko’plab vositalar: asbob-uskunalar, moslamalar, o’lchash uslublari, axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatish vositalari va boshqalar zarur bo’ladi.
Fanning mahsuli qatoriga inson faoliyatining ko’plab sohalarida qo’llaniluvchi qarorlar qabul qilishdagi rastional usullarni ham kiritish lozim. Tizimlilik va asoslanganlik katta ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. U jamiyat hamda uning har bir alohida a’zosiga ta’sir o’tkazadi.
2. Tadqiqotning uslubiy masalalari.
Tadqiqot faoliyatining ilmiy tavsifga ega bo’lishi uchun ishda fanning muayyan sohasidagi reallik to’g’risidagi yangi, ishonchli bilimning mavjudligi hisoblanadi. Faqat shunday bilimgina tadqiqot faoliyatini ilmiy, dissertastion tadqiqotga aylantiradi.
Ilmiy bilimning asosiy belgilarini sanab o’tamiz.
Ilmiy bilimlar empirik tekshiruvlar bilan tasdiqlanib, jarayon va ob’ektlar tabiatini, ularning amal qilish mantiqini tushuntira oladilar, fundamental ilmiy fanlar va fan metodologiyasiga zid tushmaydilar.
Ilmiy bilimning farqlovchi sifatlaridan biri uning tizimliligidir. Tizimlilik tadqiqot predmet iva ob’ektini tasniflash mahorati orqali amalga oshiriladi. Tasniflash – asosiy tushunchani bir qator asoslarga ko’ra unga bo’ysunuvchi tur tushunchalarga ajratish tipi.
Fanning navbatdagi nisbatan ahamiyatli belgisi – ilmiy bilimni asoslashga intilish hisoblanadi.
Ko’pincha fanning vujudga kelishi holatini ilmiy bilimni asoslashga intilishning paydo bo’lishi bilan bog’lanadi. Qadimgi Grestiyada Fales Miletskiy (er.av. 624-548 yy.) birinchi bo’lib geometriyaga oid da’volarni isbot qilishning zarurligi masalasini ko’ndalang qo’ydi va o’zi bir qator isbotlarni amalga oshirdi. Bu esa fan tarixchilari tomonidan aynan shu davrni insoniyat ilmiy tadqiqotlarining dunyoga kelgan sanasi sifatida e’tirof etilishiga asos bo’ldi.
Har qanday yangi empirik va nazariy bilim asoslanishi lozim. Ilmiy bidimlarni asoslash, ularni qat’iy tizimga solish, ilmiy yutuqni ochib berishga intilish fanni rastionallik namunasiga aylantiradi. Olim, ilmiy taxmin (gipoteza)ni ilgari surib, uning inkor etilishi mumkinligi to’g’risida o’ylaydi, bu esa fanning tanqidiy ruhini namoyon etadi. Agar qat’iy g’oyalar tajriba orqali tasdiqlansa, ularning qadr-qimmati yanada oshadi. Aynan ular fan maydonining kengayishiga undaydi, ilmiy bilimlarni yangi marralar sari harakatlantiruvchi yangi vazifa va ilmiy muammolarni qo’yishga imkon yaratadi.
Ilmiy tadqiqot olimning shaxsiyati va uning dunyoni tushunishi bilan bog’liq barcha sub’ektiv jihatlarni rad etadi. San’atda, aksincha, rassomning asari uning muallifi bilan uzviy bog’liq. Agar Lev Tolstoy va Lyudvig Betxoven kabi usta san’atkorlar bo’lmasa, u holda «Urush va tinchlik» yoki «Oy sonatasi» asarlari orqali biz o’z estetik qiziqishlarimizni qondira olmagan bo’lar edik.
Fandagi qoidalar ahamiyatli ravishda farq qiladi. Holbuki, aksariyat hollarda qonun, qoida yoki nazariyalarga alohida olimlarning nomlarining berilishini bilsakda, shunga qaramay, Nyuton, Darvin yoki Enshteynlar bo’lmaganida ham, ularning nomlari bilan bog’langan nazariyalar baribir yaratilgan bo’lar edi. Ular fan taraqqiyotining zarur bosqichini namoyon etganligi uchun ham yaratilar edi. Fan tarixining ko’plab faktlari fanning har xil sohalaridagi turli olimlarning bir-biridan alohida holda bir xildagi, yagona g’oyalarga kelganini ko’rsatadi.
