Epchil ishlab
chiqarish sistemalarining
birinchi namunalarini joriy etilishi natijasida chaqqonlik, unumdorlik va
past tannarx ta'min etildi.
Agar XX asrning birinchi yarmida avtomatlashtirish
masalalari faqat ommaviy ishlab chiqarishga taalluqli bo'lgan
bo'lsa 1950-yillardan boshlab raqam bilan boshqariluvchi stanoklarning yaratilishi tufayli donali, mayda
seriyali va seriyali ishlab
chiqarishda avtomatlashtirish yo'llanmasi boshlandi.
Epchil ishlab
chiqarish sistemalarining joriy
etilishi ham o'z navbatida donali,
mayda seriyali va seriyali ishlab
chiqarishda kerak bo'lgan
avtomatlashtirishni boshlab yubordi.
Mashinasozlikdagi ishlab chiqarish vositalari
taraqqiyotiga, ya'ni universal stanoklardan, maxsus stanoklardan,
stanok-avtomatlardan avtomatik liniyalar va bikir zavod-avtomatlargacha bo'lgan davrga insoniyat 200 yildan ortiq
vaqt sarfladi. Birinchi mexanizatsiyalashgan tokarlik-nusxa ko'chirish stanogi
1712 yilda, 1960 yilda g'arbiy mamlakatlarda (AQSh) birinchi bo'lib podshipnik xalqasini ishlab chiqarishga mo'ljallangan avtomatik zavod
qurildi.
Taraqqiyotning yukorida eslatib o'tilgan bosqichi,
asosan elektromexanik qurilmalar asosida avtomatlashtirish bilan
xarakterlanadi. Bunday zavodlar mehnat unumdorligini 5—10 marta oshirib,
tannarxni 30—50 foiz kamaytirib,
faqatgina uzoq muddatgacha
konstruktsiyasi o'zgarmaydigan ommaviy
ishlab chiqarish da qo'llaniladigan
detallarga ishlov berish uchun mo'ljallangan edi. Shunday qilib, avtomatik zavodlar unumdorligini
oshirish ularning universalligini yo'qotish evaziga erishilgan edi. Bunday
qarama-qarshilikni yo'qotish, yangi texnikaning ishlab chiqarishdagi harakatchanligini oshirish va
nihoyat donalab va seriyali ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish masalalari mutaxassislarni yana universal
stanoklarga qaytishga olib keldi. Avvaliga elektron texnikani qo'llash evaziga
raqamli programma bilan boshqariladigan
(RPB) avtomatik liniyalar, keyingi yillarda esa RPB bilan jihozlangan ko'p shpindelli
avtomatlar yaratildi. RPB-stanok-avtomatlarni bunyod etishga insoniyat 30 yil
vaqt sarf etdi. Haqiqatdan ham RPBlar donalab va seriyalab ishlab chiqarishda ma'lum samaraga erishgan bo'lsa ham, ommaviy ishlab chiqarishda sezilarli natijalar qo'lga
kiritilmadi. Elektronikaning taraqqiy etishi, kompyuter va
mikro-protsessorlarning qo'llanilishi RPB ning yangidan-yangi imkoniyatlarini
ochib berdi. RPB bilan jihozlangan va kompyuter bilan boshqariladigan universal stanoklarning yaratilishi korxonalardagi
ishlab chiqarish jarayonlarini va sanoatning boshqa
tarmoqlarini avtomatlashtirishning yangi yo'lini ochib berdi. Ya'ni universal
stanoklarning hamma afzalliklarini namoyon etib, yuqori unumdorlikda turli xil
detallarni ishlab chiqaradigan avtomatik liniyalar va zavodlarga yo'l ochildi, ishlab chiqarishni epchil
boshqarish imkoni tug'ildi. Ushbu yo'nalish kompyuter bazasidagi to'liq integrallashgan avtomatlashtirilgan
ishlab chiqarishga olib keladi. Bu
yo'llanma taxminan 10—15 yil ichida nixoyasiga etadi.
