SANOAT ROBOTLARINING KELAJAGI VA ULARDAN ISHLAB
CHIQARISHDA
FOYDALANISHNING AYRIM MASALALARI
Sanoat robotlarini xizmat vazifasi va
murakkabligiga qarab (xuddi kompyuterga
o'xshab) uch avlodga
bo'lish qabul etilgan. Hozirgi vaqtda
keng tarzda qo'llanilayotgan sanoat
robotlarining birinchi avlodi elektromexanik sistemaga, programma va xotiraga ega bo'lib, teskari aloqa qilish qobiliyatiga ega emas.
Koordinatlarni aniqlash mexanik qurilmalar va yuqori aniqlikdagi
potentsiometrlar yordamida
amalga oshiriladi. Birinchi avlod robotlari og'irligi bir necha
grammdan bir necha tonnagacha bo'lgan yuklarni surish imkoniga
ega bo'lib, eslab qolish qurilmasidagi programma 1024 tagacha harakatni ishga
solishi mumkin.
Ushbu avlodga taalluqli robotlarning
aksariyati uchta surilish darajasiga
hamda richagli tutqich qurilmasiga
egadir. Ekspluatatsiya qilinayotgan birinchi
avlod sanoat robotlarining richagli tutqich qurilmasi beshta surilish darajasiga ega: gorizontal tekislikda burilish, vertikal
tekislikda va o'qi bo'ylab chiziqli
siljish, o'z o'qi atrofida burilish va vertikal tekislikda engashish.
Ikkinchi avlod sanoat robotlarida
operatsiyalarni bajarish ketma-ketligi va koordinatlarni eslab
qolish elektron sxemalar yordamida
amalga oshiriladi, xotira hajmining
kattaligi koordinatlarni raqamlar
ko'rinishida qayd qilish imkonini beradi. Bu esa, o'z navbatida, operatsiyalarning murakkab programma sini tuzishga sharoit tug'diradi. Ushbu robotlar birinchi avlod sanoat robotlariga nisbatan
o'ta chaqqonlikka va eslab qolish qurilmasida murakkab programmalarni saqlash qobiliyatiga ega. Bunday sanoat
robotlarining bir qismi fotoelektrik va datchikli qurilmalarga ega bo'lib, detalning shakl va
holatini asta-sekin qabul etishi
mumkin. Ikkinchi avlod robotlari juda yuqori darajadagi
ainqlikda asosiy uskunalar ishi bilan
bir xil sharoitda ishlay oladi.
Raqamli programma bilan boshqariladigan sistemaniig yuqori ishonchlilik darajasi ularning uzoq vaqt to'xtamasdan ishlashini ta'minlaydi.
Bunday avlodga mansub robotlar uskunalarni boshqarishda, yig'uv
ishlarini avtomatlashtirishda, ishlab chikarishning ayrim uchastkalarida
o'rtacha malakadagi operatorlarni almashtirishda hamda boshqaruv jarayonini avtomatlashtirishda qo'llanilishi
mumkin. Ularning yuk ko'tarish qobiliyati 10 kg va undan ortiq bo'lib, soddalashtirilgan qayta sozlash sistemasiga, avtomatik qayta programmalashtirish
qobiliyatiga, tashqi muhit o'zgarishlarini qabul etish va ayrim xolatlarda ko'rish
xususiyatiga ham ega. Ulardan turli xil
ishlab chiqarish sharoitlarida foydalanish mumkin.
Uchinchi avlod robotlari esa ayrim xis tuyg'u xislatlariga, teskari aloqa
qurilmasiga, ma'lum hajmdagi logik (mantiqiy) qurilmaga ega. Bu, o'z navbatida,
konkret shart-sharoitga qarab u yoki bu
echimni qabul etishga imkon
tug'diradi. Kompyuterga bog'langan boshqaruv sistemasiga ega mustaqil tutqichga
olinayotgan detal yoki buyum shakli, o'lchami va xolatiga qarab o'z xatti
harakatini koordinatsiya qilishi mumkin. Uchinchi avlod robotlari o'zida
kompyuter va ish bajaruvchi mexanizmning xislatlarini aks ettirib, faqat
ayrim ko'rinishdagi buyumlarga
ishlov berib, yig'ib va sinabgina
qolmasdan, bir necha gruppali uskunalarni boshqarishi ham mumkin. Uchinchi avlod
robotlaridan foydalanishda
texnika xavfsizligining
ma'lum qonun qoidalariga rioya
qilish kerak. Xavflilik darajasi ko'proq robotning o'lchami, yuk ko'tarish
qobiliyati, boshqaruv sistemasiga bog'liq.