N.I.Lobachevskiy, F.Gauss va boshqa bir qator uncha taniqli bo’lmagan matematiklar deyarli bir vaqtning o’zida bir xil natijaga erishganlar. Ch.Darvin va Uolles 1858 yili Linneevsk jamiyati majlisida turlarning evolyustiyasi to’g’risidagi bir-biriga mos keluvchi natijalar bilan ma’ruza qildilar. 1905 yili A.Eynshteyn maxsus nisbiylik nazariyasi tamoyillarini bayon etdi. Shu yilning o’zida shunga o’xshash natijalar A.Puankare tomonidan e’lon qilingan. Mendel genetikasini 1900 yilda bir vaqtning o’zida, bir-biridan mustaqil holda Chermak, Korrens va de Friz qaytadan «ochadilar».
F. de Laroshfuko: «Barcha ishni boshqalarsiz ham uddalay olaman, deb o’ylagan kishi qattiq adashadi; biroq, boshqalar mensiz hech narsani uddalay olmaydilar, deb o’ylagan kishi yanada qattiqroq adashadi», deb ta’kidlagan edi.
Fanga nisbatan qo’llanilganda ushbu aforizm ikki marta haqdir. Fan o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy hodisadir. Tizim sifatidagi fan olimlar hamjamiyati tomonidan ikki ming yildan ortiqroq davr davomida yaratilib kelmoqda hamda nafaqat olimning u tomonidan o’rganilayotgan voqelikka bo’lgan munosabatini, balki ilmiy hamjamiyat a’zolari o’rtasidagi o’zaro aloqalarning muayyan tizimini ham namoyon etadi. Bugungi kunda fan o’z mohyatiga ko’ra ulkan moddiy baza va rivojlangan kommunikastiya tizimiga ega bo’lgan bilimlarni ishlab chiqarish bo’yicha qudratli tarmoqni tashkil etadi.
Fanda, odatda, rasman yozilmagan, biroq me’yor an’analari bo’yicha bir-biriga o’tuvchi tizim orqali tartibga solinadigan o’ziga xos, maxsus turmush tarzi, o’z qadriyatlari tizimi mavjud.
Fandagi hayot ham ijodiy izlanishlar bilan, ham mashaqqatli mehnat bilan to’lib-toshgan. Unda olim nafaqat o’rganilayotgan voqelik bilan kurashga kirishadi, balki, o’z hamkasblari, ijtimoiy fikr bilan jiddiy munosabatda bo’ladi. Olimdan qisman nashr ishlari orqali, qisman ijtimoiy tan olinishi orqali uning mehnati natijalarini ob’ektiv baholash tizimi vositasida kasbiy mahoratini muntazam ravishda tasdiqlab turish talab etiladi. Olimning faoliyati nafakat uning mehnatiga haq to’lash, balki turli darajalar, unvonlar va mukofotlar bilan rag’batlantirib turiladi.
Ilmiy faoliyat – bu turli fikrlar, yo’nalishlarning doimiy kurashi, olimning ishi, g’oyasini tan olinishi uchun kurash, fanning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqilganda esa – olingan natijaning ustuvorligi uchun kurash hamdir. Ma’lumki, fanda hattoki nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, genetika, kibernetika, evolyustiya nazariyasi singari fundamental ilmiy nazariyalar ham juda mashaqqat bilan tan olingan.
Yangilikka yo’naltirilganlik fanda xali etarli darajada asoslanmagan yangiliklarning kirib kelishiga ishonchli to’siq bo’lib xizmat qiluvchi qat’iy konservatizm bilan uyg’unlashadi.
Bugungi kunda fan bilimlarning ahamiyatli sohasini qamrab oladi. U tobora bir-biri bilan mustahkam ravishda o’zaro aloqada bo’lgan 15 mingga yaqin mustaqil fanlarni o’z ichiga oladi. Zamonaviy fan Metagalaktikaning vujudga kelishi va rivojlanishi, Erda hayotning paydo bo’lishi, uning rivojlanish bosqichlari, insonning paydo bo’lishi va rivojlanishining yaxlit manzarasini beradi. Fan bugungi kunda ozgina qiziqish hosil qilgan deyarli barcha narsani, hattoki o’z-o’zini – o’zining kelib chiqishi, rivojlanishi, madaniyatning boshqa shakllari bilano’zaro aloqasini, jamiyat moddiy va ma’naviy hayotiga ta’sirini o’rganadi.
