SISTEMALI (TIZIMLI) TADQIQOTLAR RIVOJLANISHINING AYRIM
XUSUSIYATLARI
Sistemali
munocabat tadqiqotlarining rivojlanishi sobiq Ittifoq davridan boshlangan
bo'lib, taxminan 30 yil vaqtni o'z ichiga oladi. Eng avvalo shu narsani alohida
ta'kidlab o'tish kerakki sistemali munosabat bilan shug'ullangan olimlar
tadqiqotlarida ushbu yo'nalishning mazmuni, ma'nosi, tushunchalari, boshqa
tadqiqotlarga bo'lgan munosabati, usuli, kelib chiqish tarixi haqida turli —
tuman mulohazalar mavjuddir. Buning ustiga sistemali munosabatni fan va
texnikaning juda ko'p sohalarida shiddat bilan qo'llanilayapganligi yaqqol
ko'zga tashlanib turibdi.
Ushbu
sohadagi tadqiqot odat (moda) ko'rinishini olgan edi. Moda tez o'zgarishi
mumkin bo'lganidek sistemali tadqiqot modasi ham o'ta boshladi. Chunki bu
tadqiqot modadan tabiiy ishga aylandi.
Sistemali
munosabatning tushunchasi shundan iboratki, o'rganilayotgan real holatning
tadqiqida to'liq tasavvurga ega bo'lishga harakat qilinadi. Albatta «to'liq
tasavvur» absolyut bo'lmay nisbiydir.
Sistemali
munosabatni, sistemali mo'ljal deb ham ifodalanadi.
Hozirgi
zamon ilmiy texnikaviy taraqqiyot va bilishning asosiy xususiyatlaridan biri
tadqiqot ob'ektlariga sistema deb qarashdir. Bunda sistema deganda bir—biri
bilan bog'langan va o'ziga hos xususiyatlarga ega bo'lgan ob'ektlarni nazarda
tutiladi. O'zaro bir — biriga ta'sir etuvchi elementlar ko'p bo'lganda,
murakkab sistema (ob'ekt) lar sinfi alohida ajratiladi. Inson tomonidan
ajratiladigan ko'pchilik sistemalar ichida turli hil operatsiya, ish,
xislatlarni amalga oshiraoladigan texnologik va boshqa jarayonlar oqimini
ta'minlaydigan, o'zi harakatlana-oladigan sistemalar ajralib turadi. Ya'ni,
bunday sistemalar tomonidan qo'yilgan maqsadni hal etaoladilar.
O'zi
harakatlana oladigan sistemalar texnikaviy, tashkiliy va inson-mashina
ko'rinishlariga bo'linadi. Texnikaviy (avtomatik) sistemalar inson tomonidan
belgilanadigan masalalarni inson idrokisiz bajarish qobiliyatiga egadir. Agar
sistema tarkibida inson ishtiroki aks ettirilsa bunday sistemani tashkiliy deb
ataladi. Tashkiliy sistemada agar masalani hal etishda inson va texnikaviy
sistema o'zaro alohida bo'lsa bunday sistemani inson — mashina sistemasi
deyiladi. Sistemani ushbu tarzda ta'riflashda inson ishtiroki bo'lmasa
texnikaviy sistema, inson ishtirok etadigan texnologik rejimdagi mutanosiblik
texnologik jarayonlarni, shahar xo'jaligini va boshqa murakkab ob'ektlarni
(ya'ni, inson—mashina sistemalarini) avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari
(ABS) bo'lib hisoblanadi. Kosmonavtlarni tayyorlashni tashkil etish sistemasi
(KTTES) tashkiliy sistemadir.
Ko'rsatib
o'tilgan sistemalarni boshqarishdagi asosiy xususiyatlarni taxlil etib chiqamiz
chunki, tahlil etib chiqish uslubiyat va amaliyot nuqtaiy nazaridan muhimdir.
Taraqqiy
etgan davlat iqtisodiyoti katta, murakkab sistemadir. Ushbu sistemada sanoat
korxonalarini boshqarish haddan tashqari murakkablashib bormoqda. O'zbekiston
Respublikasida yirik zavodlar, kombinatlar, ishlab chiqarish, ilmiy — ishlab
chiqarish va sanoat birlashmalari bunyod etilgan va bunyod etilayapti. Yangi
texnika va texnologik jarayonlardan foydalanish evaziga ishlab chiqarish
samaradorligi oshib borayapti, o'z tarkibiga minglab detal va operatsiyalarni,
o'n minglab yig'uv birliklarini qamrab oluvchi buyumlar ko'rinishi
murakkablashib bormoqda; foydalanuvchi
materiallar va texnologik asbob—uskunalar nomenklaturasi (turi) kengayib
bormoqda; korxonaning mutaxassislashuvi va kooperatsiyalashuvi chuqurlashib
bormoqda; mahsulot tarkibida iste'molchilarning sifatga bo'lgan talabi juda tez
o'zgarib bormoqda.
Ishlab
chiqarish jarayonlarining to'xtovsiz mukammallashib borishi,
mexanizatsiyalashuvi va avtomatlashtirilishi sanoat ishlab chiqarish hajmi va
mehnat unumdorligini yuqori darajada o'sib borishini ta'minlayapti.