Uncha katta
bo'lmagan og'irlikdagi zagotovka va detallarni ko'tarish va ularni o'rnatish uchun mo'ljallangan robotlar jiddiy
xavf tug'dirmaydi. Biroq
sanoat robotlarini ishlab chiqarishda ekspluatatsiya qilinayotganda (yuqori tezlikda ishlanganda)
ularning surilish qismlari inertsiyasi ishlab chiqarish travmasiga olib kelishi
mumkin. Bu xolat ayniqsa turtib chiqqan tutqichli robotlarda ko'p
uchraydi.
Katta yuk ko'taruvchi va
yuqori tezlikda ishlovchi robotlar
bilan ishlaganda ham ma'lum darajadagi texnika xavfsizligi qoidalariga
amal qilish zarur. Masalan, ma'lum masofani
saqlagan xolda muhofaza tutqichlarni o'rnatish, robotning o'ta tez harakatidan
kelib chiqadigan va operatorga salbiy ta'sir etadigan xis tuyg'ularning oldini olish maqsadida muhofaza ekranlari
o'rnatish va hokazolar. Robotlar
nazorat o'lchov qurilmalarini va ishlab
chiqarish xolatini
boshqarishi, ombor xo'jaligida maxsulotlarni hisob kitob qilishi, ayrim konstruktorlik ishlarni
bajarishi, xirurglarga yordamlashishi,
kosmik va suv osti tadqiqotlarida kompyuter bilan birga qatnashishi
mumkin.
Robototexnikani joriy etishda
robotlar xaqiqatdan ham texnologik jarayonning ajralmas qismiga
aylanishi uchun ularning konkret ishlab
chiqarish sharoitini dastlabki taxlildan o'tkazish kerak. Bunda robotning faqat asosiy
parametrlarinigina (yuk ko'ta
rish, pozitsiyalash aniqligi,
siljish darajasi, uzatgich ko'rinishi, richagli tutqich va boshqa qurilmalar
ko'rinishi hamda ularning
siljish tezligi), ayrim harakat va boshqaruv sistemalarining bir -biriga
mosliginigina emas, balki avtomatlashtirish
va turli xil uskunalarning foydalanish
darajasi, texnologik tsiklning bir xilligi va davomiyligini, energiya
manbai, robot va boshqa uskunalarni joylashtirish imkoni, uskunalarga ta'siri, robotni yuklashning taxminiy rejasi, buyum o'lchamlarining
o'zgarish chastotasi va ularning
seriyasini ham hisobga olish kerak.
Ishlab chikarishda robot va robotlashtirilgan komplekslarni
qo'llashdan oldin albatta texnologik jarayon kartasidan foydalanib tekshiruv
o'tkazish lozim.
Robotlashtirishda texnologik
kartaga tegishli axborotni
tekshirishdan tashqari sotsial
iqtisodiy va sotsial psixologik
faktorlarni (mehnat
unumdorligining oshishi, shart-
sharoitning yaxshilanishi, robototexnika vositalari joriy etilishini ishchilar tomonidan
qo'llab quvvatlanishi) ham hisobga olish kerak. Bularning hammasi ishlab chiqarishni
robotlashtirishda kerak
bo'ladigan hujjat tayyorlashning
birinchi bosqichiga kiradi.
Ikkinchi bosqichda
robotlashtirish uchun tanlangan ob'ekt
sinchiklab tekshiriladi. Mazkur bosqichda faqatgina texnolog robototexnikani emas, balki
konstruktor mexanik hamda robot va uskunalararo aloqa bog'laydigan mutaxassis
ham qatnashadi.
Robotlarni aniq ish
joylarida qo'llash maqsadga muvofiq, ekanlngini xal etuvchi faktorlar quyidagilardir:
1. Nomenklaturasi o'zgarib turadigan detallarni ishlab chiqarish mumkinligi va
texnologik jarayonning yuqori
darajadagi mo''tadilligi.
2. Mehnat unumdorligining oshishi. Mehnat
unumdorligining oshishini katta
vaqt oralig'ida (eng kami bir oy)
taxlil etish kerak. Chunki robotning siljish tezligi odamning siljish
tezligiga qaraganda ancha past, shuning uchun unumdorlikdagi yutuq faqat
unumsiz sarflanuvchi ish vaqti hisobiga
sodir bo'lishi mumkin.
3. Texnologik jarayonni mo''tadillashtirish va bir turdagi hamda xavfli operatsiyalarda
inson xatosini yo'qotish
evaziga tayyorlanayotgan
maxsulot sifatini oshirish. Sanoat
robotlari (SR)ga quyidagi talablar
qo'yiladi:
1.
Zarur harakatlarni amalga oshirish.
