KOMPLEKS MEXANIZASIYALASH VA EPCHILLIK

 

Avtomatlashtirishning tamoillaridan biri shundan iboratki, u texnologik zanjirning eng kichik o'lchovidagi chegarasida kompleks jarayonni olib borishi kerak. Zamonaviy ishlab chiqarishda hamma narsa, ya'ni tayyor maxsulotdan tortib to chiqit qirindilarni olib tashlashgacha bo'lgan jarayonlar  o'zaro chambarchas bog'liqdir.

Texnologik jarayon mobaynida ishchiga ko'z ilg'amas juda ko'p mayda-chuyda ishlarni bajarishga to'g'ri keladi.

Hozircha bu ishlarning hammasini robotlar bajara olmaydi. Robotlardan samarali foydalanish uchun ular yordamida bitta texnologiya va yagona robotlashtirilgan kompleks bilan bog'liq bo'lgan dastgoh va mashinalarni birlashtirish mumkin.

Xaqiqatdan, bunday komplekslarni yaratishda robotlashtirishning asosiy yo'li namoyon bo'ladi. Robotda hamma mashina «logikasi» xisobga olinsa, ular odamsiz uch smenada ishlashga tayyordirlar. Buning uchun uskunalarni kompyuter yordamida  boshqarishga bo'ysundirish epchil transport sistemasi bilan bog'lash va natijada epchil texnologik kompleksga ega  bo'lish mumkin.

Shu bilan birga bir narsani aniq tasavvur  qilish  kerakki ko'p miqdordagi robotlarni oddiygina joriy etishdan ko'ra robotlashtirilgan, aniqrog'i epchil komplekslarni yaratishning  o'zi juda katta ilmiy, amaliy muammoni keltirib chiqaradi. Hamma korxonalar ham  o'z kuchlari bilan birga bunday masalalarni xal etish imkoniga ega emaslar.

Afsuski, ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan korxonalarga bo'layotgan yordam sezilarsizdir. Ular shu vaqtlarda umumiy printsiplarni ishlab chiqish va zavod loyixalarini ekspertiza  qilish  bilan cheklanadilar yoki robotlarning yangi modelini yaratadilar.

Shunday fikr  tug'iladi, yuqori narxda bo'lsa ham past xarakteristikaga ega bo'lsa ham, robotlarni joriy  qilish  kerak, chunki ular odamlar o'rnini egallaydilar, degan buyruqbozlik xis-tuyg'usi ham hukm surmoqda. Bu xavfli yanglishmovchilikdir. Robotlarning yuqori narxi ostida ularni loyixalashga tayyorlashga sarflangan katta mehnat turadi. Ish joylariga robotlarni o'rnatish, ta'minlash va ta'mir  qilish  katta mehnat talab  qiladi. Xisoblar shuni ko'rsatadiki, agarda bitta ishchini robot bilan almashtirish  o'zini qoplamasa, mehnat resurslarini iqtisod  qilish  to'g'risida gap  bo'lishi mumkin emas.

Bir so'z bilan aytganda, robotlarning ahamiyati ularni inson bilan almashinuvidagina emas. Kelajak epchil, uyushgan komplekslarnikidir. Robotlashtirish sotsial problemalarni unga zid  bo'lmagan xolda, iqtisodiy samara bilan mos keltirilgan xolda amalga oshirilishi kerak.

Sanoat robotlarini ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egallagan Yaponiya atrof-muxitda inson uchun juda xavfli bo'lgan ishlarni bajaruvchi, harakat  qiluvchi «aqlli» robotlarning to'rini yaratishda asosiy kuch xisoblanadi. Yaponiyadagi kabi avtomatlashtirishga bo'lgan qiziqish natijasi Sukubadagi Xalkaro ilmiy ko'rgazmada o'rnatilgan,  unda oddiy elektroorganda chaluvchi insonga o'xshash ajoyib aneroid (odamga o'xshash   robot) ni namoish etilgan.

Tokioning ikki firmasi —Nitachi  ztd va Toshiba Sogr tomonidan yaratilgan eksperimental robotlar sanoat tadbiqiga juda yaqin. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan apparat vositalarini xaqiqiy  tajribali robotlar   qatoriga kiritish mumkin emas, biroq   ularning konstruktsiyalarini o'rganish yaqin kelajakda paydo bo'ladigan yapon robotlarining avlodini qanday ko'rinishda  bo'lishini aniqroq tasavvur  qilishimizga imkon beradi,

Nitachi firmasining harakat  qiluvchi roboti batareyalar yordamida mustaqil ravishda xonada asta-sekin yura oladi, Bunday robot tekis  bo'lmagan yuzalarda ham xarakat  qila oladi, chunki unda tayanchlari yuqoriga qarab ketgan narvon zinalari bor. Shunday qilib, uning xotirasida ma'lum yo'nalishlar saqlanib qolib, katta  bo'lmagan qarshiliklarni engib o'ta oladi. Shuningdek xarakat  qiluvchi olti turli xarakatlanuvchi manipulyatorlari bilan eshikni ochishi yoki predmetlarni surishi, elektrik yoqib-o'chirish asboblarini manipulyatsiya  qilishi va boshqa ishlarni ham bajarishi mumkin. U ish vaqtida har bir sekundda  o'z xolatini va xarakatini, xarakat yo'nalishini qayta xisoblaydi.

