MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH
Ma'lumot bu tahlil etish uchun kerak bo'lgan dalil
(fakt) lardir. Ma'lumotlarni qayta ishlash ma'lum bir maqsadni amalga oshirish
uchun kerak bo'ladigan ketma-ket bajariladigan operatsiyalardan tashkil topgan
bo'ladi. Shunday qilib faktlar ma'lumotlarni qayta ishlash uchun xomashyo
bo'lib hisoblanadi.
Hozirgi zamon korxonalarida boshqaruvning turli xil bosqichlarida qaror qabul qilish uchun kerak bo'lgan boshlang'ich ma'lumotlar juda keng miqyosdadir. Faktlar shunchalik ko'pki qayta ishlov uchun eng keraklilarigina uzatiladi. Ma'lumotlarni qayta ishlashning muhim masalalaridan biri kerakli informatsiyalarni yig'ish, ularni na'vlarga ajratish, klassifikatsiyalash, turli xil faktlarning o'zaro bog'liqligini topish bo'lib xisoblanadi.
FAKTLAR VA INFORMASIYALAR
Korxonaning
ichkari va tashqarisida juda ko'p voqeliklar sodir bo'lib turadi, biroq
rahbariyat uchun ushbu voqeliklarning ayrimlarigina qiziqish uyg'otadi.
Informatsion - hal etuvchi sistema shunday loyixalanishi kerakki, u kerakli
ma'lumotlarni yig'abilishi va nohush, kerakli bo'lmaganlarini chetlatib
qo'yishi kerak. Tanlab olingan ma'lumotlar rahbariyat tomonidan qaror qabul
qilish uchun informatsiya rolini o'ynashi kerak.
Biroq
informatsiya rahbariyat tomonidan qaror qabul qilishga foydali bo'lishi uchun
ma'lumotlarni qayta ishlay bilish kerak. Boshlang'ich ma'lumotlarni tahlil etib
chiqish uchun korrelyatsion tahlil usulidan foydalanish mumkin.
8-rasmda
boshlang'ich ma'lumotlarni informatsiyaga aylantirish uchun ularni qayta
ishlash sistemasi tarxi (sxemasi) keltirilgan.
Ushbu sistema asosiy uchta blokdan tashkil topgan:
kirish, qayta ishlash, chiqish. Kirishga dastlabki ma'lumotlar (faktlar) kelib
tushadi.
Ma'lumotlarni saqlash qurilmasini boshqarish, arifmetik
yoki mantiqiy operatsiyalarni bajarish o'z navbatida qayta ishlash jarayonini
namoyon etadi. Chiqishdagi informatsiya turli xil ko'rinishlarda jumladan,
rahbariyat uchun xisobot ko'rinishida ham bo'lishi mumkin. Ma'lumotlarni qayta
ishlash sistemasining ushbu ko'rinishda tasavvur etishda boshqaruvning turli
hil bosqichlarida foydalaniluvchi murakkab texnikaviy uskunalarga oid belgilar
keltirilmagan bo'lsada ma'naviy to'liq tasavvur mavjud deyish mumkin.
ISHGA OID MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH
Boshqaruv
uchun rahbariyatga informatsiya kerak. Faktlarni informatsiyaga aylantirish
ma'lumotlarni qayta ishlash funktsiyasi bo'lib hisoblanadi. Ma'lumotlarni qayta
ishlash jarayonining katta qismini kartoteka (fayl) tuzish ishi bilan
solishtirish mumkin. Masalan, firma pul to'lash vedomosti (ro'yxat)
o'zgarishini davriy aks ettirib turuvchi xodimlar kartotekasini bunyod etadi.
Yangi-yangi faktlar to'xtovsiz tarzda yig'ilib ma'lumotlarni qayta ishlash
sistemasiga kiritish uchun qulay bo'lgan shaklga (o'zgartirilib) keltirib
turiladi. Ma'lumotlarni qayta ishlash doimiy ma'lumotlar va joriy faktlar
kartotekasini birlashtirib borishdan iborat bo'ladi. Qayta ishlov jarayonida
sodir bo'lib turadigan u yoki bu og'ishlar ajratib, belgilanib rahbariyat
e'tiboriga xavola etib boriladi.
Zaxiralarni
boshqarishga oid ma'lumotlarni qayta ishlashni ham kartotekani tuzish
operatsiyasi deb qarash mumkin. Bu xolatda xodimlar ro'yxati o'rnini omborda
saqlanayotgan detallar, mollar (buyumlar) shifrlari kartotekasi egallaydi.
Ishga
oid ma'lumotlarni qayta ishlashning xoxlagan jarayoni juda ko'p bosqichlardan
tashkil topgan bo'lib ularning hammasini to'rt guruxga bo'lish mumkin: yig'ish,
qayta ishlash, solishtirish, qaror qabul qilish.