Ko'zda tutilgan harakatlar sonini oshirib ko'rsatish, o'z
navbatida, texnik iqtisodiy
ko'rsatkichlarga ta'sir etadi. Har bir
harakat darajasini noto'g'ri hisoblash yoki
tasavvur etish sanoat robotlarini o'rtacha hisobda 56 foizga
qimmatlashib ketishiga olib keladi, chunki
bunday xolda qo'shimcha uzatgichlarga ehtiyoj tug'iladi.
SRning hozirgi
zamon konstruktsiyalarida asosan
pnevmatik, gidravlik, elektromexanik
uzatgichlar va ularning birgalikdagi ko'rinishidan foydalaniladi. SRni gidravlik va
elektromexanik uzatgich bilan boshqarishda
odatda mikroprotsessor va mini kompyuter ishlatiladi. Bu esa, o'z
navbatida, robotlarning o'ta harakatchanligini, ishonchliligi,
murakkab harakatlarni
bajara olish imkonini yaratadi va
xotirasida ko'p miqdordagi programmani saqlab qolish imkonini beradi.
2. Robotlarni
berilgan og'irlik, geometrik shakl va o'lchamdagi tayyor buyum, detal va zagatovkalar bilan ta'min etish. Sanoatda qo'llanib kelinayotgan pnevmatik uzatgichli
sanoat robotlarining yuk ko'tarish qobiliyati
bir necha grammdan 15 kg gacha,
elektromexanik uzatgichli SRlarining yuk ko'tarish qobiliyati bir necha yuz
grammdan yuz kg gacha, gidravlik uzatgichli SRlarining yuk
ko'tarish qobiliyatin esa 10 kg dan bir
necha tonnagachadir.
3.
Zagatovka va detallarni kerakli mo'ljalga
o'rnatish aniqligini ta'minlash. Ushbu talab
texnologik jarayon xususiyatlari bilan belgilanadi.
Pnevmatik uzatgich bilan
ishlaydigan SRlarda ish bajaruvchi mexanizmlarning ishlash aniqligi yuqoridir (xatolik 0,050,1 mm). Gidravlik va elektromexanik uzatgich bilan ishlaydigan SRlarida ish
bajaruvchi mexanizmlari
ishlashidagi yo'l qo'yiladigan
xatolik o'rtacha 12 mm ni tashkil
etadi. Ish baja ruvchi
mexanizmlar aniqligini oshirish
uchun maxsus, nazorat sistemalari qo'llaniladi.
Ish
bajaruvchi mexanizmlar aniqligini va uzatgichlar dinamik xarakteristikasini
oshirish sanoat robotlari tannarxini
oshirishga to'g'ri proportsional bog'liqdir. Shuning uchun
ushbu parametrga bo'lgan talabni texnologik jarayon parametrlariga mos
ravishda qo'yish kerak.
4. Kerakli
siljish tezligini ta'minlash. Pnevmatik
uzatgich bilan ishlovchi SR eng yuqori tezlikka ega. Bunda uzatgichli robot manipulyatorining
chiziqli tezligi 1 mG's, burchakli tezligi 360ฐS ni tashkil etishi
mumkin. Pnevmatik uzatgichli
SRning yuqori tezligi ularni og'irligi uncha katta bo'lmagan detallar bilan
ishlashga imkon beradi. Gidravlik uzatgichli sanoat robotlari manipulyatorining chiziqli tezligi 0,5 1
mG's ni, burchakli tezligi 120ฐS ni tashkil etadi. Elektromexanik uzatgichli
SRlari manipulyatorining tezligi birmuncha kam bo'lib, chiziqli tezligi 0,8 mG's, burchakli tezligi 90ฐS gachadir.
5. Boshqa
bir turdagi detalni ishlab chiqarish uchun SR programmasini o'zgartirishga
sarflanuvchi vaqtning kamaytirilishi. Ushbu ko'rsatkich
robototexnologik kompleksning haqiqiy unumdorligiga ta'sir etuvchi asosiy faktorlardan biridir.
Programmalashtirish pozitsiyali
boshqarish qurilmalari manipulyator koordinat sistemasida nuqtalar
bo'ylab hamma surilish darajasi
bo'ylab amalga oshiriladi. Shuning uchun programmani ishlab chiqish va
sozlash murakkab bo'lib, unga
sarflanuvchi vaqt bir necha minutdan
bir necha soatgacha tashkil etishi mumkin. Programmalar to'plami
mavjud bo'lsa, qaytadan pro
grammalash yozib qo'yilgan
programmalardan keragini tanlab
olish yo'li bilan amalga oshiriladi. Qurilma xotirasidan kerakli programmani tanlab
olishga odatda bir necha sekund vaqt sarfla
lanadi, xolos.