Shu bilan birga, bugungi kunda olimlar fan hali yosh hamda olamdagi barcha sirlar o’rganib bo’linmagan, deb hisoblaydilar. Odatda fanga aloqasi bo’lgan fantast-yozuvchilar ancha uzoqqa nazar tashlab, fan va jamiyatning kelajagini oldindan bilishga urinib, ilmiy bilishning makoni naqadar cheksizligini ko’rsatib bermoqdalar.
Bugungi kunda olimlik – bu o’ziga xos kasbdir. Millionlab olimlar maxsus tadqiqot institutlarida va laboratoriyalarda ishlamoqda. «Ilmiy xodim» tushunchasi paydo bo’ldi. Ilmiy konsultant yoki maslahatchi funkstiyalarini bajarish, ularning jamiyat hayotining turli-tuman masalalarini ishlab chiqish yoki ular bo’yicha qaror qabul qilishda ishtirok etishlari me’yoriy holga aylandi.
Oliy o’quv yurti o’qituvchisi shaxsida ilmiy mehnat va pedagog mehnatining qo’shib olib borilishi jamiyat va millat uchun yanada qimmatli hisoblanadi. Bu holda ilmiy yutuqlar eng qisqa muddatda ta’limning mulkiga va jamiyat, davlatning qadriyatiga aylanadi.
3. Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish.
Dissertastiya mavzusining tanlanishi. Ilmiy tadqiqot ishining muvaffaqiyati dissertastiya mavzusining to’g’ri tanlanishiga bog’liq bo’ladi. Uni shunday tanlash kerakki, bu tadqiqotchining imkoniyatlari, bilimlari, qiziqishlarini yuqori darajada ochib berilishiga imkon yaratishi lozim. Tabiiyki, tadqiqotchi u yoki bu mavzu bo’yicha qanchalik ko’p shug’ullangan va bu borada nashr ishlari, ilmiy ma’ruzalari mavjud bo’lsa, bu mavzu bilan bog’liq original g’oyalar shunchalik ko’p bo’ladi, ilmiy ish shu qadar yaxshi va mazmunli chiqadi.
Dissertastiya mavzusini tanlashda ruhiy omillar sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Dissertastiyani yozish va himoya qilish uzoq muddatli jarayon bo’lib, odatda bir necha yilni o’z ichiga oladi va shu nuqtai nazardan marafoncha yugurishni eslatadi. Shuning uchun avval boshdanoq tadqiqotchi o’zini qiyinchiliklarni sabot bilan engib o’tishga, ishning boshlang’ich va keyingi bosqichlarida kuchini to’g’ri taqsimlashga, uning optimal maromi va tartibini ishlab chiqishga, agar maqsadga erishish uchun taktikani o’zgartirish zarur bo’lsa, bunday o’zgarishlarni amalga oshirishdan cho’chimaslikka moslashtirishi lozim.
Ilmiy darajaga erishish – tadqiqotchi individual biografiyasining o’ta ahamiyatli dalili hisoblanadi. Unga tadqiqotchi o’z hayotining bir necha yillarini baxshida etadi, uning kelgusidagi insoniy va ilmiy taqdiri ko’p hollarda himoya qilish holatiga bog’liq bo’ladi. Ilmiy darajani tadqiq etuvchilarni ikki toifadagi kishilarga ajratish mumkin. Birinchi toifa vakillari – amaliyotchilar bo’lib, ular uchun ilmiy ish faqat o’z mutaxassisliklari bo’yicha amaliy vazifalarni hal etish vositasi bo’lib hisoblanadi. Ilmiy ish keyinchalik mazkur sohada muvaffaqiyatli ishlash uchun ularga o’zlarining kundalik faoliyatlaridagi qandaydir asosiy muammoni chuqurroq bilishga imkon yaratadi. Boshqa guruh – nazariyotchilar bo’lib, ular uchun nomzodlik dissertastiyasini himoya qilish – bu faqat uzoq ijodiy yo’lning (bu yo’lda ularni ham doktorlik dissertastiyasi, ham monografiya va h.k.lar kutadi) bir bosqichi hisoblanadi. Ular uchun nomzodlik dissertastiyasi mavzusini tanlash ko’p yillarga mo’ljallangan ilmiy izlanishlar yo’nalishlarini strategik tanlash bo’lib qolishi lozim. Shuning uchun, tadqiqotchi dissertastiya mavzusini tanlash chog’ida o’zining qaysi guruhga mansubligini aniqlab olishi zarur. Bundan uning o’z ishiga nisbatan qo’yuvchi talablar, ya’ni bu amaliyotga olib chiquvchi tor ixtisoslashgan yoki nazariy jihatdan mahsuldor va istiqbolli, sof ilmiy mavzu bo’lishi aniqlanadi.