Toshiba-firmasi Tokio universiteti pretsizion (yuqori aniqlik) mexanizmlar kafedrasining mutaxassislar kollektivi bilan birgalikda  o'zlarining sanoat uchun kerakli bo'lgan aqlli robotlarini ishlab chiqdi.

Amootu roboti xar biri 3 ta barmoqchalar va g'ildirak bilan tugagan 4 ta yig'ilgan   oyoqdan iborat. Tekis yuzada siljish davomida u bilan kontakt har bir oyoqning g'ildiragi  bilan yuzaga keltiriladi va xarakat g'ildiraklarning xarakati natijasida sodir bo'ladi.  Qachon robotga zinapoya orqali   yuqoriga chiqishga to'g'ri kelib qolsa, g'ildiraklar to'xtab qoladi va oyoqlar harakatga kiradi. Amootu robotining manipulyatori inson qo'liga xos  bo'lgan harakatning olti turi bilan va elka burilishi, beldan gavdaning yuqori qismini  ta'minlovchi xarakatning ekvivalentligining uch turi bilan xarakterlanadi.  Ozuqasi  pupovinniy kabel orqali   beriladigan bu robot 360 kg massaga ega uning manipulyatori 10  kg gacha bo'lgan yukni ko'tara oladi.      

Robotlashtirish avtomatlashtirishning  to'liq moxiyatini ochib bera oladimi?  Avtomatlashtirish  faqatgina murakkab ilmiy-texnika va ishlab chiqarish muammosi  bo'libgina qolmay,  o'z xolicha hamma kollektiv uchun sotsial maktab ham hisoblanadi. Har bir korxona xoxlasa-xoxlamasa juda chuqur tashkiliy-texnologik  o'zgartish kiritishi kerak. Buning ustiga turli xil psixologik to'siqlar xisobiga kollektiv muvaffaqiyatlaridan yuz foiz foydalanib ham  bo'lmaydi. Shuning uchun har bir kollektivning  o'z shaxsiy tajribasiga tayanish va ushbu tajribani mukammallashtirishga aloxida e'tibor berishga to'g'ri keladi.

Bir narsani ochiq e'tirof etish kerakki, robotlashtirishga bo'lgan «sun'iy» intilish ayrim vaqtda foyda o'rniga zarar ham keltira boshladi. Axir ishlab chiqarish cheksiz va turli xil  bo'lib, avtomatlashtirshning har bir yo'llanmasi  o'ziga xos aniq to'siq va qiyinchiliklardan tashkil topgan bo'ladi. Kelajagi porloq  bo'lishidan qatiy nazar, robot kompleks avtomatlashtirishning bir bo'lagigina, xolos. Ko'pincha robotni olam panox ko'rsatkich deb qabul etib, avtomatlashtirishdagi hamma muammoni shunga olib kelib taqashadi. Bu nimaga olib kelishi mumkin? Vaqtinchalik ayrim tash kilotlar oldida xisobot uchun, xaqiqiy hayot taqozosidan chetlashgan tarzda va iqtisodiy samaradorlikni xisobga olmay robotlarni majburiy sotib olish va o'rnatish, albatta,  o'z navbatida, kollektivda psixologik to'siq kelib chiqishiga, mehnat unumdorligini oshirish o'rniga asosiy fondni asossiz kuchaytirishga, olib keladi, xolos.

Shu narsani aloxida ta'kidlab o'tish kerakki, robotlashtirilgan komplekslar va epchil avtomatlashtirilgan sistemalarda skladdan tortib stanokdagi harakatlarni kompleks avtomatlashtirish va bu ishlarni elektron xisoblash mashinasi yordamida  boshqarishga erishish kerak.