Fan va texnikaning bundan keyingi taraqqiyoti mashina
va sistemalarning ishonchliligi va
o'z-o'ziga diagnostika qo'yish muammosini xal etib to'liq integrallashgan inson ishtirokisiz
ishlaydigan ishlab chiqarish va zavodlarni barpo etilishiga olib keladi.
Bundan keyingi bosqich mashina, sistema, zavodlarni to'xtamasdan o'z-o'zini rostlaydigan tarzda ishlaydigan
xolatdagi ishlab chiqarishni bunyod
etishga olib keladi. Ko'radigan, eshitadigan, sezadigan va nihoyat, o'ylaydigan
mashinalar ushbu bosqich asosini tashkil etadi.
Chiqitsiz texnologiya, kukundan yoki bevosita suyuq
metaldan presslash kompozitsion materiallardan foydalanishga o'tish, kesish
bilan ishlov berish jarayonini kamaytirish
o'z navbatida korxonalarda ilmiy-texnikaviy inqilobni vujudga keltirib,
yangi ko'rinishdagi yuqori unumdor mashina, sistema va zavodlarni barpo etishga
olib keladi. Bu esa ayniqsa, epchil sistemalarni bunyod etishni rejalashtirish,
uskunalar tarkibini hisoblash, epchil ishlab
chiqarishni boshqarish uchun
kerak bo'lgan parametr va ishlab chiqarish
sistemasini tanlash bosqichida juda muhim xisoblanadi.
Epchil avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning mazmuni shundan iboratki, bir
detalga ishlov berishdan boshqa detalga ishlov berishga o'tishda texnologik
yoki xoxlagan boshqa uskunani sozlamasdan o'tiladi, agar mabodo sozlash
kerak bo'lib qolgan taqdirda oldingi
detalga ishlov berish bilan parallel tarzda amalga oshiriladi. Epchil ishlab chiqarishda, odatda, asosan texnik, injener
darajasidagi operatorlar qatnashadi, ishchining qo'l mehnati esa juda ko'p bo'lmagan ayrim ishlarda, masalan, yarim
maxsulotlarni o'rnatishda talab etiladi. Epchil ishlab chiqarishni boshqarishda kompyuterning qo'llanilishi hamma
ko'rinishdagi-ishlarni kompleks avtomatlashtirishga imkon beradi.
Epchil sistemaning yangiligi shundan iboratki, ular
ishlab chiqarishni tashkil
etishning faqat potok usulinigina emas,
balki bir mashinada, bir operatsiyada detalga imkon boricha to'liq ishlov
berishni nazarda tutuvchi markazlashgan ishlov berish xususiyatiga egadirlar.
Yaratilgan va yaratilayotgan epchil sistemalar,
masalan, mexanik ishlov berish, presslash, payvandlash, bo'yash, yig'ish va h.
k. jarayonlarni avtomatlashtiradi. Epchil ishlab chiqarishni to'liq
tushunish uchun unga tegishli ayrim tushunchalarni ko'rib chiqish kerak.
Kompleks avtomatlashtirish — faqat bittagina emas, bir necha ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish bo'lib, ko'pincha
asosiy va yordamchi operatsiyalarni avtomatlashtirish bilan bog'liq.
Kompleks avtomatlashtirishga qandaydir texnologik
jarayonni boshdan-oyoq avtomatlashtirish kiradi. Kompyuterdan kompleks
avtomatlashtirishning ayrim masalalarini xal etishda foydalanish ishlab chiqarish
integratsiyasini keltirib chiqaradi, ya'ni bir necha ishlab chiqarish
sistemalarini, avtomatlashtirilgan jarayonlarni va boshqa funktsiya
hamda masalalarni yagona avtomatlashtirilgan jarayonga mujassamlashtiradi.