Konturli boshqaruv sistemasi esda saqlab qolish qurilmalari asosida amalga oshiriladi. Programmalashtirish o'qituv rejimida manipulyator
ish organini kerakli traektoriya bo'ylab operator yordamida yurg'izib bajariladi. Bir vaqtning o'zida kesish
asbobining ishga tushishi
yoki texnologik uskunani
to'xtatish haqidagi buyruqlar ham programmaga kiritilishi mumkin.
Programmalashtirish tezligi texnik vosita
va operator malakasiga bog'liq.
Sanoat robotlarining guruxli qo'llanilishida
programma tayyorlashga sarflanadigan
vaqt kompleks yoki liniya, qurilmalarni
boshqaruv sistemasi umumiy strukturasiga bog'liq.
6. Sanoat robotlarining texnologik ishonchliligini
oshirish. Bu masala SR asosida
bunyod etiluvchi avtomatik kompleks va
liniyalarning yuqori samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Robotlar ishonchliligi robototexnologik kompleksga kiruvchi
uskunalar ishonchliligidan past bo'lishi kerak emas. Chunki robotning tez-tez ishdan
chiqib turishi hamma kompleksning ishsiz turib qolishiga olib
keladi.
Ishlab
chiqarilayotgan SRlarning to'xtovsiz ishlash
vaqti 1201000 soatni tashkil etadi. Kapital ta'mirgacha bo'lgan xizmat muddati 3 6 yil. Eng ishonchli robotlar pnevmatik uzatgich bilan
jixozlangan robotlardir. SRlarning ishdan
chiqishiga boshqaruv sistemasi hamda mexanik qismlarining nobopligi,
moslama, asboblarning noto'g'ri tanlanishi, programmalashdagi xatoliklar sabab bo'lishi mumkin.
7. Ishlab chiqarish maydonlarining kam talab
etilishi. Robotlar
konstruksnyasini tanlashda uni
ekspluatatsiya etish mobaynida
kerak bo'lgan qulaylikni ham e'tiborga
olish kerak.
8. Sanoat
robotlari va ularni jixozlashga sarflanuvchi
harajatlarning kam bo'lishi.
SRlar harajatining ko'pligi odatda
uning qo'llanilishini chegaralab kelayapti. Hozirgi vaqtda pnevmatik uzatgich
bilan jihozlangan oddiy robot uchun sarflangan harajat 5 10 ming so'mni,
gidravlik va elektromexanik uzatgichlar bilan jihozlangan robotlar uchun esa 40
ming so'mni tashkil etadi. Robotlar
qimmati ma'lum miqdorda uni boshqaruv sistemasi qimmati bilan belgilanadi.
SRlarni joriy etish
samaradorligi, o'z navbatida, detallarga gruppa tarzida ishlov berishga, uskunalarni to'liq tarzda detallar bilan ta'minlashga
(ikki smenada) bog'liqdir. SRlarni
joriy etishda sanoat korxonasining
istiqbolli taraqqiyotini ham hisobga olish kerak.
SR larni va texnologik uskunalarni joylashtirish konkret ishlab
chiqarish xususiyatiga bog'liqdir. Mexanika
tsexlaridagi ishlab chiqarish quyidagi xususiyatlar bilan
belgilanadi:
tashkiliy ko'rinishlarning turli tumanligi bir va bir necha predmetli potok liniyalar, guruxli
uchastkalar, raqamli programma bilan boshqariladigan stanoklar va ularga
bog'langan kompyuter bilan jihozlangan uchastkalar:
- texnologik potokdagi
ishlov berilayotgan detallar og'irligining bir
xilligi, metall kesish stanoklari, uskuna, moslamalarning turli xilligi,
nazorat operatsiyalarining ko'pligi;
-
texnologik jarayonlarga
slesarlik va qo'l yordamida amalga
oshiriladigan boshqa operatsiyalarning qo'shilishi.
- xomaki operatsiyalarda xosil
bo'ladigan qirindilarning ko'pligi.
Mexanik
ishlov berish sanoatida bir va ikki
manipulyatorli maxsus va universal SRlari
qo'llaniladi. Manipulyatorlar
surilish masofasi 3001000
mm, surilish tezligi 0,51 mG's,
pozitsiyalanish xatoligi 1 mmgacha.
Maxsus va universal SRlari (turli xil yuk ko'taruvchi) stanok oldiga, maxsus SR (5 kg gacha yuk ko'taruvchi) to'g'ridan- to'g'ri stanokka, suriluvchan
SRlari esa polga o'rnatiladi, SRlari
bir necha stanokka xizmat qilishi
mumkin.
Mexanik ishlov berish sanoatida zagatovka va detallarni olib yurish uchun turli xil
texnik vositalar, aravachalar, robot karalar qo'llanilishi mumkin.