O'z
navbatida ishlab chiqarish hajmining o'sishi, hamda boshqaruv qarorlarini
(echimlarini) ishlab chiqishda juda ko'p miqdordagi ijtimoiy va iqtisodiy
omillarni hisobga olish kerakligi, boshqaruv uchun kerak bo'lgan axborot
hajmini oshib borishi va uni qayta ishlashga sarflanuvchi vaqtni kamayib
borishiga olib keladi. Korxonalardagi axborot oqimini o'rganish shu narsadan
dalolat berayaptiki, hozirgi vaqtdagi mavjud axborot hajmi boshqaruv xodimlari
qabul qilib olishi, qayta ishlashi va zudlik bilan qaror qabul qilishi
imkonidan birnecha marta oshiqdir. Bu esa o'z navbatida korxonalarda hisob —
kitoblarni o'z vaqtida olib borish oqsoqlanib, ayrim hisob—kitoblar mehnat
hajmi katta bo'lganligi sababli umuman amalga oshirilmay tajriba asosidagina
xulosa chiqarishga olib keladi. Boshqaruvga oid echimlarni hal etish hozirgi
kunda juda ham javobgar masalaga aylanib bormoqda. Boshqaruvga oid echimlar
asosida katta ishlab chiqarish resurslari ishga tushiriladi, katta kollektiv
faoliyati tashkil etiladi va bularning hammasi oqibat natijada ishlab chiqarish
samaradorligiga kuchli ta'sir o'tkazadi. Asoslanmagan qaror, echimlar esa
ishlab chiqarish texnologiyasidagi yo'qotuvlardan birnecha marta ko'p bo'lgan
yo'qotuvlarga olib kelishi mumkin.
Boshqaruvni yaxshilashga
faqat kibernetika, informatika hisoblash mashinalar va iqtisodiy — matematik
usullar va shu kabilar sohasida erishilgan yutuqlarni keng qo'llash ya'ni,
avtomatlashtirilgan boshqaruv sistema
(tizim) larini bunyod etish evaziga erishish mumin.
Hozirgi
zamon ilmiy — texnikaviy taraqqiyot asosini mashinasozlik sohalari majmuasi
tashkil etadi. Mashinasozlikning keyingi taraqqiyoti bir tomondan ilm — texnika
— ishlab chiqarish sistemasidagi bo'g'in (zveno) larning o'zaro ta'sirini
mukammallashtirishni, ikkinchi tomondan texnologik jarayonlarni
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni talab etadi. Hozirgi kunda
avtomatlashtirishning ayrim muammolari mavjud. Buyumlarni avtomatlashtirilgan
tarzda ishlab chiqarish muammosini hal etish yagona uslubiyati ishlab chiqilmagan;
buyum va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga tayyorlash uchun taxlil
etish usullari, mashina—avtomatlar, texnologik majmualari tuzilmasi
(strukturasi) ni taxlil etish usullari hamda, nazorat va avtomatik boshqaruv
vositalari bilan jihozlanganligi etarli darajada rivojlanmagan.
Xohlagan
texnologik jarayonning avtomatlashtirilishi texnologik jarayon va uning
elementlarini avtomatlashtirishdan boshlanadi. Pochta xizmatini
avtomatlashtirishda sistemali munosabatni joriy etilishi kerak bo'lgan va xal
etilmagan jarayonlar hamda muammolar talaygina.
Avtomatlashtirilgan
ishlab chiqarishdagi texnologik jarayon deganda uskunalar ishlov berish
organlari bilan mahsulot va boshqaruv sistemasining o'zaro ta'siri tushuniladi.
Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishdagi texnologik
jarayonni ishlab chiqish o'z ichiga quyidagilarni oladi; jarayon fizikaviy
ma'nosi tahlili; ularning matematik bayoni;
texnologik
jarayon parametrlarini belgilab beruvchi va ularning buyum sifati
shakllanishiga ta'sir etish darajasini aniqlab beruvchi omillar (faktorlar)
majmuasini aniqlash;
korrektirovka
(tuzatuvchi) signalning ish bajaruvchi mexanizm yoki jarayonni ko'rgazmali
tarzda aks ettirib beruvchi qurilmaga
o'zaro ta'siri miqdorini aniqlab beruvchi miqdorlarni belgilash. Har bir
konkret holatda ayrim faktorlar orasidagi aloqani topish usuli o'z navbatida
jarayon ko'rinishi, uning (fizikaviy—kimyovyy, fizikaviy-mexanikaviy)
qonuniyatlari holati va ularning amalda o'rganilganlik darajasiga bog'liq. Bu
holatda texnologik jarayon yo'nalishini tajribaviy ma'lumotlar asosida aniqlash
mumkin. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayoni nazoratga va boshqaruvga
moyil bo'lishi kerak. Buning uchun o'ziga xos va mos asbob - uskunalar,
informatsiya datchiklari, aks ettirish qurilmalari, ish bajaruvchi qurilmalar
qo'llaniladi. Informatsiya (axborot) ni qayta ishlash, hisoblash mashinalari
yoki oddiy qurilmalar asosida olib borilishi mumkin.
Ko'pchilik
avtomat va yarim avtomatlarda dastur yo'naltiruvchisi tayanchlari bo'lgan boshqaruv
sistemasi qo'llaniladi. Ushbu tayanchlar yordamida ishchi organlar siljish
miqdori chegaralanadi, turli xil ish rejimlari amalga oshiriladi va sh. k.
Tayanchlardan kelib turadigan signallarni o'zgartirish elektrik yo'l bilan
amalga oshiriladi. Keyingi vaqtlarda ushbu vazifalar to'lig'icha kompyuterlarga
yuklanilayapti. Bu xolatda datchiklar u yoki bu ishchi yoki xolis siljishlar
haqidagi axborotni signal ko'rinishida berish vazifasini bajaradi.
Avtomatlashtirishning uch bosqichi ma'lumdir: 1)
mashina ishchi tsiklini avtomatlashtirilishi, mashina—avtomatlar va yarim
avtomatlarni bunyod etish; 2) mashinalar sistemasini avtomatlashtirish; 3)
ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks (majmuaviy) avtomatlashtirish,
avtomatik tsex va zavodlarni bunyod etish.