MARKETING - KERAKMI?

 

Oliy o'quv yurti ishlab chiqarish, akademiya institutlari bilan birgalikda mujassam  ittifok tuzish kerak. Buning uchun o'quv ilmiy-ishlab chiqarish komplekslari, korxonalarda kafedra filiallarini tashkil etish, tajriba bazalarini hozirgi zamon asbob-uskunalari bilan jihozlash talabalarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini hayotga, ishlab chiqarish sharoitlariga muvofiqlashtirish, har bir yosh mutaxassis oldiga mustaqil vazifani xal etishni qo'yish va uning shaxsiy javobgarligini oshirish kerak.

Bu soxada ham   qator siljishlar bor, lekin bu  faqat ishning boshlanishidir, xolos, chunki xatto hozirgi zamon texnologik uskunalarga ega bo'lgan korxonalar ham rakobatlasha oladigan maxsulotlar ishlab chiqarish qurbiga ega emas. Chunki bunday korxonalar rakobatlasha oladigan maxsulotni ishlab chiqarish masalasi yo'l-yo'riqlari, usullari kompleksi, qisqacha qilib aytganda, shunday maxsulot ishlab chiqarish sistemasini egallamaganlar. Marketing sistemasi ishlab chiqilmagan. Bu nima degani? Marketing -talab, bozor ahvolni qaysi maxsulotni ishlab chiqarish kerakligi nuktai nazardan o'rganish sistemasidir. Texnika tomonidan taraqqiy etgan chet el mamlakatlarida 40 - 50 yildirki marketing texnologiyasi o'rgatilib kelinmoqda.

Sobiq sovet mamlakatida esa jamiyatshunoslar - marketingni -chirishning eng so'nggi bosqichidagi madadkor- sifatida ta'riflab kelishgan edi. Endi esa bunday ta'rif ustidan  faqat kulish mumkin, xolos. Chunki marketingni o'rganmaslik chirishga asos solishi mumkinligini hayotning  o'zi tasdiqlab berayapti. Albatta, ushbu soxani rivojlantirish uchun o'quv dasturlari, qo'llanmalar, metodik kurslarni ishlab chiqish va tashkil etish amalga oshirib kelinmoqda.

Hozirgi kunda istiqbolli rejalar kompleks  dasturlarini umumiy xayolot tarzida emas, xayotga yaqinlashtirilgan xolda, jonli qilib ishlab chiqish masalasi tobora jiddiyroq   ko'tarilmoqda.

Ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish perspektiv dasturini ishlab chiqishda yuqorida zikr etilgan muammolarni qanchalik tez va soz xal etsak,ishimiz shunchalik unumli va chet el texnologiyasi, texnikasi, ishlab chiqarish usullariga bo'lgan qaramligimiz shunchalik kamayadi.

Bu ishda xodimlarni, ishpab chiqarish mutaxassislarini, yordamchi ishchilarni qiziqtira oladigan, rag'batlantira oladigan iqtisodiy richaglarni o'ylab topishimiz, ishga tushirishimiz kerak. Hayotiy iqtisodiy richagsiz muvaffaqiyatga erishish mushkul.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra maxsulotning  faqat 18 foiz yangi namunalarigina yil davomida yaratiladi. 37 foiz namunalari tayyorlashga ikki yil ketadi. 24 foizi esa 4 yil va undan ortiq muddatda tayyorlangan. Eng qizig'i shundaki, maxsulotning yangi namunalari seriyali ishlab chiqarilguncha ma'naviy eskirib qolayapti.

Bulardan tashqari, chet eldan olinayotgan mashina uskunalar  to'liq kompleks talabga javob bermaydi,  boshqaruv dasturlari, sun'iy qismlar tayyorlashga va bu uskunadan samarasiz foydalanish xollari ham sodir  bo'lmoqda.

Xo'jalik yuritishning yangi usullari,  o'z- o'zini pul bilan ta'minlash, albatta, korxona kollektivini  o'z burchiga - ishga boshqa nuqtai nazardan, ya'ni ishlab chiqarishni rivojlantirish, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ishlariga bir tomonlama emas kompleks tarzda qarashni talab etadi.