Avvaliga qisman integratsiya bunyod etilib, keyin to'liq integratsiyaga o'tiladi. To'liq integratsiya deganda hamma
ishlab chiqarish tsikli, texnologik jarayonlar, tashkiliy
va boshqaruv masalalarini yagona
bir-biri bilan bog'langan kompyuterlar asosida kompleks avtomatlashtirishni
tushuniladi.
RPB da umuman sistemani yoki stanokni boshqarish nazarda tutiladi. Hozirgi kunda
ayrim stanokni aloxida boshqarish va
guruh stanokni kompyuter orqali
boshqarish usullari mavjuddir.
Ishlov beruvchi markaz— (IBM) —RPB bilan jihozlangan
ko'p maqsadga mo'ljallangan avtomatik stanok. IBM — korpusli va dumaloq
detallarga ishlov berishga mo'ljallangan
bo'lishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan loyixalash sistemasi (ALS) -
konstruktorlik ishlarida va ishlab
chiqarishni tayyorlash hamda rejalashtirishda keng tarqalgan.
Ish yuritishning informatsion sistemasi (IPS). Ushbu
sistemadan ishlab chiqarish
xolatini taxlil etish va
boshqaruvchi xodimni qaror qabul etishi uchun foydalaniladi. Sistema
ishlab chiqarish informatsiyasi potokini korxona faoliyati
turli xil ko'rsatkichlarini, boshqarishning
turli xil darajasidagi statistik ma'lumotlarni -har bir stanokdan, operatordan
direktorgacha - tashkil etib uskunalarning ishlash xolati maxsulot tannarxi,
ta'minot masalalarini xal etadi. Gruppali texnologiya (GT). Bu shunday
texnologik jarayonki, unda bir-biriga o'lchami shakli, texnologik
ko'rsatkichlari bir xil yoki o'xshash
bo'lgan detallarga aniq ishlab
chiqarish sharoitida gruppa
tarzida ishlov beriladi.
Epchil ishlab
chiqarish moduli (EIM)—bu odatda
IBM ya'ni, bir stanokdan iborat, robot yoki detalni yuklashga oid qurilma bilan
jihozlangan ob'ektdir, epchilligi kam
bo'lsa ham inson ishtiroki siz
10-12 soat ishlashi mumkin. EIM ning markaziy server bilan aloqasi bo'lmasligi ham mumkin.
Epchil avtomatlashtirilgan uchastka (EAU )-bu ikki
yoki undan ko'p IBM, transport ishlash qurilmasiga ega bo'lgan tarmoqdir. EAU bir necha EIMdan
iborat bo'lishi mumkin.
Epchil avtomatik liniya (EAL) - bu bir necha IBM dan
iborat, agregat golovkalari avtomatik almashinadigan yagona yuklash qurilmasidan
iborat tarmoqdir.
Epchil ishlab chiqarish sistemasi (EIS) — bu
texnologik va yordamchi uskunalar, asboblar, priborlar, transport-yuklash
qurilmasi, avtomatik tarzda zagatovka tarqatuvchi skladdan iborat va yagona
kompyuterdan boshqariladigan
kompleksdir.
Epchil avtomatlashtirilgan tsex (EAS)- bu bir necha
EIM, EAU, EAL, EISlarni birlashtirgan, yagona kompyuterdan boshqariladigan
kompleks bo'lib, tsex yagona transport
sistemasi, asbobsozlik xo'jaligi, tranzit tarqatuvchi — skladga ega bo'lishi mumkin.
Epchil avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish
(EAICh). kompyuter bazasida loyixalashni avtomatlashtirilgan sistemasi,
ishlab chiqarishni texnologik
tayyorlash sistemasi, EIS, EIS ishlab
chiqarishni rejalashtirish sistemasining qisman integratsiyasidir. Yarim
maxsulotni zavod eshigidan kirgizib tayyor maxsulotni darvozadan chiqarishgacha bo'lgan jarayonni amalga oshira oladigan EAICh xali yaratilmagan.
Biroq fan va texnikaning kelajak
taraqqiyotida bunga, albatta, erishiladi.