Yirik mashinasozlik korxonalarida robototexnika bilan jiddiy
shug'ullanishni hayot taqozo etmoqda.
Ana shunday korxonalarda robototexnika bo'limlari tashkil etilmoqda. Robototexnika bo'limining vazifasiga
quyidagilar kiradi: SRlarning asosiy
texnologik uskunalari va ularning
modellarini aniqlash; robototexnologik kompleksda ishlov berilishi kerak bo'lgan detallar nomenklaturasini
tanlash; robotlashtirilgan texnologik jarayonlarni ishlab chiqish; SRlar uchun boshqaruv programmalarini hisoblash va joriy etish; SRlarni maxsus texnologik moslamalar bilan
jihozlash va tashqi muhitga tegishli
aloqalarni o'rnatish ishlab chiqarishga
sanoat robotlari va robototexnologik sistemalarni joriy etish; hamma texnologik bo'limlar ishini muvofiqlashtirish; elektron uskunalar, dasturchilar va sozlovchi
kadrlarni tayyorlash; sistematik tarzda robototexnika vositalaridan
foydalanishni nazorat ostiga olish va
shu kabilar.
Hozirgi kunda
robot, ishlov beruvchi markaz, raqamli programma bilan boshqariluvchi stanoklarni ishlab chiqarish va joriy etish bilan shug'ullanmayotgan
biron bir yirik zavod, korxona ilmiy
tekshirish instituti yoki oliy o'quv yurtini
topish qiyindir. Faqat texnikaviy masalalargina xal etilayotgan
dastlabki vaqtlarda bunday shug'ullanish
to'g'ri deb topilgan va bundan boshqa yo'l yo'q edi. Hozir esa ushbu
soxadagi hamma faoliyatni koordinatsiyalash
va eng keraklisini ishlab chiqarishga joriy etishdagi samaradorlikni tekshirish vaqti etib keldi.
Bir narsani ochiq, aytish kerakki, robot, ishlov beruvchi markaz, raqamli programma bilan
boshqariluvchi stanoklar baxosining yuqoriligi, ularni joriy etish masalasi
yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi, ishlab chiqarilayotgan maxsulotni
arzonlashtirish o'rniga, aksincha, qimmatlashishiga olib kelmoqda. Boshqacha so'z bilan aytganda, yangi
texnikaga qo'yilayotgan talab hamma vaqt ham
bajarilayotgani yo'q.
Robot va
boshqa yangi texnikalarniig baxosi yuqoriligini oqlash maqsadida uni bunyod etuvchilar yangi texnikadan olinishi mumkin bo'lgan iqtisodiy samarani aniqlash
metodikasining mukammallashmaganini bahona qiladilar. Bir tomondan, bu
ham to'g'ri. Mavjud metodikalar
ishlab chiqarish tsiklining
qisqartirilishini, aylanma
vositalarning siljish tezligini, yangi maxsulotga ishlov berishga
o'tishda mahsus moslamalar va
uskunalarni almashtirish uchun
sarflanadigan harajatlarning iqtisod
qilinishi va shu kabi qator
afzalliklarni e'tiborga olmaydi.
Biroq har
qanday mukammal metodika bunyod
etilgani bilan eng asosiy masala yangi
texnikaning qimmatliligi
masalasi xal etilmagan bo'lur edi.
Nima
qilish kerak? Bu texnika
hali uzoq vaqt qimmatligicha qolishi mumkin. Yangi texnikani qo'llamaslik
esa mumkin emas, bu zamon, hayot talabidir. Yangi texnika son-sanoqsiz korxonalarga kirib borar ekan,
foyda o'rniga zarar keltirsa,
korxonalarni yangi texnika bilan qayta
qurollantirish, fan va texnika taraqqiyotini jadallashtirish haqida bo'ladigan gaplar ham
shov-shuvdan nariga o'tmay qolaveradi.
Istagan metodika bilan amalga oshirilgan eng oddiy xisob kitoblar ham shu narsadan
dalolat berayaptiki, yangi texnikaning hozirgi bahosida ularni bir smenada ekspluatatsiya qilish zarardan
boshqa narsa emas. Ko'p hollarda
hatto ikki smenali ish ham iqtisodiy samara
olishga yordam bermaydi.
Faqatgina to'liq uch smenali
ishgina hamda butun sutka
davomida, dam olish va
bayram kunlarida ham
ishlagandagina yangi texnika sezilarli iqtisodiy samara
berishi mumkin. Bu mulohazani
faqat bizning mamlakatimizdagi tajriba
emas, balki chet ellik sanoat korxonalarining ish tajribasi ham oqlamoqda.
Buning asosiy sababi moslamalarni
sozlashda, asboblarni almashtirishda, uskunalarni ta'mir qilishda,
zagatovka bilan ta'minlashda va
boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirishda sodir bo'luvchi yo'qotuvlarning mavjudligidir.
