Masalaga kompleks yondashmaslik juda ko'p yutqizuv,
yo'qotuv va zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi misollarda namoyon bo'lmoqda.
Oxirgi 50 yilda avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari, ishlab chiqarish
jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish avtomat zavodlar,
odamsiz texnologiyalar va nixoyat, oxirgi 30yil ichida epchil
avtomatlashtirilgan sistemalar xaqida juda ko'p gaplar, baxs va munozaralar,
shu bilan birga ushbu soxada juda ko'p nazariy, amaliy izlanishlar olib
borildi.
Biroq, shu vaqtgacha amalga oshirib kelingan ishlarda
turli xil ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko'ra kompleks yondashish,
sistemalilik printsiplari to'la amalga oshirilmagan. Masalan, korxonalarda
avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarini
joriy etish masalasini olib ko'raylik. Bunda shu vaqtgacha kim qanday xoxlasa
shunday tarzda xal etiladigan masalani qo'ya bilar, uning echimini qidirar edi.
Hayot esa bu uslubning mutlaqo samarasiz ekanligini isbotlab berdi va shu
sababli avtomatlashtirilgan boshqaruv
sistemalariga bo'lgan mulohazalar ham
o'zgarib bordi.
Oddiy imorat qurishni olib ko'raylik.
Avtomatlashtirilgan boshqaruv
sistema to'liq joriy etilgan
mamlakatlarda imorat qurilishi oldidan mukammal grafik tuzib olinib ish hajmi
hamda kerakli materialni olib kelish yo'llari aniqlab olinadi. Bu ish grafik
asosida to'la-to'kis amalga oshiriladi. Qizig'i shundaki, asosiy voqelik bu
qurilish uchastkasiga olib keluvchi yo'l masshtabidir. Qurilayotgan ob'ektga
odamlar albatta qo'njli etik kiyib borishi yuk mashinasidan boshqa mashina o'ta
olmasligi, qurilish tugagandan keyin esa qorishma, beton, metall parchalarini
xoxlagancha tashlab ketish natijasida u erga tuproq solib ekilgan daraxtlar ham imkoni boricha o'sishga urinib qurib so'ng ildizi betonga
taqalganda quriy boshlaydi.
Ikkinchi misol shaharning ko'chalaridan gaz-vodoprovod
hamda kanalizatsiya trubalarini o'tkazish jarayoni xisoblanadi. Birinchi
idoralararo to'sqinliklar sababli ushbu ishni kompleks boshqarilmasligi bo'lsa, ikkinchi amallab
tugallangan ishni hamma talab qonun-qoida bo'yicha amalga oshirilmasligi oqibatida oylab, kvartallab yo'lni
asfaltlab qo'yilmasligi, asfaltlangan taqdirda ham birinchi yomg'ir yoqqandan
so'ng cho'kib ketishligidir. Qanchadan-qancha davlat mablag'larining bekorga
sarflanishi insonlarga tug'dir iladigan noqulayliklar echilishi kerak bo'lgan
masalaga kompleks yondashmaslikning oqibatidir, albatta.
Masalaga sistemali, kompleks yondoshish oiladagi
ikir-chikir ishlardan tortib davlat miqyosidagi muammolarni. korxonalardagi
intensivlash ishlarini xal etishda eng omilkor usul bo'lib xisoblanadi. Reja hamda ma'muriy buyruqlarni bajarishgina
emas, raqobatlasha oladigan sifatli maxsulot uskunalar ishonchliligi,
kollektivni iqtisodiy tomondan rag'batlantira oladigan uslublarni qidirib topib
zudlik bilan hayotga tatbiq etish kerak.
Zamonaviy dastgohlar oldida turgan hozirgi echilmagan
masalalar nuqtai nazaridan birinchi qarashda bu mayda-chuyda masala bo'lib ko'rinishi mumkin, lekin ulkan
uskunada detallarga bevosita ishlov berishga
faqat 30—50 foiz ishchi vaqti ketadi, qolgan qismi esa detallar
o'rnatishga, tayyor maxsulotni mahkamlash, o'lchashlarni tekshirish,
qirindilarni yig'ib olish uchun ketadi. 11 metrli planshaybali karusel
stanogida yuqori malakali ishchilar bir smenada 5 tonnagacha bo'lgan qirindilarni qo'l bilan yig'ishtirib
oladilar, o'lchovlar xuddi qurilish ruletkasi bilan olib borilgandek tuyuladi,
detal esa qo'shimcha kalit va 3
metrli uzaytiruvchi truba bilan
mahkamlanadi.
Yangi uskunalarni tezroq o'zlashtirish, programmalashtirilgan texnik qayta qurollanishdagi kamchiliklarni tugatish
uchun, qidiruv ishlariga ijodiy hamdo'stlik brigadalari, ya'ni ishchi va
mutaxassislardan iborat, kashfiyotchilar va ratsionalizatorlar ishi kerak. Bu
esa ko'p ishlarning sur'atini ko'chaytirishga imkon beradi.