Agar tadqiqotchi birdaniga dissertastiya ishi mavzusini tanlay va shakllantira olmasa, bu holat uni u qadar tashvishga solmasligi lozim. Tabiiyki, hali ilmiy ish tajribasi etarli bo’lmagan chog’ida insonda his etish istiqbollari, dolzarblikni sezish, u qadar aniq tushunmagan va his etmagan narsasini lo’nda va terminologik jihatdan to’g’ri ifodalash mahoratining etishmasligi ham mumkin. Mavzu tanlashdagi mushkullikni bartaraf etishda ilmiy rahbarning yordami muhim hisoblanadi. Bundan tashqari quyidagi choralarni amalga oshirish ham maqsadga muvofiqdir:
- ilmiy kutubxona yoki O’zR OAK ma’lumotlar bazasidagi himoya qilingan dissertastiyalar katalogiga murojaat qilish;
- bilimning aralash sohalariga e’tibor qaratish zarur: ba’zida ikkita fan, masalan, iqtisodiyot va sostiologiya, sostiologiya va filosofiyaning kesimida shunday mavzularni topish mumkinki, ular ma’lum tadqiqot istiqbollariga ega bo’lishiga qaramay, fanning u yoki bu sohasining e’tiboridan chetda qolgan bo’ladi;
- muammoni ko’rib chiqishning metodologik rakursi katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zan rakursni almashtirish, yangi nuqtai nazarni ilgari surish – bu birlamchi ilmiy ishlanma mavzusidir;
- ilmiy davriy nashrlarni, maxsus nashrlarni ko’zdan kechirish, shug’ullanilayotgan fan bo’yicha klassiklar ishlari ustida fikr yuritish ham mavzu tanlashda qo’l kelishi mumkin. Umuman olganda, tadqiqotchi o’z ilmiy ixtisosligi bo’yicha qanchalik ko’p adabiyotlarni o’qisa, unga o’z yo’nalishini tanlash shu qadar oson bo’ladi.
Mavzu tanlab bo’linganidan so’ng ishning navbatdagi bosqichi boshlanadi. Bunda tanlangan mavzuni tahlil qilish hamda malakaviy talablarga muvofiq keluvchi aniq ifodalarda aks ettirish kerak. Bu sirtdan qaragandagiday u qadar oson ish emas. Tadqiqotchi mazuning dolzarbligini, ishlab chiqiluvchi qoidalarning ilmiy yangiligini, ularning amaliy va nazariy ahamiyatini aniqlab olishi lozim.
Dissertastiyaning ilmiy yangiligi – bu muallifga umuman tadqiqotni o’tkazish va olingan natijalarni tavsiflashda «birinchi bo’lib» tushunchalardan foydalanish huquqini beruvchi mavjud belgi hisoblanadi.
Fanda «birinchi bo’lib» tushunchasi ularning e’lon qilingunga qadar bu kabi natijalarning mavjud bo’lmasligi holatini anglatadi. Oldinlari fanning u yoki bu sohasida tadqiq etilmagan original mavzularning tadqiqotlari ham birinchi bor o’tkazilishi mumkin.
Yangilik tadqiqot ishi boshidan oxirigacha hech kim tomonidan shakllantirilmagan qoidalardan, hali ilmiy muomalada hech qo’llanilmagan tushunchalardan iborat bo’lishi lozim, degan ma’noni anglatmaydi. Nomzodlik dissertastiyasiga nisbatan yangiliklar yangilik elementi deb ataluvchi jihatga taqalishi mumkin. Bunday element bo’lib ilmiy muomalaga alohida yangi tushunchalarni kiritish, muayyan mavzuga oid yangi metodologik yondashuvlardan foydalanish, ilmiy ishni o’zaro aralash fanlar ma’lumotlari bilan boyitish, shuningdek, ishning amaliy jihati – mustaqil o’tkazilgan eksperiment, sostiologik tadqiqot, klinik tajriba va h.k.lar hisoblanishi mumkin. Keyingi o’n yillik davomida dissertastiyaning stili va tarkibiy tuzilishiga bo’lgan talablar nisbatan erkin bo’lib qoldiki, shunga ko’ra stil bilan tarkibiy tuzilmaning o’zi ham yangilik elementini tashkil etishi mumkin. Masalan, ba’zida falsafiy, sostiologik, filologik dissertastiyalar postmodern stilida yozilib, bu ishning klassik tuzilishining nisbatan buzilishiga olib kelsada, biroq nisbatan original g’oyalarni bayon etishda ma’lum ustunlik baxsh etmoqda.
Mavzuning dolzarbligi – dissertastiyaga qo’yiladigan asosiy talablardan biri. Odatda bu talab tadqiqotchining g’ashiga tegadi, chunki u tomonidan o’z ilmiy izlanishida majburan yoritilishi kerak bo’lgan, faqat rasmiy tavsifdagi talab sifatida qabul qilinadi. Biroq, mavzuning dolzarbligi talabi salbiy narsa emas. U faqat ilmiy ishlarning bugungi kun fani holatiga, uning haqiqiy ehtiyojlariga muvofiqligini hamda dissertastiya ishini ahamiyatli muammolarni hal etishga yaroqliligini taqozo etadi. Masalan, agar tadqiqotchi g’ildirakni ixtiro etish yoki falsafaning tamal toshini ochib berishga qaratilgan ishni yozmoqchi bo’lsa, bu tadqiqot, yumshoqroq qilib aytganda, dolzarb emas.
Mavzuning dolzarbligini asoslash kirish matnida bayon etilib, quyidagi aniq talablarga javob berishi lozim: birinchidan, tadqiqotchi kafedra (bo’lim) va ilmiy rahbarining ayni paytda aynan shu mavzuga murojaat qilishi sabablarini qisqacha yoritib berishi lozim (masalan, agar gap ijtimoiy-falsafiy fanlar to’g’risida borsa, mazkur mavzuni tadqiq etishni o’ta zarur qilib qo’yuvchi jamiyatning hozirgi holati xususiyatlarini tavsiflash kerak); ikkinchidan, u fanning ichki ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda mazkur mavzuga murojaat qilishning dolzarbligini ochib berishi lozim. Ya’ni, nima uchun ayni paytda ushbu mavzuni ko’rib chiqish zarur bo’lib qoldi, uni ilgariroq ko’rib chiqilishiga nima to’sqinlik qilar edi, unga murojaat qilinishi fanni o’zining rivojlanish dinamikasi, mazkur muammo bo’yicha yangi ma’lumotlarning to’planishi, mavjud tadqiqotlarda uning ishlab chiqilganlik darajasining etarli emasligi, muammoni yangi rakursda, yangi tadqiqot usul va uslublarini qo’llagan holda o’rganishnig zarurligi bilan shartlanganligini ko’rsatib berishi zarur.
Dissertastiyaning amaliy ahamiyati ko’p jihatdan tadqiqotchi tomonidan bajarilayotgan ilmiy ishning tavsifi bilan belgilanadi. Nazariy va metodologik tavsifdagi dissertastiyalar metodik yoki tatbiqiy tavsifdagi ishlarga nisbatan bavosita ifodalangan amaliy ahamiyatga ega.
Agar dissertastiya metodologik tavsifga ega bo’lsa, u holda uning amaliy ahamiyati quyidagilar orqali namoyon bo’ladi:
- tadqiqot asosiy natijalarini ilmiy maqola, monografiya, darsliklarda e’lon qilish;
- mualliflik guvohnomalari, tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish to’g’risidagi dalolatnomalar;
- tadqiqot natijalarini ilmiy-amaliy konferenstiyalar va simpoziumlarda sinovdan o’tkazish;
- ilmiy ishlanmalarning oliy va o’rta maxsus o’quv muassasalari o’quv jarayonlarida qo’llanilishi;
- tadqiqotchining iqtisodiyot u yoki bu tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha davlat va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi;
- tadqiqot natijalaridan yangi me’yoriy va metodik hujjatlarni tayyorlashda foydalanish.