Bundan shunday xulosa chiqadiki, har bir korxona robot,
robototexnolognk komplekslarni buyurtirishdan, sotib olishdan oldin moddiy texnika ta'minotini va
ishlab chiqarishni tashkil
etishning tashkiliy masalalarini
jiddiy taxlil etishi va bu haqda jon
kuydirishi kerak. Shu narsani
unutmaslik kerakki, yangi texnika stanokda ishlovchilar sonini shartli va
shartsiz tarzda kamaytirish bilan
birga matematik, dasturchi, sozlovchi, elektronika mutaxassislarini ham
talab etadi. Demak, kollektiv tarzda foydalanish kerak bo'lgan mutaxassislarni
tayyorlash ham muhim masalalardan biri bo'lib hisoblanadi.
Ko'p
holatlarda yangi texnika bahosi undan olinadigan samaraga qaraganda
tezroq o'sib bormoqda. Shuning uchun ham
hozirgi vaqtda yangi mashinalarni arzonlashtirish muammosi xal qilinishi kerak bo'lgan asosiy
masalalardan biridir.
Halq
ho'jaligida fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish masalasini xal etishda nozik avtomatlashgan jarayonlar, avtomatik
manipulyatorlar va robotli texnologik kompleksni yuzaga keltirish muhim
axamiyatga ega. Ishlab chiqarishda bunday sistemalarning yuzaga kelishi aslida
fan texnika taraqqiyotida yangi bosqich
boshlanganligini bildiradi.
Bir
narsani unutmaslik kerakki,
asosiy maqsad texnikani sotib olishda
emas, balki uni iqtisodiy rivojlantirishning
dastagiga aylantirishdadir.
Robotlarni ishlab
chiqarishga joriy etishda robototexnikaga
kerak bo'lgan texnologik jarayonlarni bosqichlarga ajratish kerak. Ana
shundagina eng muhim texnikaviy, iqtisodiy va sotsial muammolarni
xal etish tartibini ishlab chiqish
mumkin. Birinchi bosqichda bajariladigan ishlarga og'ir jismoniy
mehnat bilan bog'liq jarayonlar,
jumladan, ortish, tushirish hamda
radioaktiv moddalardan foydalaniladigan ishlar; juda yuqori va past haroratda, yuqori namlik va titrash,
ifloslangan havo, yuqori darajadagi shovqin, bir turli va dam badam qaytarilib turadigan ishlar; turli xil texnologik, transport va boshqa
uskunalarning xizmat vazifasini bajaradigan, uskuna, liniya, uchastkalarni
avtomatik tarzda boshqarish ishlari kiradi.
Quyida sanoat robotlari qo'llanilayotgan bir qator ishlab
chiqarish jarayonlarini ko'rib
chiqamiz.
Quyuv ishlari. Hozirgi zamon sanoat robotlari va avtomatik
manipulyatorlar quyulmalarni ishlab
chiqishning asosiy
jarayonlarida (boshlang'ich
materiallarni tayyorlashdan tozalashgacha, termik ishlov berishda, nazorat
qilish va sinashda, yuklash va tushirishda transport va ombor ishlarida va hokazo) keng joriy etilmoqda. Quyuv ishlarida
robotlarning qo'llanilishini kengaytirish shakl hosil etish, yig'ish,
formalarni quyish va shu kabi
jarayonlarda boshqaruv sistemasini joriy etish imkonini beradi.
Temirchilik shtamp ishlari. Halq
xo'jaligining turli xil tarmoqlarida presslash vositasida varaqali sovuq
shtamp qilish yo'li bilan har xil shakl va o'lchamdagi detallar olinadi. Seriyali va
mayda seriyali ishlab chiqarishda
zagatovkani shtampga qo'yish va olish ishlari
ko'pincha qo'l yordamida amalga oshiriladi. Zerikarli va bir
turdagi bu ishlar, o'z navbatida, travma sodir bo'lishiga
olib keladi. Endilikda, shtampga zagatovkani avtomatik tarzda uzatish va shtamplangan detalni olish har xil sanoat robotlari va manipulyatorlar yordamida amalga
oshirilmoqda. Shu maqsadda qo'llanilayotgan robotlar tez harakat qila
oladigan uzatgichlar, ishonchli boshqaruv sistemalari, universal yoki tez
almashtirish mumkin bo'lgan magnitli, vakuumli va shunga
o'xshash tutqich qurilmalariga ega
bo'lishi kerak.