Ulkan stanoklarni ishlatish tajribasi shuni
ko'rsatadiki, ularning eng zaif joylari elektr uskunalar, gidravlik va boshqaruv sistemalarining bir-biriga tutash
joylaridir.
Ular narxning 50 foizini tashkil etuvchi baza qismlari
uskunaning aniq parametrlarini saqlagan xolda yana ko'p yillar ishlashlari
mumkin.
Xisoblar shuni ko'rsatadiki, eskirgan uzellarni almashtirib va stanoklarni
avtomatlashtirishning zamonaviy asbob-uskunalari bilan jihozlash, uskunalar
ishlashini 1,2-1,5 baravar ko'paytirib, uning chidamliligini 30—40 foizga va
xizmatini ham sezilarli darajada oshirish mumkin. Bu xolda xarajatlar ishlab
chiqarilayotgan stanoklar narxidan ikki-uch marta arzon bo'ladi.
Shuningdek, mamlakatimizdagi asosiy korxonalardagi
yirik stanoklarning texnik xolatini tekshirib, kapital ta'mir qilish
bilan zamonaviylashtirishning muddat va ro'yxatga olinishini belgilash kerak.
Stanoklarning kerakli jarayonlarni ketma-ket amalga
oshirish uchun uni programma bilan ta'minlash oson bo'lgan emas.
Lekin yaqinda Avstriya firmasi «Fest—Alpins» raqam
bilan boshqaruv sistemasini ishlab
chiqdi. Bu usul bilan ma'lumotlarni kiritish nutq rejimida ya'ni
inson—mashina o'zaro dialogi jarayonida
amalga oshiriladi va hisoblash texnikasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi. Undan tashqari, tayyor
informatsiyani rangli displey ekranida tasvirlab, shu ekranda qaerda va qancha metalni olib tashlash qanday
oxirgi shaklni qabul qilish mumkinligini ko'rsatish mumkin.
Mashina ishlov berish traektoriyasini «quradi» va
uning o'zi ketma-ket qilinadigan jarayonlarni ishlab chiqib,
ularni avtomatik tarzda xotiraga kiritadi. Buning aksi ham bo'lishi mumkin. Masalan, kiritilgan
programmani ekranda yoritish, ketma-ket
o'zgaradigan shakl bosqichlarini kuzatish mumkin.
Ivanovo ilmiy tekshirish va to'qimachilik sanoati
texnologiya institut mutaxassislari to'quv iplarining uzilishni tekshirib turish uchun qurilma yaratdilar. U har kanday
to'quv ishlab chiqarish dagi chiqitdan
qutilishga yordam beradi qurilmasining
uzilishini sezsa, elektromagnitlar to'quv mashinalariga pishitilgan
iplarning kelishi ham to'xtaydi. To'quv
bo'linmasi to'xtatiladi va ishchi nuqsonni yo'qotadi. Bu qurilma
Ivanovodagi gazlama kombinatida sinovdan muvaffaqiyatli o'tdi.
Fan texnika taraqqiyotining
asosiy yo'nalishlaridan biri o'nlab xattoki yuzlab o'zaro bog'liq elementlardan tashkil topgan katta sistemalar deb
ataluvchi sistemalarni tashkil etish va uni ekspluatatsiya qilish
bilan bog'liqdir. Ularga misol
bo'lib atom elektr stantsiyasi yoki minglab kilometrlarga cho'zilgan neft - gaz quvurlari xisoblanadi.
Katta sistemalarning samaraliligi shubhasizdir. Lekin
ularning qaltis tomonlari ham bor. Masalan, bitta agregatnnng izdan chiqishi
qoidaga muvofiq butun sistemaning izdan chiqishiga, ya'ni katta yo'qotishlarga
olib keladi. Bu yo'qotishlardan qutilishga intilish, muhim masala qatoriga
texnika ishonchliligini oshirish masalasini kiritdi. Ishonchlilik, o'z navbatida, keraksiz tarzda ortiqcha
metall ishlatish, zarur bo'lmagan
xolatlarda qimmatbaxo va kamyob materiallarni ishlatish va rezerv sifatida
asosan bekor turadigan agregatlarni sistemaga kiritish bilan belgilanib
kelyapti. Ishonchlilikni oshirish uchun ortiqcha planli-ehtiyotkorlik
ta'mirlari ham ishlatib turiladi; texnikaning aniq xolati shuni ko'rsatadiki,
ularni ancha keyinroq ham o'tkazish
mumkin, albatta.