Epchil avtomatlashtirilgan zavod (EAZ). Ishlab chiqarishni to'liq integratsiyalash EAZni yaratish imkonini beradi.
Epchil ishlab chiqarishni integratsiyalash faqatgina kompyuterning yangi turlari
bazasida amalga oshirilishi mumkin. Shunga o'xshash sistemalar Angliyada, Yaponiyada ham ishlab chiqariladi,
Epchil ishlab chiqarish sistemasining afzalliklari. Keyingi yillarda turli xil
mamlakatlarda EISni ekspluatatsiya
qilishdagi tajriba epchil sistemani odatdagi traditsion sistemalardan
afzalligini taxlil etish imkonini beradi. Ushbu afzalliklar quyidagilardan
ibarat:
- ishlab
chiqarish xarakatchanligi
oshadi;
- yangi maxsulot ishlab chiqarish muddati
qisqaradi;
- ishlab chiqarilayotgan buyum konstruktsiyasiga
o'zgartish kiritish ishlab
chiqarish jarayonida amalga oshiriladi;
- ishlab
chiqarishni tayyorlash vaqti qisqaradi (o'rtacha 50 foizga,, ayrim xolatlarda
75% gacha);
- dastgohlarni
sozlash faqat gruppa detallarni
almashtirishdagina amalga oshiriladi;
- kerakli
qo'shimcha asbob miqdori va turi kamayadi;
- moslamalar
konstruktsiyasi soddalashadi va dastgohga yarim maxsulotni o'rnatish vaqti
qisqaradi;
- RPB
stanoklarda ishlov beriluvchi detallar soniga nisbatan, kerakli stanoklar soni
kamayadi (taxminan 20—50 % ga);
- talab
etiladigan ishlab chiqarish maydoni (30—40 % ga) hamda yordamchi maydon
(ayrim xolatlarda 75'% gacha) kamaytiriladi;
- dastgoh,
asbob, moslamalarning boshqa ishlab
chiqarish masalalari hamda yangi
maxsulotni ishlab chiqarishga jalb qilish
ma'nosida ishlab chiqarish quvvati oshiriladi:
- zavod
asbob-uskunalarini yangilash, modernizatsiya
qilishni (yangi fan va texnika yutug'i asosida) ishlab chiqarishni to'xtatmasdan va uni kam
kapital mablag' sarflab amalga
oshirish imkoni
tug'iladi:
- mehnat
unumdorligi ishlab chiqarishning hamma bosqichlarida loyixalashda, texnologik
tayyorgarlik ishlarida, maxsulotga ishlov berishda, yig'ishda, nazorat etishda
hamda hamma yordamchi ishlab
chiqarishda (ombor ishlarida, tsexlararo va tsex ichidagi transport
ishlarida) oshib boradi:
- har
bir maxsulotga ishlov berish tsikli maxsulotni o'rnatish va olish ishini,
avtomatlashtirish va nazorat etish xisobiga qisqartiriladi;
- inson
ishtirokisiz yoki juda kam operator - nazoratchi bilan uzoq vaqt ishlash ta'min etiladi;
- umuman,
ishlovchilar soni kamayadi (o'rtacha 30% ga). Operator esa dastgohdagi
operatordan jarayonni boshqaruvchi operatorga aylanadi. Yuqori malakali
jismoniy mehnat soni kamayib aqliy mehnatga
bo'lgan talab kuchayadi;
- asosiy
uskunalardan foydalanish koeffitsienti oshadi, smena koeffitsienti ko'payadi;
- maxsulot
sifati oshadi;
- dastgohni boshqarish ishonchliligi shu darajada
oshadiki, operator malakasi maxsulot sifatini oshirishdagi asosiy faktor bo'lmay qoladi;
- maxsulot
sifati dastgohga moslamalarni mahkamlash, o'rnatish va boshqaruvchi programma
aniqligining funktsiyasiga aylanadi,ya'ni ishchi qo'lidan injener-texnik xodim
qo'liga o'tadi;
- tayyor
maxsulot sifati oshadi, buyumlarni yig'ishga sarflanuvchi vaqt kamayadi:
- brak