Kukunli materiallardan buyum tayyorlash. Kukunli metallurgiya usuli bilan buyum tayyorlashda
pressformani pressli uskunaga qo'yish va olish, pressformaning shakl hosil etuvchi yuzalarini moylash,
tayyor buyumni pressformadan olish,
termik pechga quyish va shu kabi asosiy, yordamchi ishlarni bajarishda sanoat robotlari
qullaniladi. Bundan tashqari, termoplastik materiallarni qo'yishdagi qator
texnologik operatsiyalar hamda yuklash
tushirish, joylash, nazorat
ishlarida ham robotlardan
foydalaniladi.
Payvandlash ishlab chiqarish. Payvandlash ishlab
chiqarishida sanoat robotlari, eng
avvalo, bevosita payvandlash
bo'yicha asosiy texnologik operatsiyalarni
bajarishda qo'llaniladi.
Universal va maxsus sanoat robotlarining payvandlash ishlarida amalga
oshirishi kerak bo'lgan
asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: moslamani texnologik yoki boshqa uskunaga o'rnatish va
olish, payvand qilishdan oldin detal va uzellarni yig'ish, detalni
payvandlashga tayyorlash, payvandlangan buyumni ish zonasidan olish va uzoqlashtirish, asosiy payvandlash
texnologik operatsiyasini bajarish, kerak bo'lib qolsa payvandlash jarayonigacha zagatovka, detalni va payvandlangan buyumni to'g'rilab qo'yish moslamaga o'rnatish, payvandlangan choklarni tozalash,
payvand sifatini nazorat etish,
avtomatik yoki potok liniyalari ishini boshqarish va hokazolar.
Termik
ishlab chiqarish. Termik
ishlov berishdagi robotlashtirishga oid operatsiyalarning bir qismi
10000S dan oshadigan haroratda sodir bo'lishini hisobga olib tutqich
qurilmalarini yuqori haroratda ham o'z parametrlarini o'zgartirmaydigan issiqqa
chidamli materialdan tayyorlash
kerak.
Termik ishlov berishda sanoat
robotlari bajarishi mumkin bo'lgan
ishlarga quyidagilar kiradi: buyumni termik ishlov berishga tayyorlash, termik
pechga uzatish va joylash, tozalash,
qaytarib olish, to'g'rilash, qattiqligi va sifatini nazorat qilish, uskunalar
ishini boshqarish va hokazolar.
Mexanik ishlov berish.
Mexanik ishlov berishdagi seriyali,
mayda seriyali va donalab ishlab
chiqarishning asosiy xususiyatlaridan biri mashina vaqtining kamligi
hisoblanadi. Mexanik ishlov berishning umumiy
tsiklida detallarni kutish va
tashishga sarflanuvchi vaqt ushbu
detallarni ishlab chiqarishda turgan
vaqtining 95 foizini tashkil etadi. Robotlarni qo'llash uskunalardan foydalanish koeffitsientini oshirish, ishlab
chiqarish tsiklini qisqartirish,
mahsulot sifatini yaxshilash imkonini
beradi.
Sanoat robotlarining universalligi ularni turli xil metall kesish stanoklarining yordamchi
ishlarini avtomatlashtirishda
foydalanish imkonini beradi. Ko'pchilik hollarda har bir robot ikki
va undan ortiq stanokka xizmat qilishi
mumkin. Robotlar yordamida avtomatlashtirilgan
oddiy stanoklar ko'pincha
unumdorlik bo'yicha mahsus avtomatlardan qolishmaydi va arzonga tushadi.
Suriluvchan robotlardan foydalanilganda bitta robot stanoklar
gruppasi uchastka va potok liniyalariga xizmat qilishi mumkin.
Mexanik ishlov berishda sanoat
robotlari yordamida amalga
oshirilishi kerak bo'lgan asosiy
va yordamchi operatsiyalarga quyidagilar kiradi: turli xil metall kesish stanoklari va komplekslarga moslamalarni
o'rnatish va olish, raqamli programma
bilan boshqariluvchi va gruppali universal stanoklarga, uchastka va potok
liniyalarga xizmat etish, zagatovkani, asbobni, moslamani o'rnatish va olish, texnologik
operatsiyalarni (parmalash, silliqlash, sayqallash va hokazo) bajarishni nazorat etish va sinash, operatsiyalararo va tsex ichidagi transport ishlarini
bajarish, texnologik, transport uskunalari ishini boshqarish va hokazolar.