Ma'lumotlarni
yig'ish shu ma'lumotlar manbaiga qarab nisbatan juda oddiy yoki murakkab
bo'lishi mumkin. Bunda og'zaki xabarlar, qulyozma materiallari,
to'g'ridan-to'g'ri mashina qabul qilaoladigan shakldagi hujjatlarda
foydalanilish mumkin. Ma'lumotni qayta ishlash sistemasi va uning texnikaviy vositalari
murakkabligiga qarab kompyuterga kirgizish uchun kerakli shaklga keltirish
talabi kelib chiqishi mumkin. Ma'lumotlarni qayta ishlash bosqichlari
ma'lumotlarni saralash, ularni birlashtirish, hisoblash va yakunlashdan iborat
bo'ladi. Ushbu masalalar turli xil usullar orqali hal etilishi mumkin.
Ma'lumotlarni qayta ishlashning oxirgi natijasi qaror qabul qilish uchun kerak
bo'lgan informatsiya bo'lib hisoblanadi. Ushbu informatsiya odatda kutilayotgan
qiymatlar yoki oldingi natijalar bilan solishtiriladi. Bunda rahbariyat uchun
katta ahamiyatga ega bo'lgan tasavvurni aks ettirish uchun kerak bo'lgan
raqobat va boshqa mezonlar ham xisobga olinadi. Solishtirish jarayoni qaror
qabul qilish uchun asos bo'lib hisoblanadi.
Ma'lumotlarni elektron qayta ishlash
soxasining joriy etilgan eng birinchi soxalaridan biri maoshni hisoblash
bo'lgan. Chunki birinchidan bu ancha mehnat talab etiladigan ish, ikkinchidan
to'lov vedomostlarini tuzish o'ta og'ir jarayon. Birinchi qarashda oson bo'lib
ko'ringan ish elektron sistemaga o'tkazish uncha engil bo'lmagan.
Ma'lumki
maosh (ish xaqi) ni hisoblashda juda ko'p turli xil o'zgarishlarni hisobga
olish talab etiladi. Bizni qiziqtiradigan asosiy narsa, hozirgi va kelajakdagi
jarayonlar nuqtaiy nazardan ma'lumotlarni dastlabki bosqichda qayd qilish va
uzatishga oid qurilmalar yordamida elektron qayta ishlashni yaxshilash
yo'llarini topish bo'lib hisoblanadi. Mashinaga kerakli ma'lumotlarni talab
etilgan shaklda tayyorlash uchun kerak bo'lgan talablar qanday bo'lishi kerak va
shy kabi savollarga javob topish kerak. Shulardan kelib chiqib quyidagi
masalalarni aniqlash kerak bo'ladi:
1) Rahbariyatni shunday informatsiya bilan ta'minlash
kerakki, qaror qabul qilish uchun kerak bo'lgan xolatni muddatdan oldin namoyon
etish kerak;
2) O'z vaqtida informatsiyani tayyorlash, uzatish
yo'li bilan xodimlar bilan bo'ladigan muloqotlarga sarflanuvchi foydali vaqt va
shu tariqa korxonadagi harajatlarni qisqartirish;
3) Xodimlarning ish vaqtlarini samarali boshqarish
vositalarini yaratish;
4) Informatsiyani mashina sistemasidan o'tishi uchun
sarflanadigan vaqtni kamaytirish uchun kerak bo'ladigan vositalarni yaratish;
5) Ishga oid hamma operatsiyalarni kompyuterda
foydalanishga yaroqli bo'lishi uchun zudlik bilan tayyorlay bilish;
6) Mashinaga kiritiladigan informatsiyalarni
tayyorlashga sarflanuvchi vaqtni qisqartirish;
7) Ma'lumotlarni elektron karta ishlash sistemasining
kelajakdagi rivojlanishi ikki soxadagi taraqqiyotga bog'liqdir: 1)Hisoblash
texnikasini ishlab chiqarish texnologiyasiga va 2) informatsion xal etish
sistemasining mukammallashishiga. Hozirgi zamon hisoblash mashinalarining
ishlash tezligi hayolot darajasida bo'lsa ham, bu soxadagi tadqiqotchilar
fikricha yana juda katta taraqqiyot ko'zda tutilmoqda. Agar ma'lumotlarni kirgizishda
xatolikka yo'l qo'yilmasa va programmalar to'g'ri tuzilgan bo'lsa hisoblash
texnikasi juda ko'p masalalarni yuqori aniqlikda xal etishni ta'minlab beradi.
Shubhasiz eslab qolish qurilmalarining hajmi ko'paytiriladi va bu o'z navbatida
katta miqdordagi axborotlar massivini saqlash imkonini beradi. Ma'lumotlarni
real vaqt birligida qayta ishlashga o'tish o'z navbatida ma'lumotlarni
markazlashtirilgan xolatda qayta ishlashga imkon yaratadi.