soni kamayadi. Chunki adaptiv sistemalar ishlov berilayotgan o'lchamlarni
ishlash jarayonida nazorat etib turadi, o'lchamlarni nazorat etish bevosita
dastgohning o'zida olib boriladi va nihoyat kerak bo'lsa jarayonga o'zgartish
kiritib boriladi;
- ishlab
chiqarishning integratsiyasi kuchayadi;
- ishlab chiqarishdagi buyumlarni topishga
sarflanuvchi vaqt kamayadi (bir necha oydan bir necha kungacha bir necha
haftadan bir necha soatgacha);
- tugallanmagan
jarayonlar soni kamayadi;
- dastgohlar
orasidagi ishlatishda to'plangan buyumlar qisqaradi;
- har bir
buyumni qaysi vaqtda, qaerda turishi
real vaqt rejimida ta'min etiladi. Bu esa,
o'z navbatida, har bir buyumning ishlov berishini tezlatadi;
- epchil
ishlab chiqarish sistemasini yaratilishi, o'z navbatida, avtomatlashtirilgan loyixa va
ishlab chiqarishni tayyorlash, texnologik jarayonlarni boshqarish
avtomatlashtirilgan boshqaruv
sistemalarini joriy etish va uning vositalaridan foydalanishni taqozo etadi;
- ishlab chiqarishni boshqarish hamma tsikllar bo'yicha yaxshilanadi. Kompyuter tizimida integratsiyani boshqarish,
o'z navbatida, texnologiyani
boshqarish uskunalar ishini, ishlab
chiqarishdagi detal, asbob, moslamalarning o'tishi va
turgan joyini nazorat etishga imkon beradi;
- yuqori
mehnat intizomi va ayniqsa ishlab
chiqarishni planlashtirishni ta'min etadi;
- ishlab chiqarish
tannarxi o'rtacha 10 foizga kamaytiriladi. Bunda mehnat unumdorligini
oshirish evaziga emas, asosan texnologik tayyorgarlik va yordamchi ishlarni
kamaytirish xisobiga erishiladi;
- ishlab
chiqarish va yordamchi maydonlarga bo'lgan harajatlar qisqaradi.Bunga isitish
va yoritish qiymati (30—40% ga), hamma ko'rinishdagi to'plangan buyumlar
qiymati (70—80% ga), va shu kabilar kiradi;
- aylanuvchi vositalar,
qo'shimcha harajatlar kamayib, kapital
aylanishi tezlashib, kapital mablag'
hajmi kamayadi (5—10% ga). Epchil ishlab chiqarish sistemasi qoplanish
muddati 2—5 yilni tashkil etadi. Sanab o'tilgan faktorlardan epchil ishlab
chiqarish sistemasi ishlab
chiqarishning eng kuchli vositasi bo'lib ommaviy ishlab chiqarishdagi
avtomatik liniyalar yuqori unumdorligi va past tannarxni o'zida mujassamlashtirgan, donalab va mayda
seriyali ishlab chiqarishda universal
dastgohlar harakatchanligini oshirish imkonini ta'minlaydigan afzalliklarga
egaligi aniqlandi. EISining eng ko'p bo'lgan ko'rsatkichlari ishlab
chiqarilayotgan maxsulotning hajmi va buyumlar nomenklaturasi o'rtacha bo'lganda namoyon bo'ladi. Bunga ayrim misollar keltirib o'tishimiz mumkin
Frantsiyaning Sitroen degan firmasi Pejo avtomobilning
prizmatik detallarini ishlab chiqarish uchun RPB stanoklar ishtirokida EIS
bunyod etgan bitga detalga ishlov berish uchun sarflanuvchi eng kam vaqt 10
minutni tashkil etsa, eng ko'p vaqt 172 minutni tashkil etadi. Kesadigan
asboblar 150 ta. Sistema besh koordinatli uchta IM, avtomatlashtirilgan loyixa
ishlari, texnologik jarayonni boshqaruvchi avtomatlashtirilgan boshqaruv
sistemasi bilan jihozlangan uch smenada ishlaydi. Ishlovchi xodimlar soni 73
dan 33 gacha kamaygan.