Agar dissertastiya metodik tavsifga ega bo’lsa, u holda uning amaliy ahamiyati ilmiy asoslangan va mamlakat iqtisodiy yoki ijtimoiy rivojlanishi eksperimental ishlari davomida sinovdan o’tgan takomillashtirish usul va vositalari tizimining mavjudligi orqali namoyon bo’lishi mumkin. Bunga u yoki bu faoliyat turining yangi usul va vositalarini asoslash hamda amaldagilarini rivojlantirish bo’yicha tadqiqotlarni kiritish mumkin. Metodik tavsifdagi ilmiy natijalarni tatbiq etish shakllari juda turli-tuman bo’lishi mumkin. Ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
- ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va h.k. tartibga solish tizimini takomillashtirish bo’yicha takliflar;
- iqtisodiy mexanizm, ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va h.k.larni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar;
- vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, birlashmalar yoki boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan foydalanishga tavsiya qilingan yoki tasdiqlangan me’yoriy va metodik hujjatlar.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil qilish haqida. 2002 yil 20 fevral.
2. Dissertastiya va avtoreferatlarni rasmiylashtirish qoidalari: (O’zR OAK Rayosati qarori bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatga olingan). – Professor M.Muhitdinov tahriri ostida. – Toshkent, O’zR OAK, 2004.
3. Bor M.Z. Osnovû ekonomicheskix issledovaniy. Logika, metodologiya, organizastiya, metodika. M.: «DIS», 1998.
4. Metodologiya, metodû ekonomicheskix issledovaniy. Dlya magistraturû ekonomicheskix spestialnosti. Filial REA im Plexanova v g Tashkente. T.: 2002.
5. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. – T.: IPÖ «Yangi asr avlodi», 2004.
6. V poiskax novoy teorii: Kniga dlya chteniya po ekonomicheskoy teorii s problemnûmi situastiyami: Uchebnoe posobie/Pod red. A.G.Gryaznovoy i N.N.Dumnoy. – M.: KNORUS, 2004.
[1] Samuelson P. Economics. Tokyo. 1980, p. 50
[2] À. Ìàðøàëë. Óêàç. ñî÷., ñ. 86
[3] Ìàêêîííåëë Ê., Áðþ Ñ. Ýêîíîìèêñ. Ò2, ñ.31. Ì.: «Ðåñïóáëèêà», 1992
[4] Ìàêêîííåëë Ê., Áðþ Ñ. Ýêîíîìèêñ. Ò. 1, ñ. 22. Ì.: «Ðåñïóáëèêà», 1992
[5] Ìàéáóðä Å.Ì. Ââåäåíèå â èñòîðèþ ýêîíîìè÷åñêîé ìûñëè. Ì., 1996, ñ.333.
[6] Êàðèìîâ È.À. ¡çáåêèñòîí – áîçîð ìóíîñàáàòëàðèãà ¢òèøíèíã ¢çèãà õîñ é¢ëè. Ò., 1993, 20-21-á.
[7] Êàðèìîâ È.À. ¡çáåêèñòîí áóþê êåëàæàê ñàðè. Ò.: ¡çáåêèñòîí, 1998, 101-102-áåòëàð.
[8] Êàðèìîâ È.À. ¡çáåêèñòîí èқòèñîäèé èñëîҳîòëàðíè ÷óқóðëàøòèðèø é¢ëèäà. Ò.: «¡çáåêèñòîí», 1995, 19-áåò.
[9] Êàðèìîâ È.À. ¡çáåêèñòîí áóþê êåëàæàê ñàðè. Ò.: ¡çáåêèñòîí, 1998. 332-333 áåòëàð.
[10] Қàðàíã: È.À. Êàðèìîâ. Îçîä âà îáîä Âàòàí, ýðêèí âà ôàðîâîí ҳà¸ò ïèðîâàðä ìàқñàäèìèç. Ò.: ¡çáåêèñòîí, 2000, 15-áåò.
[11] Êàðèìîâ È.À. ¡çáåêèñòîí áóþê êåëàæàê ñàðè. Ò.: ¡çáåêèñòîí, 1998, 101-102-áåòëàð.
[12] Êàðèìîâ È.À. ¡çáåêèñòîí èқòèñîäèé èñëîҳîòëàðíè ÷óқóðëàøòèðèø é¢ëèäà. Ò.: «¡çáåêèñòîí», 1995, 19-áåò.
[13] Êàðèìîâ È.À. ¡çáåêèñòîí áóþê êåëàæàê ñàðè. Ò.: ¡çáåêèñòîí, 1998. 332-333 áåòëàð.
[14] Қàðàíã: È.À. Êàðèìîâ. Îçîä âà îáîä Âàòàí, ýðêèí âà ôàðîâîí ҳà¸ò ïèðîâàðä ìàқñàäèìèç. Ò.: ¡çáåêèñòîí, 2000, 15-áåò.