UMUMIY MA'LUMOTLAR VA TUSHUNCHALAR

 

 

O'z vazifasini bajarish uchun har qanday robot quyidagilarga ega bo'lishi kerak:

1)    Boshqaruv tizimi (komp'yuter yordamida ishlovchi):

    2) Ishchi organiga ega bo'lgan ish bajaruvchi mexanizm ya'ni,manipulyatorlar:

       Manipulyator  to'g'ridan-to'g'ri, masofaviy yoki avtomatik tarzda boshqariladigan bo'lishi mumkin. Mexanik qo'l yoki avtooperator (bikir dasturlangan robot)  yordamchi va transport operatsiyalarini bajaruvchi qurilma. Robotlarning birinchi avlodi bikir dastur asosida ishlaydi. Birinchi avlod robotlariga juda keng tarzda qo'llaniluvchi mexanik qo'llar va raqamli dastur bilan boshqariluvchi tizimli robotlar kiradi. Ushbu robotlar tashqi muhit sharoitiga moslashaolmaydi. Shuning uchun ushbu robotlarni nisbatan oddiy bo'lgan ishlab chiqarish jarayonlarida (detallarni tashish, joylash, payvandlash,bo'yash va h.k)qo'llaniladi. Bunda tizimga  kirishda qat'iy tartib  hamda mudofaa choralarini ko'rishga to'g'ri keladi.

Hozirgi vaqtda epchil dastur asosida ishlay oladigan ikkinchi avlod ya'ni,adaptiv-moslashuvchan robotlar yaratilgan. Ushbu robotlar sezgi datchiklari bilan jixozlangan  bo'ladi. Chunki ular ancha murakkab bo'lgan ishlab chiqarish  jarayonlarini  boshqarishda  qo'llaniladi.

                 Zamonaviy  masalalarni  xal etishda  integral  yoki  intellektual  robotlar uchinchi avlod robotlari deb ataladi.Ular  har qanday ish va ishlab chiqarish  sharoitiga moslashaoladigan bo'lib sun'iy  intellekt bilan jihozlangan bo'ladi.Uchinchi avlod robotlari  komp'yuterlar tizimi yordamida boshqariladi va evristik dasturlash usullari qo'llaniladi.

Mashina-avtomat sifatidagi sanoat robotlari harakatining aniqligi va tezligi bo'yicha inson bajaradigan ishlarni bajarish qobilyatiga egadir.