Robotlashtirilgan potok
liniyalar variantidan biri <<Universal 5>> modelli sanoat roboti bazasida tashkil etilgan
liniya hisoblanadi. Bu liniya to'rtta Universal 5 roboti bilan
jihozlangan sakkizta metall
kesish stanogidan iborat. Liniyada bitta robot, ikkita stanokdan iborat
sektsiyalar mavjud. Sektsiyalar qabul
etish va uzatish qurilmalari bilan bog'langan. Bu liniyada sanoat robotlari
quyidagi operatsiyalarni bajaradi: stanoklarni zagatovka bilan ta'minlaydi,
kelayotgan zagatovkani ushlab
turadi; zagatovkani stanokdan stanokka uzatadi; zagatovkani
moslamaga o'rnatishdan oldin fazodagi
yo'nalishini to'g'rilab oladi
zagatovkani uzatuvchi qurilmaga o'rnatadi va hokazo.
Robotlashtirilgan liniyaning
birinchi sektsiyasi MR G6A modeldagi frezerlash markazlashgan stanogidan hamda GE61MFA modelli programma
bilan boshqariluvchi tokarlik stanogidan, ikkinchi sektsiyasi ikkita 1A616S
modeldagi tokarlik nusxalash stanogidan,
uchinchi sektsiyasi 1E61MFA
modelli tokarlik stanogi va VT
53 modelli silliqlash stanogidan, to'rtinchi sektsiyasi esa VT 53 modelli
silliqlash stanogi va UPW 12,5x70 modelli rezba o'yadigan stanokdan
iborat.
Uchastka
ko'rinishida amalga oshirilgan
robototexnologik komplekslar, o'z navbatida, epchil ishlab
chiqarish sistemalarini joriy etish imkonini beradi, chunki
kompleksdagi har bir stanokda turli xil
detallarga ishlov berish imkoni tug'iladi. Shunday kompleks uchastkalardan biri TUR 1 hisoblanadi.
Yuzalarni
qoplash jarayonlari.
Buyumlar yuza qismini metall yoki kukunsimon polimerlar bilan qoplash, galvanika, turli xil usullar bilan
bo'yash ishlarida sanoat robotlaridan
keng foydalaniladi. Robotlar
buyum yuzasini metallashtirishda yuzani
tayyorlash (tozalash, silliqlash
va shu kabi), buyumni uzatish va
uskunaga o'rnatish, metallashtirib
bo'lgandan so'ng buyumni ish zonasidan olish va nihoyat bevosita buyum
yuzasini metall bilan qoplash kabi ishlarni bajaradi.
Buyum yuzasini qoplash galvanik usuli qo'llanganda esa
robotlar uskunalarga xizmat etish, yuzani
qoplashga tayyorlash va nihoyat, qoplash jarayonini amalga oshiradi.
Yig'uv
ishlari. Yig'uv ishlaridagi
asosiy va yordamchi operatsiyalarni
avtomatlashtirishda maxsus
sanoat robotlari qo'llanilmoqda. Bunday robotlarning
qo'llanilishi operatorni juda ko'p jismoniy ishlardan ozod qilib,
jarayonning mu'tadilligini ta'min
etadi, operator tomonidan yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatoliklarning oldi olinadi. Yig'uv
ishlarini robotlardan foydalanib avtomatlashtirish imkoni
buyumlarni uzatishda to'g'ri
chiziqli yo'nalish bo'lganda va ularni moslamaga o'rnatishda ko'payib boradi.
Nazorat,
transport va ombor ishlarini avtomatlashtirish. Robotlar qator nazorat ishlarini avtomatlashtirishda, qotishma va
boshqa materiallar kimyoviy tarkibini
taxlil qilishda, namunaviy
detallarni nazoratga tayyorlash va
ularni nazorat etish
uchun uskunalarga o'rnatishda,
sinovdan o'tkazishda va shu kabilarda qo'llaniladi.
Sanoat
robotlarini ombor xo'jaligida
qo'llanilganda detallarni sistematik taxlash, joylashtirish,
ularni izlash, belgilangan
programma bo'yicha tashish kabi
ishlar amalga oshirilishi mumkin.
Umuman olganda sanoat robotlari qurilishda, engil sanoatda, farmatsevtika, pochta xizmati
va boshqa tarmoqlarda, ilmiy tadqiqot ishlarida qo'llanilishi
mumkin. Masalan, to'qimachilik,
sanoatida materiallarni
bo'lak-bo'lak qilib tashishda,
tikuv materiallarini bir-biriga moslab
berishda, tugmachalarni tikishda
va pochta yuklarini taxlash, tashishda va hokazolarda. Xizmat
etish soxasida robotlar qorovullik, bog'dorlik vazifasini o'tashi, idish
tovoq va kiyim kechaklarni yuvishi,
benzin tarqatadigan
stantsiyalarda ishlashi, axlatlarni
yig'ishi, donalab sotiladigan tovarlarni sotishi, oziq-ovqat
buyurtmalarini joylashi mumkin. Robotlar
yana yong'inni avtomatik o'chirish
sistemasida ishlashi, ko'cha
harakati qoidalarini
boshqarishi mumkin.