Sanoat korxonalarini zamonaviy texnika bilan qayta  jihozlash masalasi ko'rilayotgan hozirgi vaqtda  faqat robotlashtirilgan komplekslar, epchil avtomatlashtirilgan sistemalarga mo'ljallashning  o'zi hayotiy ish emas, albatta qo'l mexnatidan bir daniga mukammal avtomatlashtirilgan sharoitga o'tib olish mumkin emas. Ishlab chiqarishni asta-sekin mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari, programma asosida  boshqariluvchi dastgohlar bilan jihozlab, ular asosida kompyuter orqali    boshqariladigan robotlashtirilgan komplekslar, epchil modul va uchastkalarni bunyod etishga o'tish kerak.

Sanoat korxonalarini zamonaviy texnika bilan qayta  jihozlash masalasini yuqori darajada va qisqa vaqt ichida xal etish uchun mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqaradigan maxsus korxona  bo'lishi shart. Shundagina, har bir zavod shu korxonaga murojaat etib kvartal, yillik, besh yillik va  uzoq muddatga mo'ljallangan reja hamda buyurtmalarni amalga oshirishi mumkin. Robotlar texnikasiga oid ishlarni koordinatsiyalash guruxini tuzish kerak Ushbu gurux sanoat robotlarini, robotlashtirilgan texnologik komplekslarni qo'llash, yangi texnikani joriy etish tartiblarini aks ettiruvchi-metodik ko'rsatmalar ishlab chiqishi kerak. Bundan tashqari, robotlashtirish ob'ektlarini aniqlash maqsadida ekspert taxlillar ham olib borilishi talab etiladi.

Olib borilgan tekshiruv natijalari shu narsadan dalolat beradiki korxonalardagi texnikaviy rekonstruktsiya va qurollantirishga oid qiyinchiliklarni ikki guruxga  bo'lish mumkin: 1) tashkiliy-texnikaviy; 2) metodologik.

Tashkiliy-texnikaviy muammoni xal etishga bo'layotgan asosiy to'siq quyidagilardan iborat: kerakli uskunani ishlab chiqara oladigan va sozlaydigan tashkilotni topish qiyin; ishlab chiqilgan loyixa asosida buyurtirilgan uskunani  o'z muddatida olish qiyin ya'ni ta'minot sistemasi shunchalik eskirib ketganki, korxonaga yordam berish o'rniga uning ishini buzadi; korxona va tashkilotlar  o'zaro shartnoma majburiyatlarini amalga oshirishni shart deb hisoblamaydilar.

Bizning fikrimizcha, xo'jalik mexanizmini qayta  ko'rish albatta epchil operativ ta'minot masalasini ham  o'z ichiga oladi.

Ilmiy nuqtai nazardan qaraganda, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni uchta tamoilga bo'ysundirish mumkin: birinchidan, robotlashtirish ob'ekti sifatida uchastka va tsexlarni shunday tanlash kerakki, u erda avtomatlashtirish vositalarini joriy  qilish va undan samarali foydalanish uchun hamma shart-sharoitlar mujassam  bo'lishi kerak. Hayotda esa bu tamoil ko'pincha buzilib turadi. Yangi uskunalar eskirgan uskunalar bilan bir   qatorga qo'yiladi yoki oldindan samarasizligi aniq bo'lgan ishlarda foydalaniladi.

Joriy etilayotgan texnika  faqat yangi  bo'libgina qolmay, balki arzon va ishonchli  bo'lishi ham kerak.

Nihoyat, uchinchi tamoil, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni kadrlar bilan taminlash masalasidir.

Kerakli uskunaga buyurtma berish, uni  o'z vaqtida olish maqsadga erishish yo'lidagi yarim ishdir, chunki uskunani to'g'ri, xizmat vazifasiga talab beradigan darajada ekspluatatsiya  qilish  muhim ahamiyatga egadir. Baxtga qarshi respublika mashinasozlik kompleksida yuqori malakali mutaxassislar-sozlovchilar, montajchilar, elektrshunoslar etishmaydi.

Yangi texnikadan  to'liq foydalanish biz xoxlagan darajada emas. Bunga, bir tomondan, mutaxassislar tayyorlash jarayonidagi kamchiliklar kirsa, ikkinchi tomondan, mutaxassislarning ishlab chiqarishni qayta  qurollantirish ishi bilan band bo'lgan ishchilar kollektiviga rahbarlik  qilishining sustligidir. Bu erda, albatta, mutaxassisning shaxsiy aybidan tashqari, u xizmat  qilayotgan korxona rahbarining ham aybi bor. Ishga kelgan yosh mutaxassis odatda  bo'lib turadigan ishonchsizlik, tashabbusga quloq solmaslik natijasida mustaqillikni yo'qotib qo'yadi. Yosh mutaxassislarga jiddiy topshiriq berish o'rniga ularni mamnuniyat bilan noo'rin jamoat ishlariga jalb  qilish, qishloq xo'jaligiga yordam beruvchi ishlarga jo'natish odat tusiga kirib qolgan edi Attestatsiyalar esa norasmiy tarzda o'tkazilar edi Demak, kadrlar tayyorlashnnig yangi shakllarini izlash taqozo etilardi.

