RESPUBLIKA HUDUDIDA PUL O'TKAZMALARI OPERASIYALARI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


                                                

5-Rasm. Respublika hududida pul o'tkazmalari operasiyalari

 

 

HALQARO  PUL  O'TKAZMALARI

 

 

 


                                    

 

6-Rasm. Halqaro  pul  o'tkazmalari

 

¹

Yo'nalish

Mazmun, moxiyati

1.

Sistemani aloqa bo'limida ishga tushirishga tayyorgarlik ko'rish

Sistema aloqa bo'limlarida ekspluataatsiyani boshlashdan oldin pul mablag'lari va pochta jo'natmalarini saqlanishini ta'minlash maqsadida kompyuterda kassa operatsiyalarini bajaradigan xizmatlarining hammasiga ishlatuvchi nomi va paroli beriladi. Farmoish bilan ishchilar ichidan parollarini ishlatishni tashkil qilish uchun mas'ul shaxs belgilanadi, u shuningdek ishlovchilar ma'lumotnomasiga ketganlar va kelganlar bo'yicha o'zgartirish kiritadi.

2.

Texnik jurnal

Texnik jurnal ishlab chiqarishda   quyidagi xujjatlarlar kerak bo'ladi: — sistema ishchi vaqtini ishlatilish xisobi;— mashinalarda ishlaydigan operatorlarni individual mas'ulligini qayd qiladi; — ta'mirlashni ro'yxatdan o'tkazadi va kompyuter xolatining texnik xisobini oladi.

3.

Ish kunini boshlanishi

Sistemada kirish xuquqini beruvchi maxsus kurslarni tamom qilib, ruxsatnoma olgan shaxslar ishlashlari mumkin. Hujjati yo'q  shaxslar ishlashga qo'yilmaydi. Ish boshlashdan oldin operator kompyuterni ishga tayyorlashi uni texnik sozligi va kerak bo'lgan kvitantsiya lentalari va kundalik lentasi joyidaligiga ishonch xosil qilishi kerak. Kompyuterni va printerni tarmoq manbaiga ulashi lozim.      Kompyuterni ishga tushirgandan keyin nazoratchi shaxs "Pochtamt" sistemasiga kiradi; o'zining nomi va parolini teradi va "kun ochilish" operatsiyasini bajaradi.

4.

Pul yordamlarini olinishi

Operator kassa operatsiyalarini olib borish yo'riqnomasi asosida nazoratchidan pul oladi, keyinchalik "Boshqa kassa operatsiyalari"  rejimida summani kompyuterga kiritadi. Printer (talab kilinsa) kvitantsiyasi 2 ta nusxada chop qilib beradi. Bunda operatsiyaning turi, vaqti va summasi ko'rsatiladi, ular esa operator va nazoratchilarda saqlanadi va imzo qo'yiladi.

5.

Individual o'tkazmalarni qabul qilish

O'tkazmalar pochta qonunlari asosida qabul qilinadi va to'ldiriladi. O'tkazmalar va kvitantsiya blankasini to'ldirishda operator operatsiyani o'tkazish uchun kerak bo'lgan hamma rekvizitlarni teradi, kerak bo'lsa qo'shimcha xizmatlar va ekspluatatsion blankalarni tanlaydi, ko'z yordamida terilgan rekvizitlar to'g'riligini tekshiradi, blankani printerga qo'yadi va operatsiyani saqlaydi.

6.

Partion o'tkazmalar

Pochta qonunlari asosida qabul qilinadi va to'ldirib tasvirlanadi "Pochtampt" sistemasida quyidagi tartibda olib boriladi: Operator tashkilotlar ro'yxatidan klient turini (axoli yoki korxona) birinchi o'tkazma summasini tanlaydi, monitordagi V tugmachani bosadi. Pastkni chap burchakda o'tkazma summasi va to'lov summasi yonib ko'rinadi, keyin shu kabi sh103 ro'yxatidagi qolgan o'tkazmalar to'ldirib ta'svirlanadi. Oxirgi o'tkazma to'ldirilgandan so'ng, ko'z yordamida o'tkazmalar umumiy summasi, monitor ekranidagi to'lov summasi sh103 ro'yxati bilan solishtiriladi, agar hamma "saqlash" operatsiyalari to'g'ri o'tkazilsa, printerdagi o'tkazmalar blankalarida to'ldirilib tasvirlash boshlanadi.

7.

O'tkazmalar to'lovi

O'tkazma bo'yicha pullar pochta qoidasi bo'yicha o'rnatilgan tartibda to'lanadi. Operator kompyuterda to'langan o'tkazmalarni to'ldirib tasvirlaydi, buning uchun o'tkazmaning hamma rekvizitlari teriladi, ular monitorda ko'rsatilgandan keyin printerga blank qo'yadi va "saqlash" operatsiyasini bajaradi.

8.

