ROBOTLARNING TARKIBI VA TUZILIShI
Hozirgi vaqtdagi robotni quyidagicha ta'riflash mumkin ; robot bu insonning turli- hil harakatlari va intellektual funktsiyasini bajaradigan va buning uchun kerakli ish bajaruvchi qurilmalardan, boshqaruvchi va axborot tizimlaridan iborat mashina-avtomatdir.
Robot tashqi muxit bilan faol o'zaro munosabatda bo'lib asosan quyidagi tizimlarga ega bo'lishi kerak : boshqaruvchi,axborot-o'lchov (sensorli),aloqa, ish bajaruvchi.Robot tizimining tarkib-funktsional ko'rinishi 2-rasmda keltirilgan.
Boshqaruv tizimi–bu robotning
«miya»si bo'lib,belgilangan dastur asosida ish bajaruvchi tizim mexanizmini
boshqarish uchun kerak bo'ladigan qonunlarni ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
Axborot-o'lchov tizimi–bu tashqi muxit va robotning o'zi haqidagi axborotni qabul qilish va
o'zgartiruvchi sun'iy sezgi organlari.
Aloqa tizimi–robot bilan inson o'rtasida axborot almashinuvini bajaradi va robotning
«tili»deb ham aytiladi.
Ish bajaruvchi tizim-bu tashqi muhit ob'ektiga ta'sir qiluvchi yoki u bilan o'zaro
munosabatda bo'luvchi qurulma . Sanoat robotining tarkibiy ko'rinishi va uning
tizimlari bog'liqligi 3-rasmda keltirilgan.
3-rasm. Sanoat robotining tarkibiy ko'rinishi.
DKQ- dasturiy kiritish
qurilmasi, QBP-qo'l bilan boshqaruvchi pult, KSHQ-komandani
shakllantirish qurilmasi, U-uzatmalar,
M-manipulyator, TU-texnologik
uskuna, AT-axborot tizimi.
4-rasmda sanoat
roboti,texnologik uskunalar va
tizimlarining o'zaro munosabati tarkibiy-funktsional sxemasi keltirilgan.
ALOQA KO'TARMA-TRANSPORT QURILMALARI.
Ko'tarma-transport mashinalarining qo'llanilishi ko'p
jihatdan hozirgi ishlab chiqarishning samaradorligini aniqlaydi. Zamonaviy
potokli texnologik liniyalar, tsexlar va ichki tsexlararo
transportlar,yuklash-tushirish operatsiyalarining hammasi o'z navbatida
ko'tarish-transport qurulmalarining qo'llanilishi bilan bog'liqdir.
Ko'tarma-transport qurullmalari uskunalarini o'rnatish
va qayta o'rnatish hamda
qurilish korxonalarini mexanizatsiyalashtirishda samarali
vositalardan biri bo'lib
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yuqori unumli yuk ko'tarish va tashish mashinalari
korxona ishlab chiqarish texnologik
jarayonlarida qo'llaniluvchi mashinalar
majmuasi va murakkab agregatlar tarkibiy qismi sifatida keng
qo'llanilib kelinmoqda.
Hozirgi zamon
kompleks avtomatlashtirilgan
liniyalarni ko'tarma-transport
qurilmalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi.
Ko'tarma-transport qurilmalari uch guruhga bo'linadi:
Davriy (tsiklik)harakatlanuvchi-yuk ko'targichlar;
Uzluksiz harakatlanuvchi-yuk tashuvchi; yuklash-tushirish operatsiyalarini uzluksiz va davriy tarzda
ta'minlovchi.
Ko'tarma-transport mashina va qurilmalari
pochta yuklarini qayta
ishlash operatsiyalarini mexanizatsilashtirishga mo'ljallangan .
Bunday
operatsiyalarning mazmuni pochta
jo'natmalari va texnologik jarayonlar
xarakteri bilan belgilanadi.
Tranzit pochta
yuklarini qayta ishlash
texnologik jarayonlarni ko'rib
chiqar ekanmiz ularni quyidagi kompleks operatsiyalarga bo'lish mumkin:
a) Ishlab chiqarishdagi transport
vositalarida pochta jo'natmalarining og'irlik nuqtaiy nazaridan zo'riqishi:
b) Joylanadigan yoki qayta ishlov beriladigan joyga
tashib olib borish:
v) Qayta ishlangan yuklarni tashqi transport vositalariga etkazib berish:
g) Manzillarga
olib borish uchun transportga
yuklash.
Texnologik jarayonlarning bir
qismi transport vositalaridan (avtomashina, vagonlar)pochta korxonasining mexanizatsiyalashtirish vositalariga tashish bilan(va aksincha
jarayon)bog'liqdir.
Bu erda quyidagilardan foydalaniladi :
Pochtaga oid
vagonlarga yuk tashish va tushirish kompleks mexanizmlari pochta
almashtirish darchalari,konteynerlarga yuklash uchun kerak bo'ladigan
mexanizmlar va sh.k
Ushbu mexanizmlarning ko'pchiligi qo'l mehnatini inkor eta olmaydi,biroq operator
mehnatini engillashtirib unumdorlikni
oshiradi.
Pochta yuklarini qayta ishlash
joylariga gorizontal yo'nalishda
siljitish jarayoni konveyerlar,aravachalar, konteynerlar yordamida, vertikal
yo'nalishda siljitish esa lift, ko'targichlar, konveyer mashinalari va inson ishtirokida amalga
oshiriladi. Ushbu operatsiyalarda asosan umum xizmatga oid transport
mashinalaridan jumladan ,belgilangan
unumdorlikda yukning kelib
tushgan joyidan unga qayta ishlov beriluvchi joygacha siljitish uchun mo'ljallangan konveyerlardan
(lentali,zanjirli va sh.k) foydalaniladi.
Pochta jo'natmalarini manzil belgilari bo'yicha ajratish maxsus konveyerlarda amalga oshiriladi. Vazni og'ir pochta
yuklari ya'ni, posilka, banderol, qutilar, qoplar oddiy transport konveyerlarida tashiladi.
Xat korrespondentsiyalarni
ajratish qurilmalari faqat pochta aloqasiga bog'liqdir. Ularning
asosini transport konveyerlari tashkil etgan bo'lib ular mashinasozlikdagi
konveyerlardan tubdan farq qiladi. Xat korrespondentsiyalarining yuqori
darajadagi standartlashuvi ularni qayta ishlashga avtomatlashtirishni qo'llash imkonini beradi.Hozirgi vaqtda
xatlarni na'vlarga ajratish uchun yarim avtomatik va avtomatik tarzda ishlovchi
yuqori unumli qurilmalar qo'llanilmoqda.
Pochta jo'natmalari o'lchami,vazni va
shu kabilarga qarab quyidagi ko'rinishlarga bo'linadi: xatlar, pochta
kartochkalari, banderollar, posilkalar, pul jo'natmalari va davriy nashrlar.
Pochta yuklarini transport
yordamida tashish va qayta ishlashni mexanizatsiyalash vositalarini ishlab chiqishda
ularning quyidagi xarakteristikasini bilish kerak: o'lchamlari, vazni,
joylashtirish ko'rinishi. Pochta qoidalari pochta yuklarining o'lchami va
vaznini aniqlab beradi.