Hamma gap akademiya fani, oliy o'quv yurti fani, tarmoq institutlar va korxonadagi laboratoriyalar va izlanish uchastkalaridagi nazariy, amaliy va tajriba ishlarni mujassamlashtirish yo'lini topishda edi.

Hozirgi zamon korxonalari turli xil texnologik jarayonlarni amalga oshirishi mumkin. Har bir korxona o'zicha ishlab chiqarish kompleksini uch smenada band etolmaydi, demak ushbu korxonalarning hech biri  o'z- o'zini oqlay olmaydi. Baxtga qarshi bunday xolat oddiy tusga kirib bormoqda edi.  Buning oldini olish uchun nima qilish kerak? Buning uchun ayrim texnologiyalar ko'rinishi va mavjud uskunalar bo'yicha  bir necha korxonalararo kooperatsiyani amalga oshirilishi kerak.           

Korxonalarda avtomatlashtirish soxasidagi yangi tashkilotni yaratish hozirgi kun talabidir. Ushbu rolni amalga oshirish yo'lidagi birinchi va asosiy vazifa esa  korxonalarda ekspert tekshiruv va izlanishlar olib borishligidir.

Agar korxonalarda ekspert tekshiruvlar olib borilmas va shu tariqa ichki rezervlar qidirib topilmas ekan, qo'shimcha  kapital mablag'  va asosiy fondlar xajmi asossiz tarzda oshib boraveradi. Ekspert tekshiruvlar yordamida qaysi uchastkada, tsexda qachon va qanday asosda kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish loyixalarini ishlab chiqish yo'l-yo'riqlari qidirib topiladi? Albatta, bunday murakkab va muhim muammoni uch-to'rt kishi oddiy xisob-kitob bilan amalga oshira olmaydi. Buning uchun eng avvalo nazariy tadqiqotlarni olib borish va metodik qo'llanmalar ishlab chiqish kerak.

Nazariy tadqiqot shuning uchun kerakki, hozirgi kunda  korxonalarda yangi xo'jalik mexanizmini amalga oshirishda ishlatilayotgan va ishlab chiqilayotgan kelajakda bunyod etilayotgan asbob-uskunalarning xizmat vazifasi turlicha, ishlab chiqilayotgan maxsulot nomenklaturasi o'zgaruvchan; ishlab chiqarishning  boshqaruv sistema va printsiplari hamda texnologik jarayonlarining ko'rinishi har doim dinamik  o'sishda, shuning uchun ushbu faktorlarni oddiy model va xisob-kitob bilan amalga oshirib  bo'lmaydi.

Chalkash faktorlar ta'sirida xal etiluvchi muammoni imitatsion model yordamida echish mumkin. Ayrim fanlar rivojida modellashtirishga bo'lgan e'tibor etarli darajada emas. Misol uchun texnologik jarayonni  boshqarish, robotlashtirilgan kompleks, epchil avtomatlashtirilgan sistemalarni olaylik. Mutaxassislarning beqiyos katta mehnatini e'zozlagan xolda, shu narsani qatiy e'tirof etish kerakki,  pochta xizmati fani xali aniq va miqdoriy xisoblarga ega bo'lgan fan qatoridan o'rin olganicha yo'q. Pochta xizmati texnologik jarayonlarini  boshqarish, robotlashtirilgan komplekslarni, epchil avtomatlashtirilgan sistemalarni bunyod etish muammolarning taraqqiyot qonuniyatlari xali  to'liq tarzda tenglamalar va formulalarda aks ettirilganicha yo'q.

Shuning uchun keyingi yillarda imitatsion modellashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Imitatsion modelsiz korxonani rekonstruktsiyalash, samarali avtomatlashtirilgan  boshqaruv sistemalari, robotlashtirilgan texnologik komplekslar epchil ishlab chiqarish modellarini bunyod etish va ulardan  to'liq foydalanish masalasini xal etib  bo'lmaydi. Ayniqsa uch smenali ishni tashkil etish muammosini to'la-to'kis xal  qilishda, korxona ichki rezervlarini qidirib topishda asbob-uskunalar unumdorligini aniq belgilashda, perspektiv taraddudlarni aniqlab chiqishda imitatsion modelning roli benihoya kattadir. Imitatsion model bu mutaxassisning rasmiylashgan tafakkurini matematik modellashtirish bilan birlashtirishga imkon beruvchi inson-mashina sistemasidir.