Ushbu sistemaning umumiy tannarxi 35,5 mln frank
bo'lib, bundan 23 mln frank stanok va uskunalar qiymatini tashkil etadi.Qolgan
qiymat sistemani ishlab chiqish va joriy etishga sarflangan.
Amerikaning Giddings end levis frezera firmasida
yaratilgan EIS bitta detalga ishlov berish uchun 14 soat vaqt sarflaydi. Ushbu
detalga universal stanokda ishlov berilganda 200 soat vaqt sarflanib, tsexda 9
oygacha qolib ketar edi. Detalga ishlov berish vaqti 15 marta qisqarib, detalni
topishga sarflangan vaqt 9 oydan 14 soatgacha kamaygan.
EIS ning samaradorligi uni ishlab chiqish va bunyod
etishdagi bosqichga bog'liq. EISning kamchiliklaridan biri joriy etilish
mobaynidagi sarflanuvchi kapital mablag'ning ko'pligi va yuqori
tannarxligidadir. Shuning uchun stanoksozlar ham, sistemani bunyod etuvchilar
ham iqtisodiy samarani asoslashda qiyinchilikka uchraydilar. Chunki EISni
qo'llashda o'zaro bog'liq bo'lgan faktorlar ham mavjud bo'lib, uni miqdor
jihatdan aniqlash qiyin.
Detallarni stanokda mahkamlash va o'rnatish uchun
mo'ljallangan moslamalarni to'g'ri tanlash katta ahamiyat kashf etadi. Kesish
asboblarini tanlash, saqlash ham muhim muammolardan biridir. Shuningdek, asosiy
masalalardan biri kesish asbobini ishlov berish jarayonida tekshirib turib va
kesish rejimini to'g'ri tanlash bo'lib hisoblanadi, qirindilarni yig'ishtirish
ham murakkab masalalardan hisoblanadi, chunki ayrim stanoklardan
foydalanilganda bu muammo qatiy qo'yilmagan edi.
Programmali boshqaruv sistemasining murakkabligi va
ishonchsizligi EISning bo'sh qolishiga sabab bo'ladi. Shu sabab bilan AQShdagi
sistemalarning bo'sh turib qolish vaqti 15—30 foizni (ayrim xolatlarda 60
foizni) tashkil etadi.
Epchil ishlab chiqarish har bir xodim rolini
o'zgartiradi. Ishchi esa faqat bitta mutaxassislikni biladigan operatordan
qator mutaxassislikni egallagan texnikka aylanadi. Injener-konstruktor,
injener-texnolog funktsiyasi bir mutaxassislik sifatida birlashib ketadi.
EIS ning hamma imkoniyatlarini joriy etishdagi
qiyinchilik uni loyixalash bosqichida paydo bo'ladi.
Epchil ishlab chiqarish ishlab chiqarishning hamma
tomonini hisobga olishi kerak. Shuning uchun rejalashtirishdagi sustlikka yo'l
qo'yib bo'lmaydi. Ishlab chiqarishning boshqa sistemalarini integratsiyalash
masalasi hal etilmagan bo'lsa EISdan to'la samara kutish qiyin. EISni ishlab
chiqishga sarflanuvchi kapital mablag'ni o'z vaqtida qoplash uchun uni
namunaviy qilish kerak. G'arb mamlakatlaridagi ko'p firmalar EISni bunyod etish
uchun 10—15 yil vaqt sarflab tipovoy namunaviy loyixa asosida kapital mablag'ni
3—5 yilda qoplashga erishmoqdalar. EIS ni qimmatga tushishiga xal etilmagan
masalalarni o'z ichiga oluvchi ilmiy tadqiqot ishlari harajati sabab bo'lmoqda.