O'tkazmalar qabuli  va to'lovi bo'yicha «AKT KORREKTOR» operatsiyalarini shakllantirish

Operatsiya "AKT KORREKTOR" xato operatsiyalarni yo'q qilish maqsadida olib boriladi. Shunda avtomatik ravishda xato summa olib tashlanadi va xato operatsiya summasi va nomeri chop qilingan kvitantsiya chop qilinadi.

9.

Hujjatlarni nazoratga o'tkazish tartibi

Ish kuni oxirida operator kassa ma'lumotnomasi MS — 42 va unga taalluqli xujjatlar bilan hamma qabul qilingan va to'langan o'tkazmalarni nazoratga beradi. Aloqa bo'limi boshlig'i (nazoratchi shaxs) kompyuterda shakllantirilgan operatsiyalar miqdori va summasini nazoratga berilgan xaqiqiy miqdor va summalar bilan solishtiradi.

10.

Sistema xato ishlash holatida operatsiyalarni shakllantirish

Kassa ma'lumotlarini va birgalikda yo'naltiruvchi xujjatlarni olish imkoniyati bo'lmaganlik natijasida sistemada xato bo'lmaganda, operatsion kundalik, jonli summlar har bir operatsiya ko'rinishida hisoblanadi, kundalik orqali va operator va nazoratchi shaxs imzolari bilan tasdiqlanadi.

 

7- Rasm. Pochta korxonasida pul o'tkazmalari  operatsiyalarini   

               avtomatlashtirilgan  texnologik  jarayonlar  tizimi 

 

-pochta  aloqa xizmati soxasida respublika xududidagi va halqaro pul o'tkazmalari  bo'yicha xuquqiy  me'yoriy  hujjatlarni ishlab chiqib  joriy etish;

-pul o'tkazmalari  operatsiyalarini bozor  iqtisodiyoti sharoitida yo'lga qo'yish uchun xorijiy  investitsiyalarni jalb qilish;

-respublikada pul siyosatiga mutasaddi  bo'lgan organlar jumladan, bank va boshqa  tashkilotlar ishtirokida pul o'tkazmalari operatsiya lari bilan  shug'ullanadigan  korxonalarning xuquqlari va majburiyatlari ,tashkiliy ishlari hamda kompyuter tarmoqlarini bunyod etishni   aniqlovchi  xujjatlar tayyorlash;

-chet eldagi ushbu jarayonni olib borilishi siyosatini taxlil etib ,

O'zbekistonning qadriyatlari va xususiyatlarini hisobga olgan xolda  pul o'tkazmalari siyosatini yaratish va aholiga  yaxshi xizmat qilish sharoitini yaratish;

-«O'zbekistoi pochtasi» Davlat  aktsionerlik  kompaniyasi (DAK) tizimidagi  aloqa  korxonalarini  kompyuterlash  tarmoqlarini  tashkil etish;

-pul o'tkazmalari  operatsiyasining respublika  xududidagi  va halqaro ko'rinishdagilarga  ishlov  berishni  yuqori  saviyada o'tkazish  uchun  zamonaviy  dasturlarni yaratish va h.k.

Inson o'zining butun umri davomida shaxsiy jismoniy ishlarini mexanik qurilmalarga yuklashga intilib kelgan. Ushbu intilishlar oqibatda richag, g'ildirak, shamol tegirmoni kabi mexanizmlarni bunyod etilishiga olib keldi va bug', elektr va boshqa ko'rinishdagi energiyalardan foydalanish imkonini yaratdi. Sanoat inqilobi energiyalarni ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanishga yo'naltirilgan. Keyinchalik o'zaro almashuv tamoyilidan foydalanilgan xolda faoliyat ko'rsatadigan ommaviy ishlab chiqarish paydo bo'ldi. To'xtovsiz intilish oqibati natijada mexanizatsiyalashning murakkab ko'rinishlarini bunyod etib inson jismoniy mehnatini engillashtirish mumkin bo'lgan sharoitda to'liq almashtirishga olib kelish uchun sharoit yaratdi. Buning asosiy natijasi mehnat unumdorligini oshishi bo'lib hisoblanadi. Ommaviy ishlab chiqarishda xomashyo va detallar oqimi (potok) ni boshqarish uchun sistemali munosabat (yondoshish) keng tarzda qo'llanila boshlandi. Bunday sharoitda rahbariyat tomonidan qaror qabul qilish qo'yilgan muammoga sistemali munosabatda bo'lishni taqozo etadi. Texnikaviy taraqqiyoti uzoq zanjirining navbatdagi qadami avtomatlashtirish bo'ldi. Oldin ta'kidlab o'tilganidek «avtomatlashtirish» ni turli tarzda tasavvur etish mumkin. Xoxlagan mulohazada ham avtomatlashtirish deganda mexanikaviy ishni odam ishtirokisiz bajarishda energiyadan foydalanishni tasavvur etiladi.

            Avtomatlashtirish atamasi (termini) ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun kerak bo'ladigan informatsiya oqimiga ham tegishlidir Shunday qilib, avtomatlashtirish bevosita ishlab chiqarishning o'zida informatsiyani qayta ishlash sohasida ham amalga oshirilishi mumkin.