Ma'lumki, oldindan planlashtirilgan yo'qotuvlarni
birmuncha qisqartirish mumkin, buning uchun xizmatdagi xodim faqat sistemani to'xtaganligi xaqidagi
informatsiyani emas, balki uning sababini tezlik bilan bila olish imkoniga
ega bo'lishi kerak. Xuddi shunday
malumotlarni texnika diagnostikasining sistemalari va vositalari bera oladi.
Ayniqsa ishlov berish markaziga ega bo'lgan transport vositalari, stanoklar,
robotlar, boshqaruvchi qurilmalardan
tashkil topgan epchil avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda diagnostikaning roli o'sib bormoqda.
Katta sistemalardan farq qilgan xolda jarayonlarning barqaror xarakteri bilan bu erdagi
"epchil" tushunchasi
o'zgarishga mo'ljallangan — ishlov beruvchi detallar va asboblar,
transport oqimiga yo'llangan ishlov berish ko'rinishlari va rejimlari
almashtiriladi. Bir so'z bilan aytganda, sistemaning hamma elementlari juda
murakkab, dinamik sharoitlarda ro'y beradi. Shuning uchun uning xolatini
kuzatib turish birmuncha murakkablashadi.
Undan tashqari bu masala texnika diagnostikasi
yordamida xal etilishi mumkindir. Ular har qanday texnikani ekspluatatsiya qilishning samarasini, eng avvalo uning aniq
xolatini baholash xisobiga oshirishda imkon beradi.
Bundan planli ogohlantirish ta'mirlaridan zaruriy
xoldagi ta'mirga o'tish imkoniyati kelib chiqadi.
Bunday ta'mir
faqatgina kerakli uzel va
qurilmalar uchungina amalga oshiriladi. Bundan tashqari, xatolarni qidirish
uchun sarflanadigan vaqtni iqtisod
qilish evaziga uskunalardan
foydalanish koeffitsienti ham oshadi.
Nihoyat, texnikaviy diagnostika sistemasi uskunalarni
eng maqbul rejimda ekspluatatsiya etish imkonini berib, harajatlarni
kamaytiradi.
Texnikaviy diagnostika sistemasining roli ayniqsa
yangi texnika va texnologiyani yaratishda yaqqol ko'zga tashlanadi. Yangi
texnika namunalarini ishlab chiqish va sinash, seriyali ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishda texnikaviy
diagnostika muddat, kuch va texnika vositalariga bo'lgan harajatlarni qisqartirib, yangi maxsulotni yuqori
texnikaviy darajaga erishishiga imkon beradi.
Hozirgi kunda texnikaviy diagnostikaning iqtisodiy
samara berishi mumkinligi isbot etildi. Texnikaviy diagnostikaning tannarxi xizmat
etadigan uskunaning tannarxidan 10—15 foizni tashkil etadi. Uskunani texnika
diagnostikasisiz ekspluatatsiya etganda tannarxi boshlang'ich tannarxidan 4—6
marta ortiq xarajat bo'ladi.Texnikaviy
diagnostikaga sarflangan har bir so'm o'rtacha 10—15 sum samara berishi isbot
etilgan. Texnikaviy diagnostikani ishlab chiqish va joriy etishga chet elda ham
katta ahamiyat berilmoqda. Masalan, yapon mutaxassislari inson ishtirokisiz
ishlab chiqarishning boshqaruv sistemalarida ko'p darajali
texnikaviy diagnostikani qo'llash tabiiy xolat deb xisoblaydilar. Buning uchun
diagnostikaning namunali sistemalari, maxsus apparatlar va matematik
ta'minotlar ishlab chiqilmoqda. Amerikadagi firmalar esa bir-biridan uzoq masofada joylashgan qator zavodlar texnologik uskunalari
xolatini, texnikaviy diagnostikani amalga oshirish ustida ish olib bormoqdalar.
Bizning mamlakatimizda turli xil soxalarga
mo'ljallangan texnikaviy diagnostikani ishlab chiqish bo'yicha ma'lum nazariy va amaliy natijalar qo'lga
kiritilgan.
Biroq
diagnostik sistemalarning joriy etilishi va bu soxadagi ishlarni tashkil
etish darajasi hayot talabiga javob bermayapti. Asosiy kamchiliklardan biri
diagnostika bilan shug'ullanadigan maxsus ilmiy-ishlab chiqarish
tashkilotlarining yo'qligidir. Kadrlarni tayyorlash masalasi ham
ko'ngildagidek emas. Iqtisodni intensiv yo'ldan olib borishning muhim
vositasi bo'lgan epchil ishlab chiqarish
sistemasiga alohida e'tibor
berish kerak. Diagnostikasiz epchil avtomatlashtirilgan sistema samarali ishlay
olmaydi. Shuning uchun korxonalarda bosh texnolog qoshida texnikaviy
diagnostika bo'yicha bo'linmalar
tashkil etish kerak.