MIKROPROSESSOR
TEXNIKA VOSITASIDAGI AVTOMATLASHTIRILGAN ISH JOYI
Avtomatlashtirilgan
ish joyi (AIJ)ni tashkil etish
axborotni qayta ishlash soxasida muhim ahamiyat kashf etadi. Ayrim
mamlakatlarning 50 foizdan ortiq band aholisi AIJ-lari shaxsiy kompyuterlar
bunyod etilganidan so'ng rivoj olib
ketdi.
AIJ-larning
turli xil ko'rinishlari mavjud.
Konstruktiv ko'rinish bo'yicha turli xil variantlarda
bo'ladi: yagona konstruktsiya yoki blok ko'rinishida; statsionar (stol, tumba,
stol ustidagi variantda) yoki siljuvchan (portativ, ko'chiriluvchi
variantlarda).
AIJ
foydalanilishi bo'yicha avtonom yoki xisoblagichlar (lokal va boshqa tarmoqlar
va sh.k.) da foydalanilishi mumkin.
Maqsadi
bo'yicha AIJ lar quyidagilarga bo'linishi mumkin: loyixachilar va konstruktorlar
(muxandislik ish stantsiyalari), shaxsiy ish stantsiyalari, o'qitish,
tadqiqotlar o'tkazish ish joylari, nazorat o'lchash ishlari uchun, boshqaruv
xisobchi va shu kabi ish joylari.
Muammoli
mo'ljal usullari bo'yicha AIJ quyidagilarga bo'linishi mumkin; bikr va epchil;
apparatli, dasturli, foydalanuvchi yoki tayyorlovchi tomonidan belgilanadigan
mo'ljalli.
Maxsuslashtirilganlik
darajasiga qarab AIJ bikr maxsuslashtirilgan muammoli-mo'ljallangan kabilarga
bo'linadi.
Keng
tarzda foydalaniluvchi AIJ lar albatta shaxsiy kompyuterlarga asoslangan
bo'ladi.
AIJ
larning arxitektura va tarkibi nafaqat xal etiluvchi masalalar ko'rinishi
mazmuni bilan balki iste'molchi ixtiyoridagi AIJ yadrosi bo'lib hisoblanish
texnikaviy vositalar va tashqi qurilmalar jamlamasi bilan aniqlanadi.
POCHTA ALOQASINI AVTOMATLASHTIRISHDA AXBOROT TIZIMINING O'RNI.
Pochta
aloqasi tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar davlat va jamiyat uchun ijtimoiy
ahamiyatga ega bo'lib juda ham ommabop bo'lib hisoblanadi.
Chunki u jamiyatning hamma qatlami ,davlat hokimiyati
va boshqaruvining hamma bo'g'in va
tartibini qamrab olgan. Pochta aloqasi korxonasi pochta xizmati ya'ni, pochta
jo'natmalarini (xatlar, banderollar, posilkalar) qabul qilish,qayta ishlash va manzilga etkazib berish bilan bir
qatorda davriy nashrlarni tarqatadi,kommunal xizmatlar,elektr energiya,gaz
ta'minoti uchun to'lovlarni amalga
oshirish va shu kabilar bilan shug'ullanadi.
O'zbekiston Respublikasi pochta tarmog'i 3044 aloqa bog'lamasi, 38 avia,
5 temir yo'l, 384 avtomobil marshrutlaridan iborat. O'zbekiston 28 tadan ortiq
mamlakat bilan pochta aloqalarini amalga oshiradi.O'zbekiston 1994 yildan
boshlab jahon pochta ittifoqiga to'laqonli a'zo bo'lib kelayapti.
Bozor iqtisodiyotiga
o'tish xalqaro aloqalarning rivojlanishi o'z navbatida pochta
aloqalarining rivojlanishi yo'nalishini
chuqur tahlil etishni taqazo etadi.
Shu maqsadda pochta
aloqasining avtomatlashtirilgan
axborot tizimini bunyod
etishning (1999-2010 yillarga) kontseptsiyasini ishlab chiqish va ushbu dastur asosida pochta tarmog'ini
axborotlashtirish bo'yicha istiqbolli
masalalarni aniqlab olish bo'ldi.
Qo'yilgan masalalarning xal etilishi o'z navbatida
mijozlarga xizmat ko'rsatish sifati, madaniyati va tezkorligini oshirib
ko'rsatiladigan xizmatni o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash ,sarflanuvchi qog'oz hajmining kamayishi va shu kabilarga olib keladi. Pochta aloqasining avtomatlashtirilgan
axborot tizimi (PAAAT)ni bunyod etilishining muhim muammolarini xal etishda avtomatlashtirilgan
axborot –texnologik tizim (AATT)va boshqaruv tizimlariga oid masalalarni ishlab chiqish va joriy
etishni taqozo etiladi. Ushbu masalalarga
quyidagilar kiradi;
-pul
o'tkazmalarini qayta ishlash va nazorat
qilishga oid masalalar majmuasi;
- pochta
jo'natmalarini qayd etish, hisobga olish va nazorat qilishga
oid masalalar majmuasi;
- kommunal
to'lanmalarni rasmiylashtirish, xisobga olish va nazorat qilishga oid masalalar majmuasi;
- nafaqaga
oid masalalar majmuasi;
- obuna
va etkazib berishni qayta ishlashga oid masalalar to'plami;
- xalqaro jo'natmalarni rasmiylashtirish va nazorat
qilishga oid masalalar majmuasi;
- buyruq
va farmoyishlarni xisobga olish masalalar
majmuasi;
- rahbarni axborot – ma'lumotlar bilan ta'minlashga oid
masalalar majmuasi;
- AATT
masalalar majmuasi;
- Hisoblash
masalalari majmuasi;
- Tadbirkorlik axborot-qidiruv tizim va sh.k
PAAAT axborot masalalari kompleksini joriy etishni xal etish quyidagi
tamoyillarda olib boriladi.
a) pochta aloqasi
korxonalarida dasturiy va texnologik masalalarni xal etish uchun yuqori malakali mutaxassislar guruxini tuzish kerak;
b)Joriy etishning bosqichlarini tashkiliy va
moliyaviy ishlarni e'tiborga olgan
xolda ta'minlash;
v)Joriy etishni murakkablik darajasidan tashkiliy va
texnikaviy imkonlarni xisobga
olgan xolda olib borish.
Kompleks
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ishi oddiy kichik masalalarni echishdan
boshlanishi tabiiydir. Jumladan, pochta
pul o'tkazmalariga ishlov
berishni avtomatlashtirishdir.
5-rasmda respublika xududida pul o'tkazmalari
operatsiyalari, rasmda xalqaro pul o'tkazmalari operatsiyalari, 6-rasmda yirik
pochta korxonasida pul o'tkazmalari
operatsiyalari,
7-rasmda yirik pochta korxonasida pul
o'tkazmalari operatsiyalarini avtomatlashtirilgan texnologik
jarayonlar tizimi keltirilgan.
Pul o'tkazmalariga ishlov berishni avtomatlashtirishda
quyidagi tavsiyalarni berish
mumkin: